folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Madaniyat | Xonanda Bunyodbek Saidov “o‘z manfaatini davlat manfaatidan ustun qo‘ygani uchun” litsenziyasiz qoldi | “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi “Nihol” mukofoti sohibi Bunyodbek Saidovning litsenziyasini olib qo‘ydi. Muassasa matbuot xizmati xonandaning litsenziyasi tugatilishi sabablari haqida jurnalist Feruz Muhammadga ma’lumot berdi.
Davlat muassasasi vakillarining qayd etishicha, xonanda “o‘z manfaatini davlat manfaatlaridan ustun qo‘ygani uchun” jazolangan.
Bunyodbek Saidov tomonidan litsenziya bitimlarida belgilangan ayrim bandlarga rioya qilmaslik holatlari uchradi.
Bunyodbek Saidovning davlat tadbirlariga borishdan bosh tortdi, tadbirlarga chaqirmoqchi bo‘lganimizda telefonini o‘chirib qo‘yib, to‘y xizmatlari bilan band bo‘lgan vaqtlari ham bo‘ldi.
Bir necha bora ogohlantirishimizga qaramay, o‘z manfaatini davlat manfaatidan ustun qo‘ygani uchun, uning litsenziyasi amal qilishi ma’lum muddatga to‘xtatib qo‘yildi.
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasining matbuot xizmati | 101 | 879 |
Madaniyat | Nargiz Zokirovaning yuristi prodyuser Maksim Fadeyevni sudga bermoqchi | Bir necha kun avval Nargiz Zokirova 2014-yildan buyon hamkorlik qilib kelayotgan Maksim Fadeyevning prodyuserlik markazi xonandaga hamkorlik haqidagi shartnomani bekor qilish haqida rasmiy hujjat yuborganini ma’lum qilgandi. Maksim Fadeyevning o‘zi esa bunday qaror sababini surbetlik bilan izohlagan.
Repost xonandaning manfaatlarini himoya qiluvchi huquqshunos Bahrom Ismoilov bilan bog‘lanib, shu masalada suhbat o‘tkazdi.
— Nargiz va Maksim qanday munosabatda edi? Mojaroga nima sabab bo‘ldi?
—Avvalo Nargiz va Maksim Fadeyev 2014-yildan beri hamkorlik qilishini aytib o‘tmoqchiman. Bu juda samarali hamkorlik edi, ular birga juda ko‘p xit qo‘shiqlarni yaratdi. Nargiz MALFA prodyuserlik markazining eng muvaffaqiyatli loyihalaridan biri. U butun Rossiya, MDH va xorijiy mamlakatlarda 1000 dan ortiq konsert berdi.
Shu yilning avgust oyida 2020-yilning fevral oyigacha davom etishi mumkin bo‘lgan katta tur boshlanishi kerak edi. 16-iyulda biz Maksim Fadeyevdan shartnomani bekor qilish niyatida ekanligi va mijozim Nargizga 23 ta qo‘shiqni ijro etish taqiqlangani to‘g‘risida bildirishnoma oldik. Hujjatga ko‘ra, ushbu qo‘shiqlarga mualliflik huquqi uning sobiq prodyusseriga tegishli. Biz bir necha bor Maksim Fadeyev bilan bog‘lanishga harakat qildik, lekin u bilan gaplashib olishning imkoni bo‘lmadi. Uning yordamchilari tur albatta o‘tkazilishi va shartnoma shartlari qayta ko‘rib chiqilishiga ishontirdi.
Menimcha, mojaroning asl sababi ijodiy kelishmovchilik bo‘lgan. Biz bilmagan shaxsiy gaplar o‘tgan bo‘lishi mumkin. Nargiz allaqachon shakllanib bo‘lgan jiddiy va iqtidorli artist. Maksim bir necha kun oldin boshlanishi kerak bo‘lgan turni bekor qilish uchun hamma narsani qildi. MALFA tur boshlanishidan bir kun oldin hududlardagi barcha tashkilotchilarga Nargizni Maksim Fadeyev prodyuserlik markazining boshqa artistlariga almashtirishni aytdi.
Biz janob Fadeyevning advokati va shaxsan o‘zi bilan uchrashishga harakat qilyapmiz. Maksim Fadeyev tomon Nargizning o‘zi turni bekor qilib, shartnomani buzayotgan qilib ko‘rsatishga harakat qilmoqda. Nargiz o‘z muhlislari uchun borini berib ishlayligan artist. U bu turni kutgandi va unga tayyorgarlik ko‘rgandi. Sharnomani prodyuserning o‘zi noma’lum sabablarga ko‘ra buzdi va turni bekor qildi. Nargiz turni bekor qilmagan.
—Yuridik jihatdan MALFA prodyuserlik markazi Nargiz Zokirovani Maksim Fadeyev tomonidan yaratilgan qo‘shiqlarni ijro etish huquqidan mahrum etishga haqlimi?
—Maksim va Nargiz tomonidan tuzilgan shartnomaga binoan, Fadeyev uning prodyusserlik vaqtida yaratilgan Nargizning barcha qo‘shiqlariga mualliflik huquqiga ega. Barcha konsert va gastrollardan hamda iTunes va Youtube’dan tushgan foyda MALFA prodyusserlik markaziga tegishli. Nargiz bulardan muayyan foiz oladi.
—Nargiz shu vaqtgacha shartnoma shartlarini buzganmi?
—Nargiz 2014-yilda Fadeyev bilan hamkorlik qilishni boshlaganidan beri shartnomaning barcha shartlariga amal qilib keladi va ularning birortasini buzmagan. Biz yuridik jihatdan buzilish hollarini aniqlash uchun barcha choralarni ko‘rdik. Agar kelishmovchiliklarni tinch yo‘l bilan ham qilishga erishmasak, sudga murojaat qilishga va barcha hujjatlarni taqdim etishga majbur bo‘lamiz.
—MALFA prodyusserlik markazi, hususan, Maksim yana qanday talablar qo‘ygan?
—Maksim Fadeyev mening mijozim ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanishiga to‘sqinlik qilish uchun barcha choralarni ko‘ryapti. U Nargizning allaqachon kelishilgan dunyo bo‘yicha ijodiy turini buzmoqchi. O‘tgan yili ham shunga o‘xshash vaziyat bo‘lgandi. O‘shanda Fadeyevning prodyusserlik markazi Nargizning Amerikaga turini buzmoqchi bo‘lgan. Maksim Fadeyev bilan ko‘pchilik artistlar ziddiyatga borgan va undan ketib qolgan. Masalan, Yelena Temnikova, Polina Gagarina va boshqalar. | 70 | 3,754 |
Madaniyat | Forbes Kayli Jennerni milliarder deb atamaslikka qaror qildi. U o‘zining biznesi haqida yolg‘on so‘zlagan | Forbes jurnali amerikalik model Kayli Jennerning boyligini qaytadan baholab, uning qiymatini milliard dollardan 900 million dollarga tushirib yubordi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Jenner 340 million dollarni 2019-yilning noyabrida uning kosmetika brendini xarid qilish to‘g‘risidagi qarorni e’lon qilgan Coty bitimi natijasida qo‘lga kiritgan.
Jennerning Kylie Cosmetics’dagi ulushi ta’kidlanganidek 49 foizni emas, balki 44,1 foizni tashkil etadi. Bundan tashqari, koronavirus pandemiyasining iqtisodiyotga ta’siri sabab ulushdagi foizlar qiymati arzonlashgan.
Shuningdek, Forbes Jennerning oilasi 2016-yildan buyon har yili biznesning ko‘lami va muvaffaqiyati haqida yolg‘on so‘zlab kelgan.
Nashrning ma’lum qilishicha, Jennerlar oilasining hisobchisi jurnalga katta ehtimol bilan yolg‘on ma’lumotlar qayd etilgan soliq deklaratsiyasini taqdim etgan.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyida Kim Kardashyanning 22 yashar singlisi Kayli Jenner Forbes reytingiga ko‘ra, eng yosh milliarder deb topilgandi. | 105 | 986 |
Madaniyat | Shahlo Ahmedova: “Shou-biznesda do‘stlarim yo‘q” | Yosh xonanda Shahlo Ahmedova shou-biznesda do‘stlari yo‘qligi, nega ishlari cho‘zilib ketishi va xonanda bo‘lmaganida kim bo‘lishi mumkinligi haqida MyDay nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Qo‘shiq yoki klip yaratishga qo‘l urganimda boshidan aniq maqsad qo‘yaman va nima xohlayotganimni bilaman. Ammo musiqa bastalanayotgan vaqtda o‘zgartirishlar kiritishim mumkin.
Ijodda injiqman. Shu sababli ko‘p ishlarim cho‘zilib ketadi.
Ijod uchun vaqtimdan va uyqudan voz kechganman.
Hozirgi kunda ijodda Bobur Umarov bilan hamkorlik qilmoqdaman. Undan tashqari Jasur Badalboyev bilan ham birga ishlaganmiz.
Shou-biznesda umuman do‘stlarim yo‘q, lekin hamma ijodkorlarni hurmat qilaman. Mening do‘stim - onam.
Hozirgi kundagi maqsadim - o‘z ustimda ishlash. Yuksalishga harakat qilish.
Nasib qilsa, 3-4 yildan so‘ng konsert dasturimni havola qilishni rejalashtirganman.
Agar xonanda bo‘lmaganimda, dizayner yoki modellik kasbini tanlardim. Juda ham modaga qiziqaman.
Insonlarda qadrlaydigan hislatlarim bu - rostgo‘ylik, insoniylik va samimiylik.
Yevropa va Amerika davlatlari bo‘ylab sayohat qilish juda ham yoqadi.
Kech qolish odatimni to‘g‘irlashni istar edim.
Shuningdek, xonanda o‘zining yangi “Qani” deb nomlangan taronasiga sujet yo‘nalishida klip suratga oldirdi.
Muxlislarim taklifiga binoan klipni syujet yo‘nalishida olishga qaror qildim. Yana bir narsani aytib o‘tmoqchiman, videoklipimizda taniqli bo‘lishiga qaramasdan, avval hech qaysi kliplarda rol ijro etmagan insonni muxlislar ko‘rishlari mumkin bo‘ladi. Bu insonni kimligini esa klip premyerasidan so‘ng bilib olishingiz mumkin bo‘ladi. Hozircha esa bu sir.
Shahlo Ahmedova, xonanda | 48 | 1,654 |
Madaniyat | Internetda “Terminator: Genezis” kartinasining tizer treyleri paydo bo‘ldi | “Terminator: Genezis” kartinasining asoschislari filmning tizer treylerini namoyish qildi, deb xabar bermoqda “Kun”.
Shuningdek, kartina asoschislari tez orada to‘liq videorolikni taqdim etishga va’da berdi. Mashhur filmning davomida bosh rolni yana Arnold Shvarsenegger o‘ynadi.
http://www.youtube.com/watch?v=t_77GeNEzFQ
Kartina katta ekranlarga keyingi yil taqdim etiladi. | 74 | 376 |
Madaniyat | “Garri Potter”ning ilk nashr etilgan nusxasi AQShdagi auksionda 81 ming dollarga sotildi | Garri Potter haqidagi kitoblar to‘plamining ilk nashr etilgan nusxasi AQShdagi auksionda o‘zining dastlabki bahosidan 5 baravar qimmatroqqa ya’ni 81,2 ming dollarga sotildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Shu tarzda mualif imzosi bo‘lmagan badiiy kitob uchun auksion rekordi o‘rnatildi.
O‘tgan yili o‘tkazilgan auksiondagi rekord ham Garri Potter haqidagi kitobning ilk nashriga tegishli. O‘shanda kitob uchun 60 ming dollar atrofida pul taklif qilishgan edi.
Yozuvchi Joan Roulingning “Garri Potter va falsafiy tosh” nomli kitoblar turkumining birinchi qismi 1997-yilda Britaniyaning Bloomsbury nashriyoti tomonidan 500 nusxada chop etilgan.
Auksionda ishtirok etgan kitob o‘sha yilda taxminan 15 dollarga sotib olingan va hozirgi vaqtga qadar shaxsiy kolleksiyada saqlab kelingan.
“Biz Garri Potter dunyosining ko‘plab ajoyib narsalarini sotganmiz, biroq hech qachon rekord haqida o‘ylamaganmiz”, — deydi Dallas shahrida bo‘lib o‘tgan auksion xodimi Jeyms Gennon.
Garri Potter haqidagi kitoblar turkumi 500 milliondan ortiq nusxada chop etilgan. Kitob 70 dan ortiq yilga tarjima qilingan. Butun dunyoda misli ko‘rilmagan mashxurlikka erishgan kitoblarning so‘nggi qismi 2007-yilda o‘quvchilar qo‘liga yetib bordi. | 88 | 1,217 |
Madaniyat | Toshkentda madaniy xalqaro anjuman o`z ishini boshladi (foto) | Bugun, 10 dekabr kuni O`zbekistonda “O`zbekiston madaniy merosi jahon to`plamlarida” loyihasining 2018 yil yakunlari va “Yo`l xaritasi-2019”ni ishlab chiqishga bag`ishlangan xalqaro multimedia forumi o`z ishini boshladi.
Mazkur yirik anjumanni O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, saqlash va targ`ib etish bo`yicha Butunjahon jamiyatining boshqaruvi raisi, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan jurnalist Firdavs Abduxoliqov ochib berdi.
So`ngra mehmonlar "O`zbekistonning rivojlanish strategiyasi: mamlakatning madaniy merosini asrab-avaylash va o`rganish uchun amalga oshirilayotgan islohotlar, loyihalar va dasturlar" filmini ko`rishga taklif qilindi.
Shaxnoza G`anieva muallifligidagi ushbu kinokartina TV guruh tomonidan suratga olingan bo`lib, unda mamlakatimizda olib borilayotgan ish jarayonlari xususida so`z yuritilgan.
Ta`kidlash joiz, O`zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari Milliy assosiasiyasi tashabbusi bilan o`tkazilayotgan ushbu nufuzli anjumanda mamlakatimizdan va dunyoning turli mamlakatlaridan 300 dan ortiq olimlar, mutaxassislar, ekspertlar ishtirok etmoqda.
Sherzod Ikramutdinov olgan suratlar | 61 | 1,130 |
Madaniyat | Bolalikning “haqiqiy qahramonlari”. Tom va Jerri sarguzashtlari haqida | Ko‘pchilikning bolaligi multfilmlarsiz o‘tmagan. Hammaning o‘z qadrli multfilmlari bo‘lgan. Erta tongda maktabga ketish oldidan televizordan beradigan multfilmni ko‘rmasdan ketmagan bola bo‘lmasa kerak. Ana shunday qadrdon multfilmlardan biri “Tom va Jerri” multserialidir. 1940-yilning fevral oyida qaroqchi sichqoncha va posbon mushuk sarguzashtlari ilk bor ekran yuzini ko‘rgan edi. Sana munosabati bilan “Daryo” ushbu ikkovlon haqidagi sarguzashtlar qanday boshlanganini hikoya qiladi.
“Tom va Jerri” — mushukcha Tom va sichqon Jerri bosh rollarda bo‘lgan Amerika multseriali. Ushbu multfilmning ilk qismlari boshqa — Puss Gets The Boots nomi bilan efirga berilgan. Birinchi qismlarda qahramonlarning ham ismi boshqacha bo‘lgan. Tom — Jasper, Jerri — Jinks. Ko‘pchilikning bolaligini yodga soluvchi ushbu multserialning “otalari” multplikator Uilyam Hanna va Jozef Barbera hisoblanadi. Multfilmning boshlanishidagi sherni ko‘pchilik eslasa kerak. U mana shu multserial yaratilgan mashhur Metro Goldwyn Mayer kinostudiyasining “yuzi” sanaladi.
Dastlab multfilm 1940—1958-yillar davomida Metro Goldwyn Mayer studiyasida yaratilgan. Bu davr davomida ishlangan qismlarga Fred Kuimbi prodyuserlik qilgan. Bolaligimizga hamroh bo‘lgan multserialning kichik musiqalarini Skott Bredli yaratgan.
Tom — deyarli hayotdan olingan obraz. Chunki mushukning harakatlari va mimikalarini Irvin Spens ismli rassom o‘zining oynadagi aksiga qarab chizgan. Jerri esa Kennet Myus tomonidan chizilgan.
“Tom va Jerri” 1958-yilda “chet elga borib kelgan”. Bu yilda multfilmning mualliflik huquqlari Chexoslavakiyaga sotilgan, lekin 5 yil o‘tib yana Gollivudga qaytgan. Ammo boshqa studiyaga. Multfilmning qolgan qismlari bilan o‘sha paytdan boshlab Sib-Tower 12 Productions by Chuck Jones kinostudiyasi shug‘ullangan.
Birinchi qismda boshqa ismlar bilan chiqqan mushuk va sichqon ikkinchi qismdan boshlab biz uchun qadrdon Tom va Jerriga aylanishdi.
Yoshligimizning asosiy qahramonlariga aylangan Tom va Jerri multfilmda nafaqat sichqonni tutish, unga ozor yetkazish qiyinligi yoki jazosiz qolmasligini, balki zamonaviy jamiyatning aktual muammolarini ham ochib berishga harakat qilgan. Multfilm ijodkorlari yosh amerikaliklarni murakkab va katta hayotga tayyorlashni ham maqsad qilgan. Multfilmda shafqat, hamdardlik, rahmdillik, sodiqlik, do‘stlik, o‘zaro yordam, tashqi tahdid, umidsiz vaziyatdan chiqish yo‘llari va boshqa kichik, ammo esda qolarli tushunchalar ochib berilgan. Shuningdek, muhabbat, u uchun kurash, raqobatga va sport, klassik musiqa hamda dunyoga bo‘lgan tushunchalarni shakllantirishga xizmat qilgan.
“Katta shaharlarda ham kichik ko‘ngilsizliklar bo‘lib turadi”. Multserialdagi sirli uy bekasi esingizdami? Ha, u aslida inson emas, hayvon qilib tasvirlangan xuddi boshqa qahramonlar kabi. Tomning uy bekasi 1940-50-yillarda qora tanli qilib tasvirlangan. Aynan shuning uchun multfilm irqiy kamsitishda ayblangan va unga ko‘plab tanqidlar yog‘dirilgan. Shu sababli Hanna va Barbera bekani oq tanli ayolga almashtirishga majbur bo‘ladi. O‘sha paytlarda ham AQShning ichki qonunlarida irqiy kamsitishga qarshi kurashilgan. Tanqidlar olib kelgan personaj ko‘p o‘tmay umuman ko‘rinish bermay qo‘yadi. U shunchaki odamlarga qiziq bo‘lmay qolgan.
Ikki qahramon hayvon — Tom va Jerri insoniy xislatlar bilan boyitilgan: o‘qish, sevish, o‘yin o‘ynash, o‘t yoqish, musiqa chalish, kuylash va boshqa ko‘plab ishlar qila olishadi.
Multserialning asosiy jihati shundaki, unda hech qaysi qahramon gapirmaydi. Barcha g‘oya harakatlar, emotsiya va mimikalar orqali yetkaziladi.
Multserialning eng yaxshi yillari sifatida 1940-58-yillar tan olinadi. Aynan shu yillar davomida u 7 marta “Oskar”ga loyiq ko‘rilgan. “Tom va Jerri” birinchi “Oskar”ini vatanparvarlik uchun qabul qilgan. “Jangchi sichqon” qismining yakunida osmonga ko‘tarilgan raketa portlaganida Amerika bayrog‘ini hosil qiladi.
Uilyam Hanna va Jozef Barbera
“Tom va Jerri” yana 6 marta 1944-, 1945-, 1946-, 1948- va 1951-yillarda ushbu nominatsiyaga loyiq ko‘rilgan.
Bundan tashqari, multfilmning yana bir necha qismlari “Oskar” nominatsiyasiga da’vogarlar ro‘yxatiga qo‘shilgan, ammo ular yuta olmagan.
Uilyam Hanna va Jozef Barbera tomonidan yaratilgan multfilm shunchaki oddiy multserial sifatida emas, balki shedevr darajasidagi multiplikatsion film sifatida tarixda qoldi. “Tom va Jerri” brend darajasiga ko‘tarildi.
2001-yilda “Tom va Jerri”ning “otalaridan” biri — Uilyam Hanna vafot etdi, 2006-yilga kelib Jozef Barbera ham bu dunyoni tark etgan. Mualliflari vafot etgan bo‘lsa ham shedevr darajasidagi ushbu film ko‘pchilik bolaligining va tarixning bir qismi sifatida qoldi.
Mirjalol Qosimov tayyorladi. | 70 | 4,669 |
Madaniyat | Xonanda Lola Olimpiada chempioni Hasanboy Do‘stmatovga: Hammasi juda ham zo‘r bo‘ldi! Rahmat sizga! | Xonanda Lola Instagram’dagi sahifasi orqali 21—23-noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan yakkaxon konsert dasturi taassurotlari va lavhalari bilan o‘rtoqlashishni davom ettirmoqda.
Konsertda Olimpiada chempioni, bokschi Hasanboy Do‘stmatovning ham sahnada chiqish qilgani shov-shuvlarga sabab bo‘lgan edi. Xonanda kuni kecha konsertning aynan shu lahzasidan video e’lon qildi.
В настоящем шоу все по настоящему! Меня поддержали Олимпийский чемпион, лучший боксер Олимпиады в Рио, гордость Узбекистана- Хасанбой Дусматов!? И белый рыцарь, покоритель женских сердец , мой коллега- ШАХРИЕР! Это было круто! Спасибо вам!
A video posted by Lola Yuldasheva (@lolaofficial_) on Nov 25, 2016 at 12:17am PST
“Haqiqiy shouda hammasi haqqoniy bo‘lishi kerak! Meni Olimpiya o‘yinlari chempioni, Riodagi Olimpiadaning eng yaxshi bokschisi, O‘zbekiston iftixori Hasanboy Do‘stmatov va oq ritsar, ayollarni o‘ziga maftun etuvchi hamkasbim Shahriyor qo‘llab-quvvatladi!”, — deb yozdi Lola.
“Hammasi juda ham zo‘r bo‘ldi! Rahmat sizlarga!”, — deya qo‘shimcha qildi xonanda Lola.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 99 | 1,217 |
Madaniyat | Kumush Razzoqova: Estradamizda biror qo‘shiq 10—15 yil yashayotganini bilmayman | Xonanda Kumush Razzoqovaning junalist Nargiza Murodovaga bergan intervyusida o‘zbek va dunyo estradasiga tanqidiy nigoh tashladi. Bu haqda “Diydor aziz” nashri ma’lum qildi.
“Bugungi dunyo va o‘zbek estradasi menga yoqmaydi. Estrada tushunchasi o‘zligini yo‘qotdi, klassik estrada allaqachon tanazzulga yuz tutdi. Masalan, Beyonse dunyo yulduzi, uning millionlab muxlislari bor. Lekin uni xonanda deb bilmayman. Qo‘shiqlari baqir-chaqir, kliplari esa fahsh harakatlaridan boshqa hech narsa emas. O‘zimizning estarada-chi, birorta qo‘shiq 10—15 yil yashayaptimi?
Baynalminal oilada tug‘ilgan bo‘lsam-da, o‘zbek tilini bilishga intilardim. Bugun uzuq-yuluq so‘zlarni istagancha talaffuz qilib, qo‘shiq kuylashayapti. O‘zbek tilida qo‘shiq kuylab turib, shu tilni bilishga intilmayotgan xonandalar oz deysizmi? Bu nafaqat o‘zi, balki xalq va san’atga ham behurmatlik emasmi?” — deya ta’kidladi Kumush Razzoqova. | 79 | 911 |
Madaniyat | Qo‘shiqchi Lolaning uyiga tushgan o‘g‘rilar uning onasiga jarohat yetkazdi | 22-oktabr kuni o‘zbek qo‘shiqchisi Lolaning qizlik uyiga noma’lum shaxslar kirib, talon-taroj ishlarini amalga oshirgan, deb xabar bermoqda 12news.uz.
Jinoyatchilar uyda yolg‘iz bo‘lgan qo‘shiqchining onasiga tan jarohatlari yetkazgan va uning taqinchoqlarini tortib olgan.
Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani Ichki ishlar bo‘limi talonchilik fakti bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgan, bu bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda. | 74 | 433 |
Madaniyat | Eng yosh dirijyor Asadbek Ayubjonovga "YAMAHA” korporasiyasi doimiy homiylik qiladi | O`zbekistonlik iste`dodli yosh dirijyor Asadbek Ayubjonovga “YAMAHA” korporasiyasi doimiy homiylik qilishini rasman e`lon qildi. Endi uning onasi homiy axtarib, tashkilotma-tashkilot sarson bo`lmaydi.
Kuylar orqali biz dunyoni anglaymiz, ular bizni ajoyibotlar olamiga etaklaydi. Ammo oq qog`ozga bitilgan qora nuqtalarni gapirtirish har kimning ham qo`lidan kelavermaydi. Bizning hamyurtimiz, iste`dodli yosh san`atkor – Asadbek Ayubjonov qo`lida dirijyorlik cho`pi sehrli tayoqchaga aylanadi. U endi 13 yoshga to`lgan bo`lsa-da allaqachon musiqaga mehr berib, butun dunyodagi muxlislari qalbini zabt eta oldi.
–Asadbek kichikligidan g`aroyib iqtidor egasi edi. U 6 yoshligida 85 ta she`rni yod o`qirdi, – deydi Asadbekning onasi Mohida Jumaeva. – Yana bu she`rlar har biri bir emas, bir necha kupletdan iborat. Aytib yurgan latifalarining sanab sanog`iga etib bo`lmasdi.
7 yoshidan musiqa maktabining skripka yo`nalishiga qatnadi, 8 yosh bo`lganida Rossiyaning “Dunyo yoshlari urushga qarshi” nomli muruvvat aksiyasi doirasida o`tkazilgan konsertga taklif etishdi. O`shanda Asadbekning qobiliyatini, berilib orkestrni boshqarishini ko`rib, barcha hayratda qolgandi. Keyin har yili ketma-ket festivallar va konsertlarga chaqira boshlashdi. U ko`plab xalqaro musiqa tanlovlarida, festivallarda yuqori o`rinlarni egallab qaytdi. Har safar mezbonlar uning borish-kelish xarajatlarini to`lab berishdi.
Italiyada bo`lib o`tgan skripkachilar tanlovida 1-o`rinni egallab qaytdi. U yoqda yashash xarajatlari O`zbekiston madaniyat vazirligi qoshidagi iste`dodlarni qo`llab-quvvatlash fondi tomonidan qoplandi. Italiyaga borish-kelish aviachiptasini esa “Ipak yo`li” banki olib berdi.
O`tgan 2018 yilda Asadbek Ayubjonov O`zbekiston madaniyat vazirligining iste`dodli bolalarni qo`llab-quvvatlash fondi tomonidan ajratilgan stipendiya sohibi bo`ldi, bir yil davomida har oy 400 ming so`mdan stipendiya oldi.
Mana, bu yil “YAMAHA” korporasiyasining yurtimizdagi firmasi faollari Rossiyada bo`lib o`tadigan xalqaro festivalda Asadbek va ustozining ishtirokini ta`minlash, umuman kelajakda unga doimiy homiylik qilish tashabbusi bilan chiqdi.
Gap shundaki, bu yil Asadbekning onasi shifoxonaga tushib, homiy topishga ulgurolmadi. So`ng tanish jurnalistdan o`g`lining borish-kelishini "ko`taradigan" homiy topishda yordam berishni so`radi. Axir festival afishalarida o`zbekistonlik taniqli yosh rejissyor Asadbek Ayubjonov ishtirok etadi, deb allaqachon ommaga e`lon qilingan. Imkoniyatni qo`ldan boy bermaslik kerak. Buning ustiga muxlislarni intiq qilish ham yaxshi emas. Festivalga bor-yo`g`i bir necha kun qoldi...
Hamkasbimiz jurnalist Nargiza Usenbaeva tezda feysbukdagi sahifasiga murojaat yozadi: “Nahot dunyoda birgina kichik dirijyorni xalqaro festivalga yubora olmasak?!..”
Shu zohoti bu postga javoban YAMAHA” korporasiyasining Toshkentdagi vakili Abdulla aka: “Biz o`zimiz Asadbekka homiylik qilamiz!” – deya izoh qoldiradi. Ijtimoiy tarmoqqa bu post qo`yilgach, Madaniyat vazirligi, “Yoshlar ittifoqi”dan ham “Biz o`zimiz to`lab beramiz!” degan takliflar tushadi. Xullas homiylar rosmana “talashib” qolishadi!
