folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Madaniyat
Instagram: Do‘stiga o‘zini “sovg’a qilgan” Mitti.me, dunyoni zabt etish ilinjidagi Kaniza, “Qodirxon” seriali aktyori unashtirildi
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. “Qodirxon” serialidagi roli orqali tanilgan aktyor Davron Asqarov unashtirilganini ma’lum qildi. “Eldido” guruhi navbatdagi “O‘zim bormanku” nomli taronasiga ishlangan videoklipni muxlislariga namoyish qildi. Mashhur o‘zbek aktyorlari va aktrisalari ishtirokidagi “Yur muhabbat” serialining Turkiyada suratga olinayotgan kadrlari e’lon qilindi. Xonanda Dilso‘z sahifasiga yangi suratini joyladi va muxlislariga kuni xayrli o‘tishini tiladi. “Qalpoq” kulgi jamoasi xonanda Jaloliddin Ahmadaliyevning “Yor bizdan ketdi” taronasiga ishlangan “Bojam uydan ketdi-ketdi” parodiyasini namoyish qildi. Aktrisa Shahzoda Matchonova yangi surati bilan ko‘rinish berdi. Xonanda Ozoda Nursaidova Turkiyada tushgan yangi suratini muxlislariga namoyish qildi. U biror kimni xursand qilish uchun soxta tabassum qilmasligi haqida gapirgan. Aktrisa Asal Shodiyeva yangi obrazda obunachilariga ko‘rinish berdi. Xonanda Imron bir nechta kliplardagi partnyori aktrisa Durdona Qurbonova bilan yana tortishib qoldi. Shahzoda yangi surati bilan ko‘rinish berdi, obunachilariga baxtsizlikning o‘rni baxt bilan almashishi haqida gapirdi. Bir qancha xit taronalar ijrochisi Munisa Rizayevaning muxlislari unga juda katta guldasta sovg‘a qildi. Xonanda bu guldastaning go‘zalligini va muxlislariga o‘z rahmatini aytgan. Xonanda “G‘iybat bo‘lib qolmasin” nomli ko‘rsatuvda “Jonginam” taronasining cover talqinini jonli ijroda kuyladi. Aktrisa Zarina Nizomiddinova sahifasiga yangi suratini joyladi va muxlislarining har bir izohini o‘qishini, bu yoqimli ish ekanini aytdi. O‘zbek estradasida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan yosh xonandalardan biri Yorqinxo‘ja Umarov 7-avgust sanasida 30 yoshni qarshi oldi. Aktyor, teleboshlovchi Rixsitilla Abdullayev yangi suratini muxlislariga ko‘rsatdi va tabassum yaxshi qurol ekanini, u muammolardan qutqarishini, sukut esa ularning paydo bo‘lmasligiga yordam  berishini aytdi. Nilufar Usmonova bir kunini sog‘ligiga e’tibor berish uchun ajratdi va turli xil tekshiruvlardan o‘tib sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etdi. Luiza Rasulova yangi surati bilan muxlislariga ko‘rinish berdi. Aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva kuni  “Egizaklar” serialini suratga olish jarayonlarida ishtirok etish bilan boshlanganini aytdi va muxlislaridan serialda uning egizagi rolini kim o‘ynashi haqida so‘radi. Aktrisa yangi fotosessiya jarayonida tushgan videoni muxlislariga ko‘rsatdi. Qashqadaryodagi to‘y xizmatlarining biridan qaytayotgan xonanda Hosila Rahimova Samarqandda aktrisa Zuhra Soliyeva bilan kutilmaganda uchrashib qoldi. Bundan tashqari Hosila Rahimova xizmat qilgan to‘yda boshlovchi baxshi yo‘nalishida gapirdi. Xonanda Hulkar Abdullayeva yangi suratini namoyish qildi va muxlislariga kuni xayrli, maroqli o‘tishini tiladi. Yulduz Usmonova to‘y xizmatlariga tayyorlanayotgani aks etgan videoni obunachilariga namoyish qildi. Aktrisa Ra’no Shodiyeva Turkiyaning Istanbul shahridan ko‘rinish berdi va u yerda turklar oilaviy tabiat qo‘yniga chiqishi aks etgan videoni obunachilariga ko‘rsatdi. Ra’no Shodiyeva sahifasiga yangi suratini joyladi va muxlislariga biroz jim bo‘lib atrofidagi tovushlarni eshitmoqchi ekani haqida gapirdi. Aktrisa farzandi Amirxon bilan birga tushgan videosini ham muxlislariga ko‘rsatdi va uning ko‘p gapirishi haqida aytdi. Xonanda Hilola Hamidova yangi surati bilan muxlislariga ko‘rinish berdi. Mahoratli raqqosa Iroda Ismoilova to‘y xizmatlarining birida xonanda Farhod Saidov bilan birga xizmat qilganini muxlislariga ko‘rsatdi. Xonanda Malika Ravshanova yangi suratini obunachilariga ko‘rsatdi va o‘zini juda baxtli his etishini, buning sababi esa hech kimdan hech narsa kutmasligi ekanini aytdi. Xonanda Lola fotosessiya jarayoniga tayyorgarligi aks etgan videoni muxlislariga ko‘rsatdi. “Mitti.vine”ning asoschilaridan biri Farhod Mannopovning tug’ilgan kunida uning do‘stlari va hamkasblari kutilmagan sovg‘a tayyorladi. Kaniza shaxsiy brendi ostidagi atirlarning dunyo bo‘ylab topish mumkin ekanini va ushbu atirning hidini ham o‘zi tanlaganini aytdi.
130
4,152
Madaniyat
“Madaniyat va ma’rifat” kanalida efirga uzatilayotgan “Mahobhorat” seriali namoyish etilmayapti
“Madaniyat va ma’rifat” telekanalida begim kunlari soat 20:30 da namoyish etib kelinayotgan “Mahobhorat” seriali 12-iyuldan e’tiboran efirdan tushib qoldi. TV-dasturlardan o‘rin olgan serial kunduz kuni soat 12:00 da takroran namoyish etib kelinayotgandi. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi saytining “Madaniyat va ma’rifat” telekanali uchun ajratilgan qismida serial namoyishi 13—14—15-iyul kunlarida ham bo‘lishi ko‘rsatilgan. Skrinshot: Mtrk.uz Biroq film 12—13-iyul kunlaridagi ko‘rsatilgani kabi efirga chiqmay, uning o‘rnida boshqa film namoyishi boshlangan. Avvalroq “Yoshlar” telekanali orqali namoyish etilgan boshqa bir hind seriali “Senga oshiqman” (“Ishani”) yakuniga yetmay turib efirdan olingandi.
95
719
Madaniyat
Nima uchun Ilon Maskning onasi o‘g‘lining uyiga mehmonga borganida uning garajida yashashni afzal ko‘radi?
Ilon Mask — dunyodagi eng boy odam va hozirgi davrning eng muvaffaqiyatli biznesmenlaridan biri. Tadbirkor hamma narsaga qodir bo‘lishiga qaramay (uning boyligi 219 milliard dollarga baholanmoqda), mulkka umuman qiziqmaydi, deb yozadi People Talk. Mey Maskning so‘zlariga ko‘ra, u har safar Texasda istiqomat qiluvchi o‘g‘lini ko‘rgani borganida, uning uyida emas, aksincha garajda tunashiga to‘g‘ri keladi. Sababi hamma sharoit mavjud bo‘lishiga qaramay, uning uyini qulay deb atab bo‘lmaydi. “Raketa maydonchasi yonida ajoyib uy bo‘lishi mumkin emas”, — deydi Maskning onasi The Time nashriga. Aytgancha, Mey Mask ko‘p vaqtini o‘zining Nyu-Yorkdagi shinam kvartirasida o‘tkazadi. “Mening kvartiram katta emas. Katta uyga muhtoj ham emasman. Menga bo‘sh joy kerak emas, chunki u bilan birga boshqa mas’uliyat ham paydo bo‘ladi. O‘zimni bu yerda yaxshi his qilaman”, — deydi Mey Mask.  Uch farzandini yolg‘iz o‘zi tarbiyalagan, 50 yoshdan keyingina modellikda mashhur bo‘lgan fantastik ayol — Mey Mask haqida
106
1,009
Madaniyat
Taniqli dublyaj rejissori Matyoqub Orziyev vafot etdi
13-iyun kuni taniqli dublyaj rejissori Matyoqub Orziyev vafot etdi, deb yozadi UZ24. Bu haqda kinorejissor Jahongir Ahmedov Instagram’dagi sahifasida xabar qoldirdi. Skrinshot: UZ24 “Bugun ulug‘ kunlarning birida taniqli dublyaj rejissori, halol va vijdonli inson Matyoqub Orziyev olamdan o‘tdilar. Bizning oxirgi hamkorligimiz ‘Majnun’ filmida bo‘lgandi. Bu juda katta yo‘qotish, chuqur qayg‘udamiz! Oxiratlari obod bo‘lsin!”, — deb yozdi Jahongir Ahmedov. Aktyor Akbarxo‘ja Rasulov ham Instagram orqali marhumning oila a’zolariga ta’ziya bildirdi. Uning yozishicha, Matyoqub Orziyev 13-iyun kuni tongda og‘ir betoblikdan vafot etgan.
53
637
Madaniyat
Enrike Iglesias ikki oylik qizining videosi bilan bo‘lishdi (video)
Xonanda Enrike Iglesias Instagram ijtimoiy tarmog‘iga bundan ikki oy avval dunyoga kelgan farzandi Mariyaning videosini joyladi, deb yozadi Elle. Enrike va tennischi Anna Kurnikova juftligi boshqa mashhurlarga nisbatan shaxsiy hayotini ko‘z-ko‘z qilishni yoqtirmaydi. Shu bois ham xonanda tomonidan joylangan video bir qancha mulohazalarga sabab bo‘lgan. Ta’kidlanishicha hatto qizaloqning dunyoga kelgani haqidagi xabar ham juftlikning muxlislari uchun kutilmagan bo‘lgan. Chunki Annaning homilador surati tarmoqda tarqalganiga hech qancha bo‘lmay, juftlik qiz farzandli bo‘lgani haqida ma’lum qilgandi. 30-yanvarda qizaloq tug‘ilgani va uning ismi Mariya ekanidan boshqa hech qanday qo‘shimcha ma’lumot  berilmagan. Joylangan videoda otasining tizzasida o‘tirgan qizaloq, Fun guruhining “Tonight we are young” qo‘shig‘iga raqsga tushayotganini ko‘rish mumkin. View this post on Instagram
67
899
Madaniyat
Aziz Rametov atrofidagi shov-shuvlarga oydinlik va Saida Rametovaning hech kimga aytmagan yana bir siri (video)
O`zbek kino olamida alohida o`rniga ega, xalqimizga “qaynona” obrazi bilan sevimli bo`lgan Saida Rametova xonadonida mehmon bo`ldik. Biroz avval og`ir kasallikka chalinib, uni engib o`tgan, yaqinda esa o`g`li Aziz Rametovni uylantirgan va oradan hech qancha vaqt o`tmay katta o`g`lidan egizak nabiralar ko`rganidan boshi osmonda aktrisa bugun baxtli kunlardan sarmast. Suhbat davomida shov-shuvlarga boy to`y tafsilotlari, oila va aktrisa bilan bog`liq bosh­qa savollarga ­oydinlik ­kiritdik. Sizni ketma-ket quvonchli kunlaringiz bilan tabrik­laymiz. Yangi kelin va egizak nevaralar qutlug` bo`lsin! — Avvalo, katta rahmat. Hammangizga ketma-ket, qo`shaloq, quvonchli kunlar nasib qilsin. Bilasizmi, men avvaldan egizak nabiralarim bo`lishini niyat qilardim. Chunki bizning ham, katta kelinim Shohistaning ham, turmush o`rtog`im Jumadulla Rametovning ham avlodlarida egizak­lar bor-da. O`zimda faqat o`g`il farzand­lar bo`lgani uchun, Yaratgandan doim ko`p qiz nabiralar so`raganman.  Qizlar baribir bosh­qacha-da. Shukrki, kelinim kuni kecha Fotima-Zuhra nabiralarimni dunyoga keltirdi. Hech qaerda aytilmagan bir sirni aytaman. Kelinim homiladorligining birinchi oylari biroz hadiksiradik. Sababi kelinim qirq yoshga yaqinlashib qolgan-da, uch farzandning onasi, tug`ruq qiyin kechishidan cho`chidik. Lekin shifokorimiz baraka topsin, ko`nglimizni ko`tardi. Mana, bir zumda bir emas, ikki chaqaloqni qo`limga tutqazdi. Endilikda katta farzandim Ulug`bekning besh nafar bolasi bor. Ko`pchilik sizni yigirma yillik qaynona ekaningizdan bexabar… — Shunday ekan! (hayratlanib kuladi) Chindan ham, men katta o`g`limni uylantirganimga yigirma yil bo`lib qoldi. Eng katta nabiram o`n to`qqiz yoshda, u universitetda o`qiydi. Katta kelinimdan ham qaynona bo`lib juda katta narsalarni talab qilmayman. Hamma narsa me`yorida bo`lsa yaxshi-da! U aslida o`zimdan ham chaqqon, tinim bilmaydi. Yigirma yil ichida balki shuning uchun ham hech sen-menga bormaganmiz. Erkinlik berish bilan birgalikda kelinim ishga chiqishidan avval “Tozalikda gap katta, hammasiga ulgursangiz ishlang. Er, qaynota-qaynonaning ko`nglini olish, farzand tarbiyasi ham bor” deb eslatganman. O`zim ham endi turmush qurgan paytimda ham uy ishi, ham san`atni eplashga harakat qilardim. Hozir shular haqida o`ylasam, o`zimga qoyil qolib ketaman. Ko`pchilikning aytishicha, hozir Dilnoza ­Kubaevaga qarab, mening yoshligimni eslashar ekan. Ayollar agar o`z ishlarini yaxshi ko`rib, dangasalikdan qochishmasa, hamma narsaga ulgurish mumkin. Yangi keliningiz Shahloxonni anchadan buyon tanir ekansiz, obdon sinovingizdan o`tganlarmi, deyman? — Men zebigardonlarni, chiroyli bezakli ko`ylaklar kiyishni juda yaxshi ko`raman. Kelinimning ishi ham mana shu zebigardonlar, bezaklar bilan bog`liq. Buni qarangki, o`zi katta kelinim Shohista ham chiroyli liboslar tikadi. Mana shunday qilib avvaliga ular birgalikda ishlab yurishdi. Aziz ham ularning ishlarini reklama qilib yordam berishni boshladi. Mana shu davr ichida biz bir-birimizni ozmi-ko`pmi o`rgandik.   Bilasiz, xalqimiz mish-mishni yaxshi ko`radi. Odamlar orasida “Aziz Rametov onasining ko`ngliga qarab uylandi” degan gaplar ham yo`q emas. — Agar Aziz mening ko`nglimga qarab uylanadigan yigit bo`lganida 33 yoshgacha uylanmay yurmasdi. To`g`ri, kelinga, avvalo, men og`iz soldim. “Mana shu qiz o`zining odobi, mehribonligi bilan menga yoqyapti” deb katta kelinimga aytganimda, u ham gaplarimni tasdiqladi. Buni qarangki, hamma oila a`zolarimiz bir ovozdan bu qizni maqtashdi, unga qarshi hech kim yomon fikrda bo`lmadi. Ke­yin sekingina Azizning yonidan o`tdim. Aziz kulgancha “Hazillashyapsizmi, oyi”, deb kulib ham qo`ygandi. Oradan ko`p vaqt o`tmay esa “Sovchilikka boring, oyi”, deb qoldi. Hayron bo`lib, kelinning kimligini so`rasam, Shahloxon haqida aytib qoldi. Shunday qilib Surxondaryoga qarab sovchilik uchun yo`l oldik. ­Bilasizmi, ­mish-mish­larga kelsak, odamlar doim ­gapirgan. Bir paytlar men bilan Jumadulla Rametovni ham “bular hali ajrashib ketadi” deya gap tarqatishgan edi. Ular orasida biz qolib, o`zi ajrashib ketganlar ham ko`p. Ba`zilar “Artistlarning oilasi uzoqqa bormaydi” deya tez-tez gapirishadi. Ammo oilani asrab qolish masalasi bunga qaramaydi. Nima bo`lgan taqdirda ham oilani saqlab qolishga urinish kerak. Ikki insonning o`rtasida hamma narsa o`tadi. Sabr qilsangiz, yomon kunlar ortda qoladi.   Taqdir sizni baxtli kunlar bilan taqdirlashdan avval sinovlari bilan ham siyladi… Bugun esa dardni enggan ayollar qatoridasiz… — To`g`ri, Yaratgan meni sinadi. Shu bilan birga, meni qiyin kunlardan olib o`tdi ham. Kasallikka chalinganimni Turkiyada bilgan edim. Shunga qaramay davolanish uchun yana O`zbekistonga qaytdim. O`zimizning shifokorlarga ixlos qo`yganman. Shifoxonada yotganimda bir narsaga e`tiborimni qaratdim. U erdagi shifokorlar hammaga bir xilda muomala qilishdi. Faqat menga, aktrisa bo`lganim uchungina yaxshi munosabatda bo`lishyapti deb o`ylasam, boshqalarga ham mehr bilan qarashayot­gan ekan. Kasal inson xuddi yosh bola­day mehrga chanqoq turadi. Ko`zlari jovdirab hammaga umid bilan qaraydi. Hozir bu kunlardan o`tib oldim, ahvolim yaxshi. Menga tez-tez dardga yo`liqqan ayollar qo`ng`iroq qilib, “Sizdan kuch olyapmiz. Motivasiya beryapsiz” deb ham gapirishadi. Ilohim, hamma dardli insonlar shifo topishsin. Va men kabi ketma-ket baxt­li onlarga etib yurishsin!   Mohigul DIYoRXO`JAEVA suhbatlashdi “Даракчи” gazetasi, 12-son, 2022 yil, 24 mart
112
5,419
Madaniyat
“Shrek” multfilmi ekranga chiqqaniga 20 yil to‘lishi munosabati bilan uning 4K sifatli varianti namoyish etiladi
2021-yilning fevralida Universal Pictures studiyasi “Shrek” multfilmini 4K Ultra HD sifatda taqdim etishi ma’lum bo‘lgandi. “Film.ru”ning yozishicha, multfilmning Blu-ray va DVD ma’lumot tashuvchilardagi varianti 11-may kuni sotuvga chiqadi. “Shrek” multfilmi bundan 20 yil oldin, 2001-yilning 12-mayida Kann kinofestivalida birinchi bor namoyish etilgandi. Ta’kidlanishicha, ma’lumot tashuvchi vositalarga, shuningdek, qo‘shimcha to‘rt soatli materiallar, jumladan, qisqa metrajli filmlar, qirqilgan sahnalar va film ijodkorlarining izohlari ham yoziladi. Bundan tashqari, 25-, 28- va 29-aprel kunlari multfilm Amerika kinoteatrlarida qayta namoyish etiladi. Bu “Shrek”ning 4K UHD sifatdagi birinchi namoyishiga aylanadi. Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning dekabrida “Qora ritsar”, “Shrek”, “Murvatli apelsin” va boshqa qator lentalar Amerika filmlarining milliy reyestriga kiritilgan edi.  “Shrek” multfilmining hajmi 3 ming marotaba kichraytirilib, disketaga yozildi
112
965
Madaniyat
“Yangi O`zbekiston kinosolnomasi”ning tasvirga olish ishlari davom etmoqda
Samarqandda Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olinayotgan "Yangi O`zbekiston kinosolnomasi"ning s`yomka jarayonlari davom etmoqda. Tasvirga olish ishlari Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuasida olib borilmoqda. Majmuaning milliy uslubda, mustahkam va zamonaviy kommunikasiya bilan ta`minlagan holda qayta barpo etish ishlari Enter Engineering kompaniyasi loyihasi asosida amalga oshirilmoqda. Mazkur kinojurnal hujjatli filmlar ishlab chiqarish industriyasini takomillashtirish maqsadida 13 daqiqadan iborat bo`lib, har oy tayyorlanadi. Kinojurnal ssenariy muallifi va rejissyor Abdusamad Salomov, operator Samijon Sunnatillaev.
74
645
Madaniyat
Yulduzlardan kosmetik vositalar: biznesda omadi chopgan va buni uddalay olmagan mashhurlar (foto)
Ko‘plab mashhurlar o‘z kosmetika brendlariga asos solgan. Lekin ularning bir nechtasigina bu faoliyatini davom ettirishga muvaffaq bo‘lgan. Quyida daromadga erishgan yoki shunchaki pul sarflab, foyda ko‘ra olmagan yulduzlar bilan tanishib chiqish mumkin. 1994-yil Iman Supermodel o‘zining Iman Cosmetics brendini 1994-yil ishga tushirdi va muvaffaqiyat qozondi: brendga tegishli rasmiy sayt orqali tonal krem, lab bo‘yog‘i va tenga buyurtma berish mumkin. Iman kosmetikalari hozirda ham bozorda o‘z o‘rniga ega. 2004-yil Jessika Simpson Jessika o‘zining Dessert Beauty brendiga asos soldi, lekin bir necha yil o‘tgach, u o‘z-o‘zidan yo‘q bo‘lib ketdi. Inson ba’zida mag‘lubiyatga ham tayyor bo‘lishi kerak. 2005-yil Jennifer Eniston Jennifer Eniston soch turmagi bo‘yicha mashhur Living Proof brendini trixolog Robert Langer bilan birgalikda ishga tushirgan, lekin brend 2016-yilda Unilever’ga sotilgan. Jenniferning hozirda ushbu mahsulot bilan aloqasi yo‘q. 2005-yil Sindi Krouford Meaningful Beauty brendi mahsulotlari juda sifatli. Ushbu brendda terini parvarish qilish uchun yetti bosqichdan iborat shampun va sovun mahsulotlari bor. 2007-yil Jozi Moran Jozi o‘z brendi Josie Maran Cosmetics’ni Sephora’ga sotgan va mazkur mahsulotlar hozirda ham ishlab chiqarilmoqda. 2008-yil Gvinet Peltrou Goop brendi tobora ommalashib bormoqda. Brend terini parvarish qilish vositalaridan tortib hammom sharchalarigacha bo‘lgan mahsulotni o‘z ichiga oladi. 2009-yil Miranda Kerr Kora Cosmetics Sephora’da yaxshi sotilayotgani bilan sobiq Victoria’s Secret modeliga munosib daromad keltirmoqda. 2010-yil Jizel Byundxen Jizel 2010-yilda o‘zining Seeja brendi ostida kosmetik vositalarni chiqargan. Lekin faoliyat bir yilga ham bormagan. 2011-yil Salma Xayek Aktrisa yaratgan Nuance brendi olti oy davomida faqat Amerika CVS tarmog‘ida sotilgan. 2012-yil Kardashyanlar oilasi Kim, Xloi va Kortni Kardashyan 2012-yilda Khroma Beauty nomli kosmetika tarmog‘ini ishga tushirgan. Unda kosmetikadan tortib, teriga mo‘ljallangan mahsulotlargacha bor edi, lekin qonuniy litsenziyalash muammolari tufayli mahsulotlar do‘konlardan olib tashlangan. 2013-yil Dryu Berrimor Dryu Berrimor Flower Beauty dorixonasi brendiga asos solgan va ishga tushirilgandan buyon ishlab chiqariladigan mahsulotlar turi kengaygan: hozirda bu brend ostida ular asosan soch turmaklash vositalarini sotmoqda. Tayra Benks Tyra Beauty brendi 3 yilgina faoliyat yuritdi, afsus. Kayli Jenner Bir qancha qiyinchiliklarga qaramay Kylie Cosmetics brendi bozorda yaxshi ish olib bormoqda. 2015-yil Jessika Alba The Honest Co. brendi makiyaj va terini parvarish qilish mahsulotlarini arzon narxlarda sotuvga chiqargan va ular amerikalik yoshlar orasida juda mashhur. 2015-yil Yeva Mendes Yeva o‘zining Circa Beauty brendini juda tez ishga tushirgan, lekin savdo juda kamligi tufayli 2016-yilda kompaniya yopilgan. 2017-yil Rianna Ommaviy bozor uchun nisbatan yuqori narxlarga qaramay, Fenty Beauty juda yaxshi faoliyat olib bormoqda. 2019-yil Ledi Gaga Qo‘shiqchi tomonidan asos solingan Haus Laboratories brendi bozorda darrov ommalashdi, AQShda ham juda mashhur. 2020-yil Venus Uilyams Tennis malikasi 2020-yil  quyoshdan himoya qiluvchi ikkita kremni sotuvga chiqardi. Sportchining faoliyati muvaffaqiyatli davom etmoqda.
97
3,291
Madaniyat
“Jaloliddin rolida Mehriddin Rahmatov”. “Elparvar” tarixiy filmi Jaloliddin Manguberdi haqidami?
“O‘zbekkino” MA buyurtmasiga binoan prodyuser Zafar Yo‘ldoshev hamda rejissor Abduvohid G‘aniyev tomonidan suratga olinayotgan “Elparvar” tarixiy filmi uchun jonli ijroda musiqa yozish jarayoni davom etmoqda. Rejissor Abduvohid G‘aniyev “Elparvar” tarixiy filmida qaysi davr hikoya qilinishi haqida jurnalist Feruz Muhammadga bergan qisqa intervyusida gapirib berdi. “Elparvar” tarixiy filmida Jaloliddin Manguberdi obrazi bor, Jaloliddin haqida filmda ko‘p gapiriladi, ammo film Jaloliddin Manguberdi haqida emas. Film mo‘g‘ullar istilosi davrida o‘z qishlog‘ini qutqarish yo‘lida jonini xafga qo‘ygan Xorazmshoh sarkardasining o‘g‘li, o‘spirin kamonchi yigit Muqbil haqidadir. Film voqealari XII asr oxiri XIII asr boshlarida bo‘lib o‘tadi. “Elparvar” filmida Xorazmshohlar saltanati tanazzulga yuz tutib, mo‘g‘ullar bosqini boshlangan davrni tasvirlashga harakat qildik. Filmdagi Jaloliddin Manguberdi rolini O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mehriddin Rahmatov gavdalantirgan. Muqbil rolini esa yosh aktyor G‘ofur Isaxonov ijro etgan. Abduvohid G‘aniyev, “Elparvar” tarixiy filmi rejissori
96
1,099
Madaniyat
Toshkentda Sardor Milanoning yakkaxon konserti bo‘lib o‘tadi
“Rossiya 1” kanalining “Glavnaya ssena” loyihasi g‘olibi Sardor Milano 27-noyabr kuni Toshkentdagi “Istiqlol” san’at saroyida o‘zining yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi. Bu haqda “Uz24” xabar beradi. Qo‘shiqchi O‘zbekiston Yoshlar simfonik orkestri jo‘rligida chiqish qiladi. “Konsert dasturi juda rang-barang bo‘ladi, barchani hayratga solishni xohlayman. Bu asosan yangi klassikadir. Men ushbu ajoyib ijro uslubini vatandoshlarim va O‘zbekiston mehmonlariga taqdim etuvchi birinchi zamonaviy ijrochilardan biri bo‘lishimdan juda xursandman”, — deydi Sardor Milano Sputnik nashriga bergan intervyusida. Eslatib o‘tamiz, Sardor Milano “Glavnaya ssena” loyihasida mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritib, tomoshabinlar ovozining qariyb 37 foizini to‘plashga muvaffaq bo‘lgan edi.
60
779
Madaniyat
Xonanda Rayhon boshlovchi Farhod Alimov bilan nikohlanishdan avval Yigitalining oldidan o‘tgani ma’lum qilindi
Boshlovchi Farhod Alimov va xonanda Rayhon nikohdan o‘tish arafasida sobiq turmush o‘rtoqlarining oldidan o‘tgan. Bu haqda “Sayyod.com” xabar bermoqda. Kollaj: “Daryo” Avvalroq Farhod Alimov va Rayhon nikohdan o‘tgani, shu munosabat bilan 5-noyabr kuni amru-ma’ruf sifatida osh berilayotgani haqida xabar berilgan edi. To‘y qachon bo‘lishi hozircha noma’lum. “Har ikki tarafning sobiq turmush o‘rtoqlari bilan munosabatlari allaqachon rasman uzilgan. Ularning boshqa yangi munosabatlari mavjud bo‘lsa ham, [Rayhon va Farhod] bu yangi turmushi haqida ularning oldidan o‘tgan va barchasi o‘zaro rozilik natijasida bo‘layotgani ma’lum”, — deb yozadi “Sayyod.com”. Bir necha kun avval Rayhonning sobiq turmush o‘rtog‘i, aktyor Yigitali Mamajonov xonandaning ikkinchi marta oila qurishiga munosabat bildirar ekan, “bo‘layotgan ishlardan xursand emasligi”ni aytib o‘tgan edi. Oldinroq Farhod Alimov “Qalampir.uz” nashriga bergan intervyusida sobiq turmush o‘rtog‘i bilan 2016-yilning may oyida rasman ajrashganini bildirgan. Qayd etish joiz, Rayhon va uning sobiq turmush o‘rtog‘i — aktyor Yigitali Mamajonovning nikohi rasman bekor bo‘lgani ham 2016-yil may oyida ma’lum qilingan edi. Farhod Alimov intervyularining birida sobiq rafiqasi bilan ajrashishiga Rayhonning aloqasi yo‘qligini alohida ta’kidlab o‘tgan. Rayhon va Farhod Alimovning to‘yi, xonandaning xavfsizligini ta’minlash maqsadida, xorijda o‘tkazilishi mumkin. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
110
1,578
Madaniyat
O‘zbekiston katta oila sifatida talqin etilgan “Katta hovli” filmi suratga olindi
Toshkentda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va bir qator tashkilotlar tashabbusi bilan suratga olingan “Katta hovli” filmi ijodkorlari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi. Davlatimiz rahbarining shu yil 6-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan suratga olingan mazkur filmda xalqimizning milliy urf-odatlari, istiqlol ato etgan bebaho ne’matlar, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi salmoqli o‘zgarishlar, ular qo‘lga kiritayotgan yutuqlar haqida hikoya qilinadi. Kartinada Achchiqtosh qishlog‘idagi yoshu qarining mehnatsevarligi, ahilligi, an’ana va qadriyatlarimizga sodiqligi ifodalangan. Filmda mamlakatimiz katta oila sifatida talqin etilgan bo‘lib, shu zaminda yashayotgan barcha fuqarolar jonkuyarligi, fidoyiligi, bunyodkorlik ishlari bilan yurt ravnaqi, aholi farovonligiga o‘z hissasini qo‘shishi kerakligi haqidagi g‘oya ilgari surilgan. Zero, filmdan ko‘zlangan asosiy maqsad ham barkamol avlod ta’lim-tarbiyasi, ma’naviy-ma’rifiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini yoshlarga tushuntirish, ularni ona Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida kamol toptirishdir. Film ssenariyi muallifi va postanovkachi rejissyori – Nilufar Ibrohimxo‘jayeva, postanovkachi operator – Dilmurod Turdiboyev, postanovkachi rassom – Bahriddin Shamsiddinov, adabiy maslahatchi – Nigora Nazarova, badiiy rahbar – Ayub Shahobiddinov. Asosiy rollarni O‘zbekiston xalq artisti Muhammadsoli Yusupov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Farhod Abdullayev, aktyorlar Tolib Hojiyev, Akbarxo‘ja Rasulov va boshqalar ijro etgan.
