folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Ayollar
Milliarderlardan tavsiyalar: muvaffaqiyatsizlik va qo‘rquvni yengish sirlari
Omadsizlik aksari kishilar uchun dahshatdek tuyuladi. U hayotning turli jabhalariga ta’sir ko‘rsatishi iqtisodiy, ijtimoiy va turli oqibatlari bo‘lishi bor gap lekin, har qanday vaziyatda ham ichki qo‘rquvni yengish va yiqilgan joydan qayta turib olg‘a harakat qilishni bilish kerak. Hamma havas bilan qaraydigan, ammo ular ham boshqalardek qachondir boshlagan va nima bo‘lishidan qat’i nazar davom etgan muvaffaqiyatli kishilarning siri ham shunda. Ilon Mask — Bundan ham yomoni bo‘lishi mumkin Kishilar imkonsiz deb o‘ylagan ishni uddasidan chiqqan, orzular va izlanishni umumlashtirish samara berishining isboti bo‘lgan Ilon Mask biron ishni boshlashda yomon natija bo‘lishi mumkinligi haqida o‘ylab, qo‘rquv bilan yuzma-yuz kelish kerak degan fikrda. “Agar siz mumkin oqibatlar haqida bosh qotirsangiz, kamroq qo‘rqa boshlaysiz. Space X parvozidan avval men ham muvaffaqiyatga erishish darajasi 10 foizdan kam deb o‘ylaganman. Men shunchaki hamma narsani yo‘qotishim mumkinligiga rozi bo‘lganman. Lekin ma’lum natijaga erishishimiz mumkinligiga ishonganman. Nima bo‘lgan taqdirda ham bundan ham yomoni bo‘lishi mumkinligiga nafaqat Mask, balki Apple’dagi ilk biznes podkast asoschisi, investor va biznesmen Tim Ferris ham ishonadi. U tasavvurda omadsizlikka duch kelish kishini qo‘rquvdan xalos etishi mumkin, degan fikrda. Richard Brenson — har qanday vaziyatdan nimanidir o‘rganish “Havo sharidagi parvozimiz davomida menda yerga tirik qaytamizmi, degan sanoqsiz darajada ko‘p savol tug‘ilgan”, — degan Brenson. Virgin Group asoschisining tavsiyasi Masknikidan farq qiladi, chunki uchar shar haqida gap ketganda Ilonning fikrlaridan kelib chiqilsa, eng yomon ssenariy o‘lim bilan yakun topadi. Buni o‘ylash esa kishini tinchlantirmaydi, aksincha, yanada asabiylashishiga sabab bo‘ladi. Buning o‘rniga Brenson o‘rganish va izlanishga diqqat qaratishni tavsiya qiladi. Biznesmen xavotir va vahimaga tushgan vaqtda aftidan salbiy tuyulgan tajribadan nima o‘rganish mumkin, degan fikrda. U omadsizlik yoki muvaffaqiyatsizlikdan yuzaga kelgan qisqa noqulaylik jarayoni yoki vaqtida uzoq muddat as qotishi mumkin bo‘lgan xulosa chiqarishga e’tibor qaratishni tavsiya qiladi. Bu kishiga kuch bag‘ishlaydi. Sara Bleykli — Har narsaning ijobiy tomonini ko‘rish Spanx brendi asoschisi Sara Bleykli, har qanday yomonlikning ham yaxshi tarafini ko‘rishni tavsiya qiladi. “Nimadir o‘xshamaganida yoki kutganimdek bo‘lmaganida otam menga har doim, ushbu vaziyatning yaxshi tomoni nimada ekanligi va undan o‘zim uchun nima olganimni yozishni maslahat bergan”. Shundan keyin hamma narsada men rad qilishni istamagan g‘aroyib xazina borligini tushunishni boshlaganman. Omadsizlikka duch kelgan vaqtingizda, qo‘lingizga qog‘oz va qalam olib mazkur tajriba natijasidan olishingiz mumkin bo‘lgan barcha ijobiy narsalarni yozib chiqing. Miyani omadsizlikni kichik bir muammo va kelajakdagi katta yutuqlarga erishish uchun bir qadamdek, qabul qilishga o‘rgatish kerak.
77
2,955
Ayollar
Sviter, botfort va kuz mavsumida xarid qilish tavsiya etiladigan 8 ta kiyim (foto)
Kuz mavsumiga tayyorgarlik, albatta, unga mos kiyimlar xarid qilishdan boshlanadi. Xarid shu qadar ajoyib bo‘lishi kerakki, hattoki ob-havo ham kayfiyatga o‘z ta’sirini o‘tkaza olmasligi lozim. Quyida mavsum uchun kerak bo‘lgan kiyimlarni ro‘yxatingiz bilan taqqoslab ko‘rishingiz mumkin. Sviter Oversayz uslubidagi sviterlar ushbu mavsum uchun ayni muddao. Ayniqsa, “olma” yoki “to‘rtburchak” shakldagi qomat egalari uchun ajoyib tanlov. Lekin “nok” yoki “teskari uchburchak” qomatlilar bu kabi sviterlarni kiyishda biroz ehtiyot bo‘lishi lozim. Chunki keng bichimli sviter qomatdagi nuqsonlarni yanada bo‘rttirib yuborishi mumkin. Katak yubka Yubka sotib olishni istovchi xonimlar katak naqshlisini xarid qilgani ma’qul. Chunki ushbu uslub hozirda urfda. Qat-qat bichimida tikilgan yubkalar hammaga ham to‘g‘ri kelavermaydi, masalan, “qumsoat” hamda “to‘rtburchak” qomatlilarga bunday yubka kiyish tavsiya etilmaydi, chunki ularni semiz ko‘rsatishi mumkin. Botfortlar  Botfortlar hamisha urfda bo‘lib kelgan. Mazkur oyoq kiyim issiq bo‘lishi bilan birga, obrazga ham o‘zgacha ko‘rinish baxsh etadi. Botfortlarni har qanday qomatdagi ayollar kiyishi mumkin. Faqatgina uni bo‘yi baland ayollar xarid qilgani ma’qul. Chunki aksariyat bo‘yi kichik qizlar ushbu etik bilan tashqi ko‘rinishga putur yetkazadi. Botfort ko‘ylak, shim yubkalar bilan ham moslashaveradi. Bomber Bomber ham oversayz uslubidagi kiyim bo‘lib, ko‘proq sayr qilish va do‘stlar bilan uchrashuvga kiyiladi. Ushbu ustki kiyim ham qomat tanlamaydi va kiyilgandan so‘ng qulay harakatlanish mumkin. Palto Midi uzunlikdagi bu kabi paltolar ham tashqi ko‘rinishda alohida o‘rin tutadi. Bu kabi bichim ham qomat tanlamaydi va sovuq mavsum uchun ayni muddao. Yumshoq nimchalar Ushbu nimchalar mashina haydovchi yoki sport uslubida kiyinishni yaxshi ko‘radigan ayolar uchun mos. U issiq bo‘lishi bilan birga, qulay ham. Nimchalarni to‘ladan kelgan ayollar kiyishda biroz ehtiyot bo‘lishi kerak. Chunki hajman ham ular anchagina katta ko‘rinadi. Rangli kolgotka Allaqachon rangli kolgotkalar ayollar garderobidan joy olib ulgurgan. Kolgotkani faqatgina ko‘ylak uchun moslash yoki qora rangdagisini kiyish shart emas. Aksincha yorqin rangning obrazga qo‘shadigan hissasi mavjud. Hajman yirik botinkalar Qalin platformali oyoq kiyimlar ko‘p qirrali bo‘lib, har qanday ayol uchun mos keladi. Shuning uchun ular allaqachon garderobning asosiga aylangan. Jinsi shim Ushbu bichimdagi jinsi shimlarga ham garderobdan joy ajratish lozim. Chunki ular do‘mboq hamda nozik ayollar uchun mos keladi. Shuningdek, futbolka, kofta va sviterlar bilan uyg‘unlashtirish mumkin.
82
2,626
Ayollar
Ko‘chada tupurmang va avtobusda telefonda so‘zlashmang: zamonaviy odob-axloq qoidalari
Xushmuomalalik va tarbiyalilik — har doim hurmat qilinadigan fazilatlar. Siz oddiy kiyingan bo‘lishingiz mumkin, biroq xushmuomalalik va odob-axloq qoidalariga rioya qilishingiz — siz haqingizda eng yaxshi taassurotni uyg‘otadi. Quyida zamonaviy odob-axloq qoidalarining eng asosiylarini e’tiboringizga havola etamiz. Qoidalarning xulosa qismida shuni aytib o‘tishimiz kerakki, tarbiya ko‘rgan inson ko‘chada tupurishni yoki yonidan o‘tib ketgan qizning ortidan hushtak chalish yoki baqirishni hech qachon o‘ziga ep ko‘rmaydi. Boshqalarni hurmat qiling, shunda ular ham sizni hurmat qiladi! Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
86
748
Ayollar
Erining xiyonati moda imperiyasiga asos solishiga sabab bo‘lgan Enne Burda hikoyasi
Oddiy uy bekalaridan tortib moda ixlosmandlari va tanqidchilar tomonidan ham e’tirofga sazovor bo‘lgan, qimmat libos sotib olishga qurbi yetmaganlarga andoza asosida o‘z qo‘li bilan o‘ziga xos libos tikish imkonini bergan “Burda” jurnalining mashhur bo‘lishida germaniyalik Enni Burdaning roli katta va uning hayotida yuz bergan voqealar bilan bog‘liq. “Domashniy ochag” jurnali millionlab ayollarga ilhom bergan, hayotda o‘z o‘rnini topish uchun o‘rnak bo‘la oladigan ayol haqida hikoya qiladi. “Onamdek bo‘lmayman” 1909-yilda dunyoga kelgan Enne Magdalena Lemmingerning onasi bosiq, oilasi, farzandlari va eri uchun o‘zini bag‘ishlab, o‘z xohish va istaklari haqida hatto o‘ylab ham ko‘rmaydigan ayol bo‘lgan. Enneni yoshligidan bir savol qiynagan — inson qanday qilib bunchalik o‘zini qurbon qilishi mumkin? Namunali ona va rafiqa Katta hayotga qadam qo‘yayotgan bir vaqtda Enne qanchalik istamasin hayoti onasinikiga o‘xshab ketgan, zamonasidagi ayollar singari boshqa tanlovi bo‘lmagan. Monastirlik maktabining tijorat kursini tamomlagan Enne mahalliy elekrostansiyada hisobchi bo‘lib ishlay boshlaydi. Kunlardan bir kuni elektroenergiyaga to‘lov qilish uchun kichikroq bosmaxona egasi, kelishgan Frans Burda kirib keladi. Tarbiyali, yoqimli qiz Fransning yuragidan uradi, u ham o‘z navbatida qizda qiziqish uyg‘otadi va taqdir uchrashtirgan juftlik 1931-yilda munosabatlarini nikoh bilan bog‘laydi. Namunali rafiqa va uch bolaning onasi bo‘lgan Enne 20 yillik umrini uy yumushlari va oshxonadan chiqmaslikka bag‘ishlaydi. Tashqaridan qaraganda hammasi mukammaldek—unda hammada bo‘lishi kerak bo‘lgan uy, er va farzandlar bo‘lgan, lekin u yoshligi, mehr-muhabbati va umrini bag‘ishlagan turmush o‘rtog‘i Frans tomonidan qadrlanmaydi— eri unga xiyonat qiladi. Frans kotibasiga ilakishib qolgan, ularning nikohsiz tug‘ilgan farzandi ham bor edi. Enne hammasiga nuqta qo‘yganida Frans uni yoqtirib qolgan vaqtdagidek yosh va go‘zal bo‘lmagan. 40 yoshda hayotning yangi sahifasini ochish oson bo‘lmaydi. Lekin u o‘zini qo‘lga oladi. Birinchi bo‘lib ishni yaxshi advokat yollashdan boshlaydi va eri sevgilisiga sovg‘a qilib yuborgan jurnal va bosmaxonani tortib oladi. Jurnal hech qanday daromad olib kelmayotganiga qaramay, Enne uni turmush o‘rtog‘i undan kechib tanlagan ayolda qoldirishni istamagan. Mustaqil va muvaffaqiyatli Sevgan insoni tomonidan qadrsizlanish va xiyonat Ennega qattiq ta’sir qilgan va u hayoti o‘zi bir vaqtlar istamagan onasining hayoti singari zerikarli va ma’nisiz o‘tayotganini tushunib yetgan. Shundan keyin tikishni bilmasligi va jurnal nashri bilan shug‘ullanib ham ko‘rmaganiga qaramay, muvaffaqiyatga mustaqil ravishda erishishga va ayollarning chiroyli ko‘rinishiga yordam berishga ahd qiladi. Ishga boshi bilan sho‘ng‘ib ketgan Enne tikuvchilarni o‘zi izlab topib, ularning qanday ishlayotganini nazorat qilib turgan. Fotograflarni yollab, jurnal uchun eng yaxshi model va eng sifatli kadrlarni tanlagan. Jurnal dizaynidan tortib, kutyurlik va nashr faoliyatini ham yaxshilab o‘rgangan. Urushdan keyin Germaniya ayollariga bergan yordami Ayolning harakatlari bejiz ketmagan. 1950-yilda chiqarilgan “Burda moden” jurnalining yangi soni bir zumda xarid qilingan. Urush tafti hali ketib ulgurmagan Germaniya ayollari uchun mazkur jurnal ayni muddao bo‘lgan: endilikda ular ortiqcha xarajatsiz, sifatli andoza va didni uyg‘unlashtirib ham chiroyli kiyinishi mumkin edi. Urushdan keyin boshqa davlatlar qatori Germaniyaga ham oson bo‘lmagan, siyosiy va hokimiyatdagi o‘zgarishlar, ishlab chiqarish oqsagan, do‘kon peshtaxtalari bo‘shagan bir vaqtda salbiy jarayon va qiyinchiliklardan azob chekkan insonlar qalbi go‘zallik istagan. Enne esa mazkur vaziyat jilovini qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lgan, jurnal adadi ikki yil ichida 100 mingdan 500 mingga ko‘tariladi, uning har bir soni chaqmoq tezligida sotilib ketadi. Erini kechiradi, lekin endi bu muhim emasdi Muvaffaqiyatga erishgan Enne endi o‘zini aldangan baxtsiz ayoldek emas, omadli biznesvumen, ayollar hayotiga yangi rang bera olgan tadbirkor sifatida his qila boshlaydi. U erini kechirib, eriga jazmani farzandi bilan shahardan chiqib ketish shart bilangina oilasida qolishga ruxsat beradi. Lekin endi hammasi avvalgidek emas, u farzandlari uchungina oilasini saqlab qolgandi. U boshini ishdan ko‘tarmay, dam olish kuni nimaligini bilmay ishlagan, agar o‘zinikiga o‘xshagan raqobatchi jurnal paydo bo‘lsa, ularni bitta qoldirmay sotib olgan. Jurnal SSSRga qayta qurish davrida 1987-yilda kirib kelgan. Bu vaqtga kelib “Burda” endi nafaqat puli yo‘qligidan andoza asosida ko‘ylak tikishni istaganlar uchun balki, ijodiy elita uchun ham sevimli nashrga aylangan. Jurnal ayollarga o‘z qo‘li bilan o‘ziga xos bichimli liboslarni tikish imkonini bergan. Baxtiyor keksalik Enne Burda 90-yillarga qadar jurnalning bosh muharriri sifatida faoliyat olib borgan. Keyinroq esa o‘zining dam olishi kerakligini tushunib yetgan va sayohat qilishni boshlagan. Tashrif buyurgan mamlakatlarida uni qirolicha singari kutib olishgan, uning kiyinish uslubi barchani lol qoldirgan. 96 yoshida hayotdan ko‘z yumgan Ennening umr yo‘li boshqa ayollarga hayot zarbalarida sinmasdan, o‘zini qo‘lga olgan holda ko‘p narsaga erisha olishi va eng sara narsalarga arzishini anglashi uchun o‘rnak bo‘la oladi.
83
5,273
Ayollar
Qo‘l terisining shalviragan qismini mashqlar yordamida yo‘qotamiz
Qo‘l terisi va mushaklarining shalvirab qolishi — ayollar orasida juda keng tarqalgan muammo hisoblanadi. Bunga jismoniy faollikning pastligi sabab bo‘ladi. Bu muammoni bartaraf qilish mumkin va kerak! Bu maqolada siz qo‘llaringizning go‘zalligini qaytarishga yordam beruvchi 3 ta samarali mashq bilan tanishasiz. 1. Qo‘lga tayanib otjimaniye qilish mashqi ko‘pchilik mushaklarni faollashtiradi. Bu ayollar uchun eng yaxshi mashq hisoblanadi. Mashqni tizzaga yoki oyoqqa tayanib ham bajarish mumkin. 2. Engashib qo‘llarni bukib-yozish (gantel ko‘targan holda) — bajarish xavfsiz va juda oson, ko‘p vaqt olmaydi va agar muntazam ravishda bajarilsa, yaxshi natijalar beradi. 3. Orqa tomondan qo‘llarga tayangan holda otjimaniye qilish (skameykaga tayanib) ham mushaklarni faollashtiradi, lekin bu mashq asosiy kuchni yelka bo‘g‘imlariga beradi. Bu – mashqni ehtiyotkorlik bilan va biror joyingizga zarar yetkazmasdan bajarish kerakligini bildiradi. Siz bu mashqlarni har kuni va o‘zingizga qulay bo‘lgan joyda bajarishingiz mumkin.
65
1,030
Ayollar
Atirlarni sotib olishda nimalarga ahamiyat bergan ma’qul? Mutaxassis tavsiyasi
Yoqimli ifor inson ruhiyatiga ta’sir etibgina qolmay, unga nisbatan atrofdagilarda yaxshi taassurot uyg‘otadi. Shuning uchun ham atir tanlashga alohida e’tibor berish lozim. Biroq ko‘pchilik opa-singillarimiz atir tanlashda yetarlicha ma’lumotlarga ega emas. Aromastilist Dilshod Hojiqurbonov “Daryo” bilan suhbatda yaxshi atir tanlash borasida o‘z tavsiyalari bilan bo‘lishdi. Birinchi o‘rinda, atir do‘koniga yaxshi kayfiyatda kelsin. Abzoyi buzuq odamga hech narsa yoqmaydi. Bu o‘z tajribamdan ko‘p o‘tgan. Ko‘pchilik ayollarimiz asabiylashganda odatda savdo markazlariga boradi. O‘ziga yoqqan nimadir xarid qilib, kayfiyatini ko‘tarmoqchi bo‘ladi. Kiyim-kechak do‘konlariga borishlari mumkin, lekin atir do‘konlariga kelishlarini tavsiya qilmayman. Yomon kayfiyatdagi ayol umuman odam atir tanlolmaydi. Kiyim xarid qilayotganda siz kimningdir fikriga tayanib, sotib olishingiz mumkin. Ammo atirda bu usul ish bermaydi. Parfyumni faqat va faqat o‘z didingizga qarab tanlaganingiz ma’qul. Dugonangiz tugul, hatto onangizga yoqqan ifor sizga xush kelmasligi mumkin va bu tabiiy. Sizga tavsiya qilinayotgan atir eng qimmat, noyob bo‘lsa ham ichki ovozingizga quloq solib tanlang. Unutmang, dunyodagi eng zo‘r atir – bu sizga yoqqan atir! Bitta istisnoli holat: agar oila qurgan bo‘lsangiz atir tanlayotganda, albatta, turmush o‘rtog‘ingizni fikrni inobatga oling, u bilan maslahatlashing. Umuman olganda men ayol eriga erkak esa o‘z ayoliga atir tanlab bergani ma’qul deb o‘ylayman. To‘g‘ri, ko‘rinish jihatdan haqiqiy atir bilan bir xil bo‘ladi. Sepilganda boshida o‘sha iforni berishi mumkin. Lekin 20-30 daqiqadan so‘ng, hidni farqlay boshlaysiz. Buni o‘sha atirning haqiqiysini ishlatib ko‘rganlar, yaxshi biladi. Hozir O‘zbekistondagi ko‘pgina atir do‘konlarida quyib berish xizmati yo‘lga qo‘yilgan. Agar yoqtirgan atiringiz juda qimmat bo‘lsa, 10 ml quydirib sotib olsangiz bo‘ladi. Chunki odam o‘zgaruvchan mavjudot. Bir xillik tezda medasiga tegadi. Masalan, do‘kondan 50-100 millilitr atirlarni olib ketishadi. Atirni tugatguncha hid joniga tegadi. Qimmat atirni na birovga ham berib yuborgisi keladi, na o‘zi sepgisi. Shunday qilib, palon pulga olingan atirlar pardoz stolining bir chetida qolib ketaveradi. Shuning uchun o‘zingizga yoqqan atirdan quydirib olib ishlatishni tavsiya qilaman. Misol uchun bir millionli atirni 140-150 ming so‘mga 10 ml quydirib olib, 1-1,5 oy davomida ishlatib yurish mumkin. O‘ziga mos atirni topa olmayotganlarga katta hajmda atir sotib olmaslikni tavsiya qilaman. Chunki inson o‘z iforini birdaniga topishi qiyin. “Bo‘ldi, topdim” degan taqdirda ham do‘konda ma’qul kelgan ifor uyiga borganida yoqmay qolishi mumkin. Chunki atir tuslanish xususiyatiga ega. Atir sepilganidan to‘rt soat o‘tib, haqiqiy ifori bilinadi. Shuning uchun mijoz o‘ziga yoqqan turli atirlardan 10 millilitrdan quydirib olib, ishlatib, o‘z iforini topishi mumkin.
78
2,885
Ayollar
Nima uchun kosmetik mahsulotlarga E vitamini qo‘shiladi? Uning teriga qanday foydasi bor?
E vitamini teri parvarish qilish mahsulotlarining keng tarqalgan tarkibiy qismidir. U losyonlardan tortib sivorotkagacha bo‘lgan hamma narsada mavjud. Bu ko‘pchilikka C vitaminining faol sherigi sifatida ma’lum bo‘lishi mumkin — ushbu ikki ingredient yonma-yon yuradi, chunki E vitamini S vitaminini barqarorlashtirishga yordam beradi, shuning uchun u ko‘plab yuz kremlariga kiritilgan. “Noviy ochag” nashri nima uchun E vitamini kosmetik mahsulotlarga qo‘shilishi va teriga qanday ta’sir qilishini aniqlashga qaror qildi. E vitamini mashhur antioksidantdir. Oksidlanish jarayonidan kelib chiqqan hujayra shikastlanishini zararsizlantirish yoki kamaytirishga yordam beradi. Bu uning qarishga qarshi ta’sirini anglatadi. Bu terini o‘zgartira oladigan haqiqiy super agent hamda yallig‘lanishni yengillashtiruvchi vitamin. E vitaminining foydali xususiyatlari Ratsionda E vitamini bo‘lgan mahsulotlar nafaqat terining holatini yaxshilashga yordam beradi, balki ichki organlar faoliyatini ham tartibga soladi. Qon ivishini nazorat ostida ushlab turadi, qon quyqalarini paydo bo‘lishining oldini olishga yordam beradi, katta va kichik tomirlarning elastikligini yaxshilaydi, shuningdek, xolesterin ortishini sekinlashtiradi. Bundan tashqari, bu vitamin reproduktiv tizimning normal ishlashi uchun juda muhimdir. U sut mahsulotlari, yong‘oqlar, o‘simlik moylari, ko‘kat va sabzavotlarda mavjud. E vitaminini teri yuzasiga qo‘llash ham samaralidir: uni yuzga yog‘ konsentrati sifatida surtish yoki teriga mos keladigan ushbu ingredientni o‘z ichiga olgan kosmetika mahsulotdan foydalanish mumkin. Rangni o‘zgarishidan himoya qilish Agar yuz terisi qora dog‘lar yoki giperpigmentatsiyaga moyil bo‘lsa, terini parvarish qilish uchun E vitaminini qo‘shish juda muhimdir. Uning antioksidant ta’siri quyosh nurida teri qorayishining oldini oladi. Qarishga qarshi ta’sir Antioksidant sifatida E vitamini ham erkin radikallar ta’sirida terining shikastlanishini yumshatadi. Atrof-muhitning oksidlovchi stressi va ichki qarish bilan kurashishga yordam beradi va uni kuchli qarishga qarshi tarkibiy qismga aylantiradi. Yallig‘lanishga qarshi xususiyatlar E vitamini husnbuzar paydo bo‘ladigan ta’sirchan terini tinchlantiradi. Yallig‘lanishga qarshi xususiyatlar mavjud toshmalarni kamaytirishga yordam beradi va yangilari paydo bo‘lishining oldini oladi. Shuningdek, husnbuzardan keyingi har qanday rang o‘zgarishini kamaytiradi. Tavsiyalar va nojo‘ya ta’sirlar E vitaminini o‘z ichiga olgan mahsulotlar har qanday teri turlariga mos keladi. Ammo istisnolar mavjud. Agar terining teshiklari kattalashgan hamda yog‘li bo‘lsa, E vitaminini faqat boshqa mahsulotlar bilan birgalikda ishlatish mumkin — sof E vitamini moyidan foydalanish tavsiya etilmaydi. Bu ko‘z qovoqlari, lab chetlari va yuzning T zonasi kabi eng zaif joylarda oq dog‘lar va husnbuzar paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Yog‘ konsentrati quruq teri egalari uchun ko‘proq mos keladi. Kosmetikani tanlash E vitaminini namlantiruvchi, sivorotka va yuz uchun mo‘ljallangan yog‘lardan topish mumkin. Mahsulot tarkibida uning mavjudligini bilish uchun E vitaminining eng keng tarqalgan shakli bo‘lgan va ko‘pincha kosmetika sohasida qo‘llaniladigan tokoferolni qidirish kerak. Bir vaqtning o‘zida C va E vitaminli sivorotkadan foydalanish yaxshidir. Tandemda bu kuchli antioksidantlar oksidlovchi stressni kamaytirish, qora dog‘larni ketkazish va terini oqartirish uchun samaralidir.
89
3,432
Ayollar
Yuvilgan kiyimlardan mog‘or hidi kelsa, nima qilish kerak?
Deyarli har bir uy bekasi kir yuvgandan keyin kiyimlardagi yoqimsiz hid muammosiga duch kelishi mumkin. Buning sababi nima va u bilan qanday kurashish kerakligini “Domashniy ochag” nashri ma’lum qildi. Ba’zan kiyimlar yuvilgandan keyin kir mashinasi ochilsa, ulardan yoqimli hid kelmaydi. Nima uchun bunday bo‘ladi va ushbu muammoni barataraf etishning iloji bormi? Buning bir nechta sabablari bo‘lishi mumkin: Muammoni tezda hal qilish uchun barabanga toza tabiiy mato qo‘yish kerak, ustiga 2-3 tomchi efir moyi quyiladi  va 15 daqiqalik qo‘shimcha chayish dasturi bajariladi. Agar yoqimsiz chiriyotgan hid doimo saqlanib qolsa, muammo kir yuvish mashinasida. Mog‘or hidi Kir yuvish mashinasining hidi uning eskirganligi sababli ham paydo bo‘lishi mumkin. Vaqt o‘tishi bilan uskuna devorlarida va changni tarqatish qismida mog‘or va shilimshiq qatlamlar to‘planadi. Agar mashinadan noto‘g‘ri foydalansangiz, bu jarayon tezlashadi: kiyimlarni doimo yuvgandan keyin mashinada qoldirish yoki juda ko‘p mato yumshatgichdan foydalanish kabilar. Muammoni bartaraf etish uchun eng uzun yuvish vaqtini yuqori haroratda ishga tushirish kerak, mashinaga xlorli oqartirgich qo‘shiladi va suv harorati maksimal darajaga yetganida siklni bir soat to‘xtatib turish tavsiya etiladi. Keyin, chayish paytida, dozatorga kir yuvish kukuni emas, balki bir stakan suyultirilmagan sirka quyiladi. Sikl yakunlanadi. Ushbu oddiy protsedura mog‘ordan xalos bo‘lishga yordam beradi. Ammo, afsuski, bu tajriba ham uzoqqa bormaydi. Shuning uchun eng yaxshisi, muntazam ravishda kir yuvish mashinasini profilaktik tozalash oyda bir marta amalga oshirilishi kerak. Aytgancha, hozirda maxsus mahsulotlar sotilmoqda — kir yuvish mashinalari uchun tozalagichlar, ular mog‘or, blyashka va mashinadagi yoqimsiz hidga qarshi kurashadi.
58
1,803
Ayollar
Garderobingizdagi 3 ta xato
Zamonaviy ko‘cha modasi eklektikaga boy va o‘ziga xoslikni bo‘rttirib ko‘rsatishga intiladi. Bugungi kunda liboslarda xato qilish juda qiyin. Bugungi kunda kiyinar ekanmiz bir necha xatolar va odatlarga yo‘l qo‘yishimiz mumkin. Biz o‘z qiyofamizni didli, yorqin va unutilmas qilish uchun bu xatolarni chetlab o‘tishimiz lozim bo‘ladi. Eng ko‘p tarqalgan xato — bu har xil printlarni birga qo‘shishdan qo‘rqish. Ko‘pchilik buni didsizlik, haddidan oshirib yuborish yoki ma’nosiz deb o‘ylaydi. Lekin aslida har xil ranglarning birlashishi qiyofangizga tozalik va benuqson bichim berishi mumkin, asosiysi — ularni to‘g‘ri birlashtirish va yorqin qismlar neytral tonlar yordamida silliqlanishini unutmasligingiz lozim. Qora va to‘q ko‘k ranglar o‘z-o‘zicha juda ajoyib ko‘rinadi. Bir vaqtning o‘zida asosiy va latofatli bo‘lish bilan birga, bunday kiyim har qanday garderobni to‘ldiradi. Lekin, bu ranglarni birgalikda kiyish ko‘pchilikka to‘q tonlarni oshirib yuborish bo‘lib tuyuladi. Biz esa to‘q ko‘k qora bilan qo‘shilganda stilga juda muvofiq bo‘lib ko‘rinadi deb hisoblaymiz. Vintaj yoki garderobning retroqismlari — bu qiyofani, hatto u eng oddiy kiyimlardan iborat bo‘lsa ham, yanada o‘ziga xosroq qilishning ajoyib usuli hisoblanadi. Lekin vintaj qanchalik ajoyib bo‘lmasin, uni me’yorida ishlatish kerak. Esingizda tuting: kombinatsiya qancha murakkab bo‘lsa, shuncha yaxshi, lekin agar siz eski modadagi qiyofangizni zamonaviy buyumlar bilan aralashtirmasangiz, yoshingiz ancha katta ko‘rinib qoladi. Manba: “Heroine.ru”
27
1,531
Ayollar
Erta ajin tushishiga olib keladigan 8 odat
Teri uzoq vaqt tiniq va tarang bo‘lishi uchun turmush tarziga e’tibor berish kerak. Qanday odatlar erta ajin tushishiga olib kelishi mumkinligi haqida ma’lumot berib o‘tamiz. Quyosh nurlaridan himoyalanmaslik Siz quyoshni yaxshi ko‘rishingiz mumkin, ammo teringiz emas. Gap shundaki, faol quyosh nurlari muddatidan avval qarishga olib kelishi mumkinligini bilsa ham, nima uchundir odamlar SPF-kremlardan foydalanishni inkor qiladi. SPF himoya nafaqat sohilda dam olganda, balki kundalikda, hatto shunchaki ishga ketayotganda ham kerak bo‘ladi. Yil davomida bitta kremdan foydalanish odatingizni bas qiling, UV ko‘rsatkichi 3 dan yuqori bo‘lsa, teringizga SPF kerakligini unutmang. Saqich chaynash Muntazam ravishda saqich chaynaydiganlarning jag‘lari doimiy ravishda harakatda bo‘ladi, bu esa vaqt o‘tishi bilan og‘iz va burun atrofida ajin paydo bo‘lishiga olib keladi. Bu xuddi qoshlarni chimirish peshonada ajin tushishiga olib kelishiga o‘xshaydi. Terini tozalovchi vositalardan haddan ortiq foydalanish Piling, skrab va yuz terisi uchun qo‘llanadigan cho‘tkalardan hafta davomida 2-3 martadan ko‘proq foydalanish terining tabiiy qatlamiga zarar yetkazadi. Oqibatda terining tabiiy immuniteti pasayib, ajinlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Yostiq jildni haftada bir marta almashtirish Yostiq jildlar xavf manbai bo‘lishi mumkinligi, unda bakteriyalar to‘planishi mumkinligi sabab ham uxlaganda teriga bevosita ta’sir qilmay qolmaydi. Soch uchun ishlatilgan lak va boshqa kosmetik vositalar tarkibidagi kimyoviy moddalar jildga yopishib, keyin teriga qanday zarar yetkazishi mumkinligi haqida-ku gapirmasa ham bo‘laveradi. Aynan shu sabab ham yostiq jildlarini har 2-3 kunda almashtirishga odatlanish kerak. Tiniqib uxlamaslik Uyquning me’yorda bo‘lmasligi bir qancha muammolar, xususan, erta qarishga ham olib kelishi mumkin. Gap shundaki, tiniqib uxlamaganda teri hujayralari ham tiklanishga ulgurmaydi. Agar 50 yoshda ham o‘ziga xos ko‘rinishni istasangiz, to‘yib uxlashga harakat qiling. Noto‘g‘ri yotish Erta qarishga olib keladigan yana bir sabab — noto‘g‘ri yotish. Ko‘pchilik qorni bilan, yonoqlarini yostiqqa qo‘ygancha uxlashni afzal biladi, ammo bu vaqtda qon aylanishi me’yorda bo‘lmaydi, bu esa teri ahvoliga ta’sir qilmay qolmaydi. Ajin erta paydo bo‘lishining oldini olish uchun yonboshlab yoki osmonga qarab uxlashga harakat qiling — bu nafaqat, teri balki yurak-qon tomir tizimi uchun ham foydali. Husnbuzarlarni siqish Bunday qilish orqali nafaqat infeksiya kirishiga sharoit yaratiladi, balki teri shikastlanadi ham. Oqibatda yuzingizda iz qolishi mumkin. Quruq havo Havo quruqligi ham teri ahvoliga ta’sir qilgani sabab havoni namlantiruvchi vositalardan foydalanish tavsiya qilinadi. Chekish Chekish nafaqat teri, balki butun organizmning ham erta qarishiga sabab bo‘lishi mumkin. Uzoq vaqt davomida yosh ko‘rinish uchun ushbu zararli odatdan voz kechish kerak.
42
2,886
Ayollar
Sumka uzoq vaqt xizmat qilishiga yordam beradigan 20 ta layfxak
Orzusidagi sumkani xarid qilgan ayollar xursandchiligining chegarasi bo‘lmasa kerak. Ammo bu hammasi emas, xariddan zavqlanishda davom etish uchun sumkalardan qanday foydalanishni bilish lozim. “Domashniy ochag” nashrida taqdim etilgan sumkalarga g‘amxo‘rlik qilish borasida asqatadigan layfxaklar bilan tanishing. Hammaga ma’lumki, poyabzalning umrini uzaytirish uchun unga g‘amxo‘rlik qilish muhim, lekin e’tiborga nafaqat oyoq kiyimlar, balki charm sumkalar ham muhtoj. Haftada bir marta sumkani sovunli suv bilan artib oling Buning uchun suyuq sovunni iliq suv bilan aralashtirib, yumshoq mato bilan sumkaning tashqi qismini hosil bo‘lgan eritma bilan artib olish kerak. Shunday qilib, butun hafta davomida sumkaga o‘rnashgan chang va kirni olib tashlash mumkin. Sumkadagi namlikni quritishni unutmang Shu yo‘l bilan teri yuzasini suv ta’sirida yomonlashishiga yo‘l qo‘ymaslik mumkin. Tozalash uchun nam salfetkalar, sirka yoki dog‘ tozalovchi vositalaridan foydalanish tavsiya etilmaydi. Bu mahsulotlarning barchasi rangni buzishi, terini quritishi va boshqa ko‘plab noxush muammolarni keltirib chiqaradigan kimyoviy moddalarga boy bo‘lishi mumkin. Dog‘larni tozalash uchun mutaxassislarga murojaat qiling Uy sharoitida charm sumkaga g‘amxo‘rlik qilish — agar katta dog‘lar bo‘lmasa oson. Ammo sovunli suv bilan chiqmaydigan dog‘lar bo‘lsa, sumka uchun qila oladigan eng yaxshi narsa uni kimyoviy tozalash markazlariga yoki sotib olgan do‘konga olib borishdir. Agar buning iloji bo‘lmasa, ko‘rsatmalarni diqqat bilan o‘rganib chiqqandan so‘ng teri mahsulotlaridan dog‘larni olib tashlash vositalarini sinab ko‘rish mumkin. Eski dog‘lar — faqat kimyoviy tozalash uchun Agar dog‘lar yangi bo‘lsa, maxsus vositalar yordamida undan qutulish mumkin. Ammo ancha avvalgi dog‘larni faqat mutaxassis yordamida bartaraf etish mumkin. Sumkadan foydalanmaganda ham shaklini saqlab qoling Buni qilish juda oson — shunchaki sumka ichini eski kiyimlar bilan to‘ldirish kerak. Ammo gazeta va jurnal sahifalaridan foydalanmaslik lozim, chunki qog‘ozdagi siyoh sumka astarida iz qoldirishi mumkin. Yog‘li dog‘larni suv bilan yuvmang Ularni sumkaning teri yuzasidan yumshoq, quruq mato bilan artib olish tavsiya etiladi. Maxsus parvarishlash vositalaridan foydalaning Shuni unutmaslik kerakki, bu kabi vositalarni qo‘llashdan keyin ularni darhol yuvib tashlamaslik kerak. Yuqori sifatli maxsus vositalar, albatta, arzon bo‘lmaydi, ammo bu sumkalar umrini uzaytirishda sezilarli darajada yordam beradi. Muayyan teri turiga mo‘ljallangan mahsulotlardan foydalaning Zamsh va teri uchun mo‘ljallangan mahsulotlarning tarkibi bir xil emas. Ko‘z kremi u yoqda tursin, tana kremini yuz kremi sifatida ishlatib bo‘lmaydi, shunday emasmi? Sumka tarkibidan kelib chiqib, to‘g‘ri parvarish qilish mahsulotlarini tanlash juda ham muhim. Qo‘llashdan oldin har doim mahsulotni sinab ko‘ring Buni hech kim ko‘rmaydigan sumkaning ichki qismida amalga oshirish mumkin. Qo‘l kremidan foydalangandan keyin sumkani ushlamang Aks holda, yog‘li dog‘lar va ular bilan birga kimyoviy tozalash uchun keyingi xarajatlar sizni kutib turishi shubhasiz. Sumkani quyosh nuri ostida qoldirmang Quyosh rangning o‘zgarishiga va hatto sumkaning teri yuzasiga zarar yetkazishi mumkin. To‘q rangli kiyimlar bilan ochiq rangli sumkalar kiymaslikka harakat qiling Kiyim ishlab chiqarishda ishlatilgan bo‘yoq sumkada iz qoldirishi mumkin. Ularni olib tashlash hatto mutaxassislar uchun ham oson bo‘lmaydi. Poyabzal bo‘yog‘i tozalab bo‘lmaydigan dog‘lar uchun Agar kimyoviy tozalash ham dog‘larni tozalay olmasa, poyabzal uchun maxsus bo‘yoqdan foydalanish mumkin. Faqat bo‘yoq sumka rangiga mos bo‘lishi kerak. Yomon hidlarga qarshi atir va aerozollardan foydalanmang Agar sumkadan yomon hid chiqsa, uning sababini aniqlashga harakat qilish kerak. Ammo sumkaga atir va aerozollarni sepish mumkin emas. Hiddan qutulish uchun qabartmadan foydalaning Noxush hidlarga qarshi kurashda qandolatchilikda foydalaniladigan qabartma yordam bera oladi. Ochilgan paketni sumka ichiga solib, 24 soatga qoldiriladi. Bu vaqt qabartama uchun hidlarni o‘zlashtirishga yetarli.
