folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Madaniyat | Xarvi Vaynshteyn AQSh teleakademiyasidan chetlatildi | AQSh fan va san’at televizion akademiyasi jinsiy tegajog‘likda ayblanayotgan prodyuser va rejissor Xarvi Vaynshteynni o‘z a’zoligidan bir umrga chetlatish haqida qaror qabul qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Akademiya boshqaruvining bugungi eshituvidan so‘ng Xarvi Vaynshteyn teleakademiyadan bir umrga chetlatildi. Akademiya zo‘ravonlikning istalgan turiga qarshi chiqadiganlar va mazkur muammodan aziyat chekkanlarni qo‘llab-quvvatlaydi”, — deyiladi xabarda.
Har yili nufuzli “Emmi” televizion tanlovini o‘tkazuvchi tashkilot mazkur mojarodan so‘ng o‘z etika kodeksini ishlab chiqayotganini ma’lum qildi.
Avvalroq Vaynshteyn Amerika prodyuserlari gildiyasi, Britaniya kino institute, Amerika kino san’ati akdemiyasidan va o‘zining Weinstein Company prodyuserlik kompaniyasi direktorlar kengashi tarkibidan ham chetlatilgan. | 52 | 832 |
Madaniyat | “Mukarrama Turg`unboeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli” tashkil etildi | Milliy raqs san`atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzurida davlat muassasasi shaklida “Mukarrama Turg`unboeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli” faoliyatini tashkil etish to`g`risidagi taklifi ma`qullandi.
Davlat raqs ansamblining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
O`zbekistonda raqs san`atini yanada rivojlantirish, bu borada shakllangan ijodiy maktablarga xos an`analarni, mohir baletmeysterlar, balet artistlari merosini tiklash;
milliy raqs san`atining mumtoz va zamonaviy ijro namunalari “oltin fondi”ni yaratish;
xalqimiz, xususan, yosh avlodni milliy raqs san`ati haqidagi nazariy va amaliy bilimlar bilan keng tanishtirish orqali ularning qalbi va ongida milliy o`zlikni anglash, ajdodlar merosiga hurmat tuyg`usini, yuksak badiiy-estetik did va tafakkurni kamol toptirish;
raqs va xoreografiya san`ati sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etishda ishtirok etish, iste`dodli yosh baletmeysterlarning samarali faoliyat ko`rsatishi uchun sharoitlar yaratish;
milliy raqs va xoreografiya san`ati sohasida olib borilayotgan ilmiy izlanishlarning natijalari asosida zamonaviy raqs kompozisiyalarini sahnalashtirish;
milliy raqs san`atini mamlakatimizda va xorijiy davlatlarda keng targ`ib qilish maqsadida Davlat raqs ansamblining milliy hamda jahon xalqlari raqslaridan iborat dasturlari asosidagi gastrol-konsert faoliyatini yo`lga qo`yish.
Shuningdek, qarorga ko`ra, Davlat raqs ansambli qonun hujjatlari talablariga rioya qilgan holda, konsert-tomosha faoliyatini tegishli lisenziya olmasdan, shuningdek, O`zbekiston Respublikasida konsert-tomosha tadbirlarini bir martalik ruxsatnoma olmasdan amalga oshirish huquqiga ega hisoblanadi.
2020 yilda Madaniyat vazirligi ansamblga respublika byudjetidan ajratiladigan mablag`lar hisobidan 1 ta engil avtotransport vositasi uchun mablag` ajratadi.
Shuningdek, byudjetdan tashqari mablag`lar hisobidan 2 ta avtobus va 1 ta yuk avtotransport vositasini xarid qilish hamda saqlash uchun limit belgilandi.
10 kun muddatda Davlat raqs ansamblini joylashtirish uchun bino ajratilishi belgilandi. | 77 | 2,239 |
Madaniyat | “Eldido” guruhi xonandasi Dilniyoz G‘afforov uylandi (foto va video) | 17-sentabr, yakshanba kuni “Eldido” guruhining xonandasi Dilniyoz G‘afforov uylandi.
Dilniyoz va Shohsanamning nikoh to‘yi Toshkentdagi restoranlardan birida bo‘lib o‘tdi. To‘yga ko‘plab taniqli xonanda, aktyor, aktrisa, rejissor va boshlovchilar tashrif buyurdi.
View this post on Instagram
View this post on Instagram | 68 | 346 |
Madaniyat | Kinematografiya agentligi o`zbekistonlik talabalarni qo`llab-quvvatlashni davom ettiradi | Butunrossiya Davlat kinematografiya institutida o`tkazilgan talabalar festivalining yopilishida qatnashgan O`zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi delegasiyasi vakillari bu erda o`qiyotgan talabalar bilan uchrashishdi.
O`zbekiston va Rossiya o`rtasida kinematografiya sohasini rivojlantirishdagi hamkorlik istiqbollari haqida O`zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov bilan suhbatlashdik.
–O`zbekiston delegasiyasi tashrifidan ko`zlangan maqsad nimalardan iborat?
– O`zbekiston delegasiyasi VGIK 41-xalqaro talabalar festivalida qatnashish uchun kelgan. Biz avvalo VGIKka o`qishga kirgan o`g`il-qizlarimiz bilan uchrashib, ularning o`qish va yashash sharoitlari bilan tanishmoqchi edik. Moskvada yashash oson emasligini yaxshi bilamiz. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan xorijda o`qiyotgan talabalarimizni qo`llab-quvvatlash uchun dasturlar joriy qilinmoqda. Agentlik ham ular uchun maxsus stipendiyalar ajratishga qaror qildi.
Bundan tashqari, VGIK rektori Vladimir Malishev bilan hamkorlikda kinoloyihalar yaratish, talabalarimizning kurs ishlari mavzusini O`zbekistonga bag`ishlash va shu erda suratga olish haqida ham kelishib oldik. Talabalarimiz ta`tilda O`zbekistonga qaytishadi, “O`zbekfilm”da amaliyot o`tashadi. Aytish joizki, ularning amaliyot ishi, kinoloyihalardagi ishtiroki va yo`l xarajatlari uchun pul to`lanadi. Bundan tashqari biz yana bir faxriy vazifani baajarish uchun keldik. Kuni kecha V.Malishevga O`zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan “O`zbekiston mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishonini ham tantanali ravishda topshirdik. VGIKka esa, O`zbekiston hukumati nomidan faxriy yorliq topshirdik.
–Joriy yilda rossiyalik kinoijodkorlar bilan hamkorlikdagi bir qator loyihalar amalga oshirildi. Bu filmlar qachon namoyish etiladi?
–Kinematografiya agentligi tomonidan Rossiyaning uchta etakchi kinokompaniyasi bilan hamkorlikda – “Vega” kinokompaniyasi bilan “Parining sovg`asi”, “Inferno” bilan “Baron. Qaytish”, «Sputnik vostok prodakshn» bilan “Quyosh ta`mi” singari kinoloyihalar ustidagi ishlar muvaffaqiyatli davom ettirildi. Albatta pandemiya bilan bog`liq muammolar ishimizga bir muncha xalal berdi. Ammo tez orada katta ekranlarda ushbu filmlarning taqdimotini o`tkazmoqchimiz.
–Rossiyalik hujjatli kino ustalari bilan hamkorlik haqida ham to`xtalib o`tsangiz?
–Joriy yilning o`zida rossiyalik bir qator hujjatli kino ustalari O`zbekiston haqida qator filmlar tayyorlashdi. Jumladan, yaqinda “Rossiya-24” telekanalida “Masterskaya” kinokompaniyasi bilan “Eng yangi tarix” hujjatli filmi namoyish qilindi. “Rossiya-1” telekanalida “Dokumentalist” kinokompaniyasi bilan hamkorlikda “O`zbekiston: o`tmish, bugun, kelajak” nomli film namoyish qilinishi kutilmoqda. “Mir” telekompaniyasi tomonidan “O`zbekiston. Hamdo`stlik bo`yicha navbatchi” hamda “Mustaqillik. Missiya bajarildi” hujjatli filmlari suratga olindi.
Shu o`rinda «Rossiya-Kultura» telekanali bilan hamkorlik samaralari haqida to`xtalib o`tmoqchi edim. Ular bilan hamkorlikda “O`zbekiston. Tiklanish” nomi ostida «Asrlar qa`ridan maktublar», «Dasturxon harorati va saxovati», «O`zbekiston. Quyoshli madaniyatlar chorrahasi», «Quyosh ostidagi makon», “Sharq durdonasi tongi”, “Ipak yo`li durdonasi” singari filmlar yaratildi.
–Agentlik tomonidan yangi kinoloyihalar bo`yicha hamkorlik yuzasidan kelgusi yil uchun yo`l xaritasi shakllangan bo`lsa kerak?
Kuni kecha Moskvada ishchi nomi “Gladiator” bo`lgan yangi film prodyuseri Elena Tverdoxlebova bilan uchrashib, “Gladiator” kinoloyihasi haqida ham suhbatlashdik. Drama janrida suratga olinadigan bu filmda toshkentlik yosh bokschi Borzenkoning hayot yo`li haqida hikoya qilinadi. Filmda bosh qahramonnning Ikkinchi jahon urushidagi qahramonliklari, uning Buxenvald konslagerida boshidan kechirganlari aks ettiradi. Bu erda u o`z jonini garovga tikib, ringga chiqadi. Oradan yigirma yil o`tib, u Toshkentga qaytadi. Bu erda tibbiyot sohasida o`z faoliyatini davom ettirib, bemorlarini hayotga qaytaradi.
–13-Xalqaro Toshkent kinofestivalida bir qator hujjatlar, jumladan rejisser va prodyuser Timur Bekmambetov bilan ham memorandum imzolangan edi. Bu yo`nalishda nima ishlar qilinyapti?
–Ushbu yirik loyihaga ko`ra, ajratiladigan investisiyaning katta qismi Toshkentda Animasiya maktabini ochishga yo`naltiriladi. Keyinchalik bu maktab studiyalari “Nasriddin sarguzashtlari” nomli animasion film loyihasiga ham jalb qilinadi. Mazkur filmni ishlab chiqarish bilan Timur Bekmambetovning “Bazelevs” hamda Qozog`istonning “Qozoqfilm” studiyalari shug`ullanadi.
–Yana talabalarni qo`llab-quvvatlash masalasiga qaytadigan bo`lsak, VGIKning Toshkent filiali talabalari uchun qanday xushxabarlar bor?
–Xabaringiz bor, ushbu filial O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 28 avgustdagi maxsus farmoyishiga asosan tashkil qilingan. Ayni paytda ushbu filialda ikkita fakultet faoliyat olib bormoqda. Talabalarning yarmi davlat granti, qolganlari to`lov-kontrakt asosida ta`lim oladi. Mazkur ta`lim maskanini yanada kengaytirish niyatidamiz. Endilikda hamyurtlarimiz ham Moskvada, ham Toshkentda shu yo`nalishda tahsil olshlari mumkin. Ta`lim jarayonida asosiy e`tiborni amaliyotga qaratamiz. VGIKning Toshkent filialida zamonaviy texnikalar bilan jihozlangan “Yoshlar studiyasi” va ijodiy laboratoriya ishlab turibdi. Boshlang`ich mualliflarga qisqa metrajli filmlarini suratga olishlari uchun grantlar ajratilmoqda. Hududlardan zarur ballarni jamlab, to`lov shartlarini bajarishga qurbi etmaydigan abiturientlar uchun maqsadli grantlar yo`lga qo`yiladi. Umuman olganda, VGIKda va uning Toshkent filialida o`qiyotgan talabalar bilan hamkorlik qilish Prezidentimizning talabalarga ta`lim berish va malakasini oshirish bilan shug`ullanadigan davlat organlarini qo`llab-quvvatlash bo`yicha tashabbuslariga mos keladi.
Olib borilayotgan ishlar O`zbekiston kino san`ati va sanoatini yangi bosqichga ko`tarishiga ishonchim komil. | 88 | 5,967 |
Madaniyat | “Sikl” qisqa metrajli filmi suratga olindi | Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan “Sikl” (“Cycle”) qisqa metrajli filmi suratga olindi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Postanovkachi rejissyor Garush Gazanyan.
Mazkur kinokartina “Ipak yo`li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali dasturidagi “Kino 5 kunda” yosh rejissyorlar loyihasida armanistonlik ijodkorlar bilan birga yaratilgan.
“Sikl” qisqa metrajli filmida rossiyalik Mixail ismli turist Samarqandga keladi va sirli ko`chani izlaydi. Nihoyat bir keksa nuroniy bilan uchrashadi va suhbatlashadi. Mixail o`zi izlab yurgan sirli ko`chani aylanadi.
Ma`lumot uchun, “Kino 5 kunda” tanlovida Ispaniya, Filippin, Yaponiya, Hindiston, Rossiya, Ozarbayjon, Qozog`iston va boshqa mamlakatlardan yosh kinoijodkorlar ishtirok etishdi. | 42 | 820 |
Madaniyat | "Yoshlik" kinostudiyasi “O`zbekiston yosh kinematografistlar assosiasiyasi” tuzildi | O`zbekiston kinematografiya agentligi "Yoshlik" kinostudiyasi DUK tomonidan “O`zbekiston yosh kinematografistlar assosiasiyasi” tuzildi. Bu haqda agentligi Axborot xizmati xabar berdi.
3-7 may kunlari O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari Milliy assosiasiyasi, O`zbekiston kinematografiya agentligi hamda boshqa bir qator hamkor tashkilotlar tomonidan o`tkazilayotgan “Yangi O`zbekiston. Yangi nigoh” mediahaftaligida yangi tashkil etilgan “O`zbekiston yosh kinematografistlar asssosiasiyasi” faoliyati bo`yicha muhokamalar bo`lib o`tdi.
Bunda O`zbekiston Respublikasi kinematografiya agentligi, Yoshlar ishlari agentligi, O`zbekiston Yoshlar ittifoqi, “Yoshlik” kinostudiyasi DUK, “O`zbekfilm” DUK xodimlari, pedagoglar, mutaxassislar hamda yosh kinoijodkorlardan iborat qator vakillar ishtirok etdi.
Muhokamada yangi tashkil etilayotgan nodavlat notijorat tashkilotning ijodiy, moliyaviy, tashkiliy masalalari muhokama qilindi. Qator taklif va mulohazalar o`rtaga tashlandi. | 83 | 989 |
Madaniyat | Anjelina Joli va Bred Pitt farzandlariga vasiylik qilish haqida kelishib oldi | Gollivud yulduzlari Anjelina Joli va Bred Pitt ajrashgandan so‘ng o‘z farzandlariga vasiylik qilish haqida kelishib oldi, deb yozadi TJournal.
OAVlar ma’lumotlariga ko‘ra, olti bolaning hammasi Jolida qoladi, ammo ular Pitt bilan ko‘rishib turishi mumkin.
Avvalroq aktyorni Jolining bolalarning barchasi u bilan yashashi, Pitt esa ular bilan faqat ko‘rishib turishi mumkinligi haqidagi taklifi qoniqtirmayotgan edi. U o‘zi va Anjelina Joliga olti nafar farzandlari ustidan teng vasiylik huquqini berishni suddan rasman so‘ragan edi. | 77 | 533 |
Madaniyat | “Oydagi ilk inson” filmi treyleri chiqdi. Nil Armstrong rolini Rayan Gosling o‘ynagan | Universal Pictures kompaniyasi rejissyor Demyen Shazell tomonidan suratga olingan “Oydagi ilk inson” (“First Man”) filmi ilk treylerini e’lon qildi.
Meduza’ning yozishicha, ushbu biografik drama Jeyms. R. Xansenning “Oydagi ilk inson: Nil Armstrong hayoti” nomli kitobi asosida suratga olingan.
Oyga birinchi bo‘lib qadam qo‘ygan astronavt Nil Armstrong rolini Rayan Gosling ijro etgan. Armstrongning birinchi rafiqasi Jenet Sheron rolini Kler Foy, Oyga ikkinchi bo‘lib qadam qo‘ygan Bazz Oldrin rolini esa Kori Stoll ijro etgan.
“Oydagi ilk inson” filmi 2018-yil noyabrida MDH kinoprokatiga chiqarilishi kutilmoqda. | 85 | 617 |
Madaniyat | Gollivudning mashhur filmlarini suratga olish jarayonida sodir bo‘lgan eng g‘ayrioddiy va qo‘rqinchli holatlar (foto) | Gollivud rejissorlari ko‘plab ajoyib va aqlbovar qilmaydigan kartinalarni taqdim etadi. Biroq ba’zida suratga olish maydonchalarida haqiqatan ham qiziqarli voqealar sodir bo‘ladi. Quyida ularning bir nechtasini e’tiboringizga havola etamiz.
2021-yil 22-oktabr kuni “Zang” (Rust) filmini suratga olish maydonchasida fojia yuz berdi. Ijodiy guruh xodimlari tomonidan berilgan to‘pponchadan rekvizit sifatida foydalanayotgan Alek Bolduin operator Galina Xatchinsga o‘q uzdi. Natijada ayol vafot etdi, aktyorning o‘zi juda tushkun holatda, politsiya tergovni davom ettirmoqda.
Jim Kerri “Grinch – Rojdestvo o‘g‘risi” filmining bosh qahramonini o‘ynashi uchun u vizajistning kreslosida taxminan 8 soat o‘tirishi kerak edi. Bu shunchalik qiyin bo‘lganidan aktyor markaziy razvedka boshqarmasi xodimlarini qiynoqlarga dosh berishga o‘rgatadigan maxsus murabbiy yollagan.
“Yulduzlar jangi” serialidagi qumdagi krauler mashinasi tufayli to‘rtinchi epizodni suratga olish paytida Jorj Lukasga Tunis hukumatidan qo‘ng‘iroq qilinib, ushbu transport vositasini chegaradan uzoqlashtirishi so‘ralgan. Chunki liviyaliklar undagi qurolni ko‘rib, harbiy harakatlar bilan tahdid qilgan.
“Yerning oxiriga sayohat” filmi suratga olinayotgan vaqtda Benedikt Kamberbetch unchalik ham mashhurlikka erishmagandi. Aktyorning so‘zlariga ko‘ra, suratga olish maydonchasidan qaytayotganda bir marta ularni qurollangan odamlar o‘g‘irlab, so‘ngra cho‘lga tashlab ketgan.
Sir emaski, ajoyib voqealar ko‘pincha mistik filmlar suratga olingan maydonchada sodir bo‘ladi. “Emili Rouzning olti iblisi” filmi buning yana bir tasdig‘idir. Keyinchalik Jennifer Karpenter intervyusida aytganidek, u doimo radioni yoqsa, undan “Men hali ham tirikman” degan ibora qayta-qayta yangraydi.
Piter Meyxyuning ismi faqat “Yulduzlar jangi”ning eng sodiq muxlislariga ma’lum. Ammo u Xan Soloning eng yaqin do‘sti – Chubakki ko‘rinishida edi. Aktyor chindan ham qiynaldi, u kostyumda suratga olish maydonchasidan chiqa olmagan va unga hamma joyda yorqin jilet kiygan maxsus xodimlar hamrohlik qilgan. Bu oddiy odamlar aktyorni bu kabi ko‘rinishda qabul qilmasligi va o‘rab olmasligi uchun qilingan. | 117 | 2,152 |
Madaniyat | Qirolichaning so‘nggi siri: Yelizaveta II ning 2085-yilda ochish mumkin bo‘lgan xatida nima yozilgan? | Qirolicha Yelizaveta II 1986-yilda Sidneydagi Qirolicha Viktoriya binosining (QVB) qayta tiklanishi nishonlanganida “kelajakka maktub” yozgan. Britaniya monarxi o‘z murojaatini Avstraliya aholisiga yo‘llagan va keyingi 100 yil davomida uni ochishni taqiqlagan. Xat gumbaz ostidagi tarixiy binoning yopiq joyida saqlanadi. Mish-mishlarga ko‘ra, hatto Yelizavetaning eng yaqin qarindoshlari va uning shaxsiy xodimlari ham xatda nima yozilganidan bexabar, deb yozadi Marie Claire.
Ammo qo‘lyozmada Sidneyning bo‘lajak meri uchun ko‘rsatmalar qayd etilgan: “2085-yilda siz tanlagan munosib kunda ushbu konvertni ochib, Sidney fuqarolariga mening xabarimni yetkazishingiz mumkin”, — deyiladi marhum qirolichaning vasiyatnomasida.
Qirolicha Viktoriya binosi 1898-yilda arxitektor Jorj MakRey tomonidan Qirolicha Viktoriya hukmronligining olmos yubileyi sharafiga qurilgan. Uzunligi 190 metr bo‘lgan ushbu monumental bino Sidneydagi butun kvartalni egallaydi va hozirda bir necha yuz do‘konga ega zamonaviy savdo markazi ham ochilgan.
Ko‘plab tahlilchi va ekspertlar qirolicha maktubining mazmuni haqida bahslashmoqda. Biroq ularning bir narsaga ishonchi komil — xabar juda sentimental va ijobiy mazmunda bo‘lishi kerak, chunki Yelizaveta II Avstraliya bilan mustahkam munosabatlarga ega edi. Qirolicha butun umri davomida ushbu mamlakatga muntazam tashrif buyurgan, turli shtatlarga sayohat qilgan va har xil ijtimoiy qatlamlardagi mahalliy aholi bilan uchrashgan. Yelizaveta birinchi marta Sidneyga 1954-yilda, taxtga o‘tirganidan ikki yil o‘tgach tashrif buyurgan va Avstraliya tuprog‘iga qadam qo‘ygan birinchi monarx hisoblanadi.
Ta’kidlash joizki, unvoniga ko‘ra, Yelizaveta II Avstraliyada (va boshqa o‘n to‘rtta mustaqil davlatda) monarx bo‘lgan va shuning uchun ko‘plab davlat marosimlarida qatnashgan.
Yelizaveta II vafotidan keyin Avstraliya qiroli unvoni Charlz III ga berildi, u ham Sidneyga bir necha marta rasmiy tashrif buyurgan, shu jumladan 1983-yilda malika Diana bilan birgalikda sayohat qilgan. | 101 | 2,011 |
Madaniyat | Jastin Biber tishlari uchun oltin va yoqutdan bezak tayyorlatdi | Kanadalik qo‘shiqchi Jastin Biber tishlari uchun qimmatbaho bezakka buyurtma berdi. Bu haqda TMZ ma’lum qildi.
Oldingi oltita tishni qoplab turuvchi bezak pushti oltin va pushti yoqutdan tayyorlangan. Toshlarning umumiy og‘irligi olti karatni tashkil qiladi. Bezak 15 ming dollarga baholanmoqda.
Los-Anjelesdagi Gold Teeth God zargarlik firmasining ustasi buyurtma ustida besh kun ishlagan. Bezak tayyor bo‘lgach, firma uni o‘zining Instagram’dagi sahifasida e’lon qilgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 63 | 547 |
Madaniyat | Alia Bhatt va Ranbir Kapur farzand kutishayotganini ma’lum qildi | Alia Bhatt va Ranbir Kapur juftligi ota-ona bo‘lishlarini e’lon qildi va shifoxonadan “Tez orada farzandli bo‘lamiz” deb izoh yozilgan suratini ulashdi.
Ranbir va Alia to‘rt yillik tanishuvdan so‘ng 2022-yilning aprel oyida turmush qurgandi. Juftlikni nikoh to‘yi Ranbirning Mumbaydagi uyida bo‘lib o‘tgan.
Yaqinda Ranbir Aliya bilan turmush qurgani haqida gapirib, “Bu yil men uchun juda muhim va katta yil, men oila qurdim”, dedi.
Juftlik joriy yilning sentabr oyida premyerasi bo‘lib o‘tadigan “Brahmastra” filmida ko‘rinish beradi. Alianing esa rejalashtirilgan bir nechta filmlari bor — “Darlings” va “Rokki Aur Rani Ki Prem Kahaani” shular jumlasidan. | 64 | 658 |
Madaniyat | Jerar Depardye Afrikada ikkita sherni o‘ldirib yedi | Taniqli fransuz aktyori Jerar Depardye o‘zining Afrikaga safari davomida ikkita sherni o‘ldirib, ularning go‘shtini yeganini tan oldi, deb xabar bermoqda “Tengrinews.kz”.
Depardyening so‘zlariga ko‘ra, Burkina-Fasodagi yo‘lda sayyohlarning mashinasi buzilib qolgan. Yaqin atrofda ikkita sher bo‘lgani tufayli ular mashinadan chiqolmay o‘tirgan. “Afrikalik haydovchi qattiq qo‘rqib ketgan. Bizning boshqa ilojimiz qolmagan edi, ularni otib o‘ldirdik”, − dedi aktyor. Jurnalistlar Depardye o‘ldirilgan sherlarni yegani haqidagi savolga u ijobiy javob bergan.
Avvalroq 65 yoshli aktyor yoshligida yangi qabrlardan zargarlik buyumlarini o‘g‘irlaganini, tamaki kontrabandasi bilan shug‘ullangani, shuningdek kuniga 14 shishagacha spirtli ichimlik ichishini tan olgani qayd etilgan. | 51 | 778 |
Madaniyat | Time jurnali Koreyaning BTS guruhini “Yil xonandalari” deb atadi | Amerikaning Time jurnali talqiniga ko‘ra Koreyaning BTS guruhi yil xonandalari, deb topildi. Nashrning ma’lum qilishicha, guruh 2020-yilda karyerasi davomida musiqa va biznes borasida rekord qo‘ygan, deb yozadi “RBK”.
2013-yilda Janubiy Koreyaning Big Hit Entertainment kompaniyasi tomonidan tashkil qilingan guruh 7 nafar ijrochi: RM (Kim Nam-Jun), Chin, Syuga, Jey-Xoup, Chimin, Vi va Chongukdan tashkil topgan.
To‘liq nomi Beyond The Scene bo‘lgan guruh key-pop, xip-xop, R&B va EDM janrida qo‘shiq kuylaydi.
Pandemiya vaqtida ham yangi ijod namunalarini taqdim qilgan guruh Billboard Chart’da yetakchilik qilgan hamda onlayn konsert berishga muvaffaq bo‘lgan.
https://www.youtube.com/watch?v=7dJA7yPWUrs
2020-yilning iyunida bo‘lib o‘tgan Bang Bang Con: The Live nomli konsertni 765 ming muxlis ekran ortidan tomosha qilgan.
https://www.youtube.com/watch?v=eqOnRB9_034
Avvalroq Janubiy Koreya hukumati key-pop yulduzlarining armiyaga borishini kechiktirishga ruxsat bergani hamda BTS guruhi tarkibini yana 2 yilga saqlab qolishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. | 64 | 1,069 |
Madaniyat | O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, dublyaj aktyori Arsen Ismoilov vafot etdi | O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist, professor, dublyaj aktyori, ko‘plab taniqli aktyor va aktrisalar ustozi Arsen Ismoilov Fayzullayevich vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi xabar berdi.
O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi marhumning oila a’zolari, yaqinlari va barcha shogirdlariga chuqur hamdardlik bildirgan.
Avvalroq O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi To‘xtamurod Zufarov vafot etgani xabar qilingandi. | 91 | 515 |
Madaniyat | “Qora niyat” seriali yulduzi Talat Bulut koronavirusga qarshi emlanayotganda kuylab yubordi (video) | Mashhur turk aktyori Talat Bulut koronavirus vaksinasini olayotganda kuylab yubordi. Aktyorning emlanish jarayoni aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda mashhurlikka erishgan.
Ayni vaqtda dolzarb bo‘lgani sabab ham Talat Bulutning vaksina qilingani muhokamalarga sabab bo‘lgan. Salomatlikni hamisha muhim deb bilgan Bulut uni xavfga qo‘ymaslikni afzal deb biladi.
Pandemiya vaqti qoidalarga qat’iy amal qilgan aktyor emlanganidan keyingina jamoatchilikka ko‘rinish berishini ta’kidlagandi.
1980-yildan boshlab yigirmadan ortiq filmlarda suratga tushib ulgurgan Talat “Qora niyat” serialidagi roli bilan muxlislarga yaxshi tanish. | 99 | 628 |
Madaniyat | Jaxongir Otajonovning lisenziyasi tugatildi | Keyingi paytlarda ayrim san`atkorlar o`zboshimchalik bilan ish tutib kelayotgani sabab, ularning yurish-turishi, kiyinish madaniyati, so`zlashuvi, ya`ni muomala madaniyatida milliy o`zligimizga yot bo`lgan holatlar yaqqol ko`zga tashlanib qolmoqda. Xonandalarda xulq odobi birlamchi bo`lmas ekan, har qanday iste`dod va mahoratli ijro ham ikkinchi darajali bo`lib qolaveradi. Chunki xonandalar xalq nazaridagi inson bo`lganligi bois ularga ayniqsa, yoshlar ergashadi, andoza oladi. Ularning har bir xatti-harakati el nazarida bo`ladi.
Co`nggi vaqtlarda Jaxongir Atajanov ana shunday mas`uliyatni biroz unutib qo`ydi, desak xato bo`lmaydi. Joriy yilning may oyi ya`ni muborak Ramazon oyida ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Jaxongir Atajanov tomonidan san`atkor odobiga, milliy urf-odatlarimiz va odob-axloq qoidalariga to`g`ri kelmaydigan nomunosib harakatlar kuzatilgandi. Bu shunchaki o`zini ko`z-ko`z qilish maqsadidami yoki boshqa maqsaddami, baribir ijtimoiy tarmoqlardagi bunday ko`rinish yoshlar orasida, jamoatchilik o`rtasida san`at ahli to`g`risida salbiy fikr uyg`otmasdan qolmagan edi.
