folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Ayollar | Kiyimlarga plastilin yopishib qolsa, uni qanday ketkazish mumkin? | Agar uyda kichik yoshdagi bolalar bo‘lsa, kiyimlarga yopishgan plastilinni olib tashlash vazifasiga ota-onalar tez-tez duch keladi. Bolalarning ushbu ijod mahsulini kiyimlarga zarar yetkazmasdan olib tashlashning ko‘plab usullari mavjud.
Shunday qilib, kiyim-kechaklarga yopishib qolgan plastilin qo‘rqinchli emas. U osongina tozalanadi, ammo mato tolalarida plastilin izlari qoladi.
Mexanik tozalash
Plastilinni tozalash uchun kiyim avval muzlatishga qo‘yiladi. Ko‘ylak, futbolka yoki shim muzlatkichda yarim soat turgach, kiyimning plastilin yopishgan qismi qattiq cho‘tka bilan tozalanadi. Agar buyum katta bo‘lsa, muzdan foydalanish mumkin. Bordi-yu, kiyimni muzlatkichga qo‘yishning iloji bo‘lmasa, dog‘ni quruq muz bilan ham ketkazishning imkoni bor. Xuddi shu tarzda gilam yoki mebeldagi plastilin dog‘larini ketkazish tavsiya etiladi.
Agar muz bo‘lmasa, kiyim shunchaki quritishga qo‘yiladi. Bir necha kun ochiq havoda qoldirilgan kiyimdan namlik bug‘lanadi va plastilin kimyoviy xususiyatlarini yo‘qota boshlaydi. Faqatgina issiqlik bilan quritmaslik kerak, aks holda plastilin eriydi va matoga yaxshiroq yopishib oladi. Quritilgan plastilin yaxshi parchalanadi, mato yaxshilab ishqalanadi, harakatlanuvchi tolalar uni yo‘q qiladi.
Eritmalar bilan yuvish
Uy sharoitida kiyimga yopishib qolgan plastilin dog‘ini turli xil vositalar yordamida ketkazish mumkin.
Plastilinni eritishda yordam beradi:
Plastilin dog‘ini nashatir bilan ketkazish mumkin. Buning uchun 10 tomchi nashatirni bir stakan sovuq suvga qo‘shish kerak. Olingan eritma bilan yumshoq mato yoki paxta namlanadi, so‘ngra dog‘ yuzasi artiladi. Keyin sovuq suv bilan yuviladi. Ushbu jarayonni bir necha marotaba takrorlash mumkin.
Nashatir o‘rniga izopropil spirti ham ishlatiladi, u har qanday plastilinning qismi bo‘lgan dog‘ni yaxshi tozalaydi. Izopropil spirti tabiiy matolar va djinsi shimlardan plastilinni mukammal darajada yo‘q qiladi. Buning uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri dog‘ga ozgina spirt quyish, uni bir daqiqaga qoldirib, shundan so‘ng plastilinni yuvib tashlash kerak.
Sun’iy matolarni izopropil spirti bilan tozalash qat’iyan man etiladi, ular shunchaki bu jarayonga bardosh bera olmaydi.
Avtomobil egalari tomonidan tez-tez ishlatiladigan WD-40 ni sinab ko‘rish mumkin. Qisqa muddatli ishlov berishdan so‘ng (3-5 daqiqa kifoya qiladi), plastilin osongina chiqariladi. Keyin kiyim yaxshilab yuviladi.
Plastilin yog‘ini tozalangan kerosin kabi moddalar ham eritadi. Faqat plastilinni oddiy yuvib, ketkazib bo‘lmaydi, shuning uchun ushbu jarayon biroz kuch talab etadi.
Shuningdek, ushbu muammoni bartaraf etishda oddiy salfetka va dazmol ham ish beradi. Plastilin dog‘i ustiga salfetka qo‘yilib, dazmol bosiladi. Issiqlik ta’siri ostida yog‘ eriydi va salfetkaga yopishadi. | 65 | 2,754 |
Ayollar | Nima uchun jo‘mrakdan suv ichish tavsiya qilinmaydi? | Inson organizmining 80 foizi suvdan tashkil topgan va salomatlik uchun suv balansi me’yorda bo‘lishi muhim sanaladi.
Jo‘mrakdan suv ichish mumkinmi?
Jo‘mrakdan suv ichish mumkinlikka mumkin, lekin ichgandan keyin organizmda qanday oqibatlar kuzatilishi masalaning muhim jihati hisoblanadi. Bunday suv tarkibida nafaqat temir, kalsiy, magniy, natriy va boshqalar ko‘p bo‘ladi, balki doim iste’mol qilish uchun juda ham yuqori darajada minerallashtirilgan va xlorlangan bo‘ladi.
Ko‘pchilik suv davlat nazoratidan o‘tgan bo‘lsa, uni ichish mumkin deb hisoblaydi. Lekin amaliyot bunday suvni iste’mol qilish turli kasalliklar, hatto zaharlanishga ham olib kelishini ko‘rsatmoqda.
Jo‘mrakdan suv ichilganda organizmda turli cho‘kindilar, tosh va qon-tomirlarda kalsinoz kuzatiladi. Ko‘pchilik suvni filtrlaydigan apparat xarid qilib, bu muammoni bartaraf qilish mumkin deb o‘ylaydi. Ammo filtr suvni xlordan tozalaydi, foydali qilib qo‘ymaydi.
Nima qilish kerak?
Suv zararsiz bo‘lishi uchun uch pog‘onali filtr o‘rnatish kerak. U suvda molekulalarni qoldirib, qolgan barcha narsadan tozalaydi. Shundan keyin uni litriga 30-50 mg minerallash kerak.
Gap shundaki, tuz (metallar) suvda noorganik shaklda bo‘ladi va organizm ularni oz miqdorda o‘zlashtirishi mumkin. Lekin bunday suvdan sho‘rva pishirib yoki choy damlanganda cho‘kma hosil bo‘ladi. Agar ikki oy davomida siz foydalanadigan choynakda qotma hosil bo‘lsa, suvda minerallar juda ham ko‘p bo‘ladi. Suvning salomatlik va o‘zingizni qanday his qilishingizda roli katta. Siz ichadigan suv qanday ekanligiga qarab energiyaga to‘la bo‘lishingiz, kuchsiz bo‘lib qolishingiz yoki surunkali kasalliklarga chalinishingiz mumkin. | 52 | 1,673 |
Ayollar | Dolzarb savol: laminatsiyami yoki ulama kiprik? Ularning ijobiy va salbiy tomonlari | Laminatsiya kipriklarga urg‘u beradi. Ulama kiprik esa butunlay yangi effektni hosil qiladi. Ammo ushbu go‘zallik muolajalarining kamchiliklari hamda afzalliklari bor.
Qalin va qayrilgan kipriklar barcha makiyajda alohida o‘ringa ega. Ushbu ta’sirga erishish uchun faqat ikkita usul mavjud – laminatsiya yoki kiprik ulash.
Laminatsiya
Laminatsiya – bu yoqimli estetik ta’sirga ega bo‘lgan muolaja. Buning uchun kiprikning qay darajada egilishi xohishga ko‘ra tanlanadi. Kipriklar ehtiyotkorlik bilan yotqiziladi va navbat bilan bir nechta maxsus muolajalar qo‘llaniladi. Birinchidan, kiprik donalarini yumshatadi, ikkinchidan, ularga egilishni beradi, uchinchidan, ularni zichroq qiladi va shakllarini tuzatadi. Laminatsiyaning tarkibi mutlaqo xavfsizdir – tarkibida kollagen, vitaminlar va fiksatif mavjud. Jarayon, taxminan, bir yarim soat davom etadi va ta’sirning o‘zi taxminan bir oygacha yetadi.
Ta’sir kuchi
Laminatsiya kipriklarni vizual ravishda uzaytiradi, ularni zichroq qiladi va chiroyli shakl beradi. Jarayondan so‘ng kipriklar tabiiy ko‘rinadi. Kipriklarni yanada qalinlashtirish uchun ularni tush bilan bo‘yash mumkin.
Ijobiy va salbiy tomonlari
Birinchidan, bu kiprik ulashdan ko‘ra tezroq amalga oshadi. Ikkinchidan, laminatsiyadan so‘ng kipriklarni tarash va uslublash uchun doimo cho‘tka olib yurishning hojati yo‘q. Hammasi tabiiy ko‘rinadi. Yostiqda yuz bilan uxlash, tush bilan bo‘yash va qisqich bilan qo‘shimcha egrilik qo‘shish mumkin.
Salbiy tomoni shundaki, qo‘shimcha hajmni kutmaslik kerak. Laminatsiya kipriklar ulanganidek aniq va ravshan ko‘rinmaydi. Ta’siri juda tabiiy. Agar fotosessiya uchun rasm yoki qo‘g‘irchoq kiprigi kabi yaxshi ko‘rinish kerak bo‘lsa, ulama kiprikni tanlagan ma’qul.
Kiprik ektirish
Kiprik ektirish yordamida ularning zichligini, hajmini, shaklini va hatto rangini ham o‘zgartirish mumkin. Ko‘proq tabiiy ko‘rinishdagi ulama kipriklarga ega bo‘lish uchun klassik variantni tanlash tavsiya etiladi. Kattaroq zichlik uchun 2D yoki 3D effekti ham mavjud. Jarayon taxminan 2-3 soat davom etadi, davomiyligi esa tolalar hajmiga bog‘liq.
Ta’sir kuchi
Natija to‘g‘ridan to‘g‘ri tanlangan ta’sirga bog‘liq. Klassik tabiiy zichlikni beradi, 3D esa kipriklarni yanada bo‘rttirib ko‘rsatadi. Ammo kipriklar qalin va egri ko‘rinishga ega bo‘ladi. Bu kabi natijaga eng sifatli tush bilan ham erishib bo‘lmaydi.
Ijobiy va salbiy tomonlari
Asosiy yaxshi tomoni, tush bilan ko‘zni bo‘yash haqida kamida 2-3 haftaga unutish mumkin. Shuningdek, yaxshi uxlash va deyarli bo‘yanish bilan uyg‘onish mumkin. Kipriklar namlikdan, harorat o‘zgarishidan qo‘rqmaydi va har doim sanoqsizdek tuyuladi. Bu kamdan kam uchraydigan va tabiiy ravishda ingichka kiprikli qizlar uchun haqiqiy najotdir.
Kiprik ulash kamida 2,5 soat davom etadi va bu vaqt davomida ko‘zni ochmasdan yotish juda qiyin. Ba’zi yelimga allergiyasi bor qizlarda ko‘zning qizarishi 2-3 kun davom etadi. Kipriklarni doimo tarashga o‘rgatish kerak, shunda ular chiroyli bo‘lib ko‘rinadi va aniq ajralib turadi. Kipriklar uzoqroq turishi va shakllarini yo‘qotmasligi uchun ko‘zlarni silash va yuz bilan uxlash odatidan voz kechish kerak bo‘ladi. Kiprik ektirishning asosiy kamchiligi shundaki, 3-4 haftadan so‘ng ular tusha boshlaydi va orada aniq bo‘shliqlar paydo bo‘ladi. Bunda birdaniga hammasidan voz kechish yoki ularni qayta tiklash kerak bo‘ladi. | 83 | 3,355 |
Ayollar | Eski paypoq, rezina qo‘lqop, poyabzal gubkasi — changdan tozalashda qo‘l keladigan oddiy usullar | Har dam olish kunini uy ishlari uchun qurbon qilib, eng ko‘p vaqtingizni tozalashga sarflashdan charchadingizmi? Biz sizga tozalash ishlarini osonlashtirishga yordam beradigan bir necha oddiy usullar haqida ma’lumot beramiz.
Polni changyutgichda tozalashga shoshilmang
Tozalashni poldan emas, balki yuqoridan pastga qarab boshlang. Aks holda yuqori yuzalardagi chang pastga tushadi va tozalangan pol yana iflos bo‘ladi.
Polni tozalashdan oldin yumshoq mebel va pardalarni changyutgich bilan tozalang. To‘shaklarni tez-tez almashtiring, adyol va yostiqlarni silkitib oling, chunki ularda chang ko‘p to‘planadi. Shiftdagi plintus va devorlarni tozalashni ham unutmang. Shuningdek, changyutgich filtri va qopchasini tez-tez almashtiring. Agar changyutgichga chang to‘lib qolsa, tozalashning samarasi past bo‘ladi.
Kiyim quritgichni xonadan olib tashlang
Albatta, hammaning uyida kiyimlarini quritish yoki uyda kiyim quritgich o‘rnatish imkoniyati mavjud emas. Ammo quritgichni xonadan olib tashlashning biror ilojini topish lozim. Hatto yuvilgan toza kiyimda ham chang hosil bo‘ladi. Masalan, teri, soch qillaridan tashqari, mato tolalari ham ajralib, mebel va atrofdagi barcha yuzalarda oq changli qoplama qoldiradi. Balkon yoki hammomga osib qo‘yishingiz mumkin bo‘lgan ixcham quritgichlardan foydalaning.
Eski paypoqlardan foydalaning
Agar shkafingizda jufti yo‘q paypoqlar yig‘ilib qolgan bo‘lsa, ularni bir martalik chang yig‘uvchi sifatida ishlatish mumkin. Paypoqni qo‘lingizga kiyib oling va xonadagi chang joylarni artib chiqing. Keyin ishlatilgan paypoqlarni tashlab yuboring.
Rolik va rezina qo‘lqoplar
Paxmoq kiyimlarni tozalaydigan rolik tungi chiroq yuzasini va oyoq tagiga to‘shalgan gilamcha changini tozalash uchun juda qulay. Ammo tungi chiroq noqulay yerda joylashgan bo‘lsa, rezina qo‘lqoplardan foydalangan ma’qul. Qo‘lqoplarni kiyib, uni suv bilan namlang, chang joylarni qo‘llaringiz bilan artib oling. Changni ikki qo‘l bilan artib olish yordamida ishingiz tezroq bitadi.
Poyabzal gubkasidan foydalaning
Poyabzal tozalashda ishlatiladigan gubka bilan yog‘ochdan yasalgan mebel yuzalarini tozalash mumkin. Agar gubka ko‘p ishlatilgan bo‘lsa, mebelni quruq mato bilan yana bir bor arting.
Matolarni yumshatuvchi vosita
Bunday kimyoviy vositalar mebeldagi changni tozalashi bilan birga, himoya qatlamini ham yaratadi, shuningdek, butun xona bo‘ylab yoqimli hid taratadi. Faqat konditsionerni mebelning o‘ziga emas, balki namlangan lattaga sepishni unutmang. | 96 | 2,480 |
Ayollar | Yozda xol-xol printli liboslar urfda bo‘ladi | Yozda qanday liboslar urfda bo‘lishi haqida bosh qotirayotgan ayol-qizlarga karantin tugaganidan keyin fransuzlar uchun sevimli xol-xol printli kiyim-kechak xarid qilish tavsiya qilinadi.
Vogue nashrining ma’lum qilishicha, moda haftaliklarida Dries Van Noten, Carolina Herrera, Sacai, Maison Margiela, Paco Rabanne, Balmain va boshqa brendlar tomonidan mazkur printli liboslarning turli ranglari taqdim qilingan.
Xol-xol gulli liboslarni yozda bosonojka, salqinroq havoda retro uslubdagi kostyum bilan kiyish mumkin. Bunday printli kofta bilan, ayniqsa, o‘rta uzunlikdagi shifon matosidan tikilgan plissirovkali yubka va vintaj uslubidagi sumka yordamida chiroyli obraz yaratish va unga qo‘shimcha sifatida durli aksessuar qo‘shish mumkin. Klassik uslubdagi bel qismi baland, pastki qismi keng shim va uchli tufli ham yaxshi variant. | 44 | 836 |
Ayollar | Erkak kishi uchun hech qachon qilmaslik kerak bo‘lgan 6 narsa | Umr yo‘ldoshni qo‘llab-quvvatlash har sohada u bilan maslahatlashgan yaxshi, lekin ba’zida unga oson bo‘lsin deb mas’uliyatni o‘z bo‘yniga olish yoki faqat uy yumushlari bilan o‘ralashib qolish, oilaviy munosabatlarning uzoqqa bormasligiga sabab bo‘lishi mumkin.
