folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Madaniyat | Rashid Xoliqov BMW X7 va Malibu voqeasidan so‘ng “zapret”ga tushgani rad etildi | O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rashid Xoliqov 2020-yil 4-yanvar kuni bobo bo‘lgan edi. Ushbu voqeadan so‘ng Rashid Xoliqov o‘g‘il nevarani dunyoga keltirgan kelini Fayruzaga Malibu Turbo mashinasini, rafiqasiga esa BMW X7 avtomobilini sovg‘a qilgan edi.
Jarayon xonandaning san’atkor do‘stlari tomonidan videoga olinib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan, holat jamoatchilik o‘rtasida turli muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. Shundan so‘ng Rashid Xoliqov “shu qilmishi uchun” “zapret”ga tushgani haqida gap-so‘zlar tarqaldi.
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi rahbari Odiljon Abduqahhorovning “Daryo” muxbiri Feruz Muhammadga ma’lum qilishicha, bu gap-so‘zlar asossiz.
“Rashid Xoliqov haqida tarqalgan gap-so‘zlar asossiz. Bugungi kunda birorta xonandaning ‘O‘zbekkonsert’ bilan, shuningdek, litsenziya masalasida muammosi yo‘q. Kimdadir muammo bo‘lsa, u ham litsenziya uchun qonunchilikda belgilangan bojni to‘lamagani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin”, — dedi “O‘zbekkonsert” rahbari.
Rashid Xoliqovning administratori Ravshan Xoliqov ham xonandaning “zapret”ga tushgani haqida tarqalgan ma’lumotlarning asossiz ekanligini ta’kidladi. Uning qo‘shimcha qilishicha, bunday asossiz gap-so‘zlar, mish-mishlar so‘nggi to‘rt-besh yildan buyon muntazam tarqaladi. | 79 | 1,259 |
Madaniyat | Kumush Razzoqova: “Simyog`ochga osilgan e`lon hayotimni o`zgartirib yuborgan...” | Har bir avlodning o`z qo`shiqlari bo`ladi. Tinglaganda entikasiz, sog`inasiz va betakror xotiralar yodga tushadi. O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Kumush Razzoqovaning taronalari nafaqat katta avlodning, balki yoshlarning ham hamrohiga aylangan. Chunki ularning har birida ko`ngil bor...
— Keling, suhbatni hammamiz sog`inadigan davr — bolalik haqida boshlasak. O`sha paytlardagi suratlaringizga qarab turib ko`nglingizdan qanday o`ylar kechadi?
— Bolaligimdan esdalik bo`lib qolgan oq-qora rangdagi suratlar o`sha yillarning bir parchasi go`yo. Ularni tomosha qilayotib, qorachagina bo`lganim uchun yaqinlarim “Seni “shara-bara”chi lo`lilardan olganmiz...” deb jig`imga tegishi yodimga tushadi. Tikilibroq qaraganimda, suratdagi turishimdan muloyim, kamtar, kattalarning aytganini bekam-u-ko`st bajaradigan qiz ekanligim shundoqqina ko`rinib turganini his etaman. Bolalikdan onamning so`zlaridan chiqmaydigan qiz bo`lganman. Gullar, ularga parvona bo`lib uchib yurgan kapalaklarni soatlab kuzatishdan zerikmasdim. Suratlar yana bizni katta qilishda onamga ko`makdosh bo`lgan Ma`pirat va Sobira ammalarim, Vosiq doda deb chaqiradigan amakim bilan bog`liq voqealarni yodimga soladi. Vosiq dodam birinchi sinfga qadam qo`ygan kunim bog`laridan terib bergan bir quchoq atirgullarning hidini tuyganday bo`laman.
— San`at olamiga ilk qadam qo`ygan kunlaringizni qanday eslaysiz?
— Maktabda algebra, geometriya, kimyo, adabiyot fanlariga qiziqishim katta edi. Maktabni tugatib, kimyo yo`nalishidan ketish niyatida hujjatlarimni institutga topshirishga borganman. Lekin kirish imtihonlarida fizika fani ham borligini ko`rib, fikrimdan qaytdim. “Endi nima qilaman?” degan xayol bilan shahar aylanib yurib, simyog`ochdagi “Qo`shiq aytish istagidagi yoshlarni taklif etamiz. Musiqiy bilimi bo`lishi shart emas” degan kichkinagina e`lonni o`qib qoldim. U paytlarda hamma hind kinolariga “kasal” edi. Qayta-qayta ko`rib, hatto qo`shiqlariniyam o`zimizcha aytib yurardik. E`londagi “Musiqiy bilimi bo`lishi shart emas...” degan joyi turtki bo`lib, omadimni sinab ko`rishga qaror qildim. Hay`yat a`zolariga “Yalla” ansamblining xonandasi Nargiz Boyxonovaning “Sen bo`lmasang yonimda” hamda “Ishqdagi ishq” filmidagi “U prirodi net ploxoy pogodi” taronalarini aytib berganman. Bittada qabul qilishdi va yana uchta qizni tanlab, “Sado” ansambli tuzildi. To`rt qiz birgalikda ijod daryosiga sho`ng`iganmiz.
— Bir umrga yodingizda qolgan maqtov...
— Yaqinlarimning aytishicha, maqtovni qabul qilishni bilmas ekanman. “Yo`q, oshirib yubordingiz...” “Aslida unday emas” deb yo`qqa chiqarishga harakat qilaman. Ammo yodimda qolgan bir maqtov borki, uni hali-haligacha hayajon va faxr bilan eslab yuraman. “Vodillik kelin” filmidagi “Unutma meni...” qo`shig`ining o`zbekcha talqinini kuylash uchun chaqirishganida, o`zbekcha matn biroz cho`zilib ketgani tufayli musiqaga tushmayotganini aytishdi. Menga tayyorgarlik uchun o`n besh daqiqa vaqt berishlarini so`rab, bir chekkaga o`tdim. Musiqaga tushirayotib, o`z-o`zidan keraksiz so`zlarini olib tashladim. Lekin ma`nosiga putur etmadi. Musiqagayam xuddi quyib qo`yganday tushdi. Hamma xursand bo`lib, meni maqtashgan. Keyin musiqaning pardasi balandlik qilib qiynalganman. Qayta-qayta boshidan boshlayverganimizdan ovozim bo`g`ila boshlagan... Oxiri yig`lab yuborganman... Shunda ovoz rejissyori Selyutin “Yig`layaptimi, judayam yaxshi... Bu, qo`shiq uning yuragiga etib borganidan darak, demak, tinglovchining ham qalbiga etib boradi. Zo`r chiqadi” degandi. U yangilishmagan ekan.
— Film haqida so`z ochdingiz, shu o`rinda yana bir savol bersam. Bitta bo`lsa-da, kinoda rol ijro etgansiz. Bugun “Doka ro`molning qurishi” filmini qanday kayfiyatda tomosha qilasiz?
— Filmni yoddan bilsam-da, har safar birinchi marotaba ko`rayotgandek kulib, mazza qilib tomosha qilaman. Menda balandlikdan qo`rqish fobiyasi bor, suratga olish jarayonida “Osma yo`lga chiqmayman”, deb turib olganlarimni, keyin rejissyorimiz Shavkat Junaydullaev qurilish montajchilari foydalanadigan qalin xavfsizlik kamarini toptirib kelganlarini eslayman. Shuni ko`ylagimning ostidan taqib, zo`rg`a osma yo`lga chiqarishgan. O`rindiqda o`tiribman, qo`rquvim bilinmasligi uchun ko`zimga qora ko`zoynak taqilgan, trubani qaltiroq qo`llarim bilan qattiq ushlab olgan paytimni eslasam, haligacha etlarim jimirlab ketadi. Kozim aka qo`rquvni engsin, degan maqsadda jon-jahdlari bilan meni kuldirishga harakat qilgandilar. Men bo`lsa kulishning o`rniga “Gapirmang, o`lib qolaman!” deb baqirganman. Joylari jannatda bo`lsin, Shavkat aka tufayli o`zbek kinosi tarixida qoldik. Dublyajda ham o`z ovozimizda gapirishimizga imkon bergandilar. Shu filmdan keyin ham ijodiy hamkorligimiz davom etdi. U kishi rejissyorlik qilgan deyarli hamma seriallardagi qo`shiqlarni aytganman.
— Va ularning ko`pchiligi xit qo`shiqlar darajasiga ko`tarilgan. Xit qo`shiq qanday yaraladi o`zi?
— Buni hech qachon oldindan bilib bo`lmaydi. Ba`zan xonanda bilan muxlislarning fikrlari bir xil chiqmasligi ham mumkin. Shaxsan menda ko`pincha, unchalik ham e`tibor bermay yozilgan qo`shiqlarim muxlislar tomonidan iliq kutib olingan. Masalan, “Men seni hech kimga bermayman” taronasini musiqiy rahbarim “Shu qo`shiq haqiqiy anshlag bo`ladi”, deganida fikrini rad etgandim. “Yomg`ir yog`di” nomli qo`shiqni yozamiz, deb oyoq tirab turib olganman. Qisqasi, anchagina tortishganmiz. Vaqt o`tib esa, “Men seni hech kimga bermayman” qo`shig`i mashhurroq bo`lganini ko`rdim.
— Nega yangi qo`shiqlaringizni eshitmayapmiz?
— Ijodimda yangi, hali tinglovchilar e`tiboriga havola etilmagan taronalarlar bor. Lekin, qizig`i shundaki, qaerga bormay, eski qo`shiqlarimni so`rashadi. Shunday paytda O`zbekiston xalq artisti Farrux Zokirovning bir hazilomuz gapi yodimga tushadi. “Agar muxlislar doim eski qo`shig`ingni so`rashsa, yangi qo`shiq yozishning nima keragi bor? Yangi qo`shiqni eski qo`shig`i yo`qlar yozsin!” degandilar. Ammo yangilik doim kerak. Balki yangi qo`shiqlarimning darajasi avvalgilarnikidek bo`lmagani uchun ham ularni taqdim etmayotgandirman. Ijodimdagi tanaffusga yana bir sabab, o`z-o`zimni takrorlashni istamayman! Xalqqa o`zingni eslatish uchun yomon qo`shiq bilan chiqqandan ko`ra, sukut saqlagan afzal, menimcha.
— Lekin yillar kutib turmaydi, umr o`tmoqda. Ortga, o`tgan umrga qarab afsus chekadigan xatolarintiz bormi?
— Har bir inson hayoti ma`lum bir nuqtaga etganida, orqada qolgan yillarga nazar tashlab, sarhisob qilar ekan. Taqdir, peshonaga yozilgani bo`ladi, deymiz. To`g`ri, buni inkor etib bo`lmaydi. Lekin taqdirni birovning qo`liga topshirib, faqat uning ko`rsatmalari bilan yashash xato ekanligini tushunib etdim. Chunki, hayot seniki, uni sen o`zing hohlagandek, qalbing istagandek yashab o`tishing kerak. Qolaversa, hayot hammamizga atigi bir marotaba beriladi. Meni faqat xonanda o`rnida emas, oddiy ayol deb qabul qilishlari kerakligini unutganimdan, ayollikning eng muqaddas vazifasini o`z vaqtida bir chekkaga surib qo`yganimdan afsusdaman. Vaholanki, ayolning eng birinchi va buyuk vazifasi onalik va oila.
— Qaysi birini unutish oson, yaxshilik qilgan odamnimi, yoki yomonlik qilgan insonnimi?
— Kimdandir yuragimizga nayzadek sanchiladigan yomonlikni ko`rganimizda, bir umrga yodimdan chiqarolmasam kerak, deb o`ylaymiz. Ammo vaqt oliy hakam deyishadi-ku, hammasi joy-joyiga tusharkan. Dilxiralik ham unutiladi. Yaxshilik qilgan odamni esa unutib bo`lmaydi. Chunki minnatdorchilik hissi bunga yo`l qo`ymaydi. Vijdoningiz yaxshi kunda, hatto yomon kundayam uni yodingizga solib turadi. Yomonlikni unutib yuborishni shifokorlar ham maslahat berib, yurakda saqlangan alam, iztirob, nafrat sog`lig`ingizga zarar etkazishini ta`kidlashdan charchashmayapti. Shunday ekan, bir-birlarimizga faqat yaxshiliklar sog`inib yashaylik...
Tuhfa NAZAROVA suhbatlashdi
"Darakchi" gazetasi, 2022 yil 14 aprel, 15-son | 80 | 7,862 |
Madaniyat | “Birinchi kanal” Dmitriy Borisov ishtirokidagi “Pust govoryat” ko‘rsatuvi anonsini chiqardi (video) | “Birinchi kanal” “Pust govoryat” dasturining boshlovchi Dmitriy Borisov ishtirokidagi soni anonsini chiqardi, deb yozadi Afisha Daily. Borisov tomoshabinlar qarshisida kim sifatida namoyon bo‘lishi aytilmayapti. Ko‘rsatuv dushanba kuni Toshkent vaqti bilan 21:50 da efirga chiqadi.
Avvalroq Rossiyaning “Birinchi kanali”dagi eng mashhur shoulardan biri — “Pust govoryat” dasturi jamoasi ishdan ketgani xabar berilgan edi. “RBK” ma’lumotlariga ko‘ra, Malaxov “Birinchi kanal”dan ketib, “Rossiya 1” telekanaliga o‘tadi. Bunday qarorga esa Konstantin Ernst taklif qilgan yangi prodyuser tufayli “Pust govoryat” jamoasi ichida nizo kelib chiqqani sabab bo‘lgan.
Malaxovning rafiqasi Natalya Shkuleva rahbarlik qiladigan Elle jurnali esa boshlovchini dekret ta’tiliga chiqarishmagani uchun, u “Birinchi kanal”dan ketayotgani haqida yozdi. Boshlovchi farzandi tug‘ilganidan keyin uni parvarish qilish uchun ta’tilga chiqish istagini bildirganida tok-shou prodyuseri ko‘rsatuv bolalar bog‘chasi emasligini, yo boshlovchilik, yo enagalikni tanlashi kerakligini aytgan. Shundan so‘ng go‘yoki, Malaxov ishdan bo‘shash haqida ariza bergan. | 99 | 1,129 |
Madaniyat | Xitoylik prodyuserlar “O‘zbekkino” agentligida hamkorlikdagi “Qahramon“ filmi xususida muzokaralar olib bordi | Xitoylik taniqli kinoprodyuser Lo Xao boshchiligida O‘zbekistonga kelgan Hunan Heguang Media kinokompaniyasi vakillari “O‘zbekkino” milliy agentligi rahbariyati bilan uchrashdi.
Xitoy kinosanoati vakillari Orange Sky Golden Harvest Group va Hunan Mango Studios kinokompaniyalari tomonidan ishlangan seriallar va badiiy film taqdim etdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston bilan hamkorlikda ishlanadigan “Uch shahar“ loyihasi va “Qahramon“ badiiy filmi xususida muzokaralar olib borildi. Shuningdek, kino va seriallar, televideniye uchun videomateriallar tasvirga olishda o‘zaro tajriba almashish, kadrlar masalalari ko‘rib chiqildi.
Xitoy kinosanoati vakillari “O‘zbekkino” Milliy agentligiga “Zulmatdagi qora jang”, “Janob suv odami”, “O‘tinchi Lyu Xay” kabi kinokartinalarni taqdim etishlarini bildirdi. | 109 | 802 |
Madaniyat | “‘Million’dagi arabcha raqsim sabab dadam gaplashmay qo‘ydilar”. Aktrisa Narminjan otasini xafa qilib qo‘ygani haqida gapirib berdi (video) | “Million” jamoasining konsert dasturida “Cosmos” tarkibida chiqqan, Narminjan taxallusi bilan tanilib borayotgan aktrisa A’zamova Nargiz sahnadagi arabcha raqsi sababli dadasi undan xafa bo‘lgani va biroz muddat gaplashmay qo‘ygani haqida gapirib berdi.
Aktrisa bu haqida YouTube’dagi YashinTV kanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Yoshligimdan raqsga juda ham qiziqqanman. Maktabda ham, kollejda ham qanaqa tadbir bo‘lmasin raqs sahnalashtirishsa, albatta, men ham u yerda bo‘lardim. Navoiy shahrida Navro‘z bayramlarida ham katta sahnalarda raqs ijro qilib chiqqanman.
Yoshligimdan raqqosa bo‘lish niyatim bo‘lgan. Keyin yoshim katta bo‘lgani sari odamlar raqqosalarga yaxshi ko‘z bilan qarashmagani uchun, raqqosa bo‘lish niyatimdan qaytib, kollejga aktrisalik yo‘nalishiga topshirganman.
“Million” jamoasidagi raqs bilan bog‘liq chiqishimga kuzatuvchilarimiz orasida salbiy munosabat bo‘lgan. Aslida sahnada raqs o‘ynashim kerak bo‘lgan sahna bo‘lmagan, u yerda haqiqiy raqqosalar o‘ynashi kerak edi. Konsertga oz vaqt qolgan paytda raqsni men ijro etishim kerakligi aytilgan. Qo‘l oyog‘i bog‘langan inson bo‘lib qolganman. Chunki konsertga chiqmasam bo‘lmaydigan vaziyatda edim. “Million”ga chiqishimni ko‘pchilik bilib bo‘lgandi. Hammada ham do‘st bor, dushman bor. Shu sababli “Million”ga chiqmasam bo‘lmasdi.
“Kommentariya”da ko‘pchilik “shu qizning otasi, akalari bormikan”, deb yozishadi. Dadam borlar. Lekin konsertda arabcha raqs o‘ynab chiqqanimni dadam bilmaganlar. Har safar sahnaga yuragimni ushlab chiqardim. Konsert tugagandan so‘ng, tarmoqlarga chiqqandan so‘ng “dadamga nima deyman”, deb juda ham qo‘rqqanman. Chunki dadamning bitta qarashlari menga yetib, ortadi. O‘sha vaqtda chiqishim kerak bo‘lgan vaziyatda qolganman.
Dadam ko‘rdilar. Xafa bo‘ldilar. Biroz vaqt dadam bilan gaplashmadik. Men eng kichkina farzandman, bu narsani mendan kutmagan ekanlar. Ikkita opam bor, ular hammasini dadamga tushuntirdilar. “Boshqa bu narsa takrorlanmasin, bunday rollarda seni ko‘rmay dedilar”.
Shu arabcha raqs bilan tanilish menga nasib qilgan ekan, men hech narsadan nolimayman.
Narminjan, aktrisa
Ma’lumot uchun, A’zamova Nargiz 1998-yil, 24-iyul kuni Navoiy viloyatida dunyoga kelgan. Aktrisa sifatida “Qodirxon” serialidagi Shahrizoda roli bilan, Jaloliddin Ahmadaliyevning “Yor bizdan ketdi”, “Menda qolmadi dil” singari kliplardagi rollari bilan mashhurlikka erishgan. | 139 | 2,394 |
Madaniyat | Gulsanam Mamazoitova besh kun jonli ijroda konsert beradi | Iste’dodli xonanda, O‘zbekiston Xalq artisti Gulsanam Mamazoitova o‘z muxlislariga sovg‘a hozirlamoqda. Bu haqda Press news xabar berdi.
Foto © faxrimnavo.umi.ru
Ma’lum bo‘lishicha, san’atkor kelasi yilning 29—31-yanvar va 1—2-fevral kunlari Toshkentdagi “Istiqlol” san’at saroyida o‘z konsert dasturini taqdim etadi. Hayratlanarlisi, u besh kun davomida to‘liq jonli ijroda kuylab, tomoshabinlar olqishini olish niyatini bildirdi. | 57 | 433 |
Madaniyat | Samodan o‘ziga o‘lim izlagan Antuan de Sent-Ekzyuperi olami | Hayotida ikki qo‘rquv – so‘zga mas’uliyat va uchuvchilik bilan yonma-yon yashagan, biroq jamiki shon-sharaf, shuhratni adabiyotdan topgan Antuan de Sent-Ekzyuperi so‘z maydonida aytarini ayta olgan yozuvchilardandir. “Daryo” yozuvchining hayot yo‘li va ijodi haqida hikoya qiladi.
Bolakay Toni
Umri dolg‘ali zamonlarga to‘g‘ri kelib, qon kechib, urush girdobida yashaganiga qaramay, asarlarida yorug‘lik – hayotga muhabbat, zulmga nafrat, voqelikka donishmand ko‘zi bilan qarash bo‘rtib turgani uchunam uni ko‘pchilik o‘qiydi. 1900-yilning 29-iyunida Fransiyaning Lion shahrida dvoryanlar oilasida tug‘ilgan bolakayning kun kelib “allaqanday” kasb – uchuvchilikni egallashi, kamiga yozuvchi bo‘lishini ko‘pchilik aqliga sig‘dirolmasdi. Negaki, oqsuyak, zodagonlarga bunday kasb “yarashmas”, har kim ko‘rpasiga qarab oyoq uzatishi talab etilardi. Ammo taqdir yozug‘i odam tuzgan rejaga qararmidi – Antuan ham bolalikdan yerdan ko‘ra osmonda kezishni xushlaydigan xayolparast, dunyoni tabiat rangi bilan ko‘rib, farqlaydiganlardan edi. O‘sha paytlari jamiyat tutumiga xos uzundan uzun ismlar qo‘yilishi urf bo‘lgani uchun Ekzyuperiga ham Antuan Mari Jan-Batist Roje de Sent-Ekzyuperi sharifi beriladi. Lekin shuncha ismni aytib tugatish malolligidan oila a’zolari shunchaki “Toni” deb chaqirib qo‘ya qolishadi.
To‘rt yasharligida otasi to‘satdan miyaga qon quyilishidan vafot etadi-yu, oilaning to‘kin-sochin kunlari andak barham topadi. El qatori yashash, oddiy insonlardek kun kechirishni boshdan o‘tkazib, ba’zan qorin to‘ydirishga bir tishlam non topilmaydigan zamonlar keladi. Jo‘jabirday polaponlarini qanday to‘ydirishni bilmay, joni halak bo‘lgan ona opasi Mari Trikoning Belkur maydonidagi xonadoniga yukinib boradi. Topgan-tutganni o‘rtaga qo‘yib, xola-jiyanlar bahamjihat yashaydi. Toni esa ochin-to‘qin kunlari kichik akasi Fransuaga suyanib yashaydi. Ammo bu ham uzoq davo etmaydi.
Beva qolgan ona endi bolalarining ta’limi, ertangi kuni haqida qayg‘urib, jiddiy harakatga tushadi. Ularning ko‘nglida adabiyot va san’atga muhabbat uyg‘otib, mutolaaga rag‘batlantiradi. Mehrdan et olib o‘sgan Antuan ulg‘aygani sari onasiga qattiqroq bog‘lanar, qaygadir jo‘nasa ham xuddi romanlardagidek sog‘inch maktubi yozardi. Adabiyot qatorida kichkina Toni texnika, temir-tersakka astoydil qiziqar, tanlov vaqti kelganida qay birini tanlashni bilmay ikkilangan paytlari ham bo‘lgandi.
Liondagi nasroniylar maktabida boshlang‘ich diniy ta’limni o‘qigach, Shveysariyadagi katolik pansionatida ham tahsilni davom ettiradi. Ammo diniy yo‘nalishini qo‘yib, 1917-yili Parijdagi Nafis san’atlar maktabida me’morlik fakultetiga hujjat topshiradi, bakalavr diplomini oladi. Keyin nafis san’atni ham bir chetga yig‘ishtirib, harbiy-dengizchilar litseyiga ketmoqchi, toleyini harbiylikda sinamoqchi bo‘ladi. Omadi chopmay, saralash konkursidan o‘tolmaydi. 1917-yilning yozida qadrdon maslahatgo‘yi, jondan aziz akasi Fransua revmokarditdan vafot etgach, Antuan uzoq vaqtgacha o‘ziga kelolmay, damdo‘z, ichimdan top yigitga aylanadi.
Kengliklardagi zavq
Oradan 5 yil o‘tib, o‘rtoqlari qatori uni ham harbiy xizmatga chaqirishadi. 12 yoshida birinchi marta uchuvchi Gabriel Vroblevskiy bilan osmonga ko‘tarilgani, o‘sha lahzadagi hayrat va quvonch butun umr yodiga muhrlangani sababmi yoki boshqa, harbiy komissariatga borib, tikkasiga o‘zini uchuvchilar kursiga, so‘ng Strasburdagi qiruvchilar aviatsiyasiga yozishlarini so‘raydi. Avvaliga unga uchishga ruxsat berilmaydi. Bunday qarordan shashti so‘nish o‘rniga Antuan samolyotlarning texnik ko‘riklariga aralashib, uchish maydonchalarida o‘ralashib yuraveradi. Vaqt o‘tib, uchuvchilar imtihonini “besh”ga topshirib, hujjatga ham ega chiqadi. Uchish yo‘nalishini Marokashga o‘zgartirgach, harbiy samolyotlarni boshqarish huquqini qo‘lga kiritadi.
Istrdagi ofitserlar maktabi ham malaka oshirish va tajriba to‘plashda saboqxona bo‘ladi. Kichik leytenant darajasi berilgach, Antuan shiddat va shahd bilan Parij yaqinidagi Le Burjeda – 34-aviatsion polkda xizmatni davom ettiradi. 1923-yili ilk aviahalokatga uchragan Ekzyuperining bosh miya suyagi shikastlanadi. Salomatligi tiklanguncha Parijga qaytib, qog‘oz qoralash, safar xotiralarini kitob qilishga chog‘lanadi-yu, ming urinmasin, bundan hech qanday natija chiqmaydi.
Kunlar shu zayl o‘tarkan, hayoti bunday davom etmasligi, ko‘ngil kemtikligini to‘ldirish fursati yetganini fahmlayveradi. Parvoz zavqini hech bir mashg‘ulot bosolmasligini sezib, “Aeroposhtal” aviakompaniyasida mexanik bo‘lib ish boshlaydi. 1926-yilning bahoridan pochta yetkazuvchi samolyotning uchuvchisiga aylanadi. Asosiy ishini bajarish asnosi yozishni ham unutmaydi. Ilk asari “Janubiy pochta” nomi bilan chop etiladi. O‘sha yili Kap-Jubidagi aerodromda boshliq bo‘lib ish boshlaydi.
1929-yil ham o‘zgarishlarga boy o‘tadi. Yana qadrdon “Aeroposhtal”ga qaytib, ufqlarni kezish vaqti yetadi. Bir joydan ikkinchi joyga pochta-jo‘natmalarni yetkazarkan, samo kengliklaridagi zavq, xayol va yozilajak asarlar rejasini hech narsaga almashtirmasligini hamkasblariga bot-bot so‘zlab berardi. Biroq oradan ikki yil o‘tib, 1931-yili kompaniya kasodga uchragach, Ekzyuperi Yevropaga qaytishga majbur bo‘ladi.
Ortga qaytgach, nima ish qilishni, yana yangitdan sarguzashtlar boshlash-boshlamasligini andak o‘ylaydi-yu, pochta avialiniyasini tashkillashtirish payiga tushadi, keyin niyatidan qaytib, harbiy samolyotlar mashg‘ulotida qatnasha boshlaydi.
Qissaga aylangan halokat
Yozuvchi tarjimayi holida o‘ta xavfli voqealar, tavakkalga qurilgan tanlovlar juda ko‘p uchraydi. Ammo har bir halokat va talafotdan omon chiqib, ko‘rgan-kechirganlarini asarlari qatiga joylayveradi. Samolyotlar tezligini tekshirish loyihasida o‘ziga shaxsiy uchoq sotib olib, Parijdan Saygonga qarab otlanadi. Sahro ustidan uchayotib, to‘satdan halokatga uchraydi. Tasodifmi yoki taqdir sabab sog‘ qolib, sahroyilar xonadonida qo‘nim topadi. Yana bir qo‘rqinchli halokat Nyu-Yorkdan Olovli Yerga qarab uchayotganda yuz beradi. Yelkalari, chanoq suyagi sinib, bir necha kun behush yotadi.
Asrning 30-yillari jurnalistika olamiga qadam qo‘yishga ulgurgan Antuan “Pari Suar” gazetasidan muxbirlik ishini topadi. Sayohatlarini yo‘l ocherki shaklida yozib, qalam haqi oladi. Keyin “Entransijen” nashriga o‘tib, Ispaniyadagi fuqarolar urushida qatnashadi. Ikkinchi jahon urushi boshlanganda ham toqatsizligi, zulmga qarshi hamisha kurashini isbotlash uchun birinchilar qatorida urushga jo‘naydi.
1930-yil Sent-Ekzyuperiga omadli keladi. And tog‘larida falokatga uchragan do‘sti, mashhur uchuvchi Anri Giyome omon qoladi. Sent-Ekzyuperi besh kun mobaynida tog‘lar uzra xavf-xatar bilan olishib, parvoz qiladi, Giyome esa hamisha o‘zini-o‘zi yengib, pastga, odamlar tomon intiladi. U qaysarlik bilan o‘ziga-o‘zi: “Agar to‘xtab qolsam, ablah bo‘layin!”– deya ta’kidlaganicha pastga enadi. Giyome shu tariqa halokatdan qutulib chiqadi va omon qoladi. Do‘stini ilk bora Sent-Ekzyuperi qarshi oladi va Giyomening ana shu so‘zlarini “Odamlar sayyorasi” asarida keltiradi: “Xudo haqqi, mening o‘rnimda hayvon ham bunga chidash berolmasdi”. Yigit degani ana shunday dovyurak va irodali bo‘lishi kerak, deb hisoblagan yozuvchi.
Ijodiy parvoz
Ijod uchuvchilik qatori ko‘kka tobora balandlayveradi. 1914-yili kollejda o‘qiyotgan paytlari qog‘oz qoralashni boshlagan havaskor yillar o‘tib haqiqiy yozuvchiga – butun dunyo hayratda qoladigan ijodkorga aylanadi. “Uchuvchi” asari bilan maydonga kirib, “Kichkina shahzoda” orqali yuraklarni zabt etadi. Kitoblarida voqelikni uchuvchi nigohi, dunyoqarashi va osmon kengliklari ko‘magida tushuntirishga urinadi. Qarichiga sig‘gan falsafasini samoda topgan huzuriga qo‘shib ifodalaydi. Ekzyuperi-uchuvchisiz Ekzyuperi-yozuvchiga aylana olmasligini yillar isbotlab beradi.
1931-yil yozuvchining ikkinchi romani “Tungi parvoz” nashrdan chiqadi. Roman “Femina” adabiy mukofoti bilan taqdirlanadi. Ushbu roman Sent-Ekzyuperiga shon-shuhrat darvozasini ochib beradi. Lekin Sent-Ekzyuperi shuhratga o‘ch emas, unga intilmasdi.
“Harbiy uchuvchi” romani avtobiografik asardir. Ikkinchi jahon urushi taassurotlari asosida yozilgan bu kitob Fransiyada qat’iy taqiqlanadi, ammo Amerikada misli ko‘rilmagan darajada sotilib, qo‘lma-qo‘l o‘qiladi. Hatto, bir nashriyot bolalarga qator hikoyalar yozib berishini so‘rab yozuvchiga shartnoma taklif etadi. Bir-ikki yil ichida “Kichkina shahzoda” shunday shartnomalar mevasi bo‘lib tug‘iladi. 1948-yili esa (vafotidan keyin) eng oxirgi asari – “Qal’a” bosilib chiqadi.
Javobsiz muhabbat
Antuanning ilk sevgi hikoyalari o‘ziga to‘q xonadonning erka qizi Luiza Vilmorn bilan boshlanadi. Tantiq qizginaning talablariga ancha kambag‘allashib qolgan yigitchaning hadeganda dosh berolmasligi, aviahalokatlarga uchrab, bor pulini dori-davoga sarflashi endi-endi kurtak yozayotgan muhabbatning ochilmasidan so‘lishiga sabab bo‘ladi. Birinchi muhabbat alami uzoq yillar bosilmay, umr bo‘yi o‘ziga munosib juft topishiga halal beraveradi. Vaqt o‘tib, Buenos-Ayresda marhum yozuvchi Gomes Karilloning bevasi Konsuyelo Sunsin bilan tanishadi. 1931-yili sevishganlar el-yurt oldida dasturxon yozib, nikoh qurishadi. Biroq to‘ydan keyin munosabatlar sovuqlashib, negadir iliqlashmas, rafiqasining og‘ir fe’li, takabburona qiliqlari, manmanligi Antuanning tinkasini quritardi. Har qanday injiqligi-yu, erkaliklariga chidashga, bariga ko‘z yumib yashashga majbur bo‘ladi.
So‘nggi parvoz
Sent-Ekzyuperi yerda yashay olmay, samodan o‘ziga o‘lim izlagan degan afsona paydo bo‘lgan edi. Haqiqatan, panada ish bitirishni, tanish-bilishchilikni xush ko‘rmaydigan yozuvchi kutilmaganda nima qilib bo‘lsa ham harakatdagi armiyaga ishga o‘tishga intiladi. U birdan o‘zining graflik nasli, unvonini eslab qoladi. Amerika generali Ikersni chinakamiga ta’qib qilishga o‘tadi, hatto butun haftani uni kutib, qabulxonasida o‘tkazadi. Jangovar postda jon berish xayoli uni fazoga qaytishga bor kuchi bilan jalb etganmikin, degan fikr ham paydo bo‘ladi beixtiyor kishida. Axir u so‘nggi maktublaridan birida shunday yozgan-da: “Naq to‘rt marta halok bo‘layozdim, endi menga baribir”.
1944-yilning 31-iyulida ko‘kka ko‘tarilgan samolyot va uning uchuvchisi ortiga qaytmaydi va ro‘yxatlarga “dom-daraksiz yo‘qoldi” deb yozib qo‘yiladi. Na samolyot qoldiqlari, na yozuvchi jasadi uzoq yillar topilmay, o‘limi sirliligicha qoladi. Oradan 40 yil o‘tib, 1988-yili Marsel yaqinidan rafiqasining ismi o‘yib yozilgan bilakuzuk topiladi. 2000-yili ham yana bir bora halokatga uchragan samolyot qoldiqlari qidiriladi, ammo natija chiqmaydi. 8 yildan keyin yozuvchining halokati sabablari haqida dastlabki ma’lumotlar ravshanlashadi. Unga nemis qiruvchisi hujum qilgani, dushman uning samolyoti kabinasida bo‘lgani taxmin qilinadi.
O‘zidan bir qancha kitoblar, jahon adabiyotini boyitgan asarlar qoldirgan, mardlik, jasorat timsoliga aylangan Sent-Ekzyuperi bugun haqiqiy shedevrlar qatorida turadi. Garchi qisqa umr ko‘rib, jasadi qayerdaligi haligacha noma’lum bo‘lsa-da, qahramonlarcha yashab o‘tgani tahsinga loyiq. Bugun Liondagi aeroport yozuvchi nomi bilan ataladi.
Charos Nizomiddinova tayyorladi | 59 | 11,055 |
Madaniyat | Pelin Karaxan — “Muhtasham yuz yil” serialidagi Mehrimoh rolini ijro etgan aktrisa haqida 10 ta qiziqarli fakt | “Muhtasham yuz yil” serialida sulton Sulaymon va Xurram sultonning qizi Mehrimoh rolini gavdalantirgan Pelin Karaxan turk kino olamida o‘z o‘rniga ega aktrisalardan biri hisoblanadi. “Lisa.ru” nashri aktrisaninig hayoti va ijod yo‘li haqida ma’lumot berdi.
Otasiz voyaga yetgan aktrisa
Aktrisa Pelin Karaxan Anqarada kino olami bilan aloqasi bo‘lmagan oddiy oilada tug‘ilgan. Pelinning ota-onasi u sakkiz oylik bo‘lganida ajrashgan. Bo‘lajak aktrisaning tarbiyasi bilan faqat onasi shug‘ullangan.
“Otasiz o‘sganimga qaramay, menda erkinlik yetarli edi. Onam bilan barcha qayg‘u va muammolarni birga boshdan kechirdik. Keyinroq onam yana turmushga chiqdi va singlim dunyoga keldi. Avvallari ajrashgan, yolg‘iz o‘zi bolalarini tarbiyalayotgan ayolga boshqacha qaralar edi. Bunday ayol va uning bolalari o‘sha paytda nochor va himoyasiz hisoblangan. Onam hech qayerda o‘qimagan bo‘lsa ham, uzoq vaqt interyer dizayneri bo‘lib ishladi. Biz moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirdik ”, — deydi aktrisa.
