folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Ayollar
Sochlarni parvarish qilishda xinaning foydali xususiyatlari
Xina barglari qadimdan sochning parvarishida ishlatilgan, zamonaviy hind ayollari yaxshiroq samaraga erishish uchun xina kukunidan foydalanadilar. Quyida xinadan kundalik hayotingizda qanday foydalanish kerakligi haqida bilib olasiz. O‘sishni tezlashtiradi, soch ildizini mustahkamlaydi Xinaning tabiiy xususiyatlari soch o‘sishini jadal sur’atda rag‘batlantirishga yordam beradi. Ushbu tarkibiy qismning kukun shakli soch o‘sishini oziqlantiruvchi va rag‘batlantiradigan efir moyi sifatida ham ishlatilishi mumkin. Xina to‘g‘ridan to‘g‘ri bosh terisiga ta’sir qiladi, follikullarning holatini yaxshilashga yordam beradi. Bu soch to‘kilishining oldini oladi, shuningdek, ingichka sochlarni qalinlashtiradi. Tabiiy bo‘yoq Xina ajoyib soch bo‘yog‘i hisoblanadi. Bu nafaqat bozorda mavjud bo‘lgan kimyoviy moddalarga ajoyib tabiiy muqobil, balki sochingiz uchun sog‘lom mahsulot va hamyoningiz uchun yanada tejamkor. Oziqlantiradi Quruq va shikastlangan sochlarning uchlari “gullash”ga moyil, shuning uchun ularni kaltalatish yetarli emas. Xina sochlaringizni chuqur oziqlantiradi va to‘yintiradi, quruq sochlar muammosini hal qiladi. Xina tarkibida mavjud bo‘lgan tanin aslida sochlarga bog‘lanib, uni mustahkamlaydi va hatto soch ildiziga kirmaydi, bu esa minimal zararni hisoblanadi. Bu esa qalin va porloq sochlar ta’sirini kuchaytiradi. Namlaydi va tozalaydi Tuxum kabi namlovchi ingrediyentlar bilan birgalikda xina ajoyib konditsioner bo‘ladi. Bir necha kun davomida sochlaringiz ipakdek silliq bo‘lishi uchun xina niqobini qo‘llash kifoya. Xina bosh terisidan ortiqcha yog‘ va kirni, shu jumladan, qazg‘oqni ketkazishga yordam beradi. Xina tabiiy zamburug‘ va mikroblarga qarshi xususiyatlarga ega bo‘lib, bosh terisini tinchlantiradi va bosh terisi qichishishini nazorat qiladi.
59
1,786
Ayollar
Miya faoliyatiga zarar yetkazadigan kundalik odatlar
Kundalik odatlar kishining turmush tarzi, salomatligi va kayfiyatiga ta’sir qilmay qolmaydi. Ularning ayrimlari ish va kasbiy faoliyatni rivojlanishiga hissa qo‘shsa, ba’zilarining oqibati jiddiy muammo bilan tugaydi. Bir vaqtni o‘zida bir necha vazifani bajarish Bir nechta ishni bir vaqtni ichida bajarish zamonaviy odam uchun deyarli normal holat. Kompyuter qarshisida ishlayotgan vaqt audiokitob tinglash, trenirovka vaqti telefonda gaplashish, o‘qishdan bo‘sh vaqtlarda pochta yoki ijtimoiy tarmoqlarni tekshirish — umuman olganda, vaqtni tejab yaxshiroq natijaga erishish uchun qo‘ldan kelgan hamma narsani bajaramiz. Ammo bunday vaqtda hech nima mukammal bajarilmasligi kamida bir qator harakatni bir vaqtda bajarganda miya zo‘riqib qolishi mumkin. Bu esa ish samaradorligi va diqqat taqsimlanishiga ta’sir qiladi. Dastur va ilovalardan foydalanish Gadjet va dasturlar odamning hayotini osonlashtiribgina qolmay, ma’lum muammoga yechim topish kerak bo‘lganda ortiqcha aqlni ishlatishga hojat qolmaydi. Oqibatda odam dangasalasha boshlaydi. Kalkulyator, valyuta konverteri va shunga o‘xshash boshqa dasturlar miyani bo‘shashtiradi hamda ortiqcha zo‘riqtirmaydi. Kam harakatli turmush tarzi O‘tirib ishlash nafaqat qomat va salomatlikka, balki miya faoliyatiga ham ta’sir qilmay qolmaydi. Kam harakatlilik qon aylanishining sekinlashishiga bu esa o‘z navbatida miyaning kislorod bilan ta’minlanmasligiga hissa qo‘shadi. Oqibatda uning samaradorligi kamayadi. Shu sabab ham kun davomida kompyuter qarshisida o‘tiravermasdan turib tanaffus qilib turish, sayr qilish, shuningdek, jismoniy faollikning hayotimizdagi roli muhimligini unutmaslik kerak. Ma’lumotlarning bisyorligi Odam ko‘p va xo‘p ma’lumotga ega bo‘lishga uringanida bir mavzuga e’tibor qarata olmaydi. Faktlarning xilma-xilligi bir narsaga diqqat qila olmaslikka sabab bo‘ladi. Murakkab narsalar o‘ylash va fikrlash talab qilgani uchun esa kishi oson yo‘l qidirishga o‘rganib qoladi. To‘g‘ri kun tartibining bo‘lmasligi Ko‘pchilik aksariyat hollarda ish, o‘qish va boshqa turli sabablarga ko‘ra uyqudan voz kechadi. Ammo butun organizmning to‘g‘ri faoliyatda bo‘lishi uchun uyquning sifatli bo‘lishi muhim sanaladi. U nafaqat kuch va energiyani tiklashga yordam beradi, balki kun davomida zo‘riqqan miyani dam olishiga yordam beradi. Uyqudan keyin odamning xotirasi tiklanib, ma’lumotlar yaxshi qabul qilinadi va saqlab qolinadi. Aynan shu sabab ham rejim to‘g‘ri bo‘lishiga e’tibor qaratish hamda uyquning ahamiyati haqida unutmaslik kerak. Shu sabab ham bir vaqtda yotib bir vaqtda turish, uyqudan avval telefondan foydalanmaslik kerak.
52
2,606
Ayollar
Mikroto‘lqinli pechda isitish tavsiya qilinmaydigan mahsulotlar
Bugungi kunda deyarli har bir xonadonda bo‘lgan mikroto‘lqinli pech shoshganda mahsulotlarni bir zumda isitib berishi bilan ayni muddao. Ammo undan foydalanayotganda hamma narsani ham ichiga qo‘yaverish yaramaydi. Achchiq qalampir Qalampirda kapsaitsin birikmasi bisyor bo‘ladi. Agar uni mikroto‘lqinli pechda qizdirilsa, ushbu modda havoga tarqalishi mumkin bo‘ladi. Bu esa ko‘z va tomoq shilliq qavatiga zarar yetkazishi mumkin. Tomat sousi Tomat sousi mikroto‘lqinli pech ichida otilib, hamma yerga sachrashi mumkin. Haddan ortiq quyuqligi hisobiga suvning parlanishi qiyin kechadi va u bug‘ ko‘rinishida yuqorida to‘planadi hamda mikroto‘lqinli pech ichiga sachraydi. Aynan shu sabab ham tomat sousli pasta solinganda mikroto‘lqinli pechning ichi rasvo bo‘ladi. Uzum Uzumni mikroto‘lqinli pech ichida qizdirsa va donachalari bir-biriga yaqin bo‘lsa, maxsus zaryadlangan zarrachalar paydo bo‘ladi. Bu esa pechning ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin. Quritilgan meva va sabzavotlar Meva va sabzavotlarni mikroto‘lqinli pechda eritish yaxshi fikr emas. Gap shundaki, foydali xususiyatlar kanserogenga aylanishi mumkin. Shu sabab ham muzdan eritmoqchi bo‘lganda ushbu mahsulotlarni kechasi sovitkichga qo‘yib qo‘yishning o‘zi kifoya. Sosiskalar Qayta ishlangan go‘sht mahsulotlarini nafaqat mikroto‘lqinli pechda, balki shunchaki qizdirish ham yaramaydi. Yuqori haroratda xolesterin oksidlanishi kuzatiladi. Oqibatda organizm uchun zararli bo‘lgan moddalar hosil bo‘ladi. Nordon sut mahsulotlari Aslida sut va nordan sut mahsulotlariga termik ishlov berishning yomon tarafi yo‘q, ammo mikroto‘lqinli pechda qizdirish haqida bunday deb bo‘lmaydi. Chunki unda isitish zararli moddalar, masalan, transyog‘ kislotalarning ko‘payishiga olib keladi. Pishloq O‘tkazilgan tajribalardan birida pishloq bilan mikroto‘lqinli pechning hamisha ham chiqishavermasligi aniqlangan. Jarayonda oq nordon pishloq turiga mansub nabulsi 10 daqiqa davomida mikroto‘lqinli pechda qizdirilgan. Shundan keyin tarkibi yaxshilab tekshirilgan. Unda pishloq tarkibidagi eng foydali moddalarning sezilarli qismi yo‘qolgani, antikanserogen komponentlar kamaygani aniqlangan. Bolalar taomi Shuningdek, mikroto‘lqinli pechda ona suti va bolalar yeguliklarini isitish ham tavsiya qilinmaydi. Tadqiqotlarda mikroto‘lqinli pech ularni bir xil darajada qizdirmaydi. Qaynoq qismi bolaning og‘zini kuydirishi mumkin. Go‘sht Go‘sht ham bir xil isimagani hisobiga yaxshi termik ishlov berilmagan qismlarida zararli bakteriyalar qolib ketishi mumkin.
63
2,520
Ayollar
Bahor kayfiyatini ulashuvchi, gulli ko‘ylaklar yana urfda (foto)
Bahor kelib, kunlar isishni boshlashi bilan odamning ichki olamida o‘zgarishlar yuz bera boshlaydi. Bu esa o‘z navbatida tashqi tomonda ham o‘z aksini topadi. Qalin va ro‘dapo liboslardan charchagan ayol-qizlar yorqin, yengil, kayfiyat ko‘taruvchi ko‘ylaklar kiyishni afzal biladi. Bahorni gul printi tushirilgan liboslarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Turli ranglar umumlashmasidan tashkil topgan bunday ko‘ylak modellari, ayniqsa, mazkur mavsumda har qachongidan ham dolzarbroq. Asosan maksimal darajada yirik gul tushirilgan variantlar urfda bo‘ladi. Bu borada Valentino brendi taqdim qilgan bahor-yoz kolleksiyasidan ilhomlanishingiz mumkin. Shu bilan birga, ayollarga xos klassik, mayda gulli liboslarni kiyishni ham hech kim man qilmaydi. Ulardan qay birini tanlash sizning xohishingizga havola. Yomg‘irli havoda oversize uslubdagi charm kurtka va botinka, quyoshli kunda esa qulay krossovka bilan obraz yaratishingiz mumkin.
64
932
Ayollar
2022—2023 kuz-qish mavsumining eng zamonaviy sumka modellari (foto)
Ushbu kuz-qish mavsumida ham urfda an’anaviy formatga amal qilinadi: ko‘rgazmalar oldidan dizaynerlar o‘nlab mehmonlarni o‘z shoulariga taklif qildi, fotograflar tendensiyalarni belgilab bergan suratlar bilan bo‘lishdi. Marie Claire nashri kuz-qish mavsumida urfda bo‘ladigan sumka modellari bilan tanishtirib chiqdi. Dizaynerlar ushbu mavsum uchun kichik hajmdagi bejirim sumkalar modelini tavsiya qiladi. Ushbu noodatiy shakldagi sumkalar asosan kalit, uyali aloqa hamda plastik kartalar solish uchun mo‘ljallangan. Shuningdek, dizaynerlar har qanday uslub bilan mos keluvchi universal sumkalar qat’iy shaklga kerak bo‘lishini ma’lum qildi. Mashhur brendlarga tegishli sumkalar ixcham hamda qulayligi bilan ham uzoq vaqt urfda qoladi. Ushbu modeldagi sumkalar ham uzoq vaqtdan beri ayollarning garderobidan o‘rin olib kelgan. Shunchaki, mazkur mavsumda dizaynerlik ishiga biroz o‘zgartirish kiritilgan. Bu esa model qiymatini yanada oshirgan. O‘zida geometrik shaklni aks ettirgan sumkalar kuz-qish mavsumi uchun ayni muddao. Chunki sovuq mavsumda obrazga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlaydi. Klatch ham o‘zining qulayligi va turfa xil dizayni bilan tendensiyada bo‘lib kelmoqda. Shunchaki uni tasvirga to‘g‘ri keladiganini tanlash kifoya. Kechki ziyofat uchun mo‘ljallangan sumkalar ko‘proq nafis, bejirim hamda qulay bo‘lishi juda muhim. Dizaynining o‘zgacha ekani esa atofdagilarning e’tiborini tortishi tabiiy. Katta hajmli sumkalar ham hamisha qulayligi bilan ayollarning og‘irini yengil qiladi. Ayniqsa, bu kabi sumkalar yonida ko‘p buyum olib yuradiganlar uchun ayni muddao. Kuz-qish mavsumi uchun jud mos bo‘lgan mo‘ynali sumkalar. Bu kabi modellarni kiyimlar bilan ajoyib tarzda uyg‘unlashtirish mumkin. Ryukzaklar yelkalarga og‘irlikni bir xilda taqsimlaydi. Bu esa salomatlik uchun foydali. Ulardan yosh-u qari har qanday mavsumda birdek foydalanib kelmoqda.
67
1,878
Ayollar
Oyoq kiyim sirpanmasligi uchun nima qilish kerak?
Qish faslida ko‘pchilik sirpanchiqlik muammosi bilan to‘qnashadi. Qishki oyoq kiyimlarining sirpanmasligiga yordam beruvchi bir necha usullar bor. Suv o‘tkazmaydigan jilvirli qog‘ozdan kerakli o‘lchamda qirqib oling. Tagcharm va poshna yuzasiga “Moment” yelimidan suring va ustidan jilvirli qog‘ozni yopishtiring. Bu usulni har hafta takrorlab turing, chunki yelim bora-bora uqalanib ketadi. Matoli plastir o‘ramidan kerakli o‘lchamlarda kesib olib toza va quruq tagcharm ustiga bir-biri bilan kesishtirgan holda yopishtirasiz. Bu usul 2—3 kunga bardosh bera oladi. Etiklar sirpanmasligi uchun har kuni ko‘chaga chiqishdan oldin ularning tagcharmiga kraxmal eritmasini yoki xom kartoshkani ishqalab surkang.
49
708
Ayollar
Tez o‘qishni qanday o‘rganish mumkin? 4 ta sinalgan qadam
Zamonaviy odamning, ko‘p qismi kitoblar orqali yetib keladigan katta hajmdagi ma’lumotlarni o‘zlashtirishiga to‘g‘ri keladi. Tez o‘qishni qanday o‘rganish mumkin? Gap badiiy adabiyot haqida emas – biz uni “o‘zimiz uchun” o‘qiymiz, balki o‘z-o‘zini rivojlantirishga, professional o‘sishga yordam beruvchi kitoblar haqida ketyapti. Bunday adabiyotlarni tez va samarali o‘qishga o‘rgatadigan malakalarga ega bo‘lishga yordam beruvchi bir necha maslahatlar bilan tanishing. Hatto sizning o‘qish uchun umuman vaqtingiz bo‘lmasa ham, xoh odamlar ichida bo‘lsin, xoh shovqin joy bo‘lsin baribir o‘zingizni diqqat bilan kitob o‘qishga majbur qiling — bu har qanday vaziyatda ham o‘qiyotgan kitobingizga diqqatingizni jamlay olishga o‘rgatadi. Ko‘pchilik yotib o‘qishni ma’qul ko‘radi va bu bilan juda katta xatoga yo‘l qo‘yadi. Balki bunday holat badiiy adabiyotlar o‘qish uchun mos kelishi mumkin, lekin boshqa turdagi, ko‘proq ixtisoslashtirilgan kitoblar o‘qish uchun mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. Samarali o‘qish uchun eng yaxshi variant – gavdani to‘g‘ri tutgan holda o‘tirish. Bu miyaga kislorodning yaxshi yetib borishini va buning natijasida ma’lumotlarning tezroq o‘zlashtirilishini ta’minlaydi. Ko‘z va kitob orasidagi eng optimal masofa — 30–40 sm, shunda ko‘zlar kamroq harakat qilishiga to‘g‘ri keladi va ular kamroq charchaydi. Murakkab mavzuni o‘rganish uchun diqqatni to‘plash kerak bo‘ladi, bir necha soat davomida qattiq fikrlash charchoqlikni va organizm hayotiy tonusining pasayishiga olib keladi. Shuning uchun har yarim soat-bir soatda tanaffus qilish va ularni jismoniy faollik bilan o‘tkazish tavsiya qilinadi. Unchalik qiyin bo‘lmagan jismoniy mashqlar miyada qon aylanishini yaxshilaydi va mavzu ustida samarali ishlashda organizmga yangicha quvvat bag‘ishlaydi. Oldingizga amaliy maqsad qo‘ying: bu kitobdan aynan qaysi ma’lumotni olmoqchisiz va keyin siz uni tajribada qanday qo‘llamoqchisiz? Balki sizga zarur bo‘lgan ma’lumot qaysidir bo‘limda bo‘lishi mumkin va u holda sizning katta hajmdagi materialning hammasini o‘qishingizga to‘g‘ri kelmaydi. Manba: “Layfxaker”
57
2,086
Ayollar
Dazmolning keragi yo‘q: G‘ijim bo‘lmaydigan yozgi matolar
Barchaning hayotida hech bo‘lmasa bir marotaba shunday voqea yuz beradi. Shoshilinch vaqtda hamma narsa aksiga oladi: kiyim g‘ijim, dazmol esa ishlamaydi. Muammoni bartaraf etish uchun esa vaqt yo‘q. Ammo bu kabi noqulay vaziyatning oldini olish imkoni bor. The Voice Mag nashri taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, g‘ijim bo‘lmaydgan yozgi matolardan tikilgan liboslarni kiyish masalaning yechimidir. Yaqinda SuperJob platformasi uy ishlari bo‘yicha ayollar orasida katta so‘rovnoma o‘tkazdi. Ma’lum bo‘lishicha, eng yoqimsiz uy ishlaridan biri — bu dazmollash bo‘lib, u pol artishdan ham ko‘proq foizni tashkil etdi. Respondentlarning 24 foizi, agar imkon bo‘lsa, dazmoldan voz kechishini ma’lum qildi. Bu butunlay pirofobiyada — uyda qurilmani yoqiq qoldirishdan qo‘rqish, undan yong‘in chiqishidan xavotirlanish emas, balki ertalab turib, u bilan kiyimlarni dazmollashni istamaslikdir. Ammo buning kutilmagan yechimi ham bor. Bug‘li dazmol sotib olish yoki ertalab g‘ijimlangan holda uydan chiqib ketishga to‘sqinlik qiladigan uy ishlari jadvalini tuzish kabi maslahatlarni chetga surib, asosan, dazmollashni talab qilmaydigan kiyimlarga o‘tish kerak. Albatta, hamma narsa materialga bog‘liq, ko‘pincha sintetik matolar kamroq g‘ijim bo‘lishga moyildir. Lekin do‘kondagi yorliqda har qanday belgilarga e’tiborli bo‘lish kerak. Poliyestr Poliyestrni umuman dazmollash mumkin emas. Unga suv purkab, mayda g‘ijimlar yo‘qolguncha kutgan yaxshiroq. Ushbu materialning kamida 65 foizini tashkil qilgan kompozitsiyaga diqqat qilish kerak, shundagina unga g‘amxo‘rlik qilish muammo bo‘lmaydi. Denim (djinsi) Ma’lumki, djinsi matolarni ham dazmol qilmaslikning yo‘li bor. Ammo haqiqiy djinsi dazmollashni talab qiladi, tarkibiga laykra qo‘shilgan modellar bunga muhtoj emas. Sun’iy ipak U asetat deb ham ataladi — buni unutmaslik kerak, chunki u hayotni sezilarli darajada soddalashtirishi mumkin. Sun’iy ipak tabiiy ipak kabi silliq va yorqin, faqat dazmolning minimal aralashuvini talab qiladi. Bir marta bug‘langandan keyin uzoq vaqtgacha dazmolni unutish mumkin. Modal Bu tanani sovitadigan viskozaning takomillashtirilgan turi va shuning uchun yozgi kiyim ishlab chiqarilishida faol qo‘llanadi. Nozik tuzilishi tufayli modal matolar g‘ijim bo‘lmaydi, shuning uchun uni tekis holatda quritish yoki bug‘da ozgina ishlov berish kifoya.
57
2,330
Ayollar
Yozning jaziramasida qanday kiyinish kerak? Quyosh urishidan saqlovchi layfxaklar
Yoz fasli kirib kelishi bilan inson organizmi haddan tashqari suvsizlanadi. Hech kimga sir emaski shaharda havo harorati 40 darajadan oshishi mumkin. Havo issiq bo‘lganda jon saqlash uchun inson o‘z kiyimlariga, ovqatlanish ratsioniga va salqinlanish usullariga yaxshilab e’tibor bergani ma’qul. Ayniqsa garderobdagi kiyimlarga alohida e‘tibor berish kerak? “Noviy ochag” nashri bu borada foydali layfxaklar bilan bo‘lishdi. Yopiq hamda keng libos kiying Havo isiganda ko‘pchilik ochiq kiyinishga harakat qiladi. Bu go‘yoki salqinlashga yordam beradi, deb o‘ylash tabiiy. Lekin aslida u faqat havo harorati tana haroratidan past bo‘lsagina amalga oshishi mumkin. Harorat 37 darajadan o‘tishi bilanoq, tana o‘z-o‘zidan termoregulyatsiya bilan kurashishni to‘xtatadi. Terining ochiq qolgan qismidan ajralgan ter uni sovitishga vaqt topolmay, bir zumda bug‘lanadi. Yopiq liboslar esa bunday vaqtda ajoyib yechim, chunki u terning tez bug‘lanishidan saqlaydi. Yana bir sabab, quyoshning jaziramasi. Agar butun tana bo‘ylab SPF qo‘llangan bo‘lsa ham ter tufayli badan himoyasiz qoladi. Keng va yopiq kiyim quyosh va shafqatsiz ultrabinafsha nurlaridan asraydi. Shuning uchun jaziramada uzun ko‘ylak, etagi keng yubka va shlyapalar kiyish tavsiya etiladi. Tabiiy va ochiq rangda kiyining Jaziramada imkon qadar tabiiy matolardan tikilgan kiyim tanlash tavsiya etiladi. Paxta, muslin, batist, bez, zig‘ir — bu matolarning barchasi havo o‘tkazadi va namlikni darhol o‘zlashtiradi. Agar tabiiyligiga ishonchingiz komil bo‘lsa, albatta, ipak ham kiyishingiz mumkin. Qolaversa, yoz uchun qora, to‘q yoki quyuq ranglar mos kelmaydi. Issiqda quyosh nurlarini qaytarish va kamroq isish uchun ochiq yoki oq rangli kiyim kiyish lozim. Qatlam uslubida kiyining Bu g‘alati tuyiladi, lekin Osiyoning milliy chopon liboslarini eslang. Qatlamli kiyim organizm va atrofdagi issiq muhit o‘rtasida me’yorni hosil qiladi. Mayka, top yoki yengil futbolka ustidan keng ko‘ylak, nimcha kiyish jaziramada isib ketishning oldini oladi. Bosh kiyim kiying Yengil sharf, paxta panama, shlyapa — asosiysi bosh quyosh nuri ostida qolmasligi kerak. Aks holda, boshning yuqori qismi issiqdan aziyat chekadi. Quyosh urishi jiddiy muammolarga olib kelishi mumkin. Bosh kiyimning afzalligi shundaki, agar butunlay chidab bo‘lmas darajada issiq bo‘lsa ham, uni namlash va shu orqali salqinlash mumkin.
81
2,361
Ayollar
4 ta oddiy mashq yordamida bag‘baqani yo‘qotamiz
Ba’zi hollarda bag‘baqa paydo bo‘lishining oldini olish qiyin, ayniqsa siz ortiqcha vazn yig‘ishga ulgurgan bo‘lsangiz. Lekin ba’zan ortiqcha vazn muvaffaqiyatli ravishda kamaytirilsa ham bag‘baqa yo‘qolmaydigan holatlar uchraydi. Bunday hollarda xafa bo‘lish yoki darhol plastik jarrohlik yordamiga yugurish kerak emas – bir-ikki hafta ichida bag‘baqalarni yo‘qotishga imkon beradigan yuqori samara beruvchi mashqlar bor. Og‘izni kattaroq ochamiz va tilni tashqariga iloji boricha ko‘proq chiqaramiz – uning uchini  burunga yoki iyakka tegizishga harakat qiling. Tilni bunday holatda 10 soniya ushlab turing. Bu mashqni 10 marta takrorlang. Krovat ustiga bir tomondan boshni, bir tomondan esa oyoqlarni osiltirib ko‘ndalang holatda yoting. Boshni butun tanani ko‘radigan darajada yuqori ko‘taramiz. Yelkalar ko‘tarilmasdan joyida turadi. 10 soniya shu holatda ushlab turamiz. 2-3 marta takrorlaymiz. Dastlabki holat – turish. Bosh asta-sekinlik bilan orqaga qilinadi, nigohni ustingizdagi shipga qaratasiz. Shipdagi nuqtaga intiling. Xuddi siz uni o‘pmoqchi bo‘layotgandek. Shu holatda 7-8 soniya turing. 15 marta qaytaring. Asta-sekinlik bilan, keskin harakatlarsiz boshingizni orqaga tashlab bir yelkadan ikkinchisiga tomon aylantirishni boshlang va yana dastlabki holatga qayting. Yelkalarni tushiring, qomatingizni to‘g‘ri tuting. O‘n marta takrorlang. Bag‘baqadan oson va tez qutulishning asosiy sharti – bu batartiblik va muntazamlik hisoblanadi. Manba: “Lady.mail.ru”
48
1,476
Ayollar
Oshxonada asqotadigan foydali maslahatlar
Maqolada uy bekalari uchun oshxonada qo‘l kelishi mumkin bo‘lgan tavsiyalar bilan o‘rtoqlashamiz.
41
97
Ayollar
Bosh va sochlar uchun uy sharoitida skrablar tayyorlaymiz
Shakar, tuz, asal, yog‘ va qahva terini tozalaydi, qazg‘oqni ketkazadi va sochlarni baquvvat qiladi,chiroyli ko‘rinish beradi. Tarkibidagi abraziv zarrachalar tufayli skrablar shampunlarga qaraganda samaraliroq hisoblanadi. Ular terining dag‘al hujayralarini, changlarni, soch turmaklash vositalarining qoldiqlarini, teridagi ortiqcha yog‘larni ketkazadi. Teri nafas ola boshlaydi, sochlar esa tezroq o‘sadi. Tarkibiga bog‘liq ravishda skrablar terini oziqlantiradi va namlantiradi, sochlarni yaltiratadi, qazg‘oqqa yoki ortiqcha yog‘lilikka qarshi kurashadi. Agar sochlaringiz yog‘li bo‘lsa, skrablardan bir haftada bir marta, agar quruq va normal bo‘lsa, 2-3 haftada bir marta foydalaning. Faqat sochlar ildizini va terini skrablang. Undan oldin boshni yuvish kerak emas, uni iliq suv bilan ho‘llashning o‘zi yetarli bo‘ladi. Amallar tugagandan keyin esa boshingizni odatdagidek yuving. Agar teringiz shikastlangan yoki vosita tarkibiy qismlariga allergiyangiz bo‘lsa, shuningdek rangi yo‘qolmasligi uchun sochlaringizni bo‘yagandan keyingi bir necha kunlar skrab qilishdan voz keching. Masalliqlar: Tayyorlash va qo‘llash: Shakar va asalni aralashtiring. Qaymoqni qo‘shing, aralashtiring. Aralashmani bosh terisiga suring, 5 daqiqa uqalang va yaxshilab singishi uchun yana 10 daqiqa qoldiring. Skrab qoldig‘ini iliq suv bilan yuving. Masalliqlar: Tayyorlash va qo‘llash: Shakar va yog‘ni yaxshilab aralashtiring. Skrabni bosh terisiga suring va boshingizni uqalang. 5–7 daqiqadan so‘ng vositani iliq suvda yuving. Manba: “Woman.ru”
57
1,535
Ayollar
Qaysi oziq-ovqatlarni xomligicha yeganimiz ma’qul?
Ko‘pchilik oziq-ovqatlar issiqlik yordamida ishlov berilganlariga qaraganda xomligida foydali hisoblanadi. Qizdirish va qaynatish jarayonida mahsulotlarning ozuqaviy qiymati kamayadi, tarkibidagi vitaminlar va qator mikroelementlar yo‘qoladi. Quyidagi oziq-ovqatlarni yaxshisi xom holida iste’mol qilish tavsiya qilinadi. Asal tarkibida aminokislotalar, temir, kalsiy, magniy, rux, B1, B2, B6 vitaminlari, foli kislotalari mavjud. Ishlov berilmagan xom asal immun tizimini mustahkamlaydi va hazm qilishni yaxshilaydi. Bu noyob tozalovchi va yoshartiruvchi vositaning tarkibi aminokislotalar, vitaminlar, minerallar, enzimlar va antioksidantlardan tashkil topgan. Bundan tashqari bu o‘simlik tarkibida saratonga qarshi kurashish xususiyatiga ega bo‘lgan moddalar mavjud. Bu mahsulotlar inson organizmi uchun foydali bo‘lgan to‘yinmagan yog‘lardan, shuningdek organizm to‘liq hazm qila oladigan vitamin va minerallar manbai hisoblanadi. Ularni xom holda iste’mol qilish orqali siz qon bosimini normallashtirishingiz, immunitetni mustahkamlashingiz va hazm qilish tizimi faoliyatini yaxshilashingiz mumkin. Yangi sutdan tayyorlangan pishloqlar tabiiy yog‘lar, oqsillar va mikroelementlarga juda boy. Ularni muntazam ravishda iste’mol qilish organizmni har xil kasalliklar paydo bo‘lishidan himoya qiladi. Yangi yoki muzlatilgan rezavor mevalar antioksidantlarga juda boy, bundan tashqari ular tarkibida oson hazm bo‘ladigan ko‘plab foydali moddalar mavjud. Baliq birinchi navbatda, yog‘ erituvchi vitaminlar manbai sifatida qadrlanadi. Lekin issiqlik yordamida ishlov berilganda ozuqaviy qiymati ancha kamayadi. Mahsulotdagi foydali xususiyatlarni xom holda iste’mol qilish orqali saqlab qolish mumkin. Manba: “Gastronom.ru”
50
1,722
Ayollar
Chopard siferblati tilla “kashtali” soat modelini taqdim qildi
Imperiale Joaillerie kolleksiyasi yana bir o‘ziga xos model bilan ko‘paydi. Taqdim qilingan soatning asosiy xususiyati, Vizantiyaning baxmal ustiga ipak bilan tushirilgan kashtalarini esga soluvchi tilla iplar bilan ishlov berilganida, deb yozadi Vogue. Chopard bunday natijaga erishish uchun 22 karatlik tilladan qilingan ingichka ipdan foydalangan, iplar bir-birga qo‘shib o‘ralgan. Siferblat markaziga tushirilgan qimmatbaho surat atrofiga brilliant bilan dumaloq shaklda ramka qilingan. Soatning kamar qismi alligator terisidan ishlangan to‘q ko‘k charmdan iborat bo‘lib, u soatning hashamatli ko‘rinishiga yanada ko‘rk qo‘shadi.
62
635
Ayollar
Kumush taqinchoqlar nega qorayadi?
Ba’zan kumushdan yasalgan buyumlar vaqt o‘tishi bilan qorayadi, lekin ba’zan esa o‘z rangini keskin o‘zgartiradi. Nima uchun bunday bo‘lishini, nima uchun kumush qorayishini bilib oling. Ko‘pchilik kumush buyumlar tarkibiga nam va toza havo ta’sirida oksidlanuvchi mis qo‘shiladi. Shuning uchun qimmatbaho metallda muntazam ravishda qalinlashib boruvchi qatlam paydo bo‘ladi. Albatta, bu qatlamning paydo bo‘lish tezligi havoning namligiga, iqlimning almashishiga va suv bilan aloqa qilish darajasiga ham bog‘liq. Shuningdek taqinchoqlarning tashqi ko‘rinishiga organizmdagi ichki jarayonlar ham ta’sir ko‘rsatadi. Ba’zan siz muntazam ravishda taqadigan taqinchoqlarning hammasi ham qorayib ketmasligi mumkin. Ko‘pchilik yog‘ bezlari tananing aynan ko‘krak qismida joylashganini hisobga oling. Shuning uchun ko‘proq zanjirlar va kulonlar qorayishga moyil bo‘ladi. Shuningdek gormonal balansni ham tekshirish ortiqchalik qilmaydi. Kumush taqinchoqlaningizning qorayish sabablarini bilmoqchi bo‘lsangiz, quyidagilarni eslashga harakat qiling: yaqin orada kuchli stressni boshdan kechirganmisiz yoki tarkibida oltingugurt bo‘lgan yangi dori qabul qilganmisiz? Balki, sababi aynan ular bo‘lishi ham mumkin. Kumushning rangini o‘zgartirishi buyraklar faoliyatining buzilishi va odamning asab tizimi muammolaridan darak berishi ham mumkin. Agar hamma taqinchoqlar emas, balki faqat ba’zilari qoraygan bo‘lsa, bu endokrin tizimidagi ma’lum bir buzilishlar borligini bildiradi. Har qanday holatda ham oldindan vahimaga tushish yaramaydi. Kumush taqinchoqlaringizni tozalang va rangining o‘zgarishiga e’tibor bering. Bu vaqt ichida uni sport zaliga, hammomga, hovuzga borganda taqmaslikka harakat qiling. Agar buyum qorayishni davom ettirsa, unda organizmni to‘liq tekshirtiring. Omad tilaymiz! Manba: “Passion.ru”
34
1,806
Ayollar
50 yashar Melaniya Tramp qomatining siri nimada?
AQSh birinchi xonimi Melaniya Trampning go‘zal qomati siri u iste’mol qiladigan mahsulotlar va sport mashqlari bilan bog‘liq ekani ma’lum bo‘ldi. “Yandeks Dzen” platformasida yozilishicha, 50 yoshlik Melaniya kuniga 7 xilga yaqin sabzavot va meva iste’mol qiladi. Shuningdek, u tongni meva va rezavorlar qo‘shib tayyorlangan smuzi yoki suli yormasi bilan qarshi oladi.  Nonushtaga vitaminlarga boy tvorogli smuzi tayyorlang “Men shokolad yoki shakarsiz kola iste’mol qilishim mumkin, biroq me’yor doirasida. Tarkibida shakar bo‘lgan mahsulotlarni esa, iloji boricha yemaslikka harakat qilaman”,– deydi Melaniya. Trampning rafiqasi, pilates (amerikalik sport mutaxassisi Yozef Pilates tomonidan ishlab chiqilgan mashqlar majmuasi) bilan muntazam shug‘ullanish bilan birga, dam olish kunlarida tennis va suzishni kanda qilmaydi.  Melaniya Tramp kimning obrazini ko‘chiradi?