63
4,107
Ayollar
Charm kurtkani bahorda nima bilan kiygan ma’qul? (foto)
Bahroning ilk oyida havo sovuq bo‘lishiga qaramay, allaqachon odamlar yengil kurtkalar kiyishni boshlab yuborgan. Ayniqsa, bahoriy liboslar orasida bunday vaqtda birinchi o‘rinda charm kurtkalar ko‘proq kiyiladi. Kurtka nafis obrazning bir qismidir Belgacha bo‘lgan charm kurtkalar uzun yoki midi ko‘ylaklar bilan ajoyib uyg‘unlikni hosil qiladi. Shuningdek, qomatni ham go‘zallashtirib ko‘rsatadi. Katta hajmli kurtkalar Bu kabi kurtkalar ko‘proq sport uslubini yoqtiradigan qizlar uchun mos keladi. Aslida yelka va bel qismi keng bo‘lsa-da, o‘lcham jihatidan barchasi bir-biriga to‘g‘ri keladi. Kundalik uslub  Kundalik uslub uchun charm kurtkalarning har qanday uslubdagisini tanlash mumkin. Ularning barchasi yomg‘irli ob-havo uchun ham mo‘ljallangan. Qora charm kurtka Bahor faslida to‘liq qora kiyinish ham bir uslubni tashkil etadi. Ba’zida oq rangni aralashtirish esa qorani yanada ta’kidlaydi. Kostyum kabi kurtkalar Kostyum uslubidagi charm kurtkalar yana ommalashmoqda. Ularni issiq havoda o‘zini, shu jumladan, qalin kiyimlar ostidan ham kiyish mumkin. Ushbu klassik modellar bichimi jihatdan chiroyli kesilgan.
55
1,137
Ayollar
Original atirni qalbaki atirdan ajratish uchun 7 tavsiya
Boshqa kosmetik vositalar singari atirlarning ham asli va qalbakisi bo‘ladi. Aldanib qolmaslik va brenddan oldim deb pulni ko‘kka sovurmaslik uchun xarid vaqtida e’tiborli bo‘lish lozim. Qadoqni ko‘zdan kechiring Asl atirlarning sellofani hech qachon yelim yordamida yopishtirilgan bo‘lmaydi, qizdirish yo‘li bilan amalga oshirilgani uchun choklari bir tekisda bo‘ladi. Qutining ustki yoki pastki qismida nakleyka ko‘rinishida to‘rtburchak yoki dumaloq muhr bo‘lishi lozim. Shtrix-kod Shtrix-kod ishlab chiqarilgan mamlakat kodiga to‘g‘ri kelishi kerak. Haqiqiy Fransuz atiri hech qachon Xitoy yoki Bangladeshda litsenziya asosida shishalarga solinmaydi. Asosiy ishlab chiqaruvchi mamlakatlarning shtrix-kodlarining birinchi raqamlarini bilib qo‘yganingiz yaxshi: Fransiya — 30-37, Italiya — 80-83, Buyuk Britaniya — 50, Germaniya — 400-440, Ispaniya — 84, AQSh va Kanada — 00-09. Partiyaning seriya raqami Haqiqiy atir flakonida “Eau de Toilette, 50 ml” ga o‘xshash nakleyka, unda esa seriya raqami yozilgan bo‘ladi. Brenddan kelib chiqib bu bir nechta raqam yoki raqam va harflardan iborat bo‘ladi. Bu raqam kartonli qadoqda ham bo‘lishi kerak. Asl atirlarda har ikki raqam bir-birga to‘g‘ri keladi. Quti ichida karton Soxta atirlarda ham karton bo‘lishi mumkin, ammo odatda haqiqiy atirlarda flakon qutiga qadalib qolmasligi uchun shunday qilinadi. Bu mayda ko‘rilgan detalga soxta atir ishlab chiqaruvchilar aksariyat hollarda ortiqcha mablag‘ sarflashni istamaydi. Ishlab chiqarilgan mamlakat Asl atirlar karton qutisi ustiga odatda mayda qilib “Made in France” yoki “Made in Italy” deb yozib qo‘yiladi. “Paris—London—New-York” ga o‘xshash yozuvlar shubhalanishga sabab bo‘la oladi. Qadoq ustidagi ma’lumotlarni diqqat bilan o‘qing Asl atirlarda mayda yozuv bilan ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati va tarkibi yozilgan bo‘ladi. Soxta atir ishlab chiqaruvchilar esa bunday batafsil ma’lumot berish shart emas deb hisoblaydi. Narxi Asl atir hech qachon o‘z narxidan ikki-uch barobar arzon bo‘lishi mumkinligini inobatga olib, aksiyalarga ishonmaslik tavsiya qilinadi.
56
2,084
Ayollar
Yuz terisini uy sharoitida parvarish qilishda har kuni yo‘l qo‘yiladigan 10 ta xato
Kosmetika turli sabablarga ko‘ra doim ham kutilgan natijani bermaydi. Birinchi va asosiysi — parvarish mahsulotlarini noto‘g‘ri tanlash. Yana bir keng tarqalgan sabab — uy sharoitida parvarish qilishda xatolarga yo‘l qo‘yish. Byuti-bloger, terini parvarish qilish kurslari muallifi va Koreya kosmetikasi bo‘yicha mutaxassis Svetlana Son People Talk nashri bilan birgalikda terining holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan va keng tarqalgan xatolarni ma’lum qildi. Yuzni juda sovuq yoki issiq suv bilan yuvish Yuvish uchun optimal suv harorati 30-36 ° darajadir. Juda sovuq suv kosmetika qoldiqlari, teri yog‘ini eritib yubormaydi va terini quritishi mumkin. Aksincha juda issiq suv esa pH balansini buzadi. Shuning uchun harorat o‘rtacha, teri uchun qulay bo‘lishini ta’minlash muhimdir. Terini ikki bosqichda tozalamaslik Sog‘lom teriga birinchi qadam ikki bosqichli tozalashdir. Tonal krem, upa va SPFini gidrofilik moy, mitselyar suv yoki ikki fazali mahsulot bilan tozalash kerak. Bundan keyin ko‘pik yoki gel bilan tozalash tavsiya etiladi. Shu tarzda makiyaj qoldiqlari olib tashlanadi va keyingi mahsulotlar teriga chuqurroq kirib boradi. Ko‘pikni dastlab qo‘lga surtmaslik Yuzning terisini tozalashdan oldin yuvish uchun gel yoki ko‘pikni qo‘llarga surtish kerak. Agar buni darhol yuz terisida qilsangiz, uning pH muvozanatini buzishingiz mumkin, chunki mahsulot tarkibidagi faol moddalar himoya to‘sig‘ini yo‘q qiladi. Kamdan-kam hollarda sochiqni almashtirish yoki yuz va qo‘llar uchun bittasidan foydalanish Ideal holda, yuz sochiqni har kuni o‘zgartirish kerak. Agar u uzoq vaqt ishlatilsa, unda bakteriyalar to‘planadi, bu toshma yoki boshqa teri muammolariga olib keladi. Yechimlardan biri bir martalik qog‘oz salfetkalardan foydalanishdir. Tonik bilan tozalash bosqichiga e’tiborsizlik Tonik tozalashning yakuniy bosqichidir. Ishqoriy ko‘pik va suvdan keyin teri pH muvozanatini tiklaydi, namlaydi va keyingi parvarishning kirib borishini yaxshilaydi. Matoli niqoblaridan foydalanmaslik Matoli niqoblar nafaqat sovitish, balki isitishi ham mumkin. Aytgancha, koreyslar bunga odatlangan. Issiq niqob nafaqat terini yaxshilaydi, balki makiyajning chuqurroq kirib borishiga imkon beradi. Mos kelmaydigan komponentlarni birlashtirish Mahsulotlarning bir-biri bilan noto‘g‘ri kombinatsiyasi tufayli terining holati yomonlashishi mumkin yoki parvarish foydasiz, degan qarash paydo bo‘lishi mumkin. Shuning uchun qaysi komponentlar bir-biriga mos kelishini va qaysi biri mos kelmasligini bilish muhimdir. Masalan, kislotali mahsulotlarni C vitamini, retinol va peptidlar bilan ishlatish mumkin emas. Retinol bilan birga, kosmetikani C vitamini va salitsil kislotasi bilan birlashtirish tavsiya etilmaydi. Parvarish vositalarini juda tez o‘zgartirish Har qanday muolajaning ta’sir qilishi uchun biroz vaqt kerak bo‘ladi. Uning davomiyligi teri muammolari darajasiga va mahsulotdagi faol moddalar konsentratsiyasiga bog‘liq. Masalan, qarishga qarshi parvarish 3-6 oydan keyin, oqartirish esa 6-9 oydan keyin natijalarni ko‘rsatadi. SPF dan faqat yozda foydalanish Ultrabinafsha nurlari ta’siri terining erta qarishining asosiy sabablaridan biridir. Bundan tashqari, ushbu nurlar mavsumdan qat’i nazar, yil davomida bulutlardan o‘tib boradi. Shuning uchun SPF kremi qishda ham kerak. Shunday qilib, hozirda har bir kishi terining turi va ehtiyojlari uchun mukammal quyoshdan himoya qiluvchi kremni topishi mumkin.
83
3,416
Ayollar
Teri qurishining oldini olishda yordam beradigan kundalik odatlar
Sovuq mavsumda teri qurishi har qachongidan ham ko‘ra ko‘proq kuzatiladi. Buning oldini olish uchun quyida tavsiya etiladigan kundalik odatlarga amal qilmoq lozim. Skrablardan ortiqcha foydalanmang Skrab yoki pilingdan tez-tez foydalanish quruq teri bilan kurashayotgan odamlarning eng keng tarqalgan xatosidir. Aslida pilingdan xalos bo‘lish quruq teri muammosini hal qilmaydi, lekin piling uni shikastlaydi, yanada quritadi va yallig‘lanishni keltirib chiqarishi mumkin. Bu kislotali skrablarga ham, pilingga ham tegishli. Mutaxassislar ularni haftasiga ikki martadan ko‘p bo‘lmagan holda ishlatishni qat’iy tavsiya qiladi. Bu teri tozaligi uchun yetarli va xavfsizdir. Sulfatsiz tozalash vositalaridan foydalaning Sulfatlar nafaqat shampunlarda, balki tozalash vositalarida ham bo‘lishi mumkin. Natriy Laurelsulfat (sodium lauryl sulfate yoki SLS) samarali, ammo tozalash vositasi uchun zarur emas. Chunki kun davomida to‘plangan makiyaj qoldiqlari va kirlarni olib tashlash bilan birga, terining himoya to‘sig‘ini ham tozalaydi. Natijada terida quruqlik, tirnalish xususiyati paydo bo‘ladi. Agar tozalash vositasida sulfatlar borligi aniqlansa, xavotirga o‘rin yo‘q, vaziyatni osongina tuzatish mumkin. Kosmetik vositalarni sotib olayotganda mahsulot tarkibini o‘rganib chiqishga odatlanish zarur. Go‘zallik qoidasiga amal qiling Hech qanday holatda kundalik go‘zallik qoidalariga amal qilishda tanaffus qilmaslik kerak. Har qanday tozalovchi vosita hatto yaxshi kompozitsiyaga ega bo‘lsa ham ma’lum darajada quritadi. Shuning uchun yuzni yuvgandan keyin darhol tonerdan foydalanish lozim. Agar bir necha daqiqa o‘tib ketsa, teri suvsizlanishi va natijada qurishi kuzatiladi. Aytgancha, yana bir yaxshi odat, tonerni ozgina nam teriga qo‘llash bu teridagi namlikni saqlashga va uni porlashiga yordam beradi. Tungi kremdan foydalanishni unutmang Ko‘pchilik “teri nafas olishi kerak” degan bahona bilan tungi kremni ishlatishdan bosh tortadi. Aslida, agar krem yaxshi tarkibga ega bo‘lsa, u holda terini nafas olish qobiliyatidan mahrum qilmaydi, ammo krem surtmaslik teri qurishini sezilarli darajada og‘irlashtiradi. Shuningdek, kunduzgi kremni tungi krem sifatida ishlatish ham tavsiya etilmaydi. Chunki ular turli xil kompozitsiya va funksiyalarga ega va bir-birining o‘rnini bosa olmaydi. Har doim SPF kremidan foydalaning Butun yil davomida quyoshdan himoya qiluvchi kremni qo‘llash kerakligi haqida qayta-qata aytilgan, ammo ko‘pchilik bu maslahatni e’tiborsiz qoldirishda davom etmoqda. Ultrabinafsha nurlari teri uchun zararli: terini quritadi va salbiy ta’sir ko‘rsatadi, qarish jarayonini sezilarli darajada tezlashtiradi va giperpigmentatsiyani qo‘zg‘atadi. Bundan tashqari, quyosh nuri terida mikro yoriqlar paydo bo‘lishiga va natijada  yallig‘lanishga olib kelishi mumkin. Shuning uchun SPF mahsulotlarini qishda ham e’tiborsiz qoldirmaslik kerak. Quyoshdan himoya qiluvchi yengil suyuqlik deyarli terida sezilmaydi va uni ultrabinafsha nurlaridan ishonchli himoya qiladi.
65
2,990
Ayollar
Ko‘proq yuring: kuniga 10 ming qadam tashlashingizga yordam beradigan 5 ta tavsiya
Yurish jismoniy faoliyatning eng oson va foydali shakli bo‘lib, uni deyarli har doim va hamma joyda amalga oshirish mumkin. Sayrga chiqishga vaqtingiz yo‘qmi? Quyida Grazia nashri bu boradagi maslahatlari bilan o‘rtoqlashadi. Telefonda gaplashayotganda yuring Telefon qo‘ng‘irog‘iga javob berish asnosida o‘rningizdan turing: har bir telefon qo‘ng‘irog‘i bo‘lganda, hatto konferensiyada (xonada u devordan bu devorgacha) yursangiz ham kun davomida anchagina masofani bosib qo‘yasiz. Juda sekin sur’atda yurish bo‘lsa ham, o‘tirishdan ko‘ra foydaliroqdir. Avtomobil qo‘yish joyini to‘g‘ri tanlang Ishga mashinada borasizmi? Ofisingizdan bir necha kilometr uzoqroq masofada to‘xtashga harakat qiling: birinchidan, bu bo‘sh joy topishni osonlashtirishi mumkin, ikkinchidan, har kuni yana ming yoki ikki ming qadam yurish imkonini beradi. Bir-ikki kishilik kengashlarni ochiq havoda tashkillashtiring Agar siz hamkasblaringiz bilan biror narsani muhokama qilishingiz kerak bo‘lsa, ularni ofisga taklif qilmang — buning o‘rniga sayrga chiqqaningiz ma’qul. Hech bo‘lmaganda yo‘lakka: birinchidan, bunday holatda ko‘proq qadam bosasiz, ikkinchidan, sizda muammoning to‘g‘ri yechimini topish imkoniyati ortadi. Aytgancha, hatto qisqa yurish ham ijodiy fikrlashni 60 foizga oshiradi! Lift haqida unuting Lift, eskalatorlar va boshqa harakatlanuvchi narsalarni unuting, ularni xotirangizdan o‘chirib tashlang. Faqat zinapoyalar va faqat qadamlar! Ish joyida ovqatlanmang Hech qachon tushlik vaqtini o‘tkazib yubormang va ish joyida ovqatlanmang. Birinchidan, bu qomat uchun zararli: ovqat va ish bir vaqtda bo‘lganida, ko‘p yeyishga moyillik ortadi. Ikkinchidan, bu faol ishlashimizga to‘sqinlik qiladi, natijada ko‘proq charchaymiz va ko‘p narsaga ulgurmaymiz. Uchinchidan esa, har kuni tushlik qilish uchun toza havoga chiqsangiz, qo‘shimcha sayr qilish imkoniyati paydo bo‘ladi.
82
1,874
Ayollar
Urfdan qolgan modellar: Kuzda qanday kurtkalar xarid qilish tavsiya qilinmaydi?
Sovuq kunlar uchun ustki kiyim olishda uning issiqligi va qulayligi shu bilan birga ko‘rinishiga ham e’tibor berish kerak. Nima tanlashni bilmayotgan ayol va qizlarga quyidagi modellarga pul sarflamaslik tavsiya qilinadi. Qavilgan yupqa kurtka Ko‘rinishi kapalak qurtini esga soladigan kurtka sizni yanada to‘lacha ko‘rsatadi. Bunday modelda yelkalar, tos suyagi aslidan kengroq ko‘rinadi. Yaxshisi keng bichimli qavilgan kurtka modeliga e’tiboringizni qarating. Ko‘ylak bichimli kurtka Ko‘ylak va kurtka boshqa-boshqa kiyim va ularni birlashtirishning hojati yo‘q. Agar siz ayollarga xos latofatli ko‘rsatadigan ustki kiyim kiyishni istasangiz unda “zapax” bichimli uzun paltoga e’tiboringizni qarating. Qopni esga soladigan kurtka Chiqindilar solinadigan qora paketga o‘xshash matodan tikilgan kurtka, istalgan obrazni xunuk ko‘rinishiga sababchi bo‘lishi mumkin. Hoshiyalariga mo‘yna tikilgan kurtka Ko‘pgina ayol qizlar kurtkada mo‘yna bo‘lsa, obraz qimmatroq ko‘rinadi deb o‘ylaydi va xato qiladi. Chunki bunday modellar arzon va didsiz ko‘rinadi. Qolaversa, mazkur qalin bezak egasini semizroq ko‘rinishiga sababchi bo‘ladi. Yaltiroq kurtka Yaltiroq kislota rangidagi kurtkalar o‘tmishda qoldi. Bunday e’tiborni majburlab jalb qiladigan modellarni garderobga qo‘shish tavsiya qilinmaydi. Rezinka belbog‘li kurtkalar Obrazingizni didsiz ko‘rinishiga sababchi bo‘ladigan yana bir model — rezinka belbog‘li kurtkalar hisoblanadi. Agar sizni ustki kiyimda bel qismiga urg‘u bergingiz kelsa, unda tanlov borasida belbog‘li modellarda to‘xtalish maslahat beriladi. Charm kurtkaning yopishib turadigan modeli Qaddi-qomatga urg‘u beradigan mazkur model bundan 10 yil avval urfda bo‘lgan, ammo hozir emas. Bugungi kunda dizaynerlar bichim borasida asosiy e’tiborni qulaylikka qaratgan. Agar charm kurtka bilan obrazingiz zamonaviy ko‘rinishini istasangiz kengroq va oversize bichimga e’tiboringizni qarating.
79
1,911
Ayollar
Mahsulotlarni uzoq muddat yangidek saqlashga yordam beradigan layfxaklar
Muzlatkichga qanday mahsulotlarni qo‘yish kerak va ularni saqlash uchun qaysi turdagi idishlar yaxshi? Xarid qilingan mahsulotlarning saqlash muddatini uzaytirishni istovchilar Marie Claire nashri taqdim etgan tavsiyalarga amal qilishi kifoya. Ba’zida muzlatkich juda ko‘p foydali narsalarni saqlaydi: meva, ko‘kat, baliq, parranda go‘shti, non, sut mahsulotlari. Agar ushbu mahsulotlarning barchasini saqlash shartlariga rioya qilinmasa, ularning sifati buziladi. Ba’zan buning uchun bir necha soatgina kifoya. Ammo mahsulotlarning saqlash muddatini uzaytirish va ko‘proq vaqt davomida yangidek saqlash mumkin. Non Nonni muzlatkichda saqlamagan yaxshiroq — u yerda non ortiqcha hid va namlikni o‘zlashtirib oladi. Non mahsulotlarini mahkam o‘ralgan va yorug‘likdan himoyalangan holda to‘g‘ri saqlash mumkin. Masalan, u non qutisiga solinsa, qorong‘i va xona haroratida saqlanadi. Ko‘katlar Ko‘katlarni ozgina havo bilan to‘ldirilgan mahkam yopiq paketlarda saqlash kerak. Shuningdek, ularni ichimlik suviga solib qo‘yish ham mumkin.  To‘g‘ralgan salat barglari uchun ularni muzlatkichda qog‘oz salfetka va plastik o‘ram bilan qoplangan idishda saqlash tavsiya etiladi. Bu barglarning umrini uzaytiradi. Ammo selderni muzlatkichning sabzavot bo‘limiga qo‘yishdan oldin uni folga bilan o‘rash kerak. Pishloq Vakuumli paketni ochgandan so‘ng pishloqni maxsus pishloq qog‘oziga yoki polietilen plyonkaga o‘rash tavsiya etiladi. Uni muzlatkichning o‘rtasida (meva bo‘limida, lekin eshikda emas) 5-10°C haroratda saqlagan yaxshiroq. Haddan tashqari sovuq va quruqlik, shuningdek, juda issiq harorat pishloq uchun zararli bo‘ladi. Sut Sutni uzoqroq saqlash uchun uni muzlatkichga to‘g‘ri joylashtirish kerak. Sigir suti issiq havoda osongina buziladi, tezda yangiligini yo‘qotadi. Muzlatkichning eng sovuq qismlari uni uzoqroq saqlashga yordam beradi, shuning uchun sut muzlatkichning orqa va pastki qismida saqlanadi. Pishiriqlar Uyda tayyorlangan pechenye va boshqa pishirilgan mahsulotlarni havo o‘tkazmaydigan idishda saqlagan yaxshiroq. Pishiriq idishiga bir bo‘lak oq non solib qo‘yish lozim, uning namlikni singdirib olishi pechenyening yumshoq va yangidek turishiga yordam beradi. Bananlar Banan xarid qilingach, uning bandi o‘ralgan holda javonda yaxshi saqlanadi. Agar allaqachon ochilgan bananning bir qismini saqlash kerak bo‘lsa, uni muzlatkichga qo‘ygan ma’qul. Banan va avakadolarni boshqa oziq-ovqatlardan uzoqroq tutishni unutmang, chunki ular juda ko‘p etilen gazini chiqaradi, bu esa boshqa sabzavotlar va mevalarning tezroq pishishiga olib keladi. Qahva donalari Eng yaxshi natijaga erishish uchun qahva loviyalarini shkaf yoki javon kabi salqin va qorong‘i joyda saqlash mumkin, pechka va boshqa issiqlik ishlab chiqaruvchi uskunalardan uzoqroq joyda saqlash kerak. Qahva donachalarini muzlatkichda saqlab bo‘lmaydi — u atrofdagi hidlarni o‘ziga singdiradi va muzlatkich xushbo‘y mahsulotlarga to‘la bo‘lsa, qahva donachalari yopiq idish yoki paketda bo‘lmasa, o‘z ta’mini ularga singdira boshlaydi. Ehtimol, ularning mazasi o‘zgarib qolishi ham mumkin.
72
3,069
Ayollar
Kuz mavsumida qanday ko‘rinishdagi charm liboslarni kiyish mumkin? (foto)
Har qanday ayol moda bilan hamohang tarzda yashamasa ham uning garderobidan charm matosidan tikilgan yubka, shim yoki boshqa bir libos topiladi. Ko‘pincha ikki mavsum mobaynida kiyish mumkin bo‘lgan charm liboslarni urfga kirishini kutib o‘tish shart emas. Shunchaki u bilan mos keluvchi qo‘shimcha kiyimlar va detallar orqali ularni mavsumbop qilish har kimning didiga bog‘liq. Shuningdek, charmdan ishlangan liboslarni hamma ham boshqa matodagi liboslar bilan kelishtira olmaydi. Lekin tajriba qilishdan qo‘rqmaslik lozim. Matoning rangi va qalinligi bir-biriga mos kelsa, tanlangan uslub ham o‘z-o‘zidan ommalashishga sabab bo‘ladi. Charm libosning keng bichilgan o‘lchamdagilari yana modaga qaytmoqda. O‘tgan asrning 80-90-yillari keng o‘lchamdagi charm plashlar kiyish urfda bo‘lgan. Juda salqin bo‘lmagan havoda qulaylikni istaganlar uchun ushbu uslub ayni muddao. Xonimlar orasida keng bichimda tikilgan kostyumlar ancha ommalashdi, shuningdek, uning charm matodagisi ham o‘zgacha ko‘rinish hosil qiladi. Charm matodan tikilgan shimlar ham kuz mavsumi uchun ajoyib tanlov. Odatda charm libos sumka va poyabzalga monand tanlanadi. Charm libosning boshqa kiyimlardan ajralib turishi ham o‘zgacha uslubni kashf etadi. Mukammal qomat egalari qo‘rqmasdan charmdan tikilgan plashlarni kiyishi mumkin.
73
1,311
Ayollar
Uydagi aslida tez-tez almashtirilishi kerak bo‘lgan, ammo ko‘pchilik uzoq vaqt foydalanadigan 9 ta buyum
Ba’zi narsalar kerak bo‘lganidan ko‘ra uzoqroq saqlanadi va ishlatiladi. Yostiq jildi yoki suv filtri o‘z vaqtida almashtirilmasa, muammo manbaiga aylanishi mumkin. AdMe nashri ma’lum vaqtdan so‘ng almashtirish kerak bo‘lgan ro‘zg‘or buyumlarini sanab o‘tdi. Suv filtri Ko‘pchilik suv filtrini foydalanish davomida yuviladi, deb o‘ylaydi. Aslida u tez-tez yangilanmasa, bakteriyalar uchun ko‘payish joyiga aylanishi mumkin. Uni o‘rtacha har olti oyda bir marta almashtirish tavsiya etiladi. Dazmol Afsuski, barcha dazmollardan 10-12 yil davomida muammosiz foydalanib bo‘lmaydi. Ularga odatda 1 yilga kafolatga beriladi. Agar ushbu muddatdan keyin dazmol yaxshi ishlamasa, masalan, kiyimlarni dazmollash odatdagidan ko‘proq vaqt talab qilsa yoki hatto ularni kuydirib qo‘ysa, yangi texnika xarid qilish vaqti kelgan bo‘lishi mumkin. Dazmolni almashtirish aslida uni ta’mirlash yoki yangi kiyim sotib olishdan ko‘ra kamroq qiyinchilik va xarajat talab qiladi. Tozalash uchun lattalar Pol artish uchun ajratilgan matoni har 2 oyda o‘zgartirish tavsiya etiladi. Agar bu amalga oshirilmasa, eskirgan lattalar polni tozalamasligi, balki uni yanada ko‘proq ifloslantirishi mumkin. Chunki eski latta ustida mikrob va bakteriyalar to‘planishi turgan gap. Vaziyat boshqa chang lattalar bilan bir xil. Ularni ham har 2 oyda bir marta o‘zgartirish va rakovina ostida yoki shkafda nam holida qoldirmaslik kerak. Eng keraklisi, ulardan har safar foydalanilgach yuvish va quritish lozim. Eshik gilamchasi Eshik ostidagi gilamni almashtirish uyni toza saqlashga yordam beradi. U sotib olinganidan keyin 2 yil o‘tgach yoki avvalroq eskirgan bo‘lsa, almashtirilishi kerak. Shuning uchun bir nechta gilam xarid qilinsa, tez-tez almashtirib turish mumkin va buning uchun ko‘p vaqt sarflashning keragi bo‘lmaydi. Yostiq jildlari Yostiq jildlarida chang to‘planishi tabiiy, shuning uchun ularni bir hafta davomida ishlatish mumkin va har 1-2 yilda esa o‘zgartirish tavsiya etiladi. Haftada bir marta choyshabni yuvishdan tashqari, yostiqqa chang o‘tkazmaydigan antiallergik qoplamalar qo‘yish mumkin. Bundan tashqari, yostiq jildini bakteriyalarning ko‘payish joyiga aylantirmaslik uchun nam sochlar bilan yotmaslik kerak. Vantuz Ushbu vosita bir necha yil xizmat qilishi mumkin. Uni almashtirish vaqti kelganini tushunish oson: vantuzdan foydalanganda vakuum hosil qilish kerak. Bordi-yu bunday qila olmasa va osilib qolsa, yangisini sotib olishga arziydi. Avtokreslo Avtokreslolarning ham yaroqlilik muddati borligini ko‘pchilik bilmaydi. Materiallar vaqt o‘tishi bilan yomonlashadi va shuning uchun eskirgan qurilmalardan foydalanish xavfsiz bo‘lmasligi mumkin. Ularning xizmat qilish muddati 5-6 yil. Shuningdek, har bir model amal qilish muddatiga ega. Mikroto‘lqinli pech Mikroto‘lqinli pechlar taxminan 10 yil xizmat qiladi, ammo bu vaqt ularni almashtirishning yagona sababi emas. Qurilmaning to‘g‘ri ishlayotganiga ishonch hosil qilish uchun u yoqilganda chiqaradigan tovushlarni tinglash kerak. Noodatiy tovushlarga qo‘shimcha ravishda, pechni yangisiga almashtirish sababi uning sekin ishlashi yoki eshigining ishdan chiqishi bo‘lishi mumkin. Dush pardasi Dush pardalarini har oyda kamida ikki-uch marta yuvish va yiliga bir marta almashtirish tavsiya etiladi. Agar parda yetarlicha tozalanmay, unda mog‘or belgilari paydo bo‘lsa, uni olib tashlash va yangisini sotib olish kerak.
104
3,378
Ayollar
Osilgan qovoqlarni operatsiyasiz qanday o‘z holiga keltirish mumkin?
Yuqori qovoqning osilib qolishi ko‘pchilik ayollarning muammosi hisoblanadi. Qovoqlar osilib qolmasligi uchun nimalarga e’tibor qaratish, bartaraf qilish uchun nimalarga amal qilish kerak? Quyida ushbu savolga javob beramiz. Yuqori qovoq nima uchun osilib qoladi? Inson terisining 70 foizi taranglik va elastiklik uchun javob beradigan kollagen — oqsildan tashkil topgan bo‘ladi. Pomidor, karam, sabzi, ko‘kat va baliq mahsulotlari esa kollagen shakllanishida ahamiyatli bo‘lgan ozuqa moddalarining koni hisoblanadi. 25 yoshdan keyin kollagen ishlab chiqarilishi sustlashadi, 40 yoshdan keyin bo‘lsa ushbu jarayon to‘xtaydi. Teri tarangligi yo‘qolib, bo‘shashishi esa yuqori qovoqda ham o‘z aksini ko‘rsatadi. Vazn tashlash Birdaniga 10-15 kilogramm vazn tashlash natijasida yog‘ to‘qimasi juda tez eriydi va bu teri uchun stress hisoblanadi. Shu sabab birdaniga katta vazn tashlamaslik, sekin-asta ozish lozim. Masalan, haftasiga 200-300 gramm tashlang. Bunda salomatligingizda muammo kuzatilmaydi, teri esa o‘zgarishlarga oson adaptatsiya qila boshlaydi. Qanday bartaraf etish mumkin? Osilgan qovoqdan tezda qutilishning jarrohlik yo‘li ham bor va bu blefaroplastika deb ataladi. Lekin muammoni tig‘ bilan hal qilishdan avval tabiiy va oson yo‘llardan foydalanish tavsiya qilinadi. Yuz fitnesi Yuz mashqlari qovoqlar ko‘tarilishi, yuz rangi tiniqlashishi va mayda ajinlarning yo‘qolishiga sabab bo‘ladi. Feysfitnes xalqaro akademiyasi ta’sischisi Yelena Karkukli 10 daqiqalik mashqlar har kuni bajarib borilsa, tez orada ijobiy natijani payqash mumkinligini ta’kidlaydi. Buning uchun kaftlaringizni peshonaga qo‘ying va ulari vertikal ravishda mahkamlang, qosh va peshonani kaft bilan tepaga torting. Nigohlaringizni pastga qaratib ko‘zingizni 15-20 marta ochib yoping. Keyingi mashqni bajarish uchun ikki qo‘lingizni ko‘zingiz atrofiga ko‘zoynak shakliga keltiring, bunda qo‘llar ko‘z mushaklarini sezishi kerak. Ko‘z mushaklarini ishlating va videodagidek davom ettiring. Uqalash Uqalash mashqlarini har kuni bajarish, iloji bo‘lsa, tongda yuzni yuvgandan keyin amalga oshirish kerak. Uqalash mushaklarning tiklanishiga, teri taranglashishiga yordam beradi. Buning uchun qo‘lingizni ko‘zning ichki burchagidan tashqi tomonga qarab harakatlantiring. Uqalash mashqini tunda makiyaj tozalanganidan keyin ham davom ettiring. Moychechak, mavrak, yalpiz o‘tlaridan qo‘shib tayyorlangan muz bo‘laklari yordamida uqalash ham yaxshi samara beradi. Ovqatlanishga e’tibor qarating A, B vitaminlari hamda foliy kislotasining yetishmasligi organizm, xususan, teri va soch ahvoli yomonlashishiga olib keladi. Terida shishlar bo‘lishi osilishining oldini olish, yuz terisi rangi sog‘lom ko‘rinishi uchun ovqatlanishingizga e’tiborsiz bo‘lmang. Ratsioningizda oqsil, yog‘, uglevodga boy mahsulotlar bo‘lishiga, baliq, ko‘katlar, brokkoli, ismaloq va yong‘oqlar iste’mol qilishga harakat qiling. Makiyaj Yuqori qovoq bilan bog‘liq muammoni makiyaj bilan ham berkitish mumkin:
68
2,964
Ayollar
Onalar uchun tavsiyalar: qishki ta’tilni qanday o‘tkazish kerak?
Nima uchun mazkur qishki ta’tilni uyda o‘tkazish kerakligi haqida “Domashniy ochag” nashri ma’lumot berib o‘tadi. Bola birdaniga ko‘p taassurotlarni qabul qila olmasligi mumkin Qandaydir shou, keyin pitssa tayyorlash bo‘yicha mahorat darsi, ertasiga esa archa tomosha qilish, qolaversa, mehmonga borish bolani zeriktirib qo‘ymasligi aniq. Ammo shu bilan birga, bolaning psixikasi bunchalik ko‘p taassurotni qabul qila olmasligi, shuning hisobiga zavqlana olmasligi mumkin. Bunday zo‘riqish bolaning kayfiyati tushishi, injiqligi va uyqusining yomonlashishi bilan namoyon bo‘ladi. Yangi yilga tayyorgarlikni ancha avvaldan boshlaganingiz, bayram dasturxonini bezash uchun shirinliklardan tashqari, erta turib farzandlaringizga nonushta tayyorlaganingiz, uyingizni tartibga keltirganingiz, ishlar bilan shug‘ullanishdan tashqari, orada boshqa yumushlar bilan ham mashg‘ul bo‘lganingizga shubha yo‘q. Shularni inobatga olib aytish mumkinki, nafaqat bolalar, balki sizning ham ta’tilda odamga o‘xshab dam olishga: sevimli kitobingizni mutolaa qilish, televizor tomosha qilish va istaganingizdek ko‘ngil yozishga haqqingiz bor. Bolani o‘z holiga qo‘ying Ta’tilda bolani ko‘ngilochar maskanlarga olib borish kerakligi rost, ammo bu doimiy bo‘lishi shart emas. Undan ko‘ra xohishiga qarab foydali mashg‘ulot bilan shug‘ullanishi, yangi tildagi so‘zlarni yodlashi, surat chizishiga qo‘yib bering. Bolaning psixikasi sog‘lom bo‘lishi uchun unga doimiy ravishda foydali mashg‘ulotlar topib berishingiz emas, o‘zingiz namuna bo‘lishingiz muhimroq. Uning soatma-soat nima qilishini belgilab bermasdan, mustaqil ravishda shug‘ullanishi uchun o‘z holiga qo‘ying. Bu kelajakda o‘zini o‘zi eplay olishiga hissa qo‘shadi. Qanchalik g‘alati tuyulmasin, ba’zida hech nima bilan shug‘ullanmaslik ham bola uchun foydali bo‘lishi, bu vaqtda muhim ichki jarayonlar kechishi: o‘zini o‘zi anglashga urinishi, nimani yoqtirishini bilishga harakat qilishi, qabul qilgan ma’lumotlardan kelib chiqib fikrlashi va orzu qilishi mumkin. Uyda ham a’lo darajada dam olish mumkin Qayergadir borish kerakligi haqida o‘ylab, ta’til qanday o‘tib ketib qolganini bilmay qolishingiz mumkin. Bu fursat bir zumda o‘tib ketishi, vaqti kelib esa shunchaki xotira bo‘lib qoladi. Bolangiz bilan birgalikda taom tayyorlashingiz, stol tennis o‘ynashingiz va bu vaqtda suhbat quring. Viruslar xavf solmaydi Pandemiya hali tugamagani sabab ham ommaviy tadbirlarda qatnashmay turganingiz yaxshi. Ko‘ngil ochish uchun borgan archa bayramda bolangiz kasal orttirib olishini xohlamasangiz, uyda vaqtni maroqli o‘tkazish uchun sharoit yarating va ta’tilning qiziqarli bo‘lishi uchun rejalar tuzing.
