folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Ayollar
Uyda bajarib bo‘lmaydigan go‘zallik tadbirlari
Biz doimo go‘zal va sog‘lom bo‘lish maqsadida kosmetolog va go‘zallik salonlari xizmati uchun pulimizni ham, vaqtimizni ham ayamaymiz. Ba’zi tadbirlarni o‘zimiz ham uyda osongina bajara olamiz. Lekin hammasini emas! Biz uyda bajarib bo‘lmaydigan tadbirlar ro‘yxatini tuzdik. Ko‘pchilik chyolka kesishni uyda ham bajarish mumkin deb o‘ylab xato qiladi. Chunki, sochni o‘z ishining ustasi bo‘lmagan kishi to‘g‘ri kesa olmaydi. Agar siz oqargan soch ildizlarini bo‘yamoqchi bo‘lsangiz, buni bemalol uyda bajarishingiz mumkin. Lekin siz qora sochlaringizni sariqqa yoki aksini qilmoqchi bo‘lsangiz, yaxshisi buning uchun mutaxassislar xizmatidan foydalanganingiz ma’qul. Uyda ortiqcha tuklarni olish va qoshga to‘g‘ri shakl berish uchun mo‘ychinakdan foydalanishingiz mumkin. Buni ip yoki mum yordamida amalga oshirishni maslahat bermaymiz, chunki bu juda nozik ish bo‘lib, qoshingiz shaklini buzib qo‘yishingiz mumkin. Agar yuzingizdagi husnbuzar chuqur bo‘lsa, uni siqish terining yallig‘lanishiga olib keladi. Husnbuzarlarni ketkazmoqchi bo‘lsangiz, mutaxassis shifokordan maslahat olganingiz ma’qul.
46
1,100
Ayollar
Tush surtishga hojat yo‘q: Kipriklar laminatsiyasi nima va u kimlarga kerak?
Ayol qizlar makiyaj davomida kipriklarga urg‘u berishga ortiqcha vaqt sarflaydi. Uyg‘onganda kipriklarning tabiiy qayrilib turishi va bo‘yashga hojat qolmasligi hamma uchun ham orzu hisoblanadi. Aslida esa bunday natijaga erishish imkoniyati yo‘q emas, shunchaki yaxshi mutaxassisga murojaat qilib sifatli laminatsiya qildirishning o‘zi kifoya. Kipriklarni qattiq, qalin, qayrilib turishiga sabab bo‘ladigan va shu bilan birga ularni bo‘yalishini o‘z ichiga oladigan protseduraga kipriklar laminatsiyasi deyiladi. Kipriklarga zarar yetkazmaydi Ko‘p mutaxassislar kipriklarni laminatsiyalashni Yumi Lashes asosida amalga oshiradi. Uning tarkibida keratin mavjudligi esa kipriklarni zararlamaydi, aksincha ularni mustahkamlaydi, kimyoviy moddalarning salbiy ta’siridan himoya qiladi, natijada kipriklar to‘kilmasligi ta’minlanadi. Laminatsiya qildirgandan keyin kipriklarni bo‘yamasa ham bo‘ladimi? Yuqorida ta’kidlanganidek laminatsiya faqat kipriklarni qayirib, mustahkamlamasdan, ularga rang beradi ham. Natijada kipriklar tabiiy chiroyli, xuddi tush surtgandek ko‘rinadi. 2-4 hafta o‘tganidan keyin esa kipriklarning qayrilgan holatlari sekin-asta keta boshlagani bilan kipriklardagi laminatsiya tolalardan yo‘qolmaydi. Shunchaki yangi kipriklar o‘sa boshlagani uchun oldingidek ko‘rinmasligi mumkin. Kamchiliklar ko‘zga tashlanadimi? 1-1,5 oydan keyin laminatsiyalangan kipriklar o‘sa boshlaydi, ammo bu muammo sanalmaydi. Oddiy tushdan foydalanish mayda kamchiliklarni yashirishga yordam beradi. Qancha vaqt turadi Ushbu protsedura 2 oyda bir marta amalga oshiriladi. Agar mutaxassis sizga bu protsedurani ikki oydan avval takrorlash kerakligini tavsiya qilsa boshqa mutaxassis qidirib ko‘ring. Kipriklarni laminatsiyalash protsedurasining amalga oshirish bosqichlari: Jarayon 1 soat davom etadi. 1-bosqichda kipriklar maxsus valikka mahkamlanadi. Valik turli o‘lchamda bo‘ladi. Kipriklari kalta va qayrilish yaqqol ko‘zga tashlanishi uchun S, kipriklari o‘rtacha uzunlikdagi va o‘rtacha uzunlikdagi qayrilish uchun M va kipriklari uzun hamda tabiiy qayrilib turishi uchun L o‘lchamdagisan foydalaniladi. 2-bosqichda kipriklarga ularni qayrilib turishini ta’minlovchi kimyoviy vosita surtiladi. 3-bosqichda kipriklar qayrilishini mustahkamlaydigan va kimyoviy moddalarning zararini kamaytirib, ularni oziqlantiradigan keratinli vosita surtiladi. 4-bosqichda kipriklar bo‘yaladi. 5-bosqichda kipriklarga tarkibida C vitamini bo‘lgan oziqlantiruvchi yo‘g‘ surtiladi.
76
2,470
Ayollar
Ovqatlangandan keyin nimalar qilish mumkin emas?
Agar siz hali ham ovqatdan keyin choy ichish sayr qilish kabi hazm qilishga yordam beradi deb o‘ylasangiz xato qilasiz. Bu maqolamizda ovqatlanishdan keyin nimalar qilish mumkin emasligi to‘g‘risida aytmoqchimiz. Aslini olganda ovqatdan keyin sayr qilish me’daning sustlashishiga olib keladi. Yaxshisi, ovqatlanishdan yarim soat oldin sport bilan shug‘ullanish va yarim soatdan so‘ng esa sayr qilgan ma’qulroqdir. Choylar (shu jumladan ko‘k choy ham) tarkibidagi kislotalar organizmda temirning hazm bo‘lishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ovqat hazm qilish jarayoni buzilmasligi uchun mevalarni ham ovqatlanish vaqtidan boshqa alohida vaqtlarda yeyish tavsiya qilinadi. Tamaki tarkibidagi nikotin ichaklarni qo‘zg‘atish belgilarini paydo qiladi, hatto yo‘g‘on ichak saratonini ham keltirib chiqarishi mumkin. Tushlikdan yoki kechki ovqatdan so‘ng yonboshlab olish zararli, chunki hazm qiluvchi shiraning oshqozondan qayta qizilo‘ngachga o‘tishi zarda qaynashiga sabab bo‘ladi. Kechki ovqatdan so‘ng darrov vanna qabul qilish mumkin emas.
48
1,036
Ayollar
Kir sovunning xalqona sirlari
Kir sovunning siz bilgan va bilmagan xususiyatlari bilan tanishing. Terining sal tirnalgan, tilingan joylaridagi yaralarga kir sovun surish orqali infeksiya xavfini bir muncha kamaytirish va bitishini tezlashtirish mumkin. Lat yegan joyga muz qo‘yilsa yoki kir sovun surilsa ko‘karishning ham va shishishning ham oldini olish mumkin. Kir sovun — virusga qarshi ajoyib vosita hisoblanadi. Tumovda yoki hatto grippning boshlang‘ich bosqichida paxta bo‘lagini kir sovun eritmasiga botirib burun bo‘shliqlarini yuvish kerak. Chipqon chiqqanda unga bir xil miqdorda olingan va qirg‘ichda qirilgan kir sovun, piyoz va shakardan iborat aralashmadan surib bog‘lab qo‘yish kerak. Yaxshisi buni kechqurun amalga oshirgan ma’qul. Ertalabgacha yara toza bo‘ladi. Oyoqlarda zamburug‘ paydo bo‘lsa, zararlangan joyni kir sovun bilan yuvish va qurigandan keyin yod surish kerak. Bundan tashqari zamburug‘ kasalligini oyoqlarni bir hafta davomida har kuni ertalab va kechqurun kir sovun bilan yuvish orqali ham tuzatish mumkin. Soqol olishda yoki depilyatsiya qilishda terini bezovta bo‘lishdan saqlash uchun qimmatbaho krem va gellar sotib olish shart emas. Bu amallardan keyin terini kir sovun bilan bir marta yuvib tashlashning o‘zi kifoya qiladi. Shaxsiy gigiyena vositalarini (taroq, mochalka, tish cho‘tkasi) zararsizlantirish uchun kir sovundan foydalanish mumkin. Ularga kechqurun sovun surib qo‘yish, ertalab esa yaxshilab yuvish kerak. Mutaxassislar buni hech bo‘lmasa uch oyda bir marta amalga oshirishni tavsiya qiladi. Boshni bir oyda bir-ikki marta kir sovun bilan yuvish juda foydali. Yuvib bo‘lgandan keyin limon sharbati yoki sirka bilan chayqash kerak. Sochlar qalin va sog‘lom bo‘lib o‘sadi, qazg‘oqlar yo‘qoladi. Manba: “Zdorovie.com”
29
1,739
Ayollar
Idish yuvish vositasining siz bilmagan foydali xususiyatlari
Idish yuvish vositasini boshqa maqsadlarda ham ishlatish mumkinligini bilasizmi? Ushbu mahsulot bir qancha foydali xususiyatlarga ega. Ulardan ba’zilari haqida to‘xtalib o‘tamiz. Begona o‘tlarni yo‘q qilish Begona o‘tlarni turli zaharli moddalar bilan yo‘qotishda oddiyroq usul bor: 1 osh qoshiq idish yuvadigan suyuqlikni 1 stakan tuz va 4,5 litr sirka bilan aralashtiring. Aralashmani maxsus idishga quying va begona o‘tlarga seping. Ehtiyot bo‘ling: suyuqlik gullarga va foydali o‘simliklarga tushmasligi kerak! Sovuq kompress tayyorlash Yaxshi yopiladigan germetik paketga idish yuvish vositasini quying va muzlatkichga qo‘ying. Bunday haroratda sovun muzlamaydi, lekin vosita tarkibidagi gel sovuqni uzoq vaqt ushlab tura oladi. Yengil jarohat va ko‘karishlarda bu narsa juda asqatadi! Pashshalardan qutulish Agar sizni hasharotlar bezovta qilayotgan bo‘lsa, ularni oddiy usul bilan yo‘q qilish mumkin. Stakanning yarmini oq yoki olma sirkasi bilan to‘ldiring, unga 6-8 tomchi idish yuvadigan suyuqlik qo‘shing. Qalin ko‘pik paydo bo‘lguncha iliq suv bilan to‘ldiring. Stakanni pashshalar ko‘p bo‘lgan joyga qo‘ying. Yoqimli hid hasharotlarni o‘ziga tortadi, idishdagi yopishqoq suyuqlik esa ularning tashqariga chiqishiga yo‘l qo‘ymaydi. Eshik g‘ichirlashidan xalos bo‘lish Agar eshiklaringiz g‘ichirlayotgan bo‘lsa, qimmat vositalarga pul sarflamang – bu muammoni oddiy idish yuvish vositasi bilan hal qilish mumkin. Suyuqlikning oz miqdorini g‘ichirlayotgan qismlarga quying, bir tekisda taqsimlanishi uchun eshikni bir necha marta ochib yoping. Xonaki gullarni parvarishlash Xonaki o‘simliklarni turli hasharotlar zararlamasligi uchun toksik bo‘lmagan vositalardan foydalaning. Ikki choy qoshiq idish yuvadigan suyuqlikni bir stakan iliq suvda eritib, o‘simlik barglariga seping. Ushbu aralashma shira, oq pashshani yo‘q qilishda samara beradi. Yodda tuting: buning uchun turli qo‘shimchalar — kimyoviy moddalar, xlor va antibakterial komponentlarsiz eng oddiy mahsulotni tanlang. Yog‘li dog‘larni ketkazish Mahsulotning yog‘ erituvchi xususiyatidan nafaqat idish yuvayotganda, balki kiyim, gilam, kafeldagi va boshqa yog‘li dog‘ hamda kirlarni tozalashda ham foydalanish mumkin. Ammo tarkibida oqartiruvchi modda bo‘lmagan suyuqlikdan foydalaning. Bolalar uchun pufakchalar tayyorlash Sayrga chiqqan bola, albatta, puflanadigan sovun ko‘piklarini olib berishingizni so‘rab xarxasha qiladi. Kichkina bolalar ularni doimo to‘kib yuboradi, hatto sayr oxiriga qadar ham yetmaydi. Sizga yanada tejamkor variantni taklif etamiz. 2-3 stakan idish yuvadigan suyuqlikka 2-3 choy qoshiq glitserin qo‘shing. Aralashmani to‘rt litr suvga aralashtiring. Bunday suyuqlik uzoq vaqtga yetadi, bundan tashqari, qancha ko‘p tursa, shuncha yaxshi puflanadi.
60
2,749
Ayollar
Yog‘ochmi yoki plastmassa? Taxtakachning qaysi turidan foydalangan yaxshiroq?
Har qanday insonning hayotida kamida bir marta plastmassa yoki yog‘och taxtakach tanlashiga to‘g‘ri kelib qolishi mumkin. Ulardan qaysi biri qulay, gigiyenaga mos yoki xavfsizroq ekanini bilib qo‘yish esa zarar qilmaydi, deb yozadi “Noviy ochag”. Plastik taxtakachlar Yaqin vaqtgacha plastik taxtakachlar foydalanish uchun xavfsiz deb hisoblangan. Bundan tashqari, yog‘och va bambukdan farqli o‘laroq, plastik taxtakach idish yuvish mashinasida yuvilishi mumkin. Ammo sinovlar natijasida ma’lum bo‘ldiki, ishlatilgan plastmassa taxtakachlarda yog‘ochlariga qaraganda ancha ko‘p bakteriya qoladi. Bundan tashqari, vaqt o‘tishi bilan pichoqlarda kesilgan plastik taxtakachni an’anaviy usullar bilan to‘liq dezinfeksiyalash mumkin emas. Plastmassa taxtakachlarning yana bir kamchiligi shundaki, uning eng kichik zarralari mahsulotlar bilan aralashib ketadi. Bu esa salomatlik uchun xavf tug‘dirishi mumkin. Bambuk taxtakachlar Bundan organik mahsulotlarni sevuvchilar ko‘proq foydalanadi. Bambuk ekologik material bo‘lib, uni yetishtirish uchun hech qanday o‘g‘it yoki zararli kimyoviy moddalar talab qilinmaydi. Bambukdan yasalgan taxtakachning yuzasi oddiy yog‘ochga qaraganda mustahkam va qattiq bo‘lgani uchun u namlikni kamroq yutadi va gigiyena uchun mos hisoblanadi. Bambukning kamchiliklari uning qattiqligidadir. U oddiy chinordan deyarli 20 foizga mustahkamkaroq. Bambukdan yasalgan taxtakachlar yaxshi variant. Ularning yuzasi tez va juda nozik narsalarni kesish uchun mos keladi. Ammo shuni yodda tutish kerakki, tez-tez pichoqlarni o‘tkirlash kerak. Yog‘och taxtakachlar Yog‘och taxtakachlar odatda chinor yoki qora qayindan tayyorlanadi. Ular arzon va ko‘pincha ishlab chiqarish chiqindilaridan tayyorlanadi. Daraxt o‘z-o‘zini davolash xususiyatiga ega va egiluvchan material pichoqning chetini kamroq shikastlaydi. Chinor, qora qayin yoki qayindan yasalgan yog‘och taxtakach birinchi navbatda yaxshi, chunki uni qayta tiklash mumkin, shuningdek, u plastmassa kabi tez qirilmaydi. Yog‘och taxtakachlar mahsulotni kesish uchun eng yaxshi tanlovdir. Taxtakachning sirtini himoya qilish uchun uni muntazam ravishda har qanday o‘simlik moyi bilan yog‘lash lozim. Lekin idish yuvish mashinasida yuvish tavsiya etilaydi. Taxtakach issiq suvda tezda quriydi va vaqt o‘tishi bilan uning ustida yoriqlar paydo bo‘ladi.
77
2,324
Ayollar
Esda qolarli 8 kuzgi obraz: Nimchani nima bilan moslasa bo‘ladi?
Kuzda nafaqat charm kurtka va palto bilan, balki nimcha kiyib ham o‘ziga xos obraz yaratish mumkin. Buning uchun ozgina didni ishga solish va quyidagi tavsiyalarga amal qilish kifoya. Mo‘ynali uzun nimchani nima bilan kiysa bo‘ladi? Mo‘ynali uzun nimcha bilan tizzadan yuqorida turadigan geometrik printli etik obrazni chiroyli ko‘rsatadi. Kuzgi ko‘rinish uchun pidjak, trikotaj ustidan nimcha kiyish mumkin. Kundalik komplektlarga aksessuarlar — och rangli klatch, ko‘zoynak qo‘shish mumkin. Kalta mo‘ynali nimchani nima bilan kiyish mumkin? Klassik uslubdagi palto, uning ichidan bluzka yoki ko‘ylak bilan qulay jinsi kiyish mumkin. Belga esa charm kamar orqali urg‘u bering. Kalta qora charm nimcha bilan obraz Bunday modelni futbolka, qora shim, keng ishton hamda botinka bilan moslash tavsiya qilinadi. Aksessuarlar ham xalal qilmaydi — mikrosumkani yelkaga, bo‘yningizga zanjir va minimal uslubdagi braslet taqing. Nimchani shim va yorqin sumka bilan moslang Nimcha ichidan mayka kiyish o‘ziga xos ko‘ringani bilan kuzning sovuq havosiga to‘g‘ri kelmaydi. Undan ko‘ra boshqa rangdagi vodolazka kiying. Och va to‘g‘ri bichimli jinsi shim va qora, uchi to‘rtburchak “polsapog” obrazni yanada jozibali ko‘rsatadi. Jinsi nimchani nima bilan kiyish mumkin? Bunday nimchani universal liboslar, masalan, klassik oq ko‘ylak va qora shim bilan kiysa bo‘ladi. Obrazni krossovka va minimal bichimdagi sumka chiroyli qilib yakunlaydi. Nimcha va yenglari keng bichimli ko‘ylak Kundalik obrazlar uchun midi uzunligidagi assimetrik elementlari bor, yenglari keng libosga e’tibor qarating. Uzun charm, bog‘ichli etik va mini sumka bilan obrazni to‘ldiring. Uzun oq nimchani nima bilan kiysa bo‘ladi? Total look, ya’ni boshdan oyoq bir rangda kiyinish kuz uchun eng yaxshi variant. Oq shim, bluzka va ustidan nimcha kiyib, zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘ling. Oyoq kiyim borasida e’tiboringizni qulay etik va botinkalarga qarating. Nimcha va yorqin rangli bluzka O‘ziga xos kuzgi obraz yaratish uchun oq, oddiy bichimli nimchani tanlang. Unga qora jinsi yoki vintaj uslubidagi, yenglari keng bluzka qo‘shing. Bachkana bo‘lmagan sumka va chiyduxoba (velvet) obodok taqib, ko‘ngildagidek ko‘rinishga ega bo‘ling.
64
2,206
Ayollar
Kunni unumli o‘tkazamiz
Ba’zan erta tongdan “Bugun qanday foydali ish qilsam ekan?” degan fikr paydo bo‘ladi. Vaqt esa o‘z qamchisini otlagan holda “chopib” bormoqda. Kech kirganda esa afsus bilan: kunim shunchaki o‘tib ketdi, degan xulosaga kelish achinarli, albatta. Bunga nima sabab bo‘ldi? Va boshqa qaytarilmasligi uchun nima qilish kerak? Balki ertaga uyingizni saranjomlamoqchi, oshxonada “ijod” qilmoqchi, do‘konlarga “sayohat” uyushtirmoqchi, farzandlar yoki yaqinlar bilan tabiat qo‘ynida dam olmoqchi va boshqa yumushlarni bajarmoqchi bo‘layotgandirsiz. Umuman, xayolga kelgan har qanday istakni amalga oshirish mumkin. Asosiysi, tanlagan yumushingiz siz uchun ahamiyatli bo‘lsin. Ortiqcha tirishish ham qattiq charchoqni keltirib chiqaradi. Eng muhimi va bittasini tanlang. Axir, sevimli mashg‘ulot bilan shug‘ullanishga har doim ham vaqt topilavermaydi. Bunda sizga yaqin manzilda joylashgan Mehribonlik uyiga borib, u yerga nimalar kerakligini aniqlab, imkoniyatingiz darajasida zarur narsalarni olib berishingiz mumkin. Aziz o‘quvchilar, sizda bu borada qanday maslahatlar bor?
23
1,069
Ayollar
Bu oddiy buyumlar uyingizni hayratlanarli darajada bezatish imkonini beradi!
Odatdagi buyumlardan interyer uchun yangi, qiziqarli va funksional nimadir yaratish nafaqat dizayner va stilistlar balki har birimizning qo‘limizdan keladi. Buning uchun xohish bo‘lsa bas! G‘aroyib g‘oyalarni qo‘l ostimizdagi vositalar yordamida hayotga tatbiq etishimiz mumkin. Har birimiz betakrorlik va individuallikka intilamiz. Yaratish jarayoni ko‘pincha katta moliyaviy xarajatlar bilan bog‘liq. Biroq ba’zan oddiy narsalarga ijodiy yondashish orqali ham kamxarj yechimlarni topish mumkin. Quyida ana shunday g‘oyalardan bir nechasini e’tiboringizga havola etamiz: 1. Xonadoningiz gulqog‘ozlari ta’mirtalab bo‘lsa-yu, biroq ularni almashtirish uchun imkoniyatingiz bo‘lmasa, oddiy yigirilgan ip sizga yordamga keladi. Buning uchun kryuchok bilan to‘qishni o‘rganib olish kerak, xolos. Bunday bezaklar bolalar xonasi uchun ayniqsa mos keladi: bolalar uning biror qismini ifloslantirib qo‘ysa, uni yuvish juda oson. Bu uning gulqog‘oz yoki gilamlardan afzal jihatidir. 2. Lampa uchun qalpoqni esa yangi yilda foydalanilgan chiroqlar marjonidan yasash mumkin. Buning uchun ularni ehtiyotkorlik bilan ballonchik yordamida bo‘yash kerak. Minimal xarajat bilan ajoyib natijaga erishish mumkin! 3. Qaynoq idishlar uchun mana bunday yoqimli taglik yasash uchun (masalan, choynak ostiga) ichimliklarning bir necha tiqinlarini bir-biriga mustahkamlab, ularni sim bilan bog‘lab chiqish kerak. 4. Anchadan buyon yangi ko‘zacha yoki shamdon olishni xohlab, qulayrog‘ini topolmayapsizmi? Unda o‘zingiz yasab oling! Odatdagi bankalarni olib, ularni yupqa to‘r mato bilan o‘rab chiqing va bantikcha bilan bog‘lab qo‘ying. Ishga chin dildan kirishsangiz, chiroyli va o‘zgacha nimadir yarata olasiz! Birinchi urinishda natijaga erisha olmasangiz ham, ikkinchi yoki uchinchi marta albatta maqsadingizga yetasiz. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
76
1,960
Ayollar
Zaytun yog‘idan avokadogacha: modellar yuz terisini qanday parvarish qiladi? (foto)
Hamisha podiumlarda harakatlanadigan modellar ajoyib ko‘rinishda bo‘ladi. Bunday natijaga erishish uchun ular o‘zlariga qanday g‘amxo‘rlik qilishini quyida bilib olish mumkin. Lineysi Montero “Men shakar va gul asalini aralashtirib, teriga suraman. Qo‘l bilan massaj qilaman. To‘g‘risi, bundan yaxshi skrabni topish qiyin. Jarayondan so‘ng darhol namlantiruvchi kremdan foydalanaman. Moda haftaligidagi ortiqcha bo‘yanishdan keyingi birinchi qiladigan ishim shu. Bu terining qayta tiklanishiga va dam olishiga yordam beradi”. Marta Xant “Men har doim yapon ayollariga ‘hasad qilaman’. Sababi ularning deyarli barchasi mukammal teriga ega. Shuning uchun ham kosmetikalar tanlashda avval yapon brendlarini ko‘rib chiqaman. Natijada SK II niqoblarida to‘xtadim, ular 100 foiz paxtadan tayyorlangan. Tarkibida vitamin, antioksidantlar, mineral va organik kislotalar mavjud”. Greta Valeze “Men teri parvarishini bir qancha mahsulotlar yordamida alohida marosimga aylantirdim. Erta tongda yuvilgan yuzimni avval sut bilan tozalayman. So‘ngra tonik, zardob va namlantiruvchi kremlardan foydalanaman. Har bir jarayon taxminan uch daqiqa davom etadi, chunki har bir vosita teri qatlamiga kirib borishi kerak. Uxlashdan avval ham xuddi shu jarayonni takrorlayman. Shuningdek, haftada bir marotaba teri teshiklarini ochish uchun maxsus bug‘lantiraman. Birozdan so‘ng namlantiruvchi niqoblarni qo‘llayman”. Uillou Xend “Dermalogica brendining g‘oyasi dastlab meni hayron qoldirgan edi. Chunki unda yuz maxsus qismlarga ajratiladi. Har bir qism uchun alohida vosita tanlanadi. Men ushbu jarayon uchun salonga murojaat qilaman. So‘ngra mutaxassislar peshona, yonoq, iyak va boshqa qismlarim uchun mos ravishda vositalar taklif etadi. Ayniqsa, bu moda haftaligidan so‘ng men uchun juda katta yordam bo‘ladi”. Esh Uoker “Men doimo namlantiruvchi vositadan foydalanaman. Ehtimol, har ikki soatdadir. Agar shunday qilmasam, yuzimni ajin bosib ketayotganga o‘xshaydi. Podiumdan tashqarida umuman pardoz qilmayman, sababi yuz terisi moda haftaligida keragidan ortiq darajada charchaydi”. Renata Zandonadi “Bioderma brendining chinakam muxlisasiman. Sababi unda ajoyib tozalovchi va namlantiruvchi vositalar mavjud. Vositalar tarkibida hech qanday xushbo‘y hid yoki qo‘shimcha ingredientlar mavjud emas. Men doimo, quyosh yoki yomg‘irli ob-havoda ham mazkur vositalardan foydalanaman. SPF krem surish esa xuddi tishlarimni yuvishdek muhim”. Jessika Barta-Lem “Kechki payt yuzimni, albatta, zaytun moyi bilan tozalayman. U terini losyon, ko‘pik yoki boshqa vositalarga qaraganda yaxshiroq tozalaydi. Tabiiy mahsulotdan keyin terining zararlanishi haqida o‘ylashning ham keragi yo‘q. Namlantiruvchi vositam ham zaytun moyiga asoslangan bo‘lib, uni dorixonaga buyurtma beraman. Uning saqlash muddati ikki kun bo‘lsa-da, sifati va natijasi ishonchli”. Juliya van Os “Odatda yuzimda vazelinli niqob bilan uxlayman. Buning uchun shunchaki vazelinni yuzga surish kifoya. Ertalab esa teri hayratlanarli darajada silliq va yumshoq bo‘ladi. Bunday natijani boshqa hech qanday vosita bera olmaydi”. Paulin Xoro “Men juda ko‘p suv ichaman. Balki 2 litrdan ham ko‘proqdir. Zararli, qovurilgan yoki konservalangan hech narsa iste’mol qilmayman. Har oyda kosmetolog huzuriga tashrif buyuraman. Uyda esa namlantiruvchi vositadan tashqari hech qanday kosmetik vositalarim yo‘q”. Isauni Brito “Men, aslida, kosmetik vositalarga emas, tabiiylikka imkon beraman. Pardozdan keyin yuzni yuvib, bo‘yoqlarni bodom yog‘i bilan tozalayman. So‘ngra avokado niqobini suraman. Buning uchun mevani shunchaki blenderdan o‘tkazish va yuzga yupqa qatlam qilib surish kifoya. Bor-yo‘g‘i shu”.
83
3,647
Ayollar
Ham chiroyli, ham issiq: yaxmalak uchishga kiyish mumkin bo‘lgan liboslar
Qish ajoyib fasl. Ajoyibligi shundaki, maza qilib chanada uchish yoki yaxmalakka borish mumkin. Lekin bizning iliq iqlimda har doim ham chanada uchish imkoni bo‘lmasa-da, bemalol konkida uchish mumkin. Chiroyli ko‘rinish va sovqotmaslik uchun yaxmalak sayriga qanday kiyinsa bo‘ladi? 1. Bu qishda puxoviklar tamomila modaga qaytdi, lekin o‘ziga xos bichim va shakllarda. Demak ko‘rshapalak yengli kurtka ayni muddao bo‘ladi. Uni issiq vodalazka, shapka va yelkaga taqiladigan kichkina sumkacha bilan to‘ldirish mumkin. 2. 2017-yilda sariq rang juda urf bo‘ldi. Bemalol sariq rangli kurtka kiysangiz bo‘ladi. Agar yubka kiymoqchi bo‘lsangiz trapetsiya yoki quyosh shaklidagisini tanlashingiz mumkin. Faqat issiq kolgotka kiyishni unutmang. 3. Sport uslubini yoqtiruvchilar kalta kurtka bilan leggins kiyishi mumkin. Sumka o‘rnida qulay bo‘lishi uchun ryukzak taqsangiz bo‘ladi. 4. Kalta paltoda konki uchsa bo‘ladimi? Bemalol issiq jemper bilan birga kiysangiz bo‘ladi. Bu ko‘rinishga A shakldagi yubkacha va popukli shapka ham juda mos tushadi. 5. Nam o‘tkazmaydigan qulay shim, jun kardigan va an’anaviy qishki naqsh solingan shapka birgalikda ajoyib qiyofa yaratishga yordam beradi.
73
1,185
Ayollar
Unumli ishlashimiz uchun bizga nima xalal beradi?
Mashhur ruhshunos Andre Kukla o‘zining butun hayotini biron-bir ishni bajarishda odamlarga xalal beruvchi har xil hayotiy tuzoqlarni aniqlash va ta’riflashga bag‘ishladi. Agar siz ularni oldindan aniqlash va izmiga solishga yo‘l qo‘ymaslikka o‘rgansangiz, unda qilayotgan har qanday ishning unumdorligi ikki marta oshadi. Sustkashlik Aniq bir kunga belgilangan ishni orqaga surish odatidan iloji boricha tezroq qutulish zarur. Ishlarimizni keyinga qoldirish bilan biz o‘zimizni aldaymiz xolos, va keyin rejalashtirgan ishni boshlash undan ham qiyinroq bo‘ladi. Ma’lum bo‘lishicha, ko‘pincha aynan birinchi qadamni qo‘yish eng qiyin hisoblanar ekan. Lekin birinchi qadamni qo‘ysangiz, ikkinchisi unchalik qiyin bo‘lmaydi. Haddan tashqari urinish Biron-bir ishni bajarishga qancha ko‘proq harakat qilsak, natijasi shuncha yaxshiroq bo‘ladigandek tuyuladi. Lekin talab qilinmagan ishga haddan tashqari urinish – bu eng keng tarqalgan tuzoq bo‘lib, biz unga tushish bilan o‘z mahsuldorligimizni pasaytiramiz. O‘tmishga qaytish Rejalarimiz har doim ham o‘zimiz o‘ylaganimizdek amalga oshavermaydi. Muvaffaqiyatsizliklar yuz berishi mumkin, va bundan qochib qutulib bo‘lmaydi. Va bu bosqichda ba’zi odamlar reversiya tuzog‘iga tushib qoladi – ular xayolan endi o‘zgartirib bo‘lmaydigan o‘tmishga qaytadi va “agar bunday bo‘lganda edi, agar unday…” deb o‘ylay boshlaydi. Tabiiyki, bunday holatda kundalik vazifalarni bajarishga to‘liq kirishishning iloji yo‘q. Hafsala pir bo‘lishini to‘g‘ri qabul qilishni o‘rganish va uning keyingi faoliyatga salbiy ta’sir ko‘rsatishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. To‘xtab qolish Ba’zi ishlarni bajarishda biz ularning keyingi kechishi o‘zimizga emas, balki biron-bir oraliq bosqich bilan bog‘liq bo‘lgan holatlarga duch kelib qolishimiz mumkin. Bekilib qolish tuzog‘i – bu shunday holatki, unda bajarayotgan ishlarimiz qandaydir sabablarga ko‘ra to‘xtatilgan bo‘ladi va biz bu ishlarni oxirigacha yetkazmagunimizcha keyingi ishni boshlay olmaymiz. Biz muallaq holatga tushib qolamiz va qimmatli vaqtimizning bir qismini yo‘qotamiz. Agar biz bu ishning bajarilish jarayonining ma’lum bir bosqichiga ta’sir ko‘rsata olmasak, u holda qiynalib kutib o‘tirmasdan yaxshisi boshqa zarur ishlar bilan shug‘ullangan ma’qul. Manba: “Layfxaker”
49
2,259
Ayollar
TikTok’da mashhurlikka erishgan makiyaj bilan bog‘liq 7 layfxak
Go‘zal va trendga xos ko‘rinish uchun TikTok’dagi mashhur tavsiyalarni sinab ko‘rish tavsiya qilinadi. Ten uzoq turishi uchun Rang-barang va yaltiroq ten uzoq va yaxshi turishi uchun labga surtiladigan yaltiroq bo‘lmagan pomadadan foydalaning. Cho‘tka yordamida yupqa qilib qovoqlarga surting. Shundan keyin ten surtsangiz bo‘ladi. Shundan keyin ten yorqinroq ko‘rinadi va uzoq turadi. Ko‘zlarni bo‘yash Ko‘zlarni o‘ziga xos qilib bo‘yash uchun qog‘oz bo‘lagi yoki plastirdan foydalansangiz bo‘ladi. Plastirni ko‘zning tashqi burchagidan tepaga qarab qiyshaytirib yopishtiring. Keyin esa ten yoki podvodkani uning cheti bo‘ylab bo‘ying. Rangli strelkalar Ko‘zlarga rangli strelka chizish uchun istalgan rangli pomadadan foydalansangiz bo‘ladi. Cho‘tka yordamida uni yuqori qovoqqa go‘yo podvodka singari chizing. Pomadadan boshqa maqsadda foydalanish Lablarni bo‘yash uchun mo‘ljallangan pomadadan ba’zida rumyana yoki ten sifatida ham foydalansa bo‘ladi. Bu usul yaxshi ish berishi aniq. Qoshlar uchun marker Hozir tabiiy ko‘rinish trendda, shu sabab ham qoshlar ingichka qosh uchun mo‘ljallangan marker bilan bo‘yaladi. Sun’iy ko‘rinib qolmasligi uchun asosiysi, sochga mos rang tanlash kerak. Tush oqmasligi uchun Kiprikka surtilgan tush oqmasligi uchun makiyajdan keyin ko‘z ostiga ingichka maxsus cho‘tka bilan pudra surtish kerak. Shundan keyin kun davomida ko‘zlarning tagi qorayib qolmaydi. Oq strelka Strelkani oq rangda bo‘lishi bugungi kunda har qachongidan ham dolzarb. Buning uchun oq qalamdan foydalaning. Kiyimga moslansa o‘ziga xos va zamonaviy ko‘rinishingiz aniq.
