folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Ayollar | Uy sharoitida qo‘l terisini parvarishlaymiz | Uyda mavjud bo‘lgan vositalar yordamida qo‘l terisini parvarish qilish yo‘llarini ko‘rib chiqamiz.
1. Qo‘lingizni iliq suvda namlovchi sovun bilan yuving. Uncha katta bo‘lmagan idishni iliq suvga to‘ldiring, bir necha tomchi zaytun yog‘i qo‘shing va qo‘lingizni 5 daqiqa davomida idish ichiga qo‘yib turing.
2. 2 osh qoshiq shakar yoki tuzga bir necha tomchi zaytun yog‘ini aralashiring va 2 daqiqa davomida qo‘llaringizni bir-biriga ishqalang.
3. Yumshoq mochalkaga biroz namlovchi sovun suring va qo‘lingizning har ikkala tomoniga aylanma harakatlar bilan ishqalang. Iliq suvda yuving.
4. Qo‘lingiz namligini saqlagan holda toza sochiq bilan sal arting.
5. Qo‘lingiz terisiga loson suring va issiq ho‘l sochiq bilan o‘rab qo‘ying.
6. Atirgul suvi bilan yengil uqalang. | 43 | 771 |
Ayollar | Kurtka, palto va sviter: Qishki garderobga qanday qilib to‘g‘ri g‘amxo‘rlik qilish kerak? | Kuz fasli kelishi bilan garderob asta-sekin qalin va issiq kiyimlarga to‘la boshlaydi. “Noviy ochag” nashri ularga qanday qilib to‘g‘ri g‘amxo‘rlik qilish bo‘yicha tavsiyalar bilan bo‘lishdi.
Kurtkalar
Ichi pat bilan to‘ldirilgan kurtkalarni mavsumda ikki marta yuvish tavsiya etiladi. Ammo bundan ortiq yuvish ularga zarar yetkazadi, ichidagi patlar shunchaki sinib, maydalanib ketadi. Shuningdek, ularni oqartiruvchi vosita bilan sovuq suvda yuvish kerak.
Agar bunday kurtkalar yuvilgandan keyin o‘z shaklini yo‘qotgan bo‘lsa, uni kir yuvish mashinasida uchta toza tennis to‘pi bilan quritish mumkin. Bordi-yu, bir marta quritish yetarli bo‘lmasa, jarayonni davom ettirish mumkin.
Flisali kiyimlar
Flisa matosi alohida e’tibor talab qiladi. Undan tikilgan kiyimlar 6-7 marta kiyilganidan keyin yuvilishi kerak. Mato yumshoq bo‘lishi uchun kiyim ichki tomonga aylantiriladi va bir xil rangdagi narsalar bilan yuviladi. Barcha yuvish vositalarini yaxshilab ketkazish uchun qo‘shimcha chayish rejimidan foydalanish tavsiya etiladi. Qolaversa, ushbu mato uchun konditsioner vositalardan foydalanmaslik lozim, chunki ular flisaning xususiyatlarini pasaytiradi.
Shapka, sharf va qo‘lqoplar
Shapka, sharf va qo‘lqoplarni mavsumda 3-5 marta yuvish kifoya. Ko‘pchilik jun aksessuarlarini to‘g‘ri parvarish qilishga unchalik ahamiyat bermaydi. Ammo teri sekretsiyasi, parfyumeriya, kosmetika, bakteriyalar va mikroblar doimo qo‘lqop, shlyapa va sharflarda to‘planadi. Shuning uchun ularni iloji boricha tez-tez yuvish kerak, jun narsalarni qo‘lda, charm qo‘lqoplarini kimyoviy tozalashga yuborish kerak.
Shuningdek, hech qachon qo‘lqoplarni cho‘ntakda qoldirmaslik lozim. Ular qo‘llardan namlikni yutadi, shuning uchun qo‘lqoplar yaxshi quritilishi kerak, aks holda aksessuar hidlana boshlaydi.
Zamsh va charm kurtkalar
Zamsh va charm kurtkalarni qish mavsumida bir marta yuvish mumkin. Darhaqiqat, charm mahsulotlarini yuvib bo‘lmaydi, lekin ularni kimyoviy tozalashga topshirish kerak. U yerda maxsus vositalar yordamida individual dog‘lardan xalos bo‘lish mumkin. Zamsh mahsulotlarini maxsus cho‘tka bilan tozalash mumkin.
Shim va yubkalar
Qalin shim va yubkalar bir mavsumda 5-7 martagacha yuviladi. Issiq qishki matolar aslida tez-tez yuvishni talab qilmaydi. Chunki ularni uyda yuvish juda qiyin, shuning uchun kimyoviy tozalashga berish tavsiya etiladi.
Jun paltolar
Qish mavsumida jun paltoni ikki marta yuvish tavsiya etiladi. Ammo mavsum yakunida ularni, albatta, kimyoviy tozalashga berish lozim. Paltodagi chang va kirni tozalash uchun esa muntazam ravishda cho‘tkadan foydalanish mumkin. Palto yoqasi va manjetlarni yumshoq mato va suyuq sovun bilan artib turishni unutmaslik muhim. Paltolar yoqimsiz hidlarni yutib yubormasligi uchun ularni shkafga emas, balki havo aylanib yuradigan joylarga osib qo‘yish kerak.
Sviterlar
Sviterlarni holatidan kelib chiqib, 2-3 marta kiygandan keyin yuvish mumkin. Paxta, ipak va kashmir kabi nozik matolarni 2-3 martadan keyin yuvish kerak. Jun, akril va polyester sviterlarni uzoqroq kiyish mumkin. Aytgancha, jun kir, chang va suyuqliklarni qaytarish uchun tabiiy xususiyatga ega. Qanday bo‘lmasin, ularni yuvishda doimo yorliqdagi ko‘rsatmalarga amal qilish lozim. Bundan tashqari, sviterlarni qo‘lda yuvish xavfsizroq, agar imkon bo‘lsa kimyoviy tozalashga bergan ma’qul. | 89 | 3,320 |
Ayollar | Yuz tuzilishiga qarab ideal soch turmagi tanlash sirlari | To‘g‘ri tanlangan soch turmagi yordamida yuz kamchiliklarini yashirish va yanada jozibali ko‘rinish mumkin. Biroq eng zamonaviy soch turmagi ham yuzning o‘ziga xos jihatlarini e’tiborga olmasdan tanlanganda uslubingizni buzib yuborishi mumkin.
Xo‘sh, soch turmagi tanlashda nimalarga e’tibor qaratish lozim?
Cho‘ziq (oval) yuz eng muvofiq yuz tuzilishi hisoblanadi. Bunday yuzga har qanday soch turmagi yarashadi. Bunda turli kontrastlarni qo‘llash mumkin, masalan, chyolka tushirish yoki tushirmaslik, quloqlarni ochiq qoldirish yoki soch ostiga yashirish, simmetrik yoki asimmetrik soch turmagi kabilar.
Uchburchak yuz tuzilishi sohibalari yuzga yassi ko‘rinish beruvchi, chakka qismi hurpaytirilgan soch turmaklaridan voz kechishlari lozim. Yon tomondan farq ochib, soch kokillari bo‘yinga tushib turadigan soch turmaklari tavsiya etiladi. Peshona yengil tushib turuvchi soch bilan qisman berkitiladi.
Kvadrat yuz tuzilishi uchun asimmetrik turmaklar mos keladi. Tekis sochlardan qalin uzun chyolka tushirish tavsiya etilmaydi. Chunki u iyakning keng oldinga chiqib turgan qismiga yanada urg‘u beradi. Silliq taralgan sochlar esa peshonaning notekis chizig‘ini ochib qo‘yadi.
To‘g‘ri burchakli yuz tuzilishi uchun quloqlarni yopib, yuzni kokillar bilan o‘rab turuvchi soch turmagi yarashadi. Chakka sochlarni silliq tarab, peshonani ochish tavsiya etilmaydi. Chakka qismi hurpaytirilgan asimmetrik soch turmaklari tavsiya etiladi.
Yumaloq yuz sohibalari yuzni cho‘zinchoqroq ko‘rsatuvchi soch turmaklarini tanlashi zarur. Bu holatda yuqoriga ko‘tarilgan sochlar va peshona qismiga to‘lqinsimon chyolka tushirilgan turmaklar mos keladi. | 56 | 1,640 |
Ayollar | Libosdagi vizual illyuziya: Qanday qilib bir necha o‘lchamga ixcham ko‘rinish mumkin? | Libos sarvqomatlarni to‘la va bo‘yi past, to‘ladan kelgan ayollar qomatini ixcham, bo‘yini esa baland ko‘rsatishi mumkin. Buning uchun esa tanlov borasida mavjud qoidalarga amal qilish, aksessuarlar, mato qalinligi, rangiga e’tibor berish, obraz mukammal bo‘lishi uchun kiyinish bilan bog‘liq tendensiyalardan tashqari soch turmagi va makiyajga ham e’tibor qaratish kerak. Bir xil rangda vertikal chiziqli libos kiyib, sochni sipo turmaklash orqali nafaqat poshnali poyabzalda, balki qulay oyoq kiyimda ham ko‘ngildagidek ko‘rinishga ega bo‘lish mumkin.
Bo‘ksaning kengligi, qorinning tekis emasligini yopishib turadigan shim va kamchiliklar shundoq ko‘zga tashlanadigan futbolka kiyib olib shikoyat qilishdan foyda yo‘q. Yaxshisi sport bilan shug‘ullanishni boshlab, qomat ustida ishlash, shu bilan birga qaddi-qomatdan kelib chiqib kiyinish kerak. Bu borada esa quyidagi tavsiyalar ayni muddao.
Libosdagi vertikallik bo‘yni baland, qomatni ixcham ko‘rsatadi
Qomat ixchamroq ko‘rinishi uchun libosda istalgan vertikallik: bir qator qilib qadalgan tugma, zamok yoki uzun sharf, palto kardigan, ro‘mol, chiziqli shim va lampaslar kifoya qiladi.
Bir-biriga qarama-qarshi chiziqlar, burmasi va plissirovkasi ko‘p kiyimlar qomatni keng va to‘la ko‘rsatgani sabab istisno sanaladi.
Boshdan oyoq bir rangdagi yaltiramaydigan matodan tikilgan libos
Bo‘shashib ketmaydigan, yaltiramaydigan to‘q rangli matodan tikilgan libos kiyishga harakat qiling. Har qanday yaltiroq detal, bezak yoki bo‘rtib chiqqan elementlar libos egasini semiz, boshdan oyoq kiyinish esa aksincha, qomatni ixcham ko‘rsatadi.
Ko‘ylak, kolgotka, tufli va boshqalarning bir rangda bo‘lishi nafaqat o‘ziga xoslikni bildiradi, balki hali eskirib ulgurmagan trendlardan hisoblanadi. Bir rangni o‘zini och va to‘qini moslab kiysangiz, yana yaxshi. Monoxrom obrazda bo‘yingiz baland, kilolaringiz esa kam ko‘rinadi.
Qomatingizga mos o‘lchamdagi libos xarid qiling
Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, ayollar o‘lchami kichkina kiyim ozg‘inroq ko‘rsatadi, deb o‘ylab o‘zlariga mos bo‘lmagan libosni xarid qilishni yaxshi ko‘radi.
Lekin tor libosda ayollar qomatidagi kamchiliklar yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Sochni qomat proporsiyasidan kelib chiqib turmaklang
Soch turmagi qomat va tana tuzilishi bilan uyg‘un bo‘lishi kerak. Masalan, ortiqcha vaznli ayol va qizlarga trend ekan deb sochlarini silliq qilib yig‘ib olish tavsiya qilinmaydi. | 85 | 2,399 |
Ayollar | Teri turiga qarab yuvinish vositasini tanlaymiz | Yuvinish uchun vosita tanlayotganda teringiz qanday turga mansub ekanligini e’tiborga oling.
Sovun. Kosmetologlar ogohlantirishiga qaramasdan, ba’zan yuvinishda sovunni ham qo‘llagan ma’qul. Ulardan bir haftada 2 marta ishqorli-kislotali balansni saqlash uchun foydalanish mumkin.
Muss va ko‘piklar sezuvchan, juda yog‘li va o‘rtacha yog‘lilikdagi yuz terilari uchun mos keladi.
Sutli vosita va losyonlardan haddan tashqari quruq, juda sezuvchan va nozik yuz terilari uchun foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bunday vositalar tarkibi qo‘shimcha ravishda oziqlantiruvchi, namlovchi va nozik tarzda tozalovchi qismlardan tashkil topgan.
Gel hamma turdagi terilarga mos keladi. Ko‘pincha bunday vositalar yallig‘lanish va husnbuzarlarni bartaraf qilishda yordam beradigan tetiklashtiruvchi, zararsizlantiruvchi tarkibiy qismlardan tashkil topgan bo‘ladi. | 47 | 850 |
Ayollar | Karton yordamida uy uchun kerakli buyumlar yasaymiz (foto) | Karton qutisini chiqindiga tashlashga shoshmaslik zarur. Undan ro‘zg‘orda unumli foydalanish mumkin.
Tortma uchun bo‘lmalar
Agar kiyim tortmasi tartibsiz bo‘lsa, karton yordamida buni bartaraf etish mumkin. Buning uchun karton, chizg‘ich va pichoq kerak bo‘ladi.
Avval tortma qutisining hamma tomoni o‘lchanadi va o‘lchamga mos ravishda bo‘y va eniga moslab karton bo‘laklari kesib olinadi.
So‘ngra karton bo‘laklarini bir-birining ichiga kiritish uchun bir tomoni kesib chiqiladi va tortma ichiga joylashtiriladi.
Qushlarni oziqlantiruvchi
Bunday oziqlantiruvchini yozda deraza yoki hovliga osib qo‘yish mumkin. Dastlab eski karton yurakcha shaklda kesib olinadi.
Daraxtga osib qo‘yish osonroq bo‘lishi uchun kartondan teshik hosil qilinadi. Keyin unga yopishqoq massa yoki xamir surtib, ustiga donlar sepiladi.
Palitra
Hech bir rassom palitrasiz rasm chiza olmaydi. Shunday qilib, rassomlar bu oddiy g‘oyadan foydalanishi mumkin.
Bo‘yash uchun joy
Kichik hajmdagi buyumlarni bo‘yash uchun karton qutisi qo‘l keladi. Aks holda boshqa joyda bo‘ylagan buyumlardan keyin qolgan rangni tozalab bo‘lmasligi mumkin.
Mushuk uchun uya
Karton qutisi ustiga keraksiz futbolka kiydirib, mushuk uchun uycha hosil qilish mumkin. Faqat qutining ichiga yumshoq narsalarni solish kerak.
Savatcha
Bunday savatlar ko‘pincha do‘konlarda sotiladi, lekin uni uyda ham yasash mumkin. Avval uni ichki qismiga qoplama tikiladi. So‘ngra ustiga yelim surtilib, qalin arqon aylantirib, yopishtirib chiqiladi.
Uy kinoteatri
Kartonning bir tomoni smartfon yoki planshet o‘lchamiga mos ravishda kesilib, uy kinoteatri yasash mumkin.
Aytgancha, agar uyda katta lupa va kattalashtiruvchi oynadan bo‘lsa, kichik poyabzal qutisidan projektor yasash mumkin. | 58 | 1,735 |
Ayollar | Plastik idishlar va taxtakachlardagi yoqimsiz hidni uy sharoitida bartaraf etishning 10 ta samarali usuli | Agar taxtakachlar, plastik idishlarni yuvish vositalari bilan qayta-qayta tozalaganingizdan keyin ham unda oziq-ovqat hidi bo‘lsa, ularni chiqindiga tashlashga shoshilmang. Quyida ulardagi yoqimsiz hidni uy sharotida bartaraf etishning bir nechta usullari keltiriladi.
Iste’mol sodasi
Oziq-ovqat qoldiqlari mavjud bo‘lgan idishini bo‘shating va sovuq suvda yuving, chunki issiq suv shaffof plastmassada yoqimsiz hid, dog‘lar paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Shundan so‘ng idishni iliq suv bilan to‘ldiring, unga bir choy qoshiq soda qo‘shing, idishni qopqoq bilan yoping va bir kecha qoldiring. Ertalab yana sovuq suv bilan yuvib tashlang. Bunday protsedura idishlarni asl ko‘rinishiga qaytarish uchun yetarli bo‘ladi.
Limon
Yoqimsiz hidlarni limon yordamida yo‘qotish mumkin. Idishning hamma joyiga bir bo‘lak limonni surting va 30-40 daqiqaga qoldiring. Shu bilan bir qatorda, konsentrlangan limon kislotasi eritmasidan ham foydalanishingiz mumkin.
Vanilin ekstrakti
Vanilin ekstrakti plastik idishdagi yoqimsiz hidlarni yashirishi mumkin bo‘lgan yoqimli hidga ega va uni uzoq muddat saqlanib tura oladigan mahsulot. Idishni suv bilan to‘ldiring, unga bir necha tomchi vanilin ekstraktini qo‘shing va suyuqlikni bir necha soatga qoldiring, idishni qopqoq bilan mahkam yoping. Keyin plastmassani toza suv bilan yuving.
Sirka kislotasi
Sirka kislotasi yoqimsiz hidlarga qarshi kurashda eng samarali vositalardan biridir. Plastik idishlarga sirka kislotasini solib bir kecha qoldiring, keyin ularni sovuq suvda yuving. Agar kerak bo‘lsa, protsedurani yana takrorlang, shundan keyin hech qanday hid ham, dog‘ ham qolmaydi.
Ko‘mir
Avvaldan qolib ketgan hidlarni konteyner ichiga bir parcha ko‘mir (yoki bir nechta bo‘lak) solish orqali yo‘qotish mumkin. Plastik idishlarga ko‘mir soling va qopqog‘ini mahkam yoping va idishni bir necha kunga qoldiring. Ushbu protseduradan so‘ng plastmassa yanada yaxshi ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Tuz
Tuz yoqimsiz hidlarni o‘zlashtiradigan tabiiy changni yutish vositasidir. Idishni tuz bilan to‘ldiring, ustini qopqoq bilan yoping va bir yoki ikki kunga qoldiring. Keyin idishlarni iliq suvda yuving.
Xlorli oqartiruvchi
Xlor nafaqat plastmassani dezinfeksiya qilish, balki yoqimsiz hidlarni yo‘qotish uchun ham qo‘llaniladi. Idishlarni suv bilan namlab oqartiruvchi surting va 3-4 soatga qoldiring. Shundan so‘ng, idishlarni bir necha marta toza suv bilan yuvib tashlang. Agar idishlar hali ham oqartiruvchi hidi bo‘lsa ularni issiq suvga soling. Xavotir olmang, vaqt o‘tishi bilan hid yo‘qoladi va siz ovqatni yana bu idishlarda saqlashingiz mumkin.
Gazeta
Oddiy gazetalar yoqimsiz hidlarni mukammal darajada o‘zlashtiradi. Gazetaning bir nechta varaqlarini mayda bo‘laklarga bo‘ling, ularni to‘psimon shaklga keltiring va idishlarni ular bilan to‘ldiring. Idishni qopqoq bilan yoping va bir necha kunga qoldiring. Vaqt o‘tib barcha yoqimsiz hidlar yo‘qoladi.
Siyoh izlarini olib tashlash uchun protseduradan keyin idishlarni yuvish vositasi bilan yaxshilab yuvishni unutmang, ushbu modda zaharli bo‘lishi mumkin.
Kofe
Maydalangan qahva yoqimsiz hidlar bilan samarali kurashadi. Idishni qahva donachalari bilan ishqalang, uni qopqoq bilan yoping va bir kechaga qoldiring. Keyin idishlarni yuvish vositasi bilan yuving. Maydalangan qahva xushbo‘y hidlarni yangi qahva donachalariga qaraganda yaxshiroq singdiradi.
Quyosh nuri
Oziq-ovqat plastmassasidan yoqimsiz hidlarni yo‘qotishning eng oson usullaridan biri — quyoshda idishlarni “isitish”dir. Quyosh nurlari ko‘p tushayotgan joylarni tanlang va shu yerga idishlarni joylashtiring. Bu eng yaxshi ochiq havoda amalga oshirilishi kerak — shamol va quyosh nurlari plastmassani asl ko‘rinishiga qaytarishga va neytral hidga kelishiga yordam beradi.
Ko‘p qavatli uylarda bu ishni amalga oshirish qiyinroq. Biroq idishlarni derazasi janub tomonga qaragan xonangizga qo‘ysangiz bo‘ladi. | 105 | 3,869 |
Ayollar | Ko‘p xarajat qilmasdan so‘nggi urfda kiyinish mumkinmi? | Bu maqolada siz ko‘p mablag‘ sarflamasdan chiroyli va hozirgi moda trendi bo‘yicha kiyinish to‘g‘risidagi stilist tavsiyalari va mutaxassis maslahatlari bilan tanishasiz.
Kiyimlardan ko‘ra aksessuarlarga e’tibor berish muhimroqdir. Agar brendli buyumlar olmoqchi bo‘lsangiz yaxshisi, aksessuarlar: oyoq kiyim, sumka, kamar yoki taqinchoqlarni tanlang. Oddiy jinsi va futbolkani hozirgi modadagi chiroyli oyoq kiyimi, sumka yoki taqinchoqlar bilan birga kiysangiz o‘zgacha ko‘rinishga ega bo‘lasiz.
Qoida bo‘yicha ustki kiyimlar – palto, kurtka, plash va po‘stinlar yuqori sifatli, toza, o‘zingizga yoqadigan uslubda va yarashib turuvchi bo‘lishi zarur. Shuning uchun to‘plagan mablag‘ingizni ustki kiyimlar uchun sarflaganingiz ma’qul.
O‘zingizga 100% yoqmayotgan buyumni ikkilanayotgan bo‘lsangiz, yaxshisi, sotib olmang.
Liboslaringizni takrorlovchi buyumlarni masalan, beshinchi jinsini yoki uchinchi futbolkani sotib olmang.
Agar mablag‘ingiz chegaralangan bo‘lsa, eski yoki kiyim shkafida kiyilmay qolib ketgan buyumlaringizni qaytadan o‘zgartirib tikishni o‘rganing. | 55 | 1,073 |
Ayollar | Tishlarni noto‘g‘ri tozalashingiz belgilari | Ertalab va kechqurun tishlarni tozalashni hammamizga bolalikdan uqtirib kelishadi. Unda nega sizda muntazam ravishda tishlarda tosh, kariyes va boshqa yoqimsiz holatlar paydo bo‘ladi? Sababi oddiy – siz tishlaringizni noto‘g‘ri tozalaysiz.
Hamma narsa tish cho‘tkasini to‘g‘ri tanlashdan boshlanadi. Masalan, ta’sirchan tishlar uchun cho‘tka yumshoq va qalin bo‘lishi kerak. Va tish cho‘tkasini har 2—3 oyda yangilab turishni unutmang.
Shu kabi holat tish pastasi bilan ham yuz beradi. Oqartiruvchi, tiklovchi va parvarishlovchi tish pastalarini navbati bilan qo‘llash tavsiya etiladi.
Og‘iz bo‘shlig‘ini 3 daqiqa davomida tozalash lozim bo‘ladi. Ko‘pchilik esa tish tozalashga 10—15 soniya vaqt ajratadi. Cho‘tkani ko‘proq tik holda harakatlantirish maqsadga muvofiqdir.
Bir yilda kamida 2 marta stomatolog qabuliga albatta borishingiz shartdir. | 43 | 847 |
Ayollar | Ro‘zani buzmaydigan narsalar | “Mustimaat.uz” nashri ro‘zani buzmaydigan narsalar ro‘yxatini e’lon qildi.
1.Qulog‘iga moy tomizsa ham. Suv tomizish.
2. Boshqa jinsdagi shaxsga shahvat nazari bilan qarab turib, maniysi to‘kilgan kishining ro‘zasi ochilmaydi. Bu ishda jinsiy yaqinlikning surati ham, ma’nosi ham yo‘qligi uchundir.
3. Ro‘zadorligi esidan chiqib yeb-ichib yoki jinsiy yaqinlik qilib qo‘ysa, ro‘zasi ochilmaydi. Ammo esiga tushishi bilan darhol mazkur ishlarni to‘xtatishi shart. Jinsiy yaqinlik qilayotgan kishi ro‘zadorligini eslashi bilan ajrashi kerak. Agar undan keyin ham turib qolsa, ro‘zasi buziladi.
4. Nazar solgani yoki o‘ylagani oqibatida maniysi to‘kilsa, o‘zi gunohkor bo‘lsa ham, ro‘zasi ochilmaydi. Kunduz kuni ehtilom bo‘lib qolish.
5. Ko‘ziga dori tomizsa yoki surma qo‘yish.
6. Qon oldirish.
7. Misvok qilish.
8. Mubolag‘asiz og‘iz-burunni chayish.
9. G‘usl qilsa yoki salqinlash uchun ho‘l lattaga o‘ranish.
10. G‘iybat qilsa yoki og‘zini ochishni niyat qilish.
11. Ro‘zadorning ichiga uning ixtiyorisiz tutun, changu g‘ubor yoki pashsha kirsa ham ro‘zasi ochilmaydi. Ammo ro‘zadorligi esida turib, xushbo‘y narsani tutatib hidlasa, ro‘zasi ochiladi.
12. Tish oldirib, qon yoki dorini yutmagan bo‘lish.
13. Erkak kishining jinsiy olatidan suv, moy yoki dori kiritish.
14. Quloqdan suv kirsa, quloqni kavlasa ham ro‘zasi ochilmaydi. Ammo bu kabi ishlarni qilmagan ma’qul.
15. Balg‘am yoki mishiqning kirish yoki chiqishi.
16. O‘z ixtiyoridan tashqari holda majbur bo‘lib qusish.
17. Tishlari orasida qolgan no‘xatdan kichik narsani yeyish.
18. Junub holda yurish.
19. Mushakka, teri ostiga ukol qilish. | 28 | 1,604 |
Ayollar | Sochlarimiz buzilishiga sabab bo‘ladigan 5 xato | Mukammal soch turmaklariga ega bo‘lishning ba’zi usullari aslida sochlarga zarar keltirishini bilasizmi? Biz siz uchun har birimiz yo‘l qo‘yishimiz mumkin bo‘lgan bir nechta xatolar haqida ba’zi ma’lumotlarni to‘pladik.
Ba’zi qizlar sochlarini tezroq o‘stirish maqsadida ularning uchini muntazam ravishda kesib turishdan voz kechadi. Lekin shampundan har kuni foydalanish sochlarni quritadi va uchlarining yorilishiga olib keladi — siz haqiqatan ham bundan qutulishingiz lozim.
Siz konditsioner qancha ko‘p bo‘lsa, sochlar shuncha mayin bo‘ladi deb o‘ylaysizmi? Adashasiz. Aslida konditsionerlar sochlarni mayin qilish uchun emas, balki ularni namlash uchun mo‘ljallangan. Ularni faqat sochlarning uchiga surish kerak. Sochlarni ozuqa moddalari bilan ta’minlash uchun bir haftada bir yoki ikki marta niqoblardan foydalaning.
Ko‘pchilik ulab uzaytirilgan sochlarga juda ishqiboz bo‘ladi. Lekin agar bosh terisi doimiy ravishda parvarish qilib turilmasa, ulashning har qanday usuli ham soch to‘kilishiga olib kelishi mumkin.
Ba’zi taroqlar sochlarni yulishi mumkin. Biz qilchalari juda ko‘p bo‘lgan cho‘tkalardan foydalanishga o‘rganib qolganmiz, lekin qilchalarning turiga ham e’tibor qaratish kerak. Metall tishli massaj qiluvchi cho‘tkalarni bir kunda faqat bir marta ishlatish mumkin. Qalin sochlar uchun tabiiy qilchali, jingalak sochlar uchun esa silikon qilchali cho‘tkalar olish kerak.
Sochlarni o‘rish va bog‘lab orqaga tashlash — juda muvofiq, ayniqsa nam ob-havoda vaqtni tejaydigan turmaklash. Lekin siz sochlarni haddan tashqari tortasiz va rezina orqali yuqori qatlamga zarar yetkazasiz. Sochlarni biroz pastroqdan yengilroq qilib bog‘lang va o‘ring.
Manba: Rambler Woman | 47 | 1,684 |
Ayollar | Hamkasblar bilan munosabatlarning yomonlashishiga sabab bo‘luvchi 10 odat | Ishdagi muhitning “buzilishi”, hamkasblar ko‘ziga yomon ko‘rinib qolishning oldini olish uchun quyidagi odatlardan voz kechgan yaxshi.
Gigiyenaga rioya qilmaslik
Gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik yoki aksincha, atirni haddan ortiq sepib olish atrofdagilarga yoqmasligi tabiiy. Shu sabab ham uydan chiqayotganda sizdan yomon hid anqimayotgani va o‘tkir atir ifori boshqalarni asabiylashtirmasligiga amin bo‘ling. Aksariyat hollarda yomon hid anqishiga terlash emas, vaqt o‘tishi bilan ko‘payadigan bakteriyalar sabab bo‘ladi. Bu muammoni bartaraf qilishda esa dush qabul qilish yaxshi samara beradi. Qolaversa, kiyimlarning toza va yuvilgan bo‘lishiga e’tibor qarating.
Hidi chiqadigan taom yoki yegulikni ish joyida iste’mol qilish
Sarimsoqli, piyozli taom yoki kabob yegandan keyin hamkasblar nima uchun sizga o‘qrayganiga hayron bo‘lib yurmang. Xonaga tarqaganidan tashqari, ovqat hidi kiyimga ham o‘tirib qolishi mumkin. Qolaversa, parhez tutayotgan, tushlik qilishga ulgurmagan hamda gastriti bor hamkasblaringiz sizni bu qilmishingizdan keyin xursand bo‘lmasligi aniq. Shu sababdan ham tashqarida ovqatlanib keling, vaqtingiz bo‘lmasa, hidi chiqmaydigan yegulikni boshqa xonaga chiqib, yeb oling.
Tartibsizlikka sabab bo‘lish
Yuvilmagan idishni rakovinada, buyumlarni stol ustida qoldirib ketish, umuman, tartibsizliklarga sabab bo‘lish yaxshi emas. Ko‘pchilik bor joyda narsalarni tashlab ketib, muammolarga sabab bo‘lmang.
Hamkasblarga teginish
Quchoqlash, barmoq bilan teginish va shunga o‘xshash holatlar hech kimga yoqmasligi aniq. Teginish tugul, haddan ortiq yaqin kelish ham kimlarningdir o‘zini noqulay his qilishiga sabab bo‘lishi mumkin. O‘zboshimchalik bilan harakat qilmang, kimningdir yelkasi chang bo‘lgan taqdirda ham shoshqaloqlik qilib, yordam bermasdan bu haqda o‘sha odamning o‘zini ogohlantirib qo‘yganingiz yaxshi.
Kimdir so‘ramasa ham shaxsiy ma’lumotlar bilan bo‘lishish
Suhbatdoshiga yoqish-yoqmasligi, uyalayotgani yoki qizarayotganiga qaramay, jag‘i tinmaydigan odamlar yo‘q emas. Vaziyat taqozosi bilan har kuni biron kishi yoki kishilar guruhi bilan duch kelish, ular bilan qadrdon yoki yaqinlikni bildirmaydi. Ish, o‘qish bilan bog‘liq yoki boshqa tasodifan duch kelgan odamlar vaqt sinovidan o‘tmagan va har ikki tomonda samimiy munosabat bo‘lmasa, o‘ziga haddan ortiq yaqin olib yubormaslik kerak.
O‘zini kasalga solish, chorasiz ko‘rsatish
Boshqalar ishlayotgan bir vaqtda vazifani kamroq bajarish uchun o‘zini kasalga solish yaxshi emas. O‘zi umuman biron kamchilik yoki muammo sabab o‘zini chorasiz ko‘rsatish, oqibatda munosabatlarning yomonlashishiga sabab bo‘ladi. Gap shundaki, avvaliga siz yoki hamkasblaringiz shunday kishiga yordam berishga harakat qiladi. Ammo o‘sha kishi atrofdagilarning rahmini keltirishi va bundan foydalanishini bir kun kelib tushunib yetish hafsala pir bo‘lishiga olib keladi. Odamlar yalqovlik yoki ishning birovning yelkasiga yuklab qo‘yilishini kechirishi mumkin, ammo o‘zlarining ahmoq qilingani va rahmdilligidan foydalanilganini kechira olmaydi.
Kasal holda ham ishga kelish
Tana harorati ko‘tarilgan bo‘lsa ham ishga kelgan odam o‘zi uchun qahramondir, lekin boshqalar ko‘z o‘ngida virus tarqatadigan kasallik manbayi bo‘ladi. Havo tomchi yo‘li bilan tarqashi mumkin bo‘lgan kasallikka chalingan bo‘lsangiz, yaxshisi davolanmaguncha ishga bormang.
Telefon ovozini o‘chirib qo‘ymaslik
Xonadan chiqib ketgan hamkasb telefonining tinmay jiringlashi boshqalarning ish jarayoniga ta’sir qilmay qolmaydi, asabiylashishiga sabab bo‘ladi. Shu sabab ham jamoat joyida telefonni ovozsiz rejimga qo‘yib qo‘yish yoki uni cho‘ntakda olib yurish kerak.
Shaxsiy masalalarni telefonda muhokama qilish
Hamma o‘tirgan joyda telefonda gaplashish odamlarni ishdan chalg‘itadi, qolaversa, shaxsiy gaplarni hammaning oldida gaplashish dardni dasturxon qilish bilan barobar. Ish vaqtida ish bilan mashg‘ul bo‘lish, shaxsiy muammolarni esa ishdan tashqarida muhokama va hal qilish kerak.
Musiqaning ovozini baland qilib eshitish
Musiqani baland ovozda eshitish boshqalar diqqatini to‘plashga xalal berishi mumkin. Shu sabab ham o‘zingizga yoqqan musiqani yaxshisi quloqchinda eshiting. | 73 | 4,143 |
Ayollar | Xarid qilish tavsiya qilinmaydigan kosmetik vositalar | Quyidagi kosmetik vositalarni xarid qilish, pulni ko‘kka sovurishdan boshqa narsa emas.
