folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Ayollar
2017-yil urfda bo‘ladigan taqinchoqlar
Sovuq mavsumda avvalgidek kolye va bo‘yinni mahkam o‘rab turuvchi chokerlar aktualligicha qoldi. Bunday taqinchoqlar uchun dizaynerlar har xil materiallar: shisha, metall, gazlama, charm va toshlardan foydalanishgan. Kolyening Lanvin’nikidek bezaklari toshdan yasalgan nozik variantlari aktual hisoblanadi. Bu mavsumda tematik tasvirdagi ishlov berilmagan tosh o‘rnatilgan katta uzuklar yana modaga qaytdi. Ularni har bir qo‘lning bittadan barmog‘iga yoki bir necha yonma-yon barmoqlarga taqish mumkin. Diqqatni tortuvchi kattalikdagi yoki mayda va bejirim shokilali bezaklar ham aktual hisoblanadi. Bunday taqinchoqlar issiq bo‘yinli koftalar va sviterlarning zerikarli ko‘rinishini jonlantiradi. Uzunligi belga yetadigan har xil kulonli ingichka zanjirlar ham mavsumning trendi hisoblanadi. Marvarid va metalldan yasalgan Gucci’ning uzun ziraklari kechki liboslar bilan juda mos tushadi. Simone Rocha’ning shaffof ziraklari esa ko‘proq romantik tabiatli yosh qizlarga yarashadi.
38
983
Ayollar
Kuzgi garderob: Yangi mavsumda dolzarb bo‘ladigan 7 kiyim-kechak (foto)
Garderobini kuz uchun tayyorlashga hozir bo‘lgan ayol-qizlarga trendda bo‘ladigan kiyim-kechaklar haqida ma’lumot berib o‘tamiz. Yopishib turadigan ko‘ylak Qomatga urg‘u beradigan liboslar qayta urfga kiryapti. Qattiq materialdan tikilgan ko‘ylaklar 70-yillardan ilhomlangan holda tikilgan. Kuz mavsumida uni midi uzun bo‘lganini lofer, etik yoki yirik hajmli boshqa oyoq kiyimlar bilan moslang. Qalin matodan tikilgan kalta yubka A shaklida bichilgan, qattiq matodan tikilgan kalta yubkalar mazkur kuzda har qachongidan ham dolzarbroq bo‘ladi. Bunday modellarni keng bichimli, oversize uslubidagi pijak va sviterlar, qolaversa, platformali yoki tag qismi ingichka oyoq kiyim bilan moslasangiz bo‘ladi. Trikotaj kostyum Dizaynerlar yangi mavsumda boshdan oyoq trikotaj matosidan tikilgan kiyim kiyishni tavsiya qiladi. Bu kostyum-shim yoki boshqa bir ustki kiyim bilan istalgan bichimli yubka bo‘lishi mumkin. Bunda faqat qomat turiga qarab tanlov qilish muhim sanaladi. Terili poyabzallar Turli obraz bilan eksperiment qilib ko‘rishni yaxshi ko‘radiganlarga terili bosonojkalarni sinab ko‘rish tavsiya qilinadi. Qolaversa, boshqa mex bilan bezatilgan poyabzallarni turli kardigan, ko‘ylak va gulli printli yubkalar bilan moslasangiz bo‘ladi. Yumshoq matodan tikilgan palto Palto kuzgi garderobdagi eng muhim kiyimlardan biri sanaladi. Kelayotgan mavsumda maksimal darajada ayollarga xos bo‘lgan paltolar dolzarb bo‘ladi. Yopishib turmaydigan, yelka qismi keng va midi uzunligidagi variant ayni muddao. Uni belbog‘li yoki boshqachasini tanlash esa xohishingizga havola. Katta sumka Ichiga hamma narsani solish mumkinligi va shakli saqlanib turgani sabab katta hajmli sumkalar har kuni tutish uchun qulay sanaladi. Bunday modelni nafaqat ishga, balki sayohatga ham tutsa bo‘ladi. Qolaversa, farzandlarining kerakli narsalarini olib yurish uchun onalarga ham qo‘l keladi. Umuman olganda kichik hajmli sumkaga jihozlarni sig‘dira olmay qiynaladiganlar uchun bunday modeldan yaxshisi yo‘q. Romantik uslubdagi kofta Keng bichimli koftalarni rang-barang, romantik uslubdagilarga almashtirish tavsiya qilinadi. Ular printli yoki bant yoki boshqa detallar bilan bezatilgan bo‘lishi mumkin. Yeng qismi keng va fonar shaklida bo‘lsa, yana yaxshi. Bunday modellarni to‘g‘ri bichimli yoki klassik to‘q ko‘k rangli jinsi bilan kiyishingiz mumkin.
71
2,340
Ayollar
Qalban go‘zal, o‘z ustida ishlaydigan va e’tiborli. Latofatli ayollarga xos 5 xislat
Latofatli va boshqalarni lol qoldirishga qodir ayolda qanday xususiyatlar mujassam bo‘ladi? Bu haqda “Yandeks Dzen” platformasidagi maqolada javob berilgan. Tashqi ko‘rinishiga e’tiborli Ayol kishi mukammal ko‘rinishga ega bo‘lishi uchun o‘zi haqida qayg‘urishi va tashqi ko‘rinishiga e’tiborli bo‘lishi kerak. Hafta davomida skrab va oziqlantiruvchi kremlardan foydalanish natijasida yuz terisi tiniq ko‘rinadi. Bundan tashqari, tashqi ko‘rinishda sochlar ham muhim rol o‘ynashini unutmaslik kerak. Mukammal soch deganda faqat turmak emas, uning ozodaligi, taralgani va tartibli ekani ham nazarda tutiladi. Sochlar uchun muntazam ravishda balzam va gellardan foydalanish tavsiya qilinadi. Sifatli kosmetika vositalaridan foydalanish Sifatli kosmetikadan foydalangan ayol atrofdagilar e’tiboridan chetda qolmasligi aniq. Haylayter, korrektordan to‘g‘ri foydalangan, vaqti-vaqti bilan piling va yuz uchun maxsus zardob ishlatgan ayollarning yuz terisi boshqalarnikidan ajralib turadi. Sport bilan shug‘ullanish Latofat faqatgina yuz qiyofasi bilan o‘lchanmaydi, albatta. Kelishgan qad-qomat ayol kishini yanada jozibali ko‘rsatadi. Har kim tabiatan nozik qomatga ega bo‘lmasligi tabiiy. Lekin sport bilan shug‘​ullanish kutilgan natijani berishi mumkin. Sport nafaqat ko‘rinishning yaxshilanishi, balki salomatlik uchun ham ahamiyatli hisoblanadi. Qalban go‘zallik Haqiqiy latofatli ayolning ichki dunyosi ham go‘zal bo‘lishiga shubha yo‘q. Chunki qalbdagi go‘zallik qiyofada o‘z aksini ko‘rsatadi, bunday ayollar yuzidan nur yog‘iladi. O‘z ustida ishlash Har bir insonda kamchilik bo‘lishi tabiiy, lekin mukammal bo‘lishga intiladigan qiz va ayollargina o‘z ustida ishlab ularni bilintirmaslikka harakat qiladi.
84
1,712
Ayollar
Yangi yilga qanday manikyur qildirsa bo‘ladi? (foto)
2022-yil kirib kelishiga hech qancha vaqt qolgani yo‘q. Yil yaxshi va chiroyli hodisalarga boy bo‘lishi uchun uni bayramona obrazda kutib olish kerak. Buning uchun esa makiyaj, kiyim-kechakdan tortib, manikyur ham o‘ziga xos bo‘lishi kerak. Wday nashri Yangi yilga qildirish tavsiya qilinadigan manikyur g‘oyalari haqida ma’lumot berib o‘tadi. Gradiyent Och rangni to‘q bo‘lib borishi, allaqachon moda ixlosmandlarining qalbidan joy olib ulgurgan. Va bu bejizga emas. Negaki aynan ushbu dizayn bir necha rangni umumlashtirish va shu bilan birga uyg‘un ko‘rinish imkonini beradi. Bunday dizayn bilan birga effektli shellak qilinsa, istalgan kechaning yulduzi bo‘lishingizga shubha yo‘q. Marmar Toshning rangidan ilhomlanib qilingan dizayn bilan qishki ranglarning umumlashmasi manikyuringizni o‘ziga xos chiqishiga hissa qo‘shadi. Shu bilan birga bir nechta ranglarni umumlashtirish imkoni ham yo‘q emas. Bu sizni boshqalardan ajralib turishingiz va noodatiy ko‘rinishingizga hissa qo‘shadi. Yaltiroq Biroz yaltiroq va zar istalgan rangga joziba qo‘shadi. Bunday manikyur bilan obrazingiz bayramona ko‘rinishiga shubha qilmasangiz ham bo‘ladi. Metallsimon yaltiroq Moda ixlosmandlari uchun ayni muddao bo‘lgan metall effektli manikyurni xohishga qarab tilla yoki kumush ranglisini qildirsangiz bo‘ladi. Ammo uning rangi bayram kechasida taqadigan aksessuaringizga mos tushishiga ham e’tibor bering.
52
1,407
Ayollar
Patchi pul sarflashga arziydimi yoki bu shunchaki marketingmi?
Ko‘z ostidagi shishlarni bartaraf qilishga mo‘ljallangan patchilar chindan ham samaralimi yoki yo‘qligi haqida Cosmopolitan nashri ma’lumot berib o‘tadi. Patchi — tarkibida faol moddalar bisyor bo‘lgan kosmetik vositalar singdirilgan, ko‘z ostiga yopishtiriladigan mato yoki gelli plastir. Qanday samara beradi? Faol moddalar serob ekani hisobiga darhol natija berishi patchining o‘ziga xosligi hisoblanadi. Patchilar ko‘pincha 15-20 daqiqada teridagi iliqlik ta’sirida ish bera boshlaydi. Uni olgandan keyin vositaning qoldiqlarini artish emas, yengil harakatlar bilan teriga singdirish kerak bo‘ladi. Qanday foydalanish kerak? Yaxshilab tozalangan teriga, ko‘zdan 3-4 mm pastroqqa yopishtirish kerak. Ingichka tarafi burun tomonda bo‘lsa shish va ajinlardan, keng tomoni bo‘lsa ko‘z ostidagi halqalardan qutulish mumkin. Chindan foydalimi yoki bu marketingmi? Patchi chindan ham foydali. Ammo u oniy natija bergani uchun makiyajdan avval foydalanish kerak. Kechasi uyqudan avval foydalanish esa deyarli hech qanday samara bermaydi. Tavsiyalar:
62
1,046
Ayollar
Belgiyadan Esvatinigacha: Turli mamlakatlarning malikalari qanday ko‘rinishga ega? (foto)
Britaniya qirollik oilasi bilan bog‘liq istalgan ma’lumotni topish muammo emas, Yelizaveta II farzandlari, nabira va evaralaridan tashqari dunyoda yosh qirollik oilasi vakillari tamoman boshqacha turmush kechiradigan 30 ta monarxlik bor. Belgiya malikalari Yelizaveta va Eleonora Yelizaveta va Eleonora – Belgiya qiroli Filipp va uning rafiqasi Matildaning qizlari. 19 yashar Yelizaveta otasidan keyin taxtni egallaydi. Uels kollejini bitirgan qiz endilikda Bryusseldagi Qirollik harbiy akademiyasida ta’lim olmoqda. Namunali xulqi, xalqqa yaqinligi va o‘ziga xos kiyinish uslubiga ega ekanligi bilan merosxo‘r qizning mamlakatdagi fuqarolari orasida obro‘si baland. Uni hatto Keyt Middlton bilan solishtiradi. Yelizavetaning 13 yashar singlisi Eleonora esa maktabda o‘qish bilan birga, skripka chalish va surat chizish bilan shug‘ullanadi. Qolaversa, Eleonora opasiga xayriya ishlariga ko‘maklashadi. Pandemiya vaqtida Belgiya qirolining farzandlari keksalarga yordam bergan va ularga kerakli mahsulotlarni yetkazib turgan. Ispaniya malikalari Leonor va Sofiya Ko‘rishidan egizakka o‘xshaydigan Leonor va Sofiyaning yoshi o‘rtasida 1,5 yosh farq bor. Leonor 15 yoshda Sofiya esa undan kichkina. Madrid yaqinidagi Santa-Mariya-de-los-Rosales maktabiga qatnaydigan opa-singillar musiqa, raqs va til o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Hamma narsani deyarli birga o‘rganib, shug‘ullanadigan qizlarning xonasi ham bitta hatto. Qirollik oilasi vakillariga xos ravishda qizlar rasmiy tadbirlarga tashrif buyuradi. Leonor katta bo‘lgani uchun otasidan keyin taxtga u o‘tiradi. Lyuksemburg malikasi Aleksandra Lyuksemburg gersogi Anrining yakka-yu yolg‘iz qizi Aleksandra o‘qimishli va sobitqadam malikalardan biri hisoblanadi. Malika 30 yoshigacha Lyuksemburg universitetida psixologiya kursi, Amerikada ijtimoiy fanlarni o‘qib tugatishga, shuningdek, falsafa bo‘yicha bakalavrni, Parijda esa etika va antropologiyani, Dublinda esa magistrlik bosqichini tamomlashga muvaffaq bo‘lgan.Ingliz, fransuz, ispan, nemis, italyan tilida gaplasha oladigan qiz bo‘sh vaqtida sayohat qilish, tennis va raqs hamda gimnastika bilan shug‘ullanishni yaxshi ko‘radi. Uning shaxsiy hayoti bilan bog‘liq ma’lumotlar esa hech kimga ma’lum emas. Niderlandiya malikalari Katarina-Amaliya, Aleksiya va Ariana Niderlandiya qiroli Villem Aleksandraning oilasida uch nafar malika: Katarina-Amaliya (17 yosh), Aleksiya (16 yosh) va Ariana (14 yosh) voyaga yetmoqda. Ular Gagadagi Sorghvliet gimnaziyasida tahsil oladi. Niderland, ingliz va ispan tillarida gaplasha oladigan qizlar birgalikda balet, xokkey, dzyudo va ot minish sporti bilan shug‘ullanadi. Katarina-Amaliya otasidan keyin taxtni egallaydi. Niderlandiya malikasi Eloiza Eloiza Niderlandiyaning amaldagi qirolining jiyani hisoblanadi. Oddiy hayot tarzini ma’qul biladigan qiz rasmiy tadbirlarda kamdan kam ko‘rinish beradi. Instagram’da faol bo‘lgan malikani 270 mingdan ortiq obunachisi bor. 2020-yilda Gagadagi Maerlant litseyini tamomlagan Eloizaning kiyimlar do‘koni bor. Norvegiya malikasi Ingrid Aleksandra 17 yoshli malika Ingrid Aleksandra Norvegiya taxtiga otasidan keyin da’vogarlik qiladi. U taxtni egallasa, Norvegiya tarixidagi ikkinchi qirolichaga aylanadi. Rasmiy tadbirlarda faol bo‘lgan qiz hatto boshqa mamlakat merosxo‘rlari bilan ham muloqot qilib turadi. Bo‘sh vaqtida Ingrid ot minish, va serfing bilan shug‘ullanadi. U Oslodagi xususiy maktabda xorijiy tillarni o‘rganadi. Shvetsiya malikalari Viktoriya va Madlen 43 yoshli Viktoriya Shvetsiya qiroli Karl XVI Gustavning qizi. Fransiyadagi G‘arbiy katolik universitetini tamomlaganidan keyin malika Yel universiteti ham siyosat bo‘yicha o‘qigan. Vashingtondagi Shvetsiya elchixonasida va BMTda staj o‘tagan. Qolaversa, uch hafta armiyada xizmat qilgan. 2010-yilda trener Daniel Vestlingga turmushga chiqqan malikaning ayni vaqtda Estel ismli qizi va Oskar ismli o‘g‘li bor. Malika Madlen esa psixologiyani o‘rganib, ko‘ngilli sifatida faoliyat olib boradi. “Bolalik” xayriya tashkilotida ishlagan va UNICEF’da staj o‘tagan, shuningdek, bolalar bilan bog‘liq masalalarni hal qiladigan ThankYou by Childhood kampaniyasini a’zosi bo‘lgan. 2019-yilda “Stella va sir” nomli kitob taqdim qilgan. Bugungi kunda malikaning huquqshunos Yunas Bergstremdan uch nafar farzandi bor. Iordaniya malikalari Iman va Salma Qirolicha Raniyaning qizlari mashhurlik va kiyinish borasida did jihatidan onasidan o‘rnak oladi. Qizlar ham onasi singari diplomatiya va modaga qiziqadi. The International Academy xalqaro maktabni tamomlaganidan keyin Iman ayni vaqtda Jorjtaun universitetiga o‘qishga kirgan. Uning 20 yashar singlisi Salma esa opasichalik ko‘p ko‘rinish bermaydi. Sportga qiziqadigan malika Sandxerstdagi Qirollik harbiy akademiyasida tahsil oladi. Tailand malikalari Bajrakitiyabxa va Sirivannavari Nariratana Bajrakitiyabxa va Sirivannavari Nariratana Tailandning amaldagi qiroli Rama X qizlari hisoblanadi. 42 yashar Bajrakitiyabxa huquqshunoslik va xalqaro munosabatlarni o‘rganish bilan birga yuridik fanlar doktori darajasini qo‘lga kiritgan. Hozirgi vaqtda tailandlik ayollarning qamoqxonadagi va ularning ozodlikka chiqqanidan keyingi huquqlarini himoya qilish bilan shug‘ullanish bilan birga, BMTning ko‘ngilli elchisi hisoblanadi. Uning 43 yashar singlisi esa undan farqli ravishda moda bilan shug‘ullanadi. Bangkokdagi tasviriy san’at fakultetini tamomlagan qiz Yevropa, xususan, Fransiya va Italiyadagi eng mashhur moda uylarida staj o‘tagan. O‘z brendiga asos solgan malika moda olamiga endi kirib kelgan tailandliklarni qo‘llab-quvvatlaydi. Yaponiya malikasi Ayko Yaponiya imperatorining yagona farzandi ekaniga qaramay, monarx faqat erkak bo‘lishi kerak degan qonun sabab Ayko otasidan keyin taxtga da’vogarlik qilmaydi. Diqqat markazida bo‘lishni yoqtirmaydigan Ayko 19 yosh ekaniga qaramay “hech ham tabassum qilmaydigan malika” deb e’tirof etilgan. Ma’lumotlarga qaraganda, u nevrozdan tortib anoreksiyagacha bo‘lgan turli kasalliklardan aziyat chekadi. Gakusyuin universitetida yapon tili va adabiyotini o‘rganadigan malika ingliz, ispan tillarida bemalol gaplasha oladi. Esvatini malikasi Sixanizo Dlamini Esvatini qirolining qizi Buyuk Britaniya va Kaliforniyada tahsil olgan, keyin Sidney universitetida raqamli kommunikatsiya bo‘yicha magistraturani bitirgan. Xorijda o‘qigani dunyoqarashiga ham ta’sir qilmay qolmagan. Zamonaviy kiyinishni ma’qul ko‘radigan Sixanizo Pashu taxallusi bilan rep yo‘nalishida ham ijod qiladi. Bunday turmush tarzi unga davlat ishlari bilan shug‘ullanishiga qarshilik qilmaydi. U Esvatinining informatsion texnologiyalar va aloqa vaziri sifatida faoliyat olib boradi. Oila qurgan malikaning bir nafar o‘g‘il farzandi bor.
89
6,674
Ayollar
Yog‘li teri uchun makiyaj: Yuz yaltirab qolmasligi uchun nimalarga e’tibor berish kerak?
Terining yog‘li bo‘lishi makiyaj qilishda turli muammolar keltirib chiqaradi. Bo‘yoqlar oqib tushishi, uzoq vaqt turmasligi mumkin. Makiyajdan avval terini tozalashni unutmang Yuzni shunchaki yuvish bilan cheklanish kerak emas, maxsus tozalaydigan vositalardan foydalaning. Terini namlantirish kerak Teringiz yog‘li bo‘lishiga qaramay, makiyajdan avval terini tozalash, namlantirish kerak. Gap shundaki, yog‘li teri uchun mo‘ljallangan losyonlar teri yog‘larini yanada faol ishlashiga sabab bo‘ladi. Shu sabab makiyaj tozalanganidan keyin krem surtish kerak. Shundan keyin 30-40 soniya o‘tib quruq salfetka bilan krem qoldiqlarini artib tashlang. Bazadan foydalanishni esdan chiqarmang Praymer nafaqat makiyajning uzoq vaqt turishini ta’minlaydi, balki muammoli teri bilan kurashishga ham yordam beradi. Tonal kremni teriga tushadiganini tanlang Tonal krem tanlashda tarkibiga e’tibor qarating. Iloji bo‘lsa tarkibida yog‘ kam bo‘lganidan tanlang. Ko‘p hollarda bunday kremlar pudralibo‘ladi va surtilganda yuz yaltiramaydi. Pudradan me’yorida foydalaning Jundan qancha ko‘p foydalanilsa, teri shuncha tez yog‘lanadi. Shu sababdan me’yorda foydalaning. Quruq salfetkadan foydalaning Quruq salfetkadan kun davomida foydalanishni unutmang. Bu teridagi yog‘larni ketkizib, yuzning yaltiramasligiga ta’sir qiladi. Maxsus yog‘lardan foydalaning Terini parvarishlash, xususan yog‘ bilan oziqlantirib turish kerak. Qanchalik, ajablanarli tuyilmasin yuz uchun mo‘ljallangan yog‘lar yog‘li teriga ijobiy ta’sir qiladi. Buning uchun tunda yotishdan avval yog‘ surtib yengil harakatlar bilan massaj qiling. Ushbu muolajani bir hafta davomida amalga oshirilsa, teri yog‘lari faol ishlashga hojat yo‘qligini “tushunadi” va kam yog‘ ishlab chiqaradi.
88
1,737
Ayollar
Sovunmi yoki gel? Oqilona yo‘l tutamiz
O‘zingizga mos keluvchi vositani tanlash juda qiyin ish. Buning uchun sinab ko‘rish va bir necha marta xatolarga yo‘l qo‘yishga to‘g‘ri keladi. Xo‘sh, unda nima qilish kerak? Quyida keltirilgan maslahatlarimiz sizga yuvinish uchun mukammal vosita tanlashga yordam beradi. Dush uchun tozalovchi vosita tanlashda teringizning turini hisobga olishingiz kerak, chunki bu vosita terining ahvoli va sog‘lig‘i uchun katta ahamiyatga ega. Har bir tozalovchi vosita aniq bir teri turi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, terining bu turi yil davomida siz dushni qaysi mavsumda necha marta qabul qilishingizga bog‘liq ravishda o‘zgarib turishi mumkin. Yilning sovuq fasllari tez-tez cho‘milish kabi sizning teringizni quruqlashtiradi va bu holatda namlantiruvchi vositalardan foydalanish lozim bo‘ladi. Modomiki teri turi shunchalik muhim ekan, terini sovun va gel yordamida parvarish qilishning farqi juda katta. Badanni dushda parvarish qiluvchi maxsus vositalar odatda gel va krem aralashmasidan iborat bo‘ladi. Agar teriga namlash yetarli bo‘lmasa asosi kremdan tashkil topgan vositalarni tanlang. Yog‘li terilar uchun sovun va dush uchun gel mos keladi, chunki ularda yog‘li moddalar ancha kam. Teringiz qancha ta’sirchan bo‘lsa, uni parvarishlovchi vositalar shuncha kamroq hidli bo‘lishi kerak, chunki bunday vositalar tarkibi sizda allergik reaksiyalar va bezovtalik tug‘dirishi mumkin. Sovun teridan ham kirlarni va ham tabiiy yog‘larni ketkazadi, lekin u ishlatishda qancha ko‘p ko‘pik chiqarsa shuncha ko‘proq quritadi. Sovun sovundan farq qiladi. Tarkibida namlantiruvchi moddalar bo‘lgan sovunni topish qiyin emas, asosiysi — yorliqlarni o‘qish. Sovun sifatini ta’riflovchi yo‘riqnomadan gipoallergen, namlantiruvchi, yumshoq va kremli so‘zlarini izlang. Hatto sizning teringiz juda quruq va ta’sirchan bo‘lmasa ham sovun teringizdan tabiiy yog‘larni yuvib ketmasligiga ishonch hosil qiling. Manba: “Whrussia.ru”
38
1,908
Ayollar
Mukammal oladyilar: Oilaning barcha a’zolariga yoqadigan nonushtani tayyorlashda nimalarga e’tibor berish kerak?
Erta tongdan oladyi tayyorlash uchun o‘zingizda kuch topa olmayapsizmi? Marie Claire nashrining ushbu uslubidan foydalanib, mazali nonushtani bir zumda tayyorlaysiz. Ba’zan oladyi xamirini tayyorlashning o‘zi ham qiyin ishdek tuyuladi, ayniqsa ertalab. Agar siz dam olish kuni erta tongda xamir qorishga erinayotgan bo‘lsangiz, ushbu nozik tryuk sizga kichkina quymoqchalarni tayyorlashga qo‘l keladi. Shunchaki bo‘sh vaqtingizda oladyi xamirini tayyorlab, uni muz bo‘laklari uchun mo‘ljallangan qolipga solib qo‘ying, shunda uni ertalab shoshib turganingizda ishlatishingiz mumkin bo‘ladi. Quyida oladyi xamirini muzlatish bo‘yicha ko‘rsatma keltiriladi. Ishni xamir tayyorlashdan boshlang. Birinchi navbatda un, pishirish kukuni, iste’mol sodasi va tuzni aralashitiring. Boshqa idishga tuxumni chaqib yog‘siz qaymoq va sariyog‘ qo‘shing. Xamir holatiga kelgunga qadar mahsulotlarni aralashtiring. Agar qo‘shimcha ravishda yormadan foydalansangiz, qadoqdagi ko‘rsatmalarga amal qiling. Muzlatkichning muz bo‘laklari solinadigan idishidan foydalaning. Kubning to‘rtdan uch qismi to‘lgunga qadar aralashma soling. Har bir kub to‘lgandan keyin uning ustiga shokolad bo‘laklari, banan, yong‘oq yoki o‘zingizga yoqqan boshqa mahsulotlarni qo‘shishingiz mumkin. Agar istasangiz xamirning ustiga hech qanday mahsulot solmasangiz ham bo‘ladi. Xamirni kub ichiga solganingizdan keyin bir kecha muzlatkichga qo‘ying. Uni istagan vaqtingizda pishirib olishingiz mumkin. Oladyi tayyorlash jarayonida xamirni kublardan ajratib oling va toza plastinka ustida biroz eriting. Uy bekalarnining tajribasiga ko‘ra ular plastinkadan ko‘ra tovada tezroq eriydi. O‘rtacha olovda tovani qizdiring. Tovaning sirtini sariyog‘ bilan moylang. Keyin esa unga eritilgan, kub shaklidagi xamirni soling. Muzlatilgan oladyelarni pishirishga biroz ko‘p vaqt ketadi. Tayyor bo‘lgan oladyelarning ustiga o‘zingiz yoqtirgan mevalarni qo‘ying. Uni murabbo yoki qaymoq bilan iste’mol qilishingiz ham mumkin.
112
1,975
Ayollar
O‘zida ko‘proq bakteriya to‘playdigan 8 ta kundalik buyum va ularni tozalash bo‘yicha ko‘rsatmalar
Hamyon va sport sumkasi — ularda qanday umumiylik bo‘lishi mumkin? Afsuski, ushbu buyumlar o‘zida biz kutgandan ham ko‘ra ko‘proq bakteriyalarni to‘playdi. “Noviy ochag” nashri bu ro‘yxatga kiradigan boshqa buyumlar hamda ularni tezda tozalash bo‘yicha ko‘rsatmalar bilan bo‘lishdi. Sumka Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan oddiy sumkalardan olingan mikrobiologik testlar qiziqarli natijani ko‘rsatdi. Mashhur yorliqlarga qo‘shimcha ravishda, sumkalarning 90 foizida turli xil bakteriyalar mavjud bo‘lib, bu boshqa joylarga qaraganda olti baravar ko‘pdir. Shuning uchun sumka ichidagi keraksiz eski qog‘ozlar, mayda pullar va boshqa chiqindilarni tashlash lozim. Charm sumkalarni ham vaqti-vaqti bilan tozalashni unutmang. Hamyon Sumka ichiga biroz chuqurroq sho‘ng‘isa, u yerda, albatta, hamyon bor. Afsuski, ayollarning hamyoni erkaklarnikiga qaraganda ancha yomon ahvolda. Buni shafqatsiz statistika ham tasdiqlaydi. Sababi ayollar undan erkaklarga qaraganda ko‘proq foydalanadi. Xarid chog‘ida qo‘lida olib yuradi, rastalarga qo‘yadi. Muammoning yechim shuki, agar hamyon charm bo‘lsa, tozalash mumkin. Aksincha bo‘lsa, uni tozalash hamyonga zarar bersa, yangisini sotib olish tavsiya etiladi. Sport sumkasi Sog‘lom va hamisha tashqi ko‘rinishda o‘zgarish bo‘lmasligi uchun sport zaliga tashrif buyurish yaxshi. Ammo inson o‘zi bilmagan holda salomatligiga zarar yetkazishi mumkin. Odatda sport sumkasi bakteriyalar manbasiga aylanib qoladi. Ma’lum bo‘lishicha, bu tufayli ichaklarda turli kasalliklar kelib chiqish ehimoli mavjud. Shuning uchun sumka yorlig‘idagi ko‘rsatmaga ko‘ra sport sumkasini muntazam tozalashni unutmaslik kerak. Uyali aloqa Kun-u tun foydalaniladigan uyali aloqa ekranida tasavvur qilib bo‘lmaydigan darajada mikrob va bakteriyalar yashaydi. Ularni hamisha quloq va yuz sohasiga yaqin keltirish tufayli bakteriyalar og‘iz bo‘shlig‘iga ham oson kirish mumkin. Shuning uchun uyali aloqani kuniga bir marotaba tozalash kerak. Tozalash jarayonida maxsus spirtli vositalar hamda yumshoq matodan foydalanish lozim. Aks holda telefon ekrani yoki kamerasiga zarar yetishi mumkin. Makiyaj cho‘tkalari Makiyaj cho‘tkalari o‘lik teri hujayralari, bakteriyalar, kir, chang va kosmetika qoldiqlarini o‘zida to‘playdi. Vaqt o‘tib, ushbu bakteriyalar to‘plami yuz terisida husnbuzar va yallig‘lanishni keltirib chiqaradi. Shuning uchun har safar makiyaj cho‘tkasidan foydalanilgach, ular maxsus vositalar yordamida tozalash va quritish tavsiya etiladi. Tish cho‘tkasi Hamisha nam havosi tufayli hammomda saqlanadigan tish cho‘tkalarini tez-tez almashtirib turish zarur. Sababi nam sharoit bakteriyalar ko‘payishi uchun qulay muhit hisoblanadi. Undan uzoq muddat takroran foydalanish esa organizmda jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi. Zargarlik buyumlari Zargarlik buyumlari, ayniqsa har kuni taqiladigan uzuklar barcha narsalar bilan aloqa qiladi va bu ko‘zga ko‘rinmas bakteriyalar ko‘payishi uchun qulay joy. Zargarlik buyumlarini tozalash uchun maxsus vositalardan foydalanish mumkin. Ishda zargarlik buyumlarini taqmaslik lozim, ayniqsa faoliyat dori-darmon yoki oziq-ovqat ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lsa. Yoki qo‘llarni tozalaganda uzuklarni ham yechib tozalashni unutmaslik lozim. Kompyuter klaviaturasi Kompyuter qarshisida ovqatlanmaydiganlar klaviaturasida ham mikroblar to‘planishi tabiiy. Chunki foydalanish jarayonida kulish, yo‘talish va aksirish natijasida mikroblar klaviaturadan joy oladi. Shuning uchun muntazam ravishda yumshoq, nam mato va spirtli salfetkalar bilan uni artib turish kerak.
98
3,528
Ayollar
Makiyajni tozalashda eng ko‘p uchraydigan 8 ta xato
Nyu-Yorkning uch dermatologi Jyuli Karen, Francheska Fusko va Debra Lufman Cosmopolitan nashri uchun makiyajni tozalashda eng ko‘p uchraydigan 8 ta xato ro‘yxatini tuzdi. Makiyajni paxta yostig‘i bilan tozalash “Men bu uzoq muddatli odat ekanligini tushunaman, lekin ayollarga takrorlashdan hech qachon charchamayman: ko‘z atrofidagi kichik ajinlar, ko‘z qovoqlari terisining xiralashishi — bu ishqalanish tufayli. Aslida, bu qanday amalga oshiriladi? Paxtani butunlay namlash kerak, u 5-7 soniya davomida yopiq ko‘zga qo‘llanadi. Keyin yengil harakat bilan yuzdan tonal kremi yoki upa olib tashlanadi. So‘ngra yuviladi. Erigan tush va tenlarni osongina tozalash mumkin, natijada ko‘z qovoqlarining terisi xavf ostida qolmaydi”, — deydi doktor Karen. Qovoq tozalaydigan vositadan foydalanmaslik Ko‘p qizlar qovoqlari uchun alohida tozalash vositasidan foydalanmaydi, balki yuz terisi uchun mo‘ljallangan makiyaj tozalash mahsulotini qo‘llaydi, — deb shikoyat qiladi doktor Fusko. — Chunki, terining qovoq terisi yuznikiga qaraganda bir necha marta yupqaroq va sezgir, unga alohida g‘amxo‘rlik kerak! Tenlar, hatto eng yuqori sifatli bo‘lsa ham, uni quritadi va yuzni tozalash vositalarida qovoqlarning terisini yanada suvsizlantiradigan ingredientlar bo‘lishi mumkin. Shuning uchun tavsiya qilamanki, agar ikkita mahsulotni ishlatish juda qiyin bo‘lsa, aksincha emas, balki yuzning butun terisiga qovoqlar tozalash vositasini qo‘llagan ma’qul”. Paxta yostiqchasini chapdan o‘ngga va orqaga ishqalash orqali tushni tozalash “Kirpiklarni oldinga va orqaga ishqalash. Ko‘pchilik tushni mana shunday tarzda tozalaydi, — deydi doktor Lufman. — Shuning uchun kirpiklar sinadi va to‘kiladi. To‘g‘ri usul faqat ildizdan uchlariga qarab tozalashdir”. Makiyajni tozalagandan keyin yuzni yuvmaslik “Eng sifatli kosmetik vositalar ham tozalangach, teri yuzasida qoldiq qoldiradi. Shuning uchun uni chayish kerak, — deb tavsiya qiladi doktor Lufman. — Chunki u namlantiruvchi yoki boshqa kremlarning so‘rilishiga va o‘z vazifasini bajarishiga to‘sqinlik qiladi. Shuningdek, yuzni oddiy suv bilan emas, balki makiyajdan keyin tozalovchi maxsus vosita yordamida yuvish kerak”. Bitta paxta yostiqchsidan foydalanish “Ko‘pincha tejamkorlik yoki dangasalik tufayli qizlar ikkita paxta yostiqchasini olib, har bir ko‘zga bittadan ishlatadi, teriga yaroqsiz tomonini qayta suradi, — deydi doktor Fusko. — Shuning uchun teri faqat azoblanadi va tozalash jarayonining yarmigina samarali bo‘ladi. Aksincha, makiyajni tozalash uchun 4-5 dona paxta yostiqchasini qo‘llash yuz terisida keyinchalik muammo paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi”. Makiyajni to‘liq tozalamaslik “Aksariyat ayollar teriga zarar yetkazishdan qo‘rqib, vositani 1-2 marta qo‘llaydi, shundan so‘ng ular buni yetarli deb hisoblashadi, — deb tushuntiradi doktor Karen. — Aslida, har doim ham emas: Qachonki paxta yostiqchasida tush yoki ten izlari bo‘lmasa, jarayon tugallangan deb hisoblashni maslahat beraman”.  Qoshlarni tozalamaslik “Odatda qoshlar uchun mo‘ljallangan mahsulotlar mum asosida ishlab chiqariladi, — deb tushuntiradi doktor Fusko, — agar ular to‘liq olib tashlanmasa, tuklarning ildizlari bo‘g‘ilib qoladi, qoshlarning o‘zi esa to‘kilishni boshlaydi. Ko‘zlarni tozalaganda, qoshlaringizni ham unutmang!” Pastki qovoqqa piling yoki skrab qo‘llash “Ko‘pincha qizlar shu tarzda terini yangilash va ajinlar paydo bo‘lishining oldini olish mumkin deb o‘ylaydi, ammo aslida buning aksi haqiqatdir, — deydi doktor Karen. — Ko‘z qovoqlarining terisi shunchalik nozikki, har qanday mexanik yoki kimyoviy ta’sir unga putur yetkazadi. Shuni yodda tutish kerakki, ko‘z qovoqlarining terisi faqat namlanishi va tozalanishi mumkin”.
