folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Madaniyat | Abdulla Qurbonov bo‘lgan ishlardan pushaymon | Yaqinda mobil telefonlarda hamda internet olamida xonanda Abdulla Qurbonovning ichki ishlar xodimlar bilan tortishuvi aks etgan videolavha tarqaldi. Ushbu videolavhani kimdir haqiqatdan ham bo‘lgan desa, kimdir soxta uydirma deya munosabat bidirdi. Ushbu voqeaga aniqlik kiritish maqsadida shov-shuv.uz sayti xonandaning o‘zidan intervyu olishga qaror qildi.
Jurnalistning ushbu voqea bo‘lgan-bo‘lmagani haqidagi savoliga Abdulla Qurbonov: u ham xom sut emgan banda ekanligi, boshqalar qatori xatolar qilib turishini, o‘sha kuni mastlikda og‘zidan adi kirib badi chiqqanini va voqea haqiqatdan ham u bilan bo‘lganini tan oldi.
Bo‘lgan voqeani hech ikkilanmasdan tan olgan Abdulla Qurbonov jurnalistning "Afsusdamisiz?" degan savoliga quyidagicha javob berdi: "Albatta pushaymondaman. Shu videoni ko‘rgan yoshlar, san'atkorlarga aytmoqchimanki, mening bu xatoimni takrorlamanglar. Biror marta bunday qo‘pollikka bormaganman axir. Hammasiga ichkilik sabab bo‘ldi. Bundan buyog‘iga ichki dardlarimni, unga oshno tutinmasdan yengishga intilaman."
Voqening qanday kelib chiqqani va qanday qilib xonanda ichki ishlar xodimlari qo‘liga tushib qolganini xonanda quyidagicha izohladi: " Bo‘stonliqda to‘ydan so‘ng bir kafeda kabob yeymiz deb, o‘zimiz kabob bo'ldik. Mastlikdan so‘ng kelib chiqqan janjal nihoyasi ichki ishlar idorasiga olib bordi. Hamma qo‘pollik ichkilik tufayli. Biroq ichki ishlar xodimlariga minnatdorchilik bildiraman. Ular meni tog‘ri yo‘lga boshlashdi. Aybimga yarasha jazo olib, 10 kun ozodlikdan mahrum etildim. Mana shu 10 asrdek ko‘ringan 10 kun ichida ko‘z oldimdan nimalar o‘tmadi deng?! Xullas, hammasiga nuqta qo‘yilgach, oradan ozgina fursat o‘tmay, mana bu ahvol, video tarqalib ketgan!" | 44 | 1,714 |
Madaniyat | Gollivud yulduzlari Jennifer Lopes va Ben Afflek tanishganlaridan 20 yil o‘tib turmush qurdi | Gollivudning mashhur xonanda hamda aktrisasi Jennifer Lopes va Ben Afflek turmush qurdi. To‘y Las-Vegasdagi kichik ibodatxonada kamtarona muhitda bo‘lib o‘tdi, deb yozadi “Pravila jizni”.
“Biz uddaladik. Muhabbat go‘zal. Sevgi betakror. Shuningdek, sabr-toqatli ham. Oz emas, naqd yigirma yillik sabr! Kecha biz Las-Vegasga uchib ketdik, xuddi biz kabi dunyoning to‘y poytaxtiga otlangan yana to‘rt nafar juftlik bilan ro‘yxatdan o‘tish uchun navbatda turdik”, — deya bo‘lishgan qo‘shiqchi.
“Menga turmushga chiq” filmi
Marosim davomida endilikda turmush o‘rtog‘ining familiyasini olgan Lopes ikkita libosda namoyon bo‘ldi. Nikohdan o‘tish paytida u ilgari filmda suratga tushish uchun kiygan oq rangli vintaj libosda keldi. Ikkinchi obrazda dizayner Zuhair Murodning kolleksiyasiga mansub to‘rli libos — yelkalari ochiq, uzun yengli ko‘ylak hamda fata bilan kechaning malikasiga aylandi.
Zuhair Murod libosi
Muxlislar Lopesning libosini “Menga turmushga chiq” (Marry me) filmidagi qahramonnikiga o‘xshashligini darhol payqadi: filmda aktrisa konsertda olomon ichidan chiqqan yigit bilan turmush qurgan qo‘shiqchi rolini o‘ynagan.
Shuningdek, xonanda oltin yurakcha, J va B bosh harflari chizilgan manikyuri bilan birgalikda, yashil olmosli nikoh uzugini namoyish etdi. Ushbu noyob tosh allaqachon jamoatchilik e’tiborini tortgan — ekspertlar toshning g‘ayrioddiy rangi tufayli uning qiymatini 5-7 million dollarga baholagan. | 92 | 1,431 |
Madaniyat | Video: Bahorning “Istiqlol”da bo‘ladigan eng qimmat konsertlari reytingi | Toshkentdagi “Istiqlol” san’at saroyida konsertlar mavsumi davom etmoqda. Jurnalist Feruz Muhammad san’at saroyida bo‘lib, chiptalarning kassadagi narxlari asosida eng qimmat konsertlar reytingini tuzdi.
“Million” jamoasining konserti 24—28-aprel kunlari bo‘lib o‘tadi. Chiptalar narxi — eng arzoni 15 ming so‘m, eng qimmati — 100 ming so‘m.
Xonanda Alisher Fayzning 17—21-may kunlari tashkil etiladigan dasturining chiptalari narxi quyidagicha — eng arzon chipta 10 ming so‘m, eng qimmat chipta esa 120 ming so‘m.
24—25-mart kunlari bo‘lib o‘tadigan mazkur konsertning eng arzon chiptasi 20 ming so‘mdan, eng qimmati esa 150 ming so‘mdan sotilmoqda.
Xonanda Shahzodaning 5—11-may kunlari bo‘ladigan konsertining eng arzon chiptasi 15 ming so‘m, eng qimmati — 250 mingdan.
Xonanda Yulduz Usmonovaning 11—23-aprel kunlari jonli ijroda bo‘lib o‘tadigan dasturining eng arzon chiptasi 20 ming so‘m, eng qimmati esa 250 ming so‘mgacha belgilangan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 72 | 1,018 |
Madaniyat | Tokioning sirli dunyosidan Xirosima fojiasigacha. Yapon rejissorlarining tomosha qilish tavsiya qilinadigan eng yaxshi animelari | Stereotiplardan farqli o‘laroq, anime yosh janr emas. Uning tarixi 1950-yillarda, animatsiya bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan odamlarning alohida tajribalari emas, balki sanoatga aylanganda boshlangan. O‘tgan o‘n yillar mobaynida ko‘plab TV va OVA-seriallari (Original Video Animation — Yaponiyada anime-seriallarning o‘ziga xos formati) qisqa va to‘liq metrajli filmlar chiqarildi. Bu sohalarda eng yaxshi kartinalar ro‘yxatini tuzish deyarli imkonsiz, chunki ma’lumotlar juda ko‘p. Lekin shunga qaramay Cosmopolitan nashri ekran yuzini ko‘rganiga ancha bo‘lgan bo‘lsa-da, ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan klassikalar, hayratlanarli darajada bajarilgan va diqqatga sazovor anime kartinalar bilan tanishtiradi.
“Stimboy” (Katsuhiro Otomo, 2004)
XIX asrdagi Angliya. Rey Stim — juda iste’dodli, mexanikaga qiziquvchi bola, bobosi unga bug‘ sharining chizmalarini yuborganidan so‘ng hayoti siyosiy voqealarga qorishib ketadi.
“Stimboy” — Katsuhiro Otomoning yetarlicha baholanmagan kartinalarining eng yorqin namunasidir. Mazkur animatsiya ruhiy jihatdan yengil va bolalarcha samimiy. Bu ajoyib animatsiyada, ayniqsa, xayoliy mexanizmlar haqida gap ketganda haqiqiy stimpank (XIX asr oxiridagi bug‘ energiyasidan ilhomlanib yaratilgan ilmiy-fantastik yo‘nalish) sarguzashtdir. Otomo — ajoyib grafik. “Stimboy”da bo‘lgani kabi hech qayerda mexanizmlarning ajoyib dizaynini bunchalik aniq ko‘ra olmaysiz, tomosha qilish davomida animatsiya san’ati nimalarga qodir ekaniga qoyil qolishingiz aniq.
“Stimboy” Otomoning “Akira” nomli animatsiyasi singari unchalik mashhur bo‘lolmagan. Bir vaqtlar bu 3D va 2D animatsiyasining kombinatsiyasi nimaga qodirligini ko‘rsatib beruvchi ajoyib film bo‘lgan.
“Haqiqiy qayg‘u” (Satosi Kon, 1998)
Pop yulduzi Mima Kirigoye o‘z konsertida karyerasini o‘zgartirmoqchi ekanini e’lon qiladi: bundan buyon u serialda rol o‘ynamoqchi! Garchi muxlislari uning qaroridan unchalik mamnun bo‘lmasalar-da, Mima bunga qat’iy qaror qiladi. To‘g‘ri, u bu haqda o‘zining kundaligidagi yozuvdan bilib qoladi, albatta, buni u yozgan emas. Lekin qaysi yulduzning aqldan ozgan muxlislari yo‘q?
Satosi Konning mazkur kartinasi birinchi soniyadayoq tomoshabinni bezovta qila boshlaydi. Satosi Kon bu jihati bilan Lars Von Trierga biroz taqlid qilgan: ularning har ikkalasi ham samimiy va begunoh qahramonlarini umidsizlik, og‘riq va yovuzlik dunyosiga tashlaydi. Biroq “Haqiqiy qayg‘u”ni aqldan ozgan muxlislarning ahmoqligi deb hisoblash vijdonsizlik va noto‘g‘ri bo‘lardi. San’at ko‘pincha shafqatsiz bo‘lishga majbur bo‘ladi. Satosi Kon esa tomoshabinni umuman ayamaydi, ularni og‘riq va azoblar orqali go‘zallikka olib boradi.
“Haqiqiy qayg‘u” animesi media olamidagi shaxsning mashhurligi bilan bog‘liq jinnilikning turli tomonlarini qo‘rqinchli va realistik tarzda ochib beradi. Mima o‘zi shaxsiyatining qaysi tomoni haqiqiy ekanligini anglay olmay qoladi, uning qiyofasi boshqa odamlarning — unda tirik odamni payqamaydigan suratga olish guruhi, eski va yangi muxlislari, hamkasblarining munosabatida sinadi.
“Xokusay xonim” (Keyichi Hara, 2015)
Katsusiki Oi — saroyning mashhur rassomi bo‘lgan Xokusayning qizlaridan biri. U aqlli, o‘qimishli va iste’dodli, u rasmlar chizish orqali otasi olgan buyurtmalarni tayyorlashga yordam beradi. Va hech qachon suratlariga o‘z imzosini qo‘ymaydi
Keyichi Xara bir necha bor Xayao Miyazaki ijodiga taqlid qilishda ayblangan, ammo bu ayblovlar isbotlanmagan. Uning uslubi haqiqatan ham Ghibli estetikasiga o‘xshash bo‘lsa-da, Keyichi Xara yapon to‘liq metrajli animatsiyasida, xususan, Ghibli qo‘l urmagan mavzularni muhokama qilishdan uyalmaydi. “Xokusay xonim” — bu hozirgi zamonning eng feministik anime filmlaridan biri bo‘lib, G‘arbning kamchiliklarini tan olmagan holda eng yaxshi namunalardan ilhomlanilgan.
“Xokusay xonim” yaxshi o‘ylangan markaziy personajdan tashqari, anime chizishning ajoyib texnikasiga ega Edo davridagi yapon mumtoz rasmlarining go‘zalligini tomoshabinga mukammal tarzda yetkazib beradi.
“Samoviy qal’a — Laputa” (Xayao Miyazaki, 1986)
Bir kuni konchilar qishlog‘ida yashaydigan bola bo‘yniga billur tumor taqqan qizni topib oladi va unga boshpana beradi. Qiz hushiga kelganida, u samoda suzib yuradigan afsonaviy orolning malikasi ekanligini va uni harbiylar hamda osmon qaroqchilari qidirayotganini bilib oladi.
“Samoviy qal’a — Laputa” stimpankning ajdodi bo‘lib, Xayao Miyazaki uchun epik fantaziyaning noyob namunasi hisoblanadi. Bu anime hozirgacha ajoyib bolalar animatsiyasi bo‘lib, lekin shu bilan birga yovuzlikka qarshi kurash haqidagi qahramonlik hikoyasidir.
Shuningdek, bu sayyoramiz kelajagi uchun ekologik kurash haqidagi filmlarning kamdan kam uchraydigan muvaffaqiyatli misollaridan biri. Bu mavzu kelajakdagi dunyoning tozaligi bosh qahramon kurashining mavzusi bo‘lgan Miyazakini doim xavotirga solgan. Sayyorani razilliklardan va militarizmdan qutqarish uchun mas’uliyat juda yosh bolalarga — dunyomizning kelajagiga yuklatilgan, chunki ijodkorning fikricha, kattalar bunga dosh berolmaydi.
“Qobiqdagi ruh” (Mamoru Osii, 1995)
Kelajakda jinoyatchilik hozirgidan-da ayanchli ahvolda bo‘ladi. Ammo endi kibertexnologiyalar rivojlanishi bilan firibgarlar o‘ziga xos turdagi jinoyatlarni sodir etish imkoniyatiga ega bo‘ladi: neyron implantlari orqali odamlarning shaxsiy ma’lumotlarini o‘g‘irlash, “arvoh”-kiborgni buzish ... Maxsus bo‘limning eng yaxshi xodimasi — kiborg, mayor Motoko Kusanagi shunday jinoyatchilarning iziga tushgan. Bu ishi bilan u Qo‘g‘irchoqboz laqabli sirli jinoyatchining e’tiborini tortadi.
Mamoru Osiining boshqa filmlaridan farqli o‘laroq “Qobiqdagi ruh” 2029-yilda Tokioning sirli sovuq dunyosiga boshqacha nazar bilan qaraydigan ulkan franshizaga asos solgan. Biroq boshqa filmlarning hech biri Mamoru Osiining sehrli muhitini takrorlay olmagan. Albatta, bu narsa ularning mashhurligiga ta’sir qilmaydi, shunchaki “Qobiqdagi ruh” janr chastotasiga qaramay, takrorlab bo‘lmaydigan filmga aylangan. Bu ishning uddasidan chiqisholmagan, garchi Yaponiyada ham, Gollivudda ham bunga urinishlar bo‘lgan.
“Nafis so‘zlar bog‘i” (Makoto Sinkay, 2013)
Takeo — yaxshi talaba, lekin u turli poyabzallar dizaynini yaratishni yoqtiradi va bu sevimli mashg‘uloti tufayli u yomg‘irli kunlarda o‘qishga bormay, shahar bog‘idagi ayvonchada rasm chizadi. Bir kuni u bu yerda o‘zidan bir necha yosh katta go‘zal ayol bilan tanishib qoladi va ular o‘rtasida chiroyli va samimiy suhbat bo‘lib o‘tadi.
Bundan tashqari Makoto Sinkayning ko‘plab filmlari haqida gapirish mumkin, lekin uning filmografiyasida “Nafis so‘zlar bog‘i” alohida o‘rin tutadi. Bu qisqa metrajli film bo‘lib, unda deyarli hech qanday kadrorti ovoz eshitilmaydi (Sinkayning sevimli usuli) va qahramonlar orasidagi romantika kutilmagan tomondan ko‘rsatiladi. Odatda Sinkay qahramonlari o‘z fikrlari va his-tuyg‘ularini nazorat qila olmaydi, lekin bu kartinada filmning butun sujeti yengil va samimiy suhbatga qurilgan.
“Dunyoning bu burchagida” (Sunao Katabuti, 2016)
Suzu Urano — Xirosimada yashovchi oddiy qishloq qizi. U o‘z oilasiga g‘amxo‘rlik qiladi va ba’zida hordiq paytida daftariga dengiz quyonlari rasmini chizadi. Uni boshqa viloyatdan kelgan odamga turmushga berishadi. Hozir u asta-sekin yangi oilaga ko‘nikmoqda. Shu bilan birga, avval imperator Xiroxitoning fashistik davrini, keyin urushni, so‘ngra urushdan keyingi ocharchilik yillarni boshdan kechirmoqda...
Xirosima — hali ham yaponiyaliklar uchun, ayniqsa, anime uchun og‘riqli mavzu, lekin kamdan kam odam bu fojiani o‘z mamlakati tarixining bir qismi deb hisoblaydi. Biroq filmda siyosat mavzusi orqa fonda qoladi: u tabiiy ravishda tajovuzkor politsiya, armiyaga ommaviy jalb qilish va radio xabarlari orqali o‘zini bildirib turadi, lekin hikoyaning markazida unchalik boy bo‘lmagan oilaning oddiy hayoti, muloyim va ijodkor qiz taqdiri turadi.... U kattalardek bo‘lishni o‘rganadi, kecha unga begona bo‘lgan odamlarga yordam beradi, deyarli tanimaydigan eri bilan munosabat o‘rnatadi va o‘zida kichik bo‘lsa-da, lekin qalbga iliqlik baxsh etuvchi kuch topa oladi.
“Ame va Yuki — bo‘ri bolalari” (Mamoru Xosoda, 2012)
Yosh qiz Xana bo‘riga aylana oladigan yigitni sevib qoladi va undan ikki farzand ko‘radi: qiz va o‘g‘il. Ammo sevgilisi vafot etgach, oilani boqish, bolalarni oyoqqa turg‘izish uning o‘ziga qoladi. Bu orada bolalarining haqiqiy yovvoyi bo‘rilar kabi o‘zini tutishi qo‘shnilari, ham ijtimoiy xizmat xodimlarining e’tiborini tortadi...
Mazkur kartinada Mamoru Xosoda o‘zini chiroyli oilaviy anime ustasi sifatida ko‘rsatib, yosh ota-onalarning odatiy qiyinchiliklarini boshqa rakursdan tasvirlaydi. Keyinchalik u “Maxluq shogirdi” va “Kelajakdan kelgan Mirai” filmlarini suratga oladi, ular ham oila mavzusiga tegishli bo‘lib, lekin u buni birinchi bo‘lib “Bo‘ri bolalari”da tasvirlagan. Xosoda buni juda samimiy, ta’sirchan va ayni paytda real tarzda, yosh oila hayotining murakkab tomonlarini yashirishga urinmasdan amalga oshira olgan. | 128 | 8,914 |
Madaniyat | Kanizaning Porsche Cayenne mashinasidan qimmatbaho buyumlari o‘g‘irlab ketildi (foto) | 8-yanvar kuni kechki payt soat 19:30 larda Kaniza Toshkentdagi Amaretto Restaurant oldiga o‘zining shaxsiy Porsche Cayenne mashinasini qo‘yib, dugonalari bilan ovqatlanib, soat 21:00 larda qaytib chiqqanida mashinasining orqa oynasi sindirilib, uning bir qancha qimmatbaho buyumlari va pullari o‘g‘irlab ketilganini ko‘rdi, deb xabar beradi “Sayyod.com”.
Kanizaning o‘zi o‘g‘irlangan buyumlari ro‘yxatiga aniqlik kiritdi.
“Mashinam ichida 2,5—3 million so‘mlik Cavalli sumkam, 10 ming AQSh dollarlik Vertu telefonim, 400 AQSh dollarlik Fleur Narcotique atiri, bular hammasi menga sovg‘a qilingandi, va yana qimmatbaho hamyon hamda 300 mingcha so‘mimni o‘g‘irlab ketishdi”, — dedi xonanda.
Kaniza ushbu hodisa yuzasidan militsiyaga murojaat qilmasligini ta’kidlab o‘tdi.
“Bundan avval ham boshqa mashinalarimdan 4—5 marotaba shunday o‘g‘irlatib qo‘yganimda, ularga murojaat qilganimda, yordam bera olishmagandi, shu sabab ham yana behuda yozuv-chizuvlar bilan vaqtimni ketkazmay dedim. Boshqa tarafdan konsert va to‘yim oldidan bosh ko‘zimizdan sadaqa dedim, lekin endi bundan buyog‘iga mashinamda hech narsa qoldirmaydigan bo‘ldim. Borgan joyimga kerak bo‘lsa mashinamdagi hamma narsamni ko‘tarib olib kirsam kiramanki, lekin endi boshqa narsa qoldirmayman”, — dedi Kaniza.
Eslatib o‘tamiz, 28-aprel kuni Kaniza tug‘ilgan kuni, to‘yi va konsertini o‘tkazmoqchi. | 85 | 1,364 |
Madaniyat | Instagram: “Chorsu”ni aylangan Diyora Usmonova, o‘zgarib ketgan Zarina Nizomiddinova, Nilufar Usmonova xonadonidagi bayram | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
1-avgust kuni tug‘ilgan kunini nishonlagan xonanda Zohirshoh Jo‘rayevga sozandalari kutilmagan syurpriz tayyorladi.
Munisa Rizayeva qaysi surati muxlislariga yoqishi yuzasidan so‘rovnoma o‘tkazdi.
“Qalpoq” hajviy ko‘rsatuvida Jahongir Otajonovga parodiya efirga uzatildi.
Ziyoda folloverlarining armoni haqida so‘radi.
Sardor Rahimxon san’atdan ketishiga nima turtki bo‘lgani haqidagi savolga javob berdi.
“Malak” serialining ikkinchi fasli yaqin oylarda tomoshabinlarga taqdim etiladi.
O‘zbekiston birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyevaning jiyani Diyora Usmonova “Chorsu” bozorida milliy matolarni xarid qilish jarayonini folloverlariga ko‘rsatdi.
Jahongir Otajonov qizining besh yoshga to‘lishi munosabati bilan uning suratini sahifasiga joyladi.
Shahzoda Muhammedova Rossiya estradasi yulduzi Filipp Kirkorov uning sahifasini kuzatib borishini bilib qoldi.
Marhum aktyor Fathulla Mas’udovning farzandlari u turmush qurgan sana munosabati bilan ta’sirli videorolik tayyorladi.
Madina Mumtoz o‘qish uchun Turkiyaga ketdi.
Nilufar Usmonova qizi Safiyaning tug‘ilgan kunini nishonladi.
Zarina Nizomiddinova imijini tubdan o‘zgartirdi.
Lola folloverlari uchun raqs chellenjini e’lon qildi hamda raqsni qanday sahnalashtirish yuzasidan mahorat darsi o‘tdi.
Jahongir Ahmedov AQShda Tinch okeani sohilida rasmga tushdi.
Shohruhxon oilasi, sevgisi hamda ukalari bilan munosabatlari haqida so‘zlab berdi.
Jurnalist Shoira Mirsodiqova to‘yidan avval erining xiyonati payqab, u bilan nikohni bekor qilmoqchi bo‘lgani haqida so‘zlab berdi.
Ozoda Nursaidovaning “Habibi” qo‘shig‘iga ishlangan klip 3-avgust kuni taqdim etiladi. | 122 | 1,763 |
Madaniyat | Yulduzlar o‘tgan hafta nimalar bilan band bo‘ldi? (foto) | My Day taniqlilarning Instagram sahifalariga nazar tashlab, ularning o‘tgan haftada nimalar bilan mashg‘ul bo‘lganliklarini bilib oldi.
Skrinshot: My Day
Skrinshot: My Day
Latofatli xonanda Lola hozirda farzandlari bilan Moskva shahrida istiqomat qilayotgani uning ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib borayotgan muxlislariga ma’lum. Xonanda surunkali ravishda o‘z hayotida yuz berayotgan o‘zgarishlar bilan ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifalari orqali o‘rtoqlashib boradi. Uning so‘nggi suratlari ostiga yozilgan xabarlarga ko‘ra, Lola tez orada hayotidagi muhim kunga tayyorgarlik ko‘rmoqda va buning sharofati bilan maxsus parhez tutishni boshlagan. U o‘zi iste’mol qilayotgan taomlar surati ostiga o‘zi kabi parhezga o‘tirgan muxlislari uchun bu mavzuda tavsiyalarini ham ayamagan.
Skrinshot: My Day
Skrinshot: My Day
16-sentabr kuni betakror Rayhon o‘zining tavallud ayyomini nishonladi. Xonanda avvaliga turmush o‘rtog‘i bilan restoranda tushgan suratini joylagan bo‘lsa, keyin bir quchoq atirgul ushlab tushgan surati bilan bo‘lishgan. Shuningdek, internet tarmog‘ida unga yaqinlari tomonidan tug‘ilgan kuni sharafiga uyushtirilgan syurpriz videosi ham paydo bo‘ldi.
Skrinshot: My Day
Skrinshot: My Day
Umidaxon ham ijtimoiy tarmoqlarda juda faol foydalanuvchilardan hisoblanadi. U deyarli har kuni qanday o‘tayotganligi bilan Instagram orqali bo‘lishib boradi. Xonanda o‘tgan haftada juda ko‘p tadbirlarda ishtirok etib, ularning barchasidan fotosuratlarni ijtimoiy tarmoqda e’lon qildi. Yangi restoran ochilishi deysizmi, MY5 kanalidagi yangi ko‘rsatuv suratga olish jarayonimi, va albatta o‘tgan haftaning eng muhim hodisalaridan biri, ELDIDO guruhining solisti Dilniyozning nikoh oqshomida mehmon bo‘lgani. Bularning barchasi haqida uning kuzatuvchilari ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari orqali xabardor bo‘lib turdi.
Skrinshot: My Day
Xushovoz xonanda Ulug‘bek Rahmatullayev noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan konsert dasturiga tayyorgarlik avjida bo‘lishiga qaramay, muxlislarini ham unutayotgani yo‘q. U xalq xizmatidan ham qochmay, hattoki boshqa viloyatlardagi to‘ylarda ham xizmat qilib qaytmoqda. Xonanda Instagram tarmog‘ida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan to‘y tantanasidan fotosuratni joylagan. Shuningdek, Rahmatullayev konsert dasturiga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida ham aynan Instagram’ga joylangan suratdan bilib olish mumkin.
Skrinshot: My Day
Skrinshot: My Day
O‘zining betakror uslubi va ovoziga ega xonanda Manzura ham bir qator shou biznes vakillari qatori Dilniyoz G‘afforovning to‘yida xizmatda bo‘ldi. Bu haqda xonandaning instagramga joylagan fotosurati va Dilniyozni tabriklab qoldirgan izohidan bilib olish mumkin. Undan tashqari xonanda Obid Asomov prodyuserligida suratga olingan “Ada emas, dada” filmining premyerasiga taklifnomalar suratini joylab, juda ham xursandligini ma’lum qilgan.
Skrinshot: My Day
Xonandaning kuzatuvchilari ayni damda Karen ko‘hna Samarqand bo‘ylab sayohat qilayotganiga guvoh bo‘lishlari mumkin. U Samarqandda tushgan bir nechta fotosuratlarini joylab, fotohisobot boshlanganini ma’lum qilgan.
Skrinshot: My Day
Maftunkor Shahzoda o‘tgan haftada navbatdagi ijod namunasini muxlislari e’tiboriga havola etdi. “Begim” deb nomlangan taronaning so‘zlari Zilolabonuga, musiqasi esa avstriyalik prodyuser va kompozitor Avi Benediga tegishli.
Skrinshot: My Day
Davron Kabulov oxirgi kunlarda xizmatdan ortmayapti. Buni uning Instagram’dagi shaxsiy sahifasiga joylayotgan fotosuratlaridan ham bilib olish qiyin emas. Hozirgi vaqtda eng talabgir boshlovchilardan sanalgan Davron Kabulov so‘nggi fotosuratlari ostiga #vsumasshedshemrejime xeshtegini yozib qoldiryapti.
Skrinshot: My Day
“Sharq” guruhi solisti Tatyana Zayseva “Dunyo” nomli taronaga klip suratga olayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabar bergan. Qo‘shiq matni Nurmuhammad Isroilov, musiqasi esa Askar Ibragimovga tegishli ekani haqida ma’lumot ham qoldirilgan.
Skrinshot: My Day
Samandar Hamroqulov eng katta orzularidan biri ro‘yobga chiqayotgani haqida ma’lum qilgan. U ma’lum bo‘lishicha anchadan buyon akasi, so‘z ustasi Iskandar Hamroqulov bilan birgalikda konsert dasturi taqdim etish orzusi bo‘lgani va yaqin kunlarda bu orzusi amalga oshayotgani haqida ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy sahifasida e’lon qilgan.
Skrinshot: My Day
Yaqindagina ikkinchi bor onalik baxtiga muyassar bo‘lgan xonanda, go‘zal ovoz sohibasi Dilso‘z marhum Shahnozabonu xotirasiga bag‘ishlab uning “Qizalog‘im” deb nomlangan qo‘shig‘ini ijro etdi va o‘tgan haftada premyera qildi. | 56 | 4,505 |
Madaniyat | Termizda MAN avtomobiliga o‘rnatilgan mobil kinoteatr ish boshladi | Prezident Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida “Kinomobil” — O‘zbekistondagi birinchi innovatsion kinoteatr loyihasi taqdimoti bilan tanishib, tegishli tavsiyalarni bergan edi. Shunga muvofiq Milliy bank bilan hamkorlikda amalga oshirilgan mazkur loyiha Termiz shahrida kino muxlislariga xizmat ko‘rsatishni boshladi, deya xabar beradi O‘zA.
MAN avtomobiliga o‘rnatilgan mobil kinoteatr barcha mavsumga moslashtirilgan bo‘lib, isitish, ventilyatsiya, sovutish tizimi bilan jihozlangan.
Innovatsion mobil kinoteatrni ishga tushirish uchun 30 daqiqa vaqt sarflanadi. Bu vaqtda qurilma eniga 6 metrgacha kengayadi va 80 kishiga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega bo‘ladi.
Tomoshabinlar o‘zbek va jahon kinematografiyasi yangiliklari bilan raqamli 2D hamda 3D formatida tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ayni paytda innovatsion kinoteatrning ilk mijozi bo‘lgan Termiz davlat universiteti talabalari uchun “Skorpion”, “Elparvar”, “Said va Saida” badiiy hamda “Abu Iso Muhammad at-Termiziy” hujjatli filmlari namoyish etilmoqda. | 66 | 1,027 |
Madaniyat | Hunarmandlar: Madaniy meros xaftaligi san'atimizni namoyon etish uchun katta imkoniyat bo`ldi! | Respublika Yoshlar ijod saroyida Madaniy meros haftaligi va «O`zbekiston madaniy merosi – yangi Renessans poydevori» mavzusidagi IV xalqaro Kongressi o`z ishini boshlagani xakida malum kilgan edik. Xaftalik davomida ishlarini namoyon kilayotgan xunarmandlar bu borada fikrlarini bildirib o`tishdi:
Oyatilloh Madaliev, misgar:
Ijodiy mahsulimizni ommaga taqdim etish uchun "Madaniy meros" haftaligi katta imkoniyat bo`ldi. Haftalikka tashrif buyurgan mehmonlar ish jarayonimizga katta qiziqish bildirishyapti. Ularning e`tiborini tortayotgan eng muhum narsa - bizda ishlatilgan kompozisiya qaytalanmaydi, tashrif buyurganlar "hech bir hunarmandchilik ishlaringiz bir-birini takrorlamas ekan" deya hayratda.
Hamrojon Qodirov, kulol:
30 yil Rishton keramika zavodida ishlaganman. Biz halol mehnat ortidan oddiy loydan go`zal buyumlar yaratamiz. Mehmonlar O`zbekistonning aynan qaeridan kelganimizga, hunarmandchilik ishlarimizga qiziqishdi. Meni hursand qilgan narsa chet elliklar sopol idishlarga o`zgacha muhabbat qo`yishgan.
