folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Ayollar
Ko‘p yeb qo‘ymaslik uchun oshxonani yig‘ishtiring
Idishlarni yuvishni ko‘pincha keyinga qoldirishni xohlaymiz, lekin ma’lum bo‘lishicha bu salomatlikka ham, qomatga ham zarar keltirar ekan. Kornell universiteti tadqiqotchilarining ma’lumotlariga ko‘ra, yig‘ishtirilmagan iflos oshxonada biz odatdagidan deyarli ikki baravar ko‘proq kaloriya iste’mol qilar ekanmiz. Olimlar qatnashchilarni ikki guruhga ajratish yo‘li bilan tajriba o‘tkazdilar. Avval birinchi guruhdagilardan hayotlarining o‘zlarini dadil va qat’iy his qilgan davrini, ikkinchi guruhdagilardan esa — hayotlari izdan chiqqandek bo‘lib ko‘ringan davrini tasvirlab berishlarini so‘rashdi. Keyin qatnashchilarning yarmini yig‘ishtirilmagan tartibsiz oshxonada kutib turish uchun qoldirishdi. Qolgan yarmini esa tozalik va jimjitlik hukm surgan oshxonaga joylashtirishdi. Ikkala oshxonada ham qatnashchilar shirin pechenyelar, kreker yoki sabzilar bilan tamaddi qilishlariga ruxsat berildi. 10 daqiqa davomida yig‘ishtirilmagan oshxonadagi stressli vaziyatlarni esga oluvchi qatnashchilar toza sharoitdagi kutuvchilarga qaraganda 53 kkal ko‘proq kaloriya iste’mol qilishdi. Tartibsiz sharoit, stress va chorasizlikni his qilish holati — to‘g‘ri ovqatlanishning dushmanlari. “Bunday vaziyatda biz: ‘Agar hammasi joyida bo‘lmasa, nima uchun men o‘zimga e’tibor berishim kerak?’ — deb o‘ylay boshlaymiz”, — deydi tadqiqot bosh muallifi, ruhshunos Lenni Vartanyan. Hayotlarining o‘zlarini dadil his qilgan davrini eslagan qatnashchilar, umumiy hisoblaganda 100 kkal kamroq iste’mol qildilar. Bu ancha xotirjamroq holatda biz ortiqcha yeyishni xohlamasligimizni yana bir marta isbotladi. Oshxonadagi tozalik va tartiblilik esa bizga stressni kamaytirishga yordam beradi. Yig‘ishtirish, shu jumladan idishlarni yuvish bizni tinchlantiradi va kayfiyatimizni yaxshilaydi. Manba: Trendymen
49
1,792
Ayollar
Yuz uchun mukammal tonal vositasini tanlaymiz
Tonal vositalar yuz terisining turiga va rangiga qarab tanlanadi. Yog‘li va o‘rtacha yog‘li yuz terisi uchun Yog‘li va o‘rtacha yog‘li yuz terilari uchun, tarkibida teridan yog‘ ajralishini nazorat qiluvchi absorbentli tonal vositalar tavsiya qilinadi. Yog‘li yuz terilari uchun yengil va yaltiramaydigan krem-pudralardan foydalangan ma’qul. Quruq yuz terisi uchun Quruq terini har qanday ob-havoda ham qo‘shimcha namlab turishga to‘g‘ri keladi. Shu sababdan, quruq yuz terisi uchun tarkibida terini namlab turuvchi (aloe, gialuron kislota) moddalar bo‘lgan tonal vositalar mos keladi. Yetuk yuz terisi uchun Yetuk, ya’ni yoshi o‘tgan yuz terilari uchun lifting-ta’sirli kremlarni tanlagan ma’qul. Bunday kremlar tarkibida nafaqat qarish belgilarini yashiruvchi, balki atrof-muhit ta’siridan himoya qiluvchi va namlovchi vazifasini bajaradigan antioksidantlar va namlovchilar mavjud. Yuz terisi rangiga qarab, yuzni chiroyli va sog‘lom ko‘rsatuvchi tonal vositasini tanlash zarur. Agar yuz teringiz och pushti rangda bo‘lsa – och jigarrangni tanlang; sarg‘ish rangga – och jigarrang-pushtini tanlang. Qorachadan kelgan yuz terilari uchun esa, to‘q ochjigarrang juda mos tushadi.
45
1,179
Ayollar
Qovoqlar shishib uyg‘onishning sababi nimada?
Uyqudan turganingizda qovoqlaringiz shishgan bo‘lishi nima bilan bog‘liq? Quyida ushbu savolga javob beramiz. Turli vositalardan bilar-bilmas foydalanish Ko‘z atrofi terisini bilar-bilmas parvarish qilish, turli vositalardan foydalanish kabilar ham shishning sabablaridan biri hisoblanadi. Shishlardan qutulish uchun qilingan harakatlar ham shuning singari ko‘z tagida qora xaltachalar, ajin paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Bu har qanday kosmetik vosita ham hammaning terisi uchun mo‘ljallanmagani va teskari natija berishi mumkinligidan dalolat. Parvarishlovchi krem surtilganidan keyin ortiqcha qismi teri ustida qolib, namlik yig‘adi va qarabsizki ko‘z tagida xaltachalar paydo bo‘ladi. Shu sabab ham bunday vaqtda namlantiruvchi kremlardan foydalanmay turish tavsiya qilinadi. Bundan tashqari ko‘z atrofiga krem surtishda ham ehtiyot bo‘lish, kipriklarga yaqin, ko‘p miqdorda surmaslik kerak. Uyqu bilan bog‘liq muammo Tiniqib va to‘yib uxlash — sog‘lom tashqi ko‘rinishning garovi. Shu sabab ham barcha ekspertlar uyquning me’yorda bo‘lishiga befarq bo‘lmaslik kerakligini ta’kidlaydi. 7-8 soatdan kam uxlamaslik, shu bilan birga oshirib yubormaslik ham tavsiya qilinadi. Chunki bu tashqi ko‘rinishga, xususan, qovoqlar shishiga ham ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Ovqatlanish Yotishdan avval yog‘li, zararli ovqatlanish ertasi kuni nafaqat tarozida balki, tashqi ko‘rinishingizda ham aks etmay qolmaydi. Shuni inobatga olgan holda uyquga yotishdan kamida 3,5 soat avval ovqatlanish tavsiya qilinadi. Qolaversa, suyuqlik ichishda ham e’tiborli bo‘lish, yetarlicha suv ichish va aksincha oshirib yubormaslik ham kerak. Chunki bu organizmda ortiqcha suyuqlik yig‘ilishiga olib kelishi mumkin. Allergiya qo‘zg‘atuvchi kosmetik vositalar Qovoqlar shishishi yangi kosmetik vositani ishlatishni boshlaganingizdan keyin kuzatilsa, bu uning tarkibidagi qaysidir komponentning allergiya qo‘zg‘atayotganidan darak beradi. Bu kabi oqibatlardan qochish uchun sifatli kosmetik vositalar xarid qilishga va arzoniga uchmaslikka harakat qiling. Shishlarni bartaraf qilish mumkinmi? Oshxonada ishlatiladigan choy qoshiqni olib muzlatkichga 1 soatga qo‘ying. Vaqt o‘tgach, qoshiqni burun chetidan qoshingizning tashqi tarafi tomon yengil harakatlantiring. Sovuq harorat ta’sirida shishish ketadi va ko‘rinishingiz sog‘lom va tetik ko‘rinadi.
45
2,333
Ayollar
Yuksak didga ega ayol: Koko Shanelning hozirgacha ahamiyatini yo‘qotmagan kiyinish qoidalari
Koko Shanel nafaqat buyuk modelyer, balki o‘ta nozik didga ega bo‘lgan ayol sifatida ham tarixda qolgan. Cosmopolitan Shanelning hozirgi kungacha dolzarb bo‘lgan kiyinish bo‘yicha tavsiyalarini keltirib o‘tdi. Bijuteriya taqishdan qo‘rqmang Shanelning o‘zi aksariyat hollarda bijuteriya taqqan, qimmatbaho taqinchoqlarini ko‘z-ko‘z qiladigan ayollarni esa kalandimog‘ deb atagan. Bugungi kunda sifatli bijuteriya ishlab chiqaradigan talay brendlar bor. Ularni bemalol odatiy kunlarda, bayram va tantanalarda ham taqsa bo‘ladi. Aksessuarlarni haddan ziyod ko‘p ishlatmang Koko oxirgi aksessuardan voz kechilganidagina ideal obraz hosil bo‘lishini ko‘p ta’kidlagan. Sumka, taqinchoq, ko‘zoynak, to‘g‘nog‘ichdan foydalanish kerak, biroq me’yorni bilgan holda. Qulaylik birinchi navbatda Shanel kiyim rangi, fasoni hamda qanday turishidan ham qulaylik muhimroq, deb hisoblagan. Erkakka aylanib qolmang Ayollar shimini Koko urfga kiritgan bo‘lsa ham, u har doim ayol kishi ayolligicha qolishi kerakligini, kiyinish uslubida ayollik jozibasi aks etishi shartligini ta’kidlardi. Bir joyda turmang, o‘zgaring Ayol kishi uslubini tez-tez o‘zgartirib turishi kerak, deb hisoblardi Shanel. Hech qaysi soha rivojlanishdan to‘xtamaydi. Agar siz o‘zingizga yarashadigan obrazni topdim, deb hisoblasangiz, uni sinab ko‘rishdan cho‘chimang. Yoqtirgan obrazingizni ko‘chirishdan cho‘chimang Yulduzlarning o‘zingizga yoqqan obrazidan nusxa ko‘chirishdan cho‘chimang. Ularga o‘z didingizdan kelib chiqib, kichik o‘zgartirishlar kiritishingiz ham mumkin. Nima bo‘lganida ham taniqli ayollarning ustidagi kiyim sizda boshqacha ko‘rinadi.
92
1,618
Ayollar
Kipriklarning to‘kilishiga olib keladigan 5 ta zararli odat
Ko‘p yillar davomida ajoyib ko‘rinishini saqlab qolish uchun kipriklarga g‘amxo‘rlik qilishning asosiy qoidalariga rioya etish va ularga zarar yetkazadigan xatolarga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Noto‘g‘ri ovqatlanish va doimiy stress — bu asosiy dushman, deyish mumkin. Biroq ko‘pincha sabablar odatlar bilan bog‘liq, aynan ular tufayli kipriklar kundan kunga zaiflashadi. Uxlashdan oldin makiyajni tozalamaslik Og‘ir ish kunidan so‘ng oxirgi narsa yuz makiyajini tozalashdir. Ba’zida buning uchun vaqt yoki kuch yetarli bo‘lmaydi va odatga ko‘ra makiyaj bilan uyquga ketish kuzatiladi. Tush moddasi kipriklarni qattiqlashtirishi va shuning uchun tashqi ta’sirlarga nisbatan zaiflashishini hisobga olish kerak. Agar ko‘zda bo‘yoqlar tunda tozalanmasa, bunday holda, ularning zararlanish ehtimoli bir necha bor ortadi. Kipriklardan tushni tozalashning asosiy qoidasi: moddani olib tashlashni boshlashdan oldin uni yumshatish kerak. Shuning uchun ko‘zni makiyaj uchun maxsus tozalash vositasining yog‘ga asoslanganidan foydalanish afzalroq. Ammo eng muhimi, kipriklarning mustahkamligi va qalinligini saqlab qolish uchun ularni minimal darajada bosish va ishqalash lozim. Sun’iy kipriklarni noto‘g‘ri olib tashlash Tunda makiyajdan xalos bo‘lish va yuzda yengillikni his qilish uchun ko‘p vaqt ketmaydi. Biroq, sun’iy kipriklarni olib tashlash haqida gap ketganda, albatta, shoshilmaslik kerak. Agar tez harakatlar bilan olib tashlansa, unga qo‘shilib tabiiy kipriklar ham to‘kilishi mumkin. Har kuni suvga chidamli tushdan foydalanish Suvga chidamli tush, ehtimol, ayolning kosmetik sumkasidagi eng sevimli vositadir. Biroq muntazam ravishda bunga sababsiz murojaat qilish, albatta, yaxshi emas. Ma’lumki, bu kabi tushlar kuchli kimyoviy formulaga ega va bu uning asosiy xavfli tomonidir. Qo‘llanganda, bunday modda kipriklar uchun qo‘shimcha stress yaratadi va uni tez, noto‘g‘ri tozalashga harakat qilish qimmatbaho kipriklarni yo‘qotishga olib keladi. Shu munosabat bilan kosmetologlar oddiy, ammo sifatli tushlarga ustunlik berishni faol ravishda tavsiya etadi. Ularni tozalash uchun oddiy iliq suvdan foydalanish mumkin. Kipriklarni tush surtgandan keyin qayirish Kipriklarga tush surtilgandan so‘ng ularga tashqi tomondan shakl berishdan saqlanish lozim, chunki qotib qolgan tush moddasi tufayli ular yanada mo‘rtlashadi. Ularga kerakli ko‘rinishni berish uchun tush surtmasdan avval qayirish tavsiya etiladi. Tushdan juda ko‘p foydalanish Albatta, tushlar kipriklar uchun eng mashhur dekorativ vositadir. U ularga kerakli hajmni qo‘shishi, ularni uzaytirishi va qalinlashtirishi mumkin. Bugungi kunda tushsiz kosmetik sumkani tasavvur qilish deyarli mumkin emas. Ammo unutmaslik kerakki, uning moddasi kipriklar tuzilishiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Natijada ular ajoyib ko‘rinish beradi, lekin amalda nafas olishni to‘xtatadi. Bu esa ularning zaiflashishi va siyraklashishining asosiy sabablaridan biridir. Haftada bir yoki ikki kun tushdan foydalanmaslik kipriklarning go‘zalligi va sog‘lig‘i foydasiga ajoyib qadamdir. Bundan tashqari, bu har doim tabiiy ko‘rinish tendensiyasiga rioya qilish bilan bog‘liq bo‘lishi ham mumkin.
59
3,131
Ayollar
Mikroto‘lqinli pechdan foydalanish sog‘liq uchun xavflimi? Tashvishlanish emas, bilishingiz kerak bo‘lgan narsalar
Mikroto'lqinli pech o'tgan asrning 50-yillarida oziq-ovqat mahsulotlarini isitish va muzdan tushirish uchun ixtiro qilingan — qulay, sodda va eng muhimi, tez ishlaydigan texnika. O‘shandan beri bir asrdan oshiq vaqt o‘tdi, dunyoda millionlab pechkalar sotilgan, ammo ko‘pchilik hali ham ushbu qurilmaning xavfsizligiga shubha qilmoqda. Agar nurlanish sog‘liq uchun zararli bo‘lsa va oziq-ovqatdagi ozuqaviy moddalarni yo‘q qilsa-chi? Elektromagnit to‘lqinlar oziq-ovqat sifatiga qanday ta’sir qilishini va mikroto‘lqinli pechdan foydalanishda qanday qoidalarga rioya qilish kerakligini bilib olamiz. Mikroto‘lqinli pech qanday ishlaydi? Mikroto‘lqinli pech — bu elektr energiyasini mikroto‘lqinli nurlanishga aylantiradigan oshxona jihozi hisoblanadi. Magnitron deb ataladigan maxsus qurilma tomonidan ishlab chiqarilgan mikroto‘lqinli nurlanish pechga qo‘yilgan oziq-ovqat molekulalarini qo‘zg‘atadi, ularning harakatlanishi va bir-biri bilan to‘qnashishiga olib keladi, buning natijasida ularning harorati ko‘tariladi, natijada ovqat isiydi. Mikroto‘lqinlar birinchi navbatda suv molekulalariga ta’sir qiladi, ammo ular oqsil, yog‘ va uglevod zarralarini ham isitadi. “Nurlanish” so‘zi quloqqa xunuk eshitiladi, shuning uchun mikroto‘lqinli pechlarning maqsadga muvofiqligi haqidagi bahslar ular ixtiro qilingan kundan boshlab davom etmoqda. Biroq bu atom bombalari va yadroviy ofatlar bilan bog‘liq bo‘lgan radiatsiya turi emas. Mikroto‘lqinlar — ionlashtiruvchi bo‘lmagan chastotali elektromagnit yoki yorug‘lik to‘lqinlari, boshqacha aytganda, ular kimyoviy transformatsiyalarga olib kelmaydi. Mobil telefon va elektr chiroq ham past intensivlikda bo‘lsa-da elektromagnit nurlanishni keltirib chiqaradi. Bugungi kunda radiatsiyadan qochib qutuladigan joy yo‘qligi sababli vaqti-vaqti bilan ulardan dam olish va har doim xavfsizlik qoidalariga rioya qilish lozim. Mikroto‘lqinli pechlarda himoya ekranlari mavjud bo‘lib, ular pechdan issiqlik chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi va nurlanishdan hech qanday zarar bo‘lmaydi. Shuningdek, mikroto‘lqinli pechingiz yaxshi holatda ekanligiga ishonch hosil qiling. Agar u eski, singan bo‘lsa yoki eshigi yaxshi yopilmasa, yangisini olgan ma’qul. Mikroto‘lqinlar ovqatga qanday ta’sir qiladi? Mikroto‘lqinlarning oziq-ovqatga ta’siri haqida gap ketganda, pishirishning har qanday shakli mahsulotning ozuqaviy qiymatni pasaytirishini esdan chiqarmaslik kerak. Vitaminlar va ozuqa moddalarining asosiy “qotillari” — harorat, vaqt va tayyorlash usuli hisoblanadi. 20 xil sabzavot bilan olib borilgan tajribalar shuni ko‘rsatdiki, mikroto‘lqinli pechda va an’anaviy pechda pishirish qaynatish yoki dimlashga qaraganda ko‘proq antioksidantlarni saqlab qoladi. Shu bilan birga, olimlar brokkoli mikroto‘lqinli pechda muzdan tushirganda tarkibidagi flavonoid antioksidantlarning 97 foiz,  qaynatganda esa  66 foiz  yo‘q bo‘lishini aniqladilar. Ushbu tadqiqot ko‘pincha mikroto‘lqinli pechlar oziq-ovqatni yo‘q qilishining isboti sifatida keltiriladi, aslida u faqat muzlatilgan oziq-ovqatlardagi suv ozuqa moddalarining parchalanishini tezlashtiradi, chunki H2O molekulalari mikroto‘lqinli nurlanishdan tez isiydi. Bundan tashqari, mikroto‘lqinli pechda ishlov berish ba’zi oziq-ovqatlarda zararli birikmalar hosil bo‘lishini kamaytirishi mumkin. Tadqiqotga ko‘ra, mikroto‘lqinli pechda tovuq go‘shti boshqa pishirish usullari bilan solishtirganda minimal nitrozamin (yog‘li ovqatlardagi nitritlar qizdirilganda hosil bo‘ladigan birikma) ishlab chiqargan — mikroto‘lqinli pechda qovurilgandan ko‘ra kamroq kanserogenlar hosil bo‘ladi. Mikroto‘lqinli pechda ovqatni qanday isitish/pishirish kerak? Mikroto‘lqinli pechga plastik idishlarni qo‘yganda, ba'zi plastmassalarda gormonlarni yo‘q qiladigan moddalar mavjudligini yodda tuting. Bunga yaqqol misol — qalqonsimon bez bilan bog‘liq muammolardan tortib to semirishgacha bo‘lgan turli xil kasalliklarga sabab bo‘luvchi bisfenol-A moddasi. Yodingizda bo‘lsin: agar u foydalanish uchun xavfsiz deb belgilanmagan bo‘lsa, hech qachon plastik idishni mikroto‘lqinli pechga qo‘ymang. Mikroto‘lqinli pechlar uchun issiqlikka bardoshli plastik yoki qalin shisha idishlardan foydalaning va hech qachon metall idish ishlatmang. Albatta, mikroto‘lqinli pechlarning kamchiliklari ham bor. Misol uchun, ular oziq-ovqat zaharlanishiga olib keladigan bakteriyalar va boshqa patogenlarni o‘ldirishda unchalik samarali emas. Bundan tashqari, suyuqlikni qizdirishda ehtiyot bo‘lish va tuxum kabi yorilishi mumkin bo‘lgan taomlarni pechga qo‘ymaslik kerak. Umuman olganda, mikroto‘lqinli pechlardan foydalanish hayotga kamchiliklardan ko‘ra ko‘proq qulayliklar keltiradi, ammo agar sog‘lom turmush tarzi haqida jiddiy tashvishlansangiz, mikroto‘lqinli pechdan foydalanish yoki foydalanmaslik shaxsiy tanlovingizga bog‘liq.
114
4,794
Ayollar
Soch to‘kilishi, rangi va tuzilishining o‘zgarishi qanday muammolardan darak beradi?
Ko‘pgina omillar — ham ichki, ham tashqi, sochlarga ta’sir qilishi va yillar davomida qalin, sog‘lom va porloq sochlardan ayirishi mumkin. Faqat qarish emas, balki stress, parhez, gormonlar, bo‘yash, turli vositalaridan foydalanish, irsiyat va boshqalar sochdagi o‘zgarishlarga olib keladi. “Noviy ochag” nashri bu qanday muammolarning belgisi bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi. Doimiy turmaklar Sochingizni har kuni fen, dazmol va bigudi bilan issiq haroratda turmaklash sochlarni siyrak, quruq va ko‘proq to‘kilishiga olib keladi. Bundan tashqari, sochlar rangi xiralashadi. Agar muntazam issiqlik bilan ishlov bermaslikning imkoni bo‘lmasa, go‘zallik vositalarining yuqori sifatli ekanligiga ishonch hosil qilish lozim. Keramika qoplamali modellarni tanlashga harakat qilish lozim — ular an’anaviylarga qaraganda pastroq haroratlardan foydalanadi. Gormonal o‘zgarishlar Homiladorlik davrida va tug‘ruqdan keyin sochlarning tuzilishi va qalinligidagi o‘zgarishlar har bir onaga tanish. Ko‘pchilik ayollar, farzand kutayotganida sochlari qalin va yorqinroq ko‘rinishidan xursand bo‘ladi. Bu estrogen, progesteron va prolaktinning yuqori darajasi bilan bog‘liq. Biroq tug‘ruqdan bir necha oy o‘tgach, gormonlar darajasi normal darajaga qaytadi, bu esa sochlarning to‘kilishiga olib kelishi mumkin. Menopauza paytida, estrogen yetishmovchiligi gormonga aylanganda, sochlarning zichligi va tuzilishi yaxshi tomonga o‘zgarmaydi: ular siyraklashib ketadi. Vaziyatni faqat ginekolog buyurishi mumkin bo‘lgan gormonlarni almashtirish terapiyasi sifatida qo‘llaniladigan dorilar bilan tuzatish mumkin. Ma’lumki, kimyoterapiyadan keyin 2-3 oy o‘tgach o‘sadigan sochlar davolanishdan oldin tekis bo‘lishiga qaramay, birdaniga jingalak bo‘lib qolishi va aksincha, rangi o‘zgarishi mumkin. Odatda, vaqt o‘tishi bilan sochlar avvalgi holiga qaytadi. Umuman olganda, sochlar sog‘liqning belgisi bo‘lishi mumkin. Agar ular siyraklasha boshlasa yoki tuzilishini o‘zgartirsa, bu organizmda biror narsa sodir bo‘layotganligi haqida signal bo‘lishi mumkin. Trixologga tashrif buyurib, u bilan organizmning holatini o‘rganish kerak. Bo‘yash va rangini oqartirish Sochni bo‘yash mahsulotlari ularni zaiflashtiradi va shunga mos ravishda tuzilishini o‘zgartiradi. Tez-tez bo‘yash yoki oqartirish sochlarning quruq, mo‘rt bo‘lishiga va shikastlangan ko‘rinishiga olib keladi. Bo‘yoqlarning zararli ta’sirini kamaytirish uchun tabiiylarini tanlashga harakat qilish lozim. Maxsus balzamlar va niqoblar bo‘yalgan sochlarning ko‘rinishini sezilarli darajada yaxshilashi mumkin. Irsiyat va qarish Soch tuzilishini aniqlaydigan yana bir omil irsiyatdir. Soch qanday va qachon o‘zgarishini genlar aniqlaydi, ehtimol bir vaqtning o‘zida va ona bilan bir xil shaklda. Yosh ulg‘aygan sari soch follikulalari soch rangi uchun mas’ul bo‘lgan kamroq melanin ishlab chiqara boshlaydi va oqarishni boshlaydi. Stress va noto‘g‘ri ovqatlanish Stress holatida yashash sochlarning siyraklashishi, tuzilishi va ko‘rinishini o‘zgarishiga olib keladigan omillardan biridir. Misol uchun, ba’zi travmatik, og‘riqli hodisalardan so‘ng sochlarning 70 foizigacha bir vaqtning o‘zida to‘kilishi mumkin, bu esa telogen fazaga — yo‘qotish bosqichiga kiradi. Bundan tashqari, bu darhol sodir bo‘lmaydi, lekin odam noxush hodisalarga duch kelganidan keyin uch oy ichida yuz beradi. Oqsil yetishmovchiligi bo‘lgan ratsion ham soch ko‘rinishiga yaxshi ta’sir ko‘rsatmasligi mumkin. Qalin va porloq sochlar uchun to‘liq ovqatlanish kerak, shuningdek vaqti-vaqti bilan maxsus vitamin komplekslarini qabul qilish lozim, bu haqda shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
84
3,619
Ayollar
Bahor mavsumida kiyish tavsiya etilmaydigan, urfdan qolgan kiyimlar (foto)
Ba’zan nimani xarid qilish kerakligi haqida o‘ylagandan ko‘ra, qanday kiyimlarga ehtiyoj yo‘qligini bilib qo‘yish foydaliroq bo‘ladi. Ushbu bahor-yoz mavsumida kerak bo‘lmaydigan ro‘yxat bilan tanishib chiqing. Albatta, charm libos kiyishda juda ehtiyot bo‘lish kerak. Chunki mazkur matoga mos ob-havo doim ham bo‘lavermaydi. Iliq kunlar uchun juda issiq va salqin havo uchun sovuqlik qilishi mumkin. Shuning uchun iliq mavsumda jinsi shimlar kiyish tavsiya etiladi. Ushbu bichimdagi jinsi kostyumlar yillar davomida ayollarning sevimli libosiga aylangan edi. Ammo dizaynerlar hozircha ularni qora ro‘yxatga kiritgan. Ayni damda bu kabi kostyumlarning keng va biroz kaltaroq ko‘rinishdagilari urfda. Bir kuni mazkur bichimdagi shimlar yana modaga qaytishi shubhasiz. Ammo hozirgi mavsum uchun keng va klyosh shimlar kiyish tavsiya etiladi. Qachonlardir urfda bo‘lgan tor shimlarni esa garderobning eng tepasiga joylashtirish mumkin. Katta o‘lchamdagi futbolkalar ham qanchalar qulay bo‘lmasin, ammo urfdan qolib bormoqda. Ularning o‘rnini yana avvalgidek oddiy o‘lchamdagilari egalladi. Bu kabi futbolkalar endilikda atrofdagilarning e’tiborni darrov o‘ziga tortadi. Shunchaki sayr, plyaj yoki ofis bo‘lsin, to‘qilgan uzun kardigan kiyish tavsiya etilmaydi. Balki, u qulay va chiroyli ko‘rinar, ammo yoshga ham qomatga ham ortiqcha raqamlar qo‘shishi tabiiy. Yaxshisi, yengil pidjak, kostyum va boshqa zamonaviy ustki kiyimlarga murojaat qilish mumkin. Moda yillar o‘tib qaytib kelishini inobatga olgan holda o‘ta katta va shaklsiz sumkalarni ham bir chetga olib qo‘yish tavsiya etiladi. Garchi ular qulay bo‘lsa ham. Do‘konlarda yangi dizayndagi ixcham sumkalarga murojaat qilish vaqti keldi. Durli soch to‘g‘nog‘ichlari ham urfdan qolganiga ancha bo‘ldi. Ammo toshli va boshqa bezaklilaridan ayol va qizlar unumli foydalanib kelmoqda. Yozning issiq kunlarida ular yordamida sochlarni ajoyib turmaklash mumkin.
74
1,917
Ayollar
Sayohatni rejalashtirishda hisobga olinishi kerak bo‘lgan kutilmagan xarajatlar
Nafaqat sayyohlar, balki har qanday inson safarga otlanganda sarflanishi mumkin bo‘lgan taxminiy mablag‘ hisob-kitob qilinadi. Ammo aniq miqdor ma’lum bo‘lmaydi. Har doim e’tibordan chetda qolgan narsa yuz berishi yoki xarajat kutilganidan qimmatroq bo‘lishi mumkin. Shuningdek, rejaga kiritilmagan hodisalar ham chiqib qolishi hech gap emas. Garchi yuqoridagilarning barchasi inobatga olingan taqdirda ham sayohat uchun mo‘ljallangandan ko‘proq pul olish tavsiya etiladi. Quyida esa bu nima uchun muhim ekanligi bilan tanishib chiqish mumkin. Dastlabki xarajatlar Inson hamisha kutilmagan vaziyatlar uchun ham tayyor bo‘lishi kerak. Agarda parvoz kechiktirilsa, oziq-ovqat va ichimliklar uchun xarajatlar ta’minlanishi kerak. Ushbu holat, ayniqsa, bolalar bilan oilaviy sayohat vaqtida hisobga olinishi joiz. Shuningdek, o‘zingiz bilan mazkur mahsulotlarni olib kelish yaxshi emas, bu yuk ortishi va sifat o‘zgarishiga ham olib keladi. Keyingi kutilmagan xarajatlar manzilga yetib borgach ham paydo bo‘lishi mumkin. Yaxshisi, bu haqda yashash manzilidayoq o‘ylab qo‘yish kerak, agar sayohatga jamoat transportida borishga to‘g‘ri kelsa, u holda yanada ko‘proq qiyinchiliklarga tayyor turish tavsiya etiladi. Shunday qilib, bir yuk chamadon bilan sayohatga chiqish qulay emas. Ushbu muammo taksilarda yuzaga kelmasligi mumkin, ammo u tabiiy ravishda avtobusga qaraganda qimmatga tushadi. Kutilmagan shaxsiy xarajatlar Sayohat vaqtida pulning asosiy qismi ovqatga sarflanadi. Bundan tashqari, maxsus vaucherlar bo‘lsa ham, ular faqat mehmonxona hududigagina tegishli bo‘lishini yodda tutish lozim. Shunchaki shahar ko‘chalarida sayr qilishdan keyin kafe yoki oshxonalarda ovqatlanish navbatdagi xarajatni keltirib chiqaradi. Qolaversa, ko‘plab mehmonxonalarda faqatgina nonushta mavjud. Bu, albatta, zarar qilmaydi, lekin kun davomida ovqatlanish ham qo‘shimcha mablag‘ni talab etadi. Sayohatning eng asosiy qismi — bu sovg‘alar xarid qilish. Yaqinlar uchun sovg‘aga sotib olinadigan esdalik buyumlar cho‘ntakning hajmini kichraytirishi turgan gap. Shuningdek, qolgan mablag‘ hisobiga ko‘ngil ochish maskanlari, ekskursiya va muzeylarga tashrif buyurish kuzatiladi. Shuni yodda tutish kerakki, eng ehtiyotkor odamlar ham muammoga duch kelishi mumkin. Ularning ham hattoki, hamyon va hujjatlari shu qadar professional tarzda o‘g‘irlanadiki, buni sezish mumkin emas. Shuning uchun pulni bir necha joyga puxta yashirish va firibgarlar o‘ljasiga aylanib qolmaslik kerak.
79
2,468
Ayollar
O‘zgaruvchan ob-havo uchun kiyimni qanday tanlash kerak?
Sovuq, o‘zgaruvchan ob-havoda kiyim tanlash ham ba’zida qiyin bo‘ladi. Sababi bir kiyimni tanlab, ma’lum vaqtdan keyin havo isib ketishi yoki aksincha sovuq bo‘lishi mumkin. The Voice nashri o‘zgaruvchan ob-havoda qanday qilib kiyimni to‘g‘ri tanlash bo‘yicha ma’lumot berdi. Kuz havosi o‘zgaruvchan, ertalab issiq bo‘lgan havo kechqurun sovib ketishi ham mumkin, bunga oldindan tayyorlanishning iloji yo‘q. Biroq bir nechta tavsiyalarga amal qilib kiyim tanlasangiz kun davomida kuzatiladigan ob-havoda ham o‘zingizni bemalol his qilishingiz mumkin. Oktabr oyining yarmida yengil trench kiyishingiz mumkin, biroq uning ichidan uchta sviter kiyib sharf taqishingiz mumkin. Ustma-ust kiyim bilan havo haroratiga moslashish mumkin, masalan futbolka yoki nimcha va jemperda yurish mumkin. Bu holatlarda ob-havoga mos kiyinish bir mahoratdir. 10-15 daraja haroratda Ba’zi hududlarda hali ham iliq kuz bo‘lib issiq jemper yoki ko‘ylak bilan birga issiq trench kiyish mumkin. Biroq, sentabr oyidan sovuq shamol esib turadigan mamlakatning o‘rta qismida palto kiyish uchun qulay ob-havo bo‘ladi. Yupqa jun, yumshoq matodan tikilgan palto — asosiysi, u og‘ir emas, sovuqroq harorat uchun bunday variantlarga muhtoj bo‘lamiz. Bu holatda poncholar va nimchalarni ham hisobga olish kerak. Ikkinchisini faqat mos keladigan sviterlar bilan kiyish mumkin. The Voice 5-10 daraja haroratda Havo harorati 5 daraja bo‘lgan paytda yoqali, qalin junli paltolarni kiyish mumkin, unda siz yetarlicha isina olasiz. Kalta modellarni tanlamang, chunki ularda sovuq o‘tish ehtimoli bor. Yoqasiz kalta kiyimlar va jinsi kurtkalarni tanlamaslik kerak, sababi shamoldan himoya qiluvchi  jinsi kurtka qanchalik izolyatsiya qilingan bo‘lishidan qat’i nazar 5 daraja haroratda yordam bera olmaydi. 0-5 daraja haroratda  0-5 daraja haroratda dublyonka kiygan ma’qul. Agar dublyonka bo‘lmasa uning o‘rniga issiq junli palto yoki qulay junli kurtka kiyish mumkin. Oxirgi ikki kiyimni tanlashda bir nechta belgilarga ahamiyat berish kerak: yumshoq modeldagi, haroratga qay darajada mos kelganini bilish muhim. Har bir kiyimning qanday sovuqqa bardosh bera olishi yorliqda yozilgan bo‘ladi, biroq kamida ikkita turdagi — yengil va qalin kurtka bo‘lishi kerak. Demi-mavsum modellari esa allaqachon urfdan qoldi.
56
2,278
Ayollar
Allaqachon urfdan qolgan hamda voz kechish kerak bo‘lgan 7 ta aksessuar (foto)
Issiq mavsum arafasida garderobga nafaqat yangi narsa qo‘shish, balki keraksiz narsalardan xalos bo‘lish vaqtidir. Aksariyat aksessuarlar vaqt va mavsum tanlamaydi, ammo ularning ba’zilari bunday imkoniyatga ega emas. Mo‘ynali oyoq kiyim va sumkalar Yoz mavsumida ko‘rinishidan ham isitib yuboruvchi bu kabi mo‘ynali oyoq kiyim yoki sumkalar kulgili ko‘rinishi tabiiy. Shuning uchun ulardan voz kechish yoki uzoqroq joyga olib qo‘yish mumkin. Ushbu tendensiya ham avvallari urfda bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Ammo hozirda bunday kombinatsiyani takrorlashning keragi yo‘q. Ko‘zoynaklarning ranglilarini tanlash ham tavsiya etilmaydi. U atrofdagilarning e’tiborini tortadi hamda hozirgi obrazlar uchun mos emas. Ushbu dizayndagi soatlar qancha qimmatbaho bo‘lmasin, o‘ta bachkana bezaklar tufayli arzonga o‘xshayveradi. Shuning uchun ulardan tezroq uzoqlashish tavsiya etiladi. Ko‘rinishidan og‘ir, ko‘p munchoqlardan tashkil topgan marjonlar ham bir necha yil avval moda bilan xayrlashgan. Ularning ham hali ortga qaytgisi yo‘q. Bezak chiroyli bo‘lmasin, undan foydalanishning o‘z vaqti bor. Ammo ushbu zirakni har kuni taqish zerikarli obrazni yaratishi shubhasiz. Qalin platformali krossovkalar ham allaqachon urfdan qolgan. Ammo ba’zi moda bilan hisoblashmaydigan ayollarda uni uchratish mumkin. Lekin qulay bo‘lmagan baland krossovkalar o‘z o‘rnini yangi modellarga bo‘shatishi tabiiy.