51
3,679
Ayollar
2022-yilning bahor mavsumida pul sarflash tavsiya etilmaydigan oyoq kiyim modellari (foto)
Barcha narsa moda chegaralari bilan shartli ko‘rinadigan dunyoda o‘z ahamiyatini yo‘qotgan modellar hali ham o‘z o‘rnida. Sevimli poyabzalingiz modadami yoki yo‘qligini tekshiring va xaridlaringizni oqilona rejalashtiring. Chunki bahor yaqinlashmoqda. Krossovka uslubidagi platformalar bo‘yni baland ko‘rsatishiga qaramay, allaqachon urfdan chiqdi. Ular biroz noqulayligi, hamma kiyim bilan kombinatsiya hosil qilmasligi, shuningdek, oyoqni vizual ravishda kalta ko‘rsatishi tufayli o‘z o‘rnini tag qismi qalin bo‘lgan oddiy sport oyoq kiyimlariga bo‘shatdi. Ushbu krossovkalar har qanday kiyim bilan moslasha oladi hamda juda qulay. Shuningdek, bir necha yillar avval urfda bo‘lgan mo‘ynali etiklarni ham hech qanday bezaksiz tikilgan charmli etiklarga almashtirish afzalroq. Sababi yuzasi nam tortuvchi mo‘ynali poyabzal yomg‘irli va hatto qorli ob-havoga ham mos kelmaydi, balki bir qancha qiyinchiliklar tug‘diradi. Shuning uchun dizaynerlar har tomonlama qulay bo‘lgan oddiy charmli etik xarid qilishni tavsiya etadi. Uzunligi tizzagacha bo‘lgan etiklar ham har qanday mukammal obrazga putur yetkazishi tabiiy. Chunki uni na shim va na yubka bilan moslashtirish mumkin. Shuning uchun agar havo sovuq bo‘lsa, shunchaki biroz issiqroq poyabzal kiygan ma’qul. Albatta, bunday ko‘rinishdagi tuflilar bahor uchun ayni muddao. Lekin oyoq kiyimning zamsh yoki boshqa qalin matodan tikilgani yashi emas. Go‘yoki uni etik bilan qiyoslash mumkin. Yaxshisi hamma tomoni ochiq, shuningdek, bahoriy rangdagi poyabzallarni libosga moslagan holda kiyish tavsiya etiladi. Tag qismi juda yupqa bo‘lgan matoli kedalar barcha qizlarning orzusi edi. Ammo vaqt va shunga yarasha moda ham o‘zgardi. Endi ularni kiyish oyoqqa ham biroz noqulay hamda paypoqning ko‘rinib turishi obrazga putur yetkazadi. Shu tufayli kedalardan uzoqlashmagan holda tag qismi qalinroq, tepasi ham to‘piqqacha uzun bo‘lgan yangi va qulay uslubdagi kedalar xarid qilish mumkin.
90
1,941
Ayollar
Uydagi har kuni tozalash shart bo‘lgan 6 ta buyum
Shunday narsalar borki, uyingizni toza saqlash uchun har kuni yuvishni talab qiladi. Xo‘sh, har kuni tozalash kerak bo‘lgan narsalar nima? Rakovina Qo‘lni yoki idishlarni yuvgandan so‘ng rakovina tozadek ko‘rinishi mumkin, lekin aslida unda kir va bakteriyalar qoladi. Agar tozalikka jiddiy yondashsangiz, kirlarni ketkazish uchun lastik tipidagi gubkada tozalang. So‘ngra rakovinani iliq suvga to‘ldirib, bir osh qoshiq dezinfeksiyalovchi vosita qo‘shib tozalash kerak. Aralashmani besh daqiqaga qoldiring, so‘ngra rakovinani yuvib quriting. Oshxona va hammom sochiqlari Sochiqlar kir bo‘lib ko‘rinmasligi mumkin, ammo tadqiqotlarda ma’lum bo‘lishicha, ular oshxonadagi eng iflos buyum deb topildi. Kichkina hammom sochiqlari uchun ham xuddi shunday. Agar ularni kuniga bir martadan ko‘p ishlatsangiz, qo‘l sochiqlari tezroq ifloslanadi. Ularni har ikki kunda, katta oila bo‘lsangiz, har kuni almashtirish kerak. Stol yuzasi Stol ustiga nimalarni qo‘yishingiz haqida o‘ylab ko‘rganmisiz? Mashina va uy kalitlari, pochta, sumkalar, hamyonlar va boshqa ko‘p narsalar. Bularning barchasi qanchalik iflos ekanligini sezmaslikning iloji yo‘q, agar ovqat va undan qolgan qoldiqlar haqida o‘ylasangiz, u hatto dahshatli bo‘lishi mumkin. Shuning uchun har kuni stol ustini artib, dezinfeksiya qilish kerak. Yuvilmagan idishlar Idish-tovoqda qolgan sous va ushoqlar hasharotlarni o‘ziga jalb qilishi va yuvishni qiyinlashtirishi mumkin. Idishlarni qo‘lda yuvasizmi yoki idish yuvish mashinasiga solasizmi, qanday bo‘lsa ham, tezroq yuvilgani ma’qul. Qahva qaynatgich Agar har kuni qahva qaynatsangiz, unda qahva qaynatgich bakteriya va mog‘orlar uchun ko‘payish joyi deb hisoblash mumkin. Qahva qaynatgichning olinadigan qismlarini har foydalangandan keyin yuvgan ma’qul. Uni rakovinada sovunli iliq suv yoki idish yuvish mashinasida yuvish mumkin. Dush devorlari Har foydalangandan keyin dush devorlarini artib olish muhim. Agar u plitka bo‘lsa, unda tozalash yuzasida izlardan xalos bo‘lishga yordam beradi, agar plastik bo‘lsa, muntazam tozalashni talab qiladi. Har qanday holatda ham devorlardan ortiqcha namlikni artib, mog‘or paydo bo‘lishining oldini olish lozim.
49
2,168
Ayollar
Interyerdagi eskirgan usullar va ularning o‘rnini bosuvchi narsalar
Interyer modasi unchalik ham o‘zgaruvchan emas, ammo qandaydir ommabop dizaynerlik yechimi o‘z dolzarbligini yo‘qotgan bo‘lsa, bu uzoq davom etadi. Demak, eskirgan trendlar ro‘yxati bilan tanishing. Biz uni nafis, yengil va universal deb atagandik, endi esa u… zerikarli ko‘rinadi. O‘rnini nima bilan almashtirish mumkin? Bir tusli interyerimizga yorqin va to‘q bo‘yoqlarni qo‘shamiz — oq fonda buni amalga oshirish oson. Shunda hech kim dizaynni mujmal deb atamaydi. Biz bir paytlar och jigarrang divanlar va karamel rangidagi qahva stollarini sotib olganmiz, ammo neytral ranglar va oddiy shakllar haqida unutish vaqti keldi. O‘rnini nima bilan almashtirish mumkin? Dizaynerlik stolchalari, yorqin va katta divanlar, ko‘plab qulay pufiklarni sotib oling — interyer standart bo‘lishi kerak emas, shunday ekan, “xarakterli” buyumlarni qidiring. Yoki mebel. “O‘z qo‘llaring bilan yasa” degan belgili barcha narsani o‘tmishda qoldiramiz. O‘rnini nima bilan almashtirish mumkin? Qo‘lda qilingan, ammo professionallar tomonidan bajarilgan buyumlar va bezaklar. Yoki chiroyli va sifatli fabrika buyumlari. Bezaklardagi “yoqimli va aqlli” yozuvlarni unuting. Tez-tez ko‘z tushadigan matn asta-sekinlik bilan o‘z ma’nosini yo‘qotadi. O‘rnini nima bilan almashtirish mumkin? Kartinalar va abstrakt bezaklar. Shiorlar va iqtiboslarga qaraganda ulardan kamroq charchaysiz. Ikkala material ham eskirgan va uyga xos shinamlikdan ko‘ra, turk hammomini eslatadi. O‘rnini nima bilan almashtirish mumkin? Iliq tusli va jonli faktirali jilosiz plitka. Mozaika haqida anchadan buyon orzu qilasizmi? Uning vaqti keldi.
67
1,600
Ayollar
Oq koftadan ter dog‘ini ketkazishning 7 ta samarali usuli
Yoz kunlaridagi jaziramadan terlash, buning oqibatida esa kiyimda dog‘ hosil bo‘lishi yangilik emas. Ushbu dog‘lar ko‘p hollarda kir yuvish mashinasi yoki oddiy usul bilan yuvilganda ham ketmaydi, lekin bu yechim yo‘q ekanini anglatmaydi. Quyida qanday usullardan foydalanish orqali terlashdan hosil bo‘lgan dog‘ni ketkazish mumkin ekaniga to‘xtalamiz. 1. Bunday vaziyatda sizga oddiy xo‘jalik sovuni yordam bera oladi. Hidi va ko‘rinishi yoqimsiz bo‘lgani bilan, u terlaganda paydo bo‘lgan dog‘ga qarshi samarali vosita hisoblanadi. Buning uchun kiyimning kerakli joyiga xo‘jalik sovunini surtib, 15 daqiqa ivitib qo‘ying, keyin bo‘lsa yuvib tashlang. 2. Uch osh qoshiq suyuq sovunga, bir osh qoshiqda ichimlik sodasi va tuz qo‘shib aralashtiring. Aralashmani dog‘ga surting va yarim soatga qoldirib, keyin odatdagidek yuvib tashlang. 3. Yana bir samarali usul — ichimlik sodasi qo‘shilgan suvdan foydalanish. Sodaga suv qo‘shganda bo‘tqa ko‘rinishini eslatishi kerak. Aralashmani dog‘ga surtib, 15 daqiqadan keyin yuvish tavsiya qilinadi. 4. Vodorod peroksidini, purkagichli idishga soling. Dog‘larga seping va 15 daqiqaga qoldiring. Yuvilganida kiyimingiz xuddi yangidek ko‘rinishga ega bo‘ladi. 5. Agarda dog‘ eski bo‘lsa, unda benzin yoki nashatir spirtida foydalanish mumkin. Dog‘ni ushbu suyuqliklar bilan arting va kiyimni iliq suvda sovun bilan yuving. 6. Tuzdan aralashma tayyorlab oling. Buning uchun bir osh qoshiq tuzga, bir osh qoshiq suv qo‘shing. Paxta diskida dog‘ ustini arting. Shunda keyin kiyimni iliq suvda yuving. Mazkur usul, jun va ipak matosidan tikilgan liboslar uchun tavsiya qilinadi. 7. Sirkaga 2:1 nisbatda suv qo‘shib aralashtiring. Futbolka yoki ko‘ylakni ushbu eritmaga ivitib qo‘ying. Keyin bo‘lsa, yarim stakan ichimlik sodasiga yarim osh qoshiq tuz va bir osh qoshiq vodorod peroksidini qo‘shing. Aralashmani kiyimdagi dog‘ bor qismga surting va 20 daqiqaga qoldiring. Shundan keyin kiyimdagi ichimlik sodasidan qolgan qoldiqlarni tozalang va yuving. 8. Yuqoridagilar kutilgan natija bermasa, unda eski usulni sinab ko‘ring — kiyimni qaynating. Faqat bu usulni tabiiy paxtadan bo‘lgan matolarda qo‘llash tavsiya qilinadi, boshqa matolar chirib ketishi va ularni tashlab yuborishdan boshqa chora qolmasligi mumkin. Buning uchun katta idishga suv va mayda qilib qirg‘ichdan chiqarilgan sovun soling va olovga qo‘ying hamda 2-3 soat davomida qaynating. Shundan keyin, kiyimni odatdagidek yuvishingiz mumkin.    Uyni toza saqlashga yordam beruvchi 6 tavsiya
57
2,492
Ayollar
Yog‘ bosgan gaz plitasini 15 daqiqada tozalashning sinalgan usullari
Gaz plitasida qotib qolgan yog‘ va ovqat qoldiqlarini qanday qilib oson tozalash mumkinligini bilib oling. Gaz plitasi oshxonaning boshqa jihozlariga qaraganda tez-tez tozalanadi. Gaz va shisha-keramik pechlarning ham asosiy kamchiligi shundaki, har qanday mayda yoki to‘kilgan suyuqlik tomchi kir va dog‘ligicha qolib ketadi. Ularni yuvish esa juda qiyin. Shisha-keramik plitani sochiq bilan qanday tozalash kerak? Gaz plitasini har kuni toza saqlash uchun oddiy sirkani suv bilan aralashtirib, purkagichga quyib ishlatish mumkin. Aralashma shisha-keramik plitaning yuzasiga surtiladi va 5 daqiqaga qoldiriladi. So‘ngra salfetka bilan artiladi. Agar plita juda kir bo‘lsa, sirkaga iste’mol sodasi qo‘shiladi Plita bo‘ylab sirka, so‘ngra ustidan soda sepiladi. Soda sirka bilan reaksiyaga kirishganini ko‘rsatadigan ovoz va pufakchalar paydo bo‘ladi, bu esa o‘ta yomon kirlarni yumshatish va pishirish paytida hosil bo‘lgan yog‘li qatlamlarni eritishga yordam beradi. Eski, lekin toza sochiq sovunli suvga botiriladi va plita sochiq bilan 15 daqiqaga yopib qo‘yiladi. Suvning iliq bo‘lishi juda muhim! Biroz vaqt o‘tgach, yog‘lar ivib ketadi va ularni yuvish juda oson bo‘ladi. Sochiq olinib, mikrofiber matosi bilan yaxshilab artiladi. Shuni esda tutish kerakki, shisha keramikani parvarish qilishning eng yaxshi usuli – bu plita issiq bo‘lganida ishlatilishi mumkin bo‘lgan pichoqli maxsus qirg‘ich. Qirg‘ich plita yuzasiga o‘tkir burchak ostida joylashtiriladi va suyuqlik va oziq-ovqat qoldiqlarini qirg‘ichda ehtiyotkorlik bilan olib tashlanadi. Plita soviganida, uni idishlarni yuvish vositasi bilan tozalash mumkin, o‘ta kir joylarni esa shisha keramika uchun maxsus pasta yoki krem bilan tozalash mumkin. Chiziq paydo bo‘lishining oldini olish uchun mahsulotni tez-tez mato bilan artib, quritish kerak. Gaz plitasining panjarasini ammiak bilan qanday tozalash kerak? Bu usul eng samarali deb hisoblanadi, lekin to‘liq natijaga erishish uchun ikki-uch soat vaqt ketadi. Har bir santimetrni tozalash uchun toza shimgichni ammiak bilan namlash va panjaraning butun yuzasiga surtib chiqish kerak. Shundan so‘ng panjarani polietilen paket ichiga solib, mahkam bog‘lab, uch soatga qoldirish kerak. Vaqt o‘tgach panjara suv bilan yuvilishi kerak va ajralgan yog‘ va uglerod qoldiqlari shimgich bilan olib tashlanishi kerak. Shuni yodda tutingki, quyma temir panjaralarni idish yuvish mashinasida yuvish na samarali, na foydali. Kelajakda gaz plitasini tozalashni osonlashtirish uchun:
68
2,488
Ayollar
Sumka xarid qilishda e’tibor berish kerak bo‘lgan jihatlar
Qimmatbaho sumkalar doimo ham yuqori sifatga kafolat bera olmaydi. Mahsulotning sifatsizligidan darak beruvchi belgilar bilan yaqindan tanishib chiqish foydadan xoli emas. Aniq bo‘lmagan shakl Sifatsiz sumka ko‘pincha qopga o‘xshaydi. Shuning uchun u dastlab aniq shaklga ega bo‘lishi kerak, sumkami yoki xalta, aniqlab olish zarur. Sifatsiz sumkalarda birinchi shaklni tilga olish bejizga emas, noaniq shakldagi sumka o‘sha xotira bilan insonlar yodida qoladi. Shuningdek, umuman tasvir haqidagi taassurotni buzadi. Notekis choklar Notekis chok – xarid chog‘ida yana bir yodga tushishi kerak bo‘lgan belgidir. Ushbu nuqson, albatta, sumkaning umrini sezilarli darajada qisqartiradi. Ortiqcha iplar Sifatli sumkalarning astari, choki, ichki qismlarida hech qanday ortiqcha ip chiqib turmaydi. Garchi sumka qanchalar chiroyli va bejirim bo‘lmasin, undan osilib turgan ip tolalarini kesib tashlash keyinchalik boshqa choklarga zarar berishi mumkin. Shuningdek, sumka sifatiga ham ta’sir qiladi. Sifatsiz bezaklar Orzudagi sumka xarididan so‘ng kuni bo‘yi undan foydalanish natijasida kamchiliklar ko‘rina boshlaydi. Masalan, sumka ustiga yopishtirilgan yoki tikilgan bezaklarning tushib ketishi yoki rangi o‘zgarishi mumkin. Sumka qanchalar yangi bo‘lmasin, uning ko‘rinishini buzib turadi. Yoqimsiz hid Sumka charm yoki charm o‘rnini bosuvchi materialdanmi – farqi yo‘q. Sababi sifatli sumkalar o‘zidan hech qanday hid chiqarmaydi. Xarid chog‘ida ham biroz noxush hid sezilsa, darhol tanlovni o‘zgartirgan ma’qul. Chunki hid keyinchalik ham bezovta qiladi. Shuningdek, yoqimsiz hidning asosiy sababi materialga kimyoviy modda aralashganidir. Aynan bu orqali ba’zi allergik kasalliklar qo‘zg‘alishi ham mumkin. Yomon astar Albatta, sumka astarini faqatgina uning egasi ko‘rishi mumkin. Lekin aynan astarda ham bir qancha muammolar kelib chiqadi. Masalan, astarning sifatsizligi natijasida tez yirtiladi va sumkaga solingan buyumlar astar teshigiga tushib qolishi mumkin. Shuningdek, astar bilan bog‘liq yana bir qancha yoqimsiz holatlar paydo bo‘ladi. Ortiqcha detallar Ko‘pincha turli munchoq va toshlar bilan bezatilgan sumkalar aslida uning ko‘rimsiz va sifatsizligini yashirish maqsadida qo‘llaniladi. Ayrim xaridorlar ana shunday qo‘shimcha detallar evaziga aldanib qoladi. Har qanday sumkaning o‘zi detallarsiz chiroyli ko‘rinishga ega bo‘lishi zarur.
58
2,362
Ayollar
O‘zingizni behol his etyapsizmi? Hayotiy quvvatni ko‘tarishga yordam beruvchi 5 ta tavsiya
Ba’zida bajarilishi kerak bo‘lgan ishlar qalashib yotadi, lekin madorsizlik, energiya yetishmasligi ularni bajarish vaqtini keyinga surishga sababchi bo‘ladi. Quyida o‘zingizni yaxshi his etishga ko‘maklashuvchi tavsiyalarni keltiramiz. Tiniqib uxlang, to‘g‘ri ovqatlaning Ruhiy holatni yaxshilashdan avval jismoniy charchoqlarni istisno qilish kerak. Uyqu va to‘g‘ri ovqatlanishni yaxshilashga harakat qiling, chunki ish samaradorligi tiniqib dam olish va iste’mol qilgan taomlarga bog‘liq bo‘ladi. Buning uchun, albatta, parhez qilish shart emas shunchaki iste’mol qilinadigan mahsulotlar makro va mikroelementlarga boy, foydali bo‘lsa bo‘lgani. To‘yib 7 soat uxlash, bezovta 9 soatlik uyqudan yaxshiroq ekanini unutmang. Budilnik chalganidan keyin yana yarim soat yotoqdan turmaslik ham sizning kuchingizni ko‘paytirib qo‘ymasligini yodda tuting. Eng asosiysi, yotishdan avval telefoningizni o‘chirishni unutmang. Kuningizni to‘g‘ri boshlang Tongni faol qarshi oling: jismoniy mashqlar bajaring, quvnoq musiqa tinglab raqsga tushing va eng asosiysi, qilinishi kerak bo‘lgan ishlarni kunning birinchi yarmida bajaring. Issiq qahva ichib bekorchi xayol surib o‘tirish yoqimli tuyulishi mumkin, lekin bu o‘zingizni aldash va vaqtni behuda o‘tkazish degani. Ishlaringizni tushlikka qadar bajarib oling, dam olish, rohatlanishni kunning ikkinchi yarmiga qoldiring. Ishga mukkasidan ketmang Ishni sevish yaxshi, lekin mukkasidan ketish yaramaydi. Hamma ham charchoq bo‘lgani uchungina faoliyat sohasini o‘zgartira olmaydi shu bois, ora-orada o‘zingizga vaqt ajrating: toza havoga chiqing, xonadagi gullarga suv quying, shokolad yeng, qahva iching nima qilsangiz qiling, xullas, o‘zingizni siylang. Sizni nima ilhomlantirishini ro‘yxat qiling Nima qilgandan keyin o‘zingizni yaxshi his qilishingizni aniqlab oling va ularni ro‘yxatini tuzing. Kitob o‘qish, musiqa tinglash, suratga olish farqi yo‘q o‘zingizdan kelib chiqib minimum 10 mashg‘ulotni yozing. Ro‘yxat tuzgandan keyin qay birini bajarish sizning hozirgi vaziyatingizga to‘g‘ri kelsa shuni bajarishga harakat qiling. Masalan, ro‘yxatingizda muzqaymoq yeyish va sayohat qilish bor, lekin ayni vaqtda ishdasiz. Vaziyatga real baho bering va hozircha muzqaymoq yeb turing, sayohat qilishni bo‘lsa ta’til vaqtingizga to‘g‘irlang. Negativ fikrlarni miyangizdan chiqarib tashlang Ruhiy charchoq va passivlikka miyangiz kerak-kerakmas o‘y va xayollarga to‘laligi sabab bo‘lishi mumkin. Aytilmagan gaplar, xafagarchilik, tugallanmagan ishlar kishining tinkasini quritadi. Qalam va qog‘oz oling, o‘zingizni bo‘sh qo‘ying va sizni qiynayotgan o‘y-xayollarning barini yozing. Bunday usul miyani “keraksiz axborotlar”dan tozalashga va muammolarga tashqaridan qarashga yordam beradi.
90
2,728
Ayollar
Behuda xavotirlanish va tashvishlanishga qanday yechim topsa bo‘ladi?
Hammada kuzatilishi mumkin bo‘lgan ushbu muammodan qutilishga yordam beradigan usullar haqida ma’lumot berib o‘tamiz. Muammo joningizga tegmagunicha u haqida o‘ylang Liftga chiqishdan qo‘rqqan odam qo‘rquvini yengmagunicha undan foydalanishga harakat qilishi kerak. Avvaliga qo‘rqinchli tuyiladi, sekin qo‘rquv kamayadi keyin esa charchaysiz. Sizni bezovta qilayotgan muammolar bilan ham xuddi shunday yo‘l tutish kerak. 20 daqiqa davomida u haqida takror va takror o‘ylang, vaqt o‘tganidan keyin sizni bezovta qilayotgan muammo haqida boshqa o‘ylashni ham istamaysiz. Bundan ham yomonroq bo‘lishi mumkinligi haqida o‘ylang Qanchalik ko‘p nazorat qilishga urinsangiz qo‘rquv va xavotir kuchayaveradi. Bunday vaqtda bundan ham yomoni bo‘lishi mumkinligi va shunda qanday yakun bo‘lishi mumkinligi haqida o‘ylang. Voqealarning eng qo‘rqinchli oqibatini tasavvur qilganingizda, sizni qiynayotgan narsa unchalik ahamiyatga ega emasligi va behudaga tashvishlanganingizni tushunib yetasiz. Tabiiy holat deb qabul qiling To‘satdan nazoratni yo‘qotib, biron ahmoqona ish qilishingiz, atrofdagilar yonida o‘zingizni yo‘qotish mumkinligi xayolingizga kelishi mumkin. Bu holat hamma bilan yuz berishi mumkinligini o‘ylang va tinchlaning. Bu kabi o‘ylardan cho‘chib, o‘zingizni koyimang. Bu miya bilan bog‘liq ekanini esda tutib, yo‘lingizda davom etishdan to‘xtamang. Soxta vahima Eshikni yopishni, dazmolni tokdan olish haqidagi xavotirlar shu vaqtgacha asossiz bo‘lib chiqishi, yurak jadallashgan yurak urishi yurak xurujidan darak bermasligi mumkin. Bu shunchaki tananing xavotir va tashvishga nisbatan tabiiy reaksiyasi bo‘lishi mumkin. Buni o‘t o‘chirish mashinasining boshqa joyga oshiqishi bilan taqqoslang va ahamiyatsiz deb bilib, tinchlanishga urining. O‘zingizni film tomosha qilayotgandek tasavvur qiling Har qanday vaziyatga tashqaridan turib baho berishga harakat qiling. Tasavvur qiling: bo‘layotgan hodisalarning bari ekranda sodir bo‘lmoqda, siz esa bularning barini kinoteatrda qo‘lingizga pop-korn bilan tomosha qilyapsiz. Bu bir inson hayoti haqidagi film, davomi nima bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi. Bu haqida keyinroq o‘ylab ko‘ring Aksariyat hollarda xavotirlanishga arziydigan narsa haqida o‘sha vaqtning o‘zida o‘ylashga va bosh qotirishga harakat qilamiz. Band ekanimizda telefonga xabar kelsa, uni qachon bo‘shaganimizda ochib o‘qiganimiz singari xavotirli o‘ylarga nisbatan ham shunday yondashishimiz kerak. Masalan, ertalabdan nimadandir bezovtalansangiz bu haqida o‘ylashga vaqtim bor deb keyinga qoldiring. Vaqt o‘tib xayolingizda kelganida muammo o‘z ahamiyatini yo‘qotadi, kuningiz esa tashvish va xavotirsiz o‘tadi. Hamma narsani nazorat qila olmasligingizni anglang Ob-havo ma’lumoti, yo‘ldagi vaziyatni muntazam ravishda kuzatib boradigan, ijtimoiy tarmoqlardagi yoqimsiz post va izohlarini o‘chirib boradigan kishilar boshqarib bo‘lmaydigan narsalarni nazorat qilmoqchi bo‘ladigan kishilar toifasiga kiradi. O‘zingizga bosim qilmang, unutmang hamma narsa nazoratingizda bo‘lishi imkonsiz. O‘z holiga tashlab qo‘ysangiz, ko‘proq ishonchni his qila boshlaysiz. Nafas oling Nafas yetishmaganda inson tanasida zo‘riqish kuzatiladi. Nafas olishga e’tibor berish oddiy, ammo tinchlanishga yordam beradigan samarali usul hisoblanadi. To‘g‘ri va to‘yib nafas olishga harakat qiling, havo o‘pkangizni to‘ldirayotganini his qiling. Muammoni vaqtga tashlang Qattiq asabiylashish, biron nimadan tashvishlanish vaqtincha ekanini esda tuting. Har qanday qo‘rquv sizni bir umr ta’qib qilmasligi, har qanday muammo bugun yoki erta nihoyasiga yetishi va biroz muddatdan keyin o‘z ahamiyatini yo‘qotishini esda tuting. Sizni bezovta qilayotgan narsa haqida bir hafta, oy yoki yildan keyin nima deb o‘ylashingiz mumkinligi, o‘shanda ham shunchalik muhim bo‘lishi yoki yo‘qligi haqida fikrlang. Vahima va tashvishlar yashashingizga xalal berishiga qo‘yib bermang Hammasi o‘tib ketadi, ammo behuda asabiylashganingiz oqibatida uyqusiz tunlar va salomatlik bilan bog‘liq orttirilgan muammolar qoladi. O‘zingizni asosiysi asablaringizni asrang.
69
4,044
Ayollar
Qoshlarni tatuaj qildirmaslik uchun eng asosiy besh sabab
Zamonaviy kosmetologiya tatuajga murojaat qilmasdan ham qoshlarni chiroyli qilish uchun ko‘plab variantlarni nazarda tutadi. Shuni unutmangki, tatuaj — bu doimiy qosh makiyaji emas, balki butunlay boshqa protsedura. Bunday jarayonning kamchiliklari va oqibatlari yoqimsiz bo‘lishi mumkin. Qosh tatuajining kamchiliklari: U eskiradi Hozirda tabiiy go‘zallik tendensiyada, hatto mahorat bilan qilingan qosh tatuaji ham tabiiy ko‘rinmaydi. Bu protseduraning ijobiy va salbiy tomonlari hatto modellar va kinoyulduzlar o‘rtasida bahslarga ham sabab bo‘lyapti. Gollivud yulduzlarining qoshlariga nazar soling — ularda tatuaj ko‘rganmisiz? Yo‘q! Nima uchun? Chunki bu narsa urfdan qolib bo‘lgan. Tatuajning barcha variantlarini sinab ko‘rganlar asta-sekin undan voz kechgan. Tatuajni uyda ketkazib bo‘lmaydi Qoshlarni tatuaj qilish uzoq vaqtga (bir necha oydan bir necha yilgacha) mo‘ljallangan. Agar u muvaffaqiyatsiz bajarilgan bo‘lsa (bu tez tez sodir bo‘ladi), uyga kelib, uni yuvib tashlolmaysiz. Hech narsa bilan. Go‘zallik salonlaridagi vizajistlar ko‘pincha tatuaj qilingan qoshlar o‘rniga yangilarini yaratishga harakat qilishlari kerak bo‘lgan vaziyatga duch kelishadi. Bu ish juda mashaqqatli va hech kim natijaga kafolat bermaydi. Lekin qoshlar shaklini yuz shakliga qarab tanlashning ishonchli usullari mavjud va ularni bemalol sinab ko‘rish mumkin. Tatuaj faqat lazer yordamida olib tashlanadi Muvaffaqiyatsiz tatuajdan qutulishning yagona usuli — lazer yordamida olib tashlash, ammo protsedura og‘riqli va qimmat. Eng yoqimsiz narsa esa chizilgan qoshlardan butunlay qutulish uchun odatda bir-ikki oy davom etadigan 4-5 seans olish kerak bo‘ladi. Muvaffaqiyatsiz tatuaj oqibatlarining tuzatilishi uzoq vaqt va qimmatga tushishi mumkin. Tatuaj qilingan qoshlar yoshga yosh qo‘shadi Hamma vizajistlar biladiki, qoshlarni tatuajlashning asosiy kamchiliklaridan biri — yoshni kattaroq ko‘rsatadi. Lekin negadir qizlar bunga ishonmaydi. Afsuski, bu haqiqat: tatuaj qilingan qoshlar sun’iy ko‘rinadi, hatto bo‘yoqlar muvaffaqiyatli tanlanganda ham, ular insonni 5 yilga qaritadi. Xato qilish ehtimoli juda katta Salonlarda qoshlarga tatuaj qilishning bir nechta turlari taklif etiladi: har birini bittalab chizish, “3D tatuaj” deb ham ataladi, mumli tatuaj, u ham haqiqiy qoshga o‘xshatib bo‘yaladi. Nazariy jihatdan, hammasi juda jozibali ko‘rinadi. Ammo qoshni tatuaj qilishning har bir texnikasi o‘zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega. Ular farq qiladi va ko‘pincha salbiy bo‘ladi — aslida vizajistlar ko‘pincha kerakli natijaga erisha olmaydi. Eng keng tarqalgan xato va muammolar quyidagilar:
57
2,604
Ayollar
Bodom yog‘i — go‘zallik moyining ko‘pchilikka noma’lum xususiyatlari
Sakkiz ming yildan ortiq vaqt mobaynida bodom yog‘i mutlaqo haqli ravishda “go‘zallik moyi” deb ataladi. Shuningdek, teri va soch parvarishi haqida gap ketganda ushbu mahsulot hamisha yordamga keladi. Bodom yog‘ida ko‘plab linoleik va oleyk kislotalari, A, F, E va B2 vitaminlari, magniy, fosfor, rux, karoten va boshqa ko‘plab foydali moddalar mavjud. Mazkur go‘zallik moyini bir qancha mahsulotlarga o‘rinbosar sifatida ishlatish mumkin. Bodom yog‘i ko‘z atrofi terisi uchun juda foydali. Bodom yog‘i nozik terini o‘zining boy tarkibi bilan yallig‘lantirmagani uchun ham undan ajinlarni bartaraf etishda foydalanish mumkin. Shuningdek, E vitaminining yuqori miqdori tufayli bodom yog‘i kosmetik ajinlarga qarshi kremlarga ajoyib alternativ bo‘lib xizmat qiladi. Yuz terisini tekislaydi, elastikligini qaytaradi hamda terini taranglashtiradi. Uning tarkibidagi A vitamini terini namlaydi va uni atrof-muhitning salbiy ta’siridan va yuvish vositalarining zararlaridan himoya qiladi. Bundan tashqari, muammoli teri egalari bodom yog‘ining F vitamini bilan ta’minlangan antibakterial ta’sirni yuqori baholaydi. Tunda undan foydalanish tongga qadar yaxshi natijani namoyon qiladi. Sochi uzun bo‘lishini istovchilar haftasiga 2-3 marta sochlar ildiziga bodom yog‘ini surib, massaj qilsa, ularning o‘sishi ikki baravarga tezlashadi. Bodom yog‘idan sochlar uchun ajoyib niqob sifatida ham foydalaniladi. Buning uchun mahsulot soch uzunligi bo‘ylab suriladi. Bir soatga o‘ralib, so‘ngra shampun bilan yuviladi. Natijada sochlar silliq, yorqin va qalinlashadi. Namlovchi, tinchlantiruvchi, yumshatuvchi xususiyatiga ega bodom yog‘i teri oftobdan yoki termal kuyishlarda samarali davolaydi. Shikastlangan terini parvarish qilish uchun ajoyib vosita sanaladi. Bodom yog‘ining yengil tarkibi oson so‘riladi. Makiyajni ham mukammal darajada tozalaydi. Qolaversa, bodom yog‘i bilan massaj qilingan terida o‘zgarishlar yuz beradi. Teri yuzasi silliqlashadi, elastiklik oshadi, dag‘allik va bo‘rtmalar yo‘qoladi. Ayollar uchun yog‘ning eng foydali jihati shundaki, kuniga bir osh qoshiq bodom yog‘i iste’mol qilish ichaklarni gaz va toksinlardan tozalaydi va qorin chiqishining oldini oladi. Shuningdek, modda almashinuvi jarayoniga ham ijobiy ta’sir o‘tkazib, ortiqcha vaznga ega bo‘lishning oldini oladi.
68
2,294
Ayollar
Kyulotlarni qanday koftalar bilan kiyish kerak: Keyt Middltondan 5 ta zamonaviy obraz (foto)
Kyulotlar — bugungi kunda urfda bo‘lgan zamonaviy shimlardan biri. Takrorlanmas obraz yaratish uchun ularni qanday koftalar bilan kiyish kerak? Ushbu savolga javobni Keyt Middlton yaratgan obrazlar orqali topish mumkin. Bel qismida katta oq tugmachalari mavjud to‘q rangdagi kyulotlar dengizchilar libosiga o‘xshash koftalar bilan ajoyib kombinatsiyani hosil qiladi. Ushbu obrazni esa baland poshnali tufli hamda kichik hajmdagi sumkalar yanada boyitadi. Mazkur bichimdagi kyulot yuqoridagiga o‘xshash, ammo bichim va tasvir borasida biroz boshqacha kofta bilan uyg‘unlashtirilgan. Shuningdek, oq krassovka bilan kundalik uslub uchun ajoyib obraz yaratilgan. Odatda kyulotlar bilan yangicha obraz yaratish qiyinchilik tug‘dirmaydi. Masalan, mallarangdagi shimni oq kofta hamda krassovka bilan birlashtirish rasmiy va sport uslublarining aralashmasi hisoblanadi. Qolaversa, muhim rasmiy uchrashuvlar uchun shunchaki poshnali oyoq kiyim kiyish kifoya. Ofis va boshqa joyda ishlovchi ayollar uchun ham qulay bo‘lgan kyulotlarni oq xolli qora kofta bilan birlashtirish tavsiya etiladi. Sababi urfdan qolmaydigan bu kabi xolli koftalarni har qanday ayol garderobidan topish mumkin. Obraz esa barchaga ma’qul kelishi shubhasiz. Ranglar orasiga yaqinda qo‘shilgan xaki va unga umuman mos bo‘lmagan baqlajon rangdan ham kutilmagan yangicha obraz hosil qilish mumkin. Yengil sviter, qomatni alohida ta’kidlovchi kyulot va unga mos poyabzal Keytni yanada nozik ayolga aylantirgan.
92
1,474
Ayollar
Baliq, limon va teri yorqinligini ta’minlovchi boshqa 4 ta mahsulot
Ko‘pchilik go‘zallik ichkaridan boshlanadi, degan fikrni eshitgan va teri masalasida bu 100 foiz to‘g‘ri. Insonning iste’mol qilayotgan har bir narsasi tashqi ko‘rinishiga bevosita ta’sir qiladi. Foydali yog‘lar, antioksidant, vitamin C, kollagen va aminokislotalarga boy sog‘lom ratsion teri yorqinligini ta’minlovchi mahsulotlarga ehtiyojni yo‘q qiladi. Elle nashri yuzdagi charchoq, shish va ajinlarni yo‘qotadigan oltita ozuqaviy mahsulotlar ro‘yxatini taqdim etdi. Avokado Avokadoning foydali xususiyatlari haqida eshitmagan odam bo‘lmasa kerak. Ko‘p va to‘yinmagan yog‘li kislotalar terini elastik va yorqin bo‘lishiga yordam beradi, shikastlangan teri hujayralarini qayta tiklaydi, qizarish va ta’sirchalik xususiyatini kamaytiradi. Omega-9, ayniqsa, epidural (yuqori) qatlamni namlaydi va bu, o‘z navbatida, o‘sha yorqinlikni ifodalaydi. Avokado antioksidant karotenoidlarga ham boy bo‘lib, ular qarishning asosiy sababchisi bo‘lgan erkin radikallarga qarshi kurashda teridagi suyuqlikni saqlaydi. Baliq Umuman olganda, yog‘li baliqlar va ayniqsa, losos omega-3 ga to‘la, bu teri uchun mo‘jizalar yaratadigan yana bir ajoyib mahsulotdir. Ko‘p to‘yinmagan yog‘li kislotalar terini quyosh ta’siridan himoya qiladi, allaqachon shikastlangan terini tiklashga yordam beradi, toksinlarni chiqarib tashlash orqali hujayra membranalarini sog‘lom saqlaydi va namlaydi. Qorag‘at Antioksidantlar erkin radikallarni zararsizlantiradi va ularni qabul qilishning eng oson yo‘li ratsionga qorag‘atni qo‘shishdir. Shuningdek, mevalar A vitaminiga boy bo‘lib, teridagi yog‘ miqdorini me’yorlashtirishga yordam beradi va terini tabiiy ravishda tozalash uchun juda foydali. Suyak bulyoni Suyak bulyoni kollagen, kalsiy va magniy kabi mineral va aminokislotalarning omboridir. Suyaklar bir necha soat qaynatilganda, ularning ichidagi kollagen jelatinga aylanadi, u terini mustahkam, silliq va elastik qiladi. Suyak bulonidagi jelatin ovqat hazm qilish tizimini tinchlantirishga yordam beradi, bu qarishning yana bir omili bo‘lgan yallig‘lanishni ham kamaytiradi. Limon Limon teri uchun juda ham foydalidir, chunki uning tarkibida erkin radikallarni zararsizlantiradigan kollagen va elastin ishlab chiqarishga yordam beradigan C vitamini bor. Bundan tashqari, uning tarkibidagi minerallar qonning ishqorlanishiga yordam beradi va organizmning pH qiymatini me’yorga keltiradi. Organizmning pH darajasi nazoratdan chiqib ketganda, teri o‘ta sezgir, quruq va ta’sirchanlik paydo bo‘lishiga moyil bo‘ladi, shuning uchun optimal pH muvozanatini saqlash muhimdir. Zarchava Zarchava yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega. Qisqa muddatda teri shishi va charchoq, ajin va umumiy qarish bilan kurashadi. Quritilgan yoki yangi zarchava iste’mol qilish, ekzema va rozatsea kabi jiddiy yallig‘lanishli teri muammolarini yengillashtiradi.