48
872
Ayollar
Yurganda poyabzal g‘irchillasa nima qilish kerak? Muammoni hal qilishning sinalgan usullari
Poyabzallarni ehtiyotkorlik va mahorat bilan tanlasangiz ham, vaqt o‘tishi bilan ularda yashirin nuqsonlar paydo bo‘lishi mumkin. Ko‘p noqulayliklarni keltirib chiqaradigan muammolardan biri bu poyabzalning g‘irchillashidir. G‘irchillagan oyoq kiyimlarni nima qilish kerak? Poyabzal tanlashda juda ehtiyotkor bo‘lsangiz, ta’mirlash vaqtida ko‘pincha bunday holat etik yoki tuflidan kelib chiqishini aniqlash mumkin. Bu kabi oyoq kiyimlarni sotib olmaslik kerak. Biroq ko‘pincha poyabzal sotib olingandan so‘ng, ularni kiyishni boshlaganingizdan biroz vaqt o‘tgach g‘ijirlay boshlaydi. Oyoq kiyimining g‘irchillashi noqulaylik, diskomfort, bezovtalikni keltirib chiqaradi va uzoq vaqt davomida yaxshi kayfiyatni buzishi mumkin. Agar maxsus do‘kondan yangi poyabzal sotib olgan bo‘lsangiz, kafolat muddati davomida uni o‘zgartirishingiz mumkin, chunki oyoq kiyimning g‘irchillashi ko‘zda tutilgan qaytarib berish holatlari ro‘yxatiga kiritilgan. Biroq bozordan etik yoki poyabzal sotib olgandan so‘ng, ularni qaytarib berish yoki almashtirish juda qiyin. Aksincha, poyabzal sizga yoqqan bo‘lsa, uyda o‘zingiz oyoq kiyimining g‘irchillashini yo‘qotishga harakat qiling. Qanday qilib g‘ichirlagan poyabzallarni yaxshi holatga keltirish mumkin? G‘irchillagan poyabzallarga e’tibor bering, ularni tekshiring va bunday ovoz nima sababdan paydo bo‘lganini aniqlang. Buning uchun turli xil sirtlarda — plitkalar, linoleum, asfalt, yog‘och ustida yuring. Ovozni tinglashga harakat qiling. Sizning vazifangiz terining yoki taglikdan kelayotgan ovozni aniqlashdir. Agar turli sirtlarda yurganda ovoz qolsa, bu muammo taglikda emas, balki terida bo‘lishi mumkin. G‘irchillagan ovoz faqat ba’zi sirtlarda paydo bo‘lsa, taglikka e’tibor berishingiz lozim. G‘irchillashga taglik sababmi? Uning tashqari va ichkari qismiga yog‘li birikmalarni surting, masalan, kanakunjut yog‘i yoki salton yog‘i shu kabi holatlarda qo‘llaniladi. Bu holatda o‘simlik yog‘idan foydalanish tavsiya etilmaydi, chunki yog‘ keyinchalik poyabzalda yoqimsiz hidni paydo qiladi. Sochni quritishda yordam beradigan fenni oldindan qizdirib tagliklarni quriting. So‘ngra yog‘li kompozitsiyani yupqa qatlamga qo‘llang va quritishga qoldiring. Agar g‘irchillashning sababi teri bo‘lsa, poyabzalning barcha ochiq tikilgan joylarini kanakunjut yog‘i yoki poyabzal mumi bilan namlashga harakat qiling. G‘irchillashni butunlay yo‘q qilish uchun har bir protseduradan so‘ng moddaning oyoq kiyimga to‘liq singib ketishi uchun uni ikki yoki uch marta bajarishga to‘g‘ri keladi. Keyinchalik yana g‘irchillash paydo bo‘lmasligi uchun poyabzalingizni to‘g‘ri saqlang. Uzoq vaqt davomida saqlashdan oldin oyoq kiyimni axlatlardan tozalang, yuving va quriting. So‘ngra terining sirtini poyabzal kremi bilan ehtiyotkorlik bilan yog‘lang. Bu mahsulotni quritishdan himoya qiladi va g‘irchillashning oldini oladi.
91
2,854
Ayollar
Baland poshnali poyabzal kiyganda oyoq og‘rimasligi uchun 4 ta maslahat
Ko‘pchilik issiq mavsumda poshnali poyabzal kiyishni afzal ko‘radi. Biroq ba’zida bunday modellardan bosh tortamiz, chunki butun kunni poshnasi baland poyabzalda o‘tkazish imkonsiz ish kabi ko‘rinadi. Quyidagi tavsiyalar bilan baland poshnali oyoq kiyimlari istalgan vaqtda bemalol kiyishingiz mumkin. Poshna balandligini diqqat bilan tanlang Har tomonlama qulay poyabzal sotib olish juda muhim. Agar baland poshnalar sizning uslubingiz bo‘lmasa, unda poshnasi past modellarni qidiring. Bunday holda oddiy formula mos balandlikni hisoblashga yordam beradi: oyoq uzunligi 7 ga bo‘lish kerak. Agar ingichka poshnali tufli kiymoqchi bo‘lsangiz, bunda ham matematika yordam beradi — tovonning optimal balandligi tovondan barmoq uchigacha bo‘lgan masofaga teng degan nazariya mavjud. Antiperspirant ishlating Agar oyoqlaringiz terlasa, poyabzalda sirpanishni boshlaydi. Shu sababli og‘irlik notekis taqsimlanadi va hatto eng qulay poyabzal ham oddiy kunni haqiqiy do‘zaxga aylantiradi. Antiperspirant og‘irlikni oyoqqa tog‘ri taqsimlash uchun yordam beradi. Gelli yostiqchalardan foydalaning Gelli yostiqcha antiperspirant bilan bir xil maqsadda xizmat qiladi. Ular nafaqat oyoqni qulay holatda mustahkamlaydi, balki baland poshnada yurganingizda eng ko‘p azob chekadigan old oyoqdagi yukni kamaytiradi. Ular, shuningdek, poyabzalning orqa tomoniga yopishtirilishi mumkin, bu, ayniqsa, tovoni ochiq poyabzallar uchun to‘g‘ri keladi. Pedikyurga ahamiyat bering Gap urfdagi zamonaviy ranglar haqida emas, balki to‘g‘ri shakl va o‘z vaqtida parvarish qilish haqida. Agar uchi yopiq poshnali poyabzal kiysangiz, tirnoqlaringizni o‘stirmang, shunda barmoqlarga bosim kamroq bo‘ladi.
71
1,676
Ayollar
Virusning modaga ta’siri: tibbiyot qo‘lqopi ustidan taqinchoq taqish urfga kirdi (foto)
Modasiz hayotini tasavvur qila olmaydiganlar bir vaqtni o‘zida virusdan himoyalanish va shu bilan birga chiroyli bo‘lish yo‘lini topdi, deb yozadi “Lady mail.ru”. Qo‘lni yuvish va antiseptik vositalarni ishlatish virus tarqalishidan yagona himoya vositasi bo‘la olmadi va tibbiyot xodimlari qo‘lqop ishlatishni maslahat berdi. Modasevarlar esa virusdan saqlanish bilan birga o‘z qarashlariga sodiq qolgan holda qo‘lqop ustidan bilaguzuk va uzuklarni taqib, noan’anaviy suratlar bilan ijtimoiy tarmoqlarda bo‘lishmoqda. Yangi trendga ko‘​ra, qo‘lqop tibbiyotniki bo‘ladimi yoki boshqa farqi yo‘q, asosiysi, taqinchoqlar bilan bezatilsa kifoya. Minimal uslubdagi urfda bo‘lgan taqinchoqlar qo‘lqoplar bilan qo‘llanilmayapti, asosan, yirik va e’tibor tortadigan, xususan, Cartier singari bilaguzuklar tanlanmoqda.
87
812
Ayollar
Fotogalereya: Yilning eng urf bo‘lgan kiyimlari
Hipebae muharrirlari o‘tgan moda haftaliklarida yetakchi jahon brendlari namoyishini tahlil qilib, 2019-yildagi eng mashhur trendni aniqladi. Bu haqda Hipebae nashri xabar qildi. Misol uchun, eng mashhur ustki kiyim - dizaynerlar ham yorqin, ham neytral ranglarda taqdim etadigan sun’iy mo‘ynali palto deb topilgan. Soch qisqichlar ham 2019-yilda yana urfga kiradi Boshga o‘raladigan sharflarning “babushka” uslubi hozirdanoq ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan. Retro uslubidagi obodoklar Prada brendining asosiy aksessuari bo‘lgan. Ular har doim eng zamonaviy bo‘lishda davom etadi. Kichkinagina sumkachalar foydasiz ko‘rinsa ham bu yilgi urfning asosiy elementlaridan biri bo‘ladi. Kostyum-shim butunlay yangi g‘oya deya aytilmasa ham, moda oyligida asosiy e’tiborda bo‘lgan. Chelaksimon shlyapalar quyoshda ham, yomg‘irda ham foydali. View this post on Instagram Bosh kiyimlardan eng jozibalisi panama shlyapasi deb topilgan. Ular ko‘pgina brendlarning to‘plamlariga, xususan, Prada, Burberry, Ambush va Acne Studios’ga kiritilgan.
47
1,065
Ayollar
Kostyum-shim bilan ko‘rkam obraz yaratish bo‘yicha mashhur ayollardan mahorat saboqlari (foto)
Kostyum-shimlarni kimdir zerikarli uslub, desa adashadi. Kelayotgan bahor mavsumi uchun mos hamda trendda bo‘lgan kostyum-shimlarni yulduzlar misolida ko‘rish va aynan ularning obrazlarini bemalol takrorlash mumkin. Garderobda tasmalar kabi sport detallari bilan boyitilgan kostyum-shim bo‘lsa, u bilan birlashtirilgan yengil oq oyoq kiyim norasmiy ko‘rinishni hosil qiladi va to‘plamga zamonaviy tus beradi. Bichim jihatidan qulay va rasmiy bo‘lmagan kostyum-shimlar issiq mavsum uchun juda mos keladi. Chunki ular dumaloq ko‘zoynak va yassi oyoq kiyimlar bilan ajoyib tarzda ko‘rinadi. Kendall Jenner ham kostyum-shimni yelkadan o‘tkazilgan sumka bilan to‘ldirgan. Jinsi kelgusi mavsumda eng talabgor mato bo‘lishi kutilmoqda. Bu jinsi kostyum-shim haqida o‘ylash uchun yana bir sabab bo‘lishi mumkin. Ammo har kim o‘z modelini Olivia Palermo singari ehtiyotkorlik bilan tanlagan ma’qul. Yana bir trend – safari uslubidagi kostyumlar. Cho‘ntak, yoqa, katta tugmachalar va tekis shim. Bularning barchasini Vinni Xarlou ko‘rgazmada model sifatida kiygan va charm beret bilan uni yanada boyitgan. Sportchi Keyt Blanshett kabi obraz yaratmoqchi bo‘lganlar kostyum-shim va unga mos oq futbolka tanlashi mumkin. Ushbu ko‘rinish chindan ham sport murabbiylariga mos keladi. Agar garderobda bo‘yinbog‘ topilsa, buning uchun shim va ikki tugmali kostym kiyish kifoya. Shuningdek, oddiy soch turmagi va sumka-portfel ham uslubni boyitadi. Ipak kofta ustidan kiyilgan kengroq bichimdagi kostyum va bo‘yinga o‘ralgan kichik sharf navbatdagi ajoyib obrazlardan biridir. Shuningdek, betartib turmak fransuzcha tashqi ko‘rinishni hosil qiladi. Kara Delevindan bahorgi mavsum uchun ajoyib g‘oya. Chiziqli matodan tikilgan kostyum-shimdan retro uslubini hosil qilish mumkin. Shuningdek, baland poshnali oyoq kiyim kombinatsiyani yanada to‘ldiradi. Aleksa Chang yaratgan obraz bahor mavsumida trendda bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Naqsh hamda qo‘l mehnati bilan bezak berilgan kostyumlar bilan retro uslubini hosil qilish tavsiya etiladi. Har bir ayolning garderobida bo‘lishi kerak bo‘lgan kostyum-shim. Ko‘k, kulrang va qora koftalar bilan ham ajoyib uyg‘unlikni hosil qiladi. Lekin oppoq koftalar bilan juda yaxshi ko‘rinadi.
94
2,220
Ayollar
Baxtliroq bo‘lishga yordam beruvchi oddiy maslahat
Hammamiz ham har bir kunimizni xursandchilik bilan o‘tkazishga intilamiz. Yaxshiyamki olimlar bunga erishish yo‘llarini izlab topdi. Qanday qilib baxtliroq bo‘lish mumkin? O‘tkazilgan tadqiqot natijalaridan ma’lum bo‘lishicha, odamni ijodkorlik baxtli qilar ekan. O‘zingizning kayfiyatingizni yaxshilash, g‘ayratingiz, ishtiyoqingiz va yashashga bo‘lgan qiziqishni oshirish uchun har kuni biron bir ijodiy ish bajaring. Tadqiqot paytida olimlar 13 kun davomida 658 nafar talabadan ularning hayotida yuz bergan voqealarni va o‘zlarining hissiy holatlarini yozib borishni so‘radi. Tajriba qatnashchilarining yozuvlari tahlil qilingandan keyin ular biron bir ijodiy ish qilgan kunlari o‘zlarini baxtliroq his qilgani ma’lum bo‘ldi. Talabalar orasida eng keng tarqalgan ijodkorlik turlari qo‘shiqlar, she’rlar, kichik hikoyalar yozish, kryuchok va spitsada to‘qish, yangi taomlar tayyorlash, rasm chizish va musiqali chiqishlar ekanligi aniqlandi. Bu tadqiqot alohida e’tibor qaratishga loyiq bo‘lgan yana bir qiziq natijani ko‘rsatdi. Qatnashuvchilar o‘zlarini nafaqat ijodiy vazifalarni bajarish chog‘ida, balki undan keyingi kun ham baxtliroq his qilgan. Bu, ijodkorlik odamning kayfiyatiga va salomatligiga uzoq muddat davomida ijobiy ta’sir ko‘rsatishini bildiradi. Agar siz o‘zingizni ijodkor deb hisoblamasangiz, unda nima qilish kerak? Agar siz o‘zingizni ijodkor deb hisoblamasangiz, baxtsiz hayot kechirishga mahkum ekanman degan xulosaga kelishga shoshilmang. Buning oddiy, lekin samarali usuli bor: kattalarga mo‘ljallangan rasmlarni rang-barang qilib bo‘yash. Oxirgi yillarda bunday bo‘yash ishlari juda ommabop bo‘lib ketdi, chunki ular stressdan xalos bo‘lishga, ijodiy fikrlashga va kayfiyatni yaxshilashga yordam beradi. Va bu ijodiy ishlarning bir turi xolos. O‘zingizga yoqadiganini izlab toping va ijod qilishni boshlang. Manba: “Layfxaker”
50
1,857
Ayollar
60, 30 va 10 daqiqada tayyor bo‘ladigan Yangi yil makiyajlari
Yangi yilni nishonlash ayollardan uylarni tartibga keltirish, bezatish, bayramona kechki taom tayyorlash, shuningdek, o‘zingizga ham vaqt ajratishni talab qiladi. Ko‘pincha makiyaj uchun juda kam vaqt qoladi. Shuning uchun bayram makiyajining uch xil — 60, 30 va 10 daqiqalik turlarini e’tiboringizga havola etamiz. Qisqa vaqt ichida ham yangi yil mo‘jizasini yaratish mumkin! Vaqtingiz ko‘pmi, demak siz programma maksimum bo‘yicha harakat qilishingiz mumkin. Vaqtingiz juda oz, demak tez va aql bilan ish tutish lozim. Rangli zarlarni qotiruvchi sprey bilan aralashtirib, ingichka cho‘tkacha yordamida yuqori kipriklar konturi bo‘ylab sursangiz, so‘nggi trenddagi makiyaj hosil bo‘ladi. Bunda ko‘z ustiga chiziq tortgan (strelka) kabi natija hosil bo‘lishi kerak. Teriga tonal vositasi, lablarga yaltiroq zarlar va lab bo‘yog‘i surtamiz va siz tayyorsiz! Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
61
1,031
Ayollar
Ozish borasida eng zarur 6 maslahat
Ozish haqidagi maslahatlar xuddi har kuni paydo bo‘ladigandek va siz ularning hammasini oldin eshitgandek bo‘lib tuyuladi. Va ularning hech biri sizni istalgan maqsad tomon bir qadam ham yaqinlashtirgan emas. Balki, yaxshisi haqiqatan ham muvaffaqiyatli vazn yo‘qotganlardan maslahat so‘rash kerakdir? Biz sizlarni ularning olimlar tomonidan tasdiqlangan hiylalari va rejalari bilan tanishtiramiz. 1. Havasni keltiradigan yeguliklardan qutuling. Chipsli paketlar, konfetlar o‘rami, mazali pishiriqlar… o‘zini yeyishga majbur qiladigan hamma yeguliklardan uzoqroq yuring. Zararli va havasni keltiradigan oziq-ovqatlarni foydalilar bilan almashtiring. 2. Oshxonani yig‘ishtiring. Olimlarning aniqlashicha, oshxonadagi tartibsizlik bizni ko‘p ovqat yeyishga majbur qilar ekan. 3. Javobgarlikni zimmangizga oling. “Kaloriya kundaligi” yuriting va hamma yeganlaringizni — hatto sizning injiq do‘mboqchangiz yeyishga majbur qilgan bir qoshiq bolalar ovqatigacha yozib boring. Amerikadagi profilaktik tibbiyot jurnalida chop etilgan tadqiqotlarga ko‘ra, bunday kundalik yuritish sizning ozishdagi muvaffaqiyatingizni ikki baravar oshirar ekan. 4. Atrofingizga muxlislar to‘plang. Ijtimoiy tarmoqlar sizga ma’naviy madad va motivatsiya uchun guruh yig‘ishi mumkin. Kristina Donatellaga Facebook’dagi shunday “muxlislar” guruhi 82 kg ozishga yordam berdi. 5. Porsiyalar haqidagi tushunchangizni qayta ko‘rib chiqing. Ko‘pchilik ozuvchilar qancha yeyayotganiga to‘g‘ri baho bera olmaydi. Zamonaviy dasturlar aslida porsiya qanday bo‘lishiga aniqlik kiritishga yordam beradi. Masalan, mashhur MyFitnessPal ilovasi uy bekasi Kristal Sandersni nafaqat to‘g‘ri porsiyalarga, balki to‘g‘ri ovqatlanishga ham o‘rgatdi. Shu tufayli u 41 kg ozdi. 6 Bir kunda uch marta yeng. Garchi bizga har doim 3 martaning o‘rniga 5—6 marta kam-kamdan ovqatlanish haqida ko‘p aytilsa ham, bu uslub ozuvchilarga to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Tez-tez ovqatlanish sizning kaloriya yig‘ishingiz xavfini oshiradi. Manba: “Layfxaker”
35
1,993
Ayollar
Muzlatkichda bor mahsulotlardan tayyorlanadigan yuz terisi uchun foydali niqoblar
Limon, banan, kurkuma kabi mahsulotlar professional kremlardan kam bo‘lmagan ta’sirga ega. Yosh ko‘rinishni istaganlarga tabiiy mahsulotlardan niqob tayyorlash tavsiya qilinadi. Shokoladli niqob Antioksidantlarga boy ekani sabab ham shokoladi niqobdan keyin teri tiniq ko‘rinadi. Buning uchun yarim stakan kakao kukuni, 3 osh qoshiq suli yormasi, 4 qoshiq qaymoq va 2 osh qoshiq asal kerak bo‘ladi. Barcha mahsulotlarni aralashtiring va teriga surting. 10 daqiqadan keyin iliq suvda yuvib tashlang. Tuxum oqidan tayyorlanadigan niqob Mazkur niqob poralarni tozalashda va yuzdagi toshmalarda samara beradi. Buning uchun birgina tuxum oqi kerak bo‘ladi. Yuzingizga surting va birozdan keyin yuvib tashlang. Qahva va kurkumali niqob Qahva va kurkumali niqob yallig‘lanishni kamaytiradi, kurkuma tarkibidagi antioksidantlar esa terini go‘zal ko‘rinishiga sababchi bo‘ladi. Buning uchun 1 osh qoshiq maydalangan qahvaga, 1osh qoshiq kurkuma kukuni hamda 1 osh qoshiq qatiq qo‘shing. Aralashmani yuzingizga surtib, 20 daqiqadan keyin nam sochiq bilan artib tashlang. Bananli niqob Ozuqa moddalariga boy ekani sabab banandan tayyorlangan niqob terini namlantirish xususiyatiga ega. Buning uchun banan bo‘laklariga yogurt yoki qatiq qo‘shib aralashtiring, yarim qoshiq limon sharbati qo‘shing. Niqobni yuzga aylanma harakatlar bilan surting. 30 daqiqadan keyin yuvib tashlang. Asalli niqob Yuzida pigment dog‘lar bo‘lganlar uchun asalli niqob ayni muddao. Buning uchun 1 choy qoshiq asalga, yarim choy qoshiq limon sharbati qo‘shing. Aralashmani yuzingizga surtib 20 daqiqadan keyin yuvib tashlang.
81
1,591
Ayollar
Unumdorlik va salomatlikni yaxshilashga yordam beruvchi 5 maslahat
Kuningiz befoyda o‘tyaptimi? Oldingizga qo‘ygan maqsadlaringizning hech birini bajarmayapsizmi? Bu maqola sizga unumliroq bo‘lishga yordam berishi mumkin. Biz sizning e’tiboringizga kunning 24 soat vaqtidan unumli foydalanishga yordam beruvchi 5 maslahatni havola qilamiz. Ba’zilar uchun qilinadigan ishlar ro‘yxatidan foydalanish unumdorlikni oshirishning ajoyib usuli hisoblanadi. Bu ro‘yxatni qismlarga ajratish esa siz uchun uning foydaliligini yanada oshirishi mumkin. Masalan: “3 vazifa” ro‘yxati Ro‘yxatni 3 xil toifadagi eng muhim vazifalarga bo‘ling: birinchisi — ish bilan bog‘liq, ikkinchisi — sog‘liq, uchinchisi — qolgan hamma ishlar. Bu yerda maqsad — 3 vazifani kechgacha tamomlash, shulardan ikkitasi tushgacha bajarilishi kerak. Bunday ro‘yxatdan foydalanish agar hatto sizda unumdorlik daraja juda past bo‘lsa ham siz uchta eng muhim ishlarni bir kunda bajarishingizga kafillik beradi. Agar siz xabarnomalar kelishini to‘xtatmasangiz, ular diqqatingizni chalg‘itishi mumkin. Ularni o‘chirsangiz ishni tugatmaguningizcha sizga hech narsa xalal bermaydi. Agar xohlasangiz telefoningizdagi ijtimoiy tarmoq dasturlarini ham olib tashlashingiz mumkin. Kompyuter uchun vaqtdan unumli foydalanishga yordam beruvchi dasturlar ham bor. Masalan, Cold Turkey (Win) & Self Control (Mac) dasturi sizni chalg‘ituvchi ijtimoiy tarmoqlarga ulanishni cheklovchi dastur hisoblanadi. Self Control (Android) dasturi esa faqat o‘zingiz belgilab qo‘ygan vaqtlardagina boshqa dasturlardan foydalanishga imkon beradi. Vaqtni boshqarish — faqat ishlash degani emas. Dam olish ham kerak. Aslida ishlar orasidagi tanaffuslar — bu unumdorlikni oshirishning eng yaxshi yo‘li. Biron-bir narsaning ustida haddan tashqari uzoq ishlash — bu o‘z vaqtidan foydalanishning eng samarasiz usuli. Uyqu — unumdorlik va salomatlik haqida gap ketganda, eng muhim jihat hisoblanadi. To‘yib uxlamaydigan odamlarda ortiqcha vazn yig‘ish va har xil kasalliklarga chalinish xavfi yuqori bo‘ladi. Olimlar tunda 7—8 soat uxlashni tavsiya qiladi. Shuningdek, 20—30 daqiqalik kunduzgi uyqu — charchoqni yengishning eng yaxshi yo‘li. Uyquni muvofiqlashtirish — sog‘lom va unumli yashash tarzini boshlashning eng oddiy usuli. Manba: “Zdorovie.com”
66
2,213
Ayollar
Koreys ayollarining go‘zallik sirlari: yosh ko‘rinishga yordam beradigan 5 ta odat
Koreyalik ayollar ko‘pincha o‘z yoshidan yoshroq ko‘rinadi. Buning uchun plastik jarrohlik va boshqa operatsiyalarni o‘tkazish shart emas. Shunchaki beshta odatga amal qilib, natijaga erishish mumkin. Probiotiklarga boy ovqatlar iste’mol qiling Koreys ayollari ichak florasini muvozanatlash uchun kundalik ratsioniga kimchi kabi probiotiklarni qo‘shib, butun organizmni sog‘lom saqlaydi. Probiotiklar va sog‘lom ichak qarishning dastlabki belgilari — ajinlarni keltirib chiqaradigan yallig‘lanish bilan kurashadi. Ichak florasining nomutanosibligining sabablaridan biri shakar va spirtli ichimliklarni iste’mol qilishdir. “Fermentlangan ovqatlar mukammal antioksidant va yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega”, — deydi doktor Kreyg Kraffert. Bo‘yin terisini himoya qiling Yuz terisini parvarish qilish tartibini ham bo‘yinga qo‘llash kerak. Shuningdek, bo‘yinga ham namlantiruvchi va zararli ultrabinafsha nurlaridan himoyalovchi krem surtish muhim. Agar bu sohaga yetarlicha g‘amxo‘rlik qilinmasa, u qarishni boshlaydi. Teriga tez ajin tushadi va rangi xiralashadi. Terini to‘g‘ri parvarishlash Koreys ayollariga ko‘ra, yotishdan oldin eng muhim qadam — yuzdan makiyaj va boshqa “kirlarni” olib tashlashdir. Issiq suv yordamida dushda yuzni yuvish shart emas, ozgina iliq yoki sovuq suv yetarli. Tozalash uchun tarkibida agressiv moddalar, spirt va SLS bo‘lgan mahsulotlardan foydalanmaslik kerak, ayniqsa teri sezgir bo‘lsa. Tozalashdan keyin yuzni namlash tavsiya etiladi. Terini quyosh nurlaridan himoya qiling Quyosh nurlari teriga salbiy ta’sir ko‘rsatib, ajin va dog‘lar tushishiga olib keladi. Shuning uchun koreys ayollari yoshligidan teriga SPF qo‘llaydi va ulardan har kuni foydalanadi. Kosmetikada SPF bo‘lsa ham, makiyajdan oldin keng spektrli quyosh kremini alohida surtgan ma’qul, deb yozadi SoulStory. Trubochka bilan ichmang Tez-tez takrorlanadigan mushaklar harakati terida chiziqlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Agar tez-tez trubochka orqali suyuqlik ichilsa, vaqt o‘tishi bilan og‘iz atrofida ajinlar paydo bo‘ladi. Janubiy Koreya aholisi kuniga bir necha soatlarini o‘zlariga qarashga sarflashadi. Kosmetologlarning ta’kidlashicha, bu jarayonga ehtiyotkorlik bilan yondashiladi va ajoyib natijalarga erishiladi.
82
2,238
Ayollar
Qosh uchun gel, quruq shampun hamda skrab o‘rniga qanday mahsulotlardan foydalanish mumkin?
Sevimli makiyaj vositasi yoki parvarishlash mahsuloti to‘satdan tugab qoldimi? Ularning o‘rnini osongina boshqalariga almashtirish mumkin. “Noviy ochag” nashri qosh uchun gel, quruq shampun hamda skrab o‘rnini bosuvchi bir nechta kosmetik vositalar bilan tanishtirdi. Tirnoq kutikulalarni yumshatish va namlash Agar kutikula mahsuloti to‘satdan tugasa, qovoq kremi, lab uchun balzam yoki davolovchi lab bo‘yog‘i ajoyib muqobildir. Ushbu mahsulotlar ko‘pincha o‘simlik moylari, mumlar va namlovchi mahsulotlarni o‘z ichiga oladi, ya’ni ular, albatta, kutikula moyi vazifasini bajaradi. Shimmersiz yaltiratish Yuz terisini biroz yaltiratish kerakmi, lekin maxsus vosita topilmadimi? Buning uchun namlantiruvchi losionga ko‘z uchun mo‘ljallangan ten qo‘shiladi. Natijada nafaqat teri namlanadi, balki unga yengil tovlanish ham berish mumkin. Quruq shampun o‘rniga bolalar kukuni Zarur vaqtda quruq shampun qo‘lda bo‘lmasa, talk yoki bolalar kukunini sinab ko‘rish tavsiya etiladi. Ushbu mahsulotlar ortiqcha yog‘ni so‘rishi uchun quruq shampun kabi natija beradi va bundan tashqari, qizarish xususiyatini keltirib chiqarmaydi. Faqat sochlarni yaxshilab tarash kerak, shunda ularda oq kukun izi qolmaydi. Eski tush qosh geli sifatida Agar qosh geli tugab qolgan bo‘lsa, eskirib qolgan tushlarni tashlashga shoshilmang. Cho‘tkani yaxshilab yuvib tashlab, tushga biroz shaffof balzam yoki lab uchun mo‘ljallangan blesk qo‘shiladi. Ushbu vosita ham xuddi qosh geli singari ularni bir tekis shaklda ushlab turishga yordam beradi. Lab bo‘yog‘i ten yoki rumyana o‘rnini bosadi Rumyana bo‘lamaganda, lab bo‘yog‘i yordamga keladi. U avval qo‘lga surtiladi, so‘ngra cho‘tka yoki sponch bilan yoyiladi. Keyin yuzning yanoq qismiga surtiladi. Qahva + asal = skrab Agar uyda qahvadan keyin qoldiqlar qolsa, ularni tashlashga shoshilmaslik kerak. Unga bor-yo‘g‘i asal qo‘shib, tabiiy skrab tayyorlash mumkin. Bu terini tozalashda ajoyib yordamchi hisoblanadi. Biroq allergik reaksiyaga yo‘l qo‘ymaslik uchun ushbu kosmetik kompozitsiyani terining alohida joyida sinab ko‘rishni unutmaslik lozim. Mavuzga doir:
91
2,093
Ayollar
Mashhur ayollar namunasida o‘zingizga mos soch turmagini toping
Maqolada mashhur ayollarning eng ko‘p “nusxa ko‘chiriladigan” soch turmaklari bilan tanishishingiz mumkin. Keytnikidek soch turmagi deyarli hamma qizlarga, ayniqsa cho‘ziqroq yuzli qizlarga yarashadi. Shokolad rangli sochlar esa ko‘pincha ko‘zlari qora va o‘zlari qorachadan kelgan qizlarga juda mos keladi. Tillarangdagi, ora-sira mallarang qilingan va uchi sal to‘qroq rangli sochlar quyoshda qoraygan sariq rangli yoki aksincha, sutdek oppoq rangli qizlarga yarashadi. Uzaytirilgan, chyolkasiz va farqi o‘rtadan ochilib silliq taralgan kare yana qaytib keldi. Bu turmak uchburchak va dumaloq yuzli qizlarga yarashadi. O‘rtacha kaltalikda qilib kesilgan soch turmaklari cho‘ziqroq va dumaloq yuzli qizlarga juda mos tushadi. Soch ildizlariga berilgan hajm yuzlarni ingichkaroq qilib ko‘rsatadi.
63
800
Ayollar
Kiyimlarga yangi hayot bag‘ishlashning 5 ta usuli
Ko‘pchiligimiz sevimli kiyim yoki poyabzalimiz yaroqsiz holga kelib qolsa ham tashlab yuborgimiz kelmaydi. Ularning garderobdagi o‘rnini ba’zan boshqa kiyim bosa olmaydi. Ana shunday holatlarda quyida keltirilgan kichik hiylalarni qo‘llagan holda, ularga yangi hayot bag‘ishlashga urinib ko‘ring. Ter hidi urib qolgan kiyim Kiyimning qo‘ltiq ostidagi yoqimsiz hid va dog‘lardan qutulish uchun uni sovuq yoki iliq suvga solib qo‘ying. Alohida idishda suv va sodani 1:3 nisbatda aralashtiring. Ular suvda to‘liq erib, pasta ko‘rinishiga kirguncha qorishtiring. Hosil bo‘lgan pastani dog‘ ustiga qalin qilib suring. Uni tish chyotkasi yordamida kiyimga yaxshilab ishqang. Pastani kiyimda bir soat, kuchli ifloslangan kiyimda esa kechasi bilan qoldiring. Shundan so‘ng mato uchun qo‘llash mumkin bo‘lgan eng yuqori haroratda yuving. Agar zarurat bo‘lsa yuqoridagi usulni takror qo‘llang. Tonal vositasi izi Iliq suv va idish yuvish vositasini aralashtiring. Lattani u bilan ho‘llab, suvini biroz siqib, dog‘ni artib oling. Tishlashib qolgan zanjirsimon yopqich Zanjirsimon yopqichga grafit surib qo‘ying. Yopqichni to‘liq yoki muammoli qismini qalam bilan shtrixlab chiqing. Shundan so‘ng yopqich surgichini silliq o‘tgunga qadar tishlari bo‘ylab yuqori-pastga siljiting. Kiyim ustidagi “yumaloqchalar” Bu safar sizga ustaraning tig‘i yordamga keladi. Matoni tarang tutgan holda ustara tig‘ini kichik burchak ostida mato ustidan yengil yuriting. Kiyimga zarar yetkazmaslik uchun ehtiyot bo‘ling.
49
1,492
Ayollar
Nima sababdan smartfonlarning quvvati juda tez tugaydi?
Zamonaviy mobil telefonlar bizga bir vaqtning o‘zida xohlagan joyda kitob o‘qish, qayd qilish, rasmga tushirish, video ko‘rish, shuningdek o‘ynash yoki internet-sahifalarni ko‘rib chiqishga imkon beruvchi bir necha moslamalarning o‘rnini bosadi. Va uyga qaytguncha quvvati tamom bo‘lsa, bu juda achinarli holat. Agar o‘z smartfoningizning akkumulyatorli batareyasini to‘g‘ri ishlatishni bilsangiz, bunday muammoni bartaraf qilishingiz mumkin. Ma’lum bo‘lishicha, biz o‘zimiz quyidagi harakatlarimiz bilan quvvatini juda tez sarflashga uni majbur qilar ekanmiz: Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bunday odat batareyaning sig‘imini pasaytiradi, shuning uchun zaryad miqdorining eng pastgacha tushishini kutib o‘tirmasdan iloji boricha uni zaryadlashga qo‘yish kerak. Faqat har 2 oyda bir marta zaryadining to‘liq tugashiga imkon berish yetarli bo‘ladi. Albatta 100% zaryadlanishini kutib o‘tirish ham yaramaydi. Eng yaxshisi – uni doimo taxminan 30 dan 80% gacha oraliqda ushlab turish. Smartfon batareyasining ishlashi uchun optimal harorat: 1 dan + 35 darajagacha. Bu parametrlarning oshib ketishi tez eskirishga olib keladi. Bunday odat juda ko‘p hollarda batareyaning qizib ketishiga olib keladi. Yangi modadagi zaryadlovchi moslama akkumulyatorli batareyaning xizmat qilish muddatini qisqartiradi. Agar kabel o‘ziniki bo‘lmasa, bu batareyaga og‘irlik yuklashi yoki uning to‘liq zaryad olishiga yo‘l bermasligi mumkin. Yaxshisi o‘zining zaryadlagichini ishlatganingiz ma’qul. Manba: “Novate.ru”
55
1,497
Ayollar
Malika Diana Jon Travolta bilan raqsga tushganida kiygan mashhur ko‘ylagi karantinda saqlanmoqda
Britaniya malikasi Diananing qora baxmal ko‘ylagi, pandemiya vaqtida izolyatsiya xonasida saqlanmoqda. Bu haqda Harper’s Bazaar nashri xabar berdi. Diana mazkur ko‘ylakda 1985-yil Oq uyda uyushtirilgan ziyofatda ko‘rinish bergan hamda Jon Travolta bilan birga raqsga tushgandi. Ta’kidlanishicha, ko‘ylak Britaniyalik Viktor Edelshteyn tomonidan yaratilgan bo‘lib, dizayner mashhur Oskar de la Rentaga tenglashtirilgan. Diananing qora baxmal ko‘ylagi, 2019-yilning dekabr oyida auksionga sotish uchun qo‘yilgan. Boshlang‘ich narxi 220 ming funt sterling (2 828 363 359 so‘m) tashkil qilgan libos, pul tikilmagani sabab sotilmagan. Qirollik liboslari kolleksiyasi kuratori Eleri Linning so‘zlariga qaraganda, libos ayni vaqtda “izolyatsiya xonasi”da saqlanmoqda. Kolleksiyadagi barcha liboslar kuya tushishi hamda libos sifati buzilishini oldini olish maqsadida, vaqti-vaqti bilan muzlatish yoki termik usul bilan ishlov beriladi, deyiladi xabarda. “Ko‘ylak avvalroq muzlatilgan keyin hech qanday yoriqlar yo‘qligiga amin bo‘lish uchun bir necha haftaga muzdan eritish uchun qoldirilgan”, — deydi Eleri. Qo‘shimcha qilinishicha, yuqoridagi bosqichlardan keyin libosni odatdagi saqlash uchun tayyorlash kerak bo‘lgan, ammo pandemiya tufayli bu jarayon tugallanmay qolgan. Natijada Diananing mazkur libosi, kolleksiyadagi boshqa namunalardan alohida, karantinda saqlanmoqda.