Voqealar bunday tus olishini ko`rgan Asadbekning onasi ham suyunib, tezda oyoqqa turib ketadi. Albatta, yurtimizda iste`dodlarni qo`llab-quvvatlashga “mana men” deb ko`krak kerib turgan homiylar ko`pligi odamni quvontiradi...
(Maqolani batafsil “Darakchi” gazetasining 32 sonida o`qishingiz mumkin).
Manzura BEKJONOVA, jurnalist | 83 | 3,445 |
Madaniyat | Lola Zunnunova «Milliy» telekanali bosh direktori lavozimiga tayinlandi | Ishonchli manbalar xabar berishicha, taniqli jurnalist va boshlovchi Lola Zunnunova «Milliy» telekanali Bosh direktori lavozimiga tayinlandi.
Bugunga qadar u telekanal bosh muharriri sifatida faoliyat olib borayotgan edi.
Hamkasbimizga omad yor bo`lsin! Yangi mas`uliyatli faoliyatida Yaratganning o`zi qo`llasin! | 71 | 315 |
Madaniyat | Shahzoda va Lola 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga atab duet kuyladi | Xonandalar Shahzoda va Lola ijodiy hamkorlikni boshladi, deb yozadi “Darakchi.uz”.
“Shou-biznesning eng mashhur vakillari, uzoq yillardan buyon bir-biridan arazlagan edi. Bugun esa birgalikda ijodiy hamkorlikni boshlashgan. Gap-so‘zlarga qaraganda taklifni Lola Yo‘ldoshevaning o‘zi bildirdi”, — deyiladi xabarda.
Xonandalar 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan “Qo‘lingda imkon” nomli duet qo‘shiqni ijro etmoqda.
View this post on Instagram
View this post on Instagram
Qayd etilishicha, duetning bir qismini O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ulug‘bek Rahmatullayev va xonanda Shahriyor ham kuylagan.
G‘oya muallifi — Lola Yo‘ldoshevaning o‘zi. Musiqa Shuhrat Zokirovga tegishli. Klipmeyker Sanjar Matkarimov, operator Rustam Murodov.
View this post on Instagram
Klipning tasvirga olish jarayoni Samarqand va Toshkentda, xususan Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrida, “Bunyodkor” stadionida, eski shahar ko‘chalari va tog‘li hududlarda bo‘lib o‘tdi. Klipda O‘zbekiston xalq artisti Mahmud Ismoilov, taniqli futbolchi Sardor Rashidovlar suratga tushdi.
Qayd etilishicha, klipda Lolaning o‘g‘li Shohdiyor ham rol ijro etgan.
View this post on Instagram | 82 | 1,301 |
Madaniyat | 2022 yilda O`zbekistonda xalqaro teatr festivali o`tkaziladi | Avvalroq Madaniyat vazirligida barcha davlat teatrlari direktorlari va rejissyorlari hamda “O`zbek davlat sirki” davlat muassasasi rahbar va mas`ul xodimlari ishtirokida dolzarb masalalarga bag`ishlangan muhokama o`tkazilgani haqida xabar bergan edik.
Ushbu yig`ilish so`ngida, shuningdek, teatrlardagi yosh rejissyorlarning faoliyatini yanada rivojlantirish, tajribali ustoz rejissyorlar tomonidan malaka oshirish laboratoriyasini bosqichma-bosqich tashkil etish masalasi ham ko`rib chiqilgan. Madaniyat vazirli bu haqda ma`lum qildi.
Qayd etilishicha, shu jumladan , 2022 yilda teatrlarda tarixiy va klassik asarlar yaratish va sahnalashtirish ishlariga katta e`tibor qaratiladi. Shtat birliklarini qayta ko`rib chiqiladi hamda 2022 yilda O`zbekistonda Xalqaro teatr festivali o`tkaziladi.
Tadbirda ushbu festivalga tayyorgarlik ko`rish va uni yuqori saviyada o`tkazish kabi ko`plab zarur masalalarda mutasaddi rahbarlar va xodimlarga ko`rsatmalar berilgan. | 60 | 959 |
Madaniyat | Kambag‘al oila farzandidan jahon kinosi yulduziga aylangan Jerar Depardyening hayot yo‘li (foto) | Jahon kinosi yulduzi Jerar Depardye 2021-yil 27-dekabr kuni 73 yoshni qarshi oldi.
Jerar Depardye 1948-yil 27-dekabrda Fransiyaning Shatoru shahrida tug‘ilgan. Bo‘lajak aktyorning oilasi qashshoqlikda yashagan va moliyaviy muammolar tufayli uning ota-onasi farzandlariga kam vaqt ajratgan va befarq bo‘lgan. Muammolarga qaramay, Jerar maktabda yaxshi o‘qidi, lekin faqat boshida, oradan bir muncha vaqt o‘tgach, u o‘qishni tark etdi.
Natijada 1962-yilda u to‘liq bo‘lmagan o‘rta ma’lumot to‘g‘risida hujjat oldi, shundan so‘ng u bosmaxonaga ishga kirdi. Shu bilan birga, Jerar aviabazada yoqilg‘i o‘g‘irlagan bir guruh tengdoshlari bilan munosabat o‘rnatdi. Endigina 16 yoshga kirgan bo‘lajak aktyor politsiyachilar tomonidan hibsga olindi va uch hafta davomida qamoqda qoldi.
Nogahon Parijda yashovchi do‘stlaridan biri uni o‘z yoniga taklif qilganida Jerarning hayoti birdan o‘zgarib ketdi. Depardye uyidan qochib, Fransiya poytaxtiga do‘stining aktyorlik darslarida nima qilayotganini ko‘rish uchun ketdi. Do‘stining o‘qituvchilardan biri Jerarni payqab qoldi va pantomimani tasvirlab berishni so‘radi, u uchun bu vazifa qiyin emas edi, chunki bolaligida tez-tez imo-ishoralar yordamida muloqot qilar edi. O‘qituvchiga Depardye ma’qul keldi va uni o‘qishda qolishga taklif qildi. Jerarning kelajakda buyuk aktyor bo‘lib yetishganiga qaraganda, u taklifga rozi bo‘lgan.
Karyera
Jerarning filmdagi debyuti o‘tgan asrning 60-yillarning o‘rtalarida sodir bo‘lgan. U Roje Lenarning qisqa metrajli filmida rol ijro etgan. Bir muncha vaqt o‘tgach, u Anes Vardaning “Navsikaya” (“Nausika”) to‘liq metrajli filmida rol o‘ynadi. Keyinchalik yana bir nechta rollar ijro etdi, lekin Bertran Bliyening 1977-yilda premyerasi bo‘lgan “Valschilar” kartinasi unga shuhrat keltirdi.
“Valschilar” filmidagi muvaffaqiyatli rolidan so‘ng aktyor ekranlarda tez-tez paydo bo‘la boshladi, uning filmografiyasidagi eng ahamiyatli rollar “So‘nggi ayol”, “Dastro‘molingizni tayyorlang”, “Yigirmanchi asr” edi. “So‘nggi metro” melodramasidagi ishi uchun Jerar o‘zining birinchi kino mukofoti – “Sezar”ni oldi.
Jerar Depardye va Jan Reno
Depardye 80-yillarda komediyalarda rol o‘ynay boshlaganidan keyin mashhurlikning yangi to‘lqinini his qildi. Unga Pyer Rishar va Jan Reno bilan birga rol o‘ynagan “Sen gapirma!” filmi alohida muvaffaqiyat keltirdi. 90-yillarning boshlarida u asosiy rolni o‘ynagan “Sirano de Berjerak”da ishtirok etdi va bu uchun Depardye Kann kinofestivalida mukofotlandi. Filmning o‘zi esa “Oskar”, “Sezar”, “Palma” va boshqa mukofotlarga sazovor bo‘lgan. Ushbu kartinadan so‘ng Gollivud Depardyega o‘z eshiklarini ochdi. So‘ngra Endi Makdauel bilan birgalikda “Yashash huquqi” filmida suratga tushdi va roli uchun “Oltin globus”ni oldi.
Pyer Rishar va Jerar Depardye
Hozirda ham aktyorning filmografiyasi yangi asarlar bilan to‘lib bormoqda. Depardye filmlarda faol ishtirok etishda davom etmoqda, shuningdek, dublyaj studiyasida ham faoliyat yuritadi.
Shaxsiy hayot
Jerar Depardye va uning birinchi rafiqasi Elizabet Gino
Jerar bo‘lajak rafiqasi bilan aktyorlik maktabida o‘qiyotganda tanishgan. Bu 1968-yilda sodir bo‘ldi va o‘sha paytda Parijdagi eng badavlat oiladan bo‘lgan Elizabet Gino uning ko‘nglidan joy oldi. 1970-yil 11-aprelda juftlik turmush qurdi.
Jerar Depardye va Karinn Silla hamda ularning qizi Roksana
1992-yilda Jerar va Elizabetning ajrashishi ma’lum bo‘ldi va bu 1996-yilda amalga oshdi. Ma’lumki, ajralish sababi Depardyening qizi Roksanani dunyoga keltirgan model Karinn Silla bilan munosabatlari bo‘lgan. Ammo bu munosabat uzoq davom etmadi, 1977-yilda Jerar aktrisa Karol Buke bilan uchrasha boshladi. Buke juda rashkchi edi, bu aktyorga yoqmadi va 2005-yilda ular ajrashdi.
Jerar Depardye va Karol Buke
Aktyor to‘rt nafar farzandini rasman tan oladi: qizi Jyuli va o‘g‘li Giyom rafiqasi Elizabetdan (Giyom 2008-yilda vafot etgan), qizi Roksanna Karinn Silladan va o‘g‘li Jan kambojalik Xelene Bizotdan.
Nomusga tegganlikda ayblangan
2018-yilning yozida aktyorning bir qizni zo‘rlagani yuzasidan anonim ariza yozildi. Atrofdagilarning hech biri aktyorning buni qila olishiga ishonmadi va uning o‘zi hamma narsani rad etdi. Ko‘p o‘tmay, tekshiruv va so‘roqlardan so‘ng ish yopildi.
2021-yilda qiz yana aktyorni aybladi, ammo bu safar u o‘z ismini yashirmadi. Aktrisa Sharlotta Arnold o‘zining Twitter sahifasida butun voqeani e’lon qildi. 2013-yilda Rossiya fuqaroligini olgan Depardye ayblovlarni rad etadi. Uning advokatlari aktyor sha’nini himoya qilishga va’da berdi.
Jerar Depardye va Sharlotta Arnold | 96 | 4,549 |
Madaniyat | Xorvatiyada “Xivadan olingan taassurotlar” nomli ko`rgazma namoyish etilmoqda (foto) | Xorvatiyaning Rieka shahrida “Xivadan olingan taassurotlar” nomli ko`rgazma namoyish etilmoqda.
Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti (TURKSOY) tomonidan Xiva 2020 yilda turk madaniyati poytaxti deb qilingan edi. Biroq pandemiya sababli TURKSOY tomonidan belgilangan dasturlarni to`liq o`tkazish imkoniyati bo`lmadi.
Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti delegasiyasi a`zolarining mazkur davlatga tashrifi doirasida tashkil qilingan mazkur ko`rgazmada Xiva madaniyati, san`ati, urf odatlari, an`analari, tarixiy yodgorliklari va jahon sivilizasiyasiga hissa qo`shgan buyuk allomalari haqidagi ma`lumotlar aks etgan.
Delegasiya a`zolari Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti – TURKSOY rahbari D.Kasseynov, Madaniyat vazirligi boshqarma boshlig`i Sh.Akbarov, Qozog`iston Respublikasining Xorvatiyadagi elchixonasi maslahatchisi T.Seksenbay, TURKSOYning Bolqon mintaqasi bo`yicha loyiha koordinatori F.Aliyenilardan iborat.
️Delegasiya a`zolarining amaliy tashrifi davom etmoqda. | 84 | 973 |
Madaniyat | “Muhtasham yuz yil” serialida Afifa Xotun rolini ijro etgan turk aktrisasi miya saratonidan vafot etdi | Turk aktrisasi Sabina Toziya 76 yoshida miya saratonidan vafot etdi. Bu haqda uning hamkasbi aktrisa Maryam Uzerli xabar berdi, deb yozmoqda Starhit.
Ma’lum bo‘lishicha, Toziya 2021-yilning yanvar oyida kasalxonaga yotqizilgan. Shifokorlar bemorning miyasida o‘simta borligini aniqlagan. Bu xabarni eshitgan aktrisa o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi, aksincha o‘zgalar e’tiborini tortmaslikka harakat qildi. U filmlar va tadbirlar ishtirok etishni to‘xtatdi, blog yuritishdan voz kechdi.
Toziya bolaligidan aktrisa bo‘lishni orzu qilar edi, lekin o‘z maqsadiga faqat balog‘at yoshiga yetgachgina erishdi. So‘nggi yillarda u bir qancha yirik loyihalarda, jumladan, “Ona jarohati” filmida rol o‘ynashga muvaffaq bo‘ldi.
Do‘stlari, hamkasblari va muxlislar serial yulduzining oilasiga hamdardlik bildirishgan. Birinchilardan bo‘lib Meryem Uzerli chuqur qayg‘uda ekanini yozgan.
“Biz uchta ajoyib loyihada birga rol ijro etdik: “Muhtasham yuz yil”, “Ona jarohati”, “Yomonlik dunyoga ustun bo‘lolmas”. O‘limingizdan yuragim sindi. Sizni juda yaxshi ko‘rardim. Oxiratingiz obod bo‘lsin, azizim Sabina”, — deb yozgan aktrisa o‘z sahifasida.
Sabina Toziya “Yomonlik dunyoga ustun bo‘lolmas” serialining suratga olish jarayonlarida ishtirok etayotgan edi. Biroq bir necha oy oldin sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolari tufayli ishni to‘xtatishga majbur bo‘lgan. Aktrisa o‘simtani olib tashlash uchun qilingan katta operatsiyani boshidan o‘tkazdi va to‘rt kun reanimatsiyada yotdi. Operatsiya yaxshi o‘tdi, muxlislar sevimli aktrisalarining ekranga qaytishiga umid qilishdi, lekin tez orada bemor falaj bo‘lib qoldi.
View this post on Instagram
“Yomonlik dunyoga ustun bo‘lolmas” filmida Toziyaning o‘g‘li rolini o‘ynagan O‘qtay Qaynarja fojiali xabardan o‘zini yo‘qotib qo‘yganini aytadi. “Bu sinovlardan qanday o‘tishimni bilmayman. Mendagi tuyg‘ularni tasvirlab berishning iloji yo‘q. Bu katta bo‘shliq, hech narsa yo‘q, tomog‘imga nimadir tiqilib qoldi”, — deydi aktyor o‘z shaxsiy blogida. | 102 | 1,991 |
Madaniyat | Arvohlar uchun tuzoq va oltin vanna: Yulduzlarning katta mablag‘ evaziga qilgan xaridlari | Moliyaviy ahvoli haqida o‘ylamay pul sarflaydigan yulduzlarning g‘alati xaridlari haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Ledi Gaga
Xonanda 2010-yilgi konsertidan avval maydonni ruhlardan tozalamoqchi bo‘lgan va yordamchilaridan arvohlarni ovlovchi maxsus qurilma keltirishlarini so‘ragan. Konsert omadli o‘tganidan keyin qurilma uchun sarflagan 50 ming dollariga mingdan ming rozi bo‘lgan.
Jonni Depp
“Karib dengizi qaroqchilari” yulduzi bergan intervyularidan birida do‘sti, jurnalist Xanter Tompsonning xokini maxsus zambarakdan havoga sochish uchun 5 million dollar sarflaganini ta’kidlagan. Uning o‘zi bu qilgan ishidan mamnun.
Nikolas Keyj
Kolleksiyasiga allambalo buyumlar sotib olish uchun mablag‘larini ko‘kka sovuradigan Nikolasning inqirozga uchrash ehtimoli ko‘p bo‘lgan. Uning uyida 276 ming dollarga xarid qilingan dinozavr suyaklari hamda 1,6 million dollarlik komikslar to‘plamini uchratish mumkin.
Selin Dion
Salomatligiga haddan ortiq e’tiborli bo‘lgan xonandaning Los-Anjelesdagi uyiga 2 million dollar sarflab, havo namlantiruvchi vosita olgani muxlislarini hayron qoldirgan.
Leonardo Di Kaprio
Di Kaprioning o‘zi gavdalantirgan “Buyuk Getsbi”dagi qahramoni bilan o‘xshashliklari ko‘p. U ham uyida ziyofatlar uyushtirishni yaxshi ko‘radi. 2012-yilda tug‘ilgan kunini nishonlash uchun 3 million dollarga Armand de Brignac shampan vinosidan 18 quti buyurtma bergani buning isboti. Shu bilan birga, aktyor xayriya ishlarini ham unutmagan va bayram davomida Qizil Xoch jamg‘armasi va “Sendi” bo‘ronidan aziyat chekkanlar uchun mablag‘ to‘plagan. Tashrif buyurgan mehmonlardan jami 500 ming dollar mablag‘ yig‘ilgan.
Mayk Tayson
Bokschining xonadonidan narxi 2 million dollarni tashkil qiladigan, oltindan ishlangan vanna o‘rin olgan. Sportchi vannani rafiqasi Robin Givens uchun xarid qilgan. “Meni pul va shunga o‘xshash narsalar tashvishga solmaydi. Agar sarflagan pullarim haqida qayg‘urganimda hozir jinnixonada bo‘lgan bo‘lardim”, — degan u.
Kim Beysinger
1989-yilda Kim Jorjiya shtatidagi Braselton shahrini sotib olgan. Buning uchun 20 million dollar sarflagan Beysinger u yerni yirik turistik markazga aylantirishni rejalashtirgan, ammo urinishlari omadsiz yakun topgan. | 89 | 2,192 |
Madaniyat | Aktyor Jim Kerri sud oldida javob beradi | “Niqob” va “Trumen tomoshasi” filmlari bilan mashhurlikka erishgan Jim Kerri qiz o‘rtog‘ining o‘limida ayblanib, sud oldida javob beradi, deb xabar qildi TJournal.
Asli irlandiyalik bo‘lgan 30 yoshli Ketriona Uayt Los-Anjelesda yashab vizajist bo‘lib ishlar edi. 2015-yilning sentabrida uning jasadi o‘z uyidan topilgandi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, ayol faqat shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha berilishi kerak bo‘lgan turli dori vositalaridan ko‘p miqdorda ichib yuborgani oqibatida halok bo‘lgan. Uaytning o‘limi rasmiy ravishda o‘z joniga qasd deya topilgandi.
Uaytning onasi Brijid Suitman hamda undan alohida yashaydigan eri Mark Byorton aktyor Jim Kerrini qizi o‘z joniga qasd qilishi uchun dori vositalarini olib berganlikda ayblamoqda. Los-Anjeles Oliy sudi Kerrining advokati Reymond Baucherni iltimosiga qaramasdan ishni yopmasligini ma’lum qildi.
Sudya Deyrdre Xill sud jarayonining boshlanishini 2018-yil 26-aprel kuniga belgiladi. Sud ishi taxminan 20 kun davom etadi. Advokat fikricha, sud jarayoni aktyor uchun juda og‘riqli bo‘ladi, chunki u Uaytni juda ham yaxshi ko‘rgan.
O‘tgan yili Byorton tomonidan aktyor nomiga berilgan orginal da’voda “Kerri noqonuniy ravishda ko‘rsatilgan dori vositalarini sotib olgan, bu Kaliforniya shtati qonunlariga zid” deya ta’kidlangan. Bundan tashqari aktyor “Uaytning bevaqt fojeali o‘limiga javobgarlikda va bunga o‘zining aloqasi borligini yashirish”ga harakat qilgani uchun ham ayblanmoqda. Kerrining o‘zi esa barcha ayblovlarni rad etdi. | 40 | 1,493 |
Madaniyat | Bollivud yulduzlari bolaligida kim bo‘lishni orzu qilgan? (foto) | Bir kun kelib kino olamida faoliyat yuritishi xayoliga ham kelmagan, tamoman boshqa sohada ishlashni orzu qilgan hind shou-biznesi vakillari haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Dipika Padukone
Mashhur badmintonchining qizi sifatida Dipika ham o‘zini sportga bag‘ishlashga qaror qilgan. Bolaligidanoq bo‘lajak aktrisa, maktabga borishdan avval mashg‘ulotlarga qatnagan. Bir muddat milliy terma jamoa tarkibida bo‘lgan Padukone, modellik biznesi va suratga olish maydonchalarida o‘zini sinab ko‘rganidan keyin professional sportni tark etishiga to‘g‘ri kelgan.
Anushka Sharma
Aktrisaning aytishicha, Anushka bolaligidan model va shunchaki yaxshi inson bo‘lishni orzu qilgan. Ammo aktrisa bo‘lish uning yetti uxlab tushiga ham kirmagan.
Jon Abraham
Jon yoshligida moliya sohasida faoliyat yuritishni istagan. U hatto ushbu yo‘nalish bo‘yicha universitetda ham tahsil olgan. Ammo o‘zini model sifatida keyinroq kinosanoatda sinab ko‘rganidan keyin aktyor bo‘lmoqchi ekanini tushunib yetgan.
Ayshvariya Ray
Bolaligidan hayvonlarni juda ham yaxshi ko‘rgan Ayshvariya veterinar bo‘lishni orzu qilgan. Keyinchalik arxitektura bo‘yicha o‘qigan Ray, reklama roliklarida suratga tushib, filmlar kastingida ishtirok etgan.
Priti Zinta
Priti boshqa qizlardan farqli ravishda koinotga uchish va haydovchi bo‘lishni orzu qilgan. Ammo keyinchalik hamma rejalari o‘zgarib ketgan. Bunga talabalik yillarida kino olamiga qadam qo‘yishi sabab bo‘lgan.
Priyanka Chopra
Aktrisalikdan tashqari, vokal bilan shug‘ullanib, jurnallar uchun maqola yozadigan, shu bilan birga bir nechta ijtimoiy faoliyat bilan shug‘ullanadigan tashkilotlarning vakili hisoblanadigan Priyankani serqirra inson deb atash mumkin. Shu sabab bo‘lsa kerak uning bolaligida farzandlari va turmush o‘rtog‘i haqida qayg‘uradigan uy bekasi bo‘lishni orzu qilganiga ishonish qiyin. Ammo bu haqiqat. Eng qizig‘i, u o‘sha vaqtlar hech qanaqa mashhurlik va ijodiy karyera haqida o‘ylamagan. | 64 | 1,937 |
Madaniyat | Angrenda fuqaro hovlisini qazish chog`ida qadimiy sopol ko`zalarni topib oldi | Angren shahri «Bog`i Surh» MFY Abay ko`chasida yashovchi F.N. o`z turar joyi hovlisidan bir qator qadimiy ko`zachalarni topib oldi. Bu haqda Angren shahar hokimligi Axborot xizmati o`zining rasmiy kanalida xabar berdi. Ma`lum bo`lishicha uy egalari o`z hovlisida chuqur qazishayotgan chog`da u erdan eski qabr ochilgan.
U erdan sopol buyumlar chiqqan. Bu haqda 30 aprel kuni fuqaro Angren shahar tarix muzeyiga xabar bergan. Muzey xodimlari 1 may kuni Angren shahar «Bog`i Surh» MFY Abay ko`chasida yashovchi fuqaroning murojaati asosida uning yashab turgan turar joy hovlisidan qazilgan chuqurda qazishma ishlarini olib borishgan.
Foto: Angren shahar hokimligi matbuot xizmati
Qazishma ishlari davomida ushbu qabr Qovunchi madaniyatiga oid bo`lib, u miloddan avvalgi 3-4 asrlarga tegishli ekanligi qayd etilgan. Qabrdan shu davrda yashagan odamlarning suyak qoldiqlari va 5 xil shakldagi sopol buyumlari qazib olingan. Hozirda bu ashyolar bo`yicha tadqiqot ishlari olib borilmoqda. | 77 | 983 |
Madaniyat | Bred Pitt sobiq turmush o‘rtog‘i tomonidan farzandlariga oid ma’lumotlar oshkor qilinishini man etishni so‘radi | Bred Pitt Anjelina Joli bilan ajralish jarayonining farzandlari va ular ustidan vasiylikka tegishli hujjatlarini e’lon qilishni man etishni talab qilmoqda. Bu haqda NBC News ma’lum qildi.
Gollivud aktyori Jolining harakatlari bolalar shaxsiy hayoti maxfiyligini buzayotgani va ularning xavfsizligiga tahdid qilayotganini ta’kidladi. Avval erishilgan kelishuvlarga zid ravishda, Anjelina farzandlari bilan ishlayotgan ruhiy salomatlik bo‘yicha mutaxassislar, jumladan, psixoterapevtning nomini oshkor etgan.
TMZ manbalariga ko‘ra, so‘rovda Anjelina Joli “yo o‘zini idora etish mexanizmlaridan mahrum ekanligi yoki boshqa muddaolardan kelib chiqib ish ko‘rayotgani” ma’lum qilingan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 111 | 854 |
Madaniyat | “Baron-2” filmining yangi epizodlari suratga olinadi | “O`zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan suratga olinayotgan, ammo pandemiya sabab to`xtab qolgan “Baron-2" filmining Rossiya-Suriya munosabatlariga bag`ishlangan qismini tasvirga olish ishlariga tayyorgarlik jarayonlari boshlandi. Bu haqda “O`zbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Bu haqda film rejissyori Rustam Sagdiev shunday dedi:
– Filmning Rossiya-Suriya munosabatlari haqidagi qismida harbiy jurnalistlar Anton Stepanenko va Evgeniy Poddubniylarning jurnalist rolini ijro etishlari rejalashtirilgan. Ushbu qahramonlar orqali urush o`chog`ida turib, harbiy harakatlar vaqtida ro`y berayotgan real voqealarni yoritgan jurnalistlarning mahorati ko`rsatib beriladi.
Rossiyalik hamkorlarning taklifiga ko`ra, rejissyor Rustam Sagdiev ijodiy guruh bilan Moskvaga tashrif buyurdi. Tashrif chog`ida rejissyor rossiyalik harbiy jurnalist Anton Stepanenko bilan uchrashdi.
"O`zbekkino" bunday terroristik intervensiyani fosh qiluvchi, ichki mexanizmlarni ochib beruvchi kartinani suratga olishga qaror qilganidan xursandman. Film jamoasining axborotlarni ishonchli bo`lishiga e`tibor qaratayotganligi, jurnalistlarning urush maydonidan turib efir uchun materiallar qanday tayyorlanishini tomoshabinga etkazib berishga urinayotgani mamnun qildi. Agar pandemiya bo`lmaganida, film allaqachon yakunlangan va efirga ketgan bo`lardi. Hozir vaziyat ancha barqarorlashgan, yaqin kunlarda filmni suratga olish ishlari o`z nihoyasiga etadi" - deya izoh berdi Anton Stepanenko.
Shuni aytish joyizki, Anton Stepanenko va Evgeniy Poddubniy filmdagi harbiy harakatlar bo`yicha maslahatchi hamdir. | 52 | 1,616 |
Madaniyat | O‘zbekiston Qahramoni, navoiyshunos olima Suyima G‘aniyeva vafot etdi | Bugun, 1-sentabr kuni 86 yoshida O‘zbekiston Qahramoni, taniqli navoiyshunos olima Suyima G‘aniyeva vafot etdi, deb xabar qilmoqda Sputnik.
Olima uzoq davom etgan kasallik tufayli olamdan o‘tganligi aytilmoqda.
Suyima G‘aniyeva navoiyshunos olima, mehnatlari nafaqat O‘zbekiston balki Rossiya, Turkiya, Eron, Tojikiston, Ozarbayjon kabi davlatlarda taniqli bo‘lgan sharqshunos-olimadir.
Suyima G‘aniyeva 1992-yilda Beruniy nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan, shu yilning o‘zida “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan. 2008-yilda olimaga “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni topshirilgan.
Toshkent davlat sharqshunoslik institutining Mumtoz filologiya kafedrasi professori Suyima G‘aniyevaga 2015-yil 25-avgust kuni O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov farmoni bilan O‘zbekiston Qahramoni unvoni bilan Oliy nishon - Oltin yulduz medali topshirilgan.
G‘aniyeva 500 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi.
Xabar qilinishicha, Suyima G‘aniyeva bugun, 1-sentabr kuni “Chig‘atoy” qabristonida dafn etiladi. | 69 | 1,016 |
Madaniyat | Xurram Sulton rolini endi kim o‘ynayapti? | “Ishq ertagi” serialida Esmaning onasini gavdalantirgan aktrisa Vahide Gerdyum endi Xurram Sulton obrzazida namoyon bo‘ladi. Turkiyaning Star TV kanali rasmiy saytida 47 yoshli aktrisaning Xurram Sulton qiyofasidagi suratlari namoyish etilgani katta shov-shuvga sabab bo‘ldi.