Ten palitrasi
Ichida 120 xil rangni o‘ziga jamlagan palitrani olib, undan ko‘pi bilan 20 tasini ishlatasiz. Hatto, professional makiyaj bilan shug‘ullanadiganlar ham buncha ko‘p rangdan foydalanmasligi aniq. Ranglar ko‘pligiga uchmasdan rostan ham kundalik surtsa bo‘ladigan va qo‘shimcha sifatida bir-ikki maxsus tadbirlarga mo‘ljallangan ranglari bor ten xarid qiling.
Makiyaj uchun cho‘tkalar to‘plami
Xarid davomida son emas, sifatni tanlashni o‘rganing. 30 talik cho‘tkani olib, ishlatilmaydigan buyumlaringiz sonini ko‘paytirgandan ko‘ra 10-12 ta kerakli, asosiysi sifatli to‘plamni sotib oling.
Soch gullashiga qarshi vosita
Soch tolasi gullashining birdan bir yechimi — kestirish hisoblanadi. Shuning uchun bekorga har xil vositalarga mablag‘ sarflashni bas qiling. Undan ko‘ra sochingizga tabiiy oziqlantiring, parvarish qiling, gullashni oldini olish uchun ma’lum muddatda sartaroshga borib turing.
Selyullitga qarshi krem
Selyullitni turli vositalar bilan yo‘q qilishga urinmang, foydasi yo‘q. Lekin bu yechim yo‘q degani emas, yaxshisi taomnomangizga e’tibor bering, sport bilan shug‘ullaning, massaj muolajasini oling. Krem surtib, kun bo‘yi harakatsizlik bilan faqat o‘zingizni aldaganingiz qoladi.
Universal shampun va krem
Inson tashqi ko‘rinishi bir-biriga o‘xshamagani singari, organizm, teri tuzilishi va soch ham har xil bo‘ladi. Bu degani universal har qanday vositadan foydalanavermaslik kerak. Teringiz quruq bo‘lsa, universal krem yoki shampun terining qurishi, sochingizda qazg‘oq ko‘payishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun o‘zingizdan kelib chiqib, individual vosita tanlang.
Teri va lab skrabi
O‘z qo‘lingiz bilan tayyorlashingiz mumkin bo‘lgan narsaga pul ketkazgandan nima naf? Kofe, asal, tuz va zaytun yog‘idan tayyorlangan skrab tabiiy va ishonchliligi bilan siz xarid qiladigan qimmatbaho vositalardan yaxshiroq natija ko‘rsatadi.
Qazg‘oqqa qarshi shampun
Qazg‘oqdan xalos bo‘lish uchun bilar-bilmas vositalardan foydalangandan ko‘ra, bir marta shifokor ko‘rigida bo‘lish va tavsiyalariga asosan davolanish kerak. Shampun yoki balzamlar ma’lum muddat qazg‘oqlarni yo‘q qilgani bilan keyin yana takror kuzatilishi mumkin.
Tonik
Kosmetologlar yuz terisining sog‘lom va tiniq bo‘lishi uchun tonikdan foydalanishni tavsiya qiladi, lekin tarkibida gamamelis va spirt bo‘lgan vositalarni xarid qilmaslik kerak. O‘rniga gialuron kislota yoki aloy bo‘lgan toniklari xarid qiling.
Pastki kiprik uchun mo‘ljallangan tush
Tepa kiprik uchun alohida, pastki kiprik uchun alohida tush xarid qilish, pulini qayerga qo‘yishni bilmayotganlarga xos. Axir tush tarkibi ham, kipriklar tuzilishi ham bir xil bo‘ladi. Shunchaki pastki kipriklarga surtilganda surkalib ketmasligi uchun cho‘tkasi ingichkarog‘ini tanlash kerak, xolos. | 53 | 2,838 |
Ayollar | Sog‘lom qarish uchun 5 tavsiya: salomatlikni saqlash uchun 30 yoshgacha nima qilish kerak? | Yosh o‘tganidan keyin salomatlikda muammolar kuzatilmasligi uchun nimalarga e’tibor berish kerakligi haqida yurak-qon tomir kasalliklari bo‘yicha jarroh Segey Volkovning tavsiyalarini e’tiboringizga havola qilamiz.
Muntazam ravishda shifokor ko‘rigidan o‘tish
Yoshlar shifokorga kamdan kam hollarda, masalan, shamollash mavsumi boshlangandagina murojaat qilishni afzal biladi. Ammo salomatlikni uzoq vaqt saqlash uchun yilda bir marta kompleks profilaktik ko‘rikdan o‘tish kerak. Oilaviy shifokor sizga qanday tekshiruvlardan o‘tish kerakligi haqida ma’lumot berib o‘tadi.
Sport bilan shug‘ullanish
Kam harakatlilik — XXI asrning asosiy muammolaridan biri. Ofisda ishlash, avtomobildan foydalanish va liftda yuqoriga ko‘tarilish — bularning hech biri jismoniy faollikning o‘rnini bosa olmaydi. Kun bo‘yi kompyuter ekraniga tikilib o‘tirish va kechasi uyga qaytganda charchoqni chiqarish uchun yotish organizmga yoqmasligi aniq.
Shu sabab ham imkoni topildi deguncha faol bo‘lishga harakat qilish, masalan, sayrga chiqish mumkin. Buning uchun 10 ming qadam yurishingiz shart emas. 2019-yilda e’lon qilingan tadqiqotda hatto 4500 qadam yurish ham asosiy kasalliklar sabab kuzatilishi mumkin bo‘lgan o‘lim xavfini 41 foizga kamaytirishi aniqlangan. Har keyingi 1000 qadam esa yana 15 bunga 15 foiz qo‘shadi. 7500 qadamdan keyin hech qanday qo‘shimcha bonus aniqlanmagan: 8000 va 9000 qadam 7500 qadamdagi natijadan farq qilmagan.
Sayr qilishdan tashqari, xohishingizga qarab qo‘shimcha jismoniy faollikni ham tanlang. Yugurish, tennis o‘ynash, suzish, raqs tushish bilan shug‘ullaning. Sezilarli natija uchun hafta davomida 2,5-5 soat vaqt ajratish kerak bo‘ladi. Bunday mashqlar yurak-qon tomirlarni mustahkamlaydi — ushbu tizimda muammo bo‘lmasa, qolgan a’zo va tizimlarda ham hammasi yaxshi bo‘ladi.
Ovqatlanishingizga e’tiborli bo‘ling
Salomatlik haqida gap ketganda, ovqatlanish ham muhim rol o‘ynashini yoddan chiqarmaslik kerak. Semirish endokrin va yurak-qon tomir tizimiga salbiy ta’sir qiladi, ateroskleroz va yurakning ishemik kasalliklari xavfini orttiradi. Bunga vaqt topa olmasdan buyurtma berib yog‘li ovqat va do‘kondagi yarimtayyor mahsulotlarning kaloriyaga boy ekani sabab bo‘ladi. Shakar, tuz va transyog‘larning haddan ortig‘i organizmga yoqmasligi aniq. Shu bois ham fastfud va boshqa zararli taomlardan tiyiling, ratsioningizda tuz 1 choy qoshiqdan ko‘p bo‘lmasin. Taomnomangizda sabzavot, qon tomirlarga ijobiy ta’sir qilib, ateroskleroz rivojlanishining oldini oladigan omega-3 yog‘ kislotasiga boy baliq mahsulotlari bo‘lishiga e’tibor qarating.
Hordiq chiqarishni ham unutmang
Kun davomida ish, o‘qish va oilaviy muammolar bilan band bo‘lish nafaqat jismoniy, balki ruhiy salomatlik va immunitetga ham ta’sir qiladigan surunkali stressga sabab bo‘lishi mumkin. Turli salbiy oqibatlarning oldini olish va asabiylashmaslik uchun vaqtingizni tabiat qo‘ynida o‘tkazishga harakat qiling, meditatsiya bilan shug‘ullaning, qolaversa, tiniqib uxlashni kanda qilmang. Uyquning biroz yetishmasligi ham depressiya, ikkinchi turdagi qandli diabet va yurakning ishemik kasalliklari xavfining ortishiga sabab bo‘lishi mumkinligini yoddan chiqarmang.
Zararli odatlardan voz kechish
Zarar keltiradigan har qanday odatga o‘z vaqtida nuqta qo‘yish kerak. Birgina sigaret tufayli qon tomirlarda 1 soat davomida spazm kuzatilishi, spirtli ichimliklarni haddan ortiq iste’mol qilish esa aritmiya va insultning paydo bo‘lish xavfini ortishiga olib kelishi mumkin. | 90 | 3,466 |
Ayollar | Diqqatni boshqarishni qanday o‘rganish mumkin? | Sizning baxtli hayotingiz, unumdorlik va ishdagi muvaffaqiyatlar diqqatni nazorat qilish va yo‘naltirish qobiliyatingiz bilan chambarchas bog‘langan.
Diqqat-e’tiboringizni bekorga sarflamasdan, uni o‘zingiz uchun muhim bo‘lgan ishlarga yo‘naltirishning uch usuli to‘g‘risida aytmoqchimiz.
Meditatsiya qilish stressni kamaytiradi, tanani bo‘shashtirishga va sizni barcha chalg‘ituvchi omillardan uzoqlashishga yordam beradi. Hammasi juda oddiy: siz o‘tirasiz va diqqatingizni biron-bir narsaga qaratasiz, ko‘pincha o‘zingizning nafas olishingizga.
Ko‘p vazifalilik unchalik samarali emas, ayniqsa gap aqliy mehnat haqida borganda. Bundan tashqari u miyaga zarar keltiradi. Siz har gal diqqatingizni bir ishdan boshqasiga qaratganingizda, miya ortiqcha stressni boshdan kechiradi, diqqatni yangi vazifaga qaratish qobiliyati esa pasayadi.
Bir vazifalilik unumliroq ishlashga yordam beradi va diqqatni bir narsaga uzoqroq qaratishga o‘rgatadi. U samarasiga ko‘ra meditatsiyaga o‘xshaydi: siz qancha ko‘proq mashq qilsangiz, shuncha yaxshiroq bajarasiz, diqqatingizni kerakli ishga ongli ravishda yo‘naltirish shuncha oson bo‘ladi.
Ijtimoiy tarmoqlarga kirish uchun telefonni olishda sizning ongingiz har keyingi takrorlanishlarda mustahkamlanib boradigan odatlar halqasini hosil qiladi.
Aynan shuning uchun raqamli moslamalardan foydalanishni cheklash juda muhimdir. Bunga o‘xshash diqqatni chalg‘ituvchi omillardan muntazam ravishda uzoqlashishga harakat qiling. Masalan, pochta va xabarlarni kunning ma’lum bir vaqtida tekshiring, bir haftada bir yoki ikki marta smartfon va noutbukni umuman qo‘lingizga olmang.
Manba: “Layfxaker” | 46 | 1,630 |
Ayollar | Ish samaradorligiga putur yetkazadigan 5 ta tonggi odat | Ish va faoliyatning qanday o‘tishi atrofimizda yuz berayotgan voqealar, shuningdek, odatlar bilan ham bevosita bog‘liq bo‘ladi.
Ertalab soat 8-10 oralig‘ida qahva ichish.
Darmutning Geyzel tibbiyot maktabi tadqiqotchilari ma’lumotiga ko‘ra, bu vaqtda stress garmoni — kortizol har doimgidan ham ko‘proq miqdorda ajralib chiqadi. Qahva ichish esa uning miqdorini yanada ko‘payishiga sabab bo‘ladi.
Nima qilish kerak?
Qahvani tushlikdan keyin soat ikkigacha va ikkidan beshgacha bo‘lgan vaqtda ichish kerak. Chunki bu vaqtda kortizol miqdori kam bo‘ladi. Yoki umuman ichmaslik tavsiya qilinadi. Kanadalik psixologlarning aniqlashicha, 20 daqiqa yugurish qahvadan samaraliroq tetiklashtiradi.
Kundalik qilinishi kerak bo‘lgan ishlar haqida o‘ylash.
Avvallari samaradorlik uchun tavsiya qilingan uslub o‘zini oqlamagani ma’lum bo‘lgan. Qilinishi kerak bo‘lgan ishni shunchaki o‘ylab o‘tirmasdan tezroq bajarishga kirishish kerak. Siz xayolingizda o‘ylayverganingiz sari vaziyat ustidan nazoratni yo‘qotasiz, illyuziyaga berilasiz.
Nima qilish kerak?
Qilinishi kerak bo‘lgan ishlarni yondaftarcha yoki qog‘ozga yozib boring.
Tongni elektron xabarni tekshirish bilan boshlash.
NYU professori Adam Alterning ta’kidlashicha, xabarni o‘qigandan keyin o‘ziga kelish va ishga kirishish uchun kamida 25 daqiqa ketadi. Bu diqqatning chalg‘ishi bilan bog‘liq.
Nima qilish kerak?
Ko‘zingizni ochishingiz bilan pochtangizni tekshirmang, xabar kelganini bildiradigan funksiyani o‘chirib qo‘ying.
Ishga kechikish.
Vaqtning to‘g‘ri taqsimlanmasligi, nafaqat ishingiz, balki kuningiz qanday o‘tishiga ham ta’sir o‘tkazadi. Bu esa ish samaradorligi protsentining kamayishi, kunning unumsiz o‘tishiga olib keladi.
Nima qilish kerak?
Hammasi oddiy — erta turish va erta ishga kirishish kerak.
Ish bo‘yicha uchrashuvlarni ertalabga belgilash.
Uchrashuv va majlislarda turli muammolar muhokama qilinib, kishining kunlik kayfiyatiga ta’sir o‘tkazishi mumkin. Bu esa ishlashga bo‘lgan layoqatning o‘lishiga sabab bo‘ladi.
Nima qilish kerak?
Tongda o‘ta muhim uchrashuvlardagina ishtirok etish va belgilash, qolganini kechga qoldirish kerak. | 55 | 2,119 |
Ayollar | Telefonda mukammal surat olish uchun maslahatlar | Zamonaviy smartfonlarda eng minimal zumlashtirishdan foydalanish ham surat sifati keskin yomonlashishiga olib keladi. Unda shovqinlar paydo bo‘ladi va ravshanlik yo‘qoladi. Agar obyektni yaqindan suratga olmoqchi bo‘lsangiz, uning yoniga boring. Agar bunday imkoniyat bo‘lmasa, zumsiz suratga tushiring, yakunda o‘zingizga kerakli fragmentni katta fotosuratdan kesib olish mumkin.
Gadjetingiz obyektivini tirnab olmaslikka urining, shuningdek, suratga olishdan oldin uni mato parchasi bilan yaxshilab artib tashlang.
Hatto professional fotosuratchilar ham bir necha martadan suratga tushiradi, ulardan namuna oling. Ketma-ket olingan suratlar ichidan eng maqbulini tanlab olib, qolganlarini o‘chirib tashlash mumkin.
Yaxshi suratlarni yaxshi yoritilgan joyda olish mumkin. Agar siz do‘stlaringiz bilan kichik fotosessiya uyushtirmoqchi bo‘lsangiz, buni kunduzi ko‘chada qilgan ma’qul. Shuningdek, yorug‘lik manbai obyektivdan oldinda bo‘lsa, HDR rejimini yoqishni unutmang. Ammo ochiq quyoshda va qop-qora soyada suratga olish yaramaydi, kontrast yorug‘liklardan ham nariroq turish zarur.
Kamera imkoniyatlaridan iloji boricha kengroq foydalaning. Smartfonlar kameralari sozlamalarida ko‘plab turli-tuman funksiyalar mavjud, ularni bemalol ishlating.
Photoshop va boshqa grafik redaktorlar yordamida shovqinlarni biroz silliqlashtirish, yorqinlik/kontrastlikni to‘g‘rilash, chiroyli effektlarni qo‘shish mumkin.
Suratga olish vaqtida qo‘llaringiz qaltiramasligiga e’tibor bering. Bu yerda hammasi tushunarli: “yuvilib ketgan” fotosuratlar hech kimga kerak emas.
Manba: “Galaxy-droid.ru” | 48 | 1,586 |
Ayollar | Tabiiy go‘zallikni va yoshlikni saqlab qolish uchun nima qilish kerak? | Bugungi kunda go‘zallik – bu benuqson yuz yoki kelishgan qomat degani emas. Gap ayollarga tabiat tomonidan ato etilgan tabiiy go‘zallik to‘g‘risida ketyapti. Bizning maqolamizni o‘qib bu go‘zallikni qanday qilib saqlab qolish va yosh ko‘rinish haqida bilib olasiz.
Agar o‘zingizdan qoniqib yashasangiz, har qanday vaziyatda ham xotirjam va baxtli bo‘lasiz, odamlar sizga havas qilishadi. O‘zingizga ishoning va sodiq bo‘ling. Shaxsiyatingiz ustida ishlang va bu sizning tabiiy yoqimliligingizni oshiradi.
Teringiz holati qanday ovqatlanishingizga bog‘liq. Teringiz sog‘lom barq urishi va hayotiy kuchga to‘lishi uchun kerak bo‘ladigan barcha foydali moddalar bilan uni “parvarishlang”.
Tanangiz mushaklarini tonusda tutib turish uchun hatto bir haftada uch marta yarim soatdan sayr qilish ham yetarli bo‘ladi. Mashqlar bajarish esa tanani taranglashtirishga, uning elastikligini oshirishga yordam beradi.
Sochlaringiz siz g‘ururlanadigan asosiy predmetga aylanishi kerak. To‘g‘ri parvarishlash ularning yumshoq, egiluvchan va yaltiroqligini ta’minlaydi.
Tanangizdagi oddiy o‘zgarish qiyofangizni yaxshilaydi, bundan tashqari beldagi og‘riqni va zo‘riqishni yo‘qotadi.
Manba: “Jlady.ru” | 70 | 1,187 |
Ayollar | Yumaloq yuzli ayollarga yarashadigan soch turmaklari (foto) | Uzunroq va ixcham yuz shakli odamni yoshroq ko‘rsatishi sir emas. Dumaloq yuzni bunday ko‘rsatish uchun konturing qilishga hojat yo‘q. Soch turmagi bilan ham kutilgan natijaga erishish mumkin.
Nomiga qilingan jingalak
Sochlarni nomiga jingalak qilib, turmaklab yurish oval shaklidagi yuz egalari uchun ayni muddao. Buning uchun soch kaskad qilib kesilgan bo‘lsa yana yaxshi.
Klassik bob
Kalta soch turmagi dumaloq yuz egasi uchun to‘g‘ri kelmaydi deb o‘ylaganlar yanglishadi. Klassik bob soch turmagida sochning old qismi uzun, orqasi kalta ekani hisobiga yuzning dumaloqligi ko‘zga tashlanmaydi.
Uchlari uzun-kalta qilib kesilgan soch turmagi
Yuzining dumaloqligini yashirish uchun bunday soch turmagi klassik va eng yaxshi usullardan biri hisoblanadi. Bunday usul sochni hajmli ko‘rsatib, yuzning dumaloqligini yashiradi. Shunga qaramay, ayol yoki qiz sochlari uchun istalgan uzunlikni tanlashi mumkin bo‘ladi.
Piksi
Mazkur soch turmagidagi cho‘lka va sochning uzun qismi yuzning dumaloqligiga urg‘u berilmasligini ta’minlaydi. Asosiysi, cho‘lkani uzunroq qilib kesish kerak. Kalta bo‘lsa, xunuk ko‘rinib qoladi.
Sheg
Uchlari tekis qilib kesilmagan va tabiiy ko‘rinishdagi soch turmagi mazkur mavsumda har qachongidan ham dolzarbroq. Dumaloq yuzni biroz cho‘zinchoqroq ko‘rsatish uchun o‘rtacha uzunlikdagi soch turmagini tanlash kerak. | 59 | 1,343 |
Ayollar | Hamma narsani eslab qolishning 6 ta samarali usuli | Sizda eslab qolish bilan bog‘liq muammolar bo‘lsa, bunga tan berib, xotiram yomon ekan, degan xulosaga kelishga shoshilmang, deydi kouch, Productivity Lessons blogi muallifi Mark Shid. Boshida barchada dastlabki ma’lumotlar deyarli bir xil bo‘ladi. Eslab qolishni o‘rganish uchun aynan o‘zingizga to‘g‘ri keladigan usulni tanlab olish kerak. Maqolada bunday usullarning eng qiziqarlilari bilan tanishishingiz mumkin.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, o‘qib-o‘rganishga kirishishdan avval 15—20 daqiqa davomida qayg‘uli xayollaringizni va mayda-chuyda ko‘ngilsizlaringizni eslab, qog‘ozga tushirsangiz, o‘qish samaradorligi keskin o‘sib ketadi. Gap shundaki, biz barcha salbiy narsalarni tekshirmay-netmay juda yaxshi eslab qolamiz, undan keyingi barcha axborotni ham miya “yomon” deb qabul qiladi, demak, ishonchli tarzda qayd etadi.
Michigan universiteti psxixologlari tabiatni kuzatish kognitiv funksiyani naq 20 foizga oshirishini aniqladi. Tabiat qo‘yniga chiqish shart emas, tabiat aks etgan fotosuratlarga 5—10 daqiqa qarash kifoya bo‘ladi.
Baland ovoz bilan aytilgan so‘zlar 10 foizga yaxshiroq esda qoladi. Har bitta so‘zni baland ovozda va dona-dona qilib talaffuz qilish kifoya.
Ma’lum bir axborotni o‘rgangach, uni diktofonga yozib oling. Uxlash paytida uni sekingina eshiting — uning sadosi ostida aynan uxlash kerak. Allaqachon tanish, ammo eslab qolish qiyin bo‘lgan narsalarni mustahkamlash uchun ajoyib usul.
She’r, darslik va ma’ruzalarni yodlash chog‘ida xona bo‘ylab aylanib yuring. Gap shundaki, yurish miya faoliyatini kuchaytiradi va sizning eslab qolish qobiliyatingiz ancha oshadi.
Agar bir kechaning o‘zida ikkita imtihonga (yoki majlisga) tayyorlanish kerak bo‘lsa, buni turli xonalarda amalga oshiring. Biz turli muhitlarda eslab qoladigan ma’lumot boshimizda aralashib ketmaydi.
Manba: “Jv.ru” | 50 | 1,819 |
Ayollar | Tirnoqlarni mustahkamlashga yordam beradigan samarali tavsiyalar | Tirnoqlar bilan bog‘liq muammolarni bartaraf qilish uchun nimalar qilish kerakligi haqida ma’lumot beramiz.
Biotin qabul qiling
B guruhi vitaminlari qatoriga kiradigan biotin tirnoq va sochlar mustahkamligi, asab tizimining to‘g‘ri faoliyati uchun javob beradi. Tuxum, yasmiq, sardina (baliq turi)da biotin bisyor bo‘ladi. Yo bo‘lmasa shifokor bilan maslahatlashib, ushbu vitaminni biologik qo‘shimcha sifatida qabul qilsa ham bo‘ladi.
Suvdan kamroq foydalaning
Ko‘p suv tegishi oqibatida tirnoqlar mo‘rtlasha boshlaydi. Shu sabab ham suvdan kamroq foydalanishga harakat qiling, uy yumushlarini bajarganda rezina qo‘lqop kiyishni unutmang.
Lak va tirnoqni parvarish qiluvchi vositalar tarkibi bilan tanishing
Hamisha lak va tirnoqni parvarish qiluvchi vositalar tarkibini o‘qib chiqishni esingizdan chiqarmang. Gap shundaki, kimyoviy vositalar tirnoq plastinasiga zarar yetkazishi mumkin.
Tirnoqlarga dam bering
Bir muddat lak va shellaksiz yurib, tirnoqlarga dam bering. Aks holda tirnoqlaringiz sinuvchan va mo‘rt bo‘lib qoladi.
Yog‘ bilan oziqlantiring
Kokos, zaytun va kanakunjut yog‘i tirnoq plastinasini mustahkamlab, uning atrofidagi terini namlantiradi. Shu sabab ham iliq yog‘ bilan vanna qilish tavsiya etiladi. Muolaja samarali bo‘lishi uchun paxtadan tikilgan qo‘lqop kiyib uxlash ayni muddao.
Namlantirishni unutmang
Kun davomida turli muammolar kuzatilmasligini istasangiz, tirnoq atrofidagi terini muntazam ravishda namlantirib turishni unutmang.
Vitaminlarni kanda qilmang
C vitamini tirnoqlarni mustahkamlab, o‘sishini jadallashtirgani sabab ham ularni limon bo‘lagi bilan artish maslahat beriladi. 5 daqiqa davom etadigan ushbu muolajadan keyin qo‘llarni iliq suvda yuvib tashlang.
Tirnoqlar mustahkamligi uchun mikroelementlarning koni bo‘lgan quyidagi mahsulotlarni kanda qilmaslik kerak.
Go‘sht va boshqa oqsilga boy mahsulotlar. Oqsil tirnoq plastinasi mustahkamligini ta’minlaydi.
Barra meva va sabzavotlar. Vitamin va minerallarning koni hisoblangan meva-sabzavotlar tirnoq, teri va soch salomatligini ta’minlaydi.
Qovoq urug‘i va qora shokolad tarkibidagi magniy tirnoqlarda dog‘ paydo bo‘lishining oldini oladi.
Baliq va dengiz mahsulotlari tarkibidagi rux moddasi tirnoqlar mustahkam bo‘lishida muhim rol o‘ynaydigan oqsil ishlab chiqarilishida ishtirok etadi.
Vinodan foydalaning
1 choy qoshiq tuz qo‘shilgan 200-250 ml vinoli aralashmadan tirnoqlarni vanna qilishda foydalansa bo‘ladi. Buning uchun vinoni 30-35 darajada ilitishingiz kerak bo‘ladi. Shundan keyin qo‘llarni iliq suvda yuvib, teriga namlantiruvchi krem surtish kerak. | 64 | 2,562 |
Ayollar | Makiyaj yordamida ko‘zlarni katta ko‘rsatish bo‘yicha 8 tavsiya | Kosmetik vositalardan to‘g‘ri foydalanib chiroyli ko‘rinishga ega bo‘lish, ko‘zning katta va nigohlarning porloq ko‘rinishiga erishish mumkin.
Ko‘z ostidagi halqalardan qutuling
Toliqqanlikdan belgi beradigan halqalar ko‘zlarni kichik va kasaldek ko‘rsatadi. Shu sabab ham ko‘z atrofiga namlantiradigan patchi va kremlardan foydalanish, keyin esa konsiler surtish tavsiya qilinadi. Konsilerni teri rangidan ochrog‘ini tanlash va barmoq yoki sponch bilan yaxshilab singdirishga harakat qilish kerak.
Kipriklar ustidan qalam bilan urg‘u berish
Ko‘zlar katta ko‘rinishi uchun podvodka bilan strelka chizish shart emas. Layner yoki qalam yordamida kipriklarga urg‘u berish orqali ham kutilgan natijaga erishsa bo‘ladi.
Kiprik qayirgich yordamidan foydalaning
Qayrilgan kipriklar nigohni chiroyli, ko‘zlarni esa katta ko‘rsatadi. Kiprik qayirgichdan foydalanish, ayniqsa, kipriklari to‘g‘ri bo‘lganlar uchun yaxshi samara beradi.
Tush surting
Kiprikka tush surtilganidan keyin ko‘zlar aslidan ancha katta ko‘rinadi. Cho‘tkani kiprikning ildizidan tashqariga tomon harakatlantirib surting. Kipriklar yopishib qoladigan bo‘lsa, cho‘tkasi bilan ajrating, ortiqcha qoldiqlar kiprikka yopishib qolmasligiga e’tibor qarating. Kundalik obraz uchun tabiiy ko‘rsatadigan jigarrang tushdan foydalanish tavsiya qilinadi.
Pastki qovoqqa yorqin rangli bo‘yoq bilan urg‘u bering
Kremli yoki och pushti qalam bilan ko‘zning pastki qovog‘iga (kipriklar o‘sadigan qatorga) urg‘u bering. Buning natijasida ko‘zlaringiz shahlo va katta ko‘rinadi.
Haylayterdan foydalanishni unutmang
Qosh ostiga hamda ko‘zning ichki burchagiga haylayter surting. Teri rangi och bo‘lganlarga och krem rangdagi, bug‘doyrang teri egalariga esa tillarang haylayterdan foydalanish tavsiya qilinadi.
To‘q va och ranglarni moslang
Ko‘zni katta ko‘rsatish uchun turli ranglar umumlashmasidan foydalaning. To‘q rangli tenni ko‘zning tashqi burchagiga, och ranglisini esa markazga surting. Bo‘yoq to‘planib qolmasligi uchun yaxshilab singdiring.
Qoshning tartibli bo‘lishiga e’tibor qarating
Tartibsiz qoshlar ko‘zning kichik ko‘rinishiga ham sabab bo‘ladi. Shu sabab vaqtida qoshni tartibga keltirishni yoddan chiqarmaslik kerak. Makiyaj uyg‘un bo‘lishi uchun terilgan qoshni qalam yoki ten bilan bo‘yashni unutmang. Yoki rangsiz gel bilan ham urg‘u bersangiz bo‘ladi. | 63 | 2,321 |
Ayollar | Par kurtkani nima bilan kiyish mumkin? | Par kurtka (puxovik) – sovuq paytlarda kiyiladigan eng ommabop ustki kiyimlardan biri hisoblanadi. Issiq, qulay va ixchamligi uchun, kim va qanday yoshda bo‘lishidan qat’i nazar, barcha ayollarga mos keladi. Lekin, bunday kurtkani qanday kiyim bilan kiyish kerakligiga e’tibor berishingiz lozim.
To‘ladan kelgan ayollar, yaxshisi, uzunligi tizzagacha yoki tizzadan pastda bo‘lgan klassik bichimdagi puxoviklarni tanlagani ma’qul, bu variant ayniqsa, homilador ayollar uchun ham mos keladi.
Ularni past poshnali oyoq kiyim va uzun shimlar bilan kiyish tavsiya qilinadi. Xushqomat qizlarga esa kalta bichimdagi puxoviklar juda mos keladi, ularni har qanday kiyim bilan ham kiyish mumkin.
Par kurtka yo‘g‘on poshnali uzun etik va tor jinsi bilan mos tushadi. Mo‘yna bilan bezalgan kapyushonli kurtka – uzun sharf va jun yubka bilan birgalikda romantik ko‘rinish bag‘ishlaydi.
Ko‘ylak va yubkalarni ham har qanday uzunlikdagi puxoviklar bilan kiysa bo‘ladi. Etagi sal kengroq qilib to‘qilgan ko‘ylak va leggins par palto bilan juda mos tushadi. Oyoq kiyimlardan esa, zamonaviy mo‘ynali botilyonni tanlaganingiz ma’qul. | 38 | 1,115 |
Ayollar | Yosh boladan mas’uliyatni talab qilish kerakmi? | Ota-onalar ko‘pincha bolani “hamma narsani tushunadigan”, ammo dangasaligi yoki qaysarligi tufayli bu narsalarni qilmaydigan kichik “katta odam” deb hisoblaydi. Natijada boladan u o‘z yoshining alohida xususiyatlaridan kelib chiqib qodir bo‘lmagan narsalarni talab qiladi.
Ikki yoshgacha bo‘lgan bola o‘z harakatlari va ular keltirib chiqargan oqibatlar o‘rtasidagi aloqani anglay olmaydi. Uning uchun har qanday oqibat “to‘satdan bo‘lgan holat” hisoblanadi. U onasi va boshqa yaqin kishilari qanday reaksiya ko‘rsatishiga qarab mo‘ljal oladi va ko‘p marta salbiy munosabatni keltirib chiqargani uchun, qilish kerak bo‘lmagan xatti-harakatlarni bilib ola boshlaydi. Tashqi ko‘rinishi uchun ham, o‘yinchoqlari uchun ham chinakam mas’uliyat hali bo‘lmaydi, shunday ekan, uni talab qilish ham kerak emas.
2—3,5 yoshda ko‘pchilik bolalarda “uch yosh inqirozi” deb ataluvchi davr bo‘lib o‘tadi. Bunda bolaning xulqi ko‘pincha provokatsiyaga o‘xshaydi: u taqiqlarni bilgan holda, “mumkin bo‘lmagan” narsa haqiqatan ham mumkin emasligini “tekshirib ko‘radi”. Ushbu davrda maqbul deb topiladigan va tanbeh beriladigan xatti-harakatlar o‘rtasida chegara chiziladi.
Bola inqirozni boshidan kechirayotgan vaqtda u butunlay mas’uliyatsiz bo‘lib qolgandek ko‘rinishi mumkin. Qo‘rqish va bola mutlaqo “aynibdi”, endi mas’uliyatsiz odam bo‘lib yetishadi deb o‘ylash kerak emas. Bu davr o‘tgach, bolaning shaxsiyatidagi o‘sish yaqqol ko‘rinadi. | 47 | 1,429 |
Ayollar | Taqinchoqlar uzoq vaqt xizmat qilishi uchun ulardan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha 5 ta maslahat | Tilla, kumush va boshqa metallardan yasalgan sevimli taqinchoqlarimiz bizga uzoq muddat xizmat qilishi uchun ularni to‘g‘ri saqlash, o‘z vaqtida tozalash muhim ahamiyat kasb etadi. Elle nashri taqinchoqlardan foydalanish bo‘yicha maslahatlarni keltirib o‘tdi.
Taqinchoqlarni tez-tez tozalab turish kerak
Vaqt o‘tishi bilan istalgan turdagi metal o‘z jilosini yo‘qota boshlaydi. Shu sababli tilla va kumush taqinchoqlarni vaqti-vaqti bilan maxsus mato bilan artib turish kerak. Tish cho‘tkasini iliq suvga botirib yoki bolalar sovuni bilan ham tozalasa bo‘ladi.
