folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Madaniyat
Aktrisa Sevara Soliyeva o‘g‘il farzandli bo‘ldi
Sevara Soliyeva hamda Ma’mur Sultonov juftligi o‘g‘il farzandli bo‘ldi, deb xabar beradi “Uz24.uz” “Shok.uz” axborotiga tayanib. Xabarda chaqaloqning aynan qachon tug‘ilgani, qanday ism qo‘yilgani aytilmagan. Eslatib o‘tamiz, aktrisa Sevara Soliyeva va sobiq “Bayon” guruhi xonandasi Ma’mur Sultonov 2013-yil oktabrda oila qurgan edi.
47
335
Madaniyat
Buyuk Britaniya qiroli Charlz III ning kenja o‘g‘li Garri butun umri davomida boshqa ism bilan chaqirilganini ma’lum qildi
Ma’lum bo‘lishicha, Sasseks gersogi Garri nomi bilan tanilgan bo‘lsa-da, uning qonuniy ismi Genri, deb yozadi “Noviy ochag”. WellChild Awards mukofotiga sazovor bo‘lgan bolalar bilan video qo‘ng‘iroq paytida Shahzoda Garri kutilmagan yangilik bilan bo‘lishdi. Sog‘lig‘ida jiddiy muammo bilan tug‘ilgan 4 yoshli Genri Ueyns va uning ota-onasi bilan suhbatda Sasseks gersogi beparvolik bilan Garri uning haqiqiy ismi emasligini aytib o‘tdi. “Mening ismim ham Genri. Lekin hamma meni Garri deb chaqiradi. Sababini bilmayman”, — deydi shahzoda. Ma’lum bo‘lishicha, haqiqatan ham shunday. Qirol Charlz III ning kenja o‘g‘liga Genri Charlz Albert Devid deb ism berilgan. Tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomada ko‘rsatilganiga qaramay, deyarli hamma shahzodani Genri emas, balki Garri deb chaqirishining sababi aniq emas. Genri nomi eski fransuzcha Anri (Henri) nomidan kelib chiqqan, ammo vaqt o‘tishi bilan (o‘rta asrlarda) inglizcha versiya — Garridan foydalana boshlandi. Genrix deb atalgan monarxlarning ko‘pchiligi ham o‘sha paytda Garri deb chaqirilgan. Malika Diana va shahzoda Charlz ikkinchi o‘g‘lining ismini e’lon qilganda, saroy rasmiy ravishda uni shahzoda Genri Charlz Albert Devid, lekin oilasi va do‘stlari shunchaki Garri deb nomlashini aytgan. Shahzodani bolaligidan Kensington saroyi, matbuot va jamoatchilik oilaviy Garri ismi bilan chaqira boshladi. Biroq qirol oilasi a’zolari rasmiy bayonotlarda uning haqiqiy ismini ham ko‘rsatishi mumkin. Misol uchun, shahzoda Garrining Megan Markl bilan unashtiruvi e’lon qilinganida, Bukingem saroyi bayonotida shunday deyilgan: “Uels shahzodasi Genri va Megan Markl xonim unashtirildi va turmush qurish arafasida”.
122
1,671
Madaniyat
Putin Sigal bilan uchrashmaydi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin taniqli amerikalik aktyor, yaqin kunlarda Moskvaga kelishni rejalashtirayotgan Stiven Sigal bilan uchrashmaydi. Bu haqda, Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskovga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda. 3-noyabr kuni Putin aktyorga RF fuqaroligini berish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Sigal keyinroq unga Rossiya fuqaroligi berilgani uchun minnatdorlik bildirdi. Peskov Sigal Rossiyaga nisbatan iliq munosabatlari bilan mashhurligini va ko‘pdan buyon fuqarolik so‘rab kelganini aytib o‘tdi.
30
518
Madaniyat
Ozodbek Nazarbekov: Yoshligimizda to‘ylar tajriba maktabi edi. Hozirgi to‘ylar esa eng bachkana qo‘shiqlarni talab qilyapti (video)
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasida san’atkorlarning to‘y-marosimlarda ishtirok etishi masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Yoshlar” telekanalining “Davr” informatsion dasturi xabar bermoqda. Yig‘ilishda dabdabali to‘y-marosimlarni cheklash ishlari doirasida bitta to‘yda nechta xonanda qatnashishi mumkinligi masalasi ham muhokama qilingan. “Bitta to‘yda bitta san’atkor bo‘lishi kerak” mazmunidagi taklif ko‘zga ko‘ringan san’atkorlar tomonidan ham ko‘p ma’qullanmagan. O‘z navbatida, O‘zbekiston xalq artisti, madaniyat vaziri birinchi o‘rinbosari Ozodbek Nazarbekov to‘ylar cheklanadigan bo‘lsa, san’atkorlarning mualliflik huquqidan foydalangan holda daromad topishi uchun sharoit yaratib berish adolatdan bo‘lishini ta’kidladi. Jahonda bunday — to‘y orqali tirikchilik qilish amaliyoti yo‘q. San’atkorning tirikchilik manbai faqat to‘y emas. Aslida, mualliflik huquqidan foydalanib daromad topadi. Shunda adolat ham bo‘ladi. Agar san’atkorlar mualliflik huquqi ortidan kun kechiradigan bo‘lsa, birinchidan, san’atning sifati yaxshilanadi, hamma o‘zining ustida ishlaydi, raqobat paydo bo‘ladi. Yoshligimizdagi to‘ylar, qaysidir ma’noda, tajriba maktabi ham bo‘lardi. Chunki san’atning muxlisi shunga loyiq muxlis edi, qo‘shiqchiga katta talab qo‘yardi. Qo‘shiqchining sifatini oshirishga xizmat qilardi. Bugungi to‘ylar esa sifatni tushirishga xizmat qilyapti. Eng bachkana qo‘shiqlarni talab qilyapti. Ozodbek Nazarbekov, O‘zbekiston xalq artisti, madaniyat vaziri birinchi o‘rinbosari Yig‘ilishda qatnashgan senatorlar mualliflik huquqini yanada takomillashtirish borasidagi huquqiy asoslarni qayta ko‘rib chiqish fursati yetganligini e’tirof etgan. Nasiba Abdullayeva: Bitta to‘yda faqat bir xonanda qatnashsin degan talab qo‘yilsa, san’atkorlar ishsiz qolib ketadi (video)
131
1,808
Madaniyat
Toshkentda “Hayot” filmining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi
Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda “Hayot” nomli filmning taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi. Tadbir avvalida harbiy orkestr ijrosida kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. 2000-yilda Surxondaryo viloyatining Sariosiyo va Uzun tumanida chegarani bosib o‘tgan terrorchi guruhlarga qarshi kurashib, halok bo‘lgan o‘zbek askarlarining oila a’zolari sahnaga taklif etildi. Ularga sovg‘alar ulashildi. Film halok bo‘lgan askar yigitlar xotirasiga bag‘ishlanadi. “O‘zbekkino” milliy agentligi buyurtmasiga asosan “Vatan” kinostudiyasida suratga olingan mazkur film rejissyori Hilol Nasimov, ssenariy mualliflari Iqbol Mirzo hamda Zulfiya Yunusovadir. Kinokartinada asosiy rollarni Fotih Nasimov, Oysanam Yusupova, Tohir Saidov, Lola Eltoyeva, Farhod Abdullayev, Mehriddin Rahmatov, Samiddin Lutfullayev va boshqa aktyorlar ijro etgan.
59
842
Madaniyat
Rayhon: Oilani saqlab qolish borasida fikr bildirish uchun yetarli tajribaga ega emasman
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva jurnalist Jasur Hamroyev bilan intervyuda muxlislarning turli mavzulardagi savollariga javob berdi. Ulardan biri oilani saqlab qolish uchun nima qilish kerakligi haqida so‘radi, deb yozadi “Darakchi.uz”. Rayhon bu savolga quyidagicha javob berdi: “Oilani va undagi muhabbatni saqlab qolish uchun nima qilish kerak?” degan savolga, o‘ylashimcha bir necha yillardan keyin javob bera olishim mumkin. Chunki o‘shanda menda haqiqatdan ham bu savolga javob berishim uchun yetarlicha tajriba bo‘ladi. Bugun esa men rafiqa sifatida har qanday vaziyatda ham turmush o‘rtog‘imni qo‘llab-quvvatlashim va undan bir pog‘ona pastda bo‘lishim kerakligini tushunaman. Eng asosiysi, er va xotin o‘rtasida muhabbat bo‘lishi va ular o‘zaro bir-birini tushunishi kerak. Agar er-xotin bir-birini tushunmasa, turmush darz keta boshlaydi. Biroq agar tuyg‘ular bo‘lsa, har qanday vaziyatda ham hammasini o‘zgartirish mumkin. Ma’lumot uchun, Rayhon va Yigitali 2012-yilda turmush qurgan, 2014-yilda esa egizak farzandli bo‘lgan. 2016-yil mayida Rayhon va Yigitalining nikohi rasman bekor qilingani ma’lum bo‘ldi. 2016-yil noyabrida Rayhon boshlovchi Farhod Alimovga turmushga chiqdi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
88
1,388
Madaniyat
DJ Piligrim o‘zining Apple ishqibozi ekanligini e’tirof etdi
Hozirgi kunda zamonaviy qurilmalar shunchaki aloqa vositasi emas, balki turfa vazifalarga ega yordamchiga aylanib, kishilarning hayot tarziga kirib ulgurdi. ICTnews internet-nashri esa ko‘proq DJ Piligrim sifatida tanilgan xonanda va musiqachi Ilhom Yo‘lchiyev bilan uning sevimli gadjetlari xususida suhbatlashdi. O‘zining aytishicha, xonanda Apple mahsulotlarining ishqibozi ekan. 2010-yili sotib olgan 64 Gb xotiraga ega iPhone 4S smartfonini boshqasiga almashtirmayotganining sababi sifatida u o‘z akkauntlari va ijtimoiy tarmoqlardagi parollarini eslab qololmasligini ko‘rsatadi. Shuningdek, u displeyi 13 dyuymlik MacBook Air’dan foydalanishini, undan avvalgi MacBook Pro’ni ham sotmasdan saqlab qo‘yganini aytgan. DJ Piligrim ijtimoiy tarmoqlardan “VKontakte”ni ko‘proq yaxshi ko‘rishini aytib, uning mediatekasi ancha boy ekanligini e’tirof etadi. Shuningdek, u kompyuter o‘yinlarini o‘ynamasligini, qimmatbaho vaqtni turli o‘yinchoqlarga sarflash o‘zini o‘ldirish bilan barobar ekanligini ta’kidlaydi. Sevimli dasturi haqidagi savolga javob berar ekan, xonanda iPhone’ni fleytaga “aylantiruvchi” Ocarina dasturini e’tirof etadi.
60
1,138
Madaniyat
Oq uydan keyingi hayot: prezidentlik muddatidan so‘ng AQShning sobiq birinchi xonimlari nima bilan shug‘ullanadi?
Prezident rafiqalariga har qanday davrda ham oson bo‘lmagan. Oq uyda oilasi obro‘sini himoya qilgan holda nafaqat yengil nafas olib, erkin hayot kechirishni boshlagan, balki butun dunyoni o‘zlari haqida tinmay gapirishga majbur qilgan ajoyib ayollar haqidagi maqolani tarjima tariqasida e’tiboringizga havola etamiz. Melaniya Tramp Birinchi xonim Melaniya Tramp Invictus Games hamda Vashington konferensiya markazining inauguratsiya balida, 2017-yil Birinchi xonimlik davri: 2017—2021 Sobiq model milliarder turmush o‘rtog‘i Donald Tramp 2016-yilda prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonganidan keyin AQSh tarixidagi 45-xonim bo‘ldi. Melaniya Tramp bu u uchun quvonchli voqea emasligini hech qachon yashirmagan. Keyingi to‘rt yil u uchun xalqaro nazorat va doimiy stressning nihoyatda qiyin davri bo‘ldi – sariq matbuot Tramp juftligining har bir chiqishini tanqid ostiga olib, ularning nikohidagi muammolarni ko‘rsatishga jon-jahdi bilan harakat qildi. Moda kuzatuvchilari ham bu borada ortda qolmadi: birinchi xonim kiygan liboslarga ko‘pincha istehzo bilan munosabatda bo‘ldi (hatto Melaniya 2018-yilda muhojirlar markaziga “Menga chindan ham farqi yo‘q, sizga-chi?” provokatsion yozuvi tushirilgan kurtka kiyib kelganida tahdid ostida ham qolgan), bundan tashqari, oddiy Amerika fuqarolari ham Oq uyning yangi bekasini yoqtirmadi — 2021-yil yanvar oyida o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovlarga ko‘ra, amerikaliklarning 47 foizi u haqda salbiy fikr bildirgan. Melaniya uchun turmush o‘rtog‘ining prezidentlik yillari nimasi bilan yodda qolgan? Ehtimol, u Oq uyda boshlagan keng ko‘lamli ta’mirlash ishlari bilandir. Birinchi xonim tufayli yuvinish xonasi, birinchi qavatdagi marmar pol, bouling ayvonchasi, Atirgul bog‘i va tennis pavilyoni dizayniga o‘zgartirishlar kiritildi. Bundan tashqari, u har yili Rojdestvoda uyni bayramona bezash bilan shug‘ullanardi. Biroq birinchi xonimning dizaynerlik mahorati — Margaret Etvudning “Xizmatkorning ertagi” romanidagi alvon rangli archalardan tortib, Garri Potterdagi dementorlarni yodga soluvchi “oq sharpali o‘rmon”gacha ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining masxara qilishiga sabab bo‘ldi. Melaniya Oq uyda Shundoq ham Oq uyda o‘zini ortiqcha his qilgan Melaniya bunday munosabatdan juda xafa bo‘lgan. Shubhasiz, o‘zini biroz chalg‘itish va jamiyatga foyda keltirish uchun birinchi xonim xayriya ishiga qo‘l urdi. 2018-yilda u sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish va yoshlar o‘rtasida opioidlarni suiiste’mol qilishga qarshi kurashishga qaratilgan “Eng yaxshisi bo‘l” (Be Best) ijtimoiy dasturini ishga tushirdi. “Bizning avlodning ma’naviy burchi — tashabbus ko‘rsatish va bolalarimizga yordam berish”, degan Melaniya Tramp Atirgul bog‘ida bo‘lib o‘tgan dastur taqdimotida. Va nihoyat Donald Tramp 2020-yilgi prezidentlik saylovida Jo Baydenga yutqazganida Melaniya yengil nafas oldi. Endi unga birinchi xonim vazifalaridan ketishga rasman ruxsat berildi, qaysiki, u butun qalbi bilan nafratlanadigan vazifalardan. U yangi prezident kelguniga qadar ham Oq uyda qolishni xohlamadi (70 yillik an’anaga ko‘ra, Amerika prezidentlarining rafiqalari keyingi vorislarini choy bilan kutib oladi va Oq uyni yangi xo‘jayinlariga topshiradi, lekin Melaniya bu an’anani buzdi). Buning o‘rniga Tramp xonim telekameralardan xoli bo‘lgan, allaqachon unutilgan hayotdan bahramand bo‘lish uchun Floridadagi Mar-a-Lago oilaviy qarorgohiga ko‘chib o‘tdi. “U har kuni spa-salonga boradi, tushlik qiladi, yana spa-salonga qaytadi va Donald Tramp bilan ovqatlanadi. Har kuni shu hol takrorlanadi”, — deydi 2021-yilning fevral oyida er-xotinga yaqin bo‘lgan bir manba. Melaniya Nyu-Yorkdagi Trump Tower’da hamda juftlikning shtatning yuqori lavozimli amaldorlari sifatidagi oxirgi chiqishi, 2021-yil 20-yanvar Hozirda uning asosiy vazifasi — bu uning 15 yoshli o‘g‘li Berron, milliarder tadbirkor Bill Koch (Donald Trampning saylovoldi kampaniyasi homiysi) tomonidan asos solingan Vest Palm-Bichdagi Oksbrij akademiyasi maktabiga borishni boshladi. “Melaniya hozirda Berronning ta’lim olishi, darsdan tashqari mashg‘ulotlari va kelajagi bilan to‘liq shug‘ullanmoqda”, — deydi insayderlar. Melaniya Trampning eri bilan munosabatlariga kelsak, bu haqda ko‘p narsa ma’lum emas. Bir necha yildirki, kuzatuvchilar ularning yaqinlashib kelayotgan ajralishlarini bashorat qilishmoqda. 2021-yilning yozida Melaniya Tramp erining 75 yoshini nishonlashga kelmaganida ommaviy axborot vositalarida juftlikning kelishmovchiliklari haqidagi yangi mish-mishlar to‘lqini paydo bo‘ldi. Mishel Obama Mishel Obama birinchi xonim sifatida yoshlar o‘rtasida ijodkorlikni rivojlantirish dasturini taqdim etmoqda, 17-noyabr, 2015-yil hamda AQShning sobiq birinchi xonimi College Signing Day tadbirida, 2017-yil iyun Birinchi xonimlik davri: 2009—2017 Prezidentlik davrining sakkiz yili mobaynida Barak Obamaning rafiqasi ko‘p jihatlar bilan yodda qolishga muvaffaq bo‘ldi: kiyinish uslubining ajoyib evolyutsiyasidan tortib ilhomlantiruvchi ijtimoiy tashabbuslargacha. Agar Melaniya Tramp bugun biror-bir xayriya yoki ijtimoiy tadbirga kelgan bo‘lsa, matbuot 10 ta holatdan 9 tasida: “Bu an’ana Mishel Obama tomonidan kiritilgan”, deb qo‘shimcha qilishi bejiz emas. 44-xonim harbiy oilalar bilan birgalikda bolalarda ko‘p kuzatilayotgan ortiqcha vazn ortishiga qarshi kurashga qaratilgan harakatlarni qo‘llab-quvvatladi. Barak Obamaning prezidentlik muddati tugagach, Mishel Hillari Klinton kabi prezidentlik poygasiga qo‘shildi. Albatta, bunday ish ko‘p vaqt va kuch talab qiladi, boshqa sharoitda Mishel va Barak bir-biriga to‘liq bag‘ishlangan bo‘lardi. Vashingtondan Chikagoga ko‘chib o‘tgan Obama jamoatchilik e’tiboridan uzoqroqqa otlangani ajablanarli hol emas: avval Karib dengizidagi xususiy orolga, keyin Fransiya Polineziyasi, Indoneziya va Italiyaga. To‘g‘ri, bu shartli ravishda “uzoq” muddat edi — 28-fevralda sobiq birinchi xonim norasmiy bo‘lsa-da, lekin bundan keyin qilishi mumkin bo‘lgan ishlar bilan shug‘ullanish uchun siyosatga qaytdi. Har bir sobiq prezidentning rafiqasi singari Mishel ham hozir fikr yetakchisi va Amerika koordinata tizimida o‘z vakolatlarini ijtimoiy foydali qadamlarga aylantirishga majburdir. Misol uchun, Obama xonim o‘zining avvalgi yoshlar siyosatini davom ettirgan holda Amerika maktablariga yoshlarning orzulari va intilishlari haqida suhbatlashish uchun tashrif buyuradi. Mishel Obama Chikagodagi Obama Foundation tadbirida Chance the Rapper ijrochisi bilan, 2017-yil 1-noyabr Bundan tashqari, Mishel Oq uy bekasi sifatida u tomonidan joriy qilingan an’analarini ham unutmadi. Masalan, so‘nggi bir necha yil mobaynida AQSh 44-prezidentining rafiqasi sifatida Nyu-Yorkda oliy ma’lumot olish zarurligiga bag‘ishlangan College Signing Day’ning faxriy mehmoni bo‘ldi. 2017-yilda amerikalik maktab o‘quvchilarini kollej va universitetlarda tahsil olishga targ‘ib qilish uchun Manxettenga borgan ham yangi birinchi xonim emas, aynan u edi. Mishel turmush o‘rtog‘i bilan Obama Foundation Summet’da, 2017-yil 31-oktabr Sobiq birinchi xonim Amerikada hali ham juda mashhur shaxs — ayniqsa, Melaniya Trampning harakatlaridan norozi bo‘lganlar orasida. Mishelning Obama Foundation sammitida so‘zlagan nutqi so‘zma-so‘z iqtiboslarga aylanib ketgan va uning fevral oyi oxirida Indianada bo‘lib o‘tadigan navbatdagi nutqining chiptalar allaqachon sotib bo‘lingan. Ko‘rinib turibdiki, Mishel nafaqaga chiqmoqchi emasga o‘xshaydi. Lora Bush AQShning sobiq birinchi xonimi Lora Bush YuNESKO shtab-kvartirasida o‘qituvchilar malakasini oshirish dasturlari bo‘yicha davra suhbatida ishtirok etmoqda, 2007-yil 15-yanvar hamda sobiq birinchi xonim Concordia sammitida, 2017-yil 18-sentabr Birinchi xonimlik davri: 2001—2009 Lora Bush Oq uyga ayollar va bolalar huquqlari himoyachisi sifatida kirib keldi va sakkiz yil davomida u mas’uliyat bilan ta’limni rivojlantirish, ayollar salomatligini yaxshilash, butun dunyo bo‘ylab gender tengligini targ‘ib qilish uchun son-sanoqsiz notijoriy dasturlar va fondlarni ishga tushirdi. Aytish kerakki, u bu vazifani yaxshi uddaladi: eri urush boshlaganiga qaramay, Lora qayerga bormasin, xalq nazarida tinchlik va yaxshilik elchisi bo‘lib qoldi. Ajablanarlisi shundaki, 43-xonim Oq uyni rekord darajadagi yuqori reyting bilan tark etdi. Jorj va Lora Bush Donald Trampning inauguratsiyasida, 2017-yil 20-yanvar Aslida, jamoatchilikning unga shu qadar moyilligi 2000-yillarda boshlagan barcha tashabbuslarini muvaffaqiyatli davom ettirishga imkon berdi. U va turmush o‘rtog‘i haligacha Amerika bo‘ylab faxriylarni qo‘llab-quvvatlash uchun kutubxonalar, ta’lim fondlari va kampaniyalarini tashkil qiladi, ommaviy axborot vositalariga intervyu berishni kanda qilmaydi. Qizig‘i shundaki, Oq uydagi vakolatidan keyin ham u birinchi xonim sifatidagi vazifalaridan voz kechmagan ... hatto Barak Obama ma’muriyati davrida ham. Lora Bush urush faxriylari o‘rtasidagi ishsizlikni bartaraf etishga bag‘ishlangan tadbirda, 2015-yil 15-sentabr Lora Bush va Mishel Obama — turli siyosiy partiyalarga mansub bo‘lishlariga qaramay, bir-birlari bilan darhol til topishgan. Lora prezidentlik kampaniyasi paytida Barak Obama rafiqasini omma oldida qo‘llab-quvvatlab, demokratlar g‘alaba qozonganidan so‘ng, u uchun Oq uy bo‘ylab shaxsan o‘zi ekskursiya uyushtirgan. Saylovdan bir yil o‘tgach, Lora Mishelni mehnatsevarligi va, albatta, prezident saroyini juda qulay jihozlagani uchun ham maqtagan. Lora va Mishel ko‘p hollarda bir-biri bilan muloqot qilib turadi. 2010-yil 11-sentabrda sobiq birinchi xonim Oq uyning yangi bekasi bilan birga 2001-yilgi terakt qurbonlari xotirasi uchun nutq so‘zlashga taklif qilindi va 2013-yilda ular Afrikadagi sammitga ham birga borishdi. 2015-yilda Mishel va Lora shaharni ko‘kalamzorlashtirish kampaniyasiga boshchilik qildi, bu esa yana bir bor ommaviy axborot vositalarining zavqini keltirdi. Bundan ko‘rinib turibdiki, birinchi xonim bo‘lishdan shunchaki voz kechish oson ish emas. Hillari Klinton Bill va Hillari Klinton davlat ziyofatidan oldin, 1999-yil 8-aprel hamda sobiq birinchi xonim AQSh davlat kotibi maqomida, 2010-yil 30-sentabr Birinchi xonimlik davri: 1993—2001 Oxirgi saylov poygasini yodga oladigan bo‘lsak, bu xonim haqida hamma narsa aytilganga o‘xshaydi. Qo‘shma Shtatlardagi eng faol siyosiy ayollardan biri bo‘lgan Hillari Klinton avval o‘n ikki yil Arkanzasning birinchi xonimi, keyin yana sakkiz yil Oq uy bekasi bo‘lgan. Bu vaqt mobaynida u bir nechta ommaviy kampaniya o‘tkazdi, ular orasida siyosiy jihatdan muvaffaqiyatli va omadsizlari ham bo‘ldi. Biroq lavozimdagi muvaffaqiyatsizliklar uning Oq uydagi eng nufuzli ayol unvonini saqlab qolishiga to‘sqinlik qilmadi. Erining prezidentligi davrida Hillari ko‘p narsani o‘rgandi (Monika Levinskiy bilan janjalining o‘zi ko‘p narsaga arziydi), shu jumladan, siyosatni ham. Birinchi xonim Lora Bushga yo‘l berishdan oldin Klinton kelajakdagi karyerasini oldindan o‘ylagan holda Nyu-York shtatidan Senatga muvaffaqiyatli saylandi. Bu uning kelajakdagi siyosiy yo‘li uchun yaxshi tramplin bo‘ldi: 2008-yilda u birinchi prezidentlik saylovida qatnashdi, lekin u yangi kelgan Obamaga yon berdi, keyinroq — o‘sha Obama taklif qilgan davlat kotibining obro‘li mavqeyiga ega bo‘ldi. 2016-yilda Hillari deyarli butun Amerika shou-biznesi va matbuotini mohirlik bilan o‘z tomoniga og‘dirib, yana omadini sinab ko‘rdi. Ammo demokratiya yo‘llarini oldindan bilib bo‘larmidi: hamma uchun kutilmaganda Donald Tramp saylovda g‘olib chiqdi. Hillari Klinton Nyu-York shtati senatori va AQShning yangi birinchi xonimi Lora Bush bilan, 2002-yil Bu yil Hillari Klinton o‘zining 72 yoshini nishonlaydi, balki u endi prezidentlik poygasida qatnashmas. Shunga qaramay, AQShning sobiq birinchi xonimi siyosatda faol ishtirok etishda davom etmoqda va doimo Trampga qarshi chiqadi, vaqti-vaqti bilan rus xakerlari bilan janjallarning yangi tafsilotlari bilan kurashadi, shuningdek, 2016-yilgi kampaniyaga bag‘ishlangan “Aslida nima bo‘lgandi?” nomli memuar kitobidan gonorar oladi. Barbara Bush AQShning birinchi xonimi Barbara Bush, 1992-yil 11-dekabr hamda Oq uyning sobiq birinchi xonimi Bill Klintonning inauguratsiyasida, 1993-yil 20-yanvar Birinchi xonimlik davri: 1989—1993 Turmush o‘rtog‘i prezident etib saylangach, uning siyosiy faoliyati qariyb chorak asr davom etdi. Bu vaqt ichida Barbara Bush ham kongressmenning, ham diplomatning rafiqasi, ham AQShning ikkinchi xonimi (vitse-prezident rafiqasi) bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi. Keyinchalik esa umrining yana to‘rt yilini erining siyosiy ambitsiyalariga bag‘ishlash uchun Oq uyga rasman ko‘chib o‘tdi. Bunday sharoitdan so‘ng oddiy amerikalik fuqaroning hayotiga qaytish oson emas: 1993-yil yanvar oyida Oq uyni Klintonlarga topshirib, er-xotin Bush o‘z ona shahri — Texasga qaytib kelishdi, u yerda Barbara o‘zi uchun dahshatli haqiqatni tushunib yetdi: u ovqat tayyorlash va mashina haydashni butunlay unutib qo‘ygandi (bu masalada eri mahalliy aholiga hazillashib, agar ayolining mashinasini to‘satdan payqab qolsalar, uzoqroqqa qochishni maslahat bergan). Barbara Bush Oq uyda hayot yo‘li haqidagi yangi kitobini taqdim etmoqda, 2003-yil 10-noyabr Qisqasi, Barbara asta-sekinlik bilan avvalgi hayotiga qaytishga harakat qildi. Ammo ko‘p o‘tmay o‘g‘li kichik Jorj Bush siyosatga birinchi qadamlarini qo‘ya boshladi, prezident bo‘lganida esa keksa onasi o‘g‘lini ko‘plab siyosiy hujumlardan himoya qilish uchun milliy telekanallarda namoyon bo‘lishga majbur bo‘ldi. Barbara Bush birinchi xonimdan asta-sekin birinchi ona maqomiga o‘tdi, bu narsalar uni toliqtirgan deb bo‘lmaydi, chunki Oq uyda o‘zini tutib olishni puxta egallagandi. Sog‘lig‘i bilan bog‘liq jiddiy muammolarga qaramay, Bush xonim vaqti-vaqti bilan tantanali tadbirlarda qatnashishda va xayriya jamg‘armalariga homiylik qilishda davom etdi, natijada uning ahvoli keskin yomonlashdi. Barbara 2018-yilning 17-aprelida 92 yoshida amerikaliklarning sevimli xonimi sifatida olamdan o‘tdi, vafoti munosabati bilan amaldagi prezident Donald Tramp hamda AQShning deyarli barcha sobiq rahbarlari ta’ziya izhor qilishdi. Nensi Reygan AQShning birinchi xonimi Nensi Reygan York gersogi va Sara Fergyusonning to‘yida, 1986-yil 2-iyul hamda Nensi Reygan 2000-yilda Birinchi xonimlik davri: 1981—1989 Kaliforniya “qirolichasi” va Amerikaning “qimmatli” birinchi xonimlaridan biri uchun Oq uy devorlaridan tashqarida yashash prezidentning rafiqasi maqomiga qaraganda ancha qiyinroq bo‘lgan. Reyganlarning hayoti yigirma yildan ortiq siyosiy matbuot sahifalarida yoritilgan, ammo Ronald prezidentligidan keyin ham uning oilasi Amerika nashriyotlarining millionlab nusxalarini yangi xabarlar bilan ta’minlab turdi. Gap shundaki, Nensi har qanday sobiq birinchi xonim singari o‘z nomidagi fondlarga (u giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashgan) homiylik qilishni davom ettirdi va memuar asarlar nashr etdi. Dizaynerlik liboslari, qimmatbaho zargarlik buyumlari, bebaho sovg‘alar — Nensi erining prezidentligi davrida ega bo‘lgan hamma narsa Vashingtondan ko‘chib o‘tganidan keyin o‘zini eslatmay qo‘ymadi. Bir necha oy o‘tgach, AQSh Ichki daromad xizmati sobiq prezident juftligiga qarshi tergov boshladi, ular soliqlarni yashirish va pullarni o‘zlashtirishda ayblandi. Natijada departament umumiy qiymati, taxminan, 3 million dollar bo‘lgan buyumlarni soliq o‘rnida musodara qildi. Biroq 1989-yil oxirida boyligi 10 milliondan ortiq bo‘lgan Reyganlar barchasi uchun javob berishiga to‘g‘ri keldi. Juftlik Spirit of America mukofotining taqdirlash marosimida, 1990-yil 13-dekabr Ammo Nensiga atalgan taqdir sinovlari shu bilan tugamadi. Besh yil o‘tgach, uning sevimli turmush o‘rtog‘iga Alsgeymer kasalligi tashxisi qo‘yildi. Shundan keyin Nensi o‘zini butunlay eriga g‘amxo‘rlik qilishga, shuningdek, ushbu kasallikka jamoatchilik e’tiborini jalb qilishga bag‘ishladi. Erining o‘limidan keyin esa u ildiz hujayralarini tadqiq qilishga katta mablag‘ ajratdi. Nensi umrining oxirigacha marhum erining faol vakili bo‘lib qoldi: u mamlakat bo‘ylab sayohat qildi, tadqiqot markazlari va kutubxonalar ochdi, rasmiy tadbirlarda nutq so‘zladi. U 2016-yilda — 94 yoshida vafot etgach, sevimli turmush o‘rtog‘i Ronni yoniga dafn qilindi. Rozalin Karter Birinchi xonim Rozalin Karter portreti, 1977-yil 18-fevral hamda o‘zining avtobiografik asari taqdimotida, 1984-yil Birinchi xonimlik davri: 1977—1981 Rozalin Karter erining siyosiy faoliyatiga shunchalik sho‘ng‘ib ketganidan hatto uning alohida idorasi ham bo‘lgan. 1981-yilgi saylovlardagi mag‘lubiyati unga haqiqiy zarba bo‘ldi. Tarixda Oq uyni tark etishni istamagan bunday birinchi xonim bo‘lmagandir. Ammo Ronald Reyganning g‘alabasini endi bekor qilib bo‘lmasdi. Biroq Nensi misli ko‘rilmagan xayrixohligi bilan Rozalinning ko‘nglini topdi — Reyganning rafiqasi ham prezident Karterning rafiqasi kabi gender tengligini himoya qildi. Rozalin va uning turmush o‘rtog‘i Jorjiyaga ko‘chib o‘tgandan so‘ng, siyosiy hayotda faol ishtirok etishdi: ular ruhiy kasalliklarni o‘rganish va davolash markazlarini ochishdi, diplomatik vakolatxonalar bilan Yaqin Sharqqa sayohat qilishdi, radio va televideniyeda tez-tez namoyon bo‘lishdi. Rozalinning o‘zi ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish tashabbuslarini ilgari surish uchun o‘zidan oldingi sobiq birinchi xonimlar bilan tez-tez aloqada bo‘ldi. 2007-yilda esa u ruhiy kasalligi bo‘lgan odamlarni sug‘urta qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini Kongressga taqdim etishga erishdi. Rozalin Karter tashabbusi bilan sobiq birinchi xonimlar va ularning qarindoshlari uchrashuvi, 1984-yil. Chapdan o‘ngga: Eleanor Ruzvelt Sigraves (Eleanor Ruzveltning nabirasi), Rozalin Karter, Betti Ford, Lyusi Beyns Jonson va Linda Bird Jonson Rob (prezident Jonsonning qizi), Syuzan Ford (prezident Fordning qizi) Rozalin Karter 2020-yilda 93 yoshga to‘ldi va hali ham siyosiy ishlarda faol. Misol uchun, uch yarim yil oldin u Kaliforniyada o‘lim jazosini bekor qilish tashabbusini qo‘llab-quvvatlab chiqdi, shuningdek, avvalgi saylovlarda Berni Sandersning Hillari Klintonga qarshi g‘alabasi uchun kurashdi. Bu ishlar, albatta, Rozalinning har qanday sobiq birinchi xonim uchun standart qoida bo‘lgan xayriya tadbirlarini hisobga olmagandagi faoliyati jumlasidan. Jaklin Kennedi Jaklin Kennedi, shtatlarning birinchi xonimi, 1961-yil 1-may hamda sobiq birinchi xonim Jaklin Onassis Londonda, 1970-yil Birinchi xonimlik davri: 1961—1963 Oq uyning mashhur sevimli xonimi Jaklin Kennedining hayoti fojiali tarzda yakunlandi: erining omma oldida o‘ldirilishi, og‘ir dafn marosimi va, albatta, uning prezidentlik saroyidan deyarli ochiqchasiga jirkanishi bilan. Oq uydan ko‘chib ketgach, Jaklin haydovchisiga uni bir vaqtlar sevimli joyidan o‘tadigan yo‘nalishlarga olib bormaslikni ataylab buyurgani ham bejiz emas. Qayg‘uga botgan sobiq birinchi xonim deyarli bir yil motam tutdi, faqat vaqti-vaqti bilan erining xotirasiga hurmat bajo keltirish uchungina omma oldida ko‘rinish berdi. Ammo mamlakat oldidagi mas’uliyat asta-sekin bunday qayg‘uga bardosh berishga o‘rgatdi: Vyetnam urushi avjida Jeki hatto diplomatik missiya bilan Kambojaga jo‘nadi va buning uchun u “AQShning alohida topshiriqlar bo‘yicha elchisi” norasmiy unvonini oldi. Jaklin Kennedi farzandlari (va shahzoda Filipp) bilan Jon Kennedi xotirasiga bag‘ishlangan Londondagi marosimda, 1965-yil may. U haqdagi qolgan ma’lumotlarni esa ko‘plab filmlar, kitoblar va afsonalardan bilib olish mumkin. Xavfsiz va tanho hayot izlab Jeki grek magnati va Monako knyazlari oilasining yaqin do‘sti Aristotel Onassisga turmushga chiqdi, baxtga qarshi bu umr yo‘ldoshi ham juda erta vafot etdi. 46 yoshli go‘zal Jaklin ikkinchi marta beva qoldi. Albatta, ikkita yuqori darajadagi nikoh Jekiga paparatssilar orasida misli ko‘rilmagan mashhurlik keltirdi — keyinchalik faqat malika Dianagina bunday jurnalistik ta’qiblarga duch kelgandi. Sariq matbuot vakillari kuniga 24 soat yangi suratlar ilinjida Jaklinning ketidan qolishmadi — hatto sobiq birinchi xonimni oddiy hayot kechirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan nashriyotlardan biriga muharrir bo‘lib ishga kirishi ham bundan qutqara olmadi. Ammo endi jamoatchilik e’tiboridan qochib bo‘lmasdi. Jaklin rad eta olmaydigan yagona narsa bu — Qo‘shma Shtatlar yodgorliklari va me’moriy merosini himoya qilish edi. Jaklin birinchi xonim sifatida shunday qildi ham, vafotiga qadar, ya’ni 1994-yilgacha shu ish bilan shug‘ullandi. Eleanora Ruzvelt AQShning birinchi xonimi Eleanora Ruzvelt, 1945-yil hamda Demokratik partiyaning 1960-yilgi Milliy qurultoyida sobiq birinchi xonim Birinchi xonimlik davri: 1933—1945 O‘z qarorlarida faol va jasoratli, aynan shu xonim birinchi xonim institutini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tara oldi. Aynan uning sharofati bilan hozirda har bir prezident turmush o‘rtog‘ini shu qadar yaqindan kuzatib boryapmiz. Eleanora Ruzvelt ham Jaklin Kennedi singari Oq uyni beva sifatida tark etdi: turmush o‘rtog‘i 1945-yil 12-aprelda — Ikkinchi jahon urushi tugashiga bir oy qolganda vafot etdi. Eleonora hatto Franklin Ruzvelt hayotlik davrida ham konservativ tuzumni g‘azablantirgan turli siyosiy tashabbuslarni gapirib, hech qachon tinch o‘tirmagan. So‘nggi oylarda uning asosiy tashvishi BMTni tashkil qilish edi, shuning uchun erining vafotidan keyin ham bu ishdan voz kechmadi. Eleanora Ruzvelt erishgan yutuqlari uchun taqdirlanmoqda, 1945-yil oxiri Yaxshiyamki, yangi prezident Trumen sobiq birinchi xonimning faol harakatini yuqori baholadi. Eleonora nafaqat tashkilotning birinchi safida turdi, balki AQShning Bosh assambleyadagi birinchi delegati bo‘ldi. Keyinchalik sobiq birinchi xonim Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasini ishlab chiqishda bevosita ishtirok etdi, shuningdek, feminizm g‘oyalarini ilgari surdi. Ikkinchisi unga prezident Kennedi ma’muriyatiga kirishiga yashil chiroq bo‘lib yo‘l ochdi – Eleonora prezidentning ayollar maqomi bo‘yicha qo‘mitasi raisi bo‘ldi. Bir so‘z bilan aytganda, Qo‘shma Shtatlarning birinchi xonimi urushdan keyingi insoniyat tarixidagi deyarli barcha muhim voqealarga bevosita munosabat bildira olgan. Prezident Trumenning uni tez-tez “Dunyoning birinchi xonimi” deb atagani ham bejiz emas.