Surayyo Halilova, kashtachi :
Onam ikkimiz deyarli 20 yildan buyon kashtachilik hunarmandchiligi ichidamiz. Madaniy meros haftaligiga tashrif buyurgan mehmonlarni kashtachiligimizdagi rang-baranglik juda hayajonga solmoqda. Milliy kiyimlarimizdan ko`p-ko`p sotib olishyapti. Qolaversa matolarimiz paxta va ipakdan ekanligi uchun ham chet elliklar ushbu kashtachilik san`atiga muhabbat qo`yishgan.
Abdulloh Ubaydullaev, yog'och o'ymakori:
Men 14 yildan buyon mana shu yog`och o`ymakorligi sohasida faoliyat yuritaman. Kelayotgan turistlarning birinchi navbatda qiziqtirgan narsa, bizning o`ymakor naqshlarining nihoyatda nafisligi. Turistlarni bizning hunarmandchilikka qiziqishini oshirishida shu kabi madaniy meros haftaliklari ayni muddao bo`ldi deyishim mumkin.
Mohigul Diyorxo`jaeva tayyorladi | 94 | 1,824 |
Madaniyat | O‘zbekiston Kann kinofestivalida ishtirok etadi | Fransiyada o‘tadigan 71-Kann xalqaro kinofestivalida ilk bor Uzbekistan pavilyoni tashkil etiladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
2018 yilning 8-19-may kunlari Fransiyaning mashhur Kruazet bulvaridagi Festivallar va kongresslar saroyida o‘tkaziladigan xalqaro kinofestivaldagi O‘zbekiston pavilyoni Yoshlar ittifoqi, Kinematografiyani rivojlantirish markazi hamda Yosh kinoijodkorlar kengashi tomonidan tashkil etilmoqda.
Bu borada Kinematografiyani rivojlantirish markazi Kann kinofestivali direksiyasi bilan shartnoma imzolagan.
Pavilyon qatnashchilari mehmonlarga O‘zbekiston kinoijodkorlarining filmlari hamda mamlakatning kino sanoati haqida ma’lumotlar taqdim etadi. Shu yerda 2018-yilning oktabr oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan, joriy yildan boshlab xalqaro kinofestival maqomini olgan PROlogue loyihasi taqdimoti ham o‘tkaziladi. | 47 | 846 |
Madaniyat | Beyonse, Viktoriya Bekxem va Uill Smit Facebook‘da o‘z ismlaridan nolidi | Facebook’da Beyonse ismli qizning hikoyasi ommalashib ketdi, deya xabar bermoqda TJournal. U mashhur “Nyu-York odamlari” (Humans of New York) blogida chop etilgan edi.
Odatda ushbu blog mualliflari o‘z qahramonlari bilan yuzma-yuz uchrashib, ularni rasmga oladi va kichik intervyucha uyushtiradi.
Beyonse blog vakiliga ba’zan o‘z ismidan nafratlanib ketishini aytdi. “Chunki men uyalchang va odamoviman. Ismim taniqli qo‘shiqchinikidek bo‘lgani uchun esa hamma menga e’tibor qaratadi”, — dedi qiz va o‘zi tushgan yoqimsiz vaziyatlarni misol qilib ko‘rsatdi. Shuningdek, ismi Beyonse ekanligini endigina bilib olganlar ataylab qo‘shiqchining bironta ashulasini xirgoyi qila boshlashini, buni esa uning jini suymasligini ta’kidladi.
Ushbu post chop etilganidan ko‘p o‘tmay, unga ko‘plab izohlar bildirildi. Ularda boshqa taniqli aktyor yoki qo‘shiqchi bilan bir xil ismga ega kishilar o‘z dardlarini doston qilib ketdi. Jumladan Meri-Keyt Olsen, Uill Smit, Keti Xolms, Viktoriya Bekxem ism-sharifli foydalanuvchilar o‘z ismlaridan shikoyat qildi. | 72 | 1,045 |
Madaniyat | POYTAXTIMIZDA BUXORO TEATRI SPEKTAKLLARI | Poytaxtimizdagi O`zbek Milliy akademik drama teatrida boshlangan Buxoro viloyati musiqali drama teatrining ijodiy safari davomida namoyish etiladigan spektakllar jonajon diyorimizni, boshimiz uzra musaffo osmonni ko`z qorachig`idek asrashga undashi, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarning Vatan oldidagi ijtimoiy burchi, mas`uliyatini teran anglashga yaqindan ko`maklashishi bilan ahamiyatlidir.
Buxoro viloyati musiqali drama teatri ijodiy safari boshlanishi munosabati bilan tashkil etilgan kechaga san`atshunoslar, pedagoglar, ma`naviyat targ`ibotchilari, o`qituvchilar, talaba-yoshlar taklif etildi, deb xabar beradi Madaniyat vazirligi Axborot xizmati.
Mamlakatimizda teatr san`atini ravnaq toptirish borasidagi ezgu sa`y-harakatlar yosh avlod ma`naviyatini yuksaltirish, ularni mustaqil va sog`lom tafakkur sohibi bo`lib kamolga etkazishdek maqsadlarni ko`zlashi bilan ahamiyatlidir.
Buxoro viloyati musiqali drama teatrining ijodiy safari doirasida mazkur jamoa tomonidan sahnaga qo`yilgan "Burch" hamda "Zafarnoma" spektakllari namoyish etiladi. Nurilla Abbosxon hamda Valijon Umarov asari asosida rejissyor Sayfiddin Meliev tomonidan sahnalashtirilgan "Burch" spektakli milliy armiyamizda ofiserlar sulolasining shakllanishi, ularning xalqimiz tinch va osuda hayotini muhofaza etishga oid jasorati, askarlik qasamyodi va burchiga sodiq mard o`g`lonlar taqdiriga bag`ishlangan.
"Zafarnoma" spektakli esa buyuk bobolarimizning hayoti, faoliyati, boy ma`naviy merosidan so`zlaydi.
Buxorolik teatr ustalarining ijodiy safari "Burch" spektakli bilan boshlandi. | 41 | 1,557 |
Madaniyat | Nargiz Zokirovadan Vin Dizelgacha: Kal yulduzlar sochi bor paytda qanday ko‘rinishga ega bo‘lgan? (foto) | Dueyn Jonson, Nargiz Zokirova va boshqa yulduzlarning siz avval ko‘rmagan suratlarini taqdim qilamiz.
Dmitriy Nagiyev
Istarali Nagiyev yoshligida tamoman boshqa ko‘rinishda bo‘lgan va obrazi ham shunga yarasha bo‘lgan. Bora-bora kal bo‘lib yurishni tanlaganidan keyin esa muxlislari avvalgidan ko‘paygan, karyerasida esa muvaffaqiyat kuzatiladigan bo‘lgan.
Vin Dizel
Vinning sochlari qalin va qora rangda bo‘lgan. Tungi klubda mast va bezorilarni haydab chiqaradigan xodim bo‘lib ishlagan vaqti esa soch turmagini o‘zgartirishga qaror qilgan. U jingalak sochlaridan ko‘ra kal boshi bilan jiddiyroq va salobatli ko‘rinaman, deb o‘ylagan. Olifta yigit imiji esa kinematografiyada yuqori cho‘qqilarni zabt etishiga yordam bergan.
Gosha Kutsenko
Yoshligida Goshaning sochlari uzun, deyarli yelkaga tushib turadigan bo‘lgan. 1966-yilda esa aktyor sochlarini qirdirib tashlagan. Bunday qarorga u bo‘lajak rafiqasi bilan uchrashuvga chiqqanidan keyin kelgan. Aktyor ko‘rinishini o‘zgartirganidan aslo afsuslanmaydi. Qolaversa, sochlarini oldirgani jiddiy ko‘rsatgani sabab ham loyihasi uchun shunday qahramon qidirayotgan rejissorlardan takliflar ko‘paya boshlagan.
Nargiz Zokirova
Xonanda bergan intervyulardan birida tashqi ko‘rinishi bilan turli eksperimentlar qilishiga onasi qarshilik qilmagani, ammo yuziga tegmaslikni iltimos qilganini ma’lum qilgan.U sochini oldirib tashlaganidan keyin oynaga qarab qo‘rqib ketgan va yig‘lagan. Shunga qaramay, ko‘p yildan buyon obrazini o‘zgartirishga qaror qilmaganini bilish qiyin emas.
Dueyn Jonson
Suratga nazar tashlab aktyor sochlari bilan yuvosh va beozor ko‘rinishini bilish mumkin. Eksperiment sifatida kal bo‘lgan Dueyn ushbu ko‘rinishni yoqtirib qolganidan keyin imijini o‘zgartirmagan.
Fyodor Bondarchuk
Bondarchuk imij haqida o‘ylab ko‘rmagan, shunchaki klip suratga olish jarayonida issiq bo‘lgani sabab sochlarini oldirib tashlagan. Shundan keyin Fyodor bunday ko‘rinishni yoqtirib qolgan, u kal insonlar ko‘proq erkin bo‘lishini ta’kidlaydi.
Bryus Uillis
Bryus sochlarini norozilik sifatida oldirib tashlaganini ma’lum qilgan. Uning fikricha, soch o‘stiradigan vositalar reklamasi sochsiz erkak ko‘rkam ko‘rinmaydi, degan fikrni targ‘ib qiladi. “Mardlik boshdagi sochga emas, fe’l-atvorga bog‘liq bo‘ladi”, – degan aktyor. Bunday nuqtayi nazarni ilgari surgani uchun ko‘plab yigitlar unga tashakkur bildirishini ta’kidlagan.
Iosif Prigojin
Prodyuserning 90-yillarda qora, qalin sochlari bo‘lgan. Avvalgi ko‘rinishi ham chakki emasligini ta’kidlaydigan Iosif sochimni yana o‘stirsammikin, deb hazil qiladi. | 104 | 2,565 |
Madaniyat | 2016-yilda farzandli va nevarali bo‘lgan o‘zbek shou-biznesi vakillari | 2016-yilda farzandli va nevarali bo‘lgan o‘zbekistonlik mashhur san’atkorlar orasida birinchi marta otalik baxtiga erishganlar, oltinchi marta bobo bo‘lganlar, farzandi Hazil kunida tug‘ilgan va farzandining tavallud kuni onasinining tug‘ilgan kuniga to‘g‘ri kelib qolganlar ham bor.
Xonanda va aktyor Jo‘rabek 1-aprel kuni o‘g‘il farzandli bo‘ldi.
Sevara Nazarxon 27-aprel kuni qiz farzandli bo‘ldi. U o‘z qiziga Iman Anvar deb ism qo‘ydi. Bu xonandaning ikkinchi farzandi bo‘lib, uning Deniz ismli o‘g‘li ham bor.
Bu yil Rayhon Ulasenova qiz farzandli bo‘ldi. Aktrisaning qizi 26-iyun kuni dunyoga keldi. Bungacha u bir o‘g‘il va bir qizning sevimli onasi edi.
Aktrisa Gulchehra Eshonqulova (Guli Sharapova) va Sharof Sharapov 15-iyul kuni o‘g‘il farzandli bo‘ldi. Ularning farzandi Turkiyaning Istanbul shahrida dunyoga keldi.
Aktyor Ulug‘bek Qodirovning hayotida 21-iyul qo‘shaloq quvonlchi kun sifatida nishonlanadigan bo‘ldi. Sababi — bu kunda aktyorning onasi tavallud topgan, 2016-yili esa o‘g‘li ham shu kunda dunyoga keldi.
Rejissor Akbar Bekturdiyev 22-iyul kuni qiz farzandli bo‘ldi. Rejissor qiziga Sabriya deb ism qo‘ydi. Rejissorning to‘ng‘ich qizi Soliha uch yoshda.
Sardor Mamadaliyev 9-avgust kuni o‘g‘il farzandli bo‘ldi. Xonanda to‘ng‘ich farzandiga Temurbek deb ism qo‘ydi.
Rejissor va klipmeykr Sanjar Matkarimovning turmush o‘rtog‘i hisoblangan xonanda Ruxshona 20-avgust kuni ikkinchi bor onalik baxtiga muyassar bo‘ldi. Qizi Habibaxondan keyin tug‘ilgan farzandiga juftlik Shukrbek deb ism qo‘ydi.
2015-yilning eng shov-shuvli to‘yi sababchilari hisoblangan Oybek va Nigora 2016-yilning 27-avgust kuni ota-ona bo‘ldi — ular o‘g‘il farzandiga Imron deb ism qo‘ydi.
Xonanda Umar Shamsiyev 5-oktabr kuni qiz farzandli bo‘lganini ma’lum qildi. Bu uning uchinchi farzandi — xonanda 2008-yili oila qurgan bo‘lib, uning 6 yoshli Usmonjon va 3 yoshli Imronshoh ismli o‘g‘il farzandlari ham bor.
2015-yilning 12-oktabr kuni oila qurgan aktyor Akbarxo‘ja Rasulov 14-iyul kuni qiz farzandli bo‘ldi. Ular o‘z farzandiga Xumayra deb ism qo‘ydi.
16-noyabr kuni xonanda Sobirov qiz farzandli bo‘ldi. Xonanda o‘z qiziga Asal deb ism berdi.
27-noyabr kuni “VIA Sharq” dueti Sarvar va Tatyana ota-onalik baxtiga muyassar bo‘ldi.
2016-yilning, katta ehtimol bilan, noyabr oyida Obid Asomov qizi Nargiz ikki o‘g‘ildan so‘ng qiz farzand ko‘rganini ma’lum qildi. Bu — Obid Asomovning oltinchi nabirasidir.
Ayoli homilador ekani muddatidan avvalgi O‘zbekiston Prezidenti saylovi kuni ma’lum bo‘lgan Shohrux reper 2017-yil arafasida qiz farzandli bo‘ldi — bu haqda 16-dekabr kuni ma’lum qilindi. Bu uning ikkinchi farzandi — xonandaning Islom ismli ikki yarim yashar o‘g‘li ham bor.
30-dekabr kuni Ulug‘bek Rahmatullayev o‘g‘il farzandli bo‘ldi. 5 yoshli Fayzulloh va 3 yoshli Farzona ismli farzandlari bor xonanda uchinchi bor otalik baxtiga musharraf bo‘ldi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 70 | 3,043 |
Madaniyat | Jahongir Otajonov kal bo‘ldi, Kanizaga syurpriz tayyorlashdi, Dilnoza Ismiyaminovadan shifokorlarni ulug‘lovchi qo‘shiq. Mashhurlar karantinda (foto+video) | O‘zbek san’atkorlari karantin vaqtida muxlislarini zeriktirmaslikka harakat qilmoqda. 28-aprel kuni ham ular o‘zlarining Instagram’dagi sahifalariga turli xil qiziq video va fotopostlar joyladi.
Shohruhxon va Asal Shodiyeva oilaviy sayrga chiqqanda yangi do‘st orttirdi.
View this post on Instagram
Jahongir Otajonov karantinda kal bo‘lishga qaror qildi.
View this post on Instagram
“Ummon”chilar kal, Isoqovlar kal, Sharof Muqimov kal”. Karantinda kal bo‘lgan san’atkorlar va jurnalistlar (foto va video)
Yaqinda qiz farzandli bo‘lgan Shahzoda Muhammedovaga qo‘l bilan chizilgan portretini sovg‘a qilishdi.
View this post on Instagram
Koronavirusdan tuzalgan Gollivud aktrisasi Olga Kurilenko yangi suratini taqdim etdi. U haftaning qaysi kuni ekani haqida folloverlaridan aniqlik kiritgan.
View this post on Instagram
“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzi Maryam Uzerli ham yangi obrazda ko‘rinish berdi.
View this post on Instagram
Serialning yana bir yulduzi Mehrimoh roli ijrochisi Pelin Karaxan o‘zi chizgan rasmni muxlislariga ko‘rsatdi.
View this post on Instagram
Turkiyadagi mehmonxonada karantinni o‘tkazayotgan aktrisa Yulduz Rajabova mana shu tarzda ko‘rinish berdi.
View this post on Instagram
Aktrisa Yulduz Rajabova qo‘shiq aytish mahorati bilan muxlislarini lol qoldirdi (video)
Turkiyada qolib ketgan aktyorlardan biri Javohir Zokirov farzandlarini sog‘inayotganini yozib qoldirdi.
View this post on Instagram
“Bravo” kulgi jamoasi a’zosi Shahlo Zoitova muxlislarini quvnoq ijrosi bilan xushnud etdi.
View this post on Instagram
Ulug‘bek Rahmatullayev o‘z sahifasiga hazilomuz surat joyladi.
View this post on Instagram
Dilnoza Ismiyaminova zamona qahramonlari — shifokorlarga atab qo‘shiq kuyladi.
View this post on Instagram
28-aprel kuni xonanda Kaniza tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. Unga atab yaqinlari yoqimli syurpriz tayyorladi.
View this post on Instagram
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy niqobda ko‘rinish berdi.
View this post on Instagram
Yulduzlar avvalgi kunlarda karantinda nimalar bilan band bo‘lgani bilan quyida tanishishingiz mumkin: | 155 | 2,286 |
Madaniyat | Xalqaro ekspert Birgit Bemers: O`zbekiston kinosi rivojiga o`z hissamni qo`shish niyatidaman | «O`zbekkino» milliy agentligida kinoindustriya sohasida taniqli xalqaro ekspert Birgit Bemers bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. – O`zbekiston kinosi tarixidan yaxshi xabardorman, – deydi B.Bemers. – Uning bugungi holati bilan yaqindan tanishib, rivojiga o`z hissamni qo`shish niyatidaman. Ma`lumki, YuNESKO tashkilotining O`zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan o`zbek kinematografiyasini yanada rivojlantirish borasida tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Maqsad – yurtingizda kinoindustriya sohasi samaradorligini oshirishga ko`maklashishdan iborat. YuNESKOning mazkur tadqiqot natijalari joriy yilning 24-25 yanvar kunlari poytaxtimizda bo`lib o`tadigan davra suhbatida muhokama etiladi. Shuningdek, yosh kinoijodkorlar uchun kino loyihalari ishlab chiqarishga bag`ishlangan ikki kunlik seminar-trening ham tashkil etiladi. Seminarda B.Bemers xonim yoshlarga mahorat darslari o`tadi. | 92 | 879 |
Madaniyat | Oila qurishni xayoliga ham keltirmaydigan Gollivudning mashhur bo‘ydoqlari (foto) | Oila qurish mas’uliyatini haligacha bo‘yniga olishni xohlamaydigan 5 nafar mashhur bo‘ydoq bilan tanishing.
Jared Leto, 49 yosh
49 yoshli Jared Leto turmush qurishga, farzand ko‘rishga haligacha shoshilmaydi. “Balki, bu haddan tashqari ko‘p sayohat qilishimdandir. Los-Anjelesda uyim bor va butun bir yilni shu yerda o‘tkazdim. Aftidan, men oila qurish haqida jiddiy o‘ylaydigan erkaklardan emasman”, — deb tan oladi aktyor.
Leonardo Di Kaprio, 46 yosh
Kelishgan Leo turli yillarda Bleyk Layvli, Jizel Byundxen va Bar Refayeli bilan munosabatda bo‘lgan va hozirda u 23 yoshli model Kamila Morrone bilan uchrashmoqda. Mish-mishlarga ko‘ra u o‘z munosabatlarini qonuniylashtirishga tayyor. Ammo va’da berish — bu turmush qurish degani emas. Shuningdek, umr yo‘ldosh tanlashda Leo nafaqat yuragi, balki uncha-muncha nomzodlarni yoqtirmaydigan qattiqqo‘l onasining ham gapiga quloq soladi.
Ouen Uilson, 52 yosh
Gollivudning komedik rollar ustasi Ouen Uilson hozirgacha rasman turmush qurmagan. 2007-yilda aktyor o‘z joniga qasd qilgandan so‘ng kasalxonaga yotqizilgan — bu voqea Keyt Hadsonning qo‘lini so‘raganidan uch oy o‘tgach sodir bo‘lgan. Qiz jiddiy munosabatlardan charchaganini aytib, aktyorni rad etgan. O‘shandan boshlab, Uilsonning nikohga bo‘lgan munosabati o‘zgargan.
Jerard Batler, 51 yosh
Jerard Batler bir nechta ayollarning yuragini sindirgan, ammo hech qachon oila qurmagan. “Men uning kimgadir uylanishiga ishonmayman, u ko‘ngilxushliklarni haddan ortiq yaxshi ko‘radi”, — deydi insayder aktyor 6 yil davomida uchrashib yurgan interyer-dizayner Morgan Braundan ajralganidan keyin.
Kianu Rivz, 56 yosh
“Matritsa” filmining suratga olish jarayonlarida aktyor Jennifer ismli qiz bilan uchrashib yurgan. Ko‘p o‘tmay qiz avtohalokatda vafot etgan, bu Keanuga qattiq zarba bo‘lgan. Ko‘p yillar davomida u hech kim bilan uchrashmagan. Ammo yaqinda rassom Aleksandra Grant bilan munosabatda ekanini oshkor etgan. | 81 | 1,925 |
Madaniyat | Toshkentda ilk marotaba Kushon xazinasi namoyish etildi | Ma`lumki, 2019 yil 26 avgustda Samarqandda «Moddiy va nomoddiy madaniy merosni saqlash: dolzarb muammolar va ularni hal etish strategiyasi» Xalqaro konferensiyasi bo`lib o`tadi. Ushbu voqea oldidan bugun start olgan «O`zbekiston – buyuk yo`llar va sivilizasiyalar chorrahasi: imperiya, din, madaniyat» madaniy meros haftaligi doirasida «Kushon xazinalari» noyob ko`rgazmasi o`tkazildi.
Ushbu katta ekspozisiya Toshkentda, O`zbekiston tasviriy san`at galereyasida namoyish etiladi. Xalqaro olimlarning ko`psonli iltimosiga ko`ra, eramizning I asri boshida O`rta Osiyo hududida qad rostlagan jumboqli, kam o`rganilgan va qachonlardir qudratli bo`lgan Kushon imperiyasining noyob artefaktlarni mustaqillik yillari davomida ilk bora ko`rgazmaga qo`yildi.
Ko`rgazmaning eksklyuziv, o`ziga xos jihati – Surxondaryo viloyatidagi Dalvarzintepa shahri qazishmalarida topilgan afsonaviy «Dalvarzin xazinasi» namoyishi bo`ldi.
1972 yilda E. Rtveladze rahbarligidagi bir guruh arxeologlar qazishmalar paytida eramizning I asriga tegishli 36 kilogrammga yaqin og`irlikdagi, hudud tarixida eng yirik tilla buyumlar xazinasini topdi. Hozirgi kungacha mazkur noyob xazina davlat jamg`armalarida saqlanib, avval ko`rgazmada sira namoyish etilmagandi.
Ko`rgazmaning eng kamyob eksponatlari orasida – oltin pektoral (yol), Geraklning tasviri tushirilgan gemma, ko`krak usti tilla bezaklari, hayvon tasvirli tilla ko`krak nishoni, eramizdan avvalgi III – IV asrda Shimoliy Hindiston va O`rta Osiyo janubi (Baqtriya, So`g`diyona)da keng tarqalgan kxaroshtxi yozuvi bitilgan noyob oltin chorqirra qayroqtosh va ko`pgina boshqa buyumlar bor.
O`zbekistonning turli muzeylaridagi Kushon davriga aloqador eksponatlari birinchi marta yagona ekspozisiyada namoyish etildi.
Ko`rgazma doirasida «Kushon podsholigi xazinalari» kitob-albomi va shu nomdagi hujjatli film taqdimoti ham bo`lib o`tdi. | 56 | 1,868 |
Madaniyat | Qadimiy osori-atiqalar namoyish etilmoqda | O`zbekiston Badiiy akademiyasi Markaziy ko`rgazmalar zalida yurtimizning taniqli xalq amaliy san`ati ustalari – 2019 yubilyarlari asarlaridan tashkil topgan ko`rgazma ochildi. Ular sulolaviy ustalar bo`lib, vatanimiz xalq amaliy san`atiga munosib hissa qo`shgan.
Ko`rgazmada Samarqand kulolchiligi ustalari guruhi – usta Umarqul Jo`raqulov, uning ijodiy ustaxonadagi hamkasbi-texnolog va pedagog Sofya Rakova, Samarqand kulolchilik maktabi asoschilari va ularning mahoratli shogirdlari – yaqinda oramizdan ketgan Haydar Baturov va hozirda ijod qilib kelayotgan akademik-kulol Xudoyberdi Haqberdievning 70 yilligi, Xorazm kulolchilik maktabining mumtoz vakili usta Raimberdi Matchonovning 110 yilligi, qo`qonlik yog`och o`ymakorligi ustasi Qodirjon Haydarovning 120 yilligi nishonlandi. | 41 | 785 |
Madaniyat | 15-aprelda xiyonatga duch kelgan doirachi haqidagi “Zarb” filmining premyeraoldi namoyishi o‘tkaziladi | 2014-yil 15-aprel kuni soat 11:00 da Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida “O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan “O‘zbekfilm” kinostudiyasida suratga olingan “Zarb” badiiy filmining ommaviy axborot vositalari uchun premyeraoldi namoyishi va kartina ijodkorlari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.
“Zarb” filmidan lavha
Elmira Hasanova ssenariysi asosida yaratilgan filmga mahoratli kinoijodkor Nozim To‘laxo‘jayev rejissorlik qilgan. Postanovkachi operator Jasur Shametov, postanovkachi rassom Bobur Ismoilovdir. Film musiqasini bastakor Dmitriy Yanov-Yanovskiy bastalagan.
“Zarb” filmidan lavha
Kinoasarda iste’dodli sozanda – doirachining hayoti hikoya qilinadi. U umrining oxirida sevgan ayoli, do‘stlari va hamkasblarining xiyonatiga oid achchiq haqiqatdan xabar topadi. Dunyodan ko‘ngli sovib ketgan paytida iste’dodli, ammo nogiron shogirdiga bo‘lgan mehri uni hayotga qaytaradi.
“Zarb” filmidan lavha
“Zarb” filmidan lavha
Rollarni Baxtiyor Qosimov, Rayhon Ulasenova, Yulduz Rajabova, Farhod Abdullayev, Surat Islomov, Mirtohir Miraliyev, Shuhrat Nuraliyev, Rajab Adashev, Aziza Begmatova, Muhammadali Ibrohimov singari iste’dodli san’atkorlar ijro etgan. | 102 | 1,190 |
Madaniyat | Toshkentda IShID g‘oyalariga raddiya tarzida yozilgan kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi | O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Samarqand allomalari”, “Samarqand yodgorliklari” va “IShIDning botil g‘oyalari va ularga raddiyalar” kitoblarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Taqdimotda akademik-olimlar, professor-o‘qituvchilar, mutaxassislar, tadqiqotchilar, talabalar, keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda bugungi globallashuv jarayonida yurtimizda islom dinining asl mazmun-mohiyatini, buyuk allomalarimizning ilmiy va ma’naviy merosini, pandu-o‘gitlarini o‘rganish, tadqiq va targ‘ib qilish muhim ahamiyatga ega ekani alohida ta’kidlandi.
Mazkur kitoblar umumta’lim, o‘rta maxsus ta’lim o‘quvchilari, oliy ta’lim muassasalari talabalarining tarixiy bilimlarga asoslangan huquqiy, diniy bilimini boyitishga ko‘maklashish bilan birga, ilmiy tadqiqotchilar, tarixchi va manbashunoslar uchun manbaviy asos bo‘lib xizmat qiladi.
“IShIDning botil g‘oyalari va ularga raddiyalar” kitobida bugungi kunda o‘zlarining botil g‘oyalarini ilgari surib, “takfir”, “jihod”, “hijrat”, “bay’at”, “tog‘ut”, “xalifalik” singari chaqiriqlar bilan dunyo afkor ommasini tashvishga solayotgan barcha yot diniy oqimlarga nisbatan “jaholatga qarshi ma’rifat” uslubida raddiyalar berilgan. Kitob diniy mutaxassislar, profilaktika ishlari bilan shug‘ullanuvchi soha xizmatchilari, diniy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha maslahatchilar hamda ma’rifiy ishlar bilan mashg‘ul bo‘lganlarga mo‘ljallangan. | 82 | 1,442 |
Madaniyat | Gollivudning mashhur aktrisasi Sandra Bullokning 57 yoshda ham go‘zal va sarvqomat ko‘rinishining 5 sababi | Sandra Bullok kino ekranlarida ham, kundalik hayotda ham muxlislarni hayratda qoldirishda davom etmoqda. Bullok har safar qizil gilamda ko‘ringanda barchaning e’tibori unga qaratiladi va u shunday qarash uchun ko‘p mehnat qilishini yashirmaydi.
Sandra Bullok sport bilan shug‘ullanadi
Sandra Bullok 26 yosh
Sog‘lom bo‘lish uchun ko‘p vaqt, mehnat va fidoyilik kerak. Tig‘iz ish jadvalga qaramay, aktrisa haftasiga kamida 6 marta, kuniga kamida bir soat mashg‘ulotlar uchun vaqt ajratadi.
Ish kunida esa suratga olish ishlari boshlanishidan oldin mashq qilishga harakat qiladi. Aktrisa “Qush uyasi” filmining suratga olish maydonchasiga ko‘p marta sport kiyimida kelgan.
Sandra Bullok 37 yosh
Sandra, shuningdek, stressni yengish uchun raqsga tushishni yaxshi ko‘radi, ayniqsa, og‘ir ish kunidan keyin. Yulduzlarning kundalik turmush tarzi juda qizg‘in, shuning uchun aktrisa raqsdan terapiya sifatida foydalanadi. U InStyle jurnaliga bergan intervyusida o‘ziga sherik topa olmasa, ko‘pincha yolg‘iz raqsga tushishini aytgan.
Planka — eng yoqimli mashq emas, lekin bu aktrisani to‘xtatib qo‘ymaydi
Planka chinakam chiniqtirishning ajoyib usuli ekanini hamma biladi va Sandra Bullok bu mashq yoqimli bo‘lmasligi mumkinligini tasdiqlaydi. Aktrisa bolalarini o‘zi ko‘tarib yurishni xohlaydi, shuning uchun u sog‘lom va kuchli bo‘lishi kerak.
U yelkalar va tananing yuqori mushaklariga e’tibor qaratadi, ko‘pincha o‘zini uzoq vaqt davomida planka qilishga majbur qiladi va ajoyib natijalarga erishadi.
U dietasini diqqat bilan kuzatib boradi
Yaxshi formada qolish uchun Bullok nafaqat sport bilan shug‘ullanadi, balki ovqatlanishni ham kuzatib boradi. Aktrisa ratsioniga juda ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘ladi va hatto ko‘proq ovqatlanish vasvasasi bo‘lsa ham, u o‘zini ushlab tura oladi.
Bullokning aytishicha, metabolizmni faol ushlab turish uchun yuqori kaloriyali ovqatlar iste’mol qilmaydi, och qolganda meva va yong‘oq yeydi. Aktrisa nafaqat qancha ovqatlanishini, balki nima yeyayotganini ham nazorat qiladi. U yangi mahsulotlar, qishloq xo‘jaligi go‘shti, shakar va glyutensiz taomlarni iste’mol qilishga harakat qiladi. Shuningdek, u sportni yanada samarali qilish uchun ma’lum bir parhezga rioya qiladi.
Ba’zida aktrisa muvozanatni saqlash uchun o‘ziga hamma narsani yeyishga ruxsat beradi
Ko‘rinib turibdiki, Bullok o‘zini nazorat qila oladigan odam, chunki u filmlarda rol o‘ynaydi va shu bilan birga muvozanatli ovqatlanish va muntazam ravishda mashq qila oladi, ammo dunyoviy hech narsa unga begona emas. U haftaning bir kunini sevimli taomlariga bag‘ishlaydi.
Juma kunidan shanbagacha aktrisa vaqtini pechenye yoki bir piyola sutli yorma bilan SNL shoularini tomosha qilishni yaxshi ko‘radi.
