folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Ayollar | O‘zbekistonlik dizayner Boku shahridagi Mercedes-Benz Fashion Week 2017 haftaligida ishtirok etdi | Gigu brendi asoschisi, dizayner Gulchehra Yunusova Boku shahrida bo‘lib o‘tayotgan Mercedes-Benz Fashion Week 2017 haftaligida ishtirok etdi, deb xabar berdi “MyDay.uz”.
Dizayner haftalikda o‘zining so‘nggi Indigo liboslar to‘plami bilan qatnashdi. To‘plamdan 12 ta libos o‘rin olgan. Gulchehra Yunusova bundan avval Boku shahrida Baku Fashion Week haftaligida O‘zbekiston nomidan ishtirok etgan edi.
Shuningdek, mazkur haftalikda Gulchehra Yunusovadan tashqari O‘zbekiston modasini keng omma hukmiga Liza Manner, Sabina Nazar, Anor Atelier, Behzod Saitov kabi o‘zbek brendlari “Sharq liboslari” namoyishida taqdim etdilar. Mercedes-Benz Fashion Week 2017 haftaligi — moda olamida eng muhim hodisalardan biri va butunjahon feshn ko‘rgazmalari taqvimida munosib joy egallaydi. | 97 | 776 |
Ayollar | Pedikyur uchun boshqa mutaxassisga murojaat qilish kerakligidan darak beruvchi 8 belgi | Kunlar isishni boshlashi bilan qiz va ayollar ochiq poyabzal, ya’ni bosonojka kiyadi, o‘ziga bo‘lgan ishonchni yuqori bo‘lishi va estetik zavq berishi uchun esa pedikyur qildirishga to‘g‘ri keladi. Buning uchun mutaxassisga murojaat qilganda esa foydalanadigan buyumlarining tozaligi va bir martalik yoki yo‘qligidan tashqari quyidagilarga qarab ham uning qanchalik malakali ekani haqida xulosa qiladi.
Ish joyi
Mutaxassisning ish joyi toza va ozoda ekaniga e’tibor qarating. Atrofda tartibsizlik va avvalgi mijozdan iz qolgan bo‘lmasligi kerak. Pedikyur ustasining bir martalik niqob va qo‘lqop kiygani hamda tirnoq va oyoqlaringizni antiseptik bilan tozalaganiga e’tibor qarating.
Vanna qabul qilish
Oyoqlarni suvga ivitishda mutaxassis bir martalik paketdan foydalanishi kerak. Aksincha bo‘lsa, boshqa pedikyuk ustasiga murojaat qilganingiz yaxshi.
Manipulyatsiya qilish
Mutaxassis sizga gap bermay nimadirlar haqida tinmay gapirsa, uni to‘xtatib nima qilmoqchi ekanligi haqida so‘rang. Yaxshi mutaxassis ish boshlashdan avval siz qanday pedikyur
xohlayotganingiz haqida qiziqishi, lozim bo‘lsa klassik, apparatli va kombinatsiya
pedikyur qilish haqida tavsiya berishi kerak. Qolaversa, qadoq bor yoki yo‘qligiga e’tibor berib, poyabzal kiyganda noqulaylik kelib chiqmasligi haqida ham so‘rashi lozim.
Tirnoqlarni pilkalash
Tirnoqlarga shakl berishdan avval suvga ivitish eng katta xatolardan biri hisoblanadi. Bu tirnoqlar plastinasiga zarar yetkazishi mumkinligi sabab ham quruq paytida pilkalash kerak. Tirnoqning uzunligi va shakli me’yorga keltirilganidan keyingina ivitish mumkin. Agar buning teskarisi bo‘lsa, mutaxassisga tanbeh berishni unutmang.
Tirnoqlarga qanday shakl berish?
Oyoqlar pedikyuri haqida gap ketganda tirnoqlarga kvadrat va nomiga kvadrat shakl berilgani yaxshi. Chunki dumaloq shaklning berilishi tirnoqlarning ichiga o‘sishi va muammolar kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Gel-lakni o‘chirish
Eski gel-lakni ketkazishning eng xavfsiz usuli apparat yordamida o‘chirish hisoblanadi. Ammo ko‘pchilik bu usul tirnoq plastinasiga zarar yetkazadi deb hisoblaydi. Aslida esa malakasiz mutaxassisgina bunga yo‘l qo‘yishi mumkin. Apparatli o‘chirish jarayonida mutaxassis hech qachon bazani butunlar olib tashlamasligi kerak. Tarkibida tirnoqlarni shikastlashi mumkin bo‘lgan aseton borligi sabab esa gel-lakni o‘chirish uchun suyuqlikdan foydalanish tavsiya qilinmaydi.
Muammoga qaramay pedikyur qilishga rozi bo‘lish
Tirnoqlar ichiga o‘sgan bo‘lsa yoki boshqa bir muammo kuzatiladigan bo‘lsa istalgan mutaxassisning pedikyur qilishdan voz kechishi asosli bo‘ladi. Podologga murojaat qilib davolangandan keyin pedikyur qildirsa bo‘ladi.
Tirnoqlarning noto‘g‘ri bezalishi
Malakali mutaxassis hech qachon tirnoqlarni gel-lek bilan teriga taqab qoplamaydi, ingichka shu bilan birga ko‘zga tashlanmaydigan ochiq joy qoldiradi. Aks holda ikki haftadan keyin mijoz oyog‘ida noqulaylik va og‘riqni his qilish mumkin. | 86 | 2,938 |
Ayollar | Professional sartaroshlardan sochlarni ko‘proq ko‘rsatish bo‘yicha tavsiyalar | Quyuq sochlarni barchamiz orzu qilamiz. Biroq sochlaringiz tabiatan silliq va nozik bo‘lib, qimmatbaho vositalar va har kuni ukladka qilishga vaqtingiz va mablag‘ingiz yetarli bo‘lmasa, qanday yo‘l tutish lozim?
U holda sizga professional sartaroshlarning kichik hiylalari qo‘l keladi.
Muhimi, bosh yuvish jarayoniga asosiy e’tiborni qaratish lozim. Shampunni faqat soch ildizlariga surib, sekin-astalik bilan sochning butun uzunligi bo‘yicha taqsimlash kerak. Konditsionerni esa aksincha — faqat soch uzunligi bo‘ylab va uchlariga surish kerak. “Hajm beruvchi” deb qayd etilgan shampunlarni tanlang.
Uzunlik va kaltalatish bilan ham tajriba qilib ko‘ring — yelkalardan biroz balandlikdagi uzunlik va “kaskad” ham sochlarni ko‘proq ko‘rsatishga yordam beradi.
Sinalgan usullardan biri — kechqurun sochlaringizni bigudi qilishni ham qo‘llab ko‘ring. Nam sochlar ildizini nevidimka yordamida qistirib qo‘yish orqali ham hajm hosil qilish mumkin. Ularni yechganingizda soch turmagingiz yaxshiroq ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Silliq soch turmaklaridan voz keching yoki o‘rtadan ochilgan farq o‘rniga yon tomondan ochib ko‘ring.
Ukladka vositalaridan juda ko‘p foydalanishni tavsiya etmaymiz.
Hajmni oshiruvchi yengil muss. Endi sochlaringizga havas qilish mumkin! | 77 | 1,256 |
Ayollar | Lak yoki gel? Qaysi tirnoq bo‘yog‘i afzal? | Cosmopolitan ko‘pchilik ayollarni qiynaydigan masala lak yoki gelning afzalligi haqidagi savolga mutaxassislardan javob oldi. Mutaxassislarning tavsiyasiga ko‘ra, tirnoqlarni bo‘yashda lakdan foydalangan ma’qul.
Lak bo‘yog‘ining afzalliklari:
Kamchiligi:
Gel bo‘yog‘ining afzalligi uning tashqi muhitga chidamliligidadir. U 2-4 hafta mobaynida o‘chib ketmaydi, lak bo‘yog‘ining davomiyligi esa 3-7 kunni tashkil etadi. Zichligi tufayli ushbu vosita tirnoqni mexanik shikastlardan himoya qiladi. Shuningdek, gel bo‘yog‘i yordamida ajoyib dizaynlarni amalga oshirish mumkin. Agar tirnoqlar qalin bo‘lsa, gel bo‘yoqdan foydalanish mumkin. Ammo buning aksi bo‘lsa, tirnoqlarni tiklash va mustahkam qilish uchun bir muddat parvarish qilish kerak.
Boshqa hollarda asosiy zararlanish gel bo‘yoqdan emas, balki uni noto‘g‘ri ko‘chirib tashlashdan yuzaga keladi. Gel bo‘yoqni qurituvchi chiroqlarga ahamiyatli bo‘lish kerak, ular ikki xil bo‘ladi: UV va LED. Bugun ko‘pincha LED uskunasidan foydalaniladi, sababi bu oz vaqt talab etadi va tirnoqlarni kamroq quritadi.
Afzalliklari:
Kamchiliklari:
Manikyur uzoq turishi uchun nima qilish kerak? | 42 | 1,138 |
Ayollar | Kiyimlarni to‘g‘ri dazmollash qoidalari | Hozirgi paytda ko‘plab fabrikalar dazmol qilishni talab etmaydigan matolardan liboslar chiqarmoqda. Biroq haqiqatan sifatli va qimmat matolar dazmollashni talab qiladi, aks holda ular pala-partish ko‘rinish kasb etadi. Ba’zi uy bekalari uchun dazmollash jarayoni haqiqiy mashaqqatga aylanadi. Dazmollashning asosiy qoidalarini bilib olsangiz, sevimli liboslaringizni osonlik bilan ideal holatga keltira olasiz.
Quruq dazmollash. Bu usulda kiyimlar o‘ng yoki teskari tomonidan dazmol qilinadi.
Namlab dazmollash. Kiyimga suv sepib chiqiladi yoki ho‘l sochiqqa o‘rab qo‘yib, so‘ngra qizdirilgan dazmol bilan dazmollanadi.
Bug‘ yordamida dazmollash. Bu holda dazmolning bug‘ chiqarish vazifasidan foydalaniladi. Kirishib ketadigan matolarni dazmollashda zinhor bu usuldan foydalanish mumkin emas.
Agar biror bir mato uchun aynan qaysi usul mos kelishida ikkilanayotgan bo‘lsangiz, uning teskari tomonidan kichikroq qismini dazmollab ko‘ring.
Turli matolarni dazmollash yo‘llari
Turli-tuman matolar dazmollashning turli usullari, namlash darajasi va turli haroratda ishlov berishni talab etganligi uchun, dazmollashdan avval albatta uning yorlig‘ini o‘qib chiqing.
Sintetik matolarni faqat iliq dazmol bilan, uning alohida qismlari uchun nam dokani qo‘llagan holda dazmollash mumkin. Bunday matolarni astar qismidan dazmollagan ma’qul.
Ipak matolarni dazmollashdan avval yarim soatcha nam matoga o‘rab qo‘yib namlantirish tavsiya etiladi. Ipakdan ishlangan matoga suv sepish umuman mumkin emas: aks holda suv tomchilari dog‘ hosil qilishi mumkin. Qora ipak matolarni yupqa mato yordamida teskari tomonidan, och ranglisini esa o‘ng tomonidan dazmollash kerak.
Astarbop gazlamalar (satin, sarja, ipak) yaltiroqligini yo‘qotmasligi va suv sepishdan hosil bo‘ladigan dog‘ qoldirmaslik uchun teskari tomonidan, namlamasdan dazmol qilish lozim.
Jun matolar tez yotib qoladi, shuning uchun ular nam mato yordamida teskari tomonidan 150—165 daraja haroratda ehtiyotkorlik bilan dazmol qilinadi.
Maqola internet manbalari asosida tayyorlandi | 39 | 2,029 |
Ayollar | Ayollar koriga yaraydigan 6 tavsiya: Qanday qilib qog‘oz salfetka yordamida go‘sht pishirish va nonni yumshoq saqlash mumkin? | Yangi yil dasturxoni uchun tayyorgarlik ko‘radigan uy bekalari, taomlarning ta’mi bilan birga uning ko‘rinishi va sifati ham buzilmasligi muhim ekanini yaxshi biladi. Quyida keltirilgan qog‘oz sochiq bilan bog‘liq tavsiyalar esa bu borada yordam berishi aniq.
Asosiy taom uchun
Tovuqni pishirishdan avval muzlatib oling, shunda taom yumshoq va suvli chiqadi. Go‘shtni qog‘oz sochiqqa o‘rang, ortiqcha suvlari chiqib ketganidan keyingina pechda pishiring.
Dasturxonni yasatish uchun
Yangi yil uchun pishloq va kolbasalarni salat bargi ustiga yasatgan yaxshi. Ammo salat bargi uzoq tursa, so‘lib qolishi mumkin. Buning oldini olish uchun salat bargidan foydalanishdan avval, uni qog‘oz sochiqqa o‘rab qo‘ying. Qog‘oz sochiq salat bargidagi ortiqcha namlikni o‘ziga oladi va dasturxondan ishtahali bo‘lib turadi.
Qovurish uchun
Tayyorlagan kotlet, qovurilgan go‘sht va sabzavotlarni qog‘oz sochiq qoplangan tarelka ustiga qo‘ying. Ortiqcha yog‘larni o‘ziga tortib olgani hisobiga taom, zararsizroq, ko‘rinishi esa ko‘ngildagidek bo‘ladi. 10 daqiqadan keyin boshqa idishga olishingiz mumkin.
Non uchun
Avvalroq olib qo‘yilgan non Yangi yil bayramigacha qotib qolmasligi uchun uni qog‘oz sochiqqa o‘rab qo‘ying.
Tayyor taomlar uchun
Avvaldan tayyorlab qo‘yilgan taomni, qog‘oz sochiq ustiga qo‘yib isitish mumkin. Bunda taomning ta’mi va ifori o‘zgarmaydi. Qolaversa, bunday uslubdan keyin ortiqcha idish yuvishga hojat qolmaydi.
Vaqtni tejash uchun
Uyni tozalash vaqtida vaqtni tejash uchun hamma narsani avvaldan rejalashtiring. Stol va polga tushgan dog‘larni vaqtida arting. O‘simlik yog‘i solingan idishni qog‘oz sochiqqa o‘rab qo‘ying. Bu orqali ortiqcha yog‘ tomishining oldini olgan bo‘lasiz. | 125 | 1,696 |
Ayollar | “Zelyonka”ni qanday ketkazish mumkin? | Suvchechak bilan og‘rigan bolaning qo‘liga yoki boshqa joylariga bexosdan to‘kilib ketgan ko‘kdori (“zelyonka”) izini qanday ketkazish mumkin? Bu savolni ko‘pchilik bunday yorqin va ko‘zga tashlanuvchi dog‘lardan qutulishni xohlagan kishilar berishadi.
Terini spirt, odekolon yoki aroqqa botirilgan paxta bilan arting. Agar spirtga bir necha tomchi limon sharbati qo‘shilsa, dog‘ni ketkazish oson bo‘ladi.
Bolaning nozik va ta’sirchan terisini tozalash uchun vodorod peroksidi yoki xlorgeksidinga botirilgan sochiqcha mos keladi. Bu moddalar tarkibida spirt bo‘lgan vositalardan ko‘ra xavfsizroqdir.
Suvchechakdan keyin ko‘kdori izini ketkazishning eng yaxshi va sinalgan usuli – bu yog‘li krem, yaxshisi bolalar kremidan foydalanish. U zararli ta’sirlar, qizarish va allergiya chaqirmaydi, yaxshi samara beradi va sovunli eritma yordamida yuviladi. Bu amalni tez-tez va bir necha marta takrorlang.
Terisida muammosi bo‘lgan kattalar uchun skrab, tonik yoki makiyajni tozalovchi vositalardan foydalanish mumkin. Ko‘kdori dog‘lari bu vositalar bilan bir kunda bir necha marta artiladi. Ular birdan emas, balki asta-sekinlik bilan ketadi.
Teridagi ko‘kdori izini ketkazishning yana bir usuli – xlor (oqartiruvchi). Lekin uni ehtiyot bo‘lib ishlatish kerak va yuz terisiga, shuningdek allergiya bo‘lgan hollarda foydalanmaslik lozim. Qo‘lingizdagi dog‘ni xlorga botirilgan mato bilan arting, keyin tezda iliq suv bilan yuving va krem surib qo‘ying.
Manba: “Lady.tochka.net” | 37 | 1,471 |
Ayollar | Qahvadan boshqa tarkibida kofein mujassam bo‘lgan mahsulotlar | Ko‘pchilik tetiklashish va kayfiyati ko‘tarilishi uchun qahva ichishni afzal biladi. Uning tarkibidagi kofein “baxt gormoni” seratoninning ko‘payishiga hissa qo‘shadi. Ammo uning ortiqchasi salomatlik bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqaradi. Harper’s Bazaar nashri tarkibida kofein bo‘lgan boshqa mahsulotlar haqida ma’lumot berib o‘tadi.
Kofeinni me’yorda iste’mol qilish ishga bo‘lgan samaradorlikni oshiradi. Ammo haddan ortig‘i organizmga salbiy ta’sir qilib, yurak, jigar, buyraklar va teri bilan bog‘liq muammolar, surunkali charchoqni keltirib chiqaradi. Kofeinni nazorat qilish uchun choy va qahvadan tiyilishning o‘zi yetmaydi. Uni o‘z ichiga oladigan mahsulotlarni iste’mol qilish borasida ham ehtiyot bo‘lish kerak.
Kofeinsiz qahva
Qanchalik g‘alati tuyilmasin, aslida kofeinsiz qahvaning o‘zi bo‘lmaydi. Gap shundaki, qahva donachalaridan kofeinni olib tashlashning iloji yo‘q, buning uddasidan chiqilgan taqdirda, qahvadan asar qolmaydi. Albatta, bunday ichimlikda kofein oddiy qahvadagidan kamroq bo‘ladi. Ammo bu o‘zini aldashga arzimaydi. Har uch porsiya kofeinsiz qahva espresso hisoblanadi va shu sabab ham uning o‘rniga giyohli choy iste’mol qilish tavsiya qilinadi.
Kakao
Kakaoda kofein qahvadagidan kamroq bo‘ladi. Shunga qaramay, ushbu moddaning oz konsentratsiyasi ham kishini tetiklashtirishga hissa qo‘shadi. Foydali bo‘lgan kakaoni tez-tez ichmaslik, tez ichgan taqdirda ham, miqdorini qisqartirish tavsiya qilinadi. Bu shokoladga ham taalluqli, unda kakao qancha ko‘p bo‘lsa, kofein ham shuncha miqdorda bo‘ladi.
Shirin gazlangan ichimlik
Kofein nafaqat kola, balki boshqa shirin gazlangan ichimliklarda ham mujassam bo‘ladi. Consumer Reports tadqiqotiga ko‘ra, bir banka gazlangan shirin ichimlikda 23 mg kofein bo‘ladi. Ulardan ikkitasi bir finjon amerikano singari tetiklashtirishi mumkin. | 63 | 1,825 |
Ayollar | Sovitkichda saqlash qulay bo‘lgan mahsulotlar | Uzoq muddat uchun oziq-ovqat sotib olishga odatlanganmisiz yoki kerak bo‘lgandan ko‘ra ko‘proq taom pishirasizmi? Ortiqcha narsalarni tashlashga shoshilmang, ularning ko‘pchiligi sovitkichda mukammal saqlanadi. “Noviy ochag” nashri sovitkichda uzoq vaqt davomida saqlash qulay bo‘lgan mahsulotlar nomini ma’lum qildi.
-18 daraja haroratda mikroorganizmlarning ta’siri to‘xtaydi va muzlatilgan mahsulot ta’mini va ko‘plab foydali elementlarni yo‘qotmasdan uzoqroq saqlanadi.
Muzlatilgan mahsulotni qancha vaqt saqlash mumkin va uni qanday qadoqlash kerak?
Mahsulotga qarab, saqlash muddati ikki oydan bir yilgacha davom etadi. Muzlatish uchun mahsulotlarni kichik paket va idishlarga, qismlarga bo‘lib qadoqlash qulayroq bo‘ladi. Shunda kerakli miqdorni olish mumkin va katta paketni muzdan tushirishning keragi bo‘lmaydi.
Pishloq
Qirg‘ichdan o‘tkazish yoki bo‘laklarga bo‘lish mumkin. Ko‘pchilik pishloqni sovitkichda xavfsiz saqlash mumkinligini bilmaydi. Agar bir vaqtning o‘zida katta bo‘lak holida qo‘yilsa, muzdan eritish biroz qiyinlashadi. Ammo uni bo‘laklarga bo‘lish uchun idishga solib, ozgina un sepish kerak. Shundagina muzdan erigandan keyin qismlar bir-biriga yopishmaydi.
Yong‘oqlar
Sovitkich yong‘oqlarni achchiq ta’mdan qutqaradi. Yong‘oqlar qurib ketishining oldini olish uchun ularga sovitkich yordam beradi, bu esa yong‘oq tarkibidagi yog‘ning buzilishini oldini oladi. Agar siz bir vaqtning o‘zida katta miqdorda yong‘oq sotib olgan bo‘lsangiz, bu ularni uzoqroq saqlash uchun yaxshi imkoniyatdir.
Banan
Muzlatilgan bananlar kokteyllar uchun mukammal mahsulot bo‘lib, muzga muhtoj bo‘lmasdan unga quyuq, qaymoqli ta’m beradi. Shuning uchun bananlarni qorayib ketmasidan avval sovitkichga qo‘yish tavsiya etiladi.
Guruch
Guruch muzlatilganida o‘z ta’mini yo‘qotadi, deyishadi. Lekin buni o‘zingiz sinab ko‘rishingiz mumkin. Qaynatilgan guruchni paketlarga solib, muzlatkichga qo‘yish kerak. So‘ngra undan foydalanishda issiq suv qo‘shib, muzdan eritish mumkin. Sovitkichga qo‘yishdan avval mahsulot pishirilgan bo‘lsa, avval ularni xona haroratida sovitib olish lozim.
Makkajo‘xori
Makkajo‘xori sovuq suv ostida yuviladi va muzlatkichga qo‘yiladi. Uni muzdan eritish uchun esa sovitkichdan olinib, issiq suvga solinadi.
Tomat pastasi
Pomidorlar muzlatish uchun mos emas, chunki muzdan eritilganda ular pyurega aylanadi. Ammo tomat pastasi muzlatib qo‘yilsa, uni sho‘rva va asosiy taomlar uchun ishlatish mumkin. Buning uchun sarimsoq, pomidor, ziravor va ozgina zaytun moyi kerak bo‘ladi. Barcha ingrediyentlar aralashtiriladi va taxminan 4 soat davomida past olovda pishiriladi.
Sut
Sut sovitkichda 3 oy davomida saqlanishi mumkin. Asosiysi, shisha yoki boshqa qadoqlar saqlash vaqtida yorilib ketmasligi kerak, chunki muzlatilgan holda suyuqlik hajmi kengayadi. Sutni muzdan eritish uchun uni xona haroratida qoldirish yoki sutni tezroq muzdan tushirish uchun idishni iliq suvga solish mumkin.
Non
Agar keragidan ko‘proq non sotib olgan bo‘lsangiz, uni mog‘or bo‘lguncha yoki qotib qolishini kutmasdan muzlatib qo‘yish kerak. Variantlardan biri uni bo‘laklarga bo‘lib muzlatishdir. Sovitkichda non folga ichida saqlanishi mumkin va tezda muzdan eritish uchun pechga yoki mikroto‘lqinli pechga qo‘yish kifoya.
Sabzavot, rezavor va mevalar
Albatta, ularni yozda muzlatish mantiqan to‘g‘ri. Avval rezavor yoki mevalarni pergament qog‘oziga, shundan keyingina paketlarga joylash mumkin. Shundagina ular muzdan eriganda ular bir-biriga yopishmaydi. Agar smuzilarni yaxshi ko‘rsangiz, meva va rezavorlar aralashmasini oldindan tayyorlash va muzlatib qo‘yish mumkin. Bu kokteyl tayyorlashda vaqtni tejaydi.
Sariyog‘
Muzlatilgan sariyog‘ o‘z ta’mini yo‘qotmaydi. Sovitkich sariyog‘i oshpazlarning maxfiy qurolidir. Taomlarni bezash uchun qirg‘ichdan o‘tkazish oson. Sariyog‘ni paketga solib yoki folgaga o‘rab, muzlatib qo‘yish mumkin.
Kotletlar
Qiyma bir oy davomida sovitkichda saqlanadi. Qiyma bilan xohlagancha tajriba qilib ko‘ring, chunki retseptlar juda ko‘p, eng muhimi, bunday kotletlarni istalgan vaqtda sovitkichdan olib, tovada oddiygina qovurish mumkin.
Ko‘kat va ziravorlar
Ko‘katlarni muzlatish uchun ular quritiladi, mayda to‘g‘ralib, sovitkichga qo‘yiladi. Ko‘katlar biroz muzlagandan keyin ularni kichik paketlarga solish mumkin. Yana bir variant — sotib olingan ko‘katlarni yuvish, mayda to‘g‘rash va muz qoliplariga joylashtirish. Sho‘rva pishirganda, taomga lazzat va xushbo‘ylik berish uchun qaynab turgan bulyonga ko‘katlarni qo‘shish kifoya. | 45 | 4,482 |
Ayollar | Kuz va qishda poyabzallarni quritishga yordam beradigan 6 usul | Yomg‘ir va qor yog‘ishi kuzatilgani sabab ham sovuq mavsumda nafaqat ustki kiyim, balki oyoq kiyimlarning ham ho‘l bo‘lishi ko‘plab kuzatiladi. Shu sabab ham har ehtimolga qarshi ish beradigan usullar haqida ma’lumotga ega bo‘lish muhimdir. Cosmopolitan nashri bu borada asqatadigan tavsiyalarni e’tiboringizga havola qiladi.
Poyabzal tozalashning 3 asosiy qoidasi
Issiq pol
Polda issiqlik keng taqsimlangani va issiqlik darajasi batareyadan pastroq ekani sabab, ushbu usul yaxshi samara beradi. Buning uchun artilgan poyabzalni issiq pol ustida qoldirish kifoya. Ish berishi uchun uyingizdagi pol issiq bo‘lishi kerak.
Fen yordamida
Ushbu usuldan foydalanishdan avval, poyabzalni bog‘ichlarini yeching va ichiga havo kirishini ta’minlang. Shundan keyin fen bilan quriting, ammo charmga zarar yetkazishi mumkinligi sabab harorat issiq bo‘lmasligiga e’tibor qarating.
Qizdirish mumkin bo‘lgan maxsus gilamcha
Rozetkaga ulanishi orqali qizdiriladigan gilamcha, issiq poldek samara berishi mumkin.
Qog‘oz yordamida quritish
Buklangan gazetani poyabzal ichiga tiqib, ortiqcha namlikdan qutilsa bo‘ladi. Ho‘l bo‘lsa, uni olib o‘rniga yangi qog‘oz solishingiz ham mumkin.
Guruch yoki silikagel
Guruch, tuz yoki ichimlik sodasi solingan paypoqni poyabzal ichiga qo‘yish ham yaxshi ish beradi. Agar mahsulotlardan foydalangingiz kelmasa, silikagelli sharchalardan foydalaning. Poyabzal qutisi yoki sumka ichidagi kichkina qog‘oz paket ichidagi kremniy dioksidli donachalar silikagel deb ataladi. Nam va ho‘l, ertalabgacha qurishi kerak bo‘lgan sumka va poyabzal ichiga gelli paket solib qo‘yish yaxshi samara beradi.
Poyabzalni quritadigan maxsus vositalardan foydalaning
Agar doimiy ravishda poyabzalingizni quritishga to‘g‘ri kelsa, maxsus vosita sotib olish haqida o‘ylab ko‘ring. Elektrli, keramik qoplamali yoki zamburug‘ga qarshi samara beradigan turli variantdagilarni xarid qilishingiz mumkin. | 62 | 1,894 |
Ayollar | Tilla, kumush va boshqa zargarlik buyumlarini to‘g‘ri tozalash bo‘yicha tavsiyalar | Vaqt o‘tishi bilan quloq, bo‘yin yoki qo‘lga taqilgan zargarlik buyumlarida yog‘ qatlami va o‘lik teri hujayralari to‘planadi. Ayollarning jon-u dili bo‘lgan zargarlik buyumlari ehtiyotkorlik bilan parvarish qilishni talab qiladi. Ularni uy sharoitida vaqti-vaqti bilan tozalash bo‘yicha tavsiyalarni e’tiboringizga havola etamiz.
Zargarlik buyumlarini qanday tozalash kerak?
Zargarlik buyumlarini tozalashning eng yaxshi usuli – bu tish cho‘tkasi va oddiygina idish yuvish vositasi. Ba’zi zargarlik do‘konlarida tez tozalovchi suyuqliklar sotiladi, ular tom ma’noda taqinchoqlardagi bakteriyalarni yo‘qotadi. Bu eng samarali usul, ammo, afsuski, barcha zargarlik buyumlari bunga bardosh bera olmaydi. Olmos va sapfir kabi qattiq qimmatbaho toshlar juda qattiq bo‘lsa-da, albatta, mutaxassis bilan maslahatlashish zarur. Ularni yumshoq, nam mato bilan tozalash eng xavfsizidir. Aytgancha, hozirda zargarlik buyumlari uchun maxsus matolar ham mavjud.
Qattiq qimmatbaho toshlar
Olmos, sapfir va yoqutlarga zarar bermaslik uchun ular juda ehtiyotkorlik bilan tozalanishi kerak. Ularni tozalash uchun yangi tish cho‘tkasi, iliq suv va tozalash vositasidan foydalanish lozim. Zargarlik buyumlari oqava suvga tushib ketmasligi uchun chuqur idishda yuvish tavsiya etiladi.
O‘ta nozik qimmatbaho toshlar
Opal va zumradlar juda injiq toshlar qatorida ehtiyotkorlik bilan parvarish qilishni talab qiladi. Ushbu toshlar o‘ta mo‘rt bo‘lib, yoriqlaridan suv osonlikcha kirishi mumkin. Ularga ma’lum shaklni berish uchun maxsus moydan foydalaniladi. Shuning uchun zargarlik buyumlarini tozalashda suv yoki erituvchilardan foydalanish qat’iyan man etiladi. Professional yordam uchun zargarlik do‘koniga borish yaxshiroqdir.
Kumush
Ma’lumki, kumush tezda xiralashadi va asl ko‘rinishini yo‘qotadi. Yorqinlikni tiklash uchun zargarlik buyumlarini kimxob yoki movut bilan ishqalash lozim. Kumushni porlatish uchun maxsus vositalar ham mavjud, ammo ular barcha zargarlik buyumlariga mos kelmaydi.
Tilla
Ushbu sevimli metall ham tezdagina o‘z ko‘rinishini yo‘qotadi, xiralashadi va kirlar bilan qoplanadi. Bu kabi zargarlik buyumlarini tish cho‘tkasi bilan iliq sovunli suvda tozalash tavsiya etiladi. Agar u foyda bermasa, maxsus tilla tozalash vositasidan foydalanish mumkin. U yirik zargarlik do‘konlarida sotiladi.
Marvarid
Marvarid zargarlik buyumlari ichida hashamatlisi bo‘lib, boshqalari kabi to‘g‘ri parvarish qilishni talab qiladi. Munchoqlar dumaloq shakli tufayli odatda ifloslanmaydi, lekin ular bir qatorga terilgan ip tezda kir bo‘ladi. Marvarid marjonlarni tozalash uchun har uch yilda bir marta ularni yangi ipga o‘tkazish kerak. Shuning uchun ham bu ishda professionallar yordami, albatta, kerak bo‘ladi.
Platina
Platina jiddiy kuch va xarajatlarni talab qilmaydigan bardoshli va ishonchli metalldir. Uni tozalash uchun iliq sovunli suv yoki maxsus oltin tozalash vositasidan foydalanish kifoya. | 82 | 2,897 |
Ayollar | Yangi yil dasturxonidagi salat va boshqa yeguliklarni qancha vaqt saqlash mumkin? | Yangi yil dasturxoniga qancha tayyorlanmasin pishirilgan taom, salat yoki shirinlikdan, albatta, ortib qoladi. Qolgan yeguliklarni necha kun iste’mol qilish mumkinligi esa barcha uy bekalari uchun qiziq ekaniga shubha yo‘q.
Salatlar qancha vaqt turadi?
Yangi yil bayrami uchun turli – sabzavotli, go‘shtli salatlar tayyorlanadi va kamdan kam hollarda ortib qolmaydi, muzlatkichda ikki-uch kun turishi mumkin. Ularning qanchalik uzoq turishi qanday mahsulotlar qo‘shilganiga bog‘liq. Eng tez buziladigani sabzavotli hisoblanadi. Shuni inobatga olgan holda bunday salatlarni dasturxonga tortishdan avvalgina tayyorlash kerak, ortganini esa uzoq olib turmagan yaxshi.
Mayonez va yog‘ qo‘shilmagan bo‘lsa, qaynatilgan va konservalangan sabzavotlardan tayyorlangan salat uzoq vaqt turishi mumkin. Bunday salatlarni 24 soat muzlatkichda saqlasa bo‘ladi, aynib qolmasligi uchun esa mayonez yoki boshqa qo‘shimchani dasturxonga tortishdan avval soling. Turli komponentlar qo‘shib tayyorlanadigan olivye singari salatlar esa uzoq tursa, organizmga jiddiy zarar yetkazishi mumkinligi sabab ham bir necha soatdan ortiq saqlamagan ma’qul.
Yaxna yeguliklar
Qandolat plyonkasi yoki konteynerda saqlansa, bo‘laklarga bo‘lingan go‘shtli, baliqli va kolbasalarni bir necha kun saqlash mumkin. Ammo uyda tuzlangan baliq mahsulotlarini kesilganidan keyingi bir necha soat davomida tanovul qilish kerak.
Buterbrodlarni ham uzoq saqlamaslik tavsiya qilinadi. Chunki nonning tez nam tortib qolishi zararli bakteriyalar ko‘payishiga muhit yaratadi. Qizil ikra muzlatkichda 5-6 kun turishi uchun uni shishali, qopqog‘i yaxshilab yopiladigan idishga solgan yaxshi.
Issiq taom
Pechda pishirilgan tovuq va go‘shtni muzlatkichda ikki sutka davomida saqlash mumkin. Pishirilgan taomdan qolgan qoldiqlarni boshqa bir taomga masalan, pirog, salat yoki quymoq ichiga nachinka sifatida ishlatish mumkin.
Shirinliklar
Tort va shirinliklarning qanchalik uzoq turishi ularning kremi qaysi mahsulotlardan tayyorlanganiga bog‘liq. Sariyog‘ va qaymoqli kremlar, boshqalariga tayyorlanganiga nisbatan uzoqroq turadi. Smetana qo‘shib tayyorlanganini esa o‘sha kechaning o‘zida iste’mol qilish kerak. | 81 | 2,159 |
Ayollar | Soch rangini o‘zgartirishdan avval bilib qo‘yish zarar qilmaydigan ma’lumotlar | Sochni to‘g‘ri bo‘yash katta ahamiyatga ega, u nafaqat tashqi ko‘rinishingizni o‘zgartiradi, balki soch tolalaringizga ham ta’sir ko‘rsatadi. Quyida sochingizni bo‘yashdan oldin bilishingiz kerak bo‘lgan 14 ta sir keltiriladi.
Sochingizni bo‘yashdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashing
Sochingizni bo‘yashdan 15-20 daqiqa oldin mutaxassis bilan uchrashing va undan kerakli maslahatlarni oling. Agar noto‘g‘ri rangni tanlasangiz, bu nafaqat avvalgi rangni tiklashda ancha vaqt talab qiladi, balki orzu qilgan rangingizni yaratishda ham qiyinchilikni yuzaga keltiradi. Shuning uchun mutaxassisga o‘z xohishingizni ayting, keyin uning maslahatlarini tinglang.
Soch ildizlariga alohida e’tibor bering
Agar har uch haftada sochingizning ildizlari yorilishini istamasangiz, sartarosh maslahat bergan tor doiradagi ranglardan foydalaning.
Ijtimoiy tarmoqlardagi mutaxassislarning sahifasiga qarang
Sochingizni to‘g‘ri rangga bo‘yashni istasangiz, mutaxassislarning ijtimoiy sahifalaridagi suratlarga qarab chiqing. Ko‘p hollarda ular soch bo‘yashdan oldin va keyingi holatlar aks etgan suratni sahifasiga joylashtiradi.