Suratda: Meryem Uzerli va Vahide Gerdyum
Sulton Sulaymonning sevimli rafiqasi obrazini mahorat ila talqin etgan Meryem Uzerli (27 yosh) suratga olish maydonchasiga qaytib kelmadi. Aktrisaning uzoq muddatli e’tirozlaridan charchagan prodyuserlar bosh rolga yangi aktrisa olishga qaror qildi. Garchi Meryem Uzerlining serialni tark etgani to‘g‘risida rasmiy ma’lumotlar bo‘lmasa-da, yangi aktrisa suratga tushishga hozirlik ko‘rayotganini ma’lum qilgan.
Yangi Xurram Sulton
Vahide Gerdyum Xurram Sulton rolini ijro etishdan juda ham mamnun ekanini va unga bildirilgan ishonchni oqlashga astoydil harakat qilishini aytib o‘tdi. Yangi aktrisa zimmasida ulkan ma’suliyat turibdi. U Xurram Sulton rolini Meryem Uzerlidek mahorat ila ijro etishi va tomoshabinlar mehrini qozonishi kerak. Bu esa oson ish emas.
Serialning ashaddiy muxlislari hamon Meryem Uzerlining qaytishiga ishonishmoqda. | 41 | 1,165 |
Madaniyat | “Narniya saltanati” filmining yosh qahramonlari 15 yildan so‘ng (foto) | “Narniya saltanati” filmining suratga olinganiga 15 yil to‘ldi. Ushbu film qahramonlariga aylangan yosh aktyor va aktrisalar kartina namoyishidan so‘ng dunyo bo‘ylab mashhurlikka erishdi.
Ammo oradan o‘tgan 15 yil davomida ular qanday hayot kechirdi? Bu film tomoshabinlari uchun noma’lum, ammo juda qiziq bo‘lishi tabiiy. Marhamat, quyida ularning hayoti haqida yaqindan tanishish mumkin.
Shahzoda Kaspian – 24 yosh
Ben Barns – 39 yosh
Aktyor Ben Barns “Narniya saltanati” filmiga suratga tushmasidan avval tomoshabinlarga “Yulduz yog‘dusi” kartinasi orqali tanilib ulgurgan edi. Oradan bir yil o‘tib, Oskar Uayldning “Dorian Grey” romanining ekranlashitirilgan varianti – “Narniya saltanati” filmida bosh rolni ijro etdi. Uning shahzoda Kaspian qahramoni karyerasiga sezilarli darajada ta’sir o‘tkazdi. The Telegraph gazetasida aktyorga “Gollivudning yangi shahzodasi” deya berilgan ta’rifdan so‘ng u bir nechta yirik reklama shartnomalarini imzoladi. Keyinchalik shov-shuv bo‘lgan “G‘arbning yovvoyi dunyosi” va “Jazolovchi” loyihalarida ishtirok etdi. Ayni damda Barns Netflix’ning “Soya va suyak” serialida suratga tushmoqda, shuningdek, ushbu kartina aktyor mashhurligining yangi to‘lqini bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Bundan tashqari, Ben musiqa bilan shug‘ullanadi, u ajoyib ovozga ega. U tez-tez Instagram’dagi obunachilarini pianinoda ijro qilayotgan videokliplari bilan quvontiradi.
Piter Pevensi – 18 yosh
Uilyam Mousli – 33 yosh
Film suratga olinganiga ko‘p yillar o‘tgan bo‘lsa-da, Uilyam Mousli hali ham Lyusi, Syuzen va Edmund Pevens rolini ijro etgan hamkasblari bilan do‘stona munosabatlarini davom ettirmoqda. Aktyor filmdagi Pyotr qahramonidan so‘ng o‘z karyerasini shakllantirdi. Bir necha yil davomida seriallarda suratga tushdi va “Harir” filmi orqali katta ekranlarga qaytdi. O‘shandan buyon Uilyam yirik loyihalarda ishtirok etmoqda. “Qirollik oilasi a’zolari” va “Xat tashuvchi” trillerida asosiy rollardan birini ijro etdi. Aktyorning Instagram blogiga qaraganda, Uilyam fitnes, sog‘lom turmush tarzini yaxshi ko‘radi.
Lyusi Pevensi – 10 yosh
Jorji Xenli – 25 yosh
Lyusi Pevensining roli kichik Jorjiga nafaqat aktyorlik faoliyatini boshlanishini taqdim etdi, balki Phoenix Film Critcs Society Award tanlovida “Eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasi g‘olibligini ham olib keldi. “Narniya saltanati” filmining suratga olish ishlari yakunlangandan so‘ng “Maktab loyihasi” va “Tunning opa-singilligi” kabi kartinalarda suratga tushdi. Keyinchalik o‘zini rejissor sifatida ham sinab ko‘rdi. 2015-yilda “Ko‘tarilish” nomli qisqa metrajli filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi. Garchi aktrisa ingliz tili va adabiyoti san’ati bo‘yicha bakalavr ma’lumotga ega bo‘lsa-da, u magistratura bosqichini rejissorlik bo‘yicha davom ettirishga qaror qildi. Shuningdek, u aktyorlik faoliyatini ham to‘xtatib qo‘ymadi. Hozirda aktrisa “Ispaniya malikasi” teleserialida suratga tushmoqda.
Syuzen Pevensi – 16 yosh
Anna Poppluell – 31 yosh
Anna Poppluell 1998-yildan buyon kinolarda muntazam ishtirok etayotgan, shuningdek, “Garri Potter” filmidagi Germiona roli uchun tanlovda qatnashgan bo‘lsa-da, u aynan Syuzen Pevensi obrazida dunyo bo‘ylab shuhrat qozondi. Kartinaning suratga olish ishlari tugagandan so‘ng “Qirollik” serialida Lola xonim obrazida namoyon bo‘ldi. Ayni kunlarda aktrisaning Instagram sahifasidagi postlariga ko‘ra, u yangi filmda suratga tushmoqda, ammo loyihaning nomi oshkor qilinmagan.
Edmund Pevensi − 14 yosh
Skandar Keyns – 29 yosh
Ushbu aktyorning hayoti chindan ham sarguzasht filmga o‘xshaydi. Sababi unda juda ko‘p voqealar va tasodiflar mavjud. Skandarning aktyorlik faoliyati “Narniya saltanati” filmidan so‘ng yakunlandi. U dastlab shifokor bo‘lishni rejalashtirgan edi, ammo oxir-oqibat siyosatga kirishib ketdi. Hozirda u Londonda yashaydi va Buyuk Britaniya parlamentida ishlaydi. Skandarning qiziqish doirasi juda keng bo‘lib, mutolaani yaxshi ko‘radi, taekvondo bo‘yicha yashil belbog‘ sohibi, shuningdek, fleyta chalishni ham biladi va ekstremal sport turlari bilan shug‘ullanib turadi. | 70 | 4,032 |
Madaniyat | “Jirkanch kamina 3” multfilmining birinchi treyleri chiqdi (video) | “Jirkanch kamina” (Despicable Me) multfilmi uchinchi qismining birinchi treyleri YouTube’ga joylashtirildi. Bu haqda Just jared ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Kadr: YouTube
Treylerda yangi yovuz qahramon — 80-yillar bolalar televideniyesining yulduzi Baltazar Brattni ko‘rish mumkin.
Illumination Entertainment studiyasi mahsuloti hisoblangan “Jirkanch kamina”ning birinchi qismi 2010-yilda, ikkinchi qismi esa 2013-yilda taqdim etilgan. Uning uchinchi qismi 2017-yil yozida katta ekranlarga chiqadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 66 | 683 |
Madaniyat | “Birinchi kanal” Sardor Milano haqida maxsus reportaj tayyorladi (video) | Rossiyaning “Birinchi kanal”i o‘zbekistonlik yosh xonanda, “Glavnaya ssena” loyihasi g‘olibi Sardor Milanoga bag‘ishlangan maxsus reportaj namoyish etdi. Videolavha kanalning internetdagi saytida e’lon qilindi.
Reportaj “Uch yarim oktavali diapazon mamlakatning bosh musiqiy sahnasini zabt etdi yoxud Sardor Milano qanday qilib beshinchi harakatda ‘Golos’ shousiga yo‘l oldi” degan uzun nomga ega.
“Uni o‘zbek Robertino Lorettisi deb atashar edi, u ‘Golos’ shousini to‘rt marta muvaffaqiyatsiz qamal qildi, ammo boshqa musiqiy shouda g‘alaba qozondi. Sardor Milano o‘zidan ustun kelgani, bolalik komplekslarini yengib o‘tgani, qariyb ikki metrga o‘sgani, buvisini Gnesinalar nomidagi akademiyaning qizil diplomi bilan quvontirgani, eshituvlarda ustozlarni o‘ziga qaratgani haqida maxsus reportaj”, — deyiladi videoga keltirilgan tushuntirishda. | 72 | 845 |
Madaniyat | Zita-Gita, Fotima va Bobbi: mashhur Bollivud aktrisalarining hayoti qanday kechdi? (foto) | Ushbu mashhur va mahoratli aktrisalarni tanimagan, ular ishtirok etgan filmlarni miriqib tomosha qilmagan inson topilmasa kerak. O‘tgan asrning yulduzlari hisoblangan aktrisalar mashhurlikka erishgandan so‘ng hayoti qay tariqa kechgani esa muxlislar uchun, albatta, qiziq.
Hema Malini
Hema Malini o‘z faoliyatini aktrisalikdan boshlamagan. U dastlab muvaffaqiyatga erishgan raqqosa edi. Shuningdek, uning janubiy hindcha talaffuzi ham kinoga olamiga kirishga unchalik yo‘l bermagan. Va nihoyat Raj Kapur bilan suratga olinadigan filmda lo‘li-raqqosa qiz kerak bo‘lgan va buni Hema Malini a’lo darajada uddalagan. Keyinchalik unga bir necha lo‘li obrazlari uchun takliflar ham tushgan. Aktrisa doimo ayollarni ilg‘or fikrlashga undaydigan obrazlarni gavdalantirishga harakat qilgan. Aynan “Zita va Gita”da ham zo‘ravonlikka qarshi turish masalasi ko‘tarilgan. “Qasos va qonun” filmidagi Basanti rolidan so‘ng Hindistondagi yuzlab ayollar pul topishga qaror qilgan.
Hema Malini aktyor Dxarmendra bilan suratga olish maydonchasida tanishgan. Albatta, Hema Malini dastlab bunga e’tibor bermagan. Nihoyat Dxarmendra unga niyati jiddiy ekanligi va karyerasini to‘xtatmasligini ishontirishga muvaffaq bo‘lgan. Shundan so‘ng yulduzli juftlik oila qurgan. O‘tgan ko‘p yillar davomida aktrisa turmush o‘rtog‘iga nisbatan ko‘proq filmlarda suratga tushgan. So‘nggi yillarda Maliniga xos odatiy rollaridan biri “Ota” bo‘lib, Hindistonning yosh beva ayollari holatini namoyon qilgan. U kartinada beva ayolning qaynonasini ijro etgan. Shuningdek, u o‘zining uchta filmini ham suratga olgan.
Zinat Aman
“Abadiy muhabbat ertagi” va “Ali bobo va qirq qaroqchi sarguzashtlari” filmidan so‘ng mashhurlikka erishgan Zinatning oilasini odatiy deb atash qiyin, u Germaniyada musulmon va hind oilasida dunyoga kelgan. Bolaligidanoq oilasi ajralib, Zinat onasi bilan birga Mumbayga qaytgan. Birozdan so‘ng onasi boshqa kishiga turmushga chiqqan hamda u Zinatga juda mehribon ota bo‘lgan. Keyinchalik o‘rta maktabni tugatgan Zinat AQShga jurnalistikadan saboq olishga ketadi. Aktrisaning birinchi turmush o‘rtog‘i oilali aktyor bo‘lib, Zinat uning norasmiy ikkinchi xotini bo‘lishiga rozi bo‘lgan edi. Ammo turmush o‘rtog‘i va uning birinchi xotini tomonidan to‘xtovsiz kaltaklangan, hattoki o‘ng ko‘ziga ham jiddiy zarar yetgan. Bundan tashqari uning eri hamisha karyerasiga to‘sqinlik qilar va filmlardagi ikkinchi darajali rollar bilan kifoyalanishi kerak bo‘lgan.
Ikkinchi turmush o‘rtog‘i − Majan Xon ham hamisha Zinatni kaltaklashni odat qilgan. O‘n ikki yillik turmushdan so‘ng aktrisa ikki farzand bo‘lsa-da, ajrashish uchun ariza bergan. Ammo sud jarayonida spirtli ichimlikni xush ko‘radigan Majan buyrak yetishmovchiligidan vafot etgan. Majanning qarindoshlari uning o‘limida Zinatni ayblab, uyiga bostirib kelgan. Uning kaltaklanishida o‘zining 11 yoshli o‘g‘li Azanning ham ishtirok etishi aktrisani uzoq vaqt depressiyaga duchor qilgan. Shundan so‘ng aktrisa hech kim kutmagan qadamni tashlagan. Jurnalist sifatida o‘zining dahshatli nikohidan hikoya qilgan. Yana o‘n yillik harakatsizlikdan so‘ng Zinat yana kino olamiga qaytdi. Vaqt o‘tib, uning voyaga yetgan o‘g‘li Azan onasidan kechirim ham so‘ragan.
Dimpl Kapadiya
Aynan Bobbi roli yosh aktrisaga katta shuhrat va Bollivudning nufuzli mukofotini olib kelgan. Biroq aynan shu shon-sharaf uning karyerasiga nuqta qo‘ygan, desa ham bo‘ladi.
Shundan so‘ng aktrisa taniqli aktyor Rajesh Xanna e’tiborini tortgan va uning talabiga binoan suratga tushish ishlaridan voz kechishga majbur bo‘lgan. Oradan 11 yil o‘tib, Kapadiya va Rajesh ajrashgan. Aktrisa esa yana ekranlarga qaytgan. Aktrisaning ikki nafar qizi bor, ular garchi onasi kabi mashhurlikka erishmagan bo‘lsa-da, aktrisalik yo‘lini tanlagan. | 89 | 3,749 |
Madaniyat | Yoshlari o‘rtasidagi farq hayratlanarli bo‘lgan 10 ta mashhur juftlik (foto) | “Nur.kz” nashri yoshlari o‘rtasidagi farq hayratlanarli darajada katta bo‘lgan mashhur juftliklar ro‘yxatini tuzdi.
Yaqinda turmush qurgan xalq artisti Ivan Krasko va yosh aktrisa Natalya Shevel o‘rtasidagi farq — 60 yosh.
Gollivud aktyori Jonni Depp esa fevralda o‘zidan 23 yosh kichik hamkasbi Ember Xyordga uylandi.
Afsonaviy aktyor Armen Jigarxanyanning ma’shuqasi Vitalina Simbalyuk-Romanovskaya undan 45 yosh kichik.
Playboy imperiyasi xo‘jayini 89 yoshli Xyu Xefner 29 yashar model Kristal Xarrisga uylandi.
Rolling Stones guruhi gitarachisi Ronni Vud o‘z rafiqasidan 31 yosh katta.
Mashhur rejissor Andrey Konchalovskiy hamda aktrisa va oshpaz Yuliya Visotskaya o‘rtasidagi farq esa 36 yoshga teng.
Afsonaviy aktyor va rejissor Klint Istvud o‘zidan 33 yosh kichik mehmonxona xizmatchisiga ko‘ngil bergan.
Rejissor Vudi Allen va rafiqasi Sun I Preven o‘rtasidagi farq — 35 yosh.
Al Pachino o‘zidan 39 yosh kichik argentinalik aktrisa Lyusila Solo bilan turmush qurgan.
Oleg Tabakovning turmush o‘rtog‘i Marina Zudina undan 30 yosh kichik. | 76 | 1,054 |
Madaniyat | Ota-onasi ularga ism tanlashga kuchli fantaziya bilan yondashgan mashhurlar (foto | Odatda farzand kutayotgan ota-onalar unga qanday ism qo‘yish haqida uzoq bosh qotiradi. Ba’zilar mashhur ismlar kitobini boshidan oxirigacha o‘rganadi, boshqalar esa qarindosh yoki jamiyat rivojiga katta hissa qo‘shgan shaxs sharafiga nomlashga qaror qiladi.
Leonardo Di Kaprio – Leonardo da Vinchi
Bo‘lajak aktyorning onasi Irmelin unga homilador vaqtida Florensiyadagi Uffitsi galereyasida italiyalik rassom va olim Leonardo da Vinchining asarlarini tomosha qilgan. O‘sha paytda u qornidagi bolasining tepayotganini his qilgan va bo‘lajak o‘g‘liga Leonardo deb ism qo‘yishga qaror qilgan.
Uma Turman – Uma ma’budasi
Bolaligida aktrisani g‘ayrioddiy ismi uchun masxara qilishar edi. Ammo aktrisaga bu ism nomlaridan biri Uma bo‘lgan hindlarning sevgi, go‘zallik va uyg‘unlik ma’budasi Parvati sharafiga qo‘yilgan. Albatta, bu tasodif emas, uning otasi Robert Turman hind-tibet buddist an’analari sohasida mutaxassis edi.
Selena Gomes – qo‘shiqchi Selena Kintanilya
Aktrisa va qo‘shiqchining ismi 90-yillarda Lotin Amerikasidagi eng nufuzli ijrochilardan biri bo‘lgan Selena ismli mashhur amerikalik xonanda sharafiga qo‘yilgan.
Kira Naytli – figurali uchuvchi Kira Ivanova
Aktrisaning ismini uning otasi televizorda rossiyalik figurali uchuvchi Kira Ivanovani ko‘rganidan keyin tanlagan. Ro‘yxatga olish paytida qizning onasi tasodifan “ie” o‘rniga “ei” deb yozgan, shuning uchun aktrisaning ismi “Keira”ga aylangan.
Sebastian Sten – Iogann Sebastyan Bax
Marvel studiyasi filmlarida Baki roli bilan butun dunyoga mashhur bo‘lgan aktyorning onasi pianinochi Jorjette Orlovski o‘g‘lini nemis bastakori – Iogan Sebastyan Bax sharafiga nomlagan.
Skarlett Yoxansson – Skarlett O’Xara
Gollivud aktrisasiga bu ism Margaret Mitchellning “Shamollarda qolgan hislarim” serialining bosh qahramoni, sarguzashtli va temperamentli Skarlett O’Xara sharafiga qo‘yilgan.
Jud Lou – The Beatles guruhining Hey Jude taronasi
Aktyorning ota-onasi o‘g‘liga Britaniyaning The Beatles guruhining Hey Jude qo‘shig‘idagi qahramon ismini qo‘ygan.
Vaynona Rayder – AQShning Minnesota shtatida joylashgan shahar
Odatda ko‘cha va shaharlar mashhur kishilar nomi bilan ataladi, biroq Minnesota shtatining Olmsted shahrida tug‘ilgan aktrisa Vaynona Rayderda buning aksi bo‘lgan. Qo‘shni shahar Vaynona deb nomlanadi, deya ota-onasi unga shunday noodatiy ism qo‘ygan. Qizig‘i shundaki, aktrisaning ukasi kosmonavt Yuriy Gagarin sharafiga nomlangan.
Tora Byorch – Xudo Tor
Ko‘pchilik “Fokus-pokus” va “Amerikacha go‘zallik” filmlarida o‘ynagan rollari orqali tanigan Tora Byorchning ota-onasi uni Skandinaviya mifologiyasidagi momaqaldiroq va chaqmoq xudosi Tor sharafiga nomlagan.
Xelli Berri – savdo majmuasi
Xelli Berri o‘z ismini Halle’s savdo majmuasi sharafiga oldi. U 1891-yildan 1982-yilgacha aktrisaning ona shahri Klivlendda diqqatga sazovor joy bo‘lgan.
Makoley Karson Kalkin – tarixchi Tomas
“Uyda yolg‘iz” komediyasidagi roli bilan barchaga tanish bo‘lgan aktyor britaniyalik tarixchi va siyosatchi Tomas Babington Makoley sharafiga shunday noodatiy ismni olgan. Ikkinchi ism unga amerikalik chegarachi Keyt Karson sharafiga qo‘yilgan.
Enn Xeteuey – Uilyam Shekspirning rafiqasi
Aktrisa ingliz shoiri va dramaturgi Uilyam Shekspirning rafiqasi sharafiga nomlangan va bu uning to‘liq ismidir. Gap shundaki, dramaturgning rafiqasi unga turmushga chiqmasidan avval Xeteuey familiyasida bo‘lgan.
Teylor Svift – musiqachi Jeyms Teylor
Mashhur amerikalik qo‘shiqchi erkak xonanda Jeyms Teylor sharafiga nomlangan. 2011-yilda ikki musiqachi Nyu-Yorkdagi Medison-skver-garden’da duet kuylagan.
Kit Xarington – shoir Kristofer Marlo
“Taxtlar o‘yini” yulduzining to‘liq ismi – Kristofer Keytsbi Xarington. Aktyorning onasi uning ismini Yelizaveta davridagi ingliz shoiri Kristofer Marlo sharafiga qo‘ygan. Qizig‘i shundaki, Kit o‘zining to‘liq ismini faqat 11 yoshida bilgan.
Bindi Syu Irvin (Stiv Irvinning qizi) – Bindi timsoh
Mashhur avstraliyalik tabiatshunos o‘zining yolg‘iz qizini sevimli timsohi – Bindi sharafiga nomladi. Ikkinchi ismi esa iti – Syu sharafiga qo‘yilgan.
Zendaya – shona qabilasi tilida “minnatdorchilik”
“O‘rgimchak odam” filmining yulduzi, mashhur aktrisa va qo‘shiqchining ismini uning otasi tanlagan. Zendaya nomi “Tendai” so‘zidan olingan bo‘lib, shona qabilasi tilida “minnatdorchilik” degan ma’noni anglatadi.
Kianu Rivz – Gavayi tilida “tog‘ cho‘qqilaridan sovuq shamol”
Tomirlarida turli millatlarning qoni oqayotgan aktyorning ismi gavayi tilida “tog‘ cho‘qqilaridan sovuq shamol” degan ma’noni anglatadi. U amakisi Genri Kianu Rivz sharafiga shunday nomlangan. | 81 | 4,586 |
Madaniyat | Kevin Speysi “Jahonning barcha pullari” filmining hamma sahnalaridan kesib tashlanadi. Uning o‘rnini Kristofer Plammer egallaydi | Amerikalik rejissor Ridli Skott va Sony Pictures kinostudiyasi tayyorlab bo‘lingan “Jahonning barcha pullari” filmidan aktyor Kevin Speysi ishtirok etgan hamma kadrlarni kesib tashlaydi. Bu haqda, Deadline nashriga asoslanib, Meduza xabar bermoqda.
Bu kadrlar yangi aktyor — Kristofer Plammer ishtirokida qaytadan suratga olinadi.
Rejissor va prodyuserlar Kevin Speysi atrofidagi mojaro filmning prokatdagi muvaffaqiyatiga ziyon keltirishi va kinofestivallardagi mukofotlarga da’vogarlik qilish imkoniyatini tushirishini inobatga olib shunday qarorga keldi.
Qayta suratga olish ishlari darhol boshlanishi kutilmoqda. Ularda Mark Uolberg va Mishel Uilyams ishtirok etadi — ular ham Kevin Speysi bilan bir sahnalarda o‘ynagan edi. Syomka guruhi ishni filmning prokatga chiqishi kuniga — 22-dekabrga qadar tugatmoqchi.
Deadline ma’lumotiga ko‘ra, Speysi filmni suratga olish maydonchasida 8–10 kun ishlagan. Relizga qadar guruh sahnalarni qayta suratga olib, qaytadan montaj qilib chiqishga, shuningdek, reklama materiallarini tayyorlashga ulgurishi lozim.
Rejissor Ridli Skottning “Jahonning barcha pullari” filmi 1973-yili amerikalik milliarder Jan Pol Gettining nabirasi olib qochib ketilishiga bag‘ishlanadi. Kartina mavsumning eng kutilayotgan filmlaridan biridir. | 128 | 1,267 |
Madaniyat | Open Air konserti Alisher Navoiy nomidagi DAKTning yangi mavsumini ochib beradi | Joriy yilning 14—15-sentabr kunlari Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri jamoasi teatr hududiga tutash maydonda ochiq osmon ostidagi navbatdagi musiqiy dasturni tomoshabinlar e’tiboriga havola etadi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
“Open Air. Serenadalar, klassik va rok musiqa” deb nomlangan konsert yulduzlarga to‘la osmon ostida, jonli ijroda bo‘lishi bilan ahamiyatli.
Ikki kun mobaynida ushbu maydonga mumtoz musiqa shinavandalari jam bo‘ladi. Navbatdagi Open Air konserti Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatrining yangi 89-ijodiy mavsumi ochilishiga bag‘ishlanadi.
Bu yerda mazkur teatrning orkestr jamoasi hamda mohir dirijyor Kamoliddin O‘rinboyev rahbarligidagi O‘zbekiston yoshlar simfonik orkestri, opera san’ati yulduzlari, xalqaro tanlovlar sovrindorlari, iqtidorli yoshlar jahon va o‘zbek kompozitorlarining asarlari, kinofilmlarda yangragan kuy-qo‘shiqlar, operalardan ariyalar, zamonaviy musiqa namunalarini san’at muxlislari e’tiboriga havola etadi. | 79 | 994 |
Madaniyat | Bugun Ogahiy haqidagi hujjatli film premera qilinadi | Bugun soat 18:00 da Adiblar xiyobonida ulug` adib Muhammadrizo Erniyozbek o`g`li Ogahiy haqidagi hujjatli film premera qilinadi. Kinokartina Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK hamda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamkorligida suratga olingan.
"Ogahiy" filmi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2020 yil Adiblar xiyoboniga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari asosida "Xalq yuragi" nomi ostida yaratilgan 24 qismli turkum filmlardan biri.
Ssenariy muallifi Go`zaloy Matyoqubova, postanovkachi rejissyor Murodjon Odilov, operator Seyran Kovalov, kartina direktori Oybek Sodiqov.
Kuni kecha Alisher Navoiy, Bobur, Abdulla Oripov, G`afur G`ulom kabi filmlar premera qilingandi. 29 sentyabrga qadar Cho`lpon, Erkin Vohidov, Muhammad Yusuf, Zulfiya va boshqa adiblar haqidagi filmlar namoyishlari bo`lib o`tadi.
Barcha premeralar Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida o`tkazilmoqda. | 52 | 980 |
Madaniyat | “Taxtlar o‘yini” serialidagi tungi soqchilarning kiyimi Ikea do‘konining gilamlaridan tayyorlangan | “Taxtlar o‘yini” seriali o‘z aktyorlarining ajoyib kiyim-boshlari uchun uch marotaba Grammy mukofotini qo‘lga kiritgan. Biroq kiyimlar bo‘yicha iqtidorli ijodkorlar tomonidan Vesteros aholisi uchun tikilgan shimolbop kiyimlarning bir kichik siri bor — bu Ikea do‘konlari, deb xabar berdi Gmbox.
Ma’lumki, shimol tarafdagi turli dushmanlardan yetti qirollikni ajratib turuvchi devorning tungi soqchilari qora junlardan iborat, sovuqdan himoya qiluvchi qalin kiyim kiyib yurishadi. Issiqlikni yaxshi saqlaydigan ushbu kiyimlar beo‘xshov ko‘rinishga ega.
Serialning kiyimlar bo‘yicha katta rassomi Mishel Kleptonning ma’lum qilishicha, ushbu kiyimlar ancha oddiy materiallardan — Ikea do‘kolaridan sotib olingan gilamlardan tayyorlangan. Suratga olish maydonchasida ishlaydigan iqtidorli ustalar gilamlarni bo‘laklarga bo‘lib uni kerakli tartibda tikishadi, shuningdek, qo‘shimcha charmlar qo‘shishadi. | 98 | 901 |
Madaniyat | “Arslon izidan” filmi avgust oyining birinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi | Rejissor Aziz Rametovning “Arslon izidan” filmi avgust oyining birinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi. Bu haqda Alisher Navoiy nomidagi kinosaroy tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslanib, jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi.
Avgust oyining birinchi haftasi kinoreytingida “Arslon izidan” filmidan keyingi o‘rinlarni Azamat Ahrorovning “Qaysarginam 2”, Jur’at Sotiboldiyev va Saidpo‘lat Hakimovning “Ahmadboy va Rahmatboy”, Otabek Mirzaxolovning “Jonim yig‘loqi”, Jahongir Ahmedovning “Onam bilmasin” filmlari band etgan.