63
1,584
Ayollar
Sizni baxtliroq qilishga va maqsadga erishishga yordam beruvchi 4 narsa
Har bir kishining o‘z orzu va havaslari bor. Lekin hamma uchun umumiy bo‘lgan, yaxshiroq va baxtliroq bo‘lishimizga yordam beruvchi narsalar ham bor. Vazifa — ishlarga maqsad va anglash bag‘ishlovchi mo‘ljallanganlik tushunchasi. Agar biz vazifamiz nima ekanligini tushunsak, unda nima uchun biz hayotda maqsadlarga erishishimiz va nima uchun yashayotganimiz aniq bo‘ladi. Har bir odam mehnat qilish uchun yaralgan. Faqat qat’iylik yordamidagina biz oldimizga qo‘yilgan maqsadlarga erishamiz. Mehnat qilish — bu yechim, bu yerda hech qanday motivatsiya haqida gap yo‘q. Agar biz biron nimaga erishmoqchi bo‘lsak, unda bizga yordam berishi mumkin bo‘lgan eng yaxshi narsa — mehnat hisoblanadi. G‘amxo‘rlik qilish — bu neytralitet emas, balki biron-bir harakatlar. Bu do‘stona munosabatlardan ko‘ra kattaroq harakat. Va agar siz hozir ota-onangiz bilan yaxshi munosabat o‘rnata olishning imkoni yo‘q demoqchi bo‘lsangiz, unda bir necha marta o‘ylab ko‘rishingiz lozim bo‘ladi. Ba’zilar ota-onasi bo‘lishini yoki ularning qaytib kelishini orzu qiladi. Siz minglab talantga ega bo‘lishingiz mumkin, lekin agar siz vaqtingizni va kuchingizni sarf qilmasangiz, u holda ular yuzaga chiqmasdan qolib ketadi. Musiqa asbobini chalishni o‘rganishga qaror qildingizmi — oxirigacha yetkazing va bu sohaning ustasi bo‘ling. Agar taslim bo‘lishni xohlasangiz, o‘zingizga buni nima uchun qilayotganingizni eslating. Ota-onamiz, oliygoh va kitoblarni o‘qish orqali olgan bilimlarimiz bizga saqlab qo‘yish va hech kim bilan bo‘lishmaslik uchun berilmagan. Sizning tajribangiz, bilimlaringiz va hayotning hamma sohalari haqidagi ma’lumotlar boshqalarga yordam berish, ruhlantirish va o‘rgatish uchun kerak bo‘ladi. Manba: “Woman.ru”
71
1,714
Ayollar
Uyqusizlik, yo‘tal va bosh og‘rig‘ini dorilardan ham yaxshiroq davolay oladigan tabiiy mahsulotlar
Tibbiyot sohasi hali rivojlanib ulgurmagan paytlarda shifokorlar tabiiy mahsulotlar bilan bemorlarni davolagan. Insonlar orasida keng tarqalgan bir necha kasalliklarga qarshi kurashishda 6 ta mahsulot qo‘l keladi. Albatta, shifokor bilan maslahatlashgan holda tabiiy mahsulotlar bilan dardga shifo topishni unutmang. Yo‘talga qarshi Bir necha bo‘lak qora shokolad yo‘talni siroplarga qaraganda ancha yaxshi davolaydi. Xal universiteti tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, shirinlik tarkibidagi alkoloid tebromin bo‘g‘izdagi asab tolalarini o‘rab, yo‘talni kamaytiradi. Yo‘tal boshlangan zahoti qora shokolad tanovul qilish yaxshi samara beradi. Bosh og‘rig‘i Spirtli ichimlikdan so‘ng paydo bo‘ladigan bosh og‘rig‘i, karaxtlik kabilarga xlorella – oqsil va yog‘ga boy, mayda suv o‘ti juda yaxshi yordam beradi. Ushbu mahsulot tez orada o‘z natijasini ko‘rsatishi shubhasiz. Uni dorixonalardan xarid qilish mumkin. Suv o‘ti kukuniga suv va limon aralashtirilib ichiladi. Faqat me’yorni oshirib yubormaslikni yodda saqlash kerak. Kariyesdan himoyalanish uchun Lavlagi sharbati kariyesni himoya qilishga qodir va tish emalini tashqi ta’sirga nisbatan kuchli hamda chidamli qiladi. Tishlarning asosiy dushmani hisoblangan sut kislotasi bakteriyalari tufayli bir qancha kasalliklar kelib chiqadi. Shuning uchun ham har kuni birozdan bo‘lsa ham lavlagi sharbati ichishga odatlanish zarur. Bu tishlar uchun foydali. Uyqusizlikka qarshi Ayrim insonlarda uxlash katta muammoga aylangan. Ularni ko‘proq uyqusizlik qiynaydi. Buning eng yaxshi usuli kechki ovqatga qovurilgan tuxum tanovul qilish. Aminokislota triptofanga boy bo‘lgan ushbu mahsulot uyqu sifatiga nihoyatda foydali ta’sir ko‘rsatadi va uyqusizlikni yengishga yordam beradi. Asosiysi, uyqudan bir necha soat oldin tuxum iste’mol qilishni unutmaslik. Diqqatni jamlash uchun Qattiq charchoq ba’zida diqqatni jamlashga xalaqit beradi. Bunday vaqtda qahva ichishga shoshilmaslik zarur. Aksincha, bir stakan apelsin sharbati foyda beradi. Mutaxassislar fikricha, apelsin sharbati insonning aqliy hamda jismoniy holatini yaxshilaydi. Uzoq umr ko‘rish uchun 26 oy davomida haftasiga ikki marotaba  baliq yoki dengiz mahsulotlari iste’mol qilinsa, inson salomatligi yaxshilanib, o‘z-o‘zidan umri uzayishiga sabab bo‘ladi. Bu Garvard universiteti olimlari tomonidan 16 yil davomida olib borilgan tadqiqot natijasi. Har kim buni o‘zida sinab ko‘rish imkoniyatiga ega.
98
2,436
Ayollar
Ralph Lauren pandemiya vaqtida saratonga chalingan bemorlar uchun mablag‘ ajratdi
Dunyoga mashhur libos brendi Ralph Lauren’ga qarashli fond koronavirus pandemiyasi vaqtida onkologik kasallarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida mablag‘ ajratdi. Harper’s Bazaar nashrining yozishicha, mart oyi oxirida dizayner Ralf Loren tomonidan koronavirusga qarshi kurashish uchun 10 million dollar mablag‘ xayriya qilingan. Endilikda kompaniya fondi nafaqat tibbiyot xodimlari, balki saraton bilan kasallanganlarga ham yordam ko‘rsatmoqchi. Chunki aynan ushbu kasallikka chalingan bemorlarda immunitet pastligi sabab COVID-19’ni yuqtirish ehtimoli yuqori bo‘ladi, deyiladi xabarda.   Ajratilgan mablag‘lar tadqiqot laboratoriyalarida tahlil olish, COVID-19’ni erta aniqlash, tashxis qo‘yish hamda zarur tibbiyot jihozlarini xarid qilish uchun sarflanadi. Jamg‘arma moliyaviy yordamdan tashqari Italiyada joylashgan Yevropa onkologiya instituti, Germaniya saraton tadqiqot markazi va boshqa tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun ham qo‘shimcha mablag‘ to‘plashni boshlaydi. Shuningdek, Italiya, Germaniya, Ispaniya, Fransiya va Buyuk Britaniyada virus bilan kasallanganlar — bemor va tibbiyot xodimlari uchun brendning 130 000 nusxa uy liboslari tarqatiladi. Ma’lumot uchun, Ralph Lauren saraton kasalligiga qarshi kurashda 20 yildan ortiq vaqtdan buyon skanerlash, erta tashxis qo‘yish, bemorlarni davolash va o‘qitish dasturlarini qo‘llab-quvvatlab keladi.
81
1,362
Ayollar
Narsalarni joylashtirish uchun kichkina uy egalariga qo‘l keladigan tavsiyalar
Katta bo‘lmagan turar joyda tartibsizliklar kelib chiqmasligi va narsalar yoyilib ketmasligi uchun har qarichdan unumli foydalanish kerak bo‘ladi. Narsalarni solib qo‘yish uchun maxsus cho‘ntaklari bor matolardan foydalaning. Uni xarid qilmasdan uy sharoitida tiksa ham bo‘ladi. Ziravorlarni muzlatkich ustida saqlash juda ham qulay. Magnitli idishlardan foydalaning, ularni muzlatgich devorlariga mahkamlash orqali birinchidan polkada bo‘sh joy ko‘p bo‘ladi. Devor va muzlatgich orasida 15 sm bo‘sh joy bo‘lsa, g‘ildiraklari bor javonga mahsulotlarni terib qo‘yishingiz mumkin. Rakovina tagidagi shkafga esa metall sterjen o‘rnatib, chiqindilar solinadigan paketlar yoki qog‘oz sochiqlarni rulon qilib o‘rab qo‘ysa bo‘ladi. Qog‘ozlar solishga mo‘ljallangan metall to‘rli idishdan esa sabzavotlar uchun mo‘ljallangan savatcha o‘rnida foydalansa bo‘ladi. Qolaversa, sabzavotlarni istalgan bo‘sh joyga ilib qo‘yish mumkin bo‘lgan to‘p qoplarda saqlasa ham bo‘ladi. Oshxona stol qo‘yish uchun kichiklik qilsa, unda yig‘iladigan variantlarga e’tibor qarating. Devorga mahkamlanadigani esa bu borada maqbul yechim bo‘la oladi. Oshxona buyumlarini saqlash uchun alohida joy bo‘lishi shart emas. Shkaf devoriga reyling o‘rnatib, S shaklidagi ilgaklar sotib oling va uning yordamida tova va boshqalarni ilib qo‘ying. Devorga magnitli planka o‘rnatib, pichoq va boshqa metalldan yasalgan jihozlarni joylashtirib qo‘ying. Iloji boricha yig‘iladigan jihozlar, masalan qirg‘ichni ham shunday variantdagisini xarid qilishga harakat qiling. Agar shkafda yetarlicha joy bo‘lmasa, ilgaklar o‘rnatib krujkalarni ilib qo‘ysangiz bo‘ladi. Kichkina xonadonlardagi yuvinish xonalari uchun tavsiyalar Yuqorida ta’kidlanganidek kichik xonadon uchun xarid qilingan narsalar ko‘p funksiyali bo‘lgani yaxshi. Masalan, teskari o‘girilib devorga qoqilgan stuldan kosmetik vositalarni qo‘yish va sochiqlarni ilishda foydalanish mumkin. Eshik tepasidagi bo‘sh joydan sochiqlarni taxlab qo‘yish mumkin. Tartibli tursin desangiz, kiyimlarni taxlab qutiga soling va qutilarni bo‘sh joyga qo‘ying. Ilgaklarni devorga mahkamlab, kiyimlarni ilib qo‘ysangiz bo‘ladi. Ilgaklarga ip o‘tkazilgan kichkina chelaklarni ilib qo‘yishingiz va ichiga kosmetik cho‘tkalarni solishingiz mumkin. Sochiqlarni quritish uchun esa devorga metall planka o‘rnating. Kichkina yotoqxonalar uchun tavsiyalar Yotoqxonada joy oz bo‘lsa, osma stoldan foydalaning. Buyumlarni uning ustiga qo‘ying, kompyuterni ustiga qo‘yib ishlashingiz mumkin. Mayda buyumlarni solib qo‘yish uchun esa osib qo‘yish mumkin bo‘lgan osma idishni matrasga yopishtirib qo‘ying. Shuningdek, karavotlaridan ham kitob javoni sifatida foydalanish mumkin. Qolaversa, kitob javonini uyning istalgan burchagiga yasash mumkin. Buning uchun bir nechta yog‘och planka, doskalar va mahkamlagich kerak bo‘ladi. Kichik xonadonda narsalarni saqlash uchun tavsiyalar Jurnal solishga mo‘ljallangan idishni bo‘yab, devorga mahkamlab telefon, kalit va mayda narsalarni qo‘yish uchun polka sifatida foydalanish mumkin. Ottomanka, ya’ni ochiladigan divan ichiga mato tikib, oyoq kiyimlarni joylasa bo‘ladi. Qolaversa, poyabzal turishi uchun polkalarni o‘z qo‘lingiz bilan yasasangiz ham bo‘ladi.
78
3,213
Ayollar
Tish vineri nima? O‘zbekistonlik mutaxassis protseduraning afzalliklari va salbiy jihatlari haqida batafsil ma‘lumot berdi
So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqda viner qildirish iborasi tez-tez quloqqa chalinmoqda. Undan nafaqat san’at vakillari, balki yoshlar ham keng foydalanmoqda. Kimdir uni uzoq muddatli tish oqartirish vositasi, kimdir esa tishlarni tekislash muolajasi deydi.  Xo‘sh, aslida viner nima? Protsedura kimlar uchun, nechchi yoshdan foydalanish mumkin? Viner qo‘ydirgan kishi nimalarga amal qilishi lozim? Uning qanday salbiy ta’sirlari bor? Xizmatdan foydalanish narxlari qancha?  Bu haqda stomatolog Saidolimxo‘ja Saydaliyev batafsil ma’lumot berdi.  Ko‘pchilik vinerni tishlarni oqartiruvchi protsedura sifatida biladi. Ammo u nafaqat estetika, balki davolash uchun ham qo‘llaniladi. Bunda tisholdi qismini 180—360 gradusda oq qoplama bilan qoplanadi. Uning ham o‘ziga yarasha qalinligi bo‘lib, tish 0,2—0,5 mm atrofida yopib chiqiladi. Masalan, kimdadir diastema, trema kasalligi bor. Ya’ni tishlarining orasi ochiq bo‘ladi. Ba’zilarning esa tishlari qiyshiq yoki bolaligidan rangi sariq ko‘rinishda bo‘ladi. Kulganda, gapirganida o‘zini noqulay his qiladi. Shunday kamchiliklarni viner yordamida to‘g‘rilash, aniqrog‘i berkitish mumkin. Yana bir ijobiy tarafi viner qilinganda, tishlar ko‘p charxlanmaydi, nervi olinmaydi. Ammo oxirgi paytlarda aksariyat bemorlar qiyshiq tishlarini ham “1–1,5 yil briket taqib yurgim kelmayapti, viner qilib qo‘ying”, — deydi. Ba’zan qabulimga 18 yashar qizlar keladi. Tishi sog‘lom, emali oq, xolati yaxshi, lekin yanada chiroyli ko‘rinishni xohlaydi. Ularga doim tishlarining holati yaxshiligini, viner qo‘ydirish shart emasligini aytaman. Chunki stomatologiya biznes emas. Har bir protsedura, albatta, foyda berishi kerak. Viner qilish ekan deb kelgan odamga qilib ketaverish yaramaydi. Imkon boricha barchaga stomatologik qoplamalardan 18—20 yoshdan keyin foydalanishni tavsiya qilamiz. To‘g‘ri, ayrim hollarda 15—16 yoshdan boshlash ham mumkin, lekin ko‘pchilikda 18—25 yosh oralig‘ida aql tishi chiqa boshlaydi. Unga joy kerak bo‘lib, tishlarning joylashuvi suriladi. Kimningdir jag‘ida joy bo‘ladi, kimdadir esa yo‘q. Qolip, vinerlar esa tishlarning orasiga kirib turadi. Bir marta qo‘ydirganingizdan keyin ular shunday qotadi. Aql tishi chiqib, tishlar surilgani natijasida esa viner surilmay sinib ketadi yoki tish bloklanib qoladi. Shuning uchun viner xizmatidan men 22 yoshdan keyin foydalanishni maslahat beraman. Tish oqartirish muolajasi vinerning ma’lum bir darajada o‘rindoshi hisoblanadi. Bunda tishlar turli apparatlar yordamida oqartiriladi. Aytishim lozimki, mazkur protseduraning hech qanday davolovchi xususiyati yo‘q, faqat go‘zallik uchun qilinadi. Tishni oqartirgan kishi bir oy davomida qizil, achchiq sho‘r, gazli, kofe, xullas rangli, bo‘yalgan mahsulotlarni iste’mol qilmasligi zarur. Protseduradan so‘ng tishlar olti oy davomida oppoq ko‘rinishda bo‘ladi. Agar tishlaringizni yaxshi parvarish qilsangiz, uning bu holati yanada ko‘proq saqlanishi mumkin. Masalan, ba’zilar keladi, oradan bir yil o‘tsa-da, tishlari oppoq turadi, ba’zilar esa tish gigiyenasiga amal qilmagani sabab olti oydayoq uning rangi o‘zgarishni boshlaydi. Vinerning tish oqartirishdan eng katta farqi — tish shaklini o‘zgartirishi va oqligini uzoq muddat saqlab qolishida. Masalan, bir marta qilingan viner tishlarda 10-15 yil davomida turadi. Oqartirish protsedurasining esa muddati olti oy. Har yilda bir yoki ikki marta mazkur xizmatdan foydalanishingizga to‘g‘ri kelaveradi. Albatta, viner qo‘ydirdingiz degani u 10 yil aniq turishini anglatmaydi. Uning ham o‘ziga yarasha amal qilinishi zaruri bo‘lgan qoidalari bor. Masalan, iloji boricha qattiq mahsulotlarni iste’mol qilmaslik kerak. Shunday odamlar bor, yong‘oqni ham tishida chaqib yeydi. Bu aslo mumkin emas. Biz hatto olmani ham kesib yeyishni tavsiya qilamiz. Bir narsani aytib o‘tishim lozim, qabulimga kelgan aksariyat bemorlar protseduraga “Necha yil kafolat berasiz?” deb so‘rashadi. Doim aytadigan gapim, avvalambor, xudo. Biz qo‘limizdan kelganicha davolashga harakat qilamiz. Lekin protseduralarning sizga qancha vaqt xizmat qilishi 80-90 foiz holatlarda organizmga bog‘liq. Organizm qancha yosh bo‘lsa, yaxshi parvarish qilinsa, qo‘llangan har bir protseduraning natijasi ko‘proq saqlanadi. Yana bir misol, yoshi katta mijozlar kelib, “Mana bu vinerni, kolonkani qo‘ydirgandim. 20 yil turdi. Biror marta bezovta qilmadi. Ammo keyingi qildirganimga uch yilga bo‘lmasdan milklarim qochib ketdi. Yaxshi qo‘ymagan ekanda” deydi. To‘g‘ri, men hamkasblarimni oqlamoqchimasman, yaxshi qo‘ymagan ham bo‘lishi mumkin. Lekin xizmatning 20 yil davomida yaxshi turganining asosiy sababi u ayol taxminan 30-35 yoshlarida buni qo‘ydirgan. O‘sha yoshida uning organizmida qon aylanish sistemasi, immunitet yaxshi bo‘lgan. Lekin afsuski buni ko‘pchilik tushunavermaydi. Afsuski, hozirgi kunda vinerdan faqat go‘zallik maqsadida foydalanayotganlar ko‘payib boryapti. Ammo aytish lozimki, har qanday protserduraning o‘ziga yarasha salbiy ta’sirlari ham yo‘q emas. Keling, misollar orqali tushuntirib beraman. Masalan, sizning tishingizda vinerni talab qiladigan hech qanday muammolar yo‘q edi. Ammo siz bu xizmatdan foydalanishni istadingiz. Viner tishingizga 180 gradus bo‘yicha qoplanadi, uning orqa qismi ochiq qoladi. Agar gigiyenaga amal qilmasangiz asta-sekin o‘sha ochiq qolgan qismlardan kariyes kelib chiqishi mumkin. Albatta, bu holat hammada ham bo‘ladi demoqchimasman. Lekin 10-15 foiz holatda sodir bo‘ladi. Har bir stomatolog o‘zining ishiga, xarajatiga qarab narx belgilaydi. Masalan, klinika shahar markazida bo‘lgani uchun ijara haqi ham shunga yarasha. O‘zbekistonda viner qo‘yish narxi o‘rtacha 1,6 milliondan 4 million so‘mgacha. Tish oqartirish protsedurasining narxi esa o‘rtacha 3,2 milliondan 5,5 million so‘mgacha belgilanadi.
122
5,744
Ayollar
Toshkentda “Italiya modasi 60 yoshda” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi
Toshkentda 2017-yilning 15-noyabridan 2018-yilning 15-yanvariga qadar “Italiya modasi 60 yoshda” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi, deb xabar berdi UzDaily. Ko‘rgazma O‘zbekiston davlat san’at muzeyida bo‘lib o‘tadi. Ko‘rgazmaning ochilishi har yili o‘tkaziladigan Toshkent moda haftaligiga to‘g‘ri keladi. U “Osiyo ramzi” O‘zbekiston dizeynerlari assotsiatsiyasi hamda Italiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan birgalikda birinchi bor tashkillashtirilmoqda. Ko‘rgazmadagi ekspozitsiyalar Italiya modasining tarixi va rivojlanishiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda Roberta di Camerino, Galitzine, Prada, Giorgio Armani, Brioni, Versace va boshqa mashhur brendlarning kiyim va aksessuarlari namoyish etiladi. Namoyish etiladigan barcha eksponatlar modalar uyi arxivi, shuningdek, jismoniy shaxslar tomonidan ajratilgan.
63
810
Ayollar
Foto: 2021-yil trenddaligiga qaramay, sotib olish tavsiya qilinmaydigan kiyim-kechaklar
Kiyim tanlashda trendlardan ham ko‘ra qanchalik yarashish-yarashmasligi, obrazlarni moslash mumkin yoki yo‘qligiga e’tibor berish kerak. Old qismi yopiq, qalin shippak 2000-yillarda dolzarb bo‘lgan mazkur model yoz faslida yana yetakchilik qilmoqda. Istalgan obraz bilan moslash mumkinligiga qaramay, bunday oyoq kiyimni tanlashda ehtiyotkor bo‘lish kerak. Kalta yubka Yana urfda ekaniga qaramay, beldan pastda turadigan, kalta yubkalar chiroyli ko‘rinmasligi aniq. Birinchidan, hammaga ham yarashavermaydi, ikkinchidan esa, harakatlanish uchun juda ham noqulay. Buning o‘rniga bel qismi yuqoriroq turadigan uzunroq modellarga e’tibor qarating. Rang-barang print Akvarel bo‘yoqda chizilgandek ko‘rinadigan mazkur printli kiyim-kechakdan tashqari, sumkalarni ham ko‘p uchratish mumkin. Buning o‘rniga bir xil rangli, tayanch modellarga e’tibor qaratish tavsiya qilinadi. Qavilgandek ko‘rinadigan sumka modellari Didli ko‘rsatmagani, qolaversa, qishga xos bo‘lgani sabab bunday sumkalardan yoz kunlari voz kechgan yaxshi. Oynalari ko‘zguni esga soladigan quyoshdan himoyalovchi ko‘zoynaklar Allaqachon urfdan qolgani, obrazni ko‘ngildagidek ko‘rsatmagani sabab bu kabi ko‘zoynak o‘rniga boshqa, linzasi tabiiy ko‘rinadigan rangli modellarni tanlagan yaxshi. Bu mavsumda bachkana bo‘lmagan, oddiy ko‘zoynaklar xarid qilish ayni muddao. Cho‘ziladigan matodan tikilgan, tor shorti Bir necha mavsum davomida ketma-ket dolzarb bo‘lgan mazkur shortilar bugunga kelib avvalgidek yetakchi emas. Stilistlar buning o‘rniga bel qismi yuqori turadigan, keng modellarga e’tibor qaratishni maslahat beradi. Tor shim Hozir keng va erkin turadigan shimlar urfda. Garderobingizdagi tor shimlarni etaklari keng va yopishib turmaydigan modellarga almashtiring. Belga taqiladigan sumkalar Qanchalik qulay ekaniga qaramay, bunday sumkalar bilan obraz didli ko‘rinmasligi aniq. Umuman voz kecha olmaydiganlarga esa yangi modellarga e’tibor qaratish tavsiya qilinadi. O‘ziga xos ko‘rinish uchun esa ixcham va rang-barang sumkalar xarid qiling. Qo‘pol poyabzallar Balenciaga singari oyoq kiyimlar allaqachon o‘tmishda qoldi. Ularning o‘rnini tag qismi ingichka mokasinalar egalladi. Yoz kunlari ayni muddao bo‘lgani va istalgan obraz bilan moslash mumkinligi sabab qo‘pol ko‘rinmaydigan variantlarga e’tibor qaratgan yaxshi.
87
2,307
Ayollar
Ilon Maskdan tez o‘rganish siri
Maskda tug‘ma iste’dod va ko‘p o‘qish odatidan tashqari yana bir foydali mahorat — samarali o‘rganish va qisqa muddatda juda ko‘p ma’lumotlarni esda saqlab qolish qobiliyati bor. Mask eng avval o‘z-o‘zimizga qo‘yadigan chegaradan chiqib olishni maslahat beradi. U ko‘pchilik odamlar o‘zlariga yetarlicha baho bermaydilar va o‘ylaganlaridan ham ko‘prog‘ini o‘rganishlari mumkin deb hisoblaydi. “Bilimni ma’no daraxti deb hisoblash juda muhim, — deydi Mask. — Avval asosiy qarashlaringizni tushunib oling — bu sizning daraxtingizning tanasi va katta shoxlari. Faqat keyingina barglariga (tafsilotlariga) o‘tasiz. Aks holda ular osilib turishga hech narsa bo‘lmaydi”. Asosiy tushunchalar tizimini o‘rganmasdan turib mavzuning ichiga kirib ketmang: asosiy g‘oyalar va munozarali intizom masalalari. Ko‘pchilikning ta’kidlashicha, esda saqlab qolishning eng yaxshi usuli — yangi ma’lumotni o‘zingiz biladigan ma’lumot bilan bog‘lash. Agar bizda yangi bilimlarni ilib qo‘yadigan bunday aqliy “ilgaklar” yo‘q bo‘lsa, ular odatda kallada ushlanib qolmaydi. O‘rganilayotgan fanning asoslari — bu xuddi shu “ilgaklar” hisoblanadi. Agar siz tezroq o‘rganishni xohlasangiz, Maskning maslahatlarini e’tiborga oling va ishga strateg kabi yondashing. Agar sizni fanning aynan o‘sha mavzusi qiziqtirayotgan bo‘lsa ham, murakkab mavzuga birdaniga o‘tmang. Yaxshisi asosni mustahkamlash uchun biroz ko‘proq vaqtingizni sarflang. Shunda siz tezroq va yaxshiroq o‘rgana olasiz. Manba: “Layfxaker”
31
1,477
Ayollar
Merilin Monro uyda qanday kiyingan? (foto)
Merilin Monro suratga olish ishlaridan bo‘sh bo‘lganida vaqtini uyda yoki mehmonxonada o‘tkazishni xush ko‘rgan. Karyerasining boshlanish davrlarida Nyu-Yorkdagi turli kvartiralarda istiqomat qilgan aktrisa keyinchalik Los-Anjelesda villada yashagan. Vogue nashri ekranda va hayotda tashqi ko‘rinishi va iste’dodi bilan insonlar qalbidan joy olgan Merilin Monroning uyda kiygan liboslari suratini e’lon qildi. Suratlardan aktrisa paxmoq gazlamali xalatlar, qulay shim va yumshoq matoli toplarni kiyishni yoqtirganini bilsa bo‘ladi. Asosiysi esa qanday kiyimda bo‘​lsa ham hamisha yulduz bo‘lib ko‘ringan.
42
604
Ayollar
Bola necha yoshida gapirishi kerak?
Nutq rivojlanishining kechikishi jiddiy va juda keng tarqalgan muammodir. Nutqni yaxshilash uchun bola bilan suhbatlashish kerak. Na televizor, na audiohikoyalar yaqinlarining o‘rnini bosa olmaydi. Beshikdaligidayoq bolaga alla aytish lozim; 5-6 oydan keyin turli o‘yinlar o‘ynang; 6-8 oydan so‘ng farzandingizga she’r va ertaklar o‘qib bering, kitoblardagi rasmlarni ko‘rsating — shunga o‘xshash mashg‘ulotlarni kundan kunga rivojlantirib boring. Bola hali juda yosh, hech narsani tushunmayotganga o‘xshaydi. Lekin aslida bularning barchasi bola miyasining rivojlanishiga va yangi asab tolalarining paydo bo‘lishiga yordam beradi. Farzandingiz “standartlar”ga javob bermasa (yiliga 8-10 so‘z, 1,5 yoshda 30 so‘z va hk), tashvishlanmang. Nutq har kimda turlicha rivojlanadi. Bir yoshgacha barcha bolalar nutq o‘zlashtirishning bir necha bosqichlaridan o‘tadi. Agar bola narsa yoki jonzotni ma’lum bir tovush birikmasi bilan chaqirsa — bu allaqachon uning birinchi so‘zlaridir! Odatda birinchi so‘zlar paydo bo‘lganidan 6-12 oy o‘tgach, leksik portlash sodir bo‘ladi: so‘zlar soni keskin ko‘payadi, birinchi iboralar paydo bo‘ladi, ya’ni umumiy ma’noda birlashtirilgan ikki yoki undan ortiq so‘zlar yuzaga keladi. Umuman olganda, birinchi so‘z/iboralar paydo bo‘lishining aniq muddati yo‘q. Quyidagi hollardagina nutq rivojlanishining kechikishidan tashvishlanish mumkin: Agar yuqoridagi muammolarga duch kelsangiz, mutaxassislarga murojaat qilish kerak: bolani pediatr, nevropatolog, lor-shifokor (ba’zan nutq rivojlanishining sustlashishi eshitish bilan bog‘liq muammolar tufayli yuzaga keladi), defektolog, neyropsixolog ko‘rigidan o‘tkazish lozim. Tekshiruv oddiy tibbiyot muassasalarida ham, ixtisoslashgan markazlarda ham olib boriladi.
35
1,744
Ayollar
Sochlarni keratin bilan tekislashning afzalliklari hamda kamchiliklari
Keratin yordamida sochlarni tekislash juda mashhur, ammo ayni paytda ziddiyatli protsedura bo‘lib, tolalarning o‘zgarishiga sabab bo‘lishi mumkin. U kimlargadir ma’qul kelsa, yana boshqalar bunday fikrda emas. Quyida mazkur jarayonning afzalliklari ham kamchiliklari haqidagi ma’lumotni e’tiboringizga havola etamiz. Keratin – bu soch tolalarining tuzilishini tashkil etuvchi va tashqi zararlardan himoya qiluvchi oqsil. Keratin bilan tekislash texnikasi kimyoviy eritma shaklida sochlarga qo‘llanadigan yuqori haroratning aynan shu oqsilga ta’siriga asoslangan. Suyuq keratin formaldegid bilan birgalikda toza sochlarga taqsimlanadi. Keyin ta’sir dazmol bilan yaxshilab o‘rnatiladi, shunda sochlarda himoya plyonkasi hosil bo‘ladi, ular bir necha oy davomida shampun va boshqa maxsus vositalar bilan yuviladi. Haqiqat shundaki, ko‘plab mutaxassislar formaldegidni yoqtirmaydi. Ma’lum bo‘lishicha, u astma, og‘ir allergik reaksiyalarni keltirib chiqarishi va hatto ko‘zga zarar yetkazishi mumkin. Bundan tashqari, yuqori harorat tufayli protsedura sochni juda quritib yuboradi. Buning oldini olish uchun tarkibga sochlarni qurishiga qarshi vositalar qo‘shish mumkin. Hech kimga sir emaski, tekis sochli qizlar jingalakni, jingalak soch egalari esa buning aksini qilishga intiladi. Keratin barcha turdagi sochlarga mos kelishiga qaramay, jingalak sochli qizlar sezilarli natijalar bilan maqtanishlari mumkin. Bundan tashqari, silliqlash vositasi turli xil sochlarga oldindan aytib bo‘lmaydigan tarzda ta’sir qilishi mumkin, shu jumladan, tolalarning rangiga ham biroz zarar yetkazadi. Aytgancha, keratin sochlarni to‘kuvchi ta’sirga ega. Shuning uchun uni har bir yillik kursda 2-3 marotaba qilish tavsiya etiladi. Biroq hamma narsa juda individual bo‘lib, bu kundalik parvarishlarga ham bog‘liq. Misol uchun, agar unga ehtiyotkorlik bilan g‘amxo‘rlik qilinsa, unda ta’sir 7-8 oygacha davom etishi mumkin. Shuning uchun protseduradan so‘ng darhol parvarish mahsulotlarini sulfatsiz shampunlar bilan almashtirish kerak, ularga professional niqoblar qo‘shishni unutmaslik lozim. Bundan tashqari, dengiz yoki hovuzda suzishdan qochish kerak, chunki ularning suvi keratin plyonkasi bilan qoplangan sochlarga salbiy ta’sir qiladi.
70
2,225
Ayollar
2020-yilning bahori va yozida urfga kiradigan ko‘ylaklar (foto)
Ko‘ylaklar har bir ayol garderobining ajralmas qismi. Ular ayolning go‘zalligini yanada orttiradi. Ko‘ylaklar bilan turli nafis obrazlar yaratish mumkin. Psixologlarning ma’lumotlariga ko‘ra, erkaklar ko‘ylak kiygan ayollarni yoqtiradi. Ko‘ylaklar hech qachon modadan qolmaydi. Quyida bahor-yoz mavsumida qanday ko‘ylaklar urfga kirishi haqida so‘z yuritiladi. “Zapaxli” ko‘ylaklar. Bunday ko‘ylaklar uzunmi, kaltami, hech qachon urfdan qolmaydi. Uning eng muhim afzalligi bunday ko‘ylak tana tuzilishidan qat’i nazar hammaga yarashadi. “Zapaxli” ko‘ylaklarni uchrashuvga, sayr qilishga yoki ishga ham kiyib borsa bo‘ladi. Qimmat matolardan tikilgan ko‘ylaklar. Ko‘ylakning chiroyli ko‘rinishi uning qanchalik sifatli va qimmatbaho matodan tikilganiga ham bog‘liq. Ko‘ylak uchun sotib olayotgan matodan pulingizni ayamang, shunda u sizga uzoq muddat xizmat qiladi hamda ustingizda chiroyli ko‘rinadi. Qora ko‘ylak. Taniqli dizaynerlardan birining “Har bir ayolning garderobida kalta qora ko‘ylak bo‘lishi kerak” degan gapi hozirga qadar o‘zining ahamiyatini yo‘qotmagan. Qora rangli ko‘ylakni istalgan vaziyatda kiysa bo‘ladi, u doim urfda bo‘ladi. Uni ishga, sayrga, bayramga kiyaverasiz. Qora rang esa sizni ozg‘in qilib ham ko‘rsatadi. Charm. Charmdan tikilgan ko‘ylaklar ushbu bahor mavsumida urfga kirdi. Bunday ko‘ylaklarning tizzadan sal tushib turadigan uzunroq variantini tanlagan ma’qul. Ko‘ylak tanlayotganda mato sifatiga albatta e’tibor bering. Charm ko‘ylak har qanday tana tuzilishidagi ayolga yarashadi. Uning yagona kamchiligi kunlar isib ketganidan keyin kiya olmasligingiz. Charm ko‘ylaklar bahor va kuzgi salqin havoda ayni muddao. Yaltiroq matodan tikilgan oqshom liboslari. Bunday ko‘ylaklar ham hech qachon urfdan qolmaydi. Ularni tanlashda tana tuzilishiga mosini xarid qilish kerak. Umuman olganda did bilan tanlangan har qanday ko‘ylak ayollarga yarashadi. Ko‘ylak tanlayotganda u tananing kamchiliklarini yashirib, ko‘rkingizga ko‘rk qo‘shishiga e’tibor berish zarur.  Moda o‘zgaradi uslub emas. Urfdan qolmaydigan 10 kiyim-kechak
63
2,067
Ayollar
Qora nondan voz kechmaslik uchun 8 ta sabab
Ko‘pchilik parhezlar uglevodlarni (bunga non ham kiradi) cheklashga asoslangan. Haqiqatan ham shirin kulcha va oq nonlar vaznni oshirishga yordam beradi. Lekin qora va javdari nondan butunlay voz kechish yaramaydi. Buning sabablari bilan tanishing. Organizmga ko‘pincha, ayniqsa qishda kletchatkalar yetishmaydi. Kletchatka organizmda vaznni nazorat qilib turuvchi to‘qlik hissini uyg‘otadi. Bir bo‘lak qora non tarkibida uch grammgacha kletchatka mavjud. Non tarkibida qondagi insulin miqdorini va yurak-tomir kasalliklari xavfini kamaytiruvchi B guruhiga mansub bo‘lgan ko‘plab vitaminlar bor. Non tarkibidagi tiamin, riboflavin, niatsin tanaga uglevodlarni parchalashda va energiyaga aylantirishda yordam beradi. B6 vitamini asab tizimi faoliyatiga, foli kislotasi esa organizmning tiklash faoliyatiga yordam beradi. Meva va sabzavotlar kabi qora non ham murakkab uglevodlarga kiradi. U ancha vaqtda hazm bo‘ladi va qondagi qand miqdorini ushlab turadi. Temir qon hujayralariga kislorod yetkazish jarayonining bevosita ishtirokchisi hisoblanadi. Bu elementning yetishmasligi oqibatida anemiya, charchoqlik va nafas qisish kasalliklari kelib chiqadi. Sendvich bilan nonushta qilishdan unchalik qo‘rqmasangiz ham bo‘ladi, chunki kaloriyasi unchalik ko‘p emas. Sendvich va buterbrodlar — eng qulay yegulik (lanch) hisoblanadi. Ularni bemalol uyda tayyorlashingiz va ishda yoki yo‘lda yeyishingiz mumkin. Parhezingizdan sizga yoqadigan oziq-ovqatlarni butunlay chiqarib tashlash yaramaydi. Shuni esda tutingki, o‘zingizni qancha ko‘proq chegaralasangiz shuncha ko‘p yeb qo‘yasiz. Manba: internet tarmoqlari materiallaridan
43
1,622
Ayollar
Asab tizimini mustahkamlaymiz
Kundalik hayotimizda “hamma kasalliklar asabdan” degan iborani ko‘p eshitamiz. Haqiqatan ham, stress holati kayfiyatimizga ham, sog‘lig‘imizga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmaydi. Asab tizimining buzilish holatlarini ko‘pchilikda ko‘rish mumkin. Xo‘sh, nima qilish kerak? Asab buzilishining oldini olish uchun stress holatiga chidamlilikni oshirishimiz zarur! Buning uchun kundalik taomnomamiz tarkibiga asab tizimini mustahkamlashga yordam beruvchi oziq-ovqat mahsulotlarini qo‘shishimiz kerak bo‘ladi. Asab tizimining me’yorida ishlab turishi uchun organizmda quyidagi moddalar yetarlicha bo‘lishi talab qilinadi: Retinol (beta-karotin) – baliq moyi va dengiz balig‘i, chernika, mol go‘shti, jigar, sabzi, kuraga va yangi pishgan o‘rikda ko‘p bo‘ladi. Askorbin kislota – sitrusli mevalar, klyukva, na’matak, smorodina va olmada ko‘p uchraydi. E vitamini – o‘simlik va baliq yog‘ida, yong‘oq, ismaloq, tovuq va bedana tuxumida bor. B guruhi vitaminlari ham asab tizimi faoliyatini yaxshilashda katta ahamiyatga ega.