64
2,644
Ayollar
Uy sharoitida skrab tayyorlaymiz
Skrab terini tozalovchi, tiklovchi va oziqlantiruvchi eng oddiy, foydali kosmetik vosita hisoblanadi. Skrabni uyda, o‘zimiz oshxonada ishlatadigan mahsulotlar: shakar, tuz, zaytun yog‘i, yanchilgan qahva va smetana kabilar yordamida tayyorlashimiz ham mumkin. Qahva quyqumi yarim piyola smetana, 2 osh qoshiq zaytun yog‘i bilan aralashtiriladi. Hosil bo‘lgan quyuq massa ho‘l badanga suriladi. Yog‘li yuz terisi uchun skrab: ma’danli suv, qirg‘ichda maydalangan qatronli sovun va qahva quyqumi yordamida tayyorlanadi. Quruq yuz terisi uchun skrab: maydalangan suli yormasiga smetana yoki zaytun yog‘i qo‘shib tayyorlanadi. Shakarga botirilgan asal, maydalangan bodom mag‘zi va sut yordamida normal yuz terisi uchun skrab tayyorlash mumkin. Dengiz tuzi, dush uchun gel va o‘simlik yog‘i aralashtirilib, oyoq uchun skrab tayyorlanadi. Shakarga botirilgan asal, 1 choy qoshiq limon sharbati, 1 choy qoshiq o‘simlik yog‘i quyuq massa hosil bo‘lguncha aralashtiriladi va nam qo‘lga suriladi.
32
987
Ayollar
Chiroyli sochlarning 5 dushmani
Biz sochlarimizni o‘ramiz, to‘g‘nog‘ichlar qadaymiz, har xil ranglarga bo‘yaymiz — bularning hammasi sochlarga  foyda olib kelmaydi va har doim ularning tabiiy go‘zalligini xavf ostiga qo‘yadi. Agar siz suzishni yaxshi ko‘rsangiz, sochlardagi xlordan qochib qutulib bo‘lmaydi. Mutaxassislarning ogohlantirishiga qaraganda, xlor sochlar va bosh terisini kerakli namlikdan mahrum qiladi. Sochlaringizni iloji boricha tez-tez xlor qoldiqlarini ketkazishga yordam beruvchi maxsus shampunlar bilan yuving. Yo‘qotilgan namlikni tiklashda sochlar uchun ozuqali niqoblar yoki yaxshi konditsioner yordam beradi. Mutaxassislar fikricha, sochlar uchun sun’iy hid beruvchilar qo‘shilgan vositalar tarkibida sog‘liq uchun xavf tug‘diruvchi ftalatlar mavjud bo‘ladi. Iloji boricha yoqimli hidlar tabiiy ekstraktlar va efir yog‘lari yordamida beriladigan vositalarni tanlashga harakat qiling. Sintetik bo‘yoqlar shampun, turmaklash vositalari va bo‘yoqlar kabi sochlar uchun ishlatiladigan vositalarda keng foydalaniladi. Ba’zi sintetik bo‘yoqlar neft mahsulotlari va qatrondan qilinishi mumkin, shuning uchun iloji boricha ulardan voz kechish kerak. Agar siz shunday bo‘lsa ham sochlaringizni bo‘yashga qaror qilgan bo‘lsangiz, bo‘yoq bosh terisiga kamroq tegishi uchun yaxshisi alohida soch tutamlarining rangini o‘zgartirganingiz ma’qul. Stilistlarning ta’kidlashicha, sochlar to‘liq qurimaguncha ularni rezinka bilan o‘rash mumkin emas, aks holda bu ularning sinishiga olib keladi. Agar siz sochlaringizni bo‘yashni xush ko‘rsangiz, iloji boricha qora rangni tanlamang. Bu o‘zgarishi qiyin bo‘lgan eng suvga chidamli rang hisoblanadi. Manba: “Lady.mail.ru”
31
1,646
Ayollar
Har bir ayolda bo‘lishi kerak bo‘lgan 7 ta sumka modeli (foto)
Garderobdan ayol uchun hamisha zarur vaqtda kerak bo‘ladigan shim, kofta yoki boshqa kiyimlardan tashqari har qanday vaziyatda foydalanish mumkin bo‘lgan sumkalar bo‘lishi kerak. Ish sumkasi har qanday ayol uchun zaruriy aksessuarlardan biri hisoblanadi. Bu kabi sumkalar haddan tashqari yorqin yoki rang-barang, ortiqcha detallardan tashkil topmasligi kerak. Ko‘proq ish sumkasi e’tiborni tortmaydigan, har qanday libosga mos keluvchi va jiddiy uslubda bo‘lishi maqsadga muvofiq. Shuningdek, sumkalarga unchalik ham qiziqish bildirmaydiganlarda ham hech bo‘lamaganda bitta ryukzak bo‘lishi kerak. Bu shoshilinch safarlarda juda kerak bo‘ladi. Eng yaxshi tanlov esa neytral rangdagi charm ryukzaklardir. Kichik sumkalar ixcham va qulay bo‘lmasin, katta hajmdagi sumkalarni foydasiz deb bo‘lmaydi. Yaqin joylarga qisqa sayohat qilganda, albatta, katta hajmli sumkalar kerak bo‘ladi. Uning ichiga eng kerakli buyumlarni joylashtirish mumkin. Kunduzi bo‘ladigan ziyofat yoki do‘stlarning tug‘ilgan kuni uchun mana shunday kichik va o‘ziga xos dizayndagi sumkalar yordamga keladi. Bundan tashqari, ularning turli xil detallar bilan bezatilganlari ham mavjud. Albatta, kechki bazm va ziyofatlar uchun esa yorqin rangli, turli xil bezaklarga boy klatchlarni taqish mumkin. Ular bejirim ko‘rinishi, dizayni va turli xil detallari bilan zamonaviy ko‘rinishni yanada boyitadi. Kichkina va ixcham bo‘lgan klatchlar ham kundalik uchun juda kerakli sumkalar qatoridan joy olgan. Uni turli xil kiyimlar bilan ham uyg‘unlashtirish mumkin. Shuningdek, kichkina klatchlar mavsum tanlamasligi bilan ham afzalroq. Kichkina va yuzasida turli xil tasvirlari mavjud qo‘l sumkalari ham telefon, kalit hamda kartalarni olib yurish uchun juda qulay. Bu kabi qo‘l sumkasidan odatda uy atrofiga sayrga chiqqanda unumli foydalanish mumkin.
62
1,819
Ayollar
Shampun, folga va kir yuvishda kerak bo‘ladigan boshqa 8 narsa
Kir yuvishda asqatishi xayolingizga ham kelmagan va darhaqiqat, samara beradigan narsalar haqida ma’lumot berib o‘tamiz. Og‘iz bo‘shlig‘ini chayishda foydalaniladigan vosita Kir yuvish mashinasi doimiy ravishda dezinfeksiyalanishga ehtiyoj sezadi. Kir kiyimlar bilan birga apparatning ichiga zamburug‘lar, chang hamda zararli bakteriyalar ham kiradi. Bir zumda zararsizlantirishning eng oddiy usuli uni og‘iz yuvishga mo‘ljallangan vosita bilan chayish hisoblanadi. Buning uchun kir yuvish mashinasining suyuqlik solinadigan qismiga yarim stakan vositadan quying hamda to‘liq siklga yoqib aylantiring. Folga qog‘ozi Alyuminiy kiyimlardagi toklanishni kamaytirib, qurishga ketadigan vaqtni kamaytiradi. Yubkangiz yurganda oyoq orasiga kirib qolaveradigan bo‘lsa, keyingi safar yuvish vaqti folga qog‘ozini buklab soling. To‘qishda ishlatiladigan jun ip Ba’zi uy bekalarining ta’kidlashiga qaraganda, quritish mashinasiga rangsiz jun ip tashlab qo‘yilsa, choyshab ancha yumshoq bo‘lib qoladi. Ammo ushbu tavsiya faqatgina och rangli choyshablardagina ish berishini unutmaslik kerak. Muz Quritish jarayonidan keyin kiyimlarda iz va buklanishlar paydo bo‘lib qolmasligi uchun jarayonda bir necha bo‘lak muz solib qo‘yish tavsiya qilinadi. Shuningdek, bu vaqtda katta miqdorda choyshab solmang. Bitta sikl uchun 2-3 ta choyshab solish yetadi. Efir yog‘i Efir yog‘idan qimmat konditsioner o‘rnida foydalansa bo‘ladi. Kir yuvish mashinasiga bir necha tomchi efir yog‘i solib qo‘ying va qarabsizki, kiyimlaringizdan yoqimli ifor taralishiga guvoh bo‘lasiz. Chovli Nozik matodan tikilgan choyshablarga zarar yetkazmasdan turib suvidan qutulish qilish uchun chovlidan foydalansa bo‘ladi. Suv bir zumda oqib ketadi, shundan keyin odatiy quritsangiz bo‘ladi. Qahva va choy Qahva va choy to‘q rangli matodan tikilgan narsalarning ilk ko‘rinishini qaytarishga yordam beradi. Buning uchun chayish jarayonida mashinaning suyuqlik quyishga mo‘ljallangan qismiga ikki stakan damlangan qahva yoki choy qo‘shing. Yo bo‘lmasa, suvga qo‘shilgan qahva va choyli aralashma solingan tog‘oraga ivitib qo‘ying. Kir va bo‘yoqlarda yaxshi samara beradigan usul Och va rangli choyshablarni qo‘shib yuvish mumkin. Faqat buning uchun soda qo‘shilgan bir stakan suv kerak bo‘ladi. Matoni sodali aralashmaga solib ivitib oling, keyin esa qurishini kuting. Ushbu matoni rangi chiqishi mumkin bo‘lgan kiyimlar bilan qo‘shib mashina ichiga soling. Soch uchun konditsioner Issiq suvga soch uchun konditsionerdan 0,25 stakan qo‘shing. Kiyimni unga solib 20-30 daqiqaga ivitib qo‘ying. Keyin odatiy usulda yuvib tashlang. Shampun Shampun va idish yuvishga mo‘ljallangan vosita aralashmasi bilan bir zumda kiyimning yoqasi, ya’ni bo‘yin qismidagi kirni bartaraf qilsa bo‘ladi. Buning uchun shampun surtib 15 daqiqaga qoldirish kerak bo‘ladi. Keyin yaxshilab issiq suvda yuvib tashlash mumkin.
62
2,852
Ayollar
Tashlashga shoshilmang: eski jinsi kiyimlardan unumli foydalanamiz
Jinsi juda chidamli mato bo‘lib, u sizga uzoq vaqt xizmat qilishi mumkin. Jinsi kiyimlaringiz, eskirib, kichrayib qolgan bo‘lsa, ularni tashlab yuborishga shoshilmang. Sizga ulardan yana qanday maqsadlarda foydalanish mumkinligini o‘rgatamiz. Telefon va iPad uchun qoplama Jinsi shim cho‘ntaklardan qulay organayzer Taqinchoq-braslet Jinsi shimning pastki qismidan mayda narsalar uchun qopcha  Ajoyib va chidamli sumkalar Telefon uchun xaltacha Bolalar uchun yumshoq o‘yinchoqlar Uy hayvonlari uchun qulay o‘rin Uy ichida kiyish uchun shippaklar Qo‘l mehnati bilan qilingan ajoyib brelok Eski jinsi bo‘laklaridan to‘qilgan gilamcha Bejirim yostiqlar
66
661
Ayollar
Atirni to‘g‘ri sepishni o‘rganamiz
Odamlar nima uchun atirdan foydalanadi? Ularning vazifalari to‘g‘risida har bir kishi o‘z fikr va mulohazalariga egadir. Lekin biz bu masalaga ko‘proq amaliy yondashmoqchimiz. Maqsadga muvofiqlik nuqtai-nazari bilan qaraganda atirlardan qanday foydalanish kerak? Gap qon oqishi faolroq bo‘lgan va iliq nuqtalar to‘g‘risida boryapti. Aynan shu yerda xushbo‘y hidlar jadalroq bo‘ladi va uzoqroq saqlanadi. Aniqrog‘i: Atir ketishi qiyin bo‘lgan dog‘lar qoldirish xususiyatiga ega. Shuningdek ular marvarid va boshqa qimmatbaho metallarga har doim ham foydali bo‘lavermaydi. Shuning uchun ularni taqinchoqlar va kiyimlarni kiyishdan oldin seping. Agar siz kiyimlaringizdan ham bu xushbo‘y hidning kelib turishini xohlasangiz, atirni me’yorida va ehtiyotlik bilan ishlating. Kun bo‘yi xushbo‘y hidni saqlab qolish uchun uni sochlaringizga sepsangiz bo‘ladi. Buni boshingizni yuvgandan keyin darrov qilish yaramaydi: hidning xossalari o‘zgarib ketmasligi uchun biroz vaqt kuting. Atirni sochlaringizdan 20 santimetr uzoqlikdagi masofadan seping – aks holda sochlaringiz qurib qoladi. Bunda sizga atir sepishdan oldin surilgan hidsiz namlantiruvchi krem yordam beradi. Shu yo‘l bilan siz teri teshikchalariga atir tushishining oldini olasiz, xushbo‘y hid esa uzoqroq saqlanadi. Manba: “Shkola jizni”
34
1,293
Ayollar
Tonal krem tanlashda yo‘l qo‘yiladigan 7 xato
Tonal krem undan foydalangan ayol-qizlarning teri rangiga mos turishi, yuzda yig‘ilib qolmasligi kerak. Buning uchun esa uni tanlashda eng ko‘p qo‘yiladigan xatolar qaysilardan iborat ekanligi haqida ma’lumotga ega bo‘lish kerak. 1-xato: Tonal krem xarid qilishdan avval bilakka surtib tekshirib ko‘rish Bilak va yuz rangi bir-birga mos tushmaydi. Shu sabab ham tonal kremning teriga tushish yoki tushmasligini yanoq va iyakka surtib tekshirib ko‘rish kerak. 2-xato: Tonal kremni makiyaj ustidan surtib tekshirib ko‘rish Siz surtgan krem rangi sizga mos bo‘lgan taqdirda ham ustidan boshqa tonal krem surtilganda qo‘shilib tamoman boshqacha rang hosil qilishi mumkin. Shuning uchun tozalangan teriga surting. 3-xato: Do‘kondagi tonal kremlarni rangidan xulosa qilib xarid qilish Do‘konlardagi yorug‘lik bilan tashqaridagi yorug‘liklar o‘rtasida farq bor. Sun’iy yorug‘lik ta’sirida ranglar boshqacha ko‘rinadi. Xarid qilishdan avval tonal kremni bo‘yningizga surting, yorug‘likka chiqib tekshirib ko‘ring va shunga qarab olish-olmaslikka qaror qiling. 4-xato: To‘q rangli tonal krem tanlash Ikki xil rangdan birini tanlashga qaror qila olmasangiz, ikkalasini aralashtirib ishlating yoki ochrog‘ini xarid qiling. 5-xato: Tonal kremni yaxshilab singdirmaslik Tonal krem surtgandan keyin uni sponj yoki chyo‘tka yordamida yaxshilab singdirish kerak. Yo‘qsa, teri ustida yig‘ilib qoladi. 6-xato: Xaridni kechasi amalga oshirish Teri rangi va ahvoli har kuni har xil bo‘lishi mumkin. Yuz charchaganda, muzlaganda so‘lg‘in ko‘rinadi. Qorong‘ida esa bu ko‘zga tashlanmasligi va bilinmasligi mumkin. Shu sabab ham tonal kremni tiniqib uxlab turgandan keyin (teri dam olgach) sinab ko‘rish kerak. 7-xato: Haddan ortiq quyuq va kremdan foydalanish Tonal krem yuzingizni butkul qoplashi shart emas, uni surtgandan keyin terining tabiiyligi ko‘zga tashlanib turishi kerak. Yuzdagi kamchiliklarni yashirish uchun konsiler va korrektordan foydalaning.
45
1,938
Ayollar
Makiyaj orqali yuzni ozg‘in ko‘rsatish bo‘yicha tavsiyalar
Makiyaj ayollar go‘zalligiga urg‘u beribgina qolmay, yuzni aslidan ozg‘inroq ko‘rsatish xususiyatiga ham ega. Buning uchun quyidagi tavsiyalarga amal qilish kerak. Baza Yuzga surtiladigan baza juda quyuq ham, suyuq ham bo‘lmasligi kerak. O‘rtachasi mukammal tanlov bo‘ladi. Undan keyin qilingan makiyaj chaplangandek ko‘rinmaydi, bundan tashqari, konturing qilish oson bo‘ladi. Bronzerning to‘qroq rangini yonoq va iyakning pastroq qismiga, korrektorni yonoq va ko‘z tagiga surting. Qoshlar To‘g‘ri bo‘yalgan qoshlar obraz omadli bo‘lishining garovi. Qoshning tashqi uchini pastga qaratib chizmang, yuzingiz dumaloq ko‘rinib qoladi. Ko‘z Makiyajda yana bir muhim jihat ko‘zni bo‘yash hisoblanadi. Podvodka yoki ko‘z qalami yordamida qovoqning tashqi qismiga urg‘u bering. Lablar Iloji boricha to‘q rangli pomada va qalamlardan foydalaning. Bleskdan  foydalanadigan bo‘lsangiz, uni labning o‘rta qismiga surting.
58
915
Ayollar
Tashlab yuborishga shoshilmang: Poyi yo‘qolgan paypoqdan foydalanish bo‘yicha layfxaklar
Bu har bir xonadonda ertami-kech sodir bo‘ladigan holat: paypoqning biri izsiz yo‘qoladi, ikkinchi poyi esa qoladi. Lekin uni tashlashga shoshilmaslik kerak, chunki undan boshqa maqsadda ham foydalanish mumkin. “Noviy ochag” nashri bir poy paypoq bilan amalga oshirish mumkin bo‘lgan layfxaklarni taqdim etdi. Soyabon uchun g‘ilof Agar soyabon g‘ilofi yo‘qolsa, uni toza paxta paypoq bilan almashtirish mumkin. Albatta, bunday aksessuar bilan tashqariga olib chiqib bo‘lmaydi, lekin uyda saqlash va soyabonni mumkin bo‘lgan shikastlanishdan himoya qilish uchun juda mos keladi. Yuzalarni porlatish Yumshoq matoli paypoq mebel yuzasi, shuningdek, kumush, mis yoki qalaydan yasalgan buyumlarni yanada yorqinroq qilish uchun eng yaxshi tanlov. Uni ishlatish juda qulay va u o‘zidan hech qanday iz qoldirmaydi. Tizza uchun himoya vositasi Pol ustida uzoq vaqt tiz cho‘kishni talab qiladigan ishlarni bajarayotganda eski, foydalanilmagan paypoqlar tizzalarni himoya qilishga yordam beradi. Buning uchun paypoqning yuqori qismi kesib olinadi, so‘ngra tizza sohasiga kiyib, bir necha marta qayrish, ichiga paxta yoki boshqa yumshoq mato qo‘yish mumkin. Muzlab qolgan mashina tozalagichlar Mashinaning tozalaydigan tayoqchalarni muzlab qolmasligi uchun ularga paypoq kiydirib qo‘yish mumkin. Faqat artgichlarni oynaga bostirib qo‘ymaslik kerak. Chunki shishadan muzlab qolgan matoni olib tashlash oson emas. Shvabra uchun qoplama Uzun va yumshoq matoli paypoq shvabra uchun ajoyib qoplamaga aylanadi. Paxta mato namlikni yaxshi shimib oladi va polda chiziqlar qoldirmaydi. Tozalashdan keyin paypoqni oddiy mashinada yuvish mumkin. Jalyuzilarni tozalash Eskirgan paypoqlar chang tozalash uchun ajoyib vositadir. Buning uchun paypoq qo‘lgan kiyib olinadi va jalyuzining har ikki tomoni birdaniga tozalanadi. Changlarni artish Paypoqlar xona gullari barglari, ventilyator parragi va boshqa har qanday sirtdagi changni tozalash uchun ayni muddao. Mayda jihozlar Polda sochilgan mixlarni yig‘ish yoki divan ostidagi mayda buyumlarni topish kerakmi? Chang yutkich trubasiga yupqa paypoq kiydiriladi va u qattiq elastik tasma bilan mahkamlanadi. Shunday qilib, topilgan buyumlar chang yutkich ichiga emas, balki mato ustida qoladi. Xushbo‘y taratuvchilar Choyshab va sochiqlarni yoqimli hidlar bilan xushbo‘ylantirish uchun, efir moyiga namlangan paxtani paypoqlar ichiga joylab, javonga qo‘yish mumkin. Shuningdek, uning ichiga quruq xushbo‘y o‘tlarni ham solish tavsiya etiladi — yalpiz, rayhon, atirgul barglari singari. Quruq qahva donachalari bilan to‘ldirilgan paypoqlar shkaf yoki muzlatkichdagi chiriyotgan va zah hidlardan xalos bo‘lishga yordam beradi.
88
2,648
Ayollar
Lab bo‘yog‘ining tishlarga yopishib qolishi, tushning qovoqlarga bo‘yalib ketishi kabi muammolarni qanday bartaraf etsa bo‘ladi?
Har kuni oyna qarshisida makiyaj yakunlangach, unga putur yetkazuvchi bir qancha kichik muammolar ko‘zga tashlanadi. Ular arzimasdek tuyulsa-da, sezilarli va hatto xunuk ko‘rinishi mumkin. Eng keng tarqalgan quyidagi 10 muammoni bartaraf etish choralarini ko‘rib chiqish vaqti keldi. Lab bo‘yog‘ini tishlarga tegib qolishi Yorqin lab bo‘yog‘i bilan har kim o‘zini xuddi yulduzdek his qilishi tabiiy. Ammo atrofdagi inson tomonidan “Tishingizdagi lab bo‘yog‘ini arting” qabilidagi gapni eshitish kayfiyatni tushirib yuboradi. Shuning uchun lab bo‘yog‘i surilgandan so‘ng, qog‘oz salfetka yoki kaftga bo‘lsa ham labni bir marotaba bosish kerak. Natijada lab yuzasidagi ortiqcha bo‘yoq bartaraf etiladi va noqulayliklar keltirib chiqarmaydi. Ko‘z ostiga ten kukunlarining tushishi Odatda tonal kremi va upa surilgandan so‘ng ko‘zga ishlov berish navbati keladi. Qanchalar sifatli yoki yog‘li ten bo‘lmasin, u ko‘z sohasi pastiga yoki burun ustiga yopishishi ham mumkin. Buni paxta yostiqchasida o‘chirish esa tonal krem va upa surilgan yuzni ikki xil ko‘rinishiga olib keladi. Shuning uchun yuz pardozdan holi vaqtida ko‘zlarga oro berish kerak. Uchib tushgan bo‘yoq kukunlarini pardozsiz yuzdan tozalab olish oson kechadi. Tonal kremining yuzda bir tekisda yoyilmay qolishi Agar tonal kremidan avval foydalanilgan vositani rangi to‘g‘ri tanlangan bo‘lsa, muammo faqat ortiqcha yoki bir me’yorda surilmagan tonal kremida bo‘ladi. Ammo shunda ham yuzni yuvib tashlashga shoshilmaslik zarur. Bo‘yanish yostiqchasini namlab, ortiqcha kremlarni artish yoki yoyib tashlash mumkin. Faqat buning uchun biroz ko‘proq vaqt ketadi. Qovoqlarda tenlarning to‘planib qolishi Qalin qatlam qilib surilgan tenlar faqat bir necha soatgina chiroyli ko‘rinishi mumkin. Keyinchalik qovoq burmalariga o‘rnashib to‘planib qoladi. Bu muammoni bartaraf etishda gel asosli padvodka yordamga keladi. Ishonish qiyin, ammo ish berishi aniq. U avval qovoq yuzasiga suriladi. Ustidan to‘q rangdagi ten qoplanadi. Natijada kun davomida avvalgi muammo haqida bosh qotirishning keragi ham bo‘lmaydi. Tushning ko‘z atrofida yoyilishi Ushbu holatni ayniqsa, kunning oxirida ko‘pchilikning pardozida ko‘rish mumkin. Charchoq va terlash tufayli tush bo‘yog‘i ko‘z ostida qora dog‘larni paydo qiladi. Bu vaqtda avvalo, tushdan foydalanish uch oydan oshmagan bo‘lishi kerak. Agar hammasi joyida bo‘lsa, kipriklarni bo‘yashda ikki-uch marotaba tush surish kerak, undan ortiq emas. Vizajistlarning yana bir siri shundaki, pastki kipriklarga umuman tush surishning hojati yo‘q. Lab bo‘yog‘ini chegara bo‘ylab surish Lab bo‘yog‘i qanchalar ehtiyotkorlik bilan surilmasin, tez fursatda chegaradan tashqariga yoyilib ketishi mumkin. Buning uchun maxsus vosita “praymer” bilan do‘stlashish kerak. Lab bo‘yog‘idan foydalanishdan avval ushbu vosita surilsa, bo‘yoq hech qayerga yoyilib ketmaydi. Yuz terisi va bo‘yin orasidagi farq Yuz terisiga soatlab pardoz berish va bo‘yinni e’tiborsiz qoldirish har bir ayol yo‘l qo‘yadigan kamchilikdir. Vositani tejash fikrini bir chetga surish va bo‘yin uchun ham tonal kremi va upadan faqat oz miqdorda foydalanib, oradagi farqni yo‘qotish mumkin. Qovoqlarga tushning surilib ketishi Barcha pardoz ishlari yakunlanishiga bir qadam qolganida kipriklarga tush surish boshlanadi. Afsuski, ten bilan bo‘yalgan qovoqning yuqori qismiga tegib qolgan tushni juda ehtiyotkorlik bilan tozalash ham barchasini chippakka chiqaradi. Shuning uchun soha mutaxassislari tushdan foydalanishda ko‘zlarni katta ochish emas, aksincha yarim shaklda ochishni tavsiya etadi. Kosmetik vositalardan keyin yuzning yaltirashi Barchasi qoidaga ko‘ra bajarilsa-da, yuz yaltirab qolishi yaxshi emas. Buning uchun yana “praymer” yordamga keladi. Yuzga surilgan namlantiruvchi yoki oziqlantiruvchi kremdan so‘ng undan foydalanish, 15 daqiqadan keyin tonal kremini surish kerak. Tonal krem yuzasidan ham biroz yupqa qatlamda “praymer” surish zarar qilmaydi. Shunda makiyajni bo‘rttirib yuboruvchi upaga murojaat qilishning keragi bo‘lmaydi. Yuzni ortiqcha qizartirish Noto‘g‘ri surilgan rumyana vositasi yuzni haddan ortiq qizarishiga olib keladi. Bu dastlab oyna qarshisida bilinmasligi mumkin, ammo keyinchalik kulgili ko‘rinadi. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun rumyananing krem yoki upa ko‘rinishidagisidan foydalanish mumkin. Shuningdek, ularni yanoqning biroz yuqori qismiga qo‘llash kerak.
128
4,359
Ayollar
Oziq-ovqat mahsulotlari saqlash muddatini uzaytirishning 15 ta yangi usuli
Bir necha kun foydalanish uchun sotib olingan va pishirishga vaqt topilmasdan, mahsulotni tashlab yuborish har doim achinarli. Oziq-ovqat mahsulotlarini uzoqroq saqlash uchun yangi saqlash usullarini o‘rganib olishingizni tavsiya qilamiz. Albatta, buni hamma ham bilmasligi mumkin. Piyoz Shahar aholisi ko‘pincha piyozni muzlatkichda saqlaydi. Ammo qishloq tajribasi shuni o‘rgatadiki, piyoz umuman sovuq havoga muhtoj emas. Bundan tashqari, piyoz xona haroratida juda yaxshi saqlanadi. Asosiysi, xona quruq bo‘lishi kerak. Ko‘k piyoz To‘g‘ralgan ko‘k piyozni plastik idishda saqlash mumkin. Sho‘rvalar yoki ragular uchun yaxshi ziravor bo‘ladi. Faqat avval uni to‘g‘ri quritish lozim. Ko‘katlar Yangi ko‘katlarni saqlashning tasdiqlangan va eng yaxshi usuli ularning bandini kesib, dasta gullar kabi bir stakan sovuq suvga solib, paket bilan barglarini yopish va muzlatkichga qo‘yishdir. Shu usul bilan har qanday ko‘katni yaxshi saqlash mumkin. Sarsabil Yangi sarsabilni ham xuddi shu usulda saqlash mumkin. Qulupnay va malina Qulupnay yoki malinani uzoqroq saqlash uchun ularni suvga solib, unga 10:1 nisbatda bir tomchi sirka qo‘shiladi. Ushbu eritmada rezavorlar yuviladi, quritiladi, har qanday idishga solib, muzlatkichga qo‘yiladi. Shu tarzda yuvilgan qulupnay 2 haftagacha, malina esa bir hafta yaxshi holatini saqlab qoladi. Sirka hidi tezda yo‘qoladi va sezilmaydi, rezavorlar esa mog‘orlamaydi. Avokado Ma’lumki, avokado tozalanganda yoki kesilganda tezda qorayadi. Qoraymasligi uchun muzlatkichga qo‘yishdan oldin unga zaytun moyi surtiladi. Yana bir usuli esa, avokado piyozning yarmi bilan birga idishga solinadi va qopqog‘i yopiladi hamda muzlatkichda saqlanadi. Kartoshka To‘r xaltaga yoki qutiga bitta olma qo‘shib, kartoshkani saqlash mumkin. Lekin piyozning yonida kartoshkani saqlamaslik yaxshiroq. Bu sabzavotlarni tezroq chirishiga olib keladi. Pishloq Pishloqning kesilgan qismi qurib qolmasligi uchun uni yog‘lash ham mumkin. Pishloq, eng yaxshisi, sabzavot bo‘limida yoki muzlatkich kamerasi harorati yuqori bo‘lgan eshikda saqlanadi. Pishloqni oziq-ovqat plyonkasiga o‘rash tavsiya etilmaydi. Uni mumlangan pishiriq qog‘ozida saqlash yaxshiroq. Salat bargi Bu usul salat bargining bir hafta davomida qurib qolishiga yo‘l qo‘ymaydi. Faqat qog‘oz salfetkani plastik qoplama ostiga qo‘ying. U ortiqcha namlikni yutadi. Selder Selder va brokkoli folga bilan o‘ralgan holda uzoqroq saqlanadi. Pomidor Pomidorlarni qoplarda saqlamaslik kerak, bu mumkin emas. Agar, masalan, hali yaxshi pishmagan pomidorlar yig‘ib olingan bo‘lsa, ularni qutida yoki gazetaga o‘ralgan holda saqlash yaxshiroqdir. Ular bir-biriga tegmasligi va quyosh nurlari tushmasligi kerak. Pomidorlar pishishi bilan teskari tomoniga aylantirib qo‘yiladi. Zanjabil Zanjabilni faqat muzlatkichda saqlash kerak. Bu nafaqat uzoq saqlashga yordam beradi, balki uni maydalash ham osonroq bo‘ladi. Yong‘oqlar Xomligicha sotib olingan yong‘oqlarni darhol qovurish kerak. Keyin idishga solib, muzlatkichga qo‘yiladi. Shunda yong‘oqlar yanada mazali bo‘lib, uzoq muddatga yetadi. Qo‘ziqorinlar Qo‘ziqorinlarni plastik emas, balki qog‘oz qoplarda saqlagan yaxshi. Oziq-ovqat mahsulotlari Turli oziq-ovqat mahsulotlarini saqlaydigan plastik qoplarni mahkam yopish uchun eski butilkalardan foydalanish mumkin. Ularning tepa qismi kesib olinib, qoplardan o‘tkaziladi va qopqog‘i burab qo‘yiladi.
74
3,385
Ayollar
Tinchlantiradi, ilhom beradi, salomatlikni yaxshilaydi. Uyda o‘simlik parvarish qilish uchun 10 sabab
Uyida o‘simlik parvarish qilmaydiganlar sirasiga kirgan taqdiringizda ham, o‘simliklarning salomatlik, kayfiyatga ijobiy ta’siri haqidagi ma’lumotga ega bo‘lgandan keyin fikringiz o‘zgarishi mumkin. Tinchlanishingizga yordan beradi Afrika binafshasiga bir necha daqiqa davomida qarab turilsa, adrenalin miqdori ortib, miyaga ko‘proq kislorod yetib boradi va tinchlanasiz. Havoni namlantiradi Xonadoningizdagi havoni namlantirish uchun qimmat havo namlantiruvchi vosita xarid qilgandan ko‘ra, xonaga Nefrolepis o‘simligini qo‘yib qo‘ying. Ushbu o‘simlik nafaqat havoni namlantiradi, balki uni tozalaydi ham. Nefrolepis yorug‘lik talab qilmaydi, uni qorong‘i xonaga qo‘yib qo‘yish mumkin. Davolashi mumkin Aloe Vera o‘simligi kuyish, sovuq urishi, dermatit hamda gerpesni davolashda yaxshi samara beradi. Ilhom beradi Yorqin yaproqli o‘simliklar tasavvur yaxshilanishiga ta’sir qiladi. Ijodiy krizis kuzatilgan vaqtda o‘simlikka qarab ilhom olishingiz mumkin. Allergik reaksiyani kamaytiradi Uy tokchalari, shkaflarda yig‘iladigan changdan allergiyangiz bo‘lsa, xlorafitum sizga yordam beradi. Ushbu o‘simlik ikki kun ichida xonadagi 90% toksinni yo‘q qilish xususiyatiga ega. Havoni tozalaydi NASAning havoni turli zararli ifloslanishlardan tozalaydigan o‘simliklar ro‘yxatida Ingliz pechagi birinchi o‘rinda turadi. Ushbu o‘simlikni ayniqsa astma bilan kasallangan insonlar uyida parvarish qilishi tavsiya qilinadi. Energiya beradi Ishtahasi yo‘q va holsizlik qiynaydigan kishilarga har tong ko‘zi tushganda energiya olish va tetiklikni his qilishi uchun qizil yaproqli o‘simlikni yuvinish xonasiga qo‘yib qo‘yish tavsiya qilinadi. Diqqatni oshishiga yordam beradi Kuzatishlarda aniqlanishicha, ofis yoki sinf xonalarida o‘simliklarning bo‘lishi diqqatni 70 foizga ko‘taradi. Stressni kamaytiradi O‘simlikni parvarish qilish, suv quyish, tuprog‘ini yumshatish va yaproqlarini artish jarayonining o‘zida asablaringiz tinchlanib, o‘zingizni ancha yaxshi his qilasiz. Ko‘zni tinchlantiradi Ko‘zingiz kompyuter yoki gadjetlar qarshisida soatlab o‘tirishdan charchagan bo‘lsa, Potos o‘simligiga qarash tavsiya qilinadi. Ushbu o‘simlik glaukoma va katarakta rivojlanishini ham oldini oladi.