Ma’lumot uchun, hozirda Alisher Navoiy nomli kinosaroyda “Hamroh”, “Bebahoginam”, “Voy dod 2”, “Otash ichra” kabi filmlar namoyishi davom etmoqda.
Filmlar namoyishlari jadvali bilan “Daryo.Afisha”da tanishish mumkin.
1-o‘rin. “Arslon izidan” (jangari, drama)
Rejissor – Aziz Rametov
2-o‘rin. “Qaysarginam 2” (komediya)
Rejissor – Azamat Axrorov
3-o‘rin. “Ahmadboy va Rahmatboy” (komediya)
Rejissor – Jur’at Sotiboldiyev, Saidpo‘lat Hakimov
4-o‘rin. “Jonim yig‘loqi” (komediya)
Rejissor – Otabek Mirzaxolov
5-o‘rin. “Onam bilmasin” (komediya)
Rejissor — Jahongir Ahmedov | 105 | 1,131 |
Madaniyat | “Bugungi kechani uch yil kutdik”. Anqaradagi o‘zbekistonliklar uchun gala konsert tashkil etildi (foto) | Ayni paytda Turkiyaning Anqara va Istanbul shaharlarida o‘tkazilayotgan O‘zbekiston madaniyat kunlari doirasida 14-dekabr kuni Anqara shahridagi Junayid Go‘kchar nomidagi teatr sahnasida konsert dasturi tashkil etildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.
Tadbirda O‘zbekiston madaniyat vaziri o‘rinbosari Olimjon Mirzayev hamda Turkiya madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari O‘zgul O‘zkan Yavuz nutq so‘zlab, ikki mamlakatning madaniy sohadagi hamkorligi, amalga oshirilayotgan loyihalar va kelgusi rejalar xususida so‘z yuritdi.
Anqarada yashab, turli sohalarda karyera qilayotgan va migrant o‘zbekistonliklar uchun tashkil etilgan kechaga yuzlab vatandoshlar tashrif buyurgan. O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar – Abdulla Shomag‘rupov, Abdurashid Yo‘ldoshev, Baxtiyor baxshi, “Nihol” mukofoti sovrindori Aqilbek Piyazov, xonandalar – Ozoda Nursaidova, Otabek Muhammadzohid, maqom xonandasi Mohichehra Shomurodova ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar barchani jo‘r bo‘lishga va raqsga chorlagan. “Navbahor” raqs ansambli vakillarining chiqishlari ham zaldagilar olqishiga sazovor bo‘lgan.
Kecha yakunida O‘zbekistonning Turkiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Alisher A’zamxo‘jayev so‘zga chiqarkan, u mazkur tadbirni o‘tkazishda yaqindan ko‘maklashgani uchun ikki davlat hukumatlariga minnatdorlik bildirgan.
“Bugun go‘zal va unutilmas bir kecha bo‘ldi. ‘Qora ko‘z’dan boshlab, ‘Maysaraning ishi’ga guvoh bo‘lib, ‘Andijonlik bezori’ bilan tanishib, oxirida ‘Ajab-ajab’ deb ‘Lazgi’ga tushib, juda maza qildik. Buning uchun barcha san’atkorlar, sozanda va raqqosalarga ham katta rahmat aytaman. Bugungi kechani 2-3 yil kutdik, ochig‘i. Koronavirus eshiklarimizni biroz yopgan edi. Xayriyat, mana vaziyat ancha yumshadi va rejamiz amalga oshdi. Hozir dasturni tomosha qilar ekanmiz, keyingi yili ham mana shunday konsert uyushtirishni rejalashtiryapmiz.
Bugungi kechani tashkil etishga imkoniyat yaratgan O‘zbekiston rahbariyatiga hamda bu yerda bizni do‘stona kutib olgan Turkiya hukumatiga minnatdorlik bildiraman”, — dedi A’zamxo‘jayev.
Avvalroq Turkiy tilli davlatlar kinofestivalida O‘zbekiston uchta mukofotni qo‘lga kiritgani, Turkiyada “O‘zbek kinosi kuni” bo‘lib o‘tgani to‘g‘risida xabar berilgandi. | 103 | 2,263 |
Madaniyat | Ali Otajonov: Otajonovlar orasida chiptafurushlar yo‘q | Xonanda Ali Otajonov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida: “Bir bola Otajonovlar nomidan foydalanib, Ozodbek Nazarbekovning konsertiga soxta chipta sotib yurgan ekan, undan ehtiyot bo‘linglar”, degan mazmunda xabar qoldirdi. Gap nima haqida ketayotganiga aniqlik kiritish maqsadida jurnalist Feruz Muhammad xonanda bilan bog‘landi.
Ali Otajonov.
“Odamlar bir-ikki telefon qilib, ‘Otajonovlarning nomini sotib, soxta bilet sotib yurishibdi’, deb aytishdi. Bir bola: ‘Men Ortiq Otajonovning nevarasiman, Ali Otajonovning ukasiman, ismim Nodir syomkaga borishim kerak, ishim chiqib qoldi, arzon biletlarimiz bor’, deya soxta biletlar sotib yurgan ekan”, — dedi Ali Otajonov.
“U nafaqat Ozodbek Nazarbekovning konsertiga, boshqa konsertga ham soxta bilet sotganini eshitganman. Men bu bolani hali topganim yo‘q, topgan taqdirimda ham ozgina gapirishim, tushuntirishim mumkin. Maqsadim, u bolani yomonlab, orqasidan gapirish emas, balki oddiy xalq jabrlanmasin, aldovga qolmasin, deyman. Otajonovlarning ichida chiptafurushlar yo‘q, hammasining o‘ziga yarasha ishi bor”, — deya qo‘shimcha qildi xonanda. | 54 | 1,099 |
Madaniyat | Taniqli shoir vafot etdi | Shafqatsiz o`lim tajribali jurnalist, taniqli shoir “Buxoro oqshomi“ gazetasi bosh muharriri Mannon Otaboy (To`xtaev)ni 58 yoshida oramizdan olib ketdi. Bu haqda O`zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi xabar bermoqda.
Mannon Otaboy shaxsiy hayotidi ham havas qilarli oilaning sohibi edi. Turmush o`rtog`i Saltanat Ochilova bilan uch nafar farzandni voyaga etkazib, el qatoriga qo`shdi.
O`zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi hamda uning Buxoro viloyat bo`limi va buxorolik jurnalistlar marhumning oila a`zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradilar. | 24 | 558 |
Madaniyat | Mashhurlikka juda erta erishgan, ammo uni saqlab qololmagan 5 san’atkor | Ayrim aktyorlar bolaligidanoq o‘ynagan rollari bilan tomoshabinlar xotirasida saqlanib qoladi. Ularga mashhurlik borasida omad qancha tez kulgan bo‘lsa, yoshi ulg‘ayganida u darajada muxlislar e’tiborini qozona olmaydi. Ular faqat bola obrazida muxlislar qalbidan joy olgan va butun umrga shunday bo‘lib qoladi.
Lindsi Loxan
Lindsi Loxan 2-iyul kuni tavallud ayyomini nishonlaydi. Bolaligidanoq filmlarda rol ijro etgan Lindsining rejissorlar kelajakda juda taniqli aktrisa bo‘lishini umid qilgan edi. Ammo bunday bo‘lmadi, Loxan bu borada muvaffaqiyat qozonmadi. 33 yoshli Lindsi Loxanning hayotida bo‘lib o‘tgan baxtli va qayg‘uli kunlari aktrisaning yolg‘iz o‘ziga ayon. Jamoat oldida o‘zini jozibali tutgan Loxan bir necha bor qamoqxonada o‘tirib chiqdi, giyohvand moddalar va spirtli ichimliklardan doimo aziyat chekdi.
U ilk bora “Ota-onalar tuzog‘i” filmida rol ijro etgan. Ushbu oilaviy komediyada Lindsi birdaniga ikkita obrazda namoyon bo‘lgan. O‘zining va egizak singlisining rolini ijro etish Lindsini juda charchatadi. Film muvaffaqiyatga erishgandan so‘ng Lindsining onasi qiziga menejer bo‘ladi va qizidan qattiqroq ishlashini talab etadi. Balki, shunday bosim Lindsini ham ruhiy, ham jismoniy tomondan zo‘riqishga olib kelgandir.
Makoley Kalkin (Kevin Makkalister)
Aynan qishki ta’til arafasida ekranlarda paydo bo‘ladigan tinib-tinchimas sariq bolani tanimaydigan odam bo‘lmasa kerak. “Uyda yolg‘iz” Rojdestvo komediyasida Kevin Makkalister rolini ijro etgan Makoley Kalkin Ginnes rekordlari kitobiga kiritilgan hamda mamlakatdagi eng ko‘p haq oladigan bola, deb topilgan.
Afsuski, u 16 yoshida muvaffaqiyatidan mast bo‘lib, ota-onasini tark etadi va yulduzlik hayotida yashay boshlaydi. 2004-yil noqonuniy moddalar saqlagani uchun qamoqqa olindi. Bu davrgacha u birorta filmda suratga tushishni xohlamadi. Hattoki u jamiyat hayotidan ham g‘oyib bo‘lgandi. Mashhurlikka erishgan bolakay ulg‘aygach, depressiya qurshovida qolib ketdi.
Mara Uilson (Matilda)
Bir vaqtlar bu yoqimtoygina qizaloq eng mashhur aktrisalardan biri bo‘lgan. Mara Uilson “Matilda” filmi orqali tanilgan. Undan so‘ng yana bir qancha filmlarda epizodik rollarni ijro etdi. Ammo keyinchalik ekranlarda ko‘rinmay qo‘ydi. Maraning ulg‘ayganini hech qaysi rejissor qabul qila olmadi va unga rol borasida taklif tushmadi. Mara 2000-yil san’atni tark etguniga qadar o‘zi haqida bir qancha mish-mishlar eshitdi. Ammo bular Marani xafa qila olmadi, u o‘zini boshqa sohada bo‘lishi kerakligini anglab yetdi.
Jeyk Lloyd (Enakin Skayuoker)
Enakin Skayuoker “Yulduzlar jangi. Epizod I: Yashirin xavf:” filmida cheksiz mashhurlikka erishgan 10 yashar bola. Shuningdek, u nafaqat mashhurlikka, balki tuzatib bo‘lmas muammolarga ham duch kelgandi. U filmda rolni ajoyib tarzda ijro etar, o‘zini yaxshi tutar edi. Mashhurlik va yana boshqa hodisalar tufayli u o‘nlab ko‘rsatuvlarga intervyu berish, tadbirlarda ishtirok etish majburiyatidan xalos bo‘ldi. Shuningdek, 2001-yil u aktyorlik faoliyatini tugatayotganini va rejissorlik qilishini rasman e’lon qildi.
2015-yil iyun oyida bo‘lib o‘tgan avtomobil halokatidan so‘ng uning onasi o‘g‘lini shizofreniya bo‘lganini, agar u dori vositalarini qabul qabul qilishni to‘xtatsa, o‘zini boshqara olmasligini aytdi. U bir necha oylar davomida qamoqxonada bo‘ldi, keyinchalik tashxislar uni ruhiy kasallar shifoxonasiga borish kerakligini isbotladi. Shundan buyon 30 yoshli Lloyd haqida hech qanday ma’lumot yo‘q.
Edvard Ferlong (Jon Konnor)
Edvard Ferlong 13 yoshga to‘lganida uni “Terminator 2” filmidagi Jon Konnor roliga tanlab olishgan. Vaqt o‘tib, mashhurlikning tark etishi Edvardning hayotini butunlay o‘zgartirib yubordi. U mashhur bo‘lib uyg‘ondi, barcha nufuzli kechalarda unga iltifot ko‘rsatildi. Aynan shunday kechalarning birida mashhur aktyor taqiqlangan moddalarni sinab ko‘radi. Shundan so‘ng aktyorning hayotida ko‘p narsa izidan chiqdi va kinolarda qayta ko‘rinmadi. | 71 | 3,913 |
Madaniyat | Checheniston xalq artisti San Jay: Zo‘r TV’dan juda xafaman (video) | Checheniston xalq artisti San Jay yangi yil arafasida Zo‘r TV telekanali orqali “Karvon ko‘rdim” qo‘shig‘i bilan chiqish qilishi, ushbu qo‘shiq ilk bora telekanalda premyera qilinishi haqida telekanalda ma’lum qilingan edi.
Ammo San Jay efirdan sababsiz olib tashlandi. San Jay nima sababdan efirdan olib tashlanganini bilish maqsadida jurnalist Feruz Muhammad San Jay bilan suhbatlashdi.
Checheniston xalq artisti San Jay ushbu masalaga quyidagicha munosabat bildirdi.
Har doimgidek soqolim bahona bo‘ldi. Ammo ‘O‘zbekkonsert’ bilan gaplashganimda ‘Sizda litsenziyangiz bor, bemalol televideniye va radiolarda hamda boshqa tadbirlarda chiqish qilishingiz mumkin’ deyishgandi. Yaqinda ‘O‘zbekkonsert’ rahbari bilan gaplashganimda ham ‘sizni telekanaldan olib tashlashga hech kimning haqqi yo‘q’, degan edilar. Yangi yildan oldin Zo‘r TV telekanali ‘Faqat biz bilan ishlaysiz’ deb boshqa kanallarga borishga qo‘ymagan. O‘sha paytlar men hamma takliflarni Zo‘r TV sabab rad etganman. Ba’zi sabablarga ko‘ra Zo‘r TV’da ham, boshqa joylarda ham chiqish qilmadik. Ota-onam, barcha qarindoshlarim ertalab soat to‘rtgacha meni chiqishimni kutib o‘tirishgan. Eng qizig‘i, telekanal rahbariyati meni ‘tepadan qo‘ng‘iroq bo‘ldi, mumkin emas’ deb ogohlantirib ham qo‘yishmadi. Hattoki, oradan 2-3 kun o‘tib, qo‘ng‘iroq qilib, uzr so‘rashlari kerak edi. Ammo ular buni ham qilishmadi. Sozandalarim bilan birga bir hafta Zo‘r TV’ning yangi yil loyihasi ustida ishlaganmiz. Menimcha, ‘tepadan’ hech kim telefon qilmagan. Bu Zo‘r TV telekanali direktorinining ishi. Chunki bir kuni bizni qanaqadir tadbirga chaqirishdi. Men ‘band ekanligimni, haqiqatdan bora olmasligimni’, aytdim. Shundan keyin telekanal direktori mendan xafa bo‘lgan va ‘otkaz’ qilib yuborgan. Boshqa hech kimning aralashuvi yo‘q. ‘O‘zbekkonsert’ ‘sizda litsenziya bor’ deyapti-ku. Zo‘r TV telekanalidan juda xafaman. Chaqirishsa ham, pul berishsa ham endi men umuman Zo‘r TV’ga bormayman. Sababini bilmasdan, kim bilandir aloqa to‘xtatib qo‘yish kerak emas.
San Jay, Checheniston xalq artisti | 67 | 2,050 |
Madaniyat | POYTAXTIMIZGA TOJIKISTONLIK BIR GURUH SAN`AT VA MADANIYaT NAMOYaNDALARI TAShRIF BUYuRDI | O`zbek va tojik xalqlarini do`stlik va yaqin qo`shnichilik aloqalari bilan birga, ko`p asrlik madaniy rishtalar bog`lab turadi. Alisher Navoiy, Gulxaniy, Sadriddin Ayniy kabi mumtoz adabiyot namoyandalari har ikki tilda ijod qilgani xalqlarimizning ma`naviy yaqinligidan dalolat. Bugun ham ushbu an`analar bardavom.
Poytaxtimizda 10-14 oktyabr kunlari o`tkaziladigan Tojikiston madaniyati kunlari bu boradagi hamkorlikning amaldagi ifodasidir.
Bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tojikistonlik bir guruh san`at va madaniyat namoyandalarini kutib olish marosimi bo`lib o`tdi, deb xabar beradi O`zA.
Tojikiston delegasiyasi a`zolari poytaxtimizdagi Hazrati Imom (Xastimom) majmuasi va O`zbek Milliy akademik drama teatrida bo`ldi. Xalqimizning yaratuvchanlik salohiyati va madaniyatini o`zida mujassam etgan ushbu maskanlar yoshlar ma`naviy kamolotida muhim o`rin tutishi alohida qayd etildi.
Tojikiston madaniyati kunlarining ochilish marosimi 11 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston davlat akademik katta teatrida bo`lib o`tadi. Tadbir doirasida, shuningdek, O`zbekiston tasviriy san`at galereyasida tojikistonlik mo`yqalam ustalarining ijod namunalari ko`rgazmasi, Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonada tojik shoir va yozuvchilari kitoblari taqdimoti, adabiy-badiiy uchrashuvlar, tadbirlar tashkil etiladi. | 88 | 1,348 |
Madaniyat | Sevara Soliyeva: “Orzuim — To‘maris obrazini yaratish” | Avval xabar berganimizdek, “Muloqot” tarmog‘ining yangi loyihasi – “Muloqot intervyu” doirasida 23-iyul kuni “Shedevr garden” restoranida yosh aktrisa Sevara Soliyeva bilan suhbat bo‘lib o‘tgan edi. Suhbatdan avval intervyuga taklif qilingan mehmon yulduzlarimiz uchun muloqot tarmog‘ida savollar tanlovi e’lon qilingan edi. Foydalanuvchilar yuborgan savollar ichidan har bir intervyu uchun o‘ntadan eng qiziqarli, hali hech qayerda berilmagan savollar “Muloqot” va “Daryo” ma’muriyati tomonidan saralab olindi. Ko‘rsatuvda yulduzimiz aynan o‘sha savollarga javob berdi.
Savollar matnining imlosi aslicha qoldirildi.
D O N_ V I T O
Хаётингизда актриса булганиздан афсусланган вактлариз булганми?
Sevara Soliyeva: Bunday hollar bo‘lgan. Masalan, ishtirokimdagi “Poyma-poy” filmi chiqqanidan keyin men haqimda turli gap-so‘zlar tarqalgach, aktrisa bo‘lganimga afsuslanib ketganman. Yaxshiki, o‘sha paytda yaqinlarim meni ovutib, tushuntirishgan: “Bunday gap-so‘zlarni yuragingga yaqin olma, bunaqasi hammada ham bo‘ladi. Bu tezda o‘tib ketadi”, - deb. Keyin qarasam, haqiqatan ham hammasi o‘tkinchi ekan. Shu sababli o‘zimga, inson birinchi navbatda sabr-toqatli bo‘lishi kerak ekan, deb xulosa qilganman.
ܜܢܔ ◕‿◕
Qaysi rolni ijro etish orzuingiz va o'zizga yoqqan rolingiz qaysi?
Sevara Soliyeva: Qaysi rolim yoqqanini aytib, aynan bittasini tanlash men uchun qiyin. Buni muxlislarim hal qiladi. Ular qaysi rolimni ma’qul deb bilsa, bundan faqat xursand bo‘laman.
Orzuimdagi rollar esa juda ko‘p. Masalan, To‘maris rolini o‘ynashni xohlardim. Ya’ni jangari obrazlarni yaratishga qiziqaman. Ayni paytdagi aktrisalar ijodiga nazar soladigan bo‘lsak, Gollivud yulduzi Anjelina Joli yaratgan maxfiy agent obrazlari juda yoqadi.
Avaz Abdullaev
Сиз учун гузаллик инсон қадр қимматини белгилай оладими?
Sevara Soliyeva: Bugungi kunda go‘zal qizlar va kelishgan yigitlarimiz juda ko‘p. Ammo, bunday go‘zal insonlarning ko‘pchiligi o‘zini talabgirligini bilib, o‘zini yanada yuqori baholab manman bo‘lib ketmoqda. Chetdan ko‘rib havas bilan kuzatganingizdan keyin oldiga borib bir og‘iz suhbatlashgach, fikringiz tamoman o‘zgarib ketadi. O‘shanda tashqi go‘zalligini qilgan muomalasi so‘ndiradi. Avvalambor, insonning yuragi go‘zal bo‘lishi kerak va aynan o‘sha go‘zallik boshqa tashqi go‘zalliklardan ancha ustun turadi.
+//+++90Shohjaxon09+++\\ +
Sevara hayotizdegi eng hayajonli kunni etib berin?
Sevara Soliyeva: Har bir kunim hayajonli o‘tadi, desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Oddiy misol, mana yaqin kunlarda “Qochoq kelin” filmi premyerasi bolib o‘tadi. Ayni kunlarda shu premyeraning qanday o‘tishini o‘ylab, hayajonlanib yuribman. Bundan tashqari, “M&TVA” mukofotini qolga kiritganimda, birinchi filmim — “Amakivachchalar”ni suratga olish jarayonida ham juda hayajonlanganman.
Dilshod Hurshed
HAYOTINGIZDA BIROR MARTA ALDANGANMISIZ?
Sevara Soliyeva: Ha, ayniqsa, bolaligimda rosa ko‘p aldanganman. Bunga sabab tabiatan ishonuvchanligim bo‘lsa kerak. Lekin jiddiy aldanganman deb ayta olmayman. Unaqasi hali bo‘lmagan, bo‘lmasin ham!
Super Bahodir
Hayotda qanday ishlarga ulgura olmayapsiz?
(Ushbu savolga Sevara Soliyeva efirdan tashqarida javob berishni lozim deb topdi. Shuning uchun bu savol-javob kadrga tushmadi.)
Sevara Soliyeva: Hayotimda barcha ishlarga ulgurayapman deb o‘ylayman. Shu vaqtgacha ulgura olmagan ishlarim bo‘lmagan.
Muhriddin Nurullaev
O'ynagan rolizdan birortasi hayotizga jiddiy salbiy ta'sir qilganmi?
Sevara Soliyeva: Umuman olganda, yo‘q, salbiy ta’sir qilmagan. Aksincha, hamma rollarim menga faqat ijobiy ta’sir ko‘rsatgan, desam ham bo‘ladi.
N A R G I S .
Navoiyli bir yigitga turmuwga 4iqayotganiz rosti.
Sevara Soliyeva: Turmushga chiqayotganim rost. Biroq, keling, to‘ydan oldin nog‘ora chalmay qo‘ya qolay. To‘y o‘tib bo‘lgach, ijodim va hayotimga qiziqayotgan barcha muxlislarim o‘sha inson kimligini bilib oladi. Har bir inson o‘z shaxsiy hayoti borasidagi gaplarga ehtiyotkor bo‘lishi kerak, deb o‘ylayman.
Naburi
Булажак турмуш уртогингиз санъатдан йироклашишни айтса, кандай кабул киласиз?
Sevara Soliyeva: Bilasiz, yaqinda to‘yim bo‘ladi. Turmushga chiqyapmanmi, demak, bu men o‘z hayot yo‘limni tanlab bo‘ldim, deganidir. Ya’ni men oilani tanladim. Albatta, barcha qiz bolalar kabi, mening ham o‘z orzu-havaslarim bor. Shirin farzandlar onasi bo‘lishni istayman. Bunday baxtga erishganlar bor, erishmaganlar bor.
Xasan Muratov
Sevara biror xonanda duyet aytishga taklif qilsa nima deysiz?
Sevara Soliyeva: Bilasiz, Otabek Mutalxo‘jayev bilan “Dilkash lahzalar” ko‘rsatuvida birga duet qo‘shiq ijro etganmiz. Jami 12 ta qo‘shig‘imiz bor. Butun bir albom desa ham bo‘ladi. Va, albatta, boshqa xonandalardan ham bunday takliflar tushsa, rad etmagan bo‘lardim
Dustin-Walker
Maktabda qaysi Fanlarni yomon ko'rgansiz keyin yaxshi ko'rganiz ?
Sevara Soliyeva: Tarix va adabiyot fanlari – sevimli fanlarim bo‘lgan. She’r yodlashga juda qiziqardim. Bir yodlasam, ipidan-ignasigacha, yaxshilab esimda qolardi-yu, ertasi kuni yana esimdan chiqib qolardi.
honey_nozik
Здравствуйте Севара!Вам уже приходилось отказываться от ролей? если "да" то по какой причине
Sevara Soliyeva: Ha, rad etganman. Bunga o‘sha rolning menga to‘g‘ri kelish-kelmasligi haqidagi qo‘rquv sabab bo‘lgan. Bundan tashqari, shaxsiy hayotimga qandaydir ta’siri bo‘lishi mumkin bo‘lgan rollardan ham voz kechganman.
okhamidullaev
Haqiqiy uzbek ayolini siz qanday ta'riflay olgan bulardinggiz?
Sevara Soliyeva: Baribir har bir o‘zbek ayoli uchun birinchi orinda uning ibo-hayosi bo‘ladi va ular aynan shu xislatlari bilan ajralib turadi. Yana, oilasi butunligi, qilgan harakatlari, oqilaligi bilan ham u o‘zbek ayolidir.
Mohinur Xakimova
Til o'rganishga qanday qaraysiz? Qaysi tillarni bilasiz va yana qaysi davlat tillarini o'rganmoqchisiz?
Sevara Soliyeva: Rus tilini yaxshi bilaman va bemalol gapira olaman. Ingliz tiliga kelsak, uni O‘zDJTU qoshidagi akademik litseyda o‘qish jarayonida o‘rganganman. Ammo hozirgi kunda ancha so‘zlar esimdan chiqib qolgan. Shu sababli yaxshi gapira olmayman.
Oilada nechta farzandsizlar va nega aynan aktrisalikni tanlagansiz?
Bilamizki, qo‘shiqchi bo‘lish orzuingiz bo‘lgan, biroq nega siz aktrisalikni tanlagansiz?
Sevara Soliyevaga ijodiy topshiriqlar ham berildi. Dastlabki vazifa bo‘yicha qahramonimiz sevimli qo‘shig‘ini kuylab berdi.
Keyingi topshiriq sharti bo‘yicha esa, Sevara aytilgan buyumlar rasmini qog‘ozga tushirib berdi.
Intervyu so‘ngida Sevara Soliyeva o‘ziga ma’qul bo‘lgan savollarni tanlab oldi va ushbu savol sohiblariga o‘zining maxsus sovg‘alarini taqdim etdi.
Savollar bo‘yicha g‘oliblar (“Muloqot” foydalanuvchilari):
“Muloqot intervyu” loyihasi doirasida Sevara Soliyevadan tashqari, Umid Iskandarov va Karen Gafurdjanovlar bilan ham suhbat uyushtirildi. Yaqin orada esa yana Ziyoda hamda Muhammadali Iskandarovlar ishtirokidagi intervyulardan bahramand bo‘lishingiz mumkin bo‘ladi. | 54 | 6,867 |
Madaniyat | “Mas’ul yuqori tashkilotlar maktab o‘rnida ko‘rishmayapti” - Ozodbek Nazarbekov musiqa maktablaridagi kadrlar muammosi haqida | O‘zbekistondagi musiqa maktablarida oylik juda past. Shu bois mazkur muassasalarning aksariyat xodimlari o‘rta maxsus ma’lumotli kadrlardan iborat. Bu haqda Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov 24-may, dushanba kuni “Toshkent 5 tashabbus harakati” yoshlar festivali doirasida o‘tkazilgan uchrashuvda so‘z yuritdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.
“Oliy ma’lumotli kadrlarning san’at sohasiga yetishmayotgani bor gap va bu juda katta muammolarimizdan biri. Madaniyat, san’at oliygohlarini bitirgan pedagoglarning oldida ikkita yo‘l turadi: xalq ta’limi tizimidagi maktabda musiqadan dars berish va musiqa maktablarida ishlash. Lekin ularning oyliklarini solishtirsangiz, katta farq bor.
Mas’ul yuqori tashkilotlar musiqa maktablarini maktab o‘rnida ko‘rishmayapti va ularni xuddi to‘garakdek qabul qilishmoqda. Shuning uchun musiqa maktablarida oylik juda past. Musiqa bo‘yicha mutaxassis tayyorlamaydigan xalq ta’limi tizimidagi maktablarda esa oylik yuqori. Shu sababdan oliy ma’lumotli kadrlar maktablarga ketib qolishyapti. Musiqa maktablarini kuni o‘rta maxsus ma’lumotli kadrlarga qolib ketmoqda.
Hozir oldimizda turgan asosiy masala ham shu: musiqa maktablari o‘qituvchilari va xalq ta’limi tizimidagi maktablar o‘qituvchilarining oyliklarini muvofiqlashtirish. Faqat shundagina kadrlar yetishmovchiligi muammosini hal qilish mumkin. Boshqacha yo‘l bilan kadrlarni musiqa maktablarida ushlab qolib bo‘lmaydi”, — dedi Nazarbekov. | 125 | 1,438 |
Madaniyat | Instagram: Shohruxxon va Asal Shodiyevaning “janjali”, Davron Asqarov xonadonida to‘y, Sevinchning Makkadan reportaji | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Aktrisa Nargiza Salmonova yaqin insonlarining roziligi bilan ijodga qaytganini ma’lum qildi.
