folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Ayollar | Ayollarga shpargalka: Kipriklarni uzun va qalin ko‘rsatadigan tushlar (foto) | Obraz va makiyajni o‘zgartirishning eng oson va samara beradigan usuli yangi tushdan foydalanib ko‘rish hisoblanadi.
Maybelline New York, The Classic Volum’ Express Mascara
Dunyodagi eng birinchi tush 1913-yilda Maybelline New York tomonidan taqdim qilingan. Shundan buyon ushbu brend tomonidan bir necha turdagi tush modellari ishlab chiqarilgan. Masalan, The Classic Volum’ Express Mascara linza taqadigan qizlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ko‘zga kirmasligi bilan o‘ziga xos. Qalin qilib ko‘rsatmagani bilan mazkur tush kipriklarni uzun ko‘rinishiga sabab bo‘ladi.
Essence, I Love Extreme Volume Mascara Waterproof
Har bir ayol kosmetik vositalari orasida ikki xil: oddiy va suvga chidamli tush bo‘lishi kerak. Bu borada esa I Love Extreme Volume Mascara Waterproof ayni muddao. Suyuq holdagi mazkur tush uzoq vaqtga yetishi aniq. Kamchiligi esa birinchi martada mitselyar suv bilan ham ketishi mushkul bo‘ladi.
Catrice, Glam&Doll Volume Mascara
Kipriklaringiz qo‘g‘irchoqnikiga o‘xshab turishini xohlaydigan bo‘lsangiz, unda bir necha qatlam qilib surtsa bo‘ladigan variantga e’tibor qarating. Iloji boricha cho‘tkasi silikondan bo‘lgan, tartib va ingichka qilib suriladigan tushga e’tibor qaratgan yaxshi. Catrice tomonidan taqdim qilingan Glam&Doll Volume Mascara tushi esa bu boradagi barcha talabga javob beradi.
Eva Mosaic, Fantasy Mascara
Kipriklari uzun ammo tabiiy ko‘rinishini istovchilar uchun Fantasy Mascara tushlariga e’tibor qaratish tavsiya qilinadi.
Wet n Wild, Mega Protein Mascara
Mega Protein Mascara tarkibida kipriklarni qayta tiklaydigan o‘simlik oqsillari mavjud bo‘ladi. Kipriklar ingichka va tez to‘kiladigan bo‘lsa ularni avvalambor ichki tomondan oziqlantirish kerak albatta, Mega Protein Mascara esa tashqi tomondan parvarish qilish uchun yaxshi samara beradi.
Max Factor, False Lash Effect Epic Mascara
Ko‘z burchagidagi kipriklarni yaxshiroq qayirish va bo‘yash uchun maxsus cho‘tkaga ega bo‘lgan mazkur tushni surtgandan keyin ko‘zlar har doimgidan ham shahlo ko‘rinadi. Cho‘tkasida tush qoldig‘i ko‘p to‘planishini aytmaganda ushbu tush modeli sizga tavsiya qilinadigan eng yaxshi variantlardan biri.
Rimmel, Wonderfull Mascara With Argan Oil
Organik yog‘ kipriklarni mustahkamlaydi, oziqlantiradi va o‘sishini jadallashtiradi. Wonderfull Mascara tarkibida ushbu yog‘ mujassam bo‘lgani sabab esa undan foydalangandan keyin ijobiy o‘zgarish sezila boshlaydi. | 76 | 2,402 |
Ayollar | Qanday qilib murakkab kiyimlarni qiynalmasdan dazmollash mumkin? | Biz siz uchun murakkab bichimdagi buyumlarni qiynalmasdan dazmollash haqida bir necha maslahatlarni to‘pladik.
Yaxshi dazmollanishi uchun ko‘ylak quruq bo‘lmasligi kerak. Dazmol qilishdan oldin unga purkagich yordamida suv seping.
Dazmollashni ko‘ylakning yoqasidan boshlang. Keyingi bosqich — manjetlar. Keyin yenglarga o‘tishingiz mumkin. Ularda buklangan chiziq hosil bo‘lmasligi uchun dazmolni faqat yengning o‘rtasidan yurg‘izing.
Oxirida ko‘ylakning etaklari va orqasi dazmollanadi.
Shimning teskarisini ag‘daring, choklarini va cho‘ntaklarini dazmollang. Keyingi harakatlar o‘ng tomonida bajariladi. Shim tekis dazmollanishi uchun ho‘l dokadan foydalaning.
Shimning bir pochasini taxta ustiga qo‘ying, dokani yoping va pastdan yuqoriga tomon dazmollang.
Keyin shimning yuqori qismi bilan shug‘ullaning. Qulay bo‘lishi uchun uni taxtaning yumaloq tomoniga tortib kiydirishingiz mumkin.
Oxirgi bosqich — taxlarini dazmollash. Pochalarning yon choklarini birlashtiring va ehtiyotlik bilan doka yordamida shimning buklangan joylarini dazmol qiling.
Choklari va qismlari ko‘p bo‘lgani uchun pidjakni doka orqali dazmollaganingiz ma’qul. Boshida yenglarini dazmollang, keyin esa yelkalariga o‘ting. Ishni osonlashtirish uchun mahkam qilib o‘ralgan sochiqdan foydalanishingiz mumkin. Buklanib qolgan joyini dazmollash uchun uni yengning ichiga qo‘ying.
Yelkasi va etaklari o‘ng tomonidan doka orqali dazmol qilinadi. Oxirida yoqalarini dazmollang. Oson bo‘lishi uchun dazmollash jarayonida gazlamani qo‘lingiz bilan biroz torting.
Trikotaj buyumlarga quritish jarayonidan boshlab e’tibor berish lozim. Bunday matodan qilingan buyumlarni yaxshisi yotiq yuzalarga yoyib quritgan ma’qul: shunda balki, ularni dazmollash ham kerak bo‘lmaydi.
Agar trikotaj buyumni baribir dazmollash kerak bo‘lsa, buyumni biroz ho‘llang va ehtiyotlik bilan bug‘lang. Dazmolni qattiq bosish shart emas, buyumning har bir qismiga dazmolning tagini bir necha soniya qo‘yib turishning o‘zi kifoya qiladi.
Manba: “Woman.ru” | 64 | 1,998 |
Ayollar | iPhone naushniklarini uy sharoitida qanday tozalash mumkin? | Eshitish vositalarini tozalash masalasi estetik jihatdan tashqari, ovoz sifati va balandligi kabi muhim omillarni ham o‘z ichiga oladi. Vaqt o‘tishi bilan chang va quloq kiri dinamika yo‘lini to‘sib qo‘yadi, bu ularning sifatli ishlashiga ta’sir qiladi.
iPhone naushniklarini tozalash uchun:
iPhone naushniklarini tozalashdan oldin bilish kerak bo‘lgan asosiy qoidalar:
AirPods naushniklarini qanday tozalash kerak?
AirPods’ni tozalashdan oldin matoni suv bilan namlab, yaxshilab siqib oling. Ichiga suv kirmasligi uchun minigarnituralarning iflos joylarini astalik bilan arting.
AirPods dinamikasi va mikrofon to‘rini tozalash uchun quruq paxtali cho‘pdan, chetlarini tozalash uchun esa yog‘och tish kovlagichdan foydalaning. Asosiysi, to‘r ichiga kirib ketmasligi uchun juda qattiq bosmang.
Vaqt o‘tgani sayin naushnik idishi ham ifloslanadi. Plastik keysning chetlarini tozalash uchun tish kovlagichdan foydalaning, naushnik turadigan qismini esa paxtali cho‘pda ehtiyotkorlik bilan tozalang. Eng oxirida keys yuzasini spirt shimdirilgan mato yoki antibakterial salfetka bilan arting.
Agar keysning Lightning qismi kirlangan bo‘lsa, uni kichikroq cho‘tka bilan tozalang.
iPhone naushniklarini quloq oltingugurtidan qanday tozalash mumkin?
Quloq oltingugurti — bu eshitish naychasini namlaydigan va uni bakteriya va zamburug‘lardan himoya qiladigan suyuqlikdir. Bir kishi oyiga 20 milligrammgacha quloq oltingugurtini ishlab chiqarishi mumkin, shu bois kunning ko‘p qismini naushnikda o‘tkazadiganlar uchun moslama to‘rpardasida tiqilib qolgan quloq oltingugurti ovoz va eshitishning asosiy muammosi hisoblanadi.
Oltingugurtni tozalash uchun paxta diski, paxtali cho‘p va vodorod peroksid kerak bo‘ladi.
Buning uchun:
AirPods Max quloq pardalarini qanday tozalash kerak?
AirPods Max’ning quloqchinlari va tasmasini tozalash uchun suv solingan idishga bir necha millilitr idish yuvish vositasi yoki suyuq sovun quying va eritmani aralashtiring.
Naushnik quloqchalaridagi to‘rni yechib oling. Tuksiz matoni aralashmaga botirib, yaxshilab siqib oling va quloq pardalarini arting. Keyin matoni oddiy suv bilan namlang, yaxshilab siqib, sovunli eritmani artib tashlang. Jarayon so‘ngida quruq mato bilan artib oling va ularni joyiga o‘rnating.
EarPods’larni qanday tozalash kerak?
Simli EarPods’ni tozalash uchun spirt bilan namlangan mato yoki dezinfeksiyalovchi salfetka yordamida simni ikki barmoq bilan ushlab, nam mato bilan arting. EarPods naushniklarini tozalash ko‘rsatmalari birinchi va ikkinchi avlod AirPods’lari bilan bir xil.
20 yildan buyon Apple naushniklari o‘z mashhurligini yo‘qotmay kelmoqda. EarBuds’ning birinchi taqdimotidan beri quloqchinlar dizayni, imkoniyatlari va ovoz sifati bo‘yicha turli o‘zgarishlarga uchradi.
Ammo faqat bitta narsa o‘zgarishsiz qoldi — bu qurilmalar hali ham vaqti-vaqti bilan tozalashga muhtoj ekanligi. O‘zini hurmat qiladigan har bir musiqa ixlosmandi aksessuarlarga zarar yetkazmaslik uchun naushniklarni qanday tozalashni va ushbu jarayonni to‘g‘ri bajarishni bilishi lozim. | 59 | 3,035 |
Ayollar | Bola psixikasining buzilishiga sabab bo‘ladigan o‘yinchoqlar | O‘yinchoqlar bola tasavvurining shakllanishi, uni fikrlashga undashi uchun muhim sanaladi. Lekin ayrimlari bolaning ruhiy holatiga ta’sir qilib, atrofidagi olam haqida noto‘g‘ri tushunchaga ega bo‘lishi va hatto zo‘ravon bo‘lib qolishiga ham sababchi bo‘ladi.
Transformerlar/maxluqlar va agressiv qahramonlar
Bunday o‘yinchoqlar bolada (ayniqsa, haddan ortiq faol bo‘lsa) agressivlikni uyg‘otadi, vazmin bolalar esa o‘z qobig‘iga o‘ralib olishi mumkin. O‘yinchoq nafaqat bolaning o‘zini tutishi o‘zgarishiga, balki tunda qo‘rqinchli tushlar ko‘rishiga ham olib keladi.
Interaktiv o‘rgatish xususiyatiga ega bo‘lgan o‘yinchoqlar
Istalgan do‘konda topish mumkin bo‘lgan, birgina tugma bosilganda harflarni aytib berishi, qo‘shiq kuylashi va raqamlar ketma-ketligida sanashi mumkin bo‘lgan gadjetlar psixologlarning fikricha bolaning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Bunday aqlli o‘yinchoqlar bolani fantaziya qilishi va mustaqil o‘ylashiga qo‘yib bermaydi. Rangining haddan ortiq yorqinligi sabab esa stress keltirib chiqarishi ham mumkin.
Tabiiy shakl, rang va hajmda bo‘lmagan o‘yinchoqlar
O‘yinchoq mavjud qonuniyatlar asosida, tabiiy rang va ko‘rinishi masalan, ayiq jigarrang boshqa hayvonlar ham o‘z shakli va rangidek bo‘lishi kerak. Klassik psixologiya noodatiy qahramonlar bola psixikasi uchun zararli deb hisoblaydi. Ayniqsa, maktabgacha bo‘lgan davrda bolada dunyo haqida tasavvur shakllanadi va ko‘rgan har qanday predmet xotirada uzoq vaqt saqlanib qoladi. Bu degani bola kichikligidan ayiq qo‘ng‘ir rangda, dazmol issiq, bolg‘a esa og‘ir bo‘lishini tushunishi kerak. Yumshoq, puflanadigan bolg‘a singari o‘yinchoqlar esa tasavvurning to‘g‘ri shakllanmasligiga olib keladi. Bu, ayniqsa, fantaziya va nutqni rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Qo‘g‘irchoqlar
Barbi qo‘g‘irchoqlari bolalar o‘yinchoqlari orasida doim mashhur bo‘lgan. Bugungi kunda L.O.L va boshqa qo‘g‘irchoq analoglari ham yo‘q emas. Ammo tuzilishi jihatidan oshirib yuborilgan qo‘g‘irchoq turlari qizlarning kelajakda o‘zidan kamchilik qidirishi, onalikka nisbatan noto‘g‘ri munosabat shakllanishi va boshqa salbiy oqibatlarga olib keladi. Britaniyalik olimlar bolaligida barbi qo‘g‘irchoqlarini o‘ynagan qizlar o‘smirlik davrida psixologik o‘zgarishlar bilan namoyon bo‘ladigan, ovqat hazm a’zolari kasalliklari, anoreksiya va bulimiya ko‘proq kuzatilishi ma’lum qilingan.
Jarrohlik amaliyotida ishlatadigan to‘plam
Do‘konlarda maniken tanasiga joylanishi kerak bo‘lgan a’zolar yoki jarrohlik amaliyotida ishlatiladigan to‘plamli o‘yinchoqlarni uchratish mumkin. Lekin ular orasida zararlilari ham yo‘q emas. Mutaxassislarning fikricha, anatomiyani ma’lum yoshda kattalar kuzatuvi ostida o‘rganilmasa, psixikaga noto‘g‘ri ta’sir qiladi.
Turli vazifalarni bajaradigan chaqaloq ko‘rinishidagi o‘yinchoqlar
Idishdan sut ichadigan, baland ovozda yig‘laydigan va kuladigan qo‘g‘irchoqlar qizlarga qilinadigan sovg‘alar orasida eng ko‘p uchraydigani sanaladi. Qizlarga ona-bola rolini o‘ynash imkonini beruvchi mazkur o‘yinchoq aslida bolalar fantaziyasini cheklanishi hamda tasavvurning noto‘g‘ri shakllanishiga sababchi bo‘ladi. Negaki u faqatgina vaqti-vaqti bilan yig‘laydi, uning xarxashalari esa bolada psixoz keltirib chiqarishi mumkin.
Buzish kerak bo‘lgan o‘yinchoqlar
Mutaxassislarning fikricha, qurish emas buzishga mo‘ljallangan o‘yinchoqlarni xarid qilmaslik kerak. Chunki bunday antikonstruktorlar bolada zo‘ravonlik qilish istagi paydo bo‘lishiga undashi va buzg‘unchilik qilganidan keyin rohat hissini tuyishiga sabab bo‘lishi mumkin. Biron narsani buzishga o‘rgangan bola o‘yinni hayot bilan qorishtirib qo‘yishi va boshqalarga ham zarar yetkazishi mumkin. | 60 | 3,646 |
Ayollar | Baxtli bo‘lishning 4 yo‘li | Uzluksiz ravishda keyinga surilavergan ishni “besh daqiqalik start” yordamida uddalash mumkin. Siz o‘z-o‘zingizga “men bu ishni boshlayman va aniq 5 daqiqada tamomlayman” deb so‘z bering. Ishni boshlashingiz bilan, miyangiz, tanangiz va ongingiz 5 daqiqada jarayonga kirishib ketadi va sizning o‘zingiz to‘xtashni xohlamay qolasiz. Asosiysi — boshlash.
Kallangizda sizga tinchlik bermayotgan bir necha muammolar aylanib yuribdimi? Ularni qancha ko‘p o‘ylasangiz vaziyat shuncha chuqurlashadi. Bunday holatda eng yaxshisi qog‘ozga sizni nima va nima uchun bezovta qilayotganini va buni qanday to‘g‘rilash kerakligi haqida yozib chiqing. Qog‘ozdagi hamma yechimlarni ko‘rganingizdan keyin faqat oldindan o‘ylangan reja asosida harakat qilish qoladi.
Psixolog S. Lyubomirski o‘tkazgan tajribasida, odatda xayrli ishlar qilmaydigan odamlardan boshqalarga yordam berishni iltimos qildi. Bunday tajribadan keyin unda ishtirok etganlarning hammasi o‘zlarini avvalgidan baxtliroq his qila boshlaganlar.
“Yo‘q” — bu eng og‘ir so‘z bo‘lsa kerak. Biz ko‘pincha “yo‘q” deyishni istasak ham “ha” deymiz. Biz qarshilik qila olmaymiz, chunki o‘zimizni odamlardan qarzdordek his qilamiz.
“Yo‘q” deyishni boshlashda murosaga kelish texnikasidan foydalaning. Masalan, hamkasbingiz ishda yana bir soat qolib unga yordam qilishni so‘raganda, “hozir qololmayman, ikki haftadan keyin vaqtim bo‘ladi” deb aytish o‘rinli bo‘ladi.
Manba: Men’s Health | 26 | 1,426 |
Ayollar | Oq dog‘lar va tirnoqlaringizni lakdan dam oldirishingiz kerakligini anglatuvchi boshqa belgilar | Tirnoqlarning “nafas olishi” kerakligini eshitgan bo‘lsangiz kerak. Aslida bu yolg‘on fikr, chunki barcha kerakli plastinkalar havodan emas, qondan olinadi. Biroq, ba’zi mahsulotlar tirnoqning ustki qismiga zarar yetkazishi mumkin va shuning uchun ularni doimiy ravishda ishlatmaslik kerak.
“Qattiq” laklar, atsetonni tozalash vositalari, ba’zan tirnoqlar haqiqatan ham dam olishga muhtoj. Shuning uchun, salonga qayta borishdan oldin, qo‘llaringiz va tirnoqlaringizning holatini tekshiring. E’tibor berish kerak bo‘lgan ba’zi belgilar mavjud.
Tirnoqlaringiz sarg‘ayadi
“Tirnoqlar zaiflashgani sari, rangi o‘zgarib, sarg‘ayadi”, — deydi o‘zining tirnoq parvarishi bo‘yicha kosmetik brendini yaratgan Emi Lin. Uning so‘zlariga ko‘ra, sarg‘ishlik, laklardan bir muncha vaqt foydalanmaslik kerakligini anglatadi, ayniqsa odatiy — ular ko‘p hollarda juda qattiq kimyoviy moddalar: formaldegid, kofur va toluolni o‘z ichiga oladi.
Manikyurdan keyin darhol manikyur qilasiz
Tirnoqlarni muntazam tozalash ularning salomatligi va kuchining kaliti bo‘lsa ham, salonga doimiy borish plastinkalarni eskirishiga sabab bo‘lishi mumkin, ayniqsa muntazam ravishda tirnoq yopishtirish yoki shellak bilan manikyur qilsangiz, chunki bu jarayonlar jilolash va yelimdan foydalanishni o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga, qoplamalar barcha zararlarni yashiradi va shuning uchun hech bo‘lmaganda tirnoqlar salomatligining holatini baholash va u zarar ko‘rganligi haqida ogohlantiruvchi belgilarni sezish uchun sizga “ochiq” tirnoqlar kerak bo‘ladi.
Uch hafta davomida lakni olib tashlamadingiz
Lin bir xil lakning uch haftadan ko‘proq vaqt tirnoqda turishini tavsiya etmaydi, hatto manikyur salondan chiqqan kuningiz kabi chiroyli ko‘rinsa ham ularni olib tashlagan ma’qul. “Asosiy qoplama yupqalashishi mumkin va tirnoqlarning rangi o‘zgara boshlaydi”, — deydi u.
Tirnoqda chuqurchalar paydo bo‘ladi
Tirnoqlardagi chuqurchalar gel yoki akrilni muntazam olib tashlash natijasida paydo bo‘lishi mumkin, chunki olib tashlash jarayoni odatda tirnoqni qattiq ishqalashni o‘z ichiga oladi, atsetonda uzoq vaqt namlash haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Agar plastinkalarda chuqurchalar paydo bo‘lsa, ularni akril bilan to‘ldirmaslik kerak — tirnoqlarning o‘sishiga ruxsat bergan ma’qul, shunda nuqsoni bor joyni olib tashlashingiz mumkin.
Tirnoqlar mo‘rt bo‘lib qoladi
Mo‘rtlik — bu tirnoqlarga g‘amxo‘rlik qilishning ishonchli belgisi va qurituvchi mahsulotlarni o‘z ichiga olgan mahsulotlardan doimiy foydalanishga qarshi ko‘rsatmalardir. Plastinalarning salomatligi tiklanguncha kuting va shundan keyin salonga boring.
Tirnoqlarda oq dog‘lar paydo bo‘ladi
“Oq dog‘lar ko‘p hollarda minerallar yetishmasligidan dalolat beradi, biroq agar lakni olib tashlaganingizdan so‘ng darhol dog‘larni ko‘rsangiz, plastinkalar suvsizlangan bo‘lishi mumkin”, — deydi tirnoqlarni parvarish qilish vositalarini ishlab chiqaruvchi kompaniya asoschisi Meri Lennon. Bu agressiv laklar va ularni olib tashlash vositalariga reaksiya hisoblanadi. Bundan tashqari, oq dog‘lar akril va shellakdan foydalanganda olingan jismoniy shikastlanishning natijasi bo‘lishi mumkin.
Agar ushbu belgilarning birortasini sezgan bo‘lsangiz, sizning tirnoqlaringiz “tanaffus qilish”ni so‘ramoqda. Bir necha hafta “tanaffus qiling”, shu kunlarda kutikula moyidan foydalaning va siz yumshoq laklar va bir xil turdagi tozalash vositalaridan foydalanayotganingizga e’tibor bering. | 95 | 3,409 |
Ayollar | Sun’iy archa zararlimi? | Odamlar sun’iy archalarni bir nechta sabablarga ko‘ra sotib oladi: yog‘och changiga bo‘lgan allergiya, yig‘ishtirish osonligi, yong‘in xavfsizligi uchun. Lekin haqiqatan ham sun’iy archalar xavfsiz va zararsizmi?
Bu savolga javob berish uchun sun’iy archa nimadan qilinganini aniqlash kerak. Ko‘pincha sun’iy archalar polivinilxlorid (PVX) deb ataluvchi odatdagi sintetik plastikdan yasaladi. Shuningdek ular quvurlar, bolalar o‘yinchoqlari, tibbiy asboblar va avtomashinalarning ichki pardozlarini ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Ko‘pchilik ekspertlarning ta’kidlashicha PVX — issiqlikka chidamli modda bo‘lib, unga qo‘rg‘oshin, qalay va bariy metallari barqarorlashtiruvchi sifatida ishlatilishi mumkin. 2004-yilda o‘tkazilgan tadqiqot natijalaridan sun’iy archalarda yuqori miqdorda qo‘rg‘oshin borligi ma’lum bo‘ldi.
Bundan tashqari, PVX dan chiquvchi, uchar organik moddalar sifatida tanilgan gazlar ko‘z, o‘pka va burun shilliq qavatini bezovta qilishi mumkin.
Ba’zan PVX tarkibiga endokrin tizimini buzish xususiyati bilan mashhur bo‘lgan ftalatlar qo‘shilishi mumkin.
Bu yerda asosiy muammo shundaki, siz sun’iy archangizning aynan nimadan qilinganini hech qachon bilmaysiz. Buning ustiga unga qo‘shilgan moddalarning ba’zilari odam organizmiga ta’siri bo‘yicha laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkazilmagan bo‘lishi ham mumkin.
Lekin bundan o‘zingizni himoya qilishingiz mumkin. PVXdan qilingan buyumlar havo bilan bo‘lgan birinchi kontaktda o‘zidan katta miqdordagi zararli gazlarni chiqaradi, shuning uchun sun’iy archa sotib olganingizdan keyin uni bir necha kun tashqarida shamollating. U ochiq havoda qancha uzoqroq tursa, sizga shuncha kamroq zarar yetkazadi.
Va uni bir umrga saqlamang — PVX eskirishi bilan yana zararli moddalar chiqara boshlaydi. Sun’iy archalarni har 9 yilda bir marta almashtirish lozim.
Manba: ”Zdorovie.com” | 23 | 1,846 |
Ayollar | Oyoq charchoqlarini tezda bartaraf etishning 5 ta samarali usuli (foto) | Jismonan faol bo‘lish oyoqlarda og‘ir noqulayliklarning yuzaga kelishiga olib keladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha har ikkinchi qiz har kuni oyoqlarida charchoq yuzaga kelishidan aziyat chekadi. Bu muammo o‘z vaqtida bartaraf etilmasa, u varikoz tomirlariga aylanishi va bir qator kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Og‘ir kechgan kundan keyin oyoqlaringiz “g‘ichirlasa”, bu ularga g‘amxo‘rlik qilish va o‘z vaqtida dam olish kerakligini anglatadi.
Massaj qilish
Hech narsa klassik massaj kabi oyoqlarning charchoqlarini yengillashtirmaydi. Shu bilan birga, professional ko‘nikmalarga ehtiyoj yo‘q — oyoqlarda og‘irlikni samarali yengishga yordam beradigan bir nechta oddiy massajlarni bilish kifoya.
Massajni to‘pig‘ingizdan boshlang, siz bu orqali miyaga boradigan qon ta’minotini faollashtirgan bo‘lasiz. Stressga qarshi muolajani kechqurun 10-15 daqiqa qilish kifoya va shundan keyin oyoqlaringizda yengillikni his qilasiz. Agar bu massaj jarayonlari kerakli effektni bermasa, massaj bo‘yicha mutaxassisga borishingizga to‘g‘ri keladi va massaj jarayoni barcha efir moylari bilan to‘ldirilishi mumkin.
Kontrastli vannalar
Kontrastli vannalar oyoqlardagi charchoqni olishning eng mashhur usuli. Buning uchun sizga ikkita havza kerak bo‘ladi, unga sovuq va issiq suv quyishingiz kerak. Sovuq suvga bir necha bo‘lak muz qo‘shishingiz mumkin, issiq suv esa taxminan 30 daraja bo‘lishi kerak.
Bunday harorat o‘zgarishi qon aylanishiga foydali ta‘sir ko‘rsatadi va shifobaxsh xususiyatga ega. Agar issiq hammomga dengiz tuzi, xushbo‘y moyni, sovuq hammomga esa o‘tlardan tayyorlangan damlamani quysangiz, bu uy sharoitidagi SPA parvarishiga aylanadi.
Maxsus tayoqchalarda yurish
Maxsus tayoqchalarda yurish oyoqlardagi charchoq uchun juda foydali hisoblanadi. Bundan tashqari maxsus ishlab chiqilgan tayoqchalarda yurish shifobaxsh xususiyatga ega, u oyoqlarning mushaklarini faollashtiradi. Bunday jismoniy faoliyatda turli harakatlar amalga oshiriladi, ya’ni oyoq harakati to‘liq ishtirok etadi: tovondan boshlab barmoqlar bilan tugaydi. Ushbu intensiv, xavfsiz va samarali mashg‘ulot butun tanaga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu mashg‘ulotni o‘zingizga yaqin bo‘lgan bog‘da bajaring va bir soat davomida yuring.
Kosmetika mahsulotlari
Oyoqlardagi noqulaylikni yengillashtiradigan ko‘plab kremlar, gellar, spreylar mavjud. Siz o‘zingizga mos keladigan maxsus kosmetika mahsulotini tanlashingiz kerak: u yoqimsiz hidga ega bo‘lmasligi va muammoni tezda hal qilishi kerak. To‘g‘ri tanlangan komponentlar oyoqlarda yengillik va qulaylikni kuchaytiradi. Asosiysi, to‘g‘ri vositani tavsiya qiladigan mutaxassis bilan maslahatlashingiz kerak. Katta ehtimol bilan shifokor tabiiy ingredientlar va efir moylari, sovituvchi balzamni maslahat beradi.
Turli xil mashqlar
Oyog‘ingizdagi charchoqni his etsangiz orqa tomoningiz bilan yotib, oyoqlaringizni yuqoriga ko‘taring va hammaga ma’lum bo‘lgan “velosiped” mashqini bajaring. Bu charchoqni yo‘qotish, qon aylanishini yaxshilash uchun, hissiy yengillik uchun ham foydalidir. Ushbu mashqni har kuni kuniga 10 daqiqa davomida bajarish mumkin. Bu kelajakda ko‘plab sog‘liq bilan bog‘liq muammolarning oldini oladi, masalan, varikoz tomirlarini yuzaga keltirmaydi. | 71 | 3,218 |
Ayollar | Jazirama kunlarda tonal kremdan voz kechishga yordam beradigan 10 usul | Hatto minimal darajada pardoz qiladigan qizlar arsenalida ham tonal krem bo‘ladi. Biroq jazirama kunlarda ushbu mahsulot bir qancha noqulayliklar keltirib chiqaradi: teri nafas ololmaydi, yuzdagi krem oqadi va teri yaltiraydi. Nima qilsa bo‘ladi? Yechimi oddiy — tonal kremdan voz keching!
Yuz teris ini uy sharoitida tozalash
Toza teri tonal kremni talab qilmaydi. Husnbuzarlar bo‘lmasa ham, yuz terisida qon aylanishi yaxshilanishi uchun doimo yuzingizni tozalab turishingiz kerak. Buning uchun yumshoq skrab va elektr cho‘tkadan haftasiga 2-3 marta foydalaning. Bu terini silliq qilish imkonini beradi, bunday teri bilan esa tonal kremlardan bemalol voz kechishingiz mumkin.
Mineral pudra
Tonal krem o‘rniga pudradan foydalansangiz bo‘ladi. Ammo bunda bir nechta istisno holatlar mavjud. Birinchidan, pudra ko‘pincha makiyajni eski va og‘ir ko‘rinishiga sababchi bo‘ladi. Ikkinchidan, har qanday pudra terisi quruq bo‘lgan qizlarga mos kelavermaydi. Ammo buning iloji bor — namlovchi mineral pudra. U yuzda yetarlicha tabiiy ko‘rinadi, qurib ketmaydi va ajinlar ichiga kirib qolmaydi.
Har doim yoningizda salfetka olib yuring
Agar kun davomida yuzingiz yaltiray boshlasa, yana pudra ishlatishingiz shart emas. Faqat har doim yoningizda nam salfetka bo‘lsin. Issiq kunda vaqti-vaqti bilan yuzingizning T zonasini artib turing.
Haftada bir marta yuzingizga niqob qiling
Tonal krem talab qilmaydigan yana bir usul — tozalovchi niqoblardir. Ayniqsa, loyli yoki faol uglerodli niqob yaxshi samara beradi. Bu teridagi teshiklarni qisqartirishga va teringizni yanada silliq ko‘rinishga keltirishga imkon beradi.
Yuzdagi muammolarni yashiring
Agar terida toshmalar bo‘lsa va ko‘z ostidagi ko‘karishlar sezilib tursa, butun yuzga tonal krem surtish mutlaqo kerak emas. Konsilerni faqat ko‘z ostidagi doiralar va muammolar bor qismiga surting. Bunda yumshoq cho‘tkadan foydalaning, so‘ngra barmoq uchlarida muloyimlik bilan surtib, chegaralarni bilinmas holga keltiring.
Tonikdan foydalaning
Ba’zi qizlar tonikni mutlaqo foydasiz deb hisoblashadi, ammo bu noto‘g‘ri fikr. Har kuni ertalab yuzingizni tonik bilan artsangiz, terining tabiiy muvozanatini tiklashga yordam berasiz.
C vitamini iching
C vitamini pigmentatsiyadan xalos bo‘lishga imkon beradi — askorbin kislotadan muntazam foydalanish natijasida teri rangi yanada tekis bo‘ladi!
Gelli kremlardan foydalaning
Suvga asoslangan gelli krem — pardoz uchun hamma narsa. Makiyajni boshlashdan oldin (tonal kremsiz, albatta) teringizni namlang. Gap shundaki, teri yetarli miqdordagi namlikka ega bo‘lsa, yog‘ bezlari kamroq ishlaydi.
Bronzer ishlating
Tonal kremni nafaqat yuzdagi kamchiliklarni yashirish uchun, balki yanada chiroyli va sog‘lom yuz uchun ham ishlatamiz. Bunday natijaga esa tonal kremsiz ham erishsa bo‘ladi — albatta, bronzer yordamida.
Faqat praymerdan foydalaning
Tonal kremdan voz kechishning yana bir usuli — bu faqat praymer yoki pardoz bazasidan foydalanish. Praymerning ko‘plab afzalliklari mavjud: u terini namlaydi, yuz relyefini biroz tekislaydi. Bundan tashqari, ba’zi praymerlar yengil tenga ham ega bo‘lib, ular tonal krem kabi issiqda “oqib ketmaydi”. | 70 | 3,140 |
Ayollar | Supermarketdan mahsulot xarid qilishda deyarli hamma yo‘l qo‘yadigan xatolar | Hamma har kuni bo‘lmasa ham haftada bir marta supermarketga boradi. Har qanday jamoat joyida bo'lgani kabi xarid qilish jarayonini yanada qulayroq qilish bilan birga, do‘konga tashrif buyuruvchilar va uning xodimlari bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tushunmovchiliklarning oldini olishga yordam beradigan muayyan xatti-harakatlar qoidalariga rioya qilish kerak.
Vitrinani ochishdan oldin nima olishingiz lozimligini aniq biling
Ba’zi mahsulotlar maxsus saqlash sharoitlarini talab qiladi va muzlatkichlarda saqlanishi kerak. Bundan tashqari, muzlatilgan mahsulotlar uchun takroriy protsedura uning buzilishiga olib kelishi mumkin - masalan, chuchvara yoki sabzavotlar bir-biriga yopishib qoladi. Kamera eshigini ochganimizda, undagi harorat ko‘tarila boshlaydi va biz uni qanchalik ko‘p ochiq ushlab tursak, mahsulotning erishi ehtimoli shunchalik yuqori bo‘ladi. Shuning uchun chuchvara yoki kotlet tarkibini diqqat bilan o‘rganishga qaror qilsangiz, ularni olganingizdan keyin muzlatkichni yoping.
Aravani qayerdan olgan bo‘lsangiz, o‘sha joyga qaytaring
Ba’zida savdo markazi yaqinidagi avtomobillar to‘xtash joyini aravachalar egallab oladi, ular shunchaki mahsulotlarni mashinaga olingan joyda qoldirilgan. O‘zingizga yoki boshqalarga noqulaylik tug‘dirmaslik uchun aravachalarni o‘z joyiga qaytarishni unutmang.
Farzandingizga e’tiborli bo‘ling
Ko‘pchilik bolalarni aravaga o‘tirg‘izishga qarshi bo‘lishiga qaramay, ba'zida ota-onalarning boshqa iloji yo‘q, ayniqsa bola juda faol bo‘lsa. Bunday bolalarni kuzatib borish qiyin va bu birinchi navbatda o‘zlari uchun xavflidir: ular yiqilib, jarohat olishlari yoki javonlardan ustiga og‘ir narsalarni tushirib yuborishlari mumkin. Bundan tashqari, bola qimmatbaho mahsulotga zarar yetkazsa, buning uchun ota-onalar pul to‘lashi kerak.
Farzandingizni supermarketda xavf ostiga qo‘ymaslik uchun uni har doim faqat maxsus o‘rindiqqa o‘tirg‘izing va oyoqlari ular uchun yaratilgan teshiklarda ekanligiga ishonch hosil qiling. Agar aravachaning dizayni xavfsizlik kamarini nazarda tutsa, bolani mahkam bog‘lab qo‘ying va uni hech qachon qarovsiz qoldirmang.
Yo‘lakni arava bilan to‘sib qo‘ymang
Bu qoida, ayniqsa, tor yo‘laklari bo‘lgan do‘konlar uchun. Mahsulotni yaxshiroq ko‘rish uchun vitrina oldida to‘xtaganingizda, uni iloji boricha javonlarga yaqinroq tuting. Har qanday holatda ham aravachani yo‘lakda qoldirmang, hatto yaqin atrofda bo‘lsangiz ham.
Iloji bo‘lsa, tig‘iz soatlarda xarid qilishga chiqmang
Agar siz 9 dan 18 gacha ishlasangiz, ish kuni tugagandan keyingi soatlar bundan mustasno, do‘konga tashrif buyurish uchun boshqa vaqtni topish juda qiyin. Biroq, agar tushdan keyin va tig‘iz vaqtdan oldin xarid qilish imkoniyati bo‘lsa, undan foydalaning: bu bilan siz nafaqat xarid qilish uchun boshqa vaqt topa olmaydigan odamlarga hurmat ko‘rsatasiz, balki o‘zingiz ham qimmatli daqiqalarni kutish uchun behuda sarflamaysiz.
Oziq-ovqatlarni noto‘g‘ri joyda qoldirmang
Ba’zida biror mahsulotni xarid qilmaslikka qaror qilasiz. Ideal yechim uni avvalgi joyiga qaytarish bo‘ladi, ammo biron sababga ko‘ra buning iloji bo‘lmasa, uni savatingizda qoldiring va xaridlaringiz uchun to‘lovni amalga oshirayotganda kassirga bering. Mahsulotni boshqa turdagi mahsulotlar bilan javonga qo‘ymaslik kerak, ayniqsa, u tezda buzilishi mumkin bo‘lgan narsa bo‘lsa.
Supermarket yo‘laklarida gaplashib turmang
Agar do‘stingiz yoki tanishingizni supermarketda to‘satdan uchratib qolsangiz, shunchaki u bilan salomlashing va xaridni davom ettiring. Ammo yo‘lakda turib olib, shaxsiy muammolarni muhokama qilishni boshlasangiz, boshqa mijozlarning do‘kon atrofida erkin harakatlanishiga to‘sqinlik qilgan bo‘lasiz. | 76 | 3,667 |
Ayollar | Merilin Monro mukammal tashqi ko‘rinishga erishish uchun amal qilgan 6 qoida | XX asr go‘zallik timsollaridan biri bo‘lgan Merilin Monro tashqi ko‘rinishi mukammal bo‘lishi uchun nimalarga rioya qilgan? Quyida ushbu savolga javob beramiz.