96
1,373
Ayollar
Yuz tuzilishiga qarab qosh shaklini tanlaymiz (foto)
Qoshlar ham soch turmagi kabi kishini butunlay o‘zgartirib yuborishi mumkin. To‘g‘ri tanlangan qosh shakli esa yuzni xushbichim qilib ko‘rsatishi mumkin. Yumaloq yuzga o‘tkir uchli qayrilma qosh eng mos tushadi. U baland ko‘tarilgan va kalta uchli bo‘lishi kerak. Ammo qoshni o‘ta o‘tkir qilish ham kerak emas — u yuz yumaloqligini yanada bo‘rttirib qo‘yishi mumkin. Bunda to‘g‘ri va gorizontal qosh shaklini tanlash kerak, ular biroz burilgan bo‘lishi mumkin. Bunday yuzga aniq qayrilgan joyi bo‘lmagan to‘g‘ri, keng qoshlar yarashadi. O‘rtacha uzunlikdagi sal ko‘tarilgan qoshlar mos keladi. Uchburchak shaklidagi yuzlarga, shuningdek, uchli iyakni yumshatish uchun yoysimon qoshlar ham tavsiya etiladi. Bunday yuzlarga balandga ko‘tarilgan uzun qoshlar, yoysimon qayrilma qoshlar yarashadi. Asosiysi, qoshning shakli aniq-ravshan bo‘lmasin, o‘tkir va qo‘pol tarzda qayrilgan qoshlardan nari yuring. Qo‘lga qalam olib, burun solinchagi yonidagi nuqtani ko‘z ichki burchagidagi nuqta bilan birlashtiring. Qalamning qosh bilan kesishgan nuqtasi qosh boshlanadigan mukammal nuqta bo‘ladi. Ushbu nuqtadan qansharga yaqin joylashgan tukchalarning barchasini olib tashlash kerak. Endi qoshning eng baland nuqtasini belgilaymiz: qalam ko‘z rangdor pardasining tashqi chegarasi orqali o‘tadigan vertikal chiziqni aniqlashi kerak. Qalam qosh bilan kesishadigan joyga nuqta qo‘ying — u qosh chizig‘ining eng baland nuqtasi bo‘ladi. Endi qosh tugaydigan nuqtani topamiz. Qalamni yana burun solinchagiga qo‘ying va uni ko‘zning tashqi burchagi orqali qoshga yo‘naltiring. Qosh chizig‘i ushbu nuqtadan chiqmasligi kerak. Manba: “Lady.tochka.net”
52
1,639
Ayollar
Qanday poyabzallar oyoqlarni kaltaroq ko‘rsatadi? Stilist javob beradi (foto)
Poyabzal − bu muvaffaqiyatli ko‘rinishning tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, bu asosan ularni to‘g‘ri tanlash bilan bog‘liq. Poyabzallar ikki holatda ham foydaga xizmat qilishi mumkin. Masalan, vizual tarzda oyoqlarni uzaytiradi yoki aksincha, ularni sezilarli darajada qisqatiradi. Aynan qaysi modellar bilan ehtiyot bo‘lish kerakligini esa stilist Yuliya Kozovaya ma’lum qildi. Tepa qismi to‘piqqacha hamda poshnasi o‘rtacha balandlikda bo‘lgan poyabzallar oyoqlarni qisqaroq ko‘rsatadi. Agar ular bilan noto‘g‘ri uslub tanlansa bu, albatta, tashqi ko‘rinishga putur yetkazadi. Shuning uchun bu kabi poyabzallar qora rang kolgotka yoki shimlar bilan kiyilgani ma’qul. Agarda uzun oyoqlaridan uyaladigan xonimlar bo‘lsa, u holda teri rang kolgotka va tizzagacha uzunlikda bo‘lgan yubka yoki ko‘ylak bilan kiyishi mumkin. Ushbu baletkalar barchaga ham mos kelavermaydi, ko‘proq bo‘yi baland qizlar uchun yaxshi ko‘rinishni hosil qiladi. Agar qulaylik jihatidan ushbu poyabzaldan voz kechish qiyin bo‘lsa, ularni yorqin rangdagisini tanlash joiz. Hattoki 0,5 santimetr poshna ham katta rol o‘ynaydi. Baletkalarni beldan kiyiladigan shim yoki midi yubkalar bilan birlashtirish tavsiya etiladi. Bu bilan oyoqlar vizual ravishda uzayadi. Baland poshna hamda tasma orqali taqiluvchi tuflilar ham oyoqlarni nisbatan qisqa ko‘rsatadi. Ayniqsa, poshna va tasma qismi qalin bo‘lsa. Xo‘sh, qanday qilib, ushbu sevimli tufli tashqi ko‘rinishni buzmasligiga erishish mumkin? Bu yerda ham yubka uzunligi, bichimi, shim va kolgotka rangiga e’tiborli bo‘lish kifoya. Ham qalin, ham poshnali oyoq kiyimlar bo‘yni balandroq ko‘rsatgani bilan, oyoqlarni sezilarli darajada qisqa qilib ko‘rsatadi. Bunday poyabzallar ustida ishlash biroz mushkul. Shuning uchun ham odatda bu kabi platformalardan qochgan yaxshiroq. Yaxshi tomoni shundaki, ular hozir urfda emas. Albatta, ammo keyingi yoki qaysidir mavsumda ushbu poyabzallar trendda bo‘lishi shubhasiz. Ammo ungacha moda olamida yana yangi uslublar ham paydo bo‘ladi. Har kim o‘zining bo‘yi va qomatidan kelib chiqqan holda, balki oyoqlarni qisqa yoki uzun ko‘rinishini inobatga olib, poyabzal tanlashi juda muhim.
77
2,149
Ayollar
Mo‘jiza kutmang. Ozdiruvchi dorilar haqida semizgina maqola
Pandemiya davrida e’lon qilingan karantin tufayli ko‘pchilikning vazni ortdi. Shu jumladan mening ham. Tezda ozish uchun samarali usullarni izlay boshladim. Ijtimoiy tarmoqlarda tinmay reklama qilinayotgan turli ozdiruvchi dorilar e’tiborimni tortdi. Reklamada aytilishicha, “parhez qilishingiz shart emas. Kuniga ikkita ichsangiz kifoya. Bir oyda 12 kilogrammgacha ozishingiz mumkin” ekan. Ushbu dorilarning narxlarini so‘rab-surishtirsam, 200 ming so‘mdan 400 ming so‘mgacha. Ochig‘i, boshida bu narxlarni eshitib, nahotki ozish shunchalik oson va arzon bo‘lsa, deb hayron qoldim. Keyin yuqoridagi gaplar qanchalik rostligini, ozdiruvchi dorilarning foyda yoki zararini aniqlash uchun bir necha oy surishtiruv olib bordim. Bir kuni Facebook‘dagi ayollar guruhida Ayjamol ismli foydaluvchining ozdiruvchi dori ichganini va bu sog‘lig‘iga yomon ta’sir qilgani haqidagi postini o‘qib qoldim. U dorini sotib olayotganida “dori foyda qilmasa, pulingizni qaytarib beramiz”, deb aytganini, ammo vaziyatni tushuntirganda sotuvchi qiz o‘zi noto‘g‘ri ichganini aytib, uni bloklab qo‘yganini yozgan edi. Skrin: “Daryo” To‘liqroq ma’lumot olish uchun Ayjamolga bog‘landim. U voqeani quyidagicha aytib berdi. Kasbim jurnalist. Ozdiruvchi dorilar haqida maqola yozmoqchi edim. Menda ortiqcha vazn borligi uchun ozdiruvchi dorining natijasini o‘zimda sinab ko‘rmoqchi bo‘lib, 280 mingga sotib oldim. Ichayotgan paytda Coca-Cola, shirinliklar, fastfud mumkinmasligini aytdi. Qoidasiga rioya qilib, ikki hafta ichdim. Birinchi hafta dori rostdan ham zo‘r natija berdi. Besh kun ichida 4,5 kilogramm vazn tashladim. Ishtahani bo‘g‘ib qo‘yarkan. Qorningiz ochmaydi, lekin tinmay boshingiz og‘rib turarkan. Anchagacha boshim aylanib, qon bosimim o‘ynadi. Qon bosimim 110-70.  Tinmay boshim og‘riyverganidan keyin o‘lchasam, 80-50 bo‘ldi, ertasiga 140-90 bo‘ldi. Ko‘chada yurganimda, metroga tushganimda, hatto ishda o‘tirganimda ham nafasim qisib, havo yetishmayotganday bo‘laverdi. Ikki kundan so‘ng esa ko‘nglim aynib, yeganimni qayd qilib tashlaydigan odat chiqardim. Ikkinchi haftadan boshlab umuman natija bermay qo‘ydi. Aksincha, yo‘qotgan vaznim o‘zimga yana ikki kilo qo‘shilib qaytdi. Keyin dorini sotgan ayolga yozdim. U dorini olayotgan paytimda natija bo‘lmasa, pulingizni qaytarib beramiz degan edi. Vaziyatni tushuntirdim. Foyda ko‘rmaganimni, sog‘lig‘im yomonlashganini, pulimni qaytarib berishini aytdim. Sotuvchi qiz u dedi, bu dedi. Xullas, tortishib qoldik. Meni guruhidan chiqarib yubordi, barcha ijtimoiy tarmoqlardan blokladi. Sog‘lig‘im yomonlashganidan so‘ng endokrinologga bordim. Shifokor, gormonimda o‘zgarish bo‘lganligini, agar sotuvchi qiz aytganiday dorini hamma kursini ichganimda onkologik kasallikka chalinishim mumkinligini aytdi. Aytishicha, qonimga vitamin yetishmay, qon bosimi o‘ynagani uchun gormonlar o‘zgarishi yuz bergan. Mutaxassislar ichishim uchun turli vitaminlar yozib berdi. Hozir ularni olib ichyapman. Ahvolim ancha yaxshi. Ayjamol Joldasboyeva Ozdiruvchi vositalarning inson organizmiga qanday ta’siri bor? Mutaxassislardan javob olishga harakat qildik. Semizlik, ortiqcha vazn bir kunlik muammo emas. Yillar davomida yig‘ilib, turli muammolardan paydo bo‘lgan holatdir. Mutaxassis sifatida ortiqcha vaznni yo‘qotmoqchi bo‘lganda reja bilan harakat qilish shart deb hisoblayman. Faoliyatim davomida ozdiruvchi dorilar haqida maslahatini doimo eng oxirgi o‘ringa qo‘yganman. Afsuski, oxirgi paytlarda ta’siri isbotlanmagan, noma’lum saytlarda sotiladigan dorilarga aldanib qolish holatlari ko‘p bo‘lmoqda. Ochig‘i, ularning tarkibini ham bilmayman. Aksariyat ozdiruvchi dorilar hech qayerda tasdig‘ini topmagan. Semizlikda tasdig‘ini topgan dorilar safiga uch guruh dorilar kiradi. Hattoki ular ham hayot tarzini o‘zgartirmaguncha ta’siri yo‘q. Mening qabulimga mana shu dorilardan naf ko‘rmagan, naf ko‘rmagani ham mayli, hatto zarar ko‘rgan ayollar ko‘p keladi. Nima uchun ichdingiz deb so‘rasam, tez ozishim kerak edi deb aytishadi. Tez ozish bu noreal narsa. Inson organizmi juda aqlli, qanchada ozish kerakligini o‘zi biladi. Shuning uchun ayollarimiz, qizlarimiz bu kabi yolg‘onlarga ishonib qolmasdan, mutaxassislar bilan maslahatlashgan holda ish ko‘rishlarini maslahat beraman. Dilobar Ibrohimova, endokrinolog Bugungi kunda turli xil ozdiruvchi dorilar ko‘payib ketgan. U haqiqatan ham ozdiradimi yoki organizmni boshqa a’zolariga zarar qiladimi, ko‘pchilik bilmaydi. Yaqinda qabulimga shunday murojaat bilan kelishdi. Ayol kishi muntazam ravishda ozdiradigan dori ichgan va anoreksiya kasalligiga chalingan. Hozir ruhiy kasalliklar shifoxonasida yotibdi. Ovqatni ko‘rsa, ko‘ngli ozib, qayt qiladi. Ota-onasining aytishicha, ayol juda ko‘p ozdiruvchi dorilar, slim choylar ichgan ekan. Shuning uchun ozdiruvchi dorilar haqida fikrim salbiy. Ozdiruvchi dori ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning maqsadi — biznes. Ko‘pchilik ayollarimiz ozishni judayam xohlaydi-da, kim nima tavsiya qilsa, dorini so‘rab-surishtirmasdan ichaveradi. Har bir ichilgan dori ayol organizmga har xil ta’sir qiladi. Ko‘p kuzatganman, ma’lum muddat ozib yurib keyin yana avvalgi holatiga qaytgan. Hatto undan-da ko‘proq semirib ketganlar bo‘lgan. Ko‘pincha “bir oyda 10 kilogrammgacha ozdiramiz” degan e’lonlarga ko‘zimiz tushadi. Bunday e’lonlarga ishonish yaxshilikka olib kelmaydi. Birdagina 10 yoki 15 kilogramm vazn tashlash organizmni inqiroz holatga tushirib qo‘yadi. Odam kim nima desa ishonib ketavermasdan o‘zi ham ma’lumotga ega bo‘lishi lozim. Bir narsani unutmaslik kerakki, tana qachon ozib, qachon semiradi, o‘zi biladi. Organizmga maqsadsiz ortiqcha dori-darmon berish boshqa kasalliklarga, xususan, psixik jarayonlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Inson organizmi, fiziologiyasi inqirozga uchradimi, psixikada ham istaysizmi, yo‘qmi, asabiylik, tajovuzkorlik, norozilik, yomon kayfiyat, ishchanlikning pasayishi kabi holatlar kuzatiladi. Bu, albatta, oilaviy nizolar kelib chiqishiga ham sabab bo‘ladi. Shoira Isoqova, psixolog Avvalo, hayot tarzini o‘zgartirish shart. Toki hayot tarzi o‘zgarmaguncha hech qanaqa dori ta’sir qilmaydi. Hayot tarzi deganda to‘g‘ri kun tartibiga amal qilish, vaqtida uxlash, fizik harakat, to‘g‘ri ovqatlanish, so‘ng esa organizmdagi nuqsonlarni bartaraf qilishdan iborat hisoblanadi. Tez ozmoqchi bo‘lgan opa-singillarimizga mutaxassis sifatida tavsiyam, o‘zingizni seving, hurmat qiling. Chunki o‘zini hurmat qilgan inson o‘z sog‘ligiga e’tiborli bo‘ladi. Reklamalardagi ta’siri isbotlanmagan dorilardan o‘zini tiyadi. Albatta, mutaxassis shifokorlarga murojaat qilgan holda organizmdagi o‘zgarishlarni topib, shu bilan shug‘ullangan ma’qul. Qat’iy kun tartibiga amal qilish va iste’mol qilayotgan ovqatlariga e’tiborli bo‘lishni tavsiya qilib qolaman. Dilobar Ibrohimova, endokrinolog Albatta, ayol ozishni istasa, mutaxassis endokrinologga murojaat qilishi kerak. Psixologga ham. Chunki uning ruhiy holati, mehnat faoliyati, temperamenti, muhiti o‘zgarishi kerak. To‘g‘ridan-to‘g‘ri organizmga ozish dasturi berish to‘g‘ri kelmaydi. Sababi, men ozishim kerak degan psixologik dastur paydo bo‘lmaguncha ozib bo‘lmaydi. Ochmoqchi bo‘lgan ayol avvalo nima uchun semirganini tushunib yetishi kerak. Ba’zilar suv ichsam ham, ozgina ovqat yesam ham semiraman, deydi. Bu yerda endokrin va asab sistemasida o‘ziga xos muammolar bor. Bu ayolning psixologik holatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Har bir ayol go‘zal qaddi-qomatga ega bo‘lishni xohlaydi. Buni ongimizdan boshlashimiz kerak. Ong dasturimizga to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy harakat haqida ma’lumot kiritsakkina niyatimizga erishamiz. Biroq organizmini xavfga qo‘yib, to‘g‘ri kelgan narsani ichishni tavsiya qilmayman. Buning asoratlari og‘ir bo‘lishi mumkin. Chunki bizning organizmlarimiz bizdan ko‘ra aqlliroq. Shoira Isaqova, psixolog Keling, sizga ozdiruvchi dorilarga ishonmasligingiz uchun yettita sabab keltirib o‘taman. Bitta odam o‘zining Ford Focus mashinasini sotishga bozorga olib chiqibdi. Mashinaga unchalik tushunmaydigan bir xaridor kelib qolib so‘ray boshlabdi. - Bu qanaqa mashina aka? - Bu Ford Focus. - Qanaqa fokus ko‘rsatadi? — deganakan. - O‘tir, ko‘rasan, — deb mashinaga chiqishibdi. Mashinaning egasi uyiga qarab haydabdi. Mashinaning tezligi 200 ga chiqqanida xaridorga qarab: - To‘g‘rimizdagi devorga 10 metr qolganda ko‘zingni yumasan, — deb devorga yaqinlasha boshlabdi. Devorga yaqin kelganda pult bilan devorga o‘rnatilgan garajning eshigini ochib, kirib ketibdi. Boyagi xaridor ko‘zini ochsa, devorning uyog‘ida turishganakan. Qoyil qolib, mashinani olib, choyxonaga boribdi. To‘rt o‘rtog‘ini olib, ularga ham devorga 10 metr qolganda ko‘zini yumishini aytib, mashinani haydabdi. Mashina 200 tezlikda kelib devorga urilib, dabdala bo‘libdi. Mashinada o‘tirganlar: - Vaaaay, rasvo qilding-ku! — deyishsa, rulda o‘tirgan odam ko‘zini arang ochib: - Qaysi biring ko‘zingni yummading? — degan ekan. Bu latifani bekorga keltirmadim. Chunki dorilardan ozolmagan ayollar foyda bo‘lmaganini, pulini qaytarib berishini so‘rab, sotuvchiga yozsa, turli bahonalar bilan pulni qaytarib bermayotgan ekan. Bunday vaziyat Ayjamol Joldasbayevada ham kuzatilgan. Bu xuddi latifadagi ko‘zini yummagani uchun devordan o‘tolmagan sodda odamning aybloviga o‘xshaydi. To‘g‘rimi? Balki rostdan ham ozdiruvchi dorilardan naf ko‘rayotgan ayollar bordir oramizda. Ammo sog‘lig‘ingiz shunchaki tavakkal qiladigan arzon narsa emas. Men sizga qo‘ldan kelgancha, har qanday ozdiruvchi dorilarning organizmga zararini isbotlashga harakat qildim. Samarali ozish haqida mutaxassislarning tavsiyalarini keltirdik. Hayot sizniki. Ozish zavqini ham joningiz  og‘rig‘ini ham bir o‘zingiz tortasiz. Xulosa o‘zingizdan. Xonzodabegim A’zamova
59
9,664
Ayollar
Sog‘lom uyqu qoidalari
Bu maqolada siz to‘g‘ri uxlashni o‘rgatuvchi qoidalar bilan tanishasiz. Birinchi qoida Tungi uyqu taxminan 8 soat davom etishi lozim. Ma’lumki, uyqu fazalarga bo‘linadi va to‘yib uxlash uchun chuqur uyqu fazasi tungi soat 2.30 ga to‘g‘ri kelishi shart. Demak, ayni yarim kechada ya’ni, soat 00.00 da siz uxlagan bo‘lishingiz kerak. Ikkinchi qoida Bu – to‘g‘ri ovqatlanish qoidasi. Uyqu oldidan ovqatlanish tavsiya etilmasligini hamma biladi. Agar kechki ovqatni o‘z vaqtida yeyishga ulgurolmasangiz, iloji boricha uxlash oldidan shirinlik va ayniqsa sho‘r taomlardan voz keching. Uchinchi qoida Uxlash joyida o‘tirib noutbukda ishlash yoki televizor ko‘rish tavsiya qilinmaydi, ya’ni dam oladigan joyni ish joyiga aylantirib yubormang. To‘rtinchi qoida Uxlashga qulay bo‘lgan ko‘rpa-to‘shak qoidalaridan biri – yostiq juda baland va yumshoq bo‘lmasligi kerak. Shuningdek, to‘shak yetarlicha qattiq, choyshab esa toza va tabiiy matodan tikilgan bo‘lishi lozim. Beshinchi qoida Sochlaringizni qattiq qilib o‘rmang va uxlash vaqtida ularga zarar beruvchi hech qanday qisqich va rezinalar taqmang.
22
1,094
Ayollar
Ozish uchun nafas olish mashqlari
Organizmdagi modda almashish jarayonining tezligi to‘g‘ri nafas olish bilan uzviy ravishda bog‘liqdir. Nafas olish mashqlarining o‘ziga xos xususiyatlari quyidagicha: - ishlab chiqarilayotgan karbonat angidrid gazi va nafas olish jarayonida iste’mol qilinayotgan kislorod o‘rtasidagi muvozanatni saqlash; - modda almashuvini tezlashtirish va normallashtirish; - to‘qimalar tiklanishini barqarorlashtirish; - aqliy faollikni va ish qobiliyatini oshirish; Nafas olish mashqlarining asosiy tayanch majmui quyidagilardan iborat: 1. Boshlang‘ich holatda chuqur nafas olish. Boshlang‘ich holat – oyoqlar yelka kengligida qo‘yilgan va organizmning bo‘shashgan holati. Shu holatda asta sekinlik bilan upkani to‘ldirib nafas oling, bir necha soniya ushlab turing va shoshilmasdan nafas chiqaring. 2. Pastki, o‘rta va yuqori nafaslarni birlashtirish. Boshlang‘ich holatda to‘liq nafas chiqaring va yana shoshilmasdan nafas oling. Birinchi bosqichda qorinni to‘ldiring. Ikkinchi bosqichda havo oqimining qorindan o‘pkaga o‘tganini his qilasiz. Uchinchi bosqichda esa o‘pkaning havoga to‘lganini va ko‘krak qafasining kengayganini sezasiz. 3. Qorin bilan nafas olish. Tizza bilan yerga o‘tiring va qo‘llarni belga qo‘ying. Nafas olishda iloji boricha qorinni oldinga chiqaring va bir necha soniya nafasni ushlab turing. Keyin esa shoshilmasdan nafas chiqaring.
33
1,349
Ayollar
Antitrendlar: 2022-yil qishida kiyish tavsiya qilinmaydigan shapkalar
Boshni issiq tutish bilan birga, obrazni o‘ziga xos ko‘rinishida muhim rol o‘ynaydigan shapkaning qanday modelini tanlamaslik kerakligi haqida Harper’s Bazaar nashri ma’lumot berib o‘tadi. Katta popukli shapkalar Popukli bezak kichkina bo‘lishi, qolaversa shapka yupqa matodan tikilgan bo‘lishi kerak. Katta va rang-barang popukli variantlarni esa singlingiz yoki jiyaningizga berib yuborish tavsiya qilinadi. Ikkitalik popuk haqida esa gap bo‘lishi mumkin emas. Mo‘ynadan ishlangan shapkalar Qanchalik chiroyli tuyilmasin bunday shapka modellari sizni eskicha ko‘rinishingizga sabab bo‘ladi. Mo‘ynani juda yaxshi ko‘radiganlarga esa panamalarga e’tibor qaratish tavsiya qilinadi. Yupqa trikotaj Istalgan obrazni yaratishda proportsiyaga e’tiborli bo‘lish kerak. Kiyim-kechaklarning bari bir-biri bilan uyg‘un bo‘lishi kerak ekani sabab ham trikotaj matodan tikilgan shapkalarni kiymaslik tavsiya qilinadi. Boshda chiroyli turmagani yetmagandek, qalin kiyimlar bilan tushmaydi. Bundan tashqari, bunday shapka modeli boshni issiq tutmasligi aniq. Bachkana shapkalar Shapka qancha oddiy bo‘lsa shuncha yaxshi. Naqsh, tosh, yorqin printlarni boshqa kiyim-kechak va aksessuarlarga qoldirgan yaxshi. Universalidan farqli o‘laroq, bezakli va bachkana modellar istalgan obrazga mos tushavermaydi. Shu sabab ham iloji boricha oddiyroq variantlarga e’tibor qaratish tavsiya qilinadi. “Quloqchalari” bor shapkalar Bu ham bolalarga berib yuborish kerak bo‘lgan shapka modeli hisoblanadi. Bunday aksessuar bilan obrazingiz o‘ziga xos emas, didsiz ko‘rinishi aniq. Shu sabab ham buning singari shapkalardan iloji boricha qochish tavsiya qilinadi.
69
1,638
Ayollar
Original atirni qalbakisidan qanday farqlash mumkin?
Mashhur brendlarning atirlari arzon turmasligi barchamizga ma’lum. Bu pullar atir qutisi va idishini qalbakilashtirishni o‘rganib olgan firibgarlarga nasib qilishini istamaymiz, albatta. Atir xarid qilishda uning soxtasiga uchramaslik uchun nimalarga e’tibor qaratish lozim? Sertifikatini tekshiring Qo‘lingizda original yoki qalbaki atir ushlab turganligingizni aniqlashning eng sinalgan usuli — sotuvchidan uning sertifikati, aniqroq aytganda, ishlab chiqaruvchisi, distribyutori va ishlab chiqarilgan davlat ko‘rsatilgan muvofiqlik deklaratsiyasini so‘rashdir. Sinalgan do‘kondan xarid qiling Agar bundan avval biror do‘kondan original atir xarid qilgan bo‘lsangiz, keyingi safar ham yangi atir uchun unga yo‘l olishni tavsiya etamiz. Agar birinchi marta xarid qilayotgan bo‘lsangiz, do‘st va tanishlaringizning tavsiyalariga quloq tuting. Atir o‘rami (upakovka)ni ko‘zdan kechiring Agar do‘kondan sertifikat so‘rashga jur’at qilolmayotgan yoki sizga atirni sovg‘a qilishgan bo‘lsa, unda boshqa belgilarga qarab uning sifatini aniqlashingizga to‘g‘ri keladi. Ishni karton qutining tashqi ko‘rinishini ko‘zdan kechirishdan boshlaymiz. U qimmatbaho va o‘ziga jalb qiluvchi ko‘rinishga ega bo‘lishi kerak. Karton qalin, yorqin ranglarda bo‘lishi, undagi yozuvlar aniq va oson o‘qilishi kerak. Agar o‘ram polietilenga o‘ralgan bo‘lsa, u yupqa va qutiga jips yopishib turishi, uning chetlari qo‘pol yopishtirilgan emas, kavsharlangan bo‘lishi lozim. Atir idishiga ahamiyat bering Idish shishasi sifatli, ichida pufakchalari va boshqa kamchiliklari bo‘lmasligi lozim. Agar shisha rangli bo‘lsa, u tashqi tomondan bo‘yalgan bo‘lmasligi, ya’ni bo‘yog‘i ketib qolmasligi kerak. Qopqog‘i yetarlicha og‘ir va flakonni zich yopib turishi lozim. Flakonni silkitib ko‘ring. Sifatli atirda paydo bo‘lgan pufakchalar 10—15 soniyadan keyin, sifatsizida esa o‘sha zahoti yo‘qoladi. Atir narxi ham muhim jihat sanaladi. Agar rasmiy saytida Dior atiri 150 yevro bo‘lib, sotuvchi esa uni 150 ming so‘mga taklif qilayotgan bo‘lsa, demak bu yerda bir gap bor. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
52
2,213
Ayollar
Saratonni yenggan 118 yashar Kane Tanakaning uzoq umr ko‘rish siri nimada?
Ikki marta saraton tashxisi qo‘yilganiga qaramay, uzoq umr ko‘rishga muvaffaq bo‘lgan va Yer yuzidagi eng keksa fuqaro deb topilgan Kane Tanakaning qanday qilib bunday natijaga erishgani haqida ma’lumot berib o‘tamiz. Kane Tanaka kim? Kane Tanaka butun umri davomida o‘zining shaxsiy do‘konida yaponcha shirinliklar, lag‘mon va guruch sotgan oddiy yapon ayoli. U 1903-yil 2-yanvar kuni Kadzaki qishlog‘ida ko‘p farzandli oilada dunyoga kelgan. Amakivachchasi Xideoga turmushga chiqqan ayol turmushi davomida to‘rt nafar farzandni dunyoga keltirgan, bittasini esa asrab olgan. 1993-yilda turmush o‘rtog‘i vafot etgan ayolga 46 yoshida oshqozon osti bezi, 103 yoshida esa yo‘g‘on ichak saratoni tashxisi qo‘yilgan. Ayni vaqtda yoshi 118 dan katta bo‘lgan Tanakaning ismi 2019-yilda “Sayyoraning eng keksa fuqarosi” sifatida Ginnesning rekordlari kitobiga kiritilgan. Saraton tashxisi qo‘yilishiga qaramay, uzoq umr ko‘rishga muvaffaq bo‘lgan ayol buning siri nimada ekani haqida boshqalar bilan ham bo‘lishishga qaror qilgan. Ovqatlanish Yaponiyada 100 yoshdan oshgan 30 ming inson yashaydi. Ularning aksariyati uzoq umr ko‘rish yaponcha ovqatlanish tizimlaridan biri bilan bog‘liqligiga ishonadi. Yapon tilidan qorinning 80 foiz to‘lishi deb tarjima qilinadigan — “Xara xati bu” ovqatlanish tizimi kaloriyani ongli ravishda qisqartirishga asoslanadi. Yaponlar qorin 80 foiz to‘ysa, shifokorga murojaat qilishga hojat bo‘lmasligiga ishonadi. Qanday qilib deyarli to‘yganlikni bilish mumkin, degan savolga yaponlar qorin to‘ygani his qilinsa-yu, lekin yana nimadir yeyish istalsa, 20 daqiqa kutish kerak, deb javob beradi. Bu vaqt oshqozonning to‘qlik haqidagi signali miyaga borishi uchun muhim sanaladi. Signal yetib bormagan taqdirda, sekin-asta ovqatlanishni boshlasa bo‘ladi. O‘zini o‘zi siylash Parhez tutishni boshlagan insonning kayfiyati cheklanganlik hisobiga tez-tez o‘zgarib turishi hech kimga sir emas. Buni yaxshi bilgan Kane ba’zida o‘zini o‘zi siylashni kanda qilmagan. Shirinliksevar ayol yillarini aynan shokolad va qahvaga bo‘lgan sevgisi sabab yashab o‘tganini ta’kidlagan. Ginnesning rekordlar kitobiga kiritish munosabati bilan tashkil qilingan marosimda Kanega mukofot bilan birga bir quti konfet ham taqdim qilingan. Ayol uyalib o‘tirmagan, sahnaning o‘zida qutini ochib, shirinliklardan yeyishni boshlagan. Miyani chiniqtirish Xuddi tana singari miyani ham mashq qilib, chiniqtirib turish kerakligini yaxshi bilgan Tanaka kitob o‘qigan, matematika bilan shug‘ullangan. Hozirgi kunda do‘stlari bilan stol o‘yinlarini o‘ynaydi va she’r yozadi. Undan o‘rnak olishingiz, yangi til o‘rganishni yoki she’r yodlashni boshlashingiz, krossvord va skanvordlar yechishingiz mumkin — asosiysi, doimiy ravishda shug‘ullanish va tashlab qo‘ymaslik. Barvaqt uyg‘onish Kane soat 6 da shunchaki uyg‘onmaydi, balki o‘rnidan turadi. 118 yoshda ekani va ayni vaqtda qariyalar uyida yashashiga qaramay, u barvaqt uyg‘onish odatini kanda qilmaydi. Ko‘chaga chiqib, salqin havoda sayr qiladi. O‘z oldiga maqsad qo‘yish Ayol o‘zining uzoq umr ko‘rish sirini sobitqadamlik va tirishqoqlikda deb biladi. Bergan intervyulardan birida 120 yoshdan o‘tish uchun qo‘lidan kelganicha harakat qilishini ta’kidlagani buning isboti. Shuningdek, Kane ko‘plab tavsiya va retseptlardan qat’iy nazar, hamma narsa odamning o‘ziga bog‘liqligini, hatto umid yo‘qdek tuyilganida ham hech qachon ishonchni yo‘qotmaslik kerakligini ta’kidlagan.
74
3,424
Ayollar
Kiyim ilgichdan foydalanishning siz bilmagan ajoyib usullari
Shkafda bo‘sh turgan kiyim ilgichlarni tashlab yuborishga shoshilmang. Ulardan kiyim ilishdan tashqari, boshqa maqsadlarda ham foydalansa bo‘ladi. Ko‘zoynaklarni ilish uchun Kiyim ilgichga ko‘zoynaklarni tartib bilan osib qo‘yishingiz mumkin. Bu yo‘l bilan muhim aksessuarni qayerga qo‘yganingizni topa olmaslik kabi muammoga duch kelmaysiz. Gazeta va jurnallar uchun Gazeta va jurnallarni kiyim ilgichga osib qo‘yish orqali ularni yoyilib yotishi va sahifalari g‘ijimlanishining oldini olasiz. Sharf va kalitlar uchun Yog‘ochdan ishlangan kiyim ilgich bilan devorni bezab, unga kalit yoki sharflarni ilib qo‘yish mumkin. Buning uchun ikkita kiyim ilgichning bir tarafini olib tashlang va o‘rtasidan yopishtirib qo‘ying. Suratlarni ilish uchun Kiyim ilgichdan surat ramkasi o‘rnida foydalansa bo‘ladi. Buning uchun qisqichli kiyim ilgich ishlatishingiz yoki alohida qisqich bilan suratni qistirib qo‘yish kerak. Ko‘zgu uchun bezak Kiyim ilgichdan quyoshni esga soladigan dekoratsiya sifatida ham foydalansa bo‘ladi. Buning uchun metalldan ishlanganlarini bukib, birlashtirib chiqish va dumaloq ko‘zgu ortiga yopishtirishning o‘zi kifoya. Xona gullari uchun Poyali xona gullarini buklangan kiyim ilgichga o‘rashingiz mumkin. Gulchambar uchun Shuningdek, metall kiyim ilgichlardan gulchambar asosi sifatida ham foydalanish mumkin. Buning uchun dumaloq shaklga keltirilgan kiyim ilgichga gul va barglarni o‘rab chiqish lozim.