101
2,195
Ayollar
Limonning salomatlik va go‘zallik uchun 7 foydasi
Limon inson organizmiga ijobiy ta’sir qiladi, ovqat hazm bo‘lishini ta’minlaydi, ichaklarni tozalaydi. Cosmopolitan nashri aslida foydasi haqida uzoq gapirish mumkin bo‘lgan ushbu mevaning 7 xususiyatiga to‘xtaladi. Yuzni tiniqlashtiradi Limon tarkibida C vitamini va  mikroelementlarni o‘zida mujassam qilishi bilan ahamiyatli. Shuningdek, tozalash xususiyatiga ham ega. Limon sharbati yuzni namlantiradi, tiniqlashtiradi, husnbuzarlar va teridagi dog‘larga qarshi samarali vosita hisoblanadi. Yuz terisini piling qilish uchun limondan foydalanish mumkin. Buning uchun sharbatini ajratib olish shart emas, shunchaki teng ikkiga bo‘lib, 5 daqiqa davomida yuzingizga aylana harakatlar bilan ishqalasangiz bas. Teri tonusini taranglashtiradi Dog‘ yoki husnbuzardan qolgan izlar kishi yuzini nosog‘lom ko‘rsatadi. Sitrus mevalarda esa terini tarang va tetik ko‘rsatish xususiyati bor. Bunda nafaqat limon sharbati, balki limon yog‘idan ham foydalanish mumkin. Paxtaga limon sharbati​ni ajrating va yuzingizning muammoli joyiga surting, keyin esa sovuq suv bilan yuvib tashlang. Tirnoqlarni mustahkamlaydi 3 qoshiq zaytun moyiga 1 qoshiq limon sharbati​ni qo‘shing: tirnoqlaringizni mustahkam bo‘lishi uchun tabiiy vosita tayyor. Aralashmani tirnoqlaringizga muntazam ravishda surtib boring va yaltiroq hamda sog‘lom tirnoqlaringizdan ko‘zingiz quvnasin. Soch rangiga ochartiradi va jilo beradi Limon soch rangini ochartirish va unga jilo berish xususiyatiga ega ekani tadqiqotchilar tomonidan ham aniqlangan. Siz ham sochlaringiz rangini ochartirishni istasangiz, purkagichi bor idishga limon sharbati​ va iliq suv soling, sochingiz uzunligi bo‘ylab purkang. Keyin esa quyosh nurida 1 soat o‘tiring va natijadan hayratlaning. Qo‘l tirsagining qurigan terisini yumshatadi Limondan yuz va teri uchun skrab sifatida foydalanish — tirsakning quruq qismidagi terini yumshatish mumkin. Buning uchun iste’mol sodasi va limon sokini pasta holiga kelguniga qadar aralashtiring. Tirsagingizga surtib, aylana harakatlar bilan uqalang. Keyin yuvib tashlang va krem yoki zaytun moyi surting. Qazg‘oqning oldini oladi Maydalangan zanjabil ildizi, limon sharbati, zaytun moyi va suv aralashmasi bosh terisida qazg‘oq ko‘payishiga qarshi samarali vosita hisoblanadi. Aralashmani bosh terisiga surting va biroz vaqt o‘tib iliq suvda shampun bilan yuvib tashlang. Oftobdan o‘zgargan teri rangini tiklaydi Keragidan ortiq oftobda toblanish terini apelsindek ko‘rinishiga sabab bo‘ladi. Limonda teri rangini tiklash xususiyati mavjud. Buning uchun kesilgan limonni rangi o‘zgargan teri qismiga surtish kifoya.
49
2,589
Ayollar
AQShda dunyo bo‘yicha birinchi ekologik toza poyabzallar ishlab chiqariladi
AQShda Thousand Fell startapi dunyodagi birinchi to‘liq qayta ishlanadigan poyabzallarni ishlab chiqaradi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda. Kompaniya poyabzallarning 97 foizi chiqindixonalarga tushayotganligi tufayli vaziyatni o‘zgartirishga harakat qilmoqda. U butunlay qayta ishlanadigan materiallar bilan yangi krossovkalar lineykasini yaratdi. Poyabzal qoplamasi makkajo‘xori chiqindilaridan tayyorlangan qatrondan iborat. Kanakunjut moyi esa qoplamani yumshatish uchun ishlatiladi.
75
499
Ayollar
10 daqiqada yaratish mumkin bo‘lgan 5 xil soch turmagi (foto)
Ushbu soch turmaklarini har kuni xohishga ko‘ra o‘zgartirish mumkin. Yarim toj turmagi Uzun yoki o‘rtacha uzunlikdagi soch uchun ajoyib soch turmagi. Ushbu turmak har qanday uchrashuv yoki kundalik ish uchun ham mos keladi. Buning uchun sochlar ikki tomondan o‘riladi va boshning yarim aylanasi bo‘ylab bir-biriga o‘tkaziladi. Burama turmak Ushbu soch turmagi erta tongda yugurishga chiqadigan xonimlar uchun qo‘l keladi. Shuningdek, sochlar biroz kir bo‘lsa, turmak buni yashirishga yordam beradi. Turmak uchun sochlar ma’lum miqdorda ajratib olinadi va burab bir to‘plam hosil qilinadi. O‘rama chyo‘lka Ushbu soch turmagi o‘sib ketgan chyolkalar uchun ayni muddao. Oddiygina fransuzcha turmak Yuvilmagan sochlar uchun ham mos keluvchi soch turmagi. Bor-yo‘g‘i ikki harakat bilan buni amalga oshirish mumkin. Ushbu soch turmagi uchun lak hamda bir nechta zakolka kerak bo‘ladi. Sochlar zakolka yordamida yig‘ilgach, ularga biroz hajm berilib, lak yordamida qotiriladi.
61
979
Ayollar
Uydagi tez-tez yangilash talab etiladigan buyumlar
Har kungi tozalik ishlari uchun ko‘p vaqt sarflashga to‘g‘ri keladi. Uyingizda ma’lum vaqt o‘tgach ba’zi buyumlarni yuvish foydasiz ekanligini yoki ularni allaqachon yangilash vaqti kelganini bilasizmi? Tez-tez o‘zgartirishingiz kerak bo‘lgan ba’zi buyumlar haqida Wday bir necha tavsiyalar beradi. Rezina qo‘lqoplar Birinchidan, har foydalangandan so‘ng ularni tozalab yuvish kerak. Ikkinchidan, har bir xona uchun alohida qo‘lqop juftligidan foydalaning. Ya’ni bittasida derazalarni, boshqasida polni, uchinchisida hammomni, to‘rtinchisida idishlarni yuving. Agar qo‘lqopda mayda yoriqlar paydo bo‘lsa, ularni tashlab yuborish kerak. Idishlar yuvadigan “gubka” Mutaxassislar takrorlashdan charchagan jumla: “gubka” — uydagi eng chirkin narsadir. Uni tozalash foydasiz. Ammo “gubka”dan har foydalanganingizdan so‘ng uni mikroto‘lqinli pechda qizdirish mumkin. Bundan ko‘ra uni haftada bir marta yoki maksimal ikki marta almashtirgan yaxshiroq. Oshxona sochig‘i Oshxona sochiqlarini deyarli har kuni yuvish lozim. Agar siz idishlarni va stolni tozalash uchun muntazam ravishda sochiq ishlatsangiz, kechqurun ularni, albatta, yuving. Sochiqlarni yilda bir marta almashtirish kerak. Idishlar Piyola va tarelkalar sifati, asosan, material va ishlab chiqaruvchiga bog‘liq. Ammo umumiy tavsiyalar bir xil: agar idishlarda chizilgan rasm o‘chgan bo‘lsa, uni pensiyaga yuborish vaqti keldi. Agarda siniq paydo bo‘lsa, uni tashlab yuboring. Idishlarni o‘rtacha 7 yilda bir marta almashtirish kerak. Dahlizdagi gilamcha Uyga kirganingizda sizni birinchi qarshi oladigan narsa. Bu buyum juda foydali: agar gilamcha bo‘lmasa, ko‘chadan kir va chang hech qanday to‘siqsiz xonalarga o‘tib ketar edi. Vaqt o‘tishi bilan gilam tashqi poyabzalga qaraganda ko‘proq xavfli bo‘lib qoladi. Uni muntazam tozalab turish kerak. Gilamni har uch oyda almashtiring. Uy shippagi Oq tufli sotib olib, bir oy davomida kiyib yurib, tajriba o‘tkazing. Ikki hafta o‘tar-o‘tmas uni kiyishni xohlamasligingizga kafolat beramiz. Shu sababli uyda kiyadigan oyoq kiyimlarini tez-tez yuvish kerak. Shippakni har qanday holatda ham mehmonlar bilan bo‘lishmaslik, kiyish uchun hech kimga bermaslik zarur. Shippakni 4-6 oyda almashtiring. Plastik idishlar Bu buyum juda qulay va ko‘p yillar xizmat qilishi mumkin. Ammo ular ma’lum vaqt o‘tgach, atrof-muhitga zararli moddalarni chiqaradigan plastikdan yasalganligini unutmaslik kerak. Bundan tashqari mikroto‘lqinli pechda bu jarayon yanada kuchayadi. Bu haqda shifokorlar allaqachon bir necha bor ogohlantirgan. Bunday idishlarda ovqat isitmasligingiz kerak. Plastik idishlarda yoriq paydo bo‘lishi, ranglar o‘zgarishi uni yangilash vaqti kelganini anglatadi. Hammom pardasi Parda doimo namlik, suv cho‘kindisi, sovun qoldiqlari va teri zarralarini to‘playdi. Ehtiyotkor mutaxassislar pardani oyiga bir marta o‘zgartirishni maslahat beradi. Shuningdek, uni har uch oyda bir marta almashtirish ham mumkin.
50
2,923
Ayollar
Yiliga bir marta tozalanishi kerak bo‘lgan uy jihozlari (foto)
Uy ishlari hech qachon tugamaydi, biroq juda kam hollarda tozalashni talab qiladigan uy jihozlari bor. “Noviy ochag” nashri uyda yiliga bir marotaba tozalanishi kerak bo‘lgan buyumlar ro‘yxatini taqdim etdi. Idishlar shkafini tozalash Idishlar saqlanadigan shkafni tartibga solish qolgan ishlaringizni ham yengillashtiradi. Undagi qoshiq, sanchqi, pichoq, likopchalar va boshqa idishlarning o‘rnini alohida qilsangiz olishga va ishlatishga yanada qulay bo‘ladi. Qandillarni yuving Oshxonadagi yoki hammomdagi lampalar chang va yog‘ni tez yig‘adi. Natijada ular yorug‘likni xiralashtiradi. Elektron lampalardan foydalanayotgan bo‘lsangiz, eng birinchi navbatda ularni to‘g‘ri tanlashni bilishingiz kerak. Bir narsani unutmang: lampochkalarni yechgandan keyin hech qachon nam mato bilan ushlamang. Pardalarni tozalang Pardalaringizni kimyoviy tozalashga olib boring, bu eng to‘g‘ri yo‘l. Ularni uyda yuvsangiz sifatiga ta’sir qilishi mumkin. Yumshoq mebellar Yumshoq mebellaringizni ham yiliga bir marotaba kimyoviy tozalashdan o‘tkazing. Chunki qoplama va plombalarning ichida chang paydo bo‘lishi, hasharotlar paydo bo‘lishi mumkin. Toza gilamlar Uyingizdagi gilamlarni changyutgich orqali tozalang. Ularning yumshoqlik darajasini inobatga olgan holda yiliga bir marotaba yuvish kerak.
62
1,289
Ayollar
Moncler brendi o‘zining birinchi atirini taqdim etdi — ular qor kabi ifor taratadi
Moncler moda brendi parfyumeriya yo‘nalishini ochib, o‘zining birinchi atirini taqdim etdi. Ayol va erkaklar uchun mo‘ljallangan versiyaga ega atir mos ravishda Moncler Pour Femme va Moncler Pour Homme nomini olgan, deb xabar beradi Esquire. Kompozitsiya qorli tog‘ cho‘qqilariga bag‘ishlangan, chunki Moncler o‘z faoliyatini tog‘ chang‘ichilari uchun kiyim yaratishga boshlagan va hozirda ham asosan paxmoq hamda boshqa issiq kiyimlarni taqdim etishga ixtisoslashgan. Parfyumer Nisrin Grillye atirning ayollar uchun mo‘ljallangan versiyasiga “Pudrali qor” nomli maxsus akkord yaratgan bo‘lib, u sokin qish havosini yodga soladi. Moncler Pour Homme ustida esa parfyumer Antuan Mezondye ish olib borgan — u atirga anbar, kedr va sandal iforlarini beruvchi “Tog‘ o‘rmoni” akkordini qo‘shgan. Shuningdek, Moncler atirlarning idishiga ham alohida e’tibor qaratgan: qovurg‘ali metall g‘ilof Rimowa bilan hamkorlikda yaratilgan kolleksiyadagi chamadonlarni yodga soladi, Moncler yozuvi esa unga qotirilgan LED ekranda paydo bo‘ladi. Maxsus dastur yordamida xaridor raqamli yozuvni o‘ziga moslab o‘zgartirishi mumkin. Atirlar 5-oktabrdan sotuvga chiqqan bo‘lib, uni Moncler do‘konlari va brend hamkorlik qiladigan reteylerdan xarid qilish mumkin. Eslatib o‘tamiz, 2017-yilda Italiyaning Moncler kompaniyasi kichkina itlar uchun hashamdor momiq kiyimlarning yangi kolleksiyasini taqdim etgandi.
82
1,387
Ayollar
Bolaning tana harorati ko‘tarilganda nima qilish kerak?
Bola tana haroratining ko‘tarilishiga ko‘pincha infeksion kasalliklar, tish chiqishi va boshqalar sabab bo‘lishi mumkin. Sababi nima bo‘lishidan qat’iy nazar, amalga oshirilishi kerak bo‘lgan choralar bir xil bo‘ladi. Kiyimlarini yeching Tana harorati ko‘tarilayotganida bolaning tanasi uvishishi, ko‘rpaga o‘ranib olishi mumkin. Bu vaqtda oyoq-qo‘llari muzdek bo‘ladi, terisida kapillyarlar xuddi mramorga o‘xshab ko‘zga tashlanishi mumkin. Bu tana harorati ko‘tarilishiga xos tabiiy holat hisoblanadi. Harorat ko‘tarilib bo‘lganda oyoq-qo‘llari qiziy boshlaydi va bolaning o‘zi ustini ochib tashlaydi. Ko‘proq suyuqlik ichiring Tana harorati yuqori bo‘lganda organizmdagi suv nafaqat peshob ajralganda, balki nafas bilan ham chiqib ketishi mumkin. Ishtahasi yo‘q bo‘lsa, ovqat yeyishga majburlamang. Ammo peshobining rangi ochargunicha suyuqlik ichirishda davom etish kerak. Bunday vaziyatda peshob rangining to‘q bo‘lishi organizmdagi suyuqlik tanqisligidan darak beradi. Issiqni tushiradigan dori vositalardan foydalaning Infeksion kasalliklarda harorat ko‘tarilishi organizmning himoya reaksiyasi bo‘ladi. Bunda interferonlar ishlab chiqarilib, organizmda virus va bakteriyalarning ko‘payishi sekinlashadi. Haroratni tushirishda termometrdagi ko‘rsatkichga emas, bolaning ahvoli qandayligiga qarash kerak. Ko‘rsatkich ba’zida 39,5 ba’zida esa 40 ni ko‘rsatishi ham mumkin. Agar bola xarxasha qilsa, bezovta bo‘lsa, o‘yinchoq o‘ynashda davom etsa hamda multfilm tomosha qilib, o‘chirib qo‘yganda norozilik bildirsa, haroratni tushirmasa ham bo‘laveradi. Holsiz bo‘lib yotsa, yegisi, ichgisi kelmasa va kamiga uxlay ham olmasa, isitma tushiradigan dori berish kerak. Bolalarning issig‘ini tushiruvchi dori vositasi sifatida faqatgina paratsetamol va ibuprofen (3 oyligidan)dan foydalanish mumkin. Chaqaloqlar uchun (20 kilogacha) preparatning dozasi bolaning vazniga qarab hisoblanadi: paratsetamol uchun 15 mg/kg, ibuprofen uchun esa 10 mg/kg. Bunday dori vositalarini 6-8 soatdan kam bo‘lmagan vaqt oralig‘ida 1 martadan ko‘p bermaslik kerak. Haroratni tushirish uchun nomedikamentoz usullardan foydalanish Issiq tushiruvchi vositalar singari nomedikamentoz usullardan ham bola o‘zini yomon his qilgandagini foydalanish tavsiya qilinadi. Ammo ulardan dori vositalaridan farqli ravishda takror foydalansa bo‘ladi.
55
2,318
Ayollar
Pekinda o‘tkazilgan Xitoy moda haftaligining eng yorqin suratlari
Pekinda 24–31-mart kunlari onlayn tarzda bo‘lib o‘tgan moda haftaligi yakuniga yetdi. Zamonaviy va an’anaviy bichimdagi liboslarni o‘zida mujassam etgan tadbirdagi eng yaxshi suratlarni e’tiboringizga havola etamiz. China Fashion Week’da 64 ta brend o‘zining kuzgi kolleksiyalarini taqdim qildi. Moda haftaligi mojarosiz o‘tmagan. Dizayner Chjou Li kolleksiyasining taqdimotidan keyin podiumga paxtadan yasalgan guldasta bilan chiqib, bu mato uning uchun sevimli ekanligini bildirgan. G‘arb faollari Shinjon-Uyg‘ur muxtor hududida faoliyat yuritadigan ishlab chiqaruvchini uyg‘urlarni majburiy mehnatga jalb qilganlikda ayblagan. Oqibatda aksariyat Yevropa brendlari Xitoyda ishlab chiqariladigan mazkur matoni xarid qilishdan bosh tortgan. Bunga javoban xitoyliklar H&M, Nike va Adidas singari do‘konlarga boykot e’lon qilgan. Bu esa ushbu kompaniyalar Xitoydagi savdo do‘konlarini yopishiga olib kelgan. 2020-yil boshqa sohalar singari moda olamida ham katta o‘zgarishlar bo‘lgan va bu mavjud tendensiyalar yangilanishiga ta’sir etmay qolmagan. Oddiy libos ham qo‘l ishi bilan yaratilgandek tasavvur uyg‘otadigan an’anaviy texnikaga bo‘lgan talab esa yanada oshgan. Aslida, Xitoyda milliy uslubdagi ayollar liboslariga bo‘lgan qiziqish hamisha yuqori bo‘lgan. Bu nafaqat 1920-yillarda paydo bo‘lgan sipao, balki xanfaga ham tegishli. Xitoy moda haftaligi doirasida Chuyan, Heaven Gaia, Grace Chen singari brendlar an’anaviy yo‘nalishdagi ijod namunalarini taqdim qilgan. Ulardan ayrimlari podiumda eski choy marosimlarini uyushtirgan bo‘lsa, ba’zilari Xan, Sun, Min sulolalari davriga mos makiyajda ko‘rinish bergan. Moda bo‘yicha mutaxassis Li Diar uzoq vaqt ishlab chiqarishda g‘arbdan ilhom olingani, ammo endi bir necha ming yillardan buyon mavjud bo‘lgan moda o‘zlarida ham borligi haqida esga olish vaqti kelganini ta’kidlagan. China Daily xitoylik dizaynerlar mazkur yilda o‘z ijod namunalari bilan G‘arbni zabt etganini ma’lum qilgan. Nashr Uma Wang, Dawei Studio, Mashama, Shiatzy Chen, Jarel Zhang, Calvin Luo, Maison Mai singari triumfatorlarni sanab o‘tgan. Moda haftaligida xitoyliklardan tashqari, Malayziya, Hindiston, Yaponiya, Avstraliya va Kanada, umuman olganda, 16 mamlakatdan dizaynerlar ishtirok etgan. Xitoy va Pokiston o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 70 yilligi munosabati bilan tashkilotchilar ilk marta pokistonlik dizaynerlarni ham taklif etgan. Pokistondan Maheen Khan, Tabassum Mughal, Sadaf Malaterre, Diners va Gogi singari ishtirokchilar qatnashgan. Janubiy Koreyaning dizaynerlari esa o‘z kolleksiyalarini raqamli platformada onlayn tarzda namoyish etgan. Tashkilotchilar Xitoyning qisqa video platformasi Douyin’s E-commerce bilan hamkorlik qilgan va so‘nggi feshn tendensiyalar nafaqat onlayn, balki oflayn taqdim qilingan. Dizaynerlar strim o‘tkazish imkoniyatidan mamnun bo‘lgan. “Bu mijozlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish usuli”, – degan Chjao Xueychjou. Odatda Pekinda bo‘lib o‘tadigan Shanxay moda haftaligi esa qoldirilgan. Martning so‘ngida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan tadbirni 6—13-aprel kunlari onlayn o‘tkazish rejalashtirilgan. Uni Xitoy ijtimoiy tarmoqda 5- milliondan ortiq kuzatuvchisi bor bloger Li Jiaqi (aka Austin Li) olib borishi rejalashtirilgan. Shanxayda shuningdek onlayn platforma ishlab chiqish ishlari allaqachon boshlab yuborilgan. Pekinda bo‘lib o‘tgan moda haftaligi doirasida yosh dizaynerlarning 29-xalqaro tanlovi bo‘lib o‘tgan. Unda dunyoning 30 mamlakatidan ishtirokchilar qatnashgan. 3D uslubida ishlangan modellar ham namoyish qilingan, ammo asosiy sovrin xitoylik Len Szinga nasib qilgan. Uning kolleksiyasidan an’anaviy usulda ishlangan, ammo bir modeldan turli usulda foydalansa bo‘ladigan liboslar o‘rin olgan. Dizayner karantindan keyin odamlar garderobida liboslar kam, ammo universal bo‘lishi kerak, deb hisoblaydi.
65
3,835
Ayollar
Kayfiyatni ko‘tarishning 7 ta ishonchli usuli
Hammada ham yomon kunlar bo‘lib turadi. Asosiysi — yomon kayfiyatga butunlay berilib ketmaslik va o‘tib olishni bilish. Quyidagi usullar sizga yordam beradi deb umid qilamiz. Sizga quvvat bag‘ishlovchi, o‘zingiz uchun sevimli bo‘lgan treklardan pley-list tuzing. Hech qanday g‘amgin musiqani kiritmang, bunday musiqalar kayfiyatingizni battar tushiradi. Ruhiy va jismoniy salomatlik o‘zaro bog‘liq ekanligi haqida unutmang. Amerika psixologik assotsiatsiyasi psixoterapiya rejasiga mashqlarni qo‘shishni tavsiya qiladi. Shuning uchun raqsga tushing, sakrang, yengil razminka qiling: endorfinlar ishlab chiqarilishi uchun har qanday jismoniy faollik ham to‘g‘ri keladi. Yaqinlaringizga va do‘stlaringizga qo‘ng‘iroq qiling yoki ular bilan uchrashing. Yoqimli ijtimoiy munosabatlar bizni baxtliroq qiladi. Agar do‘stlaringiz tezkor ravishda yordam ko‘rsata olmagan bo‘lsa, Telegram’dan kulgili mavzularni axtarib toping. Yomon kayfiyat va tushkunlikka tushish kuchni va ishlash qobiliyatini yo‘qotadi. O‘zingizni urishmang: o‘nta qiyin ishning o‘rniga uchta oddiy ishni rejalashtiring. Maqsadga erishish sizga o‘zingizdan qoniqish hissini qaytaradi. Yangi kinolarni katta ekranda tomosha qilishga boring: popkorn bilan va oxirgi qatorga. Yoki uyda o‘zingiz sevgan kinolarni ko‘ring. Istaklarning ro‘yobga chiqishi ham har doim kishiga zavq bag‘ishlaydi. Bu aynan nimalar bo‘lishi mumkinligi haqida o‘ylab ko‘ring. Mazali ovqat, iliq vanna, kutilmagan xarid — mayda bo‘lsa ham bular yaxshi ish beradi. Manba: “Woman.ru”
45
1,517
Ayollar
To‘q tutishga yordam beruvchi 5 ta oziq-ovqat
Tushlik nafaqat mazali, balki to‘yimli ham bo‘lishi uchun uni tayyorlashda muayyan bir mahsulotlardan foydalanish lozim. Bular qanday mahsulotlar? Kartoshka ochlikni jilovlaydigan eng kuchli oziq-ovqatlardan biri hisoblanadi. Qo‘rda pishirilgan kartoshka tarkibi uglevodlar, vitaminlar, kletchatkalar va boshqa ozuqaviy moddalarga boy bo‘lgani uchun eng katta ozuqaviy ahamiyatga ega bo‘lgan oziq-ovqatlar reytingida birinchi o‘rinda turadi. Tuxum tarkibida organizmning o‘zi mustaqil ravishda ishlab chiqarishga imkoni bo‘lmagan aminokislotalar mavjud. U hazm bo‘lgandan so‘ng, aminokislotalar ichaklardagi ochlik hissi uchun javob beradigan gormonlar ajralib chiqishini ta’minlaydi. Sho‘rvaning suvi ko‘p bo‘lgani uchun kaloriyasi kam bo‘lsa ham to‘qlik hissini uyg‘otish xususiyatiga ega. Dukkaklilardan qilingan sho‘rva tarkibidagi ozuqa tolalari ajoyib energiya manbai hisoblanadi. Olma tarkibidagi pektin tabiiy ravishda ovqat hazm qilishni sekinlashtiradi va to‘yish hissini keltirib chiqaradi. Tushlikdan keyin yeyilgan olma organizmga yakunlovchi murakkab shakar, vitaminlarni beradi va uzoq vaqtgacha to‘qlik hissini saqlab qolishga yordam beradi. Yengil makkajo‘xori asosan havodan iborat bo‘lgani uchun popkornning katta porsiyasini ham yeyish juda oson. Shunga qaramasdan, yengil makkajo‘xorining kaloriyasi ancha kam. Popkorn butun uglevodlardan tashkil topgani uchun ajoyib energetik yegulik hisoblanadi. Manba: “Steaklovers.menu”
45
1,446
Ayollar
Boucheron yangi “tovus patli” taqinchoqlar kolleksiyasini taqdim etdi
Fransiyaning Boucheron zargarlik brendining Plume de Paon kolleksiyasidagi taqinchoqlar soni bittaga ko‘paydi, deb yozadi Harper’s Bazaar. Bundan 160 yil oldin Frederik Busheron tovus singari chiroyli va o‘zgacha tilla marjon yaratishga qaror qilgan hamda Boucheron brendining ramzi sifatida ma’lum bo‘lgan “undov belgisi” yuzaga kelgan. Keyin shu belgi shaklida uzuk, zirak va boshqa aksessuarlar ishlab chiqarila boshlandi. 2020-yilning bahor oyiga kelib esa brend mazkur afsonaviy to‘plamni yangiladi. Kolleksiyadan pat shaklini eslatuvchi, olmos toshli marjon, zirak, bilaguzuk va uzuklar o‘rin olgan. Taqinchoq sariq tilladan ishlangan bo‘lib, o‘ziga xos ko‘rinish kasb etadi. Uzuklar bo‘lsa, asosi oq va pushti tilladan bo‘lib, brilliant bilan qoplangan.
69
762
Ayollar
Ingichka stakan, kichkina likopcha va birdaniga ko‘p ovqatlanib yubormaslikka yordam beradigan boshqa usullar
Birdaniga ko‘p ovqatlanib yubormaslik uchun nima qilish kerakligi haqida “Domashniy ochag” nashri ma’lumot berib o‘tadi. Stolga kichkina tarelka qo‘ying Ko‘pincha odatdagidan ko‘p ovqatlanib yuborishimiz mumkin. Gap shundaki, to‘qlik haqidagi signal asta-sekin yetib boradi va odatda organizm yetarlicha ovqat qabul qilganidan keyin yana 4-5 qoshiq yeydi odam. Stakanning ingichkasini tanlang Agar shirin ichimlik va sharbatlardan tiyila olmasangiz, unda ingichka stakanni tanlash tavsiya qilinadi. Suv va sutni esa aksincha kattaroq stakanda ichish kerak. Rang-barang tarelkalar tanlang Idish va taomning rangi bir-biriga qanchalik mutanosib bo‘lsa, porsiya shunchalik kichkina ko‘rinadi. Sabzavotlardan ko‘proq, uglevoddan esa kamroq yeyish uchun yashil ranglisini tanlash tavsiya qilinadi. Ko‘proq suyuqlik iching Yetarli miqdorda ichilgan suyuqlik ortiqcha ovqatlanishning oldini oladi. Vatqi-vaqti bilan o‘rningizdan turib, aylanib keling. Kechasi bilan joyingizdan turmay o‘tirmang. Toza havoga chiqing, raqsga tushing yoki orada boshqa yumush bilan shug‘ullaning. Bu ortiqcha ovqatlanishning oldini oladi.
109
1,113
Ayollar
Ota-ona bolada mustaqil shaxsni emas, balki ushalmagan orzulari davomchisini ko‘radi — tavsiya va tajribalar ko‘pligiga qaramay nega farzand tarbiyasida xato qilaveramiz?
Katta va yosh avlod dunyoqarashi ko‘pincha bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi. Ayniqsa, bola oilada o‘rnini bildirishga harakat qilayotgan pallada ota-ona buni ko‘rib, ko‘rmaslikka olsa, vaziyatni yumshatish, bolasini eshitishdan qochsa, muammo hadeganda hal bo‘lavermaydi. AdMe nashrining shu kabi muammolarga bag‘ishlangan maqolasini “Daryo” o‘zbek tiliga o‘girdi. Ota-onalar farzandiga quloq tutmaydigan holatlar ko‘p uchrab turadi. Bu hodisa psixologiyada “subyekt-obyekt munosabatlari” deb ataladi. “Subyekt” — o‘z hayoti, istaklari, kechinmalari va tajribasiga ega bo‘lgan ota-ona. Bola esa faqat ma’lum bir vazifalarni (ta’lim olish, odob saqlash, ota-onasini xursand qilish, itoatkor bo‘lish va muammo chiqarmaslik) bajaruvchi “obyekt” hisoblanadi. Bunday ota-onalar tasavvurida bola bir qancha tugmachalari bor robotga o‘xshaydi — o‘zingga keraklisini bosib, qandaydir natijaga erishasan. Agar bolaning so‘zi yoki harakatlari unga qo‘yilgan talablarni buzsa, bu ilgari mukammal ishlagan tizimning buzilishi sifatida qabul qilinadi. Shu bois, ota-ona bolasining vazifalari va ehtiyojlari haqidagi tasavvurga sig‘mas g‘oyalarga quloq tutmaydi. Quyida bolani obyektga aylantirib qo‘yuvchi eng keng tarqalgan vaziyatlar va bunday holatda ota-ona farzandini eshitishi ehtimoli qancha ekani haqida so‘z boradi: Aksar ota-ona ba’zan farzandi orqali ikkinchi bor yashashga urinib, unda mustaqil shaxsni emas, balki o‘z davomchisini ko‘radi. Bu “davomchi”ning vazifasi — ota-onaning bolalikdagi orzularini ro‘yobga chiqarish va ular yeta olmagan marralarni zabt etish bo‘ladi. Shu bilan birga, bolaning fikri bilan hech kim qiziqmaydi. Masalan, bola matematikani yoqtirsa-da, futbol to‘garagiga qatnashadi, chunki dadasi mamlakat terma jamoasida to‘p surishni orzu qilgan. Ota-ona tuzgan rejalarga qarshi chiqishga urinish to‘siqlarni yengib, ko‘zlangan marraga yetishni istamaslik sifatida qabul qilinadi. Bu esa “topshiriq bajarilmagan”i va umid oqlanmaganini anglatadi. Farzandining istak va qarashlari o‘zining hayotiy tamoyillari va tajribalariga zid bo‘lsa, qattiqqo‘l, avtoritar ota-ona bundan ranjishi va hatto tahdid qilishi mumkin. Bunday oilalarda hayot muhokama qilinmaydigan, qat’iy va o‘zgarmas qoidalar bo‘yicha kechadi. Barqarorlik va xavfsizlikka asosiy qadriyat deb urg‘u beriladi. Tuyg‘ular rag‘batlantirilmaydi, farzand tarbiyasida asosiy e’tibor jamiyatga mos tushadigan “haqiqiy erak” va “munosib ayol”ni yetishtirib berishga qaratiladi. Farzand odatiy qolipga tushmasa (masalan, qiz tikuvchilik yo pazandalikni o‘rganishdan bosh tortib, kelajakda model bo‘lishni orzu qilsa yoki o‘g‘il o‘yinchoq askarlarni o‘ynash o‘rniga qo‘g‘irchoqqa ishtiyoqmand bo‘lsa), avtoritar oila bundan hayratga tushadi. Avtoritar ota-ona bilan muloqotda “men”ingizni saqlab qolish Gerkules kabi jasoratli bo‘lishni talab qiladi. Ajrashgan oilalarda farzand ko‘pincha o‘zi bilan qolgan otasi yoki onasi uchun “ishonchli shaxs” rolini o‘ynab, uning baxti uchun javobgarlikni zimmasiga olishiga to‘g‘ri keladi. To‘ng‘ich farzand zimmasidagi yuk undan ham og‘irroq: yolg‘iz boquvchisi pul topayotgan vaqtda uka va singillari uchun ota-ona o‘rnini bosishi kerak. Muammoli oilada, masalan, ichuvchi yoki giyohvandlar oilasida farzand bilan ota-ona o‘rni butkul almashib qolishi mumkin. Bola ro‘zg‘or tebratishi, “muammoli” ota-onaga g‘amxo‘rlik qilishi va uning xarxashalariga dosh berishiga to‘g‘ri keladi. O‘zi istaganday bo‘lishning iloji yo‘q. Bunday sharoitda unga quloq tutishlarini talab qilishdan foyda yo‘q: shusiz ham muvozanat buzilgan. Yolg‘iz ota yoki ona tirgaksiz qolib ketishdan qo‘rqadi. Ota-ona voyaga yetmagan farzandga qaram bo‘lsa, u bilan muloqot o‘rnatishning imkoni bo‘lmaydi. Har qaysi ota-ona qachondir bola bo‘lgan va ularning bugungi kunda o‘zini qanday tutishi ko‘pincha o‘tmishdagi bolaligi bilan bog‘liq. Agar o‘shanda ularning his-tuyg‘ulari va ehtiyojlari e’tiborsiz qoldirilgan bo‘lsa, ular o‘z farzandiga hissiy iliqlik va qo‘llovni bera olmaydi. Shu bilan birga, ota-ona mehrsiz oilada ulg‘aygan bo‘lsa ham farzandiga befarq bo‘lmaydi va uning uchun qo‘lidan kelgan hamma ishni qiladi. Bunday vaziyatda uning e’tiborini jalb etish va tushunishga undash mumkin. Lekin bir narsani yoddan chiqarmaslik kerak: bunday ota-onalarda samarali muloqot uchun zarur bo‘lgan “hissiy mushaklar” rivojlanmagan. Kuchli siquvga olib, ularda aybdorlik hissini chaqirishga urinmaslik zarur. “Enaga ota-ona” (yana bir nomi — “vertolyot ota-ona”) bolani arzimagan qiyinchiliklardan ham himoya qilib, hatto eng oddiy masalalarni ham o‘zi hal qilishiga yo‘l bermay, ularga g‘amxo‘rlik qilishga o‘rganib qolgan. Ular o‘z farzandi qachondir ulg‘ayib, qo‘lidan yetaklab yurishga ehtiyoj qolmasligidan dahshatga tushadi. Bunday vaziyatda so‘z emas, balki amaliy chora yordam beradi. Ota-onangiz endi chaqaloq emasligingizni tushunishiga imkon bering. Hayotingizni tartibga keltiring. Qo‘lingizdan kelgan barcha ishni o‘zingiz bajaring. Nolimang. Kechikmang. Kelasi safar ular sumkangizni ko‘tarishga yoki xonangizni yig‘ishtirishga harakat qilsa, muloyimlik bilan, biroq qat’iy ohangda rad eting. Bir so‘z bilan aytganda, ulg‘aying. Adekvat ota-onalar ham ishi yoki muammolari ko‘pligi uchun farzandi bilan dildan suhbatlashishga vaqt topolmasligi mumkin. Ular ko‘pincha bolada qandaydir muammolar borligini payqamaydi ham. Bu vaziyatda muloqot o‘rnatish osonroq kechadi. Nazorat qilish va tartib o‘rnatishga uncha o‘ch bo‘lmagan, shunchaki ishdan toliqqan ota-ona muammolaringizdan xabar topsa, yordam qo‘lini cho‘zishi ehtimoli ko‘proq. Biroq bolaga e’tibor yo‘qligining eng keng tarqalgan sababi kattalarning “avtopilotda” yashash odatidir. Rostakamiga hissiy aloqaga kirishish katta kuch talab qiladi. Fikrni bir joyga qo‘yib, televizorni o‘chirib, bolaga vaqt ajratish kerak. Yoqimsiz gaplarni eshitishga yoki aybni tan olishga to‘g‘ri kelib qolishi ham mumkin. Rasmiy muloqot esa osonroq va xavfsizroq. Dildan suhbatlashish imkoniyati bor. Asosiysi, ota-ona boshqa narsaga chalg‘imay, qulay fursatni tanlashi kerak. Farzand uchun hamma narsani hal qilish va uning alohida shaxs ekanini payqamaslik qulay va oson. Bolaning his-tuyg‘ulari va istaklarini e’tiborsiz qoldirib, unda shunday tushunchalarni paydo qilamiz: “men uncha yaxshi bola emasman”, “e’tibor va qo‘llab-quvvatlashga arzimayman”, “men hech kimman”. Bunday vaziyatga tushib qolgan farzand yo isyon ko‘tarib, ota-onasi bilan aloqani uzadi yo taslim bo‘lib, bo‘yin egib yashashga ko‘nikadi. Shu bilan birga, “bo‘ysinuvchi” ham, “isyonchi” ham o‘zini shaxs sifatida qabul qilishda qiyinchiliklarga duch keladi. Olimlar hissiy e’tiborsizlik muhitida o‘sgan bolalarda jismoniy va jinsiy zo‘ravonlikka uchragan bolalardagi kabi yuqori darajada tashvish, tushkunlik va o‘z joniga qasd qilishga moyillik borligini aniqlagan. Agar siz ota yoki ona bo‘lsangiz, farzandingiz faqat boqish, kiyintirish va tarbiyalash zarur bo‘lgan go‘dak emas, balki ulg‘ayish arafasidagi shaxs ekanini ham inobatga oling. Kelajakda o‘zini baxtli his qilishi va dadil qadam tashlashi uchun hozir unga nima berishingiz kerak? Ozgina e’tibor. Ishonch. Hurmat. Bolaligingizni eslang. Nimani qanday qilish kerakligini uqtirib, siz uchun qaror qabul qilib, mustaqil fikr bildirishga ruxsat berishmaganida ichingizdan nimalar o‘tgan? Bola rivojlanishi uchun nafaqat g‘amxo‘rlikka, balki erkinlikka ham muhtojligini anglash zarur. O‘z baxti uchun kurashishiga qo‘yib bering. Balki o‘sha bolalar ichida siz ham bordirsiz? Vaziyatni o‘zgartirishga harakat qiling. Birinchi navbatda, qo‘rquvni yengish kerak. Hamma tinch va hech kim hech qayoqqa shoshmayotgan, qulay fursatni tanlang. Suhbatni yengilroq mavzudan boshlang, nima deyishingizni oldindan o‘ylab oling. O‘zingizni qanday his qilayotganingizni ochiq bayon qiling. Ayblamang, nolimang va o‘zingizni oqlamang. O‘zingizni “raqib”ning o‘rniga qo‘yib ko‘ring. Ota-ona ham inson ekanini unutmang.