2019 yil 9 oktyabr kuni “O`zbekiston” telekanali orqali efirga uzatilgan “Munosabat” tok-shousining O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati Kengashlarining 2019 yil 14 sentyabr kuni “To`ylar, oilaviy tantanalar, ma`raka va marosimlar o`tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to`g`risida”gi qo`shma qarori ijrosiga bag`ishlangan sonida studiya monitorida to`ylardan olingan ayrim lavhalar muhokama qilindi. Bu lavhada xonanda Jaxongir Atajonov bilan bog`liq tasvirlar ham aks etib, ishtirokchilar bunga salbiy munosabatlarini bildirishdi. Ushbu ko`rsatuvdan so`ng joriy yilning 11 oktyabr kuni “Qalampir.uz” saytida “Jamoatchilik xonanda Jaxongir Atajonovning lisenziyasini olib qo`yishni talab qilyapti” mavzusida maqola e`lon qilindi. Mazkur maqola ijtimoiy tarmoqlarda jamoatchilik o`rtasida muhokamalarga sabab bo`ldi.
Shunga qaramay, xonanda J.Atajanov jamoatchilik e`tirozidan to`g`ri xulosa chiqarish o`rniga ijtimoiy tarmoq orqali chiqish qilib, “Ollaring mani lisenziyamni, maza qillaring, agar shu bilan madaniyatli bo`lsalaring. Man xursand bo`laman... xalq madaniyatli bo`lib ketib qolsa shu bilan...” qabilida turli fikrlar bildirdi. Xonandaning ushbu chiqishi ijtimoiy tarmoq orqali yoshlar orasida va jamoatchilik o`rtasida salbiy fikr uyg`otmasdan qolmadi. Xonanda o`zining ma`naviy qadriyatlarimizga mutlaqo yot bo`lgan bu kabi nomunosib harakatlari orqali Muassasa bilan tuzilgan lisenziya bitimi talab-shartlarini muntazam ravishda buzib kelmoqda.
Yuqoridagilarni inobatga olib, lisenziat J.Atajanov bilan tuzilgan lisenziya bitimida mavjud talablar va shartlar muntazam ravishda buzilganligini inobatga olib, “Faoliyatning ayrim turlarini lisenziyalash to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasi hamda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 dekabrdagi 354-son Qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomning 37-bandiga asoslanib, Atajanov Jaxongir Saparbaevich nomiga konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan AA-seriyali, 7422-son lisenziyaning amal qilishi 2019 yil 14 oktyabr kunidan tugatiladi. Shu o`rinda xonanda J.Atajonovga konsert-tomosha, to`y-yubiley va boshqa tantanalarda lisenziyasiz faoliyat ko`rsatish qonunchilikka asosan javobgarlikka tortilishini eslatib o`tamiz.
Shu bilan bir qatorda, barcha san`at ahlini ijtimoiy tarmoqlarda san`atkor odobiga zid turli xil bema`ni so`zlarni tarqatmaslik, jamoatchilik o`rtasida san`atkorlarga nisbatan noo`rin munosabat shakllantirilishiga yo`l qo`ymasliklari borasida ogohlantiramiz. | 43 | 3,706 |
Madaniyat | Parijda tunab ketilgan Kim Kardashyan 20 nafar tansoqchi yolladi | Fransiya poytaxtidagi o‘g‘rilik Amerika realiti-shou yulduzi Kim Kardashyanni shoshilinch ravishda AQShga qaytishga va tansoqchilar yollashga majbur qildi, deb yozadi “TASS”.
Kim Nyu-Yorkka onasi Kris Jenner va uning do‘sti Kori Gembla hamrohligida yetib keldi. Aeroportda fotomodelni uning turmush o‘rtog‘i mashhur reper Kanye Uest kutib oldi.
Nyu-Yorkda Kim va uning oila a’zolari jurnalistlar bilan muloqot olib bormadi. 20 nafarga yaqin tansoqchi va Nyu-York politsiya boshqarmasining kamida ikki patruli uning xavfsizligini ta’minladi. Qo‘riqchilar o‘nta yo‘ltanlamasdan iborat kortejda harakatlanib, to‘xtagan paytda avtomobillar harakatni to‘liq yopib qo‘ygan.
Muqaddam Kardashyan Parijdagi mehmonxonada noma’lum shaxslar tarafidan garovga olingani ma’lum qilingan edi. Kim Kardashyan politsiyaga ko‘rsatma berishi hamon Fransiya hududini xususiy samolyotda tark etgan edi. | 64 | 881 |
Madaniyat | Xonanda Lola: Rost qanchalik achchiq bo‘lmasin uni qabul qilishga o‘rganish kerak | “Darakchi.uz” nashri xonanda Lola fe’l-atvoridagi 8 ta o‘ziga hos jihatni o‘zida aks ettirgan intervyuni taqdim etdi.
“Mehribonman...”Tashqi ko‘rinishimga qarab ko‘pchilik meni xarakteri og‘ir, hech kim bilan kelisholmaydigan inson deb o‘ylashi mumkin. Aslida, esa men juda nozik, mehribon va ko‘ngli bo‘sh ayolman. Har doim insonlarni tushunishda mehrni birinchi o‘ringa qo‘yaman.
“Qattiqqo‘lman...”
Mehrni ustun qo‘ysam ham ba’zida qattiqqo‘l bo‘lishimga ham to‘g‘ri keladi. Misol uchun farzandlarim tarbiyasida qattiqqo‘llikni endi o‘rgandim. Avvallari agar ular biror noto‘g‘ri ish qilishsa, urishardim-u, ammo biroz vaqt o‘tgandan so‘ng ko‘nglim bo‘shab kechirib yuborardim. Hozir esa biror ayblari uchun yaxshi ko‘rgan o‘yinchoqlari yoki mashg‘ulotlaridan mahrum qilsa, gapimda turishga harakat qilayapman. Chunki bolalar tarbiyasida qattiqqo‘llik eng zarur jihatlardan biri ekan.
“Tushungim kelmaydi...”
Har bir vaziyatda imkon qadar odamlarni tushunib, ularni qo‘llab quvvatlashga harakat qilaman. Ammo ishda, hayotdagi munosabatlarda, beshafqat, nosamimiy, ikkiyuzlamachilarni umuman tushunmayman. Bu kabi menga yoqmaydigan fe’l-atvordagi insonlar bilan hech qanday munosabat o‘rnatishni istamayman. Suhbatdoshim men bilan rostgo‘y va samimiy bo‘lsa, menga shuning o‘zi kifoya.
“Talabchanman...”
Har bir ijodkordagi kabi meni ham o‘zimga yarasha injiqliklarim bor. Bundan tashqari juda talabchanman. Har bir ish ideal darajada bo‘lishi shart! Atrofimdagilardan ham shuni talab qilaman. Bilasizmi, ba’zida bu fe’lim menga biroz halaqit ham beradi. Chunki hayotda ham, ishda ham hammasi o‘zimiz o‘ylagandek bo‘lavermaydi. Men esa ideallik darajasini talab qilib boshqalarni qiynab qo‘yaman. “Mayli, shu ham bo‘laveradi. Bir gal kamchiligi bo‘lsa, hech narsa qilmas... Bu xatolikni hech kim sezmaydi” deb vaziyatni bo‘sh qo‘yolmayman. Albatta, har bir ishim xayolimdagi kabi yuqori darajada bo‘lishi kerak.
“Agar meni aldashsa...”
U bilan butunlay aloqani uzaman. Vaziyatni oydinlashtirib, nega meni aldaganini tushuntirib berishini ham kutmayman. Bir marta ishlatilgan yolg‘ondan keyin u insonga ishonishim juda-juda qiyin. Men uchun yaxshilik yo‘lida yolg‘on ishlatdim, degan izohning o‘zi mavjud emas. Rost qanchalik achchiq bo‘lmasin uni qabul qilishga o‘rganish kerak. Men ham shundayman.
“Meni o‘zgartirgan hayot...”
Har bir inson hayoti davomida turli vaziyatlar ta’sirida o‘zgarib, mukammalashib boradi. Shaxsan men ham hayotimdagi ayrim voqealar sabab o‘zgarib, butunlay boshqa Lolaga aylanib boryapman. Misol uchun farzandlarimni dunyoga keltirganimdan keyin hayotga umuman boshqa ko‘z bilan qaray boshladim. Yuragingizining bir parchasi bilan birga nafas ola boshlab, “Men” o‘rniga “biz” degan tushuncha bilan yashar ekansiz. Nazarimda, har bir ayol ona bo‘lgandan so‘ng borliqni yana ham chiroyli ranglarda ko‘ra boshlaydi. Sobiq turmush o‘rtog‘im bilan ajrashganimdan keyin ham qarashlarimda o‘zgarishlar, yangilanishlar paydo bo‘ldi. Yana ham to‘g‘riroq aytadigan bo‘lsam, menga ana shu ajrimgacha bosib kelgan yo‘l ta’sir qilgan. Ayni dam shaxsiy hayotimda sodir bo‘layotgan voqealar, taqdir yo‘limda bir insonning paydo bo‘lishi meni yana ham o‘zgarishimga sabab bo‘lyapti. Hayotga, dunyoga boshqa nigohlar bilan qarashni boshlayapman. Bundan esa juda baxtiyorman.
“To‘ng‘ichlik mas’uliyati...”
Oilada eng yaxshi tarbiya bu – o‘rnak bo‘la olish, deb bilaman. Ayniqsa, to‘ng‘ich farzandning uka-singillariga namuna bo‘lishi katta mas’uliyatni talab etadi. Shunday bo‘lsa-da, har bir narsada o‘zimdan bir yarim yosh kichik ukamdan maslahat so‘rayman. Nafaqat men, balki singillarim ham ukamning gapiga quloq tutib, yo‘l-yo‘riq so‘rashga odatlanishgan. | 81 | 3,672 |
Madaniyat | Ozoda Saidzoda: Menga bir yil qo‘shiq aytishni taqiqlab qo‘yishdi | Xonanda Ozoda Saidzodaning yangi imidji shou-biznes vakillari, muxlislar va jurnalistlar uchun kutilmagan yangilik bo‘ldi. Uning taxallusi va imidji o‘zgarishi sabablarini bilish maqsadida jurnalist Feruz Muhammad xonanda bilan bog‘landi.
— Nima uchun Nursaidova familyangizni Saidzoda taxallusiga o‘zgartirdingiz?
— Bolaligimdan bobomning nomini o‘zimga olishni niyat qilib yurardim, shu sababli ham familyamni bobomning ismi — Saidzoda taxallusiga o‘zgartirdim. Yana bir maqsad — milliylik ruhini olib kirish uchun ham shunday qilindi.
— Imidjingizni o‘zgartirganingiz ham ijtimoiy tarmoqlarda ancha muhokama bo‘ldi. Ba’zi bir muxlislarni “bizga avvalgi Ozodani qaytarib bering”, degan fikrlarini ham o‘qidik. Imidjingizni bu darajada o‘zgartirishingizga nima sabab bo‘ldi?
— To‘g‘risini aytadigan bo‘lsam, imidjimning o‘zgarishi sababi salomatligim bilan bog‘liq. Bu odamlar aytib yurgan darajada, “Ozoda og’ir kasal ekan”, degan mish-mishlar darajasidagi kasallikdan emas. Jarrohlikdan so‘ng soch to‘kilish holatlari bo‘lib turar ekan. Sochim rangining o‘zgarishi aynan imidj uchun qilinmagan. Holatdan kelib chiqib, vaziyatga to‘g‘ri yondashib shunday imidj o‘yladik. Bu odamlarni o‘zimga qaratish yoki shunga o‘xshash fikrlardan kelib chiqib qilingan ish emas. San’atkor muxlislarning e’tibori markazida yuradi. Shu sababdan, o‘ta zamonaviylik ham yoki zamondan orqada qolish ham yarashmaydi. Milliyligimiz, o‘zbekchiligimizdan kelib chiqqan holda ish tutish maqsadga muvofiqdir.
— Ijodingizda nima yangiliklar bor?
— O‘tgan yil “E’tirof et” deb nomlangan, hali tugatilmagan albomimning qoralama varianti tarqab ketdi. Salomatligim bilan bog‘liq muammolar sababli bu albomni tugatish bir yilga kechikdi — o‘sha paytda shifokorlar menga bir yil davomida qo‘shiq aytishni taqiqlab qo‘ygandi. Hozir “E’tirof et” deb nomlangan albomimni yozib tugatish arafasidamiz.
— Shifokorlar taqiqining sababi nima?
— Mendagi kasallik professional operachilarda uchraydi. Ya’ni, jonli qo‘shiq kuylaganda ortiqcha zo‘riqish, bor imkoniyatni ishga solish kerak bo‘ladi, buni o‘sha vaqtda sog‘ligim ko‘tarmas edi. Shu sababdan shifokorlar qo‘shiq aytishimni taqiqlab qo‘yishgan edi. Hozir hammasi yaxshi. | 65 | 2,194 |
Madaniyat | Londonda Jeki Chan ishtirokidagi film uchun avtobus portlatildi (foto) | Londondagi Lambert ko‘prigida Jeki Chan ishtirokidagi yangi “Xorijlik” filmini suratga olish jarayonida avtobus portlatib yuborildi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”. Ammo politsiyadagilar portlash film sahnasi uchun uyushtirilganini aytib, tinchlantirdi.
“Bugun Lambert ko‘prigida portlashlarni ko‘rsangiz yoki eshitsangiz, tashvishlanmang. U yerda film suratga olinmoqda, baland ovozli maxsus effektlardan foydalanilmoqda”, — deya o‘z Twitter’ida ma’lum qildi London dengiz politsiyasi.
Tartib posbonlari, shuningdek, ko‘prik yopilganligini bildirdi. | 70 | 564 |
Madaniyat | “Men o‘ynash emasman”. Yulduz Usmonovaning eri o‘zi haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi (video) | O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova “Xalqlar do‘stligi” saroyida 10—25-mart kunlari “Yurak” deb nomlangan navbatdagi yakkaxon konsert dasturini taqdim etmoqda.
Yulduz Usmonovaning prodyuseri va turmush o‘rtog‘i Mansur Agaliyev “Daryo” muxbiri Feruz Muhammadga konsert tashkilotchiligi, jonli ijrodagi dastur qiyinchiliklari haqida intervyu berdi.
Yulduz Usmonovaning prodyuseri, turmush o‘rtog‘i Mansur Agaliyev.
Mansur Agaliyev suhbat davomida “Yulduz Usmonovaning eri uning yonida moddiy manfaat uchun yuribdi”, degan gap-so‘zlarga oydinlik kiritdi.
Meni eskidan odamlar yaxshi tanishadi. Yulduz Usmonova bilan Turkiyaga borganimda 13 ming dollar pulim bor edi. Yulduz Usmonovaga “men seni puling uchun emas, odamgarchiliging uchun yaxshi ko‘raman”, deganman. Chunki men qiyinchilik ko‘rganimda menga ruhan yordam bergan. Bir-birimizni ushlab turganmiz. Men uning o‘ynashi emasman, yoki u mening o‘ynashim emas. Buni odamlar hech qachon esidan chiqarishi kerak emas.
Hayot hamisha bir xil yo‘ldan yurmaydi. Men boshqalarga o‘xshab OAVga chiqmay yuradigan odam emasman, bemalol chiqib meniki deyman, bu meniki deyman. Bu holatni boshqacha tushunishlari kerak emas.
Shunday odamlar bor, ular oilasini yashirib yurishadi. Biz nimani yashiramiz. Ota-onam hammalari turmushimizni yaxshi bilishadi. Undan qo‘rqadigan joyim yo‘q.
O‘zimning biznesim o‘zimga yetadi. Uni puli bor, puli o‘ziga, o‘zining ijodiga yetsa bo‘lgani. O‘zimning tadbirkorlik ishim bor, biznesimizda 400—500 odam ishlaydi. To‘g‘ri pulini ushlab beraman, chunki Turkiyada qiyinchilikni men ko‘rganman. “Birovdan qarz olmaysan, boriga yashaysan”, deganman. Chunki u qiyinchiliklarni ko‘rgandan so‘ng, bu kunlarda u qiyinchiliklarni to‘g‘rilab qo‘yish kerak. Xudo xohlasa xohlagan narsani qilib beraman, mazza qilib ijodini qilib yuradi.
Mansur Agaliyev, Yulduz Usmonovaning prodyuseri, turmush o‘rtog‘i | 100 | 1,875 |
Madaniyat | Dunyo nigohi yana Orolga qaratildi. Mo`ynoq festivaliga start berildi. | Kecha, 6 may kuni Qoraqalpog`iston Respublikasi, Mo`ynoq tumani, Orolbo`yida “STIXIYa” elektron musiqa, san`at va ilm-fan festivali boshlandi. Bu haqda darakchi.uz muxbiri Karim Zaripov xabar bermoqda.
Ushbu festival ilk bor “Fakultet akustiki” MChJ tashabbusi bilan 2018 yilda Mo`ynoq tumanida tashkillashtirilgan. Shundan buyon keng miqyosda o`tkazilib kelinadi. Bu yili festival to`rtinchi marotaba o`tkazilmoqda va Markaziy Osiyo miqyosdagi noyob madaniy va ko`ngilochar tadbirga aylanib ulgurdi.
2022 YILDA FESTIVAL DOIRASIDA:
* Sahnalar soni 3ta (texno, progressiv va etno).
* Musiqachilar soni 5 barobarga ko`p.
* Mo`ynoqning rivojlanishiga qaratilgan qo`shimcha loyihalar ishga tushirilmoqda.
* Festivalga tashrif buyuruvchi mehmonlar soni 2 baravar ko`paygan.
FESTIVALNING ASOSIY MISSIYaSI - MO`YNOQ ShAHRI VA OROLBO`YI HUDUDINING RIVOJLANIShIGA KO`MAKLAShIShDAN IBORAT.
Festivalning vazifalari quyidagilardan iborat:
Festival haqida qo`shimcha ma`lumotlarni darakchi.uzda kuzatib boring. | 70 | 1,007 |
Madaniyat | Londonda o‘zbek teatri faoliyat olib bormoqda | Buyuk Britaniya poytaxti Londonda 2012-yildan beri Orzu Arts nomli o‘zbek teatri faoliyat olib bormoqda. Unga, VOT xabariga ko‘ra, teatr asoschisi, asli vodiylik Yo‘ldosh Jo‘raboyev rahbarlik qilmoqda.
Yo‘ldosh Jo‘raboyevning ma’lum qilishicha, hozirgi vaqtda teatrda to‘qqiz kishi mehnat qilayotgan bo‘lib, “bu haqiqiy xalqaro loyihaga aylangan”. Masalan, teatr prodyuseri Jozef Sanders — ingliz, assistent Nozgul — Qirg‘izistondan, musiqachi Sufyon esa marokashlik, bastakor Aziza O‘zbekiston vakilasi, lekin Germaniyada yashaydi, teatrning so‘nggi rejissori esa Amerikadan tashrif buyurgan.
Teatr ijodkorlari hozirgi vaqtga qadar Markaziy Osiyo afsonalari asosida “Darvesh”, Alisher Navoiy, Fariduddin Attor va Gyote asarlari asosida “Oshiq Majnun”, Erkin Xushvaqtovning “Chimildiq”, Xorazm afsonalari asosida “Lazgi” hamda qozog‘istonlik dramaturg D.Isabekovning “Tranzit yo‘lovchi” spektakllarini sahnaga olib chiqdi.
Bundan tashqari, Orzu Arts teatri Gretsiya, Germaniya, Shvesiya, Shotlandiya, Qozog‘iston va boshqa mamlakatlardagi xalqaro festivallarda qatnashdi, 2015-yil bahorida esa gastrol safari bilan O‘zbekistonga keldi. Teatr spektakllari, tabiiyki, ingliz tilida qo‘yiladi, biroq ba’zan, masalan, “Darvesh” spektakli bilan bo‘lgan holatda, o‘zbek tili bilan birga olib boriladi.
“Jahondagi eng katta teatr shahri hisoblangan Londonda bizniki kabi ekzotik teatrga, albatta, o‘ziga xos qiziqish bor. Biroq tomoshalar vaqtida bo‘sh o‘rinlar borligini sezamiz. Baxtimizga, biz doimiy tomoshabinlarimizni topib ulgurdik, ular orasida britaniyaliklar ham, jonajon O‘zbekistonimizdan kelgan vatandoshlarimiz ham bor”, — deydi Yo‘ldosh Jo‘raboyev.
Qo‘shimcha sifatida, Orzu Arts’ning teatr tomoshalariga kirish pullik — teatrdagi joyga qarab, tomoshabin chipta uchun 8—15 funt miqdorida pul to‘lashi kerak. | 45 | 1,817 |
Madaniyat | Jastin Biber maktabdagi muvaffaqiyatlari bilan maqtandi | Kanadalik qo‘shiqchi Jastin Biber maktabda o‘qigan vaqtlaridagi muvaffaqiyatlari haqida gapirib berdi, deb xabar qiladi Acces Hollywood.
“Men maktabni 4.0 GPA bilan tugatganman”, — dedi 21 yoshli qo‘shiqchi Interview Magazine jurnali bilan uyushtirgan intervyusida.
GPA, Grade Point Average — Amerika maktablarining baholash tizimidagi eng yuqori ball hisoblanadi.
Intervyu davomida Biber yana o‘z-o‘zini moliyalashtirishini hamda texnologiyalarga tez-tez investitsiya kiritishini ta’kidlab o‘tgan. | 55 | 499 |
Madaniyat | Komediya janridagi “Barakasini bersin” filmi suratga olindi | “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturida o‘zbek xalqining keksalarni e’zozlash bo‘yicha ko‘p asrlik qadriyatlari va an’analarini aks ettiradigan to‘liq metrajli badiiy film yaratish, shu bilan birga, mazkur xayrli ishni davom ettirgan holda har yili bosh qahramonlari keksalar bo‘lgan kamida bitta badiiy film ishlab chiqarish vazifasi belgilangan, deb xabar beradi “O‘zbekkino” Milliy agentligi matbuot xizmati.
Mazkur vazifalarni bajarish maqsadida “O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga muvofiq “San’at-ma’no” kinostudiyasida tasvirga olinayotgan komediya janridagi “Barakasini bersin” badiiy filmini ishlab chiqarish jarayoni yakuniy bosqichga kirdi.
Farhod Xudoyberdiyev rejissorlik qilayotgan mazkur filmda o‘zbek xalqiga xos bo‘lgan halollik, bag‘rikenglik, keksalarni hurmat va izzat qilish, ardoqlash, ularning boy hayotiy tajribalari asosidagi nasihatlariga quloq tutish, duoi fotihalarini olish kabi ezgu fazilatlar hamda tarixiy qadriyatlar haqida hikoya qilinadi.
Kartina bosh qahramonlari – Haydar buva bilan Shomirza kunlarning birida bozorda echki sotadi. Kutilmaganda echki yana Shomirzanikiga qaytib keladi. Aksiga olib, qahramonlar echkini xarid qilgan odamning ismini ham, qaysi qishloqda yashashini ham so‘ramagan.
Nima qilib bo‘lsa-da o‘zganing omonatini o‘ziga qaytarish kerak – ular o‘ylay-o‘ylay qochoq echkining yangi egasini topish niyatida yo‘lga chiqadi. Bu jarayonda ikki qariya qiziq hangomalarni, kutilmagan voqealarni boshdan kechiradi.
Filmda Erkin Komilov, Farhod Abdullayev, Tolib Mo‘minov, Rajab Adashev, Mamasoli Yusupov, Jamila G‘ofurova, Ilmira Rahimjonova kabi taniqli va yosh aktyor-aktrisalar suratga tushdi. Hozirgi vaqtda filmning montaj ishlari yakuniga yetib, ovozlashtirish jarayoni davom etmoqda. Kartina taqdimoti 2015-yilning kuz faslida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Qayd etish joiz, ayni vaqtda “O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga asosan tasvirga olinayotgan filmlardan “Dadil bo‘l, Kamoliddin!” (rejissor Elyor Hoshimov) kartinasi so‘nggi bosqichga kirgan bo‘lsa, “Ustyurtga yo‘l” (rejissor Abduvohid G‘aniyev), “Ajal jodusi” (rejissor Hilol Nasimov), “Oyqiz ertagi” (rejissor Akbar Bekturdiyev) badiiy filmlarini tasvirga olish ishlari davom etmoqda.
Bundan tashqari, rejissor Rustam Sa’diyev tomonidan giyohvand moddalar savdosining zarari haqida “Lolaqizg‘aldoq”, rejissor Zulfiqor Musoqov tomonidan inson ruhiy kechinmalari haqida “Kuzning bir kuni”, rejissor Sobir Nazarmuhamedov tomonidan, “Keksalarni e’zozlash yili” davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida, safarga otlangan uch do‘stning falsafiy mushohadalari haqida “Toliqqan ko‘ngillar oyga talpinar” nomli kartinalar ham ishlab chiqarishga tushirildi.
O‘z navbatida, yoshlarning aqidaparast oqim va sektalikka asoslangan turli noqonuniy va noan’anaviy missionerlik jamoalari ta’siriga tushib qolishining oldini olishga qaratilgan “So‘nggi pushaymon” nomli badiiy filmni yaratish ishlari Nozim Jumayev rejissorligida 2015-yilning iyun oyidan boshlab yuborildi. | 59 | 3,010 |
Madaniyat | Ulg‘aygan Garri Potter haqidagi spektakldan olingan ilk fotolar e’lon qilindi | Garri Potter haqidagi asarlar turkumi muallifi, britaniyalik yozuvchi Joan Rouling ijodining millionlab muxlislari qahramon ulg‘aygandan so‘ng qanday qiyofaga kirgani haqidagi savolga javob oldi. Internetda Londondagi “Palas” teatrida 7-iyun kuni dastlabki ko‘rigi o‘tkazilishi mo‘ljallangan “Garri Potter va la’natlangan bola” nomli spektakl qahramonlari fotolari paydo bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
30-iyulda premyerasi bo‘lib o‘tadigan spektakl Rouling, yozuvchi Jek Torn va sahnalashtiruvchi rejissor Jon Tiffani tomonidan yaratilgan bo‘lib, unda “Garri Potter va o‘lim hadyalari” nomli oxirgi kitobda yoritilganidan 19 yil o‘tib yuz bergan hodisalar haqida hikoya qilinadi. Bosh qahramon mazkur yillar davomida uch farzandning otasiga aylanadi va afsungarlik vazirligida mehnat qiladi.
Spektakl saytida joylashtirilgan fotoda aktyor Jeymi Parker ijrosidagi Garri Potter xotini Jinni (aktrisa Poppi Miller) va kichik o‘g‘li Albus Severus (Sem Klemmett) qurshovida namoyon bo‘ladi.
“Endi u Garri. Unga boqib yengil tin olish mumkin, u barchasini biz istagandek bajaryapti”, — deya izoh berdi Rouling 36 yoshli Jeymi Parker ijrosidagi afsungarga. Spektakl Garri Potter haqidagi turkumning sakkizinchi, pyesa tarzida chiqarilgan esa birinchi qismi bo‘ladi. | 77 | 1,268 |
Madaniyat | People jurnali Juliya Robertsni beshinchi marta sayyoraning eng go‘zal ayoli deb tan oldi | Amerikalik aktrisa Juliya Roberts People jurnali tomonidan sayyoraning eng go‘zal ayoli deb topildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Juliya Roberts People’ning ‘Jahondagi eng chiroylilar’ reytingiga bag‘ishlangan soni muqovasida ilk bor paydo bo‘lganiga 26 yil bo‘ldi, va u avvalgidek sevimli ofatijonimiz bo‘lib qolmoqda”, — deyiladi jurnalning internetdagi sahifasida, aktrisaga shuhrat keltirgan “Ofatijon” filmiga (1990) ishora qilingan holda.
49 yoshli aktrisa chorak asr davomida beshinchi marta People’ning yillik reytingiga ko‘ra dunyoning eng go‘zal ayoli deb tan olinmoqda.
“Beshinchi marta? Maqtansa arziydimi?”, — dedi aktrisa jurnalga bergan intervyusida va bu bilan bu kabi hisob-kitoblarni olib bormaganini qayd qilib o‘tdi.
2016-yilda reyting boshiga boshqa amerikalik aktrisa — Jennifer Eniston kelgan edi. | 89 | 825 |
Madaniyat | Disney kompaniyasi “Avatar-2” va “Yulduzlar jangi” filmining yangi qismlari qachon ekranlarga chiqishini ma’lum qildi | “Yulduzlar jangi” filmining yangi epizodlari 2022, 2024 hamda 2026-yillarda ekranga chiqadi. Bu haqda mazkur franshizani suratga olish huquqiga ega Walt Disney Company’ga asoslanib, Reuters xabar berdi.
Joriy yilning oxirida kinosaganing to‘qqizinchi epizodi — “Skayuokerning uyg‘onishi” prokatga chiqadi, u rejissor Jey Jey Abrams tomonidan suratga olingan. Bu trilogiyaning so‘nggi qismi bo‘ladi.
Disney ijrochi direktori Bob Aygerning ta’kidlashicha, kompaniya ozgina tanaffus qilishga va uch yildan so‘ng “Yulduzlar jangi”ning yangi qismlarini chiqarishga qaror qilgan. Kelajakda suratga olinadigan epizodlarning nomi hozircha sir saqlanmoqda.