29
1,021
Ayollar
Tez-tez qo‘l yuvish oqibatida teri qurib qolsa nima qilish kerak?
Virusdan himoyalanish uchun qo‘llarni muntazam sovunlab yuvish va antiseptik vositalardan foydalanish natijasida teri qurishni boshlaydi. Bunday vaziyatda nima qilish kerak? Meduza nashri ushbu savolga javob beradi.
65
215
Ayollar
Qanday qilib ingliz tilini o‘rganish mumkin yoki til o‘rganishda yo‘l qo‘yiladigan xatolar
Agar sizda uzoq vaqtdan beri ingliz tilini o‘rganishim kerak, degan fikr bo‘lsa, telefoningiz allaqachon har xil ilova va lug‘atlar bilan to‘lgandir. Birgalikda samarali va eng muhimi, sizga mos bo‘lgan chet tilini o‘rganish strategiyasini qanday ishlab chiqish kerakli haqida gaplashamiz. Birinchi qadam. O‘zingizni kim ekaningizni aniqlashtirib oling — texnik yoki gumanitar Soddaroq qilib aytadigan bo‘lsak, odamlar “texnik” va “gumanitar”ga bo‘linadi. Birinchi toifaga tartibga solingan struktura kerak. Ular ma’lumotni jadval, sxema, diagrammalarga chiroyli qilib joylashtirilganida va vazifa aniq shakllantirilganidagina qabul qiladi. Boshqacha qilib aytganda, ular hamma narsani ma’lum narsaga ajratadi va buning formulasini izlaydi. Agar ularning arsenalida hali bunday formula mavjud bo‘lmasa, tushunmovchilik paydo bo‘ladi. Ikkinchi toifa esa ma’lumotni mavhumroq qabul qiladi va aksincha, turli xil bo‘laklarni birlashtirishga intiladi, ularga jadval va formulalar emas, balki tasvirlar, uyushmalar va ranglar bilan ishlash yoqadi. Avvalo, qaysi toifaga kirishingizni o‘ylab ko‘ring? Agar yuqoridagi tavsiflardan gumanitar ekaningizni bilib olgan bo‘lsangiz, formulalar bilan kurashishni va kuniga 100 ta so‘zni yodlashga urinishni to‘xtating. Sizga jonli tasvir kerak: filmlardan o‘rganish samarali bo‘lib, unda jonli ko‘rgazmali qurollar, kartochkalar, stol o‘yinlari yordamida o‘zingiz tushunadigan diagrammalarni chizishingiz mumkin. Ikkinchi qadam. Qanday qilib ma’lumotlarni osongina esda saqlashingiz mumkin bo‘lgan usulni aniqlashtiring Bizning eslab qolish qobiliyatimiz vizual, audial, kinestetikaga bo‘linadi. Ammo ko‘pchilik idrokning aralash turiga ega, shu bilan birga, o‘rganish holatlarida ko‘pincha bitta tur ustunlik qiladi. Ba’zilar audial kinestetik bo‘lishi mumkin, ba’zilar esa vizual. Siz qanday yo‘l bilan eslab qolasiz? Agar vizual qobiliyat ustunlik qilsa, inglizcha podkastlar bilan o‘zingizni qiynamang, ulardan tinglash qobiliyatingizni mashq qildirish uchun foydalaning, lekin ma’lumotlarni yodlash uchun emas. Esda qolarli rasmlardan foydalaning, yoqimli va tushunarli tarzda yozilgan qiziqarli iqtiboslarni to‘plang. Agar podkast tinglasangiz yoki film tomosha qilsangiz, albatta, subtitrlari bo‘lsin. Agar kinestetik bo‘lsangiz, uzoq vaqt o‘qish yoki tinglashga e’tiboringizni qarata olmasangiz, muhitni tez-tez o‘zgartiring va yo‘lda, kafeda ingliz tiliga vaqt topishga imkon beradigan mobil ilovalarni yuklab oling. Manzaralarning o‘zgarishi va yangi hidlar, tovushlar o‘rganishingizga yordam beradi, assotsiatsiyalar va hislar darajasida xotirada saqlanadi. Uchinchi qadam. Tilni qaysi maqsadda o‘rganayotganingizni aniqlashtirib oling Agar siz sayohat paytida muloqot qilish uchun kerak bo‘lsa Tegishli mavzulardagi podkastlarni tanlang va ko‘proq tashrif buyurmoqchi bo‘lgan mamlakatingiz haqida tinglang, ovoz chiqarib takrorlang, ohangiga va tilining musiqasiga taqlid qiling. Bunday holatda podkastlarga e’tibor berish lozim, chunki sayohat paytida sizga yozish va o‘qish kerak emas, lekin tinglash va gaplashish juda muhim. Bundan tashqari, tushunishingiz uchun to‘g‘ri eshitishingiz va to‘g‘ri javob berishingiz kerak. Tushunmovchilikning sababi ko‘pincha yomon grammatika bilan gaplashayotganimiz yoki ko‘p so‘zlarni bilmasligimizda emas, balki ona tilimizning ritmi va intonatsiyasi bilan ingliz tilida gaplashishimizdir. Agar maqsadingiz ingliz tilida so‘zlashadigan mamlakatga borish bo‘lsa, intonatsiya ustida ishlang va ingliz tili ritmini his qilishni o‘rganing. Ingliz tili tashuvchisi bilan darslar Kunduzgi mashg‘ulot yoki onlayn darslar formatini tanlaysizmi, eng muhimi, o‘qituvchingiz professional bo‘lsa bo‘lgani. Afsuski, ko‘pincha darslar o‘qituvchi monologiga aylanib qoladi, darslarda siz passiv tinglovchisiz yoki allaqachon bilgan darajangizda muloqot qilasiz va hech qanday tarzda rivojlanmaysiz. Chet til sifatida ingliz tilini o‘rgatish uchun CELTA yoki DELTA sertifikatiga ega bo‘lgan mahalliy ma’ruzachilarni, eng muhimi, sizga yoqadigan odamni tanlang. Ta’lim bo‘yicha mobil ilovalar Hozirda bunday ilovalar son-sanoqsiz, ammo deyarli barchasi so‘zlarni tarjima qilish va grammatikani o‘rgatishga qaratilgan. O‘zingizni chindan ham qiziqtirgan narsani tanlang. Sizni maqsadlaringizga yaqinlashtiradigan va shunchaki vaqtingizni behuda sarflaydigan ilovalar ham bor. Agar siz yangi odatlarni o‘rganishni va ingliz tilida so‘zlashadigan do‘stlar topmoqchi bo‘lsangiz, “Coach.me” saytidan ro‘yxatdan o‘ting. Agar xotirangizni rivojlantirmoqchi bo‘lsangiz va tez o‘qishni, yaxshiroq yozishni, ingliz tilidagi katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlashni o‘rganishni xohlasangiz, Elevate’ni yuklab oling. Agar siz aytilganlarni ikki marta eshitishni va uni darhol nutqda takrorlashni istasangiz — siz uchun eng yaxshi dastur — bu English Central. Agar siz allaqachon yaxshi darajaga ega bo‘lsangiz, lekin uni yanada yaxshilashni xohlasangiz, ABA English’ni yuklab oling. Chet elda o‘qish Ko‘pchilik Londonga ikki oyga ingliz tilini o‘rganish uchun borish — eng to‘g‘ri yo‘l deb o‘ylaydi. Bunday tajriba, albatta, juda katta afzallik beradi, lekin hatto Londonda ham ingliz tili o‘z-o‘zidan o‘rganilmaydi va siz o‘zingiz biror-bir narsa qilishingiz kerak bo‘ladi. Agar siz chet elda tahsil olmoqchi bo‘lsangiz, 4 soat emas, balki kun bo‘yi shug‘ullaning. Ingliz tilida so‘zlashadiganlar bilan birga yashang. Yangi shahar hayotida iloji boricha faolroq ishtirok eting, joylarni o‘rganing, odamlar bilan tanishing va ularni  diqqat bilan tinglang. Kunduzgi trening va kurslar Mualliflik texnikasi va kurslarini tanlang. Ko‘pincha, ular odatiy o‘quv dasturlaridan ko‘ra ko‘proq hayotga tayyorlaydi va savollaringizga ko‘proq javob beradi. Murabbiy bilan tanishing. Uning tashqi ko‘rinishi, gaplashishi va muomalasi sizga yoqishi kerak. Murabbiy veb-sayti va portfelini o‘rganing. Ko‘pgina kompaniyalar asosiysi o‘quv dasturi va mazmuni ekanini ta’kidlaydilar va uni kim boshqarayotgani muhim emas deb o‘ylaydi. Ammo bunday emas. Inson omili ko‘p narsalarni belgilaydi. Xuddi shu mashg‘ulot ikki xil odam tomonidan olib borilsa, butunlay boshqacha ta’sirga ega bo‘ladi.
90
6,143
Ayollar
Qomatni ixcham ko‘rsatadigan kuzgi ko‘ylak fasonlari (foto)
Brendlar tomonidan taqdim qilingan kuzgi kolleksiyalardagi qomatni ixcham ko‘rsatib, belga urg‘u beradigan modellar surati bilan bo‘lishamiz. H&M H&M brendi tomonidan taqdim qilingan mazkur model belga alohida urg‘u beradi. Bel qismidagi belbog‘ va to‘g‘ri bichimli etak uzunligi sabab esa siluet uzunroq ko‘rinadi. Libosning och rangda ekani uni boshqa rang va printlar bilan moslash imkonini beradi. Aksessuarlardan jigarrang, olcharang va to‘q yashil taqinchoqlar yoki bosh uchun baxmal hamda atlas matoli obodok va detallardan foydalanish mumkin. Uning ustidan uzun jilet, charm kurtka va keng palto hamda klassik uslubdagi trench kiysa bo‘ladi. EMKA O‘simlik printi tushirilgan, och rangli mazkur libos ayollar egnida yana ham chiroyli ko‘rinadi. Uni baland “kazaki”, etik va och krossovka va keta bilan moslash mumkin. Ingichka zanjirli taqinchoq bilan esa modelning bo‘yin qismiga urg‘u bersa bo‘ladi. Libosni keng pidjak, kurtka bilan moslash, oqshom uchrashuvlari uchun esa katta va yirik zirak, obodok va mini sumka bilan obraz yaratish tavsiya qilinadi. “Snejnaya korolyeva” “Snejnaya korolyeva” brendi tomonidan taqdim qilingan futlyar bichimli libos bel qismi ingichka bo‘lmagan ayollar uchun eng yaxshi variant. Midi uzunligidagi pidjak-ko‘ylakni ofisga va kundalikka ham kiyish mumkin. Uning o‘zini yoki vodolazka va jemfer bilan kiysa bo‘ladi. Poyabzallardan yopiq poshnali tufli, botfort va botilyonlar tanlash mumkin. Belbog‘ini boshqa rangdagi kamar bilan almashtirish orqali belga yanada urg‘u beriladi. Obodok, minimal uslubidagi taqinchoq bilan obrazni uyg‘unlashtirish tavsiya qilinadi. Uniqlo Ayol kishi qomatini hech qanday model “zapax” bichimli liboschalik chiroyli ko‘rsatmaydi. Uniqlo tomonidan taqdim qilingan tabiiy ipak matosidan tikilgan modelning to‘q qizil rangi kuzgi garderob uchun ayni muddao. Qulay va zamonaviy obraz yaratish uchun mazkur libos bilan bichimi erkaklarnikidek bo‘lgan pidjak va “garmoshka” etik , ustki kiyimdan trench yoki uzun palto kiying. Libosni turli kamarlar bilan moslasa bo‘ladi, uning V shaklini esga soladigan old qismi esa taqinchoq va aksessuarlar bilan eksperiment qilish imkonini beradi. Zara Zara’ning ushbu libosi minimal uslubni yaxshi ko‘radiganlar uchun maqbul tanlov. Uning bel qismi va yengining bichimi siluetni chiroyli ko‘rsatadi. Libosni katta hajmli krossovka, bog‘ichli botinka hamda botfort va tufli bilan kiysa bo‘ladi. Noodatiy uslubda kiyinishni istaydiganlar uni shim va baland bo‘lmagan poshnali poyabzal bilan kiyishi mumkin. Shein Yubkasi qalam bichimli, old qismi esa “zapax”li mazkur libosni kiyish orqali qomatni jozibali ko‘rinishiga ega bo‘lishi mumkin. Aksessuarlar va poyabzal tanlanishiga qarab libosni kundalik ish uchun, ofis yoki oqshom tadbirlariga kiysa bo‘ladi. Masalan, ofis uchun uni yopiq tufli, botilyon va jiddiy uslubdagi sumka bilan, romantik obraz uchun esa yaltiroq tufli, poshnali bosonojka va yorqin sumka bilan kiyish kerak. Kundalik uchrashuvlar uchun esa krossovka va jinsi kurtka bilan kiyish tavsiya qilinadi.
59
3,036
Ayollar
Qishki kiyimlarni qanday saqlash kerak?
Bahor kelishi bilan kiyim-kechaklarni yangilash, keraksizlaridan xalos bo‘lish va qishki kiyimlarni olib qo‘yish kerak bo‘ladi. Bunday paytda qishki buyumlarni saqlash qoidalariga rioya qilish zarur. Kiyimlarni havo yaxshi aylanadigan, quruq, salqin va qorong‘i joyda saqlash lozim. Buyumlarni polietilen paketlarga solmang. Polietilen havo aylanishiga to‘sqinlik qiladi va natijada yoqimsiz hid yuzaga kelib, kuya paydo bo‘lishi uchun qulay sharoit yaraladi. Shu tufayli, kiyimni yaxshisi tabiiy matolardan qilingan g‘iloflarda yoki zig‘irpoya tolasi va qalin paxta matosidan tikilgan xaltalarda saqlagan ma’qul. Mo‘ynali kiyim-kechaklar Jun gazlamali buyumlar Jun gazlamadan tikilgan kiyimlarni olib qo‘yishdan oldin ularni yaxshilab shamollating. Singib qolgan ovqat, tamaki yoki atir hidi ham kuyani o‘ziga chaqiradi. Bunday buyumlarni kimyoviy tozalashga bergan ma’qul. Qo‘lda yuvmoqchi bo‘lsangiz, bolalar shampuni yoki jun kiyimlar uchun maxsus vositadan foydalaning. Kuya paydo bo‘lishining oldini olish uchun eng yaxshi chora — jun kiyimlarni germetik polietilen paketga solgan holda muzlatgich kamerasida 3—4 kun saqlashdir. Charm buyumlar Kuchli kirlangan bo‘lsa, charm kiyimni faqat professionallarga berib tozalatish lozim. Uyda uning ifloslangan qismlarini qaynatilmagan iliq sut yordamida artish mumkin, undagi yog‘ charmga yaxshi singadi. Charmdan tikilgan kiyimlarni xona haroratida kiyimosgichga ilgan holda quritish mumkin. Tekislash kerak bo‘lsa, astarini ag‘darib, uch qavat doka bilan past haroratda dazmollash mumkin. Hech qanday vaziyatda charm buyumlarni kir yuvish mashinasida tozalash yaramaydi, oqibatda charm qo‘pollashib, bo‘yog‘i to‘kiladi, dog‘ va kirlar esa aksincha, qolib ketadi. Charm buyumlarni havo o‘tmaydigan polietilen paketlarda saqlash kerak emas.
39
1,791
Ayollar
Idish yuvish vositasidan samarali foydalanishning 10 ta usuli
Idish yuvish vositalari oshxona buyumlaridagi yog‘ va oziq-ovqat qoldiqlarini tozalaydi, ammo ulardan boshqa maqsadda ham foydalanish mumkin. Quyida bu haqda batafsil ma’lumotga ega bo‘lasiz. Kiyimdagi dog‘lar Ovqatlanish jarayonida kiyim ustiga tomgan yog‘ni ketkazish uchun idish yuvish vositasi ayni muddao. Suyuqlikni kerakli joyga quyish va qo‘l bilan ohista ishqalash zarur. So‘ngra suv bilan yaxshilab chayiladi. Shuningdek, erkaklar ko‘ylagining yoqasidagi kirni ham shu tarzda tozalash mumkin. Oshxona va hammom poli Buning uchun bir chelak iliq suvga 2 osh qoshiq tozalash vositasi aralashtiriladi. Natijada oshxona va hammomning polini juda oson tarzda tozalash mumkin. Ammo ushbu aralashma yog‘och yoki parket uchun mos kelmaydi. Balkon yoki hovlidagi mebel  Idish yuvish vositasini iliq suvga aralashtirib, u bilan deraza oldida yoki hovlida joylashgan mebellarni tozalash mumkin. So‘ngra oddiy suv bilan artib chiqish tavsiya etiladi. Zargarlik buyumlari  Idish yuvish vositasi va suvli aralashma bilan zargarlik buyumlarning yorqinligini qaytarish mumkin. Buning uchun dastlab taqinchoqlar aralashmaga 5 daqiqaga solinadi va sovuq suv bilan yuvib tashlanadi. Agar taqinchoqlar o‘ta xira bo‘lsa, tish yuvish cho‘tkasidan ham foydalanish mumkin. Soch uchun cho‘tka va taroqlar  Taroqlarni tozalash uchun iliq suvga bir necha tomchi vosita solingan aralashma kerak bo‘ladi. Keyin ularni tish cho‘tkasi bilan tozalab, yuvib tashlash mumkin. Kir yuvishda Agar o‘ta nozik matodan tikilgan liboslar qo‘lda yuvilsa, bir piyola suvga bir osh qoshiq vosita qo‘shiladi. Aralashma yordamida kiyim sifatiga zarar bermasdan yuvish mumkin. Gilamdagi dog‘lar Ikki stakan suv va bir osh qoshiq idish yuvish vositasini aralashtirib, gilamning dog‘li sohasi mato bilan yuviladi. Jarayon dog‘ ketguncha davom ettiriladi. So‘ngra oddiy sovuq suv bilan artib chiqiladi. Oshxona shkaflari  Oshxona jihozlari ham xuddi idishlar kabi tez muddatda yog‘li bo‘lib qolishi mumkin. Buning uchun xuddi yuqoridagidek aralashma tayyorlanib, shkaf yuzasiga sepiladi. So‘ngra mato bilan yaxshilab artiladi. Betondagi moy izlari Hovlidagi beton yuzasiga mashina moyi tomgan bo‘lsa, iste’mol sodasi va idish yuvish vositasi aralashtiriladi. So‘ngra cho‘tka yordamida ishqalab, bir necha soatga qoldiriladi. Keyin suv bilan yuvib tashlanadi, kerak bo‘lsa, jarayon takrorlanadi.
61
2,356
Ayollar
Sizning yashashingizni qiyinlashtiradigan 5 ta xato
Baxtliroq yashash uchun bu odatlardan voz kechishingiz kerak. Hayotni qiyinlashtirishning eng oson yo‘li — o‘zingizni butun dunyo faqat sizning atrofingizda aylanayotgandek tutish. Qanday rejalar tuzishingizdan qat’i nazar, ular har doim boshqa odamlarga ham bog‘liq bo‘ladi. Biron narsani rejalashtirmoqchi bo‘lsangiz ularning istaklari va imkoniyatlarini ham hisobga oling. Shunda siz mukammal rejangizni kimdir buzgani uchun hafsalangiz pir bo‘lishining oldini olgan bo‘lasiz. Hayotni boy berilgan imkoniyatlar haqida armon bilan o‘tkazishning yana bir oson yo‘li — tavakkal qilishdan voz kechish. Albatta, o‘z hayotini va sog‘lig‘ini xavf-xatarga qo‘yish to‘g‘ri emas, lekin gap unchalik muhim bo‘lmagan narsalar to‘g‘risida ketganda, bu ish hatto muvaffaqiyatsizlik bilan tugashi mumkin bo‘lsa ham hamma imkoniyatlardan foydalaning. O‘zingizga yoqmaydigan va sizga yomon munosabatda bo‘ladigan odamlarga vaqtingizni sarflab o‘tirmang. Vaqt — eng qimmatli boyliklardan biri hisoblanadi. Agar sizga bironta odam bilan muloqot qilish yoqmasa, undan ham muhimroq ishlar bilan shug‘ullaning yoki o‘zingiz uchun qadrli bo‘lgan odamlar bilan uchrashing. Odamlardan ham, narsalardan yoki imkoniyatlardan ham voz kechishga o‘rganish juda muhim. Nimadir tamom bo‘lganiga bir umr afsus qilib yashash noto‘g‘ri. Buning o‘rniga yangisini tuzishni boshlang. Baxtli bo‘lish uchun nafaqat olish, balki qaytarish ham juda muhim. Boshqalar bilan o‘rtoqlashing, maqtovlar ayting, yaqinlaringizga g‘amxo‘rlik qiling. Shunda siz atrofdagilarni ham, o‘zingizni ham biroz baxtliroq qilgan bo‘lasiz. Manba: “Woman.ru”
51
1,599
Ayollar
Idish yuvadigan gubkadan foydalanish bo‘yicha 9 ta layfxak
Idish yuvishdan tashqari gubkani boshqa vaziyatlarda ham ishlatish va samarali natijaga erishish mumkin. “Domashniy ochag” kundalik turmushda qo‘llasa bo‘ladigan layfxaklar bilan bo‘lishadi. Lak o‘chirishda foydalaning Ba’zi tirnoq bo‘yoqlarini oddiy paxta bilan o‘chirish qiyin bo‘ladi. Bunda idish yuvadigan gubka yordam bera olishi mumkin. Buning uchun gubkani o‘rtasidan bo‘ling va naycha shaklida kesib chiqib, toza bankaga joylang. Gubkaga atseton tomizing va lakni o‘chirishda foydalaning. Efir yog‘i tomizing Idish yuvadigan gubkadan xushbo‘y ifor taralishi uchun unga yalpiz, limonli efir yog‘ini tomizib qo‘ying. Efir yog‘i nafaqat xushbo‘y ifor taratadi, balki bakteriyalarni ham o‘ldiradi. Mikroto‘lqinli pechni tozalang Mikroto‘lqinli pechning ichki qismini tozalash uchun idish yuvadigan gubkani namlab pech ichiga qo‘ying va 3-5 daqiqaga yoqing. Gubkadan chiqqan bug‘ qotib qolgan yog‘ va sachragan ovqat qoldiqlarini yumshatadi. Keyin artish va tozalash oson bo‘ladi. Gubkaga yelim quying Ushbu layfxak onalar, tarbiyachi va o‘qituvchilar uchun ayni muddao. Qandaydir loyiha uchun yelimdan foydalanishga to‘g‘ri kelsa, idishga gubka soling va ustidan yelim quyib ustini yoping. Bolalar yelimdan foydalanishga qiynalmaydi va parta yoki stollarga yelim to‘kilishining ham oldi olinadi. Muzlatib qo‘ying Gubkani mevalar aynib qolmasligi uchun ham ishlatsa bo‘ladi. Buning uchun uni sovuq suvga namlang va yopiladigan plastik paketga solib kechasi muzlatkichda qoldiring. Tozalashda foydalaning Yog‘ va chirk bo‘lgan yerlar yoki orasiga chang to‘plangan buyumlarni tozalashda maxsus cho‘tka o‘rniga gubkadan foydalanish mumkin. Buning uchun oshxonada ishlatiladigan qisqichga ikkita gubkani rezinka bilan mahkamlash kerak. Kir yuvishda foydalaning Gubkani kir yuvishda sochiq, materiallar ip va qoldiqlarini yig‘ib olish uchun ishlatiladigan maxsus salfetka o‘rnida qo‘llasa bo‘ladi. Buning uchun idishga suv va bir nechta gubka soling. Ustidan kiyimlar uchun mo‘ljallangan konditsioner quying va idish qopqog‘ini yoping. Kir yuvishdan avval gubkani oling va kirlar bilan birga mashina ichiga soling. Ishlatib bo‘lingandan keyin qayta idishga solib qo‘yish mumkin. Sochingizni jingalak qiling Gubkalarni gorizontal ushlab, unga sochingizni o‘rab chiqing. Keyin esa o‘rtasidan bukib rezinka bilan mahkamlang.
58
2,326
Ayollar
Sochlarning chiroyli ko‘rinishi hamda to‘g‘ri parvarishi uchun 7 ta layfxak
Sochlarni to‘g‘ri parvarishlash oson ish emas. Ba’zilar sochlar yog‘li ko‘rinmasligi uchun deyarli har kuni ularni yuvishi kerak. Kimdir, aksincha, ularni doimo namlaydi va quruq yoki bo‘yalgan sochlar uchun niqoblar qiladi. Kimdir sochlarning to‘kilishidan bezovtalanadi, kimdir esa hajmning yetishmasligidan. “Noviy ochag” nashri sochlarni chiroyli ko‘rinishga olib keladigan 7 ta layfxakni taqdim etdi. Butun boshni emas, balki cholkalarni yuving Juda tez-tez shampunlab yuvish bosh terisi va sochlarning haddan tashqari qurishiga va tez orada yog‘ hosil bo‘lishining kuchayishiga olib keladi. Agar sochlar uzun bo‘lsa, butun boshni yuvmaslik kerak. Faqat cho‘lkani yuvish orqali chiroyli turmaklash mumkin. Ipak yostiqda uxlang Paxmoq, jingalak sochlar uchun ajoyib layfxak. Oddiy paxta yostiq jildlarini ipak yoki satin bilan almashtirish tavsiya etiladi. Bunday yostiqchalar sochlarning katikulasini bo‘shashtirmaydi. Buning yordamida silliq, porloq sochlar va toza bosh bilan uyg‘onasiz. Boshni paxta sochiq bilan o‘ramang Xuddi shu sababga ko‘ra, juda qulay bo‘lishiga qaramay, yuvishdan keyin boshni paxta sochiq bilan o‘rash odatidan voz kechish kerak. Bu, ayniqsa, jingalak yoki paxmoq sochlarga to‘g‘ri keladi. Paxta sochiqlar tashqi va ichki namlikni o‘zlashtiradi, bu sochlar uchun yaxshi emas. Barcha namlikni o‘zlashtirmaydigan maxsus mikrofiber sochiqni ishlating. Maxsus taroqdan foydalaning Nam sochlarni oddiy taroqlarda tarashdan saqlanish kerak. Bu vaqtda soch tolalari juda nozik bo‘ladi. Agar yuvishdan keyin darhol buni qilish kerak bo‘lsa, katta tishli taroq sotib oling yoki barmoqlar bilan tarang. Yoki turmalinli taroq sotib olish mumkin, u sochni shikastlamaydi. Sochni to‘g‘ri quriting Sochni darhol quritishga shoshilmaslik kerak. Ko‘pincha, bunday vaqtda eng issiq rejimda quritiladi. Bu yomon fikr, aslida yengilroq rejimdan foydalanish lozim. Fenni boshga juda yaqin tutmaslik kerak, yaqin masofada u sochni quritib yuboradi, eng yaxshi masofa 30-40 santimetr. Tish cho‘tkasi Agar sochlar jingalak bo‘lsa, tish cho‘tkasi boshni yanada toza qilishga yordam beradi. Cho‘tkaga shunchaki turmaklovchi vosita sepiladi va u bilan soch tolalari tekislanadi. O‘sib chiqqan ildizlarni yashirish Sochlarni juda ko‘p bo‘yash ham yomon. Ammo qayta o‘sayotgan ildizlar tartibsiz ko‘rinadi. Buni yashirishning eng yaxshi yo‘li — sochlarni ikkiga ajratishdir. Turmak ko‘rinishini yaxshilash uchun quruq shampundan foydalanish kerak.
75
2,453
Ayollar
Ingliz tili bo‘yicha so‘z boyligini oshirish uchun kitoblar
Hech kimga sir emaski, qandaydir til bo‘yicha lug‘at boyligini oshirishning eng yaxshi usuli o‘sha tilda yozilgan kitoblarni o‘qish. Sizga ingliz tilidagi qanaqa kitoblarni o‘qishingiz kerakligini aniqlashda yordam beradigan ba’zi mezonlarni to‘pladik. Qanday mezonlarni hisobga olishingiz kerak? Keng lug‘at boyligiga ega bo‘lmagan va barcha grammatik konstruksiyalarni bilmaganlar uchun oddiy bolalar hikoyalari foydali bo‘lishi mumkin. Jiddiy leksikali ilmiy-ommabop romanlar esa o‘rtacha va yuqori bilim darajasiga ega bo‘lgan kishilar uchun to‘g‘ri keladi. Agar ingliz tilini ish uchun o‘rganayotgan bo‘lsangiz, kasbiy adabiyotlarni tanlang. O‘z lug‘at boyligingizni muloqotda ishlatiladigan iboralar bilan to‘ldirishingiz kerak bo‘lsa, tanlovingizni zamonaviy nasrga qarating. Avvalambor, o‘zingiz uchun qiziqarli bo‘lgan kitoblarni tanlang. O‘qish sizga nafaqat foyda keltirishi kerak, balki bundan huzur-halovat ham olishingiz zarur. Ammo shuni ham hisobga olingki, yangi va murakkab so‘zlar ko‘p uchraydigan fantastik va tarixiy detektivlardan ko‘ra, oddiy dialoglarga boy zamonaviy nasrni o‘qish osonroq bo‘ladi. Ingliz tilidagi kitob sizga bilim orttirishda foyda berishi uchun, u o‘ta qiyin ham, o‘ta oson ham bo‘lmasligi kerak. Bitta sahifada o‘rtacha 10 tadan ko‘p bo‘lmagan notanish so‘zlar uchrashi kerak (yaxshisi, 3—5 ta). Shunda siz matnning ma’nosini tushunasiz va o‘qishga qiziqishingiz so‘nmaydi. Manba: “Englex.ru”
59
1,438
Ayollar
Qovunli niqoblar: teri va sochlarni parvarishlaymiz
Qovun kosmetologiyada ajinlar paydo bo‘lishining oldini oladi, terini silliq qiladi va yumshatadi, terining yangilanishiga yordam beradi va toshmalarni davolaydi, teri pigmentatsiyasiga qarshi kurashadi, terini taranglashtiradi va namlaydi. Qovun soch ildizlarini mustahkamlaydi va ularning tuzilishini qayta tiklaydi. Quruq terini sut va mineral suv qo‘shilgan qovun sharbati bilan artish mumkin. Qovunning sharbatini siqing, unga bir osh qoshiq sut va mineral suv qo‘shing. Aralashmaga paxta bo‘lagini botiring va yuzingizni arting. 15 daqiqadan so‘ng uni iliq suvda yuving. Yog‘li va normal terilar uchun bir osh qoshiqdan asal va qaymoq qo‘shilgan qovun etidan qilingan niqob juda mos keladi. Masalliqlarni pasta holiga kelguncha aralashtiring, niqobni 15-20 daqiqaga yuzingizga suring, keyin esa uni iliq suv bilan yuving. Qovun sharbati ichiga asal va qaymoqning o‘rniga tuxum sarig‘ini ham qo‘shsangiz bo‘ladi. Bu niqob hamma turdagi terilar uchun mos keladi. Pigment dog‘larini qovun sharbati va limon yordamida ham oqartirish mumkin. Har bir mahsulotdan bir osh qoshiqdan olib aralashtiring va muammoli joylar terisiga bir kunda 2 marta qo‘ying. Sochlarni qovun sharbatining o‘zi yoki uning asal, qaymoq, qatiq va o‘simlik yog‘lari bilan aralashmasi yordamida ham mustahkamlash mumkin. Quruq sochlar uchun qovun sharbati, limon va kokos yoki chakamug‘ yog‘i aralashtirilgan niqob mos keladi. Ularning hammasidan 3-4 choy qoshiqdan olib aralashtiring va niqobni avval soch ildizlariga, keyin esa butun soch uzunligi bo‘ylab suring. 20 daqiqadan so‘ng sochlaringizni shampun va iliq suvda yuving. Manba: “Lady.tochka.net”
51
1,629
Ayollar
Konditsionersiz qanday qilib uydagi haroratni salqinlashtirish mumkin?
Justcoolidea nashri bu kabi issiq havoda konditsionersiz ham uydagi iqlimni biroz bo‘lsa-da salqinlashtirish borasida tavsiyalar berdi.
70
135
Ayollar
Bitta ko‘ylakni 20 yil kiyib yurgan britaniyalik ayol
Britaniyalik ayol bitta ko‘ylakni 20 yil mobaynida kiyib yurdi. U bunday natijaga qanday erishgani haqida The Sun nashriga so‘zlab berdi. Stilist Kler Ris 1997-yilda o‘zi sotuvchi bo‘lib ishlagan do‘kondan ko‘ylak sotib olgan. O‘shanda u 17 yoshda edi. Ayol do‘kon ishchilariga berilgan chegirmadan foydalanib, yashil rangdagi uzun ko‘ylakni 43 dollarga sotib olgan. Klerning so‘zlariga ko‘ra, u ko‘ylakni turli tadbirlarga kiygan. Masalan, Kler aynan shu ko‘ylakda 2001-yilda dugonalari bilan sayohatga borgan. Bir yildan so‘ng Italiyaga ham shu ko‘ylakni kiyib borgan. 2014-yilda asal oyi sayohatida ham u shu ko‘ylakda edi. “Bu ko‘ylak menga yarashgani uchun uni egnimdan qo‘ymayman. Bu yozgi ko‘ylak bo‘lishiga qaramay, men uni sviter tagidan qishda ham kiyaman”, — deydi Kler. Kler yangi kiyimlarga sarflanadigan pullarni boshqa maqsadlarga, masalan, xayriyaga yo‘naltirganini aytadi. “Bu ham cho‘ntagingizga, ham sayyoraga foyda keltiradi”, — deydi ayol.
53
963
Ayollar
Yuz terisi parvarishida har kuni foydalanish kerak bo‘lgan 5 ta kosmetik mahsulot
Yuz terisini parvarish qilish tom ma’noda yoshlikni saqlab qolish bilan barobardir. Har kuni terini tozalash, ularni tozalamay uxlashga yotishga yo‘l qo‘ymaslik, vaqti-vaqti tonik surtish va yuzni toza sochiq yoki qog‘oz salfetkalar bilan artib olish kerak. Marie Claire nashri yuz terisini parvarish qilishda har kuni qanday kosmetik vositalardan foydalanish kerakligini dermatovenerolog, kosmetolog Tatyana Kossova bilan birgalikda ma’lum qildi. Tozalovchi vositalar Avvalo, terining turiga qarab kuniga bir yoki ikki marta amalga oshiriladigan yuz terisini tozalovchi vositadan foydalanish kerak. Tozalash vositalari gel, sovun yoki suv shaklida bo‘ladi. Tanlov kunlik parvarish mahsulotining tarkibiga bog‘liq. Shuni unutmaslik kerakki, barcha tozalash vositalaridan foydalangandan so‘ng uni yuvib tashlash kerak. Tozalash vositalarining tarkibi alohida ahamiyatga ega. Agar yuz terisi yog‘li bo‘lsa, mahsulot tarkibida alfa gidroksi kislotalar bo‘lishi kerak. Agar teri ta’sirchan bo‘lsa, mahsulotda parvarish qiluvchi, namlovchi va tinchlantiruvchi ingrediyentlar bo‘lishi lozim. Buni kosmetolog bilan oldindan maslahatlashganidan keyin sotib olish mumkin. Ko‘pchilik yuz terisini tozalash uchun mitselyar suvini tanlaydi va undan foydalangach, yuvib tashlamaydi, bu parvarishda yo‘l qo‘yiladigan eng katta xatodir. Ushbu vosita teri yuzasida maxsus plyonka hosil qiladi va uning himoya xususiyatlarini buzadi. Tonik Agar suvga yoki lipidga asoslangan mahsulotlardan foydalanish ma’qul kelsa, u tozalangan, quritilgan teriga yengil harakat bilan surtilishi kerak. Tonikni paxta yostig‘i bilan qo‘llash noto‘g‘ri emas. Sivorotka Agar terining haddan tashqari yog‘lanishi bilan bog‘liq muammolar mavjud bo‘lsa, alfa gidroksid kislotali sivorotka mos keladi, u C vitamini yoki yuz terisi yog‘ bezlarining faoliyatini kamaytiradigan boshqa komponentlarni o‘z ichiga oladi. Shuni ta’kidlash kerakki, sivorotkadan yuzning har bir yarmiga uch tomchi tomizilishi kerak. Agar teri parvarish qilish tartibi qarishning oldini olish uchun amalga oshirilsa, mahsulot tarkibida ferul, azela kislotasi yoki C vitamini bo‘lishi lozim. Shuningdek, bo‘yin terisi ham o‘ta sezgir hudud bo‘lib, cho‘zilishga va erta ajinlarga moyil bo‘ladi, shuning uchun u ham har kuni qarishga qarshi parvarish qilishni talab qiladi. Krem Kundalik parvarishning yakuniy bosqichi terining turiga qarab SPF kremni qo‘llashdir. Sivorotka va kremni bir vaqtning o‘zida ishlatish har doim ham shart emas, lekin agar sivorotka suyuq bo‘lsa, u terini taranglashtiradi, keyin krem qo‘llash bu tuyg‘uni bartaraf etishga yordam beradi. Balzam yoki lab bo‘yog‘i Lablarning qizil chegarasi kabi nozik joy haqida unutmaslik kerak. Kuz-qish davrida yoki bahor davrida har kuni panteon, bepanten, A vitamini kabi g‘amxo‘rlik qiluvchi ingrediyentlardan tashkil topgan lab bo‘yog‘i yoki balzamni qo‘llashni unutmaslik kerak. Quyoshli mavsumda ham lab bo‘yog‘idan foydalanish juda muhim. Ko‘pchilik buni unutadi va bu lablar qirg‘og‘ining haddan tashqari qurishi va qarishiga  olib keladi.
