folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Ayollar | Qatronli sovunning soch va teriga ajoyib ta’siri | Qatronli sovun tarkibining 10 foizini qayin daraxtidan olingan qatron tashkil etadi. Ayni shu qatron tufayli bu sovun – “go‘zallik sovuni” degan nomga sazovor bo‘lgan.
Qatronli sovun yuz terisini tozalashda va yallig‘lanishni quritishda ishlatiladi. U yuz terisidagi husnbuzarlarga qarshi kurashishda, dezinfeksiya qilishda va teri yallig‘lanishiga tez barham berishda tengi yo‘q vosita hisoblanadi.
Qatronli sovundan muntazam ravishda foydalanish natijasida yuz terisi quruq bo‘lib va tortishib qolgandek sezilishi mumkin. Bu muammoni yuvingandan so‘ng namlovchi krem surish orqali bartaraf etsangiz bo‘ladi.
Sovun bilan yuvinishda iliq suvdan, chayqashda esa sovuq suvdan foydalanish tavsiya qilinadi.
Qatronli sovun nimjon va shikastlangan sochlar uchun juda foydali. 1 haftada 1-2 marta shampun o‘rnida ishlatish – soch to‘kilishining oldini olishga va soch ildizini mustahkamlashga yordam beradi. Bundan tashqari, bu sovun qazg‘oqqa qarshi kurashishda ham foydali vosita hisoblanadi.
Qatronli sovunning faqat bir xususiyati sizga yoqmasligi mumkin. Bu – uning hidi. Bu muammoni 1—2 tomchi efir yog‘i qo‘shilgan chayqaydigan balzamdan foydalanish yo‘li bilan bartaraf etsa ham bo‘ladi. | 48 | 1,190 |
Ayollar | Mashhur krossovkalarning oq polimerdan yasalgan namunalari namoyish etildi | Rassom Isaak Brandt mashhur krossovkalarning namunalarini yaratadi, deb yozadi Esquire. Ammo ular faqat konturda bo‘lib, namunalar poyabzal skeletiga o‘xshaydi. Oq polimer material esa bu taassurotni yanada kuchaytiradi.
Brandt Adidas Superstar, Nike Air Force 1 va Reebok Classic’ning mashhur krossovkalar, Louis Vuitton va Prada modellari, Converse Chuck Taylor kedalari va Crocs va Yeezy Foam Runner kabi boshqa mashhur poyabzal brendlari bilan ishlaydi.
Uning so‘nggi ishi — Deadstock Archive: The Classics klassik modellarga bag‘ishlangan bo‘lib, krossovka madaniyati haqida fikr yuritish uchun yaratilgan. Bu bilan rassom krossovkalar ham kolleksiya qilinadigan buyumlar darajasiga ko‘tarishi va ularni hayvon skeletlari namoyish qilinadigan muzeyda bo‘lgani kabi shkaflarda saqlash mumkinligini ko‘rsatmoqchi.
Brandt yaratgan ishlar tomosha qilinadigan shunchaki buyum emas, balki ularni kiyish ham mumkin. Ammo ular kun bo‘yi kiyib yuriladigan poyabzaldan ko‘ra, san’at asariga yaqinroq.
Brandt krossovkalarni yaxshi ko‘radi, shu bilan birga, ko‘cha madaniyatiga ham qiziqadi. Uning avvalgi loyihasi breyk raqsga bag‘ishlangan edi: rassom ko‘p qatlamli kartondan raqqos haykalini yaratgan. | 74 | 1,199 |
Ayollar | Farzandingizning yozgi ta'tilini shahar muhitida maroqli o‘tkazish uchun 10 g‘oya | May oyi oxirida o‘quv yili ham tugaydi va yozgi ta’til boshlanadi. Deyarli ko‘pchilik bu vaqtda farzandi bilan nima qilishni va uning bo‘sh vaqtini qanday qilib to‘g‘ri tashkil qilishni bilmay, boshi qotadi. Agar bola yozda shaharda vaqt o‘tkazsa-chi? Bu borada bir necha tavsiyalar berib o‘tamiz.
Shahar oromgohiga yuborish
Afsuski, ota-onalarga farzandlari uchun oromgohga chipta olishlari har doim ham oson bo‘lmaydi. Ko‘pchilik ota-onalar bolasini uzoq joyga yuborishni xohlamaydi. Maxsus shahar yoki maktab lageri bo‘lsa boshqa gap. Bunday holda ota-ona bolasidan tashvishlanmaydi. Bolalar har kuni turli ekskursiyalarga boradi, o‘ynaydi va ijodiy ishlar bilan shug‘ullanadi. Eng muhimi, ular o‘qituvchi va yetakchilar nazorati ostida bo‘ladi.
Biror kasb yoki hunar o‘rgatish
Bolani yozgi ta’tilda band qilishning yo‘llaridan biri — bu master-klass yoki to‘garakka yozilishdir. Hozirda kurslarning ko‘plab variantlarini topishingiz mumkin: pazandachilik, dizayn, rasm chizish, dasturlash, robototexnika. Bunda bola dam olishi va yangi narsalarni o‘rganishi mumkin bo‘ladi. Shuningdek, yozda ko‘pincha turli xil festival va yarmarkalar o‘tkaziladi. Tadbirlar jadvalini bilib oling va bolangiz bilan boring.
Volontyor bo‘lish
Agar bola 11-13 yoshda bo‘lsa va o‘zini haqiqiy kattalar faoliyatida sinab ko‘rmoqchi bo‘lsa, ko‘ngilli sifatida ishlashi mumkin. Bundaylar ommaviy tadbirlarda, tabiatni muhofaza qilishda, hayvonot bog‘ida yoki hayvonlarga boshpana topishda doim kerak bo‘ladi. Bola hayvonlar bilan do‘stlashish yoki sevimli o‘yinchisi bilan suhbatlashish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ushbu variant rasmiy ish topish imkoniyati bo‘lmagan bolalar uchun juda mos keladi.
Chet tilini o‘rganish
Yozni samarali o‘tkazishning yaxshi usuli — bu yangi narsa o‘rganishdir. Ta’til paytida bolangizni chet tili kursiga yoki til o‘rgatish lageriga berishingiz mumkin. Maktab o‘quv dasturidan tashqaridagi yozgi tadbirlar juda foydali, ayniqsa, ular o‘yin shaklida tashkillashtirilsa.
Diqqatga sazovor mahalliy joylarga ekskursiya uyushtirish
Ta’tilda farzandlaringiz uchun diqqatga sazovor joylarga ekskursiya uyushtirishingiz mumkin. Buning uchun marshrutga oldindan tayyorlashingiz va vaqtni rejalashtirishingiz muhim. Bular shahar bog‘lari, suv havzalari, muzeylar va turli xil tarixiy joylar bo‘lishi mumkin.
Sirli topshiriq berish
Farzandingizning do‘stlarini kvest o‘yinini o‘ynashga taklif qiling. Marshrut xaritasini tuzing va qiziqarli vazifalar tanlang. Masalan, xazinani yashirishingiz mumkin va bolalar uni qidirishadi. Buning uchun kichkina quticha tayyorlang va ichiga “qimmatbaho narsalar” — xat, o‘yinchoq, tangalarni solib qo‘ying. Bunday kvest bolalar uchun haqiqiy sarguzashtga aylanadi.
Fotoalbom yasash
Farzandingizga surat olishni o‘rgating. Unga o‘zini qiziqtirgan har qanday narsani suratga olishi mumkinligini ta’kidlang. Birgalikda har bir kun uchun turli xil tematik vazifalarni ishlab chiqing. Masalan, “Mening sevimli o‘yinchoqlarim” yoki “Mening do‘stlarim” kabi. Keyin bolangizga har bir suratga izoh yozish va albomga yopishtirish imkoniyatini bering. Shunday qilib, farzandingizning yoz haqidagi o‘z xotiralar kitobi bo‘ladi.
Film suratga olish
Agar bolangiz ijod qilishni yaxshi ko‘rsa, siz haqiqiy mini-film yoki video yaratishingiz mumkin. Oldindan ssenariy ishlab chiqing yoki tayyor variantlardan foydalaning. Bolangiz do‘stlari bilan maslahatlashishi va rollarni taqsimlashi lozim. Siz esa joy tanlashda va sahna bezaklarini o‘rnatishda yordam berishingiz mumkin. Bu fikr keyinchalik juda yoqimli xotiraga aylanadi.
Sport bilan shug‘ullanish
Agar farzandingiz mashg‘ulot va sportni yaxshi ko‘rsa, uni yangi sport turini o‘zlashtirishga taklif qilishingiz mumkin. Yozda ko‘plab sport turlari mavjud: ot minish, tog‘ga chiqish, velosiped yoki rolikli konkida uchish, futbol, badminton va boshqa ko‘plab variantlar. Bola, albatta, bo‘sh vaqtini foydali o‘tkazadi.
Tabiat qo‘ynida hordiq chiqarish
Shaharda yashasangiz ham, tabiat qo‘ynida farzandlaringiz bilan vaqt o‘tkazing. Masalan, shahar bog‘ida. Yozning issiq kunida piknik uchun qulay joy tanlang, qiziqarli o‘yinlar tashkillashtiring va kunni quvnoq o‘tkazing. | 81 | 4,157 |
Ayollar | Kam yeydigan bolani ovqatlantirishning 4 yo‘li | Ota-onalar duch keladigan eng asosiy qiyinchiliklardan biri — bolani ovqatlantirish. Tajribalar va statistikaning ko‘rsatishicha, bu muammo o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. Ovqatlanish rejimini izga tushirishga va bolani ovqatlantirishga yordam beradigan bir necha hiylalar to‘g‘risida aytmoqchimiz.
Ora-sira mayda-chuyda yeguliklarni yeb yurish bolaning ishtahasini bo‘g‘adi. Shirin sharbat va pechenyedan keyin sho‘rva mazasiz tuyuladi.
Ovqatlanish rejimini tuzish juda muhim hisoblanadi. Bolani har kuni bir xil vaqtda ovqatlantirish zarur.
Vaqtingiz kam bo‘lsa ham, ovqatlanish oldidan ishtahasi bilan muammosi bo‘lgan bolani sayr qildirishga vaqt ajratish lozim. Toza havo uni yaxshilashga yordam beradi.
Butun oila a’zolari bilan dasturxon atrofida birga o‘tirish ham ishtahaning ochilishiga va ovqatlanish rejimini izga tushirishga yordam beradi. | 46 | 850 |
Ayollar | Maktab o‘quvchisi uchun har yili sotib olish shart bo‘lmagan o‘quv qurollari (foto) | Bola maktabga borgach, oila budjetiga yangi xarajatlar – o‘quv qurollari qo‘shiladi, lekin ba’zi narsalarni har yili sotib olish shart emas. AdMe nashri maktab o‘quvchilarining xarid ro‘yxatidan allaqachon olib tashlash kerak bo‘lgan 11 ta o‘quv quroli haqida ma’lumot beradi.
Har yili yangi ryukzak
Boshlang‘ich maktabda bolaga yaxshi sumka kerak. Agar birinchi sinfda ergonomik, yengil va bardoshli papkaga pul sarflagan bo‘lsangiz, keying yil ham foydalanish mumkin. Sifatsiz ryukzak nafaqat tezda eskiradi, balki umurtqa pog‘onasida stressni keltirib chiqaradi va qomatga ta'sir qilishi mumkin. Kattaroq bolalar zamonaviy ryukzak tutishni xohlashadi, lekin ularni har yili o‘zgartirish shart emas.
Rangli qalamlar va flomasterlar to‘plami
Bolangiz bog‘chaga borganda ehtimol siz unga kamalakning barcha ranglaridagi yuzlab qalam va flomaster sotib olgansiz. Bunday zaxiralar odatda ko‘p yillar xizmat qiladi. Ularni har safar yangilari bilan to‘ldirishning hojati yo‘q.
Yorqin va ajoyib ruchkalar
Hozirgi kunda yaltiraydigan, neon, qorong‘ida porlaydigan va boshqa ko‘plab rangdagi ruchkalarni sotib olish mumkin. Ammo o‘qituvchilar ko‘k ruchka bilan birga, qora, yashil yoki qizil rangli ruchkalarni ishlatishni talab qiladi. Yorqin qalamlarning butun to‘plamini sotib olib, shunchaki pulni havoga sovurasiz. Bundan tashqari, yorqin dizayn yosh o‘quvchilarning e'tiborini o‘quv jarayonidan chalg‘itishi mumkin.
Mashhur multfilmlar chizilgan tushlik qutilari
Agar bola maktabga qo‘shimcha yegulik olib borishi kerak bo‘lsa, keraksiz bezaklarsiz, pishiq va tekis qutini tanlagan ma’qul. Keyin har yili eskirganligi sababli yoki bolangiz allaqachon boshqa qahramonlarning muxlisiga aylanganligi uchun uni tashlab yuborishingiz shart emas. Yaxshi sifatli tushlik qutisi stikerlar bilan bezatilgan bo‘lishi mumkin va yangilarini yopishtirish uchun ularni shunchaki ko‘chirib tashlang.
Turli xil o‘chirg‘ichlar
Chiroyli shakl va ranglardagi o‘chirg‘ichlar unchalik bardoshli emas va asosiy vazifasi – yaxshi o‘chirmaydi. Bu o‘quv qurolidan ko‘ra chiroyli aksessuardir. Klassik o‘chirg‘ichlar o‘zidan iz qoldirmay, toza o‘chiradi.
Globus
Globus o‘quvchi uchun zarur bo‘lgan darslikdan ko‘ra ko‘proq ajoyib interyer detalidir. O‘quvchilar karta bilan ishlashga ko‘proq odatlangan va vazifalarning aksariyati ular bilan bog‘liq bo‘ladi.
Yorqin daftarlar va muqovalar
Yorqin daftarlar va muqovalar bolalarni o‘quv jarayonidan chalg‘itishi mumkin. Bundan tashqari, sumkaning rang-barang tarkibi orasida, ba'zan bolaga dars uchun kerakli qo‘llanmalarni topish qiyin. Shuning uchun ham boshlang‘ich sinflarda o‘qituvchilar ko‘pincha butun sinfga bir xil daftar olib kelishlari so‘raladi, so‘ngra ular daftarlarni darhol ajrata olishlari uchun ularga rangli burchaklarni yopishtiradilar.
Qalamdonlar
Ko‘pgina katta qattiq qalam qutilari ko‘plab sabablarga ko‘ra noqulay. Ular og‘ir, ularda juda ko‘p keraksiz narsalar bor, ularni tartibli saqlash kerak va bu bolaning e'tiborini chalg‘itadi. | 83 | 2,990 |
Ayollar | Mikroto‘lqinli pechga solish mumkin bo‘lgan 5 ta kutilmagan narsa | Agar siz mikroto‘lqinli pech faqat isitish va unchalik qiyin bo‘lmagan taomlarni tayyorlash uchun ishlatiladi deb o‘ylasangiz, unda adashasiz. Turmushda bu anjomning qiyosi yo‘q.
Polipropilen tasmalar vaqt o‘tishi bilan dag‘allashadi va o‘z yopishqoqligini yo‘qotadi. Lekin ularni tashlab yuborishga shoshilmang. Skotch yoki izolentani 800–1 000 Vt quvvatda 30 soniyaga mikroto‘lqinli pechga qo‘ying.
Baliq yoki go‘shtni maydalaganingizdan keyin taxtani, ayniqsa yog‘och taxtani dezinfeksiyalash kerak. Buning uchun unga limon bo‘lagini ishqalang va 500–800 Vt quvvatda 10-20 soniyaga mikroto‘lqinli pechga qo‘ying.
Xuddi shunday nuqtai-nazardan mumni depilyatsiya uchun eritish mumkin. Odatda bu suv bug‘ida yoki idishni batareya ustiga qo‘yish orqali qilinadi. Lekin buni mikroto‘lqinli pechda osonroq va tezroq bajarish mumkin.
Sevimli tushingiz deyarli bo‘yamay qolgan va kipriklaringizdan tushib ketayaptimi? Xafa bo‘lmang!
Mikroto‘lqinli pech yordamida tushlarga ikkinchi hayot bag‘ishlashning ikki yo‘l bor.
Yopilgan tush idishini pech ichiga 500–800 Vt quvvatda 10 soniyaga qo‘ying. Diqqat! O‘ram ustida hech qanday metall zarralari yo‘qligiga ishonch hosil qiling, aks holda o‘ram portlab ketishi mumkin.
Tush cho‘tkasini olib qo‘ying, ochiq tush idishini va kichkina idishdagi suvni xuddi shu quvvatda 5-10 soniyaga mikroto‘lqinli pechga qo‘ying.
Qotgan non bo‘laklarini tashlab yuborishga shoshilmang. Qog‘oz sochiqni ho‘llang va yaxshilab siqing. Qurigan non bo‘laklarini unga o‘rang va 10-15 soniyaga pechga qo‘ying. Bunda pechni eng yuqori quvvatga qo‘ying.
Manba: “Xitrosti jizni” | 65 | 1,597 |
Ayollar | Poliz zararkunandalaridan qanday saqlanish kerak? 3 ta sinalgan usul | Hosilga zarar yetmasligi uchun kuchli ta’sir qiluvchi zaharli-kimyoviy vositalarni g‘amlash shart emas — o‘zingiz tayyorlagan vositalardan ham foydalansangiz bo‘ladi.
Bu vosita shiralar, kapalar va turli xil qo‘ng‘izlarga qarshi yaxshi samara beradi. Eritmani tayyorlash uchun sizga bir piyola o‘simlik yog‘i va bir osh qoshiq suyuq sovun kerak bo‘ladi. Masalliqlarni butilkaga soling va yaxshilab silkiting. Qo‘llashdan oldin 2 choy qoshiq aralashmani 1 litr suvda eriting, eritmani purkagichli idishga quying, silkiting va o‘simliklarning zararlangan barglariga seping. Zararkunandalar ustiga tushgan yog‘ nafas olishga to‘sqinlik qiladigan qobiq hosil qiladi va bu ularning halokatiga olib keladi.
Sovunli sprey ham shiralar, kapalar va har xil qo‘ng‘izlar bilan kurashuvchi yaxshi vosita hisoblanadi. 1 ½ choy qoshiq suyuq sovunni 1 litr suvda eriting,vositani o‘simliklarning zararlangan qismlariga seping. Sovunli eritmaning ta’sir qilish tartibi ham yog‘li eritmanikiga o‘xshaydi, shuning uchun ulardan zarur hollardagina foydalanish kerak. Uni kechqurun yoki ertalab quyosh chiqmasdan turib sepish tavsiya qilinadi.
Sarimsoq hidi kapalak qurtlarini, shuningdek ba’zi boshqa zararkunandalarni ham qochiradi. Kechqurun 2 bosh sarimsoqni ezib maydalang va suyuq bo‘tqa holatiga kelishi uchun biroz suv qo‘shing. Sarimsoqni ertalabgacha tindirib qo‘ying, keyin esa uni bir litrlik bankaga o‘tkazing, ½ piyola o‘simlik yog‘i, 1 choy qoshiq suyuq sovun qo‘shing, to‘ldirib suv soling va aralashtiring. Ishlatishdan oldin 1 piyola vositani 1 litr suvga solib aralashtiring va zararlangan o‘simliklarga seping.
Bu spreylardan tashqari zararkunandalarning ko‘pgina boshqa tabiiy dushmanlari ham bor: asalarilar, arilar, xonqizi, tillaqo‘ng‘izlar, beshiktervatlar va o‘rgimchaklar. Agar ularni o‘z tomoningizga jalb qilsangiz, masalani ancha yengillashtirgan bo‘lasiz. Buning uchun ularni chaqiradigan o‘simliklar ekish mumkin: rayhon, kalendula, moychechak, dastorbosh, yalpiz, lavanda, petrushka va changga boy bo‘lgan gullar.
Manba: “Glav-dacha.ru” | 68 | 2,050 |
Ayollar | Erinchoqlar uchun tavsiya: G‘ijim kiyimni dazmolsiz qanday tekislash mumkin? | Ish, o‘qish yoki muhim uchrashuvga borishi kerak bo‘lgan, ammo dazmol qilishga vaqti yo‘qlar uchun ushbu layfxaklar ayni muddao.
Yoqa g‘ijim bo‘ladigan bo‘lsa:
Yoqani soch dazmoli orasiga qo‘yib, bir necha soniya davomida tekislab olishingiz mumkin.
G‘ijim ko‘p bo‘lmaydigan bo‘lsa:
Biroz suv seping va barmoqlaringiz bilan tekislang, keyin esa kiyim qurishini kuting.
Mato tez g‘ijim bo‘ladigan bo‘lsa:
Mato tez g‘ijim bo‘ladigan bo‘lsa, iz tushib qolishining oldini olish uchun taxlab, sochiqlar orasiga qo‘ying.
Ko‘p kiyimlarni joylash kerak bo‘lsa:
Chamadonga maksimal darajada ko‘p kiyim joylash va g‘ijim bo‘lishining oldini olish uchun ularni rulon (o‘ram) qilib taxlash kerak. | 76 | 685 |
Ayollar | To‘la ko‘rinishga sabab bo‘ladigan kiyinish bilan bog‘liq xatolar (foto) | Qanday kiyim-kechaklar bilan obraz yaratish qomatning to‘la ko‘rinishiga sabab bo‘lishi haqida Marie Claire nashri ma’lumot berib o‘tadi.
Kalta turadigan shimlar
Kalta turadigan shim qomatni ko‘ngildagidek ko‘rsatmasligi aniq. Shu sabab ham shim olganda uzunrog‘ini xarid qilish kerak. Boldirning o‘rtasida turadigan uzunlikdagi shim bilan bo‘yingiz ham past ko‘rinib qoladi.
Qomatni yashirish
Aksariyat ayollar keng kiyim-kechaklar bilan qomatidagi kamchilikni yashirmoqchi bo‘ladi. Ammo bu har doim ham ish beravermaydi. Boshdan oyoq keng kiyinish chiroyli ko‘rinishga sabab bo‘lmaydi. Buning o‘rniga qomatga urg‘u bergan yaxshi. Bu borada kamar va belbog‘lar ayni muddao hisoblanadi.
Haddan ortiq tor kiyinish
Ortiqcha tor kiyim-kechak esa aksincha qomatdagi kamchiliklarning ko‘zga tashlanib turishiga sabab bo‘ladi. Aynan shu sabab ham tor va keng variantlarga emas, qomatning o‘z o‘lchamiga monand kiyimlarni kiygan ma’qul.
Oversize va yana oversize
Oversize bilan obraz yaratganda tepa yoki pastki kiyimning biri torroq turishi kerak. Jemper yoki sviteringiz keng bo‘lsa, jinsi yoki bel qismiga urg‘u berilgan yubka kiyish tavsiya qilinadi.
Printli shim
Turli prtintlar qomatning yanada kengroq ko‘rinishiga sabab bo‘ladi. Shu sabab ham iloji boricha oddiy va siporoq shim modellariga e’tibor qaratish tavsiya qilinadi.
Ustma-ust kiyinish
Zamonaviy va trendga xos bo‘lgani bilan, ustma-ust kiyinish hammaga ham mos kelavermaydi. Qolaversa, to‘laroq ko‘rinishga hissa qo‘shadi.
Bo‘yni yopiq kiyimlar
Istalgan obrazni yaratish mumkin bo‘lgan vodolazka bo‘yinni yopib qo‘ygani hisobiga odamning bo‘yi past ko‘rinib qoladi. Qomat esa odatdagiga nisbatan to‘laroq tuyulishi mumkin. Shu sabab ham uning o‘rniga yoqali yoki old qismi V shaklini esga soladigan koftalarga e’tibor qaratish tavsiya qilinadi.
Noto‘g‘ri uzunlikdagi yubka
Noto‘g‘ri uzunlikdagi yubka bo‘yni past, qomatni esa to‘la ko‘rsatadi. Uzun variantlarni yaxshi ko‘rsangiz, midi uzunligidagi modellarga e’tibor qarating.
Sifatsiz trikotaj
Sifatsiz matodan tikilgan kiyimlar obrazga putur yetkazishdan tashqari, qomatning xunuk ko‘rinishiga ham sababchi bo‘lib qoladi. Shu bois ham qattiq va sifatli matodan tikilgan variantlarga e’tibor qaratish tavsiya qilinadi. | 72 | 2,240 |
Ayollar | Yosh va jozibali ko‘rsatadi: Sochni kare uzunligida kestirish uchun 7 sabab | Har qaysi davrda turli ko‘rinishga ega bo‘lgan soch turmaklari urfda bo‘lgan. Ammo bugunga kelib hammasi boshqacha. Aynan muayyan bir uzunlik emas, yuz shakli, qomat va fe’l-atvorga muvofiq tanlangan soch turmagi dolzarb. Misr malikasi Kleopatraning o‘ziga xos ko‘rinishiga sabab bo‘lgan kare uzunligiidagi soch turmagi yosh ko‘rsatish bilan birga, band va ortiqcha vaqti yo‘q nozik jins vakillari uchun qulay hamdir.
Zamonaviy ko‘rinishingizga sababchi bo‘ladi
Moda olamining eng ko‘zga ko‘ringan vakillaridan hisoblangan 70 yashar Anna Vinturning sochi 14 yoshidan buyon kare. Vogue jurnali bosh muharririning ushbu soch turmagi bilan qora ko‘zoynagi o‘ziga xos obraz egasi bo‘lib ko‘rinishiga sababchi bo‘ladi. Vinturning qoshigacha qalin va tekis chyolkasi bor va sochining uzunligi iyaklariga tushib turadi.
Top-modellar tanlovi
Bugungi kunning eng mashhur modellari Bella Xadid, Xeyli Biber, Kendall Jenner, Irina Sheyk va Kara Delevin ham kare uzunligidagi soch turmagini ma’qul biladi. Ular yuzni ozg‘in va ixcham ko‘rsatgani sabab ham sochini iyakdan biroz tushib turadigan uzunlikda kare qilib kestiradi.
Yosh ko‘rsatadi
Kareni yosh ko‘rsatishiga 51 yashar aktrisa Keyt Blanshet misol bo‘la oladi. U vaqti-vaqti bilan kestirib, sochining yon qismidan farq ochishni xush ko‘radi.
46 yashar Sara Polson esa yanoqlariga urg‘u berish uchun tekisligi bir xilda bo‘lgan kareni tanlaydi.
Turmaklash oson
Karening yana bir abzalligi ortiqcha parvarish va vaqt sarflashga hojat yo‘qligida. Uni yuvish va quritish uzun sochdan ancha oson hamda tez. Qolaversa, nomiga jingalak qilish ham mumkin, bu borada Jeyn Fondadan ilhomlansa bo‘ladi.
Jozibali ko‘rsatadi
Aktrisa Sofi Marko boshqa fransuz yulduzlari singari chyolka bilan kare uzunligidagi soch turmagini abzal biladi. Bunday variant keng peshonani yopib, ajinlarni yashiradi. Chyolkani qalin, orasi ochiq hamda turli uzunligidagisini tanlash mumkin.
Obrazni yangilaydi
Uzun sochli qiz va ayollarning yuz tuzilishiga mos ravishda sochini kare qilib kestirishi obrazni yangi va o‘zgacha ko‘rsatadi.
Sochning uchi “gullamaydi”
Turmakning tartibsiz ko‘rinishiga ko‘p hollarda soch uchining “gullab” ketgani sabab bo‘ladi. Kare esa bu muammoga yechim bo‘lishi mumkin. Obraz zerikarli bo‘lmasligi uchun turli aksessuar va zakolkalardan foydalanish tavsiya qilinadi. Bu borada Gollivud yulduzi Margo Robbidan o‘rnak olish mumkin. | 75 | 2,385 |
Ayollar | Faqat shirinlik emas: Uddaburon uy bekasi tvorogdan tayyorlashi mumkin bo‘lgan 5 yegulik | Tvorogni nafaqat o‘zini iste’mol qilish, balki undan nonushta, tushlik va kechki ovqatga mazali taom tayyorlash ham mumkin.
Tvorogga ko‘katlar qo‘shib, pomidorli buterbrod tayyorlang
Nonushtaga shunchaki tvorogning quruq o‘zini iste’mol qilmang, qizdirilgan non yoki kreker ustiga tvorogga murabbo yoki asal qo‘shib surting. Yo bo‘lmasa tvorogga ko‘katlar qo‘shib bir bo‘lak non ustiga sousga o‘xshab surtib, uning ustidan pomidor yoki bodring qo‘yib buterbrod tayyorlang.
Tvorog va sabzavotlardan tushlikka zapekanka tayyorlang
Maxsus idishga yog‘ surting. Muzlatkichda bor sabzavotlarni to‘g‘ralganini terib chiqing va ustidan tvorog soling. Pishloqni qirg‘ichdan chiqarilgani va ko‘katlar bilan bezab, pechda pishirib oling.
Tvorogli xamirdan pirojki pishiring
Pirojki xamirini tvorog qo‘shib tayyorlang. Nachinkasiga karamni nomiga qovurib oling va qaynatilgan tuxumni maydalab to‘g‘rab qo‘shing. Guruch yoki pyureli nachinka tayyorlashingiz ham mumkin.
Chizkeyk tayyorlang.
Chizkeykni qimmat pishloq emas, oddiy tvorogdan ham tayyorlash mumkin. Buning uchun 500 gr pechenyeni maydalang, ustidan sariyog‘ solib, tekislab oling. Alohida idishda tuxum, tvorog, smetana va vanilin solib aralashtiring. Qolipdagi pechenye ustiga quyib 170 daraja qizigan pechda 1 soat davomida pishirib oling. Ustini turli mevalar bilan bezashingiz mumkin.
Tvorogdan apelsin sousli kneli tayyorlang
Apelsin po‘stlog‘ini qirg‘ichdan chiqaring va tovada erigan sariyog‘ga qo‘shib 7 daqiqa qovuring. 50 ml apelsin sharbati va kraxmal qo‘shing. Tvorogga shakar va qaymoq soling. Qirg‘ichdan chiqarilgan apelsinni qo‘shing va ustidan tayyorlab olingan sousni quying. | 88 | 1,649 |
Ayollar | Bug‘ dazmol an’anaviysidan ko‘ra yaxshiroq ekanligining 8 sababi | Har ikkisi bir vazifani bajarishiga qaramay, bug‘ dazmolning an’anaviysidan qanday afzalliklari bor ekani haqida “Domashniy ochag” jurnali ma’lumot berib o‘tadi.
Kiyimga shikast yetkazmaydi
Odatiy dazmol qilish davomida ehtiyotsizlik qilib kiyimini kuydirib olmagan odam bo‘lmasa kerak. Undan foydalanganda harorat matoga mos bo‘lishi, qizib ketganda esa sovishini kutish kerak. Ammo bug‘ dazmolda bunday muammo kuzatilmaydi. Metallning qaynoq yuzasi matoga tegmagani uchun u bilan bunday muammo bo‘lmaydi.
Malaka talab qilmaydi
Hamma ham odatiy dazmol qilishni uddasidan chiqavermaydi. Sochiqni tekislash oson bo‘lishi mumkin, lekin oq ko‘ylak va klassik bichimdagi shim bilan hammasi boshqacharoq. Bug‘ dazmolda esa hammasi oson. Buning uchun kiyim ilgichga osilgan libos bo‘ylab qurilmani harakatlantirish kifoya.
Ortiqcha harakat talab qilinmaydi
Vaqt o‘tishi bilan an’anaviy dazmol ichida kir to‘planishi mumkin. Yig‘ilgan changlar dazmol bug‘ chiqaradigan tugmani bosgandan keyin yuvilgan kiyim ustiga yuqishi mumkin. Bu kabi muammolarning oldini olish uchun esa istalgan brendga tegishli dazmolni vaqti-vaqti bilan tozalatib turish kerak. Bug‘ dazmolda esa bu holat kuzatilmaydi.
Saqlash oson
Oddiy dazmol ko‘proq ishlatilishi mumkin, undan foydalanish uchun tekis yuza bo‘lishi kerak. Bug‘ dazmolni esa qo‘lda tutib ishlatish, keyin esa oddiy shkaf yoki stolga qo‘yib qo‘yish mumkin. Qolaversa, uni chamadonga solib, ta’tilga o‘zingiz bilan birga olib ketsangiz ham bo‘ladi.
Ishlatish osonroq
Odatiy dazmol qilish uchun yuzaning tekis bo‘lishidan tashqari, yuqori haroratga chidamli ham bo‘lishi kerak. Bug‘ dazmolni ishlatish esa qulayroq hisoblanadi. Buning uchun kiyim ilgichdagi libosni shkafning tepa qismiga ilib, matoni biroz tortgan holda apparatni u bo‘ylab harakatlantirish kerak.
Kundalik obrazlar uchun ayni muddao
Ish joyingizda jiddiy bir forma talab qilinmasa, hamisha ham dazmol qilishga ehtiyoj bo‘lmasligi mumkin. Aksariyat kiyimlarni tartibga keltirish uchun bug‘ dazmol kifoya qiladi. Paxta va lyon singari matolar istisno bo‘lishi mumkin. Ammo mato g‘ijim va biroz nam bo‘lsa, uni bug‘ bilan tekislagan yaxshi.
Mavsumiy kiyim-kechaklarni tekislash uchun qulay
Shkaf ichida uzoq vaqt yotgan jaket, djinsi kurtka yoki paltoni dazmollash biroz qiyin bo‘lishi, jarayonda esa matoga zarar yetishi mumkin. Bug‘ dazmol esa bir zumda ushbu muammoni hal qiladi. An’anaviy dazmoldan ko‘proq vaqt xizmat qiladi, balki devor gilam va kafellardagi kirlarni bir zumda ketkazadi ham. Uning yordamida pardani karniz (parda osishga mo‘ljallangan dor)dan yechmay turib tekislash, mebel qoplamasini tozalashi mumkin. | 64 | 2,627 |
Ayollar | Nima uchun go‘shtni mikroto‘lqinli pechda muzdan eritish mumkin emas? | Bugungi kunda muzdan eritish funksiyasiga ega bo‘lmagan mikroto‘lqinli pechning modelini topish qiyin. Ammo bu haqiqatan ham xavfsizmi? “Noviy ochag” nashri mutaxassislarning bu boradagi fikri bilan bo‘lishdi.
Muzlatkich va mikroto‘lqinli pechda go‘shtni muzdan eritishning eng mashhur ikkita usulini taqqoslab, mutaxassislar bir ovozdan birinchisini tavsiya qiladi. Shotlandiyaning Dandi shahridagi Abertay universiteti professori Kostas Statxopulosning so‘zlariga ko‘ra, mahsulot 2 dan 6 darajagacha bo‘lgan haroratda bir necha soat davomida eritilishi kerak. Aks holda, mahsulotda zararli bakteriyalar tufayli zaharlanish xavfi paydo bo‘ladi.
Mikroto‘lqinli pech, professor Statxopulos muzdan eritishning yaxshi usuli emasligini ishonch bilan ta’kidlaydi. Sovuq harorat yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchilari, shu jumladan E.coli bakteriyalarining ko‘payishiga to‘sqinlik qiladi, go‘shtning issiq muhitda keskin erishi esa bakteriyalarning sonini taxminan ikki baravar oshiradi, bu esa turli xil ovqat hazm qilish kasalliklariga olib kelishi mumkin.
Go‘shtni xona haroratida muzdan tushirish ham yaxshi emas. Bu jarayon tez amalga oshmaydi va go‘sht oshxona stolida bo‘lsa, u millionlab patogen bakteriyalar bilan qoplanadi. Shuningdek, to‘satdan mahsulotni pishirish haqidagi fikr o‘zgarsa, uni qayta muzlatish jarayonida zararli mikroorganizmlarning aksariyati omon qoladi va go‘shtni iste’mol uchun yaroqsiz holga keltirish mumkin. | 69 | 1,434 |
Ayollar | Multivarkadan endigina foydalanishni boshlaganlar uchun 5 tavsiya | Taom bemaza, ko‘ngildagidek pishmasligi, aparatdan hid chiqishi bilan bog‘liq muammolarning sababi nimada ekaniga to‘xtalib o‘tamiz.
Pishirish uchun noto‘g‘ri vaqtning belgilanishi
Tovuq sho‘rvani 20 daqiqada, go‘shtli raguni yarim soatda tayyor bo‘lishi barcha uy bekalarning orzusi, lekin taom tayyor bo‘lishi uchun vaqt kerak va multivarka ham bundan istisno e’mas. Pishirishdan avval mahsulotlar miqdorini inobatga olish kerak. Qancha ko‘p mahsulot bo‘lsa, qurilmada kerakli bosim bo‘lishi uchun shuncha ko‘p vaqt kerak bo‘ladi. Bosim baland bo‘lishi esa taomning tez tayyor bo‘lishi uchun asosiy omil hisoblanadi. Shu sabab ham yana qo‘shimcha 5-10 daqiqa vaqtga qo‘yish kerak. Multivarkaning isitish elementlari pas qismida yoki qopqog‘ida joylashgan bo‘ladi shu sabab ham pishishi uchun uzoq vaqt ketadigan mahsulotlarni multivarkaning past qismiga solish kerak.