“Qush uyasi” yulduzi yoga va pilates bilan ham shug‘ullanadi
Muntazam mashqlardan tashqari, Bullok yoga va pilates bilan ham shug‘ullanadi. U cho‘zish ham go‘zallik, ham umumiy farovonlik uchun foydali ekanini biladi. Ushbu mashqlar bilan u mushaklarini yaxshi holatda ushlab turishi, shuningdek, tinch va xotirjam vaqt o‘tkazishi mumkin. | 106 | 3,055 |
Madaniyat | Ulug‘bek Rahmatullayevning “Qirmizi olma” qo‘shig‘ini eronlik xonanda o‘g‘irladi (video) | O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ulug‘bek Rahmatullayevning “Qirmizi olma” qo‘shig‘i 2016-yilning eng ommalashgan taronalaridan biri bo‘ldi. Uning mazkur qo‘shig‘i eronlik xonanda tomonidan o‘g‘rincha kuylandi. Bu haqda Ulug‘bek Rahmatullayev ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasi orqali xabar berdi, deb yozadi “Qalampir.uz”.
Ulug‘bek Rahmatullayev eronlik xonanda Aref tomonidan kuylangan “Ki behtari az to” nomli qo‘shiqning videoklipidan parchani Instagram’dagi shaxsiy sahifasiga joylashtirdi.
Ana, endi eronlik mashhur xonanda ijrosida “Qirmizi olma”. Bizdan ruxsat so‘ramasdan kuylagan, ammo biz xafa emasmiz. Chunki, bungacha qancha qo‘shiqlarimiz kuylandi. Agar ishonmaydiganlar bo‘lsa, YouTube’ga kirib, klipni vaqti va tepada turadigan belgisini ko‘rsa, bilib oladiki, qo‘shiq, albatta, birinchi biz tarafdan kuylangan. Tez orada bu xonandadan video ko‘rinishida rahmatlar eshitamiz. Judayam xursandman, Yaratganga shukr. Niyat to‘g‘ri bo‘lsa, hamma narsa bo‘ladi. Balki, duet ham kuylab qolarmiz.
Ulug‘bek Rahmatullayev
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ulug‘bek Rahmatullayev qo‘shig‘ini boshqalar beruxsat kuylab chiqqanidan achchiqlanmasligi aniq. Birinchidan, qachonlardir xonandaning o‘zi ham “Bemor”, “Layloyimsan” kabi qo‘shiqlarini o‘g‘irlab kuylagan edi. Ikkinchidan, o‘zbek shou-biznesida aksariyat xonandalar, hatto, O‘zbekiston xalq artistlari Ozodbek Nazarbekov, Gulsanam Mamazoitova ham xorijdan o‘g‘irlayotgan bir vaqtda Rahmatullayevning qo‘shig‘ini eronliklar ko‘chirib aytishi – istisno.
“Qalampir.uz”
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 88 | 1,719 |
Madaniyat | Bir kechada yulduzga aylangan, 19 yoshida fojiali o‘lim topgan Divya Bharti: Bollivud aktrisasining taqdiri qanday kechgan? (foto) | Divya Bharti aktrisa sifatida bir kechadayoq mashhur bo‘lgan. Uning filmografiyasi “Shudring va olov”, “Qo‘shiqchi”, “G‘azablangan uch erkak-2” blokbasterlari bilan ajralib turadi. Bollivud osmonida yorqin yulduz bo‘lib porlayotgan aktrisa lov etib olov ichida qolib ketdi. Misli ko‘rilmagan shon-shuhrat, shoshma-shosharlik bilan tuzilgan nikoh va o‘zining haddan tashqari emotsionalligi Divyani fojiaga olib kelgan bo‘lishi mumkin. 1993-yil 5-aprelda 19 yoshli aktrisa kvartirasining 5-qavatidan yiqilib vafot etadi, bu o‘lim bugungi kungacha muxlislar tomonidan haligacha sababi aniqlanmagan va kechirib bo‘lmas jinoyat deb hisoblanadi.
Bolaligida Divya chiroyliligidan qo‘g‘irchoqqa o‘xshardi. Hali maktabda o‘qiyotganidayoq qizaloq “Yolg‘on” (1983) filmidagi Shrideviga taqlid qilib ko‘zgu oldida raqsga tushishni yaxshi ko‘rardi. 9-sinfda o‘qib yurganida Govindaning akasi, prodyuser Kirti Kumar uni “Radha bilan kelishuv” (1992) filmida suratga tushishga taklif qiladi.
Divya raqs, aktyorlik va qo‘shiq aytishni o‘rganish uchun maktabni tashlashga qaror qiladi. Kirti o‘z personajini sir saqlamoqchi edi, biroq do‘stlari bilan vaqt o‘tkazishni yaxshi ko‘radigan Divya aktrisa bo‘lishini hammaga aytib qo‘yadi. Natijada u roldan chetlashtiriladi, uning o‘rniga esa Juhi Chavlani olishadi.
O‘sha paytda Boni Kapur “Sirli sevgi” (1995) filmi uchun yangi chehra izlayotgandi va Divyaga qiziqish bildiradi. Biroq uning o‘rnini Tabu egallaydi. Rejissor Subhash Ghay Bharti “Savdogar” (1991) filmiga Divyani taklif qiladi, ammo bu rol Manisha Koyralaga nasib etadi. Voqealarning bunday tus olishidan xafa bo‘lgan Divyaning onasi qizini Kashmirga ta’tilga olib ketadi.
Ammo ta’tildan tezda qaytishga to‘g‘ri keladi, chunki prodyuser Rama Naidu qizga “Bobillik roja” (1990) filmidan rol taklif qilish uchun Mumbayga keladi va bu film super xitga aylanadi. 1992-yil Divya Bharti uchun shov-shuvli yil bo‘ldi. U 11 ta filmda suratga tushadi, jumladan, “Bebosh muhabbat”, “Shudring va olov”, “Kabare raqqosi” va “Kuchli erkak”, aktrisaning o‘zi esa “Yilning eng yaxshi yangi chehrasi” nominatsiyasida Filmfare mukofotini qo‘lga kiritadi.
O‘yin-kulgi va hazillarga mukkasidan ketgan Divya ko‘ngliga kelgan ishni qilardi. Tug‘ilgan kunida u mashina kapotida raqsga tushadi, “Kabaret raqqosi” filmining suratga olish maydonida Shohruxxonni timdalab oladi va xoreograf Saroj Xonni hazillashib “semiz” deb ataydi. Tuyg‘ularga berilgan holda 1992-yil 10-mayda rejissor Sajid Nadiadvalaga turmushga chiqadi. Dastlab bu nikoh hammadan sir saqlanadi. Chunki 19 yoshidayoq uning shon-shuhrati osmonga ko‘tarilgandi.
Ammo 1993-yil 5-aprel kuni hammasi barbod bo‘ladi. O‘sha mash’um kunda Divya telugu filmini suratga olish uchun Haydarobodga uchishi kerak edi. Ammo keyinchalik uning oilasi so‘zlab berganidek, u syomkaga bormaslik uchun oyog‘ini bog‘lab yurgan. Shu kuni u otasi va akasi Kunal bilan nufuzli hududdan kvartira sotib olishga boradi. Bitimdan xursand bo‘lgan Divya ko‘chaning o‘zidayoq maza qilib raqsga tushadi.
Soat 22:00 da eri qo‘ng‘iroq qilib, uni uyda liboslar bo‘yicha dizayneri Nita Lulla va uning psixiatr eri doktor Shyam Lulla (ma’lumotlarga ko‘ra, Divyani depressiyadan davolayotgan bo‘lgan) kutayotganini aytadi. Kunal Divyani Sajidning uyi yonida, Versova tumanidagi kvartirada qoldiradi. Aytishlaricha, u Sajid bilan liftda uchrashgan. Eri aeroportga ketayotgan bo‘lgan — u Mavrikiyga uchishi kerak edi. Divyaning akasi endigina o‘z uyiga kirib kelganida unga qo‘ng‘iroq qilishib, Divya 5-qavatdan yiqilib tushganini aytishadi.
Ma’lum bo‘lishicha, bu baxtsiz hodisa bo‘lgan – aktrisa deraza tokchasiga o‘tirganida muvozanatni yo‘qotib, yiqilib tushgan. U kasalxonada vafot etadi. Bu xabarni eshitgan otasining ham ahvoli og‘irlashadi — unga tibbiy yordam ko‘rsatiladi — u sevimli qizining o‘limidan o‘zini qo‘yarga joy topolmaydi. Sajid aqldan ozar darajaga tushib, tez-tez hushidan ketardi. Gipertenziya tufayli uni intensiv terapiyaga yotqizishga to‘g‘ri keladi.
Divya 5-aprel kuni vafot etadi, 7-aprel kuni u krematsiya qilinadi. 19 yoshli qiz sindur surtilgan holda kelinlik libosida dafn qilinadi. Dafn marosimini Sajidning o‘zi bajaradi. Divyaning xizmatkori Amrita qadrdon odamini yo‘qotganiga chiday olmay, bir oy o‘tib yurak xurujidan vafot etadi. Divyaning dahshatli o‘limi atrofida bir nechta taxminlar paydo bo‘ladi. Giyohvandlik va spirtli ichimliklarni iste’mol qilishdan tortib qotillik va o‘z joniga qasd qilishgacha. O‘sha oqshom Bharti bir oz Mavrikiy romini ichgan, lekin onasi uning giyohvand moddalarni iste’mol qilmaganini qayta-qayta ta’kidlaydi.
“To‘g‘ri, qizim o‘ziga zarar yetkazishga moyil edi. U “Radha bilan kelishuv” filmidan chetlashtirilgach, bilaklarini kesib tashlagan. Jahli chiqqandagina o‘ziga zarar yetkazishi mumkin edi. O‘limidan bir necha oy oldin u Amerikaga borgan. U yerda nimadandir xafa bo‘lib, sigaret qoldig‘i bilan o‘zini kuydirgan. O‘lganida ham qo‘llarida kuyish izlari bor edi”, deb eslaydi onasi Mita Filmfare nashriga bergan intervyusida. Vaqt hatto eng og‘riqli yaralarni davolaydi, deb bejizga aytilmagan. Divyaning turmush o‘rtog‘i Sajid Nadiadvala 2000-yilda jurnalist Varda Xon bilan turmush quradi.
Sajid va Varda
Ular Bhartilar oilasi bilan yaqin aloqada bo‘lib, holidan xabar olib turishadi. Sajid va Varda o‘g‘illari Subxon va Sufiyon bilan tez-tez Divyaning ota-onasinikiga kelishar, ularni oyi, dada deb chaqirishar, bayramlarni birga nishonlashardi. Divyaning onasi Mita 2018-yilning 20-aprelida buyrak kasalligidan vafot etadi, otasi Om Prakash esa 2021-yil 30-oktabrda dunyodan ko‘z yumdi. | 130 | 5,581 |
Madaniyat | Xalqaro maqom san`ati anjumaniga tayyorgarlik yakuniy bosqichga kirdi | Yashil shahar deya e`tirof etiluvchi go`zal va maftunkor Shahrisabzda 6-10 sentyabr kunlari o`tadigan Xalqaro maqom san`ati anjumaniga ham sanoqli kunlar qoldi. Ayni vaqtda ushbu nufuzli san`at anjumaniga tayyorgarlik yakuniy bosqichga kirgan.
O`zA muxbiri mazkur san`at bayrami oldidan O`zbekiston xalq hofizi Orolmirzo Safarov bilan suhbatlashdi.
– Maqomni his qilish, uning ma`nosini anglab tinglash barchaga ham nasib etmaydi. Maqom shunday kuchli ohanraboki, uni ijro etgan sari yangi-yangi ma`nosini anglaysiz. Qadimda ne-ne zotlar maqomga oshufta bo`lmagan, uni sevib tinglamagan. Qomusiy olim Forobiydan tortib, ulug` mutafakkir Mir Alisher Navoiy, buyuk matematik va astronom Mirzo Ulug`bek hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburlar bo`sh vaqtlarida musiqa ilmi bilan shug`ullanishga kuch topgan, kuy bastalagan. Shunday ulug` zotlarni o`ziga maftun etgan maqomni sevmaslik, uni maromiga etkazib ijro etmaslik mumkinmi?!
Amaliyot bo`lmasa nazariya paydo bo`lmaydi. XV asrdan XVIII asrga qadar Sharq mamlakatlarida maqom ijrochiligi ancha rivojlangan. Orada biroz susaygan bu san`at turi XX asr boshlariga kelib yana yuksalgan.
Akademik Yunus Rajabiy tashkil etgan maqom ansambli o`zbek maqomining saqlanib qolishi va rivojida katta ahamiyat kasb etdi. Shu bilan birga maqom nazariyasida o`z zehni va tafakkuriga ega Ishoq Rajabiy, Otanazar Matyoqubov va Ilyos Akbarov tomonidan Sharq musiqasi tarixida ulkan boylik sanaluvchi tadqiqotlar olib borildi.
Yurtimizda asos solingan maqom nazariyasi juda kuchli. Uni nafaqat yosh ijrochilar, balki taniqli san`atkorlar ham hali chuqur anglab etgani yo`q. Maqomchilik amaliyotini rivojlantirish uchun biz maqom usullariga, musiqa ilmi durdonalariga murojaat etibgina qolmasdan, mumtoz adabiyotni, maqom paydo bo`lgan davrlar ijtimoiy-iqtisodiy hayotini ham chuqur o`rganishimiz lozim. Maqomning har bir so`zida dard, iztirob, o`y-kechinmalar yotadi. Buni anglash uchun hofiz ham filolog, ham tarixchi bo`lishi zarur. Ayni paytda maqomni ijro etishda hofizdan mohir aktyorlik talab qilinadi. Shular uyg`un bo`lsagina maqomchilik amaliyotini rivojlantirgan bo`lamiz.
Sharq musiqiy tamaddunining muhim boyligi bo`lgan maqomni turkiy tilda so`zlashuvchi barcha xalqlar tan oladi va sevib kuylaydi. Uning qanday atalishining farqi yo`q. Muhimi, so`zlarini aslicha saqlash, kelajak avlodga sof holicha etkazish bizning burchimiz.
Tan olish kerak, oxirgi 15-20 yil ichida maqom san`atimiz biroz oqsagan paytlar bo`ldi. Uni kim qanday xohlasa shunday ijro eta boshladi. Ammo bugun maqom san`at olamida yana o`z mavqeini tikladi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan maqom san`atiga qaratilayotgan e`tibor uning jonlanishiga kuchli turtki bo`ldi.
Shu kunlarda qadimiy Keshga Xalqaro maqom san`ati anjumanida ishtirok etish uchun xorijiy davlatlardan mashhur xonandalar, sozanda-yu maqom bilimdonlari, mehmonlar tashrif buyuradi. Ushbu anjuman o`zbek mumtoz maqomining keng tarannum etilishiga xizmat qiladi.
Tajribali va yosh musiqashunos olimlar, xonanda va sozandalar ishtirokida tashkil etiladigan anjuman xalqimiz va turli mamlakatlardan keladigan san`at ustalari uchun haqiqiy bayramga aylanadi. Ishonamizki, xalqaro anjuman turli xalqlar vakillarini san`at vositasida birlashtiradi, maqom san`atini jahonda yanada yuksaltiradi. | 69 | 3,295 |
Madaniyat | “O‘rgimchak odam”, “Temir odam” va “Xalk” kabi komiks qahramonlarni yaratgan Stiv Ditko vafot etdi | Rassom Stiv Ditko 90 yoshida vafot etdi. Bu haqda The Hollywood Reporter’ga tayanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Ditko 29-iyun kuni o‘z uyida o‘lik holda topilgan. Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, rassom uning o‘lik holda topilishidan ikki kun avval vafot etgan. Politsiya rassomning o‘limini tasdiqlagan. O‘lim sababi hozircha aniqlanmagan.
Ditko Marvel Comics kompaniyasidagi ishlari bilan tanilgan. Shuningdek, Sten Li bilan hamkorlik ham rassomga mashhurlik olib kelgan. Xususan, Ditko va Li “O‘rgimchak odam”, “Doktor Strenj”, “Temir odam” va “Xalk” obrazlarini yaratgan.
Shuningdek, rassom DC Comics kompaniyasi uchun komikslar yaratish bilan ham shug‘ullangan.
Avvalroq, AQShda Marvel komikslarining boshqa muallifi Sten Li Los-Anjelesda shifoxonaga yotqizilgani xabar qilingan edi. | 98 | 801 |
Madaniyat | Ozodbek Nazarbekov “Mendirman Jaloliddin” serialida nega Adiz Rajabov, Alisher Uzoqov va “Mendirman o`sha” klipi qaxramoni o`ynamaganligiga izoh berdi | Bugun 8 mart kuni Turkiya elchixonasi homiyligida Toshkent shahridagi Hilton mehmonxonasida “Mendirman Jaloliddin” seriali kinoijodkorlari ishtirokidagi matbuot anjumani bo`lib o`tdi. Unda bir-biridan qiziq savollar qatorida ushbu kinoserialga daxldor eng ko`p tanqidlarga sabab bo`lgan holatlar bo`yicha ham izohlar berib o`tildi.
Jumladan, Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovdan suratga tushish uchun Turkiyaga ketgan aktyorlarimiz Adiz Rajabov hamda Alisher Uzoqovlar nima sababdan serialda ko`rinish bermayotganini so`radik. Bunga javoban:
“O`sha paytda pandemiya sababli u yoqda ham karantin boshlanib qoldi. Va juda ko`pchilik ijodkorlar o`rtasida uyga qaytish masalasi ko`tarildi. O`shanda videokonferensiya orqali hammaga vaziyatni tushuntirdim. Qaysiki, bu erda ham ahvol shu. Kelib ish qilish imkoniyati yo`q. Uyda o`tirish kerak. Va qiyin tomoni shu bo`ladiki, sizlar yana 15 kun karantinga olinasizlar. Tushuntirilgandan keyin ham, biz ularni majburlab olib qololmasdik. Shu paytda bu aktyorlarimiz charter reys orqali O`zbekistonga qaytib kelishdi. Turkiyadagi mas`ullar esa “yopiq” davr bo`lsa-da, serialni suratga olishga izn olish harakatida edilar. Bu ikkita davlat hamkorligidagi loyiha bo`lganligi sababli to`xtab qolmasligi uchun hamma karantin qoidalariga rioya qilgan holda faoliyatni davom ettirishga harakat bo`layotgandi. Bular ketishi bilan ruxsat berildi va faoliyat boshlandi. Bu erdan ushbu aktyorlarimizni Turkiyaga qaytarib yuborishga imkoniyat bo`lmadi. Shu sababli bular O`zbekistonda qolib ketdi. Lekin bu yigitlarimiz serialdan mutlaqo chetlatildi, deganimas. Kelgusida yangi faslning suratga olinishi bilan bu aktyorlarimizning serialda suratga tushish imkoniyati bor”, - deydi Ozodbek Nazarbekov.
— Mazkur serial tashabbuskori sifatida sizning tasavvuringizdagi Jaloliddin qanday edi va xozirda gavdalangan Jaloliddin qanday? Ular qanchalik bir-biriga yaqin?
— Bilasizmi, avvaliga bizning rejamizdagi Jaloliddin birmuncha boshqacharoq, ko`proq haqiqiy o`zbek siymosini tasavvur qilgandik. Kinoga tayyorgarlik jarayonida Eron, Ozarbayjon, Turkiyadan olimlarni jalb qilganmiz va fikrimiz birmuncha o`zgargan. Jaloliddinni bugungi kunda butun turk dunyosi, shu jumladan, Kavkaz turkiylari, Pokiston, Eron, Afg`oniston kabi mamlakatlar ham o`zining milliy qaxramoni sifatida e`tirof etishar ekan. Va ularning ham tasavvurida o`zlarining Jaloliddini bor. Biz mana shu nuqtai nazarda kasting paytida talablarimizni sal o`zgartirdik. Biz gavdalantiradigan Jaloliddin qaysidir ma`noda turkka ham, o`zbekka ham, Eron va Pokiston millatiga ham o`xshashligi kerak edi. Vaziyat mana shunday “tipaj” talab qilib qoldi. Ertaga kinoning tarqatilishi, sotilishi, nuqatai nazaridan ham barcha xalqlar qabul qila oladigan bo`lishi kerak edi. Xozirgi atkyorimiz Emre Kiviljim esa huddi shu o`zbek, turk, Eron va Pokiston millatlariga ham to`g`ri keladi. Shuning uchun shu aktyorda to`xtaldik.
— “Mendirman o`sha” klipingizda rol ijro etgan aktyor Mirkamol Qoraboev ham kastingda ishtirok etdimi?
— Albatta. Biz avvaliga mana shu aktyorimizni (Mirkamol Qoraboev) Jaloliddin obraziga tavsiya qilmoqchi edik. Yuqorida aytganimdek, barcha davlatlardan kelgan olimlar Jaloliddin siymosi bo`yicha o`z fikrlarini bildirishgandan so`ng, Mirkamol bizning talablarimizga biroz “tushmay qoldi”.
Sardorbek Rahmonqulov suhbatlashdi | 150 | 3,341 |
Madaniyat | “Aktyor va aktrisalarga ishlashga imkon berish kerak”. Nigina Anorboyeva seriallardagi “xola-xola” o‘yini darajasidagi sayozlik va nojo‘ya takliflar haqida (video) | Aktrisa Nigina Anorboyeva bugungi kunda suratga olinayotgan seriallarda ko‘rinmayotgani sababiga kiritdi.
Bu haqida aktrisa YouTube’dagi YashinTV’ga bergan intervyusida gapirib berdi.
Mana 2021-yilda men suratga tushgan ikkita kinofilm premyerasi bo‘lib o‘tdi. Bu Hasan Alijonov rejissorlik qilgan “Hayot afsunlari” va Rashid Malikovning “Tutqunlik” filmlari. Bu ikkisi ham davlat filmlari.
Seriallarda oldingi yillar suratga tushayotgan edim. Ayniqsa karantin vaqtida ko‘pchilik ishsiz bo‘lib, seriallar o‘sha payt ko‘payib ketdi. Har hafta qo‘ng‘iroq qilib seriallarga taklif qilishdi. Shunchalik taklif qilishganiga, rahmat, lekin o‘qisangiz ssenariysi g‘alati, hammasi deyarli bir xil. Keyin qanday suratga olishlarini ham bilaman, masalan, hozir men intervyu berayotgan studiyada uchta kamera ishlayapti, chiroqlar qo‘yilgan. Lekin seriallarimizda ikkita, ba’zan bitta kamera ishlaydi. Chiroq masalasida ham hozirgi seriallarda bitta umumiy chiroq qo‘yilyapti, aslida esa har bir kadrga alohida chiroq qo‘yilishi kerak. Men ham tushunaman, serial o‘z nomi bilan serial, uni qiladigan ishi yo‘q odam ko‘rib o‘tiradi. Boshqa tomondan Rossiyadagi seriallarda ham sifat hozir shu ahvol. Shunaqa seriallarda suratga tushaverish mening ham jonimga tegdi, hammasiga rad javobini beraverdim.
Kiyim masalasida ham ular kiyim olib bergisi kelmaydi, ha deb o‘zingni kiyimlariningdan foydalanaverishing ham to‘g‘ri kelmaydi. “Keyinchalik kiyim olib beramiz”, deganlar ham bo‘ldi, gonorar ham gaplashasiz, shunda ham taklif qilishdi rahmat. Har xil narsalarda ko‘p ko‘ringandan ko‘ra, og‘ir va vazminroq narsalarda kamroq ko‘ringan yaxshi deb o‘ylayman.
Bu mening kasbim. Boshqalar esa bunga xuddi o‘yinchoqdek qaraydi. Nima desam bo‘ladi, xuddi bir “xola-xola” o‘yiniga qaragandek. Bu menga yoqmaydi, bu meni g‘ashimga tegadi. Shuncha san’atkorlar bor, ular to‘rt yil o‘qishgan, kontrakt to‘laganlar ham bor. Ular nima qilishsin? Borib boshqa sohani egasi bo‘lishadi, ularni ichida iqtidori, husni, fakturasi ham bor. Lekin rejissorlar ularni o‘ynatishdan ko‘ra, o‘zlariga osonroq variantni o‘ynatishni ma’qul ko‘rishadi.
Hamma narsa budjetga, pulga va boshqa sabablarga taqaladi. Lekin fakt bu fakt. Aktyor va aktrisa shu kasbni egasi bo‘ldimi, ular ishlashi kerak, ularga ishlashga imkoniyat berish kerak.
Nigina Anorboyeva, aktrisa
Aktrisa Nigina Anorboyeva aktrisalarga bo‘layotgan nojo‘ya takliflar haqidagi gap-so‘zlarga quyidagicha munosabat bildirdi.
Menda bunday narsa uchramagan, atrofimdagilarda ham uchraganmi yo‘qmi bilmayman. O‘zi men unchalik ham atrofga qaramayman. Faqat to‘g‘ri yo‘nalishga qarayman. Hattoki bir-ikkita ko‘zga ko‘ringan aktrisalar ham chiqib, shu narsani gapirishadi, menga ham ba’zida bu erish tuyiladi. Menda bunday narsa bo‘lmagan, balki ko‘zga ko‘rinadigan darajada ko‘zga yaqin emasdirman. Bu odamning o‘ziga bog‘liq bo‘lsa kerak, balki shunaqa rejissorlar bilan ishlamagandirman.
Nigina Anorboyeva, aktrisa
Ma’lumot uchun, Nigina Anorboyeva 1989-yil, 3-may kuni Toshkent shahrida dunyoga kelgan. Bugungi kunda O‘zbek milliy akademik drama teatrida faoliyat yuriyadi. | 163 | 3,100 |
Madaniyat | Javohir Zokirov: “Sotqin” filmining davomi suratga olinishi mumkin | Taniqli kinoaktyor Javohir Zokirov “Sotqin” filmining davomi suratga olinishi mumkinligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “1news.uz”. Aktyor ushbu filmdagi G‘ulom obrazini ijro etar ekan, bunday odamlarni sodda, dovdir qilib ko‘rsata olmasligini ta’kidladi.
“Chunki bunday ifloslar odamlarni juda yaxshi biladigan psixolog bo‘ladi. Xo‘sh, G‘ulomni o‘ta olifta qilib ko‘rsatganimizning sababi nima? Bu odamlar qanday qilib ichimizga kirib olishi-yu, qanday qilib ishini bajarib ketishini xalqimiz bilsin. Hayotda eng kuchli odamlar eng oddiy odamlar bo‘ladi. Kuchlilar G‘ulomga o‘xshab spektakl qo‘yib birovlarning ustidan kulmaydi.
Bugun yoshlarimiz ko‘pincha odamlarning mashinasi, gapiradigan gapi, puliga e’tibor beradi, aslida esa odamning ichki dunyosiga e’tibor berish kerak. G‘ulom obrazi orqali ‘odamlar, ogoh bo‘linglar, bunaqa ifloslarga aldanmanglar, bularning oxiri voy’ demoqchi edim”, – dedi u “Darakchi” nashriga bergan intervyusida.
Aktyor filmda G‘ulomni qamoqqa olmasdan, qochirib yuborishdan maqsad nima ekanligiga oydinlik kiritdi. “Filmda G‘ulom qo‘lga tushganida ancha ishonarsiz bo‘lib qolishi mumkin edi. ‘Shunday odamlar haliyam oramizda yuribdi, ulardan ogoh bo‘linglar’ degan maqsadda uni ‘qochirib yubordik’. Ko‘pgina muxlislar filmning davomini kutyapti. Bilmadim, ehtimol davomi ham bo‘lishi mumkin”, – deydi Javohir Zokirov. | 66 | 1,358 |
Madaniyat | “Senimi, shoshmay tur!” multfilmining yangi 26 ta qismi suratga olinadi | “Soyuzmultfilm” kinostudiyasi bu yil ilk bor namoyish etilganiga yarim asr to‘ladigan “Senimi, shoshmay tur!” multfilmining yangi 26 ta seriyasini suratga oladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Kinostudiya rahbari Yuliana Slashevaga ko‘ra, yangi seriyalarning ilk qismini 2020-yilning yozida ko‘rish mumkin bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, “Senimi, shoshmay tur!” multfilmining birinchi qismi 1969-yil may oyida ekranlarga chiqqan. Jami 20 ta qism suratga olingan.
“O‘zbekkino” va “Soyuzmultfilm” hamkorlikda Xo‘ja Nasriddin multserialini ishlaydi | 71 | 542 |
Madaniyat | Mashhur rejissyorlarni tarbiyalagan VGIK filiali o`qishga qabul qilyapti, imtihonlar boshlanmoqda | Butunrossiya davlat kinematogarfiya institutining Toshkent filiali 2022-2023 o`quv yili uchun abiturientlarni o`qishga qabul qilishni boshlaganini e`lon qildi.
O`qish 5 yo`nalish bo`yicha olib boriladi:
1️. “Kino va teleprodyuser”
2. "Rejissyorlik"
3️. "Operatorlik mahorati"
4. "Dramaturgiya"
5️. "Aktyorlik mahorati".
Ma`lumot uchun: ta`lim rus tilida olib boriladi. | 97 | 369 |
Madaniyat | “Toshkent bahori” xalqaro opera va balet festivali yakunlandi | Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik Katta teatrida “Toshkent bahori” IV xalqaro opera va balet san’ati festivalining yopilishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda O‘zA.
Unga turli vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari, O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalarining vakillari, san’at muxlislari, yoshlar taklif etildi.
Bu yilgi “Toshkent bahori” festivalida Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Gruziya, Ozarbayjon kabi davlatlardan opera va balet ijrochilari ishtirok etdi. Festival kunlari Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik Katta teatrida M.Bafoyevning “Sevgim samosi”, J.Verdining “Traviata”, “Trubadur”, N.Rimskiy-Korsakovning “Shoh qaylig‘i”, J.Puchchinining “Bogema” kabi operalari namoyish etildi. O‘zbekiston xalq artisti Ramiz Usmonov hamda xorijlik opera ijrochilari ishtirokidagi konsert dasturi tinglovchilarga ko‘tarinkilik, zavq, qalblarga jo‘shqinlik baxsh etdi.
Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi yoshlari ishtirokidagi hisobot konsertlari O‘zbekiston san’atning barcha turlari kabi raqs san’ati sohasida ham iste’dodlarga boy ekanini ko‘rsatdi.
Festival dasturi O‘zbekiston va rossiyalik balet ijrochilari ishtirokidagi P.Chaykovskiyning “Oqqush ko‘li” baleti namoyishi bilan nihoyasiga yetdi. | 61 | 1,339 |
Madaniyat | Shahzoda Matchonova muxlislariga o‘zi ko‘rayotgan seriallar haqida so‘zlab berdi | Aktrisa Shahzoda Matchonova karantinda seriallar tomosha qilmoqda. Bu haqda u Instagram’dagi sahifasida yozdi.
“Siz serial ko‘rasizmi? Men serial ko‘rishni unchalik ham yoqtirmayman, ayniqsa uzun seriallarga toqatim yo‘q. Ularga vaqt sarflagim kelmaydi. Lekin karantin paytida serial tomosha qilish mumkin. Hozir ‘Xizmatkor hikoyasi’ va ‘Muhtasham yuz yil’ni ko‘ryapman. Har kuni bir qismdan. Yana ‘Rossiya’ kanalidagi ‘Zulayho ko‘zlarini ochmoqda’ serialini ham boshlamoqchiman. Siz qanday yangi seriallarni tavsiya etasiz?”, — deb yozdi aktrisa.
O‘z navbatida aktrisaning folloverlari “Oshin”, “Ayollar nega qotillikka qo‘l uradi?”, “Oshxona”, “Doktor Xaus” kabi seriallarni tavsiya etgan. | 80 | 692 |
Madaniyat | Munisa Rizayeva Rossiya shou-biznesini zabt etishga kirishdi | Xonanda Munisa Rizayeva Rossiya va boshqa MDH mamlakatlari uchun alohida albom yozmoqda. Bu haqda xonanda “Dil” klipini suratga olish jarayonida aytib o‘tdi.