O‘zingizga yoqqan rangni suratga oling
O‘zingizga yoqqan soch rangini suratga oling, bu sizning rasmingiz yoki biror mashhurlarning soch rangi bo‘lishi ahamiyatsiz. Bu mutaxassisga qaysi rangni orzu qilayotganingizni anglatish va tushunmovchiliklardan xalos bo‘lishning eng yaxshi yo‘li. Surat orqali siz unga ko‘p narsani tushuntirishingiz mumkin.
O‘zingizga yoqmagan rangni ham suratga oling
Agar siz sochingizning rangini o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz va bu rang sizga mos kelmasligiga ishonchingiz komil bo‘lsa, uni ham suratga olib saqlab qo‘ying. Bu ham mutaxassisga qaysi rangni istamayotganingizni va yoqmasligini ifodalashning eng to‘g‘ri yo‘lidir.
Sochingizga niqob qiling
Qanday qilib o‘zingiz sochingizni bo‘yashingiz mumkin? Buning uchun siz bo‘yashdan bir kun oldin sochlaringizga niqob qo‘llang. Bo‘yoq sochlaringizni quritib yuborishi mumkin, agar niqob qo‘llanilsa, juda yaxshi natija beradi. Niqobni yuvishdan oldin sochlaringizni odatdagidan ikki barobar ko‘proq muddatga qoldiring.
Bo‘yoq qutisi ustidagi ranglarga alohida e’tibor bering
Agar sochingizni birinchi marta bo‘yayotgan bo‘lsangiz, siz bo‘yoq qutisi ustidagi rang natijalariga ishonib qolmang. Haqiqat shundaki, pigment sochlar bilan o‘zaro ta’sirlashib ularni o‘zgartirishi va bir yilgacha qolishi mumkin. Agar sochingizni to‘q rangga bo‘yagan bo‘lsangiz, avvalgi holatiga kelishi yoki boshqa rangni singdirishi uchun bir yil kerak bo‘ladi. Shuning uchun siz mutaxassis bilan bog‘lanib, birinchi marta soch bo‘yayotganingizni ayting.
Radikal yechimlar kerak emas
Birinchi bo‘yayotgan rangingiz sochingizning tabiiy rangidan biroz farq qilishi kerak. Sochingizni taxmiman bo‘yamang, radikal tajribalarning oqibati yaxshi bo‘lmaydi.
Bo‘yash sochlarning hajmini oshiradi
Har safar sochingizni bo‘yaganingizda uning tashqi tomondan tuzilishi ham o‘zgargandek ko‘rinadi. Professional bo‘yoqlardan foydalanganda siz nafaqat chiroyli rangga ega bo‘lasiz, balki sochlaringiz ham sog‘lom ko‘rinadi.
Shampuningizni o‘zgartiring
Agar birinchi marta sochingizni bo‘yayotgan bo‘lsangiz, sizga yangi shampun va balzam kerak bo‘ladi. Stilistingizdan qaysi vosita sizning sochingizga mos tushishini so‘rang va uning maslahatiga amal qiling.
Qanday qilib quyoshdan himoyalanish kerak?
Soch rangini yo‘qotmaslik uchun shlyapalar, sharflar yoki UV filtrli konditsionerlar bilan himoya qilishingiz kerak bo‘ladi. Bu quyoshli ob-havoda muhim. Yozda o‘zingiz orzu qilgan soch rangini ikki haftada yo‘qotishingiz mumkin.
Suvdan ehtiyot bo‘ling
Bundan tashqari, siz bo‘yalgan sochlaringizni dengiz tuzi va xlorli hovuzlardan himoya qilishingiz kerak. Agar sochingiz sariq rangda bo‘lsa, yashil rangga aylanishi mumkin, qoramtir rang esa cho‘milishdan keyin qizil rangga aylanishi mumkin. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun cho‘milishga borishdan oldin har doim sochlaringizni ko‘p miqdorda toza suv bilan namlang. Nam sochlar tuz va xlorli suvni o‘zlashtirmaydi va sochingizning rangi uchun xavfsiz hisoblanadi.
Ta’tildan so‘ng sochingizni bo‘yang
Har qanday holatda quyoshli dengizdagi ta’tildan keyin sochingizning rangini o‘z holatiga keltirish kerak bo‘ladi, shuning uchun bo‘yashni dam olishdan keyin rejalashtiring.
Soch bo‘yashdagi narxlarga e’tibor bering
Soch bo‘yashning taxminiy narxini aytish qiyin. Bu siz yashayotgan shahardagi o‘rtacha narxlarga ham, mutaxassisning mahorati, obro‘siga va u ishlatadigan bo‘yoqlar narxiga bog‘liq. Ammo siz arzon narxdagi bo‘yatishni tanlamasligingiz kerak, chunki sochlar sifatsiz bo‘yalsa, pushaymon bo‘lishingiz aniq. | 78 | 4,636 |
Ayollar | Mavsum trendi: Shaxmat nusxali liboslarni nima bilan kiyish kerak? | Mavsumning eng dolzarb printli kiyish kerakligi haqida ma’lumot berib o‘tamiz. Tartan, katak nusxali liboslar allaqachon street style’da mashhur bo‘lgan va shaxmatli print allaqachon ularga raqib bo‘lishga ulgirgan.
Mashhur moda uylari ham o‘ziga xos obrazlar yaratish mumkin bo‘lgan, aksariyat hollarda granj uslubi va “Vans” krossovkalari bilan bog‘lab uyg‘unlashtiriladigan mazkur printga qayta-qayta murojaat qilganini ko‘rish mumkin. Oyoq kiyimlar ishlab chiqarish bilan yaxshi ma’lum bo‘lgan “Vans” brendi bir necha yillar davomida taqdim qilgan kolleksiyalarida shaxmatli print 70-yillarda ayniqsa sevimli bo‘lgan. 2020-yilga kelib esa har qachongidan ham mashhurlasha boshlagan.
2020-yilning oktabrida premyerasi bo‘lib o‘tgan “Qirolichaning yurishi” nomli serial nafaqat shaxmat sportiga, balki mazkur print tushirilgan kiyim-kechaklarga bo‘lgan talabni oshishiga ham sabab bo‘ldi. Birinchi to‘rt hafta davomida 62 million marta tomosha qilingan serial, moda olami tendensiyalariga ham ta’sir qildi.
Ammo serial ekran yuzini ko‘rguniga qadar ham shaxmat printi ayrim dizaynerlar uchun sevimli bo‘lgan. Masalan, Erdem 30-yillardan ilhomlanib, yaratgan romantik uslubdagi kolleksiyasi bilan mazkur printni umumlashtirgan. Kristofer Keyn esa kvadratlar o‘rniga uchburchak va boshqa geometrik shakllardan foydalangan.
Palm Anjels esa kovboy uslubidagi poncholar bilan charm matodan tikilgan shim taqdim qilgan. Shaxmat nusxali print o‘ziga xos va obrazga urg‘u berishi mumkin bo‘lgan print hisoblanadi.
Shu sabab ham shunday printli palto xarid qilish tavsiya qilinadi. Bunday obrazni Dua Lipa singari neon rangli kiyim bilan moslashingiz yoki yorqin aksessuarlar bilan urg‘u berishingiz mumkin. | 66 | 1,705 |
Ayollar | Idish-tovoq gubkasini qanday tozalab, undagi bakteriyalardan xalos bo‘lish mumkin? | Ma’lum bo‘lishicha, mikroto‘lqinli pech idish-tovoq gubkasidagi bakteriyalarga qarshi kurashishning yagona usuli emas. “Noviy ochag” nashri boshqa samarali va tasdiqlangan usullar bilan tanishtirdi.
Hech kim idishlarni mikrob bilan zararlangan gubkada yuvishni yoqtirmaydi, shuning uchun ularni muntazam tozalab turish kerak. Ammo qaysi usul eng samaralisi hisoblanadi? Tadqiqot instituti Nyu-Jersi shtatining Vestmont shahridagi EMSL Analytical sinov laboratoriyasi bilan hamkorlikda bakteriyalarni qanday qilib samarali yo‘q qilishni aniqladi: idishlarni yuvish mashinasi, mikroto‘lqinli pech, kir yuvish mashinasi, oqartirgich yoki sirka.
Gubka tozalashning eng yaxshi usuli
3/4 chashka oqartirgich va 4 litr suv bilan aralashtiriladi, gubka besh daqiqa davomida namlanadi, so‘ngra yuviladi. Tajriba davomida oqartiruvchi eritma sinovdan o‘tgan gubkalardagi bakteriyalarning uchta shtammining 99,9 foizini o‘ldirdi. Bu AQSH atrof-muhitni muhofaza qilish agentligining oziq-ovqat bo‘lmagan kontaktlarni tozalash talablariga asoslanib, mukammal deb hisoblanadi.
Ammo qanchalik mas’uliyat bilan tozalashdan qat’iy nazar, oshxonadagi gubkalardan abadiy foydalanilmaydi. Ularni haftada bir marta tozalanadi va har ikki-uch haftada yangisiga almashtiriladi.
Gubkalarni tozalashning boshqa usullari
Oqartirish bakteriyalarni o‘ldirishning eng yaxshi usuli deb hisoblanishiga qaramay, boshqa vaziyatda ushbu usullarga murojaat qilish mumkin. Ular samaradorlikning kamayish tartibida keltirilgan, shuning uchun ulardan mosini tanlash mumkin.
Mikroto‘lqinli pech
Mikroto‘lqinli pech eng samarali usullardan biri bo‘lib, mikroblarning 99,9 foizini o‘ldiradi. Agar bu usul mos keladigan bo‘lsa, mikroto‘lqinli pechga gubka qo‘yiladi, uni suv bilan namlash kerak. Keyin u bir daqiqa davomida yuqori haroratda qizdiriladi yoki ikki daqiqa.
Idish yuvish mashinasi
Idish yuvish mashinasi ham mikroblarning 99,9 foizini o‘ldiradi. Bunday holda, gubkani issiq quruq havo sozlamalari yordamida idish-tovoq mashinasiga soling.
Sirka
Bu usul bakteriyalarning 99,6 foizini yo‘q qildi. Bajarish kerak bo‘lgan narsa gubkani sirkaga besh daqiqa davomida namlash va keyin uni chayishdir. | 82 | 2,165 |
Ayollar | Kichrayib qolgan kiyimlarni avvalgi o‘lchamiga qaytarishda asqatadigan layfxaklar | Yuvish va quritishdan keyin kiyim kichrayishi, ya’ni hajmi kamayishi juda kam uchraydi. Ammo zaruriy yuvish rejimining buzilishi (juda issiq suv, mos bo‘lmagan yuvish vositalaridan foydalanish) tufayli ushbu holat yuzaga keladi. Bunday kiyimning omadsiz egalari yorliqdagi kerakli ma’lumotlarni o‘qimaganidan afsusda bo‘lishi mumkin. Lekin Wday nashri ularni avvalgi holga keltirishga yordam beradigan layfxaklar bilan bo‘lishdi.
Bunday vaqtda sovuq suv yordam beradi!
Sizga kerak bo‘ladi:
Hajmi sezilarli darajada kichraygan trikotaj buyumni qanday o‘z holiga qaytarish mumkin? Kiyim sovuq suvli to‘ldirilgan tog‘oraga solinadi, keyin biroz siqib olinadi. Juda qattiq siqish shart emas. Suvi tomchilab tugagandan so‘ng katta, toza sochiq bilan qoplangan tekis, gorizontal yuzaga qo‘yiladi va quritiladi.
Qoida tariqasida, bunday oddiy, ammo samarali texnika ko‘p hollarda yordam beradi. Shuning uchun ruxsat etilgan yuvish rejimlariga qat’iy rioya qilishni unutmaslik kerak.
Agar kiyim biroz kichraygan bo‘lsa, uni asl shakliga qaytarish oson. Katta doka bo‘lagi ho‘llanadi, u ozgina siqib olinadi va dazmol taxtasiga qo‘yiladi. Kichraygan kiyim doka ustiga yoyilib, issiq dazmol bilan yaxshilab dazmollanadi. Bug‘ ko‘tarilib, matodan o‘tadi va uning tolalarini biroz kengaytiradi. Qisqargan kiyim yana o‘zining asl o‘lchamiga qaytadi.
Agar djinsi kichraygan bo‘lsa, nima qilish kerak?
Kir yuvish kukuni bilan yuvilgandan so‘ng har qanday djinsi kichrayadi. Shuning uchun uni minimallashtirish va osongina tuzatish uchun ushbu qoidalarga amal qilish lozim. Birinchidan, djinsilar iliq suvda yuviladi.
Uning harorati 40 darajadan oshmasligi maqsadga muvofiqdir. Ikkinchidan, ularni uzoq vaqt yuvmaslik kerak. Agar ular qattiq ifloslangan bo‘lsa ham, 30 daqiqalik yuvish yetarli. Keyin ularni kengaytirish ancha oson bo‘ladi. Kir yuvish mashinasida ularni yuvish mumkin, lekin buni to‘g‘ri bajarish kerak, ya’ni harorat rejimiga rioya qilish kerak.
Yuvib, siqilgandan so‘ng nam djinsi dazmol taxtasiga qo‘yiladi va issiq dazmol bilan yaxshilab bug‘lab dazmol qilinadi. Vaqti-vaqti bilan ularni uzunligi va kengligi bo‘yicha cho‘ziladi va dazmollashda davom etiladi.
Djinsilar deyarli asl shakliga qaytganda dazmollashni to‘xtatib, butunlay quriguncha kutiladi. Kiyilgach esa uzog‘i bilan yarim soat ichida o‘z holiga qaytadi. | 81 | 2,325 |
Ayollar | Halqasimon sharf qanday kiyiladi? | Halqasimon sharf (xomut sharf, snud) – sovuq paytlari kiyiladigan eng qulay aksessuarlardan biri. Maqolamizda bu aksessuardan foydalanishning bir necha variantlari keltirilgan.
Halqasimon sharfning o‘ziga xos xususiyatlari:
- Sharf uchlari yopiq aylana shaklda tugma bilan yoki tikib tutashtirilgan.
- Snudni oddiy sharfdan farqli ravishda bosh usti orqali kiyiladi.
- Sharf kengligi zarur bo‘lganda boshni yopishga ham yetarli bo‘ladi.
- Sharf nafaqat qizlarga, balki turli yoshdagi ayollarga ham yarashadi.
- Snudni ayollardan tashqari zamonaviy erkaklar ham kiyishi mumkin.
Halqasimon sharfning aktual variantlari
- Kalta. Ixchamgina sharf xudda katta yoqa kabi ko‘rinadi. Lekin boshga kiyib bo‘lmaydi.
- Uzun. Ularni bo‘yin atrofiga ikki marta aylantirib qo‘yish yoki sovuq havoda boshga kapyushon kabi tashlab qo‘yish oson.
- Kapyushonli xomut sharf. Ensani to‘liq yopib turuvchi kapyushonli xomutlar ham uchraydi. | 33 | 920 |
Ayollar | Tugma va choklar: Kiyimning sifatsiziligini anglatuvchi 7 ta belgisi | Sotib olingan kiyim yoki sumka yuqori sifatli bo‘lishini qanday aniqlash mumkin? Hatto yuqori narx har doim ham xaridor uchun kafolat emas. Quyida sifatsiz xaridlarni farqlashga yordam beradigan 7 ta belgini taqdim etamiz.
Notekis chok
Past sifatli narsalarni tanib olishning eng oson yo‘li uning tikishlariga qarashdir. Agar ular notekis bo‘lsa, bu ehtiyot bo‘lish uchun jiddiy sababdir. Bundan tashqari, yuqori sifatli mahsulotlarda choklarga diqqatni qaratish tavsiya etiladi: agar chok bo‘ylab mato tortilsa, u yechilishni boshlamaydi. Buning aksi yuz bersa, demak sifatsiz kiyim xarid qilingan.
Plastik zamoklar
Metalldan yasalgan zamoklar mustahkam va bardoshli, ammo plastiklarida muammolar paydo bo‘lishi mumkin: agar ko‘ylak, pijak yoki boshqa garderob buyumlarida zamok plastik bo‘lsa, ishlab chiqaruvchi pulni tejashga qaror qilgan va bu buyumning sifati pastligidan darak beradi.
Shaklni yo‘qotish
Jemper yoki uzun sviter sotib olgandan so‘ng, ular tezda o‘zining oldingi shaklini yo‘qotib qo‘ydimi? Xarid qilish bosqichida ham bu qiyinchiliklardan qochish mumkin: mahsulotning elastik qismini tortib, uni qo‘yib yuborish kifoya. Agar shakl yo‘qolsa, bu ishlab chiqarishda sifatsiz material tanlanganini anglatadi. Yaxshi matolar o‘z shakllarini ushlab turadi.
Zamokning uzunligi
Ko‘pchilik zamok uzunligiga e’tibor bermaydi: uning qanchalik yaxshi ishlashini tekshirish kifoya qiladi va xarid amalga oshiriladi. Ammo bu noto‘g‘ri yondashuv: agar zamok turli uzunliklarda, notekis yoki ikkala tomondan rangga mos kelmasligini sezsangiz, bu butun mahsulot sifatiga shubha qilish uchun sababdir.
Diqqatni tortar darajada yaltiroq
So‘nggi bir necha mavsumda e’tiborni tortadigan buyumlari mashhurlikning eng yuqori cho‘qqisiga chiqdi. Biroq zamonaviy narsalarni tanlashga ehtiyotkorlik bilan yondashish kerak. Ipak yoki atlasdan tayyorlangan kiyimlarni sotib olayotganda, mato qanday “porlashiga” diqqat bilan qarash lozim. Agar yaltirash juda yorqin bo‘lsa, mato arzon bo‘lib chiqishi mumkin, qimmat materiallar esa bundan farqli o‘laroq o‘ta jilolanmaydi.
Tugmalar
Tugmalar ham ahamiyatsiz element kabi ko‘rinishi mumkin, ammo unday emas. Yuqori sifat uchun bu mahkam va chiroyli tarzda tikilgan tugmalar va ortiqcha iplarning yo‘qligi. Simmetriya haqida ham eslash kerak. Agar nuqtalardan kamida bittasi kuzatilmasa, mahsulot shoshilinch ravishda ishlab chiqarilgan.
Rang
Agar bo‘yoq sumkaning tutqichlari yoki tasmalarida iz qoldirsa, demak u sifatsiz. Bundan tashqari, sotib olishdan oldin, har qanday elementning bir xilligini diqqat bilan tekshirish tavsiya etiladi: agar bir qismda rang yengilroq bo‘lsa va qolganlaridan farq qilsa, bir necha marta yuvishdan keyin bo‘yoq o‘chib ketishi ham mumkin. | 68 | 2,716 |
Ayollar | Pardoz vositalari foydali bo‘la oladimi? | Bir paytlar yaxshi pardoz uchun ayollar sog‘lig‘i bilan haq to‘lashga majbur bo‘lgan. Simobga to‘la vosita bilan yuzini qizartirar, qoshini zaharli qalam yordamida qoraytirar, yuz terisini qo‘rg‘oshinli vosita bilan oqartirar edi. Ilmiy taraqqiyot kosmetika tarkibidagi zahar miqdorini kamaytirdi.
Hozir kosmetika buyumlari avvalgidek zararli emas: lab bo‘yog‘i lablarni namlantiradi, tonal kremlar terini ultrabinafsha nuridan himoya qiladi va hokazo.
Aksariyat rang beruvchi vositalar (tonalka) asosini suv, talk, yog‘ va pigmentlar tashkil etadi. Rang uchun javob beruvchi moddalarning neytral ekanligi va allergiya chaqirmasligiga ahamiyat qarating. Bularga ruh oksidi va temirni misol qilib keltirishimiz mumkin. Ularning barchasi shahar tutunidan himoya qilishga qodir.
Qanday qalam olishingizdan qat’i nazar uning tarkibida yog‘lar, pigmentlar va mum borligini ko‘rish mumkin. Mum tabiiy, masalan, asalari mumi bo‘lsa yaxshiroq. Aks holda teri qichishishiga yo‘liqish mumkin. O‘simlik yog‘lari — kokos va shi yog‘i toshqalamni yumshatadi.
Tush ishlab chiqaruvchilar uni kipriklaringizga sura boshlashingiz bilan ular o‘sa boshlashiga ishontiradi. Tushning tarkibida o‘stiruvchi omillar (EGF yoki bFGF) bor-yo‘qligini tekshirib ko‘ring. Bu oqsil molekulalari haqiqatan ham o‘stirishi mumkin, biroq ko‘pincha allergiya chaqiradi. Kiprik tolalari siyrak bo‘lsagina ularning samarasi seziladi. Agar kipriklar shusiz ham qalin bo‘lsa E vitamini bilan cheklanishni tavsiya etamiz.
Avval lab bo‘yog‘i tarkibidan faqat mum, yog‘lar va pigmentlarni topish mumkin edi. Endi esa ko‘plab namlantiruvchi moddalarni uchratish mumkin. Misol uchun, gialuron kislotasi, aloe-vera ekstrakti, E vitamini, shaftoli va bodom danagidan olingan yog‘lar.
Shunday ekan, zamonaviy pardoz vositalari nafaqat go‘zallik, balki sog‘liq uchun ham foydali hisoblanadi. Muhimi, sifatli mahsulotlardan foydalanish va ularning tarkibiga ahamiyat qaratish lozim. | 40 | 1,934 |
Ayollar | Malayziyada to‘yi oldidan go‘zallik saloniga borgan kelin o‘sha yerda vafot etdi | Malayziyada to‘yi oldidan liposaksiya uchun (tanadagi yog‘lar jarrohlik yo‘li bilan olib tashlanadigan kosmetik operatsiya) go‘zallik saloniga borgan kelin vafot etdi, deb xabar beradi The Straits Times.
23 yoshli Syao Chjisin tantanali marosimga tayyorgarlik ko‘rgan va o‘zini yaxshi ko‘rinishga keltirishni xohlagan. Internet orqali u Cheras shahridagi kosmetika salonini topib, qo‘lidagi ortiqcha yog‘lardan xalos bo‘lish operatsiyasiga yozilib qo‘ygan. Ushbu operatsiya 600 dollar atrofida turgan.
17-oktabr kuni Chjisin dugonasi bilan ushbu xizmatdan foydalanish uchun kelgan. Mijozga shu zahoti anesteziya yuborishgan. Oradan yarim soat o‘tgach u o‘zini yomon his qila boshlagan, yana bir soatdan keyin esa qizning yuragi urishdan to‘xtab qolgan. Qiz zudlik bilan kasalxonaga yetkazilgan, biroq bu yordam bermagan.
Go‘zallik saloni boshqaruvchisi so‘roq qilinganida ularda bu kabi tibbiy xizmatlarni bajarish uchun litsenziya yo‘qligini tan olgan. Aniqlanishicha, ushbu salonning faqatgina oddiy kosmetik xizmatlarni ko‘rsatishga ruxsati bo‘lgan.
Go‘zallik salonining ikki egasi — ayol va uning qizi Chjisinning o‘limini tergov qilish jarayonlari uchun qo‘lga olingan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, qizning o‘limiga nima sabab bo‘lgani aniq emas.
Baxtsiz hodisa tufayli chiroyini yo‘qotib, qalb go‘zalligi bilan baxt topgan qizlar hikoyasi (foto)
Avvalroq xitoylik kelin to‘y fotosessiyasi vaqtida halok bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi. | 80 | 1,452 |
Ayollar | Foto: Noodatiy ko‘rinishingizga yordam beradigan ranglar umumlashmasi | Obrazning esda qolarli, qiziqarli va o‘ziga xos chiqishi uchun ranglarni bir-biriga moslashning ahamiyati katta. Ranglarni uyg‘unlashtirib, noodatiy kiyinish uchun kuzatish, eksperiment qilish va stereotiplardan voz kecha bilish kerak. Birga kiyib bo‘lmaydi deb hisoblanadigan, aslida esa juda ham chiroyli ko‘rinishga sabab bo‘ladigan ranglar kombinatsiyasi mavjud. Quyidagi ma’lumotdan esa bu borada shpargalka sifatida foydalansangiz bo‘ladi.
Qizil va pushti
Ko‘pchilik qiz va ayollar qizil bilan birga pushti rangni kiyib bo‘lmaydi, bu umumlashma haddan ortiq e’tibor jalb qiladi deb o‘ylaydi.
Aslida esa unday emas. Mazkur ranglar oddiy obrazga o‘ziga xoslik baxsh etadi va boshqalardan ajralib turishingizga sababchi bo‘ladi. Faqat qizil bilan pushti moslanganda ortiqcha aksessuarlardan qochish, minimal uslubdagi poyabzal va sumka tanlash kerak.
To‘q ko‘k va qora
Bunday obraz zerikarli bo‘ladi deb o‘ylaganlar yanglishadi, bu umumlashma bir vaqtning o‘zida sipo va didli ko‘rinishingizga sababchi bo‘ladi. Shu sabab ham stilistlar kiyinish borasida ushbu ranglarni moslashni tavsiya qiladi.
Boshdan oyoq qora kiyinib, ko‘k pidjak kiyish obrazni yorqin aksessuarlar, zanjir yoki poyabzal bilan to‘ldirish mumkin.
Qora va pushti
Ayrimlar qora va pushtini bir-biriga zid bo‘lgan ranglar deb hisoblaydi. Ammo siz bunday fikrlarga quloq solmang va eksperiment qilib ko‘ring.
Boshlanishiga och pushti bilan moslab ko‘ring. Boshqalarga o‘xshamasdan, shu bilan birga, bachkana bo‘lmagan uslubda kiyinishga harakat qiling. | 69 | 1,529 |
Ayollar | Go‘zal ayolni ham oddiy ko‘rsatib qo‘yuvchi soch turmaklari | Ayollarning aksariyati turli soch turmaklari va bezaklarni o‘zida sinab ko‘rishni yoqtiradi. Ulardan ba’zilari yarashsa, ba’zilari hammasini buzib qo‘yishi ham mumkin. Hammada ko‘rgan soch turmagingiz sizga chiroy bermasdan, oddiy ko‘rsatib qo‘yishi ham mumkin. Quyida ana shunday soch turmaklarining bir nechtasini keltirib o‘tamiz.
Yirik jingalaklar
Jingalak sochlar klassik soch turmagi bo‘lishiga qaramasdan, har doim ham sizni go‘zallik qirolichasiga aylantirmaydi. Bunday sochlar yoshlarga ko‘proq yarashadi, shuning uchun yoshingiz 17 dan ancha oshgan bo‘lsa, zamonaviyroq soch turmagi tanlaganingiz ma’qul.
Tabiiylikdan uzoq malla sochlar
Bunday malla sochlar faqat tabiatan berilgandagina yarashadi. Qolganlarni esa juda soddalashtirib qo‘yadi.
Qalin va tekis chyolka
Tekis, qalin chyolka agressiv, qolaversa, zamondan orqada qolgandek ko‘rinish beradi.
Sariq blond
Sariq blond juda jo‘n ko‘rinishi va kishiga chiroy bag‘ishlamasligi haqida ko‘p ta’kidlanishiga qaramasdan, hatto yulduzlar ham bu xatoga yo‘l qo‘yib turadi. Tabiiyroq yoki sovuq blondni tanlashni tavsiya etamiz.
To‘g‘ri farq ochish
Kishining yuzi asimmetrik bo‘lib, to‘g‘ri farq ochish orqali bunga yana ham ko‘proq urg‘u beramiz. Olimlar inson yuzining chap tomoni ko‘proq jozibador bo‘lishini ta’kidlaydi. Shuning uchun chap tomondan farq ochib yurishga harakat qiling. | 59 | 1,348 |
Ayollar | Yuzdagi ajinlardan xalos bo‘lish uchun mashqlar | Yosh bilan bog‘liq o‘zgarishlar odatiy jarayondir va teri avvalgidek tarangligini yo‘qotganligi uchun xafa bo‘lish yaramaydi. Biroq qarish jarayoniga taslim bo‘lish ham kerak emas. Yuz holatini yaxshilash va uy sharoitida ajinlardan qutulishda sizga feys-fitnes ko‘mak beradi.
Feys-fitnesni qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar deyarli yo‘q. Bu oddiy mashqlar kompleksi bo‘lib, yuz mushaklarini mustahkamlab, uning turli sohalaridagi ajinlarga qarshi kurashadi. Mashqlar ko‘p vaqtingizni olmaydi, asosiysi ularni muntazam bajarib turish lozim.
Burun va lab sohasidagi ajinlar faol mimika va artikulyatsiyaga ega, jilmayib turadigan kishilarga xos. U o‘smirlik paytidanoq mushaklar qatlamida shakllana boshlaydi va yosh o‘tishi bilan ko‘proq sezila boshlaydi.
Har ikkala qo‘lingizning ko‘rsatkich barmog‘ini burun-lab burmalariga qo‘ying va ohistalik bilan yuzingizni yuqoriga va ikki tomonga bosing. Yuzingizni yuqoriga ko‘targandek bo‘lasiz. Burun-lab ajinlariga bir hafta davomida kuniga bir daqiqadan vaqt ajrating. Natija sizni uzoq kuttirmaydi.
Qovoq uyushni yaxshi ko‘rasizmi? Bekor qilasiz! Qoshlar o‘rtasidagi ajinlarni ketkazish oson ish emas. Biroq urinib ko‘rish mumkin. Oynaga qarab jahlingiz chiqqandek xo‘mraying. Qoshlaringiz o‘rtasida paydo bo‘lgan burmalarni ko‘rdingizmi? Endi ular paydo bo‘lgan joyga ko‘rsatkich va o‘rta barmog‘ingizni birlashtirib, bosib turing. Qoshlaringizni yana tirishtirishga harakat qiling. Taranglikni bir daqiqa davomida saqlab turing.
Bo‘yin sohasidagi ajinlar uchun quyidagi mashqlarni bajarishni tavsiya etamiz. Bo‘yningizni cho‘zib, yuqoriga qarang. Boshingizni avval bir tomonga, keyin boshqa tomonga buring. Harakatlaringizni asta-sekinlik bilan, shiftdagi suratlarni tomosha qilgandek bajaring. Mashqni o‘n marta bajaring.
Ko‘z ostidagi shishlar — to‘yib uxlamaslik, doimiy stresslar va yomon ekologiya sababli yuzaga keladigan muammolar. Barmoqlaringizni ko‘z burchaklariga: ko‘rsatkich barmoqlarni tashqi, o‘rta barmoqlarni ichki burchaklarga qo‘ying. Ularni yengil bosib, yuqoriga qarang va ko‘zlaringizni qattiq qising.
Internet manbalari asosida tayyorlandi. | 47 | 2,115 |
Ayollar | Eski futbolkani qanday qilib zamonaviy aksessuarlarga aylantirish mumkin? (foto) | Agar futbolkalar eskirgan bo‘lsa, ularni tashlab yuborishga shoshmaslik kerak. Chunki ayrim keraksiz narsalardan boshqa buyumlar yasash mumkin.
Zamonaviy zargarlik buyumlarini yaratish uchun shunchaki eskirgan futbolkalar ham kifoya qiladi. Chunki paxta matosi vaqt o‘tishi bilan yumshaydi va cho‘ziladi, bu taqinchoq yasash uchun ayni muddao.
Kerakli narsalar:
Ushbu bezakni yaratish uchun turli xil rangdagi ikkita futbolka kerak bo‘ladi. Har bir futbolkadan beshta ingichka o‘rim uchun 10 ta tasma kesiladi. Ularning har biri tillarang zanjir bilan o‘rib chiqiladi. Hammasining uchi birlashtirilib, halqalarga qadaladi.
Agar tanlangan mato ranglaridan biri ishlatilsa, bu qism ko‘p qatlamli naqshli marjonlarni mukammal tarzda to‘ldiradi.
Zirak uchun bir xildagi mato bo‘laklari oval shaklida kesib olinadi. Matoning chet qismi qaychi yordamida kesib chiqiladi va bir uchi zirak halqasiga qadaladi. Bu kabi ziraklarni bir yoki bir nechta matolar qatlama bilan ham sinab ko‘rish mumkin.
Bilaguzuk yasash uchun matodan bir nechta tasma kesib olinadi va bir qismi o‘raladi. Ularning har ikki tomoni temir qismga birlashtiriladi. Qisqich yordamida mahkamlanadi.
Ziraklar uchun mato va zanjirlardan foydalanish mumkin. Buning uchun matodan ingichka qism kesib olinadi.
Zanjir va mato birgalikda tillarang uzun tuynukcha ichidan o‘tkaziladi va zirak halqalariga ulanadi. Zanjir har kimning didiga ko‘ra uzunlikda bo‘lishi mumkin. | 80 | 1,432 |
Ayollar | Atiringiz sizga to‘g‘ri kelmasligidan darak beruvchi 7 belgi | Do‘kondagi atir sizga yoqqani bilan, bu ifor sizga to‘g‘ri kelishini bildirmaydi. Sizga mos bo‘lmagan atir bosh og‘rig‘i hamda allergik reaksiyalarni keltirib chiqarishi, shuningdek, kayfiyat yomonlashishiga olib kelishi mumkin.
Vaqt o‘tsa ham, burunning atir iforiga o‘rganmasligi
Atir sepgandan keyingi 15-20 daqiqada burun iforga o‘rganishi kerak. Yo‘qsa, ifor kishining g‘ashiga tegishi mumkin.
Aksirish
Atir sepganda tinmay aksirish undagi qaysidir moddaga allergiya borligini bildiradi. Organizm bilan bunday eksperiment qilib o‘tirmasdan, yaxshisi, ushbu atirni boshqa bir odamga sovg‘a qilib yuboring.
Kiyinish uslubingizga mos kelmaslik
Sport uslubida kiyingan qizdan xushbo‘y gullar ifori yoki aksincha nozik, ayollarga xos jozibali libos kiygan qizdan o‘tkir ifor taralishi biroz g‘alati. Shu sabab ham atir tanlaganda kiyinish uslubingiz va boradigan joyingizni inobatga oling.
Iforning farq qilishi
Do‘kon peshtaxtalaridagi bir bo‘lak kartondan (tester) atirning haqiqiy ifori taralmaydi. Teriga sepilganidan keyingina asl hid taralishi mumkin. Aynan shu sabab ham xarid qilishdan avval atirni sepib, biroz muddat sayr qiling. Oradan vaqt o‘tganidan keyin ham hidi avvalgidek yoqadigan bo‘lsa, unda bemalol sotib olsangiz bo‘ladi.
Atir iforining yil fasliga to‘g‘ri kelmasligi
Dengiz, sitrus notalarini o‘zida mujassam qilgan atirlar qishda yoqimsiz bo‘lishi, yozda esa gul ifori g‘alati tuyilishi mumkin. Tanlov qilganda shu jihatlarni ham inobatga oling.
Boshning og‘rishi
Ba’zi vaqtlarda to‘g‘ri kelmagan atir ifori ham bosh og‘rig‘ini keltirib chiqarishi mumkin. Agar sizda shunday holat kuzatiladigan bo‘lsa, atiringizni o‘zgartirib ko‘rish tavsiya qilinadi.
Kechga borib atir iforidan charchash
Kunning boshida yoqimli tuyilgan hid kechga borib yoqmay qoladigan bo‘lsa, bu atir sizga tushmaganidan darak beradi. Gap shundaki, mukammal kompozitsiya hech qanday yoqimsiz emotsiyalarga sabab bo‘lmaydi. | 60 | 1,920 |
Ayollar | Do‘kon yoki bozor: qaysi biri afzalroq? | So‘nggi vaqtlarda Toshkentda har qanday did va hamyonga mos tushuvchi do‘konlarga to‘la ko‘plab savdo markazlari ochildi. U yerda qishki qiyimlardan tortib, paypoqqacha bo‘lgan har qanday kiyim-kechakni tanlab olish mumkin, shunga qaramay, ko‘pchilik bozorlardan buyum xarid qilishni afzal ko‘rmoqda. Nima uchun? Biz uning asosiy sabablarini aniqlashga qaror qildik.
Qanchalik g‘alati bo‘lmasin, o‘nta do‘kondagi assortiment bitta katta bozorda sotilayotgan anvoyi kiyim-kechaklar o‘rnini bosa olmaydi. Nostandart kiyim o‘lchami, aniq bir narsa sotib olish istagi (masalan, yashil poyabzal) va boshqa omillar bizni qadrdon buyum bozoriga borishga undaydi.
Bu bozorlar yutib chiqishini ta’minlaydigan asosiy mezon bo‘lsa, ajab emas. Misol uchun, do‘konlarda jinsi shimlarning o‘rtacha narxi 100—600 ming so‘m atrofida, bozorda esa munosib variantlarini 60—70 ming so‘mga ham topa olasiz. Bozorda futbolkalarni 15—30 mingga, yubkalarni 40—50 mingga xarid qilish mumkin. Xitoy yoki Turkiyada ishlab chiqarilgan nisbatan yaxshigina poyabzalni 70—80 mingga topish mumkin, 100 mingga esa bir nechta mavsumga chidaydigan krossovka sotib olish mumkin.