113
22,090
Madaniyat
Saif Ali Xon va Karina Kapur yangi tug‘ilgan farzandiga Amir Temur sharafiga Taimur deb ism qo‘ygani taxmin qilindi (foto)
Bollivud aktyori Saif Ali Xon va aktrisa Karina Kapur 20-dekabr, seshanba kuni o‘g‘il farzandli bo‘ldi, deb xabar bermoqda The Indian Express. Ona va bolaning ahvoli yaxshi ekani, dunyoga kelgan yangi chaqaloqqa Taimur Ali Xon Pataudi deb ism berilgani ta’kidlanmoqda. “Barchangiz bilan ajoyib yangilik borasida baham ko‘rmoqchimiz: o‘g‘limiz Taimur Ali Xon Pataudi 2016-yil 20-dekabr kuni dunyoga keldi. So‘nggi 9 oy davomida bizni tushungan va qo‘llab-quvvatlagan OAVga, ayniqsa, muxlislarga minnatdorchilik bildirmoqchimiz. Rojdestvo va Yangi yil muborak bo‘lsin. Muhabbat ila Saif va Karina”, – deyiladi aktyor va aktrisaning bayonotida. Ijtimoiy tarmoqlarda, xususan, Facebook’dagi The Mughal Empire of Hindustan sahifasida Saif Ali Xon va Karina Kapur o‘z o‘g‘lini Amir Temur sharafiga Taimur deb nomlagani aytilmoqda. Mazkur post ostida ba’zi foydalanuvchilar bu safsata ekanini, boshqalari ism tanlash ota-onaning qarori ekanini ta’kidlagan. Ma’lumot uchun, 46 yoshli Saif Ali Xon va 36 yoshli Karina Kapur 2012-yili turmush qurgan. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
122
1,202
Madaniyat
Jorj Kluni nima uchun kuniga 35 million dollar to‘lanadigan suratga olish taklifidan voz kechgani haqida so‘zlab berdi
Jorj Kluni o‘z prinsiplariga ega aktyor sifatida ma’lum. Buni The Guardian nashriga bergan intervyudan ham bilsa bo‘ladi. Intervyu davomida u bir vaqtlar suratga tushish evaziga beriladigan katta miqdordagi mablag‘dan voz kechganini so‘zlab bergan. “Menga aviakompaniyaning reklamasida bir kunlik suratga tushish evaziga 35 million dollar taklif qilishgan. Biz Amal bilan bu haqida gaplashib, bunga rozi bo‘lmaslikka qaror qilganmiz. Bu biz bilan ittifoqdosh bo‘lsa ham ba’zan shubhali bo‘lgan mamlakat bilan bog‘liq ekani sabab ham agar mening uyqumning bir daqiqasini oladimi, demak bunga arzimaydi, deb o‘yladim” — degan u. Ma’lumot uchun, 2014-yilda turmush qurgan Jorj va Amal Klunilar 2017-yilda egizak farzandli bo‘lgan. 2021-yil yozda esa ularning oilasida yana bir bor egizaklar dunyoga kelishi haqida xabar tarqalgan.
118
829
Madaniyat
Yulduz Usmonovaning Rossiyadagi konsert biletlari nega qimmat? Ijtimoiy tarmoqlardagi e’tirozlarga javob berildi (video)
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova Rossiyada gastrol konsertlarini taqdim etadi. Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu dasturlarning biletlari juda qimmatligi haqida e’tirozlar bo‘lmoqda. Yulduz Usmonovaning konsert direktori Nosirjon Karimov jurnalist Feruz Muhammadga bergan intervyusida ushbu e’tirozlarga oydinlik kiritdi. Avvalombor, shu narsani ta’kidlab o‘tishim kerakki, konsert katta tadbir hisoblanadi. Tadbir tashkilotchilari ko‘proq o‘zining xarajatlaridan kelib chiqadi. Bu jiddiy tadbir bo‘lgani uchun albatta bunga jiddiy yondashiladi. To‘g‘ri, ijtimoiy tarmoqlarda bilet narxi qimmat deb aytishayotgan bo‘lishi mumkin. Lekin, bir narsani hisobga olishi kerak. San’atkorni reytingi bor. Reyting qanchalik yuqori bo‘lsa, chipta narxi shunga qarab bo‘ladi. Chunki, yaxshi san’at, yuqori darajadagi san’at hech qachon arzon turmaydi. Bu narsani muxlislar his qilishi kerak. Biz Moskvadagi konsert tashkilotchilari bilan bog‘lanib turibmiz, ular aytishyaptiki, tarmoqlarda 10 000 — 12 000 rubl deb ma‘lumot berishyapti. To‘g‘ri, bunaqa narx bor, faqat bunaqa narxga biletlarimiz sanoqli, ya’ni vip joylar xolos. Lekin, ular eng qimmat biletimiz 6000 rubl deb aytishyapti. Eng qimmat biletlarimiz 6000 rubldan sotayapmiz, qolgan joylarni internetdan ham ko‘rib bilishsa bo‘ladi. Biz buni albatta kuzatib borayapmiz. Arzon biletlarimiz 4000, 3000, 2000 rubldan sotilyapti. Yana bir marta ta’kidlayman, narx-navo, bozor iqtisodiyoti xarajatlardan kelib chiqadi. Yulduz Usmonovaning Rossiyadagi konsert dasturlari 13-noyabrda Moskvada, 14-noyabrda Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Hozir tashkilotchilarning bergan ma’lumotiga ko‘ra 70—80 foiz chiptalar sotib bo‘lingan. Biz ham konsert chipta narxlari juda qimmat bo‘lishini xohlamaymiz, lekin, yana bir marta ta’kidlab o‘taman, konsert tashkilotchilari o‘zlarining xarajatidan kelib chiqqan holda shu narxlarni qo‘yishgan. Rossiyadagi gastrol konsertlaridan so‘ng, noyabr oyida AQShga gastrol konsertlar rejalashtirilgan. Bundan tashqari Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiyaning boshqa hududlariga konsert dasturlari bilan mehmon bo‘lamiz. Nosirjon Karimov, Yulduz Usmonovaning konsert direktori
120
2,175
Madaniyat
Yana uchta o`zbek filmi Belarusda suratga olinadi
Kecha, 18 yanvar kuni "O`zbekkino" Milliy agentligida “Belarusfilm” Milliy kinostudiyasi bilan navbatdagi kinoloyihalarga bag`ishlangan hamkorlik masalalari ko`rib chiqildi. Bu haqda "O`zbekkino" Milliy agentligi Axborot xizmati xabar berdi. Onlayn tarzda tashkil etilgan uchrashuvda Agentlik Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov, «Belarusfilm» Milliy kinostudiyasi Bosh direktori Vladimir Karachevskiy, direktor o`rinbosari Snejana Golovchis, O`zbekiston Respublikasining Belorussiyadagi elchixonasi maslahatchisi Doniyor Abidov, Madaniyat vazirligining kinematografiya bo`limi boshlig`i Bezugly Aleksey, “Kinopost” rahbari Evgeniy Levandovskiy va boshqalar ishtirok etishdi. Mazkur uchrashuvda hamkorlikda suratga olinishi rejalashtirilayotgan yangi filmlar Akbar Bekturdievning “Uzbechka”, Jahongir Ahmedovning “Bo`ysunmas” (“Jizzax qo`zg`oloni”) hamda Muhammadali Iskandarovning “Mamadali Topvoldiev” filmlarining Belarus davlatida tasvirga olish ishlari haqida so`z yuritildi. Muhammadali Iskandarovning Ikkinchi jahon urushi qahramoni Mamadali Topvoldiev haqidagi filmi ikki davlat o`rtasidagi ko-produksiya bo`lishi rejalashtirilgan, keyinchalik film bilan bog`liq shartnoma va memorandumlar imzolanadi. Unda loyihaning moliyaviy xarajatlari, tasvirga olish ob`ektlari va boshqa raqamlar ko`rsatilishi ma`lum qilindi. Ma`lumot uchun, 2020 yil Belarusda “Ilhaq” (rejessiyor Jahongir Ahmedov), “Meros” (rejissiyor Hilol Nasimov), “Muhabbat bahori” (rejissiyor Ibrohim Rasulov) filmlarining tasvirga olish ishlari bo`lib o`tgan edi. 2021 yilda ham yuqorida nomlari sanalgan yangi kinoloyihalar bo`yicha Belarusda s`yomka jarayonlari bo`lib o`tishi rejalashtirilgan.  Uchrashuv davomida Agentlik Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov “Belarusfilm” Milliy kinostudiyasi Bosh direktori Vladimir Karachevskiyni kutilayotgan Toshkent xalqaro kinofestivaliga taklif qildi. Samimiy ruhda o`tgan onlayn muloqot so`ngida o`zaro hamkorlik masalalarini yanada kengaytirish bo`yicha taklif va fikrlar bildirildi.
49
1,999
Madaniyat
Diyora Usmonova Qo‘qonda o‘tgan bolaligi, kiyinish uslubi va farzand tarbiyasidagi muhim jihatlar haqida so‘zlab berdi (video)
O‘zbekiston birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyevaning jiyani, Bibiona brendi asoschisi Diyora (Diora) Usmonova Glamour butigining “Moda vizionerlari” (Vizioner — kelajakni ko‘ra olish qobiliyatiga ega hamda uni hozirdan boshlab o‘zgartirishga qodir insonlar) loyihasi mehmoni bo‘ldi. 5 daqiqa davom etgan videoda Diyora Usmonova bolaligi, moda haqidagi fikrlari hamda farzand tarbiyasidagi muhim jihatlar haqida gapirdi. “Men Toshkentda tug‘ilganman, ammo bolaligim Qo‘qonda o‘tgan. Hayotimning dastlabki olti yilini Qo‘qonda o‘tkazganman. Hamma qatori bolalikni boshdan kechirganman. Issiqda mahalla ko‘chalarida yalangoyoq yurardik, daraxtlarga chiqardik. Judayam baxtiyor damlar edi. Afsus, mening farzandlarimning bolaligi bunday bo‘lmaydi”, — deydi Diyora Usmonova bolaligini xotirlab. “Men o‘g‘limni ortiqcha erkalatmayman, derdim. Masalan, agar siz bolaga haddan ziyod ko‘p o‘yinchoq sotib olib bersangiz, siz uni sun’iy ravishda orzusidan mahrum qilgan bo‘lasiz. Hayotning mazmuni — nimagadir erishish, insonda qandaydir motivatsiya bo‘lishi kerak. Agar farzandingizga yaxshi kelajakni ravo ko‘rsangiz, u bilan munosabatlarda qattiqqo‘l, talabchan bo‘lishingiz kerak. Bu unga bo‘lgan muhabbatingizdan. Men ham farzandlarim bilan shunday munosabatda bo‘laman, deb o‘zimga so‘z bergandim. Lekin bu uncha o‘xshamadi”, — deydi Diyora Usmonova farzand tarbiyasi haqida gapirib. Shuningdek, Diyora Usmonova intervyu mobaynida kiyinish uslubi hamda qizi Maryamdan nimani o‘rganayotgani haqida ham gapirdi. “Men hech qachon qanday kiyinishim haqida uzoq o‘ylamayman. Shunchaki avtomatik tarzda kiyinaman, ko‘zlarim yumuq holda ham bo‘yanishim va ko‘chaga chiqishim mumkin. Hammasini avvaldan o‘ylab qo‘yishni xohlamayman. Garderobimda kiyimlarim ham ko‘p emas. Chunki mening bir odatim bor: yangi kiyim olsam, kiyim javonimdagi biror kiyimimni kimgadir beraman. Tabiatan balans bo‘lishi kerak. Sen nimadir olyapsanmi, berishni ham bilishing kerak. Masalan, qizim Bika (Maryam) katta bo‘lib qoldi. Kiyimlarimni unga beraman. Bibiona brendim uning sharafiga nomlangan. Men o‘zim chiroyli deb bilgan kiyimlarni unga kiydiraman, deb o‘ylardim. Lekin u menga ko‘pincha ‘Oyi, bu men emasman, men boshqachaman’, deydi. U avval boshida menga g‘alati tuyulgan o‘z kiyinish uslubiga ega. 9 yoshda bo‘lsa ham u ranglarni bir-biriga moslab kiyishni biladi, u bilgan ba’zi narsalarni hatto men bilmayman. Men undan o‘zini ifoda etish erkinligini o‘rgana boshladim”.  Instagram: Yulduz Usmonovaning eri qimmatbaho mashina xarid qildi, Diyora Usmonova Toshkentda butik ochdi, Madina Mumtoz xonadonida xursandchilik
126
2,598
Madaniyat
Tig‘iz kun tartibiga qaramay farzandlari uchun ham vaqt ajrata oladigan mashhur otalar (foto)
Ko‘pchilik bola tarbiyasi bilan asosan onalar shug‘ullanadi deb o‘ylaydi. AdMe nashri ushbu fikrning o‘zgarishiga hissa qo‘shadigan fotolarni e’tiboringizga havola qiladi. Rayan Reynolds Aksariyat saytlar Rayanni “yil otasi” deb atashni yaxshi ko‘radi. U qizi bilan birga sahar soat 6 da ko‘chaga sayr qilgani chiqishi, Instagram sahifasida esa otalik hayoti bilan bog‘liq haqiqatlarni tan olishi mumkin. Aktyor uch nafar qizi borligidan faxrlanadi. Bredli Kuper Bredli 2017-yil ota bo‘lganidan buyon farzandi uning hayotining mazmuni ekanini bir necha marta takrorlagan. Opra Uinfri bilan suhbati davomida Kuper, qizining o‘z otasiga o‘xshashini ma’lum qilgan. Otalik haqida gap ketganda aktyor qizi tomosha qiladigan multfilmlardagi sevimli qo‘shiqlarni yoddan bilishini ta’kidlagan. Shahzoda Garri Garrining farzandlari bilan tushgan suratini topish biroz mushkul. Hatto qirollik oilasi vakili sifatida o‘z majburiyatlaridan soqit bo‘lganiga qaramay, Garri va Megan boshqa ota-onalar singari farzandlarining surati bilan bo‘lishmaydi. Ammo rasmiy fotokartalarda uning otalarga xos mehrli nigoh bilan qarashini payqash qiyin emas. Krishtianu Ronaldu Futbol yulduzi Instagram sahifasida tez-tez farzandlari bilan tushgan suratini joylab turadi. Unda sportchi dam olayotgani, o‘ynayotgani va shunchaki 4 nafar farzandi bilan hordiq chiqarayotganini ko‘rish mumkin. 2021-yilning oktabrida Krishtianu takror egizak farzandlarning otasi bo‘lishi haqida ma’lum qilgan. Jud Lou Olti nafar farzandning otasi bo‘lgan Jud, o‘g‘illari bilan birgalikda xarid qilishni yaxshi ko‘radi. 2020-yilda tug‘ilgan kenjatoyini aytmaganda, uning qolgan farzandlari allaqachon ulg‘ayib bo‘lgan. Devid Bekhem Devid nafaqat futbolchi, balki farzandlariga nisbatan yaxshi ota sifatida ham muxlislar qalbidan alohida joy olgan. U ijtimoiy tarmoqlarda nafaqat o‘ziga xos oilaviy suratlari, balki farzandlarining muvaffaqiyatlari bilan ham bo‘lishib turadi. Gordon Ramzi 5 nafar farzandning otasi bo‘lgan Gordon, oshpazlikni qotirishdan tashqari, dilbandlariga ham yetarlicha e’tibor beradi. TikTok’da uning to‘ng‘ich qizi Matilda Gordon bilan birga raqs tushgan videolarini topish mumkin. Orlando Blum Ikki nafar farzandi Flinn va Deyzining onalari boshqa-boshqa ekani, ularning yoshida 10 yosh farq borligiga qaramay, Orlando ularning har biriga vaqt topishga harakat qiladi. Shuningdek, u bolalari bilan vaqt o‘tkazish unga zavq berishini ta’kidlashdan to‘xtamaydi. Bred Pitt Aktyor asrab olgan bolalariga ham xuddi o‘ziniki singari bir xil munosabatda bo‘ladi. U farzand katta qilish uni har kuni quvonishiga sabab bo‘ladigan haqiqiy mo‘jiza ekanini ta’kidlaydi. Norman Ridus Normanning farzandlari bilan kamdan-kam ko‘rinish berishiga, oilasi uchun yetarlicha vaqt ajratmasligini bildirmaydi. Qizi uchun pushti motosikl yasab bergan Ridus, bo‘sh vaqtida u bilan sayr qilishni xush ko‘radi. Kris Xemsvort Farzandlarini motosiklda sayr qildiradigan Kris, qiziga skeyt uchishni o‘rgatadi hatto. Kunlardan bir kuni otasining filmlardagi obrazidan ilhomlangan o‘g‘li, unga supermen bo‘lishni istashini aytgan. Aktyor Instagram sahifasida bu haqida hazilomuz tarzda: “Yaxshi hamki mening yana ikkita farzandim bor”, — deb yozgan.
93
3,211
Madaniyat
“Sharq taronalari” bosh sovrini — Gran-priga o`zbekistonlik sazovor bo`ldi
Samarqand shahrida “Sharq taronalari” XII xalqaro musiqa festivali yakunlandi. 26-30 avgust kunlari dunyo san`at ahlining bosh sahnasiga aylangan Registondagi amfiteatrda “Sharq taronalari” XII xalqaro musiqa festivali g`olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi. Dastlab, festival qatnashchilari “Eng yaxshi libos va musiqa uyg`unligi”, “Mehr-oqibatni tarannum etgani uchun”, “Sharq xalqlari musiqa san`ati jonkuyari”, “An`analarga sodiq jamoa”, “Qadriyatlar davomchisi” kabi nominasiyalar bo`yicha taqdirlandi. Samarqand viloyati va shahar hokimligi hamda boshqa tashkilotlarning maxsus mukofotlari topshirildi. Nominasiya g`oliblariga diplom, 500 AQSh dollaridan pul mukofoti va esdalik sovg`alari topshirildi. Sahnaga Tojikiston (“Badaxshon” jamoasi) va Rossiya (“Ayarxan” jamoasi)dan kelgan jamoalar hamda O`zbekiston vakillari – Azizjon Abduazimov va Ulug`bek Elmurodzoda taklif etildi. Ularga festivalning uchinchi darajali diplomlari, 2 ming AQSh dollaridan pul mukofoti va esdalik sovg`alari taqdim etildi. Ikkinchi o`ringa Turkmanistonning “Archabil” va Mo`g`ulistonning “Xatan” jamoalari sazovor bo`ldi. Ularga 3,5 ming AQSh dollaridan pul mukofoti, diplom va boshqa sovg`alar topshirildi. Festivalning professional xalq musiqa va qo`shiqlari hamda an`anaviy yo`lda ijod qilingan zamonaviy musiqa yoki qo`shiq yo`nalishlari bo`yicha birinchi o`ringa Qirg`izistoning “Qomuzchilar” dueti hamda Ozarbayjondan kelgan Parviz Gasimov munosib, deb topildi. Ularning har biri 5 ming AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti, diplom va esdalik sovg`alari bilan taqdirlandi. Nihoyat, hayajonli lahzalar boshlandi. Nufuzli hakamlar hay`ati xulosasiga ko`ra, “Sharq taronalari” XII xalqaro musiqa festivalining bosh sovrini – Gran-pri O`zbekiston vakili Mehrinigor Abdurashidovaga berilgani ma`lum qilindi.
74
1,820
Madaniyat
Namangandagi 100 yillik kutubxona modernizatsiya qilinadi (foto)
Namangan shahrida joylashgan Nodirabegim nomidagi axborot-kutubxona markazi tashkil topganiga bu yil 100 yil to‘ldi. 570 mingdan ortiq kitob fondiga ega ushbu maskan barcha axborot-resurs markazlariga uslubiy ko‘mak berib kelmoqda. Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi mazkur bino va u joylashgan huddudni rekonstruksiya qilish, axborot-kutubxona markazini tubdan modernizatsiyalash bo‘yicha keng qamrovli loyiha tayyorlagan. Ushbu loyiha asosida endilikda bu majmua: Mamlakat nashriyotlarida chop etilayotgan kitoblar va chet el yozuvchilarining asarlari bilan yanada boyitiladi; zamonaviy telekommunikatsiyalar yordamida masofadan turib mamlakat va ilg‘or xorijiy davlatlar kutubxonalaridagi resurslardan foydalanish imkoni yaratiladi; kitobxonlarga bilim va axborot olishlari uchun shinam sharoit yaratiladi; o‘quv hamda anjumanlar zallari ko‘rkam va bejirim ko‘rinishga ega bo‘ladi. Buning natijasida kutubxona hozirgidan ikki barobar ko‘p foydalanuvchiga xizmat ko‘rsata oladigan imkoniyatga ega bo‘ladi. Davlat rahbari mazkur loyiha bilan tanishar ekan, uni qo‘llab-quvvatlashini, uni qisqa muddatda amalga oshirish lozimligini ta’kidladi. Shuningdek, qariyb yarim gektarga teng maydonda joylashgan kutubxona tevaragini kitob mutolaasiga qulay osoyishta, bo‘lishi lozimligini qayd etdi.
64
1,345
Madaniyat
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Gruziya milliy qo‘lyozmalar markazi bilan memorandum imzoladi
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va Korneliy Kekelidze nomidagi Gruziya Milliy qo‘lyozmalar markazi o‘rtasida memorandum imzolandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda. Mazkur memorandumda xalqaro ilmiy konferensiyalarda qatnashish, birgalikda seminar-trening, mahorat darslari, ma’ruzalar, taqdimotlar va boshqa tadbirlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Korneliy Kekelidze nomidagi Gruziya milliy qo‘lyozmalar markazi 1958-yilda tashkil etilgan. Ushbu maskanda saqlanayotgan manbalar orasida o‘zbek xalqining bebaho ma’naviy merosiga oid o‘zbek, turk va arab tillarida bitilgan qo‘lyozmalar va boshqa hujjatlar bor. O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga Alisher Navoiyning markazda saqlanayotgan qo‘lyozmalaridan fotonusxalar taqdim etildi. Shuningdek, tadbir doirasida Gruziya milliy qo‘lyozmalar markazi bilan Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, Samarqand davlat universiteti axborot-resurs markazi hamda Samarqand viloyati axborot-kutubxona markazi o‘rtasida ham memorandumlar imzolandi.
92
1,015
Madaniyat
Toshkentda zamonaviy yapon kinosi namoyish etiladi
Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi “O‘zbekkino” Milliy agentligi hamkorligida Toshkentda 13—15-mart kunlari Zamonaviy yapon kinosi kunlarini o‘tkazadi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”. Bunday tadbir Toshkentda 10-bor tashkil qilinmoqda. Dastur doirasida oilaviy baxt, zamonlar osha sayohat, inson va it o‘rtasidagi samimiy do‘stlik, tasodifiy sevgi qissasi haqida hikoya qiluvchi beshta badiiy va bitta animatsion film namoyish etiladi. 13-mart 14-mart 15-mart Kinoseanslarga kirish bepul.