78
1,398
Ayollar
Qanday qilib janjal va nizolardan uzoq yurish mumkin?
Yildan yilga odamning ijtimoiy aloqalari soni oshib bormoqda. Biz jonli, onlayn tarzda, telefon orqali munosabatlarda bo‘lamiz. Aloqalarning ko‘pligi odamni charchatadi, uning empatiyasi va boshqa odamni eshitish qobiliyati vaqti-vaqti bilan to‘xtab qoladi. Shu tarzda biz suhbatdoshimizning reaksiyasini o‘tkazib yuboramiz va unga nomunosib javob qaytaramiz. “Teskari aloqa” termini kibernetikadan kirib kelgan, lekin endi deyarli hamma gumanitar fanlar uni o‘zlaricha ta’riflaydi. Jamiyatshunoslikda teskari aloqani bir necha odamlar o‘zaro aloqasining bosqichi deb hisoblaydilar. Odam ma’lumotni boshqa odamga uzatadi, qayta aloqa oladi va o‘zining harakatlarini, shu jumladan gaplarini ham tuzatadi. Bu qanday ishlashini tushunish nima uchun kerak? Janjallar, nizo, tushunmovchiliklardan qutulish uchun. Faraz qilamiz, siz suhbatdoshingizdan suv keltirishini so‘radingiz. Endi uning javobi — u e’tiroz bildiradi yoki suv olib keladi, yoki rozi bo‘ladi, lekin keyinroq keltirishini aytadi. Bu teskari aloqa bo‘ladi. Lekin bundan oldin u sizni eshitadimi yoki yo‘qmi? Odam sizni eshitishi va javob berishi uchun uchta shart ishlashi kerak. Agar u naushnikda musiqa tinglayotgan bo‘lsa yoki qulog‘i yaxshi eshitmasa, sizning iltimosingiz javobsiz qoladi. Agar siz charchagan bo‘lsangiz va o‘zingiz suv quya olmasangiz, sizning iltimosingiz — bu kuchsiz odamning kuchli oldidagi deyarli yolvorishi bo‘ladi. Bir yoshga kirmagan bola bizning iltimosimizni eshitadi, lekin javob bera olmaydi. Katta odamlar yaxshi ahvolda va kayfiyatda bo‘lishi kerak. Manba: Rambler Weekend
53
1,572
Ayollar
Muvaffaqiyatli kishilar kitob o‘qishga qanday vaqt topadi?
Eng boy tadbirkorlar juda ko‘p kitob o‘qiydi va ular o‘z muvaffaqiyatlari aynan kitob o‘qishga borib taqalishini ta’kidlaydi. Dunyodagi eng yirik tadbirkorlardan va eng taniqli investorlardan biri Uorren Baffetdan uning muvaffaqiyati siri haqida savol berishganida, u: “Har kuni 500 sahifa kitob o‘qing. Bilim omonat pulining foizi kabi to‘planib boradi. Bu har kimning qo‘lidan keladi, ammo buni haqiqatda qiladiganlar kam”, — deya javob bergan. Baffetning o‘zi investorlik karyerasining boshida kuniga 600 dan 1000 sahifagacha kitob o‘qigan. Hozir ham u vaqtining 80 foizini kitob o‘qishga bag‘ishlashga intiladi. U bunga qanday erishadi, deysizmi? U shunchaki buni birlamchi darajadagi muhim vazifa deb hisoblaydi. Tadbirkor va jamoat arbobi, Microsoft yaratuvchisi Bill Geyts yiliga 50 tadan kitob o‘qiydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘p sayohat qilishi va qiziqarli odamlar bilan tanishishiga qaramay, kitob o‘qish uning uchun yangi narsalarni o‘rganish va o‘z dunyoqarashini kengaytirishning asosiy usuli bo‘lib qolmoqda. Yo‘lga otlanganida ham u o‘zi bilan kitob oladi. Tadbirkor, ixtirochi va investor Ilon Mask, raketa qurish narxi juda baland bo‘lgani sababli, ularni qurishni o‘zi o‘rganishga qaror qilgan. Buning uchun u kitoblar o‘qigan. U aniq maqsad sari intilgan, muayyan bilimlarga tashna bo‘lgan va o‘zi istagan narsasini o‘rganmagunicha, to‘xtamagan. Shunday qilib, ko‘p kitob o‘qish uchun ba’zi masalahatlar: Manba: “Layfxaker”
58
1,446
Ayollar
Stressni bir zumda bartaraf qiluvchi ofisda bajarish mumkin bo‘lgan 5 mashq
Surunkali stress mushaklar spazmiga olib keladi. Bu esa qomatni tik tutish bilan bog‘liq muammolar, bosh og‘rig‘i va boshqa salbiy oqibatlarga olib keladi. Psixolog va psixosomatolog Marina Spirande stressdan xalos qilishga yordam beradigan ish joyida ham bajarish mumkin bo‘lgan mashqlar haqida ma’lumot berib o‘tadi. 1-mashq Oyoqlarni yelka kengligida oching. Tanani maksimal darajada orqaga tashlang. Keyin esa tanani oldinga tashlang. Ketma-ketlikni 10-15 marta takrorlang. 2-mashq Boshingizni yuqoriga ko‘taring. Qo‘llarni keng oching, qo‘llaringizni orqa tomonda birlashtiring. 3-mashq Mashqni bajarish uchun ikkita ruchka, qalam yoki flomaster hamda ikkita qog‘oz varag‘i kerak bo‘ladi. Asabiylashishingizga sabab bo‘lgan vaziyatni eslang, qo‘lingizdagi qalam yoki flomasterni qog‘oz bo‘ylab harakatlantiring. Bir necha daqiqadan keyin tanangiz yengillashganingizni his qilasiz. Stress bilan kurashish uchun ofisda uncha murakkab bo‘lmagan nafas mashqlarini bajarishingiz mumkin. 4-mashq Buning uchun tilni naycha shakliga keltiring. Orasidan nafas olishga harakat qiling. Nafas chiqarganda nafas chiqaruvchi tirqishni maksimal darajada bosing.
75
1,152
Ayollar
Yozda qanday bosonojkalar urfda bo‘ladi?
Yozdagi jaziramada yengil, qulay liboslar, oyoq kiyimlarga bo‘lgan talab ortadi. Ayniqsa, bosonojkalar issiq kunlar uchun ayni muddao. 2029-yil yozida qanday bosonojkalar urfga kiradi? Quyida ushbu savolga javob beramiz. Platformali bosonojka Ushbu oyoq kiyimning o‘ziga xosligi shundaki, uni kiygan ayollar bo‘yi baland ko‘rinish bilan birga, yurishga va harakatlanishga qiynalmaydi. Bog‘ichli bosonojka 2020-yil yoz faslidagi poyabzallar orasida bog‘ichli bosonojkalar yetakchilik qiladi. Lekin ushbu oyoq kiyim bog‘ichini boldirgacha tarang qilib bog‘lab olish tavsiya qilinmaydi. Mazkur model dam olish va sayrlar uchun ayni muddao. Tanketli bosonojka Tanketli bosonojkaning platformalidan farqi poshnasi balandroq va oyoqlarni uzun ko‘rsatishida. Bunday model baland poshna kiyishni istagan, lekin sog‘lig‘i sabab kiya olmaydiganlar uchun yaxshi variant. Tasmali bosonojka Ushbu model romantik obraz yaratishni istovchilar ko‘nglidan joy olishi aniq.Tasmali bosonojka ayollarni yanada nazokatli, oyoqlarni ingichka qilib ko‘rsatadi. Klassik uslubdagi bosonojka Tug‘ilgan kun, bayramlar va muhim tadbirlar uchun klassik uslubdagi bosonojka va minimal bichimli ko‘ylak kiyish tavsiya qilinadi.
40
1,201
Ayollar
Tirsak va tizza terisiga yoshlikni qaytarish usullari
Ko‘z atrofi va bo‘yin terilari uchun qarishga qarshi kremlar — odatdagi voqealar bo‘lib qoldi, lekin tanamizning ikki sohasi go‘zalligi orqasidan quvish tufayli biz yoshimizni yaqqol namoyon qiluvchi tirsak va tizzalarimiz terisi to‘g‘risida butunlay unutib qo‘ydik. Yosh o‘tgan sayin tabiiy kollagen ishlab chiqarishning sekinlashishi ayniqsa terining shu sohalarida bilinib qoladi: ularning doimiy cho‘zilishi ajinlar paydo bo‘lishiga va teri salqishiga olib keladi. Lekin umidsizlikka tushishga shoshilmang!  Dermatologlar tomonidan uy sharoitida qo‘llaniladigan quyida keltirilgan  oddiy usullar sizga tirsaklar va tizzalardagi terilar ko‘rinishini tiklashga yordam beradi. Muammo: Yosh ulg‘aygan sari tirsak va tizzalar terisi yuzasida o‘lik hujayralar qatlami yig‘ilib qolishi sababli ular jonsiz va dag‘al ko‘rinib qoladi. Glikol kislotasi yelimsifat oqsillarni suyultirishga yordam beradi. Muntazam ravishda bunday kislotalarni qo‘llash natijasida bu sohalar yumshoq, tekis va yoshroq ko‘rinishga ega bo‘ladi. Tadbir rejasi: Modomiki bu sohalardagi dag‘allashgan teri nozik muomalaga muhtoj bo‘lmagani uchun siz tarkibida kislota miqdori 12 dan 20 foizgacha bo‘lgan alfagidroksikislot vositalarini tanlashingiz mumkin. Bu vositani kunora uxlashdan oldin suring. Agar 2 hafta davomida sizda bezovtalik paydo bo‘lmasa, uni har kuni qo‘llashingiz mumkin. Muammo: Agar siz tanangiz uchun foydalanadigan odatdagi losyon bukiladigan joylardagi o‘lik hujayralar qatlamini yumshata olmayotgan bo‘lsa, tarkibida mochevina, kuchli namlovchi, bir vaqtning o‘zida terini namlaydigan va oqsil qatlamlarini suyultiruvchi moddalar bo‘lgan vositalarni tanlang. Tadbir rejasi: Tarkibida  20-40% mochevinasi bo‘lgan losyonni 1-2 hafta davomida, bir kunda 2 marta suring. Muammo: doimiy ravishda ishqalanish va bo‘g‘imlarga bo‘lgan bosim — kompyuterda ishlash vaqtida tirsaklarni stol ustida ushlash, sport zallarida tizza ustidagi mashqlar — bu va bunga o‘xshash harakatlar giperpigmentatsiyaning rivojlanishiga olib keluvchi kuchsiz yallig‘lanishni keltirib chiqaradi. Natijada bu sohalar terisi qoramtir tusga kiradi. Odatda, bu qorayishlar 40 yoshdan keyin bilinadi. Tadbir rejasi: Teridagi qorayishlarni 1 foizli gidrokortizonni 2 hafta davomida, bir kunda 2 martadan surish yordamida ketkazish mumkin. Muammo: vaqt o‘tishi bilan tananing boshqa sohalaridagi kabi tirsak va tizzalar terisi ham burishib qoladi. Kollagen ishlab chiqarishni yangi kuch bilan ishlashga majbur qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan kosmetik mahsulotlar — retinol, peptidlar va o‘sish faktorlari asta-sekinlik bilan bu sohalar terisiga oldingi kuch va taranglikni qaytaradi. Tadbir rejasi: Kollagen ishlab chiqarishga yordam beradigan vositalarni bir necha oy davomida surishga to‘g‘ri keladi, lekin natija kutilganidek bo‘ladi. Muammo: Mushak va suyak massalarining yo‘qolishi tirsak va tizzalar terisining osilib qolishiga olib keladi. Kuch ishlatib bajariladigan mashqlar mushaklar kuchini va hajmini saqlashga imkon beradi, bu esa teri osilib qolishiga barham berishga yordam beradi. Tadbir rejasi: Kuch ishlatiladigan mashqlarni bir haftada 2-3 marta bajarish 10 hafta ichida mushaklar massasining oshishi va suyaklar mustahkam bo‘lishi uchun yetarli bo‘ladi. Manba: “Woman.ru”
53
3,249
Ayollar
Lab bo‘yog‘i kun davomida o‘chib ketmasligiga yordam beradigan layfxak (foto)
“Noviy ochag” taqdim etgan ajoyib lafxak tufayli endi stakan va kiyimlarda lab bo‘yog‘i izi qolmaydi. Shuningdek, lab bo‘yog‘ini kun davomida qayta-qayta surishga hojat ham yo‘q. Lablar qalam bilan bo‘yaladi Lab bo‘yog‘i uchun mos keladigan qalamni bilan lablarning butun yuzasi diqqat bilan bo‘yab chiqiladi. Dudoqlar quruq ko‘rinishi va notekisligidan tashvishlanmang. Kist yordamida lab yuzasiga upa qo‘llanadi Katta hajmli kistdan foydalanib, lablarning butun yuzasiga upa qo‘llanadi. Barmoqlar bilan lablarga ozgina ishlov beriladi. Lab bo‘yog‘i surtiladi Yuqori lab markazdan burchaklarga, pastki lab o‘ngdan chapga va chapdan o‘ngga qarab bo‘yaladi. Yana lab yuzasiga upa qo‘llanadi Avvalgidek lab bo‘yog‘i ustidan ham yana upa surtish lozim. Ushbu ketma-ketlikni takrorlang Agar hosil bo‘lgan bo‘yoq xiraroq ko‘rinsa, jarayonni ikki marta takrorlash mumkin.
77
871
Ayollar
Darhol voz keching: uy sharoitida vazn ortishiga olib keladigan buyumlar (foto)
Nafaqat noto‘g‘ri ovqatlanish, harakatsiz turmush tarzi va kasalliklar, balki har kuni foydalanadigan odatiy narsalar vaznning ortishiga olib kelishi mumkin. Shunday qilib, har bir uyda mavjud va muntazam ravishda ishlatadigan ba’zi narsalar gormonal muvozanat va metabolizmni buzishi mumkin. Ulardan foydalanishni to‘xtatish – bu sog‘liqqa ham, qomatga ham foyda keltiradi. Aromatik mahsulotlar Hammasi emas, albatta, faqat ftalatlarni o‘z ichiga olganlari – xushbo‘ylantirish uchun mas’ul kimyoviy moddalar. Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, ftalatlar organizmda to‘planishi va metabolizmga ta’sir qilishi mumkin. Kosmetika vositalari, shampunlar va uy tozalash vositalarining yorliqlarini diqqat bilan tekshirish zarur, agar u yerda ftalatlar topilsa, ularni ishlatish tavsiya etilmaydi. Konservalangan mahsulotlar Bisfenol A (BPA) – kimyoviy estrogenga o‘xshash modda bo‘lib, ba’zida konserva tayyorlashda ishlatiladi. Ko‘pgina hollarda bu xavfsiz, lekin yuqori kislotali ovqatlar, masalan, konservalangan pomidorlar bilan birgalikda u oziq-ovqatga, keyin esa tanaga kirishi mumkin. Sotib olishdan oldin konserva tarkibini tekshirishni unutmang. Yelim idishlar Yuqorida aytib o‘tilganidek, xuddi shu ftalatlar plastmassalarda ham mavjud bo‘lib, qizdirilganda ular oziq-ovqatga osongina kirib boradi. Shuning uchun, hech qachon taom isitish uchun yelim idishlardan foydalanmaslik yoki ulardan issiq ovqat iste’mol qilmaslik lozim. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, doimo ovqatlarni plastmassa idishda isitadiganlar, bunday idishdan voz kechganlarga qaraganda, uch baravar ko‘proq vaznga ega bo‘ladi.
79
1,620
Ayollar
Dezodorantlardan foydalanish yo‘llari
Dezodorantlar allaqachon eng ko‘p talab qilinadigan gigiyena vositalari qatoridan joy olgan. Yozning issiq kunlarida ularsiz juda qiyin, lekin dezodorantlarning imkoniyati biz o‘ylaganimizdan ham kengroq ekanligi ma’lum bo‘ldi. Albatta, ular ko‘pincha qo‘ltiq osti terlashida hidni yo‘qotish uchun ishlatiladi. Lekin bizning tanamizdagi boshqa joylar ham terlaydi; ter ajralishi organizm fiziologiyasida muhim rol o‘ynaydi, shuning uchun yoqimsiz bo‘lsa ham mutlaqo tabiiy jarayon hisoblanadi.  Mashhur vositadan foydalanish variantlari: Manba: “Xitrosti jizni”
37
562
Ayollar
Muammo yechimini ichkaridan izlaymiz: akne paydo bo‘lishiga olib keluvchi 4 mahsulot
Agar ratsionga rioya qilmasangiz, kosmetolog maslahatlari ham, to‘g‘ri tanlangan parvarishlash vositalari ham teri salomatligi va go‘zalligini hech qachon 100 foiz ta’minlay olmaydi. Muntazam ravishda akne muammosiga duch kelsangiz, ovqatlanish ratsioningizni qayta ko‘rib chiqish lozim. Quyidagi mahsulotlarni ratsiondan chiqarish kerak: Sut mahsulotlari Sut mahsulotlarini vaqtincha iste’mol qilmaslikka sabab hozirgi paytda sigirlarning avvalgiga qaraganda besh barobar ko‘p sog‘ilishidir. Natijada stress tufayli sutdagi progesteron darajasi bir necha baravar yuqori bo‘ladi. Bugungi kunda organik sut bo‘lsa ham yuqori darajadagi stress gormonlari, jumladan, akne paydo bo‘lishiga olib keladigan kortizolga ega. Tez hazm bo‘luvchi uglevodlar Samarali natijaga erishmoqchi bo‘lsangiz, diyetologlar har doim tez hazm bo‘luvchi uglevodli yeguliklardan tiyilishni maslahat berishadi, bu bejizga emas. Gap shundaki, ular organizm uchun eng foydasiz moddalardir. Mazkur uglevodlar qondagi qand miqdorining keskin ko‘tarilishi va teri muammolarining yuzaga kelishining asosiy sababchisidir. Kakos yog‘i Kakos yog‘ini ortiqcha iste’mol qilish teri bilan bog‘liq noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shokolad Shokolad akne paydo bo‘lishining juda keng tarqalgan sababidir. Agar diyetologlar vazn yo‘qotishda 70 foizdan ortiq kakao bo‘lgan shokoladni tavsiya qilsa, akne paydo bo‘lganda sutli shokolad xavfsizroq hisoblanadi. Gap shundaki, bunday holatda zararli komponent aynan kakao bo‘lib, akne paydo bo‘lishiga olib keladi. Ratsionga quyidagilarni kiritish lozim: Probiyotiklar Probiyotiklar ichaklar va teri sog‘lomligini ta’minlaydigan asosiy yordamchilardir. Kefirda organizm uchun yetarli miqdorda prebiyotiklar bo‘ladi. Omega-3 yog‘ kislotalari Deyarli hamma narsada yordam beradigan yana bir ajoyib modda: qarishni sekinlashtirishdan tortib, uyquni normallashtirishgacha. Omega-3 ham teriga foydali ta’sir ko‘rsatadi va akne bilan kurashda yordam beradi. Antioksidantlar Meva va ko‘katlar akne bilan kurashda sizning eng yaxshi do‘stlaringiz va yordamchilaringizdir. Ularda mavjud bo‘lgan antioksidantlar nafaqat hazm bo‘lish jarayonini jadallashtiradi, balki teriga ham sog‘lom rang beradi. Sink Har qanday yong‘oq turi sink moddasiga boy, ayniqsa, keshyu va bodom. Bananni ham ushbu ro‘yxatga qo‘shish mumkin. Asosiysi, miqdorni kuzatib borish, chunki yong‘oqlar kaloriyaga boy mahsulot hisoblanadi.
84
2,410
Ayollar
Yuzni issiq suvdan ko‘ra sovuq suvda yuvishning qanday afzalliklari bor?
Yoz mavsumida sovuq suv va hatto muzdan foydalangan holda muolajalar o‘tkazish har doimgiga qaraganda ko‘proq uchraydi. Chunki bu tezroq terini sovitishga yordam beradi. Shuningdek, aksariyat insonlar yuz terisini yaxshilash uchun ham sovuq suvda yuvishni afzal ko‘radi. Ammo dermatologlar bu haqda qanday fikrda? Grazia nashri ushbu savolga javob berdi. Sovuq suvning afzalliklari ham, kamchiliklari ham bor. U ko‘z atrofidagi shish va teri osilishini bartaraf etishga qodir. Agar tunda yetarlicha uxlashning imkoni bo‘lmasa, qon tomirlarini torayib, teri ko‘rinishiga salbiy ta’sir o‘tkazadi. Sovuq harorat esa ertalab va kechqurun teri holatiga mukammal tarzda mos keladi, ammo buning ham o‘ziga xos kamchiligi mavjud. Sovuq suv terini issiq suv kabi yaxshi tozalamaydi, u teri teshiklarini toraytiradi, makiyajdan qolgan qoldiq, bakteriya va yog‘larni ushlab turadi. Shuning uchun dermatologlar avval yuzni iliq suv bilan yuvishni, keyin esa sovuq suv bilan chayishni tavsiya qiladi. Jarayon davomida maxsus parvarish vositalaridan tozalovchi penka yoki geldan foydalanishni unutmaslik lozim. Shuningdek, mutaxassislar yuzni doim ham issiq suv bilan yuvishni tavsiya qilmaydi, chunki yuqori harorat ekzema va rosatsea kabi jiddiy teri kasalliklarini qo‘zg‘atadi, qolaversa, terini quritadi.
72
1,295
Ayollar
Tushkunlikka qarshi kurashuvchi mahsulotlar
Ba’zan hayotda hech narsadan xursand bo‘la olmay qolamiz. Asabiylashish, xafagarchilik, tushkunlik doimiy hamrohga aylanadi. Bunday sharoitda tabiiy antidepressant mahsulotlar yordamga keladi. Bunday mahsulotlar organizmda baxt garmoni deb ataluvchi serotonin va noripinefrin miqdorini oshiradi. Ana shunday kayfiyatni ko‘taruvchi mahsulotlardan biri shokoladdir. Uning xushbo‘y hidi g‘azablanishni kamaytirib, tarkibidagi feniletilamin baxt gormoni — endorfin ishlab chiqarilishiga sabab bo‘ladi. Organizmdagi stressga qarshi kurashishda bodom ham yordam beradi. Tarkibidagi magniy tufayli asab tizimi har qanday ruhiy zo‘riqishga qarshi tura oladi. Shuningdek, undagi Ye vitamini stressni yuzaga keltiruvchi erkin radikallarni neytrallashtiradi, B2 vitamini esa serotonin ishlab chiqarilishiga turtki bo‘ladi. Dengiz mahsulotlari vitaminlarga boy bo‘lib, tarkibidagi oqsil, fosfor va sink antidepressant samaraga ega. Losos balig‘i omega-3 yog‘ kislotalariga boy bo‘lib, organizmni stressdan xalos etishga yordam beradi. Brokolli butun organizmni tozalash, toksin va kanserogenlarni neytrallashtirib, gormonal balansni tiklaydi, stress vaziyatlarda tinchlanishga yordam beradi. Bizni yoshlikdan sut ichishga majburlashadi va to‘g‘ri qilishadi! Har kuni sut ichish nafaqat tish va suyaklarni kalsiy bilan ta’minlaydi, balki stress garmonlari ishlab chiqarilishiga ham to‘sqinlik qiladi. Shuningdek, doim yaxshi kayfiyatda bo‘lish uchun ko‘proq banan iste’mol qiling. Banan tarkibidagi uch xil tabiiy shakar: saxaroza, fruktoza va glyukoza quvvatni tiklash va asab tizimini mustahkamlashga ko‘mak beradi.
43
1,605
Ayollar
Original atirlarni qalbakisidan ajratishga yordam beradigan layfxaklar
Aksariyat xaridorlar qalbaki atirni do‘konda beparvolik bilan sotib oladi. Gap ularning ifori uzoq vaqt turmasligida emas, muammo kimyoviy kuyish yoki allergiya berish ehtimoli bilan ancha jiddiylashadi. Bir nechta oddiy maslahatlar asl nusxani soxtadan ajratishga yordam beradi. Qadoq Avvalo, xaridor qadoqlashga e’tibor berishi kerak. Ko‘pincha atirlarning qalbakisini qadog‘idan bilish mumkin. Asl atirlarda hech qachon qadoq yelim bilan yopishtirilmaydi, odatda bu termometod yordamida amalga oshiriladi. Shunday qilib, quti mukammal tekis bo‘ladi. Qutining yuqori yoki pastki qismida stiker ko‘rinishidagi shtamp bo‘lishi kerak. Soxta o‘ramda bunday stiker-shtamp bo‘lmaydi. Shtrix-kod U mahsulot ishlab chiqarilgan mamlakatning shtrix-kodiga mos kelishi kerak. Shuni yodda tutish kerakki, haqiqiy fransuz parfyumeriyasi Xitoy yoki Bangladeshning litsenziyasi ostida ishlab chiqarilmaydi. Asosiy ishlab chiqaruvchi mamlakatlar uchun shtrix-kodlarning birinchi raqamlari quyidagicha: Shu bilan birga, ishlab chiqarilgan mamlakat ko‘rsatkichi Made in France shaklida yozilishi kerak. Fransuz atiriga kelganda, “Paris” so‘zi ishlatilsa, demak, mahsulot qalbaki. To‘plamning seriya raqami Haqiqiy flakonning pastki qismida har doim partiya raqami ko‘rsatilgan shaffof stiker mavjud bo‘lishi kerak. Brendga qarab, u raqamlar va harflarni o‘z ichiga olishi mumkin. Xuddi shu raqam qadoqda ham har doim atirniki bilan mos keladi. Bundan tashqari, 95 foiz hollarda partiyaning seriya raqami chop etilmaydi yoki yopishtirilmaydi, lekin chuqur bo‘rtma ko‘rinish bilan qadoqda qo‘llanadi. Qadoqdagi ma’lumot Asl nusxada ishlab chiqarilgan sana, yaroqlilik muddati va mahsulot tarkibi har doim kichik bosma harflarda ko‘rsatiladi. Bunday holda, flakonning hajmi qat’iy ravishda ikki o‘lchov birligida — FL. OZ qisqartmasidan keyin millilitrlar ko‘rsatiladi. Konsentratsiya va ifor Atirning aslini aniqlashning yana bir usuli shishani silkitib, pufakchalarni kuzatishdir. Haqiqiy atirda ular yuzada kamida 10 soniya qoladi. Rang iloji boricha shaffof bo‘lishi kerak, cho‘kindi yoki loyqalik kuzatilmaydi. Bundan tashqari, past sifatli atir o‘zida spirtli hidni saqlaydi, haqiqiysi esa noyob va yoqimli hidga ega bo‘ladi.
70
2,213
Ayollar
Stilist tavsiyasi: zamonaviy klyosh jinsi shimlardan qanday kombinatsiya hosil qilish mumkin? (foto)
Urfga yana barcha yaxshi ko‘rib kiyadigan jinsi matosidagi klyosh shimlar qaytmoqda. Albatta, tizzadan pastga qarab kengayib ketuvchi shimlarni qanday kofta yoki kostyumlar bilan kiyish mumkin degan savol ham tug‘ilishi tabiiy. Bu borada stilistlar jinsi shimlar uchun ajoyib kombinatsiyani hosil qiladigan yuqori qism kiyimlari yoki aksessuarlar haqida o‘zlarining tavsiyasini ayamaydi. Tepa qism mos bo‘lishi kerak “Butcut” uslubidagi jinsi shim aynan shu matodagi ko‘ylak va kostyum bilan juda ham ajoyib ko‘rinishga ega bo‘ladi. Kofta va shimning uyg‘unlashuvi hamda kostyum tufayli uslubning boyitilishi har qanday go‘zal xonim tashqi ko‘rinishida muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek, bu kabi jinsi shimlar to‘qilgan sviter va jemperlar bilan ham moslasha oladi. Ustki kiyim ham muhim sanaladi Klyosh shimlarni mo‘ynalar yoki ularning kaltaroq uslubdagisi bilan kiyish mumkin. Shuningdek, mo‘yna xarid qilishda ularning sun’iysini sotib olish tavsiya etiladi. Sababi ular har qanday ob-havoda ham chidamli hisoblanadi. Qomatni yanada ixcham va uzun ko‘rsatish uchun esa mo‘yna bichimi trapetsiya shaklida bo‘lishi afzal. Shundagina klyosh shim bilan hosil qilingan kombinatsiya tashqi ko‘rinishdagi nuqsonlarni yashiradi. Poyabzallar uchun ham alohida tanlov lozim Ushbu model keng poshnali poyabzallar bilan yaxshi ko‘rinishi mumkin. Klyosh shimning ichida oyoq kichkina yoki umuman ko‘rimay qolmasligi uchun ham biroz oyoqqa hajm qo‘shadi. Old qismi to‘rtburchak tufli yoki etiklar ham yanada chiroyli tasvirni yaratishga yordam beradi. Jinsi shim va aksessuarlar Klyosh jinsi shimlar jasur, o‘ziga ishonuvchan va dadil qiz obrazini yaratishda yordam beradi. Demak, bunday uslubda aksessuar tanlashda juda ehtiyot bo‘lish kerak. Masalan, to‘qilgan sumka, shlyapa, dumaloq ko‘zoynak kabilar obraz uchun ajoyib qo‘shimcha bo‘ladi. Ushbu ko‘rinish bilan filmlardagi bezori qizlarni yodga solish hech gap emas. Aralash uslub hosil qilish mumkin Klyosh shimlarni nafaqat yuqorida tavsiya qilinganlar bilan kiyish, balki klassik uslubdagi nafis koftalarga ham moslash mumkin. Masalan, klyosh shimlar pancho yoki shunga o‘xshash koftalar bilan uyg‘unlashtirish folklor uslubini ham yodga soladi. Qisqa qilib aytganda, klyosh jinsi shimlar boshqa liboslarga o‘xshab injiq emas va faqat birgina libos kombinatsiyasi bilan cheklanmaydi. Shunday ekan, garderobdagi mavjud narsalar bilan uyg‘unlashish imkoniga ega klyosh jinsi shimdan unumli foydalanish mumkin.
100
2,457
Ayollar
Hayotni yengillashtirishga yordam beradigan 7 tavsiya
Hayotda duch keladigan qiyinchiliklar, omadsizlik, atrofdagi insonlarning fikrlari, umuman, bir insonning qalb kechinmalari faqat uning o‘ziga ayon bo‘lgan haqiqat. Odamlar hayotida kechadigan jarayonlarni o‘zlari murakkablashtiradi. Aslida barchasi juda oson. Hamma gap qanday yashash kerakligini bilishda. Cosmopolitan nashri hayotni soddalashtirning 7 usuli haqida psixologlar fikrini jamlagan holda qiziqarli material tayyorladi. Dramatik bo‘lmang Sizda pashshadan fil yasash odati bormi? Muvaffaqiyatsizlar haqida qayg‘urasizmi? O‘zingizning xatolaringizni bo‘rttirish bezovtalikni keltirib chiqaradi. Ba’zan ehtiroslarimiz halokatli narsalarni eslatadi va shu bilan asab tizimini saqlab qolish haqida umuman unutib qo‘yamiz. “Ko‘pincha, ota-onasi, oilasi tomonidan doimo biror narsani yengib o‘tish kerak, degan fikr ostida yashagan odamlar hamma narsani bo‘rttirish istagi bilan ajralib turadi, — deydi psixolog Anetta Orlova. — Asta-sekin bu ularning xatti-harakatlari modeliga aylanadi. Keyinchalik ular doimo ‘aqlbovar qilmaydigan’ qiyinchiliklar va ularni yengishga qodir bo‘lgan kuchlari haqida gaplashadi. Ular yashamaydi, hisob beradi. Shuningdek, ular har doim boshqalarning ijobiy bahosiga muhtoj bo‘ladi”. Maslahat: Qo‘rqinch holat sodir bo‘ldimi? Xayolan balkonga chiqing va 15-qavatdan vaziyatga qarang. Siz bularning barchasini baland samoga eltadigan havo sharida uchayotganingizni tasavvur qilishingiz mumkin. Tinchlandingizmi? Ana endi nima qilishni rejalashtiring. Chuqur o‘ylamang Agar siz atrofingizdagi odamlarning nima va nima uchun qilayotgani, ularning har lahzada nimani his qilishi, o‘ylarini to‘g‘ri ko‘ra olib, doim tushunaman deb o‘ylasangiz, siz nohaqsiz. Axir “begona qalb — zulmat” degan maqol bor. Hatto psixologlar ham doim odamning muayyan vaziyatdagi reaksiyasini taxmin qila olmaydi. Siz boshqalarning muomalasini hisoblashingiz mumkin, deb o‘ylagan holda diqqatingizni o‘chirib, taxminlar asosida ish qilishni boshlaysiz. Ayniqsa, siz bilan kimdir yomon munosabatda bo‘lishni xohlayotganga o‘xshaydi. Maslahat: Ko‘proq gaplashing va diqqat bilan tinglang! Agar siz boshqa odamning fikrini bilmoqchi bo‘lsangiz, shunchaki undan so‘rang. Biz qisqa yo‘l — eng to‘g‘ri yo‘l ekanligini ba’zida unutamiz. Va hamma narsani chalkashtirishni yaxshi ko‘ramiz. Hozir yashang Qayg‘u, ko‘ngilsizlik va baxtsizliklar ko‘proq o‘tmishdagi ranj-alamlarni eslaydigan odamlarda ekanligi isbotlangan. Sizga ozor bergan yoqimsiz his-tuyg‘ularni qanchalik ko‘p takrorlasangiz, shunchalik katta bo‘lib ko‘rinadi. O‘tmish o‘lgan, shunday ekan hozir yashang! Maslahat: O‘tmishni unutish kerak, siz… esda tuting: barcha yaxshi daqiqalar, achchiq va quvonchli onlar. Va ularni xayoliy shkafga joylashtiring: yaxshini — bitta tortmasiga, yana bittasiga — yomonini, biriga — harakatlar, boshqasiga — fikrlar. Keyin barcha tortmalarni kalit bilan yoping va uni xohlagan joyga qo‘ying. Hech bo‘lmaganda uni tashlang. Umumlashtirmang Yodingizda bo‘lsin, bir yoki ikkita muvaffaqiyatsizlik halokatli omadning belgisi emas. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, mag‘lubiyatlar g‘alabaga qaraganda 7-12 marta ko‘proq esga olinadi. Shuning uchun psixologlar yutuqlaringiz kundaligini yuritishingizni maslahat beradi. Unga nafaqat g‘alabalaringiz, balki umuman, siz bilan sodir bo‘lgan barcha yaxshi narsalarni yozasiz: hamkasbingiz yordami, avtobusdagi notanish odamning tabassumi, sevgan kishingizdan sog‘inchli SMS. Eng muhimi, har kuni biron-bir yaxshi narsa topa olish. Har gal nimadandir qattiq xafa bo‘lganingizda “sevinch kundaligi”ngizni qayta-qayta o‘qing! Perfektsionist bo‘lmang Perfektsionizm — bu bor narsadan zavqlanishga xalaqit beradigan va doimiy ravishda yaxshiroq narsani izlashga majbur qiladigan kasallikning bir turi. Idealni izlash — cheksiz jarayondir. Hech kim mukammal emas. Shuningdek, sizda allqachon mavjud narsalar (sevganingiz, ishingiz, do‘stlaringiz va boshqalarga) mutlaqo qiziq emas. Maslahat: Psixolog Anetta Orlova aytadi: “Agar siz mukammal bo‘lishga odatlangan bo‘lsangiz, kuniga kamida 5 daqiqa doimgidek bo‘lmagan hamma narsani qilishga urinib ko‘ring. Mayli harakatlaringiz axmoqona bo‘lsin, kulgili va kuchsiz ko‘rinishdan qo‘rqmang. Agar perfektsionizm boshqalarga qaratilgan bo‘lsa, yaqinlaringizdan kimnidir tanqid qilganingizda sizni to‘xtatishlarini so‘rang. Eng muhimi, dunyoni qanday bo‘lsa, shunday qabul qilishdir”. Qoida tuzmang Bolalikda ota-onangiz sizga “xohlayman” fe’lidan tashqari “kerak”, “shart” so‘zlari borligini aytgan. Ko‘pincha muayyan xatti-harakat qoidalariga asoslangan ushbu ikki so‘z sizga faqat aybdorlik hissi va nevrozlarni beradi. Albatta, yoshga qarab, barchamiz yaqinlar va hamkasblarimiz oldida qandaydir majburiyatlarga egamiz. Ammo nima xohlayotganingizni unutmasligingiz kerak. Va boshqalarni o‘z qoidalaringizga rioya qilishga majbur qilganda, siz mijg‘ov va diktatorga aylanasiz. Ishoning, bu yoqimli rol emas. Stereotiplar va yorliqlardan qoching Ijobiy yoki hech bo‘lmaganda neytral so‘zlardan foydalaning. Axir negativ so‘zlar shunga o‘xshash fikrlarni keltirib chiqaradi. Psixoterapevt Untilova aytadi: “Hozir ‘yaxshi’ va ‘yomon’ so‘zlari shaxsiy xarakterini yo‘qotdi, standart va xulq-atvor qoidalariga aylandi. Odam “yaxshi va yomon” reaksiya ekanligini unutib, ularni dalillar uchungina qabul qiladi va shu bilan o‘zini har qanday yangi tajriba olishdan mahrum qiladi”. Maslahat: Hech narsani baholamay, hech bo‘lmaganda bir kun yashashga harakat qiling — shunchaki kuzating va yashang. Shunda bu qanday yoqimli ekanligini ko‘rasiz!