Turizm bo‘yicha mutaxassis
Karaxan maktabni tugatgach, universitetga o‘qishga kirdi, biroq u ijodiy mutaxassislikni tanlamadi, ya’ni aktrisa turizm va mehmonxona biznesini o‘rgana boshladi. Aktrisa bu sohada diplom ololmaydi, chunki u kinoga qiziqib qoladi.
Universitetdagi ish
Pelin avval universitetda ishlashi, talabalarga dars berishi kerak edi. Dastlab uning kino sohasiga kirishi qiyin bo‘lgan. U o‘z faoliyatini moda bo‘yicha jurnallar va reklamalarda suratga tushishdan boshlagan.
Psixologga bo‘lgan ehtiyoj
Aktrisa “Orzu qiluvchilar” seriali orqali mashhurlikka erishdi. Serialni suratga olish jarayonlari besh yil davom etgan va uch yildan keyin Pelin o‘zining kimligini — Pelinmi yoki Aslimi tushunmay qoldi. Aktrisa o‘zini tushunish uchun psixologga murojaat qilishi kerak edi.
“Men uzoq vaqt ishlashim kerak edi. Tushkunlikka tusha boshladim, psixologik muammolarim bor edi. Men psixologga murojaat qila boshladim. Qahramonimning ismi Asli edi. Serial muxlislari meni ko‘chada ko‘rib, menga emas, Asliga murojaat qilishdi. Men kimligim haqida o‘ylay boshladim”, — deb shikoyat qilgan Karaxan.
Mashhurlik keltirgan rol
Aktrisa 2011-yilda “Muhtasham yuz yil” serialida rol o‘ynay boshladi, bu esa aktrisaning butun dunyo bo‘ylab mashhurlikka erishishiga sabab bo‘ldi. Ko‘p qismli tarixiy serialda aktrisa sulton Sulaymonning va uning rafiqasi Xurram sultonning yagona va sevimli qizi Mehrimoh rolini ijro etdi. Mehrimoh oilasi uchun va onasining talabiga binoan, o‘zi yoqtirmagan Rustam Poshoga turmushga chiqishi kerak edi.
Birinchi turmush
Turk kino yulduzining birinchi turmush o‘rtog‘i fitnes va pilates bo‘yicha murabbiy bo‘lgan. Juftlik Barselonada dabdabali to‘y qilishgan va ularning fotosuratlari ko‘plab turk jurnallarining muqovalarida chiqqan.
Ajralish
Biroq bu turmush qisqa umr ko‘rdi va tez orada juftlik ajrashayotgani ma’lum bo‘ldi. Ayriliq Karaxanning xiyonati tufayli bo‘lgan, degan mish-mishlar tarqalgan. Biroq aktrisa bu taxminlarning barchasini rad etgan.
Aktrisaning ikkinchi turmush o‘rtog‘i bilan uchrashuvi
Pelin 2014-yilda biznesmen Bedri Gyuntoyga turmushga chiqdi. Juftlik sport klubida uchrashgan: Bedri aktrisaning do‘stlari bilan qaysi tizza fiksatorlarini sotib olish haqida maslahatlashganini eshitib qoladi. U Karaxanning telefon raqamini topib, unga qo‘ng‘iroq qiladi, uchrashishni taklif qiladi va uchrashuvda u o‘sha tizza fiksatorlarini aktrisaga sovg‘a qiladi.
Baxtli turmush
Keyinchalik aktrisa Gyuntoyda o‘zi izlagan insonni ko‘rganini aytgan. Bugungi kunda juftlik juda baxtli va ularning ikki o‘g‘il farzandi bor.
Eng yaxshi narsalarga ishonish
Pelinning tan olishicha, u har doim muvaffaqiyatli martaba va shaxsiy hayotga ega bo‘lishini bilgan. U bunga juda qattiq ishongan va bu niyati amalga oshgan.
“Menga g‘amxo‘rlik va himoya qiladigan insonni qidirdim. Bunday inson bilan uchrashishga muvaffaq bo‘lganimda, uni yo‘qotishni xohlamadim. Ota-onasi ajrashgan ko‘plab bolalar turmush qurish ularni baxtli qilishiga ishonmaydi. Biroq menda buning aksi bo‘lgan. Bolaligimdan oilam bo‘lishini xohlardim”, — dedi aktrisa. | 110 | 4,088 |
Madaniyat | Amerikalik xonanda Rianna ilk marta ona bo‘ldi | Amerikalik xonanda Rianna va A$AP Rocky birinchi marta ota-ona bo‘ldi. TMZ xabariga ko‘ra, juftlik o‘g‘il farzand ko‘rgan. Chaqaloq 2022-yil 13-may kuni Los-Anjelesda dunyoga kelgan, deb yozadi People Talk.
Ona va bolaning holati juda yaxshi bo‘lgani uchun ham ular allaqachon uyiga qaytgan. Juftlik hozircha ilk farzandiga qanday ism qo‘yganini oshkor qilmagan.
Musiqachining farzandli bo‘lishi so‘nggi oylardagi eng kutilmagan voqealardan biri bo‘lib, qo‘shiqchining atrofida u bilan bog‘liq yangiliklar to‘xtamadi. Bu vaqt ichida Rianna va A$AP Rocky Gollivudda eng ko‘p muhokamalarga sabab bo‘lgan juftlikka aylandi. Xonandaning ajoyib va ba’zan o‘ta bo‘rttirilgan obrazlaridan tortib, reperning Riannaga xiyonati haqida mish-mishlar tarqaldi. Shuningdek, Rianna ko‘rinish bergan libos ranglariga ko‘ra uning farzandi qiz ekani muxlislar tomonidan taxmin ham qilingandi.
Xonanda Rianna dunyodagi eng badavlat ayollar reytingidan joy oldi | 46 | 943 |
Madaniyat | Qadimiy Axsikent xarobalari hududida arxeologik majmua yaratiladi | Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida joylashgan qadimiy Axsikent shahri xarobalari o‘rnida arxeologik obyekt merosini qo‘riqlash va tadqiqot etish yodgorlik majmuasi tashkil etiladi. Bu haqda “Kommersant.uz” xabar bermoqda.
Majmua hududida Zahiriddin Muhammad Bobur haykali o‘rnatiladi, shuningdek, me’morchilik ansambli yaratilib, unda tarixiy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkaziladi.
Majmuamo yaratilishini, rekonstruksiyasini, ta’mirlash ishlarini Namangan viloyati hokimiyati huzuridagi maxsus jamg‘arma moliyalashtiradi. U majmua faoliyatini qo‘llab-quvvatlab turadi.
Ishlar samarali olib borilishi maqsadida majmua direksiyasi tashkil etilib, uning asosiy vazifalari belgilandi.
Axsikent — Farg‘ona viloyatidagi eng yirik arxeologik yodgorliklardan bo‘lib, turli tarixiy davrlarga oid uch shahar xarobalaridan iborat. Bu yerdagi ilk manzilgoh miloddan avvalgi III asrda shakllangan. | 65 | 888 |
Madaniyat | Marvel studiyasi aktyorlari suratga olish maydonchalaridan qanday suvenirlarni olib ketgan? | Amerikalik teleboshlovchi Jimmi Kimmelning dasturi davomida taniqli Gollivud aktyori Kris Hemsvort uyida suratga olish maydonchasidan o‘g‘irlangan Torning bolg‘asini maqtanishni juda yaxshi ko‘rishini ma’lum qildi, deb xabar beradi “Kinopoisk”.
Kadr: YouTube
Aktyorning ta’kidlashicha, uning bu qilig‘i xotiniga — aktrisa Elza Patakiga yoqmaydi va u bolg‘ani doim javonga solib qo‘yadi.
“Uning turli joylarga sakrab yuradigan odati bor. Men uni kamin oldidagi tokchaga qoldirsam, xotinim uni yana javonga solib qo‘yadi. Uni oshxonaga qo‘ysam, u yana javonga qaytib boradi”, — deydi Hemsvort “Tor” filmidagi “Myolnir” bolg‘asini namoyish etar ekan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Hemsvortning uyida jami beshta Tor bolg‘asi bor bo‘lib, aktyor ularni suratga olish maydonchalaridan olib kelgan. Boshqa aktyorlar ham suratga olish joyidan turli suvenirlarni o‘ziniki qilib olishni yaxshi ko‘radi: | 91 | 886 |
Madaniyat | Instagram: Turkiyada kasal ekanligidan xabar topgan Saida Rametova, odamlarga yuragini yopgan Munisa, Dushanbeda maktabga borgan Gulchehra | 21-avgust kuni jahon va o‘zbek san’ati yulduzlarining Instagram’dagi sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Munisa Rizayeva o‘zida tushuntirib bo‘lmas nimadir o‘zgargani hamda buning ortidan yuragini ayrimlarga yopganini ma’lum qildi.
View this post on Instagram
Turkiyadan qaytgan Zohirshoh Jo‘rayev Qo‘qon shahriga to‘y xizmatiga bordi.
View this post on Instagram
Bollivud yulduzi Priti Zinta kinodagi faoliyatining 22 yilligini nishonlamoqda.
View this post on Instagram
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Oqqo‘rg‘on tumanidagi madaniy-ma’rifiy maskanlar faoliyati bilan tanishdi.
View this post on Instagram
Lola qizi Aishaga aravacha sotib olishda nimalarga e’tibor qaratganini so‘zlab berdi.
View this post on Instagram
Javohir Zokirov o‘g‘li bilan Turkiyadan ko‘rinish berdi.
View this post on Instagram
Nilufar Usmonova folloverlarini juma ayyomi bilan tabrikladi.
View this post on Instagram
Xonanda Alisher Fayz ham Qo‘qondagi to‘yda xizmatda bo‘ldi.
View this post on Instagram
AQShda yashayotgan o‘zbekistonlik aktrisa Gulchehra Eshonqulova Tojikistonning Dushanbe shahrida maktabga qadam qo‘yganini bildirdi.
View this post on Instagram
Jurnalist Shohira Hamroning ma’lum qilishicha, Turkiyaga Jaloliddin Manguberdi haqidagi “Mendirman” serialida suratga tushish uchun borgan aktrisa Saida Rametova jiddiy kasallikka chalinganidan xabar topgan. Turkiyalik shifokorlar o‘sha yerda operatsiya va kimyoviy terapiya muolajalarini taklif etishiga qaramay aktrisa kasallikni oilasi hamda muxlislari yonida yengishga qaror qilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Saida Rametova 21-avgust kuni Toshkentga qaytgan. | 138 | 1,802 |
Madaniyat | “Kitobni yoqishdan ham kattaroq jinoyat bor”. “Farengeyt bo‘yicha 451 daraja” asari haqida | “Daryo”dan yangi loyiha – “Jahon adabiyotining eng buyuk asarlari”.
Newsweek jurnali tomonidan 2019-yilda jahon adabiyotining eng buyuk 100 asari ro‘yxati taqdim etilgan edi. Bloger Nurbek Alimov bu asarlarning eng muhimlari haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tadi. Uning taqrizlari kitobxonlarga eng yaxshi asarlar haqida ma’lumot topishda, mutolaa uchun kitob tanlashda yordam beradi deb umid qilamiz.
Quyidagi taqriz Rey Bredberining “Farengeyt bo‘yicha 451 daraja” romaniga bag‘ishlanadi.
Fleshbek
Bolalik paytimda bir kuni do‘stimning uyiga borsam, oyisi tandirga olov qalab non yopayotgan ekan. Ko‘rishgani yaqinlashdim, salom berishni ham unutib tandir yonidagi ichi ochiq, o‘rtasidagi varaqlari yirtilib, shabboda ta’sirida yelpinib turgan kitobga ko‘zim tushdi. Ma’mura opa u kitobni yirtib, varaqlari yordamida tandirga o‘t qalagan ekan... Yugurib borib kitobni qo‘limga oldim, changlarini artib, ustiga qaradim, taqdir hazilini qarangki, kitobning nomi “Farengeyt bo‘yicha 451 daraja” edi...
Men opaga uyimizdan gazeta olib kelib berishni va’da qilib, o‘sha kitobni olib ketdim. Kitobni o‘qishni boshladim-u, og‘zim ochilib qoldi: uning birinchi so‘zlaridanoq shu gaplar yozilgan edi: “Yoqish huzur bag‘ishlar edi. Narsalarning yonishini va qorayib, holati o‘zgarishini ko‘rishning qandaydir boshqacha lazzati bor edi...”
Ammo davomida ayrim abzatslarni qayta-qayta o‘qisam ham hech narsaga tushuna olmadim. Keyinchalik, yoshim ulg‘aygach, kitobni qayta o‘qib chiqib, u insoniyat tarixidagi eng buyuk asarlar ro‘yxatiga loyiq ekanini anglab yetdim. Zero, “yaxshi kitobni birdaniga tushuna olmaysan”.
Roman haqida
“Farengeyt bo‘yicha 451 daraja” kitobi fantastik janrning daholaridan bo‘lmish Rey Bredberi tomonidan 1953-yilda chop etilgan. Kitob sahifalari hozirda amalga oshgan va oshayotgan bashoratlarga boy. Rey Bredberi fantast yozuvchi bo‘lsa-da, uning asarlari, hikoyalari xayolimda uni haqiqiy realistik va hayotiy mutafakkir sifatida shakllantiradi. Agar u kelajak haqida yozishini olib tashlasak, uning personajlari, ularning xarakterlari, u ochib bergan individlar yonimizda, atrofimizda yuribdi. Bredberi haqiqiy psixologizm ustasi, uning eng yorqin tarafi men uchun aynan shunda.
XX asrning fantastik asarlarini o‘qishning o‘zi juda qiziqarli. Chunki o‘sha davrlarda yozilgan fantastika, hozirga kelib oddiy haqiqatga aylanmoqda. Bu kitob muqobil tarixning oltin jamg‘armasidan o‘rin olgan, Oruell va Xaksli kitoblari kabi klassik antiutopiya hisoblanadi. Romanni o‘qir ekansiz, sizni muallifning bashoratlari hozirgi kunimizga qanchalik yaqin ekanini anglash hayajonga soladi. Texnologiyalar rivojlanishi bilan odamlar bir-biri bilan juda kam jonli muloqot qiladigan bo‘lib qoldi. Juda ko‘p vaqtni televizor qarshisida o‘tkazishadi, qanaqadir virtual hayotda yashashadi. Hozir biz kitoblarni yoqmasak ham, kam o‘qiyapmiz, kitob o‘qiydigan odamlar rostan ham oz hozir. Televizor, kompyuter, telefon, internet bois vaqt hech narsaga yetmaydi. Telegram’da yuzlab bo‘lar-bo‘lmas kanallarga a’zomiz, har kuni tonnalab axborotni bilishimiz kerakday go‘yo. Qaysi mashhur odam kimga uylandi, qilichboz qizning Instagram’i, kim o‘ldi, kim ajrashdi, dollar kursi, benzin narxi, Tokio hayvonot bog‘ida panda bolasi tug‘ildi... Aslida biz shu axborotsiz ham tinch yashashimiz mumkin, lekin buni o‘ylab ko‘rishga ham vaqtimiz yo‘q. Pul ishlab topish kerak, iste’mol qilish kerak, yana ko‘proq topish kerak, ko‘proq iste’mol qilish kerak...
Oq-qora televideniye asrida, telefon apparatlari faqat boy xonadonlarda bo‘lgan, odamlar kinoteatrlarga bayram kabi borgan yillar, bizda Orol dengizi “eson-omon” quritilayotgan davrlarni tasavvur qiling. Aynan shu davrda dunyoqarashingizni o‘zgartirib tashlashga qodir, hozirgi kunimizga nisbatan ko‘zimizni kattaroq ochib qarashga majbur qiladigan ushbu durdona asar dunyo yuzini ko‘rgan.
Asar bosh qahramoni orqali biz texnologiyalarsiz bir soniya ham yashay olmaydigan insonlar olamiga tushamiz. Telefonlar insonlarning qulog‘ida joylashgan, odamlar har qanday transportda reklama orqali zombilashtiriladigan, teleekranlar oiladagi har qanday jonli muloqot o‘rnini bosadigan olam. Bularning bari bundan 66 yil avval tasvirlangan.
Syujet
Asar qahramoni – oddiy o‘t o‘chiruvchi ishchi Gay Monteg. O‘zi anglamagan holda jamiyatni qul qilishda bevosita ishtirok etadi. U o‘t o‘chiruvchi bo‘lib ishlasa-da, vazifasi... kitob yoqish...
Asar qahramonining kunlari bir xilda – uy–ish–uy shaklida o‘tadi. Uning ayoli – uy bekasi, kun bo‘yi televizorda odamlarning hayoti, ularning tanishuvi, sevishishi, urishishi aks etgan syujetni onlayn rejimda tomosha qilib o‘tiradi (hozir bunday reality-shoular judayam ko‘p va, eng achinarlisi, aksar insonlar qiziqib tomosha qiladi boshqalarning hayotini, shaxsiy hayotini unutgan holda).
Monteg har kuni ishxonasida olovda kitob yoqadi. Chunki hukumat kitob odamlarning baxtiga xalaqit qiladi deb hisoblaydi. Lekin kunlarning birida qo‘shni bo‘lib yashaydigan, chin insonga xos yorqin hissiyotlarni his qila oladigan qiz Klarissa bilan tanishgach, u qilayotgan ishi xatoligini anglay boshlaydi, kitob baxtga xalaqit bershi haqidagi gaplarga shubha bilan qaray boshlaydi. Gay bu beg‘ubor qiz bilan tanishgach, hozir u uchun umuman ma’nosini yo‘qotgan butun o‘tgan hayotini qaytadan o‘ylab chiqishga majbur bo‘ladi. Natijada u xotini va ishini tashlab ketadi, ishidagi boshlig‘i Bittini yoqib yuboradi, oldinlari kitob yoqqani kabi...
Monteg shahardan qochadi, jamiyat tomonidan ajratib qo‘yilgan, o‘zi kabi hammadan boshqacha o‘ylay boshlagan boshqa insonlarni uchratadi. Ular ichida olimlar ham bo‘ladi. Ularning maqsadi kelajak avlod uchun minglab yil davomida insoniyat tomonidan yig‘ilgan bilimlarni asrab qolish edi.
“Farengeyt bo‘yicha 451 daraja” filmidan kadr
Iste’molchilar va “ura-ura”chilar jamiyatida olimlar va Monteg kabi tanqidiy fikrlovchi personajlar, oz bo‘lsa-da, borligidan xursand bo‘lasan. Monteg va uning sheriklari despotizm jamiyatida, his qilish, o‘ylash, erkin fikrlash huquqi va hayoti mazmuni uchun kurashga otlanadi…
Tahlil
Asardagi deyarli har bir qahramon hamma narsaga befarq qaraydi: yulduzli osmon go‘zalligidan tortib o‘zining yaqinlarigacha. Erlariga, xotinlariga va, eng dahshatlisi, bolalariga. Lekin ular Goncharovning Oblomovi kabi ko‘chaga chiqishga, harakat qilishga eringanlar emas. Ular ishga boradi, ularning do‘stlari, tanishlari bor. Ular baxtli bo‘lgan yoki, harqalay, baxtli ekaniga allaqachon o‘zini ishontirgan insonlar jamiyati. Lekin do‘stlaring bilan faqatgina “Ko‘rdingmi, ‘Ummon’ning yangi klipi chiqibdi” yoki “ iPhone’ning yangisi zo‘r ekan” kabi safsata mavzularda gaplashsang, o‘z ayolingni yoki eringni sevmasang, uni begona inson deb bilsang, bu qanaqa baxt? Bunda baxt yo‘q.
Dunyoda qolgan so‘nggi kitoblar yoqilmoqda, ular kimgayam kerak? Axir hech kim ularni o‘qimasa. Undan ko‘ra yangi chiqqan serialni, yoki ekrandan senga qarab, hozir qanday yaxshi yashayotganimiz haqida gapirayotgan boshlovining “hayotiy” ko‘rsatuvini ko‘rgan yaxshi. Faqatgina bosh qahramon uning yuragini yeb yotgan savollarga kitoblardan javob topishni xohlaydi.
Lekin men Montegni ham ijobiy qahramon deya olmayman: qasddan bo‘lmasa-da, u qotillik sodir etadi... Asardagi yagona ijobiy qahramon – tabiatning go‘zalligidan chin dildan xursand bo‘la oluvchi beg‘ubor Klarissa. Aynan u qahramonimizni yulduzli osmonga tikilib qarab huzurlanish orqali ko‘p yillik mental uyqudan uyg‘otgan edi.
Bu asar dunyosida yaxshi insonlar juda kam, bu olamda omma bilan oqim bo‘lib suzmasang, sen undan aksilijtimoiy qarashlarga ega inson sifatida quvilasan. Asarning eng asosiy postulatlaridan birini qahramonlardan biri bo‘lmish Bitti aytadi: “Insonlar jamiyatdagi bunday befarqlik va soxta baxt holatiga o‘zlari tanlab kelgan, ularni hech kim majburlamagan, chunki buni o‘zlari ong ostida xohlagan”.
“Farengeyt bo‘yicha 451 daraja” filmidan kadr
Xulosa
Hech narsa insonni qayg‘urish, fikrlash, his qilish va o‘ylashsiz yuqori insoniylik cho‘qqisiga ko‘tara olmaydi. Qanday maqsad uchun qiynalayotganining sababini tushunish esa insonni rivojlanish bosqichining navbatdagi pog‘onasiga olib chiqadi. Insonni qiyinchiliklardan xoli qilish u rivojlanish xususiyatini yo‘qotishiga olib keladi. Bunda u xavfsiz, boshqariluvchi va harakatlarini oldindan bilish mumkin bo‘lgan mavjudotga aylanib qoladi.
O‘ylaymanki, eskirgan va dolzarbligini yo‘qotgan asarlar o‘rniga inson ichki olamining eng chuqur yerlarigacha yetib boruvchi bunday asarlar maktab dasturiga kiritilishi kerak.
Men uchun bu roman xolis va mendan hech narsa talab etmaydigan ustoz kabidir. Sen o‘zingni standartlarga haydaganing sari haqiqiy “men”ingni yo‘qotib qo‘yasan. Biz – insonlar har birimiz alohida o‘zgacha olammiz. Bir xillik esa baxtga emas, befarqlikka eltuvchi yo‘ldir.
Romanni to‘liq o‘qib chiqishni tavsiya qilaman. Hozirgi paytda dunyodagi ko‘p muammolar ildizini tushunish uchun kitobda olg‘a surilgan g‘oyalar haqida o‘ylab ko‘rishingizni maslahat beraman.
Ko‘proq kitob o‘qing va rivojlaning, zero kitobdan yaxshi narsa faqatgina yaxshi kitobdir!
Kitobdan iqtiboslar:
“Kitoblar haqida ularning muqovasiga qarab xulosa chiqarmang”;
“Biz shunchaki o‘zimiz hech narsani anglatmaymiz. Muhimi biz emas, biz miyamizda saqlayotgan narsalardir”;
“Sen nima ish qilayotganing muhim emas, muhimi shundaki, har bir qilgan ishingga shunday yondoshginki, unda sening bir qisming qolib ketsin. Shunchaki dalada o‘t o‘rayotgan odam va haqiqiy bog‘bonning ham farqi aynan shunda”;
“Endi sizga tushunarli bo‘ldimi, nima uchun kitoblarni yomon ko‘rishadi va ulardan qo‘rqishadi? Chunki ular hayotimiz yuzidagi ajinlarni ko‘rsatib turadi”;
“Ha. Bo‘sh vaqtimiz yetarli. Ammo o‘ylash uchun vaqtimiz bormi?”;
“Har bir yangi avlod bizga insoniyat xatolarini eslatib turadigan odamlarni qoldirib ketadi”;
“Kitob yoqishdan ham og‘irroq jinoyat bor, masalan, uni o‘qimaslik”.
“Farengeyt bo‘yicha 451 daraja” filmidan kadr
Qiziqarli faktlar:
- Rey Bredberi kitobini “Farengeyt bo‘yicha 451 daraja” deb nomlashiga sabab, go‘yoki shu haroratda qog‘oz yona boshlaydi. Aslida qog‘oz Selsiy shkalasi bo‘yicha 450 dan yuqori temperaturada yona boshlaydi. Muallifning tan olishicha, bu xatolik yuz berishiga sabab, u kitobga nom tanlayotganda o‘t o‘chirish boshqarmasi mutaxassisi bilan maslahatlashgan va u harorat shkalalarini adashtirib yuborgan;
- Asar bosmadan chiqqanidan ko‘p o‘tmay Ballantine Books nashriyoti tomonidan maxsus 200 nusxadan iborat qismi chop etilgan. Qiziq tomoni shundaki, kitoblar asbest moddasi ishlatilgan maxsus muqovada chiqarilgan bo‘lib, yong‘inga chidamli bo‘lgan;
- HTTP protokolining xatolarini ichida foydalanuvchilar ko‘proq 404 statusi bilan to‘qnash keladi. Not Found (“topilmadi”) foydalanuvchi tomonidan tuzilgan so‘rovnoma asosida, server ma’lumot topa olmagach ko‘rinadigan xatodir. Yana 403 – Forbidden (“taqiqlangan”) xatosini ham ko‘rsatishi mumkin. Bunda server ma’lumotga ega, lekin u yerga kirish huquqi chegaralanganligi bois foydalanuvchiga ochib bera olmasligini anglatadi. Ko‘plab shunday xatolar ichida 451 ham bor. Bu davlat organlari yoki mualliflar tomonidan sahifani ko‘rishga taqiq qo‘yilganini bildiradi. Ushbu xato maqomining raqami Bredberining “Farengeyt bo‘yicha 451 daraja” kitobiga ishora qiladi.
Muallilf fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin. | 90 | 11,295 |
Madaniyat | Farruh Soipov islomiy filmga taklif bo‘lgani, ammo bu filmda ham rol ijro qilmasligining sabablarini tushuntirdi (video) | Bir qancha filmlardagi bosh rollari bilan mashhurlikka erishgan, ammo bugungi kunda kino olamidan butunlay voz kechgan aktyor Farruh Soipov “Daryo” uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi.
Farruh Soipov suhbat davomida islomiy filmga taklif bo‘lgani, ammo bu filmda ham rol ijro qilmasligining sabablarini tushuntirib berdi.
Menga bu haqida taklif qilishgan edi. Endi kino sanoatiga yaqinlashishni xohlamayman, nafaqat rol o‘ynash, balki umuman yaqinlashishni xohlamayman. Sababi bu nihoyatda xavfli bo‘lgan narsa, nihoyatda xavfli. Chunki kino sanoati yolg‘on narsa, u yerda rol o‘ynayotgan odam xuddiki munofiq odamga o‘xshaydi. Munofiq o‘zi kim desa, munofiq ichida boshqa odam, tashqarisida boshqa odam degani. Aktyorlar ham xuddi shunday, aktyor bo‘lgan odam hayotda, umuman, boshqa odam, ekranda esa boshqa odam. Shuning uchun bu ikkiyuzlamachilik qoralangan narsa.
Aynan solih kishi rolini o‘ynaganingiz bilan, siz u kishi emassiz-ku, Imom al-Buxoriyni o‘ynaganingiz bilan Buxoriy emassiz, Termiziyni o‘ynaganingiz bilan Termiziy emassiz-ku, to‘g‘rimi. Bu yolg‘on, balki o‘sha zotlarning sha’niga tuhmat bo‘lib qolishi ham mumkin. Chunki kinoni ichida yurgan odam biladi, baribir kinoda yolg‘on aralashadi. Haqiqat 100 foiz chiqmaydi baribir. Buxoriyning yoki Termiziyning yuzi unaqa bo‘lmagan-ku, unday bo‘lmagandan keyin odamlar har qachon Buxoriyni eslagan vaqtda o‘sha aktyorni ko‘z oldiga keltirishni boshlaydi.
Vaholanki, u aktyor ko‘chada ichib, chekib yuradigan odam bo‘lishi mumkin. Bu narsa bizning tasavvurimizdagi suratlarga ziyon yetkazib qo‘yishi mumkin. Masalan, Abu Bakr yoki Umar Raziollohu anhu haqida filmlar chiqdi, har bir hadis eshitganingizda xayolingizga shu aktyorlar keladi. Vaholanki, Abu Bakrni o‘ynagan aktyor birozdan keyin narkobaronni o‘ynamoqda. Ya’ni aytmoqchimanki, ichida juda ham ko‘p ziyon narsa bor, ayrimlarini aytib o‘tdim.
Bugungi kunda zamon o‘zgardi, da’vatga boshqacha yondashish kerak, bu ham bir da’vat-ku, odamlar shundan ta’sirlanib keyin kelishi mumkin deydigan bo‘lsa, biz aytamizki payg‘ambarimizning davat usullari eskirdi, demoqchimisiz, deymiz. Chunki payg‘ambarimizning da’vat usullari eskirmadi, bu oxiratgacha eskirmaydigan da’vat usuli. Ochiqchasiga odamlarni to‘g‘ri yo‘lga amru ma’ruf qilishlik va munkar narsalardan qaytarishlik ochiq-oydin bo‘lgan narsa, bunga aynan boshqa odamni rolini o‘ynab chaqirishga ehtiyoj yo‘q.
Farruh Soipov
Ma’lumot uchun, Farruh Soipov “Kelgindi kelin”, “Kelgindi kuyov”, “Panoh”, “Qalbim o‘g‘risi”, “Sotqin”, “Nafs”, “Sug‘diyona”, “Feride”, “Oshiqlar” filmlarida suratga tushgan.
Kinodan butunlay voz kechgan Farruh Soipov nima bilan tirikchilik qilayotganini ma’lum qildi (video) | 120 | 2,734 |
Madaniyat | Priyanka Chopraning Los-Anjelesdagi uyi qanday ko‘rinishga ega? | 2017-yildagi MET Gala taqdirlash marosimida tanishgan Bollivud yulduzi Priyanka Chopra va amerikalik xonanda Nik Jonas 2018-yilda turmush qurgan. Pandemiya vaqtida uyda vaqt o‘tkazgan yulduzlar ijtimoiy tarmoqlarda hayotlarining tafsilotlari haqida taassurot beradigan fotolarni taqdim qilib kelgan.
Oila qurganidan bir yil o‘tib, Priyanka va Nik Los-Anjelesning Ensino tumanidan hashamatli uy sotib olgan.
Juftlik Instagram sahifasiga turar joyining suratini bir necha marta joylagan.
View this post on Instagram
Ma’lum bo‘lishicha, ular 7 ta yotoqxona va 11 ta yuvinish xonasi bor uyda istiqomat qiladi. Oppoq rangli interyer va o‘ziga xos mebel xonadonni darhaqiqat dabdabali ko‘rsatadi.
View this post on Instagram
Toshdan ishlangan kamin mehmonxonaning shinamligini ta’minlaydi. Orqa hovlisidan shaharning go‘zal manzarasi ko‘rinib turadigan uy, shuningdek, sport bilan shug‘ullanadigan zalni ham o‘z ichiga oladi.
Vogue India jurnaliga bergan intervyusida Priyanka uyi uyi haqida ma’lumot bergan. Aktrisa qayerda u o‘zini baxtiyor qilsa, sevilsa, o‘sha yer uning uyi ekanini ta’kidlagan.
“Men uchun uy, o‘zimni baxtli his qiladigan, sevgan insonlarim qurshovidagi joydir. Meni Mumbay va Nyu-York singari vertikal shaharlarda uyim bor. Los-Anjeles esa gorizontalroq”, — degan Chopra xonim. | 63 | 1,332 |
Madaniyat | “To‘maris” nomli ilk rok-guruhning birinchi klipi tayyor bo‘ldi (video) | Zamira Beshimova boshchiligidagi “To‘maris” nomli ilk rok yo‘nalishidagi guruhning birinchi videoklipi tayyor bo‘ldi. Bu haqda Popcorn.uz xabar berdi.
Xabarda ta’kidlanishicha, Ikrom ali rejissorligida suratga olingan “Gunoh qilma” taronasi videoklipi qiziqarli voqealarga boy. Qayd etish joiz, bu guruhning birinchi ijodiy mahsuli hisoblanadi.
Bundan tashqari, guruhning solisti Zamira Beshimova ayni damda yangi filmda ham suratga tushmoqda. Dilshod Ahmedov rejissorligida “To‘qlikka sho‘xlik”ning davomi suratga olinayotgan filmda aktrisa bosh rolni ijro etmoqda. Yoqub Ahmedov hamda Oydin Yusupova ham bosh rolda namoyon bo‘ladi.
Popcorn.uz’ning ma’lum qilishicha, “To‘maris” guruhi yaqinda yana bir yangi klip taqdim etishni rejalashtirgan.
Eslatib o‘tamiz, “Gunoh qilma” taronasi videoklipi Toshkentning Azia Trans Terminal qo‘shma korxonasida tasvirga olingan bo‘lib, unda 100 nafarga yaqin raqqos yigit-qiz ishtirok etgan. | 71 | 932 |
Madaniyat | Instagram: O‘zbekistonga rahmat aytgan Xabi Leym, uxlayotgan videosiga izoh bergan Abdulla Qurbonov, kasallik tufayli ovozini yo‘qotayotgan Afzal Rafiqov | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Aktrisa Yulduz Rajabova yangi surati bilan ko‘rinish berdi.
Aktrisa, instabloger Feruza Normatova opa-singillari bilan tushgan videosini e’lon qildi.
Mahoratli aktrisa Dilnoza Kubayeva O‘zbekiston ahlini Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi.
“Aristokratlar” jamoasi a’zosi Obidjon Nasriddinov ota-onasiga Umra safariga yo‘llanma sovg‘a qilganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, otasi bir kurtkani 10 yil davomida kiygan, biroq farzandlariga har mavsumda yangi kiyim olib bergan. Onasi esa oilasini boqish uchun bozorda pista sotgan. Obidjon Nasriddinov ko‘rgan qiyinchiliklari uchun nolimasligini, aksincha, shukr qilishini ta’kidlab o‘tgan. Aktyor akasi bilan Rossiyada ishlayotgan paytlari ota-onasini Haj ziyoratiga jo‘natishni niyat qilgani haqida gapirdi. U ota-onasi sentabr oyida ziyoratni amalga oshirishini aytdi.
Hozir qilmoqchi bo‘lgan sovg‘amni yaqinda mashinamni almashtirayotganda yoki Instagram’da bir million obunachim bo‘lganda qilmoqchi edim. Yaqinda otamning sog‘lig‘ida muammo bo‘lib shifoxonaga tushib qoldi, shunda tushunib yetdim, mashina, uy, Instagram, yana qanaqadir bayramlar ota-onamni tirnog‘iga ham arzimas ekan. Aytmoqchi bo‘lgan gapim — ota-onangizga qanaqa yaxshilik qilmoqchi bo‘lsangiz yoki qanaqadir gap aytmoqchi bo‘lsangiz, hozir ayting, — deydi aktyor.
Bollivudning latofatli aktrisalaridan biri Katrina Kaif sahifasiga yangi suratini joyladi.
Xonanda Abdurashid Yo‘ldoshev O‘zbekiston xalq artisti, madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov va Muzaffar Abduazimov bilan “Ko‘rgoni keldim” taronasini jonli ijro etganini muxlislariga ko‘rsatdi.
Aktrisa Jamila G‘ofurova Turkiyada farzandlari bilan tushgan suratini e’lon qildi va muxlislariga shu yilgi yoz juda mazmunli o‘tganini, Istanbulda yashaydigan onasi, singillari, ukalari bilan diydorlashganini aytdi.
Taniqli dublyaj ustasi Afzal Rafiqov kasallikka chalinib, sakkiz oy davomida davolangani, film va seriallar dublyajida ishtirok etmagani haqida so‘zlab berdi. Aktyor xastalik uning ovoziga ham zarar yetkazganini aytgan.