Moliyaviy tomondan yordam berish
Bir narsani yodingizdan chiqarmang, turmush o‘rtog‘ingiz ishdan haydalgan, yangi ish topa olmayotgan bo‘lsa ham astoydil xohlasa, doim ish topish mumkin, hech bo‘lmaganda oilasini boqish uchun. Uni moliyaviy qo‘llab-quvvatlaganingiz yaxshi, lekin buning oqibati ertami, indin yaxshilik bilan tugamasligi aniq. Bora-bora ikkinchi yoki uchinchi ishni topishingizga to‘g‘ri keladi, og‘irligi esa o‘zingizga tushadi.
Qimmat sovg‘alar berish
O’Genrining “Sehrgarning in’omlari” hikoyasida qiz eriga soat zanjiri sovg‘a qilish uchun sochlarini sotgan, eri esa unga taroq komplektini sovg‘a qilish uchun soatini sotib yuborgan. Unutmang, erkaklarni qimmatbaho sovg‘alar bilan zabt etib bo‘lmaydi. Erkak, ayniqsa, o‘ziga bunday narsalarni ravo ko‘radigan ahvolda bo‘lmasa, qimmatbaho sovg‘alar bilan uni g‘ururini yerga urushingiz mumkin. Agar umr yo‘ldoshingiz vijdonsiz bo‘ladigan bo‘lsa, sevgi sizning resurslaringizdan foydalanish uchun bahona bo‘lib qolishi mumkin.
“Men aytgandim shunday bo‘ladi deb”
Siz million marta aytgan bo‘lsangiz ham, ogohlantirgan bo‘lsangiz ham, men aytgandim-a deya ko‘rmang. Birinchidan siz undan aqlliroq ikkinchidan esa unga ko‘rsatma bergandek bo‘lib qolasiz. Ishonchingiz komil bo‘lsin, bu bilan sevgan insoningiz xursand bo‘lmasligi va yaqin orada qilgan “aqlliligingizni” yodingizga solishi mumkin.
Shaxsiy hayot va karyeradan voz kechish
Ayol kishining uyni saranjom qilgani yaxshi, albatta, lekin uy ishlari bilan o‘ralashib qolib, o‘ziga qaramay qo‘yish yaxshi emas. Chunki hammaga ham chiroyli va o‘ziga qarab yuradigan ayollar yoqadi va sizning belingizdan fartuk qo‘lingizdan sochiq tushmasa, u o‘ziga boshqa ilhom manbasini qidirishi mumkin. Bu eringiz “yurib” ketishini bildirmaydi, shunchaki siz qolib boshqalar e’tibor tortishi mumkin.
Xuddi shunday vaqtni sarflash mumkinligi bilan ham bog‘liq. Oila qurish, do‘st va ishni tashlash kerakligini bildirmaydi. Qaytanga hayotingiz qanchalik rang-barang bo‘ladigan bo‘lsa, siz juftingiz uchun shunchalik qiziq bo‘lasiz. Ammo bu borada ham me’yorni unutmaslik kerak.
Tashqi ko‘rinishni o‘zgartirish
Ayollar tabiatan o‘zgarishlarni yaxshi ko‘radi. Kecha bryunet bo‘lgan ayol ertaga sochini sariqqa bo‘yashni istashi mumkin. Ammo juftingiz istagani uchungina bo‘lsa, imijni o‘zgartirishni o‘ylab ko‘rish kerak. Sizda xohish bo‘lmasa, uning fikri uchungina tashqi qiyofani o‘zgartirish mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Chindan ham shunday o‘zgarishni istasangizgina bunday o‘zgarishlarga qo‘l uring. Umr yo‘ldoshingiz sizni boricha qabul qilsin, lekin shunday deb siz ham o‘zingiz va tashqi ko‘rinishingizga bee’tibor bo‘lmang. | 61 | 2,902 |
Ayollar | Massaj bartaraf qilishi mumkin bo‘lgan yuz bilan bog‘liq 5 muammo | Qimmat kosmetik vositalar xarid qilish, kosmetologga borishga hojat yo‘q yuzdagi muammolarga to‘g‘ri uqalash muolajasi bilan ham yechim topsa bo‘ladi.
Shishlar
Ertalab ko‘z ostida halqalar paydo bo‘lishi va kechasi yaxshi uxlamagani yuzida aks etadiganlar uchun massaj eng yaxshi variant. Bunda siz mutaxassisga murojaat etishingiz yoki maxsus gadjet bilan o‘zingiz qilishingiz mumkin. Buning uchun 15 daqiqa ajratsangiz kifoya.
Spazm
Uyqu davomida tishlarni bir-biriga haddan ortiq tekizish, uyg‘onganda jag‘larda og‘riq bilan uyg‘onishga ham massaj yaxshi samara beradi. Yuzni to‘g‘ri massaj qilish jag‘ mushaklarini tinchlantirib, markaziy nerv sistemasiga ta’sir qiladi. Mustaqil ravishda bunday massaj qilish oson emas — mushaklarni to‘g‘ri va chuqurroq bosish kerak.
Yuz terisi rangining o‘zgarishi
Yuz terisining so‘lg‘in ko‘rinishini bartaraf qilishda massajdan yaxshisi yo‘q. Uqalash davomida qon aylanishi yaxshilanib, yuz kerakli vitamin va mikroelementlar bilan ta’minlanadi. Yanada yaxshi samara bo‘lishi uchun bo‘yinni ham qo‘shib massaj qilish kerak.
Ajinlar
Piling ham samara bermayotgan ajinlarga yuza emas, mushaklar bilan bog‘liq muammolar sabab bo‘lishi mumkin. Mutaxassisning to‘g‘ri massaj qilishi teri qatlamlariga ta’sir qiladi va mushaklar ahvoli yaxshilanishiga hissa qo‘shadi. Muayyan mushaklarni bloklagani sabab hatto botoks ham bunday samara bermasligi mumkin.
Yuz konturining o‘zgarishi
Yosh o‘tishi bilan yuz shakli avvalgidek aniq bo‘lmay, teri ham osila boshlaydi. Bu tonusning yo‘qolishi hamda ortiqcha shishlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Apparatli va qo‘l massajining umumlashtirilishi kollagen va elastin ishlab chiqarilishini jadallashtiradi. Buning hisobiga teri avvalgidan sezilarli darajada farqli bo‘ladi. Qolaversa, ayrim vaqtda yuzdagi muammolarni bartaraf qilish uchun organizmdan ortiqcha suvni chiqarib yuborishni o‘zi kifoya bo‘ladi. | 65 | 1,878 |
Ayollar | Go‘zallik uchun kokos yog‘i foydalari | Kutilmagan mahsulotlarning go‘zallik uchun qanday foydali jihatlari mavjudligidan xabar topib, hayratga tushamiz. Shunday mahsulotlardan biri kokos yog‘idir. U xushbo‘y va bir olam foydali mikroelementlarga ega bo‘lgan to‘liq tabiiy mahsulotdir.
Xo‘sh, kokos yog‘idan qanday maqsadlarda foydalanish mumkin?
Tirnoqlar parvarishi uchun
Kokos yog‘i kutikulalarni yumshatish uchun ajoyib vosita hisoblanadi. Agar qo‘lingizni tez-tez yuvishga majbur bo‘lsangiz yoki kutikulalaringiz tez o‘sishga moyil bo‘lsa kuniga ikki marta kokos yog‘ini barmoqlaringiz uchiga massaj harakatlari bilan suring.
Sochlar uchun
Agar sochlaringiz uchlari quruq bo‘lsa, kokos yog‘idan bir necha tomchi suring. Shunda shikastlangan sochlar zarur namlikni oladi.
Terini tozalash uchun
Teri uchun skrablarni o‘zingiz tayyorlashni xush ko‘rsangiz kokos yog‘i ajoyib to‘ldiruvchi hisoblanadi. Yog‘ni shakar kukuni bilan aralashtirib, silliq teriga erishish uchun undan haftasiga ikki marta foydalaning.
Lablarni namlantirish uchun
Lablaringizga uxlashdan avval kokos yog‘i surib qo‘ysangiz, ular kechasi bilan barcha zarur ozuqani oladi.
Ajinlar oldini olish uchun
Ajinlar va teri osilib qolishining oldini olish uchun ko‘z atrofi sohasiga yengil massaj harakatlari bilan kokos yog‘i suring.
Asosiysi rang va hid beruvchi vositalar qo‘shilmagan, yuz foiz tabiiy yog‘dan foydalaning! | 37 | 1,353 |
Ayollar | Uyni ta’mirlashni boshlashdan oldin nima qilish kerak? | Uyning ichki qiyofasini o‘zgartirishning eng yaxshi yo‘li uni ta’mirlashdir. Ta’mir bilan bog‘liq bo‘lgan eng muhim savol – uni nimadan boshlash kerak?
Ta’mir qilishda juda ko‘p kuch va mablag‘ talab etiladi. Ishchilarni yollash esa undan ham qimmatroq turadi. Shuning uchun, mablag‘ingizni tejashni istasangiz, yaxshisi ta’mirni o‘zingiz tashkillashtiring.
Birinchi bo‘lib, natijasi qanday bo‘ladigan remontni xohlayotganingizni aniqlab oling va reja tuzishga kirishing.
Rejaga asosan kvartirani qanday bezash uslubini ham aniqlab olish mumkin. Uslubga asosan remont uchun zarur bo‘ladigan materiallar ro‘yxatini tuzing.
Tanlanadigan materiallar aniq bo‘lganidan so‘ng bajariladigan ishlarni va uning bahosini aniqlash oson bo‘ladi.
Tuzilgan ro‘yxatga asosan do‘konlardan narxlar to‘g‘risida ma’lumotlar olingandan so‘ng, nihoyat ta’mirning jami xarajatlari bahosini bilish mumkin.
Shundan so‘ng mablag‘ingizga qarab ta’mirlash ishlarini boshlasangiz bo‘ladi. | 54 | 961 |
Ayollar | Tilla taqinchoq taqishda ayollar tomonidan yo‘l qo‘yiladigan 7 xato | Tilla taqinchoq deganda, ko‘pchilikning ko‘z oldiga toshlar bilan bezatilgan va sandiqda saqlanadigan eskicha uslubdagi zargarlik buyumlari keladi. Aslida esa zamonaviy tendensiyalardan kelib chiqqan holda noodatiy shakl va ranglisi tanlansa, atrofdagilardan ajralib turish va noodatiy ko‘rinishga erishsa bo‘ladi.
Klassik va sof tilla aksessuarlar bilan cheklanish
Hamisha bir xillikdan zerikkan ayollarga tilla bilan qoplangan, qoraymaydigan aksessuarlarga e’tibor qaratish tavsiya qilinadi. Bunday taqinchoqlar bilan oddiy obraz ham bejirim va bashang ko‘rinishga ega bo‘ladi. Qolaversa, odatiy klassik tilla taqinchoqlarni bugungi kunda nafaqat aksessuarlar, balki libos hatto interyerlarda ham keng qo‘llanilayotgan pushti tillaga almashtirish tavsiya qilinadi. Tanlov borasida oddiy obrazga qiziqarli urg‘u berishi mumkin bo‘lgan geometrik shakldagi modellarga e’tibor qaratish tavsiya qilinadi.
Tilla taqinchoq bilan faqat tilla taqish
Zamonaviy tendensiyalardan kelib chiqib istalgan metallni boshqa biri bilan moslasa bo‘laveradi. Bir obrazni o‘zida tilla va kumushni umumlashtirishdan aslo cho‘chimang. Bu borada JerusalemBazar’dagidek uzuklardan ilhomlanishingiz mumkin. Zargarlik do‘konlarida bir taqinchoqni ikki xil rangli turli metalldan yasalganini topishingiz mumkin. Ularni har ikkisini xarid qilishingiz yoki boshqa-boshqa ko‘rinishdagisini olib, moslashingiz mumkin.
Uchtadan ortiq uzuk taqmaslik
Ko‘pchilik har ikki qo‘lda uchtadan ortiq uzuk bo‘lmasligi kerak, degan eskirgan qoidaga amal qiladi. Siz hech ikkilanmasdan turli shakl, rang va o‘lchamga ega modellarni umumlashtirishingiz va moslashingiz mumkin.
Faqatgina qimmatbaho toshli tilla taqinchoq taqish
Bugungi kunda brilliant va boshqa qimmatbaho taqinchoqlardan farqli ravishda ekotaqinchoqlar taqish urfda. Shu sabab ham turli nomga ega bo‘lgan tabiiy toshlardan yasalgan variantlarga e’tibor qarating.
Tilladan yasalgan uzuk va ziraklarni boshqa taqinchoqlar bilan taqish
Aksessuar qanchalik sifatli bo‘lmasin tilla taqinchoq yonida didsiz va bachkana ko‘rinadi. Yaxshisi oddiy taqinchoqlarni boshqa kunga olib qo‘ying.
Kiyimga moslamaslik
Obrazda urg‘u faqat bir narsa yoki detalga bo‘lishi kerak. Tilla taqinchoqni ofisga taqishni istasangiz, libosingiz sipo va ortiqcha bezaklarsiz bo‘lishiga e’tibor qarating. Kundalik uchun ingichka, turli uzunlikdagi tilla zanjir, braslet va uzuklar ayni muddao. Masalan, bel qismi yuqori bo‘lgan jinsi shim va oddiy oq futbolka bilan yorqin taqinchoq taqsangiz bo‘ladi. Yanada o‘ziga xos bo‘lish uchun esa tabiiy toshlardan yasalgan taqinchoq taqish tavsiya qilinadi.
Tilla komplekt taqish
Tilla komplektni birvarakayiga taqib olish istalgan obrazni bachkana ko‘rinishiga sabab bo‘ladi va zerikarli qilib ko‘rsatadi. Qolipga tushib qolmaslik uchun fantaziya qilishdan cho‘chimaslik, tilla taqinchoqlarni turli rang va shakldagisini tanlash maslahat beriladi. | 67 | 2,891 |
Ayollar | XXL o‘lchamdagi ayollar uchun: Qomatni ixcham ko‘rsatadigan bichimdagi liboslar (foto) | To‘ladan kelgan ayollar chiroyli va qomati ixchamroq ko‘rinishi uchun qanday kiyim tanlashi kerak? Aktrisa Melissa Mak-Karti obrazlari orqali ushbu savolga javob beriladi.
Matosi ikki qismdan iborat ko‘ylak qomatni ikkiga bo‘lib ko‘rsatadi. Bunday fason qomatning nozik joyiga urg‘u berishni istaganlar uchun ayni muddao.
Bunday natijaga erishish uchun bir-biriga zid ranglar va matolardan foydalangan yaxshi. Keng bichimli va katta print tushirilgan liboslardan do‘mboq ayollar qochgani yaxshi.
Aynan bichim liniyasi qomatni ixcham ko‘rsatishga yordam beradi.
Agar printli libos tanlansa, u ko‘ylak bichimiga mos bo‘lishi kerak. Haddan ortiq keng bichim esa qomatni yanada to‘la va shaklsiz ko‘rinishiga sabab bo‘ladi.
Qomatga yopishib turadigan liboslarni tanlashdan qo‘rqmaslik kerak. Aynan shunday liboslar qomatni ixcham, bo‘yni baland ko‘rsatadi. Faqat tanlov borasida rangingizni bo‘g‘ib qo‘yadigan modellarni tanlamang.
Ko‘ylakda burmalar hosil bo‘lsa, ortiqcha vaznning yanada ko‘zga tashlanishiga sabab bo‘ladi. Qomatga mos tushadigan va matosi qomatni ushlab turadigan modellarga e’tibor qarating. Kichik plissirovkali, velvet va boshqa vertikal chiziq tushirilgan matolar qomatni ixcham ko‘rsatadi.
Bel qismi kirgan va urg‘u berilgan modellar esa ayni muddao. | 86 | 1,279 |
Ayollar | Moda brendi ishlab chiqarayotgan antiseptiklarning ko‘rinishi qanday? | Mart oyining o‘rtalarida Bernar Arno rahbarligidagi LVMH kompaniyasi antiseptik vositalari ishlab chiqarishini ma’lum qildi.