53
5,525
Ayollar
Yuz terisiga SPF va tonal kremni birgalikda qanday qo‘llash kerak?
Yoz faslida quyosh nuri ostida qolishning nojo‘ya ta’sirlari mavjudligi haqida unutmaslik kerak. Ultrabinafsha nurlaridan himoyalanish vaqtida teri o‘zidan pigment — melanin ishlab chiqaradi, bu esa uning qorayishiga olib keladi. Quyoshda uzoq qolish yosh o‘tishi bilan dog‘lar, terining qurishi, kengaygan teshiklar paydo bo‘lishiga olib keladi, shuningdek, qarish jarayonini tezlashtiradi va melanoma xavfini oshiradi. Bunday jiddiy oqibatlarga qaramay, ko‘pchilik SPF himoyasini e’tiborsiz qoldirishda davom etmoqda. Buning sabablaridan biri makiyajdir. Ammo SPF va tonal kremni bir nechta qoidalarga rioya qilgan holda birlashtirib foydalanish mumkin, deb yozadi The Symbol. Tarkibni to‘g‘ri tanlash Tonal kremni SPF bilan birgalikda qo‘llash uchun ularning suyuqligini e’tibor bilan tanlash lozim. SPF yuzda havo ham, namlik ham o‘tmaydigan qatlam hosil qilmasligi kerak. Chunki u bir necha soat ichida terida yallig‘lanishni paydo qiladi, ayniqsa, issiqda juda xavfli. Xuddi shu narsa tonal krem uchun ham amal qiladi: sovuq mavsum uchun zich va to‘qroq ranglardan foydalanish mumkin. Yozda terida sezilmaydigan va nafas olishiga imkon beradigan yengil suyuqlik bo‘lishi kerak. Terini namlash Agar  SPF o‘zida namlantiruvchi va quyoshdan himoya qilish funksiyalarini birlashtirmasa, undan avval, albatta, namlantiruvchi surtish kerak. Aniqrog‘i, bu yil davomida amalga oshirilishi kerak va quyosh kremidan foydalanish ushbu qoidani bekor qilmaydi. Asosiysi, namlantiruvchi mahsulot so‘rilishi uchun o‘rtada yetarlicha vaqt bo‘lishi kerak. Namlantiruvchi qo‘llangandan keyin taxminan 22-25 daqiqadan so‘ng SPF’ni surtish mumkin. Shoshilmaslik SPF va tonal krem bilan vaziyat SPF va namlantiruvchi bilan bir xil. Ikki vositani darhol yuz terisiga qo‘llab bo‘lmaydi: katta ehtimol bilan ular shunchaki surtiladi va tonalsiz hamda ultrabinafsha nurlaridan himoyasiz qolish mumkin. Quyosh kremi to‘liq so‘rilishini kutish va shundan keyingina tonal kremdan ham foydalanish kerak. Ha, bu juda ko‘p vaqtni oladi, ammo natijasi xursand qiladi. SPF’ni muntazam yangilab turish Dermatologlar terini samarali saqlash uchun har 2 soatda SPF’ni qayta qo‘llashni tavsiya qiladi. Makiyaj ostida quyoshdan himoya qiluvchi kremni qo‘llash mumkin emas. Bu yerda quyoshdan himoya qiluvchi upa yordam beradi. Ertalab makiyajdan oldin, himoya darajasi kamida 50 bo‘lgan kremni ishlatish yaxshiroq, keyin har ikki soatda himoyani upani bilan yangilab turish mumkin. Mutaxassislar ultrabinafsha nurlaridan himoya qilish va parvarishni birlashtirish uchun minerallarga boy mahsulotlarni tanlashni tavsiya qiladi. Ushbu oddiy usul makiyajni saqlab qolishga yordam beradi va zararli nurlarning teri hujayralariga kirib borishini oldini oladi. Upa rangli yoki butunlay shaffof bo‘lishi mumkin.
66
2,773
Ayollar
Sanskrin — foydalimi yoki zararli? Yozda terini qanday himoya qilish kerak?
Quyoshli ob-havo ko‘proq vaqtni ochiq osmon ostida o‘tkazishga undaydi, bu odatda ko‘ngilni ko‘taradi va rag‘batlantiradi. Ammo ushbu jarayon terining tashqi ko‘rinishi  va salomatligiga jiddiy zarar yetkazmasligi uchun eng avvalo nimalarga e’tibor qaratish kerak? Quyoshdan himoya qiluvchi kremning nomidan ham ma’lumki, u terini himoya qilish uchun mo‘ljallangan. Biroq ba’zilar buni foydali emas, aksincha zararli deb ham biladi. Garvard tibbiyot maktabining dermatologiya kafedrasi assistenti, Brigam va ayollar shifokori Jennifer Lin sanskrin haqida ayrim narsalarni ma’lum qildi. Quyoshdan himoya qiluvchi kremning xavfli ekani va teri saratoniga olib kelishi isbotlanganmi? Bu yolg‘on taxmin. Sanskrinni ishlatganlarning ko‘pchiligi quyoshli mamlakatlarga sayohat qilgani va faol ravishda toblangani sababli paydo bo‘lgan fikr. Boshqacha qilib aytganda, quyosh nurlari ostida uzoq vaqt bo‘lish kremdan emas, balki quyosh nuri tufayli saraton kasalligi xavfini oshiradi. Barcha quyoshdan himoya qiluvchi kremdan foydalanishi kerakmi? Mutaxassis teri saratonini, shu jumladan, melanomaning oldini olish uchun quyosh nurlaridan himoyalanishni tavsiya etadi. Bug‘doy va qora rangli teri egalarida ushbu holatlarning rivojlanish ehtimoli juda past. Shuning uchun ham ular buni o‘zi uchun zarur deb bilmaydi. Biroq quyosh nuridan himoyalanish terining yaxshi ko‘rinishini uzaytirishga ham yordam beradi. Demak, tabiiy ravishda qora rangli teri egalari ham quyoshdan saqlovchi kremlarni e’tiborsiz qoldirmasligi kerak. Sanskrinni qo‘llash D vitamini yetishmasligiga olib kelishi mumkinmi? Quyoshdan himoyalovchi krem D vitamini uchun muhim bo‘lgan ultrabinafsha nurlarini to‘sib qo‘yadi. Ammo ko‘pchilik tavsiya etilgan miqdordan bir choy qoshiq kamroq qo‘llashi natijasida buning oldini oladi. Agar mazkur krem D vitamini yetishmovchiligiga olib kelishi mumkinligi bezovta qilsa, u holda mutaxassislarga murojaat qilish zarur. Ular zarur deb hisoblasa, qo‘shimcha vitaminlar tavsiya qilinadi. 2018-yilda butun dunyo bo‘ylab 13 ta yetakchi mutaxassislar D vitamini darajasi quyosh nuri bilan qanday bog‘liqligini muhokama qildi. Ular ushbu kremni kattalardagi D vitamini darajasiga ta’siri juda kam yoki umuman yo‘q degan xulosaga keldi. Sanskrinlar qanday bo‘ladi? Sanskrin kremlari ultrabinafsha nurlaridan himoyalovchi kosmetik vositadir. Ularning bir necha xillari mavjud: Sprey Mahsulotning yengilligi va qo‘llanish uslubining qulayligiga qaramay, ular ham krem kabi himoya darajasiga ega. Faqat vositani teriga bir xilda taqsimlash zarur. Krem Shuni unutmangki, krem nafaqat tanaga, balki yuz uchun ham mo‘ljallangan. Shuningdek, ko‘plab quyoshdan saqlovchi kremlar ko‘z atrofi terisi uchun mos kelmaydi. Demak, undan foydalanishdan avval ishlab chiqaruvchilarning tavsiyalarini diqqat bilan o‘rganib chiqish zarur. Flyuid Bu esa sanskrinning suyuq va qulay shakli. Ayniqsa, yog‘li teri egalari uchun mos keladi va ularning ustidan krem surish ham mumkin. “Quyosh suvi” Bu vositaning yanada yengil va vaznsiz shakli. Ishlatishdan oldin mahsulotni yaxshilab chayqab yuborish kerak.
75
3,087
Ayollar
Sifatsiz mato, haddan ortiq tor libos. To‘la ko‘rinishga sabab bo‘ladigan kiyinishdagi 9 xato
Podium va urfda qanday uslubda kiyinish dolzarb bo‘lishidan qat’iy nazar har bir ayol o‘z qomati, bo‘yidan kelib chiqqan holda tanlov qilishi kerak. Chunki noto‘g‘ri kiyinish nafaqat didsiz, balki qomatni aslidan ham to‘laroq ko‘rinishiga sabab bo‘ladi. Kalta shim So‘nggi yillarda trendda bo‘lib kelgan uzun bo‘lmagan shimlarning turli modellari bor. Ammo bunday shimni qomat proporsiyasi buzilmasligi uchun ¾ uzunligidagisini tanlamaslik tavsiya qilinadi. Chunki tizzadan uzunroq turadigan model bilan bo‘yingiz past, bo‘ksa esa keng ko‘rinishi mumkin. Qomatni berkitishga urinish Qomatidan ko‘ngli to‘lmagan ayollar keng kiyim-kechak bilan kamchiliklarni berkitmoqchi bo‘ladi. Ammo qomatdan kelib chiqib tanlanmagan oversize bilan yanada qo‘polroq ko‘rinish yoki kutilgan natijaga erisha olmaslik mumkin. Agar belingiz ingichka emasdek tuyilsa, keng libos kiyib unga urg‘u berish uchun aksessuarlardan: kamar va belbog‘dan foydalaning. Haddan ortiq tor kiyim Libos, top va boshqa kiyimlarni tanlaganda haddan ortiq tor emasligiga e’tibor qaratish kerak. Chunki bunday bichimli liboslar kamchiliklarni ko‘zga tashlanishiga sabab bo‘ladi. Oversize va yana oversize Oversize’ning trendda ekani va u bilan qiziqarli obraz yaratish hatto to‘g‘ri tanlansa qomatni chiroyli ko‘rsat mumkinligi aniq. Lekin tepa qismiga ham pat qismiga yoki ustidan ham keng kiyimni bir vaqtni o‘zida kiyish birinchidan qo‘pol, ikkinchidan esa didsiz ko‘rinishga sabab bo‘ladi. Ustingizga oversize kiysangiz, belni aks ettiradigan jinsi, yubka yoki shortik kiying. Agar shimingiz yoki yubkangiz keng bo‘lsa, tepa qismingizga keng bo‘lmagan top yoki sviter kiyish tavsiya qilinadi. Printli shim Printli shimlarni tanlashda e’tiborli bo‘lish, naqshlar to‘laroq ko‘rsatishini hisobga olish kerak. Agar siz o‘z vazningizda ham to‘la kiyinishni istamasangiz, unda naqsh va printli rang barang liboslarni xarid qilishda qoching. Qavat-qavat kiyinish Dizaynerlar tomonidan kiyim ustidan kiyim kiyish podiumlarda qo‘llanilayotgani haqiqat. Sovuq kunlarda bunday kiyinishning afzalliklarini inkor qilib bo‘lmaydi, ammo hamma narsaning me’yorini bilish va inson o‘z qomatini obyektiv baholay olishi zarur. Qavat-qavat kiyinishni butkul tashlash tavsiya etilmaydi, shunchaki mato qalinligi, bichimiga e’tiborli bo‘lish kerak. Masalan, sviter ustidan ko‘ylak keyin bo‘lsa kurtka kiyish mumkin, lekin keng sviter ustidan oversize pidjak, yelkasi keng kurtka kiyish sizni semiz ko‘rsatishi aniq. Bo‘yin qismini yopiq libos Doim qiziqarli obraz yaratish mumkin bo‘lgan hech ham urfdan qolmaydigan vodolazka kiyishda, bo‘yin kalta ko‘rsatishi mumkinligini inobatga olish kerak. Kiyinish borasidagi bunday xatoni Brijit Makronning kiyinish uslubida kuzatish mumkin. Bo‘yni yopiq liboslar qomatni aslidan to‘laroq ko‘rsatish xususiyatga ega. Yoqali, bo‘yin qismi V shaklidagi liboslar esa ayol kishini yanada latofatli va jozibali ko‘rsatadi. Noto‘g‘ri uzunlikdagi yubka Libos yoki ko‘ylak uzunligining to‘g‘ri ekani nafaqat trendlar, balki qomat o‘lchamlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Uzunligi to‘piqdan biroz yuqoriroqda turadigan uzunlikdagi yubka hatto bo‘yi 180 bo‘lgan ayol yoki qizni ham past bo‘yli ko‘rinishiga sabab bo‘ladi. Agar siz uzun liboslarni yoqtiradigan bo‘lsangiz e’tiboringizni midi uzunligiga qaratish tavsiya qilinadi. Sifatsiz trikotaj Sifatsiz mato obraz haqida noto‘g‘ri xulosa chiqarishga sababchi bo‘ladi. Yupqa va shildiragan trikotaj, siz yashirishni istagan qomatingizdagi kamchiliklarni ko‘zga tashlanishiga olib keladi. Shuning uchun tor libosdan obraz yaratishni istasangiz qattiq matoli kiyimlar, keng liboslar uchun esa yumshoq matodan tikilgan liboslarga e’tibor qarating.
93
3,674
Ayollar
Quyosh nuridan sochlarni qanday himoyalash kerak?
Ultrabinafsha nurlar nafaqat teriga, balki sochlarga ham salbiy ta’sir qiladi, ularning qurishi va to‘kilishiga olib keladi. Shuning uchun sochni himoya qilish maqsadida ishlab chiqarilgan maxsus mahsulotlar marketologlarning hiylalari emas, balki tabiiy zaruratdir, deb yozadi “Noviy ochag”. Nima uchun plyajda sochlarni quyosh nuridan himoya qilish kerak? “Ultrabinafsha nurlari soch rangi uchun mas’ul bo‘lgan keratin va melaninni yo‘q qiladi, — deydi Klorane va Galenic brendlari guruh-menejeri Natalya Ivleva. — “Dengiz suvi, tuz, qum, shamol, xlor ham soch kutikulasini yo‘q qilishga sabab bo‘ladi va quyosh nuri soch tolasiga zararli ta’sir o‘tkazishni tezlashtiradi”. Suzishdan oldin sochlarni toza suvda yuvish yordam beradimi? Dengizda suzishdan oldin sochlarni toza suv bilan yuvish, uni tuzga chidamli qiladi, degan nazariya mavjud. Ammo mutaxassislar buni rad etadi: “Suv tozalash vazifasini bajaradi va sochni himoya qilmaydi”. Quyoshga kuygan sochlar — chiroylimi yoki zararli? Quyoshda kuygan sochlar ko‘pincha quyoshning emas, balki ajoyib bo‘yoqchining ishidir. Quyosh nuri dengiz suvi bilan birgalikda sochlarga katta zarar yetkazadi, ularni quruq va jonsiz qiladi. Shuning uchun ularni shlyapa ostiga yashirish kerak. Sochlar rangini yorqinroq qilish uchun limon sharbatini surtish tavisya etilmaydi. Plyajdan keyin sochlarga qanday yordam berish kerak? Plyajdan qaytgach, sochda yig‘ilib qolgan tuzni shampun bilan yuvib tashlashni unutmaslik kerak. “Soch uchun namlantiruvchi va oziqlantiruvchi shampunlardan foydalanish yaxshiroq, — deb tavsiya qiladi Natalya Ivleva. — Bundan tashqari, balzam haqida unutmaslik kerak: u sochni butun uzunligi bo‘ylab tiklanishga yordam beradi”. Hammasini nazorat qilish Dengiz bo‘yida o‘tgan yozgi ta’tildan keyin sochlarni sog‘lom holatga qaytarish uchun ularga yaxshi g‘amxo‘rlik qilish kerak. Buning uchun sochni ko‘rinmas qalqon kabi himoya qiladigan moylardan foydalanish mumkin. UVA va UVB filtrlari tufayli yog‘ sochlarni barcha tashqi ta’sirlardan ishonchli himoya qiladi. Shampun sochni muloyimlik bilan tozalaydi, keratinli konditsioner va shi yog‘i bilan oziqlantiradi hamda tarashni osonlashtiradi. Ta’tilda sochlarga erkinlik berishga harakat qilish, sochlarini fenda quitish hamda mukammal turmaklardan voz kechish kerak. Agar bularning iloji bo‘lmasa, har doim ko‘chaga chiqishda avval sochlarni himoyalovchi kremlardan foydalanish tavsiya etiladi.
49
2,421
Ayollar
Kir yuvish mashinasini qanday tozalash mumkin?
Kir yuvish mashinasidan yomon hid anqishi va baraban rezinkasining qorayishi unda bakteriyalar to‘planib mog‘or paydo bo‘lishi mumkinligini bildiradi. Umumiy (frontal) “zagruzka” Kir yuvish mashinangizning “toza baraban” funksiyasi bo‘lsa, juda yaxshi, yo‘q bo‘lsa, kukun soladigan bo‘lmaga xlorli oqartiruvchi vositadan bir stakan soling va mashinani ishga tushiring. Keyin barabanni quruq qilib arting. Dispenser qutisini oling va uni iliq suvda chaying. Yumshoq gubka bilan kir yuvish kukunidan qolgan qoldiqlarni tozalang. Vertikal “zagruzka” Oddiy yuvish sikli, eng issiq suv harorati hamda qo‘shimcha chayishni tanlang. Bir stakan xlorli oqartiruvchi vositani dispenser ichiga soling. Kir yuvish kukunidan foydalanishga hojat yo‘q. To‘liq siklga qo‘ying va bakteriyalar o‘lishi uchun quritish rejimidan ham foydalaning. Keyin yuqoridagi singari yaxshilab artib, quriting. Quyidagilarga ham amal qilish tavsiya qilinadi:
46
926
Ayollar
Tirnoqlarni mustahkamlaymiz
Agar tirnoqlar har doim qatlam-qatlam holda va sinayotgan bo‘lsa, modada bo‘lgan manikyur masalasi keyinga qoldiriladi. Bizning maslahatlarimizga amal qilgan holda tirnoqlaringizni mustahkamlang va mavsumning eng ommabop trendlarini sinab ko‘ring. Mo‘rtlikning asosiy sababi — quruq tirnoq plastinasi. Buni to‘g‘rilash uchun uni B5, E vitaminlari va maxsus birikmalar bilan ta’minlash kerak. Odatda ular tirnoqlar uchun mustahkamlovchi bazalar tarkibida bo‘ladi. Bu vositani rangli laklar bilan bo‘yashdan oldin tirnoqlaringizga suring. “Atsetonsiz” degan belgi qo‘yilgan suyuqlikni tanlang. Bu modda — tirnoqlarning dushmani hisoblanadi, chunki u tirnoqlarni haddan tashqari quruqlashtiradi. Ular tirnoqlarni qatlamlarga ajratadi, tirnoqlar chetidagi milklarni vujudga keltiradi, tirnoqni buzadi. Poliuretan yoki yog‘och egovchalardan foydalaning, chunki ular tirnoqqa zarar keltirmaydi. Yog‘lar tirnoqlar quruqlashmasligiga katta yordam beradi. Masalan, tirnoqlar uchun ilang-ilang yog‘i yordamida mustahkamlovchi vosita tayyorlash mumkin: 4 tomchi ilang-ilang efir yog‘ini bir choy qoshiq bodom yog‘i bilan aralashtiring, tirnoqlarga suring va uqalang. Tirnoqlarni mustahkamlash va oqartirishga zaytun yog‘i bilan vanna qilish yordam beradi: Sal qizdirilgan yog‘ga besh tomchi limon sharbati qo‘shing, qo‘llaringizni o‘n daqiqa davomida qoldiring. Bundan tashqari, o‘z yashash tarzingizga ham e’tibor qarating. Sog‘lig‘ingiz, shu jumladan tirnoqlaringiz ham qanday ovqatlanishingizga bog‘liq. Ular mustahkam bo‘lishi uchun A, D vitaminlariga va kalsiyga boy bo‘lgan — yong‘oq, avokado, sut, tvorog va pishloq kabi oziq-ovqatlarni iste’mol qiling. Manba: “Fraufluger.ru”
27
1,673
Ayollar
Shaxsiy hayot, ish va jamiyatda muvaffaqiyatga erishish uchun muhim bo‘lgan 5 tavsiya
Shunday vaqtlar bo‘ladiki, arzimagan qo‘pollik yoki axloqsizlik bilan insonlar o‘rtasidagi munosabatlarga nuqta qo‘yiladi yoki noto‘g‘ri fikr shakllanadi. Elementar tamoyillar bilan shaxsiy hayot, karyera va jamiyatda muvaffaqiyatga erishish, atrofdagilarda ijobiy xulosa qoldirish mumkin. Shuni hisobga olgan holda, kundalik hayotda amal qilinishi kerak bo‘lgan eng oddiy, ammo kerakli axloq va madaniyat bilan bog‘liq jihatlarga to‘xtalamiz. Salomlashish Salomlashish axloq va madaniyatning eng yuksak ko‘rinishlaridan biri. Did bilan kiyingan, chiroyli qiyofa egasi bo‘lsangiz ham atrofdagilar bilan salomlashmaslik siz haqingizda yetarlicha tasavvur beradi. Salomlashish, muomala faqat manfaat ustiga qurilmasligi, rahbarga berilgan salom, qorovul yoki oddiy ishchiga ham birdek bo‘lishi kerak. Odamlar bilan so‘rashish ularning statusi bilan bog‘liq bo‘lmasligi, sizni qanchalik madaniyatli va tarbiyali ekanligingizdan dalolat beradi. Salomlashish madaniyati, shuningdek, bugungi kunda dolzarb bo‘lgan yozishmalarda ham aks etishi, oddiy masala bo‘yicha murojaatda ham bu qoidalarga amal qilinishi kerak. Suhbatdoshga bepisand munosabatda bo‘lmaslik Yuzma-yuz muloqot vaqtida suhbatdoshingizga bepisand munosabatda bo‘lmang, aytilayotgan so‘zlarni diqqat bilan tinglang, kerak joyda asosli fikr bering. Suhbat davomida telefonga chalg‘imang, to‘g‘ringizdagi inson sizga dardini aytayotgan, maslahat so‘rayotgan bir vaqtda telefonga qarab o‘tirish hurmatsizlikni bildiradi. Agar telefonda zarur ishingiz bo‘lsa, suhbat oldidan biroz vaqt ajratib hal qilib keyin suhbatga kirishing. Suhbat rasmiy bo‘ladimi yoki do‘stona farqi yo‘q, telefoningizni vaqtincha ovozsiz rejimga qo‘ying. Kechikmaslik Aytilgan joyga kechikmaslikka, vaqtida borishga harakat qiling. Uchrashuvlarga kechikkandan ko‘ra, ertaroq borgan afzal. Sizga kutish yoqmaydi to‘g‘rimi, boshqalarga ham shunday ekanini yodda tutib, o‘zingizni kutayotgan odam o‘rniga qo‘yib ko‘ring. Shuningdek, uchrashuvlar to‘satdan bo‘lmasligiga oldindan rejalashtirishga harakat qiling. Tartibli tashqi ko‘rinish Tashqi ko‘rinishingizga e’tibor bering. Ko‘rinishga e’tibor berish degani qimmatbaho brenddan kiyinish kerak degani emas. Toza, dazmollangan va tartibli libos, g‘ijim, yuvilmagan qimmatbaho kiyim-kechakdan ming karra afzal. Ko‘rinishga qarab kutib olinishi, muomalaga qarab kuzatilishi haqidagi gapda jon borligini unutmang. Muomala madaniyati Oddiy, uzr, rahmat, iltimos so‘zlarini ishlatishni yoddan chiqarmang. Bu laganbardorlik emas, madaniyat ko‘rsatkichi hisoblanadi. Sizga yaxshilik qilgan insonlarga samimiy minnatdorchilik bildirib, biron yeringiz kamayib qolmaydi. Boshqa bir insonni vaqti kelganda tanqid qilish, vaqti kelganda ijobiy xususiyatlarini tan ola bilish zarur.
85
2,752
Ayollar
Semirishga olib keladigan oziq-ovqatlar
Ba’zilar oziq-ovqat mahsulotlarining xususiyatlariga yaxshi e’tibor bermasdan sotib olaveradi. Qaysi mahsulotlar semirishga va qaysilari ozishga yordam berishini ko‘pchilik bilmaydi. Biz semirishga olib keladigan oziq-ovqatlarning ba’zi turlari bilan tanishtiramiz. Ertalab siz yeydigan sog‘lom va tez tayyor bo‘ladigan bo‘tqa yoki yormalar deb ataluvchi nonushta tarkibi semirishga yordam beradigan shakar va tozalangan uglevodlarlardan tashkil topgan. Bunday nonushtadan keyin ko‘p o‘tmay yana qorningiz ochganini his qilasiz. Boshoqli donlardan qilingan har qanday non, unga “butundonli” deb yozilgan bo‘lsa ham sizning parhezingiz uchun zararli hisoblanadi. Myusli tarkibi to‘liq tabiiy mahsulotlardan iborat bo‘lsagina foydali va parhezli hisoblanadi. Hozirda myusli tarkibiga ko‘plab shakar, yog‘lar qo‘shiladi va nonushta uchun yetarli bo‘lgan miqdorni oshirishadi. Yogurt sog‘lom ovqat hisoblanadi va bu haqiqatan ham shunday. Lekin yog‘sizlantirilgan yogurt emas. Gap shundaki, mahsulot hamma zararli yog‘lardan tozalangandan so‘ng, uning ta’mi yeb bo‘lmaydigan darajada yomonlashadi. Ishlab chiqaruvchilar bu muammoni bartaraf etish uchun har xil ta’m beruvchi qo‘shimchalar aralashtiradi. Sabzavotlar – parhezda odamning eng birinchi do‘sti hisoblanadi. Lekin ularning faqat o‘zini yeyish mazali emas. Shuning uchun biz salat qilamiz. Bizning eng katta xatomiz ham ana shunda, chunki salatga qo‘shilgan qo‘shimchalar uni parhezlilik xususiyatini yo‘qotish uchun xizmat qiladi.
39
1,488
Ayollar
Go‘zallik uchun foydalansa bo‘ladigan tabiiy mahsulotlar
Yuzga niqob va piling qilishi zaruriyati paydo bo‘lsa-yu uyda bu kabi vositalarni topish imkoni mavjud bo‘lmaganda qaysi mahsulotlar ulardan kam bo‘lmagan samara berishi haqida ma’lumot berib o‘tamiz. Avokado Avokado nafaqat qorinni to‘q tutishi, balki katta miqdordagi vitaminlarning koni ekani bilan ham o‘ziga xosdir. Unda yog‘ kislotalari, A, B, E va C guruhi vitaminlari, shuningdek, antioksidantlar, omega-6 va boshqa ko‘plab mikroelementlar mujassam bo‘ladi. Yoshartiruvchi, bitkazuvchi hamda namlantirish xususiyatiga ega bo‘lgan avokadodan yuzga niqob qilsa ham bo‘ladi. Uni asal va banan bilan aralashtirib, yuzga surtish va biroz vaqtdan keyin iliq suv bilan yuvib tashlashingiz mumkin. Natija sizni uzoq kuttirmaydi. Kokos yog‘i Kokos yog‘i kosmetikada foydalanish mumkin bo‘lgan eng yaxshi mahsulotlardan biri sanaladi. Teri va sochni a’lo darajada namlantirgani sabab ham undan ishlab chiqarishda samarali foydalaniladi. Uni terining istalgan qismiga ikkilanmasdan surtish mumkin, ammo sochlar bilan ehtiyotkor bo‘lgan yaxshi. Uning konsistetsiyasi tufayli soch yog‘lanishi va kirga o‘xshab qolishi mumkin. Aloy Aloy nafaqat teri va soch, balki butun organizm uchun ham foydali. U teri rangini yaxshilaydi, namlantiradi va tarang ko‘rsatadi, yallig‘lanishlarni bartaraf qiladi va hatto ultrabinafsha nurlaridan ham himoya qiladi. Undan kosmetik maqsadda foydalanish juda ham oson: toza terini o‘simlik bargi bilan artish va 20 daqiqaga qoldiring suv bilan yuvib tashlash kifoya. Limon Kosmetikada limon poralarni tozalash, yog‘ va yaltirashlarni bartaraf qilib, chandiqlarni bitirish maqsadida foydalaniladi. Qolaversa, uning yordamida teri rangini tiniqlashtirib, sog‘lomlashtirishga erishish mumkin. Buning uchun limon bo‘lagi bilan yuzni artib, 20 daqiqadan keyin yuvib tashlash kifoya. Bodring Bodringdan faqat iste’mol maqsadida foydalanish mumkin deb o‘ylaganlar yanglishadi. Uni bilan terini tetiklashtirishdan tashqari, yordamida uy sharoitida piling qilsa ham bo‘ladi. Buning uchun maydalangan suli yormasiga bodring qo‘shing. Yuzga surtgandan keyin biroz muddat o‘tib yuvib tashlasangiz bo‘lgani.
56
2,121
Ayollar
2022-yilning kuz mavsumidagi eng zamonaviy sumkalar (foto)
Aktrisa Kerri Bredshou sumkalarga bo‘lgan cheksiz muhabbati haqida gapirdi: “Bu shunchaki kichkina sumka, biroq usiz mukammal obraz yarata olmaymiz”, — deydi. Foydalanishdan tashqari, ushbu aksessuar tasvirga to‘liqlik va uyg‘unlik beradi. Stilistlar sumkalarni yangi tendensiyalarning barometri deb bilishadi. Qo‘lingizda bo‘lgan narsalarga qarab, 2018-yilda urf bo‘lgan narsalarda qolib ketganmisiz yoki eng so‘nggi urfdagi narsalardan foydalanasizmi, buni tezda o‘ylab ko‘rish mumkin. Har bir narsa: shakli, dastasi, print, material, detallarga e’tibor qaratish muhim. “Lisa.ru” nashri 2022-yilning kuz mavsumidagi eng zamonaviy, urfga kiradigan sumkalar ro‘yxatini taqdim etdi. Yarim oy shaklidagi sumkalar  Ushbu mavsumda yarim oy shaklidagi sumkalar urfda bo‘lishi kutilmoqda. Yevropa moda brendlaridan tortib, ko‘proq budjetli brendlargacha, bu konsepsiyani hozir hamma sinab ko‘rmoqda. Lemair fransuz moda uyi kruassan shaklidagi sumkalarni ishlab chiqardi, Zara brendi “oy tilimini” marvaridlar bilan bezatdi va Ralf Loren brendi esa yorqin qizil rangli sumkalarni ishlab chiqardi. Yorqin rangdagi sumkalar Bu mavsumda dizaynerlar ayollarining bir qismining kayfiyatini ko‘tarish ustida ishlashga qaror qilishdi. Pushti, payet va yorqin ranglarning qanday birlashuvini yana qanday ifodalash mumkin? 1990-yillar va 2000-yillarda ayollarga xos bo‘lgan sumkalar urfga kirdi. Mo‘ynali sumkalar Chiroyli ko‘rinishga va yumshoq teriga ega qo‘y terisidan tikilgan va mo‘ynali sumkalar qulay dastalarni yaratishga yordam beradi. Shuningdek kun bo‘yi shahar bo‘ylab sayr qilganda ham, ko‘p ishlar bo‘lsa ham halaqit qilmaydi. Kvadrat sumkalar Louis Vuittonning qo‘lda tikilgan sumkasi bo‘ladimi yoki Lima sumkasi bo‘ladimi, bu mavsumda stilistlar shaxsiy narsalaringizni kvadrat shaklidagi ridikyulada saqlash kerakligini aytgan. To‘g‘ri sumkalarni tanlash uchun ranglarni yaxshi moslashingiz yoki panama shlyapalari va kurtkalaridan tortib, sumka va poyabzalgacha bo‘lgan barcha narsalarga e’tibor qaratishingiz kerak. Art-obyektga o‘xshash Klassik sumkalar har doim yaxshi tanlov bo‘la oladi, biroq g‘ayrioddiy shakldagi aksessuarni ishlatish kerak. Bo‘yalgan, gobelen, shisha, g‘ayrioddiy tutqichli yoki sivilce bilan qoplangan — dekor miqdori faqat tasavvuringiz kengligiga bog‘liq.