Hayotimda mushkulotga duch keldim, ya’ni kasal bo‘lib qoldim. Shu bois mana sakkiz oydan buyon sahnaga ham chiqmayapman, mikrofon qarshisida ham o‘tirmayapman. Endi dublyajni yangidan o‘rganayotgan inson kabi Bahodir Qosimov bilan ishlay boshladik. Ilgari rollarga ovoz berolmayman, hozir kichkina rollarga ovoz beryapman va uning qayta tiklanish yo‘lida ikkalamiz bosh qotiryapmiz, — deydi Afzal Rafiqov.
“Oybek va Nigora” dueti xonandasi Nigora hamkasbi, turmush o‘rtog‘i Oybek bilan tushgan suratini e’lon qildi va muxlislariga mehr-muhabbat insonni go‘zallashtirishi haqida gapirdi.
Parizoda ansambli bilan birgalikda Toshkentdagi to‘y xizmatidan so‘ng Samarqandga yo‘l olganini muxlislariga ko‘rsatdi. Raqqosa xizmatga kechikmaslik uchun poyezdda makiyaj qilib, obrazi uchun tayyorlangan.
Aktrisa Luiza Rasulova yangi suratini obunachilariga namoyish qildi.
Shuningdek, raqqosa bir to‘yda raqqosalik bilan birga boshlovchilik qilgani aks etgan videoni e’lon qildi.
Xonanda Kaniza o‘zbek xalqini Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi va samimiy tilaklarini bildirib o‘tdi.
TikTok, Instagram sahifasida 79 millionga yaqin obunachiga ega bo‘lgan eng mashhur Xabi Leymga O‘zbekistondan atlas, olma, uzum va boshqa mahsulotlar solingan qutidagi sovg‘a yetib bordi. U sovg‘a uchun minnatdorlik bildirgan.
Ma’lumot uchun, Leym TikTok’ka videolarni 2020-yildan pandemiya sabab Turindagi fabrikada stanok operatorligi bo‘yicha ishsiz qolgach va moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelganidan so‘ng boshlagan. Bloger tezda mashhurlikka erishib, uning muxlislari #KhabyToNumberOne xeshtegi yordamida Xabiga platformada yetakchilikni egallashida yordam bergan.
Gulchehra Eshonqulova yozning so‘nggi kunini oilasi bilan AQSHdagi so‘lim maskanlardan birida o‘tkazgani aks etgan videoni obunachilariga ko‘rsatdi.
Xonanda Nargiz Zokirova aktyor, rejissor Rustam Sa’dullayev bilan tushgan suratini e’lon qildi.
Abdulla Qurbonov ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videosiga izoh berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, xonanda o‘sha paytda rostdan ham uxlayotgan bo‘lgan. Abdulla Qurbonov ovqatlangan odamning uyqusi kelishini, videoni chiqargan insonni tanishini ta’kidlab o‘tgan.
Mevali daraxtga tosh otiladi deb doim aytaman. Men rostdan ham uxlayotgandim. Mening o‘tirib uxlashga haqqim yo‘qmi? Bu videoni chiqarganlar odam emas. Ovqat yegandan keyin odamning uyqusi keladi. Men videoni chiqargan odam kimligini bilaman. Men bu ishni shunday qoldirmayman. Videoni kim chiqargan bo‘lsa, tayyor bo‘lib tursin, — deydi xonanda.
Aktrisa Sug‘diyona Azimova xotini yoki chiroyli jazmani bor erkakni yo‘ldan urish mumkinligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, sevgan ayoli bor erkakni yo‘ldan urib bo‘lmaydi. Aktrisa yuqoridagi gaplarni aytib, ba’zi qizlardan uning sevgan insoniga “osilmaslik”ni so‘radi.
Bollivudning millionlab muxlislarga ega aktrisalaridan biri Kajol yangi surati bilan ko‘rinish berdi.
Nafaqat mohir so‘z ustasi, balki mayor unvoniga ega harbiy xizmatchi bo‘lgan Mirzabek Xolmedovga Ichki ishlar vazirligi tomonidan “Ashula va raqs” ansambli 30 yilligi munosabati bilan esdalik nishoni topshirildi. Shuningdek, aktyor O‘zbekistonga sadoqat qilish har bir o‘zbekning burchi ekanini ta’kidlab o‘tgan.
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Xorazmda yangi ochilgan Jaloliddin Manguberdi yodgorlik majmuasida tushgan suratini e’lon qildi va uning Vatan himoyasi, erk-ozodlik uchun kurashib yashashning yorqin timsoli ekanini aytdi.
Jahongir Otajonovning muxlislari yo‘lda ketayotgan vaqtda mashinada o‘zib ketib, xonandadan qachon konsert qo‘yishi haqida so‘radi.
Aktrisa Zarina Nizomiddinova farzandlari bilan Moskvaga uchib ketgani aks etgan videoni e’lon qildi. | 153 | 5,814 |
Madaniyat | “Xayr karantin, ikki oy ezding”. Yosh xonandalar karantinga atab hazil qo‘shiq ijro etdi (video) | “Sensor” guruhi xonandalari “Setora” guruhi va Ravshan Sobirov ijrosidagi “Xayr maktabim” qo‘shig‘ining karantinga atalgan cover versiyasini kuyladi.
Xonandalar qo‘shiqda karantin tufayli ishsiz va pulsiz qolganini, aytib u bilan hazilomuz tarzda xayrlashadi.
“Xayr, karantin, ikki oy ezding,
COVID-19, xayr,
Asabni buzding”, — deyiladi qo‘shiq naqarotida.
Jahon mega xitlarini torda ijro etayotgan o‘zbekistonlik xonanda internetda ommalashmoqda (video) | 96 | 457 |
Madaniyat | Kameron Dias, Skarlett Yoxansson va plastik jarrohlik orqali tashqi ko‘rinishini o‘zgartirgan boshqa mashhur ayollar (foto) | Afsuski, mashhurlar orasida ham plastik jarrohlik bo‘yicha mutaxassislarning e’tiborsizligi tufayli qurbon bo‘lganlari uchraydi. Yoki buning aksi, kechagina o‘zining tashqi ko‘rinishidan ko‘ngli to‘lmagan ayollar jarrohlar yordamida qizil yo‘lak malikasiga aylanadi. Grazia nashri plastik operatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgan bir nechta mashhur ayollar hikoyasi bilan bo‘lishdi.
Skarlett Yoxansson
Aktrisa Skarlett Yoxansson har qanday jarrohlik aralashuvni qat’iyan rad etadi, lekin buni ko‘rish uchun juda sinchkov va ehtiyotkor bo‘lish shart emas: u rinoplastikani haqiqatan ham amalga oshirgan. Yoshligida Skarlettning burun ko‘prigi hozirgidan ancha kengroq bo‘lgan. Ammo undagi o‘zgarishlar haqiqatan ham o‘ziga yarashgan va buni yashirishning keragi yo‘q.
Eshli Simpson
Eshli Simpson ilgari uzun ilmoqli burun egasi bo‘lgan, ammo jarrohlik yordami bilan bu muammoni muvaffaqiyatli hal qilgan. Aytgancha, rinoplastika Eshlining tashqi ko‘rinishidagi yagona aralashuv emas: u iyagining shaklini ham o‘zgartirgan va avvalgiga qaraganda ancha go‘zallashgan.
Viktoriya Bekhem
Viktoriya Bekhem bu borada hech narsani yashirmaydi: u plastik jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan va hatto bir necha marta. Albatta, Vikkining rinoplastikaga murojaat qilganini darhol sezish mumkin. Bundan tashqari, 41 yoshida ham yulduzning yuzi mukammal tarzda silliq ko‘rinadi, hattoki bir dona ajin yo‘q. Bekhemning o‘zi esa botoks inyeksiyalarining muxlisi ekanligini yashirmaydi va bunda hech qanday uyatli narsani ko‘rmaydi.
Demi Mur
Demi Murning yuzi juda ko‘p o‘zgarishlarga duch keldi. Aftidan, 30 yoshida uning yuzidagi ajinlar 52 yoshga qaraganda ko‘proq bo‘lgan. Aktrisa o‘z qizlarining opasiga o‘xshab ketishi bejiz emas! Faoliyatining boshida Demi ko‘z shaklini tuzatish uchun jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi. Keyin burun, shuningdek, oddiy odam uchun deyarli sezilmaydigan yonoq va iyak shaklini o‘zgartirish operatsiyalarini boshdan kechirdi.
Kameron Dias
Ko‘pgina mashhurlar singari Kameron Dias ham burnining shakli ustida ishladi va burun ko‘prigini yanada noziklashtirdi. To‘g‘ri, aktrisada bu tug‘ma emas, balki sport jarohati bilan bog‘liq muammo bor edi, shundan so‘ng u rinoplastika haqida qaror qabul qilishi kerak edi. Ba’zida Kameron taniqli inyeksiyalar bilan og‘iz va ko‘z atrofidagi ajinlarni ham bartaraf etadi. | 123 | 2,322 |
Madaniyat | Nargiz konsert vaqtida “ichdi” va muxlislarga qarab tinmay so`kindi | Kecha kechga yaqin OAVlarda tomoshabinlar Nargiz Zokirovaning konsertini uning "mast holatdagi hatti-harakatlari" tufayli tark etishgani haqida xabarlar tarqaldi.
Xabarlarga ko`ra, artist o`z chiqishi vaqtida so`kingan va tinmay alkogol iste`mol qilgan.
"Tinimsiz so`kinishlar, baqir-chaqir. Vaholanki, zalda oilaviy kelganlar ham bor edi. Konsert tartibsiz tashkillashtirilgan, Nargiz tinimsiz viski ichar edi. Ixlosimiz qaytib, chiqib ketdik. Konsert tugashini kutib o`tirmadik", - deb hikoya qilgan MK nashriga konsertga oilasi bilan borgan mahalliy yashovchilardan biri.
Tomoshabinlardan yana birining aytishicha, Nargiz sahnada turib o`z muammolari haqida arz qilgan, xit taronalar o`rniga esa tomoshabinlarni uyatsiz so`zlardan iborat rok qo`shiqlar bilan "siylagan".
RIA Novosti xabar berishicha, sal o`tib xonandaning direktori Vladimir Korsunov Nargizning Ussuriyskdagi konserti yaxshi o`tgani, xonanda hech qachon o`z chiqishlarini qoldirmasligini va tarqalgan mish-mishlarning barchasi yolg`onligini ta`kidlagan.
"Mast edi", degani nimasi? Nargiz birorta konsertini keyinga qoldirmadi, bularning hammasi ko`pirtirilgan yolg`on: mish-mishlarga ko`ra, goh u qo`shiq kuylolmaydi, goh u gapirolmaydi. Bularning barchasi fitnaga yo`g`rilgan maqolalar, umuman olganda nega bunday bo`layotgani shundoq ayon", - deb aytgan Korsunov.
Shu kunlarda Internet tarmog`ida Nargiz bilan yuz bergan mojarodan so`ng Maksim Fadeevning yuragi xuruj qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Eslatib o`tamiz, o`tgan haftada Maksim Fadeev Nargizning oxirgi intervyusiga izoh bergan edi.
Prodyuser, hech kim hech kimdan ketmaganligini, aksincha, uning o`zi xonandani leybldan haydab yuborganiga oydinlik kiritgan.
Xonanda Nargiz Zokirova Alla Dovlatova ishtirokidagi kechki shouda Maksim Fadeev bilan munosabatlari haqida gapirar ekan, prodyuser bilan hamkorlikda kechgan besh yilga "go`yo qamoqda o`tkazilgan yillar", deya baho bergan.
Nargizning so`zlariga ko`ra, ayni vaqtda hayoti pozitiv va ijodga limmo-lim. | 67 | 1,998 |
Madaniyat | Keskin ozish natijasida bir necha yoshga qarigan yulduzlar (foto) | Ma’lumki, odatda ortiqcha vazn ham inson yoshini kattaroq ko‘rsatadi. Ammo haddan tashqari ozg‘inlik ham xuddi shunday natijani namoyon qilishini quyidagi yulduzlarga qarab bilib olish mumkin.
Meri-Keyt Olsen
Opa-singil Olsenlar sariq sochli maftunkor qiz sifatida barchaning tasavvurida paydo bo‘lar edi. Lekin hozirda ularning tashqi ko‘rinishida charchoq va horg‘inlik aks etganini ko‘rish mumkin. Shunga qaramay, Eshlining ko‘rinishi juda yaxshi, ammo Meri-Keytning yosh borasida qarish darajasi ancha yuqori. 2014-yilda uning surati muxlislarni hayratga solgan. Yuzdagi o‘tkir qiyofa, suyaklarning bo‘rtib chiqishi, botgan yanoqlar uni go‘yoki keksa ayolga o‘xshatib qo‘ygan. 2017-yilda 48 yoshli eri Oliver Sarkozi bilan ko‘rgazmalarning birida ishtirok etgan Meri-Keytning tashqi qiyofasi ko‘rimsiz bo‘lib, chehrasida tushkunlik aks etgan edi.
Ko‘pchilik plastik jarrohlik tufayli u tashqi qiyofasini yo‘qotdi, deb o‘ylaydi. Ehtimol, yulduz rinoplastika va qoshni ko‘tarish kabi jarayonlarni sinab ko‘rgandir. Ommaviy axborot vositalari esa egizaklarni giyohvandlikka berilgani haqida ham gumon qilgan. Meri-Keytning yoshiga bog‘liq o‘zgarishning asosiy sababi esa bu erta ptoz − terining gravitatsion qarishidir. Bu, albatta, parhez bilan bog‘liq muammo. Eslatib o‘tamiz, Meri-Keyt anoreksiya bilan kasallanib, vazn yo‘qotgan va bu uning yuzida ko‘proq aks etgan. Yanoqlar cho‘kib, teri osti yog‘ qatlami inkichkalashib ketgan. Shu sababli, Meri-Keytning erta qarishi sababi uning turmush tarzi va ovqatlanish bilan bog‘liq bo‘lib qolmoqda.
Tara Rid
Vaznini muakammal darajaga yetkazishga harakat qilgan aktrisa bir qator muvaffaqiyatsiz plastik operatsiyalarni amalga oshirdi. Masalan, u qo‘llagan liposaksiya – terini yog‘ qatlamidan xalos bo‘lishga yordam bergan bo‘lsa-da, tanada xunuk ko‘rinishga ega burmalar hosil qilgan.
Tara ham anoreksiya bilan uzoq kurashgan. Bir necha yil oldin u kasallikni yengishga muvaffaq bo‘lgandi, ammo ovqatlanish borasida muammolarga uchragani ko‘rinib turibdi. Taraning haddan tashqari ozib ketishi natijasida uning faqat qoq suyaklari qolgandek. Shuningdek, yog‘ qatlamisiz qolgan terisi ham yoshi katta ayollarniki singari osilish darajasiga kelib qolgan.
Anjelina Joli
Ma’lumotlarga ko‘ra, Anjelina 65 dan 45 kilogrammga tushgan edi. Ammo internet olamida uning vazni 35-40 kilogramm ekanligi va bu holat anoreksiyaga yaqinligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi.
Aktrisaning bu darajada ozib ketishining sababi vazn tashlashga bo‘lgan intilish emas. Aksincha uning hayotidagi stresslar va turmush o‘rtog‘idan ajralishida. Anjelina onasi vafotidan keyin uzoq vaqtgacha o‘zini tiklay olamagan va sut bezlari hamda tuxumdonlarini olib tashlash bo‘yicha operatsiya qilingan. Shuningdek, filmdagi ayrim obrazlar uchun ham ovqatlanishni biroz cheklagan. Bundan tashqari BMT bilan vazifa doirasida qochqinlar lageriga sayohat vaqtida ham yetarlicha ovqat tanovul qilmagan. Hozircha aktrisa ingichka qomati va bo‘rtib turgan suyaklarini liboslar bilan yashirishga harakat qilmoqda.
Ketrin-Zeta Jons
2017-yil sentabr oyida aktrisa o‘zining makiyajsiz surati bilan internet olamida “shov-shuv”ga sabab bo‘lgan. Muxlislarning ayrimlari undagi tabiiy go‘zallikni olqishlagan bo‘lsa, boshqalar uni yoshiga nisbatan katta ko‘rinishi haqida malomat qilgan. Ketrin va uning tengdoshlari orasidagi farq ham aniq qayd etilgan.
Ko‘pchilik plastik operatsiyalarga murojaat qilish yuzdagi ajinlarni ham bartaraf etadi, deb o‘ylaydi. Ketrinning ko‘z va lab sohasi chindan ham yaxshi holatda emas. Bu ayniqsa, qizil gilamchadan yurib kelganida yaqqol namoyon bo‘ladi. Makiyaj qanchalar muakammal bo‘lmasin, uning qomati yosh bilan bog‘liq o‘zgarishlarni sotib qo‘yadi. Balki aktrisa vaznini oshirishi kerakdir.
Viktoriya Bekhem
Ommaviy axborot vositalari va blogerlar ko‘pincha yulduzning ozg‘inligini tanqid qiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, Viktoriyaning juda ozg‘inligi uning turmush o‘rtog‘i –Devid Bekhemga ham uncha yoqmaydi. Keyinchalik, Viktoriya semirishga ham urinib ko‘rgan.
Ma’lum bo‘lishicha, Viktoriya yaqindan xuddi kasalmandlar kabi ko‘rinadi va mutaxassislar buning uchun uning ratsionini qaytadan ko‘rib chiqqan. Shunga qaramay, u hanuzgacha ozg‘in va yoshi katta ko‘rinishda qolmoqda.
Klaudiya Shiffer
Klaudiya modellik standartlariga javob berish uchun uzoq vaqt o‘zini parhez bilan charchatdi. Bugunda uning qomatida sezilarli o‘zgarish yuz bergani bilan birga, yuzida qarish jarayoni boshlanib ketgan. Ajinlar bilan boyigan teri endi Klaudiyaning asosiy muammosiga aylangan. | 65 | 4,528 |
Madaniyat | Yangi “King Kong”ning treyleri chiqdi (video) | YouTube’dagi Jimmy Kimmel Live kanalida “King Kong: Bosh chanog‘i oroli” filmining yangi treyleri e’lon qilindi. Film premyerasi 2017-yil martida bo‘lib o‘tadi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Kadr: YouTube
Kartina mualliflarining uqtirishicha, yangi filmda shu paytgacha ekranlarda namoyish qilingan eng katta King Kong ko‘rsatiladi. Mahluqning bo‘yi 30 metrni tashkil etishi aytilmoqda.
Film rejissori — Jordan Vot-Roberts. Bosh rollarda — Tom Xiddlston, Bri Larson, Semyuel L. Jekson.
Film voqealari 1970-yillarda bo‘lib o‘tadi. Bosh qahramon akasini topish maqsadida Bosh chanog‘i oroliga yo‘l oladi, ammo u yerda uning ekspeditsiyasi ulkan mahluqqa to‘qnash keladi. | 45 | 679 |
Madaniyat | Fahriye Evjen yangi xalqaro loyihada Turkiyaning yuziga aylandi | Mashhur turk aktrisasi Fahriye Evjen yaqinda Qatarga tashrif buyurdi va u yerda muhim shartnomani imzoladi. Gap aktrisani Turkiyaning yuziga aylantiradigan yirik kampaniya haqida ketmoqda, deb yozadi “RusTurkey.com”.
Aktrisa Qatar poytaxti Dohadagi 18-zargarlik buyumlari va soatlar ko‘rgazmasida Turkiyaning vakili sifatida ishtirok etgani ma’lum bo‘ldi. Ushbu jahon ko‘rgazmasida bir qancha davlatlar ham ishtirok etgan.
Qolaversa, xalqaro hamjamiyat tomonidan Fahriyega qiziqish ortib borayotgani ham qayd etildi. Uning “Alparslon” tarixiy serialidagi roli ko‘plab mamlakatlar tomoshabinlarida katta taassurot qoldirgan. Tashrif davomida Evjen Turkiyaning Dohadagi elchixonasida ham bo‘lib qaytgan. | 63 | 703 |
Madaniyat | Xonanda Botir Qodirov: Jonli kuylashga imkoniyatim yetarli, biroq “Istiqlol” saroyining texnikasi talabimga javob bermaydi | Xonanda Botir Qodirov noyabr oyida bo‘lib o‘tgan konsert dasturida nima uchun qo‘shiqlarni fonogramma orqali ijro etganini izohladi. Bu haqda xonanda “Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Nashr muxbiri Botir Qodirovning jonli ijroda kuylash uchun ovoz imkoniyatlari yetarli ekanligini ta’kidlab, nima uchun konsertda qo‘shiqlarni fonogramma orqali ijro etganiga qiziqqan.
“To‘g‘ri, ovoz imkoniyatlarim yetarli. Biroq “Istiqlol” san’at saroyining texnikasi mening talablarimga javob bermaydi”, — dedi Botir Qodirov.
“Bu borada hamma san’atkorning o‘z talabi va didi bor. Shuni aytishim mumkinki, xorijda bo‘lib o‘tadigan barcha konsertlarda jonli ijroda kuylayman”, — dedi xonanda. | 122 | 698 |
Madaniyat | 2019-yilda seriallardagi ishtirokidan eng ko‘p gonorar olgan turk aktyorlari (foto) | Turkiyaning eng ko‘p haq to‘lanadigan aktyorlari 2019-yilda seriallarda suratga tushib, qancha daromad olgani haqidagi ma’lumotlar bilan tanishamiz.
Chag‘atoy Ulusoy
View this post on Instagram
O‘tgan yil yakunlari bo‘yicha eng ko‘p gonorar oladigan turk aktyorlari reytingida Chag‘atoy Ulusoy yetakchilik qildi. Aktyor “Himoyachi” serialining bir qismi uchun 500 ming turk lirasi (72 ming dollar) olgan. Serialning 25 qismdan iborat ekanligini hisobga olgan holda 29 yoshli aktyorning bitta serialda suratga tushishi uchun qancha gonorar olishini hisoblash qiyin emas.
Ushbu serial Netflix platformasida e’lon qilingan. Serial bosh qahramoni vayron bo‘layotgan Istanbulni qutqarishi kerak bo‘ladi. Ulusoy ushbu serial orqali o‘ziga qahramon imijini yaratdi, shuningdek, yaxshigina pul ishlab oldi.
Kenan Imirzaliog‘lu
View this post on Instagram
Aktyor Kenan Imirzalio‘g‘lu “Hukmdor” serialining bir seriyasi uchun 350 ming turk lirasi (51 ming dollar) olgan. Ushbu serial oltinchi qismdan keyin to‘xtatildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, serial ijodkorlari aktyorlarga gonorar to‘lashga qiynalgan.
Burak O‘zchivit
View this post on Instagram
Burak O‘zchivit Usmon G‘oziy haqidagi “Qurilish: Usmon” tarixiy serialining bir qismi uchun 325 ming turk lirasi (47 ming dollar) oladi.
Tarixiy serial kinoixlosmandlariga manzur bo‘ldi. U barcha reytinglarda yuqori ko‘rsatkichlarni zabt etdi. Bundan tashqari, Burak O‘zchivit shampun va kiyim-kechaklar reklamasidan ham yaxshi daromad oladi.
Aktyor Burak O‘zchivit Turkiya kiyim brendi bilan qariyb 500 ming dollarlik shartnoma imzoladi
Beren Saat
View this post on Instagram
Beren Saat o‘tgan yili o‘zi ishtirokidagi “Hadya” serialining bir seriyasi uchun 200 ming turk lirasi (29 ming dollar) gonorar olgan.
Serialning ikkinchi mavsumi 2020-yilda namoyish etilishi rejalashtirilgan.
Kivanch Tatlitug‘
View this post on Instagram
O‘tgan yili Kivanch Tatlitug‘ “To‘qnashuv” serialining bir qismi uchun 150 ming turk lirasi (21 ming dollar) gonorar oldi. Serial 24 qismdan iboratligini hisobga olinsa, aktyor ishlab topgan pulga Istanbuldan yaxshi uy sotib olish mumkin.
Turk seriallaridagi eng chiroyli 10 ta juftlik
Aras Bulut Iynemli
View this post on Instagram
2019-yilda Aras Bulut Iynemli eng mojaroli loyihalardan biri “Chuqur” serialida suratga tushdi. Serial ijodkorlarini shafqatsiz sahnalar uchun jarimaga ham tortishgan. Aftidan loyiha mualliflarining jarimalarga ham, aktyorlar gonorariga ham pullari yetadi, shekilli. Aras Bulut Iynemli serialning bir qismi uchun 70 ming turk lirasi (10 ming dollar) olgan. | 83 | 2,655 |
Madaniyat | Venetsiya festivalining bosh sovrinini Filippin filmi qo‘lga kiritdi | Venetsiya kinofestivalida eng yaxshi film sifatida filippinlik rejissor Lav Diasning “Ketib qolgan ayol” kartinasi tan olindi, deb yozadi “RBK”.
Film qariyb to‘rt soat davom etadi va o‘zi amalga oshirmagan jinoyat uchun qamoqda 30 yil o‘tirgan, qasos ishtiyoqidagi o‘qituvchi ayol haqida hikoya qiladi.
Rejissor ta’kidlashicha, film mustamlakachilik hukmron bo‘lgan yuz yillikdan keyin Filippinning mustaqillik uchun kurashi dalilidir.
Venetsiyada kinofestivalning bosh mukofoti uchun jami 20 ta film kurash olib bordi. | 68 | 520 |
Madaniyat | Shahzoda BAAda ham dam oldi, ham ishladi: “Milliarder”ning klipi deyarli tayyor | Xonanda Shahzoda BAAda hordiq chiqarish bilan birga, o‘zining yangi — “Billionaire” (“Milliarder”) nomli qo‘shig‘iga klip ham suratga oldirmoqda. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, suratga olish jarayonida Shahzodaning duetdoshi — ruminiyalik xonanda Dr. Costi ham ishtirok etgan. Klip rejissor Timur Pirimqulov tomonidan suratga olinmoqda.
“Darakchi.uz”ning yozishicha, “Billionaire” — Shahzoda va Dr. Costi’ning birinchi ijodiy hamkorligi emas.
Bunga qadar ikki ijodkor “Moy zolotoy”, “Habibiy” kabi qo‘shiqlarni ham birgalikda ijro etgan.
Avvalroq xonanda Shahzoda BAAda oilaviy hordiq chiqarayotgani haqida xabar berilgan edi.
Shahzoda Dubayda, Munisa Londonda, Lola Moskvada: Qish faslini sayohatda o‘tkazayotgan o‘zbekistonlik mashhurlar (foto)
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 79 | 951 |
Madaniyat | Jeki Chan Moskvadagi Xitoy kinosi festivalini ochib beradi | Aktyor Jeki Chan Rossiyadagi Xitoy kinosi festivalini ochib beradi, deb yozadi “Vedomosti”.
Festival 8—27-noyabr kunlari Moskvada va Rostov-Donda o‘tkaziladi. Tantanali ochilish marosimi Moskvadagi “Kosmos” kinoteatrida bo‘lib o‘tadi. Namoyishni rejissor Renni Xarlinning “Izma-iz” filmi ochib beradi.
Festival dasturiga yettita zamonaviy badiiy lenta kiritilgan.
Moskvada filmlar 9—14-noyabr kunlari “Paveletskayadagi besh yulduz” va 21—27-noyabr kunlari “Illyuzion” kinoteatrlarida namoyish qilinadi. | 58 | 503 |
Madaniyat | Ra’no Yarasheva hamkasbi Dilbar Ikromova haqida: “Hayotda tortinchoq va beozor, sahnada esa qudratli ayol edi” | O‘zbekiston xalq artisti Dilbar Ikromova 2020-yilning 25-avgust kuni koronavirus asoratlari oqibatida 73 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra’no Yarasheva “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonovga bergan intervyusida teatr va kinoda barakali ijod qilgan yaqin hamkasbi bilan bog‘liq xotiralarini hikoya qildi.
Fotokollaj: “Daryo”
Dilbar opam bilan 1989-yildan buyon shaxsan tanish edik. O‘ttiz yil teatrda bitta pardozxonada birga pardoz qildik. Yillar davomida bir-birimizga juda bog‘lanib qoldik, sirdosh, dardkash bo‘ldik, kunimiz teatrda o‘tardi. Spektakllar, repetitsiyalar ketma-ketligi bizni yanada qadrdonga aylantirdi. “Chimildiq”, “Qalliq o‘yini”, “Qirmizi olma”, “O‘zbekcha raqs” kabi juda ko‘plab sahna asarlarida partnyor edik.
Ular dardini hammaga ham aytmasdi. Hamkasblaridan Dilnoza Kubayeva, Feruza Boboyorova, ayniqsa, meni yaqin olib ko‘nglini ko‘p ochardi. Samarqandga ota uyimga bir necha marotaba borib, mehmon bo‘lgan. Men ham ularning xonadoniga borganimda, onasi Jamilaxon aya juda yaxshi kutib olardi. Mehr-oqibatimiz kuchli, oilaviy yaqinligimiz bor edi.
Hayotda juda kamgap, tortinchoq va beozor ayol edi. Jurnalistlar intervyu olish uchun qo‘ng‘iroq qilishganida ham ko‘pincha rad etardi. Lekin jussasi kichkina bo‘lsa-da, sahnada yuragi yonardi, juda qudratli edi. “Sizning ichingizda ikkita odam yashaydi”, derdim hamisha. Dilbar opam kabi boshqa aktrisa teatrga qaytib kelmasa kerak. Uning juda katta o‘rnini hech kim to‘ldirolmaydi.
“Chimildiq” spektakli va kinosida ham birga rol o‘ynaganmiz. Film suratga olish maydonchasiga dushanba kuni mashinamda Dilbar opam, Muqaddas Xoliqova va bir qancha hamkasblar birga ketib, juma kuni qaytib kelardik. Shanba va yakshanba kunlari esa sahnada “Chimildiq” spektaklida rolimizni ijro qilardik. Har bir kunimizda bir xotira bor edi. Turli davlatlar va viloyatlar bo‘ylab ijodiy safarlarga borganimizda ham doim bitta xonada turardik.
Oxirgi marta birgalikda karantindan avval “O‘zbekcha raqs”da rol o‘ynadik. Bu Dilbar opamning sahnadagi so‘nggi roli bo‘lib qoldi. Mazasi qochib, shifoxonaga tushib qolganida o‘g‘li Murodjon bilan xabarlashib turdim. Ammo ularning oldiga kirishimga ruxsat yo‘qligini aytishdi.
Dilbar opamning qon bosimi juda baland yurardi. Bir necha marta spektakl jarayonida ham tez tibbiy yordam shifokorlarini chaqirganmiz. Sahna ortida ukol olib, yana rolini o‘ynashda davom etardi. Bu safar ham kasallikni yengib o‘tishiga umid qilgandim. Ammo o‘lim haq ekan, bizni tashlab ketdi. Bu menga kuchli ta’sir qildi, Dilbar opamni yo‘qligiga haligacha ishongim kelmayapti. Ilohim oxirati obod bo‘lsin!”
Ra’no Yarasheva, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist | 110 | 2,680 |
Madaniyat | O‘zbekiston vakillari Malayziyadagi Xalqaro islom san’ati va madaniyati festivalida qatnashdi | O‘zbekiston vakillari Putrajaya shahri ma’muriyati tomonidan joriy yil 25—28-iyul kunlari “Islom dunyosi musiqa va vokalining ulug‘vorligi” mavzusida bo‘lib o‘tgan Xalqaro islom san’ati va madaniyati festivalida (PIIACUF) qatnashdi.
O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, festival 2013-yildan boshlab har ikki yilda bir marotaba o‘tkaziladi. Tadbirda doimiy ravishda “Hunarmand” uyushmasi o‘zbek xalq amaliy san’ati namoyishi bilan qatnashib kelmoqda.
Festivalda o‘zbekistonliklardan tashqari Malayziya, Indoneziya, Kuvayt, Eron, Marokash, Turkiya, Bangladesh, Tailand, Bruney va Janubiy Koreya kabi davlatlar ishtirok etdi.
Tadbir tashkilotchilari va ishtirokchilariga 2019-yilning 10−15-sentabr kunlari Qo‘qon shahrida ilk bor Xalqaro hunarmandchilik festivali va hamda festival doirasida “Hunarmandchilik va xalq amaliy san’atini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazilishi haqida xabar berildi. | 93 | 957 |
Madaniyat | Mashhur aktyor va rejissor Silvestr Stallone qanday uyda yashaydi? (foto) | Aftidan, Silvestr Stallone qora kunlarni boshdan kechirmoqda, chunki uning rejissorlik ishlari u xohlagandek silliq ketmayapti. Shu kunlarda Gollivud aktyori Los-Anjelesdagi hashamatli uyini qayta sotuvga qo‘ydi va narxini darhol 25 million dollarga tushirdi. Shunisi e’tiborga loyiqki, yil boshida Shimoliy Beverli-Parkning nufuzli hududida joylashgan ushbu mulk 110 million dollarga baholangan edi.
Turar joyda oltita yotoqxona, bir necha kishilik mehmonxona, suzish havzasi, spa-salon, ijodiy ustaxona, golf uchun mo‘ljallangan maysazor, veranda va sakkizta avtomobil sig‘adigan garaj bor. Silvestr Stallone hududi 1,2 gektar maydonga ega bo‘lgan bu uyni 1998-yilda rafiqasi Jennifer Flavin bilan birgalikda sotib olgan.
Bundan tashqari, katta uy kinoteatri, sport zal va havo filtrlash tizimiga ega maxsus chekish xonasi mavjud. Har bir xonadan shaharning go‘zal manzarasi ko‘rinib turadi.
O‘rta Yer dengizi uslubidagi mazkur uy loyihasi ustida mashhur me’mor Richard Landri ishlagan.
Avvalroq kino tarixidagi eng muvaffaqiyatli aktyor Silvestr Stallone ekanligi haqida xabar berilgandi. | 73 | 1,098 |
Madaniyat | Tabassumini sug‘urtalagan, UZI apparatini uyga olib kelgan, maktabda kaltaklangan. Yulduzlar haqida siz bilmagan faktlar | Har bir inson biografiyasida boshqalarni hayratga soladigan holat bo‘lishi mumkin. Bundan mashhurlar ham mustasno emas. Cosmopolitan nashri yulduzlar bilan bog‘liq qiziqarli faktlarni havola etadi.
Leonardo Di Kaprio
Di Kaprioning onasi o‘g‘lini taniqli rassom da Vinchi sharafiga Leonardo deb atagan. Ta’kidlanishicha, Irmelin italyan muzeylaridan birida rassom suratini tomosha qilayotganida, onasi qornida bo‘lgan Di Kaprio birinchi marta qimirlagan.
Ledi Gaga
Xonanda bilan bog‘liq omadsiz voqealar ko‘p bo‘lgan. U maktab yillarida qattiq kaltaklangan. Ledi Gaga bolaligidagi ayrim voqealar uning ruhiyatiga jiddiy shikast yetkazganini ta’kidlaydi.
Rayan Gosling
Aktyor mashhur Backstreet Boys guruhining ijrochilaridan biri bo‘lishi mumkin edi. U musiqachi Ey Jey Maklin bilan qo‘shni bo‘lgan va u bilan guruhga qo‘shilishni muhokama qilgan.
Juliya Roberts
Ishonish qiyin, ammo fakt: aktrisa Juliya Robertsning tabassumi 30 million dollarga sug‘urtalangan.
Enn Xeteuey
Aktrisaning ota-onasi ingliz adabiyoti, xususan, Shekspirga befarq bo‘lmagan chog‘i qizlarini Uilyam Shekspir rafiqasi sharafiga Enn Xeteuey deb nomlagan.
Joan Rouling
Yozuvchi ish vaqtida xayol surgani uchun kotibalikdan haydalgan. Shundan keyin Joan “Garri Potter”ni yozishni boshlagan.
Tom Kruz
Aktyor turmush o‘rtog‘i Keti homiladorligida chaqaloq rivojlanishini kuzatish uchun 100 ming dollarga haqiqiy UTT (UZI) apparatini xarid qilib, uyiga olib kelgan. | 120 | 1,442 |
Madaniyat | MY5 telekanali buyurtmasiga asosan “Bojalar drayv” seriali suratga olinishi boshlandi | Yangi yildan MY5 (“Mening yurtim”) telekanalida yangi sitkom (situatsion komediya) seriallar efirga uzatiladi. Bu haqda “Darakchi” gazetasi xabar bermoqda.
