folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Madaniyat | Davlat filmlarini moliyalashtirish tartibi o‘zgartirildi | “O‘zbekkino” Milliy agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2004-yil 16-iyundagi qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan “Yillik ishlab chiqarish hajmlarini shakllantirish, moliyalashtirish hamda ajratilgan mablag‘lar maqsadli va samarali sarflanishini nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ga o‘zgartirishlar kiritildi. O‘zgartirishlar Nizomning 3-bo‘limiga taalluqli bo‘lib, belgilangan ishlab chiqarish hajmlarini moliyalashtirish tartibini belgilaydi, deb xabar beradi “O’zbekkino” matbuot xizmati.
Jumladan, Nizomning eski tahrirdagi 14-bandiga ko‘ra, filmlarning belgilangan yillik ishlab chiqarish hajmlarini moliyalashtirish ularning tematik rejasi va qisqa annotatsiyasi, shuningdek, “O‘zbekkino” MAning filmlar prokatidan kelib tushadigan mablag‘larni hisobga olgan holda tegishli yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan smeta xarajatlari asosida amalga oshirib kelingan bo‘lsa, bundan buyon “O‘zbekkino” Milliy agentligi tomonidan tegishli yil uchun tasdiqlangan smeta xarajatlari asosida davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi belgilandi.
“O‘zbekkino” Milliy agentligi xarajatlarning alohida indeksatsiyasi, filmlar ishlab chiqarishning namunaviy smetasini hisobga olgan holda kino mahsulotlarining amaldagi xarajatlar me’yoridan kelib chiqib, filmlar ishlab chiqarish hajmlarini moliyalashtirish prognozini shakllantirishi va kelishish uchun Moliya vazirligiga taqdim etilishi nazarda tutilgan 15-band o‘z kuchini yo‘qotdi.
Nizomning yangi tahrirdagi 19-bandida, “O‘zbekkino” Milliy agentligining filmlar prokati va homiylar mablag‘lari hisobidan kelib tushadigan foydasi hisobidan – qo‘shimcha filmlar ishlab chiqarishga, xorijiy filmlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida namoyish etishga, shuningdek, Respublika hududida kinofestivallar o‘tkazish hamda milliy filmlarni xalqaro kinofestivallarda qatnashishini ta’minlash uchun sarflashga yo‘naltirishi mumkinligi qo‘shimcha ravishda kiritildi.
Har bir filmni belgilangan hajmda va muddatlarda ishlab chiqarish yakuni bo‘yicha budjet mablag‘larini va filmlar prokati hisobidan kelib tushadigan foydani maqsadli ishlatilishini nazorat qilish maqsadida, “O‘zbekkino” Milliy agentligi tomonidan har bir filmning ishlab chiqarish hisobotini Moliya vazirligiga kelishish uchun taqdim qilinishi to‘g‘risidagi 22-band ham o‘z kuchini yo‘qotdi.
Endilikda filmlar ishlab chiqarish uchun ajratilgan budjet mablag‘larining maqsadli ishlatilishi uchun barcha mas’uliyat va javobgarlik “O‘zbekkino” Milliy agentligi zimmasida bo‘ladi. | 56 | 2,558 |
Madaniyat | Injiqligi tufayli filmlarni suratga olish jarayonida muammo chiqargan Gollivud aktyorlari (foto) | Gollivudda injiq aktyorlar juda ko‘p va ular bilan ishlash mumkin bo‘lmagan odamlarning to‘liq ro‘yxati mavjud. Shunga qaramay, ularning iste’dodi rejissorlarni o‘z filmlariga chidab bo‘lmas daholarni taklif qilishga majbur qiladi.
“Ayiq bolasi”
Ushbu kartina ham Marlon Brando tufayli janjallar bilan yaratilgan. U Frenk Ozning tanqidini yoqtirmasdi, shuning uchun aktyor rejissorning jig‘iga tegish uchun qo‘lidan kelgan ishni qilardi. Brando shim kiymagani uchun Ozni “Miss Piggi” deb atagan va hatto u bilan bir xonada turishdan bosh tortgan. Filmni tugatish uchun rejissor Marlonga boshqa xona bergan.
“Bleyd: Uchlik”
Fantastik jangovar filmning muammolari Uesli Snayps tufayli boshlanadi. Aktyor Devid Goyerni irqchilikda ayblab, unga tashlanib qolgan. Bunga javoban Goyer Snaypsga loyihani tark etishni va filmni dublyor bilan yakunlashni taklif qiladi. Natijada bosh rol ijrochisi rejissor bilan xabarlar orqali muloqot qiladi.
“Tenenbaumlar oilasi”
“Tenenbaumlar oilasi” komediyasida Gen Xekman bir necha bor Ues Andersonni haqorat qiladi. Bunday muomalani ko‘rgan suratga olish guruhi aktyordan qo‘rqib qoladi — Bill Myurreydan tashqari. Rejissor hatto Xekmanni nazorat qilish uchun Myurreydan dam olish kunida suratga tushishni so‘rashiga to‘g‘ri keladi.
“Jazzda faqat qizlar”
Merilin Monro bilan ishlash oson bo‘lmagani sir emas. 50-yillarning oxiriga kelib, aktrisaga toqat qilish qiyin bo‘lib qoladi. U ishga tez-tez kechikadi, gaplarini unutadi, hushiga kelgan payt suratga olish maydonchasidan ketib qolardi. “Bu menman, azizim” jumlasini aytishi uchun unga 60 ta kadr kerak bo‘lgan. | 96 | 1,604 |
Madaniyat | Vatan himoyachilari kuniga yaxshi sovg`a. "Men terrorchi emasman" filmining katta premerasi bo`lib o`tdi (video) | “O`zbekkino” Milliy agentligi, “Mir Ali cinema” va “Iskandariy visual” kinokompaniyalari bilan hamkorlikda, O`zbekiston Respublikasi DXX ko`magida suratga olingan “Men terrorist emasman” badiiy filmining katta premerasi bo`lib o`tdi deya xabar bermoqda "O`zbekkino" Milliy agentligi axborot xizmati.
Mazkur film o`tkir syujetli harbiy drama bo`lib, real voqealarga asoslangan. Unda terrorchilik guruhlariga qo`shilib qolganlarning ayanchli taqdiri haqida hikoya qilinadi.
Mazkur filmning 14 yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan harbiy va ichki ishlar soha vakillari uchun maxsus namoyishi bo`lib o`tadi.
Film ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor Muhammad Ali Iskandarov, operator Husan Atabaev, postanovkachi rassom Bahriddin Shamsutdinov, kompozitor Jasur Badalboev, prodyuserlar Firdavs Abduxolikov va Mirjamol Mirzaahmedov, ijrochi prodyuser Nodir Mo`minov. | 112 | 883 |
Madaniyat | Gollivud yulduzlari Jennifer Lopes va Ben Afflek 50 million dollarlik uy sotib oldi | Aftidan, xonanda Jennifer Lopes va Ben Afflek munosabatlarida hamma narsa jiddiyga o‘xshaydi. Mashhur juftlik Kaliforniyaning Bel-Eyr shahrida bahosi 50 million dollarlik uy sotib olishga qaror qildi. Hashamatli saroyning maydoni 20 000 kvadrat metrdan ortiq, deb yozadi People Talk.
Jennifer va Benning yangi uyi katta oila uchun mo‘ljallangan. Uyda 10 ta yotoqxona va 17 ta hammom mavjud bo‘lib, bu yerda Jey Loning bolalari yashashi aniq. Ehtimol, Ben Afflekning sobiq rafiqasi ham farzandlariga dam olish kunlari dadasining oldiga kelishga va u bilan qolishga ruxsat berar.
Eslatib o‘tamiz, 2004-yilda ajrashgan Lopes va Afflek 2021-yil may oyida munosabatlarini qayta tikladi. | 83 | 682 |
Madaniyat | Shavkat Mirziyoyev: Bugungi adabiy jarayonlarda Erkin Vohidov va Abdulla Oripovning o‘rni bilinmoqda | O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-avgust kuni Toshkent shahrida Yozuvchilar uyushmasi a’zolariga atab barpo etilayotgan ko‘p qavatli uylar bilan tanishar ekan, shu bahona ijod ahli bilan ham suhbatlashdi. Bu haqda O‘zA sahifalarida uchrashuv ishtirokchisi — uyushma a’zosi, shoir Nosirjon Jo‘rayev fikr yuritgan.
Davraga fayz berib turgan akademik Naim Karimov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Ibrohim G‘afurov bilan alohida mehr, yuksak e’tibor va ehtirom bilan ko‘rishar ekan, “Yana bir karra qaytarib aytaman: ustozlarimiz yonimizda bo‘lsa, xatolarimiz kamroq bo‘ladi. Olib borayotgan ishlarimizda unum va baraka bo‘ladi. Bu singari insonlarning borligi, safimizda turgani adabiyotimiz uchun ham, millatimiz ma’naviyati uchun ham bebaho hodisadir”, deya ta’kidladi davlat rahbari.
Prezident kuni kecha bo‘lib o‘tgan “O‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda o‘rganish va targ‘ib qilishning dolzarb masalalari” mavzusidagi xalqaro konferensiya tafsilotlarini esga olib, “Bu zamonaviy adabiyotimiz uchun muhim bosqich bo‘ldi, televideniye orqali kuzatdim, qardosh xalqlar ijodkorlari fikrini tingladim. Biroq ko‘nglimning tub-tubida Erkin Vohidov, Abdulla Oripovning o‘rni bilinayotganini his qildim”, dedi.
Mana, ikki yildirki, mamlakatda kitob chop etish, kitobxonlik va mutolaa madaniyatni rivojlantirish borasida izchil harakatlar bo‘lmoqda, bir qator muhim hujjatlar imzolandi, tanlovlar joriy qilindi. Biroq, Prezident kuyunib ta’kidlaganidek, bu sohadagi ishlar hali ko‘ngildagidek emas. Ma’naviy yaroqsiz va bo‘sh asarlar mas’uliyatsizlik bilan nashr qilinayotgani, “kitob” degan muqaddas tushunchaning qadri tushib ketgani, so‘z qadri-qimmatiga yetarlicha e’tibor berilmayotgani tanqid ostiga olindi.
Bir so‘z bilan aytganda, bu galgi suhbat muhtasham adabiyotimiz maqomini munosib saqlash, uni yangi-yangi asarlar bilan boyitish, millat va Vatan rivojiga xizmat qiluvchi iste’dod sohiblarini kashf qilish, ularga yetarlicha shart-sharoit yaratish masalalariga bag‘ishlandi. | 100 | 2,026 |
Madaniyat | "Davr" informasion dasturi to`xtatildimi? | Karantin sababli MTRK tarkibidagi “Yoshlar” teleradiokanalining "Davr" hamda "Toshkent" teleradiokanalining “Toshkent 24” informasion dasturlari faoliyati to`xtatilgani, hozirda ushbu dasturlar o`rnida “O`zbekiston 24” telekanali ko`rsatuvlari efirga uzatilayotgani haqida "Hudud24" sayti xabar tarqatdi.
Aniqlik kiritish uchun human.uz sayti “Davr” tahririyati bilan bog`langanda, tahririyat xodimi bu xabarni tasdiqlagan.
"Haqiqatdan ham “Davr” va “Toshkent24” informasion dasturlari efir vaqtida “Axborot” yangiliklar dasturi efirga uzatilmoqda", degan xodim.
Ma`lumot uchun, “Davr” informasion dasturi 20 yildan beri namoyish etib kelinayotgan edi. | 41 | 653 |
Madaniyat | Jan-Klod Van Dammning qizi ulg‘ayib, sport va kinoda otasini ham ortda qoldirdi (foto) | Afsonaviy aktyor va jang san’ati ustasi Jan-Klod Van Dammning qizi — Byanka Van Varenberg (otasining haqiqiy familiyasi aynan shunday yangraydi) yosh bo‘lishiga qaramay, sport va kinoda muvaffaqiyatlarga erishdi va taniqli familiyaning munosib davomchisiga aylandi, deb yozadi AdMe.
Qiz ta’kidlashicha, unda sportga muhabbat bolaligidanoq uyg‘ongan, ammo dastlab jang san’atini emas, konkida uchish sportini afzal bilgan.
Vaqt o‘tishi bilan, Byankada baribir yakka kurashga nisbatan qiziqish paydo bo‘ldi va endi u otasining tryuklarini mahorat bilan takrorlay oladi. Ular ko‘pincha birgalikda mashq qiladi, ba’zan esa sportzalda bir-biri bilan jang qiladi. Byanka otasini o‘zi uchun o‘rnak deb bilsa, Van Damm uchun qizi — uning faxri.
Byanka nafaqat sportda, balki kinoda ham otasining izidan borishga qaror qildi. 2012-yilda “Tashqaridan hujum” filmida bosh rolni o‘ynadi. Bugungi kunda qizning repertuarida u aktrisa, prodyuser, ssenariynavis va rassom sifatida qatnashgan o‘ndan ortiq kartina bor. | 86 | 1,005 |
Madaniyat | Turkiyadagi konsertda butun zal o`zbekcha kuyladi (foto) | Avval xabar berganimizdek, ayni kunlarda Turkiyada O`zbekiston madaniyati kunlari bo`lib o`tmoqda.
Madaniyat vazirligi Matbuot xizmatining xabar berishicha, madaniyat kunlarining ochilishi munosabati bilan Anqara shahrida o`zbek san`atkorlari ishtirokida konsert dasturi tashkil etildi.
Ma`lum qilinishicha, dastur avvalida O`zbekistonning tarixiy obidalari tasvirlangan fotoko`rgazma tashkil etildi.
Konsert dasturida elchixona va konsullik vakillari, Turkiya madaniyat vakillari hamda Anqarada yashab, faoliyat yuritib kelayotgan vatandoshlarimiz ishtirok etdi.
Tadbirda so`z olgan Turkiya Madaniyat va turizm vaziri o`rinbosari O`zgul O`zkan Yavuz tarixi, madaniyati va san`ati bir-biriga uyg`un bo`lgan ikki millatning madaniy aloqalari, hamkorlikda amalga oshirilgan loyihalarning natijalari xususida to`xtalib o`tdi.
O`zbek san`atkorlari tomonidan ijro etilgan betakror taronalar nafaqat dillari vatan sog`inchiga to`lgan yurtdoshlarimiz, balki, turkiyalik o`zbek san`ati muxlislari tomonidan ham birgalikda ijro etildi. O`zbek sa`atkorlari ijrosiga butun zal xor bo`ldi.
Ta`kidlanishicha, bu kabi tadbirlar madaniy aloqalarni mustahkamlash barobarida ikki millat o`rtasidagi qardoshlik munosabatlarini ham yuksaltiradi. | 56 | 1,234 |
Madaniyat | Turk aktyori Burak O‘zchivit hamkasblarini haqorat qilgani uchun 4 yilga qamalishi mumkin | O‘zbek muxlislariga “Sevgi iztirobi”, “Choliqushi” serialidagi roli bilan yaxshi ma’lum bo‘lgan Burak O‘zchivit hamkasblarini haqorat qilgani sabab qamoqqa olinishi mumkin.
Avvalroq Burak O‘zchivitning ayni vaqtda suratga olish ishlari davom etayotgan “Qurilish: Usmon” serialidagi hamkasblari uni haqorat qilganlikda ayblab, politsiyaga shikoyat qilgani haqida xabar berilgandi. Bu voqea 2020-yil dekabrda sodir bo‘lgan bo‘lib, jamoadagi operator yordamchisining so‘zlariga ko‘ra, Burakning og‘zidan chiqqanlarni eshitib, suratga olish maydonchasidagilar shokka tushib qolgan va hech kim lom-lim deya olmagan.
Turkiyaning NTV kanalining ma’lum qilishicha, Istanbuldagi Beykoz tumani bosh prokuraturasi suratga olish jamoasining shikoyatini ko‘rib chiqqan. Suratga olish jamoasi so‘roq qilinganidan keyin davo ochilgan. Unga ko‘ra, O‘zchivit 4 yil-u 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin. Yaqin kunlarda birinchi sud yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq Burak O‘zchivit va Fahriye Evjenning o‘g‘li Karan taglik reklamasida suratga tushgani, uning 5 soniyalik ko‘rinishi uchun katta miqdorda mablag‘ to‘langani haqidagi ma’lumot rezonans keltirib chiqargani haqida xabar berilgandi. | 89 | 1,191 |
Madaniyat | Kim Chen In o‘ldirilgani haqidagi Amerika filmi KXDRda tanqid qilindi | KXDR vakili Gollivud tomonidan suratga olingan The Interview (“Intervyu”) filmiga tanqidiy mulohaza bildirdi. Ushbu filmda KXDR yetakchisi Kim Chen Inning o‘ldirilishi ko‘rsatilgan, deya xabar beradi The Telegraph.
Ma’lumotlarga ko‘ra, film joriy yilning oktabr oyida omma e’tiboriga taqdim etiladi. Filmdagi bosh rollarda Jeyms Franko (“O‘rgimchak odam”) va Set Rogen ishtirok etgan.
“Xorijiy mamlakat yetakchisining vafoti haqidagi mazkur film AQShning Afg‘oniston, Iroq, Suriya va Ukrainada qilgan qilmishlarini aks ettiradi. Jon Kennedini amerikaliklar o‘ldirganligini ham esdan chiqarmaslik kerak”, — deya ta’kidladi KXDR yetakchisi matbuot kotibi Kim Men Xol o‘zining The Telegraph’ga bergan intervyusida.
Film syujetida AQSh televideniyesida ishlaydigan ikki muxbir Kim Chen Indan intervyu olish imkoniga ega bo‘ladi. Ular Shimoliy Koreyaga ketish safaridan avval maxfiy xizmat tomonidan KXDR rahbarini o‘ldirish haqida buyruq oladi.
Tanqidiy mulohazalarga qaramasdan, Kim Men Xol Shimoliy Korea yetakchisi ushbu filmni ko‘rish ehtimoli borligini ta’kidladi. | 69 | 1,066 |
Madaniyat | Bastakorlar e’tirozi: “Xonandalar bizning pulimizni hisoblamasin!” | O‘zbekistonlik bastakorlar Eldor Qayumov va Bahodir Nizomov “Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida san’atkorlar bilan ishlash jarayonidagi ba’zi jihatlarga to‘xtalib o‘tdi.
Avvalo, nashr ularni tanishtirib o‘tdi. Eldor Qayumov — xonanda Munisa Rizayevaning “Gollivud”, “Sakramento” qo‘shiqlarini yozgan. Bahodir Nizomov esa Ziyoda va Dilso‘zning so‘nggi xit qo‘shiqlari muallifidir.
“Ko‘pincha xonandalarga qo‘shiq sotayotganimizda ‘stavka’ qo‘yib olibsizmi deb e’tiroz bildiradi, — dedi Bahodir Nizomov. — Nega endi ular bizning pulni hisoblashi kerak? — deb o‘ylab qoldim. Ular biz yozib bergan qo‘shiqlarni yuzlab to‘ylarda kuylab, bizdan ko‘ra ko‘p pul yig‘ib olyapti-ku. Biz ularning pulini hisoblamaymiz, bu bizga kerak ham emas. Biz qo‘shiq mualliflari, qilgan mehnatimizga, ularga taqdim etgan qo‘shiqning noodatiy, qaytarilmaslik darajasiga qarab narx qo‘yamiz. Bu bozor iqtisodiyoti. Hamma ehtiyojidan kelib chiqqan holda ishlaydi”.
Eldor Qayumov esa o‘zi hech qachon ishiga narx belgilamaganmanligini ta’kidladi. “Doim xonandaning muomalasi, sharoitiga qarab ishlaganman. Hatto sovg‘a qilingan mashhur qo‘shiqlar ham bor”, — dedi u. | 66 | 1,147 |
Madaniyat | Di Kaprio va boshqa Gollivud yulduzlarining maktabda tushgan fotosuratlari e’lon qilindi | Gollivud yulduzlaridan ayrimlarining sobiq o‘qituvchilari va sinfdoshlari ularning maktabda va bog‘chada tushgan fotosuratlarini e’lon qildi. Bu haqda, Daily Mail’ga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Quyidagi fotojamlanmadan suratlari o‘rin olgan yulduzlar mukammal tashqi ko‘rinishi va muhtasham hayoti bilan dong taratgan, “lekin ular shuhratga erishguniga qadar qanday ko‘rinishga ega bo‘lganini ko‘pchilik bilmaydi”, deb ta’kidlaydi nashr. Shu munosabat bilan ularni maktab yillarida taniganlar shaxsiy arxivlaridan topilgan eski fotosuratlarni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtira boshladi.
Leonardo Di Kaprio
Jon Travolta
Mettyu Makkonaxi
Ledi Gaga
Kanye Uest
Kichik Robert Dauni
Tom Kruz
Anjelina Joli
Jonni Depp | 88 | 728 |
Madaniyat | "Tutqunlik" filmining s`yomka jarayonlari boshlandi | «O`zbekkino» Milliy agentligi buyurtmasiga binoan «Buxoriylar» studiyasi tomonidan «Tutqunlik» dramasining suratga olish ishlari start oldi.
Film Suriyadan ayollar va bolalarni olib kelish bo`yicha 2019-2020 yillarda o`tkazilgan «Mehr» operasiyasiga bag`ishlanadi.
Kinokartinada asosan, turli vaziyatlar bilan Suriyaga borib qolgan insonlar, oilalar taqdiriga urg`u beriladi. Yaqin Sharqga ish izlab borgan yosh feldsher yigit, erining orqasidan borishga majbur bo`lgan va uni yo`qotib qo`ygan ayol, ota-onasi Suriyaga olib ketgan 11 yoshli o`spirin yigitcha kabi qahramonlar taqdiri haqida hikoya qilinadi.
Ssenariy muallifi Azamat Qorjovov, rejissyor Rashid Malikov, postanovkachi operator Aleksey Venzos, rassom Doniyor Abdurahmanov, liboslar bo`yicha rassom Elena Aitova. Filmda Nigina Anorboeva, Feruza Sobitova, Anvar Mavlonov, Firdavs Oripov kabi aktyorlar rol ijro qilmoqda.
Hozirda filmning tasvirga olish ishlari Buxoroda bo`lib o`tmoqda. | 51 | 956 |
Madaniyat | “Eng zolim qaynona” nomini qozongan aktrisa Gulchehra Ibrohimbekova: “Hayotda kelinimga risoladagidek qaynona bo‘lishga harakat qilaman” | O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulchehra Ibrohimbekova rejissyor Ibrohim Rasulovning 2004-yil suratga olingan “Begona bahor” filmidagi roli uchun “Eng zolim qaynona” nomiga sazovor bo‘ldi, deb xabar beradi “Darakchi” gazetasi.
“‘Begona bahor’ filmidagi qahramonim faqat zolim qaynona emas. Uning ham o‘ziga yarasha orzu-havaslari bor. Uni butkul ayblash noto‘g‘ri, – dedi aktrisa. – Agar bu qaynona ich-ichidan yomon, zolim bo‘lganda edi, filmning yakuniga borib telba bo‘lib qolmasdi.
Hayotda aynan shunday qaynona-kelinlar kam deysizmi? Filmdagi muammolar ayni biz yashab turgan turmushimizdan olingan. O‘zim esa hayotda bitta-yu bitta o‘g‘limning ortidan uyimga nur yog‘dirib kelgan kelinimga risoladagidek qaynona bo‘lishga harakat qilaman. Hatto filmdagidan farqli o‘laroq, kelinimning o‘qishiga bosh-qosh bo‘ldim”. | 136 | 829 |
Madaniyat | “Amalga talpinganida boshqacha bo‘lardi”. Shoir Bobur Bobomurod uysiz shoir Mirzo Karim haqida gapirdi (video) | O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir Bobur Bobomurod “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi.
Bobur Bobomurod suhbat davomida yuzlab xonandalarning xit qo‘shiqlari muallifi Mirzo Karim, uning o‘n yillardan buyon ijara uylarda yashab yurganiga munosabat bildirdi.
Shoir yomon odam bo‘lishi mumkinmi?! Agarda yomon odam bo‘lsa, qalbi chirkin bo‘lsa, qalbi qora odam bo‘lsa, yaxshi narsalar yoza olmaydi. Yozganlari qo‘shiq ham bo‘lmaydi. Shuning uchun inson sifatida Mirzo Karim juda yaxshi odam. Jang ko‘rgan inson. Juda hurmat qilaman. Biz Buxoroda edik, ular vodiyda edi. Biz bu yoqda, ular u yoqdan gurkirab she’rlarimiz qo‘shiq bo‘layotgan edi. Lekin, menimcha men vaqtliroq poytaxtga keldim deb o‘ylayman. Keyin bu yerda faoliyatimizni davom ettirdik. G‘oyibona bir-birimizga hurmatimiz bor edi. Holbuki raqobatday bo‘lsa ham, lekin, bizda sog‘lom raqobat edi. Bir-birimizga havas qilib ijodlarimiz rivojlangan.
Mening hayotim, turmush-tarzim bilan qiziqmagan, men ham uning hayoti bilan qiziqmaganman. Chunki, biz ijod tomonlama qiziqqanmiz. Hozir ham menda shunday tamoyil bor, ya’ni birovning hayoti, turmushi bilan qiziqmayman. Chunki u birovning davlati, birovning chegarasi, men unga o‘tolmayman. O‘zi ruxsat bermasa, o‘zi chorlamasa, o‘zi dardini ochmasa... Lekin Mirzo akani tanishlardan eshitardim. Bu yerdagi ijarada turgan hovlisida ham mehmon bo‘lganmiz. Oldimizga kelib ketadigan shogirdlaridan Mirzo akani ahvolini so‘rab turamiz. Shu orqali bilib yurardik. Shuning uchun inson sifatida, o‘zbekning bir shoiri sifatida kamtar inson.
Chunki, bitta she’ri qo‘shiq qilib, olamni buzganlarni ham bilaman. Lekin, shuncha she’ri qo‘shiq bo‘lib, odamlarni e’tiboriga tushib ham, Mirzo Karim kimligini bilmay yurganlar ham ko‘p. Ko‘pchilik shoirlarni ichida eng tozalardan biri, o‘ylaymanki Mirko Karim bo‘lsa kerak. Sodda, o‘zimizning jaydari yigit, balki, uning aybi ham shundadir. Balki, shaharga kelib olifta bo‘lib, o‘qishlarda o‘qib, Oliy adabiyot kurslariga harakat qilib yoki Prezident akademiyalariga harakat qilib amalga, kursiga talpinganida boshqacha bo‘lishi ham mumkin edi. Lekin men unda bunday narsalarni hech sezmaganman, samimiylik bor.
She’riyatni baholash bizga emas. Chunki, she’riyatni muxlislari — ko‘ngillar. Ko‘ngillar o‘sha she’riyatni tusayotgan bo‘lsa, o‘sha she’riyatdan qoniqayotgan bo‘lsa, bu baxt. Chunki, bu bog‘ shunaqa bog‘, unda bulbulga ham joy bor, zag‘chaga ham joy bor, unda tovus va boshqa qushlarga ham joy bor.
She’riyatini men baholay olmayman, chunki men o‘zim hech kim emasman. Birovning she’riyatini baholash menga emas. Mana hozir 50 yoshdan oshdi, sochiga oq tushdi, uning qiynalganlarini men ko‘rganman. Rahmatli Muhriddin akaning ofislarida yotganlarini, ofisni boshqarib yurganlarini ko‘rganman. Boshqa san’atkorlarni ofislarini boshqarganlarini ko‘rganman. Bu odam hech qachon yomon ish qilmagan. Aytmoqchimanki, beg‘araz, samimiy inson.
Bobur Bobomurod, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi | 110 | 3,056 |
Madaniyat | Sevgi yosh tanlamaydi: yosh borasida katta tafovutga ega bo‘lgan juftliklar (foto) | Grazia nashri taqdim etgan bugungi qahramonlar boshqalarga o‘xshamaydi. Ularning oilasida doimgidek ayollar turmush o‘rtog‘idan bir necha yoshga kichik emas, aksincha kattaroq. Ammo bu “baxt” tuyg‘usini his qilishga monelik qilmaydi.
Aaron Teylor Jonson
Aaron Sem Teylor bilan uchrashganida 19 yoshda edi. Ular 2008-yilda “Jon Lennonga aylanish” filmining suratga olish maydonchasida uchrashgan: Sem kartina rejissori edi. Aktyor o‘sha paytda 42 yoshli Semga e’tiborini qaratdi. Atrofdagilar bunga qarshi bo‘lsa-da, ikkisi ham munosabatlarning jiddiylashib ketishining oldini ololmadi. O‘sha paytda Semning orqasida muvaffaqiyatsiz nikoh va bundan tashqari, ikki marta mag‘lub etgan saraton kasalligi bor edi.
Avvaliga ko‘pchilik yosh aktyor rejissor bilan ishqiy munosabatda bo‘lib Gollivudga yo‘l olmoqchi, deb gumon qildi, ammo vaqt hamma narsani o‘z o‘rniga qo‘ydi. Ular uchrashganidan uch yil o‘tgach, turmush qurdi va hozirda ikki nafar farzandni tarbiyalab kelmoqda. Aaronning ta'kidlashicha, uning rafiqasi o‘zidan ko‘ra ko‘proq energiyaga ega va yoshdagi farq mutlaqo sezilmaydi.