58
2,302
Ayollar
Kiyimlar parvarishida iste’mol sodasidan foydalanishning 5 ta usuli
Iste’mol sodasi nafaqat oshxona yoki go‘zallik bobida, balki kiyimlar parvarishida ham yordam beradi. Qolaversa, nafis matolarga ham zarar yetkazmaydi. Lifehacker nashri iste’mol sodasidan unumli foydalanish sirlari bilan bo‘lishdi. Yomon hidlarni bartaraf etadi Kiyim va choyshablar vaqt o‘tishi bilan hidlanadi, chunki ularda inson terisidagi bakteriyalar to‘planadi. To‘g‘ri, kir yuvish kukuni tarkibidagi fermentlar bu bakteriyalarni parchalaydi. Ammo arzon va sifatsiz yuvish vositalari har doim ham bu vazifani yaxshi bajara olmaydi. Ularning samaradorligini oshirish uchun kir yuvishda yarim stakan iste’mol sodasini qo‘shish kerak. Kir yuvish mashinasida esa mahsulotni baraban ichiga kiyimlar birga solinadi. Agar ter yoki tamaki tutuni kabi yoqimsiz hidlardan xalos bo‘lish uchun yuvishdan oldin kiyimlarni iste’mol sodasi solingan suv bilan namlash lozim. Kiyimlarni sodali suvda bir kechaga qoldirib, so‘ngra yaxshilab yuvish tavsiya etiladi. Xlorli oqartirgichning ta’sirini kuchaytiradi Asosan sochiq, choyshab va oq rngli kiyimlarni oqartirish uchun iste’mol sodasi yordam beradi. Yuvishdan oldin soda teng nisbatda oqartirgich bilan qo‘llanadi: soda — barabanga, oqartirgich — bu uchun maxsus mo‘ljallangan bo‘linmaga solinadi. Bu pulni tejashga va kiyimlarni avvalgi ko‘rinishini qaytarishga yordam beradi. Matoni yumshatadi Kiyimlar muntazam yuvilganda, mato dag‘allashadi, chunki erigan metall tuzlarining zarralari uning ustiga joylashadi. Bundy vaqtda iste’mol sodasi yordamga keladi. Kutilgan natijaga erishish uchun kiyimlarni chayishda faqat yarim stakan iste’mol qo‘shish mumkin Bundan tashqari, do‘kondan sotib olingan mato yumshatkichlar iste’mol sodasidan farqli o‘laroq, xushbo‘y hidlar va kimyoviy moddalarni o‘z ichiga oladi. Bu esa ta’sirchan teri egalarida  allergiyani keltirib chiqaradi. Kiyimlar rangini yorqinlashtiradi Natriy bikarbonat ochiq rangli kiyimlarni oqartiradi va yorqinligini qaytaradi. Buning uchun barabanga yarim stakan iste’mol sodasi solinadi va odatdagi kukun bilan yuviladi Bu, ayniqsa, paxta matolari, shu jumladan yupqa choyshablar uchun juda mos keladi. Do‘konda sotib olingan oqartirgichdan farqli o‘laroq, iste’mol sodasi bunday nozik narsalarga zarar yetkazmaydi. Dog‘larni tozalaydi Yog‘ va oziq-ovqat dog‘larini yo‘qotish uchun bir osh qoshiq iste’mol sodasini ozgina suv bilan aralashtirib, quyuq xamir hosil qilinadi. U dog‘ ustiga qo‘llanib, 15 daqiqaga qoldiriladi. Agar mato qalin bo‘lsa, dog‘ni tish cho‘tkasi bilan ishqalash mumkin. So‘ngra kiyim odatdagidek yuvib tashlanadi.
67
2,549
Ayollar
2017-yilda urf bo‘ladigan atirlar
Atirni xuddi o‘zingizga ideal ko‘ylak tanlayotgandek alohida e’tibor bilan tanlash zarur. Bu maqolada atirlarning eng dolzarb turlari yig‘ilgan. Muattar hidlar orasida sizga tanish bo‘lgan va hali ham mashhurlikni qo‘ldan bermay kelayotgan Dior uyi tomonidan yaratilgan – Dior Addict’ni ta’kidlab o‘tishimiz joiz. Miss Dior ham o‘zining yengil gul ifori bilan katta shuhrat qozongan. Thierry Mugler’ning Womanity atiri ham o‘z muxlislarini yo‘qotmaydi. Ular qulupnay, anjir va osyotr ikrasi hidlarining o‘ziga xos birikmasi tufayli nozik didligi bilan katta muvaffaqiyat qozondi. Yana bir variant – Guerlain’ning La Petite Robe Noire ma Robe atiri. Bu yerda sitrusli hidlar bilan bergamot, atirgul, yasmin va bodom hidlari qo‘shilib ajoyib muattar ifor yaratilgan. Yangi xushbo‘y hidni tanlamoqchi bo‘lganlarga yangi polyakcha nomdagi Misia — o‘n beshinchi Les Exclusifs de Chanel’ga e’tibor qaratishlarini maslahat beramiz. Marina de Burbon’ning Classique atiri ham o‘zining gulli-mevali hidi bilan diqqatingizni jalb qiladi deb o‘ylaymiz. Italiya modalar uyi Blumarine’ning yangi gulli-sitrusli hidlar aralashmasi toza, nafis va yangi gul – suvdagi nilufar ruhida yaratilgan. Yangi xushbo‘y Blumarine Ninfea atiri tabiatan romantik, xayolparast va zavq-shavqqa to‘la ayollarga bag‘ishlangan.
33
1,294
Ayollar
Turli xil yormalardan mazali bo‘tqa tayyorlash sirlari
Nonushtada bo‘tqa yeyish kerakligi bizga bolalikdan o‘rgatib kelinadi. Bolalar bog‘chasida bo‘tqa yeyaverib joniga tegib ketgani uchun ko‘pchilik kattalar uni yoqtirishmaydi. To‘g‘ri tayyorlangan bo‘tqa mazali ta’mi bilan kayfiyatni ko‘taradi va kun davomida zarur bo‘ladigan energiya bilan ham ta’minlaydi. Grechka bo‘tqasini qaynatishdan oldin qozonda biroz qizdiring va o‘simlik yog‘i qo‘shing. Qaynash jarayonida qozon qopqog‘ini yopib qo‘ying. Manniy bo‘tqasini pishirishda 1 litr suyuqlikka 6 osh qoshiq yorma soling. Suyuqlik sifatida kamida yarmiga yoki hammasiga sut ishlatsangiz bo‘tqa shirinroq chiqadi. Suli yormasidan bo‘tqa tayyorlashda birinchidan, yormani suv yoki sutdan 2 baravar kam miqdorda oling. Ikkinchidan, boshqa masalliqlarni faqat sovugandan keyin qo‘shing. Uchinchidan, qancha ko‘p qaynatsangiz shuncha mazali bo‘ladi. Tayyorlashdan oldin yormani ivitib qo‘ying, chunki u uzoq vaqt qaynatiladi. 2 litr suvga 1 piyola yorma solinadi. Tuz va saryog‘ bo‘tqa tayyor bo‘lgandan so‘ng qo‘shiladi.
54
1,019
Ayollar
Biz nima uchun xurrak otamiz va undan qanday qutulish mumkin?
Qattiq xurrak – bu faqat oddiygina eshitilish doirasidagilarning kechasini zaharlaydigan bezovta qiluvchi ovoz emas. Shuningdek, xurrak sog‘liq bilan bog‘liq muammolardan ham darak beradi. Xurrakning turli xil sabablari ichida beozorlari ham bor, ba’zi sabablar yuzasidan esa tezlikda shifokorga murojaat qilish talab qilinadi. Xurrakning eng oddiy sababi – bu tananing uyqudagi holati. Ko‘pincha odamlar chalqancha holatda yotganda xurrak otadi. Gap shundaki, chalqancha yotganda tomoq mushaklari bo‘shashadi, hiqildoq torayadi va bu xurrakka sabab bo‘ladi. Xurrakning boshqa sababi semirib ketish ham bo‘lishi mumkin, bunda oshiqcha yumshoq to‘qimalar halqumni siqib qo‘yadi. Bunday holatlarda ortiqcha vaznni kamaytirish – parhez qilish yoki sport bilan shug‘ullanish orqali xurrakdan qutulish mumkin. Xurrak otuvchi odam kamida uyqusizlik yoki uyquga to‘ymaslikdan aziyat chekadi. Unda jiddiyroq muammolar ham bo‘lishi mumkin, masalan tungi apnoe – ya’ni, uyqu paytida nafas olishning vaqtincha to‘xtashi. Agar siz xalqona usullar yordamida xurrakdan qutulishni xohlasangiz, o‘z yashash tarzingizga o‘zgarishlar kiritishingiz kerak. Bu o‘zgarishlarga ortiqcha vaznni yo‘qotish, uyqu oldidan spirtli ichimliklar ichishni cheklash, yotoqda to‘g‘ri yotish kiradi. Xurrakdan qutulishning boshqa yo‘li og‘iz bo‘shlig‘i mushaklarini mustahkamlovchi maxsus mashqlardir. Masalan, ashula aytish yoki puflab chalinadigan cholg‘u asboblarida chalish. Manba: “Woman.ru”
61
1,462
Ayollar
Burun ustidagi qora dog‘larni ketkazuvchi 5 ta niqob
Gormon o‘zgarishi natijasida o‘spirinlar duch keladigan muammolardan biri burun, peshona, iyak sohalaridagi qora dog‘larning paydo bo‘lishidir. Ammo ular keyinchalik ham hamroh bo‘lsa, undan xalos bo‘lishning bir qancha usullari bor. Buning uchun ko‘p narsa talab etilmaydi, niqoblarni uy sharoitida tayyorlash mumkin. Yuzda qora dog‘lar paydo bo‘lishining sabablari Ularning sababi bir qancha. Qora dog‘lar har doim ham yog‘li yuzlarda emas, yog‘ bezlari kanallari yopilib qolganda teri ostiga yog‘ to‘planadi, bu oq massa tashqaridan qora nuqta bo‘lib ko‘rinadi. Bunday qora dog‘lar quruq yuzli qizlarda ham chang va tashqi ta’sir tufayli ham yuzaga kelishi mumkin. Shuningdek, yuzga mos tushmagan kremlardan foydalanish ham qora dog‘larning paydo bo‘lishiga olib keladi. Uy sharoitida tayyorlanadigan niqoblar yordamida qora dog‘larni ketkazish Shuningdek, uyda jo‘xori uni, salitsil kislotasi hamda limon sharbati yordamida niqoblar tayyorlab, qora dog‘lardan xalos bo‘lish mumkin.
52
986
Ayollar
Yangi yil bazmiga kiyish tavsiya etilmaydigan liboslar (foto)
O‘quv va ish joylarida bayramoldi ziyofatlari boshlanishiga hech qancha vaqt qolmadi. Bu borada ayollarni doimgidek bir savol o‘ylantirayotgan bo‘lishi aniq. Bayram uchun har yilgidan ham ko‘ra chiroyli va o‘zgacha ko‘rinishda bo‘lish uchun, avvalo, nimalar kiyib bo‘lmasligi haqida bilib olish kerak. Shunda savolga javob topish ham unchalik qiyin kechmaydi. Badanrang ko‘ylak Ziyofat bu – aynan sizning tug‘ilgan kuningiz sharafiga nishonlanmayotgani aniq. Bu umumiy bayram ziyofati. Shuning uchun bunday ko‘ngilochar yig‘ilishlarda alohida ajralib, hammaning e’tiborini tortish shart emas. Shuningdek, bu kabi noqulaylik tug‘diradigan liboslar hamkasblar davrasida kiyish uchun to‘g‘ri kelmaydi. Uzun libos Juda ham uzun liboslar bayram ziyofati uchun, albatta, noqulaylik keltirib chiqaradi. Ularni, asosan, to‘y oqshomlariga kiyish tavsiya etiladi. Bayramoldi jamoaviy yig‘ilishlariga tizzadan biroz tushib turuvchi, soddaroq libosni tanlagan ma’qul. Kundalik kofta Ofis yoki o‘qish uchun kiyiladigan yubka yoki shim bilan biroz yaltiroq, ammo ziyofatga mos bo‘lmagan koftani birlashtirish to‘g‘ri kelmaydi. Bunday kombinatsiyani shunchaki ofisdagi qandaydir yig‘ilishlar uchun kiyish mumkin. Ziyofat libosi ishxona uchun mo‘ljallangan bo‘lishi kerak emas. Ofis liboslari Bayram uchun rasmiy kostyum tanlash ham navbatdagi kamchiliklardan biri hisoblanadi. Birinchidan, bu kabi rasmiy uslub har qanday ziyofat uchun qulay emas. O‘z nomi bilan rasmiy hisoblangan kiyim ziyofatda o‘ynab-kulishga to‘sqinlik qilishi mumkin. Shuningdek, kiyim egasiga go‘yoki ofisda o‘tirgandek hisni beradi. Bu bilan inson nafaqat o‘ziga, balki atrofdagi qulay muhitga ham xalaqit berishi mumkin. To‘rli kolgotka Haqiqatan ham bezakli va naqshli kolgotkalar qanday liboslar bilan mos tushishi hanuzgacha ma’lum emas. Nima bo‘lganda ham ushbu uslubdan eng ajoyib bayram ziyofatida foydalanmaslik tavsiya etiladi. Noqulay libos Korsetli, o‘ta ochiq yoki ba’zida ajralib ketishi mumkin bo‘lgan liboslar ziyofatlarda biroz ko‘ngilsizliklarni keltirib chiqaradi. Shuningdek, hammaning e’tibori aynan shu kamchilikka tushayotgandek tuyuladi. Natijada tinimsiz ravishda kiyim to‘g‘rilash bilan ovora bo‘lish mumkin. Bu tartibda bayram ziyofati ham ko‘ngildagidek o‘tmaydi. Ortiqcha zargarlik buyumlari Odatda ayollar yil davomida hech qanday zargarlik taqinchoqlaridan foydalanmaydi. Ammo yil oxirida do‘konlarda boshlangan chegirmalar tufayli ulardan bir qanchasini sotib oladi va iloji boricha barchasini birdaniga bayram ziyofatiga taqishni rejalashtiradi. Bunday ko‘rinish bilan ayollar qo‘pol qilib aytganda, bayram archasiga ham o‘xshab qolishi mumkin. Mo‘yna Mo‘ynali kiyimlar bayram ziyofatlari uchun mos emas. Bunday libos ko‘proq katta taqdirlash marosimida qizil yo‘lakdan yurib kirayotganlar uchun o‘zgacha ko‘rinish hosil qiladi.
61
2,828
Ayollar
Uy sharoitida kipriklarni parvarishlaymiz
Har bir qiz kipriklari chiroyli bo‘lishini orzu qiladi. Biz sizga kipriklar quyuq va chiroyli bo‘lishi uchun nimalar qilish kerakligi haqida maslahat bermoqchimiz. Birinchi navbatda, vaqtincha bo‘lsa ham, dekorativ kosmetikadan voz keching. Ertalab unchalik achchiq bo‘lmagan iliq choy yoki qaynagan suvda yuvinib, kipriklarga krem surib qo‘ying. Uxlashdan oldin, ko‘zingizni bo‘yoqlardan sovun bilan emas, balki maxsus tozalovchi vositalar yordamida tozalash zarur. Kipriklaringizni parvarishlash maqsadida kanakunjut, zaytun yoki bodom yog‘laridan foydalanishingiz mumkin. Kipriklarga pardoz cho‘tkachasi yordamida ozgina yog‘ surib qo‘ying. Bu oziqlantiruvchi yog‘lar kipriklar uchun juda foydali bo‘lib, tez o‘sishiga, quyuq va sog‘lom bo‘lishiga yordam beradi. Tunda ko‘zingizga tushmasligi uchun, bu yog‘larni uyqu oldidan emas, balki, avvalroq sursangiz maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu tadbirni bir kunda bir mahal va o‘z vaqtida amalga oshirsangiz, kipriklaringiz uchun samarali natijani uzoq kutib o‘tirmaysiz. Bir hafta, uzog‘i bilan bir oy ichida sog‘lom va chiroyli kipriklarga ega bo‘lasiz.
41
1,101
Ayollar
Uchburchak, to‘rtburchak, dumaloq. Kiyim yorlig‘idagi belgilar nimani anglatadi? (foto)
Sevimli liboslarni yangidek ko‘rinishini uzoqroq saqlab qolish uchun ulardan to‘g‘ri foydalanish kerak. Buning uchun kiyimda berilgan yorliqqa ko‘ra nimaga ruxsat berilgani va nima mumkin emasligini o‘rganish lozim. Idishda suv Idishdagi suv – yuvish uchun ruxsat etilgan maksimal suv harorati. Ba’zan raqamlar o‘rniga idishning ichida nuqta ham bo‘lishi mumkin. Bir nuqta – eng past, ikki nuqta – normal, uchtasi – maksimal yuvish haroratini anglatadi. Idish ostidagi bir, ikki yoki uchta chiziq matoning nozikligini ko‘rsatadi, chiziqlar qancha ko‘p bo‘lsa, rejimning eng quyisida yuvish lozim. To‘rtburchak To‘rtburchakning hammasi kiyimni qanday quritish haqida. To‘rtburchak ichidagi aylana kiyimni avtomatik quritishdan foydalanish mumkinligini bildiradi. Shakl ostidagi chiziqlar esa matoning nozikligidan xabar beradi. Vertikal tasma kiyimni tik holatda quritish kerakligini anglatadi. va to‘rtburchakning yuqori qismidagi yarim doira kiyimni faqat dorlarda quritish mumkin deganidir. Aylana Bu piktogramma kimyoviy tozalashni anglatadi. Ustidan chizilgan aylana, albatta, buni taqiqlaydi. Ichida harf yozilgan doira qaysi kimyoviy birikmani ishlatish kerakligi haqidagi savolga javob beradi. Bu ma’lumot kimyoviy tozalash ishchilari uchun mo‘ljallangan. Uchburchak Ushbu belgi oqartirish haqida. Uchburchakdagi ikkita qiya chiziq matoni oqartirish mumkinligini ko‘rsatadi, lekin xlorsiz. Bundan farqli o‘laroq, uchburchakdagi Cl harflari xlorli oqartirgichdan foydalanishga ruxsat beradi. O‘zingiz yoqtirgan kiyimlarga to‘g‘ri parvarish qilayotganingizni tekshirib ko‘ring.
87
1,587
Ayollar
Pangaia brendi qichitqi o‘t, banan barglari va suv o‘tlaridan tikilgan kiyim-kechak kolleksiyasini taqdim etdi
Pangaia brendi paxta o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan o‘simlik tolalari asosida mato ishlab chiqdi, deb xabar beradi Esquire. Birinchi material PLNT Fiber nomini olgan. U bambuk, Himolay qichitqi o‘ti, evkalipt va dengiz o‘tlaridan tashkil topgan. Bular tez o‘sadigan o‘simliklar bo‘lib, ularning yetilishi uchun paxtadan farqli o‘laroq pestitsidlar, o‘g‘itlar yoki sug‘orish ishlari talab etilmaydi. Ikkinchi mato FRUT Fiber — bu bambuk liotsellasi va mevalar chiqindisidan olinadigan tolalarning aralashmasi: mevalar yig‘ib olinganidan keyin qoladigan ananas va banan barglari. Paxta va sintetikaning muqobiliga aylanishdan tashqari, u oziq-ovqat chiqindilari borasidagi muammolarni ham hal etadi. Aks holda ular yoqib yuborilmoqda — bu qishloq xo‘jaligida uglerod izining ko‘payishiga olib keladi. Yangi materiallardan bazaviy buyumlar — xudi, futbolka, sport shimlari va shortilar tikilgan. Bu keng o‘lchamdagi lineykaga kiruvchi gender-neytral kiyim-kechaklar hisoblanadi. O‘simlik matolaridan ishlangan kolleksiyani Pangaia sayti orqali topish mumkin: futbolka va shortilar narxi 95 dollar atrofida bo‘lsa, xudilar 195 dollardan boshlanadi.  Singapurlik olimlar “aqlli” sport kostyumini yaratdi
110
1,201
Ayollar
Bel og‘rig‘ining bir nechta sabablari hamda uni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar
Katta yoshlilarning deyarli 80 foizi vaqti-vaqti bilan bel og‘rig‘idan shikoyat qiladi. Agar ish jarayoni harakatsizlikni talab qilsa, tez-tez stress bezovta qilsa yoki bolani qo‘lda ko‘tarib yurishga to‘g‘ri kelsa, albatta, bel og‘rig‘ining oldini olish haqida bilish qo‘yish lozim. “Noviy ochag” nashri bu borada sinalgan bir necha usullar bilan bo‘lishdi. Ehtimol, og‘riqning sababi o‘zingizdadir Tasavvur qiling-a, yoshi o‘ttizdan oshgan ayolni oilasi, ishi va ro‘zg‘or yumushlarini o‘z ichiga olgan to‘liq ro‘yxati bor. Bu degani, ayolning deyarli dam olishga vaqti yo‘q, u doimo shoshadi va asabiylashadi. Natijada stress yallig‘lanish jarayonlarining rivojlanishiga olib keladi, bu ko‘pincha bel og‘rig‘iga sabab bo‘ladi. Qo‘shimcha ravishda, ish kunini kompyuterda o‘tkazish, sport bilan shug‘ullanmaslik, yetarli miqdorda suv ichmaslik, lekin shu bilan birga qahvani haddan tashqari ko‘p ichish holatlari kuzatiladi. Beldagi og‘riqdan xalos bo‘lish uchun kundalik odatlarni o‘zgartirish kerak. Birinchidan, kofeinni o‘z ichiga olgan ichimliklardan voz kechish juda muhim: bu organizmning suvsizlanishiga, shu jumladan umurtqa pog‘onasi orasining birikishiga olib keladi. Agar ushbu qism yetarli miqdorda suyuqlikni o‘z ichiga olmasa, umurtqa pog‘onasi shikastlanishi va, albatta, og‘riq paydo bo‘lishi mumkin. Ikkinchidan, kuniga kamida 8 stakan suv ichish kerak. Uchinchidan, organizmda ro‘y berayotgan holatlarni kuzatib borish lozim. Umurtqa pog‘onasini ehtiyot qiling Umurtqa orasidagi diskni murabboli shirinlik deb hisoblash mumkin: uning ichida gelga o‘xshash jelatinli suyuqlik mavjud. Bu umurtqa pog‘onasining moslashuvchanligini ta’minlaydigan va shikastlanishdan himoya qiladi. Ammo yosh ulg‘aygan sari ular kamroq namlikni o‘zlashtira boshlaydi va umurtqa zaiflashadi. Uzoq muddatli jismoniy mashqlar, umurtqa pog‘onasining g‘ayritabiiy holati yoki jarohatlanishi namlikni yo‘qotishni tezlashtiradi va ichki jelatinli suyuqlikning kamayishiga olib keladi. Albatta, ushbu holatda og‘riq kuzatiladi. Belni himoya qilish uchun oddiy qoidalarga amal qilish tavsiya etiladi. Sumkangiz 2,5 kilogrammdan og‘irmi? Uni yengillashtiring Ko‘pchilik deyarli butun umri davomida kosmetika, hujjat, salfetka, atir, bir shisha suv, bir nechta shirinlik, elektron kitob, zaxira qo‘lqoplar va yana boshqa narsalarni sumkada olib yuradi. Avvalo sumka ichidagi keraksiz narsalardan voz kechish kerak. Do‘konda sumka tanlayotganda, uzunligi sozlanadigan modellarga ustunlik berish zarur. Agar sumkaning tasmasi juda uzun bo‘lsa, belga yuk tushishi ortadi. Albatta, yengil sumkalarni sotib olish yanada yaxshi. Ko‘chada ketayotganda, yuk bir tekisda taqsimlanishi uchun sumkani o‘ng va chap yelka bilan almashtirib turishni unutmaslik kerak. Bir soatdan ortiq bir joyda o‘tirmang Agar tez-tez bel og‘rig‘i bezovta qilsa, shifokorga murojaat qilish lozim. Agar kerak bo‘lsa, yallig‘lanishga qarshi dori-darmonlarni qabul qilish va og‘riq yo‘qolganidan keyin ularni qo‘llashni tashlab qo‘yishdan ko‘ra, davolanish kursini yakunlash muhim. Oyoqlarni stulning g‘ildiraklariga qo‘ymang Ayollarning ofis kreslolarida qanday o‘tirishini bilasizmi? Ularning aksariyati oyoqlarini yerga emas, balki stulning g‘ildiraklariga qo‘yadi. Bu holat bo‘yin va yelkaning mushaklariga qo‘shimcha yuk bo‘ladi. Agar kunning ko‘p qismi kompyuter qarshisida o‘tsa, tunda belning og‘rishi tabiiy holat. Kresloning balandligini to‘g‘rilab turib, oyoqlarni yerga tekis qo‘yish kerak. Bundan tashqari, yozish, o‘qish yoki ovqatlanayotganda boshni oldinga egmaslikka harakat qilish lozim. Sababi oddiy: boshning vazni 4-5 kilogrammni tashkil qiladi va u egilganda bo‘ynidagi yuk ikki barobar ortadi. Yon tomon bilan uxlashni odat qiling Agar ko‘pincha qorin tomon bilan uyquga yotilsa, umurtqa pog‘onasi tinchlanmaydi, balki yanada charchaydi va ertalab tetik uyg‘onishning imkoni bo‘lmaydi. Natijada kun davomida bel og‘rig‘i kuzatiladi? Kechqurun, yotishda yon tomon bilan tizzalar orasiga tekis yostiq qo‘ying kerak, bu belni ham dam olishiga yordam beradi. Baland poshnali tuflilarda yurishni yoqtirasizmi? Press mashqini bajaring Bel og‘rig‘i — har kuni baland poshnali tufli kiyadigan ayollarning haqiqiy muammosi. Bu poyabzal muvozanatni saqlash uchun belni zo‘riqishiga majbur qiladi. Agar bir vaqtning o‘zida bel mushaklari va qorin bo‘shlig‘i press qilinsa, ular umurtqa pog‘onasi uchun tayanchga aylanadi va kamroq darajada azoblanadi. Har kuni qorin bo‘shlig‘ini mustahkamlash mashqlarini bajaring va poshnada 2-3 soatdan ko‘p yurmaslikka harakat qilish tavsiya etiladi. Belda og‘riq bormi? Yotishga shoshilmang Aksariyat hollarda (taxminan 90 foiz) beldagi og‘riqlar mushaklarning zo‘riqishi bilan bog‘liq va barcha shikoyatlarning faqat 10 foizi surunkali kasalliklar tufayli paydo bo‘ladi. Buning sababini aniqlash uchun shifokor bilan maslahatlashish va jiddiy narsa aniqlanmasa, yotishga shoshilmaslik kerak. Odatiy hayot tarzini davom ettirib, kichik o‘zgarishlar e’tiborli bo‘lish muhim. Og‘ir narsalarni ko‘tarmaslik, bel qismini juda ko‘p egmaslik va agar bel juda qattiq og‘risa, shifokordan maxsus korset taqishni maslahatlashish mumkin.
82
5,133
Ayollar
Immunitet: Pomidor sharbati O‘RVIga qarshi kurashda qanchalik yordam beradi?
COVID-19 pandemiyasi va shu bilan birga odatiy holga aylangan mavsumiy shamollash, grippning avj olishi parhezdagi insonlarning ovqatlanish tartibiga ta’sir ko‘rsatadi. Iste’mol qilinadigan ovqatlar turli xil, foydali bo‘lishi kerak. Agar har kuni bodom bilan kefir iste’mol qilsangiz va tongni bir hovuch qorag‘at bilan boshlasangiz, menyuga pomidor sharbatini qo‘shing. Shu bilan birga, bu sharbat barcha bekor qilingan sayohatlar va parvozlar uchun yoqimlidir. Ma’lum bo‘lishicha, pomidor sharbati nafaqat A va C vitaminlari, balki temirni o‘zlashtirishga yordam beradigan foliy kislotasining manbai hisoblanadi. 2006-yilda o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, pomidor sharbati organizmga yallig‘lanish jarayonlari, gripp va shamollash bilan kurashishda yordam beradi. Pomidor shartbatini muntazam iste’mol qilish — organizmga yaxshi ta’sir qiladi. Suvli sabzavotlardan maksimal darajada foydalanish uchun kamida ikki hafta davomida kuniga bir stakan sharbat iching. Ikki hafta davomida tananing sovuq havoga qarshi samarali o‘zgarishlarini sezmasangiz, pomidor sharbatiga yangi selderey va sink qo‘shimchalarini qo‘shing. Qo‘lingizni to‘g‘ri yuvishni unutmang — bu ko‘pchilik mavsumiy viruslarga qarshi eng ishonchli profilaktika chorasi.
76
1,239
Ayollar
Sarg‘aygan tirnoqlarni parvarishlaymiz
Tirnoqlar uyda ishlatiladigan kimyoviy tozalash vositalari, tirnoq uchun laklar va iqlim sharoiti ta’siri natijasida ham sarg‘ayishi mumkin. Bundan tashqari, ko‘pincha organizmda kalsiy moddasi yetishmasligi natijasida tirnoqlar sarg‘ayadi. Tirnoqlardagi sariqlikni sog‘lom turmush tarziga amal qilish, to‘g‘ri ovqatlanish va to‘g‘ri parvarish qilish yordamida yo‘qotish mumkin. Efir yog‘lari va limon sharbatidan tayyorlangan niqob juda yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Niqob uchun 1 choy qoshiq jojoba yog‘i, 3-4 tomchi ilang-ilang efir yog‘i va yarimta limon sharbati kerak bo‘ladi. Moychechakli vanna ham juda foydali. 2-3 osh qoshiq moychechakni 1 piyola qaynoq suvga solib 20 daqiqa damlab qo‘ying. Tayyor bo‘lgan damlama ichida tirnoqlaringizni 15 daqiqa tutib turing va vanna qilib bo‘lganingizdan so‘ng tirnoqlaringizni limon sharbati bilan arting.
38
851
Ayollar
Nima uchun har 6 oyda tish tozalash muolajasidan foydalanish kerak? O‘zbekistonlik mutaxassis javob berdi
Mutaxassislarning aytishicha, chekish, qahva ichish va gigiyenaga amal qilmaslik oqibatida tishlarnig rangi o‘zgaradi. Tish ortida qolib ketgan ovqat qoldiqlari esa asta-sekin toshga aylanadi. Bu esa vaqt o‘tib, og‘iz bo‘shlig‘i bilan bog‘liq bir qancha muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu kabi muammolarni esa faqat stomatolog yordamida bartaraf qilish mumkin.  Mutaxassis Saidolmxo‘ja Saydaliyev foydali stomatologik muolajalardan biri — tish tozalash protsedurasi haqida batafsil ma’lumot berdi.  Tish tozalash protsedurasi bu tishda, emalda yig‘ilib qolgan toshlarni tozalab, uning gigiyenik holatini yaxshilash uchun qilinadi. Avvallari mexanik usulda, ya’ni qo‘lda tish tozalab chiqilardi. Hozirgi kunda esa tishni yuvadigan maxsus uskunalar bor. U xuddi mashina yuvadigan karcherga o‘xshaydi. Uskunaga oqartiruvchi kukun solinadi va bosim bilan tish tozalanadi. Eng ijobiy tarafi tozalashdan so‘ng tish nafaqat toza bo‘ladi va balki oqaradi ham. Odatda tishning old tomoni yuviladi, xolos. Ammo tishning orqa qismi tozalanmay qolib ketadi. U yerda esa toshlar, ovqat qoldiqlari yig‘ilib qoladi. Agar tish ulardan tozalanmasa, milk cho‘kib boraveradi. Qolaversa, o‘sha joyda asta-sekin kariyes paydo bo‘ladi. Shuning uchun protseduradan foydalanishning erta-kechi yo‘q. Agar bola 17—18 yoshida ham tishi tozalaydigan holatda bo‘lsa, bemalol qilaverishi mumkin. Ba’zilar kelib “Bu yoshi kattalar uchun emas ekan, tishlarimni tozalatgandim, milklarim ochilib qoldi”, deydi. Bilasizmi, buni sababi nimada? Masalan, ayol 50 yoshda bo‘lsa, unda yillar davomida toshlar kattalashib, milkni cho‘ktirib qo‘ygan. Ularni olganingizdan keyin tabiiyki orasi ochilib qoladi. Albatta, shundan keyin mijoz bu protsedurani yomon deb o‘ylaydi. Ammo u xizmatdan 15 yil oldin foydalanganida edi, bunday holatga tushmasdi. Shunday bo‘lsa-da, xavotirga o‘rin yo‘q. Milk bir kunda bir millimetr o‘sadi. “Chistka”dan so‘ng, milklar bir hafta, uzog‘i 14 kun ichida o‘z holatini tiklab oladi. Ayolning holatiga tushmaslik uchun har olti oyda yoki hech bo‘lmaganda yilda bir marta, albatta, tishlarni tozalatib yurish kerak. Ba’zi shifokorlar tozalashdan keyin tish sezuvchanligini kamaytirish uchun ftor lak suradi. Men esa bunday qilmayman. Sababi ftor o‘ziga rang tortadi. Shuning uchun protseduradan so‘ng bir hafta davomida kuniga kamida besh mahal loroben, tuzli, yoki moychechakli suvda og‘izni chayib turishni tavsiya qilaman. Yana bir muhim qoida: tish tozalanganidan so‘ng, mijoz nechchi marta ovqatlansa, shuncha mahal tishni yuvishi shart. Aksariyat stomatologlar tishning holatiga, ya’ni tosh oz-ko‘pligiga qarab protseduraning narxini belgilaydi. To‘g‘ri, toshi ko‘proq bo‘lsa uzoq vaqt olishi mumkin, lekin qilinish metodi bir xil. Tish donasini tozalash 10 ming so‘mdan boshlanadi. Tishning oldi va orqa qismi ham tozalansa, donasi 20 ming so‘mdan bo‘ladi.
105
2,863
Ayollar
Nega chivinlar ba’zi odamlarni boshqalarga nisbatan ko‘p chaqadi?
Nega chivinlar ba’zi insonlarni chaqadi-yu ba’zilarni esa yo‘q. Buning ko‘plab farazlari mavjud. Taxminlarga ko‘ra, pivoni xush ko‘ruvchi, to‘ladan kelgan odamlar karbonat angidrid va terni ko‘p ishlab chiqargani sabab chivinlarni o‘ziga jalb etadi, deb xabar berdi AdMe. Nega chivinlar ba’zi toifadagi odamlarga hujum qiladi? Avvalo terimizga yaqinlashgan chivinlar nimani xohlashini bilib olishimiz kerak Chivinlarning faqatgina urg‘ochisi chaqishini bilasizmi? Ular nasl qoldirishi, tuxumlarini oziqlantirish uchun sut emizuvchilar qoni bilan oziqlanishi kerak. Ularning barcha turdagi erkaklari o‘simliklar bilan oziqlanib, qon so‘rmaydi. Urg‘ochi chivinlar kelajak nasli uchun eng yaxshi qonni tanlaydi. Ma’lum bo‘lishicha, har bir insonning o‘ziga xos hidi bor. Chivinlar esa o‘zlari uchun ideal hid qanday “jaranglashi”ni biladi. Chivinlar uni 30 metr naridan seza oladi. Tasavvur qiling, odam organizmida 100 trillionga yaqin mikroblar mavjud. Ushbu mikroblar immun tizimining asosiy qismi hisoblanadi, shuning uchun suvda tez-tez yuvinish chivinlar sizni chaqmasligida yordam bermaydi. Qon guruhi ham muhim Agarda chivinga sizning hidingiz yoqib qolgan bo‘lsa, u sizni tinch qo‘ymaydi. Bundan tashqari, o‘tkazilgan tajribalar shuni ko‘rsatdiki chivinlar ko‘proq I qon guruhiga ega insonlarni II qon guruhiga ega insonlarga nisbatan ikki barobar ko‘proq chaqadi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, 85 foiz holatda odamlar o‘z qon guruhi orqali chivinlarni jalb qiladi. Ideal hid nima o‘zi? Bunda karbonat angidrid va ter hidi muhim, biroq tananing o‘zini hidi ham katta ahamiyatga ega. Aniqlanishicha, sut kislotasi ko‘plab chivin turlarini o‘ziga jalb qiladi. Pishloq, soya, yogurt yoki tuzlangan sabzavotlar kabi ba’zi mahsulotlar jismoniy faollik bilan birgalikda teri yuzasida sut kislotasining ko‘p miqdorda ishlab chiqarilishiga olib keladi. Mutlaqo chivinlardan holi bo‘lishning imkoniyati yo‘q. Bizning qo‘limizdan faqatgina ehtiyot choralarini ko‘rish keladi: terining asosiy qismini kiyim bilan berkitish, tong otganda va kechasi namlik yuqori bo‘lganda ko‘chaga chiqmaslik, himoya kremlari va hashoratlarga qarshi spreylardan foydalanish. Lekin shuncha himoyalanganizga qaramay chivinlar sizni “sevish”dan to‘xtamaydi.
65
2,242
Ayollar
Kimlarga qizil libos kiyish tavsiya qilinmaydi?