67
2,822
Ayollar
Yuzni yuvish shart emas: jazirama kunda makiyajni atigi 10 daqiqada yangilash bo‘yicha maslahatlar
Yozda eng dolzarb muammolardan biri pardoz xavfsizligi masalasidir — harorat qanchalik issiq bo‘lsa, makiyaj turishi shunchalik qiyin bo‘ladi. Yaxshi tayyorlangan teri Makiyajda asosiy narsa terini qanday tayyorlashdir. Bu vizajistlar amal qiladigan birinchi qoida, buning yordamida pardoz uzoq vaqt saqlanadi, chunki to‘g‘ri tayyorlangan terida makiyaj ko‘proq turadi va oqib ketmaydi. To‘g‘ri makiyaj Teriga yaxshi singishi uchun pardoz ham to‘g‘ri bajarilishi kerak — avval praymer, keyin tonal krem surting, so‘ngra qolgan kosmetikani qo‘llang. Makiyajni tugatish ham terini unga tayyorlash kabi muhim. Kosmetikaning chidamliligini oshiradigan fiksator spreyi bilan pardozni tugatish tavsiya qilinadi. Byuti-blender va konsiler Bu ikki narsa har doim sumkangizda bo‘lishi kerak. Agar to‘satdan yuzda qizarish, ajinlar yoki boshqa nuqsonlar paydo bo‘lsa, ularni konsiler bilan retush qilish mumkin. Makiyaj tabiiy ko‘rinishga ega bo‘lishi uchun konsilerni qo‘llash uchun namlangan byuti-blenderdan foydalangan ma’qul — uni ozgina suv bilan namlash va sochiq yoki salfatka bilan siqish kerak. Tetiklantiruvchi sprey Yuzingizni biroz tetiklashtirish uchun termal suv purkashingiz mumkin. Bu yuz qichimasligi va terining pH darajasini normallashtirishga yordam beradi. Yuzingiz dam olgan va namlangan ko‘rinadi. Makiyaj ko‘roq turishi uchun termal suv bilan birga sprey ham ishlatilish mumkin va issiq havoda yuzingizni namlash juda yoqimli bo‘ladi. Uvalanadigan pudra Pudra — universal kosmetik mahsuloti bo‘lib, makiyajni yangilashda eng yaxshi yordamchi hisoblanadi.  Uvalanadigan pudra yengil va tabiiy pardoz yaratadi, shuning uchun yuzdagi kamchiliklarni yashirmaydi, bunday holda konsilerdan foydalanfan ma’qul. Lekin bunday pudra yordamida yuzdagi yog‘li yaltirashni osongina yashirish mumkin. Rumyana Agar kun davomida charchagan bo‘lsangiz, yuzingiz xiralashgan va oqarib ketgan bo‘lsa, rumyanangizni yangilang. Shu tarzda charchoqni yashirishingiz, yorqinroq ko‘rinishingiz mumkin. Qo‘llashga ko‘p vaqt sarflamaslik uchun tabassum qiling va cho‘tkaning yengil harakatlari bilan yonoq suyaklariga rumyana surting. Asosiysi, haddan oshib ketmasin, aks holda butun obraz buzilishi mumkin.
98
2,199
Ayollar
Melaniya Tramp kimning obrazini ko‘chiradi?
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Trampning qizi Ivanka Keyt Middlton va boshqa malikalar obrazini ko‘chirgandi. Vaholanki, Melaniya Tramp ham ko‘chirmachilikda o‘gay qizidan qolishmaydi. Harper’s Bazaar nashrining yozishicha, Melaniya Ispaniya qirolichasi Letitsiya obrazini birinchi marta takrorlashi emas. Ilk marta ko‘chirmachilik 2019-yilda kuzatilgan bo‘lib, unda Letitsiyaning Madriddagi rasmiy uchrashuvda Dries Van Noten brendidan kiygan libosi Melaniya e’tiboridan chetda qolmagan. Negaki oradan ikki oy o‘tar-o‘tmas Amerikaning birinchi xonimi aynan o‘sha modeldagi ko‘ylakning xuddi o‘sha rangidan kiygan. View this post on Instagram Keyingi tasodif esa hayratlanarli hatto. Melaniya va Letitsiya ikkovi Michael Kors’dan bitta modeldagi libosning ikki xil rangini tanlagan. Qizig‘i, Ispaniya qirolichasi Oq uyga tashrifi uchun aynan o‘sha libosni kiygan.
43
881
Ayollar
Dior brendi atirgullardan ilhomlanib yaratilgan yangi taqinchoqlar kolleksiyasini taqdim etdi
Dior brendi zargarlik uyining asosiy dizayneri bo‘lgan Viktuar de Kastellan Bal des Roses kolleksiyasi taqdim qilinganidan 10 yil o‘tib, yangi to‘plam borasida takror atirgullardan ilhomlanishga qaror qildi. Kolleksiyaning nomlanishi Parijdagi 1200 turdagi 10 ming tupdan ortiq atirgullarni o‘z ichiga oladigan Bagatelle bog‘i bilan bog‘liq. Kristian Diorning eng sevimli guliga bag‘ishlanadigan mazkur kolleksiya jami 54 ta zargarlik buyumi — zirak, uzuk va bilaguzuklarni o‘z ichiga oladi. Pushti yoqut, Paraiba turmalinlari, zumrad va tovlanadigan brilliantlardan ishlangan taqinchoqlar orasida oq oltindan ishlangan marjonni ham uchratish mumkin. Asosi va gulbarglari mayda brilliantlar bilan bezatilgan mazkur taqinchoqning guli ko‘k-yashil Paraiba turmalinlari hamda yoqutlar bilan qoplangan. Eng yuqori zargarlik san’atining murakkab texnikalari asosida yaratilgan kolleksiyaning mukammal chiqishi uchun, asosan, qo‘l mehnatidan foydalanilgan. Rose Dior Bagatelle zargarlik buyumlariga eng yaxshi fransuz zargarlarining mislsiz mahorati natijasi deb ta’rif berish mumkin.
93
1,082
Ayollar
Funchoza qanday tayyorlanadi? Uni tayyorlashda amal qilish kerak bo‘lgan nozik jihatlar
Oilada kundalik menyuni kengaytirish oson bo‘lmasligi mumkin. Shunday taomlar borki, hamma iste’mol qiladi, lekin vaqti kelib, medaga tegadi. Turli xil salat hamda taomlar tayyorlash mumkin bo‘lgan funchozani qanday pishirishni bilib olish esa bekajonlar uchun ayni muddao. Uni turli xil souslar bilan ham iste’mol qilish mumkin, deb yozadi Wday. Funchoza pishirish uchun qancha vaqt ketadi? Funchozaning bir necha turdagilari mavjud bo‘lib, ular qalinligi bilan ajralib turadi. U guruch va kraxmaldan tayyorlanadi. Shuningdek, funchozani mashhur italyan taomlarining ajdodi bo‘lgan makaron turiga kiritadiganlar ham bor. Funchoza bir-biriga yopishmasligi va yumshab ketmasligi uchun qanday pishirish kerak: Uy sharoitida funchoza qanday tayyorlanadi: umumiy qoidalar To‘g‘ri pishirilgan funchoza ko‘plab nafis va ekzotik taomlarning asosidir. Uni tayyorlash odatdagidan biroz farq qiladi: Ushbu oddiy qoidalarga rioya qilish orqali uyda ham ekzotik taomlar tayyorlashni tezda o‘rganish mumkin.
87
995
Ayollar
Reper Tommi Kesh va Adidas Originals uzunligi 1 metrni tashkil qiladigan krossovka modelini namoyish qildi
Estoniyalik reper Tommi Kesh Adidas Originals bilan hamkorlikda kolleksiya tayyorlamoqda. Boshlanishiga xonanda Superstar’ning ayrim modellariga o‘zgartirish kiritishni afzal bilgan, deb yozadi Esquire. Kollaboratsiya anonsida Kesh har birining uzunligi deyarli 1 metr bo‘lgan krossovkalarda namoyon bo‘lgan. Bir poyi oq, ikkinchisi qora bo‘lgan uzaytirilgan “superyulduzlar”da bog‘ich o‘tkazish uchun qirqta teshik bor. Krossovkaning orqa tomoniga reperning dastxati tushirilgan. Ushbu modelni Adidas dasturidagi yutuqli o‘yinda ishtirok etish orqali yutib olish mumkinligini ma’lum qilgan Tommi, shuningdek, uch nafar g‘olib 3-mart kuni aniqlanishi, shundan keyin krossovkalar sotuvga chiqarilishini qo‘shimcha qilgan. Aslida esa ushbu krossovka modellari reklama uchun ishlab chiqarilgan. Sotuvga taqdim qilinadigan modellar bunchalik uzun bo‘lmaydi, ammo reklamadagidek bir poyi oq, ikkinchisi esa qora rangda bo‘ladi. “Menda bir vaqtning o‘zida hamisha bir-biri bilan kurashadigan farishta va iblis yashaydi. Shunday ekan, shaxsiyatimdagi bir tomonni yashirishga ne hojat?”, — deb tanloviga izoh bergan Kesh.
106
1,115
Ayollar
Qanday qilib har qanday uslubni zamonaviy ko‘rinishga aylantirish mumkin? (foto)
Har kimning kiyinish uslubi turlicha. Undan, albatta, modaga hamohang, zamonaviy ko‘rinish yaratish mumkin. Buning uchun ko‘p narsa talab qilinmaydi. Bor-yo‘g‘i quyidagi tavsiyalarga quloq tuting. Oq kofta Doimgidek, oq koftalarni yubkaning ichki qismiga kiritib kiyishni bas qilish vaqti keldi. Aynan shu kiyimlardan yangilik hosil qilish uchun kofta ustidan topik yoki oddiygina nimcha kiyish kifoya. Shuningdek, jinsi yoki boshqa matodagi shimlar uchun baland poshnali oyoq kiyim kiyish tavsiya etiladi. Baland poshnali tuflilar ayolning qomatini go‘zal ko‘rsatibgina qolmay, o‘ziga bo‘lgan ishonchni orttiradi. Zanjirli tasma Agar ish joyi qat’iy rejimda rasmiy kiyinish uslubini talab etsa, buning ham ajoyib yo‘li bor. Rasmiy uslub hisoblangan kostyum-shim yoki kostyum-yubkaga birgina aksessuar qo‘shib, zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lish mumkin. Masalan, kostyum ustidan belni ta’kidlash uchun taqilgan tasmaning yon qismiga maxsus zanjir orqali bezak berilsa, ajoyib obraz paydo bo‘ladi. Ushbu libos va aksessuar yordamida moda ham, ishdagi tartib-qoida ham buzilmaydi. Yuqori qism uchun yeng Bu nafaqat ko‘rinishni murakkab va qiziqarli bo‘lishiga, balki salqin kuzda isinishga ham yordam beradi. Tepa qismi bilan birga tikilgan yengni yelkasi ochiq liboslar bilan birga kiyish kuzgi mavsum uchun ajoyib yangi libosni hosil qiladi. Trikotaj nimcha Kuz mavsumi uchun yana bir ajoyib topilma − maktab davrida kiyilgan trikotaj nimchalar. Uni bitta katta o‘lchamdagi ko‘ylak bilan kiyish yanada ajoyib uslubni yaratadi. Nimcha yengidan va tagidan chiqib turgan ko‘ylak ham zamonaviy ko‘rinishning bir belgisidir. Sharf o‘rniga jemper Havo biroz salqin sharf o‘rnini bosuvchi oddiygina trikotaj jemperdan foydalanishning ayni vaqti. Uni plash yoki kurtka ustidan ham shunchaki tashlab, uzun qo‘llarini bo‘yinga o‘tkazib olish tavsiya etiladi. Shuningdek, jemperni ko‘ylaklar ustidan ham sharf sifatida qo‘llash mumkin. O‘tkazmali charm kamar Ko‘zga tashlanib turuvchi keng kamarlar, albatta, har bir libosga o‘zgacha ko‘rinish beradi. Bunday belbog‘lar nafaqat belni ta’kidlash, balki katta hajmdagi liboslarni qisqartirish uchun ham xizmat qiladi. Ularni qalin kiyim – kurtka, palto, kardiganlar bilan ham taqish mumkin. Ushbu imkoniyatdan foydalangan holda yangi uslubda ko‘rinish mumkin. Tizzadan yuqori paypoq Ayni kunlarda biroz qo‘pol va katta hajmdagi poyabzallar modaga kirib kelmoqda. Bunday oyoq kiyimlar uchun tizzagacha ko‘tariladigan paypoq kiyish ajoyib qo‘shimcha hisoblanadi. Shu bilan birga, ushbu uslub oyoqlarni uzun va to‘piqlarni ingichka qilib ko‘rsatadi.
80
2,589
Ayollar
Didsizlik sindromi: Yubka bilan obrazning muvaffaqiyatsiz chiqishiga sabab bo‘ladigan xatolar
Obraz ko‘ngildagidek bo‘lishi uchun yubka tanlashni o‘zi kifoya qilmaydi, uni boshqa kiyim va aksessuarlar bilan moslashni ham bilish kerak. Baland poshna Baland poshnali oyoq kiyimning obrazni esda qolarli bo‘lishi yoki aksincha, didsiz ko‘rinishida muhim rol o‘ynaydi. Mini yubka bilan poyabzalning baland poshnalisini kiysangiz, keng va oversize uslubidagi pidjak kiyish tavsiya qilinadi. Kolgotka bilan bosonojka Hech nima obrazni kolgotka bilan kiyilgan bosonojkachalik xunuk ko‘rsatmaydi. Kolgotka bilan baletka yoki loferni hech ikkilanmay kiyishingiz mumkin, ammo yozgi oyoq kiyim bilan hech ham bunday qila ko‘rmang. Uzun yubka bilan baletka Kundalik uchun mukammaldek ko‘ringan uzun yubka va baletka bilan yoshingizga nisbatan katta kamiga bo‘yi past ko‘rinishingiz aniq. Shu sabab uzun yubka bilan balandroq poyabzal kiyganingiz ma’qul. Mos kelmagan ustki kiyim Kalta yubka kiyadigan bo‘lsangiz, ustki kiyimni ham shundan kelib chiqib tanlang. Oyoqlaringiz ko‘zga tashlangani hisobiga oldi yopiq va yopishib turmaydigan ustki kiyim kiyganingiz yaxshi. Kalta yubka bilan ochiq va tor kofta bachkana hamda haddan ortiq e’tibor jalb etadigan bo‘lib ko‘rinadi. Belga urg‘u bermaslik Kundalik uchun obraz tanlaganda qomatga urg‘u berishni yoddan chiqarmang. Uzun yubka, keng ustki kiyim va past poyabzal qulay bo‘lishi mumkin, ammo bunday kombinatsiya qo‘pol ko‘rinishingizga sababchi bo‘ladi. Buning oldini olish uchun esa bel qismingizga kamar bilan urg‘u berish tavsiya qilinadi. Noto‘g‘ri balandlikdagi poyabzal Oyoq kiyim balandligi va yubka etagining uzunligi qiz va ayollar bo‘yini baland yoki aksincha past ko‘rinishiga sababchi bo‘ladi. Bo‘yi baland qizlar tizzadan tushib turadigan yubka va uzunroq poyabzallar bilan chiroyli ko‘rinishi mumkin, ammo o‘rta bo‘y qizlar yana ham past ko‘rinadi. Shu sabab ham oyoqning eng ingichka joyida tugaydigan uzunlikdagi oyoq kiyim kiyish tavsiya qiladi.
93
1,914
Ayollar
Qishga tayyorgarlik: qulupnay, gilos va boshqa rezavor mevalarni qanday muzlatish kerak?
Yoz — quvonchli, ammo qisqa mavsum. Sabzavot, meva va rezavorlar pishganida ko‘pchilik ularni to‘yguncha yeyishga harakat qiladi, lekin ozgina bo‘lsa ham chernika, malina, yejevika yoki qulupnay qolgan bo‘lsa, ularni muzlatib qo‘yishingiz mumkin. Bu rezavorlarni bir necha oy saqlashning eng oson yo‘li. Eng yaxshi natijaga erishish uchun rezavor mevalarni yangiligida muzlatib qo‘ying. Haddan tashqari pishgan yoki so‘ligan rezavorlar muzlatgichda yaxshi saqlanmaydi. To‘g‘ri muzlatilsa, rezavorlar ko‘p oylar o‘zining mazali asl ta’mini saqlab qoladi. Buning uchun sizga kerak bo‘ladigan narsa yangi rezavorlardan tashqari, muzlatgich paketlari va muzlatgich kamerasi. Rezavorlarni alohida-alohida muzlatib qo‘yishingiz yoki keyinchalik ishlatish uchun ularni bir-biriga aralashtirishingiz mumkin. Avvaliga mevada hech qanday poya, barg yoki pishmagan, shikastlangan rezavorlar yo‘qligiga ishonch hosil qilish uchun rezavorlarni saralang. Agar qulupnayni muzlatmoqchi qo‘ysangiz, yashil bandlarni olib tashlashni unutmang. Mevalarni sovuq suvda yuvib, yaxshilab quriting. Ularni toza, quruq sochiq ustiga bir qavat qilib yoying va quriguncha kuting. So‘ngra patnisga pergament qog‘ozi yoki polietilen plyonka solib, rezavorlarni bir qavat qilib tering. Patnislarni muzlatgichga qo‘ying. Odatda yaxshi muzlashi uchun bir necha soat kifoya qiladi, lekin iloji bo‘lsa rezavorlarni bir kechaga qoldirish mumkin. Rezavorlar muzlagandan so‘ng, ularni og‘zi yopiladigan plastik paketlarga soling. Yopishdan oldin paketdan iloji boricha ko‘proq havo chiqarib tashlang. Muzlatilgan rezavorlarni 6 oygacha yoki bir yilgacha saqlash mumkin. Iloji bo‘lsa, go‘sht va tayyor ovqatlarni bir tortmada, meva va sabzavotlarni boshqa tortmada muzlating. Muzlatilgan rezavorlardan qanday foydalanish mumkin? Ushbu mahsulotdan foydalanishning eng mashhur usullaridan biri kokteyl va limonad tayyorlashdir. Muzlatilgan mevalar tufayli ichimlik muzdek va quyuq bo‘ladi. Avval blenderda rezavorlardan boshqa mevalarni pyure qiling, so‘ngra muzlatilgan rezavorlarni asta-sekin blenderga qo‘shing. Bundan tashqari, muzlatilgan rezavorlardan shirinliklar pishirish mumkin. Ko‘pchilik yangi mevalardan pishirilgan shirinlikni muzlatilgan mevalardan ajrata olmaydi. Oshpazlar ham muzlatilgan mevali pishiriqlar yangilaridan ko‘ra yaxshiroq deb hisoblashadi. Muzlatilganda rezavorlar quriydi va pishirganda ortiqcha namlik bo‘lmaydi. Vanihoyat rezavor mevalarni muzlatish murabbo, jele yoki chutni tayyorlashning ajoyib usuli hisoblanadi. Faqat rezavorlar yaxshi pishganida va yangiligida muzlatib qo‘ying, keyin ularni eritib, vaqt va xohishingiz bo‘lganda murabbo tayyorlang. Kuz yoki qishning salqin kunida murabbo tayyorlash va uyingizni murabbo hidiga to‘ldirish ajoyib bo‘ladi.
88
2,760
Ayollar
Farzandingizga ingliz tilini samarali o‘rgatish uchun 5 ta layfxak
Kundan kunga til o‘rganishning ahamiyati yanada dolzarbroq bo‘lib bormoqda. Farzandingizga ingliz tilini iloji boricha tezroq o‘zlashtirishida qanday yordam berish mumkinligi haqida gaplashamiz. O‘zbek tilidagi birorta so‘zni ishlatmaslik Uzluksiz kommunikativ o‘qitish metodikasi — ajoyib eshitiladi, samarasi ham bundan kam emas. Bola bilan faqat ingliz tilida qanchalik ko‘p gaplashilsa, o‘rganuvchining yoshi kichik bo‘lsa ham, til muhit bilan bog‘liq holda shunchalik tez o‘zlashtiriladi. Genetiklarning fikriga ko‘ra, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar barcha tillarning “kurtaklar”iga ega bo‘ladi. Bola keyinchalik qaysi tilni o‘zlashtirishi uning atrof-muhitiga bog‘liq holda rivojlanadi. O‘yin orqali Bolalarning ham aqliy, ham jismoniy rivojlanishida o‘yin katta ahamiyatga ega. Bundan tashqari, o‘yin — bu bola uchun eng tabiiy ta’lim muhiti va til o‘rganishning o‘yin usullari yil davomida takomillashtirilgan bo‘lib, har bir o‘qituvchining o‘z uslublari bor. Bunday o‘yinlarda ota-onalar ham ishtirok etishi mumkin. Maktabdan qaytayotib ingliz tilida kim ko‘p so‘z topish o‘yini ham yaxshi variant. Virtual dunyo O‘yin mavzusini davom ettirgan holda onlayn til o‘rgatish darslarida trend sifatida geymifikatsiya haqida gaplashamiz. Hozirgi kunda VR texnologiyalari London yoki Nyu-Yorkda ingliz tilidagi yo‘riqnoma yordamida sayr qilish imkonini beradi. Virtual ekskursiya har qanday yoshdagi o‘rganuvchiga manzur bo‘lishi aniq. “Muxlislar motivatsiyasi” Bu usul sodda va samarali. Ayniqsa, o‘spirinlar uchun juda mos keladi. Dastlab yosh “ingliz” haqida ma’lumot yig‘amiz, unga qanday musiqa, komikslar, teleshoular yoqishini o‘rganib chiqamiz. Qolgani esa tasavvuringizning qanchalik kengligiga bog‘liq. Virtual do‘stlik Til o‘rganishda qanchalik uzluksiz shug‘ullanilsa, bola nutqni shunchalik tez o‘zlashtiradi. Shuning uchun ma’lum vaqtdan so‘ng boshqa mamlakatlardagi tengdoshlari bilan muloqot qilish orqali olingan bilimlarni yanada mustahkamlash mumkin. Bundan tashqari, tengdoshlari bilan muloqot qilish davomida bolalar xato qilishdan kamroq qo‘rqishadi, natijada ravon gapira boshlaydi.
66
2,105
Ayollar
Kitob televizordan afzalligining 5 sababi
Ko‘rsatuv va filmlar tomosha qilish albatta juda qiziqarli, lekin doimiy ravishda televizor ko‘rish oqibati ko‘rishning yomonlashishiga, so‘z boyligining kamayishiga va bosqichma-bosqich inqirozga olib keladi. Kitoblar esa, ularni o‘qish qiziqarli va foydali bo‘lishiga qaramasdan, juda tezlik bilan unutilib bormoqda.  Bu maqolada biz o‘qishning foydali ekanligini isbotlovchi 5 ta asosiy dalil bilan tanishtirmoqchimiz. Kitob o‘qish bizning so‘z boyligimizni kengaytirish imkonini beradi. Kitoblarda siz muntazam ravishda o‘zingiz hali eshitmagan so‘zlarni uchratasiz, ularning ma’nosini va yangi ma’lumotlarni bilib olishga intilasiz. Natijada so‘z boyligingiz oshishi bilan birga umumiy bilim saviyangiz ham oshadi. Kitoblar bizning so‘z boyligimizni oshirish bilan birga, odamlar bilan muloqot qilishga va suhbatni to‘g‘ri olib borishga o‘rgatadi. Albatta, kitob o‘qish bizning dunyoqarashimizni kengaytiradi. Navbatdagi asarni o‘qishga berilib ketganimizdan boshqa dunyoga kirib olamiz, ilgari bilmagan asoslarga duch kelamiz va o‘zimizga ham atrofdagilarga ham aqlliroq, qiziqarliroq ko‘rina boshlaymiz. Aqlliroq va bilimdonroq bo‘lganingiz sari, o‘zingizga bo‘lgan ishonchni ham oshira boshlaysiz. Siz har doim yig‘inlarda nima deyishni, o‘zingizni ko‘rsatishni, suhbatni qanday olib borishni va o‘zingiz haqingizda yaxshi taassurot qoldirishni juda yaxshi bilib borasiz. Shuningdek ko‘rinib turgan asoslardan yana biri – kitoblar bizni kengroq fikrlashga, ba’zi lahzalarni va tafsilotlarni o‘ylab ko‘rishga, muhim faktlarni esda saqlashga majbur qiladi. Ayniqsa siz esda saqlash va ma’lumotlarni o‘zlashtirish jarayonini yaxshilashni xohlayotgan bo‘lsangiz, bu holat miya uchun ajoyib mashq hisoblanadi. Manba: “Womanway.online”
41
1,738
Ayollar
Kiprik to‘kilishining 5 sababi va ularni bartaraf qilish yo‘llari
Kiprik to‘kilishiga sabab bo‘luvchi omillar bir nechta. Quyida ushbu sabablar va ularning yechimlari bilan tanishasiz: Allergiya Agar kiprik to‘kilishi tush bo‘yog‘i almashishi bilan bog‘liq yoki foydalanayotgan bo‘yoqning muddati 3 oydan oshgan bo‘lsa, bu – allergiya. Bu holatda kamida bir haftaga tushdan foydalanishni to‘xtating. Allergiyaga qarshi tomchi tomizing va tush bo‘yog‘ining sinovdan o‘tgan xilini sotib oling. Qo‘lni toza yuvmaslik Toza yuvilmagan qo‘l orqali o‘tgan infeksiyalar yallig‘lanish jarayonini keltirib chiqaradi. Yallig‘lanish boshlanishi bilan barcha ko‘zga suriladigan kosmetik vositalardan foydalanishni to‘xtating va yallig‘lanishga qarshi dori tomizishni boshlang. Agar 2 kundan keyin ham o‘zgarish sezilmasa albatta shifokorga ko‘rining. Kipriklarni qayirish Kipriklarni qisqich yordamida qayirishda kiprik ildizi zarar ko‘rishi oqibatida ham kiprik to‘kilishi mumkin. Kiprik to‘kilishining oldini olish uchun qisqichlardan foydalanishni kamaytiring. Qalqonsimon bezning kasallanishi Agar kiprik to‘kilishi soch to‘kilishi bilan birga boshlangan bo‘lsa, bu qalqonsimon bezning me’yoridan ko‘p garmon ishlab chiqara boshlaganini bildiradi. Bu muammoni bartaraf etish uchun albatta shifokorga boring. Alopetsiya Bu kasallik nafaqat sochlarning balki kiprik va qoshlarning ham to‘kilib ketish belgilari orqali namoyon bo‘ladi. Bunday holatda tezlikda mutaxassis shifokorga murojaat qilishni tavsiya etamiz.
65
1,438
Ayollar
Orzu-havas uchun xarajatlardan orttirib, pul yig‘ishga yordam beradigan 8 usul
Anchadan buyon o‘ylab yurgan orzularni amalga oshirish, sayohat qilish yoki kattaroq xarid qilish uchun ko‘p maosh olishdan tashqari uni o‘ylab hisob-kitob bilan sarflash ham muhim sanaladi. Ko‘chada ovqatlanmang Taomni uyda tayyorlashga va tushlikni o‘zingiz bilan olib yurishga urinib ko‘ring. O‘ylab ko‘ring, siz taom xarid qilishga ketkazgan pulga qancha mahsulot olish va uni necha kunga yetkazish mumkin. Do‘stlaringizni uyga mehmonga taklif qiling Do‘stlar bilan vaqtni nafaqat restoran va kinoda, balki uyda ham maroqli o‘tkazish mumkin. Qiziqarli o‘yin va ko‘ngilochar dasturlar tuzishingiz, xarajatlarni esa teng taqsimlashingiz mumkin. Yo bo‘lmasa, bor mahsulotlardan ozgina fantaziyani ishga solib, mazali taom tayyorlasangiz ham bo‘ladi. Gap shundaki, u yoki bu yerga borish uydan ko‘ra ancha qimmatga tushadi. Masalan, kinoga borib, pul sarflamasdan, uyda yaxshi film diskini tomosha qiling. Popkornni esa uy sharoitida tayyorlasangiz ham bo‘ladi. Ishoning, pulingiz sezilarli darajada tejaladi. Jamoat transportidan foydalaning Avtomobil haydash va taksidan foydalanish qulay, albatta, ammo bu oylikni ko‘kka sovurishdan boshqa narsa emas. Metro va avtobus mablag‘ingiz tejalishiga yordam beradi. Masalan, Xalqlar do‘stligidan Darxongacha taksida o‘rtacha 10 ming so‘mga kelishingiz mumkin. Borish va qaytish esa deylik, 20 ming so‘m bo‘ladi. Uning o‘rniga metrodan foydalansangiz, kelish va ketishingiz 2800 so‘mga tushadi. Qay birini tanlash esa sizning xohishingiz va cho‘ntagingizga havola. Sevimli mashg‘ulotni daromad manbayiga aylantiring Bu usul pulni tejashga va oylikdan tashqari qo‘shimcha daromad topishga yordam beradi. Asosiysi esa jur’at topish hamda bulochka pishirish, kashta tikish va surat chizish orqali ham pul topish mumkinligini unutmaslik. Nimaga ko‘proq qiziqasiz-u, nimaning uddasidan yaxshiroq chiqasiz, o‘ylab ko‘ring. Keyin esa sizning ijod mahsulingiz kimlarni qiziqtirishi mumkinligi va qayerda yaxshi ketishi haqida bosh qotiring va shunga asosan ishlaringizni rejalashtiring. Plastik karta emas naqd puldan foydalaning O‘zingizga o‘zingiz keraksiz xarajat qilmaslikka so‘z berib, do‘kondagi chiroyli ko‘ylak yoki kosmetik vositaning oldida irodasizlik qilmaganingizga aminmisiz? Olishga olib, bunaqasi bor edi, bekor bunday qildim, deb afsuslanmaganingizga-chi? Maosh tushganidan keyin plastik kartani hamyonda olib yurishning oqibati mana shunday yakun topishi ko‘p kuzatiladi. Shu sabab ham kundalik xarajatlaringiz va har ehtimolga qarshi biroz ko‘proq naqd pul olib, ko‘chaga chiqing. Kartangiz esa uyda qolsin. Chegirma va aksiyadagi mahsulot va buyumlarni xarid qiling Yaqini shu, deb oldingizdagi qimmat do‘kondan xarid qilgandan ko‘ra biroz erinmasdan, aksiya va chegirmalar ketayotgan savdo markazlari hamda do‘konlarga tashrif buyuring. Ijtimoiy tarmoqlarda do‘konlarning rasmiy sahifasini kuzatib tursangiz, bunday yangiliklardan xabardor bo‘lasiz. Bepul Wi-Fi’dan foydalaning Bu ahamiyatsiz va kichik tuyilgani bilan sizga ancha pul tejash va yig‘ishga yordam beradi. Maoshingizning ma’lum qismini jamg‘arib qo‘ying Maoshingizni kerakli xarajatlarga sarflashdan tashqari ma’lum qismini ishlatmasdan yig‘ib qo‘ying. Har oy 100 ming so‘mdan olib qo‘ygan taqdiringizda ham bir yilda yig‘ilib, 1 million so‘m bo‘ladi. Ko‘proq yig‘sangiz, shunga yarasha ko‘proq jamg‘ariladi. Yuqoridagi tavsiyalarga amal qilsangiz xarajatlar kamayadi va ko‘proq pul to‘plashingizning iloji bo‘ladi.
78
3,438
Ayollar
Yangi moda. Displeyga ega himoya niqobi yaratildi
Amerikalik dizayner yupqa LED-displeyni yuz uchun mo‘ljallangan niqob matosiga joylashtirdi. Undan koronavirusga qarshi foydalanish mumkin, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru. Chelsi Klukas ismli ayol dastlab YouTube’ga qo‘l ostidagi materiallardan ekranli niqob yig‘ish bo‘yicha oddiy qo‘llanmani e’lon qilgan. Video ostiga qoldirilgan izohlarda ko‘pchilik tayyor niqobni qayerdan xarid qilish mumkin deb so‘rayvergach, u ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga qaror qilgan. https://twitter.com/_LightningHawk/status/1284186628274044928 U yuz uchun mo‘ljallangan oddiy matoni olgan va unga o‘nlab yorug‘lik diodlarga ega yupqa LED-displeyni qoplagan. Bu yuzga taqilgan niqobda biror matn yoki oddiy suratlar tasvirini tushirish uchun yetarli. Hatto uzun jumlalarni ham joylashtirish yoki musiqa uchun vizual ekvalayzerni yoqish mumkin. Wear a effin mask (@lumencouture ) pic.twitter.com/xr5BKqfE8H — Chris McMahon (@chris_mcmahon) July 5, 2020 Niqob ekranidagi tasvirlar smartfondagi ilova orqali boshqariladi — tayyor kutubxonadan biror matn yoki tasvirni ham tanlash mumkin. Faol rejimda niqob bir marta quvvatlanish orqali 3-4 soat ishlay oladi. Uni dezinfeksiya qilish uchun esa, barcha elektronikani olib qo‘ysa ham bo‘ladi. Dizayner bu turdagi niqoblarni o‘zining sayti orqali 95 dollardan sotmoqda. Chelsining so‘zlariga ko‘ra, u buning ortida pul ishlab topish niyatida emas, shu sababli niqoblarni sotishdan ko‘rilgan barcha foydani u koronavirusga qarshi kurash fondiga xayriya qiladi.  Hindistonda yuzning yopiq qismi surati tushirilgan niqoblar ishlab chiqarila boshladi (video) Thanks for the mask @chelscore! pic.twitter.com/fJOPlepEQn — vasuvasu (@vasuvasu) June 21, 2020
49
1,683
Ayollar
Keraksiz buyumlarni sotib olmaslik uchun nima qilish kerak?
Keraksiz xaridlarga bo‘lgan maylni yengishga yordam beruvchi bir necha maslahatlar bermoqchimiz. Havasni keltiradigan, sotib olishga istak tug‘diruvchi narsalardan o‘zingizni chetga oling. Dugonalaringiz bilan savdo markazida emas, balki biror-bir istirohat bog‘ida uchrashing. Kiyimlaringizga mos tushmaydigan, ularni takrorlovchi buyumlarni va uyingizdagi texnikaga mos kelmaydigan yangi texnika sotib olmang. Yangi buyum sotib olsangiz, eskisini albatta birovga bering. Eski narsalarning yig‘ilib qolishiga yo‘l qo‘ymang. Hech bo‘lmasa bir oy davomida hech narsa sotib olmang. Xaridlaringizni kamaytirishni oldingizga maqsad qilib qo‘ying.
59
643
Ayollar
Mikroto‘lqinli pechdan foydalanishda ko‘pchilik yo‘l qo‘yadigan 10 ta xato
Mikroto‘lqinli pechning xavfsizligi haqda hali ham ko‘plab savollar tug‘iladi. Kimyoviy zaharlanish, singan idishlar va portlashlar jihozni noto‘g‘ri ishlatishning mumkin bo‘lgan oqibatlaridan faqat bir nechtasi xolos. “Noviy ochag” nashri ushbu maishiy texnikadan foydalanishda yo‘l qo‘yiladigan xatolardan 10 tasini sanab o‘tdi. Muzlatilgan go‘sht Ko‘pgina mikroto‘lqinli pechlar muzdan tushirish funksiyasi bilan jihozlanganiga qaramay, aksariyat mutaxassislar buni tavsiya qilmaydi. Hammasi haroratning notekis taqsimlanishi bilan bog‘liq: bo‘lakning qirralari erisa-da, go‘shtning o‘rta qismi muzlaganicha qolishi mumkin. Bu pishirilajak taomning ta’miga ta’sir qiladi. Quritilgan mevalar Mikroto‘lqinli pechda quritilgan mevalarni yumshatishga urinmaslik lozim. Bu bilan quruq mevalar namlik qoldiqlarini yo‘qotib, yaroqsiz holga keladi. Va ularning ba’zilari (masalan, mayiz) hatto qorayib ketishi ham mumkin. Achchiq qalampir Achchiq qalampir qizdirilganda o‘zidan o‘tkir moddalarni chiqaradi. Ular pechning eshigi ochilishi bilanoq ko‘zning shilliq qavatiga tushadi. Bu jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Bolalar ovqati Bolani tunda ovqatlantirish juda ko‘p energiya talab qiladi. Mikroto‘lqinli pechda ona suti yoki sutli bo‘tqani tezda isitish qanchalik oson bo‘lmasin, bu umuman mumkin emas. Mikroto‘lqinli pech ta’sirida suyuqlik qattiq isib ketishi, bu esa chaqaloqni zarar berishi mumkin. Kiyim Ajablanarlisi shundaki, mikroto‘lqinli pechning ba’zi egalari ho‘l kiyimlarni tezda quritish texnikasidan foydalanadi. Bu ham yaxshi fikr emas. Pech ichida namlik tezda bug‘lanadi, bu matoga zarar yetkazishi va hatto yong‘inga olib kelishi mumkin. Stirofomdan tayyorlangan idishlar Stirofomdan tayyorlangan bir marta ishlatiladigan idishlar hech qachon mikroto‘lqinli pechda qizdirilmasligi kerak. Mikroto‘lqinli pechlar ta’sirida bu plastmassa idishlar o‘zidan zararli moddalarni chiqarishi mumkin. Qog‘oz paketlar Qog‘oz paketlar va kartonli qadoqlangan mahsulotlar odatda qizdirilganda yonib ketishi mumkin. Mikroto‘lqinli pechda qog‘oz paketni faqat kamdan-kam hollarda isitiladi. Bu haqda ma’lumot olish uchun mahsulotning yorlig‘i bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi. Plastik idishlar Ba’zi plastmassalarni faqat qisqa vaqt davomida isitish mumkin. Oziq-ovqatlarni plastik idishlarda isitish qat’iyan tavsiya etilmaydi. Mikroto‘lqinli pechda plastik idishni ishlatish mumkinligini bilish uchun idishning pastki qismidagi belgilarni tekshirish kerak. Keramika idishlar Hamma keramika idishlar ham mikroto‘lqinli pechda foydalanish uchun mos emas. Chunki ularning aksariyati loydan qilingan. Mikroto‘lqinli pechda radiatsiya ta’sirida namlik bug‘lana boshlaydi, bu ko‘pincha idishlarning sinishiga olib keladi. Bo‘sh mikroto‘lqinli pech Bo‘sh mikroto‘lqinli pechni qasddan yoqish mumkin emas, ammo bu tasodifan sodir bo‘lishi mumkin. Agar pechda mikroto‘lqinli nurlanishni o‘zlashtiradigan obyekt bo‘lmasa, mikroto‘lqinlar pechning ichidan yana magnetronga qaytadi, bu muqarrar ravishda uning buzilishiga olib keladi.