50
496
Madaniyat
O‘zbekistonda Tavakkal Qodirov xotirasiga bag‘ishlangan ko‘rik-tanlov o‘tkaziladi
O‘zbekiston xalq artisti Tavakkal Qodirov xotirasiga bag‘ishlangan ko‘rik-tanlov 2015-yilning 15-may kuni soat 10:00 da Toshkent shahridagi Mirzo Ulug‘bek nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda tanlov tashkilotchisi  Madaniyat va sport ishlari vazirligi Respublika xalq ijodiyoti va madaniy-ma’rifiy ishlar ilmiy-metodik markazi xabar bermoqda. Tadbirdan maqsad “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi ijrosini ta’minlash, O‘zbekiston xalq artisti Tavakkal Qodirovning boy ma’naviy merosini o‘rganish va keng targ‘ib qilish, ayni shu yo‘nalishda ijod qilayotgan iste’dodli yoshlarni aniqlash, yangi ovozlarni kashf etish, qo‘llab-quvvatlash va katta sahnalarda o‘z ovoz imkoniyatlarini namoyish etishlariga yordam berishdan iborat. Ikki yilda takror o‘tkaziladigan mazkur ko‘rik-tanlovda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda faoliyat olib borayotgan xonandalar yoshi cheklanmagan holda ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi. Tavakkal Qodirov ijro etgan qo‘shiqlarni kuylab kelayotgan 100 nafarga yaqin havaskor xonandalar hududiy bosqichlarda ishtirok etib, shularning orasidan 20 nafar g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchi Respublika bosqichida o‘z san’atlarini namoyish etadi.
81
1,234
Madaniyat
Sindaodagi festivalda o`zbek kinofilmlari namoyish etiladi
“O`zbekkino” Milliy agentligi axborot xizmatining ma`lumotiga ko`ra, joriy yilning 12-17 iyun kunlari Xitoyning Sindao shahrida bo`lib o`tishi rejalashtirilgan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a`zo mamlakatlar kinofestivalida o`zbek kinofilmlari ham namoyish etiladi. Hozircha, festival tashkilotchilariga “Yo`l bo`lsin” va “Merosxo`r” badiiy filmlari ingliz tilidagi subtitr bilan ta`minlangan holda taqdim etildi. Tashkilotchilar tomonidan yuborilgan ma`lumotlarga binoan ushbu filmlar festival hayat a`zolari tomonidan tanlab olinib, festivalning asosiy dasturida namoyishga tavsiya etilgan. Shuningdek, festival doirasida 14-15 iyun kunlari “ShHTga a`zo davlatlar kinofestivali ishtirokchilari kinobozori” tashkil etilishi rejalashtirilgan bo`lib, ushbu tadbirda Xitoyning nufuzli kinokompaniyalari va media tashkilotlari ishtirokida filmlar prokatini ta`minlash va hamkorlikda filmlar ishlab chiqarish masalalari muhokama qilinadi. Tadbir davomida har bir ishtirokchi mamlakatga povilonlar ajratilib, milliykinematografiya namunalarini ShHTga a`zo mamlakatlar hududlarida namoyish etish imkoniyatlari o`rganilib, tegishli shartnomalar imzolanishi rejalashtirilgan.
58
1,167
Madaniyat
“Noyob ovozga egaligining o‘zi qahramonlik” – Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Qahramoni Munojot Yo‘lchiyeva haqida
Ko‘ksaroy qarorgohida 30-avgust, dushanba kuni bo‘lib o‘tgan bir guruh turli soha vakillarini taqdirlash marosimida Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalq artisti Munojot Yo‘lchiyevaga “O‘zbekiston Qahramoni” unvonini berib, oliy nishon — “Oltin yulduz” medalini topshirdi. Shundan so‘ng davlat rahbari maqom san’ati hamda Munojot Yo‘lchiyeva haqida o‘z fikrlarini bildirdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri. “Munojotxon noyob ovozi, betakror ijro mahorati, o‘zbek ayoliga xos go‘zal fazilatlari bilan hammamizning muhabbatimiz, hurmatimizni qozongan. Men nima uchun ko‘proq maqomga e’tibor beraman? San’atni tushungan inson biladiki, barcha san’at maqomdan paydo bo‘ladi. Maqomni o‘rganib, uning ichiga kirib, san’atkor bo‘laman, degan odam maqomni bilishi kerak. Har bir inson Munojotxonni ko‘rganida g‘urur bilan o‘z onasi, singlisini, go‘zal fazilatli o‘zbek ayolini ko‘rgandek bo‘ladi. Ko‘p yillardan beri atrofimdagi insonlar “San’atkorlarga ham ‘O‘zbekiston Qahramoni’ unvonini bersa bo‘ladimi, o‘ylab ko‘ring”, deyishar edi. O‘ylab-o‘ylab shu fikrga keldim: ularga bu unvonni berish mumkin, berish kerak. Munojatxonning noyob ovozga egaligi, hozirgacha ham o‘z ustida ishlashi, tartib-intizom bilan konservatoriyada yoshlarga ta’lim berishlarining o‘zi qahramonlik. Men o‘ylaymanki, ushbu e’tirof, ehtirom hali juda katta kuch beradi. Kelajakda, avvalambor ayollarimiz, qizlarimizga, maqomchilikdagi ijro mahorati bo‘yicha esa o‘z ustilarida ishlashi jihatidan yoshlarga o‘rnak bo‘lasiz, degan katta umid bilan sizni tabriklayman. Kelgusida ayni soha bo‘yicha niyatlarim juda ko‘p, nasib qilsa birgalikda amalga oshiramiz”, — dedi Prezident. Ma’lumot uchun, Munojot Yo‘lchiyeva 1960-yilda Andijon viloyati Buloqboshi tumanida dunyoga kelgan. U AQSh va Buyuk Britaniyaning o‘nlab shaharlarida, shuningdek, Yaponiya, Xitoy, Koreya, Hindiston, Italiya, Shveysariya, Braziliya, Germaniya, Ispaniya, Belgiya, Fransiya, Rossiya, Hindiston singari davlatlarda gastrol konsertlarini taqdim etgan. 1997-yilda Sharq taronalari 1-xalqaro musiqiy festivalida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan. 1994-yilda O‘zbekiston xalq artisti, 1998-yilda “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlangan. Munojot Yo‘lchiyeva bugungi kunda O‘zbekiston davlat konservatoriyasida kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
113
2,310
Madaniyat
Faoliyati davomida 800 mln dollar ishlab topgan Bollivud qiroli Shohruh Xon haqida qiziqarli faktlar
Faqatgina vatanida suratga olingan filmlarda rol ijro etsa-da, sayyoradagi eng yuqori maosh oluvchi aktyor bo‘lishida to‘sqinlikka uchramagan Shohrux Xon nomi Bollivud chegaralaridan oshib o‘tdi. Filmlardagi betakror obrazlari bilan millionlab qalblarni zabt etgan hind aktyori Shohrux Xon Hindistonda tug‘ilgan, biroq asli kelib chiqishi eronlik. Bo‘lajak aktyorning ota-onasi advokat bo‘lgani hamda yaxshi pul topgani Xonga hayotida katta yordam berdi. Xon bolaligidanoq maktab teatr sahnasida o‘ynay boshladi. Shuningdek, u yugurishni juda yaxshi ko‘rar va hatto shahar musobaqalarida ham g‘olib bo‘lgan. Maktabni tugatish arafasida Xonning oldida ikki yo‘l turardi: sport yoki san’at? U sportni tanladi. Ammo oxirgi tibbiy ko‘rik natijasi unga yurak kasalligi tashxisini qo‘ydi. Shundan keyin Xon aktyor bo‘lishga qaror qiladi. Lekin o‘sha paytda otasining vafoti va onasining qistovi bilan birinchi iqtisodchi ma’lumotini olishga kirishdi. Institutda o‘qish mobaynida ham teatrda o‘ynashni davom ettirdi. U allaqachon professional aktyor bo‘lishni xohlayotganiga qat’iy ishongan edi. Xonning kinodagi faoliyati salbiy rollardan boshlangan. U salbiy rollarni juda ishonarli tarzda ijro etgan, hatto ushbu obrazlari uchun bir nechta professional mukofotlarni ham qo‘lga kiritgan. Rejissorlarning unga bergan ijobiy bahosi aktyorning iste’dodini yanada yuzaga chiqardi. Xon boshqa aktyorlardan ajralib, Bollivudning asosiy yulduziga aylandi. Shohrux Xon filmografiyasida eng muvaffaqiyatli film bu –  “Mening ismim – Xon” hisoblanadi. Ushbu kartina aktyorga olamshumul mashhurlikni olib keldi. Aktyor kinodagi gonoraridan tashqari, reklamalardan ham anchagina daromad oladi. Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, uning umumiy boyligi 800 million dollardan oshib ketgan. Bunday boylikka ega aktyor ko‘plab xayriya ishlaridagi faol tashabbusi bilan muxlislari qalbidan yanada chuqur joy egallagan. Ularning sevgi tarixi ko‘p sonli hind fimlariga o‘xshash — qizning ota-onasi Shohruhga yomon munosabatda bo‘lgan hamda yoshlar 7 yil ularning roziligini ololmagan. Hozirda Shohrux Xon ko‘plab muxlislari xohlaganidek tez-tez filmlarda suratga tushmayapti, u xayriya ishlari va boshqa loyihalarda band. Bir yilda uning ishtirokida faqat bir yo ikkita film chiqadi va bu Bollivud dunyosida muhim voqelik bo‘ladi.
100
2,304
Madaniyat
Sardor Rahimxon: Deyarli 10 yildan buyon non yemayman
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxon “Darakchi.uz” nashrining navbatdagi mehmoni bo‘ldi va ko‘plab qiziqarli savollarga javob berdi. 2017-yil. Tinchlik, ko‘ngil xotirjamligi, baxt-saodatga, qisqasi, faqat yaxshiliklarga boy yil bo‘lishini kutyapman. Yangi yilda nasib etsa, onamni hajga yubormoqchiman. Jonli ijro. 4—5 soatlab jonli ijroda kuylay olaman. Jonli ijroda kuylagan xonandaning o‘ziga bo‘lgan ishonchi yanada oshadi, imkoniyat darajasini to‘g‘ri baholay oladigan bo‘ladi. Qolaversa, bu vaziyatda xonanda va tomoshabin orasida ham jonli muloqot yuzaga keladi. Lekin afsuski, jonli ijroni hamma ham birdek tushunavermaydi. Shaxsan o‘zim e’tibor bilan tinglanadigan davradagina jonli ijro bilan yig‘ilaganlarni xushnud etaman! Bu o‘zini hurmat qilgan san’atkorning prinsipi, deb bilaman. Klip. Bugungi kunda, albatta, qo‘shiqlarning ommalashishida klipning o‘z o‘rni bor. Lekin bor kuch va urg‘uni klipga qaratish noto‘g‘ri. Har bir qo‘shiqning o‘z poydevori bo‘lishi shart! Masalan, “Do‘st” qo‘shig‘im qisqa fursatlarda klipsiz ham muxlislar ko‘nglidan joy olib ulgurgan. Klip orqali ommalashgan qo‘shiqlarim: “Bombey”, “Iya-iya”. Bu ijod namunalarim o‘zimga u qadar yoqmaydi va mazmunan boy qo‘shiqlar ham, deyolmayman. Chegara. Har bir san’atkor o‘ziga qandaydir cheklovlar qo‘yishi tabiiy hol. Sahnaning talablariga javob berish maqsadida deyarli o‘n yildan buyon non yemayman va vaznimni bir me’yorda ushlab turishga harakat qilaman. Asosiy cheklovlar: istalgan yerga borolmayman, ovqatlana olmayman, oilam bilan sayr qilib, dam ololmayman. Ruhshunos qabuliga bir marotaba borganman va tajribamda qayta bunday qabullar kuzatilmagan. Chunki ruhshunosga ehtiyoj sezmaganman. Yillar chig‘irig‘i, sinovlar odamni ruhshunos qilib qo‘yar ekan. Ayol va karyera. XXI asrda yashayotganimizdan kelib chiqsak, ayol kishini to‘rt devor orasida o‘tirishini tasavvur qilish qiyin. Oilasiga xalal bermaydigan, turmush o‘rtog‘i bilan munosabatlariga putur yetkazmaydigan ishda ishlab, karyera qilsa, nur ustiga a’lo nur. 24 soat bir yerda o‘tirish odamning ruhiyatiga salbiy ta’sir qiladi. Natijada asabi yemirilib, oila a’zolari bilan munosabatlariga darz ketishi hech gap emas. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
53
2,368
Madaniyat
Bishkek va O‘shda “Oyqiz ertagi” filmi namoyish etiladi
2017-yil 5—8-oktabr kunlari Qirg‘izistonda O‘zbekiston madaniyati kunlari bo‘lib o‘tadi. Ushbu tadbirda ishtirok etish uchun Qirg‘izistonga O‘zbekiston madaniyati va san’atining bir guruh vakillari yo‘l oldi. Ular orasida o‘zbek kinematografiyasi namoyondalari ham bor, deb yozadi “O‘zbekkino” Milliy agentligi matbuot xizmati. Bishkek va O‘sh shaharlarida o‘tkaziladigan O‘zbekiston madaniyati kunlari doirasida rasmiy uchrashuvlar hamda “Zamonaviy O‘zbekiston” nomli tasviriy san’at va foto ko‘rgazma, konsert dasturlari va “O‘zbekfilm” kinostudiyasida suratga olingan, kinorejissor Akbar Bekturdiyevning “Oyqiz ertagi” badiiy filmi taqdim etiladi. 2016-yilning 20-mayidan ekran yuzini ko‘rgan “Oyqiz ertagi” tarixiy ertak filmini yaratishda zamonaviy texnologiyalar, kompyuter grafikasidan keng foydalanilgan. Kinoasarda vatanni sevish, uning daxlsizligini ko‘z qorachig‘idek asrash, mardlik, halollik, yovuzlikka qarshi kurash singari ezgu g‘oyalar ulug‘langan. Bosh rollarni taniqli yosh aktyorlar Yigitali Mamajonov va Yulduz Rajabova ijro etgan. Film ssenariysi muallifi — Muhammad Davlatilloh, rejissor — Akbar Bekturdiyev.
55
1,132
Madaniyat
Kinoijodkorlarga arzimasdek tuyuladigan, ammo butun dunyo e’tibor beradigan filmdagi holatlar (foto)
Kino va teleko‘rsatuv qahramonlari ekran qarshisidagi tomoshabinga super kuchga ega bo‘lib tuyuladi. Haqiqatan ham, ekrandagilar terlamaydi yoki qizarib ketmaydi, odatda er-xotinning tongi baxtiyor tarzda, samimiy tabassum bilan tish yuvishdan boshlanadi. Ba’zan esa haqiqatda tasavvur qilib bo‘lmaydigan narsalarni korganimizda shunchaki chidab turolmaymiz. Qahratonda ham bosh kiyimsiz Albatta, hamma suratga olish pavilyonlarda o‘tkazilishini, qor faqat suniy tarzda yoki kompyuter grafikasi yordamida yaratilishini tushunadi. Ammo ssenariyga ko‘ra, qahramonlar qor bo‘roni paytida yo‘lga chiqqan bo‘lsa qalpoq, qo‘lqop va sharf yo‘qligi juda g‘alati. Tomoshabinlarning filmlarda qishki sovuqning nima uchun bunchalik haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini tushunishi uchun yillar kerakdir, balki. Hech kim yemaydigan hashamatli nonushtalar Qahramon kamzulini yelkasiga tashlab, nonushta qilish uchun oshxonaga tushadi. Shoshilib bulochka tishlaydi, qahvadan bir qultum ichadi yoki hech narsa yemaydi, shunchaki gazeta o‘qiydi. Xotini esa eri uchun go‘sht va tuxum, yangi tost, shirinliklar va mevali salat tayyorlash uchun ertalab 5 dan beri uxlamagan. Ammo u bularning hech biriga e’tibor bermaydi — bundan ham muhimroq ishlar bor. Qiziq, xotini shuncha sabrni qayerdan olarkan? Tish pastasisiz tishlarni tozalash Qahramon tishlarini tozalagan sahnalarni ko‘pchilik g‘azab bilan tomosha qilsa kerak. Chunki ular bir gramm pastasiz bo‘sh cho‘tka bilan tishlarini qanday yuvishga muvaffaq bo‘lishlari mutlaqo tushunarsiz. Iyagidan oqayotgan ko‘pik ishonish uchun yetarli emas, chunki qahramon yuvinish xonasiga kirib, cho‘tkasini olib, darrov og‘ziga solishi juda g‘alati. Tutqichsiz qog‘oz paket Sujetga ko‘ra, qahramon bir haftalik oziq-ovqat sotib olishga ketsa ham, oxirida biz uning qo‘lida jigarrang qalin qog‘ozli bitta chiroyli paketni ko‘ramiz. Shunda barcha oziq-ovqatlar yerga sochiladi va albatta, kimdir yordamga keladi. Hashamatli kvartira Qancha pulingiz borligi muhim emas. Siz ofitsiant, bank xodimi, rassom yoki moliyaviy tahlilchi bo‘lasizmi, hech bo‘lmaganda yoqimli, yaxshi jihozlangan, shinamgina uyga ega bo‘lishingiz mumkin. Mashinadan-ku, xavotir olmang. Xaroba uylar va eski choyshablarga ko‘zingiz tushmaydi. Agar qahramon karyerasida omadli bo‘lsa, u holda mashina yangi, yaxshirog‘iga alamshtiriladi. O‘smirlar xonasi doimo tartibsiz Hech kimga sir emaski, o‘smirlik paytimizda xonamizda kamdan kam hollarda mukammal tartib bo‘lgan. Filmlarda deyarli barcha o‘smirlar shunday yashaydi, albatta, a’lochilardan tashqari. Ular har doim hamma narsani joy-joyiga qo‘yadi. Yotoqda poyabzal bilan yotish odatiy hol Qahramonlarning uy ichida poyabzalda yurishganiga bir amallab ko‘zimiz o‘rgandi. Ammo yotoqda yoki divanda it bilan sayrdan kelgan poyabzalida yotsa — bunisi endi ortiqcha. Bosh qahramon hamma narsani birdaniga yeydi Odatda filmlardagi erkaklar vazni haqida tashvishlanishi shart emas. Ular eng yog‘li fastfuddan tortib bir nechta steykkacha — hamma narsani yeyishi mumkin. Ammo qomati xuddi sportchilarnikiday. Baxtga qarshi filmdagi ayol gamburger va kartoshkaga qarasa, darhol bu narsalar uning qomati uchun qanchalik yomon ekanini eslatib turadigan maslahatchi paydo bo‘ladi.
100
3,219
Madaniyat
Agent 007 Xyu Jekman, “Titanik”da esa Gvinet Peltrou bo‘lishi mumkin edi: Yulduzlardan yana kimlar olamshumul rollarni rad etgan?
“Titanik”da Gvinet Peltrou, Jeyson Born rolida Bred Pitt va Jeyms Bond rolida Xyu Jekman? Ha, agar tarix biroz boshqacha bo‘lganida butunlay boshqa filmlarni tomosha qilgan bo‘lardik. Aniqrog‘i, ulardagi qahramonlar butunlay boshqacha ko‘rinishga ega bo‘lardi. Jeyms Bond “Royal kazinosi”da Xyu Jekman Rosomaxa roli ijrochisi 2013-yil fevral oyida The Hollywood Reporter nashriga bergan intervyusida: “Bu rol meni katakka olib boradi deb o‘ylagandim. Tabiiy instinktim erkinlik tuyg‘usini saqlab qolish uchun imkon qadar eshiklarni ko‘proq ochib turishimni aytadi”, — degan. Oxir-oqibat avval Shon Konneri, Rojer Mur va Pirs Brosnan ijro etgan 007 roli Deniel Kreygga nasib etadi. Marvel komikslaridagi “Qora beva”da Emili Blant Britaniyalik aktrisa “Temir odam-2” filmidagi Qasoskorlardan birining rolidan voz kechadi. 2014-yil dekabr oyida Emili Vulture jurnaliga bergan intervyusida “Boshqa loyihalar uchun band bo‘lgan ish jadvalimda bu filmga vaqt topa olmagandim”, — degan.  “Matritsa”da Uill Smit “Men o‘zimni bu rolda ko‘rmaganman, — deydi Uill Wired jurnaliga bu rolni rad etgani haqida. — Bu gapni kamdan kam hollarda aytaman. Men bu filmni buzgan bo‘lardim. Ammo men aktyor sifatida yo‘q deyish uchun yetarlicha aqlli edim, Kianu esa ha, deb aytishga aqli yetardi”. “Go‘zal ayol” filmida Molli Ringvald 80-yillarning o‘smirlar filmlari malikasi 90-yillarning kattalar kinosi qirolichasiga aylanishi mumkin edi, afsuski, klassik melodramadagi rol va dunyo miqyosidagi shon-sharaf boshqa aktrisaga o‘tib ketadi. “Bu filmni Juliya Roberts yaratdi”, — deydi Molli 2012-yil aprel oyida Reddit’da. Har bir aktyor “Go‘zal ayol” filmidagi Juliya kabi porlashi mumkin bo‘lgan filmda rol o‘ynashni orzu qiladi. “Jerri Maguayr”da Tom Xenks “Ssenariyni yozish shu qadar uzoq davom etadiki, filmda 35 yoshga to‘lmagan qahramon rolini o‘ynashi kerak bo‘lgan Tom Xenks o‘sha paytda 40 yoshda edi. Bundan tashqari, u allaqachon 2 ta “Oskar”ga ega bo‘lib, rejissor sifatida o‘zi film suratga olish istagida bo‘lgan”, — deydi filmning ssenariy muallifi va rejissori Kemeron Krou 1997-yilda Empire jurnaliga vergan intervyusida. Jerri roli boshqa Tom — Kruzga o‘tadi. “Titanik”da Gvinet Peltrou Tasavvur qila olasizmi, bu aktrisa Di Kaprio bilan kemaning tumshug‘ida turibdi? 1997-yilda Gvinet tarixdagi eng yuqori daromad keltiruvchi (“Avatar”dan keyin ikkinchi o‘rin) filmlardan birida rol o‘ynash uchun barcha imkoniyatlarga ega edi. Lekin u bu rolni rad etdi. “Men hayotda qabul qilgan qarorlarimni eslab, nega ba’zida “ha”, boshqalarda “yo‘q” deganimni tushunolmayman”, — dedi Gvinet 2015-yil yanvar oyida Xovard Sternga bergan intervyusida. “Onam rol o‘ynashdan bosh tortgan filmlarim haqida bilsa, meni o‘ldiradi. Uning aytishicha, bunday afsuslar haqiqiy xonimga yarashmaydi”. Bred Pitt “Born” filmida Bu rol nafaqat Pittga, balki Rassell Krou va Silvestr Stallonega ham taklif qilingan. Ammo Born roli Mett Deymonga nasib etadi. Yaqin orada ekranlarda maxsus agent sarguzashtlarining to‘rtinchi qismi paydo bo‘lganini inobatga olsak, rejissorlar bosh rolga aktyor tanlashda adashmagan, deb hisoblash mumkin.
129
3,115
Madaniyat
Nargiz Zokirova tez orada nevarali bo‘ladi
Mashhur “Golos” teleshousi yulduzi Nargiz Zokirova buvi bo‘lishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda uning o‘zi yaqinda bo‘lib o‘tgan konsertida ma’lum qildi. Qo‘shiqchining 24 yoshli qizi Sabina Toshboyeva unga buvilik baxtini sovg‘a qilad, deb yozadi Dni.ru. “Hozirgacha uch farzandning onasi edim, sentabrda buviga ham aylanaman”, — dedi Zokirova. Ijodkor turmush o‘rtog‘i Filipp Balsano bilan Sabina va Laylo ismli qizlari hamda Auel ismli o‘g‘illarini tarbiyalamoqda. Ta’kidlash joiz, Nargiz Zokirovaning nafaqat shaxsiy hayotida, balki ijodida ham yaxshi yangiliklar bor. Rossiyalik taniqli prodyuser Maksim Fadeyev u bilan birga ishlay boshladi. “Prodyuserlik markazimizga Nargizning kelib qo‘shilganidan juda xursandman, — deb yozadi Fadeyev o‘zining Twitter’ida. — Nargizdek ijodkor bilan birga ishlashdan baxtiyorman. Xush kelibsan, Nargiz. Senga pand berib qo‘ymayman”. Shuningdek, prodyuser Nargiz uchun “chin qalbdan” qo‘shiq yozganini, u “Muz-TV” marosimigacha tayyor bo‘lib qolishini qo‘shimcha qilgan.
42
1,017
Madaniyat
“Dev va pakana” filmidagi Polvon obrazi orqali tanilgan Nodir Saidaliyev olamdan ko‘z yumdi
“Dev va pakana” filmidagi Polvon obrazi orqali tanilgan aktyor Nodir Saidaliyev 25-noyabr kuni olamdan ko‘z yumdi. U Zangiota tumaniga qarashli “Ko‘kterak” qabristoniga dafn etildi. “Bandamiz, bir daqiqadan keyin nima bo‘lishi faqat Yaratganga ayon! Nodir bilan “Dev va pakana” filmida tanishgandik. O‘zbekistonning mana-man degan qirqqa yaqin polvoni ichidan rejissor Jahongir Qosimov shu yigitni tanlab olib, xato qilmagan ekan. Juda sodda, ko‘ngli ochiq, haqiqiy pokiza inson edi, rahmatli...”, — deb Instagram sahifasida izoh qoldirdi qiziqchi va aktyor Obid Asomov. “To‘qqiz oy birga ishladik. Natija yomon bo‘lmadi. Film “Kinoshok” xalqaro festivalida oliy sovringa sazovor bo‘ldi! Eeeh, gapirsam gap ko‘p... Alloh rahmatiga olsin! Oilasiga sabr-u jamil bersin!”, — deb “Dev va pakana”da Nodir Saidaliyevga partnyor bo‘lgan Obid Asomov postini yakunlagan. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
91
1,019
Madaniyat
“Diqqat, rulda qotil!” Namanganlik ijodkorlar o‘tkir sujetli ijtimoiy rolik suratga oldi
Namanganlik ijodkorlar tomonidan o‘tkir sujetli ijtimoiy ekshn rolik suratga olindi. Ushbu rolikda yo‘l harakati qoidalariga amal qilmaslikning ayanchli oqibati aks etgan, deb xabar beradi UZ24. “Diqqat, rulda qotil!” deb nomlangan rolikda mast holda avtomobil boshqargan fuqaro yo‘l harakati qoidalariga rioya qilmasligi oqibatida o‘z turmush o‘rtog‘i va hali dunyoga kelmagan farzandining umriga zomin bo‘ladi. Rolik rejissori Shuhrat Axrorov tomonidan suratga olingan.
88
472
Madaniyat
Jizzax qo`zg`oloni haqida film suratga olinadi
“O`zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan “Ezgu film” studiyasi tomonidan “Bo`ysunmas” (https://telegra.ph/%D0%8Ezbekkino-MA-01-21) (“Jizzax qo`zg`oloni”) nomli tarixiy-badiiy film suratga olinadi.   Mazkur film 1916 yili Turkiston o`lkasida yuz bergan va keyinchalik, tarixda turli nomlar bilan atalgan va turlicha talqin qilingan, aslida esa milliy ozodlik harakati darajasiga qadar ko`tarilgan mahalliy aholi vakillarini mardikorlikka olishga qarshi qo`zg`olon hamda uning eng fojiali qismi bo`lmish Jizzax voqealariga bag`ishlanadi. Filmda bosh qahramon Nazirxo`ja eshonning hayoti orqali o`sha davr voqeliklari ko`rsatib beriladi. Ssenariy mualliflari Hasan Toshxo`jaev, Jahongir Ahmedov, postanovkachi rejissyor Jahongir Ahmedov, postanovkachi operator Rustam Murodov, liboslar bo`yicha rassom Zuhra G`anieva, postanovkachi rassom Bahriddin Shamsutdinov, rejissyor Otajon Dostonov, prodyuser Zafar Yo`ldoshev.   Film voqealari Toshkent, Jizzax viloyatlarida hamda Belarus davlatida tasvirga olinadi. Hozirda filmning suratga olish ob`ektlari bilan tanishish va kasting jarayonlariga tayyorgarlik ko`rilmoqda.
46
1,122
Madaniyat
Ayol qahramon rolini ijro qilgan erkak aktyorlar
Quyidagi aktyorlar ijrosidagi rollar haqida gap ketganda nafaqat ularning mahorati, balki pardozchilar iste’dodiga qoyil qolmay bo‘lmaydi. Jon Travolta 2007-yilda suratga olingan “Soch uchun lak” kinolentasida aktyor bosh qahramonning onasi rolini ijro qilgan. Mazkur film nafaqat muxlislar, balki “Oltin globus” hakamlarining ham e’tirofiga sazovor bo‘lgan. Edna Ternblad roli uchun Travolta eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor, deb topilgan. Jon statuetkani qo‘lga kiritmagan bo‘lsa ham uning ushbu ijrosi eng esda qolarli rollardan biri sifatida tarixda qolgan. Dastin Xoffman Aktyor “Tutsi” filmida xushchaqchaq ayol rolini ijro qilgan. Film sujetiga ko‘ra og‘ir fe’li sabab bir ishda uzoq vaqt ishlolmaydigan Maykl Dorsi ko‘rinishini ayol kishiga o‘zgartiradi. Aktyor rolini qoyilmaqom ijro qilgan, kinolenta esa 10 ta nominatsiya bo‘yicha “Oskar”ga nomzodi qo‘yilgan. Robin Uilyams Tomoshabinlarga o‘ziga xos rollari bilan yaxshi tanish bo‘lgan aktyorga farzandlari bilan ko‘rishish huquqidan mahrum qilingan ishsiz erkak rolini ijro qilish taklifi kelib tushganda darhol rozi bo‘lgan. Filmda u bolalari bilan ko‘rishish uchun ko‘rinishini enaga ayolga o‘zgartirgan qahramon rolini gavdalantirgan. Dautfayr xonim roli uchun aktyor “Oltin globus”ga, uning pardozchilari esa “Oskar”ga loyiq topilgan. Marlon va Shon Ueyans Aktyorlar “Oqbilak oyimchalar” komediyasida omadsiz FQB agentlari rolini ijro qilgan. Unda vazifasini uddasidan chiqmagan xizmat xodimlariga so‘nggi imkon beriladi va qora tanli agentlar boshqalar e’tiborini tortmaslik uchun opa-singillarga aylanadi. Aka-ukalar birgina grim uchun pardozchi qarshisida kuniga 7 soat o‘tirishiga to‘g‘ri keladi. Adam Sendler “Jek va Jill”filmida aktyor egizaklar rolini ijro qilgan. 2011-yilda Dennis Duga tomonidan suratga olingan filmda Adam rolini qoyillatishi uchun unga opa-singillari yordam bergan.
48
1,868
Madaniyat
Butunrossiya davlat kinematografiya institutining Toshkentdagi filialini ochish bo`yicha takliflar ko`rib chiqildi
Bugun Kinematografiya agentligida S.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti vakillari bilan institutning Toshkentdagi filialini ochish bo`yicha uchrashuv tashkil etildi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati ma`lum qildi. Agentlik rahbariyati, kinomutaxassislar, ijodkorlar ishtirokidagi uchrashuvda filial ochilishida amalga oshirilishi zarur bo`lgan ishlar bo`yicha taklif va tavsiyalar berildi. Uchrashuv davomida shuningdek, talabalarning o`qishini ko`chirish, sifatli ta`limni rivojlantirish, xalqaro hamkorlikda ijodiy tanlovlar va festivallar o`tkazish, tayyorlov kurslarini tashkil etish va yoshlarni filmlar suratga olishida har tomonlama qo`llab-quvvatlash kabi muhim masalalar o`rtaga tashlandi.