Ish qilayotganingizda taqinchoqlarni yechib qo‘ying
Qo‘polroq jismoniy harakat ta’sirida taqinchoq tirnalishi, yorilishi yoki qiyshayishi mumkin. Sport mashg‘ulotlariga borganda yoki boshqa jismoniy mehnat qilayotganingizda taqinchoqlarni yechib qo‘yish tavsiya etiladi.
Shuningdek, issiq harorat ham taqinchoqlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Issiq hammomga, saunaga borganingizda zirak, zanjir va uzuklarni yechib qo‘yish zarur.
Taqinchoqlarni maishiy kimyoviy moddalar va kosmetikadan uzoqroq tuting
Taqinchoqlar kosmetika yoki tozalovchi vositalarga tekkanda ularda dog‘ paydo bo‘lishi yoki metallning ustki qismi zararlanishi mumkin.
Shuning uchun idish-tovoq yuvayotganda yoki uy tozalayotganda taqinchoqlarga ehtiyot bo‘ling.
Taqinchoqlarni to‘g‘ri joyga qo‘ying
Tabiiy qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan taqinchoqlarni quyosh nuri to‘g‘ridan to‘g‘ri tushadigan joyda saqlash yaramaydi. Quyosh nuri tufayli taqinchoqlarning tabiiy rangi yo‘qoladi. Shuningdek, taqinchoqlar yodlangan dengiz suvini ham yoqtirmaydi. Plyajga borganingizda taqinchoqlarni mehmonxonada qoldirgan ma’qul.
Taqinchoqlarni maxsus qutilarda saqlang
Taqinchoqlar uzoq xizmat qilishining muhim shartlaridan biri bu — ularni o‘z qutisida yoki maxsus keysda saqlash.
Bunday keyslarda taqinchoqning hamma turi uchun maxsus bo‘lmalar bo‘ladi. | 94 | 1,882 |
Ayollar | Gazlangan suvdan uyni tozalashda foydalanish bo‘yicha 9 tavsiya | Gazlangan suvni tozalash vositalari o‘rnida ishlatish mumkinligini bilmaganlar uchun quyida tavsiyalarni taqdim qilamiz.
Zargarlik buyumlarini tozalash uchun
Idishga gazlangan suv va tarkibida zararli komponentlar kam bo‘lgan tozalash vositasidan bir-ikki tomchi qo‘shing. Zargarlik buyumini tunda solib qo‘ying, tongga qadar tursin. Ertalab taqinchoqlaringizni olib, yumshoq sochiq bilan quruqlang.
Zangni ketkazish
Gazlangan suv tarkibida uglekislota borligi uchun ham nafaqat metalldagi dog‘lar, balki zangni ham ketkazish xususiyatiga ega. Buning uchun zanglagan metallni bir necha soatga gazli suvga solib qo‘yishning o‘zi kifoya.
Shisha buyumlar
Chang va dog‘ni tozalash uchun gazlangan suv bilan shisha oyna yoki buyum ustini arting.
Tagiga olgan idish
Tagiga olgan qozon yoki tovani tozalash uchun gazlangan suvni bir necha soatga solib qo‘ying, natija sizni hayratga solishi aniq.
Shisha va kumush idishlar
Shisha va kumush idishlarning asl holati saqlanishi uchun ularni vaqti-vaqti bilan 20 daqiqaga gazlangan suvga solib qo‘yish tavsiya qilinadi.
Dog‘larni ketkazish
Gazlangan suvdan dog‘ni ketkazishda foydalanish mumkin bo‘lib, unda mato sifati hamda rangi o‘zgarmaydi.
Suvdan qolgan dog‘lar
Yuvinish xonasida suvdan qolgan dog‘larda ham gazlangan suv yaxshi samara beradi. Buning uchun dog‘ bor joyga gazlangan suv quyish keyin esa quruq mato bilan artishning o‘zi kifoya.
Idishdagi choy va kofedan qolgan dog‘lar
Kofe yoki choy idishi chetlarida qolgan dog‘larni ham gazlangan suv yordamida osonlik bilan ketkazish mumkin. Buning uchun idishga kechasi gazlangan suv solib tonggacha qoldiring. | 63 | 1,609 |
Ayollar | Sochlarni qalin qilish bo‘yicha 10 ta oddiy maslahat | Hech kim siyrak nozik sochlarga ega bo‘lishni xohlamaydi. Shuning uchun “Noviy ochag” nashri ko‘p vaqt sarflamasdan sochlar holatini yaxshilashning bir necha usullarini e’tiboringizga havola etadi.
Sochga hajm berish uchun maxsus shampun va konditsioner tanlang
Ko‘pchilik unutadigan birinchi va asosiy qadam. Bular sochga hajm beradigan mahsulotlar hisoblanadi. Ular sochlarga hajm, qalinlik qo‘shadi va soch ildizini yaxshilaydi.
Sochingizni yelkagacha o‘stiring
Ko‘pincha qalin sochlar haqida gap ketganda, ko‘pchilik uzun sochlarni tushunadi. Aslida bu xato. Qisqa yoki o‘rta uzunlikdagi nozik sochlar hajmli va qalinroq ko‘rinadi, chunki ularning o‘z vazni pastga tortmaydi. Yelka uzunligidagi sochlar uchun juda ko‘p chiroyli turmaklar mavjud.
Sochlaringizni shishiring
Yangi tish cho‘tkasini oling va sochlaringizni ildizidan tepaga qarab muloyimlik bilan tarang.
Ukladka va hajm uchun fiksatorlardan foydalaning
Boshdagi sochlar yoyilgan sochlardan ham nozikroq ko‘rinadi. Shuning uchun bu oddiy vositani ham e’tiborsiz qoldirmang.
Sochingizni yorqin rangga bo‘yang
Sochlarni bo‘yash yordamida ular qalinroq ko‘rinadi va soch turmagi yanada hajmli bo‘ladi.
Bosh terisini ham bo‘yang
Bosh terisi qanchalik ko‘p ko‘rinsa, sochlaringiz shunchalik siyrakligi bilinadi. Sochingiz bilan bir xil rangda boshingizni ham bo‘yang. Ammo buni uyda o‘zingiz emas, balki tajribali sartarosh qilishi kerak.
Quruq shampundan foydalaning
Bu ajoyib ixtiro. Bu shunchaki kir sochlarni tozalab yuvish degani emas. Ildizlarga ozgina shampunni massaj qilib surting.
Sifatli sun’iy sochlardan foydalaning
O‘z ishining ustasi tomonidan qilingan sun’iy soch mo‘jizalar yaratadi. Sochingiz hajmli va eng muhimi tabiiy ko‘rinadi.
Sochingizga g‘amxo‘rlik qiling
Yana bir oddiy narsa: dazmoldan voz keching, konditsionerdan kamroq foydalaning, issiqlikdan himoya qiluvchi sprey sotib oling, sochingizni tez-tez yuvmang, yozda sochlaringizni ultrabinafsha nurlardan himoya qiling. Shunda sochlaringiz sog‘lom va qalin bo‘ladi. | 52 | 2,005 |
Ayollar | Urfdan qolgan 8 ta kuzgi sviter modeli (foto) | Moda tinimsiz o‘zgarishda, hattoki ikki yil oldingi modellar ham hozir trendda bo‘lmasligi mumkin. Quyida allaqachon urfdan qolgan hamda garderobdan chiqarish vaqti kelgan sviter modellari bilan tanishing.
Tor va kalta sviter
Hozir bundan bir necha yillar avval urfda bo‘lgan kalta va tor sviterlarni deyarli hech kim xarid ham qilmaydi. Sababi u qulaylik va qomatni ta’kidlash jihatidan tanlovga to‘g‘ri kelmaydi. Balki u modaga aylangan vaqtda ayollar chindan ham qomatning mukammalligiga e’tibor qaratmagandir. Shu tufayli ham uni kiyish va modaga aylantirish oson bo‘lgan. Uning o‘rnini hozirda keng va biroz uzunroq sviterlar egalladi. Balki ular qomatni yaqqol ko‘rsatmas, lekin nuqsonlarni yashirish xususiyatiga ega.
Uzun va yopishib turuvchi sviter
Jinsi matodagi shim bilan uzun yopishib turuvchi sviterlar barchaning yodida bo‘lsa kerak. Bunday kiyimlar ham qomatni unchalik go‘zal ko‘rsatmagan, aksincha jinsi matosi qalinligi tufayli yumshoq matodagi sviter ostidan xunuk ko‘rinishni hosil qiladi. Shuning uchun uzun hamda badanga yopishib turuvchi sviterlar ayni kunda modadan qolganini tan olish kerak.
To‘rli sviter
To‘r bilan uyg‘unlashtirilgan sviterlar urfda bo‘lmagan modellardan biri hisoblanadi. Sababi sviterlar kuz va qish mavsumi uchun mo‘ljallangan, to‘r esa biroz yupqa va sovuq havoga mos emas. Shuning uchun ham ushbu model o‘z o‘rnini yangi ko‘rinishdagi sviterlarga bo‘shatib berdi.
Kesmali sviter
Qishda foydasiz bo‘lgan yana bir model. Sababi sovuq havoda tanani umuman isitmaydi, maxsus bezak berilgan kesmalar orasidan sovuq havo kirib turadi. Agar aynan shunday uslubdagi sviterlarni yoqtiradiganlar bo‘lsa, ularga jundan tayyorlangan V shaklidagi sviterlarni kiyish tavsiya etiladi.
Munchoq yoki ko‘zlar bilan bezatilgan sviter
Munchoq va ko‘zlar yordamida bezatilgan sviterlar tashqi ko‘rinishni boyitadi, degan fikr noto‘g‘ri. Ular faqatgina arzon kombinatsiya yoki bachkana ko‘rinishni hosil qilishi mumkin. Zamonaviy ko‘rinishdagi sviterlarni kiyish istagida bo‘lganlar sokin rang yoki bosma naqshlarga e’tibor berishi kerak. Yorqin pushti, qizil, to‘q sariq kabi rangli modellar moda olamiga qiziquvchilar uchun mos keladi.
Burmali sviter
Bu ham bezak berishning bir turi bo‘lib, bir vaqtlar ayollarning eng sevimli modeli hisoblangan. Lekin hozirda u kamchiliklari tufayli o‘z-o‘zidan urfdan qoldi. Masalan, qomatni semiz qilib ko‘rsatishi yoki uning ustidan kiyilgan kostyum yoki plash bilan noqulaylik tug‘dirishi mumkin.
Shaklsiz sviter
Bu ayni kunda modada bo‘lgan modellardan. Ammo ushbu model uchun zich va qalin to‘qilgan matolar kerak bo‘ladi. Yupqa va yumshoq matodan oversayz uslubidagi sviterlar hozirgi zamonaviy ko‘rinishni bermaydi, aksincha eskirgan va sifatsiz libos kabi ko‘rinadi.
Rang-barang sviter
Albatta, faqat sokin rangdagi sviterlarni kiyish kerak, degan fikrdan yiroqmiz. Lekin aynan aylana shaklida ishlangan rang-barang sviterlar biroz qo‘pol ko‘rinadi. Yorqin rangli sviterlarni kiyish istagidagi ayollarga har qanday rangda, faqat boshqa dizaynda ishlab chiqarilgan sviterlar tavsiya etiladi, shu bilan birga, ularni jinsi shim va krossovkalar bilan uyg‘unlashtirgan ma’qul. | 45 | 3,155 |
Ayollar | Ish joyining saranjomligi — unumdorlik garovi | Mehnatimiz unumi biz ishlayotgan joyning muhitiga bevosita bog‘liq ekanligini ko‘pchilik bilmasligi mumkin. Atrofingizni tartibsiz qog‘ozlar, sochilib yotgan eski daftarlar va qalam-ruchkalar o‘rab olgan bo‘lsa, diqqatni bir joyga to‘plab olib biror ish qilish ham qiyin bo‘ladi. Bu maqolamizda biz sizga ishingizni unumli qilishga yordam beradigan ish joyini tashkil qilish sirlarini aytmoqchimiz.
Monitor ko‘z bilan bir xil balandlikda va sizdan 43–45 sm uzoqlikda joylashgan bo‘lishi kerak. Ko‘p ishlatiladigan narsalarni, masalan telefon yoki idora anjomlarini qo‘l yetadigan joyga qo‘ying.
Stol ustida faqat kerakli anjomlarni qoldiring. Qolganlarini shkafga yoki boshqa joyga qo‘ying.
Monitor chekkasiga har xil rangdagi qog‘ozchalarni e’lonlar taxtasidagi kabi yopishtirib tashlash to‘g‘ri kelmaydi. Qog‘ozchalarni faqat eng muhim bo‘lgan eslatmalar uchun ishlating.
Ish joyida kasbiy va shaxsiy hayot o‘rtasidagi muvozanatni saqlash juda muhim. Ish stoliga oilaviy fotosuratlar, esdalik sovg‘alar va boshqa mayda-chuydalarni haddan tashqari ko‘p qo‘yish diqqatingizni chalg‘itadi va ishlashga xalal beradi.
Email — internetdagi eng qulay aloqa vositasi hisoblanadi. Shunga qaramasdan, diqqatingiz chalg‘imasligi uchun bir kunda 2 marta pochtangizni tekshiring.
Ba’zan ish stolida qo‘lda hujjat qilishga joy topilmay qoladi. Stolning chap yoki o‘ng tomonida qog‘ozlar bilan ishlash uchun bo‘sh joy ajrating.
Tartibsizlik ko‘pchilik kishilarga salbiy ta’sir qiladi, ya’ni e’tiborini chalg‘itadi va ishlashga xalal beradi. Shuning uchun ish joyingizni va ish stolingizni tez-tez yig‘ishtirib turing.
Manba: “Lifehacker.ru” | 45 | 1,628 |
Ayollar | Obrazni nomukammal ko‘rsatadigan makiyajdagi 3 xato | Uzoq vaqt ketkazib bo‘yanganingiz bilan arzimagan xatolar qiyofangizni tartibsiz ko‘rsatishi mumkin.
1. Tushni surkatib surtish
Makiyaj qilishda eng ko‘p qilinadigan xatolardan biri tush surganda qovoqqa surkatib yuborish va artmaslik hisoblanadi. Ko‘zguga qaraganda surkalgan tush qoldig‘i kipriklar to‘sib turgani hisobiga ko‘rinmasligi mumkin, lekin bu tashqi tomon, xususan, yon tarafdan yaqqol ko‘zga tashlanadi. Shuning uchun tush surtgandan keyin ko‘zguga e’tibor berib, tartibsizliklarni bartaraf etish kerak.
2. Labning tugallanmasdan bo‘yalgani
Aksari ayol va qizlar lablarini bo‘yaganda chetki burchakni qoldirib ketadi yoki bo‘yamasa ham bo‘ladi deb hisoblaydi. Bu juda xunuk va tartibsiz ko‘rinadi ayniqsa, lab bo‘yog‘ining rangi to‘q bo‘lsa. Shuni inobatga olgan holda e’tibor bilan makiyajni tugallashga harakat qiling.
3. Qurigan labga bo‘yoq surtish
Keyingi yo‘l qo‘yiladigan xato ham labni bo‘yash bilan bog‘liq. Labni bo‘yashdan avval, uning holati, qurib qolmaganiga e’tibor berish kerak. Qurigan va terisi ko‘chgan lab ustidan bo‘yoq sursa juda ham xunuk ko‘rinadi. Agar labingiz qurigan bo‘lsa, skrab bilan eski terini ketkazib ustidan namlantiruvchi lab balzamini surting, shundan keyingina bo‘yashingiz va ko‘rinishingizdan ko‘nglingiz to‘lishi mumkin. | 51 | 1,279 |
Ayollar | Bo‘yinni uzun, sizni esa dilbar ko‘rsatadi: Bahor va yozgi obrazlar uchun zamonaviy kofta modellari (foto) | Libos yordamida qomatdagi kamchiliklarni yashirish yoki aksincha ularga urg‘u berish mumkin. Bo‘yinni uzun ko‘rsatish uchun esa old qismi V bichimli bluzkalarni tanlash kerak. Ilhomlanish uchun turli fason va rangdagi modellar suratini e’tiboringizga havola etamiz.
Qizg‘ish rangli bluzka bilan nafaqat jinsi va shimlar, balki monoxrom obraz ham juda ham chiroyli ko‘rinadi.
Ofis uchun oldida biroz pirpiragi bor oq bluzka ayni muddao, uni etak qismi keng shimlar va A shaklini esga soladigan yubkalar bilan kiysa bo‘ladi.
Bunday modeldagi bluzkani qizil va oq aralash rangi ham juda o‘ziga xos ko‘rinadi. Aksessuar sifatida ingichka zanjirli taqinchoq tanlash maslahat beriladi.
Yanada jozibali ko‘rinish uchun esa kattaroq pirpirakli modellarga e’tibor qaratgan yaxshi.
Bahorning eng dolzarb bo‘lgan yashil rangi bilan obrazni yorqinroq ko‘rinishiga shubha yo‘q.
Yilning yana bir yetakchi bo‘lgan rangi — sariq rangli matodan tikilib, bel qismiga urg‘u berilgan model kayfiyat ko‘tarilishiga hissa qo‘shadi.
Bel qismi rezinka, yenglari keng kofta esa sizni sarvqomat ko‘rinishingizga hissa qo‘shadi. Uni jinsi va yubkalar bilan kiysa bo‘ladi.
Gul printi tushirilgan koftasiz bahorgi garderobni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Mayda tugmali, asosi to‘q rangdagi bluzka bilan istalgandek ko‘rinishga ega bo‘lishingiz mumkin.
Romantik obrazni istasangiz teshik-teshik matodan tikilgan noodatiy bichimli modelga e’tibor qarating.
Gullarning printi katta qilib tushirilgan bluzka esa uzun yubka bilan juda ham chiroyli turadi. | 106 | 1,527 |
Ayollar | Yozda qanday makiyaj qilish kerak? | Jazirama ayol kishi o‘ziga qaramasligi uchun bahona bo‘lolmaydi, lekin issiq kunda odatdagidan boshqacharoq makiyaj qilish kerak bo‘ladi.
1. Yog‘li va quyuq tonal kremlardan foydalanish tavsiya qilinmaydi. Buning o‘rniga CC krem yoki quyoshdan himoya qiluvchi vositalardan foydalaning.
2. Sifatli va uzoq turadigan vositalarni ishlating. Masalan, qovoqlaringizga surtgan ten bir soatdan keyin o‘chib ketsa yoki ko‘z tagiga to‘kilsa, demak, sifatsiz va uzoqqa yetmaydigan bo‘ladi. Bunday kosmetik vositalarga esa pul sarflash kerak emas.
3. Bronzer va haylayterdan iloji boricha foydalanmang. Ushbu vositalar yuzni yaltiratadi, issiq haroratda esa shundoq ham teridan odatdagidan ko‘proq yog‘ ajralib chiqadi. Ishlatgan taqdiringizda ham asos sifatida upadan foydalanishni yoddan chiqarmang.
4. Jaziramada ko‘zni qalam yoki podvodka bilan bo‘yash tavsiya qilinmaydi, chunki ushbu vositalarning aksariyati surkalish xususiyatiga ega.
5. Sumka, hamyoningizda quruq kosmetik salfetka olib yuring. Ortiqcha yaltirashni sezishingiz bilan ko‘zguga qarab, yuzingizni tartibga keltiring. | 34 | 1,079 |
Ayollar | Nostandart fikrlash, bilimdon kishilar bilan fikr almashish. Aqlli bo‘lishga hissa qo‘shadigan 6 odat | O‘zini anglash va shaxs sifatida rivojlanish tendensiyalari tobora ommalashib bormoqda. Odamlarning mavjud ko‘nikmalarni takomillashtirishga, yaxshi natijalarga erishib, rivojlanishga intilayotgani quvonarli hol. Psixolog Milena Rijskaya qanday odatlar aql-zakovatni rivojlantirishi va mavjud bilimlarni mustahkamlashga yordam berishi haqida ma’lumot berib o‘tadi.
Yangi axborot qabul qilish
Yangi axborot va ma’lumotlar miya uchun “ozuqa” hisoblanadi. Miya ma’lumotni qabul qilib, uni qayta ishlaydi. Konservativ fikrlash va yangi ma’lumotdan qo‘rqish stagnatsiya, ya’ni xotiraning yomonlashishi va aqliy faoliyat bilan bog‘liq muammo keltirib chiqaradi. Aynan shu sabab ham har kuni yangi bilimlarni o‘zlashtirish va bundan cho‘chimaslik kerak.
Aql-zakovatli va qiziqarli odamlar bilan muloqot qilish
Do‘sting kimligini ayt, sening kimligingni aytaman, degan naql bejiz emas. Atrofimizdagi odamlar qiziqishlarimizning aksi hisoblanadi. Fikrlovchi zehnli insonlar davrasida bo‘lish, ularga intilish, aqlni charxlaydigan bilimlarni o‘zlashtirishga turtki bo‘ladi. Aksincha, sizni ortga tortadigan, aqliy o‘sishingizga hissa qo‘shmaydigan kimsalar dunyoqarashingiz va shaxs sifatida rivojlanishingizga salbiy ta’sir qiladi.
Kitob mutolaa qilish
Kun davomida mutolaa qilish nafaqat yangi bilimlarni o‘zlashtirish, balki fikrlarni aniq ifodalash, nutq va aqliy rivojlanishga ham hissa qo‘shadi. Har kim o‘z qiziqishiga qarab, istalgan kitobni qog‘oz yoki elektron variantda o‘qishi mumkin. Zamonaviy texnologiyalar sabab hatto quloqchinlar yordamida yo‘l-yo‘lakay tinglab ketish, buning uchun ortiqcha vaqt sarflamaslik mumkin.
Muhim faktlarni eslab qolishga urinish
Faktlarni eslab qolishga urinish miya uchun eng yaxshi mashq hisoblanadi. Muhim sanalar, faktlar, qiziqarli film sujeti, voqea va mahsulotlar bilan bog‘liq ma’lumotlarni eslab qolishga harakat qiling, keyin esa vaqti-vaqti bilan ularni eslab tahlil qiling. Kun davomida kamida bitta faktni eslash, nafaqat bilim darajasini kengaytiradi, balki xotiraning ham o‘tkir bo‘lishiga yordam beradi.
Sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarga qiziqish
Bir donishmanddan qanday qilib bu qadar bilimdon ekani so‘ralganida u: “Men hech qachon so‘rashdan qo‘rqmaganman”, — deb javob bergan. Ushbu tavsiya sizga ham asqatishi aniq. Tushunmagan va sizni qiziqtirgan narsani so‘rang va bilib oling, aniqlashtirishdan cho‘chimang. Odamlarni bezovta qilaman degan o‘yga bormang, ularning aksariyati bilganini bajon-u dil bo‘lishadi, siz esa kerakli ma’lumotga ega bo‘lasiz.
Standart fikrlashdan voz keching
Nima qilish kerakligi allaqachon aniqligi va ortiqcha urinishga hojat yo‘qligi sabab hamma narsani avtomatik tarzda bajarish inson uchun qulay hisoblanadi. Ammo bu bilan sizda aqliy o‘sish kuzatilmaydi, hammasini odatiy bajarishga odatlangani sabab miyaning boshqa imkoniyat va variantlarni izlashiga zarurat bo‘lmaydi. Vaqti-vaqti bilan ish va hayotingizga yangiliklar kiritib turing, yangi usul va yechim topishga urining. Doimiylikdan qochish, farqli fikrlash intellektual salohiyatingizni kashf qilishga yordam beradi. | 101 | 3,069 |
Ayollar | Qanday qilib vannani ko‘p pul sarflamasdan oqartirish mumkin? | Taklif etilayotgan usul katta mablag‘, maxsus bilimlar va birovning yordamini talab qilmaydi. Tozalash jarayonida sog‘liq uchun zararli bo‘lgan kimyoviy vositalar ham ishlatilmaydi.
Buning uchun sizga quyidagilar kerak bo‘ladi:
Bundan tashqari, tozalash texnologiyasi ham juda oson:
Shunday qilib, natija – yana qordek oppoq vannaga ega bo‘ldingiz!
Manba: “Xitrosti jizni” | 61 | 373 |
Ayollar | “Qora rang ozg‘in ko‘rsatadi”, “Yorqin ranglar har doim ish beradi”. Kiyinish borasidagi yanglish qarashlar (foto) | Kiyinish borasida turli qarashlar mavjud, ammo ularning hammasi har doim ham to‘g‘ri bo‘lmasligi mumkin.
Boshdan-oyoq qora kiyinish ozg‘in ko‘rsatadi
Ixchamroq ko‘rsatishi rost, lekin buning uchun bichimi maromida bo‘lishi kerak. Masalan, Alla Pugachyova kiyadigan uslubdagi libos, qomatni tushunarsiz ko‘rsatadi. Shuningdek, sochi va teri rangi qora bo‘lganlarning qora kostyum-shim yoki yubka kiyishi ham didli ko‘rinmaydi. Yorqin va rang-barang aksessuar, detallar qo‘shilganida esa obraz boshqacharoq ko‘rinadi.
Och shim yoki yubka to‘la ko‘rsatadi
To‘g‘ri tanlansa, aslo to‘la ko‘rsatmaydi. Bichimi keng va chetida chiziqlari bo‘lgan shim qomatni chiroyli ko‘rsatadi. Och shim bilan to‘q hamda uzunroq jaket ham didli turadi. Bo‘ksani yopib turgani hisobiga qomatdagi muammolar ko‘zga tashlanmaydi.
Yorqin urg‘u berish hamisha ish beradi
Har doim ham unday bo‘lavermaydi. Bu ko‘rinish bilan bog‘liq. Klassik qiyofaga ega kishilarga yorqin urg‘u berilgan kiyim-kechak yarashmasligi mumkin. Shu sababdan teri va soch rangi, qomatga muvofiq ravishdagi rangli liboslarni tanlash kerak.
Kelishgan qaddi-qomatga hamma trend yarashaveradi
Qomati modellarnikidek bo‘lganlarga ham hamma libos yarashavermaydi. Bir libos har xil qiz va ayollarga turlicha yarashishi mumkin. Malikaga yarashgan libos Dilbarga yarashmasligi mumkin va bu tabiiy hol. | 114 | 1,345 |
Ayollar | Dunyodagi eng qulay ekologik shim namoyish etildi | Kickstarter platformasida ekologik shimlarni ishlab chiqarish uchun pul yig‘uvchi loyiha paydo bo‘ldi. Loyihaning videotaqdimotini Mashable nashri e’lon qildi.
LEZÉ loyihasi yaratuvchilarining ma’lum qilishicha, ular dunyodagi eng qulay shimni yaratishgan. Karen va Tani Lining so‘zlariga ko‘ra, ofis shimlari juda xunuk va noqulay, shu sababli ular ushbu shimlar o‘rniga uning muqobilini taqdim etmoqda.
“Pochasi baland bo‘lgan shimlar” qayta ishlangan plastik, spandeks va qahva donlaridan ishlangan bo‘lib, “yaxshi cho‘ziladi, yoqimsiz hid va namlikni” o‘tkazmaydi. Uning har bir juftini yaratish uchun 14,5 dona plastik butilkasi kerak bo‘ladi. | 49 | 649 |
Ayollar | Bir vaqtning o‘zida bir nechta ishni bajarish mumkinmi? Ilmiy javob | Ko‘pincha vaqt yetishmasligidan bir vaqtning o‘zida bir nechta ishlarni bajarishga to‘g‘ri keladi. Lekin bir vaqtda ko‘p vazifani bajarish samaradorlikka qanday ta’sir ko‘rsatadi? Ilmiy nuqtai-nazar bilan qarab chiqamiz.
Bir vazifani bajarishda organizmdagi hamma kuchlar bitta aniq muammoni yuqori samaradorlik bilan hal qilishga yo‘naltiriladi. Bir nechta vazifani bajarishda esa bu kuchlar ko‘p sohalarga tarqalib ketadi.
Bundan kelib chiqadiki, agar inson bir vaqtning o‘zida bir necha ishni bajarsa, bu holat ishning unumdorligiga salbiy ta’sir qiladi:
- miya uchun ma’lumotlarni saralash va ajratib olish murakkablashadi;
-bunday sharoitda inson xotirasining FIK (foydali ish koeffitsiyenti) past bo‘ladi;
-diqqat bir joyga to‘planmagani uchun o‘ylash jarayoni buziladi;
-insonga boshlagan ishini oxiriga yetkazish qiyin kechadi;
Xulosa: Bir vaqtning o‘zida ko‘p ishni bajarish mumkin, lekin bu tavsiya qilinmaydi.
Manba: “Blogozdorovie.ru” | 67 | 947 |
Ayollar | Obraz arzon ko‘rinmasligi uchun xaridda e’tibor berilishi kerak bo‘lgan 10 jihat | Ustingizdagi libos siz haqingizda ko‘p narsa deydi. Chiroyli va didli kiyinish uchun esa ko‘p pul sarflashning keragi yo‘q, shunchaki quyidagi jihatlarga ahamiyat berishning o‘zi kifoya.
Mato tarkibi
Kiyim-kechak yorlig‘idan mato tarkibini ko‘zdan kechiring. Ko‘nglingizdagidek kiyimni xarid qilishdan avval ichki yorliq bilan tanishib chiqing. Masalan, ipakdan tikilgan libos matosi tarkibida 2% ipak, qolgan 98% sintetika bo‘lsa, bu matoning arzon hamda sifatsiz ko‘rinishiga sababchi bo‘ladi.
Choklarga e’tiborli bo‘ling
Chiroyiga uchishdan avval mato choklari mustahkamligi, ko‘zga tashlanmasligi va sitilib ketmasligiga e’tibor bering. Bo‘rtib ko‘zga tashlanadigan choklar qomatni ham qo‘pol ko‘rsatishini inobatga oling.
Bezakli liboslarga uchmang
Bozor yoki mass marketdagi tosh, dur bilan bezalgan libos original bo‘lmaydi. Original bo‘lmaganidan keyin bezaklari ham sifatsiz bo‘ladi. Shu sababdan ham universal, minimal uslubdagi kiyim-kechaklarga e’tibor qarating. Bunday liboslarni har qanday aksessuar bilan moslash mumkin bo‘ladi.
Printlarga e’tiborli bo‘ling
Qimmat liboslarda printlar yirikligi bir xil va bir yo‘nalishda bo‘ladi. Arzon liboslarda esa turli katta-kichik, tartibsiz bo‘ladi. Bu esa matodan qolgan qiyqimlar to‘plamidek xulosa beradi.
“Zamok” ko‘zga tashlanmaydigan bo‘lsin
“Zamok”i ko‘rinib turadigan kiyim-kechak sizning ust-boshingiz haqida yaxshi taassurot qolmasligiga sababchi bo‘ladi. Iloji boricha yashirin qilib tikilgan kiyimni tanlashga harakat qiling.
Kiyimning “katishka” bo‘lmasligiga e’tibor qarating
Libosda “katishka” ning paydo bo‘lishi aksari hollarda matoning arzon va sifatsiz ekani bilan bog‘liq bo‘ladi. Tanlov jarayonida matoni yaxshilab ko‘zdan kechirishni unutmang.
Matoni yorug‘da tekshirib ko‘ring
Mustahkam va sifatli matoni yorug‘likka olib tekshirib ko‘rsangiz, undan ortiqcha yorug‘lik ko‘rinmasligiga guvoh bo‘lasiz, arzonida esa aksincha.
Matoni cho‘zib ko‘ring
Libos xarid qilishdan avval matoni cho‘zib ko‘ring va tekshiring — mato o‘z holiga keldimi, cho‘zilgan joyida iz qoldimi, yo‘qmi.
Libos tikilgan ipga e’tibor qarating
Mato rangi va ko‘rinishidan yaqqol farq qiladigan ipda tikilgan libosdan arzonlik ufurib turadi.
Libosning astariga ahamiyat bering
Ko‘rinishi chiroyli bo‘lishiga qaramay, har qanday libos, ayniqsa, kostyum va jaketlar astarsiz ustingizda xunuk turadi. Shu bois ham xariddan avval astariga, uning mustahkamligi qanday ekaniga diqqatingizni qarating. | 80 | 2,445 |
Ayollar | Yuz terisi quriganidan darak beruvchi 5 ta belgi | Cosmopolitan aksariyat ayollarning eng katta muammosi hisoblangan teri qurishi borasida bir qancha ma’lumot berdi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, teri qurishining ko‘pgina sabablari bo‘lgani kabi yechimi ham mavjud.
Yuz tez fursatda yog‘lanadi
Yuzning tez-tez yog‘lanishi kuzatilganda quritish vositasidan ko‘p foydalanish mumkin emas. Sababi u mutlaqo teskari natijani beradi. Bu esa yuzda turli xil toshmalar toshishiga olib keladi. Buning oldini olish uchun ertalab yuzdagi yog‘lilik darajasini kamaytiruvchi, tunda esa namlantiruvchi kremlardan foydalanish zarur. Ayniqsa, omega-3 zardobini haftada bir necha marotaba qo‘llagan yaxshi. Vaqt o‘tishi bilan u yog‘ bezlarining ishlash jarayonini me’yorga keltiradi.
Qarishning oldini oladigan vositalar samara bermaydi
Qurigan terida eng faol namlantiruvchi konsentratni qo‘llash ham yordam bermasligi mumkin. Buning uchun, avvalo, namlik darajasini me’yorlashtirish kerak. Qarishning oldini oluvchi vositalardan foydalanishda ularning qatoriga namlantiruvchi kremlarni ham qo‘shish zarur.
Kosmetik vosita o‘zgartirilmasa-da, yuzda toshmalar paydo bo‘ladi
Teri ta’sirchanligining ortib borishi ham namlik yetishmasligidan darak beradi. Parvarish uchun tinchlantiruvchi hamda oziqlantiruvchi niqoblardan foydalanish kerak. Ikki hafta mobaynida kun oralab ushbu niqoblar qo‘llansa, natijasi uzoq vaqt talab etmaydi.