74
3,047
Ayollar
Vazelinning siz bilmagan xususiyatlari
Ko‘pchilik ayollar go‘zallik uchun ishlatiladigan, arzon va samarali vosita izlaydi. Biz sizga vazelinning foydali xususiyatlari va uning faqat go‘zallikda emas, balki boshqa maqsadlarda ham qo‘llanilishi haqida ba’zi ma’lumotlar bermoqchimiz. Bilagingiz va bo‘yningizga atir purkashdan oldin teringizga vazelin suring. Bu vosita hidni o‘ziga singdirib oladi va uzoq vaqt saqlab turadi. Toshmalarning oldini olish uchun vazelindan bolalar tagliklari ostidan suriladigan vosita sifatida foydalaning. Surishdan oldin bolaning terisini yaxshilab yuving va sochiq bilan artib oling. Vazelin terini doimiy namlik ta’siridan himoya qiluvchi to‘siq hosil qiladi. Tenlardan foydalanishdan oldin qovog‘ingiz terisiga biroz vazelin surib qo‘ying. Ularni uzoq vaqt ushlab turishdan tashqari qovoqlarga yengil yaltiroqlik ham beradi. Uxlashga yotishdan oldin kipriklaringiz ustiga yupqa qilib vazelin suring: bu vaqt o‘tishi bilan ularning o‘sishiga va qalinlashishiga yordam beradi. Makiyajni olib tashlash uchun paxta diskni vazelinga botirib makiyaj qilingan joylarni arting. Bu vosita hatto suvga chidamli kosmetikani ham yaxshi ketkazadi. Sochlarning “gullagan” uchlarini tiklaydi. Quruq sochlarning uchlariga vazelin suring va 15-20 daqiqa qoldiring. Bu vosita sochlar uchlarining “gullagan” joylarini yaxshilab “kavsharlaydi” va bir necha marta qo‘llanilgandan keyin sochlar holati ancha yaxshilanadi. Sochlarni bo‘yashda terini himoya qiladi. Bo‘yoqlar yoki xina bilan ishlashda vazelinni sochlar uzunligi bo‘yicha suring. Bu terini bo‘yoqlardan himoya qiladi. Tirnoqlarni bo‘yashda tirnoqqa tegizmasdan chekkalariga biroz vazelin surib qo‘ying. Bu bilan siz lakning teriga tegmasligini ta’minlagan bo‘lasiz. Manba: AdMe
38
1,717
Ayollar
Sochlarni uy sharoitida tezroq o‘stirishning 10 usuli
Rapunselning soch o‘rimini orzu qiladigan qizlar kam emas, lekin sochlar bu istaklarni bajarishga shoshilmaydi. U holda soch tezroq o‘sishi uchun nima qilish kerakligi haqida professionallarning maslahatlarini tinglashni tavsiya qilamiz. Tez-tez sochlarni kesib turish Sochlar sog‘lom va uzun bo‘lishi uchun sartaroshga muntazam tashrif buyurish lozim. Sochni kestirish o‘sishni tezlashtirmaydi. Bu faqat sochning gullagan uchini yo‘q qiladi. Gullagan tolalardan qutulish orqali sog‘lom soch uzunligini saqlab qolish mumkin. Ko‘proq tarash Kechqurun charchoqdan keyin sochlarni tarashni ko‘pchilik unutadi. Bu dangasalik tufayli sochlarga zarar yetadi. Soch ildizdan uchigacha taralsa, butun uzunlik bo‘ylab yog‘ bir xilda taqsimlanadi. Yana bir foydali tomoni bor: tarash — qon aylanishini yaxshilaydi va soch yaxshi o‘sadi. Foydali mahsulotlarni iste’mol qilish To‘g‘ri ovqatlanish muvaffaqiyatning yana bir kalitidir. Soch tezroq o‘sishi uchun ratsionni go‘sht, baliq, yong‘oq va butun don bilan boyitib, oqsil miqdorini oshirish lozim. Soch turmaklovchi uskunalardan kamroq foydalanish Sochlar o‘smasligining yana bir sababi — dazmol, termal jingalak qiluvchi uskuna va fen. Agar ulardan foydalanmaslikning iloji bo‘lmasa, minimal haroratda ishlatish kerak. Issiq havo sochlarning sinishi va to‘kilishiga olib keladi. Sochni har kuni yuvishdan voz kechish Umumiy qoida — sochni qalin va tez o‘sishi uchun haftada ikki-uch marta yuvish lozim. Ushbu rejim bosh terisini oziqlantirish, namlash va soch o‘sishini tiklash imkonini beradi. Vitaminlar qabul qilish Oziq moddalarning yetishmasligi, birinchi navbatda, sochlarga ta’sir qiladi. Sochni tezroq o‘sishi uchun nima qilish kerak? Teri, tirnoq va sochni parvarish qilish uchun mo‘ljallangan multivitaminlar mavjud. Ularda biotin, C vitamini va soch uchun javobgar bo‘lgan B vitaminlari bo‘lishi shart. Shu bilan birga, terining holati yaxshilanadi. Sochni sovuq suv bilan yuvish Juda issiq suv teri va soch uchun zararli. Iloji boricha iliq suvda cho‘milishga harakat qilish kerak. So‘ngra soch follikulalarini oziqlantirish va sochni mustahkamlash uchun sovuq suv bilan yuvish tavsiya etiladi. Zamonaviy tozalash muolajalari Yo‘g‘on ichakni yuvadigan tozalash protseduralari organizmni ozuqaviy moddalardan mahrum qiladi va sochlarga ham ta’sir o‘tkazadi. Bir haftalik kursdan so‘ng soch diqqat bilan ko‘rib chiqilsa, ularning o‘sishi sekinlashganini ko‘rish mumkin. Ipak yostiq jildlarida uxlash Ha, xuddi haqiqiy malikalar kabi. Sochlar ipak ustida shikastlanmaydi. Tabiiy tola sochlar to‘kilishining oldini oladi. Shampundan foydalangandan keyin sochlarga e’tibor qaratish  Agar yangi shampundan terining qattiqlashishi yoki qichishi, haddan tashqari yog‘lanishi kuzatilsa, shampunni almashtirish tavsiya etiladi. Boshqa parvarish mahsulotlari kabi teri uchun yaxshi bo‘lmagan har qanday narsa sochga ham salbiy ta’sir o‘tkazadi.
53
2,889
Ayollar
Uy sharoitida gel-lakni ketkazamiz
Tirnoqlarni uy sharoitida gel-lakdan tozalashning ikki xil usuli bilan tanishing. Uy sharoitida tirnoqlarni gel-lakdan tozalash uchun oldindan quyidagilarni tayyorlang: - tarkibida atseton bo‘lgan suyuqlik; - folga; - tirnoq tekislovchi arracha; - paxta disklari; - atseton uchun idish; Tirnoqlarni gel-lakdan tozalashning 1-usuli: - tirnoqlar yuzasiga tozalash vaqtida qurib qolmasligi uchun namlovchi yog‘ surib qo‘yamiz; - atsetonli suyuqlik solingan idishga tirnoqlarni 10 daqiqa davomida botiramiz; - arracha yordamida gel-lakni tozalab tashlaymiz; Tozalab bo‘lganingizdan keyin qo‘llaringizni albatta sovunlab yuving va krem surib qo‘ying. Tirnoqlarni gel-lakdan tozalashning 2-usuli: -1-usuldagidek tirnoqlarga yog‘ surib qo‘yamiz; - tirnoqlarning har biri ustiga bo‘laklarga ajratilgan va atseton shimdirilgan paxta disklarini qo‘yib chiqamiz; - paxta disklarni folga yordamida tirnoq ustiga mahkamlaymiz; - 10 daqiqadan so‘ng paxta disklarni yana atsetonli suyuqlik bilan namlaymiz va yumshab qolgan bo‘yoqlarni arracha yordamida tozalab tashlaymiz; Qo‘llarni sovunlab yuvamiz va krem surib qo‘yamiz.
34
1,110
Ayollar
Qimmat vositalardan kam bo‘lmagan samara beradigan tonal kremlar (foto)
Tonal krem yuzdagi kamchiliklarni yashirish bilan birga, uni quritmasligi, oziqlantirishi kerak. Qaysi vositani tanlashni bilmayotganlar uchun quyidagi tavsiyalar ayni muddao. Maybelline’dan Better Skin Maybelline tomonidan taqdim qilingan mazkur tonal krem yuzdagi hatto eng ko‘zga tashlanadigan kamchiliklarni ham yashirish xususiyatiga ega ekani bilan o‘ziga xos. Yoqimli hidga ega mazkur vositani cho‘tkasiz qo‘l bilan surtsa ham bo‘ladi. Revlon’dan Colorstay Revlon taqdim qilgan Colorstay kun davomida turishi va kiyimlarga yuqmasligi bilan o‘ziga xos. Holika Holika’dan Petit BB Shimmering BB-krem Yuziga niqob taqib olgandek ko‘rinishni istamaydigan, ammo qizarishlarni yashirib, tabiiy yaltiroq va tiniq bo‘lib turishini istovchilar uchun mazkur krem ayni muddao. Max Factor’dan Facefinity All Day Flawless Facefinity All Day Flawless surtilganidan keyin teri tabiiy, biroz upa surtgandek ko‘rinadi. Ko‘zga tashlanadigan kamchiliklar bilan yaxshi samara bermagani bilan maydalarini yaxshi berkitadi. Hidi bor tonal kremni yoqtirmaganlarga ushbu variantdan foydalanish tavsiya qilinadi. Pupa’dan Like a Doll! Suyuq holda bo‘lgani sabab maxsus pipetka (tomizgich) yordamida ishlatiladigan tonal krem teri rangini chiroyli ko‘rsatadi va makiyajning omadli chiqishiga hissa qo‘shadi. L’Oreal Paris’dan Nude Magique Eau De Teint Bo‘yanmagandek makiyaj qilishni istovchilar uchun Nude Magique Eau De Teint’dan yaxshisi yo‘q. Teriga oson surtiladigan vosita kamchiliklarni ko‘zga tashlanmasligiga sabab bo‘ladi. Buning uchun uning bir necha tomchisi kifoya qiladi. NYX’dan Stay Matte But Not Flat Foydalangandan keyin yuzni yaltiratib qo‘ymaydigan, shu bilan birga niqob taqib olgandek tasavvurga sabab bo‘lmaydi. Krem, shuningdek, namlantiruvchi xususiyatga ega ekani va minerallarga boyligi sabab ham o‘ziga xos. Essence’dan Pure Nude Essence, nude uslubida makiyaj qilishni yoqtiradiganlar uchun yana bir boshqa yaxshi variant. U terini namlantiradi va tabiiy ko‘rsatadi. Sephora’dan Teint Infusion Teint Infusion teridagi muammolarni yashirib, namlantiradi. Mazkur tonal krem bahor va yozgi makiyaj uchun ayni muddao. Touch in SOL’dan Flawless Skin Top Coat Koreyalik ishlab chiqaruvchilar tomonidan taqdim qilingan yana bir o‘ziga xos kosmetik vosita tonal kremdan tashqari praymer va upa o‘rnini ham bosadi. U nafaqat yuzni tiniq ko‘rsatadi, balki tarkibida anor, jenshen va na’matak ekstrakti bo‘lgani sabab ham terini oziqlantiradi.
71
2,452
Ayollar
Kuzgi modaning g‘aroyib trendlari
Kuz ham kirib keldi va hozir shu faslga xos liboslarni xarid qilishning ayni vaqtidir! Albatta, xaridlarga kirishishdan avval, bu yilgi kuz mavsumining asosiy moda tendensiyalari bilan tanishib olish foydadan holi bo‘lmaydi. Biz qadrli opa-singillarimiz uchun joriy mavsumning eng g‘aroyib va kutilmagan trendlari saylanmasini tayyorladik. Duxoba ko‘pchilikka buvijonlarimizning ko‘ylaklarini yodga solsa-da, bu injiq mato joriy kuzning eng zamonaviy topilmalari ro‘yxatida bosh bo‘lib turibdi. Garderobingizdagi liboslar qatoriga duxobadan tikilgan biror narsa — yubkami, nimcha yoki pidjakni kiritsangiz, kuzgi ko‘rinishingizdan bir vaqtning o‘zida ham ko‘hna uslublar, ham zamonaviylik ufurib turadi. Bir necha mavsumdan buyon erkaklarning an’anaviy aksessuarlari: loklangan qora tufli, botinka, klassik keng shimlar va yo‘l-yo‘l pidjaklar ayollar modasi cho‘qqisida. Ular nafaqat zamonaviy va universal ko‘rinishga ega, balki sizning nazokatingizga (ha, aynan ayollik nazokatingizga!) ham urg‘u beradi. Yo‘l-yo‘l kiyimlar, aftidan, sira urfdan qolmasa kerak. Bu yil kuzda esa nostandart — rang-barang, chalkash va asimmetrik yo‘l-yo‘l liboslar urfda. Didingizga mosini tanlang! Yaltiroq liboslar kuz-qish mavsumiga juda mos keladi (ayniqsa, bayramona oqshomlar uchun). Muhim jihati: kunduzi yaltiroq kiyimlarga burkanishni haddan oshirib yubormay, biror yaltiroq aksessuar yoki poyabzal bilan kifoyalangan ma’qul. Sport uslubiga xos kiyimlar salqin kuz kunlari uchun eng yaxshi yechim bo‘la oladi. Albatta, kundalik libos sifatida sport kostyumi va krossovkani tanlash tavsiya etilmaydi. Eng yaxshisi, sportcha uslubni klassika bilan uyg‘unlashtirish kerak: jinsi, keda va ko‘hna uslubdagi pidjak ayniqsa jozibali ko‘rinish hosil qiladi.
33
1,746
Ayollar
Pul sarflashga hojat yo‘q: Uy sharoitida tayyorlash mumkin bo‘lgan 4 tozalash vositasi
Tozalash uchun do‘kondan ortiqcha mablag‘ sarflab turli kimyoviy vositalar xarid qilish o‘rniga uy sharoitida tayyorlangan tabiiy vositalardan foydalanish tavsiya qilinadi. Changlarni yo‘qotish uchun sprey Bunday spreyni do‘kondan sotib olish shart emas, uy sharoitida ham tayyorlasangiz bo‘ladi. Buning uchun quyidagilar kerak bo‘ladi: Qo‘llanma: Barcha suyuqlik va yog‘larni purkagichli idishga solib yaxshilab silkiting. Tayyorlangan vositadan foydalanish juda ham oson. Suyuqlikdan ozginasini mebel yuzasiga purkang va quruq latta bilan arting. Pechni tozalaydigan vosita Pech ustidagi yog‘ va chirklarni tozalaydigan vositalar birinchidan qimmat, ikkinchidan esa salomatlikka xavf soladigan kimyoviy birikmalardan tayyorlangan bo‘ladi. Shu sabab ham uni uyda tayyorlash ayni muddao hisoblanadi. Buning uchun quyidagilar kerak bo‘ladi: Qo‘llanma: Pechni 65 darajagacha qizdiring. Bu vaqtda suv qaynating. Idishga bir stakan nashatir spirti solib, pechning tepa qismiga, qaynagan suvli idishni esa pastki qismiga qo‘ying. Pechni o‘chiring va taxminan 2-3 soatga qoldiring. Ehtiyot choralariga rioya qilishni unutmang. Pechingiz gazda ishlaydigan bo‘lsa, nashatir spirtli idishni qo‘yishdan avval pechni o‘chiring. Vaqt o‘tib idishlarni ichidan olganingizdan keyin pech eshigini 15 daqiqaga ochiq qoldiring.  Nashatirli idishga 1-2 choy qoshiq idish yuvadigan vosita va 1 litr issiq suv qo‘shing. Qo‘lqoplarni kiyib pechning ichki va tashqi tomonini mazkur aralashma bilan namlangan gubkada arting. Gilamlarni yuvish uchun kukun Tabiiy mahsulotlardan tayyorlanadigan vosita gilamni chang va hidlardan tozalash uchun asqatadi. Buning uchun quyidagilar kerak bo‘ladi: Qo‘llanma: Buraga ichimlik sodasi solib aralashtiring, unga 30 tomchi efir yog‘i qo‘shing. Yaxshilab aralashtirgandan keyin uni plastik yoki shisha konteynerga soling. Gilamni tozalash uchun kukunni sepib 15-20 daqiqaga qoldiring. Keyin esa changyutkich bilan tozalang. Mog‘orlarga qarshi vosita Mog‘orlarni bartaraf qilish uchun quyidagilar kerak bo‘ladi: Qo‘llanma: Chinnigulni blenderda maydalang. Dokani to‘rt marta buklang va o‘rtasiga yanchilgan chinnigulni soling, chetlarini birlashtirib ip bilan bog‘lang. Shisha bankaga zaytun yog‘i, unga chinnigulli dokani soling. Bankani ustini folga qog‘oz bilan yoping. Aralashmani issiq suv solingan idishning bug‘iga tuting. Keyin dokani oling, yog‘dan esa tozalash maqsadida foydalaning. Mog‘orni ketkazish uchun aralashmani purkagich orqali seping, 20 daqiqadan keyin quruq salfetka bilan artib tashlang.
86
2,525
Ayollar
Boshqalar nima deyishini o‘ylash, o‘tmishni unutolmaslik. O‘ziga bo‘lgan ishonchni sindiruvchi sabablar
O‘ziga bo‘lgan ishonchi yuqori bo‘lgan kishilarga hamma havas qiladi. Bir qarashda ular hamma narsaga erishishi va ilojini topishiga o‘ziga bo‘lgan ishonch sabab, degan fikrga boriladi. Aslida esa o‘ziga yuqori baho beradigan kishilar qanday emotsiya va fikrlashdan qochish, nima qilish yoki qilmaslik kerakligini biladi. Taqqoslash Bolalikdan atrofidagilar bilan o‘zimizni taqqoslash odatiy hol bo‘lib qolgan. Bunga ota-onaning falonchining qizi yoki o‘g‘lini, sinf o‘qituvchisining a’lochi o‘quvchini namuna qilib ko‘rsatishi sababdir balki, kim bilsin?! Ammo siz boshqasiz, kimgadir o‘xshashingiz kerak emas. Kimdandir ilhomlangan, yaxshi tomonlarini o‘rgangan yaxshi, lekin taqlid qilib, o‘zlikni yo‘qotib qo‘ymaslik, buning o‘rniga o‘zingizning eng yaxshi versiyangiz bo‘lishga intilish kerak. Bu uchun o‘ziga nisbatan xolis baho berishni o‘rganish: kuchli va kuchsiz tomonlarini bilish va tan olish kerak. Taqqoslang, faqat kechagi va bugungi o‘zingizni. Kechagidan ko‘proq nimaga erishdingiz, yo‘qotdingiz va bunga fe’l-atvor va siz bilan bog‘liq qanday xususiyatlar sabab bo‘ldi, mulohaza qilib ko‘rish kerak. Solishtirganda kechagidan yaxshiroq ekaningizni bilish uchun shunga yarasha harakat qilish va o‘z ustida ishlash kerak. O‘z ustingizda ishlash davomida boshqalar haqida o‘ylash va taqqoslashga vaqtingiz qolmaydi. O‘tmishdagi xatolar O‘tmishdagi yanglish qilingan ishlar, yo‘qotishlarga ko‘nikish va shunga qaramay, sinmasdan yo‘lda davom etish va yuqori cho‘qqilarni ko‘zlash uchun haddan ortiq kuch kerak. Asosiysi, shu kuchni topa olib, kelajakdagi yutuqlarga e’tibor qaratish va omadsizliklar sizni yarim yo‘lda to‘xtatishiga yo‘l qo‘yib bermaslik kerak. Tayyorgarlik ko‘rmaslik Har bir kun kelajakdagi g‘alabalarga erishish uchun yangi imkon. G‘oliblardek yashash va hayot kechirish uchun g‘oliblardek fikrlashni bilish kerak. Unutmang, chempionlar tinimsiz mehnati, ruhiy irodasi va qiyinchilikdan qochmaganining evaziga ham g‘alabani qo‘lga kiritadi. Natijaga erishish uchun komfort zonadan chiqing, qiyinchilik va noqulayliklarni yengishga harakat qiling. Ertangi g‘alaba uchun bugundan harakat qiling. Qachonki yetarli ko‘nikma va tajribaga ega bo‘lsangiz, o‘zingizga bo‘lgan ishonch tobora ortib boradi. Qo‘rquv Boshqalar nima deyishini o‘ylash maqsad va orzularga erishishga xalaqit beradigan eng katta to‘siq hisoblanadi. Hech qachon siz uchun kerak va asosiy narsalardan sizning hayotingizda roli bo‘lmagan insonlarning subyektiv muhokamasi uchun qo‘rquvni his qilib, voz kecha ko‘rmang. Siz ishongan va umid qilgan narsa qo‘rquv va vahimalardan muhim bo‘lsin. Negativ fikrlash Ilojsiz narsaning o‘zi yo‘qligini yoddan chiqarmang. Siz istagan narsaga erishish uchun imkoniyatlar cheksiz bo‘lishi, shunchaki siz birgina yechimni ko‘rayotgan bo‘lishingiz mumkin. Sizni tushkunlikka tushiradigan va ilojsizdek his qilishga majbur qiladigan fikrlarni miyangizdan chiqarib tashlang. To‘g‘ri va ijobiy fikrlashni o‘rganing. Har qanday fikrlar moddiylashishi mumkinligini, o‘y va hayollar nafaqat kayfiyatga, balki kelajakka ham ta’sir qilishini yoddan chiqarmang.
103
3,088
Ayollar
Bolaning xulq-atvorida e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydigan 6 ta belgi
Maktab o‘quvchilarining deyarli 10 foizida nisbatan yengil nuqsondan tortib, sezilarli muammolarga qadar turli xil ruhiy kasalliklar mavjud. Bu har bir sinfda, taxminan, uch kishida kuzatilishi mumkin. Ba’zan bu vaqt o‘tishi bilan o‘tadigan yoshga bog‘liq xususiyatdir. Ammo gohida bularga e’tibor berishga arziydigan qo‘rqinchli “signal” ham bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. E’tibor qilish kerak bo‘lgan belgilar: Kayfiyatning o‘zgarishi Bolalarning injiqliklari umuman normal, ular kundan kunga o‘zgarib turadi. Ammo agar bola doimo yomon kayfiyatda yoki xavotirda bo‘lsa, uzoq vaqtdan beri biror-bir narsadan qo‘rqqan bo‘lsa, buni aniqlash uchun lozim. Ba’zan sabab uning maktab muhitida bo‘ladi va buni hal qilish mumkin. Uyquning buzilishi Bolalar va o‘spirinlarda yoshga bog‘liq o‘zgarishlar tufayli uyqu muammolari tez-tez uchraydi. Biroq uzoq vaqt uyqusizlik boshqa belgilar bilan birgalikda ogohlantirishini ham unutmaslik zarur. Diqqatni jamlay olmaslik Quyi sinflarda boladan qat’iyat talab qilishning iloji yo‘q. Ammo agar u qisqa vaqt ichida va qulay sharoitda, hatto uyda bo‘lsa ham, vazifalariga diqqatini jamlay olmasa, bunga e’tibor berish kerak. Aytgancha, bu yerda jazo va tanbeh berishlar umuman foydasiz. Ishtahaning yo‘qolishi To‘satdan vazn yo‘qotish yoki vazn ortishi ovqatlanish buzilishini ko‘rsatishi mumkin. Har bir jarayonning aniqlanishiga sabablar bor. Maktab oshxonasidagi ta’msiz ovqatdan tortib, ishtahaga katta ta’sir qiladigan stress ham bunga sabab bo‘lishi mumkin. Inson o‘ziga zarar yetkazishni xohlashi O‘zini chimchilash, tirnoqlarini tishlash, lablarni tishlash ham o‘ziga zarar yetkazishdir. Bolada ushbu asabiy xatti-harakatni keltirib chiqaradigan sababni topish kerak. Zararli moddalar qabul qilish Bu kichik bolalarga qaraganda ko‘proq o‘spirinlar haqida, ammo istisnolar mavjud. Eksperimentlar o‘sishning bir qismi bo‘lishi mumkin, ammo ushbu zararli odatlarning barchasi har doim yonma-yon yuradi. Agar o‘spirin giyohvand moddalarni iste’mol qilmasa ham uning spirtli ichimliklar, chekish va giyohvand moddalarga bo‘lgan munosabatlariga e’tibor berish lozim. Qanday yo‘l tutish kerak?
66
2,132
Ayollar
Eng qimmat narxli “orzular liboslari” ning ko‘rinishi qanday? (foto)
Dizaynerning o‘ziga xos fantaziyasi, ijodkorligi va ilhomlanishidan paydo bo‘lgan, biser, tosh va munchoqlar tikilgan naqsh va bezaklardan iborat bo‘lgan libos e’tibordan chetda qolmasligi aniq. Dunyoning mashhur brendlari tomonidan taqdim qilingan, mazkur liboslarda yuqoridagi ta’riflarning bari mujassam. Giorgio Armani Dizayner Jorjio Armani tomonidan taqdim qilingan qora uzun libos narxi 31 368 dollarni tashkil qiladi. Qomatga yopishib turadigan mazkur libosning bezakli munchoqlari uni yana-da jozibaliroq ko‘rinishiga sababchi bo‘ladi. Alexander McQueen Qora rangli matoga gul yaproqlari va kapalaklar bezagi tushirilgan Alexander McQueen tomonidan taqdim qilingan libos narxi 18 142 dollarni tashkil qiladi. Undagi bezaklar munchoq va biserlardan yaratilgan. Elie Saab Oqshom liboslarining o‘ziga xosligi bilan yaxshi tanish bo‘lgan Elie Saab tomonidan taqdim qilingan, ipakdan tikilgan libosga to‘rtta katta yurak shakli tushirilgan. Och yalpiz rangli, yelka qismi odatdagidan kattaroq va o‘ziga xos bantli libos narxi 17 426 dollarni tashkil qiladi. Valentino Valentino brendi tomonidan taqdim qilingan qo‘sh qavatli libos Jeyn Ostinning hikoyalaridagi qahramon liboslaridan ilhomlanib yaratilgandek go‘yo. 17 031 dollarga baholangan model italyan tyulidan tikilgan. Ralph&Russo Mazkur brendning narxi 15 542 dollarni tashkil qiladigan shohona libosi “Kan festivali” va boshqa taqdirlash marosimlari uchun ayni muddao. Yelka qismi ochiq va kristallar bilan bezalgan ko‘ylakning yubka qismi qora tyul va krep matosidan tikilgan. Zuhair Murad 14075 dollarga baholangan, nafis gul va o‘simliklar aks etgan libos egasini yanada latofatli ko‘rsatadi. Yelka qismi shaffof matodan tikilgan libosni kiygan ayolning teri rangi va mato rangi mujassamlashib o‘ziga xos qiyofa kasb etadi. Dolce & Gabbana Mashhur italyan brendining narxi 12 682 dollarlik libosi qat-qat bulutlarni esga soladi. Nafis bichimli libos ipak matosidan tikilgan. Vivienne Westwood Och qaymoq rangli libos bichimi boshqalardan farq qiladi. Vivienne Westwood tomonidan taqdim qilingan yelka qismi ochiq, etaklari o‘ziga xos bo‘lgan model narxi 11991 dollarni tashkil qiladi. Sandra Mansour Dizayner kolleksiyasidan ertaklardagi malikalarga xos liboslar o‘rin olgan. 10 432 dollarlik tyuldan tikilgan ko‘ylakni naqsh, kristall va biserlar bezagan. Ashi Studio Ipak va tafta matosidan tikilgan libosni faqatgina individual buyurtma asosida sotib olish mumkin. 9507 dollarlik libos bichimi boshqalardan murakkabligi bilan ajralib turadi. Ko‘ylakning yeng qismi keng, etaklari esa ochilgan liliya gulini esga soladi. Oscar De La Renta Klassik oqshom liboslari bilan moda olamida o‘z o‘rniga ega Oscar De La Renta brendi tomonidan taqdim qilingan libos narxi 7372 dollarni tashkil qiladi. Yelka qismi ochiq, etaklari esa uzun bo‘lgan libos naqshlar bilan bezalgan.
68
2,845
Ayollar
Oshxonada asqotuvchi qulay moslamalarni o‘zimiz yaratamiz!
Oshxona shinam, qulay va funksional bo‘lishini har bir beka orzu qilsa kerak. Shinamlik va qulaylikni biroz sabr va fantaziyani ishga solib, o‘zimiz ham yarata olamiz. Afsuski, zamonaviy xonadonlarning aksariyati katta va keng oshxonaga ega emas. Shuning uchun bunday xonadon bekalari joyni tejash maqsadida turli hiylalarni ishga soladi. Pichoq yoki qaychilarni saqlash uchun magnitlardan foydalanish mumkin. Uning qulayligi shundaki, pichoqlar har doim qo‘l ostingizda bo‘ladi. Ko‘pincha plastik paketlarni estetik jihatdan chiroyliroq saqlash muammosiga duch kelamiz. Odatda ularni bitta kattasiga solib, shu tarzda saqlaymiz. Biroq ular uchun matodan uzun xaltacha tikib, unda paketlarni original va shinamlikni buzmaydigan holda saqlashimiz mumkin. Sochiqchalarni ilib qo‘yish uchun oddiy yog‘och qistirgichlardan foydalanishimiz mumkin. Buning uchun ularni devorga yopishtirib qo‘yish kerak bo‘ladi. Sochiqchalarni bunday saqlash o‘ziga xos ko‘rinadi hamda ilgaklar sotib olish va ular uchun devordan teshik o‘yishdan sizni xalos etadi. Ziravorlar va turli sochiladigan mahsulotlar har qanday oshxonaning ajralmas qismi hisoblanadi. Shakar, tuz, yorma kabilar ovqat tayyorlash jarayonida doim kerak bo‘ladi. Bir xil bankacha yoki shishalarga joylashtirilgan ziravorlar chiroyli ko‘rinadi. Ularni shkafning qaysidir qismiga yashirishga majbur bo‘lmaysiz. Stol qirrasidagi javonni bunga moslashtirish mumkin. Choynakni bezash uchun “telpakchalar” to‘qish mumkin. Ular choyning issiqligini uzoqroq saqlashga yordam beradi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
58
1,684
Ayollar
Qanday qilib “ko‘z yoshi to‘kmasdan” piyoz to‘g‘rash mumkin?
Har qanday uy bekasining doimiy muammosi – qanday qilib yig‘lamasdan piyoz to‘g‘rash mumkin? Balki, bizning bir nechta oddiy maslahatlarimiz bu qiyinchiliklardan qutulishga yordam berar. Bu “achchiq dushman” bilan duch kelganda ko‘z yoshlaridan qutulishga imkon beradigan maslahatlarning eng kichik qismidir. Ular sizga albatta yordam beradi va agar sizda ko‘z yoshlari paydo bo‘lsa, unda u faqat quvonch tufayli yuzaga keladi deb umid qilamiz! Manba: “Xitrosti jizni”
60
469
Ayollar
Sarimsoq qurib qolmasligi va mog‘orlamasligi uchun qanday saqlash kerak?
Sarimsoqni tezda qurib qolmasligi va mog‘orlamasligi uchun bir nechta saqlash qoidalari mavjud. Sarimsoq – bu taom va salatlarni xushta’m qiluvchi ishtaha ochar mahsulot. Sarimsoq har qanday sabzavotlar bilan ajoyib ta’mni hosil qiladi. Shuning uchun ham uni to‘g‘ri saqlash va buni qanday amalga oshirishni bilib olish kerak. Sarimsoqni uyga olib kelganda birinchi navbatda nima qilish kerak? Birinchidan, uni diqqat bilan tekshirib chiqish kerak. Zararlangan yoki yumshab qolgan sarimsoqni uzoq vaqt saqlab bo‘lmaydi. Uni darhol iste’mol qilgan yaxshiroq. Sarimsoqni qobiqdan tozalash mumkin emas. Po‘stloq hasharotlar va namlikdan himoya qiladi. Mutaxassislar ildizlarni qaychi bilan kesib olish yoki kuydirishni maslahat beradi. Bunday jarayon kelajakda sarimsoqning ehtimoliy o‘sishini to‘xtatadi. Sarimsoqni saqlash uchun eng yaxshi joy Bunga teshikli plastik qutilar, savat va kartonlar kiradi. Shuningdek, ularni namlik bo‘lmagan joyga qo‘yish kerak. Ammo sarimsoqni to‘rlarda saqlash tavsiya etilmaydi – ular qurib ketishi mumkin. Qolaversa, ularni xaltalar ichida sabzavot bo‘linmasida muzlatkichda ham saqlash tavsiya etiladi. Agar sarimsoq yaxshi konsentrlangan tuzli eritmaga solinib, so‘ngra quruq holda saqlansa, mog‘orlashning oldi olinadi. Sarimsoqni o‘rtacha saqlash harorati 1 dan 3 darajagacha. U 5 darajagacha sovuqqa bardosh bera oladi. Shuningdek, sarimsoqni oddiy tuz bilan ham saqlash mumkin. Buning uchun idish olinadi. Pastki qismga tuz, so‘ngra sarimsoq qatlami va yana tuz sepiladi. Yana bir usuli bu sterillangan bankalarda un bilan saqlashdir. Un sarimsoq uchun xavfli bo‘lgan namlikni o‘zlashtiradi. Sarimsoq sterillangan bankalarda, un va tuzsiz saqlanishi ham mumkin, asosiy qoida shundaki, u quyosh nuridan panaroq joyda bo‘lishi kerak. Ko‘pchilik sarimsoqni bir necha qatlamli oziq-ovqat plyonkasi bilan o‘rab saqlaydi. Buning uchun u yumshab qolgan bo‘lmasligi kerak.
72
1,905
Ayollar
Qora rangni unuting: Rangli etiklar eng yaxshi tanlov ekanligining 9 isboti (foto)
Har yili qish mavsumida etik xarid qilishni rejalashtirayotgan xonimlar, albatta, an’anaga muvofiq qora ranglisini tanlaydi. Zerikarli hamda hech qanday o‘zgarish hosil qilmaydigan qora etiklardan voz kechish qiyin bo‘lsa, quyida yulduzlar misoli orqali tanlovga yangiliklar kiritishga qaror qilish mumkin.  Qora rangli palto va oppoq libos kombinatsiyasi uchun ikkisidan biriga mos, ayniqsa, ko‘proq qora etik mos kelishini o‘ylaganlar adashadi. Keti Xolms tanlagan yo‘lbars terisi tushirilgan etik ko‘rinishga yangi rang va kayfiyat qo‘shgan. Yana shunga o‘xshash qora va oq burmali libos uchun Kristen Bell to‘q qizil rangli etikni uyg‘unlashtirdi. Ko‘rinish yuqoridagi holatdan ham ajoyib. Qora va oq rangdagi kiyim uchun yana bir misol − Elizabet Sulser tanlagan oq etik. Agar qora etik tanlanganida, u qora shim fonida bunday yorqin ko‘rinishni hosil qilmas edi. Oq rang esa tasvir qarama-qarshiligini yanada kuchaytirgan. Naomi Skott oyoqlarni vizual tarzda uzun ko‘rsatish uchun kiyimiga mos holda qizil etik tanlagan. Albatta, tanlov ish bergani ko‘rinib turibdi. Reychel Skarstenning patli libosi va unga hamohang qizil etik ajoyib ko‘rinishni paydo qilgan. Mos tushuvchi oyoq kiyim va liboslar ichida qizil rang eng samaralisi hisoblanadi. Qishki kiyimlar orasida qora va kulranglari talaygina. Bu rangdagi kiyimlar uchun esa to‘q qizil rangli oyoq kiyimlar mos keladi va o‘zgacha uslub yaratadi. Shu bilan birga, tasvirni yanada yorqinroq qiladi. Nur Nilofa ham oddiygina bosiq obrazga aynan etigi tufayli o‘zgartirish kiritgan. Erika Boldrin tanlagan uslub ham chakki emas. Ushbu ko‘rinish ham mulohazali hamda zamonaviylikning belgisidir. Yubka va etik o‘rtasidagi uyg‘unlik hamda trikotaj matosidagi tepa qism uslubning kamtarona ekanligidan darak beradi. Mayda gulli midi liboslar urfga qaytgani ma’lum. Mato rangi yoki guliga mos keluvchi etiklar esa libosni ko‘proq yorqinlashtiradi. Kobi Smalders ham ana shunday uslubni o‘zida sinab ko‘rdi va bu unga chindan ham yarashgan. Qish faslidagi ziyofatlar uchun yorqin rangli etiklar bayram libosini osongina boyitadi. Ellis Sabatini ham yorqin rangdagi bahoriy libos bilan uzun tillarang etikni uyg‘unlashtirgan. Uning bunday bahoriy kayfiyatni ulashuvchi ko‘rinishi barchaga manzur kelishi shubhasiz.