114
744
Madaniyat
Burak O‘zchivitning rafiqasi Fahriye Evjen film va seriallarda suratga tushmayotgani sababini ma’lum qildi
Bir necha yildirki, Fahriya Evjen film va seriallarda kamnamo. Uni faqat qisqa reklamalarda ko‘rish mumkin. Aktrisaning muxlislari uni ushbu mavsumda ekranlarda ko‘rishga umid bog‘lagan edi. Afsuski, bunday bo‘lmadi. Ma’lum bo‘lishicha, Fahriya bir yarim yashar o‘g‘li Karaanni enaga qarmog‘ida qoldirib, pandemiya sharoitida suratga tushish maydonida bo‘lishni istamaydi. Aktrisa takliflarni rad etishining sababi o‘g‘lini enagaga ishonmasligi hamda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat ekanligini aytib o‘tgan. Ammo agar biror loyiha chindan ham ajoyib bo‘lib, unga yoqib qolsa va prodyuserlar uning shartlari bo‘yicha ishlashga ko‘nsa, aktrisa qarori haqida o‘ylab ko‘rishi mumkin.
106
682
Madaniyat
​Sankt-Peterburg — dunyo sharqshunoslik ilmining markazlaridan biridir
Avval xabar qilinganidek, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida “O`zbekiston madaniy merosi xalqlar va mamlakatlar o`rtasida muloqotga yo`l” Ikkinchi xalqaro kongressi davom etmoqda. Kongressning ochilish marosimida ishtirok etgan O`zbekiston Respublikasining Rossiya Federasiyasidagi favqulodda va muxtor elchisi Bahrom Ashrafxonov mazkur anjuman haqidagi mulohazalarini bayon etdi: — O`zbekiston madaniy merosining nodir durdonlarini bugungi kunda dunyoning turli nuqtalarida uchratish mumkin. Muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan xalqimizning boy va betakror madaniyatini o`rganish va keng targ`ib etishga juda katta ahamiyat qaratilmoqda. Bugun Sankt-Peterburgda o`tayotgan ushbu xalqaro kongressning maqsadi ham ana shu ezgu maqsadga yo`naltirilgan. “O`zbekiston madaniy merosi xalqlar va mamlakatlar o`rtasida muloqotga yo`l” Ikkinchi xalqaro kongressning aynan shu go`zal shaharda o`tkazilayotgani bejiz emas. Zotan, Sankt-Peterburgni Rossiyaning madaniy poytaxti deb bejiz nomlashmagan. Qolaversa, bu shahar dunyo sharqshunoslik ilmining ham markazlaridan biridir. Bugungi kunda shahar muzeylari, kutubxonalari va ilmiy muassasalarida O`zbekistonga oid bo`lgan minglab nodir eksponatlar, qo`lyozmalar saqlanmoqda. Ularning hali qanchasi o`rganilmagan, keng jamoatchilikka ma`lum qilinmagan. Bugungi anjuman ana shu merosni yanada kengroq targ`ib etish, uni chuqurroq anglash imkonini beradi. Anjuman doirasida, dunyoning turli hududlaridan tashrif buyurgan olimlar bilan bo`lgan muloqot asnosida, bunday ilmiy anjumanlarni doimiy asosda, dunyoning turli mamlakatlari, turli shaharlarida o`tkazish masalasi muhokama qilindi. O`ylaymanki, ana shu ezgu ishga har birimiz qo`ldan kelgancha hissa qo`shsak, ma`lum ma`noda o`z xalqimiz, Vatanimiz, ajdodlarimiz xotirasi oldidagi burchimizni bajargan bo`lamiz. Eslatib o`tamiz, mazkur xalqaro anjuman O`zbekiston Respublikasi Prezidentining xalqimiz xalqimizning boy madaniy merosini chuqur o`rganish va keng targ`ib etishga qaratilgan oqilona siyosatidan kelib chiqib, O`zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari Milliy assosiasiyasi, O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va boshka bir qator davlat, jamoat va xalqaro tashkilotlar hamkorligida o`tkazilmoqda.
70
2,232
Madaniyat
Turkiyalik kino yulduzlari qanday mashina haydaydi? (foto)
Shou-biznes vakillarining nafaqat ijodi, balki hayot tarzi — qanday uyda yashashi, haydaydigan mashina modeli ham o‘quvchilar uchun qiziq hisoblanadi. Quyida turk kinosanoati vakillari garajidan qanday mashina o‘rin olganiga to‘xtalamiz. Chaglar Ertugrul “Fazilatxonim qizlari” filmidagi roli bilan yaxshi tanish bo‘lgan Chaglar Mercedes GLA-Class mashinasini haydashni afzal biladi. “Fazilatxonim qizlari” serialining suratga olish jarayonida Mercedes haydagan aktyor uni “Mariya” deb atagan. Deniz Baysal Deniz Baysal ham Chaglar singari Mercedes’ning muxlisi hisoblanadi. Aktrisa Mercedes-Benz Türkiye’ning vakili hisoblanadi. Aybuke Pusat Mercedes sevuvchi turk aktrisalaridan yana biri aktrisa Aybuke Pusat sanaladi. Aybuke ham Mercedes-Benz Türkiye bilan reklama shartnomasini imzolagan. Aras Bulut Iynemli Aktyor kundalik uchun Ford Ranger haydashni xush ko‘rsa-da, uning mashinalar to‘plamida, BMW va Mercedes’ni uchratish mumkin. “Chuqur” serialining yulduzi bo‘lgan Aras Fiat mashinasining Turkiyadagi vakili hisoblanadi. Elchin Sangu “Ijara sevgi ” serialida Dafna roli bilan yaxshi tanish bo‘lgan Elchin Land Rover mashinasini haydashni ma’qul biladi. Barish Arduch Aktyor filmlarda Mercedes bilan namoyon bo‘lsa-da, hayotda Audi haydashni afzal biladi. Bundan tashqari u Ford avtomobilining Turkiyadagi vakili hisoblanadi. Jan Yaman “To‘linoy” va “Tong qushi” seriallarida bosh qahramon rolini gavdalantirgani bilan yaxshi ma’lum bo‘lgan Jan Yaman garajiga nazar tashlansa, Ford, Volkswagen, Mercedes va boshqa mashinalar bor ekanini ko‘rish mumkin. Kadir Dogulu Turk kinosanoatining yulduzli juftligi bo‘lgan Kadir Dogulu va Neslixon Atagul shahar kezish uchun BMW mashinasini tanlaydi. Burak Deniz “Malikam menga qara”, “Bizning hikoya” seriallari yulduzi Burak Deniz garajida BMW mashinasining bir necha modellari borligiga guvoh bo‘lish mumkin. “Malikam menga qara” serialidagi Murod obrazida Land Rover Discovery’da namoyon bo‘lgan aktyor Turkiyaning GQ taqdirlash marosimiga qizil Volkswagen’da kelgan. Xande Erchel Latofatli aktrisa Xande Erchel Audi 8 mashinasida harakatlanadi. Kivanch Kasabali va Sedef Avdji Ushbu yulduzli juftlik Jeep mashinasini xush ko‘radi. Yaqinda Kivanch Kasabali va Sedef Avdji Jeep Compass sotib olgan. Serenay Sarikaya Mashhur aktrisa aktyor Kerem Byursin bilan uch yillik munosabatlariga chek qo‘yganidan keyin dang‘illama uyga ko‘chib o‘tib, Volvo mashinasini xarid qilgan.
58
2,437
Madaniyat
Jennifer Eniston hamshiralarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida mablag‘ ajratdi
51 yoshli amerikalik aktrisa Jennifer Eniston pandemiyaga qarshi kurashishga o‘z hissasini qo‘shdi. Bu haqda Cosmopolitan nashri xabar berdi. Bred Pittning sobiq turmush o‘rtog‘i aslida xayriya ishlarini ko‘z-ko‘z qilishni xush ko‘rmasa-da, bu safar muxlislariga namuna bo‘lish maqsadida bu odatini istisno qildi. Eniston shifoxonada xizmat qilayotgan hamshiralar uchun mablag‘ ajratgan va bu mablag‘ni Amerika hamshiralar fondiga o‘tkazib bergan. “Ularning jasorati, fidokorligi har qanday maqtovdan yuqori va ular bizning qo‘llab-quvvatlashimizga muhtoj. Siz hamisha bemorlar haqida qayg‘urasiz, siz — bizning qahramonimizsiz”, — deb yozgan Jennifer. Aktrisa ajratilgan mablag‘ summasini oshkor qilishni istamagan, yordam berishni istovchilar uchun fond havolasini qoldirgan. Avvalroq Jennifer koronavirusga chalingan hamshiraga kutilmagan videoqo‘ng‘iroq qilib, uning kayfiyati ko‘tarilishiga sababchi bo‘lgandi. Shuningdek, aktrisa muxlislarini pandemiya vaqtida mas’uliyatli bo‘lishga chaqirgan.   Jahon yulduzlari koronavirusga qarshi kurashishga qancha mablag‘ ajratdi?
75
1,078
Madaniyat
Turmush qurib, ajrashish soni bo‘yicha “rekord o‘rnatgan” jahon yulduzlari (foto)
Bir inson bilan bir umr baxtli hayot kechirish tushunchasi ayrimlar uchun begona hisoblanadi. Cosmopolitan nashri e’lon qilgan, kamida uch marta turmush qurishga muvaffaq bo‘lgan mashhurlar, jufti bilan umrlarining oxirigacha birga bo‘lishga vada bergan, ammo so‘zida turmagan. Kim Kardashyan (3 marta turmush qurgan) Kim Kardashyanning birinchi turmush o‘rtog‘i, musiqa prodyusseri Deymon Tomas bilan hayoti bir tekisda bo‘lmagan. Kaltaklanish, ortiqcha nazorat va talablardan charchagan Kim, 2004-yilda hammasiga nuqta qo‘ygan va oradan olti yil o‘tibgina 2010-yilda turmushida yuz bergan qiyinchiliklari bilan bo‘lishgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, erining tahdidlari sabab politsiyaga qo‘ng‘iroq qilish tugul, yaqinlariga og‘iz juftlolmagan, hatto. Basketbolchi Kris Xamfris bilan qurgan ikkinchi turmushi esa Vera Wang brendidan malikalarnikidek kelinlik libosi, ikki million dollarlik uzuk va yuzidan tabassum arimagan tashrif buyurgan mehmonlar bilan hammasi ertak singari boshlangan. Kim marosimni suratga olish huquqini E! telekanaliga bir yarim million dollarga sotgan. Biroq baxtli onlarga 72 kun o‘tib yakun yasalgan. Kardashyanning murosa qila olmaganlikni sabab qilib ko‘rsatib, ajrashish uchun sudga bergani Xamfris uchun kutilmagan holat bo‘lgan va bir necha oy davomida rafiqasini qaytishga ko‘ndirishga harakat qilgan, ammo oxiri ko‘nishga majbur bo‘lgan. Ajrashganidan keyin nikoh uzugini qaytarib olgan Kris, uni auksionda 200 ming dollarga sotishga muvaffaq bo‘lgan. Ayni damda Kardashyan reper Kanye Uestga turmushga chiqqan. Ular to‘rt farzandni tarbiyalab kelmoqda. Xolli Berri (3 marta turmush qurgan) Berri birinchi turmush o‘rtog‘i bilan 1992-yilda, basketbolchi Devid Jastis dastxat olish uchun uning oldiga kelganida tanishgan. Ilk uchrashuvdan keyin yarim yil uchrashib yurgan juftlik, munosabatlarini nikoh rishtalari bilan bog‘lashga qaror qiladi. Biroq uch yil o‘tib ajrashadi. Ikkinchi marta Xolli muxlisi emas kumiri Erik Benet bilan oila qurishga qaror qiladi, ammo ushbu turmish ham uzoqqa bormaydi va erining qo‘l ko‘targani sabab hammasiga nuqta qo‘yishga majbur bo‘ladi. 2005-yilda Erik bilan ajrashganiga ko‘p bo‘lmagan Xolli, joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan, hatto. 2016-yilda Berri, uchinchi turmush o‘rtog‘i aktyor farzandining otasi Olivye Martines bilan ajrashishga muvaffaq bo‘ladi. Aktrisaning Gebris Obridan bir qiz farzandi bor. Jennifer Lopes (3 marta turmush qurgan) 2004-yilda Mark Entoni, Jey Loning uchinchi eri bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan. Xonandaning avvalgi ikki turmushi bir yildan uzoqqa bormagan va turmush o‘rtoqlari unga munosib bo‘lmagan: Oxani Noa ofitsant, Kris Jadd esa raqqos bo‘lgan. Entoni va Lopes esa bir-biri uchun yaratilgandek go‘yo — mashhurlik, ijodkorlik va kelib chiqishi ham bir-biriga mos. Aslida juftlik 90-yillarning so‘ngida ham uchrashib yurgan, biroq keyinchalik ikkisi ham boshqa-boshqa yo‘ldan ketgan. “Keling raqsga tushamiz” filmi uchun birgalikda kuylangan saundtrek esa o‘rtalarida yana iliqlik paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan. 2008-yilda egizak farzandning ota-onasi bo‘lish baxtiga muyassar bo‘lgan mashhurlar oradan uch yil o‘tib, ajrashishi haqida e’lon qiladi. Ayni vaqtda hech ham qarimaydigan Jennifer, sobiq sportchi Aleks Rodriges bilan munosabatda. Tom Kruz (3 marta turmush qurgan) Tom, aktrisa Mimi Rodjers bilan uch yil, Nikol Kidman bilan esa o‘n yildan ko‘proq birga yashagan. 2006-yilda Kruz, yosh aktrisa Keti Xolms bilan turmush quradi va qiz farzadli bo‘ladi. Shunga qaramasdan, juftlik 2012-yilda ajrashadi. Alla Pugachyova (5 marta turmush qurgan) Rus estradasi primadonnasi Alla Pugachyova, Filipp Kirkorov bilan turmush qurayotgan vaqti, pasportidagi oilaviy ahvoli degan joyda muhr uchun joy qolmagan bo‘lgan. Xonanda ilk bor Mikolas Orbakas bilan turmush qurgan. 1971-yilda qizi Kristina Orbakayteni dunyoga keltirgan va shu yilning o‘zida ajrashishga ham ulgurgan. Ikkinchi marta rejissor Aleksandr Stefanovich keyin bo‘lsa Yevgeniy Boldin bilan oila qurgan. Uchinchi marotaba ajrashganidan ko‘p o‘tmay, o‘zidan 18 yosh kichik Filipp Kirkorovga turmushga chiqadi va turmush 2005-yilga qadar davom etadi. Shundan keyin hozirgi turmush o‘rtog‘i Maksim Galkinga erga tegadi. Juftlikning bugungi kunda surrogat ona tomonidan dunyoga keltirilgan egizak farzandi bor. Melani Griffit (4 marta turmush qurgan) Aktrisa 1973-yilda “Xarrad tajribasi” filmining suratga olish maydonchasida Don Jonson bilan tanishadi, oradan uch yil o‘tib turmush quradi va uch yil yashab ajrashadi. Ular 1989-yilda qayta turmush quradi. Bunga qadar Melani aktyor Stiven Bauer bilan oila qurib ajrashishga ham ulgurgan. Keyin bo‘lsa, o‘zidan uch yosh kichik Antonio Banderos bilan turmush quradi. Bir qizi va o‘g‘li bo‘lgan Griffit, mazkur turmushidan ham qiz farzandni dunyoga keltiradi. 2014-yilga kelib esa 56 yashar Melani va 53 yashar Antonio, 18 yil birga yashaganidan keyingina murosa qila olmaganliklarini tushunib yetadi va hammasiga nuqta qo‘yadi. Jan Klod Van Dam (5 marta turmush qurgan) Aktyor birinchi marta Mariya Rodriges bilan keyin bo‘lsa, Sintiya Derderiyan bilan turmush qurgan. Lekin ikki farzandni dunyoga keltirgan Gledis Portuges, Van Dam hayotidagi asosiy ayol bo‘lgan. Gledis, aktyor hayotidagi turli qiyinchiliklar: narkotik va spirtli ichimliklar bilan bog‘liq muammolarda yordam bergan. Ammo 1994-yilda hammasiga yakun yasalgan va aktyor model Darsi La Pyerga uylangan. To‘rtinchi turmushidan ko‘ngli to‘lmagan Jan Klod, 1999-yilda Portugez bilan qayta oila qurgan.
81
5,496
Madaniyat
Kinotavsiya: Tosh yuraklarni ham eritib yuborishga qodir qisqa metrajli multfilmlar (video)
Bu qisqa, ammo nihoyatda ta’sirli hikoyalar har qanday insonni bir necha daqiqada ham ko‘zlariga yosh olib kelishi mumkin. People Talk nashri ularning bir nechtasi bilan bo‘lishdi. “Qog‘oz odam”  (Paper Man) (2012) Tasodifiy mo‘jizalar haqida “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan oq-qora lirik animatsiya. XX asrning o‘rtalarida, Nyu-York, vokzal platformasidagi yolg‘iz yigit, u bir lahzada taqdir unga ajoyib imkoniyat berishini va darhol uning qalbini zabt etadigan qizni uchratishini taxmin ham qilmaydi. Ammo qiz qanchalar tez paydo bo‘lgan bo‘lsa, shuncha tez ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi. “Ayiq hikoyasi” (2014) “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan ushbu multfilmda ayiq o‘z hayotini mexanik diorama yordamida hikoya qiladi. Unda ayiqning sog‘inchga to‘lgan umidsiz hayot tasvirlarini ko‘rish mumkin. “Menyu” (2014) 2015-yilda “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan multfilm sevgi haqidagi hikoya qiladi. Uinston ismli it o‘z egasining muhabbatiga erishishiga yordam beradi va ularning eng yaqin do‘sti bo‘lib qoladi. “Polapon” (“Piper”) (2016) Ovqat topishni va atrofdagi dunyoning go‘zalligini ko‘rishni o‘rganish uchun qo‘rquvini yengishi kerak bo‘lgan polapon haqida ajoyib grafikalar bilan “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan multfilm. “Bao” (2018) “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan yana bir hikoya oddiy mantini o‘z farzandidek ko‘rgan ayol haqida. Yolg‘izlikni tasvirlovchi nozik animatsion metafora.
91
1,405
Madaniyat
Sevara Nazarxon Qora dengizga qulagan Tu-154 yo‘lovchilari xotirasi uchun qo‘shiq kuyladi (video)
Sevara Nazarxon Rossiyaning “NTV” telekanalidagi “Sentralnoye televideniye” (“Markaziy televideniye”) ko‘rsatuvida chiqish qilib, dekabr oyi oxirida Qora dengizga qulagan Rossiyaning Tu-154 samolyoti yo‘lovchilari xotirasi uchun qo‘shiq kuyladi. Sevara Nazarxon “Tam net menya” qo‘shig‘ini Aleksandrov nomidagi ashula va raqs ansamblining maktab-studiyasiga qatnovchi bolalar bilan birga kuyladi. Qo‘shiq videosi “NTV”ning Facebook’dagi sahifasida e’lon qilingan: videoga 10 ming martadan ko‘proq layk qo‘yilgan va munosabat bildirilgan, 7 ming martadan ortiq ulashilgan, 500 ga yaqin kommentlar qoldirilgan. Aksariyat foydalanuvchilar qo‘shiq uchun Sevara Nazarxonga minnatdorchilik bildirgan. Eslatib o‘tamiz, 2016-yil 25-dekabr kuni Sochi shahridan ko‘tarilgan Tu-154 samolyoti havoga ko‘tarilganidan 70 soniya o‘tib Qora dengizga qulagan edi. Aviahalokat oqibatida samolyot bortida bo‘lgan 92 kishining barchasi halok bo‘lgan. Yo‘lovchilarning aksariyati Rossiya armiyasining Aleksandrov nomidagi ashula va raqs ansambli a’zolari edi. Ular rossiyalik harbiylarga Yangi yil konserti taqdim etish uchun Suriyaga uchib ketayotgan edi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
97
1,309
Madaniyat
“O‘zimdan boshqa hech kimni sevib qola olmasam kerak”. “O‘zbek Tarkani” — Jo‘rabek birinchi turmushidan ajrashib, yana sevmaganiga uylangani haqida (video)
Xonanda Jo‘rabek “Birzum tv” YouTube-kanaliga intervyu berdi. Intervyu davomida xonanda shaxsiy hayoti haqidagi savollarga javob berdi. “Uylanish mavzusiga boshqacha qarardim. Hammasi kinolardagidek bo‘lishini, bir kuni sevib qolib, uylanishni xohlardim. Negadir o‘zbek emas, boshqa millat vakiliga uylanishni xohlardim. Lekin birinchisida ham, ikkinchisida ham bu narsaga tayyor emasdim. Birinchi marta uylanganimda uydagilar majburlashgan. Ikkinchisida tanlash huquqi bo‘ldi. Uydagilarim qaysi millat vakiliga bo‘lsa ham, uylan, deyishdi. Niyatim koreysga uylanish edi. Koreyslar hech qarimaydi. Har doim chiroyli, yosh bo‘lib yurishadi. Lekin boshqa millatdan so‘kmaydigan va sigaret chekmaydigan qiz topa olmadim. Ikkinchi ayolimni ‘Odnoklassniki’dan topganman. U jismoniy tarbiya institutida o‘qirkan. U yerda do‘stlarim ishlardi, qo‘ng‘iroq qilib, surishtirdim. Qizni rosa maqtashdi. Keyin uchrashib, tanishdik, gaplashdik. O‘sha jarayonda o‘zimdan boshqa hech kimni sevib qola olmasam kerak, degan fikr keldi. Yaxshisi, shunchaki inson tanlash kerak ekan, deb o‘yladim. U sportchi, qaddi-qomati joyida, sog‘lom qiz bo‘lgani uchun uylanganman. Boshida sevmay turmush qurib, hayotimizni barbod qildik, deb o‘ylardik ikkalamiz ham. Lekin keyinchalik tushundikki, bu ishni to‘g‘ri qilganmiz. Sevgi qanaqadir ortiqcha narsa ekan turmushda. Sababi sevgan odamingizdan yomon narsa ko‘rsangiz, ko‘nglingiz qolib ketadi. Sevmagan odamingiz bilan bunaqa bo‘lmaydi”, — deydi xonanda.  Xonanda va aktyor Jo‘rabek kinolarda ko‘rinmay qolgani va 80 ming so‘mga oldirgan video klipi haqida gapirdi
156
1,589
Madaniyat
Xitoyda “O‘zbek kinosi kunlari” festivali o‘tkazilmoqda
Shu kunlarda Xitoy Xalq Respublikasining Pekin, Shanxay va Sian shaharlarida “O‘zbek kinosi kunlari” festivali o‘tkazilmoqda. Madaniy tadbirning tantanali ochilish marosimi 28-iyun kuni Pekin shahrida bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda “O‘zbekkino” Milliy agentligi matbuot xizmati. Unda Xitoy Xalq Respublikasi Matbuot, noshirlik, radioeshittirish, kinematografiya va televideniye ishlari bo‘yicha Davlat bosh boshqarmasi boshlig‘i Chjan Xunsen, China Film Promotion kompaniyasi rahbari Jiyao Vang Fen hamda “O‘zbekkino” Milliy agentligi Bosh direktori Otabek Musayev boshchiligidagi o‘zbek kinematografchilaridan iborat delegatsiya ishtirok etdi. Festival rejissor Yolqin To‘ychiyev tomonidan suratga olingan “Hayotda...” filmi bilan ochib berildi. Shuningdek, festival doirasida O‘zbekiston kinoijodkorlari tomonidan yaratilgan “Quduq”, “Vijdon”, “Ota”, “Tubanlik”, “Sehrli qalpoqcha” nomli badiiy filmlar xitoylik kinoixlosmandlarga namoyish etiladi. Tadbirlar doirasida kinematografiya yo‘nalishidagi aloqalarni yanada mustahkamlash, hamkorlikda kinofilmlar ishlab chiqarish, kinematografiya obyektlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo‘yicha Xitoy Xalq Respublikasi Madaniyat vazirligi, Matbuot, noshirlik, radioeshittirish, kinematografiya va televideniye ishlari bo‘yicha Davlat bosh boshqarmasi hamda bir qator yirik kinostudiyalar rahbarlari bilan muzokaralar olib borish ko‘zda tutilgan.
55
1,429
Madaniyat
AQShda Prinsning e’lon qilinmagan qo‘shiqlari saqlangan seyf ochildi
Qo‘shiqchi Prinsning mol-mulkiga vaqtinchalik egalik qilish huquqini qo‘lga kiritgan Amerikaning Bremer Trust kompaniyasi xodimlari kodi faqat qo‘shiqchining o‘ziga ma’lum bo‘lgan seyfni ochdi. Bu haqda, ABC News ma’lumotiga tayanib, “RBK” xabar beradi. Ma’lum qilinishicha, seyfdan topilgan Prinsning e’lon qilinmagan qo‘shiqlari yuz yil davomida har yili bitta yangi albom chiqarish uchun yetarli. Eslatib o‘tamiz, amerikalik xonanda, Prins taxallusi bilan mashhur Rojers Nelson 57 yoshida olamdan o‘tdi. Uning jasadi 21-aprel kuni Minneapolisdagi uyidan topilgan. O‘z musiqiy faoliyati davomida Prins 39 ta albom chiqargan. Qo‘shiqchi o‘limidan keyingi uch kun davomida uning albomlari sotuv hajmi 42 000 foizga oshdi.
68
722
Madaniyat
Turk seriali yulduzlari yoshligida qanday ko‘rinishga ega bo‘lgan? (foto)
Tomoshabinlar uchun sevimli yulduzlarining qanday ko‘rinishga ega bo‘lgani hamisha qiziq bo‘lgan. Burju O‘zberk 2013-yilda “Muhtasham yuz yil” serialida Xurijixon rolini ijro qilganida aktrisa 23 yoshda bo‘lgan. Ayni vaqtda 30 yoshda bo‘lgan aktrisaning ko‘rinishi deyarli o‘zgarmagan. Shunchaki, yoshiga xos istara o‘rniga ayollarga monand go‘zallik egallagan. Kivanch Tatlitug‘ Suratda aktyor modellik karyerasining boshidayoq muvaffaqiyatga erishgan. U 2002-yilda Turkiya, shuningdek, dunyoning eng yaxshi modeli deb topilgan. O‘tgan yillar ayni vaqtda 37 yoshda bo‘lgan aktyor ko‘rinishiga ijobiy ta’sir qilgan. Zaldagi shug‘ullanish, soch turmagini o‘zgarishi ham aktyorga juda yarashgan. Deniz Baysal O‘zbek muxlislariga “Fazilat xonim qizlari” serialidagi roli bilan yaxshi tanish bo‘lgan aktrisa yoshligida a’lochi qizlarga xos ko‘rinishga ega bo‘lgan. 2011-yilda karyerasini boshlagan aktrisa ayni vaqtda 29 yoshda. Kerem Byursin Ayni vaqtda efirga uzatilayotgan “Eshigimni qoq” seriali orqali yanada mashhurlikka erishgan aktyor 12 yil AQShda yashagan va aynan o‘sha yerda 2006-yilda debyut rolini ijro qilgan. Suratda Byursin 23 yoshda. Hozirda 33 yoshda bo‘lgan aktyor avvalgidan ham ko‘rkam ko‘rinishga ega. U to‘g‘ri ovqatlanishga amal qiladi va sport bilan muntazam ravishda shug‘ullanadi. Neslihan Atagul Neslihan 2013-yil “Istanbul sohili” serialida suratga tushganida 22 yoshda bo‘lgan. Hozir 28 yoshda bo‘lgan aktrisa “Elchining qizi” serialida suratga tushmoqda. Burak O‘zchivit Burak O‘zchivit faoliyatini modellikdan boshlagan. 20 yashar Burak ilk marta “Minus 18” serialida suratga tushgan. Hozirda 35 yoshda bo‘lgan aktyor “Qurilish: Usmon” serialida rol ijro qilmoqda. Xande Erchel Aktrisa 2013-yilda “Choliqushi” serialida suratga tushganida 20 yoshda edi. Hozir 27 yoshda bo‘lgan Xandening ko‘rinishi avvalgidan yaxshilangan. Vazn tashlagani va kiyinish borasida uslubi o‘zgargani unga juda ham yarashgan. 2019-yilda Erchel Amerika sariq matbuoti tomonidan dunyoning eng chiroyli ayoli deb e’lon qilingan. Hozirgi vaqtda Erchel “Eshigimni qoq” serialida Kerem bilan birga suratga tushmoqda. Jan Yaman Avvaliga advokat sifatida faoliyatini boshlagan Janning ko‘rinishi avvalgidan ancha o‘zgargan. Debyut rolini 2014-yilda ijro qilgan Jan sal avvalroq tug‘ilgan kunini nishonladi. Aras Bulut Iynemli “Chuqur” serialidagi roli bilan yaxshi tanish bo‘lgan aktyor 2008-yilda 18 yoshda ilk rolini ijro qilgan. Ayni vaqtda 30 yoshli bo‘lgan Aras avvalgidan ancha ko‘rkam ko‘rinishga ega.
73
2,524
Madaniyat
“Baron” filmida suratga tushgan aktyorlarning ba’zilari gonorarlardan voz kechgani haqidagi gap-so‘zlar rad etildi
“O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga asosan tasvirga olingan “Baron” filmida suratga tushgan aktyorlarning barchasi kelishilgan gonorar pullarini olgan. Bu haqda film rejissori Rustam Sa’diyev “Darakchi” gazetasiga ma’lum qildi. “Ishtirok etgan aktyorlarning bari kelishilgan gonorarlarni oldi. Lekin ularning hech biri pul uchun ishlamadi”, — deydi Rustam Sa’diyev. “Ko‘tarilgan mavzuning ijtimoiy ahamiyatga egaligi sabab, giyohvandlik vabosiga qarshi kurash mavzusida suratga olingan ushbu film nafaqat o‘zbek aktyorlari, balki chet ellik hamkasblarimiz uchun ham qiziq bo‘ldi”, — deydi rejissor. Rustam Sa’diyevning qo‘shimcha qilishicha, ijodiy jamoa mazkur film orqali “kelajak avlodlarimiz sog‘lom bo‘lib o‘sishiga hissa qo‘shganidan xursand”. Ma’lumot uchun, “Baron” filmida Javohir Zokirov, Ulug‘bek Qodirov, Shahlo Temirova, Jamila G‘ofurova, Dilnoza Kubayeva, Muhammadiso Abdulxairov, Seydulla Moldaxanov, Ra’no Shodiyeva, Dilorom Egamberdiyeva, Shahzoda Matchonova kabi o‘zbekistonlik, Farhod Mahmudov, Andrey Smolyakov, Viktor Verjbitskiy kabi rossiyalik, shuningdek, Gollivud kinoloyihalarida qatnashgan Hasan Mas’ud kabi aktyorlar suratga tushgan. Filmni suratga olish ishlari uchun, turli manbalarga ko‘ra, qariyb 1,5 milliard so‘m sarflangan.
114
1,266
Madaniyat
Qo‘shiqchi Nikolay Baskov Grozniydagi to‘yini izohlashdan bosh tortdi
Qo‘shiqchi Nikolay Baskov o‘zining Grozniyda bo‘lib o‘tadigan to‘yini izohlashdan bosh tortdi, deb yozadi “Gazeta.ru”. Bo‘lg‘usi nikoh haqida o‘z Instagram’ida Checheniston rahbari Ramzan Qodirov gapirib bergan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, xonandaning yori teleboshlovchi, model Viktoriya Lopiryova bo‘ladi. Qodirov to‘y 5-oktabrga rejalashtirilganini ma’lum qildi. O‘sha kuni Checheniston rahbarining tug‘ilgan kuni, Grozniyda esa — Shahar kuni nishonlanadi. “Men izoh bermayman… Kelinglar, o‘sha kungacha yetishaylik”, — dedi Baskov.