Uyqu me’yorida bo‘lsa ham ko‘z atrofida qora dog‘lar tiniqlashadi
Ko‘z atrofidagi o‘zgarishlar, asosan, gidrolipid balansining buzilganidan darak beradi. Buning uchun qayta tiklovchi kremdan foydalaning. Ushbu holatni yaxshilashda oziqlantiruvchi vositalardan ortiqcha qo‘llamaslik zarur. Ko‘proq mentolli (yalpiz moyidan olinadigan kristall modda) mahsulotlardan foydalanilsa, natija darhol seziladi. Bu tez fursatda terini oqartiradi va shishni qaytaradi.
Yelka va iyak sohasida teri ko‘cha boshlaydi
Terida namlik kamaygan sari quruqlik darajasi ortib, teri ko‘chishi yuzaga keladi. Afsuski, uni pardoz yoki boshqa biror vosita bilan berkitib bo‘lmaydi. Aksincha, kamchilikni yanada bo‘rttirib ko‘rsatadi. Buning oldini olish uchun qattiq skrablardan foydalanmaslik kerak. Undan ko‘ra, faol mahsulotlar iste’molini ko‘paytirgan afzal. Tozalovchi ko‘pikning o‘rniga geldan foydalanish kerak. Yuzlar yuvilgandan so‘ng yumshoq sochiqda emas, qog‘oz salfetkalar yordamida quritish terining qurigan, dag‘al joylarini tezroq silliqlaydi. Kechasi terini qayta tiklovchi vositasidan muntazam foydalangan ma’qul. | 48 | 2,478 |
Ayollar | Pishirishdan oldin suvda ivitish tavsiya etiladigan 5 ta mahsulot | Ko‘pgina mahsulotlarda hasharot, zararkunanda va erta unib chiqishdan himoya qiluvchi antinutrientlar (taninlar) mavjud. Ammo bu moddalar vitamin va minerallarga to‘siq bo‘lib, inson organizmiga zararli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bunday tabiiy himoya tizimi ko‘proq yong‘oq, dukkakli va donli ekinlarda mavjud.
Mahsulotlardan maksimal foyda olish uchun suvda ivitish orqali samarali xususiyatlarni faollashtirish kerak. Buning natijasida uglevodlar qismini kamaytirish, ovqat hazm qilish organlariga yordam berish, minerallar va vitaminlarni yaxshiroq so‘rilishini ta’minlash hamda ta’mni yaxshilash mumkin, deb yozadi “Lisa.ru”.
Buning uchun foydalanishdan avval ularni ivitish kerak:
Kartoshka
Kartoshka mahsuloti kuchli allergen bo‘lgan kraxmalni o‘z ichiga oladi. Ayniqsa, u yangi kartoshkada juda ko‘p. Bundan tashqari, kraxmal patogen ichak florasi uchun oziq-ovqat, shuningdek, qonda shakar darajasini oshiradigan polisakkariddir. Ikki soat davomida iliq suvda qoldirish ushbu tarkibni kamaytirishga yordam beradi. Tabiiyki, kartoshkani butunligicha emas, balki bo‘laklangan holda ivitish kerak.
Yong‘oqlar
Yong‘oqlarda xavfli fitik kislota mavjud bo‘lib, u inson organizmida temir, kalsiy va ruxning so‘rilishiga to‘sqinlik qiladi. Shuningdek, uzoq muddatli saqlash vaqtida ko‘pincha yong‘oqlarda mog‘orning ko‘rinmas qoplamasi paydo bo‘ladi. Suvga ivitish esa bu muammolarni bartaraf etadi. Uzoq vaqt davomida bodomni sovuq suvda 12 soat, yong‘oqni 7-8 soat, keshyuni esa 3-4 soatga qoldirish kerak.
Dukkakli mahsulotlar
Loviya, no‘xat va boshqa dukkakli mahsulotlar ham fitik kislotani o‘z ichiga oladi. U inson organizmiga kirib, vitaminlar so‘rilishining oldini oladi va ovqat hazm qilish jarayonini murakkablashtiradi. Pishirishdan oldin loviya xona haroratida toza suvga ivitiladi. Davomiyligi — 6-8 soatni tashkil qiladi. Bu vaqt ichida hazm qilish qiyin bo‘lgan qobiq yumshab, mahsulot hajmi ortadi.
Don mahsulotlar
Ivitish kraxmal darajasini pasaytiradi, glyuten qisman parchalanadi, ko‘proq vitamin va minerallar beradi. Natijada, pishirilgan mahsulot yaxshi va tezroq hazm qilinadi, hatto ovqatlanish buzilishi bo‘lgan odamlarda ham. Agar mahsulot ivitilmasa, fitik kislota magniy, kalsiy, temir va ruxning ichaklarda so‘rilishini sekinlashtiradi.
Ko‘katlar
Ko‘katlar tarkibida vitamin va minerallar so‘rilishiga to‘sqinlik qiluvchi moddalar yo‘q, lekin nitrat va pestitsidlarni faol ravishda mavjud. Qisqa vaqtga suvda qoldirish bu zararli moddalarning ortiqcha qismini chiqib ketishiga imkon beradi. | 65 | 2,521 |
Ayollar | Kiyimlardagi yoshingizga yosh qo‘shib, qomatni katta ko‘rsatadigan printlar | Yoz mavsumida ko‘pchilik rang-barang liboslar xarid qila boshlaydi, ammo alohida e’tibor bermasangiz, kiyimlardagi ba’zi printlar tasavvuringizdagi obrazni buzib qo‘yishi mumkin.
Katta no‘xat print
No‘xatsimon naqsh romantik obraz yaratish uchun asosiy printlardan biridir. Ammo bunday kiyimlarni tanlashda ehtiyot bo‘lish va naqsh o‘lchamiga e’tibor berish lozim. Juda katta o‘lchamdagi naqshlardan qochishni maslahat beramiz, chunki ular vizual ravishda yoshingizga qo‘shimcha yosh qo‘shadi. Katta no‘xatli print ham bundan mustasno emas.
Gorizontal chiziqli print
Qomatni vizual ravishda katta ko‘rsatadigan yana bir print. Yo‘l-yo‘l kiyimlardan butunlay voz kechish shart emas. Masalan, kiyimdagi vertikal chiziqlar, aksincha bo‘yni vizual ravishda uzaytiradi. Chiziqlarning o‘ziga e’tibor bering, xolos. Misol uchun, keng ko‘ndalang chiziqlarga ega bo‘lgan kiyimlarni xarid qilmagan ma’qul.
Katta katak print
Katakli liboslar bilan obraz har doim ham yaxshi ishlamaydi va bu yana o‘lcham masalasidir. Katta kontrastli katak qomatingizni kvadratga aylantirishi mumkin, chunki u nafaqat hajmni vizual ravishda oshiradi, balki nisbatlarni ham buzadi.
Katta gulli print
Gulli naqshlar har doim yozgi kayfiyatni beradi. Shuning uchun bu print qizlarga ko‘proq yoqadi. Asosiysi, katta gullardan qochishdir. Birinchidan, bunday gullar yoshga yosh qo‘shadi, chunki ular urfdan qolganga o‘xshaydi. Ikkinchidan, no‘xatda bo‘lgani kabi qomatingizni katta ko‘rsatadi.
Animalistik print
Leopard, zebra, piton va boshqa hayvonlar terisiga o‘xshash printlar bir necha mavsum davomida butun moda sanoatini ilhomlantirmoqda. Bunday kiyimlar ko‘pchilikka yoqadi, lekin sinchkov bo‘lish lozim. Printlar juda kichik bo‘lgani uchun qomatingizdagi arzimas kamchiliklarni ham deformatsiya qiladi va nisbatlarni vizual ravishda kengaytiradi. | 75 | 1,827 |
Ayollar | Shaftolining inson terisi uchun ko‘pchilikka noma’lum bo‘lgan foydali xususiyatlari | O‘rta asr shoirlari go‘zal ayollarning terisini shaftoli bilan taqqoslaganlari bejizga emas. So‘nggi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, bu mevalar teri uchun juda foydali. Elle nashri uning ko‘pchilikka noma’lum xususiyatlarining yettitasini sanab o‘tdi.
Yoshlikni saqlab qoladi
Shaftoli tarkibidagi C vitamini kollagen ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi, bu teriga elastiklik beradi. Bundan tashqari, ushbu vitamin qarishning asosiy sababi bo‘lgan erkin radikalni chiqarib tashlaydi.
Tarkibida oqsil mavjud
Shaftolini muntazam iste’mol qilish immunitet tizimini mustahkamlaydi, ko‘plab yuqumli va teri kasalliklaridan himoya qiladi. Bundan tashqari, shaftoli terining tez yangilanishiga hissa qo‘shadi. Ushbu meva tarkibidagi oqsil ko‘plab hayotiy jarayonlar uchun zarurdir.
Teridagi muammolarni bartaraf etadi
Shaftoli yoki uning po‘stidan tayyorlangan niqoblar nafaqat terini namlaydi, balki husnbuzar yoki kimyoviy pilingdan keyin tezda shifo topishga ham yordam beradi.
Teri yangilanishiga yordam beradi
Shaftoli ichkaridan oziqlantiribgina qolmay, balki kosmetik foydalanish uchun ham foydalidir. Misol uchun, tabiiy yogurt bilan aralashtirilgan shaftoli pyuresi niqobi quruq teri uchun ajoyib namlovchi vositadir. Shuningdek, u ko‘z ostidagi qora xaltachalardan xalos bo‘lishga yordam beradi.
Tarkibida selen bor
Selen kuchli antioksidant bo‘lib, hujayralarning qarish jarayonini sekinlashtiradi va soch hamda tirnoqlarning o‘sishiga yordam beradi. Tibbiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, selen yetishmasligi teri saratonining ayrim shakllari xavfini oshirishi mumkin. To‘g‘ri, bu holda juda ko‘p meva iste’mol qilish kerak bo‘ladi. Ammo meva tvorog bilan tanovul qilinsa, kundalik me’yorni osongina to‘ldirish mumkin. Chunki tvorog ham selenga ham boy.
Ultrabinafsha nurlardan himoya qiladi
Shaftoli tarkibidagi C, K, A vitaminlari va beta-karotin teriga ultrabinafsha nurlaridan himoyalanishida yordam beradi. Ilmiy tadqiqotlarga asoslanib, issiq kunlarda shaftoli pyuresidan tayyorlanadigan kokteyllar ichish mumkin.
Tarkibida A vitamini bor
Bu vitamin saraton kasalligining oldini olishga ham yordam beradi. So‘nggi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, A vitaminining yuqori dozalari ba’zi teri saratoni xavfini 32 foizga kamaytiradi. | 83 | 2,237 |
Ayollar | Taomlar kaloriyasini kamaytirishning 5 yo‘li | Hozirgi paytda o‘zingiz va yaqinlaringiz sog‘lig‘ini asrashning eng samarali yo‘li – to‘g‘ri ovqatlanishga rioya qilish hisoblanadi. Bu maslahatlar sizning kundalik iste’mol qiladigan taomlaringizni foydaliroq va kam kaloriyali qilishda yordam berishiga ishonamiz.
Guruchni kokos yog‘i qo‘shib qaynating
Guruchni qaynatishda suvga kokos yog‘i (yarim piyola guruchga 1 choy qoshiq yog‘) qo‘shing. Tayyor bo‘lgach sovitgichga qo‘ying. 12 soatdan keyin mikroto‘lqinli pechda isitib yeyishingiz mumkin.
Xamirga limon qobig‘ini qo‘shing
Xamirga solingan 1 osh qoshiq maydalangan limon qobig‘i pishiriqqa o‘ziga xos ta’m va hid bag‘ishlaydi.
Sabzavotlarni mikroto‘lqinli pechda pishiring
Pishirish jarayonida sabzavotlar tarkibidagi ko‘plab foydali moddalar yo‘qoladi yoki suvda qolib ketadi. Shuning uchun sabzavotlarni mikroto‘lqinli pech yordamida kamroq suvda pishirgan ma’qul.
O‘simlik yog‘iga olma qaylasini aralashtiring
Ovqat pishirayotganda ishlatish kerak bo‘lgan o‘simlik yog‘ining yarmini soling va qolgan yarmiga teng miqdorda olma qaylasi qo‘shing. Bu usul taomni kletchatka va C vitamini bilan boyitadi va ta’mini yaxshilaydi.
Kartoshkani gulkaramga almashtiring
Kartoshkali pyuredagi kaloriya va uglevodlarni kamaytirish uchun gulkaramdan pyure tayyorlang. | 44 | 1,267 |
Ayollar | Yog‘larni eritishga yordam beruvchi oziq-ovqatlar | Ortiqcha vaznni yo‘qotish borasida bizga katta iroda va matonat talab qilinadigan turli-tuman parhezlar taklif qilishadi. Afsuski, yetarlicha jismoniy mashqlarsiz xavfsiz va samarali ravishda ozishning iloji yo‘q.
Lekin olimlar ortiqcha vazn bilan kurashishning yangidan-yangi usullarini ochmoqda. Bunday ozish usullardan biri yog‘larni erituvchi oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish hisoblanadi.
Bo‘g‘doy, makkajo‘xori, grechka, suli va boshqa kletchatkalarga boy bo‘lgan don mahsulotlaridan iste’mol qilinsa, ortiqcha kaloriyaning sarflanish jarayoni ikki marta tezlashadi.
Oqsil termogen ta’sir qilish xususiyatiga ega. Ayniqsa tovuq go‘shti – sizning parhezingiz uchun eng yaxshi variant hisoblanadi.
Kalsiy va D vitaminiga boy bo‘lgan sut mahsulotlari modda almashinishini tezlashtirishga yordam beruvchi mushaklar massasini shakllantiradi va tutib turishga yordam beradi.
8 hafta davomida har kuni 4 piyoladan ko‘k choy ichish natijasida siz uch kilogrammga yaqin ortiqcha vazn yo‘qotishga muvaffaq bo‘lasiz.
Bu dukkaklilarning bir porsiyasida kunlik normaning 35% miqdorida temir moddasi mavjud. Organizmning samarali ishlashi va metabolizm tezligini oshirish uchun bu moddalar juda muhimdir.
Manba: “Athleticbody.ru” | 49 | 1,230 |
Ayollar | Moddalar almashinuvi tezlashishi uchun nonushtada iste’mol qilish zarur bo‘lgan mahsulotlar | Barcha ovqatlanish mutaxassislari hazm qilish jarayonini tezlashtirishni xohlaydiganlarga beradigan eng muhim maslahati – bu nonushtani o‘tkazib yubormaslik. Metabolizm soat kabi ishlashi uchun barcha olingan kaloriyalar energiya ishlab chiqaradi va allaqachon to‘plangan yog‘lar asta-sekin “eriydi”. Kunning birinchi taomlari to‘yimli bo‘lishi va uyg‘ongandan keyingi birinchi soatdan kechiktirmay uni iste’mol qilish kerak. “Domashniy ochag” nonushta uchun eng foydali bo‘lgan taomnoma haqida tavsiya beradi.
Meva va yong‘oq bilan suli bo‘tqasi
Bu nonushta barcha kerakli ozuqa moddalariga ega va juda to‘yimli. Suli bo‘tqasi – bu sekin uglevodlar bo‘lib, ular uzoq vaqt davomida to‘yish hissini saqlab turadi va yong‘oq tarkibida oqsillar ko‘p. Shuning uchun organizm qayta ishlash uchun ko‘proq energiya sarflashi kerak va shunda kaloriyalar ko‘proq yonadi.
Pomidor va piyoz bilan qovurilgan tuxum
Tuxum – nonushta uchun doimgi bitta mahsulot. Oqsillar yuqori bo‘lishi tanani uzoq vaqt to‘yintiradi va metabolizmga yordam beradi, past kaloriya esa qomatni saqlaydi. Yaqinda o‘tkazilgan meta-tadqiqot natijalari tuxum iste’mol qilish yurak va qon tomirlari uchun xavfsizligini tasdiqladi va shifokorlar yangi pomidor va piyoz bilan qovurilgan tuxumni yurak-qon tomir tizimi uchun eng foydali bo‘lgan nonushta deb atadi.
Meva bilan yunoncha yogurt
Agar siz o‘z qomatingizga jiddiy munosabatda bo‘lsangiz, buni yog‘li sut mahsulotlarisiz qila olmaysiz. Organizm normal ishlashi uchun to‘yinmagan va sut yog‘lariga ehtiyoj bor. Yunon yogurti yog‘larga boy va unda metabolizmni kuchaytirish uchun oqsillar miqdori yuqori. Qizil va qora mevalar, hatto muzlatilgan bo‘lsa ham, yog‘larni eritish jarayonini tezlashtiradigan ko‘plab maxsus antioksidantlarni saqlab qoladi.
Avokado
Bu nonushta shoshilinch uydan chiqib ketishi kerak bo‘lgan va to‘liq ovqat tayyorlashga vaqt topmaydiganlar uchun qo‘l keladi. Avokadoni birga olib yurib, har qanday bo‘sh daqiqada ovqatlanish mumkin. Ayniqsa qish uchun bu juda yaxshi variant: sabzavotga boy omega-3 yog‘lari teriga qishning quruq sovug‘ini yengishda yordam beradi.
Ko‘k choy va limonli suv
Qat’iy aytganda, bu nonushta emas, lekin ushbu ichimliklar har kuni ichishga arziydi. Bir tilim limon yoki limon sharbati qo‘shilgan suv tanada bir kechada yo‘qolgan namlikni qaytaradi va metabolizmni “uyg‘otadi”. Ko‘k choyni ovqatlanish oxirida ichgan yaxshiroq. Uning tarkibidagi antioksidantlar metabolizmni tezlashtiradi va tanadagi yog‘larni eritishga yordam beradi. | 91 | 2,508 |
Ayollar | Faqatgina gadjet sabab emas: Ko‘z bilan bog‘liq muammolarga olib keladigan 5 kutilmagan sabab | Ko‘rish qobiliyatining yomonlashishi, qizarish va shish paydo bo‘lishining sababi telefondan ko‘p foydalanishdan tashqari, boshqa sabablar bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Qon tomirlarning shamollashi
Ortiqcha vazn, zararli odatlar va irsiy omillar ham qon tomir tizimiga ta’sir qilib, ko‘rish qobiliyatining yomonlashishiga olib kelishi mumkin. Masalan, gipertoniya arteriya va tomirlarni shikastlab, ko‘zda muammolar keltirib chiqaradi.
Infeksiyalar
Infeksiya sabab kuzatiladigan kasalliklar ham ko‘zda muammo kuzatilishiga olib kelishi mumkin. Gerpes, parazit infeksiyalar, zaxm (sifilis) sil va VICH infeksiyalar shular jumlasidan. Har bir infeksion kasallikka xos simptom boshqasidan farq qilishi mumkin. Lekin aksariyat hollarda bemor bir yoki ikkala ko‘zning qizarishi, qichishi, ko‘rish qobiliyatining susayganidan shikoyat qiladi. Nima bo‘lgan taqdirda ham, alomatlar kuzatilganda shifokorga murojaat qilish kerak.
Qandli diabet
Ko‘zda muammo kuzatilishi qandli diabetga xos keng tarqalgan alomatlardan sanaladi. Kasallikning rivojlanish jarayonida ko‘z pardasi va qon tomirlari shikastlanishi kuzatiladi. Shu sabab ham doimiy ravishda oftalmolog va endokrinologga murojaat qilish kerak.
Autoimmun kasalliklar
Psoriatik artrit, revmatoid artrit, shegren sindromi singari kasalliklarda ham ko‘z bilan bog‘liq muammolar kuzatilishi mumkin. Skleroz ham, shuningdek, ko‘z kasalliklariga sabab bo‘lishi mumkin. Bemorlar har safar ko‘zini ochib-yumganda og‘riqni his qilishadi.
Nevrologik kasalliklar
Odam organizmidagi barcha tizimlar bir-biri bilan aloqador bo‘ladi. Shu sabab ham bir qator nevrologik kasalliklar ko‘zga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Bunda darhol nevrolog shifokor bilan maslahatlashish kerak. Insult eng ko‘p tarqalgan sabablardan hisoblanadi. Uning oqibati ko‘rish qobiliyatining yomonlashishiga olib kelishi ham ehtimoldan yiroq emas. | 93 | 1,862 |
Ayollar | Vazn tashlashning eng oddiy usuli: ishtahani kamaytiradigan 5 mahsulot | Ortiqcha vazn tashlashda ishtahani bo‘g‘uvchi mahsulotlar iste’moli samarali usul hisoblanadi. Ular foydali bo‘libgina qolmay, butunlay xavfsizdir. Bu haqda “Domashniy ochag” batafsil ma’lumot beradi.
Achchiq qalampir
Achchiq qalampir tabiiy ravishda ishtahani bo‘g‘adi. Uning tarkibidagi kapsaitsin moddasi ishtaha pasayishiga va tushlik yoki kechki ovqatda kamroq ovqatlanishga yordam beradi.
Yalpiz
Yalpizni iste’mol qilishning keragi yo‘q, uning hidi bo‘lsa bas. Olib borilgan tadqiqotga ko‘ra, ishtirokchilar besh kun davomida har ikki soatda yalpiz iforini hidlagan. Natijada ular hafta davomida ochlikning sezilarli darajada pasayganini qayd etgan. Kunlik kaloriya miqdorini tabiiy va ehtiyotkorlik bilan tushirish uchun shunchaki ovqatdan oldin yalpizni hidlash kifoya qiladi.
Chia urug‘lari
Har qanday tolaga boy oziq-ovqat singari chia urug‘lari ham organizmni to‘qlik hisi bilan ta’minlaydi va ochlikni kamaytirishga yordam beradi. Ushbu mayda urug‘lar oshqozonga tushgandan so‘ng hajmi o‘n barobarga oshadi va oshqozon hududini to‘ldiradi. Bu esa to‘qlik hisini beradi. Shuningdek, yogurt, jo‘xori uni va quymoq xamiriga chia urug‘laridan qo‘shib iste’mol qilish orqali ortiqcha vazndan xalos bo‘lish mumkin.
Olma
Pektin, erituvchan tola va suv – olma tarkibida mavjud bo‘lgan barcha foydali moddalar oshqozonni tezroq to‘yintirishga, ochlik hisini kamaytirishga yordam beradi. Ayniqsa, och qolgan vaqtda olma iste’mol qilish ko‘proq vazn tashlashda samarali hisoblanadi.
Suv
Yana bir oddiy qoida: har ovqatlanishdan avval bir stakan suvni oz-ozdan ichish kerak. Suv shunchaki sovuq emas, balki muzdek bo‘lishi yanada foydaliroq. Aks holda tanaga qo‘shimcha kaloriya kerak bo‘ladi va iste’mol qilingan ovqatning ko‘p qismi zaxiraga emas, energiyaga sarflanadi. | 70 | 1,773 |
Ayollar | Go‘zallikni buzib ko‘rsatuvchi soch turmaklari | Ba’zilar, mos tushadimi, yo‘qmi, har xil uslubdagi liboslar va soch turmaklarini o‘zlarida sinab ko‘raveradi. Shunday soch turmaklari ham bo‘ladiki, mutlaqo hech kimga to‘g‘ri kelmaydi. Quyida bunday omadsiz soch turmaklari va ularning sabablari to‘g‘risida aytmoqchimiz.
To‘lqinli jingalak sochlar – klassika hisoblanadi, lekin jingalak sochlar hammani ham go‘zallik malikasi qilib ko‘rsatavermaydi.
Ming afsuski, sariq sochlar – faqat sariq sochli bo‘lib tug‘ilganlargagina yarashadi. Sun’iy sariq soch go‘zal qizlarni oddiy va ko‘rimsiz qizlarga aylantiradi.
Tekis va qalin chyolka qiyofangizni qo‘pol va eskicha qilib ko‘rsatadi, zero bundan ancha yillar muqaddam shunday soch turmaklarida yurishgan.
Kelayotgan mavsumda urf bo‘lishiga qaramasdan, soch farqini to‘g‘ri ochish juda oddiy ko‘rsatadi. Soch farqini qiyshiq qilib, chap tomondan ochilsa, qiyofani jozibaliroq ko‘rsatadi.
Qalin chyolkalar kabi bunday soch turmaklari ham allaqachon o‘zining ommabopligini yo‘qotgan bo‘lib, juda go‘zal qizlarni oddiy va ko‘rimsiz qizlarga aylantiradi. | 46 | 1,050 |
Ayollar | Kiyimlarni xona sharoitida quritadiganlar uchun 7 muhim maslahat | Sovuq mavsumda ko‘pchilik kiyim quritkichlarini balkon yoki kvartiraning ichki qismiga o‘tkazadi. Shuning uchun kiyimlar tezroq quriydi va xonalarda namlik ko‘tariladi. Ammo bu usul sog‘liq uchun mumkin bo‘lgan xavflar bilan bog‘liq. Bu vaziyatda yordam beradigan muhim maslahatlarni e’tiboringizga havola etamiz.
To‘g‘ri joy tanlang
Agar xonada kiyim quritishga to‘g‘ri kelsa, avvalo, mehmonxona va yotoqxonaga quritkichni o‘rnatmaslikka harakat qilish kerak. Bu har qanday holat uchun eng qulay xonalar. Keyinchalik yuqori namlik tufayli ularda mog‘or paydo bo‘lishi mumkin va sog‘liq xavf ostida bo‘ladi.
Ventilyatsiyaga e’tiborli bo‘ling
Iloji boricha kirlar quritilgan xonalarni shamollatish tavsiya etiladi. Agar xonada ventilyator o‘rnatilgan bo‘lsa, uning tozaligiga e’tibor berish lozim, bu qurilmaning samarali ishlashi uchun zarurdir.
Kir yuvish vaqtini ertalabga o‘zgartiring
Kechqurun kir yuvishga odatlanganlar bo‘lsa, kir yuvish mashinasining uzoqroq vaqtidan foydalanishi mumkin. Ertalab nam kirlarni osib qo‘yish mumkin va tabiiy quyosh nuri tufayli ular tezroq quriydi.
Issiq quritkich sotib oling
Uy uchun bunday gadjetlar o‘z egalarining ko‘plab ijobiy fikrlarga sazovor bo‘ldi. Zamonaviy ishlab chiqaruvchilar har qanday did va budjet uchun keng turdagi modellarni taklif qilishadi: bir, ikki va uch darajali, energiya tejash rejimi bilan, nozik matolardan tayyorlangan buyumlar uchun maxsus. Bunday qurilmalar kiyimlarni quritish vaqtini qisqartiradi.
Quritkichni uyning har xil joyiga ko‘chirib turing
Hech qanday qo‘shimcha funksiyasiz oddiy metall quritkichdan foydalanganda, quyosh yordam beradi. Kun davomida quritkichni kvartira bo‘ylab harakatlantirish kerak. Shundagina maksimal yorug‘lik kiyimlarga tushadi va jarayonni telashtiradi.
Kiyim ilgichlaridan foydalaning
Quritkichdan unumli foydalanish uchun kiyimni ilgichi bilan ilish kerak. Ushbu usul bilan kiyimlar tezroq quriydi. Shuningdek, ular ilgichda kamroq g‘ijim bo‘ladi va dazmol qilish vaqtini ham qisqartiradi.
Ortiqcha namlikdan xalos bo‘ling
Agar uy biroz eski bo‘lsa, nam quritkichni o‘rnatish muammoni yanada kuchaytiradi. Xonada mog‘or paydo bo‘lishining oldini olish uchun namlikni nazorat qilish moslamasini sotib olishni unutmaslik kerak. Bunday sarmoya mog‘orga qarshi devorlarni bo‘yash bilan keyingi ta’mirlashdan ancha arzonga tushadi. | 64 | 2,342 |
Ayollar | Deyarli hamma uyda bo‘lgan inson umrini qisqartiruvchi buyumlar | Atrofga nazar tashlash vaqti keldi. Ehtimol uy jihozlari sog‘liqqa asta-sekin ta’sir o‘tkazayotgan bo‘lishi mumkin. Buni inson o‘zi sezmaydi yoki sezsa ham kelib chiqish sababini aniqlay olmaydi. Buyumlar esa o‘z navbatida nafaqat sog‘liqqa, balki hayot davomiyligiga ham ta’sir qilishi ehtimoldan xoli emas.
Nosoz elektr toki
Ko‘p qavatli uylarning aksariyati bir necha yillar avval favqulodda vaziyatda qurilgan. Vaqt o‘tishi bilan barcha narsa eskirganidek uylardagi elektr simlari ham chiriy boshlaydi. Garchi yong‘in xavfsizligi choralari oldindan ko‘rilgan bo‘lsa ham yashirin elektr simlari o‘t chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Buning oldini olish uchun simlarning ishlash muddati va o‘rnatish sifatiga e’tiborli bo‘lish kerak. Alyumin 10−15, mis simlarni 20−30 yildan keyin almashtirish shart. Bu ishni ortga surib bo‘lmaydi, sababi qisqa tutashuv ro‘y berganda uni bartaraf etishning imkoni yo‘q. Shuningdek, avval o‘rnatilgan simlar hozirgi elektr toki bilan ishlaydigan jihozlar uchun mo‘ljallanmagan.
Sun’iy taxta mebellar
Yoshi katta onaxonlar “nemis to‘plami” uchun necha oylab navbat kutganini yaxshi eslaydi. Ayni damda mebel ishlab chiqarish sanoati qanchalik yaxshi rivojlanmasin, narxlar doimgidek sifatlisi − qimmat va sun’iylari − arzon. Shu sababdan ham ikkinchi variant ancha mashhur.
Ammo arzonga intilish bilan sog‘liqni yo‘qotish, hattoki umrni qisqartirish ham mumkin ekan. Ayrim ishlab chiqaruvchi korxonalar mebellarda qurilish uchun mo‘ljallangan plitalardan foydalanadi. Ular organizmga juda zararli bo‘lgan fenol va formaldegid moddalarini chiqarganligi sababli o‘tkir kimyoviy hidi bilan ajralib turadi. Ushbu moddalar nafas olish tizimida jiddiy muammolar keltirib chiqaradi.
Yelim idishlar
Turli dizayndagi yelim idishlar qulayligi bilan oshxonadagi javondan joy olgan. Albatta, unda ovqat isitish mumkin, tushirib yuborilsa sinmaydi, yuvish ham oson. Ma’lumotlarga qaraganda Yevropada bir marta ishlatiladigan yelim idishlar sotish taqiqlangan. Lekin bu qaror foydalanuvchilarning sog‘lig‘i uchun emas, balki tashqi dunyoga g‘amxo‘rlik uchun qabul qilingan.
Afsuski, iste’molchilarning aksariyati yelim idishlarni avaylab, ko‘p yillardan buyon foydalanib kelmoqda. Sababi bunday idish inson salomatligiga qanchalar xavfli ekanligi ularga ma’lum emas. Yelim idishlarni saqlash muddati maksimal 1 yil. Vaqt o‘tishi bilan idish yuzasida paydo bo‘ladigan yoriqlar pantogen mikroblar va bakteriyalar uchun zamin bo‘ladi. Ularni qaynoq suvda sterilizatsiya qilish foyda bermaydi. Aksincha yelim idish isitilganda bisfenol A va ftalat – odamning gormonal fonini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan moddalar ajralib chiqadi. Aynan shu sababga ko‘ra, yelim idishlarni 60 darajadan yuqori haroratda isitish tavsiya etilmaydi.
Havoning yaxshi aylanmasligi
Uydagi ob-havo eng muhimidir. Xonadondagi iqlim buzilishi odamning sog‘lig‘iga, kayfiyatiga va hatto ish farovonligiga ham ta’sir o‘tkazadi. Axir Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti o‘tgan asrning 70-yillarida “kasal bino sindromi” kabi tushunchani kiritgani bejiz emas edi. Bu ma’lum bir xonada uzoq vaqt bo‘lish tufayli inson o‘zini yomon his qiladi. Ushbu kasallik havoning yomon sifati fonida rivojlanadi.
Xonalarda havo aylanishi me’yorida bo‘lmasa, derazalar parlana boshlaydi. Natijada kondensatsiya deraza va devorlarga oqib tushadi. Uy burchaklarida mog‘orlanish jarayoni kuzatiladi. Buning ortidan allergiya va nafas yo‘llarida turli kasalliklar paydo bo‘ladi. Hattoki saraton kasalligiga ham sabab bo‘lishi mumkin.
Maishiy kimyo
Kiyimdagi dog‘larni ketkazish, chivin yoki suvaraklarga qarshi kurash, xonada atirgul hidi kelib turishini ta’minlash – bularning barchasi uyni toksinlar bilan zaharlaydi.
Masalan, havo spreyi tarkibidagi etilenglikol zaiflik, bosh og‘rig‘i, aylanishi, nafas qisilishi va yurakning tez urishiga sabab bo‘ladi. Ftalik kislota efirlari tug‘ilmagan bolaning rivojlanishiga ta’sir qilishi va reproduktiv qobiliyatni salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Uy sharoitida foydalanadigan xlor bug‘idan ham zaharlanish mumkin. Undan foydalanishda gipertenziya, yurak va qon tomirlari bilan bog‘liq muammolar yoki allergiya, keyinchalik bronxial astma rivojlanishi mumkin.
Kuyaga qarshi vosita
Lavanda, gerani va apelsin po‘stlog‘ini mo‘ynali kiyimlar orasiga qancha bo‘lsa ham qo‘yish mumkin. Kuya kapalaklarni yo‘q qilish uchun naftalindan foydalaniladi. To‘g‘ri, buning uchun tarkibida chindan ham o‘ldiradigan konsentratsiya bo‘lishi kerak. Afsuski, ushbu vosita odamlar uchun ham xavfli hisoblanadi. Shuning uchun ham o‘z-o‘zidan qayt qilish, bosh og‘rig‘i va diareya kasalligi kelib chiqadi.
Sintetik gilamlar
Gilam qadam tovushlarini yutib, uyni issiq tutadi. Shuningdek, ushbu jihoz chang ham yig‘adi. Yil davomida 2-3 kilogramm chang yig‘ishi kuzatilgan.Yil davomida yig‘ilgan changlar orasida minglab parazitlar yashaydi. Ularni esa faqat mikroskopda ko‘rish mumkin. Ular allergiya, astma va nafas olish muammolarini keltirib chiqaradi.