60
1,429
Ayollar
Reebok o‘yinchoq askarchalardan ilhomlangan holda yaratilgan krossovka modelini taqdim qildi
Reebok brendi Instapump Fury krossovkalarining yangi modellarini taqdim qildi. Bu haqda Elle nashri xabar berdi. Avvalroq mazkur brendning BAIT tomonidan “O‘yinchoqlar tarixi” multfilmiga bag‘ishlab krossovkalar ishlab chiqargani haqida xabar berilgandi. Instapump Fury modeli sherif Vudi va Bazz Layter rangida ishlab chiqarilgan edi. Endilikda esa kolleksiyadan o‘rin olgan yangi model — yashil o‘yinchoq askarchalardan ilhomlanib ishlangan krossovkalar taqdim qilindi. Charmdan ishlangan ushbu oyoq kiyimning rangi va dizayni haqiqatan ham o‘yinchoqlarni esga soladi. Yangi model cheklangan miqdorda sotuvga chiqariladi, deyiladi xabarda.
92
643
Ayollar
Ziravorlardan batareyalargacha: yaroqlilik muddati mavjud bo‘lgan uy-ro‘zg‘or buyumlari
Uy-ro‘zg‘or buyumlari yangidek ko‘rinsa ham yaroqlilik muddatiga ega. Quyoshdan himoyalovchi krem Odatda ayollarda ikki yil avvalgi kremlar ham saqlanib turadi. Lekin kremning himoya funksiyalari 24 oy davomida amal qiladi, hatto qadoqlashda boshqacha ko‘rsatmalar bo‘lsa ham. Bundan tashqari, kremni rasmiy yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ishlatmaslik kerak. Kartoshka Kartoshka quyosh nuri ta’sirida yashil rangga aylanadi va diareya, qayt qilish va boshqa alomatlarni keltirib chiqaradigan zaharli solanin ishlab chiqaradi. Shuning uchun eskirgan kartoshkani taomga qo‘shmaslik tavsiya etiladi. Batareyalar Batareyalarning yaroqlilik muddati foydalanish boshlanishidan emas, balki ishlab chiqarilgan kundan boshlab o‘lchanadi. Odatda bu qadoqda ko‘rsatiladi, lekin hech kim bunga e’tibor bermaydi. Shuningdek, ishlatilgan batareyalarni chiqindiga tashlamaslik kerak, bu atrof-muhit uchun zararli. Batareyalar uchun maxsus yo‘q qilish punktlari mavjud. Vodorod perekis Vodorod perekis – kundalik hayotda keng qo‘llaniladigan universal vosita. Qadoq ochilgandan so‘ng u ikki oy davomida o‘z xususiyatlarini saqlab qoladi. Muddati o‘tgach o‘z ta’sirini yo‘qotadi. Ziravorlar Ushbu toifadagi mahsulotlarning o‘z yaroqlilik muddati bor. Ziravorlarni 2-3 yildan ortiq ishlatmaslik kerak, uzoq vaqt saqlash bilan ular hid va ta’m xususiyatlarini yo‘qotadi. Uzaytirgich Bunday mahsulotlarga yaroqlilik muddatini yozilmaydi. Faqat kafolati bo‘ladi. Qurilma o‘zidan o‘tishi mumkin bo‘lgan ma’lum miqdordagi joul uchun mo‘ljallangan. Uyda buni aniqlash mumkin emas, lekin agar uzatma kabeli qora rangga aylanib, juda qizib keta boshlasa, u bilan xayrlashish vaqti kelgan. Idish yuvish gupkalari Nam ko‘pikli shimgichlar xavfli mikroorganizmlar uchun yashash joyidir. Ularni iloji boricha tez-tez almashtirish kerak – taxminan ikki haftada bir marta. Krossovka Yugurish uchun mo‘ljallangan sport poyabzali har 500 kilometrda o‘z tayanchini yo‘qotadi. Poyabzal ichidagi zarbani yutuvchi qatlam zarar ko‘radi va umurtqa pog‘onasi hamda bo‘g‘imlari zo‘riqadi. Hasharotga qarshi vositalar Hasharotlarga qarshi vositalar ham ishlab chiqarilgan kundan boshlab 2 yil saqlash muddatiga ega. Har safar vosita xarid qilinganda, qadoqni tekshirish kerak. Uy shippagi Shippak dush paytida yoki undan keyin darhol kiyilsa, qo‘ziqorin infeksiyalari osongina ko‘payadi. Uy poyabzallarini haftada bir marta dezinfeksiya qilish va har olti oyda bir marta almashtirish kerak. Taroqlar Ishlatilgandan so‘ng taroqda teri zarralari va yog‘ bezlari tomonidan ishlab chiqarilgan yog‘ qoladi. Bundan tashqari, ochiq holda saqlanganda, chang yuzaga yopishadi. Shuning uchun soch uchun aksessuarni haftada kamida bir marta yuvish va yiliga bir marta o‘zgartirish kerak.
87
2,740
Ayollar
Quruq shampun qanday samara beradi va u nima uchun kerak?
Shoshilinch vaziyatlarda ayni muddao bo‘lgan quruq shampunlardan foydalanishda nimalarga e’tibor berish kerakligi haqida ma’lumot berib o‘tamiz. Tozadek ko‘rsatadi Pudra yoki sprey ko‘rinishida bo‘lishdan qat’i nazar, quruq shampun eng avvalo soch yuzasidagi yog‘ va kirlarga chora ko‘rib, yangi va tozalik hissini tuyishga sabab bo‘ladi. Shampundagi asosiy komponent sorbent kirlanishni yo‘qotishga javob beradi. Ammo soch bir hafta oldin yuvilgan bo‘lsa, oddiy quruq shampun ham unga yordam bera olmasligi mumkin. Quruq shampun oddiy suyuq shampunchalik toza qilmagani bilan, uning o‘rnini bosishi mumkin. Ammo shu bilan birga ustini yangidek ko‘rsatgani hisobiga, undan foydalanish shoshilinch vaziyatlarda samarali ish beradi. Stayling Quruq shampundan foydalangandan keyin soch avvalgidan qalin va hajmliroq ko‘rinadi. Qolaversa, vositadan keyin sochlar “aytganni qiladigan” bo‘lib qoladi, ya’ni tartibga keltirish, mukammal yig‘ish oson bo‘ladi. Ushbu usul ayniqsa, sochi “nachyos” qilingandek ko‘rinishini istaydiganlar uchun ayni muddao. Soch ildiziga sepgandan keyin 2-3 harakatning o‘zi kifoya qiladi. Foydalangandan keyin sochlar shishib, hajmli ko‘rinadi. Foydalanish qoidalari Foydalanishdan avval quruq shampunli idishni yaxshilab silkitish keyin esa boshdan 15 sm uzoqlikda soch ildiziga sepish kerak. Keyin massaj harakatlari bilan yaxshilab tarqatishga harakat qilish kerak. 5-7 daqiqadan keyin esa taroq yordamida shishirib istalgan uslubda turmaklasa bo‘ladi. Nimaga e’tibor berish kerak? Shampunni faqat quruq sochga sepish va kun davomida undan takror foydalanmaslik kerak. Qayta foydalanish o‘rniga boshni shunchaki pastga egib, qo‘llar bilan tartibga keltiring. Yodda tutish kerak Quruq shampun soch va bosh terisini quritib yuboradi, degan tushunchalar bor. Avval chindan ham shunday bo‘lgan bo‘lishi mumkin, ammo zamonaviy formula asosida ishlangan vositalar bunda ta’sir ko‘rsatmaydi. Quruq, shikastlangan soch egalariga sochni jilokor ko‘rsatish uchun turli vositalar, xususan, quruq shampundan foydalanish o‘rniga parvarish qilish, oziqlantiruvchi niqoblar qilish tavsiya qilinadi.
57
2,110
Ayollar
Xavfli manikyur: shellak qildirmaslik uchun 4 sabab
Ko‘pincha qizlar bir necha hafta saqlanib turishi mumkin bo‘lgan chiroyli manikyur qildirish uchun shellakka murojaat qiladi. Biroq, uning xavfsiz emasligi ko‘pchilikka ma’lum. Uzoq saqlanib turuvchi akril lak zamonaviy ayollar orasida juda mashhur bo‘lsa ham, bunday manikyurni qayta qilishdan oldin ko‘plab kamchiliklarga ega ekanini bilish lozim. Gelli manikyur va shellak lakining yaratilishi tirnoq sanoatining qayta kashf etilishiga sababchi bo‘ldi, bu esa uzoq muddatli super yorqin manikyur orzusini haqiqatga aylantirdi. Biroq, boshidanoq, gel manikyurining xavfsizligi va tirnoqlarning sog‘lom va chiroyli bo‘lishini ta’minlash uchun ularni qanchalik tez-tez qildirish kerakligi haqida ko‘plab bahs-munozaralar mavjud. Bugungi kunda salonlarning uchdan ikki qismi yuqoridagi bir yoki ikkala xizmatni taklif qiladi, ularning har biri tirnoqlarga zarar yetkazmasdan uzoq muddatli shellak qilishni va’da qiladi. Jarayon tirnoqlarga gel yoki shellak qo‘llash, uni issiqlik yuboruvchi chiroq bilan qotirish va tirnoqlarni olib tashlash uchun maxsus aralashmada namlashdan iborat. Umuman olganda, bu jarayonda ko‘plab mutaxassislarni nima chalkashtirib yuboradi? Tirnoqlarga kimyoviy moddalar qo‘llanilganda ehtiyot bo‘lish kerak Gel yoki shellakni qo‘llash jarayonida bir nechta narsalar qo‘llaniladi, ular nafaqat tirnoqlarga va tirnoqlarning pastki qatlamiga zarar etkazishi, balki sog‘lig‘ingizni ham xavf ostiga qo‘yishi mumkin. Tirnoqlaringizni gel qo‘llashga tayyorlashda juda qattiq bo‘yash terini kimyoviy moddalar va infeksiyalarga ta’sirli qilib qo‘yishi mumkin. Eng muhim maslahat: hech qachon kutikulalaringizni kesmang. Agar bu juda zarur bo‘lsa, mutaxassidan uni sekin bilan olib tashlashini so‘rang. Ko‘pincha past sifatli mahsulotlar ishlatiladi Salonlar akril mahsulotlarini gel mahsulotlari bilan aralashtirishi yoki sifatsiz nazoratga ega bo‘lgan ishlab chiqaruvchilardan arzon gel mahsulotlarini sotib olishi mumkin. Ba’zi kimyoviy moddalar hatto nafas qisilishini keltirib chiqarishi, ko‘z va terini bezovta qilishi mumkin. Quritish qo‘l terisining qarishi va pigmentatsiyasini keltirib chiqaradi Ushbu manikyur tirnoqlarni ultrabinafsha chiroq ostida quritishni o‘z ichiga oladi (asosan teri kuymasligi uchun bir xil nurlardan foydalanmaslik), u gelni mahkamlash uchun har bir qatlam o‘rtasida va protsedura oxirida qo‘llaniladi. O‘zingizga ma’qul kelgan quyoshdan himoyalovchi kremni olib keling va qo‘lingizni UV chiroqqa qo‘yishdan taxminan 10 daqiqa oldin kremni qo‘llang. Zaharli tutunlar Jarayon davomida shamol aylanishi juda muhim. Nafas olishda qiynalayotgan bo‘lsangiz, bu manikyurni qilmasligingiz kerak, biroq qildirish qaroriga kelgan bo‘lsangiz niqob kiyish kerak. Aerozol komponentlari miqdori minimal darajada bo‘lishi uchun bug‘ va zarrachalarni tortadigan vakuum bilan jihozlangan salonlarni qidiring.
51
2,850
Ayollar
Har bir inson yoshligida qilishi kerak bo‘lgan 10 ta ish
Inson umri abadiy emas. 20 yoshda hali butun hayot oldindadek tuyuladi. Biroq ko‘z ochib yumguncha qirqni urib qo‘yganingizni sezmay qolasiz. 20 yoshda qilish oson bo‘lgan ishlarning yarmini ham endi qila olmaysiz. Shuning uchun ayrim ishlarni orqaga tashlamaslik kerak. Buni hech kim sizning o‘rningizga qilmaydi. Yoshlik istaklarni amalga oshirish uchun eng qulay fursat. Keyin sizning ishingiz shu qadar ko‘payadiki, bunga vaqt yetmaydi. Ko‘proq sayr qiling. Vaqtingiz borida yaxshi asarlar o‘qing. Do‘stlaringiz bilan qandaydir maqsadda emas, shunchaki suhbatlashing. Hozir sizga tabiiy holdek tuyulayotgan davrning qadriga yeting, keyin bu damlarni orziqib eslab yurasiz. Tog‘da tong otishini qarshi oling, okeanlarni ko‘ring, chang‘ida uching. Tabiat go‘zalligini va Yerning haqiqiy o‘lchamini his eting. Har bir inson o‘ziga xos, u o‘ziga yarasha kamchiliklar va kuchli jihatlarga ega. Qancha erta shu haqiqatni anglasangiz, hayotingiz shuncha yengil kechadi. O‘zingiz bilan faxrlaning va aslingiz kabi ko‘rinishdan uyalmang! Bu haqiqatan ham foydali. Yoshlar sog‘lom bo‘ladi, shuning uchun jismoniy mashqlar qilishga hojat yo‘q, deb o‘ylaydi. Ammo bu noto‘g‘ri. Yoshingiz o‘tib, qomatingiz va salomatligingizda muammolar paydo bo‘lsa, ularni bartaraf etish qiyin bo‘ladi. Vaqtni yo‘qotmang, sport bilan shug‘ullanishni hozirdan boshlang. Yoshlikning alomatlaridan biri boshqalarning siz haqingizdagi fikrlarini yurakka yaqin olish. Vaqt o‘tgan sari buning noto‘g‘ri ekanligini tushunasiz, lekin buni ertaroq boshlash zarar qilmaydi. Yoshlar hayotga pozitiv qaraydi, biroq yosh o‘tgan sari ushbu xususiyat yo‘qolib boradi. Bu xususiyatni yo‘qotmaslikka intiling. Sizning muvaffaqiyatingiz hayotga qanday qarashingiz bilan bog‘liq. Optimist bo‘ling! Yoshligimizda odamlar bilan tez til topishamiz va kerak bo‘lsa, tez “xayrlashamiz”. Yosh o‘tgan sari bu ishlar qiyinlashib boradi. Shuning uchun, sizga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi tanishlaringiz bilan qancha erta “xayrlashsangiz”, shuncha yaxshi. Ko‘pchilikda sayohat imkoni paydo bo‘lsa, keyinga qoldiradi. “O‘zimni tiklab olsam, sayohat qilaveraman”, — deb o‘ylaydi. Lekin keyin oila qurasiz, farzandli bo‘lasiz, hayot tashvishlaridan ortib, sayohatga chiqa olmasligingiz mumkin. Yana bir chet tilini o‘rganish o‘zingiz uchun yangi bir olamni kashf qilishdek gap. Chet tili sizga yangi imkoniyatlarni taqdim etadi, dunyoqarashingizni kengaytiradi. Shuning uchun vaqtni qo‘ldan boy bermang, til o‘rganishga kirishing!  O‘zingizni aldashni bas qiling! Karantinda shug‘ullanish uchun 10 ta motivatsion tavsiya
56
2,564
Ayollar
Charm, zamsh va matoli oq krossovkalarni tez va oson tozalash bo‘yicha tavsiyalar
Oq krossovkalar uzoq vaqtdan beri nafaqat sportchilarda, balki bu turdagi poyabzallar ichida mashhur bo‘lib, uni sport kiyimlaridan tashqari boshqa uslublarda ham topish mumkin. Krossovkalarni oq rangini uzoqroq saqlash uchun qimmatbaho maxsus mahsulotlardan foydalanish shart emas. “Profil” nashri bu haqda foydali tavsiyalar bilan bo‘lishdi. Oq krossovkalarni tozalash uchun oddiy va hamyonbop mahsulotlar bo‘lsa bas, ammo ularning tanlovi poyabzal ishlab chiqarilgan materialga bog‘liq. Charm Charm poyabzallarni tozalash osonroq, chunki material kamroq namlik yutadi. Jarayonni boshlashdan oldin krossovkalar yuzasidan kir va chang zarralarini artib tashlash kerak. Oyoq kiyimining oqligini tiklash uchun melamin gubkani ishlatish tavsiya etiladi. Uni suv bilan namlash va siqib tashlash, keyin krossovkalarni artish kerak. So‘ngra matoni kir sovuni bilan ko‘piklab, poyabzalning yuqori qismini artib olinadi. Oyoq kiyim yuzasidan ortiqcha sovunni olib tashlab, krossovkalarni quritishga qo‘yiladi. Mato Paxta yoki mato poyabzallarni iste’mol sodasi va sirka bilan tozalash mumkin. Bir osh qoshiq soda va ikki osh qoshiq 9 foizli sirka bir stakan iliq suv bilan aralashtiriladi. Aralashmaning shivirlashi to‘xtaganda, olingan eritmada mato yoki toza tish cho‘tkasi namlanadi va poyabzaldagi kir tozalanadi. Shu bilan bir qatorda, bir osh qoshiq soda va yarim osh qoshiq vodorod periksni suvga aralashtirib, foydalanish mumkin. Tozalash vositasi ta’sir qilish uchun 30 daqiqa kutiladi, keyin suv bilan yuviladi. Zamsh Bu tozalash uchun eng qiyin materiallardan biridir. Biroq ulardagi tozalikni qaytarishga harakat qilish mumkin. Oyoq kiyim yumshoq mato bilan quritiladi. Keyin dog‘lar qalam o‘chirg‘ichi bilan o‘chiriladi. Qog‘oz sochiq bilan quritilib, sirtni ishqalamaslikka harakat qilish lozim. Yumshoq matoni sirkaga botirib, qolgan dog‘lar ham muloyimlik bilan artib olinadi. So‘ngra oyoq kiyimlar quritilib, zamsh cho‘tkasi bilan taraladi.
81
1,951
Ayollar
Hozirda aktual emas: didsizlikdan darak beruvchi 7 ta go‘zallik odatlari
Yaxshi parvarish qilish va tartiblilik — go‘zal obraz yaratishning asosiy shartlari bo‘lib, u hatto eng murakkab tanqidchilardan ham shubha tug‘dirmaydi. Va ko‘pincha makiyaj va parvarish qilishda asosiy qoidalarga rioya qilmaslik boshqalarning masxaraomuz qarashlariga va nomaqbul izohlarga sabab bo‘ladi. Ulama kiprik Agar tabiat sizni qalin va uzun kipriklar bilan mukofotlamagan bo‘lsa, buni odatdagidek qabul qiling yoki tabiiy effektli, ya’ni unchalik ko‘zga tashlanmaydigan sun’iy kipriklardan foydalaning. Ulama kipriklar obrazni arzonlashtiradi, odatda bachkana bo‘lib ko‘rinadi. Kunduz uchun kechki bazm pardozi Har qanday makiyaj sharoitga mos bo‘lishi kerak, shunda o‘zingizni ishonchli va qulay his qilasiz. Kechki bazm pardozi ko‘proq chidamli kosmetik mahsulotlarni talab qiladi: masalan, yuz konturi yonoq suyaklarini ta'kidlab, yanada to‘yingan, ko‘z makiyaji esa yorqinroq bo‘lib, kamera chirog‘i ostida benuqson ko‘rinasiz. Kunduzgi makiyajda ushbu usullardan foydalangan holda, qo‘pol ko‘rinish ehtimoli yuqori. Mos kelmaydigan soch turmagi Uyg‘unlikka erishish oson. Kundalik obraz imkon qadar sodda, murakkab elementlarsiz bo‘lishi kerak. Kechki soch turmagi ham tashrif buyurishni rejalashtirgan joyga mos kelishi kerak: teatr, klub, restoran kabi. O‘sgan qoshlar E’tibor berilmagan qoshlar tartibsiz ko‘rinadi. So‘nggi yillarning asosiy tendensiyalaridan biri bu — tabiiylik, ammo uni tom ma’noda qabul qilmasligingiz kerak. Ha, tabiiy soch rangi va makiyaj birinchi o‘rinda, lekin o‘sib ketgan va tartibsiz qoshlar obrazni buzadi. Tartibsiz manikyur Lakli tirnoqlardan ko‘ra, qoplamasiz tabiiy manikyur qildirgan ma’qul. Bu nyuans ayniqsa yorqin ranglarda, masalan, qizil rangda juda muhimdir. Har uch haftada tirnoqlaringizni manikyur, aks holda tartibsiz tirnoqlar qo‘llarning eng kichik kamchiliklarini ta’kidlaydi va umumiy ko‘rinishni buzadi. Muammoli teri uchun qalin makiyaj Hatto eng qimmat tonal krem ham “silliq teri” effektiga erishishga yordam bermaydi. Muammoli teriga ega bo‘lgan qizlarga mutaxassislarning professional parvarishi bilan birlashtirilgan yengil pardozni tanlash tavsiya etiladi.
72
2,138
Ayollar
Pishiriqlar uchun mo‘ljallangan pergament qog‘ozdan foydalanishning siz kutmagan 12 usuli
Pergament yoki qandolat qog‘ozi 1927-yilda paydo bo‘lgan va hozir deyarli har bir uydan uni topish mumkin. Lekin undan pechning pishiriq varag‘ini himoya qilishdan ko‘ra ko‘proq narsa uchun foydalanish mumkin. “Noviy ochag” nashri buning 12 ta kutilmagan usuli bilan tanishtirdi. Tutqichlar va jo‘mraklar uchun Xromlangan yuzalar, albatta, zamonaviy ko‘rinadi, ammo ularga toza saqlash oson emas. Pergament qog‘oz esa bu borada ajoyib yordamchi. Qog‘oz mum bilan singdirilgan, shuning uchun u bilan tutqichlar artilganda, yuzalarda himoya qatlamini qoldiradi. Bundan tashqari, qog‘oz zanglamaydigan po‘latdan barmoq izlarini tezda olib tashlaydi. Dazmol uchun Dazmolning sirti qandolat qog‘ozi bilan artilsa, u matolar ustida yaxshiroq harakatlanadi. Shuningdek, pergament qog‘oz yuzasiga tuz sepib dazmol qilish ham mumkin. Ammo dazmol juda eskirgan va tag qismi qoraygan bo‘lsa, yangisini sotib olish yaxshiroq. Mikroto‘lqinli pech uchun Mikroto‘lqinli pechning devorlariga sous va yog‘lar sachramasligi uchun idishni pergament bilan yopish kerak. Natijada mikroto‘lqinli pechni kamroq tozalashga erishish mumkin. Kitoblar uchun Agar tasodifan kitob yoki darslik varaqlariga suv to‘kilsa, sahifalar ajratib olinadi va ularning orasiga pergament qo‘yiladi. Bu usul qog‘oz quriganida burishib qolmasligiga yordam beradi. Rakovina uchun Rakovina ostidagi quvurdan suv oqayotgan bo‘lsa, uni pergament qog‘ozi bilan zich qilib o‘rab qo‘yish mumkin. Bo‘yoq uchun Qog‘ozdan doira shakli kesilib, bo‘yoq solingan idishga solinadi va qopqoq yopiladi. Bu bo‘yoqda quruq qatlam shakllanishiga to‘sqinlik qiladi va bo‘yoq sifatini o‘zgarishiga yo‘l qo‘ymaydi. Pishloq uchun Supermarketdan uyga qaytgandan so‘ng pishloqdan plastik plyonkani olib tashlab, uni pergamentga o‘rash tavsiya etiladi. Shunda u o‘zining ta’mini yaxshiroq saqlaydi va pishloqqa havo kirishiga imkon beradi. Matolar uchun Tabiiy matolarni pergamentda saqlash yaxshi, u namlik va yorug‘likni o‘tkazmaydi. Shkaflar uchun Vaqt o‘tishi bilan yog‘ va chang qatlami bilan qoplanadigan oshxona jihozlari va muzlatkichlarning sirtlarini himoya qilish uchun pergament ishlatish mumkin. Yaxshi tomoni ularni artib, yuvish shart emas, lekin faqat himoya qog‘ozi qatlamini o‘zgartirish kifoya qiladi. Zamok uchun Zamok o‘z chizig‘i bo‘ylab tekis harakatlanishi uchun uni pergament qog‘oz bilan surish kerak. Ochqich uchun Pergament qog‘oz bilan ochqichning ichiga tiqilib qolgan yog‘ni tozalash juda qulay.
89
2,465
Ayollar
Ijtimoiy tarmoqlarda kamroq vaqt sarflashning sinalgan 8 usuli
Ijtimoiy tarmoqlar yaqinlaringiz bilan aloqada bo‘lish va so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lishning oson yo‘lidir. Lekin ulardan qaysi biri bizga ko‘proq kerak? O‘zingiz o‘ylab ko‘ring, telefonda qancha vaqt sarflaganingiz sizni hech qo‘rqitganmi? Agar siz “ha” deb javob bergan bo‘lsangiz, quyida ijtimoiy tarmoqlarga kamroq, haqiqiy hayotga ko‘proq vaqt sarflashning oson usullari haqida gaplashamiz. Ekrandagi ilovalar joyini o‘zgartiring Ko‘pincha telefonni ma’lum maqsadda qo‘limizga olamiz, lekin oxir-oqibat ijtimoiy tarmoqlar tuzog‘iga tushib qolamiz. Buni o‘zingiz uchun qiyinlashtiring va barcha piktogrammalarni eng uzoq ekranga o‘tkazing, yaxshisi, ularni alohida papkaga yashiring. Ijtimoiy tarmoqlar qanchalik kam ko‘zga tashlansa, Instagram, Facebook va boshqa ilovalarga tasodifan kirib qolish ehtimoli shunchalik kam bo‘ladi. Bildirishnomalarni o‘chiring Bildirishnomalar e’tiboringizni qilayotgan ishingizdan uzoqlashtirish va telefoningizni yana qo‘lga olishga majbur qilish uchun mo‘ljallangan. Nazorat qiling: ijtimoiy tarmoqlardagi bildirishnomalarni o‘chiring va Instagram talab qilganda emas, balki kerak bo‘lganda telefoningizni oling. Agar juda kerak bo‘lsangiz, o‘zlari qo‘ng‘iroq qilishadi. Ijtimoiy tarmoqlarga qancha vaqt sarflashingiz haqida o‘zingizga hisob bering Agar telefoningiz ekrandan foydalanish vaqtini kuzatsa, statistikaga qarang. Odatda bir-ikki necha soatga ko‘pchilik jiddiy e’tibor qaratmaydi, lekin bu arifmetik o‘rtacha ko‘rsatkichni 52 haftaga ko‘paytirsangiz — natija sizni qo‘rqitib yuboradi. Ko‘pchiligimiz telefonda kunlar, hatto haftalar va oylarni Instagram va TikTok lentasini foydasiz aylantirish uchun sarflaymiz. Hayot sifatini yaxshilaydigan yoki sizni qoniqtiradigan o‘sha soatlarni nimaga sarflashingiz mumkinligi haqida o‘ylab ko‘ring. Avvalo, qaysi ilovalarni tez-tez ishlatayotganingizni, buni qachon va nima uchun qilayotganingizni, shuningdek, bu odatni nima bilan almashtirsa bo‘lishini tahlil qiling. Avvaliga ekran vaqtini cheklashga harakat qiling. Birinchi qadam statistikani kamida yarim soatga, masalan, haftada ikki yarim soatga kamaytirishga harakat qilishdir. Darhol barcha akkauntlaringizni o‘chirishning hojati yo‘q. Ovozni o‘chirish tugmasi (Mute)dan foydalaning yoki obunani bekor qiling Siz eng ko‘p vaqt o‘tkazadigan besh kishining yig‘indisisiz, degan iborani eshitgandirsiz. O‘zingizga va ruhiy holatingizga e’tibor bering va “bo‘sh” profillarni o‘chirib qo‘ying yoki sizga ilhom, motivatsiya va baxt keltiradigan profillarni qoldiring. Qanchalik kam obuna bo‘lsangiz, ijtimoiy tarmoqlarda shunchalik kam vaqt sarflaysiz. Telefoningizni ertalabki 09:00 gacha tekshirmang Ko‘pchilik ofis xodimlarining jadvali ertalab soat 9 ga qadar telefonga tegmaslikka imkon beradi. Sizga hech narsa bermaydigan va bir necha daqiqadan so‘ng unutiladigan ma’lumotni o‘qish o‘rniga, qo‘shimcha yarim soat uxlashingiz mumkin. Ma’lum bir vaqtni belgilang, masalan, ertalab soat 09:00 yoki uyg‘onganingizdan 60 daqiqadan so‘ng. Bir chashka qahva ichmaguningizcha yoki ertalabki yumushlaringizni qilmaguningizcha telefonni tekshirmaslikka harakat qiling. Telefonni boshqa xonada qoldiring Ba’zan telefoningizni boshqa xonada qoldirishga harakat qiling. Qo‘lingizdagi gadjetni kitobga almashtirganingizdan so‘ng, onlaynda qanchalik kam narsa sodir bo‘lishiga hayron qolasiz. Biroz vaqt o‘tgach, bu vaqtni oshiring va telefonsiz sayrga chiqing. Siz bu qiyin qaror bilan o‘zingizda erkinlik paydo bo‘lishini his qila boshlaysiz. Telefondan stol atrofida foydalanmang Ko‘pchiligimiz do‘stlarimiz bilan uchrashganimizda beixtiyor telefonni qo‘limizga olamiz va do‘stimiz ta’tili haqida gapirayotganda avtomatik ravishda biror narsani ko‘ra boshlaymiz. Do‘stingizni eshitsangiz ham, bu unga nisbatan odobsizlik va suhbatdoshingiz uchun juda yoqimsiz holat. Keyingi uchrashuvda gadjetlarni stol o‘rtasiga qo‘yishni taklif qiling. Quyidagi shart bilan: telefonni birinchi olgan kishi hisobni yoki kokteyl pulini to‘laydi. “Social dilemma” filmni ko‘ring Netflix hujjatli filmi ijtimoiy tarmoqlar ongimizni qanday boshqarishini, zararsiz xaridlardan tortib ovoz berish natijalariga qadar, o‘z joniga qasd qilish darajasi, ruhiy tushkunlik, tashvish va giyohvandlik bilan bog‘liq boshqa narsalar telefon ixtiro qilinganidan keyin qanday oshganini tushuntirib beradi; cheksiz axborot ta’sirida miyamiz qanday o‘zgaradi va diqqat qanchalik tarqaladi; kompaniyalar foydalanuvchilar haqida ma’lumot to‘plashi va nima uchun dasturchilar o‘z farzandlariga nafaqat ijtimoiy tarmoqlarga, balki gadjetlarga ham ruxsat bermasligini bilib olasiz.
62
4,597
Ayollar
Fotoshopsiz mukammal teri: yoz uchun eng yaxshi 12 ta BB krem
Dastlab BB kremlari Osiyoda paydo bo‘lgan, chunki u yerda teri go‘zalligi va yoshligiga jiddiy e’tibor beriladi. BB qisqartmasi “Beauty Balm” – “go‘zallik balzami” degan ma’noni anglatadi. BB kremlari qanchalik foydali bo‘lishi mumkin? Teri yuzasidagi kamchiliklarni mukammal darajada niqoblaydi, tekislikni hosil qiladi, yuzga yorqinlik va sog‘lom ko‘rinish baxsh etadi. Ushbu BB kremi 5 ta muhim vazifani bajaradi: terini namlaydi, uni tetiklashtiradi, kamchiliklarni yashiradi, yorqinlik qo‘shadi va ultrabinafsha nurlarining zararli ta’siridan himoya qiladi. Mayin hamda suvga asoslangan gel formulasi namlantiruvchi xususiyatga ega bo‘lib, bazaning eng yaxshi sifatlarini o‘zida namoyon etadi. Kamchiliklarni yashiradi va terini yosh va yorqin ko‘rinishga olib keladi. Mazkur BB kremi terining rangi bilan mukammal birlashadi, yuzni tekislaydi va kamchiliklarni yashiradi. Ultrayengil to‘qimalar o‘rnini to‘ldiradi, teridagi ajinlarni kamaytiradi. Ushbu mahsulot bejizga bestsellerga aylanmagan. Krem terini mukammal namlaydi, oson surtiladi, so‘riladi va shu bilan birga, teridagi nuqsonlar bilan yaxshi kurashadi. Terini tinchlantiradi va yumshatadi, yallig‘lanishga qarshi va jonlantiruvchi ta’sirga ega, shuning uchun yog‘li va aralash terilar uchun juda mos keladi. Tarkibdagi tabiiy ingredientlar yog‘ bezlari ishini normallashtirishga yordam beradi. Ushbu yengil namlantiruvchi krem mayda ajinlar va toshmalarni yashiradi va terining rangiga mukammal moslashadi. Ushbu BB kremi terining yengil porlashi va sog‘lom yuz terisi uchun mukammal vosita hisoblanadi. Shuningdek, makiyajni tezda moslashtirishga imkon beradi. Uning yordamida ko‘z ostdagi charchoq izlarini yashirish, qizarishni bartaraf etish, yonoq suyaklarini ta’kidlash yoki uni qosh ostida va yuqori labning ustidagi “chuqurchada” yorituvchi sifatida ishlatish mumkin. BB kremi terini namlaydi, yaxshilaydi, yog‘ hosil bo‘lishidan himoya qiladi va buni nazorat qiladi. Natijada yumshoq, yorqin va namlangan teriga erishish mumkin. Tabiiy va ko‘rinmas qoplamali va terining nafas olishiga imkon beradigan yengil to‘qimalarga ega bo‘lgan namlovchi suyuqlik terini taranglashtiradi, terining muvozanatini tiklaydi. Ko‘pvazifali krem: terini himoya qiladi, tekislaydi va yaxshilaydi, namlaydi va ultrabinafsha nurlaridan himoya qiladi. Qoplamani terining holatiga qarab tanlash mumkin. Bittada 3 mahsulot: bo‘yanish bazasi, yashirish vositasi, quyoshdan saqlovchidir. Krem terini oziqlantiradi, himoya qiladi, tekislaydi va qoplama bilan ta’minlaydi. BB tomchilari parvarish va BB mahsulotlarining mukammal umumlashmasidir. Ushbu “go‘zallik tomchilari” jenshen bilan boyitilgan bo‘lib, ular terini mukammal silliqlaydi, uni yanada yumshoq va bir tekis qiladi, nurli ko‘rinishga erishishga yordam beradi.