Tiniqib uxlagan
Aktrisa uzoq vaqt davomida tiniqib uxlashni afzal bilgan va uyquga og‘ir adyol bilan yotgan. Kolorado universiteti mutaxassisi Grandin Templning tadqiqot davomida aniqlashicha, bu kabi adyol sifatli uyquning garovi hisoblanadi. Dam olish kunlari Monro uyg‘onganidan keyin o‘ziga kelib olish uchun 2 soat davomida karavotdan turmagan.
Shampun o‘rniga bolalar “prisipka”sidan foydalangan
Merilin har uch haftada soch rangini ochartirish muolajasini o‘tkazib turgani sabab ham uning sochlari siyraklashib ketgan va shu sabab tez-tez yuvib turgan. Quruq shampunga alternativ sifatida esa bolalar “prisipka”sidan foydalangan.
Chanel №5 iforidan foydalangan
Gollivud yulduzi xushbo‘y iforlardan foydalanishni, ayniqsa Chanel №5 atirini juda ham yaxshi ko‘rgan. Monro yurgan yerlardan aynan o‘sha ifor hidi ufurib turgan.
Hech qachon quyoshda toblanmagan
Erta qarish va ajin tushishning oldini olish maqsadida quyosh nuridan saqlanishga harakat qilgan. Bundan tashqari, teri go‘zalligi uchun namlantiruvchi kremlardan muntazam foydalangan.
Makiyajda “Vazelin”dan foydalangan
Merilin makiyaj qilishdan avval surtiladigan praymer o‘rniga hamda yanoq va qovoqlarni yaltirab turishi uchun “Vazelin”dan foydalangan.
Labini bo‘yashda och va to‘q “pomada”lardan foydalangan
Monro lablarini chiroyli ko‘rinishi uchun chetlarini to‘q, o‘rtasiga ochroq va eng o‘rtasiga eng och rang “pomada”dan foydalangan. Bu uning lablarini kattaroq qilib ko‘rsatgan. | 76 | 1,616 |
Ayollar | Afsonani xotirlab: “Temir xonim” — Margaret Tetcher kiyinish uslubida nimalarga e’tibor bergan? (foto) | Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Margaret Tetcher hayot bo‘lganida 13-oktabr kuni 91 yoshni qarshilardi. Qat’iyati, bo‘ysunmas fe’l-atvorga ega ekani bilan “temir xonim” deb atalgan xonim 1979—1990-yillar davomida, 11 yil mamlakatni boshqargan. Tetcher mamlakatining jahon arenasidagi imidji shakllanishida muhim rol o‘ynab, uzoqni ko‘ra oladigan va dono siyosatchi sifatida tarixda qolgan. Sana munosabati bilan XX asrning eng asosiy siyosatchilaridan hisoblangan ushbu ayolning kiyinish uslubidagi o‘ziga xosliklarga nazar tashlaymiz.
Kostyumlar
Kiyinish uslubi xilma-xilligi bilan ajralib turmaganiga qaramay, Margaret nafaqat Buyuk Britaniya, balki butun dunyo aholisi aynan u bilan bog‘lab eslaydigan esda qolarli obrazlarni yaratishning uddasidan chiqqan. Ko‘p yillar davomida uning kiyinishidagi asosiy elementlar o‘zgarishsiz qolgan. U o‘z obrazini klassik siluet va jiddiy chiziqlarga urg‘u beradigan stilistlar yordamida yaratgan. “Temir xonim”ga xos odatiy uslub bu yelka sohasidagi chiziqlari ko‘zga tashlanib turadigan jaket va uzunligi biroz tizzani yopib turadigan yubkadan iborat bo‘lgan.
Ko‘k rang
Ko‘k Margaret Tetcherning eng sevimli rangi bo‘lgan. U ommaviy tadbirlarda och moviy rangdan tortib, tungi osmon ko‘rinishigacha bo‘lgan ko‘k rangli liboslarda ko‘p marta ko‘rinish bergan. Ko‘k Buyuk Britaniyadagi Konservatorlar partiyasining ramzi ekanidan kelib chiqilsa, mazkur rangga sodiqligini piar bilan bog‘liq bo‘lgan deb ham o‘ylash mumkin.
Soch turmagi va makiyaj
Margaretning tashqi ko‘rinishida aslo palapartishlik bo‘lmagan. U ommaga hech qachon mukammal soch turmagi va tartibli makiyaj qilmay turib ko‘rinish bermagan. Uning liboslari mayda detallarigacha yaxshilab o‘ylangan, Kostyumlari qomatida mukammal turgan, aksessuarlari esa kiyim rangiga moslangan.
Romantik obrazlar
Ko‘pchilik ayollarga xos nazokat va jozibani unda mujassam bo‘lmagan deb hisoblagan. Ammo bu haqiqatdan yiroq. Tetcher ham maftunkorlikning oshuftasi bo‘lgan, u go‘zallik saloniga borish uchun uyqusidan kechishi mumkin edi. Navbatdagi tadbir uchun kiyiladigan libosni esa soatlab tanlagan. Uning uslubida ayollarga xos romantik detallar ham bo‘lgan — u bo‘yin qismida katta banti bor kofta kiyishni yaxshi ko‘rgan. Oqshom tadbirlarida esa ko‘pincha yergacha tushib turadigan uzun liboslarda ko‘rinish bergan.
Marvaridli marjon
Tetcherning obrazi o‘zgarmas detallarsiz to‘liq bo‘lmagan bo‘lardi. U hamisha marvarid va yirik zirakli komplekt taqqan. Ko‘plab yillar davomida uning kiyinish borasidagi mazkur didi o‘zgarmagan. Muhim siyosiy murojaat qilish uchun minbarga ko‘tarilganida ham bo‘ynida marvarid bo‘lgan, qolaversa, ushbu taqinchog‘i bor obrazda qirolicha Yelizaveta II bilan ko‘rishgan.
Asprey sumkasi
Ushlaydigan qismi uncha katta bo‘lmagan sumkalar uning sevimli aksessuari bo‘lgan. Margaret deyarli hech qachon ulardan ayrilmagan. Bu sodiqligi moda tanqidchilarning turli fikrlariga sabab bo‘lsa ham u kiyinish uslubini hech nimaga qaramay o‘zgartirmagan. Undagi Asprey brendining qora rangli modeli “dahshatli sumka” sifatida dunyoga mashhur bo‘lgan. Margaret to‘g‘ri to‘rtburchak shakldagi mazkur sumkani Ronald Reygan va Mixail Gorbachyov bilan muzokaralariga tutib borgan. Keyinchalik ushbu aksessuar auksionda 28 ming yevroga sotilgan.
Qo‘lqop va shlyapalar
Kalta qo‘lqop va turli-tuman shlyapalar “temir xonim”ning obrazining ajralmas qismi bo‘lgan. Mazkur detallar uni xilma-xil ko‘rsatgan.
Siyosiy qarashlaridan tortib, shaxsiy hayoti va tashqi ko‘rinishigacha bo‘lgan hamma-hamma narsada o‘ziga sodiq qolgan Margaret rang tanlovi borasidagi fikrini ham o‘zgartirmagan, yarqiroq ranglardan uzoq bo‘lgan. | 102 | 3,644 |
Ayollar | Farzandingiz maktabda o‘rganganlarini unutmasligi uchun yozgi ta’tilni qanday o‘tkazish kerak? | Yoz oylarida ota-onalarning beparvoligi sabab bolalar ta’tilning birinchi haftasidayoq butun dasturni unutishadi. Uch oy ichida butun yil davomida o‘qigan mavzularni unutish dargumon, ammo baribir darslarni takrorlash kerak. Skysmart bolalar va o‘smirlar onlayn maktabining akademik direktori Anastasiya Yekushevskaya bolalar yozgi ta’tilda nima uchun o‘qishlari va qanday qilib qarshiliksiz o‘rgatish mumkinligi haqida so‘zlab beradi.
Bilimlarni saqlaymiz va oshiramiz
Yoz uchun hech qanday qoidalar va vazifalar yo‘qligi sababli qanday strategiyani tanlash muhim rol o‘ynaydi — yil davomida o‘tilgan darslarni takrorlang yoki yangi narsalarni o‘rganing.
Birinchi navbatda takrorlamoqchi bo‘lgan narsalar va mavzular ro‘yxatini tuzing. Bu qayta ko‘rib chiqilishi kerak bo‘lgan murakkab mavzular bo‘lishi mumkin. Bu holda repetitor yoki kurslar yordamida takrorlash foydali bo‘ladi.
Ikkinchi navbatda bolalar bilan nimani bilishni xohlashlarini muhokama qilishingiz mumkin. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, bolalarning 70 foizi ta’til paytida yangi narsalarni o‘rganishni xohlaydi. Ular rasm chizish, sport, dasturlash, shaxmat bilan shug‘ullanishni, raqamli kasblarni — videobloglar, dizayn, 3D modellashtirishni o‘rganishni istaydi.
Shuning uchun yozda siz maktab mavzulariga emas, balki shunchaki qiziqarli mavzularga e’tibor berishingiz kerak
Noodatiy shug‘ullaning
Yozgi o‘qishning birinchi qoidasi shuki, bola o‘zini maktabdagidek his qilmasligi kerak. Shuning uchun nostandart yondashuvlarni tanlashingizni maslahat beramiz.
Bu tajribaga asoslangan mashg‘ulot bo‘lishi mumkin. Muzeylardagi interaktiv ekskursiyalarda bolalar san’at, rassomlar va tarix haqida ko‘p narsalarni o‘rganadilar. Ular darslikdagi zerikarli matndan ko‘ra ko‘proq ma’lumot beradi.
Shuningdek, bolalarni sevimli mashg‘ulotlariga olib borishingiz mumkin. Farzandingiz yozishni yaxshi ko‘rsa, uni yozuv ustaxonasiga yozdiring. Geymerlar o‘yinlarni qanday dasturlashni o‘zlari o‘rganishlari mumkin. Hamma narsani tahlil qilishni yaxshi ko‘radiganlar uchun esa shaxmat to‘garaklari bor.
Qo‘shimcha ta’lim ko‘pincha o‘yin shaklida olib boriladi. Bular kvestlar, viktorinalar, o‘yinlar, komikslar bo‘lishi mumkin. Asosiysi nazariyadan ko‘ra ko‘proq amaliyot o‘tkaziladi. Bu yondashuvni maktabdan tashqari darslarda ham, maktab fanlarida ham amalga oshirish mumkin.
O‘zingizga mos format tanlang
Darsning mazmuniga qo‘shimcha ravishda, format haqida o‘ylash ham lozim — onlayn yoki oflayn. Ba’zi bolalar uchun odamlarning jismoniy mavjudligi muhim — ular uchun muloqot qilish, do‘stlashish, harakat qilish osonroq. Bunday holda yo‘lda vaqt va kuch sarflamaslik uchun uyga yaqinroq sinflarni topishingiz mumkin.
Yoki onlayn mashg‘ulotlarni tanlang. Vaqt tejashdan tashqari, qulayligi ham bor: istagan joyda telefon yoki planshetdan o‘rganish mumkin.
Texnologiya onlayn darslarni rang-barang, yorqin va qiziqarli bo‘lishiga imkon beradi. Bugungi kunda ta’lim ko‘ngilochar kontent larbilan o‘quvchilar e'tibori uchun raqobatlashmoqda.
Butun oila bilan bajaring
Farzandingiz namunali ta'lim olishi uchun o‘rnak bo‘ling — birgalikda o‘rganishni boshlang.
Ishdan keyin yoki dam olish kunlarida farzandlaringiz bilan o‘qish birgalikdagi vaqtingizning bir qismiga aylanishi kerak. Bunda matnni birgalikda o‘qish yoki o‘quv videosini tomosha qilish mumkin. Ularni kun davomida o‘rgangan narsalarini aytib berishga o‘rgating. Takrorlash odatda yodlash uchun kerak, lekin bunday usul bilan siz ham yangi narsalarni o‘rganasiz.
O‘qishni kunning bir qismiga aylantiring
O‘rganishni kundalik vazifaga aylantirishga harakat qiling, keyin bu odat bo‘lib qoladi. Haftada ikki marta 45 daqiqa ingliz tili o‘rgangan yaxshi, lekin har kuni 15 daqiqa undan ham yaxshi samara beradi.
Shunday qilib, farzandlaringiz maktab dasturini ham, qanday o‘rganishni ham unutmaydi. 1-sentabrda esa ular deyarli hech qanday stresssiz to‘liq o‘qishga qaytadilar. | 94 | 3,900 |
Ayollar | Qishki kiyim va poyabzallarga zarar yetmasligi uchun ularni qanday saqlash kerak? | Kiyim va poyabzallarni olib qo‘yishda ayrim jihatlar inobatga olinmasa, ular noto‘g‘ri saqlansa, kuya tushishi, matoning rangi o‘zgarishi kabi holatlar kuzatilishi mumkin.
Saqlashning asosiy qoidasi: Ko‘proq havo, kamroq yorug‘lik va namlik
Istalgan kiyim-kechakni olib qo‘yishdan avval yuvish va tozalash yoki kimyoviy tozalashga berish kerak. Bu ayniqsa och rangli poyabzallarga taalluqli. Sizga ko‘rinmagani bilan dog‘lar bir necha oydan keyin namoyon bo‘lishi, shundan keyin ketkazish yanada qiyin bo‘lishi mumkin.
Atir va dezodorant vaqt o‘tishi bilan mato rangini o‘zgartirishi, ovqat dog‘i esa kuya tushishiga sababchi bo‘lishi mumkin. Kiyim-kechaklar yuvilganidan keyin yaxshilab qurimaguniga qadar uni shkafga qo‘yishga yoki taxlashga oshiqmaganingiz yaxshi. Ularni havo o‘tmaydigan, qalin polietilen paketlarda saqlamang. Havo tegmagani hisobiga mato sarg‘ayishi mumkin. Matoli qop yoki havo o‘tadigan tekstil quti (korobka)larda saqlang. Qog‘oz paket yoki eski yostiq jildlaridan ham foydalansa bo‘ladi.
Mutaxassislar kiyimlarni saqlashda vakumli qoplardan foydalanishni tavsiya qilmaydi. Joy tejash imkonini bergani bilan unda jun matosidan tikilgan palto va kurtkalarni saqlamagan yaxshi. Bu matoga zarar yetishiga olib kelishi mumkin. Jun matoli kiyim-kechakni kiyim ilgichda saqlash matoning shakli buzilishi, cho‘zilishiga olib keladi. Yaxshisi taxlab eski yostiq jildi yoki choyshabga o‘rab, olib qo‘ying. Kiyimlarni saqlash uchun 21 daraja haroratdan mukammali yo‘q. Kiyimlarni quyosh nuri va namlikdan saqlash kerakligi sabab ham garderob sifatida balkondagi shkaf yoki yorug‘lik tushmaydigan xonadan foydalaning.
Nimadan boshlash kerak?
Shkaf va kiyim ilgichdagi kiyim-kechaklarni bir joyga to‘plab ularni uchga ajrating:
Kiymaydigan va yuvilishi (mashinada yuviladigan alohida, qo‘lda yuviladigani alohida) kerak bo‘lgan kiyimlarni ajrating. Kiyimlarni saqlaydigan joy yoki polkani yaxshilab artib, changlardan tozalab oling. Qog‘oz quti yoki solinadigan narsani tayyorlab oling.
Palto va kurtka
Cho‘ntaklarini tekshiring, zamok yoki tugmalarini taqib taxlang va qutiga joylang.
Shuba
Juda ham nozik va zarar yetkazish mumkinligi sabab ham shubalarni professional tozalash xizmatlariga yilda bir marta berib turish tavsiya qilinadi. Keyin esa quruq va yog‘ochdan ishlangan kiyim ilgichlarda saqlash kerak. Shuba boshqa kiyimlarning orasida bo‘lmasligi, uning ustidan g‘ilof yoki to‘q rangli mato yopilishi kerak. Mato shubadan 10-15 sm uzunroq bo‘lishi lozim, polietilendan foydalanmang.
Shapka va sharflar
Shaklini yo‘qotmasligi kerak bo‘lgan shapka ichini qog‘oz bilan to‘ldiring. Solish uchun maxsus quti topilmasa, poyabzalnikidan foydalaning.
Sviterlar
Yenglarini o‘rtasiga, pastki qismini esa yuqoriga qilib taxlang. Jun matosidan tikilgan yoki boshqalardan qalinrog‘ini qutining tagiga qo‘ying. Tosh va ko‘zli bo‘ladigan bo‘lsa, orasiga qog‘oz qo‘yishni unutmang. Qutiga solishda vertikal saqlash usulidan foydalanganingiz yaxshi.
Uzun kiyimlar
Garderobda joy bo‘ladigan bo‘lsa, jun matosidan tikilgan ko‘ylak, palto yoki plashlarni olib qo‘yishga hojat yo‘q. Bir tarafga qo‘yib ustidan matoli qop yoki g‘ilof kiydiring, ammo sellofan va plyonkadan foydalanmang.
Poyabzallar
Olib qo‘yishdan avval yaxshilab yuving yoki tozalab oling. Tozalangan oyoq kiyimni silikagelli (namiqishining oldini olish uchun) bor qopchalarga soling. Qattiq oyoq kiyimlarga iz tushib qolishining oldini olish uchun ichini g‘ijimlangan qog‘oz bilan to‘ldiring. Iloji bo‘lsa uzun etiklarni vertikal va poyabzallarning maxsus qopchalarida saqlang. Tabiiy mo‘ynali yoki teridan ishlangan poyabzalga kuya tushishining oldini olish uchun quti ichiga unga qarshi vosita qo‘yishni unutmang. | 81 | 3,689 |
Ayollar | Ertalab oson va tetik uyg‘onish uchun nima qilish kerak? | Bugungi davrga kelib to‘g‘ri va to‘liq uyqu muammoga aylangan. Kundalik ish va tashvishlar, grafikdagi o‘zgarishlar sabab har kuni muayyan bir vaqtda uyquga yotib 8 soat uxlash imkonsizdek. Statistika ma’lumotlariga qaraganda, bahorgi lokdaundan keyin ahvol yana ham yomonlashgan, stress va uzoq vaqt uyda o‘tirish sabab kishilarning hayot tarzi va amal qiladigan rejimi butkul o‘zgarib ketdi.
Tunda organizm tiklanishi va kuch yig‘ishi uchun vaqt kerak bo‘ladi hamda bu o‘rtacha 7-8 soatni tashkil qiladi. Ammo bir narsani ham yodda tutish kerak, nafaqat kam balki me’yoridan ko‘p uxlash ham salomatlikka salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu vazn ortishi, teri bilan bog‘liq muammolar va diqqatning kamayishiga olib kelishi mumkin. Olimlarning aniqlashiga qaraganda, faqatgina uyquning davomiyligi emas, qaysi vaqtda uxlash ham ahamiyatli hisoblanadi. Uyquga ketish, tiniqib uxlash va oson uyg‘onish bir qancha omillarga bog‘liq bo‘ladi.
Olimlarning fikricha, tungi soat 10 dan 11 gacha bo‘lgan vaqt ideal hisoblanadi. Bu vaqtda stress gormoni — kortizol kamayib, uyqu gormoni melatonin ko‘proq ishlab chiqarilayotgan bo‘ladi. Ma’lumotlarga qaraganda, aynan ushbu vaqt oralig‘ida uyquga yotgan kishilar tongda o‘zini tetik va tiniqib dam olgandek his qiladi.
Shunga qaramasdan, bu hammaga ham birdek samara bermasligi mumkin. Agar siz juda ham kech uxlashga odatlangan bo‘lsangiz, soat 10 da uxlolmasligingiz ehtimoli katta va urinish uyqusizlik hamda tongda yomon ahvolda uyg‘onish bilan yakun topishi mumkin. Bunda uyqu sikliga e’tibor qaratish kerak. Bir sikl 90 daqiqa davom etadi va mutaxassislar uyqu vaqti bir qancha to‘laqonli sikldan iborat bo‘lishi kerak, deb hisoblaydi. Sikl buzilsa, uyqu sifatsiz bo‘ladi va tongda uyg‘onish qiyinchilik keltirib chiqaradi. Aynan shu sabab ham, tushlik vaqtida uxlash haqida yanglish tushuncha kelib chiqqan. Aslida esa biroz mizg‘ib olish zarar qilmaydi, aksincha kunning ikkinchi qismi davomida kuch va energiyaga to‘la bo‘lishingizga sabab bo‘ladi. | 56 | 1,991 |
Ayollar | Go‘zallik ma’budasi: Monika Belluchchining tarixga kirgan 15 ta eng yorqin obrazi (foto) | Dunyoning eng chiroyli hamda mahoratli aktrisalaridan biri Monika Belluchchi yillar davomida o‘z uslubiga sodiq qolmoqda. Aktrisa eksperimentlarni yoqtirmaydi: u moda tendensiyalariga emas, balki o‘z didiga asoslanib, liboslar tanlaydi.
Qaymoq rangidagi libosning ipak bilan kombinatsiyasi aktrisaning qiyofasiga juda mos tushgan. Yuqori soch turmagi va uzun ziraklar bo‘yin va yelka chizig‘ining uzunligini alohida ta’kidlagan.
Monikaga erkaklarning uslubidagi kostyumi ham juda yarashgan. Hattoki ushbu ko‘rinishda ham oqshom liboslaridek latofatli ko‘ringan.
Yashil rangdagi baxmal libos ayolning qiyofasi va qomatini bejirim tarzda namoyon etgan. Bu ham yulduzning eng muvaffaqiyatli chiqishlaridan biri.
Oddiy bichim va ko‘ylakning soddaligi yulduzni ko‘rimsiz qilib qo‘ymagan. Aksincha, qora libos fonida aktrisaning go‘zalligi yanada ko‘proq seziladi.
Hashamatli oltinrang libos nafaqat yuzni, balki aktrisaning tashqi ko‘rinishini yanada boyitgan.
Monika uchun biroz uzoqroq obraz. Ammo oq va qora rangning oddiygina uyg‘unlashuvi ham aktrisani haqiqiy malikaga aylantirgan.
Go‘zallik oddiylikda. U hech qachon urfdan qolmaydi. Yulduz esa buni juda ham yaxshi biladi.
Monika Belluchchi va Roberto Bolle. Aktrisa qizil libosda barchaning e’tiborini tortgan bo‘lishi shubhasiz.
Aktrisani hamisha bayramga xos ranglarda ko‘rish odatga aylangan. Ammo u och pushti rang bilan ham o‘zgacha ko‘rinishda.
Yulduzning navbatdagi bejirim libosi. Unga to‘q ko‘k rang ham yarashgan. Taqinchoq ham tashqi ko‘rinishni boyitgani sezilib turibdi.
Monikaning navbatdagi ajoyib topilmasi. Atlas va mo‘yna kombinatsiyasi aktrisaning go‘zalligini yanada boyitgan.
Mayda zarrachali ko‘k libos kiygan aktrisa qizil yo‘lakda chindan ham porladi.
Aktrisaning ispan uslubidan foydalanishi navbatdagi yangilik.
Monika va Valentino Garavani. Qora libosni aslida aktrisa yanada boyitib turibdi.
Yana qora, ammo xushbichim, sodda va muhimi o‘z egasiga yarashgan. | 88 | 1,955 |
Ayollar | Bola maktabga chiqqunicha o‘zlashtirishi kerak bo‘lgan 5 muhim ko‘nikma | Maktabda olingan ta’lim va o‘zlashtirilgan ko‘nikmalar bolaning shaxs sifatida shakllanishiga hissa qo‘shish bilan birga kelajakda qaysi kasb va hayot yo‘lidan ketishni tushunib yetishga yordam beradi. Ammo maktabga qadar ham bolada fikrlash, mulohaza qilish, tanlov qilish rivojlangan bo‘lishi kerak. Bunda ota-onaning ko‘magi va dilbandi uchun vaqt ajratib birgalikda shug‘ullanishi muhim sanaladi.
Tanqidiy fikrlash
Yangi avlod bolalari hali internetdan foydalanmagan bo‘lsa ham tengdoshlari va kattalar bilan muloqot qiladi, kun davomida yangi bilim hamda ko‘nikmalarni o‘zlashtiradi. Shu sabab ham bolaligidanoq bolalarga haqni yolg‘ondan ajratishni, axborotni tekshirish va tahlil qilishni o‘rgatish kerak. Buning uchun farzand bilan birga o‘ynash, o‘qish hamda ma’lumotlarni tushuntirib berish kerak. Qolaversa, bolalar kitobidagi navbatdagi bobdan nimalarni eslab qolganini so‘rash, nomlarini aytib berishni so‘rash kerak. Shu yo‘sinda bolakay ko‘proq ma’lumotni eslab qolib, uni tahlil qiladi va ortiqcha keraksiz narsalarga vaqt ketkazmaydi.
Kommunikativ qobiliyatlar
Albatta, hech kim bolalardan falsafiy ahamiyatga ega mulohazalarni talab qilmaydi. Ammo ular maktabga qadar savol va unga javob berishni uddasidan chiqishi, nimalar bo‘layotgani haqida aytib berib, o‘zaro bog‘liq gaplar tuzishni eplashi kerak. Shu tufayli bola bilan birga kitob o‘qishni, undan mustaqil ravishda voqealar tuzib berishini so‘rashni kanda qilmang. Shundan keyin xatolarini ko‘rsating va qanday qilsa to‘g‘ri bo‘lishini tushuntirib bering.
Fikrlarini ifodalashdan tashqari, bola tengdoshlari bilan qanday muloqot qilish kerakligini ham bilishi zarur. Gap shundaki, ijtimoiylashish jarayoni aynan bog‘cha va o‘yin maydonidan boshlanadi. Erta yoshdanoq atrofdagilar bilan chiqishib ketish, fikrlarini bayon qilish, savollar bildirib, odamlarga jinsi, Yoshi va millatidan qat’iy nazar hurmat bilan munosabatda bo‘lish muhim sanaladi.
Diqqatni jamlash
Bolakay maktab yoshigacha va kichik sinflardanoq, diqqatni jamlash va boshlagan ishini oxiriga yetkazishni uddasidan chiqsa, keyinchalik axborotni o‘zlashtirishi osonroq bo‘ladi. Bolalarda faollik borasida tanlovning kengligidan kelib chiqilsa, ularning chalg‘ish ehtimoli yuqori ekani hech kimga sir emas. TikTok va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda bir zumda kontent yig‘ish trendi faol rivojlanayotgani hisobga olinsa, bolaning e’tiborini chalg‘imasligi avvalgidan murakkabroq bo‘ladi.
Diqqatni jamlashni rivojlantirish uchun ota-onalar farzandlari bilan stol o‘yinlarini o‘ynashi, xotira mashqlarini bajarishi, tartib-intizomga rioya qilishni o‘rgatib shu bilan birga rag‘batlantirishni esdan chiqarmaslik kerak. Bu bola uchun motivatsiya bo‘ladi.
Mustaqil bo‘lish va tashabbuskorlikni o‘rganish
Bolada erkinlik va tashabbuskorlikni rivojlantirish uchun unga o‘zi bilan o‘zi qolganida zerikmaslikni o‘rgatish kerak. Buning uchun bir kishi ishtirok etadigan o‘yin o‘ylab toping, qiziqarli konstruktorlardan foydalaning. Shuningdek, bolada barcha yangiliklarga nisbatan qiziqish uyg‘otishga harakat qiling. Shu bilan birga bolangiz uchun hamma narsani hal qilib qo‘ymang, tanlov qilishiga qo‘yib bering. Masalan, sayrga qanday kurtkada chiqishni, nonushtaga nima yeyishni istashini o‘zidan so‘rang. Bu katta bo‘lganida o‘z yo‘lini mustaqil tanlashi va o‘zgarishlarga bir zumda moslashishiga yordam beradi.
Digital-ko‘nikmalar
Raqamli savodxonlik zamonaviy bolalar uchun eng muhim ko‘nikmalardan sanaladi. Aksariyat ota-onalar farzandlari bog‘lanib qolishi, ko‘p vaqti besamar ketib o‘qimay qo‘yishidan qo‘rqib gadjetlardan foydalanishga ruxsat bermaydi. Ammo siz istaysizmi yo‘qmi bugungi kunni va kelajakni texnologiyalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Bolaga keyinchalik zamonaviy texnologiyalarni o‘rganish osonroq bo‘lishi uchun, erta bolalikdan boshlab, gadjetlarga qaram bo‘lmaslik, aksincha ulardan samarali foydalanishni o‘rgatish kerak. Internet bola uchun bitmas-tuganmas ma’lumot manbayi sanaladi. Ota-ona hamisha ham bola bergan savollarning javobini bilavermasligi mumkin. Bunday vaqtda birgalikda internetga murojaat qilish va javob topish mumkin. Bolangizga hammasi ehtiyotkorlik amalga oshirilsa, internetdan foydalanish xavotirli emasligini ko‘rsating. Agar u bolaligidanoq oddiy ma’lumotni topishni uddalasa, maktab va universitetda ilmiy adabiyotlar, elektron kutubxonalar va hatto xorijiy manbalardan ham muammosiz foydalana oladi. | 71 | 4,386 |
Ayollar | Ko‘pchilik foydalanishda har kuni xatoga yo‘l qo‘yadigan 9 ta narsa | Kundalik hayotda uchraydigan odatiy narsalardan foydalanishda ko‘pchilik xatoga yo‘l qo‘ysa-da, buni o‘zlari bilmasligi mumkin. “Noviy ochag” nashri bu borada bir nechta layfxaklar bilan bo‘lishdi.
Kalitlarni chalkashtirib yubormaslik uchun
Aksariyat insonlarda kalitlarni chalkashtirib yuborish holati kuzatiladi. Ular qaysi qulfga tushishini unutmaslik uchun maxsus belgi qo‘yish kifoya. Masalan, bu belgini laklar yordamida amalga oshirish mumkin. Tabiiyki, ayollar sumkasidan bir necha rangdagi laklarni topiladi.
Mahsulotlarni yangidek saqlash
Ayrim mahsulotlarni qadoqdan ochgandan so‘ng yangidek saqlash qiyinlashadi. Masalan, pechenyelar qotishi, pishloq esa o‘zining hidini chiqarish mumkin. Bu kabi mahsulotlarni yangidek saqlash uchun plastik butilkaning yuqori qismi kesib olinadi va qadoqning ochilgan tomoniga o‘rnatiladi. Bunday qadoqlangan mahsulotlarni safarlarda ham olib yurish mumkin.
Tuxumni tezda tozalash
Tuxumni tezda va oson tozalash uchun uni qaynatishda bir osh qoshiq iste’mol sodasini solish kifoya.
Lab bo‘yog‘ini o‘chirish
Kiyimlarga tegib qolgan lab bo‘yog‘ini o‘chirish uchun soch turmaklashda qo‘llaniladigan lak ish beradi. Buning uchun dog‘ ustiga lakni sepib, gubka bilan ishqalanadi va odatdagidek kir yuvish mashinasida yuviladi.
Ichimliklarni tezroq sovitish
Muz va suv 1:1 nisbatda aralashtiriladi. Har bir litr suv uchun 2 osh qoshiq tuz qo‘shiladi. Shishalar muzli suvga solinadi. Ikki daqiqadan so‘ng ichimlik 10 darajaga soviydi.
Makaron mahsulotini tezda isitish
Makaron mahsulotidan tayyorlangan taomni tezroq isitish uchun uni idishning o‘rta qisimiga emas, balki chet qismi solish kerak. Shundagina taom aylana bo‘ylab tezroq isiydi.
Rakovina ostida tartibni saqlash
Rakovina ostida tartib saqlash uchun dush pardasi ilinadigan turbadan foydalanish mumkin.
Smartfonni tezda quvvatlash uchun
Smartfonni tezda quvvatlash uchun uni “uchish” rejimiga qo‘yish yoki o‘chirib qo‘yish tavsiya etiladi. Natijada telefon bir zumda quvvat oladi. | 67 | 1,992 |
Ayollar | Bo‘yalgan sochlar rangini saqlab qolish uchun qanday qilib to‘g‘ri yuvish kerak? | Bo‘yashdan keyin duch kelish ehtimoli yuqori bo‘lganeng keng tarqalgan (va achinarli — sarflangan vaqt va pulni hisobga olgan holda) muammo — bu tirnash xususiyati paydo bo‘lgan bosh terisi yoki gullagan soch uchlari emas, balki sochning rangidir. Marie Claire nashri bo‘yalgan sochlarga qanday g‘amxo‘rlik qilish borasida bir nechta tavsiyalar bilan bo‘lishdi.
Nima uchun bo‘yoq juda tez yuviladi?
Soch tarkibidagi tabiiy pigment sun’iy bilan almashtirilganda rang o‘zgarishi kimyoviy jarayondir. Bo‘yoq sochlarda abadiy qolishi mumkin emas: sochlar juda kuchli mexanik stressga duchor bo‘ladi, buning natijasida sun’iy zarralar asta-sekin tushadi va tolalarni pigmentsiz qoldiradi. Bo‘yoq qo‘llaniladigan asos va sochlarning holati jarayondan oldin e’tibor berish kerak bo‘lgan asosiy narsalardir.
Parvarishga muhtoj yoki shikastlangan sochlarda bo‘yoq kutilganidek natija bermaydi, chunki singan tolalarda pigment qolishi uchun joy bo‘lmaydi. Sog‘lom sochlarda esa aksincha, bu jarayon uzoqroq davom etadi. Rangni saqlab qolish, shuningdek, soch va bo‘yoq bir-biriga mos kelishiga ham bog‘liq. Agar soch quyuq sarg‘ish bo‘lsa, u shokolad rangga bo‘yalganda, to‘g‘ri parvarish yordamida rangni keyingi bo‘yashgacha (3-4 hafta) saqlab qolish mumkin. Qora rangli sochlarda esa yorqin ranglarni saqlab qolish, aksincha qiyinroq.
Ranglarning umri bo‘yoq narxiga bog‘liqmi?
Uyda foydalanish mumkin bo‘lgan bo‘yoqlar, aslida, professionallarga qaraganda ancha chidamli. Salondagi bo‘yoqlar hatto oddiylariga qaraganda kamroq pigmentni o‘z ichiga oladi. Umuman olganda, oltin, jigarrang bo‘yoqlar sochlarga yaxshi ta’sir qiladi, qizil va sovuq sariq ranglar esa pastroq chidamlilikka ega.
Bo‘yalgan sochlar uchun mo‘ljallangan mahsulotlar shunchaki reklamami?
Albatta yo‘q. Bunday mahsulotlar haqiqatan ham rangni ushlab turadi: ular suvda eriydigan silikonlarni o‘z ichiga oladi va sochlarni o‘rab oladi, natijada pigmentni tezda tark etishiga to‘sqinlik qiladi. Shuning uchun sochni muloyimlik bilan tozalaydigan, sun’iy pigmentni minimal darajada yuvadigan sulfatsiz shampunlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Sochlarini muntazam ravishda bo‘yaydiganlar uchun uyda qanday parvarish vositalari bo‘lishi kerak?
Bo‘yalgan sochlarga qanday qilib to‘g‘ri g‘amxo‘rlik qilish kerak?
Bo‘yashdan keyingi parvarish soch rangini saqlab qolish uchun katta ahamiyatga ega. Sochni qayta tiklashga mo‘ljallangan barcha mahsulotlar bo‘yoqning chidamlilik darajasini pasaytiradi, shuning uchun endigina bo‘yalgandan keyingi sochni tiklash kerak emas. Hatto buni talab qilsa ham, biroz kutish kerak. Bo‘yalgan sochlarning barcha turlari uchun oziqlantiruvchi va namlovchi mahsulotlar mos keladi, ammo ular soch sifatini tiklamaydi.
Shuningdek, ushbu dasturga amal qilish mumkin:
Birinchi 48 soat: sochlarni yuvmaslik lozim, chunki ba’zi bo‘yoqlarda bo‘lgani kabi rangni barqarorlashtirish jarayoni hali ham davom etayotgan bo‘lishi mumkin;
1-hafta: bo‘yalgan sochlar uchun konditsioner va shampundan foydalanish tavsiya etiladi, parvarishlashda termal himoyani qo‘shishni unutmaslik lozim;
2-hafta: bo‘yalgan sochlarga mo‘ljallangan niqobdan foydalanish mumkin, termal himoyani qo‘llashda davom etiladi;
3-hafta: bo‘yalgan sochlarga mo‘ljallangan mahsulotlardan foydalanish boshlanadi, parvarishlovchi vosita va termal himoya qo‘llaniladi.
4-hafta: oziqlantiruvchi va namlantiruvchi mahsulotlar, bo‘yalgan sochlarning yorqinligini kuchaytirish, shuningdek, agar kerak bo‘lsa, kulrang va qayta o‘sgan ildizlarni niqoblash uchun spreylar foydalanish mumkin. | 80 | 3,537 |
Ayollar | Yosh onaning Nobel mukofotiga tavsiya qilishga arziydigan samarali layfxaklari (foto) | Ona bo‘lish bir vaqtning o‘zida mas’uliyatli va qiziqarli vazifadir. Ba’zida ota-onalar qiyin vaziyatga duch keladi, chunki ular farzandiga doimo e’tiborda bo‘lishi kerak. Yosh ona Loren Mexia o‘zining TikTok sahifasida layfxaklarni taqdim etdi, ular, masalan, bolaga hech qanday muammosiz dori-darmon ichirishga va qisqa vaqt ichida chap va o‘ng tuflini chalkashtirmaslikni o‘rgatishga yordam beradi.
Bola chap va o‘ng poyabzallarni chalkashtirib yuboradimi? Ularning ichki qismiga rasmni ikkiga bo‘lib yopishtirish tavsiya etiladi. Shu tarzda bola jumboqni yig‘adi va oyoq kiyimni to‘g‘ri kiyishga odatlanadi.
Agar bolani tozalash jarayoniga jalb qilish kerak bo‘lsa, pol tozalaydigan uskunani ular uchun mos holda kichraytirib berish mumkin.
Elastik tasmalar bola sochining chigal bo‘lishiga sabab bo‘lyaptimi? Ularga bir tomchi limonli efir moyi surilsa, muammo darhol bartaraf etiladi.
Bolaga kichik kelgan kiyimlarni tashlashga shoshmaslik zarur. Ularni kesib, yangi kiyim hosil qilish mumkin.
Bolaning tagligini almashtirishda xalaqit berishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun uning qo‘llarini futbolkasining pastki qismiga o‘rab qo‘yish kifoya.
Do‘kondan rezina o‘yinchoq olib kelgach, uni dezinfeksiyalashdan oldin teshiklarni yelim bilan yopish kerak. Shundagina ular mog‘orlamaydi.