81
3,043
Ayollar
Jazirama havoda “salqingina” maslahatlarga quloq tuting!
Biz yoz faslini doim orziqib kutamiz. Tog‘ sayrlari, yozgi ta’til, oromgoh, basseynlarda cho‘milish. Bularning barchasi yoqimli. Ammo yoz bilan birga jazirama  havoning tashrif buyurishi insonlarga biroz noqulaylik tug‘diradi. Quyoshning qaynoq tafti va ob-havo haroratining rekord darajaga ko‘tarilishi insonlarni holsizlantirib, sog‘liqqa ham o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Jazirama payti shahrimiz ko‘chalarida odamlar tezroq pana joylarga bekinib, quyoshdan qochishga urunadi. Ba’zilar esa uyda salqin konditsioner tagida jon saqlashni ma’qul ko‘radi. Ammo bu usul barchaga ham to‘g‘ri kelavermaydi. Chunki aholi orasida har kuni ishga qatnaydiganlar, erta-yu kech ro‘zg‘or yumushlari bilan band bo‘ladigan kishilar ham bor. Xo‘sh, jazirama havoda qanday jon saqlash mumkin? U gazlanmagan mineral suv bo‘lgani ma’qul. Issiq havoda qaynoq ko‘k choy ichish ham salomatlik uchun juda foydali. Bu ichimlik issiqlik almashuvini tartibga solishga ham yordam beradi. Ko‘k choy — quvvat manbai Bozorga borib, biron bir mahsulot xarid qilishni ko‘zlagan bo‘lsangiz, yo‘lga ketadigan vaqtni hisobga oling. Jazirama havoda tez buziladigan oziq-ovqatlarni sotib olishda ehtiyot bo‘ling. Ko‘p hollarda issiqda qolgan mahsulotlarni iste’mol qilish organizmning zaharlanishiga olib keladi. Agar havoning harorati yuqori darajada bo‘lsa, zo‘riqtiruvchi yumushlar, faol sport o‘yinlari bilan shug‘ullanish man etiladi. Bunday ob-havoda hissiy xotirjamlikni saqlash zarur. Xonadonlar va ofislarda salqinlik tarqatishi uchun o‘rnatilgan konditsionerlar tagida o‘tirish maroqli. Ammo ko‘chaning yuqori darajadagi harorati bilan bino ichidagi salqinlik orasida katta farq mavjud. Haroratlarning bunday keskin farq qilishi shamollashga (ba’zi hollarda zotiljam kasalligining kelib chiqishiga) sababchi bo‘lishi mumkin. Shu sababli konditsionerdan uzoqroqda o‘tirgan ma’qul. Hademay, ko‘z ochib yumguncha jazirama kunlar ham o‘tib ketadi. Aziz yurtdoshlar, issiq haroratda eng asosiysi, o‘z salomatligingizga e’tiborli bo‘ling. Qaynoq faslda quvnoq kayfiyat sizni tark etmasin.
56
2,060
Ayollar
Quruq mevalarning foydali xususiyatlari
Quruq mevada yangi uzilgan mevaning barcha foydali xususiyatlari saqlanib qoladi. Shu tariqa, bizda foydali moddalardan nafaqat yozda, balki yil bo‘yi ham bahramand bo‘lish imkoni bor. Papayya shakarlangan mevasi (sukat) butun organizmni mustahkamlab, oqsillar almashinuvini tezlashtiradi. Quritilgan xurmo (finik) ish qobiliyatimizni oshiradi, shuningdek, qo‘shimcha foydali moddalarga ega bo‘lgani tufayli, shamollash va bosh og‘rishida og‘riqni qoldiruvchi vosita sifatida qo‘llanilishi mumkin. B5, E, H kabi vitaminlarga juda boy bo‘lgan holda, xurmo qoqi immun tizimini mustahkamlaydi hamda qishni faol va xushchaqchaq tarzda o‘tkazishda yordam beradi. Quritilgan nok ichak faoliyatiga ijobiy ta’sir o‘tkazadi, organizmdan toksinlar va og‘ir metallarni chiqarib tashlaydi. O‘rik turshagi kaliyning tengsiz manbaidir; yurakka yaxshi ta’sir qiladi va onkologik kasalliklar profilaktikasi uchun ajoyib vosita hisoblanadi. Quritilgan anjir qalqonsimon bez faoliyatini normallashtiradi, organizmdan parazitlar chiqib ketishi uchun imkon yaratadi. U saraton hujayralari rivojlanishi oldini oladi, terini vitamin va mikroelementlar bilan ta’minlaydi. Olxo‘ri qoqi — oshqozon-ichak yo‘li faoliyatini yaxshilashda ajoyib vositadir, u qabziyatdan xalos qiladi va ovqat hazm qilish jarayonini tartibga soladi. Shuningdek, gipertoniyadan azob chekadigan, yurak va jigar bilan bog‘liq muammolari bo‘lgan kishilar uchun ham ayni muddaodir. U revmatizmda ham qo‘l keladi, tarkibidagi A vitamini esa ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi. Mayiz yaxshigina antidepressantdir, shuningdek, qalqonsimon bez kasalliklarida yordam beradi. Quritilgan olcha erkin radikallar harakatini neytrallashtiradi va shu tariqa, terini yoshartirish xususiyatiga ega.
39
1,733
Ayollar
Qosh va kipriklarni laminatsiya qildirish zararlimi? O‘zbekistonlik tajribali mutaxassis javob beradi
So‘nggi bir yil ichida o‘zbek ayollari orasida qosh ukladkasi va kiprik laminatsiyasi degan ibora tez-tez quloqqa chalina boshladi. Aksariyat ayollar allaqachon mazkur xizmatdan foydalanishga ham ulgurdi. Biroq kiprik va qoshlar uchun zarari yo‘qmikin, deb ikkilanib turgan opa-singillarimiz ham talaygina. Xo‘sh, protseduraning qanday foydali va zararlari tomonlari bor? O‘zbekistonda qosh ukladkasi va kiprik laminatsiyasidan foydalanish narxlari qancha? Bu haqida “Daryo”ga qosh va kiprik laminatsiyasi bo‘yicha mutaxassis Xadicha Maxamadjanova batafsil ma’lumot berib o‘tdi. Qosh ukladkasi va kiprik laminatsiyasi nima? Laminatsiya bizga pastga qaragan qoshlarni ko‘tarib, unga o‘zimiz istagan shaklni berish imkoniyatini taqdim etadi. Protsedura orqali qoshlarimizni vizual kattalashtirish, qalinlashtirish mumkin. Mazkur protsedura faqat go‘zallik uchun qilinadi. Qoshlarimiz uchun hech qanday parvarish xususiyatiga ega emas. Kiprik laminatsiyasiga kelsak, bilasizmi, aksariyat opa-singillarimizning kipriklari qattiq, tikka yoki pastga qaragan bo‘ladi. Ba’zan tush surtsa ham, qayrilmaydi. Ana shunday “quloqsiz” kipriklarni laminatsiya qilish orqali chiroyli holatga keltirishimiz mumkin. Mazkur protseduradan so‘ng kipriklar xuddi “ekilganday” qayrilib, vizual uzun ko‘rinadi. Protsedura uchun qancha vaqt ketadi? Qosh laminatsiyasining o‘ziga 40 daqiqa, bo‘yash bilan bir soat vaqt kerak bo‘ladi. Kiprikka esa taxminan 50 daqiqa vaqt ketadi. Kiprikni qora rangga bo‘yash va qo‘shimcha parvarish (boteks) qo‘shish mumkin. Jarayon uchun esa bir soatdan ko‘proq vaqt kerak. Laminatsiya odatda qoshlarning o‘sishiga qarab o‘rtacha 1,5 - 2 oy, kipriklarda esa ikki oy mobaynida turadi. Laminatsiya qosh va kipriklar uchun zararlimi? Yuqorida aytganimdek, qosh laminatsiyasi faqat go‘zallik uchun qilinadigan kimyoviy protsedura hisoblanadi. Bu jarayon qoshni quritadi va mijozlar har kuni qoshini parvarish qilishlari, ya’ni turli o‘simlik moylaridan (o‘sma, kanakunjut) surtib yurishlari kerak. Aks holda qosh juda xunuk ahvolga kelib qolishi mumkin. Bundan tashqari, protseduraning o‘ziga yarasha texnikasi va qoidalari bor. Masalan, qosh laminatsiyasi uch bosqichdan iborat. Birinchi, kimyoviy suyuqlik surilgandan so‘ng, qoshning holatiga qarab 6-10 daqiqa davomida ushlab turiladi. Agar u olti daqiqalik qoshda 15 daqiqadan ko‘proq qolib ketsa, tabiiyki, tolalar kuyib, to‘kiladi. Yana bir muhim qoida: ilk marta bu protseduradan foydalangan ayol keyingisini kamida 2-3 oydan so‘ng qildirishi kerak. Aksariyat ayollarimiz esa bunga amal qilmay, har oy, hatto har ikki uch haftada qoshlarini laminatsiya qildirishadi. Faoliyatim davomida ham ko‘p bo‘ladi. Ayrim mijozlarim bir oydan o‘tmay, yana qilib qo‘ying, deb kelishadi. Ammo ularga 2-3 oy o‘tmasdan qilmasligimni, buning oqibatlarini tushuntiraman. 99 foiz qizlar o‘zi tushunib, qaytib ketishadi. Bundan tashqari, laminatsiyasidan so‘ng qosh va kiprikka to‘liq bir sutka davomida suv tekkizilmasligi shart va iloji boricha 2-3 kun sport zal, basseyn va saunalarga bormaslik tavsiya etiladi. Sababi moddalar qoshda yaxshiroq singib olishi kerak. Agar amal qilinmasa, protsedura uzoq vaqtga yetmay qolishi mumkin. Ammo laminatsiyaning qoshga nisbatan kiprikka zarari kamroq. Doim parvarish qilib yurish ham shart emas. Sababi kipriklar qosh tolalariga qaraganda qalin, mustahkam va chidamliroq. Laminatsiya paytida qoshning barcha tolalariga suriladi. Kiprikda esa qaysidir qismi qoplab olinadi xolos. Protsedura bilan birgalikda kiprikka maxsus parvarish ham qo‘shish mumkin. Shu bois bir yarim oydan keyin yana qayta laminatsiya qilish mumkin. To‘g‘ri, kipriklar sinib qolish holatlari ham kuzatiladi. Chunki yuqorida aytganimdek, har bir jarayonning o‘z texnikasi bor. Kiprik laminatsiya qilinayotganda uning holatidan kelib chiqib, valik (jarayon vaqtida qo‘llaniladigan yostiqcha) tanlanadi. Agar kiprikka qaraganda kichkina valik tanlab olinsa, kiprik sinib qolishi mumkin. Agar mazkur protseduralar o‘z texnikasiga, qonun-qoidalariga ko‘ra amalga oshirilsa va har kuni parvarish qilib yurilsa, laminatsiya hech qachon kiprik va qoshlarimizga zarar yetkazmaydi. Qoshni bo‘yash va ortiqcha qosh tolalarini ochartirish haqida Laminatsiyaga qo‘shimcha qosh va kipriklarni bo‘yash va ortiqcha tuklarni ochartirish protseduralarini ham qo‘shish mumkin. Batafsil ma’lumot beradigan bo‘lsam, qoshni xina va maxsus bo‘yoqda bo‘yash mumkin. Biz odatda maxsus bo‘yoqdan foydalanamiz. Chunki qosh laminatsiyadan so‘ng uni xinada bo‘yash mumkinmas. Protsedura va xina tarkibidagi komponentlar bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi. Agar laminatsiya qilgan bo‘lsak, bir oydan keyingina xinada bo‘yash mumkin yoki aksincha. Maxsus bo‘yoqning esa hech qanday zarari yo‘q. Shuning uchun asosan bo‘yoqdan foydalanamiz. Bo‘yashning ham o‘ziga yarasha usuli bor. Agar to‘g‘ri qo‘llansa, terini ham bo‘yash mumkin. Bo‘yoq terida o‘rtacha 7-10 kun, qosh tolasida esa uch haftagacha saqlanib turishi mumkin. Biroq aniq shuncha kun turadi, deb kafolat bermaymiz. Chunki kimdir suvdan ko‘p foydalandi, kimdir kam. Qancha ko‘p suv tekkizsa, shuncha tez ketadi. Yana bir qoida: qayta bo‘yatmoqchi bo‘lgan ayol bu ishni faqatgina uch haftadan keyingina amalga oshirishi kerak. Boisi bo‘yoq tarkibida “urzol” nomli modda bor. U qoshda uch haftagacha turadi. Agar muddatidan oldin bo‘yalsa, allergiya berishi mumkin. Shuning uchun orada kamida uch hafta tanaffus bo‘lishi shart. Ochartirish protsedurasiga kelsak, bu qoshini termaydigan ayollarimiz uchun ayni muddao hisoblanadi. Bunda ortiqcha qosh tolalariga maxsus vosita surtiladi va ular teri rangi bilan bir xil tusga kirib qoladi. Shuning hisobiga uzoqdan xuddi terilganday turadi. Ammo yaqindan qaraganda bilinadi. O‘zbekistonda protseduradan foydalanish narxlari qancha? Ayni kunlarda barcha go‘zallik salonlarida qosh ukladkasining narxi 150 ming so‘mdan 200 ming so‘mgacha. Qosh bo‘yash 200-250 ming so‘m. Agar ukladkaga ochartirish protsedurasi ham qo‘shilsa, 220-230 ming so‘m atrofida bo‘ladi. Kipriklarga esa laminatsiya, bo‘yash va qo‘shimcha parvarishni 180-200 ming so‘mga amalga oshirish mumkin. Maqola “mood room” studiyasi bilan hamkorlikda tayyorlandi.
101
6,162
Ayollar
Eng bosiq insonni ham asabiylashishga majbur qiladigan 8 ta hayotiy vaziyat (foto)
Kun davomida arzimagan narsalar asab buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin: choy paketini noto‘g‘ri ochish, telefonni quvvatlagichga qo‘ydim, deb o‘ylagandan keyin uni tokka tiqilmaganini, shoshilinch yubordim, deb o‘ylangan xabarni ketmaganini bilish va hakozo. Harvard Business review jurnalida yozilishicha, kun davomida bu kabi mikrostresslarning kuzatilishi surunkali charchoq va depressiyaga sabab bo‘ladi. Do‘kon yoki boshqa joydagi navbat kutish Charchagan va shoshayotgan vaqtda kassa xodimi xuddi ataylab sekin harakat qilayotgandek, sizdan oldindagi xaridor hamyonini uzoq titkilayotgandek va bo‘lmag‘ur savollar berayotgandek tuyuladi. Tadqiqotda kishilar navbat vaqtida stress, notinchlik va o‘ziga ishonmaslikni his qiladi, shuningdek, 36 foiz odam kutganidan ko‘ra ko‘proq vaqt turgandek hisni tuyadi. Navbat kutish vaqtida vaqtingizni kerakli narsaga sarflang, kitob o‘qing yoki yoningizdagi inson bilan kerakli mavzularda suhbatlashing. Shuningdek, bu vaqtda siz boshqa payt qilishga eringan ishlaringizni bajarishingiz, masalan, telefoningiz xotirasidan keraksiz narsalarni o‘chirib tashlashingiz mumkin. Kir yuvadigan mashina ustidagi narsalarning tushib ketishi Mashina ustiga qo‘yilgan narsalar yerga tushib ketishi mumkin. Bu muammo ko‘pincha kir yuvadigan mashinaning mahkamlagichlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Nima bo‘lgan taqdirda ham asablaringizni saqlash uchun mutaxassisga murojaat qiling. Kun davomi qiynalib, charchab ishlagandan keyin bolaga dars qildirish Hamma ham bolasiga eng yaxshisini ravo ko‘radi, lekin charchagan asablari joyida bo‘lmagan ona farzandiga yordam bera olmasligi mumkin. Asabiylashgandan ovoz ko‘tariladi va qarabsizki dars o‘rniga urish va tortishuv bo‘ladi. Ota-onalar bola darsini nazorat qilib tursa, yaxshi natijaga erishadi deb o‘ylaydi, lekin Ostin va Dyuk universiteti olimlari bunday emasligini isbotladi. Aniqlanishicha, ota-onaning kichik sinfdagi bolaga yordami befoyda, katta sinflarda esa imtihon sinovlarida yomon natija qayd qilinishiga ta’sir ko‘rsatadi. Atrofda hamma dam olyapti, faqat siz ishlayapsiz Turmush o‘rtog‘ingizning dam olish kuni, dugonangiz hordiq chiqarayotgan suratini yuboryapti, lekin siz shunga qaramay ishlashga majbursiz. Bunday vaqtda sizga aniq yordam bera olishi mumkin bo‘lgan retsept yo‘q. Shunchaki tinchlanish texnikalariga amal qilib ko‘ring, chuqur nafas oling, toza havoda sayr qiling, musiqa tinglang va meditatsiya bilan shug‘ullaning. Oq ko‘ylakka tonal krem tekkizib olish Oq ko‘ylak kiyishdan avval fiksator ishlating. Agar bilmagan holda tekkizib olsangiz, dog‘ga vodorod peroksidini tomizib, arting va keyin yuvib tashlang. Yaqinlaringiz sizni o‘rningizga o‘zini qo‘yib ko‘rmasligi Kimgadir o‘lib-tirilib muhim bo‘lgan mavzuni tushuntirsang-u, seni tushunishmasa, qarshingdagi odam o‘rningda bo‘lib, vaziyatni sening ko‘zing bilan ko‘rishi va baho berishini istaydi odam. Bu borada ikki xil yo‘l tutish kerak. Birinchidan, siz muammoni sizni tushunadigan va sizga maslahat bera oladigan odamga aytish, ikkinchidan esa boshqa bir inson tuyg‘ularini anglatganida unga beparvo bo‘lmaslikni tushuntirish kerak. Mutaxassislar o‘zingizni haq ekanligingizni isbotlashga urinmaslik va shunchaki vaziyatga turli baho beradigan ikki xil odam ekanligingizni aytishni tavsiya qiladi. Reklama qo‘ng‘irog‘i va xabarlari Turli reklama qo‘ng‘iroqlaridan qutulish uchun telefoningizga qo‘ng‘iroqni aniqlovchi dasturni o‘rnating. Bunday dasturlarning aksariyatida shubhali raqamlarni avtomat tarzda rad etish funksiyasi bo‘ladi. Yil yoki oy yakunlanishidan avvalgi haybarakallachilik Oyning tugashi hisobotlar yopiladigan, sotuvchilar rejani bajaradigan, murakkab loyihalar tugatilib, yangi oyni boshlash uchun tayyorgarlik ko‘radigan vaqt hisoblanadi. Bu vaqtda hamma narsaga ulgurish va vaqtni to‘g‘ri taqsimlash uchun uchrashuvlar taqvimini tuzish, muhimlilik darajasiga qarab ajratish tavsiya qilinadi. Dedlayngacha nimani qilish zarur, nimani bemalol bajarsa bo‘lishini aniqlab oling. Qolaversa, ishning og‘irlilik darajasiga real baho berishni unutmang.
82
4,060
Ayollar
Biskvit “o‘tirib qolsa”: pishiriq ko‘ngildagidek chiqmasligiga sabab bo‘luvchi xatolar
Qandolat mahsulotlarining mazali chiqishida krem va xamirning ahamiyati katta. Xamirning yaxshi tayyorlanishi uchun bir qancha ko‘rsatmalarga amal qilish lozim. “Lisa.ru” nashri oshirma xamirni tayyorlashdagi xatoliklar haqida ma’lumot berdi. Unni elakdan o‘tkazmaysiz Ushbu jarayon unni har qanday aralashmalardan tozalaydi va uni kislorod bilan to‘yintiradi. Xamirning kislorod bilan to‘yinishi juda muhim — havo mavjudligi xamirning tez “ko‘tarilishiga” yordam beradi va pishiriq ko‘ngildagidek va yumshoq bo‘ladi. Agar pishirish kukuni qo‘shsangiz, uni un bilan birga elakdan o‘tkazish kerak. Mahsulotlarni tartib bilan aralashtirmaslik Shirinlik, ovqat, yoki biror bir pishiriq tayyorlashda unga qo‘shiladigan mahsulotning miqdorini yoki ketma-ketligini o‘zgartirish har doim ham yaxshi natijalarga olib kelmaydi. Keksning biskviti va krem qismiga suyuq va quruq mahsulotlarni alohida-alohida aralashtirish va keyin birlashtirish kerak. To‘g‘ri, bundan istisno holatlar mavjud: shakarli oqsillar alohida ko‘pirtiriladi va oxirida xamirga ehtiyotkorlik bilan qo‘shiladi. Xamirga mahsulotlarni ket-ket solish muhim  — bitta noto‘g‘ri solingan mahsulot xamirning yaxshi chiqmasligiga sabab bo‘lishi mumkin. Bir mahsulot o‘rniga boshqasini qo‘shish Pishiriqni retsept bo‘yicha tayyorlagan ma’qul va bir mahsulotning o‘rniga boshqasini solmang — masalan, ezilgan shakarning o‘rniga asalni ishlatmang. Natijasi yaxshi bo‘lmaydi — asal xamirni og‘irlashtiradi va yumshoq bulochka o‘rniga tekis va qattiq bulochka bo‘lib pishadi. Agar to‘g‘ri ovqatlanishga rioya qilishni istasangiz, PP shirinliklarining retseptini toping. Muzlatilgan mahsulotlardan foydalanasiz Yaxshi natijaga erishish uchun mahsulotlarni xona haroratida saqlab ishlating. Qat-qat va qumoq xamirni tayyorlashda muzlatilgan mahsulotlar qo‘shiladi — bu odatda retseptda eslatib o‘tiladi. Sovuq suvda oshirma xamirni tayyorlasangiz xamirturush ko‘tarilmaydi. Tovuq tuxumlarini ham muzlatgichdan olib qo‘yish kerak. Xamirni uzoq vaqt qorish Har bir narsa me’yorida bo‘lishi kerak: agar uzoq vaqt xamirni qorsangiz yoki aralashtirsangiz, xamir juda og‘ir bo‘lib chiqadi va pechda ko‘tarilmaydi. Bu qoida oshirma xamirli pishiriqlar, quymoqlar va biskvitlarning xamiriga taalluqli. Biroq chuchvara va cheburekda go‘shtning suvi oqmasligi uchun xamir qattiq va elastik bo‘lishi kerak. Xamirni qizdirilmagan pechga qo‘yasiz Mahsulotlarni aralashtirish jarayonida qizdirilgan pechga qo‘yish mumkin. Agar idishni sovuq havoga qo‘ysangiz, xamir uzoqroq vaqt davomida ko‘tariladi va uning pishmay qolish ehtimoli bor. Birinchi 20-25 daqiqada pechni ochmaslik va unga qaramaslik kerak. Retseptda vaqt ham ko‘rsatiladi, pishirish vaqtini o‘rnating va signaldan keyin uni tekshiring.
86
2,736
Ayollar
Sovuq paytlarda tirnoqlarni parvarishlash
Turli shakl berib, turli rangdagi bo‘yoqlar yordamida manikyur qilish faqat sog‘lom tirnoqlarga yarashadi. Ular birdan yupqa, mo‘rt va qatlam-qatlam bo‘lib qolsa nima qilish kerak? Tirnoqlarning qatlanishiga organizmda kalsiy moddasi yetishmasligi sabab bo‘lishini eshitganmiz. Haqiqatda esa buning sababi faqat kalsiy emas, balki temir, kremniy va boshqa moddalar ham yetishmasligi bo‘lishi mumkin. Organizmdagi yetishmagan moddalarni to‘ldirish uchun vitaminlar majmuini qabul qiling. To‘g‘ri ovqatlanishning muhimligini unutmang. Ko‘proq kremniyga (loviya, banan, kashnich, salat, smorodina), temirga (tuxum sarig‘i, mol go‘shti, jigar, lavlagi, quruq mevalar) va kalsiyga (pishloq, tvorog, yong‘oqlar, yangi ko‘katlar) boy bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qiling. Tirnoqlar qatlanishining yana bir sababi – kimyoviy ta’sirlar. Kimyoviy yuvuvchi vositalardan qo‘lqopsiz foydalanish – teri va tirnoqlarning zararlanishiga olib keladi. Noto‘g‘ri parvarish qilish ham tirnoqlar buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Sizning uy sharoitida manikyurlash to‘plamingizda quyidagilar albatta bo‘lishi lozim: - tirnoqlar uchun shisha arracha; - tarkibida minerallar, vitaminlar, namlovchilar va proteinlar bo‘lgan davolovchi lak; - tarkibida atseton bo‘lmagan lakni ketkazuvchi suyuqlik; Bir haftada 2 kun tirnoqlaringizni lakdan dam oldiring. Maslahatlarimiz tirnoqlaringizning sog‘lom o‘sishiga yordam beradi degan umiddamiz.
41
1,416
Ayollar
Nima uchun kunni internetdan boshlash zararli?
Tong kunimiz qanday o‘tishiga ta’sir ko‘rsatadi. Agar uni miya uchun foydali “ozuqalar”dan boshlasangiz, siz o‘zingizni yaxshiroq his qilasiz va unumliroq ishlaysiz. Lekin biz nima uchundir miyamizga kirib keluvchi ma’lumotlarga iste’mol qiladigan ovqatlarimiz kabi munosabatda bo‘lishimiz kerakligi haqida o‘ylab ham ko‘rmaymiz. Kunimizni pochtani va ijtimoiy tarmoqlarni tekshirish bilan boshlar ekanmiz, biz chalg‘ib ketish odatimizni mustahkamlaymiz va u tezda hayotimizga mahkam o‘rnashib oladi. Miya “foydali ozuqa” olishi uchun kunni qanday boshlashimiz kerak? Agar telefoningiz yoningizda bo‘lsa, siz beixtiyor undan foydalanishni xohlab qolasiz. Shuning uchun yaxshisi uni yotog‘ingizdan butunlay boshqa joyga olib qo‘yganingiz ma’qul. Biron voqea sodir bo‘ladi va u bizga nimanidir anglatgandek bo‘lib ko‘rinadi. Lekin u shunchalik tez yuz beradiki, bu voqeaga ahamiyat berayotganimiz to‘g‘rimi yoki noto‘g‘ri ekanligini hatto o‘ylab ham ko‘rmaymiz. Bu jarayonni tushunib olish uchun uni sekinlatish kerak, buni esa meditatsiya yordamida amalga oshirishimiz mumkin. Buning uchun internetdagi maqolalarni emas, balki kitoblarni tanlang. Mazmuni ustida o‘ylab o‘tirmasdan, maqolalarga biz odatda ko‘z yugurtirib chiqamiz. Kitoblarni esa chuqur mulohaza bilan o‘qiymiz. Hech narsaga chalg‘imasdan ishga butunlay sho‘ng‘ib ketishga harakat qiling. Bu katta mamnuniyat hissini tug‘diradi. Bu o‘zingizga shu tarzda o‘zingizni va vaqtingizni qadrlayotganingizni ta’kidlashdek bo‘ladi. Manba: Rambler Weekend
46
1,511
Ayollar
Kutilmagan topilma: oddiy soch quritgichdan yana qanday maqsadlarda foydalanish mumkin? (video)
Bunday ayyorlikni hali hech kim sinab ko‘rmagan bo‘lsa kerak. Uydagi har bir kerakli jihozlardan unumli foydalanish sirlarini bilib olish zarar qilmaydi. Yangi poyabzalni kengaytirish mumkin Har qanday yangi poyabzal oyoqni urishi tabiiy. Buning uchun qalin paypoqlar ustidan oyoq kiyim kiyiladi. So‘ngra quritgich yordamida poyabzalning har tomoni 1-2 daqiqa davomida qizdiriladi. Poyabzal to‘liq sovimagunicha yechilmaydi, shunda u oyoq o‘lchamiga moslashadi. Stikerlardan qolgan yelimni tozalash mumkin Agar mebel yoki idishlardan maxsus stikerlar olib tashlansa, unda yelimning izi qoladi. Havodagi chang natijasida yelim izi xunuk ko‘rinishga kelib qoladi. Ularni butunlay tozalash uchun soch quritgich yordamida yelim qoldig‘i qizdiriladi. Yuqori haroratda qizigan yelimni oddiy sovunli suv yoki latta yordamida artib tashlash mumkin. Suv dog‘larini yo‘qotish mumkin Yuvilgan shisha idishlar mebelda iz qoldirsa, albatta, soch quritgich yordamga keladi. Uning avval sovuq, keyin iliq havo purkash darajasi yoqiladi. Namlik yuzadan yo‘q bo‘lguncha havo purkaladi. Mashinaning old qismidagi ezilgan joyni sozlash mumkin Bunga ishonish qiyin, ammo mashinaning ezilib qolgan joylarini soch quritgich yordamida professional ta’mirlashsiz amalga oshirish mumkin. Albatta, buning uchun ko‘p vaqt hamda kuch kerak, lekin natija shunga yarasha. Ko‘zoynak bandini qisqartirish mumkin Ko‘zoynaklar doimo burunga tushib qolishining sababi nimada? Bunga bandlarning uzunligi aybdor. Ko‘zoynak gardishi plastik materialdan yasalgan bo‘lsa, uni quritgich yordamida qizdirib, barmoqlar bilan kerakli o‘lchamga keltirish mumkin. Ovqatni isitish mumkin Bu maslahat tez-tez sayohatga chiqadiganlar uchun qo‘l keladi. Agar ovqatni isitish kerak bo‘lsa, oshxona yoki mikroto‘lqinli pech topishning imkoni bo‘lmasa, soch quritgich yordamida ularni isitish mumkin. Mum izlaridan xalos bo‘lish mumkin Soch quritgich yordamida mebeldan mum izlarini osongina olib tashlash mumkin. Buning uchun mum iziga issiq havo oqimi yuboriladi va nam latta bilan artiladi. Ko‘mirni yoqish mumkin Kabob pishirishga tayyorgarlik boshlandimi? Bu ishda haqiqiy professionallarning layfxaki yordamga keladi. Ko‘mir yonganidan so‘ng soch quritgich yordamida havo yuborish lozim. Bu olovni har tomonlama teng tarqalishiga yordam beradi. Kabob esa me’yorida pishadi. Tort bezatishda foydalanish mumkin Tort yuzasida bir xilda yoyilgan glazur hammaga tanish bo‘lsa kerak. U tortning ko‘rinishini yanada boyitadi. Agar bu sohada tajriba kam bo‘lsa, malakali oshpazlar tomonidan foydalaniladigan layfxak tavsiya etiladi. Tort ustiga quyilgan glazurga soch quritgichda havo purkaladi. Havo oqimi tufayli glazur suyuqligi bir tekisda yuza bo‘ylab tarqaydi. Natijada u oynadek ko‘rinishga ega bo‘ladi. Muzlatilgan mahsulotlarni eritish mumkin Muz bo‘lagiga aylanib qolgan mahsulotlarni faqat bittasini ishlatishda soch quritgich samarali yordam beradi. Issiq havo purkalgandan so‘ng ularni ajratib olish oson. Yopishib qolgan saqichni olish mumkin Agar saqich sochga yopishib qolgan bo‘lsa, uni yaxshilab yoyish lozim. Darrov qo‘lga qaychi emas, balki soch quritgichni olish kerak. Issiq havo yordamida saqich eritilib, mayda tishli taroq bilan soch yaxshilab taraladi va muammo bartaraf etiladi. Kipriklarni qayirish mumkin Kiprik qayriltiruvchi vositadan foydalanadiganlar uchun ajoyib layfxak. Soch quritgich yordamida uning qisqichlari qizitilib, so‘ng ishlatilsa, kipriklar kun davomida o‘z shaklini yo‘qotmaydi. Shirinliklarni qolipdan osongina chiqarish mumkin Agar biskvitni qolipdan chiqarish muammo tug‘dirayotgan bo‘lsa, qolipning tashqi tomonidan soch quritgich yordamida qizdirish kerak. Ushbu uslub shirinlik tayyorlanadigan folga yoki pergament qog‘ozlari uchun ham foydali. Chang bilan kurashish mumkin Ayrim joylardagi changlarni latta yoki maxsus vosita yordamida ketkazishning iloji bo‘lmasa, unda soch quritgichda buning imkoni bor. Masalan, kompyuter klaviaturalari orasidagi changni soch quritgich yordamida haftada ikki marotaba tozalash mumkin. Shuningdek, lampa qopqog‘i yoki kitoblarni shu yo‘l bilan ozoda saqlash tavsiya etiladi.
95
4,115
Ayollar
Yuz terisiga kosmetik vositalarning mos kelmaganidan darak beruvchi 5 alomat
Zamonaviy go‘zallik sanoatida har kuni qandaydir yangiliklar ro‘y beradi. Tan olish kerak, yangi krem va niqoblarni sinab ko‘rmaslikning iloji yo‘q. Afsuski, teri har doim ham bunga tayyor bo‘lavermaydi va eng sifatli go‘zallik mahsulotlariga ham kutilmagan reaksiyalar bilan javob berishi mumkin. Avvalo, mutaxassislar kosmetik vositalarni har doim terining turiga qarab tanlashni tavsiya qiladi. Aks holda eng yaxshi holatda pulni behuda sarflash va eng yomoni, yuzda muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Ularni bartaraf etish esa qo‘shimcha sarmoyani talab qiladi. Biroq, ushbu qoidaga qat’iy rioya qilinsa-da, bu mahsulot mos kelishini kafolatlamaydi. Fasllarning o‘zgarishi, terining holati va bir qancha mumkin bo‘lgan sabablarga ko‘ra,  parvarish mahsulotlarini tanlashda e’tiborga olinishi kerak bo‘lgan omillar mavjud.  Shu bilan birga, foydalanishning birinchi kunidanoq parvarish vositasi mos kelmaganini aglash qiyin. Ba’zida terining reaksiyasi  muntazam foydalanishdan keyin, biroz vaqt o‘tgach paydo bo‘lishi mumkin. Eng aniq belgilar, albatta, toshma paydo bo‘lishi. Ha, ular butunlay boshqa muammolarning natijasi bo‘lishi mumkin. Yangi mahsulotni ishlatayotgand avaqtincha to‘xtatib turishga harakat qilish lozim: agar toshma kamayib, yo‘qola boshlasa, mahsulotni almashtirish yaxshiroqdir. Qanday bo‘lmasin, husnbuzar o‘z-o‘zidan davolanmasligi kerak, shifokor va dermatolog bilan maslahatlashib, muammoning ildizini aniqlash uchun tekshiruvdan o‘tish tavsiya etiladi. Mahsulotdan foydalangach terining qurishi. Agar mahsulot terini quritsa, bu unga mos kelmaganidan dalolat beradi. Mahsulot tarkibida spirt yoki tez bug‘lanib ketadigan suv va moylar bo‘lishi mumkin. Qichishish, qizarish, noqulaylik, shishish va allergik reaksiyaning boshqa aniq ko‘rinishlari. Yuzni sovuq suv bilan yuvish teriga pantenol surtish va antigistamin ichish kerak. Agar teri 24 soat ichida yaxshilanmasa, shifokorga murojaat qilish lozim. Va, albatta, mahsulotni o‘zgatirish tavsiya etiladi. Achishish va qizarish ham terining reaksiyasi bo‘lishi mumkin. Agar teri nozik bo‘lsa, maxsus mahsulotlardan foydalanish kerak. Qora nuqtalar, komedonlar va teri teshiklarini tiqilib qolishi. Ehtimol, mahsulot tarkibida silikon, mineral moy va teri teshiklariga tiqilib qoluvchi moddalar bo‘lishi mumkin. Shuning uchun mahsulotni tanlashda komedogen bo‘lmagan vositalarga ustunlik berish lozim. Mahsulotning yuzdan oqib tushishi, so‘rilmasligi. Bu har doim ham mahsulotni yomon degani emas, u balki teri turiga mos kelmagan bo‘lishi mumkin. Shuningdek, boshqalar foydalanib, tavsiya etgan vositalar ham yomon natija ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun ularni xarid qilishda sifat va bahosidan tashqari, yuz terisiga mosligini ham inobatga olish zarur.