Jahongir Poziljonov.
Xususan, rejissor Ayub Shahobiddinov tomonidan suratga olingan “Artist” serialida san’atkorlarning hayoti hajviy talqinda namoyish etilgan.
Rejissor Nozim To‘laxo‘jayev tomonidan ishlanayotgan serial ham shu yo‘nalishda tasvirga olingan bo‘lib, ko‘p qismli telemahsulot mavzusi hozircha sir saqlanmoqda.
Shuningdek, “Bojalar” guruhi telekanal buyurtmasiga asosan “Bojalar drayv” nomli sitkom uslubidagi serialni suratga olishni boshlab yuborgan. | 85 | 624 |
Madaniyat | Yigitali Mamajonov va Rayhonning nikohi rasman bekor qilingani ma’lum bo‘ldi | O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva va uning turmush o‘rtog‘i, aktyor Yigitali Mamajonovning nikohi qonunan bekor qilindi. Bu haqda aktyor “Bekajon” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deya xabar beradi “Darakchi.uz”.
“Men oilamda unday bo‘ldi, bunday qilmoqchimiz, deb jar solmoqchi emasman. Biz qonunan ajrashdik, bor gap shu”, — dedi aktyor Rayhon bilan munosabatlari haqida gapirar ekan.
Aktyor bo‘lajak turmush o‘rtog‘i qanday fe’l-atvorga ega bo‘lishi haqidagi savolga quyidagilarni ma’lum qilgan:
“Oilada ayol biroz makkora bo‘lishi kerak, deyishadi. Aslida, men ayolim dono, qanoatli bo‘lishini istardim. Har qanday qiyinchilik, shodlikda ham erini tushuna oladigan, yo‘qchilikda ham sabr-toqatli, hurmatimni joyiga qo‘yib, oila boshlig‘i ekanimni his eta oladigan ayolim bo‘lishini har bir erkak kabi men ham istaganman. Men erkak kishiman, o‘zimga yarasha g‘ururim bor. Oila boshlig‘i bo‘la turib, xotinining ko‘magiga qarab qoladiganlardan bo‘lishni istamayman”.
Ma’lumot uchun, xonanda Rayhon G‘aniyeva va aktyor Yigitali Mamajonov 2012-yilning noyabrida turmush qurgan edi. 2014-yilning may oyida esa Rayhon egizak farzand tuqqan, ularga Islom va Imron deb ism qo‘yilgan. 2015-yil yanvarida esa Rayhon ajrashishga ariza berganini ma’lum qilgan edi. | 76 | 1,290 |
Madaniyat | Kann kinofestivalida Gran-pri olgan Shokir Holiqov “O‘zbekkino” tomonidan sovg‘a qilingan servizga izoh berdi | “Men shunchaki ‘O‘zbekkino’ tomonidan berilgan sovg‘aning suratini internetga joylab, minnatdorchilik bildirgan edim, odamlar esa meni noto‘g‘ri tushunib, hamma yerga tarqatib yubordi”, — deydi rejissor Shokir Holiqov. Bu haqda Repost xabar berdi.
Avvalroq 72-xalqaro Kann festivali Gran-prisini qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik yosh rejissor Shokir Holiqovga 6-iyun kuni “O‘zbekkino” serviz sovg‘a qilgani haqida xabar bergan edik. Bu haqda rejissorning o‘zi Facebook’dagi sahifasida e’lon qilgan. Biroq hozirda ushbu post o‘chirib tashlangan.
“Ushbu sovg‘ani menga ‘Panorama’da festival yakuniga bag‘ishlangan anjumanda berishdi. Men festival bo‘layotgan payt uyda edim. Tanlovda qatnashishimni esa hech kim bilmas edi. Ishimni internet orqali yubordim va g‘alabaga erishdim. Endi esa ortiqcha gap gapirgani ham qo‘rqib qoldim. Chunki mening minnatdorchilik bildirib qo‘ygan postim go‘yoki shikoyat tarzida internetda tarqagan. Hamma meni noto‘g‘ri tushundi, endi esa buni hech kimga uqtirib bo‘lmayapti”, — deydi Shokir Holiqov.
Eslatib o‘tamiz, Kann festivali doirasida Xoliqov o‘zining “Choy” nomli qisqa metrajli filmini taqdim etgan. Taqdimot imkoniyati cheklangan insonlarning dolzarb muammolariga jamoatchilik e’tiborini tortishga qaratilgan ENTRE 2 Marches loyihasi doirasida o‘tkazilgan.
16 daqiqa davom etadigan “Choy” filmi davomida insoniylik, oqko‘ngillik va qariyalarga nisbatan rahm-shafqat haqida so‘z boradi. | 109 | 1,427 |
Madaniyat | “O‘zbeknavo” Anvar Sabirov, Tamila va Yagonaning litsenziyasini to‘xtatdi | “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi 3 nafar xonandaning litsenziyasini to‘xtatdi va 11 nafar xonandaga ogohlantirish berdi. Ular orasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar va “Nihol” mukofoti sovrindorlari ham bor. Bu haqda birlashmaning matbuot xizmati xabar qilmoqda.
“O‘zbeknavo” estrada birlashmasi xonandalar Sabirov Anvar Karimovich, Raxmatova Esmeralda Najmiddinovna (Tamila) va Umarova Kamila Raxmatulloyevna (Yagona)lar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-noyabrdagi 498-sonli Qarori hamda litsenziya bitimida nazarda tutilgan talablar va shartlarni buzganligi sababli, xonandalar nomiga berilgan litsenziyaning amal qilishi “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22—24-moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-noyabrdagi 498-son Qarorining 1-ilovasi 35-bandiga asosan, 2015-yil 1-iyuldan to‘xtatilganligini va quyidagi xonandalarga ogohlantirish berilganligini ma’lum qildi.
Ogohlantirilayotgan estrada xonandalarining ro‘yxati:
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar
Muminov Sabirjan Adiljanovich
Parmanov Ilxamjon Shomamatovich
Ismiyaminova Dilnoza Mirzatillayevna
“Nihol” mukofoti sovrindorlari
Mirzajonov Yodgorbek Usmonaliyevich
Otaboyeva Shaxnoza Xasanovna
Ubaydullayev Doston Rustamovich
Ortiqov Sherzodbek Sherbutayevich
Xonandalar
Usmanov Masrurjon Marubdjanovich
Umirov Jasurbek Uvaydilloyevich
Xamidova Xilola Djurayevna
Shamsiyev Umar Axmedjonovich | 73 | 1,504 |
Madaniyat | “Kanizak Izaura” seriali yulduzi — Luseliya Santush 65 yoshda: Aktrisaning hayoti qanday kechdi? (foto) | 2022-yil 20-may kuni braziliyalik aktrisa — “Kanizak Izaura” seriali yulduzi 65 yoshga to‘ldi. Mashhur loyihadan keyin uning hayoti qay darajada o‘zgardi, hozirda u nimalar bilan band va nima bilan shug‘ullanayotgani haqida “Lisa.ru” nashri ma’lum qildi.
Braziliyalik aktrisa Luseliya Santush “Kanizak Izaura” teleserialida suratga tushganidan so‘ng mashhurlikka erishgan. O‘tgan asrning 70-yillari oxirida namoyish etilgan kartina tomoshabinlarga shu qadar ma’qul keldiki, ular birorta qismni o‘tkazib yubormaslik uchun ishdan uyga shoshildi. Shundan so‘ng taqdiri og‘ir kechgan qiz haqidagi ushbu serial yana bir necha bor efirga uzatilgan.
Aktrisalik orzulari
Luseliya San-Paulu yaqinida — Santa Terezinyada tug‘ilgan. Bo‘lajak aktrisaning ota-onasi oddiy ishchilardan bo‘lib, ular yana ikkita bolani — o‘g‘li Maurilio va qizi Kristinani tarbiyalashdi, keyinchalik ular ham kino sohasida faoliyat olib bordi. Luseliya to‘qqiz yoshida, radioda kasting haqidagi xabarni eshitib, aktrisalik karyerasini qurish haqida orzular qila boshlagan.
Uning onasi bu kasb oddiy oiladan chiqqan qiz uchun emas, deb hisoblab, bunga qarshi chiqdi. Ammo sinfdoshlari bilan teatrga borganida uning istagi yanada kuchaydi. 14 yoshida qiz “Don Kixot” asari asosidagi bolalar spektaklida rol o‘ynadi.
Bunga parallel ravishda u aktyorlik kurslarida tahsil oldi va kastinglarga bordi. Unga Stanislavskiy tizimi bo‘yicha rus tili o‘qituvchisi dars bergan. O‘qishni tugatgandan so‘ng Luseliya Rio-de-Janeyroga ko‘chib bordi va u yerda amerikancha musiqiy filmda ishtirok etdi.
Dunyo yulduzi
Luseliya 19 yoshga to‘lganida “Kanizak Izaura” teleserialidagi mashhur roliga tasdiqlangan. Bu Sovet Ittifoqida namoyish etilgan birinchi xorijiy serial edi. Qizig‘i shundaki, o‘shandan beri kanizak Izaura mashhur ismga aylandi, odatda kimdir ko‘p va qattiq mehnat qilishiga to‘g‘ri kelsa, shunday deyishadi.
Ma’lum bo‘lishicha, ilk serial namoyishida odamlar uni o‘z vaqtida tomosha qilish uchun ishdan ta’til olishgan yoki tushlik tanaffuslarini kechiktirishgan. Kartina 80 ga yaqin davlatda namoyish etilgan. Ammo Luseliya esa buni eslashni istamaydi va undan ham ko‘proq uni faqat Izaura bilan bog‘lashlarini yoqtirmaydi.
Bundan tashqari, Santush suratga tushish ishlari juda qiyin va mashaqqatli kechganini ma’lum qilgan. “Biz tashlandiq xonadonda, hojatxona va dushsiz suratga tushdik, kiyim almashtirdik va konditsionersiz avtobuslarda grim qildik. Juda qattiq ishladik... Men doimo ko‘ylagim etagini bosib olar edim, qattiq bog‘langan korset esa nafas olishimni qiyinlashtirardi”, — deb eslaydi aktrisa.
Ammo bunday muvaffaqiyatdan keyin Luseliyaning ota-onasi u bilan faxrlana boshladi va uning tanlagan kasbiga rozi bo‘ldi. “Ular uchun kutilmagan muvaffaqiyatim haqiqiy baxt edi. Ota-onam tom ma’noda xursand bo‘ldi! Men o‘rtancha qiz edim va birdan mashhur bo‘lib qoldim. O‘ylaymanki, men filmning treyleridayoq mashhurlikka erishdim. Bu shunchalik tez yuz berdiki, kino yulduzi sifatida uyg‘onganimni tushunishga ham ulgurmaganman”, — dedi Santush.
Shuningdek, u “Tropik yo‘l”, “To‘g‘ri chiziq”, “Umidsiz uy bekalari” (Braziliya versiyasi), “Karmen”, “Senyorita” kabi loyihalari bilan ham tanilgan. 2018-yilda aktrisa Portugaliyaga ko‘chib ketdi va u yerda suratga tushish ishlarini boshladi.
Shaxsiy hayot
Aktrisa mashhurlikka erishmasidan bir yil oldin, 18 yoshida dirijyor Jon Nesling bilan turmushga qurgan va ularning Pedro ismli o‘g‘li dunyoga kelgan. Oradan 12 yil o‘tib, ularning nikohi buzildi, ammo u ikkinchi marta turmush qurishga shoshilmadi. Faqat 1999-yilda 43 yoshli Santush ismini hech qachon ommaga oshkor qilmay, yangi turmush o‘rtog‘i bilan munosabatlarni qonuniylashtirdi.
Ma’lum bo‘lgani shuki, aktrisa u bilan teatrda tanishgan va u akustik muhandislik bilan shug‘ullangan. Biroq bu nikoh ham uzoqqa bormadi. Shundan keyin aktrisa erkaklarga moslashish qiyinligini tushunib, mustaqillik va erkinlikni yaxshi ko‘rishini anglab yetdi, turmushga chiqmaslik va erkaklar bilan jiddiy munosabatlar o‘rnatmaslikka qaror qildi.
“Mening eng yaxshi sevgilim — ishim va mening eng yaxshi do‘stim — o‘g‘lim”, — deydi Luseliya.
Aytgancha, 2000-yilda u o‘g‘li bilan birgalikda “Sharqiy Timor: hech kim ko‘rmagan zo‘ravonlik” filmini suratga oldi. Santush merosxo‘ri bilan juda faxrlanadi va uning sevimli nabirasi uchun minnatdor. Bugungi kunda u ekranlarda ko‘p ko‘rinish bermasa-da, o‘z sahifasini faol ravishda olib boradi.
Aktrisa makiyajsiz suratda ko‘rinishdan qo‘rqmaydi va ko‘plab hamkasblari kabi yoshidan uyalmasligini hamda plastik jarrohlik qildirishni xohlamasligini ochiq aytadi.
Luseliya yoga bilan shug‘ullanadi, sayohat qilishni yaxshi ko‘radi va buddizmga sig‘inadi. “Hozirda men yoga, e’tiqodim, sevimli o‘g‘lim va nabiramdan tasalli topaman”, — deb xulosa qiladi Luseliya Santush. | 103 | 4,805 |
Madaniyat | Bollivud filmlarida rekord darajada ko‘p suratga tushgan juftliklar (foto) | Hind kinosanoatidagi eng ko‘p birga suratga tushgan aktyor va aktrisalar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Dxarmendra va Hema Malini
Go‘zalligi va mahorati bilan e’tirofga sazovor bo‘lgan aktrisa va Bollivudda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan aktyor birgalikda 40 dan ortiq filmlarda suratga tushgan. Ular orasidagi eng esda qoladiganlaridan biri 1975-yilda suratga olingan “Qasos va qonun” filmi sanaladi. Ular gavdalantirgan juftlik nafaqat Hindiston, balki boshqa mamlakatlarda ham mashhurlikka erishgan. Ular “Go‘zal va qaysar” filmining suratga olish jarayonida bir-birini sevib qolgan, ammo Dxarmendraning oilasi bor ekani sabab juftlik munosabatlari ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan. Shunga qaramay, mashhurlar keyinchalik turli qiyinchiliklarni yengib o‘tib turmush qurishga muvaffaq bo‘lgan. “Sultonning qizi”, “Alibobo va qirq qaroqchi”, “Ozudagi qiz”, shuningdek, “Zita va Gita” singari filmlar ular ishtirokidagi eng omadli loyihalardan sanaladi.
Rishi Kapur va Nita Singx
Bollivudning eng mashhur va chiroyli juftligi 19 ta loyihada ishtirok etishga ulgurgan. “Ikki karra ikki — to‘rt”, “Taqdiring o‘z qo‘lingda”, “Amar, Akbar, Antoni” filmlari shular jumlasidan.
Raj Kapur va Nargis
Mazkur juftlikning ijrosi tomoshabinlarni hech qachon befarq qoldirmagan. 8 yil davomida Raj Kapur va Nargis birgalikda 16 ta filmda suratga tushishga muvaffaq bo‘lgan. Aktyor va aktrisaning rolini ishonarli ijro qilish siri ular o‘rtasida sevgi borligi bilan bog‘liq bo‘lgan. Juftlik hatto oddiy sahnalarni ham klassikaga aylantira olgan. “Janob 420”, “Qalb”, “Yomg‘ir mavsumi” singari filmlar ular ijrosidagi eng mashhur loyihalardan sanaladi.
Amitabx Bachchan va Jaya Bhaduri
16 ta filmda birga suratga tushgan juftlik munosabatlari ularning shaxsiy hayotiga ham ta’sir qilmay qolmagan. Muxlislar uchun sevimli bo‘lgan Amitabx va Jaya 1973-yilda turmush qurgan. “Gohi shodlik, gohi g‘am”, “Qasos va qonun”, “Bansi va Birju” mashhurlar ishtirokidagi eng sara filmlar sanaladi.
Anil Kapur va Shridevi
Anil Kapur va Shridevi jami 16 ta loyihada ishtirok etishga ulgurgan. Aktrisa Anilning akasiga turmushga chiqqan. Anil hamda Shridevi ishtirokidagi “O‘zlikni yo‘qotish”, “Qadrdon og‘ayni”, “Janob Hindiston” va boshqa loyihalar muxlislar qalbidan joy olgan. | 74 | 2,251 |
Madaniyat | Instagram: Kambag‘al yigitga turmushga chiqmaydigan Manzura, Hosila Rahimovaga uyushtirilgan syurpriz, Ozodbekning qo‘shig‘ini kuylagan turk aktyori | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Afruza “Yorqinxo‘ja bilan unashtirildingizmi?” degan savolga javob berdi.
22-aprel — Hosila Rahimovaning tug‘ilgan kuni. Shou-biznes vakillari uning uyiga “bostirib borib”, xonandani tabrikladi.
Aktrisa Rayhon o‘z brendiga oid libosda ko‘rinish berdi.
Lola vaqtning juda tez o‘tayotgani haqida mulohaza yuritdi.
Xonanda Manzura “Mirsodiqova bilan” YouTube kanaliga bergan intervyusida nima sababdan kambag‘al yigitga turmushga chiqmasligi haqida gapirdi.
Bahora Arslonova ingliz tilini o‘rganmoqchi.
Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab shou-biznes vakillari tashrif buyurgan iftorlik videosi tarqalmoqda. Unda “Bravo” kulgi jamosi vakili Shahlo Zoirova hammaga sovg‘a tarqatdi.
Nilufar Usmonova buvisi, onasi va farzandlarining suratini sahifasiga joyladi.
Shahzoda Muhammedova qizi Milananing bir yoshga to‘lishi munosabati bilan katta bayram uyushtirib, barcha hamkasb dugonalarini farzandlari bilan birga taklif qildi.
Turk aktyori Engin Akyurek “Emmi” taqdirlash marosimi vaqtida tushgan arxiv surati bilan bo‘lishdi.
Yulduz Usmonovaning uyiga uning vodiylik muxlislari tashrif buyurdi.
“Mendirman Jaloliddin” serialida Qutlibekaning ukasi rolini ijro etgan jajji turk aktyori Atabek Uymaz Ozodbek Nazarbekovning “Mendirman o‘sha” qo‘shig‘ini ijro etdi. | 148 | 1,397 |
Madaniyat | Xonanda Jorj Mayklning dafn marosimi kelasi hafta Londonda bo‘lib o‘tadi | Britaniyalik xonanda Jorj Mayklning dafn marosimi keyingi hafta Londonning Xaygeyt mozorida ijodkorning onasi qabri oldida o‘tkaziladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Dafn marosimi juda kam odam ishtirok etadigan shaxsiy marosim sifatida o‘tkaziladi. Qo‘shiqchi bilan vidolashuv marosimi bo‘lib o‘tadigan ibodatxonada faqat 30 kishi uchun joy bor, shu bois, u yerda xonandaning oila a’zolaridan tashqari, yana bir necha kishi bo‘ladi.
Ma’lum qilinishicha, marosim tafsilotlari, xususan, uning aniq vaqti sir saqlanmoqda. Marosimga tashrif buyuruvchilarga dafn marosimi bilan bog‘liq ma’lumotlar bir necha soat oldingina beriladi. Ushbu harakatlar xonandaning juda ko‘p sonli muxlislari kelishining oldini olish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Dafn marosimi bilan bog‘liq ma’lumotlar hozircha aniq emas. Faqatgina Injildan parchalar xonandaning dugonasi, Spice Girls guruhining sobiq a’zosi Jerri Xolliuell tomonidan o‘qilishi ma’lum qilindi.
Eslatib o‘tamiz, xonanda Jorj Maykl 2016-yil 25-dekabr kuni, 53 yoshida olamdan o‘tdi. | 72 | 1,029 |
Madaniyat | Maykl Jeksonning klipidagi qiz Iroqda jang qilgan askarning bevasiga aylandi (klip) | Maykl Jeksonning Heal The World qo‘shig‘ida gaplari jarang sochgan qizcha Eshli Farrell Iroqdagi urush faxriysi bevasiga aylandi, deya xabar bermoqda Contactmusic pop qiroli ovoz rejissori Mett Forgerga tayanib.
Eshli Farrell. Klipdan kadr.
“Men Maykl Jeksonning topshirig‘i bilan 100 dan oshiq bolalarning tinchlik haqidagi fikrlarini yozib olgandim. Eshli gapira boshlaganida esa uning klipga aynan mos tushishini tushundim. U rafiqamning qarindoshi”, — dedi u.
Forger qo‘shimcha qilishicha, klip chiqqanidan buyon yillar o‘tib, Eshli Farrelning hayoti ostin-ustun bo‘lib ketgan: u eri Evan Eshkraftdan Iroqdagi harbiy harakatlar chog‘ida ayrilib qolgan. U Amerika qo‘shinlarining Saddam Husaynning o‘g‘illarini o‘ldirgan otryadida bo‘lgan.
Eshli Farrell Maykl Jeksonning 1991-yilgi Heal The World roligida suratga tushgan 100 nafar boladan biri bo‘lgan. U shuningdek 1993-yilgi Superboulda qo‘shiqchi bilan sahnaga chiqqan. Qiz “Biz dunyoni farzandlarimiz va ularning farzandlari uchun qanday qilib yaxshiroq qilish haqida o‘ylab ko‘rishimiz kerak”, — degan jumlani aytgan. | 83 | 1,078 |
Madaniyat | Seulda Gangnam Style raqsiga haykal o‘rnatiladi | Seulda Janubiy koreyalik PSY ijro etgan shu nomli klipdagi Gangnam Style raqsiga haykal o‘rnatiladi. Mazkur yodgorlikda raqsning barchaga tanish elementi — bir-birining ustiga qo‘yilgan qo‘llar aks ettiriladi. Bu haqda “Kazinform” xabar bermoqda.
Poytaxt rasmiylari yodgorlik sayyohlar qiziqishiga sabab bo‘lishiga ishonmoqda. U PSY qo‘shig‘i orqali mashhur bo‘lgan Kannamguda (mazkur hududning inglizcha nomi — Gangnam), COEX ko‘rgazma va savdo markazi oldida o‘rnatiladi.
Gangnam Style 2012-yilda butun dunyoda ommalashdi. Ushbu qo‘shiqqa ishlangan video ko‘rilishi bo‘yicha hozirgacha YouTube’da birinchilikni boy bermay kelyapti (2,4 milliardan ziyod). Gangnam Style muallifi — PSY taxallusi bilan ijod qiladigan 37 yoshli Janubiy koreyalik xonanda, reper va prodyuser Pak Che San 2001-yildan beri albomlarini taqdim etib keladi. | 47 | 835 |
Madaniyat | Bryus Uillis va Jon Travolta 27 yildan so‘ng yana birgalikda yangi filmda suratga tushadi | Gollivud yulduzlari Bryus Uillis hamda Jon Travolta birgalikda yangi loyiha ustida ishlaydi. “Pulp Fiction” (“Kriminalnoe chtivo”) filmidagi sheriklar oradan 27 yil o‘tgach, birinchi bor yangi triller — “Paradise City”da suratga tushadi, deb xabar beradi “Film.ru”.
Lenta syujeti Gavayi orollarida sodir bo‘ladi va bu haqda yollanma qotil Rayan (Uillis qahramoni) so‘zlab beradi. U otasining qotili bo‘lgan mahalliy jinoiy to‘da boshlig‘idan (Travolta) qasos olish uchun orollarga qaytadi. Insayderlarning ma’lumotlariga ko‘ra, uslubiy jihatdan film 2006-yilda efirga chiqqan “Mayami politsiyasi: Xulq bo‘limi”ga o‘xshash bo‘ladi.
Kartinaga Chak Rassell rejissorlik qiladi (“Niqob” va “Yuvgich” filmlari). Filmda bosh rolni tailandlik aktrisa Prayya Lundberg ijro etadi. Suratga olish ishlari Maui orolida boshlanadi, hozircha kartinaning ekranlarga chiqish sanasi ma’lum emas.
Travolta va Uillis “Pulp Fiction” fimida killer Vinsent Vega va boksyor Butch Kulij rollarini ijro etgan. Shuningdek, ular “Look Who’s Talking” komediyasi ustida ham hamkorlik qilgan bo‘lib, Uillis unda Travolta qahramonining farzandiga ovoz bergan. | 89 | 1,128 |
Madaniyat | Yulduz Usmonova va Shabnami Surayyo birgalikda duet ijro etdi (video) | Yulduz Usmonova va Shabnami Surayyo birgalikda “Taralli dalli” nomli duet ijro etdi. Bu haqda Shabnami Surayyo Instagram᾽dagi sahifasida o‘rtoqlashgan.
“O‘zbek estradasi qirolichasi va primadonnasi, hurmatli @yulduzibragimovnausmonova bilan uzoq kutilgan duet. Bunday ajoyib ijodkor shaxs bilan qo‘shiq kuylash men uchun sharaf”, — deya yozgan u.
Ikki tilda ijro etilgan tarona barchaga birdek manzur bo‘ldi. Foydalanuvchilar o‘zlarining ijobiy izohlarini yozib qoldirmoqda.
“Duetligini bilmagan odam qo‘shiqni ikki tilda bir kishi ijro etyapti deb o‘ylaydi, menimcha. Negaki ovozlari bir-birlariga rosa ham mos tushgan. Gap yo‘q, zo‘r chiqibdi. Omad hamdo‘stlikka”, — deya yozgan muxlislardan biri. | 69 | 700 |
Madaniyat | Maykl Jeksonning singlisi Janet 50 yoshida birinchi farzandini dunyoga keltirdi | Amerikalik xonanda Janet Jekson ilk marotaba ona bo‘ldi. 50 yoshli xonanda 3-yanvar, seshanba kuni o‘g‘il farzandni dunyoga keltirdi. Bu haqda “Vesti.ru” nashriga tayanib, “Darakchi.uz” xabar berdi.
Janet Jekson va uning turmush o‘rtog‘i Vissam al-Mana o‘g‘illari Issa al-Mananing dunyoga kelishini intizorlik bilan kutgan edi.
“Ayni paytda ona va bolaning ahvoli qoniqarli. Ular shifokorlar nazorati ostida”, — deyiladi xabarda.
Janet Jekson 2012-yilda qatarlik tadbirkor Vissam al-Mana bilan turmush qurgan edi. Uning homiladorligi may oyida ma’lum bo‘lgan edi.
Janet Jekson — 2009-yilda vafot etgan pop musiqa qiroli Maykl Jeksonning singlisi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 79 | 820 |
Madaniyat | Shuhrat Qayumovning o‘limi haqida asossiz ma’lumot tarqatganlarga hamkasblari tomonidan raddiya berildi (video) | O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shuhrat Qayumov 22-sentabr kuni olamdan o‘tdi. Oliy toifali suxandonlar Surayyo Ablakulova hamda Namuna Zohirova Shuhrat Qayumovning o‘limi bilan bog‘liq asossiz ma’lumotlarni tarqatmaslikni iltimos qildi.
Suxandonlar bu haqda YouTube’dagi YashinTV’ga bergan xotira intervyusida ma’lum qildi.
Kechadan boshlab internetda juda ham ko‘p, har xil ma’lumotlar berilyapti. Hozir ham bir joyda intervyu berib keldik, o‘sha yerda ham iltimos qildim. Yana bir bor iltimos qilmoqchiman: iltimos, bilmasanglar, noto‘g‘ri ma’lumot bermanglar.
Kelinglar, ijodlari haqida, o‘zlari haqida ko‘proq gapiraylik, chunki har xil noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqalmoqda. Bu turli gap-so‘zlarni ko‘paytiradi. Duo qilaylik, bu insonning ibratli fazilatlari haqida ko‘proq gapirsak yaxshi bo‘lardi.
O‘pkasi kasal edi, unday edi, bunday edi degan gaplar asossiz.
Surayyo Ablakulova, oliy toifali suxandon
Oliy toifali suxandon Namuna Zohirova ham Shuhrat Qayumovning vafoti haqida uning oilasi, ayoli gapirgani ma’qulligini ta’kidladi: “Bu haqida aniq ma’lumotga ega bo‘lgan oilasi, turmush o‘rtog‘i gapirgani maqsadga muvofiq deb o‘ylayman. Hozircha faqatgina ularning haqqiga duoda bo‘laylik”. | 111 | 1,206 |
Madaniyat | So‘zlar odamga o‘z fikrlarini yashirish uchun beriladi. “Qizil va qora” romani haqida | “Daryo” kolumnisti Nurbek Alimov “Jahon adabiyotining eng buyuk asarlari” loyihasi doirasida mashhur badiiy asarlarni tahlil qilishda davom etadi. Bu hafta u Stendalning “Qizil va qora” romani haqida hikoya qiladi.
Fleshbek
Men fransuz klassiklarini o‘qishni yaxshi ko‘raman. Shu bilan birga, men uchun fransuz adabiyoti samimiy, nafis va hatto eng ahamiyatsiz personajlarning ichki dunyosini ham mukammal ochib beradiganday ko‘rinadi. Ushbu kitobni ilk bora maktab davrlarimda o‘qib chiqqanman, keyinchalik yana bir marta o‘qidim va shundan boshlab u mening eng sevimli asarlarimdan biriga aylandi. Umuman olganda, Stendal fransuz klassik adabiyotining eng yorqin namoyandalaridan biri va uning har bir asari alohida e’tiborga loyiq.
Asar haqida
“Qizil va qora” Stendalning 1830-yilda nashr etilgan romanidir. Romandagi voqealar 1820-yillarda Fransiyada bo‘lib o‘tadi. Ushbu roman XIX asrning so‘nggi choragida psixologik realizmning ilk namunasi sifatida tanila boshlagan. Psixologik realizm janri o‘sha davrga kelib Yevropa adabiyotida ustunlik qilgan yo‘nalish sifatida keng tanilgan.
Syujet
Asar syujeti Stendal Grenobl gazetasida o‘qigan maqoladan olingan. Bu o‘sha davrga xos bo‘lgan odatiy holat. Fransiyaning Verer deb nomlangan kichik shaharchasining meri janob de Renal o‘z uyiga Juliyen Sorel ismli yigitni ishga oladi. Shuhratparast Juliyen teologiyani o‘rganadi, lotin tilini mukammal biladi va Injil sahifalarini yoddan o‘qiydi, bolaligidan shon-sharaf va tanilishni orzu qiladi, shuningdek, Napoleonga qoyil qoladi. Uning fikriga ko‘ra, ruhoniylik kasbi yuqori martabalarga erishish uchun eng ishonchli yo‘l edi. Uning xush muomalasi va aqli janob de Renalning fe’l-atvoridan keskin farq qiladi, uning xotini asta-sekin Juliyenga xayrixohlik bilan qaray boshlaydi va natijada u Juliyenni sevib qoladi. Lekin madam de Renal taqvodor ayol bo‘lib, u doimo vijdon azobidan qiynaladi. Kunlarning birida aldangan erga xotini xiyonat qilayotgani to‘g‘risida ogohlantirish bilan noma’lum xat keladi. Juliyen Madam de Renal bilan oldindan til biriktirib, xuddi shunga o‘xshash xatni go‘yoki ayolga ham kelganga o‘xshatib yozishadi. Ammo shahar bo‘ylab mish-mishlar tarqaladi va Juliyen ketishga majbur bo‘ladi. U Bezancondagi diniy seminariya rektori abbat Pirarni o‘z bilimi bilan qoyil qoldiradi va shu seminariyaga joylashadi.
Abbat Pirarni diniy qarashlari sabab iste’foga chiqarmoqchi bo‘lishadi. Uning do‘sti, boy va obro‘li Markiz de La Mol abbatni Parijga ko‘chib o‘tishga taklif qiladi va unga poytaxtdan uzoq bo‘lmagan joydan yer beradi. Markiz o‘ziga kotib qidirayotganini aytganda Pirar Juliyenni “ham kuchga, ham aqlga ega“ inson sifatida taklif qiladi. U Parijda kelganidan juda xursand edi. O‘z navbatida, Markiz Juliyenning mehnatkashligi va qobiliyatli ekanligini sezadi va unga eng murakkab ishlarni ishonib topshiradi.
Shuningdek, u dunyoviy jamiyatni ochiqchasiga sog‘inadigan Markizning qizi Matilda bilan uchrashadi. Matilda erka va xudbin, ammo ahmoq emas va juda chiroyli qiz edi. Qizning mag‘rurligi Juliyenning befarqligidan xafa bo‘ladi va qiz to‘satdan unga oshiq bo‘lib qoladi. Juliyen o‘zaro ehtirosni his qilmaydi, ammo oqsuyak zodagon xonimchaning e’tibori uni xushnud etadi. Birgalikda o‘tkazgan bir kechadan so‘ng Matilda dahshatga tushadi va Juliyen bilan aloqani uzadi. Julenning do‘sti, knyaz Korazov, boshqa ayollarga jilmayish orqali Matildaning rashkini keltirish kerakligini maslahat beradi va reja kutilmaganda muvaffaqiyatli bo‘ladi. Matilda Juliyenga yana oshiq bo‘lib, keyin u farzand kutayotgani va unga turmushga chiqishni istayotgani haqida xabar beradi. Biroq Julenning yorqin rejalari madam de Renalning to‘satdan kelgan xati bilan parchalanib ketadi. Ayol yozadi:
Qashshoqlik va ochko‘zlik, ikkiyuzlamachilikka qodir bo‘lgan bu odamni kuchsiz va baxtsiz ayolni yo‘ldan ozdirishga undadi va shu tariqa o‘zi uchun o‘ziga xos sharoit yaratib, odamlarga qo‘shildi... U hech qanday din qonunlarini tan olmaydi. Rostini aytsam, uning muvaffaqiyatga erishish usullaridan biri - u kelgan uylardagi eng katta ta’sirga ega bo‘lgan ayollarni yo‘ldan ozdirish deb o‘ylashga majburman.
Markiz de La Mol Juliyenni ko‘rishni istamaydi. Juliyen madam de Renalni oldiga yo‘l oladi, yo‘lda qurol sotib oladi va cherkovda sobiq sevgilisini otadi. Madam de Renal jarohatlardan o‘lmaydi, ammo Juliyenni hibsga olishadi. Matilda pul va oilasining ta’siri yordamida Juliyenni har qanday yo‘l bilan qutqarishga qaror qiladi, buning uchun u eng obro‘li abbat Frilerdan yordam so‘raydi. Abbat esa yepiskoplik rutbasi evaziga hakamlar hay’ati tomonidan Juliyenning oqlanishiga erishmoqchi bo‘ladi, bundan tashqari, Renal xonimning o‘zi ham hakamlar hay’atidan muvaffaqiyatsiz bo‘lgan o‘z qotilini oqlashni so‘raydi. Bu katta ommaviy rezonans keltirib chiqargan jarayon ayblanuvchiga to‘liq hamdardlik bildiradigan ko‘plab tomoshabinlarni jalb qiladi. Sudda hamma narsa Juliyenning foydasiga hal bo‘layotgan edi, lekin uning burjua jamiyatini tanqid qilgan nutqidan keyin sud hay’ati bir ovozdan uni o‘lim jazosiga hukm qiladi.
Qamoqda u yana madam de Renal bilan yarashadi va qotillik qilishga uringanligi uchun tavba qiladi. U har doim faqat uni sevganligini tushunadi. Madam de Renal qamoqxonada uning oldiga keladi va o‘sha xatni boshqa odam yozib berganligini, u esa faqat uni ko‘chirib yozganligini aytadi. Bu xat orqali uni Matildadan ajratish fikri esa faqatgina kuchli rashk tufayli paydo bo‘lganini aytadi. Juliyen o‘lim jazosiga hukm qilingandan so‘ng, u hayotda hamma narsaga erishganligini va o‘lim bu yo‘lni tugatishini aytib, sudga qayta murojaat qilishdan bosh tortadi. Madam de Renal Juliyen qatl etilganidan uch kun o‘tgach vafot etadi. Matilda Juliyenning dafn marosimini uyushtiradi.