Bolaga dori ichirish muammo bo‘lsa, shpris va so‘rg‘ich yordamida buni osongina amalga oshirish mumkin. Shpris ichiga dori tortiladi va uchiga so‘rg‘ich joylashtiriladi. Bola so‘rg‘ichni torta boshlaganda, shprisdan dori yuboriladi.
Agar bola sut shishasini ushlab turishda qiynalayotgan bo‘lsa, uni o‘yinchog‘i ichiga solish mumkin.
Sayrga chiqayotganda issiq suv solingan termos olish tavsiya etiladi. Shunda bolaning ovqatini suvga solib, tezda isitish mumkin.
Bolaning tili tezroq chiqishini xohlovchilar oddiy qutidan foydalanishi mumkin. Unda bolaning tovushi ajoyib tarzda yangraydi va bola tez orada gapira boshlaydi.
Salfetka qadog‘idagi qopqondan rozetkani yopish uchun foydalanish mumkin.
Bola tagligini almashtirishdan avval uning qornini artib olish ishni ancha osonlashtiradi.
Bolalarga issiq ovqat berishdan oldin uni kichik ventilyator yordamida sovitish mumkin.
Agar nam salfetkalar qadoqdan bir nechtalab chiqsa, shunchaki qadoqning bir qismiga rezina tasma taqish kifoya. | 85 | 2,286 |
Ayollar | Mukammal sumkani qanday tanlash kerak? | To‘g‘ri tanlangan sumka, xuddi kiyim kabi ko‘rinishni o‘zgartirish, qiyofani muvofiqlashtirish va hatto qomatning kamchiliklarini ham yashirishga yordam beradi. Mutaxassislar maslahatlari yordamida mukammal sumka tanlashni o‘rganamiz.
Gap sumkalarning asosiy turlari haqida ketganda ularni uch toifaga ajratish mumkin:
Hamma kerakli narsalarni o‘z ichiga sig‘diradigan katta sumka. Uni ishga, uzoq vaqtga bog‘larga sayr qilishda yoki shopping qilishda ishlatish mumkin. Bu tekstil, charm, sun’iy matolardan qilingan shoxo, boker, ryukzak bo‘lishi mumkin.
Ish yuzasidan bo‘ladigan uchrashuvlar yoki suhbatlarga taqiladigan chiroyli sumka. U o‘z shaklini yo‘qotmaydigan va A4 formatidagi hujjatlar, yengil noutbuk yoki planshet sig‘adigan bo‘lishi kerak. Vaqt o‘tishi bilan burchaklari va bukilgan joylari buzilmasligi uchun u tabiiy charmdan qilingan bo‘lsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Teatr, tantanali kechalar yoki uchrashuvlar uchun sumka. Har tomonlama qulay bo‘lgan sumka — zanjirli yoki zanjirsiz klatch. O‘zingizga mos keladigan rangini topishga harakat qiling: u sizning har qanday kechalik libosingizni ajoyib tarzda to‘ldiradi.
Sumkaning kattaligi. U sizning bo‘yingizga va qomatingizga mos kelishi kerak. Agar siz to‘ladan kelgan bo‘lsangiz, unda yirik bezaklari bo‘lgan katta sumkalarni tanlang. Agar siz noziq qomatli bo‘lsangiz, unda katta sumka kulgili ko‘rinishi mumkin.
Rangi. Qora rang hamma liboslarga mos tushadi deyishadi. Bu noto‘g‘ri: bunday sumka faqat axromatik rangdagi liboslar bilan yarashadi. Qish fasli uchun to‘q rangli sumkalarni tanlaganingiz ma’qul.
Manba: “Stylist-online.info” | 38 | 1,614 |
Ayollar | Uy sharoitida choynakning ichi qasmoqdan qanday tozalanadi? | O‘z oiladagilarining sog‘lig‘i haqida qayg‘uradigan har bir kishini suv qaynatiladigan choynakni qanday qilib uning devorlariga o‘tirib qolgan qatlam – qasmoqdan tozalash kerak degan savol qiziqtiradi.
Shuni esingizda tutingki, qasmoqni tozalashda qanday usuldan foydalansangiz ham, undan keyin choynakni yaxshilab yuvib tashlang, yuvish vositasining qoldiqlari batamom ketishi uchun uning ichida 2-3 marta suvni qaynating va to‘king.
Limon kislotasi – oddiy choynaklarni ham, elektr choynaklarni ham tozalashda ishlatish mumkin bo‘lgan eng qulay vosita hisoblanadi.
1 choy qoshiq limon kislotasini 1 litr suvga aralashtiring. Aralashmani choynak ichiga quying va uni qaynating.
Agar choynakni tez-tez, ya’ni har oyda bir marta tozalab tursangiz, qaynatmasangiz ham bo‘ladi.
Buning uchun uning ichiga limon kislotali aralashmani quying va bir necha soat davomida qoldiring, keyin esa yuvib tashlang.
Bu usul oddiy metall yoki emallangan choynaklar uchun mos keladi. Choynakka suv soling, bir osh qoshiq soda seping va past olovda 30 daqiqa davomida qaynating. Keyin choynakni yaxshilab yuving va uning ichida bir necha marta toza suvni qaynatib to‘king.
Sirka elektr choynaklarini tozalash uchun to‘g‘ri kelmasligini e’tiborga oling. Oddiy choynaklarni esa uning yordamida oson tozalash mumkin.
100 ml 9 foizli iste’mol sirkasini 1 litr suvga aralashtiring. Choynak ichiga quying, o‘rtacha olovda 5-15 daqiqa davomida qaynating. Keyin choynakni yaxshilab yuving.
Manba: “Xitrosti jizni” | 59 | 1,487 |
Ayollar | Ayol kishiga tuhfa qilib bo‘lmaydigan sovg‘alar | Ayollarning tug‘ilgan kun yoki Yangi yil bayrami uchun qanday sovg‘ani xush ko‘rishlarini har doim ham bilib bo‘lmaydi. Lekin ba’zi narsalarni hech qachon va hech kimga sovg‘a qilib bo‘lmaydi. Bulardan ba’zilariga diqqatingizni qaratmoqchimiz.
O‘zining gavdasidan xavotirga tushib parhez qilib yurgan ayollarga ozish uchun tabletkalar, antitsellyulit kremlar va hech qachon tarozi sovg‘a qilmang.
Ayol kishiga sovg‘a qilib bo‘lmaydigan narsalar ro‘yxatini barcha tashqi ko‘rinish kamchiliklarini bartaraf qiluvchi, ayniqsa ajinlar va husnbuzarlarga qarshi kosmetik vositalar davom ettiradi.
Sovg‘a qilish mumkin bo‘lmagan narsalardan yana biri – standart suvenirlar. O‘yinchoq ayiqchalar, fotosurat uchun ramkalar, sovitgich ustiga magnitlar – siyqasi chiqqan, zerikarli va keraksiz sovg‘alar.
Sovg‘a egasining didini va o‘lchamini aniq bilmasangiz, yaxshisi kiyim-kechaklar hadya qilish fikridan kechganingiz ma’qul.
Atir va kosmetikadan unchalik xabardor bo‘lmasangiz, sotuvchilar maslahatiga ishonib xarid qilib o‘tirmang. | 47 | 1,026 |
Ayollar | Tashlab yuborish kerak bo‘lmagan 4 buyum | Biz tashlab yuborishga odatlangan eng oddiy narsalar yordamida turmushdagi ko‘pgina vaziyatlarni yengillashtirish mumkin.
Ular turli vaziyatlarda ish beradi. Bunday qisqichlardan foydalanishning eng ommabop usullaridan bir nechtasini diqqatingizga havola qilamiz.
Hamyon
Bu ayniqsa sayohatlarda, o‘zi bilan katta hamyonni ko‘tarib yurishni xohlamagan paytlarda ish beradi. Pullarni, bank kartalarini birga taxlang va ularni qisqich bilan mahkamlab qo‘ying.
Fotosuratlar uchun “ramka”
Qisqich yordamida suratlarni devorga ilish yoki stol ustiga qo‘yish mumkin.
Tish pastasini siqib chiqaruvchi
Agar pasta kam qolgan bo‘lsa, tyubikni o‘rang va qisqich bilan mahkamlang — pastani bunday siqish osonroq bo‘ladi.
Bu tengi yo‘q narsa: folga nam va hidni o‘tkazmaydi, yuqori haroratga chidaydi va har qanday shaklga kira oladi.
Idishlar uchun cho‘tka
Folgani yumaloq shaklga keltiring va uni idishlardagi to‘planib qolgan yog‘lar va kuyindilarni tozalash uchun ishlating.
Kumushni tozalovchi
Xira tortib qolgan kumush taqinchoqlar yoki idishlarni ichida suv qaynayotgan va folga to‘shalgan shisha idishga soling. Ikki choy qoshiq tuz qo‘shing. Bir necha daqiqadan keyin kumush buyumlar top-toza bo‘ladi.
Qaychilar uchun qayroq
Agar qaychilar o‘tmaslashib qolgan bo‘lsa, ular bilan folga varag‘ini kesing.
Ketchup va boshqa souslarning plastik idishlarini tashlab yubormang. Oshpazlar ularga yog‘larni, o‘zlari tayyorlagan souslar va ziravorlarni solib qo‘yadilar, chunki og‘zi tor bo‘lgani uchun ichidagi qo‘shilayotgan suyuqlik miqdorini nazorat qilish qulayroq bo‘ladi.
Bunday idishga siz ham quymoqlar uchun tayyorlanadigan suyuqlikni solib sinab ko‘ring.
Agar futbolka kiyishga umuman yaroqsiz bo‘lsa, undan uyni tozalash uchun latta sifatida foydalaning. Paxta gazlama changlarni artish uchun juda mos keladi.
Manba: Rambler Weekend | 40 | 1,831 |
Ayollar | Koronavirusga qarshi vitaminlar: kasallikka chalinmaslik uchun ratsionni qanday tuzish kerak? | Sovuq havo hamisha shamollashni qo‘zg‘atadigan mavsumdir. Ayniqsa, pandemiya avjiga chiqqan vaqtda har bir inson o‘zini avvalgiga qaraganda ko‘proq ehtiyot qilishi kerak. Haroratning pasayishi va quyosh nurining kamayishi kasallikka chalinish ehtimolini oshiradi. Ma’lumotlarga ko‘ra, odamlarning 40 foizi shamollashga moyil. U holda, qolgan 60 foiz sog‘lom insonlar orasida bo‘lish uchun nima qilish kerak?
Koronavirusdan himoyalanish bugungi kunning eng dolzarb muammosiga aylandi. Shifokorlar haligacha ushbu kasallikning aniq davosini ishlab chiqmaganligi vaziyatni yanada og‘irlashtirmoqda. Shuningdek, kasallik har bir bemorda turlicha kechishi ham mutaxassislarni o‘ylantirmoqda. U kimdadir yengil, boshqasida o‘lim bilan yakun topishi har kim o‘zi uchun himoyalanishi muhimligini anglatmoqda.
Ovqatlanishni nazorat qilish va jismoniy faollikni oshirish
Buning uchun ratsionni qayta ko‘rib chiqish kerak. Oson hazm bo‘ladigan, tozalangan va aralash yog‘larni maksimal darajada chiqarib tashlash zarur.
Buning o‘rniga:
Vitaminlar muvozanatini saqlash
Albatta, kuchli immunitet vitaminlar iste’molisiz bo‘lmaydi. Bularga A, B, C, D, E vitaminlari kiradi.
Zamonaviy mahsulotlar tarkibida vitaminlar yetarli darajada emas. Kun davomida qabul qilingan vitaminlar esa tanaga taqsimlanadi va ertangi kun uchun yana kerak bo‘ladi. Shuni yodda tutish kerakki, tabiiy mahsulotlar tarkibidagi vitaminlar organizmga yaxshi singadi. Shuningdek, alohida vitamin qadoqlariga ham e’tiborli bo‘lish kerak. Ularning shaklidagi o‘ziga xos xususiyat shundaki, ular organizmda harakatlanishi davomida yo‘qotishlarga duch kelmaydi. Hujayralar tomonidan maksimal darajada so‘riladi.
“Antikovid” vitaminlar to‘plami immunitetga foydali bo‘lib, unga quyidagilar kiradi:
Vitaminlarni shunchaki qabul qilish yetarli emas. Qabul qilish rejimiga rioya qilish zarur. Shuningdek, organizmdagi resurslarga ehtiyot bo‘lish, shaxsiy gigiyenani unutmaslik kerak.
Suyuqlik rejimini tiklash
Kun davomida kerakli miqdorda suyuqlik ichish organizm uchun juda muhim. Suv va immunitetning o‘zaro aloqasi mavjud. Tananing 70-80 foizi suvdan iborat va agar u yetarlicha qabul qilinmasa, qonning quyuqlashishi, hujayralararo suyuqlikning kamayishi kuzatiladi.
Qon tanada tashuvchi vazifasini bajaradi. U kislorod, oziq moddalar va hujayralar hayoti uchun zarur bo‘lgan barcha narsalarni yetkazib beradi. Agar qon quyuq bo‘lsa, unda jarayon buziladi va natijada tanada himoya qilish tezligi, ya’ni immunitet pasayadi.
Agar ushbu oddiy harakatlar odat tusiga kirsa va immunitetni doimo saqlab turish uchun sifatli vitamin komplekslarini qabul qilish boshlansa, virusga “tutilish” xavfi ancha kamayadi. | 93 | 2,664 |
Ayollar | Pishloq, sharbat hamda muzlatkichda bir necha kun qolib ketgach, iste’mol qilib bo‘lmaydigan boshqa mahsulotlar | Qaysi mahsulotlarni yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin tashlab yuborish kerakligi haqida “Domashniy ochag” jurnali ma’lumot beradi.
Go‘sht
Bo‘laklarga bo‘lingan yoki sovitkichda butunligicha turgan go‘shtni xarid qilinganidan keyin besh kundan ortiq saqlab bo‘lmaydi. Qolaversa, do‘kondan olingan bo‘lsa, yaroqlilik muddati bilan tanishish va unga amal qilish tavsiya qilinadi.
Tovuq go‘shti
Muzlatilgan tovuq go‘shtini xarid qilgandan keyin, uni o‘sha kuniyoq ishlatib yuborish kerak. Buning iloji bo‘lmaganda esa Selsiy shkalasi bo‘yicha +4 darajadan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlash lozim.
Qiyma
Go‘sht va tovuq filesidan tayyorlanib, sovitkichda turgan qiymani 12 soat ichida ishlatgan ma’qul. Yo‘qsa, uni muzlatkichda saqlash kerak.
Tuxum
Tuxum xarid qilganda ishlab chiqarilgan sanasiga nazar tashlang. Shundan keyin 3-4 hafta saqlasangiz bo‘ladi. Ushbu mahsulotni sovitkichda saqlash, yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin esa tashlab yuborish lozim.
Yumshoq pishloq
Sovitkichda uzoq vaqt qolib ketgan qattiq pishloqning chetlarini kesib tashlab, o‘zini ishlatsa bo‘ladi. Suyuq pishloq ustini mog‘or qoplashni boshlaganda esa bunday qilish yaramaydi. Ko‘rinishi yoki hidi o‘zgarsa, sovitkichda 15 kundan ko‘proq vaqtdan buyon bilan turgan bo‘lsa, yaxshisi tashlab yuborgan ma’qul.
Ko‘katlar
Salomatlik uchun foydali bo‘lgan ko‘katlar sarg‘ayish va nam bo‘lishni boshlasa, o‘ylab ham o‘tirmay tashlab yuboring.
Sabzavotli sharbatlar
Ko‘pchilik shakar va ozuqaviy moddalar bisyor ekani sabab mevali sharbat o‘rniga sabzavotlisini ichish kerak deb o‘ylaydi. Amma aynan shakar va kislota miqdorining kamligi hisobiga mazkur sharbatlar tez ayniydi. Shu sabab ham yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin tashlab yuborish va ochgandan keyin o‘sha kunning o‘zida ishlatish tavsiya qilinadi.
Mayda qisqichbaqa (krevetka)
Dengiz mahsulotlaridan zaharlanish juda ham og‘ir kechadi, mayda qisqichbaqalar esa boshqa mollyuskalar singari tez aynib qoladi. Yangiligida ularni sovitkichda 3 kungacha, muzlatilgan variantda esa ikki oygacha saqlash mumkin. | 111 | 2,044 |
Ayollar | Takror ishlatish mumkin va kerak bo‘lgan bir martalik buyumlar | Pulni tejash va ekologiyani saqlashga hissa qo‘shishni kichik buyumlarni xarid qilish va ishlatishdan boshlash kerak. Siz xayolingizga ham keltirmagan buyumlarni qayta-qayta xarid qilish orqali mablag‘ingiz havoga uchishi bundan esa atrof-muhitga faqat va faqat zarar yetishi mumkin.
Paxta disklari
Makiyaj o‘chirish uchun kuniga nechta paxtali disk ishlatasiz? Bu haqida hatto o‘zingiz ham o‘ylab ko‘rmagan bo‘lsangiz kerak. Ammo pul tejash va atrof-muhitga zarar yetkazmaslik nuqtayi nazaridan ham ko‘p marta ishlatiladigan vositalardan foydalanganingiz yaxshi. Ularni yuvish va qayta ishlatish mumkin. Qolaversa, ular yumshoq va teri uchun yoqimli hamda sovg‘a sifatida foydalanish mumkin.
“Aqlli” bloknot
Agar sizga hamisha yon daftar kerak bo‘ladigan va usiz yura olmaydigan bo‘lsangiz, unda “aqlli” bloknotlar siz uchun. Bunday bloknot hech ham tamom bo‘lmaydi va maxsus mato yordamida artilsa, sahifalari hamisha yangidek bo‘ladi. Sizga bloknotdagi qaydlar kelajakda kerak bo‘ladigan bo‘lsa, o‘chirib yuborishdan avval smartfonga saqlab qo‘yish mumkin.
Oziq-ovqat plyonkasi
Buterbrod yoki qolgan ovqat ustini yopib qo‘yish uchun oziq-ovqat plyonkasi hamisha qo‘l keladi. Lekin ko‘p marta ishlatishga mo‘ljallangan bunday plyonka ham ishlab chiqarila boshlagani haqida bilarmidingiz? Yo‘q bo‘lsa, bilib qo‘ying. U asal mumi hamda boshqa tabiiy komponentlardan tayyorlanadi. U qo‘lning issiq harorati hisobiga yumshaydi va istalgan mahsulotni saqlash imkoniyatini beradi. Ishlatgandan keyin uni suvda sovunlab yuvib tashlash, keyin esa qayta ishlatish mumkin.
To‘r xalta
Plastik paketlar ekologiya uchun ham, salomatlik uchun ham foyda bermaydi. Qayerga bormang plastik paketlarga duch kelasiz. Shu sababdan uni ishlatishni maksimal darajada kamaytirgan yaxshi. Nimadan boshlash kerak? Tabiiyki, klassik paketlardan. Plastiklarni osongina to‘r paket yoki matodan tikilgan sumkalarga alishtirish mumkin. Birinchidan bu qulay, ekologiyaga foyda, qolaversa, noodatiy ko‘rinadi.
Bolalar tagligi
Bolalar tagligi uchun qancha ko‘p mablag‘ sarflanishi ota va onalarga yaxshi ma’lum. Olimlarning aniqlashicha, bola tuvakdan foydalanishga o‘rgangunicha 4 ming dona taglik ishlatiladi. Unday bo‘ladigan bo‘lsa, ko‘p marta foydalansa bo‘ladiganini ishlating. Avvaliga bu qanchalik g‘alati tuyulmasin keyinchalik foydasini sezasiz. Yumshoq va ekologik, tozalash mumkin bo‘ladigan vosita bola terisiga zarar yetkazmaydi. Ular xuddi bir martalik taglik singari namlikni o‘ziga oladi, ammo atrofga zarar yetkazmaydi, mablag‘ingizni esa tejaydi.
Oshxona sochiqlari
Qog‘oz sochiqlar foydalanish uchun juda qulay bo‘lishi mumkin, ammo tez tugab qoladi. Tugaganidan keyin esa qayta-qayta xarid qilishga to‘g‘ri keladi. Ekologik tabiiy alternativdan esa ko‘p marta foydalanish mumkin. Ular bambuk tolasidan tayyorlangan bo‘ladi va 80 martadan 100 martagacha yuvish mumkin.
Suv uchun idish
Har gal yangi suv sotib olib yurishni bas qiling va o‘zingiz bilan suv solish uchun maxsus idish olib yuring. Chiroyli va qulay bo‘lgan bunday butilkalarning chiroyli printlilari va ichimlikni isitsa bo‘ladiganidan xarid qiling. Idish turli materiallardan: plastik, alyuminiy, silikondan tayyorlangan variantlari ham bor.
Qandolat qog‘ozi
Pechda taom pishirish uchun ko‘pincha yonmaydigan qog‘ozlardan foydalaniladi. Uni esa har gal yangisini ishlatishga to‘g‘ri keladi. Tejamkorlikka rioya qilish uchun esa ko‘p marta ishlatsa, yuvsa bo‘ladigan qog‘ozdan foydalaning. U oddiy qog‘ozdan hech ham farq qilmaydi, ammo uni yuvish va qayta-qayta ishlatish mumkin.
Ichimlik ichish uchun naycha
Agar ichimlikni naychada ichishga o‘rgangan bo‘lsangiz, ekologik va ko‘p marta ishlatsa bo‘ladigan bambuk yoki po‘latdan tayyorlanganidan foydalaning. Ularda hech qanday rang beruvchi va toksik moddalar bo‘lmaydi. | 62 | 3,777 |
Ayollar | Foto: Bahorda charm kurtkani nima bilan kiygan ma’qul? | Bahorgi garderobning ajralmas qismi hisoblangan charm kurtka bilan ko‘p hollarda qiziqarli obrazlar yaratish mushkul emas, asosiysi fantaziya qilish va tendensiyalarga amal qilish kerak.
Charm kurtka qora bo‘lishi kerak, deb kim aytdi? Hech ikkilanmasdan rang-barang modellar bilan minimal uslubdagi top kiyishingiz uni etaklari keng jinsi bilan moslashingiz mumkin. Poyabzal sifatida poshnasi past, uchli loferlarni tanlash tavsiya qilinadi.
Vodolazka va kalta keng shim bilan ham qiziqarli uslubda kiyinish mumkin. Buning uchun kombinatsiyaga charm kurtka qo‘shishning o‘zi kifoya.
Qolaversa, ushbu ustki kiyim bilan ayollarga xos jozibador obrazlar yaratish mumkin. Buning uchun yupqa bluzka va midi uzunligidagi yubka yoki istalgan fasondagi ko‘ylak kiyish mumkin. | 54 | 775 |
Ayollar | Tirnoqlar mustahkam bo‘lishi uchun yordam beradigan samarali maslahatlar | Tirnoqlar rangini yo‘qotdimi, juda tez sinadimi? Demak, ushbu muammolarni baratraf etish uchun qat’iy choralar ko‘rish vaqti keldi. “Noviy ochag” nashri tirnoqlar ko‘rinishi hamda mustahkamligi uchun foydali bo‘lgan maslahatlar bilan bo‘lishdi.
Biotin qabul qiling
Biotin H va B7 vitamin deb ham ataladi B guruhi vitaminlaridan biridir. Bu suvda eriydigan modda inson organizmida qolmaydi, shuning uchun uni har kuni to‘ldirish kerak. Soch va tirnoqlarni mustahkamlash, shuningdek, asab tizimining to‘g‘ri ishlashi uchun javobgar narsa biotindir. Biotin baliq, tuxum va yasmiq kabi oziq-ovqatlarda yuqori miqdorda mavjud. Shuningdek, H vitaminining kunlik iste’molini mutaxassis bilan maslahatlashgandan so‘ng parhez qo‘shimchalari yordamida to‘ldirish mumkin.
Kamroq suvga soling
Suv bilan tez-tez aloqa qilish tufayli tirnoqlar zaif va mo‘rtlashadi. Uy ishlarini bajarayotganda rezina qo‘lqoplardan foydalanib, uni minimal darajaga tushirishga harakat qilish kerak. Dush qabul qilayotgan vaqtda ham qo‘llarni suv ustida ushlab turish lozim.
Tarkib bilan tanishing
Har doim dekorativ laklar va tirnoqlarni parvarish qilish vositalarining tarkibini to‘liq o‘qish kerak. Agressiv kimyoviy moddalar tirnoq plastinkasiga tuzatib bo‘lmaydigan zarar yetkazishi mumkin. Asetonni o‘z ichiga olgan suyuqliklardan foydalanmaslik lozim.
Tirnoqlar dam olsin
Dekorativ qoplamalar, ayniqsa, shellakdan kamroq foydalanish lozim. Qalin lak qatlami ostida tirnoqlar zaiflashadi va ingichkalashadi. Tanaffus qilish, niqoblar va vannalar shaklida intensiv oziqlanishni ta’minlash, bezaklarni olib tashlagandan keyin tirnoqlar kamida bir hafta dam olishi lozim.
Tirnoqlarni moylar bilan oziqlantiring
Tabiiy yog‘lar, xususan, kokos, choy daraxti, kanakunjut va zaytun yo‘gi tirnoq plastinkasini mustahkamlaydi va uning atrofidagi terini namlaydi. Barmoqlarni iliq moyli hammomda 10 daqiqa davomida namlash, so‘ngra mahsulotning qolgan qismini tirnoq ustiga surtish lozim. Jarayonning ta’sirini kuchaytirish uchun uni kechasi qo‘llab, paxta matoli qo‘lqop kiyib uxlash mumkin.
Namlantirishni unutmang
Kun davomida qo‘l tirnoqlari va terisi ko‘plab stresslarga duchor bo‘ladi. Qog‘oz va kompyuter bilan ishlash, suv va kimyoviy moddalar bilan aloqa qilish tirnoqlarning qurishiga va mo‘rtlashishiga olib keladi. Noxush oqibatlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun har kuni intensiv namlantiruvchi mahsulotlarni tirnoq atrofidagi teriga surtish tavsiya etiladi.
Ko‘proq vitaminlar qabul qiling
C vitamini tirnoqlar uchun juda foydali. Bu tirnoq plastinkasini mustahkamlashga va uning tez o‘sishiga yordam beradi. Tirnoqlarni qo‘shimcha oziqlantirish uchun ularni limon bo‘lagi bilan ishqalash kifoya — bu meva C vitaminining asosiy manbalaridan biri hisoblanadi. Buni besh daqiqa davomida bajarish, so‘ngra qo‘lni iliq suv bilan yuvish lozim.
Turli foydali mahsulotlar iste’mol qiling
Bir qator elementlar mavjud bo‘lib, ularsiz tirnoqlarning sog‘lig‘ini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Go‘sht va oqsil manbalari, yangi meva va sabzavotlar, qovoq urug‘i va qora shokolad, baliq hamda dengiz mahsulotlarini ratsionga kiritish lozim. | 72 | 3,095 |
Ayollar | Ratsionga kiritish tavsiya etiladi. Teri holatini yaxshilaydigan 3 ta supermahsulot | Albatta, oziq-ovqat mahsulotlarining sog‘liq uchun bir qator foydali tomonlari bor. Ular barcha organlarning ishlashiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan, ozishga va yoshlikni saqlab qolishga yordam beradigan vitamin va minerallar manbayi − ayniqsa teri, tirnoq va sochlar uchun. Shuningdek, ular organizmni asrash vazifasini kuchaytiradi, kasalliklardan himoya qiladi va toksinlarni yo‘q qilishga yordam beradi. Bundan tashqari, supermahsulotlar stressni nazorat qilish va jismoniy mashqlarni yengillashtiradi. Agar sog‘lom va silliq teriga ega bo‘lishni istovchilar bo‘lsa, ratsionga qo‘shish kerak bo‘lgan uchta supermahsulot haqida bilib qo‘yishi kerak.
Kinoa
Kinoa − sog‘lom turmush tarafdorlari orasida juda mashhur. Ushbu mahsulot tarkibida juda ko‘p miqdordagi vitamin va minerallar, oqsil, kletchatka, B guruhi vitaminlari, fosfor, temir, kaliy, kalsiy va rux mavjud. Kinoa donalarida teri, soch va tirnoqlarning holatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan aminokislota lizini mavjud. Bundan tashqari, kinoa tanadagi modda almashinuvi jarayonlarini yaxshilashga va tezlashtirishga, natijada ozishga yordam beradi. Shuning uchun har bir kishi ushbu donni o‘z ratsioniga kiritishi kerak.
Chia urug‘lari
Chia urug‘lari tarkibida oqsil, kletchatka va kalsiy, linolenik kislota, omega-3 bo‘lib, ular urug‘ tarkibida baliqlarnikidan ham ko‘proqdir. Chia teri uchun ham juda foydali bo‘lib, quruqlik bilan kurashishga yordam beradi. Bundan tashqari, teri elastikligini oshiradi. Shuning uchun ham ko‘proq ayollar chia urug‘ini sevib iste’mol qiladi. Chia urug‘idan salatlar, pudinglar tayyorlab ichish mumkin. Natijasi esa uzoq kuttirmaydi.
Kakao donalari
Aynan shokoladlar tayyorlanadigan ushbu mahsulot juda foydali bo‘lib, ular tarkibida kaliy, magniy, rux, fosfor, beta-karotin, B1 va B2 vitaminlari hamda 300 dan ortiq ozuqa moddalari mavjud. Bundan tashqari, kakao donalari tarkibida butun tananing salomatligi va tashqi ko‘rinishiga foydali ta’sir o‘tkazadigan ko‘p miqdorda antioksidant mavjud. Kakao juda ham foydalidir, uning tarkibida kokoxil deb ataladigan modda mavjud bo‘lib, terini tiklashga yordam beradi. | 83 | 2,115 |
Ayollar | Zerikish ham foydalimi? | Barcha his-tuyg‘ularimizning biz uchun qandaydir foydasi bor, hattoki zerikishning ham. Psixolog Sandi Mann inson zerikishini o‘rganib chiqqan va quyidagi xulosalarga kelgan.
Sandi Mann shunday tajriba o‘tkazgan. Bir guruh ishtirokchilar 20 daqiqa davomida telefon raqamlarini telefon kitobidan qog‘ozga ko‘chirib yozishdek zerikarli ish bilan shug‘ullanishgan. Shundan so‘ng ishtirokchilarga plastik idishni qanday maqsadlarda ishlatish mumkinligi haqida yangi usullarni o‘ylab topish buyurilgan. Ishtirokchilar unchalik original g‘oyalar ayta olishmagan. Keyingi bosqichda ular yanada zerikarli mashg‘ulot bilan shug‘ullanishgan: ko‘chirib yozilgan telefon raqamlarini ovoz chiqarib o‘qishgan. Bu mashg‘ulotdan keyin ishtirokchilar plastik idishlar haqida ajoyib g‘oyalarni o‘ylab topa boshlashgan.
Bu tajriba bilan Mann zerikayotgan odam ijodiy fikrlay boshlashini isbotladi. Inson zerikkanda xayol sura boshlaydi, bosh miya ishlashi passiv rejimga o‘tadi. Bunday rejimda bosh miya po‘stlog‘ining chakka va prefrontal qismlari ishlay boshlaydi, bu qismlar avtobiografik xotira, o‘zini anglash, birovning nimani o‘ylayotganini tushunishga harakat qilish kabi xususiyatlar uchun javob beradi.
Miya passiv rejimda ishlayotganda bizda ichki tahlil jarayoni boshlanadi, ya’ni biz bo‘lib o‘tgan voqealar, suhbatlar, ma’lumotlarni xayolimizda jonlantira boshlaymiz. Bu narsa atrofimizda ro‘y berayotgan va biz boshimizdan kechirayotgan voqealarni yaxshiroq anglab olishimizga yordam beradi. Masalan, kim bilandir gap talashib qoldik, o‘sha paytda jahl ustida aytayotgan gaplarimiz haqida o‘ylab o‘tirishga vaqtimiz va imkoniyatimiz yo‘q va bu holatga boshqa odamning nazari bilan qaray olmaymiz. Lekin keyinroq, mashinada ketayotganimizda yoki kundalik ishlar bilan shug‘ullanayotganimizda o‘sha vaziyatni xayolimizda qayta jonlantirib, bu vaziyatning sabablari, aytgan gaplarimiz, bizga qarshi bo‘lgan odamning aytgan gaplari, nima deb o‘ylagani haqida chuqur o‘ylay boshlaymiz.
Zerikishdan kelib chiqadigan xayol surish jarayoni inson uchun keraklidir, ayniqsa, sotsial munosabatlarga to‘la hayot kechirayotganlar uchun. Shunday ekan, miyangizni doim elektron pochtani tekshirish, virtual dunyoda faollik ko‘rsatish yoki shunga o‘xshash vazifalar bilan band qilib qo‘ymang. Ba’zan o‘zingizga biroz bekor qolib, zerikish ustida xayol surishingizga ham imkoniyat bering. Chunki zerikish ijodiy jarayonning kalitidir. | 23 | 2,413 |
Ayollar | Yuz terisini kunning qaysi qismida parvarish qilgan ma’qul? | Namlantiruvchi kremni ertalab va kechqurun surish kerakligini hamma biladi. Antioksidant, peptid yoki kislotali vositalardan qachon foydalanish mumkin? Yuzingiz terisi qanday davr bo‘yicha yashashini bilib oling va kosmetikadan sutkaning to‘g‘ri vaqtlarida foydalaning.
Bizning terimiz gormonlar va tashqi muhit ta’siri ostida bo‘ladigan 24 soatlik tabiiy davrga ega. Yuzni parvarish qilish yuqori samara berishi uchun 2 asosiy qoidani esingizda saqlang: teriga kun davomida himoyalovchi, kechasi esa tiklovchi vositalar zarur bo‘ladi.
Ertalab 6 da
Ertalab teringiz ta’sirchan va oddiy parvarishni qabul qilmayotganini sezgan bo‘lsangiz kerak? Bunga terida ta’sirchanlik, yallig‘lanish va hatto allergiya kabi salbiy ta’sirlar qo‘zg‘atuvchi kortizol gormoni sababchidir. Agar siz ertaroq tursangiz, yuzingizga tinchlantiruvchi yoki yallig‘lanishga qarshi krem suring.
Ertalab 9 da
Ertalabki parvarish kun davomida teringiz uchun ishonchli himoya bo‘lishi kerak: antioksidantlar, faol namlantiruvchi va quyoshdan himoya qiluvchi vositalardan foydalaning. Bu mahsulotlarning maqsadi — teringizni tashqi muhitning zararli ta’sirlaridan: ultrabinafsha nurlar, ekologik ifloslanish, stress va kompyuter ekrani nurlanishidan himoya qilish. Terini uzoq vaqtgacha namlantirish uchun erkin radikallar va gialuron kislotasi ta’sirlariga qarshi tarkibida C va E vitaminlari bo‘lgan kosmetik vositalarni tanlang.
Kunduzi 1 da
Tushga yaqin yuzda ortiqcha yog‘lar paydo bo‘ladi, shuning uchun T-sohadan yaltirovchi yog‘larni olib tashlashning ayni vaqti. Makiyajni buzmaydigan va sebumni yaxshi singdiradigan jilosiz salfetkalardan foydalaning.
Kechqurun 5 da
Ish kunining oxirida siz terining tortilganini va suvsizlanganini his qilishingiz mumkin. Bu sizning ertalabki kremingiz o‘z vazifasini bajara olmayotganini bildiradi. Qo‘shimcha ravishda namlantiruvchi krem yoki zardob surishning ayni vaqti.
Kechqurun 9 da
Kechki vaqtlar charchash, stress va uzoq vaqt makiyajda yurish oqibatida teri yana ta’sirchan bo‘lib qoladi. Yuzingizni yaxshilab tozalang va tinchlantiruvchi yoki yallig‘lanishga qarshi krem suring.
Tunda
Aynan tunda terimiz faol ravishda tiklana boshlaydi: erkin radikallar ta’siri neytrallashadi, kollagen ishlab chiqarish oshadi va hujayralar yangilanadi. Yoshartiruvchi ta’sir samarasini oshirish uchun teriga faol parvarish orqali yordam bering: peptidli, retinolli yoki meva kislotali vositalardan foydalaning. Bir haftada 1—2 marta maxsus tungi niqoblardan ham foydalanishingiz mumkin.
Manba: “Woman.ru” | 59 | 2,519 |
Ayollar | Oziq-ovqatlarni yangi holatda saqlashning 6 usuli | Oziq-ovqatlarni g‘amlab qo‘yar ekanmiz, biz ular uchun eng muvofiq saqlash sharoitini yaratishga harakat qilamiz. Uzoq vaqt yangi holida turishlari bilan bir qatorda ular foydali xossalari va vitaminlarini ham saqlab qoladi.
Lekin uzoq vaqt saqlanayotgan oziq-ovqatlardan foydalanishda organizmga zarar keltirmasliklari uchun juda ehtiyotkorlik talab etiladi. Buning uchun oziq-ovqatlarning uzoq saqlanishiga yordam beruvchi bir necha usullarni bilib olishingiz zarur bo‘ladi.
Muzlatilgan sut
Agar sizda ishlatilmasdan ortib qolgan sut bo‘lsa, achib qolishini kutib o‘tirmang — uni muzlating. Buning uchun oldindan toza idishga quyilgan yangi sut bo‘lishi kerak. Sut bunday holatda 6 haftagacha saqlanadi.
Salat barglarini qog‘ozga o‘rang
Salat barglari juda tez so‘lib qoladi. Ularni qog‘ozga o‘rab qo‘ysangiz, uzoq vaqtgacha yangi holini saqlab turadi. Hatto oddiy gazeta qog‘ozi ham namlikni shimib olish bilan zamburug‘lar va bakteriyalarning tarqalib ketishi oldini oladi.
Ko‘k piyozni suv solingan idishga joylaymiz
Ko‘k piyozni tuproq va qurigan po‘stlardan tozalab, suv solingan idish ichiga qo‘yish orqali uning umrini 2 haftagacha uzaytirish mumkin.
Ko‘katlarni shisha banka ichida saqlaymiz
Ko‘katlarni yangiligicha saqlash uchun ularni quruq banka ichida saqlash lozim. Ko‘katlarni kesamiz va banka ichiga joylaymiz. Natijada yangi va chiroyli ziravorga ega bo‘lamiz.
Asalni shisha bankada saqlaymiz
Haqiqiy tabiiy asalni saqlash muddati chegaralanmaydi. U o‘zining tarkibidagi mikroorganizmlardan himoya qiluvchi moddalar tufayli yillar davomida yangi holini saqlab turadi.