Yorqinlik, tetiklik, adrenalin, energiya — bularning bari qizil rangning ramzi hisoblanadi. Shu bilan birga, xavflilikdan darak berishi mumkin bo‘lgani sabab ham quyidagilar kuzatilishi mumkin: — ortiqcha jalb etilgani sabab ham tashvishga tushish; — agressivlik yoki tushunmovchilik; — ish yoki ofisga to‘g‘ri kelmasligi; — ko‘zni og‘ritishi mumkin. Shu sabab ham qizil rangdan libos kiyganda ortiqcha e’tibor jalb qilishga tayyor bo‘lish, bundan qochish uchun esa to‘q va yorqin bo‘lmaganidan kiyish kerak. Kayfiyat ko‘tarilishi va energiyani his qilish uchun obrazga qizil aksessuar qo‘shishning o‘zi kifoya. Kimlar qizil rang kiyishdan ehtiyot bo‘lishi kerak? Aslida qizil rang hammaga yarashadi, shunchaki aynan qay biri mos tushishini bilib olish kerak. Qosh ko‘zlari to‘q va ko‘zga tashlanadigan qizlarni “sovuq” qizil rangdagi liboslar ko‘ngildagidek ko‘rsatmaydi. Och tashqi ko‘rinishga ega qizlarga ham, o‘z navbatida, sariq va sabzi rangiga yaqin qizil rang yarashmaydi. Buning natijasida yosh kattaroq, yuzdagi ajin va ko‘z ostidagi halqalar ko‘rinib qoladi. Shu sababdan ham ko‘rinishdan kelib chiqqan holda tanlov qilish kerakligini esda tutish lozim. Shuningdek, qizil rang kishini to‘laroq ko‘rsatishini ham yodda tutish kerak. Qolaversa, bunday rangli libos bichimiga ham e’tiborli bo‘lish, yanada to‘la ko‘rsatishining oldini olish kerak. Iloji boricha, qomatning kamchiliklari bor qismidan qizil rangni uzoq tutgan yaxshi. Boshdan oyoq shu rangda kiyinadigan bo‘lsangiz, uning to‘q va och ranglarini umumlashtirishga harakat qiling. Qizilni boshqa ranglar, masalan, oq bilan moslash mumkin. Bir obrazning o‘zida ikkita qizil yorqin rang libos kiyish ranglar uyg‘unligiga ta’sir qilishi mumkin. Qizil libosga detallarni e’tibor bilan tanlash kerak. Boshdan oyoq ushbu rangda kiyinganda aksessuarning e’tibor jalb qilmaydigan minimal uslubdagisini tanlagan yaxshi. Qo‘shimcha bezaklardan esa qochgan yaxshi. Yuzda kamchiliklar, masalan, mayda kapillyarlar ko‘rinib turadigan bo‘lsa, qizil liboslar tanlashda ehtiyotkor bo‘lgan yaxshi. Terida muammolar bo‘lsa ham, qizil rang yuzdan uzoqroq bo‘lishiga e’tibor qaratish kerak. Qizil rang bilan makiyaj ham o‘ziga xos bo‘lishi kerak. Qora va to‘q rangli soch egalariga labga, sariq sochlilarga esa ko‘zga urg‘u berish tavsiya qilinadi. Xulosa qilib aytganda, qizil rang istalgan yoshdagi, ko‘rinishi turlicha bo‘lgan ayol-qizlarga yarashishi yoki obrazni tamoman barbod qilishi mumkin.
47
2,455
Ayollar
Behuda xavotir va tashvishlardan qanday qutulish mumkin?
Har birimizda vaqti-vaqti bilan yomon fikrlar paydo bo‘lib turadi — o‘zimiz yoki yaqinlarimiz bilan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan dahshatli narsalar haqida beixtiyor xavotirga tushamiz. Tibbiyot fanlari nomzodi, psixiatr, psixoterapevt Lena Kolesnichenko bilan birgalikda bu masalaga to‘xtalib o‘tamiz. Yomon fikrlar asosidagi qo‘rquvlar o‘zimizga, harakatlarimizga va boshqalar biz haqimizda nima deb o‘ylashiga qaratilgan bo‘ladi. Bir tomondan, bunday notinch fikrlar foydali bo‘lishi mumkin — salbiy o‘zgarishlarni hisobga olgan holda, har bir harakatimizda ehtiyotkor bo‘lib, oqibatlari haqida o‘ylashni boshlaymiz. Boshqa tomondan esa bekordan bekorga tashvish chekishga moyil odamlar ham uchrab turadi. Ammo kelajak bilan bog‘liq bo‘lgan notinch fikrlar yoki tashvishlar oldinga qo‘yilgan maqsad sari yetaklamaydi, balki voqealarning o‘ta qo‘rqinchli bo‘lishiga odamni ishontirib qo‘yadi. Bunday tasavvurlar bamaylixotir mulohaza qilishga qo‘ymaydi, xotirjamlik va uyqu yo‘qolishiga olib keladi. Bu kabi xayoliy tashvishlarni o‘zingiz mustaqil holda yengishga harakat qiling. Bu borada quyidagi tavsiyalar qo‘l kelishi mumkin: Shuni yoddan chiqarmangki, tashvish va salbiy fikrlarni har doim ham o‘zingiz hal qila olmaysiz. Hozirgi kunda eng samarali davolash usullaridan biri bu — kognitiv xulq-atvor terapiyasidir. Bu muammoli fikrlashga qaratilgan va uni yo‘q qilish uchun samarali strategiyalarni taklif qiladigan psixoterapiya shakli hisoblanadi. Davolashning yana bir usuli sifatida psixofarmakoterapiya tavsiya qilinadi. Davolashning bu usulida psixoterapevt (psixiatr) tashvish va xavotirlarni boshqarish uchun buyurishi mumkin bo‘lgan samarali dorilar mavjud. Ba’zida dorilar psixoterapiya uchun qo‘shimcha sifatida ishlatilishi mumkin, ammo ular har doim mutaxassis tomonidan tayinlanishi lozim.
56
1,814
Ayollar
Bu yil yozda matoli shlyapa — panamalar yetakchilik qiladi (foto)
Panama (matodan tikilgan shlyapa) 2020-yil yozida, boshqa aksessuarlardan yetakchilik estafetasini olib ulgurdi. Michael Kors va Koché, klassik uslubdagi, Fendi va Anna Sui esa turli printli panamalar bilan kolleksiyalarini boyitdi. Moda olamiga befarq bo‘lmaganlar garderobidan allaqachon o‘rin olgan panamalar, sohilga, pik-nik yoki kundalik sayrga kiyish mumkinligi bilan ahamiyatli. Ayniqsa, oversize uslubidagi, sokin rangli bosh aksessuari, street style ixlosmandlari uchun eng sevimli detalga aylandi. Uning yumshoq matodan tikilgani va shu bilan birga quyoshdan himoyalashi nafaqat ayol-qizlar balki erkaklarga ham ma’qul keldi. Panamalarning turli modellari mavjud bo‘lib, uni qay birini tanlash xohishingiz va garderobingizda asosan qanday uslubdagi liboslar o‘​rin olganiga bog‘liq.
65
796
Ayollar
Kosmetik vosita ishlab chiqarish ortidan millionlarga ega bo‘lgan yulduzlar (foto)
Yuz parvarishi va makiyaj uchun vositalar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib, muvaffaqiyatga erishgan moda va shou-biznes vakillari haqida ma’lumot berib o‘tamiz. Iman Amerika top modeli shousining ishtirokchisi model Iman 1994-yilda Iman Cosmetics kompaniyasiga asos solgan. Avvaliga turli irq vakili bo‘lgan (teri rangi turli) qizlarga mo‘ljallangan tonal krem ishlab chiqarilgan. Bugungi kunda tarmoqda parvarish va makiyaj uchun turli mahsulotlar mavjud. Sindi Krouford 90-yillarning yana bir mashhur top modeli Sindi Krouford taniqli kosmetolog Jan-Lui Seba bilan hamkorlikda Meaningful Beauty’ga asos solgan. Fransuz mutaxassisi tomonidan ishlab chiqilgan formula antioksidantlar kompleksini o‘z ichiga olgan. Har bir ayol terisini sifatli parvarish qilishga haqli deb hisoblaydigan Sindi, kosmetikalariga hammabop narx belgilagan. Dryu Berrimor 2007-yilda aktrisa Dryu Berrimor CoverGirl kosmetik brendining yuzi bo‘lishga rozi bo‘lgan. 2012-yilda esa Flower Beauty kompaniyasini sotib olgan. Ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichini nazorat qiladigan Dryu, uning reklamasi bilan ham o‘zi shug‘ullanadi. Yuqori sifat va cho‘ntakbop narxlar brendning asosiy prinsipi hisoblanadi. Miranda Kerr Victoria’s Secret modeli Miranda Kerr 2009-yilda KORA Organics kosmetikasini ishlab chiqara boshlagan. 100 foiz organik komponentlardan tayyorlanadigan vositalar sotuvga chiqarishdan avval hayvonlarda sinaladi. Jessika Alba Jessika Alba 2011-yilda The Honest Company’ga asos solgan. Avvaliga taglik keyinchalik bolalar uchun buyumlar, vitamin, quyoshdan himoya qiluvchi vositalar ishlab chiqarilgan. 2015-yilda esa alohida kosmetik brend Honest Beauty tashkil qilgan. U parvarish uchun mo‘ljallangan 17 ta, makiyaj uchun mo‘ljallangan 66 ta vositani o‘z ichiga oladi. Jessika nafaqat aktrisalik, balki biznesda ham yetarlicha muvaffaqiyatga erishgan. 2015-yilda biznesdan orttirgan daromadi 1 milliard dollarni, shaxsiy moliyaviy ahvoli esa 200 millionni tashkil qilgan. Shu yilning iyun oyida uning surati Forbes jurnalining muqovasida chop etilgan. Opa-singil Kardashyanlar 2015-yilda Kortni, Kim va Xloya Kardashyanlar Kardashian Beauty nomli soch parvarish vositalarini ishlab chiqargan. Foydali yog‘ kislotalari va antioksidantlarga boy namlantiruvchi yog‘lar sochning qalin va jilokor ko‘rinishiga sabab bo‘ladi. Kayli esa Kylie Cosmetics brendini tashkil qilgan. Bugungi kunda mazkur mahsulotlar ijtimoiy tarmoq va sayt orqali sotiladi. Kompaniya tomonidan, shuningdek, ten, podvodka, xaylayter va konsiler ishlab chiqariladi. Rianna Xonanda 2017-yilda Fenty Beauty brendiga asos solgan. Makiyaj uchun mo‘ljallangan vositalar orasida ayniqsa 40 xil rangi mavjud tonal krem mashhurlikka erishgan. Alla Pugachyova va Filipp Kirkorov 90-yillarda Alla uch xil atir: Alla Black, Miss va Primadonna’ni taqdim qilgan. Alla Black atirining 100 ming flakoni bir zumda sotilgan. 2016-yilda esa Filipp Kirkorov “Ya” nomli ayollar va erkaklarga mo‘ljallangan atir taqdim qilgan.
82
2,988
Ayollar
To‘la ayollarga o‘zgacha imij yaratishga yordam beruvchi moda bloglari (foto)
So‘nggi yillarda moda faqat nozik qizlar uchun, degan tushuncha o‘zgardi. Avvalgidan farqli o‘laroq, to‘ladan kelgan qizlar bugungi kunda reklama kompaniyalari, podiumlarda ishtirok etishi mumkin. Internet do‘konlaridan esa plus-size liboslarni topish muammo bo‘lmay qoldi. Qomatning qanday ekani o‘ziga xos va didli kiyinish uchun to‘siq bo‘la olmasligini isbotlashga muvaffaq bo‘lgan qizlar haqida ma’lumot berib o‘tamiz. “Feshn” jurnalistika fakultetining bitiruvchisi bo‘lgan Gabi Fresh 2008-yildayoq eng birinchilardan bo‘lib mazkur yo‘nalishda blog yuritishni boshlagan. U vaqtda moda, xususan, to‘la ayol va qizlar uchun mo‘ljallangan bloglar deyarli bo‘lmagani sabab ham Gabi aynan shu yo‘nalishni tanlagan. Londonlik Kallie Trorpe blogini 2012-yilda ovqatlanish kundaligi sifatida boshlagan. Kuzatuvchilarining kiyinish uslubiga bo‘lgan qiziqishi yuqori ekanini payqagach yo‘nalishini modaga o‘zgartirgan. Boshqa shu yo‘nalishdagi bloglardan farqli o‘laroq, Tanesha Avasthi shunchaki dolzarb tendensiyalarni namoyish qilmaydi, balki qomatidagi kamchiliklarni yashirish va o‘ziga xoslikka urg‘u berishga o‘rgatadi. Klassika va ayollarga xos jozibali kiyinishni zamonaviy tendensiyalardan ustun qo‘yadigan nozik jins vakillari uchun Allison Tengning obrazlari ayni muddao. Nikolette Masonning blogidan esa zamonaviy trendlarni garderobdagi bor kiyim-kechaklar bilan qanday umumlashtirish mumkinligi haqida ma’lumotga ega bo‘lish mumkin. Kaliforniyalik Chastity Garner esa kuzatuvchilarni yorqin rang va printlardan cho‘chimaslikka undaydi. Kellie Brovnning blogida kiyinish, uslub va xarid borasidagi turli tavsiyalarni uchratish mumkin. Kanadada yashaydigan Assaning blogida esa istalgan vaziyat va havoga mos kiyinish borasida ilhomlansa bo‘ladi. Danielle Vanier kiyinish borasida eksperiment qilishdan qo‘rqmaydiganlardan. Uning rasmlari orasida nafaqat klassik, balki tamoman bosha uslubdagi liboslarni ham uchratish mumkin.
77
1,954
Ayollar
Bahoriy ranglar uyg‘unligini o‘zida aks ettirgan uslublar
Ranglar uyg‘unligi — juda nozik masala. Bu borada har kimning o‘z didi, o‘z fikri bor, albatta. Ranglarni chiroyli tarzda moslashtirish qobiliyati yoki tug‘ma mahorat, yoki katta tajriba va yuqori kuzatuv natijasida orttiriladi. Bu borada qo‘rqmasdan stereotiplar doirasidan tashqarida fikrlashni o‘rganishga harakat qiling. E’tiboringizga uchta rang kombinatsiyasi asosida ajoyib tarzda kiyinish mumkinligini ko‘rsatib beramiz. Qizil + pushti Odatda, ayollar ushbu rang kombinatsiyasini chetlab o‘tadi: bu ranglar ularga o‘ta yorqin bo‘lib ko‘rinadi. Aslida unday emas, mazkur ranglar uyg‘unligi husningizga husn qo‘shadi. Va bu tasavvur va tajriba uchun juda ko‘p imkoniyatlar beradi: ushbu kombinatsiya, albatta, sizni olomondan ajratib turadi. To‘q ko‘k + qora Ushbu kombinatsiya odatda kontrastning yetishmasligi uchun tanqid qilinadi. To‘q ko‘k qora rangga nisbatan yoqimli va yorqinroq. Shuningdek, bunday kombinatsiya yanada murakkab uslublar uchun “oq qog‘oz” vazifasini bajaradi. Qora va ko‘k rangli kombinatsiyaga turli detallarni osongina moslashtirish mumkin, bu esa ranglar uyg‘unligini ta’minlaydi. Qora + pushti Yana bir bahsli kombinatsiya. Bu uyg‘unlik anchadan beri ko‘plab tortishuvlarga sabab bo‘lib kelmoqda. Bunday qarama-qarshiliklar ostida qolmaslik uchun yengil, och pushti rangdagi libos tanlashni maslahat beramiz.
57
1,345
Ayollar
O‘ziga xos iforli atir tanlashga yordam beradigan 9 tavsiya
Obraz nafaqat kiyinish va makiyajga, balki taraladigan iforga ham bog‘liq bo‘ladi. Atir tanlashda inobatga olish kerak bo‘lgan jihatlar haqida ma’lumot berib o‘tamiz. Atirning ifori xushbo‘ylashtirilgan suvdan yaxshiroq bo‘ladi Mutaxassis bo‘lmagan odamga do‘kondagi yuzlab flakonlar orasidan qay biri xushbo‘ylashtirilgan suv qaysini atir ekanini aniqlash mushkul bo‘ladi. Qolaversa, parfyumning turlari nimasi bilan farq qilishini ham darhol bilib bo‘lmaydi. Ma’lum bo‘lishicha, ularning farqi tarkibidagi yog‘ bilan bog‘liq bo‘ladi. Xushbo‘ylashtirilgan suvda yog‘ 5–15 foiz ekani hisobiga ifor sepgandan keyin 3 soat turadi. Parfyumlangan suvda esa 15-20 foiz bo‘lgani uchun 8 soatga turadi. Atirda 30 foiz konsentrant bo‘lgani uchun esa ifor sutka davomida taralib turadi. Atir va xushbo‘ylashtirilgan suv orasidan birinchisi yoki parfyumlangan suvni tanlagan yaxshi Ular nota deb nomlanadigan 3 qatlamdan iborat bo‘ladi. Yuqori notalar 15 daqiqa turadi, qolgan bazaviysi esa kun oxirigacha saqlanib turadi. Eskichadek ifor taraladigan atirlardan qochish uchun nima qilish kerak? Zamonaviy va o‘ziga xos ifor taralib turishini istasangiz, shirin gul iforli atirlarni tanlamaslik tavsiya qilinadi. Dolzarb bo‘lmagan bunday variantlar, shuningdek, obrazga ham mos tushavermaydi. Shunga qaramay, binafsha va gulsapsarga xos sof ifor bo‘lsa, gul notalari zodagonlarcha nazokat baxsh etishi mumkin. Yasmin, sariq gulli akasiya va sandal ham, shuningdek, yaxshi umumlasha oladi. Shirin ifor qancha kam bo‘lsa shuncha yaxshi Shirin meva iforlari o‘smirlik davriga xos deb hisoblanadi. Qolaversa, aksariyat hollarda arzon atirlarga katta miqdordagi shirin xushbo‘ylashtiruvchi vositalar qo‘shiladi. Ifor konfet, shokolad yoki bulochka sotiladigan do‘kondagi hidni eslatadigan bo‘lsa, o‘zingizni aslzodalardek his qilmasligingiz aniq. Yaxshisi yengil va asl iforlarga e’tibor qarating. Yoki yog‘och kedra notasi, anbar va bergamot (sitruslar oilasiga mansub daraxt) notalariga diqqat qiling. Ammo bu hamma shirin iforli atirlardan voz kechish kerakligini bildirmaydi. Masalan, vanil haddan ortiq shirin bo‘lgani bilan, ifori turlicha ekani sabab yoqimlilik baxsh etishi mumkin. Qanday atirlar qimmatdek tuyilishi mumkin? Bugungi kundagi eng mashhur atirlar asosan yog‘och daraxti, vanil, jasmin, binafsha, papaya, bergamot, muskat yong‘og‘i, kardamon, mandarindan olinadi. Parfyumni tanlash uchun saytlardan foydalaning Qanday atir va ifor tanlash haqida boshingiz qotayotgan bo‘lsa, internetdan, xususan, fragrantica.com saytidan ma’lumot olishingiz mumkin. Unda ma’lum bir iforni topish yoki qandaylari hashamatli hisoblanishini bilish mumkin. Tanlab, qaror qilgandan keyin do‘konga borishingiz mumkin. Shoshilmang Do‘konga borganda iforlar aralashib ketmasligi uchun hech qanday parfyumdan foydalanmang. Tanlash uchun maxsus qo‘yilgan qog‘ozlardan foydalanish, teriga surkash yoki shunchaki hidlab ko‘rishingiz mumkin. Tanlov qilayotganda mavsumni ham e’tiborga olish kerak. Masalan, sharqona iforlar issiq havo uchun mos emas. Kuz va qish uchun esa “zamsh” notali iforlar ayni muddao. Qimmat sumka yoki mebellardan shunday ifor taraladi. Sovuq fasllarda go‘yo isitib, uydagi qulaylikni yodga soladigandek tuyilgan parfyumlar tanlash kerak. Tabiiy mushkdan atir ishlab chiqarishda XIX asr oxirigacha keng foydalanilgan. Mushkni kabarga, ondatra singari ayrim hayvonlarning bezlaridan ajraladi. Ammo keyinroq populyatsiya xavfi sabab ishlab chiqaruvchilar bugungi kunda sintetik komponentlardan foydalana boshlagan. Iforlar ham urfda bo‘lishi mumkin? Masalan, qachonlardir binafsha iforli atir urfda bo‘lgani sabab bunday variantlar darhaqiqat qimmat bo‘lgan. Avvallari, binafshadan 1 kg efir yog‘i olish uchun katta miqdorda gul yig‘ish kerak bo‘lgan. Bunday atir yaratishni o‘zi bo‘lmagan va shuning uchun ham ular qimmat bo‘lgan. Masalan, Emilya Zolyaning 1980-yildagi “Nana” romanida bosh qahramon boyib ketadi va puli qanchalik ko‘pligini ko‘rsatish uchun uyini binafsha iforlari bilan burkaydi. XX asrda sintetik iforlar o‘ylab topilganidan keyin binafsha iforli atirlar qimmat bo‘lmay qolgan. Shu sabab bugungi kunda istalgan odam binafsha iforli atirni xarid qilishi mumkin. Emotsiyalarga tayaning Atirni tarkibidagilar asosida tanlay olmasangiz, tuyg‘u va emotsiyalaringizga tayanishingiz mumkin. Mutaxassislar qanday iforni yaxshi ko‘rishingiz haqida bosh qotirib ko‘rishni tavsiya qiladi. Qaysi ifor ko‘nglingizga xush yoqayotganiga e’tibor bering. Mutaxassislar turli iforlar ma’lum terida turfa taralishini, o‘zini boshqacha namoyon qilishini ta’kidlaydi. Sepilgan atir kun davomida o‘ziga xos tarzda o‘zgarishi mumkin. Shu sabab ham mutaxassis tavsiyasiga amal qilgan holda tanlab, ularning qanchalik to‘g‘ri kelish yoki yo‘qligiga qaror qilish uchun ichki ovozingizga quloq tuting.
59
4,802
Ayollar
Pul sarflash shart emas: zamonaviy obraz yaratishga yordam beradigan 5 ta layfxak
Chiroyli va qiziqarli obraz yaratish uchun millionlarga ega bo‘lishingiz shart emas. Quyidagi maslahatlarga amal qilgan holda uslubingizni yangilashingiz mumkin. Garderobingizni saranjomlang Shkafingizdagi narsalarni ehtiyotkorlik bilan saralang: ko‘p yillar davomida javonlarda bo‘lgan va foydalanilmagan narsalarni chiqarib tashlang. Agar ba’zi narsalar yaxshi holatda yoki yangi bo‘lsa, yangi narsalarni sotib olishga pulingizni ko‘paytirish uchun ularni onlayn do‘konlarda sotishingiz mumkin. Mavsumiy chegirmalar haqida unutmang Savdo markaziga yangi narsalar xarid qilish uchun borganingizda, chegirmali do‘konlar yoki mavsumiy chegirmalar mavjudligini unutmang. Bunday paytda do‘konlar assortimentini diqqat bilan kuzatsangiz, ajoyib narsalarni arzon narxda sotib olishingiz mumkin. Asos bo‘la oladigan liboslarni saralang Universal kiyimlarni xarid qiling. Bu sokin ranglardagi monofon narsalar bo‘lishi mumkin, ular oddiy bo‘lib, zamonaviy elementlarning yo‘qligi bilan ajralib turadi. Shkafdagi bunday asosiy narsalar bilan turli xil holatlar uchun ko‘proq obraz yaratishingiz mumkin. Bu narsalarni bir-biri bilan moslashtirish oson va sizda “kiyadigan hech narsam yo‘q” degan muammo bo‘lmaydi. Pidjak yoki jaket sotib oling Har bir ayol shkafida rangi va bichimi o‘ziga yarashib turadigan pidjak yoki jaketi bo‘lishi kerak. Bular yordamida obraz har doimgidek ko‘rinmaydi, ular obrazga yangilik va yorqinlik beradi. Modani his qilish qobiliyatingizni rivojlantiring Moda jurnallarini yoki xorijiy dizaynerlar va stilistlarning ishlarini o‘rganing, turli xil moda uslublarini ko‘rib chiqing, Boshqa odamlarning kiyimlariga o‘xshamaydigan, eski kiyimlardan yangi narsalarni yarating. Shu yo‘l bilan o‘zingiz yaratgan obraz bilan boshqalarning e’tiborini jalb qilishingiz, har doim trendda qolishingiz va kiyinishda o‘ziga xos uslubni shakllantirishingiz mumkin.
81
1,875
Ayollar
Bolani taltaytirib yubormaslik yo‘llari
O‘z farzandini sevish, har qanday xavf-xatardan himoya qilish va uni doimo xursand qilish istagi – bu onalik va otalik tuyg‘ularining tabiiy ravishda namoyon bo‘lishi. Ko‘pincha bu tuyg‘uning me’yoridan oshishi va xavfli chegaradan chiqishi oqibatida bola yaqinlarining ojizligidan foydalanib o‘z aytganidan qolmaydigan kichkina zolim hukmdorga aylanadi. Mustaqil bo‘lishga o‘rgatish Ba’zi ota-onalar bola tug‘ilgandan boshlab boshqa ishlarini butunlay unutib kecha-yu kunduz atrofida parvona bo‘lishadi. Ular bolaning o‘zi bemalol o‘ynab o‘tirgan bo‘lsa ham hamma o‘yinlariga qo‘shilib ketaverishadi. Ota-onaning bunday muomalasi bolada e’tibortalablikning shakllanishiga olib keladi va bola ota-ona ishtirokisiz nima qilishni bilmay qoladi. Bu ahvol yuz bermasligi uchun bolaga mustaqilligini namoyon qilishga imkoniyat berish zarur va bir o‘zi biror narsa bilan band bo‘lsa, chalg‘itmaslik lozim. Do‘konda bolaga “yo‘q” deyish  Ko‘pchilik ota-onalar bolaning do‘kondagi ichimlik yoki muzqaymoq va shunga o‘xshash shirinliklarni olib berishni so‘rab yolvoruvchi qarashlariga chiday olmaydi. Shuni esdan chiqarmangki, tantiqlik bolaga yo‘q deya olmaslik oqibatida paydo bo‘ladi. Bolaga shirinlikning zarari to‘g‘risida aytib o‘tirmasdan, yoningizdagi pul faqat oziq-ovqat mahsulotlariga yetishini va u xohlagan narsalarga yetmasligini tushuntiring. Bolani boadablikka o‘rgatish Bola ota-onasidan yoki uydagilardan biror narsani olishda hech qachon buyruq ohangida murojaat qilmasligi lozim. Bolaning “sehrli so‘z” — rahmat va iltimos nima ekanligini tushunishi juda muhim.
39
1,574
Ayollar
Ro‘zada dori ichish mumkinmi?
“Islom.uz” sayti ma’muriyati ro‘za tutgan odam dori ichishi mumkin-mumkin emasligi haqidagi masalaga aniqlik kiritdi. “Bizni uyda hamma ro‘za tutadi. Uyda kimnidir tishi, boshi, yoki yuragi bezovta qilsa qaynotam ‘bir qultum suv bilan dori ichsa bo‘lar ekan’ deydi. Ularga mahallamizdagi bir kishi shunday qilsa bo‘ladi, yana ba’zi bir hollarda suvsizlikdan sillasi quriganda og‘izni chayib g‘ar-g‘ara qilish mumkin degan ekan. Shu kabi narsalarga ruxsat bormi?” — deya murojaat qilgan sayt foydalanuvchilaridan biri. “Tomog‘idan o‘tgan bir qultim suv ham, dori ham hatto fuqaholar tosh yutsa ham ro‘zasi ochiladi deganlar. Qasddan suv va dori ichgani uchun qazo va kafforat ham vojib bo‘ladi deganlar. Chunki bunday o‘rinlarda yonboshdan ukol olinsa ro‘za ochilmasligi aytilgan. Og‘izga suv olib chayqash mumkin, g‘ar-g‘ara mumkin emas. Chunki odatda g‘ar-g‘arg‘ara qilinganda ichkariga suv o‘tib ketadi”, — deya javob berdi sayt ma’muriyati.
29
944
Ayollar
Qorindagi og‘irlikdan xalos etuvchi oziq-ovqat mahsulotlari
Inson organizmi juda murakkab tuzilishga ega. Ovqat hazm qilish organlari tizimi faoliyati to‘g‘risida-ku aytib o‘tirmasa ham bo‘ladi: hatto to‘g‘ri ovqatlangandan keyin ham ko‘pincha qorinda og‘irlik seziladi. Biz sizga qorinda yoqimsiz og‘irlik sezilgan holatlarda yordam beruvchi oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxatini havola qilamiz. Yogurt Yogurtlar ichaklar faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi va qorin damlashining oldini oluvchi foydali bakteriyalarga juda boy. Bundan tashqari ular hazm qilishga va modda almashinuvini tezlashtirishga yordam beradi. Qatiq Uy sharoitida qorin dam bo‘lishidan tez qutulishning eng oddiy usuli — bir piyola qatiq ichish. U qorin dam bo‘lishiga sabab bo‘luvchi zararli bakteriyalar ko‘payishining oldini oladi. Banan Banan tarkibidagi kaliy moddasi qorin damlashini yo‘qotadi va undagi og‘irlikdan xalos etadi. Bundan tashqari, bananlarning eti organizmda yetishmagan dag‘al tolalar o‘rnini to‘ldirishga yordam beradi. Zanjabil (Imbir) Sog‘liq uchun benihoya foydali hisoblanuvchi zanjabil bakteriyaga qarshi kurashish xususiyatiga ega bo‘lgani uchun ichaklardagi yallig‘lanishning oldini olishga yordam beradi. Zanjabil ildizi tarkibidagi hazm qiluvchi fermentlar oqsillarni faol parchalaydi, metabolizmni tezlashtiradi va damlash muammosini bartaraf qiladi. Limon sharbati Hazm qilish faoliyatini yaxshilash uchun ertalab limon sharbati solingan iliq suv ichish tavsiya qilinadi. Limon sharbati damlashni keltirib chiqaruvchi hayvon va sut oqsillarini faol ravishda parchalash xususiyatiga ega.
59
1,535
Ayollar
Sovuq havoda qo‘llarni parvarish qilish bo‘yicha tavsiyalar
Ko‘chada havo sovuq, uyda esa quruq. Bu esa terida bir qancha muammolarni keltirib chiqaradi, jumladan, qo‘l terisida ham. Qo‘llar silliq, nozik va chiroyli bo‘lishi uchun qanday parvarish qilish kerak? Yumshoq yuvish vositasidan foydalaning Har safar qo‘l kir va bakteriyalardan tozalanganda, terini haddan tashqari quruqlikdan himoya qiladigan tabiiy yog‘ qatlami yuvilib ketadi. Sovuq mavsumda bu tabiiy qatlamning yangilanishi ko‘proq vaqt talab etadi va teri tezroq quriydi, jarohatlanishi osonlashadi. Buning oldini olish uchun odatdagi yuvish vositasini namlantiruvchi asos bilan almashtirish lozim. Qo‘lni issiq suv bilan emas, balki iliq suv bilan yuvish tavsiya etiladi, shundagina teriga kamroq shikast yetadi. Qo‘llarga iloji boricha tez-tez krem surting Suvdan foydalanish, qog‘oz bilan ishlash, umuman har qanday jarayondan oldin yoki keyin tez-tez krem surtib turish lozim. U himoya qatlamini doimo saqlab turishga yordam beradi. Buning uchun uyda, ishda, sumkada va mashinada krem olib yurish kerak. Sovuq havoda qo‘lqopsiz yurmang Qo‘llarni uzoq vaqt yumshoq va chiroyli saqlaydigan juda oddiy qoida. Havo harorati +10 darajadan pastga tushishi bilanoq, faqat qo‘lqop bilan ko‘chaga chiqish kerak. Ro‘zg‘or qo‘lqoplarini unutmang Ro‘zg‘or qo‘lqoplari har qanday uy vazifasini bajarishda kiyilishi kerak. Bu qoida yilning istalgan vaqtiga to‘g‘ri keladi. Ammo kuz va qishda bu yana ham muhimdir. Sovuqda qo‘llarning terisi allaqachon qo‘shimcha ta’sirga duchor bo‘ladi. Har hafta tuzli qo‘l hammomlarini qiling Qo‘l terisini yaxshi holatda saqlash uchun haftada bir marta dengiz tuzi bilan iliq vannalar qilish foydalidir. Ular mayda yoriqlar va jarohatlarni davolashga yordam beradi, tirnoqlarni mustahkamlaydi, shuningdek, teri qatlamining ko‘chishini yo‘q qiladi. Qolaversa, suvga bir necha tomchi efir moyini qo‘shish mumkin. Ushbu stress terapiyasi yilning istalgan vaqtida foydali. Niqoblardan foydalaning Qo‘l terisi uchun maxsus niqoblarni sotib olish yoki uy sharoitida tayyorlash ham mumkin: odatda foydalanayotgan kremga bir necha tomchi har qanday moy qo‘shiladi, qo‘llarga surtiladi, rezina qo‘lqop kiyiladi va 15-20 daqiqa davomida iliq havoda ushlab turiladi. Haftada bir yoki ikki marta bunday niqoblarni qo‘llash tavsiya etiladi. Skrab bilan tozalang Haftada ikki martadan ko‘p bo‘lmagan holda, o‘lik hujayralardan xalos bo‘lish, qon aylanishini yaxshilash va krem yoki niqoblarning yaxshiroq kirib borishini ta’minlash uchun qo‘llarni yumshoq skrab bilan yaxshilab tozalashingiz kerak.
59
2,520
Ayollar
Uyda tayyorlagan pitssangiz haqiqiy italyancha bo‘lishi uchun 5 tavsiya
Har bir bekajon uy sharoitida italyan restoranidagi kabi pitssa tayyorlashni istasa kerak. Aslida ularning siri xamir retsepti yoki mahsulotlarda emas. Buning uchun bor-yo‘g‘i bir nechta qoidalarga amal qilish talab etiladi. Yuqori haroratda pishirish Ko‘pchilik pitssani 40 daqiqa davomida 180 daraja haroratda pishirish kerak, deb o‘ylaydi. Afsuski, bu bilan kutilgan natijaga erishib bo‘lmaydi. O‘rtacha haroratda mahsulotlar ta’m va hidini yo‘qotadi. Buning oldini olish uchun eng yuqori harorat tanlanib, pitssa 15-20 daqiqada pishirib olinadi. Pitssa xamirini qo‘l bilan yoyish Gap shundaki, xamir nafas olishi kerak. Uni jo‘va yordamida yoyganda xamir tekislanib, zichlashadi. Natijada pitssa xamiri qattiq bo‘lib pishadi. Buning uchun xamir kerakli shaklga kelguniga qadar qo‘llar yordamida asta-sekin yoyish tavsiya etiladi. Shundan so‘ng uning ustini kerakli mahsulotlar bilan bezatish mumkin. Kamroq nachinka qo‘shish Odatda muzlatkichda bor mahsulotdan nachinka sifatida foydalaniladi. Birinchidan, nachinka ostida qolgan xamir yaqqol sezilishi kerak. Ikkinchidan, agar nachinka me’yoridan ortiq bo‘lsa, uning og‘irligi tufayli xamir pishish jarayonida ko‘tarila olmaydi. Natijada pitssa xamiri yana qattiq bo‘lib pishadi. Motsarella pishlog‘i va rayhon Ushbu kombinatsiya har qanday pitssani chindan ham italyanchaga aylantiradi. Rayhon yegulikka o‘zgacha xushbo‘y hid bersa, motsarella pishlog‘i esa erib, yopishqoqligi darajasi bilan kutilgan maza va natijani berishi shubhasiz. Tabiiy pomidor sousi Italyancha pitssa tayyorlashni istaganlar mayonez va ketchup kabi souslardan foydalanishi qat’iyan man etiladi. Bu yegulik ta’mini buzadi. Eng maqbul sous sifatida faqatgina zaytun moyi va tuz qo‘shilgan pomidor sousidan foydalanish kerak.