Shuningdek, kompaniya “Avatar-2” filmining premyerasini 2020-yildan 2021-yilning dekabriga ko‘chirgani ma’lum bo‘ldi. So‘nggi qismini esa 2027-yilda chiqarish rejalashtirilgan. Kartinaning birinchi qismi 2009-yilda ekran yuzini ko‘rgan va tarixdagi eng kassabop filmlardan biriga aylangan edi.
Disney 2019-yilning martida 21st Century Fox’ning ko‘ngilochar aktivlarini sotib olgandi. Kelishuv summasi 70 milliard dollardan oshgan. Kompaniya “Avatar” huquqi bilan birga “Simsonlar” multserialini tasvirga olish huquqini ham qo‘lga kiritgan edi. | 117 | 1,192 |
Madaniyat | Shahzoda qaynona-kelin munosabatlari haqida qo‘shiq kuyladi | Xonanda Shahzoda o‘z muxlislariga yana bir yangi taronasini taqdim etish arafasida. Tarona “Qaynona” deb nomlanib, uning matni kelin va qaynona munosabatlarini o‘z ichiga olgan. Bu haqda “Popcorn” nashri xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, qo‘shiq musiqasini Kallen Mararo bastalagan, matn muallifi esa Komil Fozilov.
Mazkur qo‘shiqqa videoklip ham suratga olindi. Jamshid Xojiniyozov ssenariysi asosida Yodgor Nosirov tomonidan suratga olingan videoklip maishiy turmushda uchraydigan ba’zi voqealarni biroz hazilomuz tarzda aks ettiradi, deyiladi xabarda.
Videoklipda Ozarbayjon ijodkorlarining mashhur “Qaynona” komedik filmidan ham kichik lavha qo‘llanilgan. Kelin rolida esa Shahzodaning o‘zini ko‘ramiz.
Nashrning ta’kidlashicha, videoklip va tarona nafaqat yaxshi kayfiyat bag‘ishlaydi, balki ba’zi jihatlardan tarbiyaviy ahamiyatga ham ega. | 59 | 848 |
Madaniyat | “Qora niyat”ning 4 nafar bosh qahramoni serialni tark etadi | Tomoshabinlar qalbidan joy olib ulgurgan “Qora niyat” serialining aktyorlari birin-ketin suratga olish jarayonlarini tark eta boshladi. “Kinoteka.com”ning yozishiga qaraganda, loyihani davom ettirmaydigan aktyorlar orasida bosh qahramonlar ham bor.
Ma’lum bo‘lishicha, 85-qismda Xalit vafot etadi, ya’ni Talat Bulut serialni tark etadi. Shuningdek, Kerim rolini ijro qilgan Go‘khan Alkan, Kayya sifatida ma’lum bo‘lgan Barish Qilich, Yigit rolini o‘ynagan Dogach Yildiz hamda Lila sifatida tomoshabinlarga tanish bo‘lgan Buse ham loyihadan chiqishi ma’lum qilingan. “Qora niyat”da bosh qahramonlar Ender (Shevval Sam), Yildiz (Eda Edje) va Shahika (Nesrin Javadzade) serialda asosiy o‘ringa chiqadi. | 59 | 700 |
Madaniyat | “Jonginam”, “Dilorom”, “Karvon ko‘rdim”. O‘zbek estradasidagi eng muvaffaqiyatli cover-qo‘shiqlar (video) | Keyingi paytlarda eski qo‘shiqlarni cover uslubida aytish urfga aylandi. Eski yoki biroz untilgan qo‘shiqlarning yangicha ijrosi yoshlarga ma’qul kelmoqda. Retro qo‘shiqlarni yangicha ijrosi ba’zi tinglovchilarga yoqmasa-da, ular orasida muvaffaqiyatli chiqqan coverlar ham yo‘q emas. YouTube tarmog‘ida eng omadli coverlar deb topilgan va million marta tomosha qilingan qo‘shiqlar bilan tanishing.
“Jonginam”
Xonanda Munisa Rizayeva marhum ijodkor Layloning “Jonginam” qo‘shig‘ini cover yo‘nalishida ijro etdi. Mazkur qo‘shiqni Laylo Aliyeva 1997-yil ijro etgan. Mazkur qo‘shiqning musiqasi Ruslan Sharipovga, so‘zi esa Ibrohim Jiyanovga tegishli. Qo‘shiqqa Dmitriy Karobkin tomonidan klip suratga olingan. Mazkur klip o‘sha yillarning eng katta bujetli va xalqaro talabga javob beradigan o‘zbek klipi bo‘lgan.
Xonanda Munisa Rizayeva esa mazkur taronani Ruslan Sharipov xotirasiga bag‘ishlangan konsert dasturi uchun qaytadan ijro etdi. Qo‘shiq ilk qarshi olinganidan so‘ng klipmeyker Dilmurod Agzamov bilan hamkorlikda klip suratga oldi.
— Ruslan Sharipov Laylodan albomga buyurtma olganidan keyin meni oldiga chaqirgan. Avval musiqa bastalanib, undan keyin so‘zini yozganmiz. Ammo Ruslan aka musiqaga moslab ayrim so‘zlarni o‘zgartirgandi. “Bu so‘zlar adabiy me’yorlarga mos kelmaydi”, deb norozi bo‘lgandim. Ammo u qo‘shiqda shunday qilishga majbur bo‘ladigan vaziyatlar bo‘lishini tushuntirgandi.
— Munisa Rizayeva “Jonginam” qo‘shig‘ining klipiga qo‘shiq mualliflarini yozibdi, ammo she’r muallifini yozishni unutibdi. Bundan biroz jahlim chiqdi. Keyin u to‘liq cover qo‘shiq emas. Chunki uning ijrosi Layloniki bilan bir xil. Laylo avj nuqtalarini go‘zal ijro etgandi, uning ijrosi baribir o‘ziga xos, — deydi “Jonginam” qo‘shig‘ining she’r muallifi Ibrohim Jiyanov.
“Ko‘z yoshim”
Yulduz Usmonova 2011-yili “Ko‘z yoshim” nomli qo‘shiqni ijro etgan. Rok yo‘nalishidagi mazkur qo‘shiqqa xorijda klip suratga olingani haqida ma’lumot berilgandi. Yaqinda yosh xonanda Umidaxon “Ko‘z yoshim” qo‘shig‘ini cover tarzida ijro etdi. Marhum sportchi Murod Xonto‘rayev xotirasiga bag‘ishlab, klip ham suratga oldi.
— Bir yil avval Yulduz Usmonovaning turmush o‘rtoqlari Mansur Agaliyevga opaning qo‘shiqlarini qaytadan ijro etish niyatim borligini aytgandim. Ko‘p o‘tmay, ba’zi qo‘shiqlarni ijro etishga ruxsat berishdi. Ular orasida “Ko‘z yoshim” qo‘shig‘i ham bor edi. Ruxsat olganimga ham 6 oydan oshiqroq vaqt o‘tdi. Bu vaqt mobaynida qo‘shiqqa musiqiy sayqal berdik, klip g‘oyasi haqida o‘yladik. Qo‘shiq cover yo‘nalishida ijro etilgan bo‘lsa-da, unga qo‘pol o‘zgartirish kiritishni istamadik. Chunki har qanday cover’da muallifning imzosi saqlanib qolishi kerak, — deydi xonanda Umidaxon.
Murod Xonto‘rayev hayotiga bag‘ishlangan klip klipmeyker Sherzod Umarov tomonidan suratga olingan. Klipda bosh rolni Muhammadali Yo‘ldoshev ijro etgan.
“O‘ylamadim”
Eski qo‘shiqlarni yangilab aytishga usta Doston Ergashev “O‘ylamadim” qo‘shig‘idan ham unumli foydalangan. Aslida mazkur qo‘shiq 1993-yili qashqadaryolik xonanda O‘ktam Aliyev tomonidan yaratilgan.
— Bu qo‘shiqni chiroqchilik Ulug‘bek baxshi Abrayev bilan hamkorlikda yaratganmiz. U insonni avvaldan hurmat qilardim. 1993-yili davlat tadbirida uchrashib qolganmiz va undan qo‘shiq yaratib berishini so‘raganman. 2012-yili Chiroqchida qo‘shiqqa klip ham olganmiz, — deydi xonanda O‘ktam Aliyev.
Doston Ergashev ham mazkur qo‘shiqni cover yo‘nalishida ijro etgan va unga klip suratga olgan. “Qo‘shiqni bir oy davomida o‘ylab yaratdim”, degan jumla O‘ktam Aliyevni ranjitgan va ikki ijodkor o‘rtasida nizo yuzaga kelgan. Ammo tan olish kerak, Doston Ergashev ijrosi avvalgilariga nisbatan omadliroq chiqdi.
“Chaqasan”
Xonanda Jahongir Otajonovning “Chaqasan” qo‘shig‘i yosh ijrochi Afro‘za “The cover up” loyihasida ijro etgan. Cover yo‘nalishidagi qo‘shiq Jahongir Otajonovga ham ma’qul keldi. Shu kungacha cover yo‘nalishidagi qo‘shiq Youtube tarmog‘ida 7 million marotaba ko‘rilgan.
“Oqbilak oyim toshkantlik”
2017-yili O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ravshan Komilov tomonidan ijro etilgan “Oqbilak oyim toshkentlik” qo‘shig‘i ancha yillar avval Ilhom Ibrohimov tomonidan ijro etilgan. Faqat bu qo‘shiq andijonlik oqbilaklarga bag‘ishlangandi.
Ravshan Komilov ijrosidagi qo‘shiq ham muxlislarga ma’qul kelgan. Xonandaning kamtarona klipi ham muxlislar tomonidan iliq qarshi olingan.
2019-yili yosh xonanda Jasmin “The cover up” loyihasi uchun mazkur taronani cover yo‘nalishida ijro etgan. Qo‘shiq shu kunga qadar YouTube tarmog‘ida 3 million marta tomosha qilingan.
“Dilorom”
O‘zbekiston xalq artisti G‘ulomjon Yoqubovning “Dilorom” qo‘shig‘i o‘zi davrining xit taronasi bo‘lgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Mazkur qo‘shiq Muhammad Yusuf she’ri, Alisher Rasulov musiqasi asosida yaratilgan.
— G‘ulom akam studiyaga kelib, yaxshi qo‘shiq qilib berishimni so‘radi. Men estrada yo‘nalishida yozsam, sizga to‘g‘ri kelarmikan, dedim. Yonimda rahmatli shoir Muhammad Yusuf ham bor edi. Keyin tango yo‘nalishida aytasizmi desam, “Aytaveraman zamonaviy insonlarning qulog‘iga yoqadigan qilib beraver”, dedi. Tangoni chaldimda Muhammadga qarab o‘tiraverdim. U Dilorom dedi. Keyin yana chaldim. U siz malika biz G‘ulom dedi. Shu bilan “Dilorom” qo‘shig‘i yaraldi, — deydi Alisher Rasulov.
2020-yili yosh xonanda Yorqinxo‘ja Umarov “The cover up” loyihasi uchun “Dilorom” qo‘shig‘ini cover yo‘nalishida ijro etdi. Qo‘shiq shu kungacha YouTube tarmog‘ida 2 milliondan ortiq tomosha qilingan.
“Karvon ko‘rdim”
O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim she’ri asosida “Karvon ko‘rdim” nomli qo‘shiqni ijro etgan.
2018-yili SanJay taxallusi bilan ijod qiluvchi Sanjar Javberdiyev ijtimoiy tarmoqlarga o‘zi ijro etgan “Karvon ko‘rdim” qo‘shig‘ini joylagan. Qo‘shiq internet kuzatuvchilariga ma’qul bo‘lgach, ijrochiga qiziqish ortgan. Ammo u Intellektual mulk agentligi tomonidan mualliflik huquqini buzgan deb topilib, shoirga jami 94 million so‘m miqdorida jarima va ma’naviy zarar to‘lashi lozimligi haqida sud qarori chiqarilgan. Shu bois, xonandaning rasmiy YouTube sahifalaridan mazkur qo‘shiq va unga ishlangan klip o‘chirtirilgan. | 105 | 6,146 |
Madaniyat | Anjelina Joli Bred Pitt bilan bolalarga birgalikda vasiylik qilishga rozilik berdi | Gollivud yulduzlari Anjelina Joli va Bred Pittning ikki yildan buyon davom etayotgan ajrashuv bo‘yicha sud ishi, nihoyat, joyidan siljidi: aktrisa sobiq eri bilan bolalarga birgalikda vasiylik qilishga rozilik berdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Joli va Pitt avvalroq vasiylik mavzusida sud majlisini o‘tkazishni rejalashtirgan edi, biroq murosa tufayli bunga ehtiyoj qolmadi. Tomonlar qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha o‘z ekspertlari tavsiyasi bilan vaqtinchalik kelishuvni ma’qullagan.
Shundan keyin ma’lum bo‘lishicha, Anjelina o‘quv yili boshlanishidan avvalgi yozning so‘nggi kunlaridan zavq olmoqda va bolalariga otasi bilan aloqalarni qayta tiklashga yordam bermoqda. | 82 | 665 |
Madaniyat | Koronavirus sabab sun’iy komaga tushirilgan rossiyalik xonanda MakSimning holati yaxshilanmoqda | Bir oydan ortiqroq vaqt davomida koronavirus sabab sun’iy komaga tushirilgan xonanda Marina Abrosimovaning ahvoli kundan kunga yomonlashayotgani haqida xabar berilgan edi. Hozirda MakSim og‘ir holatdan asta-sekinlik bilan chiqmoqda. Xonandaning sog‘lig‘i yaxshilanayotgani haqda uning menejeri Margarita Sokolova ma’lum qilgan, deb yozadi “Lisa.ru”.
Uning ta’kidlashicha, organizm kasallikning og‘ir shakliga qaramay, tinimsiz kurashmoqda va hammasi, albatta, yaxshi bo‘lishiga shubha yo‘q.
View this post on Instagram
“Albatta, kasallik o‘zgarishi mumkin, ammo biz ortga emas, balki yaxshilanishga harakat qilmoqdamiz — bu bugungi haqiqatdir”, — deb yozadi Margarita Sokolova. Shuningdek, u befarq bo‘lmaganlarning barchasiga minnatdorlik bildirgan va bunday qo‘llab-quvvatlash bilan xonanda, albatta, sog‘ayib ketishini ta’kidlagan.
MakSim: 2000-yillardagi xit qo‘shiqlar ijrochisi nima sababdan san’atni tark etgan? (foto, video) | 95 | 950 |
Madaniyat | G‘ayrat Usmonov sababsiz “zapret”da bo‘lgani va kliplari telekanallar tomonidan qanday vajlar bilan qaytarilganini so‘zlab berdi (video) | Xonanda G‘ayrat Usmonov “Chotki TV” YouTube kanaliga intervyu berdi. Intervyuda xonanda ma’lum muddat ijodida katta to‘siqlarga uchragani haqida gapirib berdi.
“Televideniyega boramiz, kliplarimiz o‘tmaydi: raqobat, kimdir tomonidan qarshiliklar bo‘lgan. Katta sahnaga bizni qo‘ymaydi, sababini bilmaymiz. Oxiri radioda, rahmatli bo‘lib ketdi, bir akamiz ishlardi telefonda gaplashdik. ‘Aka, nima sabab bizning qo‘shiqlarimiz o‘tmayotganiga? Eski qo‘shiqlarimni qo‘yyapsizlar. Yangisiga pul to‘lasam ham qo‘ymayapsizlar’, dedim. ‘Siz yaqinimsiz, o‘zingizga aytaman. Falonchi falonchining qo‘shig‘i qo‘yilmasin, deb trubkani qo‘yib qo‘yadi, sizni deb radio yopilib ketishini xohlamayman’ dedi”, — deya hikoya qiladi G‘ayrat Usmonov.
“Qarshilik shu darajada bo‘lganki, nahotki men bu mamlakatning fuqarosi bo‘lmasam, degan shubhalarga ham borganman. Nega qayerga borsam ko‘kragimdan itarishadi? Katta sahnalarga muxlislar so‘rab yotibdi, nega chiqarishmaydi? Universiada, Mustaqillik, eng chekka hududlardagi qishloqlarda nima xizmat bo‘lsa, qilgan bo‘lsak, nima uchun ko‘kragimizdan itarilishimiz kerak? Muhammadqodir Abdullayev Olimpiada chempioni bo‘lganida ringga chiqish oldidan ‘O‘g‘lon’ degan qo‘shiq aytib berishni iltimos qilishdi. Qo‘shiqni tayyorladim, klip ham oldirdim. Har bir klipga kamida 4-5 ming dollar pul ketadi. Unday klipingizdan 10 tasi o‘tmasa, 50 ming dollarga kuyasiz. Bu narsalar boshimdan o‘tdi. ‘Yarash-yarash’, ‘Yor-yor’, ‘O‘g‘lon’, ‘Boqma’ kabi kliplarim o‘tmadi. Muhammadqodir Abdullayev haqidagi klipni olib borsam, qaytarishdi. Bularning shunday o‘yinlari bor ekan: insonning qilgan mehnatining qadri bir chaqalik ham emas ekan bular uchun.
Klipni SSSRning formasi ko‘rinib qolibdi, deb qaytarishdi. Muhammadqodirning maktab formasidagi bolalik davrini olganmiz-da, ‘Biz SSSRning formasida o‘qiganmiz, bolalarga qanday qilib mustaqillik formasini kiydiraman, dedim’, ‘Biz bilmaymiz, agar klipingiz efirga ketishini istasangiz, formani olib tashlaysiz’, deyishdi. Montajchilarga olib borib, o‘chirtirib keldim SSSR emblemasini. Olib bordim, yana qaytarishdi. Sababini so‘rasam, ‘Rangi sarg‘ayib qolibdi, hozir televideniyega yashil rang kerak’, dedi. Uniyam o‘zgartirib obordim, yana qaytarishdi. ‘Klipda ringda bir odam ko‘rinib qolibdi, bu odam zapretda. Uni ko‘rsatish mumkinmas TVda’, deyishdi.
Sodda ekanman, yana sababini so‘radim. ‘Muhammadqodirni olib tashlaysiz, ringda urib yiqitgan joyi vahshiylik’, deyishdi. ‘Boksni olib tashlanglar’ bo‘lmasa, dedim. O‘tmadi, xullas. Shuncha to‘siqlar bo‘lganidan keyin yana qanday qadam bosaman, mening ham oriyatim bor. Yalinib, ularning ostonasiga bormayman”, — deydi xonanda. | 136 | 2,658 |
Madaniyat | “Cho‘qintirgan ota”ning uyi 3 mln dollarga sotuvga qo‘yildi | Nyu-Yorkda “Cho‘qintirgan ota” filmi syujeti bo‘yicha Korleonelar oilasi yashagan uy 2,9 million dollarga sotuvga qo‘yildi. Bu haqda Korrespondent.net xabar bermoqda.
2012-yilda beshta yotoqxona va yettita vannaxonaga ega ushbu uy to‘liq modernizatsiya qilingan.
1972-yilgacha u oddiy turar joy bo‘lgan, biroq uchta “Oskar”ni qo‘lga kiritgan, Marlon Brando va Al Pachino ishtirokidagi Frensis Ford Koppola filmidan so‘ng bu uy ham mashhur bo‘lib ketdi.
Rieltor Jozef Profachi so‘zlariga ko‘ra, uyning hozirgi egalari uni to‘liq o‘zgartirishgan, ayniqsa, uydagi ish xonasini (kabinet) xuddi filmdagi holatga keltirishgan.
Uyda jami 15 ta xona, jumladan sport zali va o‘yinlar xonasi, shuningdek to‘rtta avtomobil uchun mo‘ljallangan garaj ham bor. | 59 | 747 |
Madaniyat | O‘zbekistonlik xonanda Nilufar Turkiyada o‘zining konsert dasturini taqdim etdi (foto) | Yaqindagina yangi duet taronasi uchun yaratilgan videoklipi premyera qilingan shirali ovoz sohibasi Nilufar Turkiyaning Istanbul shahrida o‘zining konsert dasturini taqdim etdi. Bu haqda “Popcorn.uz” xabar bermoqda.
Ikki kunlik konsert dasturi Istanbuldagi Kartal Bulent Ecevent hamda Bakirkuy Cem Karaca madaniyat markazlarida bo‘lib o‘tdi.
O‘zbek san’atiga oshufta qalblarni chorlagan konsertga nafaqat o‘zbeklar, balki turli millat vakillari ham tashrif buyurdi. Dastur uch qismdan tashkil topib, Nilufar o‘z ijodidagi barcha qo‘shiqlarni ijro etdi.
Bundan tashqari, konsertning eng yodda qolarli jihati DJ Piligrim bilan ijro etilgan “Dilim” qo‘shig‘ining videoklipi tomoshabinlarga namoyish etilgani bo‘ldi.
Nilufarning dasturdagi har bir qism uchun alohida tayyorlagan liboslari tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.
Yana bir e’tiborli tomoni shundaki, Nilufar repertuaridagi qo‘shiqlar musiqasi professional turk sozandalari tomonidan jonli ravishda ijro etildi. | 86 | 978 |
Madaniyat | “O‘zbekkonsert” 2017-yilda litsenziyasi olib qo‘yilgan xonandalar ro‘yxatini e’lon qildi | O‘zbekiston milliy matbuot markazida “O‘zbekkonsert” davlat muassasasining 2017-yilda bajarilgan ishlari va 2018-yildagi ustuvor vazifalar mavzusidagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Matbuot anjumani “O‘zbekkonsert” davlat muassasasining rahbariyati, bo‘lim boshliqlari, san’atkorlar hamda OAV xodimlari ishtirokida o‘tdi. Matbuot anjumanida “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad ham ishtirok etdi.
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasining direktori Odiljon Abduqahhorov 2017-yilda litsenziyasi olib qo‘yilgan xonandalar ro‘yxatini e’lon qildi.
Faoliyatining ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 22, 23, 24-moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 9-dekabrdagi qaroriga asoslanib, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Tohir Sodiqov, xonandalar Shahnoza Otaboyeva, Bunyodbek Saidov, Sherali Bekmurodov, Sharof Muqimov, Dilmurod Sultonov, Hadicha Qurbonova, Aziza Niyozmetovalarning litsenziyalari to‘xtatilgan. 2017-yilda jami sakkiz nafar xonandaning litsenziyasi to‘xtatildi.
Odiljon Abduqahhorov, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori | 88 | 1,111 |
Madaniyat | Rossiyalik xonanda Lev Leshenko shoshilinch ravishda shifoxonaga yotqizildi | Rossiya xalq artisti Lev Leshenko shoshilinch ravishda shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda.
Xonanda Moskvadagi konsert zalidan to‘g‘ri shifoxonaga olib ketildi.
U Butunrossiya “Tinchlik uchun” tanlovi finalida ishtirok etishi kerak edi. Biroq parda ortida o‘zini noxush his etdi.
Leshenkoning tobi qochishiga sabab bo‘lgan omillar ma’lum qilinmadi. | 75 | 372 |
Madaniyat | Bir vaqtning o‘zida ham iste’dodli, ham mahoratsiz deb topilgan aktyorlar: “Oskar” va “Oltin malina” mukofoti sovrindorlari (foto) | Muvaffaqiyatsiz ijrolari uchun “Oltin malina” mukofotiga loyiq topilgan, shuningdek, eng yaxshi deb e’tirof etilgani uchun “Oskar”ni qo‘lga kiritgan mashhurlar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Ben Afflek
Afflek ikki karra “Oskar” mukofoti nomzodi sanaladi. Ulardan birida Ben eng yaxshi ssenariy muallifi sifatida keyingisida esa eng mashhur prodyuser deb e’tirof etilgan. Shuningdek, u uch karra “Oltin malina” mukofotiga sazovor bo‘lgan. Uning aktyorlik mahorati tanqidchilar tomonidan qoniqarsiz deb baholangan.
Sandra Bullok
“Stiv haqida hamma narsa” kartinasidagi roli uchun Sandra birvarakayiga ikki karra “Oltin malina”ga ega bo‘lgan. Mukofotni qabul qilib olish uchun sahnaga chiqqan aktrisa ishtirokchilarga o‘sha muvaffaqiyatsiz chiqqan filmning DVD diskini tarqatgan. Bir kundan keyin esa Bullok “Mehr hududi”dagi roli uchun eng yaxshi ayol ijrochi sifatida “Oskar”ga sazovor bo‘lgan. Shunday qilib, u ilk marta bir yilda ikkita mukofotga laureat bo‘lgan.
Bred Pitt
“Vampir bilan intervyu” lentasi prokatda muvaffaqiyatli chiqqaniga qaramay, tanqidchilar Bred Pitt va Tom Kruzning aktyorlik duetiga yetarli baho bermagan. Shu sabab ham ularning har ikkisi ham 1995-yilda “Oltin malina”ga sazovor bo‘lgan. Ammo oradan 10 yil o‘tib, Pitt o‘zining eng yaxshiligini isbotlab, “12 yillik qul” filmi uchun prodyuser sifatida “Oskar”ni qo‘lga kiritgan.
Leonardo Di Kaprio
Leonardoning aktyorlik karyerasi mashaqqatlarga to‘la bo‘lgan. Ijodini boshlaganida “Oltin malina”ga loyiq deb topilgan aktyor “Oskar”ga ega bo‘lish uchun o‘nlab yillar kutishiga to‘g‘ri kelgan. Uzoq kutilgan mukofotni qo‘lga kiritishiga “Omon qolgan” filmidagi roli sababchi bo‘lgan.
Xolli Berri
Xolli ham Sandra singari sahnaga chiqib “Oltin malina”ni qabul qilib olishdan cho‘chimagan. Shunga qaramay boshqa qo‘lida “Oskar”ni ushlab turgan.
Sofiya Koppola
Sofiya bilan bo‘lgan hodisa yurakka quloq solish kerakligiga yana bir marta isbot bo‘la oladi. Yosh Koppola aktrisalik faoliyatini boshlashi bilanoq “Oltin malina”ga loyiq ko‘rilgan. Rejissor sifatida faoliyat boshlaganda esa “Oskar”ni qo‘lga kiritishning uddasidan chiqqan. | 130 | 2,113 |
Madaniyat | Rossiyalik jurnalist Andrey Malaxov jamoasi “Birinchi kanal”ni tark etdi | Rossiyaning “Birinchi kanali”dagi eng mashhur shoulardan biri — “Pust govoryat” dasturi jamoasi ishdan ketdi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
Shou boshlovchisi Andrey Malaxovning qolish-qolmasligi hozircha noma’lum.
Ko‘rsatuv prodyuseri Nataliya Galkovich ham jamoaning telekanalni tark etganini tasdiqladi. U Instagram’dagi sahifasida shou xodimlari Andrey Malaxovning karton rasmi va boshqa buyumlari bilan “Ostankino”ni tark etayotgani aks etgan videoni joylashtirdi.
O‘tgan hafta OAVda Malaxov kanalni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Buning turlicha sabablari ko‘rsatilmoqda. Jurnalistning o‘zi bu borada rasmiy izoh bermayapti. Taxminlarga ko‘ra, jamoa telekanal rahbariyati, xususan, prodyuser Nataliya Nikonova bilan ixtilofga borgan.
Bundan tashqari, ko‘rsatuv Malaxovsiz suratga olinmoqda. Uning o‘rnini boshlovchi Dmitriy Borisov egallaydi. | 72 | 882 |
Madaniyat | “Moskva ko‘zyoshlarga ishonmaydi: yig‘lash emas, harakat qilish kerak”. Mashhur filmdan qadrdon iqtiboslar | Sovet kinolari orasida ilk “Oskar” olgan, katta ekranlarga chiqqanidayoq 90 million tomoshabin ko‘nglini birdan zabt etib, xorij o‘lkalarda minglab muxlislarini topgan “Moskva ko‘zyoshlarga ishonmaydi” filmi rejissor Vladimir Menshovga o‘zi kutganidan ziyoda shon-sharaf, shuhrat va muvaffaqiyat keltirdi. Avvaliga yengil-yelpi kino deya tanqid qilingan film vaqt o‘tib o‘ndan ortiq mukofotlarga loyiq topildi. Uch dugona esa sevimli qahramonlarga aylandi. Oradan 42 yil o‘tsa-da yengil kulgiga o‘ralib hikoya qilingan achchiq taqdirlar qayta-qayta ko‘rilmoqda. “Daryo” qadrdon kinoni takroran yodga solib, qahramonlar nutqidan yodda qolgulik parchalarni taqdim etadi.
Illyustratsiya: “Daryo” / Husan Sobitov
Illyustratsiya: “Daryo” / Husan Sobitov
Illyustratsiya: “Daryo” / Husan Sobitov
Ma’lumot uchun: Vladimir Menshov va film ijodkorlari “Oskar” mukofotining taqdirlash marosimida qatnasha olmagan. Rejissor o‘sha paytlari (1980-yillar) xorijga “chiqolmaydigan” va Amerikaga bora olmaydigan “holat”da bo‘lgani uchun uning o‘rniga oltin statuetkani SSSRning madaniyat masalalari bo‘yicha AQSHdagi attashesi qabul qiladi. Mukofot uzoq yillar “Goskino”da saqlanib, oxiri 1989-yili o‘z egasiga topshiriladi.