Suyuqlik solish
Qurilmaning tashqi tarafida maksimal suyuqlik darajasi belgisi mavjud va unga rioya qilish kerak bo‘ladi. Taom tayyorlashda suyuqlikni idishning uchdan ikki qismidan ko‘p quymaslik ammo bo‘tqa yoki donli mahsulotdan taom tayyorlaganda idishni yarimgacha suv solish kerak.
Go‘sht pishirish
Ko‘pgina modellarda gril va qovurish funksiyasi bo‘ladi. Ammo, go‘sht va sabzavotlar mazali pishishi uchun tovaga biroz sariyog‘ solib qovurib olish kerak bo‘ladi. Qiyma va kotletlarni ham shu tarzda pishirish tavsiya qilinadi. Yanada yaxshiroq natijaga erishish uchun esa unga bulg‘ab keyin tovada qovurish kerak. Taom deyarli tayyor bo‘lmaguncha mahsulotlarni aralashtirmang.
Bosimni chiqarish
Multivarkadagi bosimni chiqarib yuborishning ikki xil: tabiiy va tez yo‘li bor. Tez chiqarish uchun klapanni ochib o‘girish kerak, tabiiy esa sekin-asta o‘zi soviydi. Ularning har ikkisining ham farqi bor va qanday taomda qaysi usuldan foydalanish retseptda yozilgan bo‘ladi. Tuxum, sabzavot va baliq singari tez dimlab pishirish mumkin bo‘lgan mahsulotlar uchun bug‘ni tez chiqarish usulidan foydalanish, uzoq vaqt pishadigan go‘sht, loviya va boshqa mahsulotlar uchun esa tabiiy usuldan foydalanish mumkin.
Qopqoqdagi rezinkani yuvmaslik
Pishish jarayonida taomga xos bo‘lmagan hid chiqishi, multivarka qopqog‘ida joylashgan rezinka yuvilmaganidan darak berishi ham mumkin. Taom pishayotgan vaqtda bug‘ni tashqariga chiqib ketmasligi uchun muhim bo‘lgan rezinka silikondan tayyorlangani sabab tez kirlanib, hidlanishi kuzatiladi. Har gal multivarkani ishlatgandan keyin mazkur rezinkani yuvib-tozalash kerak. | 65 | 2,483 |
Ayollar | Hech qachon uzr so‘ramaslik va aytilgan so‘zga e’tiborli bo‘lish: XIX asrda Yevropa xonimlari qanday tarbiyalangan? | XIX asrdagi Yevropa xonimlari haqida gap ketganda ko‘pchilikning ko‘z o‘ngida Jeyn Ostin va opa-singil Brontelarning asarlaridagi qahramonlar keladi. O‘sha davrdagi ayol-qizlar oson hayot kechirgandek tuyiladi, ammo aslida qanday bo‘lgan? Quyida ushbu savolga javob beramiz.
Kiyinish madaniyati
Erta bolalikdanoq qizlarga qoidalarga binoan kiyinish o‘rgatilgan. Bo‘lajak xonimlar tongda to‘q rangli kostyum, tushlikda ko‘ylak kiyishi kechki ovqat vaqtida esa nima kiyishni o‘zi tanlashi lozim. Kechga borib obrazini almashtirmaslikka qaror qilsa, libosiga hech bo‘lmaganda bitta yangi detal, masalan marjon yoki to‘g‘nag‘ich qo‘shgan.
Har bir tadbir va vaziyat uchun nozik jins vakillarining garderobida alohida — sayrga boshqa, marosimlarga boshqa kiyim bo‘lishi kerak. Liboslarda pushtini sariq, qizilni yashil bilan moslash qat’iyan taqiqlangan. Bunday kiyinish didsizlikdan darak bergan. Bolaligidanoq qizlarning taqinchoq taqishi yoki ko‘ylagini gullar bilan bezashi shart. Qolaversa tanlov borasida gavda tuzilishini ham inobatga olish muhim sanalgan. Masalan to‘ladan kelgan qizlar olachipor liboslar kiymagan.
To‘g‘ri ovqatlanish
Korset kiygan do‘mboq qizlar pudding tayyorlanadigan qopcha bilan taqqoslangan. Ammo shu bilan birga oriqlik ham urfda bo‘lmagan. Ortiqcha to‘la bo‘lmaslik, shuningdek, qomat o‘z shaklini yo‘qotmasligi uchun to‘g‘ri ovqatlanish muhim sanalgan. Qizlar qaymoqdan, yangi non va shakardan tiyilgan. Hozirgidan farqli ravishda kamroq suv ichish kerak, yo‘qsa bu to‘lishish va shishlarga olib keladi deb hisoblangan. Taom ajratilgan portsiyadan kam miqdorda iste’mol qilingan.
Hammasi tartib asosida
Qizlarning kun tartibi yetarlicha passiv tuzilgan. Kechki uyqu 10 soatdan kam bo‘lmasligi kerak. Kunduzi kuch talab qilmaydigan mashg‘ulotlar — kashta tikish, surat chizish bilan shug‘ullanilgan.
Oro berish
Qizlarga bolaligidanoq teri haqida qayg‘urish, husnbuzar va dog‘lar bo‘lmasligi kerakligi tushuntirilgan. Go‘zallikning turli retseptlariga amal qilingan, ularning ayrimlari bugungi kunda kulgiga sabab bo‘lishi mumkin. Masalan, Vladimir Odoyevskiy o‘z romanida kechasi yuziga xom kotlet qo‘yib yotadigan qahramon haqida hikoya qiladi. Gap shundaki, o‘sha vaqtda qizlar yuzlari sog‘lom va tiniq ko‘rinishi uchun xom go‘shtdan malham tayyorlagan. Arpa yormasidan qaynatilgan suvdan yuvinish uchun foydalanilgan, qo‘llarga esa bodringli tuzlama surtilgan.
O‘ziga xos nutq
Qizlar har bir gapini o‘ylab gapirishi joiz sanalgan. Haqiqiy xonimlarning bir qancha so‘zlarni tilga olishi taqiqlangan. Nafaqat so‘zlar, balki ohangga ham e’tiborli bo‘lish muhim hisoblangan.
O‘zini tutish
Haqiqiy xonimlar zaruriyat bo‘lganda hushdan ketishni eplashi, to‘g‘rirog‘i o‘zini shunday ko‘rsata olishi lozim. Bu XIX asrdagi tarbiyaga xos qoida sanalgan. Shuningdek, qizlar mehmonga borganda nimadir sindirsa yoki rasvo qilsa uzr so‘ramagan. Uy bekasi bunga e’tibor bermasligi, qilg‘ilikni qilgan esa o‘zini hech nima bo‘lmagandek tutishi kerak bo‘lgan.
Qoidalarga binoan sayr
Ko‘chaga kuzatuvchisiz chiqish taqiqlangan. Yoshi keksa xonim, erkak yoki oilaning boshqa a’zosi qizning yonida yurgan. Bu vaqtda qadamlar sekin bosilishi, shoshilmaslik va qo‘lda soyabon bo‘lishi muhim sanalgan. Yog‘ingarchilik vaqti sayr bekor qilingan, yo‘lda katta ko‘lmak bo‘lgan taqdirda ham nozik jins vakillariga yubka etagini ko‘tarish man qilingan.
Mashinada cho‘milish
Bo‘lajak xonimlar dengizda, daryo yoki boshqa havzada bemalol cho‘mila olmagan. Qiz suvga sho‘ng‘ishga qaror qilgan bo‘lsa, sohilga u bilan birga ikki tomonida eshigi bor, yog‘ochdan ishlangan maxsus mashina keltirilgan. Qiz bir eshikdan kirib kiyimini almashtirgan va qarollar (xizmatkorlar) uni suvga tushirishini kutgan. Atrofdagilar ko‘rmasligi uchun qiz suvga ikkinchi eshik orqali tushishgan. Quruqlikka chiqish ham xuddi shu singari takrorlangan.
Homiladorlik
Homilador bo‘lgan ayol buni atrofdagilarga ko‘z-ko‘z qilmasligi kerak. Qorin chiqishni boshlashiga qaramay, korset kiyish kanda qilinmagan. Sezila boshlaganida esa qolganlarga uyda yolg‘iz qolishni istayotganini aytishi va ko‘zi yorimagunicha ko‘chaga chiqmasligi kerak. Bola dunyoga kelganidan keyin ona 9 kun davomida osmonga qarab yotishi 10-kunga kelibgina o‘tirishi mumkin bo‘lgan. | 115 | 4,233 |
Ayollar | Foydali maslahat: Xona o‘simliklarini issiq havoda qanday parvarish qilish lozim? | Uy sharoitida o‘stiriladigan gullar ham issiq havodan aziyat chekadi. Quyida o‘simliklarni qanday qilib to‘g‘ri parvarish qilish kerakligi haqida bilib olasiz.
Tez-tez, lekin kam-kam suv quying
Issiq havoda o‘simliklar ko‘proq suvga muhtoj bo‘ladi, lekin birdaniga ko‘p quyvormaslik kerak. Tuproqni yaxshi namlantirib, haftada bir marta sug‘oring. Muntazam ravishda suv purkang, barglaridagi changni yuvadi, yangilaydi va tetiklantiradi. Gul barglari kuyib ketmasligi uchun suvni ertalab yoki kechqurun quying.
Och rangdagi tuvaklarga ko‘chiring
To‘q rangli gultuvaklar quyosh nurini o‘ziga tortadi, oq esa, aksincha, aks ettiradi. Fizika qonunlaridan yaxshilik uchun foydalaning. Bahorda, yozda ular ultrabinafsha nurlanishining ortiqcha “e’tiboridan” aziyat chekmasliklari uchun gullarni och rangdagi tuvaklarga ko‘chiring.
Yozgi dush tashkillashtiring
To‘lqinli va quyoshli ob-havo sharoitida o‘simliklar ham odamdan kam bo‘lmagan stressni boshdan kechirishadi. Quyosh botganidan keyin gullarga salqin dush bering, ertalab esa ular yangi va tetik bo‘ladi. Ortiqcha namlikni qog‘oz sochiq bilan artib oling.
O‘g‘itlardan foydalaning
Ayniqsa, issiq havoda uy florasini oziqlantirish kerak. O‘sish, kurtaklarni shakllantirish, omon qolish uchun juda ko‘p ozuqa moddalari kerak bo‘ladi va o‘g‘itlar bu qiyin davrda omon qolishga yordam beradi. Asosiysi, ko‘rsatmalarga muvofiq aniq harakat qilish va ildizini chiritib qo‘ymaslikdir.
Konditsionerni yoqmang
Toza va sovuq havo kombinatsiyasi uydagi o‘simliklar uchun (shuningdek, hayvonlar uchun) eng yaxshi variant emas. O‘simliklar haroratning keskin o‘zgarishini yoqtirmaydi. Eng yaxshi yechim — yengil va salqin shabada yaratadigan ventilyator. Bunday muhitda o‘simliklar o‘zlarini qulay his qiladi.
Tekshirib turing
Issiq va ochiq havo zararkunandalar uchun yaxshi sharoit yaratadi. Muntazam ravishda o‘simliklarni shubhali dog‘lar, chirish alomatlari va barglari kuyib qolmasligi uchun tekshirib turing. | 81 | 1,957 |
Ayollar | Har bir ayol poyabzal tanlashda bilishi kerak bo‘lgan eng muhim etiket qoidalari | Har kunlik yoki biror-bir tadbirga poyabzal tanlash ham aslida — qiyin ish. Lekin “Voice mag” nashri bu borada sizga yordam beradi.
Yorqin kiyimlar bilan yorqin rangli poyabzal kiying
Lofyer, krossovka yoki botinka kiyimga mos kelishi kerak. Obrazning faqat bitta detali diqqatni jalb qilishi lozim: poyabzal yoki kiyimdagi element. Neytral poyabzal jozibali kiyim uchun eng yaxshi tanlovdir. Yorqin ranglarni bir-birini to‘ldirib, obrazning betakror bo‘lishiga hissa qo‘shadi.
Oyoqlarning kamchiliklarini unuting
Oyoq kiyim tanlashda qomatning xususiyatlarini ham hisobga olish lozim. Misol uchun, katta o‘lchamdagi poyabzal kiysangiz, unda etigingiz oyoqning keng qismida tugamasligiga ishonch hosil qiling — chunki siluetda qo‘shimcha gorizontal chiziq paydo bo‘ladi.
Norasmiy kiyim bilan laklangan poyabzal kiyish
Laklangan poyabzal obrazingizda eng muhim narsaga aylanishi yoki u moda qoidalariga mos kelmay, muvaffaqiyatsizlikka uchrashi mumkin. Yoqimsiz holatga tushib qolmaslik uchun asosiy qoidani esda tuting: laklangan poyabzallarni faqat rasmiy liboslar bilan kiyishingiz mumkin. U jinsilarga mos kelmaydi — obraz darhol qo‘pol va arzon ko‘rinishga aylanadi.
Poyabzalning ichki qismiga e’tibor bermaslik
Har qanday qiz iflos poyabzal yoki krossovka yaxshi taassurot qoldirishi dargumon ekanligini tushunadi. Lekin ba’zan poyabzalni yechishga to‘g‘ri kelib qolishini unutamiz, keyin esa hamma poyabzalning ichki qismini ko‘radi. Shuning uchun oyoq kiyimingizning nafaqat usti, balki ichki qismidagi tirnalish, chizilish va dog‘larni o‘z vaqtida yo‘q qiling. | 80 | 1,571 |
Ayollar | Marvarid yordamida zamonaviy obraz yaratishning 6 usuli (foto) | Marvaridli taqinchoq yordamida obraz yaratishda juda ehtiyotkor bo‘lish kerak, ammo bu ularni rad qilish uchun sabab bo‘lolmaydi.
Uzoq vaqtlardan beri marvaridlar Jaklin Kennedi, Elizabet Teylor va Greys Kellining tashqi ko‘rinishining ajralmas qismi bo‘lib kelgan. Ular ko‘pincha marvaridli zargarlik buyumlarini afzal ko‘rgan va ulardan keyin minglab ayollar ham bu odatni qabul qilgan. So‘nggi bir necha mavsumda zodagonlarning sevimli bezagi bo‘lgan marvaridli bezaklar urfga qaytdi. Endilikda dizaynerlar marvaridlarni nafaqat klassik kiyimlarga, balki zamonaviy obrazlarda ham qo‘llamoqda. To‘g‘ri, marvaridlar egasiga yosh qo‘shmasligi uchun uni o‘ziga xos tarzda, zamonaviy tendensiyalarni hisobga olgan holda taqish kerak.
Turli uzunlikdagi ikkita marvarid taqilgan taqinchoqni olib, birini uzun, ikkinchisini juda qisqa qilib taqish mumkin. Ushbu usul yordamida yaratilgan obrazni zerikarli deb bo‘lmaydi. Shuningdek, zamonaviy kiyimlar, asosan, djinsi kiyim uchun ajoyib tanlov.
Marvaridli ziraklarni ham zamonaviy obrazda qo‘llash mumkin. Buning uchun bo‘yin uzunligidagi taqinchoqlar ayni muddao.
Marvaridli taqinchoqni bilaguzuk shaklida qo‘lga o‘rash ham obrazga o‘zgacha ko‘rinish bag‘ishlaydi. Bunda marvaridlarni boshqa ranglilari ham ajoyib ko‘rinadi.
Marvaridlar tasmasidan ko‘ylak yoki bluzka uchun belbog‘ sifatida foydalaniladi. Bir yoki ikkita marjonni bel sohasiga taqish orqali qomatga alohida urg‘u berish mumkin.
Oddiy bosh tasmasini marvarid tizilgan ip bilan o‘rab, jingalak va tekis sochlarda chiroyli ko‘rinadigan ajoyib aksessuar yaratish ham ajoyib fikr.
Oddiy yoqali ko‘ylak ustidan taqilgan marvarid kechki ko‘rinish uchun ajoyib tanlov. Yana bir nechta variant mavjud, masalan, oyoq to‘pig‘iga bezak sifatidan taqilgan marvaridli munchoq yoki dur bilan bezatilgan hamyondan aksessuar sifatida foydalanish mumkin. | 62 | 1,856 |
Ayollar | Qahva, zaytun va menemen. Turk nonushtasi nimasi bilan mashhur? | Turkiyada nonushta — kahvalti muhim marosimga o‘xshaydi. Shved stolini esga soladigan dasturxonda turi mahsulotlar, sabzavot va mevalar alohida-alohida idishlarga solinib, did bilan bezatiladi.
Dasturxonda, asosan, non, zaytun, brinza yoki pishloq, ko‘katlar o‘rin olgan bo‘ladi. Turk nonushtasini omlet — menemen va tetiklashtiradigan achchiq choy yoki turk qahvasisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Bundan tashqari turklar, nonushtaga kunjutli non — smit yeyishni xush ko‘radi. Yana bir o‘ziga xoslik shundaki, turli-tuman mahsulotlar ko‘p bo‘lmagan miqdorda stolga qo‘yiladi. Asal, murabbo, shokolad pastasi singari shirinliklar maxsus kichik idishlarda nonushta dasturxonini bezaydi.
Bundan tashqari pishloqli tost, qovurilgan kartoshka yoki sosiskalar ham xohishga ko‘ra nonushtadan o‘rin olishi mumkin.
Shuningdek, turklarda dam olish kunlari uydan tashqarida do‘stlar va yaqinlar bilan kechroq nonushta qilish an’anasi bor. Ba’zida bunday diydorlashish tabiat qo‘ynida o‘tkaziladi.
Turkiyada yashil parklar, sokin bog‘ va ko‘chalar ko‘p. Bog‘lardagi qalin, baland daraxtlar va favvoralar jazirama kunlarda ham bemalol piknik qilish imkoniyatini beradi. Piknik dasturxonidan, asosan, mavsumiy mevalar, shirinliklar, sharbat va buterbrodlar o‘rin olishi mumkin.
Turklar nonushtani tez-tez, yo‘l-yo‘lakay qilishni yoqtirmaydi aksincha, dasturxon atrofida to‘planib, taomdan shoshmay lazzatlanish va uning bahonasida dildan suhbatlashishni xush ko‘radi.
Turk oshxonasining eng mazali nonushtasi — menemen tayyorlaymiz! | 63 | 1,523 |
Ayollar | Yozda qanday kosmetik tadbirlarni amalga oshirish mumkin? | Qanday fasl bo‘lishidan qat’i nazar biz, qizlar har doim chiroyli va yoqimli ko‘rinishimiz kerak.
Lekin yilning ma’lum bir davrida yuz va tana uchun qilinadigan kosmetik amallar yoqmasligi mumkin va ko‘plab zararli natijalar berishi mumkin.
Mezoterapiya. Kosmetologlarning ta’kidlashicha, inyeksiyasiz mezoterapiya amalini yozgi mavsumda amalga oshirish mumkin. Bu yozning issiq kunlarida terining namlanishi va oziqlanishini ta’minlaydi. Teri namlanishi va oziqlanishidan tashqari kislorod molekulalari bilan to‘ydiriladi.
Yuz va tanani massaj qilish. Yozda massajning hamma turlariga ruxsat beriladi: bo‘shashtiruvchi, limfodrenajli, shuningdek niqoblar va yengil gommaj-pilinglardan foydalanib massaj qilish. Ular teridagi suv muvozanatini tiklaydi va mushaklardagi tanglikni oladi.
Lazerli epilyatsiya. Yozgi mavsumda terining hamma sohalarida lazerli epilyatsiya o‘tkazish mumkin. Bunda teri qoraymagan bo‘lishi muhim, chunki kuyish paydo bo‘lishi mumkin.
Piling amali. Yozda hatto yuzada o‘tkaziladigan piling ham yuz va tana terisining qisman pigmentatsiyasini keltirib chiqarishi mumkin. O‘rtacha piling – demarkatsiya chizig‘i holatini buzadi, chuqur piling esa butunlay giperpigmentatsiya holatiga olib keladi, bunda butun yuz terisi qoramtir dog‘lar va chandiqlar bilan qoplanadi.
Shuning uchun yaxshisi pilingni yilning salqinroq vaqtlariga, quyosh unchalik faol bo‘lmagan davrga qoldirgan ma’qul.
Yuz va tana terisini oqartirish. Yozda terini oqartirish amallarini o‘tkazmagan ma’qul, chunki bu amallardan keyin quyoshda yurish holatlari ko‘p sonli kuyishlarga olib kelishi mumkin.
Manba: “Lady.tochka.net” | 57 | 1,621 |
Ayollar | Oq kofta o‘rniga eng maqbul tanlov: Bantli koftaning turli vaziyatga to‘g‘ri keladigan modellari (foto) | Bahor obrazlarni yangilash va yorqin ko‘rinish uchun ayni muddao. Bo‘yin qismida bant bor modellar esa ayollarni jozibali, shuningdek, bashang ko‘rsatadi.
Latofatli va shu bilan birga o‘ziga xos ko‘rinishni istaganlar bantli koftaning och pushti rangli variantiga e’tibor qaratgani yaxshi.
Kundalik obrazlar uchun esa keng yoqa va bantili bluzkani jinsi va oq poyabzal bilan kiygan ma’qul.
Qora bog‘ichli oq kofta esa shim, qomatni chiroyli ko‘rsatadigan sarafan bilan chiroyli turadi.
Yenglari rezinkali to‘q rangli modellar bilan birga esa charmdan tikilgan yubka va poshnali tufli kiyish tavsiya qilinadi.
Hammadan ajralib turishni istaydiganlar bantli koftaning keng bichilganlariga e’tibor qaratgani yaxshi.
Mayda gul printlari tushirilgan yashil kofta esa oddiy bichimli shimlar bilan moslash uchun ayni muddao.
Noodatiy ko‘rinishga ega bo‘lishni sevuvchilarga esa yeng qismi keng bluzka bilan erkin turadigan jinsi kiyish maslahat beriladi.
Tadbir va alohida uchrashuvlarga gul printi tushirilgan qora kofta bilan plissirovkali yubka, uchli tufli kiyib, ko‘ngildagidek obrazga ega bo‘lish mumkin.
Yengi kalta mayda xol-xol print tushirilgan bluzka bilan esa jinsi shorti kiyish, obrazni shlyapa va shippak bilan tugallash mumkin. | 103 | 1,245 |
Ayollar | Quruq yuz terisini mayinlashishiga yordam beruvchi kundalik odatlar | Quruq teri ayollar orasida eng ko‘p uchraydigan, yuzga erta ajin tushishiga sabab bo‘ladigan muammolardan biri hisoblanadi. Uni bartaraf qilish uchun terini muntazam ravishda parvarish qilish va namlantirib turish kerak.
Skrablardan haddan ortiq foydalanmang
Skrab yoki pilingni kanda qilmaslik qurigan teridan qutulishga yordam bermaydi, aksincha uni yanada ko‘p jarohatlab, quritadi va yallig‘lanishiga sabab bo‘ladi. Mutaxassislar shu sabab ham ushbu kosmetik vositalardan haftada ikki martadan ko‘p foydalanmaslikni tavsiya qiladi. Bu samarali eksfoliatsiya va teri xavfsizligi uchun yetarli.
Tarkibida sulfat bo‘lmagan makiyaj tozalaydigan vositadan foydalaning
Nafaqat shampun, balki yuzni tozalaydigan boshqa vositalar tarkibida ham sulfat bo‘lishi mumkin. Sodium laureth sulfate (yoki SLS) — samarali ammo zararli tozalash xususiyatiga ega komponent hisoblanadi. U nafaqat yuzdagi makiyaj qoldiqlari va kirlarni, balki terining himoya qatlamini ham tozalab yuborishi mumkin. Shu sabab ham xarid qilishdan avval bunday vositalar tarkibini diqqat bilan o‘qib chiqing.
Ketma-ketlikka rioya qiling
Yuzni maxsus vosita bilan tozalagandan keyin tonerdan foydalanishni unutmang. Tozalaydigan vositalar terini quritib yuborgani sabab ham bir zumda terida suvsizlanish jarayoni va qurish kuzatilishi mumkin. Avvaliga tozalang, keyin toner, undan so‘ng esa namlantiradigan krem surting. Tonerni biroz nam teriga surtgan yaxshi, bu terida namlik saqlanib yanada yaltirab turishiga hissa qo‘shadi.
Tungi kremdan foydalanishni unutmang
Ko‘pchilik teri “nafas olishi” uchun tungi krem surtmaslikni afzal biladi, aslida esa sifatli va tarkibida ishonchli bo‘ladigan bo‘lsa, bunday krem terini “nafas olish”dan mahrum qilmaydi, aksincha uning qurishining oldini oladi. Tarkibi va vazifasi turli ekani sabab ham kunduzgi kremdan foydalanish ham tavsiya qilinmaydi.
SPF krem surtishni yoddan chiqarmang
Quyoshning ultrabinafsha nurlari terini quritib, zarar yetkazadi. Bu hali hammasi emas, qarish jarayonini tezlashtirib yuzga dog‘ tushishiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, mayda yoriqlar paydo bo‘lib, yallig‘lanish jarayonini keltirib chiqarishi mumkin. Aynan shu sababdan ham hatto qish kunlarida ham SPF kremlardan foydalanishni kanda qilmaslik kerak. Surtilgani unchalik bilinmagani hamda samarali ekani sabab ham quyosh nuridan himoya qiluvchi flyuidlardan foydalaning. | 67 | 2,369 |
Ayollar | Jingalak sochlar uchun eng yaxshi soch turmaklari | Jingalak sochlar – tabiatning haqiqiy sovg‘asi. Agar siz jingalak soch bilan tug‘ilgan bo‘lsangiz – nihoyatda omadlisiz! Tekis soch egalari sizga qanchalik havas qilishini va sochlarini siznikidek jingalak qilish uchun qanchalik zo‘r berishini hatto tasavvur ham qilolmaysiz.
Shubhasiz, ko‘pchilik bunga e’tiroz bildiradi, ya’ni, jingalak sochlar ham ukladka qilinmasa har tomonga to‘zg‘ib ketishi borasida. Bu muammoni hal qilishga jingalak sochlar uchun ukladka talab qilinmaydigan va to‘g‘ri tanlangan soch turmaklari yordam beradi.
Jingalak sochlar uchun, ukladka talab qilinmaydigan, zamonaviy soch turmagini tanlashda, avvalo sochning uzunligi va tabiatini hisobga olish zarur. Uzun zulflar “arslon yoli”ga o‘xshab ko‘rinmasligi uchun, ko‘p qatlamli soch turmagini tanlagan ma’qul. Bir necha qatlamlar tufayli sochlar dona-dona va yengil sochlarga aylanadi. Soch turmagi nozik va mukammal bo‘lib ko‘rinadi.
Kaskad – bu haddan tashqari jingalak bo‘lgan sochlar uchun juda mos tushadigan soch kesish turidir. Boshdagi hamma soch kokillari tepadan pastga qarab, bora-bora eng kaltadan uzunga o‘tuvchi qatlamlar qilib kesiladi. Natijada, sochdagi haddan ziyod hajm va og‘irlik yo‘qoladi. Soch turmagi hajmi kattaligicha qoladi, lekin ancha tabiiy va ko‘rkam ko‘rinadi. Sochlar mayinlashadi va oson taraladi. Kaskad ingichka va to‘lqinsimon sochlarni ham hajmli va quyuq qilib ko‘rsatadi. Eng asosiysi, kaskad ukladka talab qilmaydi!
Kare – sochni yelkagacha kesishning eng yaxshi variantidir. Kare biroz to‘lqinsimon sochlarda ham, quyuq jingalak sochlarda ham juda shinam va nazokatli ko‘rinadi. Klassik turdagi kare ancha jiddiy ko‘rsatadi va yoshi katta ayollarga mos keladi. Graduirovka qilingan kare esa nozli va yoqimtoy ko‘rsatadi, shuning uchun yoshlarbop variant hisoblanadi. Bundan tashqari, graduirovka yordamida sochlarga hajm va yengillik qo‘shish mumkin. Kare, ayniqsa, yuz tuzilishi ingichka va uchburchaksimon shakldagi qizlarga, sochining pastki qismiga hajm berilgani uchun, juda yarashadi.
Bob – sochlarni, chyolkali yoki chyolkasiz, o‘rtacha to‘lqinsimon kesishning eng zamonaviy variantidir. Bob karedan, ensadagi sochlarning kalta hamda hajmliroqligi va yuzga yon tomondan jilvali tushib turuvchi sochlarning uzunroqligi bilan farq qiladi. To‘lqinsimon sochlarga uzunligi iyakkacha keladigan, jingalaklarni mayin va dona-dona qiladigan graduirovkali bob juda mos tushadi. Ensadagi kalta sochlar bo‘yinni nafis qilib ochadi, yon tomondagi uzun sochlar esa yuzni xushbichim qilib ko‘rsatadi. | 49 | 2,515 |
Ayollar | 2020-yil o‘zimiz va uyimizdagi nimalarni butkul o‘zgartirdi? | 2020-yil hammaning hayoti, rejalari va odatlari o‘zgarib ketdi. Pandemiya hayotning turli jabhalariga ta’sir qilmay qolmadi va bu qaysidir ma’noda xulosa qilish, tahlil qilib ko‘rish va “b” variantni ham o‘ylab qo‘yish kerakligini tushunishga sababchi bo‘ldi.
Mahsulotlarni yetkazib beruvchilar olib kelishiga o‘rganib qoldik
Nafaqat mahsulotlar, balki tayyor taom, kiyim-kechak va poyabzallarni ham yetkazib berilishi odatiy hol bo‘lib qoldi. Avvaliga arzimagan narsaga do‘konga chiqishga erinib, buyurtma qilish noodatiy tuyulgan bo‘lsa, bugun do‘konga borishga hojat yo‘qdek. Undan ko‘ra uygacha yetkazib berish xizmatidan foydalangan ma’qul, bepul bo‘lsa yana yaxshi.
Uyda tibbiyot niqoblarining zaxirasi paydo bo‘la boshladi
Niqoblarsiz uydan chiqib bo‘lmay qolgani hech kimga yangilik emas. Do‘konga, uyimizni yonidagi dorixonaga ham taqish kerak hatto. Bu odat ko‘pchilikning joniga teggani bilan mavjud vaziyatga nisbatan boshqacha bo‘lishi mumkin emasligini to‘g‘ri tushunish va o‘zimiz hamda yaqinlarimiz salomatligi uchun qoida va tartiblarga amal qilishimiz kerak. Shu sababdan ayni vaqt niqobning ortiqchasi yo‘q, qancha istasangiz shuncha xarid qiling. Ammo uyingiz tokchasidan taxlanib turishi uchun emas, foydalaning va himoyalaning. Zotan hali virus tugagani yo‘q.
Sumka va cho‘ntakda antiseptikning bo‘lishi odatiy hol bo‘lib qoldi
Voz kechmaslik va amal qilish kerak bo‘lgan yana bir odat antiseptiksiz yurmaslik hisoblanadi. Ayniqsa, jamoat transportidan foydalangandan keyin uni ishlatmaslik mumkin emas. Do‘kon yoki bozordan xarid qilganda ham. Umuman odam gavjum joyda va umumiy foydalanadigan buyumlar ishlatilganda qo‘llarni zararsizlantirishni kanda qilmaslik kerak.
Sport bilan uyda shug‘ullansa ham bo‘ladi
Sport zallarining yopilgani jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish, trenirovka qilmaslik uchun sabab bo‘lmasligi kerak. Ayniqsa, karantinda uyda o‘tirib vazn to‘plaganingizdan keyin buning qanchalik muhim ekanini yaxshi tushunishingiz lozim.
Uydan turib ishlasa ham bo‘ladi
Avvaliga uydan turib ham ishlash mumkinligi quvonarli bo‘lgan bo‘lsa, bora-bora hammaning yuragi siqildi, zerikdi. Aynan o‘tgan vaqt davomida ish faqat pul topishdan iborat emasligi, hamkasblar bilan chaqchaqlashish, diydor ko‘rishish, ko‘chaga chiqish bahona o‘ziga qarash kabilar qanchalik muhim ekanligi anglab yetildi. Shunga qaramay, karantin vaqtida uyda ishlashga ko‘nikishdan boshqa iloj yo‘q va bunda uyning ma’lum bir xonasini ofis ko‘rinishiga keltirib, qulay qilib olish kerak.
Hojatxona qog‘ozining ortiqchasi bo‘lmaydi
Odamlar uydan chiqmay o‘tirishga majbur bo‘lgan vaqtda hojatxona qog‘ozi har qachongidan ham dolzarbroq bo‘ldi. Do‘kon peshtaxtalarida uning kamayib ketishi boisi keyinroq ma’lum bo‘ldi. Ta’kidlanishicha, koronavirusning vatani Xitoyda odamlar qo‘lqoplar bilan birga hojatxona qog‘ozlarini ham xarid qilgan va aynan shu qog‘ozlar bilan eshiklar ochilgan, lift tugmasi bosilgan.
Qora kun uchun g‘amlab qo‘yish kerak, degan qarorga kelindi
Hojatxona qog‘ozlari bilan birga do‘konda grechka ham qolmadi. Odamlar esa uyda mahsulotlarni zaxira qilib yig‘a boshladi. Konserva mahsulotlar, shakar, yog‘ va yormalar g‘amlab qo‘yildi.
O‘z uyingdan yaxshiroq yer bo‘lmaydi
Uyda qolib qanchalik yurak siqilganiga, odam o‘zini qo‘yarga joy topolmaganiga qaramay tashvishli vaziyatlarda, muammolarda uydan boshqa najotli makon yo‘qligi, hamma narsani oila va yaqinlar bilan birga yengish mumkinligi tushunib yetildi. Hech qayer uyimizchalik qulay bo‘la olmaydi, uning devorlari orasida kishi o‘zini butkul himoyalangandek, xavfsiz his qilishi mumkin. Bu narsa anglab yetilgandan keyin uy tunash uchun keladigan, ovqatlanib qaytib ketadigan joy bo‘lmay qoldi. Yaqinlaringni samimiy suhbatini tinglash, hazillashish va hamma muammolarga birga yechim topishga nima yetsin. | 60 | 3,798 |
Ayollar | Ozishda yordam beradigan kundalik yumushlar | Eng ko‘p quvvatimizni ham, kuchimizni ham asosan uy ishlariga sarflaymiz. Ozmoqchimisiz? Energiyani to‘g‘ri sarflamoqchi bo‘lsangiz, kunni shunga moslab rejalashtiring.
Oziq-ovqat va boshqa mayda-chuydalarni do‘konlardan xarid qilib kelish uchun 1 soatda 260 kaloriya sarflanadi.
Ovqat pishirish jarayoniga 1 soatda 90—100 kaloriya sarf qilinadi.
Uy ishlariga yarim soat ichida 115—140 kaloriyagacha energiya sarf qilinadi. Eng ko‘p energiyamiz changyutkichda tozalash, pol yuvish, supurish, vannaxona va hojatxonani yuvishga sarflanadi.
Bo‘yash, gulqog‘oz yopishtirish va shunga o‘xshash ishlar uchun usta yollagandan ko‘ra o‘zingiz shug‘ullansangiz anchagina kuch sarf qilgan bo‘lasiz. Bo‘yoq qilishga 1 soatda 500 kaloriyagacha energiya sarflanadi.
Ekish, o‘toq qilish, so‘g‘orish va hosilni yig‘ib olish ishlariga eng ko‘p energiya (1 soatda 330 kaloriyagacha) sarflanadi. | 43 | 877 |
Ayollar | Qahva o‘rniga choy ichish uchun 5 ta sabab | Qahva yoki choy ichishni har birimiz xush ko‘ramiz. Ulardan qay birini tanlashda ikkilansangiz, sevimli ichimligingizning qay biri afzalliklarga ega ekanliga haqida bilib oling.
Olimlar choyning foydali jihatlarini undagi polifenollar (o‘simlik barglaridagi antioksidantlarning bir turi) va fotokimyoviy xususiyatlar bilan bog‘laydi. O‘zining ommabopligi jihatidan u faqat ichimlik suvidan ortda qolishi mumkin.
Patentlangan dori vositalaridan farqli ravishda choy tarkibida toksinlar yo‘q. Quyida biz nega choy qahva yoki siz sevib iste’mol qiladigan boshqa ichimlikdan yaxshiroq ekanligini ko‘rsatuvchi beshta asosiy sababni e’tiboringizga havola etamiz.
Birinchi sabab
Choy chidamlilikni oshiradi. Yaponiyaning Kao Corporation laboratoriyasi olimlari ko‘k choy tarkibidagi katexinlar (antioksidantlar) organizmning yog‘larni eritish xususiyatini oshirishini aniqladi.
Ikkinchi sabab
Choy yurak xuruji xavfini kamaytiradi. U, shuningdek, organizmni yurak-qon tomir va naslni buzuvchi xastaliklardan himoyalanishiga yordam beradi.
Uchinchi sabab
Choy ko‘p a’zolarni saratondan himoya qiladi.
To‘rtinchi sabab
Choy organizmning suv yo‘qotishiga qarshi kurashadi. Britaniyalik dietolog Kler Uilyamsonning ta’kidlashicha, tarkibida kofein bo‘lgan ichimliklar organizmning ko‘p suv yo‘qotishiga sabab bo‘lishi haqidagi qarashlar uydirmadan boshqa narsa emas.
Muhimi, kuniga uch finjondan ortiq choy ichmang.