69
536
Madaniyat
Satira teatridagi davra suhbati
Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi va Madaniyat vazirligi hamkorlikda bugun, 30 mart kuni O`zbekiston davlat satira teatrida “Teatrlar xodimlarini siyosiy jarayonlar, dunyoda ro`y berayotgan voqea-xodisalar bilan tanishtirib borish maqsadida hamkorlikdagi siyosiy, huquqiy va ma`naviy-ma`rifiy” mavzusida davra suhbati o`tkazildi. Tadbirda O`zbekiston davlat satira teatri jamoasi Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi bo`lim boshlig`i Tursunmurod Mamatqobilov,yuridik fanlar doktori, profesor Feruza Muhiddinova, Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi bosh mutaxassisi Shahnoza Tojiddinova ishtirok etishdi. Mazkur tadbirda bugungi kunda amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo`nalishlari, keng ko`lamli islohotlarning mohiyati, qabul qilingan qonun hujjatlari, davlat dasturlarining ahamiyatini atroflicha sharhlash va tushuntirish, odamlarni hushyorlik chaqirish, yosh avlod onggiga singdirish hamda milliy madaniyatimiz xususida targ`ibotchilar Tursunmurod Mamatqobilov hamda yuridik fanlar doktori, profesor Feruza Muhiddinova, Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi bosh mutaxassisi Shahnoza Tojiddinova tomonidan ma`ruza qilindi. Teatr jamoasi savol va javob, ko`plab bahs-munozaralarga boy bo`lgan bu kabi davra suhbati tarzidagi uchrashuvlar davomli o`tkazish kerakligi hususidagi munosabatlarini bildirib o`tishdi. Shu maqsadda Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi, Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda aholini qiynayotgan ma`naviy, ijtimoiy masalalarni bartaraf etishda ta`sirchan mexanizm asosida targ`ibot ishlarini olib borishni o`z vazifasi, deb biladi.
32
1,617
Madaniyat
Suyima G‘aniyeva vafoti munosabati bilan davlat rahbariyati hamdardlik bildirdi
O‘zbekiston Qahramoni Suyima G‘aniyeva vafoti munosabati bilan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, N.Yo‘ldoshev, A.Aripov, B.Yo‘ldoshev va N.Karimov hamdardlik bildirdi. Ta’ziyanoma O‘zAda e’lon qilindi. O‘zbekiston ilm-fani og‘ir judolikka uchradi. Atoqli adabiyotshunos olim, professor, O‘zbekiston Qahramoni Suyima G‘aniyeva 86 yoshida vafot etdi. S.G‘aniyeva 1932-yilda Toshkent shahrida xizmatchi oilasida tug‘ildi. 1952-yilda O‘rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning sharqshunoslik fakultetini tamomladi. 1953—1956-yillarda Leningrad davlat universiteti aspiranturasida ta’lim oldi. Bo‘lg‘usi olima o‘z mehnat faoliyatini 1956-yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti kichik ilmiy xodimi sifatida boshladi. Shu yili buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy ijodiga bag‘ishlangan nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Keyinchalik O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti ilmiy kotibi, Toshkent davlat konservatoriyasida kafedra mudiri, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti professori lavozimlarida faoliyat ko‘rsatdi. U o‘zining qariyb 60 yillik ilmiy-pedagogik faoliyati davomida o‘zbek mumtoz adabiyoti bo‘yicha fundamental tadqiqotlar olib bordi. Mustaqillik yillarida adabiyotimiz va madaniyatimizni rivojlantirish, milliy adabiyotimizning jahon madaniy sivilizatsiyasida tutgan o‘rnini xalqaro miqyosda keng targ‘ib etishga katta hissa qo‘shdi. S.G‘aniyeva o‘z ilmiy faoliyati davomida yaratgan 14 ta monografiya, 350 dan ziyod ilmiy-nazariy maqolalar mamlakatimiz va xalqaro ilmiy nashrlarda chop qilingan, 20 dan ortiq o‘quv-metodik qo‘llanmalari respublika oliy ta’lim muassasalari o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan. Olima Alisher Navoiy ijodini chuqur o‘rganib, o‘zining teran ilmiy tadqiqotlari bilan navoiyshunoslik sohasida o‘ziga xos ilmiy maktab yaratdi. Uning “Alisher Navoiyning hayoti va ijodi”, “Alisher Navoiy ijodida milliy mafkura”, “Navoiy g‘azallarida jo‘mardlik motivlari”, “Navoiy vasiyati”, “Navoiy dastxati” kabi sermazmun asarlari yurtimiz va chet el adabiyotshunoslari tomonidan ilmiy kashfiyotlar sifatida e’tirof etilgan. S.G‘aniyeva Alisher Navoiyning uzoq yillar davomida ilm-fanga noma’lum bo‘lib kelgan “Munojot” asarini topib, nashr ettirgan. Olima 2011-yilda Alisher Navoiyning 20 jildlik mukammal asarlar to‘plamini nashrga tayyorlashda faol ishtirok etgan. Yorqin iste’dod, katta ilmiy salohiyat egasi bo‘lgan zahmatkash olima o‘z faoliyati davomida ko‘plab yoshlarga ustozlik qildi. Uning bevosita rahbarligida o‘nlab doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan. S.G‘aniyevaning mamlakatimiz ilm-fanini rivojlantirish va barkamol avlod tarbiyasi yo‘lidagi ulkan xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. U O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti, “El-yurt hurmati”, “Buyuk xizmatlari uchun” ordenlari va O‘zbekiston Qahramoni faxriy unvoni bilan mukofotlangan edi. Atoqli olima, mehribon ustoz, samimiy va kamtarin inson Suyima G‘aniyevaning yorqin xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi.
79
3,055
Madaniyat
Animasiya kuni munosabati bilan matbuot anjumani bo`lib o`tadi
2019 yil 28 oktyabrda Xalqaro animasiya kuni munosabati bilan “O`zbekkino” Milliy agentligida matbuot anjumani o`tkaziladi.   Unda O`zbekistonda animasiya rivojiga to`siq bo`layotgan omillar va ularning echimlari muhokama qilinadi. Agentlik mutaxassislari, “Multiplikasion filmlar studiyasi” DUK, Davlat san`at va madaniyat instituti hamda Kamoliddin Behzod nomidagi rassomchilik va dizayn instituti vakillari o`zbek milliy animasiyasidagi muammolari masalasida ma`ruza qilishadi. Anjumanda faxriy mehmon Qozog`iston Respublikasi animatorlar assosiasiyasi rahbari Gali Mirzashev ishtirok etadi. Tadbir davomida milliy multfilmlar targ`ibotida ommaviy axborot vositalarining roli, milliy multqahramon yaratish istiqbollari: muammolar va echimlar, xususiy animasion studiyalar (“Sinema servis” MChJ, “Futurist”, “Astir”) faoliyati muhokama qilinadi.   Matbuot anjumani so`nggida milliy multfilmlarni rivojlantirish, yangi bosqichga ko`tarish bo`yicha “Yo`l xaritasi”ga takliflar tayyorlash yuzasidan Ishchi guruhlarini shakllantirish va yo`nalishlarni belgilashga kelishib olinadi.          Eslatma: Shu kuni soat 18:00da Xalqaro animasiya kuni munosabati bilan O`zEOVMAning media-xollida bayram tadbiri bo`lib o`tadi. Tadbir doirasida milliy multiplikasiya rivojiga salmoqli hissa  qo`shgan, sohada uzoq yillar davomida samarali mehnat qilgan xodimlar rag`batlantiriladi. Taqdirlash marosimidan so`ng xalqaro multiplikasiya hamda o`zbek animasiyasi tarixi haqidagi videoroliklar, yangi ishlangan multfilmlar namoyishi bo`lib o`tadi.  Tadbirga barcha jurnalist va blogerlar taklif etiladi. "O`zbekkino" milliy agentligi axborot xizmati
62
1,633
Madaniyat
Koronavirus pandemiyasi vaqtida omon qolishga yordam beradigan filmlar
Koronavirus nafaqat xorij davlatlari, balki O‘zbekistonga ham xavf tug‘dirmoqda. Mamlakatda karantin e’lon qilingan, endilikda aholining asosiy vazifasi — uyda o‘tirish va yaxshi filmlar tomosha qilish. “Kinoafisha” xavfsizlik choralarining elementar usullari haqida so‘zlagan holda izolyatsiya vaqtida optimizmni saqlab qolishga xizmat qiladigan filmlar ro‘yxatini taqdim etdi. “Epidemiya” “Oy nuri” filmining rejissori Barri Jenkins Twitter’dagi sahifasida yozishicha, Stiven Soderbergning qariyb o‘n yil oldin ekran yuzini ko‘rgan “Epidemiya” filmini qayta tomosha qilish uchun 12,99 dollar to‘lagan. So‘nggi vaqtlarda ushbu film onlayn tomosha qilinayotgan filmlar orasida mashhurlikka erishdi — Soderberg loyihasi hozirda sodir bo‘layotgan voqealarga juda o‘xshaydi. Shu sababli kartinani tomosha qilish tavsiya etiladi. Eng muhimi, vahimaga berilmaslik, qo‘llarni yuvishda davom etish va ekranda sodir bo‘layotgan voqealar shunchaki tasavvur mahsuli ekanligini unutmaslik lozim.  “Epidemiya” filmi koronavirus sabab yana mashhurlikka erishdi. Undagi voqealar reallikka mos kelmoqda “Aviator” Leonardo Di Kaprio ushbu voqealar sodir bo‘lishidan oldin ham qo‘llarini muntazam yuvib kelgan… “Aviator” qahramoni “o‘z g‘oyasiga sodiqlik”dan aziyat chekkani sabab bunda kulgili jihat yo‘q, biroq shunday bo‘lsa-da, qo‘llarni tez-tez yuvib turishni unutmaslik kerak. Shuningdek, doim uzoq davom etsa-da, hech kim Martin Skorseze ajoyib filmlarni suratga olishi to‘g‘risidagi faktni bekor qilmagan. Unga nafaqat Govard Xyuzning hayoti haqida so‘zlovchi film, balki Skorsezening qolgan filmlari ham kiradi. Masalan, uch soat vaqtini qizg‘anmagan odam “Irland”ni tomosha qilishi mumkin. “Pusanga eltuvchi poyezd” Qandaydir noma’lum virus sabab yuzaga keladigan zombi apokalipsislar haqida filmlar hozirda juda ommalashgan. Mazkur janr paydo bo‘lganidan buyon ko‘plab filmlar ekran yuzini ko‘rgan, biroq ular orasida “Pusanga eltuvchi poyezd” alohida ajralib turadi. Birinchidan, “Parazitlar” erishgan yutuqlardan keyin Koreya kinolariga bo‘lgan talab oshdi. Ikkinchidan, yovuz koronavirus aynan Osiyoda paydo bo‘ldi, shu sabab bu unga o‘zgacha atmosfera bag‘ishlaydi. Uchinchidan esa yaqin orada filmning sikveli chiqadi, shu sabab hozirda uning orginali bilan tanishib olishning ayni vaqti. “Tarjimaning qiyinligi” Yaponiyaga tashrif buyurishni niyat qilganlarning safari koronavirus sabab to‘xtab qolgan bo‘lsa, aslo tushkunlikka tushmasin — Bill Myurrey va Skarlett Yoxanson u yerda doimo ham xushchaqchaqlik hukm surmasligini isbotlab beradi. “Tarjimaning qiyinligi” filmida bosh qahramonlar Tokioda uchrashib qolib, o‘zlari uchun ulkan va notanish shaharda yupanch topgandek bo‘ladi. “Uyda yolg‘iz” Makoley Kalkin ijrosidagi ushbu filmni ko‘rmagan inson topilmasa kerak. Yolg‘izlikdan aziyat chekayotganlar Kevin Makkalisterning qiziqarli sarguzashtlarini tomosha qilishi va yolg‘izlikning ham o‘ziga yarasha gashti borligiga ishonch hosil qilishlari mumkin. “Odamlardan yiroqda” Hozir uyda yolg‘iz o‘tirgan ko‘pchilik o‘zini Tom Xenksning kimsasiz orolda qolib ketgan qahramoni kabi his qilayotgan bo‘lsa kerak. Biroq bunday qilish yaramaydi, chunki odamlarda istalgan mahsulotni uydan chiqmasdan turib buyurtma qilish imkoniyati mavjud. Shunga qaramay ushbu filmni qayta tomosha qilishning zarari yo‘q. “Odamlardan yiroqda” — inson har qanday sharoitda yashashga ko‘nikishini isbotlovchi film. “Shon ismli zombi” Ko‘p bora qaytarilgan bo‘lsa-da, kulgi eng yaxshi davo. Shuning uchun Romero, Reymi va boshqa qahramonlar ishtirokidagi filmni yana bir bor tomosha qilish ortiqchalik qilmaydi. “Shon ismli zombi”ning rejissori Edgar Rayt o‘zining Instagram’dagi sahifasida Saymon Pegg ijrosidagi personajning bugungi kunga naqadar mos kelishini eslab o‘tgan. Kartina Vinchesterga yo‘l olib, muzdekkina ichimlik bilan barchasi tugashini kutib o‘tirishga chaqiradi. “Arvohlar tomonidan olib ketilgan” G‘amginlikka moyil bo‘lgan odamlarga Xayao Miyadzakining filmlarini tomosha qilish tavsiya etiladi. Yaponiyalik dahoning animatsiyasi stressli vaziyatda ham insonlarga ilhom bag‘ishlay oladi. Miyadzakining sehrli olamiga tushib qolib, turli mahluqotlar bilan do‘st tutinish mumkin.  Karantin vaqtida qaysi xorijiy filmlarni tomosha qilish mumkin? “Cheksiz tarix” “Cheksiz tarix”ni nafaqat kattalarga, balki bolalarga ham har qanday kasallikka davo sifatida tavsiya qilish mumkin. Film sirli kitobni ochib, sehrli Fantaziya mamlakatiga tushib qolgan bolakay haqida. Kartina insonni xayol va tasavvur kuchiga ishonishga o‘rgatadi. Bu esa hozirgi pandemiya vaqtida juda muhim.
70
4,580
Madaniyat
Filmlarda parikdan foydalanganini ashaddiy muxlislari ham payqamagan Gollivud aktyorlari (foto)
Aktyor va aktrisalar har bir filmda turli qahramonni gavdalantiradi. Bunda ko‘pincha soch turmagi personaj xarakterini o‘ziga xos tarzda aks ettirishga yordam beradi. Tashqi ko‘rinishni o‘zgartirish uchun ham odatda pariklardan foydalaniladi. Lekin tomoshabinlar personajlarning sochi parikmi yo o‘ziniki ekanligini odatda unchalik ham farqlay olmaydi. Anya Teylor-Joy “Qirolichaning yurishi” kartinasida Anya Teylor-Joy parik tufayli qizil sochli qahramonga aylangan. Aytgancha, ssenariyda qahramonning sochi qizil bo‘lmagan: aktrisaning o‘zi va soch rassomi shunday qilishni taklif qilgan. Anyaning pariklardan foydalanishining yana bir sababi tabiiy sochlarini himoya qilishdir, chunki turli xil tashqi ta’sirlar sochlar uchun zararli bo‘lishi mumkin. “Emma” filmida esa aktrisa o‘z qahramonining qiyofasiga ko‘proq o‘xshash uchun sochlarini yanada ochroq rangga bo‘yagan. Margo Robbi G‘ayrioddiy Xarli Kvinn rolini ijro etgan aktrisa o‘zining yorqin rangli sochlari bilan muxlislar yodida qolgan. Yomg‘irli sahnalarda suratga olish qiyin bo‘lgani uchun aktrisa ham parikdan foydalangan. Shuningdek, komik qahramon Xarli Kvinning bunday ko‘rinishi tasodifiy emas. Uning masxaraboz malika obraziga mazkur soch turmagi mos keladi. Kristen Styuart “Sumerki”ning ba’zi qismlarida Kristen Styuart ham parik kiygan. Buni kartinaning harakatsiz kadrlarida sezish mumkin. Vampirlar haqidagi dostonning ba’zi epizodlarida aktrisaning parik kiyganining sababi shundaki, u boshqa filmda rol o‘ynash uchun sochlarini ancha qisqartirgandi. “Sumerki”ning barcha qismlarini suratga olish esa ancha uzoq davom etgan, birinchi qism 2008-yilda, oxirgisi esa 2012-yilda chiqarilgan. Nikol Kidman Nikol ham filmlarda suratga tushishda ko‘pincha parik kiyadi. Misol uchun, “Katta kichik yolg‘on” filmidagi uning malla sochlari sun’iydir. Ushbu soch turmagi aktrisaga zamonaviy ayol va mehribon onaning qiyofasini yaratishga yordam bergan. “Ortga chekinish” filmida esa aktrisa jingalak soch bilan namoyon bo‘lgan. Lekin bu ham parik. Tom Xiddlston Lokining sochlari uzun va qora. Ammo uning ijrochisi Tom Xiddlstonniki esa tabiatan jingalak va sarg‘ish. Loki rolini o‘ynagan “Tor” filmida Tom xuddi kartinadagi qahramoni kabi sochlarini o‘stirdi va bo‘yadi. Ammo “Qasoskorlar” filmida Tom parik kiygan, chunki u kalta sochli qahramon rolini boshqa filmda ijro etayotgan edi. Skarlett Yoxansson Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, parik boshqa odamga aylanishning eng oson yo‘li. Ko‘pgina filmlarida aktrisa pariklarda rol ijro etadi. Uning sevimli parigi – bu Qora beva roli uchun tanlangan qizg‘ish jingalak soch, unda ekrandagi qahramon xuddi chizilgan personajga o‘xshaydi. Jennifer Eniston Aktrisaning sochlari ajoyib, lekin ularni ko‘pincha pariklar ostiga yashiradi. Misol uchun, “Biz Millerlarmiz” va “Badfe’l xo‘jayinlar” filmida Jenniferning tabiiy jingalak sochlari soxta sochlar orqasida yashiringan. Aktrisa uchun parik – bu tabiiy tolalarni sog‘lom saqlash imkoniyatidir. Bundan tashqari, parik kiyish qahramonga aylanish vaqtini qisqartiradi. Jillian Anderson Aktrisa agent Skalli rolida parik kiygan. Jillian bunga majbur bo‘lgan, chunki filmdagi doimiy soch turmagi uchun fendan foydalanib, kal bo‘lib qolishdan qo‘rqardi. Shuningdek, u sochi bilan bog‘liq muammolarga ham uchragandi. Anjelina Joli “Solt” filmida sujetga ko‘ra, qahramon ta’qibdan qutulish uchun tashqi qiyofasini o‘zgartiradi. Albatta, har bir sahna uchun aktrisa sochlarini bo‘yab yoki qisqartirishiga hojat qolmagan. U shunchaki turli xil pariklardan foydalangan va shu bilan tashqi ko‘rinishini o‘zgartirgan. Ketrin Zeta-Jons Aktrisa “Chikago” filmidagi roli uchun sochini qisqartirishi shart emasdi, u ham boshqalar kabi parikdan unumli foydalandi. Film ijodkorlari Ketrin sochini kesgandek ko‘rinishini xohladi, qora bob kare turmagi esa uning qiyofasiga mos tushdi. Vupi Goldberg “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan rolida aktrisa uzun va tabiiy ko‘rinadigan sochlar uchun o‘zining o‘rilgan turmagidan voz kechdi. O‘sha paytda o‘rimli soch Gollivud uchun g‘ayrioddiy narsa edi. Vupi esa ba’zida tashqi ko‘rinishi tufayli muammolarga duch kelardi, garchi u eng yaxshi aktrisa pog‘onasiga chiqa olgan bo‘lsa ham. Robert Pattinson Robert Pattinson “Sumerki” serialida tabiiy sochlari bilan rol o‘ynadi. Ammo keyinchalik boshqa filmlar uchun sochlarini qisqartirishga to‘g‘ri keldi. Biroz vaqt o‘tgach “Sumerki”dagi ba’zi sahnalarni yakunlash uchun suratga olish ishlari davom etdi. Natijada aktyor parik kiyishga majbur bo‘ldi.
95
4,501
Madaniyat
Kubayevadan tortib Shahzodalargacha. PROlogue—2017 qizil yo‘lakchasidan reportaj (foto va video)
O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, “O‘zbekkino” Milliy agentligi, Yosh kinoijodkorlar kengashi va Kinemotografiyani rivojlantirish markazi tomonidan o‘tkazilayotgan III Respublika PROlogue—2017 kinofestivalining tantanali “qizil yo‘lakcha” hamda yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad marosimdan foto- va videoreportaj tayyorladi. 30-noyabr kuni Yoshlar ijod saroyida PROlogue—2017 kinofestivalining eng kutilgan “qizil yo‘lakcha” marosimi bo‘lib o‘tdi. Qizil yo‘lakchadan o‘tgan o‘zbek shou-biznesining mashhur vakillari marosimga Mercedes’larda tashrif buyurdi. Xonandalar Shahzoda va Nilufar Usmonova, aktrisa Shahzoda Matchonova va boshlovchi Nilufar Sotiboldiyeva O‘zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayeva O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Karim Mirhodiyev, Dilorom Egamberdiyeva, rejissorlar Rashid Malikov va Muxlisa Azizova Xonanda Shahriyor hamda aktrisa Nigina Anorboyeva Rejissor Jahongir Qosimov O‘zbekiston xalq artisti Rixsi Ibrohimova va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Qahramon Abdurahmonov Rejissor Rustam Sa’diyev, aktyor Farhod Mahmudov, aktrisa Xurshida Arabshoyeva Rejissor Ali Hamroyev va aktrisa Feruza Sobitova “Arslon izidan” filmi prodyuseri Rustam Rixsibekov (chapdan birinchi) va Rametovlar oilasi Aktrisa Dilnoza Kubayeva Aktrisa Shahzoda Matchonova Rejissor Zebo Navro‘zova kelini — aktrisa Asal Shodiyeva bilan Aktrisa Nigora Karimboyeva Xonanda Shahzoda Rejissor Zebo Navro‘zova, aktrisa Asal Shodiyeva va xonanda Dineyra Aktyor va rejissor Alisher Uzoqov Aktrisa Ra’no Shodiyeva
96
1,564
Madaniyat
Bolalar uchun eng yaxshisi: Merosxo‘rlaridan pullarini ayamaydigan mashhur insonlar (foto)
Mashhurlarning hammasi ham bolalarini hashamat va boylikda tarbiyalamaydi, ularga pul topish qiyinligini va uni qadrlash kerakligini o‘rgatadi. Biroq tug‘ilishidan boshlab farzandlarini erkalab, ularga katta mablag‘ sarflaydigan yulduzlar ham bor. Grazia nashri bolalaridan pulni ayamaydigan yulduzlar bilan tanishtirib o‘tdi. Beyonse va Jay-Z Beyonse va Jay-Z’ning qizi Blu Ayvi bolaligidanoq shaxsiy xodimlarga ega bo‘lgan: uning o‘z stilisti, oshpazi va hatto smoking kiydirishi kerak bo‘lgan xizmatchisi ham bor. Yulduzli juftlikning qizi ko‘pincha sanoqli kolleksiyalardan dizaynerlik liboslarini kiyadi. Blu Ayvi kichkinaligida ota-onasi unga 600 ming dollarga tebranuvchi oltin ot o‘yinchog‘ini sotib olgan. Kim Kardashyan  Kim Kardashyan va Kanye Uestning farzandlari, shubhasiz, eng mashhur yulduz avlodlaridan biri. Ular yo‘rgakdanoq dabdabaga ko‘milgan. Nort yoshligidan qimmatbaho brend kiyimlarini kiyib yurgan bo‘lsa, uning ukasi Seynt 23 ming dollarlik taglik bilan maqtanadi. Ushbu bolalar 144 000 dollarlik o‘yinchoq uyga ega. Juftlik ajrashgandan so‘ng bolalar onasi bilan qoldi. Shuningdek, bolalarning tug‘ilgan kuni ham juda keng miqyosda nishonlanadi. Jennifer Lopes Jennifer Lopes va Mark Entonining bolalari 2008-yilda tug‘ilgan va ular hech qachon bir kiyimni takroran kiymagan — kiyimlar ular uchun bir martalik edi. Farzandlarining dunyoga kelishi uchun otalari ularga Misrdan keltirilgan paxtadan tayyorlangan belanchak va olmos bilan bezatilgan shiqildoqlarni sovg‘a qilgan. Bundan tashqari, ularning o‘z oti ham bor. Madonna Madonnaning olti nafar farzandi bor, ulardan to‘rt nafari asrab olingan. Biologik qizi Lourdesning 16 yoshga to‘lishi munosabati bilan qo‘shiqchi Nyu-Yorkdan kvartira berdi va uy jihozlari uchun 100 ming dollar sarfladi. Shuningdek, u boshqa bolalarini ham undan kam bo‘lmagan sovg‘alar bilan xursand qiladi. Keti Xolms Keti Xolms va Tom Kruzning farzandi Suri haqiqiy zamonaviy qiz bo‘lib ulg‘aymoqda. Daily Mail ma’lumotlariga ko‘ra, bolaligidanoq uning garderobi bir necha million dollarga baholangan, u havas qilsa arziydigan poyabzal va aksessuarlar to‘plamiga ega. Suri har oy faqat xarid qilish uchun minglab dollar sarflaydi va buni ajrashgan ota-onasi ma’qullaydi. Suri onasidan bolaligida sovg‘a sifatida 24 000 dollarlik Viktoriya o‘yingohini olgan. Uning shaxsiy massaj terapevti ham bor. Bundan tashqari, qiz har yili bir million dollar nafaqa oladi. Cardi B va Offset Cardi B va reper Offsetning qizi Kalche 10 oylik bo‘lganida, qo‘shiqchi unga 80 000 dollarlik zargarlik buyumlarini sotib oldi va 2 yoshga to‘lishi munosabati bilan Hermes Birkin sumkasini sovg‘a qildi. To‘rt yoshga to‘lgan kuni Kalche ota-onasidan 50 ming dollar hadya oldi. Merayya Keri Merayya Keri bolalarining birinchi tug‘ilgan kunini Parijda nishonladi va ularga o‘yinchoq Ferrari sovg‘a qildi. Yulduzning farzandlari go‘dakligida 3600 dollar turadigan belanchaklarda uxlagan. Eng qizig‘i, bir necha yil oldin ularning har birida shirinliklar sotiladigan o‘zining eksklyuziv do‘konlari bo‘lgan. Kayli Jenner  Kayli Jenner — taniqli yulduz. Uning qizi Stormi xuddi onasi kabi yaxshi kiyinadi. To‘rt yoshli qiz mashhur brendlarning qimmatbaho sumkalarining katta to‘plamiga ega. U otasidan ham qimmatbaho sovg‘alar oladi — reper unga taxminan 100 000 dollarlik olmos uzuk sovg‘a qilgan.
90
3,336
Madaniyat
“Mehribonginam” hind filmida Kishan obrazini yaratgan kichkintoy hozir qanday ko‘rinishda? (foto)
O‘tgan asrning 80-yillarida “Mehribonginam”, “Okean”, “Oila”, “Inson va qonun” kabi filmlarda rol ijro etgan kichkintoy Guddu ko‘plab muxlislar yodida qolgani shubhasiz. U o‘z davrining eng taniqli jajji aktrisalaridan biri edi. Kichkintoy Gudduning asl ismi – Shaxinda Bayg. Bugun ushbu jajji qizaloqning hayoti qanday kechganligi va u hozirda qanday ko‘rinishda ekanligi qiziq bo‘lsa kerak. Shaxinda 1981-yil unchalik ham mashhur bo‘lmagan rejissor, prodyuser va aktyor M.M.Bayg va uning turmush o‘rtog‘i Mumtazning oilasida dunyoga kelgan. Yosh aktrisa dastlab televideniye bilan aloqasi bo‘lgan otasi tufayli tish pastasi va alkogolsiz ichimliklar reklamasida qatnashgan. Ajoyib tabbasumga ega qizaloq tomoshabinlarga shunchalar yoqib qolganidan tez orada uning ismi hammaning tilida doston bo‘lgan. Uning otasi “Ikkinchi xotin” va “Kambag‘alning do‘sti” kabi loyihalarda rejissor yordamchisi sifatida ishlab yurgan kezlari suratga olish maydonchasida kichkintoy Shahindani Rajesh Xanna ko‘rib qoladi. Aynan qizaloq uchun atalgan “Nega bunday bo‘lyapti?” filmini suratga oladi. 1990-yilda Shaxindaning otasi “Masoom Gawah” filmini suratga olishni boshlaydi, unda Nasriddin Shax, Anita Raj, Prem Chopra, Said Jaffri va kichkintoy Guddu ishtirok etadi. Ammo film Nasriddin Shax bilan bog‘liq muammolar tufayli to‘xtatiladi. Loyiha esa ekran yuzini ham ko‘rmaydi. Shundan so‘ng Shaxindaning otasi o‘zi singari qiziga ham Bollivudda o‘rin yo‘q, deb o‘ylaydi va uning e’tiborini ko‘proq bilim olishga qaratadi. Mashhurlikka erishgan qizaloq 11 yoshda butunlay kinoni tark etgan va bor diqqatini bilim olishga qaratgan. Shaxinda ulg‘aygach, Abdul ismli yigitga turmushga chiqib, Dubayga ko‘chib ketgan. Dastlab u dunyodagi eng mashhur va tez rivojlanayotgan Emirates aviakompaniyasida iqtisodchi bo‘lib ishlagan. Keyinchalik xuddi shu kompaniyada ekipaj menejeri o‘rinbosari lavozimini egalladi. Hozirda Shaxinda baxtli oila bekasi va Hindistonga qaytishni rejalashtirmagan, ammo u Bollivudda o‘tkazgan vaqtini hech qachon unutmaydi.