71
1,759
Ayollar
Qish kirib kelmasidan avval uyda bajarilishi kerak bo‘lgan 12 ta vazifa
Qish faslining kirib kelishiga ham oz fursat qoldi. Tez orada qo‘lda bir chashka issiq kakao bilan iliq adyol ostida, tinchlik va osoyishtalikda eng sevimli kitobni mutolaa qilish istagi paydo bo‘ladi. Ammo bungacha amalga oshirish lozim bo‘lgan bir qancha narsalar bor. Wday nashri ularning 12 tasini havola etdi. Muzlatkich muzini eriting Eskirgan hamma narsani tashlash, javonlarni artish va yuvish, muzlatkichdan muzni eritish — ehtimol avvalroq bunga vaqt topilmagandir. Tartibga keltirilgan muzlatkich ichida qishki zaxira uchun joy ochiladi. U yerda meva va sabzavotlarni yangidek saqlash mumkin. Oshxona shkaflarini tartibga keltiring Uzoq vaqt davomida oshxona shkaflarida bir talay narsa yig‘iladi. Ularni tartibga keltirish va aynan javonlarda saqlash mumkin bo‘lgan mahsulotlarni olib kelish vaqti keldi. Natijada yomg‘irli ob-havoda xarid uchun ko‘p ko‘chaga chiqishga hojat qolmaydi. Kabob pishiriladigan panjarani tozalang Qish ta’til hamda bayramlar oldidan tabiat qo‘yniga chiqishga hozirlik ko‘rish lozim. Buning uchun yegulik tayyorlanadigan jihozlarni tozalab, ularni sayohatga olib qo‘yish kerak. Aks holda tozalanmagan buyumlarga zarar yetishi yoki o‘zingizda tozalash uchun vaqt topilmasligi mumkin. Derazalarni yuving Derazalarni ham ichki, ham tashqi tomondan yuvish tavsiya etiladi. Bu ishni aynan kuzning bulutli kunida amalga oshirish kerak. Shundagina derazalarga quyosh nuri tushib, iz qoldirmaydi. Qolaversa, qishning quyoshsiz kunlarida toza derazalar uyni yoritib turadi. Yozgi kiyimlarni yuving Yozgi kiyimlarni yuving, quriting va shkafning yuqori qismiga qo‘ying. Yaqin orada ular sizga kerak bo‘lmaydi. Lekin ularni tozalamasdan olib qo‘yish keyinchalik ayrim dog‘larning ketmasligiga olib keladi. Sumkani tartibga keltiring Eski cheklar, uzoq vaqtdan beri yozmay qolgan ruchkalar, eskirgan shirinlik va saqichlar — hammasidan voz kechish kerak. Ayollar sumkasidagi ba’zi narsalarni saqlash odatda xavfli. Chunki unda hujjatlar uchun joy, hamyon, upa va lab bo‘yog‘i bo‘lishi tabiiy. Odeyal va yostiqlarni quyosh nuriga olib chiqing So‘nggi quyoshli kunlardan unumli foydalanib qolish kerak. Odeyal va yostiq kabi buyumlarni quyosh nuri tushadigan joyga chiqarish kerak. Bu bilan ulardan yig‘ilib qolgan bakteriyalardan osongina xalos bo‘lish mumkin. Qolaversa, salqin uyda nam tortganlari quyosh nurida quriydi. Gilamni tozalang Gilam yuzasini faqatgina supurish emas, balki unga yig‘ilgan chang va kirlarni astoydil tozalash lozim. Buning uchun maxsus eritmalar yordam beradi. Ular gilamni yangi ko‘rinishini tiklash bilan birga, allergiya qo‘zg‘atuvchi turli bakteriyalarni ham yo‘q qiladi. Isitkich sotib oling Qishgacha isitkichni chegirma bilan topish imkoniyati hali ham mavjud. Ammo ushbu ishni qishda amalga oshirish esa qiyinchilik tug‘dirishi shubhasiz. Kichik ta’mirlash ishlarini bajaring Tomchilayotgan jo‘mrak, g‘ichirlagan eshik, yopishtirish kerak bo‘lgan narsa — kunduzi yorug‘lik yetarli bo‘lganda hammasini tuzatib qo‘ygan ma’qul. Havo sovigandan keyin ularni ta’mirlash biroz qiyinlashishi, shuningdek, muammolar kattalashishi mumkin. To‘qimachilik mahsulotlarini almashtiring Kuzga kelib, choyshab, yostiq, pardalarni qalinroq, qulayroq va issiqroqlarga almashtirish kerak. Bu xonani yanada issiqroq qilishga yordam beradi. Gullarni ko‘chirib o‘tkazish Tashqaridagi gullarni sovuq urmasligi uchun uy ichida qulay va shinam sharoit yaratish kerak. Shuningdek, xonaki gullarni turiga qarab parvarishlashni unutmaslik juda ham muhim. Aks holda ularning nobud bo‘lishi hech gap emas.
71
3,539
Ayollar
Oyoqlar og‘rimasligi uchun bog‘ichlarni qanday bog‘lash kerak?
Bog‘ichi to‘g‘ri bog‘langan botinka tushib ketmaydi, qavartirmaydi, shikastlanish va qadoqlardan saqlaydi, unda yurish ham yengillashadi. Amerika ortopedlari uyushmasi bog‘lashning aynan o‘zingizga mos bo‘lgan turini qanday qilib tanlashni maslahat berishadi. Bog‘lashning oddiy bir-birini kesishib o‘tgan uslubi hammaga mos keladi va u ko‘p hollarda yaxshi natija beradi. Shuning uchun bog‘ichlarni bog‘lashdan oldin, oyoq kiyimni qulay qiladigan asosiy qoidalarni esda saqlang: Agar oyoqlaringizning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lsa, unda boshqa usullarini sinab ko‘ring. Agar oyoq kaftlari ensiz bo‘lsa, ikki qator teshiklari bo‘lgan va bog‘ichlar faqat tashqi qator orqali o‘tkaziladigan oyoq kiyimini tanlashga harakat qiling. Keng kaftlar uchun ham ikki qator teshiklari bo‘lgan botinkalar mos keladi, lekin oyoqlar uchun ko‘proq joy qoldirish uchun ichki teshiklardan foydalanish kerak bo‘ladi. Ikkita bog‘ichdan foydalaning. Birini barmoqlarga yaqin qilib o‘tkazing va bo‘sh qilib bog‘lang, ikkinchisini esa tovonga yaqin teshiklardan o‘tkazing  va o‘zingizga qulay bo‘ladigan qilib torting. Manba: “Layfxaker”
62
1,121
Ayollar
Britaniya muzeyini borib ko‘rish uchun 5 sabab
Britaniya muzeyi (The British Museum) — Buyuk Britaniya bosh tarixiy-arxeologik muzeyi dunyodagi eng ko‘p tashrif buyuriladigan badiiy muzeylar orasida 2-o‘rinda turadi. Agar siz Britaniya muzeyiga borib qolgan bo‘lsangiz, albatta ko‘rishingiz zarur bo‘lgan bir necha joylar bor. Rozetta toshi Rozett toshi — qadimgi Misr yozuvini o‘qishga yordam bergan va ko‘rinishi uncha ahamiyatli bo‘lmagan granit plita. Parfenon haykallari Muzeyning 18-zalida 1801-yil graf Eljin tomonidan Afinadan keltirilgan Eljin bo‘rtma naqshlari deb nomlanuvchi haykallar va bo‘rtma naqshlar joylashgan. Soatlar zali  Britaniya muzeyining 44-zali yonidan kirmay o‘tib ketolmaysiz. Turlicha va har xil o‘lchamdagi juda ko‘plab soatlarning jarangi, chiqqillashi va bong o‘rishi beixtiyor e’tiboringizni tortadi. Satton-Xu xazinasi 1938-yil Satton-Xu qo‘rg‘onida topilgan bu xazina Britaniya hududining eng ahamiyatli arxeologik topilmalaridan biri hisoblanadi. Lindoulik odam Cheshir grafligidagi Lindou torf botqog‘ida 1984-yil torf qazib olishda mukammal tarzda saqlangan odam jasadi topildi. Keyinchalik tekshirishlarda bu odam eramizning 20—90-yillarida o‘lganligi ma’lum bo‘ldi.
46
1,160
Ayollar
Qurigan, yorilgan va rangsiz lablar salomatdagi qanday muammodan darak beradi?
Lablarning ahvolidagi o‘zgarish nima bilan bog‘liq ekanligi haqida Marie Claire nashri ma’lumot berib o‘tadi. Quruq va ko‘chgan lablar Lablarning quruq va ko‘chgani organizmdagi suvsizlanishni bildiradi. Gap shundaki, terisi yupqa ekani hisobiga organizmdagi suv tanqisligi birinchi bo‘lib labda aks etadi. Aynan shu sabab ham labga balzam surtish o‘rniga bir stakan oddiy suv ichish tavsiya qilinadi. Bundan tashqari, quruqlik qizilo‘ngach va oshqozon shilliq qavatida muammo borligi, gastrit va eroziyadan darak berishi mumkin. Lab chetlaridagi yoriqlar Aksariyat hollarda lab chetlaridagi yoriqlarning paydo bo‘lishiga gigiyena qoidalariga amal qilmaslik oqibatida kelib chiqadigan turli infeksiya va bakteriyalar sabab bo‘lishi mumkin. Bu, ayniqsa, breket va turli protez taqadiganlarga taalluqli. Lab rangining o‘zgarishi Labning rangi odatdagidan qizarishi yoki oqarishi iste’mol mahsuloti bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Unday bo‘lmagan taqdirda esa bu jigar yoki turli allergik reaksiyalar bilan aloqador bo‘ladi. Lablarning shishishi Tonga lablarning shishishi organizmda suyuqlik to‘plangani bilan boshqa payt esa allergik reaksiyalar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Lab rangining oqarishi Lablarning odatdagidan oqarishi quyosh nurining yetarli emasligi yoki kasallik bilan bog‘liq bo‘ladi. Agar boshqa simptomlar kuzatilmasa, quyosh nuri ostida sayr qiling. Boshqa hollarda esa shifokorga murojaat qiling. Negaki bu oshqozon-ichak traktida muammo borligidan darak berishi mumkin. Lab chetlarida yoriqlarning paydo bo‘lishi Lab chetlarida yoriqlarning paydo bo‘lishi B2 vitaminining yetishmasligi va immunitet susayganidan dalolat berishi mumkin. Sabzavot va barra mevalarni iste’mol qilishni kanda qilmang. Sezuvchanlikning ortishi Sezuvchanlikning ortishi, qizarish va zo‘riqishlarga allergiya sabab bo‘lishi yoki bu gigiyenik vositalarning qo‘zg‘atishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
78
1,896
Ayollar
Qalin va sog‘lom bo‘lsin desangiz: uy sharoitida qoshlarni qanday parvarish qilish kerak?
Qoshlarning ko‘rinishi va sog‘lomligi ularni uy sharoitida qanchalik parvarish qilishga bog‘liq bo‘ladi. Mutaxassis Marina Didenkaning bu boradagi tavsiyalarini e’tiboringizga havola qilamiz. Massaj Qoshlarni kiprik yo‘nalishi bo‘ylab, bosh va ko‘rsatkich barmoqlar bilan massaj qiling. Yengil harakatlar bilan barmoqlaringizni qanshardan chakka tomonga harakatlantiring. 5-7 daqiqa davomida takrorlang. Tarashni unutmang Maxsus cho‘tka yordamida qoshlarni tarashni unutmang. Buni har kuni takrorlash qosh tolalarini o‘sishiga hissa qo‘shadi. Yog‘, skrab va zardobdan foydalaning Qoshlaringizga kanakunjut, bodom yoki chakamug‘ yog‘ini uxlashdan avval surting. O‘simlik yog‘lari yordamida qosh tolalarini mustahkamlash, to‘kilishini oldini olish mumkin. Haftada bir marta qoshlar uchun skrabdan foydalaning. Ushbu muolaja terining dag‘al qatlamini a’lo darajada yo‘q qiladi. Agar qosh tolalaringiz sekin o‘sadigan bo‘lsa, maxsus zardoblardan foydalaning. Bu tezda samaraga erishishga yordam beradi.
89
1,001
Ayollar
Tartibga keltiramiz: Garderobda faqat kerakli kiyimlar qolishi uchun 4 tavsiya
Garderobning to‘lib-toshgani undagi hamma libos kiyilishini bildirmaydi. Keraksiz kiyim-kechaklar bekorga joy olib yotmasligi uchun asqatadigan maslahatlar bilan bo‘lishamiz. Shkafdagi hamma narsani olib, kerak-keraksizga ajrating Shkafdagi hamma — ro‘moldan tortib shimgacha bo‘lgan kiyim-kechaklarni oling va ularni sizga qanchalik kerakligi, so‘nggi yillarda kiydingizmi yoki yo‘q, sizning kiyinish uslubingizga qanchalik mos tushishi haqida o‘ylab ko‘ring. Tartibga keltiring Kerak-keraksizga ajratganingizdan keyin kiyimlaringiz avvalgidek ko‘p bo‘lmaydi. Ko‘ylak, bluzka, kurtka va g‘ijim bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa kiyimlarni kiyim ilgichga iling. Qolganlarini taxlab, polkaga yoki qutilarga joylang. Keragini tanlash oson bo‘lishi uchun rangini moslab taxlang. Yuving va dazmollang Sevimli libosingiz sizga uzoq xizmat qilishi uchun to‘g‘ri yuvish va dazmollash ham muhim sanaladi. Berib yuboring Kiymaydigan, ammo ahvoli yaxshiligidan tashlab yuborishga kishining ko‘zi qiymaydigan kiyim-kechaklarni, yaxshisi, boshqalarga berib yuboring.
78
1,052
Ayollar
Soch quritishda foydalaniladigan oddiy fenning ko‘pchilikka noma’lum jihatlari
Barchaga soch quritishda yordam beradigan fenlardan boshqa maqsadda ham foydalanish mumkin. Yorliq va stikerlarni yechib olish mumkin Yorliq yoki stikerlar qandaydir buyum yuzasiga juda qattiq yopishtirilgan bo‘lsa, ularni qo‘l bilan bir tekisda olishning imkoni yo‘q. Bunday vaqtda fen orqali yopishqoq qog‘oz biroz qizdiriladi. So‘ngra yelim elastikligi oshib, uni olib tashlash osonlashadi. Mebeldagi mumni bartaraf etadi Agar sham mebel yoki polga tomgan bo‘lsa, fen orqali uni eritib, olib tashlash eng yaxshi usul hisoblanadi. Yumshaguncha mum ham fen bilan qizdiriladi va mato bilan artiladi. Ko‘rpachani isitadi Sovuq ob-havoda ko‘rpachalarni yopish yoqimsiz bo‘lsa, ularning yuzasini fen yordamida isitish mumkin. Faqatgina uni qarovsiz qoldirmaslik zarur. Sababi soch quritkichning qizishi natijasida buzilishi va hatto yong‘in kelib chiqishi ham mumkin. Tirnoqlarni yuqori tezlikda quritadi Ishga yoki uchrashuvga borishdan avval tirnog‘ini bo‘yaydigan xonimlar lakning tezroq qurishini sabrsizlik bilan kutadi. Shunday vaqtda fen masalaning yechimi bo‘lishi mumkin. Tor jinsi shimni kengaytiradi Jinsi matosidagi shimlar yuvilganidan so‘ng avvalgiga qaraganda torayadi. Ularni dastlabki holiga qaytarish uchun fen bilan shimning barcha qismini isitib chiqish zarur. Yangi poyabzal Har qanday yangi poyabzal toki oyoqqa moslashgunicha anchagina og‘riq berishi tabiiy. Shunday vaqtda ajoyib usul bilan ushbu muammoni bartaraf etish mumkin. Buning uchun oyoq kiyim ikkita paypoq ustidan kiyiladi va yog‘lanadi. So‘ng poyabzalning oyoqni urayotgan qismiga fen yordamida issiq havo purkaladi. Natijada poyabzal o‘lchami biroz kengayadi. Sayohat paytida kiyimlarni dazmollash Sayohat vaqtida dazmolni olib ketish shart emas. G‘ijim bo‘lgan kiyimlarni dush qabul qilish jarayonida yoyib chiqish tavsiya etiladi. Havo bug‘i yordamida g‘ijimi biroz ketgan kiyimlar fen bilan quritiladi. Qarabsizki, kiyimlar dazmol qilingandek ko‘rinishda bo‘ladi. Muzlatkichdagi muzlarni eritadi Ba’zida muzlatkichdagi muzlar erishi uchun soatlab vaqt kerak bo‘ladi. Ammo vaqti ziq xonimlar uchun buning ham yechimi bor. Albatta, juda ehtiyotkorlik talab etiladi. Ammo fen bir zumda qalin muzlarni ham erib tushishiga yordam beradi.
78
2,221
Ayollar
Karantindan so‘ng odatiy hayotga qaytishga yordam beradigan tavsiyalar
Karantin sabab odatiy hayot tarzimiz butkul boshqa tomonga o‘zgardi. Ish, o‘qish sabab ulgurolmaslik, shoshilish tushunchalari komfort zonaga o‘rnashish, ruhiy holatdagi o‘zgarishlarga o‘rin bo‘shatdi. Lekin, bir narsani yodda tutish kerak: ertami-kechmi virus tugaydi va yana odatiy hayot tarziga qaytamiz, Uyda ortiqcha zo‘riqishsiz, dangasa hayot tarzidan yana ritmga qaytish qiyin bo‘lmasligi, ruhiyatga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi uchun nima qilish kerak? Quyida ushbu savollarga javob berib o‘tamiz. Diqqatingizni kerakli narsaga qarating O‘y-xayollar inson o‘zini qanday his qilishida muhim rol o‘ynaydi. Yoqimsiz xabar, taxmin va statistika o‘qilganidan keyin o‘sha voqea ko‘z oldimizga keladi. Bunda voqea real bo‘ladimi yoki to‘qima farqi yo‘q, miya stressga qarshi garmon, kortizol keyin bo‘lsa adrenalin ishlab chiqarishni boshlaydi. Adrenalin miqdorining oshishi xavotir va yomon kayfiyatga sababchi bo‘ladi. Shu bois o‘zingiz uchun muhim bo‘lgan va bo‘lmagan yangiliklarni ajratib oling va ishonchli manbadan ma’lumotlar qidiring. Ruhiy holatingizga befarq bo‘lmang Ruhiy holatingiz uchun 10 daqiqa ajrating: shovqindan xoli joyda qushlar sayrashi, daraxt barglari shitirlashiga quloq soling. Agar buning iloji bo‘lmasa, internetdan shunday musiqa qo‘yib, ko‘zlaringizni yuming va hech narsa haqida o‘ylamang. O‘zingizni bo‘sh qo‘ying, xavotir, asabiylashish va muammolarni biroz vaqtga uniting. Yomon fikr, xayollarni miyangizdan chiqaring, yaxshi narsalar haqida o‘ylashga, ko‘z oldingizga keltirishga harakat qiling. Siz tasavvur qilgan narsalar miya uchun real bo‘lib ko‘rinadi va o‘zingizni yaxshi his qilishni boshlashingiz bilan “baxt garmoni” — serotanin ishga tushadi. Natijada esa siz o‘zingizni sokin va baxtli his qilasiz. Ishlaringizni rejalashtiring Uyda qolish deganda divanda yastanish, televizor ko‘rish va ovqatlanish keladi hayolimizga, shuning uchun ham uydan turib ishlash, sport yoki xobbi bilan shug‘ullanish ko‘pchilik uchun murakkablik qiladi. Lekin hozirgi vaziyatdan kelib chiqib baho berilsa, uyda qolish ta’tildagidek hordiq chiqarish kerak degan xulosani bermasligi kerak. Aksincha, tushkunlikka tushib qolmaslik, rivojlanishdan to‘xtamaslik uchun o‘z ustida ishlash, kunni rejalashtirish kerak. Siz uxlasangiz ham, foydali ish qilsangiz ham umringiz, kunlaringiz o‘taveradi. Qanday hayot kechirish esa sizning tanlovingiz. 24 soatdan hech bo‘lmaganda 4 soatini o‘z ustingizda ishlashga sarflang. Jismoniy mashq bajaring, kitob o‘qing, anchadan beri amalga oshira olmayotgan g‘oyalaringiz haqida bosh qotiring. Hammasi — ertangi kuningiz, salomatligingiz o‘z qo‘lingizda ekanini yodda tuting.
70
2,638
Ayollar
Ravshana Kurkova 37 yoshda 20 yoshli qizdek ko‘rinish sirlari bilan bo‘lishdi
Ravshana Kurkovaning muxlislari uning yoshlik va go‘zallik sirlariga juda ko‘p qiziqadi. Aktrisa ajinlar paydo bo‘lishining oldini olish va chiroyli qomatni saqlab qolishga yordam beruvchi byuti-hiylalar haqida aytib berdi. Ravshana o‘zini parvarish qilishda bir umr tabiiy yondashuv tarafdorlari bo‘lgan onasi va buvisining maslahatlariga rioya qilayotganiga iqror bo‘ldi. Ularning tavsiyasini inobatga olgan holda, Ravshana bo‘yanishni juda kech boshladi. “Buvim har doim kosmetikadan ko‘ra, tabiiylik ko‘proq latofatli ko‘rsatadi deb hisoblar edi. Sen bo‘yoqlardan foydalanishni qancha erta boshlasang, yuzing o‘z tabiiy go‘zalligini shuncha tez yo‘qotadi va yillar o‘tishi bilan rangpar bo‘lib qoladi deb aytar edi”, — gapirib berdi aktrisa. Aktrisa yoshligidan beri yuzini parvarish qilishga juda katta e’tibor beradi. Ravshana har kuni yuz terisini ko‘pik bilan tozalaydi, keyin tonik, zardob va tungi krem suradi. Aktrisa har hafta uy sharoitida niqoblar, pilinglar, skrablar qiladi, chunki uning kosmetologga borishga vaqti yetmaydi. Ravshananing kosmetika qutisida ularsiz uydan chiqmaydigan ikkita tengi yo‘q vosita bor — termal suv va quyoshdan himoyalovchi 30 SPF-faktorli krem. Ravshana kunni bir stakan limonli suv ichishdan boshlaydi. U suv bilan exinatsiyali tabletkalarni qo‘shib ichadi — bu ayniqsa qish faslida immunitetni mustahkamlashga yordam beradi. U nonushtada quyultirilgan sut, quruq mevalar, yong‘oqlar va rezavor mevalar qo‘shilgan suli yormasidan tayyorlangan bo‘tqa yeydi. Ravshananing qomati tabiatan go‘zal bo‘lishiga qaramasdan, baribir u to‘g‘ri ovqatlanishga va jismoniy harakatlarni yaxshi ko‘rishga intiladi.
77
1,647
Ayollar
Kofeinsiz tetiklashishning 6 yo‘li
Ish kunining ikkinchi yarmida ko‘pchiligimizni uyqu bosadi va ishimiz qabul qilish imkonsiz bo‘lgan ma’lumotlarning to‘xtovsiz oqimiga aylanadi. Ko‘p miqdorda qahva ichish hammaga ham to‘g‘ri kelavermaydi va uning samarasi esa darrov bilinmaydi. Biz sizga ish jarayonidan ajralmagan holda kofeinsiz tetiklashishning 6 yo‘li haqida aytmoqchimiz. Buning uchun siz o‘zingizga qulay bo‘lgan stulga o‘tirishingiz va bir qo‘lingizda esa yerga tashlash mumkin bo‘lgan biron-bir buyumni tutib turishingiz kerak bo‘ladi. Agar beixtiyor ko‘zingiz ilinsa, bu buyum yerga tushib sizni uyg‘ota oladigan darajada shovqin hosil qilishi kerak. Ba’zida bir necha daqiqa vaqtingizni asosiy ishingizga bog‘liq bo‘lmagan biron-bir qiziqarli mayda loyihalarga ajrating. Bu miyangizning harakatga kelishiga va yana odatdagi ishingizga kirishib ketishga imkon beradi. Bir necha daqiqa o‘rningizdan turing va bir-ikkita mashq bajaring. Bu taranglikni va lanjlikni yo‘qotishga yordam beradi. Kompyuter o‘yinlari — mudroqni yo‘qotishning va miyani harakatga keltirishning eng yaxshi yo‘li. Miyaning yaxshi ishlashi uchun suv kerak bo‘ladi. Organizmning to‘g‘ri faoliyat ko‘rsatishi uchun bir kunda 2 litrgacha suv ichish kerakligi ko‘pchilikka ma’lum. Kunduz soat 4 da qahvaning o‘rniga bir piyola suv ichish organizmga ko‘proq quvvat beradi. Bir-ikki daqiqa davomida dam olish kunlari uchun rejalarni yoki biron-bir qiziqarli voqeani muhokama qilish maqsadida do‘stlaringizga qo‘ng‘iroq qiling. Bu sizni biroz bo‘lsa ham chalg‘itadi va kayfiyatingizni ko‘taradi, natijada ancha tetiklashasiz. Manba: “Layfxaker”
34
1,587
Ayollar
Tuxumni bolaga necha yoshdan va qanday ko‘rinishda berish kerak?
Foydaning koni hisoblangan tuxumni bola ratsioniga qo‘shishdan avval ayrim ma’lumotlarga ega bo‘lish kerak. Necha oyligidan yeyishi mumkin? Aksariyat bolalar shifokorlari tuxumni qo‘shimcha ovqat sifatida 6 oylikdan avval bermaslik kerakligini ta’kidlaydi. Dastlab uncha katta bo‘lmagan porsiya bilan boshlash kerak. Agar bolada masalan, allergiya ko‘rinishida salbiy reaksiya kuzatilsa, yaxshisi yoshga to‘lmagunicha tuxumni doimiy yegulik sifatida bermay turgan yaxshi. Bolaning oshqozon traktida muammo bo‘lsa, tuxumni 1,5 yoshgacha ratsionga kiritmaslik kerak. Ushbu mahsulot qiyin hazm bo‘lgani hisobiga hazm a’zolari zo‘riqishi mumkin. Bedana tuxumi foydalimi yoki tovuqniki? Pediatrlar va parhezshunoslar bolaga tuxum berishni qo‘shimcha ovqat sifatida dastlab bedananikidan boshlashni tavsiya qiladi. Gap ularning shakli kichkinaligida emas. Bedana tuxumi tarkibda xolesterin deyarli yo‘q ekani sabab foydali va allergiya keltirib chiqarish xavfi kam sanaladi. Mineral moddalar serobligi jihatidan esa tovuqnikidan qolishmaydi. Qanday tanlash kerak? Mahsulotning sifatli bo‘lishi juda ham muhim. Bolaga tuxum berishdan avval uni sovuq suv solingan idishga soling. Idishning tagiga tushishi, mahsulotning yangi ekanidan darak beradi. Qolaversa, xarid jarayonida tirnalish va qirilishlar yo‘qligiga ham e’tibor berish kerak. Arzon aksiyaga uchib yoki notanish ishlab chiqaruvchidan sotib olish yaramaydi. Hamisha ishonchli joydan xarid qiling. Qanday ko‘rinishda bergan yaxshi? Xom va chala pishirilgan tuxum haqida gap bo‘lishi ham mumkin emas. Tuxumni 10-15 daqiqa davomida yaxshilab pishirish kerak. Tuxumning oqini sarig‘idan ajratib bersa ham bo‘ladi. Sarig‘ini ona sutiga aralashtirib berish mumkin. Dastlab haftada bir marta bir choy qoshiqning o‘zi kifoya qiladi. Ertalab berilsa, ayni muddao. Tuxum iste’moli qabziyatga olib kelishi mumkinligi sabab ham ehtiyotkor bo‘lib, o‘z vaqtida e’tibor berib turish kerak. Sarig‘ining o‘zini bir yoshga to‘lgandan keyin bergan yaxshi. Allergik xususiyatga ega ekani sabab esa tuxumning oqini 1,5 yoshdan keyin bergan yaxshi. Uni sufle, zapekanka yoki yengil omlet ko‘rinishida bersangiz bo‘ladi. Avvalgisini yeb bitirmagan bo‘lsa ham har safar bolaga yangi tuxum qaynatib berish kerakligini esdan chiqarmang. Mahsulot tez aynishini inobatga oling va isrof qilmay deb bolangiz hayotini xavfga qo‘ymang.
64
2,357
Ayollar
Muammoni darhol bartaraf etamiz: yog‘li sochlarga qarshi kurashish uchun 5 ta layfxak
Chiroyli sochlar har kimning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiradi. Aksincha, yog‘li sochlar kayfiyatni tushirishi mumkin. Bunday vaziyat ko‘pincha shoshilinch uchrashuvlar oldidan qiyin ahvolga soladi. Wday nashri ushbu vaziyatda qutqaradigan bir nechta layfxaklar bilan bo‘lishdi. Sochlarning yog‘lanishi butunlay tabiiy holat. Ammo sekretsiya ortiqcha bo‘lsa yoki teri muntazam tozalanmasa, bu bosh terisi va sochning yog‘lanishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek, sochlarning me’yoridan ko‘proq yog‘lanishiga bir necha sabab mavjud: Yuqori namlik Yomg‘irli mavsumda yoki shunchaki issiq va nam havoda inson ko‘proq terlaydi. Shuningdek, terlagan bosh terisida kir to‘planadi, natijada sochlar yog‘li ko‘rinishni boshlaydi. Boshning yetarli darajada tozalanmaganligi Bosh terisi tez-tez va yetarlicha tozalanmasa, qichishishni keltirib chiqaradi. Bosh terisining ko‘chishi boshlanadi. Sochlar chigal, jonsiz va mo‘rtlashadi. Bularning barchasi yetarli darajada tozalamaslikning oqibatida yuzaga keladi. Haftada bosh terisini 2-3 marta shampunlab yuvish tavsiya etiladi. Juda ko‘p shampunda yuvish Yog‘li sochlarga bo‘lgan munosabat ularni yuvish bilan bog‘liq bo‘lsa-da, bu doim ham o‘zini oqlamaydi. Shampunni tez-tez yuvish bosh terisining tabiiy yog‘larini yo‘q qiladi, bu esa bu moddaning yanada ko‘proq ishlab chiqarilishiga olib keladi. Natijasida yog‘li bosh terisi sochlarning kir ko‘rinishiga olib keladi. Konditsionerni noto‘g‘ri qo‘llash Sochning silliqligi uchun haddan tashqari ko‘p konditsioner qo‘llash jiddiy muammolarga olib keladi. Juda ko‘p mahsulot qo‘llash bosh terisini yog‘li qilib yuboradi va barcha changni o‘ziga tortadi. Bu esa bosh terisidan ajralgan yog‘ chang bilan qorishib, soch tolalarining kir bo‘lishini ta’minlaydi. Tozalanmagan taroq Kir, o‘lik teri hujayralari va singan sochlar vaqt o‘tishi bilan taroqlarga yopishib qoladi. Ularni tozalamasdan foydalanish esa barcha kirni sochlarga o‘tib, uni yog‘li bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Sochlarga teginish odati Agar sochlarga tez-tez tegish odati mavjud bo‘lsa, bu ham ularning tezda yog‘lanishiga olib keladi. Bu faoliyat yog‘ bezlarini rag‘batlantiradi, bosh terisi va sochni yanada yog‘li qiladi. Yog‘li sochlardan xalos bo‘lish uchun layfxaklar Quruq shampun Quruq shampun haqida bilmasdan turib, yog‘li sochlar haqida gapirish mumkin emas. Sochni yuvib, quritish uchun soatlab kutishga vaqt yo‘qligi sababli, uning o‘rniga quruq shampundan foydalanish tavsiya etiladi. U sochlarga, shu jumladan ildizlariga sepiladi, so‘ngra fendan foydalangan holda taraladi. Bir necha soniya ichida sochlar ajoyib ko‘rinishidan hayratda qolish mumkin. Quruq shampun bo‘lmasa, uning o‘rniga chaqaloq uchun mo‘ljallangan kukunni ishlatish mumkin. Oq kukun qoldiqlari ko‘rinmasligi uchun yaxshilab tarashni unutmang. Yuz salfetkalari Yuzdagi yog‘ni olib tashlash uchun ishlatadigan salfetka bosh terisidagi ortiqcha yog‘ni ketkazish uchun ham ishlatilishi mumkin. Sochlar bir necha qismlarga ajratilib, bosh terisi va ildizlari salfetkalar bilan artiladi. So‘ngra soch turmagi darhol yangilanadi. Fen Ildizlarda to‘plangan oz miqdordagi yog‘dan qutulish uchun sochlarini fen bilan quritib ko‘ring. Sochga yorqinlik va silliqlik qo‘shish uchun fen bilan quritib bo‘lgach, sochlarga dengiz tuzi spreyidan purkash mumkin. Atir Xavotir olmang, bu yog‘li sochlar uchun eng zo‘r layfxak bo‘lib, kir ko‘rinishdan xalos bo‘lishga va shu bilan birga sochlarning yoqimli ifor taratishiga yordam beradi. Dezinfeksiyalash vositalari singari atir tarkibida mavjud bo‘lgan spirt yog‘ni tozalashga hissa qo‘shadi. Bu usul ko‘pchilik tomonidan maqtovga sazovor bo‘lsa-da, kuchli hidli atirlardan foydalanish tavsiya etilmaydi. Agar teri allergiyaga moyil bo‘lsa bu bosh terisini qizarishi va qurishiga olib kelishi mumkin. Iste’mol sodasi Iste’mol sodasi — tabiat bizga bergan eng yaxshi tabiiy mahsulot. Bu quruqlik va soch to‘kilishiga olib kelmasdan bosh terisida yog‘ ishlab chiqarishni nazorat qilishga yordam beradi. Bir litr suv bilan 2-3 osh qoshiq iste’mol sodasi bilan aralashtirilib, bosh terisiga surtiladi. 20-30 daqiqaga qoldirilib, doimgidek yuviladi. Ajoyib natijalarga erishish uchun ushbu oddiy tartibni haftada ikki marta takrorlash tavsiya etiladi.
85
4,221
Ayollar
Qanday qilib samolyotda uchish chog‘ida salomatlikka zarar yetkazmaslik mumkin?