Illyustratsiya: “Daryo” / Husan Sobitov
Illyustratsiya: “Daryo” / Husan Sobitov
Illyustratsiya: “Daryo” / Husan Sobitov
Illyustratsiya: “Daryo” / Husan Sobitov
Illyustratsiya: “Daryo” / Husan Sobitov
Illyustratsiya: “Daryo” / Husan Sobitov
Illyustratsiya: “Daryo” / Husan Sobitov
Illyustratsiya: “Daryo” / Husan Sobitov
Illyustratsiya: “Daryo” / Husan Sobitov
Illyustratsiya: “Daryo” / Husan Sobitov | 106 | 1,633 |
Madaniyat | Sheron Stoun plastik operatsiyalar orqali yosharmoqchi emasligini aytdi | Gollivud aktrisasi Sheron Stoun o‘zining 57-tug‘ilgan kunini noodatiy nishonladi, deya xabar bermoqda “Segodnya.ua”. Do‘stlari va oilasi bilan restoranda o‘tirish o‘rniga, aktrisa Kosta-Rikaga jo‘nab ketdi.
U yerda Stoun o‘z mehmonlari bilan otda sayr qildi, so‘ng daryoda suzdi.
Tavallud ayyomidan bir necha kun avvalroq bergan intervyusida esa aktrisa plastik operatsiyalar orqali yosh ko‘rinishga ega bo‘lish niyati yo‘qligini ta’kidladi. U keksayishga qarshi emasligini, biroq shu bilan birga u yaxshi parvarishlangan va go‘zal ko‘rinishda bo‘lishni istashini aytdi.
“Men ‘hech qarimaydigan go‘zal ayol’ bo‘lishni xohlamayman. Aksincha — men keksayadigan, ammo o‘z tengdoshlariga nisbatan ancha yaxshi ko‘rinadigan ayol bo‘lishni istayman”, — dedi Stoun. | 71 | 759 |
Madaniyat | Xonanda Lola bo‘lajak turmush o‘rtog‘i Rossiyada yashashini ma’lum qildi | Rossiya poytaxti Moskvada safarda bo‘lgan xonanda Lola tomonidan Instagram’da e’lon qilinayotgan suratlar muhokamalarga sabab bo‘lmoqda, deb yozadi “Darakchi.uz”.
“Xonandaning ashaddiy muxlislari mazkur suratlardan uning sevgan insoni Moskvada yashashini taxmin qildi”, — deb yozadi nashr.
Xonandaning muxlislaridan biri Lolaga: “Turmush o‘rtog‘ingiz Moskvada yashaydimi?”, — degan savol bilan murojaat qilgan, Lola bunga: “Ha”, — deb javob bergan.
Xonanda Lola 2016-yil 7-avgustida Moskva shahrida konsert bergan, shu yilning noyabrida ham Moskvada mehmon bo‘lgan edi. “Darakchi.uz”ning qayd etishicha, Lola bundan avval ham bir necha marta bo‘lajak turmush o‘rtog‘ini uchratganiga shama qilgan edi.
Ma’lumot uchun, Lola 2005-yili turmushga chiqqan, 2011-yili esa ajrashgan. Uning Shahina ismli qizi va Shohdiyor ismli o‘g‘li bor.
Lola intervyularining birida “kun kelib, o‘z qalbining sohibi bilan oila qurishi”ni aytib o‘tgan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 72 | 1,108 |
Madaniyat | “Shrek” multfilmi AQSh milliy boyligiga aylandi | “Qora ritsar”, “Shrek”, “Murvatli apelsin” va boshqa qator lentalar Amerika filmlarining milliy reyestriga kiritildi, deb xabar beradi Variety.
Nashrning ta’kidlashicha, ro‘yxatdan o‘rin olish — lenta filmlarning milliy muhofazasi to‘g‘risidagi qonunga mos ravishda saqlanishini bildiradi.
Saralashdan o‘tishi uchun filmlar “madaniy, tarixiy yoki estetik ahamiyatga” ega bo‘lishi, shuningdek, reyestrga kiritilguniga qadar kamida 10 yil ichida suratga olingan bo‘lishi kerak.
Joriy yilda ro‘yxatga 25 ta kartina kiritilgan bo‘lib, jami filmlar soni 800 taga yetdi.
Eslatib o‘tamiz, filmlar muhofazasi bo‘yicha AQSh Milliy kengashi tomonidan tanlangan kinolentalar Kongress kutubxonasida saqlanadi.
Google qidiruv tizimi orqali 2020-yilda eng ko‘p so‘rov yuborilgan aktyorlar nomi ma’lum bo‘ldi | 47 | 795 |
Madaniyat | Tasviriy san`at galereyasida “Kushon xazinasi” namoyish etiladi | Bugun Sevimli telekanalining foyesida Termizda «O`zbekiston — sivilizasiya va yo`llar chorrahasi: imperiya, din, madaniyat» madaniy meros haftaligi doirasida keng ommaga havola etiladigan "Kushon xazinasi" ko`rgazmasiga bag`ishlangan matbuot anjumani bo`lib o`tdi.
Anjumani O`zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi tomonidan, Turizmni rivojlantirish Davlat qo`mitasi va O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi ko`magida tashkil etildi.
Ma`lum qilinishicha 22 avgust kuni Toshkentdagi O`zbekiston Tasviriy san`at galereyasida Kushon imperiyasi davriga oid noyob asarlar ko`rgazmasi o`z ishini boshlaydi. Mazkur ko`rgazma ko`p sonli olimlarning so`rovlariga binoan mustaqillik yillarida ilk bor keng omma e`tiboriga havola etilmoqda. Bu ko`rgazmadan I asrning o`rtalarida Markaziy Osiyo huhudida paydo bo`lgan, sirli ammo etarlicha o`rganilmagan qudratli Kushon imperiyasi davriga oid asori-atiqalar o`rin olgan. Ko`rgazma namoyishi 10 kun davom etadi.
Shuningdek tadbirda «O`zbekiston madaniy merosi jahon to`plamlarida» loyihasi rahbari Firdavs Abduxoliqov, Surxondaryo viloyati Turizmni rivojlantirish bo`limi bosh mutaxassisi Zebuniso Alimardonova, Termiz milliy universiteti dosenti Zokir Xoliqov, O`zbekiston Tasviriy san`at galereyasi direktori Jahongir Temirxo`jaev O`zbekistonning tarixiy va madaniy merosini asrash va tadqiq qilish borasida amalga oshirilgan va kelgusida qilinadigan ishlar haqida gapirib berishdi.
Manzura BEKJONOVA. | 64 | 1,476 |
Madaniyat | Qovoq-kareta, sobiq turmush o‘rtog‘i bilan mojaro: Britni Spirs uchinchi marta turmushga chiqdi | Britni Spirs o‘z uyida orzusidagi to‘yni tashkillashtirib, uchinchi marotaba turmushga chiqdi. Qo‘shiqchining birinchi turmush o‘rtog‘i tantanali marosimni buzishga urindi, deb xabar beradi Marie Claire.
Britni Spirs va Sem Asgari va nihoyat oila qurdi. Pop qo‘shiqchi va fitnes-murabbiy o‘rtasidagi munosabatlar qariyb besh yildan buyon davom etib kelayotgandi. Ular 9-iyun kuni qo‘shiqchining Thousand Oaks nomli uyida ko‘plab guvohlar qarshisida nikoh uzuklarini almashgan. To‘yga taklif etilgan mehmonlar orasida Britnining onasi Linn Spirs, otasi Jeyms Spirs va singlisi Jeymi Linn Spirs bo‘lmagan (faqat ukasi Brayan taklif etilgan). Marosimda Madonna, Dryu Berrimor, Peris Xilton, Selena Gomes va qo‘shiqchining kelin ko‘ylagi muallifi Donatella Versache ishtirok etgan.
Juftlik 2021-yilning sentabr oyida, Britni otasining 13 yillik vasiyligidan qutulganidan so‘ng unashtirilgan edi. Spirs muxlislarini o‘z rejalari haqida ijtimoiy tarmoqlar orqali xabardor qilib borgan. Shundan buyon u Asgari bilan Kabo, Kankun, Las-Vegas va Gavaida hordiq chiqarib keldi.
Thousand Oaks hovlisiga to‘y chodiri o‘rnatilib, nastarin gullari bilan bezatilgan. Shuningdek, Zolushkaning nur sochayotgan karetasi oq otlar bilan paydo bo‘lgan. Kelin-kuyov to‘yni Just Married yozuvi tushirilgan va gullar bilan qoplangan oq Rolls-Royce’da tark etgan.
Ta’kidlash kerakki, bu hozirda 40 yoshni qarshilagan pop-qo‘shiqchining uchinchi marta oila qurishi hisoblanadi. 2004-yilda u bolalikdagi do‘sti Jeyson Aleksandrga turmushga chiqqandi. Biroq 55 soat davom etgan nikoh bekor qilingan va qo‘shiqchi “ahmoqlik qilib qo‘yganini” tan olgan. Bir necha oy o‘tib, u Gollivuddagi Joseph klubida tanishib qolgan o‘yinchi Kevin Federlaynga turmushga chiqqan. Ular 2007-yilga qadar birga yashab, ikki nafar farzandni tarbiyalagan. Hozirgi turmush o‘rtog‘i bilan esa 2016-yilda Slumber Party klipini suratga olish jarayonida tanishgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Britnining birinchi turmush o‘rtog‘i to‘yni buzishga uringan. Jeyson Aleksandr marosimdan bir necha soat oldin uning uyiga bostirib kirib, ijtimoiy tarmoqlar orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri translyatsiyani amalga oshirgan. Oxir-oqibat Jeysonni qo‘riqchilar ko‘chaga kuzatib qo‘ygan. | 95 | 2,211 |
Madaniyat | Fotogalereya: Sevimli teleseriallar qahramonlari 20 yil avval va bugun | “Maxfiy materiallar”, “Komissar Reks, “Maftun bo‘lganlar”... 1990 va 2000-yillar seriallari haqida eshitganda kishini beixtiyor o‘tmishni qo‘msash tuyg‘ulari qamrab oladi. AdMe bir paytlar telemuxlisalarni o‘ziga shaydo qilgan qahramonlar bugun qanday ko‘rinishda ekanliklariga aniqlik kirituvchi fotojamlanmani havola etdi.
Devid Duxovni, 55 yosh, “Maxfiy materiallar”
Julian Makmexon, 47 yosh, “Maftun bo‘lganlar”
Devid Borianaz, 47 yosh, “Baffi — vampirlar ofati”
Fakundo Arana, 44 yosh, “Yovvoyi farishta”
Jeyson Pristli, 46 yosh, “Beverli-Xillz 90210”
Tobias Moretti, 56 yosh, “Komissar Reks”
Kevin Sorbo, 57 yosh, “Geraklning hayratomuz safarlari”
Patrik Pyuideba, 44 yosh, “Elen va yigitlar”
Mett Leblan, 48 yosh, “Do‘stlar”
Endryu Shu, 49 yosh, “Melrouz Pleys”
Chak Norris, 76 yosh, “Qoyilmaqom Uoker”
Tom Uelling, 39 yosh, “Smolvil sirlari”
Brendon Kuinn, 38 yosh, “Tommi — afsungar”
Ey Martines, 67 yosh, “Santa-Barbara”
Timoti Dalton, 70 yosh, “Jeyn Eyr” | 70 | 983 |
Madaniyat | Fransuz rejissyori Besson kinofestivalda qatnashish uchun Toshkentda etib keldi | Taniqli fransuz rejissyori Lyuk Besson "Ipak yo`li durdonasi" Toshkent xalqaro kinofestivalida ishtirok etish uchun Toshkentga etib keldi.
Bu haqda Kinеmotografiya agentligi xabar berdi.
"Ipak yo`li durdonasi" Toshkent xalqaro kinofestivali haqidagi qaynoq xabarlarni "Darakchi.uz" orqali kuzatib boring. | 79 | 306 |
Madaniyat | “Abdulla Oripov” hujjatli filmi namoyish qilindi | Kinematografiya agentligi tashabbusi bilan “Milliy kinematografiya – Yangi O`zbekiston timsoli” kino oyligi davom etmoqda.
Kuni kecha Toshkent irrigasiya va qishloq xo`jaligini mexanizasiyalash muhandislari institutida “Abdulla Oripov” hujjatli filmi ijodkorlari bilan uchrashuv tashkil etildi hamda film namoyish qilindi.
Kinokartina Kinematografiya agentligi, Toshkent irrigasiya va qishloq xo`jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti bilan hamkorlikda “Spectre” kinostudiyasi tomonidan O`zbekiston Qahramoni, O`zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov hayoti va ijodi haqida yaratilgan.
Kino oyligi davomida Alisher Navoiy, Bobur, Ogahiy, Cho`lpon, Abdulla Qodiriy va boshqa adiblar haqidagi hujjatli filmlar namoyish qilindi. | 48 | 733 |
Madaniyat | IIV Tergov departamenti Ravshan Yo‘ldoshev vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirdi (video) | Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti Ravshan Yo‘ldoshev vafoti munosabati bilan marhumning oila a’zolariga ta’ziya bildirdi.
“Ravshan Yo‘ldoshev 1961-yilning 2-aprelida Xorazm viloyatida tavallud topgan. U yoshligidan mehnatsevarligi va bilimga chanqoqligi bilan boshqa tengdoshlaridan ajralib turgan. U bolaligidan ichki ishlar tizimida ishlashni orzu qilgan. Shu sabab 1985-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagach, O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Tergov boshqarmasi tergovchisi sifatida ishlay boshlagan. 1997-yilda ushbu boshqarmaning iqtisodiy jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlangan. U 2002-yilda shaxsiy iltimosiga ko‘ra ichki ishlar idoralaridan qurolli kuchlar zaxirasiga bo‘shatilgan. Faoliyati davomida 12 marta rag‘batlantirish olgan. U 30-mart kuni yurak xurujidan vafot etdi. Marhumning shogirdlari bugungi kunda davlat boshqaruvining turli sohalarida rahbarlik lavozimlarida ishlab kelmoqda.
Yaratgandan marhumning oxirati obod bo‘lishini va yaqinlariga sabr ato etishini tilaymiz”, — deyiladi Tergov departamenti tomonidan tayyorlangan videorolikda.
Eslatib o‘tamiz, Shahzodaning sobiq turmush o‘rtog‘i, xonanda Lolaning otasi, “Tarona Rekords” kompaniyasi asoschisi Ravshan Yo‘ldoshev 30-mart kuni yurak xurujidan vafot etdi. Marhum hayotining so‘nggi daqiqalarida uning yonida sobiq rafiqasi, xonanda Shahzoda bo‘lgan. | 91 | 1,399 |
Madaniyat | “Imronning oilasini buzaman, demaganman”. Durdona Qurbonova internetda tarqalgan videomurojaatiga oydinlik kiritdi (video) | Xonanda Imron “Hech kimga bermay sevaman” deb nomlangan qo‘shig‘iga videoklip suratga oldirdi. Ushbu klipda aktrisa Durdona Qurbonova bosh rolni ijro etdi.
Aktrisa “Daryo” muxbiri Feruz Muhammadga bergan intervyusida Instagram tarmog‘ining jonli efiridagi murojaati odamlar tomonidan mutlaqo boshqacha talqin qilinganiga oydinlik kiritdi.
Ko‘pincha intervyulardagi gaplarimizni hamma har xil tushunib, ba’zan u gaplarni o‘ziga oladi. Ba’zan xafa bo‘lib qolishadi. Bizning ham o‘z haqiqatlarimiz bor. Birovning ko‘nglini og‘ritib qo‘ymaylik deb, gapirmay yuribmiz. Gapirmadi degani qo‘rqdi degani emas. Shunchaki dilingizni og‘ritmaslik uchun indamayotgan bo‘lishim mumkin.
Shu o‘rinda bir ma’lumotga oydinlik kiritib ketishim kerak. Jonli efir qilganimda bitta insonga taalluqli gap aytgan edim. Ko‘pchilik u gapimni Imron akaga javob beribdi, deb o‘ylabdi. Menda shunaqa ma’lumotlar borki, ularni aytadigan bo‘lsam, oilasi buzilib ketishi mumkin, degan gapimni Imron akaga aytilgan gap, deb tushunishibdi.
Jonli efirda gapirgan insonim menga yaqin inson emas, menga aloqasi yo‘q inson. Uning ismini aytmaganim uchun ko‘pchilik u gaplarimni Imron akaga aytilgan, deb o‘ylab, montaj qilib, YouTube’ga chiqarib yuborishibdi. Bu narsa menga yoqmadi, menga yoqmaganidan so‘ng Imron akaning oilasiga ham yoqmagan bo‘lsa kerak, menimcha. Mabodo bu intervyumiz bilan kimningdir dilini og‘ritib qo‘ygan bo‘lsam, kechirim so‘rab qolaman.
Durdona Qurbonova, aktrisa, xonanda | 122 | 1,466 |
Madaniyat | Grozniyda lezginka ijro etgan Timati va uning qallig‘i ijtimoiy tarmoqlarda masxara qilindi (video) | Internetda Timati va uning qallig‘i Anastasiya Reshetova Grozniydagi banketda lezginka ijro etayotgani videosi paydo bo‘ldi. Bu haqda “MK.ru” xabar bermoqda.
Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarga ko‘ra, juftlik Ramzan Qodirovga yoqishga urinib, o‘zini sharmanda qildi.
Hammadan ko‘proq ikkiyuzlamachilikda ayblangan Reshetova tanqidga uchradi. Blogerlar qizning kamtarona liboslari va Grozniyda o‘zini sipo tutishini Anastasiyaning Chechenistondan tashqaridagi ochiq-oshkor fotolari bilan taqqosladi.
Timati va qallig‘ining lezginka raqsi esa nafaqat ijtimoiy tarmoqlarda, balki banket zalining o‘zida ham ayrimlarga yoqmaganini payqash qiyin emasdi.
Juftlik bilan bog‘liq ovozalar shu bilan tugagani yo‘q: Timati banketdan so‘ng go‘yo to‘yini Chechenistonda o‘tkazish niyatida ekanligini ma’lum qilgani bildirilmoqda. | 99 | 819 |
Madaniyat | Jeremi Ranner, Emma Uotson va Skarlett Yoxansson eng ko‘p daromad keltiradigan aktyorlar deb topildi | Forbes kinostudiyalarga eng ko‘p daromad keltiradigan Gollivud aktyorlari ro‘yxatini e’lon qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Mazkur reytingdagi birinchi o‘rinni filmdagi ishtiroki gonoraridan 94 marotaba ko‘p kassa yig‘imini kafolatlaydigan Jeremi Ranner egalladi. U “Bajarib bo‘lmas topshiriq” franshizasi va Kapitan Amerika haqidagi filmlar tufayli yetakchiga aylangani aytilmoqda.
Ikkinchi o‘rindan aktrisa Emma Uotson joy olgan. U qatnashgan so‘nggi uch film, jumladan, “Sohibjamol va Maxluq” myuzikli namoyishi studiyalarga aktrisaga to‘langan har bir dollarning 70 dollar bo‘lib qaytishini ta’minlagan.
Emma Uotson “Sohibjamol va Maxluq” filmida
Eng ko‘p daromad keltiruvchi kino yulduzlari uchligini Skarlett Yoxansson to‘ldirgan. Uning “foyda keltirish” ko‘rsatkichi 1 ga 66 nisbatini tashkil etmoqda. Aktrisa uchun “Qasoskorlar: Altron erasi” va “Birinchi qasoskor: Qarama-qarshilik” filmlari ayniqsa muvaffaqiyatli chiqqan.
Skarlett Yoxansson “Birinchi qasoskor: Qarama-qarshilik” filmida
Forbes ushbu reytingni tuzishda 2017-yilning 1-iyuniga qadar namoyishga qo‘yilgan kartinalarni inobatga olgan. | 100 | 1,126 |
Madaniyat | Sumka, marjon va ko‘zoynak: Mashhurlarning bitta kvartira narxiga teng qimmatbaho aksessuarlari (foto) | Nega mashhurlar millionlab pul topadi? Albatta, yaqinlarini yoki hech bo‘lmaganda o‘zini xursand qilish uchun. Shu sababli, yulduzlar tomonidan qimmat narxga sotib olingan yoqimli “kichkina buyumlar” hech kimni ajablantirmaydi. Wday nashri bahosi kvartira bilan barobar bo‘lgan aksessuarlarni xarid qilgan yulduzlar haqida so‘z yuritdi.
Fyodor Bondarchuk, marjon — 65 000 dollar
Fyodor bu qimmatbaho sovg‘ani aktrisa Paulina Andreyevaga Yevropada dam olish vaqtida taqdim etdi. Italiyadagi do‘konlardan birida sotib olingan eksklyuziv marjon oq oltindan yasalgan va olmos bilan bezatilgan.
Kseniya Sobchak, sumka — 54 000 dollar
Boshlovchi bu narxga Hermes Birkin sumkasini sotib olgan. Model timsoh terisidan yasalgan va tilla bilan bezatilgan. Bu sumkani Sobchak aynan homiladorligida sotib olgan, balki bu uning barcha ayollarga xos injiqligidir.
Gvinet Peltrou, quyoshdan saqlaydigan ko‘zoynak — 408 000 dollar
Gollivud yulduzi Gvinet har qanday davlat markazidan olish mumkin bo‘lgan yaxshi kvartiraning narxiga aksessuarni sotib oladigan darajada mashhur. Masalan, De Rigo Vision va Chopard brendiga mansub quyoshdan saqlaydigan ko‘zoynaklar oltindan yasalgan va 51 dona olmos bilan bezatilgan. Ular allaqachon aktrisaning eng evimli aksessuariga aylanib ulgurgan.
Beyonse, Barbi qo‘g‘irchog‘i — 85 000 dollar
Yulduzlar, avvalo, sevimli farzandini xursand qilishni xohlaydi. Misol uchun, ular olmos bilan bezatilgan Barbi qo‘g‘irchog‘ini sotib olishi mumkin. Beyonse 160 ta qimmatbaho toshlar va oq tilla bilan bezatilgan qo‘g‘irchoqqa buyurtma berib, qizalog‘ini shunday sovg‘a bilan xursand qilgan.
Robert Pattinson, tilla ruchka — 46 000 dollar
Bunday sovg‘a “Sumerki” dostonining aktyori tomonidan filmdagi partnyori, shuningdek, sobiq sevgilisi Kristen Styuartga tug‘ilgan kuni uchun qilingan. Ruchka oq tilladan yasalgan bo‘lib, dunyo bo‘yicha ulardan atigi 40 dona bor. Boshqa hech kimda shunga o‘xshash narsa yo‘qligini bildirish uchun Pattinson ruchkaga “From R” deb yozdirgan. Ammo juftlik bugunda birga emas va Kristen ushbu qimmatbaho sovg‘a bilan dasxat yozishda davom etmoqdami yoki yo‘q, bunisi noma’lum.
Ledi Gaga, arvoh detektori — 50 000 dollar
Ammo eng g‘alati aksessuarni doimgidek Ledi Gaga sotib oladi. Xonanda arvohlarga ishonadi va unga Rayan ismli sharpa ta’qib qilgandek tuyiladi. U arvohni aniqlash uchun o‘zi bilan 50 000 dollarlik detektorni olib yuradi. Qurilma xonandaga foyda keltiradimi yoki yo‘qligi noma’lum. | 102 | 2,459 |
Madaniyat | O‘zbekiston telekanallarida Kushon imperiyasi tarixiga oid film namoyish etiladi | “O‘zbekiston madaniy merosi jahon qo‘lyozmalarida” loyihasining ijodiy guruhi “Buyuk Kushon imperiyasi: bu haqida hali aytilmagan” yangi hujjatli filmi syomkalari uchun Hindistonga yo‘l oldi. Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Loyiha O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Film Kushon imperiyasining tarixi haqida so‘zlaydi. Unda Kushon xonligining eng gullab-yashnagan, noyob gandxar madaniyati shakllangan davriga alohida e’tibor qaratiladi.
Shuningdek, O‘rta Osiyo va Hindiston hududlarida yashagan xalqlarning madaniy va iqtisodiy aloqalari diqqat markazida bo‘ladi. Hindistondagi syomkalar lokatsiyasi Hindiston Milliy muzeyi, Matxura muzeyi, Agra muzeyi va boshqa madaniy-tarixiy obyektlarni o‘z ichiga oladi.
Hindistonning kushonshunos olimlari ilk marta o‘zbek tomoshabinlari uchun Kushon sivilizatsiyasi sir-asrorlarini ochishadi. O‘zbekistonda mazkur film “Sevimli” va “Mening yurtim” telekanallari orqali efirga uzatiladi. Ta’kidlash joizki, bundan avval 22—27-avgust kunlari “O‘zbekiston – buyuk yo‘llar va sivilizatsiyalar chorrahasi: sulola, din, madaniyat” meros haftaligi Toshkent, Termiz, Buxoro va Xiva shaharlarida bo‘lib o‘tishi haqida xabar berilgan.
Tadbirda dunyoning 300 ga yaqin olimi ishtirok etish istagini bildirgan, 50 dan ziyod xorijiy ommaviy axborot vositalari ushbu tadbirni yoritishi kutilmoqda.
Haftalik doirasida “Kushon xazinalari” noyob ko‘rgazmasi o‘tkazilishi haqida xabar qilingan. Ushbu ekspozitsiya Toshkentdagi O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasida namoyish etiladi. Xalqaro olimlarning so‘roviga ko‘ra, miloddan avvalgi I asri boshida O‘rta Osiyo hududida qad rostlagan, nisbatan kam o‘rganilgan va qachonlardir buyuk qudratga ega bo‘lgan Kushon imperiyasining noyob artefaktlarini mustaqillik yillari davomida ilk bora ko‘rgazmaga qo‘yish rejalashtirilmoqda.
Ko‘rgazmaning eksklyuziv, o‘ziga xos jihati Surxondaryo viloyatidagi Dalvarzintepa qazishmalarida topilgan afsonaviy “Dalvarzin xazinasi” namoyishi bo‘ladi. | 80 | 2,066 |
Madaniyat | Rim Kolizeyining 40 yil davomida yopiq bo‘lgan yuqori qism sayyohlar uchun ochildi | Kolizeyning beshinchi, yuqori sathi sayyohlar tashrifi uchun noyabr oyidan boshlab ochiladi. Bu haqda Italiya madaniyat vaziri Dario Francheskini ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.
“Bu yerdan Kolizey va Rimning ajoyib manzaralarini tomosha qilish mumkin. Tashrif buyuruvchi buni hayotidagi eng go‘zal ko‘rinish sifatida eslab qoladi”, — dedi vazir.
Yuqori sathga kirish sayyohlarga oxirgi 40 yil mobaynida man etilgandi. Endi bu yerga ko‘tarilish uchun kamida 25 kishidan iborat ekskursiya guruhida oldindan joy buyurtma qilish lozim.
Ma’lumot uchun, antik davrlarda Kolizeyning yuqori qismi aholining past tabaqalari uchun mo‘ljallangandi. | 82 | 651 |
Madaniyat | Ledi Gaga Bred Pitt bilan birga yangi filmda suratga tushadi | Ledi Gaga taxallusi ostida ijod qiladigan Stefani Joan Anjelina Jermanotta rejissor Devid Litch filmida rol ijro qiladi. Bu haqda Vogue xabar beradi.
2018-yilda “Star is born” (Yulduz tug‘ildi) filmida Bredli Kuper bilan birga bosh qahramonni gavdalantirgan, shuningdek, premyerasi 2021-yilda bo‘lishi rejalashtirilgan Ridli Skottning Guchchi fojiasi haqidagi filmida ham suratga tushgan xonanda arsenalidagi filmlar soni yana bittaga ko‘payadi.
U suratga tushishi ma’lum qilingan “Bullet Train” (Tezyurar poyezd) deb nomlangan film mashhur yapon romani — “Maria Beetle” asosida suratga olinadi. Unda Tokio poyezdidagi qotillik guruhi haqida hikoya qilinadi. Ssenariyga Zak Olkevich mas’ul, deyiladi xabarda.
Qo‘shimcha qilinishicha, “Oskar” mukofoti sovrindori bo‘lgan, 34 yashar Ledi Gaga filmda ikkinchi darajali rolni ijro qiladi. Bosh qahramon rolini esa Bred Pitt gavdalantiradi. Shuningdek, filmda Joi King, Aaron Teylor-Jonson, Zazi Bits, Maykl Shennon, Brayan Tayri Genri hamda Endryu Kodzi va Masi Oka qatnashadi. Film premyerasi qachon bo‘lishi ma’lum qilinmagan. | 60 | 1,075 |
Madaniyat | DJ Piligrim Lolaga sovg‘alar ulashmoqda | O‘zbek estradasida o‘ziga xos yo‘nalishda ijod qiluvchi DJ Piligrim Lola uchun maxsus sovg‘alar tayyorlab, uni hadya etmoqda, deb xabar berdi Popcorn.uz.
Yaqinda poytaxtda o‘tgan “To‘ylar muborak” gala kechasi haqida ma’lumot bergan edik. Kechaga Dj Piligrim va Lola birgalikda kirib kelgan, bundan tashqari, ular bir stolda o‘tirib, barchaning diqqatini o‘zlariga tortgan edi.
Bu ikki yulduzning birgalikdagi tashrifi shou-biznesda shov-shuvlarga sabab bo‘ldi.
Ma’lum bo‘lishicha, DJ Piligrimning yangi taronasi aynan Lola uchun atalgan. “Yulduz” deya nomlangan qo‘shiqni DJ Piligrim Lolaga birgalikda kuylashni taklif qildi. Shou-biznesning ikki nafar mashhur yulduzi kuylaydigan duet shu kunlarda tayyor bo‘lib, muxlislarga taqdim etiladi.