Tahlil
Stendalning hayoti davomida e’tiboridan mahrum bo‘lgan “Qizil va qora“ romani keyingi avlodlar ongida qayta uyg‘ondi deyish mumkin. Ushbu kitob o‘sha davr jamiyati yuziga tutilgan oyna bo‘lib, unda o‘sha davr Fransiya aholisi aks etishni xohlamagan. Menimcha, bu afsonaviy asar sahifalariga shafqatsiz haqiqat to‘kilgan. Bosh qahramon Juliyen Sorel va uni telbalarcha sevuvchi ayollar ham sizni bezovta qiladi, g‘ashingizni keltiradi, siz ularni yomon ko‘rasiz. Haqiqatan ham, uning hissiy notinchliklarini, yosh yigitning otashin tuyg‘ularini va ichki mojarolarini kuzatib, tushuna olish juda qiyin.
Bu vazifa ko‘pchilikning qo‘lidan kelmaydi, shuning uchun ushbu deyarli 700 sahifalik romanni o‘qish og‘ir mehnatga aylanadi. Ko‘pchilik uning obrazini tanqid qiladi, bu qanaqa yaramas odam deb aytadi. Faqat ayrimlar o‘zlarini unda ko‘rishganini yashirishmaydilar. Bu odamlar o‘zlari bilan samimiydirlar va ushbu roman har birimizning ichki dunyomizni to‘liq, psixologik jihatdan batafsil ochib berishga qaratilgan. Juliyen ko‘p qirrali yoshlikdir, uning xususiyatlariga qizlar ham, yigitlar ham ega bo‘lishi mumkin. Noyob xotiraga ega, dinni mukammal biladigan bu oddiy duradgorning o‘g‘li mohir suhbatdosh, ayyor va ayollar qalbini zabt etuvchi bo‘lib yetishdi. U burch va sharaf, oliyjanoblik va beadablik, yaxshilik va yomonlik orasida aylandi.
Aytishim mumkinki, Juliyen asta-sekin martaba pog‘onasiga ko‘tarilib borgani sari o‘zini o‘zi o‘ldira boshlaydi. U jamiyatni, uning kelib chiqishini shubha ostiga qo‘yadi va har qanday holatda ham ko‘plab cho‘qqilarni zabt etishga qaror qiladi xuddi Napoleon Bonapart bir vaqtlar dunyoni zabt etishga intilgani kabi. Hamma narsada eng zo‘r bo‘lishga va buyuklikka intilish uni yo‘q qildi. Ammo u urinib ko‘rdi. Bu yomonmi? “Har doim boshqalar kutgan narsaga mutlaqo zid ish tuting“ - u seminariyada eshitgan shu gaplar unga yo‘l ko‘rsatuvchi nur bo‘lib qoldi. Burjua jamiyatiga tez kirib borar ekan, hamma uni hurmat qila boshlaydi, garchi shunchaki qishloqi bola bo‘lsa ham, uning shunday qat’iy, tengsiz odamlar orasida o‘zini tuta olishini kim kutgan edi? Oddiy ishchilar o‘z qo‘llari bilan, zodagonlar esa aql bilan ishlaydi. U bu stereotipni buzdi.
Asarning eng nafratlanarli qismi bu sevgi. Qahramonlar fransuz romanlarining eng yaxshi an’analariga ko‘ra yoritilgan, ular sevgilisi uchun jonini berishga tayyor bo‘lgan fidoyi, samimiy qizlardir. So‘nggi sahifalarga qadar ular bizning qahramonimizni, u qanchalik azob chekmasin, tark etmaydilar. Juliyenning kayuniy qiyofasining shakllanishida ular asosiy rol o‘ynadilar.
Juliyendagi jamiyatning bosimi tabiat tomonidan unga berilgan barcha ezgu tamoyillarni yo‘q qildi. Bu 16 yoshli o‘quvchi tabiatdan ilhomlanib, ozod bo‘lishni orzu qilgan (bu uning romantik qahramon sifatidagi xususiyatlarini namoyish etadi), katta mavqega ega odamlar yashaydigan dunyoning haqiqiy tasvirini ko‘rmaguncha u ruhan Xudoga intilgan. Aqliy notinchlik unga hech qachon taskin bermaydi, chunki bu qahramon doimo bor va rivojlanishda, doimiy harakatda, u suv singari oqadi va uni na yaxshi, na yomon odamga ajratib bo‘lmaydi. Uning de Renal xonimning bolalariga bo‘lgan samimiy sevgisini, Abbat Pirarga, Shelanga bo‘lgan hurmatini eslang... Va bundan farqli o‘laroq, tarozining ikkinchi pallasiga uni hamma yomon ko‘rishiga sabab bo‘lgan xislatlarni qo‘ying.
Ushbu tarozilar doimo o‘zgarib turadi va hech qachon muvozanatda bo‘lmaydi. Hamma uni bir tomonlama qoralashi mumkin. Uzoq yo‘l bosib, u hamma ishlaridan tavba qiladi, bu unga o‘xshash odamlar uchun ideal maqsaddir. Inson ruhiyati avvalambor o‘zining oldida poklanadi - bu chinakam cho‘qqiga erishishga intilishdir.
Xulosa
Romanda doimiy fitna va sevgi ishlari bilan tavsiflash mumkin bo‘lgan odatiy fransuzlar o‘rtasidagi munosabatlar tasvirlangan. Ushbu asar syujeti menga Onore de Balzakning “Sag‘rin teri” asarini eslatadi. Ayollar va yolg‘onchi erkaklar tomonidan qilinadigan hiyla-nayranglar, intrigalar, bularning barchasi, albatta, qahramonlarning xarakterini ochib beradi. Bu asar o‘z zamonining juda yuqori sifatli satirasidir.
Stendal jamiyatning chiriganligini, butun tizimning qanchalik buzuqligini mahorat bilan ko‘rsatgan, nafaqat adolat, balki lavozimlarga tayinlanish va oila institutida, lekin, eng yomoni, bularning hammasi asrlardan keyin ham o‘zgarmaydi. Bundan tashqari, muallif sizga Juliyenning ichki zarbalari orqali toza qalbingiz bo‘lsa ham, uni baribir yo‘q qilishingiz mumkinligini ko‘rsatadi. Bizning qahramonimiz avliyo emas, bundan tashqari, u katta gunohkordir, o‘sha davrdagi barcha yomonliklar unda mavjud. Stendal asarni “Qizil va qora“ deb bejiz nomlamagan. Mening nazarimda, qizil – ichki g‘alayon, jo‘shqin qon, yoshlik, adolatni qaror toptirishga intilish, orzularini amalga oshirish, biron narsaga erishish istagidir.
Qora - bu maqsadlarga erishish uchun hiyla-nayrang va silliq yo‘l, yosh ongga solingan soya, faqat umidsiz va yuraksiz odamlar yurishni tanlaydigan qorong‘i yo‘l. Va bu yo‘llarda har kim o‘z rangini o‘zi tanlaydi.
Iqtiboslar
U odatdagidek, odamlarni aslidan ko‘ra ko‘proq aql-idrokli deb o‘ylab adashgan edi;
Bir ingliz sayohatchisi yo‘lbars bilan qanday do‘stlashgani haqida gapirib beradi; u yo‘lbarsni yaxshi parvarishlagan, erkalagan, lekin u har doim stolida o‘qotar to‘pponcha saqlar edi…
So‘zlar odamga o‘z fikrlarini yashirish uchun beriladi;
Qayg‘u ongni susaytiradi.
Qiziqarli faktlar
- Stendalning tugallanmagan keyingi romani qo‘lyozmada xuddi shunga o‘xshash nomga ega edi - “Qizil va Oq”;
- 1864-yilda Vatikan Stendalning barcha “sevgi qissalari“ni, shu jumladan, “Qizil va qora” kitobini ham taqiqlangan kitoblar qatoriga joylashtirdi;
- 1850-yilda Nikolay II Rossiyada ushbu kitobni taqiqladi;
- 1939-yilda F. Franko diktaturasi davrida ham roman Ispaniya kutubxonalaridan olib tashlangan edi.
“Mafiya o‘lmasdir”. “Cho‘qintirgan ota” romani haqida
“Ariqdagi suv qanday mazali! Barchasi rahbarimizning dono rahbarligi tufayli”. “Molxona” asari haqida
Real fojiaga asoslangan shedevr. “Amerika fojiasi” haqida
Jinoyat huquqi haqida o‘ylar. “Jinoyat va jazo” romani haqida
Matonat – muvaffaqiyatga erishishning yagona yo‘li. “Martin Iden” romani haqida
“Usta va Margarita” XX asrning eng buyuk romanimi?
“Nihoyat u dengizda hech qachon yolg‘iz qolmasligini tushundi…” “Chol va dengiz” romani haqida
“Davlat va vatan bitta narsa emas”. “G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q” romani haqida
Buyuk yozuvchining iqrori. “Iqrornoma” romani haqida
Odamlar, bo‘rilar va gunohlar. “Qiyomat” romani haqida
Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin. | 85 | 12,313 |
Madaniyat | “Hatto Maykl Jeksonning ham shuncha muxlisi bo‘lmagan”. Qashqadaryodagi tadbirda Munisa Rizayevani ko‘rish uchun minglab odam yig‘ildi (video) | Xonanda Munisa Rizayeva Instagram’dagi sahifasiga Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani Chiyali qishlog‘idagi Navro‘z bayramida qilgan chiqishi videosini joyladi. Ushbu video muxlislar tomonidan qizg‘in muhokama qilinmoqda. Unda xonandani ko‘rish uchun minglab odamlar tashrif buyurib, sahnani o‘rab olgani aks etgan.
Xonandaning muxlislari kinoya bilan “Hatto Maykl Jeksonning ham shuncha muxlisi bo‘lmagani”ni yozib qoldirmoqda.
Darhaqiqat, quyidagi videolarda xonandaning qo‘shiqlaridan bahramand bo‘lish uchun kelgan son-sanoqsiz muxlislarni ko‘rish mumkin.
View this post on Instagram
View this post on Instagram | 142 | 642 |
Madaniyat | Aktrisa Shahzoda Matchonova “Aldangan farishtalar” va “O‘tgan kunlar” filmlarida suratga tushmoqda | Aktrisa Shahzoda Matchonova kinodagi ijodi haqida Instagram’dagi sahifasi orqali muntazam axborot berib turadi.
Aktrisa rejissor Yolqin To‘ychiyevning “Ma’suma” nomli yangi filmida suratga tushgani, film premyerasi yaqin orada bo‘lishi haqida avval xabar berilgan edi.
Shahzoda Matchonovaning Instagram’da ma’lum qilishicha, u ishchi nomlari “Aldangan farishtalar” va “O‘tgan kunlar” nomli filmlarda ham suratga tushmoqda.
Filmlar syujeti, kim tomonidan suratga olinayotgani, taqdimoti haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. “O‘tgan kunlar” filmida Matchonova shifokor rolini ijro etishi ko‘rsatilgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 98 | 751 |
Madaniyat | “Raqobat bo‘ladi”. “Million” jamoasi a’zolari “Bravo”ning konserti haqida qanday fikrda? (video) | “Bravo” jamoasining konsert dasturida “Million” jamoasining a’zolari Mirkomil Musayev hamda Umidjon Haydarov mehmon bo‘ldi.
Jurnalist Feruz Muhammad “Million” jamoasining sobiq a’zolaridan tarkib topgan “Bravo” jamoasining konsert dasturi haqida ularning fiklari bilan qiziqdi.
To‘g‘risini aytganda ‘Bravo’ jamoasining bugungi konserti juda zo‘r, samimiy bo‘ldi. ‘Million’ tajribasidan kelib chiqqan holda, ‘Bravo’ jamaosiga ham faqat O‘zbekistondan emas, Tojikiston, Qozog‘istondan ham ko‘plab muxlislar kelib ko‘rishadi.
Bizning hali ham ‘Bravo’ jamosi bilan aloqalarimiz yaxshi. Haligacha yaqin do‘stmiz. ‘Nima uchun ko‘rinmay qoldi?’ - degan savollar mutlaqo o‘rinsiz. Biz o‘sha-o‘sha oldingidek qadrdonmiz. Do‘stligimizga ham mana 16 yil bo‘ldi.
O‘zbek xalqida bir gap bor: ‘O‘zingdan ko‘paygin’ - deyishadiku, mana endi ‘Million’ jamaosi, ‘Dizayn’ jamoasi, ‘Bravo’ jamoasi, mana yaqinda ‘Maximum’ jamaosi paydo bo‘ldi. Ko‘p jamoa bo‘lgani albatta yaxshi, raqobat bo‘ladi. Eng asosiysi, xalq jamaoalar ichidan o‘ziga keragini topsin. Qisqasi, hammani omadini beraversin.
Mirkomil Musayev, ‘Million’ jamoasi a’zosi
“Million” jamoasi a’zosi Umidjon Haydarov jamoa bo‘lingan vaqtda “Million” jamoasiga ham oson bo‘lmagani haqida gapirdi.
To‘g‘ri oson emas, bizning o‘zimizda ham bo‘lingandan keyin ‘Million’ jamoasi bo‘lib konsert berganimiz qiyin bo‘lgan. Bularga ham oson emas. Biz ham yangi jamoa sifatda shakllanyapmiz. ‘Bravo’ jamoasining bu konserti o‘tgan konsertiga nisbatan ancha o‘sish bo‘lgan. Jamao sifatida jipslik sezilyapti. Bir-birini yaxshi tushunishyapti.
Umidjon Haydarov, ‘Million’ jamoasi a’zosi | 96 | 1,620 |
Madaniyat | “Beshta epizodga 100 ming dollar so‘raganman”. Alisher Uzoqov filmlarda pul berib, rol ijro etadiganlardan qanday qutulishini ma’lum qildi (video) | O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida aktyor va rejissor Alisher Uzoqov bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. O‘quv teatrida bo‘lib o‘tgan mazkur uchrashuvni, institutning “Ovoz rejissorligi va operatorlik mahorati” kafedrasi mudiri Iqbol Meliqo‘ziyev tashkillashtirdi. Mazkur uchrashuvda “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad ham ishtirok etdi.
Uchrashuvda talabalar tomonidan “filmingizning moliyaviy byudjetini qoplab berish evaziga rol so‘rab kelgan havaskorlar bo‘lganmi, ularga munosabatingiz qanday”, mazmunida berilgan savolga Alisher Uzoqov quyidagicha javob berdi.
Avvalo mening filmlarimda pulga rol sotib oladiganlarni topa olmaysiz. Ammo bunday taklif bilan kelganlar bo‘lgan. Kelib turib “aka filmingizda, o‘zingizni yoningizda o‘ynaydigan 4-5 ta epizod bersangiz”, deyishgan. Xop, “necha so‘m berasiz”, deganman. “Aka chin dilimdan chiqarib, 3 ta epizodga 500 dollar beraman” dedi. Xullas 5 ta epizodda sizni o‘ynataman, evaziga 100 ming dollar berasiz dedim. Shu bilan u butunlay, qaytib kelmaydigan bo‘lib ketgan. Bunaqalardan shunday qutilib, haydab yuborish kerak.
Alisher Uzoqov, aktyor va rejissor | 146 | 1,125 |
Madaniyat | “Tom va Jerri” multiplikatori 95 yoshida vafot etdi | Pragada “Tom va Jerri” multfilmi yaratuvchilaridan biri amerikalik multiplikator-rassom Jin Deych vafot etdi. Bu haqda marhumning matbuot agenti Petr Ximmelga tayanib, AP xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Deych 17-aprel kechasi olamdan o‘tgan. Rassomning o‘limiga nima sabab bo‘lganiga aniqlik kiritilmagan. Deych 95 yoshda bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, rejissor umrining so‘nggi kunlarini Pragadagi uyida o‘tkazgan.
Jin Deych “Tom va Jerri” multiplikatsion serialning o‘n uchta epizodida rejissor sifatida ishtirok etgan, shuningdek, “Dengizchi Papay” multseriali ustida ham ishlagan. Bundan tashqari, u “Monro” va “Nudnik” kabi multfilmlarni, shuningdek, “Tom Terrifik” multserialini yaratgan. 1960-yilda ekran yuzini ko‘rgan qisqa metrajli “Monro” multfilmi “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritgan.
“Tom va Jerri” motivlari asosida to‘liq metrajli film suratga olinadi | 51 | 865 |
Madaniyat | “Baxshichilik san`ati” UNESCO’ning Insoniyat nomoddiy madaniy merosi Reprezentativ ro`yxatiga kiritildi | Ushbu element bo`yicha nominasion paket Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan O`zbekistonning UNESCO ishlari bo`yicha Milliy komissiyasi tomonidan tayyorlanib, 2020 yilda taqdim etilgandi.
Turizm va sport vazirligi axborot xizmati ma`lum qilishicha, ikki yil davomida UNESCO tomonidan o`rganib chiqildi va bugun Parijda bo`lgan yig`ilishida baxshichilik san`atini nomoddiy madaniy meros deya tan olish to`g`risida qaror qabul qildi. | 103 | 429 |
Madaniyat | Og‘ir yotgan yaqin insoni uchun duo so‘ragan Muqaddas, “o‘zbekcha ajrashayotgan” Rixsitilla Abdullayev va Dilnoza Kubayeva. Instagram yangiliklari | 15-avgust kuni jahon va o‘zbek san’ati yulduzlarining Instagram’dagi sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Ulug‘bek Rahmatullayev “Ko‘rolmagan ko‘zlar” deb nomlangan qo‘shiq kuyladi.
View this post on Instagram
Hind aktyorlari 15-avgust — mamlakat mustaqilligi kuni munosabati bilan vatandoshlarini tabriklamoqda.
View this post on Instagram
View this post on Instagram
“Bravo”chi Shahlo Zoirova boshchiligidagi bir guruh shou-biznes vakillari tog‘da hordiq chiqarmoqda.
View this post on Instagram
Rixsitilla Abdullayeva va Dilnoza Kubayeva bosh rollarni ijro etgan “O‘zbekcha ajrashish” komediyasining ovozlashtirish jarayoni boshlandi. Film Mustaqillik ayyomi arafasida tomoshabinlarga taqdim etiladi.
Filmda yosh aktyor Shohrux Hamdamov ham rol ijro etgan.
View this post on Instagram
Uzoqlarga sog‘inch bilan boqayotgan Umidaxon.
View this post on Instagram
Yosh aktrisa Durdona Qurbonova “Mudhish 2020” chellenjida ishtirok etmoqda.
View this post on Instagram
Aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva folloverlaridan og‘ir betob bo‘lgan yaqin insoni uchun duo qilishni so‘ramoqda.
View this post on Instagram
Tohir Saidov aktrisa Saida Rametova bilan tushgan surati bilan bo‘lishdi.
View this post on Instagram | 146 | 1,393 |
Madaniyat | “Sevgi iztirobi” seriali yulduzi Burak O‘zchivit Moskvada: Aktyor uni ko‘rish istagidagi muxlisalari qurshovidan tan soqchilari yordamida chiqishiga to‘g‘ri keldi (video) | Turkiyaning eng ko‘p haq to‘lanadigan yulduzlaridan biri — “Muhtasham yuz yil” hamda “Sevgi iztirobi” seriallariga suratga tushganidan so‘ng millionlab rossiyalik muxlislarning sevimli aktyoriga aylangan Burak O‘zchivit Moskvaga tashrif buyurdi. Aktyor muxlislari uchun poytaxt restoranlaridan birida maxsus uchrashuv uyushtirdi. Aytishlaricha, turk kinosi yulduzini ko‘rishni istovchilar yaxshigina xarajat qilishiga to‘g‘ri kelgan — restorandagi stol narxi 15 000 rubl (258 dollar)ni tashkil etgan. Moskvaliklarni bunday qimmat narx to‘xtata olmadi, Burakni ko‘rish uchun bir necha yuzlab odamlar restoranga keldi, deb yozadi “Bloknot.ru”.
Aktyor 2,5 soat kechikib kelganiga qaramay, hech kim ketib qolmadi, restoranda uni yo‘lakdayoq saf tortgan yuzdan ortiq odam qarsaklar ostida kutib oldi. Ammo oq ko‘ylakda jilmayib turgan O‘zchivit zalda paydo bo‘lishi bilan barcha qizlar u tomon yugurdi. Aktyorning qo‘riqchilari esa muxlislarni tinchlantirishiga to‘g‘ri keldi. Shundan so‘ng muxlislar orasida aktyor uzoq vaqt ko‘rinmadi, u kecha tashkilotchilari bilan kechki ovqatga borishga shoshildi. Darvoqe, taniqli aktyor bilan uchrashuvda mehmonlar tatib ko‘rishi uchun tashkilotchilar turk taomlari, jumladan, paxlava, kabob, ustritsa va shampan vinosi tayyorladi.
Qizig‘i shundaki, Rossiyaning mashhur xonandasi Dima Bilan ham Burak bilan uchrashishga kelgan — ehtimol, u restorandagi muxlislar orasida yagona erkak bo‘lgandir. Xonanda turkiyalik aktyor bilan qo‘l berib ko‘rishib, suratga tushishga muvaffaq bo‘ldi. Dima Bilan Burakni kutayotganida, muxlislar rossiyalik qo‘shiqchini selfi qilish iltimosi bilan o‘rab oldi. Olga Buzovaning ham bu borada omadi chopdi. Teleboshlovchi VK Fest’da chiqish qilgandan so‘ng, aktrisa Anna Rudova bilan restoranga tushlik qilish uchun bordi va u yerda O‘zchivit ham bor edi. Xonanda turk aktyori bilan suratga tushib, aslida buni Burak iltimos qilganini hazil qildi.
Eslatib o‘tamiz, Burak aktrisa Fahriye Evjen bilan turmush qurgan. Ular “Choliqushi” serialining suratga olish maydonchasida uchrashgan va oshiq juftlik rolini ijro etgan. | 170 | 2,088 |
Madaniyat | Kiyinish borasida o‘ziga xos didga ega bo‘lgan birinchi xonimlar. Ularning siri nimada? (foto) | Turmush o‘rtog‘ining siyosat bilan shug‘ullanishi quyidagi birinchi xonimlarning modaga bo‘lgan ixlosini qaytara olmaydi, aksincha tadbir va rasmiy uchrashuvlar bahonasida qanchalik did va uslubga ega ekanliklarini namoyon qilish imkonini beradi.
Melaniya Tramp
AQShning amaldagi prezidenti rafiqasi Melaniyaning kelib chiqishi sloveniyalik. Sobiq fotomodel Donald bilan 1999-yilda u rahbarlik qilgan Allure jurnaliga suratga tushish vaqtida tanishgan.
Oradan 5 yil o‘tib esa ular turmush qurgan. Turmush o‘rtog‘idan 24 yosh kichik bo‘lgan Melaniya oila qurganida 34 yosh bo‘lgan.
Brijit Makron
Fransiyaning amaldagi prezidenti Emmanuel Makron rafiqasi Brijit Ozerdan 24 yosh kichik. Emmanuel o‘zining 40 yoshli fransuz tili o‘qituvchisini yoqtirishini bilgan ota-onasi ularning munosabatlariga qarshilik qilgan va ularni ajratish uchun o‘g‘lini Parijga jo‘natgan.
Bu vaqtda Makron va Brijitning munosabatlari maktublardagi yozishmalar orqali davom etgan. Munosabatlar 2007-yilda nikoh bilan mustahkamlangan. Oradan o‘n yil o‘tib esa Makron Fransiya prezidenti etib saylangan.
Mehribon Aliyeva
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning rafiqasi Mehribon Aliyeva tibbiyot universitetini qizil diplom bilan bitirgan va talabalik davrida bo‘lajak prezidentga turmushga chiqqan.
Avvaliga Moskvada ko‘z kasalliklari ilmiy-tadqiqot institutida ishlagan Mehribon keyinchalik xayriya ishlari bilan shug‘ullangan. Hozirgi vaqtda u BMT va YuNESKOning ko‘ngilli elchisi va mamlakatdagi kiyinish borasidagi eng didli ayol hisoblanadi.
Anxelika Rivera
Meksikaning 2012-2018-yillardagi prezidenti Enrike Pena Netoning sobiq rafiqasi Meksika seriallarining yulduzi hisoblanadi. U 2010-yilda Enrike bilan turmush qurgan va oradan ikki yil o‘tib turmush o‘rtog‘i prezident bo‘lgan.
Har ikkisining ham avvalgi turmushidan umumiy 6 farzandi bo‘lgan va juftlik 2019-yilda munosabatlariga nuqta qo‘ygan.
Agate Kornxauzer-Duda
Polsha prezidenti Anjey Dudaning rafiqasi nemis tili o‘qituvchisi bo‘lgan. Ammo turmush o‘rtog‘iga saylovoldi jarayonlarda yordam berish uchun litseydagi faoliyatini tugatgan.
Ular maktab davrida bitiruv kechasida tanishib qolgan.
Shantal Biyya
Kamerun prezidenti Pol Biyyaning rafiqasi kiyinish borasida boshqalarga o‘xshamaganligi bilan ajralib turadi.
Uning kiyinish uslubi boshqalarga tushunarsiz va g‘arb OAV uchun hamisha mavzu ekaniga qaramay, o‘z mamlakati aholisi uchun moda borasida ilhom olsa bo‘ladigan ayollardan hisoblanadi. Turmush o‘rtog‘idan deyarli 40 yosh kichik bo‘lgan Shantal xayriya ishlari va xalqaro tashriflarga ham vaqt ajratadi. | 94 | 2,570 |
Madaniyat | 16 yoshida turmushga chiqqan hamda mashhurlikka erishgan: “Bobbi” filmi yulduzi Dimpl Kapadiya hozir qayerda? (foto) | Bollivudning mashhur melodramasi “Bobbi” 1975-yilda namoyish etilgan va Sovet Ittifoqi prokatida chiqqanidan so‘ng 62 millionga yaqin kishi tomosha qilgan. Bu sovet tomoshabinlari ko‘rgan birinchi hind filmi edi. Shuning uchun ham u xuddi birinchi muhabbat kabi tomoshabinlar qalbidan alohida joy olgan. Dimpl Kapadiya millionlab odamlarning qalbini zabt etdi — lekin uning ham qalbini zabt etgan bormi? “Bobbi” yulduzi Dimpl Kapadiyaning karyerasi, farzandlari va shaxsiy hayoti haqdagi savollarga “Noviy ochag” nashri javob berdi.
Otasining qizdan yuz o‘girishi
“Bobbi” yulduziga aylangan Dimpl Kapadiyani ko‘proq o‘zining emas, balki qahramonining ismi bilan eslashadi. Aktrisa 1957-yil 8-iyunda Bombeyda tadbirkor Chunibxai Kapadiya va uning rafiqasi Bitti oilasida tug‘ilgan. Chunibxai badavlat, konservativ ismoiliylar oilasidan bo‘lib, keyinchalik qizi “Bobbi” filmida rol o‘ynagani uchun undan yuz o‘girgan. Bo‘lajak aktrisaga go‘daklik davrida Dimple Amina deb ism berishgan, ammo bundan ko‘pchilik deyarli bexabar.
Dimpl 1973-yilda “Bobbi” filmida rol ijro etganida juda yosh, atigi 16 yoshda edi. Dimplning partnyorini esa taniqli rejissor Raj Kapurning o‘g‘li Rishi Kapur ijro etgan.
Budjeti kam, ammo prokati rekord
Taqdir taqazosi bilan rejissor Raj Kapurning avvalgi “Mening ismim masxaraboz” filmi kassada muvaffaqiyatsizlikka uchradi, shuning uchun “Bobbi” juda kam mablag‘ evaziga suratga olinishi kerak edi. Mashhur hind aktyori Pran bu filmda atigi 1 rupiyga suratga tushishga rozi bo‘ldi. Turli ijtimoiy guruhlarga mansub ikki o‘smirning sevgisi haqidagi bu kam budjetli loyiha nafaqat Hindistonda, balki butun dunyoda katta qiziqish bilan tomosha qilingan. “Bobbi” melodramasini Sovet Ittifoqida 62,6 million nafar inson tomosha qilgan, shundan so‘ng u sovet kino prokati tarixida eng ko‘p tashrif buyurilgan oltinchi xorijiy filmga aylangan. Dimpl Kapadiya esa “Eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasi bo‘yicha Filmfare mukofotini qo‘lga kiritgan.
Bobbining xol-xol liboslari
Bobbi rolini o‘ynagan yosh aktrisa bir zumda mashhur shaxs bo‘lib uyg‘ondi. Uning filmdagi liboslari Hindistondagi yoshlar modasining timsoliga aylantirdi. Keyinchalik, xol-xol liboslar “Bobby print” deb nomlandi.
16 yoshida turmushga chiqdi va kinoni tark etdi
Odatda kino olamiga endigina kirib kelgan aktrisalar o‘z karyerasini qurish uchun qat’iy harakat qiladi. Ammo Kapadiya hammani hayratda qoldirdi. 1973-yilda standartlarga ko‘ra hali o‘spirin sanalgan qiz mashhur hind kino aktyori — 30 yoshli Rajesh Xannaga turmushga chiqdi. Bobbi hayotda o‘zining ekrandagi qahramonidan ancha farq qilar edi. U Xannaning muxlisi edi va sevgisi uchun hamma narsaga rozi bo‘ldi. Shundan keyin aktrisa eriga itoat qilgan holda kinodagi karyerasini yakunladi. Ular ikki qiz farzand ko‘rdi: Tvinkl va Rink — Dimplning qizlari ham keyinchalik kino sohasini tanladi.
Turmush o‘rtog‘i va o‘zi orasidagi tengsizlik hamda vafosizlik
Juftlikning oilasida tinchlik hukm surmadi. Keyinroq aktrisa o‘z intervyusida “Bizning uyimizdagi hayot va baxt Rajesh bilan turmush qurgan kuniyoq nihoyasiga yetdi”, — deb aytib o‘tgan. Turmush o‘rtog‘i bilan yosh orasidagi tengsizlikka chidashiga majbur bo‘lgani yetmaganidek, aktrisa uning xiyonatidan ham noligan. 9 yildan so‘ng, 1982-yilda Kapadiya Xanna bilan ajrashdi va qizlari bilan ota-onasining uyiga qaytib keldi. Oradan ikki yil o‘tgach, u yana suratga olish maydonchasida ijodni boshladi.
Ammo ular rasman ajrashmagan
Qizig‘i shundaki, Xanna va Kapadiya rasmiy ravishda ajrashmagan. Ular bir-biri bilan til topisha olmagan bo‘lsa-da, yana qayta yarashdi va juftlikni ziyofatlarda birga ko‘rishdi. Ajrimdan ko‘p yillar o‘tgach, aktrisadan yana turmush qurishni xohlaysizmi, deb so‘rashganda Kapadiya shunday javob berdi: “Men juda ham baxtliman va hayotimdan mamnunman. Turmush qurishga kelsak, bir martasi yetadi”.
2012-yil boshida Xanna saraton kasalligiga chalinganida, Kapadiya uning yonida bo‘ldi va o‘sha yilning 18-iyulida vafot etgunga qadar sobiq erini parvarishladi. Keyinchalik u Xannaning o‘limi uni vayron qilganini yashirib o‘tirmadi.
Ekranlarga qaytish
Dimplning kinoga qaytishi juda muvaffaqiyatli tarzda kechdi. 1984-yildan 1994-yilgacha bo‘lgan o‘n yil davomida u hind tilida so‘zlovchi yetakchi aktrisalardan biri bo‘lgan. 1985-yilda u o‘zining Bobbidagi partnyori Rishi Kapur bilan “Muhabbat dengizi” romantik dramasida rol o‘ynadi. Ushbu film uchun aktrisa ikkinchi marta Filmfare mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Shundan so‘ng Bollivud filmlaridan rollar uning ustiga yog‘ildi. Bundan tashqari, agar ilgari rejissorlarni yosh qizning go‘zalligi o‘ziga jalb qilgan bo‘lsa, endi ular katta yoshli aktrisada ajoyib dramatik iste’dodni ko‘rishdi. Kapadiya tez oradan qayta tiklagan karyerasini turli-tuman obrazlar bilan boyitdi.
O‘tgan yillar davomida aktrisa 52 ta filmda suratga tushdi. Ular orasida ham tijoriy, ham xususiy kinolar bor edi. Shuningdek, ularning hammasi ham Bollivud filmlari emasdi. Shunday qilib, Dimpl 1991-yilda rejissorlar Gennadiy Vasilyev va Shashi Kapur tomonidan suratga olingan “Qora shahzoda Ajuba” sovet-hind ilmiy fantastika filmida rol o‘ynadi. 2020-yilda rejissor Kristofer Nolanning ishtirokidagi “Dalil” shov-shuvli filmi namoyish etildi.
“U har bir sahnani o‘g‘irlaydi”
“Dalil” filmida Kapadiya qurol sotuvchi Priya rolini o‘ynadi. Kristofer Nolan aktrisa bilan kasting natijalaridan shunchalik hayratda qolganki, u o‘ylab ham o‘tirmasdan uni filmidagi intrigaga boy rollardan biriga oldi. “Dalil” butun dunyo bo‘ylab 362 million dollar yig‘ib, 2020-yilning eng ko‘p daromad keltirgan to‘rtinchi filmiga aylandi. Tanqidchilar Kapadiyaning ijrosini maqtadi, ulardan biri hattoki Dimpl haqida “o‘zi ishtirokidagi har bir sahnani sezdirmasdan o‘g‘irlaydi” deb aytgan, tomoshabin e’tiborini o‘ziga jalb qila olishini nazarda tutib. Aktrisa ham o‘zining kinoga bo‘lgan ishtiyoqini qaytargan aynan “Dalil” filmi ekanini ta’kidlaydi.
O‘tmishdagi Bobbi
Dimpl uni doimiy ravishda Bobbining qiyofasi bilan solishtirishlaridan bezovtalanar edi. Kapadiyaning so‘zlariga ko‘ra, uni ko‘pincha o‘ta qat’iy va g‘amginlikda ayblashadi. Biroq u har doim o‘z kamchiliklarini yaxshilashga intiladi: “Men tabiatan g‘amginman. Lekin hech qachon bila turib hech kimni xafa qilmaganman”.
Dimplning san’atni yaxshi ko‘rishi, rasm va haykaltaroshlik bilan tajriba o‘tkazishi ko‘pchilikka ma’lum. 1998-yilda u o‘z dizayni bo‘yicha sham ishlab chiqaruvchi kompaniyaga asos soldi, u sham bilan ijod qiluvchi rassom bilan mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun Uelsga bordi. Kapadiya o‘z uyini va u bilan bog‘liq hamma narsani yaxshi ko‘radi, bo‘sh vaqtlarida u shunchaki dam olishni yoki kitob o‘qishni yoqtiradi.
Super yulduz Rajesh Kxanna va Dimpl Kapadiya qizlarining muvaffaqiyatsiz karyerasi (foto) | 116 | 6,753 |
Madaniyat | Ozodbek Nazarbekov 7 mln dollar sarflanayotgan “Mendirman Jaloliddin” seriali ijodkorlari bilan uchrashdi (foto) | O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov “Mendirman Jaloliddin” serialining suratga olish jarayonlari bilan tanishish uchun ayni paytda Turkiyada bo‘lib turibdi. 9-sentabr kuni vazir serial ijodkorlari bilan uchrashib, suratga olish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.
Qayd etilishicha, tarixiy serialni suratga olish uchun 50 gektar yer maydonida pavilyon o‘rnatilgan bo‘lib, suratga olish jarayonlariga mingdan ortiq ijodkor jalb etilgan.
“Bugungi kunda asosiy rollarni mahorat bilan ijro etayotgan aktyorlar ot minish va qilichbozlik bo‘yicha maxsus tayyorgarlikdan o‘tdi. Shu bilan birga turk tilini mukammal o‘rganib, tarix fani bo‘yicha ham bilimlarini boyitdi. Filmning asosiy qahramonlari Sulton Jaloliddin Manguberdi, Sulton Alovuddin, Temur Malik, Turkon xotun, Chingizxon va uning farzandlari obrazlari ustida mukammal ishlandi. Har bir aktyorga o‘sha davr ruhiyatiga mos ravishdagi liboslar tikildi”, — deyiladi xabarda.