81
1,750
Madaniyat
Paparatssi mashhurlarning fotosuratlari uchun qancha haq olishi ma’lum bo‘ldi
TJournal nashri paparatssi Mixail Gulkoning omadli kadr ketidan quvib “yulduzlar ovi”ga chiqishning o‘ziga xos jihatlari hamda fotosuratlarni sotishdan tushadigan mablag‘ miqdori haqida so‘zlab berganlarini keltirdi. Ba’zi vaziyatlarda Gulko zarur fotosuratni tushirish uchun oylab pistirmada o‘tirishiga to‘g‘ri kelgan, biroq ushbu biznesda eng baland narx bitta rasm uchun 10—15 ming dollarga teng. Gulko Shvetsiya malikasi Madlenning o‘z iti axlatini tozalab olayotgani aks etgan suratni Fransiya agentligiga 10 ming dollarga pullagan bo‘lsa, aktrisa Dryu Berrimorning eri va farzandi bilan sayr qilib yurgan rasmi 3 ming dollarga sotilgan. Ba’zan paparatssi nashrlar o‘rtasidagi raqobat tufayli katta pul ishlab olishi mumkin. Masalan, qo‘lida US Weekly jurnalini olib ketayotgan Jennifer Eniston suratini ushbu nashrning raqobatchisi People Magazine 500 ming dollarga sotib olgan. Nashr ushbu surat hech qachon chop etilmasligini istagan. Yulduzlarning qayerda ekanligi haqida suratkashlar boshqa hamkasblari orqali bilib oladi, xususiy detektiv yollaydi yoki mehmonxona xizmatchilariga pora beradi. Fotosurat omadli chiqishi ehtimolini oshirish uchun paparatssi jamoa bo‘lib ishlaydi va foydani bo‘lib oladi.
77
1,217
Madaniyat
“U mening hayotimni yashirincha barbod qildi”. Britni Spirs yillar davomida otasining vasiyligi ostida bo‘lganiga onasini aybladi
Britni Spirs yillar davomida u bilan bo‘lgan nohaqliklarga onasi aybdor ekanini ma’lum qildi. Britni Spirs 13 yilga yaqin vaqt davomida butkul otasining nazorati ostida bo‘lgan. Jeyms Spirs qizidagi ruhiyat bilan bog‘liq muammo sabab unga rasman vasiylik qila boshlagan. Shundan keyin xonandaning hayoti izidan chiqib ketgan. Otasi uni haqoratlagan, ortiqcha ishlashga majbur qilgan, dori vositalari berishdan tashqari, farzandli bo‘lishni ham taqiqlagan. Va nihoyat jamoatchilik bosimi ostida Jeyms qiziga vasiylik qilishdan voz kechgan. Britni Instagram sahifasiga bor g‘uborini to‘kib-sochib post joylagan. Ma’lum bo‘lishicha, uning onasi Linn Spirsdan ham jahli chiqqan. Dunyoda jimgina tabassum qilib turgan ayoldan xavfliroq kimsa yo‘qligini ta’kidlagan qo‘shiqchining qo‘shimcha qilishicha, otasini vasiylik qilishga aynan onasi ko‘ndirgan. “Otam menga vasiylik qilishni bundan 13 yil avval boshlagan bo‘lishi mumkin, ammo odamlar bu fikrni onam unga aytganidan bexabar. Men hech qachon u yillarni ortga qaytara olmayman. U mening hayotimni yashirincha barbod qildi”, — deb yozgan Spirs. “Nimalar qilganingni juda yaxshi bilasan, otam vasiylik haqida o‘ylaydigan darajada aqlli emas, ammo bugun men yangi hayotim hali oldinda ekanini bilgan holda tabassum qilaman”, — degan Britni. Keyinroq esa xonanda mazkur postini o‘chirib tashlagan. Avvalroq qaylig‘i Sem Asgari unga turmushga chiqishni taklif qilgani haqida xabar berilgandi. Juftlik sud jarayonlari sabab to‘yni keyinga surishga majbur bo‘lgan.
129
1,510
Madaniyat
Spice Girls guruhi Devid Bekxemning 40 yoshiga bag‘ishlangan ziyofatda qayta birlashdi
Britaniyaning qachonlardir taniqli bo‘lgan Spice Girls guruhi futbolchi Devid Bekxemning tug‘ilgan kunida qayta birlashdi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”. Gyorlz-bendning besh xonandasidan to‘rt nafari Viktoriya Bekxemning turmush o‘rtog‘i tug‘ilgan kuniga bag‘ishlab Marokashda o‘tkazilgan ziyofatda uchrashdi. Ijtimoiy tarmoqqa joylangan fotosuratda guruhning sobiq a’zolari — Mel Si, Jeri Xolliuell, Emma Banton va Viktoriya Bekxem taniqli aktrisa Yeva Longoriya bilan quchoqlashib turgani aks etgan. Aktrisa suratga “Men Spice Girls’ning yangi tarkibidaman” deya izoh qoldirdi. Ziyofatga guruhning qolgan a’zosi Melani Braun kelmadi. Eslatib o‘tamiz, 2-may kuni Devid Bekxem 40 yoshga to‘ldi.
86
698
Madaniyat
Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda 25 fevralidan 4 martiga qadar kinolar bepul namoyish etiladi
“O`zbekkino” milliy agentligi tomonidan joriy yilning 25 fevralidan 4 martiga qadar 2018 yilda davlat va xususiy kinostudiyalar tomonidan yaratilgan badiiy, hujjatli va animasion filmlar namoyishini o`tkazish rejalashtirilgan. Mazkur filmlar namoyishi bepul. Barcha xohlovchilar Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyga kelib, quyidagi filmlarni tomosha qilishi mumkin bo`ladi: 25 fevral (dushanba) Ø 10:00 – Matbuot konferensiyasi Ø 11:00-12:30 – “Islomxo`ja” Ø 13:00-14:30 – “Issiq non” Ø 14:40-16:00 – “Parvoz” Ø 16:10-17:45 – “Opa” Ø 17:55-19:30 – “Sarvqomat dilbarim” 26 fevral (seshanba) Ø 10:00-12:00 – “Berlin – Oqqo`rg`on” Ø 12:10-12:30 – “Urushning so`nggi qurboni” Ø 13:00-14:20 –“Hayot” Ø 16:10-17:10 –“Hayot, xayol va ohang” Ø 17:30-19:00 –“Qora zarba” 27 fevral (chorshanba) Ø 10:00-11:20 – “Maftun bo`ldim” Ø 11:30-12:30 – “Beshinchi fasl” Ø 13:00-14:30 – “Xotinlar o`yini” Ø 14:40-15:40 – “Marom” Ø 15:50-17:20 – “Notanish yulduz” Ø 17:30-19:00 – “Muzlaganlar” 28 fevral (payshanba) Ø 10:00-11:10 – “Unutilgan baxt” Ø 11:20-12:30 – “Aqldan ozganlar” Ø 13:00-14:20 – “Amiran” Ø 14:30-15:40 – “Vatanparvar” Ø 15:50-17:10 – “Go`dak nolasi” Ø 17:20-19:00 – “Dil iztirobi” 1 mart (juma) Ø 10:00-11:20 – “Kechikkan tarbiya” Ø 11:30-12:30 – “Qahr” Ø 13:00-14:30 – “Komila” Ø 14:40-16:00 – “Nayrang” Ø 16:10-17:40 – “Natija” Ø 17:50-18:00 – “Oriyat” 2 mart (shanba) Ø 10:00-11 :30 – “G`ildirakli uy”, “Hayot oqimi”, “Dovyurak oshpaz”, “Avtosarguzashtlar”, multiplikasion filmlar namoyishi. Ø 11:30-12:00 – “Yagona osmon ostida” Ø 12:00-12:30 – “Abdulhaq Abdullaev” Ø 13:00-13:20 – “Mo`ynoq-do`stlik o`lkasi” Ø 13:20-13:40 – “Samoviy otlar” Ø 14:00-14:30 – “Abay so`zi” Ø 14:30-15:00 – “Chingiz Aytmatov” Ø 15:00-15:30 – “Oltin zanglamas” Ø 16:10-16:30 – “O`zbek ovozsiz kinosi tarixidan” 4 mart (dushanba) Ø 10:00-10:30 – “O`zbekiston – Islom sivilizasiyasi markazi” Ø 10:30-11:00 – “Haqiqat qilichi” Ø 11:00-11:30 – “Qadimiy Buxoro” Ø 11:30-12:00 – “Abdulxoliq G`ijduvoniy” Ø 12:00-12:30 – “Bahouddin Naqshband” Ø 13:00-13:25 – “Ulug`bek maktabi” Ø 13:25-14:00 – “O`zbekiston milliy parlamenti tarixi” Ø 14:00-14:30 – “Sarkardalar maktabi” Ø 14:30-15:00 – “Oila” Ø 15:00-15:30 – “O`zbekiston kinojurnali” Ø 15:40-17:40 – “Temur” badiiy filmi
96
2,257
Madaniyat
Puxtagina Islom: Shohrux reperning ikki yashar o‘g‘li katta yo‘ltanlamasni haydamadi xolos
Shohrux reper Instagram’dagi sahifasida o‘g‘li Islom ishtirokidagi videoni e’lon qildi. Unda xonandaning ikki yashar farzandi yo‘ltanlamasga chiqib, rulga o‘tirganini ko‘rish mumkin. Albatta, bolakay kalitni o‘t oldirgichga solgan bo‘lsa-da, mashinani haydab ketmagan: qo‘shiq qo‘yib, raqsga tushgan. Qayd etish joiz, Shohrux reper o‘z shaxsiy hayotini sir saqlashga harakat qilsa-da, Islomning suratlari va videolarini tez-tez e’lon qiladi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
90
599
Madaniyat
Charli Chaplin, Eynshteyn, Stalin kabi mashhur tarixiy shaxslarning avlodlari nima bilan shug‘ullanadi? (foto)
Tarix sahifalarida qolgan mashhur shaxslarning nabiralari haqida ma’lumot berib o‘tamiz. Albert Eynshteynning evaralari Tomas va Pol Eynshteyn Eynshtyenning evarasi Tomas tibbiyot maktabini tamomlagan. Bugungi kunda Los-Anjelesdagi ambulator jarrohlik klinikasini boshqaradigan erkak to‘rtta tilda gaplasha oladi. Pol esa bobosining izidan ketishni istamagan, u ilm-fan o‘rniga san’atni tanlagan. Skripka chalish bilan shug‘ullanadigan Pol ayni vaqtda Fransiyada yashaydi. Elvis Preslining nabirasi Rayli Kio Xonanda va uning rafiqasi Prissillaning to‘ng‘ich nabirasi onasining izidan ketib, kinosanoatda karyera qilishga qaror qilgan. U “Telba Maks: G‘azab yo‘li” filmida suratga tushgan. Ernest Hemingueyning nabirasi Dri Heminguey 1987-yilda tug‘ilgan qiz ayni vaqtda Amerikada modellik va aktrisalik bilan shug‘ullanadi. Dri turli mashhur modellik agentliklari va brendlar bilan hamkorlik qilgan. Gucci, Valentino, H&M brendlari shular jumlasidan. Charli Chaplinning nabirasi Una Chaplin “Taxtlar o‘yini” filmida Talisa Stark rolini ijro qilgan Una dramatik san’at qirollik akademiyasini tamomlagan. Yoshi 31 da bo‘lgan aktrisa karyerasini boshlaganiga ko‘p bo‘lmadi. Iosif Stalinning nabirasi Kris Evans Stalinning kenja qizi Svetlana Alliluyevaning farzandiga Olga deb ism qo‘yilgan, ammo ismini yoqtirmagan qiz uni o‘zgartirishga qaror qilgan. 2011-yil Daily Mail nashriga bergan intervyusida u onasi butun hayoti davomida uni otasi bilan bog‘lamasliklari uchun uringanini, bobosining qilgan ishlari onasiga yoqimsiz bo‘lganini ta’kidlagan. Lev Tolstoyning evarasi Ilariya Shtiler-Timor Ilariyaning buvisi Lev Tolstoyning to‘ng‘ich farzandi bo‘lgan. U Leonardo Albertini ismli italyanga turmushga chiqqan. Juftlik uch nafar farzandli bo‘lgan va ulardan biri Ilariyaning onasi bo‘lgan. Tolstoyning isroillik evarasi bolaligidan mashhur bobosi haqida yaxshi bilgan. Odri Xepbyornning nabirasi Emma Ferrer Buvisidan farqli ravishda aktrisalikni tanlamagan Emma Florensiyadagi san’at akademiyasida tahsil olgan. Mashhur aktrisaning nabirasi voyaga yetganidan keyin suratchilar, moda brendlari unga e’tibor berib, hamkorlik qilishni taklif qila boshlagan. Bugungi kunda modellik faoliyati bilan shug‘ullanadigan Ferrer Odri singari xayriya ishlarida ham faol ishtirok etish bilan birga, YuNISEF bilan hamkorlikda ishlaydi. Pablo Pikassoning nabirasi Diana Vidmayer Pikasso Diana butun hayotini ijodga bag‘ishlagan. U zamonaviy san’at bilan shug‘ullanadigan tarixchi hisoblanadi. U buvasining ijod namunalari haqida ma’lumot to‘playdigan DWP Editions nomli tadqiqot kompaniyasiga egalik qiladi. Rossiya imperatori Nikolay I evarasi Nikoletta Konsola Romanova Mashhur Italiya aktrisasi sanalgan Nikoletta ilk bor 2003-yilda suratga tushgan. 2016-yilda esa Damiani kompaniyasi bilan hamkorlikda “Romanov” kolleksiyasining ustida ishlay boshlagan.
110
2,854
Madaniyat
Jennifer Lopes Netflix’ning yangi loyihasida insoniyatning so‘nggi umidiga aylanadi
Amerikalik qo‘shiqchi va aktrisa Jennifer Lopes Netflix tomonidan yaratilayotgan “Atlas” fantastik trilleriga qo‘shiladi. Filmga “Rempeyj” va “San-Andreasning parchalanishi” kabi filmlari bilan tanilgan Bred Peyton rejissorlik qiladi. Ssenariy ustida “Lok va kalit” yaratuvchilaridan biri Aron Eli Koleyt ishlagan, deb xabar beradi “Film.ru”. Ilmiy-fantastik kartina qayg‘uli kelajakda insoniyatni yo‘q qilishga otlangan sun’iy intellektga qarshi kurash borasida so‘nggi umidga aylangan jangchi ayol haqida. Qahramon kutilmaganda mutlaqo o‘zgacha qadamni tashlaydi — u boshqa sun’iy intellektlar bilan birlashadi. Film Jennifer Lopesning striming servisi bilan hamkorlikda yaratgan loyihalaridan biriga aylanadi. Shuningdek, u “Mulan” filmini yaratgan Niki Karoning “Ona” va seriyali qotil haqida so‘z boruvchi Izabella Maldonadoning The Cipher romani asosida filmda suratga tushadi. Suratga olish ishlari va premyera sanasi hozircha noma’lum. Ma’lumot uchun, Jennifer Lopes kinodagi karyerasini 1986-yilda “Mening kichkina qizalog‘im” filmi orqali boshlagan. O‘tgan 35 yil davomida u “Qo‘shiqchi”, “Oqsoch xonim”, “Muxlis” kabi 30 dan ortiq filmlarda rol ijro etgan.  Amerikalik qo‘shiqchi va aktrisa Jennifer Lopes qallig‘i Aleks Rodriges bilan ajrashganini ma’lum qildi
83
1,273
Madaniyat
Priyanka Chopra Bvlgari’ning Dubaydagi taqdimoti uchun qanday obraz tanladi?
Italiyaning mashhur Bvlgari brendi 2021-yilning yozida Priyanka Choprani yangi maxsus vakili deb e’lon qilgandi. Aktrisa allaqachon vakil sifatida faoliyatini boshlab yuborgan va bir qancha tadbirlarda brend nomidan ishtirok etgan. Shu jumladan, u Bvlgari’ning shayx xonim Fatima bint Xazza ben Zaid Al Nahayyan bilan hamkorlikdagi Jannah zargarlik buyumlari kolleksiyasining taqdimotida ham qatnashgan. Priyanka unda ishtirok etish uchun Hindistondagi Divali bayramidan so‘ng Dubayga uchib ketgan. Aktrisaning marosim uchun tanlagan obrazi o‘ziga xosligi bilan e’tibor jalb qilgan. Hamkorlik asosida yasalgan taqinchoqni tanlagan Chopra xonim obraz borasida mashhur stilist Lou Rouchga murojaat qilgan. U Priyanka uchun arxitektura namunasiga o‘xshaydigan Benchella brendi libosini afzal bilgan. Bichimi noaniq bo‘lgan sabzirang libos kapyushonli kimononi esga soladi.
76
872
Madaniyat
“Top Gan: Meverik” filmi bir kunlik prokatidan 51 million dollar to‘pladi
“Top Gan: Meverik” AQSH prokatida chiqarilgan birinchi kunidayoq 51 million dollar to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. Shu tariqa, film Paramount’ning eng muvaffaqiyatli premyeralari reytingida ikkinchi o‘rinni egalladi, deb yozadi People Talk. Deadline ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu filmni 51,2 million dollar bilan “Temir odam 2” ortda qoldirdi. Uch kun ichida bosh rolni ijro etgan Tom Kruz ishtirokidagi jangovar film 120 million dollar to‘pladi. Film premyerasi AQSHda 2022-yil 25-may kuni bo‘lib o‘tdi. 2022-yil 27-may kuni film butun dunyo bo‘ylab prokatga chiqdi. Shuningdek, Kannda bo‘lib o‘tgan filmning jahon premyerasida Shahzoda Uilyam va Keyt Middlton ham ishtirok etdi. Seanslar uchun chiptalar AQSHning ko‘plab kinoteatrlarida sotilmoqda.
73
746
Madaniyat
O‘zbekiston o‘quvchilari Italiyadagi xalqaro musiqa tanlovidan g‘alaba bilan qaytdi
Italiya poytaxti Rim shahrida bo‘lib o‘tgan PRIMAVERA ROMANA nomli II xalqaro musiqa ko‘rik-tanlovida O‘zbekistonning bir guruh o‘quvchilari g‘olib bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda. Tanlovda Toshkent viloyati Chirchiq shahar 7-son Bolalar musiqa va san’at maktabining 7 nafar o‘quvchisi ishtirok etdi. Mazkur tanlov 9 yo‘nalish, 6 yosh toifasida tashkillashtirilgan bo‘lib, unda O‘zbekiston o‘quvchilari Fransiya, Rossiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Ozarbayjan va mezbon Italiya davlatlari vakillari bilan bellashdi. Tanlov yakunida esa O‘zbekiston musiqachilaridan Pogosyan David, Vaxrusheva Mariya va Inkarova Lola fortepiano, Alimov Suleyman saksafon, Zakirova Lenara akadem xonandalik yo‘nalishlarida o‘z yosh toifasida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Karamanov Meyirjan va Aqlov Jangali akadem xonandalik bo‘yicha ikkinchi o‘ringa munosib deb topildi. Ular tashkilotchilarning diplomlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
83
1,009
Madaniyat
Yolqin To‘ychiyevning aktrisa Shahzoda Matchonova ishtirokidagi “Ma’suma” filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi
Toshkentdagi Alisher Navoiy nomli kinosaroyda 26-dekabr, dushanba kuni rejissor Yolqin To‘ychiyevning “Ma’suma” filmi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “PopCorn.uz” xabar bermoqda. O‘zAning yozishicha, yangi filmda “o‘zbek ayollariga xos vafo, sadoqat, oilaparvarlik va farzand tarbiyasiga o‘zini baxshida etish singari ezgu fazilatlar ulug‘langan”. “O‘zbekkino” milliy agentligi buyurtmasiga muvofiq “O‘zbekifilm” kinostudiyasida suratga olingan kartinada rollarni Shahzoda Matchonova, Adiz Rajabov, Nigora Karimboyeva, Dilbar Ikromova, Farhod Abdullayev va boshqalar ijro etgan. “Darakchi.uz”ning qayd etishicha, aktrisa Shahzoda Matchonova uchun bu joriy kinomavsumdagi uchinchi filmdir. “Mavsum premyeralarga boy o‘tdi. Bu ushbu mavsumda mening ishtirokimdagi uchinchi film. Ushbu rolni menga ishonib topshirgani uchun rejissor Yolqin To‘ychiyevga minnatdorchilik bildiraman. Bu rol men uchun alohida ahamiyatga ega!”, — deydi Shahzoda Matchonova. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
103
1,128
Madaniyat
Sunbul og‘a, malika Izabella va “Muhtasham yuz yil” serialidagi badiiy to‘qima bo‘lgan boshqa obrazlar (foto)
“Muhtasham yuz yil” tarixiy dramasi allaqachon klassikaga aylanib ulgurdi. Sujet XVI asrda Usmonlilar imperiyasi hududida yashagan tarixiy shaxslarning taqdiriga asoslangan, ammo serialdagi hamma narsa ham haqiqat emas. Ssenariy mualliflari ba’zi qahramonlarni o‘zlari o‘ylab topishgan. Sunbul og‘a Haram og‘asi haqiqatan ham turk haramlarining ajralmas qismi sifatida katta ta’sirga ega bo‘lgan. Ammo serialda ko‘rsatilgan hamma narsa haqiqat emas. Yorqin hazil tuyg‘usiga ega Sunbul og‘a tarixiy shaxs bo‘lmagan. To‘g‘rirog‘i, u To‘pqopida, faqat butunlay boshqa davrda yashagan. Yozuvlarga ko‘ra, turk sultonining haramida Ibrohim tentak (Ko‘sem sultonning o‘g‘li) qo‘l ostida shunday ismli amaldor xizmat qilgan. “Muhtasham yuz yil”dagi Xurram sultonning bunchalik yaqin sodiq xizmatkori bo‘lishi esa haqiqatga zid. Kastiliyalik Izabella Izabella Fortuna — turklar tomonidan asirga olingan go‘zal malika, aslida u Sulaymon bilan hech qachon uchrashmagan. Agar shunday bo‘lganda ham u sultonning buvisi tengi bo‘lardi, chunki u “Muhtasham yuz yil”dagi davrdan ancha oldin yashagan. Aslida kastiliyalik Izabella Sulaymonning raqibi Karl V ning buvisi edi, shuning uchun bunday romantik dramalar bo‘lmagan va bo‘lishi ham mumkin emas. Bularning barchasi sujetning keskin va qiziqarli bo‘lishi uchun ssenariy mualliflari tomonidan o‘ylab topilgan. Feruza xotun Feruza sultonning kanizagi bo‘lib, “Muhtasham yuz yil”ning 64-qismida tasvirlangan. Xurram sultonning o‘zi uni sotib oladi va haramga xizmatkor sifatida olib keladi. U qizi Mehrimoh bilan do‘stlashib, jajji Jahongir bilan til topishib, Xurramning qalbini eritib yuboradi. Aslida Feruza ismli kanizak hech qachon bo‘lmagan va uning barcha intrigalari faqat ekranda edi. Biroq muxlislar Jansu Derani filmdagi timsoli uchun shunchalik yomon ko‘rib qolishadiki, aktrisani ochiqchasiga haqorat qilishgacha borishgan. Hatto serial ijodkorlariga xat yozib, uni loyihadan chetlashtirishni talab qilishgan. Sodiqa xotun Sodiqa Xotun — Sulaymon sultonning yana bir kanizaklaridan biri bo‘lib, Xurramning asablarini o‘ynatgan bu makkora ayol ham ssenariy mualliflarining to‘qimasi. Umuman olganda, kinodagi Xurram sultonning asosiy raqiblari, Mohidavrondan tashqari, haqiqatan hayotda bo‘lmagan shaxslar. Ular serialni qiziqarli qilish va aksariyat ayol tomoshabinlarni asabiylashtirish uchun o‘ylab topilgan. Ammo Xurram sultonning qonuniy xotini bo‘lgandan so‘ng Sulaymon haramni chindan ham tarqatib yuborgan. Faxriya xalfa Avvaliga Diana, keyinchalik Faxriya xalfaga aylangan ayol Mustafoning buyrug‘i bilan To‘pqopiga kelib qolgan o‘g‘ri. Qiz yaxshigina amalga ega bo‘ladi: u bosh xalfa bo‘lib, xazina va haramni boshqarishni o‘z zimmasiga oladi. Dastlab u Xurramga qarshi ishlatiladi, ammo keyin u ikki tomonlama josusga aylanadi. Ammo hayotda Roksolananing bunday xizmatkori bo‘lmagan, ssenariy mualliflari haramdagi bir qator voqealarni ko‘rsatish uchun Sodiqa xalfa obrazini yaratishgan. Mehriniso sulton Mehriniso shahzoda Mustafoning qonuniy rafiqasi, Mehmedning onasi va Barbarossaning qizi. Aslida Xizr Raisning bolalari haqida hech qanday ma’lumot yo‘q – uning merosxo‘ri bo‘lmagan, ayniqsa, qiz farzand ko‘rmagan. Shahzoda Mustafoning xotini esa Rumeysa bo‘lgan. Mohidavron Sulton Sulaymonning xotini bo‘lmagan Serialda Mohidavron qayta-qayta sulton xonim deb ataladi, lekin Sulaymon bu unvonni faqat Xurram uchun maxsus kiritgan va bundan oldin bironta ayol bunga loyiq ko‘rilmagan. Sulton xonim — bu unvonni faqat hukmdorning qonuniy xotini, ya’ni nikohidagi ayol olishi mumkin bo‘lgan, lekin Mohidavron bunday emas edi. Sulton xonim podshohning yagona xotini deb ham atalgan va u juda katta imtiyoz va kuchga ega edi. Faqat volida sulton (sultonning onasi) maqomi undan yuqori bo‘lgan. Mohidavron sultonning sevgilisi va shahzoda Mustafoning onasi edi xolos. Tarixda esa u Xurramga uyushtirgan muvaffaqiyatsiz suiqasdidan so‘ng umrbod eski saroyga surgun qilingan.
109
3,939
Madaniyat
2000-yillar moliyaviy inqirozi haqidagi Kristian Beyl va Bred Pitt ishtirokidagi film treyleri chiqdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Kristian Beyl va Bred Pitt ishtirokidagi “Pasayish o‘yini” (The Big Short) filmining birinchi treyleri chiqdi, deb xabar beradi Deadline. 2000-yillar moliyaviy inqirozi haqidagi film relizi 11-dekabrga belgilangan. Film yozuvchi va jurnalist Maykl Lyuisning “Pasayish o‘yini. Moliyaviy ofatning yashirin kuchlari” (The Big Short: Inside the Doomsday Machine) kitobiga asoslangan. Unda AQSh ipoteka inqirozi, global moliyaviy inqirozning dastlabki shart-sharoitlari, shuningdek, iqtisodiyotdagi muammoni sezib qolib, undan foydalanib pul ishlaganlar haqida hikoya qiladi. https://www.youtube.com/watch?v=BzmUmgSoGSA Film rejissori Adam MakKey bo‘lib, unda yana Stiv Karell, Rayan Gosling va Karen Gillan suratga tushgan.