82
2,275
Ayollar
Lab bo‘yog‘i va tonal kremni aralashtirsa nima bo‘ladi? Kosmetika tayyorlash bo‘yicha layfxaklar
Pardoz qilishingizda kerak bo‘ladigan narsalar uchun juda ko‘p kosmetika sotib olish shart emas. Eng yaxshi kosmetikani qo‘lingizda bor narsalardan uy sharoitida ham yaratish mumkin. Bu borada “Domashniy ochag” nashri sizga yordam beradi. Tonal krem ​​+ namlantiruvchi krem = BB krem Ushbu usuldan hatto professional vizajistlar ham foydalanadi. Og‘ir tonal kremni o‘zingiz ishlatishga odatlangan va o‘zingiz uchun ideal deb hisoblagan namlantiruvchi krem bilan aralashtirib, mukammal BB kremini tayyorlab olishingiz mumkin. Natijada yengil va juda zich bo‘lmagan kremga ega bo‘lasiz, teringiz esa kerakli namlikni saqlab turadi. Pomada + tonal kremi = suyuq rumyana Ba’zilar dudoq va yonoqlarning rangidagi mukammal uyg‘unlikka erishish uchun ko‘pincha lab bo‘yog‘ini to‘g‘ridan to‘g‘ri yonoq suyaklariga surtishadi. Lekin yaxshiroq variant ham bor: bir oz lab bo‘yog‘ini tonal krem bilan aralashtirung. Cho‘tka bilan yonog‘ingizga surting: bunday suyuq rumyana nafaqat tabiiy ko‘rinadi, balki yuzingizda butun kun davomida saqlanib turadi.  Qovoq uchun ten + lab uchun balzam = tint Qovoqqa surtiladigan tendan tint yoki lab bo‘yog‘i yaratish mumkin – bunaqasi hech kimda bo‘lmaydi! Pushti, malinarang, siyohrang va tillarang tenlarni lab bo‘yog‘i bilan aralashtiring. Asosiysi, namlantiradigan balzamning yaxshisini tanlashdir, chunki ten lablarni biroz quritadi. Agar yanada yorqin rang kerak bo‘lsa, unda balzam o‘rniga shaffof blesk ishlating. Jigarrang ten + lab uchun balzam = qosh bo‘yaydigan vosita Hech kimga sir emaski, qoshlarni yaltiramaydigan jigarrang ten bilan bo‘yash juda qulay, ammo ularning quruq va maydaligi uchun uzoq vaqt turmaydi. Ammo buning ham yo‘li bor. Tenga ozgina labga surtiladigan balzam qo‘shing. U kerakli yog‘li bazani beradi, bu esa ten uzoqroq turishiga imkon beradi. Shaffof lak + ten = yaltiroq lak Hech narsa sotib olmasdan yangi tirnoq lakiga ega bo‘lishingiz mumkin, buning uchun rangsiz lak va yaltiroq ten kerak bo‘ladi. Mahsulotlarni plastik idishda aralashtirib olgan ma’qul, shunda lakning rangi va suyuq-quyuqligini osongina bilib olasiz. Massani bir hil bo‘lguncha yaxshilab aralashtiring, so‘ng odatdagidek tirnoqlaringizga oro bering.
96
2,193
Ayollar
Supermodellar go‘zalligining sirlari
Ushbu maqolada dunyoga tanilgan ba’zi supermodellarning go‘zallik borasidagi sirlari bilan tanishasiz. Adriana Lima Model Adriana Limaning fikricha, go‘zal teri uchun eng yaxshi vosita – choy daraxti yog‘i bo‘lib, terining muammoli joylariga bir kunda 2 mahal surishni tavsiya qiladi. Irina Sheyk Irina Sheyk har kuni yuzini muz parchasi bilan artib, bodringli niqob qilishini va yuz terisini parvarish qilishda oddiy kokos yog‘idan foydalanishini aytdi. Miranda Kerr Avstraliyalik model Miranda Kerr qimmatbaho pilinglar o‘rniga oddiy badan cho‘tkasidan bemalol foydalanish mumkin deb hisoblaydi. U tabiiy cho‘tka yordamida butun badanini massaj qilib chiqadi. Natijada qon aylanish yaxshilanadi, teri silliqlashadi va sellyulit yo‘qoladi.
36
741
Ayollar
O‘z uyingizni shinamroq qilishning 4 usuli
Uy — bu bizning kundalik muammolardan dam oladigan va kuch yig‘adigan joyimiz hisoblanadi. Shuning uchun uyimizni u yerda o‘zimizni baxtli va xotirjam sezadigan qilishimiz juda muhim. Derazadan kiradigan quyoshning yorug‘ligi serotonin — baxt gormoni darajasini oshiradi. Bu, tabiiy yorug‘lik depressiya bilan kurashishga va kayfiyatni yaxshilashga yordam beradi demakdir. To‘q rangli og‘ir pardalardan voz keching va ularni yengil va och ranglilariga almashtiring. Iloji boricha ko‘proq yorug‘lik aks etishi uchun oynalar o‘rnating. Va albatta derazalarni yuvishni unutmang. Xonaki o‘simliklar tinchlantiradi va diqqatni to‘plashga yordam beradi. Yashil rang esa kayfiyatni ko‘taradi. Shuningdek o‘simliklar kislorod ishlab chiqaradi va havoni tozalaydi. Ranglar to‘g‘ridan-to‘g‘ri bizning kayfiyatimizga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, yotoqxona uchun qizil rang mos kelmaydi. U energiyani oshiradi, shuning uchun yotoqxona uchun yumshoqroq ranglarni tanlash kerak. Og‘ir ish kunidan keyin jihozlarga to‘lib-toshgan uyga qaytib kelish yoqmaydi. Ko‘z oldingizda narsalar qancha ko‘p bo‘lsa, fikrni bir joyga to‘plash shuncha qiyin bo‘ladi. Shuning uchun biz o‘zimizni g‘amgin va yanada charchagan his qilamiz. Tokchalardan iloji boricha mumkin bo‘lgan hamma narsalarni yig‘ishtirib oling. Mayda-chuydalarni qutilarga joylashtiring. Agar uyingizda ortiqcha narsalar to‘planib qolgan bo‘lsa, vaqti-vaqti bilan yig‘ishtirib turing. Manba: “Layfxaker”
42
1,445
Ayollar
Hech kimga yarashmaydigan uchta yubka modeli (foto)
Yubka ayollar garderobida muhim rol o‘ynaydi, ammo uning noto‘g‘ri tanlanishi obrazni xunuk, qomatni esa to‘la ko‘rinishiga sabab bo‘ladi. Drapirovka bichimli yubka Drapirovka bichimli yubka qomatdagi kamchiliklarni berkitadi degan fikrga aslo ishona ko‘rmang. Aslida bunday bichim belni keng va vaznni ortiqcha ko‘rsatadi. Agar qomatingiz mukammal bo‘lmaydigan bo‘lsa, ixcham ko‘rsatadigan, trendga xos printlari bor variantlarga e’tibor qarating. Shakli lolani esga soladigan yubka Bunday bichimli yubka hech kimga yarashmasligi aniq. Yubkadagi skladkalar qorin va bel sohasini to‘la, bo‘yi baland bo‘lmaganlarni esa yana ham past bo‘yli qilib ko‘rsatadi. Buning o‘rniga shakli qalamni esga soladigan yubkani tanlash tavsiya qilinadi. Gorizontal chiziqli yubka Chizig‘i gorizontal bo‘lgan kiyim-kechaklar qomatni aslidan tamoman boshqacha ko‘rsatish xususiyatiga ega. Shu sabab ham aslo gorizontal chiziqli yubka va liboslarni tanlamang. Vertikal chiziqli kiyim esa aksincha qomatni ixcham, uni kiygan ayol va qizni bashang ko‘rsatadi.
51
1,040
Ayollar
Jazirama harorat: Smartfoningiz qizib ketishining sabablari va oldini olish yo‘llari
Smartfon yoki noutbuk bo‘ladimi, texnika haroratning haddan tashqari ta’sirlanishiga, ayniqsa qizib ketishiga juda sezgir. Smartfon bilan bunday holat sodir bo‘lishi mumkinligini qanday bilish mumkin? Mutaxassislar qurilmangiz yomon holatda ekanligini anglatadigan bir nechta oddiy belgilarni ta’kidlab o‘tadi. O‘z vaqtida ularga e’tibor berish juda muhim: Nima qilish kerak? Agar yuqorida sanab o‘tilgan muammolardan biriga duch kelsangiz, zudlik bilan quvvatlantirgichdan uzib, qurilmani o‘chirib qo‘ying, biroz sovigach, ishonchli sertifikatlangan xizmat ko‘rsatish markaziga olib boring. Bundan tashqari gadjetingiz bilan bog‘liq bunday muammolarning oldini olishga yordam beradigan bir qator oddiy choralar ham mavjud:
84
725
Ayollar
Keksa kishilardan 4 ta hayotiy hikmat
Keksalar ba’zan o‘zlarining hayotida yuz bergan voqealar va oddiy hayotiy maslahatlari bilan o‘rtoqlashadi. Biz siz uchun ularning eng foydalilarini to‘pladik. Keksalarning fikricha, 20 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan vaqt juda sertashvish kechadi. Bu vaqt ichida biz juda ko‘p narsalarni xohlaymiz, kutamiz, muvaffaqiyatga erishishni orzu qilamiz, bu yog‘i qanday bo‘lishidan tashvishlanamiz. Hammasi qanchalik qiyin bo‘lib ko‘rinmasin, hech qachon umidsizlikka tushmang.  Ulg‘ayish ob-havoga o‘xshaydi. Bo‘ronga har duch kelganingizda, xuddi sizni bu gal shamol uchirib ketadigandek tuyuladi, keyin ob-havo o‘zgaradi va yana quyosh chiqadi. Bill Jens jurnalist bo‘lib ishlagan, butun dunyoni kezgan, favqulodda jasorat ko‘rsatgan oddiy odamlar haqida yozgan. U o‘ziga eng katta ta’sir ko‘rsatgan kishi 10 yoshli Eddi ismli bola ekanligini aytgan. Bu bola saraton tufayli oyoqlaridan ajralgan. “U hech qachon taslim bo‘lmadi, — deydi Bill. — Bir kuni men uning uyiga qo‘ng‘iroq qildim, lekin uzoq vaqtgacha telefonga hech kim javob bermadi. Nihoyat trubkani kimdir ko‘tardi. Men: “Eddi, qayerda eding?” — deb so‘radim. U: “Bill, men boshqa xonada edim. Qo‘ltiqtayoq yonimda emas edi, shuning uchun men telefongacha sudralib keldim”, — deb javob berdi. Men ba’zan ishni yarim yo‘lda qoldiraman, lekin Eddi haqidagi fikr menga chekinmaslikka yordam beradi”. 80 yoshli Benni Styuart yetti yoshidan boshlab ishlagan. U qo‘shnilarining topshiriqlarini bajargan, ish haqiga esa tovuq tuxumi olgan. Keyin u paxta tergan, farrosh bo‘lib ishlagan va nihoyat ijtimoiy ishda o‘zini topgan. Uning aytishicha, oilasini ta’minlashni va ilgari ega bo‘lolmagan narsalarni olishni unga ish o‘rgatgan. Keksalarning fikricha, maktabda hammamiz o‘zimizdan ko‘proq biladiganlardan o‘rganamiz. Buni butun hayotingiz bo‘yicha davom ettiring. Biron bir narsani o‘rgana oladigan odamlar bilan munosabatda bo‘ling yoki hech bo‘lmasa ular qanday ishlashi va maqsadiga erishishini kuzatib boring. Lekin agar sizga maslahat beruvchi va ikki marta o‘ylab ko‘rishga majbur qiluvchi odamingiz bo‘lsa, kamroq xato qilasiz. Manba: “Xitrosti jizni”
37
2,112
Ayollar
Jazirama havoda qanday kiyinish kerak?
Kunlar isishni boshlashi bilan ko‘pchilik qulay kiyinish uchun trendlarga rioya qilmaslikni yoki zamonaviy bo‘laman deb noqulay kiyinish uslubini tanlashi mumkin. Birini qilish uchun ikkinchisidan voz kechish shart emas, oltin oraliqni topish — ham o‘ziga xos, ham havoga mos kiyinish mumkin. Och rangli kiyimlar Och ranglar jaziramada odamni bo‘g‘ib qo‘ymaydi. To‘q ranglar issiqlikni o‘ziga tortadi, och ranglar esa aksincha. Boshqa ranglar bilan moslash osonligi va ko‘rinishga nafislik baxsh etib turgani sabab ham yoz kunlari och matodan tikilgan, yopishib turmaydigan bichimdagi libos va kiyimlarni kiyish tavsiya qilinadi. Boshdan oyoq oq kiyinish Qishda boshdan oyoq to‘q rangda kiyinish tavsiya qilingan bo‘lsa, yozda esa aksincha iloji bo‘lsa, kiyimlardan tashqari aksessuarlarning ham oq rangda bo‘lishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Ammo tanlov borasida kiyimning oqlik darajasi bir-biridan yaqqol farq qilmasligiga e’tibor qaratish kerak. Och oq kiyindingizmi kofta, yubka yoki sumkangiz qaymoq rang bo‘lmasin. Keng, ammo o‘ziga xos bichim O‘ziga xos bichimli, ipak matosidan tikilgan keng top nafisligi bilan nafaqat o‘zingiz, balki atrofdagilarning ham kayfiyati ko‘tarilishiga hissa qo‘shadi. Aksessuarlar Yozda qishdagi singari qavat-qavat kiyinib bo‘lmasligi mumkin, ammo obraz o‘ziga xos bo‘lishi uchun aksessuarlarni kanda qilmaslik kerak. Yangilik qilishdan, turli zanjir, bilakuzuk, uzuklarni birga taqishdan qo‘rqmang. Sumkani didingizga qarab almashtiring. Ipak matodan tikilgan ro‘moldan har safar foydalaning: bir safar bilagingizga, keyingi gal boshingizga o‘rang, shuningdek, sumka chetiga ham bog‘lasangiz bo‘ladi. Qolaversa, quyoshdan himoya qiladigan ko‘zoynak taqishni unutmang. Makiyaj va soch turmaklashga vaqtingiz bo‘lmasa, ushbu aksessuar sizni qutqarishi mumkin. Poyabzalga urg‘u bering Yorqin va o‘ziga xos poyabzallar yoz uchun ayni muddao. Poshna yoki tekis variantlarga e’tibor qaratish xohishingizga havola. Oyoqlaringiz shishmasligi uchun esa sal kattaroq poyabzal olish tavsiya qilinadi.
38
2,038
Ayollar
Koronavirus pandemiyasi insoniyatga o‘rgatgan 6 ta saboq
Insoniyat boshiga tushgan har qanday tashvishdan to‘g‘ri xulosa chiqarishni bilishi kerak, ana shunda kelajakda mavjud xatolar takrorlanmaydi. Quyida barchamiz uchun oson bo‘lmagan vaziyatdan nimalarni o‘rganish va rioya qilish kerakligiga to‘xtalamiz. 1.  Xavotirni nazorat qilish Vaziyat jiddiyligi bor gap lekin unutmang, ushbu muammo faqat sizni qiynayotgani, virus bir siz istiqomat qiladigan mamlakatda tarqalgani yo‘q. Bu degani ishlashni yig‘ishtirib qo‘yib, ijtimoiy tarmoqdagi tarixiy postlarni o‘qish, kechga borib do‘kondagi grechka yoki hojatxona qog‘ozining hammasini yig‘ib kelish kerak degani emas. Ehtiyot chorasini ko‘rish kerakligi inkor qilib bo‘lmaydigan haqiqat, biroq bu borada vahimaga berilish kerak emas. Bunday vaziyatda turli manbalar tomonidan tarqatiladigan feyk yangilik va xabarlarga ishonishdan avval tekshiring u ishonchlimi yoki yo‘q, nimaga va kimga asoslanib ma’lumot berilmoqda ongli ravishda tahlil qilib ko‘ring. Mish-mishlar emas faktlarga asoslanib ma’lumot beradigan manbalar, xalqaro tashkilotlar, davlat organlari, akkreditatsiyadan o‘tgan OAV yangiliklarini kuzating yaxshisi. Masalan, JSST saytida pandemiya bilan bog‘liq eng ko‘p tarqalgan mif va yolg‘on ma’lumotlar haqidagi postlar bilan tanishib chiqing. Agarda vahimaga berilish sindromi sizda boshqalardan ko‘ra ko‘proqligini his qilsangiz, ijtimoiy tarmoqlardan kamroq foydalanib, ko‘proq vaqtingizni kitob o‘qish va boshqa foydali mashg‘ulotlarga ajrating. 2. “Qora kunga” pul jamg‘arish Pandemiya biz ideal deb o‘ylagan tushunchalar aslida mo‘​rt ekanini isbotlab berdi. Karantin, chegaralarning yopilishi va valyuta bozoridagi betartiblik iqtisodiyotga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. Natijada pulini o‘ylamay ko‘kka sovuradiganlar endi har ehtimolga qarshi qora kunga jamg‘arma qilish kerakligini tushunib yetgan bo‘lsa ne ajab! Agar siz faoliyat yuritadigan sohada ham inqiroz kuzatilayotgan bo‘lsa, demak siz kelajak bilan bog‘liq ishlarni, uydan turib pul topish yo‘llarini o‘rganishni boshlang. Sarf-xarajatlaringizni hisoblab chiqib, ortiqcha pul sarflashni bas qiling. 50 ming pulingiz bo‘lsa, yaqinda oylik olaman, deb hammasini birdaniga ishlatib yuborib keyin nima qilsam ekan deb qo‘l qovushtirib o‘tirmang. Har doim bor mablag‘ingizning 15-20 foizini ehtiyot chorasi sifatida olib qo‘ying, agar o‘zingiz yig‘a olishga ko‘zingiz yetmasa onangizga bering, onalar pul yig‘ishga, ko‘rpacha orasida saqlashga usta. 3. Mavjud imkoniyatlarning qadriga yetish Albatta, dam olish kunlari do‘stlar bilan kinoga tushish piknik qilish yaxshi, lekin hozir emas. O‘zingiz va yaqinlaringiz hayoti oldidagi mas’uliyatni his qilib, uydan chiqmasdan, ko‘rsatmalarga amal qiling. Uyga sig‘mayapsizmi? Bir sizdami bunday holat? Internet, online savdo, ko‘ngil ochish dasturlari bor, agar bundan yuz yil oldingi sharoit bo‘lsa, nima bo‘lardi? Ibtidoning intihosi bor, pandemiya ham bir kunmas bir kun tugaydi, shunchaki qachonligi noma’lum, faqat bir narsa aniq uning qanchalik tez tugashi yoki cho‘zilishi siz va siz kabi kishilarning uydan chiqish-chiqmasligiga bog‘liq. 4. Xudbin bo‘lmaslik Siz uyda zerikishdan charchagan bo‘lsangiz, charchoq nimaligini bilmay ishlayotgan shifokorlar, yetkazib berish va xavfsizlik xizmati xodimlari, do‘kon va shifoxona ishchilari, sizni so‘nggi ma’lumotlardan boxabar qilib turgan OAV xodimlarining har doimgidan ham ko‘proq ishlayotganini, nolish tugul dam olishga ham vaqti bo‘lmasligi haqida o‘ylang. Shularni inobatga olgan holda, zarurat bilan ko‘chaga chiqqaningizda niqob taqishni va do‘kon yoki dorixona xodimi bilan muloqotda bo‘lganda ijtimoiy masofani saqlashni unutmang. 5. Qila olmaganlaringiz va qila olishingiz mumkin bo‘lgan ishlar haqida o‘ylash Pandemiya aslida qila olmagan ishlaringiz, fursatdan foydalanmaganingizni tahlil qilib ko‘rish uchun yaxshi imkoniyat. Agar hozir uyda bo‘lmaganimda edi, deb afsuslanishdan avval o‘ylab ko‘ring shuncha vaqt nima uchun qilmadingiz, nima xalaqit qildi? Ich-ichingizdan dangasalik, hafsalasizlik, beg‘amlik va komfort zonadan chiqishga jur’​at qilolmaganingizni anglab turasiz. Buni birovga ta’kidlashingiz shart emas, o‘zingiz tushunib yetganingizni o‘zi katta gap, faqat bu bilan cheklanmang. Anchadan beri o‘qishingiz kerak bo‘lgan, lekin javonda chang bosib yotgan kitobni olib o‘qing. Sport bilan shug‘ullaning, oila a’zolaringizdan xijolat bo‘lsangiz ertaroq uyg‘oning ishonchimiz komilki, izolyatsiyada shundoq ham keragidan ortiq uyqu bilan do‘st tutingansiz. Ingliz, fransuz, xitoy yoki italyan farqi yo‘q, muhimi qiziqqan tilingizni o‘rganishni boshlang, kuniga 10 tadan so‘z yodlasangiz 10 kunda 100 ta so‘zni bilgan bo‘lasiz. Pandemiyadan keyingi ishlarni bo‘lsa hozirdan rejangizga kiriting: masalan ishingizda ko‘tarilishni istaysiz buning uchun qanday talablar bor va nimalar qilinishi kerak, hozirdan tayyorlanib boring, talaba bo‘lsangiz grantlar, xorijiy ta’lim standartlarini o‘rganib faoliyatingiz doirasidagi bosqichlarni qanday yaxshilash mumkinligiga e’tiboringizni qarating. Internet orqali sayohat qilishni istagan mamlakatingiz tili, dini, madaniyati umuman u haqidagi hamma narsani sinchkovlik bilan o‘rganing. 6. Atrofdagilarga ko‘maklashish Aslida faqatgina pandemiya vaqtida yordam berish kerak degan tushuncha noto‘g‘ri, lekin hozir ikki karra e’tiborli va ko‘makka shay bo‘lish kerak. Agarda keksa yoki jismoniy imkoniyati cheklangan qo‘shnilar bo‘lsa, do‘konga chiqishdan avval biron nima kerakmi, yo‘qmi deb so‘rashni yoki online buyurtma berayotganingizda ularni yodga olishni unutmang. Bunday vaziyatda insoniylik xususiyatlarini yo‘qotmaslik olqishga sazovor, qiyinchiliklar o‘tadi odamdan esa yaxshilik qoladi.
56
5,651
Ayollar
Eski taqinchoqlarni yaltiratamiz
Tantanali kechaga olmos ko‘zli tilla taqinchoqlaringizni taqib borishga qaror qildingiz. Lekin toshlari ham, tilla gardishlari ham vaqt o‘tishi bilan juda xiralashib qolgan. Nima qilish kerak? Tuz, soda va idish yuvish vositasini olamiz. Shisha idishchaga suv solib uni mikroto‘lqinli pechda 2 daqiqa isitamiz. Birorta idish olamiz va uning ichiga alyuminiy qog‘oz to‘shaymiz. Ustidan qaynoq suvni solamiz. Uning ichiga har biridan 1 osh qoshiqdan tuz, soda va idish yuvish vositasi aralashtiramiz. Idishga taqinchoqlarni qo‘yamiz va 10 daqiqadan so‘ng olamiz. Toza suvda yuvib, yumshoq latta bilan artamiz. Taqinchoqlaringiz yangidek yaltirab ketadi. Manba: “Xitrosti jizni”
32
678
Ayollar
Yaroqsiz narsalarni o‘z holiga qaytarishga yordam beruvchi 15 ta layfhak (foto)
Kundalik hayotda sevimli kiyim, narsalaringizga dog‘ tegishi yoki buzilishi kabi holatlar tez-tez uchrab turadi. Bunday muammolarni oddiy usullar yordamida bartaraf etish mumkin. Kiyimda qolgan ter dog‘i  Soda va limon sharbatini aralashtirib, hosil bo‘lgan aralashma bilan dog‘li joyni arting. Agar kiyim qalin bo‘lsa, aralashmani o‘sha joyga surtib, birozdan so‘ng yuvib tashlang. Tonal kremi dog‘i Bunday vaziyatda soqol olishda ishlatiladigan ko‘pik yoki kremdan foydalaning. Kiyimni yuvishdan avval dog‘ teggan joyga bir osh qoshiq ko‘pik yoki krem surtib qo‘ying. Pomada dog‘i Soch laki kiyimdagi lab bo‘yog‘i dog‘larini ketkazishda yordam beradi. Lakni dog‘ga sepib, bir necha daqiqaga qoldiring. Lak qurigandan so‘ng, kiyimni yuving. Bu usulni qo‘llashdan avval kiyim yorlig‘ida kimyoviy tozalash haqida eslatma bor yoki yo‘qligiga ishonch hosil qiling. Osilib qolgan tugma Agar kiyimingizdagi tugma osilib qolgan bo‘lsa, tirnoq laki ipni vaqtinchalik qotirib qo‘yishi mumkin. Faqatgina lakni oz miqdorda va ehtiyotkorlik bilan surting. Kirlangan zamsh tufli Ba’zan zamsh tuflilarni tozalashda maxsus cho‘tka ham yordam bermaydi, bunday vaqtda poyabzalni pilka (tirnoq uchun egov) bilan tozalang. Ammo pilka qattiq metalldan bo‘lmasin. Shuningdek, poyabzal yuzasini bir yo‘nalishda tozalang. Charm poyabzaldagi namdan qolgan dog‘ Bunday dog‘ni sirka ketkazishi mumkin. Tish cho‘tkani sirkaga botirib, dog‘li joylarga ehtiyotkorlik bilan surting. Loklangan poyabzaldagi chiziqlar Bunday vaqtda oddiy paxta diskiga vazelin surtib, poyabzalning muammoli joylarini artib chiqing. Charm poyabzallarning eskirgan ko‘rinishi Agar sevimli tufli yoki botilyoningizga “ajin” tushgan bo‘lsa, oz miqdordagi namlovchi krem yoki losyon shimdirilgan sochiq bilan arting. Bu usul bilan ularga ikkinchi hayot bag‘ishlaysiz. Krossovkalardagi yomon hid Mashg‘ulotlardan so‘ng paydo bo‘ladigan ter va yomon hidlarni yo‘qotish uchun krossovkangizga ozgina ichimlik sodasidan sepib qo‘ying. Xira tortgan tufli Sevimli oyoq kiyimingizni yaltiratishda oyna tozalovchi vosita yaxshi natija beradi. Qizil vinodan qolgan dog‘ Buning uchun dog‘ bo‘lgan joyni oq vino bilan namlang. Birozdan so‘ng yuvib tashlang. Kiyimdagi yog‘ dog‘i Bunday kiyimni yuvishdan oldin dog‘ teggan joyga ozgina idish yuvish vositasidan surtib qo‘ying. Kiyim ipining chiqib qolishi Libosdagi chiqib qolgan ipni joyiga qaytarish juda oson: astalik bilan ip chiqqan joyni turli tomondan tortib qo‘ying. Kapron kolgotka sitilishi Bunday vaqtda yana tirnoq laki yordamga keladi. Faqat rangsiz lakdan foydalaning. Yaxshi “yurmaydigan” temir tasma Kurtka yoki xalatlardagi temir tasma yaxshi yurmayotgan bo‘lsa, paxta diski yordamida vazelin tekkizib chiqing.
79
2,726
Ayollar
O‘zingiz uchun mos sport turini tanlang
Har birimiz yaxshi ko‘rinishni va chiroyli qomatga ega bo‘lishni istaymiz. Ko‘pchilik holatlarda faqat sport bilan shug‘ullanibgina yaxshi jismoniy ko‘rinishga ega bo‘lish mumkin. Biroq o‘ziga mos keluvchi sport turini hamma ham bilavermaydi va haqiqatda kerakligi emas, eng ommabopi bilan shug‘ullanishga kirishadi. Sizga aynan qaysi sport turi mos kelishini anglab yetish uchun sportga bo‘lgan qiziqishlaringizni aniqlab olish kerak bo‘ladi. Siz tanlagan sport turi sizga zo‘riqish va charchoq emas, faqat qoniqish hissini keltirishi lozim. O‘zingiz uchun yaqin bo‘lgan sport turini aniqlab olganingizdan so‘ng sog‘lig‘ingiz va jismoniy tayyorgarlik holatingizni ham tahlil qilib chiqing. Shundan so‘ng ro‘yxatingizdagi sport turlaridan birini tanlash haqida qaror qabul qilishingiz mumkin — kuch ishlatishni talab qiladigan yoki nafas yo‘llarini chiniqtiradigan sport turi. Suzish, yugurish va piyoda yurish neytral sport turlari hisoblanadi. Ana endi sport bilan shug‘ullanishdan qanday maqsad ko‘zlaganligingizni aniqlab oling. Agar egiluvchan va harakatlaringiz nafis bo‘lishini istasangiz gimnastikaga qarab yo‘l oling. Mushaklaringizni chiqarmoqchi bo‘lsangiz trenajyor zali yoki suzishni tanlang. Agar mashg‘ulotlarda suhbatdosh kerak bo‘lsa, jamoaviy sport turi bilan shug‘ullaning. Oyoqlaringiz mushaklarini taranglashtirmoqchi bo‘lsangiz tongda yoki kechki payt yugurishni boshlang. Sport bilan shug‘ullanishni boshlar ekansiz zararli odatlardan voz kechish ham talab etiladi. O‘zingizga aynan mos keluvchi sport turini topishda va oldingizga qo‘ygan maqsadlaringizga erishishda omad tilaymiz!
39
1,606
Ayollar
Qiyshiq tishlar, qalin qoshlar: Osiyo mamlakatlariga xos go‘zallik standartlari
Jurnal muqovalari va moda chiqishlarida ko‘z-ko‘z qilinadigan go‘zallikning dunyo standartlari bor ekaniga qaramay, har bir xalq va millatning maftunkorlik va ayollarga xos nazokat bilan bog‘liq o‘ziga xosliklar, urf-odat hamda an’analari bo‘ladi. Tojikiston — qalin qoshlar Dunyoning turli burchaklarida istiqomat qiladigan ayollar mukammal shaklga ega bo‘lishi uchun qoshlarini terishi, voskdan foydalanishi mumkin. Tojikistonda esa tabiiy qalin qoshlar go‘zallikning an’anaviy ramzi hisoblanadi. Tabiatning bunday in’omidan bebahra qolgan xotin-qizlar esa ushbu muammoga yechim topish uchun qoshlariga o‘sma surtishni kanda qolmaydi. Ba’zida esa hatto ko‘zga yaxshiroq tashlanishi uchun qoshlar o‘rtasi bilan ham bo‘yalishi mumkin. Hindi-Xitoy — Uzun bo‘yin Uzun bo‘yinlar padaung ayollariga xos sanaladi. Kimlardir azaldan mazkur qabila xotin-qizlari shu tariqa qullikdan himoyalanganiga ishonsa, boshqalar ayollarning uzun bo‘yinlari, mahalliy folklorda katta rol o‘ynaydigan ajdarholar bilan “identifikatsiya”si uchun kerak deb hisoblaydi. Qizlar besh yoshidan bo‘yniga aylana shaklidagi taqinchoq taqadi, ulg‘aygani sayin esa yangisi qo‘shilib boraveradi. Indoneziya — tekislangan tishlar Bali aholisi uchun tishlarni tekislatib yurish an’anaviy odat hisoblanadi. Ushbu muolaja “yovuz ruhlarni haydash” uchun asosan o‘smirlarda o‘tkaziladi. Indoneziyada kamolga yetgandan dalolat beruvchi ushbu jarayondan keyin yoshlar to‘y marosimiga taraddudni boshlab yuboradi. Avvalgidek keng tarqalgan odat emasligiga qaramay, Balining ayrim fuqarolari hatto mamlakatidan uzoq yashagan taqdirda ham unga amal qilishda davom etadi. Janubiy Koreya — yuzning konturli plastikasi Janubiy Koreya yuzning plastik jarrohlik amaliyoti qilinish soni bo‘yicha dunyoda yetakchilik qiladi. Yuz konturining o‘zgartirilishi ushbu mamlakatdagi eng mashhur jarrohlik amaliyotlarining uchtaligidan o‘rin olgan. Turli salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligiga qaramay, koreyalik ayollar yuzlari qo‘g‘irchoqnikidek ko‘rinishi uchun yonoq va iyaklariga urg‘u berishni kanda qilmaydi. Yaponiya — qiyshiq tishlar Dunyoning turli burchaklarida istiqomat qiladigan ayollar tishlarini tekislatish uchun ko‘plab mablag‘ sarflashi mumkin, ammo Yaponiyada hammasi boshqacha. Yaeba — “qo‘shaloq tish” deb ataluvchi tendensiyaga ko‘ra, tish shifokorlari yuqori tishlarga vaqtinchalik plastik qoplamalarni o‘rnatadi va natijada tishlar notekis ko‘rinadi. Ushbu mashhur muolaja ayollarni yosh ko‘rinishiga hissa qo‘shgani uchun ham yapon ayollari orasida mashhur hisoblanadi. Yaponiya — qora tishlar Yaponlarning odatlariga xos hisoblangan oxaguro (tishlarni qoraytirish) uchun tishlar temirdan tayyorlanadigan qora suyuqlik bilan bo‘yaladi. Bugungi kunda hech kim bunday qilmasligiga qaramay, Yaponiyada avval qora tishlar chiroyli hisoblangan. Oxaguroni, asosan, aslzodalar qildirgan bo‘lib, bu qizlarning turmush qurishga tayyorligidan darak bergan. Eron — burun bog‘lami Rinoplastikaning mashhur ekani sabab Eron “burun plastikasi poytaxti” deb ataladi. Eronlik ayollar boshdan oyoq yopiq kiyingani uchun yuziga o‘zgartirish kiritishning shaydosi deb hisoblanadi. Jarrohlik amaliyotida keyin qo‘yiladigan bintli plastirning “faxriy bog‘lam” degan o‘z nomi bor hatto. Ayollar uni yashirishga urinmaydi, aksincha yaqindagina rinoplastika qildirganini ko‘z-ko‘z qiladi. Ulardan ayrimlari o‘zlarining shunday jarrohlik amaliyotiga qurbi yetarli ekanini isbotlash uchun ham uzoq vaqt davomida bog‘lamni yechmay yuradi
79
3,490
Ayollar
Tashlab yuborish uvol. Yetilmagan tarvuzdan nima tayyorlash mumkin?
Ba’zida xarid qilishdan avval yaxshilab ko‘zdan kechirilganiga qaramay, uyga olib kelib kesilganidan keyin tarvuzning bemaza ekaniga guvoh bo‘lish mumkin. Mazasi shirin emasligi yetmagandek, yaxshi yetilmagan ham bo‘lsa yeyishga bo‘lgan xohish so‘nadi. Ammo tashlab yuborishga ham kishining ko‘zi qiymaydi. Bunday vaqtda nima qilish kerakligi haqidagi tavsiyani e’tiboringizga havola qilamiz. Tarvuzning ichki qismini o‘yib olib turli ichimliklar — limonad, kokteyl, po‘stidan esa murabbo tayyorlasa bo‘ladi. Buning uchun ichi o‘yilgan tarvuz po‘stini yashil qismidan artib tozalash kerak. Keyin esa 3,5 sm qalinlikda kesib chiqish kerak. Qaynagan suv solingan idishga solib, 10 daqiqa davomida qaynatish kerak. Alohida shakarli qiyom tayyorlab olish ham kerak bo‘ladi. Qaynab chiqqan tarvuzni qiyomga qo‘shing. 20 daqiqa qaynab chiqqanidan keyin olovni o‘chirib, 2-3 soat davomida soviting. Ta’bga ko‘ra qirg‘ichdan chiqarilgan limon po‘stini ham qo‘shsa bo‘ladi. Bundan tashqari, tarvuzni tuzlash mumkin. Bu jarayon xuddi bodringniki singari bo‘ladi. Buning uchun po‘sti bilan birga bo‘laklarga bo‘lingan tarvuz 3 litrli bankaga solinadi. Bir qoshiq tuz va uch qoshiq shakar solgandan keyin, 75 gramm 9 foizli sirka qo‘shiladi. Qaynagan suv solib, ustini sochiq yoki doka bilan yopib qo‘yish kerak. Bir necha kun davomida xona haroratida saqlashga to‘g‘ri keladi. Keyin esa sovitkichda muzlatib, gazak sifatida iste’mol qilsa bo‘ladi.