“Dunyo miqiyosidagi katta loyihaga qo‘l urganimni chuqur his qilyapman. Loyihani amalga oshirish oson emas. Juda katta tayyorgarlik va mahorat kerak. Ammo men Jaloliddin tarixini yaxshi bilar edim. Biroq faqat mening bilimim yetarli emas, jamoa, ssenariy muallifi, liboslar dizeyneri, tasvirchi, rejissorlar ham xabardor bo‘lishi muhim edi. Shu sababli ham suratga olish ishlaridan avval ijodkorlarning barchasini Manguberdi tarixini chuqur o‘rganishga undadim. Menga o‘zbek aktyorlarining mahoratiga qanday baho berasiz deb ko‘p bora savollar yo‘llashdi. Shuni ayta olamanki, ular endi dunyo miqiyosidagi filmlarda ham rol o‘ynashga tayyor. Shaxsan o‘zim keyingi filmlarimga ham aynan o‘zbek aktyorlarini jalb etmoqchiman, chunki rejalashtirayotgan serialimiz Mirzo Ulug‘bek haqida bo‘ladi”, — deydi serial rejissori Mehmet Bo‘zdag‘.
Xabarda aytilishicha, madaniyat vazirligi buyurtmasiga asosan suratga olinayotgan “Mendirman Jaloliddin” seriali O‘zbekiston tomonidan “Best organiser” MChJ va Turkiyaning “Bozdag‘ film” kinokompaniyasi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga binoan “Orient Finans Bank” tijorat banki homiyligi asosida amalga oshirilmoqda. Mazkur serialga 7 million AQSh dollari sarflanmoqda.
Oktabr oyining ikkinchi yarmida “Bozdag‘ film” kinokompaniyasi rahbari Mehmet Bo‘zdag‘ning O‘zbekistonga tashrifi kutilmoqda. Tashrif doirasida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun matbuot anjumani tashkil etish rejalashtirilgan. “Mendirman Jaloliddin” seriali 2021-yilning yanvar oyida katta ekranlarga chiqarilishi ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, serialda bosh qahramon Jaloliddin Manguberdi rolini turk aktyori Emre Kiviljim ijro etmoqda. Shuningdek, bir qator o‘zbekistonlik aktyor va aktrisalar Tohir Saidov, Javohir Zokirov, Akbarxo‘ja Rasulov, Saida Rametova, Rayhon Ulasenova, Ra’no Shodiyeva, Feruza Normatova, Yulduz Rajabovalarning ham rol ijro etishi kutilmoqda.
Serialning ilk mavsumi 13 qismdan iborat.
Alisher Uzoqov Turkiyada o‘tgan olti oylik umri va Toshkentga qaytishi sababi haqida gapirdi (video) | 112 | 2,969 |
Madaniyat | 3-iyul – “Terminator” filmining premyerasi kuni (galereya) | Kinochilik tarixida alohida iz qoldirgan “Terminator 2: Qiyomat kuni” filmi 1991-yilda TriStar Pictures kinostudiyasi tomonidan taqdim etilgan. U Jeyms Kemeron rejissorligidagi Amerika ilmiy-fantastika filmi, “Terminator”ning davomidir.
O‘z davrida ulkan shov-shuvga sabab bo‘lgan va o‘n millionlab muxlislarga ega bo‘lgan bu film O‘zbekistonda ham ancha mashhur. Ayniqsa 1990-yillarda VHS kassetalarda uni qayta-qayta ko‘rish urfga aylangan edi. Arnold Shvarseneggerni butun jahonga, xususan, O‘zbekistonga mashhur qilgan filmlar ham aynan “Terminator”ning dastlabki ikki qismi hisoblanadi. Xalq orasida Shvarseneggerni “Terminator” deb atash odatini bugungi kunga qadar uchratish mumkin. “Terminator 2” salkam 30 yil muqaddam katta ekranga chiqqaniga qaramay, bugungi kunga qadar eslanadigan va qayta-qayta tomosha qilinadigan shedevr hisoblanadi.
Bugun, 3-iyul –“Terminator 2”ning xalqaro premyerasi bo‘lib o‘tgan kun. “Daryo” sana munosabat bilan qiziqarli faktlar va fotosuratlarni taqdim etadi.
Film 1990-yil iyundan noyabrgacha Los-Anjelesda suratga olingan. Asosiy rolni Arnold Shvartsenegger ijro etgan. Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, film kino tarixida birinchi bo‘lib kompyuter animatsiyasiga katta e’tibor qaratdi, bu esa filmning yanada qiziqishlarga sabab bo‘lishiga olib keldi.
“Terminator 2” 2017- va 2019-yillarda film 3D formatida qaytadan tomoshabinlarga taqdim etildi. Birinchi qism bilan taqqoslaganda filmni ishlab chiqarish budjeti 16 baravarga, ya’ni 6,4 million dollardan 100 million dollarga ko‘paydi.
Film 20 ga yaqin nufuzli mukofotlarga sazovor bo‘ldi: to‘rtta “Oskar” (eng yaxshi ovoz, pardoz, ovozli va vizual effektlar uchun), Amerika ilmiy va dahshatli filmlar akademiyasining beshta mukofoti (“eng yaxshi ilmiy-fantastik film” va “eng yaxshi rejissorlik” nominatsiyasi bo‘yicha) kabi mukofotlar shular jumlasidandir. | 58 | 1,860 |
Madaniyat | Instagram: Yigitalini ikkiyuzlamachilikda ayblagan Rayhon, tug‘ruqxonadan chiqqan Aziza Yoqubova, labi “botoks qilingan” Shukurullo Isroilov | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Zarina Nizomiddinova sahifasiga yangi surat joyladi.
Malika Ravshanova Feruza Karimovaning qaynanasi tug‘ilgan kunida xizmatda bo‘ldi.
Turk aktrisasi Maryam Uzerli folloverlariga yangi suratlarini taqdim etdi.
Boshlovchi Xusnora Shodiyeva Instagram’dagi sahifasiga so‘z ustasi Shukurullo Isroilovning maxsus niqob orqali yaratilgan videosini joyladi. Ushbu hazilomuz videoda Shukurullo Isroloilovning lablari va yonoqlari shishirilgani aks etgan.
Sitora Alimjonova o‘g‘li bilan tog‘ yon bag‘rida sayr qildi.
Davron Kabulov Million wear brendining kostyum-shimida ko‘rinish berdi.
Aktrisa Aziza Yoqubova o‘g‘li Muhammad Amir bilan tug‘ruqxonadan chiqdi.
Asqar Hikmatov O‘zbekiston xalq artisti Murod Rajabov bilan birgalikda yangi ijod namunasi ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Lola “Aqlvoy” loyihasida Ramazon oyi munosabati bilan “Bolaga kitob sovg‘a qil” fleshmobi e’lon qilinganini aytib, farzandlari bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.
1-may kuni Yigitali va Rayhonning egizak farzandlari Islom va Imron tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. Yigitali Mamajonov ushbu sana munosabati bilan o‘g‘illarini tabrikladi va Farruh Zokirovning “O‘g‘lim” deb nomlangan qo‘shig‘iga o‘g‘illarining suratlaridan foydalanib, o‘ziga xos klip tayyorladi.
Rayhon Yigitalining bu xatti-harakatlarini “ikkiyuzlamachilik” deb atadi. “Bolalarni, farzandlarni o‘rtaga qo‘yib piar qilish mumkinmi?”, — deb yozadi Rayhon.
Xonanda Islom va Imronning tug‘ilgan kunini Minecraft o‘yini mavzusida o‘tkazdi. | 140 | 1,634 |
Madaniyat | 25-Bond aktyorlari ma`lum bo`ldi | 2019 yilning “Eng yaxshi aktyori” bo`lmish “Oskar” sohibi Rami Malek britaniyalik superjosus Jeyms Bond haqidagi 25-filmda bosh yovuz rolini o`ynaydigan bo`ldi, deya xabar qildi Day.Az nashri.
Jeyms Bond rolini esa beshinchi marta Deniel Kreyg ijro etadi.
Qolaversa, bondianada Reyf Fayns yana bir bor MI-6 rolida paydo bo`ladi.
Eslatib o`tamiz, bondiananing so`nggi to`rt filmida Bond rolini Deniel Kreyg ijro etgan bo`lsa, shuningdek, Shon Konneri, Jorj Lezenbi, Rojer Mur, Timoti Daltonva Pirs Brosnan ham agent 007 rolida muxlislarni xursand etgan. | 32 | 554 |
Madaniyat | O‘zbekistonlik qo‘shiqchi Latviyadagi xalqaro tanlovda o‘zining mualliflik qo‘shig‘i bilan birinchi o‘rinni egalladi | O‘zbekistonlik Sasha Li Latviyadagi Riga Symphony 2014 xalqaro yoshlar tanlovining “Mualliflik qo‘shig‘i” yo‘nalishi bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi. Sasha Li o‘zining mazkur g‘alabasi haqida “Mytashkent.uz” portalida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Sasha Li turli mamlakatlardan kelgan 200 dan ziyod yoshlar qatnashgan tanlovda bastakor M. Otajonovga tegishli “Moy Tashkent” (“Mening Toshkentim”) taronasi bilan ishtirok etgan.
Shu tariqa, Sasha Li Riga Symphony 2014 tanlovining laureat uchun diplomi bilan taqdirlandi.
Ishtirokchilarni taqdirlash marosimi 7-oktabr kuni Ziemeļblāzma Madaniyat saroyida tashkil etilgan Riga Symphony 2014 – Charity Gala konsert dasturi bilan birgalikda bo‘lib o‘tdi. | 116 | 705 |
Madaniyat | “Muzlik davri” rejissori maxluq hayvonlar haqidagi film ssenariysini yozdi | “Muzlik davri” va “Rio” multfilmlari orqali tanilgan rejissor Karlos Saldana yangi “Soyalar” (Shadows) loyihasi uchun ssenariy yozdi, deya xabar bermoqda Hollywood Reporter.
Kartina o‘yinli kino (live-action) va kompyuter grafikasi elementlarini o‘z ichiga olishi kutilmoqda. Tayyor ssenariyni postanovkachi 20th Century Fox studiyasiga berdi.
Filmdagi voqealar kriptozoologiya — mavjud bo‘lmagan yoki afsonaviy jonivorlar, jumladan qor odami, Loxness maxluqi yoki xayoliy mushuklarni o‘rganuvchi norasmiy fan dunyosida sodir bo‘ladi.
20th Century Fox rejissorga g‘oya uchun 750 ming dollar to‘lagani xabar qilinmoqda. | 74 | 619 |
Madaniyat | Hosila Rahimova Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist unvonini oldi | O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hosila Rahimova Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoni bilan taqdirlandi. Bu haqda xonandaning matbuot kotibi jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi.
O‘zbekiston Konstitutsiyasining 25 yillik shodiyonalari arafasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hosila Rahimova Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoni bilan taqdirlandi.
Ma’lumot uchun, Hosila Rahimova 2008-yilda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoni bilan taqdirlangan edi. | 73 | 507 |
Madaniyat | Filmdagi roli uchun vizajistlar mahorati yordamida tanib bo‘lmas darajada o‘zgargan aktrisalar (foto) | Qahramon obrazini yaratish uchun har doim ham aktyorlik iste’dodi yetarli bo‘lavermaydi. Darhaqiqat, ko‘pincha qahramonning tashqi ko‘rinishi uning xarakteridan so‘zlaydi.
“Guchchi uyi”
Yosh va sodda Patrisiyani tasvirlash uchun vizajistlar Ledi Gagani unchalik bo‘yantirishmaydi. Aktrisaning yoshini katta ko‘rsatish dastlab yuz protezlari yordamida rejalashtirilgan edi. Ammo keyin ular vizajistlar mahoratidan foydalanish mumkinligini tushunishdi. Aktrisaning terisi oqartirilgan, burun burmalari jigarrang bilan bo‘yalgan va yuzning ba'zi qismlari ajinlar illyuziyasini yaratish uchun kukun bilan qoplanadi.
Bunday o‘zgarish aktrisaga ham ma’qul keldi va uning o‘zi: “Men ekranda Ledi Gagani ko‘rishni xohlamayman”, deydi.
“Alisa g‘aroyibotlar mamlakatida”
Zolim Qizil qirolicha obrazi ustida ishlayotganda, ushbu rol ijrochisi Helena Bonem Karterning boshi kompyuter grafikasi yordamida 3 marta kattalashtiriladi. Ammo aktrisa baribir vizajist xizmatidan foydalanishi kerak edi. U peshonasiga maxsus qoplama va deyarli 1,5 kg og‘irlikdagi yurak shaklidagi parik kiygan.
“Ajdaho tatuirovkali qiz”
Lisbet Salander roli uchun aktrisa Runi Mare yuziga haqiqiy pirsing qiladi. Keyinchalik bu unga teskari ta'sir ko‘rsatdi. Mara jurnal uchun fotosessiyada suratga tushganda, vizajist pirsingdan qolgan izlarni yashirish uchun sochining bir qismini kalga oldi.
Ammo aktrisa pirsingidan va hatto soch turmagini o‘zgartirganidan umuman xijolat tortmadi. Runining so‘zlariga ko‘ra, eng hayratlanarli harakat qoshlarning oqartirilgani bo‘lgan.
“Pem va Tommi”
Pamela Andersonga o‘xshash uchun aktrisa Lili Jeyms peshonasiga qoshlarini yashiradigan qoplama kiygan. Qoshlari sun'iy iplar yopishtirish yordamida o‘xshatilgan. Aktrisa lablarini tish protezi orqali o‘zgartirdi. Lilining o‘zi kun bo‘yi protezda yurishga qarshi bo‘lmagan, bu Jeymsga ko‘proq obrazda bo‘lishiga yordam bergan.
“Tonya hammaga qarshi”
Ushbu filmni suratga olish uchun atigi 31 kun ichida 250 dan ortiq sahna kerak bo‘ldi. Har kuni ular Toni Xarding hayotining turli davrlari bilan bog‘liq epizodlarni suratga olishdi. Stilistlar ushbu rol ijrochisi Margo Robbining qiyofasini o‘zgartirdilar, shu jumladan uning sochlari ustida ehtiyotkorlik bilan ishladilar.
Sartaroshlar aktrisaning sochlariga ziyon yetishini aytishgan, shuning uchun u suratga olish maydonchasida parik kiygan. Toni Xardingning 80-90-yillardagi ko‘rinishiga erishish uchun soxta jingalaklar qayta-qayta bo‘yalgan.
“Anjelin”
Xonanda Anjelinga aylanish uchun Emmi Rossum qo‘lda bo‘yalgan kontakt linzalarning bir nechta qatlamini taqqan. Bundan tashqari, uning qoshlari rangsizlantirilib, yangisi chizilgan. Burunning shakli burun teshigiga maxsus naychalar kiritish orqali o‘zgartiriladi.
Aktrisa bir nechta yuz protezlarini ham kiygan. Ijodiy guruh a'zolari unga qulaylik yaratish maqsadida issiq kunlarda yuzining yonida ventilyator ushlab turishadi, ammo bu befoyda edi: pardoz shunchalik qalin ediki, havo makiyaj qatlamlaridan yuz terisiga kira olmasdi.
“Qasos vaqti”
Ushbu rol uchun vizajistlar Nikol Kidmanni taqdiri qiyin bo‘lgan oddiy ayolga aylantirishga harakat qilishdi. Hayotdagi qiyinchiliklar va yomon odatlar uning tashqi ko‘rinishida aks etishi kerak edi. Vizajist o‘z ishini kundalik portret yozishga qiyoslagan: u aktrisaning yuzidagi teri kamchiliklarini qayta-qayta chizgan.
Vazifa Nikol vizajist kursisida ko‘p vaqt o‘tkazishni yoqtirmasligi bilan ham murakkablashdi. Shunday qilib jamoa taxminan yarim soat ichida ishni yakunlash yo‘lini topishi kerak edi. Ularning mehnati bekorga ketmadi. Hatto Kidmanning bolalari ham onalarini ushbu obrazda ko‘rib, qo‘rqib ketishadi.
“Kamchiliksiz qiz”
Muharrir Dianna roli uchun aktrisa Tilda Suinton deyarli tanib bo‘lmas darajada o‘zgaradi. U har kuni yuziga avtozagar va bir necha qatlamli bronzer qo‘llashi kerak edi. Ko‘zidagi yorqin pardoz esa Tildaning shaxsiy tanloviga bo‘ldi, u kundalik turmushda deyarli bunday makiyaj qilmaydi. O‘zi bu haqda shunday deydi: “Agar men ko‘zimni bo‘yasam, xuddi shunday juda ko‘p podvodka surtaman”.
“Temmi Feyning ko‘zlari”
Jessika Chesteynga Temmi Fey obrazini yaratish uchun makiyaj yetarli emas edi. U yonoqlari va iyagiga yuz protezlaridan foydalanadi. Bir parcha lenta yordamida burun uchi ko‘tarildi, shunda uning burun teshigi haqiqiy Temmi kabi bejirim bo‘ladi.
Sujet rivojida qahramonning yoshi kattalashgani sayin vizajistlar shunchalik ko‘p ishlashi kerak edi. Ular aktrisaning iyagini kattalashtirishdi, lablar qo‘shishdi va plyonka, kukun yordamida ko‘z atrofidagi teri va peshonaga xira ko‘rinish berishdi. | 101 | 4,570 |
Madaniyat | Gollivud yulduzlaridan ham yaxshiroq kiyinadigan Saudiya malikasi (foto) | Dunyo OAV e’tibori Yevropa monarxlari, xususan, Megan Markl va Keyt Middlton singari malikalarning aytgan gapidan tortib, kiyinish uslubigacha muhokama qilishdan charchamaydi. Ammo go‘zalligi va yuksak didga ega ekanligi bilan e’tirofga loyiq malikalar faqatgina G‘arbda bo‘lmaydi. Arab ayollari, ularning kiyinishi, turmush tarzi bilan bog‘liq tasavvurlarni o‘zgarishiga sabab bo‘ladigan Amira at-Tavil haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Oddiy oilada tug‘ilib o‘sgan Amiraning hayoti talabalik vaqtida Saudiya Arabistoni qirolining jiyani bilan tanishganidan keyin butkul o‘zgargan. Darsdan berilgan vazifaga ko‘ra, 18 yashar qiz 46 yoshli taxt vorisidan intervyu olishi kerak bo‘lgan. Birinchi uchrashuvdan 9 oy o‘tgach, juftlik turmush qurgan.
Amira jamoat joylarida arab milliy libosi abayya kiyishdan voz kechgan Saudiya Arabistonidagi ilk malika bo‘lgan. Yevropacha uslubda kiyinishni yaxshi ko‘radigan malika Saudiya Arabistonidagi ayollardan birinchilardan bo‘lib haydovchilik guvohnomasini qo‘lga kiritib, mashina haydagan. Qolaversa, u mamlakatdagi ayollarning mashina haydash huquqini berish kerakligi bo‘yicha bir necha marta chiqish qilgan.
Kambag‘allik, ishsizlik, shuningdek, yaqin sharqdagi ayollar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha bir qancha xayriya loyihalarida faol ishtirok etgan Amira arab olamining “malika Dianasi” deb ataladi.
Shahzodaning qarindoshlari erkin turmush tarzi sabab uni yoqtirmagan. Turmush qurganiga 10 yildan ko‘p vaqt o‘tsa ham merosxo‘r dunyoga keltirmagani qirollik oilasi vakillarining noroziligini yanada orttirgan.
OAVda Amira bepushtligi, shahzodaning bundan xabari borligi va hatto nikoh shartnomasida mazkur punkt qayd qilingani yozilgan.
Boshqa mish-mishlarda esa malikaning o‘zi ona bo‘lishdan qochishi aytiladi.
2013-yilda juftlikning munosabatlariga nuqta qo‘yilgan. Ajrashish jarayoni tinch yakuniga yetgan, Amira va shahzoda do‘stligini saqlab qolgan.
Endilikda qirollik oilasining rasmiy a’zosi ekanligiga qaramay, odamlar uni malika deb atashda davom etadi.
Hatto turmush o‘rtog‘i bilan xayrlashganidan keyin ham xayriya faoliyati bilan shug‘ullanishda davom etgan sobiq malika millionlab sharq ayollari uchun o‘rnak bo‘la oladi. 2018-yilda sobiq malika milliarder Xalifa ibn Butti al-Muhayriga turmushga chiqdi.
Ko‘pchilik uni “Alovuddinning sehrli chirog'i” multfilmidagi malika Jasminga o‘xshatadi.
U nafaqat tashqi ko‘rinishi bilan, balki ichki olamining o‘ziga xosligi bilan ham ertak qahramonini esga soladi. | 72 | 2,480 |
Madaniyat | Universitetlarning kirish imtihonlari qallobliklariga bag‘ishlangan “Birinchi avgust” filmi suratga olindi (foto) | “O‘zbekkino” hamda “Olov nur media” studiyasi tomonidan “Birinchi avgust” filmi suratga olindi. Bu haqda film rejissyori Abduvohid G‘aniyev jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi.
‘Birinchi avgust’ filmi universitet va institutlarda 2009—2010-yillarda avj olgan korrupsiya, ya’ni universitetga kirish imtihonlari qallobliklariga bag‘ishlanadi. Filmning suratga olish ishlari may oyida boshlangan edi. Hozirda suratga olish ishlarini yakunlab, montaj jarayonlarini boshlab yubordik. Bosh rollarni Yigitali Mamajonov, Rayhon Ulasenova, Feruza Yusupova, Muyassar Berdiqulova, Sobir Otajonov singari aktyor va aktrisalar ijro etishdi. Film premyerasi kuz oylariga mo‘ljallangan.
Abduvohid G‘aniyev, rejissyor | 113 | 707 |
Madaniyat | Futbol, sevgi, “Real Madrid”... Iroqlik aka-ukalar Krishtianu bilan ko‘risha oladimi? “El-Klasiko” filmi treyleri | 2017-yilning 24-yanvar kuni “El-Klasiko” filmi ilk bor namoyish etiladi, deb yozdi “Championat.asia”. Kinokartina dunyo sahnasida katta shuhrat qozonishi kutilmoqda.
Unda axondroplaziya (pakanalik) kasaliga chalingan iroqlik aka-ukalar qismati hikoya qilinadi. Ular “Real” hamda “Barselona” ishtirokidagi to‘qnashuvni ko‘rish uchun Iroqdan Madridga qadar bo‘lgan 5500 kilometr yo‘lni bosib o‘tadi. Xo‘sh, ular maqsadiga yetadimi?
Film faqatgina sayhat va futbol bilan cheklanib qolmaydi. Yo‘ldagi azoblar, sevgi-muhabbat kabi mavzular ham yorqin ranglarda ochishga harakat qilingan. Uning treylerini tomosha qilib, o‘zingiz xulosa qiling. | 113 | 639 |
Madaniyat | Bir filmda suratga tushgandan so‘ng munosabatlariga chek qo‘ygan yulduzli juftliklar (foto) | Gollivudning mahoratli aktrisasi Nikol Kidman 2022-yil 20-iyun kuni 55 yoshni qarshi oldi. Aktrisa bu yoshga yetguniga qadar, albatta, uzoq yo‘l bosib o‘tdi, bir qancha sinovlarga duch keldi. Grazia nashri xuddi Nikol Kidman va Tom Kruz kabi bir fimlda suratga tushgandan so‘ng munosabatlarini to‘xtatgan yulduzli juftlikning bir nechtasini taqdim etdi.
Nikol Kidman va Tom Kruz
Jahon kinosining eng go‘zal juftliklaridan biri suratga olish maydonchasida uchrashgan. Nikol va Tom “Momaqaldiroq kunlari” filmining kastingiga birgalikda kelgan. Aktyor maftunkor intiluvchan aktrisa bilan butun hayotini birga o‘tkazmoqchi ekanligini tezda anglab yetdi.
Sevishganlar tezda turmush qurdi. Juftlik farzand ko‘ra olmagach, bola asrab olishga qaror qildi. Ularning oilasi bir o‘g‘il va qizga ko‘paydi. Tomning sayentologiyaga sodiqligi ularning nikohni asta-sekin yo‘q qildi. “Eyes Wide Shut” filmda suratga tushgandan so‘ng Nikol munosabatlarni to‘xtatishi kerakligini angladi. 2001-yilda er-xotin o‘n yil turmushdan keyin ajrashishdi.
Bred Pitt va Anjelina Joli
Bu juftlikning munosabatlari “Janob va xonim Smit” filmining suratga olish maydonchasida boshlangan. Joli-Pitts atrofidagi barchaga mutlaqo baxtli oiladek ko‘rinardi. Biroq 2015-yilda ular yana bir filmda suratga tushdi. Anji “Lojuvard sohil” filmining rejissori va ssenariy muallifi edi. Bu drama bir vaqtlar baxtli turmush qurgan va munosabatlari oxir-oqibat inqirozga duch kelgan er-xotin haqida bo‘lib, kartina premyerasidan bir yil o‘tgach, Pitt va Jolining o‘zlari ham muammolarga duch keldi.
2016-yil sentyabr oyida Anjelina nikohni bekor qilish va bolalarni to‘liq vasiylikka olishini so‘rab sudga murojaat qildi. 2021-yilda sobiq juftlik nihoyat vasiylik bilan bog‘liq barcha muammolarni hal qildi va Bred bolalarni ko‘rish huquqiga erishdi. Ammo insayderlarning so‘zlariga ko‘ra, Anjelina ushbu sud qaroriga qarshi chiqishga harakat qilmoqda.
Brittani Merfi va Eshton Katcher
Brittani va Eshton “Yangi turmush qurganlar” filmining suratga olish jarayonida tanishib, uchrasha boshladi. Sevishganlar o‘zlarining his-tuyg‘ularini yashirishga harakat qildi, lekin Gollivudda hech kim buni uddasidan chiqmagan. 2003-yilda film namoyish etilishi bilanoq Eshton Demi Mur bilan uchrashishni boshladi va Brittani bilan hech afsuslanmasdan ajrashdi.
Jennifer Lourens va Nikolas Xolt
Jennifer va Nikolay ham 2011-yilda “X-Men: Birinchi sinf” filmida uchrashishgan. Munosabatlar bir necha yil davom etdi, juftliklar franshizaning davomida yana birga ishlashlari kerak edi. Suratga olish maydonchasida ular hammasini qaytadan boshlashga qaror qildi. Afsuski, bu safar munosabatlar uzoq davom etmadi. Dostonning uchinchi qismi Lourens va Xolt uchun uchinchi imkoniyat bo‘lib qolmadi: juftlik ajrashishga qaror qildi.
Jennifer Lourens va Darren Aronofski
Jennifer Darren bilan “Ona” filmining suratga olish maydonchasida uchrashdi. Ko‘pchilik ularning orasidagi munosabat haqida taxmin qildi, bir yil o‘tgach, juftlik o‘zlarining his-tuyg‘ularini rasman tasdiqladi. Ammo aktrisa film chiqqandan keyin rejissor bilan ajrashdi. Shu bilan birga, Jennifer ajralish sababini ijodiy farqlardan boshqa narsa deb atamadi.
Kristen Styuart va Robert Pattinson
“Sumerki” dostoni nafaqat dunyoga mashhur loyihaning o‘zini, balki mukammal juftlikni ham taqdim etdi. 2012-yil oxirida suratga olish ishlari yakunlandi va munosabatlar ham o‘z nihoyasiga etdi. Ma’lum bo‘lishicha, Kristen Robertga xiyonat qilganligi tufayli munosabatlarga nuqta qo‘yildi. | 91 | 3,497 |
Madaniyat | Zolushkaning mo‘jizaviy taqdiri va Qarsildoqning sarguzashtlari. Yangi yil haqidagi eng ajoyib ertaklar o‘ntaligi | Har bir insonning o‘ziga xos sevimli ertagi mavjud va bu ertaklar ma’lum bir voqea-hodisalar yoki xotiralar bilan bevosita bog‘liq. Misol uchun, kimdir Yangi yil haqida o‘ylaydigan bo‘lsa, uning tasavvurida “Qarsildoq” ertagi jonlanadi, boshqa bir kishi “Qor malikasi” ertagini xotirlaydi. “Daryo” bayram shukuhini olib keluvchi, Yangi yil bayrami haqidagi eng qiziqarli va butun dunyo bo‘ylab mashhur bo‘lgan ertaklar o‘ntaligi haqida ma’lumot beradi.
“Zolushka” ertagi xalq og‘zaki ijodi namunalaridan biri bo‘lib, uning minglab turdagi ko‘rinishlari mavjud. “Zolushka” ertagining ilk namunalari miloddan avvalgi asrlarga borib taqaladi. Azaldan Misr hukmdoriga turmushga chiqadigan yunon qizi haqidagi ertak og‘izdan-og‘izga ko‘chib yurgan va ayni shu ertak “Zolushka”ning ilk ko‘rinishi sifatida e’tirof etiladi. Ertak baxtiqaro qizning kutilmagan baxtga duch kelishi haqida bo‘lib, u o‘quvchiga barchaga nisbatan muloyim munosabatda bo‘lishni, kechirimli bo‘lishni va turli og‘ir vaziyatlarda o‘z qalbingni asray olishing kerakligini o‘rgatadi.
“Zolushka” multfilmidan lavha
“Sohibjamol va Maxluq” ertagi ilk bora 1740-yilda nashr etilgan bo‘lib, fransuz yozuvchisi Gabriel Syuzanna qalamiga mansub. Ertakning Yevropa bo‘ylab tarqalgan turli ko‘rinishlari mavjud. Ba’zi olimlar bu ertak to‘rt ming yillar oldin mavjud bo‘lgan, degan fikrga egalar. Bu ertak kishiga insonlarga tashqi ko‘rinishga qarab emas, balki ichki dunyosiga qarab baho berishimiz kerakligini, ichki go‘zallik barcha narsadan ustunligini o‘rgatadi. Bu xulosani avvaliga Maxluqdan hadiksiragan bo‘lsa-da, keyinchalik u bilan eng qalin munosabatlar qurgan Bell hayoti misolida anglashimiz mumkin.
“Elflar va etikdo‘z” mashhur aka-uka Grimmlar qalamiga mansub bo‘lib, ertak uchta yosh elfdan katta marhamat ko‘radigan faqir etikdo‘z hayoti haqida. Ertakdan kelib chiqadigan xulosa quyidagicha: qattiq mehnat – barcha orzu va maqsadlar ushalishi uchun yagona kalitdir. O‘z mehnati va insonlarga keltirayotgan foydasini anglaydigan, o‘z qadrini biladigan inson uchun hayotda muvaffaqiyat qozonish og‘ir kechmaydi.
“Kichkina qizaloq” yoki “Gugurt ushlagan qizaloq” deb ataladigan ertak Xans Kristian Andersen qalamiga mansub bo‘lib, ilk marotaba 1845-yilda chop etildi. Keyinchalik bu ertak turli kino, animatsiya va video o‘yinlar yaratilishi uchun ham asos bo‘lib xizmat qildi. O‘limni qarshilayotgan bolakayning orzu va umidlari haqida bo‘lgan bu ertak turli ramzlarga to‘la.
Misol uchun, uchayotgan yulduz – orzular, gugurt esa xavfsizlik ramzidir. Ertakdan chiqariladigan xulosa esa sizdan ko‘ra faqir bo‘lgan insonlarga boshqalarga qaraganda ko‘proq saxovat bilan munosabat bildirishimiz lozimligi bo‘lib, ertakni o‘qigan kitobxon oilasi uchun ishlayotgan, nochor sharoitiga qaramay, orzu qilishdan to‘xtamaydigan qizaloqni hech qachon yodidan chiqara olmaydi.
“Qor bola” ertagi Yevropa mamlakatlari orasida keng tarqalgan xalq og‘zaki ijodi namunasi bo‘lib, o‘rta asrga oid manbalarda juda ko‘p marotaba uchraydi. Qordan yaratilgan farzand va uning ota-onasi o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni o‘z ichiga olgan bu ertak bir qaraganda sodda va jo‘n tuyulsa-da, inson ruhiyatining tub-tubida yotgan ezgulik va yovuzlikka murojaat qiladi. Ertakda bir inson qodir bo‘lgan jamiki ezgulik va yovuzlik bu ikki kuch o‘rtasidagi doimiy kurash vositasida ochib berilgan va bu ertak boshqalaridan o‘zining keskin xarakteri bilan ajralib turadi.
Mashhur yozuvchi Xans Kristian Andersen ijodiga tegishli yana bir ertak “Archa daraxti” deb nomlangan bo‘lib, bu ertak Andersen ijodida tushkunlik alomatlari ko‘ringan alohida asarlar qatoriga kiradi. Ertak qahramoni archa daraxti, u doim yanada ko‘proq rivojlanishni, o‘sishni istaydi va natijada ayni damdagi holatidan zavqlanish, xursandchilikni tuyish tuyg‘usidan mahrum bo‘ladi. Xuddi shu holatga monand tarzda ertak o‘quvchiga hayotda erishganlaringdan lazzatlanish, bir umr o‘zingda yo‘q narsalarga qayg‘urish o‘rniga boridan foydalanib qolish va hayotning qadriga yetishni o‘rgatadi.
“Dovr tog‘idagi mushuk” ertagi Norvegiya xalq og‘zaki ijodi namunalaridan biri. Kristen Asbyornsen hamda Mu Yorgen tomonidan tuzib chiqilgan “Norveg folklori” to‘plamidan joy olgan. Yangi yil bayrami uchun qirolga sovg‘a olib borayotgan insonning yo‘l-yo‘lakay Halvor ismli shaxsga yovuz maxluqlarga qarshi kurashish orqali yordam berishi haqidagi bu ertak o‘z o‘rnida ishlatilgan ayyorlikning fazilat bo‘lishi mumkinligi hamda yovuzlikka qarshi faqatgina kurashib g‘olib bo‘lish mumkinligi to‘g‘risida xulosa qilishga yetaklaydi.
Mardlik va jasurlik kabi hissiyotlar bilan bir qatorda, oqilona ishlatilgan aqlni ulug‘laydigan ertak bolalar uchun kelajak hayotdagi dasturamal bo‘lib xizmat qila oladi.
“Qarsildoq” 1816-yilda prussiyalik yozuvchi A.Xoffman tomonidan yozilgan. Ertak voqealari ko‘pchiligimizga tanish: Merining sevimli bayram qo‘g‘irchog‘i qarsildoqqa birdaniga jon ato etiladi va u sichqonlar hukmdorini yengib, aholisi qo‘g‘irchoqlardan iborat bo‘lgan mamlakatni boshqara boshlaydi. Mo‘jiza va sarguzashtlardan boshlanib, shiddatli kurash va oxir-oqibatda ezgulik g‘alabasi hamda muhabbat tuyg‘ulariga ulangan voqealar rivoji barcha uchun birdek qiziqarli kechishi shubhasiz.
Aka-uka Grimmlarning yana bir ajoyib ertagi – “Yong‘oq daraxti” ertagi. Boshqa ertaklardan farqli ravishda ushbu ertak turli ramzlar va keskin voqea-hodisalarni o‘z ichiga olgan. Oilaviy munosabatlardagi noxushliklardan tortib, inson hayotidagi eng katta fojialargacha tasvirlagan ertak aka-uka Grimmlarning haqqoniy va ayovsiz uslubini yana bir marotaba namoyon etadi. Ertakdagi ramzlar bo‘yicha turli mutaxassislar bir-biridan farq qiluvchi fikrlarga ega. Shunday ekan, bu sirli ertakdan har bir o‘quvchi o‘z haqiqatini qidirishi va topishiga to‘g‘ri keladi.
“Qor malikasi” ertagi ham Xans Kristian Andersen qalamiga mansub eng mashhur ertaklardan biri. 1844-yil 21-dekabrda nashr etilgan bu ertak Gerda va Kay kabi qahramonlarning yovuzlik hamda ezgulik kuchlari o‘rtasidagi kurashga guvoh bo‘lishi va bevosita bu kurashda faol ishtirok etishini o‘z ichiga oladi.
Ertak Andersonning nafaqat eng mashhur, balki eng uzun ijod namunasi hamdir. Ko‘plab sarguzashtlarni o‘z ichiga olgani, bir necha ramzlarni o‘zida jam etishi hamda insoniy tuyg‘ularning eng qadrlilari bo‘lmish muhabbat, sadoqat, ishonch, do‘stlik, fidoyilik kabilarni madh etgani uchun ham o‘quvchilarga qadrdon bo‘lib qolgan. Gerda bilan birga o‘tgan sarguzashtlar o‘quvchida jasorat hamda sabr-qanoat tuyg‘ulariga bo‘lgan ishtiyoqni shakllantirishi shubhasiz.