Va albatta, bozorda savdolashish imkoniyatining borligi ham kishini o‘ziga jalb qiladi — buyumni 2—3 ming so‘mga bo‘lsa ham arzonlashtirib sotib olishni kim ham istamaydi, deysiz?
Shunisi qiziqki, biz so‘rovdan o‘tkazgan kishilarning har biri bir xil vajni keltirdi: bozorda ham, do‘konda ham bir xil narsa sotiladi-ku, qimmatga olishdan ma’no nima?
Ular bilan bahslashish qiyin — bozorda 100 mingga sotilayotgan oyoq kiyim “elita” do‘konida bir necha baravar qimmatroq sotilayotganini ko‘pchilik ko‘rgan bo‘lsa kerak.
Shopingning qanday turini afzal ko‘rishni o‘zingiz hal qiling, asosiysi u sizga huzur-halovat keltirsin! | 39 | 1,768 |
Ayollar | Ro‘zg‘orda metall gubka qo‘l keladigan holatlar | Metall gubka har bir oshxona uchun kerak bo‘lgan narsadir. Axir kuygan kastryulkalar va idishlarni tozalash uchun undan yaxshiroq narsa yo‘q. Ammo undan oshxonadan tashqari, boshqa maqsadlarda ham foydalanish mumkin.
Idish yoki boshqa buyumlarni yuvishda rakovina quvuriga turli xil mayda chiqindilar kirib ketmasligi uchun metall gubka yordamga keladi. U o‘zidan suvni o‘tkazib, ovqat qoldiqlarini tutib qoladi va quvurlar tiqilib qolishining oldini oladi. Lekin metall gubkadan foydalanib bo‘lgach, uni olib tashlash zarur. Aks holda u zanglashi mumkin.
Ba’zi hollarda tozalash uchun metall gubka qulayroqdir, chunki u dumaloq stol oyoqlari yoki eshikning burchaklari kabi qiyin bo‘lgan joylar uchun ko‘proq mos keladi. Eski bo‘yoqni olib tashlash yoki gipsli sirtni tekislash uchun har qanday obyektni bo‘yashdan oldin undan foydalanish mumkin.
Uyda sichqonlar bormi? Ular chiqishi mumkin bo‘lgan har qanday yoriq va teshiklarni yaxshilab tekshirib ko‘rish zarur. Agar bu kabi teshiklar kabel o‘tadigan joylarda yoki eshik ramkalari atrofida bo‘lsa, ularni metall gubka bilan berkitish mumkin. Sichqonlar ushbu himoyadan o‘tolmaydi, chunki ular metallni kemira olmaydi.
Kichkina metall gubka avtomobil cho‘tkasi bilan ishlashdan ko‘ra ancha qulay. Avtomobil shampuni bilan birga u kir, yoqilg‘i moyi va zangni osonlikcha tozalaydi.
Qaychini o‘tkirlashda nafaqat folga, balki metall gubka ham yordam beradi.
Zanglagan jihozlarni bo‘yash uchun avval zangini ketkazish zarur. Bu borada metall gubka qo‘l keladi.
Rangli bo‘rlar hamda poyabzallar qoldiradigan qora chiziqlarni metall gubka darhol bartaraf etadi.
Och rangdagi oyoq kiyimlarni tozalashda melanin gubkalardan ham ko‘ra ko‘proq metall gubkalar yordam beradi. Albatta, sinab ko‘ring. | 47 | 1,751 |
Ayollar | Baxtli yashashimizga to‘sqinlik qiluvchi ba’zi do‘stlar | Yoshi ulg‘ayishi bilan odamning yangi “haqiqiy” do‘stlarni topishi qiyin bo‘ladi, chunki yillar mobaynida orttirgan tajribalari tufayli katta odamlar juda ajratuvchan bo‘lib qoladi.
Lekin tanishlar va do‘stlar hamma uchun zarur, hatto vaqt va tajriba ularni hushyorlikka o‘rgatganlarga ham. Shuning uchun bu maqolani o‘qib aslida do‘stlikning nimasi bizni qo‘rqitishi, nimasi esa jalb qilishi va qaysi turdagi do‘stlar bizning baxtli yashashimizga to‘sqinlik qiluvchi “antido‘stlar” deb atalishini bilib olasiz.
Hammaning ham hayotida qiyinchiliklar bo‘ladi, lekin injiq odamning butun hayoti – faqat muammolardan iborat. Siz u bilan qachon uchrashmang, uning hamma ishlari yomon bo‘ladi va bunga hamma aybdor: u hammadan ko‘proq ishlaydi, lekin unchalik ko‘p haq olmaydi va hokazo.
Va siz qarshingizda o‘zi ham baxtli bo‘lishga qodir bo‘lmagan va sizni ham o‘zining omadsizlik girdobiga tortadigan odam turganini tushuna boshlaysiz. Yaxshilab o‘ylab ko‘ring, sizdagi ijobiy energiyani olib, uning o‘rniga faqat salbiy energiya beradigan odam sizga kerakmi?
Qadr-qimmatimizni tushirishsa, bu bizga yoqmaydi. Agar siz bunday odamlarga duch kelsangiz, ular bilan muomalada bo‘lishdan voz keching. Qadr-qimmatni tushiruvchilar sizning o‘sishingizni qabul qila olmaydi, ular faqat sizga o‘z shaxsiy fikrini o‘tkazishga qodir.
Hamisha bizga unchalik chiroyli, yetarlicha aqlli yoki omadli emasligimizni aytadigan do‘stlar, – bu anti-do‘stlar. Do‘stlar ta’na emas, balki dalda berishi kerak.
Bu toifaga biz uchun sevina olmaydigan odamlarni kiritamiz. Hasadchilar bizning muvaffaqiyatlarimizni qabul qilishga tayyor emas: bu ularga yoqmaydi.
Aslida, hammamiz ham odamlarmiz va hammamiz ham hech bo‘lmasa bir marta bu tuyg‘uni his qilganmiz, ayniqsa hali hayotda o‘z yo‘limizni topmagan paytimizda.
Vaziyatdan chiqishning yo‘li – o‘z ustida ishlash va o‘zini boshqa odamlar bilan solishtirishni bas qilish. Biz do‘stimizning muvaffaqiyatidan chin yurakdan quvonsak, bu uning uchun muhim yordam hisoblanadi. | 55 | 2,000 |
Ayollar | Xushbo‘y olam: Atir tanlashda qo‘l keladigan 10 ta tavsiya | “Parfyumer” romanining bosh qahramoni o‘ziga ishongan edi: kim xushbo‘y hid taratsa, u odamlarning qalbiga ham egalik qiladi. Iforlar chindan ham ko‘p narsaga qodir, o‘zni ifoda etishga yordam beradi, zavqlantiradi, hatto yo‘ldan ozdirishi ham mumkin. Buning uchun, albatta, har kim o‘ziga tegishli iforni topishi kerak.
Odatda chaqqon ayollar har bir fasl uchun moslab atir tanlaydi. Tanlash ham oson ish emas. Yaxshisi, qanday tanlash, ulardan foydalanish sirlari va saqlash usullari haqida batafsil malumotga ega bo‘ling.
Parfyumlarni sog‘lom holatda tanlash kerak
Ushbu vositalarni xarid qilish chog‘ida insonning salomatligi me’yorida bo‘lishi kerak. Masalan, bosh og‘rig‘i, tumov va burun bitishi kabi holatlarda tanlovni biroz keyinga qoldirgan ma’qul.
Ifor taralishiga imkon berish kerak
Atir tanlashda uni teriga sepib, biroz kutishga to‘g‘ri keladi. Sababi u qo‘llanilgandan so‘ng ifor konsentratsiyasi juda yuqori bo‘lganidan, darhol o‘tkir hid buringa uriladi. 5 daqiqadan so‘ng esa atirlarning haqiqiy ifori sezila boshlaydi.
Iforni o‘zingizda his etishga qo‘rqmang
Ko‘pchilik ayollarda kuzatiladigan holat. Masalan, boshqa birovdan kelayotgan atir hidi yoqimli tuyuladi. Ammo o‘zida qo‘llanilganda, buning aksi ro‘y beradi deb o‘ylaydi. Bu shunchaki holatga ko‘nikishdan iborat. Aslida qandaydir ifordan zavqlanishning o‘zi yaxshi alomat.
Atirlarni faqat teri qismiga sepish lozim
Odatda liboslar ustidan atir sepish odatga aylangan. Kiyim matosi esa kun davomida turli xil hidlarni o‘zida saqlab qoladi va atir hidi bilan aralashib ketadi. Atir tanlashda ham, albatta, mato ustiga emas, teri yuzasiga sepish va hidlab ko‘rish tavsiya etiladi. Shuningdek, har bir insonning o‘ziga monand ifori mavjud, u atir bilan aralashib o‘ziga xos xushbo‘y yaratdi.
Me’yorni unutmaslik
Kun davomida atirdan 1-2 marta foydalanish tavsiya etiladi. Ayrimlar har bir soatda atir sepaverib, o‘zidan kelayotgan hid bilan ham atrofdagilarning e’tiborini tortadi. Ba’zi hollarda esa suhbatdoshni ham noqulay ahvolga solishi mumkin.
Atirni to‘g‘ri sepish qoidasi
Agar iforni ko‘proq saqlab turish kerak bo‘lsa, uni bo‘yin va sochlarga qarata sepish kerak. Shuningdek, uni havo oqimiga sepib, hosil bo‘ladigan tomchilar ostida turish ham yaxshi samara beradi.
Atirlarni saqlash qoidasi
Atirlarni to‘g‘ri saqlash juda muhim. Eng yaxshi variant – qorong‘i va salqin joy, lekin havo aylanib turishi kerak. Agar atirlar avvalgidan boshqacha tuyulishni boshlagan bo‘lsa, uni darhol muzlatkichga qo‘yish kerak. Taxminan + 5 darajada molekulalarning harakatlanish tezligi o‘zgaradi va avvalgidek xushbo‘ylikni yana his etish mumkin.
Atir sepilgandan keyin qo‘l bilan silash mumkin emas
Ko‘pincha ayollar atirni sepib, qo‘l bilan silash yanada yaxshiroq bo‘y taratadi degan fikrda. Bu, albatta, noto‘g‘ri fikr, chunki ishqalanish tufayli ifor buziladi va uning taralishi o‘zgaradi. Iloji bo‘lsa, atirdan foydalangandan so‘ng uni tabiiy yo‘l bilan qurishiga imkon berish kerak.
Aralashtirish va tajriba
Agar yuvinish uchun mo‘ljallangan gel bilan atirning hidi aralashadi, deb o‘ylasangiz, adashasiz. Sababi gelning hidi uzog‘i bilan yarim soatdan so‘ng yo‘q bo‘ladi. Undan so‘ng atir sepilsa hech qanday aralashma hid yuzaga kelmaydi.
Yosh, mavsum va maslahat
Parfyumeriya xuddi ikkinchi teri qavatiga o‘xshaydi, u yaxshi va yoqimli bo‘lsa, inson o‘zini shuncha qulay his etadi. Mutaxassis tomonidan yoshga, mavsumga yoki urfga nisbat berilgan holda atirlar tavsiya qilinishi mumkin. Lekin aynan did va so‘nggi tanlov barchasini hal etadi. | 58 | 3,527 |
Ayollar | Eskirgan gubkalardan yana qanday maqsadda foydalanish mumkin? | Ma’lumki, idish-tovoq gubkalarini imkon qadar tez-tez yangilab turish lozim. Aks holda turli bakteriyalar jiddiy kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Ammo eskirgan gubkalarni shunchaki tashlab yuborish kerakmi? “Noviy ochag” nashri eskirgan gubkalardan yana qanday maqsadda foydalanish mumkinligini ma’lum qildi.
Pedikyur qilish
Pedikyur — bu nozik narsa. Bitta noto‘g‘ri harakat bilan butun ish behudaga ketishi mumkin. Tirnoqlarda go‘zallikni saqlab qolish uchun gubkadan oyoq barmoqlari orasini maxsus ajratkichlar bilan qulaylik yaratish mumkin. Buning uchun gubka bo‘laklaridan foydalanishni tavsiya etamiz.
Muzlatkichdan ortiqcha namlikni olib tashlash
Muzlatkichdagi ortiqcha namlik meva va sabzavotlarning chirishiga olib keladi. Oziq-ovqat bo‘limiga butunlay quruq gubkani joylashtirish kerak. U suvni shimib oladi va shu bilan mevalarni saqlash muddatini uzaytiradi. Iste’mol sodasi esa yomon hiddan xalos qiladi.
Soyabon uchun o‘rnatgich
Gubka soyabon ilgichning pastki qismiga qo‘yiladi. Shunday qilib, pastki qismni namlik va mog‘ordan himoya qilish mumkin. Ilgich tagini muntazam tozalashdan ko‘ra eski gubkani olib tashlash va uni yangisi bilan almashtirish ancha oson.
Tirnoq bo‘yog‘ini tozalash vositasi
Ushbu layfxak ko‘plab paxta yostiqchalarini tejaydi, gubka tirnoq yuzasidan lakni olib tashlashga sarflanadi. Gubka lak tozalash vositasining idish o‘lchamiga ko‘ra kesiladi va unga botiriladi. Kerakli vaqtda gubka o‘zida saqlab turgan vosita bilan lakni o‘chirishi mumkin. So‘ngra yana idishga solinib, qopqoq qismi yopiladi. Vaqti-vaqti bilan gubkalar o‘zgartirib turiladi.
Kir yuvish
Kir yuvish mashinasiga maxsus to‘plarni solish orqali liboslardan soch tolalari va uy hayvoni yunglarini oson tozalash mumkin. To‘plarni xarid qilishda pul sarflamaslik uchun oddiy gubka yordam beradi. Uni 4 bo‘lakka kesib, to‘plar o‘rniga mashinaga qo‘yiladi. Bo‘laklar sonini 10 tagacha orttirish mumkin. So‘ngra quritishga qo‘yiladi. | 61 | 1,951 |
Ayollar | Pechdan foydalanishda pishiriq hamda qurilmaga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan 7 xato | Pishiriqlar ko‘ngildagidek mazali chiqmaydimi? Balki pechdan foydalanishda quyidagi xatolarga yo‘l qo‘yilayotgandir. “Lisa.ru” nashri pishiriqlarga ham, qurilmaga ham zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan xatolarni sanab o‘tdi.
Pechdan fen yoki isitkich sifatida foydalanish
Isitish tizimlari yoqilgunga qadar, shahar aholisi uyni ko‘proq pech bilan isitadi. Ammo qurilma qo‘llanmasi buni taqiqlaydi. Bu sog‘liq uchun xavfsiz degani emas (jiddiy kuyishlar yuz berishi mumkin), shuningdek, isitish elementlarining haddan tashqari qizishi uning ishdan chiqishiga olib keladi. Shuning uchun pechdan qo‘shimcha vazifalar talab qilmaslik lozim, uni maqsadga muvofiq ishlatish yaxshiroq.
Pechda boshqa idishlarni saqlash
Pechda qoldirilgan idishlar foydalanuvchining keng tarqalgan xatosidir. Birinchidan, tutqichlar yoki qopqoqlar u qizdirilganda erishi mumkin. Ikkinchidan, pishiriq qo‘shimcha hidlarni o‘zlashtiradi va kutilgan natijani bermyadi. Uchinchidan, elektr energiyasini sarflash ortadi, chunki qurilma nafaqat pishirish varag‘ini, balki qo‘shimcha idishlarni ham isitishi kerak. Shuning uchun pishirish vaqtida pech ustida hech narsa qolmaganligiga ishonch hosil qilish lozim.
Bir vaqtning o‘zida bir nechta taomlar pishirish
Bir vaqtning o‘zida bulochka va baliq pishirish yaxshi fikr emas. Garchi bu vaqtdan unumli foydalanishga yordam bersa ham. Umuman olganda, mahsulotlarning bir-biriga muvofiqligi bo‘yicha pishirish mumkin. Shundagina ta’m va hid borasida ham bir-biriga zarar yetkazmaydi. Yoki alohida bo‘linmalarga ega bo‘lgan katta pechlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Pishirish vaqtida pech eshigini tez-tez ochish
Har qanday pishirish jarayoni ma’lum harorat rejimini o‘z ichiga oladi. Agar tinimsiz pech eshigi ochib turilsa, texnika buziladi va natija sizni xursand qilishi dargumon. Go‘shtli pirog yoki shirinliklar uchun bu yaxshi emas, chunki ular ko‘tarilmasligi mumkin. Yaxshisi, pishirish vaqti tugaguncha uni derazasidan kuzatish tavsiya etiladi.
Pechga g‘amxo‘rlik qilmaslik
Pechni muntazam tozalashni e’tiborsiz qoldirmaslik lozim. Bu nafaqat foydalanilgan pishirish varag‘iga, balki eshik va pech devorlariga ham tegishli. Agr har safar undan foydalanilgandan keyin oddiy nam mato bilan artilsa, unda yog‘ va yoqimsiz qolmaydi. Bordi-yu, buning aksi bo‘lsa, yog‘ va kir pechga havo kirib turishi kerak bo‘lgan teshiklarni yopib qo‘yadi va bu texnikaning ishdan chiqishiga olib keladi.
Pechdan chiqqan issiq pishiriqni uning eshigiga qo‘yish
Pechning yaxshi ishlamasligining yana bir sababi bor — eshikni ehtiyotkorlik bilan ishlatish. Pech eshigi og‘ir yuk uchun mo‘ljallanmagan. Shuningdek, biz uni keskin ochish ham tavsiya etilmaydi. Yuqori haroratda pishishi kerak bo‘lgan taomga birdan kirib borgan sovuq havo unga va pechga ham zarar yetkazishi mumkin.
Noto‘g‘ri idishlardan foydalanish
Pechning qo‘llanmasida maxsus idishlardan foydalanish haqda ko‘rsatmalar mavjud. Masalan, har qanday yeguliklarni pechning pishirish varag‘ida tayyorlagan ma’qul. Shuningdek, zapekanka va boshqa suyuq taomlar uchun maxsus chuqur cho‘yan idishlar, pirog va boshqa shirinliklar uchun silikon qoliplar mavjud. Boshqa oddiy, mumkin bo‘lmagan idishlar esa yuqori haroratda sinib yoki erib ketshi mumkin. | 85 | 3,220 |
Ayollar | Karantin paytida ko‘p ovqat yeb, semirib ketmaslik uchun 7 tavsiya | Uyda o‘tirganda inson xohlab yoki xohlamay ko‘p ovqat yeb qo‘yadi. Bezarar tuyuladigan bu odat ortiqcha vazn to‘plashga olib kelishi mumkin. Quyida bu yomon odatdan qanday qutulish haqida so‘z yuritamiz.
Kichkina qadoqdagi yeguliklar sotib oling
Biron yegulikni oxirigacha yeb qo‘yishga odatlangan bo‘lsangiz, imkon qadar kichikroq qadoqdagi mahsulotni sotib oling. Shunda sevimli mahsulotingizni kam porsiyada yeyishga muvaffaq bo‘lasiz.
To‘g‘ri, keyingi qadoqni ochish ham mumkin, lekin buning uchun ortiqcha harakat talab qilinadi, bu paytda siz bunday qilish kerak emasligi haqida o‘ylab ko‘rasiz.
Kichik likopchalardan foydalaning
Ko‘p ovqat yeyishimizga ba’zan katta o‘lchamdagi kosa va likopchalar ham sabab bo‘ladi. Shuning uchun uydagi idishlarni kichikroq o‘lchamdagisi bilan almashtirish zarar qilmaydi. Shu tarzda ko‘zlar va miyani alday olasiz, likopcha to‘la ovqat bo‘lsa-da, ortiqcha yeb yubormaysiz.
Zararli yeguliklarni foydali mahsulotlar bilan almashtiring
Agar sho‘r mazaga ega chipslarni yoqtirsangiz, uning sog‘lom muqobilini topsangiz bo‘ladi.
Masalan, quritilgan olmali chipslar yoki boshqa quruq mevalar. Sho‘r narsalarni iste’mol qilishni kamaytirish salomatligingizga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Yaxshi ko‘rgan yeguliklaringizni uzoqroqqa yashirib qo‘ying
Muzlatgich yoki shkafni ochib, yoqtirgan yeguligingizni ko‘rib qolgudek bo‘lsangiz, qo‘llaringiz beixtiyor o‘sha tomonga uzatiladi. Bunday yeguliklarni ko‘zdan yiroqda saqlang, foydasini tezda sezasiz. Mutaxassislarning tadqiqotlariga ko‘ra, ochiq turgan konfet idishidan, yopiq turgan konfet qadog‘idan 2,2 baravar ko‘proq shirinlik olib yeyiladi.
Sekin yeyishga o‘rganing
Ovqatni chaynashga qancha ko‘p vaqt ajratsangiz, miyada to‘qlik hissini tuyish uchun shuncha vaqt bo‘ladi. Tadqiqotlar ovqatni sekin yeydigan insonlar semirishga kamroq moyil bo‘lishini ko‘rsatgan.
Faqat och qolganingizda biron narsa yeng
O‘ylamasdan ovqat yeyaverish ochlik hissi qanchalik haqqoniy ekanligini aniqlashga xalal beradi. Ochlik darajasini 1 dan 10 gacha baholang. 1-darajada ochlik hissi yo‘q bo‘ladi, 10-darajada esa biron narsa yeyish mumkin.
Televizor oldida ovqatlanmang
Televizor ko‘rayotib yoki kompyuter qarshisida o‘tirib ovqat yemang. Ovqatlanayotganingizda taom mazasini his eting, shunda jarayondan lazzatlanib, to‘yganingizni sezasiz. | 66 | 2,322 |
Ayollar | Chanel brendi AirPods naushniklari uchun g‘iloflar yaratdi | Chanel brendi Metiers d’Art kolleksiyasidagi bezaklardan birini Apple kompaniyasining AirPods va AirPods Pro naushniklariga bag‘ishladi, deb xabar beradi “Afisha.uz”.
Brend kristalli logotipga ega oq va qora g‘iloflarni yaratgan. Aksessuar kamar-zanjirdagi marvarid iplar bilan bezatilgan. Uni yelkada ham, kamarda ham taqib yurish mumkin.
Liniyadan qo‘zichoq terisining metall rangli varianti o‘rin olgan. Unga oltin emblema va qora tasma-zanjir qo‘shilgan.
Marvarid taqinchoq AirPods aksessuarlari uchun yakuniy kolleksiyaga aylangan. CC massiv logotipi tushirilgan ip naushniklarning har biriga qotiriladi.
Chanel’ning AirPods uchun aksessuarlarini modalar uyining sayti orqali 1650 dollardan 2675 dollargacha xarid qilish mumkin.
Avvalroq Dior brendi qushlardan ilhomlanilgan yangi soat modelini taqdim qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. | 58 | 848 |
Ayollar | Mutaxassis maslahati: xonadondagi chumoli va suvarakdan qanday qutulish mumkin? | Agar uyda suvarak, chumoli yoki boshqa zararkunandalar bo‘lsa, bu keskin choralar ko‘rishga arziydi. Mutaxassis – sanitariya shifokori, dezinfektolog Nikolay Dubinin bunday vaqtda qanday yo‘l tutish va nima qilish kerakligi haqida bir qancha tavsiyalar berib o‘tdi.
Yashash joyi
Odatda zararkunandalarning uyga kirib kelishining sababi bor. Agar chumolilar yo‘liga e’tibor berilsa, shirin ovqat to‘kilgan yoki sochilgan joy atrofida bo‘ladi. Namlik, chiqindilaring to‘planishidan keyin tez orada suvaraklar paydo bo‘lganini ko‘rish mumkin. Ta’kidlash joizki, ba’zida “mehmon”lar toza kvartiralarga ham tashrif buyuradi. Buning sababi qo‘shnilar zararkunandalarga qarshi olib borgan kurashdir.
Hasharotlar aksariyati oziq-ovqat, don yoki un bilan birga kirishi mumkin. Bu, albatta, oziq-ovqatga tushadigan zararkunandaga tegishli. To‘g‘ri, ular mahsulotlarini noto‘g‘ri saqlash bilan ham paydo bo‘lishi mumkin. Yormalar oziq-ovqat kuyalari bilan kasallanganligini payqadingizmi? Qimmatli vaqtingizni saralash va tozalashga sarflamang, ularni tashlab yuboring, chunki hasharotlar mahsulotda zaharli moddalarni qoldiradi.
Qorong‘i, nam va iliq bo‘lgan hammom ko‘pincha qurt-qumursqa uchun qulay joyga aylanadi. Ularning sevimli dargohlari – suv oqadigan joylar, nam gilam ostida, hammom ostidagi kirish qiyin bo‘lgan kamdan-kam tozalanadigan hududlardir.
Ammo taxtakanalar uyga tasodifan, narsalar yoki eski mebellar bilan kirib kelishi mumkin. Chang to‘planadigan joylarda, shuningdek, matraslar, divan, kabi joylardan topilishi mumkin. Bu parazitlar bilan qo‘shni bo‘lish sog‘liq uchun xavflidir.
Kurash vositalari
Hasharotlarni yo‘q qilishning eng samarali usullaridan biri – uyni kimyoviy insektitsidlar bilan tozalashdir. Do‘kon javonlarida ular aerozollar ko‘rinishida taqdim etiladi. Bunday dorilarni faqat shaxsiy himoya vositalarida – respiratorda ishlatish joizdir. Xavfsiz variant – gel, granula va bo‘rlar. Ularni tuzoq-uylar bilan birgalikda ishlatish samaraliroq. Biroq bunday vositalar faqat ular bilan aloqa qilgan hasharotlarga ta’sir qiladi. Parazitlarni va ularning bo‘lajak avlodlarini to‘liq yo‘q qilishni insektitsid konsentratlar ta’minlaydi, lekin ularning yuqori toksikligi tufayli ehtiyot bo‘lish kerak.
Mutaxassislarga murojaat
Agar “kelgindilar” dan mustaqil ravishda qutulishning iloji bo‘lmasa, professional dezinfeksiyalash vositalariga murojaat qilish kerak. Maxsus kompaniyalardan yordam olish mumkin. Bunday tashkilotlarda har doim sanitariya shifokori bor va ular turar-joy binolarida foydalanish uchun tasdiqlangan dorilardan foydalanadi. | 79 | 2,573 |
Ayollar | Bahor mavsumida zamonaviy bluzka tanlashda qo‘l keladigan 6 tavsiya | Bluzka – bahor mavsumdagi eng muhim xaridlardan biri hisoblanadi. Bahor kelishi bilan dizaynerlar garderobdagi mazkur libosga ko‘proq e’tibor qaratadi. Bluzkani qanday tanlash va uni qanday liboslar bilan kiyishni Viktoriya Bekhem misolida ko‘rsatib beramiz.
Kofta uslubidagi bluzkalar har qanday uslubdagi kiyimga mos tushadi, hatto dress-kodlar bilan ham. Ammo bahor kelganini inobatga olib bluzkaning yumshoq va nozik mato — ipak, atlas, shifondan tikilganini tavsiya etamiz.
Agar yengil mato qo‘shimcha detallar bilan to‘ldirilgan bo‘lsa yanada yaxshi. Bunday bluzkalarni belga urg‘u beradigan yuqori qismi ingichka, pastki tomoni keng shimlar bilan kiyish ajoyib uslub yaratadi.
Qo‘shimcha hajmli yenglar bu mavsumda trendda bo‘lish ehtimoli yuqori. Bunday bichimdagi yenglar romantik uslub va ulug‘vorlikni anglatadi. Bluzkalarning oq rangda bo‘lishi va turli aksessuarlar bilan to‘ldirilishi esa ayni muddao.
Qo‘shimcha hajm haqida gap ketganda, libosdagi burmalarga ham e’tibor qaratish lozim. Bunday burmalar biroz qalinroq matodan tikilgan bluzkalar uchun yaxshi qo‘llaniladi, shunda burma bluzka shaklini ushlab turadi va juda yumshoq bo‘lmaydi. Burmali bluzka zerikarli bo‘lmasligi uchun monoxrom kiyinish zamonaviy yechim bo‘la oladi.
Vizual ravishda bluzka tashqi ko‘rinishning markaziy qismidir. Bu shuni anglatadiki, boshqalarning diqqat-e’tibori birinchi navbatda unga tushadi, shuning uchun rangli bluzka egasini har joyda ta’kidlab turadi.
Yengil matoli bluzka printli bo‘lsa, har qanday kostyum bilan ham uni bemalol kiyish mumkin. Bunday printli bluzkaga trenddagi detal — bog‘lanadigan lentali yoqa nafislik baxsh etadi. | 67 | 1,647 |
Ayollar | Ko‘zni ten bilan qanday bo‘yash kerak: mukammal makiyaj uchun 7 ta foydali maslahat | Ko‘zlarni ten bilan bo‘yash — murakkab jarayon bo‘lib, ko‘pchilik uni qanday qilib to‘g‘ri ishlatishni bilmaydi. Tenlar mukammal makiyaj uchun juda muhim bo‘lsa-da: ular obrazni yorqin qilishi va hatto ko‘z shaklini jozibador ko‘rsatish uchun ishlatilishi mumkin.
Sifatli praymerdan foydalaning
Yaxshi baza tenning sifatiga qaraganda ham muhimroqdir. Baza ularni yanada chidamli qiladi: ular bo‘yalib ketmaydi va maydalanmaydi. Ko‘zlaringizni chiroyli bo‘yash uchun asos sifatida nafaqat maxsus praymerni, balki kremli tenlarni ham ishlatishingiz mumkin.
Cho‘tkalarga e’tibor bering
Ko‘pchilik ko‘zni bo‘yanish uchun palitra bilan birga keladigan standart aplikatordan foydalanadi. Ammo uning yordami bilan mukammal makiyaj qilish deyarli mumkin emas. Tendan foydalanish uchun maxsus cho‘tkalardan foydalanish tavsiya etiladi, ammo kremli tenni odatda barmoqlar bilan surtish mumkin.
Tenni bir tekisda surting
Bir nechta tenlardan foydalanib, zonalar orasidagi juda aniq chegaralardan qochishga harakat qiling. Xuddi shu rang yordamida bir tekis rangga erishish mumkin.
Konsiler va pudradan foydalaning
Yorqin rangdagi ko‘z pardozi e'tiborni tortadi, shuning uchun ko‘z ostini konsiler bilan tuzatishni unutmang, terini ifloslantirmaslik uchun konsiler ustidan pudra surting.
Kamida 3 ta rang ishlating
Chiroyli makiyaj uchun — kechqurun yoki kunduzi bo‘lishidan qat’i nazar, sizga kamida 3 ta rang kerak bo‘ladi: ko‘z qovog‘ining o‘rtasi uchun o‘rtacha, tashqi burchaklari uchun to‘qroq va ichki soha uchun yengil rang kerak. Bunday ranglarni har qanday palitradan topish mumkin.
Ko‘zlarni ten bilan qanday bo‘yash kerak: bosqichma-bosqich ko‘rsatmalar | 83 | 1,658 |
Ayollar | Bir soat ichida butun uyni tozalashga yordam beradigan 5 ta layfxak | Tozalash kompaniyalari ishni yotoqxona, hammomdan tozalashni boshlash, keyin oshxona va mehmonxonaga o‘tishni tavsiya etadi. Agar har bir hududga 10-15 daqiqadan ko‘proq vaqt sarflansa, haqiqatan ham bir soat ichida hammasiga ulgurish mumkin.
Yotoqxona
Birinchi bo‘lib ishni eski choyshablarni almashtirishdan boshlash lozim, so‘ng barcha keraksiz narsalarni shkafga joylashtiring. Bu xonani yanada saranjom qiladi. Negaki, yotoq o‘rnini tartibga solish va choyshablarni tekislash xonadagi ishning deyarli yarmi hisoblanadi.
Ikkinchi bosqich changga qarshi kurashishdir: avval yuzalar quruq mato bilan artib olinadi, xonadagi chiqindilar to‘g‘ridan to‘g‘ri yerga tashlanadi. Xona bo‘ylab shoshib yurish emas, balki soat yo‘nalishi bo‘yicha harakat qilish kerak. Xonadagi ko‘zgu, shkaf va boshqa jihozlar artilgach, poldan chiqindilar terib olinadi va changyutgich yordamida xonadagi so‘nggi tozalash ishi amalga oshiriladi.
Hammom
Vanna, rakovina, kafel va hojatxonaga ular uchun mos bo‘lgan tozalash vositasi quyib chiqiladi va 5-7 daqiqaga qoldiriladi. Bu vaqt ichida hojatxona o‘rindig‘i va boshqa chang yig‘iladigan joylarni quruq latta bilan artib olish mumkin. Ko‘zgu ham maxsus eritma bilan tozalanadi. Ish so‘ngida barcha jihozlar kimyoviy moddalardan gubka yordamida artib olinadi.
Oshxona
Agar idish yuvish mashinasi bo‘lsa, barcha yuvilmagan idishlarni unga joylashtirish kerak, bo‘lmasa, doimiy rakovinaga. Avval oshxona yuzalaridan barcha keraksiz narsalar olib tashlanadi: ularning ba’zilari shkafga, boshqalari esa chiqindi qutisiga. Stoldagi narsalar qancha kam bo‘lsa, xona shuncha toza ko‘rinadi.
Yog‘ tozalash vositasi pech va uning eshigiga qo‘llanadi. Ishlayotganda, chang quruq mato bilan artib olinadi. Pechdagi barcha dog‘lar nam gubka bilan tozalanadi. Oxirgi ish pol bo‘lib, uning yuzasi dastlab chiqindilardan tozalanadi, so‘ngra yaxshilab yuviladi.
Mehmonxona
Xonadagi betartib narsalar avval o‘z joyiga qo‘yiladi. Parda, shkaf, televizor va mehmonxonada joylashgan barcha jihozlar changi artib chiqiladi. So‘ngra changyutgich yordamida pol tozalanadi. Agar mehmonxona tez-tez tozalab turilsa, polni artishning keragi yo‘q.
Yo‘lak
Mavsumga qarab yo‘lakda buyumlar olib tashlanadi. Oyoq kiyimlar ham shunday tarzda saralanadi. So‘ngra yo‘lakdagi keraksiz qog‘oz yoki boshqa ko‘zga ko‘rinadigan buyumlar ham olinadi va pol changyutgich bilan tozalanadi. | 67 | 2,380 |
Ayollar | Sog‘liqni asrash uchun birinchi qadam: Garderobda qoldirib bo‘lmaydigan xavfli buyumlar (foto) | Garderobdan o‘rin olgan ba’zi buyumlar foydali ko‘rinsa-da, aslida ularning zararli tomonlari ham bor. Ular qaysidir ma’noda moda qurboniga aylanishga yordam berishi ham mumkin.
O‘ta tor jinsi shimlar
Ayollarning eng sevimli kiyimi, albatta, tor jinsi shimlardir. Kimdir uni semirib ketmaslik uchun kiysa, yana kimdir qulayligi uchun kiyadi. Bugunda har qanday garderobdan topish mumkin bo‘lgan tor jinsi shimlar sog‘liq uchun biroz xavf tug‘dirishi haqida ham o‘ylab ko‘rish lozim. Badanga yopishib turuvchi jinsi shimlar tanada qon aylanishiga xalaqit beradi va natijada qon-tomir kasalliklari yuzaga keladi.
Baland poshnali tuflilar
Churra, barmoqlar qiyshayishi, bel va oyoqdagi og‘riqlar qayerdan paydo bo‘lishi mumkin? Albatta, bu doimiy ravishda o‘ta baland poshna tufli kiyish natijasidir. Shuningdek, baland poshnada kuni bilan harakatlanish vaqt o‘tib, oyoqda tomirlarning bo‘rtib chiqishiga ham sabab bo‘ladi.
Shippaklar
Aynan shunday ko‘rinishdagi shippaklar tufayli oyoq va barmoqlar zo‘riqadi. Barmoqlar doimiy harakatda bo‘lib, shippaklarning chiqib ketmasligi uchun muskullarni taranglashtiradi. Bu esa boldir va to‘piqlarda og‘riqlarni paydo qiladi. Shuning uchun uzoq vaqt kiyish tavsiya etilmagan bu kabi shippaklarni plyaj yoki dam olish maskanlarda kiygan ma’qul.