170
7,883
Ayollar
Styuardessa, ofis menejeri va saraton xavfini oshiradigan boshqa 7 ta kasb
Ba’zi kasblar turli xil saraton xastaligi xavfini bir necha borga oshiradi, shuning uchun tanlagan kasb xavfli ro‘yxatga kiritilgani haqida bilib qo‘yish zarar qilmaydi. Styuardessa Ko‘krak bezi saratoni xavfi 50 foiz, melanoma teri saratoni xavfi 4 baravar yuqori, bachadon bo‘yni, bachadon, qalqonsimon bez, qizilo‘ngach, yo‘g‘on ichak, oshqozon, jigar va oshqozon osti bezi saratoni rivojlanishi xavfi ham ancha yuqori. Ushbu qo‘shimcha xavflarning barchasi styuardessalar va bort xodimlarida yuqori balandlikda ionlashtiruvchi nurlanish ta’siridan kelib chiqadi. Uchuvchi Uchuvchi va boshqa samolyot ekipaji a’zolarida teri saratoniga chalinish xavfini ikki baravar yuqori. Bularning barchasi nurlanish tufayli yuzaga keladi. Shuning uchun ham ushbu kasb egalari boshqalarga nisbatan ertaroq nafaqa chiqadi. Payvandchi O‘pka, buyrak saratoni, shuningdek, ko‘z melanomasi payvandchilarning kasb kasalligidir. Hammasi metal qizdirilganda ajraluvchi gazlar bilan bog‘liq. Uarning aksariyati zaharli va sog‘liq uchun xavflidir. Harakat talab etmaydigan kasb Endometriya saratoni xavfi 32 foiz, yo‘g‘on ichak saratoni xavfi 24 foiz, bundan tashqari, har ikki soatlik ish xavfni yana 10 foizga oshiradi. Afsuski, agar ish ofisda bo‘lsa va ish kunining ko‘p qismi o‘tirish bilan o‘tkazilsa, sog‘liqni saqlashning bitta usuli bor. Buning uchun har soatda tanaffus qilish va jismoniy mashqlarni bajarish kerak. Tushlikda ham kamida 10 daqiqa piyoda yurish tavsiya etiladi. Manikyur ustasi Tirnoq parvarishi bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar nafas olayotgan kimyoviy moddalar, chang va tirnoq zarralari o‘pka va teri saratoni xavfini sezilarli darajada oshiradi. Xavfni xonani muntazam shamollatish, ish vaqtida niqob va qo‘lqoplardan foydalanish orqali kamaytirish mumkin. O‘t o‘chiruvchilari Yong‘in, tutun va qulab tushish arafasida turgan binolar emas, aksincha saraton kasalligi ushbu kasb egalarining asosiy dushmani sanaladi. Yelim, qurilish materiallari va hattoki yong‘in vatqida ajralib chiqadigan zaharli moddalar tuxumdon saratoni va mezotelioma rivojlanish xavfini sezilarli darajada oshiradi. Tungi ish Agar ish faoliyati tunda amalga oshadigan bo‘lsa, xatarli o‘smalar paydo bo‘lishi xavfi kunduzgiga qaraganda ancha yuqori. Massachusets Texnologiya instituti olimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijasida qayd etilishicha, tabiiy ritmning buzilishi hujayralarda xavfli oqsil to‘planishiga va o‘smalar rivojlanishiga olib keladi. Sartarosh Sochini vaqti-vaqti bilan bo‘yatib, kimyoviy moddalar bilan jingalak qiladiganlar xavfli kasallik haqida qayg‘urmasa ham bo‘ladi. Lekin muntazam ravishda ushbu kasb bilan shug‘ullanish saratonning ayrim turlarini rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Bunday vaqtda himoyalanish uchun qo‘lqop, niqob va xonani tezt-tez shamollatish tavsiya etiladi. Laboratoriya assistenti Agar oilada kimdir ko‘krak bezi saratoni bilan kasallangan bo‘lsa, demak, ular orasidan hech kim laboratoriyaga bormasligi kerak. Saraton tadqiqotlari jurnalida chop etilgan izlanishga ko‘ra, bu kasallik xavfini ikki baravarga ko‘payishini tasdiqlaydi.
74
3,075
Ayollar
Sotib olishga hojat yo‘q: uy sharoitida tayyorlash mumkin bo‘lgan 8 xil tozalash vositasi
Agar uyda tozalash yoki kir yuvish vositasi tugab qolsa, do‘konga shoshishning keragi yo‘q. Chunki uy sharoitida ham tayyorlash mumkin bo‘lgan ko‘p narsa bor. Ular nafaqat samarali, balki tabiiy hamdir. Derazalarni tozalash vositasi Tarkibi: 2 stakan suv, ¼ stakan sirka, ¼ stakan spirtli ichimliklar, 1 yoki 2 tomchi efir moyi. Bu suyuqlikka yoqimli hid beradi. Qo‘llanilishi: Vositalar aralashtiriladi va shishasida saqlanadi. Avval qog‘oz sochiq yoki yumshoq matoga, keyin derazaga sepiladi. Issiq quyoshli kunda derazalarni yuvmaslik tavsiya etiladi, chunki vosita juda tez qurib, oynada dog‘ qoldirishi mumkin. Yog‘larni ketkazish vositasi Tarkibi: ¼ stakan ammiak, yetarli miqdorda suv (taxminan 4 litr) va idish yuvish uchun ozgina suyuqlik qo‘shiladi. Qo‘llanilishi: Idish yuvish uchun shimgich eritma ichiga botirilib, sirti artiladi. Keyin yuza toza suv bilan yuvib tashlanadi. Umumiy tozalash vositasi Tarkibi: 4 osh qoshiq iste’mol sodasi, bir litr iliq suv. Qo‘llanilishi: Shimgich aralashmaga botiriladi va yuzalar artiladi. Dog‘larni ketkazuvchi vosita Tarkibi: 4 litr issiq suv, bir stakan kir yuvish vositasi, bir stakan oddiy suyuq xlorli oqartirgich. Qo‘llanilishi: Vositalar idishda aralashtiriladi, tozalash kerak bo‘lgan joy 15-20 daqiqa davomida namladi, keyin odatdagidek yuviladi. Stol ustidagi dog'larni ketkazuvchi vosita Tarkibi: 1:1 nisbatda tish yuvish pastasi va iste’mol sodasi Qo‘llanishi: Mato suv bilan namlanadi, so‘ng dog‘ yuzasi tish pastasi aralashmasi bilan artiladi. Boshqa quruq mato bilan sirt artib, quritiladi. Idish yuvish mashinasidagi dog‘larni ketkazuvchi vosita Tarkibi: ¼ stakan limon kislotasi yoki apelsin sharbati. Qo‘llanilishi: Mashinaning ichidagi zangni olib tashlash uchun mahsulotni dispenser bo‘limiga quyiladi va normal rejimga qo‘yiladi. Agar kerak bo‘lsa, jarayon takrorlanadi. Metall tozalovchi vosita Tarkibi: Sirka yoki limon sharbati va tuz. Qo‘llanilishi: Shimgich sirka yoki limon sharbati ichiga botirilib, ustiga tuz sepiladi. Yuza artiladi va suv bilan yaxshilab yuviladi. So‘ng darhol toza mato bilan artib olinadi. Marmar tozalash vositasi Tarkibi: Bir necha tomchi idishlarni yuvish vositasi va 2 stakan iliq suv. Qo‘llanilishi: Aralashma bilan sirt usti artib olinadi va qoldiqlarini olib tashlash uchun yaxshilab chayiladi. Hech qachon marmar yoki granit yuzalarga sirka, limon yoki boshqa oksidlovchi vositalarni ishlatib bo‘lmaydi.
89
2,413
Ayollar
Yangi yil sovg‘asi uchun ajoyib g‘oya: shokoladli guldasta tayyorlaymiz (foto)
O‘z qo‘lingiz bilan tayyorlagan ushbu guldasta yaqin va qadrli insonlaringiz kayfiyatini ko‘tarishi aniq. Uzum shingili ko‘rinishidagi ushbu guldastaning ko‘rinishi kishini quvontiradi, tillarang qog‘oz ichidagi shokoladlar mazali bo‘lsa yana yaxshi. Buning uchun quyidagi narsalar kerak bo‘ladi: Shokoladlarni tillarang qog‘ozga o‘rang va qog‘ozni birlashtirgan tarafi ustidan ip bilan mustahkamlang. Ulardan birining zarini diametri 1,2 mm simga suratdagidek mahkamlang. Qolgan shokoladlarni diametri 0,7 mm bo‘lgan ingichka simga 3-4 donadan birlashtirib chiqing. 1,2 mm simga birlashtirilgan shokolad atrofiga boshqa kichik simli shokoladlarni birlashtirib chiqing. Simlarni burab qo‘shib chiqqaningizdan keyin ustidan zarli qog‘oz aylantirib chiqing. Simni buking va tasma bilan aylantirib chiqing. Sun’iy uzum yaproqlarini simga kirgizing. Guldasta ko‘rinishi uzum shingilini esga solishi kerak.
78
908
Ayollar
50 dan oshgan ayollarga yosh ko‘rinish imkonini beruvchi bejirim liboslar (foto)
Yosh ko‘rinish uchun salomatlik, soch turmagi va imij yaratishda kiyinish uslubiga ham e’tibor berish kerak. Qo‘shimcha aksessuar va ranglarning to‘g‘ri tanlanishi ham ayollarning yoshiga nisbatan katta yoki aksincha yosh ko‘rinishiga sabab bo‘ladi. Quyida 50 yoshdan oshgan ayollarni yosh ko‘rsatadigan liboslar haqida ma’lumot beriladi. Oversayz ko‘ylak Oversayz ko‘ylak bilan istalgan obrazni yaratish va minimal ko‘rinishga ega bo‘lish hamda uni kundalik yoki bayram kunlari ham kiyish mumkin bo‘ladi. Yoshi kattaroq bo‘lgan ayollar uchun bir rangdagi yoki gulli, naqshli variantlar — eng a’lo variant. Assimetrik bichim va sifatli matodan tikilgan ko‘ylak bazaviy garderob uchun ayni muddao. Jinsi Jinsi shim yoki pidjak ayollar garderobida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan kiyimlardan biri hisoblanadi. U orqali qomatni aks ettirish, kamchiliklarni yashirish mumkin. Bel qismi yuqori, to‘g‘ri bichimli minimal uslubdagi jinsi shim yosh ko‘rsatish xususiyatiga ega. Oq keta Oq rangli ketani romantik, sport yoki kejual obrazlar bilan ham moslasa bo‘ladi. Mazkur poyabzal obrazni qiziqarli, zamonaviy va didli ko‘rsatadi. Uzun bleyzer Yoshi kattaroq bo‘lgan ayollar garderobida bo‘lishi kerak bo‘lgan kiyimlardan yana biri bleyzer sanaladi. Uning dolzarb rangdagi, qo‘shimcha printlari bor variantlari bilan hech ikkilanmay kuzgi, qishki va hatto bahorgi obrazlarni esda qolarli qilish mumkin.
80
1,401
Ayollar
5 soniya qoidasi sizga har qanday ishni boshlashga yordam beradi
Bor-yo‘g‘i beshdan birgacha sanash orqali siz ishni boshlashingiz yoki biron narsaga qaror qilishingiz mumkin. 5 soniya qoidasi shundan iboratki, harakat qilishni boshlashdan oldin beshdan birgacha sanash kerak bo‘ladi. Shunda siz hatto xohishingiz bo‘lmagan yoki biron-bir sababsiz ham ishlarni bajara olishingiz mumkin. Balki bu usul sizga kulgili va haqiqatdan uzoqroq bo‘lib ko‘ringandir. Lekin tajribalar buning aksini ko‘rsatmoqda. 5 soniya qoidasining samaraliligini shunday tushuntirish mumkin: Siz sanashni qaysidir harakatni bajarishga bog‘laysiz. Birgacha sanab bo‘lganingizdan so‘ng, buni ongli ravishda marra chizig‘i deb qabul qilasiz. Agar siz “Olg‘a!” yoki “Boshladik!” deb xitob qilsangiz bu ishga kirishishingizga yanada ko‘proq yordam beradi. Agar siz sanab bo‘lgandan keyin darhol ishga kirishaman deb o‘zingizga so‘z bersangiz, bu sizga kerakli quvvat turtkisini beradi. Klassik misol — soat qo‘ng‘irog‘i bo‘yicha turish. Uni har 5 daqiqada takroran jiringlashga qo‘yishning o‘rniga, 5 dan birgacha sanang va o‘ylab o‘tirmasdan darrov joyingizdan turing. Aslida, besh soniya qoidasi sizga hayotning hamma sohalarida kerak bo‘ladi. Masalan uni quyidagi hollarda qo‘llashga harakat qiling: Yo‘lning eng qiyin qismi — bu birinchi qadam ekanligini unutmang. Keyin siz qilayotgan ishingizga moslashasiz va bu vazifalardan qo‘rqmay qo‘yasiz. Manba: “Layfxaker”
64
1,376
Ayollar
Dunyo bo‘yicha styuardessalarning eng chiroyli liboslari (foto)
Styuardessalar ishining murakkabligi, turli holatlarda qiyinchiliklar kelib chiqish mumkinligiga qaramay hamisha maftunkor va go‘zal ko‘rinadi. Kompaniyaning yuzi hisoblangan mazkur xodimlarning tashqi ko‘rinishi mukammal bo‘lishida ularning kiyimi ham muhim rol o‘ynaydi. Dizayni va qulayligi bilan o‘ziga xos bo‘lgan dunyodagi eng chiroyli formalar suratini e’tiboringizga havola qilamiz. SkyUp Ukraina aviakompaniyasi styuardessalarining yuniformasi yorqin rangi va bichimi bilan o‘ziga xos sanaladi. Qayta dizaynlash bo‘yicha loyiha kuratori Olga Saregradskayaning aytishicha, asosiy maqsad — faol pozitsiyaga ega zamonaviy qiz obraz yaratishdan iborat bo‘lgan. SkyUp’ning yangi formasini ishlab chiqish uchun Ukrainaning ikki brendi taklif qilingan. GUDU dizayneri Lasha Mdinaradzade obrazning chizmasini chizgan, kostyumlar uchun maxsus andoza ishlab chiqqan. Shuningdek, obrazga kuz va yoz kolleksiyasidan palto qo‘shgan. GUNIA Project jamoasi esa styuardessalarning jaketi va paltosining yelka qismiga qadaladigan va aviakompaniya formasining ramziy belgisi hisoblangan shoyi ro‘moldagi printni ishlab chiqqan. Poshnali tuflilar esa qulay va harakatlanish oson bo‘lgan Nike krossovkalariga almashtirilgan. Emirates Emirates — ushbu aviakompaniya nafaqat bekam-u ko‘st xizmat ko‘rsatishi, balki xodimlarning namunali tashqi ko‘rinishi bilan ham mashhurdir. 1997-yilda ishlab chiqilgan yuniformaga 2008-yilda biroz o‘zgartirish kiritilgan. Arablarning an’analariga xos elementni o‘zida mujassam qilgan obraz Britaniyaning Simon Jersey brendi tomonidan ishlab chiqarilgan. Undagi asosiy detal bosh kiyim va unga ulanib, yelkaning bir qismiga tashlanadigan ro‘mol hisoblanadi. Emirates vakillarining aytishicha, forma xizmat ko‘rsatishning yuqori darajasi va aviakompaniyaning tajribasiga urg‘u berishi, shuningdek, ekipaj a’zolari uchun qulay va tezkor harakatlanishi uchun o‘ng‘ay bo‘lishi kerak. Qantas Airlines Avstraliyaning Qantas aviakompaniyasi ishchilarining kiyimi dunyodagi eng yaxshi formalardan biri sanaladi. Obrazni kelib chiqishi avstraliyalik bo‘lgan, Martin Grant brendi asoschisi Martin Grang tomonidan ishlab chiqilgan kiyimni rasmiy taqdimotda Victoria’s Secret modeli Miranda Kerr namoyish qilgan. Air France Moda vatanlaridan biri bo‘lgan — Fransiya aviakompaniyasining formasi o‘ziga xos va bashang bo‘lmasligi mumkin emas edi. 60 yillarda Balenciaga va Dior brendlari tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lsa, 2006-yilga kelib bu mas’uliyatli vazifani dizayner Kristian Lakrua o‘z zimmasiga olgan. Asos sifatida qora rangdan foydalangan dizayner, kapalak shaklidagi belbog‘ va qo‘lqop uchun yorqin qizil rangni tanlashni afzal bilgan. Qatar Airways Qatar aviakompaniyasi xodimlarining libosi esa Olino kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. To‘q qizil va kulrang ranglardagi libos bir vaqtning o‘zida oddiy, ammo shu bilan birga bashang ko‘rsatadi. Ayollar uchun yubka va shim taqdim qilingan bo‘lib — parvoz davomida qay birida harakatlanish qulayligini xodimning o‘zi tanlaydi. Agar yubka tanlansa, u tizzadan tushib turishi va haddan ortiq tor bo‘lmasligi kerak. Shuningdek, ikki xil: poshnali va qulay poyabzal qo‘shib beriladi. Turkish Airlines Turkiya aviakompaniyasi styuardessalarining libosi ustida Istanbulning go‘zalligi va serqirra ekanidan ilhomlangan milanlik dizayner Ettore Billotta ishlagan. U obraz yaratishda an’anaviy kalligrafiya va mozaikalarni ro‘mol va bo‘yinbog‘da mujassam etishga uringanini ta’kidlagan. Kulrang va to‘q qizil rangdagi libos komplekti: shlyapa, qo‘lqop, ro‘mol, kostyum, sumka va aksessuarlarni o‘z ichiga oladi. Virgin Atlantic Ekipaj a’zolarining kiyimi dizayner Viven Vestvud tomonidan ishlab chiqilgan. 1940-yillar fransuz tendensiyalaridan ilhomlanib yaratilgan formaning ayollar uchun mo‘ljallangan variantiga 2005-yilda hoshiyali, oq kofta qo‘shilgan. Styuardessalar koftani plissirovkali yubka ichiga kirgizib, ustidan bel qismiga urg‘u berilgan jaket kiyadi. Erkaklar formasi esa Sevil-Rou uslubidagi kostyum shimdan iborat. Qolaversa, yuniforma ekologik talablarga ham javob beradi. Poliyester uchun ip qayta ishlangan plastik idishlardan ishlanadi. American Airlines American Airlines xodimlarining klassik va oddiy formasi America West Airlines va US Airways qo‘shilganidan keyin yangilangan. Aslida undan avvalroq, 2016-yilda 80-yillardagi obrazga o‘zgartirish kiritishga qaror qilingan. Ammo bir necha oydan keyin ishchilar bosh og‘rishi, toshma toshishi va bezovtalikdan shikoyat qilgan. Shundan keyin Lands End tomonidan yangi kiyimlar ishlab chiqilgan. Barcha detallar: ip, tugmacha, zamok va boshqalarda xavfli kimyoviy moddalar ishlatilmasligiga e’tibor berilgan. Shundan keyin formaning rangi kulrangdan to‘q ko‘k rangga o‘zgargan. Urg‘u sifatida esa qizil rangdan foydalanilgan. Singapore Airlines Singapur aviakompaniyasi xodimlarining obrazi esa 50 yildan buyon deyarli o‘zgarmagan. Fransuz dizayneri Pyer Balmen tomonidan 1968-yilda taqdim qilingan libos ustida ishlash davomida qulaylik bilan birga an’anaviylikka urg‘u berishga e’tibor qaratilgan. Uniforma sarong kebaya — milliy kostyumi motivi asosida yaratilgan. Asos uchun Pyer milliy naqsh tushilgan Malayziyaning batikli matosidan foydalangan. China Eastern Airlines Fransuz dizayneri Kristian Lakrua omonidan ishlab chiqilgan libosda “shanhaycha uslub”, yevropacha bichim va fransuz modasining ta’sirini ko‘rish mumkin. Asos sifatida to‘q ko‘k matodan foydalangan Lakrua, qizil rang bilan obrazga urg‘u berishga harakat qilgan. Virgin Australia “Podium loyihasi” shousi g‘olibi Juli Grbak tomonidan ishlab chiqilgan Virgin Australia formasi 2011-yilda rasman taqdim qilingan. Alvon va siyohrangning umumlashtirilgani kompaniya xodimlarining, hatto uzoqdan ham ko‘zga tashlanib turishiga sabab bo‘ladi. Dizaynerning aytishicha, formani tikib bitirish uchun atigi 7 oy vaqt ketgan.
63
5,839
Ayollar
Shisha ortidan: shaffof to‘siq koronavirusdan himoya qiladimi?
Koronavirusdan himoyalanish maqsadida maxsus niqobdan tashqari shaffof to‘siqdan foyadalanayotgan insonlarni ko‘rish mumkin. Unda nafas olish oson bo‘lib, to‘siq yuzga tegmaydi, shuningdek, yuzdagi imo-ishora muammosiz aks etadi. Xo‘sh, bu sifatlar tufayli shaffof to‘siqlar yaxshi himoya vositasi hisoblanadimi? Butun dunyo mutaxassislarining fikri boshqacharoq, ular himoya vositasi uchun, albatta, niqob kiyishni tavsiya etadi. Asosiy sabab shundaki, shaffof to‘siqlar uchayotgan virus zarralarini blokirovka qilishda samarali ekanligi to‘g‘risida aniq dalillar mavjud emas. Shu bilan birga, kasallikni yuqtirish ehtimoli yaqin aloqada juda yuqori, chunki zarrachalar o‘zlarining egasidan bir necha metr uzoqlikda ham uchishga qodir. Shuning uchun ham niqoblargina ularning tarqalishini kamaytirishi mumkin. Olimlar distillangan suv bilan glitserin aralashmasini purkovchi, yo‘taladigan yoki aksiradigan qo‘g‘irchoqlar bilan tajriba o‘tkazib ko‘rdi. Maxsus lazer yordamida suv tomchilarining tarqalishini kuzatdi. Qo‘g‘irchoqlarga to‘rt xil himoya vositasi – odatdagi niqob, N95 nafas olish moslamali niqob, nafas olish qopqog‘li niqob hamda himoyalovchi shaffof to‘siq taqilgan. Ma’lum bo‘lishicha, ekran shunchaki virus zarralarini pastga yo‘naltirgan. Ularda ekran ostiga sochilib ketish holati kuzatilgan. Shu bilan birga, odatdagi jarrohlik va mato niqoblar o‘z vazifasini juda yaxshi bajargan. Ammo qopqoqli niqob katta zarralarini ushlab, kichiklarini tarqalishiga yo‘l qo‘ygan. Shuning uchun ularni samaradorlik darajasi biroz shubhali. Yaponiyada superkompyuter ishtirokidagi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, shaffof to‘siq kichik va o‘rtacha zarralarni tarqalishiga xalaqit bermaydi. Ular ekranning pastki va yon tomonlaridan uchib chiqib, boshqa insonlarga yetib borishi mumkin. Shaffof to‘siq va niqobning kombinatsiyasi eng yaxshi himoyani ta’minlaydi. Shuning uchun u bemorlar bilan yaqin aloqada ishlaydigan shifokorlar tomonidan qo‘llaniladi. Shuningdek, to‘siq muhim xususiyatga ham ega bo‘lib, u ko‘zni zararli ta’sirlardan ishonchli himoyda qiladi. Ammo uning ahamiyati burun va og‘izniki kabi emas. Shaffof to‘siqni niqobdan bo‘g‘ilayotganlar yoki ruhan xasta kishilar kiyishi mumkin, boshqalarga esa niqob yoki niqob va shaffof to‘siqni birlashtirib kiyish tavsiya etiladi.
62
2,296
Ayollar
Moda namoyishlaridan olingan 2017-yil trendlari
2017-yilda urflar borasida turli xillik kutilmoqda. Legginslar 80-yillarda televizor orqali aerobika mashqlarini bajaruvchi ayollar kiygan leggins yana qaytib keldi. Ularni ko‘ylak yoki uzun tunikalar va qalin tagcharmli oyoq kiyimlari bilan kiyish mumkin. Neon (yorqin ranglar) Har xil yozuvlar va yirik printlar o‘rnini nozik gulli naqshlar egalladi. Neylon Bu yil neylon matosi yana urfga kirdi. Siz ham neylondan zamonaviy uslubda tikilgan liboslarni bemalol tanlashingiz mumkin. Keng yelkalar Sal qo‘pol va kuchli yelkalarsiz kiyimni tasavvur qilish qiyin. Siz ham klassik uslubdagi kostyumingiz yoki kichkina qora ko‘ylagingizni yangi ijroda tasavvur qilib ko‘ring. Qanday kiyinishni tanlasangiz ham, eng asosiysi qulaylik va oddiylik hisoblanadi.
47
754
Ayollar
Qanday qilib kunni to‘g‘ri boshlash va yakunlash kerak?
Kechqurun 15 daqiqa va ertalab 10 daqiqa vaqtingizni o‘zingizga bir necha savollar berishga sarf qiling. 1.Kecha kechqurundan beri biron bir ahamiyatli voqea yuz berdimi? Ba’zi voqealar sizni bir kunga mo‘ljallangan rejalaringizni o‘zgartirishga majbur qiladi. Masalan, agar o‘zingiz yoki yaqinlaringiz kasal bo‘lib qolsa grafikni qaytadan tuzishga to‘g‘ri keladi. Faqat darrov pochtani tekshirishga tushib ketmang. Biron bir xat haqiqatan ham kuningizga kuchli ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi haqida o‘ylab ko‘ring. Faqat siz ertalabga rejalashtirgan ishlaringiz bilan bog‘liq xabarlarni ko‘rib chiqing. 2.Bugun nimalar qilish kerak? Bugun qilinadigan ishlar haqida kechqurun tuzilgan ro‘yxatni ko‘rib chiqing. Zarur bo‘lsa uni to‘ldiring yoki qisqartiring. 3. Hozirning o‘zida nimadan boshlash kerak? Bitta vazifani tanlang va butun diqqat-e’tiboringizni unga qarating. Uchta ishni qo‘l uchida bajarganingizdan ko‘ra, bitta ishni yaxshiroq qilganingiz ma’qul. 1. Bir kunda nimalarga erishdingiz? Nimalar qilganingiz, natijasi nima bo‘lganini eslab ko‘ring. Hayot — bu kichik qadamlar ketma-ketligidan iborat va agar kichkina g‘alabalardan quvonmasangiz, kattalari tomon harakatlanish qiyin bo‘ladi. 2. Hozirning o‘zida nimadir qilish kerakmi? Ba’zan o‘zingizni qaysidir ish qilinmasdan qolgandek sezish dam olish va ish haqida unutishga xalal beradi. Unutib qoldirgan ishni topish uchun kelgan xatlarni va ishlar ro‘yxatini tekshiring. Keyin agar u ertaga qolsa nima yuz berishini o‘ylab ko‘ring. 3. Bugun bajarishga ulgurmaganlaringizni qachon qilish kerak? Bir kun ichida yaqin kunlarda bajarish kerak bo‘ladigan ko‘plab ishlar paydo bo‘lishi mumkin, lekin bu ularni aynan hozir bajarishga kirishish kerak degani emas. Ularni ertaga yoki boshqa bir aniq vaqtga rejalashtiring, bugun esa ular haqida boshqa o‘ylamaslikka harakat qiling. Agar siz boshlagan ishingizni bugun tamomlamagan bo‘lsangiz, qayerda to‘xtaganingizni va keyin qanday davom ettirish kerakligini belgilab qo‘ying. Shunda ertasi kun ishingizni davom ettirish osonroq bo‘ladi. Manba: “Layfxaker”
55
2,065
Ayollar
Baletka kiyib o‘ziga xos ko‘rinish uchun 10 tavsiya
Kunlar isigani sayin ayol kishi garderobidagi libos va aksessuarlarni o‘zgartirishni istaydi. Qulay va chiroyli ko‘rinishga ega bo‘lgan baletkalar esa obrazning ko‘ngildagidek bo‘lishiga hissa qo‘shadi. Tag qismi biroz baland bo‘lgan baletka tanlang Tag qismi juda past poyabzal nafaqat tez yaroqsiz bo‘ladi, yurish va qomatga ham ta’sir qilmay qolmaydi. Aynan shu sabab ham hech bo‘lmaganda 0,5 sm baland bo‘lgan baletkalarni tanlash tavsiya qilinadi. Paypoq va kolgotka kiymang Havo harorati issiq bo‘lganda baletkalarni kolgotka va paypoq bilan kiyishga hojat yo‘q. Harorat sovuq va kolgotka kiymaslikning iloji bo‘lmaganda esa, yaxshisi, e’tiboringizni lofer va boshqa poyabzallarga qarating. Sport uslubidagi boshqa kiyimlar bilan moslamang Bir obrazda bir necha uslubni umumlashtirish urfda ekanligiga qaramay, baletka bilan bunday qilish tavsiya qilinmaydi. Uchli variantlarga e’tibor qarating Old qismi dumaloq va uchli variantdan birini tanlashingiz kerak bo‘lsa, ikkinchi variantga e’tibor qaratganingiz yaxshi. Uchli baletkalar bo‘yni baland, qomatni esa ixcham ko‘rsatadi. Ahvoliga e’tibor bering Poshnali tuflidagi kichkina qirilish ko‘zga tashlanmasligi mumkin, ammo baletkada emas. Bunday oyoq kiyim modelidagi arzimagan kamchilik ham e’tibor tortib, obrazni xunuk ko‘rsatadi. Uzun kiyimlar bilan kiymang Tovonga tushib turadigan yubka, ko‘ylak va shimlarni poshnali tufli bilan kiyganingiz yaxshi. Uchli baletkaning biroz poshnali varianti bo‘lsa, keng bichimli shim bilan kiyish mumkin, ammo aksariyat hollarda midi va mini uzunlik bilan moslagan yaxshi. Minimal uslub bilan uyg‘unlashtiring Ortiqcha e’tibor tortmaydigan, sipo kiyim-kechaklar bilan baletka kiyish ayni muddao. Zamonaviy trendlarni esa turli detallarga boy oyoq kiyimlar bilan moslaganingiz yaxshi. Aksessuar va taqinchoq taqishni unutmang Katta, noan’anaviy uzuk, zirak, taqinchoq yoki qalin kamar taqib, baletka kiyish obrazning o‘ziga xosligini ta’minlaydi. Ofisga mo‘ljallangan kostyum bilan baletka kiymang Baletka bilan ish kiyimi mos tushmaydi. Ofis obrazi uchun, yaxshisi, uchli tufli, lofer yoki krossovka kiying, faqat baletka emas. Oqshom obrazlari uchun poshnali tufli kiying Baletka qulay va chiroyli poyabzal ekani rost, ammo bu uning hamma kiyim bilan ham mos kelaverishini bildirmaydi. Masalan, oqshom tadbirlari va ziyofatlar uchun uning o‘rniga poshnali, noodatiyroq poyabzal tanlang. Rasmiy bo‘lmagan oqshom tadbirlari uchun esa uchli baletkalar mos tushadi.
51
2,466
Ayollar
Har doim modada bo‘ladigan 5 xil sumka
Agar siz qimmatbaho va did bilan kiyingan bo‘lsangiz-u, sumkangiz o‘zingizga mos tushmasa, bu holat ko‘rinishingizga putur yetkazadi. Hammaning didi har xil bo‘lsa-da, uslubning amal qilish lozim bo‘lgan va belgilangan qoidalari mavjud. Bu qoidalarga amal qilsangiz mukammal qiyofaga ega bo‘la olasiz. Shunday qilib, biz har bir ayol kishining garderobida bo‘lishi kerak bo‘lgan 5 xil uslubdagi sumkalarni tanladik. 1. Odmi sumka. Qora yoki och jigarrangli, keng va qulay bo‘lgan ish sumka – sizning eng sodiq yo‘ldoshingiz hisoblanadi. 2. Uzun tasmali, unchalik katta bo‘lmagan va to‘g‘ri burchakli sumka. Dam olish kunlari uchun mukammal variant. Uni yelkangizga tashlab, bir piyola qahva ustida bemalol dugonalaringiz bilan yozishishingiz mumkin. 3. Kechalar uchun klatch. Qora, qizil yoki kumushrang klatch – kecha libosini mukammal ravishda to‘ldirib turadi. 4. Kundalik-sport uslubidagi sumka. Bunday sumkalarni mashq zallariga borishda, bolalar bilan shahar tashqarisiga chiqishda ishlatishingiz mumkin. 5. Ryukzak. Agar siz uni sayohatchilar va maktab o‘quvchilari uchun mos keladi deb o‘ylasangiz xato qilasiz. Oxirgi mavsum davomida bu sumkalar liboslarning ajralmas qismi bo‘lib qoldi. Sizga-chi, qaysi biri yoqdi?
38
1,226
Ayollar
Bahorga tayyorgarlik: uyni umumiy tozalashda qo‘l keladigan 12 ta layfxak
Albatta, bir necha oy davomida umumiy tozalash olib borilmagan uyda ishlar qalashib ketadi. Buni vaqtning yetmasligi bilan bog‘lash esa dangasalikning alomatidir. Ammo tartibsizlikning asosiy dushmanlari makonni noto‘g‘ri tashkil etish va ortiqcha narsalardan xalos bo‘lishni istamaslikdir. Quyidagi layfxaklar uydagi holatni qayta ko‘rib chiqishga, muammolarni bartaraf etishga biroz bo‘lsa-da yordam beradi. Tozalashni boshlashdan oldin bir nechta muhim savollarga javob berish kerak: Agar ko‘pgina savollarning javobi “yo‘q” bo‘lsa, ishni ushbu muammolarni hal qilishdan boshlash kerak. Ko‘p idishlar to‘plashning keragi yo‘q Barcha turdagi ajratkichlar, ilgaklar, organizatorlar va qutilarni sotib olishga shoshilmaslik kerak. Albatta, ular tartibni saqlash uchun mo‘ljallangan, lekin ular faqat saqlash uchun qulay bo‘lmagan narsalarga ishlatilishi kerak. Boshqa hollarda, eski narsadan qutulish, buning uchun boshqa idish sotib olish, shkafning uzoqdagi javoniga qo‘yishdan yaxshiroqdir. Shuni unutmaslik kerak, shu tarzda bu tarzda chiqindi va changdan xalos bo‘lish mumkin emas, balki u kvartiraning yoki uyning boshqa qismiga ko‘chiriladi. Vaqt oralig‘i bo‘yicha ish qilish Chiqindilarni tozalashga qancha vaqt sarflash mumkinligini aniqlash va jadvalga rioya qilish samaralidir. Misol uchun, haftada 2-3 soat yoki shkafga bir kecha. O‘z vaqtida to‘xtatish uchun smartfonga taymer o‘rnatish tavsiya etiladi. Ishni eng birinchi ko‘zga tashlanadiganidan boshlash Ko‘zga ko‘rinadigan joyda tartibsizlik kayfiyatni buzadi. Shuning uchun ishni undan boshlash kerak. Oshxonadagi shkaflarni qismlarga ajratishga qaror qilindi. Demak, avval oshxona peshtaxtasidan keraksiz hamma narsani olib tashlash lozim. Shkafdagi javonlarni tozalashda uning ichidagi hamma narsani olib tashlash kerak. Agar ish shkaflar bilan boshlansa-yu, ularning barchasi shunchaki joyida qoldirilsa, natija ko‘rinmaydi, ammo odatdagidek charchash mumkin. Bo‘sh qutilar va butilkalar, shunga o‘xshash barcha keraksiz narsalar yig‘iladi va chiqindiga chiqariladi. Changyutkichga xalaqit beradigan narsalarni poldan olinadi, kitob va qog‘ozlar o‘z joylariga qo‘yiladi. Oshxonada idishlar yig‘ilib, idish yuvish mashinasiga solinadi. Tozalash uchun kerak bo‘lgan hamma narsani tayyorlash kerak Har qanday xonani tozalashdan oldin barcha kerakli tozalash vositalarini olinadi. Ular chelakda yoki uyning ko‘rinmaydigan biror burchagida turishi mumkin. Tozalash uchun har doim foydali bo‘lgan narsalar: Kvartirada biron bir joyni changyutkichda tozalashdan oldin, qurilmaning o‘zini tekshirish kerak. Chang qoplari yoki konteynerlari to‘ldirilmaganiga ishonch hosil qilish va filtrlarni muntazam ravishda o‘zgartirish tavsiya etiladi. Agar bu oldindan amalga oshirilmasa, xonadon atrofidagi changni yoyilib, kuch behuda sarflanadi. O‘simliklar changini artish O‘simlik barglari ham mebel va jihozlar kabi o‘zida chang to‘playdi. Hatto kichik miqdordagi chang ayrim gullarga zarar yetkazishi mumkin. Barglar nam mato bilan artib olinadi. Bu gullarni suv bilan yuvishdan ko'ra yaxshiroqdir, chunki ba‘zi o‘simliklar qo‘ziqorin kasalliklari yoki mog‘or rivojlanishi mumkin. Gullarni tuvak bilan yerga qo‘ymaslik zarur, chunki ularni sug‘orish uchun ishlatadigan suv pol qoplamasini buzishi mumkin. Melamin gubkadan unumli foydalanish mumkin Bu choynak, toster mashinasi, mikroto‘lqinli pech, blender va vaqt o‘tishi bilan ifloslanib, o‘zida chang yig‘adigan boshqa maishiy texnika vositalarining yuzasini artib tashlash uchun foydalidir. Chiroq yoqib-o‘chirgichlar, muzlatkich tutqichlari yoki plastik deraza tokchalarini bir zumda tozalash uchun melamin gubkadan foydalanish mumkin. Chiqindi qutisi qolib ketmasin Agar oshxonada yoqimsiz hid paydo bo‘lsa, bu chiqindi qutisi bir necha hafta davomida yuvilmaganligini ko‘rsatishi mumkin. Chiqindi qopi doim ham o‘zida oziq-ovqat qoldiqlarini saqlamaydi, chunki chiqindi chelak devori yoki undan tashqariga ham tushgan bo‘lishi mumkin. Shuning uchun chelakni kamida 10 kunda bir marta oqartiruvchi vosita bilan tozalash tavsiya etiladi. Yotoq xonani saranjomlash Yostiq va ko'rpani yuvishdan oldin yorliqni o‘qish lozim. Yostiq jildlari va choyshablarni kamida ikki haftada bir marta, yostiq va ko‘rpalarni esa yiliga 2-3 marta yuvish kerak. Agar yostiq terdan juda sarg‘aygan bo‘lsa, uni issiq suvga botirib, odatdagi kukunga oqartiruvchi yoki soda qo‘shiladi. Bundan tashqari, oqartirgich bilan oldindan va keyin gel bilan muntazam yuvish mumkin. Toza bo‘ldimi? Xonaga yangi ko‘zlar bilan qarang Uydagi mukammal poklik hissi kayfiyatga boshqacha ta’sir qiladi. Ishlarni tartibga solgandan so‘ng, xonaga diqqat bilan qarash kerak. Yana nima qarovsiz qoldi? Yoritkichlar, shkaf tutqichlari, ko‘zgular, devordagi rasmlar? Xona bo‘ylab yana mato bilan yurish va qolib ketgan kichik elementlar bo‘lsa ham tozalash zarur. Aks holda bu umumiy tozalash deb atalmas edi. Tartibni saqlash muhim Umumiy tozalash amalga oshiriladan so‘ng kundalik tozalash odatini rivojlantirish lozim. Har kuni 10-15 daqiqa vaqt ajratib, betartib narsalarni narsalarni joylash, yuzalarni changdan tozalash va ko‘p vaqt sarflaydigan joylarda changyutkichdan foydalanish kerak. Bir marta tozalash bu abadiy tozalashni unutish degani emas. Har mavsumda bir marta umumiy tozalashni amalga oshirish kerak.