Bir qancha xit taronalar ijrochisi Munisa Rizayeva yangi klipida aktrisa Yulduz Rajabova bosh rolni ijro etayotganini ma’lum qildi.
Aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva telekanallardan birida boshlovchilik faoliyatini boshlaganini va tez kunlarda yangi ko‘rsatuvni muxlislariga taqdim etishi haqida gapirdi.
Xonanda Sevinch Mo‘minova qizi Leylani tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.
Shuningdek, Sevinch Mo‘minova Makka shahridan ko‘rinish berdi va Allohdan gunohlarini kechirishini so‘rab, yig‘lab yubordi.
Shohruxxon Asal Shodiyeva tushgan hazil videosini e’lon qildi. Videoda gapiradigan to‘ti Asal Shodiyevaga Shohruxxon bilan bog‘liq “haqiqatlar”ni gapirgan.
Botir Qodirov yaqin do‘stlariga o‘z qo‘li bilan sho‘rva tayyorlayotgani aks etgan videoni e’lon qildi.
Rayhon sahifasiga yangi suratini joyladi va muxlislarini yaxshi ko‘rishi haqida gapirdi.
Dilnoza Kubayeva aktyor, qiziqchi Valijon Shamsiyevni uchratib qolgani va u bilan suhbati aks etgan videoni muxlislariga ko‘rsatdi.
Aktyor, qiziqchi Zokir Ochildiyev Jahongir Poziljonov AQSHdan kelganini va u ham IPhone 14 Pro Max sotib olganini ma’lum qildi.
Aktrisa, “Bravo” kulgi jamoasining a’zosiga aylangan Durdona Qurbonova sahnada muxlislarini ko‘rish boshqacha ekani, salbiy izoh yozuvchi insonlarni deb qalbi pok muxlislaridan voz kechmasligi haqida gapirdi. U, shuningdek, 11 kun sahnada jonli konsert berish oson ish emasligini ta’kidladi.
Shahlo Zoirova to‘y xizmatlarining birida shou-biznesdagi yaqin dugonasi raqqosa Parizodani tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.
“Qodirxon” serialidagi Davron obrazi orqali muxlislari e’tiboriga tushgan aktyor Davron Asqarov uylanmoqda. U Qo‘qondagi uyida nahor oshiga tayyorgarlik jarayonlari aks etgan videoni e’lon qildi. Shuningdek aktyorning hamkasblari unga baxt tilagan.
Xonanda Hulkar Abdullayeva Ispaniyaning Barselona shahrida tushgan surati bilan ko‘rinish berdi.
Zohirshoh Jo‘rayev AQSHdagi yaqin qarindoshi unga IPhone 14 sovg‘a qilganini ma’lum qildi.
Mahoratli raqqosa Parizoda tug‘ilgan kunini musiqalardan xoli, sokin joyda, yaqinlari davrasida nishonlagani aks etgan videoni namoyish qildi. U shovqin joylarga borishdan toliqqani haqida gapirgan.
Nilufar Usmonova yangi suratini sahifasidagi obunachilariga namoyish qildi va simpatiya hasadni qozonadigan eng yaxshi sovg‘a ekani haqida gapirdi.
Shou-biznesdagi yaqin insonlarga aylangan Malika Ravshanova Nodir Zoitov, “Farhod va Shirin” guruhi xonandasi Shirin bilan osh tayyorlagani aks etgan videoni muxlislariga ko‘rsatdi.
Lola yangi mashinasida ilk marta farzandlarini maktabdan olishga bordi. U farzandlariga mashinasi yoqqanini aytdi.
“Aristokratlar” kulgi jamoasining a’zosi Sarvar Mirzaalimov aktrisa Shahzoda Muhammedova bilan birga “Kavkaz asirasi” filmidagi mashhur obrazlarni gavdalantirgani aks etgan suratni sahifasiga joyladi.
Aktrisa, dizayner Shahzoda Muhammedova Xurram Sulton obrazida ko‘rinish berdi. Ma’lumot uchun, u XIV Toshkent xalqaro kinofestivalida tashkil etilgan “Turk kino kunlari” ijodiy kechasida shu obrazda boshlovchilik qildi.
Nilufar Usmonovanig muxlisi unga atalgan guldastani Yulduz Usmonovaga berdi. | 117 | 3,342 |
Madaniyat | “Toshkentning yagona fokuschisi” shaharning eng katta kinosaroyida shou taqdim etadi | Taniqli illyuzionist (ko‘zbo‘ylog‘ich) Dmitriy Polyakov 26—27-may va 1—2-iyun kunlari “Sehrli Sharq” nomli shou dasturni taqdim etadi, deya xabar bermoqda “Xabar.uz”.
Xabar berishlaricha, shou Alisher Navoiy nomli kinosaroy (“Panoroma”)da tashkil etiladi. “Dasturda hayratingizga sabab bo‘ladigan, siz hali biror bir sahnada tomosha qilmagan chiqishlar, sahna ko‘rinishlariga boy o‘tishi kutilyapti”, — deyiladi xabarda.
“MyDay.uz” nashrining qayd etishicha, Dmitriy Polyakov “ko‘plab loyihalarni tashkil etib, o‘zi ham boshqa loyihalarda qatnashadigan, o‘z sehri bilan istalgan yosh vakilini hayratga sola biladigan” Toshkentning yagona fokuschisidir. | 84 | 654 |
Madaniyat | Fotogalereya: Shou-biznes vakillari O‘zbekiston Prezidenti saylovida ishtirok etmoqda | Bugun, 4-dekabr kuni O‘zbekistonda muhim siyosiy tadbir — Prezident saylovi bo‘lib o‘tmoqda. Unda shou-biznes vakillari ham faol ishtirok etmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 85 | 316 |
Madaniyat | “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” (100 savolga 100 javob) qo‘llanmasi chop etildi | O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz tomonidan A.Zamonov va A.Mirkamilov mualliflidagi “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” (100 savolga 100 javob) qo‘llanmasi chop etildi. Bu haqda “Daryo”ga markaz mutasaddilari ma’lum qildi.
Mazkur qo‘llanma tayyorlanishida mustaqillik davri bo‘yicha mavjud adabiyotlar, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ma’ruzalari, huquqiy-me’yoriy hujjatlar, OAV ma’lumotlaridan keng foydalanildi.
Qo‘llanma ilmiy darajaga talabgorlar va mustaqillik davri tarixiga qiziquvchi kitobxonlarga o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob topish imkonini beradi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 82 | 879 |
Madaniyat | Nargiza Salmonova “Bravo” a’zosiga aylandi. Aktrisa kulgi jamoasining xorijdagi konsertlarida Shahlo Zoirova o‘rniga ishtirok etmoqda | Shu kunlarda “Bravo” jamoasi Qirg‘iziston, Rossiya va Qozog‘iston davlatlarida konsert dasturlarini namoyish etmoqda. Qizig‘i shundaki, xorijdagi konsertlarda Shahlo Zoirova ko‘rinmayapti. Aktrisa Nargiza Salmonova jamoa bilan xorijdagi konsertlarda ishtirok etib, Shahlo Zoirovaning rollarini ijro etmoqda. Nahotki Shahlo Zoirova jamoadan ketgan bo‘lsa? Ushbu savolga oydinlik kiritish maqsadida “Daryo” muxbiri Nargizaxon Murodova “Bravo” kulgi jamoasining konsert tashkilotchisi Abdulaziz Xo‘jamurodov bilan bog‘landi.
— May oyidagi gastrol safarlari bo‘yicha aprel oyining so‘nggi kunlarida aniq to‘xtamga keldik. Shahlo Zoirovaning to‘y xizmatlarini esa odamlar bir necha oy avval band qilib qo‘yishadi. Aslida Shahlo opam xorijdagi konsertlarga borishni istagandi, ammo shuncha to‘y egalariga vaziyatni tushuntirish, ularni rozi qilish oson emas. Keyin xorijliklardan avval hamyurtlarimizning xizmatlarini qilish kerak, degan to‘xtamga keldik. Vaziyat shuni taqozo qilgani uchun Shahlo Zoirova Toshkentda qoldi. Uning o‘rniga Nargiza Salmonova qabul qilindi, — deydi Abdulaziz Xo‘jamurodov.
Aktrisa Nargiza Salmonova xorijdagi konsertlar yakunlangach, jamoa tarkibidan chetlashtiriladimi yoki hamkorlikni davom ettiradimi? Bu savolimizga tashkilotchi shunday javob berdi?
— Nargiza Salmonova rasman jamoa tarkibiga qabul qilindi. Endi u ham qolgan konsert dasturlarida ishtirok etadi. Rossiyadagi konsertlar yakunlangach, jamoa Qozog‘istonga safar qiladi. So‘nggi konsert 29-may kuni Turkiston shahrida bo‘lib o‘tadi. Nasib qilsa, kuz oyida “Bravo” jamoasining 10 kunlik konsert dasturi o‘tkaziladi. 10—20-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan konsert dasturimizda jamoamiz to‘liq tarkibda ishtirok etadi. Konsert chiptalari “Xalqlar do‘stligi” saroyi kassalarida sotilmoqda, — deydi Abdulaziz Xo‘jamurodov. | 133 | 1,809 |
Madaniyat | “Shaytanat” seriali namoyishi Ramazon oyidan keyinga qoldirildi | Ko‘pchilik intiqlik bilan kutayotgan “Shaytanat” seriali 14-may kunidan boshlab efirga uzatilishi rejalashtirilgandi.
Kadr: YouTube
“Xabar.uz” nashrining O‘zMTRKdagi manbasiga ko‘ra, serial Ramazon oyidan so‘ng efirga uzatiladi.
Telekanal rahbariyati ro‘za oyida ushbu serialni namoyish etishni lozim topmadi.
Eslatib o‘tamiz, Yodgor Sa’diyev rahbarligidagi “Qalqon” studiyasi tomonidan ishlangan bu film namoyishi boshlanganidan so‘ng ko‘p o‘tmay to‘xtab qolgan, buning sababi esa izohlanmagan edi. | 63 | 501 |
Madaniyat | O‘zidan uyalmaydigan millionerlar: Gollivudning eng do‘mboq aktrisalari (foto) | Ular qizil yo‘lakchalar hamda yaltiroq muqovalarning zamona go‘zallari deya e’tirof etiladigan aktrisalar bilan baravar turuvchi teng huquqli qahramon. Ushbu ayollar kimlardir o‘ylab topgan standartlarga javob bermaydi, lekin bu ularga omadli, puldor va mashhur bo‘lishda umuman to‘sqinlik qilmaydi.
Kuin Latifa
Latifa xalqaro shou-biznesdagi eng nufuzli ayollardan biri. U aktrisalikni muvaffaqiyatli qo‘shiqchilikdan boshlagan. Uning bir qancha albomlari chiqqan bo‘lib, hatto “oltin” maqomiga ham sazovor bo‘lgan. Bir necha bora “Gremmi” mukofotiga nomzodligi qo‘yilgan.
Foto : Cosmopolitan
Keyinchalik u keng ko‘lamli filmlarda paydo bo‘la boshladi. Uning ishtirokidagi “Chikago” filmi 13 marotaba “Oskar” mukofotiga nomzodlikka qo‘yilgan. Latifa doimo do‘mboq ayol bo‘lganidan mamnun, u hech qachon ko‘rinishi ortidan muammoga duch kelmagan. Uning karyerasi, umumbashariy martabasi va dunyo miqyosidagi mashhurligi bilan nozik qomat egalariga muvaffaqiyat va boylik parhez natijasi emasligini isbotladi.
Oktaviya Spenser
Oktaviya “Maxfiy materiallar”, “Katta portlash nazariyasi”, “Tez yordam” seriallarida va “Yetti hayot”, “Murabbiy Karter”, “Xizmatkor” kabi filmdagi mashhur rollari bilan Gollivudni zabt etdi. U oxirgi roli uchun “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘ldi. Oktaviya “Gollivudning eng kulgili aktrisasi”dan biri bo‘lishiga qaramay (Entertainment Weekly’ga ko‘ra), kinematografik marosimda juda jiddiy tarzda namoyon bo‘ldi.
Rebel Uilson
Aktrisaning “Muzeydagi tun-3” va “Mukammal ovoz-2” filmidagi yorqin qiyofasi okeanning har ikki tomonidagi tomoshabinlar yodida qoldi. Uning “Chirkin raqs” filmidagi “Hayotim onlari” qo‘shig‘iga ehtirosli raqsi va tragikomik ijrosi juda ham mashhur. Rebel Uilsonni davrning taniqli komediya aktrisalaridan biri deb atash mumkin.
Ma’lumki, Aktrisaning vatani Avstraliya − mashhur aktyorlar beshigi. Balki, uning tug‘ilgan joyi yoki Amerika kinosanoati uchun nostandart ko‘rinishi mos kelganligi, shuningdek, ajoyib iste’dodi tufayli birin-ketin muvaffaqiyatli loyihada ishtirok etib, dadil qadamlar bilan yuqoriga qarab intilmoqda. Kelasi yili kuchli aktyorlar – Penelopa Krus, Ien MakSheyn va Mark Strong kabilarning ishtirokida “Birodar Grimbsi” filmi namoyish etilishi kutilmoqda, shuningdek, “Mukammal ovoz”ning uchinchi qismi chiqarilishi ham e’lon qilingan.
Melissa MakKarti
Melissaning “Ayg‘oqchi” filmidagi ishtiroki o‘ta skeptik kayfiyatdagi tomoshabinlarni ham tashqi ko‘rinish muhim emasligiga ishontirdi. Aktrisa qanday qilib ekranda chindan ham turlicha bo‘lishni biladi: bir vaqtning o‘zida ham ayyor, ham ta’sirchan. Ko‘plab tanqidlarga ostida qolgan aktrisa qizil gilamchadan to‘g‘ridan to‘g‘ri yurib, ko‘plab nominatsiya va kinosanoatining eng nufuzli mukofotlariga sazovor bo‘ldi. Garchi u 50 yoshda bo‘lsa ham, uning quvnoq fe’l-atvori va kuchli quvvati Gollivud cho‘qqisidagi ko‘plab nozik yulduzchalardan ustun turadi.
Sidibe Gabure
Bo‘lajak aktrisa AQShning bir necha kollejlarida tahsil olayotganida yaxshi bilimga ega bo‘lgan. Shu bilan birga, Sidibe “Oskar”ga loyiq rolni talabalik paytidayoq ijro etdi. “Xazina” filmi tomoshabinlar tomonidan iliq, tanqidchilar tomonidan g‘ayrat bilan qabul qilindi. Film taqdimotidan so‘ng aktrisaning surati ko‘plab jurnal muqovalarini bezadi va dizaynerlar taklifi bilan ular yaratgan liboslarda suratga tushdi. | 78 | 3,335 |
Madaniyat | Aktrisa Yulduz Rajabova: Turmush quraman, lekin hozir emas. Oilamga yordam berishim zarur | Aktrisa Yulduz Rajabova “Sug‘diyona” gazetasiga bergan intervyusida oila qurish mavzusidagi savollarga ham javob qaytardi.
— Turmushga chiqayapsiz, deb eshitdik?
— Qachon? Kim aytdi? Vaqti-soati kelgach, turmush quraman. Lekin hozir emas. Ayni dam oilamga ko‘mak berishim zarur. Men uchun oila a’zolarimning fikri muhim. Har doim birinchi bo‘lib ssenariyni onam o‘qiydi, keyin men. Turmush qurish haqida hozircha o‘ylamayapman.
— Bundan chiqdi, shahzodangizni hali uchratmadingiz?
— Mavridi kelsa, shaxsiy hayot haqida gaplashamiz. | 89 | 532 |
Madaniyat | Mashhur rejissyorlarni tarbiyalagan VGIK filialiga o`qish uchun qabul boshlandi | Butunrossiya davlat kinematogarfiya institutining Toshkent filiali 2022-2023 o`quv yili uchun 5 yo`nalish bo`yicha abiturientlarni o`qishga qabul qilishni boshlaganini e`lon qildi:
1️ “Kino va teleprodyuser”
2 "Rejissyorlik"
3️"Operatorlik mahorati"
4 "Dramaturgiya"
5️"Aktyorlik mahorati".
Ma`lumot o`rnida:
Ta`lim rus tilida olib boriladi. | 79 | 342 |
Madaniyat | Ayol kishi turmush o‘rtog‘idan bir necha yoshga katta bo‘lgan yulduzli juftliklar (foto) | Yosh, ijtimoiy kelib chiqish va boshqa stereotiplar muhabbat oldida ojizlik qiladi. Harper’s Bazaar nashri e’lon qilgan, yoshida katta tafovut bo‘lishiga qaramay birga yashab kelayotgan yulduzli juftliklar esa buning isboti.
Xyu Jekman va Deborra-Li Ferness
Aktyor o‘zidan 13 yosh katta Deborra-Li Ferness bilan turmush qurganiga 24 yil bo‘lgan. U bo‘lajak rafiqasi bilan “Korelli” serialining suratga olish jarayonida tanishgan. Bu vaqtda Ferness tanilib ulgurgan, Jekman bo‘lsa endigina karyerasini boshlayotgan bo‘lgan. Turmush qurganidan keyin bir necha marta homilasi nobud bo‘lavergach, juftlik bola asrab olishga qaror qilgan: 2000-yilda Oskar ismli o‘g‘il, oradan besh yil o‘tganida keyin Avu ismli qizni farzandlikka olgan. Jekman va Deborraning baxtiyor turmushi siri — qanday loyiha yoki ish jadvali bo‘lishidan qat’i nazar ikki haftadan ko‘p oilasidan uzoqda bo‘lmaslik hamda muammo va quvonchni birgalikda baham ko‘rish bilan bog‘liq.
Tilda Suinton va Sandro Kopp
Shaxsiy hayoti bilan bog‘liq voqea-hodisalarni bo‘lishishni yoqtirmaydigan aktrisa turmush o‘rtog‘idan 17 yosh katta. Rassom Sandro Kopp bilan 2004-yil “Narniya saltanati: Sher, jodugar va sehrli shkaf” filmining suratga olish maydonchasida boshlangan munosabatlar jiddiy tus ola boshlagan. Shunday buyon juftlik baxtli hayot kechirib kelmoqda.
Aaron Teylor-Jonson va Sem Teylor-Jonson
2009-yilda Jon Lennon haqida suratga olingan film maydonchasida Aaron bilan tanishguniga qadar Sem qiyinchiliklarni boshidan kechirgan: art-diller Jey Jopling bilan ajrashgan va ikki marta saraton xastaligi bilan kurashib ulgurgan. Aaronning jiddiy niyatiga Semning o‘zidan 23 yosh katta va birinchi turmushidan ikki nafar farzandi bo‘lgani to‘siq bo‘lolmagan. 2012-yilda turmush qurgan mashhurlarning ikki nafar qiz farzandi bor.
Brijit va Emmanuel Makron
Fransiyaning amaldagi prezidenti Emmanuel Makron rafiqasi Brijit Ozerdan 24 yosh kichik. Emmanuel o‘zining 40 yoshli fransuz tili o‘qituvchisini yoqtirishini bilgan ota-onasi ularning munosabatlariga qarshilik qilgan va ajratish uchun o‘g‘lini Parijga jo‘natgan. Bu vaqtda Makron va Brijitning munosabatlari maktublardagi yozishmalar orqali davom etgan. Munosabatlar 2007-yilda nikoh bilan mustahkamlangan. Oradan o‘n yil o‘tib esa Makron Fransiya prezidenti etib saylangan. | 88 | 2,298 |
Madaniyat | Shahrisabzda 2020-yilning 5—10-sentabr kunlari ikkinchi Xalqaro maqom san’ati anjumani o‘tkaziladi | Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida 2020-yilning 5—10-sentabr kunlari II Xalqaro maqom san’ati anjumani o‘tkaziladi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bosh vazir 2020-yil 30-iyunda II Xalqaro maqom san’ati anjumaniga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita majlisini o‘tkazgan. Yig‘ilishda ushbu anjumanning ikkinchi marta o‘tkazilishiga tayyorgarlik ko‘rish, xorijiy ishtirokchilarni yanada ko‘proq jalb etish va ularga maqom san’ati to‘g‘risida ko‘proq ma’lumot berish, anjuman geografiyasini yanada kengaytirish zarurligi, ishtirokchilarni boy madaniy meros, san’at, urf-odatlar bilan yaqindan tanishtirish masalalari muhokama qilingan.
Ayni paytda Shahrisabzda ushbu nufuzli anjumanni yuqori saviyada tashkil etish uchun tayyorgarlik ishlari boshlab yuborilgan. Anjumanni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy guruh shakllantirilib, tegishli tashkilotlarga bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab berilgan.
Ta’kidlanishicha, anjuman doirasida o‘tkaziladigan barcha tadbirlar, tayyorgarlik jarayonlari, hududlardan tashrif buyuruvchilarning ishtiroki sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilingan holda tashkil etiladi. Xorijlik ishtirokchilar uchun O‘zbekistonga kirish vizalari konsullik yig‘imlarini undirmasdan rasmiylashtirib beriladi.
Xalqaro maqom san’ati anjumanining ikkinchi marta o‘tkazilishi O‘zbekiston Prezidentining 2019-yil 26-fevralda imzolangan farmoyishida belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, birinchi xalqaro maqom san’ati anjumani 2018-yilning 6—10-sentabr kunlari Shahrisabz shahrining tarixiy markazida o‘tkazilgan. Unda jahonning 75 mamlakatidan yakkaxon xonandalar, folklor jamoalari, diplomatik korpus vakillari ishtirok etgandi. Shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev anjumanning ochilish marosimida qatnashgandi. | 98 | 1,870 |
Madaniyat | Bollivud yulduzlari O`zbekistonda videoklip suratga olishmoqda | Xonanda va bastakor, bir necha mashhur qo`shiqlar muallifi Arko Pravo Mukherje boshchiligidagi musiqa guruhi joriy yilning may oyining birinchi yarmida O`zbekistonda videoklip suratga oldi. Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi axborot xizmatidan olingan ma`lumotlarga ko`ra, hozirgi kunda O`zbekistonning turistik brendini ommalashtirish ustida katta amaliy choralar ko`rilmoqda.
Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi, “O`zbekkino” milliy agentligi hamda O`zbekistonning Hindistondagi elchixonasi hamkorligida hind yulduzlarining bir nechta videokliplari O`zbekistonda suratga olish haqida kelishib olingandi. Joriy yilning may oyining birinchi yarmida Arko Pravo Mukherjee boshchiligida birinchi musiqa guruhining klipi suratga olindi. Arko – xonanda, bastakor, bir necha mashhur qo`shiqlar muallifi. Uning Jism 2 blokbasteri uchun yozilgan saundtregi internet saytlari orqali 50 million martadan ortiq ko`rilgan. Ushbu musiqa guruhiga Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi va “O`zbekkino” Milliy agentligi vakillari hamrohlik qilishdi. Xonandaning qo`shiqlarini suratga olish jarayonida asosiy maslahatchi vazifasida O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Shuhrat Qayumov qatnashdi.
Hind yulduzining O`zbekistondagi tashrifi xonandaning rasmiy ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ham yoritildi. Musiqali videokliplar hind telekanallari va You Tubedagi rasmiy kanallar orqali namoyish etiladi. Loyihaning keyingi mehmonlari Meet Bros guruhi va xonanda hamda aktrisa Kanika Kapur. Ushbu ijodkorlarning videokliplari internet saytlari orqali 200 milliondan ortiq marta ko`rilgan.
Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi va Bollivud yulduzlari bilan o`zaro yaqin hamkorlik O`zbekistonning turistik potensialini ochib berish uchun muhim ahamiyatga ega. Bu loyiha orqali yurtimizning turistik salohiyatini nafaqat Hindiston balki, G`arbiy Evropa va AQSh davlatlaridagi bir necha millionlik hind diasporalar orasida ham tanitish mumkinligi ko`zda tutilmoqda.
O`zA | 62 | 1,971 |
Madaniyat | Siz ham uddalaysiz: 2020-yilda sezilarli darajada vazn tashlagan mashhurlar (foto) | 2021-yil uchun tuzilgan maqsadlar orasida vazn kamaytirish haqidagi rejalar bo‘lsa, buning uchun hozirdanoq harakat qilish lozim. Albatta, bu ishda samara beruvchi biror turtki izlash kerak. Shuningdek, qaror qabul qilingandan so‘ng unga qat’iy rioya qilish ham juda muhim, xuddi yulduzlar amal qilganidek.
Oksana Voyevodina
Sobiq “Moskva go‘zali – 2015” sovrindori Oksana juda ko‘p stresslarga duch keldi. Avvalo onalik maqomiga erishish, so‘ngra Malayziyaning sobiq qiroli bilan ajrim, buyraklar bilan muammo… Ammo model barchasi bilan kurashishda o‘zida kuch topdi va 28 kilo vazn tashladi. Buning sababi faqatgina tashvishlar emas, balki o‘z-o‘ziga qo‘ygan qat’iy intizom ham edi.
Filipp Kirkorov
“Estrada qiroli” vazn yo‘qotish sirini sport, to‘g‘ri ovqatlanish va boshqalarni hayratda qoldirishda deb biladi. Xonanda sobiq turmush o‘rtog‘ining natijalaridan ilhomlangan holda o‘zi ham 40 kilogramm vazn tashlashga erishdi. Ortiqcha vazn nafaqat ayollar, balki erkaklar uchun ham mos kelmaydi.
Goar Avetisyan
Mashhur vizajist endi obunachilarini go‘zal suratlari bilan xursand qiladi. Chunki u 43 kilogramm vazn tashlagan. Bunday natijaga turmushidan ajrab, to‘g‘ri ovqatlanishga e’tibor qaratganidan so‘ng erishgan.
Ariel Vinter
Amerikalik seriallar yulduzi deyarli avtomatik tarzda ozishga muvaffaq bo‘lgan. U buning uchun bir necha yillardan buyon foydalanib kelayotgan kuchli antidepressantlarni qabul qilishni to‘xtatgan va shu zahoti ozishni boshlagan.
Xoakin Feniks
“Joker” afsonaviy roli uchun aktyor 25 kilogramm vazn tashlashiga to‘g‘ri kelgan. Biroq filmning ortidan kelgan muvaffaqiyatlar yuqoridagi fidokorlikka arziydi, albatta.
Keyt Xadson
Haqiqiy namuna desa ham bo‘ladi. Keyt uchinchi farzandini dunyoga keltirgach, o‘ziga e’tibor bermay qo‘ygandi. Ammo mas’uliyatli va irodali yulduz buning uddasidan chiqdi. 15 kilogramm vazn tashlashga muvaffaq bo‘lgan Xadson ko‘rinishidan juda ham mamnun.
Jessika Simpson
Amerikalik qo‘shiqchining vazni tez-tez o‘zgarib turishiga qaramay, 109 kilogramm og‘irlikka ham ega bo‘lgandi. U deyarli ikki marotaba yaxshigina ozishga erishdi va ortiqcha 45 kilogrammni tanasidan bartaraf etdi.
Danaya Prigojina
Past bo‘yli Danaya, taxminan, 110 kilogramm vaznga ega bo‘lgan. Ammo qiz o‘z qarorida qat’iy turib, parhez qilishni boshladi va to‘g‘ri ovqatlanishni o‘rgandi. Natija 20 kilogramm, yomon emas.
Adel
Britaniyalik qo‘shiqchi oilaviy ajrim tufayligina bunday natijaga erishmadi. U tinimsiz ravishda sport zallariga qatnab, parhez qoidalariga so‘zsiz amal qildi. Shu bilan u imkonsiz narsaning o‘zi yo‘qligini ko‘pchilikka isbotlab berdi. Suratlarga ko‘ra, u taxminan 50 kilogramm vazn tashlagan bo‘lishi mumkin. | 82 | 2,680 |
Madaniyat | Munisa Rizayeva: Qo‘limni so‘ragan yigit mendan olti yoshga kichikligi uchun boshim qotgan | 14-fevral kechqurun “Bazilik” restoranida keng omma va hamkasblari oldida Munisa Rizayevani rasman qo‘lini so‘rashdi, deb yozadi “Sayyod.com”. Xonanda tegishli suratlarni Instagram’ga qo‘ygani qayd etilgan.
“Sayyod.com” sayti Munisa Rizayevaning o‘zi bilan bog‘lanib, bu masalaga oydinlik kiritganini ma’lum qilgan.