101
741
Madaniyat
Jizzaxda "uch avlod uchrashuvi" o`tkazildi (foto)
Yangi O`zbekiston. Bu iboraning asl ma`nosini teran tushunish uchun o`tgan besh yil sarhisobiga boqishning o`zi kifoya qiladi. Odamlar turmush tarzida yaxshi yashash, farovon hayot, baxt haqidagi tushunchalar qamrovi, mazmun-mohiyati tamoman o`zgarib ketgan. Bu jihatlar “Yangi O`zbekistonda erkin va farovon yashaylik” degan ezgu g`oya ostida tashkil etilgan uch avlod uchrashuvi doirasidagi rang-barang tadbirlarda ham o`zining yaqqol ifodasini topdi, deya xabar qilinmoqda" Darakchi.uz" ga.  Yoshi ulug` nuroniy otaxon va onaxonlarimiz hayot yo`li, ularning boy tajribasi – yoshlarga o`rnak. Shu bois viloyat markazi va tumanlar bo`ylab o`tayotgan samimiy uchrashuv va suhbatlarda mamlakatimiz miqyosida bo`layotgan tarxiy o`zgarishlar asosiy mavzu bo`lmoqda. Jizzax shahridagi so`lim xiyobonda tashkil etilgan bayram oqshomi avvalida ishtirokchilarga namoyish etilgan hujjatli filmda so`nggi besh yilda voha hayotida ro`y bergan tub o`zgarish va yutuqlar, Manas, Gagarin, Qo`ytosh kabi ko`pmillatli qishloq va mahallalar, tumanlar markazlari qiyofasi yangidan chiroy ochgani, iqtisodiyotning barcha tarmoqlari, qishloq xo`jaligi, xizmat ko`rsatish, ta`lim-tarbiya, tibbiyot, madaniyat va sport sohalaridagi salmoqli ishlar haqida so`z borgan. Barcha sohalarga xos o`zgarishlar ta`lim-tarbiya yo`nalishiga ham xosdir, deydi umrining yarim asrini pedagoglikka bag`ishlagan Olga Xvan. Bugungi kunda maktablarimizda yaratilgan sharoitlarni biz bir umr orzu qilganmiz, deya ta`kidlaydi, Ma`lum bo`lishicha, aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta`minlash masalasi ham uzoq yillardan buyon viloyat uchun g`oyatda dolzarb masala bo`lib kelgan. Nuroniylar va yoshlar o`rtasida kechgan jonli muloqotlarda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mazkur muammo echimiga qaratilgan yirik loyihalar amalga oshirilayotganiga alohida urg`u berilgan. Shuningdek, uch avlod uchrashuvi ishtrokchilari velosportning BMX yo`nalishi uchun barpo etilgan zamonaviy inshootda ham bo`lib, sportsevar yoshlar uchun muhayyo etilgan yangiliklar bilan yaqindan tanishishgan.
49
2,044
Madaniyat
Yulduzlar: “Bolalik, seni sog‘indik!”
Bolalik... Eng beg‘ubor, eng musaffo davr. Biroq, u vaqt hukmida ortda qolib, qaytib kelmaydi. Bugun uni faqatgina xotirada saqlash mumkin, desak adashamiz. 1820-yilda Jozef Nyeps tomonidan fotoapparat yaratilgach, bolalikni endi fotosuratda ham saqlash mumkin bo‘ldi. Zamonamiz yanada rivojlanib, Twitter, Instagram kabi ijtimoiy tarmoqlar yuzaga kelgach esa, ularni keng ommaga namoyish qilish imkoni tug‘ildi. Yulduzlarimiz ham ushbu tarmoqlar orqali bolalik va hozirgi davr suratlarini havola etmoqda.  Estradamiz xonandalarining bolalik suratlari sizga ham qiziq bo‘lsa kerak. Aziz o‘quvchilar, sizda ham bolalik suratlaringiz bormi? Ularni tomosha qilganda nimalar haqida o‘ylaysiz? Suratingiz bilan bog‘liq qanday qiziqarli xotiralaringiz bor? Marhamat, biz bilan o‘rtoqlashing.
37
790
Madaniyat
Foto: Turkiya “Oskar”i — “Oltin kapalak” mukofoti o‘z egalariga topshirildi
Turkiyada turk “Oskar”i, ya’ni “Oltin kapalak” mukofoti onlayn tarzda o‘z egalariga topshirildi. Quyida ushbu nufuzli mukofotga kimlar loyiq ko‘rilgani haqida ma’lumot beramiz. Eng yaxshi internet seriali — “Shaxsiyat” Turk shou-biznesining eng mashhur mukofotlaridan biri bo‘​lgan “Oltin kapalak” taqdirlash marosimi natijalariga ko‘ra, “Shaxsiyat” seriali eng yaxshi internet serial deb topilgan. Serial 2008-yilda rejissor O‘nur Saynak tomonidan suratga olingan. Eng yaxshi aktyor — Taner Olmez “Kosem​”​ serialidagi roli bilan o‘zbek muxlislariga yaxshi tanish bo‘lgan 33 yoshli aktyor “Mo‘jizaviy shifokor” serialidagi qoyilmaqom ijrosidan keyin ushbu nominatsiyasiga loyiq deb topilgan. Eng yaxshi aktrisa — Ebru Shahin O‘zbek teletomoshabinlari Ebru Shahinni “Istanbullik kelin” serialidagi ijrosidan yaxshi taniydi, lekin aktrisa “Beqaror” serialidagi oddiy qishloq qizi rolini qoyilmaqom gavdalantirgani sabab ayol aktrisalar ichida eng yaxshisi deb topilgan. Eng yaxshi serial juftligi — Furkan Andich va Aybuke Pusat “Har yerda sen” serialida sevishganlar rolini ijro qilgan Furkan Andich va Aybuke Pusat taqdirlash marosimining eng yaxshi serial juftligi nominatsiyasi bo‘yicha mukofotni qo‘lga kiritgan. Eng yaxshi romantik komik aktyor — Chaglar Ertugrul “Fazilatxonim qizlari” serialida zamonaviy Darsi rolini mahorat bilan gavdalantirgan Chaglar mukofotning romantik komik aktyori nominatsiyasida eng yaxshi deb topilgani, bejiz emas. Aktyor nafaqat tashqi ko‘rinishi, balki turli janrlardagi rollari bilan muxlislarni o‘ziga jalb qilish xususiyatiga ega. Eng yaxshi romantik komik aktrisa — Burju Ozberk Arsenalida “Muhtasham yuz yil”, “Xo‘jako‘rsinga sevgi” filmlari bo‘lgan 30 yoshlik Burju eng yaxshi romantik komik aktrisa deb topilgan.
75
1,763
Madaniyat
Yulduz Usmonova va Lola “Muloqot” yulduziga aylandi
11-noyabr kuni “Muloqot” saytlar tarmog‘i taniqli xonandalar Yulduz Usmonova va Lola Yo‘ldoshevaga “Yulduz” haykalchalarini topshirdi. Bundan tashqari, qo‘shiqchilarning “Muloqot” ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifalarida ham “yulduzcha” belgisi aks etib, profillarning haqiqiyligini ko‘rsatib turadi. Yulduz Usmonova “Muloqot” yulduziga aylandi Endi muxlislar xonandalarning sahifasi haqiqiyligiga shubha qilmasdan, ular bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotga kirishishi mumkin. Qo‘shiqchilar esa, o‘z navbatida, ijtimoiy tarmoq a’zolari bilan ijodidagi yangiliklarni bo‘lishish, ularning savol va murojaatlariga javob berish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Yulduz Usmonovaning “Muloqot”dagi rasmiy sahifasi Siz ham “Muloqot”da ushbu san’atkorlarning haqiqiy sahifalariga a’zo bo‘lishingiz mumkin. Yulduz Usmonova va Lola “Muloqot” tarmog‘idagi ilk “yulduzcha”larning egalariga aylandi. Qo‘shiqchi Lola “Muloqot” yulduziga aylandi Lola “Muloqot” ijtimoiy tarmog‘ida o‘z sahifasini yuritishni faollik bilan boshlab yubordi. Sahifada o‘ziga topshirilgan “Yulduz” haykalchasi suratini ilova qilib, “Muloqot.uz’dan yulduz. Rahmat, hammaga omad!” deb xabar qoldirgan. Shuningdek, profilining haqiqiylik belgisiga ega bo‘lganiga ishora qilib, bundan lol qolganligini bildiruvchi hazilomuz rasmini ham sahifasiga joylashtirgan. “Muloqot” saytlar tarmog‘i tomonidan joriy etilgan “Yulduz” haykalchasi egalari uchun “Muloqot” ijtimoiy tarmog‘ida haqiqiylik nishoniga ega bo‘lgan shaxsiy sahifalar ochiladi. Sahifadagi “Yulduz” belgisi uning haqiqiy ekanligini bildiradi. “Yulduz” nishonining ramziy haykalchasi ham yulduz ko‘rinishida bo‘lib, unga mashhurlarning ism-sharifi va ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi manzili tushirilgan. Bunday haykalchalarni yurtimizning san’at, sport va boshqa sohalarida dong taratgan insonlarga taqdim etish ko‘zda tutilgan. “Muloqot”da bo‘ling, mashhurlar bilan muloqotga kirishing!
51
1,899
Madaniyat
Nihol mukofoti sovrindori Umidaxon turmushga chiqyapti
Nihol mukofoti sovrindori Umidaxon turmushga chiqyapti. Xonanda so‘nggi paytlarda sevgi-muhabbat, to‘y va oila haqida ketma-ket, ma’no-mazmunga boy rasmlarni ijtimoiy tarmoqqa joylashtirayotganidan ham, bu yangilikni taxmin qilish qiyin emas edi, deb yozadi “Darakchi.uz”. Bo‘lajak kuyov ham san’atning odami. Ko‘p yillar xonanda Manzuraning ma’muri, hozir esa Nilufar Usmonova, Jasur Umirov bilan hamkorlik qilib kelayotgan Jamshidbek. U shou-biznesda, nafaqat, professional balki, samimiy va chiroyli odobi bilan ham hurmatga sazovor bo‘lgan. Jamshid va Umidaxon avvaliga do‘stlashib, so‘ng bir-biriga ko‘ngil qo‘ygan. Ammo hech kimga sir boy bermagan. Bugun esa ularning fotihasi bo‘lib o‘tdi. Hozircha, yoshlar to‘y sanasi haqida aniq gap aytmasa-da, bu hodisa tez kunlarda bo‘lib o‘tishini taxmin qilish mumkin.
54
822
Madaniyat
“O‘zbekistonda yashasang — tozala! Yo‘qsa, Rossiyangga bor!”. Aktrisa Xosiyat Husanova qo‘shnilari bilan tortishib qoldi
Davomi: O‘zga millat vakillarining boshini silagan o‘zbeklarga haykal qo‘yilgandi, shunday emasmi? Ijtimoiy tarmoqlarda aktrisa Xosiyat Husanova ishtirokidagi bahsli videoyozuv paydo bo‘ldi. Unda aktrisa va uning yaqinlari mahalla ko‘chasidagi chiqindi uyumi yuzasidan qo‘shnilar bilan tortishayotgani aks etgan. Ichki ishlar idorasi xodimi guvohligida yuz bergan bahs davomida aktrisa rus tilida gapirayotgan qo‘shnilariga qarata: “O‘zbekistonda yashasang — tozala! Yo‘qsa, Rossiyangga bor!”, — deya gapirgan.
120
511
Madaniyat
O`zbek kinorejissyori xalqaro hujjatli filmlar festivalida hakamlar hay`atiga raislik qildi
Turk dunyosi kinoijodkorlari uyushmasi tashabbusi bilan o`tkaziladigan Turk dunyosi hujjatli filmlarining xalqaro kinofestivali bu yili to`rtinchi marta Istanbul shahrida o`tkazildi, deya xabar qilmoqda “O`zbekkino” matbuot xizmati.  Ushbu nufuzli kinofestivalda turkiy tilli davlatlardan “ 9 mamlakat 9 shahar”  shiori ostida kinoijodkorlar guruhi o`zlarining hujjatli filmlari bilan qatnashishdi. Ahamiyatli jihati shundaki, mazkur nufuzli kinofestivalda taniqli o`zbek rejissyori Shuhrat Mahmudov hakamlar hay`atiga raislik qildi. Xalqaro tanlovda dunyoning turli mamlakatlaridan hujjatli film prodyusserlari va rejissyorlari ishtirok etishdi.  Tanlovda professional kategoriyada oliy mukofotni turkiyalik rejissyor Neyla Demirchining "Yuzma-yuz" hujjatli filmi, ikkinchi mukofotni misrlik Maryam Al Marakeshiyning "Tranzit", uchinchi o`rinni turkiyalik rejissyorning "Vatanga ketarkan..." jujjatli filmlari qo`lga kiritdi.
91
926
Madaniyat
Dunyoni ezgulik qutqarishi haqida hikoya qilinuvchi ajoyib sujetga ega filmlar (video)
Ba’zida kinolar haqiqatan ham dunyoqarashni o‘zgartira oladi. Ushbu Gollivud filmlari aslida dunyoni ezgulik qutqarishi hamda har bir inson yaxshilik manbasi bo‘lishi mumkinligini eslatib turadi. “Yaxshilik qil” – 2000-yil Bunday filmlar har bir kishi qo‘llab-quvvatlashga muhtojligini unutmaslik uchun ham kerak. Agar kartinani ko‘rgandan so‘ng, hech bo‘lmaganda bir kishi boshqasiga yaxshilik qilsa, bu, albatta, katta muvaffaqiyatdir. Hech bo‘lmaganda, shunday qilish istagi paydo bo‘ladi: bosh qahramon – yettinchi sinf o‘quvchisi Trevor hatto eng e’tiborsiz odamni ham ilhomlantiradi. “Yetti hayot” – 2008-yil “Yetti hayot” – bu chuqur hissiy drama, afro-amerikalik aktyor Uill Smit va italiyalik rejissor Gabriele Muchchino o‘rtasidagi ikkinchi hamkorlik. Ben ismli qahramon avtohalokatda yetti kishi halok bo‘lganidan keyin u o‘zining odamlar oldidagi burchini his qiladi. Barcha hayotiy tamoyillarini ko‘rib chiqib, u haqiqatan ham yordamga muhtoj bo‘lganlar nomidan o‘zini qurbon qilishga qaror qiladi. “1+1” – 2011-yil Kino tarixidagi eng ajoyib filmlardan biri bo‘lib, u ikki butunlay boshqa insonlar: tanasi falaj bo‘lgan boy aristokrat Filipp va hayoti juda qiyin kechgan oddiy yigit Dris haqida hikoya qiladi. Shunday qilib, butunlay farq qiluvchi odamlar o‘rtasida mustahkam do‘stlik o‘rnatiladi, bu ikkalasining hayotini yaxshi tomonga o‘zgartiradi. “Eng yaxshi yolg‘on” – 2014-yil To‘rt farzand – Mamere, Iyremeya, Pol va Abital Sudandagi fuqarolar urushi dahshatlaridan mo‘jizaviy tarzda omon qolishga muvaffaq bo‘ladi. O‘n uch yil o‘tib, taqdir ularga hayotni yangidan boshlash uchun baxtli imkoniyat beradi. Afrikalik qochqinlarni moslashtirish dasturida ishtirok etib, ular Amerikaga kelishadi va u yerda ularning urf-odatlari va qadriyatlari bilan tanishadi. Biroq urushning ayanchli oqibatlari ularni ta’qib qilishda davom etadi. “Ko‘rinmas tomon” – 2009-yil Shedevr-film – kinotanqidchilar uni “Oskar ”mukofotiga nomzodlar ro‘yxatiga kiritilganida shunday deb atagan, keyin Sandra Bullok ushbu filmdagi bosh rol uchun orzu qilingan haykalchani olgan. Do‘stona va boy oila tomonidan boshpana topgan o‘smirning hikoyasi. Natijada u hayotda o‘z yo‘lini topdi va futbol yulduzi bo‘ldi. Kartina har qanday odamning hayotida oilaning qo‘llab-quvvatlanishi qanchalik muhimligini ta’kidlaydi. “Qalbimda raqsga tushaman” – 2004-yil Film nogironlar uyida yashovchi Maykl ismli yigit haqida. U o‘simlik kabi yashaydi, kundalik rejimga ko‘ra, har bir yangi kun avvalgisining nusxasi. Ammo bir kuni u yangi bemor Rori bilan uchrashadi. Maykl singari Rori ham faqat nogironlar aravachasi yordamida harakatlanadi. Ammo uning dunyo haqidagi qarashlari va hayotdagi mavqeyi Mayklni hech narsa imkonsiz emasligini tushunishiga majbur qiladi.
86
2,753
Madaniyat
"Qo`shiq aytish muammo emas..." Yulduz Usmonova nega aynan retro qo`shiqlardan iborat konsert bermoqchiligini ochiqladi (video)
Mart oyida 15 kun konsert dasturini taqdim etgan Yulduz Usmonova 2 oy o`tib yana muxlislarini muhtasham saroyga chorlayapti. Bir yilda ikki marta va orasi ikki oylik farq bilan konsert taqdim etish... Bunga sabab nima va nima hojat tug`ildi. Xonandaning ma`lum qilishicha, bu gal faqat retro taronalar ixro etiladi. Usmonova ayni kunlarda 40 yillik qo`shiqlaridan iborat musiqiy guldastasini muxlislarga havola etish uchun ertayu kech tayyorgarlik bilan band. "darakchi.uz" Primadonnaning "repitisiya" maydoniga tashrif buyurdi va ayrim savollarga javob oldi.  — Nega aynan retro taronalaringizdan tashkil topgan konsert berish fikriga keldingiz? — Har konsertda eski qo`shiqlarni so`rashadi. Chunki hammamiz yoshlikni sog`inamiz. Retro taronalar qalblarimizni o`sha davrga qaytaradi. Har bir insonning o`zini yashagan zamondoshi, zamoni va o`z qo`shiqlari bo`ladi, axir. 40 yildan buyon sahnada bo`lsam, o`sha paytda tug`ilgan chaqaloqlar bugun 40 yoshga to`lgan. Bu kichkina davr emas. Hamma o`zining davrini qo`msaydi, hamma o`tgan umrini eslaydi, bu qo`shiqlarda xotira, butun boshli taqdirlar bor.  Misol uchun, "Seni osmonimga olib ketaman", "Ikki daraxt" kabi qo`shiqlar qancha juftliklarni yarashtirgan. Menga bir voqeani aytib berishgan edi. Bir ayol eri bilan ajrashgandan keyin og`ir kasal bo`lib qolibdi. Tanishlari eriga xotiningning ahvoli og`ir, borib xabar olib kel, deb aytishadi. "Seni osmonimga olib ketaman" qo`shig`ini eshitgandan keyin shifoxonaga xotinini ko`rgani boribdi. Shundan keyin ayol ham sog`ayib ketgan, oila ham tiklangan. Bu ham bir mo``jiza. Shaxsan o`zim ota-onalar haqida qo`shiqlarimni sog`inib kuylayman. Ota-onasi bor odam buni his qilolmas, lekin shaxsan men u taronalarni haligacha ko`zda yosh bilan ijro qilaman.  — Bo`lishi kutilayotgan retro konsertingizni muxlislar qanday qabul qilishadi, deb o`ylaysiz?—Yangi konsertdan ko`ra, bu konsertga talab ko`proq bo`lyapti. Faqat kattalar kelsa kerak desam, yo`q, yoshlar kelishyapti. G`ururlanib aytamanki, estradamizning quruvchisi men bo`lganman. Oldin jaz yo`nalishida bo`lardi, lekin estradamiz fundamentni men qurganman. Shuning uchun ham qo`shiqlarimiz hamon sevib tinglanadi.  — Konsertga tayyorgarlik jarayoni haqida gapirib o`tsangiz... —Musiqa, saundlar ustida yangidan ishlanyapti, aytilish yo`li o`sha bo`lsa ham saundlar, ritmlar juda muhim. Gollandiyalik orkestr bilan ishlash oson emas, bir on Gollandiyaga qaytgandek ham bo`ldim. Oliy darajada chalishyapti. 2000 mingta qo`shiqdan 30 taginasini saralab olganmiz, popuri qilib aytganlarimiz ham bor. Bundan keyin yana talablar bo`ladigan bo`lsa, ana shunday konsert beraveramiz. — Yulduz Usmonova qachon dam oladi?  — Dam olaman. Lekin bu qo`shiq aytmayman degani emas. 2 ta yangi qo`shiq yozib turaman, viloyatlarda konsertlar bo`ladi, to`ylarga chaqirishadi. “Xalqlar do`stligi”da berilgan konsert boshqa, qo`shiq aytish muammo emas, tayyorgarligi, jarayonni o`zi muammo. Men uxlab dam olmayman. Nabiralarim bilan o`ynasam, ularga o`zim ovqat pishirib bersam, uyimni o`zim tozalasam... Mana shular men uchun dam.  Abdukarim ZARIPOV, Pokiza IDRISXON tayorladi
127
3,116
Madaniyat
Video: “O‘zbekkonsert” tanqidlardan so‘ng Jahongir Otajonov, Shahlo Ahmedova, Abdulla Qurbonov va Halima Ibragimovaning litsenziyasini qaytarib berdi
“Bundan juda xursandman”. Jahongir Otajonov litsenziyasi tugatilganidan so‘ng ilk marta videomurojaat qildi “O‘zbekkonsert” davlat muassasasida 16-oktabr kuni shoshilinch brifing o‘tkazildi. Yig‘ilishda xonandalar Jahongir Otajonov, Shahlo Ahmedova, Abdulla Qurbonov va qiziqchi Halima Ibragimovaning litsenziyasi qaytarib berilgani ma’lum qilindi. Bu haqda jurnalist Feruz Muhammad xabar berdi. Brifingni muassasa rahbari Odiljon Abduqahhorov o‘tkazib, Jahongir Otajonov, Shahlo Ahmedova, Abdulla Qurbonov va qiziqchi Halima Ibragimovaning litsenziyasi qaytarilganini aytgan. Xonandalar va qiziqchining litsenziyasi nima sababdan qaytarib berilganiga oydinlik kiritilmagan. “O‘zbekkonsert” xodimining ma’lum qilishicha, “Daryo”da 15-oktabr, seshanba kuni 2019-yilda ogohlantirilgan va litsenziyasi olingan jamoa va xonandalar haqida e’lon qilingan maqola ayrim tushunarsiz holatlarga oydinlik kiritish uchun asos bo‘lgan. “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan 14-oktabrdan e’tiboran Jahongir Otajonovning litsenziyasi tugatilgan edi. “So‘nggi vaqtlarda Jahongir Otajonov ana shunday mas’uliyatni biroz unutib qo‘ydi, desak xato bo‘lmaydi. Joriy yilning may oyi, ya’ni muborak Ramazon oyida ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Jahongir Otajonov tomonidan san’atkor odobiga, milliy urf-odatlarimiz va odob-axloq qoidalariga to‘g‘ri kelmaydigan nomunosib harakatlar kuzatilgandi. Bu shunchaki o‘zini ko‘z-ko‘z qilish maqsadidami yoki boshqa maqsaddami, baribir ijtimoiy tarmoqlardagi bunday ko‘rinish yoshlar orasida, jamoatchilik o‘rtasida san’at ahli to‘g‘risida salbiy fikr uyg‘otmasdan qolmagan edi”, — deya izohlagan edi “O‘zbekkonsert” ushbu holatni. “O‘zbekkonsert”ning ushbu harakati Jahongir Otajonovning muxlislari tomonidan keskin qoralanib, ijtimoiy tarmoqlarda jamoatchilik tomonidan xonandani qo‘llab-quvvatlash boshlangan edi. Bugun Jahongir Otajonov muxlislariga videomurojaat yo‘llab, barcha qo‘llab-quvvatlaganlarga minnatdorchilik bildirdi.
149
1,958
Madaniyat
Toshkentda "Italiya turizmi haftaligi" bo`lib o`tmoqda
Toshkentda «Turizm o`quv konsalting markazi» davlat unitar korxonasi va Italiyaning GalileoFerraris instituti hamkorligida «Italiya turizmi haftaligi» davom etmoqda. Bu haqda O`zA xabar bermoqda. Loyiha mobaynida italiyalik ekspertlar bir qator soha vakillari: mehmonxona, restoran va turistik korxonalar xodimlari, restoran oshpazlari, barmenlar, somelelarning kasbiy mahoratlarini oshirishga yo`naltirilgan master-klasslarni namoyish etadi. Tadbir mobaynida Italiya turizm industriyasining etakchi ekspertlari tomonidan turizm va gastronomiyaning eng qiziqarli hamda dolzarb mavzulari yoritib beriladi. Keyinchalik tadbir ishtirokchilari bu erda olgan yangi bilimlarni o`z faoliyatlarida qo`llashlari mumkin. Kurs yakunida esa barcha ishtirokchilarga tadbir tashkilotchilari tomonidan xalqaro sertifikat va qimmatbaho sovg`alar topshiriladi. Tashkil etilayotgan mahorat darslarida turizm va mehmonxona xo`jaligi kasb-hunar kollejlari, mehmonxona, restoran va turistik korxonalarning 70 nafardan ortiq vakillari ishtirok etmoqda. Ma`lumot uchun, institut Italiyadagi umumiy ovqatlanish va mehmonxona xo`jaligiga ixtisoslashgan davlat maktabi bo`lib, turizm sohasida kadrlar tayyorlash bo`yicha etakchi muassasa hisoblanadi. Hozirgi kunda mazkur maktab 1,6 ming nafar o`quvchiga 5 yillik ta`limni taklif etadi.
54
1,310
Madaniyat
Shahzoda Muhammedovaning eri aktrisaga uylanish uchun 65 ming dollar sarflagani hamda uni nima sababdan urgani haqida gapirdi (video)
Aktrisa va dizayner Shahzoda Muhammedovaning turmush o‘rtog‘i Marat Hamdamov “Chotki Tv” YouTube kanaliga intervyu berdi. Intervyu davomida Marat Shahzoda Muhammedova bilan to‘yiga 65 ming dollar sarflaganini ma’lum qildi. “Aslida to‘yimiz bahorda bo‘lishi kerak edi. Lekin o‘sha paytda qo‘limda naqd ko‘rinishidagi pulim bo‘lmagan. O‘shanda ishlarim orqaga ketib, yuklarim chegarada qolib ketgan. Shuning uchun to‘yni kuzga qoldirganman. Lekin to‘yim bo‘ladigan noyabrdan uch oy oldin ham qo‘limda naqd pul yo‘q edi. To‘yni hisoblaganimizda 60 ming dollardan ko‘proqqa tushishi hisoblangan. Shahzodaga aytganman, lekin pulim yo‘qligini bilsa, meni tashlab ketadi, deb o‘ylaganman. U sinash uchunmi, to‘ydan oldin menga juda katta shartlar qo‘ygan. Keyin mo‘jiza yuz bergan, birdaniga uchta loyiha buyurtmasi tushgan va avans ko‘rinishida roppa-rosa 65 ming dollar berishgan. Shunday qilib, O‘zbekistonga kelib, to‘yni o‘tkazib, ertasi kuni yana Rossiyaga uchib ketganmiz. O‘shanda asal oyi uchun Dubayga chipta olingan edi, lekin ishim ko‘pligi uchun Dubay sayohatini bekor qilib, Moskvaga ketishga to‘g‘ri kelgan”, — deydi Marat. Shuningdek, Marat Hamdamov Shahzodaga bir marta qo‘l ko‘targani, bu holat esa Shahzodaning aybi bilan bo‘lmagani haqida ham so‘zlab berdi. “To‘yda bir qo‘lini qattiq siqib ushlaganim uchunmi yoki stressdanmi qo‘lida qon yaxshi yurishmay uvushib qolgan. Shunda Shahzoda ‘Saratonga chalindimmikan?’ deganida o‘zimni tuta olmay, yuziga tarsaki tortib yuborganman. ‘Nima deyapsan, bunaqa gaplarni gapirma’, deganman”, — deydi Marat Hamdamov. Ma’lumot uchun, Marat va Shahzoda 2018-yilning noyabrida turmush qurgan. Ularning Milana ismli qizi bor.
133
1,675
Madaniyat
Lola bo‘lajak turmush o‘rtog‘ini uchratgani haqidagi savolga javob berdi
Xonanda Lola “Darakchi” gazetasi bilan intervyu chog‘ida muxlislarning ko‘plab savollariga javob berdi, deb yozadi “Darakchi.uz”. Xususan, san’atni tark etishi haqidagi savollardan biriga u quyidagicha javob berdi: “So‘nggi paytlarda shu haqda ko‘p o‘ylayapman. Men hech qachon ijod qilishdan to‘xtamayman, biroq uchinchi marotaba ona bo‘lishni rejalashtirsam, darvoqe, ayni damda aynan shuni istayapman, ijodda tanaffus qilaman. Tanaffus paytida homiladorlik davrim va farzandim tug‘ilishidan to‘laligicha zavqlanishni istayman va faqat ilhom kelgandagina ijod qilaman”. Shuningdek, Lola “Bo‘lajak turmush o‘rtog‘ingizni uchratdingizmi?” — degan savolga ancha o‘ylanib, tabassum bilan “Balki”, deya javob berdi. “Bo‘lajak turmush o‘rtog‘im bolalarimga juda yaxshi munosabatda bo‘ladi, men buni bilaman, u ularni jon-u dilidan yaxshi ko‘radi”,— deya qo‘shimcha qildi xonanda.