61
2,786
Ayollar
Qanaqa kino ko‘rsam ekan? Filmlar reytinglanadigan 5 ta servis
Biz maqolada haqiqatda tomosha qilishga arziydigan filmni qidirib topish imkonini beruvchi kinoreytinglar ro‘yxatlarini taqdim etadigan servislarni keltirib o‘tamiz. Filmlarga sharhlar, tavsiya etiladigan filmlar ro‘yxati va kinematografning so‘nggi yangiliklaridan iborat ommabop sayt. Film yoki teleshou reytingi kinotanqidchilar yoki yozuvchilar gildiyalari mutaxassislarining taqrizlari asosida shakllanadi. Har qanday did uchun mos keladigan filmlar ro‘yxatlaridan iborat juda sodda sayt. Bu yerda muharrrirlar tomonidan tuzilgan tayyor ro‘yxatlarni topish mumkin, shuningdek, janr bo‘yicha yoki kayfiyatga qarab mustaqil tarzda film tanlash mumkin. Agar hech narsani tanlashni istamasangiz, shunchaki maxsus tugmani bosib, tasodifga tayanishingiz mumkin. Filmlar bo‘yicha tavsiyalardan iborat yoqimtoy onlayn-platforma. “Kolleksiya” bo‘limida hayotdagi har qanday vaziyatlar uchun saylanmalar jam bo‘lgan, bular “Qora komediyalar”dan tortib, “Zamonaviy oq-qora filmlar”gacha. “Kayfiyat” bo‘limida esa hozirgi kayfiyatingizga qarab nimadir tanlab olishingiz mumkin. Filmlarni tanlash bilan sayt kuratori Kevin Yaun shug‘ullanadi. Kitoblar, filmlar, musiqa, o‘yinlar va seriallar haqidagi ko‘plab fikrlar va sharhlarni o‘z ichiga olgan aggregator sayt. Bu yerda Hulu, Amazon va Netflix’ning eng yaxshi teleshoulari ro‘yxatini, shuningdek, so‘nggi 90 kun, bir yil yoki butun sayt umri davomidagi filmlar va seriallar reytinglarini topish mumkin. Baholar professional nashrlar va oddiy foydalanuvchilar sharhlari asosida shakllanadi. O‘xshash filmlarni maslahat beruvchi servis. Kinolenta nomini kiritish va tugmani bosish kerak. Maxsus algoritm turli mezonlarga asoslanib, bir lahzada bir necha o‘xshash filmlarni tanlab beradi. Manba: “Layfxaker”
62
1,751
Ayollar
Tendan qanday foydalanish kerak: jozibali ko‘zlar uchun sinalgan usullar
Ten — foydalanish yetarlicha qiyin kosmetik mahsulot hisoblanadi. Quyidagi tavsiyalarga amal qilsangiz, bu borada muammolarga duch kelmaysiz. Ranglarni uyg‘unlashtiring Ko‘zni bo‘yashni boshlashdan oldin, teri rangini uyg‘unlashtirish kerak. Ko‘pincha qovoqlarda kapillyar tomirlar yoki biroz ko‘karish ko‘rinib qoladi. Ushbu kamchiliklar pardozni buzmasligi uchun oddiy tonal kremdan foydalanish mumkin. Muhimi, kremni haddan tashqari ko‘p surtmaslik kerak — harakatlanuvchi ko‘z qovog‘i uchun kremning bir kichik tomchisi yetadi. Bazadan foydalaning Makiyajda qanday tenlardan foydalanganingiz muhim emas, ularning ostida qanday baza borligi muhim. Yaxshi baza hatto eng arzon tenlarni ham ushlab turadi. Tonal kremni qo‘llaganingizdan so‘ng darhol baza ishlatish kerak, qovoqlarni teri rangiga moslashtiring. Kremli ten sotib oling Ko‘pchilik kremli ten ishlatmaydi, ammo ular boshqalarga qaraganda ancha uzoqroq turadi. Bundan tashqari, kremli tenda oddiy tendagi kabi to‘kilish muammosi bo‘lmaydi. Ulardan asos sifatida foydalanish mumkin. Harakatlanuvchi ko‘z qovog‘ining butun bo‘shlig‘ini kerakli ten bilan to‘ldiring — tashqi burchaklarni quyuqroq rang bilan, ichki burchaklarni esa yengil rang bilan ta’kidlang. Kremli ten cho‘tkadan ko‘ra barmoq uchlarida yaxshi surtiladi. Gap shundaki, qo‘llarning issiqligi mahsulotni isitadi va uning “ochilishi”ga yordam beradi — buning natijasida ten tekisroq qo‘llaniladi va surkalib ketmaydi. Ko‘z ostiga pudra ishlating Tendan foydalanishdan oldin, konsiler yordamida ko‘z ostini tayyorlang, so‘ngra pudrani qalin qilib surting. Agar pudra ishlatsangiz, maydalangan tenlarni kukun bilan birga yumshoq cho‘tka bilan osongina olib tashlash mumkin. Ten rangini to‘g‘ri tanlang Ten rangini ko‘z rangiga qarab emas, balki tashqi ko‘rinishingizga qarab tanlagan ma’qul — shunda makiyaj yanada mukammal ko‘rinadi. Oq (marvaridrang) tenlardan foydalaning Ko‘pgina qizlar marvaridrang tenlaridan qochadi —  yorqin ranglar ham arsenalingizda bo‘lishi kerak. Bunday tenlar yordamida ko‘zning ichki burchagini ta’kidlash mumkin. Bundan tashqari, ularni qosh ostidagi sohada ham qo‘llasa bo‘ladi. Ko‘z shakli bilan ishlang Agar tabiat chiroyli ko‘zlar bilan mukofotlamagan bo‘lsa, bunga makiyaj yordamida osongina erishish mumkin. Tenlar bu masalada eng yaxshi vosita. O‘rtacha rangdagi tenlar yordamida bir oz osilgan yuqori ko‘z qovog‘ini bo‘yang, yuqori va harakatlanuvchi ko‘z qovoqlari orasidagi burmani to‘q rangdagi ten bilan yashiring. Agar ko‘zlaringiz orasi keng bo‘lsa, unda qovoqning chegarasidan tashqariga chiqmasdan, ko‘zlarning tashqi burchaklarini qoraytirish kerak. Ya’ni harakatlanuvchi ko‘z qovog‘ining o‘rtasidan tashqi chetiga qadar jilosiz yoki yorqin rangdagi tenlar bilan qoraytiring, ammo ko‘z chetiga strelka chizmang. Tenning kamida uchta rangidan foydalaning Eng oddiy makiyaj ham uch bosqichda amalga oshiriladi:
72
2,887
Ayollar
Yalpizdan foydalanishning siz bilmagan 3 usuli
Ko‘plab insonlar o‘z uylarida yalpiz yetishtiradi. Ammo uning quritilib, choyga qo‘shilishidan tashqari boshqa maqsadlarda ko‘proq foydalanish mumkinligini ko‘pchilik bilmaydi, deb yozadi “Noviy ochag”. Foto; “Noviy ochag” Aksariyat insonlar yalpizdan ichimlik tayyorlashda yoki ma’lum bir taomni bezash uchun vosita sifatida foydalanadi. Yana kimlardir uni salatlarga, ichimliklarga (ayniqsa tetiklantiruvchi) qo‘shishni yaxshi ko‘radi. Yalpizdan bir qancha shirinliklar tayyorlash mumkin. Chunki do‘konlarda yalpiz ta’mini beruvchi pechenyelar xarid qilinadi. Ularning uy sharoitida tayyorlangani ham juda foydali, mazali hamda tabiiydir. Salqin ichimliklardan tashqari, yalpizdan damlama, sirop yoki murabbo tayyorlash mumkin. Lekin ulardan yana boshqa maqsadlarda ham foydalanish tavsiya etiladi. Yalpizli tish pastasi Yalpizdan kimyoviy moddalarsiz, tabiiy tish pastasini tayyorlash mumkin. Buning uchun kerak bo‘ladi: Barcha mahsulotlar silliq bo‘lguncha aralashtiriladi, sinab ko‘riladi va agar kerak bo‘lsa, yana bir necha tomchi yalpiz moyi qo‘shiladi. Tayyor bo‘lgan tish pastasi mahkam yopiq idishda saqlanadi. Yalpizli xushbo‘ylantiruvchi Quritilgan yalpizdan chiroyli, tabiiy, xushbo‘y qopchalar yasash mumkin va uni tayyorlash juda oson. Buning uchun bog‘ichli bir nechta xaltacha tikish kerak, ichiga quruq yalpiz, quruq gul barglari yoki boshqa quruq xushbo‘y o‘simliklar solinadi. Ushbu xaltachalar xonaning har qanday qismiga joylashtiriladi. Ular asab tizimini mukammal darajada tinchlantiradi, uyqu va xotirani yaxshilaydi. Yalpizli muz bo‘laklari Yalpizli muz bo‘lakchalari ichimliklar va kosmetik maqsadlar uchun juda mos keladi. Bunday muz terini mukammal darajada yangilaydi, uni yorqin qiladi. Yalpizli muz bo‘lakchalari quydagicha tayyorlanadi:
46
1,775
Ayollar
Saharlikning vaqti o‘tib ketsa, ro‘za qazo bo‘ladimi?
“Islom.uz” sayti ma’muriyati saharlikning vaqti o‘tib ketsa, ro‘za qazo bo‘lish-bo‘lmasligi haqidagi savolga javob berdi. “Umrimda birinchi martda ro‘za tutgandim. Ro‘za tutish kalendarida 3:25 sahar, deyilgan ekan, men o‘sha vaqtdan 3:40 gacha saharlik qilibman. Ertasiga qarindoshim ‘adashibsan Ramazon taqvimida 3:25 sahar deb qo‘yilgani bu 3:25 gacha saharlikni tugatish kerakligi va bomdod kira boshlashi’ dedi. Meni ro‘zam noto‘g‘ri bo‘ldimi? Qazo bo‘lib qoldimi?”, — deb murojaat qilgan sayt foydalanuvchisi. “Qasddan yeb-ichganligingiz uchun Ramazondan keyin o‘sha kungi ro‘zangizni boshqa tutib berasiz. Shu o‘rinda ko‘pchilik bilishlari kerak bo‘lgan bir masalaki, agar ro‘zador bilmasdan yeb-ichib qo‘ysa buning hech qanday zarari yo‘q”, — deya aniqlik kiritadi sayt ma’muriyati.
53
791
Ayollar
Londondagi Modalar haftaligi trendlari
Bu gal dizaynerlar qanday yangiliklar tayyorlashdi ekan? Bizning maqolamiz modalar namoyishining eng aktual trendlari haqida. Ko‘rinishdan, oversize uslubidagi kiyimlar uzoq vaqt modada qoladiganga o‘xshaydi. Katta hajmli va keng turadigan ustki kiyimlar sovuq kunlarda ko‘p qavatli qiyofa uchun mos keladi. Kuz faslida esa uni tugmalari ochilgan holda kiyish mumkin. Dizaynerlar bundan keyin qo‘yning yumshoq va uzun junlaridan tayyorlangan shuba, yoqa, sharf yoki palto yenglariga e’tibor qaratishni maslahat berishmoqda. Kelasi qishning sovuq kunlari uchun ko‘rpa kabi o‘ransa bo‘ladigan qavilgan paltolarni tanlashingiz mumkin. Bunday paltolarni oddiy shimlar yoki ko‘ylak va etiklar bilan birga kiyish mumkin. Dizaynerlar bunday katta ziraklarni shubalar, katta hajmli sviterlar va trikotaj ko‘ylaklar bilan taqishni maslahat berishadi. Wonderzine materiallari asosida
38
874
Ayollar
Yuzdagi qora dog‘larni bartaraf etuvchi 10 ta eng yaxshi tabiiy mahsulot
Yuzdagi qora nuqta – bu epiteliy teshiklarning chang va yog‘ bezlari ishlab chiqarishi natijasida to‘lib qolishidir. Tibbiy nuqtayi nazardan, ular husnbuzarlar uchun birinchi qadam hisoblanadi. Terining yomonlashishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun uy sharoitida ham tabiiy mahsulotlardan muntazam foydalanish tavsiya etiladi. Foto; “Domashniy ochag” Dolchin kukuni Dolchin kukuni yuzdagi qora nuqtalarga yaxshi ta’sir qiladi. 1 osh qoshiq dolchin yangi laym sharbati bilan aralashtiriladi va 20 daqiqa davomida yuzga surtiladi. Teshiklar to‘liq tozalanmaguncha niqobni ketma-ket uch kun takrorlash tavsiya etiladi. Limon Limon nafaqat terini samarali tozalaydi, balki uni oqartiradi ham. Yangi limon sharbati, tuz, qatiq va asal bilan skrab tayyorlash mumkin. Teshiklari kattalashgan joylarga muloyimlik bilan surtiladi va teri toza suv bilan yuviladi. Asal Asal bilan qo‘llanadigan niqoblar birdaniga ikkita ishni bajaradi: ular teshiklarni qora dog‘lardan tozalaydi va terini taranglashtiradi. Mahsulotni teriga qo‘llab, doka bilan o‘rab olinadi va 10 daqiqaga qoldiriladi. So‘ngra suv bilan yuviladi. Kartoshka Xom kartoshka qirg‘ichdan o‘tkaziladi va teriga surtiladi. 15 daqiqaga qoldirib, keyin suv bilan yuvib tashlanadi. Teshiklar to‘liq tozalanmaguncha ushbu jarayonni har kuni takrorlash mumkin. Zarchava Yalpizning bir nechta yangi barglarini mayda to‘g‘rab, sharbati siqib chiqariladi. Unga maydalangan zarchava qo‘shiladi. Aralashma yuz terisiga qo‘llanadi va to‘liq quriguncha kutiladi. Keyin niqob iliq suv bilan yuvib tashlanadi. Guruch Guruch ustiga sut quyiladi va shishishi uchun 4-5 soatga qoldiriladi. Keyin blender bilan maydalanadi. Qora nuqtali joylarga qo‘llanib, terining tozalanishi uchun barmoq uchlari bilan muloyimlik bilan ishqalanadi. Apelsin po‘sti Apelsin po‘stlog‘i – yuzdagi qora nuqta uchun yana bir samarali vosita. U avval quritiladi va kukun holiga keltiriladi. So‘ngra ozgina suv qo‘shiladi va har kuni yuzga surtiladi, shunda qora dog‘lar tez yo‘qoladi. Tuxum Tuxum oqini qattiq bo‘lguncha ko‘pirtirib, unga asal qo‘shiladi. Aralashma yupqa qilib teriga surtiladi, 30 daqiqaga qoldiriladi va keyin suv bilan yuviladi. Bodomli skrab Qora dog‘larni tabiiy tozalash uchun bodom kukun kabi maydalanadi va unga no‘xat uni qo‘shiladi. Skrab nam teriga qo‘llanib, barmoqlar bilan ishqalanadi va suv bilan yuviladi. Yaxshi ta’sir qilishi uchun jarayonni haftasiga 1-2 marta takrorlash mumkin.
72
2,422
Ayollar
Yashil loviya yordamida ozamiz
Yashil loviya tarkibida organizm uchun muhim hisoblanuvchi ko‘p miqdorda nutriyentlar borligi va ozish jarayoniga ijobiy ta’siri sababli parhez taomlar tayyorlashda ko‘p ishlatiladi. 100 gramm yashil loviya bor-yo‘g‘i 23 kaloriyani tashkil qiladi. Shuning uchun bu mahsulot parhezli taomlarning mukammal qismi hisoblanadi. Yashil loviya tarkibida katta miqdorda askorbin kislota, B1 va B2 vitaminlari, kundalik ovqatlanishda foydali moddalarni barqarorlashtirib turuvchi kaliy, kalsiy, magniy va fosfor elementlari mavjud. Bu mahsulot kimyoviy tarkibi jihatidan ham sog‘liq uchun juda foydali. Uning tarkibidagi qattiq tolalar ichaklarni yengil tozalash bilan hazm qilish tizimi faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, yashil loviya tarkibidagi kletchatkalar muntazam ravishda iste’mol qilinishi natijasida qondagi xolesterin va shakar miqdorini barqarorlashtiradi. Tarkibidagi kremniy suyak va birlashtiruvchi to‘qimalarni mustahkamlaydi, antioksidantlar esa qarish jarayonini sekinlashtiradi va immunitetni oshirishga yordam beradi.
30
1,050
Ayollar
Ehtiyot bo‘ling: muammoga olib kelishi mumkin bo‘lgan 10 ta elektr jihozlari
Elektr jihozlari elektromagnit nurlanish, yong‘in xavfi, zamburug‘ va mog‘or paydo bo‘lishi kabi inson hayotiga tahdid soluvchi sabab bo‘lishi mumkin. Toster Birinchi toster 1893-yilda paydo bo‘lgan. Biroq bugungi kunda ham ular eng xavfli elektr jihozlaridan biri hisoblanadi. Tosterlar ba’zan yonib ketishi mumkin. Gap shundaki, odatda toster faqat ish paytida rozetkaga ulanishi kerak, lekin ko‘pchilik bunga kamdan kam amal qiladi. Mikroto‘lqinli pech Mikroto‘lqinli pech doimiy nazoratni talab qiladi. Ushbu qurilma uzoq vaqt xizmat qilishi uchun ba'zi qoidalarni eslab qolish kerak: Idish yuvish mashinasi Issiq va nam muhit bakteriyalar rivojlanishi uchun mukammal sharoit. Ushbu qurilmaning asosiy muammosi — mog‘or va zamburug‘. Mikroblardan himoya qilish uchun oyiga bir marta mashinani sirka va soda bilan tozalash kerak. Agar qurilmaning elektr qismlariga suv kirsa, yong‘inga olib kelishi mumkin. Idish yuvish mashinasining xavfsizligini doimiy ravishda tekshirish kerak. Fen Soch quritgich juda ko‘p energiya sarflaydi va shuning uchun elektromagnit nurlanishning eng xavfli manbalaridan biri hisoblanadi. Qurilma yong‘inga olib kelishi mumkin, shuning uchun fenni suvga yaqin masofada yoqmang. Agar u suvga tushsa, qurilmani quvvat manbaidan uzganingizga ishonch hosil qiling va shundan keyingina uni oling. Multivarka Multivarka harorat regulyatorlari bilan jihozlangan, shuning uchun birinchi qarashda ular xavfsizdek tuyuladi. Biroq isitish tezligi tufayli elektr tarmog‘i bardosh bera olmasligi va yong‘inga olib kelishi mumkin. Konditsioner Konditsioner infeksiyalar uchun ko‘payish joyi. Ushbu jihozni muntazam tozalash kerak, aks holda xonaga bakteriyalar va iflos havo kiradi. Muzlatkich Barcha muzlatkichlar potensial xavflidir. Ular mog‘or va bakteriyalarning rivojlanishi uchun qulay muhit yaratadi. Asosiy sabablardan biri — havo yetishmasligi va unutilgan mahsulotlar. Mog‘or tashxis qo‘yish qiyin bo‘lgan kasalliklarga olib kelishi mumkin, shuning uchun muzlatgichni o‘z vaqtida tozalash va aynigan oziq-ovqatlarni tashlab yuborish lozim. Dazmol Falokatning eng keng tarqalgan manbai dazmoldir. Dazmolning xavfi faqat isitish vaqtida paydo bo‘ladi. Sintetik materiallarni dazmollashda ehtiyot bo‘lish lozim. Agar qurilma yonib ketsa, uni darhol elektr tarmog‘idan uzing va shamollatish uchun oynalarni oching. Aytgancha, ba’zilar uydan chiqayotganda dazmolni o‘chirishni unutishadi. Bu yong‘inlarning yana bir keng tarqalgan sababidir. Gaz plitasi Elektr va gaz plitalari olov manbayi bo‘lishi mumkin. Yonuvchan materiallar bilan ehtiyot bo‘lish kerak. Ovqat pishirayotganda ventilyatsiyani yoqing va pechni qarovsiz qoldirmang.
76
2,658
Ayollar
Qanday qilib miyani ijobiy fikrlashga majburlash mumkin?
Yomon xayollardan qutulish ancha qiyin bo‘ladi. Bu diqqatni bir joyga to‘plash va mashqlar bajarishni talab qiladi. Lekin ijobiy fikrlashga yo‘naltirishga yordam beruvchi bir necha usullar bor. Miya bizga yomon xotiralarni va og‘ir tajribani unutishga yo‘l qo‘ymaydi. Bu bilan u bizni o‘tmishdagi xatolarni takrorlashdan himoya qilmoqchi bo‘ladi. Lekin salbiy fikrlar yaxshi narsalarni ko‘rishga, har bir kun uchun quvonishga va baxtli yashashga imkon bermaydi. Ijobiy fikrlashga o‘rganish uchun quyidagi usullarni sinab ko‘ring. O‘z salbiy hissiyotlaringizni ozod qiling. Unga kuch-qudratingizni to‘xtatib turishiga va sizni pastga tortishiga yo‘l bermang. O‘z aqlingizni nazorat qiling. O‘zingizning qayg‘uli holatingizni va salbiy fikrlayotganingizni sezsangiz, diqqatingizni boshqa yaxshiroq narsalarga yo‘naltiring. Sizga quvonch bag‘ishlaydigan narsalarni eslang. Biz boshqalarga qanchalik  marhamatli bo‘lsak, o‘zimiz shunchalik baxtliroq bo‘lamiz. Kimgadir unchalik katta bo‘lmagan sovg‘a bering yoki uni maqtang, begona kishiga bir piyola choy sotib oling yoki yordam bering. Odamlar sizdan minnatdor bo‘lishadi va bu sizga quvvat bag‘ishlaydi. Fikrlarni butunlay qayta dasturlash uchun har bir kuningizni ijobiy hissiyotlarga to‘ldirish kerak. Shu yerda va bugungi kun bilan yashang. O‘tmish bilan emas. Ertangi kun bilan emas. Va hatto oldinda turgan ta’til bilan ham emas. Hozirning o‘zida nimadan minnatdorman? Hozirning o‘zida quvonchliroq va quvnoqroq bo‘lish uchun men nima qila olaman? Hozirning o‘zida o‘z sevgim va minnatdorchiligimni qanday namoyish qila olaman? Hozirning o‘zida boshqa odamni qanday baxtli qila olaman? Siz o‘z fikrlaringizni nazorat qilishni o‘rganishingiz bilan miya bunga ko‘nikadi, shunda ijobiy fikrlash siz uchun tabiiy holatga aylanadi. Manba: “Positive-spirit.ru”
56
1,810
Ayollar
Mikroto‘lqinli pech nimalarga qodir? Ishingizni osonlashtiradigan 10 layfxak
Mikroto‘lqinli pech faqatgina taom va yeguliklarni isitish uchun yordam beradi, deb o‘ylaganlar fikri quyidagi ma’lumotlardan keyin o‘zgarishi aniq. Maktubdagi markani ko‘chirish Bir ikki tomchi suv tomizib konvertni 20 soniyaga mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. So‘ngra ehtiyotkorlik bilan markani ko‘chiring. Yong‘oq qovurish Likopchaga bir choy qoshiq o‘simlik yog‘i va yong‘oq soling. Likopchani 3-8 daqiqaga mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. Idish yuvadigan gubkani tozalash Gupkani suv bilan namlab, mikroto‘lqinli pechga 2 daqiqaga qo‘ying. Bu orqali siz bakteriyalarni o‘ldirishga muvaffaq bo‘lasiz. Yumshab qolgan kartoshka chipslarini qattiqlashtiradi Idish ochiq qolishi natijasida kartoshka chipslari yumshab qolishi mumkin. Yechim topish uchun chipslarni qog‘oz sochiqqa qo‘yib, biroz vaqtga mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. Taxtakachni tozalash Suratdagidek taxtakachni tozalash uchun uning har ikki tomoniga limon bo‘lagini surting va bir necha daqiqaga mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. Pomidor yoki boshqa po‘sti qalin sabzavotlarni qizdirish Po‘sti qalin mahsulotlarni mikroto‘lqinli pechda isitishda sanchqi yoki pichoq bilan bir-ikki yeridan tilish kerak bo‘ladi. Mikroto‘lqinli pechning ichki qismini tozalash Limonni o‘rtasidan bo‘lib, suvli idishga soling va 5 daqiqaga pech ichiga qo‘ying. Shundan keyin nam latta bilan ortiqcha urinishsiz mikroto‘lqinli pech ichini tozalashingiz mumkin. Omlet tayyorlash Tuxum chaqing va pishloq, sut, tuz, murch hamda omlet uchun kerakli boshqa mahsulotlarni qo‘shib, 45 soniyaga mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. Aralashmani olib yaxshilab aralashtiring va yana 45 soniyaga qo‘ying. Nonushta tayyor. Piyoz po‘stini “yig‘latmaydigan” qilib archishga yordam beradi Buning uchun piyozning tepa qismini olib, 30 soniyaga mikroto‘lqinli pechga qo‘yishning o‘zi kifoya qiladi. O‘t va ko‘katlarni quritish Istalgan ko‘katni quruq holda ishlatish uchun karton yoki qog‘oz ustiga qo‘yib, 30 soniya pechda quritish kerak. Keyin ko‘katlarni o‘girib, yana 2-4 daqiqaga qo‘ying. Sarimsoqpiyoz po‘stini archish Sarimsoqpiyozni 15 soniyaga mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. Pech ichida po‘sti o‘z-o‘zidan archiladi. Nonni yumshatadi Qotgan nonni yumshatish uchun nam sochiqqa nonni o‘rab, 10 soniyaga mikroto‘lqinli pech ichiga qo‘ying. Yasmiq, loviya singari donli mahsulotlarning tezroq ivishiga yordam beradi Ba’zi taomlar uchun donli mahsulotlarni ivitib qo‘yish talab etiladi. Vaqt ketkazishni istamaganlar uchun donli mahsulotni suv va bir chimdim osh sodasi qo‘shilgan idishga solib, mikroto‘lqinli pech ichiga qo‘ying. Pomidor yoki shaftoli po‘stini archish Pomidor yoki shaftolini 30 soniyaga mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. 2 daqiqadan so‘ng po‘sti tez va oson archilishiga guvoh bo‘lasiz. Limon sharbati tayyorlashning oson usuli Limondan sharbat tayyorlash oson bo‘lish uchun avvaliga uni 10-20 soniyaga mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. Bunda sharbatni siqish oson bo‘ladi.
76
2,926
Ayollar
Kam uxlab, tiniqib uyg‘onishning oddiy bir usuli
To‘yib uxlamaslik — zamonaviy insonning asosiy muammolaridan biri. Jadal hayot tarzi sabab kech uyquga yotib, erta uyg‘onamiz. Yoshlikda buning uddasidan qiyinchiliksiz chiqish mumkindir, biroq yosh o‘tgani sayin muntazam to‘yib uxlamaslik asab tizimidagi muammolarga sabab bo‘ladi. Ish haddan tashqari ko‘pligi sabab, 8 soat uxlashning hech imkoni bo‘lmasa, nima qilish kerak? Boshidan boshlaymiz — uyqu sifati nimaga bog‘liq? Vaqtning har bir soniyasida inson organizmida ma’lum bir jarayonlar yuz beradi va ular Quyosh harakati fazalari bilan bog‘liq. Bu tizim juda katta aniqlikda ishlaydi. Baxtga qarshi, Quyosh va vaqtning bu faoliyatini hech qanaqasiga o‘zgartira olmaymiz, chunki insonning kun tartibi qat’iy belgilangan. Yarim tunda Quyosh o‘zining eng quyi nuqtasida bo‘ladi va bu vaqtda biz maksimal darajadagi hordiq holatida bo‘lishimiz zarur. Shu sababli ham 21:00 dan 3:00 gacha bo‘lgan vaqt — uyqu uchun eng yaxshisidir. Xohlasangiz, 22:00 dan 4:00 gacha, 20:00 dan 2:00 gacha ham uxlashingiz mumkin. Erta uyquga yotishning kuchi nimada? Bosh va miya odatda 21:00 dan 23:00 gacha bo‘lgan oraliqda faol dam oladi. Muntazam ravishda 23:00 dan keyin uxlashga yotadigan odamlarda intellektual faollik borgan sari susayib boradi, lekin bu darhol yuz bermaydi. Agar siz har kuni tungi soat 12:00 dan keyin uxlashga yotsangiz, qancha uxlab turganingizdan qat’iy nazar, charchoq, bosh aylanishi va doimiy boshog‘riqlar sizni bezovta qiladi. 22:00 dan keyin uxlashga yotish ham ruhiy, ham jismoniy salomatlik uchun zararlidir. Siz barcha ishlarni tongga qoldirib, vaqtliroq uxlashga yotishingiz darkor. Boshida oson bo‘lmaydi, biroq 20 kuncha shu tartibni saqlay olsangiz (tadqiqotlarga ko‘ra, kishidagi biror-bir odat aynan 20 kun ichida shakllanadi), tanangiz, shubhasiz, Sizdan minnatdor bo‘ladi! Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
48
1,964
Ayollar
Xira, mog‘or va bug‘ bosgan plitkalar: hammomdagi muammolarni bartaraf etishda yordam beruvchi 5 ta layfxak (video)
Hammomni tozalash uchun ko‘p vaqt ketadimi? Buning ajoyib yechimi mavjud. Quyidagi layfxaklar har qanday uy bekasining vaqtini tejashga yordam beradi. Hammom plitkalari Hammom plitkalarini tozalash uchun idishga iliq suv, idish yuvish vositasi va sirka qo‘shiladi. Eritma yaxshilab aralashtiriladi va maxsus gupka bilan yuviladi, quruq latta bilan artiladi. Hammomdagi rezina gilamlar Rezina gilamchalar ustidagi dog‘ va qoplamalarni olib tashlash uchun 2:1 nisbatda iste’mol sodasi va limon sharbati aralashtiriladi. Olingan aralashma bilan gilamcha artiladi va ustiga biroz sirka sepiladi. Namlik biroz qurigandan so‘ng gilam yuzasi oddiy nam mato bilan artib chiqiladi. Hammom pardasi Hammom pardasidagi mog‘orni olib tashlash uchun yarim stakan tuzni bir litr suv bilan aralashtirish kerak. Ushbu aralashma yordamida parda artiladi. Mazkur jarayonni bir oyda bir marotaba qo‘llash pardani toza va chiroyli turishiga yordam beradi. Plitka qirralaridagi mog‘or Plitka va plitkalardagi mog‘orlarga qarshi avtomobil uchun qo‘llaniladigan “Antiyomg‘ir” vositasi bilan kurashish mumkin. Vositani plitkalar yuzasida qo‘llab, ustidan yumshoq mato bilan artib tashlash tavsiya etiladi. Hammom devorlari Hammom xonasining devorlarini tezroq tozalash, suv tomchilarini bartaraf etish uchun melamin shimgich va deraza tozalagichdan foydalanish mumkin.
115
1,344
Ayollar
Yuz terisi uchun qimmat kremlardan ham foydaliroq 15 mahsulot
Teri sog‘lom va chiroyli bo‘lishi uchun nafaqat foydalanadigan vositalar, balki iste’mol mahsulotlariga ham e’tiborli bo‘lish kerak. Quyidagi 15 mahsulot teri salomatligi uchun qimmat krem va niqoblardan kam bo‘lmagan ta’sir ko‘rsatadi. Suv Terini tozalash va organizmning faol ishlashi uchun suvdan arzonroq va samaraliroq narsa yo‘q. Ko‘k choy Ko‘k choy — antioksidantlarning koni hisoblanadi. Shu sabab ham uni iste’mol qilganda teri namlanib, sog‘lom ko‘rinadi. Yalpiz Yalpiz yoshartiruvchi, yallig‘lanishga qarshi xususiyatga ega. Yuzdagi husnbuzarlar va toshmalardan qutulishni istaganlarga tarkibida yalpiz bo‘lgan losyon yoki tonik ishlatish tavsiya qilinadi. Tofu Tarkibida oqsil mavjud mahsulotlar orasida tofuga yetadigani yo‘q. Oqsilli parhez qilishni istaganlarga ratsioniga tofu pishlog‘ini kiritish maslahat beriladi. Kosmetologlar terini oqartirishni istagan qizlarga tofu iste’mol qilishni tavsiya qiladi. Zaytun yog‘i Zaytun yog‘i kosmetologiyada eng universal vositalardan biri hisoblanadi. Unga nisbatan “suyuq oltin” hamda yoshlik eliksiri, degan ta’riflar beriladi. Losos Oqsilga boy bo‘lgan mazkur baliq yallig‘langan terining tiklanishida ahamiyatli hisoblanadi. Tarkibidagi omega-3 esa erta qarishning oldini oladi. Skumbriya Terisi husnbuzarlarsiz tiniq va toza bo‘lishini istaydiganlar ratsioniga mazkur baliqni kiritish tavsiya qilinadi. Arpabodiyon Qadimgi Rimda arpabodiyon erkinlik va muvaffaqiyat ramzi bo‘lgan. Mazkur mahsulotdan nafaqat taom tayyorlangan, balki tibbiyotda ham foydalanilgan. Yallig‘lanishga qarshi, tinchlantiruvchi mahsulot, shuningdek, yoshlik va teri go‘zalligini saqlashda yordam beruvchi antioksidant hisoblanadi. Qovoq pistasi E vitamini, omega-3 va ruxning manbayi bo‘lgan qovoq pistasi muammoli teri uchun ham yaxshi yechim. Qora uzum Mazkur meva terini namlantirish xususiyatiga ega ko‘plab antioksidantlarni o‘z ichiga oladi. Sarimsoq piyoz Sarimsoq infeksiya va viruslar profilaktikasi uchun qo‘llaniladi. U organizmni viruslar, xususan, husnbuzar keltirib chiqaradigan bakteriyalardan ham xalos etadi. Avokado Avokado teri va organizm tonusini yaxshilovchi E vitaminining koni sanaladi. Foydali xususiyatlaridan tashqari, to‘yimli mahsulotlar sirasiga ham kiradi. Brokkoli Brokkoli ortiqcha vazndan qutulishni istaganlar hamda yuz terisi horg‘in ko‘ringanlar uchun a’lo variant. Lavlagi Kletchatka, vitamin va antioksidantlarning koni ekanligidan tashqari, lavlagi xolesterinni kamaytirishda ham ahamiyatli. Qaynatganda ham foydali xususiyatlari yo‘qolmasligi uning afzalliklaridan biri sanaladi. Karam Mazkur sabzavot ko‘p miqdorda vitaminlar va fosforni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, karamning terini oqartirish kabi xususiyati ham mavjud.
61
2,710
Ayollar
Har kuni noto‘g‘ri amalga oshiriladigan 9 ta kundalik odat
“Noviy ochag” nashri tuxum tozalash, telefonni quvvatlash kabi odatiy yumushlarni oson hamda tez bajarish usullari bilan bo‘lishdi. Qanday qilib kalitlarni chalkashtirib yubormaslik mumkin? Kalitlarni turli xil rangdagi lak bilan bo‘yash tavsiya etiladi. Agar kalitlar ko‘p bo‘lsa va qaysi rang qaysi qulfga mos kelishini eslab qolish qiyin bo‘lsa, qulflar va kalit teshiklariga lak bilan rangli belgilar qo‘yish mumkin. Oziq-ovqatlarni yopiq holda saqlashning qanday usuli mavjud? Ko‘pincha mahsulotlar namlikni (masalan, pechenye) yoki hidni o‘zlashtirib olmasligi kerak. Bunday vaqtda havo o‘tkazmaydigan idishlarga ehtiyoj yo‘q, faqat plastik butilkaning bo‘yni va qopqog‘ini kesib olish kifoya. Bunday qadoqlash hatto poyezd yoki samolyotda uzoq safarga ham bardosh beradi. Tuxumni qanday qilib tez tozalash mumkin? Tuxum qaynatiladigan sovuq suvga bir osh qoshiq iste’mol sodasini qo‘shish tozalash jarayonini oddiy va tez amalga oshishiga yordam beradi. Lab bo‘yog‘ini o‘chirish mumkinmi? Buning uchun soch uchun mo‘ljallangan lak lab bo‘yog‘i dog‘iga sepiladi va 10 daqiqaga qoldiriladi. Keyin dog‘ gubka bilan artib olinadi va odatdagidek yuviladi. Ichimliklarni qanday sovitish kerak? Muz va suv 1:1 nisbatda aralashtiriladi. Har bir litr suv uchun 2 osh qoshiq tuz qo‘shiladi. Shishalar muzli suvga solinadi, shunda ular to‘liq qoplanadi. Ikki daqiqadan so‘ng ichimlik 10 daraja sovuq bo‘ladi. Mikroto‘lqinli pechda makaronni qanday tezda isitish mumkin? Aslida, suyuq sous bo‘lmagan har qanday taomni shunday istish kerak. Uni isituvchi plastinka ustiga qo‘yish mumkin emas, chunki taomni o‘rta qismi isimaydi. Shunchaki taomni aylana shaklida tezroq isitish mumkin. Qanday qilib pashshalardan ichimliklarni himoyalash kerak? Oddiy keks qoliplar yoki qahva idishi filtrlari piknikda ichimliklarni hasharotlardan himoya qiladi. Rakvina tagini qanday tezda tozalash mumkin? Dush pardasi ilinadigan moslamani rakvinaning tag qismiga joylashtirib, barcha ilish mumkin bo‘lgan jihozlarni osib qo‘yish mumkin. Natijada barcha narsa tartibli turadi. Smartfonni tezda quvvatlantirish uchun layfxak Uni “uchish” rejimiga qo‘yish yoki o‘chirish tavsiya etiladi. Mobil telefon energiyani yangilanishlarga, tarmoqni qidirishga va hokazolarga sarflamaydi va tezroq quvvat oladi.