− Qo‘limni so‘rashlar ko‘p bo‘lmoqda (kuladi). Shu kuni uzuk hadya qilib qo‘limni so‘ragan yigit 1992-yilda tug‘ilgan va mendan 6 yosh kichik. Sevib qolibdi. 14-fevral kuni dugonalarim bilan ‘Bazilik’ restoraniga xizmatlardan so‘ng ovqatlangani kelgandik, shaxsan men uchun Valentin bayrami yo‘q. Birdan shu yigit gullar ko‘targanicha kirib kelib, tiz cho‘kib she’r o‘qib uzuk hadya qildi. Olmayman desam, meni sharmanda qilma deb qo‘ymadi. Mayli, ota-onalar gaplashishar degancha chiqib ketdim. Xullas, nima qilishni bilmay boshib qotgancha uyga kelib, onamga aytdim. Onam esa meni erga berish fikrida. Yigit juda yosh deb onamga e’tiroz bildirdim.
− Yoshning nima farqi bor? Agar har taraflama moslik bo‘lsa, to‘g‘ri kelsa, nimasi yomon? Dunyo miqyosida qancha mashhurlarni turmush o‘rtog‘i bilan yoshidagi katta farqiga qaramay turmush qurib baxtli bo‘lganidan xabardormiz-ku.
− Yosh bola-ku, ertaga ketidan yugurib yuramanmi? Bilmasam... Menimcha, yoshi mendan katta bo‘lgani yaxshidir. Bilmadim, o‘ylayapman hozircha. Qo‘limni so‘rayotganlar ko‘p, tanlayapman. | 90 | 1,383 |
Madaniyat | Mashhur filmlardagi afsonaviy rollarni qo‘ldan boy bergan yulduzlar (foto) | Turli sabablarga ko‘ra muvaffaqiyat keltiruvchi rollardan quruq qolgan aktyor va aktrisalar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Jennifer Lourens “Sumerki”da Bellaning rolini o‘ynashi mumkin edi
Jennifer “Sumerki”da Bella rolini o‘ynash uchun kastingda qatnashgan, ammo uning ko‘rinishi qahramon uchun to‘g‘ri kelmagan. Rejissor Ketrin Xardvik Kristen Styuartni tanlashni afzal bilgan.
Robin Uilyams “Yog‘du” filmida Jek Torrensni gavdalantirishi mumkin edi
Ko‘pchilik uchun Jek Torrens rolida Jek Nikolsanning o‘rniga Robin Uilyamsni tasavvur qilish qiyin. Ammo rejissor Stenli Kubrik uni darhaqiqat filmga taklif qilmoqchi bo‘lgan va nimadir bo‘lgan-u so‘nggi daqiqada fikridan qaytib qolgan.
Skarlett Yoxansson “Ajdaho tatuirovkali qiz”da Lisbet Salander rolini ijro qilishi mumkin edi
Rejissor Skarlettni bu rol uchun haddan ortiq jozibali deb hisoblagani uchun ijroni Runi Maraga ishonib topshirgan.
Gvinet Peltrou “Titanik”da Rouzni gavdalantirishi mumkin edi
Rouz Jemy roli uchun Kemeron Keytdan tashqari Gvinet Peltrou nomzodini ham ko‘rib chiqqan. Ammo nima ham bo‘lgan-u, Gvinet ushbu qahramonni gavdalantirishdan quruq qolgan.
Leonardo Dikaprio “Amerikalik psixopat”da suratga tushishi mumkin edi
Leo “Amerikalik psixopat” filmida telba qotil rolini ijrosi uchun Kristian Beylga raqib bo‘lgan. Ularning har ikkisi ham ushbu rolni qo‘lga kiritishga qanchalik urinishiga qaramay, ijro Beylga nasib qilgan. Kristian bu haqida gap ketganida telba va aqldan ozganlar rolini gavdalantirish Leoning tashqi ko‘rinishiga to‘g‘ri kelmasligi, o‘zining qiyofasi esa bunday qahramonlar uchun ayni muddao ekanini ta’kidlagan.
Jon Travolta Forrest Gampni o‘ynashi mumkin edi
Travolta Forrestning rolini g‘alati deb hisoblagani uchun Robert Zemegisning taklifini rad qilgan. Film muvaffaqiyatidan keyin esa qilgan qaroridan afsuslangan.
Merilin Monro “Tiffanida nonushta” Xolli Golaytli rolini ijro qilishi mumkin edi
Muxlislar Xolli timsolida Odri Xepbyorndan boshqasini tasavvur qila olmasligiga qaramay, rejissor Bleyk Edvards dastlab ushbu rolni Merilinga taklif qilmoqchi bo‘lgan. Ammo keyinchalik fikridan qaytib qolgan.
Uill Smit “Matritsa”da Neoni o‘ynashi mumkin edi
Uill “Yovvoyi, yovvoyi G‘arb”da suratga tushishni tanlab “Matritsa”dan quruq qolgan. Kianu Rivzning esa qanchalik to‘g‘ri qaror qilganini filmning muvaffaqiyatidan ham bilsa bo‘ladi.
Shon Konneri “Uzuklar hukmdori”da Gendalfni gavdalantirishi mumkin edi
10 million dollar va kassaga tushgan mablag‘lardan 15 foizini berish taklif qilinganiga qaramay, jiddiy deb bilmagani uchun Shon ushbu rol ijrosidan voz kechgan. Oqibatda 450 milliondan quruq qolgan. | 74 | 2,627 |
Madaniyat | Petrosyan Obid Asomov vafoti haqida: Men shok holatidaman | Rossiya xalq artisti Yevgeniy Petrosyan Sputnik O‘zbekiston radiosi efirida qiziqchi Obid Asomov vafotidan qattiq qayg‘uda ekanligini bildirdi.
“Bu yangilik meni shokka tushirdi. Chunki 10 kun oldin Toshkentda Obid Asomov bilan birga butun bir kunni o‘tkazgan edik. Biz yana uchrashishga kelishib olgandik. Ijodiy rejalarimiz bor edi... Bu shum xabarni tasavvurimga sig‘dira olmayapman. Bu juda og‘ir. Bu xabar — xato yoki noto‘g‘ri yangilik bo‘lishini istardim...
Doim xushchaqchaq, faol, baqquvat bo‘lgan inson to‘satdan o‘z hayotini yakunladi. Unda qiziqchilik mahorati Xudodan edi. Bu hislat nafaqat sahnada, balki uning hayotida ham ko‘ringan. U juda nozikko‘ngil va quvnoq odam bo‘lgan. U nafaqat kuldirishni bilardi, shu bilan birga juda xushmuomalali inson edi. Uning ichki madaniyati bor edi. Odamlarni juda hurmat qilardi. Bunday axloqiy asosga ega bo‘lish yumorist uchun juda muhim.
Obid Asomov menga “O‘zbekistonda meni o‘zbek Petrosyani deb chaqirishadi” deb ko‘p marta aytardi. Asomov men kabi O‘zbekistonda faol chiqishlar qilardi, u mendan ko‘p san’at uslublarini olgan. Ko‘p yondashuvlarda bir-birimizga juda mos tushganimizdan xursand bo‘lgandim”, — deya xotirladi Petrosyan.
Rossiyalik so‘z ustasi efir davomida Obid Asomov bilan birga yaqin oylarda kino, televideniye, estradada “Petrosyan shou” yozib olish masalalarini muhokama qilganganini ham aytdi.
“Men Obid Asomovning katta oilasiga chuqur hamdardlik bildiraman. Ular hammadan ko‘proq qayg‘urishadi. Ularga kuch tilayman. Obid Asomov doim xotiramizda qoladi. Ko‘p video-yozuvlarimizda u o‘z ijodiy hayotini davom ettiradi”, — dedi gapi yakunida Yevgeniy Petrosyan. | 57 | 1,643 |
Madaniyat | Video: Toshkent metrosida qo‘shiq kuylayotgan “Golos” loyihasi ishtirokchisi Sabina Mustayeva | Rossiyaning “Golos” loyihasida ishtirok etib, tomoshabinlar e’tiborini qozongan, bir qancha nufuzli xalqaro festivallar ishtirokchisi − Sabina Mustayevaning Toshkent metrosida qo‘shiq kuylayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘ldi.
“Uyga ketyapman, metroga tushdim va bu yerda ajoyib akustika mavjudligini his etdim. Nega bu yerda qo‘shiq kuylamay?”, — deydi Sabina. Xonanda gollandiyalik qo‘shiqchi Dunkan Lourensning “Arcade” qo‘shig‘ini xirgoyi qilgan.
Ma’lumot uchun, Toshkentda tug‘ilib o‘sgan Sabina Mustayeva – “Iqtidorli bolalar” tanlovining Gran-pri sohibasi (Toshkent, 2011). Bundan tashqari, u “Yulduzli Qrim” (“Звездный Крым”) xalqaro tanlovida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan (Livadiya, 2012). Estrada va akademik ijrochilik respublika tanlovi laureati, Toshkentdagi musiqa maktablari o‘quvchilari orasida o‘tkazilgan “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni” tanlovida Gran-priga sazovor bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, 2015-yilda Sabina Mustayeva Rossiyadagi “Golos. Deti” loyihasi ikkinchi mavsumida g‘olib bo‘lgan. Shuningdek, Sabina Latviya poytaxtida bo‘lib o‘tgan jaz ijrochilarining Riga Jazz 2016 xalqaro tanlovi superfinaliga chiqqan. | 93 | 1,157 |
Madaniyat | Instagram: Onasining janozasidan so‘ng ko‘rinish bergan Yulduz Usmonova, Rixsitilla Abdullayev qancha oylik oladi? Luiza Rasulova haqida keskin gapirgan Ozod Xurramov | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz.
Oybek va Nigora juftligi oilaviy fotosessiya uyushtirdi.
Bloger Ozod Xurramov “Chotki TV” YouTube kanaliga bergan intervyusida Luiza Rasulova haqida keskin fikr bildirdi.
Gulsanam Mamazoitova sahifasiga yangi surat joyladi.
“Aktyor kids” ko‘rsatuvida madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovga parodiya tayyorlandi.
Rixsitilla Abdullayev farzandlari bilan tushgan suratini folloverlariga namoyish etdi.
Xonanda Doston Ergashevning ukasi uylandi. To‘yda Sardor Mamadaliyev xizmatda bo‘ldi.
Shahzoda Muhammedova qizining nomi bilan ataluvchi yangi brendga asos soldi.
Alisher Uzoqov kinoga qaytdi. Rejissor va aktyor tez kunlarda yangi serial suratga olishi haqida gapirib berdi.
Dilnoza Kubayeva Instagram’da rasmiy sahifasini ochdi.
Sardor Mamadaliyevning “Birovning ayoliga ko‘z tikmang” deb nomlangan qo‘shig‘iga ishlangan klip taqdim etildi.
Davron Kabulov “Million” konsertiga berilgan taklifnomalarni ko‘chada sotib yurgan shou-biznes vakillariga murojaat yo‘lladi.
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova onasining janozasidan so‘ng ilk marta ko‘rinish berib, volidasi “chiroyli o‘lim topgani”ni aytdi hamda barcha ta’ziya bildirayotganlarga minnatdorchilik bildirdi.
Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda xonandaning bir necha yil avval bergan intervyusidan parcha ham tarqalmoqda. Unda Yulduz Usmonova onasining Alsgeymer kasalligiga chalinganini aytadi.
Taniqli aktyor Rixsitilla Abdullayev O‘zbek milliy akademik drama teatridan qancha oylik olishi hamda bir oyda xarajatlari uchun qancha pul sarflashi haqida gapirdi. | 166 | 1,667 |
Madaniyat | Iroda Nosirova, Shahzoda Muhammedova, Feruza Normatova va Jayrona aktrisalarga bo‘ladigan nojo‘ya takliflar haqida so‘zlab berdi (video) | O‘zbek kino olamida faoliyat yuritayotgan bir qancha aktrisalar ularga nisbatan qanday nojo‘ya takliflar bo‘lgani haqida gapirib berishdi.
“O‘rtog‘im yig‘lab chiqqan, takliflar bo‘lgan”
Aktrisani kastingga chaqirishadi, kirasiz, boshida ijodiy savol-javob bo‘ladi. Keyin maqsadga o‘tib, “Bir rol bor, bu seni kashf qiladigan rol”, deb shu darajada gapirib berishadiki, siz u rolda yashay boshlaysiz. “Faqat bu rolni o‘ynash uchun puling bormi?” deyishadi. Avval prodyuserlarni reklama qilib ko‘rishadi, u deb, bu deb oxiri maqsadga o‘tib, “Qizligingga tegmayman, men bilan yursang bo‘ldi”, degan taklifni berishadi. Bir nechta o‘rtog‘imni o‘zim kastingga olib borganman. Ahmoq bo‘lgan ekanman. Keyin o‘rtog‘im ularning oldidan yig‘lab chiqib, “Agar san’at shu bo‘ladigan bo‘lsa, tupurdim”, deb ketishgan. U o‘rtog‘im men haqimda nima deb o‘ylagan ekan, deb hozirgacha o‘ylayman. Xudoga shukr, bunaqa nojo‘ya takliflardan qutulganman.
Jayrona, aktrisa
“Shunday yo‘llar bilan chiqqandan ko‘ra, aktrisa bo‘lmaganim ma’qul”.
San’atga kirib kelgan vaqtlarimda nojo‘ya takliflar bo‘lgan. Hozir birortasini haddi sig‘maydi, haddi sig‘adigani bo‘lsa yozib, kerak bo‘lsa, menga yozganlarigacha internetga chiqarib yuboraman. Shunaqa mazmunda gapirib turgan vaqtda diktofonga yozib olib bo‘lsa ham tarqataman. Allohimga behisob shukr, hozir hech kimning haddi sig‘maydi bunga.
San’atga endi kirib kelgan vaqtlarimda shunday takliflar bo‘lgan. Men nima uchun yetti yillab o‘qib, har bir obraz ustida ishlab, talabalikning qiyinchiliklarini ko‘rib, bir kunda uchtalab avtobuslarda yurib, shunaqa yo‘llar bilan aktrisa bo‘lib chiqamanmi? Shunday yo‘llar bilan chiqqandan ko‘ra, hech qachon aktrisa bo‘lmas edim.
Feruza Normatova, aktrisa
“Shu bilan kinodan ko‘nglim sovib ketdi”.
U vaqtlarda filmlarning ilk taqdimoti, ya’ni premyeralar juda ham dabdabali bo‘lardi. Premyeralarning birida oldimga o‘sha vaqtdagi kino rahbarlaridan biri kelib, “Irodaxon, sizning muxlisingizman, siz ko‘proq filmlarda chiqishingiz kerak. Sizga yordam beraman, shu sohada falon kresloda o‘tiraman”, dedi.
Ertasi kundan menga rejissorlar telefon qilib, “Rasmlaringizni olib, sinovlarga keling”, deyishdi. Fotosinovlarga borib, hattoki o‘tdim ham. Bir-ikki kundan so‘ng, haligi odam kechqurun telefon qilib, “Bir joyga kelib keting, Irodaxon”, dedi. Nimagaligini so‘rasam, “Sizni akalarim bilan tanishtiraman”, dedi. U odam ular bilan garov o‘ynagan ekan. Bormayman, deb qat’iy aytganimdan so‘ng, sensirashga o‘tib, “Sen ertaga kinoda rol ijro etishingni o‘ylab ko‘rgin, kinoning ostonasidan qadam bosmaysan”, dedi. “Qo‘lingizda osmon bo‘lsa, tashlab yuboring”, dedim. Qo‘lida kino bor ekan, tashlab yubordi.
Ertasi kuni fotosinovlaridan o‘tgan rejissorlar telefon qilib, “Sizni bizga taklif qilgan odam zapret qildi, nima bo‘ldi o‘zi, tinchlikmi?”, deb so‘rashdi. “Hammasi joyida, zapretlar meni qo‘rqitmaydi”, dedim.
Xullas, vaqtlar o‘tib u odamning o‘zi ham rahbarlikdan ketdi. Undan keyin bir-ikkita filmlarda suratga ham tushdim. O‘sha vaqtlarda bir rejissor meni yangi bir loyihasiga taklif qildi. Film ssenariysi aynan men uchun yozilgan edi. Hammasi tayyor bo‘lib, rolga kirishib, kiyimlar tikilganidan so‘ng “Iroda, bir homiy bor, u shu filmga pul tikmoqchi, hattoki tikkan pulini ham qaytarib olmas ekan. Faqat u xohlagan qizni bosh rolda o‘ynatishim kerak ekan”, dedi. O‘zimni shu rolda tasavvur qilib, shu rolda yashaganman. “Agar sen mening yonimda bo‘lsang, menga hech nima kerak emas, biz bu narsalarni birgalikda yengib o‘tamiz”, dedi, “Shart emas, rahmat, yo‘lingizda davom eting”, deb ketdim.
Shu bilan kinodan ko‘nglim sovib ketdi. Bu hamma rejissorlarga tegishli emas. Men ijodini ham, o‘zini ham hurmat qilgan rejissorlar juda ham ko‘p. Ketma-ket bo‘lgan shunaqa holatlar ko‘nglimning sovishiga sabab bo‘ldi. Keyin kinodan ham uzoqlashishga majbur bo‘ldim.
Iroda Nosirova, jurnalist, aktrisa, xonanda
“O‘zimga mustahkam bo‘lganman, likillab ketmaganman”
Hech qachon nojo‘ya takliflar bo‘lmagan. Onam bilan yurganim uchun, balki, nojo‘ya taklif qilishga qo‘rqishgandir. Sal erkaksifatroq xarakterim bor, o‘g‘il bolaga o‘xshagan qizman, demoqchimasman. Qaysidir tomondan cho‘rtkesarligim bor edi. O‘zimni o‘zim himoya qilib keta olgan qizman. Kimdir menga “Yaxshi qiz, tanishsak bo‘ladimi?”, desa, “vay” deb likillab ketmaganman. O‘zimga mustahkam bo‘lganman. Onangiz, otangiz qo‘riqlab yursa ham ayol kishi o‘zi xohlasa, kim bilandir yurib qo‘yishi mumkin. Hammasi xarakterga, tarbiyaga bog‘liq.
Shahzoda Muhammedova, aktrisa, dizayner, boshlovchi | 136 | 4,538 |
Madaniyat | 15-18 dekabr kunlari Toshkentda «O`zbekistonning madaniy merosi – yangi Renessans poydevori” an`anaviy madaniy meros haftaligi bo`lib o`tadi | O`zbekistonning madaniy merosi va buyuk allomalarimizning dunyo tamadduniga qo`shgan hissasiga bag`ishlangan keng qamrovli tadbirlar har yili an`anaviy tarzda o`tkazib kelinmoqda.
Jumladan o`tgan yili bo`lib o`tgan “O`zbekiston – buyuk yo`llar va sivilizasiyalar chorrahasi: imperiya, din, madaniyat” mavzusidagi meros haftaligi o`zining shukuhi va shov-shuvli voqealari bilan ko`pchilikning yodida qoldi.
Joriy yilning 15-18 dekabr kunlari esa Toshkent shahrida «O`zbekistonning madaniy merosi – yangi Renessans poydevori” an`anaviy madaniy meros haftaligi o`tkazilishi ko`zda tutilmoqda.
Haftalikning eng muhim tadbirlaridan biri bo`lgan IV Xalqaro kongress 15 dekabrda Yoshlar ijod saroyida tashkil qilinadi. Bu kongress 2 kun davom etadi.
Ushbu kongressda rasmiy doiralar va xalqaro tashkilotlar vakillari, 40 dan ortiq mamlakatlardan kelgan 300 dan ortiq taniqli kishilar ishtirok etadi. Shuningdek 1000 dan ziyod respublikamizning taniqli olimlari va boshqa nufuzli mehmonlar qatnashadi.
«O`zbekistonning madaniy merosi – yangi Renessans poydevori” IV Kongressining ikki kuni xorijiy olimlarning O`zbekiston madaniy boyliklarini tadqiq qilish haqidagi ma`ruzalariga bag`ishlanadi.
Taniqli sharqshunos olimlar o`zbek zaminida yashab o`tgan allomalarning dunyo tamadduniga qo`shgan hissasi, insoniyat tarixida betakror iz qoldirgan hamda ma`rifat, insonparvarlik diniy bag`rikenglikning yuksak namunasini ko`rsatgan birinchi va ikkinchi Renesans davrlarini o`rganishdagi o`zlarining ko`p yillik tadqiqotlari natijalari va olamshumul topilmalari bilan o`rtoqlashadilar. | 140 | 1,573 |
Madaniyat | Jahongir Ortiqxo‘jayev xonanda Jahongir Poziljonovga Toyota Prado avtomobilini sovg‘a qilgani ma’lum bo‘ldi | “Milliy” telekanalining “Nishonda” ko‘rsatuvining navbatdagi sonida “Bojalar” guruhi yakkaxoni Jahongir Poziljonov mehmon bo‘ldi. Suhbat jarayonida Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning xonandaga Toyota Prado avtomobilini sovg‘a qilgani oydinlashdi.
“Men bu insondan juda ko‘p yaxshilik ko‘rganman. Bu Prado men ko‘rgan yaxshiliklarning eng kichik qismi.
Bir necha yillardan beri shu insonning yonida yurib katta bo‘lganman. Ayta olamanki, u atrofdagilariga ham o‘ziga ravo ko‘radigan narsalarni ravo ko‘radi. Men u insondan juda ko‘p narsalarni o‘rganganman. Birinchi navbatda oddiylikni, kamtarlikni o‘rganganman.
U insondan yaxshilik ko‘rgan bir men emasman. U yerda bir necha yuz minglab inson bor. Qo‘llarida ishlaydigan qancha insonlar ularning orqasidan uyli-joyli bo‘ldi, qancha odam to‘y qildi, qancha yordam ko‘rdi.
Tan olish kerakki, Toshkent hokimi bo‘lganidan keyin shahar ham ancha o‘zgardi”, — deydi Jahongir Poziljonov. | 107 | 948 |
Madaniyat | Burak O‘zchivit rafiqasi Fahriye Evjenga qimmatbaho sovg‘a tayyorladi, biroq turkiyalik jurnalistlar aktyorning syurprizini oshkor qilib qo‘ydi | Nafaqat Turkiyada, balki butun dunyo bo‘ylab mashhurlikka erishgan, o‘zining go‘zal muhabbati bilan turk kinofilmi muxlislariga yaxshi tanish bo‘lgan juftlik Fahriye Evjen va Burak O‘zchivit ijtimoiy tarmoqlarga yangi fotosuratlarni joylashtirish va bir-birlariga qimmatbaho sovg‘alar berish orqali sevgisini namoyish etadi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Burak O‘zchivit Fahriye Evjenning tug‘ilgan kuniga uy sovg‘a qilmoqchi ekanini ma’lum qildi. Aktyor bundan tashqari rafiqasi uchun yangi mashina buyurtma qildi. U buyurtma qilgan Porsche brendining Jeep mashinasi 2023-yilda ishlab chiqariladi, biroq Burak O‘zchivit ushbu mashinaga oldindan buyurtma bergan. Xorijiy nashrlarning yozishicha, Burak O‘zchivit mashina uchun dastlabki to‘lovni amalga oshirib bo‘lgan va avtomobilning narxi 500 ming dollarni tashkil qiladi.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari aktyorning bu ishidan rafiqasi juda xursand bo‘lishi haqida fikr bildirgan, biroq ular orasida bu holatga boshqacha munosabat bildirganlar ham bo‘lgan. Turk matbuoti ham Fahriye Evjenning sovg‘alarini va aktyorning xarajatlari haqida yozib, syurprizni oshkor qilib qo‘ygan.
Juftlik “Choliqushi” serialining suratga olish maydonchasida uchrashgan. Burak O‘zchivit o‘sha paytda model Jeylan Chapa bilan yaxshi munosabatda bo‘lgan bo‘lsa ham Fahriye Evjenga e’tibor qaratgan.
Oradan bir-ikki yil o‘tib, 2015-yilda “Sevgi senga o‘xshaydi” filmidagi ijrosidan keyin ular munosabatlarini yanada mustahkamlashdi. Turkiyaning “oltin juftligi” 2016-yilda nikohdan o‘tib 2017-yilda rasman turmush qurdi. Fahriye va Burak O‘zchivitning to‘yi Bosfor ko‘rfazidagi tarixiy villada juftlikning do‘stlari va qarindoshlari davrasida bo‘lib o‘tdi. Hashamatli tarzda o‘tgan to‘y muhokamalarga sabab bo‘lgan. To‘ydan bir yil o‘tib, 2018-yilda Burak O‘zchvit va Fahriye Evjenning Karan ismli o‘g‘li dunyoga keldi. Ular suratga olish jarayonlari bilan band bo‘lishiga qaramay farzandini o‘zi tarbiya qiladi. | 143 | 1,937 |
Madaniyat | Avstraliyalik dizayner NASA’ning arxiv suratlaridan film ishladi | Avstraliyalik grafik dizayner Kristian Stangl amerika astronavtlarining Oyga parvozi haqida qisqa film yaratdi. Film “Apollon” kosmik dasturi arxivining minglab fotosuratlari asosida yaratilgan. Bu haqda National Geographic xabar berdi.
“Apollon” missiyasi arxiviga murojaat qilgan Kristian alohida panoramali suratlarni yig‘di va keyin ularni animatsiya yordamida jonlantirdi. Yetti daqiqali film ustidagi ishlar 18 oy davom etgan. | 64 | 433 |
Madaniyat | Kaniza, Xonzoda va Aziza Nizomova — farzand kutayotgan o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto) | O‘zbek shou-biznesining bir nechta vakillari tez orada ona bo‘lishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ular homiladorlik davrlari qanday o‘tishayotgani haqidagi savolga quyidagicha javob berdi.
Kaniza: “Hamon sport zaliga qatnayapman”
2022-yilning may oyida xonanda Kaniza Instagram sahifasiga kelin ko‘ylakdagi suratlarini joylab, yetti yillik sinovlardan so‘ng sevgan insoni bilan oila qurganini oshkor etdi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay u homilador ekanligini va yaqin oylarda ona bo‘lishini ma’lum qildi.
— Homiladorlikning ilk oylarida biroz qiynaldim. Ammo ko‘p o‘tmay toksikoz asoratlari yo‘qoldi. U paytda to‘y-xizmatlariga ham kamroq borishga harakat qildim. Hozir homiladorlikning 5 oyidan o‘tdim. Ammo hammasi joyida. Piyoda surishni va yengil jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishni kanda qilayotganim yo‘q, — deydi xonanda Kaniza.
Tan olish kerak, homiladorlik xonandaning qomatiga salbiy ta’sir etgani yo‘q. Bir qarashda uning homiladorligini ko‘z ilg‘amaydi.
Xonzoda Qambarova: “Hammasi go‘zal o‘tyapti”
Instabloger Xonzoda ayni kunlarda ikkinchi farzandiga homilador. U 3-4 oy avval kuzatuvchilariga turmush o‘rtog‘i bilan kelishmovchilikka borgani va alohida yashayotganini ma’lum qilgandi. Ko‘p o‘tmay u turmush o‘rtog‘i bilan yarashib kuzatuvchilarini quvontirdi.
— Oilaviy sharoit ham homiladorga ta’sir etadi. Safiyada biroz qiynalgandim. Ko‘z tegmasin bu homiladorligim ancha yengil o‘tyapti. Charchash va ko‘ngil aynishi deyarli yo‘q. Ammo uyquchiligim saqlanib qolgan. Xullas, homiladorligim go‘zal o‘tyapti. Ishimga ham, oilamga ham vaqt ajratolyapman, — deydi Instabloger Xonzoda.
U Instagram sahifasiga ikkita farzand ko‘rishni orzu qilishi va tug‘uruqdan so‘ng jarrohlik amaliyotini amalga oshirib, qomatini tiklashini ham ma’lum qildi.
Aziza Nizomova: “Menga qolsa har kuni UTT tekshiruvidan o‘tardim”
Xonanda va aktrisa Aziza Nizomova 2022-yilning 19-mart kuni sevgan insoni Jamshid Halimov bilan oila qurdi. Hozirda ijodkor ona bo‘lishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
— UTT tekshiruvidan o‘tdik, hammasi yaxshi. Menga qolsa, har kuni tekshiruvga kelib, o‘zgarishlarni bilib turardim. Bunga juda qiziqyapman. Ammo ayrimlarning fikricha bu zararli ekan. Ammo men bu fikrga qo‘shilmayman. Homiladorlikda ko‘proq sifatli taomlanish va kechki sayrga alohida e’tibor beraman, — deydi Aziza Nizmova.