Bu safargi duet tarona katta shov-shuvlarga sabab bo‘lsa, ajab emas. Sababi, ijodkorlaring ma’lum qilishicha, qo‘shiq kutilmagan yo‘nalishda bo‘ladi, bu esa muxlislarga albatta ma’qul keladi.
Lola ijtimoiy tarmoqlar orqali “Bu hali hammasi emas...”, — deya ta’kidlamoqda. Demak, barcha syurprizlar oldinda! | 39 | 1,054 |
Madaniyat | “Hamma — paxtaga”: O‘zbek shou-biznesi terimga chiqdi | O‘zbekiston shou-biznesi vakillari paxta terimiga chiqdi. Bu jarayonda O‘zbekiston xalq artistlaridan tortib endi tanila boshlangan aktyor-aktrisalar ham qatnashmoqda.
Yig‘im-terim ishlarida qatnashish bilan birga, san’atkorlar dalalarda mehnatkashlar, terimchilar bilan ijodiy uchrashuvlar o‘tkazmoqda, konsertlar uyushtirmoqda.
21-oktabr kuni Instagram o‘zbek shou-biznesining turli “kalibr”dagi vakillari paxta dalalaridan olib, yuklagan suratlari bilan to‘lib toshdi. | 53 | 472 |
Madaniyat | “Narkotikdan o‘ldi, suiqasd bo‘lgan deyishadi, ammo…”. Oxunjon Madaliyevning sirli o‘limiga nima sabab bo‘lgan? (video) | O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Oxunjon Madaliyev haqida “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad xotira ko‘rsatuv tayyorladi.
Ushbu dasturda Oxunjon Madaliyevning vafoti haqida odamlar orasida yurgan mish-mishlarga ham oydinlik kiritildi.
Men o‘sha kunlari Oxunjon akamga haydovchi edim, Tico’da yurardim. O‘sha kuni Oxun akani akalari olib ketgan edi. To‘yga bordik, vodiyda to‘y ikki qism bo‘ladi. Ertalab kuyov ota-onasining hamkasblari keladi. Keyin kuyov navkar, bazm bo‘ladi. Juda chiroyli to‘y bo‘lgan, to‘y tugadi. Hamma chiqdi. Oxun akamni kutib turibmiz, Oxun akam chiqib menga, “Siz sostavni akamni mashinasiga o‘tkazing, Tico’da ketamiz”, dedi.
Yo‘lga chiqdik. Oxun akam to‘ydan charchab chiqqanlar, doim to‘ydan chiqqanlarida uzoq yo‘lda uxlab ketardilar. Uyqulari tez kelardi. Ertalabdan kechgacha xizmat, shuning uchun yo‘lda uxlardilar. Farg‘onaning “Girgili” degan joyida doirachimiz Anvar aka turardilar, o‘shaning hovlisiga bordik, yetib borgandan keyin uyg‘otdim, “Oxun aka, keldik, turing” desam, indamayaptilar. “Shunaqa qattiq uxlab qoldilarmi?”, deb yana “Oxun aka”, deb turtsam ham uyg‘onmayaptilar. Keyin ichkariga kirib akalari Azim akamni aytib chiqdim, uyg‘otib ko‘rdik turmayaptilar. Qo‘rqib ketdik. Shifoxonaga qarab haydadik. Tez yordam ko‘rsatishdi, doktor chiqib, “Yarim soat, 40 minut bo‘libdi, Oxun akani berib qo‘ydik”, deb chiqdi. Biz shok holatidamiz, soppa-sog‘ odam, kasal emasdi, ko‘pchilik “narkotik modda qabul qilgan”, degan gap chiqargan, yo‘q, Oxun akamni hech qachon narkotik modda istemol qilganini ko‘rmaganman, bu bo‘lmagan gap. Odamlar har xil gapni gapiraverar ekan. El og‘ziga elak tutib bo‘lmaydi deb bejiz aytishmas ekan.
Po‘latjon Omonov, Oxunjon Madaliyevning haydovchisi
Menga Oxunjon vafot etgani haqida telefon qilib aytishdi, men esa ishonmadim. Chunki o‘sha paytda taniqli san’atkorlar to‘g‘risida, “Sherali Jo‘rayev o‘tib qolibdi, falonchi o‘tib qolibdi”, kabi mish-mishlar ko‘p tarqalar edi. Men yana shunaqa gapdir-da endi deb o‘yladim. Keyin sekin bordim. Borsam shunaqa vaziyat, baribir ham ishonmayapman. Keyin ertasi kuni chiqardik. Hozirgacha ham aslida ishonmaymiz.
Oxunjon haqida turli bo‘htonlarni aytishdi. Oxunjon halol inson edi. U paytda fonogramma bo‘lmagan, bir oylab qo‘shiq aytardi, rahmatli shunday qattiq charchaganidan, mashinada uxlab qolardi.
Oxunjonni tomog‘i og‘rib qolib, isitmasi chiqib qolgandi. Shu yuragiga ortiqcha bosim bergan ekanmi, shundan o‘tib ketdimi, bilmadim.
Qilichbek Tojiyev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, Oxunjon Madaliyevning ustozi
Bir kun avval Oxun akam bilan birga bo‘lganmiz. Meni Yozyovonda to‘yim bo‘lgan, Oxun akamni to‘ylari Farg‘ona shaharda bo‘lgan. U paytda Motorola degan telefon bo‘lardi, ustoz-shogirdlar olganmiz. “Men to‘yni tugatib sizga qo‘ng‘iroq qilaman, Farg‘onada ko‘rishamiz, yaqinda Namanganga borganimda yo‘ldan baliq berib yuborishdi, shuni pishirib yeymiz”, dedi rahmatli. Bozorlarga tushdik, ancha birga yurdik, Polsha bozor degan bozor bor edi, o‘sha yerga tushib kiyim-kechaklar oldik. Ertasi kuni men to‘yni tugatdim, Oxun akam rosa menga telefon qilgan ekanlar, u paytda telefon hamma joyda ham ishlamas edi, Yozyovonda men borgan joyda antenna bo‘lmagan, menga tusholmaganlar. Keyin men antennali joyga chiqqanimda, menga telefon qildi degan bildirishnoma kelgan, Oxunjon akamga qaytib telefon qilsam, telefonlari o‘chiq. Uyga bordim, telefon keldi, ko‘tarsam, “Oxun akam shunaqa bo‘lib qoldi”, deyildi. Men “morg”ga kelib ko‘rmagunimcha ham ishonganim yo‘q, ko‘rganimdayam ishonganim yo‘q. Ichimda “unaqa bo‘lishi mumkin emasdi”, deyapmanda.
Haqiqiy bir yaqin insonni yo‘qotish qanchalik azob ekanini, qanchalik qiyinligini o‘shanda bilganman. Chunki meni juda ham erkalatib, Jekson deb chaqirib, ota-onamdek yer-u ko‘kka ishonmasdilar. Shogird sifatida yaxshi ko‘rardilar, shogirdlari ko‘p edi, lekin uzoq yillar davomida yonlarida men yurganman.
“Morg”da ko‘rib tamom bo‘lganman, yonlariga ham borolmay qolganman. Birov kutmagan narsalar bo‘lgan. Haligacha xayolimda u inson tirik, tushlarimda ham ko‘rib turaman. “Yolg‘ondan bir o‘lgan edim, men keldim”, deb aytadilar tushlarimda, “rostan ham tirikmikanlar”, degan fikr hozirgacha xayolimdan o‘tadi.
U inson biz uchun hech qachon o‘lmaydi, ular o‘lmas asarlar yaratib ketgan o‘lmas ijodkordir.
Abdujalil Qo‘qonov, xonanda, Oxunjon Madaliyevning shogirdi
Ma’lumot uchun, Oxunjon Madaliyev 1963-yil 21-may sanasida Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani, Yangiarab qishlog‘ida dunyoga kelgan. Oxunjon Madaliyev 1999-yilda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoniga sazovor bo‘lgan. Uning “Turkman qiz”, “Unutmoq osonmas bizlarni”, “Ketaman”, “Nasibam”, “Maqsading nima?”, “Seni bugun ko‘rmasam bo‘lmas”, “Javohirim”, “Yolg‘iz ayol” kabi yuzlab qo‘shiqlari muxlislar orasida ommalashgan.
Oxunjon Madaliyev 2000-yil 29-iyun kuni yurak xurujidan vafot etgan. | 119 | 4,864 |
Madaniyat | O‘lmas Olloberganov: Odamlarning qulog‘i fonogrammaga o‘rganib bo‘ldi | San’at olamida o‘z o‘rni va ovoziga ega bo‘lgan xonanda O‘lmas Olloberganov so‘nggi vaqtlarda kamnamo. Uning ijodiy faoliyatidagi yangiliklar, rejalari bilan tanishish maqsadida jurnalist Feruz Muhammad xonanda bilan suhbat uyushtirdi.
— Eshitishimizcha, bu yil xorijda gastrol konsertlari o‘tkazibsiz. Muxlislar qanday kutib olishdi?
— Chet elda yashayotgan yurtdoshlarimizdan juda ko‘p takliflar tushadi. Biz ham ularning takliflarini imkon qadar yerda qoldirmaslikka harakat qilamiz. Bundan 7—8 oy ilgari AQShning Nyu-York shahrida ikki marta gastrol konsertlari uyushtirdik. Muxlislar juda ham yaxshi kutib olishdi.
— Nega ijodda kamnamosiz: yangi qo‘shiqlar yaratyapsizmi-yo‘qmi, muxlislaringiz butunlay bexabar?
— Haqiqatan ham, ijodimda katta lirik chekinish bo‘ldi. Buning sabablari ko‘p, aytaman desam, og‘riqli so‘zlar ham talaygina. Birinchi sababi — yaxshi qo‘shiq yo‘q. O‘zi azaldan shundayku-ya, ba’zi san’atkorlarga o‘xshab bugun bitta qo‘shiq yozib, ertaga uning unutilib ketishini istaymayman. Ikki yilda 20 ta emas, bitta qo‘shiq aytib, reklama qilmasak ham, muxlislar o‘sha qo‘shiqni o‘zi topib, tinglamoqda. Hatto yaqinda bir guruh muxlislar “Ota” nomli qo‘shig‘imga klip ishlab berish taklifi bilan keldi va hozirda klip olinmoqda. Hozir prodyuserim Davlatbek Yo‘ldoshev bilan yana qizg‘in ijod bilan bandmiz.
— Ba’zi san’atkorlarning aytishicha, siz ikki marta jonli ijroda konsert berib, katta moliyaviy zarar ko‘rgan ekansiz. Shu rostmi?
— 2012—2013 yillarda ketma-ket ikki marta jonli ijroda konsert berdim. Har ikkala dasturga ikki oydan ortiq, dam olmay, 30 ta musiqachi bilan tinimsiz ishlaganmiz, shuning uchun ham bu konsertlarni jahon standartlariga to‘la javob bera oladigan darajada o‘tgan, deb bemalol ayta olaman. Jonli ijrodagi bugungi konsertlarni ham ko‘ryapman, eshityapman, lekin nokamtarlik bo‘lsa ham aytishim kerak — mening konsertlarim professionalizm jihatidan bularga nisbatan ancha yuqori darajada o‘tgan, professional ijroimga ham mutaxassislar juda yuqori baho bergan edi. Lekin konsertlarimdan so‘ng, bizning muxlislarga bunday professional, joni ijrodagi konsertlar kerak emas ekan, ular baribir bunday ijrochilarni qo‘llab-quvvatlay olmas ekan, degan xulosaga kelganman. To‘g‘ri, o‘zimizdan ham kamchiliklar o‘tgan — konsert arafasida reklamaga yetarlicha e’tibor qarata olmaganmiz. Xullas, konsertlarim oqibatida kelib chiqqan katta moliyaviy zarar ijodimdagi tanaffusga ham sabab bo‘ldi.
— Jonli ijroda konsert berish uchun juda katta mablag‘ kerakmi?
— 100 foiz jonli ijroda konsert berish uchun qancha ko‘p mablag‘ bo‘lsa shuncha yaxshi. Bunday konsert uchun taxminan 200 million so‘mcha pul sarflanadi.
— Buncha mablag‘ nimaga kerak?
— Avvalo 30 dan ziyod sozandalar guruhi bilan ikki oy muntazam ishlaysiz — ularga maosh, yo‘l puli berish, ovqat bilan ta’minlash kerak. Har bir qo‘shiq uchun alohida ishlaydigan professional sozandalar jamoasini to‘plash ham oson emas, axir. Bundan tashqari, konsert reklamasi, saroyning ijara haqi, xullas, ancha-muncha xarajat bo‘ladi.
— Konsertingiz uchun barcha mablag‘ni o‘zingiz tikkanmidingiz?
— Yo‘q, moddiy tomonini homiylarimiz ko‘targan. Ular katta zarar ko‘rgan bo‘lsa ham, menga “Kamomadni to‘ldirasan”, deyishmadi. Vaziyatga, konsert qanchalik yaxshi o‘tgani va ijodiy jamoa qanchalik sidqidildan mehnat qilgani o‘zlari guvoh bo‘lib turgan edi. Kelishuvning boshida ham: “Siz chiptalarga, konsertning moddiy tomoniga aralashmaysiz”, deyilgan edi.
— Bugun Jahongir Otajonov, Ozodbek Nazarbekov, Otabek Muhammadzohid, Gulsanam Mamazoitova, Rustam G‘oyipov, Farhod Saidov singari xonandalar jonli ijroda konsert bermoqda. Ularning konsert dasturlariga munosabatingiz qanday?
— To‘g‘risi, bu xonandalarning konserti haqida fikr bildirib, ularga yomon ko‘rinib qolishni xohlamayman. Ulardan faqat birining konsertiga kirganman, unda ham, to‘g‘risi, xonandaning repertuariga tushunmay, konsert oxirigacha o‘tira olmay, chiqib ketganman. Har nima bo‘lganda ham, xonanda sahnada madaniyatli bo‘lishi kerak, deb o‘ylayman. Qo‘shiq aytishdan tashqari, sahnada turish, kuylash, gaplashish madaniyati bor. Shunga qaramay, jonli ijroda konsert berayotgan, shunga jazm qilgan san’atkorlarni qo‘llab-quvvatlash kerak, deb hisoblayman. Chunki bu juda katta mehnat, uyqusiz tunlarni talab qiladi. Odamlar fonogramma-konsertlarni qanday eshitib o‘tirishadi, hayron qolaman. Fonogramma — bu muxlislarni aldashdan boshqa narsa emas. Bugun to‘ylarda ham jonli ijroda kuylaganingizga qarashmayapti, jonli ijroda kuylab to‘yni ham qizdira olmaysiz — odamlarning qulog‘i fonogrammaga o‘rganib bo‘lgan. So‘nggi vaqtlarda to‘yini jonli ijroda o‘tkazib qaytgan xonandalar haqida to‘y egalari: “To‘yni yaxshi o‘tkaza olmadi”, deya gapirib yurgani haqida ko‘p eshityapmiz. Agar yana konsert bersam fonogrammada beraman, degan qarorga keldim.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 69 | 4,978 |
Madaniyat | Rossiyalik aktrisa Ravshana Kurkova ona bo‘lganini ma’lum qildi va ilk bor o‘g‘lining suratini ko‘rsatdi | Asli o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik aktrisa Ravshana Kurkova shaxsiy hayotiga aloqador muhim sirni ochiqladi, deb yozadi “Ok.Magazine.ru”.
Ma’lum bo‘lishicha, 40 yoshli aktrisaning uzoq vaqtdan beri ommadan yashirib kelayotgan o‘g‘li bor. U Instagram’dagi sahifasiga bolakay bilan tushgan bir qator fotosuratlarni joylashtirdi. Bolaning ismi Gaspar Amaryan.
“Yuragim o‘g‘lim bilan ulg‘ayyapti. Albatta, bu hayotimdagi eng yaxshi yil — eng muhim, eng asosiy, uzoq kutilgan va eng baxtli yil”, — deya rasmlar tagiga izoh yozgan Ravshan Kurkova.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, bola surrogat ona yordamida dunyoga kelgan. 2020-yilning oktabr oyida Telegram’dagi “Antiglyanets” kanali aktrisa va uning sevgilisi — Rocky Road boks klubi egasi Sergey Amaryanning ota-ona bo‘lgani haqida ma’lumot bergandi. “Mayizli bulochka — Gaspar Sergeyeyich bilan tanishing”, deb yozgan baxtiyor ota chaqaloq bilan tushgan surati ostidagi izohida.
Eslatib o‘tamiz, aktrisa 1980-yil Toshkentda aktyorlar oilasida dunyoga kelgan. Bolaligidan aktrisa bo‘lishni istagan Ravshana 12 yoshida “Qirqquloqlar siri” filmida debyut rolini ijro qilgan.
90-yillarning so‘ngida Kurkova Moskvaga ko‘chib ketgan va Moskva pedagogika universitetining filologiya fakultetiga qabul qilingan. Talabalik davrida rejissorlik kurslariga qatnab, aktyorlik mahoratini o‘rgangan. | 104 | 1,334 |
Madaniyat | Sankt-Peterburgda O`zbekiston madaniyat merosiga bag`ishlangan xalqaro anjuman ishtirokchilar nigohida | Xabaringiz bor, avval xabar berganimizdek, 2018 yilning 6-8 iyun kunlari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida “O`zbekiston madaniy merosi-xalqlar va mamlakatlar o`rtasidagi muloqotga yo`l” Ikkinchi Xalqaro Kongressi bo`lib o`tadi.
Kongress ishtirokchilari bu borada o`z fikrlarini bildirdilar.
Sedov Aleksandr Vsevolodovich, Davlat sharq muzeyi direktori, tarix fanlari doktori, (Moskva, Rossiya Federasiyasi):
— 2017 yilning may oyida Toshkent va Samarqand shaharlarida o`tkazilgan “O`zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o`rtasida muloqotga yo`l” mavzusidagi I Xalqaro Kongress jahon ilmiy jamoatchiligining O`zbekistonning boy madaniy merosiga bo`lgan katta qiziqishini namoyish etdi. Muzey, kutubxona va ilmiy muassasalarda o`ta ehtiyotkorlik bilan saqlanayotgan, taniqli sharqshunos, tarixchi va arxeologlar tomonidan o`rganilayotgan O`zbekiston tarixi va madaniyatiga oid yodgorliklar nafaqat tadqiqotchilar, balki keng jamoatchilikning chuqur va samimiy qiziqishini uyg`otmoqda.
O`ylaymanki, Sankt-Peterburgda “O`zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o`rtasida muloqotga yo`l” mavzusidagi IIXalqaro Kongressni o`tkazish ham O`zbekiston tarixiy-madaniy merosini keng targ`ib qilishga ulkan imkoniyat yaratadi. O`zbek xalqining intellektual merosi va an`analarini asrab-avaylash, ko`paytirish va ommalashtirishga, xorijda mamlakatning ijobiy imijini shakllantirishga hamda O`zbekistonning boy sayyohlik salohiyatini namoyon etishga xizmat qiladi.
Doktor Dagmar Pospishilova – kolleksiyalar bo`limi kuratori, Milliy muzey – Naprsteka muzeyi, Praga (Chexiya Respublikasi):
— Har qanday millatnin gyorqin ranglar va mohir hunarmandlari ishqibozlarini jalb etuvchi madaniy merosi xuddi O`zbekiston madaniy merosi bo`lgani kabi noyobdir. Pragadagi bizning Milliy muzeyimizda O`zbekiston madaniy merosiga oid eng yaxshi an`analarini aks ettiruvchi 400dan ziyod artefaktlardan iborat ajoyib kolleksiya saqlanmoqda. Bizning muzeyda saqlanayotgan kolleksiyani boshqa xorijiy davlatlarda saqlanayotgan o`zbek kolleksiyalari bilan bog`lash imkoniyati yaratilganidan hamda bu o`ziga xos merosni o`rganishga o`z hissmizni qo`shayotganimizdan xursandmiz.
Aleksandr Vilgelm - «Mueller & Schindler» nashriyot uyining marketing va rivojlanish bo`yicha vise-prezidenti:
— Men ushbu muhim tadbirda ishtirok etayotganim uchun kompaniyamiz nomidan samimiy minnatdorchiligimni izhor qilishni istardim. Ishonchim komilki, Xalqaro miqyosda o`tkazilayotgan bu noyob loyiha o`zbek xalqining buyuk merosini o`rganish, bu noyob merosni asrab-avaylash va uni kelajak avlod uchun saqlab qolish, o`zbek xalqining boy tarixini xalqaro tushunish darajasini oshirishga va shu bilan birga xalqlar o`rtasida hamfikrlikni yuzaga keltirishga katta hissa qo`shadi. Ushbu loyihaning barcha ishtirokchilariga jahon madaniy muloqotini qo`llab-quvvatlashga qushgan hissasi uchun minnatdorchilik bildiraman.
Eslatib o`tamiz, Kongress O`zEOAVMA va O`zbekiston OAV lari tomonidan “O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida” Xalqaro multimedia loyihasi doirasida bo`lib o`tadi. Mazkur kongressda 200 nafardan ortiq olimlar, ekspertlar, diplomatlar, davlat va jamoatchilik arboblari, xalqaro tashkilotlar, 30 dan ortiq davlatlarning OAV vakillari ishtirok etishadi. Kongress ishiga O`zbekiston. Avstriya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Eron, Rossiya, Polsha. Fransiya, Turkiya, Chexiya, Shvesiya, Yaponiya va yana bir qancha mamlakatlar yirik muzeylarining diretorlari, rahbarlari, YuNESKO, ISESCO, IRSICA, ICOMOS vakillari, dunyoga mashhur akademiklar, professorlar, fan doktorlari jalb etiladi.
Mazkur anjuman tafsilotlarini saytimiz orqali yoritib boramiz. | 102 | 3,657 |
Madaniyat | O‘zbekiston va Qozog‘iston. Mural san’ati haqida rassomlar nima deydi? | Qozog‘istonning Olmaota shahriga mural san’ati kirib kelganiga ko‘p bo‘lmagan bo‘lsa ham, rassomlar hokimiyat buyurtmasiga asosan murallar chizadi va bu devoriy rasmlar shaharning ajralmas qismiga aylanib ulgurgan. O‘zbekistonda bu san’at turi qanchalik rivojlanmoqda?
Bir qarashda jozibador va noodatiy tuyuladigan ko‘cha san’atini qanday chizish mumkin? “Daryo” Toshkent binolarini bezayotgan mural va strit-art ijodkorlari bilan tanishtirgan edi. “Daryo” muxbiri Sevara Mirzarahimova Olmaota va Toshkentdagi devoriy suratlar mualliflari bilan suhbatlashdi.
Videoning to‘liq variantini “Daryo”ning YouTube’dagi sahifasi orqali tomosha qilishingiz mumkin. | 70 | 657 |
Madaniyat | ALEKSANDR VILGELM: “O`ZBEK XALQIGA TEGIShLI MEROSNING O`Z VATANIGA QAYTARILIShI YO`LIDA QILINGAN SA`I-HARAKATLARNI YuKSAK BAHOLAYMAN” | Bugun Toshkentda “Zamonlar chorrahasi: o`tmishning buyuk merosi-ma`rifatli kelajak poydevori” nomli xalqaro media-forum ish boshladi. Media-forumninng muhim tadbirlaridan biri bu — turli sabablarga ko`ra O`zbekiston hududidan olib chiqib ketilgan va xorijda saqlanayotgan qo`lyozmalar, ya`ni “Katta Langar Qur`oni”, Sulton Husayn Boyqaroning devoni “Devoni Husayniy”, “Ravzat us-safo”, “Me`rojnoma”, “Temur tuzuklari”ning faksimile nusxasi O`zbekiston hukumati va xalqiga topshirilishidir.
Ushbu qo`lyozmalarning bebaho faksimile nusxasi manuskriptlarni nashr etishda katta tajribaga ega mashhur Evropa tipografiyasida nashr etildi. Ular asl nusxasiga yaqin qog`oz ko`rinishida tilla suvi yugurtirilib hosil qilindi. Nusxalar shu darajada hashamdorki, ularni asl haqiqiy kitobdan farq qilish qiyin. Mazkur tarixiy jarayonda ishtirok etgan Avstriyaning “Mueller & Schindler” nashriyoti vise-prezidenti Aleksandr Vilgelm shunday deydi:
— Bugun o`tkazilayotgan yirik va muhim media-forumda ishtirok etayotganimdan juda baxtiyorman. O`zbek xalqiga tegishli merosning o`z vataniga qaytarilishi yo`lida qilingan ushbu sa`i-harakatlarni yuksak baholayman. “O`zbekiston madaniy merosi” loyihasida qadimiy qo`lyozmalarning faksimile nusxalarini yaratuvchisi sifatida qatnashyapman. Bizning nashriyotimiz qadimiy qo`lyozmalarning faksimile nusxalarini yaratish bilan shug`ullanayotganiga 50 yildan oshdi. Qadimiy qo`lyozmalar axborot tarqatishda muhim o`rin tutadi. Shu bois bunday “axborot tashuvchilar” yuqori sifatda tayyorlangan, qimmatbaho materiallar bilan bezatilgan. Ularni yaratishda eng yaxshi rassomlar ishlashgan. Qo`lyozmalarning faksimile nusxalarini yaratishda ham professional rassomlarni jalb etish, ularga ehtiyotkorkorlik bilan munosabatda bo`lish talab etiladi. Nashriyotimizda, shuningdek, qo`lyozmalarning raqamli formati ham tayyorlanadi. Bular xalqning madaniy merosini saqlashda katta yordam beradi. O`zbekistonda ham bu borada qilinayotgan ishlarni e`tirofga loyiq, deb hisoblayman.
Munisa ALIEVA
Fotograf: Omil HAKIMOV | 134 | 2,039 |
Madaniyat | “Novaya volna”ning g‘olibi Sardor Milano: Kirkorovning ishonchi men uchun yoqimli bo‘ldi | Rossiyaning Sochi shahrida 14-sentabr kuni ommabop musiqalarning yosh ijrochilari tanlovi — “Novaya volna” o‘z nihoyasiga yetdi. Birinchi o‘rinni birdaniga uch kishi egalladi. G‘oliblardan biri — o‘zbekistonlik Sardor Milano taqdirlash kunida 26 yoshga to‘ldi.
Star Hit’ning yozishicha, Sardor tanlov doirasida Filipp Kirkorov bilan tanishgan. Kirkorov unga “Aziyavideniye” shousiga borishni tavsiya qilgan va unga ishonch bildirgan.
“Men uchun bu juda yoqimli edi, umid qilamanki, u menga ishonadi”, — deb hikoya qilgan Sardor nashrga bergan intervyusida. | 88 | 557 |
Madaniyat | Xonanda Beyonse saratondan vafot etgan muxlisining xotirasi uchun bir nechta qo‘shiq kuyladi (video) | Yaqinda Beyonsening rasmiy YouTube kanalida uning muxlislaridan biriga bag‘ishlangan video paydo bo‘ldi. Uning muxlisasi 13 yashar Lirik Shanel ikki yil davomida miya saratoni bilan kurashib, 2021-yilning 5-mart kuni dunyodan ko‘z yumdi.
Xonanda Lirikning xotirasi sharafi uchun o‘zining eng sevimli uchta qo‘shig‘i – “Brown Skin Girl”, “Halo”, “Love on Top”ni kuyladi va marhumaning surati hamda roliklarini video ketma-ketlik sifatida ishlatdi.
Beyonsening Lirik Shanelga bag‘ishlangan qo‘shig‘i
So‘nggi qo‘shiq Lirikning hayotida alohida o‘ringa ega edi. 2021-yilning sentabr oyida u sevimli xonandasining mashhur taronasini kuylagan edi. Shundan so‘ng Beyonse unga guldasta yuborgan va “Taronam senga ilhom bag‘ishlagani meni juda ta’sirlantirdi. Sen meni o‘zingdan kam ilhomlantirganing yo‘q. Sen bilan tezroq uchrashishni intizorlik bilan kutyapman. Sen haqiqiy qahramonsan!” – deb yozgan.
View this post on Instagram
Shuningdek, Beyonse boshqa birovning muammosiga befarq emasligini birinchi marta ko‘rsatayotgani yo‘q. 2013-yilda u saraton kasalligiga chalingan boshqa bir muxlisining orzusini amalga oshirgan: konsert dasturida birga qo‘shiq kuylagan edi. 2017-yilda esa “Face Time” orqali saraton markazidagi bemor – Eboni Benksga qo‘ng‘iroq qilib, uni dahshatli kasallikka qarshi kurashda qo‘llab-quvvatlagan. | 100 | 1,338 |
Madaniyat | Instagram: Londonga ko‘chib ketayotgan Munisa Rizayeva, Toshkentga qaytgan Ra’no Shodiyeva, yosh iste’dodlarni kashf etadigan Alisher Uzoqov | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz.
Zarina Nizomiddinova kuzatuvchilariga chiroyli makiyaj qilish bo‘yicha video tayyorladi.
Xonanda Lola oilasi bilan issiq mamlakatlardan birida hordiq chiqarmoqda.
Og‘ir operatsiyani boshdan kechirgan aktrisa Ra’no Shodiyeva ikki haftaga Toshkentga qaytayotganini ma’lum qildi. Aktrisa, shuningdek, operatsiyadan keyin kiyinish uslubini butunlay o‘zgartirganini ham aytib o‘tdi.