Beshinchi sabab
Choy ultrabinafsha nurlardan eng yaxshi himoyani ta’minlaydi. Yaxshi yangilik — ko‘k choy quyoshdan himoya qiluvchi kremning “zaxira nusxasi” rolini bajarishi mumkin (zinhor uning o‘rnini bosa olmaydi). O‘tkazilgan tajribalar choy hujayralarning quyoshdan kuyishi va ultrabinafsha nurlari tufayli DNKning zararlanishini qisqartirganligini ko‘rsatdi. | 42 | 1,771 |
Ayollar | Uy sharoitida tomirli to‘rchalardan qutulish yo‘llari | Tomirli to‘rchalar (kuperoz) har xil sabablarga ko‘ra paydo bo‘ladi. Avval mayda tomirchalar paydo bo‘ladi, keyin esa ular yuzning hamma joyi yoki alohida qismlarini qoplab oladi.
Ko‘pincha yuzdagi tomirli to‘rchalarni hech qachon yo‘qotib bo‘lmaydi deya ta’kidlashadi. Lekin, mutaxassislar bularning hammasini tuzatish mumkinligiga ishonch bildirishadi.
Bunday tomirli “yulduzchalar” paydo bo‘lishining oldini olish uchun nima qilish kerak?
Va, albatta, xalq tabobati usullarida tavsiya qilingan maxsus niqoblarsiz tomirli to‘rchalardan qutulish qiyin.
Yuzdagi kapillyarlardan qutulish uchun niqoblar
Manba: “Woman-ideal.ru” | 53 | 626 |
Ayollar | Kiyimdagi dazmol izlaridan qanday qutulish mumkin? Uy sharoitida sinalgan eng yaxshi usullar | Kiyimlar chiroyli ko‘rinishi uchun dazmollashga ham alohida e’tibor qaratish kerak. Ammo bu jarayonda ham kutilmagan qiyinchiliklar paydo bo‘lishi mumkin. Masalan, matoda qoladigan dazmolning izi. The Voice Mag nashri ushbu muammoni osongina bartaraf etish mumkin bo‘lgan usullar bilan tanishtirdi.
Kiyimdagi dazmol izlarini olib tashlashning eng ishonchli usuli ularni kimyoviy tozalashdir. Ammo uy sharoitida ham sinalgan usullari mavjud. Agar materialda dazmol sariq iz qoldirsa, kiyimni o‘z holiga qaytarish mumkin. Biroq, agar dog‘ quyuq jigarrang bo‘lsa, afsuski, kiyimni avvalgi holiga qaytarishning iloji bo‘lmaydi.
Dazmol izlarini xalqona usullari bilan qanday olib tashlash mumkin?
Qora rangli matoda dazmol izlarini qanday ketkazish mumkin?
Ko‘pincha qora rangli kiyimlarda dazmollashdan so‘ng yaltiroq iz qoladi. Bu juda yuqori harorat tanlanganligini anglatadi. Dazmolda yorqin dog‘lar paydo bo‘lishining oldini olish uchun qora kiyimlarni ichkari tomondan dazmollash tavsiya etiladi. Agar dazmol izi allaqachon qolgan bo‘lsa, quyidagi usullar yordamida muammoni hal qilish mumkin.
Qora kiyimdagi dazmol dog‘larni kir sovun eritmasi bilan olib tashlash mumkin. Buning uchun ro‘molcha eritmaga namlanadi va u bilan kiyim dazmollanadi.
Iste’mol sodasi ham qora kiyimdagi dazmol izlarini ham olib tashlashga yordam beradi. Quyuq pyure hosil bo‘lguncha suv bilan aralashtiriladi. Muammoli joylarga qo‘llab, ikki soatga qoldiriladi. Keyin iliq suv bilan yuvib tashlanadi.
Dazmol izlaridan qutulish uchun piyozdan foydalanish mumkin. Uni maydalab, dog‘ ustiga qo‘llanadi va ishqalanadi. So‘ngra bir necha soatga qoldiriladi. Keyin kiyimlar sovuq suvda taxminan ikki soat davomida namlanadi. 30-40 daraja haroratda yuviladi.
Qora matolardan dazmol izlarini olib tashlashning oddiy, ammo samarali usuli bor — kiyimni ferment mahsulot bilan yuvish.
Yana bir g‘ayrioddiy usul: kiyimni yog‘siz sutga botirib, o‘ttiz-qirq daqiqaga qoldiring. Agar yog‘li sutdan doydalanilsa, u kiyimda yog‘ dog‘larini qoldirishi mumkin.
Dog‘li joy sovuq suv bilan namlanadi va tuz sepiladi. Mato cho‘tka yordamida muloyimlik bilan tozalanadi va quritishga qoldiriladi. Agar tuz dog‘lari qolsa, kiyim sovuq suvda yuviladi.
Bu vaqtda limon sharbatiga ham murojaat qilish mumkin. Kislota matoni normal holatga keltiradi. Ular dog‘ ustiga qo‘llanadi va yigirma-o‘ttiz daqiqaga qoldiriladi, so‘ngra yuvib tashlanadi.
Sharob sirkasi ham ba’zi dog‘larni yaxshi tozalaydi. Avval dog‘ ustiga qo‘llanib, to‘liq quritiladi va yuviladi.
Shuningdek, ayrim matodagi dog‘larni ustara, cho‘tka yoki yopishqoq lenta yordamida ham tozalash mumkin.
Qora matoda dazmol iz qoldirmasligi uchun nimalarga e’tibor berish kerak?
Rangli matolardagi dazmol izlarini qanday olib tashlash mumkin?
Ba’zida dazmol jigarrang-sariq dog‘larni qoldiradi. Kiyimni tashlab yuborishga shoshilmaslik kerak, balki quyidagi layfxaklar yordamida uni avvalgi holatiga qaytarish mumkin. | 92 | 2,927 |
Ayollar | O‘zbekistonlik modelyer Dubayda bo‘lib o‘tgan musulmonlar moda haftaligida ishtirok etdi (foto+video) | O‘zbekistonlik modelyer Dilnoza Shamsutdinova 8—9-dekabr kuni Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan Dubai Modest Fashion Week xalqaro festivalida ishtirok etdi. Bu haqda “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘idagi “I snova pro Tashkent” guruhida xabar berildi.
Festival shohsupasida shariatga mos kiyimlar namoyish etildi. Dilnoza Shamsutdinova o‘zining Suger Plum Couture markasini taqdim qildi. Uning kolleksiyasidan adras matosidan qo‘lda tikilgan salla va chakmonlar o‘rin oldi. | 101 | 468 |
Ayollar | Yuzdagi kamchiliklarga urg‘u berib, yoshni katta ko‘rsatadigan makiyaj borasidagi antitrendlar | Makiyaj ayolning go‘zal va latofatli ko‘rinishiga hissa qo‘shadi. Ammo bu borada me’yorni bilish muhim sanaladi. Aks holda yosh katta va obraz xunuk ko‘rinishi mumkin.
Haddan ortiq konturing va xaylayter
Uzoqdan ham ko‘zga tashlanib turadigan to‘q bo‘yoq surtilgan yonoqlar, yaltiragan xaylayter kadrda chiroyli ko‘rinadi, ammo hayotda emas. Qolaversa, haddan ortiq konturing yoshni katta ko‘rsatadi. Shu sabab ham jigarrang kontur o‘rniga tabiiy ko‘rinadigan shaftoli rangli rumyana surtish tavsiya qilinadi. Bu bilan yosh va o‘ziga xos ko‘rinishingiz aniq.
Chizilgan qoshlar
Tatuajga o‘xshab turadigan qoshlar yoshni sezilarli darajada katta ko‘rsatadigan yana bir antitrend hisoblanadi. Qalin qosh egalariga tartibga keltirib tarab, gel surtishning o‘zi kifoya. Bo‘yashingiz ham mumkin, ammo chizishdan va qoshlarning tagiga xaylayter surtishdan tiyiling.
Tonal kremni qalin qilib surtish
Tonal kremni qalin qilib surtish yuzda niqob singari ko‘rinishidan tashqari, teridagi kamchiliklarning yaqqol ko‘zga tashlanishiga sabab bo‘ladi. Tabiiy yaltirab turadigan, sog‘lom teri hamisha trendda. Shuni inobatga olgan holda, quyuq bo‘lmagan tonal kremni nomiga surtishning o‘zi bilan cheklaning.
Lab chetini qalamda chizib bo‘yash
Lab chetining chizib olinishi darhol ko‘zga tashlanib, notabiiy ko‘rinadi. Lablarning o‘ziga xos bo‘lishi uchun qalamni nomiga surtib, shu rangga mos keladigan pomada surtish tavsiya qilinadi. Labni quruq ko‘rsatadigan bo‘yoqlardan qochib, blesk va yengil pomadalardan foydalanish tavsiya qilinadi. | 94 | 1,529 |
Ayollar | Tashlashga shoshilmang: meva va sabzavot po‘stlog‘ining ko‘pchilikka noma’lum foydalari | Ushbu sabzavot va mevalarning xususiyatlari bilan tanishgandan so‘ng ularning qobig‘ini chiqindiga tashlashni xohlamay qolasiz.
Avokado
Agar avokado oshxonada tez-tez mehmon bo‘lsa, uning qobig‘ini tashlamaslik kerak. Quritilgan qobiq bahorda ko‘chatlarni o‘stirish uchun idish sifatida ishlatilishi mumkin. Nihol rivojlanishi davrida va tuproqqa o‘tkazishdan oldin bu biologik parchalanadigan material ildizlarni antioksidantlar, foydali vitaminlar va minerallar bilan oziqlantiradi.
Limon
Limon qobig‘i mayda bo‘laklarga kesib, choynakka solinadi va 10-15 daqiqa qaynatib olinadi. Bu eng yaxshi tozalash vositalaridan biridir. Limon kislotasi qasmoqlarni yo‘q qiladi va oddiy gubka hamda yuvish vositasi bilan osongina yuviladi.
Apelsin
Apelsin qobig‘i tasmasini yumshoq tomoni bilan tish emaliga bir necha daqiqa davomida ishqalash lozim. Meva kislotalari tishlarni qoldiq va cho‘kmalardan tozalashga yordam beradi va ularni biroz yengillashtiradi.
Jarayondan 10-15 daqiqa o‘tgach, kislota qoldiqlarini olib tashlash uchun tishlarni pasta bilan yuvish kerak, aks holda uzoq muddatli kislota tufayli emal zararlanishi mumkin.
Banan
Banan po‘stlog‘i haqiqiy charm poyabzalning yorqinligini tiklashga yordam beradi. Gap kaliy haqida bormoqda, bu mevada va professional poyabzal parvarishi mahsulotlarida ko‘p miqdorda topilgan. Bu quyidagicha amalga oshiriladi: poyabzal po‘stloq bilan artib olinadi, so‘ngra toza mato bilan jilolanadi. Bu oddiy tavsiya bo‘lishi mumkin, lekin natijasi a’lo.
Greypfrut
Greypfrut antioksidantlar va kletchatkaning boy manbaidir. Ma’lumki, mevani muntazam iste’mol qilish xolesterin darajasini pasaytirish, gipertoniya bilan kurashish va immunitetni mustahkamlashga yordam beradi. Greypfrutning qobig‘ida uning mevasidan kam bo‘lmagan foydali moddalar mavjud. Shuning uchun undan dorivor choy tayyorlanadi. Buning uchun mayda to‘g‘ralgan qobiq qaynoq suv bilan aralashtiriladi va 15 daqiqa davomida dimlanadi. Ta’bga ko‘ra, ichimlikka bir qoshiq asal qo‘shish mumkin.
Shaftoli
Shaftoli mevalar orasida kosmetologlarning eng yaxshi do‘stidir. Uning mevasida kaliy, magniy, temir, mis, rux va mavjud. Shaftoli rekord miqdordagi vitamin, pektin, efir yog‘larni o‘z ichiga oladi.
Qora dog‘lar va epidermisning o‘lik teri hujayralaridan terini tozalash uchun shaftoli qobig‘idan foydalanish kerak. Po‘stiga ozgina shakar qo‘shib, tozalash uchun yuz terisiga muloyimlik bilan tozalanadi. Keyinchalik teri yumshagani va namlanganligini his qilish mumkin.
Bodring
Uyda hasharot va chumolilar bo‘lsa, bodring po‘stlog‘i muammoning yechimi bo‘la oladi. Hasharotlar bu sabzavot po‘stiga chiday olmaydi.
Sabzi
Sabzi organizmdagi oksidlanish jarayonlarini sekinlashtiradigan, terini va butun organizmni yosh ushlab turadigan antioksidantlarga boy. Sabzi tarkibidagi retinol oziqlantiradi va namlaydi, vitamin PP esa yallig‘lanishning oldini oladi va yengillashtiradi. A vitamini ham regenerativ jarayonlarni tezlashtiradi, terini yaxshilaydi.
Agar teri qarishining dastlabki belgilari kuzatilsa, ularga qarshi kurashish uchun sabzi po‘stlog‘idan foydalanish mumkin. Sabzi po‘stini ajinga qo‘llash va bir muddat qoldirish kerak. Jarayonni haftada bir necha marta takrorlash tavsiya etiladi, chunki asosiy narsa muntazamlikdir!
Kartoshka
Ko‘z ostidagi shish va qorayishdan tezda xalos bo‘lish kerak bo‘lsa, tasdiqlangan vositadan foydalanish lozim. Teriga toza kartoshka qobig‘ini qo‘llash va taxminan 10 daqiqa kutish kerak. Sabzavot tarkibidagi katexolaza fermenti tom ma’noda teriga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Olma
Olma po‘stidan mazali murabbo tayyorlash mumkin. Olmaga qo‘shimcha ravishda limon qobig‘i, suv, shakar kerak bo‘ladi. Olmali murabbodan nonushtada yoki piroglar uchun qo‘shimcha sifatida foydalanish mumkin. | 87 | 3,744 |
Ayollar | Sochlarni qanday qilib to‘g‘ri quritish kerak? | Biz siz uchun sochlarni tez va ularga yaltiroqlik, hajm va haqiqiy go‘zallik baxsh etuvchi sog‘lom quritishning muhim qoidalarini to‘pladik. Xo‘sh, siz sochlarni yuvdingiz — endi esa quritishga kirishamiz.
Birinchi qiladigan ishingiz — sochlardagi ortiqcha namlikni ketkazish. Namlik ta’sirida sochlarning himoya qatlami shishadi, bu esa o‘ta mo‘rtlikka olib keladi va sochlar uchining yorilish xavfini oshiradi. Shuning uchun, suv bilan aloqa qancha kamroq bo‘lsa, shuncha yaxshiroq bo‘ladi.
Yaxshisi namlikni yumshoq, yaxshi shimib oladigan mikrofibrali sochiq bilan artish kerak. Sochlarni artishda hech qachon ishqalamang.
Bu g‘alati tuyulishi mumkin, lekin fen ishlatish sochlarning salomatligi nuqtai nazaridan — o‘zi mustaqil ravishda qurigandan ko‘ra ancha to‘g‘ri qaror. Buning sababi yuqorida eslatib o‘tganimizdek: sochlar uchun suv bilan aloqa qancha kamroq bo‘lsa, shuncha yaxshiroq bo‘ladi.
Ular sochiq bilan artilgan sochlarga suriladi. Bunday sprey, ko‘pik yoki losyonlar bir yo‘la bir nechta vazifalarni bajaradi. Birinchidan, ular sochning ichidagi namlikni tegishlicha taqsimlaydi. Ikkinchidan, har bir soch tolasining qurib ketish yoki qizib ketish xavfini kamaytirish uchun ularni o‘rab turadi.
Issiq havoning afzalligi shundaki, u ortiqcha namlikni tez bug‘lantiradi. Bunday tarzda quritilgan sochlar quruq bo‘lib qoladi, lekin yaxshi turmaklanadi.
Yuqori haroratning salbiy tomonlari ham bor: issiq havo ortiqcha namlikni ketkazish bilan birga sochlarning shikastlanishiga ham olib keladi. Bundan tashqari, tez bug‘lantirilgan namlik soch kutikulalari qoplamalarini ko‘tarib yuboradi, bu esa sochlarning yanada mo‘rtlashishiga va xira tortib qolishiga sabab bo‘ladi.
Aynan shuning uchun sartaroshlar fendan imkoni boricha salqin rejimda foydalanishni tavsiya qiladi.
Manba: Heroine | 46 | 1,805 |
Ayollar | Teri parvarishi uchun olma sirkasidan oqilona foydalanish sirlari | Terini tozalang va yoshartiring, dog‘lar va ekzemani bartaraf eting. Oddiygina olma sirkasi yuqorida aytilganlarning hammasiga qodir.
Yuz terisi uchun olma sirkasi
Tabiiy olma sirkasi tarkibi tufayli juda ko‘p foydali xususiyatlarga ega. Olma sirkasi terini parvarish qilishda va ekzemani davolashda samarali, chunki uning tarkibida:
Olma sirkasini yuz terisiga qanday qo‘llash kerak?
Muhim ogohlantirish: hech qachon yuz, qo‘l va oyoq terisi uchun suyultirilmagan olma sirkasini ishlatib bo‘lmaydi. Har doim 1:1 suv bilan aralashtiriladi. Shuningdek, sirka 2,5 foiz konsentratsiyasida suyultirilgan bo‘lishi lozim.
Ikkinchi muhim ogohlantirish: olma sirkasidan teriga foyda olish uchun 4-5 foiz kuchga ega bo‘lgan tabiiy fermentatsiya sirkasini ishlatish tavsiya etiladi. Sintezlangan sirka 7-10 foiz kuchga ega va faqat olma aromatizatori va essensiya bilan suyultiriladi.
Teri uchun tabiiy sirkani tanlash mumkin bo‘lgan yana bir belgi: unda sirka idishida deyarli har doim kichik cho‘kmalar hosil bo‘ladi. Bu me’yoriy va hatto yaxshi.
Allergik reaksiya testi: birinchi marta sirkani ishlatishdan oldin suyultirilgan olma sirkasi qo‘l terisining kichik qismiga surtiladi va 10-15 daqiqa kutiladi. Shundan keyingina olma sirkasini terini parvarish qilishda, masalan, yuz niqoblari tarkibida qo‘llash mumkin.
Olma sirkasi bilan terini davolash
Pigment dog‘lar, husnbuzar va qora nuqtalar
Olma sirkasi kichik pigmentli dog‘larni yaxshi rangsizlantiradi, shuningdek, yallig‘langan yog‘ bezlarini dezinfeksiya qiladi, husnbuzarlarga qarshi kurashadi va ularning paydo bo‘lishini oldini oladi.
Olma sirkasi terini oqartiradi va har kuni yuvishda ishlatilsa, vaqt o‘tishi bilan dog‘lar kamayadi. Ta’sirni kuchaytirish uchun paxta suyultirilgan olma sirkasiga botiriladi, teri artib olinib, 20-30 daqiqa davomida dog‘larga qo‘llanadi. Keyin toza suv bilan yuviladi. Agar ushbu jarayon kuniga ikki marta takrorlansa, unda bir yarim oy ichida olma sirkasi teriga o‘tkazgan ta’sirini ko‘rish mumkin.
Ajinlar
Bundan tashqari, olma sirkasini terini taranglashtirish va kuniga ikki marta suyultirilgan sirka bilan yuvish orqali kichik ajinlardan qutilish uchun ham foydalanish mumkin. Har qanday protseduradan keyin yuzni toza suv bilan yuvishni unutmaslik kerak.
Yog‘li yoki quruq teri
Olma sirkasi terining pH qiymatini me’yorlashtirishi sababli muntazam yuvish yordamida yuzning quruqligi yoki yog‘lanishidan xalos bo‘lish mumkin.
Muhim ogohlantirish: teriga tabiiy olma sirkasi qo‘llanilgandan so‘ng quyoshga chiqmasdan oldin unga kiyim va quyoshdan himoya qiluvchi krem surtish kerak. Chunki fitokimyoviy kuyish kuzatilishi mumkin.
Ekzema va boshqa teri kasalliklarida qichishishni bartaraf etish uchun olma sirkasi qo‘shilgan eng yaxshi retseptlar
Muammoli teri uchun olma sirkasi suyultirilishining nisbati: bir stakan suv uchun 2 choy qoshiq. Ushbu eritma bilan ekzema namlanadi va yuza bo‘ylab so‘rilib ketishi uchun artilmaydi. Ta’sirchan teri uchun 1 stakan suvga choy qoshiq olma sirkasi qo‘shiladi.
Suyultirilgan sirkani iste’mol qilish tanani oziqlantiradi. Kunlik me’yorning chegarasi 2-3 choy qoshiq suyultirilgan sirka. Bir vaqtning o‘zida bir stakan suvda bir choy qoshiq tabiiy sirka eritilib, ichiladi. Ichimlikni mazali va sog‘lom qilish uchun bir choy qoshiq asal yoki iste’mol sodasi qo‘shish mumkin. Faqat ushbu aralashmani och qoringa ichish mumkin emas.
Tabiiy olma sirkasini ishlatishga qarshi ko‘rsatmalar
Quyidagi hollarda olma sirkasi nojo‘ya ta’sir ko‘rsatishi mumkin: homiladorlik va emizish, diabet, jig‘ildon qaynashi, oshqozon yarasi, pankreatit. | 65 | 3,571 |
Ayollar | Niqob ostida lab bo‘yog‘ini saqlab qolish uchun ajoyib layfxak | Niqoblar deyarli yuzning yarmini berkitib turgani, shuningdek, tez o‘chib ketishi yoki bo‘yoqning yoyilib ketishi tufayli ham lab bo‘yog‘idan foydalanish ayollar uchun biroz muammolar tug‘dirmoqda. Ammo go‘zallik va undan zavqlanishni hamisha istaydigan moda ixlosmandlari bu borada ajoyib layfxakni tavsiya etadi.
Niqob taqish majburiy hisoblangan bir vaqtda lab bo‘yog‘ini surish va uni avvalgidek chiroyli ko‘rinishda qoldirish uchun nima qilish mumkin? Bugungi kun uchun ko‘proq lab bo‘yoqlarining yaltiroqsiz hamda uzoq vaqtga chidamli turi juda mos keladi.
Yaltiroqsiz va yog‘siz lab bo‘yoqlari suyuqlariga nisbatan ancha chidamli hisoblanadi. Faqat ulardan foydalanishdan avval lablarga maxsus balzam yoki namlantiruvchi vosita surish kerak. Shundan so‘ng lab bo‘yog‘ini surib, qog‘oz salfetka yordamida quritish kerak. So‘ngra ustidan ikkinchi qatlamni surish mumkin. Natija yanada yaxshi bo‘lishi uchun birinchi qatlamdan so‘ng biroz upadan foydalanilsa ham bo‘ladi.
To‘q rangli lab bo‘yog‘i tarkibida tabiiylariga qaraganda ko‘proq birikmalar mavjud. Shuning uchun ham ular labda uzoqroq saqlanib qolish xususiyatiga ega.
Lab uchun mo‘lajllangan qalamlar ham chidamlilikka erishishda yordam beradi. Faqatgina xarid jarayonida qalamlarning chidamlilik belgisiga e’tiborli bo‘lish zarur. Shuningdek, qalamlar lab qismga surilgan bo‘yoqni tarqab ketishidan saqlaydi. Sababi qalamlar bo‘yoqqa nisbatan biroz boshqacha tarkibga ega, shuning uchun ham ulardan ko‘proq lab chegaralashda foydalaniladi.
Mavuzga doir: | 62 | 1,521 |
Ayollar | Fotografdan tavsiya: Ijtimoiy tarmoq uchun mukammal suratga tushish sirlari | Hayotda chiroyli bo‘lgani bilan suratda unchalik ko‘rinmaydigan qiz va ayollar uchun chikagolik fotograf Rodriges Kshivitskining bu boradagi foydali tavsiyalarini havola qilamiz.
Ko‘chadagi o‘rindiqda qanday suratga tushish kerak?
Qaddingizni ko‘tarib, o‘ng yelkani oldinroq chiqaring. Chap oyoqni biroz oldinga cho‘zib, qo‘lingizni tizza ustiga erkin qo‘ying. Yuzingizga jiddiy tus berib, o‘zingizni go‘yo uzoqlarga tikilayotgandek tuting.
Street stile: ko‘chada suratga tushish uchun g‘oya
Suyanish mumkin bo‘lgan joyga yon bilan turing. Chap qo‘lingizni ustunga qo‘ying, o‘ng oyoqni bukib, boshingizni balandroq ko‘taring.
Yirik plandagi portret foto
Yirik plandagi suratingiz chiroyli chiqish uchun masofa saqlang va qo‘llaringizni qovushtirmang. Qo‘lingizni bel qismiga qo‘ying. Qorinni tortib, boshni balandroq ko‘taring. Ikkinchi qo‘l bilan sumkani ushlashingiz yoki shunchaki cho‘ntakka solishingiz mumkin.
Yorqin elementlar bilan kompozitsiya yaratganda
Birinchi navbatda orqa fonning kiyim rangiga tortib ketmasligiga e’tibor bering. Bo‘y-bastingiz bilan suratga tushmoqchi bo‘lsangiz, yon tarafingiz bilan turing. Oyog‘ingizning birini xiyol buking. Qo‘llarning birini ko‘tarib, ikkinchisini bo‘sh qo‘yishingiz mumkin. Qorinni tortishni va tabassum qilishni unutmang.
Uyda suratga tushganda
Uyda suratga tushganda jiddiylikdan qochib, o‘zingizni erkin tuting. O‘zingizni go‘yo joyingizdan sakramoqchidek tuting. Foto tabiiy chiqadi va quvonch bag‘ishlaydi.
Ko‘zguda olingan surat muvaffaqiyatli chiqishi uchun nima qilish kerak?
O‘tirgan holatda suratga tushayotgan bo‘lsangiz, oyog‘ingizning bittasini yig‘ing. Yelkani biroz oldinga chiqaring. Bo‘yningizni biroz ko‘taring va boshingiz bilan xiyol chetga qarang.
Selfi mukammal chiqishi uchun nima qilish kerak?
Selfi mukammal chiqishi uchun yorug‘lik yetarli bo‘lishi bag‘oyat muhim. Yorug‘likka teskari turib suratga tusha ko‘rmang. Tabiiy yorug‘likdan foydalanilsa, yanada yaxshi. Telefonni ko‘zdan biroz balandroq tuting va kamerani biroz o‘zingiz tarafga eging.
Bir xil usulda tushiladigan fotoda qanday kiyingan yaxshiroq?
Og‘irlikni bir oyoqqa biroz ko‘proq tashlab suratga tushishni yoqtirganlarga iloji boricha keng va ustma-ust kiyim kiyish tavsiya qilinadi. Kurtka, trench yoki palto kiyib qo‘llaringizni cho‘ntakka solishingiz mumkin. Tirsaklarning biroz bukilishi fotoda yanada chiroyli ko‘rinadi.
Tasodifan olingandek fotoga tushish
Suratga tushib bermagandek ko‘rinishni istasangiz, kamera qarshisiga turib, boshingizni boshqa tomonga buring. Kameradan biroz teparoqqa qarang. Qo‘llar bilan sochni tartibga keltirayotgandek ko‘rinishingiz hamda oyoqlarni chalishtirishingiz mumkin. | 75 | 2,667 |
Ayollar | Yangi yil kechasi uchun o‘zgacha manikyur | Bu maqolada sizga yangi 2017-yilni kutib olish kechasi uchun manikyurlarning eng ajoyib variantlari taqdim etiladi.
Qizil rangning nozik turlari
To‘q qizil, alvon, qirmizi ranglardan xohlaganingizni tanlashingiz mumkin, faqat, bo‘yoq ravshan va tiniq bo‘lishi shart. Qizil manikyur kechki tadbirlar uchun juda muvofiq keladi. U uzun liboslar bilan ham, kalta ko‘ylaklar bilan ham mos tushadi.
Tillarang
Tillarang manikyur ko‘rinishingizga haqiqiy bayramona va tantanavor tus beradi. Manikyurga xohlagan qoplamani tanlashingiz mumkin: zarlar, glitter, folga bo‘lakchalari va boshqalar.
Qora
Yangi yil kechasi uchun qora rangdagi manikyur g‘amgin ko‘rinmasligi uchun, har xil yaltiroq bezaklardan foydalaning.
“Shisha siniqlari”
Golografik ta’sirli shisha manikyur – tirnoqlar dizaynida yangi trend hisoblanadi. U tirnoqlarga yorug‘lik nurida har xil bo‘lib tovlanuvchi rangli shisha siniqlari kabi ko‘rinish beradi. | 41 | 915 |
Ayollar | Irina Sheyk karantin boshlangandan buyon ilk marta ko‘chada ko‘rinish berdi | Koronavirus karantini vaqtida Irina Sheyk, 3 yashar qizi Leya bilan birinchilardan bo‘lib o‘zini-o‘zi izolyatsiya qilgandi. Model boshqa yulduzlar singari bir marotaba ham izolyatsiya qoidalarini buzmadi, ko‘zga ko‘rinmadi. Elle’ning yozishicha, kutilmaganda Nyu-York ko‘chalarida niqob taqqan Irina paparatssi nishoniga aylandi.
34 yoshli yulduz art-diller Vito Shnabel bilan birga ko‘chada yurgani aks etgan fotolar tarqadi. Unda modelning klassik ko‘k jinsi shim, oq tekstil jemfer va Max Mara’dan ko‘k shuba kiyganini ko‘rish mumkin. Qora shapka kiygan Sheyk, qora botinka ichiga shimini kirgizgan. OAV, u kiygan kiyim-kechaklardan ham ko‘ra, ko‘proq tibbiyot niqobiga e’tibor qaratdi. Modelning obrazi niqob bilan yanada mukammal bo‘lsa bo‘lganki aslo buzilmagan.
“Tabassum har qanday virusni o‘ldiradi”. Irina Sheyk yangi fotoloyihada Italiyani qo‘llab-quvvatladi | 75 | 873 |
Ayollar | Karantin o‘ziga qaramaslikka bahona xolos. Ko‘p vaqt olmaydigan tonggi soch turmagi | Karantin o‘ziga qaramaslik uchun bahona bo‘lmasligi kerak, sochni chiroyli turmaklash uchun esa soatlab oyna qarshisidan jilmaslik yoki salonga borishni rejalashtirishning ham keragi yo‘q. Marie Claire nashri ayol va qizlarni hamisha tashqi ko‘rinishiga e’tiborli bo‘lishga chorlagan holda ko‘p vaqt olmaydigan, uyda bajarsa bo‘ladigan turmak bilan bo‘lishdi.
Har tong mukammal ko‘rinish qiyin, ammo ilojsiz emas. Bunda tartibli soch turmagi muhim rol o‘ynaydi.
Sochni turmaklash uchun:
Bajarilish jarayoni:
1. Turmak uchun soch yuvilgan va nam bo‘lishi kerak. Shampun bilan yuvilgach, soch uchun mo‘ljallangan konditsionerdan foydalanish tavsiya etiladi. Bunda sochlaringiz egiluvchan va turmakka moslashuvchan bo‘ladi.
2. Sochlaringizni quriting va yengil harakatlar bilan tarang.
3. Turmak uchun o‘zingizga mos bo‘lgan kosmetik vositadan foydalaning. Bu sochni qalin ko‘rsatuvchi krem yoki losyon bo‘lishi mumkin. Tanlangan vositani nam soch tolalariga surting va fen yordamida quritishni boshlang. Fen ishlatayotganda ikkinchi qo‘lingiz bilan yoki taroq yordamida sochingizni ildizlaridan ko‘taring.
4. Keyingi bosqichda soch dazmoli yoki ployka yordamida sochingizni jingalak qiling. Bunda qurilmani yuz qismidan pastga qarab yo‘naltirgan yaxshi.
5. Jingalak qilib bo‘lgach, qo‘l harakatlari bilan turli tomonga qarata tarang. Bunda soch yanada tabiiy va qalinroq ko‘rinadi. | 83 | 1,381 |
Ayollar | Tantanali kechalar uchun chiroyli soch turmaklari (foto) | Har bir ayol va qizning hayotida tantanali tadbirlar, to‘ylar va boshqa marosimlar tez-tez bo‘lib turadi. Ko‘pincha bunday tadbirlarga tayyorlanishda soch turmagi tanlash borasida qiyinchiliklarga duch kelamiz. Maqolamizda ancha shunday vaziyatlardan chiqib ketishda yordam beruvchi maslahatlarni o‘qishingiz mumkin.
Jiddiy ko‘rinishga ega bo‘lmoqchi bo‘lsangiz, silliqlangan yoki jingalak qilingan sochlaringizni bitta qilib yig‘ing. Agar qiyofangiz zerikarli bo‘lib qolishini istamasangiz, sochingizga qandaydir bezak taqishingiz mumkin. Masalan, libosingiz shunga mos bo‘lsa, yunoncha uslubdagi gardishdan foydalaning.
Sochni original tarzda o‘rish hozir moda cho‘qqisida. Uzun sochlaringizni turlicha o‘rimlar (bug‘doycha, baliq dumi, fransuzcha o‘rim) yordamida yig‘ishingiz mumkin. Agar sochingiz kaltaroq bo‘lsa, uning faqat tepa qismini o‘rimga kiritib, pastki qismini yoyishingiz mumkin.
Ot dumi va o‘rimlar sizning uslubingiz bo‘lmasa, sochingizni jingalak qilib, yoyishingiz mumkin. Soch uchun dazmoldan foydalanib, o‘zingiz istagan kattalakda jingalak bo‘lgan sochlarga erishishingiz mumkin. Zulfingizni bir tomonga tushirib, gulli to‘g‘nog‘ichlardan foydalanishingiz yoki sochning ustki qismini tepaga yig‘ishingiz mumkin. | 56 | 1,239 |
Ayollar | Foto: Arab shayxlarining stereotiplarni o‘zgartirib yuborgan go‘zal rafiqalari | Yaqin Sharqda yashovchi ayollar paranjiga o‘ranib olib, faqat erlari bilan ko‘chaga chiqadi, degan fikr bor. Bu eskirgan stereotip. Aslida arab ayollari tashqi ko‘rinishi va kiyinishiga e’tibor beradi, chiroyli kiyim hamda makiyaj bilan ko‘chaga chiqadi. Quyida arab ayollari haqidagi stereotiplarni o‘zgartirib yuborgan malikalar haqida so‘z yuritamiz.
Raniya al-Abdulla
Raniya al-Abdulla 21 yildan buyon Iordaniya qirolichasi hisoblanadi. 31-avgustda 50 yoshni qarshilaydigan ushbu ayol qiyofasiga nazar tashlab, uning nafaqat go‘zalligi, balki yosh ko‘rinishiga maftun bo‘lish hech gap emas. Sochining qalin jingalak qilib turmaklanishi, oshirib yuborilmagan makiyaj va mukammal qaddi-qomati uni ancha yosh ko‘rinishiga sababchi hisoblanadi.
Moza bint Nosir al-Misnid
Qatar sobiq amirining rafiqasi Moza bint Nosir al-Misnid 60 yosh ekaniga va 7 farzandi borligiga ishonish qiyin. Ushbu latofatli ayol nafaqat chiroyi, balki kiyinish borasidagi didi bilan ham hamisha e’tirof etilgan. U doim o‘ziga xos libos va yorqin bosh kiyimida namoyon bo‘ladi.
Hayya bint al-Huseyn
Hayya nafaqat Iordaniya malikasi, balki Dubay amirining turmush o‘rtog‘i hamdir. Kelib chiqishi qirollik oilasi bilan bog‘liq bo‘lgan Hayyaning tashqi ko‘rinishi kishi ko‘zini quvnatadi. Qalin malla sochlari, kelishgan qaddi-qomati va latofatli tabassumi bilan Sharqning mashhur ayollaridan ajralib turadi.
Lalla Salma
Marokash qirolining turmush o‘rtog‘i bo‘lgan Lalla qizg‘ish sochlari va istarali qiyofasi bilan o‘ziga xosdir. U ortiqcha makiyaj qilmasligi, didli kiyinishi bilan OAV e’tibori markazida hisoblanadi.
Amira at-Tavil
Saudiya Arabistoni malikasi bo‘lgan Amira ko‘p hollarda malika Jasminga o‘xshatiladi. U Sharqning eng go‘zal ayollaridan biri hisoblanadi. Malika yorqin makiyaj qilish, ayniqsa lablariga qirmizi tus berishni xush ko‘radi. Uzun va qalin sochlari esa uning chiroyiga chiroy qo‘shadi.
Dina Abdulaziz as-Saud
Yana bir Saudiya malikasi Dina dunyoning eng didli kiyinadigan ayollaridan biri hisoblanadi. Shu sabab ham 2016-yilda Vogue Arabia’ning bosh muharriri etib tayinlangan. Dina yorqin makiyaj qilishni yoqtirmaydi, lekin soch turmagini muntazam ravishda o‘zgartirib turadi.
Mavzuga doir | 78 | 2,201 |
Ayollar | Foto: Ayollar obrazidagi erkaklar g‘ashiga tegadigan jihatlar | Ortiqcha makiyaj, tatuaj qilingan qosh va yana nimalar erkaklarning g‘ashiga tegadi? Quyida ushbu savolga javob beramiz.
Uzun tirnoqlar
Keragidan ortiq uzunlikdagi tirnoqlar nafaqat erkaklar, balki boshqalarga ham yoqmasligi aniq. Qolaversa, gigiyenik jihatdan ham tirnoqlarni bunday o‘stirish to‘g‘ri kelmaydi.