Sifatsiz zargarlik buyumlari
Sifatsiz hamda arzon zargarlik buyumlari qisqa vaqt ichida o‘z ko‘rinishini yo‘qotibgina qolmay, balki uning egasiga ham bir qancha zarar yetkazadi. Masalan, terida allergiya, tirnash, qizarish kabi holatlarga sabab bo‘ladi. Shuning uchun salomatlikni ortiqcha xatarga qo‘ymay, iloji boricha sifatsiz buyumlardan cheklanishga harakat qilish lozim.
Kichik o‘lchamdagi poyabzal
Chiroyli ammo o‘lchami kichikroq bo‘lgan poyabzallarni kiyadiganlar uchun qat’iy ogohlantiruv! Bu orqali tashqi ko‘rinishni go‘zallashtirish mumkindir, ammo barmoq suyaklari va oyoqqa batamom zarba beriladi. Poyabzal ichida siqilib qolgan oyoqda qon aylanishi sekinlashadi, suyaklar qiyshayishga moyillashadi va natijada bir qancha muammolar kelib chiqadi.
Yassi oyoq kiyim
Yassi oyoq kiyimlar qancha yengil va qulay bo‘lmasin, zararli xususiyatlarga ham ega. Ushbu poyabzal orqali bel va oyoqda og‘riq kuzatiladi. Shuningdek, qomatni tik tutishning darajasi kamayadi hamda oyoqning tag qismi ham yassilanadi. | 94 | 2,306 |
Ayollar | Kuzda har bir ayolning garderobida bo‘lishi kerak bo‘lgan 5 ta kiyim | Moda bir joyda turmaydi, zamonga mavsumga va dizaynerlarning fantaziyasiga qarab o‘zgarib turadi. Kuzda qanday libos va aksessuarlar ayol-qizlar garderobidan olishi kerak? Harper’s Bazaar ushbu savolga javob beradi.
Trikotaj matoli uzun ko‘ylak
Yangi mavsumda, shu vaqtgacha dolzarb bo‘lib kelgan midi uzunligidagi liboslar, maksiga o‘rnini bo‘shatadi. Uzun bichimdagi libosning trikotaj matosidan tikilgani esa kuz uchun eng yaxshi variant hisoblanadi.
Harper’s Bazaar
Masalan, Matteau brendidagi singari qora minimal va ortiqcha detallardan holi, Bottega Veneta brendi taqdim etganidek shokildali va Mugler’dagidek bo‘yin qismi yopiq va “virez” li libos ayni muddao. Modasevarlar allaqachon ushbu trendni sinab ko‘rishni boshlab yuborgan bo‘lib, uni flip-flop (shippak) va bosonojkalar bilan moslamoqda.
Shokildali sumka
Shokildali libos va aksessuarlar avvalroq ham xit bo‘lgan, ammo tez unutilgandi. Lekin ushbu o‘ziga xos yondashuv kuz mavsumida qaytadan asosiy trendlardan biri bo‘ladi. Urfdan qolmaslik uchun boshdan oyoq shokildali kiyinish shart emas oddiy va sipo kiyinib, shokildali sumka tutishning o‘zi kifoya.
Shokilda, Bottega Veneta va Jil Sander’niki singari charmdan, Miu Miu taqdim qilganidek toshli va Saint Laurent’nikidek charmdan bo‘lishi mumkin.
Keyp
Keyplar mashhur brendlar — Burberry, Celine, Balmain, Givenchy’ning kuzgi kolleksiyasidan o‘rin olib ulgurgan. Shu sabab ham qo‘l qismi boshqa bichimlardan farq qiladigan mazkur uslubdagi liboslarni hech ikkilanmay garderobga qo‘shish maqsadga muvofiq.
Dizaynerlar, ko‘ylak, palto, jaket va kardigan-keyplar bilan qiziqarli obrazlar yaratishni tavsiya qiladi.
Qo‘lqoplar
Kuzning sovuq kunlari boshlanishi bilan qo‘lqoplar faqatgina sovuqdan himoya vositasi bo‘libgina qolmay, asosiy trenddagi detallardan biri bo‘ladi. Ushbu aksessuar moda namoyishlarida nafaqat ustki kiyim, balki ko‘ylak va jaketlar bilan obrazni to‘ldiruvchi sifatida ham kiyiladi.
Qo‘lqop bilan urfga xos kiyinishni istovchilar e’tiborini yorqin, Gucci’dagidek qoplon printli, Alessanda Rich taqdim qilgandek to‘rli modellarga qaratishi tavsiya qilinadi.
Zanjir
Kuz mavsumida ko‘ ylak, tufli, sumka, qolaversa boshqa garderobdan joy olishi mumkin bo‘ lgan kiyim-kechaklarning zanjiri bo‘ lishi ayni muddao. Moda inflyuenserlari uchun sevimli bo‘lgan mazkur detal, kuzga xos zamonaviy va didli kiyinishning tendensiyalaridan biri bo‘ladi.
Nimadan boshlashni bilmayotganlar uchun xaridni zanjirli sumka yoki poyabzal olishdan boshlash yoki vodolazka bilan zanjirli taqinchiq taqish tavsiya qilinadi. | 68 | 2,555 |
Ayollar | Xayolingizga ham kelmagani aniq: Maishiy texnikalarni ishdan chiqishiga olib keladigan sabablar | Hali foydalanganingizga ko‘p bo‘lmagan texnik buyumlarning ishdan chiqishi turli, ammo siz xayolingizga ham keltirmagan sabablar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Kir yuvish mashinasi
Mikroto‘lqinli pech
Idish yuvadigan mashina | 95 | 225 |
Ayollar | Ko‘z atrofida ajin paydo bo‘lishiga olib keladigan eng ko‘p tarqalgan 8 xato | Yosh o‘tishi bilan yuzda mimika ajinlarining ko‘payishidan qochib bo‘lmaydi. Lekin to‘g‘ri parvarish qilish orqali uning erta paydo bo‘lishini ortga surishga erishish mumkin. Buning uchun esa nimalardan qochish kerakligini bilib qo‘ygan yaxshi.
Haddan ortiq issiq yoki sovuq suvda yuvinish
Bu ayollar tomonidan eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan xato hisoblanadi. Kundalik yuvinish uchun suv harorati, xonaniki singari 23-24 daraja bo‘lishi kerak, qaynoq yoki sovuq emas. Ba’zida ko‘z ostiga kosmetik muz bo‘laklarini qo‘yish mumkin, lekin har kuni yuzga sovuq tekkizgan yaxshi emas. Bunda teriga zarar yetadi. Issiq suv ham shunday ta’sir qiladi, quritib yuboradi va ajin ko‘payishi ehtimoli ortadi.
Ko‘z uchun maxsus demakiyajdan foydalanmaslik
Yuzni yuvish va tozalash uchun ishlatiladigan ko‘pik va gel yorliqlariga ko‘z atrofiga ishlatmaslik kerakligi yozib qo‘yilgan bo‘ladi va bu bejizga emas. Ushbu ma’lumot, darhaqiqat, foydali va unga amal qilish kerak. Yuz va ko‘z atrofidagi teri alohida parvarish talab qiladi. Shu sabab ham qovoqlardagi kosmetika qoldiqlarini maxsus ko‘pik yoki tarkibida yog‘ bo‘lgan ikki turli vosita bilan artish kerak bo‘ladi.
Ko‘z ostiga oddiy yuz kremidan foydalanish
Yuqorida ta’kidlanganidek, ko‘z va uning atrofi uchun alohida kosmetik vosita bo‘lishi kerak. Yuzga surtiladigan krem qanchalik qimmat va sifatli bo‘lishiga qaramay, uni ko‘z ostiga surtmaslik kerak.
Namlantirishni esdan chiqarish
Ajin paydo bo‘lishining sabablaridan biri terining quruqligi hisoblanadi. Yetarlicha namlantirilgan teri uzoq vaqt silliq bo‘lib turadi, mushaklar va teri osti yog‘lari deyarli yo‘q ekani sabab bu ayniqsa ko‘z atrofidagi teri uchun dolzarb hisoblanadi. Yuzni kuniga ikki mahal makiyajdan avval va kechasi makiyaj tozalanganidan keyin parvarish qilish kerak.
Kremni noto‘g‘ri harakatlar bilan surtish
Ko‘z atrofiga kremni yengil harakatlar bilan surtish, suyakka tegadigan darajada harakatlar qilmaslik kerak. Har kuni kechqurun qovoqlarni ichki burchakdan tashqiga, ko‘z ostini esa tashqidan ichki burchakka tomon harakatlantirib mikromassaj qiling. Ushbu oddiy harakatlar qon sirkulyatsiyasini yaxshilab, terini taranglashishiga hissa qo‘shadi.
Quyosh nurlaridan himoyalovchi ko‘zoynak taqmaslik
Quyosh nurlaridan himoyalovchi ko‘zoynak taqmaganda, teri ahvoli yomonlashadi va bu ajinlar ko‘payishiga olib keladi. Shu sabab ham ko‘chaga iloji boricha ultrabinafsha filtrli ko‘zoynak taqib chiqish kerak.
Noto‘g‘ri dioptriyali ko‘zoynak
Ko‘rish qobiliyati yaxshi bo‘lmaganda kishi biron narsani ko‘rish uchun ko‘zlarini qisib qaraydi va bu mayda mimika ajinlarining kelib chiqishiga olib keladi. Shu sabab ham ko‘z shifokorining oldiga borganda to‘g‘ri dioptriyali (optik shishalarning yorug‘likni sindirish kuchi birligi) ko‘zoynak yozdirish kerak.
Makiyajni tozalamasdan uxlash
Kechasi yuvilmagan va tozalanmagan ten, tush va podvodka qoldiqlari teri ahvoliga zarar yetkazadi. Shu sabab ham qattiq charchagan taqdiringizda ham yuzingizni bo‘yoqlardan tozalashga erinmang. | 76 | 3,002 |
Ayollar | Soch quritishda yo‘l qo‘yiladigan 10 ta xato | Sochlarni tez-tez fen yordamida qurituvchilar diqqatiga! Undan noto‘g‘ri foydalanish orqali sochlar qayta tiklanmaydigan darajada zarar ko‘rishi mumkin. Quyida ko‘pchilik yo‘l qo‘yadigan xatolar bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi.
Sochlar tezroq qurishi uchun maksimal haroratdan foydalanish
Sochni tezroq quritish hamma uchun ham foydali, ammo o‘rtacha haroratdan foydalanish sochlarning salomatligiga zarar yetkazmaydi. Haddan ortiq issiq havo namlik bilan to‘qnashib, soch tolalarining sinishiga olib keladi. Agar maksimal haroratda quritish ma’qul kelsa, u holda sovuq havodan foydalanish kerak. Lekin bu tufayli boshning asab tolalari shamollashi mumkin.
Noto‘g‘ri cho‘tka yoki taroqdan foydalanish
Soch quritish jarayonida dumaloq taroq yoki cho‘tkadan foydalanadiganlar noxush oqibatlarga tayyor turishi kerak. Nam sochlarni tarash ularning tuzilishiga zarar yetkazadi. Avval sochlar quritilib, keyin barmoqlar bilan taraladi. Jarayon oxirida esa taroqda tarash mumkin.
Soch yuvilgandan so‘ng darhol fenda quritish
Soch yuvilgandan so‘ng ozroq muddat tabiiy qurishiga imkon yaratish zarur. Sababi sochlar yuvilgan zahoti fen bilan quritish uzoq vaqt talab qilishi bilan birga, zararli ham sanaladi.
Sochlarni uchidan quritish
Mutaxassislar sochlarni doimo ildizidan boshlab quritishni tavsiya qiladi. Shunda namlik sochning uchlari tomon harakat qiladi. Buning uchun avval old qismdagi sochlar, keyin orqa qismga o‘tish va oxirida uch qismni quritish kerak.
Sochlarni qismga ajratmaslik
Sartaroshlar odatda sochlarni uch yoki to‘rt qismga ajratib quritadi. Bu ham kam vaqtni, ham samarali quritishni ta’minlaydi. Agar sochlarning tabiiy to‘lqin shaklida qurishini istovchilar bo‘lsa, quritish jarayonida sochlarni dumaloqlash va qistirib qo‘yish kerak. So‘ng fenda avval issiq, keyin sovuq havo bilan quritish zarur.
Termal himoya vositalaridan foydalanmaslik
Sochlarni issiqlikdan himoya qilish – bu sochlarni fen tufayli shikastlanishdan saqlashdir. Sochlar uchun hajm, rang va qo‘shimcha namlantiruvchi vositalardan unumli foydalanish kerak. Ular sochlarning nam holatida surtilib, keyin fenda quritiladi.
Sifatsiz fendan foydalanish
Har qanday arzon narx va sifatsiz vositalar foydadan ko‘ra ko‘proq zarar yetkazadi. Fen tanlashda juda ehtiyot bo‘lish kerak, sababi pulni tejash orqali sochlar salomatligiga zarar berish mumkin.
Quruq sochlarni qayta quritish
Ko‘pchilik ayollar sochlariga hajm berish uchun quruq sochlarini qaytadan quritadi. Bunday qilish aslo mumkin emas. Keyinchalik sochlar o‘z rangini yo‘qotishi va sinib ketish holatlari kuzatiladi.
Soch uchini noto‘g‘ri quritish
Soch uchlari silliq va tekis ko‘rinishi uchun sartaroshlar avval ularni fen yordamida isitib, so‘ng salqin havo oqimini yuboradi.
Fenni hech qachon tozalamaslik
Fenning orqa qismidagi panjara chang va yomon havo oqimini saqlab qoladi. Bu esa fenning ishlashiga ta’sir o‘tkazadi. Panjarani muntazam ravishda tozalash, uning qizib ketishini oldini oladi va havo oqimi tezligini yaxshilaydi. | 44 | 2,992 |
Ayollar | Muzlatkichdagi yoqimsiz hid bilan kurashishning 7 ta samarali usuli | Muzlatkich eshigi ochilganda, turli xil mahsulotlarning aralashib ketgan yoqimsiz hidi har qanday odamning ishtasini bo‘g‘ishi tabiiy. “Noviy ochag” nashri ushbu muammoni bartaraf etishda yordam beradigan 7 ta samarali usul bilan bo‘lishdi.
Ikki marta qadoqlashdan foydalaning
Aksariyat yoqimsiz hidlar muzlatkich devorlariga o‘rnashb oladi. Shuning uchun piyoz, pishloq, sarimsoq, baliq konservalarini faqat idishlarda emas, balki qo‘shaloq qadoqda yoki folga ichida saqlash kerak.
Muzlatkichni har hafta tekshiruvdan o‘tkazing
Muzlatkichda saqlanadigan mahsulotlarning yaroqlilik muddatini ko‘rib chiqish zarur: sharbatlar, kolbasa, sut. To‘kilgan mahsulotlar esa qurimasdan avval darhol artib olinishi zarur. Iste’mol sodasi yoki idish-tovoq yuvish vositasi bilan namlangan gubkada tozalash hidni bartaraf etishga yordam beradi.
Profilaktika yoki davolash
Muzlatkich javonida ochiq iste’mol soda qutisini qoldirish hidlarni mukammal darajada o‘zlashtiradi va ularning tarqalishining oldini oladi. Ammo uni vaqti-vaqti bilan o‘zgartirish kerak, chunki uning resursi cheksiz emas. Agar u barcha hidlarni o‘ziga singdirmasa, muzlatkichni yuvish va eshiklarini 24 soat davomida ochiq holda ventilyatsiya qilish vaqti kelgan.
Muzlatkichga issiq ovqat qo‘ymang
Pishirilgan taomni muzlatkichga qo‘yishdan avval har doim oshxonada kamida ikki soat davomida sovitish kerak. Agar issiq taomlar muzlatkichga qo‘yilsa, bu nafaqat yuqori haroratda muzlatkichni ortiqcha ishlash xavfini tug‘diradi, balki taomning o‘ziga ham zarar yetishi mumkin. Bunga ayniqsa sut va sut mahsulotlari kiradi.
Suvi chiqishi mumkin bo‘lgan hamma narsani idishlarga soling
Go‘sht, suvli sabzavotlar, tuzlangan karam va boshqa shu kabi narsalarni konteynerlarga solib qo‘yish tavsiya etiladi. Chunki ularning ma’lum muddatdan keyin suvi chiqib, boshqa mahsulotlarga oqishi hamda muzlatkichda yoqimsiz hid qoldirishi mumkin.
Muz qoliplarini tez-tez tozalang
Ularni tez-tez yuvish kerak, chunki ishlab chiqarilgan plastmassa ham, ulardagi muz ham muzlatkichning hidini faol ravishda o‘zlashtiradi. Muz bo‘laklarini bir necha kundan ortiq saqlamaslik lozim, shunda ichimlikni hid bilan buzish xavfiga duch kelmaslik mumkin.
Mutaxassislarni chaqiring
Agar hamma narsani sinab ko‘rilsa ham doimiy hid saqlanib qolsa, xizmat ko‘rsatish bo‘limlariga murojaat qilish kerak. Muzlatkichning ichki qismida biror nosozlik yuz bergan bo‘lishi mumkin, bu holda uy sharoitida undagi hidni bartaraf etish qiyin bo‘ladi. Shuning uchun oxirgi chora sifatida mutaxassisga murojaat etish tavsiya etiladi. | 67 | 2,554 |
Ayollar | Yosh ko‘rinish uchun qanday odatlardan voz kechish kerak? | Shunday odatlar borki, ular kishining erta qarishiga olib keladi. Xo‘sh, yosh ko‘rinish uchun qanday odatlardan voz kechish talab qilinadi?
Hissiyotlilik
Hissiyotni bildirish ichda saqlashdan ko‘ra yaxshi hisoblansa ham, oqibatda yuzingizda mimik ajinlar paydo bo‘ladi.
Qo‘lqop va quyoshdan himoya qiluvchi ko‘zoynak taqmaslik
Bunday odat albatta terining barvaqt qarishiga olib keladi. Chunki quyoshdagi ultrabinafsha nurlar teriga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ko‘zni ko‘p ishqalash
Bunday odat ko‘z atrofida ajinlar va qoramtir dog‘lar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Burunni uqalash
Bu odat natijasida qizarish, husnbuzarlar va tomirli to‘rlar paydo bo‘lishi mumkin.
Ichimlikni cho‘p yordamida ichish
Ichimlikni cho‘p yordamida ichish oqibatida lablar atrofida to‘g‘rilash qiyin bo‘lgan ajinlar paydo bo‘ladi. | 57 | 810 |
Ayollar | Uy bekalari uchun shpargalka: Tovuq go‘shtidagi noxush hidni ketkazish usullari | Muzlatkichdan olingan tovuqdan yomon hid kelishi uning ayniganini bildirmaydi. Ba’zida salafanga solingan tovuq muzlatkich polkasida tursa ham, dimiqib qolgani sabab shunday hid kelishi mumkin.
Tovuq go‘shtining hidini qanday qilib ketkazish mumkin?
Taom mazasi o‘zgarishiga ta’sir qilishi mumkinligi sabab ham paydo bo‘lgan hidni tayyorlashdan avval bartaraf qilish kerak.
Quyidagi mahsulotlar yordamida yomon hidni bartaraf qilish mumkin:
Tovuqni oqib turgan muzdek suvda yuving. Yaxshilab ishqalang, ustidagi yog‘ qatlami yomon hid chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bo‘laklarga bo‘lingan tovuq bo‘lagini nomiga margansovka solingan suvga solib qo‘ying. 3-4 soat davomida tuzli suvga solib qo‘ysa ham bo‘ladi.
Quritilgan moychechak solingan suvga solib qo‘yish ham yaxshi samara beradi. Buning uchun bir osh qoshiq moychechakni bir stakan qaynagan suvga ivitib qo‘ying. Keyin esa aralashmani 1 litr sovuq suvga aralashtiring. Yoqimsiz hid anqimasligi uchun tovuq go‘shtini pergament (yog‘ shimmaydigan) qog‘ozga o‘rash, ustidan tuzli suvga solingan sochiqqa o‘rab qo‘yish kerak.
Har bir tovuq bo‘lagiga xantal surtib, uni idishga soling. Ustidan plyonka yopib bir necha soatga muzlatkichga qo‘ying. Shuningdek, tuz yoki shakar ham yaxshi yordam beradi. Tovuq bo‘laklarini tuz bilan yaxshilab ishqalab, 2 soatdan keyin yaxshilab yuvib tashlang.
Tovuq bo‘laklarini maydalangan sarimsoq va tuz bilan aralashtirish ham yaxshi samara beradi. Murch qo‘shilsa, natija yanada yaxshi bo‘ladi. Aralashtirib 2 soatga muzlatgichga qo‘yish kerak. Qolaversa, marinad qilish orqali ham go‘sht hidini ketkazish mumkin. Buning uchun ziravorlardan tashqari, vino sirkasi, limon ishlatish mumkin. Tuz qo‘shishni ham yoddan chiqarmang. Aralashmani 2-3 soatga muzlatgichga qo‘ying. | 79 | 1,763 |
Ayollar | Italiyalik dizayner geliy bilan to‘ldirilgan parkiyimni yaratdi — u havo shari kabi ucha oladi | Endryu Kostman ismli italiyalik dizayner par yoki sintepon o‘rniga geliy bilan to‘ldirilgan Helium-10000 nomli parkiyimni o‘ylab topdi, deb xabar beradi Esquire.
Kurtka xuddi havo shari kabi ucha oladi — uni kiyib yurgan foydalanuvchi, albatta, havoga ko‘tarilmaydi, ammo uning o‘zini ipga boylab ko‘tarib yurish va shkafga osish o‘rniga shift ostida qoldirish mumkin.
Parkiyim jamlanmasining har biriga geliyli ballon qo‘shib beriladi, chunki gaz ikki hafta davomida ta’sir ko‘rsata oladi va kurtka egasi uni muntazam yangilab turishi kerak.
Cheklangan 100 nusxada Yaponiyada yaratilayotgan kurtkani olti xil rangda xarid qilish mumkin. Geliy bilan to‘ldirilgan parkiyim narxi 10 ming dollarni tashkil etadi.
Avvalroq Yaponiyada pedikyur qilingan oyoq ko‘rinishidagi botinkalar ishlab chiqarilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Chiroyli oyoq kiyim uchun yarim oyligini sarflashdan qochib, uni o‘zlari yaratgan odamlarning mehnat mahsuli (foto) | 94 | 946 |
Ayollar | Oq krossovka kiyish tavsiya etilmaydigan 9 ta obraz (foto) | Ayollar orasida oq krossovka ommalashgani sayin, u faqatgina do‘stlar bilan uchrashuv yoki kundalik uchun emas, balki turli xil ziyofat, rasmiy yig‘ilishlar uchun ham kiyilmoqda. Ammo ushbu qulay hamda yengil poyabzal aslida qachon va qanday obrazlarga mos tushishini ko‘pchilik bilmaydi.
Yomg‘irli ob-havoda
Tashqarida yomg‘ir yog‘ishiga qaramay, oq krossovka kiyishga qaror qilganlar obraziga chindan ham ko‘chaga chiqqanidan so‘ng putur yetadi. Sababi bunday ob-havoda oyoq kiyim darhol loy bo‘ladi. Shuning uchun kiyim tanlashda ob-havoni ham inobatga olish zarur.
Oqshom liboslari bilan
Krossovkani kiyish qanchalar yaxshi bo‘lmasin, oqshom uchun uni kiyish yaxshi fikr emas. Garchi ziyofatda 5 daqiqa o‘tirish rejalashtirilgan bo‘lsa ham. Atrofdagilarning e’tiborini tortmaslik uchun ham ko‘ylakka mos keluvchi bejirim tufli kiyish tavsiya etiladi.
Tag qismi baland krossovka
Krossovkaning oppoq rangi shundog‘am barchaning ko‘ziga tashlanadi, garchi past bo‘lsa ham. Ammo uning tag qismi o‘ta baland bo‘lsa, did borasida atrofdagilarda boshqacha taassurot uyg‘otadi. Bo‘yni baland ko‘rsatishni istaganlar esa shunchaki baland poshnali oyoq kiyim kiyishi ham mumkin.
Qora kolgotka bilan
“Eng mantiqsiz kombinatsiya” nominatsiyasida qora kolgotka va oq krossovka g‘olib chiqishi aniq. Ushbu tanlov nafaqat uyg‘un ko‘rinishga, balki qomatni sezilarli darajada semiz ko‘rsatishga ham qodir. Qarama-qarshi ranglar oyoqni kalta qilib ko‘rsatadi. Qora rangdagi kolgotka bilan kalta va biroz hajmga ega etiklar kiyish tavsiya etiladi.
Uzunligi mos kelmagan jinsilar
Ko‘pgina qizlarning tez-tez takrorlaydigan xatosi. Gap to‘piqda yig‘ilib turgan shim haqida ketmoqda. Ushbu burmalar ham tashqi ko‘rinishga putur yetkazadi hamda oyoqlarni sezilarni ravishda qisqartiradi.
Qora paypoq va krossovka
Bo‘yi uzun qizlar ko‘pincha ushbu kombinatsiyadan foydalanadi. Ammo o‘rta va past bo‘ylilar uchun bu kabi ko‘rinish mos kelmaydi. Sababi ranglarning o‘zaro kontrasti oyoqlar uzunligini vizual tarzda qisqartiradi.
Paypoqsiz krossovka
Bu kabi ko‘rinish, avvalo, gigiyena talablariga ham javob bermaydi. Oyoqlarning terlashi natijasida turli xil kasalliklar kelib chiqishi shubhasiz. Shuningdek, noxush hidlar ham aynan paypoqsiz kiyilgan krossovka tufayli paydo bo‘ladi.
Kedalar
Kedalar juda qulay bo‘lishiga qaramay, 10 yil avval urfdan chiqib ketgan. Hozirda ularning yangi dizayndagilari mavjud. Ular qulayligi bilan chiroyli ko‘rinishga ham ega.
Sarg‘aygan krossovkalar
Eskirgan, sarg‘aygan krossovkalardan xunukroq narsa yo‘q. Bu kabi krossovkalar tashqi ko‘rinishni buzishi aniq. Shuning uchun ularni tez-tez tozalash yoki yangisiga almashtirish zarur. | 58 | 2,660 |
Ayollar | Oqargan sochlarni bo‘yoqsiz yashirishning 4 usuli | Sochga oralagan oq tolalar vaqt o‘tib yaqqol sezila boshlaydi. Har hafta sochni bo‘yoqqa bo‘yash esa soch terisini ham, uning egasini ham charchatib yuboradi. U holda oq sochlardan osongina qutulishning chorasi bormi? Albatta, quyida sochdagi oqlarni hech qanday bo‘yoqsiz yashirishning 4 usuli bilan tanishing.
Soch o‘rtasidan ochiladigan farqni o‘zgartirish
Eng birinchi va oson usul – sochni ajratib turuvchi farq o‘rnini o‘zgartirish kerak. Agar o‘ng yonboshdan ochilsa chapga, chapdan ochilsa, aksincha tarash zarur. Yoki o‘rtadan ochgan ham ma’qul. Qarabsizki, soch orasidagi oqargan ildiz o‘z-o‘zidan bilinmay ketadi.
Sochlarni jingalak qilish
Sochlarni jingalak qilish orqali oq tolalarni yashirish mumkin. Buning uchun sochga katta-katta to‘lqin shaklida ishlov berish yaxshi samara beradi. Sochlarning tartibsiz ko‘rinishi tufayli oqargan ildiz deyarli ko‘rinmaydi. Shuningdek, agar oq tushgan soch ildiz ko‘p bo‘lmasa, qovoq uchun mo‘ljallangan tendan ham foydalansih mumkin.
Sochlarni o‘rash
Murakkab o‘rilgan soch turmagi tufayli hatto sochlarning oqara boshlagan ildizlari ham butunlay berkitiladi. Tashqi ko‘rinish esa yanada go‘zallashadi.
Aksessuardan foydalanish
Lenta, bant, obodok, tasma − soch turmagi uchun kerak bo‘ladigan aksessuarlar yoki ingichka sharflardan foydalanish orqali oqargan soch ildizlarini bartaraf etish mumkin. Hattoki ularni berkitish uchun aksessuardan foydalanganlikni hech kim sezmaydi. | 49 | 1,436 |
Ayollar | Hamisha hashamatli ko‘rinishni ta’minlaydigan garderobning 7 ta eng muhim elementi (foto) | Zamonaviy ko‘rinish hosil qilish uchun ko‘p pul sarflash shart emas. Har doim dolzarb bo‘lgan va ularning haqiqiy narxidan qat’i nazar, obrazni mukammal qiladigan asosiy kiyimlar mavjud. Bunday kiyimlarni ham top-modellarning, ham tendensiyalarga ergashadigan qizlarning shkaflarida topish mumkinligi ajablanarli emas, deb yozadi “Noviy ochag”.
Qora sviter
Bu garderob uchun mutlaqo kerak bo‘lgan narsa. Qora sviter har doim hamma obrazga mos keladi, vizual ravishda qomatni yanada nozik qiladi va har qanday shim, yubka, kardigan, palto va kurtka bilan mukammal birlashadi.
Oq ko‘ylak
Oq ko‘ylaklar faqat ofis xodimlari uchun mo‘ljallanmagan. Bugunda ularning turli dizayndagisini topish mumkin. Shuningdek, oq ko‘ylaklarda rasmiy uchrashuv, do‘stlar bilan ziyofatga ham borish mumkin.
Djinsilar
Djinsi shimlar har bir ayol garderobida bo‘lishi kerak, turli holatlar uchun bir nechta juftliklar mavjud. Asosiysi, hozirgi modellarni tanlash. Bu mavsumda keng va klyosh djinsi shimlar urfda bo‘ladi.
Qaymoq rang ko‘ylak
Qaymoq rang ko‘ylaklar hamisha urfda. Uning yordamida yaratilgan obraz biznes uchrashuvlari va ijtimoiy tadbirlar uchun juda mos keladi. Qaymoq rang ko‘ylak uchun unga mos keladigan kurtka yoki qarama-qarshi rangdagi ustki kiyim tanlash mumkin.
Oversayz sviter
Oversayz sviterlar hech qachon urfdan qolmaydi. Ularning naqshli yokki oddiy dizayndagisi har qanday uslub uchun mos keladi.
Qaymoq rang trench
Hamma vaqt uchun klassik. Qaymoq rang trench palto oq futbolka yoki ko‘ylak, sviter, jinsi shimlar va kechki liboslar bilan mukammal ko‘rinadi.
Qora kostyum
Qomatga mos keladigan qora kostyumlar har qanday obrazga mukammallik baxsh etadi. Kostyumlarni djinsi, ko‘ylak yoki oddiygina toplar bilan ham uyg‘unlashtirish mumkin. Muhimi, u garderobdan o‘rin olgan bo‘lishi kerak. | 89 | 1,811 |
Ayollar | Gucci virtual krossovkalarni sotuvga chiqardi. Ularni mobil ilova orqali “kiyib ko‘rish” va xarid qilish mumkin | Italiyaning Gucci modelar uyi birinchi raqamli krossovkalarni sotuvga chiqardi — ularni maxsus mobil dastur yordamida xarid qilish va “kiyib ko‘rish” mumkin, deb xabar beradi Meduza.
Kadr: YouTube
Bu Belarusning qo‘shimcha reallikdan foydalangan holda mobil dasturlar yaratish bilan shug‘ullanuvchi Wanna kompaniyasining kollabratsiyasi hisoblanadi. Masalan, Wanna Kicks dasturi yordamida virtual ravishda kiyim yoki soatni o‘lchab ko‘rsa bo‘ladi.
View this post on Instagram
Bu turdagi krossovkalarni kiyib ko‘rish uchun Gucci yoki Wanna Kicks mobil dasturiga kirish, tanlovni amalga oshirish va xarid qilish kerak. Gucci dasturida krossovkalar narxi 12 dollar tursa, Wanna Kicks’da 9 dollar. Dastur algoritmi kadrdagi oyoqning joyini aniqlaydi va unga raqamli krossovkani “chizadi”.
“Besh yoki o‘n yildan so‘ng, moda brendlarining asosiy daromadini raqamli tovarlar tashkil etadi. Kompaniya sifatida bizning maqsadimiz — mahsulot fotosuratini yanada jozibador qilish va oflayn xaridlarga yaqinroq narsalar bilan almashtirish”, — deydi Wanna rahbari Sergey Arcangelskiy.
Avvalroq reper Tommi Kesh va Adidas Originals uzunligi 1 metrni tashkil qiladigan krossovka modelini namoyish qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. | 111 | 1,237 |
Ayollar | AQShning yangi birinchi xonimi — Jill Bayden qanday uslubda kiyinishni xush ko‘radi? (foto) | 2020-yil 7-noyabrda Jo Bayden AQShning yangi prezidenti bo‘lganidan keyin uning rafiqasi, sobiq o‘qituvchi Jill Bayden birinchi xonim maqomiga ega bo‘ldi. Shu munosabat bilan Cosmopolitan nashri yangi birinchi xonimning qanday kiyinishi va uslubiga e’tibor qaratdi.
Amerikaning sobiq birinchi xonimi Melaniya Tramp bilan solishtirganda Bayden sipo kiyinadi. Uning kiyinish uslubi konservativ va tushunarsiz.
Garderobining asosini kostyum-yubka, futlyar bichimli liboslar, pidjak va klassik shimlar hamda trikotaj kardiganlar tashkil qiladi.
Jill stilistlar xizmatidan foydalanmaydi, hamma libosini o‘zi tanlaydi. Bundan tashqari, bir libosni bir necha marta kiyishdan, cho‘ntakbop markalardan xarid qilish, qimmat bo‘lmagan bluzkalar va 50 dollarlik marjon taqishdan cho‘chimaydi.
U turli rangdagi, sipo bichimli dizaynga ega liboslarni kiyishni xush ko‘radi. Vaqti-vaqti bilan Dolce & Gabbana brendi kolleksiyasidan printli kiyimlarni ham kiyib turadi.
Kiyim borasida konservativ ekanligiga qaramay, oyoq kiyim borasida erkin tanlov qilishi mumkin. U klassik uchli tuflilarni, kamarli va bog‘ichli, yorqin hamda turli shakldagi poyabzallarni kiyishi mumkin.
Sovuq kunlarda uni uncha baland bo‘lmagan poshnali botfortda ham ko‘rish mumkin. Jill Baydenning kiyinish uslubini ko‘pchilik Brijit Makronning kiyinish uslubiga o‘xshatadi. Bu ikki xonim o‘rtasidagi yolg‘iz o‘xshashlik emas: Brijit ham Jillning ham kasbi o‘qituvchi. Jiddiy uslubdagi kostyum-yubka, uchli tufli ular uchun kundalik kiyinish uslubi hisoblanadi.
Birinchi xonim bo‘lganiga qaramay, Jillning karyerasini to‘xtatish niyati yo‘q, u ma’ruzalarni davom ettirish niyatida. Bergan intervyularidan birida kasbi u uchun muhim ekani, odamlar o‘qituvchilarni qadrlashi va ularning jamiyatga qo‘shgan hissasini anglashini istashini bildirgan.
Uning omma oldida chiqish va rasmiy tadbirlarga tashrif buyurishga ko‘nikishiga hojat yo‘q. Chunki u turmush o‘rtog‘i vitse-prezident lavozimida ishlaganida ikkinchi xonim maqomida bo‘lgan va dress-kod bilan yaxshi tanish.
Jo Bayden siyosat bilan mashg‘ul chog‘ida Jill nafaqat mavqeyiga munosib kiyinishni, balki omma oldida o‘zini qanday tutishni ham o‘rgangan. U Melaniyadan farqli ravishda ko‘ngli ochiq, o‘ziga ishonchi yuqori va istalgan vaqtda suhbat va bahsga kirishishi mumkin. | 91 | 2,299 |
Ayollar | Singan pudra va qurib qolgan tushni uy sharoitida qanday qilib o‘z holiga keltirish mumkin? | Uzoq xizmat qilishi uchun qurib qolgan kosmetik vositalarni nima qilish kerakligi haqida Harper’s Bazaar nashri ma’lumot berib o‘tadi.
Qurib qolgan yoki singan bronzer yoki pudraning ustidan pilka yoki shunga o‘xshash boshqa narsa bilan kukun holiga keltirib olgach, ustidan bir-ikki tomchi spirt quying. Shundan keyin barmog‘ingiz bilan tekislab chiqing. Uncha jiddiy bo‘lmagan hollarda spirtli salfetkadan foydalansangiz ham bo‘ladi. Uni kosmetik ustiga qo‘yib ustidan tekislab chiqilsa bo‘lgani. Spirt bo‘lmagan taqdirda makiyaj uchun mo‘ljallangan fiksatordan foydalansangiz ham bo‘ladi.