Vogue nashrining yozishicha, bu sa’y-harakatlarning barchasi koronavirus epidemiyasi vaqtida Fransiyaga yordam berish, kasalxonalarni zaruriy dori-darmonlar bilan ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.
View this post on Instagram
Bir hafta avval, Givenchy, Christian Dior va Guerlain islari bilan to‘ldirilgan flakonlar bundan buyon dezinfeksiyalovchi gellar bilan to‘ldiriladi. Qadoqlash jarayonini tezlashtirish maqsadida flakonlarning yangisi ishlab chiqarilmasdan boridan foydalanilmoqda. Birinchi partiyada Kenzo mitselyar suvlari uchun mo‘ljallangan flakonlardan foydalanilgan.
View this post on Instagram | 69 | 764 |
Ayollar | Malika Diananing onalik haqidagi 10 ta fikri | Malika Diana Buyuk Britaniyaga ikki merosxo‘r shahzodalar — Uilyam va Garrini hadya qildi.
U o‘g‘illarida bir-biriga hurmat, oilaga va albatta ayollarga bo‘lgan muhabbat tuyg‘usini tarbiyalashga erishdi.
Malikaning fojiali o‘limidan 20 yil o‘tganidan keyin biz uning onalik haqidagi eng mashhur fikrlarini yodga olamiz.
Hayotda hamma narsaning qadriga yeta bilish kerak. Agar siz nimanidir yo‘qotgan bo‘lsangiz, umidsizlikka tushmang. Eng asosiysi – bu oila va bolalar ekanligi esingizda bo‘lsin.
Bir kuni biz Uilyam bilan maktabga borayotganimizda unga shunday dedim: “Agar sen qachondir dunyodagi hamma narsadan ortiq sevadigan odamingni uchratib qolsang, uni har doim himoya qilishing va ehtiyotlashing kerak bo‘ladi”.
Agar erkaklar tug‘ishni bilganida, ularning har birining bittadan bolasi bo‘lar edi.
Bolalarimning, hayot yo‘lida uchraydigan har bir odamning alamlari, qat’iyatsizligi, umidlari va orzularini tushunishni o‘rganishlarini xohlayman.
Biz bolalarimizga ular haqida qanday qattiq tashvishga tushayotganimizni ko‘rsatishimiz kerak. Toki katta bo‘lganida, ular ham yaqinlari uchun shunday qayg‘ura olsin.
Agar o‘g‘lim o‘z hissiyotlarini yashirmayotgan bo‘lsa, bu uning nozik ekanligini bildirmaydi.
Men kitoblardagi qoidalarga rioya qilmayman. Men qalbim buyurganidek yashayman va bolalarimni tarbiyalayman.
Quchoqlash ko‘p narsalarga qodir. Ayniqsa ular bolalar uchun katta ahamiyatga ega.
Oila — dunyodagi eng muhim narsa. Atrofda nima yuz berishidan qat’iy nazar, men har doim o‘z bolalarimni himoya qilaman. Chunki ularning baxtli bo‘lishini xohlayman.
Manba: Cosmopolitan | 44 | 1,594 |
Ayollar | Qomatni kiyim-kechak orqali ixcham ko‘rsatishning 7 usuli | Qaddi-qomat chiroyli ko‘rinishi uchun sport bilan shug‘ullanish, taomnomaga e’tibor qaratish kerakligi haqiqat, lekin kiyinish borasida shunday usullar borki, ularga amal qilinsa, qomat ixchamroq ko‘rinadi. Elize nashri ular nimadan iboratligiga to‘xtaladi.
1. Qomatingizni kamchiligi bor qismlarini aksessuar yordamida yashirib, ustunliklariga urg‘u bering. Masalan, yorqin rangli sharf, oyoqlarni ozg‘in ko‘rsatadigan shim va uchli tufli kiyish tavsiya qilinadi. Shunda diqqat sharf va tufligingizda bo‘lib, kamchilik bor qism e’tibor tortmaydi. Obrazni tartibli va bachkana bo‘lmagan makiyaj bilan yakunlang.
2. Midi uzunligidagi yubka va poshnali tufli qaddi-qomatni chiroyli ko‘rsatish uchun eng yaxshi variant. Bunday yubka oyoqlarni uzun, belni ixcham ko‘rsatadi. Aslida bunday yubkani krassovka, baletkalar bilan ham moslash mumkin, lekin siz maksimal darajada ozg‘inroq ko‘rinishni istasangiz, poshnali tufli kiyish tavsiya qilinadi.
3. Keng kamar yoki belbog‘ garderobingizdan, albatta, o‘rin olgan bo‘lishi kerak. Ushbu detal bilan qomatingiz yanada proporsional ko‘rinish kasb etadi. Keng libos ustidan taqilgan kamar belni ingichkaroq ko‘rsatadi.
4. To‘q rangli liboslar och rangli liboslarga qaraganda ozg‘inroq ko‘rsatadi. Shunday ekan tanlov borasida ko‘k, qora, siyohrang shim yoki yubka yaxshi variant.
5. Old qismi V shaklida bo‘lgan kofta, bluzka va ko‘ylaklar bo‘yinni uzunroq, qaddi-qomatni esa jozibali ko‘rsatadi. Shu bois shunday bichimdagi liboslarni kiyishga harakat qiling.
6. Uzun va kengroq turadigan pidjak va kostyumlarni tanlang. Bunday kiyimlar qorin va bel qismidagi kamchiliklarni yashiradi. Bunday uslubdagi pidjaklar bilan bel qismi baland bo‘lgan shim, vodolazka, top yoki bluzalar chiroyli ko‘rinadi. Ayniqsa, obrazni vodolazka ustidan o‘ziga xos marjon yoki aksessuar bilan yakunlash yanada didli ko‘rsatadi.
7. To‘laroq bo‘lgan ayol va qizlar libosning matosiga ham e’tibor berishi kerak bo‘ladi. Yaltiroq bo‘lmagan matodan tikilgan kiyimlarni kiyish va ularning qalinligi, bichimi, uzunligi qaddi-qomatga qanchalik to‘g‘ri kelishidan kelib chiqib tanlash tavsiya qilinadi. | 57 | 2,120 |
Ayollar | Ochiq qoldirish — xato: soyabonni qanday qilib to‘g‘ri quritish kerak? | Deyarli barchamiz soyabonni ochiq holda quritishga odatlanganmiz. Ammo aksessuarga biriktirilgan ko‘rsatmaga qarasangiz, bunday qilish katta xato ekanligi ma’lum bo‘ladi.
Foro: Freepik
Birinchi qoida: soyabonni ochmay quriting
Bu mexanizmning tezroq eskirishiga olib keladi. Ochib qo‘yilsa, tezroq quriydiganga o‘xshaydi, aslida unchalik katta farq yo‘q.
Ikkinchi qoida: tasmani mahkamlamang
Soyabonni yarim ochiq holatda, ya’ni uni mahkam bog‘langan tasma bilan mahkamlamasdan quritish kerak. Agar buni e'tiborsiz qoldirsangiz, matoda xunuk burmalar hosil bo‘ladi.
Uchinchi qoida: qulay joy tanlang
Soyabonni radiator va boshqa issiq havo manbalari yaqiniga qo‘ymang - buning natijasida gumbazi deformatsiyalanishi mumkin. Matodan oqayotgan suv parket yoki devor qog‘oziga zarar bermasligiga ishonch hosil qiling.
To‘rtinchi qoida: ustini artib oling
Ichkariga kirishdan oldin, soyabondan tomchilarni silkitib tashlang. Uyga kirganda ustida qolgan namlikni qog‘oz sochiq bilan arting — shunda soyabon tezroq quriydi va suv polga yoki devorlarga zarar yetkazmaydi.
Beshinchi qoida: ho‘l soyabonni shkafga osib qo‘ymang
Shkafdagi namlik kiyimdagi namiqqan hid va mog‘or kabi muammolarga olib kelishi mumkin. Yevropada bo‘lgani kabi, polga soyabon tashlash ham yaxshi emas — undan oqadigan suv, to‘planib, pol qoplamasini buzishi mumkin.
Oltinchi qoida: g‘ilofiga faqat qurigandagina soling
Aks holda matoda dog‘lar, eng yomoni esa yoqimsiz hid paydo bo‘ladi. Usti to‘liq quriguncha kuting.
Yettinchi qoida: soyabon hech kimga xalaqit bermasligiga ishonch hosil qiling
Agar ho‘l soyabon bilan birovnikiga borgan bo‘lsangiz, uy egalaridan boshqalarga xalal bermasligi uchun aksessuarni qayerga qo‘yish mumkinligini so‘rang. Ofisda shkafdagi boshqa narsalarga tegmasa, kiyim ilgichga osib qo‘yish mumkin. Kafe yoki restoranda aksessuar stulning orqa tomoniga joylashtirilishi kerak. | 70 | 1,881 |
Ayollar | Biz noto‘g‘ri iste’mol qiladigan 4 oziq-ovqat | Parhezshunoslar biz taom tayyorlash vaqtida yo‘l qo‘yadigan 4 xatoni aniqladi. Ular bilan tanishing va boshqa hech qachon bunday xatolarga yo‘l qo‘ymang!
Ko‘pchiligimiz brokkolini tayyorlashda uning faqat gulidan foydalanib katta xatoga yo‘l qo‘yamiz, chunki bu o‘simlik bandining tarkibida C, A va K vitaminlari gulidagiga qaraganda ikki marta ko‘proq bo‘ladi.
Bundan tashqari, olimlarning aniqlashicha biz brokkolini sabzavotli sho‘rvaga qo‘shish bilan o‘zimiz ham sezmagan holda bu oziq-ovqatdagi foydali moddalarni yo‘q qilar ekanmiz. Karamni pishirmasdan, maydalagan holda salatlarga qo‘shib iste’mol qilinsa yoki bug‘da pishirilsa ancha tug‘riroq bo‘ladi.
Ba’zilar qora choyni asal bilan yoki bir bo‘lak limon bilan, ba’zilar esa sut bilan ichishni ma’qul ko‘radi. Xato aynan shu yerda. Gap shundaki, choy bilan sutning o‘zaro ta’siri natijasida bu ichimlikning foydali xususiyatlari, ayniqsa yurak faoliyatiga bo‘lgan ijobiy ta’siri yo‘qoladi. Shuningdek sut oqsili organizmning katexinlarni singdirishiga to‘sqinlik qiladi, buning natijasida choy o‘zining saratonga qarshi kurashish xususiyatlarini yo‘qotadi.
Zig‘ir urug‘i sog‘lig‘ini qadrlaydigan odamlar uchun haqiqiy xazina hisoblanadi. Urug‘dagi foydali moddalar ichki o‘zagida joylashgan, shuning uchun ularning odam organizmi tomonidan singdirilishi juda qiyin.
Zig‘ir urug‘i kukun holida sotib olinsa yoki ovqatga qo‘shishdan oldin mustaqil ravishda yanchilsa to‘g‘riroq bo‘ladi. Bunda urug‘ning tuzilishi buziladi va foydali moddalar organizmga oson singdiriladi.
Qulupnay – C vitaminining noyob manbai, erkin radikallarni yo‘qotuvchi, har qanday yallig‘lanish jarayonining oldini oluvchi kletchatka va antioksidantlarning koni hisoblanadi.
Ma’lum bo‘lishicha, qulupnaydagi foydali moddalar yorug‘lik va kislorodga juda sezuvchan bo‘lar ekan, shuning uchun bu rezavor meva bandini uzish va kesish vaqtida barcha foydali xususiyatlarini yo‘qotar ekan.
Manba: “Xitrosti jizni” | 45 | 1,942 |
Ayollar | Qora rangdagi sochlarni bo‘yash uchun ajoyib yechimlar | Och rangdagi sochlarni odatda bo‘yash ham osonroq. Biroq qora rangli soch sohibalari bundan sira umidsizlikka tushmasligi lozim. Siz uchun stilistlar ko‘plab qiziqarli yechimlarni tayyorlashgan. Agar o‘zgarishga qaror qilgan bo‘lsangiz, unda yorqin tomonga o‘zgarish kerak, shunday emasmi?
To‘q shokolad rang — azaliy klassika va mavsumning shubhasiz trendi. To‘q rangdagi bo‘yoqni tanlab, sochlaringizni Megan Foks yoki Anjelina Joliniki kabi rangga kiriting. Muhimi, sifatli bo‘yoqni tanlang va bo‘yash haqidagi barcha qoidalarga rioya qiling yoki professionallarga murojaat qiling.
Karamel rang — haqiqatan ham “shirin” rang bo‘lib, oqish yuz terisiga ega bo‘lganlar bilan birga qorachadan kelganlar uchun ham birdek yarashadi. Chyolkali klassik soch turmagi bilan uyg‘unlikda u sizni 10—15 yilga yoshartiradi!
“Ombre” — yangi mavsumni ko‘pchilikka ma’qul kelgan uslubsiz tasavvur qilish qiyin. Bu texnika hamon aktualligini yo‘qotmadi. “Ombre” har qanday uzunlikdagi sochlarda zamonaviy ko‘rinish kasb etadi.
Brond — qora rang soch sohibalari ko‘proq aynan shu xizmat uchun go‘zallik salonlariga murojaat qiladi. Sochlarni bo‘yashning mazkur usuli to‘q ranglardan (soch ildizlarida) sekin-asta ochroq rangga (uchlarida) o‘tishni ko‘zda tutadi. U o‘rtacha va uzun sochlar uchun mos keladi. Bu xizmat arzon turmaydi, biroq o‘zingiz ham sochlaringizni shu tarzda bo‘yashga urinib ko‘rishingiz mumkin. Buning uchun o‘rgatuvchi videolarni tomosha qilish va go‘zallik haqidagi bloglar tavsiyalarini o‘qib chiqish kerak bo‘ladi. | 54 | 1,528 |
Ayollar | O‘smirlar qanday ishlarni mustaqil bajara olish kerak? | Ota-onalar voyaga yetayotgan farzandiga nimalarni mustaqil bajarishni o‘rgatishi kerakligi haqida “Domashniy ochag” nashri ma’lumot berib o‘tadi.
Kir kiyimlarni ajratish
Farzandingizga shkafdan kiyimlarni olib, rangi va qanchalik kirlanganiga qarab ajratishni, keyin esa kir yuvadigan mashina ichiga solishni o‘rgating. 12-13 yosh bolalar bu vazifani uddalay olishi aniq.
Mablag‘ni nazorat qilish
Ota-onalar farzandlariga arzimagan xarajatlarga ham mas’uliyat bilan qarashni o‘rgatishi kerak. Bola pul osmondan tushmasligi, uni peshona teri evaziga ishlab topilishini anglashi kerak. Oila uchun kerakli kichik buyum yoki mahsulotlarni xarid qilish uchun bolangizni do‘konga yuboring. O‘zi mustaqil tanlov qilishi, shu bilan birga,
mablag‘ni hisob-kitob asnosida sarflashiga qo‘yib bering.
Oddiy taomlarni tayyorlash
Nonushta uchun bo‘tqa, tamaddi qilish uchun buterbrod tayyorlash, shuningdek choy damlash qiyin emas, shunday emasmi? Farzandingiz shunday oson yumushlarni o‘zi bajara olsin. Do‘konga borganda o‘zi uchun sevimli bo‘lgan taomga kerak bo‘ladigan mahsulotlarni sotib olishni eslating.
Uy vazifalarni bajarish
Nazorat qilmagan taqdiringizda ham farzandingiz uy vazifalarini doimiy ravishda bajarishni odat qilsin. Mashqlarni bajarish, she’r yodlash va surat chizishni mustaqil bajarsin. Hamma narsani farzandingiz uchun qilib bersangiz, kelajakda uning qaror qabul qilishi va reja tuzishi qiyin kechishi mumkin. Shu sabab ham yo‘l-yo‘riq ko‘rsatgan taqdiringizda ham bolangiz qilishi kerak bo‘lgan vazifani u uchun bajarib bermang.
Kattalar bilan xushmuomala muloqot qilish
O‘qituvchi, qo‘shnilar, do‘stining ota-onasi — umuman farzandingizga nafaqat tengdoshlari balki atrofdagi har bir odamga xushmuomala bo‘lishga o‘rgating. Shunda o‘smir yoshiga yetganda odamlar bilan chiqishishi va muloqotga kirishishi oson bo‘ladi.