Asalni sovitgichda saqlash uning vaqtidan oldin kristallanishiga va uni bankadan chiqarishning qiyinlashishiga olib keladi. Asal uchun eng muvofiq idish shisha hisoblanadi.
Olmalarni sovitgichda saqlaymiz
Olmalarni saqlash oson, sovitgichda esa uning saqlanish muddatini bir necha oygacha uzaytirish mumkin. Asosiysi — mevalarni bir-biridan ajratib qo‘yish kerak, chunki ular bir-biriga tegishi natijasida chirish jarayonlari boshlanadi. Yaxshisi olmalarni gazetaga o‘rab qo‘ygan ma’qul.
Manba: “Xitrosti jizni” | 49 | 2,099 |
Ayollar | Kurka go‘shtini pishirishda yo‘l qo‘yiladigan xatolar | Siz kurka go‘shtini pishirishda uni hech kuydirib yuborganmisiz? Yoki uning ichak-chavog‘ini olib tashlashni unutganmisiz? Agar shunday bo‘lsa, bunaqa achinarli holatlar faqat sizda yuz bermagan. Bu sinovlarni boshidan kechirgan uy bekalari kurka go‘shtini tayyorlashda ularni hech kim boshqa takrorlamasligi uchun o‘zlarining jiddiy kamchiliklari va xatolari to‘g‘risida siz bilan o‘rtoqlashmoqchilar.
“Men muzlatilgan go‘shtni shoshilinch ravishda yuqori haroratda qizdirilgan duxovkada eritish muammoni tezda hal qiladi deb o‘ylagan edim. Lekin kurkaning tashqari tomoni qop-qora bo‘lib kuyib ketdi, ichi esa avvalgi holatida qoldi.”
Maslahat: Muzlatilgan kurkani eritish masalasida vaqtingizni tejashni o‘ylamang — u siz o‘ylagandan ko‘ra ko‘proq vaqtni oladi!
“Birinchi marta kurkani tuzlash uchun mos keladigan idish topolmasdan, plastik o‘ramning ichida tuzlamoqchi bo‘ldim. Kurka turgan paketning ichiga tuzli suvni quyishim bilan u yirtilib ketdi”.
Maslahat: Kurkani tuzlash uchun 15 litr hajmdagi chelakdan foydalaning.
“Men kurkani tayyorlashdan oldin uning ichini tekshirib ko‘rdim va ichak-chovog‘i tozalangan ekan deb o‘yladim. Tayyor bo‘lgandan keyin uni kesish paytida ichki a’zolari olinmaganligi ma’lum bo‘ldi...”
Maslahat: Hatto ichak-chavoqlari ko‘rinmayotgan bo‘lsa ham, kurkaning ichini chiroq bilan yaxshilab qarang va tozalanganiga ishonch hosil qiling!
“Bayramdan oldin duxovkamizning boshqaruv paneli yaxshi ishlamay qolgan edi, lekin men bunga e’tibor bermadim. Mehmonlar kelishidan oldin duxovkaga qo‘yilgan kurka pisha boshlaganda, boshqaruv paneli yana buzildi va eshigi mahkamlanib qoldi. Uydagi elektrni o‘chirishga va duxovkaning sovib eshigi ochilishini kutishga to‘g‘ri keldi.”
Maslahat: Duxovka normal holatda ishlayotganiga ishonch hosil qiling. Har ehtimolga qarshi mehmonlar kelishidan oldin boshqa yeguliklarni ham g‘amlab qo‘ying.
“Bir kuni kurkani dudlayotganimda tasodifan ko‘mir ustiga biroz vino to‘kib yubordim — kul hamma tomonga uchib tarqalib ketdi. Kurkaga hech narsa qilmagan bo‘lsa ham, uning ostidagi podlivka foydalanish uchun yaroqsiz holga kelib qoldi.”
Maslahat: Har ehtimolga qarshi va biron ishingiz rejadagidek bo‘lmagan holatlar uchun bir-ikki banka ziravor va qaylalarni oldindan tayyorlab qo‘ying.
Manba: “Zdorovie.com” | 53 | 2,283 |
Ayollar | Sochlarning yaxshi bo‘yalmasligi sabablari | Ajoyib rangni uchratib qolsangiz, sizda vaqtincha bo‘lsa ham ko‘rinishingizni tubdan o‘zgartirish fikri paydo bo‘ladi. Lekin ba’zan natijasi kutganingizdek bo‘lib chiqmaydi. Sochlaringiz har xil, xira yoki notabiiy rangli sochlarga aylanib qoladi. Nima uchun bunday holat yuz beradi va sochlardagi bu muammoni qanday bartaraf qilish mumkin?
Agar sochlaringiz tabiiy rangi ustidan ko‘p marta boshqa ranglarga bo‘yalgan yoki ildizi sezilarli darajada o‘sgan bo‘lsa, yangi bo‘yoq ularning har xil rangini takrorlashi mumkin.
Maslahat: mutaxassisga ishoning va oldingi ishlatgan bo‘yoqlaringiz haqida batafsil ma’lumot bering.
Agar sochlaringiz yetarlicha rangsizlantirilmagan bo‘lsa, pastel ranglar sochlaringiz rangini xira qilib qo‘yadi. Agar sochlaringiz qoramtir bo‘lsa, istalgan rangga erisholmaysiz. Kerakli tusga ega bo‘lish uchun bo‘yashdan oldin sochlaringizni rangsiz qilishga yaxshilab tayyorlang.
Sochlarning uchi qanday rangdan foydalansangiz ham yashil tusli mis rangga kiradi. Stilistlar sochlarning uchini biror rang bilan bo‘yashni va so‘ngra o‘ziga o‘xshash rang bilan qaytadan vaqtincha bo‘yashni tavsiya qilishadi.
Siz bo‘yoqni haddan tashqari uzoq tutib turganingiz uchun sochning tub rangi yo‘qolgan. Bu holatni tuzatish uchun rangsizlantiruvchi shampun yordamida bir necha marta yuving.
Manba: “Wellness.com” | 42 | 1,330 |
Ayollar | Ortiqcha makiyajsiz, tabiiy go‘zal ko‘rinishning 5 usuli | Bo‘yanish bu chaplanish degani emas, kosmetik vositalarni me’yorida ishlatib ham go‘zal ko‘rinish mumkin. Quyida sizga asqatishi mumkin bo‘lgan ayrim tavsiyalarni keltirib o‘tamiz.
1. Makiyaj ideal bo‘lishi uchun chyotkalar bo‘lishi shart emas, ayniqsa labni bo‘yashda buning, umuman, hojati yo‘q. Chizilgan labdan ko‘ra, barmoqlar yordamida tabiiy qilib surtilgan pomada chiroyli ko‘rinadi. Qolaversa bunday usul bilan lablar yanada jozibali ko‘rinadi.
2. Yuz terisini tiniq ko‘rsatish uchun qavat-qavat tonal krem surtishning keragi yo‘q. Buning o‘rniga CC yoki BB kremdan foydalanish tavsiya qilinadi. Yuzingizda sepkil yoki xol bo‘lsa, ularni butkul yashirishga urinmang, individual go‘zal bo‘ling, hammadek emas.
3. Qoshlarni chizishni bas qiling. Shunchaki ularni tartibga keltirish va rangsiz gel surtishning o‘zi kifoya. Chizib olish sizni tabiiy, tartibga keltirilgan qoshlarchalik go‘zal ko‘rsatmaydi.
4. Haylayterdan to‘g‘ri foydalanilsa makiyaj mukammal va o‘ziga xos ko‘rinadi. Uni nafaqat yonoqlar uchun, balki ko‘zga surtiladigan ten o‘rniga ham ishlatish mumkin.
5. Ortiqcha bo‘yoqlarsiz tabiiydek yarqirab turadigan makiyaj uchun eng avvalo teringiz ahvoli haqida qayg‘uring. Muntazam ravishda namlantiradigan kremlardan foydalanishni kanda qilmang. Teri holati yaxshi bo‘lmasa, surilgan kosmetik vositalar yig‘ilib, notabiiy ko‘rinish kasb etadi. | 56 | 1,365 |
Ayollar | Chia urug‘lari qanday iste’mol qilinadi va haqiqatan ham foydalimi? | Chia urug‘lari ozuqa moddalarning yuqori konsentratsiyasiga ega. Uning tarkibida kalsiy, kaliy va antioksidantlar mavjud. Chia urug‘ining vatani Markaziy va Janubiy Meksika hisoblanadi. Ushbu urug‘lar qadimdan beri ishlatilib, endilikda undan kundalik oziq-ovqat mahsuloti sifatida foydalanilmoqda.
Chia urug‘ining afzalliklari nimada?
Chia urug‘idan qanday foydalanish kerak?
Avvalo, urug‘lar suvga bo‘ktiriladi, shundan keyin ular shishib, jelega o‘xshash massaga aylanadi. Erta tongda yogurt, smuzi yoki yormalarga qo‘shish uchun tuni bilan muzlatkichga qo‘yish tavsiya etiladi.
Shuningdek, suvdan boshqa har qanday suyuqlikka ham qo‘shish mumkin. Masalan, kefir, sut, kokos yoki bodom suti, choy va hattoki pomidor sharbati kabilar. Urug‘larni suyuqlikka 1:4 nisbatda qo‘shish kerak. Bundan tashqari, urug‘larni ikki hafta mobaynida muzlatkichda saqlash mumkin.
Rukkola ko‘katlaridan tayyorlanadigan salatlar uchun chia urug‘i juda mos keladi. Bir qoshiq urug‘ tovada yog‘siz qovuriladi. Shundan so‘ng sho‘rva, salat va boshqa qo‘shimcha taomlarga qo‘shish mumkin.
Chia urug‘i osongina suvni shimib olgani uchun tuxum o‘rnida ham foydalanish mumkin. Bir osh qoshiq chia urug‘i uch osh qoshiq suvga bo‘ktiriladi. Urug‘lar shishib chiqqanidan so‘ng 1 osh qoshiq urug‘ retsept bo‘yicha tuxum o‘rnini bosadi. Ayrim taomlarga un yoki makkajo‘xori kraxmalini qo‘shish tavsiya etiladi. Chia urug‘ini to‘g‘ridan to‘g‘ri qozonga bir juft osh qoshiq miqdorda qo‘shish mumkin. Urug‘lardan oddiy non va kotletlar tayyorlashda ham foydalanish mumkin.
Bundan tashqari uy sharotida ham pudding tayyorlash mumkin. Bodom sutiga urug‘lar bo‘ktiriladi va muzlatkichga qo‘yiladi. Tayyor pudingga yong‘oq, mevalar va asal qo‘shish mumkin.
Urug‘lar jelega aylanishi mumkinligi sababli ulardan murabbo tayyorlash mumkin. Buning uchun mevalar blenderda maydalanib, chia urug‘i qo‘shiladi.
Sochlar uchun foydali
Chia urug‘ini 25 daqiqaga suvga solinadi. Ular gelga aylanguncha kutish kerak, so‘ngra ularga 3 osh qoshiq limon sharbati qo‘shiladi. Gelni o‘xshash massa sochlarga suriladi va 10 daqiqadan keyin yuviladi. Soch tolalari qalin va mayin bo‘ladi. | 67 | 2,141 |
Ayollar | Yuz terisidagi eng keng tarqalgan muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar | Ko‘pchilik teri muammolarini hal qilishni emas, balki tonal kremi bilan niqoblashni afzal ko‘radi, ammo bu masalaga yechim bo‘la olmaydi.
Quruq, yallig‘langan, qobiqli joylar
Yosh yoki ekzema tufayli teri quruqlashishi mumkin. Quruq teri uchun eng yaxshi vosita namlovchi vositadir. Terining chuqur qatlamlariga yaxshiroq kirib borish uchun o‘lik hujayralarni olib tashlaydigan skrabdan foydalanish tavsiya etiladi. Agar bu yordam bermasa, dermatologga murojaat qilish kerak.
Ko‘z atrofidagi oq pufakchalar
Toshma tariq doniga tashqi o‘xshashligi sababli ular tariq deb ham ataladi, ammo rasmiy nomi – milium. Ular ham teri hujayralarining kichik bo‘laklari, husnbuzarning bir turi. Miliumlar juda yog‘li kremlardan foydalanish yoki noto‘g‘ri ovqatlanish tufayli paydo bo‘lishi mumkin. Muammoning oldini olish uchun kremni boshqasiga almashtirib, terini skrab bilan muloyimlik bilan tozalash zarur. Hech qachon miliumni teshish yoki siqish kerak emas. Bu infeksiya tushishiga olib kelishi yoki terida chandiq qoldirishi mumkin. Kosmetologlar esa katta miliumdan xalos bo‘lishga yordam beradi.
Jigarrang yoshdagi dog‘lar
Bu dermatologlar melazma deb ataydigan teri pigmentatsiyasining buzilishidir. Melazma homiladorlikdan keyin, gormonal kasalliklar, ultrabinafsha nurlarining haddan tashqari ta’siri, fotosensibilizatorlarni o‘z ichiga olgan dori-darmonlarni qabul qilish va ovqat hazm qilish tizimining ayrim kasalliklari bilan paydo bo‘lishi mumkin. Bunday vaqtda eng yaxshi vosita quyoshdan himoyalovchi kremdir. Homiladorlar glikolik kislota va qizilmiya ekstraktidan iborat skrabni sinab ko‘rishi mumkin. Ammo teriga lazer orqali ta’sir qilish usullaridan ehtiyot bo‘lish zarur, chunki melazma melanomani qo‘zg‘atishi mumkin.
Terining qizarishi
Bu rosatsea – yuzning surunkali teri kasalligi bo‘lib, undagi kichik yuzaki tomirlar kengayadi va qizil yallig‘lanish hosil bo‘ladi. Rozatseaning kelib chiqish sabablari noma’lum, ammo shifokorlar erta qarigan odamlar unga ko‘proq moyil ekanligini aniqladi. Kasallikning oldini olish uchun quyoshda uzoq vaqt qolmaslik, spirtli ichimliklar va shokolad iste’mol qilmaslik kerak. Shuningdek, qon tomirlarini toraytiruvchi krem foydalanish uchun shifokorga murojaat qilish lozim.
Kichik qizil toshmalar
Ular angioma deb ataladi, odatda ular mayda, 1-2 millimetrli, bo‘yin, ko‘krak va qorin bo‘shlig‘ida paydo bo‘ladi. Tashqi tomondan, angiomalar oddiy xollarga o‘xshaydi. Ushbu kasallik irsiyatdan ham o‘tadi. Angiomani oldini olish ilojsiz, lekin bu mutlaqo xavfli emas. Agar ular tez-tez bezovta qilsa, dermatologga murojaat qilish lozim. Shuningdek, hushsizlantirish orqali ularni jarrohlik yo‘li bilan olib tashlash mumkin.
Husnbuzar va chipqon
Ushbu muammo estrogen darajasining pasayishi va androgen gormonlarining ko‘payishi bilan tavsiflanadi. Shu sababli, shilliq bezlar faolroq ishlaydi, shuning uchun 40 dan 49 yoshgacha bo‘lgan ayollarning taxminan 25 foizi husnbuzarlarga duch keladi. 20 yoshda gormonal tabletkalarni qabul qilish yetarli bo‘lishi mumkin, ammo 40 yoshdan keyin siz mutaxassisdan yordam so‘rash kerak.
Terida kichik oq yoki qizil dog‘lar
Keratoz – soch follikulalarining dag‘allashuvidir. Keratoz balog‘at yoshidagi odamlarning 30-40 foizida uchraydi. Ayollarda homiladorlik davrida kasallik faollashishi mumkin. O‘lik hujayralardan o‘z vaqtida xalos bo‘lish va ularning to‘planishining oldini olish uchun terini muntazam ravishda tozalash lozim. Terini yaxshilash uchun namlantiruvchi krem surtish zarur.
Teriga oq dog‘lar tushishi
Ushbu dog‘lar irsiyat yoki to‘satdan vazn ortishidan paydo bo‘ladi. Ko‘pincha bunday tartibsizliklar terining turli joylari bir-biriga ishqalanadigan joylarda paydo bo‘ladi. Buning da’vosi uchun faqat dermatologga borish kerak. | 88 | 3,739 |
Ayollar | Siz bekorga mashinada yuvishga qo‘rqqan 7 ta buyum | Vannaxona uchun pardalar, sport oyoq kiyimlari, bolalar o‘yinchoqlari va boshqa narsalarni kir yuvish mashinasida bemalol yuvish mumkin.
Har bir o‘yinchoqni alohida maxsus xaltachalarga qo‘ying va sovuq suvda yuving. Kir yuvish vositasini esa belgilangan me’yorning yarmini soling. Keyin yana bir marta chayqang va quriting.
Oshxonadagi qo‘lqoplar va tutqichlarni oshxona sochiqlari bilan birga odatdagi rejimda yuving.
Iplarini oling va ularni xaltachalarga qo‘ying — shunda ular aralashib ketmaydi. Endi esa pataklarini chiqarib oling va krossovkalarni mashina ichiga soling. Yuvish paytida taqillatib tovush chiqarmasliklari uchun, ular bilan birga bir nechta sochiqlar ham qo‘ying. Kir yuvish kukunini odatdagi miqdorda, yoqimsiz hidlardan qutulish uchun esa — biroz sirka qo‘shing. Avaylab va sovuq suvda yuvadigan rejimni tanlang.
Bir yo‘la ikkitadan yostiqni iliq suvda va avaylab yuvadigan rejimda yuving. Qo‘shimcha chayqash va siqish rejimini yoqishni unutmang. Yostiqlar yumshoq bo‘lishi uchun quritish vaqtida mashina ichiga bir nechta maxsus rezina koptokchalar qo‘ying.
Uni sovuq suvda odatdagicha miqdordagi kir yuvish kukuni bilan va mashina ichiga bir nechta sochiqchalar solib yuving.
Cho‘ntaklaridagi hamma narsalarni chiqaring. Keyin ryukzakni maxsus qopchaga yoki yostiq jildiga soling va sovuq suvda avaylab yuvadigan rejimda, biroz kir yuvish kukuni bilan yuving. Ochiq havoda quriting.
Avval gilamchani tashqarida yaxshilab qoqing, keyin esa hammom sochiqlari bilan birga mashinaga soling. Sovuq suvda avaylab yuvadigan rejimda odatdagicha me’yordagi kir yuvish kukunining yarmi bilan yuving, ochiq havoda quriting. Rezinali gilamchalarni quritgichda quritish mumkin emasligini unutmang.
Manba: “Layfxaker” | 50 | 1,731 |
Ayollar | Olimlar achchiq taomlarning foydali xususiyatlari borligini aniqladi | Olimlar qalampir va boshqa achchiq garmdorilar ortiqcha vazndan xalos bo‘lishga yordam berishini va sho‘r narsalarga bo‘lgan talabni kamaytirishini aniqladi, deb xabar berdi 7MedNews.
Xitoylik olim Chjimin Chjuning so‘zlariga ko‘ra, oz miqdordagi o‘tkir qalampir moddasi — kapsaitsin tuzning ta’mini oshiradi. Uning ta’siri odam qanchalik ko‘p tuz iste’mol qilishida sinab ko‘rilgan.
Bunga qadar achchiq yeguliklar foydasiz va hatto odam uchun zararli deya hisoblangan. Biroq so‘nggi yillarda tadqiqotchilar oldingi xulosalarni o‘rganib chiqib, achchiq yeguliklarning ham ko‘p foydasi borligini aniqladi.
Bir necha yil oldin biologlar achchiq ovqat odam organizminidagi yog‘ to‘qimalarini eritishga yordam berishini aniqlagan. Bu metabolizmning tezlashishi va odam organizmida yallig‘lanish jarayonlarining kamayishi bilan bog‘liq.
Bundan tashqari, Chju o‘zining hamkasblari bilan achchiq yegulikning yana bir foydasini aniqladi. Ma’lum vaqt achchiq ovqat yeyishga rozi bo‘lgan 600 nafar ko‘ngilli orasida tadqiqot o‘tkazildi. Tadqiqot yakunida olimlar ularning qon tomirlaridagi bosim kamayganini payqashgan. Bunga odamlar tuzni kamroq iste’mol qilgani sabab bo‘lgan.
Qalampir tuzning ta’mini oshirishiga sabab, odam miyasidagi sho‘r va achchiq ta’mlarni farqlovchi markazning yonma-yon joylashganidir. | 68 | 1,304 |
Ayollar | Yillar davomida uyda saqlanib keladigan eng keraksiz 11 ta narsa | Ko‘pincha inson uyda juda ko‘p keraksiz narsalar to‘planishini sezmaydi. Shuning uchun tartibsizlik nafaqat uyning yangi dizaynda ko‘rinishga, balki ruhan qayta yangilanishga ham to‘sqinlik qiladi. Marie Claire nashri uyidagi ortiqcha narsadan xalos bo‘lishga qaror qilganlarga ishni nimadan boshlash kerakligini ma’lum qildi.
Eski kiyimlar
Yillar davomida eskirgan va kiyilmaydigan kiyimlar har qanday garderobdan yoki shkafning yuqori qismidan topiladi. Ularni, garchi kiyilmasa ham, tashlab yuborishga ko‘z qiymaydi. Shuning uchun ishni aynan eskirgan kiyimlarni uydan chiqarishdan boshlash kerak. Masalan, ularni kimlargadir berib yuborish ham mumkin.
Bo‘sh qutilar
Ba’zida odamlar negadir uzoq vaqt davomida jihoz yoki poyabzalning bo‘sh qutilarini saqlaydi. Ammo agar yaqin vaqtda qutilar kerak bo‘lmasa va ulardan foydalanilmasa, qutilardan ham qutulish vaqti keldi.
Keraksiz poyabzal
Shuningdek, har mavsumda yangilanadigan poyabzallar soni ham yillar mobaynida ko‘payib ketadi. Ularni hattoki qayeradir sig‘dirish ham muammo tug‘dirladi. Xo‘sh, ushbu poyabzallar endi to‘g‘ri kelmasligi uchun kiyilmaydimi yoki tagligi singanmi? Bularning barchasi poyabzaldan qutulish uchun asosli sabablardir. Agar ular yaxshi holatda bo‘lsa — sotish yoki xayriyaga berish mumkin. Yoki shunchaki ta’mirlatib, kiyish, bunig ham iloji bo‘lmasa, tashlab yuborish tavsiya etiladi.
Keraksiz bezaklar
Uzoq vaqt davomida taqilmasdan yotgan zargarlik buyumlari ham uydan ketish uchun nomzoddir. Yaxshisi, ularni kimgadir bergan yoki sotuvga qo‘ygan ma’qul.
Eski telefonlardan simlari va g‘iloflari
Yana bir foydasiz hamda tushunarsiz odat — buzilgan quvvatlagichlar va endi foydalanmaydigan telefon g‘iloflarini saqlash. Bularning barchasidan boshqa hech qachon foydalana olmaslikni tan olish va ularni chiqindiga tashlash lozim.
Qog‘oz chiqindilari
Eski eslatmalar, kafolat cheklari, endi kerak bo‘lmagan shartnomalar — bularning barchasi ba’zan odamlar tomonidan o‘nlab yillar davomida saqlanadi. Keraksiz qog‘ozlarni ham yuqoridagidek chiqindiga chiqarish uy tozaligi hamda salomatlik uchun ham muhim.
Muddati o‘tgan kosmetika va dori-darmonlar
Uyda vaqti-vaqti bilan kosmetika va dori-darmonlarni saralash va har bir mahsulotni yaroqlilik muddatini tekshirish lozim. Yaroqlilik muddati o‘tgan vositalar va tabletkalarni darhol chiqindi qutisiga tashlash kerak.
Buzilgan o‘yinchoqlar
Uyda bolalar o‘yinchoqlariga ham alohida ahamiyat berish kerak. Darhol singan va buzilganlaridan xalos bo‘lish lozim. Borid-yu, bolalar o‘yinchoq o‘ynash yoshidan o‘tgan bo‘lsa, ularni mehribonlik uylariga topshirish yanada yaxshi.
Eskirgan idishlar
Singan, darz ketgan idishlar xunuk ko‘rinishidan tashqari, sog‘liq uchun ham zararlidir. Ular bu bilan foydali jihoz emas, balki bakteriyalar o‘chog‘iga aylanadi.
Juftsiz juft narsalar
Ma’lum bir juft paypoq, qo‘lqop yoki ziraklarni qanchalik yaxshi ko‘rishingizdan qat’i nazar, agar ulardan biri yo‘qolgan bo‘lsa, ikkinchisini saqlashdan foyda yo‘q. | 64 | 2,974 |
Ayollar | Kuzgi manikyur trendlari | Hozir 90-yillarda urf bo‘lgan naqshli chizmalar yana qaytadan ommabop bo‘lmoqda. Har xil geometrik shakllarni, o‘zi yopishadigan maxsus yo‘lakchalar yordamida birlashtirib chizib ko‘ring. Natijada, ko‘zni qamashtiruvchi naqshlar paydo bo‘ladi.
Agar manikyurga ko‘p vaqt sarflashni xohlamasangiz, sizga tirnoqlaringizni yaltiratib turuvchi “kumush” zarli lak mos keladi.
Jilosiz (yaltiramaydigan) manikyur – yilning sovuq fasllari uchun mo‘ljallangan, klassik uslubdagi kiyimlarga mos tushuvchi trendlardan biri.
Agar manikyur rangdor bo‘lishini xohlasangiz, mavsumning bir rangdan ikkinchi rangga o‘tuvchi xiti –ombreni sinab ko‘ring.
Siz qanaqa manikyurni afzal ko‘rasiz? | 24 | 675 |
Ayollar | Qazg‘oqdan qutilishning 3 ta eng yaxshi usuli | Qazg‘oq har bir insonda paydo bo‘lishi mumkin: bunga esa stress, noto‘g‘ri soch parvarishi yoki vitaminlar yetishmasligi sabab bo‘lishi mumkin. Qazg‘oqdan qutilishga yordam beradigan shampunni sotib olishdan oldin undan xalos bo‘lish uchun tabiiy vositalarni sinab ko‘ring. Qazg‘oq bosh terisiga zarar beradi, soch tolalariga havo kirishiga to‘sqinlik qiladi va ildizlarning mo‘rt, zaif bo‘lib qolishiga olib keladi.
Iste’mol sodasi
Iste’mol sodasi nafaqat oshxonada foydali, balki ba’zi go‘zallik muammolarini hal qilishga ham yordam beradi. Masalan, uning eng yaxshi xususiyatlaridan biri qazg‘oqni ketkazishidir. Iste’mol sodasining ishqoriy asosi bosh terisiga sog‘lom pH muvozanatini tiklashga yordam beradi. Shuningdek, yumshoq eksfoliator vazifasini bajaradi va soch ildizlaridagi barcha o‘lik hujayralardan xalos bo‘lishga yordam beradi. Iste’mol sodasi bilan nam sochni va bosh terisini yumshoq massaj qiling, lekin protsedurani haftada bir martadan ko‘p takrorlamang.
Choy daraxtining moyi
Antibakterial, antifungal va yallig‘lanishga qarshi vositalardan biri barcha foydali xususiyatlarga ega qazg‘oqni yo‘qotish uchun qo‘llaniladigan vositalardan biri choy daraxtining moyi hisoblanadi. Tabiiy antiseptik vosita sifatida ishlatiladigan moy qazg‘oqni va uning noxush alomatlarini yo‘q qiladi. U bosh terisining quruqlashib qolishiga va qichishiga qarshi kurashadi. Shampunga bir necha tomchi choy daraxti moyini qo‘shing va uni iloji boricha bir kun davomida boshingizga surtib yuvib tashlamang. Yanada samaraliroq bo‘lishini istasangiz 5-7 tomchi choy daraxti moyini ozgina zaytun moyi bilan aralashtirib, aralashmani soch ildizlariga surting. Jarayonni muntazam ravishda haftasiga bir marta takrorlang va shundan so‘ng qazg‘oq sezilarli darajada kamayadi.
Olma sirkasi
Tabiiy olma sirkasida yuqori miqdorda kislota bor, bu esa bosh terisidagi yog‘ muvozanatini tiklashga yordam beradi va zararli bakteriyalarni yo‘q qiladi. Aynan shu bakteriyalar qazg‘oqni yuzaga keltiradi. Paxta yostiqchalarni olma sirkasi bilan namlang va sochlaringizni qismlarga ajratib, suyuqlikni bosh terisiga surting. Shu holatda bir soatga qoldiring. Vaqt o‘tgandan keyin boshingizni yuving.
Qazg‘oqdan qanday qilib butunlay qutilish mumkin? Kosmetologdan tavsiyalar | 45 | 2,259 |
Ayollar | Kuz mavsumida vodolazkani qanday liboslar bilan uyg‘unlashtirish mumkinligi yulduzlar misolida (foto) | Vodolazka uzoq vaqtdan beri har qanday obrazni yaratishda asosiy kiyimga aylandi: sport uslubidan tortib, rasmiy ko‘rinishgacha. Misol sifatida yulduzlar tavsiya etadigan bir necha xil zamonaviy uslublar bilan tanishib chiqing.
Zendaya
Agar garderobni yig‘ishga jiddiy yondashsangiz, unda siz Zendayaga o‘xshab, bir xil rangdan, shu jumladan, vodolazkadan kuzning umumiy ko‘rinishini yaratishingiz mumkin.
Priyanka Chopra
Ushbu obraz bilan ish va uchrashuvga borish mumkin. Oq vodolazka och rangdagi har qanday kiyim bilan moslasha oladi.
Karli Kloss
Shuningdek, qora rangdagi vodolazka ham kuz mavsumi uchun ayni muddao. Uni poyabzal, sumka yoki boshqa bir detallar bilan birlashtirish mumkin.
Keti Perri
Albatta, mashhurlarning libosi atrofdagilarning diqqatini o‘ziga qaratishi bilan alohida ajralib turadi. Masalan, oddiy ko‘k rangdagi vodolazkani xuddi shu rangdagi yaltiroq shim bilan kombinatsiya qilish mumkin.
Viktoriya Bekhem
Viktoriya Bekhemni hamisha o‘ziga xos uslubda ko‘rish mumkin. Uning obrazi sodda bo‘lsa-da, ammo har qanday liboslarni bir-biriga to‘liq uyg‘unlashtira oladi, shuningdek, ranglar orqali ham ajoyib ko‘rinish hosil qiladi.
Bella Xadid
Viktoriya Bekhem
Xilari Daff
JiJi Xadid
Iolanda Xadid
Kayya Gerber
Kamila Beresford
Karli Kloss
Kehlani
Rita Ora
Rita Ora
Emili Ratakovski
Rozi Xantington-Uaytli
Xolya Sims | 101 | 1,359 |
Ayollar | Ko‘zoynak taqadiganlar uchun makiyaj qoidalari | Makiyajning ko‘plab usullari va qismlari mavjud: smoky eyes, strobing, konturing, klassik chiziqchali. Lekin, agar siz ko‘zoynak taqsangiz, bu usullarning hammasini qanday to‘g‘ri tatbiq qilish mumkin? Bu haqda bizga mutaxassislar aytib beradi.
Makiyaj turi ko‘zoynak gardishiga va diqqatni nimaga qaratishni xohlashga bog‘liq. Gardishlar ikki turda bo‘ladi. Birinchidan, yirik linzali og‘ir — rangli, metalli. Bunday gardishlarda ehtiyotkorlik bilan to‘yingan makiyaj qilish kerak, chunki u ko‘zga tashlanadigan chiqishi mumkin, bunga esa hamma ham tayyor bo‘lavermaydi.
Ikkinchi turi — gardishlar bo‘lmaydi yoki juda yupqa va deyarli sezilmaydi. Bunday ko‘zoynaklar bilan makiyajni tanlash ancha osonlashadi, xohlaganingizni tanlashingiz mumkin.
Agar ko‘zlaringizni kichraytirib ko‘rsatmoqchi bo‘lsangiz, unda qoshlarni intensiv va qoraroq qilish mumkin.
Agar siz ko‘zlaringizni kattaroq qilishni xohlasangiz, unda qoshlaringiz och rangli, taralgan va baroq bo‘lishi kerak.
Ko‘z tagi sohasi uchun konsilerlarning yengilini olish kerak. Ular kremli va suyuq bo‘lishi kerak, ularni yaxshisi yupqa qilib surish kerak. Va bu faqat ko‘zoynak taquvchilargagina taalluqli emas.
Kremli tenlar ham, upali tenlar ham har xil darajada porlashi mumkin. Ko‘zoynakli katta-katta ko‘zlar uchun yaxshisi sadaf rangli tovlanadigan tenlarni olmaslik kerak.
Gardishlarga qarama-qarshi bo‘lgan ranglardan foydalanib ularni bo‘rttirib ko‘rsatish mumkin. Masalan, agar ko‘zlaringiz yashil bo‘lsa, u holda to‘q qizil, qizg‘ish-jigarrang, toshbaqa rangli gardishlar mos keladi.
Manba: “Mymylife.ru” | 46 | 1,578 |
Ayollar | Istalgan dorixonadan topiladigan moychechakning yuz terisi uchun foydali xususiyatlari | Moychechak dorivor o‘simlik sifatida keng tarqalgan va uning choyi ko‘pincha stressni yengillashtirish, asablarni tinchlantirish va uyqu muammolarini hal qilish uchun ishlatiladi. Teri uchun moychechak gullarining qaynatmasi xuddi shunday tinchlantiruvchi ta’sirga ega, uni namlaydi va kamchiliklarga qarshi kurashishga yordam beradi. Nima uchun moychechakni biror dorixonadan imkon qadar tezroq sotib olish kerakligini quyida ma’lum qilamiz.
Moychechak o‘zining ko‘p xususiyatlari bilan foydali: u barcha turdagi terilar uchun mos keladi. Moychechak quruq va ta’sirchan terini muloyimlik bilan namlaydi, holatini yaxshilaydi. Teri ko‘chishi va yallig‘lanishga qarshi kurashishga yordam beradi. Agar teri yog‘li va muammolarga moyil bo‘lsa, moychechak tarkibidagi antibakterial komponentlar yallig‘lanishni kamaytirishga ko‘maklashadi va terida yog‘ ishlab chiqarishni me’yorga keltiradi.
Kumarin – gullar tarkibidagi o‘simlik moddasi bo‘lib, shikastlangan teri hujayralarining yangilanishini qo‘zg‘atadi, husnbuzardan keyingi va boshqa dog‘larga qarshi samarali kurashishga yordam beradi. Kuchli antioksidant karotin terining tuzilishini yaxshilaydi, uni erkin radikallar ta’siridan himoya qiladi va qarish jarayonini sekinlashtiradi.
Teri uchun moychechakni qanday qo‘llash kerak?
Quritilgan moychechak gullarini dorixonadan sotib olish mumkin: ular choy tarzida ichilishi uchun filtr paketlarda sotiladi. Moychechakni paketda ko‘rsatilgan nisbatda qaynatib olinadi, 30-40 daqiqaga qoldiriladi, so‘ngra suziladi va xona haroratida sovitiladi.
Tayyor damlamadan yuz va bo‘yin uchun tonik sifatida foydalanish mumkin: kuniga ikki marta teriga surtiladi (tozalagandan keyin), shundan so‘ng oziqlantiruvchi kremni qo‘llash mumkin. Yana bir variant – bu damlamani muzlatib, ertalab yuz artib olinadi. Moychechakli muz bo‘laklari shishni kamaytirishga yordam beradi va yuzga sog‘lom porloqlik beradi. | 86 | 1,897 |
Ayollar | Detoks: teri sog‘lom bo‘lishi va nur sochib turishi garovi | Detoks (detoksikatsiya — zaharli birikmalarni zararsizlantirish) qanchalik foyda berishiga shaxsiy tajribada sinab ko‘rib, ishonch hosil qilish mumkin. Agar siz o‘zingizni yaxshi his qilmayotgan bo‘lsangiz, teri va sochlaringiz ahvoli “bir holatda” bo‘lsa, bu – “qaytadan o‘chirib-yoqish tugmasini bosish” vaqti kelganini bildiradi.
Detoks – organizmni yillar davomida to‘planib qolgan va immunitetni pasaytiruvchi zaharli moddalardan tozalash chora-tadbirlari majmuidir.
Agar terining chuqur qavatlarini o‘z vaqtida detoks qilish choralari ko‘rilmasa, yuz rangining siniqishi, terining tez-tez yallig‘lanishi, allergik toshmalar paydo bo‘lishi va albatta terining erta qarish muammolari tug‘ilishi turgan gap. Aks holda, eng qimmat kremlar ham yordam bera olmaydi.
Zaharli moddalarni chiqarish usullaridan biri, yuz terisini efir moyi qo‘shilgan bug‘li vanna qilish. Idishga issiq suv soling va lavanda yoki boshqa o‘zingizga yoqqan efir yog‘idan 2-3 tomchi qo‘shib, sochiqqa o‘ragan holda yuzingizni 5-7 daqiqa tutib turing va quruq salfetka bilan artib, sovuq suvda yuvib tashlang.
Organizmda to‘planib qolgan zaharli moddalardan tozalanishning eng yaxshi va foydali usuli – sauna va bug‘li hammomlarga muntazam ravishda borib turish hisoblanadi.
Mineral loyli niqob – chuqur tozalashni talab qiluvchi hamma turdagi yuz terilari uchun ham to‘gri keladigan an’anaviy usullardan biridir. Iliq suvda eritilgan kukunga bir necha tomchi rozmarin efir yog‘idan qo‘shib, yuzingizga 15 daqiqa surib qo‘ying.
Manba: internet tarmog‘i materiallaridan | 58 | 1,544 |
Ayollar | Taomni tezroq pishirishga yordam beradigan 10 ta layfxak | Uy bekalarining yumushini oson qilishga hissa qo‘shadigan tavsiyalarni e’tiboringizga havola qilamiz.
Pastani tovada pishiring
Pasta tezroq pishishi uchun uni devorlari balandroq bo‘lgan tovada pishirish yaxshi ish beradi. Buning uchun sovuq suv quyilgan tovaga makaronlarni solish kifoya.
Suli va dukkakli mahsulotlarni ivitib qo‘ying
Suli va dukkakli mahsulotlarni ivitib qo‘yish orqali organizmga singmaydigan fitin kislotasidan qutilish hamda tez pishishini ta’minlash mumkin bo‘ladi.