72
876
Madaniyat
“Kino olamidagi xotinimsan, derdi” yoxud Obid Asomov hamkasblari xotirasida
Avvalroq so‘z ustasi, aktyor, xonanda, rassom va rejissor sifatida xalqimiz qalbidan chuqur joy olgan O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Obid Asomov vafot etgani haqida xabar bergan edik. “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov marhumning qadrdon hamkasblari bilan bog‘landi va ular Obid Asomov bilan bog‘liq unutilmas xotiralarini yodga oldi. Mirzabek Xolmedov, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist - Rahmatli Sobit Asomov bilan munosabatlarimiz yaxshiligi bois 1985-yili Benkov nomidagi rassomlik bilim yurtini endigina tamomlagan Obidjonning oldiga bordim. U rasmimni chizib, shaxsiy tashrif qog‘ozimni qisqa vaqt ichida tayyorlab bergan. O‘sha paytda u chiqishlarimni tomosha qilishini aytib, ijodim to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirgan. Ilk tanishuvimiz va aloqalarimizning boshlanishi shu uchrashuv bo‘lgan. Bir necha yildan keyin Sobit va Obid Asomovlar, To‘xtamurod Azizov, Botirxo‘ja Muhammadxo‘jayev bilan birga “Ko‘zgu” teatrini tashkil qildik. 1993-yildan boshlab u o‘z shogirdlarini jamlab, “Obid-A” teatrini tuzdi. Men ham shogirdlarim bilan ijod qilishda davom etdim. Shunday bo‘lsa-da, yillar mobaynida ahilligimiz yanada mustahkamlandi, aka-ukadek bo‘lib qoldik. O‘nlab filmlarda, dublyaj jarayonlarida, konsertlarda ishtirok etdik. Dunyoning bir qancha mamlakatlarida ijodiy safarlarda bo‘ldik. “Obid shou”, “To‘ylar muborak”, “Qovun tushdi” kabi ko‘rsatuvlarida hamkorlikda ijod qilganmiz. U shirin so‘z aytib, hammaning ko‘nglini oladigan, tashkilotchi inson edi. Obidjon asl so‘z ustasi bo‘lib, gap-so‘zi hamisha tayyor turardi. Jumlalarni bir-biriga bog‘lab, har qanday vaziyatda ham latifalar aytishiga qoyil qolardim. U bilan so‘nggi bor “Sevimli” kanalida efirga uzatiladigan “Eslab” ko‘rsatuvining menga bag‘ishlangan sonini suratga olish paytida ko‘rishgandik. Tug‘ilgan kunimga yaqin shifoxonaga yotib qoldi. 13-dekabr kuni telefonda gaplashganimda, “Aka ahvolim yaxshi, bugun-erta shifoxonadan chiqaman”, degandi. Ammo 14-dekabrda kechga yaqin omonatini topshirdi. Obidjon bilan “Kulish shart” ko‘rsatuvi orqali dunyoning ko‘p davlatlariga bormoqchi edik. Lekin bu armonga aylandi. Ilohim oxirati obod bo‘lsin! Fotima Rejametova, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist - Obid Asomovni talabalik davrimdan yaxshi bilardim. Birga sobiq Toshkent davlat teatr va rassomlik san’ati institutida o‘qiganmiz. “Olashaqshaq”, “Tohir va Zuhra”, “Ada emas dada”, o‘tgan yili Yangi yil bayrami munosabati bilan suratga olingan “Zumrad va Qimmat” singari o‘nlab filmlarda partnyor bo‘lganmiz. Hazillashib “Sen kino olamidagi xotinimsan”, derdi. U san’at uchun yaratilgan va o‘z kasbining haqiqiy ustasi edi. Ayrim qiziqchilar odamlarning gaplarini terib yoki bo‘lmasa xorij latifalarini tarjima qilib, sahnaga chiqishadi. Obid Asomovning esa ichidan qiziqarli va hayotiy hikoyalar quyilib kelardi. Soxtalikni sira his qilmasdingiz. Hayotda ham chegaradan chiqmay, bachkanalikdan yiroq holda chiroyli hazil-huzul qilishni qoyillatardi. Juda ham istarali va dangal inson edi. “Tohir va Zuhra” filmining tasvirga olish jarayonida taniqli bir nashr muxbirlari syomka maydonchasiga borishgan va Obid akani bo‘yoqlar orqali qon hosil qilinib, bezatilgan qiyofasini suratga tushirishgan. Oradan bir necha kun o‘tib, o‘sha rasm ostida “Obid Asomov vafot etibdi”, degan gap-so‘zlar yozilgan gazeta sahifalari paydo bo‘ldi. O‘shanda Qoraqalpog‘istonda ijodiy safarda edim. Darrov Obid akamga aloqaga chiqib, hol-ahvol so‘radim. Soppa-sog‘ ekanligini va jurnalistlar shunchaki mish-mish chiqarishganini bilgach, ko‘nglimdagi xavotir tarqalgan. Bu galgi noxush xabar ham meni vahimaga solib qo‘ydi. O‘sha zahoti qo‘l telefoniga qo‘ng‘iroq qilib, bog‘lana olmadim va internet saytlarida dunyoni tark etganini o‘qigach, ko‘zlarimdan yoshlar qalqidi. Haligacha uning o‘lganiga ishongim kelmayapti. Bu ham navbatdagi hazil bo‘lib chiqishini istayapman.
75
3,891
Madaniyat
Instagram: Yubiley yoshini nishonlayotgan Mirzabek Xolmedov, ko‘chirmakashlikda ayblanayotgan Yulduz Usmonova, IIV tomonidan mukofotlangan Parizoda
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz. Xonanda Botir Qodirov Hindistonda hindcha to‘yda mehmon bo‘ldi. “Qora niyat” seriali yulduzi Nesrin Jevadzade sevgilisi, aktyor Gokhan Alkanni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi. O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova plagiatda ayblanmoqda. Internet foydalanuvchilarining fikricha, uning “Muhabbat” qo‘shig‘i musiqasi boshqa bir xonanda Renat Sobirovning qo‘shig‘i musiqasiga juda o‘xshash. Munisa Rizayeva bolaligidagi noyob suratni sahifasiga joyladi. O‘zbek milliy akademik teatri aktrisasi Kumush O‘ktamova qiz farzandli bo‘ldi. Aktrisaning tug‘ruqxonadan chiqishi haqiqiy bayramga aylanib ketdi. Teatr jamoasi uning xonadoniga jam bo‘ldi. Feruza Normatova yangi surati izohiga Rumiydan iqtibos keltirdi. Ozoda Nursaidova “Do‘st” deb atalgan qo‘shig‘iga ishlangan klipni taqdim etdi. Klipda bosh rollarni Alisher Uzoqov va Adiz Rajabov ijro etgan. Zohirshoh Jo‘rayev ham muxlislariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi. Raqqosa Parizoda va uning ansambli ichki ishlar vazirligi tomonidan mukofotlandi. Shahzoda yaqin dugonasi bilan tushgan surati bilan bo‘lishdi. 13-dekabr kuni taniqli so‘z ustasi Mirzabek Xolmedov 60 yoshga to‘lishi munosabati bilan barcha hamkasblari, do‘stlarini bir davraga jamladi. 12-dekabr kuni esa O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova tavallud kunini nishonladi.
147
1,442
Madaniyat
“Simpsonlar” multfilmida o‘ylab topilgan so‘z haqiqiy deb hisoblana boshladi
Merriam-Webster ingliz tili onlayn lug‘atining muharrirlari o‘ylab topilgan embiggens so‘zini lug‘at bazasiga qo‘shdi. Bu haqda ular Twitter’da ma’lum qildi. So‘z birinchi marta “Simpsonlar“ multfilmining Lisa the Iconoclast nomli qismida ishlatilgan. Qismda springfildlik o‘quvchilar uchun Jebedai Springfild shahrining asoschisi haqda hikoya qilinadi. Filmda o‘quvchilar uchun A noble spirit embiggens the smallest man (“Mehribon ruh kichkinani ham katta qila oladi”) gapi yangraydi. Lug‘atda aytilishicha, embiggen fe’li og‘zaki nutqda ishlatiladi va yumoristik ma’noga ega. So‘z “kattaroq qilmoq” yoki “kattalashtirmoq” ma’nolarida ishlatiladi. So‘z birinchi marta 1996-yilda ishlatilgan.
76
693
Madaniyat
​O`ZBEKISTONDA MADANIYaT VA SAN`ATNI RIVOJLANTIRISh JAMG`ARMASI TAShKIL ETILADI
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Madaniyat vazirligi huzurida Madaniyat va san`atni rivojlantirish jamg`armasini tashkil etish to`g`risida qaror imzoladi. Qaror madaniyat va san`at sohasidagi boshqaruv tizimida davlat siyosatini amalga oshirish samaradorligini oshirish maqsadida qabul qilindi. Unga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat ko`rsatayotgan byudjetdan tashqari Madaniyat va san`atni rivojlantirish jamg`armasi negizida O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo`lgan Madaniyat va san`atni rivojlantirish jamg`armasini tashkil etish belgilandi. Jamg`armaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin: “O`zbekkonsert” davlat muassasasi faoliyatini ta`minlash; moliyaviy, tashkiliy va ijodiy yo`nalishlarda kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish asosida madaniyat va san`at sohasini yanada rivojlantirishga ko`maklashish, shuningdek, madaniyat arboblarini hamda tasviriy san`at, adabiyot, teatr, musiqa va xoreografiya sohalarida ularning tashabbusi bilan tashkil etiladigan tadbirlarni har tomonlama qo`llab-quvvatlash; xalqaro va davlatlararo madaniy aloqalarni kengaytirish, madaniyat va san`at sohasida xalqaro madaniy tashkilotlar va xayriya jamg`armalari bilan hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy sarmoya va grantlarni jalb etish, mamlakatimizda madaniyat va san`atga doir homiylikni rivojlantirishga ko`maklashish; madaniyatlararo ijodiy muloqotni yo`lga qo`yish va o`zbek san`atining jahon badiiy va madaniy makoniga integrasiyalashuviga ko`maklashish, shuningdek, mamlakatimizning madaniy va ilmiy-texnik salohiyati hamda raqobatdoshligi bilan bog`liq jihatlarni namoyish etish; madaniyat va san`at sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, shu bilan birga, O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi muassasalarni zarur adabiyotlar va davriy nashrlar bilan ta`minlash; xorijiy tajribalarni hisobga olgan holda, mamlakatimiz muzeylari va boshqa madaniy muassasalari faoliyati samaradorligini oshirish tizimini takomillashtirishga ko`maklashish; xalqaro standartlarga muvofiq yangi madaniy muassasalar qurish uchun moliyaviy mablag` va ko`mak berish; O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi muassasalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularni kapital hamda joriy ta`mirlash; xalqaro institutlar, xorijiy mamlakatlar hukumatlari, homiylar va donorlari bilan hamkorlikda loyihalarni birgalikda moliyalashtirishni tashkil etishni ta`minlash; jahondagi ilg`or tajribalarni mamlakatimizda joriy etish bo`yicha takliflar tayyorlash maqsadida madaniyat va san`at sohasini moliyalashtirish bo`yicha rivojlangan davlatlar tajribasini o`rganish; aholiga pullik xizmatlar ko`rsatish hajmini va O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi byudjet tashkilotlari fondiga tushumlarni ko`paytirish bo`yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish; qonunchilikda belgilangan manbalardan tushayotgan mablag`larni jamg`arishni ta`minlash; ajratilayotgan maqsadli mablag`lardan to`g`ri, samarali va maqsadli foydalanish ustidan tizimli nazorat o`rnatish; O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimida faoliyat ko`rsatayotgan xodimlarni moddiy rag`batlantirish va ijtimoiy himoya qilish bo`yicha tadbirlar uchun maqsadli mablag`lar ajratish.
79
3,396
Madaniyat
Instagram: Hijobga kirishi haqida gapirgan Asal Shodiyeva, to‘yda o‘rtakashlarga tanbeh bergan Ozoda, 60 ming dollarga uyatsiz filmda suratga tushish taklif qilingan aktrisa
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. Munisa Rizayeva yangi surati izohiga hayotda faqat o‘zi xohlagan ishni qilishi haqida yozib qoldirdi. “Shukrona” serialidagi baqiroq qaynona obrazi bilan tanilgan aktrisa Gulnora Tolipova 60 ming dollar evaziga uyatsiz filmda suratga tushish taklifi bo‘lganini so‘zlab berdi. Hosila Rahimova folloverlarini sport bilan shug‘ullanishga undamoqda. Raqqosa Parizoda Julyetta obrazida namoyon bo‘ldi hamda mashhur filmdagi she’rni o‘qib berdi. Ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Ozoda Nursaidova ishtirokidagi video muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Videoda Ozoda Nursaidova to‘yda o‘zini “Latofatli xonanda” deb e’lon qilgan boshlovchilarga qo‘pol munosabatda bo‘lgani aks etadi. Xonanda Ruhshona turmush o‘rtog‘i Sanjar Matkarimov bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi. Malika Ravshanova 70 yoshni qarshilagan onaxon — ashaddiy muxlisasining uyiga kutilmaganda borib, uning ko‘z yoshlariga sabab bo‘ldi. Rayhon G‘aniyeva hamkasblari MC Doni hamda Afruza bilan aeroportda ko‘rishib qoldi. Aktrisa Asal Shodiyeva qachon hijobga kirishi haqidagi savolga javob berdi.
173
1,202
Madaniyat
TOShKENTDA YuZ YIL AVVALGI OILALARGA FOTOSAYoHAT UYuShTIRILDI
Toshkent fotosuratlar uyida O`zbekiston Badiiy akademiyasi va Rossiya Federasiyasi Madaniyat vazirligi hamkorligida “Oilaning Evro-osiyo madaniyatidagi o`rni. XX asr” deb nomlangan ko`rgazma ish boshladi. Ko`rgazma ochilishida keng jamoatchilik vakillari, san`atshunoslar, rassomlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Unda xalqlarimiz o`rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashda madaniy-gumanitar sohadagi aloqalar, jumladag bu kabi tadbirlar muhim ahamiyat kasb etayotgani ta`kidlandi. Ko`rgazmadan Rossiya etnografiya muzeyida saqlanayotgan, Evropa va osiyo xalqlarining kamida bir asr avvalgi oilaviy qadriyatlari aks etgan 80 dan ortiq fotosuratlar o`rin olgan. Mazkur ko`rgazma ishtirokchilari moziyga sayohat qilib, O`rta Osiyo, Volgabo`yi, Kavkaz, Sibir, slavyan, fin-ugor xalqlarining XIX asr oxiri– XX asr boshlaridagi hayot tarzi, oilaviy munosabatlari, an`analari, kiyim-kechaklari, turar-joylari haqida muayyan tasavvurga ega bo`lishdi. Mazkur ko`rgazmada o`sha davrlarda yurtimiz tarixiga oid qimmatli fotosuratlar ham namoyish qilindi. Masalan, S.Dudinning «Sherdor madrasasi yaqinidagi ko`chada bozor kuni» deb nomlangan surati 1902 yilda olingan. Ko`hna Samarqand manzarasi muhrlangan bu suratda ajdodlarimiz turmush tarzi o`z ifodasini topgan. D.Ermakovning «Ip yigirish», V.Mashechkinning «Buvi qizi va nabirasi bilan», I.Abramovning «O`rim oldidan» kabi fotolavhalarda ham o`tmishning qiziqarli va nodir manzaralari aks etgan. Mazkur ko`rgazma 2 noyabrgacha davom etadi.
61
1,517
Madaniyat
Eurovision 2017 g‘olibi yurak ko‘chirib o‘tkazilishini kutib, jonlantirish bo‘limiga tushib qoldi
Eurovision 2017 tanlovida g‘olib bo‘lgan portugaliyalik qo‘shiqchi Salvador Sobral intensiv davolash bo‘limiga yotqizildi, deb yozadi La Vanguardia nashri. Uning ahvoli oxirgi kunlarda yomonlashib qoldi, artistga yurak ko‘chirib o‘tkazilishi zarur. U organ transplantatsiyasi uchun navbatda birinchi bo‘lib turibdi. 27 yoshli Sobralda tug‘ma yurak illati bor.
97
360
Madaniyat
Sevara Nazarxon “Birinchi kanal”ning yangi loyihasida ishtirok etmoqda
Kecha – 9-iyun kuni Rossiyaning “Birinchi kanal”ida (Первый канал) yangi “Вышка” loyihasi efirga uzatildi. Ushbu loyihada hamyurtimiz Sevara Nazarxon ham ishtirok etmoqda, deya xabar berdi Mezon.uz. foto: Facebook.com Mazkur shouda taniqli qo‘shiqchilar, teleboshlovchilar, sportchilar va aktyorlar ishtirok etib, balandlikdan suvga sakrash bo‘yicha bellashadilar. Har bir bosqichda musobaqa shartlari qiyinlashib,  tramplin balandligi va piruet (aylanma harakat) murakkabligi oshib boradi. Loyihada Sevara Nazarxondan tashqari, qo‘shiqchilar Danko, Katya Lel, Mitya Fomin; teleboshlovchilar Maksim Sharafutdinov, Dana Borisova, Viktoriya Bonya va boshqalar qatnashmoqda. foto: 1tv.ru Birinchi tur natijalariga ko‘ra, aktyor va teleboshlovchi Mixail Bashkatov 89,10 ball bilan birinchi o‘rinda. Sevara esa 42,00 ballni qo‘lga kiritib, ro‘yxatdan 12-o‘rinni egalladi. Eng kam – 27,75 ball yig‘gan qo‘shiqchi Viktoriya Kuzmina loyihani tark etdi.
70
948
Madaniyat
Xonanda Shahzodaning kinodagi eng yorqin obrazlari (video)
Estrada xonandasi Shahzoda – Zilola Musayeva bir necha yillardan buyon o‘z qo‘shiqlari bilan muxlislar ko‘nglini shod etish bilan birga, rang-barang rollari bilan aktrisalik mahoratini ham namoyon qilib kelmoqda. Quyida uning filmdagi eng esda qolarli obrazlari sanab o‘tiladi. “Sevinch” – Nargiz Film xonanda Lola Yo‘ldosheva ijro etgan obraz – saraton kasalligiga chalingan Sevinch ismli qizning hayoti haqida hikoya qiladi. Ushbu kartinada Shahzoda uning eng yaqin dugonasi, Doniyorni sevib qolgan boy qiz – Nargizni ijro etgan. Shu vaqtgacha Shahzoda xonanda sifatida tanilgan bo‘lsa, ushbu filmdan keyin muxlislar uni aktrisa sifatida ham tan oldi. “Fotima va Zuhra” – Zuhra Ushbu kartinada xonanda egizaklarning biri – Zuhra obrazida namoyon bo‘lgan. Yosh bo‘lishiga qaramay, oilasida yuz bergan fojialar tufayli opasi Fotima o‘z joniga qasd qiladi. Otasi hamda akasidan ayrilgan Zuhra haqiqat uchun kurashadi. O‘zbek filmlari orasida klassikaga aylangan mazkur kartinani hanuzgacha odamlar zavq bilan tomosha qilmoqda. “Zumrad va Qimmat” – Zumrad Shahzoda ijro etgan obrazlarning aksariyati katta qiyinchilikka duch keladi. “Zumrad va Qimmat” filmida ham shunday, ikki qizi bor o‘gay ona, beva qolgan ota va xizmatkor Zumrad. Filmda qahramon o‘z baxti uchun o‘zi kurashishi kerak bo‘ladi va bu yo‘lda bir qancha to‘siqlarni yengib o‘tadi. “Majruh” – Sevara Og‘ir kasallik tufayli sevgilisi tashlab ketgan Sevara o‘z joniga qasd qiladi. Ammo doimiy voqealarga ko‘ra, oxirgi daqiqalarda uni Farruh – Ulug‘bek Qodirov qutqaradi. O‘zi nohaq ayblov tufayli qamalib chiqqan bo‘lsa-da, qizni baxtli qilish uchun soxta to‘y qilishga qaror qiladi. Ammo juftlik oldinda ajoyib voqealar kutib turganidan bexabar edi. “O Maryam, Maryam” – Maryam Mazkur kartinada Shahzoda ijro etgan Maryam ismli qizning taqdiridan hikoya qiladi. Voqea qamoqxonadan boshlanadi. Maryam voqealar davomida psixologga qanday qilib bu nuqtaga kelganini aytib beradi. Bolaligidan otasiz ulg‘ayishi, onasidan ayrilishi, erta turmush, farzandsizlik va nihoyat turmush o‘rtog‘ining qotiliga aylanish kabi voqealar Maryam obrazi atrofida aylanadi.
58
2,120
Madaniyat
Samarqanddagi xiyobonga o‘rnatilgan bo‘m-bo‘sh kitob javoni yuzasidan izoh berildi (foto)
30-iyun kuni Samarqand shahridagi Ko‘k saroy xiyoboniga o‘rnatilgan bo‘m-bo‘sh kitob javoni yuzasidan Milliy gvardiya viloyat bo‘limi izoh berdi. Bu haqda Zarnews xabar qiladi. Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbusining 4-yo‘nalishi ijrosini ta’minlash hamda yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida 2019-yil 26-iyun kuni Samarqand shahridagi Ko‘ksaroy maydoni va Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘i hududiga kitob javonlari o‘rnatgan. Ushbu kitob javonlariga turli xil badiiy kitoblar qo‘yilgan. Maqsad – javonda turgan kitoblarni yoshlar bo‘sh vaqtida olib o‘qib, yana joyiga qo‘yib ketishi kerak bo‘lgan. Ammo bugungi kungacha samarqandliklar tomonidan javondagi kitoblar olib ketilgan hamda qaytarilmagan. Ko‘k saroy maydonidagi javonga ikki marta Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘i hududidagi javonga esa uch marta 200 ga yaqin kitob qo‘yilgan. Kitoblarni o‘g‘irlatmaslik maqsadida kelgusida mazkur javonlarga to‘liq video kuzatuv uskunalarini o‘rnatish rejalashtirilgan. “Hurmatli fuqarolar! Ushbu javonlardagi kitoblar uyda o‘qish uchun emas, balki kitob javoni yonidagi o‘rindiqlarda o‘tirib, o‘qib bo‘lgach yana joyiga qaytarib qo‘yish uchundir. Zero, sizdan boshqa fuqarolar ham ushbu kitobni o‘qish ishtiyoqida yurganini unutmang!”— deyiladi izohda.
89
1,362
Madaniyat
Pokistonda Islomxo`ja filmining premerasi o`tkazildi
Pokiston poytaxti Islomobod shahrida rejissyor Jahongir Ahmedovning “Islomxo`ja” filmi taqdimoti o`tkazildi. “Islomxo`ja” filmi namoyishi Islomobod shahri meriyasi (hokimligi), O`zbekistonning Islomoboddagi elchixonasi va Pokiston “milliy madaniyat kengashi” ko`magida o`tkazildi. Pokistonning etakchi telekanallarida va PTV news davlat kanalida “Islomxo`ja” premerasining tashviqot va reklamalari keng yoritildi. Film primerasida Pokiston davlat diplomatlari, madaniyat xodimlari va O`zbekistonning Islomoboddagi elchixonasi vakillari ishtirok etdi. “Filmda O`zbekiston buyuk tarixga ega ekanligi va “ziyorat turizm”ini rivojlantirishga asosli chuqur diniy qadriyatlarga ega ekanligini ko`rsatadi. Shu nuqtai nazardan ham “Islomxo`ja” filmi biz uchun qiziq”, deydi Pokistonning global va strategik tadqiqotlar markazi bosh mutaxassisi S.Axtar.
52
846
Madaniyat
Megan Markl va Bred Pitt Google versiyasi bo‘yicha 2016-yilning eng mashhur san’atkorlari bo‘ldi
AQShning Google korporatsiyasi 2016-yil natijalariga ko‘ra eng mashhur san’atkorlar reytingini e’lon qildi. Reyting yetakchilari aktrisa Megan Markl hamda aktyor Bred Pitt bo‘ldi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”. Ularning nomi bo‘yicha joriy yilda qidiruv tizimida eng ko‘p so‘rov berildi. Bred Pittning mashhurligi uning aktrisa Anjelina Joli bilan ajrashish mojarosi bilan tushuntirilsa, Megan Markl esa shahzoda Garrining yangi dugonasiga aylanganidan so‘ng shuhratga erishdi. Anjelina Joli birinchi o‘nlikka kirmadi. Qo‘shiqchilar orasida eng mashhuri deb Beyonse topildi.
96
582
Madaniyat
Fathulla Ma’sudovdan Dilbar Ikromovagacha: marhum ijodkorlarning yaqinlariga davlat mukofotlari topshirildi (foto)
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasida 1-sentabr, chorshanba kuni o‘zbek san’ati va madaniyatining marhum fidoyilarining yaqinlariga Prezident Shavkat Mirziyoyev farmoniga asosan, davlat mukofotlari topshirildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda. Taqdirlash marosimida madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov nutq so‘zlarkan, xususan shunday dedi: “Marhum ijodkorlarning hayotlik davrida qilgan mehnatlari, yaratgan obrazlari va qo‘shiqlari, ijod namunalari xalqimizning qalbida abadiy yashaydi. Ular tirikligidayoq o‘zlariga haykal qo‘yishga ulgurgan edi. Bugun ularning nomi qayerda tilga olinmasin, san’atsevar odamlar, albatta, yaxshi so‘zlar bilan eslaydi. Bu yil yurtimizda birinchi marta davlatimiz rahbari tashabbusi bilan marhum san’atkorlarning yillar davomida qilgan mehnatlarini e’tirof etib, yaqinlariga mukofotlarni topshirish yo‘lga qo‘yildi. Ushbu jarayon an’anaga aylanishi, har yili ko‘plab marhum san’at va madaniyat vakillarini eslash hamda taqdirlash rejalashtirilgan. Marhumlarning mehnati vafotidan keyin ham davlatimiz tomonidan e’tirof etilib, qadrlanishi, avvalo, ularning oila a’zolarini quvontiradi, faxr tuyg‘usini uyg‘otadi, deb o‘ylayman. Olamdan o‘tgan barcha san’atkorlarning oxirati obod bo‘lsin!”. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Fathulla Ma’sudov uchun “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni turmush o‘rtog‘i Gulira’no Ma’sudovaga topshirildi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Fathulla Ma’sudovning turmush o‘rtog‘i va o‘g‘li O‘zbekiston xalq artisti Dilbar Ikromova uchun “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni o‘g‘li Murodjon Ikromovga topshirildi. Shuningdek, O‘zbekiston xalq artisti Husan Sharipov uchun “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni o‘g‘li Davron Sharipovga topshirildi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Abdurayim Abduvahobov uchun “Mehnat shuhrati” ordeni qizi Dildora Soliyevaga topshirildi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Abdurayim Abduvahobovning qizi va o‘g‘li. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ikromjon Bo‘ronov uchun “Mehnat shuhrati” ordeni qizi Durdona Ortiqovaga topshirildi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Dilnura Qodirjonova uchun “Mehnat shuhrati” ordeni qizi Diyora Tojiboyevaga topshirildi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hojiboy Tojiboyev uchun “Mehnat shuhrati” ordeni qizi Intizor Tojiboyevaga topshirildi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hojiboy Tojiboyevning qizlari. Shuningdek, O‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlash, xalq ma’naviyatini yuksaltirish ishlariga qo‘shgan munosib hissasi, serqirra ijodi bilan o‘zbek san’ati va madaniyatini rivojlantirishga hissa qo‘shib kelayotgan ijodkorlar ham mukofotlandi. O‘zbekiston davlat konservatoriyasi professori Orzu Azimovaga “Mehnat shuhrati” ordeni topshirildi. “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi Go‘zal Jumaniyozova (Dilso‘z)ga “Shuhrat” medali topshirildi.