Oshirib yuborilgan makiyaj
“Chaplanib olish” kishining asl yuzini berkitayotgandek, niqob taqib olgandek taassurot beradi. Erkaklarga tabiiylik, me’yorida qilingan makiyaj yoqadi.
Birinchi uchrashuvda ayol yoki qizni ochiq libosda ko‘rish yaxshi taassurot qoldirmasligi aniq. Libos egasi fe’l-atvori mukammal bo‘lmasin, u bilan gaplashib ko‘rilmaguncha tashqi ko‘rinishidan xulosa chiqarilishini yoddan chiqarmaslik kerak.
Har 10 erkakdan 9 nafari tatuaj qilingan qoshlarni jini suymasligi aniq. Bunday qoshlar ayol kishining e’tiborga o‘chligi, didsizligidan dalolat beradi.
Juda ko‘p taqinchoqlar taqish
Taqinchoqni taqish kerak, ammo me’yorida, did bilan. Yasatilgan archa bo‘lib olish yaxshi taassurot qoldirmaydi.
Ayollik jozibasiga keragidan ortiq urg‘u berish
Osilib turadigan zirak, bantik va burmali libosni bir vaqtning o‘zida kiyish didsizlikdan boshqa narsa emas.
Bunday uslubda faqatgina ish yoki o‘qishga kiyinish kerak. Uchrashuv yoki tadbirga oq ko‘ylak va qora yubkada borish tavsiya qilinmaydi. Jiddiy ko‘rinish uchun dress-kod kiyish shart emas, minimal uslubdagi qora oddiy ko‘ylak ustidan klassik jaket kiyib ham ko‘zlangan maqsadga yetish mumkin.
Ulama soch, shishirilgan lab va chizilgan makiyaj. Ayollar tashqi ko‘rinishidagi erkaklarga yoqmaydigan jihatlar | 61 | 1,601 |
Ayollar | Ulama kipriklardan foydalanishning plyus va minuslari | Ko‘pchilik ayollar kipriklarni mukammal tarzda uzaytiruvchi tushlardan foydalanishni kamaytirmoqda. Ayniqsa, ularning kipriklari siyrak va uzun bo‘lmasa, sun’iy kiprik ulash imkoniyatidan foydalanishni afzal deb biladi. Quyida esa jarayon bilan bog‘liq ijobiy va salbiy holatlar bilan tanishish mumkin.
Kiprik turlari va ularning joylashuvi
Sun’iy kipriklar mikrofiber, inson sochlari, sintetik material va polimerlardan tayyorlanishi mumkin. Ularning uzunligi esa 6-17 millimetrni tashkil etadi. Standart ranglar qora va jigarrang bo‘lishiga qaramay, har qanday rangdagi kipriklarni buyurtma qilish mumkin. Mutaxassislar iloji boricha tabiiy ko‘rinishni saqlab qolish uchun turli uzunlikdagi kipriklardan foydalanadi. Odatda qisqaroqlari pastki qovoq va ko‘zning ichki burchagida, uzunlari esa tashqi qismdan joy oladi. Agar ko‘zlar qisiq bo‘lsa, ularni kattaroq ko‘rsatish maqsadida markaz qismga uzun kipriklar ulanadi. Dumaloq ko‘zlarda esa ikkala qovoq uzun kipriklar bilan hoshiyalanadi va juda chiroyli ko‘rinishni hosil qiladi.
Kimlar uchun ulama kiprik mumkin emas?
Kipriklarni ulashda tolalar qovoqqa emas, tabiiy kiprik tolalariga yopishtirilishi barchaga ma’lum. Shunga ko‘ra, kipriklar juda nozik va mo‘rt bo‘lsa, ulama kiprik yaxshi tanlov emas. Bu kabi hollarda shunchaki yaxlit yopishtirib qo‘yiladigan kiprik tavsiya etiladi. Sababi kiprik ektirish jarayonida nimjon tabiiy kipriklar sun’iylarini uzoq vaqt ushlab turishga dosh berolmaydi. Kipriklarni tolalab ulash uchun tabiiy kipriklar zich va qalin bo‘lishi juda muhim.
Ulama kiprikdan keyingi taqiqlar
Ulama kiprik egasi bir qancha taqiqlarga amal qilishi kerak. Jarayondan 24 soat o‘tgach, kipriklarga umuman tegmaslik zarur. Shuningdek, yuz qismi bilan uxlash, tush surish va tarkibida yog‘ bo‘lgan har qanday kosmetik vositadan voz kechish kerak. Bundan tashqari, kipriklarni tarash mumkin emas, ular faqat sovuq suvda yuviladi va issiqda ko‘p vaqt qolib ketmaslikni talab etadi.
Salbiy jihatlari
Yagona xavf – tabiiy kipriklarning to‘kilib ketishidir. Bunday holda ulama kiprikdan voz kechib, qayta tiklovchi muolajalardan foydalanish kerak. 99 foiz holatlarda kipriklar qayta o‘sib chiqadi. Faqat buning uchun uzoq vaqt kutishga to‘g‘ri keladi. | 53 | 2,225 |
Ayollar | Yoshni katta qilib ko‘rsatuvchi kiyimlar | Shunday kiyimlar bo‘ladiki, qiyofangizni buzib yoshingizni kattaroq qilib ko‘rsatadi. Bu holga tushmaslik uchun qanday kiyimlarni sotib olmaslik kerak?
Kapalak nusxa qilib bog‘langan tasmali oq kofta, uzunligi tizzadan pastda bo‘lgan to‘g‘ri bichimdagi yubka va bo‘yindagi marvarid shodasi – bularning har birini alohida olganda eng urfdagi kiyimlar hisoblanadi. Lekin ularni bir vaqtda va bir qiyofada birlashtirsangiz kamida 20 yosh katta ko‘rinib qolasiz.
Yosh ayollarga qomatiga mos bichimdagi kiyimlar yarashadi. Trikotaj koftalar, shaklsiz maykalar, tunikalar esa yosh qizlarga va talabalarga mos tushadi.
Stilistlar fikricha, ingichka kamar shim va jinsilar bilan taqilsa, keng kamar esa kiyim ustidan belga urg‘u berish maqsadida taqiladi.
Ko‘pchilik ayollar odatda ro‘molni bo‘yinga o‘rab, ikki uchini yelkadan tashlab qo‘yishadi. Yorqin rangli ro‘mollarni uzunasiga buklab, zamonaviy kinolardagidek uchlarini bo‘yningiz orqasidan bog‘lab qo‘ysangiz yarashib tushadi. | 40 | 977 |
Ayollar | Kosmetik mahsulotlar tufayli ko‘zlarda yuzaga keladigan muammolar | Ko‘z uchun qanday kosmetika aslida juda zararli? Uning xavfini kamaytirish mumkinmi? Mazkur savollarga shifokor-oftalmolog batafsil javob beradi.
Ko‘z yuzasiga biror narsa tushishi
Gap qalam yoki cho‘tkaning tasodifiy zarbasi haqida emas, balki kosmetikaning kichik zarralari haqida. Ko‘zlarimiz tashqi tomondan shox pardani himoya qiladigan va uni namlaydigan ko‘z yoshi plyonkasi bilan qoplangan. Ehtiyotsizlik oqibatida kosmetika plyonkaning yaxlitligini buzadi, bu esa ko‘zning sirtini tirnash xususiyati, qichishish va qizarishga olib keladi.
Tush juda yumshoq mahsulot bo‘lib, uning bir qismi ko‘zning konyunktiviga yoki ko‘z qovoqlarining ichki qismiga osongina tushishi mumkin. Podvodka ko‘z qovoqlarining chetiga ko‘z olmasiga yaqin joyga surtiladi. Demak, ayolning doimiy hamrohi bo‘lgan bu ikki narsa ham eng xavfli hisoblanadi.
Bunday holatlar tez-tez va alomatlar surunkali holga kelsa, quruq ko‘z sindromi rivojlanadi. Bu endi jiddiy kasallik. Ko‘z yoshi plyonkasi tarkibining o‘zgarishi, shuningdek, ko‘z yoshi suyuqligi miqdorining kamayishi bilan tavsiflanadi. Ko‘zlarning yetarli darajada namlanmasligi va ularni ozuqaviy moddalar bilan to‘yintirmaslik fonida boshqa alomatlar paydo bo‘ladi — quruqlik, og‘riq, qum kirgandek his, yorug‘likdan cho‘chish.
Makiyajni tozalash vositalari, ayniqsa, yog‘ga asoslangan vositalar ham xavflidir. Ko‘zning yuzasi bilan aloqa qilganda, ular lakrimal suyuqlikning bug‘lanishiga hissa qo‘shadilar. Bu yana yuqoridagi oqibatlarga olib keladi.
Allergik reaksiya
Bugungi kunda ko‘pchilik kosmetika, ayniqsa taniqli brendlar, antiallergik tarkibiy qismlardan tayyorlangan, ammo baribir ba'zi ingrediyentlar allergiya keltirib chiqarishi mumkin. Bu shilliq qavatga ham, ko‘z atrofidagi teriga ham tegishli.
Birinchi holda, suvga chidamli tush allergik kosmetikalar orasida yetakchi hisoblanadi. Uning tarkibida lanolin, o‘simlik qatronlari, asal mumi — xuddi shu tirnash xususiyati beruvchi moddalar mavjud.
Ayniqsa, kipriklarni uzaytiruvchi tushlardan ehtiyot bo‘lish kerak. Uzunlik va hajm parchalanishga moyil bo‘lgan neylon tolalar tufayli yaratiladi. Ular ko‘zdan ko‘z yoshi suyuqligi bilan yuviladi, ammo allergiyaga sezgir bo‘lganlarda reaksiya darhol paydo bo‘ladi.
Terida reaksiya tirnash xususiyati, qizarish, toshma, qichishish shaklida namoyon bo‘ladi. Bu soha uchun kosmetikani ayniqsa ehtiyotkorlik bilan tanlash kerak, chunki ko‘z atrofidagi teri nozik va sezgir bo‘ladi.
Agar yallig‘lanishning oldini olishning iloji bo‘lmasa, kosmetikadan bir muncha vaqt voz kechish kerak bo‘ladi, keyin uni yangisi bilan almashtirishni unutmang, aks holda hamma narsa qaytadan boshlanadi.
Allergiya reaksiyasi va shunga o‘xshash kasalliklar, shuningdek, muddati o‘tgan kosmetikadan foydalanish tufayli ham paydo bo‘ladi. Yaroqlilik muddati tugagandan so‘ng, bakteriyalar flakonlarda ko‘paya boshlaydi.
Ko‘zning shox pardasi va sirtining mexanik shikastlanishi
Makiyaj qilishda ko‘z shilliq qavat yuzasiga yoki hatto shox pardaga zarar yetkazish ehtimoli mavjud. Ko‘zga narsa kirishi shox parda zararlanishiga, tirnalgan yoki ko‘z olmasining kesilishiga olib kelishi mumkin. Siz darhol kuchli og‘riqni his qilasiz, ko‘z olmasi qizarib ketadi.
Agar bu sodir bo‘lsa, darhol oftalmologga murojaat qiling. Terapiya shifokor tomonidan belgilanadi, ko‘pincha yetarli miqdorda antibakterial tomchilar, ba'zida boshqa dorilar kerak bo‘lishi mumkin. | 65 | 3,394 |
Ayollar | Lab bo‘yog‘ini yuz rangiga qarab tanlaymiz | Ba’zilar lab bo‘yog‘ini tanlashda juda qiynalishadi. Lab bo‘yog‘ini to‘g‘ri tanlash yo‘llaridan biri – mashhur yulduzlarning ko‘rinishini va yuz rangini yaxshilab o‘rganib chiqib, ulardan o‘rnak olish.
Farqli belgilari:
Ko‘zlar – jigarrang, to‘q jigarrang, to‘q yong‘oqrang, havorang, ko‘k-yashil rang.
Sochlar – jigarrang, och jigarrang, qora, barcha to‘q ranglar.
Teri – sarg‘ish rang, qorachadan kelgan, och sariq rang.
Lab bo‘yog‘ingiz:
Teringiz rangiga qaraganda sizga hamma rangdagi lab bo‘yoqlari mos keladi. Agar sizning teringiz och rangli bo‘lsa, pushti rangning hamma tuslari va och binafsharangga yaqin ranglar juda yarashadi. Och sariq rangli qizlarga esa jigarrangli – Penelopa Krusnikidek lab bo‘yoqlari mos keladi.
Farqli belgilari:
Ko‘zlar – yashil, havorang, och yashil rang.
Sochlar – sarg‘ish-och malla, sariq, to‘q sariq, och jigarrang.
Teri rangi – och sariq.
Lab bo‘yog‘ingiz:
Siz uchun eng yaxshi variant – Lili-Rouz Depp va Jiji Xadidlarniki kabi och jigarrang va to‘q sariq rangdagi lab bo‘yoqlari.
Farqli belgilari:
Ko‘zlar – havorang, kulrang, och malla rang.
Sochlar – och rangli, sariq, kulrang.
Teri – och pushti rang.
Lab bo‘yog‘ingiz:
Sizga hamma sovuq tusli ranglar yarashadi.
Farqli belgilari:
Ko‘zlar – yashil, jigarrang, kulrang.
Sochlar – sariq, och jigarrang.
Teri – juda och rangli, ko‘pincha sepkilli.
Lab bo‘yog‘ingiz:
Sizga to‘q sharob tusli ranglar, hatto undan ham to‘qroq ranglar juda yarashadi. | 42 | 1,442 |
Ayollar | Yuzni erta tongda muz bo‘laklari bilan artishning foydasi | Yuzni muz bo‘lagi bilan ishqalash eng qadimgi va munozarali muolajalardan biridir. U Merilin Monro va Marlen Ditrix tomonidan qo‘llanilgan, ammo ko‘plab kosmetologlar uzoq vaqt davomida qabul qilmagan. Endilikda esa “muz bo‘laklari” amaliyoti tobora ommalashib bormoqda – bu ko‘z ostidagi shish va ko‘karishlar bilan kurashish, terini yaxshilash va son-sanoqsiz ajinlarni bartaraf etish va yuz niqoblariga pul tejashning ajoyib usuli.
Buning foydasi nimada?
Jarayon bir qator afzalliklarga ega. Muz tun davomida hosil bo‘lgan ko‘z ostidagi shish, ko‘karishlar va xaltachalarni bir zumda olib tashlaydi, jonlantiradi, uyqudan tezroq uyg‘onishga yordam beradi. Ushbu termal effekt qon oqimini rag‘batlantiradi, natijada yuz ko‘rinishi yanada silliq va yorqin rangga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, muntazam ravishda “muz bilan yuvish” teri hujayralarining yangilanishiga yordam beradi, qarishni sekinlashtiradi va ajinlar paydo bo‘lishining oldini oladi.
Muzdan qay tarzda foydalanish kerak?
Ko‘proq samaradorlik uchun nafaqat oddiy toza suvni, balki turli xil faol moddalarni ham muzlatib, ishlatish mumkin. Masalan, moychechak bulyonini bir necha tomchi uzum po‘sti yog‘i bilan muzlatib qo‘yish va zararsizlantirish uchun greypfrut sharbati bilan ko‘k choyni muzlatib qo‘yish mumkin. Agar teri juda quruq bo‘lsa, muz aralashmasiga krem yoki kosmetik moy qo‘shish mumkin. Shuni unutmaslik kerakki, o‘simlik tarkibiy qismlari kuchli allergiyaga olib kelishi mumkin. Ushbu kompozitsiya bilan butun yuzni muz bilan ishqalashdan oldin, terining kichik qismida harakatlantirib, biroz kutish lozim. Agar tirnash, qizarish xususiyati paydo bo‘lmasa, kompozitsiya xavfsiz hisoblanadi.
Shunday qilib, bu yerda tartibni to‘g‘ri bajarish bo‘yicha bosqichma-bosqich ko‘rsatma mavjud:
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Afsuski, ushbu turdagi muolajalar har kimga ham foyda beravermaydi. Allergiya beruvchi sezgir teri egalari uchun mutaxassislar harorat o‘zgarishi bilan tajriba o‘tkazmaslikni qat’iy tavsiya qiladi. Bu terining holatiga salbiy ta’sir ko'rsatishi mumkin. Xuddi shu narsa husnbuzar va boshqa yallig‘lanishlardan azob chekayotganlarga ham tegishli. Bu holda muz vaziyatni yanada kuchaytirishi mumkin, shuning uchun terini xavf ostiga qo‘ymaslik yaxshiroqdir. | 57 | 2,259 |
Ayollar | Hech narsa sotib olmay, go‘zal bo‘ling: kosmetikadan pul tejashga yordam beradigan tavsiyalar | Ko‘rinish o‘ziga xos bo‘lishi uchun ortiqcha pul sarflashga hojat yo‘q. “Domashniy ochag” nashri tomonidan taqdim qilingan tavsiyalarga amal qilish orqali ham ko‘ngildagidek maqsadga erishsa bo‘ladi.
Soch tolalari uchun kokos yog‘i
Shikastlangan soch tolalarini tiklashga yordam beradigan kosmetik vosita yo‘q bo‘lsa, kokos yog‘idan foydalanish tavsiya qilinadi. Tarkibida foydali moddalar mujassam ekani hisobiga teri va soch tolalariga yaxshi ta’sir qildi.
Purkagichli suv kosmetik vosita sifatida
Jazirama issiqda termal suv o‘rniga oddiy purkagichdan foydalansangiz bo‘ladi. Buning uchun idish ichidagi suvga dengiz tuzi qo‘shsangiz kifoya. Bu teridagi muammolarni bartaraf qilishga yordam berishi mumkin.
Namlantirilgan salfetka sochlarning toklanishini bartaraf qilishga yordam beradi
Uzun sochlarni toklanishining oldini olish uchun namlantirilgan salfetkadan foydalansangiz ham bo‘ladi.
Yogurtdan yuzga krem va niqob sifatida foydalanish mumkin
Quyosh nurlari kuydirganda maxsus vosita o‘rniga qatiq, yogurt yoki smetanadan foydalansangiz bo‘ladi.
Undan tayyorlangan niqob bilan sochlar holatini tiklash, shikastlanishlarni bartaraf qilish mumkin.
Olma sirkasidan tonik sifatida foydalansangiz bo‘ladi
Olma sirkasi teri yaltirashining oldini olishga yordam beradi. Buning uchun olmali sirkadan paxta diskiga tomizib, yuzning T-qismiga surtishning o‘zi kifoya.
Zaytun yog‘idan makiyajni tozalovchi vosita sifatida foydalansa bo‘ladi
Makiyajni suv va zaytun yog‘i yordamida o‘chirish terining baxmaldek tiniq ko‘rinishiga sabab bo‘ladi.
Paketli choy ko‘z ostidagi halqalarni yo‘qotishga yordam beradi
Choy barglari tarkibidagi kofein ko‘z ostida aks etgan charchoqlarni ketkazishga yordam beradi. Buning uchun choy paketchalarini sovuq suvda namlab, 5-10 daqiqa ko‘z ostiga qo‘yish kerak.
Skotch podvodkani tekis surtishga yordam beradi
Podvodkani tekis qilib surtishga qiynaladiganlar skotchdan foydalansa bo‘ladi.
Ichimlik sodasi tishlarni tozalashga yordam beradi
Tish pastasini ichimlik sodasiga aralashtiring. Bunday aralashma choy va qahvadan qolgan dog‘larni ketkazishga yordam beradi.
Suli yormasidan vanna
Tarkibida terini namlantirish xususiyatiga ega bo‘lgan yog‘lar bo‘lgani sabab suli yormasidan tayyorlangan vanna foydali hisoblanadi. Buning uchun suv to‘ldirish va unga 200-300 gramm suli yormasi qo‘shish kifoya.
Jigarrang shakardan teri uchun skrab tayyorlang
Jigarrang shakar — teri uchun ideal skrab. U teri hujayralarining yangilanishiga yordam beradi. Buning uchun foydalanadigan dush geliga shakar aralashtiring va teriga massaj harakatlari bilan surting.
Atir uzoq turishi uchun vazelindan foydalaning
Atir sepishdan oldin bo‘yin yoki bilak sohasiga vazelin surting. Yog‘langan teriga sepilgan atir ifori uzoq vaqt turadi.
Tish cho‘tkasi va pastasi yordamida tirnoqdagi sarg‘ayishni ketkazing
Tish cho‘tkasi va oqartiradigan pastadan foydalanib tirnoqning sarg‘ayishini ketkazish mumkin. Gap shundaki, pasta tarkibidagi vodorod perioksidi tirnoqdagi dog‘larni ketkazish xususiyatiga ega.
Tish yuvish pastasidan kumush buyumlarni yuvishda foydalaning
Tish yuvish pastasidan, shuningdek, kumush buyumlarni tozalashda ham foydalansa bo‘ladi. Qoraygan kumush uzukni ushbu vosita bilan yuvgandan keyin ijobiy natija darhol ko‘zga tashlanadi.
Qahva va o‘simlik yog‘idan skrab
Qahvaga bir necha tomchi o‘simlik yog‘i tomizib, tanangizga surting. Qahva tarkibidagi kofein selyullitga qarshi kurashishda samara beradi, yog‘ esa terini namlantiradi. | 93 | 3,469 |
Ayollar | Erta qarishning oldini olishga yordam beradigan 9 tavsiya | Siz xayolingizga ham keltirmagan va odatiy tuyilgan odatlar terining yomonlashishi va erta ajin tushishiga olib kelishi mumkin.
Zararli taomlardan tiyilish
Ko‘p shakar, fastfud iste’mol qilish yuzda ham aks etmay qolmaydi. Shakarning parchalanish jarayonida organizmdagi elastin va kollagenga zarar yetadi. Shuni inobatga olgan holda ratsionga yog‘li kislotalarga boy bo‘lgan mahsulotlar — pista, losos, zaytun yog‘i, shuningdek, meva va sabzavotlarni kiritish tavsiya qilinadi. Tarkibida rux moddasi, selen, C vitamin va beta-karotini bo‘lgan mahsulotlar kollagen ishlab chiqarilishini jadallashtiradi va organizm turli shikastlanishlardan himoyalanadi.
Spirtli ichimlik ichmaslik
Organizmdan suyuqlikni chiqarib yuborgani hisobiga spirtli ichimlik qancha ko‘p ichilsa, kishi o‘zini shuncha yomon his qiladi. Husnbuzar toshishi va ajinlar ko‘payishiga ham olib keladi.
Ko‘z atrofidagi terini parvarish qilish
Hamisha yosh va tetik ko‘rinishni istaganlarga eng nozik hisoblangan ko‘z atrofidagi terini parvarish qilish, krem surtishni kanda qilmaslik tavsiya qilinadi.
Sport bilan shug‘ullanish
Turli mushak guruhlari uchun to‘g‘ri bajarilgan jismoniy mashqlar teri ahvoliga ham ta’sir qilmay qolmaydi. Ammo bu borada ham me’yorni bilish kerak.
Makiyajda xatoga yo‘l qo‘ymaslik
Makiyajdagi bazaning noto‘g‘ri tanlanishi ham ko‘z va lab atrofidagi ajinlarni ko‘zga tashlanishiga sabab bo‘ladi. Qolaversa, yuzni muntazam ravishda ifloslanishlardan tozalashni ham esda tutish kerak.
Chekishni tashlash
Nikotin terining ustki qatlamidagi qon-tomirlarni quritib yuborishi hisobiga qon aylanishi yomonlashadi. Oziqa moddalari yetishmagan terining ahvoli yomonroq ko‘rina boshlaydi.
Asabiylashmaslik
Stress nafaqat teriga, balki butun organizm va ruhiyatga ham salbiy ta’sir qiladi. Shuni inobatga olgan holda qiyin vaziyatlarda o‘zingizni tinchlantirishga harakat qiling, zaruriyat tug‘ilganda shifokorga murojaat qiling.
Tiniqib uxlash
Teri kechasi tiklanishini hisobga olgan holda tunda 8 soatdan kam uxlamaslik kerak. Gap shundaki, 4-5 soat uxlaganda teri tiklanishga ulgurmaydi. Shuningdek, uxlaganda qorin bilan uxlash zararli ekani sabab yon bosh bilan yotish tavsiya qilinadi.
Quyoshdan himoyalanish
Ultrabinafsha nurlari teri hujayralariga zarar yetkazgani sabab soyada yurishga harakat qilish va muntazam ravishda quyoshdan himoya qiluvchi kremdan foydalanish kerak. | 57 | 2,370 |
Ayollar | Sochlarning siyraklashishi, teri qurishi va qarish jarayonining boshlanganidan darak beruvchi yana 3 ta alomat | Hamma ham bu lahzani imkon qadar orqaga surishni xohlaydi. Ajin tushishi, terining qarishi, giperpigmentatsiya va boshqalar har qanday ayolda ham xavotir hissini paydo qiladi. Biroq keksalikning barcha mumkin bo‘lgan belgilarini bilib qo‘yish — bu jarayonni iloji boricha ortga surishga imkon berishi mumkin, deb yozadi Wday.
Teri qurishi
Kosmetologlarning ta’kidlashicha, aralash yoki yog‘li teriga ega odamlar boshqalarga qaraganda ancha sekin qariydi. Buning barchasi ularning terisi doimiy oziqlanish va namlanishga muhtoj emasligi bilan bog‘liq. Quruq teri qoida tariqasida, doimo suvsizlanadi, teri ko‘chishiga moyil bo‘ladi. Uning kuchayishi yuzdagi ajinlar paydo bo‘lishining asosiy sababi bo‘lishi mumkin.
Muammoning yechimi glitserinni o‘z ichiga olgan namlantiruvchilardan foydalanish kerak, aynan u terining sirt qatlamida suv molekulalarini ushlab turadi. Shuningdek, gialuron kislotasi terini namlik bilan to‘yintiradi, shuningdek, ajinlar tushishining oldini oladi. Gialuron kislotasi bilan preparat yuzning ma’lum joylariga qat’iy belgilangan tartibda kiritiladi, bu yumshoq va tabiiy ravishda terining tortilishiga imkon beradi.
Yuz rangining xiralashishi
Bu kuchli charchoq va quyosh yetarli emasligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, chunki shaharda yashovchi deyarli barcha aholining terisi xira rangga ega. Ammo teri tonusi notekis va bo‘yinda dog‘lar paydo bo‘lsa, bu qarish jarayoni sodir bo‘layotganining aniq belgisidir.
Muammoning yechimi C vitaminini o‘z ichiga olgan mahsulotlardan, shuningdek antioksidantlardan foydalanishdir. Ular terining holatini tekislaydi va uni himoya qiladi. Shuningdek, SPF mahsulotidan foydalanishni unutmaslik kerak.
Imo-ishora ajinlari
Birinchi ajinlar mutlaqo har qanday yoshda, 18 va 25 yoshda paydo bo‘lishi mumkin. Bu ko‘p jihatdan faol yuz ifodalari va quruq teriga bog‘liq. Avvalo, ular ko‘zlarning burchaklarida paydo bo‘ladi, so‘ngra peshona, qoshlar o‘rtasi va lab burchaklariga tusha boshlaydi.
Ushbu holatda qarishga qarshi vositalardan foydalanishni darhol boshlash tavsiya etiladi, chunki ular mimik ajinlar bilan samarali kurashadi.
Pigment dog‘lar
Yoshlikda bu kabi rangi to‘q dog‘lar bezovta qilmaydi, chunki organizmdagi melanin to‘g‘ri ishlab chiqariladi va ultrabinafsha nurlari ta’siridan himoya qiladi. U juda ko‘p yoki aksincha, yetarli bo‘lmaganda, yosh bilan bog‘liq dog‘lar paydo bo‘ladi. Ular erta qarishning boshlanganidan darak beradi.
Bu kabi dog‘larning oldini olish uchun yuqori himoya omiliga ega kremdan ishlatish kerak. Agar ular allaqachon paydo bo‘lgan bo‘lsa, oqartiruvchi effektli mahsulotlarni diqqat bilan ko‘rib chiqish tavsiya etiladi yoki ularni lazer yordamida butunlay olib tashlaydigan kosmetologga murojaat qilish mumkin.
Sochlarning siyraklashishi
Albatta, yosh o‘tgan sari sochlar zaif va siyrakraklashadi. Bu, asosan, har bir to‘kilishdan keyin o‘rnini bosadigan sochlarning sog‘lom o‘sishi uchun kuchga ega emasligi bilan bog‘liq. Shuning uchun vaqti-vaqti bilan soch o‘sishini rag‘batlantiradigan va qalinlashtiradigan mahsulotlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Yuz shaklining o‘zgarishi
O‘z kollagenini ishlab chiqarish 30 yoshdan keyin sekinlasha boshlaydi, shuning uchun jag‘ chizig‘i o‘zgaradi va teri osilishi paydo bo‘ladi. Bularning barchasi avtomatik ravishda yoshga yosh qo‘shadi.
Ushbu vaziyatda eng zararsiz protsedura — bu massaj. Muayyan harakatlar to‘qimalarda ichki jarayonlarni faollashtiradi, terining holatini yaxshilaydi va yuz shakli tekislanadi. | 110 | 3,476 |
Ayollar | Tish cho‘tkasidan unumli foydalanishning 8 usuli | Tish cho‘tkasining vazifasi faqatgina tishlarni tozalash emas. U ro‘zg‘orda boshqa maqsadlarda ham asqatadi. “Noviy ochag” nashri tish cho‘tkasidan unumli foydalanishning 8 usuli bilan bo‘lishdi.
Fen
Agar fen avvalgidek kuchli havo chiqarmayotgani yoki ko‘proq qizib ketayotgani sezilsa, unga chang tiqilib qolgan bo‘lishi mumkin. Buning uchun vositaning orqa panjarasini cho‘tka bilan tozalab, avvalgi holga keltirish tavsiya etiladi.
Yopishtirgich
Yopishtirgich yangi holatida o‘z vazifasini juda yaxshi bajaradi, ammo vaqt o‘tib o‘zida chang, ip va boshqa mayda narsalarni ushlab qoladi. Yopishtirgich butunlay yaroqsiz holga kelmasligi uchun uning har ikki tomonini tish cho‘tkasi bilan tozalash mumkin.
Gaz plitasi
Gaz plitasida aynan gaz aylanasi atrofiga turli xil yog‘ va changlar yig‘ilib qoladi. Ushbu joyni gubka yoki latta bilan tozalash qiyinchilik tug‘dirsa, tish cho‘tkalari tozalashda ajoyib ko‘makchidir.
Kafellar
Kafel yuzasini tozalash uchun bir qancha vositalar mavjud, ammo ular orasidagi joylarni tozalash muammo. Kafel oralarini tozalash uchun xlor va suv 1:1 nisbatda suyultiriladi va cho‘tka bilan tozalanadi. 15 daqiqaga qoldirib, yana cho‘tka bilan tozalanadi va toza suv bilan yuviladi.
Mebel va avtomobil o‘rindiqlari
Divan, kreslo va o‘rindiqlarning tikuvlaridagi changlarni changyutkich bilan olib tashlash juda qiyin. Ammo tish cho‘tkasi yordamida ulardan oson xalos bo‘lish mumkin
Jo‘mraklar
Murakkab shakldagi jo‘mraklarni doim ham gubka tozalay olmaydi. Umumiy tozalash uchun ba’zan tish cho‘tkasidan foydalangan yaxshiroq.
Rakovina tuynugi
Rakovina tuynugi ham doimo o‘zida chiqindilarni to‘playdigan joy va uni tozalash biroz murakkab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bu yerda ham xuddi jo‘mraklardagi kabi tish cho‘tkasi yordamga keladi.
Har qanday qurilma aksessuarlari
Ayrim texnikalar ichidan ajrlaib chiqadigan qismlar muntazam ravishda tozalanib turishi kerak. Aks holda ularning ishdan chiqishi tezlashadi. Bu holatda ham tish cho‘tkasi asqatadi. | 48 | 1,997 |
Ayollar | Pulingiz va asablaringizni asrang: gel-lak sizga to‘g‘ri kelmasligini anglatuvchi belgilar | Tirnoqlarni uzoq muddatga gel-lak bilan manikyur qildirish ko‘plab ishlarni osonlashtiradi. Biroq ba’zi ayollar ularning uch haftadan oldin uzilib ketishidan aziyat chekmoqda. Quyida buning sababi haqida ma’lumot beriladi.
Tirnoqlarni gel-lak bilan manikyur qilish tirnoq mutaxassilarining eng yaxshi topilmalaridan biri. Aksariyat ayollar esa uzoq muddat saqlanib turadigan gel-laklarni tanqid qiladi va surilganidan bir hafta o‘tib sifati yomonlashishi haqida gapiradi. Millionlab shellak muxlislari esa bu fikrga qarshi va ular hayotini ushbu gel-laksiz tasavvur qila olmaydi.
Ba’zi vaqtlarda gel-lak tirnoqlarda ancha kam vaqt saqlanib turadi. U tirnoq plastinkasidan siljiy boshlaydi va chetlari ko‘tarilib, xunuklashadi.
Bunday holatlarga sifatsiz lak mahsulotlari yoki tirnoq mutaxassislarining noprofessional bajarilgan ishi sabab bo‘lishi mumkin. Biroq siz bir nechta go‘zallik salonlarida shellak qildirib ko‘rsangiz-u, tirnoqlaringizda gel-lakning saqlanish davomiyligi bir xil - qisqa bo‘lsa, ehtimol, bir necha sabablar tufayli sizga gel-lak to‘g‘ri kelmasligi mumkin.
Agar siz ko‘p vaqtingizni qo‘lqop kiyib o‘tkazsangiz yoki suv bilan bog‘liq ishlarni bajarsangiz gel-lakli manikyur chiroyli ko‘rinishini yo‘qotishi mumkin. Suvning manikyurga yomon ta’sir qilishi hammaga ma’lum. Mutaxassislar uy ishlarini bajarishda qo‘lqop kiyishni maslahat beradi, biroq uni ham ko‘p muddatga kiyish mumkin emas. Nam va issiq atmosfera tirnoq qoplamasiga yomon ta’sir ko‘rsatadi.
Uchli poyabzal kiyuvchilarga esa pedikyur qilish maslahat berilmaydi. Bu holatda oyoq barmoqlariga juda katta bosim bo‘ladi va gel-lakning esa bunga bardosh berolmasligi ehtimoli katta.
Pedikyurga yana bir qattiq ta’sir qiluvchi omillardan biri ayrim sport turlari bilan faol shug‘ullanish hisoblanadi. Agar mashg‘ulot paytida tez-tez oyoq mashqlaridan foydalansangiz bu gel-lakka ta’sir qiladi. Iloji boricha oddiy laklaridan foydalaning va u bir haftadan ko‘proq saqlanishi mumkin. | 90 | 1,967 |
Ayollar | Hali ulgurasiz: 35 yoshgacha qildirish tavsiya etilmaydigan kosmetik muolajalar | Kosmetik muolajalarni bilar-bilmas, yosh bo‘lishga qaramay amalga oshirish yuz terisini shikastlashi va qarish jarayonining jadallashishiga hissa qo‘shishi mumkin.
Kollaj: “Daryo”
Jarrohlik liftingi
Inyeksion yoki apparatli metodlar bilan bartaraf qilib bo‘lmaydigan yumshoq to‘qimalardagi yaqqol ko‘zga tashlanadigan muammolarga jarrohlik liftingi orqali yechim topishni 40 yoshgacha amalga oshirmagan yaxshi. Hali yoshingiz 35 da ham bo‘lmasa va sizga mazkur muolajani amalga oshirish taklif qilinadigan bo‘lsa, ikkilanib o‘tirmasdan kosmetologni o‘zgartiring.
Botoks
Aksariyat qizlar botoksni 20 yoshda ham amalga oshirsa bo‘laveradi, deb o‘ylaydi. Unutmang, ushbu muolajadan keyin yuzdagi emotsiyaning bir qismi yo‘qoladi. Botoks qilinganidan keyin mushaklar bo‘shashib, ajinlar paydo bo‘lishi mumkin. Qolaversa, botoks narkotikka o‘xshaydi — bir marta qildirgandan keyin takrorlamasligingizning ehtimoli kam. Chunki bir necha oydan keyin ajinlar muolajadan avvalgidan ham sezilarliroq ko‘rinadi. Aynan shu sabab ham tajribali kosmetologlar 35 yoshdan keyin zarurat bo‘lgandagina botoks qildirishni tavsiya qiladi.
Mezoterapiya
Turli vitaminlar, oziqlantiruvchi moddalar ekstraktlaridan iborat mezoterapiyadan keyin yuzda sezilarli nuqtalar qoladi va bu biroz muddatdan keyin o‘tib ketadi. Gap shundaki, muntazam ravishda tozalab, parvarish qilinganda terining o‘zi taranglashib tabiiy tiniq bo‘ladi, ammo vitaminli muolajalarga o‘rganib qolganidan keyin teri dangasa bo‘lib qoladi va tashqi yordam kutadi. Aynan shu sabab ham mezoterapiyani 28-30 yoshdan keyinga qoldirish tavsiya qilinadi.