Albatta, har kuni tozalash ishlari olib boriladi. Faqatgina gilam sintetik materiallardan bo‘lsa, u sog‘liqqa jiddiy zarar keltirishi mumkin. Polipropilen, akril, poliuretan, vinil, neylon – bularning barchasi inson salomatligi uchun zarar. Gilam yangi paytda zaharli moddalar intensiv ravishda ajralib chiqadi. Shuning uchun yangi gilamni bir hafta davomida hech kim yashamaydigan joyga yoyish kerak. Garchi zaharlar butunlay yo‘qolib ketmasa-da, ularning konsentratsiyasi sezilarli darajada kamayadi.
Lazerli printerlar
Kutilmagan bo‘lsa-da, ammo haqiqat. Lazerli printerning zarari tamaki tutunidan kam emas. Qurilma ishlash jarayonida toner kukunini havoga tarqatadi. U o‘pkaga tushganida nafas olish qiyinlashishi yoki surunkali kasallikni keltirib chiqaradi. Printerdagi ozon filtrini almashtirmaslik qon oksidlanishi va erta qarishga olib keladi. Umuman olganda, printer havo yaxshi aylanadigan joyda turishi va iloji boricha kamroq ishlatilishi kerak. | 63 | 5,913 |
Ayollar | Ratsionidan birgina mahsulotni chiqarib tashlagan ayol husnbuzarlardan xalos bo‘ldi | Keysi Pauni ismli qizning yuz terisi avval har qanday kichik kamchiliklardan holi, sog‘lom va silliq ko‘rinishda bo‘lgan. Hattoki odamlar undan yuz terisiga qanday g‘amxo‘rlik qilish haqida so‘rar edi, lekin Keysi hech qanday maxsus parvarishdan foydalanmagan.
Taxminan bir yil oldin uning yuzida husnbuzarlar paydo bo‘la boshladi. Keysi buning sababini sovuq ob-havodan deb bildi, tez orada havo harorati ko‘tarilsa-da, uning yuzidagi toshmalar yo‘qolmadi. Shundan so‘ng u dermatolog huzuriga bordi.
“Mutaxassis menga husnbuzarlarni yo‘qotish uchun krem tavsiya qildi va teri parvarishini soddalashtirishni maslahat berdi. Uning ko‘rsatmalari bir muddat yashi natijani ko‘rsatdi, lekin keyin terida toshmalar paydo bo‘ldi, chunki buning haqiqiy sababi terining ostida edi”, – deydi Keysi.
Husnbuzar bilan kurash dastlab samarasiz kechdi. Keysi bu masalani yanada chuqurroq o‘rganishga qaror qildi va shu orada sut mahsulotlari haqidagi maqolaga duch keldi. Unga ko‘ra, sut yuz terisida muammolarga olib kelishi mumkinligi aytilgandi. Mana gap qayerda, taxminan bir yil oldin, Keysi har kuni ertalab katta stakanda latte ichishni odat qilgandi. Evrika!
Shundan so‘ng u nonushtada sutli qahva ichishni to‘xtatdi va bir hafta ichida terisi yaxshilanib borayotganining guvohi bo‘ldi. Keysi sut mahsulotlaridan butunlay voz kechmadi, balki ertalabki qahvadagi odatdagi sutni soya suti bilan almashtirdi. Uning terisi yana sog‘lom va avvalgi ko‘rinishga kelishi uchun bor-yo‘g‘i bir oy kerak bo‘ldi.
“Ichaklar immunitet tizimining 70 foiziga ta’sir qiladi. Agar biror xatolik yuz bersa, odamda husnbuzar va teri toshmasi kabi bir qator alomatlar paydo bo‘lishi mumkin”, – deydi kosmetolog va dermatolog Terri Lung.
Odamlar ko‘pincha sutni hazm qilishda qiyinchiliklarga duch keladi. Sutning o‘rnini bosuvchi eng yaxshi mahsulot – soya yoki bodom suti. Agar shunday muammo yuzaga kelsa, diyetolog bilan maslahatlashish kerak. | 83 | 1,922 |
Ayollar | Dua Lipadan karantinda amal qilish uchun 6 tavsiya | Xonanda Dua Lipa Gurls Talk onlayn podkastidagi ishtirokida karantin vaqtida psixologik salomatlikka e’tibor qaratish kerakligini ta’kidlab, tavsiyalar bilan bo‘lishdi, deb yozadi Vogue nashri.
Hammasini boricha qabul qiling
Aniq rejalar to‘satdan bekor bo‘lishi juda g‘alati tuyulishi mumkin. Ammo biroz vaqt o‘tganidan keyin hammasi unchalik yomon emasligi, shunchaki, vaziyat biroz sekinlashishni taqozo qilayotgani, kutish va sabrli bo‘lish kerakligini tushunasiz.
To‘g‘ri xulosa chiqaring
“Bunday vaziyatda biz atrofdagilarga avvalgidan ham mehribonroq bo‘ldik va bu yaqqol sezilmoqda. Sodir bo‘layotgan hodisalarning yaxshi tomonini ko‘ra bilish va to‘g‘ri xulosa chiqarishga umid qilaman. Aynan mavjud vaziyat sabab odamlar o‘rtasidagi mehr kuchaygandek. Buni ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari hatto tanimagan odamlarga ham ijobiy, iliq munosabatda bo‘layotganlaridan bilish mumkin”.
Jadval tuzing va unga rioya qiling
Xonanda o‘zi amal qilayotgan kun tartibidan kelib chiqib, boshqalarni ham shunga chorlagan. “Men va do‘stlarim ertalab uyg‘onishimiz bilan FaceTime orqali tonggi jismoniy tarbiya mashqlarini birgalikda bajaramiz. Jarayonda o‘zimizni bir joydadek his qilamiz va bu qaysidir ma’noda hayotimizni yengillashtiradi”, — deydi Lipa.
Ijtimoiy tarmoqlardan dam oling
Duaning aytishicha, agar ushbu maslahatga o‘zi amal qilmaganida ikkinchi albomni yoza olmagan bo‘lardi. Shundan kelib chiqqan holda u ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni kamaytirishni maslahat beradi.
Kundalik tuting
Uning maslahatiga binoan daftar yoki qog‘oz olib xayolingizga nima kelsa, barini tushiring. O‘ylaringizda qandaydir chuqur ma’no bo‘lishi shart emas.
Boshqalardan yordamingizni ayamang
Oilasi, sevimli insoni, yaqin insonlari bilan birga izolyatsiyada bo‘lganlarning omadi bor, lekin dunyoda ishlatish uchun suv va sovuni yo‘q kishilar, lagerlarda yashovchi qochoqlar ko‘pligini ta’kidlagan holda xonanda imkoniyat darajasida boshqalarga yordam berishga chaqirgan. | 50 | 1,965 |
Ayollar | Pechni yog‘ dog‘laridan tezda tozalashga yordam beradigan layfxaklar | Pechda nafaqat yegulik va shirinliklar, balki shohona taomlar tayyorlash mumkin. Lekin muntazam foydalanish natijasida pechni yog‘ dog‘lari qoplaydi. “Noviy ochag” nashri bekajonlarning ushbu muammosini bartaraf etishda asqatadigan layfxaklar bilan bo‘lishdi.
Pechni tozalaymiz
Albatta, pechning ichini tozalashni ko‘pchilik yoqtirmaydi. Agar quyidagi maslahatga amal qilinsa, jarayonni osonlashtirish va bir zumda amalga oshirish mumkin.
Pechni qachon va qanday tozalash kerak?
Pechning o‘zi kamida oyiga bir marta, eshigi esa har hafta tozalanishi kerak. Qurilma qancha kam tozalansa, vaziyat ko‘proq murakkablashadi.
Pechni tozalash kerakmi?
Pech qancha kam tozalansa, ishlashi ham shuncha qiyinlashadi. Shuningdek, bu pishirilayotgan taomga ham ta’sir qilishi mumkin. Uning hidi nafaqat pishirilayotgan hidga, balki uyga ham o‘rnashib qoladi.
Pech tozalash vositasi
Issiqqa chidamli idishga suv quyiladi. 20 daqiqa davomida pechning maksimal quvvatni yoqiladi. Ichki bug‘lanish pech devorlariga yopishgan yog‘larni eritishga yordam beradi. Natijada uni tozalash osonlashadi.
Agar pechning pastki qismiga yog‘ tomgan bo‘lsa, darhol iste’mol sodasini sepish kerak. U ham yog‘ni eritadi. Pech sovigach, qog‘oz salfetka yordamida iste’mol sodasi va pech yog‘i artib olinadi, boshqa hech qanday tozalash vositasi kerak emas.
Bundan tashqari, pechdan foydalanishdan oldin uning pastki va yon tomonlarini iste’mol sodasi solingan suv bilan artish mumkin. Bu himoya qatlamini hosil qiladi, shundan so‘ng to‘plangan yog‘ dog‘larini artib olish osonlashadi. | 68 | 1,552 |
Ayollar | So‘lib qolgan gullarni qanday jonlantirish mumkin? | Gullar so‘lishining bitta oddiy sababi bor: ularga suv yetishmaydi. Guldastani bor-yo‘g‘i bir necha oddiy harakatlar bilan jonlantirish mumkin. Albatta, uni bir umr yangi holida saqlay olmaysiz, lekin har holda gullar umrini bir necha kunga uzaytirasiz.
Ko‘pincha muammo shunda bo‘ladiki, bandlarining pastki chekkalari quriydi va suvni o‘ziga boshqa singdirmay qo‘yadi. O‘tkir qaychi yoki pichoq oling va iloji boricha bandining katta qismi suv ichishi uchun uni qiyshiq qilib kesing. Suv ko‘proq borishi uchun bandi ustiga uzunasiga unchalik katta bo‘lmagan (2–4 sm) kertik qiling.
Iliq suv bandlar bo‘ylab tezroq harakatlanadi va o‘simliklardan o‘tgan tomirlarni tozalaydi, shu tufayli gullarning suv ichishi oson bo‘ladi. Albatta, vaza ichiga qaynoq suv quyish kerak emas, suv iliq bo‘lishi uchun bir vaqtning o‘zida ham issiq va ham sovuq kranlarni oching.
Lolalar iliq suvni ko‘tara olmasligiga e’tibor qiling.
Juda tez samara berishiga umid qilmang. Guldastangiz “tirilishi” uchun kamida bir necha soat vaqt talab qilinadi.
Gullarning bandini har ikki kunda bir santimetrdan kesib turing. Har kuni yoki hech bo‘lmasa kun ora vazadagi suvni almashtiring.
Agar sizning derazalaringiz quyosh tomonda joylashgan bo‘lsa guldastani deraza tokchasida qoldirmang: gullar issiqda tez so‘lib qoladi. Siz uyda bo‘lmagan paytlarda yaxshisi vazani qorong‘i va salqin joyga qo‘ying.
Manba: “Azaliagroup.ru” | 50 | 1,401 |
Ayollar | Multivarkadan foydalanishning siz bilmagan 5 ta noodatiy usuli | Ushbu oshxona jihozidan faqatgina ovqat pishirish uchun foydalanilmaydi. “Lisa.ru” nashri multivarkani yana qanday maqsadlarda ishlatish mumkinligini ma’lum qildi.
Sovun yoki sham tayyorlash mumkin
Tabiiy xushbo‘y sovunni tayyorlash uchun kerak bo‘ladi: 1/3 chashka sovun suyuqligi, suv, kokos, zaytun va har qanday yog‘ (har biri taxminan 150 g). Barcha ingrediyentlar aralashtiriladi va sovun uchun maxsus silikon qolipga solinadi. Multivarkada 60 daraja haroratda 2-3 soat davomida pishiriladi. Xuddi shu usulni sham tayyorlashda qo‘llash mumkin: mum multivarkada eritib olinadi, xushbo‘y moy qo‘shib, qolipga quyiladi.
Yoqimsiz hiddan qutulish va havoni namlash imkoniyati mavjud
Pishirish paytida qurilma ichidagi bug‘ teshiklardan chiqib ketadi. Yoqimsiz hidni yo‘qotish uchun idishni ⅔ suv bilan to‘ldirish kerak, ozgina apelsin yog‘ini tomizib, ichiga maydalangan sitrus mevalari solinadi. Qurilmaning ishlash tezligi eng quyi bosiqchga qo‘yilib, yoqimli ifordan zavqlanish mumkin. Xonani namlash uchun xuddi shunday usuldan foydalaniladi, faqat sitrus mevalari o‘rniga evkalipt yog‘ini qo‘shiladi. Bu shamollash, o‘pka kasalliklari, bronxlarga yordam beradi va havoni dezinfeksiya qiladi.
Tabiiy kosmetika tayyorlash
Multivarkaning dimlab pishirish funksiyasi yordamida terini parvarish qilish mahsulotlarini tayyorlash mumkin.
Lab uchun balzam
Buning uchun teng nisbatda asal mumi, kokos va bodom yog‘i kerak bo‘ladi. Ingrediyentlar eritib olinadi va qoliplarga quyiladi. Bir urinishda bu kabi balzamlardan bir nechtasini tayyorlash mumkin.
Oziqlantiruvchi krem
Asal mumi, zaytun, kokos va shi yog‘ini multivarkada eritib, suyuq E vitamini qo‘shiladi. U quyuqlashguncha pishiriladi. Ushbu krem noqulay ob-havo sharoitlardan himoya qiladi, chivin chaqishi va kuyishlarda yordam beradi.
Eski bo‘yoqni metalldan olib tashlash
Agar bo‘yoqni temir armaturalardan (masalan, eshik tutqichlaridan yoki panjaradan) tozalash kerak bo‘lsa, idishda sovun eritmasi tayyorlanadi va mahsulot 15-20 daqiqa davomida qaynatib olinadi. So‘ngra kerakli joyga quyiladi va bo‘yoq o‘z-o‘zidan chiqib ketadi.
Plastilin tayyorlash mumkin
Plastilinni atigi 30 daqiqada tayyorlash mumkin. Multivarka ichida un, makkajo‘xori kraxmali, kristall qoldiq, tuz, bo‘yoqlar va kungaboqar yog‘i qaynatiladi. Massa tayyor bo‘lgach to‘liq sovishi uchun bir necha soatga qoldiriladi. | 62 | 2,355 |
Ayollar | Yuz terisi parvarishi bo‘yicha ko‘p uchraydigan noto‘g‘ri fikrlar | Tashqi ko‘rinish va salomatlik bilan bog‘liq turli qarashlar mavjud ekani haqiqat. Lekin ularning hammasi ham to‘g‘ri bo‘lavermasligi, ayniqsa teri parvarishi bo‘yicha umumiylikdan qochib, individual yondashish kerak.
1. Ko‘p suv ichsa, teri namlanadi
Suv ichishning salomatlik va teri uchun ahamiyatini inkor etib bo‘lmaydi. Ko‘p suv iste’moli hazm jarayonining yaxshilanishi, qon aylanishi yaxshilanishi va toksinlardan tozalashda samara beradi, lekin terisi quruq, ko‘chadigan kishi faqatgina suv ichish orqali mavjud muammoni bartaraf etolmaydi. Bunda ichki va tashqi tomondan namlantirishni yo‘lga qo‘yish, sifatli va parvarishlovchi vositalardan foydalanish tavsiya qilinadi.
2. Mif: Teri turi hech qachon o‘zgarmaydi
Voyaga yetgandan keyin teri turi o‘zgarmaydi degan qarashlar mavjud, ammo bu yanglish sanaladi. Gap shundaki, stress, gormonlar o‘zgarishi, parhez va atrof-muhit ta’siri natijasida terining quruqlashishi kuzatiladi.
3. Makiyaj — husnbuzar paydo bo‘lishining asosiy sababi
Unutmang, husnbuzar paydo bo‘lishiga surtilgan kosmetik vositadan ko‘ra, teri holatining yaxshi emasligi, uning sababi esa iste’mol mahsulotlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Teri alohida parvarish va e’tibor bilan birga, uni yog‘ va ko‘zga ko‘rinmas mikroblardan tozalab turish talab qilinadi.
4. Yuzda parvarishdan keyin husnbuzar paydo bo‘lishi tabiiy
Parvarish teri rangini yaxshilashi, husnbuzar toshishiga sabab bo‘lishi emas, balki terini o‘lik to‘qimalardan tozalashi kerak. Agar ta’kidlangan ijobiy natijalardan birontasi ham ko‘zga tashlanmasa, kosmetik vosita sifatsiz bo‘lishi mumkin.
5. Yuzni ertalab yuvmaslik kerak
Terining turi qanday bo‘lishi — yog‘li, quruq yoki aralash bo‘lishidan qat’i nazar, yuzni kuniga ikki marta yuvish kerak. Uyqu vaqtida teridagi yog‘lar yuzaga chiqadi va shu sabab ham tongda yaxshilab yuvib tashlash kerak bo‘ladi.
6. Qorin bilan uxlash ajin ko‘payishiga sababchi bo‘ladi
Aksariyat hollarda ajinlarning paydo bo‘lishi yosh bilan yoki yuz mushaklari harakati va nasl bilan bog‘liq bo‘ladi. Shu sabab ham qorin bilan uxlash ajin keltirib chiqaradi yoki tepaga qarab uxlasa, ajin tushishining oldi olinadi degan tushunchalar noto‘g‘ri.
7. Makiyaj tozalaydigan vosita yoki skrabga pul sarflashning keragi yo‘q
Teri tuzilishi turlicha bo‘lgani sabab ham bunday vositalarni aynan sizning teringizga tushadiganini xarid qilish kerak. Siz yog‘li teri egasi bo‘lsangiz, ammo arzon deb quruq yuz uchun mo‘ljallangan vositadan foydalansangiz, tejagan pulingiz qolib, ishlatilgani havoga uchadi. Chunki boshqa teri uchun mo‘ljallangan vosita ijobiy natija bermaydi va yangisini xarid qilishingizga to‘g‘ri keladi. | 65 | 2,637 |
Ayollar | Tashqi ko‘rinishingizdagi sizni pala-partish ko‘rsatuvchi xatolar | Tashqi ko‘rinishingizdagi sizning pala-partish degan taassurot qoldirishingizga sabab bo‘luvchi kamchiliklarga e’tibor bering. Ularni bir necha daqiqa ichida bartaraf qilish mumkin.
Agar siz shahar bo‘ylab qo‘llaringizda savat, rasm va qutilar bilan yursangiz, 90-yillardagi savdogarlarga aylanasiz. Zamonaviy moda yo‘nalishlari ikkita sumkani birga olib yurishga yo‘l qo‘yadi: masalan, katta hajmdagi tout va hamyon-sumkacha yoki ikkita kichkina sumkachalar.
Lekin qo‘llaringizda paketlar, soyabon, baul va klatch bo‘lsa, unda siz ularning orqasida qolib ketasiz. Turli kattalikdagi bir necha sumka oling va ularning eng kattasi — ichiga kichkina kuchukcha ham sig‘adigan kattalikdagi sumka — suhbatlar va boshqa muhim uchrashuvlar uchun mos kelmasligini unutmang. Har bir tadbirga safarga borayotgandek tayyorgarlik ko‘rmang.
Atrofdagilar siz qo‘l siltab qo‘yadigan xatolarga har doim e’tibor beradilar: kiyimdagi mayda teshikchalar, tushib qolgan tugmalar, tortilib qolgan iplar. O‘zingizga loyiq kelmagan, yenglari va tizzalari cho‘zilgan, rangi uchgan kiyimlarda siz tilanchiga o‘xshab qolasiz. Mayda-chuydalarga ham e’tibor bering, chunki ular ko‘p narsani hal qiladi.
Trikotaj va zamonaviy moda sizga kundalik hayot uchun zarur bo‘lgan narsalar ichidan dazmolni chiqarib tashlashga imkon beradi. Lekin agar siz mukammal ko‘rinishni xohlasangiz, unda buyumlarni albatta dazmollang va bu jarayon davomida yangi burmalar hosil qilmaslikka harakat qiling.
Manba: “Passion.ru” | 65 | 1,479 |
Ayollar | Salomatlikka putur yetkazmay desangiz: pul tejamaslik talab qilinadigan uydagi narsalar | Agar siz oilaviy budjetni optimallashtirishni boshlashga qaror qilgan bo‘lsangiz, arzonroq narxdagisi bilan almashtirmasligingiz kerak bo‘lgan narsalar ro‘yxatini taqdim etamiz.
Kundalik parvarish mahsulotlari
Dush geli, shampunlar va hattoki suyuq sovun kabi arzon kosmetika mahsulotlarida mavjud bo‘lgan konservantlar sintetik SLS yoki alyuminiyning faol moddalarini o‘z ichiga olishi mumkin. Ushbu komponentlar barcha oila a‘zolaringizning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir qiladi. Shuning uchun qimmatroq, qo‘shimchalarsiz tabiiy mahsulotlarni xarid qilgan yaxshiroq.
Idish yuvadigan suyuqliklar
Har qanday idish yuvish vositasi idish-tovoqda qisman bo‘lsa ham saqlanib qolishi va ovqat bilan birga iste’mol qilinishi mumkin. Shuning uchun ularni sotib olayotganda kompozitsiyaga diqqat bilan qarash va sun’iy moddalar, EDTA aromatizatorini o‘z ichiga olgan kimyoviy moddalardan iborat mahsulotlarni tanlamaslik kerak.
Matras
Siz yotoqxonaga har kuni kamida olti soat vaqt sarflaysiz. Uyqu sifati hayotingizga bevosita ta’sir qiladi va bu matrasingizning holatiga bog‘liq. Agar matras yaxshi bo‘lmasa, bel og‘rig‘i, uyqusizlik yuzaga keladi va buning natijasida sog‘lig‘ingiz yomonlashishi mumkin. Shuning uchun moddalari tejalmagan, ishonchli ishlab chiqaruvchini tanlang.
Pichoq
Pichoq oshxonada ishlatiladigan asosiy buyum hisoblanadi. Pichoqsiz hattoki sendvich tayyorlab bo‘lmaydi, murakkab ovqatlar haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Qimmatroq pichoq yordamida siz pomidor yoki ko‘katlarni ingichka qilib oson to‘g‘rasangiz bo‘ladi. Ammo arzon va sifati past pichoq bilan barmog‘ingizni kesib olishingiz mumkin. Shuning uchun qo‘lingizga qulay joylashadigan va har qanday vazifani bajara oladigan ko‘p qirrali, yuqori sifatli 20 sm lik oshpaz pichog‘ini sotib olganingiz ma’qul.
Plastik idishlar
Mikroto‘lqinli pechda ayrim plastik idishlarni ishlatish mumkin emas. Ular ko‘p hollarda yuqori haroratlarda toksik modda — bisfenol A moddasini ishlab chiqaradi va uning kichik dozasi ham endokrin tizimga salbiy ta’sir qiladi. Shuning uchun siz sog‘lig‘ingiz bilan bog‘liq muammolarga duch kelishni istamasangiz, mikroto‘lqinli pechda ishlatish mumkin bo‘lgan yuqori sifatli plastmassa idishlarni tanlaganingiz ma’qul.
Arzon idishlar
Agar likopchalaringiz, idishlaringiz limon suvi yoki sharob quyilganidan so‘ng rangini yo‘qotsa ulardan xalos bo‘lish kerakligini maslahat beramiz. Gap shundaki, bunday reaksiya sir tarkibidagi og‘ir metallar borligidan dalolat beradi. Bu yomon holat emas, lekin ular uzoq muddatdan so‘ng sog‘likka ta’sir qilishi mumkin.
Xavfsizlik datchiklari
Ko‘pchilik tutun detektorlari va suv oqishini monitoring qilish tizimlarini unchalik muhim narsa deb hisoblamaydi. Qachonlardir sodir bo‘ladigan baxtsiz hodisani oldini olishni mantiqan to‘g‘ri ish deb bilishmaydi. Lekin bu qurilmalar hayotni saqlab qolishi mumkin va sotib olishga arziydi. | 87 | 2,866 |
Ayollar | Baqlajon: qiziqarli haqiqatlar | Qadimgi zamonlarda baqlajon zaharli va aqldan ozdiruvchi sabzavot hisoblangan. Asta-sekinlik bilan baqlajonlardan hamma ayblovlar olib tashlandi va ular ko‘pchilik odamlarning taomnomasidan o‘rin oldi.
Agar shu paytgacha baqlajonlar sizning sovutgichingizning sevimli mehmonlari hisoblanmasa, buni tezlikda o‘zgartirish kerak!
— Baqlajonlar mikroelementlar — marganets, temir va rux moddalariga juda boy, shuning uchun bu sabzavotni kamqonlikda iste’mol qilish tavsiya qilinadi. Uning tarkibidagi B guruh vitaminlari asab tizimini mustahkamlaydi, depressiya va uyqusizlik bilan kurashishda yordam beradi.
— Baqlajon — ozuvchilar uchun ajoyib oziq-ovqat hisoblanadi. Sabzavot tarkibidagi ko‘p miqdordagi kletchatka organizmdan toksinlarni va hazm bo‘lmagan ovqatlarni chiqarish xususiyatiga ega.
Tayyorlash usulini hisobga olish muhim: qovurishda baqlajon parhezlik xususiyatini yo‘qotadi, chunki u yog‘ni o‘ziga yaxshi singdirib oladi. Lekin, tayyorlash oldidan to‘g‘ralgan sabzavotlarni sovuq suvda ivitish yo‘li bilan buning oldini olish mumkin.
— Baqlajon urug‘larining tarkibida nikotin kislotasi mavjud bo‘lgani uchun uning mazasi biroz taxirroqdir. Lekin baqlajon sog‘liqqa zarar keltiradi deb tashvishlanmasangiz ham bo‘ladi: bitta sigareta tarkibidagi nikotin miqdoriga ega bo‘lish uchun 10 kilogrammga yaqin baqlajon yeyish kerak!
— Baqlajonni deyarli hamma oziq-ovqatlar bilan birgalikda tayyorlash mumkin. U go‘shtli, boshqa sabzavotlar qo‘shilgan va hatto achitilgan sut mahsulotlari: pishloq, tvorog va yogurtli taomlarni ham ajoyib tarzda to‘ldiradi.
Bu sabzavotni uzoq vaqt saqlash mumkin. Lekin uni polietilen ichida emas, balki qog‘oz xaltada saqlash kerak — shunda u “nafas olish” imkoniyatiga ega bo‘ladi, uzoq vaqtgacha o‘zining yangiligini va foydali xususiyatlarini saqlab qoladi.
Manba: “Passion.ru” | 30 | 1,824 |
Ayollar | Ayollarga mavsumbop layfxak: Shapka kiyganda ham buzilmaydigan 8 ta soch turmagi | Qahraton sovuqda, shapkasiz ko‘chaga chiqish salomatlikni bilib turib xavf ostiga qo‘yish, demak. Ammo ko‘pchilik soch turmagi buzilishi va ko‘rinishi ko‘ngildagidek bo‘lmay qolishidan qo‘rqib boshyalang yurishni afzal biladi. L’Oréal Professionnel’ning ijodiy hamkori, stilist Maksim Rokiskiy va Redken kompaniyasi texnologi Nadejda Yusufxanova, shapka bilan sochni qanday turmaklasa, tushib ketmasligi haqida ma’lumot beradi.
Jingalak
Shapka kiyganda jingalak qilingan soch buzilmasligi uchun avval sochni burama harakatlar bilan aylantirib keyin shapka kiyish kerak. Boshqachasiga sochni yuqori qismidagi jingalak tushib ketib, pastining o‘zida qolishi mumkin. Osonroq bo‘lishi uchun rezinkadan foydalanishingiz mumkin.
Istalgan soch turmagi uzoq vaqt turishi va tushib ketmasligi to‘g‘ri tanlangan shampun va boshqa vositalarning qanchalik to‘g‘ri tanlanganiga bog‘liq. Shampun soch turiga muvofiq tanlanishi, soch turmagi uzoq vaqt turishi uchun yengil shampun va konditsionerdan foydalanish kerak. Turmaklashdan oldin nam sochga ildizidan 5-7 sm qoldirib, uzunligi bo‘ylab praymer-sprey surting.
Sochni fen bilan quritgandan keyin ployka yoki soch dazmolidan foydalanish mumkin. Sochning tepasi pachoq bo‘lib turmasligi uchun gafri qiling. Jingalak qilib bo‘lganingizdan keyin oldinga engashing va qo‘llaringiz bilan taragandek harakat qiling. Shundan keyin 15-20 sm uzoqlikdan qotiradigan lak sepsangiz bo‘ladi. Bu usulda turmaklangan sochni hech qanday bosh aksessuari buzolmasligi aniq.
Sochni pastdan qilib yig‘ish
Pastdan oddiy rezinkada yig‘ib ustidan bilinmasligi uchun sochning bir tutamini aylantirishingiz mumkin. Shapkani boshning oldi tarafidan ehtiyot bo‘lib kiying va yechishda ham xuddi shunga amal qiling.
Chyolka bilan shapka kiyish
Agar chyolkangiz kalta bo‘ladigan bo‘lsa, shapkani bostirib kiymasdan peshonani ochiq qoldirish tavsiya qilinadi. Uzun bo‘lsa, orqaga qilib turib keyin shapka kiyish kerak.
Tekis yoyilgan sochlar
Shapkani yechganda sochning shishib turishidan asar ham qolmasa, hech narsa qilmaydi. Hozirgi mavsumda tekis sochlar urfda, tushib turgan qismini quloq orqasiga o‘tkazsangiz yana yaxshi. Mukammal tekis turishi uchun shapka kiyishdan avval dazmol yordamidan foydalanish kerak.
Sochni pastdan qilib aylantirib yig‘ish
Bunday soch tarang bo‘lmasligi nomiga bo‘sh va tabiiy ko‘rinib turishi kerak. Yanada qiziqarliroq obraz yaratish uchun esa sochni o‘rab, keyin aylantirib yig‘gan yaxshi. Nevidimka yoki shpilka qadagandan keyin esa lak bilan qotiring. Shundan keyin bemalol shapka kiysangiz bo‘ladi.
Nomiga jingalak qilingan sochlar
Sochni yuvib, fen bilan quritgandan keyin ikki qismga bo‘lib o‘rang. Vaqt o‘tganidan keyin o‘ramni yechib qo‘llar bilan orasi ochib tashlansa, aynan bugungi kunga xos bo‘lgan zamonaviy soch turmagi bo‘ladi.
Tabiiydek turadigan jingalak
Tabiiydek turadigan jingalak uchun shishirishning keragi yo‘q, lekin xohish bo‘lsa buning ham iloji bor. Bunday jingalak sochning klassigidan farqi dazmol yoki ploykaga soch o‘raladi, ammo oxirigacha aylantirilmaydi. 5-7 sm tekis qoldirgan yaxshi. Shu yo‘sinda davom etib sochlarni jingalak qilib bo‘lgandan keyin oldinga engashib, qo‘l bilan tarash oxirida esa sprey bilan qotirish kerak. Shundan keyin shapka kiyishingiz va sochingiz tushib ketmasligidan qo‘rqmasangiz ham bo‘ladi.
Nevidimka bilan mustahkamlanadigan soch turmagi
Sochlarni yig‘ing yoki o‘rang. Shapkani yechganingizdan keyin nevidimkalarni turli ko‘rinishda, yonma yon yoki X shaklida taqib chiqing. Rangli va bezakli nevidimkalar ushbu mavsumda har qachongidan ham dolzarb ekanligi sababli, hech ikkilanmay ulardan foydalanishingiz va o‘ziga xos obrazga ega bo‘lishingiz mumkin. | 80 | 3,678 |
Ayollar | Band kishilar uchun: Boggi Milano g‘ijimlanmaydigan erkaklar ko‘ylagini ishlab chiqara boshladi | Italiyaning Boggi Milano brendi paxta matosidan dazmol qilish shart bo‘lmagan erkaklar ko‘ylagini ishlab chiqara boshladi. Bu haqda Esquire xabar beradi.
Ma’lum qilinishicha, Ultimate Non Iron texnologiyasi o‘zida yuvilganda paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan g‘ijimlanishning oldini oladigan ultra-yassi mustahkamlovchi lentani o‘zida mujassam etadi.
Boshqa texnologiyalardan farqli ravishda Boggi Milano faqatgina mato emas, balki kiyimga to‘liq ishlov bergan. Shu sabab ham mato tez g‘ijimlanmaydi va yuvilganidan keyin dazmol qilishga hojat bo‘lmaydi. Matoning kiyish oson va tartibli ko‘rinishga ega bo‘lishga hissa qo‘shuvchi paxta tolasidan bo‘lgani esa uni “parvarish” qilishni yengillashtiradi.
Brend kolleksiyasidan ikki xil bichimli oq va havorang modellar o‘rin olgan, deyiladi xabarda. | 95 | 795 |
Ayollar | Uyda un mahsulotini to‘g‘ri saqlash bo‘yicha 7 ta layfxak | Un mahsulotini uzoq saqlash mumkinligiga qaramay, bu ma’lum shartlarni talab qiladi. Quyida taqdim etiladigan eng oddiy usullar bilan tanishib chiqing va qoidalarga amal qiling.
To‘g‘ri xarid
Ko‘pincha un mahsuloti yopiq qadoqlarda sotiladi va mahsulotni tekshirishning imkoni bo‘lmaydi. Faqat qadoqning yaxlitligini, unda mog‘or yo‘qligini, chiqarilgan sana va saqlash muddatini tekshirish qoladi. Agar qadoq ochilgach, mahsulot ta’mida achchiqlik sezilsa, demak u uzoq vaqt davomida noto‘g‘ri saqlangan.
Mahsulot sotib olayotganda, yaqin atrofda, masalan, ziravorlar kabi kuchli hidli mahsulotlar bor-yo‘qligiga e’tibor berish lozim. Bug‘doy, guruch, zig‘ir uni va boshqa mahsulotlar, albatta, begona hidlarni o‘zlashtiradi, bu esa uning ta’mini buzadi.