114
2,862
Madaniyat
Shahlo Safarova oilasi, orzulari va ijodga qaytishi haqida
Sputnik muxbiri shu kunlarda Moskvada gastrol safarida bo‘lgan o‘zbek xonandasi Shahlo Safarova bilan suhbatlashdi. —Hayot va ijodingiz haqida aytib bering. —Ko‘p farzandli oilada Qozog‘istonning Chimkent shahrida tug‘ilganman. Mening bobom ko‘p savob ishlarni qilgan. Ular 2 nafar qozonlik va ukrainalik qizlarni voyaga yetkazishgan. Bizning oilamiz xalqlar do‘stligi oilasiga o‘xshaydi. Chunki sobiq Sovet ittifoqi bizga ta’sir qilgan. Oilamizda otam ham rus farzand boqib katta qilgan. Uning ismini Aleksandr Pavlovichdan Irisqulov Doniyorga o‘zgartirganmiz. O‘zim uni ikki ukamdan kam ko‘rmayman. Ijodimni boshlaganimda pullarni ko‘proq shu ukamga sarflashga harakat qilganman. —Hayotingizda kasb tanlashingizga ta’sir qilgan voqea yoki inson bo‘lganmi? —Kasb tanlashimga onam sababchi bo‘lganlar. Chunki kichikligimda ularning qo‘shiqlarini eshitardim. Otam 4 yoshimda o‘tib ketgan. Amakim aytishlariga ko‘ra, otam ham juda chiroyli ovozga ega bo‘lgan. Birinchi ustozim kompozitor Alisher Ikromov bo‘lgan. Taniqli o‘zbek xonanda Yulduz Usmonova qo‘shiqlarida o‘sganman. —Ijodingiz nimadan boshlangan? —Ijodim konsert va to‘ylardan boshlangan. Ilk bor televideniyeda Alisher Ikromov boshchiligidagi orkestr bilan chiqa boshladi. Mendan birinchi intervyuni Shuhrat Qayumov olgan. O‘zbek xalq shoiri Xurshid Davron menga juda katta yordam bergan. —Oilangiz haqida aytib bering? Nechta farzandlaringiz bor? —Bir nafar o‘g‘lim bor. Eng katta baxtim va taxtim shu o‘g‘limdir. —Qanday mukofotlaringiz bor? — Vatan qo‘shiq tanlovida viloyat bo‘yicha “Vatan” qo‘shig‘i bilan birinchilikni olganman. Men hurmat qilgan inson Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyati hokimi bo‘lgan vaqtlarda o‘qituvchilar kuniga bag‘ishlangan xayriya konsertida estalik devor soatini sovg‘a qilgan. —Hayotda ushalmagan orzularingiz bormi? —Albatta ushalmagan orzularim bor. “Istiqlol” saroyida katta konsertlar berish niyatim bor. Avval 5—6 yil Toshkentdagi “Zarafshon” zalida konsert berganman. Ko‘proq xayriya — xotin-qizlar kunlari, qariyalar uylarida konsertlar qilganmiz. Kam ta’minlanganlarni xayriya qilib chaqirardik. Orzularim — xalqni dardini ko‘proq kuylash, qo‘shiqlarim ularga yetib borishni xohlardim.—Ayollarning kuchi nimada deb o‘ylaysiz? —O‘ylaymanki, ayollarning kuchi — latofatda, go‘zallikda, iffatda. —Hayotingizni qay darajada sevasiz? —Bir narsadan mamnunmanki, xalqqa xizmat qilayotganim, yaxshilik qilayotganim. Qo‘shiqlarim bilan yaxshilikni qalblarga yetkaza olayotganim, shu bilan faxrlanman va bundan ilhomlanib, hursand bo‘lib yashayman. San’atim meni hayot g‘am tashvishlaridan chalg‘itadi. —Eng baxtsiz ayol qanaqa ayol deb hisoblaysiz? —Farzandi yo‘q ayol bo‘lsa kerak deb o‘ylayman. Chunki onalik katta baxt. —Nega oxirgi vaqtlarda ijodingizda tanaffus? Yana ijodda faol bo‘lib, konsert berishni xohlaysizmi? —Ha albatta, hayotda ancha ijodimda tanaffus bo‘ldi. Konsert, televideniyadan chiqmay qoldim, lekin baribir mayda kichik konsertlar tashkil qilib, har doim ijod bilan shug‘ullanib kelaman. Daromadim faqat shu qo‘shiqlarim orqali. Hozir men Moskvaga gastrollarga kelishdan oldin Prezident Shavkat Mirziyoyev qabulxonasiga telefon qildim. Shunda ko‘p narsalarni aytib o‘tdim, masalan, litsenziya qimmat, ko‘plar to‘lay olmaydi. “O‘zbeknavo” yordam berib, qo‘llab-quvvatlasa qo‘shiqlarim, katta konsertlar qilsam yordam berishsa, deb iltimos bilan chiqqandim. Bu murojaatim ijobiy hal bo‘ldi. “O‘zbeknavo”dan 3 ta xat keldi. “Moskvadan qaytganizda, qo‘shiqlaringiz va kliplaringizni olib kelishingizni so‘raymiz, televideniye va radiolarda namoyish qilish uchun”, — deb aytishdi. Men baribir butun umr o‘zbek xalqiga xizmat qilib kelganman. Rossiyadan ketsam albatta O‘zbekistonda televideniya va radio orqali qo‘shiqlarim xalqimiz eshitib qoladi. —O‘zbek san’atkorlar ijodi haqida qanday fikrdasiz, o‘zbek xonandalarini qo‘shiqlarini tinglaysizmi? Kimning ijodi ko‘proq yoqadi, xonandalardan ko‘proq kimga xavas qilasiz? —Har bir san’atkorning o‘z yo‘li bor. O‘zbek xonandalari,  ustoz san’atkorlar — Yulduz Usmonovani qo‘shiqlarini eshitaman. Ko‘proq ilhom bag‘ishlaydigan kuylarni tinglayman. —O‘zbek xonanda va aktirasalarining ibo-hayosi, kiyinib yurishiga haqida qanday fikrdasiz. Rasmlarni internetga qo‘yishiga qanday qaraysiz? —O‘ylaymanki, hamma narsa chiroyli va me’yorida bo‘lishi kerak. Chunki san’atkor xalq ko‘radi, san’atkor qanchalik o‘zini odob bilan o‘zini tutsa, xalq shundan ibrat oladi. Madaniyat xodimi o‘zini ijobiy namuna sifatida o‘zini ko‘rsata bilashi kerak. —San’atda yulduz bo‘lish uchun iste’dodni o‘zi yetarli deb o‘ylaysizmi? Jonli ijroda necha kun konsert berishga kuchingiz yetadi? —Hozirgi paytda san’atkor yulduz bo‘lishi uchun iste’dodni o‘zi yetarli emas bo‘lib qoldi. Chunki hamma yoq shou-biznes bo‘lib ketgan, hamma narsa pulga taqaladi. Homiylarsiz juda qiyin. Jonli ijroda qo‘shiq aytishga keladigan bo‘lsak, niyatim borki, yulduzlarimiz qatorida ikki hafta konsert berish niyatlarim bor. —Rossiyada ijodingiz haqida aytib bering, konsertlar haqida aytib bering? Kelgusida qanday rejalaringiz bor? —Rossiyaga o‘tgan yil yoz mavsumida keldim. Bu yerda ham konsert berishni boshladim. Ko‘proq Sankt-Peterburgda ishlarim yurishib konsertlar berdik. Hozir Moskvada 2—3 ta joyda konsert berdim. Rejalarim xalqqa xizmat qilishdir. Yangi qo‘shiqlarimdan “Meni hafa qilma”, “Vatan”, “Yigit yig‘lamasin” qo‘shiqlarini tayyorlaganman. Ayrimlari yozilib bo‘ldi, nasib qilsa teleradio eshitirishlar orqali namoyish qilinadi. Yana bir orzuim chet elda ishlab, qora mehnat qilib O‘zbekistonni budjetini to‘ldirayotgan, begona yurtlarda azob-uqubatlar yuz tutib shunchalik mehnat qilib birini ikki qalayotgan vatandoshlarimiz uchun qo‘shiq yaratish niyatim bor. Bu borada she’rlar yozganman. Rus tilida ham “Ne obijay menya”, “Ya jizn otdam za tebya” qo‘shiqlarim bor. Qo‘shiqlarga xalq shoirlari she’rlaridan olaman. O‘zbekcha qo‘shiq mualliflari ko‘proq orkestrda aytgan qo‘shiqlarimni Alisher Ikromov, Zokirjon Otaboyev so‘zlariga yozilgan.
58
5,989
Madaniyat
Stiven Sigal World of Warships kompyuter o‘yini maslahatchisiga aylanаdi
Amerikalik aktyor Stiven Sigal olishuvlar bo‘yicha ekspert va maslahatchi sifatida World of Warships kompyuter o‘yini jamoasiga qo‘shilish uchun Wargaming kompaniyasining Minskdagi ofisiga tashrif buyurdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda. Kompaniya vakillarining ta’kidlashicha, Sigalning maqsadi keng ko‘lamli janglar bo‘lib o‘tadigan World of Warships loyihasi yanada mahobatli va qahramonona tusga kirishida yordam berishdan iborat. Sinov muddati davomida aktyor o‘yin flotini o‘rganishi va har bir kemani dengiz janglari qahramoni maqomiga mos kelishini tekshirishiga to‘g‘ri keladi. Ma’lumot uchun, ikkinchi jahon urushi davridagi dengiz janglari onlayn-simulyatori bo‘lgan World of Warships kompyuter o‘yini relizi o‘tgan yil 17-sentabrida bo‘lib o‘tgan. Uni ishlab chiqish bilan shtab-kvartirasi Nikosiyada bo‘lgan Belarusning Wargaming kompaniyasi shug‘ullanadi.
72
875
Madaniyat
Krishtianu Ronaldu italiyalik milliarder haqidagi filmda suratga tushmasligi uchun 10 million yevro oladi
Madridning “Real” futbol klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Manipulyator” filmida suratga tushmaydi. Bu haqda “Segodnya.ua” xabar bermoqda. Xabar berishlaricha, amerikalik rejissor Martin Skorseze tomonidan italiyalik milliarder Alessandro Proto haqida suratga olinayotgan filmda Protoning o‘zi Ronalduning rolini professional aktyor ijro etishini istamoqda. Ayni vaqtda, filmda suratga tushish bo‘yicha Krishtianu bilan imzolangan shartnoma bekor qilayotgani uchun Proto endi 10 million yevro miqdorida tovon puli to‘lashi kerak bo‘ladi. Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik futbolchi yaqinda Nyu-Yorkda sotib olgan hashamatli xonadonlari qachonlardir Protoga tegishli bo‘lgani sababli, milliarderga filmda suratga tushish taklifi bilan chiqqandi.
105
746
Madaniyat
Instagram: Yaqin insonini yo‘qotgan Mavluda Asalxo‘jayeva, Munisa Rizayevaning Dubaydagi sirli hamrohi
O‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. Xonanda Sevinch folloverlariga oilaviy suratlarini ulashdi. Zarina Nizomiddinova kenja o‘g‘li SaidUmar bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi. AQShda yashovchi xonanda Otabek Madrahimovning nevarasi uch oylik bo‘ldi. Mavluda Asalxo‘jayeva jiyanini yo‘qotganini ma’lum qildi. Shahlo Zoirova Buxoroni aylanmoqda. Shahzoda Muhammedova turmush o‘rtog‘i bilan Abu-Dabi shahridagi Shayx Zayd masjidi oldida suratga tushdi. Xonanda SanJay rafiqasi bilan xazil video suratga oldi. Dubayda hordiq chiqarayotgan Munisa Rizayeva Luis Kasper Dunveber ismli yigit bilan tanishdi. Yigitning sahifasida ularning birgalikda vaqt o‘tkazayotgani aks etgan suratlar joylanmoqda. Luis Munisa bilan mashhur turk oshpazi Nusretning restoranida birga ovqatlangan. Muqaddas Sa’dullayeva ota-onasiga uyushtirilgan syurprizning to‘liq videosi bilan bo‘lishdi.
102
976
Madaniyat
O`zbek filmlarining tojik telekanallaridagi namoyishi boshlandi
Kuni kecha Tojikistonning "Sinamo" telekanalida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan "Ilhaq" filmining tojik tilidagi namoyishi bo`lib o`tdi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar berdi. Shuningdek, qardosh xalq televidenie va kinoteatrlarida Jahongir Ahmedovning "Ilhaq" filmidan tashqari Shoxruh Rasulovning "Xalq yuragi”, Javohir Qosimovning “Abdurahmon Jomiy”, Jasur Ishoqovning “Yagona osmon ostida” filmlarining ham namoyishi  boshlangan. Mazkur namoyishlar O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Tojikistonga tashrifi doirasida amalga oshirilmoqda. Qo`shni davlatda o`zbek filmlariga bo`lgan talabning yuqoriligi sabab ham ushbu filmlar Kinematografiya agentligi tashabbusi bilan tarjima qilinib, tojikistonliklarga taqdim etildi.
63
800
Madaniyat
Matyoqub Matchonov nima uchun kinoda rejissorlik qilmasligini izohladi
Aktyor Matyoqub Matchonov “Darakchi.uz” nashriga bergan intervyusida nima uchun kinoda rejissorlik qilmasligiga izoh berdi. Jurnalistning kino sohasida ham rejissorlikka qo‘l urish niyatingiz bormi degan savoliga aktyor “Men uchun kinoda rejissorlik qilishdan ko‘ra rol o‘ynash zavqliroq”, — deb javob qaytardi. “Yanada ochiqroq aytadigan bo‘lsam, filmda rejissorlik qilishdan qo‘rqaman”, — dedi Matyoqub Matchonov. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
70
573
Madaniyat
“O‘zbeknavo”ning sobiq bosh direktori Bahodir Abdurahimov olamdan o‘tdi
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan quruvchi, san’atshunoslik fanlari doktori, professor, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasining sobiq bosh direktori Bahodir Abdurahimov 2016-yil 14-mart kuni 69 yoshida Namangan viloyatida vafot etdi. Bu haqda “O‘zbeknavo”ning matbuot xizmati xabar qildi. Abdurahimov Bahodir Abdurahimovich 1948-yil 23-sentabrda Namangan viloyatining Chust tumanida tug‘ilgan. 1966–1972-yillarda Farg‘ona davlat politexnika instituti talabasi bo‘lgan. 1972—1992-yillarda Namangan viloyat qurilish uyushmasi boshlig‘i, Qurilish tresti boshlig‘i, Namangan viloyat Chust shahar ijroiya qo‘mitasi raisi, “O‘zkolxozqurilish” tresti bosh muhandisi, Davqurilish bosh muhandisi bo‘lib ishlagan. 1992–2001-yillarda Madaniyat vaziri o‘rinbosari, 2001–2008-yillarda “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi bosh direktori, keyinchalik Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti “Xalqaro madaniy aloqalar va san’atshunoslik” kafedrasi mudiri lavozimlarida faoliyat yuritgan.
71
980
Madaniyat
Aktrisa Shahzoda Muhammedova turmushga chiqdi (foto va video)
Toshkentdagi Yakkasaroy restoranida aktrisa Shahzoda Muhammedovaning nikoh oqshomi bo‘lib o‘tdi. Nikoh oqshomida o‘zbek musiqa va kino olamining eng mashhur vakillari mehmon bo‘ldi.
61
182
Madaniyat
Nilufar Usmonova o‘g‘li Suleymanning 6 yoshini nishonladi (foto)
Shou-biznes vakillari Nilufar Usmonovaning farzandi — Suleymanni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi, deb yozadi My Day. Nilufarni va uning farzandini tabriklash uchun bir qator shou-biznes vakillari tashrif buyurdi. Ular orasida Nilufarning yaqin dugonalari xonanda Shahzoda, aktrisa va so‘z ustasi Halimaxonim, xonanda Umidaxonlarni ham ko‘rish mumkin edi.
64
354
Madaniyat
Apple’ning eng g‘alati reklamasi: Jeyms Korden va 40 million olma (video)
AQShda mashhurlar bilan mashinada qo‘shiq aytadigan Carpool Karaoke ko‘rsatuvi orqali tanilgan boshlovchi Jeyms Korden Apple rahbari Tim Kuk bilan ham birga avtomobilda sayr qilishga sabab bo‘ldi. Bu haqda TJournal hikoya qilmoqda.  Korden endi Apple’ning yangi reklama roligida kompaniyaning bir necha yetakchi menejerlari, jumladan, dasturiy ta’minot uchun mas’ul vitse-prezident Eddi Kyu va Apple Music’ni rivojlantirib, u yerga shaxsiy shartnomalar orqali yuzlab mashhur san’atkorlarni olib kelgan Jimmi Ayovin bilan birga suratga tushdi. Rolik syujeti bo‘yicha Korden reklama uchun original g‘oya o‘ylab topishga harakat qiladi, biroq bundan hech qanday naf chiqmaydi.  Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
73
834
Madaniyat
Jorj Kluni suriyalik bolalarning ta’limi uchun 2,25 million dollar ehson qiladi
Aktyor Jorj Kluni hamda uning rafiqasi Amaliya Livanda yashayotgan suriyalik qochoqlarning farzandlarini o‘qitishga mo‘ljallangan yettita maktabni rivojlantirish uchun 2,25 million dollar ajratishlarini ma’lum qildi. Bu haqda Klunilar oilasining rasmiy saytiga tayanib, “TASS” xabar berdi. “Biz noqulay vaqt va noqulay joyda tug‘ilib qolgan butun bir avlodning yo‘q bo‘lib ketishga yo‘l qo‘ya olmaymiz. Minglab yosh suriyaliklar bizning jamiyatimizni to‘laqonli qismi bo‘lma olmasligi xavfi mavjud. Maktab ta’limi ularga o‘z hayotini o‘zgartirishida yordam beradi”, — deyiladi Klunining xabarida. Shuningdek, loyihada Kluni oilasining fondidan tashqari Google hamda HP kompaniyalari ham ishtirok etmoqda. Ular o‘quv binolarini texnik tomondan jihozlab beradi. Umumiy miqdorda ajratiladigan mablag‘ 3 millon dollardan ortiq. Livan ta’lim vaziri Marvan Hamad Kluni oilasining bu kabi harakatidan minnatdor ekanligini bildirdi.
79
925
Madaniyat
Munisa Rizayeva ma’muri Ibrohim Ahmedov bilan boshqa ishlamasligi sabablarini ma’lum qildi
Xonanda Munisa Rizayeva o‘zi bilan ishlaydigan ma’murlarini tez-tez o‘zgartirib turishi barchaga ma’lum. Qo‘shiqchi navbatdagi ma’muri Ibrohim Ahmedov bilan urishib qolishiga nima sabab bo‘lganligini ma’lum qildi, deb xabar beradi “Darakchi.uz”. “Buning sababini yashirib o‘tirmayman. Ibrohim men bilan ishlayotgan paytda baravariga boshqa bir xonanda qiz bilan ham ishlashni boshlab yuboribdi. Men esa bundan bexabar qoldim. Ma’mur faqat bir xonanda bilan ishlagani ma’qul, deb o‘ylayman. Chunki, o‘zimizga yarasha ijodiy sirlarimiz, o‘z ish rejamiz bo‘ladi. U mening ma’murim edi, buning uchun oylik olardi. Yashirincha boshqa xonanda bilan ishlashi to‘g‘ri emas-ku?! Bu haqda rostini aytsa ham bo‘lardi-ku?! Xonanda yaxshi ishchini hech qachon shunchaki bo‘shatmaydi”, — deydi xonanda.
90
789
Madaniyat
Halit Ergench va Berguzar Korel uchinchi marta ota-ona bo‘ladi
Turk aktrisasi Berguzar Korel uchinchi marta homilador. Bu haqda aktrisa Instagram sahifasida ma’lum qilgan, deb yozadi Rus.Turkey.com. Qayd qilinishicha, uchinchi marta farzand kutayotgani haqida rasman e’lon qilgan Berguzar shartnomani buzgani uchun hamkasblaridan uzr so‘ragan. U Exxe raqamli platformasi uchun suratga olinadigan “Qonli nashr” serialida ishtirok etishga shartnoma imzolagan edi. Korel homiladorligi syurpriz bo‘lgani, ammo bundan bag‘oyat xursandligini qo‘shimcha qilgan. Eslatib o‘tamiz, aktrisa “Muhtasham yuz yil” serialidagi sulton Sulaymon roli bilan mashhur bo‘lgan Halit Ergench bilan turmush qurgan. Juftlikning ikki nafar o‘g‘il farzandi bor. U “Ming bir kecha” va “Muhtasham yuz yil” seriallarida turmush o‘rtog‘i bilan birga suratga tushgan.
62
773
Madaniyat
Yulduz Usmonova 10 yillik tanaffusdan so‘ng ketma-ket 15 kun konsert berdi (foto)
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova o‘n yillik tanaffusdan so‘ng 9—23-aprel kunlari “Istiqlol” san’at saroyida konsert berdi. Jurnalist Feruz Muhammadning ma’lum qilishicha, dasturda asosan yangi taronalar kuylandi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi O‘tkir Siddiqov olib borgan konsertning Deyarli har bir taronasiga raqslar tayyorlangan bo‘lib, ular puxta ijro qilindi. “Bahorim” deb nomlangan qo‘shiq bilan boshlangan konsert davomida “Yallo demasman-ey”, shoir Muhammad Yusuf qalamiga mansub “Qizg‘aldog‘im” she’riga bastalangan qo‘shiq, shuningdek, dasturga nomi berilgan “Ey aziz inson” nomli taronalar kuylandi. Yangi qo‘shiqlar qatorida “Jim, quloq sol dunyo”, “Namangandan ketar bo‘lsam, meni yo‘qlar kishim bormu?” kabilarni ham alohida e’tirof etsa arziydi. Bundan tashqari, Yulduz Usmonova xalq orasida ommalashib ulgurgan “Qirolichaman”, “Sanamgina”, “Nastarin” kabi qo‘shiqlarini yana bir bor kuyladi. Yulduz Usmonova konsertga nima uchun “Ey aziz inson” deb nom berganiga esa alohida to‘xtaldi. Hamma ham xato qiladi, ammo to‘g‘ri xulosani chiqarish barchaga ham nasib etavermaydi. Men o‘zimning kichik bir olamimada shuni tushunib yetdim: Alloh Hazrati insonni yaratdiki, unga farishtani ham tiz cho‘ktirib qo‘ydi, lekin inson insondan or qiladi. Biz insonni beshiklik vaqtidanoq e’zozlashni o‘rgana olmayapmiz, oyoqosti qilamiz. Kimdir yetim, kimdir butun; kimdir och, kimdir to‘q, lekin kim aslida kim va nima bo‘ladi — buni faqat Alloh biladi; siz bilan biz birovni chertayotganda o‘sha odam ertaga kim bo‘lib ketadi — buni faqat Alloh biladi. Alloh e’zoz qilganni bandasi tushira olmaydi. Alloh Hazrati inson qilib yaratgani rost bo‘lsin. Hammamiz adashmasdan, bir-birimizni qiymatimizni bilib yashashimiz kerak. Yulduz Usmonova, O‘zbekiston xalq artisti “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
81
1,874
Madaniyat
“Fantastik maxluqlar” filmi davomining treyleri taqdim etildi (video)
Warner Bros studiyasi tomonidan Joan Roulingning kitobi asosida suratga olingan  “Fantastik maxluqlar va ular qayerda yashaydi” filmi ikkinchi qismining treyleri taqdim etildi. Rolikdan ma’lum bo‘ladiki, ikkinchi qism “Grindevaldning jinoyatlari” deb nomlanadi. Bundan tashqari treylerda birinchi marta yosh Albus Dambldor obrazidagi Jud Lou paydo bo‘lgan, deb yozmoqda Meduza. Filmda asosiy rollarni Eddi Redmeyn, Ezra Miller, Jonni Depp, Zoi Kravits va Ketrin Uoterston ijro etgan. Rejissor — Devid Yeyts. Kadr: YouTube Filmning premyerasi 2018-yilning 16-noyabrida bo‘lib o‘tadi.
69
585
Madaniyat
Muntazam kurash: butun hayoti davomida parhez tutayotgan 8 ta yulduz (foto)
Ko‘pchilik mashhur kishilarning jismoniy holatidagi o‘zgarishlarni salomatlik yoki plastik jarrohlik yordamida amalga oshiradi, deb hisoblaydi. Afsuski, muvaffaqiyatning 70 foizi doimo to‘g‘ri ovqatlanish va parhez qilishdan iborat. Shuningdek, tashqi holat va ichki dunyo yaxshi bo‘lishi uchun kosmetolog va plastik jarrohliklarsiz kuchli iroda va motivatsiya kerak. Naomi Kempbell O‘tgan asrning 90-yillaridagi supermodel oradan yillar o‘tsa ham faqatgina go‘zallashib bormoqda. Balandligi 177 santimetr bo‘lgan Naomining vazni 54 kilogrammga ham yetmaydi. Naomi muntazam ravishda jismoniy mashqlar bilan birgalikda qat’iy parhez va to‘g‘ri ovqatlanishga rioya qiladi. Model erta tongda limon bilan oddiy suv yoki ko‘k choy ichadi. Tushlik yoki kechki ovqat uchun sabzavotli salatlar iste’mol qiladi. Ba’zan esa shunchaki sharbat ichadi. Go‘sht va sut mahsulotlarini iste’mol qilmaydi. Keyt Moss  Balandligi 177 santimetr bo‘lgan aktrisaning vazni atigi 50 kilogramm. Keyt faqat foydali mahsulotlarni iste’mol qiladi. U uzoq vaqtdan buyon yog‘li, kraxmalli va shirin taomlardan voz kechgan. Haftada bir necha marta suzish va sport zaliga tashrif buyuradi, muntazam ravishda massaj kurslarini olib boradi. Keyt ertalabdan meva, qahva va 100 gramm tvorog iste’mol qiladi. Tushlik uchun faqat bitta apelsin, sho‘rva va sabzavotli salat tanovul qiladi. Kechki ovqat uchun bug‘da pishirilgan taom va yangi sabzavotlarni afzal ko‘radi. Lindsi Loxan Bir vaqtlar Lindsining qomati uni parhez tutishga majbur qilgan. Keyinchalik esa bu odatga aylangan. Uning nonushtasi shakarsiz yangi siqilgan meva sharbatidan iborat. Ovqatlanish oralig‘ida u gazsiz oddiy suv ichadi. Aktrisa tez hazm bo‘ladigan uglevodlar va yuqori kaloriyali ovqatlardan butunlay voz kechgan. Anjelina Joli Amerikalik aktrisaning go‘zal ko‘rinishiga jismoniy mashq hamda to‘g‘ri ovqatlanish ham sabab bo‘lgan. Anjelina buning uchun juda ko‘p vaqt ajratadi. U kuniga 4-6 marta ovqat yeyishni, yog‘ va uglevodlar muvozanatini saqlashni, 1,5 litr suvni ichishni o‘ziga odat qilib olgan. Shuningdek, asosan oqsilga boy taomlarni iste’mol qiladi. Ratsionining asosiy qismini mevalar tashkil etadi. Gvinet Peltrou Gvinet muntazam parhezdan tashqari, nafas olish mashqi, yoga va saunani unutmaydi. Shuningdek, nonushta va kechki ovqat o‘rtasida 12 soat ovqatlanmaydi. Shuningdek, yotishdan avval bir osh qoshiq zaytun moyini ichishni tavsiya qiladi. Aktrisaning ratsionida glyuten, dengiz mahsulotlari, yong‘oq, pomidor, ziravorlar, shakar, kofein va alkogol yo‘q. U yangi uzilgan sabzavotlar, sho‘rva, salat, o‘simlik choylari va sharbatlarni ichadi. Viktoriya Bekxem Viktoriya o‘z vaznini asosan parhez hamda sport yordamida nazorat qilib boradi. U tongni ikki choy qoshiq olma sirkasi va suvdan boshlaydi. Bu uning tanasini tozalashga va metabolizmni yaxshilashga yordam beradi. Nonushta uchun don va chia urug‘idan tayyorlangan smuzi ichadi. Shuningdek, yulduz har kuni vitamin va antioksidantlarga boy avokado iste’mol qiladi. Jonni Depp Doimiy ravishda parhez qiladigan yulduzlar orasida erkaklar ham bor. Masalan, uchta “Oskar” mukofotiga nomzod bo‘lgan Jonni ham dunyoning eng mashhur erkaklaridan biridir. Gollivudning 50 yoshga kirgan aktyori qanday qilib 35 yosh ko‘rinishni saqlab qolgan? Jonni muntazam ravishda sabzavot va mevalarni iste’mol qilishni yaxshi ko‘radi. Suratga tushish jarayonidan avval choy va meva iste’mol qilib, dam oladi. Aktyor kuniga kamida bir litr ko‘k choy ichadi. Devid Bekxem Devid Bekxem professional futboldagi karyerasini tugatganidan so‘ng ham sport bilan shug‘ullanishni tashlab qo‘ymadi. Shuningdek, parhez tutishda ham davom etadi. U salomatligi uchun nafaqat sportdan, bali ko‘p yillik parhezdan ham minnatdor.
75
3,723
Madaniyat
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Kino olamiga sayohat” ko‘rgazmasi ochildi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 27-avgust kuni “Kino olamiga sayohat” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi. Kutubxona matbuot xizmati xabariga ko‘ra, shu kuni kutubxona kinomarkazida “Oltin to‘plam” fondidan o‘rin olgan o‘zbek milliy kinofilmlari namoyish etildi. “Kino olamiga sayohat” ko‘rgazmasida O‘zbekistonda kino san’atining paydo bo‘lishi, birinchi ommaviy kino namoyishlari, jahon kinematografiyasida yorqin iz qoldirgan birinchi o‘zbek kino aktyorlari haqida hikoya qiluvchi kitoblar, gazeta va jurnallarda chop etilgan maqolalar namoyish etildi. Bundan tashqari, ko‘rgazmaga tashrif buyurgan kutubxona foydalanuvchilari o‘z sevimli aktyorlari, barcha zamonlarda dunyoga mashhur bo‘lgan kinoijodkorlar hayoti va ijodiga daxldor ma’lumotlarga ega bo‘ldi. Ko‘rgazmaning ikkinchi qismi o‘zbek kinematografiyasining “Oltin to‘plami”ga kirgan o‘zbek kinosi durdonalariga bag‘ishlangan. Bunda asarlari asosida kinofilmlar yaratilgan va yillar davomida barchaning sevimli filmlariga aylangan Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, Abdulla Qodiriyning “O‘tgan kunlar”, G‘afur G‘ulomning “Shum bola”, Tohir Malikning “Shaytanat”, Xudoyberdi To‘xtaboyevning “Sehrli qalpoqcha”, O‘lmas Umarbekovning “Fotima va Zuhra” kitoblari o‘rin olgan.
75
1,260
Madaniyat
Filmdagi muhabbati hayotga ko‘chgan Gollivudning 6 juftligi (foto)
Suratga olish maydonchasida uchrashgan hamda ajoyib juftlik rolini ijro etgan aktyor va aktrisalarning ayrimlari keyinchalik ham haqiqiy juftlikka aylandi. Ularning muhabbati filmdan so‘ng hayotda ham davom etdi. Jon Snou va Igritt Kit Xarington va Rouz Lesli “Taxtlar o‘yini” filmi aktyorlari rollarini bir-biriga muhabbat va ishtiyoq bilan ijro etayotgan edi. Suratga olishdan keyin ham ularning orasidagi ishqiy munosabat xuddi serialdagidek davom etdi. Ayni paytda juftlik rasman nikohdan o‘tgan. Edvard va Bella Robert Pattinson va Kristen Styuart “Sumerki” seriali ko‘pchilik tomoshabinlarga ma’lum. Kimgadir ma’qul keldi, kimgadir yo‘q. Bosh qahramonlar Edvard va Bella haqida esa ularning hayotda ham davom etgan muhabbati orqali bilish mumkin. 2008-yilda juftliklar hayotda ham uchrashishni boshladi, ammo 2012-yilga kelib ularning munosabati yakun topgan. Xyugo va Babi Mario Kasas va Mariya Valverde “Osmondan uch metr yuqorida” filmi aktyorlari ham suratga olish jarayonidayoq bir-biriga oshiq bo‘lgan. Film premyerasida ular haqiqiy juftlikka aylanib ulgurgandi. Ammo oradan 4 yil o‘tib, 2014-yil ularning munosabatiga nuqta qo‘yildi va Kasas boshqa aktrisa bilan ishqiy munosabat o‘rnatishga kirishdi. Xel va Kerol Rayan Reynolds va Bleyk Layvli “Yashil chiroq” filmi suratga olinayotgan paytda Reynolds Skarlett Yoxansson bilan, Layvli esa Di Kaprio bilan juflik edi. Ammo filmdan so‘ng ikkisi ham hammasini unutib, uchrasha boshladi. Layvli Rayanni rad etolmagani ko‘rinib turibdi, sababi ular hozirda bir oilani tashkil etadi. Tayler va Nora Chenning Tatum va Jenna Duan “Olg‘a qadam” filmidagi Tayler va Nora juftligi qanchalar tomoshabinni xursand qilgan bo‘lsa, suratga olish ishlari yakunlangandan so‘ng ularning hayotda ham juftlik bo‘lishi yanada ko‘proq quvontirdi. Hozirda juftlikning Tatumga o‘xshagan Everli ismli qizalog‘i bor. “Janob Smit va Smit xonim” Bred Pitt va Anjelina Joli Janob Smit va Smit xonim chindan ham ajoyib juftlik edi. Ular hayotda ham shunday davom etdi. Olti farzandning ota-onasiga aylanagan Bred va Anjelina afsuski ajrashishga qaror qildi va bu hali ham muxlislar orasida muhokamaga sabab bo‘lmoqda.