73
5,290
Ayollar
Sarimsoqning po‘stini tashlab yuborishga shoshilmang: undan foydalanish bo‘yicha layfxak
Ko‘pchilik piyoz po‘sti foydasidan xabardor, lekin sarimsoq qobig‘i odatda chiqindiga chiqariladi. Ammo u ham ko‘pchilik o‘ylagandan ko‘ra samaraliroq. Masalan, u eng mazali va xushbo‘y bulyonlardan birini tayyorlashga yordam beradi. Sarimsoq ustini qoplagan yupqa po‘stloq u kabi o‘tkir hidga ega bo‘lmasa ham, foydalidir. Bulyon uchun bir necha bosh sarimsoq po‘stlog‘i bilan qaynatib olinadi. 10 daqiqadan so‘ng oshxona ishtahani ochuvchi sarimsoq hidi bilan to‘ladi va yana 5 daqiqadan so‘ng po‘stloqlarni suyuqlikdan olib tashlash mumkin. Natijada oltin rangga ega xushbo‘y sho‘rva tayyor bo‘ladi. Albatta, sho‘rva pishirishdan oldin har safar bir nechta sarimsoq donalarini tozalash biroz qiyinchilik tug‘diradi. Shuning uchun sarimsoq po‘stini alohida idishga solib saqlash tavsiya etiladi. Bu nafaqat sho‘rva uchun, balki guruch yoki sous kabi boshqa taomlar uchun asos sifatida mos keladi.
88
899
Ayollar
Osonlik bilan to‘g‘ri ovqatlanishga o‘tamiz
To‘g‘ri ovqatlanish – sog‘lom turmush tarzi asosidir. U organizmdagi ko‘plab kasalliklar va noqulayliklarni bartaraf etishga yordam beradi. Shuningdek, go‘zallikni, ya’ni terining sog‘lomligi, yuz rangining tiniqligi va qomatning xushbichimligini ta’minlaydi. Har 3 soatda, bir kunda 5 mahal, oz-ozdan ovqatlanishga o‘rganing. 200 grammdan ko‘p ketmaydigan kichkina likopcha hamda unga mos qoshiqcha va sanchqi sotib oling. Nonushta uchun bo‘tqa (yaxshisi – suli yormasidan), achitilgan sut mahsulotlari va mevalar iste’mol qilish tavsiya qilinadi. Mevalarni asosiy ovqatdan 20—30 daqiqa keyin yeganingiz ma’qul. Parhez shifokorlari tushlikka oqsil va (xom yoki dimlangan) sabzavot iste’mol qilishni tavsiya etadi. Oqsil sifatida yog‘siz go‘sht, baliq, jigar yoki tuxum yeyish mumkin. Kechki ovqatga esa, bir likopcha yog‘siz tvorog yoki bir piyola yog‘siz qatiq ichganingiz ma’qul. Uch mahal asosiy ovqatlanishlar orasida, ikki marta yengil tamaddi qilish kerak. Bu tamaddilarga, mevalar, yong‘oq va yogurtlar kiradi. Har ovqatlanishdan 20 daqiqa oldin bir piyoladan suv iching. Ovqatlanayotganda va undan keyin 40 daqiqa davomida suv ichmaslikka harakat qiling. Bir kunda esa, 2 litrdan kam bo‘lmagan miqdorda suv ichishingiz zarur. Bundan tashqari, bir choy qoshiq asal bilan ko‘k choy ichish ham tavsiya etiladi. Agar shirinlikni juda yaxshi ko‘rsangiz, kunning birinchi yarmida, uncha yog‘li bo‘lmagan pishiriqdan ozroq yeyishingiz mumkin. Shakarni asalga almashtirganingiz ma’qul. Kattalar bir sutkada 1—2 choy qoshiq asal iste’mol qilishi maqsadga muvofiqdir. Oliy navli un mahsulotlaridan butunlay voz keching: olimlar uning organizm uchun haddan tashqari zararli ekanligini isbotladi. Yaxshisi, javdar yoki qora nonni tanlaganingiz ma’qul.
43
1,749
Ayollar
“Baxt niqobi”, tushkunlik va o‘zini ko‘rsatish. Instagram’dagi fotolar siz haqingizda nima deydi?
Ijtimoiy tarmoqqa joylangan har bir rasmdan akkaunt egasi haqida ma’lum xulosalar chiqarish mumkin. Bu boradagi savolga “Yandeks Dzen” platformasida javob keltiriladi. Yorqin, rang-barang suratlar Instagram’ga so‘nggi vaqtda yorqin, rang-barang suratlar joylangan bo‘lsa, demak, surat egasi hayotidan mamnun va uning hayotida kimdir bor. Qolaversa, yorqin filtrlar o‘ziga bino qo‘yish va kirishimlilikdan ham dalolat. To‘q rangli fotolar Tez-tez yangi fotolar bilan bo‘lishib turish foto egasining depressiyada ekanini bildiradi. Fotolaringiz xira, to‘q ranglardan iborat bo‘lsa, unda ruhiy tushkunlikni tan olishingizga hojat yo‘q, hammasi shundoq ham oydek ravshan. Baxtli juftlik  Lentangizda, asosan, juftingiz bilan tushgan suratlar joylangan bo‘lsa, demak, munosabatlaringizda qandaydir muammo bor va siz buni “baxt niqobi” ortiga yashirishga urinyapsiz. Taomlar Ovqatlar suratini joylaganlarni maqtanchoq deb bilasizmi? Aslida unday emas. Aniqlanishicha, taomlar surati bilan bo‘lishilganda ovqatdan tiyilish, o‘zini qo‘lga olish mumkin bo‘​lib, to‘g‘ri ovqatlanishga rioya qilinar ekan. Selfi Selfi bilan bo‘lishishni sevuvchilarda o‘ziga ishonch yetishmaydi, ular layk ko‘rinishida boshqalardan tasdiq kutadi. Lekin faqat shunday ekan, degan xulosa chiqarish kerak emas, ba’zida bu kabi suratlar qiziqarli joy va voqeadan esdalik sifatida ham joylanishi mumkin. Farzandlar  davrasida Farzandlar bilan birgalikda tushilgan suratlar o‘zini namoyon qilishdir. Psixologlarning tasdiqlashicha, bu kabi suratlar sonining ko‘pligi boshqalardan o‘zingizni ustun ekanligingizni ko‘rsatishingizni bildiradi.
97
1,612
Ayollar
Olma, nok, qum soat shaklidagi qomatlar va sog‘liq
Sizning gavda tuzilishingiz qanday? Olma, nok yoki qum soat. Biz hammamizning qomatimiz aynan shu uch toifaga bo‘linadi, deb hisoblaydi shifokorlar. Va siz kiradigan toifaga qarab sog‘liq va ozishning qiyinchiliklari haqida ko‘p narsalarni aytish mumkin. “Olmalar”da ortiqcha yog‘lar qatlami bel sohasida joylashgan bo‘ladi. Va bu joy yog‘larni “saqlash” uchun xavfli joy hisoblanadi. Visseral yog‘i teri ostiga mahkam o‘rnashib oladi, u ichki a’zolar atrofida to‘planadi va vaqt o‘tishi bilan ularga zarar yetkazadi. Buning natijasida “olmalar”da yurak-tomir tizimi kasalliklari, qon bosimining ko‘tarilishi, diabet va saratonning ba’zi turlari, shu jumladan yo‘g‘on ichak va bachadon saratoni xavfi yuqori bo‘ladi. Yaxshi tomoni: visseral yog‘lardan parhez va mashqlar vositasida qutulish osonroq bo‘ladi. Shuning uchun “olmalar” boshqa toifa vakillariga qaraganda ortiqcha yog‘lardan tezroq qutulish qobiliyatiga ega. “Noklar” esa aksincha, bunga hammadan ko‘ra qiyinroq erishadi. Gap shundaki, “noklar” da ortiqcha yog‘ tananing pastki qismida yig‘iladi. Bu qaysar yog‘lar ko‘pincha “passiv” deb ataladi. Garchi u visseral yog‘laridek xavf tug‘dirmasa ham, baribir oyoqlarga tushadigan og‘irlikni oshiradi. Bu tomirlarning varikoz kengayishi, tizza va oyoq bo‘g‘imlarining degenerativ kasalliklari xavfini oshiradi. Yaxshi tomoni: “noklarga” “olmalarni” ta’qib qiluvchi kasalliklar xavf solmaydi. Va nihoyat, ayollar orasidagi “qum soatlar” va erkaklar ichidagi “to‘g‘riburchaklar”. Bu toifa vakillarida yog‘lar deyarli hamma joyda, shu jumladan bel sohasida ham visseral yog‘lar yig‘iladi. Shuning uchun ularga yurak-tomir kasalliklari va diabet xavf tug‘diradi. Yaxshiyamki parhez va mashqlar bu xavfni kamaytirishga yordam beradi. Manba: “Zdorovie.com”
50
1,760
Ayollar
“Tez yuvish rejimi”: Nima uchun kiyimlar va mashina uchun zararli?
‘Tez yuvish” rejimi kir yuvish mashinalarining barcha modellarida mavjud. Masalan, kir yuvish mashinalarida bir nechta “tez yuvish” rejimlari: 30 yoki 40 darajadagi maxsus tugmalar bor. Tugmalarning ikkitasi sovuq suv, bittasi qisqa yuvish davri, yana bittasi chayish uchun qo‘llanadi. “Tez yuvish” rejimi har qanday siklni taxminan 30 foizga qisqartiradi. Kiyimlar uchun bu rejim qanchalar xavfli? Choyshab yoki sochiqni kamida 60 daraja haroratni tanlab, to‘liq siklda yuvish kerak. Gap shundaki, ko‘plab mikroblar, chang choyshablarda 50 dan yuqori darajada qizdirilgan suvda nobud bo‘ladi. Bu bolali oilalar va qariyalar uchun muhimdir. Umuman olganda, vaqtni qisqartirish samaradorlikka ta’sir qiladi, iliq suvda dog‘lar yaxshi yuvilmaydi. Tez yuvish intensiv rejimdir, shuning uchun ipak, jun, dantelli kiyimlarga mos kelmaydi. Agar bunga rioya qilinmasa, material tezda eskiradi, jozibadorligini yo‘qotadi (g‘altaklar, ilgaklar, teshiklar paydo bo‘ladi). Katta hajmdagi narsalar birdan yig‘ilib qoladi, sochiqni, choyshabni teng ravishda taqsimlash vaqt oladi. Bu yuvish odatdagidan ko‘ra shovqinli bo‘ladi va kuchli tebranish tufayli kir yuvish mashinasi tez ishdan chiqadi. Lekin shuni unutmaslik kerakki, bu mashinaning ishlash muddatini qisqartiradi. Agar siz ushbu rejimni tanlasangiz, bir marta yuvishdan keyin narsalaringizni barabanga, rezina qismiga tushmasligi uchun kukunning yarmini patnisga soling. “Tez yuvish”ni ishlatish bilan vaqti-vaqti bilan issiq suv va to‘liq siklni ishga tushirish kerak. Bu nima uchun kerak? Aniqlanishicha, 30-40 daraja haroratda bakteriyalar nafaqat narsalarda, balki qurilma ichida ham yashash va ko‘payishda davom etadi. Vaqt o‘tishi bilan chirigan hid va mog‘or paydo bo‘ladi. Qachon “tez yuvish” yuvish rejimidan foydalanish kerak? Birinchi foydalanishda ushbu rejimda yangi narsalarni yuvish maqsadga muvofiqdir. Chunki matoda chang zarralari va mikroblar bo‘lishi mumkin. “Tez yuvish rejimi” umuman olganda uncha eskirmagan kiyimlar uchun mo‘ljallangan.  Agar narsalarda ter dog‘lari va hid bo‘lsa, unda siz to‘liq siklning yuqori haroratini tanlashingiz kerak. Kir yuvish kukunlarining samaradorligi ko‘pincha suvning issiqlik darajasiga bog‘liq.
66
2,204
Ayollar
Tiqilib qolgan rakovina va hammom quvurlarini tozalashning 3 ta usuli
Agar rakovina yoki hammom quvuri suvni yaxshi tortmayotgan bo‘lsa, muammoning yechimi bor. Faqat vaqtida e’tibor qaratmaslik muammoning jiddiylashishiga va boshqa yoqimsiz holatlarga ham olib kelishi mumkin. “Noviy ochag” nashri rakovina hamda hammom quvurlarini tez-tez tozalab turishning 3 ta usuli bilan tanishtirib o‘tdi. Quvurlarni tozalash moslamasi Mayda tishlardan tashkil topgan plastik arqon arzon va juda foydali. Agar sochlar yoki chiqindilar quvurga tiqilgan bo‘lsa, vositani qurilmaga aylanma harakat bilan tiqib, sekin tortib olish kifoya. Vositadagi tishchalar quvurga tiqilgan barcha narsani tortib oladi, suv esa yaxshiroq keta boshlaydi. Vantuz Vantuzning yanada samarali ishlashi uchun rakovina teshigi berkitiladi va suv to‘ldiriladi. So‘ngra vantuz rakovina quvuriga qo‘yilib, 5-10 marta havo yuboriladi. Bu suvning avvalgidek oqishi uchun yetarli. Iste’mol sodasi hamda sirka Quvurga taxminan ½ chashka iste’mol sodasi hamda bir stakan sirka quyiladi. So‘ngra quvur teshigi ho‘l sochiq bilan yopiladi. Reaksiya tugaguncha biroz kutiladi va qaynoq suv quyiladi. Bu kabi muammoga duch kelmaslik uchun hammomga soch tolalarini ushlab qoluvchi moslama o‘rnatish tavsiya etiladi. Hammomda oddiy atir sovundan ko‘ra dush uchun mo‘ljallangan geldan foydalanish kerak. Chunki sovun qoldiqlari ham quvurda to‘planib qoladi. Iste’mol sodasi va sirkadan muntazam foydalanish tavsiya etiladi. Agar ushbu muammoning oldi olinsa, quvurlar har doim yaxshi holatda ishlaydi. Shunchaki bu jarayonni ham hammom va rakovina tozalashdek odatga aylantirib olish ham mumkin.
69
1,580
Ayollar
Melaniya Tramp tana vaznini me’yorda ushlab turish uchun qanday ovqatlanadi?
Melaniya Trampning​ tashqi ko‘rinishiga qarab 50 yoshda ekaniga ishonish qiyin. AQSh birinchi xonimi​ fast-fud iste’mol qilsa ham qomatining buzilmasligi to‘g‘ri ovqatlanish bilan bog‘liq, deb yozadi Cosmopolitan. Ta’kidlanishicha, burgerlar, Nyu-Yorkdagi Jean Georges restoranining qovurilgan tovuqlari hamda shakarsiz kolani kanda qilmasligini aytmaganda, Melaniya to‘g‘ri ovqatlanishni hayot tarziga aylantirgan va bunga qat’iy parhez sifatida qaramaydi. “Men sog‘lom mahsulotlarni, ularni iste’mol qilgandan keyin o‘zimni energiyaga to‘la va salomat his qilganim uchun ham yaxshi ko‘raman”, — deydi u. Tramp xonim nonushtaga klechatkaga boy suli yormasi hamda vitamin va antioksidantlar manbayi bo‘​lgan smuzi yeyishni abzal biladi, tongda foydali va energiyaga to‘la nonushta qilgani uchun ham kun bo‘yi ochlikni his qilmaydi. Shuningdek, tushlikka baliq va dengiz mahsulotlari hamda sabzavotlar, kechki ovqat uchun esa klechatka miqdori yuqori bo‘lgan salatlar tanovul qiladi. Bundan tashqari Melaniya modellik karyerasining boshida kuniga uch litrga yaqin suv ichgan. Uning so‘zlariga qaraganda, bir necha yildan beri tennis, suzish va yoga bilan shug‘ullangani sabab ham farzandi Berron dunyoga kelganidan keyin qomatini tiklash qiyin bo‘lmagan. Metabolizmni yaxshilaydigan — yalpiz, limon, suv va bug‘doydan tayyorlangan kokteyl qomatini tonusda bo‘lishiga yordam beradi. Ratsioni hamisha mevalarga boy bo‘lgan xonim ham boshqalar kabi qora shokolad va muzqaymoq yeb turadi. “Ratsioningiz asosini foydali mahsulotlar tashkil qilsa, vaqti-vaqti bilan shirinlik va zararli mahsulotlar yeb turishning yomon tarafi yo‘q”, — deydi birinchi xonim.
76
1,651
Ayollar
Yozda yuz terisini qanday namlantirish kerak?
Yozning issiq kunlarida bizning terimiz har qachongidan ham kattaroq e’tibor talab qiladi. Chang, issiq va quruq shamol kabi omillar hatto normal yuz terilariga ham salbiy ta’sir qiladi. Shuning uchun yoz faslida yuz terisi tarang, namlangan va yumshoq bo‘lib turishi uchun uni qanday qilib to‘g‘ri parvarish qilishni o‘ylab ko‘rish kerak. Biz siz uchun yuz terisini yozda qanday parvarish qilish kerakligi haqida bir necha maslahatlar to‘pladik. Yuzingiz terisi turiga qarab maxsus kremlar tanlang Tarkibida ko‘p miqdorda glitserin va gialuron kislotalari bo‘lgan namlovchi kremlar tanlaganingiz ma’qul. Yuz terisini kechqurun parvarish qilishni ham unutmang. Bunday holatlar uchun kecha davomida yuz terisini tiklashga, silliq va toza ko‘rinish berishga yordam beruvchi oziqlantiruvchi zardoblar mos keladi. Namlovchi tonikdan foydalaning Yuzingiz terisi suvsizlangan va quruq bo‘lib qolsa, faqat namlovchi krem yordam bera olmaydi.  Krem bilan birgalikda tarkibida SPF-omilli va yengil tuzilishga ega bo‘lgan namlovchi losyondan foydalanishni tavsiya qilamiz. Bunday losyon terining namlik darajasini oshiradi, uni yumshoq va chiroyli qiladi. Tarkibidagi quyoshdan himoya qiluvchi omillar esa uni quyosh nurlaridan saqlaydi. Yuz terisini kun davomida namlab turing Yuz terisi suvsizlanib qolmasligi uchun kun davomida namlab turishda termal suvdan foydalanish juda muhim. Uning tarkibidagi minerallar terini kislorod bilan ta’minlaydi va uning almashish jarayonlarini yaxshilaydi. Bir haftada 2-3 marta namlantiruvchi niqoblardan foydalaning Terini tezroq namlantirish uchun unga namlik singdirishdan tashqari energiya ham beruvchi matoli oziqlantiruvchi niqoblardan foydalaning. Organizmdagi suv balansini saqlang Yuz terisini nafaqat tashqaridan, balki ichki tomondan ham namlash kerak. Mutaxassislar bir kunda ikki litrgacha toza suv ichishni tavsiya qiladilar. Suvni ovqatlanish mahalida yoki undan keyin ham emas, balki ovqatlanish oraliqlarida ichish juda muhim. Shuningdek, mutaxassislar ovqatlanishdan yarim soat oldin bir piyola suv ichishni maslahat berishadi. Manba: “Lady.tochka.net”
45
2,099
Ayollar
NASA astronavtlaridan karantin paytida asqatadigan 5 ta maslahat
Global karantin davrida har bir inson qaysidir ma’noda o‘zini astronavtdek his etishi mumkin. Xuddi kosmosda bo‘lgani kabi hozirda eshik tashqarisida inson hayoti uchun xavfli muhit boshlanmoqda, deb yozadi Tengrinews. NASA’ning Xalqaro kosmik stansiyasidagi 20 yillik tajribaga ega astronavt va psixologlari bunday vaziyatda inson o‘zini qanday tutishi kerakligi borasidagi 5 ta maslahat bilan bo‘lishdi. Muloqot Bu davrda yaqinlaringiz bilan ochiq va samimiy munosabatda bo‘ling. Tinglashni o‘rganing, atrofingizdagi insonlarning emotsional holatiga e’tiborli bo‘ling. Tushunmovchiliklarni yechimsiz qoldirmang. Nohaq bo‘lsangiz, aybingizni tan olishni o‘rganing. Yetakchilik Hatto eng kichik jamoaga ham ishonch muhitini baxsh eta oladigan yetakchi kerak. Yetakchi jamoaning barcha a’zolariga yangi hayot shartlariga moslashishi va har doim ko‘tarinki ruhda bo‘lishga yordam berishi kerak. Ma’suliyatni o‘z zimmasiga olib, namuna ko‘rsata oladigan istalgan kishi yetakchi bo‘lishi mumkin. O‘zi haqida qayg‘urish Insonning o‘ziga o‘zi g‘amxo‘rlik qilishi bu uning jismonan va ruhan sog‘lom bo‘lishini nazorat qila olishidir. Bu jumla shuningdek, gigiyena, sifatli uyqu va ko‘tarinki kayfiyatni ham o‘z ichiga oladi. Ish, rivojlanish, dam olish va shaxsiy hayot o‘rtasidagi balansni ushlay olish kerak. Jamoaga g‘amxo‘rlik qilish Izolyatsiya qilingan guruhning har bir a’zosi atrofdagilarga g‘amxo‘rlik qila olishi kerak. O‘zgalarni hurmat qiling va sabrli bo‘ling. “Jamiyat”ning har bir a’zosidagi charchoq va jahldorlik alomatlariga ham e’tiborli bo‘lish kerak. Jamoaviy bajariladigan ishlarda faol bo‘ling. Yoqimsiz topshiriqlarni bajarishda tashabbus ko‘rsating. Yordam taklif qiling va yordam so‘rang. Kuchsiz tomonlaringizni va tuyg‘ularingizni oshkor etishdan tortinmang. Negativ yoki stressni kamaytirish choralarini ko‘ring, aslo ularni atrofdagilarga sezdirmang. Guruhdagi hayot Maqsadga erishish uchun olg‘a qadam bosayotgan haqiqiy jamoaga aylaning. Mas’uliyat hududlarini ajratib oling. Hech qanday vaziyatda ruhingizni tushirmang. Qiyinchiliklardan qo‘rqmang. Har doim bir-biringizni maqtang, qo‘llab-quvvatlang.  O‘zingizni aldashni bas qiling! Karantinda shug‘ullanish uchun 10 ta motivatsion tavsiya
64
2,218
Ayollar
Bel bilan do‘stlasha olmaydigan 9 meva
Garchi bu mevalarda organizm uchun zarur bo‘lgan foydali moddalar juda ko‘p bo‘lsa ham, ular qorinni chinakamiga damlatib yuborishi mumkin.  Mevalar tarkibida shakar juda ko‘p, aynan esa gaz hosil bo‘lishi va damlashga sabab bo‘luvchi fruktoza va sorbitlar mavjud. Shuningdek, ularda sizning belingizni toraytiruvchi kletchatkalar ko‘p, lekin boshida gaz hosil bo‘lishi natijasida qorin kattalashishiga sabab bo‘ladi. Albatta, bu foydali mevalardan bunday “nojo‘ya samaralar” tufayli voz kechish kerak emas. Antioksidantlar rezavor mevalardagiga qaraganda yashil olmalarda ko‘proq. Bu mevada ba’zi odamlarning hazm qilishi qiyin bo‘lgan fruktozalar ko‘p. Agar siz bu muammo bilan shaxsan tanish bo‘lsangiz, yarimta olma bilan cheklaning va uni sekinroq chaynang. Bu organizmga olingan kletchatkani hazm qilish uchun biroz ko‘proq vaqt beradi. Nok tarkibidagi “yomon” xolesterin miqdorini pasaytirish va to‘yish hissini kuchaytirish xususiyatiga ega eruvchan kletchatkalarning bir turi bo‘lgan pektin miqdori bo‘yicha sog‘lom parhezda faxrli o‘rinni egallaydi. Noklarda ham bir tomondan hazm qilish tizimiga yordam beruvchi, ikkinchi tomondan jiddiy damlashni keltirib chiqaruvchi unchalik ko‘p bo‘lmagan miqdorda sorbitlar bor. Bu mevalarni nima umumiylashtirib turadi? Ko‘p miqdordagi shakar! Va ba’zan u ingichka ichakda to‘liq singib ketishga ulgura olmaydi. Yo‘g‘on ichakka tushgandan keyin, u sizni havo pufagi kabi shishirish uchun bor imkoniyatlarini ishga soladi. Shakarning yo‘g‘on ichakka tushmasligining oldini olishning eng yaxshi yo‘li — bu mevalarni yaxshilab chaynash va kunlik me’yorini 1 stakandan oshirmaslik. Quruq mevalar metabolizmni kuchaytirishi mumkin, lekin shuningdek ular qorinni damlatishi ham mumkin. Buning sababi shundaki, quruq mevalardagi kletchatka va shakar konsentratsiyalangan holatda bo‘ladi va bu ayniqsa yo‘g‘on ichakdagi bakteriyalarga yoqib tushadi. Fermentlangan shakar va kletchatka yaxshi hazm bo‘lmaydi, gazlar hosil bo‘lishi va qorin damlashini keltirib chiqaradi. Manba: “Woman.ru”
38
2,030
Ayollar
Uy sharoitida tirnoqlarni o‘stiramiz
Agar tirnoqlaringiz mustahkam bo‘lmasa, xafa bo‘lib o‘tirmang, uy sharoitida tirnoq o‘stirishning ko‘p usullari bor. Tirnoqlarni asrash Uyni tozalash paytida albatta rezina qo‘lqop kiying. Ular qo‘lingiz terisini va tirnoqlaringizni kimyoviy tozalovchi vositalarning zararli ta’siridan, namlikdan himoya qiladi. Tirnoqni o‘stiruvchi vitaminlar Tirnoqlaringizda oq dog‘larning paydo bo‘lishi – A vitamini yetishmasligining belgisi. Bu vitaminni sabzi, baliq, jigar va tuxum sarig‘idan olish mumkin. Tirnoqlarning mo‘rtligi va qatlamlanishi – B, D, E va C vitaminlari yetishmovchiligining belgisi hisoblanadi. Bu vitaminlar baliq, sut mahsulotlari, yong‘oq, o‘simlik yog‘i va do‘kkakli o‘simliklar tarkibida mavjud. Tirnoqlar uchun vannalar ularning tez va mustahkam o‘sishini ta’minlaydi. Sovunli vanna Idishdagi iliq suvga biroz suyuq sovun va 1 osh qoshiq tuz solib aralashtiring. Qo‘lingizni idishdagi suv soviguncha solib o‘tiring. Limonli vanna Idishga o‘simlik yog‘ini quying va uy haroratidan biroz yuqori darajada isiting. 1 dona limon sharbatini olib yog‘ bilan aralashtiring. 20 daqiqa davomida qo‘lingizni aralashma ichida tutib turing.
36
1,147
Ayollar
Trendda bo‘lish uchun ortiqcha pul sarflash shart emas. Bisotingizda boridan foydalanib zamonaviy bo‘lishingiz mumkin
Kiyinish borasidagi trendlar yildan-yilga o‘zgargani bilan bir tamoyil aslo o‘zgargani yo‘q, haqiqiy go‘zallik oddiylik va qulaylikda. Bundan tashqari, zamonaviy bo‘lish bugungi davrga kelib ortiqcha mablag‘ talab qilmaydi, ya’ni siz garderobingizdagi bor liboslarga ayrim detallarni qo‘shish bilan ham trendda bo‘lishingiz mumkin. Buning uchun did va fantaziyani ishga solishning o‘zi yetadi. Oversize uslubidagi jaketlar Shkafingizni ochib nazar tashlang, unda ancha vaqtdan beri kiyilmayotgan keng va yelkalari odatdagidan kattaroq, lekin siz o‘tgan zamonga xos deb o‘ylagan jaket bo‘lsa, fikringizni o‘zgartiring. Oversize uslubida kiyinish allaqachon modaga aylangan, biroq bunda me’yorni bilish kerak bo‘ladi. Obrazni sport uslubidagi kiyimlar, krossovka yoki tufli bilan ham moslasangiz bo‘ladi. Ortiqcha printsiz oddiy ko‘ylak va ustidan retro uslubidagi jaket va – siz trenddasiz. Bu hali hammasi emas, bunday libosda sizni harakatlanishingiz juda qulay bo‘lib, ertalabdan-kechgacha o‘zingizni erkin his qilishingiz mumkin bo‘ladi. Vodolazkalar Moda bu muayyan rang va hajmga yopishib olish emas, aksincha ularni bir-biriga moslash, ba’zida esa aksincha moslamasdan fantaziya qilish demakdir. Shunday ekan garderobingizda bor bo‘lgan qomatni aks ettiruvchi vodolazkalar sizni didli ko‘rinishingizga yordam beradi. Bunda siz oversize uslubidagi jaket yoki plashning ichidan vodolazkani kiyishingizning o‘zi yetadi. Rangi qanday bo‘lishi ahamiyatsiz, asosiysi ozoda va harakatlanishga xalaqit beradigan darajada tor bo‘lmasligi kerak. Midi uzunligidagi liboslar Kalta-kulta kiyish moda bo‘lmay qolganiga ancha bo‘ldi. Moda tamoyillari shuni ko‘rsatadiki, uzun-keng ko‘ylak va krossovka kiyib ham o‘ziga xos tasavvur qoldirishingiz mumkin. Bu borada midi uzunligi, ya’ni tizzadan pastda turadigan ko‘ylak va yubkalar sizga yordam beradi. Bunday uslubdagi libos bilan uzun etik, yozgi poyabzal yoki sport uslubidagi oyoq kiyim kiyishingiz mumkin. Demak endi siz “ko‘ylak bilan tufli kiyishim kerak” degan fikrni xayoldan chiqarib tashlab, garderobingizda bor oyoq kiyimni kiyishingiz va shu bilan trendda bo‘lishingiz mumkin. Yorqin va och rangdagi detallar Bahorga xos kiyinish uchun albatta, pushti yoki oq kiyim kiyishingiz yoki xarid qilishingiz shart emas. Agar sizda bor liboslar to‘q rangda bo‘lsa, yangi yorqinidan olishim kerak deb ortiqcha pul sarflab yurmang, shunchaki obrazingizga yorqin rangdagi detal – paypoq, sharf yoki kamar, shlyapa yoki taqinchoq taqing va qarabsizki pul ham cho‘ntakda, siz ham trendda. Bu mavsumda ayniqsa, qizil, sariq ranglar dolzarb. Ranglarni miks qilishdan qo‘rqmang, eksperiment qilib ko‘ring. Och rangdagi denim Oddiy oq yoki sutrang jinsining o‘zi sizning bahorgi obrazingiz muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Uning o‘zining rangidan top, futbolka yoki jaket kiysangiz total look bo‘lib haddan ortiq darajada chiroyli va didli obraz hosil bo‘lsa, boshqa ranglar bilan moslash va unga yorqin aksessuar qo‘shish, tashqi ko‘rinishingizga o‘ziga xos aksent beradi. Oq poyabzal Qora poyabzal hamma vaqtda must have bo‘lgani bilan, ushbu mavsumda oq rangli oyoq kiyimlar yetakchilik qilmoqda. Sizda faqat bir poyabzal xarid qilish uchun yetarli mablag‘ bo‘lsa-yu, oq rangni tez kir bo‘lib qolishidan cho‘chib, tanlashga jasorat qila olmayotgan bo‘lsangiz, sizga layfxak – endi oq poyabzalni tozalash muammo emas, tish yuvish vositasi bilan krossovka va kedalarni tozalasa, yangidek ko‘rinishda bo‘ladi. Qolaversa, do‘konlarda rangsiz gel va kremlar bor. Soch uchun aksessuar Sizda faqatgina bir jinsi va oddiy futbolka bo‘lgan tadqirda ham trendda bo‘lishingizga imkon bor. Obrazingizga minimal uslubdagi yoki turli bezaklari bor soch aksessuarlari – obodok yoki zakolkalarni qo‘shsangiz bo‘lgani. Bu kabi detallar street style’ning ajralmas bo‘lagiga aylangani va byuti blogerlar tomonidan oxirgi vaqtlarda tavsiya qilinib kelayotgani sir emas. Yangisi yo‘q bo‘lsa, buvingiz yoki oyingiz sandig‘iga murojaat qiling. Negaki hozir aynan o‘sha davrdagi singari aksessuarlar dolzarb.