Uy uchun konteyner
Asosiysi qadoq ochilganidan so‘ng unda mahsulotlarni saqlash endi mumkin emas. Eng yaxshi saqlash yo‘li havo o‘tkazmaydigan qopqoqli shisha idishdir. Bu idish yoki konteyner bo‘lishi mumkin. Agar bunday idishlarni og‘ir, katta hajmli va noqulay bo‘lsa, mahkamroq joylashtirish uchun qopqog‘ida rezina qistirmalari bo‘lgan plastik idishdan foydalanish mumkin.
Zig‘ir matodan tikilgan xaltalar quritilgan mevalar va qo‘ziqorinlarni, kraker hamda nonni saqlash uchun juda mos keladi. Chunki bunday xaltalar oziq-ovqat mahsulotlarining nafas olishiga imkon beruvchi tabiiy materialdir, mahsulotlar mog‘orlamaydi va ularda tirik mavjudotlar paydo bo‘lmaydi. Ulardan foydalanish oson va kam joy egallaydi. Ko‘p miqdorda mahsulot zig‘ir xaltalarida yoki qalin qog‘oz qoplarda yaxshi saqlanadi.
Qayerga qo‘yish kerak?
Agar mahsulot oz miqdorda saqlansa, idishlarni o‘ziga xos hidli mahsulotlardan uzoqroqda, yopiq shkafda pastki javonlarga qo‘yish mumkin. Mahsulotni muzlatkichning sabzavot bo‘limida saqlasa ham bo‘ladi.
Agar keyinchalik foydalanish uchun ko‘p miqdorda un saqlansa, unda xona yetarlicha qorong‘i, quruq va salqin bo‘lishi kerak. Harorat 15 darajadan oshmasligi lozim. Bu, masalan, omborxona bo‘lishi mumkin.
Balkonda un mahsulotini saqlash mumkinmi? Balkonda asosan faqat qishda, sovuq ob-havo boshlanganda saqlash mumkin. Yilning qolgan qismida quyosh nurlari va namligi mahsulotni yaxshi saqlashga imkon bermaydi.
Saqlash muddati
Yodingizda bo‘lsin, pishiriqlarning asosiy tarkibiy qismi yaroqlilik muddatiga ega, buni albatta bilish kerak. Shunday qilib, makkajo‘xori va zig‘ir uni qulay sharoitlarda 3 oydan 6 oygacha, javdar faqat olti oygacha, bug‘doy va guruch 9 oygacha saqlanadi. Ammo past haroratlarda kukunga aylantirilgan donning saqlash muddati 2 yilgacha yetadi. | 57 | 2,562 |
Ayollar | Agar sizda koronavirusning yengil formasi aniqlangan bo‘lsa, nima qilish kerak? 9 ta foydali maslahat | Covid-19 yengil formasiga chalingan bemorlar uchun “Toshkent shifokorlari” Telegram kanalida tavsiyalar berildi. Taqdim qilingan 9 maslahatga kattalar va bolalar birdek rioya qilishi mumkin
1. Ko‘p miqdorda suyuqlik ichish
Suv va boshqa suyuqlik: choy, mors, kompot, na’matak, bulyon va boshqalarni iste’mol qilishni kanda qilmaslik kerak.
2.D vitamini qabul qilish
Kuniga (tushlik vaqtida) 2000-4000 ME D vitamini qabul qilish kerak.
3. C vitamin qabul qilish
C vitamin (askorbin kislotasi) ni kuniga 500 mg qabul qilish kerak.
4. Rux moddasi qabul qilish
Rux moddasini kuniga 20-25 mg, rux-selen va magniyni vitaminlar majmuasida qabul qilsa bo‘ladi.
5. Tomoqda og‘riq kuzatilganda
Tomoqda og‘riq paydo bo‘lganda fiziologik eritma va antiseptiklar bilan tomoqni chayqash mumkin.
6. Burun bitib qolganda
Tuzli eritma yoki dengiz suvidan foydalanish mumkin. Kuchliroq bitganda ksilemetozonli spreylar masalan, Snup, Otrivin, Rinoskol kabilardan 5 kun davomida kuniga 3-4 martadan ko‘p bo‘lmagan holda foydalanish mumkin.
7. Yo‘tal kuzatilganda
Yo‘tal quruq bo‘ladigan bo‘lsa, 4 kun davomida 15 ml Sinekod yoki 3 kun davomida 1 ta tabletkadan Kodelak qabul qilish kerak. Nam yo‘talda balg‘am ko‘chirish xususiyatiga ega Bromgeksin va Lazolvan tavsiya qilinadi.
8. Tinchlanish muhim
Agar bemor vahimaga tushadigan bo‘lsa, tinchlantiruvchi dori vositasini qabil qilish kerak.
9. Mumkin emas!
Antibiotik, gormon, antikoagulyant va osma ukollarni o‘zboshimchalik bilan qabul qilmaslik kerak.
Kasallikning davom etishi:
Kasallik 2-14 kun o‘rtacha 1 hafta davom etadi. Tuzalgandan keyin ham vitaminlarni qabul qilishni davom ettirish mumkin. Nafas mashqlarini bajarishga amal qilish, nafas olishga qiynalganda qorin bilan yotish kerak.
Tana harorati ko‘tarilganda
Nafas yo‘llarining virus va infeksion kasalliklarida harorat 37,2-37,5 daraja bo‘lishi, ba’zida yo‘tal va holsizlik uzoq vaqt, ayrim bemorlarda 1-2 oy davom etishi mumkin.
Ta’m va hid bilishning yo‘qolishi
Kasallik sabab ta’m va hid bilishning yo‘qolishi 1-2 haftadan keyin ayrimlarda uzoqroq vaqtdan keyin tiklanishi mumkin. Bu immunitetning kasallikka qarshi kurashishi hisoblangani sabab, mazkur simptomlar paydo bo‘lganda xavotir va qo‘rquvga tushmaslik kerak.
Oddiy hayot tarziga qaytish
Simptomlar sezilmay qolganidan keyingina, test natijasi ijobiy chiqqanidan 10 kun o‘tib atrofdagilar bilan muloqot qilish mumkin. Simptomlar kuzatilganda esa kamida yana 10 kun va tuzalgandan keyin 3 kun o‘tib muloqot qilish mumkin.
Kasallik kechishi
Kasallik 80-85 foiz bemorda yengil kechishi mumkin. Lekin ahvol jiddiylashsa va o‘zgarishlar kuzatilsa zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak.
Asosiy simptomlar | 101 | 2,670 |
Ayollar | Sochiq va choyshablarni uy sharoitida oqartirishning 3 ta tabiiy usuli | Oq rangli sochiq va choyshablarni yanada oppoq qilish haqida gap ketganda, ajoyib xususiyatlarga ega bo‘lgan bir nechta oddiy usullar mavjud, deb yozadi “Glavred”.
Ishlatish vaqtida oppoq kiyim, choyshab va sochiqlar, afsuski, juda uzoq vaqt davomida o‘z rangini saqlab qolmaydi. Vaqt o‘tishi bilan ular avvalgi oqligini yo‘qotishi, sarg‘ayishi, kulrang tusga kirishi mumkin. Ammo uy shaoitida oddiy vositalar yordamida ushbu muammoni bartaraf etish juda oson.
Limon sharbati va ichimlik sodasi
Mahsulotlarning oddiy kombinatsiyasi choyshab va sochiqlarni keskin oqartirishga yordam beradi. Buning uchun iliq suvda iste’mol sodasi va limon sharbatini eritib, keyin aralashma bilan oq kiyimlarni namlash kerak. Buyumlar bu eritmada kamida 30 daqiqa turishi lozim. Shundan so‘ng uni kir yuvish mashinasida yoki qo‘lda yuvish tavsiya etiladi.
Limon kislotasi
Oq kiyimdagi dog‘larni ham limon kislotasi yordamida tozalash mumkin. Buning uchun bir paket limon kislotasi oz miqdordagi suvda suyultirilishi kerak va bu aralashma idishga quyiladi. Kiyimlar aralashmada bir necha soat davomida qoldiriladi va keyin yaxshilab yuviladi.
Vodorod perekis va nashatir spirt
5 litr suvda 1 osh qoshiq nashatir spirt va 2 osh qoshiq vodorod perekis eritiladi. Suyuqlik 60 darajaga qizdiriladi, shundan so‘ng oqartirilishi kerak bo‘lgan kiyimlar eritmaga solinadi. U 2-3 soat davomida namlash uchun qoldiriladi. So‘ngra kiyimlar to‘liq yuviladi. | 70 | 1,429 |
Ayollar | Bahorda sochlarni parvarish qilish qoidalari | Mart oyi bahor fasliga oid bo‘lib hisoblansa ham, ob-havo hali ham qishdagidek sovuq. Agar siz bahorda ko‘rkam soch turmaklari bilan chiroyli bo‘lib yurishni xohlasangiz, qishning sovuq paytlarida zaiflashib qolgan sochlaringizni parvarish qilishni hozirdan boshlang.
Yilning sovuq paytlarida sochlarning doimo sog‘lom va chiroyli bo‘lib turishining zaruriy sharti – issiq tutish. Shuning uchun havo harorati nolga yaqinlashishi bilan shapka kiying va to isib ketmaguncha uni yechmang.
Gap shundaki, sovuq ta’sirida bosh terisi tomirlari torayadi, soch ildizlari esa haddan tashqari sovib ketishi oqibatida sochlar quruq va mo‘rt bo‘lib qoladi.
Agar siz jundan to‘qilgan shapka kiysangiz ham sochlaringiz elektrlanayotgan bo‘lsa, bunga taroq sababchi bo‘lishi mumkin.
Metall va plastmassa taroqlardan voz keching. Ulardan ko‘ra yog‘och taroqlarning afzal tomonlari ko‘proq. Yog‘och taroqlar sochlarni elektrlanishdan saqlaydi, bundan tashqari bu taroqlar bilan ho‘l sochlarni ham tarash mumkin.
Oziqlantiruvchi yog‘lar soch yuzasida tashqi ta’sirlardan himoya qiluvchi qatlam yaratadi va ular orqali sochlarni o‘rab turadi.
Bu yog‘larning samarasi darrov bilinadi – sochlar tetiklashadi, yaltiraydi va hurpayib ketmaydi. Asosiysi vositani to‘g‘ri surish: boshni yuvgandan keyin va faqat uchlariga.
Manba: “Ok-magazine.ru” | 44 | 1,322 |
Ayollar | Ko‘zlarni kattaroq qilib ko‘rsatish uchun 6 ta hiyla (foto) | Ko‘zlarni kattaroq va ifodaliroq qilishning sinalgan usullari bilan tanishing.
Bu hiylani koreys qizlar o‘ylab topgan. Tabiatan qisiq ko‘zlar kattaroq ko‘rinishi uchun ular ko‘zning rangdor pardasi kattalashgan linzalarni taqadi. Ammo ulardan foydalanishdan oldin oftalmolog bilan maslahatlashgan ma’qul. Ba’zi odamlarda linzalarni juda qisqa vaqt taqish natijasida ham qichishish yuzaga kelishi mumkin.
To‘q tuslar kichikroq, ochlari esa — kattaroq qilib ko‘rsatadi. Ko‘zlarni kattalashtirish uchun albatta qovoqning ichki burchagini va qosh ostini ochartiring. Buning uchun och rangli jilosiz tenlardan yoki xaylayterdan foydalaning.
Qalam bilan ko‘z atrofini aylantirib bo‘yash natijasida ko‘zlar kichrayib qoladi. Faqat yuqori qovoqning kiprik joylashgan chetini bo‘yash kerak. Pastki qovoqda esa faqat kiprik ostini ko‘z yarmigacha bo‘yang. Qalam chizig‘ini yaxshilab ishqalang va ten qo‘ying. “Strelka” chizmoqchi bo‘lsangiz, albatta ko‘zning tashqi burchagidan qosh uchlariga qarata chiziq chiqaring.
Bu nafaqat ko‘zni kattalashtirib ko‘rsatadi, balki charchoq izlarini ham bekitadi.
Bu sovuq va to‘q ranglar makiyajni yorqinroq, nigohingizni esa ifodaliroq qiladi.
Kipriklar qanchalik qalin va uzun bo‘lsa, ko‘zlar shunchalik katta ko‘rinadi.
Buning uchun yuqoridagi kipriklarni maxsus qisqichlar bilan qayiring, so‘ng tushning birinchi qatlamini suring. Kipriklaringizga biroz upa sepib, ikkinchi qatlamini suring. Pastki kipriklarga esa faqat bir qavat tush suring yoki umuman bo‘yamasdan qoldiring.
Manba: “Woman.ru” | 59 | 1,532 |
Ayollar | Kosmetika vositalari eskirganini qanday bilish mumkin? | Hayotimizni pardoz-andoz va atirlarsiz tasavvur qilish juda qiyin. Sog‘liq va go‘zalligimizni asrash maqsadida kosmetika vositalarini tez-tez nazorat qilib turish muhim ahamiyatga ega.
Kosmetika vositasini tashlab yuborish vaqti kelganidan darak beruvchi belgilar:
Eskirishning birinchi belgisi – hidning o‘zgarishi. Agar siz achchiq, taxir yoki zax bosgan hidni sezgan bo‘lsangiz – o‘ylanmasdan tashlab yuboring.
Tonal vositalar va kremlarni diqqat bilan tekshiring. Agar krem quyuqlashgan yoki suyuqlashgan bo‘lsa hech ikkilinmasdan tashlang. Shuni unutmangki, ochilgan tushlarning saqlanish muddati – 3 oydan ko‘p emas.
Tonal kremlar va lab bo‘yoqlari tashqi ta’sirlar (quyosh nuri, havo harorati va shu kabilar) natijasida dastlabki rangini o‘zgartirish xususiyatiga ega. Agar rangi sezilarli darajada o‘zgargan bo‘lsa kremdan voz kechishingizga to‘g‘ri keladi.
Bunday kosmetika vositasining xavfi nimada?
Birinchidan, eskirgan vositalarni ishlatish befoyda. Ikkinchidan, ular allergiya qo‘zg‘atishi va hatto infeksiyaga sababchi bo‘lishi ham mumkin. | 54 | 1,055 |
Ayollar | Sochlar sog‘lom bo‘lishi uchun 5 ta foydali tavsiya | Ma’lum bo‘lishicha, ingliz ayollari o‘rtacha har yili soch parvarishi uchun taxminan 751 funt sterling (taxminan 900 dollar) sarflaydi — bu oyiga kamida 60 funt sterling (72 dollar)dan to‘g‘ri keladi. Ishonchimiz komilki, boshqa millat ayollarining ham xarajatlari taxminan shunday miqdorni tashkil qiladi. Stilist va mutaxassislar tomonidan tavsiya etilgan sog‘lom sochlarni saqlash bo‘yicha foydali maslahatlar ko‘p narsalarni tejashga yordam beradi, deb yozadi Marie Claire.
Sochni to‘g‘ri yuving
Sochni qanchalik tez-tez yuvish kerakligi haqidagi savol hali ham ko‘pchilikni o‘ylantirib qo‘ymoqda. Ammo uni qanday qilib to‘g‘ri amalga oshirishni ham o‘ylab ko‘rish lozim. Yaxshiroq tozalash uchun faqat uchlarini ishqalash, namlash va yuvish kerak emas, balki bir necha marta uqalash, ko‘pikni harakatlar uzunligi bo‘ylab taqsimlash yetarli bo‘ladi. Agar soch bo‘yalgan bo‘lsa, yuvish tartibiga ikki baravar ehtiyot bo‘lish lozim: noto‘g‘ri yuvish natijasida ular porloq ko‘rinishi hamda rangini yo‘qotadi.
Rangini yo‘qotmaslik uchun quyidagicha yuvish kerak: shampun bilan suv protseduralarini minimal darajaga kamaytirish va konditsionerni qo‘llash mumkin. Iloji bo‘lsa, yuvganda suvni iliq yoki biroz sovuqroq qilish kerak, bu bosh terisini yaxshilaydi, sochlarning tezroq o‘sishiga yordam beradi va rangning tez o‘chib ketishining oldini oladi.
Bosh terisiga g‘amxo‘rlik qiling
Soch uchun mukammal shampunni topdim deb o‘ylasangiz ham, uning bosh terisiga mos ekanini tekshirish kerak. Bu sog‘lom sochlarga birinchi va asosiy qadamdir. Qichishish, qizarish xususiyati, qazg‘oq — bu belgilarni e’tiborsiz qoldirmaslik lozim. Shoshilinch ravishda trixolog bilan uchrashuvga yozilish yoki hech bo‘lmaganda parvarishni o‘zgartirish juda ham muhim.
Sochlarni to‘g‘ri tarang
Shuni yodda tutish kerakki, nam sochlarni tarash mumkin emas, chunki bu holatda ular juda zaifdir. Lekin ularni quruq tarash usuli ham o‘ziga xos. Chunki hammaning sochi turli xil xususiyatga ega. Taroqlar birinchi o‘rinda toza va tishlari sinmagan bo‘lishi lozim. Keng tishli taroqlar quruq sochlarni yuvgandan keyin tarash uchun, mayda tishli taroqdan esa tartibga solish uchun foydalanish mumkin. Quruq jingalak sochlar eng yaxshisi barmoqlar bilan taragan afzal.
Parvarish mahsulotlarini e’tiborsiz qoldirmang
Haftada kamida bir marta sifatli soch niqobidan foydalanish tavsiya etiladi. Niqobni qo‘llashda, sochlarning hech bo‘lmaganda yaxshi siqilganligiga ishonch hosil qilish lozim. Namlik mahsulotning soch tuzilishiga to‘liq singishiga xalaqit beradi va ortiqcha suv shunchaki mahsulotning yuvilishiga va hech qanday ta’sir qilmasdan uzunligi bo‘ylab oqishiga olib keladi.
Shuningdek, sochlarini fen bilan quritganda yoki tekislash uchun dazmoldan foydalanganda, issiqlikdan himoya qiluvchi spreydan foydalanish kerak. Qolaversa, soch salomatligida muhim bo‘lgan tabiiy yog‘lar hanuzgacha o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Ulardan haftada bir-ikki marotaba niqob o‘rnida foydalanish mumkin.
Hayot tarzini o‘zgartiring
Bu sochlarning o‘sishi va yangilanish tezligiga bevosita ta’sir qiladi. Ratisonda sog‘lom yog‘lar (yong‘oq, avakado, yog‘li baliq) bilan to‘ldirilganligiga ishonch hosil qilish lozim, ular tom ma’noda sochni ichki tomondan oziqlantiradi. Bundan tashqari, soch o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi mahsulotlar iste’mol qilish tavsiya etiladi. | 51 | 3,341 |
Ayollar | Sayyoradagi eng qimmatbaho ayollar liboslari (foto) | Mashhur Dior va Dolce & Gabbana bendlarining kolleksiyalaridan o‘rin olgan bir necha ong ming dollar deb baholanadigan oqshom liboslari narxi, quyidagi liboslar narxi bilan solishtirilganda hech qancha emasdek tasavvur uyg‘otadi.
“Abaya”
Narxi 17,6 million dollarni tashkil qiladigan mazkur libos, britaniyalik dizayner Debbi Vingxem tomonidan taqdim qilingan. Arab shayxi buyurtmasiga asosan tikilgan, “Abaya” deb nomlangan ushbu libos, 2 ming dona noyob oq, qora, qizil brilliantlar bilan bezalgan.
Kats va Shtrausning kelinlik libosi
2006-yilda, to‘y liboslari dizayneri Martin Kats va zargar Rene Shtraus eng qimmat kelinlik libosini yaratishga qaror qilgan. Brilliantlar bilan bezatilgan, to‘y liboslari ko‘rgazmasi uchun maxsus tikilgan libos narxi 12 million dollarni tashkil qiladi.
“Kuala-Lumpur bulbuli”
2009-yilda malayziyalik dizayner Abdul Fayzi tomondan tikilgan va “Kuala-Lumpur bulbuli” deb atalgan ushbu libos asosini, shoyi va tafta tashkil qiladi. 70 karatli bitta yirik va 750 dona mayda brilliantlar bilan bezatilgan libos narxi 30 million dollar deb baholangan.
Merilin Monro kiygan libos
XX asr go‘zallik timsollaridan biri bo‘lgan Merilin Monroning kiygan libosi 2011-yilda o‘tkazilgan auksionda 4,6 millionga sotilgan.
Aktrisa, Jon Kennediga atab “Happy birthday” qo‘shig‘ini kuylaganida kiygan uzun, qaddi qomatni aks ettiradigan libosi esa 1,5 millionga xarid qilingan. | 51 | 1,401 |
Ayollar | Foto: Viktoriya Bekxemning obrazlari misolida rang va printlarni moslashni o‘rganamiz | Viktoriya Bekxemning kiyinish uslubi zamonaviy klassika muxlisi bo‘lgan barcha uchun namuna hisoblanadi. Hatto undan boshqa hech kim ranglarni bunchalik bir-biriga moslashni, shu bilan birga, o‘ziga xos ko‘rinishni uddasidan chiqa olmasa kerak, deb aytish mumkin. Dizaynerning bu boradagi siri juda ham oddiy — u rang va printlarni o‘zaro uyg‘unlashtirishni yaxshi biladi. Shu bilan birga, mashhur futbolchining rafiqasi hamisha jiddiy va to‘g‘ri bichimli kiyim-kechaklar tanlaydi. Viktoriyaning, ayniqsa, kuzgi mavsum uchun asqatishi mumkin bo‘lgan bir-biridan chiroyli obrazlarini e’tiboringizga havola qilamiz.
Katak, romb va xol-xol printlar umumlashmasi
Yashil va siyohrang umumlashmasi
Sariq, yashil va kulrang umumlashmasi
Qizil va oq rang hamda qoplon printi umumlashmasi
Kulrang va qaymoqrang umumlashmasi
Qizil rang va qoplon printi
Pushti va sariq rang, shuningdek, och pushti rang umumlashmasi
Oq, qora va yashil rang umumlashmasi
Qizil, oq va siyohrang umumlashmasi
Och yashil va siyohrang umumlashmasi
To‘q ko‘k rang va kulrang | 85 | 1,051 |
Ayollar | Nima uchun tuxumni muzlatkich eshigida saqlash mumkin emas? | Ko‘p yillar davomida xarid qilingn tuxumlarni karton o‘ramdan chiqarib, muzlatkich eshigiga joylashtiradigan bekajonlar endi bunday qilish shart emasligini bilib oladi, deb yozadi Wday.
Avstraliyaning ixtisoslashgan institutining oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha mutaxassisi Mishel Bosevski o‘z blogida muzlatkichdagi joyni qanday tashkil qilish kerakligi haqidagi asosiy qoidalarni taqdim etdi.
Yuqori
Bu tayyor mahsulotlar va ovqat qoldiqlari uchun mo‘ljallangan. Bu mahsulotlar issiqlik bilan ishlov berishni talab qiladigan xom ashyodan uzoqda saqlanishi kerak. Ularni aralashtirib joylashtirish mumkin emas.
Tuxum mahsuloti o‘rta qatorda saqlanishi kerak. Aslo muzlatkich eshigida emas. Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, eshik ushbu mahsulot uchun juda issiq. Tuxum uzoq vaqt yangidek saqlanishi uchun salqinroq joy ajratilishi kerak.
Past
Muzlatkichning pastki qismi xom go‘sht, baliq, parranda go‘shti va qiyma uchun mo‘ljallangan. Ushbu mahsulotlarni yopiq idishda saqlash tavsiya etiladi. Mutaxassisning fikricha, bu xom go‘shtda bo‘lishi mumkin bo‘lgan bakteriyalar tarqalishining oldini oladi. Aks holda ular muzlatkich bo‘ylab osongina tarqaladi va boshqa mahsulotlarni ham zararlaydi.
Eshik
Bu muzlatkichning eng issiq qismi. Sut va sut mahsulotlari uchun mukammal joy. “Men eshik tepasida pishloq va yogurtlarni, o‘rtada ziravor va souslarni, pastki qismida sut va boshqa ichimliklarni saqlayman”, — deydi Mishel Bosevski.
Sabzavot va mevalar
“Agar muzlatkichda ikkita alohida tortma bo‘lsa, meva va sabzavotlarni alohida saqlash lozim. Muzlatkichda saqlanmaydigan bittagina meva bor. Har holda, boshqa mevalar yonida. Bu olma, u meva va sabzavotlarning tezroq buzilishiga olib keladigan etilen gazini chiqaradi. Ammo ular ushbu modda yordamida yetarlicha pishadi, shuning uchun muzlatkichda pishmagan pomidor yoki olxo‘ri bo‘lsa, uning yoniga olma qo‘yish mumkin”, — deb maslahat beradi Mishel.
Olma saqlashning eng yaxshi usuli — yopiq sumkalar. Yana bir layfxak — olmani piyoz bilan birga qo‘yishdir. Bu piyozning ko‘karishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Sabzavot va mevalar uchun bo‘linmaning pastki qismi qog‘oz sochiq bilan qoplangan bo‘lishi kerak. Ular ortiqcha namlikni o‘zlashtiradi va mevalar uzoqroq saqlanadi. Bananlar tez buzilmasligi uchun esa bandini folga bilan o‘rash kifoya. | 59 | 2,294 |
Ayollar | Bosh oshpaz sirlari: turli taomlar uchun yog‘lar tanlaymiz | Ma’lum bo‘lishicha, yog‘larni noto‘g‘ri tanlash yoki noto‘g‘ri qo‘llash hatto eng yaxshi tayyorlash usullarini ham buzib qo‘yishi mumkin ekan. Yog‘larni qo‘llash usullari shunchalik ko‘pki, ularning hammasini esda saqlab qolish juda qiyin. Shuning uchun, eng yaxshisi ularni yozib olganingiz ma’qul.
Bugungi kunda urf bo‘lgan bu yog‘ tansiq hisoblanadi, buning ustiga teri va sochlar holatiga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Kokos yog‘i tarkibidagi moylar osongina energiyaga aylanadi va bu modda almashinuvini tezlashtiradi, natijada esa vaznni kamaytiradi. Mashhur tayyorlash usullaridagi ko‘plab zararli yog‘larni kokos yog‘i bilan almashtirish mumkin. O‘rtacha haroratda qovurishda kokos yog‘i juda mos keladi va bu qovurilayotgan oziq-ovqatlarga o‘ziga xos maza qo‘shadi.
Bu tozalanmagan yog‘ – o‘ziga xos ta’m va ko‘plab foydali xususiyatlarga ega bo‘lgani uchun O‘rtayer dengizi taomlarining asosiy masallig‘i hisoblanadi. Ekstra virjin yog‘iga boshqa zaytun yog‘laridan farqli ravishda issiqlik va kimyoviy ishlov berilmagan, shuning uchun uning tarkibi vitaminlar va foydali minerallarga juda boy. Undan foydalanishda issiqlik harorati rejimiga rioya qilish kerak, chunki u yuqori haroratda ko‘plab foydali xususiyatlarini yo‘qotadi.
Avokado yog‘i, kam uchrashiga qaramasdan hamma yog‘lar ichida eng har tomonlama hisoblanadi. U urug‘idan emas, balki mevasidan ajratib olinadi. U yallig‘lanishga qarshi xususiyatga ega, yurak-tomir kasalliklarining oldini olishga yordam beradi va bosimni me’yorlashtiradi. Avokado yog‘i yuqori haroratga chidamli bo‘lgani uchun deyarli hamma ovqatlarni tayyorlashda ishlatish mumkin, shuningdek undan mayonez tayyorlasa ham bo‘ladi.
Manba: “Steaklovers.menu” | 58 | 1,699 |
Ayollar | Uyni konditsionersiz salqinlatishning 7 usuli | Forum Daily jazirama yoz kunlarida uyni konditsionersiz salqinlatishga yordam beradigan foydali maslahatlarni to‘plab taqdim etdi.
Ventilyatorni yoqing
Muz bo‘lagi va ventilyator yordamida sun’iy okean shabadasini hosil qilish mumkin. Bunda shunchaki muz solingan likopchani ventilyator qarshisiga qo‘yish kifoya.
Shiftga soat strelkalariga qarama-qarshi aylanuvchi veltilyator o‘rnating
Yoz kunlarida ventilyator parraklari soat strelkasiga qarama-qarshi aylanishi lozim, bu havo oqimini pastga haydashga yordam beradi. Kun juda isib ketsa, ventilyator tezligini oshiring.
Pardani sovutishga urinib ko‘ring
Ayrim hollarda derazalarni ochish — xonaning salqinlashiga yordam bermaydi. Bu kabi holatda deraza pardasiga muzdek suv seping. Tashqaridan kirayotgan havo nam mato orqali o‘tib, haroratni pasaytirishga xizmat qiladi.
Qolbola konditsioner yasang
Ventilyator, 3/8 mis g‘altak, suv nasosi, muz, kuller va plastik trubalar yordamida qo‘lbola konditsioner yasash mumkin. Bu boradagi tavsiya bilan quyidagi videoda tanishish mumkin.
Vannaxonadagi ventilyatorni yoqing
Vannaxonadagi, shuningdek, oshxonadagi ventilyatorlar uy ichidagi issiq havoni tortib olishda xizmat qilishi mumkin.
Izolyatsiyalangan plyonkalardan foydalaning
Oynaga mo‘ljallangan plyonkalarning bir qator afzalliklari bor. U himoyalanmagan oynalarga qaraganda infraqizil issiqlik uzatilishini 98 foizgacha ta’minlay oladi va uy ichidagi haroratni pasaytirishga qodir.
Sovutuvchi geliyli yostiqlarni xarid qiling
Tana haroratingizni pasaytirish uchun sovutuvchi geliyli yostiqchalardan foydalanib ko‘ring. | 45 | 1,579 |
Ayollar | Sut mahsulotlari nima uchun ayniydi va bunday vaziyatda nima qilish kerak? | Ayniqsa, yoz kunlari bir zumda aynishi mumkin bo‘lgan sut mahsulotlarini xarid qilishda e’tiborli bo‘lish va to‘g‘ri saqlash kerak.
O‘ramdagi nuqson
O‘ramni yaxshilab ko‘zdan kechiring, teshigi borligi, ichiga havo kirgani mahsulotning aynishiga sabab bo‘la oladi. Do‘kon peshtaxtasidagi pachoq smetana stakanlari, ochilgan joyi bor sariyog‘ hamda sut mahsulotlarini xarid qilmang. Uyda saqlaganda mahkam yopilganiga e’tibor qarating. Sovitkichda ikki kundan ko‘proq saqlamoqchi bo‘lsangiz, qopqoqli yoki klapanli variantlarga e’tibor qarating. Bu o‘ramni qirqib saqlagandan ko‘ra ishonchliroq va to‘g‘riroq bo‘ladi.
Ishlab chiqarish va saqlash texnologiyasida muammo
Bunday vaziyatda hech nima qila olmasligingiz mumkin. Ammo aksariyat hollarda yirik ishlab chiqaruvchi kompaniyalar tomonidan taqdim qilingan mahsulotlarda bu kabi muammo kamdan-kam uchraydi. Shuni inobatga olgan holda sut mahsulotlarini saqlash imkoni bo‘lmagan joylardan xarid qilish tavsiya qilinmaydi. Muzlatkich-vitrinali, sotuvchilari gigiyena qoidalariga rioya qiladigan do‘kon yoki bozordan xarid qilganingiz yaxshi. Sertifikatlanmagan sut mahsulotlarini xarid qilganda, dizenteriya, sil, salmonella infeksiyasini yoki hayot uchun xavfli bo‘lgan boshqa kasalliklarni yuqtirib olishingiz xavfi yuqori bo‘ladi.
Uyda noto‘g‘ri saqlash
Oshxona stolida pishloq, tvorog, sut yoki boshqa sut mahsulotlarni bir necha soatga ochiq qoldirish ularning aynishiga sabab bo‘lishi mumkin. Uyda harorat issiq va turli patogen bakteriyalar, mog‘or paydo bo‘lishiga qulay sharoit yaratiladi. Pishloqni polietilen paketda saqlamang. Maxsus pishloq saqlashga mo‘ljallangan idish yoki qandolat qog‘ozidan foydalanish ayni muddao. Qattiq pishloqni esa yaxshilab yopilgan plastik paketga solib qo‘yganingiz yaxshi. Sariyog‘ni sariyog‘ saqlashga mo‘ljallangan, tvorogni plastik yoki sirli idishga solib qo‘yish kerak. Shu bilan birga tvorogni 2-4 kundan ortiq saqlab bo‘lmasligini, muzlatkichga germetik yopiladigan idishda esa 2 oygacha saqlash mumkin. Plastik qopqoqli yoki folgadan ishlangan klapanli idishdagi pishloq, smetana, tvorog xarid qilgan bo‘lsangiz, ochgandan keyin klapanini olib tashlang. Mog‘or tez rivojlanishi mumkin.
Sut mahsulotlari aynishni boshlasa nima qilish kerak?
Pishloq
Pishloqning ustki qismida mog‘or paydo bo‘layotganiga guvoh bo‘lsangiz, o‘sha qismini kesib tashlab yuboring. Pishloqni tezroq, iloji boricha jarayonda termik ishlov beriladigan taomlarga qo‘shib ishlatib yuboring. Masalan, omlet, zapekanka, pitssa va lazanye pishiring.
Tvorog
Ta’mi nordonlashgan tvorogdan esa sirnik yoki tvorogli zapekanka tayyorlasangiz bo‘ladi.
Sut
Nordon bo‘lib qolgan sutni quymoq yoki oshirma xamir uchun ishlatsangiz bo‘ladi.
Smetana
Mog‘ori olib tashlangan smetanani ham termik ishlov talab qiladigan taomlar, qayla yoki xamir tayyorlash uchun ishlatsangiz bo‘ladi. | 74 | 2,844 |
Ayollar | Ko‘p ishlaydiganlar uchun ovqatlanish qoidalari | Agar siz ertadan kechgacha ishda bo‘lsangiz, qanday qilib to‘g‘ri ovqatlanish mumkin? Mazali va foydali tushlikni qayerda qilsa bo‘ladi?