Rahimjon Qudratov tayyorladi. | 113 | 6,559 |
Madaniyat | Yulduz Usmonova “Ota faryodi” qo‘shig‘iga Toshkentdagi maktablardan birida klip suratga oldi (foto) | 2-iyun kuni poytaxt maktablaridan birida Yulduz Usmonovaning “Ota faryodi” qo‘shig‘iga klip suratga olish ishlari bordi, deya xabar bermoqda xonandaning rasmiy sayti.
Videoklip syujeti shahar tashqarisida bir necha yil avval sodir bo‘lgan hayotiy voqeaga asoslangan. O‘g‘lining maktabdan qaytishini kutayotgan ota uni qaytib ko‘ra olmaydi: uyga qaytayotgan bola nosoz ko‘prikdan o‘tayotib, suvga qulaydi va cho‘kib ketadi.
Klip “9999” studiyasi tomonidan suratga tushirilmoqda. | 99 | 481 |
Madaniyat | Jahongir Poziljonov “Bojalar shou”da bir nechta mumtoz qo‘shiqni jonli ijroda kuylamoqchi | “Bojalar” guruhi vakili Jahongir Poziljonov may oyi boshlarida “Bojalar shou” konsert dasturini taqdim etishni rejalashtirgan, deb xabar beradi “7x7” nashri.
Ma’lumotlarga ko‘ra, xonanda shu kuni bir nechta mumtoz qo‘shiqni jonli ijroda kuylashga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda. | 89 | 278 |
Madaniyat | “O‘zbekkonsert” 2017-yilda kliplari telekanallardan olib tashlangan xonandalarni ma’lum qildi | O‘zbekiston milliy matbuot markazida “O‘zbekkonsert” davlat muassasasining 2017-yilda bajarilgan ishlari va 2018-yildagi ustuvor vazifalar mavzusidagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Matbuot anjumani “O‘zbekkonsert” davlat muassasasining rahbariyati, bo‘lim boshliqlari, san’atkorlar hamda OAV xodimlari ishtirokida o‘tdi. Matbuot anjumanida “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad ham ishtirok etdi.
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasining direktori Odiljon Abduqahhorov 2017-yilda kliplari davlat va xususiy telekanallardan olib tashlangan xonandalar haqida gapirib o‘tdi.
Umumiy hisobda, yil davomida milliy mentalitetimizga to‘g‘ri kelmaydigan jami 12 ta videoklip davlat hamda xususiy telekanallardan olib tashlandi. Shahlo Ahmedova, Bunyodbek Saidov, Sardor Mamadaliyev, Rayhon G‘aniyevalar shular jumlasidandir.
Odiljon Abduqahhorov, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori | 93 | 873 |
Madaniyat | “Kuyov jo‘ra” komediyasining premyerasi kuni aniq bo‘ldi | Iste’dodli kinorejissor Iqbol Meliqo‘ziyevning “Kuyov jo‘ra” deb nomlangan oilaviy komediyasi 6-sentabrdan katta ekranlarga chiqishi ma’lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Popcorn.uz”.
“Bu filmning janri va nomiga qarab yana o‘sha sevgi-muhabbat mavzusi ekanda, deb o‘ylayotgandirsiz. Yo‘q bu o‘zbek xalqining mentaliteti, urf odatlari-yu udumlaridan kelib chiqqan holda yaratilgan komedik janrdagi kartinadir”, — deb yozadi nashr.
Kinokomediyada Muhammadiso Abdulxayirov, Hosiyat Husanova, Shohida Uzoqova, Asqar Hikmatov, Shahzoda Muhamedova, Zuhra Soliyeva va boshqa mahoratli aktyor va aktrisalar ansambli ishtirok etgan. | 56 | 622 |
Madaniyat | Mirza Azizov koronavirus haqida spektakl sahnalashtirayotgan edi (video) | O‘zbekiston xalq artisti Mirza Azizov 16-aprel, juma kuni 58 yoshida vafot etdi.
Mirza Azizov COVID-19 ga chalinib, 25 kun davomida Respublika maxsus 2-sonli Zangiota shifoxonasining reanimatsiya bo‘limida davolangan.
Mirza Azizov may oyining oxirida koronavirus haqida spektakl sahnalashtirishni reja qilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatr dirijyori Olimjon Komiljonov YouTube’dagi YashinTV kanaliga bergan intervyusida gapirib berdi.
“Baxshi” spektaklimizda motam sahnasi bor. Bu spektaklni rejissor Doston Haqberdiyev bilan birgalikda sahnalashtiryapmiz. Xuddi shu motam sahnasini ishlayotgan vaqtimizda “Mirza Azizov o‘tib qoldilar”, degan noxush xabar keldi. Hayratda qoldik. Biz “erta-indin Mirza aka kelib, hamma ishimizga bosh bo‘ladilar”, deb turgandik. Hech kimning qo‘li ishga bormay qoldi.
Taxminan, 15-mart kunlarida ikkalamiz ularning xonalarida suhbatlashgandik. O‘sha suhbatda “Shoir Botir Ergashevga koronavirus haqida she’riy asar yozishlarini iltimos qildim. May oyining oxirlarida koronavirus haqida spektakl sahnalashtirishni boshlaymiz. Bu orqali virus qanchalik yomonligini, og‘irligini bunga befarq qaramaslik kerakligini tushuntiramiz”, dedilar. Yonimda shoir Botir Ergashev bilan gaplashdilar, Botir Ergashev ham ushbu asarni she’riy qilib yozayotganini aytgandi. Buni qarangki, o‘zlari ham koronavirusdan o‘tib qoldilar. Aqlimga sig‘dira olmayapman.
Bir shogirdlari bilan gaplashib qolganimizda “Oxirgi armonlarini bajarsak-chi, amalga oshirsak-chi?”, deb qoldilar. Xotira kechasidek qilib, shu spektaklni sahnalashtirishni niyat qildik.
Mirza aka juda oliyjanob, kuyunchak inson edilar. Umrlarini, yoshliklarini, kuchlarini shu teatrga bag‘ishladilar.
Olimjon Komiljonov, Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatr dirijyori | 72 | 1,806 |
Madaniyat | O‘zbekistonlik sobiq feldsher Rossiyaning “Pesni” loyihasini zabt etmoqda (video) | O‘zbekistonlik yosh aktyor, qo‘shiqchi va sobiq feldsher Oleg Ternovoy Rossiyaning “TNT” telekanalidagi “Pesni” (“Qo‘shiqlar”) shousida keyingi bosqichga o‘tdi, deb yozadi News Mail.Ru.
Olegning o‘zi aytishicha, u hozirda San’at va madaniyat institutining so‘nggi bosqichida o‘qiydi, parallel tarzda O‘zbekistondagi rus akademik drama teatrida bir nechta rollarni o‘ynaydi. Bungacha u “tez yordam”da oddiy feldsher bo‘lib ishlagan.
Oleg birinchi bosqichda Hype qo‘shig‘ini ijro etdi. Hakamlarning uchalasi ham — Maksim Fadeyev, Timati va Garik Martirosyan Olegning keyingi bosqichga o‘tishiga rozi bo‘ldi.
Qattiq saralashdan keyin 20 nafar ishtirokchi realiti shouda qatnashadi. Unda tomoshabinlarning eng ko‘p ovozlarini to‘plagan ishtirokchi 5 million rublni qo‘lga kiritadi. Shou prodyuserlari Maksim Fadeyev va Timati o‘zlariga ma’qul tushgan qo‘shiqchilar bilan shartnoma tuzadi. | 81 | 885 |
Madaniyat | “Uyda yolg‘iz” filmi yulduzi Makoley Kalkin o‘g‘lining onasiga uylanishga qaror qildi | “Uyda yolg‘iz” Yangi yil komediyasi tufayli dunyo miqyosida shuhrat qozongan aktyor Makoley Kalkin turmush qurishga qaror qildi. U to‘rt yildan beri uchrashib kelayotgan sevgilisi Brenda Songga turmush qurishni taklif qilgan, deb yozadi “360tv.ru” nashri.
Nashrning yozishicha, paparatssilar aktyorning sevgilisi bilan Beverli-Xillzda sayr qilib yurganini suratga olgan. Uning chap qo‘lida esa nikoh uzugini ko‘rishgan. Ma’lum bo‘lishicha, Brenda Song va Makoley Kalkin bir necha yildan beri birga yashab, o‘g‘il farzandini tarbiya qilib kelmoqda. Bola 2021-yil tug‘ilgan, unga aktyorning baxtsiz hodisada vafot etgan singlisi sharafiga Dakota Song Kalkin ismi berilgan.
Ko‘p yillar davomida muvaffaqiyatli loyihalarda suratga tushmay kelayotgan Kalkinning karyerasi endigina yaxshilana boshladi. Aktyor “Amerikaning qo‘rqinchli hikoyasi”ning yangi mavsumida rol o‘ynadi: tanqidchilarning ta’kidlashicha, bu rol unga munosib.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Uyda yolg‘iz” franshizasi tufayli mashhurlikka erishgan aktyor va aktrisalar yana bir davraga yig‘ilishi mumkinligi ma’lum bo‘lgan edi. Rollardan birining ijrochisi Devin Retreyning so‘zlariga ko‘ra, barcha aktyorlar yangi loyihada yana birlashishi mumkin. Retreyning ta’kidlashicha, u hali ham hamkasblari bilan munosabatlarni saqlab qolgan. | 85 | 1,296 |
Madaniyat | Manzura turmush qurmagani va farzandsizligi haqidagi savollar dilini vayron qilishini bildirdi | Xonanda Manzura marhum ota-onasi bilan so‘nggi marta qilgan sayohatini xotirladi. Xonanda ota-ona insonning eng yaqin do‘sti ekanligini bildirib, so‘nggi paytlarda uning dilini vayron qilayotgan savollar haqida ham gapirdi.
“Ramazon hammamiz uchun kutilgan oy, lekin men uchun aynan shu oy yanada qadrli, aynan shu oyda ota-onam bilan oxirgi marta sayohatga chiqqandim. Ular keksa edi, ob-havo juda isib ketmasidan Antaliyaga yo‘l oldik.
Insonning hayotida, albatta, do‘stlari bo‘ladi, faqat biz buni har doim ham anglamaymiz. Eng yaqin do‘st — bu sening ota-onang. Ular dunyodan o‘tganidan keyin senga hamisha hamroh va do‘sting Alloh.
Har bir ota-ona o‘z farzandining kelajakdagi taqdirini o‘ylab, Allohga omonat qilib, dunyodan o‘tadi. Harakat qiling, imkon qadar ular bilan vaqt o‘tkazishga va yana ularni rozi qilishga.
Ota-ona shunday ne’matki, qanaqa bo‘lishingdan qat’i nazar ular seni yaxshi ko‘raveradi. Boshqalarning gapidan xulosa qilib, sening yaqining bo‘lib, dushmanlik qilmaydi.
‘Nega farzanding yo‘q, nega turmushing yo‘q?’ deb sendan qayta-qayta so‘rab, dilingni vayron qilmaydi. Ota-ona senga Xudodan xotirjamlik, gunohlaringni afv etishini so‘rab, sen uchun jannatlardan qasrlar so‘raydi”, — deb yozadi Manzura.
View this post on Instagram | 94 | 1,268 |
Madaniyat | 70 yil taxtda: Yelizaveta II ning so‘nggi yarim asrda yaratgan eng chiroyli obrazlari (foto) | 1952-yil 6-fevralda Yelizaveta II taxtga o‘tirdi va 70 yil davomida Buyuk Britaniyani boshqarib kelmoqda. Bu boshqa Britaniya monarxlaridan ko‘ra ko‘proq hukmronlik deganidir. Qirolicha o‘z hukmronligining platina to‘yini nishonlayotgan ayni vaqtda uning eng yorqin obrazlarini yodga olamiz.
2022-yil 21-aprel kuni Yelizaveta II o‘zining 96 yoshini nishonlaydi. So‘nggi yetmish yil davomida butun dunyo e’tiborini unga qaratdi va bu uning qirolicha bo‘lganligi uchun emas, balki uning o‘ziga xos uslubiga ham bog‘liq.
Hamisha jamiyat e’tiborida bo‘ladigan insonlar doimo mukammal ko‘rinishda bo‘lishi kerak. Yelizaveta II esa buni juda yaxshi uddalaydi.
Yelizaveta 25 yoshida hukmron monarxga aylandi va u qat’iy qoidalarga muvofiq kiyinishi kerak edi. Ammo qanday qilib yosh qiz sevimli uslubini butunlay tark etishi mumkin?
Maxsus marosim va ziyofatlar uchun qirolicha nozik marjon, yelka qismi ochiq va mo‘ynali liboslarni tanladi. Qo‘lqoplar esa yanada cheklangan obrazni boyitishga yordam berdi.
O‘ta keng hajmli ko‘ylaklar qomatni ta’kidlovchi liboslar bilan almashtirildi. O‘sha yillarda qirollik dizayneri Xardi Amis edi, u tendensiyalar va qat’iy qoidalar o‘rtasidagi muvozanatni yaratdi. U Yelizaveta uchun bosh kiyim uchun harir matolar va zamonaviy ranglarni tanladi.
90-yillarning boshlarida Yelizaveta II ning garderobida ikki qismli yubka-kostyumlar paydo bo‘la boshladi, bu keyinchalik uning o‘ziga xos belgisiga aylandi. U buning uchun Jon Andersondan minnatdor.
Keyinchalik qirolicha tobora ko‘proq ko‘ylak va paltoda ko‘rinish berdi.
Keyt Middlton va shahzoda Uilyamning to‘yida Yelizaveta sariq rangdagi libosni tanladi.
Megan Markl va shahzoda Garrining nikoh marosimida esa och yashil rang libosda tashrif buyurdi.
Lekin moda o‘zgarsa-da, obrazda nimadir saqlanib qoladi. Shunday qilib, hukmronlik qilayotgan qirolichaning makiyajida faqat bitta narsa — sevimli rangdagi yorqin lab bo‘yog‘i o‘zgarmadi.
Qirolicha sumkalardan ham voz kechmaydi, shuningdek, Britaniyaning Launer brendining aksessuarlarini ma’qul ko‘radi. Qirollik saroyi uchun shlyapalar Somerville brendi tomonidan yetkazib beriladi.
Qirolicha turmush o‘rtog‘ining o‘limi munosabati bilan faqat qora libos kiydi, ammo hamisha uning yangi yorqin chiqishlarini kutayotganlar ham yo‘q emas. | 92 | 2,288 |
Madaniyat | Rossiyalik taniqli aktyor Albert Filozov 79 yoshida vafot etdi | Moskvada 11-aprel, dushanba kuni Rossiya Federatsiyasi xalq artisti Albert Filozov 79 yoshida vafot etdi. U oxirgi bor 27-mart kuni o‘zi xizmat qilayotgan “Zamonaviy pyesa maktabi” teatrining “Shahar” spektaklida sahnaga chiqqandi, deya xabar beradi Meduza.
Albert Filozov 1937-yili Sverdlovskda tug‘ilgan. MXAT maktab-studiyasini tamomlagan, Yermolova, Stanislavskiy nomli teatrlarda faoliyat ko‘rsatgan, 1989-yildan beri “Zamonaviy pyesa maktabi”da ishlab kelayotgandi.
Teatr sahnasidagi ko‘plab rollaridan tashqari kinoda ham yuzdan ziyod obrazlar yaratgan. Ular orasida “Meri Poppins, alvido!”, “Kaputsinlar xiyobonidagi kishi”, “Vassa”, “Tehron 43” kabi mashhur filmlar bor. | 62 | 680 |
Madaniyat | Xonanda Lola: Yana ikki farzandim va mustahkam oilam bo‘lishini xohlayman | Xonanda Lola Yo‘ldosheva shaxsiy hayoti bilan bog‘liq niyatlarini ma’lum qildi. Bu haqda u RedPen nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Hozir bir narsani aniq bilaman — ustun maqsadlarni aniq qo‘yish kerak”, — dedi Lola.
“Kamida yana ikki farzandim bo‘lishini xohlayman. Turmush o‘rtog‘im, bobo, buvi va ko‘plab bolalar bo‘ladigan katta, mustahkam oilam bo‘lishini, katta tushlik stoli va oilaviy bayramlar o‘tkazilishi va hammamiz birga o‘tirishimizni istayman”, — dedi xonanda.
“Bu aynan ota-onam menga singdirgan jihat va men bu maqsadga o‘z yo‘lim bilan yetib keldim”, — deya qo‘shimcha qildi xonanda Lola Yo‘ldosheva.
Avvalroq Lola nima sababdan ajrashganini ma’lum qilgani haqida xabar berilgan edi. Ma’lumot uchun, ayni vaqtda Lolaning bir qiz va bir o‘g‘il farzandi bor. | 73 | 784 |
Madaniyat | Ijtimoiy tarmoqda Rashid Haliqov hashamatli hayotini ko`z-ko`z qilgani haqidagi xabarga vazirlik munosabat bildirdi | Sal avval Mo`tabar Tadjibaevaning feysbukidagi O'zbekiston Respublikasi. Xalq fikri / Mnenie naroda ijtimoiy tarmog`i orqali karantin bo`lishiga qaramasdan oddiy xalqning qurbi etmaydigan nozu-ne`matlar, xashamatli uy joylarini ijtimoiy tarmoqlarda videolar orqali ko`z-ko`z qiluvchi san`atkorlar to`g`risida ulashilgan e`tirozi ommalashgan edi. Bu post yuzasidan Madaniyat vazirligi izoh berdi.
Ushbu munosabatda aytilganidek Rashid Xalikovning uyda qolib, oila davrasida bo`lishi va ular bilan bir qozonda pishirilgan taomni tanovul qilib ko`rsatishiga Madaniyat vazirligi nazoratni o`rnatmaydi. Shu bilan birga uning oilasi va yashayotgan uy-joyini san`atkor o`zining iqtidori bilan barpo qilgan.
San`atkorning qo`shig`i yoki klipi madaniyat etikasiga to`g`ri kelmasagina, vazirlik bu masala yuzasidan qonun doirasida tegishli choralar ko`rishi mumkin, ammo uning shaxsiy hayotiga Madaniyat vazirligining aralashuvi xech bir qoidaga to`g`ri kelmaydi.
Shuningdek, san`atkorning instagram sahifasiga qo`yilgan xavolaning maqsadi karantin vaqtida uyda qolib, vaqtini oila davrasida o`tkazishini namoyish qilish bo`lgan. Shu bilan birgalikda ushbu san`atkor pandemiya davrida kam ta`minlangan oilalarga xayriya ishlarini tashkil etib kelmoqda.
"Yillar davomida xalq xizmatida bo`lib, uning rozi rizoligini olib hamda 30 yil davomida xayriya qilayotganligimni hech qachon oshkora qilmagan edim, men kabi boshqa san`at ahli ham shunday ishlar qilib kelishmoqda. Axir "chap qo`ling berganini o`ng qo`ling bilmasin" degan naql borku, biz xayriya ishlarimizni ko`z-ko`z qilishdan qochamiz, barchasi xudo yo`liga", deb javob berdi Rashid Xaliqov.
"Agar, yuqorida keltirilgan xavola orqali kimningdir nafsoniyatiga tekkan bo`lsak uzrimizni so`raymiz. Keling birgalikda karantin qoidalariga rioya qilib, uni yurtimizdan tezroq ketishida birlashaylik, bugun O`zbekiston xalqi Davlat rahbari rahnamoligida birlashganini ko`ryapmiz, bu degani koronavirus ham bizni yaqin kunlarda tark etadi va biz yana yurtdoshlarimiz bilan tez kunlarda diydor ko`rishamiz", deydi san`atkor o`z javobida. | 115 | 2,078 |
Madaniyat | Leonardo Di Kaprio va Bri Larson Critics’ Choice mukofoti sovrindori bo‘ldi | Leonardo Di Kaprio va Bri Larson “O‘limdan qaytgan” va “Xona” filmlarida o‘ynagan rollari uchun AQSh kinotanqidchilarining Critics’ Choice mukofoti sovrindori bo‘ldi. Bu haqda A&E telekanali tomonidan namoyish etilgan taqdimot marosimiga tayangan holda “RIA Novosti” xabar qilmoqda.
Eng yaxshi aktyor yo‘nalishida Leonardo Di Kaprio bilan birga “Qora Messa” filmida rol o‘ynagan aktyor Jonni Depp, Mett Deymon (“Marslik”), Eddi Redmeyn (“Daniyalik qiz”), Maykl Fassbender (“Stiv Jobs”) va Brayan Krenston (“Trambo”)lar g‘oliblik uchun kurash olib bordi.
Bri Larsondan tashqari Keyt Blanshett (“Kerol”), Jennifer Lourens (“Joy”), Sharlotta Rempling (“45 yil”), Sirsha Ronan (“Bruklin”) va Sharliz Teron (“Telba Maks”)lar ham eng yaxshi aktrisa unvoniga nomzod bo‘lgan edi.
300 ga yaqin tanqidchidan iborat bo‘lgan AQSh Kinotanqidchilari assotsiatsiyasi (BFCA) mukofoti har yili beriladi. BFCA AQSh va Kanadaning eng yirik kinotanqidchilar assotsiatsiyasi hisoblanadi. | 75 | 967 |
Madaniyat | Karyera bilan tarbiyani umumlashtirishning uddasidan chiqqan serfarzand mashhurlar | Gollivud yulduzlari Anjelina Joli va Bred Pittdan tashqari san’at va biznes olamidagi yana kimlar serfarzand ekani haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Ilon Mask — 6 nafar farzandi bor
Dunyoga mashhur biznesmenning 6 nafar farzandi bor. Besh nafar farzandni Kanadadagi universitetda tahsil olish vaqti tanishgan yozuvchi Jastin Mask dunyoga keltirgan. Oltinchisining onasi esa Grayms sifatida ma’lum bo‘lgan xonanda Kler Bushe.
Ilon Mask 2004-yilda tug‘ilgan egizaklar — Griffin va Ksavyening, 2006-yilda tavallud topgan Kaya, Sakson hamda Damien hamda X Æ A-XII (Eks Esh Ey-Tvelv deb talaffuz qilinadi)ning otasi. Band ekaniga qaramay bolalariga yetarlicha vaqt ajratadigan Mask yettinchi farzandi qiz bo‘lishiga umid qiladi.
Natalya Vodyanova — 5 nafar farzandi bor
Natalyaning ko‘rinishiga qarab uning besh nafar farzandi borligiga ishonish qiyin. Birinchi turmush o‘rtog‘i Jastin Portmandan uch nafar farzand: 2001-yilda Lukas Aleksandr, 2006-yilda Neva hamda 2007-yilda Viktor dunyoga kelgan. 2011-yilda esa juftlik munosabatlariga nuqta qo‘ygan.
View this post on Instagram
2014-yilda tug‘ilgan Maksim va oradan ikki yil o‘tib dunyoga kelgan kichik Romanning otasi esa Antuan Arno. Avvalgidek ishlashda davom etadigan Natalya bolalarining tarbiyasini unutmagan holda xayriya bilan shug‘ullanishni ham kanda qilmaydi.
Devid va Viktoriya Bekxem — 4 nafar farzandi bor
Devid va Viktoriyaning 20 yillik turmushi davomida 4 nafar farzand: Bruklin (1999), Romeo (2000), Kruz (2005) hamda ayni vaqtda yoshi o‘nda bo‘lgan Xarper dunyoga kelgan. Faol hayot tarzini kechiradigan oila ommaga tez-tez ko‘rinish berib turadi. Bruklin modellik bilan Romeo esa futbol bilan shug‘ullanadi. Ota-onasi ularni hamma vaqt qo‘llab-quvvatlashga harakat qiladi.
Xaydi Klum — 4 nafar farzandi bor
Bundan 30 yil avval modellik karyerasini boshlagan 48 yoshli Xaydining 4 nafar farzandi bor. Flavio Briatore ayni vaqtda 17 yoshda bo‘lgan ilk farzandi Lenining otasi. Juftlik bola tug‘ilishidan avvalroq ajralib ketgan.
Sil bilan 2005—2012-yilgi turmushi davomida 3 nafar farzand: Genri, Yoxan va Lu tavallud topgan. Model kichkina farzandlarining suratini jamoatchilikka ko‘z-ko‘z qilishni istamaydi, Leni esa onasining izidan ketgan: modellik bilan shug‘ullanadigan qiz Instagram’da o‘z blogini yuritadi.
Stiven Spilberg — 7 nafar farzandi bor
“Indiana Jons”, “Shindler ro‘yxati” singari filmlar rejissorining 7 nafar farzandi bor. Birinchi rafiqasidan dunyoga kelgan 36 yashar Maks video o‘yinlar yaratadi. Sasha (31), Soyer (29) va Destri Ellin (24) ismli farzandlarining onasi aktrisa Keyt Kepshou. Shuningdek, Spilberg uch nafar farzandni asrab ham olgan: Teo — 33, Mikael — 25 va Jessika Kepshou — 45 yoshda.
Madonna — 6 nafar farzandi bor
View this post on Instagram
Maddona 6 nafar farzandning onasi. Fitness trener Karlos Leon bilan turmushidan qizi Lurdes dunyoga kelgan. Ayni vaqtda 24 yoshda bo‘lgan qiz model sifatida o‘zini sinab ko‘rmoqda. 21 yashar Rokkoning otasi esa rejissor Gay Richi. 2006-yilda Gay Richi va Madonna Afrikaga safari davomida ayni vaqtda 15 yosh bo‘lgan Devid Bandani tarbiyasiga olgan. Rejissor bilan ajrashganidan keyin xonanda 3 nafar farzandni: 2009-yilda Mersi Jeyms, 2017-yilda egizak Ester va Stellani asrab olgan. Qo‘shiqchi Instagram sahifasiga muntazam ravishda farzandlarining suratini joylab keladi.
Krishtianu Ronaldu — 4 nafar farzandi bor
View this post on Instagram
Portugaliyalik futbolchining 4 nafar farzandi bor. 11 yashar Krishtianuning onasi kimligi ma’lum emas. 2017-yilda tug‘ilgan egizaklar — Yeva va Mateoni surrogat ona dunyoga keltirgan.
View this post on Instagram
Ayni vaqtda sportchi ispaniyalik model Jorjiana Rodriges bilan munosabatda. Ayol 2017-yilda tug‘ilgan Alan Martinning onasi.
Sting — 6 nafar farzandi bor
Musiqachining 6 nafar farzandi bor. 44 yashar Jozef va 39 yashar Fuskiya birinchi rafiqasi aktrisa Frensis Tomelti bilan turmushidan tug‘ilgan. Aktrisa Trudi Stayler esa 4 nafar farzand: 1984-yilda Mikki, 1985-yilda Jeyk, 1900-yilda Eliot hamda 1995-yilda Jakomoni dunyoga keltirgan. Sting, shuningdek, 7 nafar nabiraning bobosi.
Stellan Skarsgard — 8 nafar farzandi bor
Arsenalida 120 ga yaqin film bo‘lgan aktyorning 8 nafar farzandi bor. Birinchi umr yo‘ldoshi shifokor Myu Gyunter bilan turmushidan 6 nafar farzand: Aleksandr (45), Gustaf (40), Sem (39), Bill (31) va Valter (25) hamda Eya dunyoga kelgan. Ikkinchi turmushi davomida esa 2 nafar farzand: hozirda 12 yoshda bo‘lgan Ossian va 9 yashar Kolborn tug‘ilgan.
Alek Bolduin — 7 nafar farzandi bor
View this post on Instagram
Alek 2012-yilda yoga bo‘yicha mutaxassis Xilari Tomashga uylangan. Juftlikning Karmen (8 yosh), Lyusiya (1 yosh), Rafael (6 yosh), Leonardo (5 yosh), Romeo (3 yosh) va Eduardo (1 yosh) ismli farzandlari bor. Ikki kenja farzandni 5 oy farq bilan tug‘ilgan. Gap shundaki, Eduardoni surrogat ona dunyoga keltirgan. Bundan tashqari, Alekning Kim Beysinger bilan turmushidan Ayrlend Bolduin ismli farzandi ham bor.
View this post on Instagram
25 yoshda bo‘lgan qiz modellik bilan shug‘ullanadi.
Gordon Ramzi — 5 nafar farzandi bor
View this post on Instagram
Mashhur oshpazning Tanaga uylanganiga 34 yil bo‘lgan. Ularning 5 nafar: Megan, egizaklar — Jek va Xolli, Matilda hamda Oskar ismli farzandlari bor.
View this post on Instagram
2016-yilda Tana homiladorligining 5 haftasida farzandidan ayrilgan, bu haqda Gordon Facebook sahifasida e’lon qilgan.
Jeyms Van Der Bik — 5 nafar farzandi bor
View this post on Instagram
Aktyor 5 nafar farzandning otasi. Biznes-konsultantlik bilan shug‘ullanadigan Kimberli Bruk bilan turmushidan 11 yashar Oliviya, 9 yashar Joshua, 7 yoshli Annabel hamda 5 yashar Emiliya dunyoga kelgan. 2018-yilda 5-farzand Gvendolin tavallud topgan. Bir yil o‘tib Kimberlining 6-homilasini asrab qolishning iloji bo‘lmagan. Ayni vaqtda ularning oilasida hammasi joyida.
Valeriy Meladze — 6 nafar farzandning otasi
Xonanda serfarzand otalardan hisoblanadi. 3 nafar qizlari Irina Meladze bilan turmushidan dunyoga kelgan. 30 yashar Inga zargarlik biznesi bilan shug‘ullanadi, 22 yoshli Sofya talaba, 18 yashar Arina esa shifokor bo‘lishni rejalashtirgan.
View this post on Instagram
Ikkinchi rafiqasi Albina Janabayeva bilan turmushidan 3 nafar farzand: 17 yoshli Konstantin, 7 yashar Luk va hali yoshga to‘lmagan Agata tug‘ilgan. Juftlik farzandlarining videosini Instagram sahifasiga muntazam ravishda joylab keladi. | 82 | 6,547 |
Madaniyat | “O‘zbekkino” yirik savdo markazlaridagi kinoteatrlarning filmlar repertuarini 1,5 oy ichida tartibga soladi | “O‘zbekkino” Milliy agentligi bosh direktori Otabek Musayev yirik savdo markazlarining ichida joylashgan xususiy kinoteatrlarning repertuari og‘riqli masalalardan biri ekanligini qayd etib o‘tdi. Bu haqda agentlik faoliyatiga bag‘ishlab 25-mart kuni tashkil etilgan matbuot anjumanida qatnashgan “Daryo” muxbiri ma’lum qildi.
Xabar berishlaricha, jurnalistlardan biri: “Yirik savdo markazlari ichida joylashgan kinoteatrlarda qo‘yilayotgan filmlarning repertuarlari nazorat qilinadimi? Bu kinoteatrlar xususiy bo‘lgani bilan, unda namoyish etilayotgan filmlarni farzandlarimiz ko‘radi”, — qabilida savol bergan.
“Savdo markazlari ichida joylashgan kinoteatrlarda namoyish etilayotgan filmlar repertuari va ularning nazorati ham og‘riqli masalalarimizdan. Mazkur yo‘nalish shu vaqtgacha me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinmagan. Ammo bu kun tartibidagi dolzarb masalalardan biri. 1—1,5 oy ichida bu masalani tartibga solamiz”, — dedi “O‘zbekkino” Milliy agentligi bosh direktori Otabek Musayev.
Avvalroq “O‘zbekkino” Milliy agentligi bosh direktori O‘zbekistonda 2020-yilda tarixiy film suratga olinishi rejalashtirilayotgani, shuningdek, mamlakatdagi kollej-litseylarning majlis zallaridan kinoteatr sifatida foydalanish masalasi o‘rganib chiqilayotganini ma’lum qilgani haqida xabar berilgan edi. | 107 | 1,303 |
Madaniyat | 68 yoshli Gollivud aktyori Richard Gir uchinchi marta uylandi | Gollivud aktyori 68 yoshli Richard Gir 35 yoshli ispaniyalik jurnalist va tadbirkor Alexandra Silvega uylandi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
5-may kuni bo‘lib o‘tgan to‘y budda qonunlari bo‘yicha o‘tkazilgan. 12-may kuni esa kelin-kuyovning Nyu-York tashqarisidagi diniy to‘y marosimi bo‘lib o‘tgan.
“Men koinotdagi eng baxtli insonman. Boshqacha bo‘lishi mumkinmi? Alexandra chiroyli, aqlli, ta’sirchan va quvnoq”, — deydi aktyor.
Aktyorning rafiqasi ham turmush o‘rtog‘iga bo‘lgan sevgisini izhor etgan:
“Qalbim sevgi bilan to‘la. U har kuni tongda meni nima baxtli qilishini so‘raydi. Sevgan insoning senga atab har kuni qo‘shiq kuylashidan ham romantik holat bo‘ladimi?”.
Richard Gir uchun bu nikoh uchinchi, Alexandra uchun esa ikkinchi bo‘ldi.
Aktyor bunga qadar model Sindi Krouford va aktrisa Keri Louell bilan turmush qurib, ajrashgan. | 61 | 853 |
Madaniyat | Nyu-Yorkda ijtimoiy tarmoqlardagi yutuqlari uchun Shorty Awards mukofoti topshirildi | Nyu-Yorkda 2016-yilda ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi va yutuqlari uchun Shorty Awards mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb yozadi “TASS”.
Ijtimoiy tarmoqlardagi eng ommabop aktyor deya 14 yoshli amerikalik Geyten Mataratsso e’tirof etildi. U “Xo‘rlanganlar” myuziklidagi rolidan so‘ng tanilgan. Hay’at fikriga ko‘ra, Mataratsso ishtirok etgan va Netflix video-servisiga joylangan “Juda g‘ayrioddiy ishlar” seriali ham katta muvaffaqiyatga erishmoqda. Avvalroq aktyor Amerikaning Time jurnali versiyasiga ko‘ra, 2016-yilda 100 nafar eng ta’siri kuchli o‘smirlar reytingiga kirgan edi.
Internetda eng katta yutuqlarga erishgan aktrisa sifatida kanadalik ijrochi va model Shey Mitchell tan olindi. U “Yoqimtoy yolg‘onchilar” seriali yakunlanishi munosabati bilan YouTube’ga joylagan videomurojaat 2 million martadan ko‘proq tomosha qilingan. Bundan tashqari, uning YouTube’ga qo‘yib boriladigan pazandalik darslari ham katta qiziqishga sabab bo‘lmoqda.
Internetdagi eng ommabop jonivorga bag‘ishlangan nominatsiyada Kruzo laqabli taksa g‘olib bo‘ldi. Kruzo ishtirokidagi videolar YouTube’da 44 million martadan ko‘proq ko‘rilgan. | 84 | 1,140 |
Madaniyat | Amitabh Bachchan, Shohrux Xon, Kajol va bir filmda ikki obrazni gavdalantirgan boshqa Bollivud yulduzlari (video) | Millionlab muxlislarning qalbidan joy olgan Bollivud olamidagi ayrim aktyor va aktrisalar bir kinofilmda ikki obrazni gavdalantirgan. Ular ishtirokidagi bu filmlar nafaqat Hindistonda, balki dunyo bo‘ylab sevib tomosha qilinadi.
Shohrux Xon — “Don”, “Qiyofadosh”, “Jumboq”, “Firibgar” kinofilmlari
“Don” kinofilmi
Triller, romantik va komediya kabi janrlarni birlashtirgan “Don” kinofilmida Shohrux Xon ikki obrazni gavdalantirgan. Rejissor Farxon Axtar tomonidan 2006-yilda suratga olingan filmda aktyor giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi guruh rahbari va oddiy inson rolini ijro etgan. Filmda politsiya rahbari ularni almashtirib giyohvand moddalar savdosi haqida ma’lumotlarni bilib olmoqchi bo‘ladi. Buning natijasida ko‘plab jinoyatlar fosh bo‘ladi. Aktyor bu ijrosi orqali ko‘plab muxlislarning qalbini zabt etgan.