Nik Jonas
Priyanka Chopra va Nik Jonas uchrasha boshlaganidan ikki oy o‘tib unashtirilgan. Juftlikning yaqin do‘stlari Nik har doim o‘zidan katta ayollarni yoqtirishini bir necha bor ta’kidlagan. Shuning uchun Priyankaning 10 yosh farqini tanqidiy deb hisoblamagan. Nik aktrisani ko‘ndirish uchun uzoq vaqt sarflamadi: u xursandchilik bilan unga turmushga chiqish taklifiga rozi bo‘ldi. Hind an’analari bo‘yicha to‘y 2018-yil dekabr oyida bo‘lib o‘tdi. To‘rt yil o‘tgach, juftlikning oilasida surrogat ona yordamida qizaloq dunyoga keldi.
Xyu Jekman
Xyu Jekman 53 yoshda va uning rafiqasi Debora-Li Ferness 66 yoshda. Ular 1995-yilda “Korrelli” serialini suratga olish jarayonida tanishishgan. Keyin Xyu jinoyatchi, Debbora esa qamoqxona psixologi rolini ijro etdi. Aktyorni hamkasbi darhol uni o‘ziga maftun etdi, lekin u javob berishga shoshilmadi. Aktrisa yosh orasidagi farqdan xijolatda edi: u Jekman yoshroq ayolga e’tibor berishi kerak, deb hisoblardi. Biroq, Deboraning onasi uni hech bo‘lmaganda sinab ko‘rish kerakligiga ishontirdi. Aktrisa rozi bo‘ldi. To‘rt oylik munosabatdan so‘ng Xyu unga turmushga chiqishni taklif qildi va 1996-yilda ular oila qurdi. Debora ikki marta homilador bo‘ldi, ammo farzandlari nobud bo‘ldi. Juftlik umidsizlikka tushmadi: 2000-yilda ular o‘g‘il asrab oldi va besh yildan keyin ularning oilasida qiz ham paydo bo‘ldi.
Tom Kaulits
Xaydi Klum va “Tokio Hotel” guruhining yetakchi qo‘shiqchisi turmush qurishdan oldin bir yil davomida uchrashdi. 2019-yilda ular yashirincha turmush qurdi. Yulduzlar deyarli olti oy davomida oilaviy o‘zgarishlarni yashirishga muvaffaq bo‘ldi. Shu bilan birga, Xaydini 17 yoshli yosh farq bezovta qilmadi. Chunki uning tashqi ko‘rinishi eridan yoshroq ko‘rinadi. Bundan tashqari, Tom soqol qo‘ygan, endi uning ham yoshi kattaroq ko‘rinishi tabiiy.
Emmanuel Makron
Fransiyaning eng yosh prezidenti va uning rafiqasi o‘rtasidagi munosabatlar haqida bir nechta film suratga olish mumkin. Brijit Emmanueldan 24 yosh katta. Makron 15 yoshida u bilan tanishgan. Brijit adabiyotdan dars berardi, so‘ngra u turmushga chiqib, bolalarni tarbiyasi bilan band bo‘ldi. Ammo Emmanuel uni unuta olmadi.
Bo‘lajak siyosatchining otasi o‘g‘lini kichik Amen shahridan Parijga o‘qishga yuborib, uning xayolini bosha narsa bilan band qilishga harakat qildi. Ammo Brijit va Emmanuel o‘rtasidagi yozishmalar davom etdi: natijada o‘qituvchi eri bilan ajrashishga qaror qildi. Makronning o‘zi bir necha bor ta’kidlaganidek, aynan rafiqasi tufayli siyosiy karyerasini qurgan. Juftlikning farzandlari yo‘q, Brijitning birinchi turmushidan uchta farzandi, shuningdek, yetti nabirasi bor. | 82 | 3,729 |
Madaniyat | “Amerika malikasi”: Ivanka Trampning 15 ta betakror obrazi (foto) | AQSh sobiq prezidenti Donald Trampning qizi Ivanka Tramp ko‘pincha kiyinish uslubi bilan maqtovga sazovor ayollardan hisoblanadi. Quyida uning eng muvaffaqiyatli obrazlarini tomosha qilish mumkin.
Qizil rangdagi klassikada Ivanka chindan ham beg‘ubor. Shuningdek, obrazga oltin aksessuarlar ham to‘liq mos kelgan.
Ivankaning klassik qiyofasi retro uslub bilan juda mos keladi, past poshnali tuflilar obrazga qo‘shimcha tus bergan.
Oq va qora kiyim zerikarli emasmi? Aksincha, ushbu qarama-qarshi rang Ivankaning navbatdagi ajoyib obrazlaridan biridir.
Ivanka bir necha bor eng zamonaviy homilador yulduzlarning reytingiga kiritilgan va bu kiyim moda tanqidchilari orasida haqiqiy bo‘ronni keltirib chiqardi: pushti libos juda yumshoq ko‘rinadi va minimal aksessuarlar obraz bilan yaxshi mos keladi.
Asimmetrik qismlar Trampning shkafidagi eng yaxshi moda uslublaridan biri.
Ivanka gulli mato bilan qanday ishlashni mukammal biladi. Tanlangan oyoq kiyim ham obrazni yanada boyitgan.
Ivankani kechki sayrlarda tasodifiy ko‘rinishlarda ham uchratish mumkin.
Moviy va oq rang — bu sariq sochli xonimlar uchun yana bir ajoyib kombinatsiya.
Ba’zida quvnoq sariq rangni o‘z ichiga oladi.
Ivankaning oq liboslari qalin qora kolgotka va qora tuflilar bilan uyg‘unlashib, 60-yillar uslubidagi mukammal qiyofa yaratdi.
Va yana bir ajoyib qizil rang va unga mos keladigan aksessuarlar.
Tramp navbatdagi ijtimoiy tadbirda gul kashtalari bilan tikilgan nozik libosda porladi.
Charm kiyimlarda yulduzni kamdan kam ko‘rish mumkin, ammo Ivanka o‘ziga xos nafisligi va minimalizmi bilan namoyon bo‘ladigan xonimdir.
Ushbu kiyim Ivankaning ayol qiyofasiga ta’sirchanlik baxsh etgan va yuqori soch turmagi tashqi ko‘rinishni mukammal ravishda to‘ldirgan.
Qora va ko‘k ranglar zerikarli ko‘rinishi mumkin, ammo Ivankada emas. Yulduz yana bir nafis chiqish yo‘lini ko‘rsatdi, bu safar fransuzcha uslubda. | 65 | 1,897 |
Madaniyat | Erkin Komilov: “Do‘lana” qo‘shig‘i klipida suratga tushganimdan afsuslandim | Hojiakbar Haydarovning “Do‘lana” klipi namoyish etilganidan so‘ng aksariyat muxlislar uni marhum otasi Nuriddin Haydarovning qo‘shig‘ini buzganlikda, O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyorlarini esa bachkana xatti-harakatlarda aybladi. “Tasvir” gazetasi “Do‘lana” klipida suratga tushgan aktyorlar Erkin Komilov, Tesha Mo‘minov va Hamid Toshpo‘latov bilan bog‘lanib, ularning fikrlari bilan qiziqdi, deya ma’lum qiladi “Darakchi.uz”.
Skrinshot: YouTube
Erkin Komilov:
— Nuriddinga hurmatim baland edi, yaqin edik. Menga so‘zlari hammamizga yod bo‘lib ketgan “Do‘lana” qo‘shig‘ini o‘g‘li kuylayotganini aytib, “Klipida qatnashib bersangiz” deb iltimos qilishdi. “Yo‘q” deyolmadim. O‘g‘lining: “Dadam sizni yaxshi ko‘rardi...” degan gapidan keyin marhum qadrdonimning xotirasi uchun klipda suratga tushishga rozi bo‘ldim. Syomkaga borganimizdan keyin noto‘g‘ri qilganimni tushunib, afsuslandim. Ko‘ngli bo‘shlik qilganim uchun o‘zimdan xafa bo‘ldim. Menga qo‘shiqning talqini yoqmadi, o‘zbekona ashula chiqmabdi. Suratga tushishdan qaytayotib, rejissorga “Biz tushgan joylarni qirqib tashlang...” deb qayta-qayta tayinlab ketdim.
Tesha Mo‘minov:
— Klipda nima ko‘rsatilishi, mazmunidan bexabar bordim. Borgandan keyin ancha odam to‘plangani, tayyorgarlik ko‘rilgani, bunga qancha vaqt sarflanganini ko‘rib, tashlab ketish ham noqulay bo‘ldi. Klipda “Yosh san’atkorga ruhiy madad bo‘lar” degan ma’noda borgandim. Biz otasining o‘rnini bossin, degan yaxshi niyatda yordam bermoqchi bo‘ldik. Bunaqa yengil-yelpi narsa olishi xayolimizga ham kelmabdi. Tushunganimizdan keyin esa kech bo‘ldi...
Hamid Toshpo‘latov:
— Klipda suratga tushish uchun uch-to‘rtta odam o‘rtaga tushib, qilgan iltimoslariga “yo‘q” deyolmadim. Klip jarayoni haqida bilgandan keyin ustoz san’atkorlarning oldida tashlab chiqib ketish ham noqulay bo‘ldi. Ammo men aktyorman, hech qanday uyat ish qilganim yo‘q, vazifamni bajardim. | 75 | 1,902 |
Madaniyat | Juliya Roberts, Rianna, Ronaldu va o‘zini katta mablag‘ga sug‘urta qildirgan boshqa mashhurlar (foto) | Yulduzlarning tashqi ko‘rinishi ularning mashhurlikka erishishining asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Shu sabab ham ulardan aksariyati o‘zini katta mablag‘ evaziga sug‘urtalashni muhim deb biladi.
Rianna
Rianna oyoqlariga yuqori baho bergan. Xonanda ularni 1 million dollarga sug‘urtalagan.
Xaydi Klum
Xaydi Klum esa oyoqlarining har birini 2000 000 dollardan sug‘urtalagan. Tabiat uni go‘zal qomat bilan siylaganidan mamnunligini bildiradigan model uni bus-butun saqlashga harakat qilishini ta’kidlaydi.
Deniyel Kreyg
Jeyms Bond roli bilan yaxshi tanish bo‘lgan aktyor suratga olish jarayonlarida turli xavfli tryuklarni bajarishga majbur bo‘ladi. Shu sabab aktyor hech o‘ylab o‘tirmay o‘zini noxush voqealar sodir bo‘lganda kafolatli tibbiy parvarish va kompensatsiya bilan ta’minlashga qaror qilgan. U tana qismlarini 9,5 million dollarga sug‘urtalagan.
Juliya Roberts
Juliyaning tabassumi uning Gollivuddagi tashrif qog‘ozi hisoblanadi. Shu sabab ham aktrisa oppoq tishlarini 30 million dollarga sug‘urtalash imkoniyatini qo‘ldan boy berishi g‘alati bo‘lardi.
Devid Bekhem
Karyerasida muhim rol o‘ynagani sabab ham futbolchi oyoqlarini 70 million dollarga sug‘urta qildirgan.
Krishtianu Ronaldu
Ronalduning oyoqlari esa Devid Bekhemnikidan 2 barobar qimmatroq. Portugaliyalik futbolchi oyoqlarini 144 million dollarga sug‘urtalatgan.
Merayya Keri
Merayya Keri esa Bekhem va Ronalduni ham ortda qoldirgan. U oyoqlarining har birini 1 milliard dollarga sug‘urta qildirgan. | 101 | 1,485 |
Madaniyat | Instagram: Vaynchilar Dubaydagi sahroga tashlab ketgan Jahongir Poziljonov, kelinlik ko‘ylagini kiygan Feruza Normatova, Mirza Azizov ijrosidagi kapella | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Xonanda Farrux Raimov va Dilso‘z turmush qurganining 6 yilligini nishonlamoqda.
Sevinch Mo‘minova Olmaliqdagi muxlislari uchun stadionda konsert berdi.
Ayni paytda Londonda bo‘lgan Sevara Nazarxon ko‘k somsalarni sog‘inmoqda.
Asal Shodiyeva sahifasiga yangi suratini joyladi.
Abu va Bek Vines’lar Jahongir Poziljonovni Dubaydagi sahroda qanday “aldagani” haqidagi videorolik bilan bo‘lishdi.
Munisa Rizayeva MC Doni bilan birga reklama roligida suratga tushdi.
Muqimiy teatri Mirza Azizov va teatr solistlari ijrosidagi kapellani ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joyladi.
Durdona Qurbonovaning folloverlari soni uch milliontaga yetdi.
Tiktoker Ozod Xurramov Dubayda jirafa bilan suratga tushdi.
Javohir Zokirov Farhod Mahmudovning yangi filmida rol ijro etmoqda.
Feruza Normatova to‘y liboslari saloni fotosessiyasi uchun kelinlik libosini kiydi. | 152 | 997 |
Madaniyat | Instagram: Odil Ahmedovning uyqusini buzgan Yulduz Usmonova, uyqusizlikdan qiynalayotgan Munisa Rizayeva, Maryam Tillayevaning Moskva haqidagi taassurotlari | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz.
Hosila Rahimova hayotda shukronalik hissi bilan yashashga chaqirdi.
Sevinch Mo‘minova Sardor Mamadaliyev bilan duet ijro etdi. Qo‘shiq tez kunlarda muxlislar e’tiboriga havola etiladi.
Ozarbayjonlik xonanda Nahide Babashli folloverlariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi.
Bir muddatga turmush o‘rtog‘ining yoniga — Rossiyaga ko‘chib o‘tgan Maryam Tillayeva Moskva haqida taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Qanday holatda bo‘lishingizdan qat’i nazar chiroyli yashang”, — demoqda Yulduz Rajabova.
Shahlo Rustamovaning onasi 70 yoshni qarshi oldi. Onaxon farzandlari tabriklayotganida quvonchdan yig‘lab yubordi.
Ruxshona kuzatuvchilariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi.
Munisa Rizayeva bir necha kundan beri issig‘i tushmayotgani hamda kechasi uxlay olmayotganini ma’lum qildi.
Lola muxlislaridan hayotida nimalarni o‘zgartirishini istashini so‘radi.
Mohira Asadova Instagram’da yegan ovqatini reklama qiladigan hamkasblari haqida fikr bildirdi hamda o‘zi hech qachon bunday qilmasligini aytib o‘tdi.
Durdona Qurbonova Turkiyaning Pamukkale shahrida tushgan suratini sahifasiga joyladi.
25-noyabr kuni taniqli futbolchi Odil Ahmedov tug‘ilgan kunini nishonladi. Shu munosabat bilan futbolchining uyiga yarim tunda Yulduz Usmonova tashrif buyurdi, qo‘shiq kuylab futbolchini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi hamda undan uyqusini buzgani uchun uzr so‘radi.
Shoxruhxon metroda gitara chalib, pul ishlayotgani aks etgan hazilomuz videoni sahifasiga joyladi.
Rayhon “Yetti yulduz” konsertiga tayyorgarlik jarayoni qanday ketayotgani aks etgan video bilan bo‘lishdi. | 156 | 1,709 |
Madaniyat | Devid Bouiga tegishli san’at asarlari kolleksiyasi 40 mln dollardan oshiqqa sotildi | Britaniyalik xonanda Devid Bouiga tegishli san’at asarlari kolleksiyasiga mansub 200 dan ortiq lot Sotheby’s auksionida 11-noyabr, juma kuni xaridorlarini topdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Ikkinchi kundagi savdolar 10 soatdan oshiq davom etdi. Natijada jami qo‘shiqchi egalik qilgan san’at asarlaridan 350 dan ortig‘i sotildi. Ikki kun davomida auksionga kelib tushgan mablag‘ 32,9 million funt sterlingni (41,1 million dollar) tashkil etdi.
Internetda savdolarga 26,5 ming kishi qiziqish bildirdi, bevosita savdolarda ishtirok etish uchun 1,7 mingdan ortiq xaridor keldi. Sotuvlar boshlanishidan avval an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan lotlar ko‘rgazmasiga 50 mingdan oshiq san’at muxlisi tashrif buyurdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 83 | 867 |
Madaniyat | Turkiyada Imom Buxoriy haqidagi “Ilohiy yo‘l sari” filmi namoyish etildi (video) | Turkiya xalqi TRT telekanali orqali buyuk Imom Buxoriyning hayoti va islom sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo‘shgan bebaho hissasi haqidagi “Ilohiy yo‘l sari” filmini tomosha qilish imkoniga ega bo‘ldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati rahbari Komil Allamjonov Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Komil Allamjonov kartinaning dublyaji ustida ish olib borgan telekanal ijodkorlariga minnatdorchilik bildirdi.
Filmni, shuningdek, o‘zbek, rus, ingliz va arab tillarida ko‘rish mumkin. Hozirda film xitoy tiliga tarjima qilinmoqda. | 80 | 531 |
Madaniyat | Instagram: O‘g‘lining to‘yida san’atkorlar ustidan dollar sochgan Abdulla Qurbonov, turmushga chiqayotgan Ruxshona, Jahongir Xo‘jayev Umra safarida | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
“Million” kulgi jamoasining a’zosi Alisher Botirov farzandlari bilan sayr qilayotgani aks etgan videoni e’lon qildi. Videoda aktyorning rulda telefondan foydalanayotganini ko‘rish mumkin.
Xonana Dilfuza Rahimova turmush o‘rtog‘i bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi va uni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.
Aktrisa Dilnoza Kubayeva Yulduz Rajabova va Shahzoda Matchonovaning kino olamidagi ijodini yaxshi baholashi, ularni o‘ziga raqib sanashi haqida gapirdi.
“Eski shahar” guruhining xonandasi Jasmin yangi taronasiga ishlangan videoklipni muxlislariga taqdim etganini va Moskvadagi konserti a’lo darajada o‘tganini ma’lum qildi.
Aktrisa Muqaddas Xoliqova va xonanda Mavluda Asalxo‘jayeva to‘y xizmatlarining birida uchrashib qoldi.
Milena Madmusayeva Italiya ko‘chalarida tushgan yangi surati bilan ko‘rinish berdi.
Yulduz Turdiyeva o‘g‘li Mehrojning tug‘ilgan kunini qanday nishonlaganini muxlislariga ko‘rsatdi.
Xonanda Kanizani viloyatlardan birida muxlislari o‘rab oldi. U muxlislari orasidan Ichki ishlar xodimlari yordami bilan chiqib ketdi. Keyinroq Kaniza Ichki ishlar xodimlarining biri uning qo‘lini qattiq tortgani haqida gapirdi.
Ko‘plab xit taronalar ijrochisi Shohruxxonning to‘ng‘ich farzandi Muhammadyusuf ikki yoshga to‘ldi.
Xonanda Abdulla Qurbonov 2-sentabr kuni o‘g‘li Muzaffarni uylantirdi. To‘yda xonanda Yusufxon Nurmatov, G‘aybulla Tursunov, Hojiakbar Ro‘zmetov, instabloger Dili.me, aktrisa Halimaxonim va ko‘plab shou-biznes vakillari mehmon bo‘ldi. Abdulla Qurbonov to‘yga tashrif buyurgan ayrim hamkasblari ustidan dollar sochdi.
“Qodirxon” serialida bosh rollardan birini ijro etgan aktyor Davron Asqarov sevgan qizining qo‘lini so‘rash jarayoni aks etgan videoni e’lon qildi.
Aktrisa Nargiza Salmonova turmush o‘rtog‘i bilan Turkiyaning Antalya shahrida tushgan suratini muxlislariga ko‘rsatdi.
Xonanda Dildora Niyozova tez kunlarda “Qori bo‘l, o‘g‘lim” taronasini muxlislariga taqdim etishini ma’lum qildi. Shuningdek, u ushbu tarona o‘ziga juda yoqqanini va har bir ota-onaning qalbidan joy olishini ta’kidladi.
Zarina Nizomiddinova to‘ng‘ich farzandi Temurxon bilan tushgan suratini e’lon qildi.
AQSHda istiqomat qilayotgan aktrisa Gulchehra Eshonqulova farzandlariga maktab uchun kerakli narsalarni xarid qilgani aks etgan videoni obunachilariga ko‘rsatdi.
Aktyor, teleboshlovchi Jahongir Xo‘jayev Umra safarini ado etganini ma’lum qildi va muxlislariga samimiy tilaklarini bildirdi.
Yaqinda ilk bor farzandli bo‘lgan xonanda Aziza Nizomova uyi yaqinida ruhiy kasalliklar shifoxonasi borligini ma’lum qildi va inson bu dunyoda qanchalik telba bo‘lsa, shunchalik baxtli bo‘lishi mumkinligi haqida gapirdi.
Birinchi turmush o‘rtog‘i — klipmeyker, rejissor Sanjar Matkarimov bilan ajrashgan xonanda Ruxshona yana turmushga chiqayotganini ma’lum qildi va bu safar baxtli bo‘lishini ta’kidladi.
Mahoratli suxandon, teleboshlovchi Dildora Rustamova otasi — marhum san’atkor, Muqimiy nomidagi musiqali drama teatri aktyori Nasriddin Rustamov bilan bolaligida tushgan arxiv suratini sahifasiga joyladi. Dildora Rustamova otasi hayot bo‘lganida, 3-sentabr kuni 67 yoshni qarshi olgan bo‘lishi mumkinligi haqida gapirdi.
Aktrisa Ra’no Shodiyeva nevarasi Imronga kiyim olishdan o‘zini to‘xtata olmayotgani haqida gapirdi va muxlislariga nevarasi uchun olgan kiyimlarni ko‘rsatdi.
Maryam Tillayeva Tatyana Karimova xonadonida O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov xotira kuni munosabati bilan tashkil etilgan xotira kechasi aks etgan videoni e’lon qildi. | 147 | 3,657 |
Madaniyat | Ispaniyada Despacito qo‘shig‘i ijrochisining 2 mln yevrolik qimmatbaho buyumlari o‘g‘irlab ketildi, o‘g‘riga mehmonxona xodimi seyfni ochib bergan | Ispaniyaning Valensiya shahrida Puerto-rikolik reper Deddi Yanki (YouTube tarmog‘ida 5 milliarddan ortiq tomosha qilingan Despacito qo‘shig‘i ijrochilaridan biri) o‘g‘rilik qurboni bo‘ldi, deb yozadi Meduza.
Jinoyatchi qo‘shiqchi turgan mehmonxona nomeridan hech qanday qarshiliklarsiz 2 million yevroga teng qimmatbaho buyumlarni olib chiqib ketgan. O‘g‘ri mehmonxona xodimiga o‘zini Deddi Yankening otasi ekanligini aytadi, xodim esa brilliantlar bo‘lgan seyfni unga ochib beradi. Bundan tashqari, Deddi Yankining jamoasi ham bo‘lgan. O‘g‘ri ular turgan xonadan 2500 dollar olib ketgan.
Qo‘shiqchining vakillari o‘g‘irlik sodir bo‘lganligini tasdiqladi, biroq batafsilroq izoh berishdan bosh tortdi.
Valensiya politsiyasi qo‘shiqchi va uning jamaosini so‘roqqa tutgan, ular to‘xtagan mehmona xonalarini tekshirgan. Biroq o‘g‘rining barmoq izini ham topa olishmagan. | 146 | 868 |
Madaniyat | Xonanda Manzura: yolg‘ondan foyda yo‘q — ikki marta plastik operatsiyani boshdan o‘tkazganman | Xonanda Manzura estrada olamiga kirib kelgan vaqtidagi ko‘rinishi bilan bugungisi o‘rtasida katta farq borligini tan oldi. Bu haqda “Darakchi” gazetasi xabar bermoqda.
“Yolg‘ondan foyda yo‘q — bugungacha ikki marotaba plastik operatsiyani boshdan o‘tkazganman. Shuningdek, botoks va labga biogel bilan ishlov berish usullaridan foydalanib turaman”, — deydi xonanda.
Manzuraning fikricha, “zamonaviy tibbiyot imkoniyatlaridan foydalanishning hech qanday yomon tomoni yo‘q”. | 93 | 473 |
Madaniyat | Rashid Holiqov rafiqasiga BMW X7, keliniga Malibu sovg‘a qildi (video) | O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rashid Holiqov 4-yanvar kuni bobo bo‘ldi. Uning ikkinchi o‘g‘li Islom o‘g‘il farzand ko‘rdi.
Emin deb ism qo‘yilgan chaqaloq 7-yanvar kuni tug‘ruqxonadan olib chiqildi. Shu munosabat bilan Rashid Holiqovning xonadonida katta tantana tashkil etildi. Xonandaning Instagram’dagi stories va jonli efiridan tantanaga juda ko‘p mehmon, xususan, aksariyat shou-biznes vakillari tashrif buyurganini ko‘rish mumkin.
Rashid Holiqov o‘g‘il nabirani dunyoga keltirgan kelini Fayruzaga Malibu Turbo, rafiqasiga esa BMW X7 avtomobilini sovg‘a qildi.
Ma’lumot uchun, Rashid Holiqov o‘g‘li Islomni 2018-yilning 7-aprelida uylantirgan edi. | 70 | 663 |
Madaniyat | Hammasini ko‘rishga ulgurganmisiz? Barcha davrlarning eng ko‘p daromad keltirgan filmlari (foto) | Quyidagi filmlar millionlab daromad keltirgan, ya’ni millionlab tomoshabinlarga yoqqan. Ular orasida siz ko‘rmagan filmlar bo‘lsa, darhol tomosha qilishni tavsiya etamiz.
“Avatar” — 2 847 246 203 dollar
Film sujeti murakkab emas: falaj bo‘lib qolgan dengiz piyodasiga qiziqarli ish taklif qilinadi. Ish uchun bonus sifatida u uch metrli dumli tana va Pandoraga xizmat safari va’da qilinadi. Na’avi mahalliy aholisi bilan muzokara olib borish yoki ularni yo‘q qilishga qaror qilish uchun korporatsiya shunday yo‘l tutishga muhtoj. Ammo voqealar rivoji soddaligiga qaramay, “Avatar” inqilobiy loyihaga aylandi. Ijodkorlar kinematogarfiyaning o‘lgani haqidagi barcha gap-so‘zlarga nuqta qo‘yib, 3D texnologiyasiga yangi hayot bag‘ishladi. To‘g‘ri, buni Kemeron o‘ylab topgani yo‘q, lekin u shu maqsadni o‘z jamoasi oldiga qo‘ya oldi.
“Qasoskorlar: Final” — 2 797 501 328 dollar
Yovuzlik xudosi Tanos “Qasoskorlar” jamoasining yarmini changga aylantirgandan so‘ng, dunyo qasos olinishini kutib muzlab qoldi. Filmning birinchi rasmiy treyleri YouTube kanali tarixida birinchi marta 4 soatdan kamroq vaqt ichida milliondan ortiq layk to‘pladi. Dastlabki kunlarda film bir nechta rekordlarini o‘rnatdi: eng tez yig‘ilgan 1 milliard dollar (5 kun), dunyo bo‘yicha dam olish kunlari yig‘ilgan eng katta yig‘im (1,2 milliard dollar), IMAX formatidagi dunyo bo‘yicha dam olish kunlari to‘plangan eng katta mablag‘ (91,5 million dollar), 3D formatdagi dam olish kunlari to‘plangan eng katta pul (540 million dollar).
Kutilganidek, film avvalida do‘stlarining o‘limidan yoki shaxsiy muammolardan omon qolgan qahramonlarning chalkashliklari va umidsizliklarini kuzatish mumkin. Ammo keyinroq hamma jasorat topib, yovuzlikni oxirigacha jazolash uchun oltita Abadiyat toshini yig‘ishga kirishadi. Sujet davomida jamoadagi barcha ierarxiya bir necha bor takrorlanadi: bir nechta kutilmagan hodisalar, ta’sirli daqiqalar.
“Titanik” — 2 201 647 264 dollar
“Titanik” filmi (1997) o‘z davrining eng qimmat kino loyihasi bo‘lgan va hozirgacha eng ko‘p daromad keltirgan uchta filmdan biri bo‘lib turibdi, tomoshabinlar esa uni haligacha sevib tomosha qilishadi. My Heart Will Go On qo‘shig‘ini kim ham bilmaydi yoki “Men dunyoning shohiman” jumlasini kim ham baqirib aytmagan deysiz? Oxirgi sahnada yig‘lamaganlar topilmaydi ham.
“Yulduzlar jangi: Kuchning uyg‘onishi” — 2 068 455 677 dollar
Jorj Lukasning taxminiga ko‘ra, yangi avlodni qiziqtirishi kerak bo‘lgan mazkur trilogiya oxir-oqibat barchani qiziqtirib qo‘ydi. Albatta, eski muxlislar sevimli qahramonlarini va sevimli dunyolarini uchun filmni ko‘rishdi, shu bilan birga, bolalarini ham o‘zlariga ergashtirishdi. Sirli oliy yetakchi Snouk va uning o‘ng qo‘li Kaylo Ren boshchiligidagi Birinchi Orden imperiyaning izidan borib, butun hokimiyatni qo‘lga kiritishga harakat qiladi. Shu bilan birga, taqdir yosh qiz Rey va Finning birinchi ordenli sobiq hujumchisini imperiya bilan urush qahramonlari — Xan Solo, Chevbakka va general Leyaga yuzlashtiradi. Ular birgalikda Birinchi Orden bilan kurashib, hammani qutqarishi kerak.