66
2,164
Madaniyat
Ilk marotaba Stalin qatag‘onlarini fosh etgan asar. Soljenitsinning “Ivan Denisovich hayotidagi bir kun” asari haqida
17-noyabr – “Ivan Denisovich hayotidagi bir kun” asari chop etilgan kun. Ushbu asar buyuk rus yozuvchisi, Nobel mukofoti sovrindori Aleksandr Soljenitsinning ilk shedevridir. Shuningdek, u ilk marotaba Stalin qatag‘onlarini fosh etgani bilan mashhur. “Daryo” kolumnisti Rahimjon Qudratov sana munosabati bilan asar taqdiri va uning yozilish tarixi haqida hikoya qiladi. Soljenitsin o‘z xatlarida Stalin shaxsiga oid haqoratli fikrlar yozgani uchun 1945-yil qamoqqa tashlandi va uning Gulag tizimidagi bu ilk tajribasi 1953-yilgacha cho‘zildi. U do‘stlariga yozgan maktublarida Stalin ismini “xo‘jayin”, “boshliq” kabi so‘zlar bilan almashtirgan, qay ma’noda, yumshatib yozgan edi. Qamoqdan so‘ng surgunga yuborilgan Soljenitsin 1957-yilda surgun muddatini tamomlagach, “Ivan Denisovich hayotidagi bir kun” asarini yoza boshladi. Asarni yozib tugatgach, uni darhol nashr etishni ko‘zlagan adib bir necha jurnallardan rad javobini oldi. “Noviy mir” jurnali muharriri Aleksandr Tvardovskiy qo‘lyozmani o‘qib chiqqach, lagerdagi hayotning batafsil tasviridan hayratga tushdi va asarni chop etish uchun kommunistik partiya Markaziy qo‘mitasidan ruxsat so‘raydi. Nihoyat, qo‘mita ruxsati bilan kitob chop etildi. Asar 1950-yillarda sovet ishchi lagerida ishlaydigan oddiy bir mahbus, Ivan Denisovich Shuxovning bir kunlik hayot tarzini tasvirlaydi. Kitobda tasvirlangan ishchi lageri shimoliy Qozog‘istondagi Qarag‘andada joylashgan bo‘lib, Soljenitsinning o‘zi o‘sha yerda biroz muddat xizmat qilgan edi. Stalin qatag‘onlari shu paytgacha biror marta ochiq muhokama qilinmagani sababli kitobning chop etilishi Sovet adabiyoti uchun kutilmagan hodisa bo‘ldi. Asar keng muhokama qilinib, ko‘plab tanqidlarga uchradi. Ba’zi bir tanqidchilarning fikriga ko‘ra, shu kabi keskin ruhda bo‘lgan asarlarning chop etilishi Sovet Ittifoqining parchalanishiga olib kelgan voqealar zanjirini boshlab bergan edi. Yozuvchi va jurnalist Vitaliy Korotich asar haqida quyidagi fikrni bildirgan edi: “Sovet Ittifoqi ma’lumot tufayli parchalandi va bu ma’lumotlar oqimini Soljenitsinning “Ivan Denisovichning hayotidagi bir kun” asari boshlab berdi”. Asar asosan yakka hokimiyat zulmi va lagerdagi tirik qolish mavzusini ko‘tarib chiqadi. Shuningdek, qamoqxona mas’ullarining qattiqqo‘lligi va buning natijasida kelib chiqqan ishchilar o‘rtasidagi adovat mavzusi ham asarda batafsil tasvirlab beriladi. Kitobxon asarni o‘qir ekan, Ivan Denisovichning mayda tafsilotlargacha izohlangan hayoti orqali kundalik ish tarzi keltirib chiqargan uqubatlar va oqibatda vaqtning o‘tishi ham sezilmasligi to‘g‘risida yaxlit tasavvur hosil qilib, qamoqxona dahshatlarini o‘z tanasida seza boshlaydi. Faqatgina mehnat bilan mashg‘ul bo‘lgan ishchilarning na boshqa bir ish qilishga, na boshqa mavzularda fikr yuritishga yetarli vaqti va kuchi qolmaydi. Ular uchun qamoqxonadagi eng muhim narsa – tirik qolish. Tirik qolishning eng asosiy omili esa bo‘ysunishdir. O‘z-o‘zini himoya qilishning o‘zi ham jazoga sabab bo‘ladi. Hatto o‘z-o‘zini himoya qilish va ayblovlarni tan olmaslik o‘lim kabi dahshatli oqibatlarga olib kelishi mumkinki, qamoqqa tushganlarning deyarli barchasi ayblovga qarshi chiqishdan qo‘rqib, yolg‘on ma’lumotlarni bo‘yniga olgani uchun qamalgan. Ivanning qilmagan aybini tan olish jarayoni shunday tasvirlanadi: “Shuxov hammasini tushundi. Agar u qo‘l qo‘ymasa, uni otishadi. Agar qo‘l qo‘ysa, yashab ketish ehtimoli bor. Shu sababli, qo‘l qo‘ydi”. Asar markazida ana shunday taslim etilgan insonlar obrazi turadi. Bunday inson tamoman loqaydga aylanadi. Lagerdagi mahbuslar hatto uyiga maktub yozmaydi ham. Buning sababi esa quyidagi iqtibosdan ma’lum: “Yozish chuqur dengizga tosh tashlashga o‘xshaydi. Tosh tushaveradi, tushaveradi… Ammo javob yo‘q”. Muallif qanday sababga ko‘ra qamoqdagi minglab mahbuslarning hayotini emas, balki yakka shaxsning kundalik hayotini tasvirladi? Ivan boshqalarga qaraganda ko‘proq azob chekkanmidi? Albatta, unday emas. Adabiy nuqtayi nazardan olib qaraganda, Soljenitsin alohida qahramonning bir kunlik hayot tarzini tanlab juda aqlli qaror qilgan edi. Bir necha kishining yoki ma’lum guruhning hayoti o‘quvchiga birgina insonning hayotichalik yaqindan ta’sir qilolmaydi. Agar adib ko‘pchilikning iztiroblari haqida yozganida qiyinchiliklarning o‘zi ham umumiy kasb etgan, o‘quvchida adib ko‘zlagan ta’sir hosil bo‘lmasligi mumkin edi. Inson tabiati shunday, yakka shaxs boshidan o‘tkazgan mashaqqatlar doim uning yuragiga yaqin bo‘lgan. Chunki bunday vaziyatda u o‘zini qahramon o‘rniga qo‘yib ko‘rishi, qiyinchiliklarni o‘z tanasida tuyib ko‘rishi mumkin. Ivanning hayoti o‘quvchining ongiga ko‘chib o‘tgan nuqta asarning muvaffaqiyatini belgilab beruvchi chegaradir. Asarda aytilgan “qorni to‘q odam ochlikdan sillasi qurigan odamni qanday tushunishi mumkin?” degan fikrda qanchalik haqiqat mavjud bo‘lmasin, asarning keng ommaga o‘tkazgan ta’siri adabiyotning har qanday insonga, har qanday sharoitda o‘z fikr-g‘oyalarini yetkazib bera olishini isbotladi. O‘z davrida yetarli qadr topmagan asar kelajakda katta shuhrat qozonishi adabiyot uchun tabiiy hol. Ammo Soljenitsin asarlari “oqimga qarshi suzib”, o‘z mamlakati tarixini qora bo‘yoqlar bilan tasvirlaganiga qaramasdan, aynan shu jasorati uchun ham shuhrat topa oldi. Soljenitsin bu asaridan so‘ng ketma-ket to‘rtta asar yozdi va ular ham birinchi asari kabi ko‘plab bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Adabiyot yo‘nalishida Nobelni qo‘lga kiritgan adibning Nobeldagi nutqida ham uning ilk asari alohida tilga olindi. Adabiyotdagi uzun yo‘lini xalq ko‘zi oldida tortilgan pardani chetlab, davrga ma’qul kelmaydigan haqiqatlarni yoritish kabi mashaqqatlar orasida bosib o‘tgan adib adabiyotning asosiy vazifalaridan birini xalq ko‘ziga oyna tutgan kabi ko‘rsata oldi. Tarix hech qachon faqatgina yaxshi hodisalardan tashkil topmagan. Hech qaysi g‘oya esa faqat xalq manfaati yo‘lida ishlamagan. Hatto xalq uchun xizmat qilishni o‘ziga maslak qilib olgan sotsializm g‘oyasi ham xalq boshiga ko‘plab kulfatlar keltirdi. Ammo buni hech kim yodga olishni istamas, bu barcha uchun birdek og‘riqli mavzu edi. Soljenitsin bo‘lsa, kamchilik va xatolarni unutish emas, balki ularni qaytadan eslash zarurligini, faqat shu yo‘l orqaligina kelgusida noto‘g‘ri qadam bosmaslik mumkinligini tushunar, buni qolganlarga ham tushuntirishni istardi. Unutilgan tarix kelajakda ham qaytalanaveradi, bu inkor etib bo‘lmas haqiqat. Toki tarix dahshatlari, hukmdorlar ko‘rsatgan zulmlar barchaning yodida mahkam saqlanmas ekan, hech kim ularning oldini olishga urinmaydi ham. Stalinga qarshi aytilgan oddiy bir gap tufayli ham qamoqqa tushganlar, vatan yo‘lida xizmat qilib, dushmanga asir tushgani uchun vatan xoini sifatida ayblanganlar hayoti adib uchun eng og‘riqli mavzu edi. Barcha dohiy sifatida qabul qilgan hukmdorning zulmi esa uning ko‘z oldidan ketmas, oddiy xalq manfaati yo‘lida harakat boshlagan g‘oya shu xalqning ezilishiga sabab bo‘lgani uni tashvishga solar edi. U o‘z tashvishlarini, o‘z boshidan kechirgan azob-uqubatlarini barchaga eslatmoqchi bo‘ldi va buni adabiyot vositasida uddaladi ham. Aynan uning asarlaridan so‘ng sovet tarixiga bir tomonlama yondashish to‘xtatilib, xolis yondashuvga ilk qadamlar qo‘yildi. O‘tmishni unutmagan yozuvchi esa ayni shu o‘tmishda erksevarlik va haqiqatparastlik g‘oyalarini kuylagani bilan muhrlanib qolishi shubhasiz. Muallif fikri tahririyat nuqtayi nazaridan farq qilishi mumkin.
117
7,399
Madaniyat
“Rokki” va “Karate-kid” filmlari rejissori Jon Evildsen olamdan o‘tdi
“Rokki” va “Karate-kid” filmlari bilan tanilgan amerikalik rejissor Jon Gilbert Evildsen 81 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda Associated Press agentligiga tayanib, “TASS” xabar berdi. Jonning o‘g‘li Entoni Evildsenning agentlikka ma’lum qilishicha, uning otasi 16-iyun, juma kuni Los-Anjelesda oshqozonosti bezi saratoni sabab vafot etgan. “U o‘ta iqtidorli, tinib-tinchimas va juda qaysar edi. Ba’zan bu unga zarar, ba’zan esa foyda keltirardi”, — deya ta’kidladi Entoni. “Rokki” filmi uchun Gilbert Evildsen 1977-yilda “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritgan.
69
555
Madaniyat
Xyu Jekmanning xotini unga Anjelina Joli bilan birga suratga tushishni taqiqlagan
Aktyor Xyu Jekman va uning turmush o‘rtog‘i Deborra-Li Ferness shou-biznesdagi eng mustahkam juftliklardan biri hisoblanadi. “Vesti.ru”ning xabar berishicha, Jekmanning ayoli Avstraliya televideniyesi orqali efirga uzatiladigan Today Show dasturida qanday qilib nikohni mustahkam saqlab qola olganliklari haqida so‘zlab bergan. Boshlovchi Liza Uilkinson shunday savol bilan murojaat qildi: “Turmush o‘rtog‘ingiz ekranda boshqa bir ayoldan bo‘sa olayotganiga qanday qaraysiz?”. Bunga Ferness hazil aralash javob berdi: “Men Xyuning agentiga erim Anjelina Joli bilan ishlashi mumkin emasligini aytganman”. Umuman, Fernessning so‘zlariga ko‘ra, Joli mehribon ayol va xayriya yo‘lida katta ishlar qilgan. Fernessning so‘zlariga ko‘ra, aktyorning ishi shunaqa. “Lekin yoningda munosib inson bo‘lsa, barcha qiyinchiliklarni yengib o‘ta olasan”, — dedi u. Aktrisaning qo‘shimcha qilishicha, u hech qachon ikki haftadan ortiq eridan alohida yashamagan. Er-xotinlarning fikricha, aynan shu narsa ularning nikohini saqlab qolishga yordam bergan. Aktyorlarning qayd etishicha, kasbiy faoliyat, albatta, ular uchun muhim. Lekin oila va xayriya faoliyati — muhimroq. Xyu Jekman va Deborra-Li Ferness 1995-yili “Korrelli” serialini suratga olish vaqtida tanishgan, bir yildan so‘ng turmush qurgan. Aktyorlar o‘z farzandiga ega bo‘lolmagani sabab ota-onasiz qolgan bolalarni asrab olgan.
81
1,373
Madaniyat
Hillari Klinton hajviy teleshouda barmen rolini ijro etdi
AQShning sobiq davlat kotibi, Demokratlar partiyasidan prezidentlikka nomzod Hillari Klinton Saturday Night Live hajviy teleshousida barmen rolida ishtirok etdi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda. Klinton xonim rol ijro etgan sahnada u o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatadi. Komediya janri aktrisasi Keyt MakKinnon esa Hillari Klintonning rolini ijro etgan. [embed]https://youtu.be/6Jh2n5ki0KE[/embed]
57
399
Madaniyat
Jennifer Lourens Jeyms Kemeron filmida g‘avvos rolini o‘ynaydi
“Ochlik o‘yinlari” filmlari orqali tanilgan aktrisa Jennifer Lourens “Cho‘kish” deb nomlangan filmda ishtirok etish uchun shartnoma imzoladi, deb yozadi “Segodnya.ua”. Fransiyalik g‘avvos ayol Odri Mestre hayoti haqida hikoya qiluvchi biografik filmga “Ochlik o‘yinlari”ni suratga olgan Frensis Lourens rejissorlik, Jeyms Kemeron prodyuserlik qiladi. Odri Mestre 90-yillarda dengizning chuqur joylariga tushib, ko‘plab dunyo rekordlarini o‘rnatgan. 2002-yilda u chuqur suvga sho‘ng‘ish bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatishga urinish chog‘ida halok bo‘lgan.
62
559
Madaniyat
Maryam Uzerli dunyoga kelishi kutilayotgan farzandining otasiga turmushga chiqadi
“Muhtasham yuz yil” serialining yulduzi Maryam Uzerli yaqinda dunyoga kelishi kutilayotgan farzandining otasiga turmushga chiqishga qaror qildi. Bu haqda “RusTurkey.com” xabar beradi. Ma’lum qilinishicha, aktrisa to‘y marosimi o‘tgan yozda bo‘lmaganiga sabab qilib pandemiyani ko‘rsatgan. “Meni turmushga chiqmoqchi emas, deb hisoblaganlar yanglishadi. Sevimli insonimning turmushga qurish taklifiga rozilik berganman. Pandemiya vaqtida 20-30 kishi bilan to‘y qilishni istamaganim sabab marosim bo‘lmadi”, — degan Maryam. Shuningdek, u dabdabali to‘y o‘tkazishni istayotganini bildirgan. Avvalroq ikkinchi marta ona bo‘lishi kutilayotgan aktrisa “Muhtasham yuz yil” serialining suratga olish jarayonida duch kelgan qiyinchiliklari haqida so‘zlab bergandi.
81
756
Madaniyat
Sardor Rahimxon 7 yil davom etgan tanaffusdan so‘ng davlat tadbirida ishtirok etdi
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, “Nihol-2006” mukofoti sovrindori Sardor Rahimxon 7 yil davom etgan uzoq tanaffusdan so‘ng davlat rasmiy tadbirida chiqish qildi, deb xabar beradi “Darakchi.uz”. Xonanda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan o‘tkazilgan bayram tadbirida “Faridam” qo‘shig‘i bilan ishtirok etdi. TV va radiokanallarda yangi qo‘shiqlari muntazam ravishda yangrab turgan, yangi kliplari esa tez-tez namoyish etilganiga qaramay, Sardor Rahimxon davlat tadbirlarida ko‘rinish bermay qo‘ygan edi. San’atkor o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga bayram dasturidagi chiqishi aks etgan videoni joylashtirib, xursandchiligini muxlislari bilan baham ko‘rdi. Allohim o‘zingga shukur! Rahmatli otajonim ruhlari shod bugun! Sardor Rahimxon, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
82
984
Madaniyat
Ozodbek Nazarbekov ustoz raqqosalarni taqdirladi
Madaniyat vazirligi hamda “O`zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan o`zbek milliy raqs san`ati rivojiga o`zining munosib hissasini qo`shib kelayotgan bir guruh ustoz san`atkorlarga, faxriylarga va raqs san`ati fidoyilariga ehtirom ko`rsatish, ularning uzoq yillik mehnatlarini e`tirof etish va e`zozlash maqsadida taqdirlash marosimi o`tkazildi.   Tadbirda Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, soha vakillariga garchi pandemiya sharoitida bo`lsa ham yil davomida jonbozlik ko`rsatib, fidokorona mehnat qilganliklari hamda san`at va madaniyat sohasini rivojlantirishga qo`shayotgan hissalari uchun minnatdorlik bildirib, har bir san`atkorning faoliyatini alohida e`tirof etdi.       Shuningdek, tadbirda 2020 yil davomida raqs san`ati yo`nalishida ijodiy izlanishlar olib borgan, davlat tadbirlarida ham faol ishtirok etgan bir guruh yosh raqqosalarga ham faxriy yorliqlar va esdalik sovg`alari topshirildi.
48
908
Madaniyat
Orolmirzo Safarov jonli ijrodagi yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi
O‘zbekiston xalq hofizi Orolmirzo Safarov “Turkiston” san’at saroyida jonli ijroda bo‘lib o‘tadigan konsert dasturini taqdim etadi. Bu haqda Orolmirzo Safarov jurnalist Feruz Muhammadga bergan intervyusida aytib o‘tdi. “Turkiston” san’at saroyida 22—23-mart kunlari jonli ijroda “Ko‘ngil sog‘inchi” deb nomlangan navbatdagi konsert dasturimizni taqdim qilmoqdamiz. Bungacha ikki marotaba, ilk marta 1998-yilning fevral oyida “Turkiston” san’at saroyida, 2002-yilning 5—6-aprel kunlari Milliy akademik drama teatrida jonli ijroda konsert dasturlarimizni taqdim qilganmiz. Konsertda tayyorgarlik ishlari 10-fevral kunidan boshlanadi. Orolmirzo Safarov, O‘zbekiston xalq hofizi
72
675
Madaniyat
“Emmi” mukofoti laureati Pauers But 68 yoshida hayotdan ko‘z yumdi
Amerikalik aktyor, “Emmi” mukofoti laureati Pauers But 68 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda. The Hollywood Reporter nashriga ko‘ra, aktyor Los-Anjelesdagi uyida vafot etdi.  Pauers But 1948-yilda Texas shtatining Snayder shahrida tug‘ilgandi. Uni “To‘satdan yuz bergan o‘lim”, “Gunohlar shahri” filmlaridagi yovuz shaxslar rollari tanitdi. Aktyor televideniyeda ham o‘zini ko‘rsatgan, “Dedvud”, “Neshvill” kabi seriallarda ishtirok etgandi. 1980-yili “Gayana fojiasi: Jim Jonsning tarixi” mini-serialidagi bosh roli uchun “Emmi” mukofotiga sazovor bo‘lgan.
66
583
Madaniyat
Dildora Niyozovaning turmush o‘rtog‘i uning san’atni butunlay tark etgani hamda to‘ylarga chiqmasligini ma’lum qildi. Xonandaning o‘zi bu gaplarni inkor etdi (video)
Dildora Niyozovaning turmush o‘rtog‘i Latifjon Yunusov 4-may kuni Instagram sahifasiga video joylab, rafiqasining to‘liq islom yo‘lini tanlagani, endilikda to‘y xizmatlarida ishtirok etmasligini ma’lum qildi. Shuningdek, u kelgusi oylarga rejalashtirilgan to‘ylar uchun olingan “zaklad”lar ham qaytarib berilishini qo‘shimcha qildi. “Assalomu alaykum, Dildora Niyozovaning kuzatuvchilari. Bugundan boshlab, ayolim haqiqiy islom yo‘lini tanlagani uchun to‘ylarga chiqmaslikka qaror qildi. Iltimos, kim biz bilan bog‘lanib, to‘y kunini belgilagan bo‘lsa, aloqaga chiqsin ‘zaklad’ pullarini qaytarib berishga majburmiz. Bugundan boshlab Dildoraxonim Niyozova to‘ylarga chiqmaydi. Uyda bola-chaqa tarbiyasi bilan shug‘ullanishga qaror qildi”,— deydi Latifjon Yunusov. Oradan bir kun o‘tib, ya’ni 5-may kuni Dildora Niyozovaning o‘zi Instagram sahifasida aloqaga chiqib, turmush o‘rtog‘ining so‘zlarini inkor qildi hamda “zaklad” olingan to‘ylarga xizmatga borishini ma’lum qildi. “Bir kunda bunchalik mashhur bo‘lib ketaman, deb o‘ylamagandim. Avvalambor, barchadan uzr so‘rayman. Meni niyat qilib to‘ylariga taklif etgan insonlar bor. Ertalab turib telefonimga qarasam, hamma yerda ‘Dildora Niyozova san’atdan ketibdi’, degan shov-shuv tarqalibdi. Har bir oilaning o‘ziga yarasha siri, sinovi bo‘ladi. Alloh suygan bandasiga sinov beradi. Alhamdulillah, suygan bandasi ekanmizki, boshimizga ozgina sinov tushdi. Yaratgan sinovni ham bandasining yaxshi ko‘rgani bilan berar ekan. Turmush o‘rtog‘im bilan biroz kelishmovchilikka bordik. O‘zi bunday hol har bir oilada bo‘lib turadi. Kamchiliklarni uyning to‘rt devori berkitib turadi. Bunday ish bo‘ladi deb o‘ylamagandim. Chunki oramizdan ozgina gap qochgandi xolos. Erkaklarga hamisha aytaman, rashkni ham o‘z o‘rni bor. Bu besh kunlik dunyoda bir-birimizni qadrlaylik. Inson yaxshi ko‘rib ham kimgadir ozor berib qo‘yishi mumkin. Turmush o‘rtog‘im qattiqqo‘l, aytganini qildiradigan yaxshi inson. Haq yo‘lini tanlaganimdan keyin turmush o‘rtog‘imga yanada itoat qilishga harakat qilyapman. To‘g‘risi videoni ko‘rib, hayron qoldim. Jahlda chiqib ketib, Instagram’ga shu videoni qo‘yibdi. ‘Bu ishni bekor qilibsiz’, deganimdan keyin yanada ko‘proq jahli chiqdi. Mayli, hammasi xayrli yakun topsin. Turmush o‘rtog‘im har doim ‘Ro‘mol o‘rading, bu yo‘limiz xato emasmikan? Allohdan nimaniki so‘ragan bo‘lsak, hammasini berdi’ , deb tushuntirardi. Haqiqatan ham turmush o‘rtog‘im uyimni uy qilgan. Yaxshi er — xotinning omadi, yoki aksincha. Bolalarimning otasiga hech qachon yomonlikni ravo ko‘rmayman. Nima bo‘lishidan qat’i nazar turmush o‘rtog‘imni hurmat qilaman. Shu bilan birga uni yaxshi ko‘raman. U inson meni va san’atimni hurmat qiladi. Videoni rashk tufayli qo‘ydimi bilmadim, hayratdaman. Xudo xohlasa olingan xizmatlarga borish kerakligini turmush o‘rtog‘imga tushuntiraman. Hammasi xayrli yakun topishini so‘rayman. Har bir ayol o‘z jufti bilan baxtli bo‘lsin. Bitta oilaga darz ketsa, Arshi A’lo zirillar ekan. U yerga Allohning qahri yog‘ilar ekan. Shuning uchun oilalarimiz tinch bo‘lishi uchun harakat qilaylik. Hammamiz bandamiz, gohida biz ayollar ham tilimizni tiyolmay qolamiz. Men san’atimni juda ham yaxshi ko‘raman, muxlislarim yo‘llayotgan fikrlardan kuch olaman. Ilohim hamisha kerakli inson qilsin. Nashidalar kuylash nasib qilsin. Turmush o‘rtog‘im ‘Alloh seni sevarkanki, xalq seni qadrlaydi’, deb ko‘p ta’kidlaydi. Nega bu videoni chiqarganliklarini esa haligacha tushunmayapman. Faqat noto‘g‘ri hayolga bormasliklaringizni so‘rayman. Hayotda kunning tuni, oqning qorasi bor. Alloh hayotimizga yaxshiliklarni ziyodasi bilan bersin. Nasib qilsa, olingan xizmatlarga borishga harakat qilamiz. Men hammadan uzr so‘rayman”, — deydi Dildora Niyozova o‘z murojaatida. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay, Latifjon Yusupovning hamda Dildora Niyozovaning videomurojaatlari Instagram’dan o‘chirildi.
165
3,853
Madaniyat
Qo‘shiqchi Riannaning 6 yoshli qiyofadoshi topildi (foto)
Taniqli qo‘shiqchi Rianna o‘z Instagram’iga 6 yoshli qiyofadoshining suratini joyladi, deb yozadi Sputnik. Surat tagiga xonanda “Telefonimni tushirib qo‘yishimga sal qoldi. Qanaqasiga?!” — deb yozdi. Qizchaning Instagram sahifasini onasi yuritadi, ular nochor tumanda yolg‘iz yashaydi. View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram
57
410
Madaniyat
Robert De Niro Martin Skorsezening yangi filmini suratga olish vaqtida oyog‘ini shikastlab oldi
Gollivud aktyori Robert De Niro rejissor Martin Skorsezening yangi “Gulli oy qotillari” filmida suratga tushish uchun Oklaxomaga borib, oyog‘ini shikastlab oldi, deb xabar beradi Esquire. Ma’lum qilinishicha, shaharda suratga olish ishlari vaqtida De Nironing oyog‘iga shikast yetgan. TMZ nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, 77 yoshli aktyor jarohatni suratga olish maydonchasida olmagan. 13-may kuni u Nyu-Yorkka — uyiga uchib ketgan, 14-may kuni shifokor qabuliga borishni rejalashtirgan. De Nironing jarohati suratga olish jarayoniga ta’sir qilmaydi, chunki aktyor ishtirokidagi barcha kerakli sahnalar tasvirga olib bo‘lingan. Bundan tashqari, aktyor uyiga qaytishni bir necha hafta oldin rejalashtirgan. De Niro qayta oyoqqa turgach, Oklaxomaga qaytish-qaytmasligi noma’lum. Skorsezening yangi vesterni asosini 1920-yillarda neft konining aniqlanishi oqibatida Oklaxomada hindularning o‘ldirilishini tergov qilish yotadi. Robert De Niro unda ta’sir doirasiga keng rancho egasi Uilyam Xeyl, Enrest Bergxartning amakisi (Leonardo Di Kaprio personaji) rolini ijro etmoqda. Shuningdek, filmda Lili Gladstoun (Molli Berkxart) ham ko‘rinish beradi, Jessi Plemons esa bosh rolni — FQB agentli Tom Uayt rolida. Kartinani suratga olish ishlari bilan Apple kompaniyasi shug‘ullanmoqda va hozirga qadar film uchun 200 million dollar ajratilgan. Eslatib o‘tamiz, 2020-yilda Guarantorloans sayti 50 nafar aktyorning umri davomida o‘ynagan filmlarini ko‘rib chiqib, ular orasida salbiy personajlar roli eng ko‘p kimga nasib etganini aniqlagandi — bu Robert De Niro.  Al Pachino va De Nironi “yoshartirish” uchun Martin Skorsezening filmiga 150 mln dollar kerak bo‘ladi
95
1,657
Madaniyat
Turk kinosining yulduzli juftligi Burak O‘zchivit va Fahriye Evjen egizak farzand kutmoqda
Turk aktyori Burak O‘zchivit va uning rafiqasi Fahriye Evjenning munosabatlari 2015-yilda boshlangan. Oradan ikki yil o‘tib, juftlik turmush qurdi. 2019-yilda ularning Karan ismli o‘g‘li dunyoga keldi. Endilikda er-xotin egizak farzand kutayotganini rasman tasdiqladi, deb yozadi “Lisa.ru”. Fahriye o‘zining shaxsiy sahifasida ushbu yangilik bilan o‘rtoqlashdi. 2022-yil yoz boshidan beri juftlikning oilasiga yangi mehmon tashrf buyurishi haqda shov-shuvlar tarqalgandi, ammo oradan biroz vaqt o‘tibgina ular bu haqda gapirishga qaror qildi. Aytgancha, juftlik oilasida doim ham hammasi yaxshi bo‘lmagan. Yaqinda ularning munosabatlarida jiddiy muammo borligi haqida xabar paydo bo‘ldi. Mish-mishlarga ko‘ra, aktyorning xiyonatlari tufayli Fahriye hatto ajrashish uchun ariza bermoqchi bo‘lgan. Bundan tashqari, Evjen va Burakning onasi o‘rtasida kelishmovchilik yuz bergan, shundan keyin aktrisa uydan chiqib ketgan. Ammo tez orada O‘zchivitning o‘zi bunga oydinlik kiritdi va hammasi yaxshi ekanini ma’lum qildi.  Burak O‘zchivit rafiqasi Fahriye Evjenga qimmatbaho sovg‘a tayyorladi, biroq turkiyalik jurnalistlar aktyorning syurprizini oshkor qilib qo‘ydi
90
1,161
Madaniyat
Ilhom Farmonov ikkita albomini sotuvga chiqardi
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ilhom Farmonov 2014-yilgi konsert dasturining video to‘plami jamlangan diskni sotuvga chiqardi, deb xabar berdi Popcorn.uz. Shuningdek, yangi audio albom ham muhlislari e’tiboriga havola etildi. “Ohang media” bilan hamkorlikda chiqarilgan “Shodlanaman” nomli audio albomni endilikda bemalol musiqa do‘konlaridan sotib olish mumkin bo‘ladi. Bu ikkala disk, ya’ni yangi audio albom hamda konsert dasturi tushirilgan albom 24-may kuni bir vatqning o‘zida sotuvga chiqarildi, deyiladi xabarda. “Shodlanaman” nomli audio albomdan jami 21 ta yangi qo‘shiq o‘rin olgan. Bundan tashqari, shu kunlarda Ilhom Farmonov yana bir yangi videoklipni muxlislari e’tiboriga havola etish niyatida.