“Karantinda umuman uyda o‘tirmadim, ishladim, ijod qildim. Deyarli ikkita albom yozdim. Shuning uchun qo‘shiqlarim ko‘p, turli yo‘nalishdagi taronalar birin-ketin muxlislarga taqdim etiladi.
Xudo xohlasa, biz Rossiyaga ham alohida albom yozyapmiz. Chunki ko‘rib turganingizdek Jony, Jah Khalib kabi Rossiyada mashhur xonandalar turli mamlakatlardan chiqqan. Ularning qo‘shig‘ini barcha MDH davlatlarida tinglashadi. Jony Ozarbayjondan, Jah Khalib esa Qozog‘istondan. Xudo xohlasa, O‘zbekistondan Munisa Rizayeva ham tanilsa, mening maqsadim shu bugungi kunda”, — deydi Munisa Rizayeva.
Munisa Rizayeva Gulnora Karimova unga “zapret” qo‘yganidan keyin o‘zini o‘ldirishga uringani haqida so‘zlab berdi | 60 | 859 |
Madaniyat | Sevara Nazarxon yangi “Orzuim” qo‘shig‘ini taqdim etdi | O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sevara Nazarxon yangi “Orzuim” qo‘shig‘ini namoyish etdi, deb xabar bermoqda “Sayyod”.
Tarona musiqasi Sevara Nazarxonga, matni esa Nurmuxammad Isroilga tegishli. Xonandaning ta’kidlashicha, ushbu qo‘shiq oila qadriyatlari haqidadir.
“Yaqin kunlarda “Meni sev” qo‘shig‘imga ishlangan klipni ham taqdim etaman. Video Malayziya orollarida suratga olingan bo‘lib, montaji Timur Primqulovga tegishli”, — deb qo‘shimcha qiladi Sevara Nazarxon. | 54 | 478 |
Madaniyat | Jastin Biber Xitoyda konsert berishiga taqiq qo‘yildi | Xitoy rasmiylari kanadalik xonanda Jastin Biberga mamlakat hududida konsertlar qo‘yishni taqiqladi. Bunga yosh qo‘shiqchining “beodob fe’l-atvori” sabab bo‘ldi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Xitoylik muxlislardan biri nega Biber ushbu mamlakatda chiqishlar qilmayotgani haqidagi savolga javoban madaniyat ishlari bo‘yicha Pekin boshqarmasi tegishli bayonotni tarqatdi.
“U o‘zini beodob tutgani bilan bog‘liq holatlar Xitoyda umumiy noroziliklarga sabab bo‘ldi. Ko‘ngilochar tadbirlar ichki bozorini tartibga solish va uni tozalash uchun biz o‘zini yomon tutadigan ijrochilarni bu yerga jalb qilishni noto‘g‘ri deb hisoblaymzi”, — deyiladi bayonotda. | 53 | 652 |
Madaniyat | Toshkent xalqaro kinofestivalining “Kino 5 kunda” ko`rik-tanlovi g`oliblari bilan tanishing (ro`yxat) | Kecha “Ipak yo`li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivalining tantanali yopilish marosimi bo`lib o`tgani haqida xabar bergan edik.
Quyida, Toshkent xalqaro kinofestivalining “Kino 5 kunda” ko`rik-tanlovi g`oliblari bilan tanishishingiz mumkin.
Kinofestivalning “Dunyo yoshlari kinosi Yangi O`zbekistonda” ko`rik-tanlovi g`oliblari: | 101 | 335 |
Madaniyat | 1996-yili vafot etgan reper Tupak Shakur rok-n-rollning shon-sharaf zaliga kiritiladi | 1990-yillarda mashhur bo‘lgan amerikalik reper Tupak Shakur rok-n-roll shon-sharaf zalining faxriy a’zosiga aylanadi. Marosim 2017-yilning 7-aprel kuni bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda TJournal.
Tupak Shakur bilan birgalikda rok-n-rollning shon-sharaf zaliga xonanda Joan Baez hamda Pearl Jam, Yes, Electric Light Orchestra va Journey guruhlari kiritiladi.
Shon-sharaf zaliga dastlabki albomi chiqqaniga 25 yildan oshmagan artist (guruh)lar kiritiladi. Tupakning ilk albomi – 2Pacalypse Now 1991-yili do‘konlarda paydo bo‘lgandi.
Har yili rok-n-rollning shon-sharaf zaliga kirish uchun dunyo bo‘ylab 40 artist (guruh) da’vogarlik qiladi. Shulardan 5 nafari rasmiy saytda ovoz berish yo‘li orqali aniqlanadi.
Odatda, rok-n-rollning shon-sharaf zaliga ushbu janrda faoliyat olib borgan yoki faoliyat olib borayotgan musiqachilar kiritiladi. Ammo, musiqa sanoatiga katta ta’sir o‘tkazgan ba’zi shaxslar (guruhlar), jumladan, N.W.A (2016-yil) va Public Enemy (2013-yil) rok-n-rollning shon-sharaf zaliga kiritilgandi.
Tupak Shakur musiqa sanoati tarixidagi eng nufuzli qo‘shiqchilardan biri sanaladi. U 1996-yili dushman hisoblangan to‘da a’zolari tomonidan otib o‘ldirilgan. Ayni vaqtda dunyo bo‘ylab Tupak Shakurning albomlari 75 million tirajda sotilgan.
Ma’lumot uchun, 2017-yilda Tupak Shakur hayoti haqidagi All Eyez on Me nomli filmning premyerasi bo‘lib o‘tadi. Filmda bosh rolni aktyorlik faoliyatini boshlayotgan kichik Demetrius Shipp ijro etgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 85 | 1,612 |
Madaniyat | Ziqna emas, tejamkor: kamtarona yashaydigan va ko‘p pul sarflamaydigan yulduzlar (foto) | Mashhurlar qanday qilib ko‘p pul ishlashni hamda ularni sarflashni ham biladi. Biroq ularning orasida tejamkorlikdan dars oladigani ham bor. Bugungi qahramonlar ham xuddi shunday. Ular arzon kiyimlar sotib oladi. Sotuvchilardan chegirmalar so‘raydi, jamoat transportidan foydalanadi hamda arzon mashinalarda harakatlanadi.
Riz Uizerspun
Riz Uizerspun – gonorari bilan faxrlanishdan ko‘ra, daromadidan uyaladigan yulduzlardan biridir. Aktrisa “qora kun”i uchun pulini tejab, ehtiyotkorlik bilan sarflaydi. Buni Rizning osuda tumanda joylashgan kichkinagina uyda yashashi, qimmat sumkani bir necha yillab tutishi, o‘zi reklama qilgan kosmetika vositalaridan foydalanishidan ham bilib olishi mumkin. U ortiqcha pul sarflashni ma’nisiz hashamat deb biladi. Shuningdek, aktrisa bolalar uchun ham eng kerakli narsalarni sotib oladi va ularni erkalatib yubormaslikka harakat qiladi. Hattoki Yangi yil bayrami uchun oddiy o‘yinchoqlar sovg‘a qilib, bu orqali ularni moliyaviy intizomga o‘rgatishini tan olgan.
Robert Pattinson
Aktyor qimmat ko‘ylak va shimdan ko‘ra, beysbol kepkasi, jinsi shim va oddiy futbolka kiyishni afzal ko‘radi. Shuning uchun ham u “Sumerki” kartinasi tugashi bilan undagi kostyumlarni darhol kimoshdi savdosi orqali sotib yuborgan. Pattinson jamoat transportidan foydalanadi. Va bu orqali u bilan uchrashishni istaydigan muxlislarini ham xursand qiladi. U bayramlarni ham kamtarlik bilan nishonlaydi. Arzon klublarga boradi va uyiga barcha qatorida jamoat transportida qaytadi.
Kianu Rivz
Kianu ham kamtarlik borasida hamkasblaridan qolishmaydi: jamoat transportidan foydalanadi, uy sotib olmaydi, oddiy kiyim kiyadi, ko‘p vaqtini mehmonxonada o‘tkazadi hamda yo‘l bo‘yidagi kafelardan gamburger iste’mol qiladi. Aktyorning biografiyasidagi eng ta’sirli voqea – bu uysiz odamning yonida o‘tkazgan kuni edi. Kianu uni gamburger va ichimlik bilan mehmon qilib, suhbatlashgan. Shu tarzda aktyor yulduzlik kasaliga chalinmaganini yana bir bora isbotlagan.
Avril Lavin
Avril Lavin kiyimlarini ikkinchi qo‘l do‘konlardan xarid qiladi. Bu uning o‘ziga xos uslubi hisoblanadi. Biroq muxlislar ham unga taqlid qilish uchun kiyilgan liboslarni sotib olishi shart emas. Aynan uning qiyofasini takrorlamoqchi bo‘lganlar uchun 2008-yil Abbey Dawn kiyim-kechak do‘konining liboslari 20 dan 50 dollargacha narxni tashkil etgan.
Sara Jessika Parker
Sara yoshligidanoq pul tejashga odatlangan. O‘qituvchi va yuk mashinasi haydovchisi oilasida qimmat narsalar haqida o‘ylash odati yo‘q edi. Mashhur aktrisa hanuzgacha daromadining har bir chaqasini tejaydi va farzandlarini ham bunga o‘rgatadi. Shuningdek, u qimmatbaho restoran taomlaridan ko‘ra, uyda pishirilgan ovqatni yaxshi ko‘radi.
Madonna
Madonna o‘zini hashamdor liboslar, qimmatbaho mashinadan cheklashga odatlanmagan. Ammo uning atrofidagilar ko‘p narsaga guvoh bo‘lgan. Yulduz tejamkorlik borasida anchagina pishiq. Uning yordamchi va musiqachilariga haq to‘lashida tejamkorligi yaqqol namoyon bo‘ladi. Hattoki barcha telefon xarajatlarini ham ularning maoshidan ushlab qoladi.
Sara Mishel Gellar
Sara hech qachon eng boy yulduzlar ro‘yxatiga kira olmagan. Yulduz arzon mahsulotlarga kuponni gazetalardan kesib olib, kiyimlarni ham shu tarzda sotib oladi va ularni kimyoviy tozalashga ham olib boradi. U farzand tarbiyasida ham enagadan foydalanmagan. Suratga olish ishlarida unga hamisha turmush o‘rtog‘i yordam berib keladi.
Jennifer Lourens
Kuponlardan foydalanadigan yana bir yulduz. Jennifer hech qachon mehmonxona barlariga buyurtma qilmaydi. Chunki narxlar do‘konga nisbatan ancha qimmatligini biladi. U ko‘proq chegirmalar izlab, do‘kon aylanadi, IKEA kompaniyasiga mebellar buyurtma qiladi va bir necha yil avval sotib olgan Volkswagen mashinasini boshqaradi.
Kira Naytli
30 yashar Kira har yili o‘zining xarajatlari uchun ma’lum summani belgilaydi. Masalan, 2012-yilda bu 50 ming dollarni tashkil etgan. Bundan tashqari, uning turmush o‘rtog‘i Jeyms Rayton bilan ham nikoh to‘yi juda kamtarona tarzda nishonlangan. Kira to‘ydan kiygan oq libosini keyinchalik boshqa tadbirlarda ham kiyganini ko‘rish mumkin. | 87 | 4,089 |
Madaniyat | “O‘zbekkino” buyurtmasiga asosan “Bo‘ynoq” nomli multfilm suratga olindi | Cinema Servis kompaniyasi “O‘zbekkino” milliy agentligi buyurtmasi asosida davomiyligi 10 daqiqa bo‘lgan “Bo‘ynoq” nomli multfilmni suratga oldi. Bu haqda multfilmni tayyorlashda qatnashgan Abdulatif Haydarov “Daryo” nashriga ma’lum qildi.
Normurod Norqobil ssenariysi asosida rejissor Javlon Turdixo‘jayev tomonidan bir yil davomida tayyorlangan multfilm jasur va qo‘rqmas, kurashuvchan posbon it haqida hikoya qiladi.
Unda, shuningdek, bolakay — Rustam, mushuk — Baroqvoy va bo‘rilar ham ishtirok etadi. “Mazkur film bolajonlarga ziyraklik va chaqqonlik, uddaburonlik hamda dovyuraklik kabi hislatlarni anglashlarida yordam beradi”, — deydi Abdulatif Haydarov.
Multfilmni yaratishda Abdulatif Haydarov, Dilshod Do’stmuhammedov, Javlon Turdixo‘jayev, Abror Ahmadiy, Samariddin Abdunazarov, Shuhrat Asayev, Zilola Hamidova singari ijodkorlar mehnat qilgan.
Tayyor holatga kelgan multfilm ko‘rik uchun “O‘zbekkino” Milliy agentligiga topshirilgan va Badiiy kengash tasdig‘idan o‘tgan. Multfilm premyerasi yaqin kunlar ichida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi telekanallarida bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, Sinema servis ijodiy jamoasi bungacha “Samoviy mehmon”, “Toshbaqa”, “Aqltoy” kabi multiplikatsion filmlarni ham suratga olgandi. | 72 | 1,241 |
Madaniyat | Filmlarda bir-birini chinakamiga sevgan yulduzli juftliklar (foto) | Aksariyat yulduzli juftliklar suratga olish maydonchasida tanishgan va hayot yo‘lini bog‘lagan. Ularning bir-biriga ko‘ngil qo‘yishiga, albatta, suratga olinayotgan filmlar sababchidir.
Rayan Filipp va Riz Uizerspun
“Shafqatsiz o‘yin” filmida Rayan Filipp va Riz Uizerspun va’daboz va uning “qurboni” bo‘ladigan sodda qizning rolini o‘ynaydi. Filmni suratga olish ishlari yakunlanganda ular nafaqat haqiqiy hayotda uchrashishni boshladi, balki turmush ham qurdi. Biroq mish-mishlarga ko‘ra, bu go‘zal juftlik Rayanning muvaffaqiyatga erisholmagani va u uyning asosiy daromadchisi bo‘lmaganligi sababli ajralishdi. Oddiy qilib aytganda, Rayan ichkilikka berilgan va Uizerspun bunga toqat qilolmagan.
Vensan Kassel va Monika Beluchchi
Chiroyli va ajoyib sujetga ega “Xonadon” deb nomlangan film. Erkak sirli ravishda hayotidan g‘oyib bo‘lgan sobiq sevgilisini topishga harakat qiladi. Ushbu filmni hech bo‘lmaganda Kassel-Belluchchi dueti tufayli tomosha qilish kerak. Ular suratga olish maydonchasida uchrashdi va ko‘p yillar davomida jahon kinematografiyasidagi eng yorqin juftliklardan biri bo‘lib qoldi.
Jonni Depp va Ember Xyord
Bir vaqtlar Jonni Depp va Vanessa Paradi birgalikda yashab, farzand ham ko‘rgandi. Lekin Jonni Ember Xyord bilan “Rim kundaligi” filmini suratga olish maydonchasida tanishdi. Ushbu juftlikning oila qurishi shov-shuvlarga sabab bo‘lgan bo‘lsa, ajrimi undan ham ko‘ra ko‘proq ovoza bo‘ldi.
Nikol Kidman va Tom Kruz
“Momaqaldiroq kunlari” bilan yana bir yorqin juftlik – Nikol Kidman va Tom Kruzning romantikasi boshlandi. Ular oila qurgach, ikki nafar farzand asrab oldi, ammo turmushi ajrim bilan yakunlandi. Ma’lum bo‘lishicha, ularning oilasida kelishmovchiliklar bo‘lgan, shuningdek, aktyorning diniy e’tiqodi Nikolga xalaqit bergan.
Jud Lou va Sienna Miller
Suratga olish vaqtidayoq qahramonlar o‘rtasida chinakam muhabbat paydo bo‘lgan. Ular ham turmush qurdi, ammo bu uzoqqa cho‘zilmadi. Haqiqat shundaki, Jud birinchi turmushidagi farzandlarini yashirgan edi. Lekin oradan uzoq vaqt o‘tmay, ular yana birlashdi. Afsuski, bu safar ham uzoqqa emas.
Bred Pitt va Anjelina Joli
Bred Pitt va Anjelina Joli er-xotin maxsus agent rolini o‘ynab, uchrashishni boshladi. Mish-mishlarga ko‘ra, Pitt avval Eniston bilan ajrashgan, keyin esa Joli bilan ishqiy munosabatda bo‘lgan. Ammo chiroyli juftlik to‘ydan ikki yil o‘tib ajraldi.
Endryu Garfild va Emma Stoun
Aktyor Endryu Garfild aktrisa Emma Stounni o‘z qahramoni singari nafaqat ekranda, balki hayotda ham o‘ziga tortdi. Ammo ular ham yuqoridagi yulduzlar singari uzoq vaqt birga bo‘lmadi.
Penelopa Krus va Xavyer Bardem
Penelopa Krus va Xayver Bardem Vudi Allen filmida g‘aroyib juftlik rolini o‘ynagan, shundan so‘ng ular orasida ishqiy munosabatlar boshlangan. Ammo ular o‘z munosabatini odamlarga ko‘z-ko‘z qilmagan. Va faqat 2010-yilda, Kann kinofestivalida Xayver sahnadan Penelopaga murojaat qilib, shunday dedi: “Men sendan qarzdorman. Seni juda qattiq sevaman”. Ispaniyada ular qirollik juftligiga qaraganda ancha mashhur va ajablanarlisi shundaki, ular hali ham birga!
Jennifer Lopes va Ben Afflek
Juftlik “Jili” filmidan so‘ng oila qurish borasida bir qarorga kelgach, ommaga million dollarlik pushti olmos uzukni ko‘rsatib, o‘z nikohlarini nishonladi, ularga muxlislar tomonidan “Bennifer” laqabini berilgan. Ammo to‘y tadbirdan bir kun oldin bekor qilindi va film Gollivuddagi eng haqoratli mukofot – “Oltin malina”ni oldi.
Chenning Tatum va Jenna Duan
Dam olish va chiroyli raqsni tomosha qilishni istaganlar uchun “Olg‘a qadam” – Chenning Tatum va Jenna Duanni tomosha qilish tavsiya etiladi. Juftlik 2018-yilda ajrashgani haqida mish-mishlar tarqaldi. Afsuski, bu haqiqat bo‘lib chiqdi. Aytishlaricha, ajralishning sababi — Tatumning Nyu-Yorkka ko‘chib, teatr bilan shug‘ullanish istagi bo‘lgan, Jennaning esa Los-Anjelesda yaxshi karyerasi bo‘lgan va unga bu g‘oya yoqmagan. | 66 | 3,884 |
Madaniyat | Toshkentda Tashkent Book Fest xalqaro ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi | 2—4-oktabr kunlari Tashkent Book Fest – 2019 Toshkent xalqaro kitob ko‘rgazma—yarmarkasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xabar berdi.
O‘zbekistonda ilk marotaba o‘tkazilayotgan ushbu yirik madaniy tadbirda yetti mamlakat — Buyuk Britaniya, Germaniya, Qozog‘iston, Koreya, Qirg‘iziston, Rossiya, Turkiya davlatlaridan 16 ta nashriyot va kitob savdosi tashkilotlari vakillari ishtirok etadi.
Shuningdek, O‘zbekistondagi elchixona va xorijiy kompaniyalar, xususan, Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi, Xitoy elchixonasi, Janubiy Koreya elchixonasi, Toshkent shahridagi Gyote instituti vakillari ham ko‘rgazma—yarmarka ishtirokchilari bo‘lishadi.
Bundan tashqari, O‘zbekistondagi 30 dan ortiq davlat va xususiy nashriyot hamda kitob savdosi tashkilotlari ham mahsulotlarini namoyish etadi.
Ko‘rgazma doirasida qiziqarli kitoblar taqdimotlari, mushoiralar, intellektual o‘yinlar, adiblar bilan ijodiy uchrashuvlar, adabiy viktorinalar, davra suhbatlari hamda mahorat darslari tashkil etish rejalashtirilgan.
Xalqaro kitob ko‘rgazma—yarmarkasi “O‘zekspomarkaz” (Atrium)da bo‘lib o‘tmoqda. Kirish — bepul.
Xalqaro ko‘rgazma-yarmarkaning birinchi kunida o‘tkaziladigan tadbirlar ro‘yxati bilan quyida havola orqali tanishish mumkin. | 69 | 1,280 |
Madaniyat | Sankt-Peterburgda "O`zbekiston madaniy merosi –xalqlar va mamlakatlar o`rtasida muloqotga yo`l" Ikkinchi xalqaro Kongressi boshlanmoqda | Avval xabar qilinganidek, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida 6-8 iyun kunlari “O`zbekiston madaniy merosi xalqlar va mamlakatlar o`rtasida muloqotga yo`l” Ikkinchi xalqaro Kongressi bo`lib o`tishi ko`zda tutilgan. Mazkur nufuzli anjuman O`zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari Milliy assosiasiyasi tashabbusi bilan bir qator davlat, jamoat va xalqaro tashkilotlar hamkorligida o`tkazilmoqda.
Ushbu nufuzli anjumandan ko`zlangan asosiy maqsad mamlakatimizning boy va betakror madaniy merosini chuqur o`rganish va dunyo miqyosida keng targ`ib etishdan iborat.
Bugun anjuman doirasida Sankt-Peterburgdagi Rossiya etnografiya muzeyi, Rossiya Milliy kutubxonasi, Davlat Din tarixi muzeyi, Sharq qo`lyozmalari instituti va boshqa bir qator ilmiy va madaniy muassasalarda O`zbekistonga oid ko`rgazmalar tashkil etilishi kutilmoqda. Shuningdek ushbu madaniyat maskanlariga yurtimizning me`moriy yodgorliklaridagi epigrafika san`ati haqida hikoya qiluvchi “O`zbekiston obidalaridagi bitikar” kitob-albomlari beg`araz tuhfa etiladi.
– Rossiyada mamlakatimizga oid juda katta miqdordagi tarixiy eksponatlar, madaniyat durdonalari, noyob qo`lyozmalar saqlanmoqda, – deydi O`zbekistonga oid xorijdagi madaniy yodgorliklarni tadqiq etish markazi direktori, falsafa fanlari doktori Roik Bahodirov. – Biz ayni paytda bu mamlakatdagi muzeylar, ilmiy muassasalar bilan ilmiy tadqiqotlar sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash borasida faol ish olib bormoqdamiz. Muhimi rossiyalik hamkorlarimiz bizning bu boradagi takliflarimizni mamnuniyat bilan qabul qilishmoqda. Mazkur xalqaro anjuman ana shu hamkorlikni yanada mustahkamlashda yangi bosqichni boshlab berishiga ishonamiz.
Kongress doirasida ertaga, 7 iyun kuni mamlakatimiz va xorijdan tashrif buyurgan olimlar ishtirokida sho``balarga bo`lingan holda ilmiy munozaralar o`tkazilishi belgilangan. Xalqaro kongressda dunyoning 30 ortiq mamlakatlaridan tashrif yuurgan limlar va mutaxassislar, yirik muzeylar va ilmiy markazlar vakillari ishtirok etmoqda. | 135 | 2,004 |
Madaniyat | “Kinoklub” avtomashinasi loyihalari tayyor bo‘ldi | “O‘zbekkino” Milliy agentligi, “O‘zavtosanoat” aksionerlik kompaniyasi va O‘zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki hamkorligida zamonaviy “Kinoklub” maxsus avtomashinalarining loyihalari tayyorlandi. Bu haqda “O‘zbekkino” Milliy agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur loyiha O‘zbekistonning eng chekka va olis aholi hududlarida milliy va jahon kino asarlarini namoyish etishga mo‘ljallangan bo‘lib, hozirda “Kinoklub” mashinasining ikkita varianti sinov uchun taqdim etilmoqda.
Birinchisi — DAMAS VAN avtomashinasi va u quyidagi kino namoyishi qurilmalari hamda texnikalar bilan jihozlangan:
Kinoproyektor (1 dona);
Kinoekran (2,2 m ga 2,5 m);
Ovoz kuchaytirgich va kolonkalar (2 dona);
Noutbuk (1 dona);
Generator (elektr energiyasi ta’minoti);
Konvertor (1 dona).
Avtomashina 3 kishi — haydovchi, mexanik, kassirga mo‘ljallangan bo‘lib, har bir viloyatga bittadan ana shunday avtomashinaning ajratilishi ko‘zda tutilgan.
Ikkinchisi — xorij tajribasi asosida taklif etilayotgan zamonaviy avtomashina. Mazkur avtomashina bir yilda 150 ming kishiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lib, uni ishga tushirish juda osondir. Bor-yo‘g‘i 30 daqiqada film namoyish etish uchun tayyor bo‘ladigan mashinaning pritsepi eniga olti metrgacha kengayadi va bir vaqtning o‘zida 70 kishiga xizmat ko‘rsata oladi. Hozirda mazkur loyihalar ustida ishlar davom ettirilmoqda. | 49 | 1,381 |
Madaniyat | Nargiz Zokirova “Glavnaya ssena” loyihasida boshlovchilik qiladi | “Rossiya 1” telekanalining “Glavnaya ssena” (“Bosh sahna”) loyihasining yangi mavsumida Nargiz Zokirova ushbu shou boshlovchilaridan biri bo‘ladi, deya xabar bermoqda “Anons.uz”.
Ko‘rsatuvning yangi mavsumdagi birinchi soni 13-sentabr kuni 17:30 da “Rossiya 1” telekanali orqali namoyish etiladi.
Yangi mavsumda Nargiz Ernest Matskyavichus bilan birgalikda ishtirokchilarni qo‘llab-quvvatlaydi, hakamlar bilan bahslashadi va ovoz berish natijalarini hisoblaydi.
Nargiz Zokirova 1971-yil Toshkentda san’atkorlar oilasida tug‘ilgan. U taniqli opera qo‘shiqchisi, teatr va kino aktyori, O‘zbekiston xalq artisti Karim Zokirovning nabirasi. Nargiz 14 yoshida Yurmaladagi qo‘shiqlar tanlovida qatnashgan. 90-yillarda o‘zbek estradasida ijod qila boshlagan. 1995-yilda AQShga ko‘chib ketgan va oradan 20 yil o‘tib, 42 yoshida Rossiya sahnasida ko‘rinish berdi.
Nargiz Zokirovaga u “Golos” teletanlovi sahnasiga chiqqan ilk daqiqalardan boshlab ko‘pchilik qiziqish bildirdi. Bunga sabab xonandaning tashqi ko‘rinishi, noodatiy imidji, deyish mumkin. U noan’anaviy soch turmagi, bosh va qo‘llarida tatuirovkalar, turli taqinchoqlar bilan mutlaqo “o‘zbekcha” bo‘lmagan ko‘rinishda sahnaga chiqdi. Nargiz “Golos” loyihasida ikkinchi o‘ringa munosib deb topilgan edi. | 64 | 1,257 |
Madaniyat | Amerikalik shoir va tarjimon Richard Uilber vafot etdi | Amerikalik shoir va tarjimon Richard Uilber vafot etdi. U 96 yoshda edi, deb xabar beradi Meduza.
Shoirning vafoti haqida uning o‘g‘li xabar qildi. U qariyalar uyida yashab kelayotgan edi va aynan o‘sha yerda qazo qildi.
Uilber XX asr AQSh shoirlari ichida eng mashhurlaridan biri hisoblanadi. U Pulitser mukofotini ikki marta — “Yer” (1957) hamda “Yangi va eski she’rlar” (1989) kitoblari uchun olgan.
Richard Uilber Molyer va Jan Rasinni, Shuningdek, Iosif Brodskiy va Anna Axmatova asarlarini ingliz tiliga tarjim qilgan. | 54 | 525 |
Madaniyat | Ikkinchi Jahon urushi haqida hikoya qiluvchi “Ilhaq” filmining suratga olish ishlari yakunlandi | Rejissor Jahongir Ahmedovning Ikkinchi Jahon urushi haqida hikoya qiluvchi “Ilhaq” filmining suratga olish ishlari yakunlandi. Bu haqda rejissor Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.
“Ilhaq” filmining murakkab jang sahnalari Belarusda suratga olindi.
Rejissorning aytishicha, filmda yigirmaga yaqin Belarus kino aktyorlari suratga tushgan. Ular orasida Gennadiy Churikov, Dmitriy Mashko, Viktor Bogushevich, Lolita Taborko, Alla Poplavskaya kabi taniqli aktyor va aktrisalar bor.
Ma’lumot uchun, “Ilhaq” Toshkent viloyatining Zangiota tumani, Xonobod qishlog‘idan bo‘lgan Zulfiya aya Zokirova hamda uning Ikkinchi Jahon urushi janggohlaridan qaytmagan farzandlari — Isoqjon, Ahmadjon, Muhammadjon, Vahobjon va Yusufjon, shuningdek, front ortidagi mashaqqatli mehnatlarni o‘z yelkasiga olgan to‘rt kelini taqdiri xususida hikoya qiladi.
View this post on Instagram
Avvalroq ushbu film suratga olish maydonida tanishgan yosh aktyorlar turmush qurgani haqida xabar berilgan edi. | 95 | 994 |
Madaniyat | Yulduz soxta ekan: mashhur shaxslarning o‘rniga ko‘rinish bergan va fosh etilgan 6 qiyofadosh (foto) | Ko‘plab taniqli shaxslar shu qadar bandligidan o‘zlarining klonlari bo‘lishini orzu qiladi. Lekin allaqachon buning chorasini topganlar ham bor. Ular ba’zida konsert-dasturlarida o‘zining o‘xshashini ko‘rish mumkin. Ammo quyida muxlislar tomonidan bu kabi yolg‘onni fosh qilish holatlari ham uchrab turadi.
Timati
2019-yil fevral oyida ijtimoiy tarmoqda haqiqiy janjal yuz bergan. Krasnodarda burger markazi ochilishi marosimida Timatining o‘rniga unga o‘xshash boshqa inson chiqish qilgan, deb gumon qilgan. Tadbirga kelgan odam Black Star yetakchisiga qaraganda kamroq tatuirovka qilgani va bo‘yi ham pastroq ekanligini payqab qolgan. Reperning obunachilari soxta xonandaning suratini Instagram’da Timati sahifasiga qayd etgan. Ammo yulduzning o‘zi vaziyatga hech qanday izoh bermagan.
Yegor Krid
2016-yilda Yegor Kridning Ulyanovskdagi konsert-dasturidan keyin ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalar to‘lqini paydo bo‘lgan. Tomoshabinlarga xonandaning mashhur “Samaya samaya” taronasini shunchaki fonogramma qilib turgan o‘xshash egizagi kelgandek tuyulgan. Sahnada umuman boshqa odam bo‘lganligiga asosiy dalil − ijrochi yigitda Kriddan farqli o‘laroq o‘ng qo‘lining orqa qismida tatuirovka bo‘lmagan.
Dmitriy Nagiyev
Dmitriy Nagiyev tadbirlarda tez-tez o‘zini ko‘rsatib turadigan o‘xshashi borligini uzoq vaqtdan beri biladi. Uning ismi Ivan Gant. U sobiq KVN ishtirokchisi. Endilikda u aktyorlik karyerasini qurmoqda va taniqli teleboshlovchi bilan o‘xshashligini ta’kidlamoqda. Unga tez-tez dastxat olish va suratga tushish uchun murojaat qilishadi. Gantning Instagram sahifasiga 400 mingdan ortiq kishi obuna bo‘lgan.
Adriano Chelentano
2009-yilda Adriano Chelentanoning o‘xshashi Armaniston poytaxtining 2791-yilligi munosabati bilan Yerevandagi konsertda ishtirok etgan. Haqiqat darhol oshkor etilmagan. Tadbirdan so‘ng muxlislar afsonaviy italiyalik qo‘shiqchi armancha talaffuzda juda yaxshi kuylayotganidan shubha qilgan. Kimdir Chelentanoning aerofobiyaga duchor bo‘lgani va dunyo bo‘ylab kamdan kam sayohat qilishini aytgan. Jurnalistlar bu borada Adrianoning vakillariga murojaat qilgan. Ular ham xonandaning Armanistonda bo‘lmaganini tasdiqlagan. Shahar ma’muriyati esa Chelentano o‘rniga uning familiyasidan ijodiy taxallus sifatida foydalanish huquqiga ega bo‘lgan qiyofadoshi kelganligini ma’lum qilgan.