“Qasoskorlar: Abadiyat jangi” — 2 048 359 754 dollar
Qasoskorlar va ularning ittifoqchilari dunyoni bitta super qahramon bardosh bera olmaydigan turli xil xavflardan himoya qilishda davom etar ekan, kosmosdan yangi tahdid paydo bo‘ladi: Tanos. Tanos shunchaki yovuz emas, uning oliy maqsadi bor — Koinotni aholi ko‘payishidan qutqarish, buning uchun esa odamlarning yarmini yo‘q qilish kerak. Aynan shu yerda “Qasoskorlar” buning oldini olishga harakat qilishadi.
“Yura davri dunyosi” — 1 670 516 444 dollar
1993-yilda dinozavrlar birdaniga dunyoni egallab olishdi. Ular to‘satdan hayotga qaytgani yo‘q, balki Stiven Spilberg nihoyat uzoq vaqtdan beri davom etgan g‘oyani — Maykl Krixonning triserataps, velotsiraptor, apatozavr va braxiozavrlar bog‘i haqidagi romanini suratga olishini boshladi. Ammo uzoq tanaffusdan qaytgan parkdagi dinozavrlar yanada aqlli, shu bois ham maxsus effektlar yanada kuchaytirilgan. Film qahramoni Kris Prattni esa juda og‘ir vaziyat kutib turibdi.
“Qirol sher” — 1 657 870 986 dollar
Barcha davrlarning eng yaxshi multfilmi asosida film suratga olindi. Ijodkorlar asl nusxaga juda ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishdi, ular shunchaki barcha hayvonlar: sherlar, chiyabo‘rilar va boshqa tirik mavjudotlarni jonlantirishdi. Ularning realizmi biroz qo‘rqinchli, shuning uchun ham tanqidchilar (va tomoshabinlar) uni ruhsizligi uchun tanqid qilishgan. Lekin bu yerda fikr ruhning yo‘qligida emas, balki tez rivojlanayotgan texnologiyalarda, degan fikr ham bor.
“Qasoskorlar” — 1 518 815 515 dollar
“Qasoskorlar”ning birinchi qismini barcha tomosha qilishi kerak. Garchi komikslarni yoqtirmasangiz ham, ular sizga kulgili tuyulsa ham. Hatto dunyoni qutqaradigan, kostyum kiygan qahramonlar sizni xafa qilsa ham. Shunchaki ular o‘ziga xos bo‘lgani uchun. Davomini ko‘rishingiz shart emas, bunday hayajon keyingilarida bo‘lmaydi.
“Forsaj 7” — 1 515 255 622 dollar
Ehtimol, bu filmlar o‘ntaligidagi eng bema’ni filmdir, lekin ayni paytda juda mashhur kartina ham. Shafqatsiz Vin Dizel, shovqinli dvigatellar, mashinalar, keskin burilishlar... To‘g‘ri, u 2013-yilda avtohalokatda vafot etgan “Pol Uokerning oxirgi filmi” sifatida ekranga chiqdi. Xullas, hammasi odatdagidek — poygachilar jamoasi yovuzlik bilan to‘qnash kelishadi, bu safar yovuzlik rolida — marhum Ouen Shouning ukasi Dekart.
“Muzyurak 2” — 1 450 026 933 dollar
Multfilmning davomi birinchisidek hayajonli bo‘lmadi, lekin u kassa qilish bo‘yicha ko‘proq daromad keltirdi. Anna, Elza, Kristof, uning sodiq bug‘usi Sven va hech qachon tushkunlikka tushmaydigan qorbola Olaf shinam Arendel qirolligini tark etib, xavfli safarga — shimolga borishga majbur bo‘ladi. Film ijodkorlari mazkur kartina sujetiga ko‘proq sehr berdi, ammo birinchi qismni xitga aylantirgan asl sujet o‘zgarib ketdi. Lekin ikkinchi qism ham tomosha qilishga arziydi. | 96 | 5,906 |
Madaniyat | Instagram: Munisa Rizayevaning Tashkent City’dagi hashamatli uyiga sayohat, Maryam Tillayeva “Andijon polkasi”ga raqsga tushdi, Anvar Sobirov qizini uzatdi | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova Mustaqillik bayrami tantanalarida “O‘zbekiston” deb nomlangan yangi qo‘shig‘ini kuyladi.
Nargiza Salmonova yoz fasli bilan xayrlashdi.
Rashid Xoliqov Mustaqillik bayramini oilasi davrasida nishonlayotgani aks etgan video bilan bo‘lishdi.
Luiza Rasulova folloverlarini Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi.
Oybek va Nigoraning “Kecholmayman” qo‘shig‘iga ishlangan klip tayyor bo‘ldi.
Zarina Nizomiddinova muxlislariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi.
“‘Zamministr’ning ikkinchi xotini” — Madina Eshonqulova Instagram’dagi vaynchilar bilan hamkorlikda yangi hajviy videorolik tayyorladi.
Lola farzandlarini maktabga jo‘natdi.
Munisa Rizayeva Tashkent City’dagi uyidan video reportaj tayyorladi. Videoda xonandaning uyi ta’miri bitganini ko‘rish mumkin.
Shahzoda Muhammedova qizalog‘i Milana bilan fotosessiya tashkillashtirdi.
Xonanda Anvar Sobirov qizini turmushga uzatdi.
“Kuni kecha mening oilamda bo‘lib o‘tgan to‘ng‘ich qizimning baxt visol oqshomiga uzoqdan, yaqindan meni va sulolamizni hurmat qilib kelgan har bir mehmonlarga yana bir bora mingdan ming rahmat, men ham sizlarning yaxshi kunlaringizda borib xizmat qilish nasib etsin, har bir havas qilgan siz azizlarni ham yaxshi kunlaringizda menga ham borib xizmat qilish nasib qilsin”, — deb yozadi xonanda.
O‘zbekiston Birinchi Prezidentining nevarasi Maryam Tillayeva AQShdagi uyi oldida milliy chopon kiyib, “Andijon polkasi”ga raqsga tushdi hamda kuzatuvchilarini bayram bilan tabrikladi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik bayrami yakunlanganidan so‘ng sahnaga chiqib, barcha san’atkorlar bilan ko‘rishdi. | 155 | 1,779 |
Madaniyat | Zurab Sotkilava vafot etdi | Opera qo‘shiqchisi Zurab Sotkilava vafot etdi. Bu haqda qo‘shiqchi qarindoshlariga tayanib “RIA Novosti” xabar bermoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”.
SSSR xalq artisti 80 yoshda edi.
“Operatsiyadan so‘ng Zurab Lavrentyevich o‘zini yaxshi his qilayotgan edi va hammasi yaxshi bo‘lishiga umid bor edi. Afsuski, bunday bo‘lmadi va u bugun tongga yaqin vafot etdi”, — deydi artist yaqinlari.
Sotkilava 1965-yildan buyon Gruziya opera teatri va Paliashvili nomidagi balet qo‘shiqchisi edi. 1966—1968-yillarda u La Skala teatri bilan ham hamkorlik qilgan. Katta teatrdagi debyuti 1973-yilda bo‘lib o‘tdi. U bir yildan so‘ng Katta teatr opera truppasiga kiradi.
Bundan tashqari, Sotkilava Moskva konservatoriyasida dars bergan. | 26 | 716 |
Madaniyat | Toshkentdagi “Lokomotiv” bog‘ida ochiq osmon ostidagi “romantik kinoteatr” ish boshladi | Toshkentdagi “Lokomotiv” madaniyat va istirohat bog‘ining “Sharq bog‘i” deb ataladigan mavzuli qismida kinoteatr ish boshladi. Bu haqda muassasaning Facebook’dagi sahifasida ma’lumot berilgan, deb yozadi “Kun”.
9-iyun, dushanba kuni soat 21:00 da “Sharq bog‘i”dagi Open Air Cinema’da sinov tariqasida Reychel Makadams va Chenning Tatum o‘ynagan “Qasam” filmi namoyish etilgan.
“Barchangizni umr yo‘ldoshingiz, dastro‘mollaringiz va romantik kayfiyat bilan ‘Lokomotiv’ bog‘iga taklif qilamiz”, – deyiladi xabarda.
Ochiq osmon ostidagi ushbu kinoteatr faoliyati davriyligi, unda qanday filmlar namoyish etilishi hozircha aniq emas.
Eslatib o‘tamiz, “Lokomotiv” madaniyat va istirohat bog‘i 2014-yil martida o‘z faoliyatini boshlagan edi. | 87 | 736 |
Madaniyat | Sobiq “Setora” guruhi xonandasi Leyli qiz farzandli bo‘ldi | 1990-yillarning oxiri va 2000-yillarning boshida mashhurlik qozongan, afsonaviy “Setora” guruhi yakkaxonlaridan biri Leyli (Laylo Galiyeva) qiz farzandli bo‘ldi. Bu haqda guruhning yana bir sobiq xonandasi Feruza Latipova o‘zining Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Feruzaning yozishicha, Leyli qiz farzandli bo‘lgan. Ayni damda AQShda yashab, ijod qilayotgan Feruza Latipova dugonasini ikkinchi bor onalik baxtiga sazovor bo‘lgani bilan tabriklagan. Leylining to‘ng‘ich farzandi — o‘g‘il.
2016-yilning dekabr oyida “Setora” guruhining tiklanayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Guruh xonandalari Kamilla va Leyli poytaxtdagi restoranlardan birida yangi qo‘shiqlarining taqdimotini o‘tkazgan edi. | 58 | 706 |
Madaniyat | “Deyneris” va “kxal Drogo” serial yaratuvchilaridan biri tomonidan tashkil etilgan kechada uchrashib qoldi | “Taxtlar o‘yini” seriali yulduzlari Jeyson Momoa va Emiliya Klark Instagram’dagi muxlislarini serial yaratuvchilaridan biri Devid Benioff tomonidan tashkil etilgan kechada uchrashib qolgani tasvirlangan suratlari bilan xushnud etdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
“Sening Quyoshing va Yulduzing shaharga kelganida, u hamon o‘zining kxalisini ko‘tara olish-olmasligini tekshirib ko‘rasan”, — deb yozadi Klark Momoaning qo‘lida tushgan suratiga.
“Seni abadiy yaxshi ko‘raman, hayotimning Oyi”, — deya Emiliyaga javob qaytargan Jeyson.
Shuningdek, aktyor Klark uning tizzasida o‘tirgani tasvirlangan suratlarni ham e’lon qilgan.
Eslatib o‘tamiz, mashhur serial sujetiga ko‘ra, yosh Deyneris Targariyen dotrakiyaliklar qabilasining qo‘llab-quvvatloviga ega bo‘lish maqsadida Momoaning qahramoniga turmushga chiqqan va natijada Klark kxalisiga (sardor xotini) aylangan.
Avvalroq “Taxtlar o‘yini” yulduzi Emiliya Klark Marvel kinoolamining yangi superqahramoniga aylanishi ma’lum bo‘lgandi. | 106 | 994 |
Madaniyat | Milliy kino san`ati oyligi doirasida Samarqadda uchrashuv bo`lib o`tdi | Joriy yilning 11 yanvar kuni Milliy kino san`ati oyligi doirasida Samarqandda kinoijodkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Kino oylik doirasida tashkil etilgan ijodiy uchrashuvda O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi, "Do`stlik" ordeni sohibi, kinorejissyor Jahongir Qosimov, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Karim Mirxodiev va Respublika kinoarboblari uyushmasi raisi o`rinbosari, dramaturg Jo`rabek Ro`zmetov, harbiylar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.
Shuningdek, haftalik doirasida kinoijodkorlar Samarqand viloyati hokimi o`rinbosari Xurshid Ochilov bilan uchrashishdi. Samimiy ruhda kechgan suhbat davomida hokimlik vakillari va kinoijodkorlar bilan bir qator takliflar muhokama qilinib, doimiy hamkorlikka kelishildi. Uchrashuv so`ngida viloyat hokimligiga "O`zbekiston kino san`ati" nomli kitob-albom taqdim etildi.
Kinoijodkorlar bilan uchrashuv so`ngida "O`zbekkino" MA buyurtmasiga binoan rejissyor Jahongir Qosimov tomonidan suratga olingan "Ibrat" badiiy filmi namoyish etildi.
Eslatib o`tamiz, "O`zbekkino" Milliy agentligi tashabbusi bilan 11-16 yanvar kunlari "Yangi O`zbekiston va milliy kinematografiya” oyligi doirasida "O`zbek milliy kino san`ati haftaligi" o`tkazilmoqda. | 70 | 1,245 |
Madaniyat | Instagram: Qandil ichida kuylagan Munisa, 20 yillik tanaffusdan so‘ng san’atga qaytgan Parizoda, Sitora Farmonova Jahongir Otajonovning qo‘shig‘ini “o‘zlashtirdi” | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Ozoda Nursaidova yangi fotosuratlarini sahifasiga joyladi.
Ulug‘bek Rahmatullayev 15 yil avvalgi suratini folloverlariga ko‘rsatdi.
“Ayollarga ozor bermang”, demoqda Muqaddas Sa’dullayeva.
Jahongir Otajonov jonli efir orqali folloverlarining savollariga javob bera turib, o‘zini hozirgi kundagi eng kuchli siyosatchi deb atadi.
“Gap yoshda emas, gap shu yoshingda boshingda qanday o‘ylar mavjudligida”, — demoqda Shahzoda.
“Tohir va Zuhra” filmida Zuhra obrazini yaratib, el nazariga tushgan Parizoda Bo‘rixo‘jayeva 20 yillik tanaffusdan so‘ng san’atga qaytdi. U hozirda “Sevimli” telekanalidagi “O‘zim tabib” ko‘rsatuvida boshlovchilik qilmoqda.
Javohir Zokirov sahifasiga Zokirovlar sulolasi vakillarining arxiv suratini joyladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Ahad Qayum ishtirokidagi hazil roliklar ko‘paymoqda. Ulardan birida haydovchi Ahad Qayum bir milliard so‘m evaziga manzilga eltib qo‘yishini aytadi.
Shahzoda Muhammedova Samarqandda xizmat safarida bo‘ldi.
3-mart kuni Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatrida “O‘zbegim ayoli” taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Konsert dasturida madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov qo‘shiq kuyladi va hatto zaldagilarni ham kuylatdi. Munisa Rizayevaning qandil ichida tepadan tushib kelishi ham kutilmagan holat bo‘ldi. U avstraliyalik qo‘shiqchi Sianing “Chandelier” (“Qandil”) qo‘shig‘ini ijro etdi.
Taqdimot marosimida Sitora Farmonova Jahongir Otajonovning “Qaddi baland” qo‘shig‘ini kuyladi. | 162 | 1,585 |
Madaniyat | O‘zbekiston xalq artisti Kamoliddin Rahimov olamdan o‘tdi | O‘zbekiston xalq artisti, ko‘plab o‘lmas qo‘shiqlar ijrochisi Kamoliddin Rahimov 2015-yil 25-fevral kuni 72 yoshida vafot etdi, deb xabar bermoqda “Uz24.uz”.
Ma’lumot uchun, ustoz san’atkor 1943-yil 12-yanvarda Namangan viloyatida dunyoga kelgan. 1987-yil O‘zbekiston Madaniyat va san’at institutini tugallagan. Uning “Nargiz”, “Qaydasan”, “Tortadur”, “Yarashmas”, “Dildorim erursan” singari qo‘shiqlari xalq ko‘nglidan joy olgan. | 57 | 431 |
Madaniyat | AQShda striming servislari musiqa industriyasiga ilk bor daromadning 80 foizini keltirdi | AQSh musiqa industriyasining striming servislaridan ko‘rgan daromadi yarim yil davomida 4,3 milliard dollarni tashkil etdi.
Bu summa umumiy tushumning 80 foiziga teng va o‘tgan yilga solishtirganda 26 foizga ko‘p. Ikki yil avval bu ko‘rsatkich 51 foizga teng edi.
Amerika ovoz yozuvchi kompaniyalar assotsiatsiyasiga ko‘ra, 2018-yilning birinchi yarmiga solishtirganda umumiy tushum 18 foizga o‘sgan va 5,4 milliard dollarni tashkil etgan. RIAA pullik obuna va reklama daromadlarini hisobga olgan.
Bunday obunachilar soni 31 foizga oshgan va musiqa industriyasi umumiy tushumida 62 foizga yetgan. Spotify obunachilari 100 milliondan ortiqni, Apple Music muxlislari esa 56 million kishini tashkil etgan. | 88 | 703 |
Madaniyat | “Taxtlar o‘yini” serialining yettinchi va sakkizinchi mavsumlarida epizodlar soni qisqartiriladi | “Taxtlar o‘yini” serialining yaratuvchilari yettinchi va sakkizinchi mavsumlarda epizodlar sonini qisqartirish rejalarini oshkor etdi. Bu haqda Meduza xabar berdi.
Oltinchi mavsum o‘nta epizoddan tashkil topgan oxirgi mavsum bo‘lishi kutilmoqda. Serial yaratuvchilari yettinchi mavsumda yettita qism, sakkizinchi mavsumda esa oltita qism namoyish etishni rejalashtirmoqda.
Entertainment Weekly’ning ta’kidlashicha, yakuniy qaror qabul qilinmagan.
“Men uchun ‘Taxtlar o‘yini’ serialini yakunlash ham rahbar, ham muxlis sifatida qiyin bo‘ladi”, — dedi HBO prezidenti Maykl Lombardo.
“Taxtlar o‘yini” seriali HBO telekanalining eng ommabop serialidir. Faqat AQShning o‘zida uning beshinchi mavsumini televizor orqali 20 million kishi tomosha qilgan. | 96 | 748 |
Madaniyat | “Yulduz”lar Yangi yilni qanday kutib olgani ma’lum bo‘ldi | Sevimli san’atkorlarimiz Yangi yilni qayerda va qanday kutib olgani barchaga qiziq bo‘lishi tabiiy. “Shov-shuv” nashrining xabar berishicha, xonanda Shahzoda 2014-yilni o‘z uyida oilasi bag‘rida qarshi oldi. Shundan so‘nggina xizmatlarga otlandi.
Shahzoda. Foto © shov-shuv.uz
Rayhon esa ushbu ayyomni “O‘zbekiston” mehmonxonasida kutib oldi. Unga turmush o‘rtog‘i, singlisi va dugonalari hamrohlik qildi.
Rayhon. Foto © shov-shuv.uz
Estrada xonandalarimizdan yana biri Tohir Usmonov ham bayramni o‘z xonadonida nishonladi.
Tohir Usmonov. Foto © shov-shuv.uz
Nilufar Usmonova Yangi yilni oila a’zolari hamda hamkasblari Davron Muqimov, Halimaxonim bilan birgalikda onasining uyida kutib oldi, deb yozadi “Shov-shuv”.
Shuningdek, bayramni chet elda kutib olgan san’atkorlar ham bor. Jumladan, Jasur Umirov bayram arafasida otasi va do‘stlari bilan Moskvaga jo‘nab ketgan bo‘lsa, Samir rafiqasi va qizalog‘ini olib, Dubayga ravona bo‘ldi. | 57 | 943 |
Madaniyat | “Oskar-2017”: bepul shirinliklar, mamnun Jeki Chan va o‘ng‘aysiz xotima (foto va video) | Los-Anjeles shahridagi Dolby kinoteatrida “Oskar” mukofotlarini topshirish marosimi boshlanishidan ikki soat avval mashhurlar qizil yo‘lakcha bo‘ylab o‘ta boshladi.
Ushbu an’anaviy tadbir bu yil syurprizlarsiz kechdi: boshlovchilar ular bilan bo‘lg‘usi marosimni muhokama qildi, shuningdek eng yorqin liboslarga baho berildi, deb yozadi TJournal.
Boshlovchi Jimmi Kimmel boshidanoq Donald Tramp borasida bir necha marta hazil qildi. Hatto, u Twitter’dagi sahifasi orqali AQSh prezidenti Donald Trampga xabar yuborib, undan “Oskar”ni ko‘rayotgan yoki ko‘rmayotganligi haqida so‘radi.
“Chet tilidagi eng yaxshi film” yo‘nalishida esa AQSh prezidenti Donald Trampning immigratsiya farmonlariga noroziligi tufayli marosimga kelishdan bosh tortgan eronlik rejissor Asqar Farhodiyning “Kommivoyajer” kartinasi g‘olib bo‘ldi.
Trampni butun marosim davomida tilga olishdi — ayniqsa, boshqa mamlakatlardan tashrif buyurganlar Meksika bilan chegarada qurilayotgan devorni nazarda tutib, “bizni ajratuvchi devor” haqida gapirdi.
Mashhurlar biroz ochiqqanida, ularni popkorn va konfetlar bilan siylashdi, yeguliklar esa tepadan mitti parashyutlarda tushdi.
It's raining candy at the #Oscars pic.twitter.com/t8nOTErcxK
— Variety (@Variety) February 27, 2017
Marosimda Jeki Changa faxriy “Oskar” mukofotini topshirishdi. Aslida mukofot unga 2016-yil noyabridayoq berilgan edi, endi esa xitoylik aktyorning butun dunyo kinematografiga qo‘shgan hissasini esga olib, unga yana bir marta haykalchani topshirishdi.
Qaysidir lahzada “Kelajakka qaytib” trilogiyasinini qanchalik yaxshi ko‘rishi haqida gapirib berishga qaror qilgan aktyor Set Rogen paydo bo‘ldi. U bilan birga sahnaga filmda Marti Makflay rolini o‘ynagan Maykl Jey Foks ham chiqdi, ular birgalikda o‘sha mashhur “DeLorean” avtomobilidan tushib keldi.
Bundan tashqari, Rogen trilogiyaning ikkinchi qismidagi bog‘ichi mustaqil bog‘lanuvchi krossovkani kiyib olgan edi.
those DeLorean doors are tricky #Oscars pic.twitter.com/nikdxrcd54
— The Daily Dot (@dailydot) February 27, 2017
Sahnadan “Eng yaxshi film” nominatsiyasida “La-La Lend” g‘olib bo‘lgani haqida e’lon qilingach, kartina prodyuseri mikrofon qarshisiga kelib, xatolik yuz berganini aytdi. Ma’lum bo‘lishicha, tashkilotchilar konvertlarni chalkashtirib yuborgan, va aslida esa eng yaxshi kartina deya “Oy shu’lasi” e’tirof etilgan.
'La La Land' producer: "There's a mistake. 'Moonlight', you guys won Best Picture. This is not a joke." #Oscars pic.twitter.com/vl9PzgBaVW
— The Hollywood Reporter (@THR) February 27, 2017
“La-La Lend” filmi qo‘lga kiritilgan mukofotlar bo‘yicha rekord o‘rnata olmagan bo‘lsa-da, bir yo‘la oltita mukofotga sazovor bo‘ldi.
G‘oliblarning to‘liq ro‘yxati bilan ham tanishing. | 87 | 2,721 |
Madaniyat | Aziz Rametovning to‘yi sanasi ma’lum bo‘ldi. Saida Rametova kenja kelinini qanday topgani haqida so‘zlab berdi (video) | Xonanda Imronning yakkaxon konsert dasturiga tashrif buyurgan aktyor Aziz Rametov “Daryo” muxbirlarining nikoh to‘yi bilan bog‘liq savollariga javob berdi.
“Nasib qilsa, to‘y 3-mart kuni bo‘lib o‘tadi. Bu yil iqtisodiyot bo‘yicha tahsil olishni reja qildim. Shu bois, to‘yimni ham ixcham va kamxarj o‘tkazishni istadim. Shuncha yil ota-onamni qiynadim, hech bo‘lmasa ularni to‘y tashvishlari bilan qiynamoqchi emasman. Ko‘p emas, 200 kishilik to‘y qilmoqchimiz. Bu taklifim onamga ham ma’qul keldi”, — deydi Aziz Rametov.
34 yoshli aktyor 15-fevral kuni bo‘lg‘usi rafiqasi 29 yoshli Shahloxon Umarova bilan nikohdan o‘tdi. Bu haqda u o‘zining Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Saida Rametova esa kelini san’at vakili bo‘lmasa-da, ijodkor ekanini ta’kidlaydi.
“Katta kelinim dizayner-tikuvchi. Katta kelinimdan hamisha xursandman. U oilamiz a’zosi bo‘lganiga 19 yil bo‘ldi, qo‘li gul chevar kelinim bor. Qarangki, bo‘lajak kenja kelinim ham shunga yaqin sohada. Allohga shukr, Azizjonning peshonasi yarqirarkan. Oxirigacha ular baxtli bo‘lishini tilayman. Kenja kelinim ham dizayner. Liboslar yaratishdan tashqari, bejirim sharflar tikadi. U “Nastarin” nomi ostida liboslar yaratadi. Ko‘pchilik san’atkorlarga zebigardonlar ham yasab bergan. Men o‘zim ham zebigardonlarni yaxshi ko‘rganim uchun “Menga ham yasab bering, qizim” deb iltimos qilgandim. Ammo u paytda u qizni kelin qilish haqida o‘ylab ko‘rmagandim. Uning ishi shunchalik nafiski, har bir toshini did bilan tergan. Bu ham iste’dod, Alloh unga shunday iqtidorni berganidan juda quvonaman. Taqdir ekan, yoshlar bir-biriga ma’qul bo‘lib, to‘yni boshlab yubordik. Peshonada nima yozilgan bo‘lsa shu bo‘ladi. Shu kungacha Azizni “Nega uylanmaysan, to‘yni qachon qilamiz?” — deb qiynab yuborgandik. Taqdirda yozilgani bo‘ladi, deyishganidek, kutilmaganda Azizbek o‘ziga munosib yorni topdi va to‘y kunini ham tezlashtirib yubordik. Hammaning farzandi baxtli bo‘lsin. Shu qatori Azizjonga ham baxt tilayman. Uning farzandlarini ko‘rish hammamizga nasib etsin”, — deydi aktrisa.
Saida Rametova oila mustahkamligi uchun muhim bo‘lgan qadriyatlar haqida ham gapirib o‘tdi.
“Har bir oilada loyqalanib tinishlar bo‘ladi. Oila arzimas sabab bilan buzilib ketishi kerak emas. Sabr qilish va mashaqqatli yo‘lni hamjihatlikda bosib o‘tish kerak. Hech bir bola tirik yetim bo‘lib qolmasin. Turmushga chiqqanimga 40 yil bo‘ldi, kamchiliklar bizda ham bo‘lgan. Ammo qarindosh-urug‘ va mahalla-ko‘y bilan hamisha yaxshi bo‘lishga harakat qilganman. Odamlar san’atkordan ibrat oladi. Shu bois, san’atkor hayotidagi oilaviy nizolar ham muxlislar uchun o‘rnak bo‘lib qolmasligi kerak”, — deydi aktrisa.
Eslatib o‘tamiz, aktyor, rejissor va xonanda Aziz Rametov 1988-yilning 10-iyulida tavallud topgan. U shu kungacha “Shabnam”, “O‘tov”, “Yo‘l bo‘lsin” kabi filmlarda rang-barang rollarni ijro etgan. Rejissorligida suratga olingan “Arslon izi” filmi ham ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan.
Sovg‘a qutisi ichidan chiqqan Durdona Qurbonova, xonanda onasining quvonch ko‘z yoshlari: Imronning ilk konserti qanday o‘tdi? (foto va video) | 118 | 3,081 |
Madaniyat | “Ipak yo`li” Xalqaro turizm universiteti muzeyshunoslik sohasida xalqaro magistrlik dasturini ishga tushiradi | Samarqand shahridagi “Ipak yo`li” xalqaro turizm universiteti Madaniyat va San`atni rivojlantirish jamg`armasi bilan birgalikda “Masters in Museum Studies” – “Muzey ishi bo`yicha magistr” xalqaro magistrlik dasturi ishga tushirilishini e`lon qiladi.
“Masters in Museum Studies” – san`at va muzeyshunoslik sohasidagi jahonda eng mashhur kuratorlar tomonidan ishlab chiqilgan birinchi ta`lim dasturidir.
O`quv dasturining maqsadi muzeylar, ko`rgazmalar va jahon ekspozisiyalarini boshqarish sohasidagi mutaxassislarning etishmasligini to`ldirishdan iborat. Dastur muzeyshunoslar avlodini xalqaro standartlar va talablarga muvofiq professional tayyorlashga qaratilgan.
“Masters in Museum Studies” dasturi doirasida san`at va madaniyatni rivojlantirish jamg`armasi ko`magida O`zbekistonga muzeylarni boshqarish, ko`rgazmalar tashkil etish, auksionlarni o`tkazish, shuningdek, san`at sohasidagi mualliflik huquqining o`ziga xos xususiyatlarini o`rganish sohasidagi eng yaxshi mutaxassislar jalb etildi.
Yangi magistratura dasturini qo`llab-quvvatlashda so`zga chiqqan bosh vazir o`rinbosari, turizm va sport vaziri, “Ipak yo`li” turizm xalqaro universiteti rektori Aziz Abduhakimov qayd etishicha, “Ipak yo`li” xalqaro turizm universiteti yosh san`at sohasi mutaxassislari o`zlarining ish boshlarida targ`ib qilingan yangi dasturlarni taqdim etishdan faxrlanadilar.