Qolgan mahsulotlarni muzlatib qo‘ying
Guruch yoki boshqa mahsulotni ko‘proq pishirib yuborgan bo‘lsangiz, qolganini hech ikkilanmay muzlatkichga solib qo‘ying. Kerak bo‘lganida olib ishlataverasiz.
Meva va sabzavotlarni ham muzlatib qo‘ying
Bo‘laklarga bo‘lingan, shuningdek, qorayib qolishni boshlagan meva va sabzavotlarni ham muzlatkichga solib qo‘yishingiz mumkin. Keyin ularni olib smuzi tayyorlash uchun foydalansangiz bo‘ladi.
Sarimsoqni ovqat so‘ngida qo‘shing
Tez qorayib, achchig‘i chiqishi mumkinligi sabab sarimsoqni ovqatning oxirida qo‘shish tavsiya qilinadi.
Muzlagan go‘shtni metall idishda eriting
Issiqlik o‘tkazishi yuqori ekani sabab ham go‘shtni metall idishda eritish tavsiya qilinadi.
Zanjabilning yangisini tanlang
Zanjabilning ta’mi yoqsa, ammo uni tozalashga vaqtingiz bo‘lmasa, uni yangisini tanlab, qirg‘ichdan chiqaring.
Qalampirni ham muzlating
Bir urinishda hammasi ishlatilmagani sabab ham ko‘pincha qalampirning qolgan qismi sovitkichga qo‘yiladi. Ba’zida esdan chiqqani sabab esa yomon bo‘lib qolishi ham mumkin. Shu sabab ham uni muzlatkichda saqlash tavsiya qilinadi, kerak bo‘lganda olib ishlataverasiz.
Sabzavotlarni artmang
Sabzavotlardan sho‘rva yoki ragu tayyorlamoqchi bo‘lsangiz, po‘stini artmasdan cho‘tka yordamida tozalasa ham bo‘ladi. Shunda foydali xususiyatlari saqlanib qoladi va ta’mi ham o‘zgarmaydi.
Tuxumning sarig‘ini oqidan baklajka yordamida ajrating
Baklajkaning tepa qismini biroz qisib, tarelkaga chaqilgan tuxum ustiga olib kelin. Sarig‘ini olgandan keyin baklajkani qo‘yib yuboring. Vaqtingiz tejalishi aniq. | 56 | 2,060 |
Ayollar | Botoks qildirmoqchi bo‘lsangiz, bilib qo‘yish zarar qilmaydigan ma’lumotlar | Botoks yuz ifodasi imkoniyatini kamaytiradimi? Yuzni jonsiz ko‘rinishga keltiradimi? Ajinlarni butunlay yo‘qotadimi? Botoks haqida turli xil fikrlar mavjud. Shunday bo‘lsa ham, ayollar uning hamma jihatlarini bilmay turib o‘zlarida qo‘llab ko‘radi. Shu sababdan ham mutaxassis Yelena Makuxning botoks uchun ishonchli qo‘llanmasini taqdim etamiz.
Botoks qanday ishlaydi?
Neyroprotein teriga ta’sirini yo‘qotish uchun mushakni bir muddat to‘sib qo‘yadi. Ajin tushishi terining bir sohasida bir xil harakatning takrorlanishi tufayli yuz beradi. Dastlab mimik ajinlar terining yuza qismida joylashadi va harakat qilgandagina ko‘rinadi, keyinchalik ajin chuqurlashgan sari to‘qimalarga ham ta’sir qiladi. Endi ajinlar yuzning harakatsiz holatida ham yaqqol ko‘rina boshlaydi, bu esa dinamik ajinni statikka o‘tishi deyiladi.
Botoks esa terini butunlay silliq qiladi, deb o‘ylash noto‘g‘ri fikr. Agar teri yosh bo‘lib faqat mimik ajinlardan iborat bo‘lsa, vaqt o‘tishi bilan bu sohada yuz ifodalari o‘zgarganligi tufayli silliqlashishi mumkin. Lekin yuzda allaqachon chuqur ajinlar paydo bo‘lsa, preparat vaziyatni og‘irlashtirmaslikka yordam beradi, xolos.
Necha yoshda qo‘llagan ma’qul?
Botoksni qo‘llash uchun voyaga yetgan bo‘lish shart. Bu yoshda ajinlar paydo bo‘lishining oldini olish yaxshi. Lekin shunday hollar kuzatiladiki, 18 yoshda ham preparat yordam bera olmasligi mumkin. 70 yoshdagi keksa ayollar ham botoksni qo‘llashi mumkin, ammo natija yosh terinikiga nisbatan kamroq bo‘ladi. Eng yaxshisi 26 yoki 30-35 yosh, chunki teri holati yaxshi bo‘lgan vaqtda qo‘llanilsa, uzoq yillar davomida ajin borasida muammolar tug‘ilmaydi.
Qanday hollarda jarayonni qo‘llash mumkin emas?
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlarga homiladorlik va emizish davri kiradi. Bir vaqtning o‘zida turli xil dori vositalarini qo‘llash, masalan, antibiotiklar va vitaminlar botoksning ta’sirini kamaytirish mumkin. Shuning uchun shifokor bilan maslahatlashgan holda, shuningdek, jarayon boshlanishidan avval bemor barcha ma’lumotlarni yashirmasligi kerak. Agar jarayonga kirishishdan avval bu kabi savollar berilmasa, mutaxassisning tajribasiga shubha qilish lozim.
Natija qancha vaqtda seziladi?
Jarayondan keyingi birinchi haftada hammom, sauna va plyajlarga borish mumkin emas. Bu jarayon natijasini yomonlashtirishi va samaradorligini pasaytirishi mumkin. Dastlabki 4 soat mobaynida sport bilan shug‘ullanish, gorizontal holat va yuzni pastga qaratib yotish mumkin emas. Bir hafta davomida spirtli ichimliklardan voz kechish tavsiya etiladi. Jarayondan keyingi umumiy tavsiyalarga ko‘ra, dastlabki ikki-uch kun ichida preparat yaxshi ta’sir qilishi uchun yuz ifodalaridan faol foydalanish kerak.
Natija jarayonning uchinchi kunida paydo bo‘ladi. Haftaning oxirida esa yaqqol sezila boshlaydi. Agar natija kutilganidek bo‘lmasa, ikki haftadan so‘ng o‘zgartirish kiritish mumkin.
Jarayonning ta’siri qancha vaqtgacha saqlanib qoladi?
Jarayonning ta’sir kuchi dozalarga ham bog‘liq. Ya’ni doza qancha ko‘p bo‘lsa, ta’sir kuchi ham uzoqqa cho‘ziladi. Ammo haddan ortiq ko‘p yuborilgan doza tufayli yuz ifodalari qotib qolishi ham mumkin. Shuning uchun ortiqcha dozani qo‘llash xavfli hisoblanadi.
Botoksni o‘rtacha har 6 oyda bir marotaba qo‘llagan ma’qul. Ammo hamma uchun ham ushbu qoida mos kelmaydi. Har bir bemorning o‘ziga xos xususiyatlari bor va ko‘p narsa modda almashinuvi jarayoni, gormonlar hamda qalqonsimon bezning faoliyatiga bog‘liq.
Mimikalar saqlanib qoladimi?
Yuzda mimikalarning saqlanib qolishi ham doza bilan uzviy bog‘liq. Mutaxassislar iloji boricha tabiiy va uyg‘un natijaga erishishni xohlaydi. Yuz sezilarli darajada yangi ko‘rinadi, depressiv mimikalar yo‘qoladi. Bundan tashqari, insonda ijobiy fikrlash paydo bo‘ladi. Ba’zi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, botulotoksinni qosh hududiga muntazam ravishda yuborish bu odamning ijobiy holatiga va o‘zini yanada faol namoyon bo‘lishiga ta’sir qiladi. Ayollarni nafaqat go‘zal qiladi, balki baxtni biroz his qilishiga ham yordam beradi. | 75 | 3,992 |
Ayollar | Qanday qilib yoshlikni behudaga sarflamaslik mumkin? | Milleniallar boshqa avlodlarga qaraganda ko‘proq depressiyaga va nizolarni hal qila olmaslikka moyildirlar. Asabiy zo‘riqish natijasida ular ishlarini o‘z vaqtida bajarishga ulgurmaydilar, ish vaqtidan tashqari vaqtlarda ishlaydilar, buning natijasida yanada ko‘proq stress holatiga tushadilar va bu yopiq doiraga aylanadi.
Xayriyatki, bu jarayonni o‘z hayotiga yangi qoidalar qo‘shish yo‘li bilan to‘xtatish mumkin. Siz 30 yoshga kirganingizda, hayotimning bir qismini bekorga sarfladim deb o‘ylamaslik uchun bu qoidalar bilan tanishishingiz zarur.
Manba: “Heroine.ru” | 52 | 570 |
Ayollar | “Har kuni bugun dushmaningizni uchratadigandek kiyining”. Moda qirolichasi Koko Shaneldan 10 ta iqtibos | 19-avgust moda sanoatini tubdan o‘zgartirib, unda yorqin va beqiyos iz qoldirgan ayol – Koko Shanelning tug‘ilgan kuni. Uning moda va muhabbat haqida aytganlari hanuzgacha dolzarbligini yo‘qotmagan.
Yuksak didga ega ayol: Koko Shanelning hozirgacha ahamiyatini yo‘qotmagan kiyinish qoidalari | 103 | 293 |
Ayollar | Allaqachon urfdan qolgan pidjak modellari: Ularning o‘rniga nima kiysa bo‘ladi? | Garderobda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan pidjak to‘g‘ri tanlansa, ayollar obrazining esda qolarli bo‘lishiga, aksincha bo‘lsa, bachkana ko‘rinishiga sabab bo‘ladi.
Haddan tashqari tor
Ko‘pchilik ayol-qizlar qomatga urg‘u berish maqsadida tor pidjak modellariga e’tibor qaratadi. Ammo bunday ustki kiyim harakatlanish uchun noqulay, shuningdek, torligidan matoda turli iz va burmalar paydo bo‘ladi. Bugungi kunda dizaynerlar tomonidan ilgari surilayotgan keng bichimli pidjaklar esa sizni faqatgina zamonaviy ko‘rsatib qolmay, bemalol harakatlanishingizni ta’minlaydi.
Bel qismi rezinkali modellar
Rezinkali pidjak xipcha bel ko‘rsatishi rost, ammo bunday model allaqachon modadan qoldi. Shu sabab ham uni kamarli pidjakka almashtirish tavsiya qilinadi. Turli o‘lcham, rang va qalinlikdagi kamar yoki belbog‘dan foydalanish orqali obrazingiz yanada qiziqarli ko‘rinadi. Unga mos poyabzal kiyish yoki ro‘mol taqish tavsiya qilinadi.
Detallari ko‘p bo‘lgan bachkana model
Pidjak sipo va bezaklardan xoli bo‘lgani yaxshi. Ko‘p detallar mujassam bo‘lgan pidjak sizni didli ko‘rsatmasligi aniq. Bu nafaqat tillarang tugmalar, balki cho‘ntaklarga ham taalluqli. Pidjak bu sumka emas, uning cho‘ntaklarga boy bo‘lishi sizning kiyinish borasida eskicha qarashga ega ekanligingizdan dalolat beradi. Bunday modelni oddiy variantdagi ustki kiyimga almashtiring. Obrazingiz yanada yorqin bo‘lishini istasangiz, ranglarga e’tibor qarating. Mavsumga va teri rangiga mos rang-barang pidjak bilan jinsi yoki o‘ziga xos libos kiyishingiz mumkin.
Yoqasi boshqa rangda bo‘lgan pidjak modellari
Boshqalardan ajralib turish maqsadida aksariyat qizlar yoqasi, yengi yoki cho‘ntagi boshqa rangda bo‘lgan ustki kiyimlarga e’tibor qaratadi. Ammo bunday modellarni hamma kiyim bilan ham moslab bo‘lmaydi. Agar noodatiy nimadir istaydigan bo‘lsangiz, klassik printli, masalan, katak-katakli jaketlarga e’tibor qarating. Rangli chiziqli kulrang modellar ofis uchun ayni muddao. Kundalik uchun esa undan ham qiziq variantlarni topsa bo‘ladi.
Noto‘g‘ri matodan tikilgan pidjak
Jaket tanlashda uning qanday matodan tikilganiga alohida e’tibor qaratish kerak. Qomatda chiroyli turishi va kun davomida g‘ijim bo‘lib qolmasligi uchun mato qattiq hamda sifatli bo‘lishi kerak. Yupqa, tez g‘ijim bo‘ladigan modellar obrazni arzon ko‘rsatibgina qolmay, noqulaylik keltirib chiqaradi. Budjet cheklangan bo‘lsa, velvet va baxmaldan tikilgan ustki kiyimlarni xarid qilish tavsiya qilinadi. Yozda esa lyondan tikilgan jaketlar ayni muddao. Jaziramada havo o‘tkazadigan mazkur matodan tikilgan ustki kiyimni kuzda bemalol trikotaj va paxta matoli liboslar bilan moslasa bo‘ladi.
Nostandart bichimli
Klassik chiziqli variant obrazni to‘liq va chiroyli, assimetrik bichimli modellar esa aksincha, arzon hamda bachkana ko‘rsatadi. Qolaversa, bunday jaketlar ko‘proq nakidkani esga soladi. | 79 | 2,842 |
Ayollar | Kir yuvish mashinasida yuvish tavsiya etilmaydigan kiyimlar | Har bir narsani kir yuvish mashinasida tozalash vaqt va kuchni tejashning ajoyib usuli kabi ko‘rinishi mumkin. Biroq ba’zi kiyimlar hattoki bir marta mashinaga solingan bo‘lsa ham butunlay yaroqsiz holga kelishi hech gap emas.
Bo‘yinbog‘
Aksariyat bo‘yinbog‘lar nozik matolardan tikiladi va shuning uchun mashinada tez yuvish paytida ular shaklini yo‘qotishi yoki boshqa kiyimlarga rangi o‘tishi mumkin. Bo‘yinbog‘larni qo‘lda yuvish yoki ularni kimyoviy tozalashga olib borish tavsiya etiladi.
Piston, tugma va boshqa bezakli kiyimlar
Piston va tugmalar kir yuvish paytida mashinaga yopishib qolishi yoki boshqa kiyimlarga zarar yetkazishi mumkin. Agar bu kabi kiyimlarni kir yuvish mashinasida yuvish kerak bo‘lsa, mutaxassislar birinchi navbatda barcha tugma va zamoklarni yechishni tavsiya qiladi.
Dekorativ elementlarga ega kiyimlarga esa u piston, ko‘z yoki toshlar bo‘ladimi, ularni kir yuvish mashinasiga solib bo‘lmaydi. Gap shundaki, bezaklar chiqib ketishi, mexanizmga yopishib qolishi yoki boshqa narsalarga zarar yetkazishi mumkin.
Bolalar paypoqlari va boshqa kichik buyumlar
Bolalar kiyimlarini, hatto uning eng kichik elementlarini ham mashinada yuvish tavsiya etilmaydi. Kichkina kiyimlar barabanning drenaj teshiklariga tushishi, bu kir yuvish mashinasining ishlashiga putur yetkazishi mumkin. Agar qo‘lda yuvish uchun vaqt bo‘lmasa, bolalar kiyimlarini maxsus to‘rli sumkalarga joylashtirish va shundan keyingina ularni mashinaga solish tavsiya qilinadi.
Ipak mahsulotlari
Ko‘pgina ipak matolar quruq tozalashni yoki hech bo‘lmaganda qo‘lda yuvishni talab qiladi, chunki yuqori harorat va yuvish davrlari nozik matoga zarar yetkazadi. Ipak kiyimlar shunchaki yirtilib ketishi yoki shaklini yo‘qotishi mumkin. Agar u qo‘lda yuvilsa, buning uchun maxsus mo‘ljallangan tozalash vositasidan foydalanish lozim. | 59 | 1,829 |
Ayollar | Yaxshi rafiqa emasligingizdan darak beruvchi 6 ta belgi | Ayol va erkakning barcha xatti-harakatlari nikohni mustahkamlashga qaratilgan. Lekin ular o‘zi bilmagan holda oila baxtiga xavf tug‘dirayotgan bo‘lishi mumkin. Hattoki ajrimga olib keladigan bir qancha sabablar kelib chiqishi, shubhasiz. Masalan, haddan ortiq talabchanlik yoki turmush o‘rtog‘ingizga e’tibor berish o‘rniga telefonda soatlab gap sotish… Shu kabi ayrim yoqimsiz odatlar ularni tobora begonalashtirib boradi, so‘ngra o‘rtada xafagarchilik va g‘azab hissi uyg‘onishi turgan gap. Oxir-oqibatda qaytarib bo‘lmaydigan nuqta qo‘yiladi, munosabatlar ham bir umrga tugatiladi.
Garchi har bir ayol o‘zini ajoyib beka, yaxshi rafiqa, mehribon ona deb o‘ylamasin, o‘ziga sezilmaydigan kamchiliklari mavjud. Mutaxassislar tomonidan yomon turmush o‘rtoq ekanlikdan xabar beruvchi 6 ta alomat aniqlandi. Ushbu muammolar bilan tanishish ijobiy o‘zgarishlarga qo‘yilgan birinchi qadam bo‘lishi mumkin. Agar o‘zingizga nisbatan vijdonli bo‘lsangiz va kamchiliklarni tan olsangiz, oilada sog‘lom muhit paydo qilishga, albatta, erishasiz.
Juftingizning kichkina xatolariga ko‘z yuma olmaysiz
Turmush o‘rtog‘ingizning doimiy harakatlari va so‘zlaridagi ahamiyatga ega bo‘lmagan xatolarini tanqid qilish − yaxshi ko‘rishni emas, balki ishonchsizlikni ko‘rsatadi. Har kimda ham atrofdagilarni ishiga aralashadigan yomon odati bor. Xo‘sh, siz u bilan yashashga qaror qilishni o‘ziyoq uni barcha kamchiliklari bilan qabul qildingiz, deganidir. Shunday ekan, uni qaytadan tarbiyalashga ne hojat? Ruhshunoslarning fikriga ko‘ra, turmush o‘rtog‘ining xatti-harakatlari va fikrini boshqarish, uning mavjud shaxsiyatini “yaxshilash” istagi − muhabbatga bevosita zid. U siz kutgandek bo‘lishi yoki o‘zingiz qabul qilgan standartlarga javob berishi kerakmi? Albatta, buning nomi xudbinlik deb ataladi. Doimo tanqid, uning ortidan g‘azab qilish o‘rniga, ochiqchasiga samimiy gaplashing, uning o‘zi xohlasagina yordam qo‘lini cho‘zing.
Xafa bo‘lganingizni to‘g‘ridan-to‘g‘ri aytolmaysiz
Inson o‘zida norozilik va boshqa salbiy his-tuyg‘ularni to‘plashi yaxshilikka olib kelmaydi. Yaqiningizni har bir kamchiligi uchun tanqid qilish mumkin bo‘lmaganidek, o‘zingizda ham jiddiy sabablarga ko‘ra norozilik kayfiyatini yashirishga hojat yo‘q. Agar juftingiz ochiqdan ochiq xafa qilgan bo‘lsa va siz bunga nisbatan paydo bo‘lgan tuyg‘ularingizni yashirsangiz, bu hol yana takrorlanishi aniq. Agar turmushingizga uzoq yillar bo‘lsa ham, juftingiz sizni besh qo‘ldek yaxshi bilsa ham ruhiyat bilan bog‘liq “topishmoq” o‘ynamasdan, o‘sha vaziyatda darhol shikoyat qilish zarur. Mustahkam oilalarda er-xotinlar o‘z istak-xohishlarini ochiq aytadi. O‘zingizni xotirjam his etmayotgan bo‘lsangiz, turmush o‘rtog‘ingiz buni qachon hal qilishini kutib o‘tirmasdan darhol suhbatlashishga imkon yarating.
Doimiy uchrashuvlarda turmush o‘rtog‘ingizga hamroh bo‘lasiz
Avvaliga bu hammaga yoqadi va hech kimni ortiqcha bezovta qilmaydi. Ammo oxir-oqibat eringiz sira ham erkinlik berilmaydigan, bo‘yniga arqon bog‘langan itga o‘xshatilishi mumkin. Doimo bo‘sh vaqtni birga o‘tkazaverish istagi bu – juftingizga bog‘lanib qolish va o‘zni past baholash ko‘rsatkichidir. Aloqalarning o‘ta yaqin bo‘lishi yaxshi, faqat ma’lum vaqtgacha. Keyinchalik u asabga ta’sir o‘tkazishi va kelishmovchiliklarga sabab bo‘lishi mumkin.
Siz doimo tortishuvlarda yutishni xohlaysiz
Sog‘lom munosabatlar bor-yo‘g‘i murosa talab qiladi. Har safar turmush o‘rtog‘ingiz bilan ziddiyatga duch kelganingizda “g‘alaba qozonish” va qaroringizni bor kuchingiz bilan himoya qilish orqali munosabatlarni jiddiy xavf ostiga qo‘yasiz. Yodda tuting, doimo tortishuvda bir so‘zdan qolgan kishi jang maydonini fath etgan bilan barobardir. Siz ham xuddi shunday qilsangiz, balki eringizga muhabbat ko‘rsatmassiz, lekin qadringizni va kuchingizni his etgan bo‘lasiz.
Turmush o‘rtog‘ingiz tashvishiga shunchaki ko‘rgilik deb qaraysiz
Uning qiyin vaziyatida qo‘llab-quvvatlash choralarini o‘ylab ko‘rmay, yelkasini shunchaki do‘stona qoqib qo‘yish yordam beradi, deb o‘ylamang. Shuningdek, “Hammasi o‘tib ketadi” yoki “O‘ylanishni bas qiling” degan gaplar ham aslo yoqmaydi. Aslida ko‘pgina erkaklar tasalliga muhtoj, shunday paytda yelkadosh bo‘la olmaslik, sizni beparvo insonga aylantirishi mumkin.
Uning yonida ham telefon bilan band bo‘lasiz
Ayni zamonda telefondan butunlay voz kechishning sira ham imkoni yo‘q, aynan buning ortidan oilada ham kelishmovchiliklar kelib chiqadi. Birga suhbatlashib o‘tirganda, televizor tomosha qilayotganda yoki restoranda bir-biriga e’tiborli bo‘lish juda muhimdir. Tushuning, yoningizda suyukli turmush o‘rtog‘ingiz bo‘lganida internet olamidagi har qanday yangilik ahamiyatsiz bo‘lishi kerak. Ikkingiz ham qanchalar yaqin bo‘lmang, boshqa narsa bilan mashg‘ul bo‘lish aslo mumkin emas. | 55 | 4,757 |
Ayollar | Ulama kiprik, kosmetik vositalar. Kipriklar ko‘p to‘kilishining sababi nimada? | Kipriklar, soch tolalari kabi yangilanib turishi, ya’ni to‘kilgani o‘rniga yangisi chiqishi tabiiy hol. Kuniga o‘rtacha 3-5 ta kiprik to‘kilishi normal holat, ammo undan ko‘proq kuzatilsa, bunga befarq bo‘lish kerak emas. Harper’s Bazaar nashri kiprikning odatdagidan ko‘p to‘kilishining 5 sababi va bunda nima qilinishi kerakligiga to‘xtaldi.
Qo‘l bilan ko‘zga teginish
Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, bir soat ichida ko‘zlarga qo‘l bilan 12 martadan 20 martagacha tegiladi. Bu nafaqat ko‘zga mikrob kirishi, balki kiprik follikulalarining shikastlanishiga ham sababchi bo‘ladi. Agar kiprik sun’iy yo‘l bilan va odatdagidan avval to‘kilsa, uning o‘rniga yangisi o‘smasligi ehtimoli bor.
Noto‘g‘ri kosmetik vositalardan foydalanish
Ko‘z uchun ishlatiladigan va makiyajni o‘chirishda foydalaniladigan kosmetik vositalar kipriklar holatiga yaxshigina ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois bo‘lsa kerak mutaxassislar kundalik makiyaj uchun suvga chidamli tushlardan foydalanmaslikni tavsiya qiladi. Bunday tushlarning o‘chishi qiyinligi hisobiga yuvish vaqtida kipriklar shikastlanadi.
Kiprik qayirgichdan foydalanish
Uzun va qayrilgan kipriklar hammaning orzusi, lekin bu har kuni tabiatan to‘g‘ri kipriklarni qayirtirib, ularni shikastlash kerak degani emas. Gap shundaki, qayirgich kipriklarni sun’iy ravishda to‘kib, ildizlariga shikast yetkazadi. Kipriksiz qolishni istamasangiz, undan faqat muhim uchrashuv va marosimlarda foydalaning.
Ulama kipriklar
Notabiiy va qalin qilib ulangan sun’iy kipriklar tabiiy kipriklarga zarar yetkazadi, follikulalarga ortiqcha yuk bo‘lib, ularni shikastlanishiga olib keladi.
Nima qilish kerak?
Kiprik uchun mo‘ljallangan yog‘lardan foydalaning. Kipriklarni tiklaydigan, mustahkamlaydigan va uzunlashtiradigan, bir qancha tabiiy vositalar mavjud. Kosmetologlar vitamin E, omega-3 yog‘ kislotalariga boy, kiprik ildizini mustahkamlovchi va o‘stiruvchi xususiyatga ega kanakunjut moyidan foydalanishni tavsiya qiladi.
Oziqlantirish
Kipriklarni nafaqat tashqi, balki ichki tomondan ham oziqlantirish kerakligini yodda tuting. Shunday ekan taomnomangizdan A, B7, va E vitaminlariga boy mahsulotlar o‘rin olishi kerak. Baliq mahsulotlari, yong‘oq, o‘simlik yog‘i, ko‘kat va sabzavotlar, shuningdek, donli mahsulotlarni iste’mol qiling.
Kiprik follikulalarini shikastlamang
Yuqorida ta’kidlangan barcha omillar kiprik follikulalariga shikast yetkazadi va buning oqibatida kipriklar to‘kilishi, boshqa o‘smasligi mumkin. Shundan kelib chiqib odatlaringizni o‘zgartiring. | 78 | 2,492 |
Ayollar | Layfxak: Kuygan tova qanday tozalanadi? | Kuygan tovani oddiy usul bilan – cho‘tka va idish yuvish vositasi yordamida tozalab bo‘lmaydi. Buning uchun boshqa murakkab vositalarni ishga solishga to‘g‘ri keladi.
Birinchi usul uydagi tuz, soda va sirkaga mo‘ljallangan. Buning uchun tova ichiga 50—70 g tuz sepamiz, 100 g sirka quyamiz. Tovani olovga qo‘yib, aralashma qaynash holiga kelgandan so‘ng 2 choy qoshiq soda solamiz va past olovda qaynatamiz. Tovani olovdan olamiz va sovigandan keyin qattiq bo‘lmagan yuvgich bilan yuvib tashlaymiz.
Zanglamaydigan metalldan qilingan tovani limon kislotasi eritmasi yordamida tozalash mumkin. Eritma 10 g kislota va 300 ml suvdan tayyorlanadi. Eritmani tovaga solib 15 daqiqa qaynatiladi va oqib turgan suvda yuvib tashlanadi. Tovaning tashqi tomonini soda bilan tozalaymiz.
Alyuminiydan qilingan tovani tozalash biroz qiyinroq. Achchiq va ishqorli eritmalar ishlatib bo‘lmaydi, chunki ular tova yuzasiga zarar yetkazishi mumkin. Bunday idishlar oddiy soda yordamida tozalanadi.
Keramik tova yuzasini tirnab yubormaslik uchun uni kremsifat idish yuvish vositalari yordamida tozalaymiz. Shuningdek, tish pastasini ham sinab ko‘rish mumkin.
Teflon tovalardan kuygan yog‘larni ketkazish juda oson. Unga oddiy suv yoki sovun eritmasini solib, 20 daqiqa o‘rtacha olovda qaynatish kifoya qiladi. | 39 | 1,289 |
Ayollar | Siz ahamiyati to‘g‘risida o‘ylab ko‘rmagan 5 ta odatiy buyum | Juda oddiy narsalar, masalan kedalardagi teshikchalar va duxovka tagidagi qutilarning ham siz hatto o‘ylab ko‘rmagan o‘z vazifalari bor.
Butilkaning og‘zi tiqin bilan mahkamlanganda, tagida va devorlarida kuchli bosim paydo bo‘ladi. Idishning tagidagi chuqurlik uni bir xil taqsimlashga imkon beradi va shu sababli butilka yorilib ketmaydi.
“Shamollatish uchun” degan javobdan tashqari boshqa taxminlar ham mavjud. Gap shundaki, Converse All Stars oyoq kiyimlari boshida basketbolchilar uchun ishlab chiqarilgan. Kedalar iplari bu qo‘shimcha teshikchalar orqali o‘tkazilib bog‘lanar edi. Shu tufayli oyoq kiyim mahkam turadi.
Bu teshiklar qancha spagetti pishirishni o‘ylab boshingiz qotmasligi uchun qilingan. Uning ichiga qancha spagetti joylashsa, o‘sha bitta odam uchun mo‘ljallangan porsiya hisoblanadi.
Hozir ular klassik uslubdagi shimlarning zarur ajralmas qismiga aylangan bo‘lsa-da, lekin ularni hech kim ataylab o‘ylab topmagan. Gap shundaki, XIX asrda ko‘pchilik kiyim tikuvchi fabrikalar mahsulotlarini eksport uchun ishlab chiqarishgan. Yuklar iloji boricha kamroq joyni egallashi uchun jo‘natishdan oldin kiyimlar presslangan. Natijada matolar ustida ketkazish qiyin bo‘lgan chiziqlar paydo bo‘lgan.
Odatda uning ichida tovalar saqlanadi. Aslida bu quti isituvchi deb aytiladi. U duxovkada ovqat pishayotganda tayyor ovqatlar sovib qolmasligi yoki isib turishi uchun kerak bo‘lishi nazarda tutib qilingan.
Manba: “Layfxaker” | 60 | 1,445 |
Ayollar | Juda yosh ko‘rinuvchi 6 farzandli britaniyalik ayol ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarini hayratlantirmoqda | Olti farzandning onasi, 40 yoshli Kler Berret Britaniyada yashaydi. Uning o‘z yoshiga nisbatan o‘ta yosh ko‘rinishi ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarini hayratga soldi, deb yozadi “Mir24”.
Kler Berret Tik Tok’da uch oy oldin akkaunt ochdi. Qisqa vaqt ichida uning folloverlari soni 150 mingdan oshdi. Ayoning suratlari million martalab tomosha qilindi. Internet foydalanuvchilarining xushomadlariga ayol ba’zida o‘zini 120 yoshdek his etishini yozib qoldirdi.
“Surunkali charchoqqa qaramay, har doim o‘zimga e’tibor berishga harakat qilaman. O‘z tajribamdan kelib chiqib, ayollarga har doim o‘zingiz uchun vaqt toping, deyman”, — deydi Kler.
View this post on Instagram
View this post on Instagram | 108 | 724 |
Ayollar | Mavsumiy tavsiya: kuzgi manikyur uchun trenddagi g‘oyalar | Kuz faslida trendda bo‘lish uchun tirnoqlarni qanday bo‘yash tavsiya qilinishi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Geometrik shakllar bilan bezalgan manikyur
Geometrik shakllar — mazkur kuz mavsumining eng asosiy manikyur trendlaridan biri hisoblanadi. Dizayn turli darajadagi murakkablikda — minimal chiziqlardan tortib, bir necha shakllarni o‘zida mujassam qilgan bo‘lishi mumkin. Hammasi fantaziyaga bog‘liq. Asosiysi, tez zeriktirib qo‘ymaydigan yorqin ranglarni umumlashtiring. Eksperiment qilishdan qo‘rqmang.
Gullar shakli bilan bezang
Bu trend go‘yoki bolalikni esga soladi — rang-barang, mayda detallarga boyligi bilan o‘ziga xos sanaladi. Tirnoqlarni nomiga yoki bo‘rtib turadigan gul shakllari bilan bezashingiz mumkin. Ranglar qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi.
Tabiatga xos ranglar
Kuz tabiatiga xos bo‘lgan istalgan rang bilan tirnoqlaringizni bo‘yashingiz mumkin. Yashil, sariq, olovrangni alohida yoki birlashtirib tirnoqlaringizga surting. Uni shunday qoldirishingiz yoki bezashingiz mumkin.
Tabiiy ranglar
Tirnoqlarini sariq rangga bo‘yashga va turli shakllar bilan bezashga tayyor bo‘lmagan minimalizm ishtiyoqmandlari uchun ushbu trend ayni muddao. Buning hammasi oddiy, och teri rangidagi bo‘yoqlar bilan tirnoqlarni bo‘yashning o‘zi kifoya. Manikyur qilingani bilinmaydi, ammo shu bilan birga, tirnoqlar sog‘lom va parvarish qilingan ko‘rinadi.
Yorqin ranglar bilan qilingan french
Tirnoqlarni french qilish, ammo odatdagidan farqli ravishda yorqin ranglardan foydalanish yana urfda. Klassik manikyurdan voz kechib, noodatiy ko‘rining. Bir yoki bir necha rangdan foydalaning. O‘ziga xoslikni sevadiganlar uchun french bilan katak-katak, yurak shakli, yozuvlar va hatto qoplon printidan foydalanish tavsiya qilinadi. | 57 | 1,738 |
Ayollar | Uyg‘un siluet: shim bilan qanday ustki kiyim kiyish kerak? | Obraz o‘ziga xos va to‘liq bo‘lishi uchun kiyimlarni bir-biriga moslash va uyg‘unlashtirishni bilish kerak. Bu boradagi tavsiyalar sizga qo‘l kelishi aniq.
Tor shim va keng ustki kiyim
Tor va yopishib turadigan shim kiygandan keyin ustki kiyimning keng va erkin turadiganidan tanlash kerak. Skinni kiyadigan bo‘lsangiz, uni issiq tutadigan keng kofta, jinsovka yoki yelka qismi erkaklarnikiga o‘xshash jaket bilan moslang.
Futbolkani ham oversize variantdagisini tanlash tavsiya qilinadi.
Keng shim bilan qomatni aks ettiradigan ustki kiyim
Mazkur mavsumda, ayniqsa, har qachongidan ham dolzarb bo‘lgan keng shimni tor vodolazka yoki sviter bilan kiyish tavsiya qilinadi. Shim keng bo‘lgani hisobiga belga urg‘u beradigan ustki kiyimga e’tibor qaratish kerak.
Bahor faslida va kunlar issiq bo‘lganda esa belga urg‘u berish bilan birga yelkasi ochiq va yengi keng bichimli koftalarga e’tibor qaratish tavsiya qilinadi.
Keng shim va ustki kiyim kiyib, belga urg‘u berish
Keng shim va oversize jaket, bluzka kiyganda kamar yoki belbog‘ bilan belga urg‘u bering. Yo bo‘lmasa ustki kiyimni shim ichiga kirgizishingiz ham mumkin.
Ushbu usuldan foydalanib, to‘qilgan kardigan va bleyzerlarni jinsining bel qismiga kiriting. Yelka va pastki qismning kengligi bilan birga belning nozik bo‘lib turishi trendga xos ko‘rinishga ega bo‘lishingizga hissa qo‘shadi. | 58 | 1,358 |
Ayollar | Kechasi qorin ochganda nima iste’mol qilish kerak? Nutritsiologdan maslahatlar | Kechasi ovqatlanish ko‘p ham foydali emas: organizm va hazm qilish tizimi miyaning uxlab qolishiga yo‘l qo‘ymaydi. Ammo ochlik ham insonning uyqusiga ta’sir qilishi mumkin. Agar tunning yarmida biror narsa iste’mol qilishga qaror qilgan bo‘lsangiz, buni to‘g‘ri bajarish kerak. “Noviy ochag” nashri nutritsiolog bilan birgalikda tungi gazak uchun nima tanovul qilish kerakligini ma’lum qildi.
Kurka filesi
“Kurka go‘shtida L-triptofan mavjud bo‘lib, u yengillik va uyquchanlik hissini keltirib chiqaradi, oqsil esa organizmni to‘yintiradi”, — deya tavsiya qiladi Morissa Meshulam.
Pishloqli kreker
Pishloq tarkibida melatoninga aylanadigan va uxlashga yordam beradigan oqsil va triptofan mavjud. Krekerlarda to‘qlik hissini beruvchi kletchatkalar bor. Shakarning ortiqchasi noxush holatga olib kelmasligi uchun uni haddan oshirmaslik kerak. Shuning uchun bodom unidan tayyorlangan krekerlarni tanovul qilish tavsiya etiladi.
Sabzavotlar va yong‘oqli pyure
“Odamlar ko‘pincha sabzavotni yaxshi ko‘rishini unutadi, ular foydaning haqiqiy koni”, — deydi Amanda Frankeni. Ikki qoshiq yong‘oqli pyure oqsil, kletchatka va to‘qlik bilan ta’minlaydi.
Pista bilan gilos
Gilosda melatonin mavjud, pista esa oqsil va yog‘ga boy. Ajoyib gazak. Ham qorin to‘yadi, ham uyqu keladi.
Yeryong‘oq moyi va banan
“Meva tarkibida mushaklarni bo‘shashtirishga yordam beruvchi kaliy va qondagi qand miqdorini tartibga soluvchi murakkab uglevodlar mavjud. Uni sog‘lom, to‘yingan yog‘ va uyquni qo‘zg‘atuvchi triptofan manbai bo‘lgan yeryong‘oq moyi bilan aralashtirish kerak”, — deydi mutaxassis.
Oqsilli batonlar va boshqa gazaklar
“Yong‘oq, bodom va pista tarkibida tabiiy melatonin, oqsil va magniy mavjud bo‘lib, ular to‘qlik hissini beradi va uyqu chaqiradi”, — deydi Frankeni. Ayniqsa tunda bu mukammal tanlovdir. Eng muhimi, shokoladli, qahvali va shakar miqdori bo‘lganlardan voz kechish kerak.
Qanday qilib kechasi ochlikdan uyg‘onmaslik mumkin?
Bu balki yetarlicha ovqatlanmaslik tufayli bo‘lishi mumkin. Agar tez-tez kechasi och qolgandan uyg‘onish kuzatilsa, bu organizmdagi muammolardan ham darak beradi. Shunchaki qorin ochganda uyg‘onib ketib, tonggacha uyqusizlikni boshdan kechirmaslik uchun quyidagilar tavsiya etiladi. | 78 | 2,215 |
Ayollar | Bel og‘rig‘ining paydo bo‘lish sabablari va undan xalos bo‘lishning 7 ta usuli | Og‘riq, tortishish... Bel og‘rig‘i insonni har qanday vaqtda bezovta qilishi mumkin. Ko‘p hollarda bel og‘rig‘i umurtqa pog‘onasidagi kasalliklar sabab emas, noto‘g‘ri turmush tarzi orqali yuzaga keladi. Mutaxassislar undan xalos bo‘lishning bir nechta usullari haqida ma’lumot bergan.