58
2,288
Ayollar
Tirnoqlarning mustahkam va sog‘lom bo‘lishiga yordam beradigan 7 ta qoida
Tirnoqlarning sog‘lom bo‘lishidagi qiyinchiliklarning asosiy sababi nima ekanligini bilasizmi? Chunki ular allaqachon o‘lgan bo‘ladi. Tirnoq chiqqan paytdan boshlab, uning to‘qimalari yangilanmaydi. Faqat kutikula ostida hosil bo‘lgan yangi kletchatkalar tirnoq plastinkasining harakatlanishiga olib keladi, tirnoq ildizini millimetrdan millimetrga yangilaydi. “Noviy ochag” nashri tirnoqlarning mustahkam va sog‘lom bo‘lishiga yordam beradigan qoidalar haqida ma’lumot berdi. Hech kimga, hatto oila a’zolaringizga ham pilkangizni bermang Tirnoq zamburug‘i va boshqa mikroskopik mikroblar tirnoqqa ta’sir qilishi mumkin. Pilkangizni tez-tez yangisi bilan almashtiring. To‘g‘ri o‘lchamdagi poyabzalni kiying Juda qattiq yoki juda tor oyoq kiyimlar tirnoqlarning qiyshayishiga va hatto tirnoqlarning ichkariga o‘sishiga olib kelishi mumkin. Bu esa tirnoq ostidagi terining yirtilishiga va infeksiya tushishiga olib kelishi mumkin. Tirnoqlaringizni yog‘li kremlar va yog‘lar bilan namlang Har kuni tirnoqlaringizni yog‘li kremlar va yog‘lar bilan namlang, shu orqali ularning mo‘rtlik va qurib qolishining oldini olasiz. Yalangoyoq yurmang Umumiy dushlar, basseynlar va sport zallari. Nam muhitda zamburug‘ ko‘payadi va boshqa joyga oson ko‘chadi. Boshqalarning tuflisini kiymang Boshqalarning poyabzalini va ho‘l oyoq kiyimni kiymang. Hammasi bir xil sababga ko‘ra — zamburug‘ rivojlanishi uchun eng yaxshi muhit. Zamburug‘ belgilari Tirnoqning qalinlashishi, sarg‘ayishi, bo‘linishi — bu tirnoq zamburug‘ining asosiy belgilari hisoblanadi. Zamburug‘ni faqat dori vositalari bilan mumkin, hech qanday kosmetika bu masalada sizga yordam bera olmaydi. Tirnoqlarni chiroyli va mustahkam qilish uchun ularni qanday qilib yopishtirish kerak? Tirnoqni mustahkam saqlaydigan to‘g‘ri tabiiy shakli — oval. O‘tkir yoki tekis shakllar tirnoqning tez sinib qolishiga sabab bo‘ladi. Qanday qilib tirnoqlarni mustahkam qilish kerak? Pilkani oldinga va orqaga emas, faqat bitta yo‘nalishda siljitish kerak, chunki pilka bilan tirnoqni silkitasiz va unda ko‘proq tirnalgan joylar paydo bo‘ladi. Qachondir bu joyda yoriq yoki kiyimlarga ilinib qoladigan joylar paydo bo‘ladi.
73
2,158
Ayollar
Yuksak iroda sohibasi: Dunyodagi eng qo‘rqinchli ayol qanday qilib ko‘plab insonlarning kumiriga aylandi? (foto)
Elizabet Velaskes juda kam uchraydigan Videmana-Rautenshtrauxa sindromidan aziyat chekadi. Dunyoda Elizabetdan tashqari yana bir yo ikki kishi shunday sindromga chalingan. U bir kuni internet tarmog‘ida unga “dunyodagi eng qo‘rqinchli ayol” deb nom berilgan videoni tomosha qildi. Ushbu video qizning hayotini butunlay o‘zgartirib yubordi va u millionlab odamlarning kumiriga aylandi. “U hech qachon gapira olmaydi va yurmaydi” Lizzi 1989-yil 13-martda Rita va Gvadelupa Velaskes oilasida dunyoga kelgan. Qizning og‘irligi 1,2 kilogrammni tashkil qilgan. Shifokorlar ota-onaga bolaning atrofida amniotik suyuqlik yo‘qligi va uning tirik tug‘ilishi mo‘jiza ekanligini ma’lum qilgan. Shuningdek, ular bolaning hech qachon gapira olmasligi, yurolmasligi, o‘zi mustaqil harakatlana olmasligini ham aytgan. Ammo ota-ona bundan tushkunlikka tushmasdan, qizaloqni uyiga olib ketgan. Ularga ko‘pchilik go‘dakdan voz kechish taklifini bergan, lekin oila bunga rozi bo‘lmadi va qo‘ldan kelganicha qiziga g‘amxo‘rlik ko‘rsatdi. Lizzi bolaligidan mehr-muhabbatga o‘ralib ulg‘aygan. Uning immuniteti o‘ta zaif bo‘lib, sindrom tufayli u vazn yig‘a olmasdi. Qizaloqning 4 yoshida o‘ng ko‘zi ko‘rmay qoldi. Shifokorlar buning tagiga yeta olmadi, Lizzi esa ota-onasi ko‘magida o‘zini xuddi boshqa bolalar kabi ekanligiga ishondi. “Boshingni baland tut, tabassum qil va o‘zingni qo‘lga ol” Hammasi Elizabet 5 yoshida bog‘chaga borganida o‘zgardi. U birinchi marta atrofdagi odamlar unga dahshat bilan qarashini sezdi va nima uchun bunday bo‘layotganini tushunmas edi. “Men nima uchun bunday qarashlarini tushunmadim. Ko‘pchilik mendan qochardi, men ularga yomonlik qilmagan bo‘lsam. Shuningdek, men o‘zimni hamma kabi juda yaxshi, ajoyib qiz deb bilardim”, — deydi Lizzi. So‘ngra u nima bo‘layotganini tushunish uchun ota-onasidan so‘radi. Shunda ular: “Lizzi, seni boshqa bolalardan ajratib turadigan narsa — bu sening o‘ta nozikligingdir. Ammo sindrom uchun sening kimligingning ahamiyati yo‘q. Boshingni ko‘tar, tabassum qil, o‘zingni qo‘lga ol. Shundagina odamlar ham seni ular bilan bir xil inson ekanligingni tushunadi”, — deya javob qaytardi. U chindan ham shunday yo‘l tutdi. Hammasi asta-sekin iziga tusha boshladi. Lizzi ongli ravishda boshqa talabalar singari tadbirlarda ishtirok etish, muloqot qilish va do‘stlashish to‘g‘risida qaror qabul qildi. “Bu qo‘rqinchli edi, ammo men buning samara berishiga ishonar edim”, — deb eslaydi Lizzi. Lizzi har kuni ertalab oynaga qarab, “Ushbu sindromni yo‘qtishning iloji bormi? Shunday bo‘lsa, hayotim biroz yengilroq kechar edi. Men ham boshqa bolalar kabi bo‘lar edim, yaxshi ko‘rinish uchun chiroyli kiyimlar sotib olmas edim”, — deya o‘ylar edi. U hammasiga tayyor edi. Qaniydi, bir kuni boshqacha bo‘lib uyg‘onsayu, ichidagi tuyg‘ulariga qarshi boshqa kurashmasa. U har kuni buni orzu qilar va ko‘ngli azoblanishidan charchamas edi. “Qanday yoqimsiz narsalarni xohlasanagiz ayting, men undan foydalanishni bilaman”.  Lizzi 17 yoshga to‘lganida internetda o‘zi haqidagi rolikka ko‘zi tushdi. Sakkiz soniyalik videoga minglab izohlar qoldirilgan edi. “Dunyodagi eng qo‘rqinchli ayol”, “Bir yaxshilik qil, qurol olib, o‘zingni o‘ldir” kabi jumlalarni o‘qidi. Ularning orasida hech kim “U bola, tinch qo‘ying”, “Qizning hikoyasini bilmaysiz va nima uchun bunday ko‘rinishini ham” deb aytmagan edi. Lizzi qattiq tushkunlikka berildi. U erishmoqchi bo‘lgan maqsadlar bir zumda yo‘qqa chiqdi. Ammo uning ota-onasi yana qo‘llab-quvvatladi. Shundagina Elizabet atrofdagilarning nafrati uning uchun kuch bo‘lishiga ishondi. “Men o‘z ma’ruzalarim bilan notiq bo‘lishimni, odamlarga ilhom berishni xohlayotganimni angladim. Kitob yozishni, kollejni tugatishni, oila va karyera qilishni maqsad qildim”, — deydi Lizzi bu haqda. Shundan so‘ng u internetdan kerakli materiallar izlay boshladi. Avvalo, shaxsiy brendini yaratishga muvaffaq bo‘ldi. Unga imkon berilganida odamlar oldida nutq so‘zlar, o‘ziga va hayotga bo‘lgan ijobiy munosabatlar haqida videolar suratga olar hamda o‘zining veb-saytini ochgan edi. Shu tarzda YouTube 17 yoshli Elizabetni yangi darajaga olib chiqdi. “Mening taqdirim butunlay mening qo‘limda, xuddi sizniki o‘zingizda bo‘lgani kabi” Hozirda Lizzining kanalida 800 mingdan ortiq obunachi bor. Uning 2014-yil TED konferensiyasidagi nutqi qariyb 12 million marta tomosha qilingan. 2015-yilda “Jasur qalb: Lizzi Velaskesning hikoyasi” nomli hujjatli film chiqdi. Bu shunchaki Lizzining hayoti haqidagi hikoya emas, balki shunday qiyinchiliklar bilan yashayotgan insonlar haqida edi. 2017-yilda Lizzi o‘zining “Unzipped” nomli serialida rol ijro eta boshladi va shu yilning o‘zida uning “Mehribon bo‘lishdan qo‘rqmang” nomli to‘rtinchi kitobi chiqdi. Lizzi 17 yoshida faqatgina oila qurishdan tashqari,  o‘zi va’da qilgan barchasiga erishdi, ammo u hali hammasini oldinda deb biladi. Lizzi shu tarzda taniqli insonga aylandi, endi uning oldiga odamlar suhbatlashish yoki shunchaki quchoqlashish uchun kelar edi. Hujjatli film namoyishidan so‘ng Lizzining ota-onasi ham qiziga qoyil qoldi, ularning hattoki fan-klublari ham bor. Lizzi hozirda ota-onasidan alohida yashaydi. U o‘zi va itlari Olli va Oliviya uchun uy sotib olgan. Ehtimol, insonlar uchun Lizzining hayoti hayratlanarli tuyilar, aslida esa unday emas. U kasallik tufayli juda og‘ir kunlarni boshidan kechiradi. Shuningdek, undan bunday vaqtlarda qanday qilib ijobiy munosabatda bo‘lishni so‘rashadi: “Og‘ir kunlarimda yolg‘iz qolishga, qayg‘uli musiqa tinglashga va zararli taomlar iste’mol qilishga yo‘l qo‘yaman. Bu bilan ichimdagi salbiy tuyg‘ular chiqib ketadi. Ertasi kuni yana quyosh chiqadi va men o‘z yo‘limda davom etaman”, — deya javob beradi Lizzi. Shubhasiz, Lizzi juda ko‘p sinovlarni boshdan kechirganiga qaramasdan, quyidagi jumlalarni takrorlashda o‘zida kuch topadi: “Mening taqdirim butunlay mening qo‘limda, sizniki o‘zingizda bo‘lganidek. Boshqaruv o‘zingizda va yaxshi yoki yomon yo‘lni tanlash ham faqatgina o‘zingizga bog‘liq”.
112
5,970
Ayollar
Och rangli sumkalarni qora dog‘lardan saqlashda yordam beradigan 4 ta layfxak
Odatda oq va yorqin rangli sumkalar kiyimlarga mos ravishda issiq mavsumda xarid qilinadi. Chunki qish faslida ular tezda o‘z ko‘rinishini yo‘qotishi mumkin. Grazia nashri ushbu aksessuarlarni yangi ko‘rinishini saqlab qolishga yordam beradigan layfxaklar bilan bo‘lishdi. Teridan ishlangan sumkalarga ustunlik bering Sovuq mavsumda aksessuarlar to‘qroq rangga o‘zgartiriladi, chunki bunday tanlov har tomonlama qulay va kiyimlarga ham mos keladi. Ammo tashqarida ob-havo sovuq bo‘lsa ham oq rangli sumkalardan voz kechishning keragi yo‘q. Sumkalarning tashqi ko‘rinishiga putur yetkazishdan endi xavotir olmasa ham bo‘ladi — faqatgina ularning teridan ishlab chiqarilganiga ahamiyatli bo‘lish lozim. Bu sumkalar namlikni ichkariga kiritmasligi, uning ichidagi barcha narsalar xavfsiz bo‘lishini anglatadi, Maxsus salfetkalardan foydalaning Ayollarning sumkasida hamma narsani topilishi mumkin. Muhim narsalardan tashqari, aksessuarda salfetkalar ham bo‘lishi kerak. Ayniqsa, sumka oq bo‘lsa, unda ushbu qoidani e’tiborsiz qoldirmaslik lozim — shundan keyin tashqi ko‘rinish haqida tashvishlanish shart emas. Maxsus salfetkalar yordamida sumkani dog‘lardan osongina tozalash mumkin. Sumkaga suv o‘tkazmaydigan maxsus vosita qo‘llang Poyabzal yoki sumka bo‘lsin, tashqariga chiqishdan oldin har qanday charm mahsulotga suv o‘tkazmaydigan vosita qo‘llash muhimdir. Bunday mahsulotlar namlikni yutishga imkon bermaydi. Maxsus jarayon sumkani avtomatik ravishda himoya qiladi, har qanday yog‘ingarchilik zamonaviy ko‘rinishga xalaqit bermaydi. Ammo buni juda ko‘p amalga oshirish tavsiya etilmaydi yoki sumkalarni sotib olayotganda batafsil ko‘rsatmalar bilan tanishib chiqish kerak. Oq sumkani boshqa ranglilaridan alohida saqlang Ushbu layfxak sumkaning qordek oppoq rangini saqlab qolishdan juda yaxshi yordam beradi. Aksessuar xavfsiz joyda bo‘lsa ham, uni boshqa rangli mahsulotlardan alohida saqlash muhimdir. Buning natijasida sumkaning rangi o‘zgarishi ehtimoli sezilarli darajada kamayadi. Shuningdek, maxsus xaltalarda saqlash uning nafaqat kir bo‘lishining, balki chizilib ketmasligining ham oldini oladi.
77
2,113
Ayollar
Jaziramada inson o‘zini yaxshi his qilishiga yordam beradigan samarali 5 usul
Issiq kunda tetik, energiyaga to‘la bo‘lishingizga yordam beradigan tavsiyalarni e’tiboringizga havola qilamiz. Havo o‘tkazadigan kiyim kiying Havo o‘tkazadigan matodan tikilgan liboslarni kiying. Bunday kiyim-kechaklar nafaqat tanani isib ketmasligiga hissa qo‘shadi, balki organizm ahvolini havo harorati rekord darajada baland bo‘lgan ko‘rsatkichlarda ham me’yorda ushlashga yordam beradi. Bugungi kunda bunday matodan tikilgan shu bilan birga o‘ziga xos bichimli liboslarni topish ham mushkul emas. Dastlab paxta, lyon va viskozdan tikilgan kiyim modellariga e’tibor qarating. Suv ichishni kanda qilmang Yilning barcha mavsumida, ayniqsa jaziramada suv ichishni kanda qilmang. Bu kun davomida 20 stakan suv ichish kerakligini bildirmaydi. Organizm ayniqsa teri namligini saqlash uchun kunlik me’yorning o‘zi kifoya. Shuningdek, sport bilan muntazam ravishda sport bilan shug‘ullanganda va issiq havoda terlaganda 8 stakandan ko‘proq suv ichish kerak. Asosiysi suv balansi me’yorda bo‘lishiga e’tibor qaratish kerak. SPF kremdan foydalanish SPF kremdan muntazam ravishda foydalanish organizmni holdan toyishdan himoya qiladigan asosiy qoida hisoblanadi. Qolaversa, ushbu vositadan nafaqat issiq havo balki boshqa mavsumlarda ham foydalanish kerak. Asosiysi uning to‘g‘risini tanlashda e’tiborli bo‘lish: vosita haddan ortiq suyuq, quyuq yoki yog‘li bo‘lmasligi kerak. Aks holda poralar to‘lib qolishi teri namlanishini bloklab qo‘yishi mumkin. Tungi parvarish vositalarini unuting Jaziramada iloji boricha quyuq parvarish vositalaridan foydalanmagan yaxshi. Quyuq krem va zardoblarni ishlatmang, ammo uyqudan avval terini namlantirish kerakligini unutmang. Tun terining tiklanishi uchun eng yaxshi vaqt, chunki aynan bu paytda regenerativ jarayon har doimgidan ham jadalroq bo‘ladi. Muzli va sovuq vositalardan foydalanishda me’yorni biling Tananing qizib turgan qismiga muz solingan paket qo‘ya ko‘rmang. Buning o‘rniga puls tekshiriladigan tana qismlari masalan, bilak, bo‘yin yoki chakkaga qo‘ying. Bu usul bilan tananing sovish jarayonini tezlashtirishingiz mumkin.
77
2,073
Ayollar
Makiyaj sponjini uy sharoitida qanday tezda tozalasa bo‘ladi?
Makiyaj mutaxassislari bakterial muhitni rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun har foydalanishdan keyin sponjni tozalashni tavsiya qiladi. Biroq kosmetik dog‘larni yo‘qotish uchun har doim ham vaqt yo‘q, shuning uchun zukko tiktokerlar muammoni 5 daqiqadan kamroq vaqt ichida hal qiladigan ajoyib go'zallik nayrangini o‘ylab topdi. Ushbu ishni qilish uchun sizga tozalanmagan sponj, kam miqdorda tozalovchi (go‘zallik blenderlari uchun maxsus tozalash geli yoki oddiy idishlarni yuvish vositasi), katta idish va mikroto‘lqinli pech kerak bo‘ladi.
61
546
Ayollar
Samolyotda o‘zingiz bilan olish kerak bo‘lgan 5 ta buyum (foto)
Parvoz vaqtida bezovtalik kelib chiqmasligi uchun samolyotda o‘zingiz bilan olib ketiladigan buyumlar haqida bilasizmi? Quyida ular bilan tanishib chiqing. Uyqu niqobi va quloq berkitgichlar Samolyotda uyquga ketish unchalik ham oson emas. Derazadan tushadigan yorug‘lik, qo‘shnining ovozi va shunga o‘xshagan holatlar bunga xalaqit beradi. Ushbu noqulayliklarga duch kelmaslik uchun uyqu uchun taqiladigan niqob hamda quloq berkitgichlarni yon sumkada saqlash tavsiya etiladi. Quloqchinlar Albatta, samolyotda ham quloqchinlar mavjud. Ammo ulardagi ovoz sifati pastligi tufayli eshitish biroz qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Shuning uchun uydagi quloqchinlar yukni unchalik ham og‘irlashtirmasligi aniq, shuningdek, parvoz davomida undan unumli foydalanish mumkin. Pasport nusxasi Qo‘l sumkasiga nafaqat pasport, balki ularning nusxasidan ham solish kerak. Vaziyat kutilmagan ko‘p narsani talab qilishi mumkin. Masalan, pasportning yo‘qolishi natijasida parvozda muammolar paydo bo‘lishi hech gap emas. Shuning uchun uning nusxasi bilan elchixonaga bora olish va yuklarni olish mumkin. Yomg‘irpo‘sh Hamma samolyotlarda ham aeroport binosiga olib boruvchi maxsus zinapoyalar mavjud emas. Ba’zida binoga kirish uchun aerodrom atrofida biroz sayr qilishga ham to‘g‘ri keladi. Shunday vaqtda yomg‘ir yog‘ishni boshlasa, yomg‘irpo‘sh eng kerakli buyumga aylanadi. Og‘riqsizlantiruvchi dori vositalari Bir necha soat davomida parvoz qilish, albatta, bosh yoki bo‘g‘imlar og‘rig‘iga olib keladi. Shuning uchun og‘riqsizlantiruvchi dori vositasi hamisha eng yaqin joyda saqlanishi kerak. Bundan tashqari, dori vositasining nomi aniq hamda qadog‘i oson ochilishi kerak.
63
1,666
Ayollar
Sochlarni ployka va bigudisiz jingalak qilishning 3 oson usuli
O‘ziga xos turmakning siri sochlarni toza va jarayonga tayyor ekani bilan bog‘liq bo‘ladi. Buning uchun esa shampunni bosh terisining o‘zigagina surtib, yengil massaj qilish kerak bo‘ladi. Keyin boshni yuvib, muolajani qayta takrorlash kerak. So‘ngra soch ildiziga tekizmay, uzunligi bo‘ylab konditsioner surtish kerak. 3 daqiqadan keyin sochlarni qo‘l yoki rezina taroq bilan tarash kerak. Yuvib tashlagach, sochiq bilan o‘rash va 15 daqiqa kutish maqsadga muvofiq. Fenlashdan avval issiqlikdan himoya qiladigan vositadan foydalanishni unutmang. Birinchi usul Yuvib quritilgan sochni o‘rtasidan farq ochib, ikkiga ajrating. Rezinka bilan ajralgan sochlarni tepadan “puchok” qilib yig‘ing. 15 daqiqa o‘tganidan keyin sochlarni yoying, bu vaqtda maxsus yog‘dan foydalansangiz ham bo‘ladi. Keyin esa qo‘llar bilan asta-sekin tarang. Qotirish uchun lakdan foydalanishingiz mumkin. Dengiz tuzi qo‘shilgan maxsus sprey ham yaxshi yordam beradi. Ikkinchi usul Yuvib quritilgan sochni simmetrik qilib o‘ring. O‘rilgan kokillar soni to‘rtta bo‘lsin. Uchidan 2-3 sm qoldiring. 20-30 daqiqadan keyin qo‘llar bilan tarang. Dengiz tuzi qo‘shilgan spreydan foydalanib yanada o‘ziga xos ko‘rinishga erishish mumkin. Buning uchun vositani soch uzunligi bo‘ylab seping. Uchinchi usul Yuvilgan sochlarni sochiq bilan quriting. Nam sochlarni nomiga tarab chiqing. Boshni oldinga egib, ikkiga bo‘lingan sochni uchidan aylanma harakatlar bilan yig‘ib chiqing. Rezinka bilan mahkamlagandan keyin shunday holda qurishini kuting. Asosiysi — turmaklashdan avval sochlarni deyarli quruq, biroz nam bo‘lishiga e’tibor berish kerak. Quriganidan keyin boshni oldinga, keyin esa orqaga egib sochlarni qo‘l bilan tarang.
62
1,693
Ayollar
Yuz terisining tiniq va chiroyli ko‘rinishiga yordam beruvchi 4 ta mahsulot
Xaylayterdan foydalanmasdan turib ham yuz terisini chiroyli ko‘rinishga keltirish mumkin. Buning uchun ayrim mahsulotlarni ovqatlanish tartibiga qo‘shishingiz kerak va bu yuz terisining chiroyli ko‘rinishini ta’minlaydi. Zamonaviy parvarishlash vositalari yuz terisini oziqlantirishi, tozalashi mumkin, biroq ayrim masalalarda yordam bera olmaydi. Masalan, agar bir necha kun davomida fastfud yoki boshqa “zararli narsalarni” iste’mol qilsangiz, bu terining yorqin ko‘rinishiga ta’sir etishi mumkin. Biroq 4 ta mahsulot muammoni osonlikcha hal qiladi: ularni ovqatlanish tartibiga qo‘shing va shundan keyin yuz terisi mukammal ko‘rinishga ega bo‘ladi. Suli yormasi Ushbu “go‘zallik bo‘tqasi” haqiqiy mo‘jizalarni yaratadi. Suli yormasining katta bo‘laklarni tanlang, unga olma bo‘laklarini qo‘shing va qaynoq suvda pishiring, so‘ngra uni iste’mol qiling. Teringizning yorqinroq ko‘rinishi uchun ushbu taomni iste’mol qiling. Apelsin meva va sabzavotlar O‘rik, shaftoli, apelsin, shirin qalampir yoki sabzi, bu foydali mahsulotlarning barchasi metabolik jarayonlarda o‘ziga xos tarzda ishtirok etib, yuz terisini yaxshilaydi. Bug‘doy va shu turga kiruvchi boshqa o‘simliklar Bug‘doy, soya va boshqa o‘simliklar asosiy tabiiy antioksidant bo‘lgan E vitaminining qimmatli manbai hisoblanadi. Ushbu o‘simliklarning ustiga qaynoq suv quyish yoki zaytun yog‘ida ozgina qovurish va shundan so‘ng ularga soya sousi qo‘shib iste’mol qilish mumkin. Bu nafaqat yuz terisining yorqin ko‘rinishiga yordam beradi, balki mazali nonushta ham bo‘la oladi. Treska balig‘ining jigari Jigar juda ko‘p miqdorda A vitamini, aminokislotalar va omega-3 ko‘p to‘yinmagan kislotalarni o‘z ichiga oladi. Ovqatlanish tartibingizga baliq jigarini qo‘shing, bu terining yaxshi ko‘rinishiga ta’sir qiladi. Baliq jigari yuz terisini silliqlashtiradi va yorqin ko‘rinishiga yordam beradi.
75
1,856
Ayollar
Qanday qilib guldastani to‘g‘ri tanlash mumkin?
Gullar bizga butun hayotimiz davomida hamrohlik qiladi. Guldasta tanlashda ko‘p yillar ichida amal qilish juda muhim bo‘lgan ma’lum bir yozilmagan qoidalar yuzaga kelgan. Bizning bir necha foydali maslahatlarimiz sizga gullarni turli vaziyatlar uchun qiynalmasdan tanlashga yordam beradi. Guldastadagi gullar soni haqida Sobiq ittifoq mamlakatlarida guldasta toq sonli gullardan tashkil topgan bo‘lishi kerak, juft – faqat qabrga qo‘yiladigan guldastalar uchun degan qoida mahkam o‘rnashib qolgan. Lekin AQShda va ko‘pchilik Yevropa mamlakatlarida juft son juftlik, sevgi va muvaffaqiyatlar ramzi hisoblanadi. Foydali maslahat: Eng muvofiq variant turli xil ko‘plab gullardan tashkil topgan yoki o‘z ichiga har xil yirik va mayda gulli to‘pgullarni olgan guldastadir. Bu freziyalar, atirgullar, xrizantema shoxchalari yoki gipsofillar bo‘lishi mumkin. Guldasta uchun gullarning rangini tanlaymiz Yevropa mamlakatlari uchun oq rang – tozalik va noziklik timsoli, Sharq xalqlari uchun esa – motam timsoli bo‘lib hisoblanadi. Saliq gullar ba’zilar uchun — ayriliq timsoli bo‘lsa, boshqalar uchun esa – bu quyosh rangi, quvonch va iliqlikni anglatadi. Foydali maslahat: Turli xil rangli gullar yig‘ilgan yoki asosiy rangi bir xil tusda (oq-pushti, och jigarrang-qizil) bo‘lgan guldastani tanlashingiz mumkin. Guldasta yasaymiz Guldasta uchun o‘simliklar turini  tanlab olish juda qiyin masala. Atirgul sevgi ramzi hisoblanadi, qizil chinniguldan rasmiy tadbirlarda yoki motam marosimlarida foydalaniladi. Xrizantemalar esa – betaraf gullar hisoblanadi. Foydali maslahat: Muammolar va qiyinchiliklardan qochish maqsadida muayyan bir tadbir yoki voqea uchun guldasta tanlashda – asosan anturiumlar, gerberlarga o‘xshash ekzotik gullar sotib oling. Manba: “Woman.ru”
47
1,760
Ayollar
Uzun sochlar uchun turmaklar (foto)
Vaqt tig‘iz bo‘lganida uzun sochlarni tartibga keltirish ortiqcha tashvish bo‘lib tuyulishi mumkin. Biroq ba’zi usullar yordamida ularni qisqa vaqt ichida chiroyli holatga keltirish mumkin. Quyida bunday soch turmaklarining ba’zilarini keltirib o‘tamiz. Mayda o‘rimlardan chambar Sochingizning orqa tomonidan bir tutam soch ajratib olib, mayda o‘ring. Har ikki tomondan ikkitadan shunday o‘rim yasang. Ularni boshingiz ustidan navbatma-navbat o‘tkazib, to‘g‘nog‘ich yordamida mahkamlang. G‘ayrioddiy soch o‘rimi Sochlaringizni uch kokilga ajrating. Ularning har birini o‘rib chiqing. Hosil bo‘lgan uchta o‘rimdan bitta katta o‘rim yasang. O‘rimga hajm berish uchun sochlarni kokil orasidan ko‘tarib chiqing. Uch qavatli turmak Peshonadagi sochlaringizni yig‘ishtirib, rezinka bilan mahkamlang. Sochingizning rezinkadan chiqib turgan qismini rezinka tepasidagi oraliqqa kiritib, aylantirib chiqaring. Shu tarzda ketma-ket uch tutam sochni shu holatga keltiring. Aylantirib o‘ralgan turmak Sochingizni baland qilib yig‘ib, rezinka bilan mahkamlang. Sochingizning bir qismini qayirib, rezinka tagiga kiriting. Sochingizning uch qismini rezinka atrofiga o‘rang. Hosil bo‘lgan turmakni to‘g‘nog‘ich bilan mahkamlab chiqing. Bayramona turmak Peshona qismidan soch farqini ochib, ikki tomondan yonbosh bo‘ylab orqaga qarata sochni chappa o‘ring. Boshingizning orqa qismigacha o‘rilgach, ularning har ikkalasini asosidan rezinka bilan mahkamlang. Rezinkadan osilib turgan sochlarni burab, bir-biriga rezinka yordamida ulang. Soch uchini rezinka tepasidagi oraliqqa kiritib, ichkariga qaratib aylantirib soling va to‘g‘nog‘ich yordamida mahkamlang. Chambar Sochingizni o‘rtadan ikkiga ajratib, ikki kokil o‘rim yasang. So‘ng ularni boshingiz ustidan aylantirib o‘tkazing va bir-birining asosiga mahkamlang. Manba: “Woman.ru”
35
1,821
Ayollar
Soch lakidan yana qanday maqsadlarda foydalansa bo‘ladi?
Sochga sepish uchun mo‘ljallangan lakni yana qanday vaziyatlarda ishlatish mumkinligi haqida “Domashniy ochag” nashri ma’lumot berib o‘tadi. Hasharotlarni haydash Chivin, pashsha va boshqa mayda hasharotlarni gazeta yoki sochiq bilan haydashga hojat yo‘q. Bu borada soch laki yaxshi samara beradi. Ammo ishlatish vaqti lampa va olovdan uzoq ekaniga ishonchingiz komil bo‘lsin. Ignaga ip o‘tkazish Ignaga ip o‘tkazishning oson usuli bor. Buning uchun ipning uchiga lak sepish kifoya. Qoshlarni tartibga keltirish Qoshlarni tartibga keltirish uchun lakdan foydalansa ham bo‘ladi. Buning uchun barmoq uchiga ushbu vositani sepib, qoshlarni tarash kerak talab qilinadi, xolos. Bolalar chizgan suratni saqlash uchun Bolalaringiz tomonidan chizilgan suratni uzoq vaqt saqlash uchun ustiga 30 sm uzoq tutib lak seping. Gullarni quruq saqlash uchun Lakdan biroz foydalanib, gerbariy yoki sevimli guldastaning rangini o‘chib ketishini oldini olsa bo‘ladi. Kolgotkaning sitilishini oldini oladi Birinchi yuvilguniga qadar kolgotkani ketgan joyi borligiga guvoh bo‘lsangiz, lak sepib qo‘yish tavsiya qilinadi. Gul changi to‘kilmasligi uchun Lola, liliya yoki boshqa guldastaning changi gilamga to‘kilmasligi uchun lak sepish yaxshi samara beradi. Kiyimning toklanishini oldini oladi Yubkangiz toklanib, oyoq orasiga kirib qoladigan bo‘lsa, kaftingizga lak sepib, uni matoga surtish tavsiya qilinadi.