"Biz O`zbekistonda zamonaviy san`at va muzeylarni rivojlantirish, Samarqand, Markaziy Osiyo va chet ellar bilan muhim aloqalar o`rnatishning muhim bo`g`ini va tarafdoridir, deb hisoblaymiz. Universitet va Fond o`rtasidagi hamkorlik yosh madaniy rahbarlar uchun kelajaklarini barpo etishda qo`llab-quvvatlaydi, ular san`at sohasidagi etakchi mahalliy va jahon ekspertlaridan o`rganish imkoniyatiga ega bo`ladi. Bundan tashqari, universitet kampusidagi Ipak Yo`li muzeyining ochilishi bilan talabalar san`at, ko`rgazma va ob`ektlarga bevosita kirish imkoniyatiga ega bo`ladilar, bu esa qiziqarli ilmiy muhitda o`qishni yanada osonlashtiradi”, - dedi universitet rektori.
Dastur o`zida asosiy modullar (14 hafta) va ixtiyoriy modullarni (6 hafta) qamrab olgan, shuningdek, san`at sohasi mutaxassislari uchun ikki oylik xalqaro davra suhbati ham mavjud. Yangi dastur talabalarni rivojlanayotgan mahalliy va global san`at ekotizimini tushunish uchun nazariy va amaliy ko`nikmalarga ega bo`lishga va eng muhimi, ushbu bilimlarni professional madaniy faoliyatda qo`llash vositalarini olishga qaratilgan. | 109 | 2,459 |
Madaniyat | Xonanda Rayhon joy kichikligi uchun to‘ylarda raqsga tusholmasligini aytdi | Xonanda Rayhon nima uchun to‘ylarda raqsga tushmasligini tushuntirdi. Bu haqda “Shov-shuv.uz” xabar bermoqda.
— Sahnadagi Rayhon to‘ylardagi Rayhondan farq qiladi. Nega to‘ylarda raqsga tushmaysiz?
— To‘ylarda ham raqsga tushaman. Biroq joy kichiklik qiladi. Harakatlanishga qulay libosda ham bo‘lmaymiz. Lekin to‘ydagi ommaga imkon qadar energiya berishga harakat qilaman. | 74 | 374 |
Madaniyat | Bella, Edvard, Jeykob: “Sumerki” filmi yulduzlari 13 yil ichida qanchalik o‘zgardi? (foto) | Minglab muxlislar qalbidan o‘rin olgan “Sumerki” filmi ilk bor 2008-yilda ekran yuzini ko‘rgan. Uning mashhurlikka erishishiga esa sujetning o‘ziga xosligi bilan birga aktyor va aktrisalarning rolni mahorat bilan ijro qilgani sabab bo‘lgan.
Kristen Styuart — Bella Svon
“Sumerki”dagi roli bilan yaxshi tanish bo‘lgan Kristen bugungi kundagi eng talabgir aktrisalardan hisoblanadi. Emotsiyasiz deb ta’rif beriladigan Styuart ayni vaqtda Pablo Larrainning “Spenser” nomli filmida suratga tushmoqda. U malika Diana rolini gavdalantiradi.
Robert Pattinson — Edvard Kallen
Robert va uning aktyorlik mahorati muxlislar e’tirofiga sabab bo‘lgandir, ammo matbuotning emas. Jiddiy rollarni o‘ynaydigan Pattinson mahoratli aktyorga aylangan. U Vernon Xersog, Devid Kronenberg, Anton Kobeyn, Kler Deni va Kristofer Nolanlarning filmlarida suratga tushgan.
Teylor Lotner — Jeykob Blek
“Oltin malina” mukofotiga sazovor bo‘lgan Teylor rollaridan ko‘ra ishqiy munosabatlari bilan ko‘proq ma’lum. U Selena Gomes, Kristen Styuart, Teylor Svift, Lili Kollinz va Mari Avgeropuloslar bilan uchrashgan. Uning Instagram sahifasidagi suratlardan uning bugungi kunda Teylor Doum bilan munosabatda ekanini bilish mumkin.
Anna Kendrik — Jessika Stenli
Bolaligidan Brodvey teatrida chiqish qilgan Annaning mashhurlikka erishishiga “Sumerki” sababchi bo‘lgan. Bugungi kunda ham suratga tushishdan to‘xtamaydigan aktrisa hatto “Oskar” mukofotiga nomzod bo‘lgan.
Eshli Grin — Elis Kallen
“Oltin malina” mukofotining yana bir nomzodlaridan biri ham bugungi kunda suratga tushish bilan faol ekaniga qaramay, “Sumerki” uning karyerasidagi eng yaxshi film sanaladi.
Billi Berk — Charli Svon
“Sumerki”da suratga tushgan vaqti Billi allaqachon tajribaga ega bo‘lgan va hali hamon o‘zgarmagan. U bugungi kunda suratga tushish va prodyuserlik bilan mashg‘ul.
Nikki Rid — Rozali Xeyl
Nikki rollaridan ham ko‘ra rossiyalik aktyor Pavel Priluchniy bilan uchrashib yurgani sabab mashhur. Juftlikning munosabatlari vaqt sinovidan o‘tmagan va ularning har ikkisi o‘z yo‘lidan ketgan.
Kellan Lats — Emmett Kallan
Lats uchun ham “Sumerki” eng asosiy loyiha bo‘lib qolgan. U 2012-yilda “Sirop” filmning taqdimoti uchun Moskvaga kelgan.
Jekson Retboun — Jasper Xeyl
Jekson “Oltin malina” mukofotini qo‘lga kiritgan. Bunga “The Last Airbender” filmidagi ijrosi sabab bo‘lgan.
Elizabet Rizer — Esmi Kallen
2007-yilda Spirit Awards va “Emmi” mukofotiga nomzod bo‘lgan Rizer so‘nggi vaqtda “Haqiqiy detektiv” va “Oqsoch hikoyasi” filmlarida suratga tushgan. | 90 | 2,516 |
Madaniyat | Hamon oila qurmay, oq otdagi shahzodasini kutayotgan o‘zbekistonlik san’atkorlar (video) | Inson hamisha o‘z baxtini kutib yashaydi. Afsuski, ba’zan kutish onlari uzoqqa cho‘zilishi, yillar hash-pash deguncha o‘tib ketishi ham mumkin. O‘zbek san’atining bir guruh qizlari ham ancha yillardan buyon oq otdagi shahzodalarini kutib yashamoqda.
Ozoda Nursaidova — 48 yoshda
Xonanda Ozoda Nursaidova oktabr oyida 48 bahorni qarshilaydi. Uning to‘yi va ommadan yashirayotgan farzandi bilan bog‘liq mish-mishlar bir necha marta tarqalgan. Biroq xonanda ushbu gap-so‘zlarni rad etib keladi. Uning yonida yuradigan Abdulloh ismli bola xonandaning emas, singlisi Nilufar Nursaidovaning farzandi hisoblanadi.
Xonanda intervyularining birida shaxsiy hayoti haqidagi savolga qisqagina qilib “Shaxsiy hayotim bor, lekin uni ommaga ko‘rsatgim kelmaydi”, — deya javob bergandi.
Manzura — 44 yoshda
Xonanda Manzura 2022-yilning 21-fevralida 44 yoshni qarshiladi. Bir necha yil avval u mashhur rejissorning turmush o‘rtog‘i ekani haqidagi gap-so‘zlar tarqalgandi. Ammo xonanda bu kabi mish-mishlarga oydinlik kiritmagan. Faqatgina u onasi va sevimli mushugi bilan birga yashashini ma’lum qilgan.
U 2020-yilda Instagram sahifasi orqali turmush qurmagani va farzandsizligi haqidagi savollar dilini vayron qilishini bildirgan edi.
“Insonning hayotida, albatta, do‘stlari bo‘ladi, faqat biz buni har doim ham anglamaymiz. Eng yaqin do‘st — bu sening ota-onang. Ular dunyodan o‘tganidan keyin senga hamisha hamroh va do‘sting Alloh.
Har bir ota-ona o‘z farzandining kelajakdagi taqdirini o‘ylab, Allohga omonat qilib, dunyodan o‘tadi. Harakat qiling, imkon qadar ular bilan vaqt o‘tkazishga va yana ularni rozi qilishga.
Ota-ona shunday ne’matki, qanaqa bo‘lishingdan qat’i nazar ular seni yaxshi ko‘raveradi. Boshqalarning gapidan xulosa qilib, sening yaqining bo‘lib, dushmanlik qilmaydi.
‘Nega farzanding yo‘q, nega turmushing yo‘q?’ deb sendan qayta-qayta so‘rab, dilingni vayron qilmaydi. Ota-ona senga Xudodan xotirjamlik, gunohlaringni afv etishini so‘rab, sen uchun jannatlardan qasrlar so‘raydi”, — degandi xonanda.
Iroda Nosirova — 41 yoshda
Aktrisa va boshlovchi Iroda Nosirova bu yil 41 bahorni qarshiladi. U hali oila qurgani yo‘q. Mish-mishlarga qaraganda, unga mashhur xonandalarning biri sovchi jo‘natgan. Qandaydir sababga ko‘ra Iroda uning taklifini rad etgan. Teleboshlovchi “Daryo”ga bergan intervyusida nega turmushga chiqmayotgani haqidagi savolga quyidagicha javob bergan.
— Menda yoshligimdan “Men kech turmushga chiqaman” degan fikr bo‘lgan, ochig‘i negaligini o‘zim ham bilmaganman. Shundan keyin biz voyaga yetib, dugonalarim turmushga chiqqandan keyin ularning hayotini, turmushini kuzatganimdan keyin turmushga chiqish fikri rejalarim so‘ngiga o‘tib qolgan. O‘sha paytda turmushga chiqishdan qo‘rqib qolganman.
Sovchilar kelganda bilmadim, nimalardir deb qaytarib yuborardik. Menda turmushga chiqishga kuchli xohish bo‘lmagan. Masalan, qizlar turmushga chiqishni xohlaydi, kelin ko‘ylak kiyishni istashadi, lekin menda nimagadir shunday xohish-istaklar bo‘lmagan. Haligacha ham kelin obrazida o‘zimni tasavvur qilolmayman.
Hamma narsa Allohdan. Men u sabab, bu sabab deyapman, balki shu sabablar bo‘lmasligi mumkin. Chunki peshonaga yozilganini faqat Alloh beradi. Nimaga bu rizq sizga berilmaganini Allohdan boshqa hech kim bilmas ekan. Kimgadir avvalroq beriladi, kimgadir keyinroq, kimgadir, umuman, berilmas. Shuning uchun Allohga behisob shukr qilaman. Hech ham xafa emasman. Nimadandir kamim bor deb his qilmayman. Chunki menda xohlagan paytim turmushga chiqib ketish imkoniyati bor. Bo‘lgan ham, — deydi Iroda Nosirova.
Munisa Rizayeva — 36 yoshda
Mashhur xonanda va tadbirkor Munisa Rizayeva oktabr oyida 36 yoshni qarshilaydi. Uning to‘yi bilan bog‘liq gap-so‘zlar bir necha bor tarqalgan. Hatto 2014-yili Munisa Rizayevaning qo‘lini xonanda Jasur G‘oyipov so‘ragandi. Afsuski, oradan ko‘p vaqt o‘tmay ijodkorlarning munosabati buzilgandi.
2021-yilning yanvar oyida Munisa Rizayeva Instagram orqali turmushga chiqayotganini ma’lum qilgandi.
“Oddiy, yaxshi inson. Meni yaxshi ko‘radigan. Mendan kichkinalar. Men uchun hamma narsaga tayyorlar. Eng asosiysi, menga ijod qilishga, qo‘shiq aytishga ruxsat beradilar. Ular san’at sohasidan emas”, — degandi xonanda.
Keyinroq esa xonanda ushbu so‘zlari hazil ekanini aytgan.
Munisaning onasi Dilorom Rizayeva intervyularidan birida qizining haligacha oila qurmayotgani sababiga to‘xtalgandi.
“Munisa ikkita oliy ma’lumotli qiz. Shunday darajaga erishgan qiz. Sovchilar kelishadi Qashqadaryodan, Surxondaryodan. Oliy ma’lumoti yo‘q. Men yomon demayman ularni. Yaxshi-yaxshi oilalardan kelishadi. Lekin ma’lumot, ilm darajasi har xil. Munisa ‘Oyi, bu inson menga qiziq emas, turmush o‘rtog‘im mendan aqlliroq bo‘lishi kerak. Men ishimda liderman, lekin turmushda ham lider bo‘lishni istamayman’, deydi. Yaqinda bitta yaxshi oiladan sovchi keldi. Munisa tanishib, gaplashib yurdi. Biroz vaqtdan so‘ng ‘Munisa qo‘shiq aytmasin, sahnani tashlasin’, deyishdi. Vaholanki, ular sovchi bo‘lib kelishayotganida bilishgan-ku, qayerga kelayotganini. Munisa ularga ham rad javobini berdi”, — degan edi Dilorom Rizayeva.
Shuningdek, xonandaning onasi Munisa turmushga chiqmoqchi bo‘lgan yigitlarga qo‘yiladigan talablarni ham sanab o‘tgandi.
“Birinchi o‘rinda oliy ma’lumotli bo‘lishi kerak. ‘Agar oliy ma’lumoti bo‘lmasa, ko‘rishmayman ham, gaplashmayman ham’, deydi Munisa. Ikkinchidan, ma’lumoti bor, shu yoshgacha nimaga erishgani muhim. Chunki Munisaning o‘zi 34 yoshda, unga uylanmoqchi bo‘lgan yigitlar kamida 34 yoki 35 yoshda bo‘lishi kerak”, — degandi Dilorom Rizayeva.
Sitora Farmonova — 38 yoshda
Aktrisa Sitora Farmonova 2022-yilning 20-avgustida 38 yoshni qarshilaydi. U ham hamon oq otdagi shahzodasini kutayotganlardan.
Aktrisaning onasi Zamira Farmonova ko‘rsatuvlarning birida taniqli aktyor Aziz Rametov qizining qo‘lini so‘ragani haqida so‘zlab bergandi.
“Aziz Rametov bir necha marta qizimga uylanish niyati borligini aytgan. Onajon, xo‘p deng, qizingizga uylanaman, sovchi yuboraman, u bilan necha yildan beri bir-birimizni taniymiz, xarakterimizni bilamiz, degan. Lekin taqdir ekan. Allohim bularning yulduzlarini bir-biriga o‘xshatmadi. Aziz Rametov juda yaxshi bola, uning onasini taniyman, juda yaxshi inson, — deydi Zamira Farmonova.
Shuningdek, aktrisaning onasi qizining nima sababdan hanuzgacha turmushga chiqmayotgani haqida ham gapirdi.
“Sitora qizim men ishimni birinchi o‘ringa qo‘yaman, karyera qilaman, deb mehnat qilib yurdi. Sitoraga sovchi qo‘ygan yigitlar bitta shart qo‘ydi: ‘San’atingizni tashlaysiz’, degan. Qizim shuncha yil mehnat qildim, turmushga chiqaman deb, san’atni tashlamayman, deb ko‘nmagan”, — deya so‘zlarini davom ettiradi Zamira Farmonova.
Sug‘diyona Azimova — 36 yoshda
Aktrisa va stilist Sug‘diyona Azimova 2022-yilda 36 yoshni qarshilaydi. Aktrisa intervyularidan birida oq ko‘ylak kiyishdan umidini uzgani haqida gapirgan edi.
— Oq ko‘ylak kiyib kelin bo‘lishdan umidimni uzdim. Bilmadim bu yog‘iga hayotim qanday bo‘ladi, ammo bu yoshda meni kimdir katta to‘y qilib uylanishiga ham ishonmay qo‘ydim, — deydi.
Feruza Normatova — 33 yoshda
Mahoratli aktrisa Feruza Normatova bu yil 33 yoshni qarshilaydi. Afsuski, u ham hamon oila qurgani yo‘q. Aktrisaning Shahzod Sultonov bilan yaqinligi haqida gap-so‘zlar tarqalgandi. Ammo hozircha to‘ydan darak yo‘q.
Aktrisa Instagram orqali “O‘zingizdan 1-2 yosh kichik bo‘lgan insonga turmushga chiqarmidingiz?” degan savolga quyidagicha javob bergandi.
“1-2 yosh kichkina bo‘lsa ham turmushga chiqaveraman, faqat o‘zimni odamim bo‘lsin. Faqat meni sevsin. Shunday odam bo‘lsa yoshining ham farqi yo‘q”, — deb yozgandi Feruza Normatova.
Yulduz Rajabova — 33 yoshda
Yil so‘nggida 33 bahorni qarshilaydigan aktrisa Yulduz Rajabovaning shaxsiy hayoti ham doimgidek sokin. Faqatgina “Mendirman Jololiddin”serialining taqdimot marosimida bosh rollar ijrochilari Emre Kiviljim va Yulduz Rajabova o‘rtasida o‘zaro iliq, do‘stona va samimiy munosabatlar borligi ko‘zga tashlandi.
2021-yilning 23-dekabr kuni aktyor sahifasiga Yulduz bilan tushgan suratini joylab, “Tug‘ilgan kuning bilan, sevgilim”, deb uni tavallud kuni bilan tabrikladi.
Shahlo Ahmedova — 28 yoshda
Xonanda Shahlo Ahmedova tez orada 28 yoshni qarshilaydi. Xonanda hozircha oila qurmagan. Hamisha ijodi kabi sirli bo‘lishga intiladigan ijodkor shaxsiy hayotini ham ommadan yashiradi.
Bokschi Shahram G‘iyosov bilan birga tushgan suratlarini tez-tez Instagram sahifasiga joylaydigan Shahlo Ahmedovadan muxlislar “Agar Shahram G‘iyosovga turmushga chiqsangiz, to‘yga chaqirasizmi?” deb savol yo‘llashgandi.
“Men unga turmushga chiqmayman, biz axir do‘stmiz-ku! Bunaqa gaplarni yozishni bas qiling, iltimos”, — deb yozgan Shahlo Ahmedova.
Luiza Rasulova — 27 yoshda
Aktrisa Luiza Rasulova bu yil 27 yoshni qarshilaydi. Aktrisa ham shu paytgacha oila qurmagan. Luiza so‘nggi paytlarda film va seriallarda suratga tushmayotgan bo‘lsa-da, bir necha loyihalarda boshlovchilik qilmoqda. Shuningdek, u o‘zining shaxsiy brendiga asos solgan bo‘lib, ayollar go‘zalligiga hissa qo‘shuvchi biofaol qo‘shimchalar sotuvini yo‘lga qo‘ygan. | 88 | 9,055 |
Madaniyat | Yulduz Usmonova Dubayda klip suratga oldirmoqda, Bahora Arslonova ilk marta ona bo‘ldi. Instagram yangiliklari | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Shahlo Zoirova Misrda tuya ustida sayr qildi.
Luiza Rasulova xeyterlariga atalgan navbardagi post bilan bo‘lishdi.
Bollivud qiroli Shohruh Xon bilyard o‘ynayotgani aks etgan surat bilan bo‘lishdi.
Shahzoda muxlislarini qiyinchiliklarga sabrli bo‘lishga undadi.
Zarina Nizomiddinovaning ikkinchi o‘g‘li Saidumar 10 oylik bo‘ldi.
Shahzoda Muhammedova qizi Milana bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.
21-yanvar kuni aktrisa Bahora Arslonova ilk marta onalik baxtiga sazovor bo‘ldi.
Sitora Farmonova hamkasb dugonasi Dilnoza Kubayeva bilan tushgan suratini folloverlari bilan bo‘lishdi.
Gulsanam Mamazoitova milliy obrazda muxlislariga ko‘rinish berdi.
Yulduz Usmonova va Halima Ibragimova uchun Dubaydagi mashhur turk oshpazi Burak O‘zdemir restoranida ajoyib shou tashkil etildi.
Shuningdek O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova Dubayda yangi qo‘shig‘iga klip suratga oldirmoqda. U klipdagi obrazi uchun AQShdan stilist taklif etib, sochlarini uzunlashtirdi.
Yaqinda ikkinchi marta ona bo‘lgan Maryam Uzerli yangi fotosessiyasini folloverlari bilan bo‘lishdi.
Yigitali Mamajonov va Muqaddas Sa’dullayeva folloverlariga xayrli kun tiladi. | 110 | 1,296 |
Madaniyat | 33 yoshli hind aktyori Varun Dhavan bolaligidagi do‘stiga uylandi (foto) | 2021-yilning 23-yanvar kuni “Yil talabasi”, “Sevishganlar” filmlaridagi rollari bilan yaxshi tanish bo‘lgan 33 yashar aktyor Varun Dxavanning to‘y marosimi bo‘lib o‘tdi.
View this post on Instagram
Aktyor rafiqa sifatida bolalikdagi do‘sti, ayni vaqtda dizayner sifatida faoliyat yuritadigan Natasha Dalalni tanlagan. Alibaugda
bo‘lib o‘tgan marosimga juftlikning yaqinlaridan tashqari Bollivud yulduzlari Manish Malhotra, Shashank Xaytan, Kiara advani,
Arjun Kapur hamda Kunal Kohli, Malayka Arora tashrif buyurgan. Marosim Karan Johar tomonidan tashkil qilingan. Kelin-kuyov sohilda quyosh botishini kuzatganidan keyin dabdabali to‘y marosimi bo‘lib o‘tgan.
Aktyor Filmfare jurnaliga bergan intervyusida turmush qurishni avvalroq rejalashtirgani, ammo rejalari pandemiya sabab o‘zgarib ketganini ma’lum qilgandi.
Shuningdek, Varun Karina Kapurning What women want nomli radio shousida rafiqasi bilan bolaligida tanishgani, 11—12 sinfgacha yaqin do‘st bo‘lganini ma’lum qilgan. | 72 | 996 |
Madaniyat | Hind aktyori Sanjay Datt — Munnaboyga o‘pka saratoni tashxisi qo‘yildi | Hindistonlik taniqli aktyor Sanjay Datt nafas qisilishidan shikoyat qilib, kasalxonaga borgan. Unda koronavirus testi salbiy chiqdi. Biroq Sanjayga 3-bosqich o‘pka saratoni tashxisi qo‘yildi. U davolanish uchun AQShga uchadi. Bu haqda Bollywoodtime xabar berdi.
“Baba juda tushkunlikka tushdi. Uning kichkina bolalari bor. Yaxshiyamki, hozir ular onalari bilan Dubayda. Ammo ularga bu dahshatli xabarni aytish haqiqatda og‘ir. Sanjay ruhiy iztirobda, lekin tuzalib ketishiga ishonadi. Sanjay zudlik bilan jiddiy davolanishi kerak. Shuning uchun ham u shoshilinch uchib ketdi”, — deydi yaqin do‘sti.
Sanjay Datt rafiqasi va farzandlari bilan.
Sanjay kasalligining jiddiyligi haqida xabar tarqalishi bilan Amitabh, Abhishek Bachchan va Salmon Xon aktyor bilan bog‘lanishga urindi, ammo u qo‘ng‘iroqlarga javob bermagan.
Ma’lumot uchun, Sanjay Datt 1959-yilda Hindistonning Mumbay shahrida tug‘ilgan. U “Ism”, “Ta’qib”, “Sohibjamol”, “Sevgilim” kabi yuzdan ortiq filmlarda suratga tushgan. O‘zbek tomoshabinlariga Sanjay “Munnaboy” filmidagi quvnoq va hazilkash yigit obrazi bilan yaxshi tanish. | 70 | 1,095 |
Madaniyat | Turkiyalik oshpaz-mem Burak O‘zdemir Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning ustiga qaynoq ovqatni quyib yuborishiga bir baxya qoldi (video) | Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Dubayda doim tabassum qiluvchi taniqli turk oshpazi Burak O‘zdemir bilan uchrashdi. Bu haqda Qodirovning o‘zi “VKontakte”da ma’lum qildi.
Qodirov O‘zdemirning CZN BURAK restoraniga tashrif buyurdi. Bosh oshpaz Checheniston rahbariga ajoyib tarzda taomlarni taqdim etayotganda ularni ag‘darib yuborishiga bir baxya qoldi. Shunda O‘zdemir va Burak birdaniga baqirib, so‘ngra kulib yubordi.
Uchrashuv so‘ngida O‘zdemir va Ramzan Qodirov “Ahmad – kuch” deb yozilgan non bilan suratga tushdi. Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, yoshlar bu kabi muvaffaqiyatli biznesmendan o‘rnak olishi kerak. Bundan tashqari, u O‘zdemirga mehmondo‘stligi uchun minnatdorlik bildirgan va ishlarida omad tilagan. | 140 | 721 |
Madaniyat | “Yigitlardan ko‘nglim qolgan”. 34 yoshli xonanda Munisa Rizayeva turmushga chiqishni istamasligini bildirdi (video) | Xonanda Munisa Rizayeva Instagram’dagi jonli efirda muxlislarini qiziqtirgan savollarga javob berdi.
Muxlislaridan biri Munisadan “Menga turmushga chiqasizmi?” deb so‘radi.
“Hech kim turmushga chiqqim kelmayapti, hech narsa qilgim kelmayapti. Shunaqa mening ko‘nglim qolib ketgan bolalardan. Hozirgi bolalar faqat ‘kar-kar’ qilishni biladi, qo‘lidan boshqa ish kelmaydi. So‘zini ustida turmaydi. Balki hamma bolalar unaqa emasdir. Men unaqalarini hali uchratmadim. Har kuni sevgi izhor qilishadi, gapirishadi. Shu bilan kunim o‘tib ketadi. Qulog‘imdagi lag‘monlarni olib tashlayverib, charchab ketaman”, — deydi 34 yoshli xonanda.
Yana bir muxlisi undan “Qachon sizni oq ko‘ylakda ko‘ramiz?”, deb so‘radi. Munisa ushbu savolga “Keyingi hayotimizda” deb javob berdi.
Shuningdek, xonandadan “Sizga xiyonat qilishganmi?” deb so‘rashdi. “Menga har doim xiyonat qilishadi” deydi Munisa Rizayeva ushbu savolga javoban.
Undan pnevmoniyaga chalingan onasining ahvoli haqida ham so‘rashdi. Xonandaning aytishicha, hozirda onasining ahvoli yaxshi.
“Odamlar koridorda o‘lib ketyapti” — Koronavirusga chalingan Munisa Rizayeva kasalxonalardagi vaziyat haqida | 115 | 1,149 |
Madaniyat | Islandiya pul birligi qimmatlashishiga “Taxtlar o‘yini” seriali yordam berdi | Islandiya kronasi 2016-yil ichida dollar va yevroga nisbatan dunyodagi boshqa har qanday valyutalardan ham ko‘ra kuchliroq mustahkamlanib oldi, deb yozadi TJournal. Bu iqtisodiyotning keskin o‘sishi tufayli yuz berdi, unga esa o‘z navbatida sayyohlar oqimining keskin ko‘payishi sababchi bo‘ldi.
2016-yilning to‘rtinchi choragida Islandiya yalpi ichki mahsuloti yillik hisobda 11,3 foizga ko‘tarilib ketdi. 2016-yilda aholisi 330 ming kishidan sal oshadigan mamlakatga 1,8 million sayyoh tashrif buyurdi, bu 2015-yildagidan 40 foizga ko‘p demakdir.
Bunda “Taxtlar o‘yini” seriali kattagina rol o‘ynadi, uning ko‘plab manzaralari aynan Islandiyada suratga olingandi. Mamlakat Markaziy bankining kuzatuv kengashi a’zosi Olafur Margeyrsson so‘zlariga ko‘ra, ko‘plab sayyohlar Islandiyani serialda ko‘rgach, bu yerga kelishga qaror qilgan. | 76 | 837 |
Madaniyat | Bugun Berdaq haqidagi film premerasi bo`lib o`tadi | Bugun soat 18:00 da Adiblar xiyobonida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan Toshkent pediatriya instituti va “Qoraqalpoqfilm” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan “Amu sohili kuychisi” hujjatli filmi premera qilinadi, deya xabar bermoqda agentlik.
Malum bo`lishicha, mazkur film Qoraqalpog`iston xalq shoiri Berdaq hayoti va ijodi haqida bo`lib, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2020 yil Adiblar xiyoboniga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari yuzasidan tasvirga olingan. "Xalq yuragi" turkum filmlaridan biri.
Ssenariy muallifi Kengesbay Karimov, rejissyor Bektileu Nizamatdinov, operator Asenbay Asqarov, kartina direktori Baxtiyar Madiyarov.
Eslatib o`tamiz, kuni kecha Bobur, Abdulla Oripov, G`afur G`ulom hayoti va ijodi haqidagi hujjatli filmlar namoyish etilgandi.
Oldinda 29 sentyabrga qadar Ogahiy, Cho`lpon, Zulfiya, Erkin Vohidov, Hamid Olimjon va boshqa adiblar haqidagi hujjatli filmlar premeralari bo`lib o`tishi kutilayotgani aytilmoqda. | 50 | 998 |
Madaniyat | Husan: Meni avtohalokatda o‘ldiga chiqarganlarga insof tilayman | Keyingi kunlarda bolalagan mish-mishlarga qaraganda, estrada xonandasi Husan avtohalokatga uchragan va hayotgan ko‘z yumgan. “Popcorn.uz” bu sovuq xabarlarga chek qo‘yish maqsadida xonandaning o‘zi bilan bog‘landi.