Nofaol turmush tarzi
Uzoq vaqt davomida bir joyda o‘tirish, masalan, ofisda kun davomida bir joyda ishlash bo‘yin va yelka bo‘g‘imlariga zarar yetkazadi. Bundan tashqari biror joyga piyoda borsangiz ham keyinroq bo‘g‘imlarda og‘riq yuzaga kelishi mumkin.
Agar tanangizda og‘riq yuzaga kelishini oldini olmoqchi bo‘lsangiz, birinchi navbatda kompyuteringiz ekranini ko‘z masofasiga moslab uzoqlashtiring yoki yaqinlashtiring. Iloji bo‘lsa, tik turgan holda ko‘proq vaqt sarflashga harakat qiling.
Og‘ir sumkalar
Hech kimga sir emaski, gadjetlar, hamyon, suv idishi, tushlik uchun idish, kosmetika va boshqa ko‘p narsalar solingan katta sumkani ko‘tarib yurish belda og‘riq yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Ayniqsa, yuk notekis taqsimlangan bo‘lsa, masalan, bir yelkangizga sumkani osib yursangiz og‘riq paydo bo‘lishi ehtimolini oshiradi.
Bu holatning oldini olish uchun haftada kamida bir marta sumkangizning ichidagi narsalarni tartibga keltiring va ortiqcha narsalarni bir chetga olib qo‘ying. Agar siz og‘ir narsalar solingan sumkani olib yurishingiz kerak bo‘lsa, qo‘shimcha kamarlari bo‘lgan ergonomik sumkadan foydalaning.
Haddan tashqari hissiyotga berilish
Stress nafaqat ruhiy, balki jismoniy holatga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Tajribalar stress paytida qilingan harakatlar tanada og‘riqning ham yuzaga kelishiga sabab bo‘lishini ko‘rsatgan.
Bunday holat yuzaga kelmasligi uchun ruhiy sog‘lig‘ingizga g‘amxo‘rlik qiling va stressdan o‘z vaqtida qanday qutulishni o‘rganing. Tasdiqlangan usullardan biri yoga bilan shug‘ullanish hisoblanadi.
Chekish
Chekishning zararlari haqida cheksiz gapirish mumkin. Bu yomon odatni tark etish uchun yana bir isbot: tarkibida nikotin bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qilish umurtqa pog‘onasini ushlab turadigan mushaklarning asta-sekin degeneratsiyasiga va doimiy bel og‘rig‘ining paydo bo‘lishiga olib keladi.
Chekishni tashlashga harakat qiling. Ruhiy salomatligingizga e’tibor bering va mutaxassis bilan maslahatlashing. Gipnolog bilan bog‘laning salomatlik bilan bog‘liq barcha maslahatlarga amal qiling.
Sport bilan shug‘ullanish
Intensiv va muntazam sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanish sog‘lig‘ingizga foyda, biroq siz sport bilan shug‘ullanganingizdan keyin bel og‘rig‘ini his etayotgan bo‘lsangiz mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishni biroz kamaytirishingiz kerak.
Bel og‘rig‘i yuzaga kelmasligi uchun jismoniy mashq qilish uchun foydalaniladigan jihozlarining shakli va og‘irligiga e’tibor bering, ayniqsa boshingizga og‘irligi tushadigan jihozlardan ehtiyot bo‘lib foydalaning. Agar hamma narsani to‘g‘ri bajarayotganingizga ishonchingiz komil bo‘lmasa, fitnes o‘qituvchisidan yordam so‘rang.
Osteoporoz
Bel og‘rig‘ining patologik sabablaridan biri osteoporoz hisoblanadi. Bu kasallik ko‘pincha tananing yuqori orqa qismida og‘riq va bo‘g‘imlarda zaiflik hissini yuzaga keltiradi. Ayollarda osteoporoz ko‘pincha gormon bilan bog‘liq o‘zgarishlar bo‘lgan paytda rivojlanadi, biroq u ertaroq, 35 yoshda yoki undan keyinroq ham bo‘lishi mumkin.
Tashxis qo‘yilishi uchun siz tekshiruvdan o‘tishingiz kerak. Keyin shifokor maxsus dori-darmonlarni yoki fizioterapiya kursini belgilaydi.
Kislotali reflyuks
Oshqozonning kislotali reflyuksiyasi juda ko‘p noqulayliklarni keltirib chiqaradi, shu jumladan yuqori orqa tarafdagi o‘tkir og‘riqlar, so‘ngra yurak urishida o‘zgishlarni keltirib chiqaradi.
Bu holatda oshqozon buzilishi, kasallikdagi boshqa belgilar kuzatilsa, uni muvaffaqiyatli davolash mumkin. Tashxisni tasdiqlash uchun siz gastroenterologga murojaat qilishingiz kerak bo‘ladi. | 78 | 3,835 |
Ayollar | Sarxil meva va sabzavot tanlashda qo‘l keladigan layfxaklar | Sarxil va sifatli sabzavot hamda meva sotib olishingizda AdMe nashrining quyidagi maslahatlari asqatadi, degan umiddamiz.
Kichik baqlajonlar odatda kattalarga qaraganda mazaliroq bo‘ladi
Sarimsoqni qo‘lingizga olib ko‘ring
O‘rtasi bo‘rtgan bodringning urug‘i ko‘p bo‘ladi
Yashil bargli sabzi sotib olgan yaxshi
Bulg‘or qalampiri “o‘g‘il bola” va “qiz bola”ga ajratilmaydi
Barglar gulkaramning yangiligi haqida gapiradi
Pomidorni sotib olishdan oldin hidlash kerak
Banan rangi mevalar qanday saqlanganini ko‘rsatadi | 59 | 521 |
Ayollar | Oq rangli kiyimlardan dezodorant dog‘larini qanday tozalash kerak? | Qo‘ltiq ostidagi sariq dog‘lar sevimli kiyimni tashlash yuborish uchun sabab emas. “Noviy ochag” nashri uy sharoitida ularni tez va oson tozalash usuli bilan bo‘lishdi.
Sizga kerak bo‘ladi:
Ko‘rsatma
Aksariyat odamlarning fikriga ko‘ra, kiyimdagi sariq dog‘lar ter izlariniki hisoblanadi. Ammo bu mutlaqo noto‘g‘ri — ular alyuminiyni o‘z ichiga olgan antiperspirantni qo‘llashdan keyin terida yuzaga keladigan reaksiya natijasida hosil bo‘ladi. Kiyimlarning asl oqligini qaytarish uchun ularni sirka eritilgan suvda 20 daqiqa davomida namlash lozim (2 stakan iliq suvga 1 stakan sirka nisbatida).
Kiyim yaxshilab siqib olinadi va u toza sochiq ustiga qo‘yiladi. Sarg‘aygan matoga iste’mol sodasi, tuz va vodorod periks pastasi qo‘llanadi. U 20-30 daqiqaga qoldiriladi.
So‘ngra kir yuvish mashinasida ushbu kiyim boshqa oq liboslar bilan birga yuviladi va dog‘lar izi qolmaydi. | 66 | 881 |
Ayollar | Kaloriyasi past shirinliklar: yeymiz va semirmaymiz | Ozuvchilarning ko‘pchiligi uchun parhezdagi eng qo‘rqinchli narsa — bu odatlangan shirinliklaridan to‘liq voz kechish. Lekin bularni kaloriyasi past bo‘lgan shirinliklarga almashtirish ham mumkin. Asosiysi — nimani va qachon yeyish mumkinligini qat’iy tushunish.
Parhez vaqtida xamirturushli pishiriqlar va qaymoq-yog‘lardan tashkil topgan to‘ldirgichli shirinliklar iste’mol qilish tavsiya etilmaydi. Bunday shirinliklar hazm qilish jarayonini sekinlashtiradi.
Parhez hayotini shirinroq qilishda birinchi navbatda oziq-ovqatlar tarkibidagi yog‘larga, keyin esa kaloriyasiga e’tibor bering. Kaloriyani jismoniy mashqlar yordamida sarf qilsa bo‘ladi, ichki a’zolar atrofida qalin qatlam bo‘lib o‘rnashib olgan yog‘lardan esa tez va oson qutulib bo‘lmaydi.
Tunda iste’mol qilingan shirinliklar hatto kaloriyasi juda past bo‘lsa ham izsiz ketmasligi va qomatda o‘z aksini topishini unutmang. Uxlash oldidan shirinlik yeyishni xohlasangiz, o‘tlardan choy damlang va asal qo‘shib iching.
Manba: “Healthy-life.com” | 51 | 1,009 |
Ayollar | Qish faslida yuzni qanday parvarish qilish kerak? Kosmetolog javob berdi | Sanoqli kunlardan so‘ng, qish fasli ham kirib keladi. Sovuq kunlarda esa yuzimiz har doimgidan-da ko‘proq e’tiborga muhtoj bo‘ladi. Xo‘sh, siz qishda yuzlaringizni qanday parvarish qilasiz? Qanday niqoblardan foydalanasiz? Agar bu borada uquvingiz bo‘lmasa u holda tajribali kosmetolog Shahnoza Gulyamovaning quyidagi tavsiyalarini o‘qib chiqing. Siz uchun foydali bo‘lishi shubhasiz.
Nima uchun qishda yuzlar quriydi?
— Bilasizmi, qabulimga kelgan ko‘p mijozlarimiz qish faslida yuzlarining qurib ketishidan shikoyat qiladi. Chunki bir marta olingan yuz yuvish vositasi yoki namlantiruvchi kremni to‘rt faslda ham ishlataveradilar. Yozda yog‘ bezlari keragidan ortiq ishlagani uchun yuz yog‘lanib ketadi. Kuz, qishda esa bu jarayon sekinlashadi, shuning hisobiga yuz qurishni boshlaydi. O‘z namligini yo‘qotadi. Bunday vaqtlarda esa yuzga ikki barobar namlantiruvchi kremlardan foydalanish zarur. Misol uchun yozda yuz yuvadigan penkalar tavsiya qilgan bo‘lsak, kuz—qishda molochko yoki toniklardan foydalanishni maslahat beramiz.
Qolaversa, sovuq kunlarda kamroq chanqaymiz va kam suv ichamiz. Bu ham yuzimiz qurishiga olib keladi. Yilning har qaysi faslida vaznimizga qarab, 2,5 litrdan 3,5 litrgacha suv ichishimiz kerak.
Sinalmagan niqoblardan foydalanmang
Ko‘pchilik opa-singillarimiz YouTube’dan yuz parvarishiga oid turli videolar ko‘rib, uni bilib bilmay qo‘llashadi. Keyin esa “Limonga iste’mol sodasini aralashtirib surtgandim, yuzimga dog‘ tushib qoldi”, deb shikoyat qilib kelishadi. Axir limon piling hisoblanadi. Yuzning allergiya yoki dog‘ tushishiga moyilligi bo‘lishi mumkin. Bilib-bilmay sinalmagan niqobdan foydalanish yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi. Shuning uchun bir muolaja qilishdan oldin tajribali kosmetologlarga murojaat qilishlarini tavsiya qilardim.
Qish pilinglar mavsumi
Qish fasli pilinglar mavsumi hisoblanadi. 25 yoshgacha terimiz avtomatik ravishda o‘zini yangilaydi. Ammo yosh o‘tganidan so‘ng kosmetolog huzuriga borib, mexanik tarzda yangilab turishimiz zarur. Chunki terimizning yuzaki qavati tushib ketmasa surayotgan kremlarimiz ham ta’sir qilmasligi mumkin. Shuning uchun 25 yoshdan so‘ng piling muolajalardan foydalanib turish kerak.
Dog‘ ketkazuvchi eng zo‘r niqob
Kosmetologik salonlarga borolmaydigan opa-singillarimiz uchun uy sharoitida oson tayyorlanadigan samarali niqob retsepti bilan bo‘lishaman.
Yangi uzilgan petrushkani yaxshilab yuvib, blenderdan chiqariladi. Unga bitta tuxum sarig‘i, yarim choy qoshiq zaytun yog‘i va 5-6 tomchi limon suvi qo‘shib, yaxshilab aralashtiriladi. Limonga allergiyasi borlar uni qo‘shmasliklari mumkin. Mazkur niqob dog‘ va quruq yuzlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, dog‘larni ketkazishda, poralarni yopishda katta yordam beradi.
Maqolani tayyorlashda yaqindan yordam bergan “Kosmed” kosmetologik markaziga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz! | 72 | 2,835 |
Ayollar | Bekajonlar uchun tavsiya: vanna tozalashning g‘ayrioddiy, ammo eng qulay usuli | Ushbu noodatiy usul egilishi qiyin va noqulay bo‘lganlarga yoki vanna yuvishni tez va osonlikcha amalga oshirishni istaydiganlarga juda mos keladi.
Buning uchun kerak bo‘ladi:
Agar vanna muntazam ravishda tozalansa, uning uchun alohida cho‘tka lozim. Sababi boshqa maqsadda ishlatilgan cho‘tkadan foydalanish yaxshi fikr emas.
Vannaga tozalash vositasi quyiladi. Har bir burchak qismlarigacha surtiladi
Cho‘tka yordamida vannaning har bir qismi tozalab ishqalanadi
Issiq suv yordamida yuviladi | 78 | 497 |
Ayollar | 30 yoshda hech narsadan pushaymon bo‘lmaslik uchun qanday yashash kerak? | Yozuvchi Rayan Xolidey 20 yoshlilar uchun 30 yoshda boy berilgan imkoniyatlardan pushaymon bo‘lmaslik uchun qanday yashash kerakligi haqida o‘z maslahatlari bilan o‘rtoqlashdi.
Hamma lavozim takliflarini shu nuqtai nazar bilan baholang. Pulni har qanday ishda topish mumkin, lekin haqiqatan ham nimadir o‘rganish, yangi tajriba orttirish va yaxshiroq bo‘lish ancha qiyinroq.
Katta yutuqlar kamdan-kam hollarda qisqa muddatli mehnatning samarasi bo‘ladi. Odatda ularning ustida kundan-kunga tirishqoqlik bilan ishlash kerak. Bunday qilish uchun esa, vaqtni arzimagan ishlarga sarflamaslik kerak. 30 yil — bu juda ko‘p. Hatto bir yil — bu juda ko‘p. Bu vaqt ichida ko‘p narsalarga erishish mumkin. Har kuni kechagidan ko‘ra biroz ko‘proq ish qiling.
Albatta, munosabatlar — bu doimiy urinishlar. Ba’zan sizga juda qiyin va azobli bo‘ladi. Munosabatlar sehrli tarzda o‘zingizga mukammal mos tushadigan odamni uchratganingiz uchun emas, balki o‘zingiz harakat qilganingiz uchungina juda yaxshi bo‘ladi.
Biz kim bilan muloqot qilsak, ularga o‘xshab boramiz. Biz atrofdagilarimiz safiga qo‘shilib qolamiz, do‘stlar va tanishlarni tanlashda buni hisobga oling. Toksik odamlar bilan munosabatlaringizni uzing.
Orqaga nazar tashlash uchun emas, balki hozir nima qilayotganingiz haqida o‘ylashga o‘zingizni majbur qilish uchun kundalik yuriting.
Qo‘rqqanimizda, ikkilanganimizda, nima xohlayotganimizni bilmaganimizda biz unchalik yaxshi bo‘lmagan qarorlar qabul qilamiz. Keyin pushaymon bo‘lmaslik uchun shoshilmang, har tomonlama o‘ylab ko‘ring va keyin qaror qiling.
Manba: “Layfxaker” | 72 | 1,580 |
Ayollar | Tonal kremmi yoki pudra: sizga qaysi vosita mos tushadi? | Quruq yoki yog‘li teri uchun qanday vositadan foydalanish yaxshiligi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Kompakt pudra
Yuzni yupqa qoplaydigan, ammo shu bilan birga, husnbuzar va qizarishlarni yashirmaydigan kompakt pudra terisida ko‘zga yaqqol tashlanadigan muammo bo‘lmagan qizlar uchun ayni muddao. Yog‘li teri uchun tavsiya qilingani bilan, undan foydalanishda ham me’yorni bilish kerak. Yo‘qsa, terini haddan ortiq quritishi mumkin. Yuzida ko‘zga tashlanadigan ajinlari bor xotin-qizlar esa undan foydalanmagani yaxshi. Chunki u ajinlarga ortiqcha urg‘u berib, yanada ko‘proq e’tibor tortishi mumkin. Surtganda burun va ko‘z burchagidagi skladkalarga diqqatli bo‘ling.
Uqalanadigan pudra
Aksariyat hollarda makiyajni yakunlash uchun tonal kremdan keyin foydalaniladigan pudra mineral asosdan tayyorlangani sabab ham yallig‘lanishi bor, qizargan va toshmali teri uchun foydalansa bo‘ladi. Kompakt
pudradan farqli ravishda u teriga silliq yotib, ajin va skladkalarga urg‘u bermaydi. Yuzdagi yaltirashni bartaraf qilishda ushbu vosita yaxshi samara beradi.
Tonal krem
Istalgan qizarish ajin va dog‘larni yashirishi mumkin bo‘lgan tonal krem yog‘li va quruq yuz terisi uchun ham to‘g‘ri keladi. “Matoviy” tonal krem yuzdagi yaltirashni yashirish va tiniq ko‘rsatish xususiyatiga ega. Tonal kremning namlantiruvchi varianti esa qurigan terini namlantiradi va sog‘lom ko‘rsatadi.
Tonal flyuid
Asosida suv bisyor bo‘lgan tonal vositaning afzalligi yuzdagi istalgan muammoni yashirishida. Bir qarashda mukammaldek ko‘ringan ushbu flyuidning ham kichik bir kamchiligi bor — u haddan ortiq quruq teri uchun to‘g‘ri kelmaydi. Yuzdagi muammolarni yashirgani bilan, kulganda lab atrofidagi skladkalar ko‘zga shundoq tashlanadi.
Stik
Haddan ortiq quyuq bo‘lgani uchun har kuni foydalanib bo‘lmaydigan mazkur vosita niqob singari yuzdagi barcha kamchilikni yashiradi. Husnbuzarlarni yashirish emas, davolash kerakligi rost, ammo shoshilinchda stikdan
foydalanish yaxshi samara beradi. Buning uchun vositadan avval kaftingizga biroz olib, keyin barmoq bilan yuzingizga surting. Tananing harorati hisobiga bir tekisda surtilib, yuzda ancha tabiiy ko‘rinadi. | 56 | 2,145 |
Ayollar | Suhbatdoshda yaxshi taassurot qoldirish uchun 8 tavsiya | Shaxsiy hayot, karyera va jamiyatda muloqotning o‘rni katta. Ko‘rinishingizga qarab kutib olishadi muomalangizga qarab kuzatishadi, degan gapda ham jon bor. Quyida suhbat jarayonida yaxshi taassurot qoldirish uchun nimalarga e’tibor berish kerakligi borasida tavsiyalar berib o‘tamiz.
1. Suhbatdoshingizning ismini aytib murojaat qiling
Psixologlarning fikricha, suhbatdoshingiz har ismini eshitganida suhbatga diqqat bilan yondashib sizni yaxshiroq tinglaydi. Siz qarshingizdagi inson va muhokama qilinayotgan mavzuga befarq emasligingiz bilinadi.
2. Suhbatdoshingiz bilan avvalroq gaplashgan mavzuni ko‘taring
Bu orqali siz qarshingizdagi insonning fikrlari, qarashlarini hurmat qilishingizni bildirib, yaxshi taassurot qoldirasiz. Bu esa munosabatlarning uzoq borishini ta’minlaydi.
3. Suhbat davomida uchinchi bir shaxs haqida g‘iybat qilmang
Suhbatdoshingiz, u menga boshqani gapirdimi, demak men haqimda ham boshqalarga shunday gaplarni aytadi degan xayolga boradi. Bu esa o‘rtangizda ishonch tug‘ilmasdan so‘nishiga olib keladi.
4. Samimiy va ochiq bo‘ling
Ochiq yuzli, tabassum qilishni kanda qilmaydigan inson bilan hamma ham muloqot qilishni istaydi, aksincha bo‘lsa yaqin odamlar ham o‘zini uzoq tutishga harakat qiladi.
5. O‘z qarashlariga ega shaxs sifatida qiziqarli bo‘ling
Qarshingizdagi inson rahbar yoki sizdan katta lavozimda ishlagani uchungina nohaq bo‘lsa ham to‘g‘ri deb turmang. Madaniyatni saqlagan holda haqiqatni suhbatdoshingiz kim bo‘lishidan qat’i nazar muammolarni aytishdan cho‘chimang, u yoki bu mavzu yuzasidan fikr va taklif bildiring.
6. Ovozingizni balandlatmang
O‘zingizni sokin tutib, ovozingizni ko‘tarmasdan fikr bildiring. Har qanday vaziyatda ham o‘zingizni nazorat qiling.
7. Tinglashni o‘rganing
Sizni kimdir eshitishi, fikringizni inobatga olishini istasangiz, avvalo boshqalarni tinglash va ularga quloq solishni o‘rganing.
8. O‘ziga xos bo‘ling
Aniq kimdandir andoza olmang, tavsiyalarga amal qiling. Ko‘chirish, birovlarga taqlid sizni o‘zligingizdan uzoqlashtiradi. Boringizcha bo‘ling, lekin boshqalar fikrini ham hurmat qilishga odatlaning. | 55 | 2,095 |
Ayollar | Libosga mos to‘g‘nog‘ich tanlaymiz | Mavsumning eng ommabop juz’iy qismlaridan biri — bu to‘g‘nog‘ich. Qanday to‘g‘nog‘ichlarni tanlash kerak va ularni nimalar bilan taqish mumkin?
Ko‘pgina to‘g‘nog‘ichlar yuqori zargarlik san’atiga mansub bo‘ladi va narxi ham shunga yarasha juda qimmat turadi.
Yaxshisi diqqatingizni oddiyroq to‘g‘nog‘ichlarga qaratganingiz ma’qul. Agar siz zargarlik to‘g‘nog‘ichlarini ma’qul ko‘rsangiz, unda ekspertlar tavsiyasiga amal qilishingizni maslahat beramiz.
To‘g‘nog‘ichni tanlashda albatta garderobingizni batafsil eslashingiz kerak: u qanchalik mos tushadi, uni aynan qaysi buyum bilan taqmoqchisiz.
Eng muhimi agar bu to‘g‘nog‘ich toshli bo‘lsa, toshlarning mahkamlanishiga e’tibor bering.
Yaxshisi kumush yoki oq tilladan yasalgan to‘g‘nog‘ichni tanlang: u ko‘pchilik buyumlar bilan muvofiq keladi. Tantanalarga kelganda esa, hammasi tanlangan qiyofaga bog‘liq bo‘ladi. Asosiysi, kiyadigan libosingizga qarab toshlarning rangini tanlash.
To‘g‘nog‘ichlarni palto yoki pidjakning qaytarma yoqasiga, ko‘ylaklarning cho‘ntagiga taqing. To‘g‘nog‘ich bilan hatto to‘qilgan sviterni ham bezatish mumkin. Libosingizning asosiy predmetlari darrov o‘zgacha ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Siz taqinchoqni an’anaviy tarzda — ko‘ksingizga, yoki diqqatni bo‘yinga va yuz tuzilishiga ko‘proq jalb qilish uchun undan sal balandroqqa ham taqishingiz mumkin. Lekin bu holatda sizning makiyajingiz mukammal bo‘lishi kerak!
Bundan tashqari, ko‘pchilik stilistlar modada bo‘lgan bosh kiyimlarini, masalan, beretlar yoki kepilarni to‘g‘nog‘ichlar bilan bezashni taklif qiladi. Shu tarzda siz mavsum uchun mutlaqo bir-biridan farq qiluvchi bir nechta shapkalarga ega bo‘lishingiz mumkin.
Manba: “Passion.ru” | 34 | 1,678 |
Ayollar | Sport zalida o‘zini tutish qoidalari | Nihoyat siz sport zaliga abonement sotib oldingiz va birinchi mashg‘ulotga bormoqchisiz. Ammo bundan oldin hech qayerda yozilmagan sport zalidagi xulq qoidalarini bilib oling, shunda o‘ng‘aysiz vaziyatga tushmaysiz.
O‘zingiz foydalanib bo‘lgan fitnes anjomlarini joy-joyiga qo‘yishni unutmang — ularni butun zal bo‘ylab qidirib yurish hech kimga xush kelmaydi, ustiga-ustak, bu qo‘shimcha ravishda yana bir qancha kaloriyani yo‘qotish uchun ajoyib imkoniyat.
Boshingizga kimningdir lasti urilib ketsa, bundan xursand bo‘lishingiz amri mahol. Boshqa suzuvchilar ham buni istamaydi. Shu tufayli xavfsiz masofani saqlab, o‘ng tomonda harakatlaning va tez suzish uchun mo‘ljallangan yo‘lakchada bo‘shashib qolmang.
Basseynga tushishdan yoki bug‘xonaga kirishdan avval ham dush qabul qilish shart. Kiyinish xonasida oyoq yalang yurmang, aks holda oyoq zamburug‘ini yuqtirib olasiz. Shuningdek, badan uchun sochiqdan oyoqlarni artishda foydalanmang — bu gigiyenaga zid.
Hadeb kulerning yoniga boravermaslik uchun, uydan o‘zingiz bilan suv olib keling. Zarur bo‘lganida esa, kuler yonida hech kim bo‘lmagan vaqtda idishingizni suvga to‘ldirib oling.
Manba: “The-challenger.ru” | 36 | 1,170 |
Ayollar | Ko‘zlarni kosmetika ishlatmasdan jozibali ko‘rinishga keltirishning 10 ta usuli (foto) | Ko‘zlarning go‘zalligi ham genetik, ham atrof-muhit omillariga bog‘liq. Ularni turli xil kosmetika vositalari bilan bo‘yamasdan jozibali ko‘rinishga ega qilish mumkin.
Birinchi usul: yetarlicha uxlang
Ko‘z ostidagi qora dog‘lar paydo bo‘lishining asosiy sabablaridan biri uyqusizlikdir. Kechasi sakkiz soat uxlashga harakat qiling. Yorug‘lik va begona tovushlar sizning uyqingizga xalaqit bermasligi uchun qorong‘i, pardalar va yopiq derazalar bo‘lgan xonada uxlab qoling.
Ikkinchi usul: kremdan foydalaning
Doimiy namlash teringizni yumshoqroq qiladi. Nozik teri uchun maxsus ishlab chiqilgan vositalar ko‘z ostidagi shishishni kamaytirishga yordam beradigan kofein va kollagenni o‘z ichiga oladi. Ko‘z ostidagi dog‘lar va ko‘karishlardan xalos bo‘lsangiz, ko‘zlaringizning vizual ravishda kattalashganini ko‘rasiz.
Uchinchi usul: charchoqni ketkazing
Tabiiy toniklardan foydalaning. Yangi uzilgan bodring bo‘laklari, choy paketlari yoki moychechak qaynatmasini paxta yostiqchalar yordamida ko‘z va qovoqlaringizga surting. Mahsulotlarni muzlatkichda saqlashni unutmang.
To‘rtinchi usul: qoshlarni tartibga keltiring
Tartibli qoshlar ko‘zlarni yanada jozibali qiladi. Qaysi qosh shakli sizga mos kelishini bilib oling. Buni bilish uchun siz stilistga murojaat qilishingiz yoki ko‘z qalami yordamida mustaqil ravishda turli variantlarni sinab ko‘rishingiz mumkin. Qoshlaringizni o‘z vaqtida terdirib, ularning shakliga e’tiborli bo‘ling.
Beshinchi usul: kipriklaringizni qayiring
Biroz qayrilgan kipriklar har doim e’tiborni o‘ziga tortadi. Maxsus kiprik bukuvchi vositalardan foydalaning yoki buni boshqa usulda amalga oshiring.
Oltinchi usul: kompyuter qarshisida uzoq vaqt o‘tirmang
Bugungi kunda kompyuterda ko‘p vaqtimizni, ishda, suhbatlar, yangiliklar, filmlar tomosha qilish, do‘stlar va yaqinlar bilan muloqot qilishda o‘tkazamiz. Uzoq vaqt davomida ekran qarshisida o‘tirish ko‘z salomatligiga salbiy ta’sir qiladi.
Yettinchi usul: ko‘zlaringizni namlang
Agar ko‘zlar yetarli darajada namlanib turmasa qichishish yuzaga keladi va ular qizarib ketadi. Ko‘p vaqtingizni o‘tkazadigan xonada havoni namlantiruvchi bo‘lishi kerak. Bu ko‘zlarning quruqlashishini oldini oladi. Ko‘zlaringizni yuving yoki quruq ko‘zlar uchun qo‘llaniladigan maxsus tomchilardan foydalaning. Bunday holda shifokor bilan maslahatlashing.
Sakkizinchi usul: yomon odatlardan voz keching
Organizmni suvsizlantiradigan spirtli ichimliklarni iste’mol qilish teriga, ayniqsa ko‘p namlikni talab qiladigan ko‘z atrofiga zarar yetkazishi mumkin. Chekish ham ko‘zlarga salbiy ta’sir qiladi, chunki tamaki tutuni shilliq qavatlarda qichishish xususiyatini keltirib chiqaradi.
To‘qqizinchi usul: yetarlicha suyuqlik iching
Suv nafaqat inson tanasi uchun, balki ko‘z uchun ham foydalidir.
O‘ninchi usul: quyoshdan himoya qiluvchi kremdan foydalaning va quyoshdan saqlaydigan ko‘zoynak taqing
Teri salomatligi uchun uni quyoshdan himoya qilish juda muhim. Quyosh terini quritadi, bu esa ko‘z atrofida ajinlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Ko‘zlaringizni ultrabinafsha nurlarining zararli ta’siridan maxsus ko‘zoynaklar bilan himoya qilishni unutmang. | 86 | 3,124 |
Ayollar | Ayollar kostyum-shim kiyishda yo‘l qo‘yadigan xatolar | Yorqin rangdagi kostyum-shimlarni kiyish ko‘proq zamonaviy ayollarga xos. Ammo bu borada ayrimlar bir qancha xatoliklarga yo‘l qo‘yadi. Ularni takrorlamaslik uchun quyida batafsil ma’lumotga ega bo‘lish mumkin.
Bugungi kunda ikki tugmali kostyum-shimlar trendda. Ammo modaga intilish ortidan tashqi ko‘rinishga putur yetkazmaslik zarur. Ushbu bichimdagi ustki kostyum qomatni biroz semiz qilib ko‘rsatadi. Agar chindan ham beldan yuqori qismini biroz to‘laroq ko‘rinishini istovchilar bo‘lsa, bu yaxshi fikr. Ammo bu borada kostyum kengligidagi shimni tanlash tavsiya etiladi. Shundagina liboslar bir-birini to‘ldiradi. Agar shim biroz tor bo‘lsa, kostyum o‘z-o‘zidan keng ko‘rinishni hosil qiladi.
Kostyumning noto‘g‘ri yeng uzunligi ham navbatdagi xatolarning biri bo‘lishi mumkin. Mukammal holda yeng qo‘l suyagi ustida tugashi kerak. Aynan shu uzunlik qomatga mos nisbatni yaratadi. Agar bo‘yni vizual tarzda uzun qilishni istaydiganlar bo‘lsa, kostyum yengi yanada kaltaroq bo‘lishi kerak. Kaft qismiga tushib turuvchi yenglar esa o‘z-o‘zidan bo‘yni pastroq hamda qo‘lni gavdaga nisbatan uzun ko‘rsatadi. Natijada tashqi ko‘rinishda nomutanosiblik paydo bo‘ladi.
Oyoq kiyimni yopadigan uzunlikdagi keng shim bo‘yi past qizlarga mos kelmaydi. Ammo bu umuman kostyum-shim kiymaslik kerak degani emas. Bunday holda libosning uzunligi haqida yaxshilab o‘ylash va bo‘yga munosibini tanlash tavsiya etiladi. Agar shim uzunligi poyabzalni oxirigacha yopmasa, bo‘yni balandroq ko‘rsatadi. Ammo buning aksi bo‘lsa, atrofdagilarda xuddi boshqa birovning kiyimini kiyib olgandek taassurot paydo bo‘lishi mumkin. | 53 | 1,608 |
Ayollar | Soch to‘kilishini to‘xtatishga yordam beradigan 8 ta mahsulot | Soch salomatligi uchun to‘g‘ri ovqatlanishdan muhimroq narsa yo‘q. Agar siz quyidagi mahsulotlarni ratsionga kiritmagan bo‘lsangiz, buni qilish vaqti keldi.
Har bir ayol qalin, yorqin sochlarni orzu qiladi. Bizning maslahatimiz ratsioningizni qayta ko‘rib chiqish orqali maqsad sari harakat qilishni boshlashdir. Qanday mahsulotlar sochlarga go‘zallik va kuch bag‘ishlashi mumkinligini byuti-bloger, qarishga qarshi turmush tarzi bo‘yicha mutaxassis Anna Borteychuk ma’lum qildi.
Ayollarda zaif sochlarning eng keng tarqalgan sababi ikkita muammoning kombinatsiyasi: oqsil yetishmasligi va temir tanqisligi. Shuning uchun ratsionni tahlil qilish bilan boshlash kerak bo‘lgan birinchi narsa, yetarli miqdorda oqsil iste’mol qilayotganni baholashdir.
Qizil go‘sht (qo‘y, mol go‘shti)
Xayz ko‘rish tufayli ayol organizmi temirning ma’lum foizini yo‘qotadi. Agar u yetarli miqdorda oziq-ovqat bilan ta’minlanmagan va ichaklarda gastrit, yallig‘lanish bo‘lsa, kislorod yetkazib berish uchun mas’ul bo‘lgan gemoglobinning pasayishi bilan birga temir tanqisligi anemiyasi rivojlanish xavfi mavjud.
Bunday sharoitda qon aylanishi buziladi, buning natijasida soch follikulalari yetarli miqdorda ozuqa ololmaydi, tolalar muddatidan oldin o‘la boshlaydi va sochlar siyraklashadi. Temirning yagona to‘liq manbai qizil go‘shtdir. Tug‘ish yoshidagi ayollar uni haftasiga 2-3 marta iste’mol qilishlari kerak.
Bedana tuxumlari
Oqsil va temirning yana bir munosib manbai — bedana tuxumlari. Ular tovuqnikidan ko‘ra ko‘proq mikroelementlarga boy, shuning uchun ularga e’tibor berish kerak. Bedana tuxumida, shuningdek, yog‘ almashinuvi uchun zarur bo‘lgan omega-3 va E vitamini mavjud.
Tvorog
Tvorog — oqsil va kalsiyning yana bir ajoyib manbai bo‘lib, sochlarning kuchli va sog‘lom o‘sishiga yordam beradi. Ertalab yoki kechqurun 100-150 gramm yangi tvorog iste’mol qilish natijasida sochlar yumshoq, elastik va ipakdek mayin bo‘ladi.
Anor
Mahsulotlardan temirning so‘rilishi uchun kofaktorlar — biokimyoviy reaksiyalarning to‘g‘ri borishi uchun zarur bo‘lgan vitaminlar muhim ahamiyatga ega. Bunda C vitamini muhim rol o‘ynaydi. Anor mevasi antioksidant E, C, A vitaminlariga boy.
Shikastlangan sochlarni tiklash uchun vaqti-vaqti bilan anorni ratsionga kiritish, uning ajoyib ta’midan bahramand bo‘lish kifoya. Shifokorlar kuniga 250 grammgacha mevaning yumshoq qismini iste’mol qilishni yoki 300 ml gacha sharbat ichishni tavsiya qiladi.
Ammo ehtiyot bo‘lish kerak: anor tarkibida tish emaliga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan kislotalar mavjud. Anor sharbatini trubochka orqali ichish yaxshidir. Meva iste’mol qilingandan keyin og‘izni iliq suv bilan yuvish lozim.
Zig‘ir urug‘lari
Zig‘ir urug‘lari rux va misning ajoyib manbai bo‘lib, ular sochlarning erta oqarib ketishining oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Omega-3 ning yuqori miqdori tufayli ular ham ayollarning gormonal foniga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, yoshlikni saqlab qoladi.
Sabzi
Sabzi karotenoidlarning qimmatli manbai bo‘lib, terining holatini va hujayralar ovqatlanishini yaxshilaydi. Ushbu moddalar ta’sirida sochlar tabiiy porlaydi, kamroq mo‘rt va quruq bo‘ladi.
Sabzi ildizida ko‘p miqdorda C va E vitaminlari mavjud. Har kuni 200 gramm sabzavot iste’mol qilish soch o‘sishi va sifatini sezilarli darajada yaxshilash, soch to‘kilishining oldini olish mumkin.
Biroq A va E vitaminlari faqat yog‘lar bilan birgalikda so‘rilishini unutmang. Maydalangan sabzi bilan salatga bir qoshiq o‘simlik yog‘i yoki smetana qo‘shilganiga ishonch hosil qilish lozim.
Jigar
Jigar B12, biotin va boshqa B vitaminlariga boy bo‘lib, ular hujayra metabolizmida muhim rol o‘ynaydi. Ular sochlarning bo‘linishi va quruqligining oldini oladi, tabiiy porlash uchun javobgardir.
Zaytun moyi
Keratinning soch tolasida mustahkam turishi uchun sochni o‘rab turgan lipidlar muhim ahamiyatga ega. Zaytun moyi ko‘p to‘yinmagan yog‘li kislotalarning ajoyib manbaidir. Ular metabolik jarayonlarni rag‘batlantiradi, bosh terisini oziqlantirishni yaxshilaydi.
Atigi kuniga 2 osh qoshiq iste’mol qilingan moy bir oy ichida sochlarning holatini yaxshilaydi, ularni kuchliroq va yorqinroq qiladi. Yog‘ni salatlar yoki donlar bilan tatib ko‘rish mumkin.