76
2,747
Ayollar
Kir yuvishda eng ko‘p uchraydigan xatolar
Mato turidan qat’i nazar, kiyimlar uzoqroq xizmat qilishi uchun bir qancha tavsiyalarga amal qilish lozim. Kir yuvishda eng ko‘p uchraydigan xatolar haqida gaplashamiz. Kir yuvish kukunini ko‘p miqdorda solmang Aksariyat odamlar kukunni noto‘g‘ri ishlatishadi va talab qilinadigan miqdorning deyarli ikki barobarini solishadi. Natijada kukun matolarda yomon yuviladi, chok va burmalar ichida qoladi, yaxshi chayilmaydi. Bu kiyimlarni yaxshi yuvilishiga yordam bermasligidan tashqari kir yuvish kukuniga ortiqcha pul sarflaganingiz qoladi. Dog‘larni ketkazish uchun qo‘shimcha kuch sarflamang Kiyimni qancha ko‘p ishqalasangiz, teshilib qolishi mumkin. Juda kuchli yuvish va ishqalash matoni yupqalashtiradi va kiyim holatini buzadi. Faqatgina ranglarga qarab saralamang Kir yuvishda qorani oqdan va rangli matolardan ajratish kerak. Ammo kirlarni mato turiga qarab ajratish ham yaxshi samara beradi. Kiyim ilgichlarning yaxshisini oling Yubka va shimlar uchun g‘ijim qilmaydigan maxsus kiyim ilgichlar mavjud. Bu sizni tez-tez dazmollashdan qutqaradi, chunki dazmollagan sari mato sifati yomonlashadi. Yumshoq sviterlar uchun yostiqli yumshoq ilgichlar ham mavjud, ulardan foydalanganda jun mato osilib, yelkasi cho‘zilib ketmaydi. Sochiqdan foydalaning Agar qo‘lda yuvishni talab qiladigan nozik narsalarni siqishingiz kerak bo‘lsa, quruq, uni toza sochiqqa qo‘ying, uni o‘rab va astalik bilan bosing. Sochiq ortiqcha namlikni yutadi va matoda g‘ijimlar kamroq bo‘ladi. Bundan tashqari, nozik matolardan tikilgan kiyimlar o‘z shaklini yo‘qotmaydi. Kir yuvish mashinasiga ortiqcha kir solmang Birinchidan, bu bilan mashinaning ishlash muddatini qisqartirasiz, texnika podshipniki tezroq eskiradi. Ikkinchidan, kirlar ham o‘ralashib, kiyimlar tez yirtiladigan bo‘lib qoladi. Kolgotka va golfilarni maxsus qopchada yuving Bunday narsalarni boshqa kirlar bilan yuvish mashinada iplar qolib ketishiga sabab bo‘ladi. Yuvish uchun maxsus qopchalar golfilarni teshilib qolishidan himoya qiladi. Shuningdek, chaqaloqlar paypoqlarini ham qopchada yuvish kerak. Kir yuvish mashinasi buzilishining eng ko‘p uchraydigan sababi bu baraban va mashina korpusi orasiga tiqilib qolgan bolalar paypoqlari bo‘ladi. Kir yuvish mashinasini tozalashni unutmang Kir yuvib bo‘lgandan keyin yoqimsiz hid paydo bo‘lishining oldini olish uchun mashinani tozalashni unutmang. Kukun solinuvchi qismini yaxshilab yuving, barabanning rezina tasmasini arting va har 4 oyda bir marta kir solmasdan to‘liq yuvish siklida ishlating.
41
2,500
Ayollar
Munosabatlar uzoqqa bormasligining 5 sababi
Insonlar o‘rtasidagi munosabatlarning qanchalik mustahkam ekani yoki darz ketishi bir qancha omillarga bog‘liq ​bo‘ladi. Quyida shaxsiy munosabatlarning uzoqqa bormasligi sabablariga to‘xtalamiz. 1. Hammadan o‘zini bilag‘on deb hisoblash Siz rostan ham aqlli va dunyoqarashi keng inson bo‘lishingiz mumkin, lekin shaxsiy munosabatlarda doim o‘z “men​” ​ingizni birinchi o‘ringa qo‘yishingiz, boshlangan aloqalarning tez yakun topishiga sababchi bo‘ladi. Munosabatlarda ikki kishi bir-birini tushunishi va qo‘llab-quvvatlashi zarur. Faqat o‘zingizni sevsangiz va xudbinlikdan voz kecha olmasangiz, sevgi borasida omadingiz chopmasligi aniq. 2. Talab qilish “Agar meni desa, bu ishni bajaradi yoki bunday qiladi”, degan yanglish fikr xayolingizda bor ekan, hali anchagacha yolg‘iz yurasiz. Hech kim hech narsaga majbur emas, shunchaki sevgan inson qarashlari hurmat qilinishi yoki inobatga olinishi kerak. Ikki inson bir-birining kamchiliklarini to‘ldirishi va har doim hamma narsa ideal bo‘lmaganini inobatga olib, tushunib yashashi kerak. 3. Vaziyat va insonlarga o‘z mantig‘ingiz asosida baho berish Siz bergan baho ko‘pincha subyektiv bo‘lishi mumkin va shuning asosida noto‘g‘ri xulosa shakllanishi ajab emas. Masalan, oila yoki ishdagi jiddiy muammolardan shundoq ham tushkunlikda bo‘lgan odamning sizga kulib gapirmasligi, ortiqcha e’tibor qilmasligi, sizga befarq ekanidan ko‘ra uni tashvishlar qiynayotganini anglatadi. 4. Nima bo‘lganda ham miq etmaslik Noxushlik va muammoli vaziyatlarda ham kerak bo‘lsa o‘zi tushunib yetsin, deya indamaslik yoki oshirib yuborishlar bo‘lganida ham og‘izga qulf solishning oxiri voy bo‘ladi. Chunki ichingizda yig‘ilgan, aytilmagan gaplar bir kuni portlab chiqib, dilni xira qilishi mumkin. Shuning uchun bunday vaziyatlarda o‘tirib, sokinlikni saqlagan holda muhokama qilish, birgalikda yechim topish va arazlashdan qochish tavsiya qilinadi. Savolingiz bo‘lsa bering, javobini oling va asosiysi mavhumlikdan qoching. Shunda siz umid bilan boshlagan munosabatlarga yarim yo‘lda nuqta qo‘yilmaydi. 5. Sovuqqonlik va e’tiborsizlik Sizga muammosini aytib turgan insonni sovuqqonlik bilan tinglash, mensimaslik kimga ham yoqadi deysiz? Har kim yonida befarq emas, baxtini bo‘lishadigan, dardiga malham bo‘ladigan inson bo‘lishini istaydi. E’tibor faqatgina sovg‘a-salom yoki ortiqcha so‘zlar bilan o‘lchanmaydi. Ortiqcha gapirmasdan amalda qo‘llab-quvvatlash, ko‘nglini ko‘tarish va ishonch bildirish muvaffaqiyatli munosabatlarning garovi hisoblanadi.
43
2,493
Ayollar
Muzlatkichni tartibli hamda toza saqlashda asqatadigan layfxaklar
“Noviy ochag” nashri taqdim etgan ushbu layfxaklar muzlatkichda oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashni tashkil etishga yoki allaqachon o‘rnatilgan tizimni yaxshilashga yordam beradi. Savatchalar Yaroqlilik muddati minimal (yoki muddati o‘tgan) barcha mahsulotlarni bitta savatga qo‘yish qoidasini yaratish tavsiya etiladi. Ushbu usul isrof qilingan oziq-ovqat miqdorini sezilarli darajada kamaytirishga yordam beradi. Ushbu maqsadlar uchun yetarlicha sig‘im ega yorqin rangli idish sotib olish mumkin. Chunki u e’tiborni darhol jalb qilishi kerak. Sabzavotlar tortmasini gazeta bilan to‘ldiring Buni ikki sababga ko‘ra qilish kerak. Birinchidan, agar meva va sabzavotlarning suvi oqa boshlasa, qog‘oz ortiqcha suyuqlikni o‘zlashtiradi. Ikkinchidan, bu bo‘limni chang va kirdan himoya qiladi. So‘ngra eski gazetani yangisiga almashtirish kifoya. Idishlarni qulay holda saqlang Agar tuxumning bo‘sh karton qutisi bo‘lsa, uni chiqindiga tashlashga shoshilmaslik kerak. Undan ketchup yoki xantal kabi plastik butilkalarni saqlash uchun foydalanish mumkin. Ushbu usulning afzalligi shundaki, idishlarning qopqog‘i pastga qaratib qo‘yiladi va ulardan foydalanishda siqib chiqarishga hojat qolmaydi. Vertikal saqlash Sovutkichda qutilar o‘rniga ko‘proq panjra bo‘lsa, ba’zi narsalarni, masalan, ko‘katlar yoki muzlatilgan rezavorlar paketini vertikal holda saqlash orqali joyni tejash mumkin. Oddiy kiyim qisqichlari yoki qog‘oz qisqichlari yordamida qadoqlarni panjaraga ilish juda oson. Muzlatkichga belgi qo‘ying Bu usul sovutkichda tartibni tashkil qilish uchun juda mos keladi. Har bir javonda mahsulot toifalari bo‘lgan yorliqlarni yopishtirib, kerakli narsani osongina topish mumkin. Muzlatkich rastalarini toza saqlang Muzlatkichdagi javonlarni plastik gilamchalar bilan yopsangiz, umuman tozalash shart emas. Ulardan kir va oziq-ovqat dog‘larini olib tashlash butun muzlatkichni yuvishdan ko‘ra osonroq. Agar tozalikni minimal darajada ushlab turishni istasangiz, javonlarni oziq-ovqat plyonkasi bilan o‘rang va kerak bo‘lganda o‘zgartiring. Ko‘proq savatlardan foydalaning Kichkina plastik savatlar muzlatkichda mukammal joy hosil qilishga yordam beradi. Ularda har qanday narsani saqlash mumkin — mevalardan konservagacha. Salatlarni shisha idishlarda saqlang Shisha idishda sabzavot, meva va ko‘katlar bir necha kun davomida yangidek saqlanadi. Asosiysi, idish qopqog‘i yopilgan bo‘lishi kerak. Muzlatkichni yomon hidlardan xalos qiling Muzlatkichga maydalangan faol ko‘mirning ochiq idishini joylashtiring. Ushbu mahsulot yomon hidlarni iste’mol sodasidan ham yaxshiroq o‘zlashtiradi. Ko‘mirni kerak bo‘lganda o‘zgartiring, lekin kamida uch haftada bir marta.
65
2,667
Ayollar
Bu yil yozda yog‘ochdan ishlangan aksessuar va poyabzallar yetakchilik qiladi
Bu yilgi yozda yog‘ochdan ishlangan yoki shunday ko‘rinishga bo‘lgan poyabzal hamda aksessuarlar: sumka, bilaguzuk, hamyon, zirak va boshqa taqinchoqlar trendda bo‘ladi. Dizaynerlar allaqachon mazkur tendensiyani inobatga olib, hech bo‘lmaganda detallari yog‘ochdan ishlangan kolleksiyalarni taqdim qilmoqda. Bunga Alexander McQueen tomonidan taqdim qilingan poshnasi daraxt yog‘ochidan ishlangandek tasavvur beradigan poyabzali, Bottega Vega’ning shokoladni eslatuvchi charmdan ishlanib, yog‘och detal bilan bezalgan klatchi, Chanel va Masion Margiela’ning yozgi oyoq kiyimlari yaqqol misol bo‘la oladi. Yanada yaxshiroq tasavvur paydo bo‘lishi uchun Vogue yog‘ochdan ishlangan aksessuar va poyabzallar suratini taqdim qiladi.
77
728
Ayollar
Quloq og‘rig‘ida kamfora yog‘ini qanday qo‘llash kerak?
Quloq og‘rig‘ini davolashda to‘g‘ri vositalardan foydalanish lozim. Wday nashri quloq og‘rig‘ida yaxshi samara beradigan kamfora yog‘ini qanday qilib to‘g‘ri qo‘llash kerakligi haqida ma’lumot berdi. Quloq og‘riganda kamfora yog‘ini qo‘llash to‘g‘rimi? Kamfora yog‘i qizuvchi va tirnash holatini yuzaga keltiruvchi ta’sirga ega. Bu tomirlarda kengaytma hosil qiladi va davolangan joyda qon aylanishini faollashtiradi, yallig‘lanishni bartaraf etishga yordam beradi. Kamfora yog‘i quloq og‘rig‘ida, bakterial yallig‘lanishda qo‘llanadigan antiseptik ta’sirga ega vositalardan biri. Otit belgilari: quloq ichki qismida qichishish, tortishish og‘rig‘i paydo bo‘lganda kamfora yog‘ini qo‘llash tavsiya etiladi. Bu holatda kamfora yog‘i yoqimsiz simptomlarni yo‘qotish va yallig‘lanishning tiklanishini tezlashtiradi. Ammo bu dori emasligini unutmaslik kerak. Ushbu vositadan faqat yallig‘lanish sabablari aniqlagandan so‘ng shifokor tomonidan tayinlangan muolajaga qo‘shimcha ravishda foydalanishingiz mumkin. Agar kasallik infeksiyadan kelib chiqqan bo‘lsa, asoratlarning oldini olish uchun shifokor nazorati ostida antibiotiklar bilan davolanish kerak. Quloq og‘riganda kamfora yog‘idan foydalanish Kamfora yog‘ini qo‘llash ma’lum bir kasallikning xususiyatlariga bog‘liq. Tashqi yallig‘lanish eshitish jarayoniga ta’sir qilmagan bo‘lsa, kamfora yog‘i quloqqa tomiziladi. Kamfora yog‘ini isitish plitalari yoki issiq suv yordamida tana haroratiga moslab isitiladi. Bemorning og‘riyotgan qulog‘ini yuqoriga ko‘tarib, ichiga 2-3 tomchi yog‘ tomizish kerak, bu muolajadan keyin biroz yotish tavsiya etiladi. Jarayonni kuniga 2-3 marta takrorlash kerak. Agar otit belgilari bilan birga burun bitib qolishi ham kuzatilsa bu muolajadan foydalanish tavsiya etilmaydi. Agar shifokor quloqning o‘rta qismi yallig‘lanishini aniqlagan bo‘lsa, dorilardan tashqari, kamfora yog‘i bilan tamponlar qo‘llaniladi. Ular 3-5 soat davomida quloqqa joylashtiriladi va izolyatsiya qilinadi. Eshitish qobiliyatingiz buzilgan bo‘lsa, bu kasallikning og‘ir ekanini ko‘rsatadi, bunday holatda imkon qadar tezroq shifokor bilan maslahatlashish kerak. Davolanishdan tashqari, kamfora yog‘i bilan kompressdan foydalanish mumkin. U og‘rigan quloqqa qo‘yiladi va bir kechaga qoldiriladi. Jarayonni har kuni takrorlash kerak. Kamfora yog‘ini og‘rigan quloqda terining shikastlanishi bo‘lsa va undan yiring chiqayotgan vaqtda ishlatmaslik kerak. Unutmang, ikki yoshgacha bo‘lgan bolalarga bunday choralarni qo‘llash taqiqlanadi va barcha manipulyatsiyalardan keyin pediatr bilan bog‘lanish kerak. Quloqlaringizning sog‘lig‘iga g‘amxo‘rlik qilish ko‘p yillar davomida eshitish qobiliyatingizning yaxshi bo‘lishiga yordam beradi.
55
2,694
Ayollar
Uy sharoitida pashshalardan qutilishning eng oddiy usullari
Bu zararkunanda hasharotlar yozni zavq bilan o‘tkazishga xalaqit berishi mumkin. Ammo ulardan oddiy vositalar yordamida qutilishning yo‘li bor. “Noviy ochag” nashri uy sharoitida pashshalar muammosiga qarshi kurashishning eng oddiy usullarini taqdim etdi. Pashshalardan qutilishning xalqona usullari O‘simlik va efir moylari hasharotlarni haydaydi Pashshalar ba’zi giyohlarning hidlariga juda sezgir. Agar uyda lavanda, yalpiz va rayhon o‘stirilsa, pashshalar bir chaqirim uzoqdan bunday xona atrofidan uchib ketadi. Shuningdek, guldonda evkalipt, shuvoq, shumurtning shoxlarini saqlash mumkin. Ularning quritilganlari ham yaxshi samara beradi. Rayhon, limon yoki lavanda efir moylari ham pashshalarni yo‘q qilishga yordam beradi. Meva pashshalari Ushbu mayda pashshalar uchun oddiy tuzoqlar mos keladi. Buning uchun plastik baklashkaning tepa qismi kesib olinadi. Qirralari tasma bilan mahkamlanadi. Pastki qismga biroz suv, to‘rt osh qoshiq olma sirkasi va bir choy qoshiq idish yuvish vositasi quyiladi. Sirka hasharotlarni o‘ziga tortadi, sovun esa ularni tuzoqdan chiqishiga yo‘l qo‘ymaydi. Oshxonada yoki pashshalar to‘planadigan joyda bir nechta tuzoqlarni o‘rnatish mumkin. Bu tezda bezovta qiluvchi hasharotlardan xalos qiladi. Katta uy pashshalari Uyda pashshalardan himoyalanishning eng oson va tezkor usullaridan biri bu chinnigullar, ularning hidiga dosh berolmaydi. Kvartirada derazalar yaqinida bir nechta chinnigullar solingan xaltachalarni osib qo‘yish kerak, shunda pashshalar uy ichiga kira olmaydi. Hovlidagi katta pashshalar Ovqat tayyorlanayotganda odatda qayerdandir katta-katta pashshalar paydo bo‘ladi. Uyning har bir burchagiga suyuq asal yoki shakar siropini kraxmal bilan aralashtirib, hosil bo‘lgan yopishqoq massani idishchalarga quyib, joylashtirib chiqish kerak. Shundan so‘ng ular qayta bezovta qilmaydi. Pashshalar tezda ko‘payadi, shuning uchun hasharotlardan qutilishga taxminan bir kun kerak bo‘ladi. Kun davomida massa shunchaki qurib qoladi va pashshalar yopishmay qolishi mumkin. Zamonaviy vositalar pashshalardan tezda xalos bo‘lishga yordam beradi Hasharotlar uchun yopishqoq tasmalar Shiftga osiladigan yopishqoq tasmalar juda ham foydali. Ularga pashshalar yopishib qoladi. Ular kvartiraning dizaynerlik bezaklari emas, balki hasharotlardan tezda xalos bo‘lishga imkon beruvchi vositalardir. Pashshaga qarshi plastinkalar Uyni yopishqoq tasmalar bilan bezashni istamaganlar oddiygina plastinkalardan foydalanishi mumkin. Ularni tutatib qo‘yish orqali pashshalarni yo‘q qilish mumkin. Chunki plastinkalar hidi pashshalarga umuman yoqmaydi. Hasharotlarga qarshi gel Uy sharoitida pashshalardan qutilishga hasharotlarga qarshi gel yordam beradi. Gel hid chiqarmaydi, odamlarga zarar yetkazmaydi. Albatta, uni bolalar bo‘yi yetmaydigan joyga qo‘yish kerak. Gel juda qulay, chunki ma’lum muddat davomida pashshalardan qutilishga imkon beruvchi ko‘pgina vositalardan farqli o‘laroq, uning ta’siri to‘liq quriguncha ikki oygacha davom etishi mumkin. Fumigator Fumigator yordamida pashshalardan qutilish oson va oddiy. Asosiysi, deraza va eshiklarni yopish, qurilmani elektr tokiga ulash va bir muddat tashqariga qolish. Jarayon yakunlangach xonani ventilyatsiya qilish kerak. Shuningdek, derazalarga to‘r o‘rnatishni unutmaslik kerak. Chivin va boshqa hasharotlarga qarshi spreylar Agar tejamkor vositalar yordam bermasa, unda jiddiy vositalarni qo‘llash vaqti keldi. Uyda pashshalarga qarshi aerozol mahsulotlarini ishlatganda, oziq-ovqat mahsulotlarini oldindan olib tashlash, bolalarni xonadan olib chiqish kerak. Bir necha soatdan keyin uy juda yaxshi ventilyatsiya qilinishi juda muhim. Shuningdek, nam tozalashni amalga oshirishni ham unutmang. Natijada nafaqat pashshalardan, balki uydagi boshqa hasharotlardan ham qutilish mumkin.
59
3,777
Ayollar
Yuz terisini parvarishlab, yoshartiramiz
Yuzingiz terisi silliq bo‘lsin desangiz...
40
42
Ayollar
Yoz mavsumida har qanday obrazni mukammal tarzda to‘ldiradigan oyoq kiyim modellari (foto)
Yoz nihoyat nafaqat taqvimda, balki ko‘chalarga ham kirib keldi, ya’ni issiq mavsum uchun poyabzal sotib olish haqida o‘ylash vaqti keldi. Yozning ko‘p qismi eng qulay va urfdagi oyoq kiyimlarda o‘tadi. The Symbol nashri ushbu mavsumda ham har qanday obrazni mukammal tarzda to‘ldiradigan bosonojka modellari bilan tanishtirdi. Bu mavsumda yorqin ranglar ustunlik qiladi: moda haftaliklarida podiumlarida binafsha, pushti, yashil, ko‘k, sariq va to‘q sariq ranglarning barchasini ko‘rish mumkin. Albatta, qaymoq rang va qora oyoq kiyimlar klassikadir, ammo bu yozda yorqin modellarga e’tibor berishni tavsiya etiladi. Rangli bosonojkalar har qanday obrazni boyitadi. Ularni murakkab ranglar kombinatsiyasining bir qismiga aylantirish mumkin.
90
743
Ayollar
Kredit bo‘yicha qarzlardan qutulishning 3 uslubi
Qarzlarni uzishning bir necha qulay uslublari mavjud. Aynan sizga mos keladigan uslubni topish uchun ularning hammasining kamchilik va afzalliklarini ko‘rib chiqish kerak. Boshida siz kreditlaringizni foiz normalarining kamayish tartibida ro‘yxat qilib chiqing. Birinchi navbatda foiz normalari eng baland bo‘lgan kreditlaringizni yopishga harakat qiling. Qolgan kreditlaringizga eng kam majburiy to‘lovni amalga oshiring, katta foizli kreditlaringizga esa — eng kam to‘lovga yana qanchadir qo‘shib to‘lang. Eng qimmat kreditni to‘lab bo‘lganingizdan keyin ro‘yxat bo‘yicha keyingisiga o‘ting. Afzalliklari Bu usul foizlarda tejashga imkon beradi. Kamchiliklari Yirik kreditlarni uzishga ancha ko‘proq vaqt ketishi mumkin. Bu usulning samarasi darrov sezilmaydi, shuning uchun ko‘pchilikda bu uslubdan voz kechish istagi paydo bo‘ladi. Oldingi ikki uslublarda siz har oy o‘z budjetingiz hisobidan kreditlarni oldindan to‘lashga qo‘shimcha mablag‘lar ajratishingiz mumkinligi ko‘zda tutiladi. Afsuski, bunday imkoniyat hammada va har doim ham bo‘lavermaydi. Lekin deyarli har bir kishida bir martalik rejadan tashqari daromadlar bo‘ladi: soliq chegirmasi, biror-bir keraksiz narsani sotishdan tushgan mablag‘lar, ishlab topilgan qo‘shimcha pul yoki bayramlar uchun pul ko‘rinishidagi sovg‘alar. Qor uchqunlari uslubining ma’nosi shundaki, siz bu pullarning hammasini qarzlarni uzishga yo‘naltirasiz. Balki bu unchalik katta bo‘lmagan mablag‘lar bo‘lishi ham mumkin. Lekin mayda qor uchqunlaridan katta qor uyumlari paydo bo‘ladi. Afzalliklari Unchalik katta bo‘lmasa ham oldindan to‘lovlar — bu yo‘qdan ko‘ra yaxshiroq. Ular bilan qarzdorlik summasi tezroq kamayadi. Kamchiliklari Bu uslub qarzingizni qachon to‘liq uzib bo‘lishingizni oldindan bilishga imkon bermaydi. Bu uslubning ma’nosi shundaki, har xil banklardagi bir necha kreditlar bitta katta kreditga almashtiriladi. Ba’zi hollarda boshqa banklardan moliyalashtirilgan summalarning foizlarini tejash hisobiga har oylik to‘lovlar summasini kamaytirish mumkin. Afzalliklari Kredit berishning yangi shartlari eskisiga qaraganda foydaliroq bo‘lishi mumkin. Bir necha qarzlarning o‘rniga bitta qarzni to‘lash ancha qulay va ruhiy jihatdan ham osonroq. Kamchiliklari Hamma banklar ham qarzlarni birlashtirish va boshqa bankka o‘z kreditlarini moliyalashtirish xizmatini amalga oshiravermaydilar. Juda ko‘p hujjatlarni yig‘ish va rasmiylashtirish uchun xarajatlar talab qilinishi mumkin. Ba’zi banklarda kreditni boshqa banklar tomonidan moliyalashtirilganda oldindan to‘lov qilingani uchun jarima undiriladi, ba’zilarida esa oldindan to‘lashning umuman imkoni yo‘q. Manba: “Layfxaker”
48
2,639
Ayollar
Nima uchun ukoldan so‘ng ko‘karishlar paydo bo‘ladi va ulardan qanday xalos bo‘lish mumkin?
Ba’zida ukol qilingandan so‘ng inyeksiya joyida ko‘karishlar va og‘riydigan bezlar paydo bo‘ladi. Biroq ular paydo bo‘lishining sababini bilib, buning oldini olish mumkin. Wday nashri nima sababdan ukoldan so‘ng ko‘karishlar paydo bo‘lishi va ulardan qanday xalos bo‘lish kerakligi haqida ma’lumot berdi. Nima uchun ukol qilingandan so‘ng ko‘karishlar paydo bo‘ladi? Har qanday inyeksiya terining shikastlanishi hisoblanadi, har bir organizm uni o‘zida boshqacha namoyon qiladi. Inyeksiya paytida tomirlarning yaxlitligi buziladi, qon inyeksiya joyida to‘planadi. Agar bu vaqtda mushak juda tarang bo‘lsa, natijada ko‘karish paydo bo‘ladi. Ko‘karishlar bilan birga, inyeksiya joyida ko‘pincha og‘riqli bezlar paydo bo‘ladi yoki terining aynan o‘sha joyi qattiqlashadi. Bu dori to‘qimalar orqali yaxshi tarqalmaganligi sababli sodir bo‘ladi. Buning bir qancha sabablari bor: Bundan tashqari, ko‘karishlar va gematomalar paydo bo‘lishining sabablaridan biri sifatsiz shpritsdir. Agar dori sovuq bo‘lsa, u to‘qimalarda yaxshi taqsimlanmaydi. Ukoldan keyin paydo bo‘lgan ko‘karishlardan qanday qilib xalos bo‘lish mumkin? Ko‘karishlarning oldini olish uchun ukol kursidan oldin A va C vitaminlarini ichish tavsiya etiladi —ular qon tomirlari devorlarini mustahkamlaydi. Ukoldan so‘ng darhol o‘tirish yoki yotish kerak emas — dori tezroq tarqalishi uchun biroz yurish tavsiya etiladi. Agar ko‘karishlar ketmayotgan bo‘lsa, ulardan qanday qilib tezda qutulish kerakligini bilish shifokorga murojaat qiling. Mustaqil ravishda vaziyatni yengillashtirishingiz va gematomalardan xalq tabobati vositalari yordamida qutulishingiz mumkin. Dorixonadagi mazlar ko‘karishlardan xalos bo‘lishga yordam beradi. Ammo barcha vositalarni ishlatmang, bitta retseptni tanlang. Agar ko‘karishlar ketmasa va ukol joyida yiringli yallig‘lanish paydo bo‘lsa, tana harorati ko‘tariladi, keyin xo‘ppoz paydo bo‘lishi mumkin. Bunday holatda, darhol shifokor bilan maslahatlashish kerak, o‘zingizni o‘zingiz davolashingiz faqatgina vaziyatning murakkablashishiga olib  keladi. Inyeksiyadan keyin ko‘karishlarning paydo bo‘lishi — yoqimsiz vaziyat hisoblanadi. Biroq ularning yo‘qolishini kutmang. Albatta chora ko‘ring, agar kerak bo‘lsa, shifokor bilan maslahatlashing.  Nima uchun venaga issiq ukol qilinadi va uning qanday foydasi bor?
91
2,308
Ayollar
Televizorni o‘chirmasdan uxlash qanday oqibatlarga olib keladi?
Ko'pchilik kechqurun televizor ko‘rishni yoqtiradi — bu og‘ir ish kunidan keyin dam olishga va charchoqdan xalos bo‘lishga yordam beradi. Biroq bunday daqiqalarda odamlar ko‘pincha uxlab qoladi va bu organizm holatiga salbiy ta’sir qiladi, deb yozadi Grazia. Shubhasiz, televizor tomosha qilib divanda o‘tirgandan so‘ng o‘z-o‘zidan energiya kamayganligini sezish mumkin. Gap shundaki, agar uyqu paytida xonada yorug‘lik bo‘lsa, hatto xira bo‘lsa ham, biologik soat yo‘qoladi va metabolizm buziladi. Bularning barchasi beqaror qon bosimi va gormonal muammolarga olib keladi. Lekin bu hammasi emas. Agar televizor yoki tungi chiroqni o‘chirmasdan uyquga ketilsa, vazn yo‘qotish qiyinroq bo‘ladi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, uyqu sifatiga ahamiyat bermaydiganlar semirishga moyil bo‘ladi. Ularning fikriga ko‘ra, yotishdan oldin barcha yorug‘lik manbalarini o‘chirish kerak. Agar inson quvnoq va yaxshi kayfiyatda uyg‘onishni istasa, yana bir nechta qoidalarga amal qilishi lozim — yotishdan bir necha soat oldin barcha gadjetlardan foydalanishni to‘xtatish, xonani ventilyatsiya qilish va har doim bir vaqtning o‘zida yotish. Tez orada sog‘liqda qanday o‘zgarishlar boshlanishini sezish mumkin.
63
1,199
Ayollar
Umringizni uzaytiruvchi 6 narsa
Yaxshiyamki dunyoda har doim atrofdagi narsalar va hodisalarning zararini isbotlash bilan emas, balki bizning tanamizni yaxshilovchi va umrimizni uzaytirishga yordam beruvchi narsalarni izlash bilan mashg‘ul bo‘lgan tadqiqotchilar ham bor ekan. Quyidagi narsalar, ularning fikricha, odam umrini uzaytiradi. Tadqiqotchilar onalarning bolasiz ayollarga qaraganda 1,5 yil ko‘proq yashashini aniqladi. Ularning fikricha, bolalarning g‘amxo‘rlik qilishi ham ota-onalarning yashash sifatiga ta’sir ko‘rsatadi. O‘rtacha jismoniy faollik salomatlik holatini yaxshilashi haqida ko‘p eshitgansiz. Lekin ma’lum bir mashq turlari bu tasavvurni butunlay o‘zgartirib yuborishini bilarmidingiz? Britaniyadagi sport tibbiyoti jurnali 80 000 sportchining mashqlarini o‘rganib chiqdi. Keyin ularni toifalarga bo‘lib chiqdi va ma’lum bo‘lishicha, tennischilarning o‘limi soni o‘rtacha o‘lim soniga qaraganda 47 foizga kamroq ekan. Eng sog‘lom va uzoq umr ko‘ruvchi millat vakillari yashaydigan mamlakat — bu Yaponiya. Qisman buning siri yangi sabzavot va baliqlardan tashkil topgan an’anaviy yaponcha parhezdadir. Boshqa bir muhim omil — muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va davolashga imkon beruvchi sifatli sog‘liqni saqlash tizimi. Hatto keksa yoshli yaponlar ham faol tarzda hayot kechiradi. Yel universitetida o‘tkazilgan tadqiqotlarda o‘qishni yaxshi ko‘ruvchilarning o‘lim soni ko‘rsatkichi 20 foizga past ekanligi aniqlandi. Lekin bu ko‘rsatkich faqat kitob o‘quvchilariga tegishli ekanligi ayniqsa, juda muhimdir. Eng yashil hududlarda yashovchi odamlarda o‘lim soni ko‘rsatkichi shaharda yashovchilarga qaraganda 12 foizga pastroq ekanligi aniqlangan. Bu ekologik jihatdan foydali bo‘lishidan tashqari, ijobiy kayfiyat uyg‘otuvchi muhitga ham bog‘liq. Tadqiqotchilar hisob-kitoblariga ko‘ra, agar siz oliy ma’lumot olishdan voz kechsangiz, o‘zingizga xuddi ko‘p yillar chekish darajasida zarar yetkazgan bo‘lasiz! Ma’lumot olish sizga o‘z hayotingizni nazorat qilish uchun ko‘proq imkoniyat yaratadi. Oliy ma’lumotli odamlarda murakkab vaziyatlarni boshqarish qobiliyatlari ham kattaroq bo‘ladi. Manba: “Heroine.ru”
31
2,106
Ayollar
Umrni bir necha yilga qisqartirishi mumkin bo‘lgan eng zararli oziq-ovqat mahsulotlari
“Biz ovqatlanish uchun yashamaymiz, yashash uchun ovqatlanamiz”. Agar siz haqiqatan ham uzoq vaqt yashashni istasangiz, unda nafaqat pul bilan, balki to‘g‘ridan to‘g‘ri hayotingizning yillari bilan ham to‘lashingiz kerak bo‘lgan ba’zi mahsulotlardan voz kechishingiz kerak bo‘ladi. Uzoq umr ko‘rishni istasangiz umuman ushbu ro‘yxatdagi mahsulotlarni iste’mol qilmang. Tarkibida shakar ko‘p bo‘lgan gazli ichimliklar Shakarli gazlangan ichimliklarni muntazam iste’mol qilish erta o‘lim xavfini jiddiy ravishda oshiradi, bu ma’lumotlar Amerika kardiologiya assotsiatsiyasining o‘tgan yilgi kongressida taqdim etilgan. Kuniga atigi bir stakan kola yurak-qon tomir kasalliklarini keltirib chiqarib, erta o‘lim xavfini ikki baravar oshiradi. Bundan tashqari, shakarli ichimliklarni har kuni iste’mol qilish hujayralarning qarishini tezlashtiradi va natijada 4,5 yil umrimizni olib qo‘yadi. Sun’iy shirinliklar Diyetologlar shakardan butunlay voz kechish kerakmi yoki yo‘qmi degan fikr haqida hali aniq qarorga kelmagan, biroq ular sun’iy shirinliklar qo‘shilgan ovqatlar yomon ekanligiga yuz foiz ishonch hosil qilgan. Semirib ketish, qandli diabet va yurak xastaliklari xavfini oshirishdan tashqari, “shirin” ovqatlar va ichimliklar ham odatiy shakarning salbiy ta’sirini oshiradi. Yana bir tadqiqot shakarni muntazam iste’mol qilish insult va aqliy zaiflik xavfining ortishi o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlikni tasdiqlagan. Tuzlangan mahsulotlar Ko‘plab insonlar har kuni tanaga kerakli miqdordan ko‘ra ortiqroq tuz iste’mol qiladi. Ortiqcha natriy esa yurak xastaliklari, insult va oshqozon saratoni xavfini oshiradi. Ko‘p hollarda qayta ishlangan oziq-ovqat va fast-fudlar sabab tanaga ortiqcha tuz yig‘iladi, bu ham ularni iste’mol qilishni jiddiy ravishda kamaytirishning yana bir sababi hisoblanadi. Qayta ishlangan go‘sht Bir necha yil oldin kolbasa, sosiskalar va qayta ishlangan ayrim go‘shtli mahsulotlar rasman kanserogen sifatida tan olingan. Ularning tarkibbida miqdoridan ortiqcha ko‘p tuz bo‘lishidan tashqari, mahsulotlarni muntazam iste’mol qilish yurak xastaligini, erta o‘lim xavfini 72 foizga va saraton kasalligini 11 foizga oshiradi. Glyutensiz mahsulotlar Agar hazm qilish faoliyati bilan bog‘liq kasalligidan aziyat chekmasangiz, glyutenning barqaror emasligi — hech qachon uglevodlardan voz kechmasligingiz kerak. Lancet Public Health nashrida chop etilgan tadqiqot shuni tasdiqladiki, kam uglevodli parhez umr ko‘rish davomiyligini to‘rt yilga qisqartirishi mumkin. Biroq, albatta, uglevodlar murakkab va tolaga boy bo‘lishi kerak. Spirtli ichimliklar Qizil sharob yoki pivoning sog‘liq uchun foydali jihatlari haqida o‘qishimizdan qat’iy nazar, hatto haftada bir marta spirtli ichimliklar umrni yarim yilga qisqartirishi mumkinligini yodda tutish kerak. Haftada ikki yoki uch marta ushbu ichimliklarni ichish umrni ikki yilga qisqartiradi. Agar muntazam ravishda haftada uch yoki undan ko‘p ichimlik ichsangiz, umringiz besh yilga yo‘qotilishi mumkin. Trans yog‘larga boy ovqatlar Non mahsulotlari va fast-fudlarda ko‘p bo‘lgan sun’iy trans yog‘lar yurak xastaligi, insult va ikkinchi toifa diabet xavfini jiddiy ravishda oshiradi. Ular hayot davomiyligi va sifatini sezilarli darajada kamaytiradigan kasalliklarning yuzaga kelishiga sababchi bo‘ladi. Mahsulotlarni ishlab chiqarishda sun’iy trans yog‘larni qo‘llash to‘liq taqiqlanmaguncha, sotib olgan mahsulotlarning tarkibini mustaqil ravishda kuzatib borish kerak.