“Oxirgi to‘rt kun ichida qo‘l telefonim tinmayapti. Qo‘ng‘iroq qilib so‘rayotganlarning savoli bitta: ‘Tirikmisan? Seni avtohalokatga uchrab, olamdan o‘tdi, deb eshitdik’. Bu savollardan shok holatiga tushib qoldim. Hech qanday avtohalokatga uchraganim yo‘q, soppa-sog‘man. Bunday sovuq xabarni kim va nima sababdan tarqatgani esa menga qorong‘i. Ularga insof tilashdan boshqasi qo‘limdan kelmaydi”, — deydi taajjubini yashirmagan xonanda. | 63 | 656 |
Madaniyat | Devid Bouining o‘limidan keyin uning qo‘shiqlarini 4000% ko‘proq odam tinglamoqda | 11-yanvar kuni saratondan vafot etgan afsonaviy qo‘shiqchi Devid Bouining qo‘shiqlarini uning o‘limidan keyin 4000 foiz ko‘proq odam tinglay boshladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
NBC’ning qayd etishicha, 11-yanvar kuni Bouining qo‘shiqlarini eshitgan odamlar soni 2822 foizga o‘sdi. Bu ma’lumotlar Spotify internet-servisiga tayangan holda berilmoqda.
1983-yilda chiqarilgan Let’s Dance xitining mashhurligi 3942 foizga, Blackstar’ga bo‘lgan qiziqish esa 1120 foizga o‘sdi.
Qo‘shiqchining Blackstar deb nomlangan so‘nggi albomi Buyuk Britaniyaning asosiy xit-paradida yetakchilik qildi. | 81 | 604 |
Madaniyat | Instagram: Mavluda Asalxo‘jayeva — Umra safarida, Shahzoda mehr ulashishga chorlamoqda, Ziyoda atelye ochdi | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz.
Shahzoda Matchonova Ra’no Shodiyevaga jahon adabiyotining bestseller asarlaridan iborat kitoblar to‘plamini sovg‘a qildi.
Xonanda Nigora qizi bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.
Asal Shodiyeva o‘g‘li Muhammad Yusufning restoran sahnasiga chiqib, Farrux Zokirovning qo‘shig‘iga raqsga tushayotgani aks etgan video bilan bo‘lishdi.
Bollivud yulduzi Katrina Kaif sahifasiga yangi suratini joyladi.
Shahzoda Muhammedovaning Instagram’da 269 ming nafar obunachiga ega qizi Milana 2 yoshga to‘ldi. Milananing sahifasiga ota-onasi uni tug‘ilgan kuni munosabati bilan qanday tabriklagani aks etgan video joylashtirildi.
Gulchehra Eshonqulova muxlislariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi.
Rayhon va Farhod Alimov Misr sayohati aks etgan videoni sahifasiga joyladi.
Zarina Nizomiddinova Moskvada hali hamon qish hukmronlik qilayotganini yozdi.
So‘nggi vaqtda ijodiy tanaffus qilayotgan xonanda Shahzoda ijtimoiy reklama roligida suratga tushdi. Unda Shahzoda barchani mehr ulashishga chorlaydi.
Priyanka Chopra va Nik Jonas kuzatuvchilarini Pasxa bayrami bilan tabrikladi.
Mavluda Asalxo‘jayeva oila a’zolari bilan birgalikda Umra safariga yo‘l oldi.
Xonanda Makka shahridan kuzatuvchilari uchun reportaj tayyorladi.
Xonanda Ziyoda Toshkentda o‘z atelyesini ochdi.
Ulug‘bek Rahmatullayev Istanbulda taniqli radio va teleboshlovchi Abdukarim Mirzayev bilan uchrashdi. | 107 | 1,512 |
Madaniyat | Foto: Yulduzlarning bolaligidagi va hozir istiqomat qiladigan uylari (foto) | Millionlab qalblardan joy olgan san’at vakillarining qanday uyda tug‘ilib o‘sgani muxlislar uchun hamisha qiziq bo‘lgan.
Rianna
Asl ismi Robin Ferti bo‘lgan xonanda ikki ukasi bilan birga Barbadosdagi uch xonali uyda katta bo‘lgan. Oilaviy ahvoli nochor bo‘lgani uchun sotuvchilik qilishiga to‘g‘ri kelgan. Iste’dodi va shirali ovozi bilan mashhurlikka erishgan qo‘shiqchi keyinchalik AQShga ko‘chib ketgan.
2018-yilda u o‘zining Gollivuddagi hashamatli xonadonini sotuvga qo‘ygan. 5 ta yotoqxona, 6 ta vannasi bor xonadon uchun u 3 million dollar so‘ragan.
Teylor Svift
Dunyoning eng ko‘p haq to‘lanadigan yulduzlaridan biri Pensilvaniyaning Reding shahridagi kichik uyda dunyoga kelgan. Bundan 5 yil avval aktrisa shaxsiy samolyotida oila a’zolari bilan birga tug‘ilib o‘sgan uyini ko‘rish uchun borgan. Uyning yangi egalari yulduzni iliq qarshi olgan va esdalik uchun birgalikda suratga tushgan. Jeys ismli qiz Twitter sahifasida uning ota-onasi Teylor ulg‘aygan uyda yashashi va uning o‘zi aktrisa bilan ko‘rishish baxtiga muyassar bo‘lganini yozib qoldirgan.
2018-yilda Teylor 4 ta yotoqxona va 5 ta vannasi bor uyini 300 million dollarga sotgan. Aktrisa ayni vaqtda istiqomat qiladigan uy ham Beverli-Xillzda joylashgan.
Pol Makkortni
Pol Liverpulda tug‘ilib, voyaga yetgan. Ijtimoiy ahvolining unchalik yaxshi bo‘lmagani sabab Makkortni va uning oilasi tumanma-tuman ko‘chib yurgan. Shunday qilib, uning o‘smirlik yillari Fortlim-rouddagi uyda o‘tgan.
Ayni vaqtda Makkartnining Nyu-York, Arizona, London va Beverli-Xillzda uylari bor. Aynan Beverli-Xillzdagi uyida do‘sti Jorj Xarrison hayotining so‘nggi kunlarini o‘tkazgan.
Jennifer Lopes
Lopes jurnalistlar bilan birga bolaligi o‘tgan uyiga tashrif buyurgan. U Bronksdagi uylardan birida voyaga yetgan.
Ayni vaqtda esa u Aleks Rodriges bilan Mayamidagi 40 million dollarlik uyda yashaydi. 12 vannasi bor xonadonda, shuningdek, basseyn va sportzal mavjud.
Anjelina Joli
Anjelinaning bolaligi Nyu-Yorkdagi Snedens-Lendingda joylashgan uyda o‘tgan. 1958-yilda qurilgan mazkur uy 4 ta yotoqxona, 4 vannaxona va katta mehmonxonani o‘z ichiga oladi.
Bir nechta uylari borligiga qaramay, aktrisa farzandlari bilan birga Los-Anjelesdagi xonadonida yashashni afzal biladi. Aktrisa 6 ta yotoqxona, 10 ta vanna, basseyn va studiya, qolaversa, katta kutubxonasi bor mazkur uyni 24,5 million dollarga xarid qilgan.
Eminem
Eminem sifatida ma’lum bo‘lgan Marshall Meters Missuri shtati, Sent-Jozef shahridagi uncha katta bo‘lmagan uyda dunyoga kelgan. U oilada farzandlarning eng kattasi bo‘lgan. Bolaligining aksariyat qismini bo‘lajak reper Detroytdagi nochor tumanda o‘tkazgan. Otasi tashlab ketgani sabab u onasiga ishlashga yordam bergan. “The Marshall Mathers LP” va “The Marshall Mathers LP 2” nomli albomlarining muqovasida uning bolaligi o‘tgan uy suratini ko‘rish mumkin.
Ayni vaqtda reper Michigan shtati, Rochester-Xillzdagi maydoni 1405 kv metrni tashkil qiladigan, tennis korti va basseyni bor uyda yashaydi.
Zak Efron
Zak Kaliforniyaning San-Luis-Obispo shahrida dunyoga kelgan. Uning bolaligi atrofi maysalar bilan o‘ralgan, shuningdek, ikkita mashina sig‘adigan garaji bor shinam uyda o‘tgan.
Efronning hozir istiqomat qiladigan xonadoni bolaligidagi uydan atigi 320 km uzoqlikda joylashgan. U 2013-yilda xarid qilgan uy unga 4 million dollarga tushgan. Maydoni 5640 kv metrni tashkil qiladigan xonadon 5 ta yotoqxona, 5 ta vanna, o‘yin xonasi, mashg‘ulot zalini o‘z ichiga oladi. | 75 | 3,462 |
Madaniyat | Bahrom Nazarovning sahnada o‘zini tutishi Ozodbek Nazarbekovga nega yoqmadi? Konsert qanday o‘tdi? (foto+video) | “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida 1—4-noyabr kunlari xonanda Bahrom Nazarovning “Yuraksiz” deb nomlangan konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Xonandaning navbatdagi yakkaxon konsert dasturida jurnalist Feruz Muhammad mehmon bo‘ldi va dasturdan reportaj tayyorladi.
Xonanda Bahrom Nazarov konsert faoliyati davomida bir yillik tanaffusdan so‘ng, o‘zining to‘rtinchi yakkaxon konsert dasturini taqdim etdi.
Dasturda xonanda tomonidan 23 ta qo‘shiq kuylandi. Shulardan “Qara-qara”, “Dedi”, “Ro‘molingni…”, “Yoz o‘tdi”, “Tovba”, “Musofirlar haqida”, “Bir donam”, “Marhabo”, “Parishon”, “Sevdim seni”, xorazmcha va tojikcha singari bir qancha qo‘shiqlar dasturda ilk marotaba jarang sochdi.
Muxlislar orasida ommalashgan “Hijron”, “Bezovta bo‘lar onam”, “Yuraksiz”, “Pari-pari”, “Bulut”, “Nahotki-nahotki”, “Qaramading” kabi qo‘shiqlar ham kuylandi.
Dasturda O‘zbekiston, Qoraqalpog‘iston va Turkmaniston xalq artisti, marhum san’atkor Ortiq Otajonov xotirlanib, ustoz san’atkor ijodidan “Ne foyda” deb nomlangan qo‘shiq muxlislarga taqdim qilindi.
Konsert dasturida Bahrom Nazarovning ayni kunlarda ommalashib borayotgan “Insofsiz” qo‘shig‘i, bu qo‘shiq ozarbayjonlik xonanda Asif Meherremovdan “o‘g‘irlanganmi yoki yo‘q”, degan gap-so‘zlarga nuqta qo‘yildi. Qo‘shiqning asl muallifi Asif Meherremov hamda Bahrom Nazarov sahnada ushbu qo‘shiqni birgalikda kuylashdi.
Bahrom Nazarov “Insofsiz” qo‘shig‘i haqida muxlislarga quyidagilarni ma’lum qildi.
2019-yilning sentabr oyida muxlislarimizga taqdim qilingan ‘Insofsiz’ deb nomlangan qo‘shiqning muallifi ozarbayjonlik xonanda Asif Meherremov bo‘ladi. Bugun Asif Meherremov bilan sizlarga ushbu qo‘shiqni duet tarzida kuylab beramiz. Meni o‘g‘ri-o‘g‘ri deysizlar, ammo men har doim muallifdan so‘rab aytaman.
Bahrom Nazarov, xonanda
“Yuraksiz” dasturida Bahrom Nazarov Jahongir Abdug‘ofurov hamda Muhammad Karim ismli ikkita shogirdini ilk marotaba katta sahnaga olib chiqdi.
Bahrom Nazarovning konsert dasturida mehmon bo‘lgan O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti, Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Ozodbek Nazarbekov shogirdining konsert dasturi haqida quyidagi fikrlarni bildirdi.
Konsert dasturida bir-ikki kamchiliklarni ko‘rdim, bularni Bahrom Nazarovning o‘ziga aytaman. Uni sahnada o‘zini tutishi menga uncha ham yoqmayapti, menimcha bu hayajondan bo‘lmoqda. Chunki shuncha yil sahnada yurgan bo‘lsam ham, o‘zimda ham doim hayajon bo‘ladi. Toki konsert dasturiga kirishib olingunicha hayajon bo‘lib turadi. Bunda ham shunaqa narsa sezilmoqda.
Buni kamchilik deb bo‘lmaydi, bu juda yaxshi narsa, san’atkor hayajonlanishdan to‘xtab qolishdan qo‘rqishi kerak. Buning ustiga Bahromning hozirgi holati, salomatligi yaxshi emas, shamollagan, tomoqlari shishib ketgan. Bir amallab bugun o‘ziga kelib, konsertni boshlab oldi. Kuch-quvvat, omad tilayman.
Ozodbek Nazarbekov, Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari
Deyarli har bir qo‘shiqqa alohida raqslar tashkillashtirilgan bo‘lib, ular qo‘shiqni muxlislarga tezroq yetib borishi uchun xizmat qildi. Misol uchun, “Sevdim seni” taronasi kuylangan vaqtda sahna sirk maydoniga aylangan bo‘lsa, “Qara-qara” kuylanganida sahna 90-yillarning yigit va qizlariga to‘ldi. Bunday holat deyarli har bir qo‘shiq kuylanganida aks etdi.
Konsert dasturida “Bravo” kulgi jamoasining a’zolari va aktyor, boshlovchi Dilshod Mirzamurodovlar boshlovchilik qildi. Ularning chiqishlari xonandaning muxlislariga jonli ijroda qo‘shiqlar kuylatishgani bilan esda qoldi.
Video reportaj davomida konsert dasturida raqslarni sahnalashtirgan raqqosa Zarina Ahmedova dasturda xilma-xil qo‘shiqlar kuylangani uchun raqqosa qizlar kiyim almashtirishga ulgurishi qiyin bo‘lganini, konsert bosh rejissori Sunnat Namozor esa dastur qo‘shiqlari orasida birortasi ham o‘zgarmaganligini, ya’ni birinchi kunda repertuar qanday bo‘lsa qolgan uch kunda ham xuddi shunday, o‘zgarishsiz qolganligi va bu juda ham yaxshi holat ekanligini ma’lum qildi.
Dastur so‘ngida “Pari-pari” hamda “Bulut” deb nomlangan raqsbop taronalar kuylanishi bilan deyarli butun zal ushbu qo‘shiqlarga raqsga tushishdi.
Xonanda Bahrom Nazarovning konsert dasturi shunday o‘tdi. | 111 | 4,134 |
Madaniyat | “Oskar”da eng yaxshi film bilan chalkashlikka kim sababchi bo‘lgani ma’lum bo‘ldi | “Oskar” kino mukofoti sovrindorini aniqlab beruvchi ovoz berish yakunlarini kuzatib boruvchi PriceWaterhouseCoopers (PwC) auditorlik kompaniyasining Amerikadagi bo‘linmasi raisi Tim Rayan mukofotni topshirish marosimidagi chalkashlikka insoniy faktor sababchi bo‘lgani — “Eng yaxshi film” nominatsiyasida mukofot sovrindorini e’lon qiluvchi kishiga konvertni PwC vakili topshirganini aytdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
“Marosim yakunida biz insoniy faktor tufayli kelib chiqqan xatolikka yo‘l qo‘ydik”, — dedi Rayan USA Today nashriga bergan intervyusida. Uning qo‘shimcha qilishicha, ular xatolik yuz berganini anglashi bilan darhol bu haqda ma’lum qilishga shoshilgan.
“Biroz tartibsizlik yuzaga keldi, va biz sahnaga chiqib, xatolik haqida odamlarga e’lon qilganimizcha, ancha vaqt o‘tib ketdi”, — dedi Rayan.
Avvalroq PwC xatolikdan aziyat chekkan ikkala film yaratuvchilaridan, boshlovchilardan, shuningdek, shou tomoshabinlaridan uzr so‘rab, hodisa yuzasidan tekshiruv o‘tkazishini ma’lum qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, marosim chog‘ida sahnadan “Eng yaxshi film” nominatsiyasida “La-La Lend” g‘olib bo‘lgani haqida e’lon qilingach, kartina prodyuseri mikrofon qarshisiga kelib, xatolik yuz berganini aytgandi. Ma’lum bo‘lishicha, tashkilotchilar konvertlarni chalkashtirib yuborgan, va aslida esa eng yaxshi kartina deya “Oy shu’lasi” e’tirof etilgan. | 81 | 1,365 |
Madaniyat | Gollivudning eng ko‘p haq oladigan yulduzlari e’lon qilindi (foto) | Amerikaning Variety nashri mashhur aktyorlarning yaqin vaqt ichidagi filmlar uchun olgan gonorarlarini ma’lum qildi. AdMe ana shu yulduzlar va ularning gonorarlariga e’tibor qaratdi. | 66 | 182 |
Madaniyat | Sardor Milano “Novaya volna” tanlovi finaliga yo‘l oldi | Ommabop musiqa yosh ijrochilarining “Novaya volna” tanlovi yarim finali yakunlandi. Finalga yo‘l olganlar orasida “Glavnaya ssena” g‘olibi va “Golos” shousi finalchisi o‘zbekistonlik Sardor Milano ham bor, deya xabar beradi “1news.uz”.
U bilan birgalikda keyingi bosqichga chiqqanlar safida Syuzanna Melkoyan (Armaniston), Rustem Jugusov (Qozog‘iston), DoReDos guruhi (Moldova), Lilu (Vyetnam), Artyom Ivanov (Ukraina), Yekaterina Rishkova (Ruminiya) va boshqalar ham bor.
Tanlov 16 dan 35 yoshgacha bo‘lgan ijrochilar uchun mo‘ljallangan. Endi barcha ishtirokchilar belgilangan muddatda final uchun tayyorlangan repertuarlarini shakllantirishi lozim.
“Novaya volna” tanlovi finali 8—15-sentabr kunlari Sochida bo‘lib o‘tadi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 55 | 799 |
Madaniyat | Yubileyini nishonlayotgan Yulduz Usmonovani qanday tabriklashmoqda? | 12-dekabr, chorshanba kuni O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova tug‘ilgan kunini nishonlamoqda, deb yozadi Sputnik.
O‘zbekiston va boshqa davlatlardan millionlab muxlislar o‘zbek estradasi primadonnasiga o‘z tabriklarini yo‘llamoqda.
Nilufar Usmonova Instagram’dagi sahifasida onasini tabriklab, onasi juda yosh ekanligida tushgan suratini joyladi. Surat bir necha soatdayoq 12 mingdan ortiq “layk” to‘pladi.
O‘zbek komik aktrisasi Halimaxon Ibrohimova Instagram’dagi sahifasiga Yulduz Usmonovaning tug‘ilgan kunida olingan videoni joylashtirdi. Videoda Yulduz Usmonovaga yaqinlaridan chiroyli tort taqdim etilganligini ko‘rish mumkin. Tort ustida 19 raqami tasvirlangan shamlar ham bor. “19 bahoringiz muborak”, — deb yozgan Halimaxonim o‘z sahifasida.
View this post on Instagram
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova 1963-yilda Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan. Uning bir nafar qizi — Nilufar Usmonova va besh nafar nabirasi bor.
Yulduz Usmonova Tojikiston va Turkmaniston xalq artisti va Qozog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist unvonlariga ega. | 67 | 1,068 |
Madaniyat | “So‘nggi olti oy ichida ilk marta jonli kuylagan Ozodbek Nazarbekov va bepul jonli ijrodagi gala konsert” Ochiq osmon ostidagi ilk konsertdan fotoreportaj | Xalqlar do‘stligi san’at saroyi maydonida ilk marotaba ochiq osmon ostida konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Jurnalist Feruz Muhammad ushbu dasturdan “Daryo” uchun maxsus reportaj tayyorladi.
Madaniyat vazirligi hamda “O‘zbekkonsert” DM tomonidan ilk marotaba tashkillashtirilgan ushbu dastur jonli ijroda bo‘lib o‘tdi.
Dasturda yosh xonandalardan tortib O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovgacha chiqish qilishdi.
Mazkur konsert dasturi haqida sentabr oyining so‘nggi kunlarida e’lon qilinishiga qaramasdan, dasturda ko‘plab muxlislar xonandalarning jonli ijrodagi chiqishlaridan bahramand bo‘lishdi. Bizningcha keyindi dasturda muxlislar soni bundan ham ko‘p bo‘ladi.
Ozodbek Nazarbekovning chiqish qilishi muxlislar tomonidan juda ham iliq kutib olindi. Ozodbek Nazarbekov “Majnuntolning novdalari” qo‘shig‘idan so‘ng hazil aralash “ochig‘ini aytsam, so‘nggi olti oy mobaynida deyarli jonli ijroda qo‘shiq aytmadim, shuning uchun qo‘shiq so‘zlari ham esimdan chiqishi mumkin, kelinglar birgalikda kuylaymiz”, deya “Kelgin gulim” taronasini kuyladi. Ushbu taronaga barcha muxlislar jo‘r bo‘lishdi.
Ochiq osmon ostida bo‘lib o‘tgan dasturda nafaqat professional ijodkorlarga, balki havaskor muxlislarga ham kuylash imkoni berildi.
Shuningdek, dasturda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Alisher Fayz, Abdurashid Yo‘ldoshev, Milena Madmusayeva, Yahyo Mo‘minov, estrada xonandalari Bahrom Nazarov, Dilshodbek Yunusov, Malika Egamberdiyeva, Dilnoz, Bekzod Eshonov singari bir qancha ijodkorlar jonli ijrodagi mahoratlarini namoyish qilishdi.
“O‘zbekkonsert” DM matbuot xizmatining ma’lumotiga qaraganda, ochiq osmon ostida bo‘lib o‘tadigan, barcha muxlislar uchun tekin bo‘lgan bunday dasturlar an’anasi hali uzoq davom etishi rejalashtirilgan. | 154 | 1,756 |
Madaniyat | Tiktoker hamda cover qo‘shiqlar ijrochisi Baby Mohi turmushga chiqdi (foto, video) | Internet kuzatuvchilariga Baby Mohi taxallusi bilan yaxshi tanish bo‘lgan tiktoker va instabloger Mohlaroyim 22-iyun kuni turmushga chiqdi. Uning nikoh to‘yi muhtasham Tashkent city’ning hovlisida o‘tkazildi. Cover qo‘shiqlari bilan mashhur bo‘lgan Baby Mohi uch yillik sinovlardan so‘ng Jasur Hurriyatov bilan oila qurdi. Bu kun Mohlaroyim uchun qo‘shaloq bayram bo‘ldi. Ya’ni u nikoh to‘yi bilan birga tavallud kunini ham nishonladi.
Uning qo‘g‘irchoq kelin uslubini mahoratli stilist Azamat Zayniddinov yaratdi.
Baby Mohi turmush o‘rtog‘i Jasur Hurriyatov bilan 2019-yili tanishgan va to‘ydan avval biznes hamkorlikni yo‘lga qo‘yishgan. Kelin-kuyovlar brend liboslar savdosi bilan ham shug‘ullanishadi.
Shov-shuvli to‘yga taniqli blogerlar, vaynerlar va san’atkorlar tashrif buyurishdi. Suratlarga qarab, to‘y yoshlarbop, ko‘tarinki kayfiyatda o‘tganini payqash qiyin emas.
Instabloger Ozoda Baby Mohi’ga bejirim uzuk hadya etdi.
To‘y nafis va romantik ruhda o‘tdi. Kelin-kuyov “Seni Seviyorum” qo‘shig‘iga valsga tushishdi.
Baby Mohi to‘yida ham Instagram orqali jonli efir o‘tkazdi. Bundan hech kim ajablanmagan bo‘lsa kerak. Axir kelin 1 million obunachiga ega instabloger ekanligini ko‘pchilik biladi-ku.
Baby Mohi’ning kelin obrazi ko‘pchilikka ma’qul keldi. Instagram kuzatuvchilari ikki yoshga baxt tilashdi. | 82 | 1,325 |
Madaniyat | Joan Rouling, Silvestr Stallone, Xyu Jekman va jahon yulduziga aylangan boshqa sobiq o‘qituvchilar (foto) | Bugungi qahramonlar maktabning oddiy o‘qituvchilaridan dunyoga mashhur yulduzlariga aylangan. Harper’s Bazaar Kazakhstan nashri ularning qanday qilib o‘z hayotlarini tubdan o‘zgartirishga muvaffaq bo‘lgani haqidagi hikoyalar bilan bo‘lishdi.
Jin Simmons
Minglab odamlar oldida grim va charm shimlarda chiqishdan oldin Kiss rok guruhining vokalchisi Nyu-Yorkning Upper West Side shahridagi davlat maktabida olti oy dars bergan.
“Olti oydan keyin ketganimning boisi, men nega o‘qituvchi bo‘lganimning haqiqiy sababini topgandim, — dedi Simmons 1978-yil iyun oyida bergan intervyularidan birida. — Sababi men sahnaga chiqishni va odamlarning menga e’tibor berishini xohlardim. Maktabda sahna juda kichkina bo‘lgani uchun ketishga majbur bo‘ldim. Men uchun 40 ta odam kamlik qildi, ular 400 mingta bo‘lishi kerak edi”.
Silvestr Stallone
18 yoshida “Rokki” serialining ijodkori Shveysariyadagi qizlar internat maktabida jismoniy tarbiya o‘qituvchisi va yotoqxonada nazoratchisi sifatida ishlagan. Ta’lim muassasasida ishlash unga aktyorlikka bo‘lgan muhabbatini topishga yordam berdi. Silvestr bu yangi sevimli mashg‘ulotiga jiddiy yondashdi va hatto Mayami universitetiga o‘qishga kirdi.
Sheril Krou
O‘tgan asrning 80-yillarda bo‘lajak to‘qqiz karra “Gremmi” g‘olibi butun ish haftasida musiqadan dars bergan va dam olish kunlarida konsertlar taqdim etgan. Keyinchalik qo‘shiqchi o‘qituvchilik faoliyatini tark etdi va o‘zini butunlay musiqaga bag‘ishladi.
Billi Kristal
Mashhur aktyorning hayotini tashkil etuvchi ko‘plab qiziqarli voqealar orasida uning Long-Bichda o‘qituvchi yordamchisi bo‘lib ishlagan davrini topish mumkin. Bu, albatta, “Oskar” marosimida to‘qqiz marta ishtirok etgan va Jey Lenonning “Kechki shou”sida birinchi mehmon bo‘lgan odam uchun ajoyib hikoya.
Stiven King
O‘zining g‘ayritabiiy dahshatli romanlari bilan tanilgan King 1971-yilning kuzida yozuvchi sifatidagi faoliyatini to‘xtatib, dars berishni tanladi. Stiven Men shtatidagi Xampden akademiyasida o‘rta maktab ingliz tili o‘qituvchisi edi. U 1973-yil bahorigacha o‘qituvchilik qilishni davom ettirdi, faqatgina “Kerri” romanining katta sotuvi uni ishdan bo‘shatib, to‘liq vaqt davomida yozishni boshlashga majbur qildi.
Xyu Jekman
Gollivudning taniqli yulduziga aylanishdan oldin Jekman 1987-yilda Uppingham School deb nomlangan Britaniya maktab-internatida o‘qituvchi yordamchisi bo‘lib ishlagan. Aktyorning o‘zi 18 yoshli avstraliyalik bo‘lib, u britaniyalik bolalarga ingliz tilini o‘rgatgan, rostini aytganda, bu unga unchalik yoqmagan.
Liam Nison
O‘nlab yillar davomida Gollivud aktyori bo‘lish Nisonning o‘qituvchilik uchun sarflagan ikki yili bilan solishtirganda hech narsa emas. Nison 15 yoshli o‘spirin unga pichoq o‘qtalgani uchun mushtlashgan voqeani aytib, o‘qituvchilikni o‘zi bajargan “eng og‘ir ish” deb ataydi.
Joan Rouling
1990-yilda Rouling Garri Potter haqidagi g‘oyani Manchesterdan Londonning King-Kross poyezdiga o‘tirganida o‘ylab topgan. Rouling keyingi besh yil davomida o‘zining juda muvaffaqiyatli kitoblar to‘plamini rejasini tuzdi. Bu vaqt ichida u ingliz tilini o‘rgatish uchun Portugaliya shimoliga ko‘chib o‘tdi.
So‘ngra u turmushga chiqdi, qizi dunyoga kelgach ajrashdi va Edinburg maktablarida dars berish uchun Buyuk Britaniyaga qaytib keldi va iloji boricha ko‘proq yozishga harakat qildi. Uning dars berishni tanlashi omon qolishga yordam bergan bo‘lsa, Garri Potter haqidagi asarlar to‘plami jahonga mashhur qildi. | 105 | 3,441 |
Madaniyat | Mukammal makiyaj ham yoshga yosh qo‘shishini isbotlaydigan suratlar Gollivud yulduzlari misolida (foto) | Har qanday ayol uydan chiqish vaqtida makiyaj qilishga odatlangan. Yulduzlar esa buning uchun ko‘proq vaqt ajratadi. Ammo makiyaj har doim ham tashqi ko‘rinishni yaxshilay olmaydi. Aslida yulduzlar katta taqdirlash marosimlarida emas, balki uyda yoki ta’tilda makiyajsiz yuz bilan yoshroq ko‘rinishga ega.