Nafasni qaytaruvchi og‘ir havo, bir necha soat davom etuvchi noqulay holatda o‘tirish va boshqa yo‘lovchilar bilan tiqilinchda bo‘lish parvoz qilish chog‘ida organizmga zarar yetkazishi mumkin. Quyidagi maslahatlar sizga salomatligingizni saqlashda yordam beradi. Iloji boricha birinchi reysni tanlang. Uning o‘z vaqtida uchish ehtimoli kattaroq bo‘lgani uchun siz uzoq davom etuvchi kechiktirishlar natijasida stress holatiga tushmaysiz. Shuningdek birinchi reysda ko‘rpa, yostiq va stolchalar dezinfeksiyalangan bo‘ladi. Avariya chiqishlari yonida joylashgan joylarni faqat aeroportning o‘zida bron qilish mumkin. Agar siz joyingizni almashtirmoqchi bo‘lsangiz, yaxshisi u yerga uchishdan ikki soat oldin kelganingiz ma’qul. Avariya chiqishlari yonidagi joylar band bo‘lsa, o‘tish joyi tomondagi joyni tanlang. Shunda sizning qo‘shnilarga xalal bermasdan turishingiz oson bo‘ladi. Bir necha yuzlab odamlar nafas oluvchi bo‘g‘iq havoda ko‘plab bakteriyalar joylashib oladi. Shuning uchun sayohat qilishdan oldin immunitetingiz haqida o‘ylashingiz kerak. Masalan, ko‘proq vitaminlar ichish va meva, sabzavotlar yeyish. Moychechakli choy tinchlantiruvchi xususiyatga ega va tezroq uxlashga yordam beradi. Agar siz uchishdan qo‘rqsangiz, o‘zingiz bilan bir nechta choy paketchalari oling va samolyotda damlang. Uchish vaqtida, ayniqsa siz qahva ichsangiz organizm suvsizlanadi. Samolyotning havosi quruq bo‘lgani uchun ko‘proq suv ichish kerak. Suvning o‘rniga o‘tli choylardan ichsangiz ham bo‘ladi. Manba: Trendymen
79
1,516
Ayollar
Eskirib qolgan sviterlardan ko‘zni quvnatuvchi yangi buyumlar tayyorlaymiz
Eskirib qolgan sviterlarni tashlashga shoshilmaslik kerak. Qaychi, ip va igna yordamida ulardan o‘zingiz uchun kerakli bo‘lgan boshqa buyumlar yasash mumkin. Qanday qilib, deysizmi? Marhamat, bu haqda batafsil tanishib chiqing. Atirgul ko‘rinishidagi yostiq Kerak bo‘ladi: Ko‘rsatma: Buning uchun eskirgan trikotaj sviter 2,5 sm qalinlikdagi tasma shaklida kesib chiqiladi. Tasma uzunligi qancha ko‘p bo‘lsa, atirgul shakli shuncha chiroyli ko‘rinadi. Tikish jarayoni yostiqning markazidan boshlanadi. Tasma aylana shaklida tikilib, yostiq yuzasi to‘ldiriladi. Agar yostiqning orqasini ham shunday gul bilan qoplash kerak bo‘lsa, jarayon xuddi shunday takrorlanadi. Divan uchun mo‘ljallangan ushbu atirgul ko‘rinishidagi yostiq ajoyib bezak o‘rnini bosadi. Xushbo‘y taratuvchi xaltacha Kerak bo‘ladi: Ko‘rsatma: Buning uchun sviter juda zich to‘qilgan bo‘lishi kerak. Sababi teshiklar orasidan guruch va o‘tlar to‘kilib ketmasligi uchun. Shuningdek, sviter yengi ajratib olinadi va ichiga bir stakan guruch, lavanda gullari va efir moyidan bir necha tomchi quyiladi. So‘ngra xaltachaning ikki tomoni ham tikib chiqiladi. Xaltacha kamida 2-3 oy davomida yoqimli hid taratib turadi. Vaqti-vaqti bilan xaltacha ichidagi aralashmani qimirlatish tavsiya etiladi, shunda yanada ko‘proq hid taraladi. Soch uchun tasma Kerak bo‘ladi: Ko‘rsatma: Iloji boricha sviterning kamroq kiyilgan qismidan taxminan 20 santimetr qalinlikda bosh aylanasidan ikki baravar uzunroq tasma kesib olinadi va tikuv mashinasi yordamida tikib chiqiladi. Sviterdan yana 7x30 o‘lchamdagi ikkita oval tasma ajratib olinadi. Bu uning bezagi uchun kerak bo‘ladi. Buning uchun yarmigacha qayrilgan matolarning ichki qismi tikib chiqiladi va ipi tortiladi. So‘ngra gul shakliga kelgan matoning markaziga munchoqlar tikib qo‘yiladi. Tayyor bo‘lgan bezaklarni tasmaning yon tarafiga tikib qo‘yish mumkin. Yumshoq o‘rindiq Kerak bo‘ladi: Ko‘rsatma: Sviter yenglari olinib, iloji boricha dumaloq shaklga keltiriladi. Chidamli bo‘lishi uchun chet qismlari mustahkam tikib chiqiladi. Sviter rangidagi matodan esa o‘rindiq o‘lchami bilan teng bo‘lgan qoplama jild tikiladi. U ham dumaloq shaklda bo‘lib, ichi to‘ldiriladi va ustidan sviterdan tikilgan qoplama kiydiriladi. Yaxshilab dumaloq shakl beriladi va sviterdan tayyor bo‘lgan qopchaning yeng qismlari cheti tikilib, so‘ng ipi tortiladi. Ajoyib ko‘rinishdagi o‘rindiqdan uyda qulaylik uchun foydalanish mumkin. Issiq paypoqlar Kerak bo‘ladi: Ko‘rsatma: Sviterning yengi kesib olinadi. Uzunligini har kim o‘z xohishiga qarab tanlash mumkin. Paypoqlar oyoqqa qulay bo‘lishi uchun oval qismini oyoq uchlariga moslashtirgan afzal. Ichki qismlarini mashina yordamida tikish mumkin. To‘qilgan matoni tikishda chet qismlarini ichki tarafga qayirib tikishni unutmaslik muhim.
74
2,789
Ayollar
Asalning sog‘liq uchun kutilmagan 4 ta foydasi
Asal nafaqat hayotni shirin qiladi, balki uni uzaytiradi. Ehtimol, sizning oshxonangizda bir banka asal bor. Birinchi yordam to'plamida ikkinchisini zaxiralang! Asalarilar tomonidan gul nektaridan yaratilgan bu tabiiy va mazali shirinlik ham haqiqiy tabiiy tabibdir! Asal nimadan tayyorlanadi? Foyda haqida gapirishdan oldin asal nimadan tayyorlanishi haqida so‘z yuritamiz. U asosan suv va shakar (asosan fruktoza va glyukoza), shuningdek, prebiotik fruktooligosaxariddan iborat. Sog‘liq uchun muhim vitaminlar va mikroelementlarni, kalsiy, magniy, kaliyni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, asal mikroblarga va yallig‘lanishga qarshi, haqiqiy davolovchi vosita hisoblanadi. Dunyoda asalning yuzlab turi mavjud bo‘lib, uning ta’mi va rangi asalarilar va ular tanlagan gul nektariga bog‘liq. Qanday turdagi asal yaxshiroq? Yangi, filtrlanmagan va qayta ishlanmagan, to‘g‘ridan to‘g‘ri asalari uyasidan olingan asal qo‘llash uchun juda yaxshi: undagi gulchang donasi haqiqatan ham kuchli antioksidant va antibakterial xususiyatlarga ega. Bunday asalning yorliqlariga “xom” deb yozilgan bo‘ladi. Kichik zarralar, polen donalari va pufakchalar olib tashlangan, qayta ishlangan asal iste’mol qilish uchun yaxshi. Milliy Asal Kengashi tomonidan 2012-yilda o‘tkazilgan tadqiqot filtrlangan asalning “xom” asaldan unchalik farq qilmasligini aniqladi. Uni iste’mol qilish yanada yoqimli. Asalning foydali xususiyatlari Xalq orasida asal hazm qilish muammolari, sovuqqa allergiya, teridagi infeksiyalarni davolashda qo‘llanilishi haqida ma’lumotlar mavjud. Biroq bu haqda juda kam ilmiy dalillar bor. Tadqiqotlarda tasdiqlanganidek, bu shirin mahsulot agar haqiqatan ham foydali bo‘lsa, u darhol yo‘q bo‘lib ketadi. Aqliy faoliyatni yaxshilaydi Tualang asalining kunlik dozasi, ya’ni 3 choy qoshig‘i ayollarda xotirani yaxshilaydi. “Menopause” jurnalida 2011-yilda chop etilgan tadqiqotga ko‘ra, ushbu asalni 16 hafta iste’mol qilgandan so‘ng, ishtirokchilarning estrogen va progestin bilan gormon terapiyasini olganlar kabi xotirasi yaxshilangan. Yo‘talni yengillashtiradi “Pediatrics” jurnalida chop etilgan, 2012-yilda o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, yuqori nafas yo‘llari infeksiyasi bo‘lgan bolalar uyqudan yarim soat oldin bir yarim osh qoshiq evkalipt, sitrus mevalari yoki foydali o‘simliklardan tayyorlangan asalni (rozmarin, timyan, yalpiz) iste’mol qilsa, kamroq yo‘taladi va yaxshiroq uxlaydi. Kesilgan va tirnalgan joylarni davolaydi Asalni davolovchi malham sifatida birinchi yordam qutisida saqlang. U ko‘krak qafasidagi tirnalgan, yiringlagan va yoriqlar bo‘lgan joylarni davolaydi. Asal 2017-yilda o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, antibakterial xususiyatlari tufayli yarani dezinfeksiya qiladi, yallig‘lanishni kamaytiradi va to‘qimalarning tez tiklanishiga yordam beradi. Olimlarning aniqlashicha, asalni to‘g‘ridan-to‘g‘ri zararlangan joyga surtishdan ko‘ra, bintga surtib, yaraga qo‘yish samaraliroq. Kuyishni davolashda yordam beradi Asalni kuygan joyga asal surting, 2013 yilda o‘tkazilgan tadqiqotga ko'‘ra, terini tinchlantiradi, noqulaylikni kamaytiradi va tezroq tuzalishiga beradi.
46
3,106
Ayollar
Chiroyli obraz yaratish uchun kamardan unumli foydalanish bo‘yicha 5 ta tavsiya
Kamar obrazni butkul o‘zgartirib yuborish yoki unga urg‘u berish xususiyatiga ega aksessuar hisoblanadi. Harper’s Bazaar nashri kamar bilan qanday obrazlar yaratish mumkinligiga to‘xtaladi. Ko‘ylak bilan Keng libos yaxshi, unga kamar qo‘shib qomatning bel qismini aks ettirish esa g‘oyat ajoyib obrazlar paydo bo‘lishiga sababchi bo‘ladi. Ushbu aksessuarni tanlayotganda qalin, noodatiy, o‘ziga xoslikka e’tibor bering. Kombinezon bilan Monoxrom obrazga urg‘u​ berish uchun birgina yorqin kamar taqishning o‘zi yetarli. Ko‘rinishingiz zerikarli bo‘lmasligi uchun kombinezon rangidan farq qiladigan noan’anaviy kamarlarni tanlang. Ustki kiyim bilan Kamarni ustki kiyimlarning barchasi: trench, plash, kurtka va pidjaklar bilan taqish mumkin. Natijada qomat chiroyli ko‘rinadi. Bunday liboslarga charm kamar tavsiya qilinadi.  Charm bilan esda qolarli 5 obraz (foto) Sviter bilan Oversize uslubidagi yelka qismi ochiq, pastki qismi uzun sviter bilan kamar taqish o‘ziga xos uslub yaratadi. Ayniqsa, bunday sviter ichidan shifon ko‘ylak juda chiroyli turadi. Bunday kiyimga, iloji boricha, kamarning ingichkasidan tanlashga harakat qiling. Jaket bilan Jaket va kamarning umumlashmasi nafaqat street style, balki ofis uslubi uchun ham ayni muddao. Ayniqsa, yelka qismi keng jaket bilan ushbu aksessuar o‘ziga xos obraz yaratadi.
79
1,329
Ayollar
Sog‘liqqa ziyon yetkazmasdan vazn to‘plash mumkinmi?
Ko‘pchilik ayollar uchun ozish asosiy muammoga aylangan. Biroq shunday vaziyatlar ham uchraydiki, organizmingizning o‘ziga xos jihatlari tufayli vazn to‘play olmaysiz. Aslida vazn tashlashdan ko‘ra uni to‘plash qiyinroq kechadi. Biroq quyida e’tiboringizga havola etilgan ko‘nikmalarni egallab, qisqa muddatda vazn to‘plashingiz mumkin. 1-qoida: Kaloriyalarni hisoblang Ko‘pchilik qizlarga ko‘p ovqat yesa ham semirmayotgandek tuyuladi. Aslida esa bunday bo‘lmaydi. Kaloriyalarni qat’iy hisoblab borish bilan qancha iste’mol qilayotganingizni bilib olishingiz mumkin. Agar kaloriya yetarli emasligi aniqlansa (o‘rtacha bo‘y uchun 2000 kaloriyadan kamroq), shunchaki ko‘proq yeyish kerak. Aynan nimalarni iste’mol qilish kerak? 2-qoida: Super-mahsulotlarni tanlang Ko‘pchilik shirin va kaloriyasi yuqori mahsulotlarni iste’mol qilishni o‘ziga ruxsat bera olmasa, siz bu masalada erkinsiz. Menyu yuqori kaloriyali mahsulotlarni o‘z ichiga olishi kerak. Biroq bu kartoshka fri va biskvit tortga ruju qo‘yishni anglatmaydi. Yog‘li go‘sht, tuxum va sutli mahsulotlar ham xolesterin manbasi ekanligini unutmang. Ortiqcha xolesterin esa yurak-qon tomir tizimi xastaliklariga olib keladi. Ortiqcha shakar esa teri holati, tishlar va sog‘lik uchun salbiy ta’sir qiladi. Xo‘sh unda qanday yo‘l tutish lozim? Bir vaqtning o‘zida ham kaloriyali ham foydali super-mahsulotlarni iste’mol qiling. Bu — yong‘oq, pista, baliqning yog‘li turlari, avokado; shuningdek, asal, xurmo, banan, kunjut va yong‘oqli konfetlar ham foydali sanaladi. Agar kaloriya yetarli bo‘lsa ham vazn to‘play olmayotgan bo‘lsangiz, demak sizda moddalar almashinuvi juda tez amalga oshadi. Bunday holatda qancha yesangiz ham vazn to‘play olmaysiz. Bunda boshqa usullar ish beradi. 3-qoida: Mashqlar yordamida press mushaklarni rivojlantirish Press mushaklarni rivojlantirishga mashqlar va oqsilga boy ratsion yordam beradi. Mashg‘ulotlardan so‘ng vaznning har bir kilogrami uchun 0,5 gramm oqsil va 0,5 gramm uglevod iste’mol qilish kerak bo‘ladi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
52
2,163
Ayollar
Qosh shaklining o‘zgartirilishi taniqli ayollar qiyofasiga qanchalik ta’sir qilgan? (foto)
Qosh inson ko‘rinishida muhim a’zo hisoblanadi. Uning shakli o‘zgarsa, qiyofa butkul boshqacha ko‘rinish kasb etishiga sabab bo‘ladi. Tabiiy hamda me’yorida tartibga keltirilgan qoshlar hech qachon urfdan qolmaydi. Taniqli ayollar qosh shakliga trendga xos ravishda o‘zgartirish kiritib turadi. Harper’s Bazaar nashri e’lon qilgan suratlarda yulduzlarning ko‘rinishi qosh shaklining o‘zgartirilishi bilan qanchalik boshqacha qiyofa kasb etganini ko‘rish mumkin.
90
461
Ayollar
Xayolingizga ham kelmagani aniq: Oshxonadagi bakteriyalar bisyor bo‘ladigan buyumlar
Yaxshilab tozalagan taqdiringizda ham oshxona bakteriya va mikroblardan xoli bo‘lib qolmaydi. Chunki quyida nomi keltirilgan buyumlarni yuvib-artish hamisha ham xayolga kelmasligi mumkin. Oshxonadagi ish stoli Kun davomida turli mahsulotlar ustiga qo‘yilgani, to‘g‘ralgani sabab ham ish stoli oshxonadagi eng ko‘p bakteriyalar to‘planadigan joy sanaladi. Ko‘chadan olib kelingan paket, mashina kaliti va mobil telefonning mikrobga to‘laligi, ularni stolga qo‘yish oqibati haqida-ku gapirmasa ham bo‘laveradi. Qanday yechim topish mumkin? Hech bo‘lmaganda haftada bir yoki ikki marta stol va oshxonadagi boshqa jihozlar ustini dezinfeksiyalaydigan vositalar bilan artib turish kerak. Rakovina Rakovinaga idish-tovoqlardagi ovqatlardan tashqari, sharbat, sut va boshqalar qoldiqlari ham tushishi mumkin. Bu yomon hid anqishi va rakovinaning xavfli infeksiyalar o‘chog‘iga aylanishiga olib keladi. Qanday yechim topish mumkin? Antibakterial vositalar bilan tozalash uchun alohida gubkadan foydalaning. Yaxshilab tozalagandan keyin rakovinani quruq qog‘oz sochiq bilan artib tashlang. Idish yuvadigan gubka va cho‘tka Bir necha kun davomida ishlatilganidan keyin mazkur vositalar qanchalik bakteriya manbayiga aylanishini tasavvur ham qila olmaysiz. Qanday yechim topish mumkin? Gubkalarni tozalashning eng oson usuli uni idish yuvadigan mashinaga solish. Buni har 2-3 kunda takrorlash, gubkani har ikki haftada almashtirish kifoya. Muzlatkichdagi plastik konteynerlar Oshxonani tozalashga qaror qilgan uy bekalari muzlatkich ichini tozalashi hamma vaqt ham eslayvermaydi. Ammo sabzavot va boshqa mahsulot qoldiqlari qolgan mazkur qutilar bakteriyalar koniga aylanishi mumkinligini unutmaslik lozim. Qanday yechim topish mumkin? Go‘sht va baliq mahsulotlarini sabzavot va mevalardan alohida saqlang. Konteynerlarni tekshirib, 1-2 haftada bir marta sovunli suv bilan yuvib turing. Pechni yoqib-o‘chiradigan tugmalar Har safar ovqat yoki yegulik pishirish uchun pech tugmalariga teginganda qo‘llar kir bo‘lishi, shuningdek, ularni tozalash har doim ham esda bo‘lmasligi mumkin. Qanday yechim topish mumkin? Qo‘llarni va pech tugmalarni muntazam ravishda yuvib, tozalab turish kundalik odat bo‘lishi kerak. Tugmalarni toza saqlashning eng oddiy usuli ularni xlorli aralashma singdirilgan salfetka bilan artish. Qahva tayyorlaydigan mashina Ko‘p miqdordagi bakteriyalar mazkur mashinaning suv rezervuarida bisyor bo‘ladi. Uni har doim ham yuvish esga kelavermagani sabab bakteriya tayyorlangan qahva ichiga tushadi, Qanday yechim topish mumkin? Muammoga yechim topish uchun suv rezervuarini sirkali aralashma bilan to‘ldiring. Ikki stakan oq sirkaga 1 stakan suv solib, mashinani ikki marta ishlatish rejimini yoqish kifoya.
84
2,717
Ayollar
Televizor — hayotim manim!
Tushlikka ovqat pishirish o‘rniga, televizor qarshisida maza qilib taom tayyorlashni o‘rgatadigan ko‘rsatuvni tomosha qilayapsizmi? Yoki bo‘lmasa, farzandingiz bilan biror foydali o‘yindan ayagan vaqtingizni televizor qarshisida o‘tirib sevimli serialingizni ko‘rishga ajratishingiz odatiy holatga aylanganmi? Unda siz uchun televizion qaramlik chorasini qidirib, vaqtingizni foydali va qiziqarli narsalarga sarflash haqida o‘ylab ko‘rishning ayni vaqti kelgan ko‘rinadi. Agar siz haqiqatan ham televizorga bog‘lanib qolgan bo‘lsangiz va ekrandan ko‘z uzolmaydigan darajaga yetgan bo‘lsangiz, boshlanishiga hech bo‘lmaganda vaqt va uy yumushlaringizni shunday tashkil etingki, sizda TV ko‘rsatuvlarini tomosha qilish barobarida yana bir yumush bilan shug‘ullanish imkoniyati paydo bo‘lsin. Masalan, televizor qarshisidan uzoqlashmagan holda, kiyimlarni dazmollash, xona changini olish, shkafni tartibga keltirish, gullarga suv quyish kabi uy yumushlari bilan band bo‘lishingiz mumkin. Natijada ishga qiziqib ketib, televizordan chalg‘ish imkoniyati paydo bo‘lishiga zamin yaratasiz hamda o‘zingiz va oilangiz uchun foydali ish qilgan bo‘lasiz. Undan faqat o‘zingiz ko‘rishni istayotganlaringizni yozib oling, uning o‘zini esa tashlab yuboring. Faqatgina o‘zingiz tuzgan ro‘yxatdagi dasturlarni ko‘ring. Siz qiziqib, har bir sonini qoldirmay ko‘rayotgan ko‘rsatuv yoki serial efirga uzatilishi to‘xtasa, uning o‘rnini boshqa yangisi bilan to‘ldirmang. Agar serialingizning yangi qismini ko‘rishdan o‘zingizni tiya olmayotgan bo‘lsangiz, yaxshisi, bu ishni yozib olingan diskda kompyuterda ko‘rganingiz ma’qul. Shunda sizda kir yuvish kukuni reklamasi-yu, Kukzevo qishlog‘ida sodir etilgan qotillik yoki qaysidir orolda yuz bergan suv toshqini kabi ma’lumotlarni o‘zida qamrab olgan TV qarshisida qolib ketish ehtimoli ancha kamayadi. Na yangi serial, na ko‘rsatuv va na tok-shou! Chunki bularning barchasi sizni televizion tutqunlikda ushlab turish uchun atayin professional darajada uzaytirib beriladi. Agar siz uchun bundan voz kechish qiyin bo‘lsa, o‘zingizga har doim quyidagi savollarni bering: “Nega men buni ko‘rayapman?”, “Bu odamlar har doim bir-birlarini muhokama qilishlarining menga nima qizig‘i bor? ”, “Bu narsa meni aqliy jihatdan qay darajada rivojlantiradi?” va hokazo. Har bir ko‘rayotgan ko‘rsatuv va serialingizga tanqidiy nuqtai nazardan qarang. Agar televizordan voz kechishga irodangiz yetmayotgan bo‘lsa, oldingizga maqsad quying. Masalan, bir kunda nechta yumush bajarganingiz va qancha vaqtda bajarganingizni yozib chiqing. Buning ichiga televizor ko‘rishdan boshqa uyqu vaqti-yu, ovqatlanishga ketgan vaqtni ham qo‘shing. Hosil bo‘lgan natijadagi vaqtni 24 soatdan ayiring. Shunda siz qancha qimmatli vaqtingizni bekorga saflaganingizga o‘zingiz ajablanasiz. Bu sizda aybdorlik hissini keltirib chiqarar, ammo natijada sizga “zangori ekran” domidan qutulish uchun ajoyib bahona bo‘lishi mumkin. Aziz o‘quvchilar, televizorga bog‘lanib qolmaslik uchun nima  qilish kerak deb o‘ylaysiz?
26
3,011
Ayollar
Keyt Uinslet, Mendi Mur va boshqa yulduzlarning “Emmi-2021” taqdirlash marosimidagi eng esda qolarli obrazlari
19 va 20-sentabr kunlari Los-Anjelesda “Emmi” mukofotining 73-taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unga tashrif buyurgan yulduzlarning eng o‘ziga xos obrazlarini e’tiboringizga havola qilamiz. Elizabet Olsen Aktrisa libos borasida oddiylik va bashanglikni afzal bilgan. Opa-singil Meri-Keyt va Eshli Olsen tomonidan taqdim qilingan ko‘ylakda tashrif buyurgan Elizabet aksessuar bilan obrazini yakunlagan. Anjela Basset Anjela libosida pushti va qorani umumlashtirishning uddasidan chiqqan. Keyt Uinslet Keyt Uinslet esa har doimgidek klassik bichimli qora libosda tashrif buyurgan. Ushbu obrazi bilan u sarvqomat va jozibali ko‘ringan. Jerni Smollett Jerni esa malikalarnikidek libos kiyib to‘q rangli pomada bilan labini bo‘yagan. Mendi Mur Mendi bo‘lsa, bel qismiga urg‘u berilgan, ammo shu bilan birga bichimi o‘zgacha qirmizi libos kiyishni afzal bilgan. Rege Peyj Aktyor Rege qora kostyumda yanada bashang ko‘ringan. Mindi Kaling Mindi Kaling bel qismida katta banti bor, atlas matodan tikilgan qora libos kiygan. Obrazini brilliantli taqinchoq bilan bezagan. Yara Shahidi Endigina 21 yoshni qarshilagan Yara yashil o‘ziga xos libos kiyib, sochini yig‘ib turmaklashni afzal bilgan. Amerika Ferrera Amerika Ferrera qizil yo‘lakda siyohrang, sipo bichimli libosda ko‘rinish bergan. Firuza rangli ziragi esa yanada o‘ziga xos ko‘rinishiga hissa qo‘shgan. Sofiya Bush Emma Korrin Oliviya Kolman Jillian Anderson Treysi Ellis Ross Enni Merfi Jennifer Kulij Mozes Ingrem Maks Mingella
110
1,497
Ayollar
Qoshlarning mukammal ko‘rinishiga yordam beradigan 7 tavsiya
Obrazning o‘ziga xos bo‘lishida qoshlarning ko‘rinishi muhim rol o‘ynaydi. Viktoriya Bekxem va Amanda Xoldenga bu borada yordam beradigan mutaxassis Nilam Xolms qoshlar mukammal ko‘rinishi uchun nimalarga rioya qilish kerakligi haqida ma’lumot berib o‘tadi. Qoshlarni tarashni unutmang Dastlab maxsus yoki qosh tolalarini tarash mumkin bo‘lgan cho‘tka tanlang. Bunday cho‘tka bilan qoshlarni tartibga keltirish tolalarning qo‘shimcha o‘sishini rag‘batlantiradi. Makiyajdan oldin qoshlarni tarash esa qanday urg‘u berish kerakligini aniqlab olishga yordam beradi. Ammo cho‘tkadan foydalanish davomida gigiyena qoidalariga amal qilish uchun doimiy ravishda yuvib turish kerakligini unutmang. Namlantiruvchi kremlardan foydalanmang Aksariyat ayol-qizlar namlantiruvchi kremlarni yuzining butun qismiga surtishni afzal biladi. Ammo mutaxassis Nilam Xolmsning ta’kidlashicha, namlantiruvchi vositalar, SPF va tonal kremlar qosh tolalarini shikastlab, ularning o‘sishiga ta’sir qilishi mumkin. Bo‘yashdan cho‘chimang Har kuni makiyajga vaqt sarflashni istamaydiganlar uchun qoshlarni bo‘yatish tavsiya qilinadi. 20-30 daqiqa davom etadigan mazkur muolaja to‘g‘ri amalga oshirilsa va mutaxassis malakali bo‘lsa, 3 hafta davomida qoshlar qalin va to‘q ko‘rinadi. Qosh shaklini o‘zgartirishni istaganlarga buni bo‘yashdan keyin amalga oshirish tavsiya qilinadi. Bu qanday shakl berishni aniqlashtirib olishga yordam beradi. Qosh uchun mo‘ljallangan kosmetik vositalarning bir nechtasidan foydalaning Qosh uchun birgina vositadan foydalanish notabiiy ko‘rinishga sababchi bo‘ladi. Qosh uchun mo‘ljallangan turli vositalarni umumlashtirish esa maksimal darajada samara beradi. Masalan, gel va qosh qalamini birga ishlatib, xuddi go‘zallik salonlaridagidek ko‘rinishga keltirishingiz mumkin. Mutaxassis esa qalam, pudra va fiksatordan foydalanishni tavsiya qiladi. Qosh qalamining shakliga e’tibor bering Qosh qalamlari turli shakl va o‘lchamda bo‘lishi mumkin. Uning uchi qanday shaklda ekani esa obrazning qanday chiqishida muhim rol o‘ynaydi. Uchi ingichka qalamlar qosh tolalarining orasini tabiiy to‘ldiradi. Uchburchak shakldagisi esa qoshga shakl berishga yordam beradi. Xaylayterdan foydalaning Xaylayterdan foydalanish ham qoshlarning o‘ziga xos ko‘rinishiga hissa qo‘shadi. Buning uchun qoshning ostki qismiga oshirib yubormagan miqdorda xaylayter surtish kerak bo‘ladi. Shu bilan birga, ushbu kosmetik vosita rangi terinikidan biroz och bo‘lishiga e’tibor qaratish kerak. Agar teriga mos tushadigan xaylayter topa olmasangiz, qovoqlarga surtish uchun mo‘ljallangan tendan foydalanishingiz mumkin. Ovqatlanishga e’tibor bering Tashqi ko‘rinishning qanday bo‘lishi ichki ahvol bilan ham bog‘liq ekanini unutmang. Ozuqa moddalariga boy mahsulotlardan iborat parhez sochlarning sog‘lom o‘sishiga yordam beradi. Shu sabab ham ratsionga tuxum, baliq, sabzavot va avokado singari foydali mahsulotlarni kiritishni unutmang. Shuningdek, soch tolalarining o‘sishini jadallashtiradigan keratin va oqsilga boy mahsulotlar iste’molini ham kanda qilmaslik kerak.
60
3,049
Ayollar
Haqiqatan ham aqlli odam ekanligingizni tasdiqlovchi 6 belgi
Ko‘pincha biz oldiga qo‘yilgan vazifalarni yaxshi bajaradigan, oliy ma’lumotga ega va dunyoqarashi keng bo‘lgan odamlarni aqlli deb aytamiz. Bu haqiqatan ham yuksak aql-idrokning juda o‘ziga xos belgilari hisoblanadi, lekin ulardan tashqari boshqa belgilar ham bor. Ro‘yxatni tekshirib ko‘ring — balki ko‘pchiligi aynan sizning shaxsingiz turiga mos tushishi mumkin. Empatiya Yuksak aql-idrok har doim empatiyaning yuqori darajasi bilan bog‘liq. Ba’zi ruhshunoslarning ta’kidlashicha, empatiya — bu telepatiya tomonga bo‘lgan to‘g‘ri yo‘l ekan. Aqlli odamlar suhbatdoshi hozir nima deb aytishini oldindan bilishi bejiz emas-da axir. O‘z-o‘zini nazorat qilish Aqlli odam o‘zining beixtiyor qiladigan harakatlarini yengish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Rejalashtirish, aniqlash, muvofiq harakat yo‘lini topish — aqlli odam shu fazilatlari bilan ahmoq odamdan farq qiladi. Bundan tashqari, aql-idrokning yuksak darajasi egasiga noxushliklarni ular boshlanmasdan oldin bartaraf qilishga imkon beradi. Hazilni tushunish Garvard universiteti olimi Advita Bixarining aytishicha, aqlli odamlar hazilni yaxshi tushunadi. Nyu-Meksiko Universitetida o‘tkazilgan tadqiqotlarning biri bu xulosani tasdiqladi: odam qancha aqlliroq bo‘lsa, uning hazillari shuncha kulgiliroq bo‘ladi. Sergaklik Denverdagi ruhshunos professor Frenk Chju sergakligini saqlay oladigan odamlar juda aqlli bo‘lishini ishonch bilan ta’kidlaydi. Moslashuvchanlik Aqlli odamlar juda uddaburon va har qanday yangi sharoitga moslashish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Aql-idrok odamga ko‘nikmagan vazifalarning uddasidan chiqish va yangi yashash muhitiga moslashish uchun o‘z odatlarini va yurish-turishini tez o‘zgartirishga yordam beradi. Tungi boyqush Ma’lum bo‘lishicha, “boyqushlar” “to‘rg‘aylar”dan ko‘ra aqlliroq bo‘lar ekan. Bu 2009-yilda ruhshunoslar tomonidan isbot qilingan. Faqat ataylab rejimni o‘zgartirish kerak emas, chunki bu ish bermaydi. Manba: “Zdorovie.com”
60
1,927
Ayollar
Ter dog‘laridan soch qazg‘og‘igacha: oddiy aspirin bartaraf etishi mumkin bo‘lgan 5 ta muammo
Aspirin nafaqat isitmani tushiruvchi va og‘riq qoldiruvchi tibbiy vosita, balki uy sharoitida ham ajoyib yordamchidir. Ushbu vosita hal qiladigan bir nechta kundalik muammolar mavjud, deb yozadi “Noviy ochag”. Ko‘ylakdagi ter dog‘lari Kiyimlarning qo‘ltiq ostidagi qismi ter dog‘lari tufayli qorayganmi? Yechimi bor. Buning uchun ikki yoki uchta aspirin tabletkasi maydalanib, yarim stakan iliq suv bilan aralashtiriladi. Hosil bo‘lgan aralashma kerakli joyga qo‘llanadi va ikki-uch soatga qoldiriladi. Aspirin tarkibidagi salitsil kislotasi matolarni oqartirishga va dog‘larni ketkazishga yordam beradi. Sochga porloqlikni qaytaradi Sovuq suv, hovuzdagi xlor, quyosh nuri — bularning barchasi sochlarni porlashdan mahrum qiladi. Ularni yanada chiroyli va porloq bo‘lishi uchun bir stakan iliq suvda olti-sakkizta aspirin tabletkasi suyultiriladi, olingan eritma sochlarga yaxshilab surtiladi, 10-15 daqiqaga qoldiriladi va keyin iliq suv bilan yuviladi. Aytgancha, jarayonni yanada qulayroq qilish uchun olingan eritmani odatdagi shampunga qo‘shish mumkin. Husnbuzarlarni quritadi Aspirinning asosiy faol moddasi bo‘lgan salitsil kislotasi yallig‘lanish va shishni kamaytirishga yordam beradi. Buning uchun bitta aspirin maydalanib, iliq suv bilan aralashtirilib, pasta hosil qilinadi. Paxta bilan husnbuzarga qo‘llanadi, quriguncha kutib, iliq suv va yumshoq tozalash vositasi bilan yuviladi. Qadoqni yumshatadi Oyoqdagi qurigan qadoqlarni yumshatish uchun besh yoki olti dona tabletka maydalanadi, yarim choy qoshiq suv va limon sharbati qo‘shiladi. Aralashma kerakli joylarga qo‘llanadi, oyoqlarni issiq sochiq bilan o‘rab, polietilen paket bilan o‘raladi. 10 daqiqaga qoldirilgandan so‘ng yumshab qolgan qadoqni tozalab tashlash mumkin. Qazg‘oqdan xalos qiladi Ikkita aspirin tabletkasi kukun holatiga keltirilib, shampunga qo‘shiladi. Qo‘llangan aralashma sochlarda ikki-uch daqiqaga qoldiriladi, keyin iliq suv bilan yaxshilab yuvib tashlanadi va sochlar oddiy shampun bilan yuviladi.
93
1,992
Ayollar
Vatan himoyachilari kunida erkaklarga nima sovg‘a qilish mumkin?
Sovg‘a olishda xato qilmaslik uchun ularning yoshini, kasbini, qiziqishini, oilaviy ahvolini va sizga kim bo‘lishini hisobga olishingiz zarur. 14- yanvar – harbiylar uchun kasb bayrami hisoblanadi. Albatta, birinchi navbatda harbiy formadagilarni tabriklash kerak. Agar oilada bunday kishi bo‘lsa, sovg‘a uchun tank yoki harbiy furajka shaklidagi bayram tortini buyurtma qilsangiz bo‘ladi. Shuningdek donalari askar haykalchalardan iborat shaxmat yoki biror harbiy belgini ifodalovchi soat sovg‘a qilishingiz mumkin. Ko‘pincha ayollar turmush o‘rtog‘iga, otasiga va yaqin qarindoshlariga shaxsiy foydalaniladigan (ko‘ylak, galstuk, sochiq, atir va shunga o‘xshash) sovg‘alar olishadi. Tabiiy charmdan qilingan hamyon, kamar va hujjatga jildlar ham sovg‘a uchun munosib variantlar. Bundan tashqari, sport sumkasi, soyabon, portfel yoki elektr ustara sotib olsangiz ham bo‘ladi. Eng yaxshi sovg‘alardan biri – yaqinroqda joylashgan va unga qulay bo‘lgan vaqtlarga belgilangan mashq qilish zaliga chipta bo‘lib, har tomonlama foydali hisoblanadi. Tanishlaringiz uchun eng yaxshi variant – bir xil uslubda ishlangan ruchka, kalit uchun zanjir va zajigalkadan iborat sovg‘alar to‘plami.