67
1,437
Ayollar
Tejamkorlikka o‘rganing: Inqiroz paytida qo‘l keladigan 6 foydali odat
Mavjud karantin vaqtida iloji boricha resurslarni tejash, ortiqcha xarajatlardan qochish va maksimal darajada reja asosida pul sarflash kerak. Buning uchun yordam beradigan ayrim maslahatlarni e’tiboringizga havola qilamiz. Suvni behuda ishlatmaslik Suvni bekorga isrof qilmang. Vannaga suv to‘ldirib cho‘milish o‘ringa dush qabul qilish bilan cheklaning. Tishlaringizni tozalashdan avval stakanga chayish uchun suv olib qo‘ying va jo‘mrakni o‘chirib qo‘ying. Idish-tovoq yoki mevalarni yuvish uchun ham suvni oqizib qo‘ymasdan, tez-tez kerakli vaqtda yuving. Bu orqali siz ancha suv tejalishiga hissa qo‘shish bilan birga, oylik suv uchun to‘lanadigan summaning qisqarishiga sababchi bo‘lasiz. Agar tinchlanishingiz uchun suvning ovozi kerak bo‘lsa, unda suv ovozi yozilgan audioni yuklab olib tinglang. Ishoning, oddiy tuyilgan bu odatlarga amal qilish orqali anchagina vaqt tejashga muvaffaq bo‘lasiz. Gaz va elektr energiyani tejang Choy uchun keragidan ortiq miqdorda suv qaynatmang, chunki qolgani sovib qolganidan keyin qayta isitishingizga va bu orqali elektr yoki gazning behuda sarflanishiga to‘g‘ri keladi. Gaz pechining usti toza bo‘lishiga e’tibor bering. Chunki pechingiz tokda ishlaydigan bo‘lsa va ustiga kir yoki chirk yig‘ilsa, elektr samaradorligi pasayishiga ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, kam mahsulotdan taom pishirmoqchi bo‘lsangiz, pechingiz hajmiga nisbatan katta qozon-tovoqdan foydalanish tavsiya qilinmaydi. Chunki katta idishning qizishi, qaynashi cho‘zilib, jarayon uzoq vaqt davom etishiga va elektr ko‘proq sarflanishiga olib kelishi mumkin. Texnika vositalarini kerak bo‘lganidagina yoqing Texnika vositalaridan foydalanmayotgan bo‘lsangiz, tokdan olib qo‘ying. Televizor, kompyuterni ishlatmayapsizmi, tokdan o‘chirib qo‘ying. Bu orqali siz nafaqat elektrni tejagan, balki xavfsizlikka rioya qilgan va texnikangizning uzoq vaqt xizmat qilishiga sababchi bo‘lgan bo‘lasiz. Xarid Tejamkorlikning eng asosiy prinsipi — ongli ravishda zarur bo‘lgani uchungina xarid qilish hisoblanadi. Buning uchun esa kerakli mahsulot yoki buyumlar ro‘yxatini avvaldan tuzib olish va shunga ko‘ra sotib olish kerak. Ro‘yxatdan avval esa muzlatkich yoki garderobingizni ko‘zdan kechirib oling. Haftalik xarajatlaringiz uchun ma’lum mablag‘ ajratib qo‘ying va budjetingizdan kelib chiqib xarid qilishga harakat qiling. Uy bekalariga bir hafta davomida pishiradigan taomlari menyusini tuzib olish va shunga asosan kerakli mahsulotlar ro‘yxatini tuzish tavsiya qilinadi.
70
2,482
Ayollar
Sumkalarning uzoq vaqt xizmat qilishiga yordam beradigan 10 ta maslahat
So‘nggi yillarda xarid qilingan buyumlardan ongli ravishda foydalanish modaga aylandi. Bugungi kunda brendlarning arxiv kolleksiyalaridan katta zavq olish, stilistlar iloji boricha ko‘proq yangi mahsulotlarni sotib olishni emas, balki mavjd narsalarga e’tibor berishni va ularga yaxshiroq g‘amxo‘rlik qilishni taklif qiladi. Ammo ko‘p yillar davomida sodiqlik bilan xizmat qilishi uchun sumkalardan qanday foydalanish lozim? Nima qilish kerak emas va aksincha, nimani e’tiborga olish kerak? People Talk nashri bu borada ajoyib maslahatlar bilan bo‘lishdi. Sumka tanlash turmush tarziga asoslanadi. Zamsh yoki yumshoq teridan tayyorlangan mahsulotlar ajoyib ko‘rinadi, lekin ular juda nozik. Agar kun davomida ko‘p harakat qilsangiz va noutbukni o‘zingiz bilan olib ketsangiz, sumkada tezda eskirish belgilari paydo bo‘ladi va buyum sotib olingan yangi ko‘rinishini yo‘qotadi. Agar ularni ehtiyotlashga ishonchingiz komil bo‘lsa bu kabi materiallardan tayyorlangan sumkalarni tutish mumkin. Faol turmush tarzi uchun qalin charm mahsulotlari ancha mos keladi. Hashamatli brendlarda uzoq vaqt foydalanish uchun mo‘ljallangan bunday modellar ham mavjud. Zich teri yukka chidamli bo‘lib, uni artish mumkin va har qanday holatda ham undan foydalanish qulaylik yaratadi. Sumkalar asosan foydalanish vaqtida emas, balki mavsumdan tashqarida zarar ko‘radi. Masalan, sumkada shakl o‘zgargan yoki unda burmalar paydo bo‘lsa, buni tuzatish qiyin. Buning oldini olish uchun uning ichini to‘ldirish kerak: masalan, butiklarda bo‘lgani kabi maxsus vositalar bilan. Agar buning iloji bo‘lmasa, unda sharf va boshqa narsalarni ham solish mumkin. Asosiysi, sumkani ortiqcha shishirmaslik, balki unga to‘g‘ri shakl berishdir. Shuningdek, sumkani quyosh nuri tushmaydigan joyda saqlash kerak, aks holda u tezda eskiradi. Ideal holda, albatta, sumkani javondagi shkafda qoldirish kerak, lekin yetarli joy bo‘lmasa, masalan, yil davomida bo‘sh yotgan chamadonga joylash mumkin. Har bir sumkani alohida saqlash kerak, chunki ular bir-biri bilan uzoq vaqt aloqada bo‘lsa, yomonlashishi mumkin. Misol uchun, qora laklangan sumka qaymoq rang terili sumka ustida iz qoldiradi. Afsuski, dog‘larni yuvish orqali ketkazib bo‘lmaydi. Mato yoki spirtli salfetkalar bilan muntazam artish sumka materialini tezroq qaritadi. Chunki yog‘li salfetkalar yoki teri kremlarini topish qiyin. Agar ularni sumkani qayta ishlash va tirnalishlarni yashirish uchun ishlatish mumkin bo‘lsa ham, xuddi shu krem kiyganda jinsi matoga o‘tishi va ularni buzishi mumkin: siz kiyimni xavf ostiga qo‘yib, sumkalarni saqlab qolmasligingiz kerak. Xuddi shu narsa sumkadan foydalanishda ham tegishli. Albatta, uni juda ko‘p narsalar bilan to‘ldirish shart emas va zamsh mahsulotlaridan yomg‘irda foydalanmaslik kerak. Ammo sumka tutqichlarini yangidek saqlash uchun ulardan foydalanishda oddiy sharflarni ishlatish mumkin. Bu sumka dizayniga ham o‘zgacha ko‘rinish bag‘ishlaydi. Eskirgan sumkalarni tiklash qiyin va xavfli, shuning uchun ta’mirlash faqat oxirgi chora sifatida ko‘rib chiqilishi kerak. Yomon ta’mirlangan sumka eskirganidan ham yomonroq. Ammo bu borada professionallar bilan bog‘lanish mumkin. Agar natija muhim bo‘lsa, pulni tejamagan yaxshiroq. Albatta, sumkalarni ta’mirlash ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi kerak. Ya’ni sumka ta’mirlangandan so‘ng avvalgi holatidan ijobiy tomonga farq qilishi kerak. Rangi bir tekisda bo‘yalishi va biror joyiga zarar yetmasligi juda ham muhim. Chunki ularni qayta ta’mirlash deyarli yangi sumka narxi bilan barobar bo‘lishi mumkin. Har qanday narsaning eskirishi tabiiy jarayon, shuning uchun uni turli yo‘l bilan yashirishga urinmaslik kerak. Turmush tarziga ko‘ra sumkalarni to‘g‘ri tanlash va oddiy qoidalarga rioya qilgan holda narsalarni saqlash kifoya. Va har qanday eskirgan buyumlarni xotira sifatida ko‘rib chiqish va undagi kamchiliklardan uyalmaslik tavsiya etiladi.
71
3,890
Ayollar
Trendda bo‘lish uchun sandiqni ochib ko‘ring: 90-yillarga xos qaysi kiyimlar yana urfda? (foto)
Oyingiz, opangiz, umuman, sizdan katta insonlar bir vaqtlar kiygan liboslar haligacha sifati va ko‘rinishi o‘zgarmagan bo‘lsa, ularni tashlab yuborishga shoshilmang. Chunki har qanday yangilik unutilgan eskilik hisoblanadi va bir vaqtlar urfda bo‘lgan kiyim-kechaklarning takror urfga kirish ehtimoli yo‘q emas. Shuning singari 90-yillarga xos kiyinish uslubi ham mazkur mavsumda har qachongidan ham dolzarbroq sanaladi. Charm jaket Arxiv suratlarga nazar tashlaganda, onangizning charm kurtka kiyib tushgan suratlarini ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. Zamonasida bunday kurtka yulduzlar: Vaynona Rayder, Gvinet Peltrou va Shennon Doertilar tomonidan zamonaviy ustki kiyim sifatida kiyilgan. 90-yillarga xos ushbu kiyim bugungi kunda ham mashhurlikka erishdi va uni moda olamining ko‘zga ko‘ringan vakillari: Bella Xadid, Irina Sheyk, Kendall Jenner va Kim Kardashyan va boshqalar garderobida uchratish mumkin. Uni istalgan kiyim vodolazka, futbolka, jemfer ustidan yoki jinsi va jiddiy uslubdagi shim bilan, uzunroq bo‘lsa ko‘ylak sifatida ham kiysa bo‘ladi. Ayniqsa, kuzda dolzarb hisoblangan charm kurtka bilan nafaqat kundalik, balki alohida tadbirlar uchun ham obraz yaratsa bo‘ladi. Trikotaj matodan tikilgan uzun libos 90-yillarga xos va ayni vaqtda yana urfga kirgan libos bir vaqtlar Gvinet Peltrou uchun sevimli bo‘lgan. Ushbu libosni poshnali, qalin botinka hatto sport uslubidagi oyoq kiyimlar bilan ham kiyish mumkin. Mo‘yna yoqali palto Kiyinish borasida o‘z uslubiga ega ekanligi bilan e’tirof etilgan Kerolin Bessett Kennedi 90-yillarda sayrga kiyishni yoqtirgan paltoni bugungi kunda Bella Xadid va boshqa moda ixlosmandlari tomonidan kiyilayotganini ko‘rish mumkin. Mo‘yna bezak sifatida yengning chetlariga tikilgan model ham yaxshi variant, ammo yoqada, albatta, bo‘lishi kerak. Bunday paltolarni Lanvin va Louis Vuitton kolleksiyalarida uchratish mumkin. Ko‘ylak kombinatsiya 90-yillarda dizaynerlar Kelvin Klayn va Jon Galyano tomonidan taqdim qilinganidan keyin mashhur bo‘lgan ushbu ko‘ylak bugungi kunda avvalgidek dolzarb. Jacquemus, Lanvin va Alberta Ferretti kolleksiyalarida uchratish mumkin bo‘lgan libosni bundan 25 yil avval Gvinet Peltrou, Kemeron Diaz va hatto malika Diana ziyofat va alohida tadbirlarga kiyishni xush ko‘rgan. Bugungi kunda uni o‘zini yoki vodolazka va jemfer ustidan ham kiyish, kardigan va oversize jaket bilan moslash mumkin. Bichimi erkaklarnikiga o‘xshagan kostyum-shim Bunday kostyumni ma’lum mavsumning trendi emas, klassika deb atash mumkin. Bazaviy hisoblangan elementlardan biri bo‘lgan kostyumni har bir zamonaviy qiz yoki ayol garderobida uchratish mumkin. 90-yillarda Kemeron Diaz, Juliya Roberts, Vaynona Reyder tomonidan sevib kiyilgan kostyum, istalgan obrazni o‘ziga xos ko‘rsatadi. Uni vodolazka yoki jemfer ustidan kiyib belga kamar taqish, qalin botinka yoki bog‘ichli oyoq kiyimga moslab zamonaviy va didli ko‘rinishga ega bo‘lish mumkin.
95
2,917
Ayollar
Sitrusli daraxtni qanday qilib danagidan o‘stirish mumkin?
Yorqin mevali apelsin yoki limon daraxtini sotib olish juda oson — lekin, bu qimmat va qizig‘i yo‘q. Agar sizda o‘simlikshunoslikda o‘z kuchlaringizni sinab ko‘rish istagi va bir-ikki yil vaqtingiz bo‘lsa, unda bu xushmanzara o‘simlikni mustaqil ravishda o‘stirib ko‘ring! Buning uchun nima qilish kerak? Agrotexnikasi juda oddiy. Manba: “Xitrosti jizni”
58
355
Ayollar
Yangi yilda inson o‘zini yanada baxtli his qilishi uchun yordam beradigan 7 odat
Baxtni so‘z bilan ta’riflash qiyin, ammo uni his etish va anglash mumkin. Bundan tashqari, baxt har bir insonning orzu-istaklarida yashaydi. Olimlar insoniyat orasida mavjud baxtning darajasini oshiradigan kundalik faoliyat va odatlar ro‘yxatini aniqladi va bu ilmiy jihatdan ham o‘z tasdig‘ini topdi. Baxtni yaratish, uning ko‘lamini kengaytirish har bir insonning kundalik odatlariga bog‘liq bo‘lib qolar ekan, demak, siz ham undan xabardor bo‘ling. Sport bilan shug‘ullanish Doimiy ravishda kamida haftasiga 2,5 soat jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanadigan odamlar kam faol hayot tarziga ega insonlarga qaraganda 50 foizga o‘zini ko‘proq baxtli his qiladi. Sport nafaqat endorfin ishlab chiqarishga yordam beradi, balki yangi do‘stlar orttirishga, ko‘proq muloqot qilish, shuningdek, ochiq havoda ko‘proq vaqt o‘tkazish imkonini ham beradi. Shunday qilib, yangi yildan sport zaliga a’zo bo‘lish vaqti keldi. Konsert dasturlariga borish Goldsmits kolleji tadqiqotchilari konsert dasturlarga tashrif buyurish kayfiyatni yoga, hattoki meditatsiyadan 20 foiz ko‘proq yaxshilaydi, deb hisoblaydi. Jonli musiqa – bu baxtni his qilishning ajoyib usuli bo‘lib, uni muntazam tinglash hayot farovonligini va jismoniy chidamlilikni sezilarli darajada oshirishi mumkin. Ehtimol, hozir sevimli san’atkorning konsertiga yoki operaga chipta buyurtma qilishning ayni vaqtidir. Musiqiy asboblar chalish Musiqiy asboblarni chala olish yurak urishini me’yorlashtiradi. Qon bosimini pasaytiradi va yaxshi tasalli beruvchi vosita sifatida qo‘llaniladi. Shuningdek, ijodkorlik va yangilik yaratishga imkon beradi. Umuman olganda, xotirjam va baxtli bo‘lish uchun kuy chalish samarali vosita hisoblanadi. Dengiz bo‘yida ta’til Dengiz bo‘yida yashash baxt darajasini oshiradi. Bu olimlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijasidan ayon bo‘ldi. Ammo hammasidan voz kechib, dengiz bo‘yida yashashga imkon bo‘lmasa, hech bo‘lmaganda ta’tilni u yerda o‘tkazish tavsiya etiladi. Tartibga rioya qilish Kundalik tozalash ishlari hech kimni unchalik ham baxtli qila olmasligi mumkin. Ammo Berkli universiteti olimlarining ta’kidlashicha, uylarni tartibga solish yoki saranjom qilish stress darajasini pasaytiradi, baxt miqdorini oshiradi va depressiya xavfini kamaytiradi. Yil davomida  ikki marotaba juda katta tozalash ishlarini olib borish nafaqat charchashning, balki baxtni his qilishning yaxshi usuli hisoblanadi. Yolg‘iz vaqt o‘tkazish Kuniga kamida yarim soat yolg‘iz qolish – bu psixologik salomatlik va qulaylikni saqlashga imkon beradigan zarur holat. Bugungi tezkor va stressli dunyoda kunlik me’yorni, albatta, ushbu yilda topishga urinish kerak. Suratga tushish Suratga tushish uchun, tabiiyki, tabassum qilish kerak. Kaliforniya universiteti tadqiqotchilari shuni aniqladiki, tabassum qilib tushgan suratlar ishonch va baxtni his etishga yordam beradi. Shuning uchun tez-tez tabassum qilib suratga tushish tavsiya etiladi.
80
2,910
Ayollar
Nima uchun ba’zilar transportda chayqalishdan behuzur bo‘ladi?
Ko‘pchiligimizda ba’zan transportlar chayqalishi natijasida ko‘ngil behuzur bo‘lish hollari yuz beradi. Bunday nuqsonga har xil yoshdagi va jinsdagi ko‘plab kishilar duchor bo‘lishadi. Inson vestibulyar organi barqarorligi bolalikdan shakllana boshlaydi. Bunda albatta, genetik moyillik ham katta ahamiyatga egadir. Ba’zi taxminlarga ko‘ra, tanani bolalikdan chiniqtirish va ma’lum zo‘riqishlarga o‘rgatish katta yoshga yetganda bunday qiyinchiliklarni oson yengishga yordam berishi mumkin ekan. Bunday hollarda dori-darmonlardan ko‘ra oddiy xalqona usullar, masalan yalpizli konfet yoki limon tilimidan foydalanish mumkin. Bu usul biroz bo‘lsa-da organizmni yoqimsiz holatdan chalg‘itadi. Agar imkoniyat bo‘lsa, noxush holat o‘tib ketguncha yoyilgan o‘tirg‘ichda yotish ham samarali natija berishi mumkin.
62
807
Ayollar
Eng uzun sun’iy kipriklar: me’yorni bilmaydigan insta-blogerlar qanday ko‘rinishga ega? (video)
Qalin, hajmdor va uzun kipriklar – sizningcha chiroyli emasmi? Albatta, har qanday go‘zallikka erishish uchun ma’lum chegara saqlanmasa, bu kabi sun’iylikka murojaat qilishning keragi yo‘q. View this post on Instagram Chiroyli kipriklar ko‘rinishni avtomatik tarzda ochadi, bu nafaqat makiyajni yorqin qiladi, balki yuz tuzilishiga ham ta’sir o‘tkazadi. Keragidan ortig‘i esa teskari natija berishi mumkin. View this post on Instagram Agar xavfsizlik choralari niqob taqishni talab etsa, unutilmas taassurot qoldirishni istaganlar ko‘zga ko‘proq urg‘u beradi. Va buning uchun, albatta, sun’iy kipriklarga murojaat etiladi. View this post on Instagram Ko‘pchilik qizlarning maqsadi kipriklarni nafaqat uzun qilish, balki uning jozibadorligini oshirish hamdir. Ko‘p, qalin va uzun… Faqat haddan ortish shunday holatga keltirishi mumkin. View this post on Instagram “Qovog‘imni ko‘taring”. Kipriklar shu qadar og‘ir va chiroyliki, mushaklar ularni ko‘tarishga kuch topolmaydi. View this post on Instagram Uzun kipriklar – bu o‘zni ifoda etishning yana bir usuli. Butun kiprik yopishtirish zerikarli bo‘lsa, unda boshqa bezaklar yordamga keladi. View this post on Instagram “O‘rgimchak oyog‘i” urfga qaytdimi? Aslida kiprik yopishtirish oson ish emas. Ammo haddan oshish esa tasvirni osonlikcha buza oladi. View this post on Instagram Qiziq, model kiprik uchun qanday vositadan foydalangan bo‘lishi mumkin? View this post on Instagram Biroz ijodkorlik: Kipriklar shunday ko‘rinishda bo‘lishi uchun noodatiy uslubda yopishtirildi. Ajoyib, shunday emasmi? View this post on Instagram Oliqshlash hamda ehtiyot bo‘lish kerak. Shamol uchirib ketmasin tag‘in. View this post on Instagram
95
1,829
Ayollar
Orzungizdagi qomat: Vazn yo‘qotishga yordam beradigan 6 xil choy
Yozning issiq kunlarida ko‘p insonlar ta’tilga chiqadi. Bu kunlarda tanani faollashtirish kerak bo‘ladi. Shu bilan birgalikda vazn yo‘qotish haqidagi suhbatlarda metabolizm atamasi tez-tez quloqqa chalinadi: tez, normal va sekin bo‘lishiga qarab vazn yo‘qotish muhokama qilinadi. Metabolizm nima? Tanangiz energiyaga ishlab chiqarishi uchun siz yegan va ichgan hamma narsadan foydalanadi. Agar sizda metabolizm tez bo‘lsa, tanangiz energiyani tez ishlab chiqaradi va bu esa sog‘lom tarzda vazn yo‘qotishga yordam beradi. Vazn yo‘qotish uchun aynan bir mahsulot kifoya qilmaydi, buning uchun turli mahsulotlardan foydalanish kerak. Shuni unutmaslik kerakki, mikroelementlar va antioksidantlarga boy ichimliklar metabolizmni tezlashtirishga va maqsadingizga erishishingizga yordam beradi. Bunday ichimliklardan biri choy hisoblandi. Quyida vazn yo‘qotishga yordam beradigan choy turlari haqida ma’lumot beriladi. Zanjabil choyi Zanjabil choyi vazn yo‘qotishda yordam beradigan eng foydali ichimliklardan biri hisoblanadi. Uning tarkibida noyob birikmalar: gingerol va segaol mavjud bo‘lib, ular organizmga antioksidant ta’sir ko‘rsatadi va erkin radikallarning zararlanishini kamaytiradi. Radikal zararlanish tanaga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, oksidlovchi stressni oshiradi, bu esa kilogramm ortishiga olib keladi. Shuning uchun zanjabil choyini dietangizga qo‘shganingiz ma’qul. Qora choy Ushbu ichimlikni iste’mol qilish madaniyatning bir ko‘rinishi sifatida ham e’tirof etiladi. Yoqimli ta’mdan tashqari qora choy tarkibida kofein (me’yorida), shuningdek, metabolizmni tezlashtirishga yordam beradigan foydali moddalar mavjud. Tadqiqotlarga ko‘ra, qora choy tarkibida ko‘p miqdorda flavon mavjud bo‘lib, ular metabolizmni kuchaytiradi va tanadagi ortiqcha kaloriya va yog‘larni parchalaydi va vazn yo‘qotishga yordam beradi. Matcha Matcha ham ortiqcha vazn bilan kurashishga yordam beradigan foydali ichimlikdir. Ovqatlanishdan oldin bir chashka matchani iste’mol qilish metabolizmni tezlashtirishga yordam beradi. Ichimlik tarkibidagi mikroelementlar yog‘larni oksidlaydi, bu metabolizmning tezlashtiradi. Ko‘k choy Choyning ushbu turi vazn yo‘qotishga katta yordam beradi. Ko‘k choy choy yog‘larni parchalashga yordam beradigan antioksidantlarga boy. Bunday choyni mashg‘ulotdan oldin va keyin ichish ayniqsa foydali hisoblanadi. Ichimlik tarkibidagi katexinlar yog‘ hujayralarini parchalashga katta yordam beradi. Ulun choyi Ulun choyi vazn yo‘qotish uchun ham foydalidir. Ichimlik tarkibidagi elementlar organizmdagi yog‘larning so‘rilishiga ta’sir qiladi. 2009-yilda o’tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, olti haftalik tajribadan so‘ng, kuniga 8 gramm ulun choyi ichgan insonlarning 66 foizidan ortig‘i ushbu ichimlikni o’z dietasiga kiritganliklari uchun taxminan 1 kilogramm vazn yo‘qotgan. Roybush Boshqa choy turlaridan farqli o‘laroq, roybush tarkibida kofein mavjud emas. Asl vatani Januniy Afrika bo‘lgan ushbu ichimlikning tarkibida aspalatinning yuqori miqdori bo‘lgani sababli shakar almashinuvi, shuningdek, metabolizmni tezlashtirishga yordam beradi.
64
3,075
Ayollar
Bollivud yulduzi Dipika Padukone Levi’s brendi bilan hamkorlikda liboslar kolleksiyasini taqdim qildi
Levi’s brendi hind aktrisasi Dipika Padukone bilan hamkorlik qildi. Kollaboratsiya asosida taqdim qilingan kolleksiyada brendga xos klassika va aktrisa ma’qul biladigan uslub umumlashmasini ko‘rish mumkin. Undan sport uslubidagi kiyimlar, sun’iy charmdan ishlangan shim va oversize uslubidagi koftalar o‘rin olgan. Shuningdek, to‘plamdan preppi uslubidagi uzun kurtka, sport kostyumi, toplar, djinsi kombinezon va 70 yillarga xos djinsi shimlar o‘rin olgan. Djinsidan tikilgan kurtka bilan keng bichimli koftalarni moslab, o‘ziga xos uslub yaratish, shuningdek, organzadan ishlangan top, futbolka va xudi bilan noodatiy obraz yaratish mumkin.
101
645
Ayollar
Farzandingiz dasturxon atrofida telefon o‘ynamasligi uchun nima qilish kerak?
Dasturxon atrofida o‘tirish odobiga ko‘ra, ovqatlanish stoliga taom kelishi bilan barcha begona narsalar — telefon, o‘yinchoq, kitob va boshqa narsalarni chetga surib qo‘yish kerak. Bu qoida faqat bolalar uchun emas, balki ota-onalar uchun ham. Chunki ko‘pincha kattalarning o‘zi bunga amal qilmaydi. Ota-onalar ba’zan gadjetlarga shunchalik bog‘lanib qolishadiki, bolalarga yomon namuna ko‘rsatayotganlarini o‘zlari ham sezmay qolishadi. Agar siz haqiqatan ham bolangizni ovqatlanish vaqtida telefon o‘ynashidan xalos qilmoqchi bo‘lsangiz va unga boshqa yaxshi xulq-atvorni singdirmoqchi bo'lsangiz, buni avval o‘zingizdan boshlashingiz kerak. Kattalar dasturxon atrofida o‘tirish qoidasini qanday va qayerda buzadi? Ovqatlanish vaqtida kerak bo‘lmagan buyumlar: telefon, kalit, ko‘zoynak, qo‘lqop, hujjat, kitob, sumka va boshqa shunga o‘xshash narsalar dasturxon ustida bo‘lmasligi kerak. Keling, telefon bilan bog‘liq vaziyatlarni batafsil ko‘rib chiqamiz. Buning uchun bolalar tarbiyasidan biroz chetlashgan holda, kattalar dunyosi haqida suhbatlashamiz. 1-vaziyat Tasavvur qiling, dugonalaringiz bilan uchrashish uchun restoranga keldingiz. Maza qilib suhbatlashishni, kulishni, mazali kechki ovqat tanovul qilishni rejalashtirgansiz. Umuman olganda, birgalikda maroqli hordiq chiqarmoqchisiz. Biroq stolga o‘tirgandan so‘ng, birorta ayol telefonini olib qo‘ymaydi. Maroqli suhbat o‘rniga eri yoki boshqa do‘sti bilan ijtimoiy tarmoqlardagi xatlar, yozishmalarni maqsadsiz ko‘rish boshlanadi. Instagram’dagi obunachilariga esa qanday dam olganlarini ko‘rsatish uchun cheksiz stories joylashtirishni boshlaydi. Natijada butun do‘stona kompaniya bir-biri bilan gaplashmaydi, hamma telefoniga bog‘lanib qoladi. Savol tug‘iladi: bo‘lmasa yig‘ilishning nima keragi bor edi? 2-vaziyat Endi, ishbilarmonlik uchrashuvini olaylik. Muammolarni muhokama qilish jarayonida har ikki tomon vakillari ham telefonlarini olib qo‘yishni xayoliga keltirmaydi ham. Kimdir buni quyidagi jumla bilan oqlaydi: “Biz hammamiz band odamlarmiz, qo‘ng‘iroq qilishimiz yoki pochtamizni tekshirib turishimiz kerak”. Bunday fikr qarshisida o‘tirgan odamning ahamiyatlilik darajasini yo‘qotadi. Demak, u bilan muzokara olib borish siz uchun unchalik muhim emas. Bunday holatlarning oldini olish uchun telefonni olib qo‘ygan ma’qul. 3-vaziyat Do‘stlaringiz va hamkorlaringiz haqida to‘xtalib o‘tdik. Oila va qarindoshlar davrasida-chi? Ba’zilar odob-axloq qoidalari faqat begona odamlar bilan muloqot qilish uchun yaratilgan deb hisoblashadi. Yaqinlarimizga esa har doim xushmuomalalik bilan emas, balki har qanday xatti-harakatimizni ko‘rsata olamiz. Biroq bunday emas. Oilaga bo‘lgan hurmat — hamjihatlik va bir-birini tushunish garovidir. Shuning uchun kattalar ham dasturxon atrofida o‘z harakatlarini nazorat qilishlari kerak. Bunday vaqtlarda telefondan foydalanmang. Aks holda bolalar va oila a’zolaringiz ularning mavjudligi siz uchun hech qanday ahamiyatga ega emas deb o‘ylashadi. Bolalar ham xuddi shunday yo‘l tutib, sizdan o‘rnak oladi. Bolani dasturxon atrofida begona narsalarni ishlatmaslikka qanday o‘rgatish kerak? Bolalarga bu qoidalarni o‘rganishda yordam beradigan o‘yin Dasturxon tuzayotganda idish, sanchqi va pichoqlar orasiga ataylab bir nechta kerak bo‘lmagan buyumlarni qo‘yib qo‘ying. Nima bo‘lsa ham: uy kaliti, o‘yinchoq, daftar, qo‘lqop, otasining telefoni, onasining lab bo‘yog‘i va boshqa narsalar. Keyin bolangizdan keraksiz narsalarni dasturxon ustidan olib qo‘yishni so‘rang.
77
3,489
Ayollar
Sochlarning tezda yog‘lanishiga sabab bo‘ladigan 6 ta zararli odat
Faqat omadli ayollargina haftada bir necha marta sochlarni yuvishga muvaffaq bo‘ladi. Ko‘pchilik buni deyarli har kuni amalga oshiradi. Afsuski, buning  sababi bosh terisining yog‘lanishini oshiradigan odatlarda. Sochlarga tez-tez tegish Qo‘llar bilan doim ham yuzga teginavermaslik hammaga ma’lum, chunki turli xil infeksiyalar yuz terisida turli xil toshma va husnbuzarlar toshishiga olib keladi. Xuddi shu qoida sochlar uchun ham amal qiladi. Agar doimo sochlarni qo‘l bilan to‘g‘rilab turilsa, epiteliy zarralari va yog‘ bezlarining sekretsiyasi tufayli sochlar darhol yog‘lanadi. Ko‘p yuvish Afsuski, sochni har kuni yuvish faqat yog‘ sekretsiyasi jarayonini tezlashtiradi. Gap shundaki, shampun bosh terisidan tabiiy yog‘ni yuvadi va yog‘ bezlari uning yetishmasligini qoplash uchun tezroq ishlay boshlaydi. Soch konditsioneridan foydalanish Soch konditsioneridan foydalanish nafaqat mumkin, balki zarurdir, ammo kichik ogohlantirish bilan: Soch turiga qarab to‘g‘ri mahsulotni tanlash va uni hech qachon ildizlarga surmaslik tavsiya etiladi. Socha tarog‘ining toza emasligi Soch tarog‘i qanchalik tez-tez tozalanishi va yuvilishi kerak? Buni muntazam ravishda qilish kerak, chunki nafaqat tushgan sochlar tishlariga, balki kosmetika qoldiqlari va epiteliya zarralari ham tushadi. Bularning barchasi chang va kir bilan aralashtiriladi, so‘ngra tarash paytida toza sochlarga tushadi. Soch turmaklash mahsulotlari Sochni turmaklash juda oson. Ammo esda tutish kerakki, ba’zi kosmetik vositalar bosh terisi teshiklarini yopishi va sochlarga joylashishi mumkin. Shunday qilib, lak shunchalik yopishadiki, uni butunlay olib tashlash uchun 2-4 marta yuvish kerak bo‘ladi. Kosmetikani noto‘g‘ri tanlash Agar soch juda tez kirlansa, zaxirani ko‘rib chiqish vaqti keldi, balki mos kelmagan kosmetikadan foydalanganlik bo‘lishi mumkin. Yog‘lanish kuchaysa, yengil formulali soch mahsulotlarini tanlash hamda “jilo beruvchi” va “namlovchi” so‘zlarini o‘z ichiga olgan vositalardan saqlanish lozim.
66
1,993
Ayollar
Nima uchun sochlarni tez-tez yuvmaslik kerak? Bunga shampunning aloqasi bormi?
Go‘zallik va tozalikni saqlab qolish aksariyat ayollarning asosiy vazifasiga aylangan. Buning uchun qimmat shampun, niqob va zardobdan foydalanishadi. Ushbu vositalar haqiqatan ham kerakmi yoki yo‘qligini quyidagi ma’lumotlar orqali bilib olishingiz mumkin. Sochlarni tez-tez yuvish kerakmi? Sochlarni har kuni yuvish kerakligi haqida keng tarqalgan afsona bor. Shampunning vazifasi sochlarni hid, ter yoki yog‘dan tozalashdir. Oddiy bosh terisi yuvilgandan keyin ikkinchi kunning oxiriga kelib sochlar yog‘li bo‘la boshlaydi. Agar bu odatdagidan erta sodir bo‘lsa, darhol trixologga murojaat qilish kerak. Shifokor yog‘ bezlarining faoliyatini tartibga solishga yordam beradi. Ko‘pchilik buni har kuni yuz va qo‘llarni yuvish bilan bir xil kundalik odat deb bahslashadi. Ammo bosh terisi va yuzning pH darajasi, himoya funksiyasi boshqacha. Bundan tashqari, yuvinish gellarida ishlatiladigan formulalar sochlardagi kirni yuva olmaydi va shuning uchun komponentlar shampunlarda salbiy ta’sirga ega bo‘ladi. Eng ishonchli usul – sochni darhol yuvmaslik kerak. Haqiqatan ham soch ildizlari yog‘lanmaguncha kutish kerak. Sochni qanday qilib to‘g‘ri yuvish kerak? Internet olamida shampunni ikki marta qo‘llashni maslahat berishadi. Birinchi yondashuvda kir yuvilsa, ikkinchisida esa sochlar yog‘dan tozalanadi. Birinchidan, yaxshi shampun bir vaqtning o‘zida hamma narsani yuvadi, ikkinchidan, bosh terisidagi yog‘ muhim va zarur vazifani bajaradi. Yog‘ bezlari terining qurishidan himoya qiladi va normal o‘sishi uchun soch follikulalarini oziqlantiradi. Agar teri qurisa, qazg‘oq va qichishish paydo bo‘ladi va yog‘ bezlarining normal faoliyatini tiklash oson kechmaydi. Nima uchun tozalashda moylardan foydalanish kerak? Tozalash va yuvish bir narsani anglatmaydi. Shampun – bu chang va kirni bartaraf etadi, tozalashni esa boshqa yo‘l bilan ham amalga oshirish mumkin. Misol uchun, yuvishdan oldin sochlarga qo‘llanadigan bosh terisi moylari mavjud. Moyning tozalash uchun ishlatilishi g‘alati tuyiladi, lekin bu efir moylari bo‘lib, tozalash uchun ayni muddao. Mahsulotning vazifasi shundaki, u bosh terisida himoya qobig‘ini hosil qiladi, bu terini shampunning agressiv moddalaridan himoya qiladi va sochlarni yuvish uchun tayyorlaydi. Sochlarini tez-tez shampun bilan yuvishdan ataylab bosh tortadigan odamlar bor. Jingalak sochlarga shampun yanada hajm berib yuboradi. Shuning uchun jingalak soch egalari birinchi navbatda quruq sochlarga konditsioner surtadi va keyin ularni oddiy suv bilan yuvib tashlaydi. Ammo ushbu usul shampunni butunlay rad etishni anglatmaydi, u haftada bir marta faqat bosh terisini tozalash uchun qo‘llanadi.
78
2,641
Ayollar
Dunyoning eng ko‘p haq to‘lanuvchi modellaridan biri Kendall Jennerning qiyofasi 10 yil ichida qanchalik o‘zgardi?
Kendall Jenner dunyodagi mashhur va eng ko‘p haq to‘lanadigan modellardan biri hisoblanadi. U karyerasi mehnatsevarligi, familyasi va esda qolarli tashqi ko‘rinishi sabab ham muvaffaqiyatga uchragan. Tabiatan chiroyli bo‘lgan modelning muxlislari u labini kattalashtirgan va rinoplastika qilgan, deb taxmin qiladi. Shuningdek, boshqa plastik operatsiyalarni ham qildirgan, degan fikrlar yo‘q emas. Kendallning o‘zi bir umr husnbuzar hamda terisidagi muammolar bilan kurashgan va ushbu muammolardan qutulishga yordam beradigan kosmetik kompaniyalarning yuzi bo‘lgan. Harper’s Bazaar nashri Kendallning so‘nggi 10 yil ichida tashqi ko‘rinishidagi o‘zgarishlarini bilish mumkin bo‘lgan suratlarni e’lon qildi. Unda modelning oxirgi vaqtlarda yorqin va e’tibor jalb qiladigan makiyajlarni bas qilgani, sochlarini  kaltalagani va ko‘pincha yig‘gan holda namoyon bo‘layotganini ko‘rish mumkin.