Sergey Jukov
2018-yil Sergey Jukov konsert dasturlarida ko‘proq qiyofadoshi bilan almashtirilishi borasida yangiliklar paydo bo‘lgan. Mish-mishlar xonanda sog‘lig‘ida muammolarga duch kela boshlaganidan so‘ng ko‘paygan. Xonanda churra kasalligidan aziyat chekib, uni oldirish uchun bir necha bor operatsiya stoliga yotishiga to‘g‘ri kelgan. Reabilitatsiyadan keyin ham u juda ko‘p vazn yo‘qotgan. Shuning uchun ham uning ijtimoiy tarmoqlardagi surati o‘ziga o‘xshamas edi. Xonandaning o‘zi esa muxlislarning taxminiga hazil tariqasida javob qaytardi: “Siz avvalgi postdagi suratda kim tasvirlanganini muhokama qilayotgan vaqtingizda, men bu notanish odamning turmush o‘rtog‘im bilan tushgan suratini baham ko‘raman”.
Valeriy Leontev
2013-yilda Valeriy Leontev ham yolg‘onchilikda gumon qilingan. Xonandaning ijrosi bolalarning “Yangi to‘lqin” festivalidan bir kun oldin sirli tarzda yozib olinganidan muxlislar g‘azablangan. U fonogramma orqali ijro etilgan bo‘lib, tadbirning rasmiy dasturida ko‘rsatilmagan. Muxlislarning ta’kidlashicha, safar gavjum bo‘lganligi sababli musiqachi bo‘sh vaqt topa olmagan va uning o‘rnida efirda qiyofadoshi paydo bo‘lgan. Ammo xonandaning vakillari bu ma’lumotni rad etgan. Valeriyning o‘zi ham navbatdagi konsertida ushbu mavzu bo‘yicha hazil qilgan: “Menimcha, oqshom davomida haqiqiymi yoki qiyofadoshi, deb taxmin qilingan bo‘lsam kerak. Xo‘sh, nima deysizlar?”, − deya murojaat qilgan. | 100 | 3,750 |
Madaniyat | Shov-shuv.uz: Asal Shodiyeva bo‘lajak turmush o‘rtog‘ining konsertida bo‘lajak qaynonasi bilan suratga tushdi | Aktrisa Asal Shodiyeva xonanda Shohruhxonning konsert dasturiga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda “Kun.uz”.
Shov-shuv.uz’ning xabar berishicha, konsertda Asal Shodiyeva Shohruhxonning onasi – aktrisa va rejissyor Zebo Navro‘zova bilan birga suratga tushgan, konsert davomida yonma-yon o‘tirgan.
Tegishli fotosurat ostida ham Shov-shuv.uz loyihasi tomonidan quyidagicha tagso‘z qoldirilgan: “Xonning yaqinlari: sodiq prodyusser, bo‘ljak kelin va bo‘lajak qaynona!”.
Avvalroq, Shohruhxon va Asal Shodiyeva unashtirilgani haqida xabarlar tarqatilgandi, biroq xonanda ham, aktrisa ham ushbu xabarlarni izohsiz qoldirishgandi. | 109 | 625 |
Madaniyat | “Tomoshabin har doim haq degan fikrga qo‘shilmayman”. Zulfiqor Musoqov “Xazonrezgi”ning premyerasi arafasida katta intervyu berdi | 17-mart kuni rejissor Zulfiqor Musoqovning yangi — “Xazonrezgi” nomli filmi premyerasi bo‘lib o‘tadi. Premyera arafasida jurnalist Feruz Muhammad rejissor Zulfiqor Musoqov bilan suhbat uyushtirdi.
Rejissor Zulfiqor Musoqov.
— Zulfiqor aka, ayni paytda nimadan tashvishlanayapsiz?
— Bilmadim. Albatta, Xudoga ming qatla shukr, yurtimiz tinch va osoyishta. Bu — eng katta boyligimiz. Bu balandparvoz gap emas, bu haqiqat. Premyera oldidan har bir ijodkorga xos ichki bezovtalik.
— Siz har doim sevimli kasbingiz haqida o‘ylashga o‘rganib qolgan insonsiz.
— Gapingiz to‘g‘ri. Gohida hayron bo‘lib qolaman. Menda faqat o‘zimga o‘zim savol berish imkoniyati bor. O‘tgan hafta uyda ishlab o‘tirgandim. Ko‘chada bir bola baqirib qoldi. Qarasam, kap-katta barzangi, 50 dan oshgan odam 10 yoshli bolani tepyapti, uryapti. Xavotirlanganimdan ichkiyimda yugurib chiqib: “Aka, nima qilyapsiz, bu bola nima qilib qo‘ydiki, uni uryapsiz?”, desam: “Mashinamni sidirib qo‘yibdi”, deydi. “Mashinangizni sidirgan bo‘lsa, ota-onasining yoniga olib boring”, deya u bilan yoqalashish darajasigacha bordim, qolgan qo‘shnilar esa oynasidan pusib qarab turibdi. Men o‘zbek kinosining, aniqrog‘i, “O‘zbekfilm”da ishlangan ko‘pgina asarlarning hozirgi ahvolini xuddi shunday — oxirgi 15 yil davomida do‘pposlanaverib, gangitib qo‘yilgan bolaga qiyoslayman. Yutuqlar yo‘qmi? O‘tgan yillar davomida faqat tanqidga loyiq filmlar ishlandimi? Kinematograf 1897-yilda “Pate” kinoteatri bilan kirib kelgan yurtda nima uchun shu yuz yildan ortiq davr mobaynida, jillaqursa Mustaqillik yillarida dunyoning eng nufuzli kinomukofotlarini qo‘lga kiritgan milliy filmlar televizorlarda tilga olinmaydi, ular haqida haqiqiy ziyoli mutaxassislar ishtirokida chuqur muhokamalar bo‘lmaydi, hayronman. Nima uchun yoshlarda o‘zbek kinosida katta hodisaga aylangan “Abu Rayhon Beruniy”, “Toshkent — non shahri”, “Sevgi mojarosi”, “Nodirabegim”, “Ulug‘bek yulduzi”, “Furqat”, “Abu Ali Ibn Sino”, “Sayyod qo‘ng‘irog‘i”, “Uchrashuv va vidolashuvlar”, “Oy borib, omon qayt” va shu kabi yana 50 ga yaqin kinoasarlarni tomosha qilish imkoniyati yo‘q? Nima uchun bu filmlarni tushunib bo‘lmas sabablar bilan teleekranda ko‘rsatishmaydi? Gohida hayratda qolaman: milliy telekanallarimizda kinoni umuman tushunmaydigan odamlar saviyasi juda past, avvalo, badiiylik nuqtai nazaridan ancha qoloq filmlarni bir soat sun’iy ravishda muhokama qiladi. Kim va qay tarzda kino haqida bahs olib boryapti? Bahsning o‘zi yo‘q-ku?! Bu, albatta, mening shaxsiy fikrim. Ko‘chaning gapi uyning gapiga to‘g‘ri kelmaydigan vaqt keldi.
“Xazonrezgi” filmidan lavha.
— Iliq taasurotlardan bo‘lsin. Yaqinlaringiz, ijodiy jamoangiz a’zolari Sizni Jamol deb chaqiradi. Zulfiqor kasbiy taxallusingizmi?
— Ko‘pchilikdan: “Zulfiqor ismini taxallus uchun, oliftagarchilik uchun qo‘llagan”, degan gaplarni eshitganman. O‘shanda ularga qarata: “Aybim nima, chaqaloqligimda o‘zimga ism tanlaganmanmi?”, degandim. Ismim tug‘ilganlik haqidagi guvohnomada ham, pasportda ham Zulfiqor deb yozilgan. Buvimlar: “Zulfiqor og‘ir ism” deb, bobomlarga zarda qilib, Jamol deb chaqira boshlagan. O‘shandan buyon yaqinlarim, buvim, onamlar ham Jamol deb chaqiradi. Zulfiqor hech qanday taxallusim bo‘lmagan, bu buvam bergan ism. Shu gap bilan kaminai kamtarin haqidagi gaplarni to‘xtatsak-da, boshqa savollarga o‘tsak.
— Yangi filmingiz orqali, odatdagidek, o‘zbek kinosiga yangi aktyorlarni olib kirdingiz. Ularni qayerdan topdingiz?
— Toshkentdagi teatr aktyorlarining qariyb barchasini yaxshi taniyman. Har bir rolga alohida yo‘l bo‘ladi. “Xazonrezgi” filmida bosh rol ijrochilaridan biri — Samarqand teatrining yetakchi aktyori Baxtiyor Rahimovni teatrdan topganman. San’at instutida o‘qib yurib, kontrakt to‘lashga puli yetmagan Kamoliddin Karimovni topib, filmimda rol berdim. Gohida aktyorlarni ko‘chadan topaman. Bosh qahramonlardan biri — Baxriddin Abdullayevni mashinada ketayotib, mashina oynasidan ko‘zini ko‘rganimdan keyin, aktyor bo‘lmasa-da, filmimda rol o‘ynashga chaqirdim. Ba’zi aktyorlarimiz yuksak professional bo‘lgani sababli filmlarimdan filmlarimga ko‘chib yurishadi. Ikkinchidan, u aktyorlarning insoniy fazilatlari ham menga yaqin. Men uchun suratga olish maydonchasida o‘zaro mehr-oqibat bo‘lmasa bo‘lmaydi. Zarracha, qilchalik xafagarchilik bo‘ladigan bo‘lsa, o‘sha odam o‘sha kuni ijodiy jamoamizdan ketadi. Salomatligim hech qanday janjalni ko‘tarmaydi. Shunga yarasha men har qanday film olishdan avval kartina direktoridan ijodiy jamoamga yaratiladigan sharoit haqida so‘rab olaman. Ya’ni, ijodiy guruhimizning uch mahal ovqatlanishi, yotib turishi, hattoki, issiq suvigacha so‘rayman. Ishoning, bu juda muhim narsalar.
Jurnalist Feruz Muhammad va Rejissor Zulfiqor Musoqov.
— “Osmondagi bolalar”ning taqdiri nima bo‘ldi — bu filmda o‘ynagan aktyorlar hozir qayerda?
— Hamdam, ya’ni, Muzaffar Sa’dullayev hozir temirchilik bilan shug‘ullanmoqda. Muzaffar meni doimiy direktorim Nasrullo Sa’dullayevning o‘g‘li bo‘lgan. Qo‘limda o‘sgan bola. U kinodan ancha xafa bo‘lib ketgan.
— Nega “Osmondagi bolalar” bugungi filmlarimizda yo‘q?
— Muzaffar Sa’dullayev “Vatan” filmidan so‘ng: “Jamol aka, mening hayotimda bu film katta o‘ringa ega bo‘ldi, bundan so‘ng kinoda chiqmasam kerak”, degan edi. Temur Musoqov “Osmondagi bolalar”dan so‘ng “Vatan”, “Qo‘rg‘oshin” filmlarida o‘ynadi, “Bekatdagi odam” nomli filmga rejissorlik qildi. U ham, afsuski, kinodan uzoqlashgan. Hammaning o‘z yo‘li bor.
— So‘nggi yillarda o‘zbek kinosi ancha tanqidlarga uchradi. Buning sababi nimada?
— Bu savolni bevosita kino rivoji uchun mas’ul kishilarga berish kerak, men rahbar emasman. Shaxsan men har bir filmim uchun javob beraman. Faqat bir narsaning — kinoda ijodiy muhitning yo‘qolgani, badiiylik o‘lchovi, sifat pasayib ketgani sababini aytishim mumkin: kinoning atrofidagi, kinoga kirib qolgan delitantlar, yovuz niyatlilar. Boshqa hech narsa deya olmayman. Buni kim qilyapti, nima uchun qilyapti, ularning tushunib bulmas niyatlari haqida gapirib, ular bilan pachakilashish men uchun kerak emas.
— Besh yil avval bergan intervyularingizning birida tirikchilik uchun “Svoy chelovek” nomli serial suratga olganingizni aytgan ekansiz. So‘nggi besh yilda ham tirikchilik sabab kino oldingizmi?
— Yo‘q, tirikchilik uchun emas. Dangal qilib aytganda, to‘g‘ri, o‘sha vaqtlarda “Vatan” filmini qachon boshlayman deb, ishsiz yurgan edim. Moskvadan teleserial uchun taklif keldi va men 10 qismli serial oldim. U mening ishim, bu tirikchilik ham emas. Bir yilda bitta film olmasam, kasal bo‘lib qolaman. Kasbim shu bo‘lganidan keyin, boshqa nima ham qilardim? Qo‘limdan boshqa ish kelmaydi, boshqa ish qilishni xohlamayman ham. Xudoga shukr, xalq, festivallar — hammasi tan olyapti.
— Zulfiqor aka, bilishimcha, Sizni Focus Film School san’at maktabiga dars berish uchun taklif qilishyapti. U yerda yoshlarimizga nimalarni o‘rgatmoqchisiz?
— O‘rgatmoqchi emasman, kino san’atiga, kino olamiga birinchi qadam qo‘yishida yordam bermoqchiman. Yoshim, afsuski, anchaga borib qolgan, o‘zimdan keyin ko‘p emas, 3—4 nafar to‘laqonli ssenarist va rejissor qoldirmoqchiman. Xolis niyatim shu. Maktabda jahon kinosining mumtoz asarlari, aktyorlar bilan ishlash mahorati, operatorlik mahorati, kinodramaturgiya asoslari bilan qadamba-qadam tanishtirish ko‘zda tutilgan. Bugungi kunda bu maktabda taniqli operatorlar, kinodramaturglar mahorat mashg‘ulotlarini o‘tkazishga tayyor. Sal oyoqqa turganimizdan so‘ng, chet eldan yetuk kinoarboblarni taklif kilish niyati ham bor.
— Tomoshabin har doim haq deyishadi. Shu rostmi?
— Yo‘q. Men bu fikrga umuman qo‘shilmayman. Bu o‘sha tomoshabinni saviyasiga bog‘liq, tomoshabin har xil bo‘ladi. Eng oliy hakam — vaqt. Kimdir aytgan ekan: film yoki kitob bo‘ladimi, farqi yo‘q — u kitobni yana bir marta o‘qish xohishi paydo bo‘lsagina u yaxshi, u filmni bir oydan so‘ng yana bir marta tomosha qilish istagi bo‘lsagina u yaxshi. Afsuski, oxirgi 15 yil ichida tomoshabinni saviyasi zo‘ravonlarcha pastga tushirib yuborildi. Yosh tomoshabinlarimiz ortiqcha savollar bermasligi uchun, boshini g‘ovlatish uchun bir xil qolip, bir xil mavzudagi gaplar takrorlanmoqda. Bu mening shaxsiy fikrim va men bunga butun ijodim bilan qarshiman.
— Bundan kim manfaatdor bo‘lishi mumkin?
— Davlat ajratgan pulni ijodkorlarga yetkazadigan odamlarning yaxshi film bilan yomon filmni farqiga bora olmasligi. Afsuski, bu narsa haligacha bor.
— Xususiy studiyalardagi ijodkorlarga munosabatingiz qanday?
— Har bir film alohida muhokamaga loyiq. Xususiy studiyalarda yaratilgan filmlarning hammasini ham bir xil deb bo‘lmaydi. Vaholanki, o‘zim ham “Yaratganga shukr” va “Suiqasd” filmlarini xususiy studiyalarda olganman. Filmni ko‘rib, so‘ng baho berish kerak. Lekin davlat tomonidan yaratilgan yoki xususiy studiyalarda suratga olingan filmlarni ko‘pchiligiga tekkan bir kasallik bor — hammasida bir xillik, bir xil aktyorlar, bo‘sh, noprofessional ssenariylar, balandparvoz pand-nasihatgo‘ylik, pulning ketidan quvish bor. Ularga fikrlarimning ahamiyati yo‘q. Xususiy kinostudiyalarga kelsak, hozir juda g‘alati jarayonga duch kelyapmiz: bir vaqtlar san’at saroyining sahnasidan turib: “‘O‘zbekfilm’, ‘O‘zbekkino’ bizga nima qilib beribdi?! Pulimizni o‘zimizga qaytarib berishga imkoniyat yarating!”, — degan xususiy studiyalarning boshliqlari 1—2 yil o‘tmasdan “O‘zbekkino”ga pul so‘rab kelmoqda. Chunki tomoshabinlar ham asta-sekin filmdan filmning farqiga bormoqda, saviyasi past filmlarga kirmayapti.
“Xazonrezgi” filmidan lavha.
— Kinoga endi kirib kelayotgan aktyorlarga birinchi marta filmda suratga tushish uchun o‘sha filmning moddiy tomonini ko‘tarasan, deydigan rejissorlar ham bor ekan. Bu qanchalik to‘g‘ri gap? Rostdan ham debyutant aktyorlar filmning moddiy tomonini ma’lum miqdorda ko‘tarishi kerakmi?
— Tavba, bu gapni birinchi bor Sizdan eshitishim. Bu aqlbovar qilmaydigan hodisa. Aktyorlardan pora oladigan rejissorlar ham bor ekan-da? Agar bu gap rost bo‘lsa, unda ahvol juda jiddiy...
— Nima sababdan xususiy studiyalar tomonidan suratga olingan filmlarning reklamasi tinmaydi-yu, davlat filmlarining, misol uchun, “Xazonrezgi”ning premyerasiga bir hafta, o‘n kun vaqt qolsa-da deyarli hech qayerda reklamasi yo‘q?
— Chunki shaxsan menda telekanallarga beradigan pul yo‘q, bu “O‘zbekkino” rahbariyati va telekanallarning o‘zaro munosabati bilan bog‘liq masala. Afsuski, bundan ish zarar ko‘ryapti, qolaversa, davlat miqyosida zarar yetkazilyapti. Bir narsa ko‘pdan beri ochiq fakt: ming piar qilsin, ming reklama qilsin, agar film yaxshi bo‘lmasa, tomoshabin u filmni ko‘rmaydi. Eng yaxshi reklama — og‘zaki reklama.
— Qaysi o‘zbek rejissorlarining filmlarini doimiy kuzatib borasiz?
— Afsuski, hammasini, chunki men “O‘zbekkino”dagi Badiiy kengash a’zosiman. So‘nggi 5—6 yildan beri har bir filmning avval ssenariysini o‘qib, so‘ng birinchi tomoshabinlari qatorida o‘tirishimga to‘g‘ri kelyapti. To‘g‘ri, badiiyligi jihatdan menga ma’qul bo‘lgan asarlar ham bor. Masalan, Abduxalil Mignorovnining “Hovli” va “Ota” filmlari. Bundan tashqari, yaqinda kuchukcha haqida qisqagina, lekin juda chiroyli va bolajonlarimizga yoqadigan multfilmni ham ko‘rdim.
— Majburiy tomoshabinimi?
— Majburiy tomoshabini. Ba’zi filmlarning ikkinchi variantini ko‘rishga ham majbur bo‘lamiz. Besh-olti rejissor men bilan gaplashishni o‘ziga ep ko‘rmaydi. Gaplashmasa gaplashmasin. O‘zi haqidagi baland fikri qo‘lidan keladigan ishidan 15 qadam oldinda yugurar ekan, bularga birorta gap kor qilmaydi. Bir narsa desang, bularning birinchi raqamli dushmaniga aylanasan. Vaholanki, Badiiy kengashning 10 dan ortiq a’zosi bor. Bittasiga yoqmapti.
— 5 yil muqaddam Siz bilan bo‘lgan intervyuda: “Bizda hali kino sanoati yo‘q, bitta diskni chiqarib, kassani oldida tomoshabinni kutib o‘tirish — bu hali kino sanoati emas”, degan ekansiz. Shundan beri nimadir o‘zgardimi?
— Ahvol o‘sha-o‘sha, o‘zgarmagan. Kinoteatrlarga kirish madaniyati juda past, premyeralarda telefonlarni yoqib qo‘yishadi, emizikli bolalarni olib kirishadi. Gapning ochig‘i, premyeralarimni yomon ko‘raman, chunki ishlagan filmimga, aktyorlarimga xo‘rligim keladi. Rahbarlarga necha bor: “Emizikli bolalarni kinotetrlarga qo‘ymaylik, ular kinoning ovozidan qo‘rqib ketadi”, deganimda: “Ha, endi o‘zbekchilik-da”, — deyishadi. Bu o‘zbekchilik emas — bu ayrim tomoshabinlarning madaniyatsizligi. Albatta, aytilgan fikrlar o‘ta shaxsiy va bahsli. Lekin men umidimni uzmaganman. Madaniyatli, o‘qimishli tomoshabinlarimiz ham oz emas.
— Premyeradan so‘ng dam olasizmi?
— Qanaqa dam?! Xudo xoxlasa, “Otam betob” filmi ustida ish boshlashga tayyorgarlik ko‘raman. Bu film ssenariysi uch yil avval yozilgan.
“Xazonrezgi” filmidan lavha.
— So‘nggi savol: “Xazonrezgi”ning syujeti ancha sokin, film voqealarga uncha boy emas. Uning kassabop bo‘lishiga ko‘zingiz yetadimi?
— Men bir narsadan umidvorman: avvalgi filmlarim kabi, “Xazonrezgi” ham o‘z tomoshabiniga ega bo‘ladi. Buni vaqt ko‘rsatadi. | 129 | 12,879 |
Madaniyat | Munisa Rizayevaning ma’muri bir necha odamni katta pulga chuv tushirib, Qozog‘istonga qochib ketdi | Munisa Rizayevaning ma’muri Jahongir bir necha odamni katta pulga chuv tushirib, o‘zi Qozog‘istonga qochib ketganlikda gumon qilinmoqda, deb xabar berdi Sayyod.com.
Ayni damda tuman IIBda Munisa Rizayevadan tortib Afruz guruhigacha bo‘lgan shou-biznesning qator vakillari jabrlanuvchi sifatida sarsongarchilikni boshidan o‘tkazmoqda.
Qayd etilishicha, Jahongirdan boshqalarga nisbatan Munisa Rizayeva ko‘proq jabr ko‘rib, katta pulga tushgan. Ayni damda tergov ishlari boshlang‘ich jarayonda bo‘lgani bois summa va mazkur ish bilan qaysi tuman IIB shug‘ullanayotgani ma’lum qilinmadi.
Shunga qaramay, “Jahongirni gumonlanuvchi va ayblanuvchi sifatida ta’kidlashimiz ham noo‘rin va bu xabarni rasmiy deb qabul qilmaslik maqsadga muvofiq!” — deb qayd etdi Sayyod.com.
Munisa Rizayevaning aytishicha, Jahongir xonandaning bu mavsumdagi qator to‘ylari, xususan, noyabrgacha o‘tkaziladigan to‘ylarga ham pullar (kimlardandir to‘liq, kimlardandir “zaklad” yarim puli)ni oldindan olgan.
“Mayli, Olloh guvoh, kuylash va ishlashda davom etishim kerak, shuncha odam jabr ko‘rishiga yo‘l qo‘ymayman va meni to‘yga taklif qilib, unga pul berib, yozilganlarning hammasini to‘yiga borib xizmat qilib kelaman. Pullar muhim emas hayotda, odamgarchilik-ku, — dedi Munisa. — Jahon menga akadek va kerak bo‘lsa otamdek inson edi, shunchalik unga ishonardim... qancha odamlarni chuv tushiribdi... Siz tasavvur ham qilmayapsiz qanday miqdordagi pullar haqida gap ketayotganini, judayam katta pullar”.
Ayni damda Munisa o‘ziga kelgan va ishga sho‘ng‘igan. U konsertga tayyorlanmoqda, repetitsiyalar avjida.
Munisa yangi ma’muri Jasur ekanligi, sobiq ma’muri Jahongir kimdan “zaklad” olgan bo‘lsa murojaat qilishlarini va ular (ro‘yxatda) yozilgan bo‘lsa, borib xizmat qilib kelishini aytib, instagramda e’lon qoldirdi. | 98 | 1,799 |
Madaniyat | Aziz Rametovning yangi klipi “behayo qiliqlar” sababli badiiy kengash tomonidan rad etildi | 21-iyun kuni “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi qoshidagi qo‘shiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasini baholash Badiiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Kengashda yetti xonanda tomonidan taqdim etilgan videokliplar ko‘rib chiqildi. Bu haqda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Kengash a’zolari xonanda Aziz Rametov ijro etgan Derin Deniz deb nomlangan qo‘shiq (turk tilida) xususida fikr-mulohazalarini bildirdi. Xususan, ushbu qo‘shiqning musiqasi atroflicha muhokama etilib, A. Rametov uni aynan turk tilida ijro etgani sababli qo‘shiq muallifidan rozilik olishi shartligi uqtirildi. Unga ishlangan videoklipdagi tasvirlarda o‘zbek milliy mentalitetiga mos bo‘lmagan xatti-harakatlar, beo‘xshov va behayo qiliqlar, ma’naviyatga zid holatlarning tasviri, ommaviy madaniyat targ‘ibotining kuchliligi, yoshlarning ongini zaharlovchi g‘oyalar ilgari surilgani bois ushbu klip bir ovozdan rad etildi. Aziz Rametovga ushbu qo‘shiq uchun muallifdan ruxsat va qaytadan klip olish tavsiya etildi.
Husan Tojimirzayev ijro etgan “Layli” qo‘shig‘iga ishlangan videoklip boshlanishidagi dialogda so‘zlarning nojoiz ishlatilgani aytib o‘tildi va ko‘rsatilgan kamchiliklar bartaraf etilganidan so‘ng, kengashga qayta taqdim etilishi ta’kidlandi.
Xudoyor Alimov tomonidan “Ishq” deb nomlangan videoklipning she’r matni, ijrosi va musiqasi jihatidan talabga javob berishi, klipda badiiy yaxlitlik o‘z ifodasini topganligi bois efirga uzatishga tavsiya berildi.
Sabina Mamatqulova ijro etgan “Orzu” qo‘shiq matni she’riyat talablariga mutlaqo javob bermasligi, “jodu” so‘ziga “orzu” so‘zining qofiyadosh qilib takror va takror qaytariq tarzida kuylangani, klip mazmuni bilan qo‘shiq mazmunida uyg‘unlik yo‘qligi tufayli bu videoklip ham Kengash a’zolari tomonidan rad etildi.
Abror Azizov kuylagan “Do‘st” qo‘shig‘iga ishlangan videoklipdagi tasvirlar nihoyatda g‘aliz va beo‘xshov, qo‘shiq matniga tasvir vositalarining zidligi, qolaversa, klipdagi dialoglar bachkana so‘zlardan iboratligi bois rad etildi. Xonanda Navruz Sobirov ijro etgan “Botti-botti” qo‘shig‘i matni jihatidan juda g‘arib va sayozligi, qo‘shiqda g‘arbga taqlid kuchli ekanligi, milliylikdan uzoq, qadriyatlarga mutlaqo zid tasvirlar mavjudligi e’tirof etilib, ushbu videoklip ham rad etildi. | 90 | 2,302 |
Madaniyat | Shukrullo Isroilov va Munisa Rizayeva “Lokomotiv” stadionidagi futbol mavsumi ochilishida qatnashdi (foto) | 24-mart kuni “Lokomotiv” stadionida futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati Oliy Liga 2014-yil musobaqasining ikkinchi turidan o‘rin olgan “Lokomotiv” (Toshkent) — “Nasaf” (Qarshi) uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb yozadi “Uff.uz”. O‘yin oldidan “Lokomotiv” uy maydonida mavsum ochilishiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Unda Munisa Rizayeva va Shukrullo Isroilov ishtirok etdi.
“Uff.uz”ning ta’kidlashicha, bu uchrashuv 2014-yilda “Lokomotiv” stadionida o‘tkazilgan dastlabki musobaqa bo‘ldi.
Uchrashuv teng kurashlar ostida o‘tdi. Birinchi bo‘lib gol kiritish maydon egalari — “Lokomotiv” a’zolariga nasib qildi. Ibrohim Rahimov 13-daqiqada gol kiritib, jamoasini oldinga olib chiqdi. “Nasaf” birinchi bo‘limda gol kiritishga harchand urinmasin, buni uddalay olmadi.
Ikkinchi bo‘lim ham jamoalarning ketma-ket hujumlari bilan boshlandi. Ayniqsa, “Nasaf” jamoasi mag‘lubiyatdan qutulib qolish uchun bor kuchini sarfladi. Ilhom Shomurodov hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda gol kiritib, hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi.
Shu tariqa uchrashuv 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi. | 106 | 1,111 |
Madaniyat | “Nafas olishga qiynalyapman”. Lola homiladorlik jarayoni qanday o‘tayotgani haqida so‘zlab berdi | Ayni paytda uchinchi marta ona bo‘lish arafasida turgan xonanda Lola so‘nggi paytlarda Instagram’dagi sahifasi orqali homiladorlik qanday kechayotgani haqida muxlislariga ma’lumot berib kelmoqda. Xonanda ana shunday postlaridan birida so‘nggi paytda nafas olishga qiynalayotganini yozib qoldirdi.
“Sayr qilishga chiqdim. So‘nggi paytlarda nafas olishim qiyinlashgan. Havo yetishmayapti. Har kuni kechqurun oilaviy sayrga chiqamiz. Men hozir o‘rdakchaga o‘xshab yuryapman. Tashqaridan kulgili tuyuladi. Bandaj taqishni boshladim, chunki kechga borib belimni ololmay qolyapman. Umuman olganda, o‘zimni juda yaxshi his etmoqdaman. Avvalgiga qaraganda ikki baravar ko‘proq suv ichyapman. Qornimda yana tirtiqlar paydo bo‘ldi, lekin men odatga ko‘ra yog‘ surishda davom etmoqdaman”, — deb yozadi Lola.
Avvalroq Lola folloverlariga murojaat qilib, ularni vahima ko‘tarmaslikka, do‘kondan ortiqcha mahsulot xarid qilmaslikka undagan edi. Shuningdek, Lola koronavirus yuqtirmaslik uchun ko‘chaga qanday kiyinib chiqish kerakligi haqida hazilomuz post qoldirgan edi.
Xonanda Lola farzand kutayotganini ma’lum qildi | 96 | 1,108 |
Madaniyat | “Gremmi” taqdirlash marosimi Los-Anjelesdan Nyu-Yorkka ko‘chirildi | “Gremmi” mukofoti tashkilotchilari 2018-yil marosimini Los-Anjelesdan Nyu-Yorkka ko‘chirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Tadbir 28-yanvar kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Bu yubiley — 60-taqdirlash marosimi bo‘ladi.
“Gremmi” so‘nggi 14 yil mobaynida Los-Anjelesda topshirib kelingan.
Tashkilotchilarga ko‘ra, tadbirni ko‘chirish haqidagi qaror birinchi galda Nyu-York meri Bill de Blazio tufayli qabul qilindi. Shou shahar g‘aznasiga 200 million dollar daromad keltirishi kutilmoqda. | 66 | 497 |
Madaniyat | “Ruslan Sharipov darvesh odam edi”. Javohir Zokirov “Ruslan Sharipovni do‘stlari yo‘qlamay qo‘ygan”, degan gaplarga izoh berdi | “Xalqlar do‘stligi” saroyida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, marhum ijodkor Ruslan Sharipov xotirasiga bag‘ishlangan konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
Konsertda boshlovchilik qilgan Javohir Zokirov “Daryo” muxbiri Feruz Muhammadga “Ruslan Sharipov vafotidan avval yolg‘iz va qarovsiz qolib ketgan”, degan gap-so‘zlarga izoh berdi.