Bella Xadid, 24 yosh
Dua Lipa, 25 yosh
Xolzi, 26 yosh
Emma Uotson, 30 yosh
Rianna, 32 yosh
Kesha, 33 yosh
Eshli Grehem, 33 yosh
Ledi Gaga, 34 yosh
Gal Gadot, 35 yosh
Mila Kunis, 37 yosh
Jessika Alba, 39 yosh
Adriana Lima, 39 yosh
Kristina Richchi, 40 yosh
Sara Mishel Gellar, 43 yosh
Riz Uizerspun, 44 yosh
Dryu Berrimor, 45 yosh
Keyt Bekinseyl, 47 yosh
Xaydi Klum, 47 yosh
Kameron Dias, 48 yosh
Jennifer Lopes, 51 yosh
Juliya Roberts, 53 yosh
Sindi Krouford, 54 yosh
Salma Xayek, 54 yosh | 103 | 816 |
Madaniyat | Jennifer Lopez Nyu-Yorkda 22 million dollarga “aqlli” uy sotib oldi | Qo‘shiqchi Jennifer Lopes Nyu-Yorkda 22 million dollarga pentxaus sotib oldi, deya xabar bermoqda Segodnya.ua. U Bill va Hillari Klintonlarning qizi — Chelsi Klintonning yangi qo‘shnisiga aylandi.
Ikki qavatni egallagan 580 metr² maydonga ega uyda to‘rtta yotoqxona, oltita vannaxona bor. Uydan Medison-skver bog‘i manzarasi ko‘rinib turadi. Xonadonda, shuningdek trenajyor zali va shaxsiy lift mavjud.
Xonandaning yangi uyiga uy egasiga o‘z iPhone va iPad’lari yordamida yorug‘lik, musiqa va isitish tizimini boshqarish imkonini beruvchi “aqlli uy” tizimi o‘rnatilgan. | 67 | 570 |
Madaniyat | O‘zbekistonlik rejissorlarning “Quduq” va “Tog‘a” filmlari Rossiyadagi “Kinoshok” festivalida ishtirok etadi | 2014-yilning 21—30-sentabr kunlari Rossiya janubidagi Anapa shahrida MDH, Boltiqbo‘yi davlatlari va Gruziyaning “Kinoshok” nomli XXIII Ochiq festivali o‘tkaziladi. Tadbirda O‘zbekiston rejissyorlari tomonidan yaratilgan kinokartinalar ham ishtirok etadi. Bu haqda Uzbekistan Today axborot agentligi xabar bermoqda.
Kinoforum doirasida to‘rt xil tanlov bo‘lishi kutilmoqda. Asosiy tanlovda Mansur Vasatining “Quduq” filmi (O‘zbekiston) ishtirok etadi. “TV-shok” tanlovida esa Javohir Qosimov rejissorligi ostida “O‘zbekfilm” studiyasida suratga olingan “Ziyoda” kinokartinasi taqdim etiladi.
“KinoMaliShok” festivalida Rashid Malikovnig “Tog‘a” filmi g‘oliblik uchun kurash olib boradi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq mazkur tragikomediya Irkutsk shahrida bo‘lib o‘tgan “Oila davrasida” nomli xalqaro teatr va kino festivalining to‘liq metrajli kino yo‘nalishi Gran-Prisini yutib olgan edi.
Ma’lumot uchun, “Kinoshok” festivali doirasidagi tadbirlar keng qamrovligi va ochiqligi bilan ajralib turadi. U tanlov va tanlovdan tashqari taqdimotlar, aktyorlar bilan jonli muloqot, kino sohasi vakillarining ijodiy kechalari, gala-konsert kabi ko‘plab tadbirlarni o‘z ichiga oladi. | 108 | 1,170 |
Madaniyat | Instagram: Muqaddas Sa’dullayeva Rayhon bilan qanday munosabatda? Mavluda Asalxo‘jayeva tug‘ilgan kunini nishonladi, Nargiza Salmonova ajrashdimi? | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Ozoda Nursaidova folloverlariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi.
Munisa Rizayeva ozish uchun qanday mahsulotlar iste’molidan tiyilayotgani haqida so‘zlab berdi.
Kaniza yangi suratini “Insonlar kuchsizligidan yig‘lamaydi, ular uzoq vaqt kuchli bo‘lganidan yig‘laydi”, deya izohladi.
Qiziqchi G‘ayrat Ahmedov futbol bo‘yicha O‘zbekiston va Iordaniya terma jamoalari o‘yini natijasiga bag‘ishlangan hajviya tayyorladi.
Shahzoda har doim qizaloqning onasi bo‘lishni orzu qilgani, biroq Alloh unga ikki o‘g‘il farzandni bergani, bu esa o‘ziga xos imkoniyat ekanligi haqida mulohaza yuritdi.
Nargiza Salmonova bir necha haftadan beri Toshkentda bo‘lgani uchun ayrim kuzatuvchilari uning turmush o‘rtog‘i bilan ajrashganini taxmin qilayotgan edi. Aktrisa bunday mish-mishlar o‘rinsiz ekanligini ma’lum qildi.
Aktrisa Durdona Qurbonova hayotida eng qo‘rqqan ishini birinchi marta qilib ko‘rdi: U paraplanda parvoz qildi.
Aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva turmush o‘rtog‘ining birinchi rafiqasi Rayhon bilan munosabatlari haqidagi savolga javob berdi.
Shuningdek, aktrisa Rayhonning egizaklarini yaxshi ko‘rishini bildirdi hamda o‘g‘li Abubakrning akalari bilan tezroq ko‘rishishini istashini ham yashirmadi.
15-oktabr kuni Mavluda Asalxo‘jayeva tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. | 146 | 1,413 |
Madaniyat | Britni Spirs Anjelina Joli va Bred Pittlar oilasida enaga bo‘lib ishlamoqchi | Britni Spirs o‘zining muxlislarini hayratda qoldirishni davom ettirmoqda. Qo‘shiqchi Anjelina Joli va Bred Pittlarning oilasida enaga bo‘lib ishlashni istayotganligini bildirdi. Bu haqda “Segodnya.ua” xabar beradi.
“Bred Pitt bilan avvalroq uchrashganman, biroq men uning oilasi bilan yana uchrashishni va ularning farzandlariga enagalik qilishni istardim”, — deydi 33 yoshli qo‘shiqchi.
Britnining o‘zida ikki nafar o‘g‘il farzand bor. Ular 9 yoshli Shon va 8 yoshli Jeydenlardir. | 76 | 482 |
Madaniyat | “Elchining qizi”ni sevib qolgan Gediz — Uraz Kaygilarog‘lu: Aktyorlikni tanlagan sportchi | Turkiyalik aktyor Uraz Kaygilarog‘lu o‘zbek tomoshabinlariga “Elchining qizi” teleserialidagi Gediz obrazi bilan yaxshi tanish. Tomoshabinlar bir necha oydan beri Nare — Sanjar — Gedizdan iborat muhabbat uchburchagi atrofida yuz berayotgan voqea-hodisalarni katta qiziqish bilan tomosha qilmoqda. Quyida Gediz obrazi bilan millionlab muxlislar orttirgan Uraz Kaygilarog‘luning hayot va ijod yo‘liga nazar tashlaymiz.
Uraz Kaygilarog‘lu 1987-yil 30-iyulda Istanbulda tug‘ilgan. Bolaligi Marmar dengizi qirg‘og‘ida o‘tgan Uraz otasidan juda kichikligidayoq ayrilib qoladi. Aktyor dastlab sport sohasiga qiziqib, maxsus sertifikat egasiga aylanadi. Keyinchalik reklama sohasida faoliyat yuritish uchun Istanbulning Bilgi universitetida tahsil oladi.
foto: Getty Images
Mutaxassisligi boshqa bo‘lgan Urazning kino san’atiga ilk qadami 2008-yil “Es-es” filmi bilan boshlandi. Oradan bir necha yil o‘tib “Ajdaho yo‘li” trillerida jurnalist obrazida ko‘rinish berdi. Shundan keyingina Urazni bir qancha reklama roliklariga taklif etishdi. Birin-ketin ijro etilgan dramatik rollaridan keyin Murat Sheker hamda Ali Tanriverdi ssenariylari asosida “Bosh qahramonlar” komediyasida bosh rolni o‘ynashga muvaffaq bo‘ldi.
2014-yilga kelib aktyor shaxsiy hayotida yangilik yuz berdi. U umr yo‘lida o‘ziga yo‘ldosh qilib aktrisa Melis Ishitenni tanladi. Afsuski, ular oila qurganiga roppa-rosa 5 yil to‘lganida kelishuv asosida nikohni bekor qilishga qaror qilganligini ommaga e’lon qildi.
“Biror narsa deyish qiyin. Ammo yo‘limizning boshidan bizga do‘st bo‘lganingiz uchun sizlarga aytdik. Qizimizni alohida uylarda tarbiya qilishga kelishib oldik. Muhabbatimizni saqlab qolish uchun bir-birimizni ranjitmasdan, bezor qilmasdan, yomon ko‘rmasdan ayrilmoqdamiz. Eng muhimi, qizalog‘imiz Adaning baxtsiz bo‘lmasligi uchun vidolashyapmiz”, – deydi Melis Ishiten.
Uraz ham bu borada hech kimni ayblamadi: “Albatta, bunday bo‘lishini istamas edik. Hech kim xohlamaydi. Ammo insonmiz. Ruh! Qalb! Oldindan nima bo‘lishini bila olmaysan. Bir-birimizni juda go‘zal sevdik. Lekin oilani asrab qolish qiyin ekan. Nachora, yo‘lda faqatgina sevgi bilan davom etamiz.”
“Elchining qizi” serialidan kadr.
Shu tariqa 2019-yil Uraz hamda Melisning yo‘li ajraldi. Oradan bir yil o‘tib Uraz va bloger Mehtap Algul orasidagi ishqiy munosabatlar haqida shov-shuvlar paydo bo‘ldi.
Yulduz intervyularining birida o‘zi haqida tarqalgan mish-mishlarni rad etdi. Shuningdek, sevimli mashg‘uloti tavla chalish, taom tayyorlash hamda sayohat bo‘lgan Uraz hanuzgacha juftini topmaganligini ta’kidlab o‘tdi.
Uraz “Elchining qizi” teleseriali rejissori Emre Karabusak bilan qalin do‘st. U rejissor bilan birga tushgan suratlari bilan tez-tez bo‘lishib turadi.
View this post on Instagram | 89 | 2,756 |
Madaniyat | Anjelina Jolining bolalari yangi “Kung-fu Panda”ga ovoz berdi | Shu kunlarda Anjelina Joli “Kung-fu Panda”ning uchinchi qismiga ovoz berish ishlarini yakunlaganligini ma’lum qildi. Multfilmda u yana urg‘ochi yo‘lbarsga ovoz berdi, deb xabar qiladi “Segodnya.ua”.
Joli, shuningdek, multfilm tomoshabinlari Poning sarguzashtlarini kuzatish davomida uning bolalarining ovozini ham eshitishi mumkinligini qo‘shimcha qildi. Undagi qahramonlarga ovoz berishda Paks, Zaxara, Shaylo va Noks o‘zini sinab ko‘rishga rozi bo‘ldi.
“Ular juda uyalishdi. Aslida ularning aktyor bo‘lish niyati yo‘q, biroq men ularning ‘Panda’ga ovoz berishdek qiziqarli imkoniyatni qo‘ldan chiqarishlarini istamadim. Ular men bilan birga studiyaga keldi. Barchasi yaxshi va qiziqarli bo‘ldi”, — deydi Joli.
“Kung-fu panda-3” filmi dunyo prokatiga 2016-yilning 28-yanvarida chiqadi. | 61 | 787 |
Madaniyat | “Kavkaz asirasi” filmi yulduzi Natalya Varley 73 yoshga to‘ldi (foto) | “Kavkaz asirasi” filmidagi Nina obrazi bilan yaxshi tanish bo‘lgan Natalya Varley 22-iyun kuni 73 yoshni qarshiladi.
Natalya 1947-yilda Ruminiyaning Konstansa shahrida dunyoga kelgan. Bolaligidan ijodga qiziqqan bo‘lajak aktrisa she’r yozish, surat chizish, musiqa hamda akrobatika bilan shug‘ullangan. Maktabni bitirganidan keyin Moskva sirk va estrada san’ati bilim yurtiga qabul qilingan.
U aktrisalik faoliyatini 1966-yilda filmlarda epizodik rollarni ijro qilishdan boshlagan. Haqiqiy omad esa 1967-yilda suratga olingan va hali hanuz muxlislar uchun sevimli bo‘lgan “Kavkaz asirasi” filmidan keyin kulib boqqan. Film rejissori Leonid Gayday Varleyda “haqiqiy komsomol” timsolini ko‘rgan.
Ilk muvaffaqiyatidan keyin aktrisa to‘xtab qolmagan. Shukin nomidagi teatr bilim yurtiga keyin bo‘lsa Adabiyot institutida o‘qishni davom ettirgan.
Izlanuvchan aktrisa nafaqat yorqin rollarni ijro qilgan, balki o‘zi ijro qilgan qo‘shiqlar diskini chiqarish, bir qancha xorijiy filmlarga ovoz berish hamda ko‘rsatuvlarda boshlovchilik qilish va teatr fakultetida dars berishga ham muvaffaq bo‘lgan. Shularning o‘z bilan cheklanib qolmagan aktrisa o‘zining biografik “Dorboz” nomli kitobini ham taqdim qilishga ulgurgan.
U uchun muvaffaqiyat olib kelgan Nina obrazi xuddi aktrisa hayotidan olinganga o‘xshaydi. Chunki u darhaqiqat talaba, komsomol hamda sportchi bo‘lishni qoyillatgan. | 69 | 1,382 |
Madaniyat | Toshkentda “Yapon kinosi kunlari” bo‘lib o‘tadi | 24—26-mart kunlari Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida yapon tili va madaniyatiga qiziquvchilar uchun “O‘zbekkino” Milliy agentligi bilan hamkorlikda “Yapon kinosi kunlari” bo‘lib o‘tadi, deya xabar beradi “Jahon” axborot agentligi.
“O‘n olti yoshlilar uchun Busido” filmidan lavha
O‘zbek kinoixlosmandlari e’tiboriga yapon rejissorlarining beshta — ikkita badiiy va uchta animatsion filmlari havola etiladi.
Filmlarda yapon maktablarining hozirgi ahvoli, jamiyatdagi dolzarb muammolar va albatta sevgi haqida hikoya qilinadi.
Festival ochilishi 24-mart soat 18:00 da bo‘lib o‘tadi. Birinchi bo‘lib rejissor Tomoyuki Furumayaning “O‘n olti yoshlilar uchun Busido” dramasi namoyish etiladi.
Filmda yapon xalqining g‘alabaga intiluvchanligi hamda ruhiy olami hislatlari yorqin tasvirlab berilgan.
Barcha filmlar yapon tilida rus subtitrlari bilan namoyish etiladi. Toshkentdagi Yaponiya elchixonasining xabar berishicha, namoyishlarga kirish barcha xohlovchilar uchun bepul.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 47 | 1,050 |
Madaniyat | Devid Bekxem Gay Richining qirol Artur haqidagi filmida suratga tushadi | Angliyalik sobiq futbolchi Devid Bekxem rejissyor Gay Richining qirol Artur va Aylana stol ritsarlari haqidagi britan eposi mavzusidagi filmida suratga tushadi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
2013-yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan Bekxemga ikkinchi darajali rol nasib etgan bo‘lsa ham, u Ekskalibur qilichini toshdan sug‘urib olish tasvirlangan sahnada muhim o‘rin tutadi.
Olti qismdan iborat bo‘lishi rejalashtirilayotgan seriyaning birinchisi bo‘ladigan film 2016-yil iyulida ekranlarga chiqishi kutilmoqda. Filmda Jud Lou, Erik Bana, Annabell Uollis, Keti Makgrat, Poppi Delevin va Charli Xannem singari aktyorlar rol o‘ynaydi. | 71 | 642 |
Madaniyat | Sherali Jo`raev: “Mening kimligimni el bilsa bo`ldi...” | O`ylab qarasam, ozmas ko`pmas, o`ttiz yillarning nari- berisida Sherali Jo`raev bilan yaqinligimiz – avvalo muxlislik, hamfikrlik, bordi-keldi ana boringki, aka-ukachilik rishtalarmiz muttasil mustahkamlanibdi. Bu yillarda u kishi bilan juda ko`p diydorlashdik, davomli muloqotlar qildik, safarlarda bo`ldik, dardlashdik, sirlashdik, bahslashdik,so`zssiz gaplashdik, pichirlashdik, o`ksinishdik, arazlashdik, gina -kuduratlashdik, sog`inishdik va hokazo... O`rni kelganda aytib qo`yay, men hech qachon, Sherali Jo`raev bilan yaqinman, deb kibrlangan, havolangan emasman. G`ururlangan, ko`nglim tog`langan bo`lsa bordir, lekin, bu yaqinlikdan babaqxo`rozdek g`o`ddayib, manfaatlar ilinjida tamshanmadim, dovrug`i, imkoniyatlaridan foydalanib qolish payida tulkidek turlanib, tuslanmadim. Ixcham qilib bir gap aytay – barcha buyuk nomdor, mashhur kishilarga yaqinlikning zavq - shavqi, o`ziga xos lazzati bo`lishi bilan barobar, mas`uliyati, javobgarlik yuki ham oz emas.
*** *** ***
Odamlar nazariga tushish uchungina qo`shiqchi bo`lish harakatidagilarni Sherali Jo`raevga taqqoslash qanchalar mantiqsiz ekanini yillar, sahnalar, teleekran, radio to`lqinlar yaqqol isbotladi. Millatning ruhi va g`ururini ko`tarish, or nomusini tiklash, dardlariga malham bo`lish borasida uning beqiyos xizmati borki, bu shunchaki odamlar og`ziga tushish uchungina sahnaga chiqqan xonandaning qo`lidan kelmasdi.
Sherali Jo`raev sahnada paydo bo`lgan davr – yarim asr mobaynida o`zbek milliy qo`shiqchilik olamida iftixorimizga aylangan, hurmat - ehtiromga sazovor bir guruh usta san`atkorlar avlodi shakllandi. Tavakkal Qodirov, Faxriddin Umarov, Kamoliddin Rahimov, Ortiq Otajonov, Dadaxon Hasanov, Xayrulla Lutfullaev, Olmaxon Hayitova, Bobomurod Hamdamov, O`rinboy Nuraliev, Nuriddin Hamroqulov, G`ulomjon Yoqubov, Muhabbat Shamaeva, Ahmadjon Shukurov, Ikromjon Bo`ronov, Habiba Oxunova kabi fidoyi san`at darg`alari muhiti, hech shubhasiz, Sherali Jo`raevning kamolga etishishida muhim rol o`ynadi. U yuqorida nomlari keltirilgan san`atkorlardan xoli tarzda, o`z –o`zicha peshqadam, ilg`or, avangard bo`la olmasdi, albatta. Unga yana Ma`murjon Uzoqov, Komiljon Otaniyozov, Rasulqori Mamadaliev, Barno Isoqova va boshqa shu kabi madaniyatmiz, san`atimiz va ma`naviyatimiz salaflariga rostmana murid bo`lish, o`sha pokiza buloqlardan qonib suv ichish tolei, baxti nasib etdi.O`sha etuk muhitda unib o`sarkan, pirovard uning o`zi ham chaqmoqdek chaqnab, momaqaldiroqdek gulduros solib maydonga tushdi.
*** *** ***
1966 yilgi Toshkent zilzilasi vayronalarini bartaraf qilishda jonbozlik ko`rsatgan mehnatkashlarga qarata teleekran orqali aytgan “Xormangiz” qo`shig`i bilan Sherali Jo`raev san`at olamiga dardkash ashulachi sifatida muvaffaqiyatli kirib kelgan bo`lsa, 1968 yili yangragan Erkin Vohidovning “O`zbegim” qasidasi, Abdulla Oripov qalamiga mansub “Birinchi muhabbatim” qo`shig`i orqali uning nomi favqulodda yangi ovoz, o`z zimmasiga komil javobgarlikni olgan xalqchil, dardmand xonanda darajasida dovruq qozondi.
*** *** ***
Sherali Jo`raevning boshidagi g`urralar, ehtimol, dastlab “O`zbegim” qasidasidan boshlangandir?. Bu borada Sherali Jo`raev atoqli va ardoqli shoir Erkin Vohidov bilan “g`urradosh”.
O`zbegim qo`shig`i ijrosidan so`ng Sherali Jo`raev katta- kichik idoralar, maxsus xizmat (kimdir kuch ishlatar mahkama deb o`rinli aytgan) tashkilotlarga 16 marta tushuntirish xatlarini yozdi. Erto`lalarda so`roq - savol berdi. Keyin tazyiqlar, qadam olishini zimdan kuzatishlar, qovoq solishlar, o`zini, yuzini chetga olishlar, bosh likillatishlar, turtki - surtkilar boshlandi.
She`r mualifi Erkin Vohidovga kelsak, millatchi sifatida bir yoqlik bo`lishi arafasida uni millatparvar inson, balogardon va xaloskor zot O`zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi sekretari Sharof Rashidov qutqarib, saqlab qoldi.
Kunlardan birida Sherali Jo`raev teleekran orqali “Men bugun 40 yoshimga qaytdim, bundan 30 yil oldin bir - ikki marta odamga o`xshab televizorga chiqqan edim. Keyin... bu yog`ini so`ramanglar”, deya bekorga aytmadi. So`ramanglar, degan “buyog`i” Sherali akaning uqubatli, dilgir yillari edi, desak xato emas.
Men va men kabilar Sher aka huzuriga har gal doim birdek shodmon kayfiyatda, ulug` hofiz oldiga ketayotganmizdan dimog`imiz chog`, xuddi dunyoda iztirobi, muammosi yo`q odamning yoniga borayotgandek bo`lardik. U ko`rkam hovlisida chiroyli dasturxon yozib, noz-ne`matlar, shirin taomlar bilan bizni kulimsirab kutib olardi-yu baribir ko`nglidagi g`ashlik, ko`zidagi mungrayish, so`zidagi xo`rsinishlarni yashirolmasdi.
Uning iztirob xalqobiga cho`milib olgandek ma`yus ko`zlariga qarab, ichim bir titranib olardi.
Bir borsam, Hazrat Alisher Navoiyning “Meni men istagan o`z suhbatiga arjumand etmas, meni istar kishining suhbatin ko`nglum pisand etmas”, degan satrlarini takrorlab o`tirgan ekan, boshqa safar, beixtiyor “Bir nafas evrulmadi davron mening komim bila” degani qulog`imda qoldi...
Ro`shnolikka intizor, haqiqatga tashna, yo`qchilikdan ezilgan, to`qchilikdan umidvor kishilarning ko`nglini olish, ularga, hech bo`lmaganda, xush kayfiyat bag`ishlash niyati bilan yo`g`rilgan ijod sohibidan, ba`zan uning odamoviligi uchun, hafa bo`lmaslik kerak, degan bo`lardim.U bir guruh kimsalardan yotsirab, o`zini chetga olgan bo`lsa bordir, lekin bor ijodiy imkoniyatini odamlarning g`ururini uyg`otish, hayotini tuzatish, farovon va to`kin qilishga bag`ishlaganini inkor etib bo`lmaydi.
“Bobodehqonim” qo`shig`ini eshitib, 11 farzandning otasi, oltiariqlik dehqon Hayitvoy suvchining elkalari titrab yig`lagani kechagidek ko`z o`ngimda. “Ona Turkiston”, “Orolim”, “Avvalgilarga o`xshamas”, “El bilsa bo`ldi”, “Ketma bahor”, “Ko`nglimda armon yotar”, “ Vatandan yaxshi yor bo`lmas”, “Ne poya urdim yo`lida”, “Achchiq haqiqat” va boshqa o`nlab, yuzlab qo`shiqlar yoppasiga ko`ngildagi gaplar asosiga qurilgan bo`lib, ayni paytda, bu ashulalar mana shu xalqning hayotga bo`lgan munosabati, dunyoqarashining o`zgarishida, tafakkurining yangilanishida, ijtimoiy loqaydlik balosidan qutilishida turtki, da`vatkor kuch bo`la oldi.
So`zlar, qo`shiqlar- ku o`z yo`lida, hayotning barcha mehnat - zahmatlarini boshidan o`tkazgan, turmushning azobli va fojiaviy jihatlarini ravshan, nozik tushungani boismikin, hatto savqi tabiiy o`tli nolalari bilan ham gurras -gurras, dardmand muxlislarni necha o`n yillar davomida hofiz o`zi bilan mudom ergashtirib keldi. “Ovozning, so`zning, hatto harfning ham o`z rangi, yuki, talaffuz ohangi bo`ladi. So`zni urg`ulash, jilolash judayam nozik ish, deganda hofiz qanchalar haq.
“Muhabbatga yaqinlardir” qo`shig`ida “Ahdidan qaytmagandan ayt” degan satr bor. Ba`zan uni hofiz “Ishqidan qaytmagandan ayt”, deb o`zgartirib ham aytadi. Shu satrda g`alati salobat sezaman. Bir jihatdan ushbu satr Sherali Jo`raevning o`ziga nisabatan aytilganga ham o`xshaydi. Kun yo`q ediki, oy yo`q ediki, yil yo`q ediki, Sherali Jo`raev qarshiliklar, to`siqlarga uchramagan bo`lsin. Bir to`siqlarki, ular hofizdan hecham ko`z uzmadi. To`siqlar unga soyadek ergashdi. To`siqlarning ikki ko`zi hofizning oyog`ida, bo`g`zida, ovozida, sozida bo`ldi. Shu oyoqdan, shu ovozdan, shu sozdan olsam, chalib yiqitsam dedi u johil to`siq. U o`ta yolg`iz paytlarida ham yolg`iz emas, to`siqlar uning ergashi, yo`ldoshi edi.
Ha, Sherali Jo`raev ahdidan qaytmadi, jaholat ahlining to`siq – istehkomlarini buzib, sovurib, ag`darib o`ta oldi. To`siq odamning aqliga, fikriga, irodasiga, luzumlariga (prinsiplariga), tamoyillariga imtihon ekan, Sherali Jo`raev bu imtihonlardan mardonavor o`tdi. Tuyqus esimga tushdi, 2000 ginchi yilning yoz kunlaridan birida filarmoniyada badiiy so`z ustasi, (konferanse) O`tkir Siddiqov Sherali Jo`raev bilan uchrashib qoldi va uni qattiq bag`riga bosib, beixtiyor:
-Sher, sizning o`rningizda boshqa odam bo`lganida bu azob, malomatlardan allaqachon o`lib ketgan bo`lardi! - deb yubordi.
Sher akaning bu gapdan dili og`rimadi. Tabiatan o`ta samimiy O`tkir Siddiqovning gapini oqko`ngil bir odamning baholiqudrat izhori dili, hofiz irodasiga bildirgan beg`ubor bahosi deb tushunib, miyig`ida kulib qo`ya qoldi.
Ruhiy jarohatlar odamni ramaqijon, bechora qilib qo`yish hech gap emas, albatta. Uqubat yo`llarida o`zini saqlab qololmay abgor bo`lgan, chatnab, parchalanib, ushatilib, yo`qolib- yitib ketgan iste`dodlar, talantlar, qobiliyatlilar qanchadan qancha. Italiya iftixori, buyuk skripkachi Nikollo Paganinining “Qobiliyatlilarga hasad qiladilar, iste`dodlilarga zarar etkazadilar, daholardan qasos oladilar”, degan gapida ozmuncha fojea bormi?
Butun bir taqdirni, qismat yoki kechmishni yoxud og`riqli muammoni bir yoki bir nechta so`z uyg`unligida ilg`ab olish, shu orqali yaxlit bir manzarani yaratish jihatidan Sherali Jo`raev boshqalarga o`xshamaydigan darajada ziyrak. Aytaylik, “Ey shoh, gadoni ko`zga il,.. jonimdan o`tdi damba - dam (Alisher Navoiy) , “Gahi sog`in, na bo`ldi, zorlarni, unutmag`il avvalgi yorlarni” (Bobur) , “Eski do`st” (Sherali Jo`raev), “ Qo`l tegsa titrab qo`ling” (Sherali Jo`raev), “Dardlarning xarobi” (Lutfulla Namangoniy), “”Sani kech topgandim, erta yo`qotdim”(Abdulla Oripov), “Ko`ksimdagi dardimni so`rab, nima qilasan, qayda vafo bormi, deb so`rab nima qilasan?”(Sherali Jo`raev), “Qo`y, qarab g`am yukini bardoshima”(Mashrab), “Mening kimligimni el bilsa bo`ldi” (Omon Matjon), “Surati boshdin oyoq g`arqi latofat ko`rmisham” (Ogahiy), “Bir o`lkaki, qishlarida shivirlar bahor” (Oybek), “ Ko`zlarga boqdim, aylona tushdim, yolg`iz sevilmak o`zingga xosdir, deya zikringda to`lg`ona tushdim” (Sherali Jo`raev), “Qabristonga tobut ichra jim, eshigingdan o`tarman bir kun” (Omon Matjon), “O`zbegim” (Erkin Vohidov), “Birinchi muhabbatim” (Abdulla Oripov), “Davron, meni tark aylama” (Jaloliddin Rumiy), “Yor g`oyib, dard muxliq, xalq g`ofil, naylayin” (Alisher Navoiy) va hokazo.