86
3,455
Ayollar
Erta ajin tushishi, teri qurishi va yuz tozalovchi salfetka keltirib chiqaradigan boshqa salbiy oqibatlar
Odatda makiyajni tozalash uchun salfetkalardan tez-tez foydalaniladi. Ular haqiqatan ham foydalimi? Salfetkalar makiyajni tozalamaydi Makiyajni tozalash uchun foydalanadigan salfetkalar faqat bo‘yoq va kirlarni teriga chuqurroq singdiradi. Vizual ravishda kosmetika yuvilgandek tuyulishi mumkin, lekin aslida buning aksi bo‘ladi. Yuzda, albatta, makiyaj qoldiqlari qoladi. Ular teri qurishi, yog‘lanishi kabi salbiy oqibatlarga olib keladi. Agar ulardan foydalanishda davom etilsa, albatta, yuzni suv bilan yuvib tashlash tavsiya etiladi va keyin qo‘shimcha tozalash uchun gel, ko‘pik yoki kremdan foydalanish kerak. Salfetkalar yallig‘lanish xususiyatini keltirib chiqaradi Ko‘pchilik yuz terisini faqat salfetka bilan tozalaydi, oddiy suv bilan yuvishni unutadi, natijada terida faol moddalar qoladi. Ammo kosmetik vositalar tarkibida yuqori konsentratsiyali konservantlar, turli xil moddalar mavjud. Shuningdek, ko‘pincha terini qurishiga sabab bo‘ladigan tarkibga spirt qo‘shiladi. Keraksiz eksfoliatsiya Agar teri nozik bo‘lsa, albatta, salfetka yordamida ishqalanadi. Demak, terini tozalash uchun ozgina bo‘lsa-da, baribir kuch sarflanadi. Shuning uchun salfetkalar bilan tozalashdan keyin yuzda qizil dog‘lar bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, ularning hammasi ham yoqimli va yumshoq materialdan tayyorlanmaydi, ular ham eksfoliator sifatida harakat qilishi mumkin, bu nozik teriga salbiy ta’sir o‘tkazadi. Ular bilan teri osiladi Makiyajni tozalaydigan salfetkalar yuzni tezda tozalagani uchun yaxshi ko‘rib foydalaniladi. Ammo ba’zilar uni shunchaki yuzga ishqalaydi va natijada teri cho‘ziladi. Bunday kundalik tartib bilan teri vaqt o‘tishi bilan elastikligini yo‘qota boshlaydi, natijada ajinlar paydo bo‘lishi mumkin. Chaqaloqlar uchun tozalovchi salfetkalar  Bu kabi salfetkalardan ham makiyajni tozalashda foydalanishadi, chunki ularning qadog‘i katta va boshqalarga qaraganda ancha arzon. Ular biroz yumshoqroq bo‘lsa-da, lekin terini yetarlicha tozalamaydi. Vaqt o‘tishi bilan terining yuzasi yomonlashadi: toshma, qora nuqta va terining ko‘rinishi bilan bog‘liq boshqa muammolar paydo bo‘lishi mumkin. Ekologik jihatdan qulay emas Bir marta ishlatiladigan salfetkalar juda uzoq vaqt davomida parchalanadi, mikroplastiklarga bo‘linadi, ular har qanday tirik organizmlarga kirib boradi. Ko‘pgina hayvonlar plastik va salfetkalarni iste’mol qilish orqali qirilib ketmoqda. Salfetkalar chiqindi maydonlariga yetib borgach, tuproqni zaharlaydi. “Dengizni muhofaza qilish jamiyati hisob-kitoblariga ko‘ra, Buyuk Britaniyadagi plyajning har 100 metriga, taxminan, 27 salfetka to‘g‘ri keladi”, – deb yozadi Recyclemag nashri. Amerikaning Nice-Pak kompaniyasi yiliga 125 milliarddan ortiq nam salfetka ishlab chiqaradi va bu faqat bitta kompaniyaga tegishli, bu kabi kompaniyalardan dunyo bo‘ylab bir nechtasi mavjud. Shuning uchun makiyajni tozalash uchun balzam foydasiga salfetkadan voz kechish tavsiya qilinadi.
105
2,924
Ayollar
Qahva, asal va sous — sovitkichda saqlash kerak bo‘lmagan 15 mahsulot
Sovitkich ilk bor 1913-yilda paydo bo‘lganiga qaramay, ko‘pchilik hali ham qanday mahsulotlarni unda saqlash kerakligi, qaysilarini esa qo‘yishga hojat yo‘q ekani haqida ma’lumotga ega emas. Avokado Xona haroratida saqlansa, tezroq yetilgani sabab ham sovitkichda saqlash tavsiya qilinmaydi. Rayhon, petrushka va kashnich Ushbu ko‘katlarni gul singari suv solingan idishga qo‘ygan yaxshi. Qizil bulg‘ori Tarangligini yo‘qotishi va bo‘shashib qolishi mumkinligi sabab ham sovitkichda saqlamagan ma’qul. Bodring Sovitkichda saqlangan bodring sersuv bo‘lib qoladi. Agar juda ham saqlagingiz kelsa, quruq turadigan konteynerga solib, keyin sovitkichga qo‘ying. Konservalangan mahsulotlar Marinadlangan bodring, pomidor va boshqa konservalangan mahsulotlarni sovitkichga qo‘yishga hojat yo‘q. Shkafda saqlasangiz ham bo‘ladi. Piyoz va sarimsoq Sovitkichda namlikni o‘ziga tortgani sabab ham piyoz va sarimsoqni quruq hamda qorong‘i joyda saqlash kerak. Faqat usti yopiq va yonida kartoshka bo‘lmasin. Kartoshka Sovitkichda tez aynib qolishi mumkinligi tufayli qog‘oz paketga solib quyosh tushmaydigan yerda saqlagan yaxshi. Banan Yaxshilab yetilishi uchun bananlar xona haroratida saqlanishi kerak. Mevalar Ta’mi o‘zgarmasligi uchun quruq va qorong‘i yerda saqlagan ma’qul. Sitruslar Alohida konteynerda saqlang va ayniganini darhol olib tashlang. Souslar Achchiq, soyali souslar va ketchupni bir oy davomida xona haroratida saqlasa bo‘ladi. Yeyishga ulgurmay qolganingizdagina sovitkichga qo‘yganingiz yaxshi. Yeryong‘oq yog‘i Yeryong‘oq yog‘ini sovitkichdan tashqarida 3 oygacha saqlasa bo‘ladi. Asal Turli qo‘shimchalarsiz tabiiy asal bo‘lsa, sovitkichdan tashqarida ham saqlasangiz bo‘ladi. Shokolad va qahva Ta’mi o‘zgarmasligi uchun qorong‘i va quruq joyda saqlash kerak bo‘ladi. Baqlajon Xona haroratida baqlajonlarni bir necha kun davomida saqlash mumkin.
69
1,862
Ayollar
Ko‘z ostidagi halqa va shishlardan tezda xalos bo‘lishning 5 usuli
Ertalab mukammal ko‘rinishni har kim ham uddalay olmaydi: ko‘z ostidagi halqalar va yuzdagi shish kun bo‘yi kayfiyatni buzishi mumkin. Ba’zan bu do‘stlar bazmining oqibati, ba’zida to‘yib ovqatlanmaslik, ba’zan esa faqat tananing o‘ziga xos xususiyati sabab yuzaga keladi. Ammo samarali usullar yordamida ulardan juda oson va eng muhimi, tezda xalos bo‘lish mumkin. Qahva Ko‘z ostidagi halqalardan xalos bo‘lishda kofein yaxshi ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Qaynatilgan qahva qoldig‘ini ko‘z ostidagi yuz terisiga qo‘ying. 20 daqiqaga qoldiring, keyin iliq suvda yuvib tashlang. Tabiiy skrab effektiga erishish uchun terini yumshoq massaj qiling, namlantiruvchi krem ​​surtishni unutmang. Choy paketlari Ham qora, ham yashil choy tarkibida ham kofein borligi sir emas. Bu bizga nafaqat ichki, balki tashqi tomondan ham ta’sir qiladi. Ikkita choy paketini qaynatib, so‘ng muzlatkichda sovuting. 20 daqiqa davomida ko‘z ostingizga qo‘ying, shunda kofein ko‘z ostidagi halqalarda to‘planib qolgan ortiqcha suyuqlikdan osonlikcha xalos qiladi. Patchlar Albatta, ko‘zlaringiz ostidagi halqalardan xalos bo‘lishning eng oson usullaridan biri bu patchlardan foydalanishdir. Ammo ular yanada samarali bo‘lishi uchun ularni muzlatkichda saqlashingizni maslahat beramiz. Bunda ular bir vaqtning o‘zida ham sovuq kompress bo‘ladi, samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Yuz massaji Shishlardan xalos bo‘lishda yuz massaji ham yordam beradi. Agar mutaxassisga murojaat qilishning imkoni bo‘lmasa, buni o‘zingiz qilishga harakat qiling. Buning uchun maxsus massaj roligi bo‘lishi shart emas. Qo‘l massaji teriga yaxshi ta’sir qiladi. Internetda siz yuz massaji bo‘yicha ko‘plab kurslarni, shuningdek, qanday qilishni o‘rgatadigan videolarni topishingiz mumkin. Massajni boshlashdan oldin teringizga namlovchi krem yoki maxsus yog‘ surtishni unutmang. Oyoq uchida sakrash Bu g‘alati tuyulishi mumkin, ammo muntazam sakrash ham shish paydo bo‘lishiga qarshi kurashadi. Uyg‘onganingizdan so‘ng ertalabki 1 stakan suv ichishdan oldin, joyingizda 100 marta sakrang. Balandlikka sakrashning hojati yo‘q — shunchaki yengil harakat qiling. Bunday mashq limfa oqimini kuchaytiradi, bu esa ko‘z ostidagi shish va halqalardan xalos bo‘lishga yordam beradi.
66
2,237
Ayollar
Kiyimlar yuvilganidan keyin kichkina bo‘lib qoldimi? Ularni o‘z shakliga qaytarish mumkin
Ba’zida noto‘g‘ri yuvish dasturi o‘rnatilganligi bois yuvilgan kiyimlar hajmini o‘zgartiradi. Ammo ulardan voz kechishga aslo shoshilmaslik zarur. Ushbu muammoning sabablari: Kiyimni o‘z holiga keltirishning, albatta, imkoni bor. Faqat u quriguncha ulgurish kerak:
89
265
Ayollar
Ko‘z atrofi terisini parvarishlash qoidalari
Ko‘pchilik ko‘z atrofidagi terining yaxshi ko‘rinishini saqlab qolish uchun uni har kuni oziqlantiruvchi krem bilan namlash maqsadga muvofiq deb hisoblaydi. Ammo ushbu nozik qism yuz terisidan farqli o‘laroq parvarish qilish uchun alohida yondashuvni talab qiladi. Birinchidan, u ancha nozik va sezgir, qolaversa, yog‘ bezlari ham kam. Shu sababga ko‘ra, ko‘z atrofi terisi elastikligini ertaroq yo‘qotadi va yuzda yoshga bog‘liq o‘zgarishlar birinchi bo‘lib namoyon bo‘ladi. Terining ajinsiz holatini uzoq vaqt saqlab qolish uchun har kuni ko‘z atrofidagi terini kompleks parvarish qilishga murojaat qilish kerak. U uch bosqichdan iborat – tozalash, namlantirish va oziqatlantirish. Tozalash Buning uchun terini quritmaydigan yumshoq tozalash vositalarini tanlash lozim. Bu nafaqat ko‘z qovoqlarining terisi, balki butun yuz uchun ham muhimdir. Makiyajni tozalash uchun zararli bo‘lmagan mahsulotlardan foydalanish kerak – masalan, gidrofilik moy yoki sut. Namlantirish Namlash bosqichida faol moddalarga boy maxsus mahsulotlarni tanlash kerak. Bunga gialuron kislotasi, o‘simlik moylari, skvalan, glitserin, peptidlar va yog‘li kislotalarga asoslangan mahsulotlar kiradi. Krem, gel yoki sivorotka (zardob)ni chuqur singdirish uchun mahsulotni ichki burchakdan tashqi burchakka yumshoq massaj harakatlari bilan qo‘llash tavsiya etiladi. Ko‘karish va shishdan qanday qutulish mumkin? Agar ko‘z ostida ko‘karishlar bo‘lsa, tarkibida retinol, bakuchiol yoki C vitamini mavjud kosmetik vositalardan foydalanish mumkin. Mutaxassislar muzdan foydalanishni tavsiya etmaydi, chunki u yuz nervining shamollashiga olib keladi.
44
1,619
Ayollar
Bahorgi allergiyadan xalos bo‘lishning 7 usuli
Bahor – allergiklar uchun qiyin fasl. Gullayotgan o‘simliklar hatto quyoshli kunda ham kayfiyatni buzishi mumkin. Lekin, gullagan daraxtlar, changlar va zamburug‘larga qaramlikni kamaytirishga yordam beradigan muhim qoidalar bor. Allergolog shifokorlar muntazam ravishda bezovta qiluvchi “bahorgi-yozgi” tumov va ko‘z yoshlanishidan xalos bo‘lishga yordam beradigan bu oddiy qoidalarga rioya qilishni maslahat beradi. Manba: “Kp.ru”
46
433
Ayollar
Antitrend: Bu yilgi qishki mavsumda tavsiya qilinmaydigan ustki kiyimlar
Nozik jins vakillari har qanday haroratda ham o‘ziga xos uslub va ko‘rinishga ega bo‘lishni istaydi. Lekin qishda hammasi boshqacharoq, sovuq mavsumda didli, shu bilan birga, qulaylik va salomatlik bilan bog‘liq muammolarni yuzaga keltirmaydigan kiyimlarni kiyish kerak. Bu esa trendda bo‘lishga xalaqit bermaydi, shunchaki mavsumga xos tavsiyalar va moda ixlosmandlarining kiyinish borasidagi uslublaridan ilhomlanish kifoya. Etagi keng ustki kiyim Bunday bichimli shuba buvingiz yoki oyingiz zamonasida dolzarb bo‘lgan bo‘lishi mumkin, lekin hozir emas. Chunki ko‘rinishi qo‘ng‘iroqni esga soladigan ustki kiyim qomatni chiroyli ko‘rsatmaydi. Aksincha semiz, yoshingizga nisbatan katta va qomat proporsiyasini xunuk ko‘rsatadi. Shu sabab ham stilistlar bunday bichimli ustki kiyimni 2020-yilda kiyishda mantiq ko‘rmaydi. Buning o‘rniga oversayz uslubidagi eko-mo‘ynali modellarga e’tibor qarating. Mo‘ynali kurtka Yoqasida, cho‘ntak va yenglarida mo‘ynasi bor kurtka kimgadir chiroyli ko‘ringani bilan, urfdan qolganini inkor etib bo‘lmaydi. Bunday variantdagi kurtkalarni xarid qilmagan yaxshi, qolaversa, kapishonkadagi yupqa va sifatsiz mo‘yna nafaqat didsiz ko‘rinadi, balki issiq tutmaydi ham. Yoqa va yengida mo‘ynasi bor palto bo‘lsa boshqa gap, chunki aynan 90-yillarga xos bo‘lgan shunday modellar sovuq mavsumda har qachongidan ham dolzarbroq. Uzun norkali (qorako‘zan mo‘ynasidan tikilgan) shubalar Bunday ustki kiyim ham o‘tmishga xos bashanglik belgisi. Agar garderobingizda bunday shuba bo‘ladigan bo‘lsa, uni tashlab yuborishga shoshilmang, balki keyinchalik 90-yillardagi paltolar singari takror urfga kirar, lekin hozircha uni kiymaganingiz yaxshi. Chunki bunday shuba o‘tmish artefakti bo‘lib ko‘rinadi. Ko‘ylak bichimli palto Sovuqda ham ayollarga xos latofatli ko‘rinishni istagangiz-da, bunday modellarni kiya ko‘rmang. Ko‘ylak boshqa, ustki kiyim boshqa, kurtka ichidan pirpirakli libos kiyavering, lekin ustingizga emas. Bunday bichimni moda olamidagi eng bo‘lmag‘ur eksperimentlar sirasiga kiritish mumkin. Birinchidan didsiz ko‘rsatadi, ikkinchidan esa noqulay ham. Uning ichidan qalin jemper yoki jaket kiyib bo‘lmaydi. O‘rniga zapaxli palto yoki oversayz kurtka tanlang. Chunki siz va ustki kiyimingiz orasida yopishib turadigan ko‘ylak emas, qishga xos qalinroq kiyim uchun joy bo‘lishi va kiyganda ham tiqilib qolgandek ko‘rinmasligingiz kerak. Yengi kalta ustki kiyim Yengi 3 ga 4 yoki 7 ga 8 bo‘lgan shuba va kurtkalarni ham ko‘ylak bichimli kurtka singari qulaylik va uslub borasidagi o‘xshamagan urinish, deb atasa bo‘ladi. Bunday ustki kiyim ichidan doim qalin yengli kiyim yoki uzun qo‘lqop kiyishga to‘g‘ri keladi va bu noqulaylik keltirib chiqaradi. Yaxshisi, yo‘q joydan o‘zingizga muammo yaratmasdan, yengi uzun va issiq tutadigan ustki kiyim xarid qiling.
72
2,802
Ayollar
Tanangizdagi yog‘larni eriting: parhezsiz ozishga yordam beradigan choy retsepti
O‘zingizni qattiq cheklovlar bilan qiynamang, parhezsiz ham vazn yo‘qotish mumkin. Bu holatda parhezsiz ozishga yordam beradigan choyni ichgan ma’qul. Chiroyli qomatga ega bo‘lish uchun doimiy parhezga o‘tishingiz va tanangizga qo‘shimcha stress qilishingiz shart emas. Ovqatlanish tartibingizga o‘zgartirish kiritmasdan ham vazn yo‘qotish mumkin. Mazali choy kuzda chiroyli qomatga ega bo‘lishingizga yordam beradi. Faqat to‘g‘ri ovqatlanishga rioya qiling va bu ichimlikdan kuniga bir choynak iching. Oradan bir necha hafta o‘tgach, kiyimlaringiz sizga katta bo‘lib qolganini va tana siqilib, elastik bo‘lib qolganini sezasiz. Bundan tashqari, bu choy shamollashning oldini olish va immunitet tizimini mustahkamlashga yordam beradi. Chiroyli qomat uchun kuzgi choy retsepti: 30 daqiqadan so‘ng choyni ichishingiz mumkin. Natijaga erishish uchun kuniga 1,5 litr ichimlik ichish tavsiya etiladi. Buni bir “o‘tirish”da qilmang — choyni kun bo‘yi ichishingiz mumkin.
80
965
Ayollar
Nike brendi Air Force krossovkalarining toshlar bilan bezalgan variantini ishlab chiqardi
Amerikaning dunyoga mashhur Nike brendi Air Force 1 oq-qaymoqrang krossovkalarini siyohrang va sariq toshlar bilan bezadi. Kompaniya ushbu o‘ziga xos modelni Bling deb atashga qaror qilingan. Mazkur sport poyabzalining ustki qismi Summit White — oq rangli, yaltiramaydigan charmdan, orqa qismi va brend logosi fil terisinikiga o‘xshash qilib ishlangan. Siyohrang va sariq toshlar va alohida bezalgan logo oyoq kiyimning chap poyidagi bog‘ichlar ustiga o‘rnatilgan. Narxi 120 dollarni tashkil qilishi kutilayotgan Nike Air Force 1 Low Bling krossovkasining sotuvga chiqarilishi haqidagi ma’lumot brend saytida yaqin haftalarda e’lon qilinadi.
89
644
Ayollar
Shahrisabzda modalar mavsumining ochilishi bo‘lib o‘tdi
21—22-mart kunlari Qashqadaryoning Shahrisabz shahrida Milliy liboslar xalqaro festivali doirasida moda mavsumi va “Etno Fashion”ning ochilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi “Review.uz”. Festivalning ochilishiga tashrif buyurgan ishtirokchilarni Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ro‘ziyev tabrikladi. U moda mavsumining ochilishi respublika milliy moda sanoatini rivojlantirishda birinchi qadam bo‘lganini va kelgusi yildan u Xalqaro festivalga aylanishini ta’kidladi. Shuningdek, hokim mazkur festival har yili Navro‘z bayrami arafasida xorijlik dizaynerlar ishtirokida nishonlanishini qo‘shimcha qildi. “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, “Etno Fashion” namoyishlari O‘zbekistonning boshqa viloyatlarida ham o‘tkaziladi. Tadbir Qashqadaryo viloyati hokimligining “Sharq liboslari” dizayn markazi hamkorligi asosida tashkil etildi. Festivalda O‘zbekiston hamda xorij mamlakatlarining o‘ndan ortiq taniqli dizaynerlari ishtirok etdi. Dizaynerlar milliy matolar va yangicha an’anaviy shakllarda yaratilgan o‘z kolleksiyalarini namoyish etdilar.
55
1,083
Ayollar
Olma sirkasidan ro‘zg‘orda foydalanishning siz bilmaydigan 13 ta usuli
Olma sirkasi uyingizning yanada tozaroq, bog‘ingizning esa — serhosilroq bo‘lishiga yordam beradi. Manba: “Layfxaker”
70
118
Ayollar
Millionerlarning qanday odatlari bor?
Bir donishmand odam aytgan ekan: “Odatlaringni eksang — xarakterga ega bo‘lasan, xarakteringni eksang — taqdiringga ega bo‘lasan”. Amerikalik tadqiqotchi Tomas Korli besh yil davomida boy odamlarning odatlarini, fikrlash xususiyatlarini, o‘zlarini tutishlarini o‘rganib chiqdi va juda qiziqarli xulosa chiqardi: boylik boy odamlarni kambag‘allardan ajratib turuvchi odatlarga qaraganda juda kam darajada omadga bog‘liq ekan. Millioner bo‘lgan odamlarning 63 foizi ota-onalarining  qistovlari bilan bolalikda bir oyda 2 ta va undan ortiq badiiy bo‘lmagan kitoblarni o‘qigan. 82 foiz boy odamlarda o‘zlari intilgan orzulari bo‘lgan. 63 foiz boy odamlar internetdagi ermaklar uchun bir kunda bir soatdan ko‘p bo‘lmagan vaqtlarini ajratgan, shuningdek bunday mashg‘ulotlarga 74 foiz kambag‘allarning ancha ko‘proq vaqtlari sarf bo‘lgan. 63 foiz boylar safarga chiqish vaqtida audiokitoblar eshitgan. Bo‘lg‘usi millionerlarning hammasida maslahatgo‘y murabbiylari bo‘lgan va ular bu maslahatlarga amal qilgan. Kambag‘allarda esa bunday murabbiylar bo‘lmagan. Muallifning xulosasiga ko‘ra, kambag‘allik ma’lum darajada – bu oilada poydevor qo‘yiladigan va ota-onalardan o‘rnak bo‘ladigan ruhiy holat, boylik esa, bunday odamlarning fikricha, omadi kelishining natijasi hisoblanadi. Lekin o‘z bolalarining kambag‘al bo‘lib qolishlarini istaydigan ota-onalar bo‘lmasa kerak. Mana ota-onalar uchun ularning bolalariga muvaffaqiyatli va boy bo‘lishlariga yordam beruvchi bir necha maslahatlar: Bolangizga har doim Internetda yoki televizor oldida o‘tirishga ruxsat bermang, videoo‘yinlar uchun vaqtni chegaralang. Farzandingiz hech bo‘lmasa bir oyda bitta badiiy bo‘lmagan kitob o‘qishiga erishing, keyin esa u bilan kitobning mazmunini muhokama qiling. Farzandingiz bir kunda 20-30 daqiqa vaqtini sport bilan shug‘ullanishga sarf qilishiga e’tibor bering. Bolaga pulni to‘g‘ri sarflashni va o‘z vaqtini to‘g‘ri tashkil qilishni o‘rgating. Manba: “Xitrosti jizni”
37
1,954
Ayollar
Makaronni restorandagidek tayyorlashning 6 ta oddiy usuli
Italyan restorani oshpazi makaron pishirish bo‘yicha o‘z mualliflik sirlari bilan o‘rtoqlashadi. al dente’gacha olib bormang Ma’lumki, makaron 8 daqiqadan ko‘p bo‘lmagan vaqt davomida, al dente darajasiga yetguncha (ozgina pishmagan, ammo yesa bo‘ladi) pishirilishi kerak. Epicurious pazandalik portali mutaxassisi Jeyson Pfayfer al dente’dan yana bir-ikki daqiqa oldin suvni to‘kib tashlashni, so‘ngra makaronni sousga qo‘shib, bir daqiqa davomida tovada pishirishni maslahat beradi. Sous bilan qozonning o‘zida aralashtiring Agar makaronni al-dente’ga olib kelishga qaror qilsangiz ham, sousni keyinroq qo‘shsangiz ham, hamma narsani qizdirilgan qozonda yoki tovada aralashtirgan ma’qul. Oshpazning so‘zlariga ko‘ra, shundagina makaron sous ta’mini yaxshi o‘zlashtiradi. Sousni juda suyuq qilmang Pishirilgan makaron o‘zidan suyuqlik chiqaradi, shuning uchun sous quyuq bo‘lishi muhim. Yana bir muhim jihat: agar sous sho‘r bo‘lsa, pishirish paytida makaronga tuz qo‘shmaslik kerak. Tez-tez aralashtiring Pishirish jarayonida ham (makaron bir-biriga yopishib qolmasligi uchun), sous qo‘shganda ham makaronni tez-tez aralashtiring. Ingrediyentlarni qanchalik ko‘p aralashtirsangiz, ta’mi shunchalik uyg‘un bo‘ladi. Aralashtirish uchun Jeyson Pfayfer rezina kurakcha yoki katta metall qoshiqdan foydalanishni tavsiya qiladi. Sariyog‘ qo‘shing Pishirgandan so‘ng makaronga qo‘shilgan kichik sariyog‘ bo‘lagi uni mayin va ta’mini boy qiladi, xamiri esa yanada nozik bo‘ladi. Yakuniy jarayonni unutmang Mayda to‘g‘ralgan yangi ko‘katlar, maydalangan qalampir, qovurilgan non bo‘laklari, qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq — oddiy makaronga lazzat va estetik ko‘rinish qo‘shishning ko‘plab usullari mavjud.
57
1,703
Ayollar
Sovuq suv bilan chaying: mutaxassis yog‘li sochlar bilan uy sharoitida qanday kurashish kerakligini ma’lum qildi
Yog‘li sochlar shampunda yuvilgandan keyin bir necha soat o‘tgach, yana avvalgi holiga keladi. Bunday vaziyatga tushib qolmaslik uchun to‘rtta muhim qoidaga amal qilish kerak, deb yozadi “Radiokp.ru”. Birinchidan, sochni tez-tez yuvish tavsiya etilmaydi. Sartarosh Pol Persivalning ta’kidlashicha, bu muammoni yanada kuchaytiradi. “Agar soch har kuni yuvilsa, bosh terisi ko‘proq yog‘ ishlab chiqarishni boshlaydi. Natijada har kuni sochni yuvish kerak, degan tuyg‘u qamrab oladi”, — deydi Pol Persival. Biroq bu muammoni hal etish mumkin. Sochlarni yuvish sonini asta-sekin kamaytirishni boshlash kerak. Shuningdek, vaqti-vaqti bilan quruq shampundan foydalanish mumkin. Ortiqcha yog‘, ter va kirni yo‘qotish uchun uni ildiz maydoniga surtish tavsiya etiladi. “Agar bosh terisi ta’sirchan bo‘lsa, sochga avval uni taroq bilan surtib ko‘rish kerak”, — deb maslahat beradi rangshunos Dominik Rouch. Yana bir qoida shundaki, bu sochni parvarish qilish vositalaridan foydalanish bilan bog‘liq. Ular nafaqat sochni og‘irlashtiradi, balki yog‘li ham qiladi. Pol Persival silikon va sulfatlardan uzoqroq turishga chaqiradi. “Sochlarni yuvishdan keyin ularni sovuq suv bilan chaying — bu bosh terisiga yordam beradi va qon oqimini tartibga soladi”, — deb qo‘shimcha qiladi sartarosh. Mutaxassislar sochlarga teginishni ham bir ovozdan taqiqlaydi. Ular, shuningdek, boshga turli xil aksessuar va ko‘zoynaklar taqishdan qaytaradi, chunki ular ham sochni yog‘li bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek, qo‘llar o‘rniga taroqdan foydalanishni tavsiya qiladi.
112
1,551
Ayollar
Muzlatilgan mahsulotlarni to‘g‘ri eritish bo‘yicha tavsiyalar
Mahsulotlarni muzlatkichda va xona haroratida muzdan eritishning o‘rtasida farq bormi? Ularning qay biri zararsiz? Quyida mahsulotlarni to‘g‘ri eritish bo‘yicha savollarga javob topish mumkin. Ko‘pincha muzlatilgan mahsulotlar xarid qilinadi, chunki taom tayyorlash chog‘ida vaqtni behudaga sarflamaslik yoki yaroqlilik muddati davomida barcha mahsulotlardan foydalanishga vaqt yetmasligi mumkin. Mahsulotlarni muzdan eritish jarayonining o‘zi unchalik murakkab emas, faqat vaqt va qaysi mahsulot qanday eritish bo‘yicha to‘g‘ri yondashuv kerak. Har qanday mahsulot uchun qo‘llanadigan yagona umumiy qoida shundaki, harorat ko‘tarishga urinmaslik kerak. Bunda mahsulotning sifati buzilishi yoki zaharlanish mumkin. Muzlatkichda Bu usul eng oddiylaridan biridir. Muzxonadagi mahsulotni muzlatkichning o‘ziga o‘tkazib, uning erishini kutish mumkin. Asosiy afzallik shundaki, uni darhol pishirish shart emas. Agar rejalar o‘zgarsa, mahsulotni muzlatkichda kamida bir kun, ko‘pi bilan besh kungacha qoldirish mumkin. Shuningdek, ularni yana muzlatsa bo‘ladi, ammo ularni muzxonaga qayta qo‘ymaslik yaxshiroqdir. Ushbu texnikaning yagona kamchiligi shundaki, zarur bo‘lgan mahsulotni eritish uchun bir kun kutish kerak bo‘ladi. Mikroto‘lqinli pechda Mikroto‘lqinli pech – muzdan tushirishning eng tezkor usuli, lekin ayni paytda u foydali emas, chunki deyarli barcha rejimlar standart bo‘lib, har bir mahsulot uchun alohida mo‘ljallanmagan. Yuqori haroratli isitish tezligida ta’mning yomonlashishi, foydali xususiyatlarning pasayishi va ba’zida bakteriyalar ham ko‘payishi mumkin. Mikroto‘lqinli pechda eritilgan mahsulotlar darhol pishirilishi kerak, muzlatkichdagi kabi ularni qoldirib bo‘lmaydi. Sovuq suvda Qadoqlangan mahsulotni sovuq suvda ham eritish mumkin. Buning uchun faqat chuqur idish ichiga sovuq suv quyish kerak. Asosiysi, mahsulotni qaynoq suvga botirmaslik lozim, bu haddan tashqari qizib ketishga olib kelishi mumkin. Natijada zararli bakteriyalar tarqalishiga olib keladi. Shuning uchun muzdan butunlay tushirguncha suvni har 30 daqiqada o‘zgartirish kerak bo‘ladi. Qolaversa, bu usul faqat doimo hushyor turadiganlar uchun yaxshi tanlov. Kichik qismlarni bir necha soat yoki undan kamroq vaqt ichida eritish mumkin. Mahsulot muzdan tushgandan so‘ng darhol pishirilishi kerak, uni qayta muzlatib bo‘lmaydi. Xona haroratida Meva yoki rezavorlar, xamir, non mahsulotlarini pishirayotganda xona haroratida qoldirish mumkin. Go‘sht, baliq va sabzavotlarni bunday eritish mumkin emas, chunki muammo bakteriyalarda. Ushbu qoidalar umumiy bo‘lib, ko‘proq muzlatilgan mahsulotlarga taalluqlidir, ammo ulardan eng ishonchli va foydalisi muzlatkichdagilarni muzdan tushirishdir. Go‘sht Go‘shtni muzdan eritish juda ehtiyotkorlik bilan yondashishga arziydi: to‘g‘ri yondashuvsiz eritilgan mahsulot kasallikka duchor qilishi hech gap emas. Hammasi issiq haroratda tez tarqaladigan mikroorganizmlar bilan bog‘liq, shuning uchun go‘shtni xona haroratida eritish mumkin emas. Eng oson va foydali usul – go‘shtni muzlatkichda qoldirish. Bundan tashqari, faqat muzdan erigan xom mahsulotlarni qayta muzlatish mumkin, lekin sifati yomonlashishini inobatga olish lozim. Go‘shtni suvda muzdan tushirishga urinib ko‘rish tavsiya etiladi, ammo qadoqning mahkamligini tekshirishni unutmaslik lozim: u havo o‘tkazmasligi kerak. Agar go‘sht doimo suv ostida qoldirilsa, unda jarayon tezroq bo‘ladi. Lekin uni qayta muzlatish mumkin emas. Mikroto‘lqinli pech – bu oxirgi variant. Bu yerda tezlik sifat bilan farq qiladi: go‘sht yumshashi yoki aksincha, qotib qolishi mumkin, shuningdek, ta’mini ham yo‘qotadi. Bularning barchasi mikroto‘lqinli pechda taqdim etiladigan rejimlarga bog‘liq. Haroratning tez o‘zgarishidan keyin pishirish vaqtini kechiktirib bo‘lmaydi. Baliq Baliqni ham muzdan eritishni go‘sht bilan bir xil tarzda amalga oshirish tavsiya etiladi. Mahsulot muzlatkichda bir kechaga qoldirilsa, ertalab pishirishga tayyor bo‘ladi. Agar baliq germetik tarzda yopilgan bo‘lsa, unda suvning oqishi haqida tashvishlanmasa ham bo‘ladi, ammo xavfsizlik nuqtayi nazaridan uni kichik idishda qoldirish yaxshiroqdir. Uni qadoqdan ochish bilanoq ortiqcha namlik ketishi uchun salfetka bilan artib olish kerak. Baliqni suvda muzdan eritishning tezroq va teng darajada xavfsiz usulida 30 daqiqa yetarli bo‘lishi mumkin, chunki suvning kichik oqimi ham jarayonni bir necha bor tezlashtiradi. Baliqni muzdan tushirishning boshqa usullariga murojaat qilish tavsiya etilmaydi. Non, pishiriqlar va xamir Bu toifadagi mahsulotlarni muzdan tushirish osonroq, eng muhimi, oziq-ovqatdan zaharlanish haqida xavotir olmasa bo‘ladi. Xamir mahsulotlarini bir necha soat yoki bir kechada xona haroratida qoldirib, keyin pishirish mumkin. Kichik qismlarni muzdan eritish uchun hatto tosterdan ham foydalanish mumkin, shuningdek, mahsulotni folgaga o‘rab, mikroto‘lqinli pechda isitish mumkin. Tayyor ovqatlar Tayyor taomlarning afzalligi shundaki, ularni muzdan eritish oddiy, shuning uchun mikroto‘lqinli pechdan foydalanish mumkin. Iste’mol qilish miqdoriga qarab tayyor taomlarni eritish tez amalga oshadi va mahsulotning buzilishiga olib kelmaydi. Ularni yana muzlatkichda, ayniqsa, muzxonada saqlash mumkin emas. Sabzavot va mevalar Muzlatilgan sabzavot va mevalarda vitaminlarning maksimal miqdorini saqlab qolish uchun ularni muzlatkichda bir kecha qoldirish kerak. Lekin mikroto‘lqinli pech va xona haroratida eritishga urinmaslik kerak. Bu mahsulotlar tez eriydi: bir necha soat ichida. Qo‘ziqorinlarni pishirish paytida taomga qo‘shish mumkin, xuddi shu narsa mevali ichimliklar yoki kompot tayyorlashda rezavorlar uchun ham amal qiladi. Shuni yodda tutish kerakki, bu mahsulotlarning hech biri qayta muzlatilmasligi lozim.