117
4,027
Ayollar
Hammada zo‘r taassurot qoldiruvchi 4 yengil mahorat
Iste’dodlar shousida namoyish qilinadigan tryuklar foydasiz va ma’nosiz bo‘lib ko‘rinsa ham, ular odamlarni o‘ziga jalb etadi va kulishga majbur qiladi! Bir kunda bir necha daqiqa tajriba qilib ko‘rsangiz, siz ham qiziqarli va iste’dodli bo‘lib ko‘rinishingiz mumkin. Buning uchun quyidagi mahoratlardan birini o‘rganishingizga to‘g‘ri keladi. 1.Jonglyorlik qilish Odamlar jonglyorlarni soatlar davomida hayratlanib tomosha qilishi mumkin, va ularga bu mahoratni amalga oshirish imkonsizdek bo‘lib tuyuladi. Lekin bu qiyin emas: sizga bir nechta dars olish va diqqatni to‘plash kerak bo‘ladi. Hamma asoslarini 15 daqiqada o‘rganib olishingiz mumkin. 2. Gugurtni bir qo‘l bilan yoqish Siz qilishingiz kerak bo‘ladiganlar — gugurt donasini yarmini quti ichida qoldirib bukish, keyin esa uni fosforli devorga chertish. Mashqlarni amalga oshirishda ehtiyot bo‘ling! 3. Rubik kubigini yig‘ish Bu o‘yinchoq faqat iste’dodli matematiklar uchungina mo‘ljallangandek ko‘rinadi. Lekin qayg‘urmang. Buning siri shundaki, uni yig‘adiganlarning hammasi yo‘l-yo‘riqlardan foydalanadi. Qo‘lingizda kubikni aylantirishning o‘rniga, siz maxsus sxemalarni o‘rganishingiz kerak. Ularni yodlab olganingizdan keyin kubikni bir daqiqaning ichida yig‘a olasiz! 4. Tez o‘qish Odamlar sizning “Men shu oy ichida bor-yo‘g‘i 20 ta kitob o‘qidim, ishlarim juda ko‘p bo‘lgani uchun boshqa kitob o‘qishga umuman vaqtim bo‘lmadi” so‘zlaringizdan keyin hayratga tushadi va havas qila boshlaydi. Bu juda yengil bo‘lmagan mahorat, chunki ma’lum bir intilishni talab qiladi, lekin natijasi shunga arziydi. Manba: “Layfxaker”
51
1,591
Ayollar
Uy sharoitida mebellarni tozalash sirlari
Yumshoq mebel bo‘lmagan uyning o‘zi yo‘q, shuning uchun kir va dog‘lar paydo bo‘lishi muammosi hammaga ma’lum. Bizning maqolamizda siz uy sharoitida yumshoq mebellarni qanday tozalash haqida foydali maslahatlar bilan tanishasiz. Mebellar ustini 1 osh qoshiq tuzning 1 litr suvdagi eritmasiga botirilgan doka bilan o‘rash yaxshi samara beradi. Bunday orasta qilish usuli yumshoq mebel ustini tozalashdan tashqari uning rangini ham yangilaydi. Agar changyutgich bo‘lmasa, mebelni sirka va tuzning (2 ch. qoshiq tuz + 1 ch. qoshiq sirka) 1 litr suvdagi eritmasiga botirilgan latta bilan o‘rab qo‘ying va changi to‘liq ketmaguncha qayta-qayta qoqing. Biroz kirlangan yumshoq mebellarni tozalashda sovun eritmasidan foydalansa ham bo‘ladi. Mebelni bu eritmaga botirilgan latta bilan bir xil yo‘nalishda yaxshilab artib chiqing. Agar siz divanni nima bilan tozalashni bilmasangiz, maxsus tozalovchi vositalardan foydalansangiz ham bo‘ladi. Bunday ko‘piklar mebelga sepiladi, qurishi kutiladi va changyutgichda tozalab olinadi. Charmdan yoki charm o‘rnini bosuvchi materialdan qilingan mebellarni tozalash qiyin emas, asosiysi — ko‘p ho‘llamaslik. Maxsus vositalar va charm uchun salfetkalardan yoki tuxum oqi ishlatiladigan xalqona usuldan foydalanish mumkin. Buning uchun jildni arting va unga ko‘pirtirilgan tuxum oqini suring. Manba: “Colady.ru”
41
1,343
Ayollar
Tirnoqlar mustahkam va chiroyli bo‘lishi uchun zarur bo‘ladigan 5 modda
Tirnoqlaringiz sog‘lom va chiroyli bo‘lishi uchun muntazam ravishda ularga mustahkamlovchi lak surish va egovcha bilan to‘g‘rilashning o‘zi yetarli emas. Butun organizm kabi tirnoqlar ham oziqlantiruvchi moddalarni talab qiladi. Biotin Biotin sifatida tanilgan B7 vitamini tirnoqlarni mustahkamlovchi kollagen hosil bo‘lishiga yordam beradi. Bu vitamin yetishmasligi oqibatida tirnoqlar quruq va mo‘rt bo‘lib qoladi. Biotin ko‘pchilik oziq-ovqatlar: losos, avokado, qo‘ziqorin, gulkaram, jigar va sabzilar tarkibida uchraydi. Rux Rux tirnoqlarning o‘sishi uchun juda muhim — bu mikroelement yetishmasligi oqibatida o‘sish sekinlashadi, tirnoqlar esa mo‘rt bo‘lib qoladi. Hayvonlardan olinadigan oziq-ovqat mahsulotlari: qizil go‘sht, kalla-pocha va ichak-chavoqlar, baliqlar tarkibida rux moddasi ko‘p. U yana boshoqlilar va yong‘oqlar tarkibida uchraydi, lekin parhezshunoslar o‘simliklardan olinadigan oziq-ovqatlardagi rux moddasi organizm tomonidan yomon singdirilishiga e’tibor qaratishni tavsiya qiladi. Temir Temir moddasi tirnoqlar plastinasining shakllanishi va uning tuzilishiga javob beradi: agar tirnoqlar notekis o‘sayotgan bo‘lsa va bunda tashqi shikastlanishlar kuzatilmasa, bu holat odamda temir moddasi yetishmasligidan darak beradi. Yetishmovchilikni ratsionga yog‘siz qizil go‘sht, kurka go‘shti, tuxum, yashil bargli sabzavotlar va dukkaklilar qo‘shish orqali to‘ldirish mumkin. Oltingugurt Oltigugurt tirnoqlarning mustahkamligi uchun javob beradigan sistein aminokislotalari tarkibiga kiradi. Lekin sistein miqdori genetik jihatdan belgilangan, tegishli ravishda, tirnoq plastinasining qalinligiga birinchi navbatda genlar javob beradi. Shunga qaramasdan organizmda temir moddasining yetishmasligi natijasida plastinalar yupqa va mo‘rt bo‘lib qoladi, teri va sochlarning ahvoli yomonlashadi. Odatda oltingugurtning zarur miqdori kunlik muvofiqlashtirilgan ovqatlar bilan birga kelib tushadi: inson organizmi uni sut mahsulotlari, tuxum (ayniqsa bedananiki), mol go‘shti, baliq va loviyalar bilan birga qabul qiladi. Fosfolipidlar Fosfolipidlar va xolesterinni keratin molekulalarini bog‘lovchi “sement” deb ham atash mumkin. Shuning uchun tarkibida yetarlicha bo‘lmagan miqdorda yog‘lar ishtirok etadigan parhez — nafaqat teridagi, balki tirnoqlardagi muammolarning ham manbai hisoblanadi: ular ancha uvalanuvchan va qatlamlarga ajraladigan bo‘lib qoladi. Fosfolipidlar asab hujayralari tarkibiga kiradi, shuning uchun ularning yetishmasligi tez charchab qolish, xotiraning buzilishi bilan kechishi mumkin. Fosfolipidlar va xolesteringa boy bo‘lgan oziq-ovqatlarga birinchi navbatda tovuq tuxumi kiradi. Manba: “Woman.ru”
71
2,644
Ayollar
Yozda qanday uslubdagi sumkalar urfga kiradi?
Ob-havo qanday bo‘lishidan qat’i nazar ayol va qizlar qulaylik va go‘zallikni uyg‘unlashtirishni istaydi. Yozning jazirama kunlarida minimal uslubda ortiqcha detallarsiz kiyinish shu bilan birga trendda bo‘lishni istaganlar uchun, faoliyatini boshlaganiga ko‘p bo‘lmagan ingliz brendi Yuzefi tomonidan taqdim qilingan sumkalar ayni muddao. Turli shakl va bichimdagi, bezaklardan xoliligi bilan jalb etishi mumkin bo‘lgan mazkur brend sumkalariga allaqachon moda olami yulduzlari garderobidan o‘rin oldi. Yozda oq rang, yog‘ochdan ishlangan aksessuarlar yetakchi ekanini inobatga olgan holda siz ham o‘z xohish va istagingiz hamda trendlarni uyg‘unlashtirishingiz mumkin. Xol-xol printli yoki jazirama uchun yaxshi variant bo‘lgan shifon ko‘ylaklar tanlab, quyida taqdim qilingan suratlardagi minimal uslubdagi sumkalar bilan obrazingizni mukammal yakunlashingiz mumkin. Buning uchun aynan ushbu brend sumkalarini xarid qilish shart emas, shakl va rang borasida suratlardan ilhomlanishning o‘zi kifoya.
45
1,002
Ayollar
Sizni 10 yilga yoshartiruvchi hiylalar
Yoshroq ko‘rinishni xohlaysizmi? Bizning maslahatlarimiz asosida qilingan makiyaj yordamida 10 yoshga yosharishingiz mumkin. Shunday qilib, yoshingiz ulg‘ayganda nimalarga e’tibor qilishingiz lozim bo‘ladi? Yoshingiz ulg‘ayishi bilan sevimli niqoblovchi vositalarning tarkibiy tuzilishini almashtirishingiz kerak. Yog‘upa va qovoq uchun tenlarning rangiga kelganda esa, kremli variantlarni tanlaganingiz ma’qul. Upa va gellarni yoshlarga qoldiring, chunki ular yuzni niqobga aylantirishi va mayda ajinlarni bo‘rttirib ko‘rsatishi mumkin. Birinchidan, qoshlarni bo‘yashda unchalik qoramtir bo‘lmagan tuslarni tanlang – ular sochlaringiz rangidek yoki undan sal qoramtirroq bo‘lsin. Ikkinchidan, agar siz qalam ishlatishni yaxshi bilmasangiz, chiziqlar yumshoq va silliq chiqishi uchun e’tiboringizni tenlarga qarating. Vizajistlar, agar siz bir-ikki yosh katta ko‘rinishni xohlamasangiz, ko‘z va qoshlaringizni bo‘yashda qora rangdan foydalanmaslikni tavsiya qilishadi. Makiyajga ifoda va yumshoqlik berish uchun buning o‘rniga shokolad rang, kulrang va karamel ranglarini tanlang. Tonal vositalarning tilla, karamel va shaftoli ranglari yumshoq va nozik tuslari katta yoshlilar terisiga juda mos keladi. Oqish va sovuq ranglar aksincha, haddan tashqari sovuq qiyofa yaratadi. Manba: “Marieclaire.ru”
38
1,300
Ayollar
Retro-shik: 2017-yilda eng aktual djinsilar
Djinsilar garderobimizga shunchalik kirib keldiki, qandaydir 60—70 yil avval hech kim uning nima ekanligi haqida tushunchaga ham ega bo‘lmaganligini tasavvur qila olmaymiz. Denim shimlar o‘zining universal va qulayligi tufayli butun dunyo moda ixlosmandlarining ko‘nglidan joy oldi. Ular qomatga urg‘u beradi, deyarli har qanday bluzka va oyoq kiyim bilan ajoyib tarzda mos keladi. Shu bilan birga har yili ushbu kiyimning modasi o‘zgarib boradi. Quyida modelyerlarning fantaziyalarini e’tiboringizga havola etamiz. Oxirgi bir necha mavsum davomida skinni-djinsilar urf bo‘lib keldi. Ular qomatga juda urg‘u beradi, bu esa ularning nafaqat yutug‘i, balki kamchiligi hamdir. Bu mavsumda esa modelyerlar barchaga yoqib qolgan modeldan chetga chiqib, qomatning vizual kamchiliklarini niqoblovchi kengroq djinsilarga e’tibor qaratdi. Bunday djinsilarga “boyfrend” shimlari yaqqol misol bo‘ladi. Keng bichim — oxirgi moda namoyishlarining trendlaridan biri. Oversize uslubi tobora ko‘proq moda ixlosmandlarining yuragini zabt etayotgani bois dizaynerlar “o‘zingizniki bo‘lmagan” kiyimlarni ko‘proq tikmoqda. Bu djinsilarni ham chetlab o‘tmadi va e’tiboringizga qopsimon va erkin modellarni havola etadi. Retro-djinsilar — kelayotgan yilda eng urfdagi libos. Bunday djinsilar Amerikada mom-jeans deb ham ataladi. Ularga bel qismining yuqoridan boshlanishi, pastga qarab toraya borishi va qalin paxta matodan tikilganlik xosdir. Bunday bichimdagi shimlar 80-yillarda juda ommabop bo‘lgan, endi esa yana trendda. “Boko-shik” modasi bilan birga klyosh-djinsilar ham qaytib keldi. Bu deyarli barcha qizlar uchun quvontiradigan yangilik, chunki bunday bichim poshna bilan birgalikda bo‘yni balandroq, oyoqlarni esa xushbichim qilib ko‘rsatadi. Bunday djinsilarni yengil ko‘ylak (rubashka), shlyapa va kovboycha uslubdagi sumkalar bilan uyg‘unlashtirish tavsiya etiladi. Yana bir yaxshi yangilik — va nihoyat “yirtiq” djinsilar urfdan qoldi. Biroz sitilgan djinsilar kiyishga yo‘l qo‘yiladi, biroq kulguli o‘lchamlarga yetadigan katta yirtiqlar ortda qoldi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
43
2,205
Ayollar
Kuz faslida tanangizni isituvchi foydali choylarning 5 turi
Sizning kayfiyatingizni ko‘taradigan, kuzning hatto eng og‘ir va yomg‘irli kunlarida ham tinchlantirishga yordam beradigan choylarning eng foydali turlari haqida gapirmoqchimiz. O‘tli choylar O‘tli choy — o‘z sog‘lig‘ini ehtiyotkorlik va yoqimli tarzda parvarish qilishning ajoyib namunasi bo‘la oladi. Bunday ichimliklarni bir yoki bir necha o‘tlardan foydalanib va unga sevimli mevalardan qo‘shib tayyorlash mumkin. Aynan o‘tli choylar tarkibida eng ko‘p flavonoidlar — organizmdan shlaklar va toksinlarni chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan, shuningdek metabolizmga va yurak-tomir tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi moddalar mavjud. Va albatta, boshqa hamma choylar singari o‘tli choylar ham antioksidantlar va vitaminlarga juda boydir. Jo‘ka (lipa) choyi Jo‘ka choyi — asal hidli, g‘oyatda foydali, xushbo‘y va shirin ichimlik. Uni tayyorlash uchun yangi yoki quritilgan jo‘kadan foydalanishingiz mumkin. Bu ichimlikni yaxshisi oldindan qizdirilgan chinni choynakka damlaganingiz ma’qul. Bir-ikki qoshiq jo‘ka gullarining ustidan qaynoq suv quying va 5-10 daqiqa damlanish uchun qoldiring. Agar uning ichiga asal yoki murabbo,  jo‘ka gullariga esa meva po‘stlog‘i yoki yalpiz barglaridan qo‘shsangiz choy yanada mazaliroq bo‘ladi. Rezavor mevalardan choy Rezavor mevali choy — kuz faslida ichish shart bo‘lgan ichimlik. Hamma rezavor mevalar immunitetni mustahkamlashda va shamollash kasalliklarining oldini olishda muhim rol o‘ynovchi C vitaminiga juda boy. Bundan tashqari ularning tarkibi vitaminlar va mikroelementlar: teri va sochlar uchun zarur bo‘lgan A va E vitaminlari, organizmdagi hujayralar va to‘qimalarning o‘sishi va qayta tiklanishi uchun muhim bo‘lgan B2 va B9 vitaminlari, yaxshi kayfiyat uchun eng zarur bo‘lgan kaliy, kalsiy, temir va magniy moddalariga to‘la. Na’matakli choy Na’matak — yuqorida sanab o‘tilgan barcha foydali xususiyatlarga ega bo‘lgan rezavor meva hisoblanadi. Biz sizga na’matakdan mazali va foydali choy, ko‘zgi kasalliklarning oldini olish uchun esa termosda damlama tayyorlashni maslahat beramiz. Manba: “Kitchenmag.ru”
59
2,067
Ayollar
Oshxona jihozlaridan unumli foydalanishning 15 ta usuli
Oshxona jihozlarining aksariyatidan boshqa maqsadda ham foydalanish mumkin. Muzqaymoq qoshig‘i gamburger tayyorlashga yordam beradi Gamburger uchun bir xil kotletlarni tayyorlashning eng oson yo‘li muzqaymoq qoshig‘idan foydalanishdir. Kotletlar uchun qiymali aralashma tayyorlanadi va ularning barchasi bir xil o‘lchamda bo‘ladi. Faqat keyin uni yaxshilab yuvishni unutmaslik zarur. Pitssa kesadigan salat uchun foydali Pitssa kesadigan ko‘kat va boshqa salat mahsulotlarini yaxshi kesib tashlaydi va ular ajoyib ko‘rinishga keladi. French-press qaymoq ko‘pirtirish uchun Mikser yo‘qmi? Muammo emas. Qaymoqni french-pressga quyib, qopqog‘i mahkam yopiladi, so‘ngra qaymoq qalinlashguncha dastagi ko‘tarib tushiriladi. Mazali choy uchun French-press choy yoki qahva uchun ham qo‘l keladi. Keks qolipida suvni muzlatish mumkin Shirinlik uchun mo‘ljallangan turli shakldagi qoliplarda muz bo‘laklarini hosil qilish mumkin. Ayniqsa, ziyofat dasturxoni uchun bu ajoyib g‘oya. Ko‘katlar uchun Yana shunday qoliplarga zaytun yog‘i quyib, ko‘katlarni ham muzlatish mumkin. Keyingi safar sho‘rva tayyorlanganda ularni butunligicha taomga qo‘shish tavsiya etiladi. Tuxum kesgich avokado uchun Agar tuxum kesgichni faqat tuxum uchun foydali deb hisoblasangiz, yana o‘ylab ko‘ring. Bu avokado, sariyog‘, qo‘ziqorin, qulupnay va boshqa ko‘plab mahsulotlarni kesishi mumkin bo‘lgan juda ko‘p qirrali vositadir. Blender tovuq maydalash uchun Qaynatilgan tovuqni maydalash kerakmi? Faqat blenderni oling. U tovuq go‘shtini salat, sho‘rva va boshqa mazali taomlar uchun mukammal tarzda maydalaydi. Qahva qaynatkichda suli pishirish mumkin Qahva qaynatkich idishiga qahva o‘rniga suli yormasi solinadi va uskuna yoqiladi. U yorma ustiga qaynoq suv quyib, nonushta tayyorlaydi. Kartoshka tozalagich selder uchun Odatda faqat kartoshkani tozalash uchun ishlatiladigan pichoq selder, sabzi, qovoq va olmalarni tozalashda juda yaxshi ishlaydi. Yana qulupnay ham tozalash mumkin Kartoshka tozalagich qulupnay “dumi”larni ehtiyotkorlik bilan olib tashlaydi. Olma kesadigan piyozni ham to‘g‘raydi Piyozni to‘g‘rash doim ko‘zlarni achishtirsa, uni olma kesadigan yordamida kichik bo‘laklarga bo‘lish mumkin. Qirg‘ich saryog‘ni eritishga yordam beradi Pishirish paytida sariyog‘ni maydalash uchun oddiy qirg‘ichdan foydalanish mumkin. Bu uni muzlatkichdan oldindan olishni unutganda, uni tezroq eritishga yordam beradi. Bundan tashqari, bu moyni boshqa mahsulotlar bilan osonroq aralashtiradi. Suzgich yordamida limon sharbati olinadi Avval limonni siqib, keyin uning urug‘larini olib tashlashda filtrdan foydalanish mumkin. Uni suzgich ustida ushlab turib, limonni ishqalash va sharbatini yanada ko‘proq olish mumkin. Qovun qoshig‘ida olma tozalash mumkin Qovun qo‘shig‘i yordamida olma o‘rtasidagi qattiq qism va urug‘larni osongina olib tashlash mumkin.
55
2,847
Ayollar
Bahorgi obraz: Krossovkani qanday kiyimlar bilan moslash tavsiya qilinadi?
Krossovka moda ixlosmandlarining eng sevimli poyabzallaridan biri hisoblangani bilan ko‘pchilik uni jinsi va oddiy liboslar bilan kiyishning o‘zi bilan cheklanadi. Aslida esa ushbu oyoq kiyimni istalgan kiyim bilan moslab, o‘ziga xos ko‘rinishga ega bo‘lish mumkin. So‘nggi vaqtlar trenddan tushmay qolgan keng va romantik uslubdagi yubkani faqatgina poshnali tufli bilan moslash kerak deb, kim aytdi? Oq krossovka bilan bunday obraz yanada esda qolarli va qiziqarli ko‘rinishga ega bo‘ladi. Unga oddiy yoki printli futbolka qo‘shishingiz, noodatiy ko‘rinish uchun esa old qismini bog‘lashingiz mumkin. Oq tyul matosidan tikilgan libos bilan qora krossovka ko‘pchilik uchun odatiy bo‘lmagan kombinatsiya hisoblanadi. Libosning o‘zi sport uslubidagi mazkur poyabzal bilan g‘alati ko‘rinib qolmasligi uchun ustingizga uzun, qora palto kiyish tavsiya qilinadi. Shuningdek, oq krossovkani bahor faslining asosiy trendlaridan hisoblangan kostyum-shorti bilan kiyish ham o‘ziga xos uslubda bo‘lishga sabab bo‘ladi. Buning uchun keng shorti va oversize bichimli jaket tanlang. Mazkur umumlashma 80-yillarga xos ekani sabab krossovkani ixcham bo‘lmaganini tanlaganingiz yaxshi. Jinsi bilan kiyadigan bo‘lsangiz, obrazni sport uslubidagi uzun, oq paypoq bilan yakunlang. Uni shim ustidan chiqarsangiz, yanada zamonaviy ko‘rinasiz. Ustingizdan charmdan tikilgan keng kurtka kiying.
74
1,375
Ayollar
Jaziramada amal qilish tavsiya etiladigan ovqatlanish bilan bog‘liq 10 ta qoida
Agar termometr muqarrar ravishda 30 darajaga yetsa, organizm issiqdan aziyat chekadi. Albatta, bunday vaqtda konditsioner ostida bo‘lish yoki salqin dush qabul qilish mumkin, lekin ovqatlanish haqida ham unutmaslik kerak. “Noviy ochag” nashri tashqarida havo issiq bo‘lganda, amal qilish kerak bo‘lgan o‘nta muhim qoida bilan tanishtirdi. 1-qoida: Qo‘shimcha suyuqlik Issiq havoda xom sabzavot va ko‘katlarni iste’mol qilgan ma’qul. Ayniqsa tarkibida 70 foiz yoki undan ko‘p suv bo‘lganlarini ratsionga kiritish kerak. Bularga bodring, turp, salat, selder va ismaloqni misol qilish mumkin. 2-qoida: Meva haqida unutmang Sabzavotlar singari mevalar (ayniqsa, xom holda) organizmni sovitish ta’siriga ega. Kunni to‘yimli smuzi bilan boshlash, ovqatlar orasida meva iste’mol qilish yoki ichimlik suviga bir necha bo‘lak qo‘shish tavsiya etiladi. 3-qoida: Dengiz o‘tlari Dengiz o‘tlarini ratsionga qo‘shish tavsiya etiladi. Terlash tufayli organizm muhim elementlar — kaliy, magniy va natriyni yo‘qotadi. Dengiz o‘tlari ularning yetishmasligining oldini oladi, shuningdek, dengiz va okeandan uzoqda joylashgan baland tog‘lar va mintaqalar aholisi uchun juda kam bo‘lgan yod bilan organizmni to‘yintiradi. 4-qoida: Go‘sht o‘rniga baliq Xitoy tibbiyoti baliqlarni iste’mol qilgandan so‘ng tana haroratini pasaytiradi, deb biladi. Shuning uchun issiq mavsumda ham baliqni ratsiondan chiqarib yubormaslik tavsiya etiladi. 5-qoida: Ko‘katlar Ba’zi ko‘katlar organizmga sovituvchi sifatida ta’sir ko‘rsatadi. Har qanday o‘simlik bargi o‘ziga xos foydali xususiyatga ega bo‘lib, ularni nafaqat taom, balki ichimliklarga ham qo‘shish mumkin. 6-qoida: Achchiq ovqat va issiq ichimliklar Ishonish qiyin, lekin achchiq taomlar va issiq ichimliklar Yaqin Sharq, Afrika va Osiyo aholisini issiqdan qutqaradi. Gap shundaki, ziravorlar va choy odamni terlatadi va terini tabiiy ravishda sovitadi. 7-qoida: Suv ichishni ko‘paytirish Bu aniq emas, lekin issiqda organizmga qo‘shimcha suyuqlik kerak. Agar oddiy suv ichish qiyinchilik tug‘dirsa, unga bir necha bo‘lak bodring, rezavor, limon sharbati yoki ikki yoki uchta limon barglarini qo‘shib ko‘rish mumkin. Ichimlik darhol yoqimli ta’m va hidga ega bo‘ladi. 8-qoida: To‘xtatish kerak bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxati Issiq havoda organizm katta stress ostida qoladi. Shuning uchun uni og‘ir ovqat hazm qilishdan qutqarish kerak. Go‘sht, spirtli ichimliklar, qahva, tort va boshqa yuqori kaloriyali shirinliklar, gazlangan ichimliklar, un mahsulotlari va sigaretlardan issiqda vaqtincha voz kechish tavsiya etiladi. 9-qoida: Tezpishar taomlar Qish uchun pishiriladigan mahsulotlarni qoldirib, yozda xomlarini iste’mol qilish afzalroq. Agar buning iloji bo‘lmasa, ularni aralash holda, bug‘da dimlash, qovurish yoki pishirib tanovul qilish mumkin. 10-qoida: Ortiqcha ovqatlanmang Yaponlar dasturxondan ozgina och holatda turish kerak, deb hisoblashadi. Sharqiy uzoq umr ko‘rishning bu qoidasi yozda har qachongidan ham dolzarbdir. Issiqda ortiqcha ovqatni suv bilan almashtirish kerak. Ovqatdan yarim soat oldin ichilgan bir stakan suyuqlik oshqozon bo‘shlig‘ini to‘ldiradi va tezda to‘qlik hissi paydo bo‘ladi. Organizmga esa bunday kechki ovqatni hazm qilish ancha osonlashadi.
79
3,208
Ayollar
Qirolicha taomnomasiga nazar: Yelizaveta II ovqatlanishda amal qiladigan 6 sir
Buyuk Britaniya qirolichasi dunyodagi eng keksa davlat rahbari hisoblanadi. U 94 yoshda bo‘lishiga qaramay, baquvvat va yoshiga nisbatan ancha yosh ko‘rinadi. Buning boisi uning taomnomasi va undagi foydali mahsulotlar bilan bog‘liqdir, balki. Cosmopolitan nashri qirolichaning ovqatlanishda rioya qiladigan 6 siri bilan bo‘lishdi. Sobiq qirollik oshpazi Darren MakGreydining ta’kidlashiga qaraganda, shahzoda Filippdan farqli o‘laroq, qirolicha kichik porsiya iste’moliga odatlangan, u to‘rtta katta porsiyadan ko‘ra, uchta kichik yeyishni ma’qul ko‘radi. Yelizaveta amal qiladigan mazkur odatning samarali ekani parhez tutadiganlarga yaxshi ma’lum. Kam porsiya iste’mol qilish, kaloriyani 25% kamaytiradi va yog‘larning erishiga yordam beradi. Qirolicha shokoladli biskvitni juda ham yaxshi ko‘radi va bu turdagi shirinlikni har kuni yeyishi mumkin. Tadqiqotlarda aniqlanishicha, tong shokolad yoki muzqaymoq bilan qarshi olinsa, kun davomida ochlik hissi bilan kurashish qiyin bo‘lmaydi. Yuqorida ta’kidlanganidek, Yelizaveta II shokolad yeyishni yoqtiradi, lekin oq yoki sutli shokolad emas. Uning tanlovi tarkibida kakao 60% dan yuqori bo‘lgan achchiq shokoladda to‘xtagan. Mazkur shokolad tarkibida yurak uchun foydali flavonoid moddasi bor. Qirolicha qulupnayni yaxshi ko‘radi, lekin ushbu mevani faqat yozda iste’mol qiladi. Tadqiqotchilar ham meva va sabzavotlarni o‘zi yetishriladigan mavsumda yeyishni tavsiya qiladi, shunda ta’siri yanada foydaliroq bo‘lishini ta’kidlaydi. Qirolicha kunning ikkinchi qismida dudlangan lososdan tayyorlangan sendvich, tushlik yoki kechki ovqat uchun esa gril qilib pishiriladigan baliq tanovul qiladi. Aftidan, qirolichaga baliq mahsulotlaridan tayyorlangan taomlar nafaqat mazali, balki foydali ekani, tarkibidagi yog‘ kislotalari miya faoliyatini yaxshilashi ma’lum chog‘i. Qirolichani choysiz tasavvur qilish mumkin emas. Uning sevimli choyi Earl Grey bo‘lib, ushbu choy tarkibidagi flavonoid organizmdagi xolesterin miqdorini kamaytiradi. Bundan tashqari choy qon bosimini tushiradi, tuxumdon saratoni xavfining oldini oladi va ozishga yordam beradi.  Yelizaveta II ning sevimli shirinligi retsepti taqdim qilindi
78
2,168
Ayollar
Bananlarni uzoq vaqt yangidek saqlash uchun nimalarga e’tibor berish kerak?
Bananni sevib iste’mol qiluvchilar ko‘pincha mevaning tez orada o‘z ta’mini yo‘qotishiga duch keladi. Bu muammo yangi emas va sababi uni noto‘g‘ri saqlashdadir. E’tibor berish kerak bo‘lgan birinchi narsa — bananlarning ko‘rinishi. Agar meva bir necha kun saqlanishi rejalashtirilgan bo‘lsa, bandi yashil bananlarni tanlash tavsiya etiladi. Sap-sariq va qora dog‘li mevalar tez iste’mol qilish uchun mos keladi. Bananlarni uzoq vaqt yangidek saqlash uchun ularni salqin joyga qo‘yish kerak. Misol uchun, oshxona javonlari bo‘lishi mumkin. Agar meva butun bandi bilan sotib olingan bo‘lsa, uy bekalari bananning shu qismini folga yoki oziq-ovqat plyonkasi bilan o‘raganidan keyin osilgan holda saqlash tavsiya etiladi. Sezganingizdek, banan juda tez sarg‘ayadi va asl ko‘rinishini yo‘qotadi. Buning sababi oddiy: banan tarkibida kislorod ta’sirida ko‘plab mikroelementlarga ajraladigan organik birikma — etilen mavjud. Sarg‘ayishning sababi chirish jarayoni bo‘lib, undan keyin mevaning qorayishi kuzatiladi. Buning oldini olish uchun bir qator oddiy qoidalarga amal qilish kerak. Birinchidan, banan sotib olgandan so‘ng ularni plastik paketdan chiqarish kerak, chunki issiq harorat vaziyatni yanada og‘irlashtiradi. Ikkinchidan, bananlarni boshqa mevalar, ayniqsa, olma bilan birga saqlamaslik zarur, chunki ular tarkibida ham etilen mavjud. Va nihoyat, har bir banan folga yoki oziq-ovqat plyonkasi bilan o‘ralganidan keyin bir-biridan alohida saqlanishi kerak. Aytgancha, salqinlikdan tashqari, banan qorong‘ilikni ham yaxshi ko‘radi, shuning uchun mevalarga quyosh nuri tushmagani ma’qul. Bundan tashqari, bananlarni muzlatkichda saqlash mumkin emas. Haddan tashqari past harorat tufayli mevalar tez qorayadi. Biroq qobiqning rangiga qaramay, mevaning o‘zi bir necha kun davomida mazali bo‘lib qolishi mumkin. Buni amalga oshirish uchun quyidagilarga rioya qilish kerak: ularni muzlatkichda saqlashda har bir bananni qog‘ozga o‘ralganidan so‘ng eshik yoki meva va sabzavotlarni saqlash uchun maxsus bo‘linmaga qo‘yish mumkin. Bundan tashqari, ko‘plab uy bekalari to‘g‘ralgan mevalarni maxsus idishda saqlashni maslahat beradi. Biroq saqlashdan oldin mevaga limon sharbati sepishni unutmaslik kerak.
75
2,202
Ayollar
Vannaxonadagi 5 ta iflos buyum va ularni tozalash usullari
Birinchi qarashda vannaxonangiz top-tozadek ko‘rinadi: hamma joy oppoq bo‘lib yaltirab turibdi, xushbo‘y hid taralmoqda. Aslida esa bu xonada shunday joylar borki, u yerlarda juda ko‘p miqdorda bakteriyalar to‘planadi, va albatta bunga qarshi kurashish zarur! Quyida ushbu iflos buyumlar va ularni toza tutish usullarini keltirib o‘tamiz. Tish cho‘tkalar va ular solib qo‘yiladigan stakan Tish cho‘tkani tozalash uchun uni sirka solingan idishga 30 daqiqaga botirib qo‘yish lozim. Stakanni esa osh sodasi yordamida yaxshilab yuvib tashlash zarur. Mochalka Siz yuvinadigan mochalkada qanchadan-qancha bakteriyalar to‘planib qolishini tasavvur ham eta olmaysiz. Mochalkani tozalash uchun uni suv va sirkadan 1:1 nisbatda solib tayyorlangan aralashmaga taxminan 1 soatga ivitib qo‘yish kerak. Ustara (britva) Ustarani spirtga ho‘llab olingan paxta bilan tez-tez artib turish lozim. U teri bilan juda yaqin aloqada bo‘ladi, shu sababli juda toza bo‘lishi shart. Hojatxona cho‘tkasi Hojatxonani tozlab bo‘lgach, cho‘tkani oling va ustidan dezinfeksiya vositasini quying. So‘ng uni unitaz gardishi tagiga qo‘ying. Cho‘tka qo‘yib qo‘yiladigan idishni ham dezinfeksiya vositasi yordamida yuvib oling. Vantuz Vannaxonangizdagi oxirgi kir buyum vantuzdir. Uni tozalash vositasi bilan yuvib, chayib tashlang. Ana endi vannaxonangizni haqiqatan top-toza deb ayta olasiz! Manba: “Xitrosti jizni”
58
1,383
Ayollar
Soch uchun foydali bo‘lgan 3 ta tabiiy niqob retsepti
Barcha mahsulotlar odatda hammaning oshxonasida yoki har qanday dorixonada topiladi. Soch uchun mo‘ljallangan eng qimmat mahsulotlarda ham asosiy ish, qoida tariqasida, bitta komponent tomonidan amalga oshiriladi. Ulardan ba’zilari laboratoriyalarda yaratilsa, ayrimlari esa har bir oshxonada. Yogurtli niqob Sochning rangini yaxshilash va qalinlashtirish uchun to‘liq yog‘li yogurt, bitta tuxum va bir qoshiq asalni aralashtiriladi. Olingan aralashmani ildizlarga va sochning butun uzunligi bo‘ylab surtiladi va yarim soatga qoldiriladi. Niqob yaxshiroq so‘rilishi uchun polietilen qalpoq kiyish mumkin. Agar bosh terisiga skrab effekti kerak bo‘lsa, aralashmaga bir choy qoshiq shakar qo‘shish tavsiya etiladi. Yogurt sut kislotalarini o‘z ichiga oladi va bosh terisi uchun o‘ziga xos eksfoliatsiya sifatida yordam beradi, shuningdek, sochlarga yorqinlik qo‘shadi. Tuxum soch tuzilishini oqsil bilan oziqlantiradi, uning ta’sirini laminatsiya bilan solishtirish mumkin. Asal esa ajoyib antiseptik bo‘lib, u penitsillin kashf etilishidan oldin teri kasalliklarini davolash uchun ishlatilgan. Nikotin kislotasi Ushbu super vosita soch o‘sishini mezoterapiyadan ko‘ra ko‘proq tezlashtiradi. Buning uchun dorixonadan ampulalarda nikotin kislota (niatsin) sotib olinadi va uni soch niqoblariga qo‘shiladi yoki sof shaklda ildizlarga surtiladi. Niqoblar ko‘rsatmalarga muvofiq yuviladi va sof kislota 15-20 daqiqa davomida ushlab turilishi mumkin. Aytgancha, nikotin kislota tamaki bilan bog‘liq emas, bu PP vitamini bo‘lib, odatda u go‘shtda mavjud. Nikotin kislota issiqlik ta’siriga ega. Teri bilan aloqa qilgandan so‘ng, u gipermiya (qon aylanishini tezlashtiradi), qon bilan soch o‘sishi va sog‘liq uchun zarur bo‘lgan vitaminlar soch ildizlariga tushadi. Nikotin kislota ta’sirini yaxshi bosh massajiga tenglashtirish mumkin, faqat bir necha daqiqaga qo‘llash kerak. Aytgancha, niatsin ko‘pincha soch o‘sishi uchun qimmatbaho shampunlarning asosiy tarkibiy qismidir. Olma sirkasi shampuni 2 osh qoshiq ichimlik sodasi, 2 stakan suv, 1 choy qoshiq yog‘ va 3 osh qoshiq olma sirkasi aralashmasi sochingizni bir zumda silliq qilib, unga g‘ayrioddiy yorqinlik baxsh etadi. Buning uchun barcha mahsulotlar aralashtiriladi, nam sochlarga qo‘llanilib,shampun sifatida foydalaniladi. Aralashma ko‘piklanmaydi, lekin sochni yaxshi jilolaydi va bosh terisini tozalaydi. Quruq sochlarning oldini olish uchun haftada bir marta foydalanish mumkin. Bosh terisining normal pH qiymati 5,5 bo‘lishi kerak, ammo ko‘plab shampunlar bu qiymatni buzadigan gidroksid reaksiya hosil qiladi. Sirka ularning ta’sirini zararsizlantirishga va terining gidrolipid muvozanatini saqlashga yordam beradi. Tashqi ta’sirga ko‘ra, sirka soch kutikulasini mukammal silliqlaydi, silliqlangan kutikula esa yorug‘likni mukammal aks ettiradi va sochlarga haqiqiy yorqinlik va jilo beradi. Asosiysi, tabiiy sirka ishlatish kerak.
53
2,892
Ayollar
Uy sharoitida kir yuvish mashinasini mog‘ordan tozalash usuli
Kir yuvish mashinasida vaqti-vaqti bilan mog‘or paydo bo‘ladi. Undan qutilish uchun bizning maslahatlarga amal qiling. Buning uchun sizga quyidagilar kerak bo‘ladi: Endi ishga kirishamiz: Ta’kidlash joiz, yuqoridagi usul bilan mog‘ordan to‘liq qutulib bo‘lmaydi, shunchaki uni vaqtinchalik “qo‘rqitib qo‘yish” mumkin. Har safar kir yuvilib bo‘lganidan so‘ng rezinani quruq qilib artishga va kir yuvilmayotgan vaqtda mashina eshigini ochiq qoldirishga harakat qiling. Shunda bu usulni bir yilda bir marta qo‘llasangiz ham yetarli bo‘ladi. Manba: “Xitrosti jizni”
61
562
Ayollar
Qanday qilib qaychini qo‘l ostidagi vositalar yordamida o‘tkirlash mumkin?
Qaychilar ko‘p yillar davomida o‘z vazifasini yaxshi bajarishi uchun vaqti-vaqti bilan tig‘larining o‘tkirligini tekshirib turish kerak. Qaychilarni o‘tkirlash uchun quyidagi vositalardan foydalanish mumkin: Bir bo‘lak folga oling, uni bir necha marta buklang va qaychi yordamida mayda uzunchoq bo‘lakchalar kesing. Yupqa metallning  ta’siri ostida tig‘larning o‘tkirligi qayta tiklanishi kerak. Ignani qaychining keskichlari orasiga qo‘ying va igna tig‘larga tomon harakatlanishi uchun halqani sekinlik bilan siqing. Bundan tashqari, tig‘larning birlashish zichligini tekshirib ko‘rishni tavsiya qilamiz. Agar zarur bo‘lsa, o‘q bo‘ylab qo‘yilgan murvatini burang. Yuqoridagi usullardan foydalansangiz, qaychilar albatta o‘ziga qo‘yiladigan vazifalarning ajoyib tarzda uddasidan chiqadi deb umid qilamiz. Manba: “Xitrosti jizni”
74
829
Ayollar
Sochlar uchun xantalli niqobning foydasi
Agar sochlaringiz bo‘yoqlar ta’sirida siyraklashib va xira tortib qolgan bo‘lsa oddiy xantal yordamida sog‘lom holatga keltirish mumkin. - xantal kukuni tarkibida yog‘ kislota va A, E, B vitaminlar guruhiga kiruvchi foydali moddalar mavjud; - xantal kukuni bosh terisini quritadi va mustahkamlaydi. Shuning uchun bu davolash vositasi yog‘li sochlarga mos keladi; - bosh terisi ustki qavatidagi qon aylanishini kuchaytirishi natijasida sochlar o‘sishini tezlashtiradi; - bosh terisidagi yangi hujayralarni oziqlantiradi va eski hujayralarni ketkazishga yordam beradi. Xantal kukunidan niqob tayyorlash juda oson. Xantal kukuni iliq suvda eritiladi va bosh terisiga tekis qilib suriladi. Polietilen paket va uning ustidan sochiq bilan o‘rab qo‘yiladi. 10 daqiqadan so‘ng oqib turgan iliq suvda yuviladi.