Umuman, ijodga mana shunday zargarona yondashuv - mahorat, ustalik Sherali Jo`raev fenomenining katta jihatlariga aylandi.
*** *** ***
Buyuk xorg`in...
O`tgan asrning 68-70 yillaridayoq san`atga charaqlab kirib kelgan, ming- millionlarni tong qoldirgan zahmatkash hofizning shahd-shijoatida bugun xorg`inlik, charchoq sezgandek bo`laman. Dadil harakatlardan o`zini tortayotgandek, qo`shiq avjlarini qiyalab o`tayotgandek, Erkin Vohidov lutf qilgani kabi, yoshlar safidan o`chib, ko`ngli yoshlar safiga qo`shilgandek, chora-tadbir –rejalar tongidan o`zini tortib, sukut va tin shomiga cho`mgandek u... Ehtimol, shundaydir, ammo o`zi bo`ladimi, shuncha yil, e`tibor, diqqat, hayrat, mehr-muhabbat avjidan tushmay, odamlar baxti, ro`shnoligi yo`lida zalvorli mashaqqatni bor dilxushliklardan afzal ko`rib yashashning, bu yo`ldagi tug`yonlarga chidab ijod qilishning?! O`zi bo`ladimi?
Agarki, muxlis, tinglovchi og`zidan “Shu Sherali ashulani yurakdan aytadi”, degan gapni eshitib qolsangiz bilingki, hofizning ishq oyati, muhabbat xamirturishiga qorilgan qo`shiqlari sizning ruhingizni alg`ov- dalg`ov qilib, ko`ngil mulkingizga qo`zg`alon solyapti. Ishq oyati dedik. Bu oyat ko`pchilik shoshilib tushungani kabi, o`ldim, kuydim, bag`rimga bir bossam edim, bo`salar og`ushida qolsam edim, qabilidagi shahvoniy, qip-yalang`och- belibos ishqi jazava emas, balki ishqi ilohiy, ishqi dunyoviyning qo`shilgan dahanasi, nuqtasi edi.
Ushbu so`zlarni yozayotib, hayolim Xalq shoiri Muhammad Yusufga ketdi.Qo`shiq yozib bering, debborgan xonanda va xonishchilar uning eshigida doim tirband bo`lardi. Fonotekalar, badiiy kengashlar,studiyalar, shoular, bazmlar, to`yyu tomoshalar Muhammad Yusuf qo`shiqlariga liq to`la edi. Bir gal Andijonning Baliqchisida yurganimizda shoirning armonidan gapirib qolishdi. “Ashulachiman degan borki, mening she`rlarmni qo`shiq qilishga intiladi, afsus, faqat Sher aka birorta she`rimni aytmadi”, degan ekan shoir.
Aynan shunday ijodiy armon yana ikki taniqli shoirni bezovta qilib, diqqatini oshirib kelayotgan ekan. Qilgan ishimdan xursand bo`ldim: Xalq shoiri Iqbol Mirzo va Botir Ergashevni Sherali Jo`raevga ro`para qilib, har ikkisini bitta so`z bilan “ Aka, bular muhabbatga yaqinlardir”, dedim.
Sher aka ularning har ikkalasiga ham dilkash yuzlanish bilan “She`rlardan olib, uyga o`tinglar mehmon qilaman”, dedi. Shunda men Botir Ergashevning yuzida orzu- havaslar bayramga chog`langanlik alomatlarini ko`rdim. Botir sazovor bo`lgan iltifotga ko`z tikkanlar ozmunchami, dedim. Ozmunchalarmi Sherali Jo`raevning qo`lini olsam, tilagini eshitsam, bir chimdim suhbatidan bahramand bo`lsam deya niyat qilgan, yo`l qidirgan, o`rtaga odam qo`ygan, eshigini poylaganlar? Lak-lak odamlarning mehr to`rida, izzat-ikromida, nigohida yashashning o`zi bo`lmaganidek, ularning nazaridan qolmaslik ham oson emas, albatta!
*** *** ***
2017 yili Sherli Jo`raev o`zining 70 yoshidan turib:
-Men yana 40 yoshimga qaytdim!- dedi ko`tarinki, minnatdor, baland tovushda. Bu, chin mehnat va asl talantga yo`g`rilgan ijodiy mahsulot birlamchi ekanini bilgan, shu lafz bilan yaratilgan baland saviyali, milliy qo`shiqlarninggina umri uzoq bo`lishiga so`zsiz ishongan, ishonchdan aslo og`ishmay, chekinmay, faoliyat olib borgan insonning mag`rur, muzaffar tovushi edi!-Bir tomonda Shoxjahon, Zohirshohlarning yo`llari yanayam ochilib, ekran, sahna, efirlarda qo`shiqlari tinmay yangray boshladi. Sher akaning ko`ngli, atrofi, hovlisi gavjumlashdi. Matbuotning unga beradigan yorqin, dilkash savollari ko`paydi.
- Bir tomonda muxlislarning ko`ngli yayrab,“Bor ekan-ku haqiqat!” demoqdalar qiyqirishib, hayqirishib.
Bir tomonda shogirdlarning chehrasi ochilib, ustozni tinmay qutlamoqdalar. Erkin Vohidovning xotira konsertida rejissyor o`rnatgan tartibga ko`ra Sherali Jo`raev 2 dona ashula aytishi kerak edi. Munosib shogird – O`zbekiston xalq artisti, respublika madaniyat vazirining birinchi o`rinbosari Ozodbek Nazarbekov bu tartibga tuzatish kritib:- “Ustoz Sherali Jo`raevga, hayriyatkim, endi cheklovlar yo`q, ular xohlagancha qo`shiq aytsinlar!”, dedi baralla!
Hofiz shundaygaplar aytiladigan dorulomon kunlarni chakana poyladimi, chakana kutdimi? Ijodi dambalanib, kelajagi ko`milib ketishidan havotirlanib, o`kinch, afsus, nadomat yog`ida chakana qovrildimi?!
“Yaxshi ham, yomon ham damlarim o`tdi”, deb xonish qilganida sezgandirsiz, “yaxshi” so`zini qisqaroq, “yomon”ini uzun va cho`zibroq aytganini? “Jonimdan o`tdi dam-badam, bag`rimda qondir taxba-tax”, degan satrning nolai afg`oni yuragingizni sirqiratib, pichoq bilan tilimlab o`tgandek bo`lmadimi?
*** *** ***
Shamol bo`lmasa daraxtning uchi qimirlamasligi bor gap. Barcha mashhur kishilar haqida uzun- quloq gaplar to`lib toshgani kabi, Sherali Jo`raev ham bundan mustasno emas, uning atrofida ham baland, past gaplar tinim bilmay aylanadi. “Anov gapni bekor aytibdi”, “Manov qiliq unga yarashadimi?”, “Nima qilardi siyosatga qo`shilib?”, “Yamoqchining ishiga suvoqchi aralashmasa-da”, “Ashulasi kamayib, gapi ko`payib ketdi” va hokazo shu kabi gap-so`zlar eshitilib turadi...
Bir gal Sherali Jo`raev haqida “Sinmagan qo`shiq” sarlavhali maqola yozganimda, gazeta muharriri o`qib chiqib, “Xo`sh, uning kamchiliklari, xatolari-chi”, deb so`rab qoldi. Unga aytdim:
- Hammamiz ham insonga, ayniqsa, millat iftixorlariga bo`lgan muhabbaiga tashnamiz, ochmiz. Ochlikda esa, unchalar o`xshatib pishirlmagan, balki andak xomroq non ham og`izga mazali, xushta`m tuyuladi.
*** *** ***
O, qadim qo`shiq – so`ngsiz nolalar, azob va o`rtanishlar, qon, ko`z yoshi, zahmat va orzu niyatlar bag`rida shakllangan o`zbek qo`shig`i! Sening dunyo turgunicha turishingga ishondim. Chunki sen goho sabr va bardosh bo`lib, insonni yo`qolib- yitishdan saqlading, jaholat va tushkunlik botqog`idan qutqarishga chog`landing. Goho sirtmoq bo`lgan sabr bardoshga qarshi faryod bo`lib yangrading, shu qora ko`z o`zbekning orzu- umidlari bo`lib, yorug`likka, ro`shnolikka chorlading!
Bu – Sen, asrlar qa`ridan kelayotgan o`lmas navo, abadiy va barhayot sado!
Bu – Sen, ikki asr hofizi, hayqirig`ida sher na`rasi, xonishida bulbul nolasi mujassam Sherali Jo`raevni kashf qilgan umrboqiy, emirilmas, balogardon, xaloskor qo`shiq!
Senga abadiy Sharaflar bo`lsin! | 55 | 16,330 |
Madaniyat | AQShda adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureati Toni Morrison vafot etdi | AQShda yozuvchi, adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureati Toni Morrison 88 yoshida vafot etdi.
Uning eng mashhur asarlaridan biri “Sevikli” romani qullikdan qutqarish uchun qizini o‘ldirgan qora tanli ayolga bag‘ishlangan. Bu romani uchun u 1988-yilda Pulitser mukoftini olgan.
Morrison adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotini olgan ilk qora tanli ayol bo‘lgan. | 73 | 358 |
Madaniyat | MORGAN FRIMAN SABABLI O`ZBEKISTONDA NAMOYIShI TO`XTATILGAN FILM 11 OKTYaBRDAN EKRANLARGA ChIQADI | Gollivud yulduzi Morgan Friman suratidan kino reklamasida beruxsat foydalangani bois namoyishi to`xtatilgan “Daydi” filmi rejissyori Sirojbek Abdullaev filmini ekranlarga chiqarishga rasman ruxsat olganini bildirdi.
Sirojbek Abdullaevning rejissyor sifatidagi ilk filmi 11 fevraldan ekranlarga chiqarilishi lozim edi.
Biroq "O`zbekkino" agentligi "Daydi" filmini reklama qilishda bir qator qonunbuzilish holatlari kuzatilgani sabab film taqdimotini o`tkazish va uni namoyish qilishni to`xtatib qo`ygandi.
"O`zbekkino" filmning treyleri, bannerlari va chiptalarida Hollivud yulduzi Morgan Frimanning 2014 yilda ishlab chiqarilgan "So`nggi risarlar" filmida suratga tushgan qiyofasi aks ettirilganini aniqlagan va buni noqonuniy deb topgan.
Rejissyor Abdullaevning aytishicha, qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf qilgach, film namoyishiga qayta ruxsat olgan. | 97 | 857 |
Madaniyat | Instagram: Turmush o‘rtog‘idan 41 ming dollarlik sovg‘a olgan Kaniza, otasiga mashina hadya qilgan Xonzoda, Jambul Muhammedovning sirini oshkor qilgan Shahlo Ahmedova | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz.
Aktyor va xonanda Ali Otajonov qizalog‘i Maryamning tug‘ilgan kunini qanday nishonlashganini kuzatuvchilariga ko‘rsatdi.
“Muhtasham yuz yil” turk seriali yulduzi Maryam Uzerli kuzatuvchilariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi.
Bloger va aktrisa Xonzoda hayotidagi eng katta orzularidan birini amalga oshirib, otasiga mashina sovg‘a qildi.
“Mendirman Jaloliddin” seriali bosh qahramonlari Emre Kiviljim va Yulduz Rajabova muxlislariga suratga olish jarayoni aks etgan suratni taqdim etdi.
Shahlo Ahmedova Jambul Muhammedovning ommalashayotgan qo‘shig‘i — “Oh, bu kabutar”ning o‘g‘irlangan tarona ekanligini oshkor qilib qo‘ydi.
Sitora Alimjonova ham yangi serialda suratga tushmoqda.
Ra’no Shodiyeva Istanbul shahrining o‘ziga yoqmaydigan jihati haqida muxlislariga so‘zlab berdi.
Jahon kinosi yulduzlari Enn Xeteuey va Priyanka Chopra birga tushgan suratlari bilan bo‘lishdi.
Shohruhxon va Asal Shodiyeva yangi filmda birgalikda suratga tushmoqda.
Umid Iskandarov el suygan san’atkorlar Yodgor Sa’diyev va Yoqub Ahmedov bilan birga tushgan suratini sahifasiga joyladi.
Kanizaga turmush o‘rtog‘i 41500 dollar turuvchi Jetour X90 avtomobilini sovg‘a qildi.
Xonanda Malika Ravshanova muxlislari uchun Jizzaxdagi ota hovlisidan reportaj tayyorladi. | 166 | 1,392 |
Madaniyat | Bonu, Afsona, Diyor Mahkamov va boshqa san’atni tark etgan mashhurlar bugun nima ish bilan band? (video) | Ijod olamida o‘zini sinab ko‘rgan va turli sabablar bilan san’atni tark etganlar juda ko‘p. Xo‘sh, ular san’atni tark etgach qanday faoliyat bilan shug‘ullanmoqda? “Daryo” muxbiri Nargiza Murodova sobiq ijodkorlardan bir guruhi bilan suhbatda bo‘ldi.
Afsona
“Jiyda gulim” va “Nurli nurli” qo‘shig‘i bilan tinglovchilarga yaxshi tanish bo‘lgan xonanda Afsona so‘nggi yillarda umuman ijod qilmay qo‘ydi.
— Ko‘p vaqtimni oilam davrasida o‘tkazyapman. O‘g‘lim Zohir juda yosh, uning tarbiyasi va parvarishi bilan bandman, — deydi Afsona.
Afsona sayohat qilishni va sport bilan shug‘ullanishni yaxshi ko‘radi.
U ayollarga ozish va chiroyli qomatga erishish bo‘yicha videolar tayyorlaydi.
Diyorbek Mahkamov
Bolalik chog‘idan katta sahnaga chiqib Shuhrat Qayumov, Manzura kabi mashhur ijodkorlar bilan duet kuylashga muvaffaq bo‘lgan. Afsuski u ijodini 2016-yilda yakunlagan.
— Hozirgi kunda dadamning ishini davom ettiryapman. Bundan tashqari, restoranlarim ham bor, — deydi Diyorbek Mahkamov.
Sobiq xonanda “Merhaba Steakhouse” restorani sohibidir. Uning nafaqat O‘zbekistonda balki Qozog‘istonning Olmaota shahrida ham yemakxonasi bor.
Kamola Arslonova
“Opa-singillar” serialida Diyora rolini ijro etgan Kamola Arslonova ham san’atni butunlay tark etgan. U sakkiz yildan buyon Turkiyaning Izmir shahrida yashaydi. U Mesut ismli kichik tadbirkorga turmushga chiqqan. Ularning Axsen ismli qizlari bor.
Kamola Arslonova qo‘l mehnati bilan shug‘ullanadi, shu bilan birga onlayn dars o‘tib hunarini boshqalarga ham o‘rgatadi. Ammo ikkinchi farzandiga homiladorligi sabab vaqtincha sevimli mashg‘uloti bilan shug‘ullanolmayapti.
Sherzod Bin
Sherzod Bin taxallusi bilan ijod qilgan komik aktyor Sherzod Saidaliyev ham san’atni butunlay tark etgan. U ayni kunlarda onasi va turmush o‘rtog‘i bilan birga AQSHda istiqomat qiladi.
— 12 yillik ijoddan voz kechishim oson bo‘lmadi. Ammo hayotimdagi kutilmagan vaziyat sabab, shunday qilishim to‘g‘ri ekanini angladim. Oddiy inson bo‘lib yashash mazza, qalbda halovat bor, — deydi Sherzod Saidaliyev.
U bir necha do‘stlari bilan kichik yemakxona tashkil etgan. Bir muddat nonvoychilik bilan ham shug‘ullangan.
Madina Mumtoz
Xonanda va aktrisa Madina Mumtoz ham san’atni butunlay tark etgan. U turmush o‘rtog‘ining talabi bilan faqat ayollar ishtirok etadigan to‘ylarda qo‘shiq kuylardi. Ammo bir yildan buyon bunday to‘ylarda ham ishtirok etmayapti.
— Asosiy vazifam farzand tarbiyasi. Ko‘proq vaqtimni ular bilan birga o‘tkazishga harakat qilaman. Oshpazlik kurslarim esa sevimli mashg‘ulotim, — deydi Madina Mumtoz.
Madina Mumtozning oshpazlik kurslari onlayn tarzida o‘tsa-da, unga talab nihoyatda yuqori. Shu bilan birga uning “Osiyo sulton” nomli kelin ko‘ylaklari saloni ham bor.
Sevara
Xonanda Sevara o‘zbek shou-biznesida yonib chiqqan xonandalardan biri edi. Afsuski uning ijodi uzoqqa cho‘zilmadi. U oila qurib, farzandli bo‘lgach san’atni tark etdi.
U ayni kunlarda Safina ismli qizalog‘ining parvarishi va Maryam nomli internet do‘konining faoliyati bilan band.
Erkin Xudoyqulov
“Besh o‘g‘il” qo‘shig‘i bilan tinglovchilarga yaxshi tanish bo‘lgan xonanda Erkin Xudoyqulov xonandalik sohasidan ketib, bir necha yil rahbar lavozimida faoliyat yuritdi.
— Toshkent shahri Chilonzor tumani Madaniyat boshqarmasida, undan keyin Sirdaryo viloyati Madaniyat bosh boshqarmasida rahbari lavozimida ishladim. Hozir esa erkin ijodkor bo‘lish tarafdoriman. Charchadim, — deydi Erkin Xudoyqulov.
Doston Ubaydullayev
Xonanda Sardor Rahimxonning xayrli loyihalariga bosh qo‘shgan hamkasbi Doston Ubaydullayev ham ko‘p o‘tmay san’atni butunlay tark etdi. Xonanda bilan bog‘lanib, nimalar bilan bandligiga qiziqdik. Ammo u hech qanday tijorat ishi bilan shug‘ullanmayotgani va ilm o‘rganayotganini ma’lum qildi.
Iroda Iraliyeva
Ulug‘bek Rahmatullayev bilan kuylangan “Mini yubka-2” qo‘shig‘i bilan xalqqa tanilgan xonanda Iroda Iraliyeva ham san’atni butunlay tark etgan. Ayni damda u uch farzandning onasi va go‘zal oilaning bekasi hisoblanadi.
Sobiq xonanda intervyularining birida uzoq yil befarzand bo‘lgani va Haq yo‘lini tanlagach, Alloh unga o‘g‘il farzand in’om etgani haqida so‘zlab bergandi. U bor e’tiborini ilm o‘rganish va farzandlarining tarbiyasi bilan shug‘ullanishga sarflayotganini bildirib o‘tgan.
Bonu
“Qora tun” va “Afsona” qo‘shiqlari bilan tanilgan xonanda Bonu ham allaqachon san’atni tark etgan. Ayni mashhurlik cho‘qqisiga erishganda sud ishi va jiddiy xastaligi bois uning hayoti butunlay o‘zgarib ketgan.
U sog‘aygach, mashina va ko‘chalarga kichik reklama e’lonlarini tarqatish bilan shug‘ullanadigan firmaga ishga kirgan. Hozirda shu firmaning kichik hisobchisi bo‘lib faoliyat yuritadi. | 104 | 4,658 |
Madaniyat | “Sahar” guruhi yakkaxoni Anvar Jo‘rayev uylanmoqda | “Yomg‘ir” qo‘shig‘i bilan minglab muxlislar qalbidan joy olgan “Sahar” guruhi yakkaxon xonandasi Anvar Jo‘rayev bugun, 11-sentabr kuni uylanmoqda. Bu haqda fotograf Aziza Kariyeva o‘zining Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Anvar va Odinaxonning nikoh to‘yi hozirda xonanda ijod qilayotgan Qozog‘istonda bo‘lib o‘tadimi yoki O‘zbekistonda — bunisi noma’lum.
Ma’lumot uchun, Anvar Jo‘rayev 1979-yilning 31-oktabr kuni Navoiy viloyati Uchquduq shahrida tug‘ilgan. Uning yakkaxonligidagi “Sahar” guruhini mashhur qilgan “Yomg‘ir” taronasi 1999-yilda yaratilgan. O‘shanda mazkur qo‘shiq 17 hafta davomida turli xit-paradlarda birinchilikni ushlab turgan. | 50 | 657 |
Madaniyat | 2017-yilda Skruj Makdak haqidagi serialning yangisi chiqadi. Multfilmdagi o‘sha mashhur qo‘shiqni aktyorlar qanday kuylayotganini tomosha qiling | 2017-yil yozida Disney XD telekanalida “O‘rdak hikoyalari” multserialining yangi talqini namoyishi boshlanadi. Unda Skruj Makdakka “Doktor Kim” serialidagi Devid Tennant ovoz bergan, deb yozadi Meduza.
Premyerani kutarkan, serialga ovoz berishda qatnashgan aktyorlar multfilmning boshida jarang sochadigan o‘sha mashhur qo‘shiqni kuyladi.
Dekabr oyi boshida multserialning hech qanday ma’lumot bermaydigan tizeri internetda paydo bo‘lgan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 144 | 617 |
Madaniyat | Maykl Jekson Forbes jurnalining eng boy marhum yulduzlar reytingida yetakchilik qildi | Amerikalik xonanda Maykl Jekson Forbes jurnali tanloviga ko‘ra, eng boy marhum yulduzlar reytingida yana bir bor birinchi o‘rinni egalladi, deb xabar bermoqda “Kun”.
Ma’lum bo‘lishicha, 2013-yil oktabridan 2014-yil oktabrigacha xonandaning ijodiy merosi 140 million dollar miqdorida foyda keltirgan.
Xususan, Jeksonning o‘limidan so‘ng uning ikkinchi — Xscape nomli albomi chiqarildi, bundan tashqari, Billboard Music Awards’da xonandaning gologrammasi “chiqish” qildi.
Forbes reytingida ikkinchi o‘rin “rok-n-roll qiroli” Elvis Presliga nasib etdi. So‘nggi bir yil davomida uning ijodiy merosi 55 million dollar ishlab topdi.
Uchinchi o‘rin esa Charli Braun ismli bola va uning Spuni laqabli iti to‘g‘risidagi Peanuts komikslari muallifi, karikaturachi-rassom Charlz Shulsga nasib etdi (40 million dollar).
To‘rtinchi o‘rindan aktrisa Elizabet Teylor (25 million dollar), beshinchi pog‘onadan esa musiqachi Bob Marli (20 million dollar) joy olgan.
Undan keyingi o‘rinlarda Merilin Monro (17 million dollar), The Beatles guruhi vakili Jon Lennon (12 million dollar), olim Albert Eynshteyn (11 million dollar), yozuvchi va multplikator Teodor Geyzel (to‘qqiz million dollar), aktyor va jangovar san’at ustasi Bryus Li (to‘qqiz million dollar), aktyor Stiv Makkuin (to‘qqiz million dollar), aktrisa Betti Peyj (to‘qqiz million dollar) va aktyor Jeyms Din (yetti million dollar) joy olgan. | 85 | 1,387 |
Madaniyat | O‘zbek shou-biznesi vakillari shifokorlarni qo‘llab-quvvatlovchi chellenj uyushtirdi (video) | O‘zbek shou biznesi vakillari “Shifokorlar-fidokorlar” deb nomlangan chellenj uyushtirdi. Chellenj koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashayotgan tibbiyot xodimlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Chellenjda Izzat Ibragimov, G‘ayrat Usmonov, Shuhrat Daryo, Yodgor Mirzajonov, Anvar Sobirov, Jo‘rabek, Farruh Ahmedov kabi xonandalar hamda bastakorlar, fotograflar, shuningdek, shou-biznesga aloqador boshqa soha vakillari ham ishtirok etgan. Ular tik turgan holda shifokorlarni qarsaklar bilan olqishlamoqda.
Avvalroq o‘zbekistonlik san’atkorlar 7 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ni jamoat fondiga yo‘naltirgani haqida xabar berilgan edi.
Jahongir Otajonov kal bo‘ldi, Kanizaga syurpriz tayyorlashdi, Dilnoza Ismiyaminovadan shifokorlarni ulug‘lovchi qo‘shiq. Mashhurlar karantinda (foto+video) | 92 | 797 |
Madaniyat | Nukus va Navoiyda Yevropa kinosi kunlari bo‘lib o‘tadi | Joriy yilning 24-avgust sanasida “O‘zbekkino” Milliy agentligi hamda Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi o‘rtasida erishilgan kelishuvga ko‘ra, 6—15-oktabr kunlari Nukus va Navoiy shaharlarida V Yevropa kino festivali o‘tkaziladi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur festivalda Yevropaning 6 ta, ya’ni Buyuk Britaniya, Germaniya, Finlyandiya, Fransiya, Chexiya va Shveysariya davlatlaridan jami 7 ta badiiy, hujjatli va animatsion filmlar ishtirok etadi.
Film namoyishi sanasi:
6—8-oktabr, Nukus shahri
13—15-oktabr, Navoiy shahri
Seanslar vaqti: 11:00, 17:00, 19:00
Filmlar ro‘yxati:
Mazkur madaniy tadbir doirasida Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi rahbari Eduards Stipraysning Nukus va Navoiy shaharlarida qator uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan. | 54 | 771 |
Madaniyat | “Muhtasham yuz yil” yulduzlarining loyihadan keyingi hayoti: Uzerli, Ergench va boshqa aktyorlar hozir qayerda? | “Lisa.ru” mashhur turk serialining aktyorlari hayotida qanday o‘zgarishlar ro‘y bergani haqida ma’lumot beradi.
Halit Ergench — Sulton Sulaymon
Halit aktyor, qo‘shiqchi va bastakor Sait Ergench oilasida tug‘ilgan, biroq yoshligidan dengizga ishtiyoqmand bo‘lgan va dengizchi bo‘lishni orzu qilgan. O‘qishdagi qiyinchiliklar boshlangandan keyin yaxshilab o‘ylab ko‘rgan Ergench teatr va kino unga yaqinroq, degan qarorga keldi. Albatta, dastlab aktyor epizodik va kichik rollarda o‘ynadi, lekin tez orada e’tiborga tushib, yaxshi takliflar ola boshladi. Bu orada Halit Amerikada bir yarim yil yashadi, Brodveyda konsert berdi, keyin esa turk myuzikllarida ishlashni davom ettirmoqchi bo‘lib vataniga qaytdi.
Bu vaqtda u “Birinchi sevgi”, “O‘lim dastxati” kabi mashhur loyihalarda, “Ming bir kecha” seriali va, albatta, mashhur “Muhtasham yuz yil” tarixiy serialida rol o‘ynadi. Serialda Usmonli imperiyasining hukmdori Sulton Sulaymon rolini ijro etib, aktyor ko‘plab tanqidlarga duch keldi.
“Serialning birinchi mavsumi chiqqandan so‘ng, biz juda qiynaldik — “Muhtasham yuz yil” juda ko‘p tanqid qilindi. Odil Sulaymon obrazini talqin qilishimizga ko‘pchilik rozi bo‘lmadi”, — deydi Halit.
“Keyin ular qahramonimni sevib qolishdi, chunki biz yaratgan Sulaymonning kuchli tomonlaridan biri uning qalbi muhabbatga to‘la odam ekanidir”, — deya qo‘shimcha qiladi Ergench.
Bugungi kunda aktyor filmlarda rol o‘ynashni davom ettirish bilan birga musiqa bastalab, konsertlar beradi. Halit shaxsiy hayotini ham muvaffaqiyatli olib boradi: “Ming bir kecha” serialida ikkinchi xotini rolini o‘ynagan aktrisa Berguzar Korel bilan turmush qurgan. Hozirda juftlikning uch farzandi bor — ikki o‘g‘il va bir qiz.
2022-yilning yanvar oyi oxirida er-xotin Londonga ko‘chib o‘tgani, u yerda uy sotib olgani ma’lum bo‘ldi. Halit va Berguzar farzandlarining Yevropada yaxshi ta’lim olishini istaydi.
Maryam Uzerli — Xurram Sulton
Maryam Germaniyada nemis-turk oilasida tug‘ilgan. Besh yoshidan boshlab u teatr guruhiga borishni, san’at bilan shug‘ullanishni va sahnaga chiqishni boshladi. Uzerlining Gamburgdagi teatr maktabiga o‘qishga kirishi oson bo‘lmagan: 300 ta abituriyentdan atigi besh kishi talaba bo‘lishi mumkin edi va shu joylardan biri unga nasib etdi. Aktrisa Gamburgdagi teatrda, keyin Berlinda rol ijro etdi, lekin u katta rollarini orzu qilardi. 2010-yilda bir do‘sti Maryamga kasting uchun Turkiyaga borishni taklif qiladi. Ayni shu paytda Xurram Sulton roli uchun aktrisa qidirilayotgan edi. “Muhtasham yuz yil” ijodkorlariga turk tilini ozgina biladigan, aksent bilan gapiradigan aktrisa kerak edi — bu Uzerli bo‘lib chiqdi.
“Men Turkiya kino sanoati haqida bilmasdim, chunki men doim Germaniyada ishlaganman. Men o‘sha yerda tug‘ilib o‘sganman. Men turkchani ham bilmasdim, hammasi men uchun yangi edi. Boshlanishi g‘alati bo‘ldi, lekin, Xudoga shukur, men eng kuchli obrazni o‘ynashga muvaffaq bo‘ldim”, — deydi aktrisa.