Hozir Ruslan Sharipovni o‘rnini bosadigan odam yo‘q. Hamma davrni o‘z qahramonlari bo‘lar ekan. Ruslan Sharipov shunday xitlar yaratgan ekanki, hozirgacha uning qo‘shiqlarini kuylashmoqda. U uchun qo‘shiqlari haligacha gapirib turibdi.
Ruslan aka bilan qancha yozilmagan qo‘shiqlarimiz qolib ketdi. Ruslan Sharipovni yakkaxon konsert dasturini taqdim qilmoqchi bo‘lgan edik. U ham armon bo‘ldi.
Har bir inson o‘z taqdirini o‘zi yaratadi, qilgan ishlariga ham o‘zi javob beradi. “Ruslan Sharipovni qiyin vaqtlarida uning yonida do‘stlari turmagan”, deyishadi, menga ham izohlarda bu haqida ko‘p yozishdi. Lekin Ruslan akani hech kim tashlab qo‘ymagan. Ruslan aka qandaydir darvesh odam edi. O‘zlari yolg‘izlik muhitida bo‘lmaganlarida “Yo‘qchilik” yoki “Do‘st” singari qo‘shiqlar yaralmas edi. “Hech kim Ruslanga qaramagan, Ruslan yolg‘iz qolib ketgan”, degan gaplar asossiz gaplar. Ruslan aka yolg‘izlikni yaxshi ko‘rganlar, ular yolg‘izlikda ijod qilib, shunday taronalarni yozganlar.
Ularning xotirasiga bag‘ishlangan konsert dasturida boshlovchilik qilish uchun Turkiyadagi syomkalarni qoldirib, yetib keldim.
Javohir Zokirov, aktyor, xonanda, rejissor
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ruslan Sharipov 1966-yil 10-sentabrda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ruslan Sharipov “Bolalar”, “Bayt”, “Orginal”, “Sado”, “Eski shahar”, “O‘zbek sistem”, “Shahzod”, “Al vakil”, “Setora”, “Yalla”, “Bonu”, “Laylo”, “Xo‘ja”, O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova, Nargiz Zokirova, Ravshan Sobirov, Avaz Olimov, Dildora Niyozova singari ko‘plab musiqiy jamoa va san’atkorlarning mega xit taronalari muallifi hisoblanadi. Ruslan Sharipov 2020-yil, 28-iyul kuni infark kasali bilan vafot etgan.
Mavzuda doir: | 126 | 2,052 |
Madaniyat | Rossiyalik tarixchilar Renessans davriga oid fransuz portretlarning sirini ochdi | Sankt-Peterburg davlat universiteti tarixchilari Valua sulolasi asoschisi Fransisk I buyurtmasiga asosan chizilgan mashhur portretlar seriyasida kim tasvirlanganini aniqladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Tarixchilarning ma’lum qilishicha, ko‘plab antik arboblar rassomlarga o‘z tasvirlarini chizishni buyurtma qilib, tarixda iz qoldirishni xohlagan. Shu maqsadda qo‘lyozma kitob ham yaratilgan.
Fransisk I buyurtmasiga asosan yaratilgan qo‘lyozmadan 39 ta portret joy olgan bo‘lib, undagi qalamda chizilgan portretlar mashhur tasviriy san’at maktabi ustalariga mansub. XIX asrdan boshlab san’atshunoslar portretlarda aynan kim tasvirlanganini bilishga uringan.
O‘rta asr Fransiyasida atoqli otlar boshqacha yozilgani sababli olimlar suratlarda aynan kim tasvirlanganini aniqlashga qiynalgan. Rossiyalik tarixchilar esa nafaqat qahramonning yuzi va imzosiga, balki uning kiyimi, suratdagi qog‘oz turi va tuzilishiga qarab ularda kim tasvirlanganini aniqlashga muvaffaq bo‘lgan. | 80 | 984 |
Madaniyat | “Choliqushi” seriali qahramonlari 34 yil ichida qanday o‘zgardi? (foto) | Rashod Nuri Guntekinning “Choliqushi” asari asosida 1986-yilda suratga olingan shu nomli serial o‘zbek tomoshabinlarining qalbidan joy olgan. Serial ekran yuzini ko‘rganiga 30 yildan oshdi. Quyida bosh rol ijrochilari bugun qanday ko‘rinishga ega bo‘lganiga ko‘z yugurtiramiz.
Serialdagi Feride obrazini Aydan Shener ijro etgan. 57 yoshli aktrisa bugungi kunda otasi va qizi bilan yashaydi. U so‘nggi paytlarda filmlarda deyarli rol ijro etmaydi. Aydan hozirda xayriya bilan shug‘ullanadi.
“Choliqushi”dagi Kamron — Kenan Kalav serialdagi muvaffaqiyatidan so‘ng yana bir nechta filmlarda rollar ijro etgan. Biroq ushbu filmlarning hech biri “Choliqushi”ning muvaffaqiyatini takrorlay olmadi. Kenan bir muddat Ispaniyaning Barselona shahrida restoran ochib, o‘sha yerda yashadi, keyin yana Turkiyaga qaytdi va filmlarda suratga tusha boshladi. U hammasi bo‘lib 25 ta film va seriallarda rol ijro etgan.
Ferideni himoya qilib, sevgilisi bilan birga bo‘lishiga ko‘maklashgan soxta turmush o‘rtog‘i roli Xayrullabeyni Sadri Alishik ijro etgan. U 1995-yilda vafot etgan. Quyida esa uning yoshligi va filmdagi obrazi taqqoslanadi.
Feridening asrab olgan qizi Munisani Mine Chayiro‘g‘li ijro etgan. Mine hozirda ham filmlarda suratga tushadi.
Feride va Kamronni avval urishtirib, serial so‘nggida yarashtirib qo‘ygan Mujgon obrazini aktrisa Seray Gyozler ijro etgan. | 71 | 1,364 |
Madaniyat | Instagram: Yulduz Usmonovaning 2 ming dollarlik ko‘ylagi, Jasur Umirovga parodiya qilgan Yigitali, AQSh aeroportida sarson bo‘lgan Yulduz Turdiyeva | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz.
Zarina Nizomiddinova “Romeo va Julyetta” filmidan avval bergan intervyusi videosini muxlislari bilan bo‘lishdi.
Xonanda Lola Toshkentga keldi. U parvoz vaqtida kitob o‘qish bilan mashg‘ul bo‘ldi.
Ziyodaning “Meni deb” qo‘shig‘iga Istanbul shahrida klip suratga olinmoqda. Klipda bosh rolni Rayhon Asadova ijro etmoqda.
Ulug‘bek Rahmatullayev kuzatuvchilarining qanchalik telefonga bog‘lanib qolgani haqida so‘rovnoma o‘tkazdi.
“Setora” guruhining ikkinchi tarkibidagi xonanda Malika hozirda AQShda istiqomat qilmoqda. Yulduz Turdiyeva Malika bilan uchrashdi hamda kuzatuvchilariga u haqda ma’lumot berdi.
Shahzoda Matchonova qizi Raniyaning tug‘ilgan kuni munosabati iliq so‘zlarni yozib qoldirgan barcha muxlislariga minnatdorchilik bildirdi.
Aktrisa Nilufar Hamidova suratga olish jarayonida qanday qiyinchiliklarga duch kelishi aks etgan biroz qo‘rqinchli videoni sahifasiga joyladi. Videoda aktrisa ustidan yirik ilon o‘rmalab ketayotganini ko‘rish mumkin.
Gulsanam Mamazoitovaning qizi Mohijahonbegim 20-fevral kuni tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. Shu munosabat bilan xonandaning turmush o‘rtog‘i qizining suratini sahifasiga joyladi.
Yigitali Mamajonov “Kuldur gup” ko‘rsatuvida Jasur Umirovga parodiya qildi.
Turk kinosining eng taniqli vakillaridan biri Burak O‘zchivit va Fahriye Evjen yangi surat bilan muxlislariga ko‘rinish berdi.
Yulduz Turdiyeva noqulay ob-havo sharoiti tufayli bir necha soatga AQSh aeroportida qolib ketdi.
Nilufar Usmonova bahorni sog‘ingani haqida yozdi.
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova garderobidagi 2 ming dollarlik ko‘ylagi haqida so‘zlab berdi.
Primadonna shuningdek, 20-fevral kuni Bunyodbek Saidov bilan birga Ukrainaga xizmatga uchib ketdi.
Shahlo Zoirova konsertda ishtirok etish uchun Amerikaga uchib ketdi. | 147 | 1,908 |
Madaniyat | Bryus Uillis, Ketrin Zeta-Jons: kasallik tufayli karyerasini to‘xtatishga majbur bo‘lgan aktyor va aktrisalar (foto) | Agar bu yulduzlarning sog‘lig‘ida muammo bo‘lmaganida, ularning kinodagi karyerasi boshqacha bo‘lishi mumkin edi. Buguni va kelajagini o‘z xohishiga qarshi o‘zgartirishga majbur bo‘lgan aktyor va aktrisalar haqida ma’lumot beramiz.
Bryus Uillis
1990-yildan beri kino sanoatida faoliyat olib borgan Bryus Uillis so‘nggi yillarda faqat unchalik mahoratli bo‘lmagan jangovar filmlarda rol o‘ynadi va hatto “Oltin malina” antimukofotiga loyiq ko‘rildi. Aktyorning sog‘lig‘i haqidagi mish-mishlar to‘lqini va ularni tasdiqlovchi rasmiy bayonotdan so‘ng, bu kasallik uning ishiga qanchalik ta’sir qilgani ma’lum bo‘ldi.
67 yoshli Bryus Uillis faoliyatini yakunlayotgani haqida butun oila nomidan uning sobiq rafiqasi Demi Mur 2022-yil 30-mart kuni e’lon qilgan edi. Sababi — afaziya, jiddiy nutq buzilishi. Aktyorning karyerasi qayg‘uli yakunlangan bo‘lsa-da, Bryus Uillis ijro etgan “Armageddon”, “Oltinchi his”, “Kichkintoy”, “Beshinchi element”, “Chaqilmas yong‘oq”, “Shisha” kabi ajoyib filmlar qoldi.
Maykl J. Foks
1991-yilda mashhurlikka erishgan “Kelajakka qaytib” trilogiyasida vaqt sayohatchisi Marti Makflay rolini ijro etgan aktyor Parkinson kasalligiga chalingan. U paytda Maykl atigi 30 yoshda edi. Uning karyerasi bir zumda tugamadi. Shundan keyin ham muvaffaqiyatli serial va filmlarda suratga tushib, uchta “Oltin globus” mukofotiga sazovor bo‘ldi. Ammo borgan sari simptomlar kuchaya boshladi. Shunda ham Maykl har safar kasallikka qarshi kurashishga o‘zida kuch topa oldi — bir necha o‘n yillar davomida u Parkinson kasalligini o‘rganish uchun hech nima ayamadi: xayriya jamg‘armasini tashkil qildi, nutq so‘zladi, hayotiy tajribalarini o‘zi yozgan kitoblarida o‘rtoqlashdi.
Brendan Freyzer
To‘xtovsiz suratga tushib, salomatligi haqida o‘ylamagan aktyor axiyri holdan toydi. Avvaliga uning shaxsiy hayotida muammolar boshlandi: 2007-yilda Brendan Freyzer tinka madorni quritadigan sud jarayonidan so‘ng ajrashdi. Keyin ketma-ket bir nechta jarohatlar oldi. Bularning barchasi uzoq davom etgan, deyarli o‘n yillik depressiyaga olib keldi.
2016-yilda 48 yoshli Brendan intervyularining birida ahvoli haqida ma’lum qildi va “Brendan Freyzerni qutqaring” kampaniyasini tashkil qilgan tomoshabinlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Amanda Bayns
2000-yillardagi yoshlarbop komediyalar yulduzi “Katta semiz yolg‘onchi“, “U erkak”, “Qizlar nima xohlaydi?” kabi filmlardagi sodda, ammo maftunkor qizlar rollari bilan mashhur bo‘ldi. To‘satdan aktrisa tomoshabinlar ko‘z o‘ngida tom ma’noda o‘zgara boshladi: xatti-harakatlarida nomutanosiblik paydo bo‘ldi, spirtli ichimliklar va taqiqlangan moddalar bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi.
Ma’lum bo‘lishicha, oxirgi marta 2010-yilda suratga tushgan aktrisa faqatgina giyohvandlik bilan kurashmagan. 2014-yilda 28 yoshli Amanda unga bipolyar buzilish va depressiv psixoz tashxisi qo‘yilganligini ma’lum qildi.
Ketrin Zeta-Jons
Mashhur britaniyalik aktrisa hayoti davomida bipolyar buzilishdan aziyat chekayotganini kim o‘ylabdi deysiz. “Chikago” musiqiy filmidagi roli uchun “Oskar” sovrindori 2011-yilda salomatligi haqida ma’lum qildi.
Keyin bir necha yil davomida davolandi, shu bilan birga, Maykl Duglas bilan deyarli ajrashdi — ikkalasi ham qiyin kunlarni boshdan kechirishayotgandi. Bugungi kunda 52 yoshli aktrisaning karyerasi iziga tushib ketdi deb bo‘lmaydi, kasallik tufayli u mashhur loyihalardan voz kechishga majbur bo‘ldi. | 116 | 3,393 |
Madaniyat | Samarqandlik Daler Shavkatov Ispaniyada o‘tkazilgan Dancing Catalonia tanlovi g‘olibi bo‘ldi | Samarqand shahridagi 4-bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchisi Daler Shavkatov Ispaniyaning Kosta-Bravo shahrida o‘tkazilgan Dancing Catalonia xoreografiya va vokal xalqaro tanlovida birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda “Zarafshon” xabar bermoqda.
Dunyoning 11 davlatidan 200 nafardan ortiq ijrochi qatnashgan tanlovda Daler xoreografiya yo‘nalishida mahoratini namoyish etib, jahonning taniqli san’atshunos va musiqashunoslari olqishiga sazovor bo‘ldi. U tanlovning 13—15 yoshli sovrindorlari ishtirokida o‘tkazilgan gala-konsertda ham ishtirok etdi. Italiyalik taniqli xoreograf Roberto Lori tomonidan tashkil etilgan mahorat darslarida qatnashdi. | 92 | 654 |
Madaniyat | Rianna, Kuper va metrodan foydalanadigan boshqa yulduzlar (foto) | Quyida nomi keltirilgan yulduzlar mashhurligi va moliyaviy ahvolidan qat’i nazar, boshqalar singari jamoat transporti, xususan, metrodan foydalanadi.
Rianna
2012-yil London metrosida payqalgan xonanda bu vaqtda BRIT Awards taqdirlash marosimiga ketayotgan bo‘lgan.
Dryu Berrimor
Aktrisa AQShning turli shaharlaridagi metroga bir emas, bir necha marta tushadi.
Zoi Saldana
Nyu-York metrosida singlisi bilan birga yurgan Zoi fotomuxbirlar e’tiboridan chetda qolmagan.
Jessika Alba
Aktrisa metroga tez-tez tushmasa ham fotomuxbirlardan o‘zini olib qochmaydi.
Naomi Uotts
Naomi farzandlari — Aleksandr Oit va Semuel Kay maktabga shoshayotganida ularni metroda olib ketishni afzal biladi.
Keti Xolms
Aktrisa qizi bilan birga ba’zida metroda yurishni afzal biladi.
Jessika Chesteyn
Aktrisa turmush o‘rtog‘i Jan-Luka Passi bilan metrodan foydalanmoqda.
Bredli Kuper
Qora ko‘zoynak taqib yashirinishga uringaniga qaramay, suratdagi Bredli ekanini bilish qiyin emas.
Julianna Mur
Aktrisa nafaqat metrodan foydalanadi, balki boshqalarga yo‘lni tushuntirishi ham mumkin. | 64 | 1,068 |
Madaniyat | Di Kaprio Nitssada halok bo‘lganlarning oilalariga yordam ko‘rsatadi | Gollivud aktyori Leonardo di Kaprio Fransiyaning Nitssa shahrida sodir etilgan terakt qurboni bo‘lganlarning oilalariga moddiy yordam ko‘rsatishni rejalashtirmoqda. Bu haqda, AFP’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
20-iyul kuni Sen-Tropeda di Kaprio shafeligidagi jamg‘arma xayriya gala-tushligini tashkil etdi. Tadbir davomida o‘tkazilgan savdoda Pablo Pikassoning asarlari sotildi. Tadbirda ko‘plab kino yulduzlari va metsenatlar ishtirok etdi.
Di Kaprio jamg‘armasi tushlik davomida jami 45 million dollar to‘pladi. Bu mablag‘ning bir qismi Nitssa qurbonlarining oilalariga yordam tariqasida tarqatiladi, bir qismi esa boshqa xayriya loyihalariga yo‘naltiriladi. | 68 | 667 |
Madaniyat | Davron Kabulov: “Bravo”ning konsertini ko‘rdim. Faqat oxirigacha emas (video) | “Million” jamoasining sardori Davron Kabulov “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad uyushtirdi.
Davron Kabulov “Bravo” jamoasining ilk konsert dasturi haqida gapirdi.
“Bravo” jamoasining konsertini ko‘rdim. Faqat oxirigacha emas. U yerdagi har bir ishtirokchining nimaga qodir ekanligini yaxshi bilaman. Bu konsertdan o‘zim uchun hech narsa olmadim, Amerika ochmadim yoki velosiped ixtiro qilmadim. Tasuvvurimdagi konsert bo‘libdi.
Jamoa a’zolariga yomonligim yo‘q. Masalan, Umid akam bilan hayotda aka-ukadekmiz. Ahmad bilan salom-aligimiz bor. Ularning hech biriga yomonlik tilamayman. Lekin bir narsani tushunish kerak — bo‘lib o‘tgan voqealardan keyin men “Bravo” jamoasiga omad ham tilamayman. Yomonligim ham yo‘q, yaxshiligim ham yo‘q. “Neytral”man.
Boshida asabiylashdim, siqildim. Keyin o‘ylab qarasam, bunday holat har bir sohada uchraydi.
Davron Kabulov, “Million” jamoasining sardori | 77 | 949 |
Madaniyat | Aktrisa Shahzoda Matchonova: Taom tayyorlashni yoqtirmayman | Aktrisa Shahzoda Matchonova oshxonaga deyarli kirmasligini tan oldi. U bu haqda “Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Qiz bola uchun buni tan olish qanchalik noo‘rin bo‘lmasin, ammo bu haqiqat — oshxonaga deyarli kirmayman”, — dedi aktrisa.
“Taom tayyorlashni yoqtirmaganim uchun hatto ba’zida nonushta qilmay ishga otlanishim ham mumkin”, — dedi Shahzoda Matchonova.
“Oshxonada pishir-kuydir qilishdan ko‘ra, tayyor mahsulotlarni afzal ko‘raman”, — deya qo‘shimcha qildi aktrisa. | 59 | 499 |
Madaniyat | O`zbekiston madaniyati Kunstkamera to`plamlarida | Xabaringiz bor 6-8- iyun kunlari Sankt-Peterburg shahrida O`zbekiston madaniy merosini saqlab qolish, ommalashtirish va asrab-avaylashga bag`ishlangan xalqaro kongress bo`lib o`tadi. Ushbu kongress dasturidan ishtirokchilarning Buyuk Petr nomidagi etnologiya va antropologiya muzeyi - (Kunstkamera)ga tashrifi ham o`rin olgan.e/create
1714 yilda Buyuk Petr tomonidan asos solingan ushbu muzey dunyoning turli mintaqalari tarixini o`zida aks ettirgan 15 ta bo`lim va bitta ilmiy markazdan tashkil topgan. Muzeyning tarix fanlar nomzodi M.E.Rezvan boshchiligidagi Markaziy Osiyo etnografiyasi bo`limidan Markaziy Osiyo, jumladan, mamlakatimiz madaniyatiga oid ko`plab eksponatlar o`rin olgan. Mazkur bo`lim turkiy va eroniy qabilalarning moddiy va manaviy madaniyati va qishloq xo`jaligini aks ettiruvchi 13 mingga yaqin predmetlarni o`zida mujassamlashtirgan. Muzey tarixiga nazar tashlasak bu erdagi buyumlarning asosiy qismi XIX asrning ikkinchi yarmida keltirilganiga guvoh bo`lamiz. Muzey eksponatlari tarkibidan XIX asrning oxiri XX boshlarida O`rta osiyolik tikuvchilar tomonidan yaratilgan qimmatbaho toshlar bilan baxmal va ipak matolarga ishlov berilgan buyumlar ham o`rin olgan. Bir vaqtlar Buxoro amirlari tomonidan Rus imperatorlari va ularning xonimlariga hadya sifatida yuborilgan ushbu liboslar Kunskamernaing qimmatbaho eksponatlari hisoblanadi. Shuningdek, bo`lim fondida Pomir etaklarida yashagan xalqlar madaniyatini aks ettiruvchi to`plamlarlar ham mavjud. O`larning asosiy qismi I. I. Zarubin tomonidan 1914 yilda to`plangan.
Bir so`z bilan aytganda, Kunstkamera ga sayohat tadbir qatnashchilariga katta bilim va taassurot ulashishi kutilmoqda. | 50 | 1,679 |
Madaniyat | Venetsiya kinofestivalining bosh sovrini “Joker”ga nasib etdi | Rejissor Todd Fillipsning bosh rolini Xoakin Feniks ijro etgan “Joker” filmi 76-Venetsiya kinofestivalining 7-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan yopilish marosimida “Oltin sher”ni qo‘lga kiritdi, deya xabar bermoqda Meduza.
Eng yaxshi rejissorga beriladigan “Kumush sher” mukofotiga esa “Cheksizlik haqida” (“About Endlessness”) nomli filmi uchun Roy Anderson loyiq ko‘rildi.
Roman Polanskining “Dreyfus ishi” (“J’accuse”) nomli filmi festival hakamlar hay’atining maxsus sovrini bilan taqdirlandi.
Luka Marinelli “Martin Iden” filmidagi ijrosi uchun eng yaxshi aktyor, “Gloriya Mundi” filmidagi roli uchun esa Arian Askarid eng yaxshi aktrisa deb topildi.
Eng yaxshi ssenariy uchun mo‘ljallangan mukofot esa “Cherri Leyndagi 7-uy” (“No.7 Cherry Lane”) animatsion lentasi uchun xitoylik rejissor Yunfanga nasib etdi. | 61 | 809 |
Madaniyat | O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga Tojikiston delegatsiyasi tomonidan 320 nomdagi kitob tuhfa qilindi | Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga Tojikiston Respublikasi madaniyat vaziri boshchiligidagi delegatsiya tomonidan 320 nomdagi kitob tuhfa qilindi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Kitoblar taqdimotiga bag‘ishlab o‘tkazilgan marosimda Tojikiston Respublikasi madaniyat vaziri Shamsiddin Orumbekzoda, O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev do‘stlik va qo‘shnichilik ruhida barqaror rivojlanib borayotgan o‘zbek—tojik munosabatlari ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy almashinuvning mustahkamlanib borishiga xizmat qilishini ta’kidladi.
Mazkur tadbir o‘zbek va tojik xalqlarining adabiy, musiqiy, madaniy hamda do‘stona aloqalarini mustahkamlash maqsadida O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan Tojikiston madaniyati va san’ati kunlari doirasida tashkil etildi.
Taqdimot doirasida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondidan joy olgan Tojikiston adiblarining kitoblari ko‘rgazmasi tashkil etildi. | 99 | 922 |
Madaniyat | O‘zbekiston milliy kutubxonasida ekstremistik harakatlarga qo‘shilib qolgan o‘zbekistonliklarning kechmishlariga bag‘ishlangan kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi | 28-mart kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasida “Zamon-Press-info” nashriyot uyi tomonidan chop etilgan “Sarobga aldanganlar qismati” kitobining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga kutubxona matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur tadbirda tegishli davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari, oliy o‘quv yurtlarining o‘qituvchi va talabalari, huquq-tartibot idoralari va OAV vakillari taklif etildi.
Tadbirda ta’kidlanganidek, bugungi kunda dinni niqob qilib olgan yovuz kuchlar tomonidan dunyoning turli nuqtalarida amalga oshrilayotgan jinoiy xatti-harakatlar hushyorlik va ehtiyotkorlikni talab etadi.
Ana shunday ekstremistik oqimlarga qo‘shilib, bu guruhlarning sof islomiy qadriyatlardan qanchalik uzoq ekanini o‘z aql-idroki bilan anglab yetgan o‘zbekistonliklarning kechmishlari, iqror va tazarrulari har bir o‘quvchini hushyorlikka chorlaydi, din va diniy aqidaparastlik, sof islomiy qadriyatlar va terrorizm singari tushunchalarni farqlashda katta ahamiyat kasb etadi.
“Zamon-Press-info nashriyot uyi” tomonidan “Sarobga aldanganlar qismati” nomli kitob ana shunday afsus va nadomatlar va bunday xatti-harakatlarga nisbatan haqqoniy munosabatlarni o‘zida jamlagan.
Kitob ikki qismni o‘z ichiga oladi. To‘plamda qilgan xatosi uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan, jazoni ijro etish muassasasida jazo muddatini o‘tayotgan yoxud o‘tab qaytgan hamyurtlarning chin dildan bildirgan iqrorlari, nadomatlari, shuningdek, ularning oila a’zolari, yaqinlari, mahalladoshlari tomonidan yo‘llangan maktublari joy olgan.
Maktublar matbuotda e’lon qilingach, ko‘plab mushtariylar o‘z fikr-mulohazalari, munosabatlarini tahririyatga yo‘llashdi. Shu tariqa mazkur maktublarni kitob holida jamlab o‘quvchilarga taqdim etishga ehtiyoj tug‘ildi.
Kitobning ming nusxasi oliy o‘quv yurtlari, axborot resurs markazlari, madaniy-ma’rifiy maskanlarga tarqatilishi ko‘zda tutilgan. | 155 | 1,897 |
Madaniyat | Madaniyat va san`at milliy mukofoti ta`sis etiladi | Madaniyat va san`at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori qabul qilindi.
Qarorda belgilanishicha, aholi, ayniqsa, olis hududlarda istiqomat qiladigan fuqarolarga madaniy dam olish xizmatlari ko`rsatish darajasini oshirish, respublikaning barcha hududlarida teatr, sirk va boshqa turdagi ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarini tizimli ravishda yo`lga qo`yish, madaniyat va san`at sohasida iste`dodli yosh ijodkorlarni izlab topish va qo`llab-quvvatlash, ta`lim muassasalarini milliy cholg`ular, musiqa darsliklari, notalar to`plamlari va o`quv-metodik adabiyotlar bilan ta`minlashning yaxlit tizimini yaratiladi.
Shunga ko`ra, 2022/2023 o`quv yilidan boshlab ta`lim muassasalarida o`quvchi va talabalarning musiqiy bilim va ko`nikmalarini oshirish chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilanmoqda.
Qayd etilishicha, mazkur qarorga muvofiq ro`yxatda keltirilgan milliy musiqa cholg`ularidan kamida bittasida kuy ijro etish mahorati o`rgatiladi hamda bu haqda ularning ta`lim to`g`risidagi hujjatiga (shahodatnoma) tegishli qayd kiritiladi;
Shuningdek, umumiy o`rta, o`rta maxsus, professional va oliy ta`lim muassasalarida:
Ta`kidlanishicha, lektoriy konsertlarini o`tkazish bilan bog`liq xarajatlar mahalliy byudjet mablag`lari (umumiy o`rta ta`lim muassasalarida) va byudjetdan tashqari mablag`lar (oliy ta`lim muassasalarida) yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan dalolatnoma asosida moliyalashtiriladi.
Shu bilan birga, Qarorda yana quyidagilar nazarda tutilmoqda:
Ma`lumot uchun, “Madaniyat va ma`rifat” telekanali Madaniyat vazirligining Bosh axborot hamkori etib belgilanmoqda. | 50 | 1,700 |
Madaniyat | Saida Saidbekova turmush o‘rtog‘i Trailblazer va Malibu avtomobillarini sovg‘a qilgani haqida so‘zlab berdi (video) | Aktrisa Saida Saidbekova “Yashin TV” YouTube kanaliga bergan intervyusida turmush o‘rtog‘i bilan qanday tanishgani hamda undan olgan eng qimmatbaho sovg‘alari haqida so‘zlab berdi.
“Turmush o‘rtog‘im bilan tanishishimiz juda ajoyib bo‘lgan, bu ham bir kino desam bo‘ladi. Ko‘chada tanishganmiz. Yigitlar chiroyli qizlarni ko‘rsa, xushomad qilgisi keladi. Menga ham gap otgan. ‘Qo‘ying, men siz o‘ylagan qizlardan emasman’, deganman. Lekin qo‘ymay orqamdan uyimgacha borganlar. Nomerimni berganman, do‘st bo‘lamiz, deb. Shunday qilib, do‘stona gaplashib yurdik. Turmush o‘rtog‘im juda rashkchi, qattiqqo‘l inson. Buyog‘iga qattiq ushladilar. Sovchi jo‘natib, to‘yimiz ham tezda bo‘lib ketdi. To‘ydan oldin, ‘Mayli ssenariylarni birga o‘qiymiz, ma’qul kelsa, filmlarda suratga tushaverasiz’, degandilar. Lekin to‘ydan keyin rashklari yanada kuchaydi, telefon raqamlarimni ham o‘zgartirib tashladim, Telegram’dan ham foydalanmasdim. Instagram sahifamni yaqinda ochdim”, — deydi aktrisa turmush o‘rtog‘i haqida gapirarkan.
Shuningdek, Saida Saidbekova turmush o‘rtog‘i tomonidan sovg‘a qilingan eng qimmatbaho sovg‘alar bu — Malibu hamda Trailblazer avtomobillari ekanini ham aytib o‘tdi.
“Turmush o‘rtog‘im bizning xavfsizligimiz haqida juda qayg‘uradilar. ‘Farzandlaring bilan chiqqaningda, albatta, Trailblazer’ni haydagin, xavfsiz bo‘lasizlar, ko‘nglim xotirjam bo‘ladi’, deb aytadilar”, — deydi aktrisa.
Aktrisaning aytishicha, turmush o‘rtog‘i davlat ishida ishlaydi.
“Dadajonim senator, turmush o‘rtog‘im davlat ishida, bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlaydilar, oyijonim esa oddiy uy bekasi”, — deydi aktrisa. | 115 | 1,609 |
Madaniyat | Asl ismidan foydalanmaydigan jahon yulduzlari | AQSh va Yevropada dunyoga kelgan chaqaloq ko‘pincha bir nechta ism bilan nomlanadi. Bu turli an’analar va oilaviy qarashlar bilan bog‘liq. Ismning birinchisi asosiy hisoblanishiga qaramay, ayrimlar qatori mashhurlar ham ikkinchi ismdan foydalanishni yoki uni boshqa ism bilan atashlarini ma’qul biladi. Cosmopolitan nashri shunday yulduzlar ro‘yxatini taqdim qiladi.
Riz Uizerspun
Aktrisaning haqiqiy ismi Lora Jin Riz Uizerspun. Aslida Riz onasi Bettining qizlik familiyasi hisoblanadi. Aktrisa 14 yoshidan buyon Lora ismidan foydalanmaydi, shuning uchun hamma uni ikkinchi ismi bilan chaqiradi.
Pol Makkartni
Mashhur The Beatles guruhining gitarachilaridan biri bo‘lgan Pol Makkartnining haqiqiy ismi Jeyms Pol. Ijrochi otasining ismi Jeyms bo‘lgan, keyinroq o‘g‘lini ham shunday atagan, lekin nima uchundir yoshligidan uning o‘zi ushbu ismdan foydalanishni istamagan.
Eshton Kutcher
Aktyor tug‘ilganida uni Kristofer Eshton deb ism qo‘yilgan, lekin 19 yoshida modellik faoliyatini boshlaganidan keyin o‘zini Eshton Kutcher deb atashlarini istagan.