Zaytun moyi tufayli sochlarning tuzilishi mustahkamlanadi va sochning yuzasida uni tashqi omillarning, shu jumladan, ultrabinafsha nurlanishining zararli ta’siridan himoya qiluvchi plyonka hosil bo‘ladi. | 61 | 4,379 |
Ayollar | Ozgandan keyin osilib qolgan terini qanday taranglashtirsa bo‘ladi? | Ko‘pchilik tez va samarali vazn tashlashni istab, qattiq parhezga amal qiladi hamda oyiga 10, hatto 20 kilo ozishga muvaffaq bo‘ladi. Aslida esa ozishning fiziologik me’yoriga ko‘ra, vazn haftasiga 1 kilo, oyiga esa 4 kilodan ko‘p tashlanmasligi kerak. Keskin ozishga erishilganda teri quruq bo‘lib qolishi, tarang bo‘lmasligi va bo‘shashib qolishi mumkin. Bunday vaqtda nima qilish kerak? Quyida ushbu savolga javob beramiz.
Kuniga 2 litr suv
Kun davomida 2 litr suv ichish qoidasi bahsli hisoblanadi, bugungi kunda parhezshunoslar organizm qancha suv talab qilsa, shuncha ichilishi kerak degan fikrda to‘xtalgan. Aynan parhez amal qilingan kunlarda teri qurishdan aziyat chekadi. Bunday vaqtda uni suvsizlanishdan saqlash kerak bo‘ladi.
Massaj
Massaj birvarakayiga ikki vazifani uddasidan chiqadi: teridagi almashinuv jarayonlarini yaxshilaydi hamda uni taranglashtiradi. Massajni apparat yoki qo‘l yordamida ham amalga oshirsa bo‘ladi. Mutaxassis ko‘magidan foydalanishga imkon yoki sharoitingiz bo‘lmasa, tananing muammoli qismlarini mustaqil ravishda massaj qilishingiz mumkin. Undan avval yog‘ surting. Bunda qon aylanishi yaxshilanadi. Terini uqalaydigan harakatlar bilan massaj qiling.
Kontrast dush qabul qiling
Kontrast dush qabul qilish teri ahvolini yaxshilab, organizmdagi qon aylanish jarayonini jadallashtiradi. Shu bilan birga moddalar almashinuvi, mushaklar tonusi faollashadi, hujayralar kislorod bilan to‘yinadi va hatto asablar bilan bog‘liq zo‘riqishlar ham bartaraf bo‘ladi. Jarayonni qaynoq emas, issiqroq suvdan boshlab, haroratni sekin-asta pasaytirish kerak. Suvni muzdek bo‘lmasligiga ham e’tibor qarating.
Muz bo‘lagidan foydalaning
Terini taranglashtirishning yana bir samarali usuli — unga muz bo‘lagi surtish hisoblanadi. Muz bo‘lagi moychechak, marvak (marmarak) qaynatmasi asosida bo‘lishi kerak. Buning uchun muz formasiga sovitilgan qaynatmani solib, muzlatkichga qo‘yish kerak.
Dengiz tuzi qo‘shilgan vanna qabul qilish
Bunday muolaja terini namlantirib, taranglashishga hissa qo‘shadi. Toksinlar ajralib, moddalar almashinuvi yaxshilanadi. Xushbo‘y ifor taralishi va qulaylik uchun bir necha tomchi efir yog‘ini qo‘shsa ham bo‘ladi.
Skrabdan foydalanish
Teri taranglashishi uchun uni yaxshilab tozalash, epidermisning dag‘al qatlamini yo‘qotish kerak bo‘ladi. Skrablar bu borada yaxshi samara beradi. Undan foydalangandan keyin teri tarang va elastik bo‘lib qoladi. Skrabni uy sharoitida asal, qahva yoki smetanadan ham tayyorlasa bo‘ladi.
Asalli muolaja
3 osh qoshiq asalga 7—8 tomchi efir yog‘i qo‘shib, muammoli qismga surting. Ustidan plyonka o‘rab 30 daqiqaga qoldiring. Keyin esa issiq suv bilan yuvib tashlang. Ushbu muolajani skrabdan amalga oshirsangiz, yanada yaxshi. Asalga allergiyasi bo‘lganlar zaytun yog‘idan foydalansa ham bo‘ladi. Yuvgandan keyin namlantiruvchi krem surtish tavsiya qilinadi.
Sport, piyoda yurish va mashqlarni bajarish
Bunday vaqtda teri kislorodga muhtoj bo‘ladi. Chunki aynan u hujayralarni kerakli mikroelementlar bilan ta’minlab, ularga yangilanish imkonini beradi. Aynan shu sabab ham jismoniy faol bo‘lishga harakat qilish kerak. Qancha ko‘p bo‘lsa, yig‘ilgan toksinlardan shuncha tez qutulish mumkin bo‘ladi.
Vitamin va oqsil
Parhez amal qilingan vaqt mobaynida organizmda vitamin va minerallar tanqisligi kuzatiladi. Bu esa terida aks etmay qolmaydi. Aynan shu vaqtda A, C, E va B guruhi vitaminlari, Omega-3, magniy, rux, kalsiy va kollagenga bo‘lgan ehtiyoj yuqori bo‘ladi. Shu sabab ham tarkibida bu kabi vitamin va minerallarga boy bo‘lgan, hayvon va o‘simlik oqsili mujassam bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qilish kerak. Aynan oqsil mushaklar massasiga javob beradi, shuningdek, teri salomatligida ham muhim rol o‘ynaydi. Bulg‘ori qalampiri, ismaloq, karamning barcha turini, sitruslar va kivi iste’mol qilishni unutmang. Baliq, yong‘oq va zaytun yog‘ini ham kanda qilmang.
Terini namlantirish
Teridagi muammolarni bartaraf qiladigan va ozgandan keyin tiklash xususiyatiga ega bo‘lgan, tarkibida namlantiruvchi moddalar bor kremlardan foydalaning. Qolaversa, tarkibida A, E, va C vitaminlari, tabiiy yog‘lar, o‘simlik ekstraktlari, kollagen va gialuron kislotasi bo‘lgan kremlardan foydalaning. Terini sog‘lom va go‘zal saqlash uchun esa asta-sekinlik bilan ozishga harakat qiling. | 67 | 4,266 |
Ayollar | Terini sovuqdan va noqulay ob-havodan himoya qilamiz | Teriga sovuq va boshqa ta’sirlar zarar yetkazmasligi uchun uning faoliyatiga yordam berish zarur.
Buning uchun yuvingandan keyin muz bo‘lagi bilan artish, ko‘k choy bilan kompress qilish va o‘simlik yog‘i, achitilgan sut mahsulotlaridan niqob qilish kabi oddiy usullardan foydalanish mumkin.
Makiyaj qilishni ko‘chaga chiqishdan yarim soat oldin tamomlang. Aks holda, krem tarkibidagi suv bilan to‘lgan teri hujayralari sovuq havo ta’sirida buziladi va bu epidermis qavatining quruqshab qolishiga, dag‘allashishiga olib keladi.
Aktual bo‘lgan kosmetik vositalardan foydalaning. Agar teringiz yupqa va ta’sirchan bo‘lsa, sovuq havo uchun yog‘li va tarkibi quyuq bo‘lgan kremlarni tanlang. Yomg‘irli ob-havo uchun esa o‘simlik yog‘i asosida tayyorlangan himoyalovchi vositalarni qo‘llaganingiz ma’qul. | 52 | 800 |
Ayollar | Kundalik odatlardan qay biri asabiylashishning oldini olishi mumkin? | “Jv.ru” saytining ma’lum qilishicha, turmush tarzini to‘g‘rilash orqali sog‘liqdagi ko‘plab psixologik muammolarning oldini olish mumkin. Ushbu odatiy yumushlarni tinchlanishga va asabiylashishning oldini olishga yordam beradigan holatda amalga oshirish tavsiya etiladi.
Kunni ijobiy kayfiyatda boshlash
Buning uchun inson o‘ziga alohida vaqt ajratishi zarur. Buni amalga oshirmasdan avval uy tozalash, ish joyi, elektron pochta yoki ijtimoiy tarmoqlarga kirmaslik tavsiya etiladi. Inson o‘ziga yoqadigan bir necha daqiqalik jismoniy mashqlar yoki kitob o‘qish kabi mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishi kerak. Kunning dastlabki 20-30 daqiqasida aynan nima shug‘ullanish muhim emas, bu faqatgina ilhom berishi uchun kerak bo‘ladi. Shu yo‘sinda boshlangan kun quvvatni oshirishga yordam beradi. Shuningdek, qiyin vaziyatlarda xotirjamlikni saqlab qolish uchun ham foydalidir.
Stressni yengillashtiradigan vositalar
Mutaxassislar fikriga ko‘ra, ishxona yoki sumkada stressni yengillashtirishda yordam beradigan vositalarni saqlash kerak. Bu esa o‘z vaqtida dam olishga yordam beradi. Bunga sevimli efir moyi qutisi, mazali choy yoki tinchlantiruvchi qo‘l kremi misol bo‘la oladi.
Ish vaqtida tanaffus qilish
Bu ruhiy sog‘lomlik uchun ham juda muhim. Ish vaqtida tanaffusga vaqt ajratish kerak. Buning uchun chuqur nafas olish, yelka, oyoq va qo‘llarni his qilish kerak. Shuningdek, vaqti-vaqti bilan deraza oldiga borish amaliyoti ham samara beradi. Bu holatlar kayfiyatni ko‘taradi va yoqimsiz fikrlardan chalg‘ishga yordam beradi. Ammo tanaffusni ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazish bu salomatlik uchun jiddiy zarar keltiradi.
15 daqiqa xotirjamlik amaliyotini o‘tkazish
Mutaxassislar tavsiya qilishicha, kun davomida 15 daqiqa ko‘zni yumgan holda nafas olishni nazorat qilish stressni yengishda samarali usul hisoblanadi. Buning uchun 15 daqiqani uch qismga bo‘lgan holda mashqni kun mobaynida amalga oshirish zarur. Ehtimol, bu qiyin tuyulishi, fikr chalg‘ib ketishi mumkin. Ammo xavotir olishning keragi yo‘q. Ushbu jarayon muntazam amalga oshirilsa, ijobiy ko‘rsatkichlar namoyon bo‘ladi.
Kun davomida iloji boricha “ekranlarsiz ishlash”
Ko‘pincha insonlarga uxlashdan oldin smartfon yoki televizor ko‘rmaslik tavsiya qilinadi. Ammo kun davomida ushbu qurilmalardan foydalanishni cheklash yanada samaraliroq bo‘ladi. Bunday vaqtda o‘z-o‘zidan insonda ortiqcha soatlar paydo bo‘ladi. Undan esa kitob mutolaasi, ijodkorlikni rivojlantirish va diqqatni jamlash uchun unumli foydalanish zarur. Bir hafta ichida har qanday inson o‘zidagi o‘zgarishlarni seza boshlaydi. Hayotni yanada yengil va qulay bo‘lishi uchun ushbu maslahatlarga amal qilish tavsiya etiladi. | 68 | 2,655 |
Ayollar | Street style’da qanday sumkalar urfda? | Sumka ayol kishi obrazidagi eng muhim aksessuarlardan biri hisoblanadi. Oddiy va zerikarli bo‘lgan obrazni ham o‘ziga xos dizayndagi sumka bilan yorqin qilish mumkin. Bahor-yoz mavsumida qanday sumkalar dolzarbligiga street style misolida javob beramiz.
Noodatiy shakl, charm, o‘ziga xos rang va kamarli mazkur sumka istalgan oddiy obrazni qiziqarli ko‘rsatadi.
Zanjirli, metall logoli qora bejirim sumka klassika hisoblanadi. Bunday model bir vaqtning o‘zida bashang va o‘ziga xos ko‘rsatadi. Bunday sumkani ofis uslubidagi kostyum yoki jinsi bilan ham moslash mumkin.
To‘q ko‘k rangli mazkur modelga o‘xshash sumkani yilning trendi deb atasa ham bo‘ladi. To‘rtburchak korpus, keng kamar sumkaning o‘ziga xosligini ta’minlaydi. Bunday sumkani bahor va yozda och va yengil liboslar bilan kiyish ayni muddao.
Mazkur model kichik hajmdagi sumka tutishni yoqtiruvchilar uchun yaxshi variant. Ixcham dizayn, bezak va qulay yelkaga taqishga mo‘ljallangan kamar sumkaning muvaffaqiyatini ta’minlaydi.
Yarim oy shaklidagi ushbu modelni kundalik yoki ofis obrazlari bilan moslash mumkin. O‘ziga xos shakldagi mazkur sumkani model Kendall Jenner obrazlaridan birida ham kuzatish mumkin.
Kokilli sumka yoz uchun eng a’lo variant hisoblanadi. Bunday model qo‘lda tutish, yelkaga osish uchun qulayligi bilan ham ahamiyatli. Keng va kalta ko‘ylak, shifon yupka va koftalar bilan moslash tavsiya qilinadi.
Qora, ixcham, o‘ziga xos uslubdagi sumka, nafaqat jiddiy uslubda kiyinishni balki o‘ziga xos obraz yaratishni istovchilar uchun tavsiya qilinadi. | 38 | 1,544 |
Ayollar | Sulfatsiz va silikonsiz shampunlar: ularning qanday kamchilik va afzalliklari bor? | Sulfat va silikon sochlarni yog‘dan tozalashga, ularga porloqlikni qo‘shishga va mahsulotlarda ko‘pik hosil qilishga yordam beradigan neft hosilalaridir. Tabiiy mahsulotlarning ommalashishi yaqinda boshlandi, sotuvchilar zamonaviy mahsulotlarni zararli deb topdi va organik mahsulotlarga qaytishga qaror qildi. Lekin ularning ham ijobiy va salbiy tomonlarini aniqlash vaqti keldi, deb yozadi “Noviy ochag”.
Afzalliklari
Allergiya va qizarish xususiyatini keltirib chiqarmaydi
Oddiy shampun tarkibidagi sulfatlar suv bilan to‘liq yuvilmaydi. Ular bosh terisida to‘planadi, agar teri ta’sirchan bo‘lsa, soch qurishi bezovta qiladi. Organik shampunlarda sintetik moddalar kokos fermentlari bilan almashtiriladi, ular koko glyukozid, natriy kokoil glutamat va disodium kokoil glutamat sifatida ta’sir qiladi.
Soch rangini saqlaydi
Agar sulfatlarga mikroskop ostida qaralsa, elementlarning dag‘alligini yaqqol ko‘rish mumkin. Sochni yuvishda ular pigment muhrlangan teshiklarni ochadi. Shu sababli, soch rangi tezroq xiralashadi va rangsizlanadi. Organik komponentlar silliq va yumshoq bo‘lib, bunday muammolar yo‘l qo‘ymaydi.
Sochni quritmaydi
Tabiiy kompozitsiya sochni oziqlantiradi va sog‘lom saqlaydi. Ammo quruq va buzilgan organik moddalarni qayta tiklash mumkin emasligini yodda tutish kerak.
Kamchiliklari
Sochlarni silliq qilmaydi
Silikon sochlarni ko‘rinmas plyonka bilan o‘rab oladi va silliq hamda porloq sochlar effektini yaratadi. Bu porlash effektini beradigan yagona komponent. Soch tabiiy ravishda jingalak va nisbatan quruq bo‘lsa, tabiiy shampun faqat bu natijani ta’kidlaydi. Aytgancha, agar kompozitsiyada silikon mavjud bo‘lsa, u teshiklarni ochadigan SLS muammosini hal qiladi. Konditsioner tarkibidagi silikon sochlarni changdan himoya qiladi va silliqlaydi.
To‘liq tozalamaydi
Organik shampun sochlardan lak yoki gel qoldiqlarini yuva olmaydi. Buning uchun ularga sulfat kerak bo‘ladi. Hatto tashqi tomondan sochlar toza ko‘rinadigan bo‘lsa ham, unda sochlarni quritadigan va sindiradigan yupqa qoplama qoladi.
Ko‘pirmaydi
SLS yo‘qligi tufayli minimal darajada ko‘pik hosil bo‘ladi va shampun yetarli emasdek tuyilishi mumkin. Shu sababli, ikki baravar ko‘p mahsulot ishlatiladi va tez-tez xarid qilinadi. Aytgancha, ko‘pikning tozalash qobiliyatiga hech qanday aloqasi yo‘q. Minimal ko‘pik bilan ham sochni yaxshilab yuvish mumkin.
Salbiy ta’sirdan himoya qilmaydi
Silikon plyonka sochni quyosh, xlor va dengiz suvidan himoya qiladi. Bundan tashqari, silikon issiqlikdan himoya qiluvchi vositalarning asosiy komponenti bo‘lib, sochlarini fen bilan quritganda yoki tekislashda sog‘lom saqlashga yordam beradi. Ammo tabiiy kompozitsiya bunday himoyalanishdan mahrum qiladi.
Xulosa
Ko‘rib turganingizdek, organik shampunlarning ijobiy va salbiy tomonlari bor. Eng yaxshi usul sintetik va organik moddalarni birlashtirishdir. SLS va silikondan butunlay voz kechib, hatto eng sog‘lom sochlarni ham yo‘qotish mumkin. Shuning uchun har kuni vaziyatga qarab foydalanadigan ikkala variant ham bo‘lsin. | 82 | 3,015 |
Ayollar | Rasm chizishni o‘rganamiz | Tashqarida havo sovuq, barcha filmlarni tomosha qilib, musiqalarni tinglab bo‘ldingizmi? U holda anchadan buyon orzu qilgan biroq boshlay olmagan sevimli mashg‘ulotingiz — rasm chizishni o‘rganish uchun ayni paytda kirishishingiz mumkin.
Rasm chizish uchun ilhom va xohishning paydo bo‘lishi, qolaversa, chizgan suratlaringiz ko‘zingizni quvnatishi uchun rasm chizishni bosqichma-bosqich o‘rganish bo‘yicha tavsiyalarimizni e’tiboringizga havola etamiz.
Agar bu qobiliyatga ega ekanligingiz bo‘yicha ikkilanayotgan bo‘lsangiz, bolaligingizni yodga oling. Axir bolalikda har birimiz rasm chizishga usta bo‘lamiz.
Qalam bilan rasm chizishni o‘rganish uchun sizga quyidagi ashyolar kerak bo‘ladi:
- Albom yoki bloknot;
- qora qalam yoki rangli qalamlar to‘plami;
- kuniga 20—30 daqiqa vaqt;
- qulay manzara yoki yaxshi fantaziya;
- ilhom va xohish;
Endi esa eng oson va bir vaqtning o‘zida qiyin qadam — chizishni boshlash. Shoshilinch bo‘lmagan ishlarni ortga surib, ijodiy kayfiyatni yarating. Bunda yolg‘iz qolishingiz va sizni hech kim chalg‘itmasligi ham maqsadga muvofiqdir. Oldingizga toza varaq qo‘yib, qo‘lingizga qalam oling va birinchi nuqtani qo‘ying. Nima chizish haqida o‘ylab ko‘ring.
Bular sizni o‘rab turgan har qanday buyum bo‘lishi mumkin. Devordagi soat, qahva finjoni, kuz bargi, dasturxondagi naqsh va hokazo. Chizishni tayyor tasvirlardan boshlash osonroq. Shunchaki, sizga ma’qul kelgan kartinkani tanlang va uni chizing. Yoki fantaziyangizni ishga soling. Qog‘ozda yaqinda o‘qigan kitobingizdagi noreal dunyoni gavdalantirishga urinib ko‘ring.
Hozirgi vaqtda internetdagi roliklar va bosqichma-bosqich aks ettirilgan kartinkalar yordamida rasm chizishni o‘rganib olish mumkin. Mahoratingizni har kuni oshira borib, bir necha haftadan so‘ng kichikroq bo‘lsa-da san’at asarlarini yarata olasiz. Ular xonadoningiz ko‘rki yoki yaqinlaringizni xursand qiluvchi sovg‘aga aylana oladi.
Asosiysi, tanqiddan cho‘chimaslik, axir har qanday buyuk ishlar kichkina ishlardan boshlanadi! | 25 | 1,996 |
Ayollar | 20 yoshdan keyin terini parvarishlash qoidalari | Agar siz 30—40 yoshdan keyin ham teringizni sog‘lom saqlashni xohlasangiz, parvarishni ertaroq boshlashingizga to‘g‘ri keladi. Bu borada sizga bir necha maslahatlar bermoqchimiz.
Kechga borib yuzingiz terisi kosmetika, yog‘ va changlardan iborat qatlam bilan qoplanadi. Terini quritishdan saqlaydigan tozalovchi yumshoq muss, ko‘pik va gellar yordamida yuzingizni tozalang.
Yuvib tashlashdan erinsangiz, maxsus salfetka yordamida yuzingizni tozalang.
Bu barvaqt ajin tushishining oldini oladi va uzoq vaqt ko‘rinishni yosh saqlaydi.
Sutga yoki qaymoqqa botirilgan paxtani ko‘zning ostki qismiga qo‘yib 10 daqiqa ushlab turing.
Agar yuz terisi tonal vositasisiz xira ko‘rinsa unga glikol kislotali piling yordam beradi. Pilingdan so‘ng namlovchi krem surilsa, yuz terisi yaraqlaydi.
Tarkibida glitserin va gialuron kislota mavjud bo‘lgan kremlar eng samarali hisoblanadi.
Bu vositalar haqiqiy yoshlikni saqlovchilar hisoblanadi. Tez singib ketadigan va yuzda uncha sezilmaydigan kremlarni tanlang. | 47 | 997 |
Ayollar | Pulni to‘g‘ri sarflash bo‘yicha 6 maslahat | Pul sarflash juda oson va yoqimli ish ;) Ammo, afsuski, har kim ham uni to‘g‘ri sarf qilish uddasidan chiqa olmaydi. Agar siz oylikdan oylikka zo‘rg‘a yetishdan charchagan bo‘lsangiz, unda pulni to‘g‘ri sarflashni o‘rganish vaqti keldi.
foto: sheknows.com
Barcha chiqimlarni hisoblang: kommunal to‘lovlari, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechaklar, yo‘l kira xarajatlari, aloqa va internet hamda ko‘chadagi tushliklar. Bundan tashqari, har zamondagi chiqimlar: stomatolog, sartarosh, dori-darmon va h.k.larga ketadigan xarajatlarni ham qo‘shish esdan chiqmasin. Kirimlarni hisoblang va chiqimlarni undan ayiring. Bu holatda o‘z-o‘zidan mablag‘ingiz ikkiga bo‘linadi: sarf qiladigan mablag‘ va olib qo‘yadigan mablag‘. Mana shu ish pulni to‘g‘ri sarflashning birinchi qoidasidir.
foto: fresh-market.pl
Faqatgina, juda zarur va kerakli mahsulotlarni sotib oling. Chunki, avval eski narsalardan qutilish kerak. Butunlay tugaganidan so‘ng yana sotib olish maqsadga muvofiqdir.
foto: friendsofqueensmarket.org.uk
Biron bir qimmatbaho narsa sotib olishdan oldin, qayerlarda bunday narsa arzon ekanligini bilishga harakat qiling! Internet va reklamalardan qayerlarda mavsumiy chegirmalar ketayotgani bilan qiziqing.
foto: info.shiftelearning.com
Chunki bahor va yoz fasllarida palto va etiklar narxi qishdagiga qaraganda ikki barobar arzon bo‘ladi. Hech qaysi brend va markalar mavsumiy bo‘lmagan tovarlar narxini tushirmasdan qolmaydi. Lekin, shu o‘rinda ta’kidlash joizki, arzon narxga uchib sifatsiz tovar olib qo‘yishdan ehtiyot bo‘ling. Chunki, bu sizga ikki barobar xarajat olib kelishi mumkin.
foto: thekrazycouponlady.com
Aks holda, xarid mobaynida aqlingiz bilan emas, mahsulotlarni yeyish istagidagi oshqozoningiz bilan xarid qilasiz. Bu esa, rejada yo‘q bo‘lgan chiqimlar sababchisiga aylanishi mumkin.
Aziz o‘quvchilar, siz pulni to‘g‘ri sarf qilishning yana qanday yo‘llarini bilasiz? Fikrlaringiz bilan o‘rtoqlashing. | 42 | 1,934 |
Ayollar | YSL brendi aynan siz xohlagan rangni hosil qiluvchi gadjet— lab bo‘yog‘ini sotuvga chiqardi | Zamonaviy texnologiyalar hayotni tom ma’noda o‘zgartirishi bilan bir qatorda, go‘zallik sanoatiga ham faol kirib kelmoqda. Terini parvarishlash uchun kosmetologga murojaat qilishning o‘rnini bosuvchi byuti-devayslar hozirda ajablanarli emas. Endi esa faqat siz uchun rang yaratib beruvchi lab bo‘yog‘i gadjetiga nima deysiz?
“Yves Saint Laurent Beaute Rouge Sur Mesure Powered by Perso” – bu birgina nom xolos. Makiyaj haqidagi o‘ylarni tubdan o‘zgartiradigan eng so‘nggi qurilma. Tanlangan ranglar sxemasida qizil, malla, sarg‘ish yoki to‘q pushti ranglar bo‘yicha lab bo‘yog‘i rangini yaratish imkoniyatiga ega. Buning uchun moslamaga YSL Beauty Velvet Cream Matte Finish teksturasi bilan mos keladigan 3 ta kapsulani kiritish va kerakli parametrlarni o‘rnatish kerak. Natijada juda kamyob ranglar hosil bo‘ladi. Shuningdek, qurilma obraz uchun ham mos rangni tanlay oladi. Yoki taqdim etilgan suratga qarab ham rang nusxalashi mumkin. U Bluetooth texnologiyasidan foydalangan holda jarayonni amalga oshiradi.
Shuningdek, bu kabi go‘zallik robotining o‘ziga xos cheklovlari ham bor. Birinchidan, u faqat YSL lab bo‘yog‘i kapsulalarida ishlaydi. Ikkinchidan, u turli xil rang sxemalaridagi ranglarni aralashtirmaydi, buni amalga oshirishning imkoni yo‘q. Hozircha uni kosmetik vositalar do‘konidan ham topib bo‘lmaydi. Mahsulotni faqat buyurtma orqali bir necha oydan so‘ng xarid qilish mumkin. | 91 | 1,397 |
Ayollar | Yangi kiyim sotib olishdan avval o‘ylab ko‘rish kerak bo‘lgan 5 ta masala | Xarid amalga oshirishdan avval har bir xotin-qiz quyidagi savollarni o‘ziga berib ko‘rishi, shu asosida qaror qabul qilishi kerak.
Bu kiyim garderobdagi boshqa liboslar bilan mos tushadimi?
Yubka, shim, bluzka umuman nima xarid qilishingizdan qat’i nazar, bor kiyimlaringiz bilan qanchalik mos turishi haqida o‘ylab ko‘ring. Agar garderobingizda yangi model bilan mos tushadigan kiyim bo‘lmasa, yaxshisi bekorga pul sarflamang.
Garderobimda shunga o‘xshash narsa bormi?
Garderobingizda oddiy, qora bosonojka bor bo‘lsa yana xuddi shu rang va ko‘rinishdagisini olganingizdan nima naf? Gul printi tushirilgan ko‘ylaklarni ham shunday ko‘paytirishda mantiq yo‘q. Bu qoida bazoviy kiyimlarga taalluqli emas. Sipo ko‘rinishdagi, bezaklarsiz shim, futbolka va koftani ikkinchisi zarar qilmaydi.
Qanday matodan tikilgan?
Oddiy jinsi va futbolkaning ham qanday matodan tikilganiga e’tibor berish kerak. Plastikdan tayyorlangan tufli qanchalik chiroyli bo‘lmasin, sayyorada bir yuzlab yil bo‘lishi, parchalanganda zararli moddalar tuproqqa tarqalishi mumkinligini unutmang. Akrildan tikilgan sintetik sviter bir necha mavsumdan keyin chiqindiga tashlanmasin desangiz, tabiiy matoli modellarga e’tibor qarating. Jun matosidan tikilgan variantlar esa jonga tegishi mumkinligini unutmang.
Chegirmada bo‘lmasa ham xarid qilgan bo‘larmidim?
Ko‘pchilik sale degan yozuvni ko‘rishi bilanoq mantiqsiz fikrlay boshlaydi. Bir marta kiyiladigan yashil, keng ko‘ylakni xarid qilgandan nima foyda? Garderobingizda tiqilib yotgan mini yubkani-chi, yana bittaga ko‘paytirib nimaga erishasiz? Ushbu savollarni o‘zingizga berib ko‘ring.
Ertaga ham bu kiyimni olishni xohlayman?
Yomon kayfiyat bilan do‘konga kirib, yangi kiyim bilan xursand uyga qaytish holati ko‘pchilikka begona emas. Gap shundaki, yangi narsani sotib olish kayfiyatni ko‘targandek tuyilgani bilan, bir kundan keyin to‘g‘ri kelmasligi hamda moslab bo‘lmasligini tushunib yetishingiz mumkin. Shu sabab ham olmoqchi bo‘lgan narsangizni ertaga qoldirib, tongda to‘g‘ri qaror qabul qilish. | 73 | 2,032 |
Ayollar | Nafaqat kiyimlarga zarar yetkazadigan, balki kir yuvish mashinasini ham buzadigan kir yuvishdagi xatoliklar | Kir yuvish mashinasini ishlatishning hech qanday murakkab tomoni yo‘qdek tuyulishi mumkin: kirlarni solasiz, kukun qo‘shasiz, rejimni tanlaysiz — shu xolos. Biroq aslida bu noto‘g‘ri tushunchadir. Masalan, noto‘g‘ri tanlangan kir yuvish vositasi yoki uning miqdori bir qator kutilmagan muammolarni keltirib chiqarishi mumkin — zarar yetgan kiyimlardan tortib, mashinani ta’mirlashgacha.
Kam kir uchun kapsuladan foydalanish
Kir yuvish kapsulalaridan foydalanish va ularni saqlash oson. Biroq kapsula mashinaning kamida o‘rtacha yuki uchun mo‘ljallangan. Uni kamroq kir solganda qo‘shsangiz, kiyimda ham, mashinada ham ortiqcha qoldiq hosil bo‘lishi mumkin, bu esa nasos va motorga zarar yetkazadi.
Barabanni shamollatishni unutish
Kiyimlarni olgandan so‘ng darhol mashina eshigini yopib, uni yuqori namlik holatida qoldiramiz. Bu, o‘z navbatida, mog‘or va bakteriyalar rivojlanishi uchun mukammal muhit yaratadi. Shuning uchun uni 15-20 daqiqa davomida ochiq qoldirishni unutmaslik kerak. Yaxshisi foydalangandan keyin sirtni mato bilan artib, quriting.
Suyuq vosita o‘rniga kukun ishlatish
Suyuq kir yuvish vositasi dog‘larni ketkazishda ko‘proq samara beradi. Shuningdek, kiyimda kamroq iz qoldiradi. Yaxshi eruvchanligi tufayli maishiy texnika uchun ham tiqilib qolishi mumkin bo‘lgan kukundan ko‘ra xavfsizroq.
Vositani to‘g‘ridan to‘g‘ri barabanga solish
Mashina ma’lum bir tarzda ishlab chiqilgani sababsiz emas: u vositani kerakli vaqtda chiqaradi, agar bu ketma-ketlik buzilsa, kukun erimasligi mumkin. Bu esa kiyimlar yaxshi yuvilmasligi va oq dog‘lar, chiziqlar qolishiga olib kelishi mumkin.
Yetarlicha kir yuvish vositasini qo‘shmaslik
Ba’zilar kam miqdorda kir yuvish kukuni qo‘shib, tejamoqchi bo‘ladi. Aksincha, kichik miqdor kirlarni yaxshi yuvmaydi. Shu sababli keyin ularni tez-tez yuvishga to‘g‘ri keladi va bu, o‘z navbatida, kiyimlar umrini qisqartiradi.
Yuvishdan oldin kiyimlarni jundan tozalamaslik
Agar uyda hayvonlar bo‘lsa, ularning junlari kiyimlarga yopishib qolishi tabiiy. Ammo ularni bunday holda mashinaga solish to‘g‘ri emas, chunki bu unga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.
Matoni quritish va yumshatish uchun junli to‘plardan foydalanmaslik
Mato yumshatgichlar juda mashhur ekanligini tan olish kerak, shuning uchun ularni deyarli hamma ishlatadi, ammo jun to‘plarining mavjudligi haqida kamchilik biladi. Sifatli junli to‘plar kiyimlarni quritadi va yumshatadi. | 107 | 2,404 |
Ayollar | Omadni “chaqirish”ning ilmiy asoslangan 3 usuli | Angliyaning Xartfordshir universiteti psixologiya professori Richard Uayzman o‘zlarini omadli va omadsiz deb hisoblovchi kishilar o‘rtasidagi farqni aniqlashga qaror qildi.
Tadqiqotlar chog‘ida Uayzman omadli insonlar yuqori darajadagi ekstraversiya bilan farqlanishini payqadi. Ular ikki marta ko‘proq kuladi va boshqalar bilan ko‘z orqali aloqani ushlab turishga harakat qiladi. Olimning fikricha, aynan chiqishimlilik va ochiqlik omadli imkoniyatlarni ko‘paytirishga yordam beradi.
Omadsiz odamlar esa emotsional beqarorlikka, xavotirga va salbiy hissiyotlarga moyil bo‘ladi. Ular qandaydir bir muamo tufayli haddan tashqari tashvishlanishi natijasida imkoniyatlarni qo‘ldan chiqaradi. Omadlilar esa barcha yangi narsalar uchun ochiq bo‘ladi.
Uayzman, shuningdek, inson omadli kishiga aylana olish-olmasligini aniqlamoqchi bo‘ldi va buning uchun tadqiqot ishtirokchilariga bir nechta mashqlar berdi. Bir oy o‘tgach, ularning 80 foizi baxtliroq, o‘z hayotlaridan mamnunroq va asosiysi, omadliroq bo‘lganini ta’kidladi.
Uayzman ulardan quyidagilarni bajarishni so‘ragan edi:
O‘z maqsadingizga erishish-erishmaslik borasida doim tashvishlanish tufayli siz istiqbolli imkoniyatlarni qo‘ldan boy berishingiz mumkin. Barcha yangi narsalarga ochiq bo‘ling, shunda sizda baxt keltiruvchi chiptani tortib olish imkoniyati ko‘proq bo‘ladi.
Hamma narsaning faqat salbiy jihatlarini ko‘rish kerak emas. Bunday kayfiyat sizdan hayotiy kuchingizni olib qo‘yadi. Nimadandir shikoyat qilish o‘rniga, bundan ham yomonrog‘i yuz bermagani uchun shukur qiling.
Kundalik hayot charchatishi mumkin. Agar siz har kuni bir xil odamlar bilan muloqotda bo‘lsangiz, bir xil taomni yesangiz, bir xil ishlarni bajarsangiz, o‘z hayotingizni xilma-xillashtirishga harakat qiling. Qulaylik zonasidan chiqish omadni dumidan tutish imkoniyatlarini ko‘paytiradi.
Manba: “Layfxaker” | 47 | 1,850 |
Ayollar | Foto: Bachkana ko‘rinib qolmaslik uchun botfortni qanday va nima bilan kiygan yaxshi? | Poshnasi bor, zamsh matodan tikilgan botfortlar ushbu mavsumda har qachongidan ham dolzarb hisoblanadi. 70-yillarga xos uslubda kiyinishni istovchilar uchun ayni muddao bo‘lgan ushbu poyabzalni midi uzunligidagi yubka, kurtka yoki shuba, shuningdek, bo‘yni yopiq turadigan sviter bilan kiyish mumkin. Shlyapa, shapka yoki kepka bilan obraz yanada muvaffaqiyatli bo‘ladi.
Qolaversa, kalta libos va kalta shimlar bilan ham botfortlar chiroyli turadi. Charm matoli poyabzalni yoqtiradiganlarga uncha baland bo‘lmagan yoki qalin poshnali modelga e’tibor qaratish tavsiya qilinadi. Zamsh etik tanlaganda esa uni keng turmasligiga diqqat qaratish kerak yo‘qsa uni kiygan ayol yoki qiz vazni aslidan ham to‘laroq ko‘rinadi. Charm botfortni rangli shimlar, shuningdek, istalgan uzunlikdagi yubka va ko‘ylaklar bilan kiysa bo‘ladi. Ammo nozik jins vakillariga bunday oyoq kiyim bilan haddan ortiq ochiq va tor liboslar tanlash tavsiya qilinmaydi. | 85 | 938 |
Ayollar | Soch to‘kilishini to‘xtating! | Barcha ayollar sog‘lom, go‘zal va mustahkam sochlarni orzu qiladi, biroq vaqti-vaqti bilan soch to‘kilishi muammosiga har birimiz duch kelamiz. Soch to‘kilishi og‘riqsiz jarayon bo‘lsa-da, ko‘pchilik ayollar bu masala ustida jiddiy qayg‘uradi.
Muammoni keltirib chiqaruvchi umumiy sabablarga organizmda zarur oziqlantiruvchi moddalar yetishmovchiligi, sochlarni turmaklash va bo‘yashda tez-tez kimyoviy moddalardan foydalanish, noto‘g‘ri ovqatlanish, gormonal me’yorning buzilishi, ba’zi dori vositalari va bosh terisining turli kasalliklarini sanab o‘tish mumkin.
Shuningdek, asabiylashish va stresslar ham soch to‘kilishiga olib keladi. Shu sababdan ular hayotingizning bir qismiga aylanishiga yo‘l qo‘ymang.
Quyida esa soch to‘kilishiga qarshi uy sharoitida tayyorlash mumkin bo‘lgan niqoblarni e’tiboringizga havola etamiz.
1 osh qoshiq xantal kukuni, 3 osh qoshiq iliq suv va 3 osh qoshiq zaytun yog‘i, 1 ta tuxum. Barchasini aralashtirib, bosh terisi va soch ildizlariga suring, 5 daqiqadan so‘ng yuvishingiz mumkin.
2 osh qoshiq kokos va 1 osh qoshiq zaytun yog‘i — aralashtirib, soch ildizlari va butun uzunligi bo‘yicha suring, maxsus qalpoqcha kiying. Yarim soatdan keyin yuvib tashlang. Mazkur yog‘lar soch bilan bog‘liq barcha muammolarni hal qilishga yordam beradi.
Agar sochlaringiz yog‘li bo‘lmasa, niqobni bir soatdan ortiq ushlashingiz ham mumkin. Asosiysi, jarayondan so‘ng sochlarni shampun bilan yuvishdir.
Tuxum sarig‘ini yarimta avokado bilan sochlarga suramiz va 40 daqiqa saqlaymiz.