2013-yilda u ruhiy charchoq sababli loyihani tark etdi. Keyinroq Maryam “Ona yarasi”, “Tun malikasi”, “Narigi taraf” va boshqa ko‘plab filmlarda suratga tushdi. 2014-yilda Uzerli turk tadbirkori Jan Ateshdan Lara ismli qiz ko‘rdi, ammo Jan bilan tez orada ajraldi. 2021-yil yanvar oyida aktrisaning yangi sevgilisi, amerikalik biznesmendan Lili Koi ismli ikkinchi qizini dunyoga keltirdi. Maryam Uzerli yaqinda Moskvadagi kinofestivalga ham tashrif buyurdi.
Vahide Perchin — Xurram Sulton
Vahide uzoq vaqt teatrda xizmat qildi va 2000-yillarning boshida filmlarda rol o‘ynay boshladi. Aktrisaning ilk muvaffaqiyatli ishlaridan biri “Birinchi sevgi” filmidir. Perchin ko‘plab loyihalar uchun nufuzli mukofotlarga sazovor bo‘lgan. 2013-yilda “Muhtasham yuz yil” teleserialida Maryam Uzerli o‘rniga Xurram rolini o‘ynagach, mashhurlikka erishdi.
Albatta, serialning ko‘plab muxlislari Maryam Uzerlining qaytishini talab qilib, yangi aktrisani dastlab qabul qilishmadi. Biroq vaqt o‘tishi bilan ular Perchinning iste’dodini qadrlashdi va u o‘z ishini a’lo darajada bajarganini tan olishdi. Aktrisaning shaxsiy hayotiga kelsak, u 20 yildan ortiq vaqt davomida aktyor Altan Gerdum bilan turmush kechirdi. Ushbu yillarda qizi Alize tug‘ildi. Nikohi davrida Vahide erining familiyasida bo‘lgan, biroq 2013-yilda ajrashgach, qizlik familiyasiga qaytgan.
Selma Ergech — Xadicha Sulton
Selma Germaniyada tug‘ilgan: otasining millati turk, onasi esa nemis. U besh yoshga to‘lganda ota-onasi Turkiyaga ko‘chib ketishadi. Qiz juda yaxshi o‘qidi va hatto Buyuk Britaniya hamda Fransiyada ham ta’lim oldi. Otasi uning shifokor bo‘lishini xohlardi. Ergech tibbiyot fakultetini tamomlagach, kutilmaganda suratga olish maydoniga tushib qoladi, shundan so‘ng u hayotini kino bilan bog‘lashga qaror qildi.
2006-yilda u “Tarmoq 2.0” turk-amerika loyihasi tufayli mashhurlikka erishdi. 2011-yilda u “Muhtasham yuz yil” serialidagi bosh rollardan biriga taklif qilindi. Selma Sulton Sulaymonning kenja va suyukli singlisi — Xadicha Sulton obrazini yaratdi. 2015-yilda aktrisa Can Yayınları nashriyotining egasi Jazz O‘z bilan turmush qurdi, oradan bir yil o‘tib Yasmin ismli qizi dunyoga keldi.
Nur Fettahog‘lu —Mohidavron Sulton
Nur hech qachon aktisalik haqida o‘ylamagan. U moda dizayneri bo‘yicha o‘qigan va bir necha yil bankda ishlagan, keyin esa moliya tizimi bilan bog‘liq dasturni boshqargan. U birinchi turmush o‘rtog‘i Murat Aysan tufayli kino olamiga kirib qolgan. Fettaho‘g‘lu “Men qanday otaman” va “Yurak tebranishlari” seriallarida rol o‘ynagach, kinodagi karyerasi boshlangan.
Aktrisa “Muhtasham yuz yil” filmida Sulaymonning sevimli kanizagi, shahzoda Mustafoning onasi Mohidavron Sulton rolini ijro etgan. Xurram paydo bo‘lgandan so‘ng, hukmdor sobiq sevgilisiga e’tibor bermay qo‘yadi va tez orada bu haqda butunlay unutadi. Aytgancha, Nur va Maryam hayotda ham do‘st bo‘lishgan. “Muhtasham yuz yil”dan keyin aktrisa “Buyuk detektiv Filinta”, “Hayot yo‘lida”, “Opa-singil farzandlari”, “Bobil”, “Qo‘rqmas” va boshqa filmlarda ham suratga tushdi.
Fettaho‘g‘luning shaxsiy hayotiga kelsak, 2011-yilda u Murat Aysan bilan ajrashgan va ikki yildan so‘ng turkiyalik tadbirkor Levent Veziro‘g‘luga turmushga chiqqan, uch yildan so‘ng ularning Elisa Gyuzin ismli qizi dunyoga kelgan.
Nebahat Chehre — Volida Sulton
Nebahat 15 yoshida “Miss Turkiya” go‘zallik tanlovida qatnashib, g‘olib bo‘ladi. Uning fotosuratlari ko‘plab jurnallarning muqovalarini bezaydi, shundan so‘ng u model sifatida ishlay boshlaydi. Keyinchalik u “Dunyo go‘zali” va “Koinot go‘zali” tanlovlarida ishtirok etadi. Tez orada go‘zal qiz filmlarda rol o‘ynashga chaqirildi. Lekin Chehre hayotidagi eng muhim loyihalardan biri — u Sulaymonning onasi rolini o‘ynagan “Muhtasham yuz yil” teleserialidir.
Nebahat ikki marta turmush qurgan: birinchi eri rejissor Yilmaz Guney bo‘lib, u bilan to‘rt yil birga yashagan. Ikkinchi turmush o‘rtog‘i basketbolchi Yavuz Demir bo‘lib, u aktrisadan kinoni tashlashini va oilasiga ko‘proq e’tibor berishini xohlaydi. Afsuski, bu nikoh ham tezda tugaydi. | 111 | 6,979 |
Madaniyat | “O‘zbekkonsert” “Ummon”, Rayhon va Hulkar Abdullayevalarning kliplarini tanqid ostiga oldi | “O‘zbekkonsert” davlat muassasasining qo‘shiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasini baholash bo‘yicha badiiy kengashi navbatdagi yig‘ilishida Rayhon, Hulkar Abdullayeva, “Ummon” hamda “Via Marokand” kabi mashhur xonanda va guruhlar ijodini tanqid ostiga oldi, deb xabar beradi UZ24.
Badiiy kengash dastlab O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyevaning Hamdam Sobirov so‘zi, Jasur Badalboyev musiqasi asosida yaratilgan “Yurak” taronasiga ishlangan klipni tomosha qildi.
Kengash a’zolari tomonidan qo‘shiq so‘zlari mantiqan mukammal emasligi hamda klipda ayrim kadrlardan nojoiz foydalanganligi uchun qayta ishlash tavsiya etildi.
“Yoshlar ushbu xonandaning qo‘shiqlaridan xushnud bo‘lishini ta’kidlab, bu mavzudagi qo‘shiqlarning so‘zlariga juda jiddiy yondashish kerakligi, shuningdek, unvonga munosib qo‘shiq kuylanishi zarurligi tushuntirilib, ushbu qo‘shiqni namoyish etish uchun kadrlarni to‘g‘rilash zarurligi ta’kidlandi”, — deyiladi xabarda.
“Nihol” mukofoti sovrindori Hulkar Abdullayeva tomonidan “Dard” deb nomlangan qo‘shiqning so‘zlari va ijrosi yaxshiligi alohida ta’kidlanib, lekin qo‘shiqqa ishlangan klipdagi kadrlardan nojoiz foydalanganligi bois, ushbu klipni qayta to‘g‘rilash tavsiya etildi.
So‘zi va musiqasi Jasur Badalboyevga mansub, “VIA Marokand” guruhining “Turist” qo‘shig‘ining ham matni sayoz ekanligi ta’kidlandi.
Ushbu qo‘shiqning matni mantiq va she’riyat talablariga javob bermaydigan bachkana so‘zlar asosida ekanligi va klip kadrlari tushunarsiz holatlar mavjudligi kuzatish mumkin.
Qo‘shiq so‘zlarida “Ram pa papam tara tira tira tam” so‘zlari she’riyat talablariga javob bermaganligi tufayli rad etilib, xonandalar qo‘shiq so‘zlarini shoirlar bilan qayta to‘g‘irlab, qayta topshirishi mumkinligi tavsiya etildi.
So‘ng “Ummon” guruhining so‘zi va musiqasi guruh qalamiga mansub “Oq gulim” deb nomlangan qo‘shig‘i tinglandi, bu qo‘shiq ham so‘zlarining mazmunsizligi hamda klip kadridagi “alkogolli ichimliklar, yotoqxona sahnasini olib tashlash” tavsiya etilib, ushbu holatda efirlarga uzatish rad etildi. Muassasa mas’ullariga “Ummon” guruhi xonandalarini keyingi kengashga taklif etish vazifasi topshirildi. | 90 | 2,171 |
Madaniyat | Alisher Uzoqov hayotdan ko‘z yumgani haqida yolg‘on xabarlar tarqaldi | Aktyor Alisher Uzoqovning hayotdan ko‘z yumganligi haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
Bu mavzuda tarqalgan xabar matnini “Daryo” mobil muxbiri tahririyatimizga jo‘natdi.
7-oktabr kuni “Odnoklassniki” tarmog‘ida chop qilingan postda 1 yil oldin yurak xuruji tufayli kinoni tark etgan Alisher Uzoqov olamdan o‘tgani haqida yozilgan. Bundan tashqari, bir kun oldin Alisherning ahvoli og‘ir bo‘lgani, onasi Sojida Uzoqova ham bir ahvolda bo‘lgani haqida yozilgan. Ammo aktyorning onasining ismi Sojida emas, Shohida. Shuning o‘zi ham xabarning ishonchliligiga shubha uyg‘otadi.
O‘zbek kinosiga aloqador shaxslar bu xabarlarni tasdiqlamadi. “Daryo” tahririyati hozircha Alisher Uzoqovning o‘zi bilan bog‘lana olmadi. Keyinroq bu mavzu yuzasidan batafsil axborot beramiz. Biz aktyorning keyingi ishlariga omad tilagan holda, unga uzoq umr tilab qolamiz! | 69 | 894 |
Madaniyat | "Menga bir milliard so`m to`laysiz, hatto sizni konsert qo`ya olmaydigan ham qilishim mumkin, agarda..." Ahad Qayum "Million"ni ogohlantirmoqda (video) | Shoir, aktyor va prodyuser Ahad Qayumning ijtimoiy tarmoqlarda yangi murojaatnomasi paydo bo`ldi. U bu safar yaqin kunlarda o`zining yangi konsert dasturini taqdim etishga tayyorlanayotgan "Million" jamoasiga yuzlandi va ularni ogohlantirmoqda:
"Ba`zi bir odamlardan eshityapman, "Million" jamoasining bu galgi konsert dasturida, ikki-uch o`rinda men haqimda va mening nomimdan foydalanishayotgan ekan. Shuning uchun "Million" jamoasidan va Davron Kabulovdan dasturida umuman meni qo`shmasligini iltimos qilaman. Agar men haqimda va mening nomim ishlatilsa, avvaldan ogohlantirib qo`yay, sizlarni ayab o`tirmayman. Men boshqa san`atkorlarga o`xshamayman. Kamida 1 milliard so`m jarimaga to`laysiz. Hatto umuman konsert qo`ymaydigan qildirib yuboraman. To`xtatib qo`yaman konsertlaringizni. Bu oxirgi sahnaga chiqishlaringiz bo`lishi mumkin. Agar siz bir milliard so`m to`lashga rozi bo`lsangiz, marhamat, men haqimda gapiravering konsertingizda..." - degan Ahad Qayum. | 151 | 968 |
Madaniyat | “Yulduzcha” bolalar musiqiy teletanloviga arizalar qabuli 6-iyungacha uzaytirildi | “Yulduzcha” bolalar musiqiy teletanloviga arizalar qabul qilish jarayoni 6-iyunga qadar davom etadi. Yoshlar tashabbuslari markazidan ma’lum qilishlaricha, mazkur qaror jamoatchilik tomonidan bildirilgan taklif va istaklardan kelib chiqib qabul qilingan.
Skrinshot: “Ovoz.uz”
Qayd etishlaricha, hozircha tanlovda ishtirok etish uchun hujjat topshirish bo‘yicha Farg‘ona, Samarqand, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahri vakillari nisbatan yuqori faollik ko‘rsatmoqda.
Ma’lumot uchun, “Yulduzcha” teletanlovining respublika saralash bosqichi 7—9-iyun kunlari Toshkentning Mustaqillik maydonida joylashgan Yoshlar ijod saroyida bo‘lib o‘tadi. | 81 | 645 |
Madaniyat | “Mavsum xitlari” taqdirlash marosimidan fotoreportaj | “Istiqlol” san’at saroyida “Mavsum xitlari” taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimning eng qaynoq lahzalaridan iborat fotojamlanmani e’tiboringizga havola etamiz. | 52 | 165 |
Madaniyat | Toshkentdagi “Istiqlol” va “Turkiston” san’at saroylarining egasi o‘zgardi | O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 15-fevraldagi “Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, bir guruh muassasalar boshqa tashkilotlarning tasarrufiga o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi tugatildi. Uning o‘rnida Madaniyat vazirligi va Sport qo‘mitasi tuzildi
Xususan, “Istiqlol” va “Turkiston” san’at saroylari Toshkent shahar hokimligi ixtiyoridan Madaniyat vazirligi tasarrufiga o‘tkazilgan. Bu qaror “madaniy-ommaviy tadbirlarni yuqori darajada o‘tkazishni kengaytirish maqsadida” qabul qilingan. “Ularning o‘z daromadlari bilan qoplanmaydigan qismidagi xarajatlarini moliyalashtirish uchun respublika byudjetidan mablag‘ ajratilishi belgilandi”, — deyiladi O‘zA sharhida.
Bundan tashqari, Xalq ta’limi vazirligiga qarashli R.Glier va V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan akademik musiqa litseylari, Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa va san’at akademik litseyi, 301 ta bolalar musiqa va san’at maktabi Madaniyat vazirligi tizimiga o‘tkazildi.
Ayni vaqtda, O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi ijro apparati, sport yo‘nalishi bo‘yicha 256 ta sport maktabi va sport yo‘nalishidagi maktab-internatlari Xalq ta’limi vazirligi ixtiyoridan Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi tasarrufiga o‘tkazildi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 74 | 1,462 |
Madaniyat | Umidjon Haydarovga uy sovg‘a qilgan Davron Kabulov jamoaning boshqa a’zolarining gonorari haqida gapirdi (video) | “Million” jamoasi sardori Davron Kabulov “Million”ning 2021-yil fevral oyida bo‘lib o‘tgan konsert dasturida jamoa a’zosi Umidjon Haydarovga 3 xonali uy sovg‘a qildi.
Davron Kabulov “Daryo” muxbiri Feruz Muhammadga bergan intervyusida jamoaning boshqa a’zolari gonorari haqida gapirib berdi.
Jamoaning qaysi a’zosiga qanday sovg‘a qilganimiz haqidagi ma’lumot konfedensial hisoblanadigan ma’lumot. Bu ma’lumotni OAV orqali gapirishga tayyor emasman. Jamoaning ichkarisida bo‘ladigan pulli munosabatlar jamoaning ichkarisida qolishi kerak bo‘lgan ma’lumot hisoblanadi. Men bu tartibga xilof ish qilmayman. Lekin har bir odamning gonorari berilganida “rozimisan”, degan tushuncha bo‘ladi.
Gonorarlar bir-biridan tubdan farq qiladi. Chunki gonorar olayotgan ijodkorning omma uchun qanchalik qiziqarli ekani, jamoada necha yil ishlagani, jamoaning tayyorgarligiga qanchalik hissa qo‘shgani, sahnada qanchalik hajmdagi ishni bajargani, u tayyorlagan hazillar qanchalik muxlislarga ma’qul bo‘ldi, qancha chiqishga g‘oya bergani inobatga olinadi.
“Seni qoshing quyuqroq ekan”, deya kimgadir ko‘proq pul berilmaydi. Gonorarlar bir-biridan keskin farq qiladi. Kimdir 10 so‘m olib, kimdir 300 so‘m ham olishi mumkin. Bu men sanab o‘tgan faktorlarga ham bog‘liq. Jamoaga sadoqat bilan xizmat qilayotgan, yaxshi hazillari bilan o‘zbek xalqini, “Million” jamoasi auditoriyasini xursand qilish uchun ter to‘kayotganlarni norozi qilmaymiz.
Bundan tashqari bizda repititsiya uchun alohida, konsert uchun alohida pul to‘lanadi. Jamoa a’zolari Toshkentda yashashi uchun uch yoki to‘rtta uyning ijara haqqini ham to‘layman. Shu bilan bir qatorda jamoadagilarga turli chegirma, sovg‘a va bonuslarimiz ham bor.
Davron Kabulov, “Million” kulgi jamoasi sardori, shoumen | 112 | 1,748 |
Madaniyat | Yozuvchi Aleksandr Kurlyandskiy vafot etdi. U “Senimi, shoshmay tur!” multfilmining yaratuvchilaridan biri hisoblanadi | Rossiyalik yozuvchi va dramaturg Aleksandr Kurlyandskiy 82 yoshida vafot etdi, deb xabar beradi Meduza. Hozircha Kurlyandskiyning o‘limiga nima sabab bo‘lganiga oydinlik kiritilmagan.
Aleksandr Kurlyandskiy — “Senimi, shoshmay tur!”, “Ajoyib Gosha” va “Adashgan to‘tining qaytishi” kabi multseriallarning yaratuvchilaridan biri hisoblanadi. Uning qator yumoristik hikoyalari “Yeralash” kinojurnali uchun ekranlashtirilgan.
1988-yilda Kurlyandskiy “Senimi, shoshmay tur!” ssenariysi muallifi sifatida Vyacheslav Kotyonochkin va rassom Svetozar Rusakov bilan birga, bolalar adabiyoti hamda san’atiga qo‘shgan hissasi uchun SSSR davlat mukofotiga loyiq ko‘rilgan. | 118 | 661 |
Madaniyat | “Epidemiya” filmining suratga olish jarayonida aktyorlar dunyoda shu kabi pandemiya muqarrarligidan ogohlantirilgan | Koronavirus pandemiyasi endi boshlangan vaqtda Stiven Soderbergning “Epidemiya” filmi kutilmaganda butun dunyoda eng ko‘p ko‘rilgan kartinaga aylandi. Gap shundaki, xavfli virus haqida lenta ko‘p jihatlari bilan COVID-19’ga oid vaziyatni oldindan bashorat qilgan. Ma’lum bo‘lishicha, suratga olish ishlarida qatnashgan olimlar rostdan ham sayyora shu kabi vaziyatga duch kelishiga ishongan. Bu haqda Jud Louga tayanib, “Film.ru” xabar berdi.
“Bu kabi holat sodir bo‘lishi mutlaqo aniq edi. Ssenariynavis Skott Byorn va Stiven Soderberg bilan ishlagan suratga olish maydonchasidagi olimlar juda bilimli va tajribali odamlar bo‘lib, nimalar sodir bo‘lishini bilardi. Va ular barchamizga bu sodir bo‘lishini aytgan — gap ‘agar’ emas, balki ‘qachon’ sodir bo‘lishi haqida ketgan”, — deydi Lou.
Aktyorning aytishicha, barchasi ular tasvirlab bergandek sodir bo‘lgan.
“Qo‘rqinchli tomoni bu haqda suratga olish maydonchasida, ekspertlar aytganidan so‘ng xabar topasiz, ammo doim ham eslab qola olmaysiz. 2020-yil boshlanganida Xitoyda nimalar sodir bo‘layotganini eshitdik, tabiiyki favqulodda qo‘ngiroqlar jaranglay boshladi”, — deydi aktyor.
Koronavirus pandemiyasi vaqtida omon qolishga yordam beradigan filmlar
Eslatib o‘tamiz, filmda Xitoyda tarqalgan xavfli virus haqida so‘z boradi. Kartinada bir nechta sujet liniyalari mavjud bo‘lib, u orqali sayyora aholisining pandemiyaga qarshi qanday kurashgani tasvirlangan.
Avvalroq 2018-yilda suratga olingan koreys serialida koronavirus tarqalishi prognoz qilingani ma’lum bo‘lgandi. | 115 | 1,531 |
Madaniyat | “Qizaloq va maymoq” dunyo bo‘yicha eng ko‘p tomosha qilingan multfilm bo‘ldi | Rossiya multseriallari mamlakatda mashhurlikka erishib, endi G‘arb bozorini ham to‘liq zabt etmoqda. Ularning ba’zilari jamoatchilik tomonidan shunchalik yaxshi kutib olindiki, Amerikaning mashhur multfilmlari, masalan, “Posbon kuchukchalar” va “Sezam ko‘chasi” multseriallarini reytinglardan siqib chiqarmoqda.
“Qizaloq va maymoq” multfilmi nafaqat Rossiyada, balki butun dunyoda juda mashhur bo‘ldi. 2020-yilda u maktabgacha yoshdagi bolalar orasida animatsion ko‘rsatuvlarning kuchli reytingiga kirdi. Bu yil esa qizcha va ayiq haqidagi hikoyalar reytinglardan birining eng yuqori pog‘onasini egalladi. Parrot Analytics xalqaro tadqiqot agentligi xulosasiga ko‘ra, mazkur multfilm dunyodagi maktabgacha yoshdagi bolalar uchun eng mashhur dasturga aylandi — so‘nggi 60 kun ichida multserialga qiziqish 35 barobarga oshgan!
“Qizaloq va maymoq” multseriali “Cho‘chqacha Peppa” kabi mashhur loyihalarni ham ortda qoldirdi. 2009-yilda efir yuzini ko‘rgan ushbu multfilm hozirgacha 43 tilga tarjima qilingan va Kidz Global tadqiqot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, animatsion film Yevropa, Yaqin Sharq va Afrikadagi bolalar uchun eng mashhur ko‘ngilochar brendlar uchligiga kirgan. | 76 | 1,179 |
Madaniyat | Manzura kalta “shorti” kiygani uchun tanqid ostida qoldi (foto) | Ayni damda Tailandda hordiq chiqarayotgan xonanda Manzura Instagram’dagi shaxsiy sahifasiga sayohatda tushgan suratlarini joylab bormoqda, deb yozadi “Qalampir”.
Xonandaning suratlarini internet foydalanuvchilari tinimsiz tanqid qilish bilan ovora. O‘zbek qizlariga kalta “shorti” kiyish to‘g‘rimi, san’atkorsiz, nimani targ‘ib qilyapsiz qabilidagi izohlarga xonanda kulimsiragancha kinoyali javoblar qaytarmoqda.
“Suratlarni deb muxlislar o‘rtasida qarama-qarshiliklar kelib chiqdi. Kimdir Manzuraning xatti-harakatlarini yoqlab, u boshqa xonandalarga o‘xshab o‘zini har ko‘yga solmayotgani, yarim yalang‘och suratga tushib, internet orqali behayo videolari tarqalmayotganini aytsa, yana boshqa birov har kimning xohishi o‘zi ixtiyorida ekanini uqtirishga urinmoqda”, — deyiladi xabarda. | 63 | 790 |
Madaniyat | Xonanda Shohruxxon va boshlovchi Nilufar Sotiboldiyeva “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi | 8-dekabr — Konstitutsiya kuni arafasida O‘zbekistondagi bir guruh faol yoshlar mamlakat rivojiga qo‘shayotgan hissasi uchun “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Taqdirlangan yoshlar orasida xonanda Shohruxxon va taniqli teleboshlovchi Nilufar Sotiboldiyeva ham bor.
Yoshlar ijod saroyida bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi raisi Qahramon Quronboyev davlat e’tirofiga sazovor bo‘lgan yoshlarni tabrikladi.
View this post on Instagram
View this post on Instagram | 110 | 535 |
Madaniyat | Rossiya bilan hamkorlikda yangi O`zbekiston haqida film suratga olinmoqda | "O`zbekkino" Milliy agentligi Rossiyaning "Masterskaya" kinokompaniyasi bilan hamkorlikda “O`zbekiston. Yangilanayotgan tarix” hujjatli filmi ustida ishlamoqda. Bu haqda “O`zbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati ma`lum qildi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2020 yil 20 noyabr kuni “O`zbekfilm” kinostudiyasiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari ijrosi yuzasidan suratga olinayotgan ushbu film O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligiga bag`ishlanadi. Unda yurtimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar haqida hikoya qilinadi.
Film ijodkorlari joriy yilning fevral oyida tasvirga olish ishlari bilan Toshkent shahriga tashrif buyurishdi.
Shu o`rinda ta`kidlab o`tish joizki, “Masterskaya” kinokompaniyasi Rossiyaning eng yirik hujjatli filmlar ishlab chiqaruvchi tashkiloti hisoblanadi. Kinokompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan filmlar “ORT” hamda “Rossiya” telekanallari orqali namoyish etib boriladi. | 73 | 968 |
Madaniyat | Los-Anjelesda yilning eng yaxshi seriallari uchun “Emmi” mukofoti onlayn tarzda topshirildi (foto) | Dunyo bo‘ylab tarqalgan pandemiya sabab 2020-yil “Emmi” mukofotini o‘z egalariga topshirish marosimi onlayn tarzda amalga oshirildi.
“Eng yaxshi dramatik serial” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblik “Vorislar” serialiga nasib etdi.
Aktrisa Zendaya “Eyforiya” dramatik serialidagi roli uchun “Eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritidi. U ushbu toifadagi mukofotni qo‘lga kiritgan eng yosh aktrisa sifatida baholandi, Zenadayaning yoshi 24 da.
“Vorislar” seriali qahramoni Jeremi Strong “Eng yaxshi aktyor” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib deb topildi.
Juliya Garner – “Ozark” serialidagi roli uchun “Ikkinchi darajali eng yaxshi aktrisa” mukofotiga sazovor bo‘ldi.
“Tonggi shou” serialidagi roli uchun Billi Krudap “Ikkinchi darajali eng yaxshi aktyor” nominatsiyasiga loyiq ko‘rildi.
“Komediya janridagi eng yaxshi serial” – “Shitts Krik”.
“Eng yaxshi komik aktyor” – Yujin Levi.
“Ikkinchi darajali eng yaxshi komik aktyor” – Deniel Levi.
Shuningdek, “Shitts Krik” serialining ssenariy muallifi – Deniel Levi, rejissor – Deniel Levi va Endryu Chividino, “Ikkinchi darajali eng yaxshi komik aktrisa” nominatsiyasi bo‘yicha Enni Merfi g‘olib deb topildi.
“Shitts Krik” komediyasidagi “Eng yaxshi komik aktrisa” − Ketrin O’xara.
“Ikkinchi darajali eng yaxshi komik aktrisa” – Enni Merfi
“Eng yaxshi mini-serial” – “Qo‘riqchilar”.
Suratda serial ijodkorlari va prodyuser – Deymon Lindelof.
Mini-serial yoki filmlardagi roli uchun “Eng yaxshi aktrisa”– Rejina King.
Suratda aktrisaning kartondan yasalgan shakli va marosim boshlovchisi Jimmi Kimmel.
“Men buni to‘g‘ri deb bilaman” mini-serialdagi roli uchun “Eng yaxshi aktyor” – Mark Ruffalo.
“Amerika xonimi” kartinasidagi roli uchun “Ikkinchi darajali eng yaxshi aktrisa” – Uzo Aduba.
“Qo‘riqchilar” mini-serialidagi roli uchun “Ikkinchi darajali eng yaxshi aktyor” – Yahyo Abdul-Matin II.
“Eng yaxshi telefilm” nominatsiyasi g‘olibi – rejissor Kori Finlining “Benuqson” filmi deb topildi. | 98 | 1,966 |
Madaniyat | O`zbekistonda 6 ta yangi kinozal ishga tushadi | Kinematografiya agentligi tomonidan o`tkazilayotgan "Ipak yo`li durdonasi" Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida Toshkentda va boshqa hududlarda oltita kinozal foydalanishga topshiriladi. Bu xaqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar qilmoqda.
Jumladan, Toshkentda qayta rekonstruksiyalangan 4 ta zal ochiladi. Ular ichida eng quvonarlisi 3300 o`ringa ega bo`lgan Alisher Navoiy nomidagi Kino saroyining yangicha qiyofada ta`mirlanmoqa.
Yana bir shunday kinozallardan 2000 o`rinli Renaissance Hall kino-konsert zali, Samarqand shahrida 3 ta zal va 450 o`rinli «Family Park» kinoteatrlari ishga tushadi.
Kinofestival doirasirida Buxoroda kapital rekonstruksiyadan keyin ikkita zal va 434 o`ringa ega bo`lgan “Buxoro”, 225 o`rinli “Chinor Cinema”, uchta zal ochilishi ko`zda tutilgan. “Buxoro” SKM (TRS) nomli 340 o`rinli kinoteatrlar foydalanishga topshiriladi.
Xivada esa Xudoybergan Devonov nomidagi 320 o`rinli kinoteatr yangilangan qiyofada tomoshabinlarni qarshi oladi. | 46 | 994 |
Subsets and Splits
No saved queries yet
Save your SQL queries to embed, download, and access them later. Queries will appear here once saved.