Biorevitalizatsiya
Gialuron kislota bilan amalga oshiriladigan muolajadan keyin terida darhol ijobiy o‘zgarish kuzatiladi, tiniqlashadi, ajinlar kamayadi. O‘z ishining ustasi bo‘lgan kosmetologlar terining o‘zi kollagen ishlab chiqaradigan ahvolda bo‘lganda bunday muolaja qildirishga hojat yo‘qligini ta’kidlaydi. Chunki tashqi yordam bilan kollagenning tabiiy ajralish jarayoni sekinlashishi, bu esa ajinlarning avvalgidan ham ko‘proq ajralishiga olib kelishi mumkin. 35 yoshgacha krem, zardob va ajinga qarshi yog‘lardan foydalaning hamda terini to‘g‘ri tozalashni unutmaslikning o‘zi ham yaxshi samara beradi.
Fraksion lazerli yoshartirish
Samarali ekaniga qaramay, mazkur muolajani yaqqol ko‘zga tashlanadigan o‘zgarishlar paydo bo‘lganidan keyingina amalga oshirish kerak. Teri va yuzdagi bunday o‘zgarishlar asosan 40 yoshdan keyin kuzatiladi. Husnbuzar va yuzdagi chandiqlarni yo‘qotish uchun foydalaniladigan fraksion lazer yoshartirish maqsadida qo‘llaganda, ajinlarni sezilarli kamaytirishi mumkin. Bu qadar faollikka hojat bo‘lmagan teriga zarar yetkazishi mumkinligi sabab ham yosh qizlarga ushbu muolaja kerak emas. | 79 | 2,727 |
Ayollar | Gyorlfrend jinsilarni nima bilan kiyish mumkin? | Bu mavsumda gyorlfrend uslubidagi jinsilar urf bo‘la boshladi. Gyorlfrend jinsilarining bel chizig‘i boyfrend jinsilardan farqli o‘laroq, yuqoriroq joylashgan bo‘lib, qomatga chiroyli tarzda yopishib turadi.
Gyorlfrendlarni ish kiyimi sifatida ham, romantik oqshomlarda va ko‘chada ham bemalol kiyish mumkin.
Nima bilan kiyiladi?
Ayollar o‘rtasida ayniqsa klassik uslubdagi gyorlfrend jinsilar ommabop hisoblanadi. Ularni yengil shoyi koftalar va sport uslubidagi futbolkalar bilan kiyish mumkin.
Klassik uslubdagi gyorlfrendlarga uzun pidjaklar, jaketlar va kardiganlar ham mos keladi. Bu qiyofaga poshnali tufli va bosonojka, poshnasiz tumshug‘i uzun tuflilar va tanketkalar juda yarashadi. | 47 | 693 |
Ayollar | Xavfsiz oshxona: tok urganda, kuyish va pichoq kesganda nima qilish kerak? | Shoshib taom tayyorlaganda yoki ehtiyotsizlik sabab oddiy kuyish hamda kichik tilinishga vaqtida e’tibor berilmasa, turli jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Har qanday uskunaning xizmat qilish yili turli bo‘ladi. Turli oqibatlarning oldini olish uchun texnik vositalarni har 10 yilda almashtirib turing. Har doim shkaf eshiklarini yopib yuring. Yo‘qsa siz yoki yaqinlaringiz unga urilishingiz mumkin.
Oshxonada yong‘in
Tovadagi yog‘ yonishni boshlasa, zudlik bilan uning ustini yopib qo‘ying. Kislorod kirmasligini ta’minlash orqali olovni o‘chirish mumkin. Ammo shishadan yasalmagan qopqoqdan foydalanishga harakat qilganingiz yaxshi. Olovni sochiq, latta yoki suv bilan ham o‘chirishga harakat qilmang.
Kuyishda birinchi yordam
Kuyishda teri qizarishi, ayrim hollarda esa pufak paydo bo‘lishi mumkin. Shunchaki qizargan va biroz og‘riq kuzatiladigan jarohatga uy sharoitida birinchi yordam ko‘rsatish mumkin. Pufak va chuqurroq jarohatlar kuzatilgan holatlarda esa zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak.
Pichoq, qirg‘ich va blender
Qanchalik, g‘alati tuyulmasin yaxshi charxlangan pichoq turli shikastlanishlarning oldini oladi. Gap shundaki, o‘tmas pichoq bilan meva va sabzavot yoki boshqa mahsulotlarni kesishga ko‘proq kuch sarflanadi. Bunday urinish vaqtida esa jarohatlanish hech gap emas. Qolaversa, quyidagilarga amal qilish ham turli ko‘ngilsizliklarning oldini oladi.
Pichoq bilan kesib olganda birinchi yordam
Pichoq bilan kesib olish holati kuzatiladigan bo‘lsa, hushni yo‘qotmaslik uchun o‘tirib oling va qo‘lingizni sovuq suvga tuting. Keyin doka yoki salfetkani jarohat ustiga bosgan holda qo‘lingizni yana 30 soniya sovuq kompress bilan ushlab turing. Jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi sabab bee’tibor bo‘lmasdan shifokorga murojaat qiling.
Teridagi allergik reaksiyalar
Ayrim mahsulotlarni archish davomida kishida allergik reaksiya kuzatilishi mumkin. Bunday vaziyatda birinchi navbatda qo‘llarni sovuq suvda yuvish, keyin esa allergiyaga qarshi vosita qabul qilish kerak. Agar shundan keyin ham o‘zgarish yuz bermasa, tibbiy yordamga murojaat qilish lozim.
Tok urishi
Xavfsizlik chorasi sifatida oshxonadagi texnik buyumlarni 20 yildan keyin almashtirish, rozetkalarni ham ko‘zdan kechirib turish kerak. Vaqtincha hushdan ketish holati kuzatilsa yoki tok urishining zarbi kuchli bo‘ladigan bo‘lsa, tez yordam chaqirish kerak.
Ko‘zga narsa kirishi
Oshxonada qo‘l bilan ko‘zga teginmaslik kerak. Yot jismning ko‘zga kirishi ko‘z shilliq qavatini zararlab, turli jiddiy asoratlarga olib kelishi mumkin. Ko‘zning pastki qovog‘ini tortib, toza suv bilan yuving. Keyin yuqori qovoq bilan ham shunday qiling. Ko‘zga issiq yog‘ sachraganda, sovuq suv og‘riqni kamaytirishga hissa qo‘shadi. Og‘riq o‘tib ketmasa va ko‘rishda muammo bo‘lsa, zudlik bilan mutaxassisga murojaat qiling. | 74 | 2,817 |
Ayollar | Qishda kayfiyatni qanday ko‘tarish mumkin? | Kuz va qish fasllari — inson organizmi ko‘pgina qiyinchiliklarga duch keladigan davr hisoblanadi. Bular — ham haroratning keskin pasayishi, ham qon bosimining o‘zgarib turishi, ham vitaminlar yetishmovchiligi va hokazolar... Xuddi shu davrda bizning ko‘pincha qayg‘u va yomon kayfiyatga duch kelishimiz ajablanarli emas. Har bir kishining kayfiyatini ko‘tarishning o‘z usullari bor. Biz bularning eng ommabop va eng samaralilarini to‘pladik.
Kayfiyatni ko‘tarishning eng foydali va ayni paytda eng oson usuli — qarindoshlaringiz bilan muloqotda bo‘lish. Ularga qo‘ng‘iroq qiling yoki o‘zingiz, o‘sha paytda yoqmasa ham, ziyofatlarga qilingan takliflarni rad etmang. Do‘stlaringiz va qarindoshlaringiz har doim sizning kayfiyatingizni ko‘tarishga harakat qilishadi, yoki hech bo‘lmasa yoqimli suhbat davomida muammolaringizni biroz bo‘lsa ham unutishga yordam berishadi.
Ba’zi mahsulotlar ham kayfiyatni ko‘tarishga juda yordam beradi. Masalan, shokolad keng tanilgan antidepressant deb e’tirof etiladi. Shuning uchun, hatto, siz to‘g‘ri ovqatlanishga amal qilsangiz ham, xayrli maqsadda o‘zingizga biroz shokoladni ravo ko‘ring. Shokoladning pozitiv ta’sirini choy yoki qahva bilan to‘ldirish mumkin. To‘g‘ri, shirinliklar kabi, ularni ham ko‘p iste’mol qilish zararli hisoblansa ham, kayfiyatni yaxshilash va tetiklikni oshirish uchun biroz ichish mumkin.
Salbiy hissiyotni yengishning yana bir yo‘li — ularni qog‘ozda aks ettirish. Negativ hissiyotlar manbasini aniqlashga harakat qiling va uning rasmini chizing (masalan, badjahl amaki — boshlig‘ingiz ko‘rinishida) yoki sizda yomon kayfiyat uyg‘otuvchi narsalarni chizing (qora bulut yoki yomg‘ir). Chizish jarayoni sizni chalg‘itadi, mehnatingiz samarasi esa ancha kayfiyatingizni ko‘taradi.
Ko‘nglingizga hech narsa sig‘mayotgan bo‘lsa, qalamni tashlang va boks grushasi tomon yo‘l oling. Mana, sizni alahsitadigan va ranj-alamlaringizni chiqarib olishingiz mumkin bo‘lgan narsa. Grushaning ta’zirini bering — yengil tortganingizni his qilasiz. Agar sizga boks to‘g‘ri kelmasa, sportning boshqa faol turlari ham bo‘laveradi. Ayniqsa, bunday mashqlar nafaqat qonga baxt gormonlarini qo‘shadi, balki mushaklarni chiniqtirishga va sog‘liqni mustahkamlashga imkon beradi. Nima, bu ijobiy hissiyot va yaxshi kayfiyat uchun sabab bo‘lolmaydimi?
Musiqa — kayfiyatni yaxshilashning sinalgan usuli. Sevimli qo‘shiq, hatto, agar u g‘amgin bo‘lsa ham, negativni chiqarishga imkon beradi va yaxshi fikrlar uchun aqlni bo‘shatadi. Ayniqsa, quvnoq musiqa. Shunday ekan, musiqani baland qo‘ying va qo‘shiq ayting, yaxshisi o‘yinga tushing. Faqat, qo‘shnilaringiz militsiya chaqirmoqchi emasligiga ishonch hosil qiling! | 42 | 2,660 |
Ayollar | Qo‘l terisini uy sharoitida parvarishlash usullari | Qo‘llar va bo‘yin sohasi ayollar yoshini fosh qiladi, shuning uchun ularni to‘g‘ri va muntazam parvarishlash zarur. Bu ularning ko‘rkamligi va yoshligini uzoq yillar saqlashga yordam beradi.
Sotuvda ularni parvarish qilish bo‘yicha xilma-xil vositalar mavjud, biroq ularning tarkibida kimyoviy moddalar ham ko‘p. Shuning uchun e’tiboringizga uy sharoitida tayyorlash mumkin bo‘lgan vositalarni havola etamiz. Ular juda charchagan qo‘l terisiga ham samarali ta’sir ko‘rsatadi.
Tuxum oqidan tayyorlangan vosita qo‘l terisi elastikligini tiklashga yordam beradi. Tuxum oqini bir osh qoshiq asal bilan aralashtiramiz. Shundan so‘ng uni qo‘lga surib, qurishini kutamiz. Niqobni iliq suvda yuvib, qo‘llarga kokos yog‘idan suramiz. Natija darhol seziladi.
Oddiy kartoshka ham qo‘l terisini silliq qilishi mumkin. Buning uchun bir nechta o‘rtacha kartoshkani qaynatib, ularni vilka yordamida ezamiz. So‘ngra 2 osh qoshiq zaytun yog‘i, asal va sut qo‘shib, aralashmani sovutkichga qo‘yamiz. Uni haftasiga 2—3 marta surib, 15 daqiqaga qoldiramiz. Qo‘llarni niqobdan keyin issiq suv bilan chayamiz.
Na’matak yog‘i ham qo‘l terisi elastikligi va yoshligini qaytarishga yordam beradi. Shuningdek, u juda yaxshi oziqlantiradi. Qo‘llaringizni har kuni shu yog‘ bilan uqalab, uni yuvib tashlamang.
Limon sharbati va shakardan tayyorlangan skrab ham xuddi yuqoridagi kabi ta’sirga ega. Limon sharbatini siqib chiqarib, unga shuncha miqdorda shakar qo‘shing. Qon aylanishini yaxshilash uchun aralashmani qo‘llaringizga suring. Shundan keyin ularni dastlab iliq, keyin sovuq suvda chaying.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 50 | 1,744 |
Ayollar | Poyabzaldagi yoqimsiz hidni qanday ketkazish mumkin? | Poyabzaldan yomon hid kelishi faqat erkaklarda bo‘ladi deb hisoblasangiz, adashasiz. Bunday yoqimsiz hid ko‘plab komplekslarning sababchisiga aylanadi va noqulaylik tug‘diradi. Bundan qanday qilib qutulish yo‘llari haqida ma’lumot beramiz.
Poyabzal uchun sprey
Oyoq kiyimdagi hidni yo‘qotish uchun ko‘plab tayyor vositalar mavjud. Ulardan sprey shaklidagisini tanlagan ma’qul. Chunki poyabzalni krem bilan artish qulay emas, kukun ko‘rinishidagi vositalar esa paypoq va kolgotkalarda oq dog‘ qoldirishi mumkin.
Maxsus sharchalar va paketlar
Kechasi maxsus sharchalarni botinka yoki etik ichiga solib qo‘ysangiz, ular ortiqcha namlikni shimib oladi va yoqimsiz hidlarni yo‘qotadi. Bunday vositalar ko‘pincha sport mahsulotlari do‘konlarida sotiladi.
Bir martalik poyabzal tagligi
Shuningdek, poyabzalingizni yaxshi saqlash uchun oyoq kiyim tagliklarini nam antibakterial salfetkalar bilan artish yoki bir martalik taglik sotib olib, almashtirib ishlatishingiz mumkin.
Perekis va nashatir spirti
Xalqona usul: nashatir spirti va vodorod peroksidni aralashtiring, eritmani purkagichli idishga quyib, poyabzalning ichki qismiga yaxshilab ishlov bering.
Sirka
40 foizli sirkada namlangan paxtani poyabzal ichiga solib qo‘ying. Sirka charm poyabzalga zarar yetkazmaydi, ammo rezina qismlariga tegmagani ma’qul. Sirka bilan tozalangan poyabzalni ochiq havoda qoldirish lozim, chunki sirka hidi bir necha kungacha saqlanib qoladi.
Antibakterial vositalar
Xlorgeksidin yoqimsiz hiddan xalos bo‘lishda samarali yordam beradi, uni poyabzal ichiga sepib, bir necha soatga qoldiring. Xlorgeksidin poyabzaldagi zamburug‘larni yo‘q qilishda ham yaxshi natija beradi.
Elektr quritgich
Bunday quritgichlarning har bir oyoq kiyim uchun mo‘ljallangani mavjud. Elektron quritgich poyabzalni ichiga havo yuborib quritadi, shuning uchun poyabzalga zarar yetmaydi. Ba’zan quritish jarayoni 1 soatdan 3—4 soatgacha davom etishi mumkin. Bu qulay, chunki poyabzalni uy sharoitida bu qadar tez quritib bo‘lmaydi. Quritgichlarning har xil o‘lchamdagisi mavjud, ammo ayollar va bolalar poyabzaliga bemalol sig‘adigan kichikroq quritgichni tanlagan ma’qul. | 52 | 2,127 |
Ayollar | Qo‘l terisini parvarishlaymiz | Avitaminoz odam organizmida bitta yoki bir nechta vitaminlar yetishmasligi holatidir. Ko‘pincha avitaminoz to‘g‘ri ovqatlanmaslikdan kelib chiqadi hamda qish bo‘yi charchagan organizm zarur vitaminlar bilan ta’minlanmagan va quyosh nuridan yetarlicha bahramand bo‘la olmagan paytda — bahor boshida ayniqsa faol namoyon bo‘ladi.
Avitaminoz gemoglabinning pasayishiga, shuningdek terining quruqlashishiga va yorilishga moyil bo‘lishiga olib keladi.
Bunday paytda qo‘l terisiga alohida e’tibor berish lozim. Odatda ayollar yuz terisini yetarlicha parvarishlaydi, ammo qo‘lga kelganda, erinchoqlik qiladi. Ta’kidlash joiz, agar bahorgi avitaminozga qarshi kurashda qo‘llarga alohida diqqat qaratilmasa, ularning terisi qurib, ko‘chib, xunuk ko‘rinishga ega bo‘lib qoladi.
Qo‘l terisini parvarishlashda asosiy qurol — qo‘l kremidir. Biroq ularning barchasi ham birdek samarali bo‘lmasligi mumkin. Shuning uchun krem tanlashda uning tarkibiga ahamiyat bering: unda tabiiy moddalar qanchalik ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi. Mutaxassislar krem tarkibida aloe ekstrakti bo‘lishi kerakligini alohida ta’kidlaydi.
Aloe ekstrakti qo‘l terisi hujayralarining yangilanish jarayonini tezlashtiradi, shamollash holatlarini bartaraf etadi, namlantiradi va kuyishdan himoya qiladi. Bundan tashqari, u turli vitaminlarga boydir, chunonchi, aloedagi E vitamini terini elastik va tarang qiladi, A vitamini teri sho‘rlanishining oldini olib, hujayralardagi moddalar almashinuvini normallashtiradi, B guruhidagi vitaminlar teri kasalliklari paydo bo‘lishi va ajinlar yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaydi, C vitamini esa kapillyar qon tomirlarini mustahkamlaydi.
Tayyor krem yordamida qo‘llarni parvarishlash qiyin emas va bu juda kam vaqt oladi. Biroq bunda ba’zi qoidalarga rioya qilish zarur:
Manba: “Woman.ru” | 29 | 1,782 |
Ayollar | Garderobni yangi mavsumga tayyorlaymiz | Men – Darya Masalskaya O‘zbekistondagi Da-Shik! brendi asoschisiman. 2004-yildan buyon mahalliy moda sohasida faoliyat yuritib kelmoqdaman. Bugun garderobni yangi mavsumga tayyorlash bo‘yicha “Daryo” o‘quvchilari uchun maxsus maslahatlar berishga qaror qildim.
Darya Masalskaya
Qanchalik qayg‘uli bo‘lmasin, vaqt, ayniqsa, ko‘pchilik uchun sevimli bo‘lgan yoz faslida suvdek o‘tib bormoqda. Tez orada yengil futbolka va yubkalarni issiqroq kiyimlarga almashtirishga to‘g‘ri keladi. Yaqinlashayotgan sovuq faslga eng kam xarajat bilan qanday tayyorlanish mumkin?
Eng so‘nggi rusumlarning barchasidan xabardor bo‘lib turish qiyin, garderobingizni yangi mavsum uchun butunlay yangilash esa undan ham qiyinroq. Keling, avval Kuz-Qish 2013-2014 mavsumining eng qulay va erishish oson bo‘lgan trendlarini qarab chiqamiz.
Demak, bizni xursand qiladigan narsa shuki, bu yil dizaynerlar qat’iy moda chegaralarini o‘rnatmadi. Kiyimlar yetarlicha qulay, matolar yoqimli va issiq, ranglar esa bosiq. Dizayn ustalari tarixga sho‘ng‘ib, barokko, 20-, 50-, 60-, 80- va 90-yillar uslublarining ba’zi tarkibiy qismlarini olgan. Demak kelayotgan faslning asosiy xususiyatlari bilan tanishamiz.
Yangi mavsumda erkaklar va ayollar modasi o‘zaro kesishadi. To‘q kulrang va qora rangdagi qat’iy klassika, har qanday katak – eng maydasidan eng yirigigacha, shuningdek ingichka chiziqlar va “g‘oz panjasi” (гусиная лапка) bugungi kunda dolzarbdir.
[gallery columns="4" link="file" ids="13062,13060,13059,13058,13056,13055,13054,13053,13063,13064,13065,13066"]
Qizlarga dizaynerlar iliqlik baxsh etib, ko‘zni yashnatuvchi ranglarga boy, qulay va issiq sviter va ko‘ylaklarni taklif etmoqda.
[gallery link="file" ids="13074,13073,13072,13071,13070,13069"]
Yigitlar uchun esa dizaynerlar geometrik rasmli, gul to‘qilgan sviter va nimchalar tayyorlab qo‘ygan.
[gallery columns="4" link="file" ids="13077,13078,13079,13080"]
Maslahat: Hamma narsani ham do‘konlardan sotib olish shart emas. O‘z qo‘lingiz bilan tayyorlangan buyumlar sizga boshqalardan ajralib turishga yordam beradi. Agar sevimli buvijoningiz to‘qishni bilsa, sizga zamonaviy sviter to‘qib berishini so‘rang. Buvingiz mehnati qadrlanganidan, siz esa yangi kiyimli bo‘lishingizdan xursand bo‘lasiz. Hozir buyurtma bersangiz, mavsumgacha bemalol tayyor bo‘lishga ulguradi :-)
Yubkalar bu kuz va qishda uch turda modada bo‘ladi: etagi kengaytirilgan yubkalar, tor “qalam” yubkalar va keng burma hoshiyali yubkalar.
[gallery link="file" ids="13097,13096,13095,13094,13093,13091"]
Ayollar shimlari asosan – sondan boshlab kengayib ketgan, baland belli, shuningdek, tor va kalta ko‘rinishda.
[gallery link="file" ids="13086,13085,13084"]
Ko‘ylaklar to‘g‘ri va lo‘nda. Barcha yorqin ranglar va naqshlar yoz mavsumida qoladi. Kuz o‘z amrini o‘tkazadi.
[gallery columns="2" link="file" ids="13083,13082"]
Bosh kiyimlarga alohida o‘rin ajrating. Shuningdek, sharf, qo‘lqop va galstuklar ham qolib ketmasin! Tomosha qilamiz va tanlaymiz.
[gallery columns="4" link="file" ids="13102,13103,13104,13106,13107,13108,13109,13110,13111,13112,13113,13114,13115,13116,13117,13118"]
To‘qilgan shapka va sharfni ham buvijoningizga buyurtma qilish mumkin :-)
Xulosa o‘rnida esa kichik to‘plamni havola qilamiz. Keling, uni “Ranglar va uslub bo‘yicha ko‘makchi” deb ataymiz. Axir yangi mavsum modasi nafaqat kulrang, qora va jigarrang, yana ko‘k, yashil, qizil, sariq va xira pushti ranglar ham bo‘lishi kerak.
[gallery columns="4" link="file" ids="13120,13121,13122,13123,13124,13125,13126,13127,13128,13129,13130,13131"]
Aytgancha, mavsumning yana bir modasi – Louis Vuitton moda uyidan katak-katak sumka. Butun G‘arbni zabt etgan ushbu sumkani Chorsu bozoridan xarid qilish mumkin. Mana, aktrisa Juliya Roberts do‘kon aylanish chog‘ida shunday sumkalardan birini taqib olibdi.
Bu hazil albatta :-) Ushbu sumka haqida batafsil maqolani mana bu yerda o‘qishingiz mumkin.
Aziz o‘quvchilar, yangi mavsum modasi bo‘yicha sizda qanday maslahatlar bor? | 38 | 3,966 |
Ayollar | Qishdan keyingi tiklanish: salomatlik va go‘zallikni qaytarishning asosiy qoidalari | Bahorning boshlanishi sovuq havo, befarqlik va qish uyqusidan keyin qanday qilib ko‘ngilni ko‘tarish va tiklanish haqida o‘ylash vaqtidir. To‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik va o‘z-o‘zini sevish sog‘lom va ijobiy kayfiyatni uyg‘unlashtirishga hamda yangi mavsumni iliqlik bilan kutib olishga yordam beradi.
Go‘zallik va salomatlik – tarelkada
Oziq-ovqat salomatlikka, o‘zimizni yaxshi his qilish va kayfiyatga katta ta’sir qiladi. Albatta, hamma to‘g‘ri ovqatlanishning asosiy qoidalarini biladi, ammo qishda ularga rioya qilish juda qiyin. Organizm issiqlik yetishmasligi tufayli har doim yog‘ va uglevodlarni talab qiladi.
Avvalo, mavsumiy mahsulotlarga e’tibor berish lozim – lavlagi, sholg‘om, selder, dukkaklilar, turp. Bunday mahsulotlarni pishirish juda oddiy, ular oqsil va minerallarga boy. Qaynatilgan lavlagi pishloq, yashil no‘xat, yong‘oqlar bilan yaxshi ketadi, dukkaklilar issiq sabzavotli taomlarni mukammal ravishda to‘ldiradi. Bu mahsulotlarning barchasi qo‘shimcha kaloriyalarsiz va to‘qlik tuyg‘usi bilan ta’minlaydi.
Albatta, mevalar har doim kerak va foydalidir. Bular birinchi navbatda olma, mandarin, banan. Blenderda banan va har qanday muzlatilgan rezavor mevalarni blenderda aralashtirib, osonlik bilan zamonaviy va mashhur smuzilarni tayyorlash mumkin.
Tabiiy o‘simlik moylari ham juda foydali – zaytun, zig‘ir urug‘i, qovoq, kokos. Issiq ovqatlar va salatlarga zig‘ir, kunjut urug‘larini sepish, ratsionga qovoq va kungaboqar urug‘lari, kokosni kiritish mumkin.
Ammo yarim tayyor mahsulotlardan, konserva, oq non, shakar, sotib olingan qandolat mahsulotlari, fastfud, sho‘r gazaklarni rad qilish lozim. Do‘kondagi sharbatni uy sharoitida quritilgan mevali kompot, pechenye va shirinliklarni tabiiylari bilan almashtirish lozim. Bundan tashqari, ratsionda yog‘li go‘sht mavjudligini minimallashtirish maqsadga muvofiqdir.
Harakat – bu hayot
Oziqlanishni tuzatish juda muhim, ammo buni harakatsiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Faol yurish va sport bilan shug‘ullanish vaqtida organizm zarur endorfinlarni oladi, metabolik jarayonlar faollashadi va kislorod bilan boyitiladi. Hech bo‘lmaganda buni oz-ozdan boshlash kerak, aks holda natija bo‘lmaydi.
Vazn kamaytirish va qish uyqusidan chiqish uchun jismoniy faoliyat sifatida aerobik mashg‘ulotlar juda mos keladi: tez yurish, shu jumladan Skandinaviya tayoqlari bilan yugurish, suzish, velosipedda yurish, raqsga tushish.
Jismoniy faoliyat uchun kamida bir soat ajratish lozim. Dastlabki 30 daqiqada organizm glikogenni sarflaydi va shundan keyingina u mavjud yog‘larni eritadi.
Kosmetologga borish
Faqat yuz go‘zalligi uchun emas, balki organizmning uchun ham. Badanni zamonaviy usullar bilan korreksiyalash, terining tonusini oshirish va teri yuzasini tekislash uchun bir necha kurslarni o‘tkazish mumkin. Eng samarali usullar orasida vakuum massaji, miyostimulyatsiya va vibromassaj amalga oshiriladi.
Vakuum massaji maxsus apparat yordamida amalga oshiriladi. Jarayonda yumshoq to‘qimalarda bosim hosil bo‘ladi, qon aylanishi yaxshilanadi va ortiqcha suyuqlik chiqariladi. Kosmetolog-estetik vaznni tuzatish usulini tanlashga yordam beradi. Shuningdek, u uyda parvarish qilish vositalari va tartib-qoidalari haqida maslahat ham beradi.
Teri va sochlarga e’tibor berish
Teri va soch har doim tananing holatining ko‘rsatkichi sifatida ishlaydi. Ular charchoq, vitamin yetishmasligi yoki boshqa jiddiy muammolar haqida signal beradi. Albatta, ovqatlanishni to‘g‘rilamasdan terini yaxshilash mumkin emas. Ammo ovqatlanishning o‘zi yetarli bo‘lmaydi – samarali namlash, oziqlantirish va himoya qilish uchun protseduralar albatta kerak.
Oziqlantiruvchi niqoblar, umumiy teri va sochni parvarish qilishdan tashqari, bahor arafasida tanani mikroelementlar va B vitaminlari, L-sistein va L-metionin aminokislotalari bilan qo‘llab-quvvatlash yanada yaxshiroq.
Ijobiy qarashni saqlash
Qishdan keyin tushkunlik, stressga moyillik, haqiqatni salbiy idrok etish nafaqat organizmni yaxshi holatda saqlashga qaratilgan barcha sa’y-harakatlarni bekor qilishi, balki kasalliklarni qo‘zg‘atishi, immunitet va endokrin tizimlarning faoliyatini buzishi mumkin. Hayotga yorqin ranglar qo‘shish, xursand bo‘lish uchun sabablar yaratish orqali nafaqat kayfiyatni, balki sog‘liq ham yaxshilanadi. | 83 | 4,253 |
Ayollar | NASA kosmos hidiga ega atirni ishlab chiqaradi | Eau de Space atiri formulasini o‘n yil avval astronavtlar mashg‘ulotlari hamda ularni parvozga tayyorlash uchun ishlab chiqishgan.
Ushbu vazifani kimyoviy olim va Omega Ingredients kompaniyasi asoschisi Stiv Pirs o‘z zimmasiga olgan. U 2012-yilda atirning zamonaviy versiyasini ishlab chiqquniga qadar to‘rt yil davomida turli tajribalar o‘tkazgan.
Atir shirin hidga ega. Astronavtlar Eau de Space hidini porox, biroz kuygan steyk, malina va rom hidining aralashmasi, deb tavsiflaydi. NASA ekspertlarining ta’kidlashicha, bu hidni ta’riflash qiyin.
Atir 2020-yilning oktabridan boshlab, ommaviy tarzda ishlab chiqariladi. Uning narxi 15 dollar bo‘ladi.
NASA koronavirusga qarshi kurashuvchi taqinchoqni taqdim etdi (foto) | 46 | 724 |
Ayollar | Oq krossovkalarni tozalashda qo‘l keladigan 8 ta layfxak | Maxsus tozalash maskanlari hamma joyda ham mavjud emas. Krossovkalar zudlik bilan tiklanishni talab qilsa va professional xizmatlarga vaqt yo‘q bo‘lsa, unda quyidagi tavsiyalarga amal qilgan holda ularni tozalash mumkin. Shuningdek, oyoq kiyimga zarar bermasdan kirdan qanday qilib to‘g‘ri qutulish kerakligini aniqlaymiz.
Oq krossovkalarni uy sharoitida qanday tozalash kerak? Dastlab oyoq kiyimga yopishgan dog‘larni ehtiyotkorlik bilan olib tashlash kerak. Buning uchun eng yaxshisi poyabzal yuzasini mikrofiber mato yoki oddiy shimgich bilan artib olish mumkin. Agar yuzaga loy bo‘lsa, uni nam mato bilan artish tavsiya etilmaydi: avval poyabzal quritilib, keyin poyabzal cho‘tka yordamida
uni yo‘qotish mumkin. Krossovka bog‘ichlarini esa alohida yuvish kerak.
Oq tish pastasi
Oq krossovkani tozalash uchun oddiy oq tish pastasi, shuningdek, eski tish cho‘tkasi yoki poyabzal cho‘tkasi kerak bo‘ladi. Shu bilan bir qatorda, krossovkaning yuzasini iliq suv bilan namlanadi, ozgina pastani cho‘tka ustiga siqib olinadi va poyabzal muloyimlik bilan ishqalanadi. Cho‘tkaning juda qattiq bo‘lmasligi kerak, aks holda materialga zarar yetishi mumkin. Zamsh yoki charmdan yasalgan qo‘shimchalar bo‘lsa, juda ehtiyotkorlik bilan harakat qilish kerak. Bog‘ichlarni qo‘lda yoki kir yuvish mashinasida yuvish tavsiya etiladi. Ularni tish pastasi yoki oqartgich bilan ishqalab bo‘lgach, sovunli suvda bir muddat yuvish yaxshidir.
To‘liq quriguncha yupqa qatlam qoldiriladi, so‘ngra suv bilan yuvib tashlanadi, qog‘oz sochiq bilan artilib, poyabzal iliq, lekin nam bo‘lmagan joyga qo‘yiladi. Xonada yaxshi havo ekanligiga ishonch hosil qilish lozim. To‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nuri va issiq batareyalarda quritish mumkin emas.
Iste’mol sodasi
Soda – oqartiruvchi tish pastasiga ajoyib alternativ! Oq krossovkalarni tozalash uchun ozgina sodali suvni iliq suv bilan aralashtiriladi, tish cho‘tkasi bilan ishqalanadi va 30 daqiqaga qoldiriladi. Ayniqsa, o‘ta kir poyabzalni iste’mol sodasini tish pastasi yoki bir choy qoshiq limon sharbati bilan aralashtirish mumkin. Krossovkalar yuzasi shimgich yoki mato bilan tozalanadi, agar kerak bo‘lsa, ma’lum bir natijaga erishilgunga qadar protsedurani bir necha marta takrorlash mumkin.
Mitsellyar suv
Mitsellyar tarkibida ayniqsa faol zarra – misellar bor, buning natijasida dog‘larni bartaraf etish mumkin. U nafaqat kosmetik maqsadlarda, balki oq poyabzallarni tozalash uchun ham ishlatiladi: paxtani ushbu suv bilan namlash va krossovkalarni yaxshilab artib qo‘yish kifoya. Aytgancha, bu holda, poyabzalni suv bilan yuvish shart emas, shunchaki sirtdagi ortiqcha namlikni qog‘oz sochiq bilan artib, quruq joyga qo‘yish kerak.
Tirnoq tozalash vositasi
Tirnoqlarni tozalash uchun aniq vositani ishlatish maqsadga muvofiqdir. Mahsulotni paxtaga yoki shimgichga quyib, poyabzal artiladi va 20-30 daqiqa ushlab turiladi. Agar dog‘ juda chuqur bo‘lsa, jarayon bir necha marta takrorlanadi, keyin iliq suv bilan yaxshilab yuvib tashlanadi. Ba’zi hollarda, tirnoq tozalash vositasini bir choy qoshiq idish yuvish vositasi bilan aralashtirish maqsadga muvofiqdir.
Kir yuvish sovuni
Sovun – bu har kungi muammolarning davosi. Krossovkalarga kir yuvish sovuni qatlamini qo‘llanadi, to‘liq quriguncha qoldiriladi va keyin iliq suvda yaxshilab yuviladi. Sovunni pichoq yoki qirg‘ich bilan maydalanadi.
Sirka, kir yuvish vositasi, iste’mol sodasi va vodorod periks
Krossovkalarni avvalgi holatga qaytaradigan oqartiruvchi aralashma uchun 2 osh qoshiq sirka teng miqdorda kir yuvish kukuni bilan aralashtiriladi, bir choy qoshiq iste’mol sodasi qo‘shiladi. Olingan aralashmaga bir osh qoshiq vodorod periksni quyiladi. So‘ngra krossovkalarga tish pastasi yaxshilab surtiladi. Aralashmani 10-15 daqiqa ushlab turish, so‘ngra bir necha marta suv bilan yuvish kerak.
Limon sharbati
Krossovkaning yana yangi ko‘rinishda bo‘lishi uchun tabiiy sayqallash vositasini qo‘llash kifoya. 2-3 osh qoshiq limon sharbatini shimgichga siqib, poyabzal yuzasiga surtilado. Agar yetarli bo‘lmasa, jarayon bir necha marta takrorlanadi.
Mashinada yuvish
Kir yuvish mashinasida faqat sifatli materiallardan tayyorlangan bardoshli krossovkalarni yuvish mumkin, aks holda ular bo‘shashib qoladi. Krossovkalarni boshqa narsalardan alohida yuvmaslik kerak. Ularni choyshab yoki mebel qoplamalari bilan yuvish yaxshidir. Shunda krossovkalar mashinaning ichki qismiga zarar yetkazmaydi. | 56 | 4,383 |
Ayollar | Tor poyabzallarni kengaytirish bo‘yicha 5 ta samarali maslahat | Odatda poyabzal sotib olayotganda, ular dastlab qulay bo‘lib tuyiladi, lekin kiyilgach tor ekanligi ayon bo‘ladi. Shunday vaqtda oyoq kiyimni qulay o‘lchamga kengaytirishga yordam berish uchun ushbu usullardan birini sinab ko‘rish tavsiya etiladi, bu haqiqatan ham yordam beradi, deb yozadi “Noviy ochag”.
Spirt
Oyoq kiyimning ichki qismi toza spirt bilan tozalanadi. So‘ngra poyabzalning ustki qismi toza salfetka bilan artib chiqiladi. Oyoq kiyimlar to‘liq qurishini kutmasdan, ularni kiyib, xonani aylanib chiqish kerak. Spirt charmni yumshatadi va tez orada oyoq sig‘imiga moslashadi.
Issiq havo
Oyoq kiyimlarni kengaytirishning yana bir an’anaviy usuli — ularni fenning issiq havosi bilan isitish va darhol qalin jun paypoq ustidan kiyish lozim. Poyabzal sovigandan so‘ng protsedura yana takrorlanadi. Oyoq kiyimlar kerakli o‘lchamga kelgunga qadar qizdiriladi.
Kanakunjut yog‘i
Teri yoki sun’iy charm poyabzalning ichki qismiga kanakunjut yog‘i surtiladi — moy materialni yumshoq va elastik qilishga yordam beradi. Bu usul anchadan beri kiymagan poyabzal uchun juda mos keladi. Vaqt o‘tishi bilan charm quriydi va dag‘allashadi. Kanakunjut yog‘i bilan ishlov berilgandan so‘ng poyabzalni yuvish kerak. Chunki moy poyabzalga singib ketmasligi lozim, aks holda kolgotkada dog‘ qoldirishi mumkin.