64
1,182
Ayollar
Toza va tez: Uy tozalashda asqatadigan 6 ta layfxak
Uyingiz tozalikdan porlab turishi uchun qimmat mahsulotlardan foydalanish shart emas. Quyidagi layfxaklar yordamida jihozlarni arzon, ammo samarali vositalar bilan tozalashingiz mumkin. Oshxona anjomlari Ularni 10-15 daqiqaga sirka va ichimlik sodasi aralashmasiga solib qo‘ysangiz, idishlaringiz yangidek bo‘ladi. Mikroto‘lqinli pech Idishga suv, shuncha miqdorda sirka va 2 choy qoshiq limon kislotasini aralashtirib, uni mikroto‘lqinli pechda 5 daqiqaga isiting. So‘ngra pech devorini yumshoq matoda artib oling. Unitaz Uni kola yordamida tozalash mumkin. Gubkani namlab, hojatxona unitazini artib chiqing. 10 daqiqadan keyin yuvib tashlang. Ko‘zgu Ko‘zguga odatiy tozalash vositasini sepib, gazeta bilan artib oling. Eski usul hali ham yaxshi samara beradi. Gilam va yumshoq mebellar Agar tasodifan ularga tirnoq laki tegib ketgan bo‘lsa, darhol soch lakidan foydalaning. Uni dog‘ ustiga seping va toza mato bilan astalik bilan arting. Matras Matrasni efir moyi qo‘shilgan razrixlitel aralashmasi bilan tozalash mumkin. Bunday usuldan so‘ng undan necha yildan beri foydalanayotganingizni hech kim bilolmaydi.
51
1,117
Ayollar
Nike bantikli Air Force krossovkalarni ishlab chiqarishni boshladi
Nike yana bir bor Air Force 1 Low krossovkasini qayta kashf qildi. Bu safar krossovkalar katta atlas bantik ko‘rinishidagi detalga ega bo‘ldi, qo‘shimcha bezaklar alohida olinadi va mustaqil element sifatida ishlatilishi mumkin. Klassik siluet rang sxemasini o‘zgartirmadi. Biroq silliq teri ko‘rinishidagi odatiy sirt g‘ijim mato bilan almashtirildi. Shuningdek, krossovka shnurlari qizlarga xos tendentsiyani davom ettiradi —ulardan yana 4 ta bantik hosil qilingan. Nike hali Air Force 1 Low Bow modeli uchun narx tafsilotlari yoki chiqish sanasini ma’lum qilmadi.  Nike “oyoqlar uchun kurtka”ni sotuvga chiqardi (foto)
66
625
Ayollar
Agar siz har doim band bo‘lsangiz, vaqtni qanday qilib yaxshi o‘tkazish mumkin?
Agar siz har doim ishlasangiz, unda sizning sayohat qilishga, raqsga tushishga, sportning ekstremal turlari bilan shug‘ullanishga umuman vaqtingiz bo‘lmaydi. Stress darajasi o‘sa boshlaydi va dam olishning o‘rnini bosuvchi boshqa yo‘llarni izlab topishga to‘g‘ri keladi. Kulgu sizga ajoyib kayfiyat bag‘ishlaydi. Siz kulgili va qiziqarli audiokitoblarni yuklab olishingiz mumkin. Shunda siz tetiklashtiruvchi suhbatlardan bahramand bo‘lasiz. Haftaning ish kamroq bo‘lgan kunini tanlang va dugonangiz bilan uchrashishga kelishing. Har ikkalangiz ham band bo‘lganlaringiz uchun, suhbatlaringiz uzoq davom etmaydi, shuning uchun bir piyola choy ustida faqat eng qiziqarli mavzularni muhokama qila olasizlar. Balki sizning muntazam ravishda sport zaliga qatnashishga imkoniyatingiz yo‘q bo‘lishi mumkin. Lekin, hatto yarim soatlik suzish mushaklarni kuchga to‘ldirish, umurtqani dam oldirish, organizmni chiniqtirish va bo‘g‘imlar holatini yaxshilashga yordam beradi. Oshxonada ovqat tayyorlayotganingizda sevimli serialingizni tomosha qiling. Changyutkichni ishlatayotganingizda quvnoq musiqa ostida raqsga tushing. Hatto uyingizni tozalash uchun tirishib mehnat qilayotgan bo‘lsangiz ham, ishdagidan ko‘ra battarroq charchab ketmasligingiz kerak. Agar uzoq vaqt ijod bilan shug‘ullanmasangiz, yig‘ilib qolgan energiya sizni ichingizdan yemira boshlaydi. Uning kvartirani ostin-ustin qilish yoki sababsiz birontasiga baqirish kabi halokatli narsaga aylanib ketmasligi uchun kechqurunlari vaqtingizni to‘qish, tikish yoki rasm chizish kabi mashg‘ulotlar bilan o‘tkazing. Manba: “Woman.ru”
79
1,585
Ayollar
Oziqlantiring, namlantiring, g‘amxo‘rlik qiling: 30 yoshdan keyin terini qanday parvarish qilish kerak?
Yuz terisiga har kuni turli omillar ta’sir qiladi: shamol, quyosh nurlari, yomg‘ir, sovuq. Uning holatiga nafaqat tashqi, balki ichki omillar ham ta’sir o‘tkazadi, masalan, gormonlar holati yoki surunkali kasalliklarning kuchayishi. To‘g‘ri parvarish qilish terini uzoq vaqt davomida sog‘lom, tarang va yorqin qiladi. Har qanday yoshda teriga g‘amxo‘rlik qilish juda muhimdir. Agar yoshlik davrida husnbuzar va ortiqcha yog‘li teriga qarshi kurash birinchi o‘ringa chiqsa, yosh o‘tgan sari terining tarangligini saqlash, ajin va dog‘lar paydo bo‘lishining oldini olish muhimroq sanaladi. Oddiy namlantirish va tozalash borgan sari yetarli bo‘lmaydi. Muntazam piling protsedurasiga terining yangilanishiga yordam beradi, unga porloq va sog‘lom rang beradi. Kosmetika va maxsus protseduralar terining elastik va tarang bo‘lishiga yordam berish uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda. Kollagen oqsili teri rangi uchun javobgardir. Agar yoshlikda u yetarlicha ishlab chiqarilsa, teri elastik va tarang bo‘lsa, yosh o‘tishi bilan kollagen kamroq sintezlanadi. Uning ishlab chiqarilishi 25 yoshdan keyin sekinlashadi. Teri esa qo‘shimcha yordamga muhtoj. 30 yoshdan keyin nafaqat maxsus kosmetika vositalaridan foydalanish, balki to‘g‘ri ovqatlanish va terini parvarish qilish ham muhim. Qarishga qarshi kremdan foydalaning Nafaqaga hali ancha vaqt borligiga qaramay, qarishga qarshi krem ​​sotib olib, uni ko‘rsatmalarga muvofiq ishlatishni boshlash kerak. Uning tarkibida antioksidantlar va boshqa foydali tarkibiy qismlar mavjud bo‘lib, ular qarishning dastlabki belgilari bilan kurashadi, bu terini yoshroq, elastik va porloq bo‘lishini ta’minlaydi. Quyoshdan himoyalovchi kremni unutmang Quyoshdan himoyalanish nafaqat plyaj uchun, SPF filtrini o‘z ichiga olgan krem, balki mavsum qanday bo‘lishidan qat’i nazar eng kerakli narsa. Bunday kremdan foydalanish ajinlar va dog‘lar paydo bo‘lishining oldini olishga yordam beradi, bundan tashqari, u melanoma profilaktikasida muhim rol o‘ynaydi. Teriga ichki tomondan g‘amxo‘rlik qiling Maxsus vitamin va mineral komplekslar, foydali ichimliklar qabul qilish terining elastikligini uzoqroq saqlashga yordam beradi. U vitamin, minerallar va o‘simlik tarkibiy qismlarini o‘z ichiga oladi, terining salomatligi va go‘zalligini saqlashga qaratilgan metabolik jarayonlarni optimallashtirishga yordam beradi. Kompleks tarkibidagi kollagen peptidlari ajinlar chuqurligini kamaytiradi va terining elastikligini oshiradi. Shuningdek, ular tanadan osongina so‘riladi, terining chuqur qatlamlarida fibroblastlar bilan o‘zaro ta’sirlashadi. Shu bilan gialuron kislotasi va tananing endogen kollagenini ishlab chiqarishini rag‘batlantiradi. To‘g‘ri ovqatlaning Ma’lum bir vaznga erishish uchun ayrim mahsulotlar cheklansa ham diyetada uglevod, oqsil va yog‘lar bo‘lishi kerak. Bu terining salomatligi uchun juda muhimdir. Yog‘ yetishmasligi terining elastikligini yo‘qotadi va ajinlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Me’yorida uxlang Hayotning uchdan bir qismi uyquda o‘tishiga qaramay, bu raqamni kamaytirishga intilishning hojati yo‘q. O‘rtacha uyqu taxminan 7 soat bo‘lishi kerak. Olimlar aniqladilarki, juda qisqa va uzoq uyqu salomatlikka, ayniqsa, terining holatiga yomon ta’sir qiladi. Uyqusizlik darhol seziladi: ko‘z ostidagi qora doiralar, xira teri, ajinlar, nosog‘lom rang. Butun hafta davomida dam olish kunlarigina uxlash foyda bermaydi, kelasi kun uchun ham uxlash ham mumkin emas, bularning hammasi ilmiy jihatdan isbotlangan. Shuning uchun maxsus rejim o‘rnatib, qat’iy belgilangan vaqtda yotishga harakat qilish kerak. Albatta, terining holati ko‘p omillarga, shu jumladan, genetik omillarga bog‘liq. Ammo terining sog‘lom, elastik, chiroyli va yorqinroq bo‘lishi uchun uni keragicha parvarishlash va g‘amxo‘rlik bilan ta’minlash har kimning o‘z qo‘lida.
103
3,797
Ayollar
Olimlar maktab o‘quvchilari va talabalar uchun eng yaxshi mahsulot qaysi ekanligini aniqladi
Britaniyalik olimlar maktab o‘quvchilari hamda talabalarda imtihonlar davrida chernika iste’mol qilishni masalat berishdi. Ularning aniqlashicha, ushbu meva miya faolligini oshiradi. Shu bilan birga u mutlaqo foydali hamda tabiiy mahsulot, deb xabar berdi 7MedNews. Tibbiyot xodimlari maktab o‘quvchilari o‘rtasida tajriba o‘tkazdi. Bolalar kompyuterda unchalik qiyin bo‘lmagan amallarni bajardi — ular ekrandagi belgilarni kuzatib borishi va kerakli tugmalarni bosishi kerak edi. Bolalar ikki guruhga bo‘lindi. Guruhning biridagi o‘quvchilar masalani bajarishdan oldin chernika sharbatidan ichishdi, ikkinchisi esa — yo‘q. Chernika sharbatini ichgan o‘quvchilar o‘rtacha hisoblaganda masalalarni 10 foizga aniq va tez bajargan. Olimlar buni chernika tarkibidagi alohida kombinatsiyaga ega foydali moddalar sababli, deya izohlamoqda. Ular miya ishining faolligiga ta’sir qiladi. Bundan tashqari chernika yoshi kattalar uchun ham foydali bo‘lib, yoshga bog‘liq bo‘lgan kognitiv buzilishlardan qochishga yordam beradi.
92
1,017
Ayollar
Makiyaj mukammal chiqishi uchun Victoria’s Secret vizajistlari amal qiladigan qoidalar
Amerikaning ayollar uchun mo‘ljallangan Victoria’s Secret brendi modellari o‘zining go‘zalligi va chiroyi bilan hamisha diqqat markazida bo‘lgan. Ularning qiyofasidagi o‘ziga xoslikni aks ettirishda esa kompaniya vizajistlari xizmati beqiyos. Modellarni makiyaj qilishda vizajistlar tomonidan amal qilinadigan qoidalar nimadan iborat? Quyida ushbu savolga javob berib o‘tamiz. Parvarish Makiyaj yuzda mukammal turishi uchun yuzni tozalash, parvarishlash va namlantirish bosqichlari amalga oshirilgan bo‘lishi kerak. Aksari vizajistlar yuzni mitselyar suv bilan tozalab, standart baza surtishni o‘zi bilan cheklanadi, lekin bu yetarli emas. Tozalash jarayonida iloji boricha, gel va suvdan foydalanish kerak. Namlantiruvchi kremni unutmaslik shundan keyingina, kerak bo‘lsa baza surtish kerak. Konsilyer Avvallari konsilyerni teri rangidan ko‘ra ochrog‘idan foydalanish kerak degan tushuncha mavjud bo‘lgan. Lekin bu uslub yaqqol konturing uchungina ayni muddao. Konsilyerni teri rangidagisidan foydalanish va iloji boricha makiyajda ajralib qolmasdan, tabiiy turishiga e’tibor qaratish kerak. Pudra Yuzingiz uchun tonal krem shart bo‘lmasa, unda hamma ishlatgani uchungina uni xarid qilish va foydalanish tavsiya qilinmaydi. Avvalo teri holatiga e’tibor bering, keyin bo‘lsa makiyaj uchun mo‘ljallangan standart mahsulotlardan foydalaning. Pudradan foydalanishda rangsiz, uqalanib ketmaydiganini tanlash maslahat beriladi. Quyuq va ranglisi yuzni niqob singari notabiiy ko‘rsatishi mumkin. Pudra ayniqsa yoz makiyaji uchun ayni muddao.
86
1,537
Ayollar
Chiroyli qomatni ham xunuk qilib ko‘rsatuvchi liboslar (foto)
Ayrim liboslar bir-biriga mos emasligi yoki qomatga to‘g‘ri kelmagani uchun ham obrazni kamchiliklarga boy qilib ko‘rsatadi. Kichik o‘lchamdagi libos Kichik o‘lchamdagi libosni qanchalar majburlab kiyishga harakat qilinmasin, u baribir qomatga mos tushmaydi. Aksincha, belda hosil bo‘lgan burmalarni aniq namoyon qiladi va ortiqcha vazndagi ayollarni yanada semiz qilib ko‘rsatadi. Kalta nimcha Kichik bichilgan har qanday libos vizual ravishda uning egasini katta ko‘rsatadi. Shuningdek, tana qismlari uch qismga bo‘linib, birgina kalta nimcha tufayli nostandart ko‘rinishni hosil qiladi. Oversayz liboslar To‘ladan kelgan ayollar uchun oversayz liboslar ayni muddao. Ularning do‘mboqqina qomati keng bichilgan kiyimlar ortiga yashirinadi. Ammo ozg‘in qizlarda esa bu aksincha natija berishi mumkin. Oversayz libos ularni yanada kichik va libos ichida haddan tashqari oriq qilib ko‘rsatadi. Rasmiy libos va yassi poyabzal Yassi poyabzallar har qanday vaziyatda qulay bo‘lishi mumkin, ammo rasmiy uslublar bilan emas. Yassi poyabzalda tana tik tutilmaydi, natijada qomat biroz semiz va oyoqlar ham kaltaroq ko‘rinish hosil qiladi. Kalta ko‘ylak hamda baland poshnali tufli Etak qismi keng va kalta bo‘lgan kiyimlar bilan poshnasi baland va hajmi katta bo‘lgan poyabzal kiyish tavsiya etilmaydi. Chunki bu ko‘rinish orqali oyoqlar juda qisqa ko‘rinishi mumkin. Mukammal shakl uchun shunchaki nafis va bejirim tuflilar kiygan ma’qul. Kalta jinsi shorti va kolgotka Umuman olganda, ushbu ko‘rinishni moda olamida hech kim tan olmaydi. Na qulaylikka va na didga mos keluvchi yorqin jinsi shorti va qora kolgotka o‘zaro uyg‘unlikni tashkil etmaydi. Yaxshisi, uzun jinsi shim yoki kolgotka bilan biror ko‘ylak kiyish tavsiya etiladi.
61
1,733
Ayollar
Oziqlantiring va namlantirishni unutmang: teriga 30 yoshdan keyin qanday parvarish kerak?
Necha yosh bo‘lishdan qat’i nazar terini parvarish qilish muhim sanaladi. Yoshlikda yog‘li teri va husnbuzarlarga qarshi kurashish asosiy bo‘lsa, yosh o‘tishi bilan ajin va pigment dog‘lar tushishining oldini olish kerak. Namlantirish va terini tozalashning o‘zi vaqt o‘tishi bilan kamlik qiladi. Terining yangilanishi va rangi tiniq va sog‘lom bo‘lishiga hissa qo‘shuvchi piling muolajasi haqida ham unutmaslik kerak. Qolaversa, terining elastik va tarang bo‘lishi uchun foydali kosmetik vositalardan foydalanish kerak. Terining tonusiga javob beradigan kollagen oqsilining ishlab chiqarilishi 25 yoshdan keyin sekinlashadi, aynan shu sabab ham 30 yoshdan keyin nafaqat maxsus kosmetik vositalardan foydalanish, balki to‘g‘ri ovqatlanish va terini nafaqat usti, balki ichki tomondan ham namlantirib turish kerak. 30 yoshdan keyin terini parvarish qilish bo‘yicha 5 qoida: Ajin tushishining oldini oladigan krem Bunday kremning tarkibida foydali komponent va antioksidantlarga boyini xarid qiling. Quyoshdan himoya qiluvchi kremdan foydalanishni unutmang SPF-kremlarni nafaqat sohilda yoki yozda, balki boshqa kunlarda ham surtishni kanda qilmaslik kerak. Bu erta ajin va dog‘ tushishining oldini olibgina qolmay, melanoma profilaktikasi ham sanaladi. Terini ichidan namlantirishni unutmang Muntazam ravishda suv ichish bilan birga, maxsus vitamin va minerallar kompleksini qabul qilish kerak. Tarkibidagi vitamin, o‘simlik komponentlari terining salomatligi va go‘zalligini ta’minlaydi. Kompleks tarkibidagi kollagen peptidlari terining elastik bo‘lishiga hissa qo‘shib, ajinlarni kamaytiradi. To‘g‘ri ovqatlaning Ratsionda uglevod, oqsil va yog‘ga boy mahsulotlar bo‘lishiga e’tibor qarating. Teri salomatligi uchun ahamiyatli bo‘lgan yog‘lar yetishmaganda, teri avvalgidek elastik bo‘lmaydi va ajinlar paydo bo‘la boshlaydi. Tiniqib uxlang Haddan ortiq ko‘p yoki kam uxlash salomatlik, kayfiyat va teri ahvoliga salbiy ta’sir qilgani sabab olimlar 7 soat uxlash kerakligini ta’kidlaydi. Tiniqib uxlamaganda ko‘z ostida qora halqalar paydo bo‘ladi, teri so‘lg‘in va nosog‘lom ko‘rinadi. Ko‘p uxlaganda esa shishlar paydo bo‘ladi. Aynan shu sabab ham rejimga rioya qilib, kerakligicha uxlash kerak.
89
2,200
Ayollar
Arab qizlarining go‘zallik siri nimada?
Arab qizlari yuzlarini yopib yurgani bilan ularning go‘zalligi tillarda doston. Arab qizlarining go‘zallik siri nimada? Big Picture nashri ushbu savolga javob beradi. Qalin sochlar Biz reklamalarda ko‘rib havas bilan qaraydigan qalin va sog‘lom sochlar arab qizlarining o‘ziga xosligi sanaladi. Buning sababi ular tabiiy go‘zallik vositalaridan foydalanadi: sochlarini sut va qatiq bilan yuvadi. Shuningdek, soch o‘stirish xususiyatiga ega hindlarning “amla” yog‘idan foydalanadi. Uni shampun yoki soch balzamiga qo‘shib ishlatilsa darhol foydasi bilinadi. Shuningdek, sochlarini xina yoki basmaga bo‘yaydi. Mukammal teri Arab xotin-qizlarining terisi hech qanday kamchiliklarsiz tiniq va silliq bo‘ladi. Bunga sabab ularning muntazam ravishda teri tozaligiga e’tibor berishida. Buning uchun pushti suyuqlik — mitselyar suv ishlatiladi. Keyingi bosqich esa, kurkumadan tayyorlangan yuz niqobi. Kurkumaga 2 osh qoshiq un, 2 osh qoshiq sut va shuncha miqdorda pushti suyuqlik qo‘shiladi. Aralashmani yuzga surtib, 15-20 daqiqadan keyin yuvib tashlanadi. Terining mukammalligida hammom, ya’ni an’anaviy sharq saunasining ham ahamiyat katta. Unda odam tanasidagi ortiqcha suyuqlik va toksinlar chiqib ketib, teri holati yaxshilanadi. Aromaterapiya Arab ayollari iforga juda ham e’tiborli. Bu borada efir, vanil, pushti va jasmin yog‘laridan foydalanadi. Ushbu mamlakatdagi barcha parfyumeriya vositalari tarkibiga efir yog‘i qo‘shiladi. Keng va qulay kiyimlar Arab ayollarining keng liboslar kiyishi barchaga ma’lum. Bunday liboslar tana a’zolarini zo‘riqmasligi, varikoz, sellyulit va boshqa kasalliklarni oldini oladi.
39
1,620
Ayollar
Buyumlarni kiyim javonida saqlashni qanday yo‘lga qo‘yish kerak? 5 ta qoida
Har mavsumda siz kiyimlaringizning kamida yarmini o‘z shaklini yo‘qotgani uchun almashtirishga majbur bo‘lyapsizmi? Kiyim shkafidagi joylardan to‘g‘ri foydalanayotganingizni tekshirib ko‘ring. Bunda sizga biz to‘plagan ba’zi maslahatlar yordam beradi. Ipak ko‘ylagingizga keng yog‘och kiyimosgich mos keladimi yoki yo‘qmi deb hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Unutmang: yaxshisi porolon yoki yumshoq mato o‘ralgan kiyim osgichlardan foydalaning. Va o‘lchamini to‘g‘ri tanlang: kiyim osgichni yelkangizga o‘lchab ko‘ring va yengiga xalaqit bermayotganiga ishonch hosil qiling. Oyoq kiyimlarni o‘zining do‘kondan olib kelingan qutilarida saqlamang. Karton qog‘oz deyarli havo o‘tkazmaydi, shuning uchun noxush hidlarni to‘playdi. Havo aylanishi uchun teshikchalar qo‘yilgan maxsus plastik idishlar sotib oling yoki daraxt shoxlaridan to‘qilgan tabiiy materiallarni tanlang. Qaysi poyabzal qayerda turganini esdan chiqarmaslik uchun quti ustiga rasmi tushirilgan qog‘ozcha yopishtirib qo‘ying. Yaxshisi buyumlarni rangiga va materialiga qarab joylashtirish qoidasiga amal qiling. Ipak kiyimni akril va poliester bilan birga, qizil sviterni esa oqish rangli shim va toplar bilan bir joyga qo‘ymang. Kiyim qavatlari orasiga oddiy pergament qog‘ozi qo‘yish mumkin, u uncha ko‘p joy olmaydi, kiyimlar esa g‘ijim bo‘lmaydi va rangi ham bir-biriga o‘tib qolmaydi. Kiyim-kechaklar haqida unutmang! Sumkalar uchun maxsus qutilar va bosh kiyimlari uchun tagliklar oling. Shunda shlyapalar o‘z shaklini saqlab qoladi, sumkalar esa boshqa narsalarga ishqalanmaydi, bu uning chekkalari yeyilishidan ancha himoya qiladi. Manba: “Passion.ru”
75
1,617
Ayollar
Qoshlarni tatuaj qilmaslikning 5 ta asosiy sababi
Albatta, ayollar orasida qoshlarni tatuaj qilish paytida mutaxassis qo‘lidan azob chekkanlar bor. Kimgadir ishning rangi, shakli yoki sifati umuman yoqmaydi. Bu protsedurani bajarmaslikning asosiy sabablaridan ba’zilari xolos. Zamonaviy kosmetologiya qoshlarni chiroyli tuzatish uchun tatuaj kabi og‘riqli usulga murojaat qilmasdan boshqa ko‘plab variantlarni tavsiya etadi. Urfdan qolgan Hozirda hamma narsa tabiiy go‘zal, lekin eng mohirlik bilan qilingan tatuaj ham hech qachon haqiqiy qoshlarga o‘xshamaydi. Gollivud yulduzlarining qoshlarining misol qilish mumkin, ularning hech birini tatuajda ko‘rib bo‘lmaydi. Doimiy makiyajning barcha variantlarini sinab ko‘rgan qizlar asta-sekin undan voz kechishni boshladi. Tatuajni uy sharoitida yuvib bo‘lmaydi Qoshlarni uzoq vaqt – bir necha oy yoki yilgacha tatuaj qilish va agar u butunlay muvaffaqiyatsiz bajarilgan bo‘lsa, uyga qaytib, hamma narsani yuvish ish bermaydi. Na sovun, na qattiq ishqalash – hech biri holatni o‘zgartirmaydi. Go‘zallik salonlari xodimlari odatda qoshlar shaklini o‘zgartirish va ularning o‘rnida yangilarini yaratishga harakat qilishlari kerak. Bu mashaqqatli ishga hech kim oldindan natijaga kafolat bermaydi, shuning uchun go‘zallikni xavf ostiga qo‘yishning keragi yo‘q. Tatuaj lazer yordamida olib tashlanadi Muvaffaqiyatsiz tatuajdan xalos bo‘lishning yagona tasdiqlangan usuli – bu lazerda olib tashlash bo‘lib, u og‘riqli hamda juda qimmat. Eng yomoni shundaki, chizilgan qoshlardan butunlay xalos bo‘lish uchun odatda bir necha oy davom etadigan 4-5 seansni amalga oshirish kerak bo‘ladi. Yoshni katta ko‘rsatadi Barcha stilistlar shuni takrorlaydi: qoshlarni tatuaj qilish (ko‘z qovog‘i va lablar) qariydi, lekin negadir qizlar bunga ishonmaydi. Afsuski, bu to‘g‘ri: igna bilan chizilgan qoshlar shunchalik g‘ayritabiiy ko‘rinadiki, bo‘yoqning muvaffaqiyatli tanlovi bilan ham ular har qanday yoshga 5 yil qo‘shishi shubhasiz. Xato qilish ehtimoli juda yuqori Salonlarda qoshlarni tatuaj qilishning bir nechta turlarini taklif qilishadi: har bir qosh tolasini chizish – 3D tatuaj deb ham ataladi, mum bilan tatuaj qilish, bu ham haqiqiy qoshlardek chiziladi, qoshlar shunchaki bir tekisda bo‘yash. Nazariy jihatdan, hamma narsa juda jozibali ko‘rinadi, lekin aslida mutaxassislar ko‘pincha kerakli natijaga erisha olmaydi. Eng keng tarqalgan xato – noto‘g‘ri bo‘yoq tufayli juda quyuq rang. Bunday holda, salon, qoida tariqasida, qoshlarni lazer bilan bepul oqartirishni taklif qiladi. Ammo bu qancha vaqt talab etishi yuqorida aytildi, chunki bitta protsedura yetarli bo‘lmasligi mumkin. Bundan tashqari, ko‘proq noxush holatlar mavjud. Masalan, assimetriya, bir qosh boshqasidan bir oz balandroq yoki biroz ingichka bo‘lishi mumkin. Professionallarning fikri Olga Bunina, Bolshaya Dmitrovkadagi Brow&Beauty saloni: “Qoshlar siyrak bo‘lsa, nima qilish kerak, ammo tatuaj urfda emas. To‘q rangli, kashtan, qizil yoki oltin bug‘doy soch egalari uchun xina yordamida kerakli shakl va qalinlikni berish mumkin. Qoshlarning ideal shakli bir haftadan ko‘proq vaqt davomida zavqlantiradi va xinaning foydali xususiyatlari tufayli qoshlarning o‘zi mustahkamlanadi. Qoshning rangi ochdan to‘q jigarranggacha bo‘lishi mumkin”. Lena Xabibullina, Brow Up saloni: “Qalin va keng qoshlar trendda. Tabiat hammani bunday ne’mat bilan taqdirlamagan, shuning uchun ko‘pchilik har kuni ularni bo‘yash zarurligini unutish uchun qoshlarni tatuaj qilishni xohlashadi. Men mijozlarimni ushbu protseduradan qaytaraman, chunki ko‘p hollarda tatuaj g‘ayritabiiy ko'rinadi. Bundan tashqari, qoshlarni tatuaj qilish ko‘plab tibbiy kontrendikatsiyalar va chandiqlar, pigment va boshqalar ko‘rinishidagi noxush oqibatlari bilan birga, o‘z egasining yoshni sezilarli darajada oshiradi. Agar tatuaj muvaffaqiyatsiz bo‘lib chiqsa, u holda mijoz bir necha yil davomida tatuaj qoshlar bilan yurishi, pigment yo‘qolguncha kutishi yoki teridan tatuajni lazer bilan olib tashlashga murojaat qilishi kerak. Tatuaj qilish og‘riqli jarayon bo‘lib, chandiqlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Hozirgi vaqtda qoshlarning chiroyli shaklini yaratish va tatuajga murojaat qilmasdan, uni sezilarli vaqt davomida saqlash usullari mavjud. Ushbu usullardan biri qoshlarni doimiy xina bilan bo‘yash, boshqacha qilib aytganda, qoshlarning biotatuaji. Xina – tabiiy kelib chiqishi bilan ham zamonaviy mahsulot. Soch va teriga rang beradi va terida 2 haftagacha va sochlarda 6 haftagacha turadi. Shu bilan birga, u tabiiy ko‘rinishni ta’minlaydi, soch tolalarini qalinlashtiradi, bu esa qoshlarni qalin va tabiiy qilish imkonini beradi.
49
4,571
Ayollar
Krossovkalarni oq holatda saqlash uchun tavsiyalar
Loy, ko‘lmaklar, o‘tlar va hatto yo‘l chetidagi to‘siqlar ham oppoq krossovkalaringizni kirlantirishi mumkin. Bizning tavsiyalarimiz yordamida krossovkalaringizga yana oppoq rangni qaytarishingiz mumkin. Oq krossovkalar quyosh nurlari to‘g‘ri tushadigan joyda turmasligi kerak: mato yoki charm o‘ngib qoladi va sarg‘ayadi. Oyoq kiyimiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lib, uni salqin va qorong‘i joyda saqlang. Krossovkada yog‘ dog‘i paydo bo‘lgan bo‘lsa, e’tiborsiz qoldirmang: vaqt o‘tishi bilan u sarg‘ayadi va ko‘zga tashlanib qoladi. Shu tufayli uni zudlik bilan ketkazish kerak. Buning uchun yumshoq shampun (soch uchun)dan foydalaning, uni iliq suvga aralashtiring. Mayin gazlamali sochiqni yoki kichik cho‘tkani aralashmada ho‘llab oling va dog‘ni ehtiyotkorlik bilan ishqalang. U yo‘qolishi kerak. Kir yuvish mashinasida siqish va chayish rejimida poyabzal gazlamasi tolalari katta kuch bilan buraladi, tagcharm esa juda katta yuk ostida qoladi. Bunday yondashuv bilan hatto eng chidamli oyoq kiyim ham “uzoq yashamaydi”. Bir marta bo‘lsa ham krossovka iplarini mashinada yuvib ko‘rgan bo‘lsangiz, ular natijada ko‘p buralib ketgan ikkita uzun mato bo‘lagiga aylanganiga guvoh bo‘lgansiz. Bunday xatolarni takrorlamaslik uchun, iplarni qo‘lda yuvish vositasi bilan tozalang va havoda quriting. Charm krossovkalardagi tirnalgan izlar ularni bir lahzada arzon ko‘rinishga keltiradi. Buni tuzatishda tirnoq uchun oddiy lak yordam beradi. Oq lakni ziyon yetgan joyga bir necha qavat qilib suring, shunda oyoq kiyimning ko‘rkam ko‘rinishi saqlanib qoladi. Krossovkani yuvgach, uni albatta qog‘oz sochiq ustida quriting. Qog‘oz ortiqcha namlikni singdirib oladi, oyoq kiyim tezroq quriydi va kir oq tusga kirmaydi. Shuningdek, krossovkani qish paytida javonga olib qo‘yishda ham uni gazeta varaqlari bilan to‘ldirsangiz, nam bosib qolmaydi. Tozalash qiyin bo‘lgan joylar, masalan, chok chizig‘i yoki taram-taram tagcharmdagi mayda dog‘lar va kirlarni tish cho‘tkasi yordamida ketkazing. Uni suv va yumshoq sovun aralashmasiga botirib oling va iflos joyni ishqalang. Krossovkadagi mayda dog‘larni oson va tez ketkazishda oddiy osh sirkasi qo‘l kelishi mumkin. Sirkada namlangan yumshoq mato bilan kirlangan joyni ishqalang. Manba: “Fraufluger.ru”
50
2,253
Ayollar
Manikyurdan voz kechilganda yuz beradigan 7 ta o‘zgarish
Manikyur salonlariga borishni bas qilish orqali nafaqat oyligingiz tejalishi, balki tirnoqlaringiz avvalgidek mustahkam va tez sinmaydigan bo‘lishiga sababchi bo‘lasiz. Tirnoqlar mustahkam bo‘lishni boshlaydi Kimyoviy aralashmalardan tashkil topganiga qaramay, tirnoq bo‘yog‘i zararsiz hisoblanadi, lekin uni o‘chirish uchun foydalaniladigan suyuqlik nafaqat tirnoq, balki tirnoq atrofidagi teriga ham zarar yetkazadi. Unga “aseton”i yo‘q, deb yozilgan yorliq yopishtirilganiga qaramay, barmoq uchlarini yog‘sizlantirib, quritib tashlaydi. Oqibatda esa qurigan teri burishib, ko‘chishni boshlaydi. Tirnoqlar rangi yorqinroq bo‘ladi Vino, qahva va sigaret tishlarni sarg‘aytirgani singari lakdan muntazam foydalanish tirnoqning tabiiy och pushti rangi xiralashishiga sabab bo‘ladi. Bo‘yoqsiz yurolmagan taqdiringizda ham orada bir yoki ikki hafta tanaffus qiling, tirnoqlaringizni tabiiy va sog‘lom rangi qaytishiga guvoh bo‘lasiz. Silliqlashadi Tirnoqlar mikroskopda ko‘rilganda “cherepitsa”ga o‘xshaydigan keratin zarralaridan tashkil topadi. Har gal lak o‘chirilganda esa uning ustidagi bir qavat sidiriladi. Tirnoqlarni biroz muddat o‘z holiga qo‘ysangiz ular avvalgidek silliq bo‘ladi. Ammo qo‘shimcha namlantirish kerak bo‘ladi Tirnoqlarga lak surilmaganda, avvalgidek qatlam bo‘lmagani sabab ham mo‘rtroq bo‘lib qolishi mumkin. Shu bois uni doimo namlantirib turish kerak. Buning uchun maxsus yog‘lardan foydalanib, tirnoq chetidagi terini kuniga 2-3 marta oziqlantirib turing. Infeksiya yuqtirish xavfi kamayadi Aslida manikyur salonlarida ishlaydigan xodimlar har bir mijozdan keyin foydalanadigan uskunalarni dezinfeksiyalab turishi kerak. Ammo hamma ham bunga rioya qilavermaydi yo bo‘lmasa tarkibida infeksiya va bakteriyalarni o‘ldirishga qodir bo‘lmagan vositalar bilan zararsizlantirishni o‘zi bilan cheklanadi. Kerakli vaqtda uskunalarni dezinfeksiya qiladigan apparatga qo‘yishni unutish holatlari ham kuzatilishi mumkin. Shu sabab ham manikyur qiladigan xodim xizmatidan foydalanganda virusli yoki boshqa infeksiyalarni yuqtirib olishingiz xavfi yuqori bo‘ladi. Pulingiz cho‘ntagingizga qoladi Siz odatda qanchalik tez manikyur qildirishingizga qarab, unga bormay qo‘yish orqali ma’lum miqdorda pul tejashingiz mumkin bo‘ladi. Har ikki oyda salonga pul sarflagan taqdiringizda ham bir yilda bir oylik ish haqqingizning yarmini behudaga sarflanmasligiga sabab bo‘lishingiz mumkin. Ortiqcha bosh qotirmaysiz Manikyur qildirishni bas qilish orqali siz keyingi safar qanday lak rangini tanlasam ekan, deb bosh qotirishdan qutilasiz. Tabiiylikka ko‘nikib, ortiqcha o‘y-xayollarga vaqt sarflamaysiz.
56
2,611