61
5,710
Ayollar
Sovuq ob-havoda uyni isitishga yordam beradigan 10 ta layfxak
Ob-havo sovishi bilan uyni qanday isitib olish muammosi ko‘tariladi. Albatta, isitkichlar ham ma’lum darajada yordam beradi. Wday nashri taqdim etgan layfxaklar esa uyni qo‘shimcha ravishda issiq saqlashga hissa qo‘shadi. Folga sotib oling Folga odatiy emas, balki qalinroq bo‘lishi lozim. Yoki oddiy folgani bir necha qatlam qilib foydalanish mumkin. Buning uchun isitkich radiatori va devor o‘rtasiga folga joylashtiriladi. Natijada isitgichdan chiqqan issiqlik manbayi tashqariga emas, balki folgaga tegib, butun uyni tezroq isitadi. Qizigan folga esa xonani uzoq muddat davomida issiq ushlab turishga yordam beradi. Choyshablarni o‘zgartiring Albatta, yozgi yupqa choyshablarni qalin, qish uchun mo‘ljallanganiga almashtirish tavsiya etiladi. Qalin choyshablar uyquga ketmasingizdan avval isitadi va tun davomida sovuqdan himoya qiladi. Quyosh nuri Quyosh nuri kirib turadigan uy egalari uchun ajoyib imkoniyat. Quyosh chiqqach, pardalar ochiladi va kechga borib yopiladi. Kun davomida quyosh nuri xonani isitadi va kech tushganda pardalarni yopish issiqlikni ushlab qolishga yordam beradi. Qishki qulaylikni yarating Uy ichini isitishdan avval qishki qulaylikni yaratish lozim. Buning uchun pol ustiga gilamlar, divan va kreslolarga qalin choyshablar solinadi. Ehtimol, parda ham biroz qalin, sovuq o‘tkazmaydiganiga almashtiriladi. Natijada xona o‘z-o‘zidan isiydi. Shamlarni yoqing Shamlarni faqat estetika uchun yoqish kerak emas. Dolchin va vanilning yoqimli hidi insonni jismonan isitadi. Qolaversa, sham kichik bo‘lsa ham xonani biroz isishiga hissa qo‘shadi. Bundan tashqari, shamlar qorong‘i xonalari yoritib, elektr tokini tejashga ham yordam beradi. Kakao iching Umuman olganda sovuqda har qanday issiq taom organizmni isitishga yordam beradi. Qolaversa, bulyon, qora shokolad, giyohli choylar va kakao ham isitish qobiliyatiga ega. Ammo olimlar juda issiq ichimliklar zararli ekanini isbotladi. Qizilo‘ngachning kuyishi tufayli surunkali yallig‘lanish boshlanishi mumkin, bu esa yanada jiddiy kasalliklarga olib kelishi hech gap emas. Pechda taom pishiring Shokolad, kakao va giyohli choylar uchun ajoyib shirinlik ham bo‘lishi kerak. Ularni aynan pechda pishirish uyni, ko‘proq oshxonani isitishga ham yordam beradi. Issiq uyda ajoyib yegulik va ichimlik ichish oila a’zolaringini xursand qilishi shubhasiz. Ziyofatlar tashkil qiling Xonada qancha ko‘p odam bo‘lsa, u yer shunchalik issiq bo‘ladi. Bundan tashqari, do‘stlar davrasida kitob o‘qish ehtimoli deyarli yo‘q. Turli xil o‘yinlar va jismoniy faoliyat tufayli organizmning o‘zi ham isiydi, atrofga ham issiqlik chiqaradi. Bunday vaqtda sovqotish haqda o‘ylamasa ham bo‘ladi.
61
2,651
Ayollar
Bizga umuman mos kelmaydigan insonga ko‘ngil qo‘yishimizning 6 ta sababi
Sevmaganga suykalish, javobsiz sevgi yoki bir-biriga to‘gri kelmaydigan juftlik hayotini muqaddas rishta bilan bog‘lashi inson hayotini barbod qilishi mumkin. Bu tushkunlik, agressiya, alamzadalik va hayotdan norozilik kabilarni keltirib chiqaradi. Lekin shuni unutmaslik kerakki, sizni sevmaydigan, qadrlamaydigan hech bo‘lmaganda hurmat qilmaydigan inson bilan munosabatlar uzoqqa bormaydi. To‘g‘ri qaror qabul qilishga nima xalaqit qiladi? Quyida shu savolga javob berib o‘​tamiz. Imkonni boy berishdan qo‘rqish Aksar insonlarning bolalikdagi travmalari ular katta bo‘lganida ham bezovta qilaveradi. Oilada mehr-muhabbat ko‘rmaslik sovuqqonlik, mehrni boshqalardan izlashga sababchi bo‘lishi mumkin. Kimdir yaxshi ko‘rsa bo‘ldi, u qanday bo‘lishidan qat’iy nazar degan tushuncha paydo bo‘ladi. Natijada ko‘r-ko‘rona boshlangan munosabat, ikki tomonning xayrixoh emasligi sabab uzoqqa bormaydi. O‘ziga bo‘lgan ishonchning pastligi Ba’zan sizga juftingizdan nohaq gumon, tuhmatlar yog‘iladi. Shunday bo‘lishiga qaramay, “nimada xato qildim” deb aybni o‘zidan qidiradi odam. Shartta o‘rnidan turib, qadrini bilib ketishga qat’iyat yetmaydi. Bu esa o‘zini yaxshi ko‘rmaslik belgisi. Xo‘rlanishlar, azoblar turmush mushtidir, to‘g‘ri, lekin qachongacha? Shundan keyin ham ich-ichidan bahonalar kutish, yolg‘onligini bilsa-da, oqlovlarga ishonishni nima deb atash mumkin? Muhimi inson o‘ziga o‘zi to‘g‘ri savol berishi va javobini o‘zidan qidirishi kerak: siz shunga munosibmisiz? Birovni xafa qilishni istamaslik Ba’zan inson ko‘ngliga quloq tutishi, o‘z manfaatlarini boshqalarnikidan ustun qo‘ya olishi kerak. “Fe’l-atvori biroz og‘irroq bo‘lsa, ba’zan menga qo‘l ko‘tarsa ham nima qilibdi. Muhimi yaxshi ko‘radi-ku”, deb o‘ylash katta xato. Umuman olganda inson bolaligida o‘ziga zarur mehrni olmagan bo‘lsa, ziddiyatli, tahqirlovchi munosabatlardan voz kechish qiyin bo‘ladi. Umid qilish Inson nima uchundir umid qilishdan to‘xtamaydi, o‘zgarar, yaxshilanar deb ishonadi yoki qat’iy xulosa qiladi: taqdirim shu. Lekin quruq umid hech narsani o‘zgartirmaydi, real vaziyatga baho berish va undagi muammoga yechim topmaslik vaziyatni qaltislashishiga olib keladi. Yolg‘iz qolishdan qo‘rqish Xo‘rlanishlarga chidash, yashashdan ma’no qolmagandek tuyilsa-da, majbur hayot kechirishga sabab yolg‘iz qolishdan qo‘rqish. Qo‘rquv asosida kelajakka ishonch bo‘lmaydi, sevilmay qolishdan, “aravasini torta olmaslik”dan, e’tiborsiz qolish va hammasini yangidan boshlashga ko‘zi yetmaydi insonni. Bu qo‘rquv bo‘lmasligi uchun insonda o‘ziga bo‘lgan ishonch shakllanishi kerak. Uning shakllanishida esa oila, tarbiya, ta’limning roli muhim. Kimga ham keragim bor deb o‘ylamang.  Sizning o‘rningiz yer sharida, vataningizda, jamiyatda va oilada juda muhim. Sizni esa shu muhimligingizni biladigan inson yoningizda bo‘lishi kerak, o‘zingizni kerakmasdek his qilishingizga sababchi bo‘ladigan  inson emas.
72
2,893
Ayollar
Ko‘z atrofidagi ajinlarni ukolsiz yo‘qotish uchun tavsiyalar
Ajinlardan qutulish uchun yuzni inyeksiyalar bilan qiynashning hojati yo‘q, quyidagi tavsiyalarga amal qilsangiz kifoya. Krem Agar yoshingiz hali 30 dan oshmagan, lekin yuzingizda kichik ajinlar paydo bo‘lgan bo‘lsa, unda pulingizni turli vositalar, xususan, gellarga sarflamaslik, uning o‘rniga tarkibida retinoid bo‘lgan kremlardan, profilaktika sifatida esa C vitaminiga boy kremdan foydalanish tavsiya qilinadi. Chunki aynan ushbu vitamin kollogen sintezi va hujayralar regeneratsiyasiga javob beradi. Shuningdek, gialurona kislotasi bor bo‘lgan kremlar ham yaxshi foyda beradi. Uqalash Ajin tushishining oldini olish yoki ularning kamayishi uchun yuzni uqalash yaxshi natija beradi. Agar uqalash zaytun yoki kokos yog‘i bilan amalga oshirilsa bormi, kutilgandan tezroq o‘zgarish seziladi. Chunki ushbu yog‘lar tarkibidagi vitamin E va boshqa antioksidantlar terining oziqlanishi va hujayralarning qayta tiklanishiga sababchi bo‘ladi. Yuzni kuniga bir-ikki marta bir necha daqiqa davomida uqalash tavsiya qilinadi. Ko‘z atrofiga niqob Do‘kon to‘la tayyor niqoblar bo‘lishiga qaramay, ularni uy sharoitida o‘z qo‘lingiz bilan tayyorlash maslahat beriladi. Bu orqali siz ham kimyoviy vositalarsiz tabiiy niqob bilan terini yaxshilagan hamda mablag‘ingizni tejagan bo‘lasiz. Quyida niqoblar retseptini havola etamiz. Kartoshkali niqob Kartoshkani bo‘tqa holiga keltiring va yog‘li qaymoq qo‘shing. Aralashmani ko‘zingiz atrofiga surting va 15 daqiqadan keyin iliq suv bilan yuvib tashlang. Tuxum sarig‘idan tayyorlanadigan niqob Tuxum sarig‘iga limon sharbati hamda bir choy qoshiq zaytun yog‘i qo‘shing. Niqobni ko‘z atrofidagi teriga surting va 20 daqiqadan keyin yuvib tashlang. Qulupnayli niqob Qulupnayni bo‘laklarga bo‘lib, bo‘tqa holiga keltiring va bir choy qoshiq asal bilan aralashtiring. Aralashmani dokaga solib, ko‘zingiz atrofiga qo‘ying, 15 daqiqadan keyin iliq suvda yuvib tashlang.
60
1,902
Ayollar
Dangasalik geni bo‘ladimi?
Ba’zilarni nega buncha dangasa deb hech o‘ylaganmisiz? Ma’lum bo‘lishicha, dangasalik bizning genlarimizda bo‘lar ekan. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, ko‘pchilik sog‘lom bo‘lish uchun har kuni yarim soat jismoniy mashqlar bajarish bilan shug‘ullanar ekan. Tadqiqotchilar past motivatsiyali kishilarni o‘rganish jarayonida dangasalikka moyillik genetik saviyasiga bog‘liq bo‘lishi mumkinligi bilan qiziqdi. Tadqiqotchilar 17000 gen ichidan ba’zi odamlarning mashqlar uchun motivatsiya topolmaslik sabablarini tushuntirib beruvchi 36 genni izlab topdi. Endilikda esa “dangasa” genlarning bolalar va kattalar o‘rtasida semirib ketish kasalligining yuqori ko‘rsatkichlariga hissasi bor yoki yo‘qligini aniqlash rejalashtirildi. Olimlar bu kashfiyot odamlar semirib ketishining yana bir sababini aniqlashda muhim qadam bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi. Lekin bizning fikrimizcha, genlaringiz nimaga moyil bo‘lishidan qat’iy nazar, buni o‘zgartirish o‘zingizning qo‘lingizda! Manba: “Bienhealth.com”
26
996
Ayollar
Ko‘z uchun foydali bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari
Bugun biz ko‘z uchun foydali bo‘lgan va ko‘rish qobiliyatini yaxshilashda yordam beruvchi oziq-ovqat mahsulotlari to‘g‘risida gapirmoqchimiz. Ko‘rish qobiliyatini yaxshilashda qorag‘at (chernika) va sabzi juda foydali deyishadi, lekin bu yetarli bo‘lmaydi. Ular tarkibida lyutein, zeaksantin moddalari ko‘p bo‘lgan yashil va sariq sabzavotlar bilan qo‘shib iste’mol qilinganda ko‘rish qobiliyati yaxshilanish bilan birga ko‘zlar ham mustahkamlanadi. Ko‘rish qobiliyatini saqlashda va ko‘zlarimiz holatini yaxshilashda yordam beruvchi oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxati: Ismaloq, karam, mayda qovoqcha, makkajo‘xori va brokkoli – ko‘z uchun eng foydali hisoblanuvchi birinchi beshtalikka kiruvchi oziq-ovqat mahsulotlari. Bryussel karami, salat yaprog‘i, qo‘zoqli loviya, pista va tuxum – ikkinchi beshtalikka kiruvchi mahsulotlar. Mutaxassislar maslahatiga ko‘ra har ovqatlanishda bu oziq-ovqat mahsulotlarining birortasini salat sifatida iste’mol qilish – har doim ko‘zning oziqlanib turishini ta’minlaydi. Shuningdek, baliq va uning yog‘ kislotasi Omega 3 hamda greypfrut ham tavsiya qilinadi. Shuni unutmangki, ko‘rish qobiliyatining pasayishiga ichish, chekish kabi yomon odatlar va semizlik, yuqori qon bosimi ham sabab bo‘lishi mumkin.
50
1,240
Ayollar
10 yilga yoshroq ko‘rinish uchun dietolog va kosmetologlardan 7 maslahat
Yosh, kuchli va faol bo‘lishni barcha insonlar xohlasa kerak, to‘g‘rimi? Ammo buning uchun chuqur o‘yga tolishning keragi yo‘q. Quyida mutaxassislar tavsiya qilgan 7 ta ketma-ketlikni kundalik hayotda odatga aylantirish orqali bularga erishish juda oson. Tez-tez tabassum qilish Samimiy va quvonch bilan tabassum qiladigan odamlar hamisha yoshroq va g‘ayratliroq bo‘lib tuyuladi. Buni hattoki odamlarning yoshini suratlarga qarab aniqlashda olib borilgan tadqiqot natijasi ham isbotladi. Tadqiqot qatnashchilari suratdagi insonlarni 5—10 yilga yosh deb baholadi. Jiddiy odamlar aks etgan suratlarga esa nisbatan katta yosh berildi. Shuning uchun ham tabassum qilish kerak. Kulgi nafaqat hayotni, balki yoshlikni ham uzaytiradi. Ko‘proq uzum iste’mol qilish Uzum, olxo‘ri va nokning shirinligi beradigan sorbit moddasi juda kuchli tabiiy namlantiruvchi vosita hisoblanadi. Ushbu mevalar tanovuli tufayli hujayralardagi namlik uzoqroq saqlanadi. Namlik — yosh va teri elastikligining asosiy siridir. Qoshlarga e’tibor qaratish Chiroyli qoshlar qarishga qarshi bo‘yanishning asosiy tamoyilidir. Ular juda nozik bo‘lmasligi ham kerak. Shuningdek, soch rangidan biroz ochroq rang berish tavsiya etiladi. Bu bilan atrofdagilarning diqqatini jalb etish, yosh va ko‘rkam ko‘rinishga erishish mumkin. Qo‘llarga g‘amxo‘rlik qilish Qo‘llar asosiy guvohnoma bo‘lib, yoshni yuzga qaraganda aniq namoyon qiladi. Buning uchun terini har kuni namlash va oziqlantirish bilan birga ultrabinafsha nurlaridan ham himoya qilish kerak. Xuddi yuzni asragan kabi qo‘llar ham himoyaga muhtoj. Ko‘proq ko‘kat va sabzavot iste’mol qilish Ko‘kat va sabzavotlar, ayniqsa, pomidor tarkibida ko‘plab vitamin va minerallar mavjud bo‘lib, ular hujayralarning qarishini keltirib chiqaradigan erkin radikallar ta’siriga qarshi kurasha oladi. Bundan tashqari pomidor tarkibidagi likopen terini ultrabinafsha nurlaridan himoyalaydi. Albatta, ratsionga pomidor mahsulotini qo‘shish foydalidir. Yog‘li baliq iste’mol qilish Miyani yosh bilan bog‘liq kasalliklardan himoya qilish uchun haftasiga ikki marotaba baliq iste’mol qilish kifoya. Bundan tashqari, yog‘li baliqlar mushaklar tonusi va teri tarangligini kuchaytiradi. Ba’zi kosmetologlar muntazam ravishda yog‘li baliq iste’moli tufayli qarishga qarshi kremlardan foydalanish shart emas, deya ta’kidlamoqda. Sport bilan shug‘ullanish Haftada kamida 4 marotaba sport mashg‘ulotlarini bajarish mushaklar tonusi va sog‘lom uyqu uchun yetarli. Lekin uyqusizlik erta qarishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun haftada iloji boricha 150 daqiqa sport bilan shug‘ullanishni odat qilish kerak.
72
2,628
Ayollar
Qanday qilib kiyimdagi bo‘yoq dog‘ini tez va oson ketkazish mumkin?
Bir qarashda, saranjom-sarishta odamning kiyimdagi ketishi qiyin bo‘lgan dog‘larni qanday tozalash ustida bosh qotirishiga to‘g‘ri kelmaydigandek bo‘lib ko‘rinadi. Odatda faqat rivojlanishga ulgurmagan kichkina bolalargina bema’ni vaziyatlarga tushishadi va har doim kiyimlarini iflos qilishadi deb hisoblaymiz. Lekin tajribalardan ma’lum bo‘lishicha, katta odamlarning ham deyarli har biri hayotida hech bo‘lmasa bir marta bahorgi shanbaliklardan keyin juda yopishqoq bo‘yoq bilan bo‘yalgan o‘rindiq ustiga bilmasdan o‘tiradi. Biz bo‘yoq tekkan kiyimni tashlab yuborishga shoshilmaslikni, lekin bo‘yoq bilan birgalikda gazlamani ham yemiruvchi kuchli erituvchilar, benzin va atseton kabi vositalardan foydalanmaslikni taklif qilamiz. Bo‘yoqni ketkazuvchi samarali vositani tayyorlash usuli juda oddiy. Manba: “Hoznauka.ru”
67
824
Ayollar
Yo‘qolgan zirakni topish, singan sopoldan mozaika va keraksiz buyumlarga ikkinchi hayot bag‘ishlaydigan boshqa ajoyib layfxaklar (foto)
Ko‘pincha tashlab yuborish kerak bo‘lgan narsalar kutilmaganda foyda keltirishi mumkin. Agar uyda zirak yoki boshqa kichik narsalar tez-tez yo‘qolsa, ushbu layfxak yordam berishi shubhasiz. Oddiy changyutkich yordamida uni osongina amalga oshirish mumkin. Buning uchun changyutkich trubasining uchiga eski kolgotkaning bir qismi kiydiriladi. Keyin qurilma yoqilib, barcha burchak va mebellar ostida harakatlantiriladi. Kuchli havo oqimi yo‘qolgan barcha kichik taqinchoqlarni tortib oladi va trubaga o‘ralgan mato yuzasida saqlanib qoladi. Ushbu uslub orqali yana bir qancha mayda buyumlarni osongina topish mumkin. Agar juda kichik va tor joy uchun changyutkich qulay bo‘lmasa, uning uchiga qog‘oz yoki sochiq o‘rab ham buni amalga oshirish mumkin. Bolalar ovqati uchun mo‘ljallangan shisha idishchalarni tashlashga shoshilmaslik kerak. Ulardan tirnoqdagi lakni o‘chirishda samarali foydalanish mumkin. Buning uchun shisha idish ichiga machalkani mos o‘lchamda kesilib, solinadi va ustidan lak o‘chirishda foydalaniladigan vosita quyiladi. So‘ngra barmoq uchini machalkaga “botirish” orqali bo‘yoqni osongina o‘chirish mumkin. Foydalanib bo‘lingan idish qopqog‘i yopiladi. Uni bir necha marta ishlatish mumkin, shuningdek, suyuqlik havoda bug‘lanib ketmaydi. Bo‘shab qolgan ketchup idishi suyuq xamir uchun ayni muddao. Masalan, quymoq yoki oladyelar uchun tayyorlangan massa idish ichiga quyiladi. Pishirish mobaynida xamirni bir xil miqdorda va dumaloq ko‘rinishda tovaga quyish mumkin. Bo‘sh yelim idish ham oshxona uchun foydali. Ayniqsa, u yordamida tuxum sarig‘ini oqidan ajratishning eng oson usuli ham shu. Buning uchun idish siqilib, tuxum sarig‘ining ustiga olib borilgach, biroz qo‘yib yuboriladi. Shunda sariq qismi idishga so‘riladi va oqidan osongina ajraladi. Tunukadan yasalgan choy qutilari bo‘shab qolgach, ulardan ham unumli foydalanish mumkin. Masalan, xushbo‘y hid taratuvchi shamlarni yasab, ularga solib qo‘ying. Shokolad qutisidan esa shaklning katta kichikligiga mos ravishda, ilgak, igna va iplar kabi kichik buyumlarni saqlashda foydalanish mumkin. Salfetka tamom bo‘lgach, uning qutisiga har qanday uydan topilishi mumkin bo‘lgan sellofan paketlarni solib qo‘yish tavsiya etiladi. Tik-Tak shirinlik qutilariga esa tuz yoki boshqa ziravorlarni solib, istalgan joyga birgalikda olib ketish yanada qulaydir. Jufti yo‘qolgan paypoqlar nimaga ham kerak, degan savol hammada ham bo‘lishi tabiiy. Lekin ulardan ham boshqa maqsadda foydalanish mumkin. Masalan, qimmatbaho buyumlar qirilmasligi uchun uni omborda saqlab o‘tirishning keragi yo‘q. Ularga paypoq kiydirib, uzoq vaqt davomida zarar yetkazmaslikning imkoni bor. Sopol idishlar singanida, o‘ylab ham o‘tirmasdan chiqindi qutisiga tashlanadi. Lekin bitta ehtiyotsizlik bilan ikki buyumni ham saqlab qolsa bo‘ladi. Masalan, singan sopol idishidan mozaika yasab, uni eski stol ustiga yopishtirish mumkin. Shuningdek, singan idish yoki tuvak bormi, ular ham o‘simliklarga xizmat qila oladi. Buning uchun bog‘da o‘sayotgan turli xil o‘simliklarni bir-biridan ajatish uchun singdan idishlar yarmigacha yerga ko‘miladi. Bu foydali bo‘lishi bilan birga, bog‘ga ham ajoyib ko‘rinish beradi.
135
3,173
Ayollar
Soch to‘kilishiga qarshi kurashda yordam beradigan 6 ta mahsulot
Agar soch erkaklik gormoni darajasining ko‘payishi tufayli siyraklashsa, ushbu muammoni bartaraf etishda tabiiy mahsulotlar yordam beradi, deb yozadi “Noviy ochag”. Nima uchun sochlar to‘kiladi? Ko‘pincha erkaklarda ham, ayollarda ham sochlar androgenlar ta’sirida siyraklasha boshlaydi. Buning asosiy aybdori digidrotestosteron (DGT) deb ataladigan gormondir. Organizm tabiiy ravishda bu moddani 5-alfa reduktaza fermenti yordamida testosterondan ishlab chiqaradi. Olimlarning fikriga ko‘ra, ushbu fermentni maxsus parhez bilan to‘xtatish testosteron DGT ishlab chiqarishni kamaytirishga yordam beradi va shu bilan sochlarni to‘kilishidan himoya qiladi. Quyidagi tabiiy mahsulotlar soch to‘kilishining oldini oladi: Ko‘k choy Ko‘k choy dunyodagi eng mashhur ichimliklardan biridir. Choy butasining barglari ko‘k choy ishlab chiqarish uchun bug‘langanligi sababli, ichimlik o‘zining foydali tabiiy birikmalarini ko‘proq saqlaydi. Ular orasida vazn yo‘qotish, yurak va miya salomatligini yaxshilashga yordam beradigan epigallokatexin gallat (EGCG) bor. Yaxshi xabar shundaki, bu foydali birikma soch follikulalarini DGT ning zararli ta’siridan ham himoya qiladi. Kokos yog‘i Kokos yog‘i oshxonada ham, kosmetikada ham keng qo‘llaniladi. U triglitseridlardan yog‘ning yuqori foizini o‘z ichiga oladi, ularning aksariyati laurik kislota shaklida bo‘ladi. Olimlar bu yog‘ kislotasi DGT ishlab chiqarishni to‘xtatishini isbotladi. Piyoz  Piyoz o‘zining achchiqligi va ta’mi uchun ko‘plab taomlarda faol ishlatiladi. Uning kaloriyasi past, ammo kvarsetin kabi antioksidantlarning yuqori tarkibiga ega. Kvarsetin 5-alfa reduktaza fermenti ta’sirini to‘xtatish va oksidlovchi stressni kamaytirish orqali testosteron DGT ishlab chiqarishni bartaraf etadi. Zarchava Zarchava — taomlarda keng qo‘llaniladigan ushbu ziravor parhez qo‘shimchasi sifatida ham mashhur. Olimlar zarchava yallig‘lanishni kamaytirish, artrit og‘rig‘ini kamaytirish, qondagi xolesterin darajasini me’yorlashtirish va jismoniy mashqlardan tiklanishga yordam berishda ajoyib mahsulot ekanini isbotladi. Zarchavaning sog‘liq uchun foydalari kurkuminoid oilasining faol birikmasi bo‘lgan kurkumindan kelib chiqadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, kurkumin 5-alfa reduktaza fermenti ta’sirini to‘xtatish orqali DGT darajasini pasaytiradi. Qovoq urug‘lari Qovoq — kuzning haqiqiy ramzi, kechki ovqat va sabzavotli sho‘rvalarga qo‘shiladi. Qovoq tarkibida temir, rux, magniy va antioksidantlarga boy yuzlab sog‘lom urug‘lar mavjud. Ma’lum bo‘lishicha, qovoq urug‘i yog‘i erkaklarda soch o‘sishiga yordam beradi. Olti oylik tadqiqot davomida peshonasida soch to‘kilishi yuzaga kelgan 76 nafar erkak o‘rganildi. Kuniga 400 mg qovoq urug‘i yog‘i qo‘shimchasini qabul qilganlarda soch o‘sishi tezlashdi. Biroq guruhlar o‘rtasida soch qalinligida sezilarli farqlar kuzatilmadi. Maxsus fermentning to‘xtatishi testosteron digidrotestosteron ishlab chiqarishga ta’sir qiladi, ya’ni soch o‘sishiga hech narsa to‘sqinlik qilmaydi. Tadqiqot ishtirokchilari qabul qilgan qo‘shimchada boshqa faol moddalar ham bor bo‘lib, shuning uchun olimlar buning hammasi qovoq urug‘i yog‘i tufaylimi yoki yo‘qligini to‘liq ishonch bilan ayta olmaydi. Loviya Loviya (edamame) — ko‘pincha garnir yoki gazak sifatida iste’mol qilinadi. Oqsil va kletchatkaga boy bo‘lishidan tashqari, loviya izoflavonlarga, DGT darajasini pasaytiradigan foydali o‘simlik birikmalariga boy. Olib borilgan ko‘pgina tadqiqotlar natijasida ma’lum bo‘ldiki, loviyani ratsionga kiritish soch o‘sishini rag‘batlantiradi. Soch to‘kilishini yana qanday davolash mumkin? Sochlar turli sabablarga ko‘ra to‘kilishi mumkin va DGT darajasining oshishi bor-yo‘g‘i sabablardan biri xolos. Agar soch me’yoridan ortiq to‘kilishi kuzatilsa, trixolog bilan bog‘lanib, tekshiruvlardan o‘tish lozim. Natijalarga qarab, shifokor qon tomirlarini kengaytirish yoki 5-alfa reduktazani to‘xtatish uchun preparatlar buyurishi mumkin. Shifokor retseptisiz dori-darmonlar qabul qilish mumkin emas, ular nojo‘ya ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Soch ozuqa moddalarining yetishmasligi tufayli siyraklashsa, vitaminlar yordam beradi. Misol uchun, Shveysariyada o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, soch to‘kilishidan aziyat chekadigan ayollarning 38 foizida biotin yetishmaydi. Sochga mos keladigan boshqa oziq moddalar oqsil, rux, temir va C va A vitaminlarini o‘z ichiga olishi mumkin.
64
4,365
Ayollar
Foydali maslahat: supermarketda kamroq pul sarflashning 7 usuli
Har bir kishi pulni havoga sovurmaslik va keraksiz narsalarni xarid qilmasligi uchun marketing hiylalari haqida bilishi kerak. Quyida sizga supermarket va do‘konlarda pulingizni tejashning oddiy qoidalarini o‘rgatamiz. Oziq-ovqat aravachalari Supermarketlarda oziq-ovqat aravalari kattalashganini payqadingizmi? Oldin unday emas edi, ammo savdo menejerlari oddiy bir narsaga e'tibor berishdi: xaridor bo‘sh aravani ko‘rsa, uni kamida yarmigacha mahsulot bilan to‘ldirishga intiladi — aravada juda ko‘p bo‘sh joy bo‘lsa va juda ko‘p foydali narsalar sig‘ishi mumkin. Agar oldindan kerakli xaridlar ro‘yxatini tuzmagan bo‘lsangiz, kiraverishda savat oling, bu sizni keraksiz narsalarni sotib olishdan xalos qiladi. Ko‘z balandligidagi javonlar Odatda sotish uchun eng yaxshi joylar ko‘z darajasidagi javonlardir. Barcha supermarketlar tovarlarni joylashtirishning ushbu usulini uzoq vaqtdan beri ishlatib kelmoqda. Markaziy javonlarda do‘konlar eng ko‘p foyda keltiradigan mahsulotlar mavjud. Agar supermarket uchun emas, balki o‘zingiz uchun eng yaxshi mahsulotni topmoqchi bo‘lsangiz, egilib, pastki javonlarni tekshirishingiz kerak bo‘ladi. Tovarlarni tekshirish hududi Kassa maydoni har qanday oziq-ovqat do‘konining qaynoq nuqtasidir: barcha xaridorlar, istisnosiz, u orqali o‘tadilar. Ularning ko‘pchiligi sotib olishni rejalashtirmagan mahsulotlarni avtomatik ravishda savatga solishadi. To‘lov zonasi impuls toifalarini sotishni ko‘paytirishda asosiy rollardan birini o‘ynaydi, budjetingizga sezilarli ta'sir qilmaydigan, ammo do‘konga qo‘shimcha daromad keltiradigan arzon tovarlar shu yerda mavjud. Siz hatto o‘ylamasdan shirinlik, saqich, shokolad va bir o‘ram batareya olsangiz ham do‘kon uchun foyda bo‘ladi. Tiyinli narxlar Ko‘pchilik narxlar nima uchun 0,99 yoki hatto 0,95 bilan tugaydi, deb hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Bu borada ko‘plab tadqiqotlar olib borilgan. Ma'lum bo‘lishicha, avvallari iste'molchilar 9 bilan tugaydigan narxni chegirmalar yoki katta takliflar bilan bog‘lashga odatlangan. Bundan tashqari, xaridor nuqtaning chap tomonidagi raqamga ko‘proq e'tibor beradi. Shuning uchun, do‘konlar hali ham tiyinlarni ko‘rsatishda davom etmoqda, bu esa xaridorlarga real bo‘lmagan tejash xayolini beradi. Soxta chegirma va aksiyalar Ko‘pgina do‘konlar mijozlar bazasini jalb qilish uchun doimiy chegirmali savdo tizimini joriy qiladi. Axir xaridor qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha foyda. Biroq bu aksiyalarning aksariyati pul tejashning illyuziyasidir. Chegirmali mahsulotni olishdan oldin uning narxi yaqin atrofda joylashgan boshqa ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlariga qaraganda ancha pastmi yoki yo‘qligini diqqat bilan ko‘rib chiqing. Ko‘pincha vijdonsiz chakana sotuvchilar birinchi navbatda tovarlarning narxini oshirib, keyin esa chegirma qilishadi. Mijoz bunday mahsulotni aldanganiga shubha qilmasdan, go‘yoki katta chegirma bilan sotib oladi. Savdo sohasida, shuningdek, yaroqlilik muddati tugaydigan mahsulot narxining pasayishini nazarda tutuvchi chegirma mavjud. Bular reklama aksiyalarini olish ehtimoli yuqori bo‘lgan narsalardir, shuning uchun uni ishlatishdan oldin har doim mahsulotning amal qilish muddati tugamaganligini tekshirib ko‘ring.
63
3,179
Ayollar
Mashhurlar tufayli ommalashgan hamda hozirga qadar ahamiyatini yo‘qotmagan 15 ta aksessuar (foto)
Aksessuarlarning hammasi ham urfda bo‘lavermaydi. Lekin mashhur insonlarniki bundan mustasno. Quyidagi aksessuarlar ham taniqli egalari bilan birgalikda mashhur bo‘lib, insonlarning alohida e’tiboriga tushgan. Odri Xepbernning qora baletkasi O‘zining klassik uslubi bilan tanilgan aktrisaning baletka oyoq kiyimi asosiy aksessuar hisoblanadi. Odri professional raqqosa bo‘lib, bu kabi yassi oyoq kiyimlarni filmda ham, hayotda ham ko‘p bora namoyish etdi. Merilin Monroning mo‘ynali ro‘moli O‘tgan asrning 50-yillarida Gollivudning yorqin kino aktrisasi o‘zining betakror qiyofasiga yanada go‘zallik ulashgan ipak libos va mo‘ynali ro‘mol bilan tashrif buyurdi. Koko Shanelning marjoni Fransuz modelining sevimli bezagi oq marvaridlar bo‘lgan. Ayollarga chindan ham o‘zgacha joziba beruvchi marvarid taqinchog‘i hamisha trendda ekanligi bilan ajralib turadi. Jeki Kennedining shlyapasi va ko‘zoynagi Zamonaviy xonimlardan biri Jeki Kennedi har bir libosini maxsus shlyapa bilan boyitgan. Shuningdek, kundalik qiyofasi uchun oversayz ko‘zoynaklardan foydalangan. Uning sevimli aksessuarlari alohida maqomga ega. Brijit Bardoning lentasi Yana sochga lentalar taqish urfga qaytmoqda. Ammo uning butun dunyoda ommalashishiga sabab Brijit Bardoning qiyofasi va soch turmagiga mos tushgan lentasidir. Malika Diananing tillaqoshi va marjonlari Marvaridli tillaqosh va marvaridli marjonni olmos bilan to‘ldirgan taqinchoq malika Diananing sevimli aksessuari edi. Hozirda ushbu afsonaviy tillaqoshni Keyt Middltonda ko‘rish mumkin, u zargarlik buyumlarini maxsus kunlardagina taqib yuradi. Jeyn Birkinning somonli savati Mashhur model Hermes Birkin sharafiga nomlangan aktrisa Jeyn Birkinning somondan to‘qilgan noodatiy savati charm sumkalar taqdim etilmasidan avval ommalashgan. O‘tgan asrning 60-70 yillardagi Jeynning suratlarida uning savatini ham ko‘rish mumkin. Juliya Robertsning uzun etigi “Oskar” mukofoti sovrindori Juliya Robertsning uzun etigi dunyo bo‘ylab mashhurlikka erishgan. Elizabet Teylorning zargarlik buyumlari Gollivud aktrisasi qimmatbaho taqinchoqlarni sevishi bilan mashhur edi. Uning kolleksiyasidagi eng mashhuri Richard Berton tomonidan aktrisaga sovg‘a qilingan olmos va zumraddan iborat “Bulgari” to‘plamidir. Maykl Jeksonning oq qo‘lqopi Pop qiroli ilk bora 1983-yil bir dona oq qo‘lqop bilan sahnaga chiqdi. Keyinchalik bu mashhur qo‘shiqchining o‘ziga xos uslubi bilan bog‘liq ramzga aylandi. Karl Lagerfeldning qo‘lqoplari Karl – haqiqiy uslub egasi. U klassik libos bilan birgalikda ko‘pincha qimmatbaho tosh yoki tikanli qo‘lqop kiyganini ko‘rish mumkin.