Parafin
Agar poyabzal juda tor bo‘lsa, parafin sham yordam keladi. U poyabzal ichiga, tovon qismiga yaxshilab surtiladi — chunki bu joyda tovon yorilishi va qadoqlar paydo bo‘ladi. Oyoq kiyimlar bir kechaga qoldiriladi, ertalab esa sirtdan parafin artib olinadi. Agar protsedura birinchi marta yordam bermasa, uni ertasi kuni ham takrorlash mumkin.
Nam gazetalar
Bu usul ham juda mashhur. Uning yordamida mato, rezina va boshqa tabiiy bo‘lmagan materiallardan tayyorlangan poyabzallarni sezilarli darajada kengaytirish mumkin. So‘ngra g‘ijimlangan gazeta oyoq kiyim ichiga tiqiladi. Qog‘oz tabiiy ravishda qurishi uchun isitkichlardan uzoqroq joyda qoldirish kerak — haddan tashqari issiqlik materialning shaklini o‘zgartirishi mumkin. | 62 | 2,036 |
Ayollar | Nima uchun piyoz ko‘zni achishtiradi? Piyoz tozalaganda “yig‘lamaslik” uchun 7 ta layfxak | Piyoz tozalash va to‘g‘rashni oshxonadagi yoqimli ishlar sirasiga kiritib bo‘lmaydi. Chunki piyoz “ko‘z yosh to‘kish”ga majbur qiladi. “Lisa.ru” nashri ushbu jarayon davomida “yig‘lash”ni to‘xtatishga yordam beradigan layfxaklar bilan bo‘lishdi.
Ko‘z yoshlarini keltirib chiqarishga lakrimator efir moddalari sabab bo‘ladi. Ushbu kimyoviy moddalar guruhi sabzavotni to‘g‘rash — hujayralari zararlanganda chiqariladi. Ular shilliq qavatga tushib, namlik bilan o‘zaro ta’sirga kirishadi, o‘zidan oltingugurt ajralgach achishish xususiyatini keltirib chiqaradi. Achishish o‘z navbatida, ko‘z yoshlarini faol ravishda chiqarishga yordam beradi. Buning oldini olish uchun faqat lakrimatorlarning faolligini kamaytirish kerak.
Muzlatish
Piyoz, pichoq va taxtakachni sovitkichga 5-7 daqiqa yoki yarim soat davomida muzlatkichga qo‘yish kerak. Oltingugurt birikmalarining chiqishini kamaytirish uchun sabzavot sovishi lozim. Agar yetarli vaqt bo‘lmasa, piyozni sovuq suv oqimi ostida ushlab turish mumkin. Natijada lakrimatorlar eriydi va ko‘zni achishtirmaydi.
Qizdirish
Piyozni katta bo‘laklarga bo‘lib, qaynoq suvga bir necha daqiqa qo‘yish kerak. Keyin uni olib tashlab, taomga qo‘shish mumkin. Qaynoq suv muammodan qochishga yordam beradi, bug‘ ko‘zdan yosh chiqaruvchi gazni tarqatadi.
O‘tkir pichoq
O‘tkir pichoq yordamida piyozni to‘g‘rash kamroq hujayralarga zarar yetkazadi va havoga kamroq muhim birikmalar chiqaradi. Bundan tashqari, to‘g‘rash jarayoni tezlashadi, bu esa salbiy moddalarning ta’sirini kamaytiradi.
Ko‘zoynak
Oshxonada suzish uchun aksessuarlar yordam berishi mumkin bo‘lgan holat. Suzish ko‘zoynaklari teriga mahkam yopishadi va ko‘zlarni mukammal himoya qiladi.
Yog‘och qoshiq
Bu ilmiy emas, balki xalqona usulidir. To‘g‘rash paytida qoshiq og‘izda ushlab turilsa, yog‘och ko‘zdan yosh chiqaruvchi gazni o‘zlashtiradi, degan qarash mavjud. Bu usul noqulayligi bilan samarasiz ham bo‘lishi mumkin.
Bir stakan suv
Lakrimatorlar suvda yaxshi eriydi. Pichoqni tez-tez namlash uchun bir stakan suv qo‘yish tavsiya etiladi.
Sham
Issiqlik manbasi yoki shamdan foydalanish mumkin. Asosiysi, issiq havo zararli moddalar konsentratsiyasini ko‘zlarga yetib borguncha kamaytirishga yordam beradi. | 89 | 2,207 |
Ayollar | Nega yaponlar dunyo bo‘yicha eng uzoq umr ko‘radi? | Kunchiqar mamlakat fuqarolari sayyoraning butun aholisi orasida eng yuqori hayot davomiyligi bilan ajralib turadi. Yaponiyada ayollar o‘rtacha 86 yoshgacha, erkaklar esa 79 yoshgacha umr ko‘radi, bu esa dunyoning istalgan boshqa rivojlangan mamlakati ko‘rsatkichidan yuqori, deb yozadi TravelAsk.
Bu mamlakatga tashrif buyurgan ko‘pchilik sayyohlar yaponlar juda yosh ko‘rinishi, xushbichim va serg‘ayrat ekanligini ta’kidlaydi. Hatto keksa yoshli kishilar ham faol hayot kechiradi, velosipedlarda yuradi, sport o‘yinlari o‘ynaydi va o‘z yoshidan yosh ko‘rinadi.
Eslatib o‘tish joizki, yaponiyaliklarning aksariyati juda mehnatkash. Ular deyarli dam olish kunisiz ishlaydi, qonun bilan belgilangan har yillik ta’til davomiyligi esa 18 kun, bu ko‘rsatkich odatda sakkiz kundan oshmaydi. Yaponlar ancha ko‘p chekadi va muntazam spirtli ichimliklar iste’mol qiladi. Mamlakat 1945-yilda boshdan kechirgan Xirosima va Nagasaki yadro halokatlari, shuningdek, 2011-yilgi Fukusima sog‘lom va davomli hayot uchun hech qanday imkon tug‘dirmaydi.
Bularning bari dunyo olimlarini bu fenomen javobini topishga undadi. Va nihoyat, yaponcha uzoq yashashning ko‘p sonli tadqiqotchilari o‘z xulosalarini ommaga taqdim etdi. Barchasi yaponlarning hayot tarzida ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Birinchi navbatda bu ovqatlanishning o‘ziga xos jihatlaridir. Yaponiyada taom tanovul qilish madaniyati ko‘p jihatdan to‘g‘ri ovqatlanish haqidagi kitoblardan tavsiyalarni eslatadi. Ular suv va ko‘k choyni ko‘p ichadi, taomni kichik porsiyalarda iste’mol qiladi hamda uzoq vaqt saqlanmagan va konservatsiya qilinmagan sarhil mahsulotlar tanovul qilishga harakat qiladi.
Yaponlar ratsionida baliq ko‘p miqdorda uchraydi, bu yangi baliq ekanligi ham katta ahamiyatga ega. Kunchiqar mamlakatning har bir fuqarosi yiliga o‘rtacha 68 kilogramm baliq iste’mol qiladi, bu boshqa mamlakatlarga qaraganda to‘rt martaga ko‘pdir. Bu omega-3 yarimto‘yinmagan yog‘ kislotalari, selen va yodning ajoyib manbasi bo‘lib, yurak-qon tomir tizimi va butun organizm sog‘lom ishlashi uchun yordam beradi. Biroq go‘shtni (mol go‘shti, parranda go‘shti) yaponiyaliklar Yevropa va amerikaliklarga qaraganda 2—3 marta kam iste’mol qiladi.
Yaponlar ovqatlanishining ikkinchi o‘ziga xos jihati — bu yangi uzilgan meva va sabzavotlar, shuningdek, dengiz suv o‘tlarining ko‘p miqdorda tanovul qilinishi. Ularga juda kam issiqlik ishlovi beriladi. Bu mahsulotlar vitaminlar va minerallarga boy hamda deyarli kaloriyaga ega emas. Bundan tashqari, ular non deyarli iste’mol qilmaydi, buning o‘rniga guruch yeydi.
To‘g‘ri, yangi uzilgan va vitaminlarga boy mahsulotlardan tashqari, yaponiyaliklar yevropaliklarga qaraganda kamroq yeyishi bilan ham farqlanadi. Bu nafaqat porsiya hajmi, balki shirinlik miqdoriga ham taalluqli. Masalan, yaponcha pirojnoye Rossiyanikidan uch marta kichik. Albatta, ko‘k choyni ham eslab o‘tish lozim. Yaponiyaliklar ko‘k choyni ko‘p ichadi, u esa sog‘liq uchun foydali bo‘lib, immunitetni mustahkamlaydi. Ba’zan ular ko‘k choyni nafaqat ichadi, balki uning barglarini iste’mol ham qiladi. Ular suvni ham nafaqat chanqoq his qilganda, balki kun davomida ham ko‘p miqdorda ichadi. Yaponiyada, shuningdek, sog‘liqni mustahkamlash va umrni uzaytirishga qaratilgan oziq-ovqat qo‘shimchalari va vitamin komplekslari ko‘p miqdorda iste’mol qilinadi.
Yaponcha hayot tarzining ikkinchi muhim tarkibiy qismi — bu yuqori faollik. Ular ko‘proq velosipedlarda va piyoda harakatlanadi, avtomobillarda esa yevropaliklarga qaraganda kamroq yuradi. Yaponlar, hatto keksalari ham golf-kroket o‘ynashni yoqtiradi. Tadqiqotlarda ishtirok etgan uzoq umr ko‘ruvchilar kuniga kamida 10 ming qadam yurishni tavsiya qiladi, bu esa taxminan olti kilometrga teng.
Yaponiyaliklar hayotining uchinchi muhim tarkibiy qismi ularning atrof-muhitga munosabati va ichki xotirjamligidir. Yaponlar o‘z tabiati bilan uyg‘unlikda yashaydi, mashhur yapon bog‘lari va bonsaylar ham o‘tmish qoldig‘i emas. Katta avlod yaponlarning aksariyati hovlisida yoki deraza tokchasida sevimli daraxtiga ega bo‘lib, ularga g‘amxo‘rlik qilish uchun ancha ko‘p vaqt sarflaydi. Ularning butun mavjudligi tabiatga g‘amxo‘rlik bilan sug‘orilgan, axir maydoni kichikroq bo‘lgan hududda 125 milliondan ortiq odam yashaydi va mamlakatni kelajak avlod uchun saqlash maqsadida tabiatni himoya qilish uchun juda ko‘p ish qiladi.
Kunchiqar mamlakat uzoq umr ko‘ruvchi fuqarolari o‘zi va atrofdagilar bilan uyg‘unlikda bo‘lish uchun qanday to‘g‘ri yashash haqida tavsiyalar beradi. Ular ko‘proq jilmayish, ezgu ishlar qilish, bolalardan quvonish va pul yoki moddiy boyliklar yetishmovchiligidan qayg‘urmaslikni tavsiya qiladi. Keksa yaponlar, shuningdek, hayot bergan hamma narsani minnatdorlik bilan qabul qilish va odamlardan xafa bo‘lmaslikni tavsiya etadi. Ehtimol, yaponiyaliklarga juda ham keksalikka qadar yashash imkonini beruvchi eng muhim narsa — bu hayotga bo‘lgan muhabbatdir. | 50 | 4,894 |
Ayollar | Issiqdan saqlanishga yordam beradigan 8 tavsiya | Issiqni yengishga yordam beradigan tavsiyalarni e’tiboringizga havola etamiz.
Chuqur nafas oling
Qizib ketganingizni his qilishingiz bilan bir necha daqiqa davomida chuqur nafas oling. To‘g‘ri nafas olish organizmning termoregulyatsiyasiga yordam beradi.
Yalpizli sprey tayyorlang
Yalpiz bargining ustiga qaynoq suv quying, soviganidan keyin butilkaga soling va tana hamda yuzingizga purkang.
Layfxak
Ventilyatorning oldiga suv solib muzlatilgan plastik idishlarni qo‘ying.
Achchiq taom iste’mol qiling
Qon aylanishini jadallashtirgani sabab ham achchiq taom termoregulyatsiyani yaxshilaydi. Qolaversa, qalampir tarkibidagi kapsaitsin tana haroratini oshirmasdan yaxshilab terlashga olib keladi.
Kompresslardan foydalaning
Pulsni o‘lchasa bo‘ladigan tana qismlari – bilaklar, tovon va chakkaga muz solingan paket qo‘ying.
Aloy sharbatidan foydalaning
Aloy sharbati quyosh nurlaridan keyingi kuyish va qizishdan keyin terini sovutishi mumkin bo‘lgan yagona vosita hisoblanadi. Ammo shunga qaramay unda issiqqa qarshi kurashishda foydalansa ham bo‘ladi. Buning uchun aloyli gelni puls o‘lchanadigan tana qismi masalan, bilakka surtish kifoya. 5-10 daqiqada tana harorati pasayadi.
Choyshablarni muzlating
Plastik paketga solingan choyshablarni bir necha soatga muzlatkichga qo‘ying.
Yana bir samarali tavsiya
Muz yoki muzlatilgan guruchni yaxshilab yopiladigan paketlarga solib choyshab va to‘shak orasiga qo‘ying. Yo bo‘lmasa yangi paypoq ichiga guruch solib muzlatkichga qo‘ysangiz ham bo‘ladi. | 47 | 1,495 |
Ayollar | Tekis va silliq sochlarga erishishning 4 usuli | Jingalak sochlarni tekis holga keltirishning to‘rt xil usulini e’tiboringizga havola etamiz.
Sochlarni kimyoviy usulda tekislash maxsus vositalar – natriy gidrookis va ammoniy tioglikolat yordamida amalga oshiriladi. Bu turmakni sochning o‘sishiga qarab 2 oyda 1 marta takrorlab turishga to‘g‘ri keladi.
Tekislash yuqori sifatli metallar – po‘lat yoki jezdan yasalgan taroq yordamida amalga oshiriladi. Sochlarni termik to‘g‘rilash qulayroq usul bo‘lib, bu usul yordamida sochlarning sog‘lom ko‘rinishini va yaltiroqligini saqlagan holda uzoq muddatga tekislash mumkin.
Sochlarni uy sharoitida tekislashning eng yaxshi vositasi – hammaga ma’lum bo‘lgan dazmol hisoblanadi. Bu usul juda qulay va oddiy bo‘lsa ham, sochlaringiz har yuvilganda foydalanishga to‘g‘ri keladi.
Bu usul barcha vositalar ichida eng ommabop va qulayi hisoblanadi. Lekin, shunisi ham borki fen yordamida to‘g‘rilangan soch turmagi ham to yuvilguncha saqlanadi. | 46 | 934 |
Ayollar | Balenciaga brendi barmoqlari ajratib ko‘rsatilgan oyoq kiyim ishlab chiqaradi | Balenciaga zamonaviy brendi autdor-poyabzallari uchun texnologik taglik ishlab chiqaruvchisi Vibram bilan qo‘shma kolleksiyasini taqdim etadi. Balenciaga Toe kolleksiyasida oyoq barmoqlari alohida ko‘rsatib ishlangan poyabzal modellari mavjud.
Ushbu modellar Vibram tomonidan 2005-yilda taqdim etilgan Five Fingers uslubiga asoslangan bo‘lib, bu alpinistlarga mo‘ljallangan va yalangoyoq yurish tuyg‘usini yaratish uchun ixtiro qilingan. Shu bilan birga tortishishi kuchini ham ta’minlaydi.
Endi Balenciaga besh barmoqli ko‘rinishga asoslangan uchta poyabzal modelini taqdim etadi: sport poyabzal-paypoqlari, bog‘ichli krossovkalar va to‘piqqacha bo‘lgan poshnali poyabzallar. Ular 2020-yilning 16-oktabridan sotuvga chiqariladi, shuningdek, ularni Balenciaga sayti orqali ham xarid qilish imkoniyati mavjud. | 77 | 810 |
Ayollar | Sog‘lig‘ingizni haqiqatan ham yaxshilashga yordam beradigan 9 ta oddiy layfxak | O‘zingizni yaxshi his qilishni, baquvvat va jismoniy faol bo‘lishni xohlaysizmi? Bunga erishish uchun bir nechta oddiy odatlarni muntazam bajarishingiz kerak bo‘ladi. Ba’zida narsalarni yaxshi tomonga o‘zgartirish uchun kichik o‘zgarishlar kifoya qiladi. “Noviy ochag” nashri sog‘likni yaxshilashga yordam beradigan layfxaklarni taqdim etdi.
Haftada uch marta mashg‘ulotlarga boring
Jismoniy tarbiya mashqlari ijobiy ta’sir qilishi uchun mashg‘ulotlarni muntazam bajarish kerak bo‘ladi. Mashg‘ulotlarning eng maqbul rejimi — ularni haftada uch marta bajarishdir. Kuch ishlatiladigan mashqlar, kardio, basseyn yoki sport zali — umuman olganda, qanday sport turi bilan shug‘ullanishingiz muhim emas. Har bir yangi mashg‘ulotdan so‘ng stress darajasi pasayishi, kayfiyat yaxshilanishi va salomatlik mustahkamlanishi muhim.
Sabzavotlar
Kundalik ovqatlanish rejimining kamida yarmi sabzavotlardan iborat bo‘lishi kerak. Eng yaxshi tanlov — xom sabzavotlarni iste’mol qilish. Sabzi tayoqchalari, selderey poyalari, bodring va pomidorlar, boshqa sevimli sabzavotlaringizni ish joyingizning yoniga qo‘ying va ularni qanday yeyayotganingizni o‘zingiz sezmay qolasiz.
Sabzavotlarni barcha ovqatlarga qo‘shing
Nima pishirsangiz ham, unga biroz sabzavot qo‘shing. Makaron uchun to‘g‘ralgan pomidor, omlet uchun shirin qalampir, steyklar uchun brokkolidan foydalaning. Bu parhezning ta’sirini bir haftadan so‘ng sezasiz.
Bir soat oldin uyg‘onish
Kech uxlaysizmi? Afsuski, buning yomon tomonlari bor: kech uxlaydigan insonlar barvaqt uxlaydigan insonlarga qaraganda qandli diabetga chalinishi, tushkunlikka tushishi va hatto shamollash ehtimoli ko‘proq. Ertalabki quyosh nuri sog‘lig‘imiz uchun juda muhim va hech narsa uning o‘rnini bosa olmaydi. Ertalab uyg‘onish vaqtini asta-sekin o‘zgartirishni boshlang — har ikki-uch kunda 10 daqiqaga va bir oy ichida hech qanday stressiz bir soat oldin uyg‘onasiz.
Meditatsiya qilishni o‘rganing
Meditatsiya — nafaqat ruhiy, balki jismoniy salomatlik uchun ham juda foydali amaliyot hisoblanadi. Doimiy meditatsiya qon bosimini pasaytirishga, uyquni yaxshilashga va stressni kamaytirishga yordam beradi. Bundan tashqari, ijobiy ta’sirga erishish uchun kuniga atigi 10 daqiqa meditatsiya bilan shug‘ullanish kifoya qiladi.
Yostiqni almashtiring
Shifokorlar har ikki yilda yostiqni almashtirishni (yoki hech bo‘lmaganda tubdan tozalashni) tavsiya qilgan. Gap shundaki, yostiq yotoqxonadagi eng iflos va eng xavfli narsa hisoblanadi. Agar yostiq jildini doimiy ravishda almashtirsangiz ham, yostiqchaning o‘zida 16 tagacha turli xil zamburug‘ sporalari, shuningdek, kanalar bo‘lishi mumkin.
Shokolad iste’mol qiling
Tarkibida kakao ko‘p bo‘lgan va shakarsiz qora shokolad tananing asab tizimidan tortib yurak-qon tomir tizimigacha bo‘lgan deyarli barcha tizimlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va hatto ozishga yordam beradi. Kuniga uch yoki to‘rtta bo‘lak shokolad iste’mol qilish kerak.
Har kuni sayrga chiqing
Ochiq havoda 15 daqiqa sayr qilish ham sog‘liqni sezilarli darajada yaxshilaydi. Depressiyaga qarshi kurashish, yurak faoliyatini me’yorlashtirish, qonni kislorod bilan ta’minlash, kayfiyat va energiya darajasini yaxshilash – toza havoda biroz sayr qilish bu holatlarga ijobiy ta’sir qiladi. Bu holatga beparvo bo‘lmang.
Lift yoki eskalatordan foydalanmang
Kundalik jismoniy faollikni oshirishning eng oson yo‘li lift yoki eskalatorni tashlab, qayerga borsangiz ham zinapoyalardan chiqish hisoblanadi. Bir hafta davomida kuniga bir nechta “kulgili” parvozlar jismoniy faoliyatni yaxshilashga yordam beradi va bu harakat haqiqatan ham foydali. | 78 | 3,578 |
Ayollar | Sizga ozishda xalal beruvchi 3 ta asosiy xato | Maqolada biz siz ovqatlanish borasida yo‘l qo‘yadigan qanday xatolar ozish jarayoniga to‘sqinlik qilishi haqida gapiramiz.
Ko‘pchilik foydali oziq-ovqatlarni cheklanmagan miqdorda yeyish mumkin deb hisoblaydi. Bu katta xato. Hatto yormalar, qora undan qilingan makaronlar yoki shirin mevalar kabi foydali oziq-ovqatlarni ham cheklanmagan miqdorda iste’mol qilish sizning ozish uchun qilayotgan harakatlaringizni yo‘qqa chiqarishi mumkin.
Qanday tuzatish kerak?
Oshxona uchun tarozi sotib oling va iste’mol qilayotgan hamma oziq-ovqatlaringizni o‘lchang.
O‘ramlarda va jadvallarda 100 gramm ishlov berilmagan mahsulotning kaloriyasi ko‘rsatilishini esingizda tuting, xom va pishgan mahsulotlarning og‘irligi esa bir-biridan ancha farq qilishi mumkin. Shuning uchun oziq-ovqatlarni yoki tayyorlashdan oldin o‘lchang, yoki jadvallardan tayyor oziq-ovqatlarning kaloriyasi to‘g‘risida izlab ko‘ring.
Qovurish jarayonida foydalaniladigan o‘simlik yog‘i taomning kaloriyasini juda oshirib yuboradi.
Qanday tuzatish kerak?
Boshqacha tayyorlash usulllaridan foydalaning: oziq-ovqatlarni duxovkada pishiring, bug‘da tayyorlang.
Yog‘siz qovurish imkonini beradigan, kuyishga qarshi qoplama o‘rnatilgan tova sotib oling.
Agar qovurishda yog‘ ishlatmoqchi bo‘lsangiz, uni tovaga butilkadan quymang, tova ustini cho‘tkacha bilan biroz moylasangiz yetarli bo‘ladi.
Ko‘pincha konfet va pechenyelarni foydaliroq shirinliklar: yong‘oqlar va quruq mevalarga almashtirishni maslahat berishadi. Ha haqiqatan ham ularda foydali moddalar juda ko‘p, lekin kaloriyasi ham ancha katta.
Qanday tuzatish kerak?
Quruq mevalar va yong‘oqlar qo‘yilgan likoplarni ko‘rinmaydigan joyga qo‘ying.
Foydali shirinliklarni yeyishdan oldin, ularni o‘lchang va kaloriyasini hisoblang.
Manba: “Lady.day.az” | 45 | 1,767 |
Ayollar | Konnyakudan ultratovushli cho‘tkagacha: uy sharoitida yuz terisini tozalash bo‘yicha qo‘llanma (foto) | Yuzaki ajinlarsiz, toza, sog‘lom va yorqin teri – har bir ayolning asosiy orzusi. Teri parvarishi yo‘lida bir nechta tozalash qoidalari mavjud. Shuningdek, kosmetologlar yuz tozalashda faqat skrab va piling bilan cheklanib qolmaslikni maslahat beradi, bu borada byuti-gadjetlardan unumli foydalanish mumkin.
Ehtimol, allaqachon do‘kon va internetda terini tozalash uchun juda ko‘p miqdordagi go‘zallik yordamchilari mavjudligini ko‘rish mumkin: qo‘lqop, yumshoq tozalagichlar va turli xil cho‘tka kabilar. Xo‘sh, ular bir-biridan qanday farq qiladi, kimlar ulardan foydalanishi mumkin? Buni esa avval aniqlab olish kerak.
Makiyajni tozalash uchun qo‘lqop va salfetkalar
Ular mutlaqo hamma uchun, sezgir va ta’sirchan teriga ham mos keladi. Haqiqat shundaki, salfetka va qo‘lqoplarning maxsus tarkibi va materiali tufayli ularning ikkisidan ham kosmetika va turli xil g‘uborlarni qo‘shimcha vositalarsiz tozalashi mumkin. Salfetkalar odatda terining barcha turlari uchun mo‘ljallangan maxsus tozalovchi kosmetik vositalar bilan namlangan. Yumshoq qo‘lqoplar ham har qanday rang, shakl va o‘lchamda mavjud. Ularning yordamida yengil massaj tufayli qon mikrosirkulatsiyasi yaxshilanadi. Umuman olganda, ushbu mahsulotlar har kimning vositalar javonida bo‘lishi kerak.
Tozalagich va sponjlar
Ularning g‘ovakli tuzilishi yuzning har bir teshigini tozalaydi. Tabiiy, dengiz minerallari bilan to‘yingan va bir qancha afzalliklarga ega bo‘lgan shimgichdan foydalanish tavsiya etiladi. Ushbu vosita allergiya keltirib chiqarmaydi va undan uzoq muddat foydalanish mumkin. Ayniqsa, o‘ta kuchli makiyajni tozalashda juda qulay. Yuz yuvilgandan keyin uni yaxshilab tabiiy holda quritish kerak.
Konnyaku va cho‘tka
Sponj-konnyaku bozorlarda yaqinda paydo bo‘lgan bo‘lsa-da, ammo ular allaqachon byuti-blogerlar tomonidan sevib foydalaniladi. Ular o‘simliklar ildizidan yasalganligi sababli butunlay tabiiydir. Teri ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda turli xil shimgichlarni tanlash mumkin. Shuningdek, ushbu vositalardan kunning har qanday qismida foydalanish mumkin. Chunki ular terini shikastlamaydi va bezovta qilmaydi. Bundan tashqari cho‘tkalar intensiv tozalash uchun yaxshi, ular imkonsiz bo‘lgan joylar, masalan, burun burchaklarini tozalash uchun juda qulaydir. Qolaversa, cho‘tka foydalanuvchilari qora nuqta uchun bundan yaxshi vosita yo‘q, deb biladi.
Silikon massaj vositasi
Qisqa silikon tukli massaj vositalari biroz tebranadi. Bu esa teshiklarni tozalashni osonlashtiradi. Ushbu gadjetlar terida yog‘, keratin va bo‘yanish qoldiqlarini olib tashlashi uchun bir necha daqiqa kifoya. Cho‘tkaning silikon yuzasi nozik terini tozalab, yoshartiruvchi massajni amalga oshiradi. Odatda bu kabi cho‘tka ishlab chiqaruvchilari giperkeratoz, komedonlardan tashqari, ajinlarni kamaytirish, qarishning dastlabki belgilarini kamaytirishning sekinlashtirishi, terining rangi va tuzilishini tenglashtirishni va’da qiladi. Kosmetologlar ushbu vositadan haftada 2-3 marta foydalanishni tavsiya etadi.
Elektron cho‘tka
Tabiiy tolalardan tashkil topganiga qaramay, foydalanishda biroz ehtiyot bo‘lish kerak. Bunday cho‘tkalar ta’sirchan va quruq terilar uchun mos kelmaydi. Chunki uskuna maksimal darajada ishlaydi. U chuqur sohalarni tozalash, yuz terisini yaxshilash uchun mo‘ljallangan. Ushbu vostadan haftada bir marta foydalanish tavsiya etiladi.
Har qanday massaj vositasini tanlaganda, undan foydalanish qoidalariga amal qilish zarur: | 101 | 3,432 |
Ayollar | Oddiy shampundan qanday qilib “mo‘jiza” yaratish mumkin? Qalin va jilokor sochlar siri | Qalin va jilokor sochlarga erishish uchun qimmatbaho mahsulotlarni sotib olish yoki salondagi muolajalarga pul sarflash mutlaqo shart emas. Oddiy shampunga bitta shifobaxsh moddani qo‘shish kifoya, uning mo‘jizaviy natijasi uzoq kuttirmaydi, deb yozadi The Voice Mag.
Albatta, ayollar jurnal muqovasidagi kabi qalin va porloq sochlarni orzu qiladi. Shu bilan birga, faqat bir nechtasi buning uchun katta kuch va jingalak sochlarga ehtiyotkorlik bilan g‘amxo‘rlik qilish uchun ko‘p pul sarflashga tayyor. So‘ngra hamma ham kutilgan natijaga erishishni istaydi.
Internet foydalanuvchilari jilokor sochlarga ega bo‘lish uchun ajoyib xalqona usulni tavsiya qilmoqda, bu hamma uchun mos keladi. Buni amalga oshirish uchun bor-yo‘g‘i oddiy shampun kerak bo‘ladi. Undan uy sharoitida “mo‘jiza” yaratish mumkin.
Shunday qilib, oddiy shampunga 10 dona oddiy mumiyo tabletkasi qo‘shiladi, ularni har qanday dorixonadan xarid qilish mumkin. Aralashtirgandan so‘ng shampun qorayishi kerak, xavotirga o‘rin yo‘q — bu mutlaqo me’yoriydir.
Bunday mo‘jizaviy shampun bilan sochlarni yuvishning odatiy tartibi biroz o‘zgaradi. U bilan sochni namlash va ko‘pirtirish kerak, so‘ngra 3-5 daqiqaga yuvmaslik lozim. Aynan shu vaqtda davolovchi vosita to‘g‘ridan to‘g‘ri soch ildizlariga ta’sir qiladi.
Ushbu sehrli shampunni allaqachon sinab ko‘rgan tarmoq foydalanuvchilari bir nechta amaliyotlardan so‘ng sochlar sezilarli darajada o‘zgarganini ta’kidlamoqda: ular yanada sog‘lom, jilokor va qalinlashgan.
Aytgancha, xalq orasida mumiyo haqida boshqa ma’lumotlar ham mavjud. Unga ko‘ra, u teri toshmasi bilan samarali kurashadi va qarishga qarshi xususiyatlarga ega, shuningdek, ayollarda bepushtlikni davolashda foydalaniladi. | 86 | 1,708 |
Ayollar | Qishki obraz yaratamiz: yubka bilan qanday kurtka kiygan va kiymagan yaxshi? | Bugungi kunda istalgan uslub va bichimdagi kiyimni boshqa bir kiyim bilan moslash urfda. Siz hech ham ikkilanmasdan ayollarga xos latofatli ko‘rsatadigan bichimli libos, xususan, yubka bilan oversize bichimli yoki boshqa bir uslubdagi qishki kurtkani umumlashtirishingiz mumkin. Ammo ularning ikkovi “chiqishishi” uchun mavjud qoidalarga amal qilish kerak.
Asosiy qoida
Agar kurtka ham yubka ham bir rangda bo‘ladigan bo‘lsa, uzunlik borasida qayg‘urishingizga hojat qolmaydi. Ammo unday bo‘lmaydigan bo‘lsa, kurtka va yubka uzunligi orasidagi farq 20-30 santimetrdan oshmasligi kerak.
Yo‘qsa sizning bo‘yingiz va ko‘rinishingiz ko‘ngildagidek ko‘rinmaydi. Qishki kiyim shundoq ham qomatni to‘laroq ko‘rsatadi. Obraz tanlaganda shuni inobatga olgan holda modellarga e’tibor qaratish kerak.
Midi uzunligidagi yubka bilan tizza yoki bo‘ksagacha bo‘lgan uzunlikdagi kurtka kiyish sizni bo‘yi past qilib ko‘rsatadi. Yaxshisi bir rangda moslang, rangning yorqinlik darajasi farq qilishi mumkin. Bir rangda kiyinish bo‘yni balandroq qilib ko‘rsatish xususiyatiga ega. Yorqin rangli kurtka bilan printli yubka tanlash ham yaxshi variant. Agar yubkaning asosi qolib printining rangi kurtkaga mos bo‘lsa, yana ham yaxshi. Bunda nafaqat obrazingiz chiroyli ko‘rinadi, balki uzunlik va kurtkaning qalinligiga ham qaramay bo‘yingiz odatdagidan balandroq va qomatingiz proporsional ko‘rinadi.
Ideal obraz faqatgina yubka va kurtkaning uzunligida emas, ularning bichimi muvofiqini tanlay bilish va moslashga ham bog‘liq. Qalin va kalta kurtka tananing yuqori qismini yirik qilib ko‘rsatadi. Bunday kurtka hisobiga yubkani qomatni A ko‘rinishida ko‘rsatadiganidan tanlash kerak.
Agar bunday kurtka bilan yopishib turadigan kalta yubka kiyilsa, qo‘llar yirik, yelkalar keng va oyoqlar ingichka bo‘lib, “kachok”larga o‘xshab qolishingiz mumkin. Agar xuddi shunday kurtka bilan to‘g‘ri bichimli yubka kiyishni istasangiz, unda boldirgacha bo‘lgan va kamarli variant tanlang.
Ranglarni bir-biriga moslashdan cho‘chimang. Bu sizni obrazingizni esda qolarli va didli ko‘rinishiga sabab bo‘lishi mumkin. Baxmal, charm hatto ipak matosini ham qishki kurtkalar bilan ham noodatiy uslubda kiyinish mumkin.
Aksari yo‘l qo‘yiladigan xatolar
Matosi bo‘shashgan, osilib turadigan kurtka bilan hech qanday esda qolarli obraz yaratib bo‘lmaydi. Birinchidan, bunday model sizni qishki haroratda issiq tutishiga ishonch yo‘q, ikkinchidan, qomatingiz proporsiyasi xunuk ko‘rinadi.
Mini yubka bilan esa uzunroq kurtka kiygan yaxshi. Yubkaning kaltarog‘i bilan uzun yubka yaxshi turishi mumkin, lekin ikkalasining bir uzunlikdagisi tavsiya qilinmaydi.
Mini yubka bilan belbog‘ yoki kamarli, qolaversa, etagi keng kurtka kiyish ham xato. Bu bo‘ksani keng qomatni esa to‘la ko‘rsatadi.
Quyidagi surat kurtka va yubka orasidagi katta farq bo‘yni qanchalik past ko‘rsatishining yaqqol isboti. | 76 | 2,862 |
Ayollar | Yuzni parvarish qilishda dermatologlar tavsiya qilmaydigan 4 vosita | Yuz terisini tozalash, oziqlantirish, makiyajga tayyorlash kerakligi hammaga ma’lum bo‘lgan haqiqat. Go‘zallik sanoati yangidan-yangi mahsulotlar yaratmoqda va har bir amalning muhimligini, yuzni parvarish qilish bosqichlarining birontasini qoldirib bo‘lmasligini tushuntirmoqda. Shuning uchun yuzimiz go‘zalligini saqlab qolish maqsadida biz ko‘plab vositalarni sotib olamiz.
Lekin Amerika dermatologlari sotuvga chiqarilgan mahsulotlarning hammasini ishlatmaslik kerak va bu vositalar teriga zarar berishi mumkin deb hisoblaydi.
Xush, kosmetologning maslahatisiz nimalar qilish mumkin emas?
Ba’zan odamlar kimyoviy piling uchun vositalarni internet orqali sotib oladi. Lekin dermatologlar tez-tez bunday amallarning salbiy oqibatlariga duch keladi — o‘tib ketmaydigan qizarish, toshmalar va boshqa husnbuzarlarning paydo bo‘lishi, teri rangining o‘zgarishi. Ba’zida allergik reaksiyalar ham paydo bo‘ladi.
Professional kosmetologlar piling amallarini o‘tkazish vaqtida teri o‘zgarishining chuqurligini juda oson boshqara oladi. Lekin uy sharoitida buni uddalash ancha qiyinroq.
Lyufa, buf puf sponjlari va yuz uchun boshqa gubkalardan juda ehtiyot bo‘lish lozim. Dermatologlar ularni haddan tashqari g‘adir-budir bo‘lgani uchun teriga yomon ta’sir qiladi va uni shikastlaydi deb hisoblaydi. Ma’lumki, tabiiy materiallardan tayyorlangan gubkalar bakteriyalarni to‘plash xossasiga ega bo‘ladi.
Muvofiq ravishda ular teri qoplamasiga tushib halokatli ta’sirini boshlaydi. Shu sababli tabiiy materiallardan tayyorlangan sponjlarning yaroqlilik muddati bor-yo‘g‘i 2—3 oydan iborat.
Teri holatini asosan kollagen aniqlashi ko‘pchilikka ma’lum. Lekin, afsuski hatto kollagen ham mo‘jizalar yarata olmaydi.
“Men kollagen samarali ta’sir ko‘rsatishi uchun uning molekulalari haddan tashqari katta deb hisoblayman. Bu faol tarkibiy qism teriga singib ketmaydi, shuning uchun kollagenli vosita sotib olish bilan siz ancha qimmat namlovchi kremga ega bo‘lasiz”, — deydi Mayamidagi Teri instituti asoschisi va bosh direktori S. Manuela Jegazoti.