Favqulodda holatlarda qanday yo‘l tutish kerakligi
Turli vaziyatlarda bola politsiya, tez yordam va o‘t o‘chirish xizmatiga qo‘ng‘iroq qilishni, zarur bo‘lganda birinchi yordam ko‘rsatish uchun dori qutichasini topish kerakligini bilishi kerak.
Transport vositasidan foydalanish
Farzandingizga jamoat transportidan foydalanishni, yo‘lni xavfsiz kesib o‘tishni, telefondagi xaritadan foydalanishni o‘rgating.
Minnatdorlik bildirish
Ofitsiant, bog‘bon kim bo‘lishidan qat’i nazar, hammaga xizmati uchun minnatdorlik bildirishga odatlansin. Ertalab mustaqil uyg‘onish ortiqcha qiyinchilik talab qilmaydi. Kerak vaqtda uyg‘onish kerakligini bolangizning o‘zi bilishi va shunga qarab uyqudan o‘z vaqtida turishi muhim sanaladi. Bu mas’uliyatli bo‘lishni o‘rganishiga hissa qo‘shadi.
Uylarni yig‘ishtirish
Uy bilan bog‘liq majburiyat bolaga ham uyga ham foyda keltirishi mumkin. Bu mas’uliyatli bo‘lish va kerakli ko‘nikmalarni o‘zlashtirish uchun eng yaxshi usul hisoblanadi. | 54 | 2,806 |
Ayollar | Kosmetik vositalarning umrini qanday uzaytirish mumkin? | Upaning tasodifan yerga tushib ketishi, lab bo‘yog‘ining sinishi endi ulardan foydalanib bo‘lmaydi, degani emas. Balki bunday paytlarda yangisini sotib olish eskisini tiklashdan ko‘ra osonroq tuyular. Lekin quyidagi maslahatlar kosmetikani yana hayotga qaytaradi.
Upa
Yerga tushib ketgan upa idish ichida parchalanib ketsa, uni tashlab yuborishga shoshilmaslik kerak. Kukunning barchasi alohida idishga ko‘chirilib, yaxshilab maydalanadi. Ustidan 10-15 tomchi spirt quyiladi va yaxshilab aralashtirib, bir xil holga keltiriladi. So‘ngra upa idishiga qayta joylashtiriladi. Birozdan keyin spirt uchib ketadi va upada kutilgan natijani ko‘rish mumkin.
Tush
Odatda tush vositasi qopqog‘i ko‘p ochilishi natijasida tezda qurib qolishi kuzatiladi. Qurib qolgan tush ichiga suyuqlik, spirtli vositalar quyish mumkin emas. Shunchaki uning ichiga mitsell suvidan bir necha tomchi quyish kifoya. Shundan so‘ng kosmetik vositaning ishlash muddati yanada uzayadi.
Pushti-qizil yog‘upa (rumyana)
Agar rumyana vositasi idish ichida parchalangan bo‘lsa, uni qulay idishga o‘tkazish kerak. Ustidan kosmetik vazelin va vual qo‘shib, yaxshilab aralashtiriladi. So‘ngra o‘z idishiga ko‘chirilib, tekislanadi. Birozdan so‘ng undan avvalgidek foydalanish mumkin.
Lab bo‘yog‘i
Lab bo‘yog‘i bosim bilan surilganda sinib qolish holati kuzatiladi. Shu vaqtda uni qo‘l bilan tekislashga urinmaslik tavsiya etiladi. Ushbu kosmetik vositani tiklash uchun singan qism olov yordamida biroz eritiladi va qolgan qism yengil yopishtiriladi. Shundan so‘ng 20 daqiqaga muzlatkichga qo‘yiladi. Aslida, har qanday muammoni hal qilish imkoniyati mavjud. Faqat bu kabi vaziyatlarda shoshib qaror qilmaslik kerak, xolos. | 55 | 1,686 |
Ayollar | Uydan ishlayotganlar uchun qulay va bejirim obrazlar (foto) | Uydan turib ishlash xalatni kiyib olib, uy bekasiga aylanish uchun sabab bo‘la olmaydi. Birozgina xohish va harakat bo‘lsa, uyda ham chiroyli obrazda yursa bo‘ladi. Burning hut nashri uyda ishlovchilar uchun zamonaviy va bejirim obrazlarni taqdim etdi.
Pijama uslubidagi kostyum
Uy ofisi uchun eng sodda variant. Shoyi, paxta yoki trikotaj pijama uslubidagi kostyumni xohishingizga qarab tanlashingiz mumkin.
Ko‘tarinki kayfiyat uchun ushbu obrazni taqinchoqlar yoki soch uchun aksessuarlar bilan boyiting.
Kofta-ko‘ylak
Kofta-ko‘ylak xalatga qaraganda bir necha marta chiroyliroq va hamkasblaringizdan birontasi sizga videoqo‘ng‘iroq qilib qolganida ham bu obrazda uyalib qolmaysiz. Bunday kiyimda bemalol ko‘chaga ham chiqib ketaverasiz, oyog‘ingizga qulay oyoq kiyim kiysangiz bas.
Jogger va svitshot
Bu obraz sport uslubida kiyinishni yoqtiradiganlar uchun ayni muddao. Obrazni yanada yorqinroq qilish uchun olimpikaning ustki qismini svitshot bilan almashtiramiz.
Kimono uslubidagi ko‘ylak
Kimono kardigan o‘rnini bosa oluvchi qulay kiyim. Quyidagi obraz uchun yorqin geometrik shakllar tushirilgan kimono tanlangan. Bu esa sizga yoz va dam olish mavsumi yaqinlashayotganini eslatib, kayfiyatingizni ko‘taradi. Obrazni turli aksessuarlar bilan bezatsangiz, bu ish unumdorligingizga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Yumshoq slans shippagi esa obrazni yanada boyitadi.
Shim va topik
Ushbu obrazda yorqin ranglar ko‘proq ishlatilgan. Chunki qancha ochiq rangdagi kiyimlarni kiysangiz, kayfiyatingiz shuncha ko‘tariladi. Paxta matosidan tikilgan yengil shim topik bilan juda chiroyli ko‘rinadi. | 59 | 1,593 |
Ayollar | Uyda tez-tez yuvib turish lozim bo‘lgan 5 joy | Kir kutilmagan joylarda bildirmasdan to‘planish xususiyatiga ega. Chiqindilar solinadigan chelak, cho‘tkalar turadigan idish, vannaxona pardasi — bular hali tozalash vaqtida biz chetlab o‘tadigan narsalarning hammasi emas.
Odatda biz yotoqxonadagi yostiq jildlarining tozaligiga e’tibor beramiz, lekin divan ustida turadigan yostiqlarda ko‘proq kir to‘plansa ham ular haqida unutib qo‘yamiz. Mehmonxonani har tozalaganingizda ularni changyutkich bilan tozalang.
Agar chiqindilarni chiqarib tashlaganingizdan keyin ham oshxonadan yoqimsiz hid kelayotgan bo‘lsa, chelakda ovqat qoldiqlari va bakteriyalar yig‘ilib qolgan bo‘lishi mumkin. Uni sovun bilan yaxshilab yuving va dezinfeksiyalovchi vosita sepib qo‘ying. Buni hech bo‘lmasa bir haftada bir marta qiling.
Bir qarashda ular toza ko‘rinishi mumkin, lekin aslida ular ustida changlar, bakteriyalar va mog‘orlar yig‘iladi. Shuning uchun muntazam ravishda mebellarni changyutkich bilan tozalashni va pardalarni yuvishni unutmang.
Bakteriyalar vannaxonaning hamma joyida to‘planadi: tish cho‘tkalar solingan idish ichida ham, sovun qutisida ham, tokchalarda ham. Shuning uchun u yerni yig‘ishtirayotganingizda hammasini dezinfeksiyalovchi vosita bilan yuvishni unutmang.
Kir yuvish mashinasini yoqimsiz hidlar va mog‘orlashdan himoya qilish uchun soda va sirkaning aralashmasi bilan yuqori haroratda kirlarsiz aylantiring. Buning uchun sodani teng miqdorda suv bilan aralashtiring va yuvish vositasi solinadigan joyga quying, barabanga esa 400 ml ga yaqin sirka soling.
Manba: “Passion.ru” | 45 | 1,541 |
Ayollar | Xavfli hududlar: Uydagi birinchi navbatda dezinfeksiya qilinishi kerak bo‘lgan joylar | Dunyo bo‘ylab kasallanish soni tobora ortib bormoqda. Hamma joyda odamlar yana vahima va qo‘rquvga tusha boshladi. Ortiqcha stress noto‘g‘ri qarorlarni keltirib chiqarmoqda. Bundan tashqari, vahima infeksiya tarqalishining oldini olmaydi. Buning uchun, eng avval, gigiyenaga rioya qilish va virusni yuqtirish xavfini kamaytirish uchun profilaktika choralarini qo‘llash zarur.
Koronavirus pandemiyasi boshlangandan buyon talab etilayotgan qoidalarni bajarishda davom etish kerak:
Shuningdek, virus qattiq jism yuzalarida bir necha soatlab yashashi mumkin. Ya’ni kundalik buyumlar ham infeksiya yuqishiga olib kelishi mumkin.
Potensial ifloslanish xavfini kamaytirish uchun kasallikni nazorat qilish va oldini olish markazi har bir uyda tez-tez dezinfeksiya qilinishi kerak bo‘lgan buyumlar ro‘yxatini tuzdi:
Nimalarga ko‘proq ahamiyat qaratish kerak?
Zararlangan joylarni qanday tozalash kerak? | 85 | 894 |
Ayollar | Dior “Rim ta’tili” filmidagi kabi Vespa skuterlarini taqdim qildi | Fransiyaning Dior va Italiyaning Vespa brendi hamkorlikda skuter ishlab chiqardi. Bu haqda Harper’s Bazaar nashri xabar berdi.
Brend ushbu modelni yaratishda “Rim ta’tili” filmida Odri Xepbyorn va Gregori Pek shahar ko‘chalarini aylangan skuterdan ilhomlangan bo‘lib, uning dizayni ustida, ayollar kolleksiyasi kreativ rahbari Mariya Gratsiya Kyuri ishlagan.
“Vespa men uchun ona shahrim Rimning timsoli. Bunday skuterlarni ‘Rim ta’tili’ filmida va boshqa istalgan italyan ko‘chalarida ko‘rish mumkin. Vespa skuterlari XX asr o‘rtalarida mashhurlikka erishgan, uning hajmi Italiyaning tor ko‘chalarida erkin harakatlanish imkonini beradi”, — deydi dizayner.
Mazkur modelni ishlab chiqarish ustida pandemiyadan avval ish boshlangan, ehtiyot chorasi sifatida ijtimoiy masofa saqlanishi kerakligi ta’kidlanayotgan bir vaqtda esa bu kabi shaxsiy transport vositalariga bo‘lgan talab yanada oshgan.
Bundan tashqari, skuterga qo‘shimcha ravishda aksessuarlar — shlem, sumka va 1967-yilda dizayner Mark Boan tomonidan taqdim qilingan Dior Oblique taqinchoqlari ham ishlab chiqarilgan.
Skuterni 2021-yilning bahorida sotuvga chiqarish rejalashtirilgan. | 65 | 1,147 |
Ayollar | Atirning sizga mos tushganini bildiruvchi belgilar | Atir — bu obrazni tafsiloti bo‘lib, u o‘z egasining xarakteri va uslubi bilan organik tarzda birlashishi kerak. Marie Claire nashri xushbo‘y iforning sizga mos kelganini bildiruvchi eng aniq belgilarni ma’lum qildi.
Agar haqiqatan ham xushbo‘y hidlar yoqsa, u har qanday ayolning kosmetik javonida bo‘lishi ehtimoli katta. Ammo kelajakda undan foydalanish — bu boshqa savol. Sevimli iforlar ko‘p bo‘lishi mumkin, lekin mos keladiganlarini topish qiyin.
Har safar yoqtirgan atirdan foydalanganda eyforiyani his qilasiz
Bu nafaqat urfga kirgan atirlarga nisbatan, balki xushbo‘y iforlarda ham yuz beradi. Ehtimol, u iliq xotiralarni uyg‘otar yoki aksincha, shu paytdan boshlab hayotida yangi sahifa ochilayotganini aniq ko‘rsatib berishi mumkin. Oddiy qilib aytganda, u qalbda kuchli aks sado berishi bilan birga, kayfiyatga ham ijobiy ta’sir o‘tkazadi.
Uni qo‘llagandan so‘ng hidni deyarli sezmay qolasiz
To‘g‘ri tanlangan xushbo‘y hidning ishonchli belgisi uning hidini tana eritib yuborishidir. Bunday holda, atirni teriga surtishda uni his qilish tezda to‘xtaydi. Chunki u tom ma’noda tana bilan birlashadi va mukammal kombinatsiyani yaratadi. Agar shunday bo‘lsa, atir aynan siz uchun mukammal ifor hisoblanadi.
Atir nafaqat o‘zingizga, balki atrofdagilar uchun ham ma’qul keladi
Uchinchi belgi — iltifot. Ko‘pincha shunday bo‘ladiki, agar odamlar o‘zlari yoqtirgan xushbo‘y hidni his qilsa, ular atir egasiga iliq so‘zlar va iltifot bildirishda o‘zini to‘xtata olmaydi. Albatta, atir o‘z egasining obrazi bilan mukammal uyg‘unlikni hosil qilsa, buni bildirmaslikning iloji yo‘q. Har qanday to‘g‘ri tanlangan atir atrofdagilarda ham yaxshi taassurot uyg‘otadi.
Umuman trendda bo‘lmagan atir sotib olish niyatidasiz
Atir tanlashda tendensiyalarga emas, balki o‘zingiz yoqtirgan narsaga amal qiling. Chunki inson his-tuyg‘ularini o‘zidan boshqa hech kim yaxshi tushunmasligi mumkin. Demak, atir tanlash kabi nozik masala ham tendensiyalarga bo‘ysunmasligi kerak. Insonning hissiyotlari esa bu borada aldamasligi shubhasiz. | 50 | 2,024 |
Ayollar | Ko‘pchilikka noma’lum: amal qilish muddati bo‘lgan ro‘zg‘or buyumlari (foto) | Deyarli barcha narsaning yaroqlilik muddati bor. Lekin ko‘pchilik bu haqda bilmaydi va ulardan foydalanishda davom etadi.
Uzaytirgichlar – 2 yil
Uzaytirgichlarda vaqt o‘tib kuchlanish ishdan chiqa boshlaydi. Shuningdek, unga ko‘p narsani yuklash tavsiya etilmaydi. Aks holda ular qizishi, hattoki erib, noxush hodisalarni keltirib chiqarishi mumkin.
Vodorod peroksidi — 2 oy
Suyuqlik yopiq holda bir yildan ortiq saqlanishi mumkin. Ochiq holatda esa ikki oydan ko‘p emas. Suyuqlik tarkibiga ko‘ra faqat yopiq va qorong‘i joyda saqlanishi kerak. Yorug‘lik ta’siri ostida peroksid suv va kislorodga bo‘linadi va umuman yaroqsiz holga keladi.
Sport poyabzali — 6 oy
Sport poyabzali 500 kilometrdan keyin zarba yutuvchi xususiyatini yo‘qotadi, ya’ni bo‘g‘imlarga yukni kamaytirishni to‘xtatadi. Shundan so‘ng poyabzal tagligi eskiradi, namlikni yaxshi qabul qilmaydi va gigiyenaga ham to‘g‘ri kelmaydi. Sport bilan mukammal shug‘ullanadigan insonlar yiliga 10 dan ortiq poyabzal xarid qilishi mumkin.
Choy xaltalari — 6 oy
Hattoki qadoqlangan choy xaltalari ham fermentatsiya tufayli 6 oydan keyin yaroqsiz holga keladi. Qora choyni 9 oygacha saqlash mumkin. Lekin choy changini o‘z ichiga olgan arzon material tufayli yaroqlilik muddati yarim yilga qisqaradi.