97
2,039
Madaniyat
Marhum aktrisa Gavhar Sharipovaning onasi: Gavhar Navoiyning havosi meni bo‘g‘adi, menga havo yetishmaydi derdi (video)
“Opa-singillar”, “Gulxan atrofidagilar”, “Alpomish” kabi filmlaridagi rollari bilan mashhurlikka erishgan, 2019-yilning oxirida baxtsiz hodisa tufayli olamdan o‘tgan aktrisa Gavhar Sharipovaning onasi Dilorom Sharipova “Daryo” nashriga intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi. Dilorom Sharipova qizining bolaligi, aktrisa bo‘laman deb qilgan harakatlari, “imtihondan qizimni yiqitib yuboringlar”,  deya institut o‘qituvchilariga qilgan iltimosi haqida gapirib berdi. Gavhar qizim bog‘chaga borgan vaqtlaridan, uch yoshlaridan turli yupkachalarni kiyib, aktrisa bo‘laman der edi. ‘Bunday dema-ey, aktrisa bizni zotimizda yo‘q’, derdim. Maktabda ham juda yaxshi o‘qigandi. Ayniqsa ustozlari Gavhar tomonidan tashkillashtirilgan so‘nggi qo‘ng‘iroqni, har bir o‘qituvchisiga she‘r yozganini hozirgacha eslashadi. ‘Menga oq fotiha bering, men san‘at institutiga kiraman’,— deganida, ‘jonim bolam, seni otasiz katta qildim, o‘zbekchilik, odamlar aktrisa bo‘lib ketibdi’,— deb gapirishadi, desam, ‘Sora Eshonto‘rayeva yetti yoshimda sen sahna uchun tug‘ilgansan, aktrisa bo‘lasan, degandilar, hamma tomonlama qobiliyatim yetarli, baribir aktrisa bo‘laman’ degandi. Institutga hujjatlarini topshirganida ham, ijodiy imtihon oladigan ustozlariga ‘aylanay sizlardan, Navoiydan kelgan Sharipova Gavharni imtihondan yiqitib yuboringlar’ deb iltimos qildim. Imtihonda uning mahoratini ko‘rgan ustozlari, yonimga kelib, ‘qizingiz sahna uchun tug‘ilgan ekan-ku, hali u mashhur aktrisa bo‘lib ketadi, bizni duo qilib, rahmat aytib yurasiz’ deyishgan edi. Gavhar yuqori natijalar bilan o‘qishga kirgan edi. Birinchi marta Rashid Xoliqovning video klipida suratga tushgandi. Keyin ‘Alpomish’ filmiga, ‘Otalar so‘zi’ dasturida suratga tushib yurdi. Teatrda juda ko‘p spektakllarda rollar o‘ynadi. ‘Gulxan atrofidagilar’ filmida ham juda chiroyli rol ijro etgan. Keyinroq ‘Opa-singillar’ serialiga taklif qilishgan ekan. Bir kun telefon qilib, ‘falon kuni ‘Opa-singillar’ning birinchi fasli ketadi, ko‘ringlar, faqat yig‘lamanglar’ dedi. ‘Opa-singillarni’ yig‘lab-yig‘lab ko‘rdik. ‘Opa-singillar’ serialidan keyin ishi o‘xshamadimi, dugonasi Moskvaga chaqirgan edi, keyin u yerga ishlashga ketdi. Moskvadan uyga kelganida, ‘Navoiyda qol’, desam, ‘men Navoiyda yashay olmayman, meni ijodim Toshkentda, Navoiyning havosi meni bo‘g‘adi, menga havo yetishmaydi’ degandi. Hammamizga mehribon edi, ‘ishlarim yaxshi bo‘lib ketsa Toshkentdan uy olaman, sizni olib ketib shifokorlarga ko‘rsataman, siz yig‘lamang, hammasi yaxshi bo‘ladi, onajon’ derdi. Bolajonimdan ayrilib qoldim. Meni bolam keng dunyoga sig‘may ketdi. Dilorom Sharipova, aktrisa Gavhar Sharipovaning onasi Ma‘lumot uchun, aktrisa Gavhar Sharipova 1980-yilda Navoiy shahrida tug‘ilgan bo‘lib, “Aldangan ayol”, “Go‘zallik siri”, “Alpomish”, “Gulxan atrofidagilar”, “Sarvinoz” kabi filmlarda ham turli darajadagi rollarni ijro etgan. Aktrisa Gavhar Sharipova 2019-yilning 19-noyabr kuni Samarqand—G‘uzor avtomobil yo‘lida, Isuzu yuk mashinasida kelayotganda, mazkur yuk mashinasi haydovchisi shilqimlik qilgan, shundan so‘ng aktrisa 140 kilometr tezlikda yurib ketayotgan mashinadan o‘zini tashlab vafot etgan.
119
3,184
Madaniyat
O‘zbek kinoyulduzlarini birlashtirgan “Mehmonxona” seriali suratga olinmoqda (foto)
“Yoshlar” teleradiokanali buyurtmasiga binoan “O‘zbektelefilm” Davlat unitar korxonasi tomonidan 20 qismdan iborat “Mehmonxona” (Hotel) nomli teleserial suratga olinmoqda. Bu haqda “Popcorn.uz” xabar bermoqda. Serial rejissyori Akrom Isakovning ma’lum qilishicha, suratga olish ishlarining 90 foizi amalga oshirilib, yakuniy qismlari qolgan. Bir vaqtda montaj ishlari ham boshlab yuborilgan. “Bu ssenariyning g‘oyasi haqida 2 yil avval o‘ylagandim, ammo vaqti-soati kelgach, Barno Abdurashidova hamda Nosir Boymirzayev bilan hamkorlikda ssenariy yozdik, – dedi rejissyor. Mazkur teleserialda noan’anaviy, o‘tkir syujetli, tarbiyaviy ahamiyatga ega mavzular, xususan, nafs, boylik, oqibat, do‘stlik, manfaat, mansab, hukmdorlik hisi, shuningdek, oilaviy munosabatlar ko‘rsatilgan. Serialda Yoqub Ahmedov, Bobur Yo‘ldoshev, Gavhar Zokirova, Adiz Rajabov, Ra’no Shodiyeva, Shodiya To‘xtayeva, Shahzoda Matchonova, Gulchehra Eshonqulova, Erkin Komilov, Tohir Saidov, Xayrulla Sa’diyev, Anvar Kartayev singari aktyorlar rol ijro etgan. Kiyimlar bo‘yicha dizayner Sitora Atahonova har bir aktyorning tashqi ko‘rinishiga, pardozidan tortib, sochi va liboslarining detallarigacha javobgar bo‘ldi”. Dilbar Ziyodova bosh muharrirlik qilayotgan bo‘lsa, Dilmurod Qambarov ikkinchi rejissyor, Umida Irmatova postanovkachi rassom vazifasini bajarmoqda. Kompozitor – Igor Pinxasov, kompyuter grafikasi bo‘yicha mutaxassis – Shuhrat Asayev.
83
1,428
Madaniyat
“Sug‘ur kuni” yulduzi Bill Myurreyni o‘z joniga qasd qilishdan kartina qutqarib qolgan
Gollivud aktyori Bill Myurrey karyerasining boshida o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan, biroq uni Jyul Adolf Bretonning “To‘rg‘ay qo‘shig‘i” kartinasi saqlab qolgan. Bu haqda u 2014-yilda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilgan. O‘sha vaqtdagi video kutilmaganda Twitter’da mashhurlikka erishdi, deb yozadi “Korrespondent.net”. “Erkaklarga qo‘yilgan haykallar” filmiga bag‘ishlangan tadbirda jurnalistlar bilan muloqot qilgan aktyor mashhurlikka erishguniga qadar chuqur tushkunlikda bo‘lgani va Michigan ko‘liga cho‘kib o‘lish haqida o‘ylaganini so‘zlab bergan. Chikago bo‘ylab tentirab yurgan Myurrey suiqasd haqida o‘ylagan va San’at institutiga borib qolgan. U yerda Bill Brentonning qo‘lo‘roq bilan maydon o‘rtasida turgan ayol tasviri tushirilgan polotnosiga duch kelgan. “Men ‘bu hayotda istiqboli kulmagan qiz bor, ammo quyosh baribir ko‘tarilyapti va uning yana bir imkoniyati paydo bo‘lmoqda’, deb o‘yladim. Quyosh har safar chiqqanida mening ham bitta imkoniyatim paydo bo‘layotgandek tuyulgan”, — deya eslaydi Myurrey. “To‘rg‘ay qo‘shig‘i” kartinasi 1934-yilda o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, AQShdagi eng mashhur kartina deya tan olingan. Unda yosh dehqon qizi tong otayotgan vaqtda Normandiya maydonida turib, to‘rg‘ayning kuylashini eshitayotgani tasvirlangan. Uilyam Jeyms Myurrey — amerikalik aktyor, komik, kinorejissor, ssenariynavis va prodyuser. Ikki karra “Emmi”, “Oltin globus” va BAFTA mukofotlari laureati. “Arvoh ovchilari”, “Sug‘ur kuni”, “Charli farishtalari” kabi filmlar orqali mashhurlikka erishgan.
86
1,550
Madaniyat
Klara Jalilovaning betob ekanligi xabar qilindi. Ozoda Nursaidova va Yulduz Turdiyeva aktrisani yo‘qladi (video)
Xonandalar Ozoda Nursaidova va Yulduz Turdiyeva betob yotgan taniqli aktrisa Klara Jalilovaning holidan xabar oldi. “Kecha Yulduz Turdiyeva bilan ustoz san’atkor Klara Jalilovani xonadonlarida bo‘ldik. Ustoz 85 yoshni qarshilabdilar, lekin yosh ko‘rinadilar. Bundan ilgari hayit kunlari kelib ketganimda sal betobliklaridan xabar topgan edik. Nima kamchilik desak, hamma narsam yetarli o‘g‘illarim juda yaxshi qarashyapti, Allohga shukur, dedilar. Hozir ancha yaxshilar! Farzandlaridan Alloh rozi bo‘lsin”, — deb yozadi Ozoda Nursaidova jarayon aks etgan video bilan bo‘lishib. Videoda xonandalarning Klara Jalilova bilan suhbatlashib, uning ko‘nglini ko‘tarayotgani aks etgan. Ozoda Nursaidovaning yozishicha, etika nuqtayi nazaridan videoda Klara Jalilovaning yuzini ko‘rsatmaslikka qaror qilingan. View this post on Instagram Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, “Do‘stlik” ordeni sohibasi Klara Jalilova 1937-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Aktrisa faoliyatini qo‘shiqchilikdan boshlagan. 1958-yilda suratga olingan “Maftuningman” filmidagi bosh qahramon — Yulduzxon obrazi aktrisaga olamshumul mashhurlik olib kelgan. Klara Jalilova “Chinor ostidagi duel”, “Kelinlar qo‘zg‘oloni”, “Kulol va xumcha”, “So‘nggi lahza” kabi filmlarda ham esda qolarli obrazlar yaratgan.  Ozoda Nursaidova Sardoba falokatidan jabrlangan 5 ta oilaga Toshkent viloyatidan 5 ta uy sovg‘a qildi
112
1,419
Madaniyat
Aktyor Bobur Yo‘ldoshev: Bolalarni kino emas, ota-onasi tarbiyalashi kerak
Rejissor olayotgan kartinasi qanday tarbiya berishi haqida emas, balki kino yaxshi chiqishi haqida o‘ylashi kerak. Bu haqda aktyor Bobur Yo‘ldoshev aytib o‘tdi. Uning fikrlari Telegram’dagi @platformauzb kanalida e’lon qilingan. Aktyorning alohida ta’kidlashicha, u farzandlarining tarbiyasini “rejissorlarga tashlab qo‘ymaydi”, u o‘z farzandlarini o‘zi tarbiyalaydi. Bobur Yo‘ldoshevning fikricha, jahon tan olgan rejissorlar ham o‘z filmlarini olish vaqtida “bu film bolalarga qanday tarbiya berarkin”, deb o‘ylab o‘tirmaydi. Kino olayotgan har bir san’atkor: “Bu film bolalarga qanday tarbiyaviy ma’no beradi?”, deb o‘ylashi kerak emas, menimcha. San’atkor kino yaratishi kerak, bolalarni esa ota-onasi tarbiyalashi kerak. Misol uchun, men o‘z farzandlarimni o‘zim tarbiyalayman, ularning tarbiyasini rejissorlarga tashlab qo‘ymayman. Kino olayotgan odam, avvalambor, kino yaxshi chiqishini o‘ylashi kerak, deb o‘ylayman. Ko‘rayotgan zamonaviy kinolarimizni, dunyoda “Oskar” olgan filmlarning har birini qarang — ayting-chi, mana shu kinolar qanaqa tarbiyaviy ma’no, tarbiyaviy narsa olib kiryapti? Ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. Bu kinolarni bizning televideniyeda qo‘yishmaydi, “chunki bolalarimiz yomon bo‘lib ketadi”, lekin butun dunyo ko‘ryapti. Va, menimcha, Skorseze ham, “Oskar”da g‘olib chiqqan koreyalik rejissor ham film olayotganida hech qanaqa tarbiyaviy ma’nolarni o‘ylamagan. Biznikilar esa, nimagadir... Oxirgi marta ko‘rgan narsam — Ayub Shahobiddinovning “Kechikkan hayot” filmini tanqid qilishayotgan edi. O‘sha ko‘rsatuvda bir ayol: “Nega bu filmda Dilnoza Kubayeva sigaret chekyapti?”, deb savol beryapti. Chunki bu badiiy yechim, busiz bo‘lmaydi. “Bu holat bolalarga qanday tarbiya beradi?”, deydi. Yaxshi kino didni tarbiyalaydi. Menimcha, bolalarni ota-onasi tarbiyalashi kerak, kino emas. Bobur Yo‘ldoshev, aktyor
74
1,837
Madaniyat
Xonanda Dilso‘z Toshkentdagi to‘yini Sardor Rahimxon o‘tkazib bergani haqidagi mish-mishlarni rad etdi
Dilso‘z taxallusi ostida ijod qiluvchi xonanda Go‘zal Jumaniyozova-Raimova turmush o‘rtog‘i — xonanda Farrux Raimov bilan to‘yi atrofida yuzaga kelgan ba’zi bir mish-mishlarga oydinlik kiritdi. Bu haqda “Darakchi” gazetasi xabar bermoqda. “Navoiydagi to‘yni ham, Toshkentdagisini ham Farrux aka ikkimizning oila-a’zolarimiz kelishgan holda o‘tkazishgan. Turmush o‘rtog‘im o‘zi ishlab topgan pulga to‘y qildi”, — deydi Dilso‘z. Dilso‘zning qayd etishicha, to‘y munosabati bilan “falon narsalarni biz to‘yona qilamiz”, degan kishilar yosh kelin-kuyovni chuv tushirib ketgan. “‘Kamera, dekoratsiyani tashvishini qilmanglar, to‘yona qilamiz’, deganlar to‘yxonada kelin-kuyov bo‘lib o‘tirganimizda: ‘Pulini beringlar!’, deb kelganida lol bo‘lib qoldik”, — dedi xonanda. “O‘sha vaqtda pul topib berib yubordik, keyin esa hech kimning va’dasiga ishonmay, hamma narsani o‘zimiz qilganimizga yetmas ekan, degan xulosaga keldik”, — dedi Dilso‘z. Xonandalar Dilso‘z va Farrux Raimovlarning turmush qurishi munosabati bilan tashkil etilgan to‘y marosimlari 2015-yil 15-aprelida Navoiyda, 21-aprelida esa Toshkentda bo‘lib o‘tgandi. Shu yilning 18-oktabrida esa yosh oila qiz farzandlik bo‘lgandi. Avvalroq, xonanda Dilso‘z “to‘yidan keyin besh yarim oyda tug‘ishi” sabablarini ma’lum qilgani haqida xabar berilgan edi. Bundan tashqari, Dilso‘z uning tug‘uruq vaqtidagi suratlarini tarqatib yuborganlar ustidan sudga shikoyat qilishi ma’lum bo‘lgandi.
102
1,439
Madaniyat
Zahiriddin Muhammad Bobur haqida yangi film olinadi
O`zbekkino milliy agentligi buyurtmasi asosida shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur haqida“Yo`lbarsning tug`ilishi” nomli filmni suratga olishga kirishildi. Film rejissyori Bobur Sher o`g`li.Uning aytishicha, oktyabr oyi oxirlarida suratga olinadigan mazkur asar Z.M.Boburning tug`ilishigacha bo`lgan voqealarni qamrab oladi.Yangi film haqida yosh rejissyor quyidagilarni gapirib berdi:— Bobur Mirzo bobomizga qiziqishim tug`ilgan kunimdan boshlangan desam ham to`g`ri bo`lsa kerak. Chunki padari buzrukvorim menga yaxshi niyatlar ila buyuk bobomizning ismini qo`yganlar. Bolaligimdan Bobur Mirzo haqidagi asarlarni sevib o`qir edim. Kunlarning birida qo`limga Xayriddin Sultonning “Boburiynoma” asari tushib qoldi. Mazkur kitobda “Yo`lbarsning tug`ilishi” degan ajoyib hikoya bor ekan. Shu hikoya asosida senariy yozib, “O`zbekino” milliy agentligi badiiy kengashiga havola etdim.Ularga ma`qul kelib, kinoni suratga olish uchun mablag` ajratishdi. Bilasiz, Bobur Mirzoning tavalludiga oid ko`plab rivoyatlar bor. O`ylashimcha, bir suratga oladigan asar ham tomoshabinlarga manzur bo`ladi. Hozirda aktyorlar ansanbili deyarli shakllanib bo`lgan. Tasvirga olish ishlari yakunlanib, montaj qilingach, yurtdoshlarimiz e`tiboriga xavola etamiz
51
1,242
Madaniyat
"Lazgi" xalqaro raqs festivali g`oliblarini qanday mukofot kutayotgani ma`lum qilindi
Ma`lumki, ayni kunlarda Xiva shahrida birinchi xalqaro "Lazgi" festivali bo`lib o`tmoqda. Unda dunyoning 30 davlatidan 192 nafar ishtirokchi tashrif buyurgan. Darakchi.uz jurnalisti Karim Zaripov mazkur festival g`oliblarini qanday sovrin kutayotgani haqida ma`lumot berdi. Prezident imzolagan qarorga muvofiq mukofotlash tartibi anjuman doirasida o`tkaziladigan tanlov g`oliblari Tashkiliy qo`mita tomonidan diplom, statuetka va quyidagi miqdorda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi: «Gran-Pri» — 7 000 AQSh dollari;   1-o`rin — quyidagi nominasiyalar bo`yicha:   «Eng yaxshi yakkaxon raqs ijrochisi» — 5 000 AQSh dollari; «Eng yaxshi raqs jamoasi» — 5 000 AQSh dollari; «Eng yaxshi sahnalashtirilgan raqs» — 5 000 AQSh dollari.   2-o`rin — quyidagi nominasiyalar bo`yicha: «Eng yaxshi yakkaxon raqs ijrochisi» — 3 000 AQSh dollari;   «Eng yaxshi raqs jamoasi» — 3 000 AQSh dollari;   «Eng yaxshi sahnalashtirilgan raqs» — 3 000 AQSh dollari.   3-o`rin— quyidagi nominasiyalar bo`yicha: «Eng yaxshi yakkaxon raqs ijrochisi» — 2 000 AQSh dollari;   «Eng yaxshi raqs jamoasi» — 2 000 AQSh dollari; «Eng yaxshi sahnalashtirilgan raqs» — 2 000 AQSh dollari. Festival doirasida faol ijrochilarni qo`llab-quvvatlash va rag`batlantirish maqsadida ta`sis etilgan «Eng yaxshi raqs», «Eng yaxshi xoreograf», «Eng yaxshi yosh raqqosa (raqqos)» kabi nominasiyalar bo`yicha ishtirokchilar rag`batlantiruvchi sovg`a va mukofotlar bilan taqdirlanadi.
85
1,435
Madaniyat
Foto: Yangi yil bayrami oldidan imijini tubdan o‘zgartirgan mashhur ayollar
Yangi yildan bir necha hafta oldin mashhurlarning ayrimlari birdaniga o‘z imijiga o‘zgarishlar kiritishga qaror qildi. Yangi yil, albatta, yangi soch turmagi bilan. Ko‘rinishidan, ushbu kolleksiyaning qahramonlari bu qoidaga amal qilgan. Bayramdan oldin ular stilistga murojaat qildi va tashqi ko‘rinishini qayta ko‘rib chiqish uchun vaqt ajratdi. Ba’zi mashhurlar keskin o‘zgarishlar qilishga qaror qildi, boshqalari esa sochining yangi rangi bilan cheklandi. Jennifer Lopes Jennifer Lopes sochlari ustida yorqin tajribalar o‘tkazishni yaxshi ko‘radi. Natijada u bu safar pushti rangni tanladi. Jey Loning yangi yil uchun imijini o‘zgartirishi muxlislarning turlicha munosabatiga sabab bo‘ldi. Ba’zilar hatto xonandaning bunday rangga yoshi mos emasligini ta’kidlab o‘tdi. Ammo unga hamma narsa yarashadi. Billi Aylish Billi Aylish ham qish faslida imijini o‘zgartirishga qaror qildi. 2021-yil bahorda “Gremmi”ni qo‘lga kiritgan xonanda sochlarini sariqdan jigarrangga bo‘yadi. Afsuski, Billi ularning uzunligini ham qisqartirdi: endi u trendga 2000-yillarda mashhur bo‘lgan “shapka” deb nomlangan soch turmagini kiritmoqda. Jiji Xadid Zeyn Malik bilan bo‘lgan katta janjaldan so‘ng Jiji Xadid ham o‘z imijini tubdan o‘zgartirishga qaror qildi. Model o‘z hayotidagi ushbu sahifani jasorat bilan ochdi. Jiji uzun va mallarang sochidan ajoyib turmak hosil qildi. U chyolka orqali tashqi ko‘rinishini keskin o‘zgartirdi. Olga Seryabkina 2021-yilning noyabr oyi oxirida o‘g‘li tug‘ilgandan so‘ng Olga Seryabkina o‘z imijini o‘zgartirishga qaror qildi. U yangi qiyofada “Guchchi uyi” filmining premyerasida qatnashishga muvaffaq bo‘ldi. Olga obrazini chyolka bilan boyitdi. Yaqinda ona bo‘lgan Olgaga yangi qiyofasi juda yarashgan. Miroslava Karpovich Miroslava Karpovich imijining kutilmagan o‘zgarishidan hamma hayratda qoldi. Miroslavaning sochlari uzoq vaqt davomida sarg‘ish va qisqa turmakda edi, lekin bayram oldidan u ham o‘zgarishni xohladi. Muxlislar Karpovichning yangi qiyofasi uzun sochlari bilan yanada go‘zallashganini aytib o‘tdi.
75
2,048
Madaniyat
Zarina Nizamutdinova va Ruhshona “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Hozirgina aktrisa Zarina Nizamutdinova va xonanda Ruhshona “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan tantanali ravishda mukofotlandi. Foto © Daryo Ruhshona bu haqda o‘zining Twitter’dagi rasmiy sahifasida ma’lum qilib, bunga dalil sifatida surat ham ilova qildi. “Bemalol tabriklashlaring mumkin”, — deyiladi postda. Xonanda Zarina Nizamutdinovaning ham sovrindor bo‘lganini qo‘shimcha qilib, ishonch uchun minnatdorchilik bildirdi. Бемалол табриклашила мумкин:) биз zarinanizomutdinova билан "УЗБЕКИСТОН БЕЛГИСИ КУКРАК НИШОНИ"… http://t.co/QQ9ho71E1Q — Ruhshona Matkarimova (@_Ruhshona_) December 4, 2013 Foto © Daryo Foto © instagram.com/ruhshonaofficial Foto © instagram.com/zarinanizomutdinova Ma’lumot o‘rnida: “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan milliy ma’naviyat, madaniy meros va umuminsoniy qadriyatlar negizida yuksak vatanparvarlik, xalqparvarlik, fidoyilik tuyg‘usini va mehnatsevarlik fazilatlarini o‘zida mujassamlashtirgan, Vatanimiz obro‘si, shon-shuhrati va sharafini yuksaltirishga hamda uning xalqaro nufuzini oshirishga xizmat qilayotgan, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etib, namuna ko‘rsatayotgan yoshlar taqdirlanadi.
88
1,179
Madaniyat
Anjelina Joli baxtli tasodif tufayli avtohalokatdan omon qoldi
Gollivud aktrisasi Anjelina Jolining avtomobili shinasi yo‘lda yorilib ketdi. Aktrisa mashinasining tezlik nazoratini yo‘qotgach, to‘siqqa borib urildi, deb xabar bermoqda “Kun.uz”. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, transport vositasining ahvoli o‘ta nochor holatda. Baxtli tasodif tufayli Joli faqatgina yengil jarohat olgan. Anjelina Joli yangi “Sindirilmagan” nomli filmning suratga olish jarayonlarini tugatib, Beverli-Xillzdan qaytayotgan bo‘lgan. Yomg‘ir yog‘a boshlagach, yo‘llarda harakatlanish va ko‘rish sifati yomonlashgan. Bundan tashqari, aktrisa ijaraga olgan mashinaning ikki shinasi ham yorilib ketgan va avtomobil bor tezligi bilan to‘siqqa urilgan. Aktrisa keyinroq yordamchisining mashinasida uyiga yetib olgan.
62
729
Madaniyat
"Xo`ja Nasriddinning g`aroyib latifalari" audiokitobi to`rt tilda nashr etildi
O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san`atni rivojlantirish jamg`armasi joriy yilning fevral oyida Toshkentda Jamg`armaning nashriyot dasturi doirasida nashr etilgan birinchi bolalar kitobini taqdim etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar bermoqda.  "Xo`ja Nasriddinning g`aroyib latifalari" kitobiga 40 ta hikoyalar kiritilgan bo`lib, ular o`zbek, rus, nemis va ingliz tillaridagi tarjimalarda berilgan. Ushbu nashrning e`tiborli jihati shundaki, kitob O`zbekiston va Germaniya maktabgacha ta`lim muassasalari bolalarining bevosita ishtirokida yaratilgan. Ularning chizmalari hikoyalar uchun rasm sifatida tanlab olingan. Illyustrasiyalarni saralab olish uchun Jamg`arma tomonidan Maktabgacha ta`lim vazirligi hamda Berlindagi Maktabgacha ta`lim sindikati hamkorligida tanlov tashkil etildi.Kitobga taniqli o`zbek va nemis aktyorlari tomonidan o`qib berilgan hikoyalarning ko`p tovushli audio yozuvi bo`lgan CD ko`rinishidagi kompakt disk qo`shilgan. Endi ushbu audiokitobni barcha tinglashi mumkin. Jamg`arma ushbu audio yozuvni o`zining YouTube kanalida  e`lon qildi."Xo`ja Nasriddinning g`aroyib latifalari" kitobi Jamg`arma va Germaniyaning  Cultur-Sooperation International e.V kompaniyasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta`lim vazirligi ko`magida O`zbekistonning madaniyati va san`atini xorijda ommalashtirishga qaratilgan hamkorlikdagi ishlarning natijasidir" deyiladi xabarda.
78
1,435
Madaniyat
Nikolas Keyj Mo‘g‘ulistondan topilgan dinozavr bosh suyagini qaytarib beradi
Amerikalik aktyor Nikolas Keyj kimoshdi savdosida 276 ming dollarga sotib olgan, biroq o‘g‘irlangan bo‘lib chiqqan Tyrannosaurus bataar dinozavri bosh suyagini AQSh hukumatiga topshirishga rozi bo‘ldi. Artefakt Mo‘g‘ulistonga — o‘zi topilgan joyga qaytariladi, deb yozadi Reuters. Aktyor bosh suyagini 2007-yilda Kaliforniya shtati Beverli-Xillz shahridagi I. M. Chait galereyasida sotib olgan, unga xaridning haqiqiy ekanligini tasdiqlovchi sertifikat ham berilgan edi. 2014-yil iyulida AQSh milliy xavfsizlik vazirligi Keyjni u sotib olgan bosh suyagi o‘g‘irlangan bo‘lishi mumkinligi haqida xabardor qildi. Keyinroq buyum Mo‘g‘ulistondan noqonuniy ravishda keltirilgani aniqlandi va aktyor uni qaytarishga rozi bo‘ldi. Nikolas Keyj hech qanday qonunbuzarlikda ayblanmadi.
76
775
Madaniyat
Ozoda Saidzoda muhtaram Prezidentimiz, xalqimiz va san`atkorlardan uzr so`rab, uni kechirishlarini iltimos qildi...
Ma`lumki bugun yurtimizda shaxsan muhtaram Prezidentimiz tomonidan barcha sohalarni rivojlantirishga juda katta e`tibor qaratilmoqda. Shu jumladan, san`at sohasida ham keng ko`lamli islohotlar amalga oshirilmoqdaki, buning natijasi o`laroq, o`zbek san`ati bugun mutlaqo yangicha nigohlar bilan dunyoga o`zini namoyon qilmoqda. Shuningdek, yurtimizda inson haq-huquqlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini joyida o`rganib, muammolarning echimini topish va xalqimizni rozi qilish uchun keng ko`lamli ishlar amalga oshirilmoqda. “O`zbekkonsert” davlat muassasasi ham bu jihatlarga katta e`tibor qaratmoqda. Jumladan, joriy yilning 10 oktyabr kuni xonanda Ozoda Saidzoda “O`zbekkonsert” davlat muassasasiga o`z ijodini keng targ`ib qilish va faoliyatini qonuniy tarzda yuritish maqsadida konsert-tomosha faoliyatiga ruxsat beruvchi lisenziya so`rab murojaat qildi. Shu munosabat bilan 2019 yil 13 oktyabr kuni “O`zbekkonsert” davlat muassasasida ustoz san`atkorlar ishtirokida ochiq muloqot tarzidagi davra suhbati tashkil etilib, unda xonanda Ozoda Saidzodaning murojaati muhokama etildi. Davra suhbatida xonandaning bundan bir necha yillar oldin siyosiy xatoga yo`l qo`ygani, bilib-bilmay, asoslanmagan ma`lumotlarga ishonib inson shaxsiyatiga teguvchi noo`rin fikrlar bildirgani, bundan tashqari muxlislarga nisbatan hurmatsizlik qilgani, san`atkor odobi doirasidan chetga chiquvchi harakatlar sodir etgani ustozlar tomonidan qattiq tanqid qilindi. Shundan keyin xonanda Ozoda Saidzodaning o`zi ham so`zga chiqib, xatolarini tan olib, bundan bir necha yillar oldin bilib-bilmay, asoslanmagan ma`lumotlarga ishonib, hissiyotlarga berilib, jamoatchilik orasida o`zining noo`rin fikrlarini ommaviy axborot vositalari orqali bayon etganidan astoydil pushaymon ekanligini bildirib, shuncha vaqt ichida o`ziga to`g`ri xulosa chiqargani, imkoniyat berilsa, bundan keyingi faoliyatida milliy estradani rivojlantirishga, o`zining qo`shiqlari bilan xalqqa xizmat qilishga va`da berdi. So`ng, muhtaram Prezidentimiz va xalqimizdan hamda barcha san`atkorlardan uzr so`rab, uni kechirishlarini, yana bir bor unga imkoniyat berishlarini iltimos qildi. Davra suhbati yakunida barcha ustoz san`atkorlarning fikrlari tinglanganidan so`ng, “O`zbekkonsert” davlat muassasasi direktori Odiljon Abduqahorov tomonidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining san`at ahliga bo`lgan g`amxo`rligi va mehribonligi hamda kechirimliligi bois garchi xonanda Ozoda Saidzoda tomonidan o`z vaqtida noo`rin fikrlar bildirilganiga qaramasdan, Yurtboshimiz tomonidan bugun uning kechirilgani hamda erkin ijod qilishiga imkoniyat yaratilgani ma`lum qilindi. Sadoqat Allaberganova
115
2,647
Madaniyat
Amerikalik qo‘shiqchi Britni Spirsga iPad’dan foydalanishga ruxsat berishdi
Amerikalik qo‘shiqchi Britni Spirs o‘zining Instagram’dagi sahifasi orqali iPad’dan foydalanishni boshlaganini e’lon qildi. Pop-yulduz yangi gadjet bilan hayoti mutlaqo boshqacha tus olganini ma’lum qilgan, deb yozadi “Korrespondent.net”. “Do‘stlar, menda katta yangiliklar bor. Bugun o‘zimning birinchi iPad’imni qo‘lga kiritdim. Juda xursandman! Farzandlarimning iPad’i bor edi, lekin men o‘zimnikini hozirgina oldim. Bu ajoyib kun! Doim kichkina telefon ishlatganman, biroq endi iPad’im bor va hayotim o‘zgarayotganini his qilyapman. Juda hayajondaman”, — deydi Britni. Qo‘shiqchi shu vaqtga qadar nima sababdan planshet ishlatmagani noma’lum, uning muxlislari buni Spirsga belgilangan vasiylikning qattiq talablariga bog‘lamoqda. Eslatib o‘tamiz, 2008-yilda xonanda bilan bog‘liq ruhiy muammolar sabab nafaqat mablag‘lari, balki shaxsiy hayoti va ishini ham nazorat qilgan otasi Jeyms unga vasiy etib tayinlangan. 2021-yilning iyulida esa sud Britni Spirsning o‘z otasini vasiylikdan ozod etish borasidagi so‘rovini rad etgandi.  Britni Spirs boykot e’lon qildi: U toki otasi vasiylik qilar ekan sahnaga chiqmoqchi emas
75
1,125
Madaniyat
Toshkent xalqaro kinofestivalining tantanali yopilish marosimi bo`lib o`tdi
28 sentyabrdan start olgan  “Ipak yo`li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivalining tantanali yopilish marosimi bo`lib o`tdi.   Mazkur marosim poytaxtdagi yangi ochilgan “Renessans holl” kinokonsert zalida tashkil etildi.   Marosim avvalida kinofestival tadbirlari, ijodiy uchrashuvlar, katta premeralar, xorijiy delegasiyalarning kutib olingani va viloyatlar bo`ylab safarlar jamlangan rolik taqdim kilindi.     Marosimda “Kino 5 kunda” tanlovi g`oliblari taqdirlandi. Jumladan, tanlovda eng yaxshi deb topilgan “Ipak yo`lida” qisqa metrajli filmi uchun yosh rejissyor Sherzod Nazarovga “Gran pri” mukofoti topshirildi. Toshkent xalqaro kinofestivalida “Eng yaxshi erkak roli uchun” Tursunboy Pirjonov, “Eng yaxshi ayol roli uchun” Madina Mahmudova va boshqa nominasiyalar bo`yicha g`oliblar taqdirlanishdi. Shuningdek, “Dunyo yoshlari kinosi Yangi O`zbekistonda” ko`rik-tanlovi g`oliblari ham aniqlandi. Sahnada ularga “Ipak yo`li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivalining maxsus statuetkasi va esdalik sovg`alari topshirildi.   Mehmonlarga taniqli xorijiy va o`zbek estrada yulduzlari tomonidan shou-konsert taqdim etildi.