Qattiq skrablar terini haddan tashqari shikastlaydi, ular qichishish va giperpigmentatsiyani keltirib chiqarishi mumkin. Dermatologlar agar terida akne bo‘lsa skrabdan foydalanishni tavsiya qilmaydi.
Bu yallig‘lanish jarayonini keltirib chiqarishi mumkin. Dermatologlar bunday skrablarning o‘rniga yumshoq tozalovchi kremsimon vositalarni ishlatishni taklif qiladi.
Manba: “Zdorovoelico.com” | 67 | 2,428 |
Ayollar | Reebok va BAIT “O‘yinchoqlar tarixi” multfilmiga bag‘ishlangan krossovkalarni taqdim etdi | Reebok hamda BAIT tomonidan “O‘yinchoqlar tarixi” multfilmi uslubidagi kolleksiya taqdim qilindi. Bu brendlarning birinchi hamkorligi emas, 2019-yilda “Tom va Jerri”ga bag‘ishlangan kolleksiya ham ishlab chiqarilgandi, deb yozadi Wylsa.com.
Instapump Fury krossovka modeli kolleksiyada muhim rol o‘ynaydi. Modelning o‘ng poyi multfilmdagi sherif Vudi, chap poyi esa Bazz Layter rangida ishlab chiqarilgan. Narxi 200 dollar etib belgilangan krossovkalar, 12-iyundan sotuvga chiqariladi.
Shuningdek, kolleksiyada krossovkadan tashqari futbolka va hudilar ham o‘rin olgan. | 89 | 571 |
Ayollar | Sviter va yubka yordamida chiroyli obraz yaratamiz: Viktoriya Bekhemdan moda darslari | Qora rangli jemfer-vodolazka deyarli barcha ayol qizning garderobida bo‘lishiga qaramay, ko‘pchilik uni jinsi bilan kiyib cheklangani sabab obraz zerikarli ko‘rinadi. Futbolchi Devid Bekhemning rafiqasi, dizayner Viktoriya esa bu borada boshqacha tanlov qiladi.
U oddiylikka och sariq plissirovkali yubka bilan urg‘u bergan va o‘ziga xos ko‘rinishga ega bo‘lgan.
Shuningdek, Viktoriya qora sviter bilan bashang kiyinishni ham qoyillatadi. Buning uchun shakli qalamni esga soladigan yoki noodatiy bichimli yubkani tanlashni afzal biladi.
Boshdan oyoq bir rangda kiyinish ham didli va jozibali ko‘rsatadi. Bekhem xonimning to‘q ko‘k rangli jemferga sipo yubkani moslagani esa buning misoli.
Yana bir variant esa to‘q rangli jemfer va unga mos rangli etik bilan pushti rang shifondan yubka kiyish.
Oq keng yoki trikotaj matosidan tikilgan sviterni esa rang-barang printli yubka va poyabzal bilan uyg‘unlashtirsa bo‘ladi.
Moslash uchun faqat oq rang bo‘lishi shart emas. Yorqin rangli yubkadagi print rangida ustki kiyim kiysa ham bo‘ladi.
Sviterni faqat kundalik obraz, ish va o‘qish uchun kiyish kerak, deb kim aytdi? Unga ipak matodan tikilgan uzun yubka moslab hech ikkilanmay oqshomdagi yoki alohida tadbirlarga borsa bo‘ladi. Qo‘shimcha aksessuar va detallar bilan esa obrazni yanada qiziqarli ko‘rsatsa bo‘ladi. | 85 | 1,321 |
Ayollar | Tezda va tiniqib uxlashga yordam beradigan foydali maslahatlar | Uyqu bilan bog‘liq muammolar nafaqat salomatlik, balki kayfiyatda ham o‘z aksini topadi. AdMe nashri buning oldini olishga yordam beradigan tavsiyalarni e’tiboringizga havola qiladi.
Soatni ko‘zga tashlanadigan joydan chetga olib qo‘yish
Uyqudan avval soatga nazar tashlash odat bo‘lib qolgan, ammo bu aksariyat hollarda stress keltirib chiqarishi, uyqu sifatini yomonlashtirishi mumkin. Hatto xonadan tashqariga chiqarib tashlashingiz yoki soat siferblati ko‘rinmaydigan qilib, boshqa tomonga o‘girib qo‘ysangiz ham bo‘ladi.
Choyshablarni tez-tez yangilab turish
Yangi yuvilgan choyshabdan yaxshi hidlar kelib turishi uyquning yaxshilanishiga hissa qo‘shadi. Ularni hafta davomida kamiga bir marta yuvish, yuzdagi yog‘ va ter ajralishi sabab ham yostiq jildlarini tez-tez almashtirib turish kerak.
Uyqudan avvalgi odatlar
Bajariladigan mayda odatlar miyaga uxlash vaqti kelganligi haqida signal beradi. Bir stakan iliq suv ichish, vanna qabul qilish, tinchlantiradigan musiqa tinglash bu borada sizga yordam berishi mumkin.
Uyqudan avval xonani tartibga keltirish
Xonaning tartibsiz ekani uyqu bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Tadqiqotlarda atrofi tartibsiz bo‘lgan kishilarning uyqusida muammolar ko‘p bo‘lish ehtimoli yuqori ekani aniqlangan. Gap shundaki, xonaga kirganda ko‘zimiz tushadigan manzara uxlash jarayoniga ta’sir qilishi mumkin.
Telefonni qo‘lingizga olmang
Tadqiqotlardan birida ishdan boshqa vaqtda elektron xatlarning kelishini kutish jarayoni ham tinchlikning buzilishi va stressga sabab bo‘lishi mumkinligi aniqlangan. Har bir kelgan yangi xabar, biron qaror qabul qilish kerakligini bu esa tabiiyki, miya faol bo‘lishini talab qiladi. Aynan shu sabab ham mutaxassislar vaqtni ongli ravishda taqsimlash kerakligini ta’kidlaydi.
Yostiq tanlash
Qorin bilan uxlaydiganlarga yumshoq va ingichka yostiq tanlashingiz yoki bo‘yin og‘rimasligi uchun yostiqsiz uxlashingiz mumkin. Osmonga qarab uxlash umurtqa pog‘onasiga salbiy ta’sir qilishi mumkin.
Uyqu kelmasa, yarim soat kutib keyin urinib ko‘rish kerak
Agar uyqu kelmasa, taxminan 30 daqiqa boshqa narsa bilan chalg‘ib keyin uxlashga harakat qilib ko‘rish kerak. Kitob o‘qish, musiqa tinglash davomida uyqu kelishi mumkin.
Paypoq kiyish
Oyoq muzlaganda uxlash qiyin bo‘lishi mumkinligi sabab ham ayrim odamlarga paypoq kiyish tavsiya qilinadi. Paypoq yumshoq va havo o‘tkazadigan, shuningdek, oyoqni issiq tutadigan bo‘lishiga e’tibor berish kerak.
Kunduzi ortiqcha uxlab yubormaslik
Qisqa va doimiy bo‘lmagan kunduzgi uyqu chindan ham odamning tetiklashishga hissa qo‘shishi mumkin. Ammo uning 30 daqiqadan ortib ketishi ogohlikni kamaytirib, ish samaradorligiga ham ta’sir qilishi mumkin. Aynan shu sabab ham kun o‘rtasida 10 daqiqa uxlagan ma’qul. | 62 | 2,741 |
Ayollar | Elie Saab’ning yangi kolleksiyasidan o‘rin olgan eng chiroyli oqshom liboslari (foto) | Koronavirus sabab e’lon qilingan pandemiya sabab 2020-yil boshqa sohalar singari moda olami uchun ham qiyin kechdi. Qizil yo‘laklar va boshqa tadbirlarning yo‘qligi, ayniqsa, hashamatli liboslar taqdim qiluvchi kutyurlar
faoliyatiga ta’sir etmay qolmadi.
Elie Saab brendi nafaqat pandemiya, balki Beyrutdagi kuchli portlash sabab ham sezilarli darajada zarar ko‘rdi, minglab odamlar ishsiz qoldi. Shunga qaramay, livanlik dizayner Elie Saab ijobiy qarashdan to‘xtagani yo‘q. U hayot tez orada o‘z maromiga qaytishi shundan keyin bu kabi liboslarga bo‘lgan talab har qachongidan ham yuqori bo‘lishiga ishonadi. Shunday niyatda taqdim qilingan va o‘ziga xosligi bilan ko‘zni qamashtiradigan kolleksiyadan o‘rin olgan liboslar suratining eng yaxshilarini e’tiboringizga havola etamiz. | 85 | 782 |
Ayollar | Yozda bolani mashina ichida qoldirish qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin? | Amerikalik Maykl Xarrison har kuni tonggi 5 da uyqudan turib o‘g‘li Charlzning qabridan olingan tuproq solingan idishlarga barmoqlarini soladi. Charlz 2008-yil 8-iyul, bog‘chaga chiqqanining 3-kunida, o‘gay otasining mashinasida hayotdan ko‘z yumgan. Otasi 1 yarim yashar bolani bog‘chaga tashlab, keyin ofisga ketishi kerak bo‘lgan. Ammo xayolidan ko‘tarilib, ishiga yetib borganida eshikni qulflab mashinani tark etgan. Kechki soat 5 da hamkasbi yoniga kelib, undan mashinasining orqa o‘rindig‘idagi qanday qo‘g‘irchoq ekanini so‘ragan. O‘q tezligida tashqariga otilib chiqqan Maykl bolaning o‘lik tanasini mashinadan chiqarib olgan. So‘nggi 10 yil AQShda bunday holat, taxminan, 750 marta takrorlangan.
Quyoshli yerda qoldirilgan mashinaning nimasi xavfli?
Yopiq va quyoshli yerda to‘xtatilgan avtomobilda nafas olish 10-15 daqiqadan keyin qiyinlashadi. Bir soatdan keyin mashina ichidagi harorat hayot uchun xavfli darajaga yetadi. Bunday vaqtda soya ham yordam bera olmaydi. Bunga amerikalik mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan va natijasi Time jurnalida e’lon qilingan eksperiment ham misol bo‘la oladi. Kumushrang yopiq avtomobil kumushrang ekonom-klass mashina va oq miniven Arizona shtatining Tempe shahridagi quyoshli avtoturargohda qoldirilgan. Va yana shuncha mashina soyaga qo‘yilgan. Iyun va iyul oyida bir necha kun davomida tadqiqotchilar haroratni o‘lchagan va keyinroq 2 yashar bola bo‘lishi mumkin bo‘lgan vaziyat modellashtirgan.
Eksperiment natijasiga ko‘ra, miniven salonidagi harorat uzoq vaqt davomida, ekonom-klass mashinasidagi harorat esa tezda isib ketishi aniqlangan. O‘rtacha bir soatdan keyin quyosh ostida bo‘lgan avtomobil Selsiy shkalasi bo‘yicha taxminan 45-47 darajali saunaga aylanadi. O‘rindiq, rul, boshqarish paneli yanada kuchli qiziydi. Soyada turgan mashinalar salonidagi harorat esa bir soatdan keyin 38 daraja bo‘lgan.
Bola yopiq mashinaning ichida qolsa nima bo‘ladi?
Uzoq vaqt davomida yopiq, havo kirmaydigan hamda harorat mo‘tadil ko‘tariladigan joy ichida qolish bola uchun xavfli ekanining sababi bola organizmi kattalarnikiga nisbatan 5 karra tezroq qizishida. Tana haroratini to‘g‘rilashi uchun ko‘proq namlik ajraladi. Bola terlaydi, suvsizlanish kuzatiladi, ichki a’zolar va miyada muammolar kuzatiladi. Oqibatda hushini yo‘qotgan bola komaga tushadi.
10 daqiqa ham rol o‘ynashi mumkin
Issiqda hatto, 10 daqiqa qolish ham xavfli. Bunday vaqtda yoshi katta odam baxtsiz voqeaga duch kelishi, infarkt va insult bo‘lib qolishi, hatto to‘satdan vafot etishi bola mashinadaligini esa hech kim bilmay qolishi mumkin. Avtomobil salonidagi harorat asta-sekinlik bilan ko‘tarilishi mumkin, ammo bola organizmining suvsizlanishi bir zumda bo‘ladi. Yarim soat mashinada qolish nafaqat inson salomatligi, balki ruhiy holatiga ham ta’sir qilishi mumkin. Qolaversa, yilning istalgan vaqtida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa hodisalar ham yuz berishi, noto‘g‘ri joyda to‘xtalgan mashina evakuatsiya qilinishi, katta yoshli bolalar mashinani haydashi mumkin.
Hayvonlar qoldirilsa-chi?
Shuningdek, it va mushuklarni qoldirish tavsiya qilinmaydi. Ter ajralmagani va nafas olishga qiynalishi hushini yo‘qotishga olib keladi. Qolaversa, ularning tana harorati odamlarnikiga nisbatan yuqori ekanini inobatga olish kerak. | 77 | 3,259 |
Ayollar | Bosh kiyimni to‘g‘ri tanlash mezonlari | Yilning sovuq kunlarida chiroyli va qulay bosh kiyim va sharflar yordamida tashqi ko‘rinishingizni yanada jozibali qilishingiz mumkin. To‘g‘ri tanlangan shapka yoki shlyapa nafaqat boshingizni sovuqdan asrashi, balki sizni yanada maftunkor qilishi mumkin.
Birinchi galda ular orasidagi eng ommabop bosh kiyim — to‘qilgan shapkalar haqida so‘z yuritsak.
Ularning zamonaviy va chiroyli ko‘rinishga ega bo‘lgan xillari juda ko‘p. Bunday shapkalarni tanlashning eng muhim jihati, ular boshni juda siqib turmasligi kerak. Yirik to‘qishli bosh kiyim ideal variant hisoblanadi.
Silliq, yopishib turuvchi shapkalar to‘lig‘icha yupqa trikotajdan tikilgan bo‘lsa yaxshi ko‘rinadi. Bunday shapkalar yirik yuz tuzilish va yorqin tashqi ko‘rinish sohibalariga ko‘proq yarashadi. Umuman olganda esa kengroq turadigan shapkalarni tanlashni tavsiya etamiz.
To‘qilgan beretkalar ham ushbu mavsumda ommabop sanaladi. Faqat ularga qat’iy shakl berishga intilmaslik zarur. Shunchaki beretkaning markazini orqaga tashlab qo‘ying.
Shlyapa — mazkur qishning eng aktual aksessuarlaridan biri. Klassik keng soyabonli shlyapa tanlaganingiz ma’qul. Uning rangi turli-tuman, qoradan tortib och pushtigacha bo‘lishi mumkin. Muhimi, uning rangi sizga va ustki kiyim rangiga mos tushsin.
Yana bir muhim jihat, yirik detallar — gullar, kapalaklardan voz keching. Yaltiroq toshlardan xoli, bir rangdagi to‘qilgan shapka eng yaxshi variantlardan biridir.
Tashqi qiyofangizning eng yorqin qismi sun’iy toshlar emas, porlab turgan ko‘zlaringiz bo‘lsin!
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 38 | 1,691 |
Ayollar | Men kimman? Yoxud o‘zingizga ishonasizmi? | Hech o‘zingizga “Men kimman?”, “Nima qilayapman?”, “Nimaga loyiqman?” degan savollarni berib ko‘rganmisiz? Bu savollarga javobni aniq bera olsangiz, Sizni yetarlicha o‘ziga ishonuvchan deyish mumkin, agar javob berishga qiynalsangiz, demak sizda o‘ziga ishonmaslik muammosi bor.
O‘ziga ishonish, loyiqlik hissi, g‘urur — bularning bari o‘zini anglash va o‘zini baholay olish deganidir.
O‘ziga bo‘lgan ishonch tuyg‘usini qanday mustahkamlash kerak?
Rostgo‘ylikdan boshlang, atrofga turli qolipga solingan tasavvurlardan qochib, vijdon, haqiqat ko‘zi bilan qarang. Kim kimga samimiy kulyapti, kim soxta? “Shunday qilish kerak va hamma shunday qiladi”, deb kim nimalar qilmoqda? Aslida qanday bo‘lishi kerak? Bulardan haqiqatni izlab ko‘ring.
So‘rang va eshiting
Biror ishdan so‘ng ishonchsizlik yoki ikkilanish yuzaga kelsa, boshqalardan bu boradagi fikrini, maslahat va takliflarini so‘rashdan cho‘chimang. Barini to‘plab, tahlil qiling. Atrofdagilar fikri o‘zlikni yanada yaxshiroq anglashga foyda beradi. Ba’zan tanqidiy fikrlarni ham eshitishni, to‘g‘ri xulosa chiqarishni ham bilish kerak.
Hayotda kimga havas qilasiz, kimni qahramon deb bilasiz? Xoh qaysidir mashhur multqahramon bo‘lsin, xoh film, asar qahramoni, ularning obrazini tasavvuringizga muhrlab oling, ular qanday xatti-harakatda, odatlari, so‘zlashishi qanaqa — hammasini kuzating. Uyqudan avval U haqida o‘ylab yoting, ertalab U bo‘lib uyg‘oning, qarabsizki, Siz Unga aylanasiz.
O‘ziga ishongan odamlar bilan muloqot qilish ham maroqli va foydali. Suhbatdan so‘ng, o‘zingizni ulardek qat’iy, kuchli his hilasiz.
Tan olish, iqror bo‘lish - qalb “vitamin”i deyish mumkin. Siz harakat qilayotganingiz va o‘sayotganingizni his qilishingiz lozim. O‘zingizni qanchalik yaxshi yoki yomon ekanligingizni taqqoslashga urinmang, aksincha, kamchiliklarni tuzatishga, to‘ldirishga intiling.
Yuqorida keltirilgan barcha usullarni birma-bir tahlil qilib, amaliyot+harakat=omad formulasi bo‘yicha harakatingizni bugundan boshlang. | 41 | 1,986 |
Ayollar | Iste’mol sodasidan ro‘zg‘orda unumli foydalanish bo‘yicha foydali tavsiyalar | Kundalik ro‘zg‘orda iste’mol sodasidan foydalanishning variantlari ko‘pligidan, ularni birma-bir sanab bo‘lmaydi. “Domashniy ochag” nashri ulardan eng keng tarqalgan va noodatiy, samaralilarini sanab o‘tdi.
Iste’mol sodasi nima?
Natriy gidrokarbonat — nozik oq kukun shaklida karbonat kislotasi va natriyning kislotali tuzi. Iste’mol sodasi kislotalar bilan kimyoviy reaksiyaga kirishib, karbonat angidrid va suvga ajraladi. Bu barchaga tanish bo‘lgan usulni aniq ko‘rsatadi — sodani sirka yoki limon sharbati bilan o‘ldirish. Iste’mol sodasi ortiqcha kislotani zararsizlantiradi, qandolatchilikda eng ko‘p ishlatiladigan kimyoviy xamirturush bo‘lib, shuningdek, mukammal tozalovchi va hidni neytrallashtiruvchi vosita sifatida ham ma’lum.
Mashina boshqaruvida uyqu bossa
Darhaqiqat, mashina haydash paytida yengil soda eritmasini ichish juda mashhur tavsiya edi. Biroq, bugungi kunda shifokorlar sodani dori sifatida ishlatishni maslahat bermaydi, u oshqozon-ichak shilliq qavatini quritadi va uzoq vaqt ishlatilsa, zararli bo‘lishi mumkin.
Sochni soda bilan yuvish
Kosmetika bilan doimiy turmakdan charchagan sochlarni yuvish uchun oddiy shampunga ozgina iste’mol sodasini qo‘shib, sochlarni qalin va toza qilish mumkin. Sochni bo‘yashdan oldin ham soda ishlatish tavsiya etiladi, natijada bo‘yoq sochlarga yaxshiroq mos tushadi.
Gilamdagi kirlarni tozalaydi
Ko‘pincha isitma bilan kechadigan kasallik paytida bolalar qayt qilishni boshlaydi. Agar bu holat to‘shak, divan, gilamda sodir bo‘lgan bo‘lsa, asosiy tozalashdan so‘ng ifloslangan yuzaga soda solish kerak. Asta-sekin supurib yoki changyutkich bilan tozalash tavsiya etiladi. Shunday qilib, iflos joyda hech qanday dog‘, o‘tkir hid qolmaydi.
Uumiy tozalash
Uyni umumiy tozalashda oshxonada faol bo‘lgan iste’mol sodasi qo‘l keladi. Changni tozalashdan 15 daqiqa oldin gilamga soda sepish tavsiya etiladi. Iste’mol sodasiga biroz dolchin qo‘shish mumkin, bu uydagi turli xil noxush hiddan xalos bo‘lish uchun juda yaxshi.
Gilam tozalash retsepti:
Barcha mahsulotlar bir idish ichida aralashtiriladi (ularni yaxshilab aralashtirish uchun mikserdan foydalanish mumkin). Idishga solinib, qopqog‘i yopiladi. Gilamni changyutkichdan tozalashdan oldin aralashma sepiladi va bir necha soatga qoldiriladi. Iste’mol sodasi chang va kirni olib tashlashga yordam beradi, dafna barglari va dolchin esa antibakterial vosita sifatida ishlatiladi va yoqimli hid qoldiradi. Shuningdek, divan va kreslolarning qoplamalarini ham shunday tozalash mumkin.
Iste’mol sodasi atir sifatida
Eritgich sifatida yordam beradi
Vanna quvurlari tiqilib qolganda, iste’mol sodasi ularni tozalashga yordam beradi. Tozalash uchun vanna issiq suv bilan to‘ldiriladi, 1-2 stakan soda qo‘shiladi va 10-15 daqiqaga qoldiriladi. Suv oqizilib, yana toza suv bilan yuviladi.
Iste’mol sodasi tishlarni oqartiradi
Iste’mol sodasi va vodorod periks ajoyib oqartuvchi tish pastasini hosil qiladi. To‘g‘ri, shifokorlar ushbu vositani doimiy ravishda ishlatishni tavsiya etmaydi — juda kuchli ta’sir tish emaliga zarar yetkazishi mumkin.
Iste’mol sodasining super xususiyatlari
Iste’mol sodasi, shuningdek, tish cho‘tkalari, taroqlar va boshqa shaxsiy gigiyena vositalari uchun dezinfeksiyalash vositasi sifatida ishlatilishi mumkin. Yarim stakan iste’mol sodasi kir yuvish kukuni bilan birga kir mashinasiga solinsa, kiyim, sochiq, choyshab va hokazolarni yaxshiroq yuvishga yordam beradi. | 76 | 3,405 |
Ayollar | Ideal yuz terisiga erishish sirlari | Tashqi ko‘rinishga baho berishda yuz terisi asosiy ko‘rsatkichlardan biri ekani ko‘plab tadqiqotlarda isbotlangan. Silliq va toza yuz terisi haqida kim ham orzu qilmaydi, deysiz?
Qanchalik g‘alati tuyulmasin, bu orzu ushalishi uchun ko‘p vaqt va pul sarflash shart emas. Bir necha tavsiyalarga rioya etish yetarli.
1. Birinchi navbatda zararli odatlardan voz kechish kerak. Siz uchun mustahkam sog‘liq, oppoq tishlar va toza yuz terisi muhimmi yoki zararli odatlar? O‘zingiz xulosa chiqaring.
2. Toza havoda ko‘proq vaqt o‘tkazing. Buning uchun teringiz sizga faqat “rahmat aytadi”. Bu terining yangilanishi va namlanishiga sabab bo‘ladi.
3. Haftalik ratsioningizga qaynatilgan baliq, yong‘oq va zaytun yog‘ini kiriting. Tarkibidagi foydali yog‘lar tufayli ular terini yanada mayin qilib, qarish jarayonini sekinlashtiradi. Yog‘li taomlar va ziravorlardan esa voz kechish kerak bo‘ladi. Ular yuzaga keltiradigan oshqozon bilan bog‘liq muammolar teriga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
4. Sog‘lom uyqu ham muhim rol o‘ynaydi. Agar sutkada 7 soatdan kam uxlasangiz teri hujayralari yangilanishga ulgurmaydi, ko‘z ostingizda qora halqalar paydo bo‘ladi. Pardoz vositalarini uxlashdan oldin yuvishni unutmang.
5. Ideal yuz terisiga ega bo‘lish uchun turli kremlar, niqoblar xarid qilamiz. Biroq pardoz vositalaridan haddan ortiq foydalanish uni yanada quritib yuborishi haqida o‘ylab ko‘rmaymiz. Ulardan aql bilan foydalanish zarur.
6. Yuz terisini oziqlantiruvchi, yoshartiruvchi va namlantiruvchi niqoblar ijobiy samara beradi. Ularni haftada bir marta qo‘llagan ma’qul.
7. Agar yuqoridagi usullar bir necha oy davomida hech qanday natija bermasa, dermatolog shifokorga murojaat qilishni tavsiya etamiz. Aksariyat hollarda teri holati sog‘likning ichki muammolari bilan bog‘liq bo‘ladi.
Internet manbalari asosida tayyorlandi | 35 | 1,817 |
Ayollar | Sochlarni to‘g‘ri parvarishlaymiz | Har birimiz sochlarimizning uzun, quyuq va chiroyli bo‘lishini orzu qilamiz. Lekin, yaxshi o‘smaydigan, to‘kiladigan, rangi xira va mo‘rt bo‘lib qolgan sochlarni qanday parvarishlash mumkin? Sochlarning sog‘lom va baquvvat bo‘lib o‘sishiga to‘sqinlik qiluvchi qanday sabablar bor?
Suv. Organizmning normal faoliyatini ta’minlash uchun, bir kunda 2 litrgacha ichimlik suvi ichish zarur. Aks holda, vaqti-vaqti bilan o‘zingizni yomon his qilasiz, bu esa sochlaringiz sog‘ligi va go‘zalligiga ham ta’sir ko‘rsatadi.
Ovqatlanish. Oqsilga boy mahsulotlarni, ayniqsa, loviya, go‘sht, baliq va ko‘katlarni ko‘proq iste’mol qiling.
Vitaminlar haqida unutmang. Iste’mol qilinayotgan mahsulotlarda yetishmaydigan vitaminlarni polivitaminlar kompleksidan topishingiz mumkin.
Sochlaringizni kokos yog‘i bilan uqalasangiz, soch ildizlari jonlanadi. Bir-ikki oydan so‘ng esa, buning samarasi yaqqol seziladi.
Uyqu oldidan sochlaringiz uchiga bir oz kanakunjut yoki chakamug‘ moyidan surib qo‘ying.
Shuni esda tutingki, hech qachon sochlaringizni ho‘lligida taramang va sochiq bilan o‘ramang! Bular sochlaringiz to‘kiluvchanligiga olib keladi. Sochingizni ehtiyotlik bilan, bir kunda bir marta tarasangiz yetadi.
Shuningdek, sochlaringiz uchun niqob va konditsionerlarni ham unutmang. E’tibor va parvarishlar natijasida sochlaringiz quyuq va chiroyli bo‘lib o‘sadi. | 33 | 1,351 |
Ayollar | Bizga qancha kletchatka zarur? | Kletchatka — bu ichaklarning foydali mikrofloralari yordamida qayta ishlanadigan, oshqozon fermentlari esa hazm qilolmaydigan murakkab uglevodlarning bir ko‘rinishi.
Kletchatkalar tomonidan zich tuzilishda shakllantirilgan o‘simliklarning poyasi va urug‘i kletchatkalarga eng boy hisoblanadi. Amalda kletchatkalar organizm tomonidan hazm qilinmasa ham hazm qilish jarayonida muhim rol o‘ynaydi.
Bundan tashqari u qondagi qand moddasining darajasini tartibga solib turadi.
Bir sutkada organizmga talab qilinadigan kletchatka miqdori — 20—30 grammni tashkil qiladi. Mushaklarini kuchaytirishga harakat qiluvchi sportchilarga esa bir sutkada 40 grammgacha kletchatka zarur bo‘ladi.
Kletchatkalarga eng boy bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘g‘doy kepagi va butundonli yormalar (perlovka, grechka, kinoa) kiradi. Ayniqsa suli yormasidagi beta-glyukan kletchatkalari organizm uchun foydalidir. Uni muntazam ravishda iste’mol qilish qondagi zararli xolesterin darajasini pasaytiradi.
Bundan tashqari kletchatkalar hamma sabzavotlar va mevalar, salat barglari va quruq mevalar tarkibida ham mavjud. | 30 | 1,094 |
Ayollar | Jaziramada yuzni namlantirish va makiyaj bo‘yicha tavsiyalar | Yozda yuz har qachongidan ham parvarish va oziqlantirishga muhtoj bo‘lgani sabab parvarishga va makiyajga alohida e’tibor berish kerak.
Birinchi qoida — yuzni to‘g‘ri tozalash kerak. Yozda terlash va quyosh nuri zarar yetkazgani sabab ham yuzni to‘g‘ri tozalashni bilish kerak. Ayniqsa, yog‘li teriga alohida e’tibor berish lozim.
Ikkinchi qoida — terini to‘g‘ri namlantirish ham muhim. Kun davomida va kechqurun yaxshi namlantiradigan kremlardan foydalaning. Kunduzi faol komponentlarga boy zardob yaxshi samara beradi.
Uchinchi qoida — quyosh nurlaridan himoya qiladigan kremdan foydalanish kerak. Ultrabinafsha nurlari teriga zarar yetkazadi. SPF kremdan foydalanish yuzga erta ajin tushish, qorayish va nurlanishni oldini oladi. Buning uchun havo qanday bo‘lishidan qat’i nazar ko‘chaga chiqishdan 20 daqiqa avval quyosh nuridan himoya qiladigan krem surtish kerak.
Dekorativ kosmetika: Yozgi tonal krem
Yozda iloji boricha yengil kremdan foydalaning. BB, CC kremdan foydalanish hamda korrektor ishlatish tavsiya qilinadi.
Makiyaj orqali urg‘u berish
Leto xaylayter, lab blesklaridan foydalanish vaqti sabab ham ulardan foydalanish tavsiya qilinadi. Yog‘li blesklarni esa salfetka yordamida me’yorlashtirib olish kerak. Poralarni to‘ldirib qo‘yish mumkinligi sabab esa pudralardan foydalanish tavsiya qilinmaydi. Yaltiratmaydigan tonik esa yog‘li yuz terisi uchun ayni muddao.
Ko‘z va lab makiyaji
Ko‘zlar uchun oqmaydigan, lablarga esa namlantirmaydigan balzam va blesklardan foydalanish tavsiya qilinadi.
Bronzer
Bronzer ham yoz faslida har qachongidan ham dolzarb hisoblanadi. Uni yumshoq cho‘tka bilan quyosh nuridan eng birinchi qizaradigan yuz qismiga surtish kerak. | 60 | 1,677 |
Ayollar | Homiladorlar uchun moda qoidalari: Bo‘lajak onalar qanday qilib zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin? (foto) | Ayol kishi har qanday holatda ham go‘zal ko‘rinishi mumkin, buning uchun homiladorlik to‘siq bo‘la olmaydi. BeOn Style moda maktabining stilisti Anna Ayvazyan bilan birgalikda bo‘lajak ona qanday qilib o‘zini qulay his qilishi va ajoyib ko‘rinishda bo‘lishini bilib olish mumkin.
Homilador ayollarning garderobidan asosan badanga yoqimli va harakatga to‘sqinlik qilmaydigan tabiiy matoli kiyimlar joy olishi kerak. Soat sayin o‘sib borayotgan bolaga noqulaylik tug‘dirmaslik uchun qorin sohasini hech narsa siqib turmasligi juda muhim.
Mos keladigan libos uchun, albatta, maxsus do‘konlarga borish shart emas. Hozirda juda ko‘p kiyimlar oversayz uslubida bichilgan bo‘lib, ular homiladorlar uchun ham bir qancha qulayliklar yaratadi. Xudi yoki jemperlarning keng bichimdagilari nafaqat hozirgi holatda, balki farzand dunyoga kelganidan so‘ng ham foydali hisoblanadi.
Har bir ayol ona bo‘lishga tayyorgarlik ko‘rayotgan vaqtda, albatta, bir savolni beradi: homilador ayol yopishib turuvchi libos kiyishi kerakmi yoki yo‘q? Ko‘pgina yulduzlar esa o‘zining holatini namoyon qilish maqsadida shunday libos kiyishi mumkin. Agar homilador ayol vazni me’yordan ortiq bo‘lmasa, matosi yumshoq va tabiiy bo‘lgan liboslarni istaganicha kiyishi mumkin. Ammo zich, qattiq va elastik bo‘lmagan matolardan qochish tavsiya etiladi. Ular noqulaylik bilan birga, tanada yoriq va burmalarni hosil qiladi.
Bu davrda garderobdagi liboslar o‘lcham tanlamasligi kerak. Bezaklarga boy hamda murakkab bichimga ega liboslar har hafta o‘zgarib borayotgan qomatga to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Iloji boricha oddiy uslublarga aksessuarlar yordamida bezak berish tavsiya etiladi.
Homiladorlik davrida noqulay oyoq kiyim va og‘ir sumkalardan cheklanish kerak. Shuningdek, qattiq belbog‘larni biroz keyinga qoldirgan ma’qul. Agar belga urg‘u berish kerak bo‘lsa, yumshoq yoki elastik belbog‘lardan foydalanish kerak. Shundagina ular noqulayliklarni keltirib chiqarmaydi.
Baland poshnalardan butunlay voz kechish shart emas. Muhimi, ular 4-5 santimetr balandlikda bo‘lishi kerak. Homiladorlik davrida oyoqlarning shishib ketishini inobatga olgan holda ularning biroz kattaroq o‘lchamdagisini xarid qilish mumkin. Shuning uchun ham bo‘lajak onalarga ko‘proq yumshoq keda, krossovka va botinkalar tavsiya etiladi. Ular qulaygina bo‘lib qolmay, ayolning obrazini ham boyitadi.
Homilador ayollar qorinni tepasi bilan qoplab turuvchi shimlarga murojaat qilganlari yaxshi. Ularni biroz uzunroq kardigan yoki jemperlar bilan birlashtirish mumkin.
Eng baxtli onlarda tashqi ko‘rinishni unutish juda katta xato. Garderobdagi aksariyat liboslar endi mos kelmay qolgan bo‘lsa-da, ajoyib tasvirlar bilan har kim o‘zini quvontirish imkoniyatiga ega. Yodda tutish kerak, ijobiy his-tuyg‘ular sog‘lom homiladorlikning kalitidir. | 113 | 2,784 |
Ayollar | Eski liboslar bilan yangi obraz yaratish uchun tavsiyalar | Garderobingizda eskirgan liboslar bo‘lsa, ularni tashlab yuborishga shoshilmang, ular bilan yangi obrazlar yaratish mumkinligi haqida o‘ylab ko‘ring. Ilhomlanish uchun quyidagi variantlarni taqdim qilamiz.
1. Eski vodolazka yoki futbolkani ko‘ylak ichidan kiyishingiz, jemferni bo‘lsa, yelkangizdan tashlab erkin obraz yaratishingiz mumkin. Bunda ranglar bir-biriga mos tushishi shart emas. Asosiysi, ko‘nglingiz to‘lishi va qulaylikni his qilishingizdir.
2. Keng yoki uzun kardiganni sandiqqa solishga shoshmang, uni qomatingizga qarab toraytiring, bo‘yingizga qarab qisqartiring. Kardigan hech qachon modadan qolmaydi, shunchaki uni boshqa kiyimlar bilan moslash kerak bo‘ladi.
3. Urfdan qolgan deb hisoblayotgan ko‘ylagingiz bilan ham yangicha qiyofa yaratishingiz mumkin. Buning uchun oversize uslubidagi keng va uzunroq jemfer ichidan ko‘ylak kiyish, aksessuar sifatida esa kamardan foydalanish mumkin.
4. Moda sanoati vakillari trendlardan kelib chiqib, qomatga yopishib turadigan shimlar urfdan qolgan, deb ta’kidlasa-da, siz ulardan qutulishga shoshilmang. Bunday shimlar bilan erkaklar ko‘ylagi, krossovka yoki qo‘polroq ko‘rinishdagi poyabzal kiyishingiz, bo‘yningizga ro‘molcha bog‘lab, vintaj usulidagi zirak taqib, o‘ziga xos didli ekaningizni atrofdagilarga bildirishingiz mumkin. | 57 | 1,298 |
Ayollar | Yig‘lashning keragi yo‘q: Piyoz to‘g‘rashda ko‘z yoshdan saqlanish usuli topildi | Piyoz tozalash va to‘g‘rash jarayonida ko‘z hamda yosh bezlarini bezovta qiladigan moddalarni chiqaradi. Natijada odamning ko‘zlari yoshlanadi. Piyoz to‘g‘rashda ko‘zlar yoshlanmasligi uchun Britaniyaning Express portali bir necha usullarni tavsiya etadi.
Birinchidan, material muallifi piyozni muzlatkichda 30, yoki muzxonada 15 daqiqaga qoldirishni maslahat beradi. Bu mahsulot chiqaradigan uchuvchi moddaning tarqalishini kamaytiradi. Shuningdek, piyozni to‘g‘rashda derazalar ochiq yoki havoni tozalab turuvchi ventilyator bo‘lish kerak.
Ikkinchidan, piyozlarni to‘g‘rashda o‘tkir pichoqdan foydalanish kerak. Piyoz qancha kam bo‘laklarga bo‘linsa, uning ko‘zni achishtiruvchi fermentlari shuncha kam ajraladi.