Ushbu oddiy vositalar ko‘magida ikki haftadan keyinoq soch tarkibining sezilarli darajada yaxshilanganligini his etasiz va soch to‘kilishi bilan bog‘liq muammodan xalos bo‘lasiz.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 29 | 1,859 |
Ayollar | O‘zingiz ham qila olasiz: muzlatkichda yuzaga kelgan ayrim muammolarni bartaraf etamiz (video) | Termostatning noto‘g‘ri ishlashi, sovitkichning yaxshi muzlatmasligi va yomon yopiladigan eshik: professional usta yordamisiz muzlatkichni tuzatish mumkinmi va qaysi qismlarga tegmaslik kerak?
1-muammo: Suv meva va sabzavot tortmasi ostidagi pastki qismida to‘planadi
Sovitkich zonasidagi pastki tortmalar ostida suv to‘planadi. Ba’zan muz tufayli tortmalar muzlatkichning pastki qismiga qadar muzlab, qimirlamay qoladi.
Drenaj teshigi tiqilib qolgan
Bunday holat tomchilatib muzdan tushirish tizimining o‘ziga xos xususiyatlari tufayli juda tez-tez sodir bo‘ladi. Teshikka suv tomchilari bilan birga maydalangan, chang va oziq-ovqat qoldiqlari to‘lib qoladi. Natijada suv chiqib ketolmaydi va tortmalar ostidan muzlatkichning pastki qismiga oqib chiqadi. Sovitish paytida u muzlaydi, natijada, tortmalar pastki qismga yopishib, qimirlamay qoladi va siz ulardan foydalana olmaysiz. Oqibatda muzlatkich kamerasida yoqimsiz hid paydo bo‘ladi.
Agar bunday holatga uzoq vaqt davomida e’tibor berilmasa, muzlatkich kompressori kamroq o‘chadi, bu esa qurilma buzilishiga olib keladi.
Nima qilish kerak?
Kichkina shpritsga suv tortib quying. Bu holda suvning harorati muhim emas. Shpritsni drenajga tiqib, suvni yuboring. Drenaj sovitgich kamerasining orqa devorida evaporatator ostida joylashgan va erigan suvni sovitish kamerasidan kompressor yaqinida joylashgan maxsus rezervuarga oqishi uchun kerak. Suvni shprits bilan bir necha marta yuboring.
2-muammo: Eshikning yaxshi yopilmasligi.
Bo‘shashgan eshik tufayli muzlatkich kamerasida muz hosil bo‘ladi, muzlatkichga iliq havo kiradi, shuning uchun u kamroq o‘chadi. Natijada orqa devorda muz hosil bo‘ladi va qutilar ostida, polda suv to‘planadi.
Nima qilish kerak?
Sovitkichning o‘rnatilishini tekshiring. Yuzaning notekisligi tufayli jihoz to‘g‘ri o‘rnatilmagan bo‘lishi mumkin, bunday holda, muzlatkich oyoqlarini to‘g‘rilash kifoya.
Agar rezina tasma va eshiklarni avtomatik ravishda yopadigan prujina singan bo‘lsa, usta chaqirishingiz kerak. Biroq uni chaqirishdan oldin tasmani kirdan tozalashni unutmang.
Shovqin va guldirash
Ko‘pincha bu muammo muzlatkichni bo‘shatish orqali hal qilinadi. Sovitkichingizda juda ko‘p mahsulot bor, ular to‘g‘ri joylashtirilmagan yoki qurilma mebel, isitish quvurlari va qurilmaning ishlashiga xalaqit beradigan boshqa narsalar bilan aloqada bo‘lishi mumkin.
Agar bu yordam bermasa, uni o‘zingiz ta'mirlashga urinmang. Usta chaqiring, u albatta nosozliklarni bartaraf etishga yordam beradi. | 94 | 2,480 |
Ayollar | Sharqona uslubdagi pardoz sirlari (foto) | Latofat va maftunkorlik sohibalari bo‘lgan sharq ayollari o‘zlaridagi tabiiy go‘zallik bilan chegaralanib qolishmaydi. Ularning yorqin va mukammal makiyajlari ajoyib taassurot uyg‘otadi.
Sharqona makiyajlarning eng mashhur turlaridan biri – arabcha uslub qanday yaratiladi?
Arabcha makiyaj, boshqa makiyajlar singari, tonal asos va upadan boshlanadi. Asos uchun och rang mos kelmasligi tufayli – och qahvarang turini tanlang. Yuzingizga biroz cho‘ziqlik baxsh etish uchun, yonog‘ingiz pastlariga va iyagingiz bo‘ylab bug‘doy rangli upa suring.
Sharq ayollarining ko‘zlari cho‘ziqroq, bodomsimon shaklda bo‘ladi. Ko‘zlar go‘zalligiga urg‘u berish maqsadida, qovoqning yuqori chekkasiga ten suriladi va qoshga tomon bir tekisda qilib tushlanadi. Ko‘zning tashqi burchagi va pastki qovoq chekkasi bir xil qoramtir ten bilan bo‘yaladi.
Arab makiyajining eng ko‘zga tashlanuvchan tomonlaridan biri, ingichka yoki keng qora chiziqlardir. Ular ko‘z qarashlariga jozibadorlik va maftunkorlik bag‘ishlaydi. Siz podvodkaning bir necha xil ranglaridan foydalanishingiz mumkin.
Chiroyli kipriklar – arab go‘zallarining haqiqiy iftixori hisoblanadi. Kipriklarni bir necha qavat tush yordamida quyuqlashtirish mumkin.
Arab ayollari yorqin ranglarni xush ko‘rishmaydi. Shuning uchun, rangi ko‘zga tashlanmaydigan, tabiiy va lab rangidagi lab bo‘yoqlardan foydalanganingiz ma’qul. | 40 | 1,369 |
Ayollar | Oddiy paypoq yordamida yulduzlarnikidek soch turmagi yaratamiz (foto) | Bu oddiy layfxak uzun sochlarni chiroyli turmaklashda, albatta, qo‘l keladi.
Turmak uchun mo‘ljallangan yostiqcha ketma-ket bir necha mavsumda ham modadan qolgani yo‘q. Bu ajablanarli emas, chunki nafaqat chiroyli, balki juda qulay ham. Ko‘p ayollar sochga hajm qo‘shish uchun dumaloq shakldagi yostiqdan foydalanadi. Aslida, mukammal turmak yasash uchun unga ega bo‘lish shart emas, chunki uni oddiy paypoq bilan osongina almashtirish mumkin. Va bu 10 daqiqadan oshmaydi.
Soch uchun yostiqcha qanday yasaladi?
Bir juft paypoq, paypoq qanchalik uzun bo‘lsa, rulonli yostiq shunchalik katta bo‘ladi. Rangni sochga moslashtirish tavsiya etiladi.
Kerakli buyumlar:
Soch turmakka tayyor holda yig‘iladi.
Soch taraladi va elastik tasma taqiladi. Suratda turmakning baland versiyasi ko‘rsatilgan, lekin hamma xohishga ko‘ra taqishi mumkin.
Sochlarni yuqoriga ko‘tarib, aylana ichidan o‘tkaziladi.
Aylana soch uchlari tomon siljitiladi, shunda uni harakatlantirish mumkin. Yostiqcha aylantiriladi, shunda sochlar unga mahkamlanadi. Bosh tomon harakatlantiriladi.
Sochlar yuqoriga tortiladi va teng taqsimlanadi. Bu jarayon birinchi marta o‘xshamasligi mumkin, lekin vaqt o‘tishi bilan chiroyli soch turmagi hosil bo‘ladi. Faqat mashq qilishingiz kerak. | 69 | 1,251 |
Ayollar | Yuz terisining turli qismlarida husnbuzar paydo bo‘lishi sabablari | Husnbuzar va turli toshmalar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi va buning o‘ziga yarasha sabablari bo‘ladi. Yuz terisining turli qismlarida nima uchun husnbuzar paydo bo‘lishiga to‘xtalamiz.
Peshona
Yuzning peshona qismida husnbuzar paydo bo‘lishi ratsionda qizil go‘shtning ko‘pligi, to‘yingan yog‘ va spirtli ichimliklarning me’yordan ko‘p iste’mol qilinishi bilan bog‘liq. Peshonadagi husnbuzarlardan xalos bo‘lishni istasangiz ma’lum muddat bunday mahsulotlarni taomnomangizdan chiqarib, ko‘proq sabzavot yeyishga, suv va ko‘k choy ichishga harakat qiling.
Yanoqlar
Yuzning aynan ushbu qismida husnbuzar toshishi ko‘plab kuzatiladi. Bunga siz foydalanadigan kosmetik vositalar, ularning sifati yaxshi emasligi, teringizga to‘g‘ri kelmagani sabab bo‘lishi mumkin. Shuningdek, go‘sht, shakar, sutli mahsulotlar ham husnbuzarlarni keltirib chiqaradi.
Pastki jag‘
Yuz terisining pastki jag‘ qismiga toshgan husnbuzarlar hazm qilish bilan bog‘liq bo‘ladi ayniqsa, fast fud yoki kremli shirinlik tanovulidan keyin husnbuzarlar ko‘payishi ko‘zga tashlanadi.
Iyak
Iyakda paydo bo‘ladigan husnbuzarlar ko‘zga tashlanmasligi, ularga befarq bo‘lish kerakligini bildirmaydi. Aynan ushbu qismdagi husnbuzarlar endokrin tizimi faoliyatidagi buzilishlarga ishora qiladi.
Go‘zallikka oshnolar uchun:
Moda va trendlarga qiziquvchilar uchun:
Salomatlikka befarq bo‘lmaganlar uchun: | 66 | 1,362 |
Ayollar | Suv ichish formulasi: isroillik shifokorlar kun davomida qancha suv ichish kerakligini aniqladi | Bolalar organizmining ko‘p suv yo‘qotganligini qanday bilish mumkin? Organizm suyuqlik yo‘qotganda unda qanday o‘zgarishlar yuz beradi?
Isroil o‘ta issiq mamlakat va juda issiq mavsum hali oldinda ekanligini taxmin qilish uchun barcha asoslar mavjud. Yuqori haroratda organizmning ko‘p suyuqlik yo‘qotishi sog‘liq uchun asosiy tahdidlardan biri hisoblanadi, deb yozadi “Vesti.ru”.
Sutkasiga qancha suv ichish kerak va suvsizlanishning eng birinchi belgilarini qanday payqash mumkin?
Suvsizlanish belgilari
Yengil suvsizlanish holatlarida kishi chanqoqni his qiladi, ishtahasi yo‘qoladi, teri esa qurib ketadi. O‘rta darajadagi suvsizlanish kuchli chanqoq, nimjonlik, og‘izning qurishi, bosh og‘rig‘i va bosh aylanishini keltirib chiqaradi. O‘tirgan holatdan tik holatga o‘tish qon bosimining pasayib ketishi va hushni yo‘qotishga olib kelishi mumkin.
Bolalar va chaqaloqlarning suvsizlanish belgilari: ko‘z yoshsiz yig‘lash, peshob chiqarishning kamayishi.
Organizm suyuqligining besh foizi yo‘qotilgan kuchli suvsizlanish yurak urishining tezlashishi, nafas siqishi, arterial qon bosimining pasayishi, uyquchanlik, hushsizlik, talvasa va hushdan ketishga olib kelishi mumkin. Tana 15 foiz suyuqlik yo‘qotishi hayot uchun xavfli hisoblanadi.
Peshob rangini kuzatib borish muhim sanaladi: uning rangi och sariq rangda bo‘lishi lozim. To‘q sariq yoki jigarrang peshob suvsizlanish belgisidir.
Suvni chanqoq hissi paydo bo‘lmasdan ichish kerak. Chanqoq hissi suvsizlanish allaqachon boshlanganligini bildiradi.
Suvsizlanish nima uchun xavfli?
Suvsizlanish organizmdagi natriy va kaliy tuzlari muvozanatini o‘zgartiradi, bu esa buyrak va yurak funksiyalarini izdan chiqaradi. Bundan tashqari, suyuqlik yo‘qotish miya va boshqa organlarga qon kelishini kamaytiradi.
Agar harorat organizm o‘z-o‘zini sovuta olmaydigan darajaga yetsa, oqsillarning quyilishi boshlanadi (tuxum qaynatilganda kabi), bu esa organizmga hayot uchun xavfli zarba beradi.
Tavsiya: qancha suv ichish lozim?
Bu savolga turli xil javoblar mavjud. Bir formulaga ko‘ra sog‘lom odam uchun bir sutkalik suyuqlik miqdori quyidagicha aniqlanadi: vazn (kilogrammlarda) 30 ga ko‘paytiriladi va 1000 ga bo‘linadi.
Masalan, vazni 70 kilogramm bo‘lgan odam 70 x 30 : 1000=2,1 litr suv ichishi kerak. Bu kuniga taxminan 9 stakanga to‘g‘ri keladi.
Mazkur formulaga muvofiq, vazni 30 kilogramm bo‘lgan bola kuniga 0,9 litr yoki taxminan 4 stakan suv ichishi lozim.
Biroq bu formulaning muammoli jihati u faqat sog‘lom kishilarga mo‘ljallangan. Jismoniy harakatlar, atrof-muhit shart-sharoitlari (ob-havo, namlik) va shaxsiy belgilar: yosh, jins kabilarni hisobga olmaydi.
Sportchi chanqoq hissini suvsizlanish bosqichida his qiladi. Xalqaro tavsiyalar quyidagicha: mashg‘ulotdan oldingi uch yoki to‘rt soat davomida tananing har bir kilogrammi uchun 5—7 ml suv ichish. Ya’ni vazni 70 kilogramm bo‘lgan odam mashg‘ulotga qadar 450 ml (2—3 stakan) suv ichishi lozim.
Agar kishi peshob chiqarmasa yoki peshob to‘q rangda bo‘lsa, mashg‘ulotdan bir soat avval har bir kilogramm uchun yana 3—5 ml suv ichish kerak bo‘ladi.
Peshob hajmi katta kishilarda kuniga 0,5 dan 2 litrgacha, bolalarda vaznning har bir kilogrammiga 12 ml, juda kichik bolalarda esa 24 ml ni tashkil etishi lozim.
Nima ichish tavsiya qilinadi?
Ichish uchun eng yaxshi suyuqlik suv hisoblanadi. Semirishga olib keluvchi shirin ichimliklar ichish tavsiya etilmaydi. Tarkibida kofein bo‘lgan ichimliklarni ham cheklash lozim. Ularning peshob haydash xususiyati organizmning suyuqlik yo‘qotishini ko‘paytiradi. | 95 | 3,525 |
Ayollar | Idishlarni yuvishda ishlatiladigan suyuqlik nimasi bilan xavfli? | Agar bu vosita idishdagi yog‘larni erita olsa, demak u qo‘llaringizdagi yog‘ qavatiga ham ta’sir qilishiga shubha qilmasangiz ham bo‘ladi.
Biz idish yuvish vositalari tarkibidagi sizning sog‘lig‘ingiz uchun xavfli hisoblanuvchi kimyoviy moddalar to‘g‘risida aytib bermoqchimiz.
Ammiak. Yorliqlarda “ammiak” so‘zi unchalik tez-tez ishlatilmaydi. Lekin “ammoniy tuzlari” yozuvi ko‘p uchraydi. Ammoniy ionlarining bakteriyalar bilan qo‘shilishi natijasida nitrid va nitrit tuzlari paydo bo‘lishi mumkin. Bu tuzlar inson organizmida gemoglobinning yemirilishiga olib keladi.
Triklozan. Bu modda yuvish vositalari tarkibiga bakteriyalarni yo‘qotish maqsadida qo‘shiladi va bu vazifani a’lo darajada bajaradi. Lekin u suvda yaxshi yuvilmaydi. Bu modda organizmga tushsa nafaqat mikrobiotaning, balki qalqonsimon bez faoliyatining ham buzilishiga olib keladi.
Formaldegid. U ham triklozan kabi bakteriyalarni yo‘qotadi. Va ovqat hazm qilish va endokrin tizimiga ham xuddi shunday salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Dixlorizotsianurat natriy. Bu modda bakteriyalar va bir hujayrali zamburug‘larni yo‘qotish maqsadida ishlatiladi. Lekin ularning katta miqdori odamlarga ham zarar yetkazishi mumkin.
Fosfatlar. Bu moddadan deyarli hamma ishlab chiqaruvchilar foydalanadi, chunki ular yaxshi tozalash bilan birga suvni yumshatish xususiyatiga ham ega. Lekin fosfatlardan o‘g‘it sifatida ham foydalaniladi. Olimlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, suv quvurlarini tozalashda fosfatlardan foydalanilgan joylarda yashil suv o‘tlari paydo bo‘lishi aniqlangan. Suv o‘tlari esa juda zaharli hisoblanadi.
Biz nima qilishimiz kerak?
Idishlarni yuvishda himoyalovchi qo‘lqoplardan foydalanishimiz kerak.
Tarkibida fosfatlar bo‘lgan har qanday yuvish vositalaridan voz kechishimiz kerak.
Idish yuvish mashinasi sotib olishga harakat qilishimiz kerak.
Manba: “Womanway.online” | 64 | 1,856 |
Ayollar | Tojsiz qirolichalar: Go‘zallik tanlovlarining o‘z maqomini qo‘ldan boy bergan g‘olibalari (foto) | Go‘zallik tanlovlari ko‘pchilik uchun imkoniyat eshigi hisoblanadi va unda ishtirok etish orqali qanchadan qancha qizlar mashhur bo‘lishi yoki karyerasini yo‘lga qo‘yib olishi mumkin bo‘ladi. Lekin mazkur tanlov ham boshqalari singari turlicha yakun topishi va natija o‘zgarib turishi mumkin.
Oksana Fedorova
Rossiyalik Oksana Fedorova 2002-yilda “Dunyo go‘zali” deb topilgan ammo shartnoma shartlarini bajarmagani uchun tojidan ayrilishiga to‘g‘ri kelgan. “U benazir go‘zal, ammo shu bilan birga shunchalik tantiq va hech nima qilishni istamaydi”, — deb shikoyat qilgan tanlov tashkilotchilari. Oksana reklamada suratga tushishdan bosh tortgan va televideniyeda chiqish qilmagan. “Dunyo go‘zali” deb topilganidan keyin Sankt-Peterburgga dissertatsiya himoyasi uchun yetib kelgan Oksana unga tanlov shartlariga amal qilinmasa, oqibati nima bilan tugashi haqida ma’lumot berilmaganini ta’kidlagan. Uzoq davom etgan talashishlardan keyin titul tanlovning panamalik ishtirokchisiga berishga qaror qilingan.
Alesya Semerenko
“Moskva go‘zali — 2018” tanlovi ham salbiy yakun topgan. 48 raqib qizlar qolib, Piterlik talaba qiz Alesya Semerenko poytaxt go‘zali deb topilgan, ammo u g‘oliblikdan keyin aloqaga chiqmay qo‘ygan. Shartnomada keltirilgan tadbirlarga tashrif buyurmagan va shu sabab shartnoma tugatilgan. Tanlov prodyuseri hech qayerda ko‘rsatish mumkin bo‘lmagan qirolichadan ma’ni yo‘qligini bildirgan. Alesya bugungi kunda Instagram sahifasida fotolari bilan bo‘lishib boradi.
Veronika Didusenko
“Ukraina go‘zali — 2018” tanlovi g‘olibi Veronika oradan 4 kun o‘tib titulni yo‘qotgan. Tanlov shartiga binoan, unda faqatgina turmushga chiqmagan va hali farzandi bo‘lmagan ishtirokchilar qatnashishi kerak edi.
Ammo Veronikaning 4 yoshli farzandi bo‘lgan. Ish sudgacha borgan va oqibatda qiz endilikda tashkilotchilarga barcha chiqimlar va pul mukofotini to‘lashi kerak.
Denis Garrido
“Dunyo go‘zali — 2015” tanlovining final bosqichidagi ahmoqona xatolikni deb kolumbiyalik Denis Garrido tojdan quruq qolgan. Boshlovchi tanlov g‘olibini e’lon qilishda adashib ketgan va tojni boshqa ishtirokchiga kiydirgan.
Inna Jirkova
Hamma vaqt ham titul tashkilotchilar tomonidan olib qo‘yilmaydi. Masalan, “Rossiya go‘zali — 2012” tanlovi g‘olibi Inna Jirkova, u ishtirokidagi You Tube’dagi videodan keyin tituldan voz kechgan. Unda qiz boshlovchining savollariga javob bera olmay, uyalib qolgan edi. Innaning o‘zi esa mukofotdan voz kechishiga tanlov bilan bog‘liq sirlardan xabar topganidan keyin tanlovga ham, uning atrofidagi narsalarga ham yaqinlashmaslikka qaror qilgani sabab bo‘lganini ta’kidlagan. | 96 | 2,607 |
Ayollar | Chindan ham ozishga yordam beradigan 5 ta maslahat | Vazn tashlashga rostdan ham kirishgan inson undan qanday xalos bo‘lish haqida atrofdan maslahat olish bilan vaqt o‘tkazmasdan, buning uchun yolg‘iz o‘zi ishga kirishishi zarur. Buning uchun avval kalit savollarga javob berish kerak. Masalan, “Oxirgi vaqtlarda nimaning hisobiga vazn yig‘ilyapti?” va “Vazn tashlash uchun odatdagi ratsiondan qanday mahsulotni chiqarish kerak?”. Keyingi qadamda esa ovqatlanish va turmush tarziga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirish kerak.
Kaloriya miqdorini kamaytirish kerak
Balansli ovqatlanish ehtiyotkorlik bilan yondashishni talab qiladi, ammo umuman olganda ozish ilmi oddiy aksiomaga asoslanadi: ovqatni kam yeyishdan ko‘ra ko‘proq kaloriya sarflash afzal. Vazn tashlashning eng asosiy siri yengil menyuga o‘tish. Yana bir bor ta’kidlash kerakki, kaloriyalardan xalos bo‘lishning eng samarali usuli uni qanday mahsulotlar orqali yetib kelishini aniqlash orqali bartaraf etiladi. Ortiqcha vazn bilan kurashish uchun avval parhezni qayta ko‘rib chiqish kerak.
Parhez qilish mashqlardan ko‘ra samaraliroq
Har qanday ovqatlanish mutaxassisidan so‘rash mumkin. Vazn tashlashda parhez qilish 80 foizni, jismoniy harakat esa 20 foizni tashkil etadi. Sport bilan shug‘ullanish modda almashinuvini yaxshilaydi, kaloriyani kamaytiradi va sog‘liq uchun juda foydali, ammo vaznni kamaytirishda hech qanday sehr kuchi yo‘q. Ikki kilometrlik masofaga yugurish, taxminan, sharlotka bo‘lagidan ham kichikroq kaloriyani kamaytiradi. Bundan tashqari, jismoniy mashqlar ishtahani kuchaytirishi hisobiga kaloriya miqdorini ozaytiradi.
Agar har kuni sport bilan shug‘ullangandan so‘ng uyga borib, kuchliroq taom tanovul qilinsa, mashg‘ulotning kuchi nolga teng bo‘ladi, chunki charchagan organizm yengil salatlarga qanoat qilmaydi. Og‘irlikni yo‘qotish uchun kunni yengil boshlash, vaqtida jismoniy harakat , to‘g‘ri ovqatlanish va kechki ovqatga tayyorgarlik ko‘rish kerak.
Majburlash bilan ish bitmaydi
Odatda har qanday maqsadga erishishda niyat qilish eng muhim hisoblanadi. Ortiqcha vazndan xalos bo‘lish uchun ham organizmni qiynash yoki majburlash aslo mumkin bo‘lmagan ish. Shunchaki sog‘lom va foydali odatlarni rivojlantirish zarur, samimiy istak bilan parhez qilish yuqori natijaga erishishga yordam beradi.
Ratsionga yangicha yondashishdan avval har bir kishi duch kelishi mumkin bo‘lgan to‘siqlar mavjud. Ortiqcha ovqatlanish hisi millionlab yillar avval ham mavjud bo‘lgan. Oshqozonni to‘ldirish, albatta, iqtisodiy tomonga ham borib taqalgandan so‘ng sifatsiz va arzon oziq-ovqatlar iste’moli ko‘payadi. Ammo imkonsiz narsaning o‘zi yo‘q, iroda va xohish bo‘lsa kifoya. Barchasining uddasidan chiqish mumkin.
Eski odatlar vazn tashlashga xalaqit beradi
Vaziyat o‘rganilib, kunlik ovqatlanish tahlil qilinganidan so‘ng keragidan ortiq yeyish odati paydo bo‘ladi. Masalan, kunning aksariyat qismida ovqatdan cheklanib, kechga borib uning aksini bajarish mumkin. Yoki yengil yeguliklarni ham vazn orttirmaslik gumoni bilan iste’mol qilish kuzatiladi. Serial tomosha qilib yeyish yoki shirinlik, muzqaymoqni ko‘rganda to‘xtash signaliga ahamiyat bermaslik holatlari uchraydi.
Shubhasiz, uslubni o‘zgartiradigan vaqt keldi. Shakar, kraxmal, qayta ishlangan ovqatlarni kamaytirish kerak. Ko‘proq sabzavot, o‘tlar, yong‘oqlar va mevalarga ustunlik berish tavsiya etiladi. Go‘shtdan qisman voz kechish, tovuq va baliq go‘shtini menyuga kirtish samara beradi.
Oziq-ovqat xobbi emas, quvvat manbayi
Ayrimlar ovqatlanishni kunning eng muhim bo‘lgan qismi deb biladi. Aslida bunday emas, oziq-ovqatga shunchaki quvvat manbayi sifatida qarash kerak. Kun davomida televizor yoki smartfon bilan ovora bo‘lmasdan, sayr qilish, uydan chiqish va oshxonadan uzoqroq bo‘lish kerak. Shirinlik yoki boshqa yegulik tanovul qilishni istagan paytda foydali mahsulotlarni iste’mol qilish tavsiya etiladi. | 50 | 3,812 |
Ayollar | Kosmetika o‘rniga mahsulotlar: Yuz terisi tiniq va tekis bo‘lishi uchun nima yeyish kerak? | To‘g‘ri tanlangan parhez teriga xuddi losyon, krem va massaj singari ijobiy ta’sir qilishi mumkin. “Go‘zallik parhezi” kitobi muallifi Devid Vulfning aytishicha, kundalik ratsionga ma’lum mahsulotlarni kiritish orqali terining yaltirashi, sog‘lom va go‘zal bo‘lishiga erishish mumkin.
Uning fikricha, avokado, kinoa va kakaodan tashqari, antioksidantlarga va “super-yog‘lar”ga boy mahsulotlarni iste’mol qilish kerak. Yosh bilan bog‘liq o‘zgarishlar va qarishni oldini olishda ahamiyatli bo‘lgan aloy va zarchava ham eng samarali mahsulotlar sanaladi. Shuningdek, parhezdan ma’lum minerallar — birinchi navbatda magniyning o‘rin olishi mumkin. Parhezshunos tarkibida tirnoq, soch va terini mustahkamlaydigan minerallar bisyor ekani sabab ham bulg‘ori qalampiri, bodring va pomidorni kanda qilmaslikni tavsiya qiladi.
Bundan tashqari, to‘qimalarning elastikligini saqlab, regeneratsiya bo‘lish xususiyatini oshiradigan oltingugurt ham go‘zallik uchun zarur bo‘lgan minerallardan biri. Aynan shu sabab ham parhezshunoslar ushbu mineralning koni bo‘lgan tuxum, kundalik ratsiondan o‘rin olishi kerakligini ta’kidlaydi. | 90 | 1,116 |
Ayollar | Qanday qilib husnbuzardan tezda qutulish mumkin? | Afsuski, husnbuzarni yo‘qotish uchun vaqt kerak, shuning uchun uni bir necha soat ichida davolab bo‘lmaydi. Ammo jarayonni tezlashtirish mumkin, deb yozadi Lifehacker.
Benzoil peroksid
Husnbuzarni tezda yo‘qotishning eng yaxshi usuli — benzoil peroksidni gel yoki krem shaklida dog‘larga surtishdir. Konsentratsiya 2,5, 5 yoki 10 foiz bo‘lishi mumkin. Ushbu modda bakteriyalarni o‘ldiradi, terini tozalaydi, yog‘ miqdorini kamaytiradi va qora nuqtalarni bartaraf etadi. Shuning uchun ushbu vosita muntazam parvarish qilish uchun ham mos keladi. Bu husnbuzar 10 daqiqada yo‘qoladi, degani emas, lekin ulardan, albatta, xalos bo‘lish mumkin. Ammo uni qo‘llashda ehtiyot bo‘lish lozim, mazkur vosita chunki terini quritadi. Shuning uchun agar biror bir joyda husnbuzar tez-tez paydo bo‘lsa, past konsentratsiyali vositalardan foydalangan ma’qul.
Choy daraxti yog‘i
Ushbu efir moyi husnbuzarga me’yorda qo‘llanilsa, yallig‘lanishga qarshi yordam beradi, ammo ba’zi odamlarning ushbu vositaga allergiyasi bor. Shuning uchun ushbu usulni sinab ko‘rmoqchi bo‘lganlar oldindan mashq qilishi kerak, chunki allergik reaksiya husnbuzardan ko‘ra ko‘proq e’tiborni tortadi. Bundan tashqari, qizarish xususiyatini qo‘zg‘atmaslik uchun shikastlangan teriga moy surtmaslik tavsiya etiladi.
Rux
Bu yallig‘lanishni quritadigan va bakteriyalarni o‘ldiradigan arzon vositadir. Asosiy komponent — rux oksidi. U erimaydi, shuning uchun ishlatishdan oldin aralashmani silkitishni unutmaslik lozim. Ba’zida u boshqa moddalarni, masalan, antibiotiklarni o‘z ichiga oladi, ular nafaqat bakteriyalarni o‘ldiradi, balki yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ham ega. Ushbu eritma paxta bilan qo‘llaniladi, shundan so‘ng suyuqlik quriydi va husnbuzar ustida kukun qoladi va toshma hatto bir kechada ham yo‘qolishi mumkin.
Husnbuzar ko‘zga kamroq tashlanishi uchun nima qilish kerak?
Agar yuqorida tavsiya etilgan usullar yordam bermagan bo‘lsa, unda keyingi tajribalardan ko‘ra niqoblashga e’tibor qaratgan ma’qul.
Muz
Bu husnbuzarni ketkazishga hech qanday yordam bermaydi, lekin uni biroz yashirish ta’siriga ega. Yallig‘lanish joyiga mato bilan o‘ralgan muz bo‘lagi qo‘llanilsa, qizarish va shish vaqtinchaga kamayishi mumkin.
Makiyaj
Vizajist yordamida ham pardoz bilan yuzdagi husnbuzarlarni mohirlik bilan yashirish mumkin. Bu yaxshi yechim emas, lekin shoshilinch vaziyatda qo‘l keladi. Odatdagidek bir xil cho‘tkadan foydalanmaslik lozim.
Husnbuzarni yashirishning yana bir varianti — uni qosh qalami bilan xolga aylantirish. Bu usul foydali emas, lekin, albatta, tashqi ko‘rinishga putur yetkazmaydi.
Qanday mahsulotlar husnbuzardan xalos bo‘lishga yordam bermaydi?
Afsuski, ayrim tavsiyalar samarasiz bo‘ladi va natijada terini qurutib yuboradi.
Tish pastasi
Tish pastasida mikroblarga qarshi kurashuvchi va terini quritadigan moddalar bo‘lishi mumkin bo‘lsa-da, undan foydalanish tavsiya etilmaydi. Undan foydalangandan so‘ng terida faqat qizarish xususiyati paydo bo‘ladi va husnbuzar yo‘qolmaydi.
Issiqlik
Issiq harorat tirnash xususiyatini beruvchi terini tinchlantirishi mumkin. Ammo mikroblar ko‘payadi va yallig‘lanish kuchayadi. Yuqori harorat va yiring bir-biriga mos kelmaydi, shuning uchun bunday qilmaslik yaxshiroqdir.
Aspirin tabletkasi
Asetilsalitsil kislotasi tabletkasi maydalanib, suv bilan suyultirilsa va husnbuzarga surtilsa, hech qanday o‘zgarish bo‘lmaydi. Dermatologlar uni davolovchi sifatida ishlatishni maslahat bermaydi. U faqat terini quritadi va yallig‘lanishdan xalos bo‘lishga yordam bermaydi. Ammo uni foydasiz deb bo‘lmaydi, u terini mukammal darajada tozalaydi va qora nuqta bilan kurashadi, shuning uchun aspirin parvarish kosmetikasida bo‘lishi kerak. | 48 | 3,665 |
Ayollar | Haqiqatan ham vazn kamaytirishda asqatadigan 5 ta maslahat | Agar bir necha kilogramm vazn yo‘qotishga jiddiy yondashsangiz, do‘stlardan vazn kamaytirishning zamonaviy usullari haqida so‘rashga vaqt sarflamang, balki muammoni o‘zingiz hal qilishga harakat qiling. To‘g‘ri strategiyani aniqlashga yordam beradigan asosiy savollar “So‘nggi vaqtlarda semirishimga nima sabab bo‘lyapti?” va “Vazn kamaytirish uchun ovqatlanish odatlarimda nimani o‘zgartirishim kerak?” qabilida bo‘lishi tabiiy. Ammo muvaffaqiyat qisqa muddat ichida ortiqcha vazndan xalos bo‘lish bilan bog‘liq emas, ular tezda o‘z o‘rnini to‘ldirishi mumkin, shuning uchun ham ovqatlanish va turmush tarziga yondashuvni o‘zgartirish kerak, deb yozadi Elle.
Kaloriya sarflashdan ko‘ra, uni kamaytirish oson
To‘g‘ri ovqatlanish ehtiyotkorlik bilan yondashishni talab qiladi, lekin umuman olganda, vazn yo‘qotish qoidasi oddiy: iste’mol qilgandan ko‘ra ko‘proq kaloriya sarflang. Og‘irlikni keltirib chiqaradigan yoki kilogramm kamaytirishga to‘sqinlik qiladigan tibbiy asoratlar bo‘lmasa, asosiy sir yengil menyuga o‘tishda. Yana bir bor mustahkamlash uchun: kaloriyalardan xalos bo'lishning eng samarali usuli — yetkazib berish nuqtasida. Ortiqcha vazn bilan kurashish uchun birinchi navbatda ratsionni qayta ko‘rib chiqish kerak.
Parhez mashqlardan ko‘ra samarali
Vazn kamaytirish 80 foiz parhezni va faqat 20 foiz jismoniy faoliyatni tashkil qiladi. Mashq qilish metabolizmni tezlashtiradi, kaloriyalarni eritadi va umumiy salomatlik uchun juda yaxshi, ammo ortiqcha vaznga qarshi sehrli kuchga ega emas. Bundan tashqari, shuni hisobga olish kerakki, mashqlar ishtahani ochadi — kaloriyalarni sarflash bilan organizm uni to‘ldirish zarurati haqida signal beradi.
Agar har kuni ishdan keyin sport zalida shug‘ullanilsa, keyin to‘yib ovqatlanish istagi paydo bo‘ladi. Chunki yengil vitaminli salatni rejalashtirishning imkoni bo‘lmaydi, natijada fitnes foydasi nolga tushadi. Vazn yo‘qotish uchun kunni to‘g‘ri ovqatlanishga bag‘ishlash ancha samarali.
Majburlamang, o‘zingizni ishontiring
Niyat qilishda, odatda, har qanday maqsadga o‘z-o‘zini nazorat qilish orqali erishiladi, degan munosabatga tayanamiz. Haqiqatan ham bir muncha vaqt o‘ta intizomli bo‘lish mumkin, lekin oxir-oqibat charchaymiz va taskin beruvchi zaif tomonlarga qaytamiz. Vazn kamaytirish yo‘lidan voz kechmaslik uchun o‘zingizni tartib-intizomga majburlamang, balki sog‘lom odatlarni rivojlantirishga yondashing.
Ovqatlanishda yangi yondashuvni ishlab chiqishda, shuningdek, har bir kishi duch keladigan biologik va madaniy to‘siqlardan xabardor bo‘lish muhimdir. Ortiqcha ovqatlanish fikri genlarimizga millionlab yillar davomida evolyutsiyada singib ketgan. Oshqozonni to‘ldirishga moyillik iste’molchilarga shakar va konservantlar bilan to‘ldirilgan sifatsiz va arzon mahsulotlarni taklif etadigan foydaga yo‘naltirilgan iqtisodiy tizim bilan kuchayadi. Ammo imkonsiz narsaning o‘zi yo‘q, iroda va xarakter vasvasalarni yengishga yordam beradi. Agar chindan ham xohlasangiz.
Odatlar ozishga to‘sqinlik qiladi
Vaziyatni o‘rganib, kundalik ratsionni tahlil qilgandan so‘ng, kerak bo‘lgandan ko‘ra ko‘proq ovqatlanishga majbur qiladigan yomon odatlarni topasiz. Aytaylik, kunning aksariyat qismida chegaralar ichida bo‘lib, kechki ovqatda hammasi unutiladi va avvalgidek davom etadi. Kimlardir shirinliklardan o‘zini tiya olmaydi.
Shubhasiz, shakar, kraxmal, qayta ishlangan mahsulot iste’molini kamaytirish va sabzavot, ko‘kat, yong‘oq, don, mevalarga ustunlik berib, ratsionni o‘zgartirish vaqti keldi. Buning uchun vegetarian bo‘lish shart emas, lekin go‘shtni qisman rad etish haqida o‘ylash kerak: baliq va tovuq go‘shti eng yaxshi tanlovdir.
Ovqatlanish xobbi emas, energiya manbaidir
Ovqatlanish televizor yoki smartfon orqali biror narsa tomosha qilish bilan birgalikda bo‘lmasligi kerak. Shuningdek, ovqatlanib bo‘lgach ham darrov smartfon yoki televizor pultiga qo‘lni uzatmaslik lozim. Dasturxondan turib, idishlarni yuving, sayr qiling yoki kimdir bilan suhbatlashing.
Odatlarni kuzatib borganda, albatta, e’tibor beradigan yana bir jihat shundaki, ortiqcha ovqatlanish ko‘pincha zerikishdan kelib chiqadi. Oziq-ovqat haqida unutish uchun bahona izlang, uydan chiqishga harakat qiling va shunga mos ravishda muzlatgichdan uzoqroq bo‘ling. Ammo agar televizor qarshisida o‘tirsangiz, bir quti popkorn yoki shirinlik vasvasasiga tushmaslik kerak, aksincha yong‘oq va sabzavot iste’mol qilish tavsiya etiladi. | 58 | 4,393 |
Subsets and Splits
No saved queries yet
Save your SQL queries to embed, download, and access them later. Queries will appear here once saved.