Agar atrofingizda faqat “uy ovqatlari” tayyorlaydigan restoranlar va fastfudlar joylashgan bo‘lsa, qayg‘urmang, u yerdan ham yeyishga biror ovqat topish mumkin.
Agar siz “uy ovqatlari” tayyorlaydigan joyda tushlik qilishga qaror qilgan bo‘lsangiz, vitrinadagi mo‘l-ko‘l taomlar ko‘rinishiga bardosh berish uchun ochlikni yengishga harakat qiling.
Taom qancha oddiy bo‘lsa shuncha ma’qul bo‘ladi. Gazak sifatida mavsumiy sabzavotlardan qilingan salat olsangiz bo‘ladi.
Garnir sifatida esa piyozli grechka yoki karam olishingiz mumkin.
Go‘shtlardan duxovkada pishirilgan tovuq yoki bug‘da pishirilgan kurka olish mumkin.
Agar yaqin atrofda ovqatlanadigan joylar bo‘lmasa, ofislarga ovqat yetkazib berish xizmatidan foydalangan ma’qul. Yoki hech bo‘lmaganda, tushlikni uydan olib kelish ham mumkin. | 47 | 933 |
Ayollar | Ishbilarmon ayollar garderobi: muvaffaqiyatli tashqi ko‘rinishning asosiy qoidalari (foto) | Biznes – urush. Garderob – qurol. Hech kim urushga qurolsiz bormaydi. Aks holda nima bo‘lishi mumkinligini tasavvur qilishga to‘g‘ri keladi. XXI asrda ayollar ham haqli ravishda barcha imkoniyatlarini ishga solmoqda. Birma-bir pog‘onalarni bosib o‘tish, hattoki bir vaqtning o‘zida bir necha qadamlarga sakrashni ham amalga oshirishi kuzatilmoqda.
Zamonaviy ayollarni tashqi ko‘rinishidan darrov tanib olish mumkin. Ularning garderobida xira, ko‘rimsiz liboslarning o‘zi yo‘q. Chunki ishda hamma shunday ko‘rinishda. Ofisning yarmi bu kabi xodimlarning mavjudligini ham bilmaydi, rahbar esa umuman tanimasligi ham mumkin. Ammo kalta yubka, qip-qizil lab bo‘yog‘i ham ishbilarmon ayolga to‘g‘ri kelmaydi.
Qulaylik, moda va go‘zallikni o‘zini namoyon etish bilan aralashtirish yaxshi emas. Zamonaviy hamda o‘z mavqeyiga ega ayollar garderobida muvaffaqiyat keltiradigan liboslar ularning eng birinchi yordamchisi hisoblanadi.
Kostyum-shim
Dizaynerlarning so‘nggi 20 yil ichidagi eng yaxshi g‘oyasi. Faqat qora yoki kulrang emas, bordo, siyoh, zumrad yoki qaymoq rangidan kiyish tavsiya etiladi. Agar fitnes bilan shug‘ullanmaydigan ayollar bo‘lsa, uzaytirilgan yoqali ko‘ylak bilan kiyishi ham mumkin. Boshqa barcha holatlarda shunchaki oddiy koftalar bilan birlashtirish tavsiya etiladi. Ushbu ko‘rinish bilan hech kim nafaqaxo‘r ayolga o‘xshab qolmasligi aniq.
Midi yubka
Viktoriya Bekhemga aylanish vaqti keldi. Midi yubkalar har qanday ko‘rinishga mos keladi, ayniqsa, old tomoniga bichimida bezak berilganlari. Sviter, kofta yoki boshqa kiyimlarni ham tizzadan biroz tushib turuvchi yubka bilan uyg‘unlashtirish tavsiya etiladi.
Kashmir jemperi
Klassik uslubdagi shim yoki midi yubkalar bilan ushbu kashmir jemperlari juda mos keladi. Aslo qandaydir yoshi katta ayollarga o‘xshab qolishdan cho‘chimaslik zarur. Vaqti kelganida, albatta, ushbu tajribani sinab ko‘rish tavsiya etiladi.
Oyoq kiyim
Zamonaviy mansabdor ayollar poshnali tuflilarni qanday hollarda kiyishni biladi. Shuning uchun ham ular qulay va ajoyib botinkalarda juda tez harakat qiladi. Ortda qolgan ayollar esa 12 santimetrlik poshnali tuflilarda yuzlarida og‘riq bilan yurayotgan bo‘ladi. Ammo har qanday ishbilarmon ayolning ham garderobida baland poshnali tuflilarga joy bo‘lishi kerak.
Aksessuar
Soat, bilakuzuk, sipo zirak va sumkalardan aksessuar sifatida foydalanish mumkin. Odatda ishbilarmon ayollarning eng ko‘p murojaat etadigan qo‘shimcha detallariga yuqoridagilar kiradi.
Pardoz va turmak
Yodda tutish kerakki, barcha ish joylari ham bir-biridan farq qiladi. Qayerdadir tartib qattiq bo‘lsa, yana boshqa joyda erkinlik mavjud. Ayollar esa har qanday joyga moslashishi va u yerda ham mukammal ko‘rinishni hosil qila olishi kerak. Har bir ayolning tasavvuridagi kumiri har tongda aynan uning ko‘zgusida aks etishi kerak. | 90 | 2,809 |
Ayollar | Suli yormasining siz bilmagan foydali xususiyatlari | Odamlar suli yormasi deganda ta’msiz va yoqimsiz bo‘tqani ko‘z oldiga keltiradilar. Lekin sizning bu tasavvuringiz eskirdi va biz buni to‘g‘rilashga harakat qilamiz! Agar to‘g‘ri usul bo‘yicha tayyorlasangiz — u nafaqat mazali, balki juda foydali ham bo‘ladi. Bugungi maqolamizdan suli yormasining foydali xususiyatlari to‘g‘risida bilib olsangiz bunga amin bo‘lasiz.
Suli yormasi tarkibida kletchatkalarning tabiiy turlaridan biri — beta-glyukanlarning besh foizli konsentratsiyasi mavjud. Ilmiy tadqiqotlar beta-glyukanlar borasida odamning ichaklari ular tufayli “yomon” xolesterinni kamroq singdirishini, bu esa uning qondagi miqdorini pasaytirishini isbotladi.
Bu yorma tarkibida tanadagi ko‘plab muhim jarayonlarda qatnashuvchi magniy juda ko‘p. Magniy qon aylanishini yaxshilash va qon bosimini me’yorida tutib turish bilan yurak xuruji xavfini kamaytiradi.
Boshqa yormalarga qaraganda suli yormasi — yog‘ kislotalari va aminokislotalar ajoyib tarzda o‘zaro muvofiqlashtirilgan mahsulot. Bor-yo‘g‘i yarim piyola suli yormasi sizga oqsillar kunlik me’yorining 15 foizini beradi.
Suli tarkibida boshqa yormalarga qaraganda kletchatkalar ko‘proq. U hazm qilish jarayonida yordam beradi va o‘zingizni to‘qroq his qilishga imkon beradi. Uzoq davom etgan to‘qlik hissiyoti kaloriyaning kam sarflanishiga yordam beradi va bu ozishga olib keladi.
Bir necha tadqiqotlar ko‘p miqdorda kletchatkalar iste’mol qilish bilan yo‘g‘on ichak saratonining paydo bo‘lish xavfini bir-biriga bog‘laydi. Hozircha saratonning bu tarzda oldini olish imkoniyatlari isbotlanmagan, lekin suli yormasi kabi ovqatlar ichaklar sog‘lig‘ini butunlay yaxshilovchi omillar hisoblanadi.
Manba: “Xitrosti jizni” | 51 | 1,684 |
Ayollar | Bola salomatligiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan o‘quv qurollari | Ota-ona farzandi yaxshi ta’lim olishi, ovqatlanishi, kasal bo‘lmasligi va dars tayyorlashi uchun kerakli bo‘lgan barcha ma’lumotlarni biladi. Lekin farzand salomatligiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan ayrim detallar haqida bexabar bo‘lishi mumkin. “Domashniy ochag” jurnali qanday o‘quv qurollari bola sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqarishi mumkinligi haqida ma’lumot beradi.
Maktab sumkasi
Zamonaviy, yorqin maktab sumkalarining ko‘pi, tarkibida zararli bo‘lgan ftalat va qo‘rg‘oshin bo‘lgan vinil yoki polivinilxloriddan tayyorlanadi. Mazkur birikmalar bola terisi bilan muntazam kontaktda bo‘lishi moddalar almashinuvining buzilishi, astma hamda qandli diabetga olib kelishi mumkin. Mutaxassislar maktab sumkalarini xarid qilishda tabiiy mato — paxta va lyon yoki neylon va poliefir singari sintetik toladan tayyorlanganiga e’tibor qaratishni tavsiya qiladi. Yorqin va yaltiroq qo‘shimcha hamda nakleykali sumkalarni ishlab chiqarishda ham zararli moddalar ishlatilgani bois bunday sumkalar sotib olmaslik maslahat beriladi.
Tushlik taomi solinadigan maxsus qutilar
Plastik, xususan, bolalar taomini solish uchun mo‘ljallangan maxsus idishlarni ishlab chiqarishda ham yuqorida zararli ekani ta’kidlangan ftalat moddalarni o‘z ichiga oladigan vinilli plastiklar ishlatiladi. Ftalat plastikning egiluvchan va mustahkamligini ta’minlaydi, lekin shu bilan birga bir qancha jiddiy kasalliklar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Gap shundaki, uchuvchan hisoblangan ushbu moddalar taom hamda ichimlikka aralashishi mumkin bo‘ladi.
Rangli bo‘r qalamlari
AQShda o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, aksari maktab bo‘r qalamlari va qalam markalarida uzoq ta’siri o‘pka saratonini keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan asbest borligi aniqlangan. Maktab o‘quv-qurollarida asbest sezilmas darajada ishlatilganiga qaramay, mutaxassislar bola organizmini hatto oz miqdordagi toksin ta’sirida qoldirish kerak emas degan xulosaga kelgan. Bolalar uchun zararsiz hisoblangan asalari mumidan tayyorlangan bo‘r qalamlarni ishlatish tavsiya qilinadi.
Rangli flomasterlar
Ko‘p flomasterlar tarkibida leykemiya, ya’ni oq-qon kasalligi hamda jigar va buyrak faoliyatini yomonlashishiga olib keluvchi — benzol bo‘ladi. Uzoq vaqt davomida benzol bug‘idan nafas olish bosh aylanishi, og‘rishi va uyquchanlikka olib kelishi mumkin. Shu sababdan maktab bozori qilish vaqtida tarkibi va nimadan tayyorlanganini yaxshilab o‘rganing. Benzolni ichiga oladigan o‘quv-qurollarni xarid qilmang. | 66 | 2,480 |
Ayollar | Dukkakli, makaron va konservalangan mahsulotlarni to‘g‘ri saqlash bo‘yicha tavsiyalar | Don, makaron va konservalangan mahsulotlarni qanday saqlash kerak? Ularni qancha muddat davomida saqlash tavsiya etiladi? Quyida bunga aniqlik kiritamiz.
Mos keluvchi joy
Albatta, don mahsulotlari uchun ham issiq bo‘lmagan, quruq joy kerak. Shuningdek, harorat o‘rtacha bo‘lishi shart. Ya’ni don mahsulotlari uchun oshxonadagi javonlar to‘g‘ri keladi. Lekin makaron mahsulotlarini uzoq vaqt davomida oshxonada saqlash tavsiya etilmaydi. Yaxshisi, ushbu mahsulotdan zaxiraga kamroq xarid qilgan ma’qul.
Mahsulotni saqlash mo‘ljallangan javon darhol kirsovun bo‘lagi bilan artib chiqiladi va mahsulotlar joylashtiriladi.
Birlamchi qayta ishlash
Mutaxassislar va tajribali uy bekalari donli mahsulotlarni idishga joylashtirishdan oldin ularni muzlatgichda bir kun ushlab turish yoki pishiriq qog‘ozida bir soat davomida pechda qovurishni tavsiya etadi. Ikkisi ham foydali, qolaversa, bu jarayon parazitlarning lichinkalaridan xalos qiladi.
Kerakli konteyner
Don mahsulotini zavod qadoqlaridan shisha idishlarga o‘tkazish tavsiya etiladi. Ular shaffof bo‘lishi kerak, chunki qorong‘i joyda saqlanadi. Asosiysi, qopqoq havo o‘tkazmasligi zarur. Quruq limon yoki apelsin qobig‘ini bankaga tashlab qo‘yish ham mumkin. Makaron mahsuloti esa o‘zining o‘ramida yaxshi saqlanadi.
To‘g‘ri foydalanish
Don mahsulotlarini to‘g‘ri saqlash bilan birga, undan qanday foydalanishni ham bilish lozim. Buning uchun don idishdan to‘kib yoki quruq qoshiq bilan olinadi va idish yana germetik tarzda yopiladi. Darhol bo‘lmasa-da, bir soatga qolmay shkafga qo‘yish zarur. Shu odatga ko‘ra mahsulotni yaxshi saqlash mumkin.
Mahsulotlarni to‘g‘ri saqlash uchun quyidagi sharoit muhim:
To‘g‘ri emas:
Unutmang:
Konservalangan mahsulotlarni qanday saqlash kerak?
Birinchidan, ular agar metall idishda bo‘lsa, unda hech qanday chuqurlik yoki zang yo‘qligiga ishonch hosil qilish kerak. Shisha bo‘lsa, qopqoqning mahkamligi tekshiriladi.
Ikkinchidan, barcha konservalarni qorong‘i va salqin joyda saqlash kerak. Va ularni hech bo‘lmaganda vaqti-vaqti bilan qopqog‘ini bosib, tekshirib turish kerak. Agar biror o‘zgarish bo‘lmasa, ular uzoqroq turishi mumkin. Lekin faqat qadoqda ko‘rsatilgan amal qilish muddati tugagunga qadar. Bugungi kunda ishlab chiqaruvchilar maxsus texnologiyalar va xavfsiz oziq-ovqat qo‘shimchalari va konservantlardan foydalanadi, bu esa saqlash muddatini va yaroqliligini sezilarli darajada uzaytiradi. Zavoddagi go‘sht va baliq konservalari uchun bu muddat, qoida tariqasida, 3 yildan oshmaydi.
Uzoq muddatli sut ham eng yaxshisi salqin va qorong‘i joyda saqlanadi, albatta, yaroqlilik muddati tugagunga qadar – qadoqda ko‘rsatilgan ishlab chiqarish sanasidan 9 oy o‘tgach tugaydi.
Yorma va makaron mahsulotlari qancha vaqt davomida saqlanadi?
Agar siz ushbu qoidalarning barchasiga rioya qilsangiz, oshxonadagi barcha mahsulotlar uzoq vaqt davomida xizmat qiladi. | 85 | 2,862 |
Ayollar | Agar yoningizda konserva ochqichi bo‘lmasa, nima qilish mumkin? | O‘rmonda yoki safarga chiqqaningizda pichoq uyda qolgan bo‘lsa va qo‘lingizda ochadigan hech narsa bo‘lmasa, konserva bankasini qanday ochish mumkin? Ma’lum bo‘lishicha, bir necha oddiy yo‘llari bor ekan.
Bu usulni qo‘llashda yoningizda bo‘lgan boshqa oshxona uskunalaridan ham foydalanishingiz mumkin. Sizga omad tilaymiz! | 63 | 324 |
Ayollar | Yozgi kiyimlarni kuzda qanday kiyish mumkin? (foto) | Yangi mavsum — garderobni yangilash fursati. Ammo hamma yozgi kiyimlardan ham voz kechish kerak emas. Maqolada yozgi liboslarning qaysilarini kuzda ham kiyish mumkinligi va ularni qanday kiyish lozimligi haqida gapiramiz.
View this post on Instagram
Rangi oq, o‘zi to‘rdan yoki shifon matodan tikilgan bo‘lsa ham, yozgi bluzkangizni javonning olis burchagiga yuborishga shoshilmang. Kuzda uni chiyduxoba yoki zamsh shim yoki yubkalar bilan kiying. Ustidan esa charm yoki jinsi kurtka tashlab oling. Oyog‘ingizdagi bosonojkani esa loferga almashtiring.
View this post on Instagram
Bunday yozgi ko‘ylakka kuzgi qiyofani berish uchun uni ingichka kamar va uzun nimcha bilan kiying. Oyog‘ingizga botfort kiying. Yana bir variant — par-parli ko‘ylakni issiq jemper, qo‘pol botinka, palto va kepka bilan kiyish.
View this post on Instagram
Yozgi och rangli shimingizni qora charm kurtka bilan kiyib ko‘ring. Qiyofani vodolazka, hajmdor sharf va shlyapa bilan to‘ldirish mumkin.
View this post on Instagram
Uni kuz-qish mavsumida urfga kiradigan vodolazka ustidan kiying va mos tushadigan botilyonlarni tanlang. Ustidan charm kurtka, trench yoki yengil palto kiyishingiz mumkin.
View this post on Instagram
To‘pig‘ingiz kuzda sovqotib qolishidan qo‘rqsangiz, tuflini yopiq botilyonga almashtiring. Ustingizga esa longsliv (yengi uzun futbolka), svitshot yoki jun jemper kiying.
Manba: “Passion.ru” | 51 | 1,471 |
Ayollar | Tanlovda adashmang: kiyinish borasida yoshga yosh qo‘shadigan 9 ta xato (foto) | Yoshroq ko‘rinish uchun teri parvarishi, pardoz va soch turmagiga alohida e’tibor qaratiladi. Lekin qancha harakat qilinmasin, kiyinish borasida qo‘yilgan kamchiliklar tufayli hattoki 10 yilga ham qariroq ko‘rinish mumkin.
Noto‘g‘ri uzunlikdagi yubka
Qanday tendensiyalar urfga kirishiga qaramay, har qanday ayol libos tanlashda bo‘y va yubka uzunligini e’tiborga olishi zarur. Tizzadan tushib turadigan noaniq uzunlik, ayniqsa, keng va shaklsiz siluet har qanday ayolni ham qariga aylantirishi mumkin.
Yoshga mos bo‘lmagan uslub
Ehtimol 15 yilga yoshroq va 20 kilogrammga kamroq vaznda ushbu ko‘rinish eng yaxshisi bo‘lishi mumkin edi. Ammo bu obrazni hozirda va aynan bu kabi qomat egalari takrorlashi to‘g‘ri bo‘lmaydi. Moda tendensiyalari va tashqi ko‘rinishni hisobga olmasdan, bir necha yil davomida bir uslubdan foydalanish, eng avvalo, yoshga ta’sir qiladi.
Noto‘g‘ri tanlangan jinsi shim
To‘g‘ri, jinsidan boshqa universal narsa yo‘q. Ammo uzunlik, bichim kabi xususiyatlar yoshni nisbatan kattaroq ko‘rinishga olib kelishi mumkin. Bularning barchasi tashqi ko‘rinishga putur yetkazadi.
Kundalik hayot uchun o‘ta bayramona libos
Kundalik uchun tanlangan o‘ta hashamdor va shohona liboslar yoshni kamida 10 yilga katta ko‘rsatadi. Shuning uchun libosni qayerga kiyishni ham bilib olish zarur.
Katta naqshlar
Katta naqshlar kiyim bo‘ylab bosilgan bo‘lsa, bu uning egasiga ham hajm, ham yosh qo‘shadi. Ko‘zga yaqqol tashlangan yirik gulli liboslar o‘rniga mayda va nafis naqshli kiyimlarni tanlash tavsiya etiladi. Ular qomatni bejirim ko‘rsatadi.
Ortiqcha detallar
Obrazdagi ko‘plab taqinchoq, elementlar yoki kiyimning o‘ziga berilgan bezaklarning haddan ortiqligi ham har qanday ayolni shunchaki zamonaviy qariyaga o‘xshatadi-qo‘yadi.
Mos bo‘lmagan sharf
Sharf hamda ro‘mol murakkab detal hisoblanadi. Ayniqsa, ma’lum bir davr modasi haqida gap ketganda. Agar sharf borasida biroz bo‘lsa ham e’tiroz bo‘lsa, undan voz kechgan ma’qul.
Yoshga to‘g‘ri kelmaydigan detallar
Yoshroq ko‘rinish istagidagi o‘smirlarning uslubida kiyinish, albatta, yoshartirib qo‘ymaydi. Natija buning teskarisi bo‘lishi mumkin. Xuddi shu ko‘rinishni rasmiy uslubga o‘zgartirish va yoshni ham saqlab qolish juda oson. Buning uchun faqat kiyimlarni uyg‘unlashtirishda e’tiborli bo‘lish kerak.
Qomatga to‘g‘ri kelmagan o‘lcham
Tepa qism tor va kalta, shim esa uzun... Qomatni aniq aks ettirmagan liboslar ham yoshni yanada kattaroq ko‘rsatadi. Shuning uchun libos o‘lchamlarida siluetga mos bo‘lganlarini xarid qilish zarur. | 78 | 2,517 |
Ayollar | Ikki haftada qorindagi yog‘ni ketkazishga yordam beruvchi 5 ta tavsiya | Qaddi-qomatning chiroyli bo‘lishiga istalgan yoshda ham erishish mumkin. Faqat buning uchun shunchaki xohishning o‘zi bilan cheklanmasdan harakat qilish kerak. Cosmopolitan nashri ikki hafta davomida qorindagi yog‘ni ketkazishga yordam beradigan 5 tavsiya bilan bo‘lishadi.
Nonushtadan avval jismoniy tarbiya bilan shug‘ullaning
Aslida nonushtadan avval sayr qilish tavsiya qilnadi, lekin hozirgi karantin vaqtida emas. Shunday ekan, tonggi sayr o‘rniga yengil jismoniy tarbiya mashqlari bilan shug‘ullaning. Mashqlarni bajarishdan avval deraza pardalarini ochib, xonani toza havo bilan ta’minlashni unutmang. Mashg‘ulotni shunday tashkil qilingki, yegan ovqatingizga yarasha energiya sarflansin. Tonggi mashqlar kun bo‘yi o‘zingizni yaxshi his qilishingiz va tetik bo‘lishingizga yordam beradi hamda yurak qon-tomir kasalliklaridan profilaktika sanaladi.
Nonushtangiz donli mahsulotlardan iborat bo‘lsin
Eng yaxshi nonushta bu — suli yormasidan tayyorlangan bo‘tqa va unga qo‘shilgan barra mevalar hisoblanadi. Suli tarkibida klechatkalar ko‘p bo‘lib, ovqat hazm qilish sistemasining yaxshilanishida ahamiyatli. Suli yormasi bilan tutilgan parhez ozishga ko‘maklashadi, hazm qilish jarayonida yordam beradi, to‘qlikni saqlaydi, buning natijasida kishi ozishi osonlashadi.
Qizil mevalar iste’mol qiling
Qizil mahsulotlarda uchraydigan ozuqa moddalari flavonoid deb ataladi. Ular yog‘ to‘planishi uchun javob beradigan genlar faoliyatiga ta’sir qiladi. Shu bois ratsioningizda qizil mevalar qancha ko‘p bo‘lsa, organizmda yog‘ miqdori shuncha sekin ko‘payadi.
Avakado yeng
Ko‘pchilik avakadoda kaloriya ko‘p ekani sabab uni iste’mol qilishdan cho‘chiydi, aslida esa ushbu foydali meva ozishga yordam beradi. Hafta davomida avakado iste’mol qilib, 3 kilogramm vazn tashlash mumkin. Uning tarkibidagi moddalar xolesterinni kamaytirib, ochlik hissini to‘xtatish xususiyatiga ega.
Tuxum yeyishni kanda qilmang
Tuxum oqsil manbai sanaladi, organizmni kerakli moddalar bilan ta’minlaydi. Tuxum tanovvul qilish natijasida teri ostidagi yog‘ kamayadi. Tarkibida inson uchun kerak bo‘lgan barcha vitaminlar bor. Tuxum oqsil jihatidan go‘sht o‘rnini bosa oladi. Parhez tutuvchilar va vazn tashlashni istaganlarning kundalik ozuqasiga tuxum kiritilishi tavsiya etiladi.
Karantinda yanada ortiqcha vazn to‘plashni istamasangiz, zerikkaningizda emas, och qolganingizda ovqatlaning. Har kuni kerakli miqdorda suv ichishni kanda qilmang hamda kechki ovqatni meva va sabzavotlar bilan almashtiring. | 70 | 2,482 |
Ayollar | Hayotimizni yengillashtiruvchi oshxona hiylalari | Har bir uy bekasi u yoki bu taom tayyorlash jarayonini yengillashtiruvchi yoki ularga qo‘shimcha ta’m beruvchi o‘z sir va retseptlariga ega. Ko‘pchilik ularni yillar davomida to‘plab boradi va avloddan avlodga yetkazadi. Quyida taom tayyorlashni anchagina yengillashtiruvchi zamonaviy layfxaklarni to‘pladik.
Ikkita pitssani bir vaqtning o‘zida tayyorlash yoki isitish kerak, lekin duxovkada joy yetishmayaptimi? Pitssani duxovkaga joylashtirishdan avval ularni ikki bo‘lak qilib kesing. Shu yo‘l orqali siz ularni bir vaqtning o‘zida pishirishingiz mumkin.
Muzqaymoq sovutkich muzxonasida doim yumshoq bo‘lib turishi uchun uni germetik paketga joylashtiring. Endi mazali muzqaymoqdan bahramand bo‘lish uchun uning erishini kutishingizga to‘g‘ri kelmaydi.
Mazali shokolad pastasining deyarli bo‘shab qolgan qutisini tashlab yubormasdan, uni ichiga muzqaymoq soling. Ajoyib desert tayyor!
Agar mikroto‘lqinli pech o‘lchamlari ikki idishni sig‘dirish imkonini bermasa, shunchaki ikkinchi idishni stakan yoki krujkaning ustiga qo‘yib, har ikkala idishdagi taomni bir paytning o‘zida isiting.
Bitta pistani ikkinchisi po‘chog‘idagi ochiq joy yordamida chaqing
Yormani chovliga solib, ularni xuddi elagandek, butun bo‘lakchalarni ushoqlaridan ajratamiz.
Pechenyeni sutga solib, bir necha soatga sovutkichga qo‘ysangiz, muzlatilgan ajoyib shirinlik hosil bo‘ladi.
Banka qopqog‘i hadeganda ochilavermasa, uning qopqog‘i orasiga qoshiq yoki ochqichni suqing. Bankaga havo kirishi bilan u osongina ochiladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 48 | 1,677 |
Ayollar | Nega plastik butilkalardan qayta foydalanish mumkin emas? | Havo issiq vaqtida odamlar o‘zi bilan doim bir baklajka suv olib yurishi kerak. Albatta, har bir kishi hech bo‘lmaganda bir marta plastik butilkalarni qayta ishlatmaslik haqida o‘ylasa kerak, chunki ular ancha arzon. Ammo undan qayta foydalanish noxush oqibatlarga olib kelishi mumkinligini hamma ham bilmaydi. Grazia nashri nega baklajkalardan bir marta foydalanish kerakligini ma’lum qildi.
Albatta, baklajkaga suv quyilsa, toza ko‘rinadi. Biroq keyinchalik bunday bo‘lmaydi. Ishlab chiqaruvchi kompaniyalar turli xil materiallardan idishlar yasaydi, plastmassa bo‘yicha mutaxassis bo‘lmasangiz, bir marta ishlatiladigan baklajkadan ikki marta foydalanish g‘oyasidan voz kechgan ma’qul.
Ba’zi idishlarda zaharli kimyoviy moddalar mavjud bo‘lib, ular idishga zarar yetganda, masalan, mayda yoriqlar bo‘lsa, suyuqlikka tushishi mumkin. Ularning soni ahamiyatsiz, shuning uchun plastik idishni kamdan-kam holda qayta ishlatilsa, sog‘liqqa ta’sir qilmasligi mumkin. Biroq bu odatni doimiy takrorlash salomatlikda bir qancha muammolar paydo bo‘lishiga olib keladi.
Ya’ni, baklajkadan suyuqlik ichilganda, og‘iz bo‘shlig‘idan bakteriyalar idishga kiradi, ular baklajkaning devorlarida, shuningdek, ko‘rinmas eng kichik yoriqlarda faol ravishda ko‘payadi va to‘planadi. Shu sababli konteynerni xavfsiz qayta ishlatish uchun uni butunlay tozalab bo‘lmaydi. Natijada, ovqat hazm qilish buzilishi, ko‘ngil aynishi, bosh og‘rig‘i va charchoq hissi paydo bo‘lishi mumkin.
Salomatlikni asrash uchun qayta foydalanish mumkin bo‘lgan idishlarni sotib olish yaxshiroq. Ammo har safar foydalangandan keyin uni yuvishni unutmaslik kerak. Aks holda unda bakteriyalar ham ko‘paya boshlaydi, bu salomatlikka salbiy ta’sir qiladi. Mutaxassislar barcha mikroblarni o‘ldirish uchun idishni maxsus cho‘tka va vosita bilan tozalashni tavsiya qiladi. | 57 | 1,826 |
Ayollar | Kiyimdagi ketchup, dezodorant, siyoh kabi dog‘larni bartaraf etishga yordam beradigan usullar | Kiyimlardagi dog‘ni qanday qilib bartaraf qilishni bilmayotganlarga ushbu tavsiyalar asqatishi aniq.
Limon sharbati zangni ketkazadi
Zang dog‘ini ketkazish uchun uning ustiga tuz sepib, keyin limon sharbati quyib, biroz quyoshda qoldiring. Keyin kir yuvadigan mashina ichiga soling.
Tuz va sirka dezodorant izini ketkazishda
Tuzni suvga aralashtirib dog‘ ustiga surting, birozdan keyin yuvib tashlang. Yoki kiyimni oq sirka aralashtirilgan muzdek suvga bo‘ktirib qo‘ying. 1 soatdan keyin cho‘tka bilan ishqalang.
Qaynagan suv mevadan qolgan izni bartaraf qiladi
Tog‘oraga dog‘ bo‘lgan kiyimni soling. Chetini rezinka bilan mahkamlab, ustidan qaynagan suv quying.
Qon dog‘ini ozgina mahsulotlar bilan ketkazsa bo‘ladi
Qon teggan kiyimni birinchi sovuq suvga bo‘ktiring. Harorat qancha past bo‘lsa, shuncha yaxshi. Yaxshilab iviganidan keyin tuz va shampundan foydalaning. Keyin yaxshilab yuvib tashlang.
Oddiy bo‘r yog‘ dog‘ini bartaraf qiladi
Dog‘ ustiga bo‘r surting. Ustidan iliq yoki qaynoq suv quyib, yuvib tashlang.
Go‘sht selini ketkazish uchun yuvish vositalari shart emas
Bunday kiyimni sovuq suvda oqizib turish kifoya.
Ketchup dog‘ini sirka yordamida bartaraf qilsa bo‘ladi
Dog‘ni sovuq suvda yuvib tashlab, keyin yuvish vositasi surtilgan toza latta bilan arting.
Siyohni ketkazish
Siyoh dog‘larini ketkazishda tarkibida spirt bo‘lgan suyuqlik yaxshi samara beradi. Masalan, qo‘l uchun sanitayzer
yoki soch lakini matoga sepib, 1-3 daqiqaga qoldiring, keyin salfetka bilan artib tashlang. Oxirida kir mashina ichiga solib yuving.
O‘simliklardan qolgan dog‘ni idish yuvadigan vosita yaxshi ketkazadi
Suv va 3 foizli vodorod peroksidini 1:1 nisbatda aralashtiring va kiyimni aralashmaga ivitib qo‘ying. Yoki idish yuvadigan vosita bilan arting.
Xantal dog‘ini ikkita oddiy vosita bilan bartaraf qilsa bo‘ladi
Buning uchun yarim stakan suvga 2 osh qoshiq idish yuvadigan vosita hamda oq sirka aralashtiring. Aralashmani dog‘ga surtib, birozdan keyin issiq suvda yuvib tashlang. | 93 | 1,996 |
Ayollar | “Odamlar o‘layotgan paytda biron narsa haqida gapirish noo‘rin”. Vogue jurnali ilk marta oq muqova bilan chop etiladi | Italiyada chop etiladigan moda haqidagi Vogue jurnali ilk marta oq rangdagi bo‘sh muqova bilan chop etiladi. Bu haqda nashrning Instagram’dagi sahifasida ma’lum qilindi.
Nashr tahririyati “odamlar haligacha vafot etayotgan, shifokor va hamshiralar o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yayotgan paytda boshqa narsalar haqida gapirish noo‘rin bo‘ladi” deb hisoblagani uchun shunday yo‘l tutilganini yozgan.
Muqovaga oq rang tanlangani esa bir vaqtning o‘zida juda ko‘p ma’no anglatadi. Qayd etilishicha, oq rang hurmat, qorong‘ilikdan keyin keladigan yorug‘lik hamda shifokorlar formasi rangini bildiradi.
Vogue’ning ijodiy direktori Ferdinando Verderi mamlakat koronavirus pandemiyasi bilan kurashayotgan bir paytda bu muqova ayni muddao ekanligini aytgan.
Italiyada koronavirus qurbonlari sonining o‘sish sur’ati kamaygani ma’lum qilindi | 117 | 831 |
Ayollar | Bolani qanday qilib qo‘lda ko‘tarmaslikka o‘rgatish mumkin? Toliqqan onalar uchun ko‘rsatmalar | Har bir ayol o‘zini “yomon xulq-atvor”da tutadigan farzandning yagona onasi deb o‘ylamasligi kerak. Bolalarga qo‘yib bersa, kunini faqatgina onasining bag‘rida o‘tkazsa. Bu har qanday oila uchun tanish, bola hamisha onasining ko‘tarishini so‘raydi va rad javobini olsa, o‘sha zahoti injiqliklari boshlanadi.