Javohir Zokirov arxiv suratni sahifasiga joyladi.
Feruza Normatova san’atdagi topgan va yo‘qotganlari haqidagi savolga javob berdi.
Zarina Yo‘ldosheva o‘ziga xos niqobda ko‘rinish berdi.
Alisher Uzoqov yosh iste’dodli xonanda va sozandalarni yuzaga chiqarishga qaratilgan yangi loyiha boshlayotganini ma’lum qildi.
Sevara Nazarxon dengizni sog‘inmoqda.
Xonanda Shiringa samarqandlik qarindoshlari g‘ilmindi tayyorlab berdi.
Otabek Mirzaxolov bolaligidagi suratni sahifasiga joyladi.
Rayhon kuzatuvchilarini o‘tmish bilan emas, hozirgi kun bilan yashashga chorladi.
Munisa Rizayeva O‘zbekistondan butunlay ko‘chib ketayotganini ma’lum qildi. | 140 | 1,166 |
Madaniyat | Aziza Niyozmetova turmush o‘rtog‘ining xiyonati haqida so‘zlab berdi | Xonanda Aziza Niyozmetova jurnalist Jasur Hamroyev bilan suhbatda shaxsiy hayotiga oid ayrim ma’lumotlarni so‘zlab berdi, deb xabar beradi “Darakchi.uz”.
“Hozirda men birovning sevimli keliniman. Nabiralarim bor. Chiroyli turmush o‘rtog‘im bor. Men judayam baxtli ayolman”, — dedi Aziza Niyozmetova.
“Dushmanlaringizning sizga yetkazgan eng katta zarari nimada?” degan savolga Aziza Niyozmetova quyidagicha javob berdi:
Dushmanlarimning menga yetkazgan eng katta zarari — bu mening hayotimni buzgani. Men xorazmliklar bunaqa bo‘ladi, deb hech kutmagandim. Turmush o‘rtog‘im ustozimning qizi bilan yurib ketadi, deb o‘ylamagandim. Turmush o‘rtog‘imni xiyonati uchun kechirmaganman. Bu voqeaga o‘sha yerni o‘zidayoq nuqta qo‘yganman.
Aziza Niyozmetova, xonanda
Ardoqli buvi va olti karra ona Aziza Niyozmetova: Bir necha oy oldin kenjatoyimni dunyoga keltirgach, sog‘lig‘imdagi ba’zi muammolardan forig‘ bo‘ldim
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 68 | 985 |
Madaniyat | Ozodbek Nazarbekov viloyatlar bo‘ylab konsert dasturini taqdim etmoqda | O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov viloyat va tumanlar bo‘ylab konsert dasturini taqdim etishda davom etmoqda, deb xabar beradi “Darakchi.uz”.
Hozirda san’atkor Andijon, Namangan va Farg‘onada konsert taqdim etib bo‘ldi.
Ayni damda Buxoro viloyati bo‘ylab konsert bermoqda. | 70 | 303 |
Madaniyat | Instagram: Madina Mumtozning hashamatli uyiga sayohat, bir kunda farzandli bo‘lgan aktrisalar, Munisa Rizayevani hayratlantirgan sovg‘a | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
“Qadam” serialidagi obrazi bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan aktrisa Kamila Gimandinova qiz farzandli bo‘ldi.
Boshlovchi Botir Imomxo‘jayev va Sardor Mamadaliyev o‘ziga xos hazil videoni tayyorladi va uni “Original Sardor Mamadaliyev qalbakisi bilan uchrashib qolganda” deb nomladi.
So‘z ustasi Zokir Ochildiyev muxlislari bilan.
Taniqli bastakor va shoira Gavhar Matchonova ayollar yaxshi ko‘radigan mashhur erkak san’atkorlardan biri unga Toshkentga kiritmaslik bilan tahdid qilgani haqida so‘zlab berdi.
Turkiyalik aktrisa Neslihan Atagul folloverlariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi.
Davron Kabulov va Rayhon Ulasenova tug‘ilgan kunini birga nishonladi hamda shou-biznes yulduzlarini bir joyga jamladi.
Shuningdek, aktyorlar oilasi — Samiddin Lutfullayev va Feruza Meliboyeva juftligi ham 17-iyun kuni o‘g‘il farzandli bo‘ldi.
Munisa Rizayeva dugonalari bilan sayrga chiqqan paytda unga sirli oshig‘i syurpriz uyushtirdi. Xonandaga atab sirena chalindi, guldasta taqdim etildi.
Hosila Rahimova yangi surat bilan folloverlariga ko‘rinish berdi.
Madina Mumtoz o‘z kuzatuvchilariga uyining ayrim xonalarini ko‘rsatdi. | 135 | 1,278 |
Madaniyat | Cankt-Peterburgda O`zbekiston madaniy merosiga bag`ishlangan Kongress davom etmoqda | Avval xabar qilinganidek, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida “O`zbekiston madaniy merosi xalqlar va mamlakatlar o`rtasida muloqotga yo`l” Ikkinchi xalqaro Kongressi o`z ishin boshladi. Rossiya Fanlar akademiyasining Maksim Gorkiy nomidagi Olimlar uyida ushbu tantanaldi ravishda ochildi.
Eslati o`tamiz, mazkur xalqaro anjuman O`zbekiston Respublikasi Prezidentining xalqimiz xalqimizning boy madaniy merosini chuqur o`rganish va keng targ`ib etishga qaratilgan oqilona siyosatidan kelib chiqib, O`zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari Milliy assosiasiyasi, O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, bir qator davlat, jamoat va xalqaro tashkilotlar hamkorligida o`tkazilmoqda.
Kuni kecha Sankt Peterburgdagi bir qator muzeylar va madaniy muassasalarda O`zbekiston madaniy merosiga bag`ishlangan ko`rgazmalar ochilgan edi. Anjumanda ta`kidlanganidek, bu ko`rgazmalar Rossiyada o`tadigan Futbol bo`yicha Jahon chempionati kunlarida ham o`z ishini davom ettiradi va minglab xorijlik futbol muxlislari uchun xalqimiz madaniyati bilan yaqindan tanishish imkonini beradi.
Marosimda O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining o`rinbosari Kamola Oqilova, mamlakatimizning Rossiya Federasiyasidagi favqulodda va muxtor elchisi Bahrom Ashrafxonov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O`zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi direktori Roiq Bahodirov, YuNESKOning Markaziy Osiyodagi klaster byurosi rahbari Krista Pikkat va boshqalar O`zbekistonning madaniy merosini tadqiq etish borasida olib borilayotgan keng qamrovli ishlar xususida to`xtalib o`tishdi.
Kongress kun davomida sho``balarga bo`lingan holda o`z ishini davom ettiradi. | 83 | 1,666 |
Madaniyat | Bobur Yo‘ldoshev — hokim, Yulduz Rajabova — soqov: “Diydor”da “Kapalak tushi” spektaklining premyerasi bo‘lib o‘tdi | Toshkent shahridagi “Diydor” teatr-studiyasida “Kapalak tushi” nomli spektakl premyerasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.
O‘ngdan chapga: Mustafo bobo (aktyor Anvar Hamroqulov), uning o‘g‘li Nasriddin (aktyor Nurmuhammad Ibrohimjonov) va rafiqasi Lapak bibi (aktrisa Yulduz Rajabova)
Spektakl tojikistonlik yozuvchi Temur Zulfiqorovning “Xo‘ja Nasriddinning ilk muhabbati” pyesasi asosida taniqli rejissor, Tojikiston san’at arbobi Barzu Abdurazzoqov tomonidan sahnalashtirilgan.
“Kapalak tushi” Nasriddin ismli oddiy oila farzandining ilk muhabbati haqida bo‘lib, sahna asari tomoshabinni to‘g‘rilik, sof muhabbat, rostgo‘ylik haqida mulohaza qilishga undaydi.
O‘ngdan chapga: viloyat hokimi Talg‘atbek (aktyor Bobur Yo‘ldoshev), Nasriddin (aktyor Nurmuhammad Ibrohimjonov) va Qora buton (aktyor Zafar Qutlimurodov)
Spektaklda asosiy rollarni Bobur Yo‘ldoshev (viloyat hokimi Talg‘atbek), Yulduz Rajabova (soqov ona Lapak bibi), Nurmuhammad Ibrohimjonov (Nasriddin), Mahliyo Asqaraliyeva (Suhayl), Anvar Hamroqulov (Mustafo bobo), Jo‘rabek Arziyev (Rustam polvon) kabi aktyorlar ijro etgan.
Suhayl (aktrisa Mahliyo Asqaraliyeva)
Rustam polvon (aktyor Jo‘rabek Arziyev)
“Kapalak tushi” sahna asari 2021-yilning 5-, 6-, 7-dekabr kunlari soat 17:00 da “Diydor” teatr-studiyasida namoyish qilinadi. | 115 | 1,328 |
Madaniyat | Xonanda Ruhshona qiz farzandli bo‘ldi | Xonanda Ruhshona qiz farzand ko‘rdi. Bu haqda o‘zbek shou-biznesi vakillari Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi sahifalarida ma’lum qildi.
Chunonchi, xonandalar Manzura, Shahzoda, Madina Mumtoz, Nigora (Oybek va Nigora), Umidaxon Ruhshona va turmush o‘rtog‘ini farzandli bo‘lgani bilan qutlagan. Umidaxon chaqaloqning qiz ekanligini yozgan.
Skrinshot: Instagram
Skrinshot: Instagram
Skrinshot: Instagram
Skrinshot: Instagram
Skrinshot: Instagram
Ruhshona aktyor va rejissor Sanjar Matkarimov bilan turmush qurgan. | 37 | 520 |
Madaniyat | Di Kapriodan Speysigacha: AQShda Kinoaktyorlar Gildiyasi sovrini laureatlari aniqlandi (foto) | Leonardo Di Kaprio “Omon qolgan” filmidagi roli uchun AQSh Kinoaktyorlar Gildiyasining “Eng yaxshi aktyor” sovrinini qo‘lga kiritdi. Bu haqda “TASS” xabar qilmoqda.
Leonardo Di Kaprio
Kino va televideniyedan 165 ming nafar artist a’zo bo‘lgan birlashmaning har yili o‘tkaziladigan 22-sonli taqdimot marosimi Los-Anjelesda bo‘lib o‘tdi.
Ma’lum qilinishicha, “Eng yaxshi aktyor” sovrini uchun Di Kaprio bilan birga Brayan Krenston (“Trembo”), Jonni Depp (“Qora Messa”), Maykl Fassbender (“Stiv Jobs”) va Eddi Redmeyn (“Daniyalik qiz”)lar g‘oliblik uchun kurash olib bordi.
Bundan tashqari, “Eng yaxshi aktyorlar tarkibi” unvoni dramatik seriallar orasidan “Daunton abbatligi” seriali aktyorlariga berildi.
Daunton Abbatligi
“Badiiy filmdagi eng yaxshi aktyorlar tarkibi” unvoni “Diqqat markazida” filmiga nasib qilgan bo‘lsa, komediya seriallari orasida bu sovringa “To‘q sariq rang ― mavsum ilg‘ori” ega bo‘ldi.
Shuningdek, “Dramatik serialdagi eng yaxshi aktyor” unvoni Kevin Speysi (“Qartadan qurilgan uy”)ga, “Komediya serialidagi eng yaxshi aktyor” unvoni Jeffri Tembor (“Ravshan”)ga ulashildi.
Kevin Speysi
“Eng yaxshi aktrisa” unvoniga Bri Larson (“Xona”), “Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor” unvoniga britaniyalik Idris Elba (“Urug‘-aymoqsiz hayvonlar”), “Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa” unvoniga shvetsiyalik Alisiya Vikander (“Daniyalik qiz”)lar loyiq deb topildi.
Bri Larson
O‘z navbatida, Viola Devis “Qotillik uchun jazodan qanday qutulsa bo‘ladi” serialidagi roli uchun drammatik serialdagi eng yaxshi ijrochi deb tan olindi.
Viola Devis
Eslatib o‘tamiz, Leonardo Di Kaprio va Bri Larson “Omon qolgan” va “Xona” filmlarida o‘ynagan rollari uchun AQSh kinotanqidchilarining Critics’ Choice mukofoti sovrindori bo‘lganligi xabar qilingan edi. | 93 | 1,770 |
Madaniyat | Hema Malini, Shridevi, Dharmendra: Hind kinosi afsonalarining taqdiri qanday kechgan? | Bollivud kinosining eng yorqin aktyor va aktrisalari hayoti bilan bog‘liq qiziqarli ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etamiz.
Amitabh Bachchan
Nafaqat aktyor, balki siyosatchi, prodyuser va teleboshlovchi hisoblangan aktyor 11 marotaba Filmfare mukofoti, shuningdek, Hindistonning boshqa bir qancha nufuzli mukofotlarini ham qo‘lga kiritgan. “Qasos va qonun” filmidagi ijrosidan keyin yaxshi tanilgan aktyor, boshqa loyihalarda ishtirok etib muvaffaqiyatga erishgan. Bugungi kunda ham rol ijro qilishdan charchamaydigan Amitabhning o‘g‘li, qizidan farqli o‘laroq aktyorlikni tanlagan.
Mithun Chakraborti
1982-yilda “Disko raqqosi” filmi ekran yuzini ko‘rganidan keyin mashhurlikka erishgan aktyor, karyerasi davomida 350 dan ortiq filmda suratga tushgan. Yogita Bali bilan turmush qurib, to‘rt nafar farzandli bo‘lgan Chakraborti bugungi kunda ham filmlarda rol ijro qilib turadi.
Rekha
Kino sabab maktabni tashlagan aktrisa, suratga olish jarayonida Amitabh Bachchan bilan tanishgan. Jaya bilan turmush qurgan aktyorning Rekhaga ilakishib qolgani mish-mish va turli muhokamalarga sabab bo‘lgan. 1982-yilda suratga olish maydonchasida jiddiy jarohat olgan Bachchan, bir necha hafta komada yotgan. O‘ziga kelganidan keyin esa Rekha bilan munosabatlariga nuqta qo‘yib, oilasining bag‘riga qaytgan. Mukesh Aggarvalga turmushga chiqqan akrtisa, ayni vaqtda singlisi va jiyanlari bilan Mumbayda yashaydi va onda-sonda ekranlarda ko‘rinish beradi.
Rakhi Gulzar
“Izdan chiqqan hayot” filmi debyut bo‘lgan aktrisa yiliga o‘ntaga yaqin filmda suratga tushgan. Salomatligida muammo kuzatilganidan keyin kinoni tark etib o‘zini oilasiga bag‘ishlagan. Keyinchalik turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgan va qizining otasi bilan qolgani spirtli ichimlikka ruju qo‘yishiga sabab bo‘lgan. Bu uning tashqi ko‘rinishiga ham salbiy ta’sir qilganiga qaramay, o‘zida kuch topib kinoga qaytishga qaror qilgan. Uning ishtirokidagi so‘nggi film 2003-yilda ekran yuzini ko‘rgan.
Shridevi
70-yillarda debyut rolini ijro qolgan aktrisa karyerasi davomida 265 ta filmda suratga tushgan. Ijrosi sabab Filmfare mukofotini Eng yaxshi aktrisa sifatida qabul qilgan Shridevi, olasiga o‘zini bag‘ishlash maqsadida 1997-yil kinosanoatni tark etgan. 1999-yilda fikridan qaytib qolgan aktrisa, 17 yil ichida 4 ta kartinada rol o‘ynagan.
Dharmendra
19 yoshida ota-onasi tomonidan majburan uylantirib qo‘yilgan aktyor, ikki farzandli bo‘lganidan keyin ajrashib, hayotini butkul o‘zgartirishga qaror qilgan. U “Zita va Gita” filmining suratga olish jarayonida Hema Malini bilan tanishgan. Hema va Dharmendra Bollivudning eng ko‘p muhokamalarga sabab bo‘lgan juftligi bo‘lgan. Turmush qurgan yulduzlar oilasida, ikki nafar farzand dunyoga kelgan.
Hema Malini
Nafaqat rol ijro qilish, balki raqsga tushishni ham qoyillatadigan aktrisaning mashhurlikka erishishiga “Zita va Gita” filmi sabab bo‘lgan. Hindiston bo‘ylab tanilgan aktrisaning oilali Dharmendra bilan uchrashishi yaqinlarining g‘azabini keltirgan. 1978-yilda otasi vafot etganidan keyin aktrisa, Dharmendraning turmush qurish taklifini qabul qilgan. Uzoq yillar birga yashagan juftlik siyosat bilan ham shug‘ullangan. Dharmendra 2000-yilning boshida Hindiston parlamenti quyi palatasining milliy partiyasini boshqargan. | 85 | 3,242 |
Madaniyat | O‘zbekistonda bolalar uchun mo‘ljallangan “Aqlvoy” telekanali o‘z faoliyatini boshladi | O‘zbekistonda 2021-yilning 22-martidan bolalar uchun mo‘ljallangan ta’lim va ko‘ngilochar telekanal faoliyat boshladi. Bu haqda 23-mart, seshanba kuni maktabgacha ta’lim vazirligida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.
Tadbirda ta’kidlanishicha, telekanal maktabgacha ta’lim vazirligi ko‘magi bilan Vazirlar Mahkamasining 2020-yil avgust oyida qabul qilingan “Ixtisoslashgan bolalar ko‘ngilochar — ma’rifiy telekanalini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori asosida tashkil etilgan.
“Mazkur kanalning asosiy shiori: ‘Bu sening vaqting!’. Ya’ni kashfiyotlar vaqti, mo‘jizalar vaqti, yangi narsalarni o‘rganish vaqti. Kanal Rossiya, AQSh, Janubiy Koreya, Xitoy kabi o‘nlab mamlakatlarda taniqli jahon studiyalari tomonidan yaratilgan eng yaxshi animatsion seriallar va dasturlarni namoyish etib boradi. Barcha ijodiy mahsulotlar litsenziyalangan va rasmiy ravishda sotib olinadi. Ayni paytda Soniy, Disney, Universal kabi yirik kinokompaniyalar bilan animatsiya to‘plamini xarid qilish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda”, — dedi telekanal ijrochi direktori Vela Fidel.
Ma’lum qilinishicha, telekanalning asosiy auditoriyasi 3 yoshdan 9 yoshgacha bo‘lgan bolalar bo‘lib, kanal soat 07:00 dan 22:00 gacha faoliyat yuritadi. Kelgusida onlayn translyatsiya ham yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.
“So‘nggi yillarda yurtimizda bolalar auditoriyasi doimiy ravishda o‘sib bormoqda. Ayni paytda O‘zbekistonda 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar soni 7,5 million nafardan ziyod. Shu bois o‘zbek tilidagi yuqori sifatli tarbiyaviy va ko‘ngilochar bolalar televizion kontenti zamon talabiga aylanmoqda.
“ ‘Aqlvoy’ kanali tarmog‘ida vazirlikning so‘nggi metodik ishlanmalarini hisobga olgan holda amalga oshirilgan ‘Bilasanmi?’, ‘Quvnoqvoy’, ‘Bilimdon’, ‘Eli va Bob’ kabi dasturlar ham mavjud”, — dedi Vazirlik huzuridagi Axborot va pedagogik texnologiyalar innovatsion markazi direktori Oyatillo Rahmatillayev.
Rahmatillayevning aytishicha, kanal kontenti quyidagilarga mo‘ljallangan:
Qayd etlishicha, telekanal madhiyasi “Anor” bolalar shou ansabmli va “Tomosha” bolalar teatr studiyasi a’zolari tomonidan ijro qilingan. | 86 | 2,151 |
Madaniyat | Ko‘plab yulduzlar bilan shaxsan tanish, yuzlab filmlarda rol o‘ynagan: Nyu-Yorkning eng mashhur uysiz odami qanday hayot kechiradi? (foto) | Radioman (“Radiooperator”) — butun dunyo bo‘ylab millionlab odamlarga ma’lum bo‘lgan Nyu-Yorkdagi uysiz odam, deb yozadi The Voice Mag.
Dunyoda qanchadan qancha uysizlar bor? Minglabmi? Millionlabmi? Ular haqida deyarli hech narsa ma’lum emas. Ammo shunday shaxslar borki, ular qanday maqomda bo‘lishiga qaramay, butun dunyo bo‘ylab mashhurlikka erishgan.
Ushbu material qahramoni — Nyu-Yorkdagi eng mashhur uysiz odam. Uning haqiqiy ismi Kreyg Kastaldo, lekin butun dunyoga “Radiooperator” (Radioman) nomi bilan tanilgan. U doimo bo‘yniga taqib yurgan radiosi tufayli shunday nom olgan.
Kreyg aktyor Robin Uilyamsga juda o‘xshashligi uchun unga e’tibor bermaslikning iloji yo‘q. U har doim ko‘chalarda tabassum qilib, hatto mashhur odamlar bilan ham samimiy suhbat quradi. U bir emas, ikki emas, bir necha yulduzlar bilan uchrashgan. Oradan ko‘p o‘tmay “Radiooperator” Amerikaning barcha mashhurlari bilan tanishishga muvaffaq bo‘ldi.
Albatta, bunday tanishuvlar shunchaki izsiz qolib ketmadi. Tez orada Kreyg filmlardagi epizodik rollarga taklif qilina boshladi. Natijada uning film va teleko‘rsatuvlarda 100 dan ortiq ishi paydo bo‘ldi.
Ajablanarlisi shundaki, mashhurligiga qaramay, Kreyg hech qachon turmush tarzini o‘zgartirmadi, u butun umr uysizligicha qoldi. Uning bor mulki velosiped va uning ruliga ilingan bir nechta paketlar edi.
Radiooperatorning bugungi kunda tirik yoki hayot emasligi noma’lum: uning so‘nggi suratlari 2020-yil may oyida e’lon qilingan.
Jorj Kluni, Tom Kruz, Kayli Jenner va boshqa mashhurlarning eng hashamatli uylari (foto) | 138 | 1,565 |
Madaniyat | Foto: Mashhurlarga atab o‘rnatilgan eng kulgili haykallar | Kim ham o‘ziga haykal qo‘yilishini xohlamaydi deysiz? Ammo quyidagi mashhurlarga atab qo‘yilgan ijod namunalarini ko‘rgach,
bunday haykallarning boridan yo‘g‘i yaxshi, degan xulosaga kelish mumkin.
Melaniya Tramp
AQShning sobiq birinchi xonimiga atab uning ona yurti Sevnitsada haykal qo‘yilgan. Unda Melaniya, Donald Trampning inauguratsiyasiga kiygan ko‘k libosda tasvirlangan. Ijtimoiy tarmoqda ushbu haykal aks etgan surat foydalanuvchilarning kulgisiga sababchi bo‘lgan.
Leonardo Di Kaprio
Gollivuddagi Madam Tyusso muzeyiga tashrif buyuruvchilar yuzi o‘zinikiga unchalik o‘xshamagan Di Kaprioning mumdan yasalgan haykalini ko‘rishi mumkin.
Krishtianu Ronaldu
Ronaldu beshinchi marta dunyodagi eng yaxshi futbolchi deb topilganidan keyin Madeyra orolida unga atab g‘aroyib haykal qo‘yilgan.
Muhammad Saloh
Ajoyib haykaltaroshlardan birining ijod namunasida aks etgan yulduzlardan yana biri futbolchi Muhammad Saloh sanaladi. Odamning yuzida tabassum uyg‘otadigan skulptura uning vatani Misrda o‘rnatilgan.
Jastin Biber
Millionlab muxlislarga ega xonandaga atab o‘rnatilgan haykalni Jastinga o‘xshatish mushkul.
Emiliya Klark
Madam Tyusso muzeyining Irlandiyadagi filialida o‘rnatilgan haykal “Taxtlar o‘yini” yulduzidan ko‘ra erkaklarga ko‘proq o‘xshaydi.
Devid Bekhem
Karyerasini tugatish arafasida o‘ynagan jamoa mashg‘ulot qilgan Los-Anjelosdagi stadionda Bekhemga atab haykal o‘rnatilgan. U mazkur haykalni ko‘rganida shokka tushgan. Do‘sti, komik Jeyms esa soxta taqdimot o‘tkazib, haqiqiy skulptura o‘rniga
Bekhemning xunuk qilib tasvirlangan variantdagisini ko‘rsatgan.
Futbolchi bunga javoban farzandlari ko‘rsa, yig‘lab yuborishi mumkinligini aytgan. Buning hammasi hazil ekanini bilgach esa o‘zini kulgidan to‘xtata olmagan. | 57 | 1,747 |
Madaniyat | Instagram: Rayhon tug‘ilgan kunini nishonladi, Jahongir Ahmedov farzandli bo‘ldi, Vohidjon Isoqovdan nega xafa bo‘lishdi? | 17-sentabr kuni jahon va o‘zbek san’ati yulduzlarining Instagram’dagi sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Dilso‘z, Umidaxon va Ziyoda dugonalarining tug‘ilgan kunida jam bo‘ldi.
View this post on Instagram
Rejissor Jahongir Ahmedov o‘g‘il farzandli bo‘ldi.
View this post on Instagram
Xonanda Munisa Rizayeva bolalarni hayot gullari, deb atadi.
View this post on Instagram
Aktyor Akbarxo‘ja Rasulov yangi surat bilan muxlislariga ko‘rinish berdi.
View this post on Instagram
Xonandalar Yulduz Usmonova va Dilfuza Ismoilovalarning bir necha yil avval tushgan surati.
View this post on Instagram
To‘yida karantin qoidalarini buzgani uchun jarima to‘lagan xonanda Vohidjon Isoqov nikoh oqshomiga ko‘pchilik tanishlarini aytmaganini, shunga qaramay jarima to‘laganini yozib qoldirdi.
View this post on Instagram
Shuningdek, Vohidjon rafiqasi Dilnozaxon bilan ilk oilaviy raqsi videosini ham sahifasiga joylashtirdi.
View this post on Instagram
16-sentabr kuni xonanda Rayhon G‘aniyeva 42 yoshni qarshi oldi. U tug‘ilgan kunini oila a’zolari hamda do‘stlari davrasida nishonladi.
View this post on Instagram
Turkiyalik aktrisa Fahriye Evjen shampun reklamasida bokschi ko‘rinishida namoyon bo‘ldi.
View this post on Instagram
Shahzoda o‘qigan kitobi haqida hikoya qilib berdi.
View this post on Instagram
Asal Shodiyeva ovsinining o‘g‘li bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.
View this post on Instagram | 121 | 1,623 |
Madaniyat | O`zbekistonda “koronavirus” pandemiyasi mavzusida hujjatli film suratga olinmoqda | “O`zbekkino” milliy agentligi Axborot xizmatining xabariga ko`ra, O`zbekistonda “koronavirus”ga bag`ishlangan hujjatli film suratga olinmoqda.
«O`zbekkino» milliy agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK tomonidan “Sinovli kunlar” nomli hujjatli film suratga olinmoqda.
Bugun dunyoda pandemiya davri hukm surmoqda! Er yuzini egallagan SOVID-19 infeksiyasi yurtimizni ham chetlab o`tmadi. Ushbu filmda respublikamizga koronavirus infeksiyasining kirib kelishi, tarqalishi va unga qarshi kurashish jarayonlarida Davlat rahbari hamda xalqning hamjihatlikdagi kurashi, milliy qahramonlarimizga aylangan shifokorlar, harbiylar, shuningdek, shunday sinovli kunlarda yordamga tayyor turgan xalq vakillari, qiyinchilik kunlarda bir-biriga muruvvat ko`rsatganlar haqida hikoya qilinadi.
Filmning suratga olish ishlari Xorazm, Buxoro, Samarqand, Sirdaryo, Andijon viloyatlari hamda Toshkent shahrida bo`lib o`tmoqda. Film rejissyori va ssenariy muallifi Doniyor Shokirov, operator Said Dalilxon Said Turg`utxonov.
– Filmdan ko`zlangan maqsad yurtdoshlarimiz boshiga tushgan shunday sinovli kunlarni sabr va bardosh, kuchli iroda, birdamlik, hamjihatlik bilan engib o`tishga qaratilgan. Va albatta, pandemiya davrida kasbiga sadoqat bilan el xizmatida yurgan ayrim soha vakillari, jumladan, shifokorlar, IIV hamda Milliy Gvardiya xodimlari, shuningdek, bemor, yordamga muhtoj kishilarga ko`mak berish ilinjida yurgan ko`ngillilarga bag`ishlanadi, – deydi rejissyor Doniyor Shokirov. | 81 | 1,510 |
Madaniyat | O`zbekiston delegasiyasi Turkiyada Prezident simfonik konsert saroyi faoliyati bilan tanishdi | Turkiya davlatining Anqara shahrida xizmat safari bilan bo`lib turgan o`zbek delegasiyasi yangidan barpo etilgan Prezident simfonik konsert saroyining asosiy faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.
Delegasiya a`zolari eng so`nggi zamonaviy texnologiyalar asosida jihozlangan mazkur saroy hududida joylashgan savdo do`konlari, ovqatlanish va hordiq chiqarish maskanlarida tashrif buyuruvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni ko`zdan kechirdi.
Shuningdek, Simfonik saroyda joylashgan konsert zallarida yuqori mahorat bilan joylashtirilgan okustika jihozlari, chiroq ustalarining ish tajribasi, muzeyda saqlanayotgan eksponatlar katta qiziqish bilan kuzatildi.