114
888
Ayollar
Film qahramonlari tomonidan taqilganidan keyin tarixda afsona bo‘lib qolgan taqinchoqlar
Millionlab tomoshabin va muxlislar qalbidan joy olgan filmlarning nafaqat sujeti, aktyorlar mahorati, balki har bir detali yoddan chiqmasligi aniq. Ayniqsa, haqiqatan ham o‘ziga xos dizaynga ega va nozik did bilan yaratilgan bo‘lsa. “Janoblar malla sochlarni xush ko‘radi” filmida Loreley Li taqqan taqinchog‘i Merlin Monroning har gal efirda chiqishi o‘ziga xos voqea bo‘lgan, lekin “Janoblar malla sochlarni xush ko‘radi” filmi muxlislar qalbidan joy olgan. Ayniqsa, aktrisaning pushti libosda qo‘shiq kuylab, raqsga tushgan sahnasi esda qolarli bo‘lgan. Madonna Material girl qo‘shig‘idagi klipda ushbu obrazni ko‘chirgan. Ushbu obraz haqida gap ketganda brilliant taqinchoqqa alohida to‘xtalish kerak, chunki usiz ko‘rinish to‘liq bo‘lmas edi. Ko‘zni qamashtiradigan ushbu taqinchoq haligacha barcha qizlarning orzusi hisoblanadi, zargarlar esa undan nusxa olishdan charchamaydi. “Tiffanidagi nonushta” filmidagi Xolli Golaytli taqqan taqinchoq Trumen Kapot asarining ekranizatsiyasi “Tiffanidagi nonushta” filmida Odri Xepbyorn ijrosidagi qahramon taqqan taqinchoq haligacha qiz va ayollar uchun sevimli aksessuarlardan biri hisoblanadi. Givenchy brendidan taqdim qilingan qora libos va taqinchoq umumlashmasidan tashkil topgan obraz esa filmdan keyin bir juda ham ko‘p takrorlangan. “Yoqimtoy ayol” filmidagi Vivenning marjoni Mazkur film sevgi borasida hech qanday ijtimoiy kelib chiqish rol o‘ynamasligini isboti hisoblanadi. Unda Richard Gir gavdalantirgan qahramon operaga borishidan avval Juliya ijro qilgan qahramon qizga dabdabali oqshom libosi va yoqut hamda brilliantlar bilan bezatilgan taqinchoq tanlab beradi. Film ekran yuzini ko‘rganiga 30 yil bo‘lganiga qaramay, bugungi kungacha ayollar sevimli insonidan shunday sovg‘a qabul qilishni istaydi. “Titanik”da Rouz taqqan taqinchoq Jeyms Kemeronning filmida “Ummon qalbi” deb atalgan, sujet so‘ngida dengizga tashlab yuborilgan taqinchoq “Titanik”ning voqealar davomiyligi va Keyt Uinsletning obrazida ham o‘ziga xos rol o‘ynagan. Shundan keyin Vetements brendi tomonidan taqinchoqning dizayni takrorlangan nusxasi taqdim qilingan. Filmga saundtrek kuylagan Selin Dion aynan ushbu taqinchoqni taqib, ko‘rinish bergan va muxlislari ko‘zini quvnatgan.
88
2,221
Ayollar
Kir yuvish mashinasini yomon hiddan tozalashning sinalgan usullari
Quyida kir yuvish mashinasi nima uchun yomon hidlanishi va qanday vositalar muammoni hal qilishi mumkinligi haqida bilib olasiz. Kir yuvish mashinasidan yomon hidni qanday ketkazish mumkin? Sirka yordamida Sirka kislotasi dog‘, mog‘or, cho‘kindi bilan yaxshi kurashadi, mukammal dezinfeksiya qiladi, ichki qismlarga zarar bermaydi. Lotokka ikki osh qoshiq tozalagich qo‘shing, yuvish davrini 90 gradusga qo‘ying. Startdan so‘ng pauza tugmasini bosib, 45-60 daqiqadan so‘ng jarayonni davom ettirish kerak. Mashinaning barcha qismlarini sirkali suv bilan artish ham foydalidir: baraban, rezina, lotok. Tozalashdan so‘ng bo‘sh rejimni ishga tushirish tavsiya etiladi. Ichimlik sodasi yordamida Soda dezinfeksiyalovchi ta'sirga ega, shilimshiq, kir va mog‘ordan xalos bo‘lishga yordam beradi. Profilaktik maqsadlarda kir yuvish kukuni bilan birga bir osh qoshiq soda qo‘shishingiz mumkin. Agar mashinadan kuchli, doimiy hidi kelayotgan bo‘lsa, unda lotokka 6 osh qoshiq soda quyishingiz kerak, nozik yuvish rejimini 30 daraja haroratda boshlang. Shundan so‘ng haroratni 60 darajaga ko‘taring, bir qoshiq sirka qo‘shing, yana bir marta qurilmani bo‘sh rejimga o‘tkazing. Limon kislotasi yordamida Ushbu vosita isitish qurilmasidagi qasmoqni ketkazishga yordam beradi, shuningdek, dezinfeksiyalash xususiyatiga ega. Limon kislotasi (100 g) kukun bo‘linmasiga quyilishi kerak, 90 daraja haroratni tanlang, avtomatik mashinani bo‘sh rejimga qo‘ying. Jarayon oxirida rezina tasmani quitib, eshik va lotokni ochiq qoldirish tavsiya etiladi. Idish yuvish tabletkalari yordamida Tabletkalar aslida idishlarni yog‘ va oziq-ovqat kirlaridan tozalash uchun mo‘ljallangan, patogen florani o‘ldiradi, zangdan himoya qiladi. Idishlarni yuvish uchun mo‘ljallangan tabletkalarni kir yuvish mashinasini tozalash uchun ham ishlatilishi mumkin. 5 ta tabletkani solib, yuvish rejimini 90 gradusda yoqing, yuvishni boshlang. Shundan so‘ng mashina eshigini ochiq qoldiring. Idish yuvadigan gel yordamida Hidi birinchi marta paydo bo‘lganda, mashinani idish yuvish vositasi bilan tozalashingiz mumkin. 1 osh qoshiqni bir litr iliq suvda eritib, matoni namlang va barcha muammoli joylarni arting. Ko‘pikni toza suv bilan yuvib tashlang, qurib artib olgacha, lyuk va lotokni ochiq qoldiring. Kimyoviy vositalar yordamida Agar xalqona usullar yordam bermasa, kir yuvish mashinalari uchun maxsus kimyoviy moddalardan foydalanishingiz mumkin. Ishlatishdan oldin qurilmaga zarar yetkazmaslik uchun ko‘rsatmalarni diqqat bilan o‘qib chiqishingiz va tavsiyalarga qat’iy amal qilishingiz lozim. Kompleks tozalash Profilaktika
66
2,590
Ayollar
Sochlarni tezroq o‘stirish xususiyatiga ega bo‘lgan mahsulotlar
Sog‘lom sochlargina chiroyli ko‘rinishga ega bo‘ladi. Bu ularning qalin, yorqin va uzunligiga ko‘ra namoyon bo‘ladi. Albatta, kosmetologlar tavsiya etadigan qimmatbaho shampun va niqoblar ham foydali bo‘lishi mumkin, lekin bu birinichi navbatda tashqi ta’sir hisoblanadi. Shuningdek, sochlar uchun muolajada avvalo, ratsionga foydali mahsulotlar kiritish va ularning iste’moli tufayli yaxshi natijaga ham erishish mumkin. Losos balig‘i Losos balig‘i – D vitamini, omega-3 yog‘ kislotalarining omboridir. Bularning barchasi sochga yorqinlik bag‘ishlaydi. Soch follikulalarini hujayra darajasida mustahkamlaydigan mikroelementlar bo‘lib, ularning tez o‘sishiga yordam beradi. Bundan tashqari, mahsulot tarkibida B12 vitamini va temir moddasi mavjud bo‘lib, ular bosh terisini yaxshilaydi. Sariq bulg‘ori qalampiri Sochlarni tovlanmasligining yana bir sababi – stress. Sressga qarshi kurashish va immunitetni mustahkamlashda sariq bulg‘ori qalampiri apelsinlarga qaraganda besh baravar ko‘proq samara beradi. Salatlarga oz miqdorda qo‘shilgan sariq bulg‘ori qalampiri soch follikulalarini tiklaydi va soch tolasining gullashini oldini oladi. Dengiz mollyuskasi Sink moddasi oqsil almashinuvining muhim tarkibiy qismi sifatida sochlar uchun juda zarur. Bundan tashqari, sink tufayli ular yanada qalinlashadi. Tanadagi ushbu elementlarning zaxirasini to‘ldirish uchun dengiz mollyuskasini iste’mol qilish tavsiya etiladi. Uning bir donasi tanada bir kunlik sink miqdori bilan ta’minlaydi. Tuxum Tuxum, oqsil, biotin va B12 manbasi hisoblanadi. Shuningdek, tuxum sarig‘i ham soch uchun alohida ahamiyatga ega. Lekin juda ko‘p iste’mol qilish boshqa noxush holatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun uning iste’molini haftasiga 3 donadan oshirmaslik tavsiya etiladi. Bodom Bodom hujayra membranalari uchun foydali bo‘lgan yog‘ kislotalarining manbasidir. Ular hujayra ichidagi namlikni saqlashga yordam beradi, sochlarning suvsizlanishga yo‘l qo‘ymaydi. Shuningdek, erta qarishning ham oldini oladi. Bodomning o‘zini ko‘p miqdorda iste’mol qilishdan saqlanish zarur. Uni salatlar yoki shirinliklar tarkibida tanovul qilish ham yaxshi samara beradi. Pista Pistaning alohida ahamiyati E vitamini bo‘lib, u nafaqat yurakning me’yorida ishlashi va qon tomirlarining sog‘lig‘ini qo‘llab-quvvatlaydi, balki hujayralararo modda almashinuv jarayonini faollashtiradi. Bundan tashqari, urug‘lar selenga boy bo‘lib, u zararli ultrabinafsha nurlanishidan va atrof-muhitning boshqa salbiy omillarida tabiiy himoya qiladi. Kartoshka Kartoshka tarkibida qimmatbaho beta-karotinlar, tabiiy yoshlik eleksiri va A vitaminining xavfsiz manbasi mavjud. Uning yetishmovchiligi bosh terisi po‘stlog‘i va soch tolasi siyraklashishiga olib keladi. Sochlarning sog‘lig‘i uchun hujayra darajasida mas’ul bolgan beta-karotinlar sabzi va o‘riklarda ham uchraydi. Ammo kartoshkada boshqa foydali elementlar ham mavjud. Avokado Dietologlarning eng sevimli mahsulotlaridan biri – turli xil vitamin va minerallarga boy avokadodir. Uning tarkibida A, C, E, D, P va K vitaminlari mavjud. Haftasiga 1-2 marta avokado iste’mol qilish sochlarning o‘sishi va yangilanishini rag‘batlantiradi. Quruqlik va mo‘rtlikdan himoyalaydi.
63
3,202
Ayollar
Toshkentda bolalar moda festivali boshlandi (fotogalereya)
29-may kuni Toshkentdagi Yoshlar ijod saroyida bolalar va o‘smirlarga moʻljallangan “Bolajonlar — shirintoylar” bolalar moda festivali o‘z ishini boshladi. Festivalning dastlabki kuni — Fashion Industry show’da yetakchi mahalliy trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tikuvchilik korxonalari tayyorlagan bolalar uchun mavsumiy toʻplamlar mahoratli dizaynerlar tomonidan taqdim etildi. Istiqlol (Namangan), Samarkand Apparel (Samarqand), Afrosiyob Jeans (Samarqand), Nil Granit (Andijon), Azalea Garment (Toshkent viloyati, Piskent) korxonalarida ishlab chiqarilgan 200 komplektdan iborat liboslar “Tantana” va Fashion Lab bolalar ijodiy studiyalarining yosh modellari, shuningdek, “Kolibri” art-byurosi va “Oltin qanot” moda maktabi tarbiyalanuvchilari tomonidan tomoshabinlar e’tiboriga havola qilindi. Festivalda 450 dan ortiq libos namunalari namoyish etiladi. Kolleksiyalar tanlovi uch bosqichda o‘tkazildi. Tanlov natijalariga ko‘ra 60 dizaynerning 42 ta liboslar to‘plami saralab olindi. Dizaynerlar kollektsiyasi 2,5 yoshdan 13 yoshgacha  bo‘lgan 220 dan ortiq yosh moddellar tomonidan namoyish etiladi. Bugun, 30-may kuni bo‘lib o‘tishi kutilayotgan #beyoung for baby defilesida dizayner yo‘nalishidagi oliygohlar talabalari, kollej o‘quvchilari, alohida faoliyat yuritayotgan dizaynerlar tomonidan yaratilgan liboslar namoyish qilinadi.
58
1,351
Ayollar
“Juda arzon va xavfsiz”: kosmetologlar mijozlarni qanday aldaydi?
Yuz terisidagi mumammo tufayli kosmetologlar mijozlarga bir qancha takliflar bildiradi. Ularning orasida mijoz uchun foydalilari, shuningdek, yolg‘on aralashgani tufayli zararlilari ham bo‘ladi. Mos mo‘lmagan muolaja tavsiya etiladi Bunday vaqtda mutaxassis bor diqqatini birinchi navbatda klinikada mavjud bo‘lgan davolash vositalariga qaratadi. Nozik va quruq teri egalari maslahatlashish uchun kosmetologiyaga tashrif buyurganda, kosmetolog unga o‘zidagi vositalarga qarabgina tavsiya beradi. Terining quruqligi va muammoli ekani esa ikkinchi masalaga aylanadi. Shu tarzda davolanish rejasi tuziladi, qanday bo‘lmasin mijozni muolaja olishga ko‘ndiradi. Aslida esa bunday hollarda mijozni qayerga borishi va uning uchun nimalar muhimligini bildirib o‘tish kerak. Shundagina mablag‘, vaqt va eng asosiysi, yuz terisi zarar ko‘rmaydi. Shuningdek, mijoz ham kosmetolog huzurida darrov taklif qilingan muolajaga rozi bo‘lmasligi kerak. Reja bilan tanishib chiqilgandan so‘ng, bu haqda yaxshilab o‘ylash, internetdan boshqa ma’lumotlarni izlab ko‘rish va boshqa mutaxassis bilan ham fikr almashish zarur. Arzon muolaja tavsiya etiladi Ma’lumki, uzoq vaqtdan buyon har qanday sohada inqiroz yuz berayotgani sir emas. Faoliyatning susayishi, shu jumladan, kosmetologiyada ham kuzatilmoqda. Insonlar pulni tejashga harakat qilmoqda. Go‘zallik muolajalari ham bundan mustasno emas. Lekin aksariyat ayollar inqirozda ham kosmetologiya bilan aloqani uzmaydi. Umuman, muolaja bilan bog‘liq savollarga javob berish davomida kosmetolog arzonroq davolash choralarini taklif qiladi. Buning uchun ko‘pincha xavfli va sertifikatlanmagan dorilar yoziladi. Bu o‘z o‘rnida kosmetologning ishlashida ham qiyinchilik tug‘dirsa, mijozning hayotiga xavf solishi mumkin. Ammo mutaxassislar mijozni iloji boricha o‘z so‘zlariga ishontirish va undan foyda olish barobarida, muolajalarga bo‘lgan ishonchsizlik hamda xavf tug‘diradi. Buning uchun birinchi navbatda rasman tasdiqlangan kosmetologiyaga tashrif buyurish kerak. Ular har qanday muolajalar uchun javobgar hisoblanadi. Uyga chaqirilgan kosmetologda esa hech qanday huquqlar bo‘lmaydi. Asoratlar qolgan taqdirda ham shifokorni ayblashning imkoni bo‘lmaydi. Muolaja haqida hujjatlar mavjud bo‘lishi kerak. Bu dalil sifatida xizmat qiladi. Unda dorilarning nomlari bo‘lishi kerak. Agar bu kabi hujjatni imzolash taklif etilmagan bo‘lsa, unda yaxshilab o‘ylab ko‘rish lozim. Muolajadan avval va keyin suratga tushish kerak. Shuningdek, foydalanilgan preparatlarni ham suratga olish tavsiya etiladi. Har bir jarayon suratga olinsa, keyinchlik muammo paydo bo‘lganida ham uni isbotlash oson bo‘ladi. Barcha muolajalarda sertifikat talab etilishi kerak. Sertifikatda dori nomi, yaroqlilik muddati, partiyasi va partiyaning raqami ko‘rsatilishi muhim. Qutidagi va sertifikatdagi raqamlar esa bir-biriga mos kelishi kerak. Tejamkorlik uchun kamroq muolajadan foydalanish Ma’lumki, muolaja vaqtida foydalanadigan qurilmalar valyuta kursi bilan bog‘liq bo‘lib, u har qanday vaqtda narxning ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi. Shuningdek, muolajalar bir marotaba amalga oshirilishi bilan ta’sir qilmasligi mumkin. Buning uchun bir kurs muolaja tavsiya etiladi. Shuningdek, har bir jarayon turli vaqt oralig‘ida ta’sir jarayonini namoyon etadi. Bu vatqda mijoz uzoq kutmalsigi, ammo mutaxassis undan foydalanib qolishni istaydi. Shuning uchun ham qisqa muddat ichida samarasiz muolajani amalga oshiradi. Muolaja yoki preparatning ahamiyati Masalan, kosmetolog tomonidan arzon muolajalar ham qimmatlaridan kam emasligi ta’kidlanadi. Ammo mijoz bunday vaqtda biroz bilimga ega bo‘lishi, o‘zidagi holat haqida hech bo‘lmaganda internet ma’lumotlaridan foydalanib o‘rgansa, vaziyat boshqacha tus olishi mumkin. Bunday vaqtda kosmetologning tavsiyasiga nisbatan fikr bildirish mumkin. Albatta, narxlar orasidagi farq ularning samaralilik darajasini belgilashi tabiiy. Muammoni hal etish uchun turli xil muolajani tavsiya etish Ammo har qanday muammoni ham muolaja yordamida davolab bo‘lmaydi. Masalan, qarigan ayollar yuzidagi ajinlar, ko‘z ostida terining osilishi kabi holatlar vaqt o‘tgani sayin tabiiy ravishda o‘z holatini o‘zgartiradi. Garchi ularni bartaraf etish uchun turli xil qimmatbaho muolajalardan foydalanish ham vaqtinchalik hisoblanadi. Muolaja ta’sirining haqiqiy davomiyligi haqida ma’lumot berilmaydi “Ta’sir qachongacha davom etadi?” degan savollar mutaxassislarga yoqmasligi tabiiy. Ammo bu kabi muolajalarning umri abadiy emas. Masalan, blefaroplastikaning ta’siri besh yil. Osilgan qovoqni bir marta olib tashlash butun umrga yetadi degani emas. Qayta-qayta muolaja esa keyinchalik zarar berishi mumkin. Mutaxassislar bu haqda sir tutsada, har bir muolaja amal qilish muddatiga ega. Masalan, ayrim muolaja 3-4 oy davom etishi, kimgadir esa 2 oydan ham kamroqqa yetishi mumkin. Yoshga mos bo‘lmagan muolaja Yosh qiz yuzidagi ajinlardan shikoyat qilganida, kuchli ta’sirga ega muolajalar tavsiya etiladi. Bu borada mijozga bor haqiqatni tushuntirish biroz qiyinligi sababli, ularning zararidan ogohlantirlmagan holda kuchli vositalarni qo‘llash jarayoni boshlanadi. Ammo ular odatda 45 yoshdan o‘tgan ayollarga tavsiya etilishi kerak. Mijoz vaqt o‘tib, muammolarning ikki baravarga ortganidan arz qilganida, kosmetologlar aybni osongina mijozning o‘ziga yuklash bilan qutuladi. Reabilitatsiya shartlari haqida aytilmaydi Odatda tug‘ilgan kun yoki bayram uchun o‘zgarishni istagan ayollar o‘sha vaqtga yaqin kosmetologga murojaat qiladi. Ammo mutaxassis tomonidan ularga faqatgina muolaja foydalari haqida gapiriladi. Ulardan qolgan kuyish, shish va qizarish necha kunda bartaraf etilishi esa aytilmaydi. Natijada erta tongda uyg‘onib, katta o‘zgarishni kutgan ayollarning xafsalasi pir bo‘ladi. Agar ushbu holat ikki hafta yoki undan ko‘proq davom etishi ma’lum bo‘lsa, har qanday mijoz buni rad etishi tabiiy. Og‘riqdan ogohlantirilmaydi Bunda kosmetolog tomonidan biroz og‘riqli bo‘lishi, unga chidashning imkoni borligi aytiladi, xolos. Ammo har kimning sezgirlik darajasi har xil. Bunday vaqtda ayolning gormonal holati ham inobatga olinishi zarur. Agar bunday vaqtda kasallik holati yoki stress jarayoni davom etsa, og‘riq yanada kuchli va zararli bo‘lishi mumkin.
65
6,206
Ayollar
Sinalgan 7 usul: Labni ukolsiz kattalashtirish bo‘yicha tavsiyalar
Lab kattaroq ko‘rinishi va rangidan ko‘ngil to‘lishi uchun go‘zallik ukollaridan foydalanish shart emas. Qon aylanishini yaxshilab, odatdagidan sezilarliroq natijaga erishish mumkin bo‘lgan tavsiyalar bilan bo‘lishamiz. Tish cho‘tkasi yordamida Cho‘tkasi yumshoq bo‘lgan quruq tish yuvish cho‘tkasini olib, qiziganini sezmaguningizcha labingiz bo‘ylab harakatlantiring. Buning uchun alohida yangi cho‘tkadan foydalanish tavsiya qilinadi. Tish cho‘tkasi bilan massaj amalga oshirilganidan keyin kompress qilish kerak: mentolli yog‘ga botirib olingan salfetkani labingiz ustiga 10 daqiqaga qo‘yib qo‘ying. Massaj va kompresslar Massajni har kuni amalga oshirish kerak, shundagina ijobiy natija kuzatiladi. Muz bo‘lagi solingan matoni labga qo‘yib, harakatlantiring, muz qon sirkulyatsiyasini yaxshilaydi. Keyin kontrast massaj qilish kerak: issiq suv bilan ho‘llangan mato, undan keyin bo‘lsa muz bo‘lagini ketma-ketlikda labga qo‘yish kerak. Har kuni yotishdan avval mazkur tavsiyaga amal qilinsa, bir necha haftadan keyin o‘zgarish bo‘lganini payqash mumkin bo‘ladi. Skrab Skrabdan muntazam foydalanish eski qurigan terini tushirib yangilanishiga sababchi bo‘ladi. Pomada yaxshi surtiladi va lab kattaroq ko‘rinadi. Tayyor skrabdan foydalanish yoki uy sharoitida tayyorlash ham mumkin. Buning uchun qahva, shakar, suli yormasini kokos, zaytun yoki avokado yog‘i bilan aralashtirish kifoya. Skrabni labga surtib, 5 daqiqadan keyin yuvib tashlash kerak. Keyin gigiyenik pomada yoki krem surtishni unutmang. Muolajani 10-12 kunda takrorlab turish tavsiya qilinadi. Qizdiradigan mahsulot yoki vositalardan foydalanish Yalpiz yog‘i, dolchin (koritsa) yoki qalampirga zaytun yoki kokos yog‘ini qo‘shing. Aralashmani labingizga surting va diskomfort his qilishingiz bilan yuvib tashlang. Mashqlar bajarish orqali Yosh o‘tishi bilan lab va lab atrofi burchagida o‘zgarishlar kuzatiladi. Ajin tushishining oldini olish va lab shakli o‘zgarib qolmasligi uchun bir qator mashqlarni bajarish kerak. “O‘rdakcha” mashqi Ikkala qo‘lingizning birinchi va ikkinchi barmog‘i bilan labning tepa va pastki qismini ushlab, birlashtiring. Labingizni oldinga va orqaga harakatlantiring. “U” harfini talaffuz qilgandek harakatga kelishi kerak. Mashqni 20 marta takrorlang. Mashq qilish uchun mo‘ljallangan steril buyumni lablaringiz orasiga qo‘ying va o‘ngga va chapga harakatlantiring. 20 soniya davomida 15 marta takrorlang. Makiyaj Lablar kattaroq tuyulishi uchun och, yorqin va tabiiy ranglardan foydalaning. Yanada ko‘proq natijaga erishish uchun quyidagilarga amal qiling: Labni shishirish xususiyatiga ega bo‘lgan bleskdan foydalaning Blesk labni shishirishi uchun uning tarkibida qalampir ekstrakti yoki mentol bo‘lishi kerak. Uni surtgandan keyin qon sirkulyatsiyasi o‘zgarib, labda qizish yoki muzlagandek his paydo bo‘ladi va shishadi. Ammo bleskning o‘zi bilan cheklanish tavsiya qilinmaydi, yuqoridagi tavsiyalar ketma-ketligiga amal qilish kerak.
66
2,937
Ayollar
Homilador Jiji Hadidning eng yorqin obrazlari (foto)
Model Jiji Hadidning farzand kutayotgani haqida mish-mishlar aprel oxirida tarqala boshlagandi. Mish-mishlar haqiqat ekani esa modelning The Tonight Show uchun bergan intervyusida o‘z tasdig‘ini topdi. Unda Hadid, xonanda Zeyn Malik bilan haqiqatan ham farzand kutayotganlarini bildirgan. Qolgan detallar, xususan, fevral oyida bo‘lib o‘tgan moda chiqishlarida homila bir necha oylik bo‘lgani haqidagi ma’lumotlarni Jiji Instagram’da ma’lum qilgan.  Jiji Hadid va Zeyn Malik farzandli bo‘ladi Vogue nashrining ta’kidlashicha, qishki mavsumda model Nyu-York, London, Milan, Parij va Los-Anjelesda bo‘lib o‘tgan 14 ta shouda ishtirok etgan. Marc Jacobs, Tom Ford, Proenza Schouler, Burberry, Versace, Moschino, Prada, Fendi, Missoni, OffWhite, Lanvin, Chloé, Isabel Marant va Miu Miu brendlari nomidan chiqish qilgan Jijining, homiladorligi hech kimning hayoliga ham kelmagan. Bunga model faoliyat jadvali va qomatida o‘zgarish bo‘lmagani sabab bo‘lgan. Chiqishlar davomida darhaqiqat o‘zgarish sezilmaganini quyidagi fotolardan ham bilish mumkin.
52
1,046
Ayollar
Kuzda sayohatga chiqish uchun 5 ta sabab
Chiptalar narxlarining pastligi, odamlarning kamligi, ob-havoning qulayligi — biz sizga nima uchun mavsumlar o‘rtasida sayohat qilish ajoyibligi to‘g‘risida aytib bermoqchimiz. Chiptalar va mehmonxonalar narxlarining pastligi Ta’tillar mavsumi tamom bo‘ldi, shuning uchun ko‘pchilik aviakompaniyalar va mehmonxonalar narxlarni pasaytiradi — juda foydali takliflarni topish mumkin. Eng qiziqarli yo‘nalishlarga arzon chiptalarni o‘tkazib yubormaslik uchun aviakompaniyalarning xabarnomalariga obuna bo‘ling. Ajoyib kuz tabiati Kuz sayohat qilish uchun yilning eng chiroyli fasli bo‘lsa kerak. Siz qayerga borishni xohlashingizning ahamiyati yo‘q — Yevropadagi kattaroq shaharlardan birigami yoki O‘zbekistonning boshqa viloyatlarigami. Sizni hamma joyda kuzgi yorqin barglar qarshi oladi. Bo‘m-bo‘sh turistik joylar Kuzda Eyfel minorasi fonida atrofdagi turistlarsiz rasmga tushish imkoni bor. Eng mashhur turistik yo‘nalishlar bo‘ylab sayr qilish juda maza — sayohatchilar to‘dasi orasidan zo‘rg‘a o‘tib olishga to‘g‘ri kelmaydi. Bundan tashqari, kuzda shaharga mahalliy yashovchilar ko‘zi bilan qarash mumkin: shahar bozoriga borish, bironta kafeda o‘tirib issiq ichimlik ichish va shoshilmasdan shahar hayotini kuzatish mumkin. Qulay ob-havo Kuzgi ob-havo haddan tashqari issiq yoki sovuqni ko‘tara olmaydigan sayohatchilar uchun juda mos keladi. Shaharlar allaqachon yozgi jaziramadan sovishga ulgurdi, lekin havo harorati hali noldan pastga tushgani yo‘q. Mashhur restoran va mehmonxonalarda bo‘sh joylarning ko‘pligi Yozgi shov-shuvlardan keyin hatto eng mashhur joylarga bo‘lgan talablar ham tushib ketdi. Sizda shaharning eng mashhur restoranida ovqatlanish yoki biron-bir o‘zgacha mehmonxonada yashashga imkoniyat bo‘ladi. Manba: The Challenger
40
1,754
Ayollar
Charm bilan esda qolarli 5 obraz (foto)
Charm liboslar, aksessuar va oyoq kiyimlar hamisha trendda. “Haip.info” qanday charm kiyimlar ushbu mavsumda urfda ekaniga to‘xtaldi. Kombinezon Fashionsevarlar trendda bo‘lishlari uchun garderoblariga charm kombinezonni qo‘shishlari kerak. Uni vodolazka, futbolka yoki toplar bilan moslash mumkin. Ustidan trench, oversize pidjak kiyish obrazni yana-da zamonaviy ko‘rsatadi. Klassik uchli tufli va bog‘ichli botinkalar charmga mos tushadi. Shortik Charm shortiklar 2019-yildayoq dolzarb bo‘lishga ulgurgan bo‘lsa-da, hali hamon ahamiyatini yo‘qotmagan. Shortik tanlaganda, bichimi va rangi rangingizga tushishiga e’tibor bering. Uni keng va kalta sviterlar hamda uzun botfordlar bilan moslash mumkin. Charm pidjak Charm pidjak bilan istalgan obrazni yakunlash mumkin. Printli yupqa ko‘ylak bilan ham, jinsi shim yoki yubka bilan ham kiysa bo‘ladi. Ushbu pidjak ayniqsa, yomg‘irli bahor havosida ayni muddao. Charm yubka Charm yubkani ofis yoki kechki ziyofatlarga hech ikkilanmay kiysangiz bo‘ladi. Kundalik obraz uchun esa minimal uslubdagi futbolka yoki top bilan, oyog‘ingizga krossovka yoki keda bilan kiyishingiz mumkin. Charm obodok Ushbu aksessuar istalgan oddiy uslubga o‘ziga xoslik kiritadi. Ayniqsa, uni retro uslubidagi zirak va charm klatch bilan moslasangiz bormi, obrazingiz esda qolarli bo‘ladi.
39
1,317
Ayollar
Bir kunda qancha shakar iste’mol qilsa bo‘ladi?
Organizmda salomatlik bilan bog‘liq muammolarning kelib chiqishining oldini olish uchun qancha miqdorda shakar iste’mol qilish kerakligi haqida Elle nashri ma’lumot berib o‘tadi. Shakarning to‘g‘risini tanlang Shakarning qo‘shimchasi va tabiiysi o‘rtasidagi farqni bilish kerak. Yaxshisi, asal va qiyomlarni iste’mol qiling. Masalan, mikroelement va kletchatkalarning koni hisoblangan xurmo shokolad va konfetlarning o‘rnini bosishi mumkin. Oq shakardan voz kechib, uning o‘rniga qiyom iste’mol qilish, shakar qo‘shiladigan mahsulotlardan ham cheklanish kerak. Me’yorni biling Kun davomida odam o‘rtacha 19 qoshiq shakar iste’mol qilishi kerak. Bu taxminan 300 kaloriyaga boy kechki ovqatga teng. Shakarga boy mahsulotlarni kanda qilmaslik vaziyatning nazoratdan chiqishiga olib keladi. Kun davomida qancha shakar yeyish mumkin? Kun davomida qancha shakar iste’mol qilish kerakligi haqida biror narsa deb bo‘lmaydi. Organizmning o‘ziga xosligidan kelib chiqib, hammaning shakar iste’mol miqdori turlicha bo‘ladi. Ammo nima bo‘lganda ham, me’yorni bilish, tiyilish kerak. Amerika kardiologiya ittifoqining ma’lumotiga ko‘ra, qo‘shimcha shakarning maksimal darajasi quyidagicha bo‘lishi kerak: Aksariyat mutaxassislar shakar iste’moli kuniga 10 foizdan ko‘paymasligi kerak deb hisoblaydi. Odam kuniga iste’mol qilinadigan mahsulotlar miqdori 2000 kaloriyadan oshmasligi kerak. Bu 150 gramm yoki 12,5 qoshiq shakarga teng bo‘ladi. Sog‘lom va faol organizm bunday miqdordagi shakarni hech qanday muammosiz hazm qiladi. Ammo ratsionda shakar qancha kam bo‘lsa, uni hazm qilish shuncha oson bo‘lishini unutmaslik kerak.
47
1,614
Ayollar
Jorjio Armani Ukrainadagi voqealar tufayli yangi modalar namoyishini musiqasiz, mutlaq sukunatda o‘tkazdi (video)
Milanda bo‘lib o‘tgan 2022–2023-yil kuz-qish mavsumining moda haftaligi yakunlandi. Ukrainadagi vaziyatga butun dunyo hayratda qolganiga qaramay, barcha moda namoyishlari belgilangan tartibda davom etdi. Garchi ko‘plab ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari dizaynerlarni ko‘rgazmani yaxshiroq vaqtga qoldirishga undagan bo‘lsa-da, Jorjio Armani shousini bekor qilmadi, balki Ukraina xalqiga o‘z hamdardligini boshqa yo‘l bilan ko‘rsatishga qaror qildi. 87 yoshli modelyer Ukrainada sodir bo‘layotgan fojiaga hurmat belgisi sifatida ko‘rgazmani musiqasiz o‘tkazdi. Modellar podium bo‘ylab mutlaq sukunatda, faqat qarsaklar ovozi va kamera chirog‘i ostida liboslarni namoyish etdi. Eslatib o‘tamiz, Gollivud yulduzlari Rayan Reynolds va Bleyk Layvli ukrainalik qochoqlar uchun million dollar xayriya qildi. Shuningdek, jahonga mashhur aktrisa Anjelina Joli ham Ukrainadagi vaziyatga munosabat bildirib, tinch aholiga yordam berishini ma’lum qilgandi. Aktrisa uzoq vaqtdan beri BMTning yaxshi niyat elchisi sifatida butun dunyo bo‘ylab qochqinlarni qo‘llab-quvvatlab keladi.
113
1,070
Ayollar
Biz nega kechikamiz va bu odatdan qanday qutulish mumkin?
Ba’zilar har doim va hamma joyga kechikadi. Ma’lum bo‘lishicha bunday odamlar tayyorlanishga va yo‘lga ketadigan vaqtlarini qanday rejalashtirishi bilan farq qilishar ekan. Amerikalik psixoterapevt Xelpmenning fikricha, odatda bunday odamlar yoki tayyorlanish vaqtida qilishlari kerak bo‘lganlarning hammasini hisobga olmaydi yoki har bir ish uchun qancha vaqt ketishini o‘ylab ko‘rmaydi. Surunkali kechikadigan odamlarga aniqlikka intilishni boshlashi uchun aniq sabab kerak bo‘ladi. “Ularga boshqalarning dilini og‘ritayotgani to‘g‘risidagi fikr odatda yordam bermaydi. Aksincha bu ularni yaxshi tushunmayotganliklari uchun xafagarchilikni keltirib chiqaradi,  —  deydi Xelpmen. — Aniqlik ularga nima berishini o‘zlari ko‘rishi kerak”. Muammoni idrok qilishning o‘zi undan qutulishga yordam bera olmaydi. Shuning uchun Xelpmen shunday mashq qilishni tavsiya qiladi. Odatda siz tayyorlanishga va yo‘lga qancha vaqt sarflashingizni yozing. Keyin tayyorlanish vaqtida qiladiganlaringizning hammasini ro‘yxat qiling va har bir ish uchun qancha vaqt ketishini hisoblab chiqing. Oxirida hammasini qo‘shing. Hammasini hisobga oldingizmi? Ko‘pincha biz yuvinish yoki pochtani tekshirish kabi ishlarga ancha vaqt ketsa ham ularga unchalik e’tibor bermaymiz. Biror joyga borishdan oldin qilishingiz kerak bo‘ladigan ishlaringizning ikkinchi ro‘yxatini tuzing va har birining yoniga bajarishga ketadigan maksimal vaqtni ko‘rsating. Ikkala ro‘yxatni solishtiring. Agar siz kechikishga odatlangan bo‘lsangiz, farqi ancha katta bo‘ladi. Endi o‘zingizga bog‘liq bo‘lmagan omillarni aniqlab oling: biror narsani unutgan va qaytib kelishga to‘g‘ri kelgan, avtobus kechikkan yoki siz tirbandlikda qolgan holatlar. Va bu holatlar qanday takrorlanishini hisobga oling. Yuz berishi mumkin bo‘lgan bunday voqealarning har biri uchun qo‘shimcha vaqt va yana 5 daqiqa har ehtimolga qarshi vaqt qo‘shing. Hafta davomida bu rejimga amal qilishga harakat qiling. Agar sizda baribir ko‘p vaqt ketayotgan bo‘lsa, sababini o‘ylab ko‘ring, ro‘yxatdagi har bir ishni boshqatdan ko‘rib chiqing. Har bir ish uchun haqiqatda qancha vaqt ketishini tushunganingizdan keyin sizga vaqtni to‘g‘ri hisobga olish va kechikmasdan aniq vaqtida borish oson bo‘ladi. Manba: Men’s Health
57
2,243
Ayollar
Diyeta va mashqlarsiz ozish
Sevimli djinsingiz sig‘may qolgan va bir necha qavatga chiqish ham nafas siqilishiga sabab bo‘layotgan bo‘lsa, ortiqcha bir necha kilogrammdan qutulishning ayni vaqtidir. Agar mashqlar uchun vaqtingiz yo‘q, diyetalarga esa amal qila olmasangiz, miyangizni “chalg‘itib”, kamroq yeyishning bir nechta oddiy usullari mavjud. Kichkina tarelkadan taom tanovvul qiling Tarelkangiz qanchalik katta bo‘lsa, unga shuncha ko‘p ovqat solasiz. Tabiiyki, ko‘proq yeysiz ham. Katta tarelkadan kamroq ovqat yesangiz, oz yegandek va to‘ymagandek bo‘lasiz. Tarelkani kichigiga almashtirsangiz undagi taomni tugatishingiz bilan o‘zingizni to‘q his qilasiz. Yoningizda doim suv olib yuring Biror ish bilan bandligingizda ko‘pincha o‘ylab ham o‘tirmasdan gazli suv yoki qahva bilan chanqog‘ingizni bosasiz. Yoningizda doim oddiy suv olib yurishga harakat qiling. Masalan, uni ish stolingizga qo‘yishingiz mumkin. Suv qo‘l cho‘zsa yetadigan masofada tursa, uni ko‘proq ichasiz. Kuniga 1,5—2 litr suv ichish esa moddalar almashinuvini yaxshilaydi, organizmni tozalab, yog‘ qatlamlaridan osonroq qutulish imkonini beradi. Rangi ovqat rangidan kuchli farqlanuvchi tarelkadan foydalaning Tarelka rangi taom rangi bilan mos tushganda siz avtomatik ravishda unga ko‘proq ovqat solasiz. Chunki miyangiz ovqat porsiyasini tarelkadan farqlashga qiynaladi.  Shuning uchun ko‘k yoki yashil rangli tarelkalardan foydalanishni tavsiya etamiz. Ular makaron yoki kartoshka rangidan yaxshigina farq qiladi (demak, ulardan kamroq solasiz). Foydali mahsulotlarni ko‘rinadigan joyda saqlang Masalan, mevalar yoki yong‘oq solingan idishni kirish eshigi yonidagi javonda yoki uydan chiqishdan oldin albatta yonidan o‘tadigan joyda saqlang. Shoshayotgan va och bo‘lsangiz, albatta birinchi uchragan narsani o‘zingiz bilan olishga harakat qilasiz. Zararli taomlarni folgada saqlang Zararli taomlarni ko‘rinmaydigan, foydali mahsulotlarni esa aksincha shaffof o‘ramda saqlashga harakat qiling. Chunki miya nima yemoqchi ekanligingizni aksariyat hollarda ko‘z ko‘rib turgan narsalardan aniqlaydi. Shu tariqa zararli mahsulotlarni ko‘rinmaydigan joyda saqlasangiz, ularni tanovvul qilish istagi ham paydo bo‘lmaydi. Xuddi shu sababga ko‘ra, oshpazlik ko‘rsatuvlari va taomlar haqidagi filmlarni tomosha qilishga ko‘p ham berilmang: ular ham ishtahani ochadi.