“Qiyofadosh” kinofilmi
Shohrux Xon ishtirokidagi “Qiyofadosh” filmi aktyorning eng muvaffaqiyatli loyihalaridan biri hisoblanadi. Aktyor filmda bir-biriga umuman o‘xshamaydigan qiyofadoshlar rolini gavdalantirgan. “Qiyofadosh” filmi 1998-yilda suratga olingan va unda Shohrux Xon, Juhi Chavla, Sonali Bendra, Farida Jalol kabi mashhur aktrisa va aktyorlar rol ijro etgan.
“Jumboq” kinokartinasi
Aktyor ijrosidagi navbatdagi “Jumboq” filmida ham ikkita: savdogar va ruh rollarini ijro etgan. Uning birinchi qahramoni savdogar sodda va har doim ishini qo‘ldan boy beruvchi obraz bo‘lsa, ikkinchi obrazi ruh roli murakkab xususiyatlarga ega. Kinofilm suratga olinganiga bir necha yillar bo‘lgan, biroq film hamon sevib tomosha qilinadi. Aktyor filmda Bollivudning mashhur aktrisalaridan biri Rani Mukerji bilan partnyor bo‘lgan.
“Firibgar” filmi
Rejissor Abbas Burmavallaning 1993-yilda suratga olingan “Firibgar” kinofilmida Shohrux Xon ikki obrazda: oddiy inson va firibgar rolini ijro etgan. Filmda u ota-onasi, singlisi uchun qasos olishga harakat qiladi. U buning uchun tashqi ko‘rinishi, ismini o‘zgartiradi va otasining boyligini tortib olgan insonning ikki qizidan qasd olishga harakat qiladi. Uning katta qizini aldab yuradi va keyin uni o‘ldiradi. Qiz vafot etganidan keyin aktyor uning singlisi rolini ijro etgan Kajol bilan turmush quradi. Oradan vaqt o‘tib Shohrux Xonning barcha jinoyatlari fosh bo‘ladi.
Hema Malini — “Zita va Gita” filmi
Bollivudning dunyo bo‘ylab mashhurlikka erishgan erishgan aktrisalaridan biri Hema Malini “Zita va Gita” filmida fe’l-atvor jihatidan bir-biriga o‘xshamaydigan egizaklar rolini ijro etgan. Kinokartinada egizaklar almashib qoladi. Oradan ancha yillar o‘tib tasodifan ular almashib qoladi. Kinofilmdagi ko‘plab sarguzashtlar mana shu jarayondan boshlanadi. Aktrisa birinchi obrazida qat’iyatli, jasur, aqlli qiz rolini ijro etgan bo‘lsa, ikkinchisida qo‘rqoq, zaif qiz rolini gavdalantirgan.
Ritik Roshan “Biz yolg‘iz emasmiz” kinofilmining 3 ta qismi
Bollivudning ko‘plab muvaffaqiyatli kinofilmlarining rejissyori Rakesh Roshanning o‘g‘li Ritik Roshan “Biz yolg‘iz emasmiz” filmining davomi sifatida suratga olingan “Krish 2”, “Krish 3” kinofilmlarida ikkita rolni ijro etgan. U filmda aqliy nuqsoni bor ota va farzand rolini ijro etgan. Bosh qahramon otasining kompyuteri orqali o‘zga sayyoraliklarga bilmasdan signal yuboradi. Yerga kelgan o‘zga sayyoraliklar ichidan bittasi kosmik kemaga chiqishga ulgurmay qolib ketadi. O‘rmonda adashib qolgan o‘zga sayyoralikni esa yigit ko‘rib qoladi. Uni odamlardan himoya qilish uchun uyiga olib keladi va shundan keyin yigitning hayotida juda ko‘p o‘zgarishlar bo‘ladi. Filmda Ritik Roshan, Priyanka Chopra, Rekha va boshqa aktyorlar ishtirok etgan.
Amir Xon “Tezlik 3” kinokartinasi
Bollivud yulduzi Amir Xon rejissor Vijay Krishna Acharyaning “Tezlik 3” kinofilmida ikki rolni gavdalantirgan. Egizaklar rolini ijro etgan aktyor filmda Bollivudning boshqa yulduzlari: Katrina Kaif, Abhishek Bachchan, Uday Chopra bilan birgalikda ishtirok etgan. Bir-biriga fe’l-atvor jihatidan o‘xshamaydigan egizaklar roli Amir Xonga muvaffaqiyat olib keldi. Film jahonning ko‘plab mamlakatlariga sotildi. Unda bosh qahramon Sahir kichkinaligida otasidan ayriladi. Buning sababi esa ularning sirkini bank tortib oladi. Katta qarzga botgan sirk tortib olinganidan keyin Sahirning otasi o‘z joniga qasd qiladi. Shundan keyin Sahir, unga nima bo‘lishidan qat’iy nazar, bankdan qasos olishga va’da beradi. U maqsadiga erishadi, bankni talon-taroj qiladi, biroq bu yo‘lda egizak ukasini yo‘qotadi.
Rajesh Khanna “Sadoqat” filmi
“Sadoqat” filmi Rajesh Khanna ishtirok etgan eng yaxshi filmlardan biri hisoblanadi. Film 1969-yilda suratga olingan. “Sadoqat” kinokartinasi onaning bolasiga bo‘lgan cheksiz sevgisi, sadoqati, o‘g‘li uchun umrining ko‘p qismini qamoqda o‘tkazgan ayol hayoti haqidagi film. Rajesh Khanna filmda ota va farzand rolini o‘ynagan. Uchuvchi yigit bir qizni yaxshi ko‘rib qoladi va u to‘yi arafasida urushga ketib halok bo‘ladi. Oradan vaqt o‘tib uning farzandi dunyoga keladi. Qiz esa farzandini bolalar uyiga topshiradi va ketadi. Bolasini qaytib olishga borganda esa bolalar uyidagi xodimlar unga o‘g‘lini boshqa oila boqib olganini aytadi. U esa o‘sha uyga boradi va xizmatkor bo‘lib ishlaydi. Uy bekasining ukasi unga yomon munosabatda bo‘ladi va buni uning o‘g‘li ko‘rib qoladi. Bola yigitga pichoq sanchadi va u vafot etadi. Ayol barcha ayblarni bo‘yniga oladi va qamaladi. Qamoqdan chiqqandan keyin u taqdir taqozosi bilan yana o‘g‘li bilan uchrashadi.
Rekha “Qasos o‘ti” kinokartinasi
Yoshi 70 ga yaqinlashgan bo‘lsa ham turmush qurmagan aktrisa Rekha ishtirokidagi ushbu film o‘z davrida yuqori reytinglarni zabt etgan. Filmda u turmush o‘rtog‘ining vafotida so‘ng ikki farzandini tarbiyalayotgan ayol rolini ijro etadi. Rekhani yaxshi ko‘rib qolgandek tutgan yigit uning boyliklariga ega chiqmoqchi bo‘ladi. Aslida bu yigit Rekhani o‘ldirib, uning barcha narsalariga egalik qilishni va aktrisaning eng yaqin dugonasi bilan turmush qurishni rejalashtiradi. Yigit Rekha va uning dugonasi bilan sayohatga chiqadi va ko‘lda timsohni ko‘rib uni itarib yuboradi. Qiz taqdir taqozosi bilan tirik qoladi va hushiga kelib qaragach yuzida katta shiramni ko‘radi. Qasos o‘ti bilan yongan Rekha yuzini plastik operatsiya qildiradi va unga yomonlik qilgan dugonasi, yigitdan qasd oladi.
Amitabh Bachchan “Shahanshoh” kinofilmi
Amitabh Bachchan ishtirokidagi “Shahanshoh” kinofilmi 1988-yilda suratga olingan. Unda aktyor ikki obrazni: oddiy politsiyachi va insonlarga yordam beradigan qahramon rolini ijro etgan. Ushbu filmdagi qahramonlarning ham fe’l-atvori bir-biridan farq qiladi. Ijodiy faoliyati davomida 14 ta filmda bir nechta obrazlarni gavdalantirgan Amitabh Bachchanning ushbu filmi unga muvaffaqiyat va shon-shuhrat olib keldi.
Kajol “Egizaklar” filmi
Bollivud yulduzi Kajol “Egizaklar” filmida ikkita obrazni gavdalantirgan. Filmda Kajol, Sunill Shetti va boshqa aktyorlar ishtirok etgan. Kinokartina 2001 yilda suratga olingan. Filmning qahramoni egizak opa-singillar Tina va Sviti ochko‘z qarindoshlaridan ajralib turadi. Bir necha yil o‘tgach qizlar tasodifan uchrashib, bir-biriga o‘xshashligidan hayratga tushadi, bunda qanaqadir sir borligini aniqlashga qaror qiladi. | 113 | 7,134 |
Madaniyat | Orlando Blumning bir hafta oldin yo‘qolgan iti o‘lib qoldi. Aktyor sevimli jonivori xotirasiga tatuirovka chizdirdi | Taniqli Gollivud aktyori Orlando Blumning yo‘qolgan pudeli oradan bir hafta o‘tgach o‘lik holda topildi. Bu haqda aktyor o‘zining Instagram’dagi sahifasi orqali ma’lum qilgan.
“Mayti endi nargi dunyoda. Yetti kun shomdan tonggacha davom etgan qidiruv ishlaridan so‘ng uning bo‘yinbog‘ini topdik. O‘tgan bir hafta ichida biror kim tasavvur qilganidan ortiqroq yig‘ladim”, — deb yozadi Blum.
Aktyor o‘lgan itining xotirasiga tatuirovka chizdirgan — itning laqabi va yurak shaklidagi ramz. Blum tatuirovkani chizishga ketgan butun jarayonni namoyish etib, ko‘z yoshlarini tiya olmagan. Mayti uchun maxsus qabrtoshi ham tayyorlanib, unga “Afsuski, bu yerda yo‘qsan” deya yozuv tushirilgan.
View this post on Instagram
Britaniyalik aktyor “Uzuklar hukmdori” hamda “Karib dengizi qaroqchilari” kabi filmlar orqali mashhurlikka erishgan. 2019-yilda Blum “Karnival Rou” serialida suratga tushgan. | 115 | 907 |
Madaniyat | Yuriy Stoyanov: “Ajoyib zamonaviy shahar bo‘lmish Toshkentga qoyil qoldim” | Rossiya xalq artisti, taniqli teatr va kino aktyori, shoir va nosir Yuriy Stoyanovning Toshkentdagi “Istiqlol” san’at saroyidagi konserti katta muvaffaqiyat bilan o‘tdi, deb yozadi “Kultura.uz”.
Aktyor Toshkentga nisbatan alohida muhabbat his qilishini aytdi. Gap shundaki, Ikkinchi jahon urushi boshida O‘zbekistonga evakuatsiya qilingan minglab qochoqlar orasida uning onasi, Yevgeniya Leonidovna Stoyanova ham bo‘lgan. U hali ham hayot va o‘zbek xalqining og‘ir davrlardagi mehrini hamon xotirlaydi, deb yozadi nashr.
O‘zbekiston haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashar ekan, Yuriy Stoyanov ajoyib zamonaviy shahar bo‘lmish Toshkentga qoyil qolgani, bu yerdagi tomoshabinlar ajoyibligini ta’kidladi. “Men bu yerni ota-onam oldidagi burchimni bajarganlik hissi bilan tark etaman. Men bu yerga kelib ketishim kerak edi. Mening onam bu shahardan o‘z hayoti uchun qarzdor. Bizning uyimizda eng sevimli yeguliklar doimo o‘zbek noni va palov bo‘lgan”, — dedi artist.
U onasining iltimosi bilan u o‘qigan maktabda bo‘lgani, uni iliq kutib olishganini aytdi. Onasiga u yerda tushgan suratlari, Toshkentdagi konserti videosini olib borishini, onasi o‘g‘lini bu yerda yaxshi ko‘rishlarini bilib, quvonishini aytdi. | 74 | 1,210 |
Madaniyat | Birovning qo‘shig‘i, birovning musiqasi, birov bergan ohang, bezak va ishlov yoxud jonli “pleyer”chilik xususida | “Xalq so‘zi” gazetasi o‘z maqolasida Navoiy viloyati qo‘shiqchilik maktabini tanqid ostiga oldi. Maqolani to‘liq keltirib o‘tamiz.
Baqiroqlik jarchiga xos. Lekin san’atkorman, deb davraga chiqqan odam jarchi emas. Uning ovozida shira, joziba, jilla qursa jindek iqtidor, ichki dard bo‘lgani yaxshi. Aks holda...
Texnika rivojlangan bugungi asrimizda ovozni har maqomga yo‘rg‘alatish mumkin. Binobarin, ustoz ko‘rmagan shogird haqidagi hikmat ham allaqachon ko‘p qirralarni kashf etgan...
Tilga olmoqchi bo‘lgan mavzuimiz aslida ustoz yoxud noshud shogirdlar haqida emas, balki Navoiy viloyati qo‘shiqchilik maktabi xususida. Shu bois avval boshdanoq hududda o‘zi qo‘shiqchilik maktabi bormi, degan haqli savolga javob izlaymiz.
Ushbu mavzu viloyatning ikki nomdor san’atkori bilan bo‘lgan suhbatda ham ko‘tarilgan edi. “Yaxshi qo‘shiqlar ko‘p, ular muxlislarga yetib bormayapti”, degan edi o‘shanda har ikkisi ham ta’na aralash. Gap qo‘shiq emas, qo‘shiqchilik maktabi haqida borardi. Modomiki, ular shuni istashgan ekan, mayli har ikkisi xususida ham fikr yuritaylik.
Istagan to‘yga boramiz, mahalliy yallachilar, davraga Komiljon Otaniyozov, Ma’murjon Uzoqov bo‘lib kirib, Ozodbek Nazarbekov, Alisher Fayz va hokazolar bo‘lib chiqib ketishadi. Bu, ehtimol to‘y egalari uchun ma’quldir. Lekin savol tug‘iladi: Andijon yoki Farg‘onada navoiylik qaysi xonandaning qo‘shig‘i davrani “qizdirmoqda”? To‘ybop qo‘shiqlarimiz ham yo‘qmi?! Yoki navoiyliklarning qaysi qo‘shiqlari kunning xitiga aylanib, mobil aloqa kompaniyasi va ijtimoiy tarmoqlardan sizu bizni “bezovta” qilayapti. Nima, bu yerda iste’dodlar yo‘qmi, favqulodda talantlar jug‘rofiy muhit tanlab tug‘ilishadimi yo?..
Yana viloyatdagi to‘y va davralarga qaytamiz: odamlar eshitayapti, raqsga tushayapti ba’zilar esa jo‘shib, “ey, do‘st, xuddi o‘zi-ya”, deya olqishlab ham qo‘ymoqda. Afsuski, ana shu holat, ya’ni birovning “xuddi o‘zi” bo‘lib yurish ortidagilar uchun san’at, asosan, ro‘zg‘or tebratish manbai bo‘lib qolib, bunday ovoz sohibi faoliyatining jarchidan farqi qolmagan. Birovning qo‘shig‘i, birovning musiqasi, birov bergan ohang, bezak va ishlov ekan uni tinglovchiga yetkazayotgan xonanda jonli “pleyer” vazifasini bajarayapti xolos.
Ha, endi otarchi o‘z oti bilan-da, degan e’tiroz tug‘ilishi tabiiy. To‘y azaliy qadriyatimiz, ming-ming yillik an’analarga ega ekan, san’atkorning unga bepisand qarashini yana nima bilan izohlaylik? Qolaversa, qo‘shiq faqat to‘y uchungina yaratilmaydi. Binobarin, san’atkor uchun ham faqat to‘y-tomosha sahna emas.
Chalg‘ib ketdik, aslida so‘z ovoz xususida bormoqda. Demoqchimizki, jozibador ovozlar bor. Shunga birgina misol: 2011-yil Istiqlolimizning 20 yilligi tantanalari kuni viloyat amfiteatrida Feruza Ro‘ziyeva “Go‘zal diyorim” qo‘shig‘ini ilk bor ijro etdi. Qo‘shiq avj nuqtasiga chiqib, yengil pauza bilan xonanda nafas rostlaydi. Olqish yog‘ilib ketdi. Shundan ruhlangan xonanda sahna uzra go‘yo uchib yuribdi (hamon uchmoqda). Xullas, o‘shandan e’tiboran shu birgina qo‘shiq xonandani tanitibgina qolmay, keyin ham bir necha ommaviy tadbirlarning “xit”iga aylandi.
Bu o‘z-o‘zidan bo‘lgan emas. Mazkur qo‘shiq yaralishidan bir necha oy avval viloyatning yosh, iqtidorli san’atkorlari viloyat hokimligida qabul qilinib, har biri bilan alohida samimiy suhbat o‘tkazilgan edi. Shundan so‘ng Feruza Ro‘ziyeva, Zilola Karimova kabi bir qator yoshlar poytaxtlik bastakorlar bilan hamkorlik o‘rnatishdi. Albatta, holva degani bilan og‘iz chuchimaydi. Biz yuqorida sanagan yosh iqtidorlarning qo‘shiqlari qanchadan-qancha bedor tunlar samarasi. Lekin poytaxtga borib san’atkorlarning qaynoq “kuxniya”siga kirib olishning ham mashaqqati bor.
Navoiy shahridagi tashkilotlardan birining yonida (shundoq yangi bozor ro‘parasida), daraxtlar tagida har shanba va yakshanba kunlari qo‘shni viloyatlik bir onaxon qimtinibgina yoz bo‘yi pomidor, bodring sotadi. Sababi, bozordan onaxonga o‘rin yo‘q. Ushbu maqolani tayyorlashda negadir shu onaxon yodimga tushaverdi. Bir kun hech bo‘lmasa bozorga yaqinroq joyda sotmasligining sababini so‘ragan edim.
— Ular (olibsotarlarni nazarda tutmoqda — T.E.) pachkalab yerga urishadi — aytgan narxiga bermasam, — dedi onaxon.
Odatda mehnatga bo‘yni yor bermagan, tabiat iqtidordan qisganlar darrov til topishib, guruh tuzadilar. Va bunday guruh hamda uning a’zolari o‘zlaridan bir qadam oldinga o‘tayotganlarni qayirib tashlash, ularning mehnatini yuzaga chiqarmaslikning barcha chorasini ko‘radilar. Ayniqsa, ijod bilan bog‘liq sohalar, jumladan qo‘shiqchilikda bu nihoyatda chigal jarayon. Boisi iqtidorning aniq mezoni yo‘q. Texnika imkoni shu qadarki, ozgina hafsalang bo‘lsa, elning oldiga xohla Hosila Rahimova, xohla Abdulaziz Yo‘ldoshev bo‘lib chiqishingni ta’minlaydi.
Xullas, shunday qo‘shiq va qo‘shiqchilik “bizga bo‘laveradi” tamoyilida ayrimlar viloyatda kunini ko‘rib yuribdi. Muhimi, katta-kichik sahnaga torgina bo‘lsa-da yo‘lakcha topsang yetadi. Chiqaverasan, aytaverasan, biror o‘n yil o‘tib, mukofot ta’ma qilsang ham hech kim e’tiroz bildirolmaydi. Axir, o‘n besh yildan buyon sahnadasan, “mumtoz ashulalarni maromiga yetkazib ijro etgan,” degan tavsifnomang bor.
To‘g‘ri, san’at elning yaxshi kunlarida xizmat qilishi kerak. Biroq xizmat qilsangu san’atdan yiroq bo‘lsang, boda o‘rniga nuqul suv ichishday gapda. Natijada depsinib, yerga musht o‘qtalib, men buyuk yurt farzandiman, deb jazava bilan aytilgan qo‘shiqlar dunyoga kelmoqda. Ularni bayram repertuaridan olib tashlab ko‘rchi!?
Xalkimiz tirikchilikning aybi yo‘q, mehnat bilan topilsa har bir so‘m ona sutiday halol deydi. Ammo tirikchilik, “tirriqchilik” bo‘lmasligi kerakda. Shunda har bir hududning o‘z qo‘shiqchilik maktabi, o‘zini xizmat ko‘rsatib qo‘ygan san’atkori bo‘ladi.
Temur Eshboyev | 112 | 5,722 |
Madaniyat | Go‘zallik tanlovlari g‘oliblari real hayotda qanday ko‘rinishga ega? (foto) | Obrazi ustida vizajist va stilistlar jamoasi ishlagan, televideniyeda hashamatli libos va yorqin makiyaj bilan ko‘rinish bergan go‘zallik tanlovi g‘oliblarining kundalik ko‘rinishi ko‘pchilikka qiziq bo‘lishiga shubha yo‘q.
Demi-Li-Nel-Piters, 2017-yilgi Dunyo go‘zali
Instagram’ida 1,4 million kuzatuvchisi bo‘lgan Demining sahifasida bo‘y-basti to‘liq ko‘ringan suratlar juda kam. Shunga qaramay, u makiyajsiz ko‘rinishdan cho‘chimaydi.
Uning suratlariga nazar tashlab, podvodka bilan strelka chizishni juda ham yaxshi ko‘rishini bilish mumkin.
Iris Mittenar 2016-yilgi Dunyo go‘zali
Instagram’ida 2,2 million obunachisi bo‘lgan model makiyajsiz ham go‘zal ko‘rinishiga qaramay, yorqin bo‘yanishni yaxshi ko‘radi.
View this post on Instagram
Kiyinish borasida esa qulay futbolka, ko‘ylak, jinsi va sport uslubidagi poyabzallarni ma’qul ko‘radi.
Paulina Vega Deppa 2014-yilgi Dunyo go‘zali
View this post on Instagram
Instagram’ida 5 million kuzatuvchisi bo‘lgan Paulina sport bilan shug‘ullanish va faol turmush tarzini kechirishni afzal biladi.
View this post on Instagram
Kolumbiyalik model obunachilari bilan nafaqat professional suratchilar tomonidan olingan, balki kundalik suratlari bilan ham bajonidil bo‘lishadi.
Manushi Chxillar, 2017-yilgi Dunyo go‘zali
View this post on Instagram
View this post on Instagram
Instagram’ida 5,8 million kuzatuvchisi bo‘lgan hind millatiga mansub modelning sahifasida bo‘yanmay va odmi liboslarda tushgan suratlarni ko‘plab uchratish mumkin.
Kseniya Suxinova, 2008-yilgi Dunyo go‘zali
Instagram’ida 514 ming obunachisi bo‘lgan qizni mashhur xonandalarning klipi va ko‘rsatuvlarda uchratish mumkin.
View this post on Instagram
Shunga qaramay, kundalik hayotda u boshqa oddiy qizlar singari bo‘yanadi va kiyinadi.
Yuliya Polyachixina 2018-yilgi Rossiya go‘zali
Instagram’ida 106 ming kuzatuvchisi bo‘lgan Yuliya fitnes-aerobika bilan professional tarzda shug‘ullanadi.
Sarvqomat qiz bugungi kunda ham modellik faoliyatini davom ettiradi.
Tatyana Simfer 2016-yilgi Moskva go‘zali
Instagram’ida 11400 obunachisi bo‘lgan Tatyananing sahifasidagi suratlarga nazar tashlab, uni sport bilan shug‘ullanishni yaxshi ko‘rishini bilish qiyin emas.
Shu bilan borga model insonlarda oddiy va samimiy qizdek taassurot qoldiradi. | 75 | 2,365 |
Madaniyat | Yozuvchi Filipp Rot 85 yoshida vafot etdi | Amerikalik yozuvchi Filipp Rot 22-may, seshanba kuni AQShda 85 yoshida vafot etdi. Bu haqda The New York Times gazetasiga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Umrining oxirgi yillarida Rot Nyu-York va Konnektikut shtatlarida yashagan. Yozuvchining o‘limi haqidagi xabar uning do‘sti Judit Turman tomonidan tasdiqlangan.
Rot 20 dan ortiq roman yaratgan. Jumladan, “Tikuvchi voqeasi”, “Amerikaga qarshi fitna”, “Oddiy odam” asarlari chet tillariga tarjima qilingan.
Yozuvchi Xalqaro buker mukofoti (The Booker International Prize) va adabiyot sohasidagi Frans Kafka mukofoti bilan taqdirlangan. Amerika haqidagi asari uchun Pulitser mukofotiga sazovor bo‘lgan.
Rot 1933-yili Nyu-Jersi shtatidagi Nyuarkda Galitsiyadan AQShga ko‘chib kelgan muhojirlar oilasida tug‘ilgan. | 41 | 761 |
Madaniyat | Xonanda Shahnoza Otaboyeva aktyor Kamol Bobonazarovga turmushga chiqmoqda | Xonanda Shahnoza Otaboyeva aktyor Kamol Bobonazarovga turmushga chiqmoqda. Bu haqda xonanda Shahnoza Otaboyeva jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi.
“Muxlislarga ko‘plab filmlardagi rollari bilan yaxshi tanish bo‘lgan aktyor Kamol Bobonazarov bilan oila quryapmiz. Ayni vaqtda to‘y harakatlari bilan yuribmiz. To‘yimiz 7-noyabr kuni “Sulton” restoranida bo‘lib o‘tadi. Baxtli kunimizga barcha do‘stlarimizni taklif qilib qolamiz”, — deydi xonanda.
Ma’lumot uchun, Kamol Bobonazarov “Qora ilon”, “Notanish qotil”, “Tug‘ilmaganlar”, “Beshinchi fasl”, “Fidoyilar” kabi film hamda seriallarda bosh va ikkinchi darajali rollarni ijro qilgan. | 73 | 640 |
Madaniyat | Lola: “Umr yo‘ldoshim men bilan faxrlanishini aytadi!” | Iste’dodli ijodkor Lola Yo‘ldosheva unga taklif qilingan rollar borasida umr yo‘ldoshi bilan maslahatlashishini aytdi, deb xabar beradi “Fattohhon.com”.
“Odatda, ssenariylar mazmunini unga so‘zlab beraman, – dedi Lola. – ‘Batafsil esa film chiqqach ko‘rasiz’, deyman. Agar ssenariyni o‘qish uchun unga bersam bormi, (kuladi) unda umuman o‘sha filmda suratga tushmasligim aniq!”
Xonanda umr yo‘ldoshining fikri bilan rad etilgan filmlar ham bo‘lganini qayd etdi: “Shu yillar ichida filmlarga juda ham ko‘plab takliflar bo‘ldi. Barchasiga rad javobi berildi. Ulardan eng yodimda qolgani ‘Fotima’ filmi bo‘lgandi. Ularning barchasiga rad javobi berishimga sabab – umr yo‘ldoshim qarshi bo‘lgan”.
Lola umr yo‘ldoshining ijodiga munosabati ijobiyligini ma’lum qildi: “Umr yo‘ldoshim men bilan faxrlanishini aytadi!” | 54 | 811 |
Madaniyat | “Ohunjon Madaliyevning ashulasini buzsang, o‘ldiraman deyishdi”. Jahongir Otajonov o‘ziga o‘lim tahdidi bo‘layotganini ma’lum qildi (video) | Xonanda Jahongir Otajonov o‘zining Instagram sahifasida “Ohunjon Madaliyevning ashulasini buzsang o‘ldiraman”, — deb unga nisbatan tahdid qilishayotganini ma’lum qildi.
Assalomu alaykum aziz yurtdoshlar, Alloh bu kunlarda barchangizga sabr-toqat bersin. Sizlarga qilayotgan videomurojaatimdan maqsad shuki, hozirgina san’atkor do‘stim Halimaxonimni Instagram sahifasida uni odamlarga qilayotgan yaxshiligidan ham norozi bo‘lib fikr bildirayotgan insonlarimizga qoldirgan video sabab bo‘ldi.
Albatta Halima hayoti mobaynida o‘zi uchun turib kelayotgan ayol, u-bu kim uni haqorot qilsa, u ham haqorot qilib javob berish darajasigacha borgan paytlari bo‘lgan. Buning uchun adashmasam, manimcha uning litsenziyasini ham olishgan edi. Bu haqda ‘O‘zbeknavo’ uni muhofaza qilmagani uchun fikrlarimni bildirib, video qoldirdim.
Menga kelsak, meni ham oddiy xalq uchun qo‘yilgan hajviy videolar uchun ham qanchalik haqorat qilishadi. Kerak bo‘lsa yaqinda bittasi ‘Ohun akani ashulasini buzsang sani o‘zim o‘ldiraman’, deb tahdid ham qilgan. Bunaqa odamlarga kim chora ko‘rishi kerak bo‘lsa, chorasini ko‘rishi kerak.
Jahongir Otajonov, xonanda
Ma’lumot uchun, “O‘zbekkonsert” tomonidan 2019-yilda ijtimoiy tarmoqlarda san’atkor odobiga rioya etmagani uchun qiziqchi Ibragimova Halima Ubaydullayevnaning litsenziyasi olib qo‘yilgan edi.
2019-yilning 14-oktabr kuni Jahongir Otajonov litsenziyasidan ayrildi, “O‘zbekkonsert” xonandaning so‘nggi vaqtlardagi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan har xil videolavhalari va undagi xatti-harakatlarini buning sababi qilib ko‘rsatgan edi.
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasida 2019-yilning 16-oktabr kuni shoshilinch brifing o‘tkazilib, yig‘ilishda xonandalar Jahongir Otajonov, Shahlo Ahmedova, Abdulla Qurbonov va qiziqchi Halima Ibragimovaning litsenziyasi qaytarib berganini ma’lum qilgan.
Ushbu yig‘ilishda xonandalarning litsenziyasi aynan nima sababdan qaytarilganligi ma’lum qilinmagan edi. | 139 | 1,923 |
Madaniyat | Bred Pitt turmush o‘rtog‘i va farzandlariga atab tatuirovka qildirdi | Bred Pitt va Anjelina Joli bir-birlariga bo‘lgan tuyg‘ularni namoyish etishda davom etmoqda. Yaqinda Pitt paparatssilar Los-Anjelesda suratga tushirishga muvaffaq bo‘lgan ta’sirli tatuirovkaga qo‘l urdi. Bu haqda “Segodnya.ua” sayti xabar bermoqda.
Uning bilagida xochni tashkil etadigan ikki chiziq paydo bo‘ldi: vertikal chiziqdan chapdagi “A” harfi rafiqasi sharafiga, o‘ngda esa farzandlari — 13 yoshli Meddoks, 11 yashar Paks, 10 yoshli Zaxara, 9 yashar Shaylo va 7 yoshga to‘lgan egizaklar Noks va Vivyenlarning ismlari bosh harfi o‘rin oldi.
Anjelina Joli va Bred Pitt tatuirovkalarni xush ko‘radi. Masalan, Pittning tanasini kxmer tilida bitilgan Jolining tug‘ilgan sanasi — 6.4.75 bezab turibdi, tirsagidan pastda esa fransuz tilidagi “Hayot — be’manilikdir” deya nomlangan yozuvni o‘qishingiz mumkin. | 68 | 811 |
Madaniyat | Amerikalik komik aktyor Fayvush Finkel 93 yoshida hayotdan ko‘z yumdi | Amerikalik komik aktyor, “Emmi” mukofoti laureati hamda yahudiy tilda teatr yulduzi Fayvush Finkel 14-avgust kuni, Nyu-York shahrida 93 yoshida vafot etdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Fayvush (Filip) Finkel 1922-yil Bruklinda, yahudiy muhojirlar oilasida dunyoga keldi. Uning otasi polshalik, onasi esa belarus bo‘lgan. U 10 yoshidan Nyu-Yorkdagi yahudiy tilda olib boriladigan ko‘plab teatrlarda chiqa boshlagan.
1965-yilda Finkelning Brodveydagi Fiddler On The Roof (“Skripkachi tomda”) myuziklida debyuti bo‘lib o‘tdi.
Aktyor nufuzli “Emmi” kinomukofotini qo‘lga kiritib, 1994-yilda CBS telekompaniyasining “Qilichbozlar guruhi” teleserialidagi ikkinchi darajali roli uchun “Oltin globus” mukofotiga nomzodlik qildi.
Fayvush Finkel “Boston maktabi”, “Qonun va tartib” va “Tonggi gazeta” seriallaridagi rollari bilan mashhur sanalgan. | 69 | 841 |
Madaniyat | “Uyda o‘tir, qimirlama, bir qadam ham arima!”. Reper Shaka koronavirus haqida qo‘shiq kuyladi (video) | O‘zbekistonlik reper Shaka koronavirus haqida qo‘shiq kuyladi. Kompozitsiya tinglovchini uyda o‘tirishga va koronavirus haqidagi mish-mishlarga ishonmaslikni targ‘ib qiladi.
Qo‘shiq haqiqatan ham reper Shakaning ijodiga mansub ekanini, jumladan, undagi mana bu so‘zlar isbotlaydi: “Virus chiqqan mahallada qilsang taralla-yalla, Lopatka yo ketmon bilan bir solaman kallangga”.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan fuqarolar soni 50 nafarga yetgan. Ulardan besh nafarining ahvoli ijobiy tomonga o‘zgarib, sog‘aygani aytilmoqda.
Butun dunyo bo‘yicha esa koronavirus yuqtirib olganlar soni 400 mingdan oshib ketdi (uch kun avval kasallanganlar soni 300 ming edi), 18 mingdan ortiq odam esa virus qurboni bo‘ldi.
Sizda hozir kun bo‘yi uyda o‘tirib, millat qahramoni bo‘lish imkoniyati bor. Uyda qoling | 101 | 833 |
Madaniyat | Toshkentda 11-16 yanvar kunlari "O`zbek milliy kino san`ati haftaligi" bo`lib o`tadi | Joriy yilning 11-16 yanvar kunlari Yoshlar ijod saroyida “Yangi O`zbekiston va milliy kinematografiya” oyligi doirasida "O`zbek milliy kino san`ati haftaligi" tashkil etiladi. Bu haqda "O`zbekkino" Milliy agentligi Axborot xizmati xabar bermoqda. Haftalik davomida yangi kinoloyihalar taqdimoti, yoshlar uchun mahorat darslari, davra suhbatlari, kasting va konferensiyalar hamda yangi filmlar premeralari bo`lib o`tishi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, Respublika bo`ylab taniqli kinoijodkorlar bilan ijodiy uchrashuvlar tashkil etilib, aholi bilan o`zbek kino san`ati tarixi va bugungi kuni bo`yicha muloqot uyushtiriladi. Uchrashuvlar so`nggida bir qator tarixiy-badiiy filmlarning bepul namoyishi bo`lib o`tadi. Ushbu haftalik Davlat rahbarining noyabr oyida yangilangan "O`zbekfilm" studiyasiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari ijrosi yuzasidan o`tkazilmoqda. Tashrif davomida Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan sohaning rivojlanish yo`li belgilab berilib, kinoijodkorlar oldiga qator topshiriq va vazifalar qo`yilgan edi. Kino haftalik doirasida yosh kinoijodkorlar uchun Butunrossiya davlat kinematografiya institutining Toshkentda filialini ochish, Toshkent Xalqaro kinofestivalini tashkil qilish, chet elda saqlanayotgan o`zbek filmlarini qaytarish, yosh kinoijodkorlarga sharoit va imkoniyat yaratish kabi muhim topshiriqlar bo`yicha ekspertlar hamda mutaxassislar bilan "O`zbekkino"ning 2021 yilgi "yo`l xaritasi" qabul qilinadi.
“Oldimizga qo`yilgan vazifalarni amalga oshirishda soha vakillari, ekspertlar va yangi loyihalar ishtirokchilarining taklif va tavsiyalariga ehtiyoj paydo bo`ldi. Ushbu yo`l xaritasini "kabinet"larda emas, balki kinojamoatchiligi bilan muhokama qilib ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega” – deya fikr bildirdi “O`zbekkino” Milliy agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov.
Shuningdek, haftalik davomida milliy multiplikasiya, hujjatli va badiiy filmlar hamda yosh kinoijodkorlar kunlari o`tkaziladi. Haftalikning har kuni bir-biridan qiziq o`ndan ortiq tadbir va uchrashuvlar, bir nechta kasting va pitchinglar, kino sohasiga oid dolzabr mavzularda davra suhbatlari hamda ijodiy uchrashuvlardan iborat bo`lib, kun so`ngida yangi premeralar namoyishi bo`lib o`tadi. | 84 | 2,226 |
Subsets and Splits
No saved queries yet
Save your SQL queries to embed, download, and access them later. Queries will appear here once saved.