Ijodkorning turmush o‘rtog‘i sport bilan muntazam shug‘ullanadi. Ular to‘y marosimida tanishib, bir-birlariga ko‘ngil qo‘ygan. Tanishuvdan bir yil o‘tib ular oila qurgan.
Dineyra 37 yoshida farzand kutmoqda
Ijod olamidan biroz chekingan xonanda Dineyra 36 yoshida turmushga chiqqan. Uning dabdabali nikoh oqshomi 2021-yilning 12-mart kuni Toshkentdagi hashamatli restoranlarning birida bo‘lib o‘tgandi. Hozirda ijodkor ilk farzandini dunyoga keltirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
— Turmush o‘rtog‘im bilan Zarafshondagi maktabda birga o‘qiganmiz. U san’atga aloqador emas, tadbirkorlik bilan shug‘ullanadi. Ijoddan chekinishimning sababi uzoq cho‘zilgan karantin va oila qurishim bilan bog‘liq. Shu bois, qisqa tanaffus qilishimga to‘g‘ri keldi, — deydi xonanda Dineyra “Omon-omon” ko‘rsatuviga bergan intervyusida.
Xonandaning homiladorlik davri a’lo darajada o‘tmoqda. U dam olish maskanlariga borayotgani aks etgan suratlarni tez -tez Instagram sahifasiga joylaydi. | 91 | 3,275 |
Madaniyat | Yulduz Usmonova: "Onalar mendan xafa bo`lmasin, haqiqat yuzaga chiqadi" | Ayni damda munozaralar markazida bo`lib turgan Yulduz Usmonova tergov jarayoni haqida fikr bildirdi.
"Ko`ngillaringni to`q qilinglar. Tekshiruv o`tkaziladi. Hamma narsaga aniqlik kiritiladi. Onalar mendan xafa bo`lishmasin. Ko`p yaxshi farzand tarbiyalagan onalar bor. Formaning mas`uliyati og`ir.
Xalq uchun yuribmiz. Yordam beraman deb qochib ketganlar bo`ldi. Hammasiga oydinlik kiritiladi", dedi Yulduz Usmonova.
Eslatib o`tamiz, bugun san`atkorning sudi bo`lishi kerak edi, ammo u sudga kelmadi. | 71 | 500 |
Madaniyat | Avstraliyalik jurnalistdan ranjigan xonanda Adel million dollarlik intervyudan ketib qoldi | Britaniyalik xonanda Adelning olti yillik tanaffusdan keyin taqdim qilgan “30” albomi muxlislar quvonchiga sabab bo‘ldi. Ushbu albomdan o‘rin olgan qo‘shiqlar u uchun alohida ahamiyatga ega — ular orqali Adel ajralishi bilan bog‘liq kechinmalarini yetkazishga, o‘g‘liga ota-onasi boshqa birga emasligini anglatishga uringan.
Weekend Sunrise ko‘rsatuvining boshlovchisi Mett Dornan Adel bilan suhbatlashish uchun ataylab Londonga uchib keldi. Jurnalisti Adeldan intervyu olishi uchun Avstraliyaning Channel 7 kanali rahbariyati million dollarga yaqin mablag‘ to‘lagan. Ammo suhbat hech qayerda e’lon qilinmagan.
Yarim soat davom etgan intervyu davomida qo‘shiqchi qarshisidagi jurnalist uning yangi albomini eshitmaganidan xabar topgan. Darg‘azab bo‘lgan xonanda studiyani tark etishga qaror qilgan. Oqibatda Channel 7 jurnalistni ikki haftaga ishdan chetlashtirgan. Adel bilan hamkorlik qiladigan Sony leybli esa kanalga intervyuni efirga uzatishni taqiqlagan, deb yozadi Daily Mail.
Ma’lumot uchun, Adel ajrashganidan keyin tanimaydigan darajada o‘zgargan. 45 kilo vazn tashlagan xonanda spirtli ichimliklardan voz kechib, yangi hayot boshlagan. Qanday qilib bu natijaga erishgani haqida u Opra Uinfriga bergan intervyusida so‘zlab bergan. Avvalroq Adelning intervyusini “Oskar”dan ko‘proq — 9,9 million odam tomosha qilgani haqida xabar berilgandi. | 90 | 1,351 |
Madaniyat | “Xarobadan chiqqan millioner” filmi yulduzi – Dev Patel hozir qayerda? | 2008-yil namoyish etilgan “Xarobadan chiqqan millioner” filmi ko‘p fursat o‘tmasdanoq dunyo bo‘ylab mashhurlikka erishdi. Filmda bosh qahramon rolini ijro etgan aktyor Dev Patel oradan o‘tgan 13 yil mobaynida qay darajada o‘zgargan bo‘lishi mumkin?
Patel o‘zining birinchi rolini maktabda “O‘n ikkinchi kecha” filmida ijro etgan. O‘zining to‘liq aktyorlik karyerasini esa 2006-yilda “Tirranchalar” nomli serialdan boshlagan. Buning uchun aktyor Britaniyaning “Metro” gazetasida kasting haqidagi e’lonni ko‘rib qolgan onasiga tashakkur aytadi.
Aktyorga chindan ham mashhurlik keltirgan film “Xarobadan chiqqan millioner” bo‘lib, u bir necha nufuzli mukofotlarga sazovor bo‘lgan. Film sakkizta nominatsiya bo‘yicha Oskar mukofotini qo‘lga kiritgan. Keyinchalik yosh aktyor ko‘plab mashhur loyihalarga taklif qilingan, ularning orasida “Avatar: Aang afsonasi” multfilmi asosida suratga olingan “To‘rt unsur hukmdori” kartinasi ham bor.
Patelning navbatdagi ajoyib roli Sara Brayerlining “Arslon” filmidagi Nikol Kidman va Runi Mara bilan birgalikdagi ishi bo‘ldi. Film olti nominatsiya bo‘yicha Oskar mukofotiga loyiq ko‘rildi. 2019-yil uning yana bir muvaffaqiyatli filmi “Mumbay mehmonxonasi” edi. 2021-yilda esa Patel “Yashil ritsarning afsonasi” filmida muhim ahamiyatga ega rollardan birida ko‘rinishni rejalashtirgan.
Aktyor shaxsiy hayot borasida ancha sirli. Biroq 2017-yilda Patelning “Mumbay mehmonxonasi” filmini suratga olish jarayonida tanishgan aktrisa Tilda Kobem-Xervi bilan munosabatlari haqida mish-mishlar tarqalgan. | 70 | 1,537 |
Madaniyat | Namangan shahri ko‘chalarida kitob javonlari paydo bo‘ldi | Namangan shahrining turli dahalarida ichi kitob bilan to‘ldirilgan kitob javonlari paydo bo‘ldi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.
Shahar kengashi deputati, tadbirkor Ma’rufxon Mo‘minov namanganlik kitob ixlosmandlari bilan birgalikda “Xalq kutubxonasi” deb nomlangan mazkur loyihaga qo‘l urdi.
— O‘zim deputat bo‘lib saylangan hududda shunday kitob javonlari o‘rnatishni reja qilgandim. Keyinchalik loyihani kengaytirib, butun shahar bo‘ylab jami 500 ta kitob javoni o‘rnatishga qaror qildik. Chunki bu ishning ijtimoiy ahamiyatini anglab yetgan ko‘plab hamfikrlar topildi, — deydi Ma’rufxon Mo‘minov.
Kitob javonlariga “Bir kitob oling, bir kitob qo‘ying” degan shior yozib qo‘yilgan. Nashrlarga esa “Kitobni o‘qing, ilm oling, lekin qaytarib kelishni unutmang” degan so‘zlar bitilgan.
Mazkur javonlarni dastlab o‘zlari kitoblar bilan to‘ldiradigan g‘oya mualliflari, keyinchalik mutolaa qiluvchilar ham turli adabiyotlarni keltirishiga umid qilmoqda. | 57 | 963 |
Madaniyat | Baby shark bolalar qo‘shig‘i YouTube’da 10 mlrd marta ko‘rilgan birinchi video bo‘ldi | Baby Shark bolalar qo‘shig‘iga ishlangan klip tarixda birinchi bo‘lib YouTube’da 10 milliard marta ko‘rildi, deb yozadi Meduza.
Video rekord belgisiga 2022-yil 13-yanvar kuni ertalab erishdi. Ko‘rishlar soni allaqachon 10 milliard 7,7 million martaga yetdi.
“Baby Shark” qo‘shig‘iga ishlangan klip 2016-yil iyun oyida e’lon qilingan edi. 2020-yilning noyabr oyida video Luis Fonsining Despacito klipini ortda qoldirib, YouTube tarixidagi eng ko‘p ko‘rilgan videoga aylangan.
YouTube’da bir milliard tomosha qilinganlik ko‘rsatkichi ilk marta 2011-yilda janubiy koreyalik qo‘shiqchi Psy’ning Gangnam Style qo‘shig‘iga ishlangan klip bo‘lgan. Eslatib o‘tamiz, hozirda dunyo aholisi taxminan 7,9 milliard kishini tashkil etadi. | 85 | 727 |
Madaniyat | BUGUN TOShKENTDA IKKI KUNLIK XALQARO MEDIA FORUM O`ZI IShINI BOShLADI | Toshkentda “Zamonlar chorrahasi: o`tmishning buyuk merosi-ma`rifatli kelajak poydevori” xalqaro media-forumi o`z ishini boshladi. Mazkur xalqaro doirada o`tayotgan forumda dunyo ilm-fan jamoatchiligining etakchi vakillari, muzey, kutubxona, ilmiy institut va boshqa xalqaro tashkilotlar rahbarlari, mahalliy olimlar hamda ekspertlar ishtirok etishmoqda. | 70 | 353 |
Madaniyat | To‘g‘ri ovqatlanish, argan yog‘i va yogurt: Turk aktrisasi Neslihan Atagulning go‘zallik sirlari | Neslihan Atagulning yoshligidagi tashqi ko‘rinishi: katta yashil ko‘zlari, shishgan lablari va nozik ayollarnikiga o‘xshash yuzi ko‘pchilikni hayratda qoldirgan. Onasi qizining go‘zalligini yashirmagan va Neslihanni modellik kastinglariga yuborgan. Ma’lum bo‘lishicha bu behuda bo‘lmagan: uni yirik brendlar suratga tushishga taklif qilgan.
Aktrisa 14 yoshida “Birinchi muhabbat” komediyasida bosh rolni ijro etgan va o‘sha paytda “Oltin pilla” mukofoti sovrindoriga aylangan – umuman olganda, u yosh, istiqbolli aktrisa bo‘lgan. Bir necha yil o‘tgach, u “Xazonrezgi” teleserialida suratga tushadi, biroq film suratga olingandan so‘ng u kinodagi faoliyatini to‘xtatib, universitetning teatr bo‘limiga o‘qishga kiradi. Aktrisa 2012-yilda suratga olish maydonchasiga qaytadi va Turkiyada mashhur yulduzga aylandi. Shundan so‘ng u “Istanbulning ikki yuzi”, “Sevgi iztirobi” teleserialida va “Sendan qolgan xotira” filmida suratga tushadi.
Aktrisaning muxlislari unga o‘xshashga intiladi: u kam dekorativ kosmetikadan foydalaning va tabiiy go‘zalligidan uyalmang. Neslihan Atagul ijtimoiy tarmoqlarda tabiiy makiyaj bilan, faqat lab bo‘yog‘i va rumyanadan foydalangan holda yoki umuman bo‘yanmagan suratlarini e’lon qiladi. Uning go‘zalligining siri nimada? Quyida shu haqda bir nechta tavsiyalar beriladi.
Argan yog‘i
Argan o‘simlik yog‘i mashhur kosmetik sumkada deyarli asosiy soch uchun ishlatiladigan mahsulotiga aylandi. Bo‘yash yoki kimyoviy agressiv protseduralardan so‘ng tolalarni tiklaydi, quruq bosh terisiga samarali ta’sir qiladi va soch o‘sishiga yordam beradi. Turk ayollari ham bu yog‘dan yuz massaji uchun foydalanadi.
Yogurt
Bu nafaqat mazali mahsulotlardan biri, balki samarali oziq moddasi hamdir. Yuz va tana maskalariga tabiiy yogurt qo‘shilsa, u terini namlantiradi va yumshoq bo‘lishiga xizmat qiladi.
To‘g‘ri ovqatlanish
Agar sog‘lom ovqatlanishga rioya qilmasangiz, hech qanday go‘zallik vositasi terini qutqara olmaydi. Masalan, Neslihan Atagul kun davomida faqat meva, sabzavot yoki rezavorlarni iste’mol qiladi va nonushta uchun tabiiy yormalarni afzal ko‘radi.
Atirgul suvi
Atirgul suvi eng yaxshi toniklardan biri hisoblanadi va u kosmetika do‘konlari ochilishidan ancha oldin paydo bo‘lgan. Uning tarkibidagi E va B vitaminlari yuz terisini namlaydi va tinchlantiradi, yallig‘lanishni oldini oladi. Suv teridagi qarish belgilari bilan kurashadi va yog‘ miqdorini kamaytiradi. | 96 | 2,407 |
Madaniyat | “Ovoz” teleloyihasi taqdimotida Shahzoda, Lola, Rayhon va Sevara Nazarxon mehmon bo‘ladi | Bugun, 10-noyabr kuni Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida bo‘lib o‘tadigan Yoshlar madaniyat va san’at markazi taqdimotida taniqli xonanda Sevara Nazarxon mehmon bo‘ladi. Bu haqda markaz xodimlari Daryo’ga ma’lum qildi.
Bundan tashqari, Shahzoda, Lola Yo‘ldosheva, Rayhon, Ulug‘bek Rahmatullayev, Jahongir Poziljonov, Ziyoda, Gulasal, Eldido va Shohruhxon kabi o‘zbek estradasi yulduzlari ham taqdimotda ishtirok etadi.
Avvalroq, ushbu taqdimotda E’tirof—2014” tanlovining taqdirlash marosimi hamda “Yil qo‘shig‘i”, “Kuyla, yoshligim”, “Ovoz” teleloyihalari, “Sen — iste’dodlisan”, “Bolalik olami” ko‘rik-tanlov va festivallari haqida batafsil ma’lumot berilishi xabar qilingan edi. | 88 | 689 |
Madaniyat | Ozodbek Nazarbekov "Mendirman Jaloliddin" seriali ijodkorlari bilan uchrashdi (foto) | Ayni kunlarda Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Istanbul shahrida ijodiy safarda ekani va Vazir u erda Madaniyat vazirligi buyurtmasiga binoan turk kino ijodkorlari bilan hamkorlikda “Mendirman Jaloliddin” serialini suratga olayotgan “Bo`zdag` film” rahbari, Mehmed Bo`zdag` bilan uchrashgani haqida xabar bergan edik.
Ushbu tarixiy filmga mahoratli aktyor va aktrisalar jalb etilgan. Mazkur film jarayonlarining borishi va tashkiliy masalalar yuzasidan suhbatlashish maqsadida O.Nazarbekov Turkiya safarining ilk kuniyoq “Bo`zdag` film” rahbari, Mehmed Bo`zdag` bilan uchrashdi. bo`lib turibdi. Asosiy rollarni mahorat bilan ijro etayotgan aktyorlarimiz ot minish va qilichbozlik bo`yicha maxsus tayyorgarlikdan o`tishdi. Shu bilan birga turk tilini mukammal o`rganib tarix fani bo`yicha ham bilimlarini boyitishdi. Filmning asosiy qahramonlari Sulton Jaloliddin Manguberdi, Sulton Alovuddin, Temur Malik, Turkon xotun, Chingizxon va uning bolalari obrazlari ustida mukammal ishlandi.
Menga o`zbek aktyorlarining mahoratiga qanday baho berasiz deb ko`p bora savollar yo`llashdi. Shuni ayta olamanki, ular endi dunyo miqiyosidagi filmlarda ham rol o`ynashga tayyor. Shaxsan o`zim keyingi filmlarimga ham aynan o`zbek akterlarini jalb etmoqchiman, chunki keyingi serialimiz Mirzo Ulug`bek haqida bo`ladi- dedi Bo`zdag`.
Oktyabr oyining ikkinchi yarmida Mehmet Bo`zdag`ning O`zbekistonga tashrifi kutilmoqda. | 84 | 1,413 |
Madaniyat | Mashhurlik uchun o‘z kasbidan voz kechgan Bollivud aktyorlari (foto) | Bir qancha filmlardagi mohirona ijrosi tufayli mashhurlikka erishgan aktyorlar kino sohasiga kirmasdan avval boshqa kasblarda oddiygina xodim bo‘lgan. Albatta, ularni boshqa sohada tasavvur qilish qiyin. Ammo san’at, karyera, mashhurlikka intilish ularning nafaqat kasbini, balki hayotini ham tubdan o‘zgartirib yuborgan.
Raj Kumar
Afsonaviy aktyor va dialoglar qiroli Raj Kumar aslida kasbi bo‘yicha politsiya inspektori bo‘lgan. Aktyor “Yuqori tabaqa vakillari” va “Qasoskorlar” filmlarida huquqni muhofaza qilish xodimi rolini ijro etishda o‘z tajribasidan unumli foydalangan. 1940-yillarda Kumar Mumbaydagi Maxim politsiya idorasida kichik inspektor vazifasida ishlagan. 1952-yil kino sohasidagi debyutini rejissor Najam Nakvi suratga olgan “Rangeeli” filmidan boshlagan.
Amitabx Bachchan
Bachchan aktyorlik faoliyatidan avval “Bird and Co” yuk tashish firmasida menejer sifatida ish boshlagan. 1968-yilda o‘z ishini tashlab, kino sohasiga kirib kelgan. Oradan bir yil o‘tib Xoja Axmed Abbas rejissorlik qilgan “Yetti hindistonlik” loyihasida ishtirok etgan.
Sunil Datt
Taniqli aktyor, rejissor, siyosatchi Sunil Datt o‘z faoliyatini Best Transport kompaniyasining bosh direktori sifatida boshlagan.
Datt omborda ishlab yurgan vaqtda Jai Hind kollejiga o‘qishga kirgan. Keyinchalik Seylon radiosida “Lipton Ke Sitare” nomli ko‘rsatuvga ishga joylashgan. Shundan keyingina rejissor Ramesh Saygal tomonidan suratga olingan “Temiryo‘l stansiyasi” loyihasida debyut rolini ijro etgan.
Boman Irani
Aktyor kino san’atiga 53 yoshida kirib keldi va ilk rolini “Munnaboy” filmidagi ijrosi bilan boshladi. Irani bu vaqtgacha, albatta, boshqa kasb bilan shug‘ullanib kelgan. U 27 yoshigacha Mumbaydagi Toj Mahal mehmonxonasida ofitsiant bo‘lib ishlagan, shuningdek, oilada novvoychilik do‘koniga ham yordam berib turgan. Keyinchalik u o‘z kasbini o‘zgartiradi – o‘zining xobbisi hisoblangan suratkashlik bilan shug‘ullangan. Suratkashlik orqali uni teatr olamiga kirishga ilhomlantirgan xoreograf Shiamak Davar bilan uchrashgan.
Navazuddin Siddiki
Navazuddin bolaligidan aktyor bo‘lishni orzu qilgan, lekin imkoniyat bo‘lmaganligi tufayli neft-kimyo kompaniyasida kimyogar bo‘lib ishlagan. So‘ngra qo‘riqchilik vazifasida ishlagan kezlari teatr truppasining a’zosi bo‘lgan. Oxiri Milliy drama maktabiga o‘qishga kirishga muvaffaq bo‘ldi va bugungi kunda Hindistonning eng yaxshi aktyorlaridan biri hisoblanadi.
Amisha Patel
Mahoratli aktrisa AQShning nufuzli Tafts universitetida iqtisodiyot bo‘yicha oltin medal sohibasi. Aktrisa Massachusetsda o‘qishini yakunlagandan so‘ng “Khandwala Securities Limited” kompaniyasining moliyaviy bo‘limida ishlagan. Uning eng katta debyutlaridan biri Ritik Roshan bilan partnyor sifatida “Sevishingni ayt” filmidagi ijrosi bo‘ldi.
Pariniti Chopra
Bollivudning eng taniqli yulduzlaridan biri Priyanka Chopraning amakivachchasi Pariniti Chopra Buyuk Britaniyaning Manchester biznes maktabida tahsil olgan.
O‘qishi davomida Pariniti turli xil ishlarda ishlab ko‘rdi, shuningdek, “Manchester Yunayted” futbol klubida stadiondagi o‘yinlar mobaynida ovqatlanishni tashkil qilish vazifasida ham ishlagan. Hindistonga qaytgach Yash Raj Films’da marketing bo‘yicha mutaxassis bo‘lib ishlay boshlagan. 2011-yilda esa “Riki Baxlga qarshi xonimlar” filmida rol ijro etgan. | 68 | 3,297 |
Madaniyat | OAV: Juliya Roberts 13 yillik nikohidan keyin Denni Moder bilan ajrashadi | Juliya Roberts 13 yillik birga kechirilgan hayot va uch nafar farzand Denni Moder bilan nikohini bundan keyin ham davom ettirishiga sabab bo‘la olmaydi degan qarorga keldi. Bu haqda “Segodnya.ua” xabar beradi.
Aktrisaga turmush o‘rtog‘ining qo‘llab-quvvatlashi juda zarur bo‘lgan paytda Dennining o‘zini tutishi Juliya sabr kosasining to‘lishiga olib keldi. Yaqinda Roberts og‘ir judolikni boshdan kechirdi. Uning onasi saraton xastaligidan vafot etdi. Biroq Denni shunday paytda ham Malibu plyajida syorfing bilan shug‘ullanishda davom etdi. Ko‘mish marosimida ham qatnashmadi.
Biroq bunday vaziyatlarda faqat bir kishi aybdor bo‘lmaydi. Juliyaning juda rashkchi ekanligi anchadan beri ma’lum. U Moderning telefoni va elektron pochtasini tekshirib turgan, qachon, kim bilan uchrashishini kuzatgan.
Ularni ajrashish haqida rasman e’lon qilishini to‘xtatib turgan yagona sabab – uch nafar farzandi. Aktrisaning turmush o‘rtog‘ini ularni ko‘rish huquqidan mahrum bo‘lishi mumkinligi xavotirga solmoqda. | 73 | 1,001 |
Madaniyat | “Notanish qotil” oktabrning ketma-ket ikkinchi haftasida ham eng kassabop o‘zbek filmi bo‘ldi | Rejissor Azamat Ahrorov tomonidan suratga olingan jangari janrdagi “Notanish qotil” filmi oktabrning ikkinchi haftasida ham tomoshabin to‘plash borasidagi peshqadamlikni boshqa filmlarga bermadi. Bu haqda, Alisher Navoiy nomidagi kinosaroy tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslanib, jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi.
Kadr: YouTube
Ahrorovning filmidan keyingi o‘rinlarni Sherzod Binning “Qaysar oshiqlar”, Naufal Sulaymonovning “Aldagani quda yaxshi”, Bahrom Yoqubovning premyerasi 14-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan “Boyvachcha kuyov” va Durdona To‘laganovaning “Yo‘qotilgan jannat” kartinalari egallagan.
Ma’lumot uchun, Alisher Navoiy nomli kinosaroyda hozirda “Notanish qotil”, “Qaysar oshiqlar”, “Aldagani quda yaxshi”, “Kutilmaganda buzilgan to‘y”, “Yo‘qotilgan jannat”, “Boyvachcha kuyov”, “Toliqqan ko‘ngillar oyga talpinar” kabi filmlar namoyishi davom etmoqda.
Namoyishlar jadvali bilan “Daryo.Afisha”da tanishishingiz mumkin.
1-o‘rin. “Notanish qotil” (jangari)
Rejissor — Azamat Ahrorov
2-o‘rin. “Qaysar oshiqlar” (komediya)
Rejissor — Sherzod Bin
3-o‘rin. “Aldagani quda yaxshi” (komediya)
Rejissor — Naufal Sulaymonov
4-o‘rin. “Boyvachcha kuyov” (komediya)
Rejissor — Bahrom Yoqubov
5-o‘rin. “Yo‘qotilgan jannat” (melodrama)
Rejissor — Durdona To‘laganova
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 93 | 1,434 |
Madaniyat | Alisher Fayz konsertida Rayhonga atab qo‘shiq kuyladi (foto) | 14-may kuni O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Alisher Fayzning navbatdagi konserti boshlandi. Konsertni so‘z ustasi Botir Imomxo‘jaev olib bormoqda. “Daryo” nashri xodimlari konsertning ikkinchi kunida mehmon bo‘ldi va konsertdan olingan fotosuratlarni e’tiboringizga havola etamiz.
Alisher Fayzning navbatdagi konsertida har kuni har xil chiqishlar namoyish etish rejalashtirilgan. Jumladan, 17-may kuni xonanda o‘zbek estradasi vakili Shahzoda bilan duet kuylasa, 18-may kuni konsertga Rayhon tashrif buyuradi. Sababi Alisher Fayz xonanda Rayhonga atab qo‘shiq kuylagan.
Konsertning har bir kunida taniqli san’atkorlarni uchratish mumkin. Masalan, dastlabki kunlarda Alisher Fayzning ustozi O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov, Mavluda Asalxo‘jayeva, Gulsanam Mamazoitova, Sardor Rahimxon, Ziyoda, Halima Ibragimova va boshqa ijodkorlar tashrif buyurdi.
Eslatib o‘tamiz, “Yuragimga yaqinsiz” deb nomlangan konsert dasturi Toshkentdagi “Istiqlol” san’at saroyida 18-mayga qadar davom etadi. | 60 | 1,032 |
Madaniyat | Toshkentda Rossiya Birinchi kanalining “Golos” shousiga kasting bo‘lishi so‘roq ostida turibdi | 16-iyun kuni Rossiya Birinchi kanalining “Golos” shousiga kasting Toshkentda 27-iyun kuni bo‘lib o‘tishi haqida xabar berilgan edi. “Myday.uz” yozishicha, bu ma’lumotni Face Catalog kasting agentligi taqdim etgan.
Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda bu xabarning to‘g‘riligi borasida shubha tug‘ilib, bahs-munozara keng tarzda ko‘tarilgan. Biroq 19-iyun kuni agentlik yana takroriy holda bu ma’lumotni tasdiqladi.
“Myday.uz” bu masalaga oydinlik kiritish maqsadida Rossiyaning Birinchi kanali ma’muriyatiga murojaat qilgan va barcha to‘liq ma’lumot faqatgina birinchi kanalning rasmiy resurslarida joylashtirilishi haqidagi javobni olgan. Ming afsuski, Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan kasting haqidagi to‘liq ma’lumot Birinchi kanalning hech bir rasmiy resursida topilmadi.
Hozirda Face Catalog kompaniyasidan rasmiy javob kutilmoqda. | 94 | 836 |
Madaniyat | Yomon munosabati tufayli muxlislari hurmat qilmay qo‘ygan Gollivud yulduzlari (foto) | Ko‘pchilik muxlislar kumirlarini ideallashtiradi, yulduzlar nafaqat katta boylikka, balki ulkan qalbga ham ega deb hisoblaydi. Ammo bir kuni Reddit foydalanuvchisi shunday savol berdi: “Siz uchratgan eng yomon mashhur kim?”. Shundagina millionlab odamlarning sevimlilari ba’zida o‘zlarini axloqsiz tutishlari ma’lum bo‘ldi.
Opra Uinfri
“Opra menga choychaqa bermagan, vohalanki o‘sha kuni restoranimizda 200 dollarlik kechki ovqat buyurtma qilgandi. Buning o‘rniga u menga salfetkaga dastxat qo‘yib bergan va o‘zini xuddi iltifot ko‘rsatgandek tutgandi. Eng qizig‘i, u kirib kelganida ofitsiantlar Opra kutib qolmasligi uchun boshqa buyurtmalarimni o‘z zimmalariga olishgandi. O‘sha 2 soatda hech vaqo ishlolmadim, boshqa birovga xizmat ko‘rsatganimda ko‘proq choychaqa topardim”.
Nikol Kidman va Kit Urban
“Dadam uchuvchi, ko‘pincha mashhurlar bilan ishlaydi. Uning kompaniyasida barcha xodimlar ma’lumotlarni oshkor etmaslik to‘g‘risida shartnoma imzolaydi, lekin otam odatda yangiliklarda ko‘rmagan mashhurlarni tanimaydi ham. Uning so‘zlariga ko‘ra, Nikol Kidman va Kit Urban o‘z xodimlariga nisbatan juda qo‘pol munosabatda bo‘ladi. Shaxsiy yordamchilari ham ulardan qo‘rqadi”.