Shuni anglash kerakki, ko‘pincha bolalar ko‘ngil bo‘shatish uchun emas, balki ma’lum bir sababga ko‘ra yig‘laydi. Sabablar ham jiddiy bo‘lishi mumkin. Onaning vazifasi esa uni yupatish va muammoni bartaraf etishdir. Bolalarning ko‘z yoshiga sabab bo‘ladigan holatlar bir qancha. Masalan, bola och qolishi yoki qorni dam bo‘lishi mumkin. Odatda bunday holat to‘rt oylikkacha davom etadi. Bundan tashqari, isitma, tanada og‘riq tufayli ham bezovtalanadi. Shuningdek, yiqilib tushish natijasida ham bolada injiqlik kuzatiladi. Va nihoyat bola shunchaki kiyimini ho‘l qilgani uchun ham yig‘laydi. Shuni ham inobatga olish kerakki, bola charchagani uchun ham yig‘laydi. Ularning asab tizimi juda zaif bo‘lib, chaqaloqlar kattalarga qaraganda tez toliqadi. Yoki biror narsadan qo‘rqishi tufayli ham yig‘lashga moyil bo‘ladi.
Umuman olganda, juda kichik chaqaloqlarda ham yig‘lash uchun yetarli sabablar bo‘lishi mumkin. Bunday vaqtda bolani qo‘lga o‘rgatmaslik usulini o‘ylab topishdan ko‘ra avval sabablarini o‘rganib chiqish zarur. Bola shunchaki erkalik qiladimi yoki boshqa narsa uchun yig‘laydimi, farqlab olish kerak.
Bolada chindan ham muammo bo‘lsa, og‘riq, kasallik, shikastlanish kabilar, uni ko‘tarib, tinchlantirish zarur. Ammo shunchaki zerikish yoki erkalik bo‘lsa, bolaga tarbiya berish vaqti kelgan.
Shifokorlarning ta’kidlashicha, bolani sakkiz oyligigacha ko‘tarmaslikka o‘rgatishning imkoni yo‘q. Bu zarur ham emas. Yurish va emaklashni bilmaydigan bola uchun eng xavfsizi onaning quchog‘i hisoblanadi, albatta.
Shuningdek, chaqaloq yig‘lagan vaqtda uni ko‘tarmay turib tinchlantirishga o‘rgatish lozim. Masalan, aravachasini silkitish, o‘yinchog‘ini ko‘rsatish kabi. Biroz kattaroq bolaga esa o‘yin o‘ynashni, rasm tomosha qilishni o‘rgatish mumkin. Musiqa yoki multfilm bilan chalg‘itish ham yaxshi natija beradi. O‘tirgan holatda bolani quchoqlash, boshini silash bilan ham mehrni his qildirish mumkin. Faqatgina uni darrov ko‘tarib olmaslik kerak. Shundagina bola onaning borligini, uni hech qachon tashlab ketmasligini tushunib yetadi
Ushbu tavsiyalarni amalda qo‘llashda biroz qat’iyatli bo‘lish kerak. Asta-sekin bola ham eski odatlarini tashlashga o‘rganadi va ko‘tarish uchun yig‘lash befoyda ekanligini tushunib yetadi. Shunda bolajon bilan birgalikda boshqa ishni ham amalga oshirishga imkon topiladi. | 94 | 2,636 |
Ayollar | Islandiyalik dizayner jeledan kiyim yaratdi | Valdis Shteynardottir ismli islandiyalik dizayner jeledan (meva suvi, shakar va jelatindan tayyorlanadigan shirin dildiroq yegulik) kiyib yursa bo‘ladigan predmetlarni yaratdi — ularni jelatin va agar-agar (ayrim dengizlarning qizil va qo‘ng‘ir rangli o‘simliklaridan alohida usulda qaynatib olinadigan shilimshiq modda)ni maxsus shaklga quyish hamda quritish orqali tayyorlash mumkin, deb xabar beradi Esquire.
Ushbu predmetlar yaroqsiz holga kelib qolgan taqdirda ularni eritib, yana yangi kiyimlarni yaratsa bo‘ladi — ortiqcha chiqindi yuzaga kelmaydi. Shteynardottir materiallarni tabiiy o‘simlik bo‘yoqlari yordamida bo‘yamoqda.
“Odamlar ushbu materialdan imkon qadar uzoqroq foydalanishlarini xohlayman. Agarda u o‘zining hayotiy siklini final bosqichiga yetganini his qilsangiz, uning erishiga ruxsat berishingiz mumkin”, — deydi dizayner.
Shteynardottir xuddi plastik kabi, biroq tabiiy materiallardan biror nima yaratishga qiziqqan: “Kiyim tayyorlashning mazkur usuli bizni to‘xtashga va amaldagi ishlab chiqarish usullarimizni qayta o‘ylab ko‘rishga majbur etadi. Texnologiya ortiqcha qirqimlarni yuzaga keltirmaydi va sintetik materiallardan foydalanishni talab etmaydi”. Shuningdek, turli shakllar yoki shunchaki qirqish orqali jeledan tayyorlangan kiyimni istalgan o‘lchamga solish mumkin.
Avvalroq Avstriyadagi Iogann Kepler universiteti olimlari yesa bo‘ladigan robot yaratgandi.
Bolalar uchun yesa bo‘ladigan qumni yaratgan ayol internetda mashhur bo‘lib ketdi (video) | 43 | 1,487 |
Ayollar | Kir yuvish mashinasi o‘rniga muzlatkichdan foydalanish mumkin bo‘lgan 9 vaziyat | Kun davomida kir yuvadigan mashinani tinimsiz ishlatmasdan vaqt-vaqti bilan dam berib turishingizga hissa qo‘shadigan tavsiyalarni e’tiboringizga havola etamiz.
Kollaj: “Domashniy ochag” / “Daryo”
Sviter tolalari to‘kilmasligi uchun
Sviter tolalari to‘kilishiga nuqta qo‘yish uchun uni paket ichiga solib, muzlatkich ichiga qo‘ying. Ushbu usul, ayniqsa, jun va kashemir matosidan tikilgan kiyimlarda yaxshi samara beradi.
Jinsini tozalash
Jinsi har gal yuvilganidan keyin rangi o‘chadigan bo‘lsa, uni kamroq yuvish, buning o‘rniga muzlatkichga qo‘yish kerak. Sovuq haroratda yomon hid taralishiga sabab bo‘ladigan bakteriyalar o‘ladi va shilvirab qolgan mato o‘ziga keladi.
Poyabzalni kengaytirish uchun
Ichi sovuq suv bilan to‘ldirilgan paketni poyabzal ichiga soling va uni muzlatkichga qo‘ying. Suyuqlik muzga aylangani hisobiga oyoq kiyimni kengayishiga hissa qo‘shadi.
Saqichdan qolgan izni bartaraf qilish uchun
Libos yoki matoga yopishgan saqichni bartaraf qolish uchun muz bo‘laklaridan foydalaning yoki kiyimni muzlatkich ichiga qo‘ying. Sovuq haroratda qotgan saqichni ko‘chirish oson bo‘ladi.
Oyoq kiyim tagligi
Xuddi saqich bilan bo‘lgan holat singari poyabzalning tagiga nimadir yopishib qolgan bo‘lsa, muzlatkichga qo‘yish yaxshi samara beradi.
Kolgotka uzoq xizmat qilsin desangiz
Kapron kolgotka tez sitilmasligi uchun uni kiyishdan avval muzdek suvda oqizing va muzlatkichga qo‘yib qo‘ying. Ertasi kuni xona haroratida quriting, shundan keyin uzoq xizmat qilishi aniq.
Poyabzal hidini ketkazish uchun
Kechasi muzlatkichga qo‘ygan poyabzalni ertasi kuni kiysangiz, hech qanday hid taralmayotganiga amin bo‘lasiz.
Kuyalarni yo‘q qilish
Kiyimlarga kuya tushmasligi uchun ularni 24 soatga muzlatkichda qoldiring.
Choyshablarni yangilash
Choyshab va yostiq jildini yangilash yuvishdan tashqari muzlatkichning kamerasiga qo‘yish ham yaxshi samara beradi. Sovuq harorat bakteriyalarning yo‘q bo‘lishiga sababchi bo‘ladi. | 79 | 1,932 |
Ayollar | Muzlatkichda saqlang: lab bo‘yog‘idan foydalanishda qo‘l keladigan 10 ta layfxak (foto) | Pardoz ustalari lab bo‘yog‘ini to‘g‘ri surish va uzoqroq turishi uchun juda ko‘p layfxaklarni taqdim etdi.
Lablar chegarasi konsiler bilan yashiriladi
Ayollar lab shaklidan qoniqmasa yoki uning hajmini biroz kattalashtirishni istasa buning yo‘li juda oson. Lab chegarasi konsiler bilan yopiladi. Konsilerdan foydalangandan so‘ng ular yuz terisining rangi bilan birlashadi. So‘ngra qalam bilan yangi shakl chizib olinadi. Keyingi shakl avvalgisidan birozgina farq qilishi mumkin, lekin keskin o‘zgartirish tavsiya etilmaydi. Labning qolgan qismi bo‘yoq bilan to‘ldiriladi.
Bo‘yalgan lablar slafetka yordamida artiladi
Lab bo‘yog‘i uzoq vaqt davomida o‘chib ketmasligi uchun yana bir ajoyib layfxak. Buning uchun lablar bo‘yalgach salfetka yordamida biroz artiladi va ustidan yana lab bo‘yog‘i suriladi.
“X” shakli chiziladi
Lablarni bo‘yashdan avval “X” shaklini qalam bilan chizib, yuqori burchaklarga urg‘u berish mumkin. Shundan so‘ng ular mukammal ko‘rinishga ega bo‘ladi – bu hajmni oshiradi va lablarni vizual ravishda kattalashtiradi. Keyin odatdagidek kontur va ustiga lab bo‘yog‘ini surish mumkin.
O‘ta yorqin lab bo‘yog‘i konsiler bilan qo‘llanadi
Agar yorqin lab bo‘yog‘ining konturi notekis bo‘lsa, uni qalam yoki lab bo‘yog‘i bilan tuzatish befoyda. Chiziqni mukammal qilishning eng oson usuli – ingichka cho‘tka yordamida ortiqcha narsalarni konsiler vositasi bilan bo‘yash. Aytgancha, professional vizajistlar aynan shunday qiladi.
Lab bo‘yog‘i yordamida yonoqlarni qizartirish mumkin
Agar lab bo‘yog‘ining rangi me’yorida bo‘lsa, u holda yonoqlar uchun alohida bo‘yoq sotib olishning keragi yo‘q. Barmoqlar yordamida lab bo‘yog‘ini yonoqlarga ohista surish mumkin. Yoki maxsus cho‘tka yordamida amalga oshiriladi.
Salfetka yordamida lab bo‘yog‘ini me’yorda surish mumkin
Avval odatdagidek lablar bo‘yaladi. Keyin ularga salfetka yopishtiriladi. cho‘tkadan foydalanib, bu sizga mahsulotni haddan tashqari ko‘p surtmaslikka imkon beradi. Shundan so‘ng lablar yana bo‘yab qo‘yiladi.
Lablarni zamonaviy ko‘rinishda bo‘yash
Dudoqlarni hajmini oshirish uchun navbatdagi layfxak yordam beradi. Buning uchun oq qalam kerak. U lablar o‘rtasiga surtiladi va barmoq yordamida yaxshilab aralashtiriladi. Pushti qalam bilan konturni chiziladi va lablarning butun yuzasini porloq yoki shaffof lab bo‘yog‘i bilan yopiladi.
Konturga barmoq bilan ishlov beriladi
Kontur qalamdan foydalanish – bu lablarga to‘g‘ri shakl berishga imkon beradi va bo‘yoqning tarqalishini oldini oladi. Biroq kontur hech qachon aniq bo‘lmasligi kerak. Buning uchun unga har doim barmoq uchlari ishlov berilib, so‘ngra lab bo‘yog‘i suriladi.
Lablar qosh cho‘tkasi bilan tozalanadi
Lab bo‘yog‘i mukammal joylashishi uchun avval cho‘tka yordamida labni muloyim harakat bilan tozalash kerak. Bu orqali terining qurigan qatlami osongina tekislanadi va bo‘yoqni qo‘llashda muammolar paydo bo‘lmaydi.
Lab bo‘yog‘ini muzlatkichda saqlash tavsiya etiladi
Vizajistlardan oxirgi maslahat – har doim lab bo‘yog‘ini muzlatkichda saqlash kerak. Shundagina u o‘z xususiyatlarini uzoqroq saqlaydi, erimaydi va undan foydalanish qiyinchilik tug‘dirmaydi. | 87 | 3,129 |
Ayollar | Uzaytirilgan kofta-ko‘ylaklar: bahor mavsumi uchun yangicha yondashuv (foto) | Koftalar odatda shim va yubkalar bilan uyg‘unlashtiriladi. Aslini olganda, oldi qismi tugmachali koftalar erkaklarning ko‘ylagidan olingan. Ammo ushbu uslubdagi kiyimlar qulayligi uchun ham ayollar garderobidan mustahkam o‘rin egallagan.
Ushbu bahor mavsumida kalta koftalarni qanday kiyimlar bilan birlashtirish kerakligi haqida bosh qotirishning keragi yo‘q. Undan ko‘ra ularning uzaytirilgan libos shaklidagisini xarid qilish tavsiya etiladi.
Ushbu uzun liboslar ham qulay, ham turli ko‘rinishdagi oyoq kiyim bilan moslasha oladi. Shuningdek, har qanday ayolga latofat bag‘ishlaydi.
To‘g‘ri, moda haftaliklarida uzun kofta-liboslarni turli detallar bilan boyitilganini ko‘rish mumkin. Ammo doim ham aynan shunday bo‘lishi kerak degani emas, ularni har kim o‘z istagiga ko‘ra to‘ldiradi.
Aksessuar sifatida birgina ko‘zoynak, sumka yoki belbog‘ yetarli bo‘lishi mumkin.
Ushbu liboslarning yana bir afzalligi shundaki, bahor quyoshining nurlari juda zararli bo‘lib, qish mavsumidan chiqqan vitaminlarga muhtoj terini darrov kuydirishi mumkin. Liboslar esa quyosh nuridan badanning barcha qismini birdek asraydi.
Uzun kofta-liboslar joy tanlamaydi, ularni ish, o‘qish yoki kundalik yumushlar uchun ham ko‘chalarda, shuningdek, uchrashuvlarga ham kiyish mumkin.
Liboslarning turli rangdagilari mavjud, ba’zilarining bichimi qomatdagi kamchiliklarni ham yashiradi. | 76 | 1,369 |
Ayollar | Kontakt linzalarning afzalliklari va kamchiliklari nimada? | Kontakt linzalar allaqachon millionlab kishilar hayotining ajralmas qismiga aylangan, chunki ular yordamida nafaqat ko‘rish qobiliyatini to‘g‘rilash, balki ko‘z rangini o‘zgartirish va hatto ba’zi kasalliklarni davolash ham mumkin. Lekin ko‘pchilik, linzalarni taqish ba’zi noqulayliklarga olib kelishidan xavotir olishadi. Ularning afzalliklari va kamchiliklarini ko‘rib chiqamiz.
Tashqi ko‘rinish
Go‘zallik – bu eng asosiysi emasligiga o‘zimizni va boshqalarni ishontirishga qanchalik urinmaylik, biz hammamiz yoqimli bo‘lishni istaymiz. Ko‘zoynaklari tufayli tortinadigan ko‘pchilik qizlar linza taqishlari bilan haqiqiy sohibjamollarga aylanishadi.
Ob-havo o‘zgarishlariga qaramaslik
Linzalarga yomg‘ir tomchisi va qorning tushmasligi uning noqulay ob-havodagi munosib afzalligidir. Ko‘zoynaklarda qanday noqulay bo‘lishini eslang: yozda ular qansharingizdan tushib ketaveradi; yomg‘irda esa oynasi tomchilar bilan qoplanib qoladi.
Linzaning bevosita ko‘z ichida joylashishi
Ba’zi ta’sirchan kishilar uchun ko‘z qorachig‘iga begona narsa tegib turishi, shuningdek, ko‘zga bir kunda kamida ikki marta teginish zarurligini anglash jiddiy ruhiy to‘siq bo‘lishi mumkin.
Parvarish qilish qiyinligi
Kontakt linzalar ko‘zoynaklarga qaraganda ko‘proq e’tibor berishni talab qiladi. Bundan tashqari, ularni juda toza qo‘llar bilan ushlash, shuningdek linzalarni saqlash va ishlatishda kerak bo‘ladigan hamma zarur narsalarni toza tutish lozim.
Manba: “Myjane.ru” | 58 | 1,459 |
Ayollar | Marmeladli jemper, bulochkali sumka: Kanadalik dizayner yesa bo‘ladigan kiyim va aksessuarlar yaratadi (foto) | Kanadalik rassom va dizayner Gab Bois sahifasiga allaqachon yarim milliondan ortiq odam a’zo bo‘lgan.
Qizning yaratgan narsalari nihoyatda g‘ayrioddiyligi tufayli kishiga zavq bag‘ishlaydi, chunki Gab barcha libos va aksessuarlarni muzlatkichidagi narsalardan tayyorlaydi.
Albatta, Gab bunday narsalarning muddati o‘ta qisqa ekanligi bilan ko‘pchilikning fikriga qo‘shiladi — masalan, marmelad-jemper birpasda erib ketadi. Ammo qiz o‘z asarlarini ommaviy muhokama qilishdan ko‘ra, ularga san’at va tasavvurning ifodasi sifatida munosabatda bo‘lishni iltimos qiladi.
Gab, shuningdek, ajoyib zargarlik buyumlarini ham yasaydi. U shakarli uzuklarni sun’iy toshlar bilan bezatadi va Bryussel karamidan nafis bilakuzuklar tayyorlaydi — bu tom ma'noda qo‘lingizda turgan tayyor gazak.
Qiz poyabzal va sumkalar uchun ko‘pincha banan po‘stlog‘i va bulochkalardan foydalanadi. Shuni ta’kidlash kerakki, aynan karam Gabning ijodi uchun eng sevimli materialga aylanib ulgurgan. | 109 | 972 |
Ayollar | Uy sharoitida oqshom soch turmagini yaratamiz | Tashqi ko‘rinishimiz nafaqat libos yoki makiyaj, balki soch turmagiga ham bog‘liq. To‘y yoki bazmga shoshilib turganimizda aksariyat holatlarda go‘zallik saloniga borishga ulgurmay qolamiz. Biroq maftunkor ko‘rinishni har birimiz istaymiz.
Ana shunday vaziyatlarda soch turmaklari bo‘yicha surat va videolar yordamga keladi. Quyida romantik va universal soch turmagini yaratish usullariga to‘xtalamiz.
Ployka yordamida yengil jingalak sochlar
- Sochlarimizni yuvib, ularni fenning sovuq oqimi yordamida quritamiz;
- issiqlikdan himoyalovchi vosita suramiz;
- sochlarimizni ikki qismga ajratib, yuqori qismini yig‘ib qo‘yamiz;
- sochning bir tutamini ajratib, muss suramiz va ploykaga o‘raymiz. Uni vertikal holatda tutib turamiz. Bir daqiqadan so‘ng sochni ploykadan bo‘shatib, sovishini kutamiz. Shu tarzda pastki soch tutamlarining barchasini o‘rab chiqamiz.
- sochlarning yuqori qismini bo‘shatib, xuddi yuqoridagi kabi aylantirib chiqamiz;
- barcha kokillar o‘rab chiqilgandan keyin boshingizni pastga egib, sochlaringizni qo‘l bilan tarang va biroz lak seping.
Yuqoridagi soch turmagini sochlar uchun maxsus dazmol yordamida ham yaratish mumkin.
Agar sochlaringizni biror qo‘shimcha bezak bilan boyitmoqchi bo‘lsangiz, uning rangi va uslubi ko‘ylak va soch turmagiga mos tushishiga ahamiyat qarating. Juda katta bezaklardan foydalanmaslikni tavsiya etamiz. Boshingizdagi ulkan kapalak butun obrazingizni buzib, beo‘xshov ko‘rinib qolishi mumkin. Diametri 5—7 santimetr bo‘lgan kichikroq bezaklar esa joziba bag‘ishlaydi. | 45 | 1,526 |
Ayollar | Yog‘ingarchilik mavsumida oyoq kiyimni asrash bo‘yicha tavsiyalar | Sevimli poyabzalni imkon qadar ko‘proq kiyish hamda yangidek ko‘rinishi uchun quyidagi tavsiyalarga amal qiling.
Oyoq kiyimlarni kiyishdan oldin ularga maxsus himoya vositasidan sepish kerak. Ular poyabzalni namlikdan, qishda esa poyabzal yuzasida turli dog‘lar paydo bo‘lishidan himoya qiladi. Shuningdek, muz, qor, loy va suv ta’siridan uzoq muddat asraydi. Hozir bunday mahsulotlarni har qanday supermarketda sotib olish mumkin.
Agar poyabzal yuzasi nam bo‘lsa, tezda chiziq va dog‘lar paydo bo‘ladi. Shuning uchun darhol ularni artib tashlashga harakat qilish lozim. O‘zi qurishini kutish kerak emas.
Etiklarning ustki qismlari ezilmasligi uchun ularning ichiga qog‘oz yoki po‘kak joylashtirish tavsiya etiladi.
Ichi nam bo‘lsa, gazetalar namlikni tortib oladi.
Kechqurun oyoq kiyimlarni teng nisbatda sirka aralashtirilgan iliq suv bilan artib olish lozim. Bu har qanday qishki oyoq kiyim uchun amal qiladi.
Oyoq kiyim yuzasidagi dog‘lardan qutulish uchun suv bilan toza matoda artib olinadi. So‘ngra sodali suvga botirib, kerakli effektga erishilmaguncha, kerakli joyni muloyimlik bilan artiladi. Keyin poyabzalni yana toza nam mato bilan, keyin quruq mato bilan artiladi.
Etiklarning tag qismi yorilib, suv kiradigan bo‘lib qolsa, teshikni yelimlash uchun velosiped kamerasini tuzatish vositasidan foydalanish mumkin.
Aytgancha, oddiy WD-40 turli dog‘larni yo‘qotishga va oyoq kiyimlarni namlikdan himoya qilishga yordam beradi. Uni poyabzalga qo‘llagandan keyin toza mato bilan artib olish zarur. | 65 | 1,512 |
Ayollar | Oshxonadagi idish-tovoqlarga zarar yetkazadigan xatoliklar | Ma’lumki, sifatli idishlar arzon narxda sotilmaydi va shuning uchun hamma iloji boricha ularni uzoq vaqt xizmat qilishini xohlaydi. Ammo ko‘pincha idishlarga o‘z qo‘llarimiz bilan zarar berayotganimizga shubha qilmaymiz. Afsuski, noto‘g‘ri foydalanish natijasida esa ularga putur yetadi.
Issiq idishni sovuq suvga botirish
Hech qachon issiq idishni sovuq suvga botirmaslik kerak. Chunki keskin harorat farqi tufayli termal shok paydo bo‘ladi. Bu idish qirralarining deformatsiyasiga, idishning pastki qismida yoriqlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Idishning yoki tovaning pastki qismi deformatsiyalangan bo‘lsa, u keyinchalik tekis turmaydi va bu noqulaylik tug‘diradi. Taom tayyorlash vaqtida esa idishning ag‘darilib ketishi xavfi bo‘lishi mumkin. Deformatsiya, shuningdek, tagiga olmaydigan idish qoplamasining ko‘chishiga olib keladi.
Tagiga olmaydigan idishlarni haddan tashqari qizdirish
Teflon yoki keramika tagiga olmaydigan idishlardan faqat o‘rta va past haroratda foydalanish mumkin. Yuqori harorat vaqt o‘tishi bilan maxsus qoplamani yo‘q qiladi va bu idishlar sog‘liq uchun zararli bo‘lgan bug‘larni chiqarishni boshlaydi. Polimer grippining alomatlari haqida eshitganmisiz? U “teflon” deb ham ataladi.
Sovuq suvga tuz qo‘shish
Zanglamaydigan po‘latdan yasalgan idishning tagida yuvib bo‘lmaydigan oq nuqtalarni ko‘rganmisiz? Ular tuzdan paydo bo‘ladi, ba’zan, masalan, makaron pishirishda sovuq suvga tuz qo‘shiladi. Tuz sovuq suvda yaxshi erimaydi va shunchaki pastga cho‘kib, oq rangli dog‘lar qoldiradi. Shuning uchun tuzni qaynab turgan suvga solish lozim.
Cho‘yan va yog‘och idishlarni suvga bo‘ktirish
Bu keng tarqalgan idish yuvish usuli quyma temir, yog‘och taxtakachlar yoki shunga o‘xshash idishlarga to‘g‘ri kelmaydi. Yog‘och idishlar shunchaki suvni o‘ziga shimib oladi va tezda sinib ketishi mumkin. Cho‘yan idishlarni suvda bir necha soatga qoldirish uning himoya qatlamining yo‘q qilinishiga olib keladi va zanglay boshlaydi.
Marmar yoki shishadan yasalgan taxtakachdan foydalanish
Shisha, marmar yoki granitdan yasalgan taxtakachlar juda zamonaviy va professional ko‘rinadi, ularni tozalash oson, lekin, afsuski, ular pichoqlarning o‘tkirligini yo‘qotishi mumkin. Agar pichoqlar o‘tkir bo‘lsa, yog‘och yoki plastmassa taxtakachlardan foydalanish yaxshiroq.
Alyumin idishlarda nordon taom pishirish
Hech qachon nordon sho‘rvalar yoki souslarni alyumin yoki cho‘yan idishlarda pishirmaslik kerak. Kislota metall bilan reaksiyaga kirishadi va shunchaki taomning ta’mini buzadi. Agar bu kabi taomni uzoq vaqt pishirishni yoki qaynatishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, unda keramika, emal yoki boshqa materialdan yasalgan idishlarni tanlash tavsiya etiladi.
Tagiga olmaydigan idishlarni noto‘g‘ri parvarish qilish
Tagiga olmaydigan qoplamali idishlarni yuvishda hech qanday qattiq materiallardan foydalanmaslik kerak: metall gubkalar va tozalash vositalari idishlarni qirib yuboradi.
Idishlarni noto‘g‘ri saqlash
Pichoq va boshqa oshxona asboblari doimo birgalikda ochiq holda saqlansa, ular osongina shikastlanadi va qiriladi. Saqlash vaqtida bunday muammolarning oldini olish uchun ularni qog‘oz yoki oshxona sochiqlari bilan o‘rab qo‘yish mumkin. Pichoqlarni yaxshi saqlash uchun devorga yoki maxsus qutilarga solib qo‘yish tavsiya etiladi. | 58 | 3,266 |
Ayollar | O‘zingizdan uzoq tutishingiz kerak bo‘lgan 4 turdagi odamlar | Har bir odamning hayotida ertami-kechmi fe’l-atvori bilan hayotingizni buzadigan “zaharli” kishilar uchraydi. Umidsizlikka tushishdan saqlanish uchun, quyidagi ro‘yxatdagi kishilarni o‘zingizga yaqinlashtirmaslikka harakat qiling.
Bunday kishilar o‘z yo‘liga yurgizish sohasida mutaxassis hisoblanadi. Ular odamning nozik joyini yaxshi aniqlab oladi va ularga foyda keltiruvchi ishni qilishga qanday majbur qilishni biladi.
Xavfli tomoni: Bunday kishilar bilan muloqotda bo‘lish sizning ishonch va o‘z qadringizni his qilish tizimingizga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ular siz xohlamagan ishni qilishga majbur qilish yo‘llarini topishadi, bu esa sizni shaxs sifatida barbod qiladi. Siz o‘zingizning emas, balki ularning ustunligi va e’tiqodi bilan yashay boshlaysiz.
O‘zini muhim his qilish tuyg‘usi kuchli bo‘lgan bunday kishilar dunyo uning atrofida aylanayotgandek hisoblashga o‘rganib qolgan. Ular ham atrofidagi kishilarni o‘zlariga bo‘ysundirishga harakat qiladi.
Xavfli tomoni: Ularning butun diqqat-e’tibori faqat o‘zlarining ehtiyojlariga qaratilgan bo‘ladi. Sizning qiziqishlaringiz ularni umuman tashvishlantirmaydi. Ular to‘liq ishonch bilan, xuddi shunday bo‘lishi tabiiy holdek, sizdan foydalanadi.
Pessimistlar o‘zlarining hayotidagi yaxshi narsalarni qadrlamaydi. Agar siz ularga: “Bugun ajoyib quyoshli kun!” desangiz, ular ertaga yomg‘ir va sovuq bo‘lishi kutiladi deb javob beradi.
Xavfli tomoni: Bunday odamlar atrofdagilarning quvonchini o‘g‘irlaydi. Ular dunyoga salbiy munosabatda bo‘ladi va buni atrofidagilarga ham yuqtiradi.
Sizga nimadir yoqimli va ajoyib bo‘lib ko‘rinsa, ularga bu g‘alati va xunuk bo‘lib ko‘rinadi. Agar siz kimnidir iste’dodli va istiqboli porloq deb hisoblasangiz, ular ahmoq va qobiliyatsiz deb hisoblaydi.
Xavfli tomoni: Ular butun dunyoni o‘ziga moslashtirishga harakat qiladi va buni atrofidagilardan boshlaydi. Tanqidchilar tinimsiz tortishuvlardan oladigan salbiy hissiyotlar bilan oziqlanadi.
Manba: “Psy-fi.nl” | 60 | 1,963 |
Ayollar | Kiyim xarid qilishda yo‘l qo‘yiladigan xatolar | Shoping – oddiy xarid emas, balki kayfiyatni ko‘taruvchi o‘ziga xos davolash desa ham bo‘ladi, ayniqsa, xarid qilgan kiyimingiz o‘zingizga har tomonlama yoqqan bo‘lsa. Aksincha, uyga kelgandan so‘ng yoqmay yoki to‘g‘ri kelmay qolsa-chi? Sizni bunday hafsalangizni pir qiluvchi xaridlardan asrash maqsadida, shoping vaqtida yo‘l qo‘yiladigan asosiy xatolar to‘g‘risida aytmoqchimiz.
1-xato: siz kiyib ko‘rish xonasiga boshqa o‘lchamlarni ham olmadingiz
O‘zingizning o‘lchamingizni yaxshi bilsangiz ham, ba’zan, bir razmer katta yoki kichkinasini kiyib ko‘rish hech qachon zarar qilmaydi.
2-xato: siz tufli so‘ramadingiz
Do‘konga tuflida borish shart emas, ko‘ylak yoki yubkalarni do‘kondagi tuflilardan birortasi yordamida qanday turishini ko‘rishingiz mumkin.
3-xato: siz yorug‘likni almashtirmadingiz
Ba’zi do‘konlardagi kiyib ko‘rish xonalari qiyofangizni mukammal qilib ko‘rsatuvchi maxsus uslubda loyihalashtiriladi. Agar qaroringiz qat’iy bo‘lsa, kiyimni boshqa joyda va boshqacha yorug‘likda ham kiyib ko‘rib, to‘liq ishonch hosil qilganingiz ma’qul.
4-xato: siz buyumni “o‘zgarish”ga mo‘ljallab xarid qilmoqchisiz
Ozish yoki semirishni mo‘ljallab, o‘zingizga loyiq bo‘lmagan buyumni xarid qilish oqibati – kiyimning kiyilmasdan, shkafning bir burchagida qolib ketishiga sabab bo‘ladi.
5-xato: siz sotuvchining gaplariga to‘liq ishonasiz
Sotuvchining ishi – ko‘proq buyum sotish. Shuning uchun, sotuvchining gapiga emas, balki o‘zingizning ko‘zingizga va fikrlashingizga ishoning. | 46 | 1,487 |
Ayollar | Uyqusiz tundan keyin qanday qilib bardam ko‘rinish mumkin? | Tunda ishlash yoki uyqusizlik natijasi ertalab tashqi ko‘rinishingizdan bilinib turadi – ko‘zlarning tagi qoraygan, yuz shishgan va so‘lg‘in qiyofa.
Uyqusiz o‘tgan kechadan keyin sog‘lom va bardam bo‘lib ko‘rinish uchun nima qilish kerak?
Horg‘in qiyofa bilan kurashishning eng samarali usuli dush qabul qilish yoki yuzni avval iliq, keyin esa sovuq suvda yuvish. Haroratning keskin o‘zgarishi sizga bardamlik baxsh etadi va qon aylanishini yaxshilaydi.
Uyqusiz tundan keyin yuz terisi qonsiz va xira tus oladi. Bundan qutulish uchun yuzga namlantiruvchi matoli niqob qilishni maslahat beramiz. Bu terini tetiklantirish va namlantirishning tez va samarali usullaridan biri: 15 daqiqa ichida teringiz ham namlanadi va ham oziqlanadi. Agar uyingizda matoli niqob yo‘q bo‘lsa, bir bo‘lak muz oling va u bilan yuzingizni ishqalang. Keyin esa yuzingizni quruq sochiq bilan arting va namlovchi krem suring.
Bunday vaziyatda ko‘zlar uchun patchlar yordam beradi. Ularni ko‘zlaringiz atrofida 10-15 daqiqa ushlab turing – shishlar tezlikda yo‘qoladi. Agar uyingizda bu vosita bo‘lmasa, unda bodring yoki paketchalardagi ko‘k choydan foydalansangiz ham bo‘ladi.
Albatta, yuzni tetiklantirish va namlantirishdan tashqari uyqusiz kechadan keyin to‘g‘ri makiyaj qilishni ham bilishingiz kerak. Yorqin va turli xil ranglarning o‘rniga pastel va iliq tuslardan foydalanganingiz ma’qul. Kosmetik vositalarini ishlatishdan oldin yuzingiz terisiga tarkibida yorug‘likni qaytaruvchi zarrachalar bo‘lgan krem suring, u yuzingizga sog‘lom va tetik ko‘rinish bag‘ishlaydi.
Manba: “Shape.ru” | 58 | 1,570 |
Subsets and Splits
No saved queries yet
Save your SQL queries to embed, download, and access them later. Queries will appear here once saved.