Qotib qolgan tushni ham o‘z holiga keltirish uchun. Tarkibida parafin bo‘ladigan bo‘lsa, tush idishini qaynoq suvli idishga solish kifoya qilinadi. Issiq ta’sirida tush foydalanish uchun yaroqli ahvolga keladi. Asosiysi ichiga suv kirmasligi uchun qopqog‘ini yaxshilab yuvishni unutmang. Podvodka yoki tush quyilib qolganda, shuningdek, linza uchun mo‘ljallangan suyuqlik va ko‘z tomchisida ham foydalansa bo‘ladi. Ammo bundan avval tarkibi bilan yaxshilab tanishishni esdan chiqarmaslik kerak. Samarasiz bo‘lib qolmasligi uchun ortiqcha qo‘shib yubormaslikka ham e’tibor berish kerak. | 91 | 1,178 |
Ayollar | Kichik mehmonxonani aql bilan jihozlaymiz | Mehmonxonadagi eng zarur bo‘lgan mebellarni to‘g‘ri joylashtirish — unda vaqtingizni yoqimli va qulay o‘tkazishning garovi. Agar bu xona kichkina va shifti past bo‘lsa, u holda bu xonani jihozlashda muayyan tamoyillar va chizmalar yordam berishi mumkin.
Televizor tagiga qo‘yiladigan tumbani burchakka joylashtirsangiz xona o‘rtasida bo‘sh joy ko‘payadi.
Iloji bo‘lsa mebellarni shunday joylashtiringki, dam olish joyi eshikdan uzoqroq bo‘lsin.
Kichkina mehmonxonalar uchun “aks ettirish” usuli juda qo‘l keladi. Hamma jihozlarni juft-juft qilib oling va ularni bir-biriga nisbatan oynada aks etayotgandek joylashtiring.
Manba: “Homester.com” | 41 | 643 |
Ayollar | Yulduzlarning har bir qadamini moda qiynoqlariga aylantirgan maksimal darajadagi noqulay poyabzallar (foto) | Ushbu qahramonlar noqulay poyabzallar tufayli omadsizlikka uchragani, shubhasiz. Jamoatchilik oldida noodatiy oyoq kiyimlarda namoyon bo‘lgan yulduzlar oradan uzoq vaqt o‘tib ham uning qiynoqlarini unutmagan bo‘lishi kerak.
Marion Kotiyyar ko‘pincha shakl va balandlik borasida ham klassikaga ahamiyat beradi. Biroq bir necha yil oldin fransuz aktrisasi tadbirlarning birida suyak shaklidagi poshnali oyoq kiyimda ko‘rinish bergan. Albatta, bu kabi oyoq kiyim bilan harakatlanish qanchalik qulay bo‘lgani haqda yulduzga savollar berilgan bo‘lishi kerak, ammo javobi noma’lumligicha qolgan.
Britaniyalik Dafna Ginness o‘zining g‘ayrioddiy obrazlarda namoyon bo‘lishi bilan tanilgan. Tag qismi o‘ta baland bo‘lgan poyabzalda ko‘rinib turibdiki, poshnalar yo‘q. Dafnaga qoyil qolmay iloji yo‘q, u bu kabi noodatiy baland oyoq kiyimda yurishni uddalay oldi.
Kim Kardashyan homiladorlik davrida ham baland poshnali oyoq kiyimdan voz kechmagan. Bu albatta, ko‘pchilikni xavotirga ham qo‘ygan. Chunki uning ayrim suratlarida dosh bera olmayotgan poshnalar tom ma’noda oyoqlar ostidan chiqib ketgudek ko‘ringan.
Shuningdek, Kardashyanning yana bir noqulay oyoq kiyimda ko‘rish mumkin. U qanchalar qimmatbaho va zamonaviy bo‘lmasin, qulaylik jihatidan kiyish tavsiya etilmaydigan oyoq kiyimlar ro‘yxatida bo‘lishi mumkin.
G‘alati oyoq kiyimlarda namoyon bo‘luvchi yulduzlar orasida Anjelina Jolini ham ko‘rish mumkin. Aktrisa “Malefisenta”ning taqdimotiga aynan shu ko‘rinishda tashrif buyurgan.
Alisa Reynerning ham oyoq kiyimida bir qancha noqulayliklar yuz bergani sezilib turibdi. Harakat vaqtida to‘piq atrofida og‘riq, bog‘lamning surilib ketishi va egilgan tovon orqali buni ko‘rish mumkin.
Faqatgina noodatiy oyoq kiyimlar qiyinchilik tug‘diradi, deyish noto‘g‘ri fikr. Jennifer Lourensniki singari o‘lchami mos bo‘lmagan oddiy oyoq kiyimlar ham mukammal obrazga putur yetkazadi.
Julianna Murning oyoq kiyimi qanchalar bejirim bo‘lmasin, aktrisaning oyoqlari oldinga siljib, barmoqlar yon tomondan chiqib ketmoqda.
Sara Jessika Parker hamisha obraz yaratishda ajralib turadi. Bu safar u sher panjasini yodga soluvchi tufli kiyishga qaror qilgan.
Ledi Gaga ham hamisha eng g‘alati ko‘rinishda namoyon bo‘lishni yoqtiradi. Uning ushbu oyoq kiyimi Dafnanikiga juda o‘xshash bo‘lib, unda yurish imkonsizdek tuyuladi. Ammo yulduzlar buni uddasidan chiqdi. | 107 | 2,359 |
Ayollar | Ayollar uchun zaruriy qo‘llanma: Dunyo bo‘ylab eng ko‘p sotiladigan tushlar | Eng yaxshi mahsulotlar dunyo miqyosida yevro, dollar, rubl va boshqa pul birliklarida to‘xtovsiz xarid qilinadi. Ayniqsa, ularning ichida go‘zallik vositalari alohida ahamiyatga ega. Masalan, xonimlar tanlovda qiynaladigan tush ham shular sirasidan. Kipriklarning tabiiy, qalin va uzun ko‘rinishi uchun qanday tushdan foydalanish kerakligini bilib qo‘yish esa zarar qilmaydi.
Paradise Extatic, L’Oreal Paris – 8 dollar
Kanakunjut moyi kipriklarni o‘stiradi – taniqli kosmetika brendi ushbu xususiyatni mahsulot tarkibiga qo‘shdi va eng serxaridor kompaniyaga aylandi. Paradise Extatic siyrak kiprik egalariga juda mos keladi. Uning ultrayumshoq cho‘tkasi kiprik tolalarini shikastlamaydi va mukammal darajada bo‘yaydi. Ushbu tush suvga unchalik chidamli emas, ammo yomg‘ir tomchilariga bardosh beradi.
Double Stacked, NYX – 14 dollar
Ikki qutidagi tush tarkibida oq va qora bo‘yoq mavjud. Oq bo‘yoq kipriklarni biroz qalinlashtirib ko‘rsatadi, so‘ngra ustidan qora bo‘yoq suriladi. Ushbu uslub kipriklarni zararlamaydi, oq bo‘yoq orqali kipriklar hajmi va tabiiyligi orttiriladi.
Lash Queen, Helena Rubinstein – 26 dollar
Xelena Rubinshteyn kosmetika dunyosidagi taniqli shaxs bo‘lib, bugungi kunda yaratilgan ko‘plab mahsulotlarning egasi hisoblanadi. Ushbu tush AQShda anchagina mashhurlikka erishgan, sababi u kipriklarni mukammal darajada uzaytiradi va qayrilgan ko‘rinish beradi. Suvga chidamli qilib ishlab chiqarilgan tushni har qanday vaziyatda qo‘llash mumkin.
Volum’ Express The Colossal 100% Black, Maybelline New York – 6 dollar
Klassik toifaga ega ishlab chiqaruvchi birinchi marotaba mahsulot tarkibida ko‘mir hamda vazelindan foydalandi. Tush ishlab chiqarilayotganiga 117 yil to‘lgan bo‘lsa-da, mahsulot tarkibi o‘zgartirilmadi. Shuningdek, ushbu brend ostidagi tush hamon yetakchilik qilib kelmoqda. Ushbu tushning cho‘tkalari kipriklarni tezda bo‘yash imkonini beradi va kun davomida o‘chib ketmasligi bilan farqlanadi.
Diorshow, Dior − 37 dollar
Afsonaviy tushni yaratuvchilar tish cho‘tkasidan ilhomlangan ko‘rinadi. Ushbu brend cho‘tkasi yumshoq bo‘lib, kipriklarga tabiiy ko‘rinish baxsh etadi. Shuningdek, vosita oddiy suv yordamida ham oson yuviladi. Mahsulot binafsha rangdan tortib qora ranggacha – 8 xil ko‘rinishda mavjud.
Intensifying Long-Wear Mascara, Bobbi Brown – 27 dollar
Ushbu mahsulot ham oddiy suv bilan yuvish mumkin bo‘lgan vositalardan biridir. Keyinchalik boshqa brend mahsulotlari ham buni takrorladi, ammo kutilgan natijani bermadi. Maxsus tozalash vositasini talab etmaydigan tush savdo rastalarida uzoq vaqt qolib ketmaydi. Kipriklarni yuvish vaqtida iliq suvdan foydalanish tavsiya etiladi. | 75 | 2,644 |
Ayollar | Ro‘zador yuvinsa, ro‘zasi ochiladimi? | “Islom.uz” sayti ma’muriyati yuvinganda ro‘za ochilish-ochilmasligi haqidagi savolga aniqlik kiritdi.
“Kimdir yuvinsa, ro‘za ochiladi dedi. Yana kimdir rohatlansa, ochiladi dedi. Shu borada aniqlik kiritib bersangiz, chunki bir tanishim qori akadan surasam, rohatlansa ochiladi deb aytdi”, — deyiladi sayt foydalanuvchisi savolida.
“Yuvinganda og‘iz va burundan suv kirmasa, ro‘za ochilmaydi. ‘Rohatlansa, ochiladi’ degan gap shariatimizda yo‘q gap”, — deya sayt ma’muriyati ushbu masalaga oydinlik kiritdi. | 37 | 508 |
Ayollar | 2020-yilning yozida qanday rangdagi kiyimlar urfda bo‘ladi? | Yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rish va garderobni yangilashni istayapsiz-u, lekin nimadan boshlashni bilmayapsizmi? Unda ishni liboslaringiz orasiga avval kiyib ko‘rmagan ranglarni qo‘shishdan boshlang. Aynan qaysi rangni tanlashni bilmayotgan bo‘lsangiz, unda siz uchun yoz faslida urfda bo‘lishi kutilayotgan ranglar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Siyohrang
Moda tanqidchilari yoz mavsumida siyohrang urfda bo‘lishini inkor etmasligi aniq. Mashhurlardan Peris Hilton ushbu rangni yaxshi ko‘radi, uning garderobida bir qancha siyohrangdagi liboslarni uchratish mumkin. Jaziramada havo o‘tkazadigan siyohrang shifon yoki krep matoli ko‘ylakdan yaxshi variant yo‘q.
Moviy
Ushbu rangning asablarni tinchlantirishi, xotirjamlikni his qilishga turtki berishi ranglar psixologiyasida isbotini topgani sir emas. Dizaynerlar mazkur rangni yoz mavsumida urfda bo‘lishini ta’kidlagan holda uni oq, sariq va boshqa yorqin ranglar bilan moslashni tavsiya qiladi.
Kayfiyatni ko‘taruvchi libos ranglari. Yorqinlik bilan o‘zingiz va atrofdagilarga pozitiv ulashing
Och pushti
Ayol va qizlarning sevimli rangi bo‘lgan pushti yoz faslida oldingidan-da ko‘proq dolzarb bo‘ladi. Faqat ko‘zni olmaydigan, to‘q bo‘lmagan pushti liboslarni garderobingizga qo‘shing. Ushbu rang bilan faqat nozik obrazlar yaratishingiz shart emas, aksincha, krassovka yoki sandallar bilan moslab, hech kimga o‘xshamagan, o‘ziga xos uslubda kiyinishga harakat qiling.
Och sariq
2020-yilda sariq rangdagi har qanday libos va aksessuar dolzarb, biroq ushbu rangdan libos kiyganda teri rangiga yarashadimi, yo‘qmi, shu kabi jihatlarga e’tibor qaratish kerak.Tanlov borasida boshi qotganlarga, och limon rangidan kofta-yubka kiyib, vintaj uslubidagi aksessuar taqish maslahat beriladi.
Och olovrang
Avvalgi mavsumda to‘q olovrang urfda bo‘lgan bo‘lsa, mazkur mavsumda och olovrang trendda bo‘ladi. Noodatiy uslubda kiyinishni istagan, lekin nimadan boshlashni bilmayotganlarga ranglar bilan fantaziya qilish tavsiya qilinadi. Masalan, olovrang va siyohranglarni bir-biriga moslash orqali esda qolarli obraz yaratish mumkin.
Pistarang
Mazkur rang mana bir necha mavsumdirki dolzarblik borasida yetakchilik qilmoqda. Ayniqsa, Jacquemus, Area va Tod’s kolleksiyalarida mazkur rangdagi liboslarni uchratish mumkin.
Klassik ko‘k
Ranglar va uning turli sohalarga (moda, poligrafiya, dizayn, reklama) ta’sirini o‘rganuvchi Pantone institutining ma’lumotlariga qaraganda, klassik ko‘k nafaqat yozda, balki boshqa mavsumlarda ham dolzarb bo‘ladi. Ushbu rangdagi universal va minimal uslubdagi kiyimlarni oq, olovrang yoki sariq bilan moslab o‘ziga xos uslubda kiyining. | 59 | 2,626 |
Ayollar | Ajinlar va teri qarishiga qarshi kurashuvchi yog‘lar | Ajinlar va teri qarishiga qarshi kurashda barcha vositalar ham birdek yaxshi, faqat ularning xavfsiz ekanligi muhim shart hisoblanadi. Shuning uchun sizga tabiiy va sinovdan o‘tgan vositalarni tanlashni tavsiya etamiz. Masalan, tabiiy yog‘lar.
Bu teri go‘zalligi va sog‘lomligini saqlash uchun eng yaxshi vositadir. U mimika bilan bog‘liq nozik ajinlardan qutulish uchun tavsiya etiladi. Mavrak yog‘i namlantiruvchi krem bilan birga qo‘llanganda yaxshiroq samara beradi. Bu yog‘ antiseptik va antibakterial xususiyatlarga ega bo‘lib, teridagi teshikchalarni kichraytiradi.
Quruq va po‘st tashlayotgan terini ajoyib tarzda yumshatadi. Yuzdagi mimika bilan bog‘liq, ayniqsa ko‘z burchaklaridagi ajinlarni hayratlanarli darajada tekislaydi. Sandal yog‘i teriga silliq ko‘rinish berib, uning elastikligini oshiradi. Bundan tashqari, u yog‘ bezlarining ishlashini normallashtiradi.
Tarkibida teri qarishini sekinlashtiruvchi E vitamini ko‘p miqdorda mavjud. Bu yog‘ terining shikastlangan yuzasini qayta tiklash, yallig‘lanishning oldini olish va antiseptik xususiyatlarga ega.
Antibakterial va zamburug‘ning oldini oluvchi jihatlarga ega. Shuningdek, terini taranglashtirib, ajinlarning yo‘qolishiga xizmat qiladi. Bu yog‘dan foydalanish teri holatining yaxshilanib, kelgusida shikastlanishi oldini oladi.
Terining har qanday turi uchun mos keladi. U qon aylanishini yaxshilaydi, teri elastikligini oshirib, unda namlikni saqlab turishga yordam beradi. Yorongul yog‘ini namlantiruvchi kremga ham qo‘shish mumkin.
Yuqorida sanab o‘tilgan barcha yog‘lar teri holatini bir necha karra yaxshilaydi. Faqat ularni qo‘llashda ehtiyot bo‘lishni tavsiya etamiz. Efir yog‘lari allergiya chaqirishi mumkin. Shuningdek, ularni shundayligicha emas, asos bo‘luvchi yog‘ bilan aralashtirib (masalan, uzum danaklari yog‘i bilan) qo‘llash kerak.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 52 | 1,998 |
Ayollar | Sifatli futbolka tanlashda asqatadigan 7 tavsiya | Obraz o‘ziga xos ko‘rinishi uchun nafaqat futbolka, balki boshqa kiyimlarning ham sifatlisini tanlash kerak.
Mato yupqa bo‘lmasligi kerak
Yupqa va oqarib ketadigan matodan tikilgan futbolka tezda cho‘zilib, keraksizga aylanishi mumkin. Shu sabab ham sifatli, qattiqroq, tana jaziramada ham nafas oladigan matodan tikilgan modellarga e’tibor qarating.
To‘g‘ri uzunlikdagi futbolka tanlang
Qulay, hadeb to‘g‘rilaverishga hojat qolmaydigan uzunlikdagi variantlarni tanlang. Elastik matodan tikilgan kalta modellarni xarid qilmagan yaxshi. Sotib olishdan avval, albatta, kiyib ko‘ring. Qo‘llaringizni ko‘targanda tepaga ko‘tarilib ketsa, bu modelni do‘konda qoldirgan yaxshi.
Erkin bichimli futbolkalarga e’tibor qarating
Haddan ortiq keng yoki yopishib turadigan modellarni tanlamang. Futbolkada qorindagi kamchiliklar ko‘zga tashlanmasligi, shu bilan birga, harakat uchun qulay bo‘lishi kerak.
Yeng qismi keng bo‘lsin
Yeng qismi keng va erkin turadigan futbolkalarni kiyganingiz yaxshi. Bunday modellar harakat uchun qulay bo‘ladi va qo‘llarni ozg‘inroq ko‘rsatadi.
Printning sifatiga e’tibor bering
Futbolkadagi yozuv va suratning ko‘chib ketmaydigan, sifatli ekaniga amin bo‘ling. Buning uchun yumshoq, oq salfetka bilan tekshirib ko‘ring. Qolaversa, yozuvning ma’nosiga ham e’tiborli bo‘lish tavsiya qilinadi.
Bezaklarga uchmang
Oddiy va hech qanday bezaksiz futbolkalar hamma kiyimlarga moslash mumkinligi bilan o‘ziga xos ko‘rinadi. Obrazingiz yorqin bo‘lishi uchun qiziqarli detal, masalan, taqinchoq taqing. Tosh, ko‘z va boshqa bezakli modellarni esa kiymaganingiz yaxshi.
Bo‘yin qismi qalin variantlarni sotib oling
Stilistlar sifatli bo‘lgani va qimmat ko‘ringani sabab ham old qismi qalin modellarni xarid qilishni maslahat beradi. Oldi ochiq futbolkalar esa bora-bora bo‘shashib, cho‘zilib ketishi mumkin. | 48 | 1,822 |
Ayollar | Yangi poyabzal qutisidan chiqadigan gelli paketdan qanday maqsadda foydalansa bo‘ladi? | Poyabzal qutisi yoki sumka ichidagi kichkina qog‘oz paket ichidagi kremniy dioksidli donachalar silikagel deb ataladi. Suv va namlikni o‘ziga tortish xususiyatiga ega bo‘lgani sabab oyoq kiyim, sumka va texnika qutisiga solinadigan silikageldan qanday maqsadlarda foydalanish mumkinligi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Telefon va kamera
Telefoningiz suvga tushib ketsa yoki unga qandaydir ichimlik to‘kilib ketadigan bo‘lsa, tezlik bilan harakat qilishingiz kerak. Uni o‘chirib sim kartasi va fleshkasini oling. Keyin silikagelli paketchalari bor idishga soling. Uning o‘rniga guruch solingan idishdan foydalansangiz ham bo‘ladi. Qog‘oz paketchalar texnikadan sovuq havoda foydalanib keyin issiq joyga qaytganda namlikni yo‘qotishga yordam berishi mumkin.
Piska (lezviya)
Ishlatilganidan keyin tez qurishi va o‘tmas bo‘lib qolmasligi uchun foydalangandan keyin britvani alohida idishga soling va unga bir-ikkita gelli paket qo‘ying. Shunda uzoq vaqt xizmat qiladi.
Asbob-uskunalar
Asbob-uskunalar yoki mix qutisiga ikki paket silikagel solib qo‘yish, hatto ular qandaydir sabab bilan nam bo‘lgan taqirda ham, zanglashining oldini oladi.
Taqinchoqlar
Namlikda qorayishi mumkin bo‘lgan kumush taqinchoqning yoniga silikagelli paket solib qo‘yish tavsiya qilinadi. Shuningdek, ushbu maslahat kumushdan ishlangan idish tovoq va boshqa buyumlarni saqlashda ham ish beradi.
Choyshab va sochiqlar
Shkafdan namlik, choyshab va sochiqlardan mog‘or hidi anqimasligi uchun polkalarga bir nechta silikagelli paket qo‘yib qo‘ying.
Poyabzal va sumka
Nam va ho‘l, ertalabgacha qurishi kerak bo‘lgan sumka va poyabzal ichiga gelli paket solib qo‘yish yaxshi samara beradi.
Urug‘ va dukkakli mahsulotlar
Urug‘ va dukkakli mahsulotlarni namlikdan himoya qilish va saqlash davomida mog‘or bosishining oldini olish uchun ham yuqoridagilar singari gelli paketdan foydalanish tavsiya qilinadi.
Chamadon
Ayrim kiyim-kechaklardan keyin chamadonga nam hid o‘tirib qolmasligi uchun ichiga silikagelli paketchalarni solib qo‘ying.
Vitamin va dori vositalari
Aslida vannaxonada dori va vitaminlarni saqlash umuman noto‘g‘ri. Lekin sizga shunday qulay bo‘ladigan bo‘lsa, namlik sabab vaqtidan avval yaroqsiz bo‘lib qolmasligi uchun ular saqlanadigan idishga gelli paketchalarni solib qo‘ying.
Qo‘shimcha tavsiya: Silikagelli paketlardan belgilanganidek foydalanmaydigan bo‘lsangiz, havodagi namlikni o‘ziga olmasligi uchun uni germetik yopiladigan idishda saqlang. Agar namlikni o‘ziga olmayotganini payqab qolsangiz, gelli paketlarni 30 daqiqaga 100 daraja qizigan pechga qo‘yish tavsiya qilinadi. | 86 | 2,571 |
Ayollar | Moda sanoati koronavirusga qarshi kurashda qanday yordam beryapti? | Koronavirus pandemiyasi dunyodagi ko‘plab sohalar xususan, moda olamiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. Lyuks toifadagi mahsulotlarning eng asosiy iste’molchilaridan biri — Xitoy virusning o‘chog‘i bo‘lsa, moda olamida eng nufuzli va ahamiyatli bo‘lgan Italiya koronavirus bilan kasallangan davlatlar orasida ikkinchi bo‘lib turibdi. Bu esa o‘z navbatida sohaning oqsoqlanishiga sabab bo‘lmoqda, biroq taniqli brend va kompaniya egalari iqtisodiy zarar haqida o‘ylab ham o‘tirmay aksincha, virusga qarshi kurashga moddiy yordam bermoqda, deb yozmoqda “Elle.ru”.
Dizayner Jorjio Armani pandemiyaga eng birinchilardan bo‘lib reaksiya bildirgan, hali xalq orasida vahima boshlanmasidanoq brend taqdimotini profilaktika maqsadida yopiq joyda o‘tkazishga qaror qilgan. Shuningdek, hali Italiyada karantin e’lon qilinishidan avval ogohlik va ishchilarining sog‘lig‘iga xavf solmaslik uchun barcha o‘ziga qarashli bo‘lgan restoran, mehmonxona va do‘konlarni vaqtinchalik yopilishini ma’lum qilgan. Bundan tashqari, hafta boshida Armani Italiyadagishifoxonalarga jami 1,25 million yevro xayriya qildi.
Versace brendi virus haqidagi xabarlarni jiddiy qabul qilib oldindan ehtiyot choralarini ko‘rgan yana bir yirik kompaniya hisoblanadi. Avvaliga Donatella Versache 16-mayda AQShda bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan ko‘rgazmani bekor qilishini bildirgan bo‘lsa, keyinchalik Xitoy Qizil Xoch jamiyatining tibbiy ehtiyojlari uchun 143 ming dollar, Italiyadagi tibbiyot muassasalari uchun jami 200 ming yevro sarfladi hamda koronavirus bilan kasallanganlar va ularning oila a’zolariga ular bilan ekanini ta’kidladi.
Boshqa brendlar ham bu borada jim qarab turgani yo‘q. Bvlgari soat brendi Rimda joylashgan Lazzaro Spallanzani shifoxonasining tadqiqot bo‘limiga moddiy yordam bergan va bu tashabbus COVID-19 ga qarshi vaksinani ishlab chiqishda muhim rol o‘ynagan.
Dolce & Gabbana brendi esa Instagram sahifasida Italiyadagi Humanitas universitetining immun tizimining koronavirusga reaksiyasini o‘rganish va tashxis qo‘yish borasida tadqiqotlar o‘tkazish uchun moddiy qo‘llab-quvvatlaganini ma’lum qilgan.
H&M Foundation AQShdagi fondga 500 ming dollar miqdorida pul ajratgan.
Louis Vuitton, Dior, Givenchy, Kenzo, Loewe, Marc Jacobs va boshqa brendlarga egalik qiluvchi LVMH kompaniyasi Xitoydagi Qizil Xoch jamiyati uchun jami 2,2 million dollar xayriya qilgan.
Cartier, Van Cleef & Arpels и Chloe’larga egalik qiluvchi Richemont Group COVID-19 ga qarshi kurashish uchun 1,4 million dollar sarflagan.
Gucci, Bottega Veneta, Saint Laurent, Balenciaga, Alexander McQueen brendlariga egalik qiluvchi Kering kompaniyasi ham Xubeydagi Qizil Xoch shifoxonasiga jami 1 million dollar yordam puli ajratgan.
South China Morning Post nashrining ma’lum qilishicha, Hermès brendi virusga qarshi kurashuvchi tibbiyot xodimlarini moddiy ta’minlovchi China Soong China Ling Foundation hisobiga 5 million yuan (711 278 dollar) o‘tkazgan. | 67 | 2,916 |
Ayollar | Bahor-yoz mavsumida qanday ko‘zoynaklar urfda bo‘ladi? | Quyoshdan himoyalovchi ko‘zoynaklar bahor-yoz faslining eng asosiy trendlaridan biri. 1920-yillarda samolyotlarni sinovdan o‘tkazuvchi harbiy general Jon Makridi Bausch & Lomb kompaniyasiga yuqori balandlikda quyosh nurlaridan himoya qiluvchi, samolyot kabinasida foydalanish uchun qulay bo‘lgan ko‘zoynak yasashga buyurtma beradi va shundan keyin “aviator” ko‘zoynaklari ommalasha boshlaydi.
Ingichka metalli gardishdan iborat mazkur ko‘zoynak modeli ayniqsa 70-yillarda ommalashadi. Oradan 50 yil o‘tib esa yana o‘sha urf trendga kirdi, ya’ni “aviator” ko‘zoynaklari bahor-yoz mavsumida dolzarb va talabgir aksessuarlardan biriga aylanishi kutilmoqda.
Ushbu model qanday uslubda kiyinish yoki yuz shakli tuzilishi qanday bo‘lishidan qati nazar, aksari kishilarga mos tushadi va street style’ning asosiy aksesuarlaridan biri hisoblanib hech ham urfdan qolmaydi. | 54 | 863 |
Ayollar | Ajinlarning erta tushishiga sabab bo‘ladigan 9 ta kundalik odat | Ertami yoki kech har inson ajinlarga duch keladi, ammo buni iloji boricha kechiktirish odamning o‘z qo‘lida. Terini quyoshdan himoya qilish, uni namlash va to‘g‘ri parvarish qilish — asosiy ko‘rsatma. Shuningdek, ajinlarning erta tushishiga sabab bo‘ladigan odatlardan xalos bo‘lish ham muhimdir.
Ko‘zlarni ishqalash
Ko‘z atrofidagi teri eng nozik bo‘lgani uchun ham birinchi ajin aynan ushbu sohaga tushadi. Agar doimo u ishqalansa, bu istalmagan cho‘zilish, shuningdek, kollagen va elastinning parchalanishiga olib kelishi mumkin. Natijada tezda ajinlar paydo bo‘ladi.
Ko‘zoynak taqmaslik
Agar ko‘rish qobiliyati biroz past bo‘lsa ham, ko‘zoynak taqishni unutmaslik kerak. Chunki yaxshiroq ko‘rish uchun ko‘zni qisish tufayli qoshlar orasidagi va ko‘z atrofidagi mushaklar zo‘riqadi. Shu sabablip tabiiy kollagen yo‘qoladi va ajinlar paydo bo‘ladi. Agar ko‘rish qobiliyati yaxshi bo‘lsa, quyoshdan saqlaydigan ko‘zoynak taqish lozim, aks holda ko‘zni qisib yurishga to‘g‘ri keladi – natija esa xuddi avvalgidek bo‘ladi.
Kontakt linzalar taqish
Albatta, ular o‘z-o‘zidan teriga hech qanday tarzda putur yetkazmaydi, lekin ulardan foydalanish usuli ajinlar paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Gap shundaki, ko‘pincha linzalarni taqishda qoshlar ko‘tariladi va natijada ajinlar paydo bo‘ladi.
Shirinliklarni juda ko‘p iste’mol qilish
Tanadagi ortiqcha shakar kollagen va elastinga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan ma’lum glikatsiya shakllanishiga olib keladi. Natijada, qancha ko‘p shirinlik iste’mol qilinsa, teri shunchalik xiralashadi va elastikligi kamayadi. Shirinlikdan teri go‘zalligi uchun ham voz kechish kerak.
Kam uyqu
Inson qancha kam uxlasa, tashqi ko‘rinishi shuncha yomonlashadi – bu aksioma. Gap shundaki, chuqur uyqu paytida teri hujayralari tiklanadi va yangilanadi. Agar uyqu yetarlicha bo‘lmasa, teri tiklanishga vaqt topa olmaydi va qariydi.
Qorin bilan uxlash
Go‘zallik va salomatlik uchun eng foydali holat – orqa tomon bilan uxlash. Boshqa barcha holatlarda organizm qandaydir tarzda yostiqqa yopishib oladi, bu esa terida ajinlar va ko‘z atrofida shish paydo bo‘lishiga olib keladi.
Telefondan ko‘p foydalanish
Smartfon yoki planshet ekranlariga qanchalik uzoq qaralsa, bo‘yin egilgan holatda shunchalik uzoqroq ushlab turiladi. Shuning uchun unda halqasimon ajinlar paydo bo‘ladi. Afsuski, smartfonlar nafaqat ko‘rish qobiliyatiga, balki teriga ham zararli ekan.
Qo‘lga bosh bilan suyanish
Odatda mashina yoki avtobusda charchagan odam boshi bilan qo‘llariga suyanib oladi. Bu holat ham kollagenni yo‘q qilish ehtimolini oshiradi va atigi har bir qo‘shimcha o‘n daqiqa yangi ajinlar paydo bo‘lishiga olib keladi. | 63 | 2,635 |
Ayollar | AppStore’dagi hayot sifatini yaxshilashga hissa qo‘shadigan 6 dastur | Telefondagi ilova va dasturlar nafaqat kishi koriga yarashi, masofalarni qisqartirishi balki, asabni tinchlantirishi, sog‘lom turmush kechirishga ham hissa qo‘shishi mumkin.
Buddo — meditatsiya uchun dastur
Yoga singari mashhurlikka erishgan meditatsiya bilan shunchaki qiziqish sabab shug‘ullanishni boshlagan kishilar foydaliligini sezganidan keyin ushbu mashg‘ulotni kundalik odatga aylantirgan. Ushbu amaliyotni sinab ko‘rmoqchi bo‘lganlar uchun, asosan, ingliz tilidagi dasturlar bisyor. Sal avvalroq esa rus tilidagi Buddo dasturi ham taqdim qilindi. Mazkur dastur emotsiya va stressni nazorat qilish, har lahzadan bahra olish hamda har kuni baxtni his qilishni, shuningdek, diqqatni jamlashni o‘rgatadi.
Zero — interval ochlik uchun dastur
2016-yilda yaponiyalik Yoshinori Ohsumi hujayralarni o‘z-o‘zini tozalash mexanizmini o‘ylab topgani sabab Nobel mukofotiga loyiq deb topilgan. Ma’lum bo‘lisha, ovqat tanaffus bilan tanovul qilinganda organizmning o‘zi ishlatilgan mikrobiologik strukturalardan qutulish imkoni mavjud. Ovqat iste’mol qilmaslik oralig‘idagi vaqt turlicha bo‘lishi mumkin, ammo ular orasida interval ochlik, ya’ni 8 soat tanovul qilish, 16 soat hech narsa yemaslik eng samarali hisoblanadi. Buncha uzoq vaqt davomida ovqatlanmaslikni imkonsiz deb o‘ylaydiganlar 16 soat ichiga uyqu kirishini ham hisobga olishi kerak. Nazorat qilish uchun ishlab chiqilgan Zero dasturining asosiy funksiyasi — yeyish mumkin bo‘lgan yoki bo‘lmagan vaqtni eslatib turishdan iborat. So‘nggi marta ovqat yeyilgan vaqtni belgilashning o‘zi bilan ham cheklansa bo‘ladi. Ammo dasturda ayni vaqtda qancha odam och ekanini ko‘rsatadigan rejim borligi sizga bu borada kuch berishi aniq.
Waterbalance — suv ichish kerakligini esga solib turadigan dastur
Inson kun davomida qancha miqdorda suv ichishi kerakligi haqidagi bahslar haligacha davom etib keladi. Miqdor borasida bir to‘xtamga kelinmagani bilan bir narsa aniq: inson organizmi uchun qahva, sharbat yoki boshqa suyuqlik emas, aynan suv juda ham muhim. Ofisda ishga sho‘ng‘ib ketganda suv ichish haqida unutib qo‘ymaslik uchun yoningizga suv to‘ldirilgan shisha idish va telefoningizga eslatma qo‘yib qo‘ying. Jinsingiz, bo‘y va vazningiz, shuningdek, yoshingizni hisobga olib, qancha suv ichish kerakligini eslatib turadigan Waterbalance
dasturi bu borada sizga yordam bera oladi. Kuniga ikki litr suv ichmagan taqdiringizda ham teringiz namlanadi va ishtahangiz kamayadi.
Fatsecret — kaloriyani hisoblaydigan dastur
Do‘konda siz duch kelgan yogurt o‘ramini telefon bilan skaner qilayotgan odam Fatsecret dasturidan foydalanayotgan bo‘lsa, ne ajab. Dastur nafaqat do‘kon, kafe va restoranlardagi mahsulot hamda yeguliklar kaloriyasini ko‘rsatadi, balki yosh, vazn, yosh hamda jinsdan kelib chiqqan holda siz uchun me’yor qanchaligini hisoblab beradi. Unda ovqatlanish kundaligini tutish, retseptlar bilan bo‘lishish va progress qanday bo‘layotganini kuzatish mumkin.
Diaro — shaxsiy kundalik o‘rnini bosadigan dastur
Diaro’dan kundalik, sayohat jurnali va muhim voqealarni, shunchaki qayd qilish uchun foydalansa bo‘ladi. Barcha qaydlar kategoriya, geoteg va yozilgan sanalarga bo‘lingan bo‘lib, bu kerakli ma’lumotlarni tezda topish hamda u bilan bog‘liq hodisalarni yodga olishga yordam beradi. Suratlarni joylash imkoniyati mavjudligi xotiralarni yanada rang-barang bo‘lishiga sababchi bo‘ladi.
Noisly — tinchlanishga yordam beradigan tovushlar kolleksiyasi
Ranglar va tovushlar umumlashmasi sanalgan mazkur dastur, kishini ishga diqqat qilishi yoki aksincha, og‘ir ishdan keyin tinchlanishga yordam beradi. Aksariyat hollarda ushbu dasturdan asabni buzadigan shovqinlardan qutulish, uyqusizlikka qarshi kurashish uchun foydalaniladi. Yomg‘ir, tosh, suv, barglar shitirlashi va shunga o‘xshash tovushlarni o‘zini eshitish yoki xohishga qarab umumlashtirish mumkin. | 68 | 3,831 |
Ayollar | Yoz o‘tsin soz! | Yoz fasli, ayniqsa, bolajonlarimiz uchun o‘zgacha shodlik va shukuh olib keladi, axir ular uchun bu faslda darslar va uy vazifalaridan ozod bo‘lgan ta’til kunlari boshlanadi-da. Endi ular vaqtini o‘zlari istagandek o‘tkazishi mumkin, ammo biz mas’uliyatli ota-ona sifatida farzandimizni kun bo‘yi televizor yoki kompyuter qarshisida o‘tirishini istamaymiz albatta. Chunki, har bir ota-ona farzandining shunchaki vaqt o‘tkazishini emas, balki sog‘lom o‘sishi, yangi narsalarni o‘rganishi va albatta, dunyoqarashi keng bo‘lishini istaydi. Demak, yoz kunlarida farzandlarimizni nimalar bilan mashg‘ul qilsak bo‘ladi?