Gvinet Peltrou
“Men Gvinet Peltrouning bolalari bilan lagerda sakkiz hafta ishladim va bizga soatiga 5 dollar to‘lashdi. Odatda boshqa ota-onalar ish oxirida 100 dollar yoki undan ko‘proq choychaqa beradi, lekin u bir sent ham bermadi”.
Lenni Kravits
“Lenni Kravits bir vaqtlar men ishlagan mehmonxonaga kelgan. U mehmonxonani xodimlar unga qaramasliklari va u bilan gaplashmasliklari haqida shartnoma imzolashga majbur qilgandi. Ko‘zlar yerda, hech kim gapirmasligi kerak edi”.
Keti Prays
“Bu voqea men bilan emas, Britaniyaning taniqli aviakompaniyasida styuardessa bo‘lib ishlagan dugonam Dolli bilan sodir bo‘lgan. Bir kuni bortga Keti Prays ismli britaniyalik “mashhur” tashrif buyurgan.
Shunday qilib, Prays xonim bortga chiqishi bilan Dollini chaqiradi va besh daqiqa ichida talablarini sanab o‘tadi, ya’ni: uning maxfiyligi to‘liq ta’minlanishi kerak; yo‘lovchilarning hech biri styuardessa hamrohligisiz uning yonidan o‘tmaydi; ekipaj a’zolaridan hech biri agar u chaqirmasa, unga yaqinlashmaydi va nihoyat, Dolli shaxsan hamma narsa uchun javob beradi, agar xato qilsa, ishdan haydaladi”. | 84 | 2,287 |
Madaniyat | “Grammy-2016” mukofotiga nomzod bo‘lganlar e’lon qilindi | AQShdagi Grammy ovoz yozish akademiyasi mukofotining nomzodlari CBS telekanalining marosimida e’lon qilindi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar qilmoqda.
Kendrik Lamar mukofotning favoritiga aylandi va u mukofotning 11 ta yo‘nalishi bo‘yicha nomzod bo‘lmoqda.
Mukofotning “Yil albomi” yo‘nalishi bo‘yicha Alabama Shakes guruhining “Sound &Color” albomi, Kendrik Lamarning “To Pimp a Butterfly”, Kris Stepltonning “Traveller”, Teylor Sviftning “1989”, The Weeknd’ning “Beauty Behind the Madness” albomlari nomzodligi kiritilgan.
“Yil yozuvi” mukofot turiga esa D’Angelo and The Vanguard ijodiga mansub “Really Love” yozuvi, Mark Ronsonning “Uptown Funk”, Ed Shiranning “Thinking Out Loud”, Teylor Sviftning “Blank Space” va The Weeknd’ning “Can’t Feel My Face” yozuvlari talabgor bo‘lmoqda.
“Grammy” mukofotining 58-taqdimot marosimi 2016-yil 15-fevral kuni Los-Anjeles shahridagi Staples Center’da bo‘lib o‘tadi. | 56 | 907 |
Madaniyat | Bollivud yulduzi Priyanka Chopra kiyinish uslubida amal qiladigan qoidalar (foto) | Bollivud yulduzi Priyanka Chopraning so‘zlariga ko‘ra, o‘smirlik davrida u 90-yillarning odatiy ko‘rinishdagi qizi edi. Priyanka Chopra 2000-yillarda aktrisaga aylandi, o‘zgacha uslubdagi kiyimlarni afzal ko‘ra boshladi. Yulduz o‘zining “Yangi yil archasi” kabi ko‘rinishini anglab yetgach, o‘zi uchun oddiyroq uslubni tanladi. AdMe nashri Priyanka Chopraning kiyinish uslublarini va uning mukammal moda obrazlarini yaratish sirlari haqida ma’lumot berdi.
Monoxromli kiyimlarni kiyishdan qo‘rqmang
Priyanka monoxrom liboslarni zamonaviy aksessuarlar bilan birlashtirishni yaxshi ko‘radi. Ko‘pincha u tasvirga qo‘shimcha sifatida quyoshdan saqlaydigan ko‘zoynaklar, sumkalar yoki jozibali kamarlardan foydalanadi. Aktrisa tanlagan oyoq kiyimlar ham butun ansamblga mos keladi.
Midi yubkalarni uzun yoqali liboslar bilan birlashtiradi
Aktrisa midi yubkalar bilan uzun yoqali ko‘ylaklar ansamblda ajoyib ko‘rinishini biladi. Shu bilan birga, Priyanka elementlarning rang kombinatsiyasini unutmaydi. Tasvirlar belning shaklini aniqroq ko‘rsatadigan kamar bilan to‘ldiriladi.
Har qanday vaziyat uchun oq rang mos keladi
Ijtimoiy tadbirlarda ham, kundalik uchrashuvlarda ham Priyanka oq libos kiyishni yaxshi ko‘radi. Aktrisa teleko‘rsatuvlarda uzun yengli kalta ko‘ylakda paydo bo‘ldi va kinofestival uchun u teksturali blazerli liboslarni tanlaydi.
Katta ziraklarni afzal ko‘radi
Priyanka liboslarni ko‘zni qamashtiradigan ziraklar bilan to‘ldirishni yaxshi ko‘radi. Bu go‘zallikdan uzoqlashish qiyin. Aktrisa ziraklarni nafaqat rasmiy tadbirlarda, balki kundalik hayotda ham taqadi.
Hindcha uslubda kiyinadi
Gulli sari Priyankaning garderobidagi boshqa liboslardan alohida ajralib turadi. Aktrisa yorqin libos bilan birgalikda yengil ustki matoni afzal ko‘radi va kamarlardagi tasvirni mato bilan to‘ldiradi.
To‘qilgan kiyimlarning qulayligi haqida biladi
Priyanka to‘qilgan kiyimlar nafaqat sovuqda, balki issiq yozda ham yaxshi ko‘rinishini tushunadi. U quyoshda toblanish uchun yengil kalta ustki kiyim kiyishni yoqtiradi. Tashqarida havo harorati sovuq bo‘lsa, aktrisa uy hayvonlari bilan ochiq havoda vaqt o‘tkazish uchun uzun yengli sviterni tanlaydi.
O‘ziga xos uslubdagi kombinezon kiyadi
Aktrisa avval ham kombinezon kiygan, biroq uning hozirgi uslubi tubdan farq qiladi. Ilgari Priyanka butun tanasini aks ettirgan kombinezon kiygan bo‘lsa, hozirda u beliga e’tibor beradi. Chopra tepa qismi tor va pastki qismi keng bo‘lgan kombinezonni tanlashni ma’qul ko‘radi. U kiygan kombinezonlarning oyoq qismlari qisqa bo‘ladi va yelkalari butunlay ochiq yoki yopiq bo‘lishi mumkin. | 81 | 2,588 |
Madaniyat | Armiya “QVZ” chilari O`zbekiston chempioni bo`ldi | Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida Oliy liga “QVZ” o`yinlarining final uchrashuvi bo`lib o`tdi, deya xabar berdi Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti.
Finalga uch jamoa etib bordi – Mudofaa vazirligining “Yirik kalibr” jamoasi, “18+” va “Beats”.
Dastlabki “Tanishtiruv” shartini “18+” jamoasi boshlab berdi. Hayotiy hazillar, do`stona yumor final o`yinlarida ilk bor ishtirok etgan jamoaning o`ziga xos yutug`i bo`ldi. Dangasaligi bilan tanilgan “Beats” jamoasi esa mamlakatda sodir bo`layotgan voqea-hodisalarni kulgili tarzda omma e`tiboriga havola etdi.
“QVZ” tarixida hali sahnaga 50 nafar qorbobo chiqqan emas edi. Armiya “QVZ”chilari birinchi shartga tantanavor tayyorgarlik ko`rib, harbiy libosni ko`ylak va smokingga almashtirib chiqdi. Biroq oyoqdagi etiklar o`zgarishsiz qolgan.
Birinchi shart bo`yicha maksimal ball “Yirik kalibr” jamoasiga nasib etgan bo`lsa, “Beats” va “18+” tegishli ravishda keyingi o`rinlarni egalladi.Jamoalar O`zbekiston “QVZ” chempioni bo`lish uchun “musiqiy uyga vazifa”, “sardorlar bellashuvi”, “videotanlov” shartlari bo`yicha o`zaro kurashdi.
Rang-barang chiqishlar, o`ziga xoslik va engil hazm bo`luvchi hazillar bilan Mudofaa vazirligining “Yirik kalibr” jamoasi barchaning diqqat markazida bo`ldi.
Barcha shartlar yakuniga ko`ra, armiya hazilkashlari 19,3 ball bilan 2019yil chempioniga aylandi. “Beats” jamoasi 18,7 ball bilan ikkinchi pog`onani egallagan bo`lsa, “18+” jamoasi 15,7 ball bilan kuchli uchlikka yakun yasadi. | 49 | 1,500 |
Madaniyat | Turk aktrisasi Fahriye Evjenning internetda tarqalgan navbatdagi surati muhokamalarga sabab bo‘ldi. Aktrisa esa haligacha jarrohlik amaliyoti haqidagi fikrlarni rad etadi | Mashhur turk aktrisasi Fahriye Evjenning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan plastik jarrohlikdan oldingi suratlari shov-shuvga sabab bo‘ldi va yana bir bor aktrisa qiyofasidagi o‘zgarishlar mavzusi ko‘tarildi, deb yozmoqda “RusTurkey.com”.
Aktrisaning o‘zi jarrohlik amaliyotini rad etishiga qaramay, mutaxassislar va plastik jarrohlar yulduzning plastik jarroh xizmatidan foydalanganiga ishonchi komil.
Avval ham ismi sir bo‘lib qolishini istagan istanbullik plastik jarrohlardan biri aktrisaning tashqi ko‘rinishida professional darajadagi jarrohlik amaliyoti bo‘lgani kunday ravshan ekanligini ta’kidlagan edi. Taxminlarga ko‘ra, aktrisa yonoq suyagi va lab shaklini o‘zgartirgan, rinoplastika qildirgan.
Navbatdagi munozaralar to‘lqinidan so‘ng jurnalistlar izoh olish uchun aktrisaning o‘ziga murojaat qilishdi. Evjen bunday xabarlarni anchadan beri o‘qimaganini aytib, ularni kulgili deb atadi.
“Omma e’tiboridagi odamlar tashqi qiyofasini tez-tez o‘zgartirishadi, ammo men bunday qilmadim. Odamlar yoshi o‘tgani sayin ham tashqi jihatdan o‘zgaradi, bu normal holat va bu o‘zgarishlar har doim ham plastik jarrohlik natijasi emas”, — deydi u.
Avvalroq yana bir mashhur turk aktrisasi Xande Erchel Instagram’dagi obunachilari soni bo‘yicha Neslihan Atagul va Fahriye Evjenni ortda qoldirgani haqida xabar berilgandi. | 170 | 1,318 |
Madaniyat | Shvarsenegger oshxona stolida shpagatga o‘tirdi va muxlislari bilan hazillashdi (video) | Gollivud aktyori va Kaliforniya shtatining sobiq gubernatori Arnold Shvarsenegger Instagram’dagi sahifasiga oshxona stoli ustida sport bilan shug‘ullanayotgani aks etgan videoni joyladi.
72 yoshli Gollivud aktyori o‘zining a’lo darajadagi jismoniy formasini namoyon etdi.
Videoda tishiga sigara qistirib olib, oshxona stoli ustida shpagatga o‘tirgan Shvarsenegger qo‘lini ko‘tarib oyoqlariga olib borayotganini ko‘rish mumkin. Arnold yuz ifodasi bilan ushbu mashqni qiynalib bajarayotgandek tasavvur uyg‘otishga urinadi.
View this post on Instagram
Shundan so‘ng “charchagan” aktyor qo‘llarini beliga qo‘ygan holda “Nima bo‘lgan taqdirda ham men bugun yaxshi mashq qildim, o‘zim bilan faxrlanaman”, deb ketadi. Shunda aslida oyoqlar yasama ekanligi oydinlashadi.
Folloverlar aktyorning haziliga ijobiy baho bergan. Rolik bir necha mingta layk to‘plagan hamda juda ko‘p ijobiy izohlar yozilgan.
Mavzuag doir: Koronavirus sabab Arnold Shvarsenegger ham uyda o‘tiribdi, biroq zerikish yo‘q: u kuchugiga qo‘l yuvishni o‘rgatyapti (video) | 87 | 1,050 |
Madaniyat | Ertaga Kinochilar uyida "Muhabbat bahori" filmi premera qilinadi | Ertaga 27 may Kinochilar uyida soat 18:00 da Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan rejissyor Ibrohim Rasulovning "Muhabbat bahori" kinokartinasi premera qilinadi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati ma`lum qildi.
Filmda ikki ijodkor O`zbekiston xalq shoiri Zulfiya va jamoat arbobi, taniqli shoir Hamid Olimjonning sof muhabbati, hayot yo`llari, ijodi, ayriliq, vafo, sadoqat tuyg`ulari hikoya qilinadi.
Ssenariysi mualliflari Zulfiya Qurolboy qizi va Mikoyil Sulaymonov, postanovkachi rejissyor Ibrohim Rasulov, operator Tal`at Mansurov.
Ma`lumot uchun, “Muhabbat bahori” filmining 14 may kuni Qashqadaryo viloyatida bo`lib o`tgan “Madaniyat va ma`rifat karvoni” tadbirlari doirasida maxsus namoyishi bo`lib o`tgan edi.
— Ushbu filmni suratga olayotganimda uni birinchi navbatda maktab o`quvchilari ko`rishi lozimligini bilardim va bundan juda xursandman. Bu men uchun rejissyor sifatida katta sovg`a bo`ldi, – dedi film rejissyori Ibrohim Rasulov. | 64 | 992 |
Madaniyat | Xonanda Dilso‘z Instagram’dagi sahifasiga ulg‘ayib qolgan qizining suratini joylashtirdi | Dilso‘z taxallusi ostida ijod qiluvchi xonanda Go‘zal Jumaniyozova-Raimova Instagram’dagi sahifasiga ancha ulg‘ayib qolgan qizining ilk suratini joylashtirdi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar bermoqda.
“Mening qo‘g‘irchog‘im, ovunchog‘im”, – deya izohladi xonanda ushbu suratni. Suratda jajji Dilso‘zning qo‘g‘irchoq o‘ynab o‘tirgani aks etgan.
Eslatib o‘tamiz, xonanda Dilso‘z 2015-yilning 18-oktabr kuni qiz farzandlik bo‘lgan va unga Dilso‘z deya ism qo‘ygan. Xonandalar Dilso‘z va Farrux Raimovlarning turmush qurishi munosabati bilan tashkil etilgan to‘y marosimlari 2015-yil 15-aprelida Navoiyda, 21-aprelida esa Toshkentda bo‘lib o‘tgandi. | 88 | 643 |
Madaniyat | Xakerlar o‘g‘irlagan film “Karib dengizi qaroqchilari”ning yangi qismi bo‘lib chiqdi | Xakerlar qo‘lga kiritgan Walt Disney kompaniyasining filmi “Karib dengizi qaroqchilari” franshizasining may oxirida ekranlarga chiqadigan yangi qismi bo‘lib chiqdi. Bu haqda Gollivud yangiliklarini yozishga ixtisoslashgan Deadline nashri xabar berdi, deb yozadi “TASS”.
Portal ma’lumotlariga ko‘ra, jinoyatchilar kompaniyadan bitkoinlarda katta summani o‘tkazishni talab qilgan va kompaniya bosh tortgan taqdirda dastlab besh daqiqalik parchani, keyinroq esa 20 daqiqalik qismini namoyish etishini ma’lum qilgan. Ular talab qilayotgan summa oshkor qilinmadi. Ayni vaqtda kinokompaniya FQB bilan hamkorlik qilmoqda va jinoyatchilarga pul o‘tkazib berishni o‘ylamayapti.
“Karib dengizi qaroqchilari: Murdalar ertak aytmaydi” filmi Amerika kinoprokatiga 26-mayda chiqadi. | 84 | 769 |
Madaniyat | Oleg Yakovlev bilan xayrlashuv marosimi bo‘lib o‘tdi | Rossiyaning “Ivanushki International” musiqiy jamoasi a’zosi, bir necha kun muqaddam vafot etgan Oleg Yakovlev bilan xayrlashuv marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “MK.ru” yozmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, oxirgi yillarda Oleg Yakovlev ijod bilan shug‘ullanmagan, zararli illatlarga berilgan va ko‘plab hamkasblari bilan aloqalarni uzib yuborgan. Shu bois u bilan xayrlashish marosimiga ko‘pgina yulduzlar kelmasligi haqida yozilgan edi.
Shunga qaramay, voqealarni joyidan yoritgan jurnalistlarning yozishicha, u yerga ko‘plab mashhurlar tashrif buyurgan.
Xayrlashuv zaliga Yakovlevning “Ivanushki International” bo‘yicha guruhdoshlari — Andrey Grigoryev Appolonov, Kirill Andreyev rafiqasi va o‘g‘li bilan, guruh prodyuseri Igor Matviyenko, shuningdek, xonanda Katya Lel va teleboshlovchi Aleksandr Oleynikov kiritildi.
Eslatib o‘tamiz, Yakovlev dafn etilmadi, balki krematsiya qilindi. | 52 | 881 |
Madaniyat | Rey Bredberining mashhur kitobi asosida olingan “Farengeyt bo‘yicha 451 daraja” filmining treyleri chiqdi | Internetda buyuk fantast yozuvchi Rey Bredberining “Farengeyt bo‘yicha 451 daraja” romani asosida olingan shu nomli filmining treyleri chiqdi. Rolikni HBO telekompaniyasi YouTube’dagi kanaliga joylashtirdi.
Kadr: YouTube
Filmda bosh rollarni Sofiya Butella, Maykl B. Jordan va Maykl Shennon ijro etgan. Rejissor — Ramin Baxrani.
Film premyerasi shu yilning 19-may kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. | 105 | 398 |
Madaniyat | Fotosuratchi Gollivud yulduzlarining ichki va tashqi olamini ko‘rsatib berdi (fotogalereya) | Fotosuratchi Endryu Uoker Gollivud yulduzlarining shaxsiy va jamoat oldidagi qiyofasini ko‘rsatib berdi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Emi Adams.
Suratlar shu yilning sentabr oyida, Toronto (Kanada)dagi kinofestivalda olingan. Uoker aktyor va aktrisalardan ularning ichki va tashqi olamini ifodalovchi holatda suratga tushib berishini so‘radi.
Mazkur loyihada 50 dan ortiq Gollivud yulduzlari ishtirok etdi. Ular orasida Enn Xeteuey, Emi Adams, Jerard Batler, Liv Shrayber, Sigurni Uiver va boshqalarni ko‘rish mumkin.
Aaron Ekxart.
Enn Xeteuey.
Sintiya Nikson.
Evan MakGregor
Jerrard Batler.
Jeyson Sudeykis.
Jennifer Konnelli.
Jeremi Renner.
Liv Shrayber.
Lili-Rouz Melodi Depp.
Liv Shrayber.
Lyupita Nyong’o.
Liv Shrayber.
Malys Teller.
Liv Shrayber.
Nik Kennon.
Liv Shrayber.
Farrell Uilyams.
Liv Shrayber.
Richard Gir.
Liv Shrayber.
Sigurni Uiver.
Syuzan Yigli.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 91 | 1,061 |
Madaniyat | Din tarixi davlat muzeyida O`zbekiston madaniy merosiga oid ko`rgazma namoyish etiladi (foto) | 6-8 iyun kunlari Sankt-Peterburgda o`tadigan “O`zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o`rtasida muloqotga yo`q” Ikkinchi xalqaro kongressi kunlari Rossiya muzeylari, kutubxonalari va boshqa ilmiy-madaniy muassasalari bilan hamkorlikda bir qator ko`rgazmalar tashkil etilishi kutilmoqda.
Ayni paytda Neva sohilidagi bu shaharda tegishli muassasalarda mazkur muhim xalqaro anjumanga tayyorgarlik ishlari jadal davom etmoqda. Mazkur suratlarda 6 iyun kuni Sankt-Peterburgdagi Din tarixi davlat muzeyida ishtirokchilar uchun namoyish etilishi kutilayotgan ekspozisiyalar aks etgan fotosuratlarni e`tiboringizga havola etamiz. | 93 | 637 |
Madaniyat | Xonanda Lola: San’atdan ham muhimroq ishlarim bor | Xonanda Lola Yo‘ldosheva “Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida farzandlari va shaxsiy hayotidagi o‘zgarishlar haqida ma’lum qildi.
— Yangi mavsumdan nimalarni kutyapsiz?
— Bilasizmi, o‘tgan qish oylarida, o‘zimni ayiqqa o‘xshatdim. Bahor kelib, endi “uyg‘onyapman”. Aslida, bu go‘zal mavsum men uchun alohida ahamiyatga ega desam adashmayman. O‘zgarishlar, yangilanishlar faslida o‘zimni qalban boshqacha his qila boshlayman. Atrofimda, hayotimda, o‘zimda yangilik yaratish istagi paydo bo‘ladi. Buning barchasi tabiatning ham uyg‘onishi bilan bog‘liq bo‘lsa kerak.
— Bu o‘zgarishlardan birini ko‘rishga ulgurdik. Yaqindagina, sochingizni juda kaltalatdingiz. Qiziq, bu keskin o‘zgarishlarning sababi nimada ekan?
— Yuqorida aytib o‘tganimdek, o‘zgarishlar mavsumi keldi. Bundan tashqari, insonning qalbidagi o‘zgarishlar, uning tashqi ko‘rinishiga ham ta’sir qiladi. Va yana bir oddiy sabablaridan biri, shunchaki uzun sochlardan charchaganim.
— 2016-yilgi yakkaxon konsert dasturingizda qizingiz Shahina ham qo‘shiq kuyladi. Kelajakda u ham xonanda bo‘laman desa, qarshilik qilmaysizmi?
— Bolalarim bilan suhbatlashganimda ularning xohish-istaklari bilan qiziqaman. O‘g‘lim, men doim uyda bo‘lishimni, faqat ular bilan vaqt o‘tkazishimni istaydi. Qizim esa doim sahnada bo‘lishimni, qo‘shiq kuylashim va mashhur bo‘lishim tarafdori. Savolingizga kelsak, menimcha qizim san’at yo‘lini tanlamaydi. Biroq, agar u bunga qaror qilsa albatta uni qo‘llab-quvvatlayman, ko‘mak berishga harakat qilaman. Ochig‘i, qizim, bu kasb uning uchun emasligini, anglab yetishi uchun ham unga yordam beraman.
— Ijtimoiy tarmoq orqali shaxsiy hayotingizda o‘zgarishlar ro‘y berayotganini bildirgandingiz. Bu o‘zgarishlar haqida batafsilroq gapirsangiz...
— Shaxsiy hayotim faqat meniki, shu sabab sir bo‘lib qolishini istayman. Lekin bir narsaga izoh berib o‘tmoqchiman, bugungi kunda suratlarimni joylashtirayotganim, baxtim bilan qisman bo‘lishayotganim, o‘sha insonni endi uchratganimdan dalolat emas. Agar bu munosabatlar haqida gap boshlasam, uzoq yillar ortga nazar tashlashga to‘g‘ri keladi. Sevgimiz tarixini keyinroq, vaqti kelganda barcha bilan bo‘lishishga va’da beraman. Hozircha vaqti kelgani yo‘q. Faqat munosabatlarimiz jiddiylashib, ahd-paymon qildik.
— U haqida nimalarni gapirib bera olasiz?
— Bilasizmi, insonda shunday holat bo‘ladiki, u qalbida kemtiklik seza boshlaydi. O‘sha bo‘shliqni ish, qo‘shimcha mashg‘ulotlar bilan to‘ldirib borib, o‘zini band qilishga harakat qiladi. Aynan menda ham shunday edi. Ammo uchratgan insonim o‘sha kamchiliklarni to‘laqonlik qopladi. Mehri, e’tibori, barcha insoniy fazilatlari bilan ko‘nglimdan joy oldi. Ertangi kunga ishonchimni oshirdi. Munosabatlarimizda gumon, shubha, ishonchsizlikka o‘rin qolmadi. Menimcha, bir ayol uchun bundan ortiq baxt bo‘lmasa kerak. Bugungi baxtimni asrab-avvaylab yashashni istayman. Hozircha aytadiganlarim shu... | 49 | 2,893 |
Madaniyat | Instagram: Kaniza endi shou-biznes vakili emas, qizi bilan videolari uchun tanqid qilingan SanJay, Shahzodaning “Chikko”si maktabga chiqdi | 2-sentabr kuni jahon va o‘zbek san’ati yulduzlarining Instagram’dagi sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Rayhonga o‘xshash qizga uylanadigan Jasur Umirov “Ey, qizi” deb nomlangan qo‘shiq kuyladi.
View this post on Instagram
Kaniza endi biznes bilan shug‘ullanishini bildirdi.
View this post on Instagram
Lola o‘zbekistonliklarni Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi.
View this post on Instagram
Gulsanam Mamazoitova farzandlarini maktabga kuzatdi.
View this post on Instagram
Farzandini maktabga kuzatgan san’atkorlar orasida Shahzoda ham bor. Uning kichik o‘g‘li Xalid 2-sinfga qadam qo‘ydi.
View this post on Instagram
2-sentabr kuni O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov vafot etganiga to‘rt yil bo‘ldi. Islom Karimovning kenja qizi Lola Karimova otasini xotirlab, post yozdi.
View this post on Instagram
Yulduz Usmonovaning sahifasiga esa marhum aktrisa Dilbar Ikromova bilan suhbatdan parcha joylashtirildi. Suhbat davomida aktrisa o‘zbek xonandalaridan Yulduz Usmonovani tinglashini aytgan.
View this post on Instagram
Xonanda SanJay qizi bilan raqsga tushib, qo‘shiq kuylagani uchun salbiy izohlar yozib qoldirgan folloverlariga murojaat qildi.
View this post on Instagram
Bunga qadar xonanda qizi bilan raqsga tushayotgani aks etgan videolari bilan bo‘lishgan edi.
View this post on Instagram
Muhammad Yusufning “Ulug‘imsan Vatanim” she’ri bir guruh sportchilar tomonidan o‘qildi.
View this post on Instagram | 138 | 1,632 |
Madaniyat | Turkiyalik aktrisa Nurgul Yashilchoy uzoq tanaffusdan so`ng yana ekranga qaytmoqda | Qayd etilishicha, aktrisa «Yovvoyi narsalar» deb nomlangan komik teleserialda suratga tushgan.
Ushbu serialda, shuningdek, Selim Bayraktar, Xazal Turesan hamda Aytacha Ushun kabi aktyorlar ham rol ijro etgan, deb yozdi internet manbalarga tayanib Daryo.
Serialning har bir qismi 20 daqiqalik bo`ladi. U turk telekanallaridan birida efirga uzatilishi rejalashtirilgan.
Nurgul serial barcha yoshdagi tomoshabinlarga manzur bo`lishiga ishonishini bildirgan.
Nurgul Yashilchoy teatr va kino aktrisasi bo`lib, u o`zbek tomoshabinlariga «Ishkomli uy», «Ko`sem», «Parchalangan yuraklar» kabi teleseriallar bilan yaxshi tanish. | 82 | 619 |
Madaniyat | Germaniyalik jaz xonandasi O‘zbekistonda konsertlar va mahorat saboqlari beradi | Germaniyalik jaz xonandasi Pet Epplton o‘zbek sozandalari bilan hamkorlikda O‘zbekiston bo‘ylab konsert turnesi o‘tkazadi. Turneni Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va sport vazirligi hamda O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi ko‘magida tashkillashtirmoqda. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar berdi.
Konsertlar O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi (23-may), Jizzaxdagi 1-musiqa va san’at maktabi (24-may) hamda Navoiy madaniyat va san’at kollejida (26-may) bo‘lib o‘tadi. Bu muassasalarda qo‘shiqchi vokal bo‘yicha mahorat saboqlari berishi ham ko‘zda tutilgan.
Pet (Patritsiya) Epplton o‘z faoliyati davomida Jazzkantine, Nighthawks va Bahama Soul Club kabi guruhlar bilan ishlagan. Hozirda De-Phazz jamoasi bilan birgalikda butun dunyo bo‘ylab konsert berib kelmoqda. U “zamonaviy nemis jazining muhim ovozlaridan biri” sifatida e’tirof etiladi.
O‘zbekistondagi konsertlar davomida Eppltonga Qosimjon Nazarov (Qashg‘ar rubobi), Nodira Meliboyeva (chang), Ramil Isanbayev (bas-gitara) va Ziyodulla Abdullayev (zarbli asboblar) sozandalik qiladi. | 79 | 1,077 |
Subsets and Splits
No saved queries yet
Save your SQL queries to embed, download, and access them later. Queries will appear here once saved.