75
1,131
Madaniyat
Ideal aktyorlar tarkibi qanday bo‘ladi? Gollivud aktyorlarini unuting, axir Istanbulning paxmoq yulduzlari har qanday insonni o‘ziga rom etadi
Yettita mushuk — Osman, Deniz, Psikopat, Aslan, Parkasi, Dyuman, G‘amsiz va Sari “Mushuklar shahri” hujjatli filmining bosh qahramonlari hisoblanadi, deb xabar beradi Esquire. “Kinopoisk” sayti har bir mushukka alohida aktyor sifatida yondashib, ular uchun har birining surati joylashgan “profil” ochdi. Suratlar faqat paxmoq qahramonlarda (shuningdek, rejissor Jeyda Torunda) bor. Skrinshot: “Kinopoisk” “Mushuklar shahri” 2016-yilda katta ekranlarga chiqqan va ko‘plab tomoshabin hamda kinotanqidchilarga yoqqan edi. Rotten Tamotoes saytida uning reytingi 98 foizni tashkil etadi. Amerikaning IMDb filmlar bazasida ham mushuklar insonlar qatori ko‘rsatilgan, biroq ularning suratlari alohida joylashtirilmagan.
142
716
Madaniyat
“Yo meni yoki kinoni tanlang, deb shart qo‘ygan” — Mansur Agaliyev Yulduz Usmonova sabab filmlarda suratga tushmay qo‘ygani haqida gapirdi (video)
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning turmush o‘rtog‘i Mansur Agaliyev  “Daryo” muxbiri Nargiza Murodovaga 18 yil avval o‘zbek kinolarida suratga tushgani va xonanda bilan tanishishiga ham klip syomkasi sabab bo‘lgani haqida so‘zlab berdi. — Kinoga qanday kirib qolganimni bilmay qolganman. Chunki bitta rol boshqasini ergashtirib kelaverar ekan. 2004-yili bir do‘stim filmga taklif etishayotgani haqida aytib qoldi. O‘shanda Murod Rajabov “Ulfatlar” filmini suratga olayotgan ekan. Shu rolni ijro etish uchun rahmatli Nodir degan aktyor yigit ham kelgan ekan. U baquvvat, to‘lachadan kelgan edi. Ammo Murod aka meni tanlagandi. Erkin Komilov “Ursam, xafa bo‘lmaysizmi?” deb kulgandi. Syomkadan keyin Murod aka yonimga kelib, “Uka, gonoraringiz qancha bo‘ladi?” degandi. “Mening biznesim bor, gonorar shart emas”, deb javob berganman. Keyin bitta ayol rejissor syomkaga chaqirgan. Borsam, millatim rolga to‘g‘ri kelmasligini aytgan. Kinoga millatning nima aloqasi bor, deb xafa bo‘lganman. Endi syomkalarga bormayman, deb turganimda rus ijodkorlari “Zastava” serialiga taklif etishgan. Undan keyin turkiyalik mashhur aktyor Orxan Genjebayning ayoli “Qashqirlar makoni” serialiga taklif etgan. Ba’zi sababga ko‘ra, uning ham syomkasida qatnasholmaganman. Keyin Yulduz Usmonovaning klipida suratga tushishga taklif etilganman. Klip sabab ikkimizning ham baxtimiz ochilib ketgan. U paytlari Turkiyada rosa qiynalib yurgan paytlarimiz edi. Odam qiynalganda, boshini har sohaga suqib ko‘rar ekan. Menda ham shunday holat bo‘lgan. Ammo Yulduz “Yo meni tanlang, yoki kinoni”, deb shart qo‘ygan. Shunday so‘ng kinolarga taklif etishganda rad javobini berishni boshlaganman. Adashmasam, 10 dan ortiq filmda suratga tushganman, — deydi Mansur Agaliyev.
146
1,751
Madaniyat
“Yaqinda bir klip ko‘rdim. Ustoz san’atkorlarning harakatlaridan o‘zimga kelolmayapman”. Aktrisa Xosiyat Husanova va Sevara Soliyeva ustoz aktyorlarning bachkanaliklari haqida
“Darakchi” gazetasining 7-aprel soni “Ring” sahifasida aktrisalar — tajribali Xosiyat Husanova va yosh Sevara Soliyeva mehmon bo‘ldi. O‘zaro suhbat davomida ikki san’atkor ham yaqinda efirga uzatilgan, ustoz san’atkorlar ham qatnashgan klipni muhokama qilgan. Skrinshot: YouTube Sevara Soliyeva: —Yaqinda kliplarning birida ustoz san’atkorlarni ko‘rdim. Ochig‘i, ularning ijrosini aslida rol ham deb aytish qiyin. Biz yoshlarni bachkanalikda ayblab turgan bir vaqtda, ustozlarimizning bu qiliqlariga siz nima deysiz? Xosiyat Husanova: — Men ham u klipni ko‘rganimdan buyon o‘zimga kelolmayapman. Nafaqat professional aktyorlardan, balki boshqalarda ham ustozlarning klipdagi ishtiroki haqida tanqidlar eshityapman. Va bundan xafa bo‘lyapman. Ularning ijodiga tanqidim, fikr bildirish shaxsan men uchun juda qiyin. Biroq ularning bu ishi haqida kimdir gapirishi kerak-ku. Sevara Soliyeva: — Klipmeyker ularni klipda rol o‘ynashga rozi qila olibdimi, demak, biror bir syujet o‘ylab topishi kerak edi. Bu ishda men klipmeykerning aybi katta, deb bilaman. Aktrisalar suhbat davomida so‘z aynan qaysi klip haqida borayotganiga aniqlik kiritmagan bo‘lsa-da, katta ehtimol xonanda Hojiakbar Haydarovning “Do‘lana” qo‘shig‘iga ishlangan, tanqidlarga sabab bo‘lgan klipini muhokama qilgan. Mazkur klipda O‘zbek milliy akademik drama teatrining Erkin Komilov, Tesha Mo‘minov, Hamid Toshpo‘latov kabi taniqli aktyorlari suratga tushgan. Avvalroq Erkin Komilov mazkur klipda suratga tushganidan afsusda ekani, Tesha Mo‘minov qanday klipda suratga tushayotganini yaxshi bilmaganini ma’lum qilgan edi, Hamid Toshpo‘latov esa aktyor sifatida uyat ish qilmaganini ta’kidladi. Hojiakbar Haydarovning o‘zi ham tanqidlarga javob berdi.
175
1,718
Madaniyat
Respublika bo`ylab “Yoshlar va kino” shiori ostida O`zbek milliy filmlari namoyishi o`tkaziladi
Joriy yilning 10 fevralidan boshlab “O`zbekkino” Milliy agentligi tomonidan Respublika bo`ylab “Yoshlar va kino” shiori ostida O`zbek milliy filmlari namoyishi  o`tkaziladi. Namoyish doirasida Agentlik buyurtmasiga binoan so`nggi yillarda yaratilgan  eng sara milliy filmlar Respublika miqyosida bir oy namoyish etiladi. Shuningdek, namoyishlar davomida film ijodkorlari bilan ijodiy uchrashuvlar ham o`tkaziladi. “Yoshlar va kino” shiori ostida namoyish etiladigan O`zbek milliy filmlari grafigi:
96
497
Madaniyat
Yulduz Usmonova 2018-yil martida ketma-ket 15 kun konsert beradi
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova 2018-yilda 15 kunlik konsert dasturini taqdim etadi. Bu haqda xonandaning prodyuseri Mansur Agaliyev jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi. Yulduz Usmonova “Istiqlol” san’at saroyida 2018-yil 10—24-mart kunlari “Sen va men uchun” deb nomlangan konsert datsturini taqdim etadi. Qo‘shiqlar har doimgidek 100 foiz jonli ijroda kuylanadi. Konsertga tayyorgarlik ishlari boshlab yuborilgan, 15 ga yaqin qo‘shiq ham tayyor. Yaqin bir hafta ichida “Istiqlol” san’at saroyida tayyorgarlikni boshlaymiz. Mansur Agaliyev, Yulduz Usmonovaning prodyuseri Ma’lumot uchun, Yulduz Usmonova 2017-yilning 9—23-aprel kunlari Toshkentdagi “Istiqlol” san’at saroyida “Ey, aziz inson” deb nomlangan konsert dasturini taqdim etgan edi.
64
757
Madaniyat
Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasini tayinlash tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi
Hukumat qarori bilan (691-son, 06.11.2020y.) Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasini tayinlash tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi. Davlat stipendiyasi respublika davlat OTMlarining quyidagi yo`nalishlari oxirgi ikki kursida ta`lim olayotgan bakalavriat bosqichi talabalariga tayinlanadi:  dastgohli rangtasvir;  rangtasvir (turlari bo`yicha);  grafika va miniatyura;  haykaltaroshlik (turlari bo`yicha); amaliy san`at (turlari bo`yicha);  dizayn (turlari bo`yicha); san`atshunoslik va muzeyshunoslik (turlari bo`yicha).   Davlat stipendiyasi O`zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan o`tkaziladigan tanlov natijalariga asosan tayinlanadi. Eslatib o`tamiz, Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi Prezidentning 2020 yil 21 apreldagi PQ-4688-son qarori bilan ta`sis etilgan. Hujjat haqidagi to`liq ma`lumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.
98
872
Madaniyat
“O‘zbeknavo” estrada birlashmasining hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi (foto)
2015-yil 15-yanvar kuni “Poytaxt” biznes markazida Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi hamda “O‘zbeknavo” estrada birlashmasining 2014-yilgi faoliyati yakuniga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilish bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Popcorn.uz”. Mazkur tadbirda Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi a’zolari, Birlashma xodimlari, ustoz san’atkorlar, yosh xonandalar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtrok etishdi. Yig‘ilishda o‘tgan yil davomida davlat va jamoatchilik tadbirlarida, xususan, paxta yig‘im-terimi mavsumida joylarda uyushtirilgan konsertlarda faol qatnashgan xonandalar maxsus diplomlar bilan taqdirlandilar. Tadbirda so‘zga chiqqan mas’ul xodimlar konsert dasturlari jonli ijroda o‘tishiga katta e’tibor qaratish lozimligi, bu borada yo‘lga qo‘yilayotgan ishlar haqida aytib o‘tishdi. Tadbir davomida estradada ijod qilayotgan xonandalardan, Shahzoda, Lola, Shohruhxon, Samandar Hamroqulov, “Bojalar” guruhi, “Surxon” guruhi, Azim Mullaxonov, Manzura, Oybek va Nigora, Alisher Fayz, Ulug‘bek Rahmatullayev, Sobirjon Mo‘minov va bir qator boshqa san’atkorlar, “Tarona Records” kompaniyasi rahbari, prodyuser Sarvar Rahmatullayev, bastakor Shuhrat Zakirov, shoirlardan Sirojiddin Said, Farida Afro‘z, shuningdek, san’atimiz rivojiga uzoq yillar munosib hissa qo‘shgan yoshi ulug‘ san’atkorlar, kompozitorlar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Yig‘ilish davomida bu yil o‘ninchi bor o‘tkaziladigan “Sharq taronalari” festivali va unga ketayotgan tayyorgarlik ishlari haqida so‘z bordi. O‘tgan yillarda 62 davlatdan san’atkorlar qatnashgan bo‘lsa, bu yilgi festivalga 98 ta mamlakatdan ishtrok etish istagi bildirilgani ma’lum qilindi. Bu borada yana ijodiy suhbatlar o‘tkazilishi va ommaviy axborot vositalari xodimlariga xabar berilishi alohida aytib o‘tildi.
75
1,869
Madaniyat
OAV: Shvarsenegger AQShni Obamadan yaxshiroq boshqara olishiga ishonchi komil
Taniqli Gollivud aktyori Arnold Shvarsenegger imkoniyati bo‘lganida prezidentlik saylovida qatnashgan va AQShni Barak Obamadan yaxshiroq boshqargan bo‘lishini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” Daily Mail nashriga tayanib. Asli avstriyalik aktyor Amerika rahbarligiga da’vogarlik qila olmaydi. Biroq respublikachilar tarafdori bo‘lgan Shvarsenegger Kaliforniya gubernatori lavozimida ishlagan va shu tufayli u amerikaliklar uchun Oq uyning demokratlardan iborat ma’muriyatidan ko‘ra ko‘proq narsa qila olishiga ishonchi komil. “Hamma biladiki, AQShda tug‘ilganimda prezidentlikka nomzodimni qo‘ygan bo‘lardim. Men bu ishni bu yigitlardan ko‘ra yaxshiroq bajara olaman, ishoning menga”, — dedi 67 yoshli Shvarsenegger Sidneyda terminator haqidagi yangi filmi taqdimoti oldidan. Aktyor so‘zlariga ko‘ra, AQSh prezidenti lavozimiga u uchun yo‘l yo‘q va u bu borada nolimoqchi emas, chunki u “hayotda erishganlarining barchasi Amerika sharofati bilan” bo‘lgan.
77
970
Madaniyat
Amerika kinoakademiklari “Oskar” g‘oliblari uchun ovoz berdi
AQSh kinoakademiyasi a’zolari nufuzli “Oskar” kinomukofoti g‘oliblari uchun ovoz berishni yakunladi, mukofotni topshirish marosimi 4-mart kuni Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadi, deb yozadi “RIA Novosti”. Dolby Theatre kinoteatrida o‘tkaziladigan 90-marosimga ketma-ket ikkinchi yil Jimmi Kimmel boshlovchilik qiladi. Ovoz berish 20-fevral kuni boshlangan edi. Bir hafta davomida kinoakademiyaning barcha a’zolari o‘z favoritlari uchun ovoz berdi, g‘oliblar oddiy usul — ko‘pchilik ovoz bilan aniqlandi. “Oskar” mukofoti 24 ta yo‘nalish bo‘yicha topshiriladi. “Eng yaxshi film” yo‘nalishidagi bosh mukofotga to‘qqizta kartina — “Yo‘qol” (Get Out), “Ledi Byord” (Lady Bird), “Xayoliy rishta” (Phantom Thread), “Qayg‘uli davrlar” (Darkest Hour), “Suv shakli” (The Shape of Water), “Ebbing, Missuri chegarasidagi uchta reklama taxtasi” (Three Billboards Outside Ebbing, Missouri), “Meni o‘z isming bilan chaqir” (Call Me by Your Name), “Dyunkerk” (Dunkirk) va “Maxfiy hujjatlar” (The Post) da’vogarlik qilmoqda. Eng yaxshi aktrisa nomi uchun Salli Xokins (“Suv shakli”), Margo Robbi (“Tonya barchaga qarshi” — I, Tonya), Sirsha Ronan (“Ledi Byord”), Meril Strip (“Maxfiy hujjatlar”) va Frensis Makdormand (“Ebbing, Missuri chegarasidagi uchta reklama taxtasi”) kurash olib boradi. “Eng yaxshi aktyor” yo‘nalishida esa Gari Oldman (Qayg‘uli davrlar”), Timoti Chalamet (Meni o‘z isming bilan chaqir”), Deniyel Kaluya (“Yo‘qol”), Deniyel Dey-Lyuis (“Xayoliy rishta”) va Denzel Vashington (“Roman Isroil, Esq.” — Roman J. Israel, Esq.) nomzodlari taqdim etilgan.
60
1,549
Madaniyat
Rayhonning ma’muri: xonanda Yigitali aytgan “mayda-chuyda” gaplardan yuqorida turadi
Bir muddat ilgari aktyor Yigitali Mamajonov “Hordiq” gazetasiga bergan intervyusida xonanda, sobiq turmush o‘rtog‘i Rayhon bilan nima sababdan ajrashganiga to‘xtalib o‘tgan edi. Xususan, u oilada erkak kishi bosh bo‘lishi lozimligini, buyuk erkakning ortida ayyor emas, balki oqila ayol turishini ta’kidlab o‘tgan edi. Yigitalining bu fikrlariga Rayhonning munosabatini bilish uchun “Diydor aziz” nashri uning ma’muri Sherbekka murojaat qildi. U Rayhon anchadan beri ayni savol bilan murojaat qilayotgan jurnalistlarga javob bermayotganini aytdi. Shuningdek, Rayhon Yigitali aytgan “mayda-chuyda gaplardan yuqorida” ekanligini, u “bunchalik pastkashlikka” bormasligini ma’lum qildi. “Rayhon oila sirlarini ko‘chaga olib chiqishni xohlamaydi”, — dedi Rayhonning ma’muri.
84
770
Madaniyat
Xonanda Ziyoda farzand kutmoqda
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ziyoda Qobilova farzand kutmoqda. Bu haqda xonandaning dugonasi, aktrisa va xonanda Madina Mumtoz ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Qalampir.uz”. 7-yanvar kuni Ziyoda Qobilova 28 yoshni qarshi oldi. Shu munosabat bilan Madina Mumtoz “Navro‘z” radiosi orqali dugonasini tabriklab, Ziyodaga uzoq umr va ijodiy barkamollik tilash barobarida, farzandi sog‘lom dunyoga kelishini ham tiladi. Ziyoda Qobilova 1989-yilda tavallud topgan. U 2012-yilning noyabr oyida turmushga chiqqan bo‘lib, xonandaning Kamron ismli o‘g‘li bor. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
31
734
Madaniyat
Yulduzlarning ularga o‘xshash uchun millionlab pul sarflagan muxlislari (foto)
Kunlardan bir kuni o‘z kumirlariga o‘xshashga qaror qilgan va bu maqsad yo‘lida millionlab pul sarflagan muxlislar haqida ma’lumot beramiz. Nadya Sulaymon – Anjelina Joli Aktrisaning eng taniqli muxlislaridan biri bo‘lgan Nadya, uning nafaqat tashqi ko‘rinishi, balki yashash tarziga ham taqlid qiladi. Plastika operatsiya hech narsa emas, Jolining ortidan u ham ko‘p farzandli ona bo‘lishga qaror qilgan. Farq shundaki, Anjelina bolalarini asrab olgan, Nadya esa ularni o‘zi dunyoga keltirgan. Bugungi kunda uning 14 nafar farzandi bor. Xong Yux Ryum – Miranda Kerr Xong plastik jarrohlarga Mirandaga o‘xshatib berishni so‘rab murojaat qilgan. Kumiridek ko‘rinishga ega bo‘lish uchun Xong yuz, burun, shuningdek, ko‘z va lab shaklini ham o‘zgartirgan. Sochlarini och rangga bo‘yagan va Miranda singari makiyaj hamda bo‘yanishni o‘rgangan. Kler Lison – Kim Kardashyan Tashqi ko‘rinishi sabab sinfdoshlarining tanqidlardan charchagan Kler, kumiri Kimga o‘xshash uchun 50 ming dollarga yaqin pul sarflagan. Plastik operatsiya qildirgan va kosmetika sotib olgan. Mila Sinanaj – Kim Kardashyan Mila esa Kimdek ko‘rinishga ega bo‘lish uchun 30 ming dollar sarflab bir nechta plastik operatsiyalar qildirgan. Ammo bu hali hammasi emas, Mila Kimning sobiq sevgilisi Kris Xemfris bilan ham uchrashgan. Dinna Mariya Trego – Ledi Gaga Ledi Gaganing muxlisi Dinna esa o‘zgarish uchun 100 ming dollardan ortiq pul sarflagan. U sevimli xonandasiga quyib qo‘ygandek o‘xshash istagida plastik operatsiya qildirishda davom etmoqda. Eshli Xorn – Lindsi Loxan Lindsining o‘gay singlisi Eshli unga o‘xshash uchun o‘lib qutiladi. Qizig‘i, o‘zini Lindsidan ham go‘zalroq deb hisoblagan qiz unga o‘xshash uchun 30 ming dollar ishlatgan. Mikki Jey – Maykl Jekson Uch farzandning otasi Mikki, Maykldek bo‘lish uchun 15 ming dollarga yaqin pul sarflagan. Pop qiroliga o‘xshash ketidan Jey yiliga 250 mingga yaqin daromad topadi. Debora Devenport – Keyt Uinslet Amerikalik Debora Devenport kumiri, aktrisa Keytga o‘xshash uchun 15 ming dollarga yaqin pul sarflagan. Burun va yanoqlari shaklini o‘zgartirgan qiz, muntazam ravishda peshonasi va ko‘zining atrofiga boteks qildiradi.
78
2,161
Madaniyat
Bollivud yulduzi Priyanka Chopra ilk bor qizining surati bilan bo‘lishdi
2022-yil 21-yanvar kuni Bollivud yulduzi Priyanka Chopra va xonanda Nik Jonasning birinchi farzandi surrogat ona yordami bilan dunyoga kelgani haqida xabar berilgandi.  Bu juftlikning barcha muxlislari uchun kutilmagan yangilik bo‘ldi, deb yozadi People Talk. Bir necha oy davomida juftlik chaqaloqning suratlarini ko‘rsatmagan bo‘lsa-da, lekin muxlislarni kutilmaganda xursand qilishga qaror qildi. Priyanka o‘z sahifasida birinchi marta qizalog‘i Melti Meri bilan tushgan ta’sirli surat bilan bo‘lishdi. Suratda aktrisa chaqaloqni muloyimlik bilan quchoqlagani, Nik esa unga mehr bilan qarab, qo‘lidan tutib turgani aks etgan. “Har bir oilaning yo‘li o‘ziga xos va ma’lum darajadagi ishonchni talab qiladi. Biz bir necha oy qiyinchilikni boshdan kechirgan bo‘lsak-da, orqaga nazar tashlasak, har bir lahza qanchalik qimmatli va mukammal ekanligini yaqqol ko‘rish mumkin. Qizchamiz nihoyat uyga qaytganidan juda xursandmiz va bu yerda har qadamda fidokorlik bilan mehnat qilgan barcha shifokor, hamshira va bolalar markazi mutaxassislariga minnatdorlik bildirmoqchimiz. Bizning hayotdagi yangi bobimiz aynan hozir boshlanadi va chaqalog‘imiz esa juda ajoyib”, — deb yozadi Chopra. “Men yana shuni aytmoqchimanki, men bilan buni amalga oshiradigan hech kim yo‘q edi. Menga onalikni tuhfa qilganing uchun tashakkur, Nik Jonas, men seni yaxshi ko‘raman”, — deya qo‘shimcha qildi aktrisa. Eslatib o‘tamiz, Priyanka Chopra va Nik Jonas olti oylik munosabatlardan keyin 2018-yilda turmush qurgan. Ularning to‘yi nasroniy va hinduiylar urf-odatlariga ko‘ra, Jodxpurdagi Bhawan Palace saroyida o‘tkazilgan.
72
1,602
Madaniyat
“Bovari xonim – bu men”. Jahon adabiyoti durdonasi – “Bovari xonim” romani haqida
Fransuz yozuvchisi Gyustav Flober asarlari jahon adabiyoti realizm taraqqiyotida muhim o‘rin egallaydi. 1-oktabr kuni uning dunyoga mashhur “Bovari xonim” romani nashr etilganiga 164 yil to‘ldi. “Daryo” sana munosabati bilan asar haqidagi qiziqarli faktlar haqida ma’lumot beradi.  XIX asr fransuz realizmi rivojlanishining ikkinchi bosqichi (1850–1870-yillar) Flober nomi bilan bog‘liq. Fransuz yozuvchisi Gyustav Flober 1821-yilda Fransiyaning Ruan shahrida tavallud topdi. U dastlab Parij universitetining huquqshunoslik fakultetini o‘qib tugalladi. Ammo yoshligidan adabiyotga bo‘lgan qiziqishi tufayli hikoya, qissa yoza boshladi. Yozuvchi asosan 1857-yilda yozilgan “Bovari xonim” romani bilan shuhrat qozondi. Flober rus yozuvchilari I. Turgenev, L. Tolstoy bilan yaqin ijodiy aloqada bo‘lgan edi. Ijodi Rossiyadagi adabiy jamoatchilik diqqatini ham o‘ziga tortdi. Yozuvchi o‘ziga xos asarlari bilan jahon adabiyotida realizm taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shdi. Flober badiiyatining fransuz va jahon adabiyotiga ta’siri katta. Ko‘pchilik adabiyotshunoslar uni O. Balzakning realistik an’analari davomchisi deb hisoblaydi. “Bovari xonim” romani esa Floberning dunyoqarashi va estetik tamoyillarini aks ettiruvchi ilk muvaffaqiyatli asari sifatida jahon adabiyotidan munosib o‘rin egalladi. Yozuvchi ushbu asar ustida besh yil ishlagan edi. “Bovari xonim” filmidan lavha. 1851-yilning kuzida Flober “Bovari xonim” romanining birinchi syujetini yaratdi. Flober u tasvirlayotgan manzara – burjua dunyosining manzarasi uning umidsizligi bilan ifodalanashini aytib o‘tgan edi. Roman ustida ishlayotgan Flober “o‘ylaymanki, kitobxonlar birinchi marta o‘z qahramonini masxara qiladigan kitobni mutolaa qiladi”, deb yozadi. Romanning bosh qahramoni – shifokorning rafiqasi Emma Bovari edi. U axloqsiz yashaydi va hashamat ketidan quvib, qarzga botadi. Roman syujeti juda sodda va hattoki qo‘rqinchli bo‘lsa ham, romanning asl qiymati har bir tafsilotlar orqali oshib boraveradi. Shuni aytish kerakki, Flober yozuvchi sifatida har bir asarni ideal darajasiga yetkazishi bilan tanilgan edi, har bir syujet, qo‘llanilgan so‘z doim adabiyotshunoslarni hayratga soladi. Yozuvchi kichik burjua muhitining vahshiyligini Emmaning mistik umidlari va yuksak ideallari orqali atrof-muhitga qarshi isyon qilishi bilan mohirona ifodalaydi. Emma yozuvchining hayotga bo‘lgan da’vosi sifatida romanning boshqa qahramonlaridan yuqoriga ko‘tarilib boradi. “Bovari xonim” filmidan lavha. Floberning “Bovari xonim – bu men” so‘zlari hammaga ma’lum. Emma Bovari obrazida burjua domiga tushgan romantik qahramon fosh etiladi. Shu bilan birga, muallifning qahramonga yaqinligi, Floberning obyektivligiga qaramay, undagi mehr-shafqatni bildiradi. Keyinchalik, fransuz adabiy tanqidida “bovarizm” atamasi ishlatib kelindi. Bu odamning o‘zi va uning dunyodagi o‘rni haqidagi noto‘g‘ri, buzilgan g‘oyasi tasvirini anglatdi. Roman ilk bora Parijdagi Revue adabiy jurnalida 1856-yil 1-oktabrdan 15-dekabrgacha nashr etildi. Roman nashr etilgandan so‘ng yozuvchi axloqni buzish haqida asar yozganlikda ayblandi va jurnal muharriri bilan birgalikda 1857-yil yanvar oyida sudga tortildi. Ammo asarning katta shon-shuhrati uni ommalashtirdi va 1857-yil 7-fevraldagi oqlov romanni o‘sha yili alohida kitob sifatida nashr etishga imkon berdi. Romanda adabiy naturalizmning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Floberning odamga nisbatan shubha bilan qarashlari uning asarlarida ijobiy qahramonlar yo‘qligida namoyon bo‘ldi. Bugungacha Flober Fransiyaning uch buyuk realistlaridan biri sifatida baholanib kelinmoqda. Fransuz realizmi taraqqiyotida Floberning faoliyati Balzak va Stendalning asarlari singari muhim bosqichdir. “Bovari xonim” filmidan lavha. 2007-yilda taniqli mualliflar orasidagi so‘rovnomaga ko‘ra, “Bovari xonim” romani o‘z davrining eng katta ikki romanidan biridir.  Turgenev bir vaqtlar  romanni “butun adabiy dunyodagi eng yaxshi asar”, deb aytib o‘tgan edi. Roman asosida bugungi kungacha Jan Renuar, Vinsent Minnelli, Aleksandr Sokurov, Klod Shabrol va boshqalar tomonidan filmlar suratga olingan. Zulxumor Orifjonova tayyorladi. Muallif fikri tahririyat nuqtayi nazaridan farq qilishi mumkin.
81
4,185
Madaniyat
OAV: Lindsi Loxan Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi bilan ishqiy munosabatda bo‘lishi mumkin
Amerikalik aktrisa, xonanda va model Lindsi Loxan Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon al-Saud bilan ishqiy munosabatda bo‘lishi mumkin, deb xabar berdi “Korrespondent.net”. Qayd etilishicha, Loxanni yaqindan taniganlar aktrisaning shahzoda bilan yozishmalarini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rganini aytgan. Shuningdek, Muhammad Loxanga kredit karta sovg‘a qilgani, o‘z samolyotlarida uchish imkoniyatini bergani va unga tez-tez qimmatbaho sovg‘alar berishi aytilmoqda. Aktrisaning matbuot kotibi Loxanning shahzoda bilan tanish ekanligini tasdiqlab, ular bir yilcha avval Formula-1 poygalarida uchrashganini aytgan.