56
1,389
Ayollar
LEGO’dan tez yasab olish mumkin bo‘lgan 5 ta foydali buyum (foto va video)
LEGO — nafaqat bolalar uchun, balki kattalar uchun ham mo‘ljallangan o‘yinchoq hisoblanadi. Lekin bu o‘yinchoq faqat o‘ynash maqsadida xizmat qilmaydi. Uning yordamida foydali buyumlar ham yasash mumkin. Bu ro‘yxatdagi eng oddiy, lekin bir paytning o‘zida juda foydali buyumlardan biri. Kalitlar uchun tutqichni unchalik ko‘p bo‘lmagan standart qismlar va bir necha xalqalardan yig‘ish mumkin. Xalqani ushlab turuvchi qismni asosiy inshootdan ajratib olish va brelok sifatida foydalanish mumkin. Spinnerlar shunchalik mashhur bo‘lib ketdiki, mohir ustalar darrov ularning ko‘plab turlarini o‘ylab topishdi. Lekin pulni tejash maqsadida urf bo‘lgan o‘yinchoqni stressni ketkazish uchun o‘zingiz ham yig‘ishingiz mumkin. Agar siz va farzandingiz klassik mantiqiy o‘yinlarni ma’qul ko‘rsangiz, unda LEGO’dan shaxmatlar to‘plami yasash eng yaxshi tanlov hisoblanadi. Agar o‘yinchilardan birining omadi kelmasa va u taxtani bor kuchi bilan irg‘itishni xohlasa bunga hech kim xalal bermaydi. Faqat keyin qismlarni xona bo‘ylab yig‘ib olishga to‘g‘ri keladi. Bu holatda o‘zingiz fotosuratlar formatiga qarab ramkaning o‘lchamlarini tanlaysiz. Bundan tashqari, sizga LEGO’ning faqat eng oddiy qismlari kerak bo‘ladi. Bunday ixtiro telefonni mustahkam qilib mahkamlashga va bemalol translyatsiya qilishga yordam beradi, masalan Instagram’da. Taglik sizning smartfoningiz ovozini biroz balandroq qiladigan usulda tuzilgan. Manba: “Layfxaker”
74
1,436
Ayollar
Omon qolish san’ati: xavfli vaziyatlardan qutulishga yordam beradigan layfxaklar
Umid qilamizki, bu maslahatlar har kim uchun foydali. Ammo yana o‘qish va eslash zarar qilmaydi. Tovadagi yog‘ yonganida Hech qachon olovni suv bilan o‘chirmang, aks holda ushbu yong‘in portlashga olib keladi va oqibatda paydo bo‘ladigan muammolardan qochib bo‘lmaydi. Bunday vaziyatda eng to‘g‘ri yo‘l — idishlarni qopqoq bilan yopish. Kislorod bo‘lmasa, olov juda tez o‘chadi. Mashina suvga cho‘kkanida Eshikni ochish uchun vaqt va kuch sarflash tavsiya etilmaydi. Sababi  suv bosimini yengib bo‘lmaydi. Buning o‘rniga, xavfsizlik kamarini iloji boricha tezroq yechib, oynani pastga tushirish zarur. O‘pkaga iloji boricha ko‘proq havo tortib, undan chiqishga harakat qilish kerak. Zinadan tushayotganda Zinadan yiqilish — kamdan-kam uchraydigan holat. Sirtdan yiqilish yoki muvozanatni yo‘qotish mumkin. Zinadan tushayotganda, yiqilmaslik uchun qo‘llar cho‘ntakka solinmaydi. Aytgancha, buni farzandlarga ham o‘rgatish foydadan xoli emas. Bo‘ronda qolganda Mashina boshqaruvida bo‘ronga tushib qolish, albatta, bu yoqimsiz vaziyat. Omon qolish imkoniyatini yaxshilash uchun favqulodda xizmatlarning tavsiyalariga quloq solish zarur. Avtomobil dvigatelini har soatda ishga tushirish va ichki qismini 10 daqiqa qizdirish tavsiya etiladi. Qutqaruvchilar topishi osonlashishi uchun ichki yoritishdan foydalaniladi. Ammo faralar yoqilmaydi, aks holda batareya tezda zaryadsizlanadi. Burundan qon ketganda Burundan qattiq qon ketganda, oddiy tamponlar yordam berishi mumkin. Ular namlikni yaxshi qabul qiladi va keng hajmli qonni to‘xtatish uchun yetarlicha bo‘ladi. Tez yordam kelguncha ularni burun teshigida saqlang. Va hech qanday holatda boshingizni ko‘tarilmasligingiz kerak. Inson tanasi qonni hazm qilishga moslashmagan va ehtimol, oshqozon uni rad qila boshlaydi. Uyga o‘g‘ri kirganda Uyga o‘g‘ri tushgan vaqtda jinoyatchidan yashirina olishning imkoni bo‘lmasa, oshxona tomonga yugurishga harakat qilish kerak. U yerda bir qancha afzalliklar — teshuvchi va kesuvchi narsalar mavjud, bu orqali o‘zni himoyalash mumkin. Nega qor yeyish mumkin emas? Qor yeyish orqali suvsizlanishdan qutulishga urinmaslik lozim. Uni eritish uchun tana haddan tashqari ko‘p energiya sarflaydi, bu esa gipotermiya xavfini oshiradi. Qor esa yanada suvsizlantirishga yordam beradi, lekin uni avval olovda eritish kerak. Qo‘llar bog‘langanda Agar jinoyatchi yopishqoq lentadan ishlatgan bo‘lsa, undan qutulish mumkin. Buning uchun lentani tishlamaslik kerak. Aksincha, lentani turli yo‘nalishlarda yoyishga harakat qilib, qo‘llaringni boshdan yuqoriga ko‘tarib, keskin pastga tushirish lozim.
80
2,575
Ayollar
Bolaning bog‘chaga tez moslashishiga yordam beradigan 6 tavsiya
Agar kattalardan bolalar bog‘chasidagi xotiralari haqida so‘ralsa, ehtimol do‘stlik, g‘amxo‘r tarbiyachilar yoki qo‘rquv, yolg‘izlik haqidagi eng iliq hikoyalarni eshitish mumkin. Farzand birinchi kunlardan boshlab bolalar bog‘chasida o‘zini erkin his qilishi, tengdoshlari bilan muloqotda bo‘lishi va rivojlanishi uchun unga “to‘g‘ri yo‘l” ko‘rsatish juda muhimdir. School bolalar bog‘chasining asoschisi Xolli Roberts 16 yildan buyon kichik yoshdagi bolalar bilan ishlaydi. Shuningdek, bolalarning yangi jamoaga qo‘shilishga va bog‘chaga moslashishida qanday yordam berish haqida ota-onalarga maslahatlar beradi. Farzandingizdan darrov uzoqlashmang “Shok terapiyasi” – ota-onalar farzandini bolalar bog‘chasiga olib borib, darhol chiqib ketishga harakat qilishi yaxshi emas. Ular farzandi uchun qiyin bo‘lgan vaqtni qisqartirishni xohlaydi. Ammo bunday to‘satdan uzoqlashish bolaga haqiqiy shikast yetkazishi mumkin: shundan keyin, albatta, uning guruhga qo‘shilishi qiyinlashadi, eng yomoni – bolada ota-onani yo‘qotib qo‘yish qo‘rquvi paydo bo‘ladi. Ba’zi bolalarga yangi muhitga ko‘nikishi hamda onasi yoki dadasini ko‘zdan g‘oyib bo‘lishidan qo‘rqmasligi uchun ko‘proq vaqt kerak bo‘ladi. Xolli Robertsning bog‘chasida ota-onalar farzandi to‘liq moslashguncha yaqin joyda qolishlari mumkin, odatda beshinchi kuni bola ko‘nikib, tinchlanishga o‘rganadi. Ammo holatlar boshqacha. 2,5 yoshli kichkintoyning onasini bir qadam ham qo‘yib yubormagan, uning ketishi sarosima va ko‘z yoshlariga sabab bo‘lgan voqeani eslayman. So‘ngra o‘qituvchilarim bu bolaning ota-onasi bilan birgalikda mualliflik uslubimga muvofiq moslashish rejasini bosqichma-bosqich muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Avvaliga ona doimo o‘g‘li bilan guruhda qoldi, keyin u har kuni tom ma’noda bir metrga uzoqlashib, yon tomonda o‘tirdi. Ko‘p o‘tmay, u koridorda kutib turishni boshladi va farzandi esa uning o‘sha yerda ekanligini bilish uchun doimo xabar olib turdi. So‘ngra onasi zalga ko‘chib o‘tdi va bola ham u yerga tashrif buyurdi. Vaziyat ozm-ko‘pmi hal bo‘lgach, ona ish joyiga, do‘sti bilan qahva ichishga, do‘konga, poliklinikaga keta boshladi. Muhimi, u qayerga ketishi haqida bolani ogohlantirdi va bola ham onasining qachon qaytib kelishini aniq bilardi. Shunday qilib, bola asta-sekin onasining yo‘qligiga ko‘nikdi. Bir oy o‘tgach, u tanib bo‘lmaydigan darajada o‘zgardi: u bog‘chaga kelgach onasi bilan xotirjam xayrlashar va guruhda o‘ynashga kirib ketar, asosiysi xavotir va ko‘z yoshlarsiz edi. Bolaning qarshiligiga tayyor bo‘ling Vaziyatni tasavvur qiling – bola bog‘chaga yig‘lab boradi, u yerda qolishni xohlamaydi, bu yer unga yoqmasligini aytadi. Darrov bolani u yerga olib bormaslik, tinchlantirish va u bilan bo‘lish fikri kelishi tabiiy. Lekin siz tasavvur qilganingizdek, bu ta’lim va intizom nuqtayi nazaridan ikki qadam orqagda qolish degani. Uyda ota-onalari uchun “spektakl” qo‘yadigan va o‘zini bolalar bog‘chasida suvdagi baliqdek his qiladigan “aktyorlar” mening amaliyotimda yangilik emas. Muvaffaqiyatli moslashayotgan 4,5 yoshli bolakay bilan bir voqea esimga tushdi: u tengdoshlari bilan o‘ynardi, ota-onasini sog‘inmasdi, har kuni ular ertalab bolani bog‘chada qoldirisho osonlik bilan kechardi. O‘qituvchilar ota-onaga ijtimoiylashuv yaxshi ketayotganini tasdiqlovchi video yubordi. Lekin bola ota-onasidan uni bir kunga uyda qoldirishni so‘radi va tarbiyachilarning maslahatiga zid ravishda ular o‘g‘lini rag‘batlantirish uchun o‘z his-tuyg‘ulariga bo‘ysundi. Farzand istaganiga erishdi. Afsuski, endi uni bolalar bog‘chasiga olib kelishning iloji yo‘q edi. Shuning uchun o‘tkazib yuborilgan bir kun hech narsani anglatmaydi, deb o‘ylamaslik kerak. Men bunday masalalarda o‘qituvchilarga ishonishni va yurakni emas, ongni tinglashni maslahat berardim. Kichkintoyingiz uchun vizual jadval tuzing Yurish, tushlik, uyqu vaqti, tushdan keyin choy – bolalar bog‘chasida har kuni bir xil tartibda bo‘lishi bejiz emas. Kundalik tartib bolaning yangi, hali noma’lum muhitga moslashishi uchun zarur bo‘lgan barqarorlik elementini taqdim etadi. U vaqt haqida tasavvurga ega bo‘ladi, tez orada mazali narsa berilishini yoki ota-onasi uni hozir olib ketishini bildiradi. Farzand bilan bolalar bog‘chasi jadvalini oldindan o‘rganing. Ayting-chi, bola bir kunda qancha ishni bajarishi kerak? Jadval har doim bolaning ko‘z oldida bo‘lishi muhim. Bunda kartani oddiy tartibda chizish yoki buning uchun doskadan foydalanish mumkin. Shunday qilib, bola o‘zini yanada ishonchli his qiladi va agar u “Onam qachon keladi?” degan abadiy savoldan qutulolmasa, hech bo‘lmaganda tashvish darajasini pasaytiradi. Kundalik tartibni to‘g‘rilang Agar bola bog‘chada tarbiyachilar jadvaliga rioya qilsa, uyda rejim uchun javobgarlik ota-onalarga yuklatilgan. Farzandni o‘z vaqtida guruhga olib borib, uni o‘z vaqtida olib ketish uchun buni har kim o‘zidan boshlashi kerak. Bolani vazifalarni bajara olish darajasini kuzatib boring: bolalar bog‘chasida kun juda band, shuning uchun mashg‘ulotlar va qo‘shimcha mashqlar bolaning qo‘lidan kelmasligi mumkin. Uyquga alohida e’tibor bering: ideal holda, agar bola soat 21-22:00 da yotsa, u yetarli darajada uxlaydi va ertalab yangi o‘quv kuniga tayyor bo‘ladi. Qo‘shimcha darslarga kech yotish yoki ortiqcha vazifa bolani charchatishi, uyqusizlik natijasida faollik susayadi va dangasalik bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ladi. Farzandingizga bitta o‘yinchoqni uydan bolalar bog‘chasiga olib borishga ruxsat bering Albatta, bog‘cha qo‘g‘irchoq, konstruktor va o‘yinchoq mashinalariga to‘la – bolaning qo‘li bo‘sh qolmaydi. Biroq o‘zi bilan sevimli o‘yinchog‘ini olib kelish bog‘chaga moslashishga yordam beradi. Uydagi o‘yinchoq unga qulayligi va tanishligi bilan aloqani yaratadi. Bola yangi vaziyatga tushib qolganda uni tanish narsa biroz tinchlantiradi. Bola odatlanib qolganida esa bu amaliyotni asta-sekin cheklash kerak. Ratsionga keskin o‘zgartirish kiritmang Uyda bola avakado bilan shirinlik iste’mol qilishi mumkin, bolalar bog‘chasida unga borsh va makaron beriladi. Ovqatlanish mutaxassilarining tavsiyalari asosida muvozanatli va foydali mahsulot tavsiya qilinadi, lekin bola buni tatib ko‘rmasligi mumkin, chunki oziq-ovqat notanish. Kichkintoyni nima kutayotgani bilan tanishtirish uchun ota-ona uyda biroz vaqt ajratish lozim. Bog‘chadagi menyularni oldindan so‘rang va uydagi taomnomaga ba’zi ovqatlarni qo‘shing. Ovqatni qabul qilish bolalar uchun juda muhim, shuning uchun bu jarayonni osonlashtirishiga harakat qiling. Farzandni bolalar bog‘chasiga moslashtirish qachonki ota-ona tarbiyachilar bilan birgalikda ishlashga tayyor bo‘lsagina muvaffaqiyatli kechadi. Uni tinglash va eshitish, balki bolalarcha hiyla-nayranglarini ham unutmaslik kerak. Axir barcha ota-onalar, aslida, bitta narsani – farzandi xursand bo‘lib bolalar bog‘chasiga yugurishi va u yerda vaqtni foydali va qulaylik bilan o‘tkazishini xohlaydi.
63
6,865
Ayollar
Kiyimlardagi yorliqlar: ular nima haqida so‘zlaydi?
Ushbu maqola abituriyentdan talabaga aylangan va tezda boshqa shaharga o‘qishga otlanadigan yoshlar uchun ayniqsa foydali bo‘ladi. Hayotning quvonchli hodisalari bilan bir qatorda, ular turmushdagi ko‘plab muammolarga duch kelishi shubhasiz. Axir onalardan uzoqda yashash – barcha ro‘zg‘or tashvishlarini mustaqil bajarishga o‘rganishga majbur bo‘lish demakdir. Shu jumladan kir yuvishni ham. Eng sifatli kiyimga ham uni noto‘g‘ri yuvish orqali osongina shikast yetkazish mumkin. Doimiy ravishda yangi kiyim sotib olishni esa talabaning cho‘ntagi ko‘tarmaydi. Shuning uchun, keling, birgalikda maxsus belgilar tilini o‘zlashtiramiz. Har bir kiyimda ushbu buyumni qanday yuvish va dazmol qilish haqidagi belgilar bitilgan yorliqchalarni ko‘rish mumkin. Ularni o‘rganib, kiyimlarga to‘g‘ri munosabatda bo‘ling. Shunda ular sizga uzoq vaqt xizmat qiladi. Aziz o‘quvchilar, maxsus belgilar tili sizni qiynab qo‘ymadimi? Umid qilamiz, ular to‘g‘risida hech bo‘lmaganda sal-pal bo‘lsa ham, tushunchaga ega bo‘ldingiz. Yigitlar, agar tishingiz o‘tmayotgan bo‘lsa, yaxshisi, kiyimlaringizni yuvishni onangiz yoki opa-singillaringizga havola qiling ;-)
51
1,147
Ayollar
Farzandingizning bilim va tarbiya olishida televizor, planshet va telefondan oqilona foydalanish yo‘llari
Farzandingiz smartfon, planshet yoki televizor ekraniga “yopishib” qolganmi? Qo‘lidan telefonnni tortib olishga yoki Wi-Fi’ni o‘chirib qo‘yishga shoshilmang. Hozirda zamonaviy psixologlar va o‘qituvchilar virtual voqelikni mutlaq yovuzlik deb hisoblamaydi, hatto uni ta’lim va tarbiya uchun zarur deb bilishadi. Bu potensialni amalga oshirish uchun ko‘rish vaqtini to‘g‘ri tashkil etish kifoya. San-Diyego va Jorjiya universitetlari olimlarining tadqiqotlariga ko‘ra, bola ekran qarshisida o‘tkazgan yetti soat salbiy psixologik oqibatlar ehtimolini ikki baravar oshiradi. Bundan tashqari, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bir yoshdan to‘rt yoshgacha bo‘lgan bolalarga kuniga bir soatdan ko‘proq ekran oldida o‘tirishni tavsiya etmaydi, buning o‘rniga shu bir soatni bir necha intervallarga bo‘lgan ma’qul. Keyinchalik bu me’yor kuniga ikki-to‘rt soatgacha oshadi, lekin mutaxassislar, shu jumladan, Amerika Pediatrlari assotsiatsiyasi bir fikrda yakdil — bolalar ekran oldida qancha vaqt o‘tkazishi uning sifati kabi muhim emas. Umuman olganda, Oksford universiteti doktori Endryu Przibilskiyning tadqiqotiga ko‘ra, hatto me’yordagi video o‘yinlar ham bolaning psixologik moslashuvi uchun foydali bo‘lishi mumkin. O‘quv va tarbiyaviy filmlar va multfilmlarni tomosha qilish orqali bola yangi ma’lumot olishi, atrofidagi dunyoni bilishi va uni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni yuqtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. IVI servisida bolalar va butun oila uchun 20 ming multfilm, film va hujjatli filmlar yig‘ilgan. Mas’uliyatli ota-onalar uchun xizmat allaqachon “Bilim”, “Rivojlaning va o‘ynang”, “Zerikarli bo‘lmagan darslar”, “Sayohat qilamiz”, “Hissiy intellekt” kabi film va dasturlari ro‘yxatini tuzib chiqqan. Buning uchun faqat IVI hisob qaydnomangizga ulangan bolalar profilini yaratish kerak, uning sozlamalari yosh cheklovlariga rioya qilinishini nazorat qiladi (buning uchun “Ota-ona nazorati” funksiyasidan foydalanib, pin-kod o‘rnatish mumkin) va sun’iy intellekt profilni bolaning qiziqishlari va uning yoshiga qarab o‘yin-kulgi va ta’lim dasturlarini tavsiya etadi. Mushukchalar haqida multfilm “Super MYAU!” —  super qahramon mushukchalar maktabi haqidagi ushbu ajoyib multfilm bolalarga jasorat va jamoaviy ishlashni o‘rgatadi. Yosh ekologlar uchun “Flora jamoasi” — “Senimi, shoshmay tur!” multfilmi jodkorining o‘g‘li Aleksey Kotenochkin tomonidan suratga olingan tabiatni muhofaza qiluvchilar haqidagi multiplikatsion blokbaster. Xaritalar haqiqatni so‘zlaydi “Sersoqol Bodo” — Rossiya Geografiya jamiyati bilan birgalikda ishlangan dunyoning turli burchaklaridagi hayot haqidagi to‘rt daqiqalik multfilmlar. Yangi o‘rganuvchilar uchun sog‘lom turmush tarzi “Shifokor qizaloq” — o‘yinchoqlar misolida sog‘lom turmush tarzining barcha tomonlarini qiziqarli tarzda ochib beruvchi multserial.
105
2,809
Ayollar
Fransuz ayollarining har doim didli ko‘rinishiga sabab bo‘luvchi 8 ta jihat (foto)
Fransuz ayollarining sodda, ammo chiroyli hamda zamonaviy ko‘rinishining sirini bilasizmi? Quyida ular bilan tanishish mumkin. Soch turmagi Silliq va rasmiy soch turmagi franzsuz ayollari uchun emas. Biroz betartib va to‘lqinsimon ko‘rinishdagi soch turmagi esa hozirda butun dunyo ayollari uchun ham qulay, ham oson. Albatta, ushbu turmak mukammal bo‘lmasa-da, siyrak sochlar uchun hajm beradi. Shuningdek, mazkur ko‘rinishda har qanday yig‘ilish, uchrashuv va hattoki rasmiy majlislarda ham ishtirok etish mumkin. Bundan tashqari, bu kabi turmak uzoq vaqt talab etmaydi. Shunchaki soch yuvilganidan so‘ng biroz quritilgan holda o‘rish yoki bog‘lam bilan burab chiqish kifoya. Aksessuar Fransuz ayollari obraz yaratishda birinchi o‘ringa aksessuarlarni qo‘yadi. Har qanday kombinatsiyani birgina detal yordamida butunlay boshqa kiyimga aylantirish mumkin. Masalan, shlyapa, sumka, sharf, belbog‘ kabi. Garderob tayanchi Fransuz ayollari garderobining o‘ziga xosligi shundaki, u yerdan hamisha “tayanch” bo‘lgan liboslarni topish mumkin. Masalan, oddiy qora klassik shim, oq kofta, hech qanday aksessuarsiz libos va poyabzal kabilar. Ushbu oddiy va sodda liboslar tig‘iz vaziyatda yordamga kelishi aniq. Ular makon va zamon tanlamaydi va shuning uchun ham garderobdan asosiy o‘rinni egallagan. Logotipsiz liboslar Brend liboslar, ulkan logotip tushirilgan kiyim-kechaklar insonning qaysidir ma’noda hashamatga o‘chligidan ham darak beradi. Shuningdek, didni qimmatbaho narsalar bilan adashtirish haqidagi tasavvurni uyg‘otadi. Fransuz ayollari iloji boricha libos tanlashda logotipsiz kiyimlarga ko‘proq e’tibor qaratadi. Qimmat zamonaviy degani emas Fransuz ayollari faqatgina qimmatbaho do‘konlardan libos sotib olishga intilmaydi. Ular odatda eski va qadimiy uslublarni yaxshi ko‘radi. Aksariyati esa o‘rta toifadagi brendlarni xush ko‘radi. Libos sifatidan tashqari uning narxi qulay bo‘lishiga ham e’tibor qaratadi. Erkaklar uslubidagi liboslar Fransuz xonimlari odatda ayollarga xos bo‘lmagan va erkaklar uslubiga yaqin kombinatsiyalarni tanlaydi. Bu har qanday fransuz xonimiga jiddiy va jasur ko‘rinishni ham baxsh etadi. Shuning uchun ularni oq ko‘ylak va qora shim uyg‘unligida tanlangan liboslarda tez-tez uchratish mumkin. Qora rangdan qo‘rqmaydi   Fransuz ayollari odatda nima kiyishni bilmaganida, qora rangni afzal ko‘radi. Bu ham ularning navbatdagi yordamchi libosi hisoblanadi. Ayrimlar qora rangli liboslardan biroz xavotir oladi, ammo franzsuz xonimlari emas. Oddiy makiyaj Fransuz ayollari odatda makiyajga uzoq vaqt sarf etmaydi. Ular shunchaki yengil pardoz bilan tashqi ko‘rinishini og‘irlashtirishni istamaydi. Ular odatda yuziga namlantiruvchi krem, ko‘zlarining chetiga biroz soya hamda lablariga ozroq urg‘u beradi, xolos. Shuningdek, o‘ta mukammal makiyaj ham yaratilgan obrazga mos kelmasligi va vaziyatni yanada chuqurlashtirishi mumkin. Zamon bilan hamnafas Fransuz ayollari modaga ergashadi, ammo bir vaqtning o‘zida bir necha uslubni o‘zida mujassam etmaydi. Bu narsa soch turmagi, makiyaj va kiyinish borasida ham bir xil. Har narsani me’yorida qo‘llash franzsuz ayollaridagi nafislikning eng katta siridir.
82
3,151
Ayollar
Internetda ommalashgan byuti-layfxak bo‘yicha qoshlarni chiroyli bo‘yashni o‘rganamiz (foto)
Qanday qilib bir urinishdayoq mukammal qoshlarni chizish mumkin? Hammasi  o‘ylagandan ham ko‘ra osonroq. Ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo‘lgan layfxak, albatta, yordam beradi, deb yozadi Cosmopolitan. Qoshlar  yuzning asosiy ko‘rki bo‘lib, nafaqat makiyaj uchun, balki butun obrazni ham to‘ldiradi. Shu bilan birga, qoshlar shaklining tendensiyalari doimo o‘zgarib turadi. Ba’zida ingichka, kamon yoki yana tabiiy ko‘rinish urfga kiradi. Internetdagi moda ko‘rgazmalaridagi modellardan tortib, blogerlar va oddiy odamlargacha qoshlarini turli usullar yordamida bo‘yaydi. Yaxshiyamki, barcha tendensiyalarni haqiqatan ham hayotda qo‘llab bo‘lmaydi. Faqat bitta narsa: klassika baribir urfdan qolmaydi. O‘rtacha keng va qalin qoshlar hamisha har qanday obraz uchun mos keladi. Agar tabiat sizga bunday go‘zallikni ato etmagan bo‘lsa, bu muammo emas. Qoshlarni ular uchun mo‘ljallangan bir nechta bo‘yoq yordamida tabiiydek ko‘rsatish mumkin. Qolaversa, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining ushbu layfxaki bilan har kim mukammal qoshlarni chiza olishi shubhasiz. Qalam bilan bo‘yashning oddiy texnikasini o‘rgangandan so‘ng hatto professional stilistlarga ham murojaat qilishga hojat qolmaydi. Quyidagi ketma-ketlik yordamida bir necha daqiqada ajoyib qalin qoshlarga erishish mumkin. Faqat qalamning mos kelishi uchun rangiga e’tibor berish lozim. Ideal holda, u sochlarga mos yoki biroz quyuqroq bo‘lishi kerak, bu esa hajm qo‘shishga yordam beradi. Shuningdek, qalam uchli hamda sifatli bo‘lishi muhim. Dastlab qoshlar bo‘sh qo‘yilib, qalam qoshning boshlanish qismiga olib kelinadi. So‘ngra yengil harakat bilan qoshning butun uzunligi bo‘ylab burundan qosh uchigacha uchta siniq chiziq tortiladi. Ishoning, qalam sizni boshqaradi. Oxirida barcha chiziqlarni birlashtirilib, ichki qismi bo‘yaladi. Ushbu texnikadan foydalangan holda bo‘yalgan qoshlar tabiiy ko‘rinadi. Qalamni yoyish uchun qosh maxsus cho‘tka bilan taraladi. Qalam qoshlar  bilan aralashadi, yoyilgach yanada tabiiy ko‘rinadi.
92
1,998
Ayollar
Ko‘zoynak, telefon va qog‘oz salfetka bilan artish tavsiya etilmaydigan boshqa 6 buyum
Qulaylik doim ham yaxshi natijalarga sabab bo‘lmaydi. Ayrim holatlarda qog‘oz salfetkalar nafaqat foydasiz, balki vaziyatni yanada yomonlashtirishi ham mumkin. “Domashniy ochag” nashri qog‘oz salfetka bilan tozalash tavsiya etilmaydigan buyumlar ro‘yxatini taqdim etdi. Taxtakach Taxtakachda go‘sht, sabzavot yoki mevalardan qolgan suvni qog‘oz salfetka bilan tozalashga urinmang. Chunki salfetka barcha suyuqlikni o‘ziga singdira olmaydi, lekin uning o‘zi tezda suvda ivib ketadi. Yog‘och mebel Tabiiy yog‘ochdan tayyorlangan mebellar naqshli yoki silliq yuzaga ega. Uni na quruq, na ho‘l salfetka bilan tozalab bo‘lmaydi. Salfetka tolalari mebel bezaklari orasiga tiqilib qolishi mumkin va ular jihozni tozalash o‘rniga muammoni ko‘paytiradi. Elektron qurilmalar Qog‘oz salfetkalar smartfon, noutbuk ekrani va televizorni tozalash uchun mutlaqo mos emas. Tashqi yumshoqlikka qaramay, salfetka gadjetlar yuzasida mikroyoriqlar qoldirishi mumkin. Ko‘zoynak Ko‘zoynak linzalari tashqi ta’sirlarga ham sezgir. Ularni qog‘oz salfetka bilan artib, nafaqat sirtga zarar yetkazish, balki to‘plangan changni ham qoldirish mumkin. Bu esa ko‘rishga xalaqit beradi. Gilam Tasodifan gilamga suyuqlik to‘kilganmi? Uni salfetka yordamida tozalab bo‘lmaydi. Salfetka namlikni biroz shimib olgach, o‘zi mayda-mayda bo‘laklarga bo‘linib ketadi va vaziyatni yanada chigallashtiradi. Buning o‘rniga, toza mato yoki gubkadan foydalanish tavsiya etiladi. Ko‘zgu va derazalar Qog‘oz salfetka bilan oynani tozalash barcha ishlarni bekor qilish bilan barobar. Salfetka bilan artilgan deraza kutilganidek natija bermaydi. Jilo uchun mikrofibra matolar yoki oddiy gazetalar ko‘proq mos keladi. Avtomobil saloni Hech qachon asboblar panelini va avtomobil salonining boshqa qismlarini qog‘oz salfetka bilan artib bo‘lmaydi. Ular chang va kirni tozalash xususiyatiga ega emas. Qora kiyim Qora kiyimga suv to‘kilganda qog‘oz salfetka bilan artish tavsiya etilmaydi. Bu juda yomon fikr. Oq tolalar, albatta, mato ustida qoladi va faqat vaziyatni yomonlashtiradi. Eng yomoni, ularni matodan olib tashlash deyarli mumkin emas.
86
2,095
Ayollar
Gadjetlarning ishdan chiqishiga olib keladigan 10 xato
Kundalik hayotimiz, ish va o‘qish bilan bog‘liq vazifalarni yengillashtirishga hissa qo‘shadigan texnikalar uzoq vaqt xizmat qilishi uchun qanday xatolarga yo‘l qo‘ymaslik haqida ma’lumotga ega bo‘lgan yaxshi. Qizib ketishiga befarq bo‘lish Yuqori harorat batareyani ishdan chiqishi va qurilmadagi ayrim ichki elementlarni kengayishiga olib kelishi mumkin. Shu sabab ham yaxshisi jaziramada noutbukni mashina ichida qoldirmagan yaxshi. Agar boshqa iloji bo‘lmasa, kompyuterning to‘liq o‘chganiga ishonch hosil qiling. Qo‘llarni yaxshilab yuvmaslik Aksariyat hollarda kompyuter va noutbukdan foydalanganda qo‘llar toza bo‘lishi haqida qayg‘urish yodimizdan chiqadi. Qo‘llar yetarlicha toza bo‘lmasa, kir va yog‘lar bir necha yil davomida korpusda yig‘ilib, vaqti kelganda o‘zini namoyon qilmay qolmaydi. Ayniqsa, sensor bilan ishlaganda ular uzoq vaqt xizmat qilishi uchun qo‘llar toza va quruq bo‘lishiga e’tibor qaratish kerak. Noutbukni noto‘g‘ri yopish Noutbukni ehtiyotkorlik bilan ochib-yopishning o‘zi kifoya emas. Uni usti va o‘rtasini ushlab turib yopish kerak. Yumshoq joyga qo‘yib ishlash To‘shak yoki yostiq ustiga qo‘yib ishlanganda ventilyatsiyasi yopilib qolib, issiqlik chiqib ketmasligi mumkin. Qizib ketishi esa ichki komponentlarning ishdan chiqishiga olib keladi. Agar yotoqda ishlashga majbur bo‘lib qolsangiz, havo havo aylanishiga hech nima xalal bermayotganiga ishonchingiz komil bo‘lsin. Maxsus taglik qo‘ying yoki tizzangizga qo‘yib ishlang. G‘ilof kiydirmaslik Kompyuterlarda odam terisi singari tirnalish yoki qirilishlardan keyin tiklanish xususiyati bo‘lmaydi. Shu sabab ham noutbuklarga xuddi telefon singari g‘ilof kiydirish kerak. Uning sifatlisi texnikangizni chang va mayda zararlardan himoya qiladi. Quyosh nurlaridan himoya qilmaslik Nafaqat telefon, balki kompyuterlarni ham quyosh nurlari ostida qoldirmaslik kerak. Telefonlar asosan issiq haroratga ta’sirchan bo‘lgan ikki xil material — metall va shishadan yasaladi. Quyosh sensorli ekranni qizdirishi, shundan keyin gadjet odatdagidan farqli ishlashi mumkin. Noto‘g‘ri joyda quvvatlash Qizib ketishining oldini olish uchun telefonni ayniqsa, issiq kunlarda yostiq ustiga qo‘yib quvvatlamaslik kerak. Mobil qurilma quvvatlagichga ulanganda odatdagidan ko‘proq issiqlik ajraladi. Yostiq ustida turishi esa issiqlikni tarqalishiga qarshilik qiladi. Oqibatda ichidagi sezuvchan detallar haddan ortiq qizib, noto‘g‘ri ishlash kuzatilishi mumkin. Quvvati butkul tugagunicha ishlatish Ko‘pchilik telefonni kechasi bilan quvvatlagichga qo‘yib qo‘yishni yaxshi g‘oya emas deb o‘ylaydi. Aslida esa unday emas. Akkumulyator uchun quvvatni to‘liq yo‘qotilishi og‘irlik qiladi va doimiy ravishda telefon quvvatini hatto displey yoqilishiga ham yetkazmay yurilsa, batareyaning xizmat qilish muddat sezilarli darajada kamayadi. Shu sabab ham akkumulyator uchun telefonning kechasi bilan quvvatlanishi butkul quvvatsiz qolishidan ko‘ra yaxshiroq sanaladi. Parvoz rejimidan foydalanmaslik Ushbu rejimdan aksariyat hollarda samolyotda ekanligimizda foydalanamiz. Ammo undan mobil aloqa ushlamaydigan va Wi-Fi yo‘q joylarda foydalanish ham maqsadga muvofiq sanaladi. Gap shundaki, telefon nima bo‘lsa ham aloqa qidirishga energiya sarflaydigan qilib tuzilgan. Shuni inobatga olgan holda parvoz rejimidan foydalanish tavsiya qilinadi. Tinimsiz ishlatish Noutbuk ishlatilmayotganda o‘chirib qo‘yish kerakligi hech kimga sir emas. Ammo oylar davomida tinimsiz ishlatilgani sabab telefonlar ko‘proq zo‘riqadi. Shu sabab ham telefonni hafta davomida bir necha daqiqaga o‘chirib turishni unutmaslik kerak. Shunda gadjetingiz ko‘proq xizmat qilishi mumkin bo‘ladi.