97
2,594
Ayollar
Uyda odatdagidan ko‘ra ko‘proq changyutkichda tozalash kerak bo‘lgan 8 ta joy
Aksariyat uy bekalari uydagi pol va gilamlarni muntazam ravishda changyutkich yordamida tozalaydi, lekin deyarli pardalar yoki yumshoq mebellarga e’tibor qaratmaydi. Ayni paytda, vaqt o‘tishi bilan u yerda boshqa joylarga qaraganda ko‘proq chang to‘planadi. Quyida uydagi qaysi joylarni muntazam ravishda changyutkichda tozalash kerakligini ma’lum qilamiz. Tortmalar Ehtimol, tortmalarni changyutkich bilan tozalash kerakligi ko‘pchilikning xayoliga ham kelmas. Biroq ular odatdagidek tozalashga muhtoj, vaqt o‘tishi bilan ular chang bilan to‘ladi. Chang kiyimlarga joylashadi, tortmalar eskiradi va u yerdan yoqimsiz hid kela boshlaydi. Pardalar Pardalar har qanday mavsumda chang to‘playdi. Agar doimo deraza ochiq bo‘lsa, xonada chang aylanib, nafas olish kasalliklarini keltirib chiqaradi. Shunday qilib, har safar tozalashda changyutkichning maxsus yumshoq cho‘tkasi yordamida pardalar ustini tozalash kerak. Matraslar Ehtimol, yotoqxonani muntazam ravishda o‘zgartirish va toza saqlash mumkin. Lekin matrasni ham doimiy ravishda changyutkichda tozalash kerakligini ko‘pchilik bilmaydi. Tozalashni ikki-uch oyda bir marotaba amalga oshirish tavsiya etiladi. Karavot osti Mebel ostida chang va kir to‘planganda, changga allergiyasi bo‘lgan odamlarda reaksiya paydo bo‘lishi mumkin. Karavot va divanlar tagini muntazam ravishda changyutkichda tozalashga harakat qilish kerak, agar oddiy changyutkich bilan ularning tagini tozalash qiyin bo‘lsa, robot changyutkichdan foydalanish mumkin. Supurgi  Supurgilarni ham vaqti-vaqti bilan tozalab turish kerak, chunki changyutkichdan farqli o‘laroq, uning changlari o‘zida to‘planadi. Divanlar Divanlarni haftada bir marta changyutkichda tozalash kerak. Chunki ularda ham xuddi gilamlarda bo‘lgani kabi uy hayvonlarining yunglari, mikroblar, soch tolalari to‘planadi. Ular balki ko‘zga yaqqol tashlanmasligi mumkin, ammo ular mavjud. Shuning uchun, agar uyda uy hayvonlari bo‘lsa, avval ho‘l rezina qo‘lqoplarda, so‘ngra changyutkich bilan tozalash tavsiya etiladi Deraza tokchalari Tozalash paytida deraza tokchalarini artishdan tashqari, burchaklarini changdan tozalash lozim. Klaviatura Deyarli har doim ofis jihozlarini o‘z vaqtida tozalash qanchalik muhimligi unutiladi. Tiqilib qolgan chang qurilmaning ishlashiga xalaqit beradi. Klaviaturani shunchaki artib qo‘yishning o‘zi kifoya emas, maxsus vosita o‘rnatib, klaviaturani ham alohida changyutkichda tozalash kerak.
77
2,421
Ayollar
Shu yozda urfda bo‘ladigan bosh kiyimlar
Yoz faslida zararli ultrabinafsha nurlardan himoyalanish uchun bosh kiyim kiyishni unutmang. Xo‘sh kelayotgan yozda qanday bosh kiyimlar urfga kiradi? Sport uslubi ommaboplik cho‘qqisiga chiqqan bir paytda beysbolka barcha olifta qizlar uchun mutlaq must-have’ga aylandi. Uni shaharga xos sport komplektlari bilan ham, erkaklar uslubidagi shimli kostyum bilan ham kiyish mumkin. Faqat buning uchun hech qanday naqshsiz oddiy variantni tanlang. Kecha va ziyofatlarga esa (norasmiylariga, albatta) esa, bemalol toshlar, naqshlar, rasmlar tushirilgan yorqin kepkalarni kiyib borishingiz mumkin. Tennischilar sport formasining bir qismi — yopishtirib qo‘yiladigan koziryok bu mavsumda shahar ko‘chalariga va oliftalar garderobiga ko‘chdi. Zamsh, velyur va rang-barang plastikdan yasalgan koziryoklarni dizaynerlar hilpirab turuvchi matodan tikilgan kombinesonlar va kostyumlar bilan uyg‘unlashtirishni maslahat beradi. Dizaynerlar bizning an’anaviy poxol shlyapa haqidagi taassurotimizni o‘zgartirib, uni oqsuyaklarga xos bo‘lgan bosh kiyimiga aylantirmoqda. Biz qiyofamiz va kayfiyatimizga qarab, turli shakl va kattalikdagi, turli bezakli shlyapalardan birini tanlashimiz mumkin. Bolalikdan bizga tanish bo‘lgan bosh kiyimi — panama — bu yozda modali aksessuar maqomiga ega bo‘ladi, uni shaharda ham bemalol kiyib yurish mumkin. Dizaynerlar yangi kolleksiyalarida paxta gazlama, baxmal va shoyidan tikilgan nafis bezakli panamalar modellarini taqdim etdi.
40
1,455
Ayollar
105 yoshga qadar yashagan yaponiyalik shifokordan uzoq yashash sirlari
Yaponiyalik shifokor Xinoxara Sigeaki o‘limidan bir necha oy oldin ham mijozlarni davolashni davom ettirib, kuniga 18 kun ishlagan. AdMe yaponiyaliklarning nima sababdan uzoq umr ko‘rishi borasidagi asosiy prinsiplarini ma’lum qildi. “Kunni nimadir yaratish ishtiyoqi bilan boshlash juda muhim, axir har bir lahza — bu boshqalar uchun ajoyib narsa qilish imkoni-ku. Masalan, Amerikalik aktrisa va rejissor Anjelina Joli BMTda ko‘nggilli elchi sifatida ishlaydi va o‘z hayotining sezilarli qismini xayriya ishlariga sarflaydi”. “Bolalik paytimizda boshqa ishlar sabab ovqatlanish va uxlashni unutib qo‘yardik. Ulg‘ayganda ham hayotga bo‘lgan ishtiyoqni aynan shu holda saqlab qolish kerak”. “Yarim asr oldin Yaponiyada aholining o‘rtacha umr ko‘rish yoshi 68 edi va nafaqaga 64 yoshdan chiqilishi aqlli qaror hisoblanardi. Hozirda ushbu raqam 84 ga ko‘tarilgan, o‘z ishingizni erta tark etish — o‘z hayotingizni bilib turib qisqartirishdek gap”. “Men nonushtaga apelsin sokini bir osh qoshiq zaytun yog‘i bilan birgalikda ichaman — bu qon tomirlarni mustahkamlaydi. Tushlikka esa sut va pechenye yeyman. Kechki ovqatga meva, ozgina baliq va guruch iste’mol qilaman. Haftada ikki marta 100 grammdan yog‘siz go‘sht yeyman. Ko‘pincha bandligimda och qolishga vaqtim bo‘lmaydi”. “Ko‘pincha shifokorlar mijozlariga o‘zlari hech qachon amal qilmagan narsalarini maslahat beradi. Jiddiy davolanishga qaror qilishdan oldin, to‘liq ishonch bildirish mumkin bo‘lgan o‘z mutaxassisingizni toping”. “Bizni og‘riqdan chalg‘itishi mumkin bo‘lgan yagona narsa — bu rohatlanish. O‘zingizni rohatlanishdan tiymang. Kasallik ichiga kirib ketmang va doim chiqish yo‘lini izlang”. “Mushaklarni mashq qildirish imkoniyatidan doim foydalanish kerak — ortiqcha piyoda yuring yoki mahsulotlarni uyga qadar ko‘tarib boring”. 105 yoshgacha yashagan shifokor Xinoxara Sigeaki hayotining so‘nggi kuniga qadar ishlagan va hayotimiz — bu birinchi navbatda nimadir yaratishdan iborat ekanligiga ishongan.
70
1,979
Ayollar
Adras: milliy ranglar uyg‘unligi jahon modasida
Adras – qo‘lda an’anaviy jimjimador naqshlar berilgan ipak gazlama. O‘zbekistonda adrasni ilgaridan yaxshi ko‘rishadi va qadrlashadi. Adrasdan choponlar va ko‘ylaklar, hattoki, sumka va bezaklar ham tikishadi. Lekin, G‘arb dizaynerlari o‘zlarining kolleksiyalarini xuddi shu matodan ilhomlanib yaratganini ko‘pchilik bilmaydi. Birinchi bo‘lib, Amerikadagi Oscar de la Renta modalar uyi adrasga e’tibor qaratdi. Dizayner nafis chizgilar va o‘zgacha sharqona matoni birlashtirib, 2005-yilda ko‘plab Gollivud yulduzlarini o‘ziga maftun etgan kolleksiyasini yaratdi. Bir necha yildan so‘ng esa, Balenciaga mashhur brendi adrasdan o‘zining Kuz – 2007 kolleksiyasini namoyish qildi. Ayniqsa, adrasning Gucci Spring/Summer 2010 kolleksiyasida paydo bo‘lishi, uning jahon modasiga jiddiy va mustahkam o‘rnashib olganini aniq ko‘rsatdi. O‘zbekistonda yashab, Yevropa dizaynerlari yaratgan kiyimlarga katta mablag‘ sarflagandan ko‘ra, o‘zimiz ham adrasdan shaxsiy liboslarimizni yaratishimiz mumkin.
47
992
Ayollar
Poyabzal bilan bog‘liq muammolarni bartaraf qilishga yordam beradigan 16 tavsiya
Ko‘rinishiga uchib olgan oyoq kiyimingiz uyga kelib kiyib ko‘rganingizda siqsa, terlatsa yoki boshqa muammolar kuzatilsa nima qilish kerak. Quyidagi tavsiyalar bilan ushbu savolga javob beramiz. Qadoqlardan himoyalanish uchun Oddiy sharikli dezodorant qadoq va istisqo — organizm bo‘shliqlari, to‘qimalari, xususan, teri osti yog‘ qavati (kletchatka)da suyuqlik to‘planishining paydo bo‘lishini oldini oladi. Buning uchun oz miqdordagi vositani olib surting va qurishini kuting. Yana ham yaxshi natijaga erishish uchun poyabzal ichidan dezodorantni yaxshilab ishqalang. Sirg‘anishini bartaraf qilish Yangi oyoq kiyim sirg‘anib ketadigan bo‘lsa, uning tag qismini najdak qog‘oz bilan yaxshilab arting. Ammo oshirib yubormang, yupqa qatlamni ishlatishning o‘zi kifoya. Poyabzal yurganda g‘ijirlasa Oyoq kiyimingizni g‘ijirlashini bartaraf qilish uchun ichiga bolalar prisipkasidan oz miqdorda sepib qo‘ying. Bunda poyabzal ichidagi detal mustahkamlanib, g‘ijirlamay qo‘yadi. Iz tushgan oyoq kiyim Tabiiy charmdan ishlangan oyoq kiyimda izlar tushadigan bo‘lsa, uni nam mato bilan arting, ustidan dazmol surting. Yangidek bo‘lmagani bilan, bunday muolajadan keyin ko‘rinishi ancha yaxshilanadi. Og‘riqdan qutilish Poshnali oyoq kiyimda yuradiganlar ikkinchi va uchinchi barmoq orasida og‘riq paydo bo‘lishidan aziyat chekadi. Bunga nervlarning qisilishi va oyoqdagi qon aylanishining buzilishi sabab bo‘ladi. Baland poshnaning salbiy ta’siri kuzatilmasligi uchun uchinchi va to‘rtinchi barmoqlarni tibbiy plastir bilan yopishtiring. Bu balansni saqlab, nervlarning zo‘riqishini oldini oladi. Tor poyabzal Siqib turadigan poyabzalni biroz kengaytirish uchun ichiga rulon qilingan gazeta soling. Bir necha kun turganidan keyin kiyib tursangiz bo‘ladi. Zarurat bo‘lganda buni qayta takrorlang. Slansi shippaklar noqulaylik keltirib chiqarsa Kiyganda noqulaylik kuzatiladigan bo‘lsa, shippakning rezinasini ipak yoki atlas matoli yumshoq latta bilan arting. Yoqimsiz hid Poyabzaldagi yoqimsiz hidni bartaraf qilish uchun uning ichiga bir nechta choy paketchasini solib qo‘ying. Ertalabgacha yoqimsiz hiddan asar ham qolmaydi. Suvdan qolgan dog‘ Aksariyat hollarda charmdan ishlangan poyabzalda suvdan iz va dog‘ qoladi. Uni bartaraf qilish uchun oz miqdordagi tish yuvish pastasiga bir choy qoshiq sirka qo‘shing. Aralashmani surting. Keyin esa toz suv bilan yuvib tashlang. Rezina poyabzal Bolangizni to‘satdan yiqilishini oldini olish uchun rezinali oyoq kiyimning tag qismiga yelimni qaynoqligida bir necha chiziq qilib surting. Namlikdan himoya qiling Matodan tikilgan poyabzalni namlikdan himoya qilish uchun uni asalari mumidan foydalaning. Matoni mum bilan artib, ustidan fen bilan qizdiring. Terini himoyalash uchun Oyoqlarda qadoq va boshqa muammolar paydo bo‘lmasligi uchun poyabzalning ichki yuzasiga soch uchun foydalaniladigan lak surting. Yaltiratish uchun Oyoq kiyim avvalgidek yaltiroq bo‘lishi uchun uni oyna tozalaydigan vosita bilan arting. Poyabzal oyoqni qissa Yangi poyabzal oyog‘ingizni qismasligi uchun uni qalin paypoq bilan kiyib, ustidan fen bilan qizdiring. Oyoqlar terlaganda Gipergidroz ko‘pchilikka yaxshi ma’lum bo‘lgan muammo sanaladi. Poyabzalni ajralgan terdan himoya qilish uchun har kuni gigiyenik vosita yopishtiring Tirnalishlarni yo‘qotish uchun Poyabzal sirtidagi tirnalishlarni yo‘q qilish uchun tibbiy va texnik vazelindan foydalansangiz bo‘ladi. Paxta diski yordamida vositani oyoq kiyim ustiga surtib, yengil harakatlar bilan ishqalang.
80
3,478
Ayollar
To‘ladan kelgan ayollarga yarashadigan ustki kiyimlar (foto)
Kiyimning qomatga mosi tanlansa, istalgan obraz o‘ziga xos va qiziqarli bo‘lishi mumkin. Marie Claire nashri do‘mboq ayollarga qanday ustki kiyimlar yarashishi haqida ma’lumot berib o‘tadi. Charm kurtka Plus size qomat egalari uchun old qismi yoqali, keng turadigan kurtkalar ayni muddao hisoblanadi. Pastki qismi bo‘ksada tugamasa, bunday variantdagi ustki kiyim ixchamroq ko‘rinishga hissa qo‘shadi. O‘ziga xos yoqa va nosimmetrik zamok esa obrazni noodatiy ko‘rsatishi aniq. Trench Trapetsiya bichimli trenchning midi uzunligidagisini tanlash tavsiya qilinadi. Belbog‘ini yoki ustidan kamar taqish orqali esa belga urg‘u berish mumkin bo‘ladi. Palto Paltoni esa trench singari midi uzunligidagisini tanlash tavsiya qilinadi. Oversize variantdagisi bilan yopishib turadigan shim kiyish, zamonaviy va ixchamroq ko‘rinishga yordam beradi. Ko‘ylak-palto Do‘mboq qiz va ayollar uchun ushbu mavsumda dolzarb bo‘lgan ko‘ylak bichimli palto ayni muddao. Djinsi shim, shapka va botinkalar bilan moslash mumkin bo‘lgani sabab bo‘ksa o‘rtasida turadigan uzunlikdagi modellarga e’tibor qaratish kerak. Kurtka To‘ladan kelgan ayol va qizlar sovuq mavsumda kurtkaning ortiqcha detallarsiz, to‘g‘ri bichimlisini kiyishi kerak. Mo‘yna Trapetsiya yoki to‘g‘ri bichimli mo‘ynalar bo‘ksasi keng bo‘lgan nozik jins vakillari uchun ayni muddao. Uzunligi esa midi yoki tizzaning o‘rtasida bo‘lgani yaxshi. Dublyonka Dublyonkalarni ust qismi ekocharmdan ishlagan, yoqali va mo‘ynasi bor variantlariga e’tibor qaratish kerak. Bleyzer Bleyzerlarning esa kamarli va bel qismiga urg‘u berilgan modelini tanlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Keyp Qomatdagi kamchiliklarni yashirish uchun keypdan yaxshisi yo‘q. Ammo uning qomatni eng keng qismida tugamasligiga e’tibor berish kerak. To‘q rangli va katak printli modellarni tanlangan ma’qul.
60
1,820
Ayollar
Dog‘larni ketkazish bo‘yicha va yana kundalik turmushda asqatadigan 15 tavsiya
Kiyim yoki poyabzalga dog‘ tegsa, quyidagi usullarni sinab ko‘rish tavsiya qilinadi. Zamsh poyabzal Zamsh poyabzalingiz loy bo‘lgan bo‘lsa, oddiy idish yuvadigan gubka masalaga yechim bo‘lishi mumkin. Dastlab qattiq tarafi bilan ehtiyot bo‘lgan holda artib ko‘ring. Qoldiqlarini esa qattiq cho‘tka bilan tozalab tashlang. Yangi chiqadigan yangi jinsi Tirnoqlaringizga yangi jinsining rangi o‘tayotganini payqasangiz, 1 osh qoshiq tuz va sirka qo‘shilgan sovuq suvga kiyimingizni solib qo‘ying. Bir necha daqiqadan keyin muammo bartaraf bo‘ladi. Charm oyoq kiyim Yomg‘irdan keyin charm oyoq kiyimdagi dog‘dan qolgan izlarni ketkazishda sirkali eritmadan foydalansangiz bo‘ladi. Buning uchun suyuqlikni purkagich orqali poyabzalga seping. Keyinroq yumshoq latta bilan artib tashlang. Shimdagi zamok yopilmasa Yopilmay qolgan zamok bo‘ylab soch lakini sepib chiqing. Keyin darhol yopishga harakat qiling. Birozdan keyin muammo o‘z yechimini topganiga guvoh bo‘lasiz. Kolgotka Kolgotkada tortilib qolish yoki uncha katta bo‘lmagan chiziq kuzatilsa, o‘sha joyga soch lakini sepish tavsiya qilinadi. Bu kechgacha choklar so‘kilib ketmasligini ta’minlaydi. Qizil vinodan qolgan dog‘ Qizil vinodan qolgan izni yuvish vositalari bilan ketkazish qiyin, lekin oq vino bilan dog‘ni neytrallashtirsa bo‘ladi. Shundan keyin hech ikkilanmasdan kir yuvadigan mashina ichiga solishingiz mumkin – dog‘dan asar ham qolmaganiga guvoh bo‘lasiz. Namiqqan poyabzal hidi Yomg‘ir yoki boshqa sabab bo‘lin ho‘l bo‘lgan oyoq kiyimdan yoqimsiz hid anqishi hech kimga sir emas. Bunday vaziyatda poyabzalni quritib keyin muzlatkich ichiga bir kunga qo‘yish tavsiya qilinadi. Agar bu ish bermasa, ichki qismini vodorod peroksidi bilan artib ko‘ring. Ammo bundan avval suyuqlikni poyabzalning ko‘zga tashlanmaydigan qismida sinab ko‘ring. Dezodorantdan qolgan dog‘ Qora kiyimda dezodorantdan qolgan oq dog‘ni nam salfetka bilan artib ko‘ring. Kosmetik vositalaridan qolgan iz Kiyimlardagi kosmetik vositalaridan keyin qolgan dog‘ ustiga erkaklar soqol olishda foydalanadigan krem surtib bir necha daqiqaga qoldiring. Keyin esa nam salfetka bilan artib tashlang. Qahva do‘g‘i Kiyimga qahva to‘kilishi bilan o‘sha qismga tish yuvish pastasini surtib qo‘ying. Bu dog‘ni butkul ketish imkonini ko‘paytiradi. Dezodorantdan qolgan sariq dog‘ Oq kiyimlardagi dezodorantdan keyingi sarg‘ayishni ichimlik sodasi va tish yuvish pastasi qo‘shilgan aralashma bilan bartaraf qilsa bo‘ladi. Buning uchun kiyimning o‘sha qismiga aralashmani surtib 10-15 daqiqaga qoldirish kerak. Shundan keyin shunchaki yuvib tashlashning o‘zi kifoya. Saqich Yopishib qolgan saqichni qo‘l bilan olib tashlashga urinmang. Ustiga 20-25 daqiqa turishi uchun muz bo‘lagi qo‘ying. Keyin pichoq bilan qirib tashlasangiz bo‘ladi. Kuyadan keyin qolgan teshik Kuya tushganidan keyin sevimli sviteringizdagi teshiklarni qiziqarli “applikatsiya”lar bilan bezang. Oy, quyosh, naqsh, yoki ko‘z va lablarni boshqa matoda tikib ustini tosh hamda patlar bilan bezasangiz bo‘ladi. Terlagandan keyin qolgan dog‘ Kiyimdagi terlagandan keyingi dog‘ni ketkazish uchun limon sharbatidan foydalaning. Ammo matoning limon kislotasiga sezuvchanligini tekshirib ko‘rishni unutmang. Oyoq kiyimni oqartirish Sport poyabzalining tag qismi avvalgidek oppoq bo‘lishini istasangiz, uni lak o‘chiradigan suyuqlik bilan artib ko‘ring. Ichimlik sodasi qo‘shilgan tish yuvish pastasi ham bu borada yaxshi samara beradi.
78
3,421
Ayollar
Sovitkichdagi yoqimsiz hidni bartaraf qilishga yordam beradigan oddiy, ammo samarali usullar
Sovitkichdan badbo‘y hid anqishining turli sabablari bo‘lishi mumkin. Saqlanayotgan mahsulotning aynigani, yoki shunchaki sarimsoq va baliq singari mahsulotlarning o‘rin olgani, drenaj tizimdagi tiqilish yoki dezodoratorning kirlanishi shular jumlasidan. Ammo aksariyat hollarda bu yoqimsiz holatga sovitkich kamerasining yetarlicha toza emasligi sabab bo‘ladi. Bunda sovitkichni eritib, ichini maxsus tozalovchi vositalar bilan yuvish muhim sanaladi. Agar shunda ham muammo hal bo‘lmasa, maxsus ionizatorlar, sovitkichni tozalash uchun mo‘ljallangan namlantirilgan salfetkalar, sprey yoki boshqa vositalardan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Qolaversa, quyidagi tavsiyalar ham bu borada qo‘l kelishi mumkin. Sirka Bir stakanga suvga 9 foizli sirkani aralashtiring. Unga shimdirilgan latta yoki mikrofibrali salfetka bilan sovitkich devorlarini arting. Shundan keyin havo aylanishi uchun sovitkich eshigini bir necha soatga ochiq qoldirish kerak bo‘ladi. Limon Limon sharbatidan sirkali aralashmaning muqobili sifatida foydalansa bo‘ladi. Shuningdek, hidlarni neytrallashtirishda limon bo‘laklaridan ham foydalansa bo‘ladi. Buning uchun kesilgan bo‘laklarni sovitkich ichida 2-3 kun qoldirish kifoya qiladi. Nashatir spirti Lattani bir necha tomchi nashatir spirti qo‘shilgan suvli aralashmaga singdiring. Keyin esa sovitkich ichini yaxshilab artib chiqing. Bundan avval esa yuzga tibbiyot niqobini taqib olish tavsiya qilinadi. Absorbentlar Guruch, ichimlik sodasi, faollashtirilgan ko‘mir — absorbentlar hisoblanadi. O‘ramdan ochilgan ichimlik sodasi, guruchli taom yoki faollashtirilgan ko‘mirni maydalanganini sovitkich ichiga solib qo‘yish kerak. Ularni saqlash profilaktik natija ham beradi. Asosiysi, almashtirib turishni unutmaslik.
92
1,738
Ayollar
Garderobingizni xarajatlarsiz turli-tuman qilish yo‘llari
Kuz faslida har qachongidan ham ko‘proq garderobingizni yangilashni istaysiz. O‘z obrazingizga yangilik kiritib, qandaydir kiyimlar uyg‘unligini topishga harakat qilasiz. Ko‘pchilik buning uchun muayyan xarajatlar zarur deb hisoblaydi. Bu bir tomondan to‘g‘ri, yangi kiyimlar arzon turmaydi. Boshqa tomondan, xarajatlarsiz ham ko‘rinishingizga yangilik kirita olasiz. Biroq buning uchun vaqt va mehnat talab qilinadi. Endi esa garderobni yangilashning barcha variantlarini ko‘rib chiqamiz. Birinchi navbatda garderobingizni ko‘zdan kechirib, tartibga keltiring. Shkaf to‘la, lekin kiyishga hech narsa bo‘lmagan vaziyat ko‘pchiligimizga tanish. Hech qachon kiymaydigan kiyimlardan (juda ko‘p kiyilib eskirgan, teshilgan va eski uslubdagi) xalos bo‘ling. Bu shkafni ozod qilish operatsiyasidir, axir biror keraksiz narsadan joyni bo‘shatib, u yerda kerakli narsa uchun joy ochishimiz barchaga ma’lum. Qolaversa, butunlay yodingizdan ko‘tarilgan, biroq hali yangi liboslarni ham topib olishingiz mumkin. Ikkinchi o‘rinda, qolgan kiyimlarni yuvib, tozalab, tartibga keltiring. Ba’zan opa-singillarimiz biror sevimli koftasini unga singib qolgan dog‘ tufayli kiya olmaydi. Biroz mehnat evaziga uni yana kiyish imkoniga ega bo‘lasiz. Qolgan kiyimlardan tayyor komplektlarni tayyorlab qo‘ying. Shim va unga mos bluzka, yubka va koftalarni tanlang, hamda ularni mavjud oyoq kiyim va aksessuarlar bilan to‘ldiring. Agar bu bosqichda muammolar yuzaga kelsa, moda haqidagi jurnallarni ko‘zdan kechiring (ularni onlayn kuzatish ham mumkin), feshn-blogerlarning obrazlarini ko‘rib chiqing. Ulardan ilhomlanishingiz aniq. Bundan keyin ham “kiyishga hech narsa yo‘q” muammosiga duch kelmaslik uchun asta-sekinlik bilan kiyinishga asos bo‘luvchi garderobingizni shakllantiring. Bunda maftunkor ko‘rinishga ega bo‘lish uchun qanday liboslarning kerak bo‘lishi haqida avvalroq berilgan maqola sizga qo‘l keladi deb umid qilamiz. Urinib ko‘ring! Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
57
2,084
Ayollar
Intellektual qobiliyatni oshirishning 5 usuli
Professional bo‘lib yetishish uchun shaxs sifatida ham takomillashib borish kerak. Vaqt va kuchingizni o‘zingizga sarf qilishni unutmang. Notanish vaziyatlar va yangi taassurotlar ko‘p narsalarga o‘rgatishi mumkin. Miya biron bir notanish narsaga duch kelsa, u yangi neyronli yo‘llar yaratadi. Takrorlashda ular mustahkamlanadi va bizda yangi malakalar ishlab chiqariladi. Shuning uchun har doim qulaylik zonasidan biroz chiqishga harakat qiling: yangi joylarga boring, ishga borishda boshqa yo‘l orqali yuring. Odatlaringiz qancha mahkamroq o‘rnashib qolsa, sizning yangi o‘zgarishlarga moslashishingiz shuncha qiyinroq bo‘ladi. Muvaffaqiyat har doim g‘oyalardan boshlanadi. O‘zingizni chegaralab tashlamang, fantaziyani ishga soling, shunda yangi g‘oyalarni ixtiro qilish, yechimini topish va odamlar bilan aloqa qilish osonroq bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan siz agar kerak bo‘lsa, hayotning hamma sohalarida ilhom olishni o‘rganasiz. Ijodiy fikrlash hammada bor, uni tez-tez qo‘llashga harakat qiling. U hatto zerikarli ishni ham qiziqarli qilishga yordam beradi. Ko‘pchilik o‘zining hamma vaqtini ishga bag‘ishlaydi va dam olish, ko‘ngil ochish haqida butunlay unutadi. Har qanday o‘qish, mazmunidan qat’iy nazar miya uchun foydalidir, chunki u tasavvurni rivojlantiradi. Muammolarni yechish malakasini hosil qiluvchi va miyaning plastikligini oshiruvchi ko‘plab o‘yinlar va ilovalar bor. Neyroplastiklik — bu miyaning yangi neyronli aloqalar hosil qilish qobiliyati. Miya qanchalik plastikroq bo‘lsa, u olingan ma’lumotlarni shunchalik tezroq va samaraliroq tayyorlaydi. Muvaffaqiyatga erishish uchun, o‘z faoliyat sohasida har doim yangiliklarni izlash kerak. Yangi bilimlarga intiling, yangi malakalarga ega bo‘ling. Qancha ko‘proq o‘rgansangiz, strategiya ishlab chiqishingiz va muhim qarorlar qabul qilishingiz shuncha osonroq bo‘ladi. Bilim olish o‘zingizga bo‘lgan ishonchni oshiradi, jarayonga aql bilan yondashishga yordam beradi. Manba: “Layfxaker”
45
1,960
Ayollar
Pilingning yuz terisi uchun qanday foydasi bor? Muolajani necha yoshdan boshlab qo‘llagan ma’qul? O‘zbekistonlik mutaxassis javobi
Bugungi kunga kelib piling muolajasi eng ko‘p foydalanilayotgan xizmat turlaridan biriga aylangan. Xo‘sh, uning yuz terisi uchun qanday ijobiy xususiyatlari bor? Necha yoshdan muolajani qo‘llash mumkin? O‘zbekistonda piling xizmatlarining narxi qancha? Bu haqda “Daryo”ga tajribali shifokor-kosmetolog Hilola Fayziyeva batafsil ma’lumot berib o‘tdi. Piling qanday protsedura? Piling terining ustki qatlami, ya’ni hujayralari nobud bo‘lgan o‘lik yuzasidan xalos bo‘lishga yordam beradi. Shu bilan birga, husnbuzar, mayda ajinlar, dog‘lardan qolgan chandiqlarni, qolaversa, ayollarni eng ko‘p tashvishlantiradigan muammo — qora nuqtalarni yo‘q qiladi. To‘g‘ri, mazkur protsedura teridagi barcha yoshga bog‘liq o‘zgarishlarni bartaraf eta olmaydi, ammo qarishning dastlabki belgilariga qarshi kurashishda yordam beradi. Shuningdek, terini silliqlaydi, namlaydi va yashartiradi. Qisqa qilib aytganda, piling muolajasining yuz uchun ijobiy xususiyatlari talaygina. Piling muolajasini qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar ham mavjud. Masalan, dermatitlarda (yallig‘lanish kasalligining o‘tkir bosqichida), yuqumli kasalliklarda, terida ochiq jarohatlar bo‘lganda, homiladorlik va emizish davrida, allergiya va tutqanog‘i borlarga, qolaversa, qo‘llanilayotgan piling tarkibidagi ingrediyentlarga yuqori sezuvchanligi bo‘lganlarga tavsiya etilmaydi. Protsedura ta’sir kuchiga qarab yengil, o‘rta va chuqur darajadagi pilinglarga bo‘linadi. Kosmetologiyada pilinglarning Glikolli (glikoleviy), salitsilli (salitsiloviy), azelainli (azelainoviy), retinolli (retinoyeviy), marjonli (koralloviy), sutli (molochniy) sariq (jyoltiy) turlari juda mashhur. Misol uchun, azelainli, salitsilli pilinglar toshmalar va ulardan qolgan izlari bor yuzlarga foyda beradi. Glikolli va sutli pilinglar — yuz rangini ochartirishda va dog‘larni oqartirishda qo‘llaniladi. Marjonli, sariq pilinglar esa chuqur darajadagi muolaja bo‘lgani uchun ko‘proq husnbuzarlardan qolgan chandiq va dog‘larda ketkazishda yaxshi natija beradi. Pilinglar turiga qarab, o‘rtacha 150 ming so‘mdan 500 ming so‘mgacha baholanadi. Faoliyatim davomida ko‘p bo‘ladi: aksariyat ayollarimiz foydasi haqida o‘qib, sariq yoki marjonli piling qilib qo‘ying deb keladi. Biroq men ana shunday mijozlarga mazkur pilinglar juda chuqur darajadagi muolaja bo‘lgani bois birdaniga yuzga qo‘llab bo‘lmasligini tushuntiraman. Dastlab yuz terisining fototip, elastikligi, qalin yoki yupqaligi, teshikchalar keng yoki torligini aniqlash lozim. Shuningdek, har doim yengil tipdagi pilingdan boshlash kerak. Sababi teri pilingga nisbatan qanday reaksiya berishini bilmaymiz. Shuning uchun avvalo yuzni o‘rta va chuqur darajadagi pilingga tayyorlab, keyin protsedurani qo‘llashimiz lozim. Avvallari kuz oyining oxirlaridan to bahor boshlangunga qadar piling mavsumi deyilardi. Chunki quyoshli kunlarda piling qilinsa, yuzga har xil dog‘lar tushishi va keyinchalik asorati qolishi mumkin edi. Biroq hozirga kelib pilinglar shu darajada rivojlanib ketdiki, endi istalgan mavsumda yengil va o‘rtacha ta’sirga ega protseduradan foydalanish mumkin. Faqat undan so‘ng doim quyosh nuriga qarshi kremlarni surtish va iloji boricha quyosh nurlaridan himoyalanish lozim. Chuqur darajadagi marjonli, sariq pilinglarni esa faqat qish oylaridan to martgacha (quyosh nuri kuchsiz paytlarda) qo‘llash mumkin. SPF — ultrabinafsha nurlanishini yutadigan maxsus modda bo‘lib, terini quyosh nurlaridan himoya qiladi. Biz doimo tarkibida SPF bor kremlardan foydalanib yurishimiz kerak. Chunki ultrabinafsha nurlari ta’sirida yuz terisi juda tez qariydi. Bundan tashqari, teri quruqlashib, ajinlar, dog‘ tushishi tezlashadi. Aksariyat ayollarimiz SPF kremini faqatgina quyoshli kunlarda surtib, qishda foydalanish shart emas deb hisoblaydilar. Ammo qorda ham teriga nojo‘ya ta’sir etuvchi nurlar bor. Hattoki uyda ham SPF kremlarini surtib yurish lozim. Chunki kompyuter, telefon va televizordan taraladigan nurlar ham yuz terisiga zararlidir. Avvallari piling muolajasi faqat 18 yoshdan keyin tavsiya qilinardi. Biroq yuz terisida muammo paydo bo‘lsa, muolajadan 14 yoshda ham foydalanish mumkin. Afsuski, bizning mentalitetimizda aksariyat ayollar, ayniqsa, yosh qizlar kosmetologga bormaydi, deyishadi. Qizining yuzida turli muammolar bo‘lsa-da, ko‘pchilik onalar mutaxassisga olib kelmaydi. Qachonki yoshi o‘tib, yuzdagi muammolar kattalashgandan keyingina kosmetologga murojaat qilishadi. Lekin bu juda noto‘g‘ri qarash. Qizlarimizni bolaligidanoq o‘zini o‘zi parvarish qilishga, nafaqat yuziga, balki butun tanasiga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishga o‘rgatishimiz kerak. Boisi yuzdagi muammolar kattalashganidan so‘ng uni bartaraf qilgandan ko‘ra boshidanoq oldini olgan afzal.
130
4,693
Ayollar
Kechasi yaxshi uxlash uchun qanday ichimliklar ichish kerak?
Agarda siz so‘nggi paytlarda uyqusizlikdan qiynalayotgan yoki ertalab uyg‘onishni xohlamayotgan bo‘lsangiz, kunlik rejangizdagi ichimliklarni bir ko‘zdan kechiring. Iliq sut Odatda bolalarni tinchlantirish yoki uxlatishda yordam beradigan sut kattalar uchun ham tavsiya etiladi. Ba’zi mutaxassislar iliq sut tarkibida triptofan mavjudligini, u organizmni melatonin (uyqu gormoni)ga aylanishini yaxshilashini ta’kidlagan. Moychechakli choy Moychechakli choy yaxshi uxlashda yordam beradigan tabiiy vositalardan biri. U tinchlantiruvchi ta’sirga ega bo‘lib, boshqa choylardan farqli ravishda uning tarkibida kofein yo‘q. Odatda moychechak choyi uyqusizlikdan aziyat chekayotganlar uchun tavsiya etiladi. Bodom suti Uxlashdan oldin bir stakan bodom sutini ichish ham foydali. Uning tarkibida triptofan va magniy mavjud. Bu esa uyqu sifatini yaxshilashga yordam beradi. Kokos yong‘og‘i suvi Kokos yong‘og‘i suvida magniy va kaliy mavjud bo‘lib, u uxlashingiz va mushaklaringizni tinchlantirishga yordam beradi. Bundan tashqari, uning tarkibida B vitamini mavjud bo‘lib, bu stress darajasini pasaytiradi. Bananli smuzi Sog‘lom uxlashda ko‘makchi yana bir usul – bananli smuzidir. Buning uchun bananni yarim stakan bodom suti bilan aralashtirish kifoya. Bu ichimlik sizning yaxshi uxlashingizda kafolat beradigan yo‘llanmadir. “Oy” suti Bu tabiiy vosita ashvagandha dorivor o‘simligi va reyshi qo‘ziqorini aralashmasidan tayyorlanadi. Ular kukun yoki yog‘ shaklida sotiladi. Ichimlikni tayyorlash uchun bodom sutini qizdirasiz, unga ashvagandha va reyshini qo‘shasiz. Mazasini yaxshilash uchun kakao kukuni, dolchin, asaldan foydalanishingiz mumkin. Ichimlik sizga uyqu bezovtaligini kamaytirishga yordam beradi.
60
1,710