96
630
Madaniyat
Zahiriddin Muhammad Bobur qalamiga mansub «Mubayyin» asari qo`lyozmasining fotonusxasi O`zbekistonga topshirildi
O`zbekistonning Erondagi elchixonasiga Zahiriddin Muhammad Boburning «Mubayyin» asari qo`lyozmasining fotonusxasi topshirildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA. Kitob nusxasi Eron fors tili va adabiyoti akademiyasi raisining o`rinbosari Muhammad Rizo Nossiriy tomonidan o`zbek diplomatlariga taqdim etildi. «Mubayyin» - falsafiy-diniy mavzudagi asar bo`lib, unda Bobur Mirzo islom dinining besh ruknini hanafiy mazhabi asoslari doirasida qanday to`g`ri bajarilishini bayon qilgan. Qo`lyozma eski o`zbek tilidagi eng go`zal hattotlik yo`nalishlaridan biri - nastaliq xatida ko`chirilgan. Shuningdek, u fors tiliga tarjima bilan ta`minlangan. Ma`lumotlarga ko`ra, ushbu qo`lyozma bundan 400 yil avval Hindistonda qog`ozga tushirilgan. «Mubayyin» qo`lyozma nusxasi Eron hududiga Kashmir orqali olib kelingan.  Kitob so`nggi 120 yildan ortiq vaqt davomida “Guliston” saroyi muzeyi kolleksiyasida saqlanmoqda. Qayd etish kerakki, “Mubayyin” asari O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O`zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi tomonidan mamlakatimiz bilan bog`liq xorijiy qo`lyozmalar ro`yxatiga kiritilgan. Davlatimiz rahbari o`zbek xalqining tarixiy va madaniy merosi namunalarini Vatanga qaytarish haqida topshiriq bergan edi. Mamlakatimizning xorijdagi diplomatiya vakolatxonalari mazkur markaz bilan ushbu yo`nalishda yaqin hamkorlik qilmoqda.
112
1,384
Madaniyat
Ozodbek Nazarbekov Pushkin asos solgan gazeta bosh muharriri bilan uchrashdi
Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Ozodbek Nazarbekov Rossiyaning “Literaturnaya gazeta” nashri bosh muharriri Aleksey Shavlov bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi. Uchrashuvda ikki davlatda madaniyat va san’at sohasini keng yoritish, hamkorlik aloqalarini kuchaytirish va o‘zaro tajriba almashish kabi takliflar ilgari surildi. Ma’lumot uchun, “Literaturnaya gazeta” 1830-yildan buyon chop etib kelinadi. Uning asoschisi buyuk rus shoiri Aleksandr Pushkin hisoblanadi.
76
503
Madaniyat
O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim muassasalariga 470 ming kitob bepul tarqatiladi
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi “Yoshlar kutubxonasi” rukni ostida 200 nomdagi kitobni chop etish uchun 10 milliard so‘m ajratdi. Bu haqda “Daryo“ga Yoshlar media markazi ma’lum qildi. 2018—2019-yillar davomida barcha umumta’lim maktablari va oliy ta’lim muassasalariga o‘zbek mumtoz adabiyoti va jahon adabiyotining durdona asarlari yetkazib beriladi. Ushbu kitoblar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar bo‘ylab tarqatiladi. —Kelgusi yilda kitoblarni rus va ingliz tillarida ham chop ettirish hamda chekka-chekka qishloqlarga yetkazib berishni maqsad qilganmiz, — deydi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari Dilnoza Kattaxanova. Hozirda Markaziy kengash qoshidagi “Yoshlar nashriyot uyi”da 47 nomdagi badiiy kitob 10 ming nusxadan jami 470 ming dona chop etildi. Mazkur kitoblar respublikadagi 9636 ta maktab va 85 ta oliy ta’lim muassasasiga yetkazib berilishi belgilangan.
83
925
Madaniyat
Termiz shahridagi Matbuot uyida “Surxondaryo muallimlari” kitobining taqdimoti o‘tkazildi
Termiz shahridagi Matbuot uyida “Surxon-Nashr” nashriyoti tomonidan ko‘p nusxada chop etilgan “Surxondaryo muallimlari” adabiy-ommabop kitobining taqdimot marosimi o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda. Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari R. Choriyev, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i A. Ergashev hammuallifligida nashr etilgan kitobda ta’lim-tarbiya sohasini yuksaltirishga salmoqli hissa qo‘shgan va yuksak mukofotlar bilan taqdirlangan 130 ga yaqin fidoyi ustozning ibratli mehnat faoliyati, boy ish tajribasi, ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llagan o‘ziga xos uslubi keng yoritilgan. Shuningdek, har bir tuman va Termiz shahrining o‘ziga xos rivojlanish bosqichlari, bu jarayonda o‘qituvchilar xizmati e’tirof etilgan. Tadbirda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari F. Sharipov, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari M. Allamurodov, “Surxon tongi” va “Zarya Surxana” gazetalari birlashgan tahririyati bosh muharriri R. Rahimova, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i S. Ashurov va boshqalar kitob mazmuni, dizayni va sohada boy tajriba to‘plagan ustoz-murabbiylarning ish uslubini xalq ta’limi tizimida keng joriy etishdagi ahamiyati xususida atroflicha fikr yuritdi. Taqdimot marosimida shoir-yozuvchilar adabiyotshunos olimlar, soha xodimlari kitob haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
89
1,371
Madaniyat
“Mo‘jizakor ayol: 1984” Kids’ Choice Awards versiyasi bo‘yicha eng yaxshi film deb topildi
Los-Anjelesda Kids’ Choice Awards 2021 mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi “Film.ru”. Amerika o‘smirlarining ovoz berishi orqali yilning eng sevimli loyihalari, shuningdek, serial va eng yaxshi aktyorlari aniqlangan. Kadr: YouTube Eng yomon aktyor, aktrisa va rejissorlariga topshiriluvchi “Oltin malina” mukofoti tashkilotchilari “Mo‘jizakor ayol: 1984”ni e’tiborga olgan bir vaqtda bolalar undan hayratga tushgan va uni eng yaxshi film deb atagan. Eng yaxshi multfilm nomi “Qalb”ga nasib etdi. Aktyorlar orasidan mukofotga Milli Bobbi Braun, kichik Rober Dauni va “Trollar 2”dagi Anna Kendrik loyiq ko‘rilgan. Bolalar uchun yilning eng yaxshi seriali deya “Aleks va Keti” tanlangan, eng yaxshi oilaviy serial — “Juda g‘aroyib ishlar”, animatsion serial esa “Gubka Bob kvadrat ishtonlar”. Eng yaxshi realiti-shou deya “Amerikada talantlar bor” shousi tanlangan.   Avvalroq Gadot suratga tushgan “Mo‘jizakor ayol: 1984” filmi barcha yo‘nalishlar bo‘yicha “Oskar”ga ilgari surilgani haqida xabar berilgandi.
90
1,034
Madaniyat
Fotogalereya: “Taxtlar o‘yini” seriali davomida o‘zgartirilgan qahramonlar
AdMe “Taxtlar o‘yini” serialining mashhur qahramonlari tomoshabinlarga sezdirmasdan o‘zgartirib qo‘yilganligini isbotlovchi suratlarni to‘plab taqdim etdi. Serialning uchinchi mavsumida Deyenerisning jazmani rolini britaniyalik aktyor Ed Skreyn ijro etgan bo‘lsa, to‘rtinchi mavsumdan boshlab uning qahramonini gollandiyalik aktyor Mixil Xeysman jonlantirgan. Avstraliyalik aktyor Devid Maykl Skott birinchi mavsum sahnasida Berik rolini ijro etgan. Uchinchi mavsumdan boshlab esa uning rolini Richard Dormer egallagan. To‘rtinchi mavsumning oxirida Uch ko‘zli qarg‘a rolini Struan Rojer ijro etgan bo‘lsa, beshinchi mavsumda ushbu rolni “Oskar” nomzodi Maks Von Syudov egallagan. Serseya Lannisterning o‘g‘lini daslabki ikki mavsumda Kallum Uorri jonlantirgan bo‘lsa, 4—5 mavsumlarda Din-Charlz Chepmen ijro etgan. Oltinchi mavsumda Dikon rolini Freddi Stroma o‘ynagan, keyinchalik aktyor boshqa filmda suratga tushishga o‘tib ketganligi sabab ushbu qahramonni Tom Xopper jonlantirgan. To‘rtinchi va beshinchi mavsumlarda Zulmat qiroli rolini Richerd Breyk ijro etgan bo‘lsa, oltinchi mavsumdan boshlab uning o‘rnini Vladimir Fudrik egallagan. Avvaliga, birinchi va ikkinchi mavsumlarda Mirsella rolini irlandiyalik aktrisa Emi Richardson jonlantirgan. Shundan so‘ng beshinchi mavsumga qadar ekranda ko‘rinmagan Mirsella rolini Nell Tayger Fri ijro etgan. Serial davomida Tog‘ rolini uchta aktyor ijro etgan. Ushbu rolni birinchi mavsumda avstraliyalik aktyor Konan Stivens, ikkinchi mavsumda kaskadyor Ien Uayt jonlantirgan bo‘lsa, to‘rtinchi mavsumdan boshlab esa Xaftor Bernsson o‘ynab kelmoqda.
74
1,607
Madaniyat
Ilon Mask va qo‘shiqchi Grayms ikkinchi marta ota-ona bo‘ldi
Ilon Mask va qo‘shiqchi Grayms ikkinchi marta ota-ona bo‘ldi. Ularning qizi 2021-yil dekabr oyida surrogat ona yordamida dunyoga kelgan. Grayms bu haqda Vanity Fair’ga bergan katta intervyusida ma’lum qildi. Ajrashganiga qaramay, yulduzlar ikki farzandini birgalikda tarbiyalaydi. 2020-yil dunyoga kelgan X Æ A-12 ning endi Exa Dark Sideræl yoki oddiygina Y ismli singlisi bor. Qo‘shiqchining aytishicha, hozir u va Mask juda iliq munosabatda. “Biz alohida uyda yashaymiz va eng yaxshi do‘stmiz. Har doim bir-birimiz bilan ko‘rishib turamiz ... Biz shunchaki o‘zgacha munosabatdamiz va men buni boshqalar tushunishini kutmayman”, — deydi u. Aytgancha, kelajakda ular katta oila qurishni rejalashtirishgan. “Biz har doim uch yoki to‘rtta farzandimiz bo‘lishini xohlardik”, — deb qo‘shimcha qildi Grayms.
60
803
Madaniyat
30ta davlatdan 192 qatnashuvchi... "Lazgi" xalqaro festivaliga kimlar keldi?(foto)
Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 25-30 aprel kunlari Xiva shahrida “Lazgi” xalqaro raqs festivali bo`lib o`tmoqda.   Bugun,  26 aprel kuni Xivada festival doirasida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi boshlandi. Bu haqda Darakchi. uz muxbiri Karim Zaripov xabar bermoqda. Festivalda dunyoning 30ta davlatidan 192 qatnashuvchilar tashrif buyurdi. Tanlov doirasida ishtirok etuvchi davlatlar soni 18ta bo`lib, qatnashuvchilar 160ta. Ilmiy-amaliy konferensiyada 11ta davlatdan 13ta olimu tadqiqotchilar ishtirok etdi.  Festivalni yoritish uchun 4 davlatdan 6 nafar jurnalist keladi. Tanlovni baholab borish uchun dunyoning 6ta davlatidan 6 nafar hakamlar hay`ati a`zolari tashrif buyuradi va  nizom asosida baholab borishadi. Chet davlatdan taklif qilingan mehmonlar soni 7ta davlatdan 7 nafar mehmonni tashkil qiladi.
83
823
Madaniyat
O‘rgimchak odam Marvel kinoolamini tark etadi
Marvel kinokompaniyasi prezidenti Kevin Faygi O‘rgimchak odam haqidagi filmlarga prodyuserlik qilmaydi, chunki u franshizaning navbatdagi qismini suratga olgan Sony Pictures studiyasi bilan moliyaviy kelishuvga erisha olmagan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda. Kelishmovchilik pul tufayli yuzaga kelgan. Disney O‘rgimchak odam haqidagi bo‘lg‘usi filmlar Sony va Marvel tomonidan teppa-teng moliyalashtirilishini va daromad ham xuddi shunday bo‘linishini istagan. Ammo Sony o‘z katta ko‘lamli franshizasi bilan bo‘lishishni xohlamay, Disney foydaning besh foizini qo‘lga kiritishini ko‘zda tutuvchi avvalgi shartnomani saqlab qolishni taklif etgan.
45
653
Madaniyat
Xonanda Lola: Har bir qiz o‘z baxtini topsin
Yangi yil bayrami arafasida xonanda Lola Instagram’dagi sahifasida tilak bildirilgan faylasufona fikr qoldirdi. “Hatto bo‘lishi mumkin bo‘lmagan narsalar ham kun kelib sodir bo‘lishi ham mumkin. Har bir qizaloq o‘z baxtini topsin”, — deb yozdi xonanda Lola. Ma’lumot uchun, Lola 2005-yili turmushga chiqqan, 2011-yili esa ajrashgan. Uning Shahina ismli qizi va Shohdiyor ismli o‘g‘li bor. Lola intervyularining birida “kun kelib, o‘z qalbining sohibi bilan oila qurishi”ni aytib o‘tgan edi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
44
664
Madaniyat
“Arslon izidan” filmi iyun oyining ikkinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi
Rejissor Aziz Rametovning “Arslon izidan” filmi iyun oyining ikkinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi. Bu haqda, Alisher Navoiy nomidagi kinosaroy tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslanib, jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi. Iyun oyining ikkinchi haftasi kinoreytingida “Arslon izidan” filmidan keyingi o‘rinlarni Azamat Ahrorovning “Qaysarginam 2”, Otabek Mirzaxolovning “Jonim yig‘loqi”, Akrom Shaxnazarovning “Hamroh”, Malika Teshaboyeva hamda Umid Qo‘chqorovning “Begunoh” filmlari band etgan. Ma’lumot uchun, hozirda Alisher Navoiy nomli kinosaroyda “Qobiliyat”, “Yuzsiz”, “Ona qizim”, “Asragil”, “Taksi 5” kabi filmlar namoyishi davom etmoqda. Filmlar namoyishlari jadvali bilan “Daryo.Afisha”da tanishish mumkin. 1-o‘rin. “Arslon izidan” (jangari, drama) Rejissor – Aziz Rametov 2-o‘rin. “Qaysarginam 2” (komediya) Rejissor – Azamat Axrorov 3-o‘rin. “Jonim yig‘loqi” (komediya) Rejissor – Otabek Mirzaxolov 4-o‘rin. “Hamroh” (triller drama) Rejissor — Akrom Shaxnazarov 5-o‘rin. “Begunoh” (drama) Rejissor — Malika Teshaboyeva, Umid Qo‘chqorov
103
1,090
Madaniyat
O‘zbekistonda “O‘zga sayyoralik er” nomli fantastik film suratga olindi
Nuriddin Rahmon ssenariysi asosida bir guruh ijodkorlar tomonidan fantastik janrda “O‘zga sayyoralik er” nomli film suratga olindi, deb xabar beradi “Darakchi” gazetasi. Katta ekranlarga yaqin kunlarda chiqishi kutilayotgan mazkur filmda bosh rollarni Mirolim Qilichev, Nargiza Salmonova, Muhammadiso Abdulxairov, Tolib Mo‘minov va Umid Shodmonov ijro etgan. Filmdagi voqealarni tasvirlashda kompyuter grafikasidan keng foydalanilgan.
71
435
Madaniyat
Muhammad Yusufning qizi Madina Yusupova: Dadam eng yaqin sirdoshimiz edilar
O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf hayot bo‘lganida 63 yoshni qarshilagan bo‘lardi. Sana munosabati bilan “Ellikqala.uz” sayti shoirning kenja qizi Madina Yusupova bilan suhbat uyushtirdi.  — Dadam Muhammad Yusuf vafotlaridan keyin onajonim Nazira As-Salom u kishidan qolgan meros unutilmasligi hamda barhayot bo‘lishini ta’minlash maqsadida “Oltin qalam” nomli gazeta hamda “Muhammad Yusuf” nomidagi adabiy-ijtimoiy fondni tashkil qildilar. Hozirda ularning faoliyati bilan shug‘ullanib kelmoqdalar, — deya hikoya qiladi Madina Yusupova. To‘ng‘ich opam Ma’suda O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Yoshlar” telekanalining “Davr” informatsion dasturida ishlaydi. To‘ng‘ich opamdan keyin akam Sherzod bor edilar, afsuski, 27 yoshida vafot etganlar.  Opam Nozimaxon onamning yonlarida, gazetada muharrir bo‘lib ishlaydilar. Men esa Infin bank’da faoliyat yuritib kelmoqdaman. Guvohi bo‘lganingizdek, barchamiz oliy ma’lumotlimiz va o‘z sohamiz bo‘yicha faoliyat olib bormoqdamiz. Shoirlikka da’voyim yo‘q, ammo she’r yozib turishim to‘g‘ri. Bu yil dadamning tavalludlariga 63 yil to‘lishi munosabati bilan ilk “Sog‘inch satrlari” kitobim chop etildi. —Muhammad Yusuf oilada ota sifatida qanday fazilatlarga ega bo‘lgan? — Otam uchun oilada qizlarning o‘rni juda baland va o‘zgacha edi. Bizni avaylash va e’zozlash qatorida katta hayotga har tomonlama tayyorlab borganlar. Bizni sportga berar, yoga bilan shug‘ullantirar, mashina boshqarishni o‘rgatar, hayotda zarur ishlarga o‘rgatib borganlar.  Aksariyat oilalarda qiz bolalar onalarga yaqinroq bo‘ladi. Bizda aksincha, dadam ham ota, ham eng yaqin sirdosh va do‘st bo‘la olgan edilar. O‘z navbatida, biz ham ulardan hech narsani yashirmas, doim maslahatlarini olardik… “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
75
1,803
Madaniyat
Dilnoza Kubayeva va Shodiya Abduqodirova “Sabr-u sadoqat” seriali bilan ekranlarga qaytmoqda
“O‘zbekkino” MA tomonidan O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlab besh qismli “Sabr-u sadoqat” nomli serial efir yuzini ko‘rish arafasida, deb xabar berdi O‘zA. Kinoserial joriy yilning 8—12-iyun kunlari respublikaning barcha davlat va nodavlat telekanallari: “O‘zbekiston”, “Bolajon”, “O‘zbekiston tarixi”, “Oilaviy”, “Yoshlar”, “Mahalla”, “Sevimli ”, Zo‘r TV, MY5, “Milliy”, “Uzbekistan-online.uz”da namoyish etiladi. “Sabr-u sadoqat” “O‘zbekkino” MAning maxsus loyihasi bo‘lib, serial yozuvchi va uning rafiqasi Saida Zunnunova hayotiga bag‘ishlanadi. Filmda mehr-muhabbat, ulkan bardosh, kuchli matonat, bukilmas iroda, yengilmas g‘urur haqida hikoya qilinadi. Kinoserial 1950—1955-yillardagi real voqeliklarga asoslangan. Rejissor Hamidulla Boboqulov “Sabr-u sadoqat” teleserialini Nozim Abbosovning “Said bilan Saida” filmi asosida suratga olgan. “Ushbu maxsus loyiha hammamizga qadrdon ‘Said bilan Saida’ filmiga kiritilmay qolgan yangi sahnalar bilan boyitildi. Bu tomoshabinlar uchun Said Ahmadning 100 yillik to‘yiga haqiqiy tuhfa bo‘ladi. Buyuk yozuvchi haqidagi serialni suratga olish esa Nozim Abbosovning ezgu orzusi edi va bu orzu endilikda ro‘yobga chiqadigan bo‘ldi”,  – deya ta’kidlanadi “O‘zbekkino” axborotida. Filmda bosh rollarni ancha paytdan beri ekranlarda ko‘rinish bermagan aktrisalar Dilnoza Kubayeva, Shodiya Abduqodirova, Shahlo Temirova, Jamila G‘ofurovalar ijro etgan. “Said Ahmadning asarlari kirib bormagan uy, qalb bo‘lmasa kerak. Har bir ijodkor, kitobni sevishni bilgan har inson borki, Said Ahmad asarlarini o‘qimay katta bo‘lmagan. Ayniqsa, yozuvchining pyesalari katta shon-sharaf va mashhurlik keltirgani barchamizga ayon. Jumladan, ular ichida ‘Kelinlar qo‘zg‘oloni’ komediyasi alohida ajralib turadi. Ushbu asar teatrda, kinoda o‘z o‘rnini topgandan so‘ng Said Ahmad nomini o‘zbek adabiyoti klassik namoyondalari qatoriga ko‘tardi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Binobarin yozuvchining bu komediyasi dunyoning 14 ta mamlakatida sahnalashtirilgan. Va nihoyat bugun shunday unutilmas asarlarni xalqiga meros qoldirgan adib haqida, uning yorqin xotirasiga bag‘ishlab “Sabr-u sadoqat” filmi suratga olindi”, — deyiladi xabarda. “Adiblar xiyobonining ochilishida Prezident tomonidan klassik asarlarni o‘rganish, kitoblar nashr etish, ijodkorlarning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan filmlar yaratishning nechog‘li ahamiyatli vazifa ekanligiga alohida urg‘u berildi”, – deya izoh beradi “O‘zbekkino” Milliy agentligi matbuot xizmati. “Sabr-u sadoqat” esa yuqoridagi fikrlarning isboti sifatida katta ekranlarga chiqish taraddudida. Tomoshabinlar e’tiboriga teleserial talqinida havola etilayotgan ushbu film kutilgan natijani berishiga umid qilamiz! Ushbu aksiya doirasida 8—12-iyun kunlari respublika teleekranlarida Said Ahmad ssenariylari asosida suratga olingan “Kelinlar qo‘zg‘oloni”, “To‘ylar muborak” va “Muhabbat mojarosi” filmlari sifati yaxshilangan holatda tomoshabinlar e’tiboriga qayta taqdim etiladi.
92
3,010
Madaniyat
35 yoshdan keyin onalik baxtiga sazovor bo‘lgan o‘zbekistonlik mashhurlar (video)
Ayol kishi uchun ona bo‘lishdan-da ortiqroq baxt yo‘q. Bu baxt kimgadir erta, kimgadir biroz kechroq nasib qiladi. Ayrim ayollar esa o‘g‘il-qizlari ulg‘ayganida go‘dak isini sog‘inib qoladi. O‘zbek san’ati vakillari orasida ham 35 yoshdan keyin farzand ko‘rganlar talaygina. Quyida ular haqida ma’lumot beriladi. Xosiyat Xusanova Aktrisa Xosiyat Xusanova o‘g‘li Imronbekni 47 yoshida dunyoga keltirgan. Imronbek bu yil 7 yoshni qarshilaydi. — Shifokorlar o‘g‘limni dunyoga keltirishimga jiddiy qarshilik qilishgan. Tavakkal — peshonada borini ko‘raman, deganman. Qo‘rqitishlarning asosiy sababi faqatgina yoshim bilan bog‘liq emas, balki 2008-yil dahshatli avtofalokatga uchraganim bo‘lgan. Avariyada tos suyaklarim butkul maydalanib, oyoq sonlarim ikkiga bo‘linib, yuzimning yarmi yo‘q bo‘lib ketgandi. Ikki yil to‘shakka mixlanib, o‘z hojatimga ham yaramay qolgandim. Xullas, shu sabab shifokorlar homilador bo‘lishimga qarshi bo‘lishgan. To‘shakka mixlanib qolganimda qizimning yolg‘izligini his qilganman. Baribir insonga jigar kerak ekan, deb Allohdan Imronbekni tilab olganman, — deydi aktrisa Xosiyat Xusanova. Nargiz Yandasheva Xonanda Nargiz Yandasheva esa 41 yoshida onalik maqomiga erishgan. U tug‘uruqdan keyingi intervyusida, farzandli bo‘lishni 12 yil kutganini ma’lum qilgan. Hozirda uning 4 yoshlik Alibek ismli o‘g‘li bor. — O‘g‘lim hayotimga nur olib kirdi. Yashashga, ijod qilishga bo‘lgan ishtiyoqim yanada oshdi. Ilgari odamlarning gap so‘zi ham yuragimni og‘ritardi. Xuddi hamma mening befarzandligim haqida gapirayotgandek bo‘lardi. Farzand mitti bo‘lsa-da, oilani mustahkamlaydi. Men bunga hayotimda ko‘p bor amin bo‘ldim, — deydi xonanda Nargiz Yandasheva. Sevara Nazarxon Xonanda Sevara Nazarxon 2016-yili qizi Imon Anvarni dunyoga keltirgan. O‘shanda xonanda 40 yoshda edi. Uning qizidan tashqari, Dengiz ismli o‘g‘li ham bor. “Hamma bolalarimni menga o‘xshatishadi, ammo men ko‘proq ulardek bo‘lishni istayman. Hamisha ulardek mehribon, samimiy va sho‘x bo‘lishni istayman”, — deb yozadi u Instagram sahifasida. Leyli Sobiq “Setora” guruhining vakili Leyli 40 yoshida ikkinchi bor ona bo‘lgan. U 2018-yili qizi Salmani dunyoga keltirgan. Ijodkorning Amir ismli o‘g‘li ham bor. U “Myday TV”ning YouTube kanaliga bergan intervyusida o‘g‘lini dunyoga keltirgan vaqtlarda ishi ko‘pligi sabab, unga yetarlicha e’tibor berolmagani va uni katta qilishda onasi ko‘maklashganini ta’kidlab o‘tgandi. “Salmada onalik gashtini his qildim, Amir chaqaloqligida buning qanday ekanini bilmagan ekanman”, — dedi xonanda Leyla. Feruza Latipova Sobiq “Setora” guruhining yana bir a’zosi Feruza Latipova 2014-yil 38 yoshida qizi Leylani dunyoga keltirdi. Xonandaning Daler ismli o‘g‘li ham bor. “Men har kuni orzu qilishni, yaratishni, sevishni, zavqlanishni, tabassum qilishni, qo‘shiq aytishni, hayol qilishni, mo‘jizalarga ishonishni va baxtli bo‘lishni xohlayman. Qizim, kasal bo‘lmang va xafa bo‘lmang. Va sizni oldinda ko‘plab buyuk kashfiyotlar va yutuqlar kutmoqda. Barchamiz sizni yaxshi ko‘ramiz”, — deb Instagram sahifasida post qoldirgan xonanda. Huvaydo Jumayeva O‘zbekiston davlat Satira teatrining aktrisasi Huvaydo Jumayeva 38 yoshida to‘rtinchi farzandini dunyoga keltirdi. — 2020-yili kichik o‘g‘lim Muhammadaminni dunyoga keltirgandim. Shunday keyin menga sherik yo‘q, deb qizim biroz o‘ksidi. Shunday keyin unga ham sherik kerak deb Xudodan qiz farzand so‘radim. Yaqinda kenja qizim dunyoga keldi, — deydi aktrisa Huvaydo Jumayeva. Feruza Sobitova Aktrisa Feruza Sobitova ham 38 yoshida onalik baxtiga erishgan. U o‘g‘li Imronni 2013-yilda dunyoga keltirgan. — To‘qqiz yil farzandsizlik alamini chekkanman. Uzoq vaqt homilador bo‘lolmaganman. “Opa-singillar” serialining tug‘uruqxonada tasvirga olinadigan sahnasida rejissor Zamira Begimqulova “Feruza, bu yer chillaxona, yaxshi niyatlar qilavering. Xudo yetkazadi”, deb ko‘p aytgandi. Qo‘limga chaqaloqlarni olib, menga ham bir kuni o‘z bolamni bag‘rimga bosish nasib etsin, deb niyat qilgandim. Ming bor shukr, Alloh nolalarimni eshitib, 2013-yil o‘g‘il farzand ato etdi, — deydi aktrisa Feruza Sobitova. Feruza Meliboyeva Aktrisa Feruza Meliboyeva 2021-yili uchinchi bor ona bo‘ldi. U kenja o‘g‘lini 38 yoshida dunyoga keltirdi. — Onalarimiz “Bolaning ko‘pi yaxshi”, deb bejiz aytishmaydi. O‘g‘il qizimga uka olib kelishni niyat qilgandim, bir yil avval shu niyatimga erishdim. Homiladorlikda o‘ziga yarasha qiyinchiliklar bo‘ldi. Ammo bolani qo‘lga olganda, hammasi unutildi, — deydi aktrisa Feruza Meliboyeva. Gulchehra Eshonqulova Ayni kunlarda oilasi bilan AQSHda iste’qomat qilayotgan aktrisa Gulchehra Eshonqulova qizi Sumayyani 37 yoshida dunyoga keltirgan. “Jonim qizim seni bizga bergan Allohimga behisob shukrlar bo‘lsin”, — deb Instagram sahifasiga qizi bilan tushgan suratini joylagan aktrisa. Rayhon Xonanda Rayhon G‘aniyeva 36 yoshida Islom va Imron ismli egizaklarini dunyoga keltirgan. Ammo ma’lum muddat farzandli bo‘lgani bilan bog‘liq ma’lumotni sir tutgandi. “Bu yangilikni hech kimga aytmagandik, faqat qarindoshlar bilardi. Ikki o‘g‘limdan biri kichikroq tug‘ilgani bois, hozir unisi barokamerada va men judayam xavotirdaman. O‘g‘illarimni Islom va Imron deya nom qo‘ydik!” — deb keyinroq xabar bergandi xonanda. Tatyana Zayseva “Via Sharq” guruhi a’zosi Tatyana Zayseva 35 yoshida kenja o‘g‘li Matinni dunyoga keltirgan. Hozirda uning Alixon, Maryam va Matin ismli farzandlari bor. Jamila G‘ofurova Aktrisa Jamila G‘ofurova ikki qiz farzandidan so‘ng 36 yoshida o‘g‘il farzandli bo‘lgan. U o‘g‘liga Muhammadmustafo deb ism qo‘ygan. — O‘g‘illi bo‘lganimni ovoza qilmaganman. Chunki u paytlar karantin vaqtiga to‘g‘ri kelgan. Tug‘uruqxonadan ham oddiygina libos va maxsus pardoz-andozsiz chiqishimizga to‘g‘ri kelgan. Marosimlarni ham oila davrasida, kamtarona qilib o‘tkazishga qaror qildik. Shu bois bu xabarni e’lon qilishga ham zarurat tug‘ilmadi”, — deydi aktrisa. Lola Turmush o‘rtog‘i va uch farzandi bilan Moskva shahrida yashayotgan xonanda Lola esa kenja qizi Aishani 35 yoshida dunyoga keltirgan.
81
6,023
Madaniyat
Xonanda va sozanda Feruza Ochilova Germaniyadagi festivalda qatnashadi
Mahoratli sozanda va xonanda, o‘zbek mumtoz kuy va ashulalarining mohir ijrochisi Feruza Ochilova Germaniyadagi xalqaro loyihadan taklif oldi. Bu haqda Classic Music of Uzbekistan ma’lumotiga asoslanib “Kun” nashri xabar berdi. Xabar berishlaricha, 8-fevral kuni Germaniyaning Halle shahridagi Opera uyida bo‘lib o‘tadigan konsert dasturida Feruza Ochilova ham xonanda, ham sozanda sifatida ishtirok etadi. Women in Jazz tomonidan tashkil etilayotgan konsert dasturida Feruza Ochilova Afg‘oniston, Eron, Livan, Bolgariya, Polsha, Germaniya kabi mamlakatlarning san’atkorlari bilan bir guruhda ham sozanda (doira va dutor kabi cholg‘u asboblarida kuy ijro etadi), ham xonanda sifatida ishtirok etadi. Ma’lum bo‘lishicha, 3—7-fevral davomida konsert repetitsiyasi o‘tkaziladi va xohlovchilar tayyorgarlik jarayonini jonli kuzatishlari mumkin bo‘ladi. Eslatib o‘tamiz, Feruza Ochilova 2013-yilning noyabr oyida Germaniyada ijodiy safarda bo‘lib, jamoasi bilan birga 10dan ortiq konsertlar namoyish etgan edi.
70
1,006