Bundan tashqari, mazkur saroy tasarrufidagi 6ta badiiy-ijodiy jamoalar, xususan, prezident simfonik orkestri, Turk xalq raqs jamoasi, Turk xalq cholg`ulari orkestrlarining faoliyati o`rganilib, muhim ma`lumotlar qayd etib qo`yildi.
Shundan so`ng, o`zbek delegasiyasi hamda Simfonik saroy rahbariyati bilan uchrashuv tashkil etildi.
Muzokara davomida har ikki davlatning madaniy sohasi rivojiga xizmat qiladigan bir qator loyihalar muhokama etilib, muhim ikkita loyihani amalga oshirish borasida kelishib olindi. | 93 | 1,218 |
Madaniyat | Rossiyada Chernobil AES fojiasi haqida yana bir film ishlandi (video) | Rossiyalik aktyor va rejissor Danila Kozlovskiy tomonidan suratga olingan “Chernobil: Jarlik” filmi treyleri e’lon qilindi. Filmda Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini bartaraf etish haqida hikoya qilinadi.
Sujet markazida o‘t o‘chiruvchi Aleksey — u avariya oqibatlarini bartaraf etishga ko‘ngilli sifatida yoziladi. Muhandis Valera va harbiy suzuvchi Boris bilan ular avariya o‘chog‘iga tushishi kerak bo‘ladi.
Filmda Danila Kozlovskiy, Filipp Avdeyev, Oksana Akinshina, Ravshana Kurkova va boshqalar rol ijro etgan. | 69 | 521 |
Madaniyat | O‘tgan dam olish kunlari amerika kinoteatrlari uchun so‘nggi 16 yil ichidagi eng yomoni bo‘ldi | O‘tgan dam olish kunlarida 2001-yil sentabr oyidan buyon amerika kinosanoati uchun eng past tushish kuzatildi. Kinoprokatda qo‘yilayotgan filmlar jami 65 million dollar to‘pladi. Bu haqda MarketWatch’ga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.
Avgust oyida yillik hisob bo‘yicha 35 foiz pasayish kuzatilgan bo‘lsa, yozgi kinomavsum boshidan buyon pasayish 13,4 foizni tashkil qilgan.
Ekspertlarning ta’kidlashicha, keyingi jiddiy ko‘tarilish 8-oktabrda, “Lezviya bo‘ylab yugurish 2049” filmining premyerasida bo‘ladi.
O‘tgan dam olish kunlari amerika kinoprokatining yetakchisi Semyuel Li Jekson va Rayan Reynolds ishtirokidagi “Qotilning tan soqchisi” kriminal komediyasi bo‘ldi. U 10,1 million dollar ishladi.
Ekspertlarning fikricha, bunday pasayishga yorqin premyeralarning yo‘qligi bilan birga, boks chempioni Floyd Meyvezer hamda UFC yetakchisi Konor MakGregor o‘rtasidagi jang atrofida yuz bergan shov-shuvlar sabab bo‘lgan. Jang 500 ta kinoteatrga translyatsiya qilingan va 2,4 million dollar to‘plagan. Bundan tashqari, “Xarvi” to‘fonidan zararlangan Texas shtatining qator shaharlarida ham kinoteatrga tashrif buyurganlar soni kam bo‘lgan. | 94 | 1,143 |
Madaniyat | “Shou-biznes vakillarining 50 foizi tabletkalarga o‘tirib qolgan”. Umid Iskandarov psixotrop dorilar iste’moliga nisbatan qonunni qat’iylashtirishga chaqirdi | Aktyor Umid Iskandarov “Mirsodiqova bilan” YouTube-kanaliga bergan intervyusida shou-biznes vakillarining aksariyati kuchli ta’sir qiluvchi dorilarga o‘rganib qolgani, bu holat uni tashvishga solayotgani haqida gapirdi.
“Men ularni hech qachon yeb ko‘rmaganman, ta’mini ham bilmayman. Odam agar to‘xtatib, o‘zini qo‘lga ololmasa, kelajagi o‘ldi, degani. Mening ichim kuyib ketyapti. Nafaqat yoshlar, aqlini tanib olgan, o‘zimning tengdoshlarim orasida ham bor.
San’at olamining ichida ham yo‘q emas. Deyarli 50 foizi. Ichim yonyapti. Xudo bergan iste’dodi bor, o‘zim muxlisiman ko‘pchiligining. O‘zimiz san’atkor bo‘lsak ham, baribir kimgadir muxlislik qilamiz. Ashulasini eshitamiz, kinodagi rollarini ko‘rib, maza qilamiz. Men uchun mahorat darsi bo‘ladi. Ko‘p aktyorlarimiz bor. Ularni ko‘rib, o‘zim uchun kerakli narsani olaman, tahlil qilaman. Achinarlisi, kompozitorlarning ham ko‘pi tabletkada. Kelajakda yangi avlod qanaqa bo‘larkan, deyman. Chunki avlod nobud bo‘lyapti. Buni ko‘zim bilan ko‘rayotganim uchun ichim yonib ketyapti.
Qanaqadir retsepti bo‘lsa, buni qaytarish bilan shug‘ullansa bo‘ladi. Bularni bir yoqadan bosh chiqarib, ko‘pchilik bo‘lib bu yo‘ldan qaytarish kerak. Ular botqoqqa cho‘kmoqda. Tabletka yeyayotganlarni ko‘pi o‘zini osib qo‘yyapti, avariya bo‘lib o‘lib ketyapti yoki qamalib ketyapti. Qamalib ketgani baxtli, ularni Xudoyim saqlab qolgan. Qamoq ular uchun tarbiya bo‘lyapti. Lekin chiqib ham shu ishni qilayotganlar bor. O‘ylashimcha, psixotrop moddalarni iste’mol qilayotganlar uchun qonunni qat’iylashtirish kerak”, — deydi Umid Iskandarov.
“Gohida uni sog‘inaman”. Umid Iskandarov sobiq rafiqasi Renata Iskandarova bilan ajrashishiga nima sabab bo‘lgani haqida gapirdi (video) | 157 | 1,719 |
Madaniyat | Bosh rolni ijro etgan aktyorlarning hayotini o‘zgartirib yuborgan hind filmlari (foto) | Ba’zida aktyorlar taklif qilingan rolga o‘z mavqeyini o‘zgartirishi mumkinligini o‘ylamasdan ham rozi bo‘ladi. Lekin ayrim aktyorlarning qahramonlari egasiga kutilmagan muvaffaqiyat keltiradi. Quyida ana shunday Bollivud yulduzlarining bir nechtasini e’tiboringizga havola etamiz.
Shohrux Xon – “O‘g‘irlanmagan kelin”
Bu melodrama hind tilidagi eng yaxshi romantik filmlardan biri sifatida tanilgan. Shohrux Xon o‘sha paytda salbiy rollarni ijro etgan bir qator filmlardan so‘ng yangi nafas olishi kerak edi. “O‘g‘irlanmagan kelin” filmi nafaqat aktyorning karyerasida yangi bosqichga aylandi, balki Shohruxni romantik filmlar qiroliga aylantirdi.
Sanjay Datt – “Munnaboy”
Sanjay Datt hayotining qiyin davrini boshidan kechirdi. Uni ko‘plab muvaffaqiyatsizliklar ta’qib qilgan. Rejissor Rajkumar Xirani unga komik rolni taklif qilganida, Sanjay uni so‘nggi imkoniyatdek mahkam ushladi. Aktyorni butunlay boshqacha tarzda taqdim etgan yangi konsepsiya tomoshabinlarni yana sevishga undadi. Film ajoyib daromadga ega bo‘ldi va Sanjay Dattning karyerasida yangi hayot boshladi.
Manoj Bajpayi – “Xiyonat”
Shekxar Kapurning “Banditlar malikasi” kabi muhim filmda rol o‘ynaganiga qaramay, iste’dodli aktyor Manoj Bajpayi hech qachon munosib hurmatga sazovor bo‘lmagan. U “Xiyonat” gangster filmida rol o‘ynashga rozi bo‘lganida, tomoshabinlar Bollivudda paydo bo‘lgan ajoyib iste’dodni darhol payqadi. Bu belgi bir zumda Manojni yulduzga aylantirdi.
Urmila Matondkar – “Xushchaqchaq”
Ram Gopal Varma va “Xushchaqchaq” Urmilani bir kechada super yulduzga aylantirdi. Film uning liboslari tufayli o‘ziga xos bo‘lib, muxlislarga kecha aktrisa bo‘lgan qizga butunlay yangicha qarashga imkon yaratdi. Film Urmilaga Bollivudda abadiy joy berdi.
Madhuri Dikshit – “Ehtiros”
Bu filmdan oldin Madhuri Dikshit bir necha loyihalarda ishtirok etgan bo‘lsa-da, hech kim aktrisaning iste’dodini sezmagan. Aynan “Bir, ikki uch” qo‘shig‘i jamoatchilik e’tiborini tortdi va u qanday ajoyib ijrochi va raqqosa ekanini ko‘rsatdi. Film uning karyerasidagi hal qiluvchi kartina bo‘ldi, shundan so‘ng unga bir necha taniqli rejissorlardan takliflar tusha boshlagan.
Akshay Xanna – “Orzumand yuraklar”
“Orzumand yuraklar” filmi o‘z davrida mashhurlikka erishdi. Uchta asosiy qahramonlardan biri bo‘lgan Akshay Xanna undan avval ham bir qancha rollarni ijro etgan. Aynan ushbu loyihada Akshay va Dimpl Kapadiya uning sherigi bo‘ldi, bu uning aktyorlik salohiyatini ochib berdi. Film tijoriy muvaffaqiyatga erishishi bilan birga, Akshay Bollivudda o‘z o‘rniga ega bo‘ldi. | 86 | 2,547 |
Madaniyat | Uyga qaytgan bilan hayot o‘nglanib qolmaydi. “Rangsiz tushlar”ning ranglari haqida | 24-dekabr kuni Yoshlar ijod saroyida rejissor Ayub Shahobiddinovning “Rangsiz tushlar” filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu premyerada qatnashgan “Daryo” muharriri Eldar Asanov filmdan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashadi.
Ayub Shahobiddinovning anchadan buyon kutilayotgan filmi – “Rangsiz tushlar” men uchun kutilmagan yangilik bo‘ldi. Kartinaning nomi badiiy va mavhumligi bois u syujetga hech qanaqasiga ishora qilmaydi, shuning uchun premyera kuniga qadar nima ko‘rishimizni, qanday mavzuga qo‘l urilganini bila olmadim, ochig‘i. Shuning uchun katta ekranda namoyish boshlanishi uchun o‘zbek kinosiga xos bo‘lmagan og‘ir, psixodelik atmosferaga sho‘ng‘ib ketdim.
“Rangsiz tushlar”, shubhasiz, sifatli olingan, dolzarb mavzuga bag‘ishlangan filmdir. Film mavzusi bugungi kun uchun o‘ta aktual bo‘lgan bir necha muammoni qamrab olib, bir kishining – bosh qahramonning taqdirida ko‘rsatishga urinadi. Lekin, shu bilan birga, film ideyasi oxirigacha realizatsiya qilinmagandek, ijodkorlarning gapi aytilmay qolgandek tasavvur uyg‘ondi. Keling, bir boshidan boshlaymiz.
Film voqealari juda oddiy. Butun videoqator davomida aytarli konfliktlar uchramaydi. Kino bir zamonlar ro‘y bergan fojianing oqibatlari bir oilaga qanday ta’sir qilganini, ular qanday qilib hayotini izga solishga urinayotganini namoyish etadi. Shu bois syujet asnosida o‘tmishdagi ixtilof ko‘p esga oladi, lekin qahramonlarning bugungi kuni nisbatan sokin, tinch o‘tadi. Kinematografda bu “o‘tib ketgan konflikt” deyiladi. Bunda umrining salmoqli qismi o‘tib ketgan, o‘tmishdagi ba’zi voqealar oqibatida hayoti izidan chiqqan yoki o‘zi xohlaganday hayot qura olmagan 40–45 yoshli personajlar syujet markaziga qo‘yiladi. Ayub Shahobiddinov bunaqa priyomga ko‘p qo‘l uradi – uning “Kechikkan hayot” filmi ham xuddi shunday toifadagi qahramonlarni ochib berishga urinish edi.
Voqea markazida Kashmira (Feruza Saidova) ismli ayolning taqdiri turadi. Ekspozitsiyadan bilamizki, u qandaydir sababga ko‘ra uzoq muddat oilasi quchog‘ida bo‘lmagan, qaytganidan so‘ng esa oila a’zolarining ko‘pchiligi uni qabul qilishga tayyor emas. Ukalari, opasi Kashmirani ko‘rgani kelmaydi; kichik ukasi Jamshidning (Bekzod Abdumuhitov) xotini (Asal Abdullayeva) uydan ketib qoladi (“qizim sizni ko‘rib ulg‘ayishini istamayman”, deb o‘z motivlarini tushuntiradi u qaynopasiga). Kashmiraning otasi (Karim Mirxodiyev) esa hamisha jim, qiziga ma’yus qaraydi, qizi nigohini olib qochadi.
Film asnosida Kashmira qasddan odam o‘ldirgani uchun 17 yilga qamalganini bilib olamiz. Oradan shuncha yil o‘tib uyiga qaytgan sobiq mahbus, jinoyatchi hayotini izga tushirishga urinadi: qarindoshlari bilan til topishishga harakat qiladi (chaqirilmagan bo‘lsa ham, ukasi Po‘latning tug‘ilgan kuniga boradi, kelinini uyga qaytarishga urinadi), ish qidiradi (asosan rad javobini oladi).
Filmdan kadr
Faqat onasi (Shohida Ismoilova), onasiz o‘sayotgan (ya’ni o‘zi ham bir yog‘i kemtik bo‘lgan) jiyani va Nargiza ismli dugonasi unga yaxshi munosabatda bo‘ladi. Lekin bu Kashmiraga ozlik qiladi. U baribir yo‘lini topolmaydi. Chunki gap faqat atrofdagilar uni qabul qilmayotganida emas, bir qo‘rqinchli siri borligida. O‘sha sir unga tinchlik bermaydi. Uni hech kim bilmasligi uchun 17 yil umrini qurbon qilgan ayol yuragidagi bu og‘riqdan qutulishi ilojsiz bo‘lsa kerak. Film rejissori ham yakunda shunaqa xulosa berganday bo‘ladi – u sirini ovoz chiqarib aytadi, lekin yengil tortmaydi, hayoti joyiga tushmaydi.
“Rangsiz tushlar”da bir qator o‘ta dolzarb ijtimoiy muammolar bitta oila misolida ko‘rsatib beradi. Avvalo bu odam savdosi kabi tahdidlar oldida kuchsizlikdir. Kashmira aldanadi, chet elda uzoq yillar sarson bo‘ladi, dahshatli qiyinchiliklardan so‘ng oilasi bag‘riga qaytadi. Uning timsolida rejissor aldangan, olib qochilgan, sotib yuborilgan ayollarning umumiy qismatini ko‘rsatishga urinadi. Kashmira obrazining ramziyligini nafaqat ismidan (Hindiston va Pokiston orasida qolib ketgan ayanchli ahvoldagi o‘lka – Kashmir), balki oila a’zolarining aksariyati nomsiz ekanidan bilinadi. Kashmiraning oilasi – shunchaki sassiz, nomsiz ramzlar, ular kinoning tadqiqot obyekti bo‘lmish ayolning qiynoqlarini ochib beradigan eksponatlardir.
Lekin film problematikasi bu bilan cheklanmaydi. Navbatdagi muammo marginalizatsiyadir.
Ma’lumot uchun:
Marginalizatsiya – muayyan jamiyat a’zosi qandaydir sababga ko‘ra jamiyat axloqi yoki tartibi me’yorlariga nobop deb hisoblanib, jamiyatdan chekkaga chiqarib qo‘yilishi, ijtimoiy munosabatlardan ajratilib, yakkalanib qolishi.
17 yil o‘tirib chiqqan, chet ellarda shubhali davralarda bo‘lgan ayol kishi, tabiiyki, jamiyatga osonlikcha qayta qabul qilinmaydi: uchastka noziri u bilan qo‘pol gaplashadi, boshqalar oldida izza qiladi, ish beruvchilar uni ostonasidan quvadi. Qaniydi Kashmiraning fojiasi shu bilan tugasa – jamiyat voz kechgan qizdan oilasi ham allaqachon voz kechgan, o‘lik deb e’lon qilgan, usiz yashashga o‘rganib qolgan. Kashmiraning qaytishi oila a’zolari uchun quvonch emas, yangi tashvish, o‘tmish bilan, jamiyat ta’nasi bilan yuzlashish qo‘rquvi. Bir ukasi uni deb ishini yo‘qotgan, bu ishini ham yo‘qotishni istamaydi, shunga masofa saqlaydi; pochchasi opasini Kashmira bilan ko‘rishishga qo‘ymaydi; kelini qotil bilan bir uyda yashashni istamay, uydan ketadi, otasi ruxsatsiz ketib qolganini kechira olmaydi, yana bir ukasi esa jamiyatning gap-so‘zidan qo‘rqib, marginallashgan qarindoshidan uzoq yuradi. Xullas, Kashmiraning yaqinlari ichiga qaytishi quvonch keltirmaydi, u ortiqcha yukka, tashvishga aylanadi.
Bunday syujet – muayyan qolipga tushmaydigan odam jamiyatga va oilasiga begona bo‘lib qolishi hayotda juda ko‘p uchraydigan narrativdir. Atrofimizda har kuni shunday odamlarni ko‘ramiz: kimdir o‘tmishdagi xatolari uchun, kimdir nogironligi uchun, yana kimdir e’tiqodi, ishonchi, qarashlari uchun, kasbi uchun jamiyatdan surib chiqariladi. O‘zimiz ham ommaga qo‘shilib bunday odamlarni kamsitamiz, eng kamida orqasidan g‘iybat qilib qo‘yamiz. Lekin har bir insonning buguni ortida murakkab o‘tmishi, taqdir qiyinchiliklari, fojialar, biz bilmaydigan jiddiy sabablar turganini o‘ylab ko‘rmaymiz. Jamiyat uchun har qanday fohisha tabiatan buzuq, Suriyaga ketib qolgan har qanday ayol tabiatan radikal-buzuqi. Ammo bundaylar orasida yuzlab, minglab Kashmiralar bor. Jamiyat ularni tushuna olmagani, qabul qilmagani mayli, kechirmaydi ham. “Qazisan, qartasan, asl zotingga tortasan” degan “xalq donoligi”ga muvofiq, qilmishlaridan pushaymon bo‘lgan, jamiyatga qaytishga intilgan odamlar ham doim shubha ostida bo‘ladi, osonlikcha jamiyat ishonchini qozona olmaydi. Kashmira ham oddiy bo‘lishga, yo‘lini topishga, ishga kirishga, oilasi bilan ahil-inoq bo‘lishga chiranadi, biroq hamma joyda anglamaslik va kechirmaslik devoriga peshonasi uriladi. Bunday munosabatga yo‘liqavergan inson bir kun kelib muqarrar “E bor-e, tupurdim bariga!” deydi va endi marginal hayotga o‘rgana boshlaydi – eski qiliqlariga qaytadi, o‘zi kabilarning davrasini qidira boshlaydi. Xullas, jamiyatga (faqat bizning jamiyatga emas, juda ko‘p jamiyatlarga) kechirimlilik, tushunish, hamdardlik yetishmaydi. Biz kimlarnidir o‘zimizdan uzoq tutamiz deb, aslida ularning taqdirini sindirishda ishtirok etamiz, ijtimoiylasha olmagan odamlarni yanada ko‘paytiramiz.
Beixtiyor Frans Kafkaning “Evrilish” qissasi yodga tushadi. Unda jamiyatga, oilaga kerak bo‘lmay qolgan odamning ayanchli taqdiri o‘ta beshafqat, fantastik shaklda bayon qilingan. Shuning uchun bo‘lsa kerak, bu asar bu yo‘sindagi syujetlar klassikasi hisoblanadi. “Rangsiz tushlar” ana shu “Evrilishning” realistik, bugunga bog‘langan variantidir.
Suriyadan qaytgan, qamalgan, ajrashgan, imkoniyatlari cheklangan va hokazo aholi guruhlarini qayta ijtimoiylashtirish, jamiyatning teng huquqli a’zolariga aylantirish – bugungi kunning o‘ta dolzarb muammosi. “Rangsiz tushlar” mana shunday o‘tkir masala ustida mulohaza yuradi va yangi o‘zbek kinematografida balki birinchi marta muammoni jabrdiyda nuqtayi nazaridan ko‘rsatib beradi. Biz ko‘pchilikning nuqtayi nazarini ko‘raverib o‘rganib ketganmiz, shuning uchun “Rangsiz tushlar” ko‘pchilik uchun kutilmagan, yangi yondashuv bo‘ladi deb ishonaman.
Kartinada aksini topgan yana bir muhim, dolzarb masala gender muammosidir. Zotan bu muammo yuqoridagi muammolar zamirida yotadi: an’anaviy jamiyatda ayol bo‘lish juda qiyin. Bu boradagi ba’zi fikrlarimni boshqa maqolalarimda bayon qilgan edim. Kashmira erkak bo‘lganida, u jamiyatga qayta qo‘shilib ketishi, ish topishi bu darajada qiyin kechmasdi; oilasi uni osonroq qabul qilardi; eng muhimi, u mudhish sirini saqlab yurishdan qo‘rqmasdi. An’anaviy jamiyatdagi ayollarning nomusi nozik masala bo‘lgani uchun ham juda ko‘p xotin-qiz boshidan o‘tgan “sharmandali” ishlarni sir saqlash uchun hamma narsaga tayyor bo‘ladi. Hatto o‘zi aybdor bo‘lmasa ham, baribir endi u “sharmanda” bo‘ldi, nomiga “dog‘ tushdi”, baribir uni avvalgiday qabul qilishmaydi, nari borsa achinishadi, lekin hech kim hayotini bog‘lashni istamaydi, hech kim o‘ziga teng ko‘rmaydi.
Filmdan kadr
Filmdagi juda qiziq epizodik obrazlardan biri Kashmiraning dugonasi Nargizadir. U ham dahshatli kunlarni boshidan o‘tkazgan, u ham chet elda azob yegan, uni ham oilasi rad etgan. Lekin Nargiza Kashmirachalik qayg‘uga tushmagan, tezda vaziyatga to‘g‘ri baho berib, hayotini o‘zi tushunganicha iziga solib olgan: oila bag‘ridagi, rasmiy ishdagi an’naviy ayolga aylanmagan, lekin marginal davralarda o‘rnini topib, sokin, nisbatan baxtli hayot kechira boshlagan. Nargiza va Kashmira ayollarning bunday vaziyatga ikki xil reaksiyasini ko‘rsatib beradi – ba’zi ayollar umr bo‘yi ich-etini yeb yashasa, ba’zilari tezda jamiyatga qo‘shilish, oilasiga qovushish maqsadidan voz kechib, marginal hayot ichidan baxtini topadi.
Filmning eng asosiy muammosi uning xronometraji qisqaligidadir. Chamamda, u 1 soat 15 daqiqa davom etdi. Voqealar rivoji sekin borganidan, bosh qahramonning xarakteri sekin ochib berilganidan, o‘tmishiga uzoq vaqt davomida oydinlik kiritilgani bois men syujet endi avjiga chiqadi deb turgandim. Va u eng avjida uzildi, bitdi.
Nega bunday bo‘lganini tushuna olmadim. Film qahramonlari ramziyligi, voqea chigalliklari yechilishi maqsad qilib qo‘yilmagani tushunarli. Lekin qisqalik, birinchidan, mohiyat to‘liq ochilishiga imkon bermagan. Ba’zi obrazlar endi tanish, yaqin bo‘lib qolganida film tugaydi. Ikkinchidan, filmning aksenti, fokusi o‘zgarib ketgan.
Yuqorida aytganimdek, “Rangsiz tushlar”da qator o‘tkir muammolar ko‘tariladi. Bu muammolar uning mohiyatini tashkil etishi kerak edi. Kashmirani oilasi yoki jamiyat qabul qilishi, u baxtli bo‘lishi, yoki jamiyatda o‘rnini topolmay o‘lishi shart emasdi. Shunchaki uning ichki dunyosini ko‘proq taftish etish kerak edi. Voqeani sir ochilishida bitirmaslik kerak edi. Buning oqibatida butun film davomida tomoshabinga singdirilib kelgan marginallik leytmotivi ikkinchi planga o‘tib qoladi, asosiy e’tibor Kashmiraning siriga qaratiladi. Rejissor “uning siri nima?” degan savol qo‘ygan-u, shu sirni ochib, maqsadiga erishgan, degan tasavvur uyg‘otadi. Bu filmni juda jo‘nlashtirib qo‘yadi. Biz unda ko‘rgan yuksak ma’nolar tasodifiy yoki ikkilamchiday tuyulib qoladi. Bu filmning eng jiddiy nuqsonidir.
Yana bir savol tug‘iladi: Kashmiraning hayoti iziga tushishi, marginallikdan chiqib ketishi filmning yakuniy maqsadi emas ekan, unda Lola Eltoyevaning obrazi – tikuv sexi direktori syujetga nega kiritildi? U Kashmirani tushuna olgan, unga imkon bergan, uni sotsializatsiya qilishga uringan yagona personaj edi. Ammo uning sa’y-harakatlari oxiriga ko‘rsatilmadi, syujet arkasi chala tugab qoldi. Direktor, sex Kashmiraning hayotida qanday o‘zgarish yasagani ko‘rsatilmadi. Lola Eltoyevaning qahramoni syujetning mazmunsiz komponentiga aylanib qoldi.
Filmdan kadr
Bir so‘z bilan aytganda, film ijodkorlari juda katta ishga qo‘l urib, juda buyuk masalalarni qo‘zg‘ab qo‘yib, hammasini chala-yarim tugatib qo‘ygan. Bunga nima sabab bo‘lgan – budjet yetishmovchiligimi, senzurami, erinchoqlikmi? Ba’zida ijodkor juda katta asarni boshlab qo‘yib, keyin bitirishga kuch va ilhom topa olmaydi. “Rangsiz tushlar”da balki shunday bo‘lgandir? Anig‘ini bilmadim. Lekin film davomida yuzaga kelgan juda kuchli taassurot uning mujmal va bevaqt yakunidan buzilib ketdi. Bastakor buyuk simfoniyani boshlab qo‘yib, uni fortepyanoning ritmga tushmagan chiyilloq pardasida tugatib qo‘yganday bo‘ldi.
“Rangsiz tushlar”ning mazmuni, ijtimoiy ahamiyati haqida ko‘p yozdim. Chamamda, yuqoridagi bayonning o‘zi o‘quvchida umumiy tasavvur hosil qilishga, ko‘rish-ko‘rmaslik masalasida bir qarorga kelishga yetarli bo‘lsa kerak. Kinoning boshqa jihatlariga qisqacha to‘xtalib o‘taman.
Aktyorlar ijrosi. Karim Mirxodiyev juda chuqur obraz yarata olgan: u ko‘p gapirmaydi, o‘zi kadrda ko‘p ko‘rinmaydi, lekin farzandining taqdiridan ezilgan, ham unga achinadigan, ham kechira olmaydigan otaning nigohidan hamma narsani tushunib olamiz. Balki u Kashmiradan ko‘proq qiynalayotgandir.
Filmdan kadr
Filmning bosh yulduzi, shubhasiz, Kashmira – Feruza Saidovadir. U o‘z obrazini katta mahorat bilan ochib bergan. Kashmira urilib-surilib aqli kirgan odam emas; u haligacha xato qiladi, haligacha aqlini yo‘qotib turadi; uydan birinchi marta ketganida boshiga tushganlari esidan chiqib, yana ketmoqchi bo‘ladi, otasining g‘amgin va ayblovchi nigohigina uni to‘xtatib qoladi.
Kashmiraning kichik ukasi Jamshidga ham ko‘p diqqat qaratilgan, lekin uning xarakterini tushuna olmadim: bir opasi qaytganidan xursand, bir opasidan qutulmoqchi, bir uni tushunishga intiladi. Bunday kayfiyat evrilishlari aslida ko‘p uchraydi, lekin personajning motivlari tushuntirilmagan, ruhiy qiynoqlari yaxshi ochib berilmagan.
Kashmiraning jiyani – juda yaxshi obraz. Onasi tashlab ketgan, otasi boshqa oila qurgani uchun buvisi va buvasi bilan yashaydigan mitti bolakayning o‘zi ham ma’lum ma’noda Kashmiraning ahvolida, uning ijtimoiy sharoitini reproduksiya qiladi. Shu tufayli ular tez til topishadi, bolakay ammasiga bog‘lanib qoladi.
Qolgan obrazlar kadrda juda kam ko‘ringan, ular haqida to‘liq tasavvur hosil qilishga ulgurmadim.
Postanovka biroz arzonroq, jo‘nroq tuyuldi. Bu rejissorning ijodiy maqsadi ham bo‘lishi mumkin, lekin ora-orada ko‘rsatib turilgan fleshbeklar – Kashmiraning o‘tmishdan qo‘rqinchli xotira uchqunlari – bu konsepsiyaga uncha mos tushmagan. Sodda, uzun, kamharakat, bir maromdagi kadrni ahyon-ahyonda yorib kiradigan rangsiz (Kashmiraning yomon xotiralari rangsiz kadrlarda ko‘rsatiladi), qo‘l kamerasida olingan qisqa kadrlar umumiy vizual qatordan biroz ajralib turadi. Fleshbeklarni ko‘paytirish, qimmatlashtirish (murakkabroq sahnalarni namoyis etish), ularning yordamida Kashmiraning fojiasini ochib berish ham filmni uzaytirar, ham tomoshabinning tasavvurini jonlantirar, fojiani gap bilan emas, tasvir bilan hikoya qilib berardi.