27
2,312
Ayollar
Oshxonadan zudlik bilan chiqarib tashlash kerak bo‘lgan 5 ta narsa
Agar siz hali ham oshxonadagi eng zararli narsa mayonez deb o‘ylasangiz, xato qilasiz. Qo‘llarni va idishlarni yuvish uchun antibakterial vosita sotib olish eng oqilona qarorga o‘xshaydi. Lekin olimlar buni ma’qullamaydilar. Ularning fikricha, agar inson organizmiga bunga o‘xshash vositalar tarkibining asosini tashkil qiluvchi triklozan antibiotigining juda kam miqdorda bo‘lsa ham tushishi homiladorlik asoratlari va endokrin tizimi muammolariga olib keladi, shuningdek u immun qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Arizona Universiteti mikrobiologlari ishlov beruvchi yog‘och taxtalar ko‘plab mikroorganizmlarning manbai degan xulosaga kelishdi. Ularning aytishicha, mikroblar to‘dasi ovqatdan zaharlanishni keltirib chiqarmasa ham toshmalar, vazn yig‘ilishi va allergik reaksiyalarga sabab bo‘lishi mumkin ekan. Yorilgan yoki singan idishlarda ovqat yeyish xavfli hisoblanadi. Agar sirlangan qozon yoki chinni idishning yuqori qavati zararlangan bo‘lsa, bu idish tayyorlangan material oziq-ovqat mahsulotlari bilan kimyoviy reaksiyaga kirishishi mumkin. Sovutgich ustidagi magnitlar, har xil o‘yinchoq haykalchalar va chet eldan keltirilgan mayda-chuydalar oshxonaga shinamlik bag‘ishlaydi albatta, lekin xona muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ular o‘zlarida chang, yog‘, mayda narsalarni to‘playdi va mikroorganizmlar makoniga aylanadi. Har bir plastik idishning xavfsizligini kafolatlovchi qat’iy belgilangan xizmat qilish muddati bo‘ladi. Bu oziq-ovqatlar uchun ishlatiladigan plastiklar uchun, idishni qat’iy yo‘riqnoma asosida foydalanish sharti bilan 1-2 yil qilib belgilangan. Manba: “WHRussia.com”
66
1,613
Ayollar
Sochlar tez kir bo‘lmasligi uchun qanday yo‘l tutish kerak? Mutaxassis maslahati
Ko‘pincha kunning ikkinchi yarmiga kelib sochlar kir bo‘lgani yaqqol sezila boshlaydi. Buning sababi nima bo‘lishi mumkin? Soha mutaxassisi Karina Kotova savollarga javob berdi. Nega sochlar yuvilgan kunning ikkinchi qismidayoq kirdek tuyuladi? Qoida tariqasida, yog‘li teriga ega bo‘lgan siyrak sochlar haqida misol qilish mumkin. Terining sekretsiya bezlaridan tabiiy ravishda yog‘ ajralib chiqadi va u soch uzunligi bo‘ylab juda tez tarqaydi. Bunday hollarda yog‘li bosh terisi yoki teri muvozanatini me’yorlashtiradigan mahsulotlardan foydalanish tavsiya etiladi. Agar sochlar quruq bo‘lsa-yu, lekin aynan yuqoridagi holat takrorlanayotgan bo‘lsa, unda sochni yaxshilab yuvish kerak. Chunki soch yuvish vositalari yaxshi yuvilmaganligi bois ham shunday vaziyatlar paydo bo‘ladi. Shuning uchun ikki marta shampun surib, yaxshilab ko‘pirtirish va ko‘piklangan holatda 1 daqiqadan so‘ng yuvish tavsiya etiladi. Bu noo‘rin parvarish tufayli bo‘lishi mumkinmi? Albatta, bo‘lishi mumkin. Masalan, soch terisi yaxshi, ammo uni tiklash niyatida yana tiklovchi vositadan foydalanishadi. Odatda qayta tiklovchi shampunlar asta-sekinlik bilan bosh terisini tozalaydi, bu esa ayrim qizlar uchun yetarli hisoblanmaydi. Agar bosh terisi yog‘ga moyil, lekin sochning uzunligi yaxshi bo‘lsa, unda individual aralashmadan foydalanish mumkin. Misol uchun, soch hajmi yoki namlantirish uchun shampun, konditsioner esa ozuqalanishi va tiklash uchun. Niqoblar tez kir bo‘ladigan bosh terisiga ta’sir qiladimi? Ayrimlar soch ildizlariga konditsioner va niqoblar surtadi va bundan so‘ng, albatta, ular o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Chunki ular bosh terisi uchun emas, soch tolasi uchun mo‘ljallangan. Ularni qo‘llash uchun, avval bosh shampun bilan yuviladi va sochning uzunligi bo‘ylab oz miqdora konditsioner suriladi. Agar vosita bosh terisiga tegmasa, keyinchalik yog‘lanish holati kamayib boradi. Noto‘g‘ri tanlangan vositalar ham sabab bo‘ladimi? Albatta, aslida nomunosib mahsulotlardan foydalanish buning asosiy sababi bo‘lishi mumkin. Mum yoki shunga o‘xshagan vositalardan iloji boricha qochish kerak. Boshqa tozalalsh vositalari esa sochlarni chiroyli ko‘rinishida yordam beradi. Agar ertalab uyg‘onganda sochlarni yuvishga to‘g‘ri kelsa, ammo bunga vaqt bo‘lmasa, nima qilish mumkin? Bunday paytda eng yaxshi yechim – soch turmagi hisoblanadi. Sochlar tepaga yig‘ishtirilib, so‘ng bitta o‘rim tarzida o‘rash paytida soch qismlariga maxsus qotiruvchi vosita sepilsa, kun davomida saqlanib turadiga, ajoyib soch turmagi hosil bo‘ladi.
80
2,521
Ayollar
Jinsi, sipo ko‘ylak va kostyum-shim. AQShning ilk ayol vitse prezidenti Kamala Xarris qanday uslubda kiyinishni yoqtiradi? (foto)
Amerikada bo‘lib o‘tgan saylov natijalari nafaqat Jo Bayden, balki Kamala Xarris uchun ham omadli bo‘ldi. Vitse-prezident kursisiga ega bo‘lganidan keyin siyosatchilar uning siyosiy qarashlarini tahlil qilishga kirishib ketgan bo‘lsa, moda tanqidchi va ixlosmandlari qiziqishi doirasida uning obraz va kiyinish uslubiga e’tibor qarata boshladi. Nafaqat ilk ayol, balki kelib chiqishi osiyolik bo‘lgan qora tanli Kamala nomzodi deyarli barcha Gollivud yulduzlari tomonidan qo‘llab-quvvatlangandi. Xarris omma oldida o‘zini sipo tutadi, o‘ziga nisbatan alohida e’tibor jalb qilishlarini yoqtirmaydi va shundan kelib chiqqan holda libos tanlaydi. U ko‘proq tanlov borasida qomatni aks ettiradigan, shu bilan birga, jiddiy qilib ko‘rsatadigan kostyum-shim kiyishni afzal biladi. Ba’zi vaqtlarda tadbirlar uchun ko‘ylak kiyishi ham mumkin. Kiygan liboslari oddiy bichimli ortiqcha bezaklarsiz bo‘lishiga e’tibor qaratadi. 56 yashar siyosatchining stilistlari unga kalta libos yarashmaydi, deb hisoblaydi, shuning uchun ham Kamala omma oldida tizzadan pastda turadigan uzunlikdagi ko‘ylaklarda namoyon bo‘ladi. Xarrisning garderobidagi eng sevimli kiyim-kechaklardan yana biri jinsi hisoblanadi. U fuqarolar bilan ko‘rishishga va muhim muzokaralarga ham qulay jinsi shim kiyib tashrif buyurishi mumkin. Umuman olganda, casual uslubi ushbu jiddiy ko‘rinishni istaydigan xonimga juda ham yarashadi. Rang borasida ham Kamala eksperiment qilishni xush ko‘rmaydi. Kulrang, jigarrang va oq Xarrisning sevimli ranglari hisoblanadi. Ayniqsa, qora uning eng yaxshi ko‘rgan rangi sanaladi va ushbu rangdagi liboslar uning obrazlarini o‘zi istaganidek sipo, shu bilan birga, bashang ko‘rinishiga sabab bo‘ladi. Kamalaning onasi AQShga ko‘chib kelgan hind immigrantlaridan bo‘lgan. Ota-onasi bolaligida ajrashib ketgan. U yurisprudensiya yo‘nalishida o‘qib, huquq bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2010-yilda Kaliforniya shtatining bosh prokurori lavozimini egallab, 2016-yilda mazkur shtat senatori bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan. Xarris 2014-yil 22-avgustda advokat Duglas Emxoffga turmushga chiqqan, o‘zining farzandi yo‘qligiga qaramay turmush o‘rtog‘ining birinchi turmushidagi bolalari bilan yaxshi aloqada. Saylovlardan avval Kamala Xarris nima uchun Trampning shaxsiy dushmani ekani va nega hamma u to‘g‘risida gapirayotgani haqida maqola e’lon qilingandi.
129
2,369
Ayollar
Ko‘z atrofida ajin paydo bo‘lishiga olib keluvchi 8 xato
Ko‘z atrofi eng ingichka va nozik teridan iborat. Uning uchun tananing boshqa terilariga nisbatan alohida parvarish lozim. Ammo ko‘pchilik bunga uncha ham ahamiyat bermaydi. Natijada ko‘z atrofida ajinlar paydo bo‘lishi kuzatiladi. Albatta, yosh bilan bog‘liq bo‘lgan ajinlardan saqlanib bo‘lmaydi, shuningdek, ularning yana bir sababi tabassumdir. Shunga qaramay, ko‘z atrofidagi terini parvarish qilishda uchraydigan xatolar mavjud bo‘lib, ular har qanday insonga muddatidan avval qarishga imkon beradi. Juda issiq yoki sovuq suv bilan yuvish Bu har qanday o‘ziga g‘amxo‘rlik qiluvchi ayolning xatosi. Ko‘z atrofi terisini yuvishda suv xona harorati yoki 23—24 daraja bo‘lishi kerak. Ammo muzli yoki juda qaynoq suv aksincha ziyon yetkazishi mumkin. Ba’zida muz bo‘laklari ko‘z ostiga qo‘yiladi, ammo bu hech qanday parvarish turiga kirmaydi. Teri bundan shunchaki aziyat chekadi. Xuddi shu hol issiq suvga ham tegishli bo‘lib, bu orqali teri shikastlanishi va ajin tushishi kuzatiladi. Ko‘zdagi bo‘yoqlarni yuvishda maxsus vositadan foydalanish kerak Makiyajni yuvishda qo‘llaniladigan maxsus gel va ko‘piklar yuz terisi uchun mo‘ljallangan va ko‘z atrofi uchun foydalanmaslik haqida ko‘rsatma mavjud. Ushbu ma’lumot haqiqatan ham foydali bo‘lib, uni e’tiborsiz qoldirish mumkin emas. Butun yuzning terisi va ko‘z atrofidagi nozik teriga alohida parvarish kerak. Shuning uchun ko‘z qovog‘idagi kosmetik vositalarning qoldiqlarini maxsus ko‘pik bilan tozalash kerak. Ko‘z atrofi uchun yuz kremidan foydalanish mumkin emas Xuddi makiyajni tozalash kabi yuz uchun mo‘ljallangan kremdan ko‘z atrofi terisi uchun foydalanish mumkin emas. Garchi yuz kremi qanchalar sifatli va qimmat bo‘lmasin, ko‘z atrofi terisi uchun alohida maxsus vositadan foydalanish tavsiya etiladi. Terini namlantirishga ko‘proq e’tibor berish kerak Ajinlar paydo bo‘lishining yana bir sababi — terining qurishidir. Yaxshi namlangan teri silliq holatda bo‘ladi, bu ko‘z atrofi terisi uchun juda muhim. Chunki ushbu sohada mushak va teriosti yog‘lari mavjud emas, shuning uchun qurishga ko‘proq moyil. Maxsus namlantiruvchi vositadan kuniga ikki marotaba, pardozdan avval va uni tozalagandan keyin surish kerak. Maxsus kremlardan noto‘g‘ri foydalanish Ko‘z atrofiga kremlarni yengil harakat bilan surish kerak. Terini cho‘zish orqali emas, balki barmoq uchida asta urish orqali amalga oshirish lozim. Shuningdek, harakatlar ichki burchakdan tashqi burchakka, ko‘z atrofi hududi va yana tashqi tomondan ichki burchak tomon bo‘lishi kerak. Ushbu oddiy yengil harakatlar qon aylanishini yaxshilab, terini yanada mustahkamlaydi. Quyosh nuridan himoya qiluvchi ko‘zoynak taqish lozim Ko‘zoynaksiz quyosh nurlari ostida nafaqat ko‘zlar, balki butun yuz qismini qiynashga to‘g‘ri keladi. Shu orqali ko‘z atrofi terisi g‘ijimlanishga ko‘nikadi. Shuning ortidan ajinlar osongina paydo bo‘ladi. Oldini olish uchun hamisha ko‘zoynakdan foydalanish kerak. Makiyaj bilan uxlash odatidan voz kechish kerak Hamma yuzda kosmetik vositalar bilan uxlash mumkin emasligini juda yaxshi biladi. Sababi tunda teri ishlab chiqaruvchi yog‘lar va kosmetik vositalar aralashib, zararli moddalarga aylanadi va teriga salbiy ta’sir o‘tkazishi mumkin. Yuzda turli xil toshmalar, dog‘ va ajin paydo bo‘lishiga imkon bermaslik uchun iloji boricha yuzni kosmetik vositalardan xalos qilgan holda uyquga ketish tavsiya etiladi.
56
3,365
Ayollar
Yuz, tana va sochlarni ultrabinafsha nuridan himoya qilish bo’yicha tavsiyalar
Agar tana, yuz hamda sochlarni SPF kremi yordamida ultrabinafsha nurlaridan saqlashni bilmasangiz, ochiq quyoshda xavfsiz bo‘lishning oddiy qoidalari mavjud. Marie Claire nashri bu borada asqatadigan maslahatlarni berib o‘tdi. Yuz Tejamkorlik qilmang Quyoshdan himoya qiluvchi kremni tejash orqali biror natijaga erishib bo‘lmaydi, bu katta xato. Biroq, uning ortiqcha bo‘lishi ham go‘zallikni kafolatlamaydi. Ishonchli himoya uchun aniq miqdorda yuzga surtish kerak. Shuningdek, ushbu vositani quyoshga chiqishdan 20 daqiqa oldin qo‘llash lozim, shunda uning tarkibidagi kimyoviy filtr ishlash uchun vaqt topadi va krem ta’sir qila boshlaydi. Maxsus vositalaridan foydalaning Qadoqdagi belgilarni bilmaslik masalaga yechim bo‘lmaydi. Qanday bo‘lmasin, UVB va UVA nurlaridan himoya qilishni ta’minlaydigan keng spektrli quyosh kremlarini tanlang. Har mavsum yangi kosmetik yangiliklar bilan xursand qiladi. Misol uchun, bir necha yil oldin nam teriga to‘g‘ridan to‘g‘ri qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan yangi mahsulotlar paydo bo‘ldi. Sumkangizda saqlang Bugungi kunda quyosh kremlariga bo‘lgan ehtiyoj ortib bormoda. Chunki yuz terisi aynan u alohida e’tiborga muhtoj. Ushbu injiq hududdagi teri yog‘li bo‘ladi, shuning uchun quyoshdan himoya qiluvchi mahsulotning ta’siri juda tez yo‘qoladi. Krem surtish uchun maxsus flakon e’tiborni jalb qilmasdan kremdan foydalanish uchun yanada qulay. Hamisha himoyalaning Yozda bulutli kunlar SPFdan foydalanmaslik uchun sabab emas. Bundan tashqari, aynan shunday ob-havoda A spektrining nurlari juda ham xavfli bo‘lib, jiddiy kasalliklarni keltirib chiqaradi va terining qarishiga yordam beradi. Shifokor bilan maslahatlashing Yuqori qon bosimi dori-darmonlari, gormonal kontratseptiv tabletkalar va antibiotiklar to‘qimalarning quyoshga sezgirligini oshiradi va kuyish hamda quyosh urishi xavfini oshiradi. Agar issiq joylarga sayohat qilsangiz, lekin hali ham dori-darmonlarni qabul qilsangiz, iloji boricha yuqori SPF (kamida 30) bo‘lgan mahsulotlarni tanlashni unutmaslik kerak. Terini tinchlantiring Ba’zan quyoshda yuz qizil dog‘lar bilan qoplanadi. Bu kuyish emas, balki mikro-yallig‘lanish — ultrabinafsha nurga o‘ziga xos reaksiya bo‘lib, uni bartaraf etish oson. Tungi navro‘zgul (primula) kapsulasini kechasi toza teriga surtish kifoya. Suvsizlikni tiklaydigan va qizarishni kamaytiradigan muhim gamma-linolenik kislotaning yuqori miqdori tufayli ertalab bezovta qiluvchi muammolardan asar ham qolmaydi. Tana O‘z vaqtida sovutib oling Agar o‘zingizni quyosh urishi yoqasida turgandek his qilsangiz, sovuq ichimliklar haqida o‘ylab ko‘ring: muzdek sovuq kola yaxshi sovutish omili bo‘lishi mumkin. Yoki bo‘yinning orqa tomoniga sovuq suvli banka qo‘yib, uni qizib ketguncha kutish kifoya. Chunki qon oqimi uchun me’yorni o‘rnatadigan bo‘yindir, shuning uchun bu sohada birinchi navbatda haroratni pasaytirish muhim. Termal suvdan foydalaning Termal suvdan nafaqat yuz, balki tana uchun ham foydalanish kerak: u eng kuchli termoregulyatorni — terini to‘liq quvvat bilan ishlashga undaydi. U quyidagicha ishlaydi: suyuqlikning bir qismi bir zumda so‘riladi va namlangan hududdagi qonning haroratini pasaytiradi. Kuygan terini to‘g‘ri davolang Agar teri quyoshda kuygan bo‘lsa, unga shoshilinch yordam kerak. Avvalo, kuygan joy sovutib olinadi: salqin dush yoki nam sovuq kompressni qo‘llash kerak. Keyin kuyish joyini terining tiklanish jarayonini tezlashtiradigan va uning himoya to‘sig‘ini tiklaydigan, tinchlantiradigan, yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega bo‘lgan va giperpigmentatsiyaning rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi regenerativ davolovchi vositani qo‘llash mumkin. Bunday mahsulotlar odatda pantenol va termal suvni o‘z ichiga oladi. Maz va kukunlarni ishlatmaslik lozim, chunki kuygan to‘qimalarning harorati ularning ostida ancha sekin pasayadi. Piling haqida unuting Teri tinchlanganidan ko‘p o‘tmay, uning ko‘chish bosqichi boshlanadi. Unga piling bilan yordam berishga urinish — bu vaziyat uchun eng yomon narsa. Tashqi ko‘rinish qanchalik yoqimsiz bo‘lmasin, chidash kerak. Teri tabiiy ravishda tozalanishi kerak va terining keramid mahsulotlar bilan yaxshi namlanishiga e’tibor qarating. Soch Soch gullashining oldini oling Tuz va xlor aralashmasi soch tolalarini dag‘allashtiradi. Ularni yashirish uchun stayling krem yoki soch uchun mo‘ljallangan bo‘yoq uning uchlariga surtiladi. Bu vaziyatni biroz bo‘lsa-da yumshatadi. So‘ngra yozgi ta’tildan so‘ng soch uchun maxsus muolajalar o‘tkazish tavsiya etiladi. Himoya spreyidan foydalaning Plyaj yoki hovuzga borganda, sochlarni ultrabinafsha nurlaridan himoyalash uchun spreydan foydalanish mumkin: keyin ular xuddi gubka kabi kabi tuz va xlorli suvga qarshilikni oshiradi. Dam olishdan qaytgandan so‘ng sochlarni yaxshilab yuvib, sochlarga kosmetik moy surtiladi — bu ularning qayta tiklanishiga yordam beradi.
78
4,828
Ayollar
Sarxil va foydali meva-sabzavot xarid qilishda asqatadigan 10 ta maslahat
Hozirgi kunda har qadamda do‘konlarga duch kelasiz, mahsulotlarni tanlash imkoniyati ham juda katta, lekin ba’zida bu oson bo‘lmaydi: muddati o‘tgan, yaxshi pishmagan yoki bemaza meva va sabzavotlarni xarid qilib qo‘yish mumkin. AdMe nashri sog‘lig‘imiz va pulimizni qadrlagan holda eng yangi va eng sog‘lom oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olishimizga yordam beradigan bir nechta sirlarni baham ko‘radi. Zaytun Zaytun tanlashda danagi borini olgan ma’qul. Chunki danagi olib tashlangan zaytun sho‘r suvga solingan bo‘ladi. Ichiga tuzli suv kirgan mevalar bo‘tqa holiga kelib qolishi mumkin. Bundan tashqari, zaytunning haqiqiy ta’mi ham buziladi. Losos Paradoksni qarangki, yangi baliq juda o‘tkir hidga ega bo‘lmasligi kerak. Agar buning aksi bo‘lsa, u eskirgan bo‘lishi mumkin. Yana bir belgi — rangida. Fermer xo‘jaligida yetishtirilgan losos odatda och pushti rangda, yovvoyi losos esa quyuqroq rangda bo‘ladi. Go‘shti yuzasida kulrang yoki jigarrang dog‘lar mavjud bo‘lsa, bu ham baliqning juda uzoq vaqt davomida saqlanganini ko‘rsatadi. Xurmo Yangi xurmo ozroq burishgan bo‘lishi, ammo juda qattiq bo‘lmasligi kerak. Quritilgan meva etli va biroz yaltiroq ko‘rinishga ega bo‘lgani yaxshi. Ularda shakar kristallari va oq dog‘lar bo‘lmasligi kerak, chunki bu narsalar mevaning sifati allaqachon buzilganini ko‘rsatadi. Sarimsoq Agar sotuvchi sarimsoqning yangi ekanligini da’vo qilsa, buni unchalik sezilmaydigan hididan aniqlash mumkin. Agar sarimsoq o‘tkir hidli bo‘lsa, ehtimol, sabzavot eski yoki noto‘g‘ri saqlangan. Unda hatto chirish jarayoni boshlangan bo‘lishi mumkin. Lavlagi Lavlagi sotib olayotganda, barglari bo‘lgan ildizmevalarni tanlagan yaxshi: barglaridan sabzavot yangi ekanligini aniqlash oson. Lekin lavlagi har doim ham bargli bo‘lavermaydi, shuning uchun uning hajmiga va ildiziga e’tibor berish kerak. Juda tukli bo‘lmagan kichik lavlagini tanlagan yaxshi, kattalari esa ko‘pincha qattiq va bemaza bo‘ladi. Bedana tuxumi Bedana tuxumini tanlashda birinchi navbatda qobiq holatini diqqat bilan tekshirish, sinmaganiga ishonch hosil qilish kerak. Yaroqlilik muddatini bilish ham foyda beradi: xona haroratida 30 kungacha va muzlatkichda 60 kungacha. Agar sanasi bo‘lmasa, unda tuxumlarning yangiligini vazni bo‘yicha aniqlash mumkin. Yangi tuxum 10-12 grammgacha bo‘ladi. Agar vazni ancha kam bo‘lsa, bu bedana tuxumlari (boshqa turdagi tuxumlar kabi) allaqachon eskira boshlaganini anglatadi. Avokado Asosiy rangdan farq qiladigan har qanday dog‘lar mevada biror narsa noto‘g‘ri ekanligini ko‘rsatadi. Postlog‘i to‘q rangda bo‘lgan avakadolarni olmagan ma’qul, chunki bu ko‘pincha meva chiriy boshlaganini bildiradi. Shuningdek, meva bandiga yaqin joyni bosib ko‘rishingiz ham mumkin: agar ezilsa, meva haddan tashqari pishib ketgan. Tuzlangan karam Ko‘pchilik tuzlangan karamni nafaqat ta’mi, balki organizmga foydali ta’sir ko‘rsatadigan probiyotiklarni o‘z ichiga olganligi uchun ham yaxshi ko‘radi. Ammo ularning hammasi ham bir xil darajada foydali emas. Eng yaxshisi tuzlanganiga 3 haftadan oshgan karam. Uning tarkibida sirka bo‘lmasligi kerak, chunki u sut kislotasi bakteriyalarining ko‘pini o‘ldiradi. Anor Ba’zida anor sotib olganda ichi rangpar va nordon bo‘lib chiqadi. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun quyidagilarga e’tibor berish kerak: mevaning shakli mukammal yumaloq bo‘lmasligi lozim. Burchakli, po‘stining silliqligi va elastikligi ham yetilgan meva belgisi hisoblanadi. Limon Avvalo yaxshi limonni og‘irligi va qobig‘ining qalinligidan aniqlash mumkin. Tashqi ko‘rinishidan meva kichik ko‘rinishi mumkin, ammo og‘ir bo‘lishi kerak. Shuningdek, yupqa po‘stlog‘i va bandi yonida chuqurcha bo‘lsa, limon tarkibida yuqori miqdorda minerallar borligini anglatadi.
73
3,713
Ayollar
Nima uchun lablar yoriladi va qanday qilib uning oldini olish mumkin?
Lablarda ko‘plab qon tomirchalari va asab tolalari joylashgan. Uning terisi juda yupqa bo‘lib, u yerda yog‘ bezlari va yog‘li qatlamlar yo‘q. Aynan shuning uchun lablar juda nozik bo‘ladi. Sovuq havo Sovuq havo ta’sirida labdagi tomirlar qisiladi va uning yuzasini oziqlantirmay qo‘yadi. Agar og‘iz yopilmasa va maxsus kosmetika yordamidan foydalanilmasa, sovuq lablar terisining yuqori qavatidagi namlikka ham ta’sir ko‘rsatadi. Namlikning yo‘qolishi natijasida nozik teri quruq va mo‘rt bo‘lib qoladi. Issiq havo Issiq havo qon tomirlarini qisqartirmasa ham, organizmning umumiy suvsizlanishiga olib keladi. Namlikning yetishmasligi nozik terining mo‘rtligini oshiradi va lablarning yorilishiga sabab bo‘ladi. Infeksiya Lablarga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi eng keng tarqalgan infeksiya — labdagi shamollash deb ataluvchi oddiy gerpes virusi hisoblanadi. Agar baterial infeksiya qo‘shilmasa bunday shamollash muammosiz kechadi. Ba’zi hollarda esa lablar zamburug‘li infeksiya — kandidoz tufayli yoriladi. Infeksiyani davolashingiz bilan lablardagi yorilishlar ham yo‘qoladi. Agar lablar quruqshab qolgan bo‘lsa, yoqimsiz alomatlar o‘tib ketishi uchun biroz parvarish qilish kerak. Birinchidan, lablarni tishlamaslik yoki terining dag‘al bo‘lakchalarini uzib tashlamaslik kerak. Bu holda biz terini battarroq shikastlaymiz va quruqlashishini uzaytiramiz. Ikkinchidan, lablarni maxsus balzamlar yoki pomadalar yordamida namlang. Uchinchidan mum, vazelin asosida tayyorlangan tabiiy va juda oddiy vositalardan foydalaning. Tarkibi qancha ko‘p aralashmalardan iborat bo‘lsa, bu balzamning aynan sizga to‘g‘ri kelmaslik ehtimoli shuncha yuqori bo‘ladi. Manba: “Omaske.ru”
69
1,667
Ayollar
Sarimsoq piyozni qanday saqlash kerak?
Sarimsoq piyozning hammaga ma’lum va mashhur foydasi, shifobaxsh xususiyatlari haqida uzoq gapirish mumkin. Ammo u yangi hosilgacha barra va sersuv bo‘lib qolishi uchun uni qanday saqlash kerakligini hammamiz bilamizmi? Maqolamizda buning ba’zi usullari bilan tanishishingiz mumkin. Sarimsoqni saqlab qo‘yishdan avval, uni maqbul vaqtda va ob-havoda to‘g‘ri yig‘ib olish kerak. Uni yaxshisi, zarar yetkazmagan holda, bus-butun boshli ko‘rinishda kavlab olgan ma’qul. Buni quruq havoda amalga oshiring, kavlashdan oldin sug‘ormang. Terib olgach, sarimsoqni soyada yoki ayvon ostida ikki hafta davomida quritish lozim. So‘ng tuproq qoldiqlarini olib tashlash, bandi va ildizlarini kesish, ildiz qoldiqlarini esa olov ustida kuydirish kerak. Sarimsoq piyozlarni diqqat bilan saralang, shubhali bo‘lgan — buzilgan, ezilgan, dog‘lari bo‘lgan, puk bosh va bo‘laklarni tashlab yuboring. Quritganingizdan keyin sarimsoqni kichik porsiyalarda karton yoki yog‘och qutilarga, plastik konteynerlarga, to‘qima savatlarga, kanop qoplarga va hatto shisha bankalarga joylashtirish mumkin. Sarimsoqni qayerda saqlash kerak? Eng yaxshisi — qorong‘i, quruq joyda 2 dan 5 darajagacha bo‘lgan haroratda va havo namligi 70—80 daraja bo‘lgan sharoitda saqlash lozim. Optimal joy yerto‘la, omborxona, balkondagi quti yoki sovitgich bo‘ladi. Saqlash jarayonida sarimsoq buzilib qolmasligi uchun, uning holatini kuzatib borish kerak. Chirigan sarimsoq o‘ziga xos hid chiqaradi. Shuningdek, yumshoq, burishgan yoki dog‘ bosgan bo‘lakchalar yoki butun boshlar paydo bo‘lishi mumkin. Aynigan boshlarni umumiy massadan ajratib olish zarur. Manba: “Lady.tochka.net”
38
1,635
Ayollar
Zargarlik buyumlarini moda bilan hamnafas bo‘lgan holda taqishga yordam beradigan layfxaklar (foto)
Zargarlik buyumlari kayfiyatni ko‘taradi, tasvirni yorqinroq qiladi va odamga o‘zining individualligini ta’kidlashga yordam beradi. Buning barchasiga erishish mumkin, faqat ba’zan moda tendensiyalariga e’tibor berish foydali bo‘ladi. AdMe nashri moda olamida o‘ziga xoslikka ega bo‘lish uchun taqinchoqlardan qanday foydalanish kerakligini ma’lum qildi. 9. Katta o‘lchamlardan qo‘rqmang Maksimalizm yana trendda, ya’ni o‘z uslubingiz bilan kamtarlikdan qat’iy nazar tajriba qilishingiz mumkin. Dizaynerlar zargarlik buyumlarining shakli va o‘lchamlaridan jasorat bilan foydalanib, juda katta zirak, marjon va uzuklar bilan jamoatchilikni hayratda qoldiradi. Shuning uchun, nozik ko‘zga ko‘rinmas halqalar o‘rniga katta toshli ziraklar va klassik marjonlarni tanlash mumkin. 8. Rang-baranglikka e’tibor qarating Ranglarga kelsak, vaziyat bundan kam emas: bu bilan to‘liq ifoda erkinligi ta’minlanadi. Zargarlik brendlari tobora ko‘proq ijodkorlik qilish imkonini beradi, quyuq ranglar kombinatsiyasini yaratadi, yangi materiallar bilan tajriba o‘tkazadi va hamma narsaga ustunlik beradi. Shuning uchun rang-barang toshli ziraklar bo‘ladimi yoki quvnoq bilaguzuklar, ularni obrazga moslash vaqti keldi. 7. Bolalik nostalgiyasini qo‘shing Yorqin, sodda va quvnoq zargarlik buyumlari to‘satdan tendensiyaga aylandi va hatto o‘z pozitsiyasini o‘zgartirmadi. Saqichlarni eslatuvchi ayiqchali marjonlar, konfet rangli bilaguzuklar, hayvon shaklidagi ziraklar, barcha turdagi zargarlik buyumlari va munchoqli aksessuarlar — endi kattalar uchun ham mos kelishi mumkin. 6. Qatlamlash bilan tajriba o‘tkazing Bu, ehtimol, “Hammasi birga!” shiori ostida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan eng oson tendensiyalardan biridir. Uyalmang, sevimli bilaguzuk, uzuk, marjon va ziraklarni taqish uchun o‘zingizga erkinlik bering. Ularning barchasini taqish istagi bo‘lsa bas, bu hech qanday bachkanalik bo‘lmaydi. 5. Uslub va metallarni aralashtiring Har doim oltinni kumush bilan aralashtirmaslik kerak, nosimmetrik zargarlik buyumlari assimetrik bo‘lganlar birga taqmaslik lozim, deb o‘ylashadi. Buni unutish vaqti keldi. Ijodiy va erkin yondashuv endi rasman qabul qilinadi. Oddiy qilib aytganda, agar siz xohlasangiz, hamma narsa bir-biriga mos keladi. Turli xil metall, shakl, o‘lcham va materiallar bir xil tasvirda yonma-yon bo‘lishi mumkin va bu obrazni zamonaviy qiladi. 4. Maxsus belgilar bilan individuallikni ta’kidlang O‘z-o‘zini ifoda etish haqida gapiradigan bo‘lsak, chinakam shaxsiylashtirilgan zargarlik buyumlariga qiziqish ortib bormoqda. Bosh harflarning kombinatsiyasi, burj belgilari, maxfiy ishoralar, ma’noga ega ruhiy, mifologik va sentimental tasvirlar — bularning barchasini dizaynerlar o‘z kolleksiyalarida bajonidil mujassamlashda davom etmoqda. 3. Emal zargarlik buyumlariga e’tibor qarating Yorqin va rangli, turli rangga bo‘yalgan zargarlik buyumlari bir necha fasldan beri trendda bo‘lib, qaysidir ma’noda ularni bolalar mavzusining o‘ziga xos davomi deb atash mumkin. Faqat ular o‘z uslublariga yorqinlik qo‘shishni xohlaydiganlar uchun ko‘proq mos keladi, lekin ayni paytda ko‘pchilik jiddiy va klassik yechimlarga yopishib olishni afzal ko‘radi. 2. Yangi klassikaga e’tibor bering Marvarid zargarlik buyumlari abadiy klassikadir. Ular urfdan qolmaydi, lekin hozir shakli biroz o‘zgargan. Rang va uslublar aralashmasi, shuningdek, g‘alati shakllar hozirda modada bo‘lganligi sababli, odatiy dumaloq munchoqlar emas, balki g‘ayrioddiy dizayndagi marvarid zargarlik buyumlariga ustunlik berish ancha foydalidir. 1. O‘zingizni cheklamang — butun vujudingizni go‘zallashtiring Misol uchun, yoz mavsumida ochiq oyoq kiyimlar bilan to‘piqqa bilaguzuk taqish mumkin. Bundan tashqari, kechki liboslar bilan turli dizayndagi bejirim zanjir belbog‘lar taqish tavsiya etiladi. Oddiy kamar o‘rniga beldagi zanjir bilan tashqi ko‘rinishni to‘ldirib, obrazni takrorlanmas tarzda yaratish mumkin.
99
3,899
Ayollar
Fransiyaning 80 dan ortiq brendi tibbiyot xodimlariga yordam berish uchun birlashdi
Fransiya moda sanoatining 80 dan ortiq yirik vakillari yangi xayriya aksiyasida ishtirok etadi. Harper’s Bazaar nashrining ma’lum qilishicha, #ProtegeTonSoignant tashkiloti, mahalliy tibbiyot xodimlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida auksion o‘tkazadi. La Mode S’Engage deb nomlangan kimoshdi savdosining tashabbuschilari Colette va Just An Idea asoschisi Sara Andelman hamda Ami brendi bosh rahbari Nikolas Santi-Veyl hisoblanadi. Auksionda Chanel, Dior, Louis Vuitton, Celine, Balenciaga, Comme des Garçons kabi brendlar o‘z mahsulotlarini kimoshdi savdosiga qo‘yadi. Auksionga dizaynerlarning yangi va arxivdagi mahsulotlari qo‘yilishi mumkin, asosiy shart esa #ProtegeTonSoignant’ga xos ko‘k rangda bo‘lishi kerak. Izolyatsiya sabab ishlab chiqarish imkoniyati bo‘lmagan dizaynerlar, ishlarining eskizini topshirishi mumkin. View this post on Instagram Auksionning boshlang‘ich narxi 100 yevro etib belgilangan bo‘lib, #ProtegeTonSoignant ishga tushganidan 5 hafta o‘tiboq, 5 million yevro yig‘ilgan. Savdolar 1-mayda boshlanadi va uch kundan so‘ng yakuniga yetadi.
83
1,086