Taxtakachlar — 3 yil
Ular namlik va doimiy metall pichoq ta’sirida eskiradi. Vaqt o‘tishi bilan yoriqlar ko‘payib, o‘zida bakteriyalar yig‘iladigan joyga aylanadi.
Ko‘zoynaklar — 2 yil
Ma’lumki, quyoshdan saqlaydigan ko‘zoynaklar ultrabinafsha nurlarini qaytaruvchi qoplamaga ega. Ammo nur ta’sirida u asta-sekin yo‘q bo‘la boshlaydi va ko‘zni himoyalashni to‘xtatadi. Aniq foydalanish ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilanadi. Lekin har ikki yilda bir marta ko‘zoynaklarni almashtirish tavsiya etiladi.
Tish pastasi va cho‘tkasi — 1 yil va 3 oy
Tish cho‘tkasi har uch oyda bir marta o‘zgartirilishi kerak. Shundagina u bakteriyalar ko‘payadigan joyga aylanmaydi. Tish pastasini esa bir yildan ortiq saqlab bo‘lmaydi. Sayohat uchun kichik to‘plami bor insonlar tish pastasi muddatini tekshirib ko‘rishi lozim.
Sochiq — 3 yil
Bakteriyalar ko‘payishining oldini olish uchun sochiqlarni 3—4 marta ishlatgandan keyin yuvish kerak. Shuningdek, tez-tez yuvilgan sochiqlar eskiradi va ishlatish uchun yaramaydi.
Taroq — 1 yil
Taroq muntazam ravishda yuvib, tozalanib turilsa ham uning ustida mikrob va bakteriyalar paydo bo‘laveradi. Vaqt o‘tishi bilan eskirgan taroqlar sochda turli muammolarni keltirib chiqaradi.
Makiyaj cho‘tkalari va sponjlar — 5 yil va 6 oy
Ular faqatgina yuvilibgina qolmay, besh yil ichida yangilariga almashtirilishi ham kerak. Agar terida toshmalar paydo bo‘lsa ham, darhol makiyaj vositalarini o‘zgartirish lozim. Chunki 30 foiz hollarda yuvilmagan qo‘llar va cho‘tkalar tufayli terida yallig‘lanishlar kelib chiqadi.
Uy shippaklari — 6 oy
Uy shippaklarining umri olti oydan oshmaydi. Shundan so‘ng o‘zida bakteriya va zamburug‘lar yig‘adigan muhitga aylanadi.
Yostiqlar — 2—3 yil
Ichidagi materialiga qaramay, yostiqlar 2—3 yildan keyin shaklini yo‘qotadi. Bundan tashqari, unda chang va bakteriyalar ko‘payadi. Bu esa uxlashga ta’sir o‘tkazadi.
Adyol — 7 yil
Adyol ham yostiq bilan o‘xshash, ammo uning umri 7—10 yilni tashkil etadi.
Matraslar — 7—8 yil
Adyol bilan birgalikda yangi matras ham xarid qilish mumkin. Chunki uning ham amal qilish muddati bir xil.
Mavuzga doir: | 76 | 3,368 |
Ayollar | Ortiqcha vaznga ega ayollar kiyinish uslubida yo‘l qo‘yadigan 6 ta xato | Ortiqcha vazndagi mashhur ayollar hamda yulduzlar har qanday qomat egalari zamonaviy ko‘rina olishi mumkinligini o‘zlarining tajribalari orqali isbotlagan. Tan olish kerakki, ayrim ayollar qomatlarining imkoniyatlaridan bexabar holda libos tanlash jarayonida xatoga yo‘l qo‘yadi. Keling, bunday kamchilikni qanday bartaraf etish va o‘lchamingizdan qat’i nazar urfga monand ko‘rinish yaratishingiz haqida gaplashamiz.
Siz faqat qora rangdagi liboslarni kiyasiz, chunki ular “ozg‘in ko‘rsatadi”.
Afsuski, qancha ayollar ushbu qoidaga amal qilib, garderoblarini qorong‘ilikka ko‘madi?! Aslida nozikroq ko‘rinish rangga emas, balki matoning sifati va libosning to‘g‘ri bichilganiga bog‘liq. Har qanday mavsumda kiyilaveradigan qora tusdagi liboslar bora-bora tashqi qiyofangizda tushkun kayfiyatni paydo qiladi. Bu bilan nafaqat o‘zingiz, balki atrofdagilar ham zerikib ketadi. Shuning uchun ham kundalik liboslar orasiga ko‘proq yorqin rangdagilarini qo‘shishdan cho‘chimang. Kiyim tanlashda ranglardan avval uning sifatiga e’tibor qaratishga odatlaning.
Keng bichimdagi kiyimlarni ma’qul ko‘rasiz
Ortiqcha vaznga ega ayollar orasida o‘ta keng bichimdagi liboslarga ehtiyoj katta. Bu ham ularning navbatdagi xatosi, albatta. Ushbu uslub sizning tashqi ko‘rinishingizni shaklsizdek ko‘rsatadi, hajmni yanada bo‘rttiradi. Eng yaxshisi, o‘zingizga mos va qulay bo‘lgan kiyimlarni xarid qiling. Keng va o‘lchami katta liboslarni uy sharoitida kiyish maqsadga muvofiq.
O‘lchamingizga to‘g‘ri kelmaydigan kiyimlarni tanlaysiz
O‘lchami kichik va matosi dag‘al liboslar jiddiy noqulaylik tug‘dirishi tabiiy. Bu orqali qomatdagi kamchiliklar aniq aks etadi va libosda burmalar hosil qiladi. Har qanday inson o‘z o‘lchamiga mos keladigan libos tanlashi nafaqat o‘ziga bo‘lgan ishonchni orttiradi, balki mukammal siluet yaratishga ham yordam beradi.
Bezaklarga haddan ziyoda ruju qo‘ygansiz
Kiyimga ko‘rk bag‘ishlovchi har qanday bezak sizning foydangizga ishlashi kerak. Unutmang, ular noqulaylik tug‘dirmasligi lozim. Aksincha bo‘lsa, bunday bezaklardan darhol voz keching. Agar jozibaliroq ko‘rinishni istasangiz, ranglar bilan ishlashga odatlaning.
Aksessuarlarga e’tibor bermaysiz
Aksariyat ayollar aksessuarlarning obrazdagi roliga yetarlicha ahamiyat bermaydi. Kamar yoki zargarlik buyumlari sizning go‘zalligingizni ta’kidlashga yordam berishi mumkin. Ayniqsa, bo‘yingiz yanada balandroq ko‘rinishini istasangiz, taqinchoqlarning uzunlarini taqishingiz kerak. Libos rangiga mos belbog‘ esa sizni yanada jozibali ko‘rsatadi.
Kuchli tomonlaringizni bilmaysiz
Ayollar ko‘pincha kamchiliklarni kiyim bilan yashirishga harakat qilaverib, o‘z afzalliklari haqida tamoman unutib yuboradi. Ko‘zguga boqing! O‘zingizga ishoning! Kuchli tomonlaringizni aniqlang! Tashqi ko‘rinish xoh kelishgan, xoh beso‘naqay bo‘lsin hech narsani belgilamaydi. Muhimi, sizning ichki olamingiz go‘zal, xulqingiz mukammal bo‘lsin! | 71 | 2,904 |
Ayollar | Hayratlanarli javob: ovqatdan keyin darhol choy ichish zararlimi? | Ovqatdan keyin har qanday suyuqlikni ichish foydali emas, hatto bu sog‘liq uchun ham zararli ekanini tez-tez eshitamiz. “Wday.ru” nashri bu fikrning qanchalik haqiqatga yaqin ekani haqida ma’lumot berdi.
Choy dunyodagi eng foydali ichimliklardan biri hisoblanadi. Biroq ushbu ichimlik bilan bog‘liq ko‘plab noto‘g‘ri qarashlar mavjud. Ulardan biri — choyni ovqatdan oldin va keyin darhol iste’mol qilmaslik haqidagi fikr. “Wday.ru” nashri shu haqda mutaxassislarning javobini keltiradi.
“Odatda shunday bo‘ladi: tushlik yoki kechki ovqat paytida, birinchi navbatda choy, qahva, suv va boshqa ichimliklar keltiriladi. Asosiysi, uni ichasiz, buning nimasi yomon? Ko‘pchilik ovqatdan oldin choy ichmaslik kerakligini yozadi, chunki u so‘lak hosil qiladi. Shunday qilib, aksincha, agar siz ovqatdan keyin darhol choy ichsangiz, yaxshi bo‘ladi. Asosiysi, ovqatni choy bilan almashtirmaslik kerak. Bunday ochlik, albatta, ertami-kechmi gastrit, oshqozon yarasi, pankreatitga olib keladi.
Ovqatdan keyin choy ichishga kelsak, ijtimoiy tarmoqlardagi bu ishni 1-3 soat o‘tmaguncha qilmaslikka undaydigan barcha maqolalar mutlaqo bema’ni. Ovqatdan so‘ng darhol sog‘lig‘ingiz uchun choy iching, bu zarar qilmaydi. Ayniqsa, ko‘k choyni tavsiya qilaman, u eng foydalisi hisoblanadi. Qora choy esa qahva kabi keraksiz tonik ta’sirga ega bo‘lishi mumkin.
Global standartlarga ko‘ra, biz kuniga taxminan ikki litr suyuqlik ichishimiz kerak va ko‘k choy ularning asosini tashkil qiladi. Xo‘sh, agar biz ovqatdan oldin va keyin choy ichishdan mahrum bo‘lsak, bu me’yorni qachon bajaramiz?”, — deydi endokrinolog shifokor Aleksey Kalenchev.
“Ovqatdan keyin choy ichishning xavfliligi haqidagi ma’lumotning asosiy dalili shundaki, ichimliklar me’da shirasini suyultirishi va ovqat hazm qilish jarayoniga xalaqit berishi mumkin. Biroq bu nazariyani tasdiqlovchi jiddiy tadqiqotlar yo‘q. Umuman olganda, me’da shirasining kislotaliligini o‘zgartirish unchalik oson emas va buning uchun yetarli miqdorda suyuqlik kerak bo‘ladi.
Yana bir ma’lumot shundaki, achchiq choy yoki qahva ma’lum moddalarning tarkibi tufayli oziq-ovqatdagi inson organizmi uchun muhim bo‘lgan mikro va makro elementlarning so‘rilishiga xalaqit berishi mumkin. Misol uchun, kuchli qora choy tarkibidagi taninlar temirning so‘rilishini buzadi.
Shuning uchun toza suvga, shuningdek, giyohlardan tayyorlangan yoki ko‘k choyga ustunlik berish yaxshiroq”, — deydi nutritsiolog Marina Bessonova. | 65 | 2,441 |
Ayollar | Bo‘lg‘usi onalar uchun to‘g‘ri ovqatlanish qoidalari | Bola sog‘lom va baquvvat tug‘ilishi uchun homiladorlikning birinchi haftasidayoq ovqatlanishga jiddiy e’tibor qaratish lozim.
Parhezshunoslar quyidagi oziq-ovqat mahsulotlaridan tayyorlangan taomlar iste’mol qilishni tavsiya etishadi:
Go‘sht – mol go‘shti, yog‘siz qo‘y go‘shti, quyon, yurak, jigar, til. Tayyorlash usuli – qovurmasdan tayyorlanadi. Bir martalik miqdori – 100—150 g.
Parranda – kurka, tovuq, terisiz va yog‘larsiz. Bir martalik miqdori – 100—150 g.
Baliq, dengiz mahsulotlari – agar allergiya bezovta qilmasa 150 grammdan har kuni.
Sut mahsulotlari – sut, yog‘siz qatiq, tabiiy sutli yogurt, achchiq bo‘lmagan pishloq, yog‘liligi 9% gacha bo‘lgan tvorog.
Non – kepakli, kulrang, qora yoki maxsus nonchalar.
Meva va sabzavotlar – bir kunda hamma mevalardan 300 grammgacha yeyish mumkin.
Dukkaklilar – loviya, no‘xat, yasmiq (chechevitsa), soyalarni bemalol sabzavotlar bilan birga qo‘shib iste’mol qilishingiz mumkin.
Qo‘ziqorinlardan voz kechishga hech qanday sabab yo‘q.
Yong‘oqlar, pistalar – bir kunda 20 tadan ko‘p bo‘lmagan miqdorda yeyish mumkin.
Shirinliklar. Bir sutkada shirinliklardan 150—200 kkal kaloriyaga mo‘ljallab yeyishingiz mumkin.
Suyuqliklar. Agar shishlar bezovta qilmayotgan bo‘lsa, bir kunda 2 litr toza suv, mors, shakarsiz kompot iching. Bir sutkada 1 piyola yangi siqilgan sharbat ichishingiz mumkin.
Nima yeyish mumkin emas:
Fastfud va chipslar, kolbasa, konserva, dudlangan mahsulotlar, shuningdek hamma qovurilgan yeguliklar, gazlangan va paketdagi sharbatlar. Chuchvara, pitssa va qolgan hamma yarim fabrikatlar ham iste’mol qilish tavsiya etilmaydi. | 52 | 1,598 |
Ayollar | Shikastlanmaslik uchun: shisha siniqlarini tezda yig‘ib olish bo‘yicha 4 ta layfxak | Chashka, stakan va boshqa shisha idishlar vaqti-vaqti bilan sinadi. “Noviy ochag” nashri shikastlanmaslik uchun shisha siniqlarini qanday qilib tezda yig‘ib olish bo‘yicha tavsiyalar berib o‘tdi.
Birinchi qadam
Shoshilinch chora — bolalar va uy hayvonlarini xonadan chiqarib turish tavsiya etiladi. Ular o‘zi bilan shisha siniqlarini olib chiqib ketmaganiga ishonch hosil qilish lozim. Keyin bir vaqtning o‘zida bir yoki bir nechta usulda mummoni bartaraf etish mumkin.
Changyutkich yordamida
Albatta, shisha siniqlarini supurgi yordamida to‘plash mumkin. Lekin ko‘zga ko‘rinmas mayda zarralarni tozalash uchun changyutkich yordamga keladi. Ko‘pchilik shisha siniqlarini shunchaki changyutkichning trubasi yoki vertikal moslamasi bilan tozalaydi, ammo bu to‘g‘ri emas. Birinchidan, oddiy moslama bilan kerakli joy tozalab olinadi, lekin burchak va tag qismlar uchun vertikalidan foydalanish mumkin. Bundan tashqari, oddiy moslama bilan har qanday yuzani tozalash oson. Qurilmaning o‘zi haqida tashvishlanishga hojat yo‘q: zamonaviy changyutkichlar shisha siniqlarini osongina yutib yuboradi va ularni konteynerga joylaydi. So‘ngra uni to‘g‘ridan to‘g‘ri biror paketga bo‘shatib, keyin chiqindi qutisiga tashlash kerak. Ularni shunchaki chiqindiga tashlab bo‘lmaydi.
Skotch yoki yopishqoq tasma
Agar shisha singan joy juda katta bo‘lmasa, masalan, oshxona javoni yuzasi bo‘lsa, yuza bo‘ylab skotch yoki yopishqoq lentadan foydalanish mumkin. Stolda maydalangan siniqlarni tozalash uchun avval cho‘tka bilan oldindan supurib tashlash tavsiya etiladi. Skotchni taxta yoki polga yopishtirib, keyin uni birdan tortib olish kerak. Ba’zilar esa bu borada kiyimni tozalash uchun ishlatiladigan yopishqoq tasmali oddiy rolikdan foydalanadi.
Oddiy va qog‘oz sochiqlar
Oddiy sochiqlarga kelsak, ular keyinroq tashlab yuboriladigan bo‘lishi kerak. Yoki eski lattalardan foydalanish mumkin. Ularni namlash va kerakli joyga yoyish kerak. Shisha siniqlari yopishib qolishi uchun sochiq taxminan o‘n daqiqaga qoldiriladi, so‘ngra sochiqni ehtiyotkorlik bilan yig‘ib, o‘rab, chelakka tashlash kerak. Boshqa latta va qog‘oz sochiq bilan ham xuddi shu harakat takrorlanadi.