Bryus Uillis
G‘arbiy Germaniyada dunyoga kelgan aktyorni Uolter Bryus deb atashgan, do‘stlari esa Bruno deb chaqirgan. Ammo kino olamiga qadam qo‘yganidan keyin o‘z ismini o‘zgartirishga qaror qilgan.
Dreyk
Reperning to‘liq ismi ko‘pchilikka noma’lum. Muxlislari va atrofdagilar uning ikkinchi ismini biladi xolos. Aslida qo‘shiqchining to‘liq ismi Obri Dreyk Grem.
Dakota Fenning
Aktrisa dunyoga kelganida uning otasi Dakota, onasi bo‘lsa Hanna deb atashni istagan. Ism qo‘yish borasida onasining fikri inobatga olinganiga qaramay, bugungi kunda uni ham Dakota deb chaqiradi.
Megan Markl
Shahzoda Garrining rafiqasi dunyoga kelganida Reychel Megan Markl deb atalgan. Shunga qaramay malika aktrisalik faoliyatini boshlaganidan buyon birinchi ismidan foydalanmaydi.
Jud Lou
Britaniyalik mashhur aktyorning asl ismi Devid Jud Heyvort Lou. The Beatles guruhining Hey Jude qo‘shig‘i taqdim qilinganidan keyin uni Jud deb atay boshlashgan.
Bred Pitt
Gollivud yulduzining to‘liq ismi Uilyam Bredli Pitt. Uilyam ismi unga otasi Uilyam Alvin Pittdan meros. Bugungi kunda aktyor birinchi ismdan foydalanmaydi va hamma uni Bred deb biladi.
Runi Mara
“Joker” filmi qahramoni Xoakin Feniks rafiqasining to‘liq ismi — Patrisha Runi Mara. Aktrisa onasining qizlik familiyasidan ism sifatida foydalanadi.
Shon Konneri
Jeyms Bond ijrochilaridan biri sifatida yaxshi ma’lum bo‘lgan aktyorning to‘liq ismi Jeyms Shon Konneri. Aktyor buvasi sharafiga Jeyms deb atalganiga qaramay, maktabni bitirganidan keyin ushbu ismdan foydalanmaslikni afzal bilgan. | 45 | 2,596 |
Madaniyat | Oddiy hayot tarzini tanlagan qirollik oilasi a’zolari (foto) | Qirollik oilasi a’zosi bo‘lsa ham, oddiy odamlardek yashashni tanlagan va har kuni ishga borib-kelishdan uyalmaydigan mashhurlar bilan tanishamiz.
Shahzoda Garri
Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning nabirasi shahzoda Garri Kaliforniyaning kouching, konsultatsiya va murabbiylik bilan shug‘ullanuvchi BetterUp kompaniyasiga ishga joylashgan. Shuningdek, u Vashingtonda joylashgan, noto‘g‘ri axborot tarqalishiga qarshi kurashga ixtisoslashgan Aspen institutining komissiya a’zosi bo‘lib ham ishlaydi.
Malika Beatris
Malika Beatris Goldsmit universitetining tarix fakultetida tahsil olgan. O‘qishni tugatgandan so‘ng, u Sandbridge venchur kompaniyasida huquqshunos lavozimida ish boshlagan. Keyinchalik esa Afiniti nomli IT-firmada faoliyatini davom ettirgan malika hozirda ushbu firmaning vitse-prezident hisoblanadi.
Malika Yevgeniya
Malika Yevgeniya ham opasi Beatrisdan qolishmaydi. U Nyukasl universitetini tugatgach, mashhur Paddle8 onlayn auksion kompaniyasida ish boshlagan. Hozirda Yevgeniya Londondagi Hauser & Wirth art galereyasini boshqaradi.
Piter Fillips
Malika Annaning o‘g‘li va qirolicha Yelizaveta II ning to‘ng‘ich nabirasi o‘zini turli sohalarda sinab ko‘rishga ulgurgan. Dastlab u Jaguar Racing va Williams Racing avtomobil firmalarida menejer bo‘lib ishlagan. Keyin yetti yil davomida Shotlandiya qirollik bankida ishlagach, 2012-yilda Piter sport tadbirlari bilan shug‘ullanuvchi o‘zining Sports & Entertainment UK Ltd kompaniyasiga asos soldi.
Devid Armstrong-Jons
Malika Margaretning o‘g‘li mebel ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Vikont Linli o‘zining Devid Linley nomli firmasini 1982-yilda tashkil qilgan. Hatto Elton Jon va Valentino Garavani ham Yelizaveta II ning jiyani bo‘lmish Devid Armstrong-Jonsdan uy jihozlari sotib olgan.
Frederik Vindzor xonim
2009-yilda aktrisa Sofi Uinklman Maykl Kentning o‘g‘li Frederik Vindzor bilan turmush qurdi va Frederik Vindzor xonimga aylandi. Sofi eri singari ish bilan band bo‘lmaganligi sababli hech kim unga aktrisalik faoliyatini davom ettirishiga to‘sqinlik qilmagan.
Biroq sahnada aktrisa o‘zining qirollik maqomi haqida gapirmaslikni afzal ko‘radi. Bir filmni suratga olish jarayonida esa hatto hamkasblari Sofining qirollik oilasi a’zosi ekanligini bilishmagan. | 60 | 2,258 |
Madaniyat | Sevimli Bollivud yulduzlarining bolalikdagi suratlari (foto) | Taniqli Bollivud aktyorlari bolaligida qanday ko‘rinishga ega bo‘lgani ko‘pchilik uchun qiziq. Quyida ularning bolaligidagi suratlari e’tiboringizga havola etiladi.
Aliya Bxatt
Aliya Bxatt yoshligida ancha to‘lacha bo‘lgan. U o‘smirligida ham ozg‘in bo‘lmagan. Aliya “Yil talabasi” filmidagi ilk roliga tayyorgarlik ko‘rish asnosida ozib ketgan.
Anushka Sharma
So‘nggi paytlarda kinolarda unchalik ko‘rinish bermayotgan Anushka bolaligida shahlo ko‘zli qizaloq bo‘lgan.
Bipasha Basu
Millionlab qalblarni zabt etgan Bipasha Basu ham bolaligida yoqimtoygina bo‘lgan.
Dipika Padukone
Dipika bolaligida ham hozirgidek go‘zal bo‘lgan.
Karina Kapur
Hindistonning taniqli kinochilar sulolasining munosib davomchisi bolaligida ham o‘ziga xos ko‘rinishga ega bo‘lgan.
Katrina Kaif
Kichkintoy Katrina. Aytishlaricha, unda umuman hind qoni yo‘q, otasining pokistonlik ekani haqidagi gaplar esa o‘ylab topilgan.
Priyanka Chopra
Kelishgan Priyanka.
Rangvir Singx
Ranvir bolaligidan o‘z obrazlari bilan hammani hayratga solgan.
Ritik Roshan
Hindistonda talab eng yuqori bo‘lgan aktyorlardan biri.
Sonam Kapur
Bollivudning eng zamonaviy uslubdagi aktrisasi | 60 | 1,152 |
Madaniyat | “O‘rgimchak odam 3” filmi premyerasi ikki yilga kechiktirilib, 2018-yilga belgilandi | Columbia Pictures kinostudiyasi “Yangi o‘rgimchak odam 3” (Amazing Spider-Man 3) filmining 2016-yil 10-iyunga belgilangan premyerasini bekor qildi va uni 2018-yilga ko‘chirdi. Bu haqda Deadline nashri xabar berdi. Bo‘shagan sanani ommabop Uncharted o‘yini asosida suratga olingan film namoyishi egalladi.
“Yangi o‘rgimchak odam” filmi 2012-yilda ekranlarga chiqqan. Uning ikkinchi qismi esa 2014-yil bahorida premyera qilindi. Har ikkala film ham muvaffaqiyat qozondi. O‘rgimchak odam rolini britaniyalik aktyor Endryu Garfild ijro etdi. Filmda, shuningdek Emma Stoun, Ris Ivans va Denis Liri ham qatnashdi. | 84 | 608 |
Madaniyat | Toshkentda Temuriylar davri an’analari asosida yasalgan cholg‘u asboblari ko‘rgazmasi ochildi | Toshkentdagi Temuriylar tarixi davlat muzeyida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan “Tarixiy sozlarning sehrli sadosi” mavzuida ko‘rgazma ochildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Tadbirda muzey direktori X. Fayziyev va boshqalar ishtirok etdi.
Ko‘rgazmada andijonlik mohir usta Abdumalik Madraimovning shaxsiy kolleksiyasidan o‘rin olgan qirqdan ziyod buyum namoyish etilmoqda.
Kolleksiyadagi cholg‘u asboblari ikki davrga bo‘lingan: birinchisi temuriylar davrining tarixiy tiklangan sozlari, ikkinchisi esa mustaqillik yillarida temuriylar davri sozgarligi an’analari davom ettirilishi natijasida yaratilgan namunalar.
A. Madraimov O‘zbekiston davlat konservatoriyasini tamomlagan. “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali, turli simpoziumlar va boshqa tadbirlarda cholg‘u sozlar kolleksiyasi bilan faol qatnashib kelmoqda.
Usta IX–XVI asrlarda yaratilgan, keyinchalik unutilib ketgan mumtoz musiqa asboblarini qaytadan tiklab kelmoqda hamda ularning yangi zamonaviy nusxalarini yaratish bilan shug‘ullanmoqda. Hunarmandning samarali ijodiy mehnati va izlanishi natijasida g‘ijjak Boburiy, dilrabo, dilnavo, meros, xushnavo, qo‘shtor, changi qaqnus deb nomlangan sozlar yaratildi.
A. Madraimov yaratgan mumtoz sozlarning eng saralari Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Andijondagi Bobur va jahon madaniyati muzeyining doimiy ko‘rgazmasi, Angliya qirollik muzeyi, Yaponiya san’at muzeylaridan o‘rin olgan, dunyoning 43 davlatiga eksport qilingan.
Mohir usta yuzdan ortiq shogirdiga hunarmandlik sir-asrorlarini o‘rgatib kelmoqda. | 93 | 1,546 |
Madaniyat | Nilufar Usmonova 5 yil avval ismini o‘zgartirganini ma’lum qildi | Xonanda Nilufar Usmonova bundan besh yil avval ismini o‘zgartirgan. Usmonova bu haqda Instagram’dagi sahifasida yozib qoldirdi.
“Demak tanishamiz! Mening ismim Aisha! Assalomu alaykum, men bu siz bilgan Nilufar Usmonova, ammo 5 yildan buyon men Aishaman.
Avvalambor, Alhamdulillah, muslimaman. Bilasizmi men ismimning ham muslimalarga xos bo‘lishini juda ham xohlardim. Qolaversa, bu ism menga judayam yoqib qolgan. Men ism egasi Aisha onamizga havas qilib, azon ayttirib bu ismni qo‘ydim.
Bu shaxsiy hayotimdan sizlarga va’da qilgan eng asosiy ma’lumotlardan biridir”, — deb yozadi Nilufar Usmonova.
Nilufar Usmonovaning yozishicha, Aisha - eng mashhur musulmon ayol ismlaridan biri bo‘lib, arab tilidan tarjima qilganda “Barhayot”, “Yashovchi”, “Yashash” ma’nolarini beribgina qolmay, payg‘ambar Muhammad S.A.V ning rafiqalaridir.
“Aisha onamiz qo‘li ochiq, juda saxiy edilar. Ular qisqa umr ko‘rgan bo‘lsalar-da Payg‘ambarimiz bilan juda baxtli, osuda va mehr- muhabbatga to‘la hayot kechirganlar”, — deb yozadi Nilufar Usmonova.
View this post on Instagram | 64 | 1,069 |
Madaniyat | O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ruslan Sharipov olamdan o‘tdi | O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ruslan Sharipov olamdan o‘tdi. Bu haqda xonandaning ma’muri Saidumarxo‘ja Imomxo‘jayev “Daryo” muxbiri Feruz Muhammadga ma’lum qildi.
“Ruslan aka bugun soat 18:30 insult kasali bilan olamdan o‘tdilar. Ko‘pchilik koronavirusdan vafot etdi, deb o‘ylashmoqda, yo‘q ular insult sabab vafot etdilar, — deb xabar berdi Saidumarxo‘ja Imomxo‘jayev. | 68 | 380 |
Madaniyat | Xosiyat Husanova 2-turmush o‘rtog‘i bir oy oldin vafot etgani hamda azadan ko‘p o‘tmay ishga chiqishga majbur bo‘lgani haqida (video) | Aktrisa Xosiyat Husanova “Shok.uz” YouTube-kanaliga bergan intervyusida ikkinchi turmush o‘rtog‘i bir oy oldin vafot etgani, azadan ko‘p o‘tmay ishga va to‘y xizmatlariga chiqib ketgani haqida so‘zlab berdi.
“Qizimning dadasi erta olamdan o‘tib ketganlar, qizim uch yoshligida. Boshqa bir ajoyib insonga turmushga chiqdim. Afsuski, Imronbekning dadasi ham yaqinda, 2021-yil 26-dekabr kuni olamdan o‘tdilar”, — deydi aktrisa.
Boshlovchining aktrisa bo‘lganingizdan afsuslanasizmi, degan savoliga aktrisa shunday javob berdi:
“Shunaqa vaqtda qiynalaman. Xizmat pullarini oldindan olib qo‘yganmiz, pulning yarmini ishlatib yuborganmiz. Majburmiz, ishga boramiz. Boshqa kasb egalari ham ishga qaytadi. Ular uchun bilinmaydi-da. Ular ham bir hafta o‘tiradi, ishlashda davom etadi, uyida aza bo‘lsa ham. Lekin biz san’atkorlarda shu narsa qiyin. Davlat spektakllari, dublyorsiz spektakllar bor. Bir-ikki spektakldagi dubloyorim Dilbar Ikromova olamdan o‘tib ketgan. O‘ynashga majburmiz. Aza ochib, uyda o‘tira olmaymiz. 3-4 kundan keyin to‘yga chiqib ketamiz yaltiroq ko‘ylaklarni kiyib. Tirikchiligimiz shu, ishimiz shu biz san’atkorlarning. Hozir odamlar bu narsalarni ancha tushunib qoldi, ilgari tushunishmas edi. O‘zi azani uch kun deyishadi, lekin butun boshli insonni uch kunda unutib bo‘lmaydi. Iloyim, o‘tganlarning joyi jannatda bo‘lsin, qolganlarni salomat qilsin. 20 yil birga yashagan bo‘lsak, o‘zimni baxtli hisoblayman. Yomon yashamadim, dunyodagi hamma mehrlarni yig‘ib tarozini bir pallasiga qo‘ysa va u odamning mehrini ikkinchi pallaga qo‘ysa, ikkinchi palla bosib ketardi”, — deydi Xosiyat Husanova.
Mudhish yo‘l-transport hodisalariga uchrab, omon qolgan o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto) | 133 | 1,707 |
Madaniyat | Instagram: Bir necha oylik sirni oshkor qilgan Zarina, Mavluda Asalxo‘jayeva oilasidagi to‘y, Obid Asomovni xotirlayotgan san’atkorlar | 22-oktabr kuni jahon va o‘zbek san’ati yulduzlarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
21 yillik do‘stlar — Ziyoda va Madina Mumtoz.
View this post on Instagram
Lola folloverlaridan yaxshi film tavsiya qilishni so‘radi.
View this post on Instagram
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Obid Asomov hayot bo‘lganida, 22-oktabr kuni 57 yoshni qarshi olgan bo‘lardi. Mirzabek Xolmedov do‘stini iliq so‘zlar bilan yodga oldi.
View this post on Instagram
“Milliy” telekanalida Obid Asomov haqida xotira ko‘rsatuvi ham efirga uzatildi.
View this post on Instagram
Taniqli turk aktyori Murat Yildirim rafiqasi Iman Elbanini ta’sirli tarzda tabrikladi.
View this post on Instagram
Nargiza Salmonova folloverlarini so‘roqqa tutdi.
View this post on Instagram
Zarina Nizomiddinova ikkinchi o‘g‘lining ismini bir necha oylardan beri sir saqlab kelayotgan edi. Nihoyat, aktrisa o‘g‘liga qanday ism qo‘yganini bolakayning 29 ming 800 nafar obunachisi bo‘lgan sahifasida oshkor qildi.
Muqaddas Sa’dullayeva va Yigitali Mamajonovdan yangi oilaviy fotosessiya.
View this post on Instagram
Halima Ibragimova koronavirusni boshdan kechirayotgan barcha bemorlarga shifo tiladi.
View this post on Instagram
Turk aktyori Kadir Dog‘uli kiyim brendining yuziga aylandi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda uning rafiqasi Neslihan Atagul ham ishtirok etdi.
View this post on Instagram
Mavluda Asalxo‘jayeva jiyanini uzatdi. Xonanda sho‘x qo‘shiqlari bilan kelin-kuyovni o‘ynatib, o‘zi ham ular bilan raqsga tushdi. | 134 | 1,710 |
Madaniyat | Aktrisa Sitora Alimjonova 8-avgust kuni turmushga chiqadi. To‘y Tailandning Pxuket orolida bo‘lib o‘tadi | Aktrisa Sitora Alimjonova “Shok.uz” saytiga bergan intervyusida sevgan insoniga turmushga chiqayotganini ma’lum qildi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar bermoqda.
“Yigitim bilan 2012-yilda tanishganmiz. Yaqinda to‘y qilamiz. U toshkentlik, ayrimlar aytganidek chet ellik yoki sportchi emas. Nega aynan endi to‘y qilayotganimizga to‘xtaladigan bo‘lsam, o‘sha paytda men yosh edim, karyera qilishim kerak edi. U ham oyoqqa turib olishi kerak edi. Mana, endi mening orzumdagi to‘y qilib, turmush qurmoqdamiz. U paytda men hali Sitora Alimjonova emas edim. U meni aktrisa sifatida bilmagan. Facebook orqali tasodifan tanishib qolganmiz. Bir muddat gaplashib yurdik, orada ajralib ham ketdik. Keyin yana topishdik.
Bo‘lajak turmush o‘rtog‘im 27 yoshda, u tadbirkor. U bilan arazlashib qolgan paytimda ‘To‘y’ loyihasida Sharof Muqimov bilan ishtirok etdim”, — deydi aktrisa.
Sitora Alimjonova to‘yi shu yilning 8-avgustida Tailandning Pxuket orolida bo‘lib o‘tishi, unda kelin-kuyovning qarindoshlari, yaqinlari va do‘stlari ishtirok etishini ma’lum qildi. | 104 | 1,048 |
Madaniyat | Porsche Pol Uokerning halokati uchun mas’uliyatni zimmasiga olishdan bosh tortdi | Germaniyaning Porsche kompaniyasi aktyor Pol Uoker avtohalokat natijasida vafot etgani yuzasidan mas’uliyatni zimmasiga olishdan bosh tortdi. Kompaniya Uokerning qizi Midou Reynning sud shikoyatiga javoban OAVlarga yuborgan bayonotni The Guardian nashri chop etdi.
“Kompaniyamiz avtomobillarida kimdir avariyaga uchraganida, biz doim achinamiz, biroq hozirgi vaziyatda fojia xavfli tarzda haydash va tezlikni oshirish tufayli sodir bo‘lgan”, — deyiladi Porsche izohida. Kompaniya vakillari politsiya va ekspertlar zarur tekshiruvlarni o‘tkazib bo‘lganini ta’kidladi.
29-sentabr kuni marhum aktyor Pol Uokerning yagona qizi Porsche avtomobil kompaniyasini sudga bergan edi. 17 yoshli Midou Reyn Porsche Carrera GT sport mashinasining kamchiliklari bo‘lmaganda, uning otasi tirik qolishi mumkin edi, deb hisoblamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Pol Uoker 2013-yil 30-noyabr kuni Los-Anjelesda sodir bo‘lgan avtohalokat natijasida hayotdan ko‘z yumgan. Mashinani boshqargan Rojer Rodasning turmush o‘rtog‘i ham Porsche’ni sudga bergan, biroq kompaniya barcha ayblarni Rodasga ag‘dargan edi. | 80 | 1,078 |
Madaniyat | Nargiz Zokirova Moskvada o‘tkazilgan “Zvukovaya dorojka” marosimida ikkita mukofotni qo‘lga kiritdi | Xonanda Nargiz Zokirova Moskvada bo‘lib o‘tgan “Zvukovaya dorojka” mukofotlarini topshirish marosimida ikkita mukofotni qo‘lga kiritdi. Bu haqda qo‘shiqchi o‘z Facebook sahifasida ma’lum qildi.
Nargizning prodyuseri Maksim Fadeyevning Instagram sahifasidan repost qilingan postda: “Nargiz bugungi ‘Zvukovaya dorojka’ marosimida ikkita: Yil qo‘shiqchisi va Yil dueti mukofotlarini qo‘lga kiritdi. Seni tabriklayman va o‘zimni ham biroz tabriklab qo‘yaman. Sen uchun xursandman”, — deyiladi.
“Zvukovaya dorojka” — ZD Awards marosimi Rossiyada “Moskovskiy Komsomolets” gazetasi tomonidan 42 yildan buyon o‘tkazib kelinadigan nufuzli tadbir. | 99 | 638 |
Madaniyat | Rayhon va Yigitalining shov-shuvlarga sabab bo‘lgan suratlari notariusda olingani ma’lum bo‘ldi | Xonanda Rayhon G‘aniyeva va aktyor Yigitali Mamajonovning shov-shuvlarga sabab bo‘lgan suratlari sudda emas, notariusda olingan. Bu haqda xonanda Sayyod.com saytiga ma’lum qildi.
Avvalroq Telegram messenjeri va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda Rayhonning qandaydir qog‘ozlarga imzo chekayotgani, uning tepasida esa Yigitali turgani tasvirlangan suratlar tarqalib ketgandi. “Hammaning gapi bir: “Sud! Ular ajrashishyapti!”. Rayhon esa bu suratlardan g‘azabda”, - deb yozadi Sayyod.com.
“Dahshat! Axir bu notariusdan suratlar-ku! Shunchaki bolalarning mamlakatdan chetga chiqishiga rasman ruxsat olinayotgan payti xolos”, - deydi Rayhon. Uning aytishicha, u farzandlari bilan Turkiyaga, dam olish uchun borishni rejalashtirgan.
Eslatib o‘tamiz, 2015-yil boshida Rayhon va Yigitali ajrashishayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi. Keyinroq esa har ikki tomon yarashgani haqida gap-so‘zlar tarqaldi, biroq buni Rayhon ham, Yigitali ham jamoatchilik oldida rasman tasdiqlaganicha yo‘q. | 95 | 978 |
Madaniyat | Munisa Rizayeva Dubayga salomatligini tiklash uchun ketganini ma’lum qildi | Xonanda Munisa Rizayeva 19-sentabr kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahriga jo‘nab ketayotganini ma’lum qilgan edi. U Dubayda tushgan suratlaridan biriga mazkur safardan ko‘zlangan maqsadi haqida aytib o‘tdi, deb yozadi “Darakchi.uz”.
Xonandaning Dubayda xorijiy avtomobil yonida tushgan suratiga qarab, muxlislar uni chet elda hordiq chiqarayotganini taxmin qilishdi.
“Yaxshi dam oling” qabilidagi izohlarga Munisa: “Men bu yerga dam olish uchun emas, salomatligimni tiklash uchun keldim”, deya javob berdi. | 74 | 520 |
Madaniyat | “Islomxoʻja” bizga haqiqiy tarixni oʻrgatadi | Bir haftacha muqaddam uzoq kutilgan “Islomxoʻja” filmining yopiq premyerasi boʻlib oʻtdi. Premyeradan soʻng berilgan taqrizlar nihoyatda qisqaligi bois ular film haqida to‘liq tasavvur hosil qilish uchun yetarli boʻlmadi. Umuman olganda, taqrizlarning aksariyati filmni salbiy yoki oʻrtamiyona baholadi.
Shundan kelib chiqib, “Islomxoʻja”ga oʻz bahoimni berish hamda boʻlajak tomoshabinlarda toʻlaroq fikr uygʻotish maqsadida ushbu filmga batafsil toʻxtalib oʻtishga qaror qildim.
Ilgarigi maqolalarimdan birida kartina koʻtarib chiqayotgan davrning tarixdagi ahamiyatiga urgʻu bergan edim. Bu davrda yashagan Islomxoʻja singari oʻnlab, yuzlab arboblar borki, ularning ishlari bugungi kunga bevosita ta’sir koʻrsatadi va shu bois beqiyos qiymatga ega, illo olis oʻtmishga maftun oʻzbek tarixchiligi ularga hali munosib baho bera olgani yoʻq.
Ayni damda, mana shunday muhim davrni jonlantirish, Islomxoʻjaday favqulodda shaxsni katta ekranlarga olib chiqish kinochilardan alohida mas’uliyatni talab qilardi. Yopiq premyerada ishtirok etganlarning koʻpchiligi Gollivuddagi singari keng miqyosli tarixiy-badiiy film kutgan boʻlsa kerak, ayrimlarning hafsalasi pir boʻlgani sezildi. Ammo bu shakldagi peplum — tarixiy jangari film yaratishga na ajratilgan budjet (1,3 milliard soʻm), na oʻzbek kinosining tajribasi yoʻl qoʻyardi. Shu bois rejissor Jahongir Ahmedov, menimcha, mavjud vaziyatda eng optimal yoʻlni tanlagan — badiiy publitsistikaga murojaat etgan.
Badiiy publitsistika ikkita vazifani bajarishga qaratilgan:
- tomoshabinga haqqoniy ilmiy faktlarni taqdim etish;
- estetik zavq bagʻishlash.
Fikrimcha, “Islomxoʻja” har ikki vazifaning ham uddasidan chiqa oladi.
Odatda oʻzbek badiiy filmlari sodda syujetga va qurilishga ega boʻladi, murakkab ssenariyga va oʻziga xos yechimga sohib ishlar kamdan-kam uchraydi. Oʻzbekcha hujjatli filmlarning ham aksariyati “xoʻjakoʻrsinga” ishlanadi va barchaga ma’lum, darsliklarga kiritilgan faktlarning takrori negiziga quriladi. “Islomxoʻja” bu borada oʻta noyob filmdir. Ilmiy jihatdan uni toʻlaqonli tadqiqot desa boʻladi — rejissor oʻz jamoasi bilan birgalikda toʻrt yil umrini tarixiy hujjatlarni va monografik tadqiqotlarni oʻrganishga sarflagani, arxiv titkilagani koʻrinib turibdi. Filmga XIX asr ikkinchi yarmi — XX asr boshidagi Xiva tarixi boʻyicha yirik mutaxassis — Ne’mat Polvonov maslahatchi boʻlgani uning ilmiy qiymatini yanada oshiradi.
Rejissor Islomxoʻja hayoti haqidagi faktlarni oʻz qahramoni — yosh doktorant tilidan batafsil, erinmay bayon etadi va tomoshabinda oʻsha davr haqida toʻla tasavvur hosil qiladi. Dialoglar, maktublar arxiv materiallari asosida tiklangani diqqatga sazovor. Bu bilangina cheklanib qolmay, ijodkorlar koʻpgina bahsli ilmiy masalalar yuzasidan oʻz xulosasini beradi. Hikoya orasiga qoʻshilgan badiiy sahnalar ham mehr bilan ishlangani, har bir detalga urgʻu berilgani e’tiborga loyiq. Liboslar, xon saroyi, mulozimlarning navbat turish tartibi, xon taxti, rus harbiylarining liboslari — bari haqqoniy tiklangan.
Sovet yillarida oʻzbek xonliklari davri qop-qora ranglarga chaplanib, badiiy filmlar va kitoblarda juda qo‘pol, karikaturali bir shaklda tasvirlanar edi. Eski qoliplardan qutula olmagan zamonaviy oʻzbek madaniyati ham xonliklarni oʻrta asrlarda qolib ketgan mudhish chaladavlatlar, xonlarni va amaldorlarni esa tussiz, qiyofasiz “kartonli” obrazlar tarzida koʻrsatishga oʻrganib qolgan. “Islomxoʻja” birinchi marta bu stereotiplardan qochib, xonlarga va amaldorlarga “jon kiritdi”: ekrandagi Asfandiyorxon, bizga yillar davomida uqtirib kelishganiday, maishatga berilib ketgan, mamlakat dardini unutgan aqlsiz hukmdor emas, balki oʻqimishli, ziyoli, lekin murakkab davrda hokimiyat tepasiga kelib qolgan, illat va xislatlarga ega ziddiyatli shaxs, u qoʻlidan kelgancha oʻz davlatini koʻtarishga, ahvolni yaxshilashga urinadi, ammo siyosiy kurashda yengib chiqishga irodasi yetmaydi. Islomxoʻja — har qanday kamchilikdan mosuvo, afsonalashtirilgan qahramon emas, u ham imkoniyati doirasida ish koʻradigan ayyor siyosatchi. Ularning shaxsiyati haqidagi qoʻshimcha ma’lumotlar (aytaylik, Asfandiyorxon boʻsh vaqtida nima bilan shugʻullanishi-yu, Islomxoʻja qanday gazetalarni oʻqishi) qahramonlarni yanada “jonlantirgan”.
Ikkilamchi obrazlarga ham e’tibor berilgan. Jumladan, Bobojon Qatagʻon shunchaki Islomxoʻjaning tan soqchisi boʻlmay, balki uning yaqin insoni ekanligi ochib berilgan.
Qolaversa, rejissor Xiva xonligi toʻlaqonli davlat boʻlganini, oʻz ma’muriy apparatiga, sud-huquq tizimiga egaligini, xonlikda murakkab siyosiy oʻyinlar, resurslar uchun kurash borganini, Rossiya imperiyasi, xususan, Amudaryo boʻlimi ma’muriyatining xonlik hayotiga ta’sirini koʻrsatib bera olgan.
Oldinroq yozilgan taqrizlardan kelib chiqib, filmda koʻplab kamchiliklar bor deb oʻylagan edim. Ammo “Islomxoʻja”ni tomosha qilish asnosida biror jiddiy nuqson topa olmadim. Aytib o‘tilgan e’tirozlarning eng o‘rinlilari personajlar zamonaviy tilda gapirishi, ayol qahramonlarning ortiq darajada yorqin makiyaji, ayrim aktyorlar kadrga mos tushmagani bilan bog‘liq. Yuqorida aytilganidek, bu — keng miqyosli tarixiy-badiiy film emas, lekin qoʻyilgan maqsad doirasida barcha vazifalar uddasidan chiqilgan. Rejissura, operator ishi, montaj sifatli amalga oshirilgan. Syujet murakkab, bir necha pogʻonali qilib qurilgan, ikki davrning, badiiyyat va ilmiy-hujjatli bayonning aralashuvi esa menga eronlik rejissor Moniy Haqiqiyning “Ajdar omad” (“Ajdarho keldi”) kinodurdonasini eslatib yubordi. “Xontaxta” filmlarda bir xildagi obrazlarni jonlantiraverib badga urgan Ulugʻbek Qodirov va Alisher Uzoqov bu safar hayron qoldira olishdi — ular oʻzlariga ajratilgan qisqa ekran vaqti ichida qahramonlarining shaxsiyatini ochib bera olgan. Masalan, Ulugʻbek Qodirovning kadrdagi asosiy ishi sukut saqlab, olisga tikilgancha vazmin qadam tashlashdan iborat, lekin uning nigohi, aslzodalarga xos ishonchli harakatlari, gapirish ohangi yuz yil muqaddam yashagan hukumat rahbarining shaxsiyatini koʻz oldimizda tiriltiradi, va bu tarix ishqibozlarini hayajonga solmay qoʻymaydi.