47
719
Madaniyat
Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Bunyodkorlik epopeyasi” filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi
26-noyabr kuni Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasi bilan Ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasida tasvirga olingan “Bunyodkorlik epopeyasi” hujjatli filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “O‘zbekkino” Milliy agentligi rasmiy sayti. Film g‘oyasi muallifi, jurnalist Husan Ermatov filmning yaratilishiga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli fotograf Abdug‘ani Jumaning Toshkent fotografiya uyida namoyish etilgan “Bunyodkorlik epopeyasi” fotoko‘rgazmasi turtki bo‘lganini qayd etdi. “Ushbu fotoko‘rgazma Toshkent shahrida bunyod etilgan Hazrati Imom majmui, O‘zbekiston Xalqaro anjumanlar saroyi singari obyektlardagi qurilish jarayonini boshdan-oyoq aks ettirgani bilan qimmatlidir. Bundan ilhomlangan ‘O‘zkinoxronika’ ijodkorlari ushbu jarayonni 5000 dan ziyod fotokadrga muhrlagan fotografga bag‘ishlangan hujjatli film yaratdi”, — dedi u. “Bunyodkorlik epopeyasi” filmi namoyish etilgandan so‘ng, ijodkorlar talabalar savollariga javob berdi. “Fotograf bo‘lish uchun odam uquv va bilim barobarida jarayonni his qila bilishi ham kerak. Uning mahorati ko‘p jihatdan holatni rost tutib qola bilishida. Shundagina u fotografiyani tasviriy fotografiya san’atiga aylantira oladi. Fotografiya tarixni yaratadi”, — dedi Abdug‘ani Juma. Film ijodkorlari guruhi:
102
1,354
Madaniyat
O`zbek yosh kinorejissyorlarning filmi xalqaro festivalga ishtirok etish yo`llanmasini oldi
Kinematografiya agentligi “Yoshlar ijodiy-tajriba studiyasi” DUK tomonidan suratga olingan “Anvar” qisqa metrajli filmi “Pusan” xalqaro bolalar va yoshlar kinofestivalida ishtirok etadi. Bu haqda O`z A xabar berdi. Joriy yilning 5-12 iyul kunlari Koreya Respublikasida bo`lib o`tishi rejalashtirilgan kinofestivalda Osiyo mintaqasidan yosh kinorejissyorlarning ilk kinoloyihalari namoyish etiladi va mutaxassislar tomonidan baholanadi. “Anvar” qisqa metrajli filmi Kinematografiya agentligi tomonidan o`tkazilgan “Debyut-2020” yoshlar kinoalmanaxida suratga olingan 18 ta filmdan biri. Filmda Anvar ismli bolakayning kasalmand yotgan buvisi bilan mehrga to`la iliq munosabati ko`rsatiladi.
91
689
Madaniyat
60 yoshdan keyin ham chiroyini saqlab qolgan mashhur ayollar (foto)
Har kim ham chiroyini saqlab qolgan holda qarishni uddalay olmaydi. Ammo ayrim yulduzlar buni a’lo darajada amalga oshiradi, natijada o‘zlarining aslida necha yoshda ekanligini aytishdan ham tortinmaydi. Chunki bundan faqatgina faxrlanish mumkin. Quyida ularning yoshi va chiroyi o‘rtasidagi nomutanosiblikning guvohi bo‘ling. Xelen Mirren – 75 yosh Aktrisaning ta’kidlashicha, u hech qachon sport zallariga bormagan, ammo intizom borasida maqtana oladi. Shuningdek, yarim asrdan buyon har kuni 15 daqiqani mashg‘ulotlar uchun ajratadi. Meril Strip – 71 yosh Oskar mukofotiga sazovor bo‘lgan Meril Strip  oddiy liboslarda ham hamisha nafis va nazokatli ko‘rinishga ega bo‘lgan yulduzlardan biridir. Meril na plastika, na parhezni yaxshi ko‘radi. Shunday bo‘lsa ham, o‘ziga xos va tabiiy go‘zallikka ega. Sofi Loren – 86 yosh Reyting rekordchisiga aylangan Sofiya Loren 86 yoshda ham barchani hayratda qoldiradi. Ayolning yoshini bo‘yin va yelka qismidagi ajinlar sotishi mumkin. Uning yagona siri — yaxshi kayfiyat, parhez va soat 21:00 dan kechikmay uxlash. Jeyn Fonda – 82 yosh Jeynni buvi deyish ham biroz g‘alati, chunki u 82 yoshida ham tor liboslarda namoyon bo‘ladi. Buning barchasiga faol hayot tarzi evaziga erishgan. Katrin Denev – 76 yosh Katrinning yoshi nechada bo‘lishiga qaramay, u fransuz go‘zalligining timsoli. U hech qachon yosh ko‘rinishga harakat qilmaydi. Aytgancha, aktrisa umr bo‘yi tamaki chekishni tashlamadi, go‘zallik uchun ham bu odatdan voz kechishni istamaydi. Irina Allegrova – 68 yosh Irina parhezga alohida e’tibor qaratadi. U faqat meva, sabzavot va dengiz mahsulotlarini iste’mol qiladi. Yulduz go‘shtdan butunlay voz kechgan, chunki go‘sht terining qarishiga sabab bo‘lishini juda yaxshi biladi. Jessika Leng – 71 yosh Aktrisa 71 yoshga umuman o‘xshamaydi. Lekin uning o‘zi hech qachon yosh ko‘rinishga harakat qilmaydi. U ko‘proq jiddiy uslub va chiroyli soch turmagiga e’tibor qaratadi. Sofiya Rotaru – 73 yosh Qo‘shiqchining allaqachon voyaga yetgan nabiralari bor, o‘zi esa hamon jozibali ayollar qatoridan joy olmoqda. Yulduz muntazam ravishda kosmetologga tashrif buyuradi, chiroyi ustida olib boriladigan parvarishdan voz kechmaydi. Layma Vaykule – 66 yosh Noodatiy uslubi va ovozi bilan ajralib turadigan Layma yillar o‘tsa ham, yanada chiroy ochib bormoqda. Uning aytishicha, u hayotini aniq rejalar ustiga qurgan. Ijod, sog‘lom turmush tarzi va sport uchun alohida vaqt ajratadi. Uning uchun tashqi ko‘rinish alohida ahamiyatga ega. Karmen Dell’Orefis – 89 yosh Amerikalik yulduz Ginnesning rekordlar kitobiga eng uzoq podiyum karyerasi bo‘lgan model sifatida kiritilgan. Karmen yoshiga nisbatan juda go‘zal va nafis. U ayni damdagi ko‘rinishidan faxrlanadi. Kristi Brinkli – 66 yosh Kristi qarish nima ekanligini bilmaydi. U 66 yoshida ham 40 yoshdagidek ko‘rinmoqda. Buning uchun model faqatgina sog‘lom turmush tarziga rioya qiladi. Syuzan Sarandon – 74 yosh Syuzanning 74 yoshida ham unga oshiq bo‘ladigan yigitlar talaygina. Uning yoshiga mos bo‘lmagan ko‘rinishi ayolni yanada jozibali qilib ko‘rsatmoqda. Jeyn Seymur – 69 yosh Jeyn nafaqaga chiqqan tengdoshlari orasida havas qilgudek ko‘rinishda. Barcha ham silliq teri, chiroyli qomat, jozibali ko‘rinish – umuman u kabi qarishni orzu qilishi tabiiy. Joan Kollinz – 87 yosh Joan 68 yil avval o‘zining ilk debyutini ijro etgan. Oradan yillar o‘tsa ham, uning ko‘rinishi o‘zgarishsiz qoldi. Balki bunga uning hayoti sabab bo‘lgandir. Sababi aktrisa shu yoshga qadar besh marotaba turmushga chiqdi. Ayni damdagi turmush o‘rtog‘i o‘zidan 32 yosh kichik. Dayan Kiton – 74 yosh Aktrisaning sog‘lig‘ida bir qancha muammolar bo‘lsa-da, uning ko‘rinishi ajoyib. 2011-yilda yulduzga teri saratoni tashxisi qo‘yildi va matonatli aktrisa uni yengishga muvaffaq bo‘ldi. Shu bilan birga, u L’Orealning elchisiga ham aylandi. Sigurni Uiver – 71 yosh Sigurni o‘tayotgan yillar bilan kurashmaydi, barchasini boricha qabul qiladi. Aktrisa uchun mashhur insonlarning hayoti umuman qiziq emas. O‘zining hayotiga ham qiziqqanlar uchun bir xil javob qaytaradi. Uning aytishicha, u oddiy hayotda yashaydi va umri davomida bir marta turmushga chiqqan. Sharlotta Rempling – 74 yosh Britaniyalik aktrisa ham yosh bilan kurashmaydiganlar qatoriga kiradi, plastik operatsiyalarni umuman o‘tkazmagan, shuningdek, boshqalarga go‘zallik borasida maslahat ham bermaydi. Barcha narsani boricha qabul qiladi. Opra Uinfri – 66 yosh Televizion olamning “temir xonimi” Opra Uinfri allaqachon 66 yoshini qarshi olgan. U karyerasi davomida turli xil uslubni sinab ko‘radi, dam ozib, dam semirdi. Shunday bo‘lmasin, u o‘z ko‘rinishini saqlab qolgan maftunkor va aqlli teleboshlovchi.
67
4,667
Madaniyat
Nilufar Usmonova yangi “Kuyla” taronasini taqdim etdi
Nilufar Usmonova muxlislari uchun yana bir yangi tarona tayyorladi. Bu haqda Popcorn.uz xabar berdi. “Kuyla” deya nomlangan yangi tarona bugun muxlislar e’tiboriga havola etilmoqda. Shuhrat Nuraliyev so‘zi asosida yozilgan matnga Jasur Abdurahmonov musiqa bastaladi va aranjirovkasini tayyorladi. Nilufar Umonovaning aytishicha, yaqin kunlar ichida mazkur taronaga videoklip ham suratga olinadi.
53
397
Madaniyat
Amerikalik serial yulduzi Oq Uyda matbuot kotibi rolini ijro etib berdi
“G‘arbiy qanot” serialida AQSh prezidenti ma’muriyati matbuot kotibi rolini o‘ynagan aktrisa Ellison Jenni matbuot uchun uyushtiriladigan kundalik brifingda minbarga ko‘tarildi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda. U Oq Uy matbuot kotibi Jon Ernest tishini davolatayotgani bois ishda emasligini aytdi. “Keling adolatli bo‘laylik: men undan ko‘ra yaxshiroqman”, — qo‘shimcha qildi aktrisa. 30-aprelda Vashingtonda prezident Barak Obamaning jurnalistlar bilan o‘tkaziladigan an’anaviy kechki tanovuli haqida gapirar ekan, Jenni prezident jurnalistlarga mo‘ljallangan hazillar ustida ishlayotganini ta’kidladi. “U juda kulgili bo‘lishni rejalashtirmoqda, bundan boshqa ma’lumot yo‘q”, — dedi u. Jurnalistlar “G‘arbiy qanot”dagi prezident Demokratik partiya nomzodlaridan (Hillari Klinton va Berni Sanders) qay birini qo‘llab-quvvatlashi mumkinligi haqida savol berdi. “O‘ylaymanki, siz bu savolning javobini bilasiz”, — dedi aktrisa. “G‘arbiy qanot” seriali NBC telekanalida 1999–2006-yillarda namoyish etilgan. U AQSh prezidenti ma’muriyatining kundalik yumushlari haqida hikoya qiladi.
71
1,102
Madaniyat
Murat Yildirim ishtirokidagi sahnalar Buxoroda suratga olinmoqda
Murat Yildirim ishtirokidagi sahnalar Buxoroda suratga olinmoqda. Avval ma’lum qilinganidek, 23-mart kuni turkiyalik super kino yulduzi Murat Yildirim Muxlisa Azizovaning Scorpion trillerida suratga tushish uchun O‘zbekistonga yetib kelgan edi, deb yozadi O‘zA. Ayni kunlarda mashhur aktyor ishtirokidagi sahnalar Buxoro viloyatida suratga olinmoqda. Shu bilan birga “Lichniy nomer” (Rossiya) filmidagi Umar Tamiyev obrazi orqali o‘zbekistonlik tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan Vyacheslav Razbegayev ham Buxoro viloyatida davom etayotgan suratga olish ishlarida qatnashmoqda. Shu yilning 28-mart kuni soat 11:00 da O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Yoshlar press klubi zalida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun Murat Yildirim ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi. Mazkur film O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, “O‘zbekkino” Milliy agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda Kinematografiyani rivojlantirish markazi tomonidan suratga olinmoqda.
64
1,020
Madaniyat
Variety Deniel Kreygni Gollivudda eng ko‘p maosh oladigan aktyor deb atab, boshqa kinoyulduzlar gonorarini e’lon qildi
Deniel Kreyg “Qinidan chiqqan pichoqlar” nomli detektiv film va uning kelajakda taqdim etiladigan ikkita sikvelidagi roli sabab Gollivudning eng ko‘p maosh to‘lanadigan aktyoriga aylandi, deb xabar beradi Esquire. Ma’lumotlarga ko‘ra, bondiana yulduzi “Qinidan chiqqan pichoqlar” filmining davomida suratga tushish uchun Netflix’dan kamida 100 million dollar oladi. Bu kabi katta mablag‘ning to‘lanishi striming servis aktyor ushbu kartinalar faqat kinoteatrlarda chiqqanida ishlab topadigan pulini kompensatsiya qilishi bilan izohlanmoqda. Variety’ning yozishicha, 1990-yillar oxiridan buyon kinoprokatga chiqarish rejalashtirilayotgan filmlardagi bosh rol uchun to‘lanadigan gonorarlar 20 million dollarni tashkil etadi. Biroq bu taxminiy narx bo‘lib, bir loyihadan boshqasiga o‘tilganida farq qilishi mumkin. Masalan, “Betmen”dagi roli uchun Robert Pattinson 3 million dollar olsa, “Qizil xabarnoma” nomli jangari filmdagi roli uchun Dueyn Jonsonga 30—50 million dollar to‘lanadi. Variety versiyasi bo‘yicha eng ko‘p gonorar oladigan Gollivud aktyorlari: Nashr, shuningdek, seriallardagi aktyorlar maoshini ham e’lon qilgan. Keyt Uinslet, Viola Devis va Jillian Anderson darajasidagi yulduzlarning gonorari bitta epizod uchun 600—750 ming dollarni tashkil etadi. Jurnalistlarning ma’lumotlariga ko‘ra, har bir seriya uchun oldinlari ko‘p seriyali shoularda suratga tushmagan va faqat filmlar ustida ishlagan yulduzlar 1 million dollar oladi. Shu sababli “Xudkushlar ro‘yxati” serialining har bir qismidagi roli uchun Kris Prett 1,4 million dollar oladi. Eng kap gonorarlarni — 300—350 ming dollarni — Jeremi Strong, Kiran Kalkin va Sara Snuk olishi ma’lum bo‘lgan. Reyting mualliflarining ta’kidlashicha, ro‘yxatdagi ayrim gonorarlar prodyuserlarga to‘lanadigan pullarni ham o‘z ichiga oladi.
118
1,796
Madaniyat
Venada O‘zbekiston-Avstriya do‘stlik konserti o‘tkazildi
Avstriya poytaxti Venada ikki mamlakat do‘stligiga bag‘ishlangan konsert bo‘lib o‘tdi. U “Xollender Kaliks” agentligi tomonidan mamlakatimiz elchixonasi hamkorligida tashkil qilindi. Bu haqda “Jahon” axborot agentligi xabar berdi. Foto © cruises.about.com Konsert dasturida O‘zbekiston musiqiy san’atini ayni paytda Vena konservatoriyasida tahsil olayotgan hamyurtimiz kompozitor va pianinochi Nigora Mahmudova namoyish etgan bo‘lsa, bir qator avstriyalik musiqachilar o‘z milliy musiqiy merosini sahnada ko‘rsatib berdilar. Ishtirokchilar va tomoshabinlar konsertning O‘zbekiston va Avstriya o‘rtasidagi do‘stona aloqalarga mos ravishda iliq kayfiyatda o‘tganini ta’kidladi. “Xollender-Kaliks” agentligi vakili Adrian Xollender O‘zbekiston va Avstriya mamlakatlari o‘rtasida umumiy jihatlar ko‘pligini aytar ekan, shu jumladan, tarix va madaniyat sohalarini tilga oldi.
56
872
Madaniyat
Lola va Zulfiya Sulton Cherry loyihasining ilk namoyishi ustida ish boshladi
Lola va Zulfiya Sulton Cherry loyihasining ilk namoyishi ustida ish boshladi, deb yozadi Popcorn.uz. Eslatib o‘tamiz, Cherry brendining ilk modalar namoyishi yoz faslining so‘nggi oyida taqdim etilishi rejalashtirilgan. Namoyish davomida kattalar va bolalar uchun ustki kiyimlar, tungi kiyimlar, bundan tashqari, telefonlar uchun aksessuarlar taqdim etiladi. Cherry brendi do‘konidan yuqori sifat va did bilan yaratilgan yangi tug‘ilgan chaqaloq kiyimlaridan, kattalar liboslarigacha topish mumkin.
76
500
Madaniyat
Eronlik kinoijodkorlar Toshkentga tashrif buyurishdi
Xabaringiz bor, 28 sentyabrdan 3 oktyabrga qadar O`zbekistonning bir qator shaharlarida “Buyuk ipak yo`li durdonasi” XIII Xalqaro Toshkent kinofestivali o`tkazilmoqda. Kuni kecha Toshkent xalqaro aeroportida “Ipak yo`li durdonasi” XIII Toshkent xalqaro kinofestivalida ishtirok etish uchun bir guruh eronlik kinoijodkorlar tantanali kutib olindi.   “Tinchlik, ma`rifat va taraqqiyot uchun” shiori ostida o`tayotgan kinofestival doirasida 13 mamlakat vakillari ishtirokida “Jahon  kinosi kunlari”ni ham o`tkazish ko`zda tutilgan. Ushbu  tadbirda ham  eronlk kinoijodkorlar faol ishtirok etishi kutilmoqda.   Bu yilgi Toshkent kinofestivaliga tashrif buyurgan eronliklar delegasiyasi  tarkibidan A.Tobiish, Mirza Abulfazl Attar, Muxammad Mexdi Asg`arpur, Ibrohim Muxtoriy, Hamidrizo  Qutbiy, Alirizo  Shohruxiy, Hamid Tehroniy,  Ali G`aviton  kabi taniqli kino ijodkorlar o`rin olgan. Ular Toshkent, Jizzax, Samarqand shaharlarida o`z ijod namunalarini namoyish etadilar.   Kinofestivalning  “Jahon kinosi kunlari” dasturidan o`rin olgan “Eron kinosi kunlari”ning ochilishi marosimi 29 sentyabr kuni O`zbekiston Yoshlar teatri binosida bo`lib o`tadi.  Eron ijodkorlarining eng mashhur rejissyorlaridan biri  Ibrohim Muxtoriyning “Hayot varaqlari”(2017) filmi kinofestivalning  “Jahon kinosi kunlari” dasturida Eron fil`mlar namoyishini boshlab beradi. 30 sentyabr kuni O`zbekiston Yoshlari teatri binosi Eron kin kunlari davom qilib bu kuni kino ixlosmandlari uchun rejissyor Maziyor Miriyning  “Sara va Saida”  (2017)  hamda  yana bir mashhur eron rejissyori Abulfazl Jalilining “Tungi poezd” filmlari namoyish bo`lib o`tadi. 30 sentyabr kuni misrlik mehmonlar Jizzax shahriga tashrif buyurishadi. Fil`m namoyishidan oldin kinoijodkorlar bilan ijodiy uchrashuv o`tkaziladi. Co`ngra  Eronning mashhur fil`mlaridan biri “Suhrobning orzulari” badiiy fil`mi namoyish qilinadi. Fil`m rejissyori Ali G`aviton.   1 oktyabr kuni mehmonlar Samarqandga tashrif buyuradilar. Samarqanddagi “Yoshlar markazi”da eronlik kino ustalari bilan uchrashuv bo`lib o`tadi. Bu erda “Meros”(2020) ,“Onalik”(2017) hamda “Diapazon” badiiy fil`mlari kinotomashabinlarga taqdim qilinadi. 2 oktyabr kuni esa eronlik kinoijodkorlar Toshkent shahriga qaytib kelishadi. Mehmonlar “Jahon kinosi kunlari”ning yopilish marosimida ishtirok etishadi. Shuningdek, “Renaissance Hall” kinokonsert zalida o`tadigan XIII  Xalqaro Toshkent kinofestivalining tantanali yorpilish marosimida ham eronlik  mehmonlarham ishtirok etishlari kutilmoqda.