Ko‘pincha idishlar rakvinadan olinayotganda sinadi. Rakvinadagi siniqlardan xalos bo‘lish uchun birinchi navbatda u yerdan barcha idishlarni va katta shisha bo‘laklarini olib tashlash lozim. Keyin uzun tutqichli cho‘tka yoki gubka yordamida siniqlar yig‘ilib, burchakka olib boriladi. Ehtiyotkorlik bilan ular chelakka tashlanadi. Cho‘tka yaxshilab yuviladi. Suv bosimi oshirilib, rakvina ichi yaxshilab yuviladi.
Kuygan lampochka
Lampochkaning kuyishi jarayonida shisha siniqlari bir qancha joylarga uchib ketishi mumkin. Shuning uchun, bunday vaqtda voqea sodir bo‘lgan xonani tozalash bilan cheklanmaslik kerak. Yaqin atrofdagi joylarni changyutkich bilan tozalab, so‘ngra polni, yaxshisi, tashlab yuborilishi mumkin bo‘lgan latta bilan artish tavsiya etiladi. Bundan tashqari, xonadagi mebelni ham tekshirish kerak: ko‘rpacha, divan, kreslolar — barchasi ko‘zdan kechirilishi lozim. Agar qo‘l changyutkichi yoki yopishqoq tasma bo‘lsa, ulardan ham foydalanish mumkin.
Qanday bo‘lmasin, shisha siniqlari olib tashlangandan so‘ng butun kvartiraning poli yuvilishi kerak, tozalash paytida va keyin ham biroz vaqt qalin taglikli uy oyoq kiyimi kiyish tavsiya etiladi. | 83 | 3,323 |
Ayollar | Stressni tez bartaraf qilishning 5 yo‘li | Zo‘r berish stressga olib keladi, stress esa o‘z navbatida sog‘liqqa salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Stressni tez ketkazish uchun ruhshunoslar maslahatlaridan foydalaning.
Hatto sizning 5 daqiqagina bo‘sh vaqtingiz bo‘lsa ham, sayr qiling. Bu bevosita zo‘riqish manbaidan biroz bo‘lsa-da uzoqlashish va tinchlanish uchun, xolos. Faqat bir necha daqiqaga, xayolni bir joyga to‘plash maqsadida.
Agar siz chinakamiga charchagan, ta’bingiz xira yoki bezovta bo‘lsangiz siz uchun eng yaxshi mashg‘ulot — kitob o‘qish. Ayniqsa bu qiziqarli va kayfiyatni ko‘taruvchi asar bo‘lsa yanada yaxshi. Kitob o‘qish sizni bezovta qilayotgan muammolardan chalg‘itadi.
Agar sizda kuchli stress bo‘lsa, kofein yordam berolmaydi. Bir piyola iliq, tinchlantiruvchi o‘simlik choyi juda yaxshi ta’sir qiladi.
Maza qilib kulsangiz, taranglashgan asablaringiz tezda tinchlanadi. Yana ishga qaytganingizda o‘zingizni biroz xayolingiz bir joyga to‘plangan va tayyorlangandek sezasiz.
Agar uyda bo‘lganingizda stress holatini his qilsangiz, yostiqni bir necha marta urish sizga yordam berishi mumkin. Har urganingizda musht orqali stress qanday chiqib ketayotganini tasavvur qiling.
Manba: “Psychology.org” | 40 | 1,173 |
Ayollar | Yangi yilning avvalida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan 7 ta muhim ish | Yangi yilda barcha o‘zgarishni istaydi, shuning uchun eski yil so‘ngida reja va maqsadlar tuzib, uni, albatta, amalga oshirishga o‘z-o‘ziga va’da beradi. Ammo bayram ziyofati, tonggacha uxlamaslik va ko‘p taom iste’mol qilish natijasida kirib kelgan yilning birinchi kunidanoq belgilangan tartib-qoidalarni buzish boshlanadi.
Kunni sog‘lom nonushta bilan boshlash
1-yanvar kechagi ziyofatdan qolgan salat va bir qancha yeguliklar iste’mol qilinadigan an’anaviy kun hisoblanadi. Ammo ushbu an’anani buzgan holda, mayli kech bo‘lsa-da, kunni sog‘lom nonushta bilan boshlash tavsiya etiladi. Butun oila davrasida meva va sabzavotlardan tayyorlangan vitaminlarga boy nonushta tayyorlashga harakat qilish kerak.
Yangi faoliyat turini boshlash
Biror sport turi bilan har bir inson muntazam ravishda shug‘ullanishi kerak. Yil davomida o‘zingiz uchun qiziq bo‘lmagan sport turi bilan shug‘ullanishga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, bayramdan so‘ng ta’til davomida qiziqarli sport turi yoki boshqa foydali mashg‘ulot tanlash imkoni mavjud.
Meditatsiya dasturini yuklash
Meditatsiya — stressni yengish uchun eng yaxshi usul. U orqali tushkunlikka tushish va surunkali og‘riqlarni yengish mumkin. Buning uchun meditatsiya dasturlarini iloji boricha ertaroq yuklab olish tavsiya etiladi.
Kichikroq maqsad sari intilish
Ko‘pchilik oldiga qo‘ygan katta maqsadiga erisha olmasa, keyinchalik u tashvish yoki tanqidga sabab bo‘ladi. Shuningdek, maqsadlar kundalik rejalarga asoslangan va amalga oshirish imkoni mavjud bo‘lsa, yanada yaxshi. Unga tezroq yetishish va bundan mamnun bo‘lish hissiyoti esa har qanday kishiga mislsiz energiya baxsh etadi.
Shukronalik ro‘yxatini tuzish
Dekabr oyida yil natijalari sarhisob qilinadi, qishki ta’tilda esa kimlarga va nimalar uchun minnatdorlik bildirish kerakligini yozib chiqish mumkin. Bundan tashqari yangi yildan boshlab har kuni uxlashdan avval kichik va arzimas bo‘lsa-da, kun davomida bo‘lib o‘tgan voqealarga nisbatan shukronalik ro‘yxatini tuzishni unutmaslik kerak.
Hordiq chiqarish
Ta’til hordiq chiqarish uchun bo‘lmasa, nima uchun kerak? Yangi yildan boshlab to ta’til tugagunga qadar avvalgidan ko‘ra ko‘proq, kunduzi kamida 40 daqiqa uxlash kerak. Bu nafaqat sog‘liq uchun foydali, balki kayfiyatga ham ta’sir qiladi.
Do‘stlar bilan uchrashuv
Ta’til do‘stlar bilan uchrashuv tashkillashtirish uchun eng qulay vaqt. Bunday vaqtda ish yoki boshqa muammolar bezovta qilmaydi. Albatta, bu kabi uchrashuvlar zararli ichimliklarsiz, ayniqsa, tabiat qo‘ynida bo‘lsa, yillik charchoqlar o‘rnini tetiklik egallaydi. | 70 | 2,539 |
Ayollar | Atir hidini uzoq saqlab turish uchun nima qilish kerak? | Sevimli atiringizni qo‘llaganingizdan keyin, bir necha soat o‘tgach ham bu hid yo‘qolmasligini istaysizmi? Buning iloji bor, kun bo‘yi xushbo‘y hidni saqlab qolish uchun samarali layfxakdan foydalaning.
Hamma atirlarning hidi ham uzoq saqlanib turmaydi. Atir hidi uzoq turmasa-da, sizga juda yoqsa, kayfiyatingizni mukammal tarzda ifodalasa qanday yo‘l tutish kerak? Hamma joyda o‘zingiz bilan atirni olib yurishingiz va kun davomida xushbo‘y hidni yangilashingiz mumkin, biroq keyin atirni ishlatish foydasiz bo‘ladi.
Atir bilan boshdan-oyoq yuvinishga hojat yo‘q, terida atir hidini uzoq saqlashning ishonchli usullari mavjud. Ko‘plab qizlar oddiyligi va qulayligi uchun bir usulni yaxshi ko‘radi. Parfyum hidining chidamliligini oshirish uchun sizga byuti-arsenalida mavjud bo‘lgan bitta mahsulot — oddiy lab balzami kerak bo‘ladi.
Qanday qilib atir hidini lab balzami yordamida uzoqroq saqlash mumkin? | 55 | 906 |
Ayollar | Louis Vuitton AirPods uchun mo‘ljallangan ziraklar ishlab chiqardi | Fransiyaning eng mashhur brendlaridan biri bo‘lgan Louis Vuitton brendi AirPods quloqchinlari uchun taqinchoq ishlab chiqarishni boshladi. Bu haqda “Wiki.wildberries.ru” xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, quloqchinning ustki korpusiga taqish uchun mo‘ljallangan zirak tillarang ko‘rinishga ega.
View this post on Instagram
Taqinchoq osig‘liq zanjir hamda brendning bosh harflari tushirilgan detal va emblema bilan bezatilgan bo‘lib, uning uzunligini egasi xohishiga qarab qisqartirishi mumkin.
Louis Vuitton’ning rasmiy sahifasida 2020-yil iyul oyining so‘ngiga qadar paydo bo‘lishi kutilayotgan taqinchoq narxi 350 dollarni tashkil qiladi, deyiladi xabarda. | 66 | 672 |
Ayollar | Dazmollashni yoqtirmaydiganlar uchun 3 ta layfxak | Dazmollangan kiyimlarni tartib bilan kiyish tashqi ko‘rinishda ahamiyatga ega. Ko‘plab insonlar dazmol qilishni emas, dazmol qilingan kiyimlarni kiyishni yoqtiradi. The Voice nashri tajribali uy bekalari foydalanadigan, dazmollashni yoqtirmaydigan insonlar uchun 3 ta layfxakni taqdim etdi.
G‘ijim bo‘lmaydigan matolardan tikilgan kiyimlarni tanlang
Yangi kiyimlarni tanlashda, zig‘ir tolali va yumshoq matodan tayyorlangan narsalarga e’tibor bering, ular yuvilganda silliqlashadi, faqat kiyimni ilgichga osib qo‘yish kerak. Paxtali matodan tikilgan kiyimlar ham silliq bo‘lish xususiyatiga ega.
Kiyimlar qurigandan so‘ng darhol ularni osib qo‘ying
Kiyimlaringizni kir yuvish mashinasida yuvgandan keyin barabanda qoldirib ketasizmi? Bu odatni unuting. Nam kiyimlar kir yuvish mashinasi ichida qancha uzoq qolsa, shunchalik g‘ijim bo‘ladi.
Bug‘dan foydalaning
Ko‘pchilik bug‘li dazmolning afzalliklarini uzoq vaqtdan beri qadrlashdi va uni ishlatishadi. Biroq shunga o‘xshash prinsipga ko‘ra kiyimlarni tekislash mumkin va juda oson. Hammomda kiyim ilgichga kiyimingizni osib qo‘ying, issiq suvni oqizib qo‘ying va eshikni yoping. Qisqa vaqt ichida bug‘ matoning burmalarini ideal tarzda tekislaydi va kiyimlarga dazmol ishlatmasa ham chiroyli ko‘rinadi. | 49 | 1,256 |
Ayollar | Manikyurni uzoq vaqt saqlashga yordam beradigan 7 ta layfxak | Bu holat aksariyat ayollar boshidan o‘tgan. Tirnoqlariga lak bilan ishlov berganidan bir kun o‘tib, chiroyli ko‘rinishga putur yetadi. Shuningdek, shellakdan foydalanmaydigan xonimlar ham manikyurni uzoq vaqt saqlab qolishni xohlaydi. “Noviy ochag” nashri bu borada ajoyib layfxaklar bilan bo‘lishdi.
Manikyurning umrini uzaytirish umuman qiyin emas, parvarish qilish va qo‘llashning bir nechta oddiy qoidalariga rioya qilish kifoya.
Tirnoq plastinkasini yog‘sizlantirish
Chidamli manikyurning birinchi qoidasi shundaki, lak yog‘siz tirnoqlarga qo‘llanilishi kerak. Tirnoq plastinkasi spirtga asoslangan maxsus eritma bilan ishqalanadi. Biroq spirt yo‘q bo‘lsa, unda spirtni o‘z ichiga olgan oddiy atir yordamida vaziyatdan chiqib ketish mumkin. Shuningdek, tirnoqlarni yog‘sizlantirgandan so‘ng ularga tegmaslik lozim, aks holda hech qanday natijaga erishib bo‘lmaydi.
Har bir lak qatlamini to‘liq quritish
Agar manikyur uy sharoitida amalga oshirilsa, unda uni yanada mustahkamroq qilish uchun ajoyib imkoniyat mavjud. Salonda mutaxassis odatda har bir keyingi qatlamni avvalgisini tugatgandan so‘ng darhol qo‘llaydi. Lakni uzoqroq saqlash uchun manikyurga ko‘proq vaqt sarflash lozim, har bir qatlam to‘liq qurishi, hech bo‘lmaganda har bir qatlam orasida 10 daqiqa tanaffus qilish kerak.
Tez quriydigan laklardan foydalanmaslik lozim
60 soniyada quriydigan laklar juda tez ko‘chib tushadi. Buning ajablanarli joyi yo‘q, tez quriydigan mahsulotlar tarkibida ko‘proq erituvchi mavjudligi tufayli darhol parchalanadi. Aytgancha, bunday laklar odatdagidan ko‘ra tirnoq uchun ham zararli, shuning uchun quritish uchun ko‘proq vaqt sarflagan yaxshiroq.
Tirnoqlar uchini yaxshiroq bo‘yash
Odatda tirnoqlar bo‘yalganda, uch qismida lakning qatlami yupqalashadi. Tirnoqlarga lak surtgandan so‘ng uch qismini yaxshilab qalinroq bo‘yash kerak. Chunki lak birinchi bo‘lib uch qismdan ko‘cha boshlaydi. Shuning uchun uch qismini bo‘yashga ko‘proq e’tibor qaratish tavsiya etiladi.
Lakni fen bilan quritmaslik kerak
Ko‘pchilik lak tezroq qurishi uchun tirnoqlarni oddiy fen bilan quritadi. Afsuski, bunday qilish kerak emas. Issiq havo oqimi lakning tuzilishini buzadi, shuning uchun ertasi kuni manikyur ko‘cha boshlaganiga hayron bo‘lmaslik lozim. Agar haqiqatan ham lakni fen bilan quritish kerak bo‘lsa, uni faqat sovuq havo bilan amalga oshirish tavsiya etiladi.
Lak surtilgan tirnoqni shaffof bo‘yoq bilan yangilash
Manikyurni uzoqroq saqlash uchun lak qo‘llangandan bir yoki ikki kun o‘tgach shaffof rang bo‘yoq bilan yangilash lozim. Bu avvali bo‘yoq ko‘chishining oldini oladi. Shuningdek, shaffof lak suyuq bo‘lishi lozim, quyuq bo‘yoq manikyurga putur yetkazadi.
Bo‘yalgan tirnoqlarni yog‘lash
Yog‘ nafaqat terini yumshoqroq qiladi, balki manikyurni uzoqroq saqlashga ham yordam beradi. Lak ko‘chishining asosiy sababi suv bilan aloqa qilishdir. Shuning uchun, dushga kirishdan avval tirnoqlarni moylash zarur. Shundan so‘ng tirnoqlarda namlikni qaytaradigan yog‘li qatlam hosil bo‘ladi. | 60 | 2,989 |
Ayollar | Yapon ayollarining 40 yoshda ham 20 yashar ko‘rinishi siri nimada? | Yaponlar uzoq umr ko‘rish bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turadi, ushbu millat vakillari o‘rtacha 83 yoshgacha yashaydi. Bundan tashqari, yaponlar necha yoshda bo‘lishidan qat’i nazar qanday qilib hamisha yosh ko‘rinishi ko‘pchilik uchun qiziq hisoblanadi. Quyida e’tiboringizga yapon ayollari yosh ko‘rinishining 7 sababini havola etamiz.
Sabzavot va yormalar yapon taomlarining asosini tashkil etadi
Yapon ayol va qizlarining qomati kelishganining sababi ularning ovqatlanish ratsioni bilan bog‘liq. Taomnomasiga nazar tashlansa, sabzavot, meva va dukkakli, dengiz mahsulotlari xususan, baliq, guruch o‘rin olganiga guvoh bo‘lish mumkin. Eng asosiysi, yapon oshxonasiga mansub taomlarga tuz va murch qo‘shilmaydi, uning o‘rniga soya va o‘simlik yog‘idan tayyorlangan ziravorlar ishlatiladi.