Taqriz yakunida yana bir jihatga e’tibor qaratmoqchi edim. “Islomxoʻja” ilk oʻzbekcha tarixiy detektiv hamdir. Moziyda yechilmay qolgan masalalar, fosh etilmagan jinoyatlar, oʻz bahosini olmagan shaxslar va voqealar juda koʻp. Tarix oʻtib ketdi, deb hisoblaydiganlar adashadi — fosh etilmaganni fosh etish, ochilmaganni ochish bugungi avlodning zimmasidagi burchdir.
Birinchi oʻzbek generali Bobobekning oʻz uyida oʻldirib ketilishi, Turkiston jadidchiligi asoschisi Mahmudxoʻja Behbudiyning qatl etilishi, qoʻrboshi Ibrohimbek Laqay ishi, Afgʻonistondagi Buxoro muhojiroti faoliyati — bu kabi mujmal savollar hali-hamon jiddiy taftishni kutmoqda.
Film fabulasi Islomxoʻjaning oʻldirishi hamda bu jinoyat taftishi asosiga qurilgani menga yoqdi: tomoshabin bayonchi — doktorant bilan birga qotillik tafsilotlarini bilib boradi, ayni paytda unga Islomxoʻja kimligi, qanday davrda, kimlar orasida yashagani tushuntirib boriladi, film yakunida esa jinoyat ijrochilari, bu qotillik xonlik uchun qanday oqibatlar keltirib chiqargani ayon boʻladi.
* * *
“Islomxoʻja” — aqlli kino, intellektual kino. U, biz bilgan boshqa koʻpgina oʻzbek tarixiy filmlaridan farqli, quruq propagandaga qaratilmagan, tarixiy arboblarni ertak qahramonlariga aylantirib qoʻymagan, balki imkon qadar hujjatga asoslangan haqqoniy tarixni namoyish etgan. Afsuski, “xontaxta” filmlarga oʻrganib qolgan tomoshabin uni qabul qilishi oson kechmaydi, shu bois “Islomxoʻja” kinozallarni bir oylab toʻldirib tura olmasligi mumkin. Film mavzusi va janri o‘ta xosligini unutmaylik.
Lekin “Islomxoʻja” tomoshabinga haqiqiy tarixiy bilim beradi, ayni paytda estetik zavq ham bagʻishlay oladi. Uni hech ikkilanmasdan oʻzbek kinochiligining jiddiy yutugʻi deb ayta olaman. Film mahalliy va xalqaro telekanallarda muvaffaqiyatli namoyish etilishiga, festival va tanlovlarda qatnashib, munosib baho olishiga ishonaman. | 44 | 7,942 |
Madaniyat | O`zbekiston madaniy merosi – Davlat Ermitajida | Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida “O`zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o`rtasida muloqotga yo`l” Ikkinchi xalqaro kongressi davom etmoqda. Bugun kongress doirasida “O`zbekiston madaniy merosi Davlat Ermitaji to`plamlarida” kitob-albomining taqdimoti o`tkazildi.
Ta`kidlash joizki, Sankt-Peterburgdagi Davlat Ermitaji sayyoramizdagi eng katta va mashhur muzeylardan sanaladi. Bu erda o`zbek xalqi va davlatchiligi tarixiga oid juda katta miqdordagi madaniy yodgorliklar saqlanmoqda. O`tgan asrda mamlakatimiz hududida olib borilgan arxeologik ekspedisiyalar davomida topilgan osori atiqalar, turli davrlarga oid tangalar, qo`lyozmalar va hujjatlar, xalq amaliy san`ati namunalari, zargarlik, miskarlik va kandakorlik mahsulotlari xalqimizning boy va betakror tarixi, buyuk madaniyati ifdasi sifatida muzey ekspozisiyalarida namoyish etib kelinmoqda.
– Sankt-Peterburg O`zbekiston madaniy merosini o`rganish va targ`ib etishda katta ahamiyaga ega, - deydi Davlat Ermitaji direktori Mixail Piotrovskiy. – Ikkinchi Jahon urushi davrida, shahar qamalda qolgan paytda ham bu erda buyuk o`zbek shoiri Alisher Navoiyning 500 yilligi nishonlangani ham fikrimni to`la isbotlaydi. Davlat Ermitajida o`zbek madaniyatining bebaho durdonalari saqlanmoqda. O`ylaymanki, O`zbekiston madaniy merosini targ`ib etishda Ermitajning o`z o`rni bor. Biz kelgusida turli mamlakatlarda Ermitaj kunlarini o`tkazish, muzey xodimlari o`rtasida o`zaro tajriba almashishni yo`lga qo`yish bo`yicha muzokaralar olib boryapmiz. Ehtimol, O`zbekistonda ham shunday tadbirlarni o`tkazish vaqti kelgandir. Chunki, bugungi kunda mamlakatingizda tarixiy merosni asrab- avaylash borasida havas qilishga arzigulik ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi xalqaro kongressni bu yo`ldagi muhim qadam sifatida baholash mumkin.
Kun tartibidan anjuman ishtirokchilarining Davlat Ermitajiga tashrifi, ushbu muzeyda O`zbekiston madaniy merosiga bag`ishlangan ko`rgazmaning taqdimoti ham o`rin olgan. | 47 | 1,969 |
Madaniyat | Italiyada tanilayotgan Jan Yaman, serialdagi hamkasbini sevib qolgan Zuleyha, “Chuqur” qachon tugaydi? Turk kinosi yangiliklari | Turk kinosi olamida har kuni qandaydir yangilik sodir bo‘ladi. Ommaviy axborot vositalari tomonidan taqdim etilayotgan xabarlar barcha muxlislarga qiziq bo‘lishi tabiiy. Marhamat, siz ham ulardan boxabar bo‘ling.
Aras Bulut Iynemli sevgilisi Bige Onal va Nejip Memili turmush o‘rtog‘i Didem bilan birgalikda Istanbuldagi restoranlarning birida uchrashib qoldi. Suhbat davomida Aras hozircha boshqa loyihalarda rol ijro etmasligini va “Chuqur” serialida to‘liq ishtirok etishini aytgan. Ammo serialning 4-mavsumi yakuniy bo‘ladimi yoki yo‘qligi haqida prodyuserlar qaror qilishi kerakligini ta’kidlagan. Shuningdek, aktyor koronavirus kasalligini oldini olish uchun suratga olish maydonchasida barcha zarur choralar ko‘rilayotganini ham aytib o‘tgan.
Jan Yaman Italiyaning “Canale 5”da namoyish etiladigan “Verissimo” televizion dasturida mehmon bo‘ldi. Ko‘rsatuv 2020-yil 10-oktabr kuni efirga uzatiladi.
Demet O‘zdemir “Part” jurnali uchun o‘zgacha ko‘rinishda.
Xazal Kaya “Agentimga qo‘ng‘iroq qil” teleserialida mehmon bo‘ladi. Aktrisa loyihaning 8-qismida ishtirok etadi.
Xande Erchel har yili 4-oktabrda nishonlanadigan “Butunjahon hayvonlarni himoya qilish” kuni munosabati bilan “Ularni bir yil davomida tarbiyalagan bir inson sifatida shunga aminmanki, jonzotlarga mehrdan boshqasi kerakmas. Ular o‘zining muhabbati bilan sog‘aytiradi. Ushbu uchta kuchukning hayotimga kirib kelishi va birgalikda yashashi meni juda ham sevintiradi. Dunyo muhabbatga o‘ralgan bo‘lsin”, degan xabarni bo‘lishdi.
Murat Yildirim muxlislar auditoriyasini kengaytirmoqda. “Ramo” seriali “Mako” nomi bilan misrliklar qalbini zabt etishni boshlaydi.
OAV xabarlariga ko‘ra, Oyku Karael va Jan Bonomo ota-ona bo‘lishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
“Zuleyha” seriali qahramonlari Xilal Altinbilek va Kerem Alishik o‘zaro munosabatlarini yashirmoqda. Juftlik hatto ijaraga uy ham olgan, jurnalistlarning ta’kidlashicha, qo‘shnilar bir necha marotaba ularni birga ko‘rgan. Ammo Xilal ushbu yangilikni darhol rad etdi.
“Yangi hayot” seriali asta-sekin final tomon yo‘l olmoqda. Agar reyting 6-qismdan keyin ko‘tarilmasa, serial 8-qismdan so‘ng yakunlanadi.
Shuningdek, “Yaxshi kunda, yomon kunda” serialida imkoniyat qolmadi, ijodiy guruh serialning 6-qismida tomoshabinlar bilan xayrlashadi. | 127 | 2,275 |
Madaniyat | “O`zbekkino” va “Mir” telekanali O`zbekiston haqida film ustida ish boshlashdi | “O`zbekkino” milliy agentligi va “Mir” davlatlararo teleradiokompaniyasi MDH davlat rahbarlari Kengashining 2020 yil oktyabr oyida O`zbekiston raisligida bo`lib o`tadigan uchrashuvi doirasida O`zbekiston haqida 50 daqiqalik hujjatli film yaratish bo`yicha qo`shma loyihani amalga oshirishga kirishdi.
Loyihani amalga oshirishga tayyorgarlik doirasida “Mir” DTRK raisi o`rinbosari Irina Kuzminskaya, “O`zbekkino” MA Bosh direktori Firdavs Abduxolikov, “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK direktori Bahodir Odilov, media-konsultant Andrey Teshaev, shuningdek, loyihaning ijodiy-texnik jamoasi vakillari ishtirokida bir nechta videokonferensiya bo`lib o`tdi.
Muzokaralar davomida tomonlar kelgusida suratga olinadigan film konsepsiyasini muhokama qildilar va uning mazmuni haqida g`oya va fikrlar bildirdilar.
Qo`shma loyihaning maqsadi hayotning barcha jabhalarida rivojlanayotgan Yangi O`zbekistonning yutuqlarini namoyish etish, shuningdek, MDH davlatlari bilan integrasiyani mustahkamlash va kengaytirishdan iborat. Film mualliflari fikriga ko`ra, O`zbekistonning zamonaviy tashrif qog`ozi bo`lishi, qadimiy an`ana va zamonaviylikni aks ettirishi, mamlakatdagi madaniy, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy hayotning asosiy jihatlariga to`xtalib o`tishi lozim. Bundan tashqari, respublikaning turistik jozibadorligi haqida aytib berish rejalashtirilgan.
Dastlabki kelishuvlarga ko`ra, yirik sanoat markazlari – Uz TEX to`qimachilik korxonasi (Chirchiq shahri), Chevrolet avtomobil zavodi (Asaka shahri), shuningdek xususiy tadbirkorlar, hunarmandlar suratga olish ob`ektlari bo`ladi. Mamlakatimizning muhim tarixiy lahzalariga katta e`tibor qaratiladi – filmda ikkinchi jahon urushi faxriylari, shuningdek, Toshkent zilzilasi guvohlari ishtirok etadilar.
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Respublikasining 2020 yilda MDHga raisligi, shuningdek, O`zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar to`g`risidagi hujjatli filmni hamkorlikda ishlab chiqarish to`g`risidagi kelishuvga joriy yilning fevral oyida “O`zbekkino” MA hamda “Mir” DTRK tomonidan erishildi. Film ssenariysi tasdiqlanganidan so`ng “O`zbekkino” “Mir” DTRK suratga olish guruhining O`zbekistonga tashrifini tashkil etish va filmni suratga olish uchun texnik yordam ko`rsatishda ko`maklashadi.
Film namoyishi oktyabr oyida “Mir” DTRK hamda O`zbekiston telekanallarida namoyish etiladi. Filmning qisqartirilgan versiyasi 2020 yil 16 oktyabrda Toshkentda bo`lib o`tadigan MDH davlat rahbarlari Sammiti arafasida namoyish etilishi ko`zda tutilgan. | 78 | 2,508 |
Madaniyat | Ispaniyada O`zbekistonning boy tarixi va madaniy merosiga bag`ishlangan festival o`tkaziladi | O`zbekistonning Madriddagi elchixonasida «Mudexares» jamoatchilik madaniyat markazi vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Uchrashuvda Valensiya provinsiyasining Ontenente shahrida 2022 yil 16-24 avgust kunlari O`zbekistonning boy tarixi, madaniyati va sayyohlik salohiyatiga bag`ishlangan festivalni yuqori saviyada o`tkazish bilan bog`liq masalalar muhokama qilindi.
Loyiha menejeri Rafael Ferreroning so`zlariga ko`ra, madaniy tadbir dasturidan milliy liboslar ko`rgazmasi, an`anaviy kashtachilik, fotoko`rgazma, milliy raqslar, O`zbekiston amaliy san`ati yarmarkasi, o`zbek milliy oshxonasi taqdimoti, shuningdek, simfonik orkestrning «Samarqand», «Farg`ona» va «Ulug`bek» musiqiy kompozisiyalari kiritilgan konsert joy olgan. Ushbu kompozisiyalar mashhur ispan kompozitori Saul Gomes Soler tomonidan Samarqandning ko`hna tarixi, Farg`ona vodiysi ikati va Mirzo Ulug`bek hukmronligi davridan ilhomlanib yozilgan.
Mazkur festivalga tayyorgarlik ishlari doirasida Ontenente shahrida simfonik orkestrning konserti tashkil etildi. Unda ushbu kompozisiyalar ijro etildi. Konsert mehmonlari musiqiy dasturni iliq kutib oldi. | 92 | 1,166 |
Madaniyat | Aktrisa Gulchehra Eshonqulova turk filmlarida suratga tushish orzusi va oilasi uchun karyerasidan voz kechgani haqida gapirdi | Turmush o‘rtog‘i va farzandlari bilan AQShda yashayotgan aktrisa Gulchehra Eshonqulova Instagram’dagi sahifasi orqali folloverlari bilan oilali aktrisaning san’atga qaytish yoki qaytmasligi masalasini muhokama qildi.
Ayrim muxlislar aktrisaning kinoga qaytishini istagan bo‘lsa, boshqalar endilikda oila va farzandlarga e’tibor berish kerakligini yozib qoldirdi. Gulchehra Eshonqulova muxlislarining fikrlari uchun minnatdorchilik bildirib, bu borada o‘zining fikri qanday ekanligini yozdi.
“Hamma fikr bildirganlarga katta rahmat, ko‘nglimdagi javoblarni o‘qidim. O‘zimning ham fikrim siznikidan mustasno emas. Hayotim nima sababdan tubdan o‘zgarib ketgani va karyeramdan nima sababdan voz kechganimga sabablarim ko‘p, shundan boshlamoqchiman.
Ollohim menga sinovni tanlash orqali berdi. Nimaiki bo‘lsa, hammasi insonning niyatiga qarab bo‘larkan. Bunga hayotimda shu 5-6 yil ichidagi bo‘lgan tubdan o‘zgarishlar isbot bo‘ldi.
2014-yil Turkiyada 45 davlat qatnashgan qurultoyda ishtirok etishimdan maqsad — O‘zbekiston nomidan aktrisa sifatida teatrdagi, kinodagi tajribam bilan o‘zbek aktrisalari ham kuchli mahoratga ega ekanligini ko‘rsatish edi. Maqsadimga erishdim juda yaxshi taassurotlar bilan ularning mehrini qozondim va shu sabab menda Turkiyada ijodimni davom ettirish orzusi paydo bo‘ldi va buni o‘zimga maqsad qilib qo‘ydim. Bu mening dilimga bog‘lab qo‘ygan niyatim edi. O‘zbekistonga qaytishdan oldin niyat qilgan Istanbulning “Sulton Ahmad” masjidini ziyorat qildim.
Dunyodan millionlab odamlar ziyorat qilish bilan birga qo‘llarini ochib Olloh dargohida duo qiladilar, shu qatorida men ham qo‘llarimni ochib duo qildim, baxt so‘radim. Dilimdagi orzumni emas, oilaviy baxtni so‘radim. 2015-yili dilimdagi orzum — o‘qishga kirish edi. O‘sha yilda Istanbul universitetining radio, TV va kino fakultetining aspiranturasiga o‘qishga kirdim va shu bilan birga o‘sha yili turmush o‘rtog‘imni uchratdim.
Dilimdagini ham, qo‘l ochib duo qilib so‘raganimni ham Xudoyim menga berdi. 2014-yili “Sulton Ahmad” masjidiga o‘zim kirib borgan bo‘lsam, 2016-yilda shu masjidda turmush o‘rtog‘im va tug‘ilgan 7 kunlik farzandimiz bilan keldik, shu masjidda qulog‘iga azon ayttirdik. Bu menga Ollohimning bergan mukofoti edi, behisob shukrlar bo‘lsin.
Daraxtdagi barg ham Ollohning izni bilan yerga tushar ekan. Mukofot bilan birga sinov qilib tanlashni ham Xudoyim menga qo‘yib berdi. Bir tomonda kelajakdagi Turkiyadagi karyeram bo‘lsa, ikkinchi tomonda oilam, tug‘ilgan farzandimizning tarbiyasi edi. Oilamni tanladim. Ollohimga behisob shukrlar bo‘lsin, hozirga qadar har bir kunim mukofot bilan to‘la”, — deb yozadi Gulchehra Eshonqulova.
View this post on Instagram
AQShga ko‘chib ketgan o‘zbekistonlik mashhurlar (foto) | 125 | 2,746 |
Madaniyat | Foto: Muxlislar aktyorlar o‘zgartirilganini qabul qila olmagan filmlar | Film yoki seriallardagi qahramonlarning o‘zgarishi hamisha ham muxlislar tomonidan iliq qabul qilinmaydi. Ammo suratga olish jamoasi va prodyuserlarning bunday qarorga kelishiga turli sabablar o‘lim, kasallik, turli baxtsiz hodisalar va aktyorlarning studiya bilan kelisha olmasligi sabab bo‘lishi mumkin.
“Mumiyo: Ajdar imperatorining qabri” (2008)
O‘zgartirish: Evelin O’Konnell qahramonini ijro qilgan Reychel Vays o‘rniga Mariya Bello kelgan.
“Uyda yolg‘iz 4” (2002)
O‘zgartirish: Kevin Makkalister rolini ijro qilgan Makoley Kalkin o‘rniga Mayk Veynberg kelgan.
“Terminator: Genezis” (2015)
O‘zgartirish: Sara Konnor rolini ijro qilgan Linda Xemilton o‘rniga Emiliya Klark kelgan.
“Asteriks va Obeliks olimpiya o‘yinlarida (2008)
O‘zgartirish: Asteriks rolini ijro qilgan Kristian Klavye o‘rniga Klovis Korniyyak kelgan.
“Muhtasham yuz yil” (2011-2014)
O‘zgartirish: Xurram rolini ijro qilgan aktrisa Maryam Uzerli o‘rniga Vahide Perchin kelgan.
“Skarlett” (1994)
O‘zgartirish: Joan Uolli-Kilmer Skarlett rolini ijro qilgan Viven Li o‘rniga kelgan.
“Transformerlar 3: Oyning qora tomoni” (2011)
O‘zgartirish: Bosh qahramon rolini ijro qilgan Megan Foks o‘rniga Rouzi Xantington-Uaytli kelgan.
“Mushuk ayol” (2004)
O‘zgartirish: Xelli Berri bosh qahramon rolini ijro qilgan Mishel Pfayffer o‘rniga kelgan.
“Taxtlar o‘yini” (2011-2019)
O‘zgartirish: Richard Breyk ijro qilgan Tun qiroli rolini keyinchalik Vladimir Furdik ijro qilgan.
“Robokop 3” (1993)
O‘zgartirish: Aleks Myorfi rolini ijro qilgan Piter Ueller o‘rniga Robert Jon Byork kelgan.
“Betmen Supermenga qarshi: Adolat tongida” (2016)
O‘zgartirish: Leks Lyutor rolini ijro qilgan Kevin Speysi o‘rniga Jessi Ayzenberg kelgan.
“Garri Potter va Azkaban mahbusi” (2004)
O‘zgartirish: Albus Dambldor rolini ijro qilgan Richard Xarris o‘rniga Maykl Gembon kelgan. | 70 | 1,833 |
Madaniyat | Javohir Zokirov: “Baron-2”ga meni ham chaqirishar, mensiz qayoqqa ham borishardi... | Aktyor Javohir Zokirovning “Baron-2” filmida ishtirok etish-etmasligi hali aniq emas. Bu haqda “Hordiq” gazetasi xabar bermoqda.
— “Baron-2”ning suratga olish jarayonlari boshlanganidan xabar topdik. Unda Sizni yana ko‘ramizmi?
— Oldindan hech narsa deya olmayman, sababi rejissor bilan bu borada gaplashib ko‘rmadik. Filmga yana meni chaqirishar, mensiz qayoqqa ham borishardi...
— “Salbiy rollar qiroli” deb tilga olinadigan aktyor Javohir Zokirov “Baron”da ijobiy rolni gavdalantirdi. Aslida, bu filmda qaysi obrazni o‘ynash niyatingiz bo‘lgan?
— “Izzat rolini men o‘ynasam bo‘larkan”, degan fikrlar ko‘p o‘tdi. Rejissor tanlashim mumkin, lekin rol tanlamaslikka harakat qilaman. Menga berilgan rol ijobiymi yoki salbiymi, maromiga yetkazib o‘ynashga intilaman. | 83 | 765 |
Madaniyat | Qo‘lida do‘mbira ko‘tarib kuylaydigan Hosila Rahimova endi gitara ko‘tarib klipda suratga tushdi | Tez orada xonanda Hosila Rahimovaning rok yo‘nalishda kuylagan qo‘shig‘i uchun klipi ekranlarga chiqadi, deb yozdi “Shok.uz”. Nashr bunda qo‘shiqchini folklor primadonnasi, deb ta’riflagan.
Qo‘shiqqa “Hay-haya” deb nom berilgan bo‘lib, uning klipida Hosila yangi qiyofada namoyon bo‘ladi. Endilikda u qo‘lida do‘mbira bilan emas, gitara bilan namoyon bo‘ladi. Bu tarona rok va falklor uyg‘unlashgan ilk ijod na’munasi ekani qayd etilgan.
Qo‘shiq va uning klipi teleekranlarda qachon ko‘rinish berishiga oydinlik kiritilmagan. | 96 | 526 |
Madaniyat | Aktrisa Shahzoda Matchonova: Turkmanistonda o‘zbek filmlarini qarsaklar bilan kutib olishmoqda | Turkmanistonda 26-sentabr kuni start olgan “O‘zbek kinosi kunlari”da ishtirok etish uchun O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida mamlakat poytaxti Ashxobodga yo‘l olgan aktrisa Shahzoda Matchonova o‘z taasurotlari bilan o‘rtoqlashdi, deb xabar bermoqda “O‘zbekkino” Milliy agentligi matbuot xizmati.
“Ashxobodda o‘tkazilayotgan ‘O‘zbek kinosi kunlari’da ishtirok etayotganimdan juda ham mamnunman. Birinchidan, men anchadan beri bu go‘zal shaharni ko‘rishni niyat qilib yurgan edim. Ikkinchidan, qardosh turkman xalqini O‘zbekiston bilan o‘zaro do‘stlik rishtalari bog‘lab turadi. Mazkur do‘stona aloqalar va munosabatlarni yanada mustahkamlash uchun shu kabi madaniyat, san’at va kino yo‘nalishidagi tadbirlarni an’anaviy tarzda o‘tkazib turish zarur deb o‘ylayman”, — dedi aktrisa.
“Men ana shunday tadbirlardan birida o‘zbek aktrisasi sifatida qatnashib, yurtimizda ishlab chiqarilgan milliy filmlar turkman ahliga manzur kelayotganidan juda ham xursandman. Kinozaldagi tomoshabinlar, ayniqsa, yoshlar bizning filmlarni qarsaklar bilan kutib olishayotganini ko‘rish yoqimli. Shundan kelib chiqib, bugun festivalning yopilish marosimi ham yuqori darajada o‘tadi deb umid qilaman”, — dedi Shahzoda Matchonova.
Ma’lumot uchun, Ashxobodda tashkil etilgan “O‘zbek kinosi kunlari” tadbiri 28-sentabr kuni o‘z nihoyasiga yetadi. | 94 | 1,322 |
Madaniyat | “Iztirob va qayg‘umni ifodalashga til ojiz”. Alek Bolduin otib qo‘ygan hamkasbining o‘limi bilan bog‘liq hodisaga ilk bor izoh berdi | Amerikalik aktyor Alek Bolduin suratga olish maydonchasida yuz bergan hodisa va operatorning o‘limi yuzasidan izoh berdi.
Avvalroq aktyor “Zang” (Rust) filmini suratga olish maydonchasida ikki nafar hamkasbiga o‘q uzgani, buning oqibatida operator Galina Xatchins hayotdan ko‘z yumgani, rejissor Joel Sousning esa ahvoli og‘irligi haqida xabar berilgandi. Ma’lum qilinishicha, Bolduin politsiya bilan hamkorlik qilmoqda.
“Chuqur hurmatga ega hamkasbimiz, ona va rafiqa — Galina Xatchinsni hayotdan olib ketgan fojiali voqea bilan bog‘liq iztirob va qayg‘umni ifodalashga til ojiz. Politsiya bilan ushbu fojia qanday yuz berganini oydinlashtirish uchun to‘liq hamkorlik qilmoqdaman. Uning turmush o‘rtog‘i va oilasiga yordam taklif qilib aloqada bo‘lib turibman”, — deb yozgan Bolduin Twitter sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, voqea Amerikaning Nyu-Meksiko shahridagi Bonanza Creek Ranch ranchosida sodir bo‘lgan. “Zang” (Rust) kartinasi mahalliy rancho boshlig‘ining tasodifiy o‘limidan keyin bobosi bilan yashirinishga majbur bo‘lgan 13 yashar bola haqida hikoya qiladi. Kaliforniyalik rejissor Joel Sous filmda rejissor sifatida ishtirok etgan. Bolduin sujetga ko‘ra bolaning buvasi, Xarland Rastning qotili va kartinaning prodyuseri sifatida qatnashgan.
Yuz bergan hodisadan keyin suratga olish ishlari to‘xtatilgan. | 132 | 1,317 |
Madaniyat | Sanjar Shodiyev kelajakda Munnaboy va Husayn Boyqaro rollarini ijro etmoqchi | Aktyor Sanjar Shodiyev “7x7” gazetasi bilan suhbatda kelajakda qaysi obrazlarni yaratmoqchi ekanligini gapirib berdi.
“O‘zimni katta-kichik rollar bilan avrab yuribman. Ammo asl niyatimni aytsam: men Munnaboy rolini o‘ynamoqchiman. Bu rolni shunday maromiga yetkazib ijro etayki, tomoshabinlar ‘Haqiqiy Munnaboy Hindistonda emas, balki o‘zimizda’ deb aytishsin. Hozirda bor kuchimni shunga safarbar etganman.
Shu bilan birga, fe’l-atvorimga mutlaqo teskari rolni o‘ynashni xohlayman. Masalan, jiddiy, qovog‘idan qor yog‘adigan odamlarni gavdalantirish niyatim bor. Husayn Boyqaro rolini o‘ynash esa eng katta orzuim”.
Sanjar Shodiyev hozirgi kunda nimalar bilan band ekanligini ham aytib o‘tdi.
“Ayni paytda ikkita film ssenariysi ustida ish olib boryapman. ‘O‘zingdan qo‘ymasin, xalqim’ deb nomlangan birinchi filmni nafaqat yurtimizda, balki AQShda ham tasvirga olish rejada bor. Ikkinchi kartina esa asosan ayollarimiz hayotiga bag‘ishlanadi”. | 76 | 947 |
Madaniyat | O‘zbekistonda kinoteatrlar monopoliyasiga nuqta qo‘yildi | O‘zbekistondagi mavjud kinoprokat tizimida ko‘p yillik an’analarni yo‘qqa chiqargan yangilik sodir bo‘ldi. Ya’ni, bundan buyon kinostudiyalarning mamlakatdagi davlat tasarrufida bo‘lgan mavjud kinoteatrlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalari tugatildi, deb yozadi O‘zA.
Prezidentning joriy yil 24-iyuldagi “Milliy kinoindustriyani rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 6-apreldagi “Respublikada yagona repertuar siyosati yuritilishini ta’minlashga yo‘naltirilgan respublika kinoprokat tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq “O‘zbekkino” milliy agentligi tizimda bir qator o‘zgarishlarni amalga oshirmoqda. Ulardan eng asosiysi, Respublika kinoprokat markazi va ularning respublikaning barcha hududlaridagi filiallari tashkil etilishi bo‘ldi.
“O‘zbekkino” milliy agentligi bosh direktori Furqat Zokirovning “Respublikada yagona repertuar siyosati yuritilishini ta’minlashga yo‘naltirilgan respublika kinoprokat tizimini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi buyrug‘iga ko‘ra, bundan buyon Agentlik tizimidagi barcha kinoteatrlarni milliy va xorijiy filmlar bilan ta’minlash markazlashgan holda Respublika kinoprokat markazi tomonidan amalga oshiriladigan bo‘ldi. Kinoprokat tizimiga kiruvchi barcha kinoteatrlarda filmlar namoyishini tashkil etish xususiy kino ishlab chiqaruvchilar – studiyalar va distribyuterlar bilan tuziladigan shartnomalar asosida Respublika kinoprokat markazi tomonidan amalga oshiriladi.
Endilikda Agentlik tizimidagi va boshqa kinoteatrlarda Respublika kinoprokat markazi bilan prokat shartnomalari tuzilmagan va repertuar rejaga kiritilmagan filmlar namoyishini amalga oshirish mumkin emas. Agentlik tizimidagi poytaxtda joylashgan Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyga, Samarqanddagi Sharq yulduzi kinoteatriga hamda Farg‘ona shahridagi Alisher Navoiy nomli kinoteatrga qarashli bo‘lgan barcha kinoafisha stendlari yagona repertuar siyosati yuritilishini ta’minlash uchun operativ boshqaruv asosida Respublika kinoprokat markazi ixtiyoriga o‘tkazib beriladi va ular zamonaviy elektron stendlarga bosqichma-bosqich almashtiriladi. Shu bilan birga, shaffoflikni ta’minlash maqsadida kinoteatrlar optik tolali aloqa liniyasi orqali kinoprokat elektron tarmog‘iga ulanadi va ularda elektron kinochiptalarni yuritish avtomatlashtirilgan tizimi joriy qilinadi. | 56 | 2,403 |
Madaniyat | Namanganda Fransiyaning mashhur klassik asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilindi | Namanganlik yozuvchi va jurnalist Rustamjon Ummatov fransuz yozuvchilarining mashhur romanlari, jumladan, Aleksandr Dyumaning “Ikki Diana” va Sharl Loranning “Napoleon josusi” hamda “Napoleon o‘g‘li” asarlarining tarjimalarini taqdim etdi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” xabar bermoqda.
Taqdimot Nodira nomidagi axborot-kutubxona markazida bo‘lib o‘tdi.
Bundan avval Rustamjon Ummatov Jyul Vernning “Klodius Bombarnak”, “Muzlikda qishlov”, “Robinzonlar maktabi”, “Montesuma qizi” asarlarini va boshqa mualliflar ijod mahsullarini tarjima qilgan.
Ayni kunlarda namanganlik yozuvchi Aleksandr Dyumaning “Kavaler de Mezon Ruj” romani, shuningdek, Ann va Serj Golon yaratgan 14 tomli “Anjelika” asarlar jamlanmasini o‘zbek tiliga tarjima qilish ustida ish olib bormoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 78 | 940 |
Madaniyat | Sabina Mustayeva “Golos.Deti” loyihasining yubiley konsertida qatnashdi (video) | Rossiyaning “Birinchi kanali”dagi “Golos.Deti” loyihasining besh yillik yubileyiga bag‘ishlangan konsert bo‘lib o‘tdi.
Unda ikkinchi mavsum g‘olibi o‘zbekistonlik Sabina Mustayeva ham qatnashdi. U “Golos”ning beshinchi mavsumi g‘olibi Darya Antonyuk bilan birga Queen guruhining Somebody to Love qo‘shig‘ini kuyladi. | 79 | 316 |
Subsets and Splits
No saved queries yet
Save your SQL queries to embed, download, and access them later. Queries will appear here once saved.