Uchinchidan, piyozni to‘g‘rashdan avval uning uchi olinganidan so‘ng suvga botirish kerak. Ammo bu holatda mahsulotning mazali ta’mi kamayishi xavfi mavjud.
Va nihoyat, piyoz ko‘zlarni yoshlamasligi uchun ko‘zoynakdan foydalanish mumkin. Muallifning so‘zlariga ko‘ra, ushbu usul eng ta’sirchan ko‘z egalari uchun mos keladi. | 80 | 1,040 |
Ayollar | Qanday qilib kosmetikasiz mukammal ko‘rinish mumkin? | Kosmetika vositalarisiz ham yuzni mukammal ko‘rinishga keltirish mumkin. Buning uchun ba’zi usullarni bilishning o‘zi kifoya.
Biz siz uchun mukammal ko‘rinishga ega bo‘lishga yordam beruvchi bir necha maslahatlarni to‘pladik.
Tiniq rangli yuz
Yuz rangini sog‘lom qilishda moychechakli choy yordam beradi. Bu eleksirni tayyorlash uchun bir osh qoshiq moychechak gullari va bir piyola qaynoq suv kerak bo‘ladi. Choyni damlang va 30 daqiqa termosda qoldiring.
Keyin suzib oling, biroz soviting va 1 choy qoshiq asal soling. Bu ichimlikni har kuni ertalab och qoringa shoshilmasdan iching. Ikki hafta ichida yuzingiz terisi juda chiroyli bo‘ladi.
Sepkillar va pigment dog‘lariga qarshi kurash
Sepkillar va dog‘larni ketkazishda qaynoq suvga maydalab solingan petrushka yaxshi samara beradi. Damlamani yarim soat tindirib qo‘ying va suzib oling. Bir kunda 3 mahal yuzingizga suring.
Limon sharbati va achchiq choy ham sepkillardan tez qutulishga yordam beradi. Bu aralashma yordamida yuzingizni bir kunda 2 mahal arting.
Teridagi toshmalarni va qichishishlarni yo‘qotamiz
Aloe sharbatidan tayyorlangan losyon yuz terisidagi har xil toshmalarni va bezovtalikni tez bartaraf qiladi. Uni tayyorlash uchun 100 gramm aloe sharbati bilan 3 osh qoshiq qaynagan suv va 3 osh qoshiq spirtni aralashtiring.
Yuz terisini bu losyon bilan har kuni arting, 10 daqiqadan so‘ng iliq suvda yuving va namlantiruvchi krem suring.
Quruqshab qolgan lablarni parvarishlaymiz
Bunday muammoni bartaraf etishda qaymoq va sabzi sharbatidan (bir xil miqdorda ararlashtirilgan) tayyorlangan niqob yordam beradi. Niqobni lablaringizga suring va 7 daqiqadan keyin yuvib tashlang.
Manba: “Lady.mail.ru” | 52 | 1,667 |
Ayollar | Smartfonning zararlari: haqiqatmi yoki uydirma? | Smartfonlarning zarari haqida aytilayotgan gaplarning hammasiga ham ishonish kerak emas, ammo sevimli texnikamiz haqiqatda sababchi bo‘lishi mumkin bo‘lgan jismoniy kasalliklar ham mavjud. Ularni orttirib olish xavfi esa juda katta.
Ko‘z kompyuterga nisbatan smartfondan ko‘proq aziyat chekadi — kichik ekrandagi mayda harflarni nimqorong‘i metro vagonida o‘qishga urinish asoratsiz bo‘lmaydi. Natijada oftalmologlar “quruq ko‘z sindromi” deb ataydigan muammo yuzaga keladi, bunda ko‘z og‘rib, shilliq parda qurib ketadi, ko‘z oqi esa qizaradi.
Smartfonlar qadni tik tutib turishimizga to‘sqinlik qiladi. Ko‘zni pastga — ekranga qaratib, siz boshingizni egasiz va natijada belga og‘irlikni ko‘paytirasiz. Pastga tushirilgan bosh miyaning qon bilan normal ta’minlanishiga to‘sqinlik qiladi, oqibatda esa qattiq charchash va besabab bosh og‘riqlaridan azob chekasiz.
Smartfon doimiy ravishda tanangizni “nurlantirib turadi” — buni sezmasligingiz mumkin, lekin uning oqibatlarini sezmasdan qolmaysiz. Masalan, sizning uyqu va uyg‘oqlik sikllaringiz buziladi, natijada esa sizda uyqusizlik yuzaga keladi. Shuningdek, telefonni yoningizda olib yotsangiz ham, u uyqu bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqaradi: ekranning yuqori darajada yorqinligi miyaga hali ham kunduzgi vaqt davom etayotgani haqida yolg‘on xabar yuboradi, natijada melatonin uyqu garmonini ishlab chiqarish pasayadi.
Gadjetning elektromagnit nurlanishi yurakka ham ta’sir qilishi mumkin. Ushbu elektromagnit to‘lqinlar bilan uchrashgan vaqtda eritrotsitlardagi (qizil qon tanachalari) gemoglobin konsentratsiyasi pasayadi. Gemoglobinsiz esa ular o‘zlarining asosiy funksiyasi — kislorod tashishni bajara olmaydi. Bundan birinchi bo‘lib yurak azob chekadi — taxikardiya va sistolik shovqin paydo bo‘lishi mumkin.
Manba: Men’s Health | 47 | 1,798 |
Ayollar | Tonal kremi quyoshdan himoya qilmaydi: SPF vositalari haqidagi eng keng tarqalgan savollarga javoblar | Agar teri 20 yildan keyin ham hozirgidek yosh ko‘rinishga ega bo‘lishini istasangiz, SPF kremini qo‘llashni boshlang. Bu erta qarishdan himoya qiluvchi asosiy vositadir. Yana bir bor eslatib o‘tamiz, ultrabinafsha nurlarining ta’siri kollagen va elastin tolalarini yo‘q qiladi, bu esa o'z navbatida terining elastikligi va namlanishi uchun javobgardir. Shuning uchun, quyoshdan himoya qiluvchi kremdan foydalanish tavsiya emas, balki zaruratdir. People Talk nashri dermatolog bilan birga SPF mahsulotlari haqidagi eng ommabop savollarga javob berdi.
Quyosh kremi faqat yozda va ko‘chada kerakmi?
Yo‘q, ultrabinafsha nurlar butun yil davomida bo‘ladi va hatto qishda teriga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun, agar qishki quyoshda bo‘lsangiz, hatto derazadan tashqariga qarash uchun ham SPF kremi kerak.
Kremdan qancha miqdorda foydalanish kerak?
Taxminan 1,2 ml mahsulot yuzga qo‘llanilishi kerak — bu taxminan 1/3 choy qoshiq. Agar bu hajm juda ko‘p bo‘lib tuyilsa, miqdorni ikki bosqichga bo‘lish mumkin: birinchi navbatda bitta qatlam, keyin esa ikkinchi. Ko‘z atrofidagi maydonga, burun qanotlariga alohida e’tibor berish zarur va quloqlarni ham unutmaslik kerak.
Agar tonal kremi tarkibida SPF bo‘lsa, quyoshdan himoya qiladimi?
Yuzga qancha krem surtish kerakligini bilganda so‘ng bu savolga o‘zingiz javob berishingiz mumkin. Odatda tonal kremni yupqa qatlamda surtiladi va mahsulotda ko‘rsatilgan himoya darajasini olish uchun bir xil 1,2 ml qo‘llash kerak.
UVA va UVB o‘rtasidagi farq nima?
Bu ultrabinafsha nurlarining turlari. Quyosh kremi odatda ikkala turdagi nurlanishdan himoya qiladi, shuning uchun u UVA + UVB himoyasi deyiladi.
UVA nurlari barcha ultrabinafsha nurlarining 95 foizini tashkil qiladi. Aynan ular kollagen va elastinni yo‘q qilish jarayonini qo‘zg‘atadi, qarishni keltirib chiqaradi. UVA nurlari yil davomida mavjud bo‘lishi mumkin.
UVB nurlari barcha ultrabinafsha nurlarining 5 foizini tashkil qiladi. Ularning aksariyati bulutlar bilan to‘sib qo'yilgan. UVB nurlanishi epidermisga kirib boradi, buning natijasida teri nafaqat sarg‘ayadi, balki quyoshda kuyishi ham mumkin.
Quyosh nuri ostida xavfsiz vaqtni qanday aniqlash mumkin?
SPF belgisidan keyingi raqamlar quyoshda qancha vaqt o‘tkazish mumkinligini tushunish uchun berilgan. Buning formulasi mavjud: SPF X raqami terining quyosh nurlaridan tabiiy himoyalanish vaqti tipga qarab — 10, 20, 30 yoki 40 daqiqa — eritema (qizarish) oldidan quyoshda o‘tkazish mumkin bo‘lgan vaqt.
Namlantiruvchi va SPF kremini qanday tartibda surtish kerak?
Quyosh kremi terini parvarish qilishdan keyin, lekin bo‘yanishdan oldin qo‘llanilishi kerak. Birinchidan, namlantiruvchi — SPF krem va undan keyin BB kremi yoki tonal kremdan foydalanish mumkin.
Turli xil mahsulotlarning SPF ko‘rsatkichlari umumlashtirilganmi?
Namlantiruvchi va rangli kosmetikadagi quyosh kremi qiymatlari qo‘shilmaydi. Ammo himoya darajasi maksimal himoya omiliga ega bo‘lgan mahsulotga mos keladi.
SPF’ni qachon yangilash kerak?
Quyoshdan himoyalovchi kremni har ikki soatda takrorlash kerak. Dam olish joylarida quyosh kremini tez-tez yangilash yaxshiroq. Ish kunlarida esa ikki marta kifoya qiladi.
Yuzga badan uchun mo‘ljallangan himoya kremini qo‘llash mumkinmi?
Agar vosita yuzga ham, tanaga ham mos kelmasa, albatta, yo‘q. Odatda, tana kremi quyuqroq tuzilishga ega. Uning tarkibiy qismlari yuz terisida teshiklarni yopib qo‘yishi mumkin.
SPF’dan foydalansa, teri rangi o‘zgarmaydimi?
Quyoshdan himoya qiluvchi vositalar to‘liq himoya qilmaydi. Vosita bilan quyosh nurlarining kichik bir qismi terining yuzasiga tushadi, shuning uchun teri rangida o‘zgarish yuz bermaydi.
Lab va sochlar ultrabinafsha nurlaridan himoyalangan bo‘lishi kerakmi?
Ha, lekin ko‘pchilik buni unutadi. Buning uchun ko‘plab brendlar SPF filtrli maxsus soch spreyi va lab bo‘yog‘ini ishlab chiqaradi.
Qaysi SPF’ni afzal ko‘rish kerak: kimyoviy yoki jismoniy?
Jismoniy filtrlar ultrabinafsha nurlarini o‘zlashtirmaydi, balki uni o‘ziga qalqon kabi teri yuzasidan qaytaradi. Ular, kimyoviy moddalardan farqli o‘laroq, tanaga kirmaydi va gormonal tizimga ta’sir qilmaydi. Kimyoviy filtrlar, aksincha, ultrabinafsha nurlarini o‘zlashtiradi, uni energiyaga aylantiradi va shu bilan uni zararsizlantiradi. Ammo jismoniy filtrlar kimyoviy filtrlarga qaraganda xavfsizroq hisoblanadi. Ammo mahsulot tarkibiga ikkala tur ham kiritilgani yaxshiroq.
Qaysi biri yaxshiroq: sprey yoki krem?
Yuz uchun krem yoki tayoq shaklida SPF mahsulotidan foydalanish yaxshidir. Ular terida tekis qatlam hosil qiladi va barcha joylar birdek himoyalangan bo‘ladi. Badan uchun spreylar tanlash mumkin, lekin bir tekis qoplamani yaratish uchun uni bir necha marta qo‘llash kerak.
Agar teri bug‘doy rang bo‘lsa, quyosh kremini ishlatish kerakmi?
Bug‘doy rang teri quyosh va yosh dog‘lariga kamroq moyil bo‘ladi, lekin shunda ham uni himoya qilish kerak.
SPF kremini qanday yuvish kerak?
Quyosh kremini qo‘llashdan oldin terini tozalash uchun maxsus mahsulotlar kerak emas. Mitsellyar suv bilan boshlab, keyin penka yoki gel bilan yuvish mumkin. Agar mahsulot suv o‘tkazmasa yoki juda zich tuzilishga ega bo‘lsa, bo‘yanish vositasini gidrofil moy bilan boshlash tavsiya etiladi, keyin esa odatdagi vosita bilan yuz yuviladi. | 101 | 5,236 |
Ayollar | Teridagi kollagen miqdorini ko‘paytirishning 4 ta tabiiy usuli | Kollagen yoshlik va go‘zallikning qo‘riqchisidir. Marie Claire nashri terida uning miqdorini ko‘paytirishning tabiiy usullari bilan bo‘lishdi.
Kollagen organizmning qurilish oqsili bo‘lib, uning asosiy vazifasi biriktiruvchi to‘qimalarning mustahkamligini ta’minlashdir. U hujayralarni bir-biriga bog‘lab, ularning shaklini saqlab qolishga yordam beradi. Kollagen turli organlarda — mushak va suyaklarda mavjud. Terining go‘zalligi va yoshligi bevosita unga bog‘liq.
Yosh o‘tishi bilan kollagen ishlab chiqarish asta-sekin kamayadi
Organizmdagi kollagenning yo‘q qilinishi va sintezi uzluksiz jarayondir, ammo taxminan 40-45 yoshda uning ishlab chiqarilishi deyarli 2 barobar kamayadi. Aynan shu yoshda qarishning aniq belgilari sezila boshlaydi: mimik ajinlar aniqlashadi, yuzning oval qismi cho‘zila boshlaydi, ko‘z qovog‘i osiladi, teri elastikligini yo‘qotadi.
Albatta, kollagen sintezi jarayonini qayta boshlashga imkon beruvchi ko‘plab kosmetik usullar mavjud — bularga kollagen stimulyatorlari yoki gialuron kislotasini ineksiya qilish, biorevitalizatsiya, shuningdek, terining lazer bilan yangilanishi, fokuslangan ultratovush kabi apparat usullari kiradi.
Bundan tashqari, kollagen sintezi jarayoni ichkaridan tiklanishi kerak, chunki kosmetologiya faqat tashqi transformatsiyani beradi. Keyinchalik keng qamrovli natijaga erishish uchun bir necha yo‘nalishda harakat qilish kerak.
Ratsionga e’tibor berish lozim
Ovqatlanish to‘g‘ri bo‘lishi kerak — terining yangilanishiga yordam beradigan mahsulotlar ustun bo‘lishi lozim: bularga sitrus mevalari, salatlar, rezavorlar kiradi, chunki ular tarkibida antioksidant ta’sirga ega C vitamini mavjud.
Hayvonlarning kollagenini o‘z ichiga olgan mahsulotlarga e’tibor berish muhimdir. Bular suyak bulyonlari, OMEGA 3 ga boy dengiz baliqlari, tuxum sarig‘i — qovoq urug‘lari kollagenning tabiiy manbaidir. Kollagenning kunlik normasini olish uchun kuniga 1-2 ta tuxum iste’mol qilish kifoya.
Vitamin komplekslari va biologik faol qo‘simcha qabul qilish
Har doimgidan uzoq va zarur bo‘lgan miqdordagi foydali moddalar organizmga oziq-ovqat bilan kiradi. Bu sodir bo‘lmaganda, maxsus qo‘shimchalar yetishmovchilikni to‘ldirishga yordam beradi.
E’tibor bering, ushbu preparatlardagi kollagen har xil bo‘lishi mumkin: o‘simlik, hayvon yoki baliq. Tarkibiga qarab, kollagenning narxi va hazm bo‘lishi o‘zgaradi. Teri va sochni yaxshilash bir kechada sodir bo‘lmasligini esdan chiqarmaslik kerak. Qoida tariqasida, kollagen eng zarur bo‘lgan joyda, masalan, bo‘g‘imlarda so‘riladi va teri qoldiq prinsipiga muvofiq qoladi. Bunday holda, kursni oshirish yoki bir muncha vaqt o‘tgach, uni takrorlash kerak.
SPF’li kremlardan foydalanish
Quyosh nurlari, ayniqsa yozda faol, gialuron kislotasining tuzilishini o‘zgartiradi, uning vazifasi kollagen va elastin hujayralarini bog‘lashdir. Natijada quyoshga faol ta’sir qilgandan so‘ng terining suvsizlanishi (gialuron kislotasini yo‘qotish) va ajinlar paydo bo‘lishiga (kollagen va elastinni yo‘qotish) duch kelish mumkin.
Sport va massaj
Faol turmush tarzi organizm terisining tarkibiga ham ijobiy ta’sir qiladi: sport tufayli teri siqiladi va selyulit yo‘qoladi. Bu apparat va qo‘l massaj protsedurasini o‘z ichiga oladi: u qon aylanishini yaxshilaydi, hujayrali nafas olishni rag‘batlantiradi va epidermisning yuqori qatlamini tozalashga yordam beradi, bu esa o‘z navbatida kollagen hosil bo‘lishini kuchaytiradi. | 62 | 3,405 |
Ayollar | Konditsioner va ventilyator bo‘lmasa: jaziramada uyni salqinlatish bo‘yicha layfxaklar | Konditsioner juda qimmatga tushadi, unga ko‘p elektr energiyasi sarflanadi. Ventilyator ham shunchaki issiq havoni haydab, deyarli hech qanday yengillik yaratmaydi. “Noviy ochag” nashri jaziramada uyni salqinlatish bo‘yicha mutlaqo bepul hamda oddiy usullar bilan bo‘lishdi.
Uyga konditsioner o‘rnatmaslikning bir qancha sabablari bor:
Ammo uning o‘rnini bosuvchi boshqa usullar mavjud:
Yana bir layfxak uchun shunchaki idishda suv hamda ventilyator kerak bo‘ladi
Idishdagi suv biroz pastroq joyga qo‘yiladi. Ventilyator yo‘nalishi esa avval suvga urilishi, so‘ngra xonaga tarqalishi kerak. Shundagina xonada salqin havo yuzaga keladi hamda nafas olish osonlashadi.
Aytgancha, xonada gullarning ko‘pligi ham issiqdan saqlanishda yordam beradi
O‘simliklar shiddat bilan kislorod ishlab chiqaradi va kislorodga to‘yingan xonada erkin nafas olish mumkin. Faqat barglarni tez-tez changdan tozalashni unutmaslik kerak. | 86 | 916 |
Ayollar | Kayfiyatimizga ichaklar qanday ta’sir ko‘rsatadi? | Ichaklarda bosh miya bilan bevosita aloqa bog‘lab turuvchi ko‘plab peptidli va oqsilli shakllar ishlab chiqiladi.
Shuning uchun bizning kayfiyatimiz va hissiyotlarimiz ichki a’zolarimizdagi o‘zgarishlar bilan uzviy ravishda bog‘liqdir.
Shuningdek, ichaklar ichki a’zolar holatini qayd etib boruvchi a’zo hisoblanadi. Ichaklarning asosiy afzalliklaridan biri – uning har doim voqealar markazida bo‘lishi.
Ichaklar bizning oxirgi yegan ovqatimiz zarrachasigacha xabardordir, xotiramiz va hissiyotlarimiz ularning faoliyati bilan bog‘liq.
Ichaklar har kuni bosh miyaga ichki a’zolarda yuz berayotgan hodisalar to‘g‘risida katta hajmda ma’lumot berib turadi. Bu ma’lumotlar bosh miyaning har xil bo‘limlarida qayd etib boriladi.
Sayyor asab – bosh miya va ichaklar o‘rtasidagi aloqaning eng tez va ishonchli vositachisi vazifasini bajaradi. Ma’lum bo‘lishicha, asab harakatini tezlashtirish yo‘li bilan qo‘rquv yoki qoniqish hissiyotini boshqarishning iloji ham bor ekan, demak depressiyaga qarshi kurashib kayfiyatni yaxshilash mumkin. | 49 | 1,033 |
Ayollar | Har qanday vaziyatda hamma uchun qo‘l keladigan 9 ta layfxak | Kundalik turmushda oddiy paketdan smartfon ushlab turgichdan tortib, mix qoqishda tabletka blisteridan ham foydalanish mumkin.
1. Smartfon uchun eng oson va arzon ushlab turgich sifatida oddiy zip-lock paketidan foydalanish mumkin.
2. Bu borada chamadonning tutqichlaridan ham foydalansa bo‘ladi.
3. Agar oshxonada unni elash uchun hech narsa bo‘lmasa, oddiy pishloq qirg‘ichi qo‘l keladi.
4. Mayda mix qoqayotganda barmoqqa bolg‘a bilan urib olmaslik uchun tabletka blisteridan foydalanish mumkin.
5. Plastmassa qopqoqni ocholmasangiz, unga oddiy rezinka lentani o‘rang. Bu qopqoq aylanishini osonlashtiradi.
6. Tovaga mos qopqoq bo‘lmasa, kapgir bilan kichikroq qopqoqdan ham foydalanish mumkin. Harqalay yo‘qdan ko‘ra yaxshiroq variant.
7. Oddiy sirg‘a yordamida smartfonning SIM-karta turadigan joyini ochish mumkin.
8. Cho‘milish paytida hammom oynasi parlanmasligi uchun ko‘zgu ostiga sham yoqib qo‘ying.
9. Qoshiq, sanchqilarni quritishga joy yo‘qmi? Rakovina ustiga qo‘yilgan elakdan foydalaning. | 60 | 1,012 |
Ayollar | Oddiy xantalning ko‘pchilikka noma’lum bo‘lgan 7 siri | Xantal asosan shamollashda juda foydali ekani qadimdanoq hamma uchun ma’lum. Ammo u ovqat hazm qilishni yaxshilaydi, qon aylanishini rag‘batlantiradi va hattoki afrodiziak ham hisoblanadi.
Xantal XVIII asrda Fransiyaning Rossiyaga ta’siridan so‘ng ziravor sifatida ishlatila boshlagan. Mahsulot tarkibida mikro va makroelementlar hamda ko‘plab elementlar mavjudligi sababli insonlar tomonidan muntazam foydalaniladi.
Go‘shtni marinadlash
Go‘shtni mazali va yumshoq bo‘lib pishishida uni marinadlashga ahamiyat berish kerak. Shuning uchun pishirishdan avval uni yarim soatga xantal sousiga solib qo‘yish tavsiya etiladi. Shuningdek, go‘shtni barra saqlash uchun uni muzlatishga imkon bo‘lmasa, xantal bunga yordam beradi. Mahsulot yordamida go‘shtni 36 soat mobaynida saqlash mumkin.
Soch uchun niqob
Xantal so‘ch to‘kilishining oldini oluvchi samarali vosita ham hisoblanadi. Buning uchun 2 choy qoshiq xantal kukuni, 2 osh qoshiq zaytun moyi va 2 choy qoshiq shakar kifoya. Barcha mahsulotlar yaxshilab aralashtirilib, quyuq holga keltiriladi. Agar ushbu niqob haftasiga atigi bir marta sochlarni yuvishdan 15 daqiqa avval surilsa, ular kamroq to‘kiladi, o‘sishi yaxshilanadi va rangi tiklanadi. Shuningdek, xantal qon aylanishini yaxshilaydi va sochni mustahkamlaydi.
Idish yuvish uchun ajoyib vosita
Xantal kukuni idishlarda yig‘ilib qoluvchi yog‘larni ham osongina bartaraf etadi. Ularni yuvilishi kerak bo‘lgan idish, qozon yoki pishiriq qoliplariga surtib, 5-10 daqiqaga qoldirish kerak. So‘ngra idish sirtlari osongina yog‘sizlanadi.
Noxush hidlarni yo‘qotish
Oshxonada tinimsiz foydalanadigan idishlar vaqti kelib, hidlanib qolsa, buning ham yo‘li bor. Idishlar ichiga xantal kukuni solinadi va yaxshilab silkitib, so‘ngra yuviladi. Natijada hiddan asar ham qolmaydi.
Jun va ipak matolarni yuvish
Xantal kukuni jun va ipak kiyimlardagi dog‘larni mukammal darajada yo‘q qiladi. Buning uchun 10 litr suvga 1 stakan xantal aralashtiriladi. Suv 2-3 soat davomida qoldiriladi. Xantal kukuni suv tubiga cho‘kkach suv boshqa idishga olinadi va kiyimlar yuviladi. Faqatgina bunday suvda to‘q rangli kiyimlarni yuvish tavsiya etiladi.
Hiqichoqni to‘xtatish
Aga tez-tez hiqichoq bezovta qilsa, xantal kukuni va sirkani aralashtirib, tilga juda oz miqdorda surtish kerak. So‘ngra og‘iz bo‘shlig‘i yuviladi. Ammo bunday aralashma bolalar uchun mumkin emas. Chunki u kuydirish xususiyatiga ega.
Bog‘dorchilik uchun foydalanish
Bog‘ ishlaridagi unumdorlik uchun xantalga teng keladigani yo‘q. Xantal tabiiy yashil o‘g‘it bo‘lib, u tuproqni yanada boyitadi va zararkunandalarga qarshi kurashishda yordam beradi. O‘simliklar yaxshi o‘sishi uchun ularga doimiy parvarish lozim. Xantal esa tuproqni azot, fosfor va oltingugurt bilan boyitadi. Shuningdek, buta va sabzavotlarga xantal kukuni eritmasi sepilishi mumkin. U o‘simliklarni yeb bitiruvchi turli xil zararkunandalarni yo‘q qilishda yordam beradi. | 53 | 2,900 |
Ayollar | Ayollar haqida yomon taassurotga sabab bo‘luvchi 5 gigiyenik xato | Qimmatbaho kiyim kiyilgani, o‘tkir iforli atir sepilgani bilan quyidagi elementar gigiyena qoidalariga rioya qilinmaslik ayol kishi haqida salbiy taassurot qolishiga sababchi bo‘ladi
1. Yog‘langan sochlar
Sochlarning ahvoli qanday ekani ayol kishi ko‘rinishida muhim rol o‘ynaydi. To‘satdan uchrashuv yoki tadbirga borish kerak bo‘lib qolsa-yu, hech qanaqasiga vaqt bo‘lmasa, kirlangan sochning turmaklanganini tushunish mumkin, lekin bu ahvol qayta-qayta takrorlanishini hech qanday bahona bilan oqlab bo‘lmaydi. Yuvilmagan, kir sochlar birinchidan kishining o‘zini ishonchsiz his qilishi, ikkinchida esa atrofdagilarda yoqimsiz xotira qolishiga sabab bo‘ladi.
2. Tartibsiz tirnoqlar
Tirnoqlar chiroyli ko‘rinishi uchun, albatta, lak surish yoki salonga borish shart emas. Tartiblangan, sog‘lom tirnoqlar oddiy ko‘rinishga ega bo‘lgan insonning ham detallarga qanchalik e’tiborli ekanidan darak beradi.
3. Yotishdan avval tozalanmagan makiyaj
Yuz ham nafas olishi kerak. Erinchoqlik oqibatida makiyajni yuvmaslik, terining nosog‘lom va charchagandek ko‘rinishiga olib keladi. To‘yga borib, ertasi kunigacha yuzni yuvmaslik va makiyaj bilan o‘qish yo ishga borish haqida-ku, gapirmasa ham bo‘laveradi.
4. Yomon hid ustidan sepilgan atir
Ko‘rinishi mukammal bo‘lgan ayoldan yomon hid anqishidan xunuk narsa bo‘lmasa kerak. Ayniqsa, uning ustidan atir sepilsa bormi? Eng amal qilinishi kerak bo‘lgan, onalar farzandlarining qulog‘iga quyishi kerak bo‘lgan jihatlardan biri shu — har kuni yuvinib, taranib keyin atir va xushbo‘y hidli vositalardan foydalanish kerak.
5. Og‘izdan keladigan badbo‘y hid
Ovqatlangandan keyin og‘izni chayish, tishlarni yuvish kerakligi aytilmasa ham amal qilinishi kerak bo‘lgan odatlardan. Lekin ko‘pchilik buni yoddan chiqarib qo‘yishi oqibatida suhbatdoshda yaxshi taassurot qolmaydi. | 65 | 1,815 |
Ayollar | Doimo urfda bo‘ladigan kiyim-kechaklar | Shunday tendensiyalar borki, moda o‘zgarsa ham uzoq vaqtgacha saqlanib qoladi.
Ko‘k – tozalik, soflik va go‘zallik rangi. Bu rangning har xil tuslaridan yil mavsumlariga mos qilib tikilgan ko‘ylaklar hamma ayollarga yarashadi. Yozda shoyi yoki paxta matolardan yengi kalta qilib tikilgan, sovuq mavsumda esa uzun yengli va yoqasi tik ko‘ylaklarni kiyishingiz mumkin. Bu liboslarga gulli taqinchoqlar juda mos tushadi.
Mayda gulli ko‘ylagingizni yoz paytlari maza qilib kiyasiz. Agar siz nozikroq uslubni ma’qul ko‘rsangiz Dolce&Gabbana andozasidagi yirik gulli ko‘ylaklarni tanlashingiz mumkin.
Bizga har xil ko‘rinishdagi no‘xat (mayda, yirik, yurak shakldagi) rasmli kiyimlar juda yoqadi. U hatto qishda ham o‘z aktualligini yo‘qotmaydi – no‘xat rasmli sviterlar yoki sharflar kimga yarashmaydi deysiz?
Ranglar o‘rtasidagi chegara aniq yoki mutanosib bo‘lishi shart emas. Oxirgi mavsumning eng asosiy uslublaridan biri – ajoyib taassurot qoldiruvchi turli xil bo‘yoqlar tasviri. Masalan, yozda abstrakt tasvirli futbolkalar juda aktual hisoblanadi, qishda esa sviter, shim hatto issiq ko‘ylaklarni ham kulrang kardigan bilan kiysangiz bo‘ladi. | 38 | 1,146 |
Ayollar | Kimyoviy piling: yarim soat ichida yosh va yangi teriga ega bo‘lish muolajasi | Teridagi kollagen qanchalik ko‘p va yuqori pardasi qanchalik ingichka bo‘lsa, odam yanada yoshroq ko‘rinadi. Yoshlikda terining o‘zi o‘lik hujayralardan xalos bo‘ladi, ammo keyinchalik teri yoshligini saqlab qolish uchun turli xil muolajalarga murojaat qilish kerak. Eng samarali protseduralardan biri kimyoviy pilingdir: bu tom ma’noda yosh va yangi teriga ega bo‘lishning oson usuli, deb yozadi “Noviy ochag”.
Kimyoviy piling texnik jihatdan boshqariladigan kuydirishdir. Ta’sir qilish chuqurligi, uning davomiyligi va piling uchun ishlatiladigan kislota bir-biridan farq qiladi. Lekin xavotir olishning xojati yo‘q: asosiysi, ushbu protsedura mutaxassis nazorati ostida o‘tadi.
Kimyoviy piling qanday yordam beradi?
Kimyoviy piling paytida yuzning terisi kislotalarning faol ta’siriga duchor bo‘ladi. Piling tarkibi terining yuqori shox pardasini eritib yuboradi va u bilan hunsbuzar, komedon, qizarish, o‘lik va quruq teri yo‘qoladi. Kislotalar kollagen va gialuron kislotasini ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi va teri yanada namlanadi, elastik bo‘ladi va yorqinlashadi. Nihoyat, bunga javoban, terining yuqori qatlamiga kislorod va ozuqa moddalarini yetkazib berish uchun mas’ul bo‘lgan teri membranasi faollashadi. Natijada yangilangan va yoshargan yuz qora nuqta va yog‘siz toza teriga ega bo‘ladi.
Kimyoviy pilingning yuz terisi uchun qanday foydalari bor?
Kimyoviy pilingdan keyin natija qanday bo‘ladi?
Qanday natijaga erishish qaysi kislotani tanlashga bog‘liq. Hammasi bo‘lib to‘rtta tur mavjud:
AHA — bu guruhga mandelik, glikolik, tartarik va sut kislotasi kiradi. AHA kislotalari bilan piling terining tonusini tekislaydi, uni silliq va elastik qiladi.
BHA — salitsil kislotasi bu guruhda eng mashhuridir, ikkinchisi esa beta-gidroksipropionik. BHA kislotalari bilan piling terini tozalaydi, komedonlarni eritadi, yallig‘lanishni yengillashtiradi, yog‘ ishlab chiqarishni normallashtiradi va toshma paydo bo‘lishining oldini oladi. Kimyoviy pilingning boshqa turlari katta yoshlilar terisiga tegishli bo‘lsa, bundan shifokor tomonidan belgilab qo‘yilganidek, 18 yoshgacha foydalanish mumkin.
PHA — ta’sir bo‘yicha AHA kislotalariga o‘xshash, ammo ular yumshoqroq harakat qiladi va ta’sirchanlikka olib kelmaydi.
Azelaik kislota husnbuzar va rozatseani davolaydi, yallig‘lanishni yengillashtiradi, teshiklarni tozalaydi va kichraytiradi, terini elastik va silliq qiladi.
Kimyoviy pilingning qanday turlari mavjud?
Tarkibi bilan bir qatorda, pilinglar ta’sir qilish chuqurligiga qarab ham farqlanadi.
Yuzaki piling
Yuzaki piling faqat epidermisning eng yuqori qatlamlari bilan ishlaydi. Bu juda yumshoq va nozik bo‘lib, buning uchun AHA kislotalari ishlatiladi. Ushbu piling juda yosh terida ham ishlatilishi mumkin, u tiklanishni talab qilmaydi. Ammo yuzaki pilingning ta’siri ham qisqa muddatli. Ba’zida terini chuqurroq tozalashga tayyorlash uchun yuzaki piling qo‘llaniladi.
O‘rtacha piling
O‘rtacha piling butun epidermisni bazal qatlamiga yoki membranaga ta’sir qiladi. Ushbu pilingda TCA kislotalari, retinol, rezorsin va salitsil kislotasi ishlatiladi. Pilingdan so‘ng taxminan bir hafta davomida yolg‘iz yashash kerak bo‘ladi: yuzning terisi kimyoviy kuyish oqibatlarini boshdan kechiradi; tashqi ko‘rinish yoqimsiz va infeksiya xavfi mavjud bo‘lishi mumkin. O‘rtacha pilingning yoshartiruvchi ta’siri bir necha oy davom etadi va ikkinchi kurs bir yildan keyin amalga oshiriladi.
Chuqur piling
Chuqur piling — bu plastik jarrohlik bilan bir qatorda yoshartiruvchi ta’sir ko‘rsatadigan juda jiddiy protsedura. Buning ko‘rsatkichlari ham jiddiy: chuqur ajinlar va sezilarli chandiqlar. Chuqur piling kasalxonada, behushlik ostida amalga oshiriladi va tiklanish olti oygacha davom etadi. Ushbu protsedura davomida fenolga asoslangan kompozitsiya butun epidermis va bazal membranaga ta’sir qiladi. Bemor qarish belgilarisiz yangi terini oladi. Ushbu protsedura hayotda faqat bir marta va qat’iy ravishda shifokorning ko‘rsatmalariga muvofiq amalga oshirilishi mumkin.
Kimyoviy piling mumkin bo‘lmagan holatlar:
Kimyoviy piling xavfi
Kimyoviy pilingning asosiy xavfi — tarkibiy qismlarga individual qarshilik yoki kosmetologning professional emasligi: bu omillar chandiqlarga olib kelishi mumkin. Yangi silliq teri o‘rniga mutlaqo istalmagan natijaga erishiladi. Kimyoviy pilingni kuz va bahorda quyosh faolligi past bo‘lgan davrda amalga oshirish yaxshiroq. Pilingning boshqa noxush oqibatlari qatorida:
Ammo bu hodisalarning barchasi yo‘q bo‘lib ketishi kerak, chunki yuzning terisi tezda o‘zini tiklaydi.
Uyda kimyoviy piling qilish mumkinmi?
Har kim ham kosmetologga muntazam tashrif buyurishga qodir emas. Xo‘sh, uyda kimyoviy piling qilish mumkinmi? Parvarish mahsulotlari har qanday kosmetika do‘konida sotiladi.
Birinchi qadam — makiyaj molochko yoki mitsel suv bilan artiladi.
Ikkinchi qadam — yuz ko‘pik yoki gel bilan yuviladi.
Uchinchi qadam — o‘lik teri qatlamidan xalos bo‘lish va pilingning chuqur qatlamlarga o‘tishiga yordam berish uchun skrabdan foydalaniladi.
To‘rtinchi qadam — terini sochiq yoki qog‘oz salfetka bilan quritib, kimyoviy piling qo‘llaniladi.
Beshinchi qadam — 2-3 daqiqa kutib, keyin suv bilan yaxshilab yuviladi. Agar niqob-plyonka qo‘yilsa, u 15-20 daqiqaga qoldiriladi, so‘ngra bir chetidan tortib olib tashlanadi.
Uy sharoitida pilingni kechqurun qilish tavsiya etiladi; protseduradan keyin yangi teri tashqi muhitning agressiv ta’siriga moslashishi uchun foydalidir. | 77 | 5,428 |
Subsets and Splits
No saved queries yet
Save your SQL queries to embed, download, and access them later. Queries will appear here once saved.