Murch kimlarga mumkin emas?
Bolalikdan to‘g‘ri ovqatlanishga e’tibor qaratiladi
Yaponlar farzandlariga yoshligidan tabiiy mahsulotlardan tayyorlangan taomlarni iste’mol qilish kerakligini uqtiradi. Bundan tashqari, bir kunda bola qancha miqdorda nima iste’mol qilishi kerakligi asosida taom tayyorlanadi.
Yapon ayollari yuz terisini quyosh nuridan saqlaydi
Yilning istalgan faslida yapon qiz va ayollari ultrabinafsha quyosh nuridan nozik va sezuvchan terisini saqlashga harakat qiladi. Hech bir yapon ayoli ko‘chaga quyosh nuridan himoyalovchi krem surtmasdan chiqmaydi.
Terini parvarishi yaponlar uchun odatiy hol
Yapon falsafasiga ko‘ra odam tanasi vaqtinchalikka berilgan bo‘lib, uni asrash va avaylash kerak. Shunga amal qilgan holda ayollar teriga alohida mehr ko‘rsatadi, yotishdan avval tungi, yuzni oziqlantiruvchi niqoblarni qilishni kanda qilmaydi. Shuningdek yapon ayollari kosmetikasi orasida siz turli losyon, maska va kremlarni uchratmaysiz. Bir-biriga reaksiya bermasligi va teriga zarar yetkazmasligi uchun muayyan mahsulotlardan foydalaniladi.
Yapon ayollari estetik protseduralardan oqilona foydalanadi
Massaj yapon go‘zallik salonlarida eng talabgir protsedura hisoblanadi. Piling, inyeksiya va plastik jarrohlik amaliyotlariga yaponlar salbiy qaraydi. Ularning fikricha, bu kabi protseduralar odam organizmi uchun zararli va agressiv ta’sir ko‘rsatadi, vaqtinchalik go‘zal ko‘ringan tana qismi biroz muddatdan keyin eski holidan ham battar ko‘rinishga kelishi mumkin. Uning o‘rniga tabiiy mahsulotlardan foydalanish, jismoniy tarbiya va toza havoda aylanish, to‘g‘ri ovqatlanish kerak, deydi yaponlar. | 66 | 2,422 |
Ayollar | Har bir ayol haydovchining mashinasida bo‘lishi kerak bo‘lgan zarur narsalar | Erkaklar ko‘pincha o‘zlari bilan kalit, hamyon va mobil telefondan boshqa deyarli hech narsa olib yurmaydi. Ayollar esa unga kerak bo‘lgan hamma narsa yonida ekaniga ishonch hosil qilishni xohlaydi.
Axlat uchun paketlar
Mashinada doim axlat topiladi: konfetlar, banan po‘choqlari, shokolad qog‘ozlari, suv idishlari. Mashinani tartibli saqlash uchun doimo bir nechta axlat paketlari bo‘lishi kerak. Ularni suratdagi kabi salfetka qutisida saqlash qulay.
Smartfon zaryadkasi
Deyarli barcha ayollar notanish joyga navigator yordamida boradi, agar telefoningizdagi dasturdan foydalansangiz, navigator ishlayotgan paytda telefon qanchalik tez o‘tirishini bilasiz. Noqulay daqiqalarda aloqasiz qolmaslik uchun zaryadka olib yuring va mashina uchun qo‘shimcha shnur sotib oling.
Rezina tozalagich
Bu nafaqat derazalardagi iflos dog‘larni tozalash uchun, balki kabinadagi o‘rindiqlar uchun ham kerak. Misol uchun, bu buyum yordamida uy hayvonlari junlarini o‘rindiqlardan tezda olib tashlash mumkin.
Pilka
Bu nafaqat tinchlanish uchun, balki tirbandlik paytidan unumli foydalanish uchun ham kerak bo‘ladi. Agar mashinaning tozalagichlari kir, muz va qor yopishganligi sababli oynani yomon tozalayotgan bo‘lsa, ularni egib, rezina tasma ostida tiqilib qolgan narsalarni tozalash uchun pilkaning o‘tkir qirrasi bilan butun uzunligi bo‘ylab yuring. Natijani darrov sezasiz. Tozalagichlarni ham almashtirish kerakligini unutmang, eskirsa oynani chizib yuborishi mumkin.
Antiseptik vosita
Aksariyat antiseptiklar tarkibida spirt bo‘ladi, shuning uchun uni muzlab qolgan qulf va eshik tutqichlarini muzdan tozalashda foydalanish mumkin. Faqat bu holatda antiseptikni mashinada qoldirmaslik kerak — ayozli kunda uni o‘zingiz bilan olib yuring. Ayniqsa, kechqurun yomg‘ir yog‘ib, ertalab muzlab qolsa. Antiseptik mashinada emas yoningizda bo‘lsa, ishingiz tez bitadi.
Tish pastasi
Hatto professional ustalar ham xiralashgan faralarni tish pastasi bilan yaraqlatishni zararli deb hisoblamaydi. Agar faralar yo‘lni yomon yoritayotganini sezsangiz, faralarga pasta surting va latta bilan yaxshilab ishqalang. Ammo keyin yuvishni unutmang.
Ishga tushirish simi
Ishga tushirish simlari (timsohchalar) yilning istalgan vaqtida kerak bo‘ladi, ayniqsa qishda, qattiq sovuq tufayli akkumulyator bir kechada o‘tirib qolishi mumkin.
Qo‘shimcha paypoqlar
Paypoqlar bir necha sabablarga ko‘ra mashinada saqlanishi kerak: birinchi navbatda, ulardan tozalagichlar oynalarga yopishib qolmasligi va muzlashdan himoya qilish uchun ishlatilishi mumkin. Ikkinchidan, ular favqulodda vaziyatlarda kerak bo‘ladi. Misol uchun, mashina ballonlari muzga yopishib chiqa olmay qolganda, uni itarish kerak. Paypoqlarni poyabzal ustidan kiying — shunda sirpanib ketmaysiz. | 76 | 2,736 |
Ayollar | Interyerdagi ranglar kayfiyatga qanday ta’sir qiladi? | Interyerning qanday rangda bo‘lishi muhim ahamiyatga ega: xonadagi muhit va uning qanchalik shinam bo‘lishi aynan unga bog‘liq. Shuning uchun ham ranglar uyg‘unligini tanlash murakkab masala hisoblanadi.
Interyerni ta’mirdan chiqarar ekansiz, ranglarni tanlashda faqat o‘zingizning didingizdan kelib chiqishni tavsiya qilamiz.
Oxirgi paytlarda ko‘pchilik yorqin ranglarni tanlamoqda. Yorqin ranglar asosiy fon sifatida ham, yoki interyerning turli detallarida ham qo‘llanishi mumkin.
Ranglarni tanlashda bir qator o‘ziga xos jihatlar: uning kishiga ta’siri, boshqa ranglar bilan uyg‘unligiga e’tibor qaratish lozim.
Umuman olganda barcha ranglar ikki xil rangga bo‘linadi: issiq (ularga sariq, qizil kabi yorqin ranglar kiradi) va sovuq (ko‘k va yashilning barcha tuslari).
To‘yingan ko‘k rang dengiz salqinligi kabi musaffo tuyg‘ularni uyg‘otadi. Moviy rang esa yengillik va xotirjamlik hissini beradi. Yorqin qizil rang ehtiros, ba’zan esa tajovuz rangi hisoblanadi.
Sariq rang esa bir-biriga qarama-qarshi his-tuyg‘ularni uyg‘otadi. U bir tomondan quyosh, quvonch, boylik ramzi hisoblansa, ikkinchi tomondan xavotir va xiyonat rangidir. Zamonaviy interyerlarda yorqin yashil rangdan tez-tez foydalaniladi. U soflik, osoyishtalik va xotirjamlik hissini beradi. | 53 | 1,263 |
Ayollar | Video: Sochlarni chiroyli jingalak qilishning eng oddiy usuli | Ayni damda sochlarni mukammal turmaklash urfdan qolgan. Shunchaki betartib jingalak qilish orqali ham chiroyli ko‘rinish hosil qilish mumkin. Quyidagi ko‘rsatma bo‘yicha buni o‘rganib olish juda oson.
Shuningdek: | 61 | 213 |
Ayollar | Supermarketda kamroq pul sarflashga yordam beradigan tavsiyalar | Savdo do‘konlarining maqsadi – foyda ko‘rish. U qanchalik ko‘p bo‘lsa, tadbirkor uchun yanada yaxshi. Shuning uchun ham supermarketga birgina non va sut uchun kirib, mahsulotlarga to‘la aravani olib chiqishning hayratlanarli joyi yo‘q. Sababi har bir chegirma va reklama xaridorlar iloji boricha ko‘proq xarid qilishi uchun ishlaydi. Quyida esa ortiqcha, hattoki keraksiz bo‘lgan mahsulotni sotib olishdan to‘xtatib qoluvchi 7 tavsiya bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
Bonus
Agar rastalarda arzon narxda sotilayotgan yogurt mahsulotlarining butun qadog‘i bo‘lsa, ularni olishga shoshilmaslik kerak. Birinchidan, shuncha ko‘p yogurtni iste’mol qilish mumkinmi yoki ularning yarmini chiqindiga chiqarish yaxshimi? Sababi ushbu mahsulotlarni uzoq saqlab bo‘lmaydi. Yaxshisi, shunchaki donalab sotilayotgan yogurtni xarid qilish kerak, shuningdek, uning bir donasi hisob-kitoblarga ko‘ra “bonus” narxdan unchalik ham farq qilmasligi mumkin. Ushbu takliflarning aksariyati shunchaki marketing harakati ekanligini yodda tutish zarur.
Katta aravalar
Nima uchun supermarketlarda oziq-ovqat aravalari katta hajmda? Avvallari bunday bo‘lmagan. Ammo savdo menejerlari xaridor bo‘sh aravani ko‘rganda kamida uning yarmini mahsulotlar bilan to‘ldirishga harakat qilishini aniqlagan. Shu sababli oddiy layfxakni unutmaslik kerak, agar kerakli mahsulotlar ro‘yxati yo‘q bo‘lsa, shunchaki xariddan avval savatchani olish tavsiya etiladi.
Eng yaqin rastalar
Odatda mahsulotlarni reklama qilish maqsadida ular eng yaxshi ko‘rinadigan rastalarga joylashtiriladi. Barcha supermarketlar uzoq vaqtdan buyon reklamaning ushbu uslubidan foydalanib keladi. Ko‘zga yaqqol tashlanuvchi rastalarda supermarket uchun foyda keltiradigan mahsulotlar bo‘lganligi sababli pastki yoki yuqoridagi javonlarga ham e’tibor qaratish zarar qilmaydi.
Mahsulotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish
Har bir xaridor supermarketdan chiqishdan avval kassa oldidan o‘tishi va to‘lovni amalga oshirishi kerak. Ammo oxirgi daqiqalardagina ko‘pchilik garchi arzon bo‘lsa-da, keraksiz mahsulot sotib olganini anglaydi. Shuning uchun to‘lovdan avval sotib olish uchun tanlangan mahsulotlarni qaytadan ko‘rib chiqish muhim. Albatta, ularning orasidan ortiqchasi topilishi shubhasiz.
Yaxlit bo‘lmagan narxlar
Nega aksariyat mahsulotlarga qaytim berishning imkoni bo‘lmagan narxlar qo‘yiladi? Ushbu so‘rovnoma bo‘yicha ko‘plab tadqiqotlar ham o‘tkazilgan. Ma’lum bo‘lishicha, iste’molchilar bir paytlar 9 bilan tugaydigan narxni chegirmalar bilan bog‘lagan. Shuningdek, ko‘pchilik narxning kamroq tomoniga e’tibor qaratadi, ayniqsa, chap tomondagi arzimas ko‘rsatkichlarga. Bu esa xaridorda tejamkorlik tasavvurini paydo qiladi.
Soxta chegirmalar va aksiyalar
Aksariyat do‘konlar ko‘proq xaridor jalb etish maqsadida doimiy ravishda chegirma va aksiyalar tizimini joriy etadi. Axir xaridor qancha ko‘p bo‘lsa, foyda ham shunga yarasha bo‘ladi-da. Biroq chegirmalarning hammasi ham pulni tejamaydi. Chegirmali mahsulotlarni sotib olishdan oldin yaxshilab ko‘rib chiqish kerak, narxi boshqa ishlab chiqaruvchinikiga qaraganda chindan ham arzonmi? Albatta, farqning ahamiyati bor. Lekin ko‘pincha savdogarlar avval mahsulotga juda qimmat narx belgilaydi va birozdan so‘ng chegirma e’lon qiladi. Ayrim mijozlar esa hech narsa yo‘qotmagandek mamnun holatda xaridni amalga oshiradi. Shuningdek, amal qilish muddati tugashiga yaqin qolgan mahsulotlar narxi ham odatda pasaytiriladi. Shuni uchun sotib olishdan avval yutqazmaslik uchun mahsulotning muddatiga e’tiborli bo‘lish kerak.
Muddatli chegirmalar
Endilikda xaridorlar ko‘proq onlayn-do‘konlarning xizmatidan foydalanmoqda. Xaridorni sotib olishga undaydigan ommabop usullardan biri – vaqtinchalik aksiyadir. Foydali taklif qachon tugashini o‘ylagan inson xaridni tezroq amalga oshirish taraddudiga tushadi. Shu tariqa yana navbatdagi keraksiz mahsulotlar uyda yana bittaga ko‘payishi mumkin. Afsuski, birozdan so‘ng ish bermagan chegirmalar yana qaytadan onlayn-do‘kon lentasida paydo bo‘lishi ko‘p bora kuzatiladi. | 63 | 4,002 |
Ayollar | Karantinda o‘tirgan dizaynerlar pitssa va oyoq kiyimlar qutisidan bejirim sumkalar yasamoqda (foto) | Italiyalik dizaynerlar Matteo Bastiani va Kyara Rivituzo camera60studio loyihasini ishga tushirdi hamda ushbu loyiha doirasida uydagi turli keraksiz qutilardan taniqli brendlar sumkalarining nusxasini yaratmoqda, deb yozadi Esquire.
Dizaynerlar sumkalar yasashda shokoladli batonchiklar, makkajo‘xori yormasi, Amazon yetkazib berish xizmati qutilaridan, chips folgasi va boshqa keraksiz narsalardan foydalanmoqda.
Masalan, dizaynerlar Dior’ning egar shaklidagi sumkasini Nike krossovkasining qizil-oq qutisidan yasadi.
Shuningdek, ushbu kolleksiyadan Jacquemus Le Chiquito mitti sumkasi va Prada Prime sumkasi ham o‘rin olgan.
Istalgan kishi ushbu sumkalarni uy sharoitida yasab ko‘rishi mumkin. Dizaynerlar o‘z saytida buning qanday qilinishini ko‘rsatgan.
Yaponiyaliklar videoaloqa yordamida ishlaydigan xodimlar uchun maxsus kiyim yaratdi | 99 | 848 |
Ayollar | Aql bilan tejamkorlik qilamiz | Tejash uchun kerakli narsa yoki yangi buyumdan voz kechish shart emas. Foydali odatlarga o‘rganishning o‘zi yetarli – kamroq sarflay boshlaganingiz darrov seziladi.
Foydali odamlar
Do‘stlaringiz yoki yaqinlaringiz sartarosh, kosmetolog yoki stomatolog bo‘lsa, bunday sohalar uchun ketadigan xarajatlarni ancha tejash mumkin. Tabiiyki, siz ham o‘z navbatida vaqti kelganda ularga albatta yordam ko‘rsatasiz.
Piyoda yurish
Transport xizmatidan voz kechib piyoda yurish – ham sog‘liq uchun foydali, ham yo‘l xarajatini tejashning ajoyib usuli.
Yashash joyini birgalikda ijaraga olish
Agar siz yashash uchun kvartirani ijaraga olmoqchi bo‘lsangiz, biror kishi bilan birgalikda olganingiz ma’qulroq.