54
3,643
Ayollar
Fransuz ayollarining yuz terisi keksayganda ham tiniq ko‘rinishining 7 sababi
Fransuz ayollari o‘ziga g‘amxo‘rlik qilishning maxsus qoidalari bilan mashhur. Masalan, ular teri kamchiliklarni yashirishga yoki afzalliklarni namoyon qilishga intilmaydi. Ular asosiy e’tiborni terining salomatligi va qarishning oldini olishga qaratadi. Bu esa ularga o‘zlarining tabiiy go‘zalligini iloji boricha uzoqroq saqlashga va yaxshi ko‘rinishga imkon beradi. Terini nafaqat himoya qiladi, balki quyosh nurlaridan asraydi. Quyosh nurlarining ta’siri terining erta qarishining eng muhim omillaridan biridir. Fransuz ayollari buni juda yaxshi biladi, shuning uchun o‘zlarining kosmetik vositalari orasida SPF himoya kremiga alohida e’tibor qaratadi. Biroq bunga qo‘shimcha ravishda, ular boshqa choralarga ham murojaat qiladi: masalan, ayniqsa quyoshli ob-havoda yoki plyajda ular, albatta, yuzlarini himoya qiladigan keng qirrali shlyapa kiyadi va kundalik hayotda nozik bo‘ynini mohirlik bilan har yoki ro‘mol bilan bog‘lab qo‘yadi. Suv o‘tlari terini parvarish qilish muolajalarida qo‘llaniladi. Fransuzlarda dengiz suvida davolanish an’anasi mavjud. Ular uchun professional talassoterapiya bilan shug‘ullanish odatiy holdir, chunki dengiz suvi va dengizdan olingan o‘tlar salomatlikka, ayniqsa teriga foydali ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, umumiy salomatlikni yaxshilash, tanani detoksikatsiya qilish va yoshlikni saqlash uchun fransuz ayollari ko‘pincha suv o‘tlaridan niqob sifatida foydalanadi. Havoni muntazam namlik bilan ta’minlaydi. Qish mavsumida Parij havosi juda quruq, shuning uchun yuzlarining namlanishini diqqat bilan kuzatib boradigan fransuz ayollari havo namlagich sotib olishga harakat qilmoqda. Ushbu oddiy qurilma terini sovuq mavsumda qurishi va yorilishining oldini oladi va unga sog‘lom ko‘rinish beradi. Ajinlar paydo bo‘lishidan oldin qarishga qarshi vositalardan foydalaniladi. Fransiyada terini to‘g‘ri parvarish qilish hatto o‘smirlik davrida ham muhim bo‘lib, qizlarga dastlab sog‘lom va chiroyli terining ahamiyati tushuntiriladi, buning uchun bo‘yanish talab qilinmaydi. Shuning uchun namlash, quyoshdan himoya qilish va tozalashga katta e’tibor beriladi, ular hech qachon yuzida makiyaj bilan uyquga yotmayd. Bundan tashqari, ajinlar paydo bo‘lishidan oldin qarishga qarshi kremlardan foydalaniladi. Albatta, profilaktika choralari ancha sezilarli natija beradi. Yuz uchun maxsus salfetkalar ishlatiladi. Bunday salfetkalar nafaqat ortiqcha yog‘ni olib tashlaydi, balki yuz sohasidagi yog‘larning yaltirashidan ham xalos qiladi. Darhaqiqat, ortiqcha yog‘ va teri teshiklarning tiqilib qolishi natijasida husnbuzarlar paydo bo‘ladi. Bundan tashqari, yuz terisida yog‘ qancha kam bo‘lsa, havodagi ifloslantiruvchi komponentlar uning ustiga shuncha kam joylashadi. Bu toshmalar va yallig‘lanish xususiyati paydo bo‘lishiga qarshi kurashda juda muhimdir. Ular oddiy emas, balki mitsellyar suv bilan yuvadi. Mitsellyar suvda yuz sohasi yuvilgach, teri taranglashadi. Aynan u fransuz ayollari orasida eng mashhur terini parvarish qilish mahsulotidir. Ushbu vosita bilan yuzlarni tozalash afzal, chunki u nozik terini shikastlamaydi. Dush geli o‘rniga sovundan foydalaniladi. Terini parvarish qilish haqida gapirganda, albatta, dush uchun vositalar e’tiborsiz qoldirilmaydi. Lekin ular iloji boricha terining o‘ziga xos turiga mos kelishi kerak. Bundan tashqari, fransuz ayollarining arsenalida dush geli o‘rniga atir sovunini ko‘rish mumkin. Ulardan tarkibida kamroq stabilizatorlar va terida muammo paydo qiladigan boshqa kimyoviy moddalar yo‘qligi uchun ham foydalaniladi.
77
3,523
Ayollar
Boshni har kuni yuvish kerakmi?
Biz siz bilan har kuni yuvish sochlarga qanday ta’sir qilishi va bosh terisi sog‘lom bo‘lishi uchun bu tadbirni qanday tarzda amalga oshirish to‘g‘risida gaplashib olmoqchimiz. Bizning sochlarimizni va bosh terisini yog‘ bezlari ishlab chiqaradigan sebum himoya qiladi. U bakteriyalarga qarshi to‘siq bo‘lib xizmat qiladi, terini namlaydi va tashqi ta’sirlardan saqlaydi. Agar siz sochlaringizni haddan tashqari tez-tez yuvsangiz, terining himoya qatlamini yo‘qotasiz, bu bilan bakteriyalarga va qazg‘oqqa yo‘l ochgan bo‘lasiz. Shuningdek sochlarning rangi xiralashadi, shampun tarkibidagi moddalar ta’sirida ularning tuzilishi buziladi. Nima, endi boshni umuman yuvmaslik kerakmi? Kir sochlar chiroyli ko‘rinmaydi, yoqimsiz hid chiqaradi. Bu jarayonda bir muvozanatni topish uchun bir nechta mezonlarga qarab yo‘nalishni belgilab olishimiz kerak. Agar sochlaringiz ancha qalin va jingalak bo‘lsa, ular quruq yoki normal xilga kiradi, siz ularni 3—4 kunda bir marta yuvishingiz mumkin. Agar sochlaringiz ingichka bo‘lsa, ular kechga borib kirdek ko‘rinib qoladi, chunki ajralib chiqqan yog‘lar sochlarning ildizidan to uchigacha oson tarqaladi. Bu holat yog‘li sochlarda yuz beradi. Bunday sochlarni kun osha yuving, ikkinchi kun esa quruq shampundan foydalaning. To‘g‘ri, agar siz sport bilan shug‘ullansangiz vaziyat o‘zgaradi. Boshni mashqlardan keyin darrov yuvish yaxshiroq, chunki jismoniy faollik nafaqat yog‘, balki ter bezlari ishini ham tezlashtiradi. Manba: “Whealth.ru”
31
1,482
Ayollar
Tez uxlab qolishning 7 ta ilmiy usuli
Samarali ishlashingiz uchun uyquga to‘yishingiz kerak, lekin agar siz vaqtingizni uxlashga sarflasangiz, unda ishlaringizni bajarishga ulgura olmaysiz – bir qarashda bu muammoning yechimi yo‘qdek ko‘rinadi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, bizning zamondoshlarimiz o‘tgan asrdagilarga qaraganda uyqu uchun bir soat kam vaqt ajratar ekan. Va bu ruhiy va jismoniy salomatlik bilan bog‘liq muammolarning asosiy sababi hisoblanadi. Olimlar bizga biroz bo‘lsa-da ko‘proq uxlashga yordam beruvchi bir necha oddiy usullarni tavsiya qilmoqda. Agar siz miyangizni chiroqning yorug‘ligi yordamida qiynasangiz, u uxlay olmaydi. Ayniqsa unda kunduzgi chiroq norozilik tug‘diradi. Gadjetlarning ekrani – uyqusizlikning haqiqiy omillari. Piksellarning lip-lip o‘tishi va butun kecha davomida undan chiqadigan axborotlar oqimi sizni uyqudan mahrum qiladi yoki hech bo‘lmasa uyquga ketish jarayonini ancha uzaytiradi. Albatta, ertalab ichilgan qahva sizni yarim soatga tetiklashtiradi. Lekin kofein miyadagi melatonin miqdoriga ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun qahva ichish odati uxlay olmaslikning sababiga aylanadi. Takrorlanuvchi harakatlar miyada uyquga ketish odatini shakllantiradi. Shuning uchun bir nechta oddiy harakatlar o‘ylab topish va har kuni uxlash vaqti kelganda ularni amalga oshirish samara beradi. Xonaning salqin, toza havosi va oyoqlarga qo‘yilgan iliq grelka uyqu uchun zarur sharoit yaratadi. Xushbo‘y tuzlar va tinchlantiruvchi ko‘pikli vanna mushaklarni bo‘shashtirishga, ko‘pincha uyqusizlikning sababi hisoblanadigan taranglikdan qutulishga yordam beradi. Uxlash oldidan o‘zingizga kunning omadsiz lahzalari yoki hayotingizdagi barcha mash’um xatolar haqida o‘ylashni taqiqlang. Yaxshisi, kuchukchalar yoki shunga o‘xshash yoqimtoy narsalar haqida o‘ylang. Manba: “Xitrosti jizni”
37
1,790
Ayollar
Noutbukka suv to‘kilganida nima qilish kerak?
Ag‘darib yuborilgan bir piyola suv yoki qahva noutbuk uchun har doim ham hukm bo‘lavermaydi. Tezroq harakat qilsangiz, kompyuterni qutqarib qolishingiz mumkin. Bu maqola agar suyuqlik oz miqdorda bo‘lsa va u bilan bo‘lgan kontakt esa uncha uzoq davom etmagan hollardagina foydali bo‘lishi mumkin. Avvalo quvvatlovchi va kompyuterning simlarini, keyin esa noutbukka ulangan boshqa hamma simlarni rozetkadan sug‘uring. Ichiga tushishi mumkin bo‘lgan suv tashqariga to‘kilishi uchun apparatni klaviaturasini pastga qaratib ag‘daring. Bir vaqtning o‘zida manba tugmachasini ekran o‘chmaguncha bosib turing. Bu moslamani o‘chirishning eng tez usulidir. Hozir saqlanmagan hujjatlar haqida xavotir olishning vaqti emas. Asosiysi — qisqa tutashuvning oldini olish uchun noutbuk ichidagi elektr harakatini to‘xtatish. Noutbukka ulangan hamma tashqi moslamalarni uzing. Fleshkalar, xotira kartalari, USB-modem, hatto batareyani — hammasini olib tashlang! Kompyuterning suv bilan bo‘lgan kontakti natijasida nafaqat uning o‘zi, balki bu juz’iy qismlar ham zarar ko‘rishi mumkin. Endi noutbukni qayta ag‘darmasdan turib, uni to‘liq artib chiqing. Buning uchun paxtali sochiq juda mos keladi: u har qanday suyuqlikni o‘ziga yaxshi singdiradi. Qog‘oz salfetkalardan ham foydalanish mumkin. Klaviaturaga alohida e’tibor qarating: suv klavishlar tagiga oson oqib kiradi. Portlar va sovutish teshikchalarini artishni unutmang. Avval ventilyatorni polga qo‘ying. Keyin uni karton yoki plastik quti bilan yoping, uning ustki va yon devorlaridan shamollatish uchun kattaroq teshiklar oching. Qutini sochiq bilan o‘rang va uning ustiga klaviaturasini pastga qaratib noutbukni qo‘ying. Moslama butunlay qurishi uchun ventilyatorni ikki sutka yoqib qo‘ying. Ehtiyot yuzasidan ventilyatorni uzoq vaqt nazoratsiz qoldirmang. Uni kechasi va uydan chiqayotganingizda o‘chiring. Agar ikki sutkadan keyin noutbukni yoqa olsangiz, muhim ma’lumotlarni fleshkalarga ko‘chirib oling. Gap shundaki, shikastlanish darrov ayon bo‘lmasligi mumkin. Balki suv bilan bo‘lgan kontakt oqibatlari bir necha kundan keyin yoki hatto bir necha haftadan keyin ham namoyon bo‘lishi mumkin. Manba: “Layfxaker”
45
2,161
Ayollar
Kuzga tayyorgarlik: yangi mavsum uchun qanday sumka xarid qilgan yaxshi?
Sumka garderobdagi eng asosiy elementlardan biri hisoblanadi. Uning yordamida istalgan oddiy obrazni o‘ziga xos ko‘rsatishga erishish mumkin. Buning uchun mazkur aksessuarni did bilan, to‘g‘ri va mavsumga moslab tanlash kerak. Kerri Bredshou uslubidagi sumkalar o‘z mashhurligini yo‘qotmaganiga qaramay, aksariyat moda ixlosmandlari kuz faslida kichkina va ixcham modellarni qulay variantlarga almashtirishni afzal biladi. Dizaynerlar esa o‘z navbatida mijozlarining qiziqishlarini inobatga olgan holda qulaylikka urg‘u berishda davom etadi. Kuz-qish kolleksiyalarida XXL o‘lchamidagi sumkalarni ko‘plab uchratish mumkin va shundan kelib chiqib aytish mumkinki, katta hajmli modellar kelayotgan mavsumdagi eng qulay trendlardan biri bo‘ladi. Bunday variantlarni nafaqat sayohatga, balki ofisga ham tutsa bo‘ladi. Ichiga hamma narsani: noutbukdan tortib, bir juft tuflini ham solsa bo‘ladi. Pandemiya vaqtida ko‘pchilik intiqib kutgan va sentabrdan safarga otlanishga oshiqayotganlar uchun esa bu kabi oversize sumka har tomonlama qo‘l keladi. Tanlov borasida yumshoq matolardan tikilgan, to‘qilgan, trendga xos bezak va zanjirlarni o‘zida mujassam qilgan modellarga e’tibor qaratish tavsiya qilinadi. Ofis uchun esa charm matosidan tikilgan klassik variantlar afzalroq. Rangi esa qora bo‘lishi shart emas. Masalan, Prada taqdim qilganidek oq, The Row to‘plamidagi singari tepa qismi yig‘iladigan sumkalardan ilhomlansangiz bo‘ladi. Bunday aksessuarni iloji boricha minimal uslubdagi kostyum-shim yoki sipo bichimdagi ko‘ylak-koftalar bilan moslagan yaxshi.
72
1,565
Ayollar
Zamonaviy o‘rta yoshli ayollar tomonidan eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan xatolar
Ayol kishi oila, farzand, o‘qish, ish va uy yumushlaridan ortib, salomatligi va tashqi ko‘rinishiga e’tibor qaratishi muhim sanaladi. O‘zingizni yaqinlaringiz va oila a’zolaringiz uchun ham asrashingiz, ularga sog‘lom kerak ekanligingizni yoddan chiqarmagan holda, quyidagi tavsiyalarga amal qiling. Sport bilan shug‘ullanmaslik Sport bilan shug‘ullanish nafaqat salomatlik, balki hayot tarzining qanday bo‘lishi bilan ham bog‘liq hisoblanadi. Mashqlarni muntazam bajarish bir qancha kasallik va muammolarning oldini oladi. Shu sabab sport bilan shug‘ullanishni ortga surmaslik tavsiya qilinadi. Garderobni yangilamaslik Shkafni ochib, keraksiz, kiyilmaydigan liboslarni tashlab yuboring. Kerak bo‘lib qolar deb almisoqdan qolgan kiyim-kechaklarni saqlab o‘tirmang. Kiyimlar soni emas, sifatiga e’tibor bering. Liboslar inson kayfiyatiga ta’sir o‘tkazishi mumkinligini unutmang. Yurak faoliyatiga e’tiborsizlik Dunyoda eng ko‘p insonning hayotdan ko‘z yumishiga yurak-qon tomir kasalliklari sababchi bo‘lishini unutmang. Qon bosimingizni, xolesterin miqdori, vazningizni muntazam nazorat qilib turing. Bu orqali siz yurak kasalliklarining ma’lum miqdorda oldini olishga muvaffaq bo‘lgan bo‘lasiz. O‘zingiz haqingizda qayg‘urmaslik Vaqt yetmaydi deb bahona qilishdan oldin behudaga sarflaydigan daqiqalaringiz haqida o‘ylang. Boshqalarni sevib mehr berishdan avval, o‘zingizni yaxshi ko‘rish va hurmat qilishni o‘rganing. Kam uxlash Ish, o‘qish va uy yumushlari bilan ovora bo‘lib uxlashni esdan chiqarib qo‘ymang. Hamma narsaga ulgurgan yaxshi, lekin uyqu hisobiga emas. Kun bo‘yi toliqqan organizm, kechasi to‘yib dam olishi kerakligini inobatga oling. Soch turmagiga e’tiborsizlik Yosh o‘tgani sayin soch to‘kilishi, avvalgidek qalin bo‘lmasligi kuzatiladi. Shu sabab ham yosh va tashqi ko‘rinishingizga mos soch turmagini tanlang. Sochingizga oq oralaganini payqashingiz bilan, rangiga o‘zgartirish kiriting asosiysi esa, parvarishlashni unutmang. Tish shifokoriga bormaslik Tishlarning butun va sog‘lom ekaniga diqqatingizni qarating. Tishlarning sog‘lom bo‘lmasligi nafaqat og‘iz bo‘shlig‘i, balki ichak hazm tizimi hamda boshqa kasalliklarga ham olib kelishi mumkin. Tishlarning kariyesga uchrashi infeksion kasalliklarga ochiq eshik bo‘lish bilan birga og‘iz hidlanishiga ham sabab bo‘ladi.
75
2,298
Ayollar
Shishlar sababi va ularni davolash usullari
Yuzimiz yoki oyoqlarimizdagi shishlarga quyidagilar sabab bo‘lishi mumkin: 1. Uyqu oldidan choy ichish va ovqatlanish. 2. To‘yib uxlamaslik. 3. Sho‘r va achchiq yeguliklarni ko‘p iste’mol qilish. Shishlarni uy sharoitida davolashning bir nechta usullari bor. Kartoshkali kompress Kartoshkani tozalab qirg‘ichda maydalaymiz va 30 daqiqa davomida yuzimizga surib qo‘yamiz. Petrushka ko‘kati Petrushka ko‘kati ham xuddi kartoshka kabi maydalanadi va suriladi. O‘tli qaynatma Har xil o‘tlar to‘plamidan tayyorlangan qaynatma organizmda to‘planib qolgan ortiqcha suyuqlikni chiqarib yuborishga yordam beradi.
43
604
Ayollar
Istalgan makiyajning omadsiz chiqishiga sabab bo‘luvchi 7 xato
Bo‘yanishni juda yaxshi bilganingiz va barcha layfxaklarga amal qilgan taqdiringizda ham makiyajingiz ko‘ngildek chiqmasligiga siz e’tibor bermayotgan jihatlar sabab bo‘lishi mumkin. Qoshlarni haddan ortiq to‘q bo‘yash Tabiiy qalin qoshlar urfda ekani rost, lekin ko‘pchilik trendda bo‘laman deb qoshlarni qalin va to‘q bo‘yab kulgili ko‘rinishga ega bo‘ladi. Shu sabab ham me’yorni bilish makiyaj qilganda oshirib yubormaslik kerak. Surkalgan podvodka Podvodka surtilganidan 2-3 soat o‘tib yuqori qovoqqa chaplanishi tartibsiz ko‘rinishga sabab bo‘ladi. Bunday holat ayniqsa terisi yog‘li ayollar suyuq podvodkadan foydalanganda kuzatilishi mumkin. Vaqtida payqash va e’tibor berish va darhol tartibga keltirish zarur. Bu holat qayta takrorlanmasligi uchun podvodkadan avval qovoqlarga quruq ten surtish kerak. Och pomada va to‘q rumyana Hech nima makiyajni bir-birga to‘g‘ri kelmaydigan ranglardan foydalanishchalik buzmaydi. Eng ko‘p tarqalgan xatolardan biri lab bo‘yog‘ining och ranglisi va rumyanani to‘q rangi yoki aksincha makiyaj qilish hisoblanadi. Aynan shu sabab ham bo‘yoqlarning bir-biriga mos bo‘lishiga e’tibor qiling. Konsilyerdan ortiqcha foydalanish Ko‘pchilik ko‘z ostidagi “halqa”larni yashirish uchun konsilyerdan haddan ortiq foydalanadi. Yuz rangidan yaqqol ajralib qolishi esa sizni maftunkor ko‘rsatmasligi aniq. Me’yorni biling va konsilyerdan nomiga foydalaning. Pastki kipriklarga haddan ortiq tush surtish Pastki kipriklarga tush surtish ko‘zlarni shahlo va katta ko‘rsatadi. Ammo tushni tepa kipriklarga surtganchalik miqdorda surtmaslik kerak, aks holda charchagandek ko‘rinishga ega bo‘lganingiz yetmagandek kun davomida ortiqcha tush surkalib sizni tartibsiz ko‘rinishingizga sababchi bo‘ladi. Noto‘g‘ri tanlangan tonal krem Tonal kremning noto‘g‘ri tanlanishi yoki yuzga yaxshilab singdirilmasligi makiyajning omadsiz chiqishiga sabab bo‘ladi. Shu sabab ham teri rangiga mos, sifatli vositani tanlab, uni maxsus cho‘tka bilan obdon singdirishga harakat qiling. Upadan haddan ortiq foydalanish Upadan ko‘p miqdorda foydalanish yuzga un surtib olgandek ko‘rinishga sabab bo‘ladi. Shuning uchun uni nomiga surtish va ortiqchasini olib tashlash uchun esa quruq salfetkadan foydalanish kerak. Yanada yaxshi turishi uchun esa makiyaj spreyini sepish tavsiya qilinadi.
62
2,300
Ayollar
Yog‘li sochlar uzoqroq toza ko‘rinishi uchun nimadan voz kechish kerak?
Yog‘li sochlar muammosi juda oddiy hal qilinadi va buning uchun endi kuniga ikki marta ularni yuvish shart emas. “Noviy ochag” nashri taqdim etgan maslahatlar istalgan vaqtda va istalgan joyda chiroyli ko‘rinishga yordam beradi. Sulfatsiz shampundan foydalaning Yog‘li soch egalari vaqti-vaqti bilan o‘zlarining go‘zallik tartibiga bunday g‘amxo‘rlikni kiritishi kerak, shunda bosh terisi holati o‘zgaradi va kamroq yog‘ ishlab chiqara boshlaydi. Bozorda bunday mahsulotlar unchalik ko‘p emas — aksariyat hollarda qadoqlashda mahsulotda sulfat mavjud emasligi yoziladi. Sochni sirka bilan yuving Balzam yoki niqobni qo‘llagandan so‘ng sochlarni maxsus sirka bilan yuvish tavsiya etiladi. Bu bosh terisining tabiiy pH qiymatini tiklashga yordam beradi. Bundan tashqari, sirka nafaqat sochlarning yog‘lanishini kamaytiradi, balki unga yumshoqlik va jilo beradi. Quruq shampundan foydalaning Agar soch har kuni yuvilsa, bundan voz kechishga harakat qilish kerak. Bu teskari tuyilishi mumkin, lekin soch qanchalik kam yuvilsa, shuncha yaxshi natijaga erishiladi. Teri qurib ketmasligi, soch siyraklashmasligi va to‘kilmasligi uchun teri sekretsiyasi kerak. Soch tez-tez yuvilsa, u tabiiy himoyadan mahrum qilinadi va ko‘proq yog‘ ishlab chiqaradi. Bunday holat yuzaga kelmasligi uchun quruq shampundan foydalanish tavsiya etiladi. Silliq turmakdan foydalanmang Soch uchun mo‘ljallangan dazmolni bir chetga qo‘ying. Silliq sochlarda teri yog‘i butun uzunlik bo‘ylab tez tarqaladi. Jingalak sochlarda tolalar uzoqroq vaqt davomida toza ko‘rinishda turadi, shuning uchun tabiiy jingalak sochlar ko‘pincha yog‘lanmaydi.
71
1,612
Ayollar
Bilib qo‘ygan yaxshi! Yuz terisini parvarish qilish haqida 10 ta fakt
Yuz terisi hamisha parvarishga muhtoj. Ammo uni har kim ham to‘g‘ri amalga oshiravermaydi. Quyida esa yuz terisi bo‘yicha bir necha fakt keltirilgan. Mazkur ko‘rsatmalar qo‘llana boshlansa, teri yaxshi natijaga erisha boshlaydi. Namlantiruvchi vositalardan foydalaning Agar yuz terisidagi asosiy muammo nimada ekanligi noma’lum bo‘lsa, oziqlantiruvchi, tiklovchi, vitamin va yumshatuvchi niqoblardan foydalanib ko‘rish tavsiya etiladi. Shuningdek, sifatli namlantiruvchi kosmetik vositalarni ham qo‘llash zarur. Birinchidan, terini ortiqcha namlash mumkin emas. Ikkinchidan, agar teri yetarlicha namlanmagan bo‘lsa, boshqa foydali tarkibiy qismlar unga mos kelmaydi. Uchinchidan, ehtimol teridagi muammolar aynan namlik yetishmasligi bilan bog‘liq bo‘lishi ham mumkin. Bug‘lash jarayonini amalga oshiring Foydali niqobni bug‘langan teriga surtish yaxshi natija beradi. Maxsus bug‘lovchi qurilma mavjud bo‘lmasa, uy sharoitida ham buni amalga oshirish mumkin. Buning uchun idishga issiq suv quyiladi va atrofi sochiq bilan o‘ralib, yuz bug‘ga tutiladi. Ushbu jarayon 2—3 daqiqadan oshmasligini unutmaslik zarur. Natijada yuzdagi bo‘yoqlar tubigacha yuvilib, teri mukammal tozalanadi. Tejamkorlik qilmang Odatda ko‘p ayollar niqobdan foydalanganda bo‘yin va yelka sohasini unutib qo‘yadi yoki niqobni tejashga urinadi. Aslida ushbu ikki sohaga ham xuddi yuznikidek parvarish zarur. Chunki bo‘yin haqiqiy yoshni yuzga nisbatan aniq namoyon qiladi. Yuz terisini o‘rganing Yuz terisini parvarishlashdan avval uni yaxshilab o‘rganish yoki kosmetolog huzuriga borish zarur. Sababi yuz terisi bir xil bo‘lmasligi va birdaniga turli xil parvarish vositalarini talab qilishi mumkin. Buning uchun arzon yoki sifatsiz mahsulotlardan qochish va har bir hudud uchun mos keladigan vositadan foydalanish kerak. Yuz terisi qurishiga yo‘l qo‘ymang Loyga asoslangan niqoblardan foydalanishda o‘ta ehtiyotkor bo‘lish zarur. Niqobning ustki qismi qurib qolmasidan avval yuvib tashlash tavsiya etiladi. Aks holda niqob teridan namlikni tortib oladi. Vaqtni inobatga oling Salonlarda professional kosmetolog yoki dermatolog tomonidan ishlab chiqarilganlaridan tashqari bitta niqob 20 daqiqadan ko‘proq vaqt davomida terida turmasligi kerak. Optimal ta’sir qilish vaqti 10—15 daqiqani tashkil etadi. Niqobni olishda ehtiyot bo‘ling Niqobdan foydalangandan so‘ng yuzada qolgan ortiqcha narsalarni qo‘l bilan olib tashlash kifoya qilmaydi. Eng yaxshisi, mitsel suvi yoki tonik bilan yuvish zarur. So‘ngra terini odatdagidek parvarish qilish tavsiya etiladi. Yordamchi variantlarni tanlang Muntazam parvarish qilish uchun va ma’lum bir muammoni tezda hal qilish uchun mo‘ljallangan bir martalik niqoblar mavjud. Ikkisi ham yuz terisi uchun foydali bo‘lib, terini tarang va yorqin ko‘rinish bilan ta’minlaydi. Niqoblarni sivorotka (zardob) bilan birga qo‘llamang Niqob va sivorotka juda faol va o‘tkir tarkibiy qismlardan iborat. Ikkala vositadan bir vaqtda foydalanish — ulardan birini behuda sarflash bilan bir xil. Kosmetik vositalarni tekshirib ko‘ring Agar kosmetikaga allergik reaksiya bo‘lsa, uni butun yuzga surishdan oldin niqobni tekshirib ko‘rgan ma’qul. Avval u tirsak sohasiga suriladi va 10—15 daqiqa ushlab turiladi. So‘ngra kun davomida terining holati kuzatiladi.
69
3,253
Ayollar
Kuzning yangi atirlari bilan tanishing
Kuz – o‘zgarishlar fasli. Ishda, oilada, ijodda... Agar odatiy hayotingizga bir oz o‘zgartirish kiritmoqchi bo‘lsangiz, yangi iforli atir tanlab ko‘ring. Ayniqsa, bu mavsumda yangi va o‘zgacha hidli atirlar paydo bo‘ldi. Keling, ular ichida eng ajoyiblari to‘g‘risida gaplashamiz. Agar siz, Christian Louboutin’ni faqat qizil tagcharmli oyoq kiyim muallifi deb o‘ylasangiz, adashasiz. Sentabr oyi boshlarida, bu dizayner, Louboutin rasmiy sayti orqali buyurtma berish mumkin bo‘lgan, uch xil turdagi xushbo‘y hidlarni chiqardi. Atir idishi dizayni qulf teshigi shaklida yaratilgan. Acqua di Parma Note di Colonia – yana bir uchlik: brendning 100 yilligiga, italyan operasiga va Parma uylari vataniga bag‘ishlab chiqarilgan yangi xushbo‘y iforlar. Yengil sitrusli hid, bergamot hidli, marsipan va jasmin tonli muhtasham hidli iforlar – yuksak san’atni astoydil qadrlovchilar uchun yaratilgan xushbo‘y hidli atirlar. Agar siz nozik hidli atirlarni xush ko‘rsangiz, Bvlgari markasining mashhur parfyumeri Alberto Morilyas tomonidan taqdim qilingan, anor va jasmin hidli, Rose Goldea parfyumi didingizga mos tushadi degan umiddamiz.
38
1,131
Ayollar
Qanday qilib ko‘zoynaklardan uzoq va to‘g‘ri foydalanish mumkin?
Kontakt linzalari va ko‘rishni tiklash bo‘yicha operatsiyalar anchadan beri mavjud, ammo dunyo aholisining 20 foizi ​​ko‘zoynakdan foydalanadi. Doimiy ko‘zoynak taqish va uni noto‘g‘ri saqlash ular yuzasiga chang zarralari, oqsil qatlamlari va chiziq tushishiga olib keladi. Quyida ko‘zoynaklardan uzoqroq foydalanish uchun ularni qanday saqlash kerakligi haqida ma’lumot berilgan. Quyidagi barcha fikrlar quyoshdan saqlaydigan ko‘zoynaklarga ham tegishli Qanday saqlash kerak?
64
479
Ayollar
Hamkasblarga Yangi yil bayramida nima sovg‘a qilsa bo‘ladi?
Istalgan odam kayfiyatini ko‘tarish bilan birga ortiqcha mablag‘ talab qilinmaydigan buyumlar haqida ma’lumot berib o‘tamiz. Smartfon tutqich Telefon yoki planshetni joylab qo‘yish mumkin bo‘lgan maxsus qurilmalar gadjetdan foydalanadigan har qanday odam uchun eng yaxshi sovg‘a. Kuchli magnit va maxsus fiksator gadjetni mahkam turishini kafolatlaydi. Undan nafaqat ofis, balki mashina va uyda ham foydalansa bo‘ladi. Avtomobil uchun organayzer Avtomobil organayzerlari orqa o‘rindiq yoki “bardachok”ni qalashib yotgan buyumlardan bo‘shatishga yordam beradi. Ruchka, butilka, smartfon, namlantirilgan salfetka umuman mashinada kerak bo‘ladigan narsalarni solish mumkin bo‘lgan ko‘p cho‘ntakli organayzerlar istalgan haydovchi uchun kerakli ekaniga shubha yo‘q. Uning bir nechta: o‘rindiq orqasiga mahkamlanadigan, avtomobil yukxonasiga joylanadigan turi bor. Bu hammaga kerak bo‘ladigan, lekin ko‘pincha odamning o‘zi xarid qilmaydigan sovg‘a bo‘ladi. Fonar (shishali chiroq) Teleskopik fonar foydalanish oson va hamma uchun birdek kerakli buyum ekani bilan o‘ziga xosdir. Undagi magnitli qism boshqa yo‘qolib qolishi mumkin bo‘lgan metall boltlarni tirkab qo‘yish imkonini beradi. Cho‘ntak fonari hamisha yonda olib yurish uchun qulay. Qora bloknot va oq ruchka Hamkasbingizga bermoqchi bo‘lgan kanselyariya buyumlari qimmat bo‘lmasa ham original va chiroyli bo‘lishi kerak. Muqovasi kitobnikiga o‘xshash, varoqlari qora bloknot bu borada ayni muddao sanaladi. Bunday original bloknotda yozish oddiysiga nisbatan ancha qulayroq ekanidan tashqari, ijodkorona yondashishga ham yordam beradi. Ammo bunday sovg‘aning yonida, albatta, oq gelli ruchka bo‘lishi kerak. Shuning singari vintaj uslubida bezatilgan charm muqovali variantlar ham sovg‘a uchun ayni muddao.  Telefon quvvatlagichning noodatiysi Noodatiy ko‘rinishdagi, o‘ziga xos shaklga ega yoki bezatilgan telefon quvvatlagichlar ham yoqimli ham kerakli sovg‘a bo‘ladi. Ko‘rinishi sabab kishining kayfiyati ko‘tarilsa, eng kerak vaqt telefon quvvatsiz qolib ketganda yaxshi yordam beradi. Noan’anaviy yostiq Qulay va noodatiy buyumlarni yaxshi ko‘radigan hamkasbingizga qiziqarli bezatilgan yostiqdan yaxshisi yo‘q. Uyiga qo‘yib qo‘ygan hamkasbingiz har safar uni ko‘rganida sizni eslashi va kayfiyati ko‘tarilishi mumkin Krujka Krujka sovg‘a qilmoqchi bo‘lganlarga ham original variantlar masalan, ichida solingan choy yoki qahvani avtomat ravishda aralashtirib beradiganlariga e’tibor qaratish tavsiya qilinadi. Hamkasblarning umumiy fotosi tushirilgan krujka esa hamisha yoqimli xotiralarni eslatib turadi. Stolga qo‘yiladigan soat Soatni ham noodatiysi masalan, mitti-ventilyatorli variantiga e’tibor qarating. Kompyuterning USB-portiga ulanadigan soat siferblatida raqamlar yonib ko‘zga tashlanadi. Bunday buyum, ayniqsa qorong‘ida o‘ziga xos ko‘rinadi. Stol lampasi Kechasi kompyuterda ishlashi kerak bo‘lganlar uchun stol lampasidan foydalanish juda ham qulay. Ulardan ayrimlari hatto maxsus o‘qish uchun mo‘ljallangan. Uni kitob muqovasiga qistirib qo‘ysa ham bo‘ladi. Shuningdek, ko‘rinishi sabab yaxshi kayfiyat ulashadigan modellar ham yo‘q emas.
59
3,123
Ayollar
Sochlarni keratin bilan tekislash zararlimi?
So‘nggi paytlarda sochlarni keratin bilan tekislash haqida ko‘p gapirilmoqda. Xo‘sh, keratinlash nima va u zararli emasmi? Bizning soch va tirnoqlarimiz tarkibida ko‘p miqdorda keratin moddasi (soch, pat va shoxda bo‘ladigan, oltingugurt moddasiga boy oqsil modda) mavjud. Sochlarimiz har xil tashqi ta’sirlar natijasida quruqlashib, rangsiz va mo‘rt bo‘lib qoladi. Keratinlashda ishlatiladigan vositalar yetishmagan moddalarni to‘ldirib, sochlarni chiroyli va sog‘lom qiladi. Keratinlangan sochlar oson taraladi va tez ukladka qilinadi. Shu bilan birgalikda, keratinlashning bir qancha kamchiliklari ham bor. Shifokorlarning ta’kidlashicha, keratinlash vositalari tarkibida, onkologik kasalliklarni qo‘zg‘atuvchi, kanserogenlar guruhiga kiruvchi – formaldegid moddasi mavjud. Bundan tashqari, bu modda inson organizmiga tushsa, ko‘rish qobiliyatini pasaytiradi va nafas olish organlari kasalliklarini keltirib chiqaradi. Keratinlash vositasining narxi baland bo‘lganligi sababli, sochlaringizni keratinlash sizga juda qimmatga tushadi – bu keratinlashning kamchiliklaridan yana biri deyish mumkin. Quruq, mo‘rt va rangsiz sochlaringizni keratinlaysizmi yoki shu ahvolda qoldirasizmi – to‘g‘ri qaror qilish o‘zingizga havola. Asosiysi, natijasi sizga yaxshi kayfiyat bag‘ishlasa bas!
44
1,284
Ayollar
Samarali sport mashqlarining siri
Bizning maslahatlarimiz sizga mukammal qomatga ega bo‘lishingizda yordam beradi. Florida universitetida o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, bir oyda ikki marta sport rejimini o‘zgartirgan kishilarning mashqlarga qiziqishi ortgani va yaxshi natijalarga erishgani ma’lum bo‘lgan. Olimlarning aytishicha, nonushta payti emas, mashqlardan keyin ovqatlanish muhim hisoblanar ekan. Mashqlarni bajarishda musiqa eshitishga yoki o‘y surishga chalg‘ish samaradorlikni pasaytiradi. Siz har bir harakatni, har bir mushaklar qisqarishini his qilishingiz va qanchalik kuchga to‘layotganingizni ko‘z oldingizga keltirishingiz zarur. Mashqlar muvaffaqiyatining siri — mumkin bo‘lganidan ham ko‘proq kuchni ishga solish. Turnikda tortila olmasangiz ham, tik holatda osilib turishning o‘zi son va bel mushaklarini ishlashga majbur qiladi. Manba: Men’s Health
33
839