40
802
Ayollar
Dunyo bo‘yicha eng ko‘p sotiladigan 7 ta atir
Ayolning go‘zalligi nafaqat u kiygan libos, makiyaj, balki undan taraladigan iforga ham bog‘liq bo‘ladi. Cosmetics Business’ning ma’lum qilishicha, ayollarning yiliga parfyumeriya xarid qilish uchun sarflagan mablag‘i 51 milliard dollarni tashkil qiladi. J’adore, Dior Fransuz tilidan tarjimasi sidqidildan yaxshi ko‘rishni anglatadigan atir 1999-yilda taqdim qilingan va Sharliz Teron uning yuzi bo‘lgan. Feminizm, mustaqillik va kuchli fe’l-atvor egasi bo‘lishga qaramay, ayollarga xos noziklikni o‘zida mujassam etishning timsoli bo‘lgan ushbu ifor millionga yaqin nozik jins vakillarining eng sevimli atirlaridan biri bo‘lgan. Oradan 20 yil o‘tganiga qaramay, ushbu atir Dior uyining bestsellerlaridan biri hisoblanadi. Chanel №5, Chanel Taqdim qilinganiga 100 yil bo‘lgan atir, 1921-yilda Kokoning istagiga binoan ishlab chiqarilgan. Koko Shanelga, Ernest Bo 10 ta kompozitsiyada taqdim qilgan atirning 5-flakondagi ifori yoqqan va uning nomi ham shu bilan bog‘liq atala boshlagan. Oradan 33 yil o‘tib esa Merilin Monro jurnalistlarga tunda faqatgina ushbu atirdan foydalanishini ta’kidlagan. Shundoq ham mashhur bo‘lgan atir uchun ushbu ta’rif yaxshi reklama bo‘lgan. Chanel №5 bugungi kunda ham eng talabgir atirlardan sanaladi. Black Opium, YSL 1977-yilda ilk Opium taqdim qilinishi ko‘plab negativ va agressiyalarga sabab bo‘lgan. Modalar uyi narkotik va tartibsiz hayot tarzini propaganda qilishda ayblangan. Ushbu piar esa odamlarni mazkur provakatsion atirni yanada ko‘proq sotib olishiga sabab bo‘lgan. Opium’ning dastlabki varianti 2014-yilda Black Opium taqdim qilinguniga qadar bir necha yillar davomida yetakchi bo‘lgan. Bugungi kundagi statistika ma’lumotiga ko‘ra Black Opium, dastlabkisidan ikki karra ko‘proq xarid qilinadi. Oud & Bergamot Rich, Jo Malone Amerikaning Byrdie saytida taqdim qilingan ma’lumotlarga ko‘ra millenniallar, ya’ni 80-yillar oxiri 90-yillar boshida dunyoga kelgan avlod tomonidan aynan Oud & Bergamot Rich sotib olinadi. Ushbu odekolon brendning eng mashhur va rekord darajada ko‘p sotilgan atiri hisoblanadi. Mon Guerlain, Guerlain Terri Vasser 2017-yilda Mon Guerlain ustida ish olib borishni yakunlaganida atir yuzi sifatida faqatgina Anjelina Jolini ko‘rishini ta’kidlagan. Reklamalarda hadeb suratga tushavermaydigan Joli, bu safar yo‘q deya olmagan. Sotuvga chiqarilganining ilk haftasidayoq peshtaxtalarda qolmagan atir, bugungi kunda ham eng ko‘p xarid qilinadigan ayollar uchun mo‘ljallangan atirlardan biri sanaladi. L’Air du Temps, Nina Ricci 1948-yilda Nina Ricchining o‘g‘li, parfyumer Fransis Fabrondan, urushdan charchagan Yevropa ayollari uchun baxt, tinchlik va osoyishtalikni o‘zida mujassam etgan ifor taqdim qilishni so‘ragan. Mushk va anbar hidi taraladigan ushbu iforning aniq formulasi 60 yildan ortiq vaqtdan beri sir tutiladi. Atir flakoni qopqog‘ini esa tinchlik darakchisi hisoblangan bir juft kabutar bezab turadi. 3 L’imperatrice, Dolce&Gabbana Mazkur atirning qirollik maqomi bilan hech qanday aloqasi yo‘q. Antalogiya kolleksiyasidan o‘rin olgan atirning yuzi sifatida model Naomi Kempbell tanlangan. 3 L’imperatrice taqdim qilingan boshqa atirlardan ko‘ra brendga ko‘proq pul olib kelgan.
45
3,173
Ayollar
Armaniston go‘zali aniqlandi
Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida 18—27-iyul kunlari “Miss MDH—2018” go‘zallik tanlovi bo‘lib o‘tadi. Ushbu tanlovda ishtirok etish uchun Armanistonda aktrisa va model Romella Tamaryan tanlandi. Bu haqda Newsarmenia xabar berdi. Romella 22 yoshda, u Yerevan teatr va kino insitutida tahsil olgan. U raqsga qiziqadi. Ostonadagi tanlovda saralash bosqichlaridan o‘tgan, 18 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan jami 25 nafar qiz ishtirok etgan. Tashkilotchilarning aytishicha, tanlov mamlakatlarning moda sanoati sohasida hamkorlik qilishiga yo‘l ochadi.
28
547
Ayollar
Har kuni asal iste’mol qilish qanday natijalarni beradi?
Asal bizning organizmimiz uchun eng foydali mahsulotlardan biri deb tan olingan. Uning tarkibida yuqori miqdorda zarur fermentlar va qarish jarayonini sekinlashtirish xususiyatlarini ta’minlovchi moddalar mavjudligi ancha ilgari aniqlangan. Agar siz har kuni asal iste’mol qilishni boshlasangiz, organizmingizda nimalar sodir bo‘lishini bilishni istaysizmi? Asalning antibakterial xususiyati yog‘ bezlari faoliyatining me’yoriy ishlashini va buning natijasida teri tozalanishini ta’minlaydi. Shokolad va gazlangan ichimliklar kabi shirinliklarni asal bilan almashtirishga harakat qiling. Asalning tarkibidagi shakar biz har kuni iste’mol qiladigan shakardan butunlay farq qiladi. Uning tarkibidagi fruktoza va glyukozaning noyob birikmasi organizmga qondagi qand miqdorini yo‘lga qo‘yishda yordam beradi. Asal tarkibidagi flavonoidlar va antioksidantlar yurak-tomir kasalliklarining paydo bo‘lish xavfini bartaraf qilishga yordam beradi. Asal aralashtirilgan iliq suv organizmdan zaharli moddalarni yuvib chiqarishga yordam beradi. Asalning bir qancha foydali xususiyatlari immun tizimiga samarali ravishda ta’sir qiladi.
56
1,122
Ayollar
Oshxonada qo‘l keladigan tavsiyalar
Oshxonada albatta, onalarimizga teng keladigani yo‘q. Mazasi bir umrga tatiydigan taomlar tayyorlash va oshxonani saranjom-sarishta saqlashni ularga chiqarishgan. Biroq onalarimiz ham bilmasligi mumkin bo‘lgan oshxona bilan bog‘liq ba’zi sirlar borki, ulardan sizlarni quyida voqif etamiz. Tuxum uzoq saqlanishi uchun sovitgichga solishdan oldin unga o‘simlik yog‘i suring. Kesilgan tort qotib qolmasligi uchun uning kesilgan qismiga non bo‘laklarini gugurt cho‘pi yoki tish tozalagich yordamida mahkamlab qo‘ying. Bir necha tomchi limon suvi zarur bo‘lib qolsa, bus-butun limonni kesishga shoshilmang. Uni tish tozalagich bilan teshib, sal siqsangiz, shu zahotiyoq limon sharbati tomchilay boshlaydi. So‘ng teshikchani skotch bilan yopib, limonni sovitgichga qaytarib qo‘ysangiz bo‘ladi. Piyoz va sarimsoq piyozni saqlash uchun eng yaxshi joy — teshik-teshikli qog‘oz xalta. Bunday idishda ular ikki oygacha yaxshi saqlanadi. Kartoshka nish otib ketmasin, desangiz uni olma bilan saqlang. Olmadagi etilen nishlar paydo bo‘lishiga qarshilik ko‘rsatadi. Mango, kivi va avokadoni stakan yordamida tozalash qulay bo‘ladi. Banan shodasining birlashgan qismini skotch bilan o‘rab qo‘ysangiz, u uzoq vaqt buzilmay saqlanadi. Sarg‘ayib qolgan ko‘katlarni tashlab yuborishga shoshilmang. Ularni to‘g‘rab, sovitgichning muz idishiga solib chiqing, ustidan olivka yog‘idan quying. Uni muzxonada saqlab, zarur vaqtda salat, sous va sho‘rvalar uchun ishlatishingiz mumkin. Sotib olgan bananingiz hali xomroq bo‘lsa, uni duxovkada “pishirishingiz” mumkin. Buning uchun ularni listga qo‘yib, qizdirilgan duxovkada 1—2 daqiqa ushlang. Kanselyariya mixchasi qaynatilgan tuxumni archishni ancha osonlashtirishi mumkin. Buning uchun tuxumni qaynatishdan oldin, po‘stlog‘ini mixcha bilan kichik qilib teshib qo‘ying. Manba: “Xitrosti jizni”
35
1,822
Ayollar
Tish pastasining siz bilmagan xususiyatlari
Ko‘pchilik tish pastasining tishlarni tozalashdan ham boshqa foydali xususiyatlarga ega ekanligini bilmasa kerak. Maqolamizda sizga bu xususiyatlar to‘g‘risida aytmoqchimiz. Oshxona va vannaxonadagi xromlangan buyumlarni tish pastasi bilan tozalasangiz yaltirab ketadi. Vannaxonadagi rakovinaning suv chiqadigan teshiklarini ham ozroq tish pastasi yordamida tozalasangiz yoqimsiz hidlar ketadi. Qorayib qolgan kumushdan ishlangan buyumlarni tish pastasi bilan yumshoq sochiq yordamida tozalasangiz bo‘ladi. Tozalab bo‘lganingizdan so‘ng quruq sochiq bilan artib tashlang. Dazmol tagida paydo bo‘lgan qatlamlarni ham xuddi kumush buyumlar kabi tozalasangiz bo‘ladi.
43
665
Ayollar
Do‘konlardagi mavsumiy chegirmalarning 8 ta xavfli jihati
Do‘konlardagi mavsumiy chegirmalar faqatgina pulni tejash imkoni emas, balki ularning bir nechta xavfli tomonlari ham mavjud. Sizning o‘lchamingiz bo‘lmagan libos Qachondan beri olishni rejalashtirib yurgan libosni o‘z o‘lchamidan kichigini ko‘rib, hechqisi yo‘q olsam keyin ozaman deb xarid qiladiganlar diqqatiga: hech qachon o‘zingizga katta yoki kichik bo‘lgan kiyim xarid qilmang! Pulingiz bekorga sarflanishi oqibatida kiyimingiz shkafning bir burchagida yillab kiyilmay yotishi mumkin. Soxta narxlarga aldanish Ayrim do‘konlarda eski narx ustiga sale deb yozib qo‘yilishi mumkin. Buni bilmagan xaridorlar arzon ekan deb xarid qilaveradi. Siz esa diqqat bilan ko‘zdan kechiring, narxiga arziydimi yoki yo‘q e’tibor bering. Sifatsiz “brak” kiyim-kechaklar Ko‘p hollarda kamchiligi bor bo‘lgan buyum va tovarlar narxi pasaytirilib qo‘yilishi mumkin. Shuning uchun xariddan avval ko‘zdan kechirishni unutmang. Kiyib ko‘rmasdan xarid qilish Kiyib ko‘rish xonasidagi navbatdan qochib kiyib ko‘rmagan libosingiz uyga borganingizda to‘g‘ri kelmay asabingiz buzadi va bekorga pul sarflaganingizni anglashga olib keladi, sale bo‘lgan kiyim-kechaklar esa aksari hollarda almashtirilmaydi. Shu sabab xariddan avval shoshmasdan kiyib, to‘g‘ri keldimi, yarashdimi yoki yo‘q, aniqlashtirib oling. Turli aksiyalar Ikkita olsangiz uchinchisi tekin yoki uchta futbolka olsangiz sharf qo‘shib beriladi degan aksiyalarga uchishdan avval o‘ylab ko‘ring ikkita bir xil narsaning sizga nima keragi bor? Quruq qo‘l bilan qaytmaslik Hamma do‘konlarni aylanib chiqib arzon narsa topa olmaslik va hech bo‘lmaganda bir nima xarid qilish, quruq ketmaslik yaxshilik alomati emas. Kerak bo‘lmasa nima qilasiz sotib olib? O‘tgan mavsum trendlari Siz do‘kon peshtaxtasida bir yildan beri xarid qilishni xohlagan, ammo narxi to‘g‘ri kelmagan ko‘ylakni arzon narxga ko‘rib qoldingiz. Sotib olgani shoshmang, siz yoqtirganingizda libos qimmat ekani sabab uning dolzarbligi bilan bog‘liq bo‘lgan, arzon narxdami, demak urfdan qolgan.  Obraz arzon ko‘rinmasligi uchun xaridda e’tibor berilishi kerak bo‘lgan 10 jihat
57
2,086
Ayollar
Suyaklar mustahkam bo‘lsin desangiz: Artrit xavfini kamaytirish uchun qanday mahsulotlardan tiyilish kerak?
Bo‘g‘inlar yallig‘lanishi bilan namoyon bo‘ladigan artritdan statistika ma’lumotlariga qaraganda, 42—47 foiz turli yoshdagi insonlar aziyat chekadi. Uning kelib chiqishiga turli omillar, xususan, iste’mol mahsulotlari ham sabab bo‘lishi mumkin. Ayrim mahsulotlarni tanovul qilish organizmdagi yallig‘lanish jarayonini keltirib chiqarishi bu esa salomatlikka salbiy ta’sir qilishi mumkin. Qo‘shimcha shakar Shakar deyarli barcha mahsulotlarda turli miqdorda mujassam bo‘lgani sabab ham mutaxassislar hech bo‘lmaganda qo‘shimcha shakardan voz kechishni tavsiya qiladi. Shakar organizmda yallig‘lanish kasalliklarini keltirib chiqaradi va ichaklar salomatligiga yomon ta’sir qilib, qarish jarayonini tezlashtiradi. Qizil go‘sht Ko‘plab tadqiqotlarda qizil go‘shtni iste’mol qilish va artrit kelib chiqishiga olib keladigan yallig‘lanish jarayoni o‘rtasida bog‘liqlik borligi aniqlangan. Shu bois ham mutaxassislar uning o‘rniga tovuq yoki baliq go‘shtini iste’mol qilishni tavsiya qiladi. Yog‘li baliq nafaqat oqsil va minerallar, balki yallig‘lanishga qarshi xususiyatga ega bo‘lgan foydali omega-3 yog‘larini ham o‘z ichiga oladi. Tarkibida glyuten bo‘lgan mahsulotlar Glyuten — bug‘doy, javdar va arpa tarkibida bo‘ladigan o‘simlik oqsili hisoblanadi. Oshqozon-ichak traktiga yomon ta’sir qiladi va ortiqcha vazn to‘plash hamda depressiyaga sabab bo‘ladi. O‘tkazilganiga ko‘p bo‘lmagan tadqiqotda, glyuten iste’mol qilish va organizmda yallig‘lanish, xususan, artritning rivojlanishiga olib kelishi aniqlangan. Spirtli ichimlik Alkogolli ichimliklarda shakar haddan ortiq miqdorda ko‘p, qolaversa, spirt organizmda yallig‘lanishning avj olishini tezlashtirish xususiyatiga ega bo‘ladi. Spirtli ichimliklarni muntazam iste’mol qilish artrit, shuningdek, vazn to‘plash va tez qarishga olib keladi. Tuzli va sho‘r taomlar Tadqiqotchilar tuzni keragidan ortiq iste’mol qilish, artritni rivojlantirishini ma’lum qilgan. Gap shundaki, tuz yallig‘lanishni keltirib chiqarib, suyak va bo‘g‘inlar salomatligiga putur yetkazadi. Shu sabab ham ovqatga tuzni me’yorida qo‘shish, fastfudlardan esa umuman voz kechib, tuz o‘rniga organizmga zarar yetkazmaydigan alternativlardan foydalanish tavsiya qilinadi.
107
2,195
Ayollar
Ayollar yoshini katta qilib ko‘rsatadigan makiyajdagi 10 ta xato
Makiyaj qilishdan asosiy maqsad yuzni kosmetika vositalari bilan bezash va o‘zgartirish hisoblanadi. Yuzdagi kamchiliklarni yashirish uchun professsional vizajist bo‘lish shart emas. Makiyaj minimal bo‘lishi mumkin, asosiysi, uni to‘g‘ri qo‘llash, shuningdek, terining xususiyatlarini bilish va sharoitlarga moslashish (yoshga bog‘liq o‘zgarishlardan ob-havo sharoiti va kunning vaqtigacha) kerak. “Lisa.ru” nashri qarishni tezlashtiradigan makiyajdagi xatoliklar haqida ma’lumot berdi. Bo‘yanish asosidagi muammolar Tonal krem ​​har qanday bo‘yanishning asosi hisoblanadi. Mantiqan yomon poydevor bilan mustahkam uy qurish mumkin emas deb taxmin qilish to‘g‘ri. Krem yuzning rangini tekislash uchun yetarlicha qalin bo‘lishi kerak, lekin teriga ko‘p ishlatilmasligi kerak, aks holda noqulaylikdan qochib bo‘lmaydi. Yopishqoq, yog‘li va rangi xiralashgan tonal kremni ishlatmang. Muvozanatni topish juda muhim va har bir teri uchun u butunlay boshqacha formula bo‘ladi. Qimmat ishlab chiqaruvchining mahsulotini emas, teringiz uchun to‘g‘ri mahsulotni tanlash juda muhim. Agar siz anchadan beri bir xil tonal kremdan foydalanayotgan bo‘lsangiz ham, vaqti-vaqti bilan hozirgi teringiz uchun yaxshiroq formula bor-yo‘qligini tekshirishni unutmang — natijalardan hayron bo‘lishingiz mumkin. Teri yoshga qarab o‘zgaradi va qachonlardir sizga yoqqan tonal krem nozik ajinlarni yashirishni yoki kengaygan teshiklarni yopadi. Bundan tashqari, vizajistlar “yoshga qarab” bo‘yanishning ajralib turadigan xususiyatlaridan biri tonal kremning notekis qo‘llanilishili ekanligini ta’kidlashadi. Tonal krem, rumyana, ten va boshqa suyuq mahsulotlarni aralashtirishni unutmang, bu esa bir tekis va yaxshi ishlangan, tartibli ko‘rinishga ega bo‘lishi uchun muhim hisoblanadi. Haddan tashqari konturlash Bir necha yil oldin, konturlash makiyajning asosiy trendlaridan biri edi. Biroq keyinchalik konturlash urfdan qoldi, eski uslubda ishlaydigan ba’zi stilistlar va vizajistlar esa bundan ogohlantirishni unutdi. Konturlash insonni yoshroq ko‘rsata oladi (vizual ravishda “osilib qolishlarni” ketkazing, burningizni tor va yorqinroq qiling, yonoqlaringizdagi “olma” maydonini bo‘yang), lekin juda ajratib bo‘yash teskari ta’sirga olib keladi. Yoshlik insonlarda tabiiylik va “yaxshilash” uchun minimal kuch sarflash bilan bog‘liq bo‘lib, konturlash ko‘z uchun juda mashaqqatli va juda intruziv masaladir. Kuchli nurlanish Yorqin teri odatda salomatlik va yoshlik belgisi hisoblanadi. Kosmetik sumkangizdagi vizual yoshartirish funksiyasi haylayter yordamida amalga oshiriladi. Biroq ma’lum bir yoshdan boshlab, uni ehtiyotkorlik bilan ishlatish kerak. Masalan, yoshi katta ayollar qoshlarining chetiga yaltiroq mahsulotlarni surmasligi kerak — bu ko‘zni qovoqqa tortadi va uni yanada charchagan qilib ko‘rsatadi. Shuningdek, tabassum chiziqlarida yoki ko‘zning chetki qismlariga uni ko‘p surmaslik lozim. Biroq yonoqni biroz yorqinroq qilib bo‘yash mumkin. Asosiysi, disko-to‘pga aylanmasligi uchun suyuq haylayterni tanlash lozim. Makiyajni pudra bilan yaxshilash Teri qarigan sari teri yog‘i kamroq ishlab chiqariladi va pudra mayda ajinlarga singib ketadi. Buning o‘rniga ko‘plab kosmetika brendlarida mavjud bo‘lgan uzoq muddat yaxshi saqlab turuvchi spreydan foydalanishga harakat qiling. To‘q rangdagi lab bo‘yog‘i Lablar inson qarigani sari ingichka bo‘lib, aniq shaklini yo‘qotadi. Agar siz to‘ldiruvchi vositalaridan foydalanishni rejalashtirmagan bo‘lsangiz, lablaringizni yanada kichikroq qilib ko‘rsatadigan quyuq ko‘z qopqog‘i va to‘q rangli lab bo‘yog‘idan saqlaning. Tishlarning shakliga mos keladigan rangni tanlash muhim, u ham yillar davomida qorayishi va sarg‘ayishi mumkin. Yodda tuting, yorqin rangdagi blesk lablarni yangi va yoshroq qilib ko‘rsatadi. Noto‘g‘ri foydanilgan konsilyar Konsilyar haqida gap ketganda, bir xil rang va kompozitsiya terining barcha qismlariga mos kelmasligini unutmaslik kerak. Masalan, ko‘z ostiga qalin konsilyar foydalanish husnbuzarlarni yashiradi va ajinlarni aniqroq ko‘rsatish xavfini paydo qiladi. Bundan tashqari, ko‘z ostidagi teri yuzning qolgan qismidan yetti marta yupqaroq, shuning uchun qattiq bosim bilan emas, cho‘tkani yengil tekkizish kerak. Juda yorqin rumyana Juda ko‘p rumyana surtishdan saqlaning, bu unchalik muhim emas. Tarixda qanchalik ko‘p rumyanadan foydalanilsa, shuncha yaxshi bo‘lgan, biroq bu davrlar ortda qoldi. Pastki qovoqning ichiga surtiladigan podvodka  Pastki qovoqqa qora podvodka surtish qari ko‘rsatadi, ko‘zlarni kichikroq qiladi, ajinlarni aniq namoyon qiladi va umuman tashqi ko‘rinishni buzadi. Qalam o‘rniga jigarrang ten va qirrali cho‘tkadan foydalaning, chiziqni qanday qilib ehtiyotkorlik bilan surishni o‘rganing. Yana bir maslahat — ko‘zning ichki yuzasi chizig‘i bo‘ylab oq yoki yorqin rangdagi podvodkani ishlatishdir. U ko‘zlaringizning yorqin va yoshroq ko‘rinishiga yordam beradi. Kiprikning patki chizig‘idagi tush Ko‘zning pastki qismiga ishlatiladigan tush qari ko‘rsatadi. Vizajistlar kipriklarning pastki qismiga tushdan foydalanishdan butunlay voz kechishni taklif etmoqda, chunki u keraksiz tenni tushiradi va va ko‘rinishni charchagan holatda qilib ko‘rsatadi. Hech bo‘lmaganda kunduzi bu qoidaga amal qiling. Ingichka qoshlar Qoshlar inson qarigani sari tabiiy ravishda ingichka bo‘lib qoladi va buni ortiqcha terish orqali tezlashtirish mumkin. Yoshroq ko‘rinish uchun ularni to‘liqroq va qalinroq qiling. To‘liq va zich qilib ko‘rsatish uchun ularni pudrali tenlar bilan bo‘yashingiz mumkin. Biroq sizga tatuaj “avvalgidek emas”ligini va yillar davomida yomonlashmasligini aytishsa ham, konturni rad qilgan ma’qul.
64
5,621
Ayollar
Kun bo‘yi mudrab yurmaslik uchun nima qilish kerak? 7 maslahat
Surunkali ​uyquchanlik hayotning barcha jabhalariga ta’sir o‘​tkazmay qolmaydi: ishdagi topshiriqlar vaqtida bajarilmaydi, uy yumushlariga, do‘stlar bilan hordiq chiqarishga mador yetmaydi. Karantin vaqtida uyquga berilish avjiga chiqqaniga ishonchimiz komil. Harper’s Bazaar nashri ko‘pchilikni qiynaydigan ushbu muammoga yechim bo‘ladigan tavsiyalar bilan bo‘lishdi. Me’yordan kam uxlamang Aytilaverib siyqasi chiqib ketgan fakt: inson bir sutkada 7 yoki 8 soat uxlashi kerakligi haqida yaxshi bilamiz, lekin amal qilishga kelganda jiddiy qaramaymiz. Shunchalik bandligimizdan vaqtimizni uyquga sarflashga ko‘zimiz qiymaydi. Biroq bir narsani yodda tutish kerak, chala uxlab ishlarni, vazifalarni ham chala qoldirgandan ko‘ra tiniqib uxlab, hammasini o‘z vaqtida do‘ndirgan yaxshi. Karavot faqat uxlash uchun Karavotda film ko‘rish, kitob o‘qish va ishlashni bas qiling. Psixologlar bir ovozdan karavotni faqatgina uxlash uchun ekanini ta’kidlaydi. Ularning aytishiga qaraganda, uyqu va ish uchun bir joydan foydalanish oqibatida dam olish va tetiklik o‘rtasidagi psixologik chegara buziladi. Qarabsizki, na ishda samara bo‘ladi, na uyquda. Barvaqt turing Har tong bir vaqtda uyg‘onishga odatlaning. Bu o‘z-o‘zidan kechasi ertaroq uxlashingizga yordam beradi. Bunda tanadagi tabiiy ritm normallashib, kun davomida inson o‘zini tetik va yaxshi his qiladi. Ovqatlanishingizga e’tiborli bo‘ling O‘zingizni qanday his qilishingizda faqatgina uyqu necha soat bo‘lgani emas, nima tanovul qilayotganingiz ham muhim rol o‘ynaydi. Vaqt yo‘qligini bahona qilib, bir finjon qahva va kruassan bilan cheklanmasdan to‘yimli va foydali mahsulotlardan tayyorlangan nonushta qiling. Nonushta kunlik energiya manbai hisoblanadi va siz kunning birinchi yarmida iste’mol qilgan taom kun davomida sizga kuch va energiya beradi. Taomnomangizda tuxum, meva va sabzavotlar albatta bo‘lsin, shuningdek, ko‘p suyuqlik, limonli suv, sharbat ichishni ham kanda qilmang.  Istalgan parhez samaradorligini oshiradigan 3 qoida Vaqtni to‘g‘ri taqsimlang 8 soat uxlashga vaqtim yo‘q deyishdan avval kun tartibingizni ko‘zdan kechiring, muhim bo‘lgan va bo‘lmagan ishlarga ketadigan vaqtingizni sarhisob qiling. Ishonchimiz komilki, 16 soat ichida 2 yo 3 soat ijtimoiy tarmoq yoki televizorga vaqt sarflaysiz. Shu vaqtni sog‘ligingiz va ishingiz samarasi uchun uyqu hisobiga o‘tkazing. Kunduzi uxlamang Esingizdami, ​bog‘chada tarbiyachilar majburlab uxlatishardi ? Chunki kunduzgi uyqu maktab yoshigacha bo‘lgan bolalar uchun foydali va zarur, siz-u biz uchun emas. Negaki biroz mizg‘ib olgach, qilinishi kerak bo‘lgan ishlar kunning ikkinchi yarmiga qoladi va kechki uxlash vaqti cho‘zilishi mumkin. Uyquga alohida tayyorlaning Uxlash vaqti bo‘ldi deb, shartta borib yotib olmang. Yotishdan avval dush qabul qiling, sokin musiqa tinglang, yumshoq va yotish uchun qulay pijamalarni kiying, uyqudan avval o‘tli tinchlantiradigan choy iching. Uxlashdan avval xona havosini almashtirishni ham unutmang. Ana shunda tinch va xotirjam uyquga ketib, tongda tetik va yaxshi kayfiyatda uyg‘onasiz.
62
3,060
Ayollar
Qishda yorilgan lablarni qanday davolash mumkin?
Sovuq kunlarda eng ko‘p tarqalgan muammolardan biri — lablarning yorilishi hisoblanadi. Atrof-muhit va sog‘lom turmush tarzi bilan bog‘liq muammolar sabab lab terisining ahvoli yomonlashishi va ko‘chishi kuzatilishi mumkin. Lablarni parvarishlar uchun ishlatiladigan mahsulotlar nafaqat yordam, balki zarar berishi ham mumkin. Shu sabab ham tanlov borasida e’tiborli bo‘lish tavsiya qilinadi. Labga surtish uchun mo‘ljallangan balzamning me’yordan ortig‘i lablarni uzoq vaqt namlantira olmasligi mumkin. Qolaversa, noto‘g‘ri tanlangan formula vaziyatni yanada yomonlashtirishi mumkin. Lab yorilishining sabablari nima va uni qanday davolash mumkin? Yog‘ qatlami yo‘q ekani hisobiga lablarning qishki shamol va havo o‘zgarishiga nisbatan himoyalanmagan bo‘ladi. Buning hisobiga namlikni tez yo‘qotib, quruq bo‘lib qoladi va ko‘chishni boshlaydi. Buning oldini olish uchun shifokorlar havoni namlantiruvchi vositalardan foydalanishni, terining namligini yo‘qotishi mumkin bo‘lgan kosmetik vositalardan foydalanmaslikni tavsiya qiladi. Shuningdek, parvarish qilishga mo‘ljallangan kosmetikalar qatoriga himoyalovchi SPF va bitiruvchi xususiyatga ega bo‘lgan balzamlarni ham qo‘shish kerak. Nima uchun lab uchun mo‘ljallangan ayrim balzamlar ish bermaydi? Aksariyat asosi yog‘ va mumdan tashkil topgan balzamlar vaqtincha labning ustinigina qoplaydi, ammo singmaydi va yetarlicha namlantirmaydi. Bunday vositalardan esa iloji boricha esa foydalanmagan yaxshi. Lab qurishining oldini olishni istaganlarga yana xushbo‘y iforli balzamlardan ham qochish tavsiya qilinadi. Tavsiyalar Labdagi o‘lik teri qismlarini olib tashlash uchun maxsus vositalardan foydalanishga harakat qiling. Ko‘chgan terilarni olib tashlash yangi hujayralarni hosil bo‘lishiga yordam beradi va har qanday tinchlantiruvchi yoki davolovchi balzamni qo‘llashni osonlashtiradi. Ammo bu borada oshirib yubormaslik muhim sanaladi. Quyosh nurlaridan himoyalovchi krem Lab bilan bog‘liq muammolarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladigan eng asosiy omillardan biri SPF kremlarni qo‘llamaslik hisoblanadi. Atigi uch qavatdan tashkil topgani hisobiga lablar quyosh nurlari, pigmentatsiya va hatto saratonga nisbatan nisbatan nozik bo‘ladi.
48
2,193
Ayollar
Imtihonga tayyorlanish vaqtida dangasalik tutsa...
Dangasalik juda qo‘rqinchli vaziyat. Ayniqsa hal qiluvchi paytlarda hujum qilib qolsa. Masalan, sessiya payti imtihonlar oldidan. Eng qizig‘i shundaki, psixologiyada “dangasalik” degan tushuncha umuman yo‘q. Ruhshunoslarning aytishicha, dangasalik motivatsiyaning yo‘qligini bildiradi. Demak, lozim bo‘lgan ishni bajarishga majbur qiladigan, o‘ziga xos va shaxsiy sabab (motiv)ni topish muhim hisoblanadi. Sabablar har xil bo‘ladi. Va albatta, bulardan eng samaralisi — qiziqish. O‘zingizni siz uchun qiziqarli va yaqin bo‘lgan fanni o‘rganishga majbur qilish osonroq. Har birimiz uchun bolalikdan eng ta’sirli hisoblangan sabablardan biri – jazolanishdan qo‘rqish. Albatta bu siz uchun sabab bo‘lolmaydi. Bunga teskari bo‘lgan sabab – mukofotlash. Har bir yodlangan bo‘lim yoki o‘nta yechilgan masala uchun o‘zingizni xursand qiladigan biron-bir sabab o‘ylab toping. Tartib hamma narsada muhimdir. Reja tuzing va bajarilgan bandlarni o‘chirib boring. Har bir o‘chirilgan band sizni yangi jasoratlarga boshlaydi.
50
1,013
Ayollar
Qay biri foydaliroq: murabbomi yoki muzlatilgani: rezavor mevalarni muzlatishning 7 ta siri
Muzlatish — bu mevalarni qayta ishlashning oson usuli. Ammo bu holatda ham nyuans va turli usullar mavjud. Qaysi biri foydaliroq: murabbomi yoki muzlatish Ergonomika nuqtayi nazaridan, murabbo pishirish qulay — bankalar muzlatkichda joy egallamaydi. Ammo issiqlik bilan ishlov berish jarayonida vitaminlar va ozuqa moddalarining aksariyati yo‘qoladi. Shirin qilish uchun esa juda ko‘p shakar kerak bo‘ladi. Ushbu xarajatlarga qo‘shimcha ravishda sizga idishlar, himoya qopqoqlari, shuningdek, bankalarni qaynatish va sterilizatsiya qilish uchun bir necha soat kerak bo‘ladi. Shuning uchun muzlatish foydali va osonroq, vaqt va pulni behuda sarflashning hojati yo‘q — katta muzlatkichga ega bo‘lish kifoya. Agar qishda murabbo yemoqchi bo‘lsangiz, muzlatilgan mevalardan bemalol pishirishingiz mumkin. Mevalarni muzlatish sirlari Bog‘dagi barcha mevalarni muzlatish mumkin. Qishda do‘kondan sotib olinmaydigan narsalar — qulupnay, malina, uzum, smorodina, gilosni muzlatib olgan ma’qul. Xomashyoni tayyorlash Muzlatish uchun katta, pishgan va chirimagan mevalarni saralang. Muzlatishdan oldin iliq suvda yuvish va sochiq bilan quritish kerak. Malina va qulupnayni yaxshilab quritish muhim, ular yumshoq va oson deformatsiyalanadi. Agar shirinlikka qo‘shmoqchi bo‘lsangiz, gilos yoki olchaning danaklarini olib tashlash mumkin, kompot va mevali ichimliklar tayyorlash uchun qoldirsangiz ham bo‘ladi. Ba’zi uy bekalari bandini olib tashlashadi, ba’zilari esa tabiiy shaklda muzlatishadi. Saqlash uchun idishlar Yumshoq rezavor mevalarni (qulupnay, golubika, yejevika, malina) plastik idishlarda muzlating — ular shaklini yaxshiroq saqlaydi. Ammo gilos, olcha, krijovnik, smorodinani og‘zi mahkamlangan paketlarga bir qavat qilib solish kerak. Kokteyl trubkasi bilan ortiqcha havoni tortib olish lozim, shunda paket yanada ixchamlashadi. Harorat Foydaliligini maksimal saqlab qolish uchun rezavorlar past haroratda muzlatilishi kerak: -18-20 daraja. Ammo muzlatkichning pastki qavatiga qo‘yib, asta-sekin muzdan tushirish tavsiya etiladi. Iliq suv yoki mikroto‘lqinli pechdan foydalanish tavsiya etilmaydi, mahsulot yumshab, shilimshiq bo‘lib qoladi. Qayd Qishda hamma narsa qayerda ekanligini bilish uchun mevali konteyner va paketlarga qaydlar yozib qo‘ying. Mahsulot nomi, muzlatish sanasi va porsiyaning og‘irligini ko‘rsating. Bunda siz maxsus stiker, lenta yoki leykoplastirdan foydalanishingiz mumkin. Saqlash muddati Muzlatilgan bo‘lsa ham, rezavorlar haroratga bog‘liq bo‘lgan saqlash muddatiga ega. -6 daraja haroratda xomashyoni 2-3 haftadan ko‘p bo‘lmagan, -18 da 3-4 oygacha, -24 da bir yilgacha saqlash mumkin. Faqat butunligicha emas Rezavorlarni butunligicha muzlatish shart emas. Ularni bo‘lib, shakar sepib, sirop quyishingiz yoki pyure qilish ham mumkin. 1 kilogramm qulupnay uchun 150 gramm shakar, malina uchun 2 baravar ko‘p kerak bo‘ladi. Mahsulotlar joylashuvi Muzlatish tezda hidlarni o‘zlashtiradi, shuning uchun xomashyoni boshqa aromatik mahsulotlardan — go‘sht yoki baliqdan alohida saqlash kerak. Namlik sifatni buzmasligi uchun idish qopqoqlarining mahkamligini tekshirishni unutmang.
91
3,112