Bolangizni professional sportchi qilish maqsadida bo‘lmasangiz-da, unga yoz kunlarida futbol yoki basketbol o‘ynash foydali, degan fikrga hoynahoy qo‘shilsangiz kerak. Uyingiz atrofida farzandingiz o‘rtoqlari yoki hech bo‘lmaganda, siz bilan o‘ynashi mumkin bo‘lgan maydoncha bo‘lsa, maslahatimiz aynan siz uchun!
Bu – dimiq sinf xonasida o‘qituvchining nazorati ostida berilgan vazifani chizishdan butkul farq qiladi. Sizdan talab qilinadigan yagona narsa - unga rangli bo‘rlar olib berish va uning tasavvurlari parvozini cheklamaslik. Bu mashg‘ulot farzandingizni uzoq vaqt band qilib turish barobarida tasavvur olamini ham boyitadi. Agar siz ham bolaligingizni yodga olmoqchi bo‘lsangiz, hech ikkilanmay unga qo‘shilishingiz mumkin. Qo‘shimcha tarzda shuni aytish mumkinki, bu nafaqat qiziqarli, balki foydali mashg‘ulot hamdir. Sababi, farzandingiz chizgan rasmlar ularning o‘zlari haqida ko‘pgina ma’lumotlarni beradi: oilani qanday tasavvur qilishi, nimani yoqtirishi-yu, nimani istayotgani kabi ko‘plab ma’lumotlarni aynan ular chizgan rasmlarni kuzatib anglab olishingiz mumkin.
Deyarli har birimiz uchun bolalikning yorqin xotiralaridan biri aynan velosiped haydashni o‘rganish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lsa kerak. To‘g‘ri, yiqilganmiz, balki boshida o‘xshamagandir. Ammo ilk marta o‘zi mustaqil velosipedni boshqargan bolakay qancha g‘urur va shodlikni his etishini hech o‘ylab ko‘rganmisiz?
Bu biz kattalar uchun har kungi bir xil yumush sanaladi, bolalarimiz uchun esa, unutilmas tajriba va o‘zlarini “kattalardek” his qilishlari mumkin bo‘lgan qiziqarli mashg‘ulotdir. Yoz fasli esa taom tayyorlashni o‘rgatish uchun eng qulay fasl. Chunki barcha meva va sabzavotlardan salatlar va tabiiy sharbatlar tayyorlash mumkin bo‘lib, imkoniyatlar cheklanmagan. O‘rganishni esa oddiy salat va mevali kokteyllarni tayyorlashdan boshlash maqsadga muvofiq, bu- xavfli bo‘lgan gaz plitasidan uzoqroq bo‘lishni ta’minlaydi.
Yoz faslini cho‘milish yoki suzish mashg‘ulotisiz tasavvur qilish mumkinmi? Farzandingiz bilan cho‘milish havzalariga boring, birgalikda vaqtingizni chog‘ o‘tkazish barobarida, uning yaxshigina chiniqishiga ham zamin yaratgan bo‘lasiz.
Kelajakda asqotishi mumkin bo‘lgan bilimlarni o‘rgatadigan tikish, to‘qish, kompyuter, ingliz tili va shunga o‘xshash boshqalarni ham kiritish mumkin.
Bu – farzandi ilk marta maktab ostonasiga qadam qo‘yadigan ota-onalarga tegishli. Hozirgi zamonaviy texnologiyalar asrida ko‘pgina bolalar o‘qish va yozish kabi boshlang‘ich bilimlar bilan birinchi sinfga chiqmoqda. Farzandingizning boshqa bolalardan ortda qolmasligini istasangiz, ular bilan maktabga chiqishidan oldin shug‘ullaning.
Shuni ham yodda tutingki, siz qaysi mashg‘ulotni tanlashingizdan qat’iy nazar, bola uchun bir daqiqa ham bo‘sh vaqt qolmaydigan kun tartibi tuzishga harakat qilmang. Axir, hozir yoz – ularning o‘ynab-quvnab qolish vaqti-ku!
Maqolani tayyorlashda Lady.mail.ru sayti ma’lumotlaridan foydalanildi. | 15 | 3,563 |
Ayollar | Tanqidni yengish sari uch qadam | Tanqid – bu xoh o‘qituvchingizdan, xoh ota-onangizdan, xoh do‘stingizdan yoki xoh dushmaningizdan bo‘lsin, uni eshitish doim ko‘ngilsiz. Agar tanqid asosli bo‘lsa, siz uni rivojlanishda bir rag‘bat sifatida foydalansangiz bo‘ladi. Agar tanqidning asosiy maqsadi – sizga zarar yetkazish bo‘lsa, siz bunday mulohazalarni yomon odatlar kabi tashlab yuborishga o‘rganish ustida ishlashingiz kerak. Xo‘sh, buni qanday amalga oshirasiz?
Asosli va asossiz tanqid orasidagi farqni ajratishga o‘rganing. Bu uni yengish yo‘lidagi birinchi qadam. Siz odamning bunday fikri nima bilan bog‘langanini, uning niyati qandayligini tushunishni o‘rganishingiz zarur.
Agar siz tanqidning mutlaqo asossiz, ma’nosiz va uning asosiy maqsadi sizni ranjitish ekanligiga ishonchingiz komil bo‘lsa, u holda siz maqolaning ikkinchi qismiga o‘tishingiz mumkin.
Manba: “Wikihow.com” | 31 | 853 |
Ayollar | Qomatni xushbichim ko‘rsatuvchi yubkalar | Yubka va ko‘ylaklar ayollarga haqiqiy ko‘rk bag‘ishlaydi. Ular yordamida nafaqat nafosat va noziklikka urg‘u berish, balki ortiqcha santimetrlarni yashirish ham mumkin. Asosiysi, ularning to‘g‘ri bichimdagisini tanlash. Sizni go‘zal va nazokatli qiluvchi yubkalarni tanlash qoidalari bilan quyida tanishishingiz mumkin.
Sizga nazokatli ko‘rinish beruvchi asosiy bichim — pastki qismiga qarab torayib boruvchi yubkadir (yubka-karandash). Uning uzunligi tizzalarni biroz yopishi yoki yana ozgina uzunroq bo‘lishi mumkin.
Undan uzunroq yubka qomatingizga beso‘naqay ko‘rinish berishi mumkin. Yubka uzunligi bo‘yi pastroq bo‘lgan qizlar uchun muhim rol o‘ynaydi. Boldirni yopib turuvchi yubka oyoqlarni yanada kalta qilib ko‘rsatadi.
Yuqoridagi bichimdan tashqari pastki qismi qo‘sh etakli tor yubka ham nozik ko‘rinish beradi.
Vertikal joylashgan har qanday bezak qomatni nozik ko‘rsatadi. Bular uzun vertikal qator shaklida tikilgan kichik tugmalar ham bo‘lishi mumkin.
Agar yubka sizni xushbichim ko‘rsatishini istasangiz, to‘q rangdagisini tanlang. Ulardan qora ranglisi albatta birinchilikni egallaydi. Biroq boshqa ranglar: to‘q qizil, to‘q ko‘k, to‘q yashil, qahvarang, to‘q kulrang va binafsharang yubkalarni ham tanlash mumkin.
Krep, gabardin va trikotaj matolar bunday yubkalar uchun mos keladi. Teri va zamsh yubkalar ham bashang ko‘rinadi. Faqat ularda ortiqcha detallar bo‘lmasligiga ahamiyat qarating.
Shuningdek, elastikli matolarni ham tanlash mumkin. Muhimi, mato tarkibida uning ulushi 5 foizdan ortiq bo‘lmasligi kerak, aks holda ularni kiyish noqulaylik tug‘diradi.
Paxta va viskoza esa ozg‘inroq ko‘rinishni istovchilar uchun omadsiz tanlovdir — ular aynan ozg‘in qomat sohibalariga mos keladi. | 40 | 1,712 |
Ayollar | Rezina shippak kiymaslik uchun 3 sabab | Buvilarimiz tomonidan yoshlik paytlarimizdan beri uqtirib kelinadigan: sochlar ho‘lligicha uxlash, tosh ustida o‘tirish, sabzavotlarni kesish yoki rezina shippakda yurish mumkin emasligi haqidagi nasihatlar haqiqatan ham to‘g‘rimi? Keling ularni mantiqiy jihatdan tahlil qilib ko‘ramiz.
Bu yerda mantiq birinchi qarashda juda oddiy: oyoq kiyimning tagi yassi bo‘lganidan keyin sizda ham yassi oyoqlik yuzaga keladi. Aslini olganda esa yassi oyoqlik tagcharmi tekis bo‘lgani uchun emas, balki bu shippakning orqasi yo‘qligi va tovonga mahkamlanmagani uchun paydo bo‘ladi.
Qadoqlar rezina shippakning mahkamlanmagan orqa tomoni har doim tovonlarga urilaverishi natijasida paydo bo‘lishi mumkin. Albatta bu urilishlar unchalik shikast yetkazmaydi, lekin yumshoq va yaxshi mahkamlanmagan tagcharm haqiqatan ham muammo tug‘dirishi mumkin.
Xalq tabobati bo‘g‘imlardagi og‘riqlarni revmatizm bilan, uni esa o‘z navbatida rezina oyoq kiyimlarining salbiy ta’siri bilan bog‘laydi. Aslida bu yerda rezina aybdor emas: siz xuddi shunday xavfni plastik, latta, probkali va boshqa har qanday shippaklarni kiyganingizda ham hisobga olishingiz kerak. Tovon bilan bog‘lanishning yo‘qligi muvozanatni saqlash va oyoq kiyim tushib ketmasligi uchun sizga tushayotgan og‘irlikni notabiiy ravishda taqsimlashga majbur qiladi. Bu tizza bo‘g‘imiga tushayotgan og‘irlikni oshiradi — va u vaqtidan oldin ishdan chiqadi.
Albatta, agar siz bunday shippaklarni bir yilda ikki hafta kiyadigan bo‘lsangiz, unda mavjud xavf omillarining hammasi ham yuzaga kelishga ulgurmasligi mumkin. Lekin, umuman olganda yaxshisi bunday shippaklarni kiymaslikni maslahat berar edik.
Manba: “Passion.ru” | 38 | 1,659 |
Ayollar | Ota-onalar uchun eslatma: bolalar sog‘lig‘iga e’tibor bering | O‘sib kelayotgan avlodni sog‘lom qilib ulg‘aytirishda nimalarga e’tibor berishimiz kerak?
Ota-onalarning asosiy vazifasi – har kuni farzandining kerakli miqdorda vitaminlar bilan ta’minlanishini nazorat qilish. Mutaxassis maslahatlari asosida bolalaringizga qo‘shimcha vitaminlar ham berishni unutmang.
Bolalaringizga meva va sabzavotlar yediring. Bolalar uchun temirning bir sutkalik me’yori – 500 gramm, ya’ni 3 sabzavot va 2 meva.
Bola uchun eng yaxshi nonushta: grechka yoki suli yormasidan bo‘tqa, quruq meva qo‘shilgan yog‘siz tvorog va sabzavotli quymoq hisoblanadi.
Bu mavsumda bolalarni emlagan ma’qulroq. Faqat emlashgina emas, balki vitaminlar yoki vitamin-mineralli qo‘shimchalar berilsa, yetarlicha jismoniy faoliyati va uyqusiga e’tibor qilinsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Mutaxassis bilan maslahatlashmasdan nafaqat antibiotiklarni, hattoki vitaminlarni ham bolalarga yoki kattalarga o‘zingizcha tayinlash yaramaydi. | 60 | 930 |
Ayollar | Endi urfda emas: allaqachon tashlab yuborish kerak bo‘lgan, eskirgan yozgi libos modellari (foto) | Moda ixlosmandlari issiq mavsumda har kuni kiyish mumkin bo‘lgan sevimli yengil liboslari va sarafanlarini mo‘ljallab qo‘ygandir, ehtimol. Ammo obraz zamonaviy va nafis chiqishi uchun hozirda dolzarb bo‘lgan modelni tanlash muhim. Marie Claire nashri qanday ko‘ylaklardan qutulishingiz kerakligini va bu yozda ularni qanday modellar bilan almashtirishingiz mumkinligi haqida tavsiya beradi.
Urg‘u yoqaga qaratilgan ko‘ylak
Bir muncha vaqt oldin mashhur bo‘lgan, romantik maktab mavzusidagi liboslar endi urfda emas. Birinchidan, bunday model faqat o‘smirlar garderobiga mos edi, garchi hamma uni kiygan bo‘lsa ham. Ikkinchidan, aksent yoqaga qaratilgan ko‘ylak allaqachon hammaning joniga teggan, chunki bir paytlar ular juda ko‘payib ketgan edi.
2022-yilning yozida ularni to‘rtburchak bo‘yinbog‘li zamonaviy modellar bilan almashtirgan ma’qul.
Kalta yengli ko‘ylak
Kundalik hayotda tartibli odamlarining sevimli kiyimi, agar u uzun yengli klassik model bo‘lsa, zamonaviyroq ko‘rinadi.
Kalta yengli ko‘ylaklar haqida unutgan ma’qul — bunday liboslar obraz qiymatini pasaytiradi.
Tugmali sarafan
Ba'zi sabablarga ko‘ra, moda ketidan quvadigan ko‘plab ayollari sarafan va old tugmalari bo‘lgan liboslar kiyishda davom etmoqda — ular endi urfda emas.
Bunday modellarni faqat ta’tilga chiqqanda kiygan ma’qul. Kundalik uchun klassik ko‘ylak yoki hozir mashhur bo‘lgan zapaxli modelni tanlash yaxshi.
Qatlamli ko‘ylak
Yoz uchun romantik va nafis ko‘ylak bir necha qavatlardan iborat bo‘lishi shart emas. Birinchidan, bunday element qomatingizga qo‘shimcha santimetr qo‘shadi.
Ikkinchidan, bu ofisda va har kuni kiyish uchun kulgili ko‘rinadi. | 97 | 1,646 |
Ayollar | Farzandingiz maktab o‘quvchisimi? O‘quv yili davomida yordam beradigan 12 ta layfxak (foto) | Maktabga borish — bolalar va ota-onalar uchun haqiqiy sinov bo‘lishi mumkin. Farzandingiz maktabga ketayotgan vaqtda uning sumkasiga biror kerakli narsani solishni unutgan paytlaringiz ham bo‘ladi. Bu kabi muammolarning ham o‘z yechimi bor. Adme nashri maktab o‘quvchilarining ota-onalariga o‘quv yili davomida yordam beradigan layfxaklar ro‘yxatini taqdim etdi.
Kiyimlarni sochni tekislovchi dazmol bilan dazmollang
Ertalab farzandingizning maktab formasi g‘ijim bo‘lsa, dazmolni olib, dazmollashga vaqt sarflashning hojati yo‘q. Sochni tekislovchi dazmol yordamida kiyimlarni tezroq tartibga solish mumkin.
Asosiysi, unda kosmetika qoldiqlari yo‘q bo‘lishi kerak, aks holda kiyimda dog‘lar paydo bo‘lishi mumkin. Agar dazmolda haroratni sozlash funksiyasi bo‘lsa, uni tushirish orqali hatto ipakdan tikilgan kiyimlarni ham shu tarzda dazmollash mumkin. Aks holda bu layfxakni faqat mustahkamroq matolar uchun qo‘llagan ma’qul.
Kiyimlarni isitib oling
Ertalab issiq to‘shakdan turishni juda kam inson xohlaydi, shuning uchun ota-onalar kamdan-kam hollarda o‘z farzandlarini o‘rnidan turishga va maktabga tayyorgarlik ko‘rishga ko‘ndira oladi. Bu paytda birinchi navbatda farzandingizning kiyimlarini isitgichga osib qo‘ysangiz, u uchun yanada yoqimli bo‘ladi. Kiyimlarning issiq turishi farzandingizda qulaylik bo‘lishiga yordam beradi.
Nonushtani oldindan tayyorlab muzlatib qo‘ying
Dam olish kunlaridagi bo‘sh vaqtingizni bir necha kun oldin nonushta tayyorlashga bag‘ishlashingiz mumkin. Masalan, ko‘proq maffinlar pishirib, muzlatgichga qo‘ying. Farzandingiz maktabga boradigan kun ularni muzlatgichdan olib qo‘yishingiz kerak va shunday qilsangiz ertalab nonushta tayyorlashga shoshilmaysiz.
Budilnikda bir nechta signallarni o‘rnating
Budilnik nafaqat farzandingizni uyg‘otish va balki uyg‘onishga ham yordam beradi. Uning yordami bilan ertalabki yig‘ilishlarni tashkil qilish va maktabga kechikmaslik mumkin. Farzandingizga nonushta vaqti, tishlarini yuvish, kiyim almashtirish va boshqa ishlarning vaqtini belgilash uchun budilnikda bir nechta signallarni o‘rnatishingiz kerak bo‘ladi. Ota-onalar esa bularning barchasini aytib, vaqtni behuda sarflashlari shart bo‘lmaydi.
Farzandingiz uchun eslatuvchi-bilaguzuk yasang
Farzandingiz maktabda qilishi kerak bo‘lgan muhim ishlarni unutmasligi uchun unga o‘zingiz yasagan eslatuvchi-bilaguzukni berishingiz mumkin. Buning uchun qog‘ozni uzun chiziqlar shaklida kesib oling, ustiga eslatmani yozing va uni bilaguzuk kabi farzandingizning qo‘liga o‘rang, yelim bilan mahkamlang. Shu tarzda farzandingiz muhim ishlarni unutmasligi mumkin.
Maktabda ishlatiladigan o‘quv qurollarini konteynerga joylashtiring
Maktab uchun zarur bo‘lgan barcha o‘quv qurollarini alohida konteynerlar yoki savatlarga joylashtirish mumkin. Masalan, ish yuritish materiallari, sport formalari uchun konteynerlarni tanlang, kiyimlarni turlarga ajrating. Agar farzandingiz muhim narsani unutganini eslasa, u kerakli narsani tezda topa oladi.
Portfeldagi yoqimsiz hidlarni ketkazing
Bolalarning maktab sumkalarida yoqimsiz hid paydo bo‘lishi odatiy hol emas. Sumkani yuvish orqali undagi noxush hidlardan butunlay xalos bo‘lish mumkin. Sumkadan yoqimli hid kelishini istasangiz unga xushbo‘y hidga ega spreylarni seping.
Buning uchun bir choy qoshiq suv va 3-4 tomchi efir moyini aralashtiring. Ushbu aralashmaga bo‘r bo‘lagini botirib, suyuqlik holatiga kelguncha kuting. Keyin uni matoga o‘rang va sumkaga soling. Bo‘rni har hafta o‘zgartirish mumkin.
Bolaning portfeliga qog‘oz papka qo‘ying
Farzandingizning portfeliga qog‘ozlar uchun plastik papka qo‘yish kerak. Unda, masalan, u o‘qituvchidan eslatmalarni olib kelish yoki imzolanishi kerak bo‘lgan hujjatlarni ota-onalarga yetkazishi mumkin. Shunday qilib, ular g‘ijim bo‘lib qolmaydi va portfelning pastki qismida yo‘qolmaydi.
Sochni tarash
Nafaqat bog‘chaga boruvchi qizaloqlar, balki ba’zi maktab o‘quvchilari ham ertalab sochlarini tarashni yomon ko‘radi. Buning sababi, jarayon davomida boshda og‘riq bo‘lishi mumkin. Bir nechta sirlarni bilsangiz, farzandingiz darsga borishidan oldin uning sochini tartibga solish osonroq bo‘ladi.
Masalan, ingichka sochli qizlar ham yotishdan oldin sochini tarashi va kechasi uni o‘rab qo‘ygan bo‘lishi kerak. Qalin sochli qizlar uchun esa dumaloq taroqlar mos kelmaydi, ular uchun tishli taroqni tanlagan ma’qul.
Bir xil rangdagi mos keladigan paypoqlarni sotib oling
Ertalabki tayyorgarlikni tezlashtirishning yana bir usuli — farzandingiz uchun har doim bir xil rangli paypoqlarni sotib olishdir. Bu holatda paypoqlarning mos juftini izlashga vaqt sarflashingiz shart bo‘lmaydi. Agar bir vaqtning o‘zida bir nechta farzandlaringiz maktabga borsa, har biriga alohida boshqa rangni tanlashingiz mumkin.
Farzandingizga kiyimini nonushtadan va tishlarini yuvgandan keyin almashtirishni o‘rgating
Farzandingiz nonushta qilmaguncha va tishlarini yuvmaguncha maktab formasini kiyishiga yo‘l qo‘ymang. Masalan, u sutni to‘kib qo‘yishi yoki kiyimini tish pastasi bilan ifloslashi mumkin. Ertalab shovqin-suronda kiyim almashtirish uchun hech kim vaqtni behuda sarflashni xohlamaydi.
Kirish old eshigi oldida nam salfetkalarni saqlang
Kiyimlarda dog‘lar yuzaga kelishini istamasangiz, kirish eshigi oldida nam salfetkalar to‘plamini saqlash kerak. Ular farzandingizning yuzini tezda artib tashlashi yoki maktab uchun kiyadigan poyabzalidan kirni tozalashi uchun foydali. | 91 | 5,399 |
Ayollar | Nima uchun yaxshilab yuvilsa ham ayrim kiyimlarda dog‘ qoladi? Ko‘pchilik yo‘l qo‘yadigan xatolar | Kiyimlar kimyoviy tozalash markaziga olib borilganda odatda dog‘ bilan bog‘liq qanday jarayon o‘tkazilgani haqida so‘raladi. Aksariyat javoblar ijobiy bo‘lishi tabiiy. Albatta, mutaxassis bu haqda to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishi lozim, sababi olib borilgan tozalash ishlari teskari natijani ham berishi mumkin. Shuning uchun ular dog‘larni oziq-ovqat, kosmetika, tibbiy, maishiy va boshqa turlarga ajratadi. Har bir vositadan qolgan dog‘ mato bilan o‘zaro ta’sirlashadi va turli xildagi erituvchilarni talab etadi.
Kiyimlarni dog‘ bilan uzoq muddat qoldirish
Ko‘pchilik yo‘l qo‘yadigan eng katta xato. Kiyimdagi har qanday dog‘ni darhol bartaraf etish mumkin, buning uchun vaqtida harakat qilish kerak. Avvalo, biror dog‘ paydo bo‘lgan kiyimni o‘sha zahoti yuvishga odatlanish yoki kimyoviy tozalash markazlariga olib borish zarur. Agar bu kabi kiyim bir hafta davomida yoki undan ko‘proq muddatga dog‘ bilan qoldirilsa, uni bartaraf etish ancha murakkablashadi.
Dog‘larni ishqalash
Dog‘ni ishqalab ko‘rish natijasida mato tolasining ingichkalashib ketgani hamda dog‘ atrofini xiralashganini ko‘rish mumkin. Bu bilan faqatgina kiyim matosi va ko‘rinishga zarar yetkazishi mumkin. Yaxshisi, qog‘oz sochiq yoki toza mato yordamida dog‘li hududni yumshoq harakat bilan tozalash kerak. Ammo qattiq cho‘tka yoki matoni mushtlab ishqalash mumkin emas.
Dog‘larni tozalashni markazdan boshlash
Kiyimga tushgan kichkina dog‘ni uning markazidan tozalash natijasida zararlangan hudud yanada kengayib ketadi. Shuning uchun ham tozalashni ularning chet qismidan boshlash kerak. Har tomondan tartibsiz tozalash esa uni xiralashtirishi bilan birga kengaytirib ham yuboradi.
Dog‘larni issiq suvda yuvish
Hech qachon dog‘ yuzasini issiq suv bilan yuvmaslik kerak. Suv harorati yuqori bo‘lsa, dog‘ni olib tashlash oson kechadi, degan fikr noto‘g‘ri. Sababi yuqori harorat ayrim dog‘larni matoga zichroq joylashtiradi. Iloji boricha dog‘lar o‘rtacha haroratdagi iliq suvda yuvilgani ma’qul.
Oqartiruvchi vositadan foydalanish
Oqartiruvchi vositalar nozik matolarga zarar yetkazishi haqida unutmaslik kerak. Agar kiyim qimmatbaho bo‘lsa, u holda ushbu qarordan voz kechgan yaxshi. Yuqorida aytilganidek, uy sharoitida tozalash imkoni bo‘lgan kiyimlarni maxsus kimyoviy tozalash markaziga olib borgan foydaliroq.
Qimmatbaho kiyimlar ustida layfxaklar olib borish
Ijtimoiy tarmoqlarda kiyimlardagi dog‘ni bartaraf etishning turli xil usulini topish mumkin. Lekin ushbu tajribalarni eski kiyimlar ustida amalga oshirish tavsiya etiladi. Sababi har qanday kiyimdan ham yaxshi natijani kutib bo‘lmaydi. Shuningdek, dog‘larni tirnoq tozalash vositasi, benzin, spirt kabi moddalar bilan tozalab ko‘rishga urinmaslik kerak. Ular mato bilan qanday reaksiya kirishishini faqatgina mutaxassislar yaxshi biladi. | 97 | 2,779 |
Ayollar | To‘shakni dog‘ va noxush hidlardan tozalaymiz | Ma’lumki to‘shak (matras) uzoq muddat ishlatishga mo‘ljallab olinadi, lekin vaqt o‘tishi bilan unda inson tanasidan tabiiy ravishda ajralib chiqadigan terining mayda po‘stloqchalari bilan oziqlanadigan changli kapalar — saprofitlar paydo bo‘ladi.
Aynan ular ko‘pincha allergiyaning manbaiga aylanadi, shuning uchun to‘shakni mutlaqo toza holatda saqlash zarur.
Biz maqolamizda matrasdagi dog‘lar va noxush hidlardan qanday qutulish haqida aytmoqchimiz.
Soda o‘zining antibakterial va bog‘lovchi xususiyatlari tufayli to‘shakni dog‘ va yoqimsiz hidlardan tozalovchi samarali tabiiy vosita hisoblanadi. Uning ta’sirini kuchaytirish uchun har qanday dorixonalarda topiladigan vodorod peroksidi qo‘shiladi.
Shunday qilib, quyidagilar ishtirokida aralashma tayyorlaymiz:
Yoqimsiz hidni soda va biron-bir efir yog‘i aralashmasi yordamida ketkazish mumkin. Bu lavanda, rozmarin, dolchin, evkalipt va boshqa yog‘lar bo‘lishi mumkin. Efir yog‘lari to‘shaklarga yoqimli hid berishdan tashqari ularni zararsizlantiradi va chang kapalariga qarshi kurashishda yordam beradi.
Aralashmani tayyorlash uchun sizga:
Ishlov berish quyidagicha amalga oshiriladi:
Manba: “Xitrosti jizni” | 45 | 1,167 |
Ayollar | Vannaxonani tozalash borasida 8 ta foydali maslahat | Agar muntazam ravishda tozalash ishlarini amalga oshirsangiz, mikroblar siz uchun qo‘rqinchli emas. Bugun siz vannaxonada tartib va tozalikni saqlab turishga yordam beruvchi bir necha maslahatlar bilan tanishasiz.
Bioplyonka — biror-bir yuzada joylashgan va hujayralari bir-biriga bog‘langan ko‘plab mikroorganizmlar. Tadqiqotlarga ko‘ra vannaxona uchun vinilli pardalar bakteriyalar paydo bo‘lishi uchun mukammal muhit hisoblanadi.
Unitaz – bakteriyalar to‘planadigan joy ekanligini unutmang, shuning uchun uni muntazam ravishda tozalab turish lozim.
Buning uchun sizga: 1 stakan soda, ¼ stakan limon kislotasi, 1 osh qoshiq sovun kerak bo‘ladi. Ularning hammasini aralashtiring, formachalarga quying va qotishini kuting. Bir haftada bir necha marta bir donadan unitaz ichiga tashlang va 20 daqiqadan keyin suv oqizing.
Agar cho‘tkani konteyner ichida saqlasangiz, bakteriyalarning sevgan muhiti – namlik paydo bo‘ladi. Har 3-4 oyda cho‘tkani almashtiring.
Tish cho‘tkalari turadigan idish bakteriyalarning vannaxonadagi eng sevimli joyi hisoblanadi.
Bu chora ifloslanishning oldini olish uchun zarur. Xlor bakteriyalarni o‘ldiradi, shuning uchun rakovinani suvga to‘ldiring va 1 stakan xlorli vosita quying. 10 daqiqadan so‘ng suvni oqizing.
Yoqimsiz hidni ketkazishning eng yaxshi yo‘li. Sodani 5 daqiqa qoldiring, keyin sirkani quying, 10 daqiqadan keyin issiq suv bilan yuving.
Bu yog‘lar oltinrang stafilokokk bilan kurashishda benihoya samaralidir.
Oltinrang stafilokokk – teri infeksiyasini keltirib chiqaradigan bakteriya. Ko‘pincha bu dushman bizni vannada kutib turadi, undan xlor yordamida qutulish mumkin. Lekin u zaharli. Eng yaxshi o‘rnini bosuvchilar – timyan va evkalipt efir yog‘lari hisoblanadi.
Endi siz hammasini bilib oldingiz. Vannaxona tozaligini nazorat qilishni o‘z zimmangizga oling.
Manba: “Wclub.ru” | 51 | 1,829 |
Ayollar | Yuzni ozg‘in ko‘rsatish uchun makiyajda e’tibor berish kerak bo‘lgan jihatlar | Agar vazn yo‘qotish uchun vaqtingiz bo‘lmasa, biroq ozg‘in ko‘rinishni istasangiz, to‘g‘ri tanlangan kiyim va aksessuarlar yordamida siluetingizni vizual ravishda “cho‘zishingiz”, shuningdek, bo‘yanish yordamida yuzingizni ingichka qilishingiz mumkin.
Baza
Birinchi qoida: yuzingizning tag qismi juda nozik bo‘yalishi kerak. O‘rta zichlikdagi bazani tanlash ideal hisoblanadi, bu sizga kerakli konturlarni chizish imkonini beradi va shu bilan birga bo‘yanishingizni chalkashtirib yubormaydi. Asosning qolgan qismiga quyuqroq bo‘lgan bronzatorni tanlaysiz va uni chakkalaringizga, yonoqlaringiz, iyagingiz ostiga surting. Keyinchalik uni T-zonasiga, ko‘z ostiga, yonoqlarga, bronzator qo‘llagan joyingizdan pastroqqa qo‘llang.
Qosh
To‘g‘ri bo‘yalgan qoshlar yaxshi tasvirning ifodasi hisoblanadi. Qoshning chetiga e’tibor bering, u pastga tushmasligi kerak, aks holda bu chiziqlar vizual ravishda yuzni yumaloq qiladi.
Ko‘zlar
Yana bir muhim nuqta — ko‘zni bo‘yashdir. Ko‘zning chet qismini podvodka yordamida yoki qalamdan foydalanib yuqoriga ko‘taring.
Lab
To‘q rangdagi qalam yoki lab bo‘yog‘idan foydalaning. Agar labingiz yaxshi ko‘rinishini istasangiz, ularni labning o‘rta qismiga qo‘llang. | 77 | 1,197 |
Ayollar | Idish yuvish mashinasi uchun tabletka, kir yuvish kukuni va uy sharoitida tayyorlash mumkin bo‘lgan 3 xil tabiiy tozalash vositasi | Ko‘plab mutaxassislar tijoriy yuvish vositalarini sog‘liq uchun xavfli deb atamoqda. Lekin ekologik toza va zararsiz tozalagichlar shu vaqtgacha ham muzlatkich yoki shkafda mavjud bo‘lgan. “Noviy ochag” nashri uy sharoitida tayyorlash mumkin bo‘lgan 5 xil tozalash vositasi bilan tanishtirib o‘tdi.
Kir yuvish kukuni
Do‘kondan sotib olinadigan kir yuvish vositalarida ammiak mavjud bo‘lib, u daryolarni ifloslantiradi va ekotizimga tahdid soladi. Ammo zararsiz kukunni uy sharoitida ham tayyorlash mumkin: buning uchun tabiiy sovun, iste’mol sodasi, bor kislotasi va blender yoki go‘sht maydalagich kerak bo‘ladi. Sovun mayda bo‘laklarga bo‘linadi, soda (1:2 nisbatda) va bor (1:1) bilan blender yordamida aralashtiriladi. Yaxshilab silkitib, salqin, qorong‘i joyda katta idishda saqlash mumkin.
Idishlarni yuvish mashinasi uchun tabletkalar
Albatta, shisha idishlarda chiziqlarning paydo bo‘lishi yoqimsiz holat, hamma ham ularni yangidek saqlanishini xohlaydi. Afsuski, ko‘plab idish yuvish vositalarida fosfatlar mavjud bo‘lib, ular keyinchalik suv yo‘llariga tushadi. Birinchidan, ular suv ekotizimlarining o‘sishini rag‘batlantiradi, bu esa suv o‘tlarning faol o‘sishiga olib keladi. Ammo buning natijasida suv yo‘llari yopilib qoladi va oziq-ovqat zanjirlari buziladi, baliqlar nobud bo‘ladi. Shuning uchun 17 davlat fosfatli yuvish vositalarini taqiqlagan.
Bu esa xavfsiz yuvish vositasining retsepti: bir stakan iste’mol sodasi, chorak stakan limon kislotasi va bir xil miqdordagi yirik tuz. Idish yuvish mashinasining o‘rtacha yuki uchun bu aralashmaning bir osh qoshig‘i yetarli bo‘ladi.
Universal tozalagich
Sirkani idishdagi qotib qolgan ovqat va pechka ustidagi kuygan dog‘ni osonlikcha tozalaydi. Sepiladigan idishga yarim stakan sirka, ikki osh qoshiq iste’mol sodasi, bir necha tomchi choy daraxti yog‘i va suv quyib aralashtiriladi. Sirtga purkashdan oldin yaxshilab silkitish lozim.
Nam salfetkalar
Rulon salfetkalar ham ekologiyaga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Ular zararli kimyoviy moddalarga to‘la keraksiz bir martalik chiqindidir. Bundan tashqari, ular uchun ko‘p pul sarflanadi. Pulni tejash orqali atrof-muhitni muhofaza qilish mumkin. Oddiy paxta bir qancha bo‘laklarga bo‘linadi. Ular sirka va choy daraxti yog‘i aralashmasi bilan namlanadi, so‘ngra qopqoqli idishga joylashtiriladi. Zarur bo‘lganda nam salfetkalar o‘rnida qo‘llash mumkin.
Hammom tozalagich
Shuningdek, ushbu tozalagich oshxona va oshxona anjomlari uchun ham mo‘ljallangan. Umuman olganda, universal. Bir stakan iste’mol sodasi va bir stakan tuz aralashtiriladi. Uning yordami bilan metall, keramika va boshqa sirtlarni tozalash tavsiya etiladi. | 130 | 2,638 |
Ayollar | Qishda qanday sumka modellari urfga kiradi? (foto) | Sumkalar ayollarning kundalik hamrohi ekanligi hisobiga ham u nafaqat zamonaviy, balki universal bo‘lishi kerak. Kunning issiq kunlaridagi sumkalar sovuq tushganda dolzarb bo‘lmay qolishi mumkin. Qish va sovuq mavsumda tutish mumkin bo‘lgan, istalgan obrazni didli ko‘rsatadigan sumkalar qaysilardan iborat ekanligi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Zanjirli sumka
Zanjirli sumkalar 2020-yilning asosiy trendlaridan biriga aylandi, desa xato bo‘lmaydi. Bottega Veneta brendi tomonidan taqdim qilingandek ko‘rinishga ega modellar har kuni tutish uchun ayni muddao.
Alohida tadbir va ziyofatlar uchun esa Wandler’dagidek sumkalarni tanlash tavsiya qilinadi.
Sumka-xobo
Noodatiy ko‘rinishga ega bu kabi sumkalar moda olamida yetakchilik qilishi kutilmoqda. Qulayligi va shaklining boshqalarga o‘xshamagani bilan moda ixlosmandlarining sevimli aksessuariga aylanishi aniq.
Coperni brendidagidek yoki shakli oyni esga soladigan Staud sumkalariga e’tiboringizni qarating.