52
2,501
Madaniyat
Xonanda Shohruxxon: Oilam tinch, ko‘nglim xotirjam
Xonanda Shohruxxon “Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida 2016-yil yakunlari va 2017-yildan umidlari haqida aytib o‘tdi. Intervyu “Darakchi.uz”da e’lon qilindi. Umr “sahifa”larimni varaqlaganda, alohida yodda qoladigan yil bo‘ldi. Konsert dasturim muvaffaqiyatli o‘tdi, oila qurdim, har bir kunim xursandchiliklarga boy bo‘ldi. Shohruxxon, xonanda Shu vaqtgacha o‘ylagan rejalarimga ortig‘i bilan erishdim. Oilam tinch, ko‘nglim xotirjam, ijodda o‘zimni topa oldim. Lekin hozirgidan ko‘proq ishlamoqchiman. Avvallari bir yilda zo‘rg‘a bitta qo‘shiq yozardim. Hozir ilhom parilari shu qadar tinchlik bermayotganidan, bir oyda to‘rtta — “Yoningdaman”, “Parizod”, “Malikam”, “O‘zbekiston” qo‘shiqlarini yozdim. Hammasi o‘zimga shu qadar yoqyaptiki, qaysi birini muxlislarga taqdim etishni bilolmay, hayronman. Shohruxxon, xonanda Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
50
1,003
Madaniyat
“Davlat va vatan bitta narsa emas”. “G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q” romani haqida
“Daryo” kolumnisti Nurbek Alimov “Jahon adabiyotining eng buyuk asarlari” loyihasi doirasida mashhur badiiy asarlarni tahlil qilishda davom etadi. Bu hafta u Erix Mariya Remarkning “G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q” romani haqida hikoya qiladi. Fleshbek Ushbu romanni ilk bora bolalikda qiziqarli sarguzasht asar sifatida o‘qigan bo‘lsam, oradan yillar o‘tib ulg‘aygach o‘qib chiqqanimda undan butunlay boshqacha taassurot olganman. Remark ko‘z oldimda haqiqiy patsifist, urushdan nafratlanadigan darajaga kelgan inson sifatida namoyon bo‘lgan. Insoniyat tarixidagi urushlar oddiy xalq vakillari uchun hech qachon foydasi yo‘qligi, aksincha, ular odamlarga faqat kulfat olib kelishi mumkinligini anglab yetganman. Romanni dunyodagi jamiki insonlar o‘qib chiqib xulosa qilishini xohlagan bo‘lar edim. Asar haqida “G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q” Erix Mariya Remarkning 1929-yilda nashr etilgan romani. Kirish so‘zida muallifning “Bu kitob aybnoma ham, afvnoma ham emas. Bu shunchaki urush dastidan juvonmarg bo‘lgan avlod haqidagi, garchi zambarak o‘qidan omon qolsa-da, shu urushning qurboniga aylanganlar to‘g‘risidagi ko‘ngil izhoridir”, degan so‘zlaridan-da sizni qanday qiyin asar kutib turganini his etasiz. Urushga qarshi ruhda yozilgan romanda Birinchi jahon urushi o‘z domiga tortgan o‘spirinlar obrazi orqali urush dahshatlarini boshidan kechirgan, ruhan ezilgan, jamiyatdan begonalashgan va bolalik orzu-umidlari chilparchin bo‘lgan butun bir “yo‘qotilgan avlod”ning ayanchli qismati mahorat bilan aks ettirilgan. Asar yosh askar Paul Boymerning boshidan kechirgan voqealar, shuningdek, uning Birinchi jahon urushidagi frontdoshlari haqida hikoya qiladi. “G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q” filmidan kadr Ernest Xeminguey singari, Remark ham “yo‘qotilgan avlod” tushunchasini urushda olgan jarohatlari tufayli tinch hayotga kira olmagan yoshlarni tasvirlash uchun ishlatgan. Remarkning ishi shu tariqa Veymar respublikasi davrida hukmronlik qilgan o‘ng qanot konservativ harbiy adabiyotga nisbatan keskin qarama-qarshi edi; ular qoida tariqasida Germaniya yutqazgan urushni oqlashga va o‘z askarlarini qahramonlashtirishga harakat qilar edi. Remark esa oddiy bir askar nomidan urush voqealarini haqqoniy tasvirlaydi. Syujet Birinchi jahon urushi avjida. Germaniya allaqachon Fransiya, Rossiya, Angliya va Amerikaga qarshi kurashmoqda. Hikoya nomidan olib borilayotgan qahramon Paul Boymer o‘z sheriklarini tanishtiradi. Bu yerda maktab o‘quvchilari, dehqonlar, baliqchilar, turli yoshdagi hunarmandlar to‘plangan. Guruh tarkibining deyarli yarmini yo‘qotgan. Inglizlar bilan dahshatli jangdan keyin harbiy harakatlar markazidan 9 kilometr uzoqlikda dam olishyapti. Inglizlar hujumi paytida bo‘lgan yo‘qotishlar tufayli ular ikki marta ko‘proq ovqat va sigaretaga ega bo‘ladi. Askarlar uxlaydi, to‘yib ovqatlanadi, chekadi va qarta o‘ynaydi. Myuller, Kropp va Paul yarador sinfdoshining oldiga boradi. To‘rt sinfdosh sinf rahbari Kantorekning “samimiy gaplari”ga ishonib, bitta rotaga tushgan edi. Yozef Bem urushga borishni xohlamagandi, lekin pirovardida rozi bo‘lishdan boshqa iloji qolmagan, aks holda uning uchun hamma eshiklar bekilardi. U birinchi bo‘lib o‘ldiriladi. Ko‘zlaridagi jarohatlar tufayli yashirinishga joy topa olmaydi va otib tashlanadi. Kroppga yozgan xatida sobiq ustozi Kantorek ularni “temir yigitlar” deb nomlab, salomlarini yo‘llaydi. Minglab Kantoreklar shunday qilib yoshlarni aldaba urushga jo‘natgan. Yigitlar boshqa sinfdoshi Kimmerixni dala shifoxonasida oyoqlarini kesib tashlagan holda topadi. Frans Kimmerixning onasi Pauldan “axir u hali bola-ku” deb, unga qarab yurishni so‘raydi. Ammo bu ishni qanday qilib eplab bo‘ladi? Fransga bir qarash u yashab ketmasligini tushunish uchun yetarli edi. Frans hushsiz yotganda uning eng sevimli sovg‘a sifatida olingan soati o‘g‘irlanadi. Uning charmdan bo‘lgan ajoyib inglizcha etiklari joyida edi, biroq endi ular unga kerak emas. U o‘rtoqlari ko‘z o‘ngida o‘ladi. Ruhan tushkunlikda, ular Fransning etiklari bilan kazarmaga qaytadi. Kazarmaga yangi-yangi askarlar kela boshlaydi. O‘lganlar tiriklar bilan almashtiriladi. Yollanganlarning biri aytadiki, ular faqatgina sholg‘om bilan kun ko‘rmoqda. Kropp urushning o‘ziga xos yo‘lini taklif qiladi: generallar o‘zlari bir-biri bilan jang qilsin va yutgan o‘z mamlakatini g‘olib deb e’lon qisin. Hozir urushni boshlamagan va unga umuman kerak bo‘lmagan boshqalar ular uchun kurashmoqda. Yangi askarlar bilan to‘ldirilgan rota sapyorlik ishlari uchun odimlaydi. Tajribali Kat askarlarni o‘q va portlash ovozlarini aniqlashni va ulardan qanday ehtiyot bo‘lish kerakligini o‘rgatadi. “Frontning noaniq ovozi”ni tinglab, u tunda “chekib olishga vaqt berilishini” taxmin qiladi. “G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q” filmidan kadr Paul oldingi chiziqdagi askarlarning xatti-harakatlari, ularning barchasi instinktiv ravishda snaryad hushtak chalganda yotib oladigan yer bilan bog‘liqligi haqida o‘ylaydi. Kat kutganidek, qattiq otishma boshlandi. Kimyoviy bombalar portlaydi. “Gaz, gaz!” qichqiriqlarini eshitgan hamma niqobning mustahkamligiga umid qiladi. Askarlar tepalikka chiqib olishi kerak, ammo u yerda ham dahshatli otishma ketmoqda. Yigitlar sinfdan qancha odam qolganini hisoblaydi. Yetti kishi o‘lgan, biri jinnixonada, to‘rt kishi yarador – sakkiz nafari qolgan. Dam olishadi. Ular shamga qopqoq yopishtiradi, u yerga bitlarni tashlaydi, umuman, shu kabi yo‘llar bilan ko‘ngil yozadi. Hujum tayyorlanmoqda. Maktabda qatron hidi anqigan tobutlar ikki qavat qilib yotqizilgan. xandaqda kalamushlar ko‘payib ketgan; ularga qarshi kurashishning hech qanday yo‘li yo‘q. Otishma tufayli askarlarga ovqat yetkazib bo‘lmaydi. Fransuzlarning hujumi tufayli ular zaxira chizig‘iga tashlanadi. Kontrhujumdan so‘ng yigitlar konserva va ichimliklar ko‘rinishidagi o‘ljalar bilan qaytib keladi. O‘lganlar katta o‘raga yotqizilgan, u yerda ular allaqachon uch qavatni hosil qilgan. 150 kishilik guruhdan atigi 32 kishi qolgan. Paulni ofisga chaqirishadi, unga ta’til guvohnomasi va safar hujjatlari beriladi. U mashinaning derazasidan “yoshligining chegara postlari”ni hayajon bilan kuzatadi. Mana uning uyi. Onasi kasal. Ularning oilasida his-tuyg‘ularni ifodalash odatiy hol emasligi bois onasining “aziz o‘g‘lim” degan so‘zlarida unga kuchli ta’sir qiladi. Otasi harbiy kiyimdagi o‘g‘lini do‘stlariga ko‘rsatmoqchi, lekin Paul hech kim bilan urush to‘g‘risida gaplashmoqchi emas. U restoranlarning sokin burchaklarida, pivo ustida yoki bo‘lmasa o‘z xonasidan yolg‘izlik izlaydi. Nemis o‘qituvchisi uni pivoxonaga chaqiradi. U yerda tanish vatanparvar o‘qituvchilar qanday qilib “fransuzlarni kaltaklash” haqida munozara qiladi. Ular uni pivo va sigareta bilan mehmon qilishadi, shu bilan birga, Belgiyani, Fransiyaning ko‘mirga boy hududlarini va Rossiyaning yirik qismlarini egallashni rejalashtirishadi. Paul do‘sti Kimmerixning onasini ziyorat qilib, o‘g‘lining yurakdan olgan jarohatdan darhol o‘lim topgani haqida gapirib beradi. Uning hikoyasi shunchalik ishonarli ediki, ona ishonadi. O‘zini urushga tayyorlagan kazarmaga boradi. Uning yaqinda rus harbiy asirlarining katta lageri joylashgan. Pol rus asirlari lagerida turib, bu “bolalarining yuzlari va havoriylarning soqollari”ga ega odamlarga qarab, oddiy odamlarni dushman va qotilga aylantirgan odamlar kimligi haqida o‘ylaydi. U sigaretalarni sindirib, yarimtadan to‘r orqali ruslarga irg‘itadi. Paul o‘z qismiga qaytib, eski do‘stlari bilan uchrashadi. Ular bir hafta parad maydonchasida mashq qiladi. Kayzer kelishi munosabati bilan yangi kiyimlar olishadi. Kayzer askarlarda hech qanday taassurot qoldirmaydi. Urushlarni kimlar boshlagani va nima uchun urushlarga ehtiyoj borligi to‘g‘risida tortishuvlar yana avj oladi. “Fransuz mehnatkashini oling, nega u bizga hujum qilishi kerak! Bularning barchasi rasmiylar tomonidan o‘ylab topilgan”, kabi so‘zlar yangraydi. Mish-mishlarga ko‘ra, ular Rossiyaga yuboriladi. Lekin aslida ular juda qaynoq nuqtalarga, oldingi chiziqqa yuboriladi. Yigitlar u yerda razvedkaga boradi. Tun, raketalar, otishma. Paul adashib qoladi va ularning xandaqlari qaysi tomondaligini bilmaydi. Paul kunni o‘ra ichida – suv va loyda o‘tkazadi. U to‘pponchasini yo‘qotib qo‘ygan va mabodo qo‘l jangi bo‘lib qolsa deb pichog‘ini tayyorlab qo‘ygan edi. Adashib qolgan fransuz askari u yotgan chuqurlikka tushib qoladi. Paul unga pichoq bilan tashlanadi. Tun tushishi bilan Paul o‘z xandaqlariga qaytadi. U hayratda – birinchi marta aslida unga hech narsa qilmagan odamni o‘ldirdi... Askarlar oziq-ovqat omborini qo‘riqlash uchun yuboriladi. Ularning tarkibidan olti kishi tirik qoladi: Kat, Albert, Myuller, Tyaden, Leyer, Deterling – barchasi shu yerda. Ular qishloqda eng ishonchli beton yerto‘lani topadi. Qochib ketgan aholining uylaridan to‘shaklar va hattoki ko‘k ipakdan tikilgan choyshablar bilan o‘ralgan krovatlar topib kelishadi. Paul va Kat qishloqni razvedka qilishga boradi. Ular og‘ir artilleriya o‘qlari ostida omborxonadan ikkita cho‘chqa bolasini topadi. Ajoyib tushlik tayyorlanadi. Qishloq o‘qqa tutilib yonib ketadi, ombor esa xarob bo‘ladi. Endi bu yerdan xohlagan narsani olib ketish mumkin. Bundan soqchilar ham, o‘tib ketayotgan haydovchilar ham foydalanadi. Bu misoli o‘lat paytidagi bazm edi. Erix Mariya Remark askarlikda. Bir oy o‘tgach, bazm tugaydi va ular yana oldingi chiziqqa olib ketiladi. Ular ketayotgan kolonna o‘qqa tutiladi. Albert va Paul Kyoln monastiri kasalxonasiga tushib qoladi. Bu yerga doimiy ravishda yaradorlarni olib kelishadi, o‘liklarni olib ketishadi. Albertning oyog‘ini eng yuqori qismigacha kesib tashlashadi. Sog‘ayib ketganidan keyin Paul yana birinchi qatorlarda janga tashlanadi. Vaziyat umidsiz. Amerika, Angliya va Fransiya polklari urushdan charchagan nemislar ustiga bostirib kelmoqda. Myuller yorituvchi raketa bilan o‘ldiriladi. Boldiridan yaralangan Katni Paul orqasiga opichib olovdan olib chiqishga yuguradi, ammo shu payt Kat bo‘yniga urilgan snaryad parchasidan vafot etadi. Paul urushga borgan sinfdoshlarining ichida tirik qolgan eng oxirgisi bo‘lib qoladi. Shu kunlarda hamma yaqinlashib kelayotgan sulh haqida gapira boshlaydi. Paul 1918-yil oktabrda o‘ldiriladi. U paytlarda front sokin va harbiy xabarlar qisqa edi: “G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q”. Tahlil Remarkning ushbu romanida urushga qarshi o‘ta kuchli protest bo‘lib, u insoniyat tabiatidagi buzg‘unchilikka urg‘u beradi. Hikoya qiluvchi orqali urush haqidagi romantik g‘oyalar, vatanparvarlik va sharaf haqidagi balandparvoz nutqlar xandaqdagi dahshatli voqeliklar orasida yo‘qolib ketishini juda katta mahorat bilan yoritib beradi. Remark aslida askarlar vatanparvarlik ruhidagi abstrakt g‘oyalar uchun kurashmayotganini, ular shunchaki tirik qolishga harakat qilayotganini ta’kidlaydi. Oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshpana topish muammolari ham, dushman olovi va bomba portlashining oldini olish bilan bir qatorda, askarlarning asosiy muammolaridir. Romandagi hech narsa urush tajribasini ulug‘vor va romantik qilib ko‘rsatmaydi. Hatto Paul va uning hamrohlari o‘rtasidagi samimiy do‘stlik ham. Chunki buning uchun siz dahshat va doimiy azob-uqubatlar ko‘rinishidagi yuqori narxni to‘lashingiz kerakligi ta’kidlanadi. Asar davomida Paul shaxsiyati urushning oldin unda kuzatilmagan holatlarni his qilishga majburlashi bilan to‘qnash keladi. Urushdan oldingi voqealarni eslab, oldin u umidsiz askar emas, mutlaqo boshqa odam bo‘lganini sezadi. Paul mehribon va sohir qalb egasi edi. Urushdan oldin u oilasini sevgan va she’rlar yozgan, ammo urush sabab paydo bo‘lgan dahshat tufayli aql-idrokini saqlab qolish uchun his-tuyg‘ularidan chetga chiqishni va omon qolish o‘rganadi. Paulning boshidan o‘tgan voqealar o‘smirlik chog‘ida urushda jang qilishga yuborilgan va kattalar bilan jang qilishni o‘rgangan, “yo‘qotilgan avlod” deb nomlangan butun bir avlodning tajribasini aks ettiradi. Urushda qancha uzoq umr ko‘rsa, shunchalik undan nafratlanadi va azoblanadi. Bu azoblar esa uning tengdoshlarini urush xarob qilganiga va ularning ongini urush buzganiga bo‘lgan ishonchdan kelib chiqadi. Remark, shuningdek, ikki avlod o‘rtasidagi urush ochgan chuqur jarlikni tasvirlaydi va urushni yosh avlodga xiyonat sifatida baholaydi. Paul davridagi avlod o‘zi ishonadigan va obro‘li shaxslar deb hisoblaydigan odamlarning bosimi tufayli urushga ketadi. Ularni yetuklikka olib borishi kerak bo‘lgan odamlar aslida vatanparvarlik burchi haqidagi bo‘sh shiorlar ostida o‘limga mahkum qiladi. Paul va uning do‘stlari dushmanlari haqida gaplashganda ular boshqa tarafdagi askarlarni nazarda tutmaydi, aksincha, o‘zlarining yuqori martabali boshliqlarini nishonga oladi. Ular uchun barcha askarlar, kelib chiqishi va tomonidan qat’iy nazar, qurbonlardir. Asarda simvolizm ko‘p ishlatilmasa ham, muhim belgilardan hisoblanadi. Kimmerixning etiklari bo‘lib, ular o‘lgan askardan tirik askarga o‘tadi. Kimmerixning o‘zi ularni o‘lik parashyutchidan oladi va u o‘lgan zahotiyoq Myuller ularni qo‘lga kiritishga harakat qiladi. Paul ularni Myullerga topshiradi va u o‘lgandan keyin o‘ziga meros qilib oladi. Shu ma’noda bu epizodlar bir juft etik inson hayotiga qaraganda qimmatroq va uzoqroqligini, urushda inson hayoti mutloq ahamiyatsizligini anglatadi. Ammo bu etiklar, shuningdek, vayronagarchilik va o‘limdan kelib chiqadigan his-tuyg‘ularga berilib qolmasdan, askar omon qolishi uchun kerak bo‘lgan pragmatizmni ham anglatadi. Paul josus sifatida biror davlatning yeriga kirishi u urush paytida amalga oshirishi kerak bo‘lgan eng xavfli harakatlardan biri edi, chunki u har ikki tomondan ham hujumlar nishoniga aylanadi. Qaysidir ma’noda bu millatchilikning rad etilishini anglatadi: u Germaniya hududidan chiqib, boshqa millat tomonidan boshqarilmaydigan makonga kiradi. Ushbu missiya, shuningdek, Paul romandagi eng og‘ir voqealarni boshdan kechirishi uchun sharoitlarni ta’minlaydi: birinchi marta u odamni yuzma-yuz jangda o‘ldiradi va bu uni hayotga muhabbatning haqiqiy narxini tushunishga majbur qiladi. Paul rus asirlari oldida bo‘lganida ular uning dushmanlari ekaniga deyarli ishonmaydi. U va uning hamrohlari ikkala tomonning ham askarlariga bir xil g‘oyalar uchun kurashish buyurilganini anglab yetadi. Bu fikrlardan keyin ular uchun kim haq yoki nohaqligini aniqlashning iloji yo‘q edi. Oxir-oqibat, milliyatchilik g‘oyalari shunchaki hokimiyatdagi va hokimiyatga kelishni xohlovchi liderlar tomonidan fuqarolarni ishontirish va urushga olib borishda ishlatadigan vositalar bo‘lib xizmat qilishini anglab yetishgan edi. Erix Mariya Remark. Urush aslida o‘zlari umuman jangga kirmaydigan bir necha erkaklar uchun foydalidir; bu bema’nilikning eng yomon tarafi shundaki, bir necha kishining qarori bilan urushda millionlab oddiy askar qurbon bo‘ladi. Mana bizga qanday postulatlarni beradi bu ajoyib roman. Xulosa Romanning muvaffaqiyatini tushuntirish juda oson: Remark romanda nimani o‘ylagan bo‘lsa, shuni yozgan. Nafaqat romanni yozayotganda, balki dushman askarlari safidagi undan faqatgina kiyimlarini rangi bilan ajralib turadigan halol odamlarni ko‘rganida ham ularga nimani o‘ylasa, shuni aytgan. Qanday qilib hayot deb atalmish biz biladigan noaniq faoliyatda ba’zi bir aqlga sig‘maydigan o‘simliklar qutblarning muzli yuzasiga moslashgani kabi, insoniyat urushga ham moslasha olganini ro‘y-rost aytib bergan edi. Romanning katta muvaffaqiyatiga qaramay, Germaniyada hokimiyat tepasiga natsistlar kelgach, Remarkni o‘z mamlakatida shunchalik yomon ko‘ra boshlashdiki, u avval Shveysariyaga, keyinchalik AQShga ko‘chishga majbur bo‘ldi. Birinchi jahon urushidan keyingi Germaniyada hech kim urushni eslashni istamas edi. Remark odamlarni urush haqida yana bir jahon urushi boshlanishidan oldin o‘ylashga majbur qildi. Ammo u natijaga erisha olmadi. Erix Mariya Remark o‘zining eng katta yutug‘iga erisha olmadi. Gitler hokimiyat tepasiga kelgach, Remark quvg‘inga uchradi, uning kitoblari namoyishkorona yoqildi. Uning asarlarida urushning qoralanishi Vermaxt uchun zarar edi. Aslida o‘sha paytdagi nemis xalqi ayni shu asardan xulosa qilganlarida edi, asardagi kabi Paullar ikkinchi jahon urushida ham millionlab jonlarini qurbon qilmasmidi... Iqtiboslar Qo‘limiz – tuproq, vujudimiz – loy, ko‘zlarimiz – halqob. O‘likmizmi, tirikmizmi – bilmaymiz; Kishi tanho qolganda tabiatdan yupanch qidiradi; Men yoshman – endigina yigirmaga kirdim, lekin ko‘rganlarim qon, o‘lim, qo‘rquv va mudhish azob-uqubatdan iborat nursiz, bemaqsad hayot bo‘ldi. Kimdir bir xalqni ikkinchisiga gij-gijlaydi, odamlar birovning irodasiga bo‘ysunib, bir-birini o‘ldiradi, lekin jinoyat qilayotgani va gunohga botayotgani haqida o‘ylamaydi. Insoniyatning eng dono vakillari yangi-yangi qurollarni yaratadi va buni oqlash uchun qop-qop so‘z topadi. Jazosini biz tortamiz, yer yuzidagi jamiki tengdoshlarim tortadi; Shiddatli otishma. Dushman yo‘lini to‘suvchi o‘t. O‘q yomg‘iri. Mina. Gaz. Tanklar. Pulemyotlar. Qo‘l granatalari. Bu so‘zlar og‘izning bir chekkasidan chiqib ketadi, ammo shularning dastidan insoniyat ozmuncha aziyat chekdimi! Davlat va vatan bitta narsa emas. Qiziqarli faktlar - Remark o‘z asarlarini uchi o‘tkir qalam bilan yozishni afzal ko‘rar edi. Remarkka g‘oyat katta muvaffaqiyat olib kelgan "G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q" romanini u atigi olti hafta ichida yozib tugatgan; - Remark Birinchi jahon urushida qatnashgan va u urush davomida besh marta jarohat olgan; - 1943-yil 16-dekabr kuni Berlin qamoqxonalarining birida 43 yoshli tikuvchi Elfrida Shols gilyotina yordamida qatl qilingan edi. Sudya unga “Baxtga qarshi, akang bizning qo‘limizdan qochib, mamlakatni tark etdi, lekin biz seni qo‘lga tushirdik” degani haqida guvohliklar bor. Davlat uning opasiga Elfridani turmada saqlash, sud va qatl qilish xarajatlarini qoplashi uchun 495 marka va 80 pfenninglik hisob varaqasi jo‘natgan. Uning yagona akasi, yozuvchi Erix Mariya Remark edi; - Merkuriy sayyorasidagi kraterlardan biriga Erix Mariya Remark nomi berilgan. Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin. “Kitobni yoqishdan ham kattaroq jinoyat bor”. “Farengeyt bo‘yicha 451 daraja” asari haqida Yolg‘izlik – ichimizda. “Yolg‘izlikning yuz yili” romani haqida “Mafiya o‘lmasdir”. “Cho‘qintirgan ota” romani haqida “Ariqdagi suv qanday mazali! Barchasi rahbarimizning dono rahbarligi tufayli”. “Molxona” asari haqida Real fojiaga asoslangan shedevr. “Amerika fojiasi” haqida Jinoyat huquqi haqida o‘ylar. “Jinoyat va jazo” romani haqida Matonat – muvaffaqiyatga erishishning yagona yo‘li. “Martin Iden” romani haqida “Usta va Margarita” XX asrning eng buyuk romanimi? “Nihoyat u dengizda hech qachon yolg‘iz qolmasligini tushundi…” “Chol va dengiz” romani haqida
82
18,608
Madaniyat
“Alibobo va qirq qaroqchi” filmi suratga olinganiga 40 yil to‘ldi. Hind va o‘zbek kinochilarining ijod mahsuli haqida 10 ta fakt
1980-yilda ekran yuzini ko‘rgan, o‘zbek rejissori Latif Fayziyev va hind rejissori Umesh Mehra hamkorligida suratga olingan “Alibobo va qirq qaroqchi” filmi haqidagi ma’lumotlar bilan bo‘lishamiz. 1. “Alibobo va qirq qaroqchi” premyerasidan 4 yil avval ham Shri Ram Boxra rejissorligida filmning boshqa versiyasi suratga olingan, unda Jitendra, Rinoy Roy rol ijro qilgan. Musiqasi Lakshmikant va Pyarelal tomonidan yozilgan film ekran yuzini ko‘rmagan. 2. Zinat Amanga suratga tushish taklif qilinganida ikkinchi darajali qahramonni gavdalantirish hamda Hema Malinining soyasida qolishni istamagan. Shundan keyin rejissor Rina Royni taklif qilgan, ammo u ham bosh tortgan. Ikkinchi marta ham rejissor Zinatga taklif qilganda aktrisa ishdagi yaxshi munosabatlari sabab bu safar rad etolmagan. 3. Mazkur film Dxarmendra va Hema Malini birgalikda suratga tushgan 17-xit film bo‘lgan va juftlik Bollivudning eng mashhur juftligi deb topilishiga sabab bo‘lgan. 4. Film Hindiston, Rossiya, Italiya, Fransiya, Vengriya, Polsha va deyarli boshqa barcha mamlakatlarda ham namoyish qilingan. Ammo eng ko‘p Hindiston va SSSRda mashhurlikka erishgan. 1980-yilda Sovet kinoprokatida 52,8 million tomoshabin bilan yetakchi filmlar orasida 5-o‘rinni egallagan. 5. Hindistonda film yarim yildan ko‘proq vaqt ekrandan tushmagan. Dushanbedagi Butunittifoq kinofestivali hamda 1981-yilda Belgraddagi kinofestivalda ham namoyish etilib, mukofotga loyiq topilgan. 6. Filmdagi Khatooba, Khatooba qo‘shig‘i bilan bog‘liq qiziq ma’lumot: hindlar film prodyusseridan “hatuba” so‘zi nimani anglatishini so‘raganida u rus tilida vino ekanini, ruslarga esa ushbu so‘z hindcha vino degani ekanini ta’kidlagan. Aslida bo‘lsa ushbu so‘z kompozitor R.D.Burman va matn muallifi Ananda Bakshining to‘qimasi bo‘lgan va hech qanday ma’nosi bo‘lmagan. Film yaratish jarayonini xotirlab, Umesh Mehra shunday degan edi: “Suratga olish maydonchasida qanday ziddiyatlarni boshdan kechirganimizni tasavvur ham qila olmaysiz. Men tijorat filmlarida o‘sganman. Sovet rejissorlarining esa kinematografiyaga o‘z qarashlari bor edi. Ular tijoriy hind filmlari haqida umuman tasavvurga ega emasdi. ‘Hatuba’ qo‘shig‘ini suratga olayotganimizda hamkasblarim bilan Zinat Aman raqsga tushadigan g‘or tufayli janjallashib qolganmiz. Men yoritiladigan disko maydon bo‘lishi kerak, deb turib olganman. Sovet rejissorlari bu fikrimga qarshi chiqib, meni yeb qo‘ygudek bo‘lgan. G‘orda disko maydoncha qurish uchun bo‘larim bo‘lgan. Biroq bir yilda keyin Toshkentga borganimda biz restoranga ovqatlangani kirganmiz. O‘shanda musiqachilar meni tanib, ‘Hatuba’ni disko chiroqlari bilan qo‘yib bergan”. 7. Burman g‘or ochilganda eshitiladigan ovoz uchun toshni jarlikdan qulayotgani yozib olingan ovozdan foydalangan. 8. Film Hindiston, Toshkent, Samarqand va Dushanbeda suratga olingan. Unda o‘zbek, hind, rus, gruzin, qirg‘iz, arman aktyorlari rol ijro qilgan. 9. Hindistonda namoyish qilingan film Sovet ittifoqida efirga uzatilganidan 15 daqiqa uzoqroq bo‘lgan. Hind versiyasida qo‘shiqlar soni ko‘proq. 10. Film ijodkorlari “Alibobo va qirq qaroqchi”dan keyin ham hamkorlikda ishlagan va “Sevgi afsonasi” hamda “Jungli qonuni bo‘yicha: Shikari” filmlarini suratga olgan. Aktrisa Zinat Aman “Sevgi afsonasida” ishtirok etmayotgan bo‘lgan, lekin uning Sovet Ittifoqida mashhurlikka erishgani sabab Latif Fayziyev aktrisa filmda ishtirok etishi kerakligini bildirgan va shundan keyin Zinat gavdalantirgan qahramon obrazi filmga qo‘shilgan.
128
3,486
Madaniyat
Shvarseneggerning o‘g‘li ishtirokidagi komediyaning ilk treyleri chiqdi
Gollivud aktyori Arnold Shvarseneggerning katta o‘g‘li Patrik hamda Tay Sheridan ishtirokidagi “Skautlar zombiga qarshi” nomli qora komediyaning ilk treyleri chiqdi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”. Sheridan va kichik Shvarseneggerdan tashqari filmda Logan Miller hamda Xolston Seyj ham suratga tushgan. Filmga Kristofer Lendon rejissorlik qilgan. Premyera joriy yilning 23-oktabriga mo‘ljallangan.
71
407
Madaniyat
Sharqdan G‘arbga: Jeki Chan, Jet Li va Gollivudni zabt etgan boshqa osiyoliklar (foto)
Koreys, yapon, xitoy millatiga mansub aktyorlar o‘ziga xos tirishqoqlik bilan yulduzli Olimpning eng yuqori cho‘qqilarini egallaydi. Gollivud kinematografiyasida mashhurlikka erishgan osiyolik yulduzlar talaygina. Marhamat ular bilan tanishing. Jeki Chan − Xitoy Chan Kong Sang Gonkong maktabida jang san’ati, aktyorlik va akrobatika bo‘yicha ta’lim olgan. U ilk bora 8 yoshida filmga taklif qilingan. O‘qishni tamomlagandan so‘ng Jeki Chan taxallusi bilan kinolarda kaskadyor bo‘lib ishlagan, keyinchalik aktyor o‘zining kaskadyorlik guruhini ham tashkil qilgan. O‘tgan asrning 70-yillarida esa bosh qahramon sifatida rol ijro eta boshladi. Shuningdek, rejissorlar uning barcha tryuklarni o‘zi amalga oshirishi borasidagi istagidan hayratda qoldi va bu aktyorga bo‘lgan talabni kuchaytirdi. Bundan tashqari, filmni suratga olishda muvaffaqiyatsiz kechgan kadrlarni filmning oxiriga qo‘shish g‘oyasini ham aktyor taklif qildi va bu kutilganidan ham ko‘ra ko‘proq tomoshabin yig‘ishga sazovor bo‘ldi. 2000-yilda Chan bolalar uchun “Jeki Channing sarguzashtlari” multfilmini yaratdi va 5 mavsum davomida yosh muxlislarning savollariga javob berdi. Osiyoda Chan nafaqat o‘zining kino yutuqlari, balki musiqiy ijodi bilan ham tanilgan. Uning 20 ta musiqiy albomi mavjud. Jon Cho – Janubiy Koreya Jon Cho Seulda tug‘ilgan, ammo hali vatan tushunchasini anglab yetmasidanoq, 6 yoshida oilasi bilan Los-Anjelesga ko‘chib ketgan. Oradan ko‘p o‘tmay u yulduzlik karyerasini orzu qila boshlagan. Ingliz tili va adabiyoti fakultetining talabasi sifatida Jon universitet spektakllarida ishtirok etgan va keyinchalik “Osiyo Amerika” teatr truppasiga qo‘shilgan. Cho o‘zining ilk debyutini 1999-yilda “Amerikancha pirog” komediyasida ijro etdi. 2009-yilda Cho yana bir yirik loyiha – “Yulduzli yo‘l”ning a’zosi bo‘ldi. Aktyorning bir nechta filmlarda ishtirok etishi uning mashhurligini orttirdi. U bo‘sh vaqtlarida Viva La Union guruhida qo‘shiq kuylaydi. Ken Jong – AQSh Ken Jong Shimoliy Karolinada koreys muhojirlari oilasida tug‘ilgan. U yoshligida aktyor bo‘lish haqida o‘ylab ham ko‘rmagan. Shimoliy Karolina universitetida tibbiyot darajasini olib, amaliyotga boradi. O‘qish davomida Ken o‘zining komik iste’dodini namoyon qildi. Uning aktyorlik faoliyati 2000-yillarda boshlandi. Faoliyati sababli Kaliforniyaga ko‘chib o‘tgan aktyor tez orada mashhurlikka erishdi. Ken Vatanabe – Yaponiya Ken Tokiodagi Britaniya teatr maktabida o‘qigan va talabalik chog‘ida aktyorlik faoliyatini boshlagan. Rejissorlar aktyorning g‘ayrioddiy ko‘rinishi va samurayga aylanish qobiliyatini alohida ta’kidlaydi. “So‘nggi samuray” filmi rejissori Edvard Svik aktyor haqida hazillashib, hatto Vatanabening qo‘lidagi oshxona pichog‘i ham jangchining xanjariga aylanadi, deydi. Suratga olish maydonidagi hamkasblari Vatanabeni nafaqat uning iste’dodi, balki kamtarin xarakteri va yulduzlik kasaliga yo‘liqmaganligi uchun qadrlaydi. Jet Li – Xitoy Li Lyansize maktabda jismoniy tarbiya sohasida muvaffaqiyat qozongan va hatto o‘qituvchilarga ham sport mashg‘ulotlarini o‘tkazishda yordam bergan. Birinchi sinfni tamomlaganida uning ota-onasi oromgohga jo‘natgan. Aynan o‘sha yerda u ushu asoslarini o‘rganib qaytadi. Uyga qaytganidan so‘ng jang san’ati bilan professional tarzda shug‘ullanishga qaror qilgan va 9 yoshidayoq Jet Xitoyda ushu bo‘yicha milliy chempionatda g‘olib chiqadi. Oradan ikki yil o‘tib u Amerikadagi turnirga yo‘l oladi. 1998-yil aktyor Amerikaga sportchi sifatida emas, aktyor bo‘lib boradi. Shuningdek, aktyor o‘z karyerasini boshlagandan so‘ng Jet Li taxallusini olgan. Li Byon Xon – Janubiy Koreya Li film tanlashda ehtiyotkorlik bilan harakat qiladi, shuning uchun ham ularning hech biri e’tiborsiz qolmagan. U “Ayris” dramasidagi mohirona ijrosi tufayli “Eng yaxshi aktyor” mukofotiga sazovor bo‘lgan. Aktyor bundan tashqari, fransuz va ingliz tilida ham so‘zlasha oladi. Li filmdagi rollardan tashqari, musiqiy albomlar yozadi va BH Entertainment kinokompaniyasiga egalik qiladi.
86
3,987