Operatorlar ishi an’anaviy, klassik kinematograf prinsiplariga xos – bir maromdagi kamharakat uzun kadrlar. Ayni paytda, operator ulkan va befarq shahar qiyofasini juda mazmundor va chiroyli ochib bergan. Bu shaharda, o‘zi kabi millionlab odamlar ichida ko‘rinmay ketadigan mitti, himoyasiz Kashmira juda muvaffaqiyatli ko‘rsatilgan.
Filmda aksariyat kadrlar o‘rta va yirik planda. Chamamda, yirik planlar biroz yetishmagan – ular aktyorlar mimikasini va hissiyotlarini yaxshiroq ochib berardi, nazarimda. Bundan tashqari, Kashmiraning ruhiy holatini, tez-tez o‘zini yo‘qotib turishini inobatga olsak, uning bu ahvolini Dutch Angle yordamida ochib berish samaraliroq bo‘lar edi, menimcha. Xullas, kadr xilma-xilligi filmni yanada boyitishi va ta’sirchanroq qilishi mumkin edi.
“Rangsiz tushlar” – tushunarsiz film. Uning ustida professionallar ishlagani, syujet va obrazlar chuqur ishlab chiqilgani ko‘rinib turibdi. Ayni paytda, ijodiy topilmalar kamdek. Ijodkorlar fikrini oxirigacha aytmagandek.
Nima bo‘lsa ham, “Rangsiz tushlar” ko‘rishga arziydigan film bo‘lgan, deb ayta olaman. Ba’zi tomoshabinlar men kabi uning yakunidan yoki qisqaligidan qoniqmas balki. Lekin eng kamida marginal odamlar muammosiga, ayollar muammosiga boshqa burchakdan qarashni o‘rganadi. “Iya, buyog‘ini o‘ylab ko‘rmagan ekanman”, deb o‘ylaydi. Keyingi safar hayot qiyinchiliklaridan qaddi bukilib qolgan odamni uchratsa, unga mehribonroq munosabatda bo‘ladi. Filmning eng katta yutug‘i mana shu bo‘lsa kerak.
Muallif fikri tahririyat nuqtayi nazariga mos kelmasligi mumkin. | 82 | 16,368 |
Madaniyat | Vashingtonda o‘zbek kino san’ati kechasi o‘tkazildi | AQSh poytaxtidagi Jorj Vashington universitetining L. Elliott nomidagi Xalqaro munosabatlar maktabida mazkur universitetning Yevropa, Rossiya va Yevroosiyo tadqiqotlari instituti huzuridagi Markaziy Osiyo dasturi bilan hamkorlikda o‘zbek kino san’ati kechasi o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Jahon” axborot agentligi.
Ushbu markaz tadqiqotchilari, aspirantlar, universitet professor-o‘qituvchilari, amerikalik ekspert va tahlilchilar hamda madaniyat arboblari ishtirok etgan tadbir doirasida 1969-yilda Abdulla Qodiriyning “O‘tgan kunlar” romani asosida suratga olingan shu nomdagi filmning namoyishi bo‘lib o‘tdi.
Markaziy Osiyo dasturi direktori M. Lorel xonim O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasiga mazkur tadbirni tashkillashtirishdagi hamkorligi uchun minnatdorchilik bildirib, ushbu film o‘zbek klassik kinosining eng ajoyib namunalaridan biri ekanligini ta’kidladi.
Tadbir yakunida AQSh tomoni kelasi yilda Vashingtonda “O‘zbek kinosi haftaligi”ni o‘tkazish va unga O‘zbekiston kinematografiyasining taniqli vakillarini taklif qilishga qiziqish bildirdi. | 51 | 1,061 |
Madaniyat | O`zbekistonning ilm-fan, adabiyot, san`at va madaniyat vakillarining Tojikistonga safari boshlandi | Bugun, 26 sentyabr kuni O`zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, Badiiy akademiya raisi Akmal Nur, O`zbekiston davlat konservatoriyasi rektori Kamoliddin O`rinboev, Muqimiy nomidagi O`zbekiston davlat musiqali drama teatri direktori Mirza Azizov, O`zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori Shuxrat Toxtasimov, Yozuvchilar uyushmasi, Fanlar akademiyasi, muzey direktorlaridan iborat bir guruh ziyolilarning Tojikiston Respublikasiga tashrifi boshlandi, deya xabar qiladi O`zbekiston Madaniyat vazirligi axborot xizmati.
Tashrifdan ko`zlangan asosiy maqsad ikki davlat xalqlari o`rtasidagi ilm-fan, adabiyot, madaniyat va san`at sohasidagi do`stona aloqalar va hamkorlikni yanada rivojlantirish, o`zaro tajriba almashishdan iborat.
Ilm-fan, adabiyot, san`at va madaniyat vakillarining Tojikistonga do`stona safar debochasi So`g`d viloyatining tarixiy muzeyiga tashrifdan boshlandi. O`zbekistonlik vakillar tojik xalqining alloma ajdodlaridan biri Kamol Xujandiy muzeyida bo`lishdi.
Xo`jandiy yoshlik chog`larida Samarqand va Toshkentda o`qib, ajdodlarimiz ilm ziyosidan bahramand bo`lgan edi. 14 ming baytdan iborat devoni, 10 ming baytli qo`lyozmalaridan namunalar bizning muzeylarimiz, kutubxonalarimizda ham saqlanmoqda. Ushbu muzey bilan hamkorlik shartnomalari tuzildi. | 98 | 1,292 |
Madaniyat | Alla Pugachyova Instagram’da o‘z sahifasini ochdi | Rossiyalik mashhur xonanda Alla Pugachyova muxlislari uchun Yangi yil sovg‘asi sifatida Instagram’da sahifa ochdi, deya xabar bermoqda ELLE. Uning haqiqiyligini Filipp Kirkorov va Kristina Orbakayte tasdiqladi.
Qo‘shiqchi ayni paytga qadar beshta surat joyladi, obunachilari soni esa allaqachon 115 ming nafarga yetdi.
Pugachyova qizi Liza ishtirokidagi video, arxiv suratlardan kollaj, o‘z selfisi, Yangi yilga olgan sovg‘alari aks etgan suratlarni qo‘ydi. | 49 | 458 |
Madaniyat | Xonanda Lola Instagram’dagi sahifasida #arafamuborak xeshtegi bilan xabar qoldirdi | Xonanda Lola 5-iyul, seshanba kuni Instagram’dagi sahifasida #arafamuborak xeshtegi bilan xabar qoldirdi. Xabarga ilova qilingan suratda o‘choqdagi qozonda damlanayotgan palov tasvirlangan.
Skrinshot: Instagram / @lolaofficial_
“Bugun barcha xonadonlarda shunday manzara! Xonadonlarimizdan quvonch, qalbimizdan esa xotirjamlik arimasin! O‘ylaganlarimizning bari ro‘yobga chiqsin, azizlarim!”, — deb yozgan Lola, xabari yakuniga #arafamuborak xeshtegini qo‘shib qo‘ygan.
6-iyul, chorshanba kuni O‘zbekistonda Ramazon Hayiti nishonlanmoqda. Hayitdan bir kun avval — arafa kuni O‘zbekistondagi aksariyat xonadonlarda palov tayyorlanishi va bu taomni qo‘shnilarga ulashish odat tusiga kirgan. | 82 | 690 |
Madaniyat | Foto: Kaan Urganji o‘g‘li va Farhod Mahmudov Misrda “Baron 2” filmida suratga tushmoqda | Misrda Rustam Sa’diyevning “Baron 2” filmini suratga olish ishlari boshlandi, deb yozadi “Kun-u tun”.
Nashr filmning yulduzli aktyorlari Kaan Urganji o‘g‘lu va Farhod Mahmudovning birga tushgan suratini e’lon qildi.
Eslatib o‘tamiz, “Sevgi iztirobi” serialidagi Amir roli bilan tanilgan Kaan Urganji o‘g‘li “Baron 2” filmida bosh rollardan birini ijro etishi haqida film rejissori Rustam Sa’diyev ma’lum qilgan edi. | 87 | 417 |
Madaniyat | Moskvada “O‘zbek filmlari haftaligi” bo‘lib o‘tadi | Moskva shahridagi kinomatografchilar uyida 1—5-oktabr kunlari “O‘zbek filmlari haftaligi” bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “O‘zbekkino” Milliy agentligi o‘zining Telegram’dagi kanali orqali xabar berdi.
Tadbir Rossiya madaniyat vazirligi, O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi, “O‘zbekkino”, “Fest Cinema” va “Dom kino” tomonidan tashkillashtirilmoqda. Filmlar namoyishiga kirish bepul bo‘ladi.
“O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar ancha yillar oldin boshlangan. Bugungi kunga kelib ikki davlat o‘rtasida diplomatik aloqalar va do‘stlik rishtalari tobora mustahkamlanib bormoqda. Barcha sohalarda, ayniqsa, madaniyat va san’at sohasida hamkorligimiz izchil rivojlanmoqda”, — deyiladi xabarda.
Haftalik davomida 14 ta o‘zbek filmi, jumladan, 4 ta hujjatli film namoyish etiladi. | 50 | 786 |
Madaniyat | Ikki oy avval Toshkentda bo‘lib qaytgan Burak O‘zchivit ota bo‘ldi | Turkiyalik mashhur aktyor, ikki oy avval Toshkentda bo‘lib qaytgan Burak O‘zchivit ota bo‘ldi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.
13-aprel kuni O‘zchivitning rafiqasi Faxriya Evjen o‘g‘il farzand ko‘rdi. Chaqaloq sog‘lom ekanligi, 3 kilogrammdan oshiq vazn bilan tug‘ilgani aytilmoqda.
Chaqaloqqa Karan deb ism qo‘yildi. Burak O‘zchivit bolasi tug‘ilish vaqti rafiqasi yonida bo‘lgan va uni qo‘llab- quvvatlab turgan.
Ona-bolaning holati yaxshi, ular tez kunda tug‘ruqxonadan chiqishi kutilmoqda. | 66 | 495 |
Madaniyat | O‘zbekiston xalq hofizi Mahmudjon Tojiboyev vafot etdi | 11-iyul kuni O‘zbekiston xalq hofizi Mahmudjon Tojiboyev 63 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ma’lum qildi.
O‘zbekiston milliy qo‘shiqchilik, maqom san’ati yo‘nalishidagi barakali ijodi, nozik didi, dardli, keng diapazonli ovozi, betakror ijro mahorati bilan hamkasblari, shogirdlari, muxlislari mehri, e’tiborini qozongan O‘zbekiston xalq hofizi, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi, ustoz san’atkor Mahmudjon G‘oziyevich Tojiboyev to‘satdan, yurak xurujidan vafot etdi.
So‘nggi yillardagi milliy musiqa, milliy qo‘shiqchilik, maqom san’ati rivoji yo‘lidagi islohotlardan, yaratilayotgan imkoniyat va sharoitlardan ruhlanib, yanada kuch-g‘ayrat bilan ishlashga astoydil kirishgan, o‘z kasbining haqiqiy jonkuyari, fidoyisi bo‘lgan tolmas ijodkorning bevaqt o‘limi barchamizni chuqur qayg‘uga soldi.
Kechagina turli tadbirlarga bo‘layotgan tayyorgarlik jarayonlarida faol qatnashayotgan, shogirdlariga jonkuyarlik bilan maqom sirlarini o‘rgatayotgan ustozimiz bugun oramizda yo‘q!
Hofizlik an’analarini Orif Alimaxsumov, Fattohxon Mamadaliyev, O.Otaxonov, G‘.Hojiqulov, sozandalik sirlarini T.Alimatov kabi mumtoz qo‘shiqchilik san’ati darg‘alaridan qunt bilan o‘zlashtirgan, o‘ziga ham, shogirdlariga ham talabchan bo‘lgan ustozimiz, milliy musiqa va qo‘shiqchilik san’atimizni Osiyo, Amerika, Yevropa, Afrika mamlakatlarida namoyish etib kelgan, Yunus Rajabiy nomidagi Respublika maqom ijrochilari tanlovi g‘olibi, so‘nggi nafasigacha san’atimiz rivoji uchun fidokorona mehnat qilgan ustoz san’atkorning yorqin xotirasi qalblarimizda mangu saqlanadi, haqiqiy san’at jonkuyarlari yuragida yashaydi.
O‘zbekiston davlat konservatoriyasidagi uzoq yillik zahmatli mehnatlari, izlanish, intilishlari natijasida yetishib chiqqan shogirdlari ustozlarining ezgu ishlarini davom ettirishlari shubhasiz.
Haqiqiy san’at fidoyisi Mahmudjon Tojiboyevning vafoti munosabati bilan marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz.
Ozodbek Nazarbekov, O‘zbekiston madaniyat vaziri
Ma’lumot uchun, Mahmudjon Tojiboyev 1957-yil 25-noyabrda Quva tumanida tug‘ilgan. Maqom ijrochiligi bo‘yicha O‘zbekiston davlat konservatoriyasida tahsil olgan.
Repertuaridan Shashmaqom (“Saraxbori Navo”, “Saraxbori Dugoh”, “Mo‘g‘ulchai Segoh”, “Navro‘zi Sabo”, “Nimcho‘poniy” va b.) va Farg‘ona—Toshkent maqom yo‘llari (“Dugoh”, “Chorgoh”, “Ushshoq”, “Shahnozi Gulyor”, “Bayot” va b.), katta ashula (“Yovvoyi Chorgoh”, “Yolg‘iz”, “Ey dilbari jononim” kabi), mumtoz (“Topmadim”, “Asiriy” va “Ldoiy”, “Chorzarb”, “Bozurgoniy”) va XX asr bastakorlari (“Keldik”, “Nazzora qil”, K. Jabborov; “Kezarman”, F.Toshmatov; “Jonim erursan”, M. Murtazoyev; “Dilrabolar”, O. Nuriddinov; “Bu oqshom”, O. Hotamov va b.) asarlari o‘rin olgan. | 54 | 2,752 |
Madaniyat | 69 yoshli qo‘shiqchi Sher Marc Jacobs moda brendi yuziga aylandi | Amerikalik xonanda Sher Marc Jacobs moda brendining kuz—qish kolleksiyasi yuziga aylandi, deb xabar qiladi “Korrespondent”.
69 yoshli qo‘shiqchining yangi reklama kampaniyasida tushgan suratini Mark Jeykobs o‘z Instagram tarmog‘iga joyladi. Qolgan suratlarning qachon namoyish etilishi noma’lum.
Marc Jacobs brendi yaratuvchisi Mark Jeykobs Louis Vuitton’ning sobiq badiiy rahbari hisoblanadi. 2013-yilda modelyer Fransiyaning modalar uyi bilan shartnomasini bekor qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Sher “Oskar”, “Gremmi”, “Emmi” va “Oltin Globus” sovrinlarini qo‘lga kiritgan kam sonli xonandalardan biri hisoblanadi. | 64 | 612 |
Madaniyat | Jasur Umirov osmonga qarab kuylashi, ko‘p ma’mur almashtirishi va kuzda uylanayotgani haqida | “Darakchi.uz” xonanda Jasur Umirov bilan suhbat uyushtirdi.
— Jasur, suhbatimizni siz haqingizdagi so‘nggi gap-so‘zlarga aniqlik kiritishdan boshlasak...
— Men haqimda yana qanday gap eshitdingizlar (kuladi)?
—Aytishlaricha, to‘y yaqin ekan...
— To‘g‘risini ayting, qanday qilib hamma narsadan boxabar bo‘lib yurasiz-a? Sizlardan hech narsani sir saqlab bo‘lmaydi-ya (kuladi). Nima bo‘lganda ham qoyil, bu xabarni hatto yaqinlarimizga ham aytmagandik. Faqat oilaviy kelishib, onam sovchilikka yurganlari rost.
— Demak, taxminlarimiz rost ekan-da...
— Ochig‘ini aytsam, ikki-uch yildan buyon uylanish haqida jiddiy bosh qotirib yurgandim. Ammo, to‘g‘risi, o‘zimga ma’qul keladigan qiz topolmayapman. Lekin onam menga bergan muddat tugay deyapti, injiqlik qilmasdan tezroq qaror qabul qilishim kerak. Ya’ni shu yilning kuzida uylanaman.
— To‘y oylari aniq ekan, demak, qiz ham topilgan, nega yashiryapsiz?
— Bu haqida to‘liq gapirmayotganimga birgina sabab — o‘zimiz ham aniq xulosaga kelganimiz yo‘q. Sovchilikka bordik, qizni ko‘rdik, hozir u tomonning javobini kutyapmiz.
— Jasur Umirov urf-odatlarimizga xos, sovchilar orqali umr yo‘ldoshi tanlar ekan-da?
— Haqiqiy muhabbat to‘ydan keyin bo‘ladi, deb bejizga aytishmagan-ku. Biroq shunday bo‘lsa ham birinchi o‘rinda o‘zimning ko‘nglimga quloq tutaman. Onam menga ko‘rsatgan qiz, albatta o‘zimga ham yoqishi shart. Agar yuragim jiz etsa, bo‘ldi. Masala hal! Men tanlagan qiz xoh chiroyli, xoh xunuk bo‘lsin, birinchi o‘rinda o‘zimga yoqishi kerak. Hayotda, tashqi ko‘rinish birinchi o‘rinda emas, deb bilaman.
— Ijodingiz haqida ham gaplashsak. So‘nggi ikki-uch yildan buyon taqdim etayotgan konsert dasturlaringiz tanqidlarga uchrayapti...
— Odamlarning fikrlari o‘zimga ham yetib keldi. Lekin men ham har bir ijodkor kabi doim yaxshi ishlashga harakat qilaman.
— Siz haqingizda “Konsertga tayyorgarliksiz chiqadi” degan gaplar ko‘p bo‘ldi. Shularni inobatga olsak, balki, o‘zingizda mas’uliyat kamaygandir...
— Bir yil oldingi konsertimga, haqiqatan ham kam repetitsiya qilgandim. Sababi, o‘shanda viloyatlardagi uchrashuv va xizmatlarga chalg‘ib, tayyorgarlikka vaqtim yetmagan. Va bundan o‘zim ham juda afsuslanganman. Tomoshabinlar oldida uyalib qolgandim, o‘shanda. Ammo bu yilgi dasturda barcha kamchiliklarni bartaraf etish harakatidaman. Rejamizga ko‘ra, noyabr oyida konsert beraman.
— So‘nggi vaqtlarda yordamchi va ma’murlarni ko‘p o‘zgartiryapsiz...
— Ming afsus, “administrator” deganlari sodiq bo‘lmas ekan. Ishni boshida o‘zini yaxshi ko‘rsatib, qo‘liga pul tushsa, boshqa odamga aylanib qolishadi. Yoki menga faqat shundaylari uchrayaptimi, bilmadim. Xullas, ijodimni boshlaganimdan beri beshta ma’mur almashtirdim, chog‘i.
— Bugun ko‘pgina hamkasblaringiz, akasi, ukasi bilan hamkorlik qiladi. Nega siz akangiz bilan ishlamaysiz?
Bu taklifni akamga juda ko‘p marta aytganman. Ammo u men bilan ishlashni istamaydi. “Ko‘cha-kuyda sening ortingdan turli gap-so‘zlarni eshitsam, o‘zimni tutib turolmayman. Sen bilan ishlasam, ularga yana bir qadam yaqin bo‘lib qolaman. Keyin esa muammo ko‘payadi”, — deydi doim.
— Qo‘shiqlaringiz yengil mavzularda bo‘lsa ham yoshlar orasida tez ommalashadi. Buning siri nimada deb o‘ylaysiz?
— Bilasizmi, qo‘shiqlarimda murakkab mavzularni emas, ayni vaqtda xalq orasida yurgan gap-so‘zlarni kuylashga harakat qilaman. Balki shuning uchun ham yoshlarga yoqayotgandir... Bundan tashqari zamonaviy musiqadan hadeb jiddiylik axtaraverish ham to‘g‘ri emas. Hayotda shundoq ham muammolar ko‘p. Biz esa qo‘shiqlarimiz bilan ularni chalg‘itib, odamlarga yaxshi kayfiyat berishimiz kerak.
— Ijodingiz davomida umuman duet qo‘shiq kuylamagansiz. Nega?
— Birov bilan hamkorlikda ishlashni yoqtirmayman. Balki yillar o‘tib meni “O‘zbek shou-biznesida bir marta ham duet kuylamagan xonanda” deb tilga olishar. Chunki kelajakda ham hech kim bilan duet kuylash niyatim yo‘q. (kuladi).
— Yillar o‘tgandan keyin ham o‘zingizni shu sohada ko‘ra olyapsizmi?
— Albatta, hatto hozirgi yo‘nalishda kuylashimni ham bilaman. Faqat qo‘shiqlarim yoshimga mos, jiddiy, mavzularda bo‘ladi.
— Bugun aksariyat hamkasblaringiz san’atdagi faoliyatidan tashqari qo‘shimcha daromad manbaini ham yo‘lga qo‘ygan. Sizni ular qatoriga qo‘shishimiz mumkinmi?
— Shu kungacha san’atdan boshqa biror sohada o‘zimni tasavvur etib ko‘rmaganman. Ammo kelajakda qo‘shimcha ish ochish niyatim yo‘q emas. Kelajakda kichikroq prodyuserlik markazi ochib, yosh xonandalarni qo‘llab-quvvatlash niyatim bor.
— TV, radio yoki gazetalarga intervyuga chaqirishganda birinchi bo‘lib xayolingizdan nimalar o‘tadi?
— O‘zim muxlis bo‘lib san’atkorlarning intervyularini maroq bilan o‘qigan paytlarimni eslayman. “10-15 yil avval, men ham uyda san’atkorlarning suhbatlarini o‘qib, havas qilardim. Bugun esa o‘zim ular kabi bo‘ldim, orzularim ushaldi” degan o‘ylar o‘tadi. Shuning uchun ham imkoniyatim va vaqtim bo‘lsa, albatta jurnalistlar bilan uchrashaman.
— O‘sha paytda hamkasblaringizdan kimning intervyusi yodingizda qolgan?
— Jahongir Otajonovning gaplarini hali-haligacha eslayman. O‘shanda “Konservatoriyada mendan yaxshi kuylaydigan talaba yo‘q” deb maqtangan edi. O‘ziga bo‘lgan ishonchning kuchliligi meni qoyil qoldirgan.
— Har bir insonda biror-bir narsadan uyalish hissi bo‘ladi. Ya’ni, kompleks. O‘zingizda shu holatni kuzatganmisiz?
— To‘y va xizmatlarga kirib kelishga juda uyalaman. Hammaning e’tibori menda ekanini sezsam, o‘zimni qo‘yishga joy topolmay qolaman. Shuning uchun to‘y, konsert va tadbirlarda, ko‘pincha osmonga qarab qo‘shiq kuylayman (kuladi)
— Fikrlaringizni har doim ham to‘liq bayon eta olmasligingizni sezganman...
— To‘g‘ri, bu odatim ham yo‘q emas. Bunga aytayotgan gapimni hamma ham men istagandek tushunmasligini sezib turganim sabab bo‘lsa kerak.
— O‘ylaganlaringizni to‘g‘ri va boricha yetkazib berish uchun so‘z boyligi kerak, buning uchun esa ko‘proq kitob o‘qish lozim. Bu haqida hech o‘ylab ko‘rmaganmisiz?
— Tan olib aytaman kitob kam o‘qiyman. Va bu mening eng katta kamchiligim. Lekin sekin-sekin bu narsani bartaraf etishga harakat qilyapman.
— Ijtimoiy tarmoqda sizning e’tiboringizni tortgan voqealar haqida gaplashsak...
— So‘nggi vaqtlarda bir narsa diqqatimni tortdi. Bugun odamlar internetga, qaysidir san’atkorning hayotini bilish uchun emas, siyosiy va ijtimoiy hayotimizdagi o‘zgarish va yangiliklarni bilishga kiradigan bo‘lishgan. Ko‘pchilik yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlardan bexabar qolmaylik degan maqsadda kirishyapti. Shaxsan o‘zimni 23 yashar yigitning vazir o‘rinbosari etib tayinlangani e’tiborimni tortdi. Chunki Alisher Sa’dullayevning Xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari etib tayinlangani Prezidentimizning biz yoshlarga bo‘lgan ishonchini bildirdi. Har birimiz ularning ishonchlarini oqlashimiz shart!
Bundan tashqari, bir necha oy oldin o‘qituvchisining ustidan kalaka qilib kulayotgan talaba qizning videosini ko‘rib juda jahlim chiqdi. Yoshgina qiz otasi tengi insonga gapirayotgan gaplari aqlga sig‘maydi. O‘qituvchi ko‘z nurini, asablarini sarflab o‘quvchilarga dars bersa-yu, uni videodagi kabi o‘quvchilar hurmatsiz qilsa... Bu nima degan gap?! To‘g‘ri, o‘zim ham yosh bo‘lganman, vaqtida sho‘xlik qilib o‘qituvchilarning jahlini chiqarganman. Ammo hech qachon ularning ustidan kulgan emasman. “Ustoz otangdek ulug‘” deb bekorga aytishmaydi-ku.
Ota-onalar ham bolalar nazoratini ko‘zdan qochirmasligi kerak. O‘smir yoshlar esa mehnatdan qochmasa, eng avvalo ota-onasini o‘ziga do‘st deb bilsa, nazarimda hech qachon to‘g‘ri yo‘ldan adashmaydi...
Yangilik
— Yangi qo‘shig‘imiz tayyor. “Avaz” deb nomlangan qo‘shiqni bir yo‘la klipi bilan muxlislar e’tiboriga havola etmoqchiman. Klipmeyker Narimon Sultonxo‘jayev bilan komediya janrda videorolik ishladik. | 92 | 7,693 |
Madaniyat | Anjelina Joli Bredd Pittning bir necha million dollarlik sovg‘asini sotib yubormoqchi | Anjelina Joli Bredd Pitt bilan ajrashganidan keyin sobiq turmush o‘rtog‘i u uchun xarid qilgan bir necha millionlik sovg‘ani sotib yuborishga qaror qildi.
Bredd Pitt Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Uinston Cherchill tomonidan 1943-yilda chizilgan “Qutubiya masjidi binosi” nomli suratni bundan o‘n yil avval 2,95 millionga xarid qilgan. Aktyor Kventin Tarantinoning “Sharafsiz vahshiylar” filmida suratga tushganidan keyin Cherchillning faoliyatiga qiziqib qolgan.
View this post on Instagram
Cherchill ushbu suratni Franklin Ruzvelt uchun maxsus chizgan. Prezident suratni o‘g‘li Elliotga bergan, o‘g‘li esa kolleksionerga sotib yuborgan. Keyinchalik ushbu san’at asari Cherchill haqidagi filmda suratga tushgan prodyuser Norman Xikman tomonidan xarid qilingan. Bredd uni Yangi Orleandagi dilerdan sotib olgan.
Joli bir vaqtlar sobiq turmush o‘rtog‘i tomonidan sovg‘a qilingan san’at asarini Christi’s auksioniga sotish uchun qo‘ygan.
Page Six’ning yozishicha, ayni vaqtda surat narxi 3,4 millionga baholanmoqda. | 85 | 1,037 |
Madaniyat | Tug‘ilgan kunini Turkiyada nishonlagan Ra’no Shodiyeva, Zohirshoh va Nahide Babashlidan yangilik. Instagram’dan daraklar | 12-avgust kuni jahon va o‘zbek san’ati yulduzlarining Instagram’dagi sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
“Bravo”chi Shahlo guruhning AQShdagi gastrol safaridagi suratlar bilan bo‘lishdi.
View this post on Instagram
12-avgust kuni ayni damda Istanbulda serial suratga olish ishlarida band bo‘lgan aktrisa Ra’no Shodiyeva tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. Aktrisa tavallud kuni munosabati bilan ajoyib tarzda tabriklagan barcha hamkasblariga minnatdorchilik bildirdi.
View this post on Instagram
Bollivud aktrisasi Madhuri Dikshit va uning sevimli jonivori.
View this post on Instagram
Zohirshoh Jo‘rayev sahifasiga ozarbayjonlik xonanda Nahide Babashli bilan tushgan suratini joyladi hamda muxlislarni ajoyib yangilik kutayotganini yozib qoldirdi.
View this post on Instagram
Feruza Normatova folloverlariga mehrni qizg‘angan insonlardan yiroq bo‘lishni tavsiya qilmoqda.
View this post on Instagram
“Afsuski, samimiy va pok muhabbat sezilmaydi”, — deb yozdi Yulduz Rajabova.
View this post on Instagram
Bollivud aktrisasi Karina Kapur turmush o‘rtog‘i Saif Ali Xonning qizi Sara Ali Xonni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.
View this post on Instagram
Raqqosa Parizoda karantinda qanday vaqt o‘tkazayotganini kichik videoda namoyish etdi.
View this post on Instagram
Betob ekanligini aytgan Nilufar Usmonova shifo tilagan barcha muxlislariga minnatdorchilik bildirdi.
View this post on Instagram | 120 | 1,579 |
Subsets and Splits
No saved queries yet
Save your SQL queries to embed, download, and access them later. Queries will appear here once saved.