Kichkina, bejirim ko‘rinishdagi sumkalar
Kichkina hajmli sumkalar qishga to‘g‘ri kelmaydi, deb o‘ylaganlar yanglishadi.
Ushlagichi bor bo‘lgan, o‘ziga xos dizaynga ega sumkalar qishki obrazlarni yanada chiroyli ko‘rsatishi mumkin. | 50 | 1,199 |
Ayollar | Farzandingiz uchun to‘g‘ri ovqat | Bolani ovqat yeyishga, tartib asosida ovqatlanishga majbur qilish kerakmi? Bolaga qanday ovqat foydali? Biz siz uchun barcha savollarga javob tayyorlab qo‘ydik. Rukn homiysi — “Bolalar uchun LINEKS®”.
Tadqiqotlar bolani soatga qarab ovqatlantirish shart emasligini ko‘rsatdi. Bola o‘zi xohlaganida ovqatlanishiga qo‘yib berish yetarli, ammo, albatta, kuniga 3 marta ovqatlanishini nazorat qilib turish kerak. Shuningdek, olimlar test o‘tkazdilar va 9 oylikdan 1,5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nimani xohlasa va qachon xohlasa yeyishi uchun sharoit yaratib berdi. Natijada ularning ratsionidagi ozuqaviy moddalar to‘plami shifokor tavsiyalariga mos bo‘ldi.
Har kuni go‘sht tanovul qilish kattalarga ham zararli, bolalar haqida-ku gapirmasa ham bo‘ladi. Gap shundaki, go‘sht qiyin va sekin hazm bo‘ladi, u ovqat hazm qilish tizimiga og‘irlik qilishi mumkin. Go‘shtli taomlarni kunning birinchi yarmida bergan ma’qul, chunki ular uzoqroq hazm bo‘ladi.
Uch yoshgacha sutkalik norma — 85 gramm. Go‘sht o‘rniga haftada bir necha marta baliq berish kerak, uning sutkalik normasi esa 25 grammni tashkil etadi.
Ovqatlanish chog‘ida shoshilish doim zararli, to‘xtab-to‘xtab chaynash kerak. Bolani shoshirmaslik kerak — shoshilish faqat yaxshi chaynalmagan bo‘laklarni yutishga, oshqozon va asab buzilishiga olib keladi.
Desert va konfetlardan rag‘batlantirish uchun foydalanmagan ma’qul. Katta bo‘lgach, stressga tushganda va noxushlik yuz berganda, shirinlik bilan ovunadigan bo‘lib qoladi, bu esa ko‘pincha semirishga olib keladi.
Bolani zo‘rlab ovqatlanishga majbur qilmaslik kerak. Ortiqcha ovqat hazm bo‘lmaydi va organizmni “ifloslantiradi”. Agar bola ko‘p va bajonidil harakat qilsa, sport bilan shug‘ullanib, kam yesa, xursand bo‘ling, demak uning metabolizmi yaxshi ishlaydi.
Amerikalik tadqiqotchilar yog‘siz parhez ko‘rish qobiliyatini susaytirishini va miya rivojlanishini sekinlashtirishini aniqladi. Bola ratsionida yog‘li taomlar bo‘lishi kerak, lekin hamma narsa me’yori bilan!
Ha, bolaning balanslashtirilgan ovqatida oqsil, yog‘ va uglevodlar bo‘lishi lozim. Ular sanoat qo‘shimchalari qo‘shilmagan tabiiy mahsulotlarda (bo‘tqa, kefir, meva, tuxum, go‘sht va h.k.) bor. Ovqatlanish buzilishi oshqozon ichak trakti (OIT)da foydali bakteriyalar balansi buzilishiga olib kelib, ich ketishi (diareya)ga, allergik reaksiyalarga, ich dam bo‘lishiga va qorin shishishiga sabab bo‘ladi.
Ha, kerak. Probiotiklar oshqozon-ichak traktida viruslar va kasallik keltirib chiqaruvchi bakteriyalar rivojlanishiga yo‘l bermaydigan kislotali muhitni saqlashga yordam beradi, shuningdek allergenlarga qarshi immunitetni kuchaytiradi. Agar bolada infeksion ich ketishi kuzatilsa, dori bilan birga probiotiklar bering. Ammo, agar dorilarni birinchi kasallik alomatlar kuzatilgandayoq bersangiz, probiotiklar samaraliroq ta’sir qiladi.
Yo‘riqnomaning to‘liq matni bilan ushbu havola bo‘yicha tanishishingiz mumkin.
Maqolani tayyorlashda u-mama.ru va e-reading.club saytlari ma’lumotlaridan foydalanildi.
Mahsulotlar sertifikatlangan. Qabul qilishdan avval shifokor bilan maslahatlashish lozim. | 32 | 3,082 |
Ayollar | Nima uchun aslida salqin xonada uxlash kerak? | Olimlar salqin haroratdagi uyquning organizmga ijobiy ta’sirini va moddalar almashinuvini yaxshilashini aniqladilar.
Organizmda yog‘larning ikki turi mavjud: oq va qoramtir. Oq — bu kaloriya zaxiralari. Qoramtir yog‘lar esa issiqlik generatsiyasini ta’minlaydi.
Qoramtir yog‘ to‘qimalari yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda rivojlangan bo‘ladi. U chaqaloqlarga issiqlikni saqlashda yordam beradi, lekin yoshimiz ulg‘ayishi bilan biz bu to‘qimalarning katta qismini yo‘qotamiz.
Qoramtir yog‘lar kaloriya zaxiralari saqlanadigan oq yog‘lardan farqli o‘laroq, kaloriyani sarflashga yordam beradi.
AQShdagi Salomatlik Milliy institutining tadqiqotchilari salqin xonada uxlash yordamida organizmdagi qoramtir yog‘ miqdorini oshirish mumkinligini aniqladilar.
Olimlar quyidagicha tajriba o‘tkazdilar: besh nafar sog‘lom qatnashchilar to‘rt oy davomida harorati nazorat qilinadigan sharoitda uxladilar. Ular iste’mol qilayotgan kaloriya miqdori ham hisobga olindi. Birinchi oy davomida uxlash vaqtida 24 °C mo‘tadil harorat saqlab turildi. Keyingi oyda uni 19 °C gacha pasaytirishdi, keyin yana mo‘tadil darajagacha ko‘tarishdi. Oxirgi oyda esa haroratni 27 °C gacha ko‘tarishdi.
Ma’lum bo‘lishicha, salqin harorat organizmga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatar ekan. Bir oy davomida salqin xonada uxlashdan keyin organizmdagi qoramtir yog‘ zaxirasi deyarli ikki baravar ko‘paygan. Bu esa o‘z navbatida ularning insulinga bo‘lgan sezuvchanligini yaxshilagan. Bu xususiyat organizmning glyukozani qanchalik yaxshi singdirishini ko‘rsatadi.
Shuningdek, bu oyda qatnashchilar kun davomida ko‘proq kaloriya sarflaganlar. Lekin ular yana yuqori haroratda uxlay boshlashlari bilan, hamma o‘zgarishlar yo‘qolgan. Qoramtir yog‘ to‘qimalari tarkibi tajribadan oldingi holatiga qaytgan.
Bu juda ajoyib yangilik. Bundan kelib chiqadiki, modda almashishini qayta harakatga keltirish uchun salqin xonada uxlashning o‘zi kifoya qiladi.
Manba: “Layfxaker” | 45 | 1,929 |
Ayollar | Tashlashga oshiqmang: Mayonez, ketchup va boshqa mahsulot “qoldiq”laridan qanday foydalansa bo‘ladi? | Quyida nomi keltirilgan mahsulotlarni idish tagida kam qolganiga ko‘zingiz tushsa, darhol tashlab yuborishga shoshilmang. Buning o‘rniga boshqa mahsulotlar qo‘shib, mazali sous, nonushta yoki ichimlik tayyorlang.
Xantal
Bankadan qolgan xantal qoldig‘idan salat uchun mazali aralashma tayyorlash mumkin. Mayda to‘g‘ralgan piyoz, bir choy qoshiq sirka va ikki qoshiq yog‘ qo‘shing. Qopqog‘ini yopib, yaxshi aralashishi uchun silkiting.
Shokoladli pasta
Tagida ozgina qolgan shokolad yoki yong‘oqli pasta idishiga issiq sut soling. Yaxshilab aralashtiring va qarabsizki, shokoladli kokteyl tayyor.
Yogurt
Shirin bo‘lmagan yogurt idishiga maydalangan ko‘kat va sarimsoqlarni soling. Ozgina suv qo‘shing va go‘shtli taom uchun sous tayyor.
Jem
Yangi o‘ziga xos sous tayyorlang. Buning uchun mayda to‘g‘ralgan qalampirga, rayhon va jem qo‘shib aralashtiring.
Mayonez
Mayonez istalgan sous uchun asos bo‘lishi mumkin. Qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq, limon sharbati va petrushka qo‘shib aralashtiring. Juda ham mazali bo‘ladi.
Bankadagi tuzlangan bodring suvi
Piyoz, sarimsoq, sabzi, qovoqcha va bodring to‘g‘rab, tuzli suvi bor banka ichiga soling.
Yong‘oq yog‘i
Kam qolgan yong‘oq yog‘iga kechasi suli yormasi va issiq sut soling. Tongda esa mazali nonushtaga asal, barra mevalar, kokos yoki shokolad qirindisini qo‘shing.
Salsa sousi
Idish tagida qolgan sousga smetana, yoki tabiiy yogurt qo‘shib, sabzavotli va go‘shtli taomlarga sous sifatida ishlating.
Ketchup
Ketchup qoldig‘idan mashhur va mazali BBQ sousini tayyorlash mumkin. Buning uchun tomatli asosga shirin, tuzli va nordon komponentlar qo‘shing. Qizil murch, asal va guruch sirkasi yanada mazali bo‘lishiga hissa qo‘shadi. | 100 | 1,681 |
Ayollar | Aerofobiyani yengishning 5 yo‘li | Aerofobiya – bu samolyotda uchish oldidan paydo bo‘ladigan qo‘rquv. Ma’lumotlarga qaraganda, kattalarning 15—30 foizi bu narsadan aziyat chekar ekan.
Hammamiz ham uchish oldidan aqlimizga yomon xayollarni keltiramiz. Lekin bunday xayollar qanaqadir kasallikning yoki fobiyaning belgisi hisoblanmaydi albatta.
Qo‘rquvning nazorat qilib bo‘lmaydigan darajada bo‘lishi va uchishdan bir necha kun oldin uyda boshlanadigan vahima xuruji aerofobiyaning belgilari hisoblanadi.
Qo‘rquvni qanday yengish mumkin?
1. Uchish oldidan aviahalokatlar to‘g‘risidagi kinolarni ko‘rmaslikka va kitoblar o‘qimaslikka harakat qiling.
2. Uchish oldidan och qolmaslikka harakat qiling, hatto parhezni ham to‘xtating.
3. Meditatsiya, nafas olish mashqlari kabi organizmni bo‘shashtiruvchi ommabop usullardan birini o‘rganing.
4. O‘zingiz bilan shifokor tomonidan tavsiya qilingan birorta tinchlantiruvchi vosita oling.
5. Samolyotda o‘zingizni chalg‘itadigan biror ish (kitob o‘qish, musiqa tinglash yoki tikish) bilan shug‘ullanishni oldindan rejalashtiring.
Manba: “Psy.passion.ru” | 32 | 1,061 |
Ayollar | Kir yuvish mashinasiga kiyimlar orasiga nam sochiqchalar solib aylantirish qanday foyda beradi? | Uy bekalari uyni tozalashda nam salfetkalardan foydalanadi. Ko‘p hollarda kiyimlar yuvilgandan keyin yoqimsiz ko‘rinadi, matoda katishkalar, mato tuklari va chiqindi qoldiqlari paydo bo‘ladi.
Nam salfetkalar bilan kir yuvishni osonlashtirish uchun foydali layfxakdan qanday foydalanish kerakligini bilib oling.
Nam salfetkalar bilan kir yuvish siri
Oddiy usul katishkalar, soch qillarini olib tashlashga va kiyimdagi mato junini oson yig‘ib olishga yordam beradi.
Buning uchun har safar kir yuvishni rejalashtirganingizda kir yuvish mashinasining barabani ichiga nam salfetkalar soling.
Qanday salfetkalardan foydalanish mumkin?
Oddiy usul samarali va natijasi yaxshi bo‘lishi uchun to‘g‘ri salfetkalarni tanlash kerak.
Kir yuvish mashinasining ichiga yuqori sifatli qalin salfetkalarni soling, aks holda ular yuvish jarayonida yirtilib ketadi.
Xushbo‘y hidi bo‘lmagan salfetkalardan foydalaning, eng yaxshisi antibakterial, hech qanday hidi yo‘q salfetkalar hisoblanadi. Kiyimlarni yuvishda salfetkalarni qayta ishlatish mumkin emas. Salfetkalar ikki marta chiqindi yig‘maydi.
Yuvish jarayonida chiqindi qoldiqlarini yig‘ish uchun har safar 3 tadan ko‘p bo‘lmagan salfetkalardan foydalaning. | 95 | 1,193 |
Ayollar | Yuz terisining holati 20 yoshda tabiatga, 30 yoshda esa hayotga bog‘liq | Sizni tabiat go‘zallik bilan siylaganiga qaramay ushbu go‘zallikni saqlab qolish o‘z qo‘lingizda.
Makiyaj bilan uxlash
Teri sog‘lomligi va go‘zalligi uchun uyquning ahamiyati katta. Tunda hujayralar yangilanish va qayta tiklanish xususiyatiga ega. Buning uchun esa teri toza bo‘lishi va nafas olishi kerak. Uyqudan avval yuvilmagan va tozalanmagan makiyaj teri teshikchalarining yopilishiga sababchi bo‘lib, yuzda qizarish va husnbuzarlar paydo bo‘ladi. Shunday ekan chiroyli ko‘rinish uchun faqatgina iste’mol mahsulotlari va go‘zallik muolajalariga emas, balki yuzingizni makiyajdan tozalab, keyin uxlashga ham e’tibor bering.
SPF vositalaridan foydalanish
Aksari ayol va qizlar quyoshning ultrabinafsha nurlaridan saqlanish maqsadida SPF vositalaridan foydalanadi. Aslida, SPF kremlarni 25 yoshdan keyin, yuzda birinchi ajin paydo bo‘lganidan so‘ng ishlatish kerak. Shuningdek, bunday vositalar 2 soatlik ta’sir kuchiga ega bo‘lishini ham unutmaslik lozim. Quyoshdan himoyalovchi kremlarni ertalab, ish yoki o‘qishga ketishdan avval surtishingizga ishonchimiz komil. Quyosh nurlari tushlik vaqtida avjiga chiqqan, siz uydan chiqishdan avval surtgan krem bo‘lsa, bu vaqtga kelib ta’sir kuchini yo‘qotgan bo‘ladi. Shuning uchun mutaxassislar bunday kremlarni bir kunda bir martadan ko‘p, nafaqat yozda, balki kuz va bahor fasllarida ham foydalanishni tavsiya qiladi.
Teriga e’tiborsiz bo‘lish
Yosh o‘tganidan keyin terining avvalgidek tarang bo‘lmasligi o‘lik hujayralar bilan bog‘liq. Gap shundaki, teri qarishni boshlaganidan keyin undagi o‘lik hujayralar yuzaga chiqa boshlaydi va namlantirish, parvarishlash kabi muolajalar ta’sir qilmasligi yoki foydasi bo‘lmasligi mumkin. Ta’sir qilishiga teri yuzasidagi o‘lik hujayralar to‘sqinlik qiladi. O‘lik teri hujayra va ularning qoldiqlarini olib tashlash jarayoni eksfoliatsiya deb ataladi. Buni o‘zboshimchalik bilan amalga oshirish yaramaydi, shifokor-dermatolog va kosmetolog tavsiyalariga asosan olib borish kerak.
Yetarli bo‘lmagan uyqu
Uyqusizlik hisobiga siz ertangi kun uchun lohaslik va susaygan immunitetni orttirib olasiz. Terining erta qarishi sabablaridan biri charchoq va dam olmaslik ekani, olimlar tomonidan allaqachon isbotlangan. Ayol va qizlarning terisi kun davomida ultrabinafsha nurlar, shamol, atmosferaning chiqindi gazlaridan aziyat chekkani yetmagandek, kunlik makiyaj hisobiga ham nafas ololmaydi. Shuning uchun hech bo‘lmaganda, kechasi charchoq chiqarishi, nafas olishiga qo‘yib berish kerak.
Makiyaj uchun tozalanmagan cho‘tkadan foydalanish
Yuvilmagan va tozalanmagan cho‘tkalarni qayta-qayta ishlatib, yuzingizga turli bakteriyalar kirishiga sharoit yaratib berasiz. Oqibatda yuzni vaqtida tozalab, namlantirib yurganingiz ham samarasiz bo‘lib qoladi. Shu sababdan haftada bir marta cho‘tkalarni tozalab turish tavsiya qilinadi.
Shirinlikka ruju qo‘yish
Shirinliklar terining yosh ko‘rinishini ta’minlovchi kollagen va elastinning eng asosiy dushmanlaridan biri hisoblandi. Ajin, husnbuzar va turli dog‘lar paydo bo‘lishida esa shokoladning xizmati katta. Shokoladni taomnomadan chiqarib tashlash oson bo‘lmasligini inobatga olgan holda salomatlik va go‘zalligingiz uchun haftada bir marta iste’mol qilishni tavsiya qilamiz.
Go‘zallikka oshnolar uchun:
Moda va trendlarga qiziquvchilar uchun:
Salomatlikka befarq bo‘lmaganlar uchun: | 71 | 3,317 |
Ayollar | Poshnali tufli zararli, krossovka foydalimi? Shifokor oyoq salomatligi haqidagi qarashlarni qanday izohlaydi? | Shifokor qaysi poyabzal aslida oyoqlar uchun zararli ekanini ma’lum qildi.
Shunday qilib, oyoq muammolarining poydevori evolyutsiya va sivilizatsiyadir. Evolyutsiya insonni oyoqqa turg‘izdi va sivilizatsiya esa poyabzal berdi. Zo‘riqishga dosh bera olmagan oyoqlar yassi shaklga kelib, butun mushak-skelet tizimida muammolar keltirib chiqaradi.
Baland poshnali poyabzal har qanday ayolni chiroyli ko‘rsatadi. Oyoqlar ingichka, qomat esa yana xushbichim
Tovon qanchalik baland bo‘lsa, oyoq shunchalik egri bo‘ladi. Darhaqiqat, gavdaning butun og‘irligi barmoqlarga tushadi. Vazifani qandaydir tarzda yengish uchun oyoqlar deformatsiyalanadi, tekislanadi. Bu muammoning hammasi emas. Deformatsiyalangan oyoq o‘zining funksiyalarini yetarli darajada bajarmaydi. Bu shuni anglatadiki, vaqt o‘tishi bilan tizza, son bo‘g‘imlari va bel umurtqasi azoblana boshlaydi. Egri oyoqlar va bukri qomat poshnadan kutgan natija emas, to‘g‘rimi? Shuning uchun ham balandligi 2-5 santimetrdan oshmaydigan poshnali tuflilar kiyish tavsiya etiladi.
“Men poshnadan qulay baletka kiyishga o‘tdim. Endi oyoqlarim xavfsiz!”
Baletka, keda va boshqa tagligi tekis bo‘lgan poyabzallar ham yassi oyoqni keltirib chiqaradi. So‘ngra yuqorida aytilganidek, qomatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiladi. Shuningdek, yozgi slansilarni ham kiyish biroz noqulay. Ular go‘yoki barmoqlardan chiqib ketadigandek tuyiladi. Shuning uchun vaqt-vaqti bilan o‘ta baland bo‘lmagan poshnali oyoq kiyimlar tasiya etiladi.
Yassi oyoqlar bosh og‘rig‘iga sabab bo‘lishi haqiqatmi?
Zanjirli reaksiyani tasavvur qiling. Yassi oyoqlilik o‘zining biomexanik funksiyalarini bajara olmasa, yurish bir qator silkinishlar va umurtqa pog‘onasi bo‘ylab miyaga uzatiladigan zarbalarni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, parallel ravishda, barcha bo‘g‘imlar ortib borayotgan zo‘riqishga uchraydi. Umurtqa pog‘onasi egilib, asab tugunlari va bo‘yin mushaklari qisiladi — bu miya hujayralariga kislorod yetib bormasligiga olib keladi. Natijada bosh og‘rig‘i kuzatiladi.
“Sog‘lom turmush tarzi — barcha qiyinchiliklardan najot. Baland poshnadan krossovkalarga o‘taman, marafonda yugurishni boshlayman va sog‘lom oyoqlarga ega bo‘laman!”
Keling, marafon poygalari umuman sog‘lom turmush tarziga oid emasligidan boshlaylik. Sog‘likka ortiqcha yuk hamisha zararli. Yassi oyoqlarni tom ma’noda qo‘zg‘atadigan bir qator sport turlari mavjud. Ular orasida figurali uchish va tennis ayniqsa mashhur. Bundan tashqari, kutilmagan uzoq masofaga yugurish yoki majburan sport bilan shug‘ullanish natijasida organizm yana zo‘riqadi. Jismoniy mashg‘ulotlarni qanchalik tez oshirish mumkinligini hisoblash uchun mutaxassis — sport shifokori yoki murabbiyi bilan maslahatlashishdir. Misol uchun, kamida uch oy davomida asta-sekin 10 kilometr poygaga tayyorgarlik ko‘rish kerak.
“Men dorixonaga borib, o‘zimning o‘lchamimdagi ortopedik taglik (supinator) sotib olaman. Shunda hammasi ajoyib bo‘ladi”.
Bugungi kunda ko‘pchilik mushak-skelet tizimining kasalliklarini oldini olish va davolash vositasi sifatida ortopedik tagliklar haqida eshitgan. Ammo hamma ham ularni xarid qilishdan avval dorixonaga emas, balki shifokorga murojaat qilish kerakligini bilmaydi.
Qattiq mahkamlanadigan universal tagliklar oyoq bo‘g‘imlarida harakatchanlikni cheklaydi, mushaklar faoliyatini qiyinlashtiradi.
Podiatrlar ishlab chiqaradigan ortezlar maxsus materialdan tashkil topgan. Bunday ichki tagliklar oyoq uchun haqiqiy trenerdir. Ular mushaklarni optimal harakatlanish uchun rag‘batlantiradi va hatto muvofiqlashtirishni yaxshilashga yordam berish uchun oyoq to‘qimalarida uxlab yotgan retseptorlarni uyg‘otadi. | 109 | 3,618 |
Ayollar | Ko‘z ostidagi qora dog‘lardan qutulamiz | Ko‘zlar qalb ko‘zgusidir, shuning uchun ular charaqlab turishi kerak. Ko‘z ostidagi qora dog‘lar ularning tashqi ko‘rinishini buzib, charchagan ko‘rinish beradi. Ko‘pchilik ayollar ularga qarshi kurashda pudra va boshqa ko‘plab maxsus kosmetika vositalaridan foydalanishga urinadi. Quyida ulardan uy sharoitida qutulish imkonini beruvchi tavsiyalarni keltiramiz.
Eng sinalgan usullardan biri ko‘z atrofiga o‘tli damlamalardan tayyorlangan muz bo‘lakchalarini surishdir. Bunday damlama uchun oddiy petrushka ham asos bo‘la oladi. U ko‘z atrofini mayin va yumshoq qilish, qolaversa tetiklashtirish vazifasini bajaradi.
Muz kubiklarini tayyorlash uchun bir osh qoshiq tog‘ o‘tlari ustidan qaynagan suv quying. O‘tli vosita 15—20 daqiqa turgandan keyin, uni suzib oling hamda sovutilgan holda muz uchun shaklchalarga quying.
Yana bir usul — moychechak, mavrak va kashnichdan tayyorlangan kontrast kompresslar qilish. Dastlab ko‘z atrofini issiq damlama (qaynoq bo‘lmasin), keyin sovug‘i bilan arting.
Ma’lumki, bodringning 90 foizi suvdan iborat, demak u ajoyib tetiklashtiruvchi vosita hamdir. Qovoqlar ustiga bodring bo‘laklarini qo‘yish yoki uning sharbatidan foydalanish mumkin.
Kartoshkali niqob — charchagan ko‘zlar uchun ajoyib vositadir. Buning uchun kartoshkani qirg‘ichning mayda tishidan chiqarib, doka yoki yupqa matoga o‘rash va qovoqlar ustiga 5—7 daqiqa qo‘yish kerak bo‘ladi.
Ko‘z osti terisining mazkur nuqsoni sababini aniqlagandan keyingina undan butunlay xalos bo‘lish mumkin. Shuning uchun to‘yib uxlash, sog‘likni nazorat qilib borish (ayniqsa, yurak va buyraklarni) va to‘g‘ri ovqatlanishni tavsiya etamiz. | 39 | 1,626 |
Ayollar | Professional sartaroshdan sochlarni kesish qoidalari | Ba’zan sochlaringizni o‘zingiz xohlagandek kesishmaydi va natijada sartaroshdan hafsalangiz pir bo‘ladi. Biz soch kesishga bog‘liq asosiy xatoliklarni aniqlashga harakat qilib ko‘rdik va bu tadbirdan qanday foyda olish mumkinligiga oydinlik kiritdik.
Ko‘pchilik, sochning uchini har doim kesib turish uning o‘sishiga yordam beradi deb o‘ylaydi. Aslini olganda, sochning o‘sishi, qalinligi va uzunligini faqat bosh terisi follikullari ta’minlaydi.
Sochingizni yangi ustaga kestirayapsizmi? Oxirgi oylarda sochingiz bilan bog‘liq hamma tadbirlarni aytib bering. Bularning hammasi soch tuzilishini va kestirishning oxirgi ko‘rinishini o‘zgartiradi.
Ustaga o‘zingizning odatdagi soch turmagingizni tushuntiring. Agar ortiqcha vaqt ham, pul ham sarf qilishni istamasangiz, muntazam ravishda to‘g‘rilashni talab qilmaydigan soch turmagini tanlang.
Kesish oldidan sochingizni yuvmang. Usta har doim kesishni yuvishdan boshlaydi.
Agar sochlaringiz uzun bo‘lsa, har oyda sartaroshga borish shart emas: yaxshi parvarish qilingan soch uchlari kesilgandan 3—4 oy keyin qatlanishni boshlaydi. | 52 | 1,080 |
Ayollar | Tushkun kayfiyatni ko‘tarishga yordam beradigan tavsiyalar | Har doim yaxshi kayfiyatda bo‘lishning imkoni yo‘q. Kayfiyat ham tana a’zolari kabi yomonlashishi mumkin. Nima uchun bosim ko‘tarilishi mumkin-u, lekin kayfiyat emas?
Bu holat uzoq davom etmasa, qo‘rqinchli emas. Agar tez-tez, sababsiz kayfiyat tushib ketsa yoki doimo tushkun holat kuzatilsa, ichki muvozanatni saqlash vaqti keldi.
Qanday qilib kayfiyatni ko‘tarish mumkin?
Tabassum qiling
Eng oddiy retsept. Albatta, buning uchun yurakdan kulish kerak, lekin sababsiz kulish – ahmoqlik alomati deb bilishadi. Bunga sabab ham topish mumkin. Eng oson yo‘li – komediya tomosha qilish. Bunday paytda yostiq va bodroq yordamga keladi, inson esa o‘ziga erkinlik berishi kerak.
Yig‘lab oling
Yig‘lab olish – chiqish yo‘li hamdir. Ko‘z yoshlarning ham chiqib ketishiga imkon berish kerak. Aytgancha, bu tushkunlikni va to‘plangan asabiy taranglikni mukammal olib tashlaydi. Ha, ba’zida havo yetishmaydi. Xuddi biror narsa to‘sqinlik qilgandek tuyuladi. Keyin “Titanik” yoki “Xatiko”ni tomosha qilib, yig‘lab yuborish mumkin. Albatta, ro‘molchani tayyorlab qo‘yish zarur.
Sayr qiling
Bilasizmi, ichki havo tashqaridagidan o‘rtacha besh baravar iflos va o‘n baravar zaharli. Doim bir xonada bo‘lish tom ma’noda kayfiyatga ta’sir qiladi. Albatta, derazani ochish orqali xonani doimo shamollatish mumkin. Lekin tez-tez sayrga ham chiqish foydali. Yurish haqiqatan ham shifo beradi. Yurayotganda yerga emas, osmonga qarashga harakat qilish lozim. Daraxt, uylar, odamlar, poyezd. Faqatgina atrofni tomosha qilib, zavqlanish zarur.
Xohlagan yegulikni iste’mol qiling
Aynan shu davrda yengillik huquqiga ega bo‘lish mumkin. Agar diyetada bo‘lsangiz ham. Ovqat pishirishning yanada ilhomlantiruvchi usullarini tanlang, ziravorlar qo‘shing, taomni chiroyli qilib bezang ... Oshxona dunyosi bilan bo‘lgan muloqotning kichik daqiqalari yorqin va yoqimli bo‘lsin. Axir ovqatlanish – hayotdan zavqlanishning eng oson usullaridan biri.
Chiroqni yoqing
Ha, ba’zida arzimas narsalar ham yomon fikrlarni tarqatishi va qalbda o‘rnashgan qorong‘ilikni yoritib yuborishi mumkin. Bu, ayniqsa, tashqarida havo bulutli bo‘lganda, hatto kunduzi ham ish beradi. Antidepressantlarga pul sarflamaslik uchun elektr energiyasini bir muddat tejamaslik kerak. Kichkina chiroqlar uyni har tomondan yoritib tursin.
Uxlashga yotish
Bu klassik odat. Har qanday tushunarsiz vaziyatda uxlashga harakat qilish lozim. Chunki “Tong kechdan ko‘ra dono”, “Uyqu doridan qimmatroq” – ajdodlar dam olish haqida ko‘p narsani bilishgan. Darhaqiqat, har qanday stressli vaziyatda uyqu eng yaxshi dori ekanligi isbotlangan. Yostiqni quchoqlaganda, ong barcha salbiy narsalarni qayta ishlaydi.
Vitaminlar iching
Ba’zida befarqlik, stress, kayfiyat o‘zgarishi sababi asosiy vitamin yoki minerallarning yetishmasligidandir. Albatta, o‘z-o‘zini davolashdan ko‘ra tanadagi ma’lum bir vitamin darajasini tekshirish foydaliroq.
Odamlar bilan muloqot qiling
Qiynayotgan muammoni hal qilishning ajoyib usuli – bu gapirish. Buni baland ovoz bilan amalga oshirish kerak. Siz bilan nima bo‘lganini begona odam bilan tahlil qiling. Albatta, yaqin odam bo‘lishi shart emas, ba’zida yo‘l-yo‘lakay gaplashish ham mumkin. Yana boshqa chiqish yo‘li bor. Endi sizdan ham battarroq odamni toping va unga yordam bering. Va u bilan muammolari haqida gaplashing. Ishoning, bunday suhbatdan keyin ichki osmoningizda ko‘plab bulutlar tarqab ketadi.
Sevimli mashg‘ulotlar bilan shug‘ullaning
Sevimli mashg‘ulot qanday yaxshi?! Ma’lum bo‘lishicha, bu orqali yuksaklikka erishish mumkin. Raqsga tushish, rasm chizish, tikish, shirinlik pishirish, qo‘shiqlar kuylash mumkin. Agar bu sizni ilhomlantirsa, hayotdan quvonch topishning eng yaxshi usuli.
Ishlarni tartibga soling
Nafas olish va dam olishni jismonan bilmaydigan, tabiatan asabiy charchoq holatiga olib keladigan faol tabiatli insonga juda mos keladi. Ehtiyotkorlik bilan tozalash kabi meditativ jarayonni sinab ko‘ring. Faqatgina umumiy tozalash bilan adashtirmaslik zarur.
Barcha tortma, javon, sumka, zargarlik buyumlari, kosmetik sumkalarini tinch va osoyishta tartibda ajratib oling ... Eski va keraksiz narsalarni tashlash tavsiya etiladi. Shaxsiy xonani qanday qilib yaxshiroq bezatish mumkinligini o‘ylab ko‘ring. Buning barchasi o‘z-o‘zidan tushkun kayfiyatni tarqatib yuboradi. | 58 | 4,264 |
Ayollar | Haydovchilarga tavsiya: tirbandlikda xotirjamlikni saqlash uchun nima qilish kerak? | Zamonaviy inson uchun mashinalar tirbandligida qolib ketish tabiiy hol. Tez-tez takrorlanib turadigan bunday vaziyatda eng asosiysi odam o‘zini yo‘qotib qo‘ymaslik. Sevimli musiqa tinglash, ijtimoiy tarmoqlarda faol bo‘lishdan tashqari, yana nimalar qilish kerak va aksincha nima qilmaslik kerakligi haqida “Domashniy ochag” nashri ma’lumot berib o‘tadi.
Xavotirga soladigan hislardan qanday qutulish mumkin?
Agar vaziyatni boshqarish borasida nazoratni yo‘qotayotganingizni his qilsangiz, “grounding” deb nomlanuvchi oddiy texnika bu borada sizga yordam beradi. U ichki xavotirdan chalg‘ib, diqqatni tashqi muhitga qaratishga yordam beradi. Buning uchun atrofga qarab, ko‘rishingiz mumkin bo‘lgan 5 ta buyum, teginish mumkin bo‘lgan 5 ta buyum, eshitish mumkin bo‘lgan 3 ta buyum, hidlash mumkin bo‘lgan 2 ta buyum va tatib ko‘rish mumkin bo‘lgan 1 ta narsani toping. Xotirani charxlash uchun matematik mashqlar bajaring. Masalan, atrofingizdagi mashinalar sonini sanashingiz yoki raqamlarini bir-biriga qo‘shib chiqishingiz mumkin. Mashqlarni rul qarshisida o‘tirgan holda bajaring. Qorinni tarang qiling, keyin esa bo‘shashtiring. Yelkalarni ko‘tarib-tushiring va yoki boshqa chalg‘itadigan ish bilan mashg‘ul bo‘ling.
Telefon quvvatlagich
Kerak vaqtda chorasiz qolib ketmasligingiz uchun mashinada qo‘shimcha telefon quvvatlagich tursin.
Suv
Qishda plastik butilkani mashinada qoldirib bo‘lmaydi, shu sabab har safar ko‘chaga chiqqanda o‘zingiz bilan olishni unutmang.
Konfet yoki shokolad
Har ehtimolga qarshi och qolmaslik yoki ermak qilish uchun mashinangizda konfet yoki shokolad bo‘lsin. Yalpizlisi bo‘lsa xavotirni yo‘qotib, bosh og‘rig‘i va ko‘ngil aynishiga qarshi yaxshi samara beradi.
Stressga qarshi massajyor
Turli variant mavjud bo‘lgan massajyorlarning bo‘yin va bel qismiga mo‘ljallangan yostiq ko‘rinishidagisini xarid qiling. Bu bo‘yin, yelka sohasidagi zo‘riqishlarni yo‘qotishga yordam beradi. Yoki oddiy rezina ignali koptokcha ham yaxshi samara beradi.
Mashinadan tashqariga tushmang
Mashinani tark etib tashqariga tushishga hojat yo‘q. Negaki mashinalar to‘satdan harakatlanishni boshlashi, siz esa noxush holatga sabab bo‘lib qolishingiz mumkin. Qolaversa, mashinani nazoratsiz qoldirish ham xavfsiz emas. Tiqilinchda turgan odamlar orasida turli kimsalar bo‘lishi mumkin.
“Polosa”dan chiqib ketmang
Yo‘lning birinchi bo‘lagida turgan bo‘lsangiz, ikkinchi yoki uchinchi bo‘lakdagi mashinalar harakatlanishni boshlasa, siz ham harakatlanishga va o‘sha bo‘lakka o‘tib olmang. Negaki har safar siz va sizga o‘xshagan kishilar boshqa bo‘lakka o‘tishni boshlasa, tartibsizlik paydo bo‘lishi, bu esa turli muammolarning kelib chiqishiga olib kelish mumkin. Bir bo‘lak bo‘ylab, tartibli harakatlaning. Agar o‘zingiz turgan qatordan boshqasiga o‘tmoqchi bo‘lsangiz, sizga yo‘l berishganiga amin bo‘lganingizdan keyingina harakatlaning
Yo‘l yoqasidan o‘tib ketishga harakat qilmang
Yo‘lni chetidan o‘tib ketishga harakat qilmang. Bu nafaqat qoidalarga zid, balki madaniyatsizlik ham hisoblanadi.
Qo‘pollik qilmang va agressiv bo‘lmang
Sizga bog‘liq bo‘lmagan voqea-hodisaga asabiylashish va jizzakilik qilish foydasiz, qolaversa, bu atrofdagilar kayfiyatiga ham salbiy ta’sir qiladi. Odobli va do‘stona bo‘lishga harakat qiling. Qo‘polliklarga nisbatan javob bermang, shundoq ham og‘ir bo‘lib turgan vaziyatni yanada og‘irlashtirmang. | 83 | 3,353 |
Ayollar | Mashhur ayollar kiygan shleyfi rekord darajada uzun bo‘lgan ko‘ylaklar (foto) | Mashhurlar arsenalidagi eng noodatiy va shleyfining uzunligi bilan ajralib turadigan liboslar suratini taqdim qilamiz.
Zoi Saldana
Zoi 2016-yildagi Met Gala’ga Dolce & Gabbana brendining libosida tashrif buyurgan. Mehmonlar yulduzning uzun shleyfini bosib olmaslik uchun aylanib o‘tishiga to‘g‘ri kelgan.
Dayana Kryuger
Kryuger 2018-yildagi Met Gala’ga maftunkor ko‘rsatuvchi och havorang libos kiyishni afzal bilgan. Uning libosiga nazar tashlab, barcha mato shleyfiga ketgan-u, ko‘ylagiga yetmay qolgan, degan xulosaga kelish mumkin.
Kardi Bi
Kardi Bining to‘q qizil rangli libosini ko‘rib, Met Gala 2019 ga yuk mashinasida kelgan, deb o‘ylash mumkin. Ko‘ylakning katta va og‘irligidan xonanda boshqalar yordamisiz harakatlanishga qiynalgan. Ko‘rpani esga soladigan yubkani ko‘tarish uchun kamida olti kishi kerak bo‘lgan.
Bleyk Layvli
Bleyk Layvli ziyofat va muhim tantanalarga hamisha o‘ziga xos kiyinishi bilan boshqalardan ajralib turadi. Tillarang kashta bilan bezalgan Versace brendiga mansub to‘q qizil libosi shunday esda qolarli obrazlardan biri bo‘lgan. Qimmatbaho toshlar qadalgan va uzun shleyfli mazkur libosda aktrisa Disney malikalariga o‘xshab qolgan.
Rianna
Riannaning mazkur obrazi muxlislar tomonidan qovurilgan tuxum, xachapuri, hatto pitssa xamiriga ham o‘xshatilgan.
Ledi Gaga
Ledi Gaga 2019-yilda bo‘lib o‘tgan Met Gala’ga pushti libosda tashrif buyurishni ma’qul ko‘rgan. Shleyfning uzunligi sabab uni bir qancha yordamchi ko‘tarib yurishiga to‘g‘ri kelgan. Ammo Gaga marosim tugagunicha bunday libosda qiynalib yurmagan, birinchi obrazini ko‘z-ko‘z qilib bo‘lganidan keyin qora rangli qulay kiyim kiyib olgan.
Ayshvariya Ray
Aktrisaning Kann kinofestivaliga kiygan liboslariga nazar tashlab, unga malikalar obrazi yoqishini bilish mushkul emas. Uzun shleyf Ayshvariyaning maxsus marosim va tantanalarga kiyadigan liboslaridagi o‘ziga xoslik sanaladi. Qaqnusni esga soladigan va noodatiy naqshlar bilan bezatilgan siyohrang libosni esa eng muvaffaqiyatli obrazlardan biri deyish mumkin.
Rita Ora
Oq rang aralash qora shifondan tikilgan libos ham Met Gala 2018 dagi eng esda qolarli obrazlardan biri bo‘lgan.
Priyanka Chopra
Priyanka boshqalardan ajralib turishni yaxshi ko‘radi. Uning Met Gala 2017 da tashrif buyurgan libosiga qarab esa buning uddasidan chiqqanini bilish mumkin. Aktrisa tanlov borasida yaltiroq tosh va bezaklarsiz, minimal uslubdagi, uzun shleyfli trenchda to‘xtagan.
Niki Minaj
O‘ziga yarasha kiyinish uslubiga ega bo‘lgan ijodkor muhim marosim uchun ochiq-sochiq bo‘lmagan, uzun shleyfli libos kiyishni afzal bilgan. | 77 | 2,574 |
Ayollar | Xinadan foydalanishning qanday afzalliklari bor? | Sochlarni tabiiy va shu bilan birga o‘ziga xos rangda ko‘rsatish xususiyatiga ega bo‘lgan xinaning qanday foydasi borligi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Xinaning tabiiyligi va chiroyli rang berishi hech komga sir emas. Uning sochlarga naqadar foydali ekani esa uzoq tajribalarda tasdiqlangan. Xina – Afrika, O‘rta Sharqning issiq iqlimida o‘sadigan lavsoniya o‘simligining kukuni hisoblanadi. Ushbu o‘simlik tabiiy bo‘yoq taninni mujassam qilgani, bir qancha foydali xususiyatga ega ekanligi bilan o‘ziga xosdir.
U turli teri kasalliklar, yara, kuyish va ortiqcha terlashni bartaraf qilishda yaxshi samara beradi. Sochga esa nafaqat chiroyli rang beradi, balki qazg‘oqni ketkazib, tolalarni mustahkamlaydi. Oziqlantiradi, o‘stiradi va hatto qalin qiladi.
Ko‘p yillardan buyon xinadan foydalanib keladigan mutaxassisning aytishicha, u bilan bo‘yalgandan keyin har bir ayol-qiz sochi individual ko‘rinishga ega bo‘ladi. Shundan kelib chiqib, xinadan keyin sochlar hamisha qizg‘ish bo‘lib qoladi degan fikrni o‘zgartirish kerak.
Masalan xinaga o‘simlik yog‘i, meva kislotasi aralashtirib professional kokteyl tayyorlanishi va u bilan sochlar bo‘yalishi ham mumkin. E vitamini, shakar va proteinga boy tinchlantiradigan giyohlar umumlashmasi soch tolalarini mustahkamlab, qayta tiklaydi. Infusion Elements deb ataluvchi mazkur kokteyldan foydalanib, 30 dan xil natijaga erishish mumkin. Ular orasida och malladan tortib to‘q shokolad rangi ham bor. Soch tuzilishi, avval bo‘yalgan yoki yo‘qligiga qarab, aralashmadan keyin soch turlicha, individual ko‘rinadi.
Xunuk qizg‘ish bo‘lib qolmasligi uchun uyda bo‘yamaslik kerak. Aralashmaning konsistensiyasi to‘g‘ri bo‘lishi, ta’sir qilish vaqtini hisoblash va parvarishni qo‘shish muhim sanaladi. Yodda tutish kerakki, xina deyarli yuvilganda ketmaydigan va boshqa bo‘yoqlarni olmaydigan bo‘yoq. Shu sabab natija darhol ko‘ngildagidek mukammal bo‘lishi kerak. | 48 | 1,903 |
Ayollar | Atirlardan qanday foydalanish kerak? Mutaxassis tavsiyasi | Qadimgi davrlarda faqat diniy maqsadlar yo‘lida xizmat qilgan xushbo‘y iforlar bugungi kunga kelib hayotimizning ajralmas qismiga aylangan. Aksariyat yurtdoshlarimiz parfyumeriya vositalaridan keng foydalanadi. Biroq barcha ham atirlarni samarali ishlatish bo‘yicha yetarlicha ma’lumotga ega emas.
Aromastilist Dilshod Hojiqurbonov bu borada o‘z tavsiyalari bilan bo‘lishdi.
Odatda atirlar bilakdagi puls aniqlanadigan nuqtalarga, bo‘yin, ko‘krak, iyak osti, tirsakka sepiladi. Qizlar sochining uchiga yoki tarog‘iga purkab yoki tizzaning orqa tarafiga sepish kerak deyishadi. O‘zingiz uchun sepsangiz bo‘ladiku-ya, lekin men maslahat bermayman. Chunki oyoqdan yuqorigacha hid “chiqmaydi”.
Mening tavsiyam – oilali insonlar yelka qismlariga ham sepsa, jufti yoniga kelganida o‘zidan yoqimli ifor taralib turadi.
Har bir atirning purkash masofasi turlicha. Qaysidirining sachrashi mayin bo‘ladi, qaysinidiriniki esa kuchli. Fikrimcha, atirni o‘rtacha 5-10 sm uzoqlikda tutib sepish kerak.
Yozda kuchli atirlardan foydalanilayotganda uni dastlab havoga sepib, ichiga kirgan ma’qul. Shunda o‘tkir hid unchalik bilinmaydi.
Parfyumlarni yuvingandan so‘ng yoki quruq toza teriga sepish tavsiya etiladi. Yana bir ma’lumot: sepgandan so‘ng artmaslik kerak, yo‘qsa muattar uyg‘unlik yo‘qoladi.
Men ko‘proq kiyimga sepishni tavsiya qilaman, chunki liboslarda ifor uzoq saqlanadi. Ayniqsa, qishki kiyimlarda. Afsuski, yozgi, aniqrog‘i, yupqa kiyimlarda bunday deb aytolmayman. Sababi yozgi kiyimlar tez qurigani kabi, atir ifori ham tez parlanadi.
Odatda atir qutilarida yaroqlilik muddati yozib qo‘yiladi. Aksariyat parfyumlarda o‘rtacha ochilganidan boshlab 3-5 yilni tashkil qiladi. Lekin bunga jiddiy qaramaslik kerak. barcha atirlarning tarkibida spirt bor va bu mahsulotning uzoq muddat turishini kafolatlaydi. Unda nimaga bunday yaroqlilik muddatlari yoziladi, degan savol tug‘ilishi mumkin.
Chunki bu g‘oya marketologlar tomonidan mijozlar mahsulotni tezroq ishlatish, tugatishi uchun o‘ylab topilgan. Qolaversa, har bir ishlab chiqaruvchi kompaniya o‘z davlati talablaridan kelib chiqib, mahsulotlarga aniq muddatlarni yozib qo‘yadi.
Biroq atirlarni uzoq muddat xizmat qilishini istasangiz, uni saqlashga e’tiborli bo‘ling.
Ko‘pchilik ayollar atirlarini yuvinish xonasiga qo‘yadi. erkaklar esa mashinalariga. Ammo unga aslo quyosh nurlari tik tushmasligi kerak, shuningdek, o‘zgaruvchan harorat va namlik atir iforiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
100 ml atirni 1000-1500 marta sepish mumkin. Bu 14-16 oy ishlatish mumkin deganidir. 50 ml atir o‘rtacha 735 marta sepiladi. Bu shishacha 7-8 oy davomida sizdan yoqimli ifor taratishga hissa qo‘shadi. | 57 | 2,650 |
Ayollar | Nafaqat tishlar uchun: Tish yuvish vositasini oshxonada saqlash uchun 5 sabab | Tish yuvish vositasidan faqat tish va og‘iz bo‘shlig‘ini tozalashda foydalaniladi deb o‘ylasangiz, qattiq yanglishasiz, tarkibiy xususiyati sabab undan uy bekalari oshxonada ham bemalol foydalansa bo‘ladi.
Yog‘ochdan yasalgan buyumlardagi dog‘lar
Rangsiz, tabiiy va o‘simlik komponentlari asosida ishlab chiqarilgan tish pastasi yog‘ochdan yasalgan mebel yoki buyumlarning ustki qismidagi suvdan qolgan izlarni yaxshi ketkazadi.
Xrom bilan qoplangan idish va jo‘mraklar
Jo‘mrak va idishlar yaltirab turishi va sifatini yo‘qotmasligi uchun kam miqdordagi tish yuvish pastasini yuzaga surting. Toza mato bilan yaxshilab artib tashlang.
Yoqimsiz hidlar
Plastik idishdan kelayotgan oddiy tozalash vositasi orqali bartaraf qilishga urinish befoyda bo‘lgan hidni tish pastasi yo‘q qilishga yordam berishi mumkin.
Qo‘llarni yuvish mumkin
Piyoz va baliqdan taom tayyorlagandan keyin uzoq vaqt davomida qo‘lingizdan hid ketmasligi muammo emas, oz miqdordagi tish yuvish pastasi surtib, ishqalagandan keyin yuvib tashlasangiz bo‘ladi.
Rakovinadagi suv ketadigan teshiklarni tozalash mumkin
Tish yuvish pastasi tugaganidan keyin idishini tashlab yuborishga shoshilmang. Tepa qismini kesib tashlang va biroz iliq suv solib chayqang. Rakovinadagi suv ketadigan teshik ustiga quyib, gubka bilan yaxshilab tozalang. Bu bilan siz nafaqat dog‘larni, balki noxush hidlarni ham bartaraf qilishga muvaffaq bo‘lasiz. | 77 | 1,396 |
Ayollar | Tashqi ko‘rinishga putur yetkazadi: teriga zarar beradigan yozgi makiyajdagi 5 ta xato | Hech kimga sir emaski, mavsumga qarab, makiyaj texnikasi sezilarli darajada farq qilishi mumkin. Ba’zi mahsulotlar sovuqdagina yaxshi, lekin issiq oylarda, aksincha, ular nafaqat o‘z funksiyalarini bajaradi, balki teriga jiddiy zarar yetkazishi ham mumkin. Marie Claire nashri yozgi makiyajlarda ko‘proq yo‘l qo‘yiladigan xatolar haqda so‘z yuritdi.
SPF himoyasining yetishmasligi
Ehtimol, qizlarning “Men yozda bo‘yanmayman, yuzim dam oladi” kabi yondashuvga rioya qilishi ham asosiy xatodir. Yuqori himoyaga ega SPF kremidan foydalanishni unutmaslik lozim. Yozda ultrabinafsha nurlari terining holatiga ko‘proq salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin: mavsum oxirida yuz terisi quriydi va suvsizlanadi, eng yomoni, turli xil dog‘lar ham paydo bo‘ladi.
Zamonaviy BB kremlari ham terini quyosh nurlaridan himoya qiluvchi ingredientlarni o‘z ichiga oladi. Bu orqali bir o‘q bilan ikki quyonni urish mumkin: ham yuz tekislanadi, ham terisi himoyalanadi.
Makiyaj uchun tayyorlash bosqichiga e’tibor bermaslik
Ko‘pgina qizlar yozda makiyajdan oldin yuzni to‘g‘ri tayyorlash shart emas deb hisoblaydi: “Yuzga bir kilogramm kosmetika nimaga kerak? Shunchaki upa surtaman, yetadi”, — deydi o‘zlariga.
Biroq bunday vaziyatda makiyajning tartibsiz ko‘rinishi xavfi yuqori. Tonal krem quruq teriga singimaydi, yog‘li terida esa yaltirab qoladi. Agar boshidanoq hammasi puchga chiqishini xohlamasangiz, yuzni makiyaj uchun tayyorlang.
O‘ta qalin makiyaj
Yozgi makiyajda terining sog‘lig‘iga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan aniq xatolardan biri ham shu. Issiq kunlarda teri uchun og‘ir bo‘lmagan yorqin makiyajda BB va CC kremlaridan foydalanish tavsiya etiladi.
Teri kamchiliklarini qoplaydigan muammoli joylarda konsilerni me’yorda qo‘llagan ma’qul, buning natijasida makiyaj kun davomida yangidek ko‘rinadi va bo‘yalib ketmaydi.
Bundan tashqari, tabiiy rangdan ancha quyuqroq bo‘lgan tonal kremni ishlatmaslik kerak. Aks holda ranglar orasidagi farq tufayli makiyaj go‘yoki niqobga o‘xshab qoladi va bu tashqaridan juda xunuk ko‘rinadi.
Upa bilan ortiqcha ishlash
Ko‘rinishidan, bu ham yozda ko‘p uchraydigan xato. Haroratning ko‘tarilishi tufayli yuz terisi terlaydi, yog‘ ajraladi va, albatta, uni upa yordamida bartaraf etish mumkin, deb o‘ylash mumkin. Biroq bir necha sabablarga ko‘ra ushbu tanlovdan voz kechish tavsiya etiladi.
Birinchidan, agar teri odatda yog‘ va tiqilib qolgan teshiklarga moyil bo‘lsa, ko‘p miqdorda upa makiyajga qo‘shimcha qatlam qo‘shadi, bu esa vaziyatni yanada og‘irlashtirishi mumkin.
Agar yuz terisiga ko‘proq upa surtilsa, termal suv vaziyatni saqlab qolishga yordam beradi. Ko‘pincha, kosmetik brendlarda olib ketish uchun qulay bo‘lgan mahsulotlarni topish mumkin. Termal suv upaning yuzga ta’sirini yo‘q qiladi, shuningdek, kosmetika zarralariga kirib, yuz terisini qo‘shimcha ravishda namlaydi, bu issiq yoz kunida juda foydali.
Uzoq vaqt davomida yangilanmaydigan makiyaj
Albatta, mavsumdan qat’i nazar, makiyaj bilan uzoq vaqt yurish zararli, ayniqsa, yozda juda ham xavflidir. Chunki yuqori harorat zararli mikroorganizmlarning ko‘payishi uchun qulay muhit sanaladi. Yana bir kamchilik — yozda terlash faollashib, uzoq vaqt davomida yangilanmagan makiyaj bilan birgalikda terining sog‘lig‘iga ta’sir o‘tkazmay qolmaydi. | 86 | 3,248 |
Ayollar | Sochlar uchun glitserinli niqoblar | Glitserinning ajoyib xususiyatlaridan biri – tabiiy namlikni ushlab turish. Shuning uchun bugungi kunda glitserin kundalik va bo‘yanishda ishlatiladigan kosmetik vositalariga kiradi.
Sochlar uchun glitserinli niqoblar
Glitserinli yelimshak (jelatin)
1 osh qoshiq yelimshak suv bug‘ida eritiladi va biroz suv qo‘shib 2 osh qoshiq glitserin bilan aralashtiriladi. Sevimli niqobga aralashma va bir oz chakamug‘ (repeynik) yog‘i qo‘shiladi. Yaxshilab aralashtiriladi va yuvilgan, toza sochlarga suriladi, 30 daqiqa davomida sochiq bilan o‘rab qo‘yiladi.
Glitserin va vitaminli niqob
2 osh qoshiq glitseringa xuddi shunday miqdorda A va E vitaminlar qo‘shib aralashtiriladi. Yuvilgan, biroz nam sochlarga suriladi va 20 daqiqa ushlab turiladi.
Glitserin va sirkali niqob
Ko‘pirtirilgan 1 dona tuxumga 10 ml glitserin va 30 ml kanakunjut moyi, yarim choy qoshiq olma sirkasi qo‘shib aralashtiriladi. Yuvilgan nam sochlarga suriladi va 30 daqiqa ushlab turiladi. | 34 | 957 |
Ayollar | Noqulay ob-havoda bolalar bilan uyda shug‘ullanish uchun qiziqarli mashg‘ulotlar | Yilning sovuq fasllarida ob-havo sayrlar uchun noqulaylik tug‘diradi. Bolalar bilan uyda o‘tirish esa tezda zeriktiradi. Shunda ota-onalarda haqli savol yuzaga keladi: bolalarni nima bilan mashg‘ul qilish mumkin?
Farzandlaringiz kuni bo‘yi televizor yoki kompyuter ekrani oldida o‘tirmasligi uchun ularning bo‘sh vaqtini qiziqarli o‘tkazishni taklif qilamiz.
Zamonaviy bolalar o‘zlaridan avvalgi avlod bolalardan juda farq qiladi. Ular bir joyda o‘tirishni istamaydi va turli texnologiyalarga juda o‘ch. Ularni qoyil qoldirish ham qiyin. Shuning uchun agar farzandingiz foydali va rivojlantiruvchi mashg‘ulot bilan shug‘ullanishini istasangiz, bu mashg‘ulotni haqiqatan ham qiziqarli qiling.
Rasmlarni bo‘yash uchun mo‘ljallangan raskraskalar so‘nggi yillarda juda o‘zgarib bormoqda. Yaqinda Rossiya kompaniyalaridan biri noyob ishlanma — 3D-raskraskani taqdim etdi. Uning farqli jihati, undagi rasmlar telefondagi maxsus dastur yordamida “jonlanadi”. Real va virtual dunyoning uyg‘unlashishi tufayli bu mashg‘ulot, shubhasiz, farzandingizni o‘ziga jalb qiladi.
Olimlar bir ovozdan rasm chizish bolaning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishini ta’kidlaydi. Biroq kichkintoyingiz rasm chizishni xush ko‘rmasa-chi? U holda noodatiy bo‘yoqlar tayyorlang. Buning uchun soch uchun gel, ozuqaviy rang beruvchilar va turli rangdagi zarlar kerak bo‘ladi. Ularning hammasini aralashtirib, g‘aroyib suratlar chizish mumkin bo‘lgan yorqin bo‘yoqlarni hosil qilishingiz mumkin.
Ozgina bo‘sh vaqtingizni ham farzandingiz bilan o‘tkazmoqchi bo‘lsangiz, stol o‘yinlari ajoyib variant bo‘la oladi. Shashka, shaxmat, domino, nardalar — kechki oilaviy hordiq uchun bulardan ham qiziqarli mashg‘ulotlar bormi?
Nima bilan mashg‘ul bo‘lishingizdan qat’i nazar, farzandingiz doim siz bilan vaqt o‘tkazishni va erishgan yutuqlari uchun sizdan maqtov eshitishni istashini unutmang!
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 80 | 2,013 |
Ayollar | Stressdan xalos etuvchi oziq-ovqat mahsulotlari | Olimlar tomonidan aniqlanishicha, ma’lum bir oziq-ovqatlar kelib tushishi natijasida organizmda sodir bo‘ladigan kimyoviy jarayonlar asablar zo‘riqishining biroz bo‘lsa-da kamayishiga va yoqimli hissiyot uyg‘onishiga sabab bo‘lar ekan.
Qorag‘at (chernika) – organizmga ko‘plab usullar bilan ijobiy ta’sir o‘tkazuvchi antioksidant. Qulupnay, malina va maymunjonlar stressga qarshi kurashishda samaradorligi o‘z isbotini topgan C vitaminlariga juda boydir.
Tekshirishlar natijasiga ko‘ra, hayajonli chiqishlar oldidan bunday mevalarni yeyish oqibatida stress gormoni ishlab chiqarilishi biroz kamayishi ma’lum bo‘ldi. Hatto, bunday samara muzlatilgan rezavor mevalarda ham kuzatilgan.
Tinchlantiruvchi choylarning organizmga shifobaxsh ta’sirini yaxshi biladiganlar uni uxlashdan oldin ichadi. Moychechak choyi ham xuddi shunday shifobaxsh xususiyatga egadir.
Sarimsoqdagi kimyoviy birlashmalardan biri hisoblangan allitsinlar yurak xastaliklari, saraton va virusli infeksiyalarning oldini olishga yordam beradi.
Ko‘k choy tarkibida miya faoliyatining samaradorligini va uning stress bilan kurashish manbalarini oshirish xususiyatiga ega bo‘lgan aminokislotalar mavjud.
Manba: “Weekend.ru” | 47 | 1,188 |
Ayollar | Ish samaradorligi oshishida yordam beradigan 6 tavsiya | Siz qaysi sohada faoliyat yuritishingizdan qat’i nazar, quyidagi omillar ishingizda samara bo‘lishiga yordam berishi aniq.
Uyqu
Uyqusiz hayotini tasavvur qila olmaydiganlarni quvontiradigan fakt — ish jarayonida sizning qanchalik faol ekaningiz to‘yib uxlash yoki uxlamaslik bilan bog‘liq. Tiniqib uxlagandan keyin organizm kuchga to‘ladi va bu bevosita sizning kuningiz, hattoki haftalaringiz qanday o‘tishiga ta’sir o‘tkazadi. Aytilaverib siyqasi chiqib ketgan bo‘lsa ham muhimligi uchun yana bir bor takrorlaymiz — 7 soatdan kam uxlamang va uyquga tungi soat 22:00 ga qadar yotishga harakat qiling.
Qilinishi kerak bo‘lgan muhim vazifalarni kunning ikkinchi qismiga qoldirmang
Qiyin va murakkab bo‘lgan vazifalarni kunning birinchi qismida, kechi bilan esa soat 12:00 ga qadar bajaring. Albatta, tushlikdan keyin ham bajarishingiz mumkin, faqat bunda odatdagidan ko‘proq vaqt va energiya sarflashingizga to‘g‘ri keladi.
Katta hajmdagi ishlarni qismlarga bo‘lib bajaring
Ertalabdan kechgacha kursiga qadalib, asabiy ish bajarish ruhiyatingizga ta’sir ko‘rsatadi. Deylik, katta loyiha ustida ishlayapsiz va buning uchun sizga 10 kun berilgan. Siz 3 kunni zaxiraga olib, yetti kunda ish bitirishga, shu bilan birga o‘zingizga vaqt ajratishga harakat qiling. Erta uyquga yotib, tongda barvaqt turing, to‘yimli nonushta qilib uch soat davomida ishingizni bajaring, vaqt o‘tgach toza havo olgani hovli yoki ko‘chaga chiqing, qahva iching, 5 daqiqa o‘zingizga kelib, tushlikka qadar yana ishlang. Qarabsizki, o‘zingizni qiynab qo‘ymaganingiz uchun ham ishni tezroq bitirishga kuchingiz ham, vaqtingiz ham bemalol yetadi.
Ovqatlanishga e’tibor bering
Siz iste’mol qilgan taom hazm bo‘lishi uchun ortiqcha kuch talab qilishi emas, sizga energiya berishi kerak. Ovqatlanishda mavsumni, haroratni ham inobatga oling. Vitaminlarga boy meva va sabzavotlarni kanda qilmang. Shokolad, kofe bilan o‘zingizni rag‘batlantirib turing, faqat me’yorni unutmang.
Dam oling, o‘zingizga vaqt ajratishni ham biling
Ish hech qachon tugamaydi, lekin siz tiniqib dam olgan bo‘lsangiz, ishingizda samara bo‘ladi. Energiyangiz tugagunicha o‘zingizni zo‘riqtirib ishlasangiz, miya sizga quloq solmasdan o‘zicha yechimlar topadi. Bunda na ishingizda unum bo‘ladi, na sog‘lig‘ingizda. Tinimsiz ishlagan miyaning dam olishiga ham sharoit yaratib berish kerak. Buning uchun yo‘q deganda haftaning bir kunini o‘zingiz uchun ajrating — sevimli taomingizni o‘z qo‘lingiz bilan tayyorlang, mevalardan smuzi tayyorlab, sevimli insoningiz bilan birgalikda film tomosha qiling, telefon va internetni unutib, oilangiz yoki do‘stlaringiz bilan tabiat qo‘ynida piknik uyushtiring. Ishlash, pul topish kerak deb hayotingizning, umringizning eng go‘zal chog‘larini o‘tkazib yubormang. | 54 | 2,743 |
Ayollar | Hammasiga ulgurish uchun 4 maslahat | Vaqt juda qiziq narsa: agar biz biror zerikarli ish bajarayotgan bo‘lsak, u joyida to‘xtab qolish xususiyatiga ega va agar biz ko‘p ishlarni uddalashimiz kerak bo‘lganda esa, yorug‘lik tezligida uchib o‘tadi. Ba’zan o‘z vaqtida bajarish uchun uyqudan va ovqatlanishdan voz kechishga to‘g‘ri keladi. Lekin bunday voz kechishlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun vaqtni to‘g‘ri rejalashtirish yetarli.
Qilinadigan ishlar ro‘yxati
Kechqurun yoki ertalab kun davomida tamomlashingiz kerak bo‘lgan ishlarni ro‘yxat qilishga odatlaning. Har bir bandning to‘g‘risiga bajarishga ketadigan vaqtni ham belgilab qo‘ying.
Ishni bajarib bo‘lgandan so‘ng, uni ro‘yxatdan o‘chiring.
Chalg‘ib ketishni yig‘ishtiring
Ishni tamomlamaguncha Facebook’ka kirish istagi bilan kurashing, telefonlarga javob bermang, qahvadan voz keching. Bularning hammasi bilan dam olish payti shug‘ullanish mumkin.
Imkoniyatingizga muvofiq vazifa belgilang
Har bir kishining imkoniyatlari chegarasi bor: kimdadir juda kichkina, kimdadir – ancha ta’sirli. Sizning vazifangiz – o‘zingiznikini aniqlash.
Ish joyingizda tartibni saqlang
Ish joyingiz hatto o‘zingizning uyingiz bo‘lsa ham u yerni tashlandiq joyga aylantirmang.
Birinchidan, ortiqcha narsalar chalg‘itadi, ikkinchidan, bu uyumlar ichidan biror narsa izlab topishga vaqtingiz ketadi, uchinchidan, tartibsizlik bo‘shashtiradi va ishga kirishishga to‘sqinlik qiladi
Manba: “Dnevnyk-uspeha.com” | 35 | 1,404 |
Ayollar | Non, sabzavot, meva va yormalarni qanday saqlash kerak? Mahsulotlar tez aynib qolmasligi uchun tavsiyalar | Mahsulotlarni to‘g‘ri saqlanishi nafaqat ro‘zg‘orda baraka bo‘lishi, oilaviy budjet tejalishiga sabab bo‘ladi, balki salomatlik uchun ham foyda hisoblanadi.
Nonni qanday saqlash kerak?
Non soladigan idishning eng yaxshisi metalldan yasalgani hisoblanadi. Unda non hidlanmaydi va to‘g‘ri haroratda saqlanadi.
Shuningdek, quyidagi tavsiyalarga ham amal qilish foydadan holi bo‘lmaydi:
Meva, sabzavot, rezavor va ko‘katlarni qanday saqlash kerak?
Kartoshka yaxshi saqlanishi uchun uning oldiga bir nechta olma qo‘shib, konteyner yoki qopda saqlash mumkin. Qop quruq va salqin joyda turgani yaxshi.
Piyoz va sarimsoq piyoz havo o‘tkazadigan (teshigi bor) karton koropkada, qorong‘i yerda saqlanishi kerak.
Olmani boshqa mevalardan alohida saqlash kerak. Olmadan ajralib chiqadigan etilen boshqa mevalarning aynishiga sababchi bo‘lishi mumkin.
Pomidorni muzlatgichda saqlash shart emas, xona haroratida yaxshi saqlanadi. Harorat 10 darajadan past joyda saqlansa va pomidorlar yumshab, mazasi o‘zgaradi.
Sabzini havosi chiqarib yuborilgan polietilen paketda ikki haftagacha barra holda saqlasa bo‘ladi. Yo bo‘lmasa, sabzining ikki uchini kesib tashlab, paketsiz ham saqlasa bo‘ladi.
Rezavorlar yaxshi saqlanishi uchun ularni yuvmasdan muzlatgichga qo‘yish kerak.
Ananasning tepa qismini olib tashlab “oyog‘ini osmondan” qilgan holda uzoqroq muddat saqlash mumkin bo‘ladi.
Salat bargini qog‘oz sochiq yoki salfetkaga qo‘yib, oziq-ovqat plyonkasiga o‘rash kerak. Salfetka namlikni o‘ziga olgani sabab uni har kuni almashtirib turish kerak bo‘ladi.
Yormalarni qanday saqlash kerak?
Birinchi bo‘lib, xariddan keyin yorma solingan idishdan bo‘shatish kerak. Yormalarni shisha yoki keramikadan ishlangan bankalarda qopqog‘ini havo kirmaydigan qilib yopgan holda saqlash kerak.
Asosiysi konteynerlar rakovina va gaz pechidan uzoqda, quruq, toza va qorong‘i joyda saqlanishi kerak.
Yormalarda mayda hasharotlar tushganiga guvoh bo‘linsa, ayab o‘tirmasdan tashlab yuborish kerak.
Ularning tushishini oldini olish uchun esa yorma solingan idishga sarimsoq, lavr yaprog‘i yoki quritilgan yalpiz solib qo‘ysa bo‘ladi. Ozgina qolgan yorma ustiga yangisini qo‘shmang.
Yormalar orasida suli eng birinchi bo‘lib ayniydi. Yarim yil, qo‘shimchalari bo‘lsa 2-3 oydan uzoqqa bormaydi. Uzoq vaqt turadiganlar no‘xat va grechka — ikki yilga yaqin saqlanishi mumkin. Guruch bir yarim yil, qolganlarni esa yaxshisi yil davomida ishlatib yuborgan yaxshi. | 105 | 2,424 |
Ayollar | Kosmetik vositalarning umrini uzaytirishga yordam beradigan 10 maslahat | Bir oylik tanaffusdan keyin ochilmay qolgan sevimli lak shishasini tashlab yuborganmisiz? Unday bo‘lsa shu kabi boshqa muammolarning yechimini quyida taqdim etiladigan maslahatlar ichidan topasiz.
Tonal kremi
Qimmatbaho tonal kremini to‘liq ishlatib bo‘lgach, uning qancha qismi hali ham quti burchaklarida qolganini bilib olish mumkin. Buning uchun namlantiruvchi kremdan bir qismi bankaga quyiladi va yaxshilab silkitiladi. Natijada tonalli namlantiruvchi krem hosil bo‘ladi.
Yopishtirgich va upa
Yuz terisida husnbuzar yoki yog‘li hududga surtilgan upa ba’zida qatlam hosil qiladi va ajralib qoladi. Bunday vaqtda yopishtirgich tasmasi kerakli joyga qo‘yiladi va barmoq bilan bosib, qayta olinadi. Tasma keraksiz upa miqdorini o‘zi bilan olib chiqadi. Keyin yana upani surtishda davom etish mumkin.
Ten va spirt
Qovjirab qolgan tenga biroz spirt quyiladi va singib ketguncha kutiladi. Tenni toza qoshiq yoki barmoq bilan bosib, spirt bug‘lanishiga imkon beriladi. So‘ngra ularni yana ishlatish mumkin.
Tush va issiq suv
Albatta, tush yopiq idishda bo‘ladi. Uning qoldiqlari idishning ichki qismida qotib qolgan bo‘lishi mumkin. Uni tashlashdan oldin esa yaxshilab tekshirib ko‘rish kerak. Agar tush uzoq vaqt ishlatilmagan bo‘lsa, shuningdek, rangi va hidga ega bo‘lmasa, uni qaynoq suv ichiga solish mumkin. Yuqori harorat tufayli quti ichidagi tush erib chiqadi.
Singan lab bo‘yog‘i va olov (zajigalka)
Singan lab bo‘yog‘ini tiklash uchun unga olovni yetarlicha yaqin tutish kerak, lekin lab bo‘yog‘i oqib ketmasin. Eritilgan qismlar bir-biriga yopishtiriladi va mahkam siqiladi. Qotib qolishdan oldin barmoq bilan tekislanadi.
Ten va lab bo‘yog‘i
Qurib qolgan tenga oz miqodorda vazelin qo‘shib, yaxshilab aralashtirish kerak. So‘ngra undan lab bo‘yog‘i sifatida foydalanish mumkin.
Lak qutisi
Qotib qolgan lak shishasini ochish uchun shisha qopqog‘ini bir stakan issiq suvda ushlab turish kerak. Ehtiyot bo‘ling, agar shishasi bilan issiq suvga botirilsa, lak parchalanib ketishi mumkin.
Makiyaj cho‘tkalari
Ularga bo‘yoq zarralari tiqilib qolganda, tuklari mo‘rtlashadi. Shuning uchun cho‘tkalarni muloyimlik bilan namlash va ularga biroz tozalangan o‘simlik moyini surtish tavsiya etiladi. Keyin bolalar shampuni bilan yaxshilab yuvib tashlab quritish kerak.
Kosmetika qorong‘i va salqin joyda saqlanadi
Quyosh nurlari va yuqori harorat kosmetik vositaga zarar yetkazishning asosiy sababidir. Agar havo issiq bo‘lsa, muzlatkich uni saqlash uchun eng yaxshi joy. Qanday bo‘lmasin, yuvinish xonasida har kuni foydalanmaydigan dekorativ kosmetika, lak va kremlarni saqlanmasligi kerak. Yuqori harorat farqi tufayli har qanday kosmetikaning tarkibi ma’lum darajada o‘zgarib ketishi mumkin.
Ehtiyot choralari
Yaroqlilik muddati o‘tgan kosmetika vositalaridan yog‘li kremlar, o‘ziga xos bo‘lgan o‘tkir yoki shirin hidli mahsulotlardan ehtiyot bo‘lish lozim. Saqlash yaxshi va o‘rinli, lekin sog‘liqni yo‘qotish evaziga emas. | 71 | 2,929 |
Subsets and Splits
No saved queries yet
Save your SQL queries to embed, download, and access them later. Queries will appear here once saved.