Bu sizga yashash xarajatlarini ikki baravar kamaytirishga yordam beradi. Eng asosiysi bir joyda birga yashash qiyin bo‘lmaydigan qo‘shnini to‘g‘ri tanlashdir.
Sotib olishga to‘g‘ri yondashish
Sotib olishdan oldin, sizga bu juda qimmat va brend bo‘lgan buyum qanchalik muhimligi to‘g‘risida yaxshilab o‘ylab ko‘ring. Agar siz uchun uncha ahamiyatli bo‘lmasa, brend kiyimlar uchun bekorga mablag‘ sarflash yaramaydi. Chunki har mavsumning oxirida bunday kiyimlar narxi 2 baravar arzonlashishi mumkin. Shuningdek, ko‘plab markadagi sifatli kiyimlarni arzonroq narxda ham xarid qilsa bo‘ladi. | 29 | 1,284 |
Ayollar | Yosh ko‘rinishga yordam beradigan kiyim-kechaklar | Libos yoshingizga vizual yosh qo‘shishi yoki aksincha, yoshroq ko‘rsatish xususiyatiga ega. Buning uchun garderobingizda quyidagi narsalar bo‘lishi kerak.
Bachkanalikdan holi oddiy kiyim-kechak
Foto “Yandeks Dzen”
Ortiqcha bezaklardan holi, jimjimador bo‘lmagan kiyim-kechaklarni bir-biriga did bilan moslash natijasida yosh ko‘rinish mumkin. Buning uchun oq futbolka, oddiy pidjak va krossovka yoki baletka kiyib, mini uzunligidagi plissirovkali yubka, obrazingizni yanada to‘ldiradigan aksessuar taqishning o‘zi kifoya.
Och rangdagi liboslar
Foto “Yandeks Dzen”
Bahor-yoz mavsumida yorqin ranglar bilan obraz yaratishni istashingiz aniq, lekin bu borada biroz shoshqaloqlik qilmaganingiz ma’qul. Yosh o‘tgani sayin to‘q qizil, ko‘k, yashil ranglardan ko‘ra, och rangli liboslar chiroyli ko‘rsatadi. Iloji boricha oq, och pushti, moviy va qaymoq rangli kiyim-kechaklarni kiyish tavsiya qilinadi, bu ranglar sizning teringizni bo‘g‘iq qilib ko‘rsatmaydi. Yubka, shimlarni esa to‘q rangidan kiyishingiz mumkin.
Yopishib turmaydigan liboslar
Foto “Yandeks Dzen”
Yopishib turadigan mato yoshingiz katta bo‘lgani sayin qomatingizdagi o‘zgarishlarga e’tibor qaratadi. Tashlab turadigan, kengroq kiyimlar esa nafaqat yozda balki qishda ham dolzarb.
Yorqin detallar
Foto “Yandeks Dzen”
Qishda aksessuarlar unchalik dolzarb bo‘lmagani bilan issiq kunlarda oddiy obrazni qiziqarli ko‘zoynak, zakolka yoki sumka bilan boyitish sizni nafaqat yosh, balki modaga befarq emasligingizni bildiradi. | 49 | 1,490 |
Ayollar | Dior ilk marotaba rangli marvarid bilan bezatilgan zargarlik to‘plamini taqdim etdi | Xushbo‘y atirlariga ega mashhur Dior fransuz kompaniyasi endilikda zargarlik buyumlarining yangi to‘plamini ishlab chiqardi. Taqinchoqlar dizayni ustida ishlagan Viktoriya de Kastellan ilhomni na tabiatdan va na hashamatli binolardan oldi. Zargarlik buyumlari borasida yigirma yillik tajribaga ega fransuz xonimi oddiygina “tay-day” – “matolarni bo‘yash” uslubiga murojaat qildi.
Tie & Dior bu – olmos, sapfir, yoqut, zumrad va boshqa qimmatbaho toshlardan tayyorlangan ranglar simfoniyasi. Kamalakdek tovlanuvchi taqinchoqlar nafaqat turli xil ranglar, balki har xil o‘lchamdagi kesmalardan tashkil topgan.
Kompaniya ijodkorlari nodir toshlarga hamohang tarzda marvaridlar bilan ham ishladi. Jeff Kunsning ijodida oq hamda pushti rang marvaridlar uzuk, bilaguzuk, to‘g‘nag‘ich va boshqa zargarlik buyumlarining eng ahamiyatli qismiga aylandi. Ayniqsa, marvaridlarning tabiiy va nafis tovlanishi qimmatbaho toshlarning porlashini yanada kuchaytirdi.
“Tay-day” (ing.tie-dye) – “bog‘lash-bo‘yash” ma’nosini anglatadi. Qadimgi Hindiston, Xitoy va Afrikada paydo bo‘lgan ushbu uslubda mato qatlash yoki siqish orqali bo‘yaladi. Turli xil noodatiy naqshlarni hosil qilgan rang-barang liboslar ayni damda ham urfga kirgan.
Louis Vuitton AirPods uchun mo‘ljallangan ziraklar ishlab chiqardi | 83 | 1,287 |
Ayollar | Go‘zallik va kimyo: kosmetologiyada qanday kislotalar ishlatiladi? | Gialuron kislota, retinol kislota, salitsil kislota... Siz bu nomlarni kremlar tarkibi haqidagi yorliqlarda ko‘p uchratgan bo‘lishingiz kerak. Haqiqatan ham, bu moddalarning qanday foydali tomoni bor?
Gialuron kislota – inson organizmidagi turli to‘qima va biologik suyuqliklarda bo‘ladi. Uning bitta molekulasi suvning mingtagacha molekulasini tortadi va ushlab turadi. Shuning uchun, teringizning quruq bo‘lishini xohlamasangiz, tarkibida “gialuron” bo‘lgan kremlarga e’tibor qarating.
Ferul kislota – tarkibida teri qarishining oldini oluvchi antioksidantlarning ko‘pligi jihatidan eng yuqori o‘rinda turadi. Agar, qimmat kremlarga mablag‘ sarflashni xohlamasangiz, organizmdagi bu modda yetishmovchiligiga ko‘proq ko‘katlar iste’mol qilish yordamida barham berishingiz mumkin.
Salitsil kislota — kosmetologiya afsonasi desa ham bo‘ladi. U antibakterial, antiseptik va shamollashga qarshi vositadir.
Retinol kislota – qarilik bilan kurashishda eng foydali yordamchi hisoblanadi. U dermatologlar tomonidan teridagi uchta muammoni bartaraf etish maqsadida tavsiya qilingan: akne, ajinlar va pigmentatsiya.
Shuni esda tutingki, agar teringizdagi muammo sababi sog‘lig‘ingiz bilan bog‘liq bo‘lsa, hech qanday kosmetik vosita sizga yordam bera olmaydi. Yaxshisi, shifokorga murojaat qilib, davolanganingiz ma’qul. | 66 | 1,312 |
Ayollar | Makiyajda eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan 10 xato | Makiyaj tabiiy go‘zallikka urg‘u berish va yanada chiroyli ko‘rinish uchun qilinadi, lekin ayrim xatolar tufayli istalgan natijaga erishmaslik mumkin. Quyida obrazni buzishi mumkin bo‘lgan makiyajdagi 10 xatoni e’lon qilamiz.
Tonal krem rangining noto‘g‘ri tanlanishi
Oppoq qizning yuzi qizg‘ish, bug‘doyranglilar esa oppoq bo‘lib ko‘rinmasligi uchun yuz va teri rangidan kelib chiqib tonal krem tanlash kerak bo‘ladi, aks holda, yuzdagi kamchiliklarni berkitaman deb yuzga niqob qilib olgandek ko‘rinish mumkin.
To‘q konsillerdan foydalanish
Konsillerdan foydalanishda uning rangi va tarkibiga e’tibor qarating. Konsillerning haddan ortiq to‘q rangi yuzingizdagi tabiiylikni yo‘qotib, yoshingizga nisbatan katta ko‘rsatishi mumkin.
Tonal kremsiz pudra surtmang
Yuzga pudradan avval tonal krem surtishni unutmang. Chunki tonal krem asos bo‘lib xizmat qiladi, asossiz quruq pudra esa yuzni quritib yuboradi, yuzdagi tabiiy namlik yo‘qolishiga sababchi bo‘ladi.
Tushsiz ko‘z makiyaji
Rangli ten surtib, tush surtmaslik ko‘zlarni charchagandek ko‘rsatadi, kipriklarga ten qoldiqlari esa tartibsiz ko‘rsatadi. Bunday bo‘yanish esa tugallanmagan makiyaj deyiladi.
Ko‘zga bo‘rttirib “strelka” chizish
Podvodka orqali “strelka” chizish ko‘zni katta-katta qilib ko‘rsatishi rost, ammo bu borada me’yorni unutmaslik kerak. “Strelka” kipriklardan ancha tepada qalin va ko‘zning tashqi burchagidan ancha tashqarida bo‘lmasligi kerak. Bu obrazni bachkana, e’tibor tortadigan va notabiiy ko‘rsatadi.
Chizilgan qoshlar
Qosh ustidan qalam yoki ten bilan bo‘rttirib chizish kishini karikatura qahramoni singari ko‘rsatadi. Tartibsiz qoshlarni gel va balzam bilan bir yo‘nalishga keltirish, chetlarini qalam yordamida ozgina shakl berish kifoya.
Yuzni haddan ortiq qizartirib olish
Rumyana surtish yuz yanog‘ini qip-qizil qilib, “Marfusha” bo‘lib olish kerak degani emas. Avvalo rumyanani tanlaganda teri rangiga, uning quruq yoki yog‘li ekaniga, yuzga surtilganda tabiiy qizg‘ishdek tuyulishiga e’tibor qaratish kerak. Me’yorida ishlatilgan rumyana qiyofani chiroyli va jozibador ko‘rsatadi.
Lab chetini chiqarib bo‘yash
Makiyajni tartibsiz va didsiz ko‘rsatish uchun ko‘p narsa shart emas, shunchaki, labning tabiiy chizig‘idan tashqariga to‘q qalam bilan chizish yetarli. Bunday obraz, birinchidan, notabiiy; ikkinchidan, kulgili ko‘rinadi. Rangiga mos va shaklidan chiqarilmasdan surilgan qalam aksincha lablarga sayqal beradi.
Yuzning barcha qismini yaltiratish
Haylayter yuzning butun qismini yaltiratish uchun ishlatilmasligi kerak. Yuzning burunga yaqin qismi shundoq ham yaltiraydigan zona bo‘ladi, uning ustidan surilgan haylayter yuzdagi yog‘ bilan qo‘shilib, qiyofani xunuk ko‘rsatadi.
Haddan ortiq konturing
Konturing yuzni ixchamroq ko‘rsatar ekan, deb keragidan ortiq qoraytirish yuzga chizilgandek tasavvur uyg‘otadi. Konturing qilishdan avval uning texnikasi bilan internetdagi videolar orqali yaxshilab tanishib chiqing, keyin bo‘lsa teringiz rangi va yoshingizga mos ravishda undan foydalaning. Asosiysi, tabiiylikni saqlagan holda bor go‘zalligingizga urg‘u bering. | 44 | 3,077 |
Ayollar | Toza asalni qalbakisi bilan adashtirmaslik uchun nimalarga e’tibor berish kerak? | Gul, grechka, apelsin, mango asali — bugungi kunda peshtaxtalarda har qanday turdagi asal sotiladi. Tajribasiz xaridor bu xilma-xillikni qanday tushunishi mumkin? Haqiqiy asalni qanday aniqlasa bo‘ladi? “Lisa.ru” nashri quyida ushbu savollarga javob berdi.
Asal vazn kamaytirishni istaydiganlar uchun tavsiya etiladigan mahsulot emas. Shirinlikdan voz kecha olmaydiganlar shakarni shunchaki asal bilan almashtirishi xato. Tabiiy asal 80 foiz uglevodlar — glyukoza, fruktoza, saxarozadan iborat. Bunday parhez bilan vazn yo‘qotish qiyin. Ammo ongli ravishda doimiy sog‘lom ovqatlanish yo‘lga qo‘yilsa, oqilona miqdorda tabiiy asal juda mos keladi, chunki uning tarkibida A, B, C va E vitaminlari, yod, temir va foydali aminokislotalar mavjud.
Asalning eng keng tarqalgan navlari gul asali hisoblanadi. Ular o‘simlikka qarab turlarga bo‘linadi:
Grechka. U, birinchi navbatda, rangi bilan ajralib turadi — to‘q jigarrang. Shuningdek, xushbo‘y hidga ham ega. Ta’mi ham boshqa navlar orasida sezilarli darajada ajralib turadi. U shirin ta’mdan tashqari ma’lum bir o‘tkirlikka ega bo‘lib, u hatto tomoqni achishtirishi ham mumkin.
Kungaboqar. Yorqin sariq rangda bo‘lib, juda tez qorayadi, xantal rangini oladi. Bu asal kungaboqar gullarining yoqimli hidiga ega. U juda tez qalinlashadi, kristallanadi va oq qobiq hosil qiladi. Shu bilan birga, u foydali xususiyatlarini saqlab qoladi.
Akatsiya. Eng chiroyli, deyarli shaffof, ba’zan sarg‘ish-limon rangida bo‘ladi. Sariyog‘ni eslatuvchi shirin nozik ta’mga ega. U juda uzoq vaqt davomida kristallanmaydi, deyarli bir yil davomida shaffof bo‘lib qolishi mumkin.
Turli giyohli. Bunday asal asalarilar tomonidan bir nechta o‘simliklardan yig‘iladi, undagi dominantni ajratib bo‘lmaydi. Shuning uchun shaffofdan to quyuq kahrabo rangigacha farq qilishi mumkin. Bu asalning hidi gul kabidir. Asal mevali yoki rezavorli hid va ta’mga ega bo‘lolmaydi. Bu mahsulotda juda ko‘p qo‘shimcha aralashmalar mavjudligini anglatadi.
Toza asalni qalbakisidan qanday ajratish mumkin?
Sotuvchilar tomonidan haqiqiy bo‘lmagan asallarni sotish uchun bir nechta hiyla-nayranglar qo‘llanadi.
Sintetik asal. Peshtaxtada bunday mahsulotni ko‘rganda tushunish kerak bo‘lgan asosiy narsa shundaki, unda asal deyarli yo‘q. Unga ishlab chiqarish jarayonida shinni yoki shakar siropiga xushbo‘y va aromatik qo‘shimchalar qo‘shiladi. Natijada asalga o‘xshash massa hosil bo‘ladi, ammo ta’mi butunlay boshqacha bo‘lib, unda foydali moddalar umuman bo‘lmaydi. Bunday asalni ajratish juda oddiy, qadoqdagi mahsulot tarkibini diqqat bilan o‘qib chiqish kerak. Tabiiy asalning yagona siri, uning tarkibida asaldan boshqa hech narsa bo‘lmaydi.
Suyultirilgan asal. Ayrim sotuvchilar tomonidan mahsulotlar hajmini oshirish uchun ishlatiladigan hiyla. Ya’ni, mahsulot — asal, unga hech narsa aralashmagan, ammo suv qo‘shilgan. Shu sababli, asal juda tez buziladi, fermentatsiya boshlanadi. Sotib olayotganda asal suyultirilganligini tekshirish mumkin. Buning uchun asal idishi teskari qilinadi. Toza asal juda sekin oqishi kerak. Yana bir usul — asalni qog‘ozga tushirishdir. Agar u suyultirilgan bo‘lsa, qog‘ozda nam joy hosil bo‘ladi.
Isitilgan asal. Eski, o‘tgan yilgi asalga yangi ko‘rinish berish uchun u 80 darajaga qadar isitiladi. Keyin u yana shaffof bo‘lib, chiroyli ko‘rinishga keladi. Ammo bu optik illyuziya. 42 darajadan yuqori qizdirilganda asal o‘zining foydali xususiyatlarini yo‘qotadi. Aytgancha, bu shamollashda issiq sut yoki choyga asal qo‘shish an’anasi shifobaxsh samarani bermasligini anglatadi. Qaynayotgan suv asaldagi barcha foydali moddalarni o‘ldiradi. Bundan tashqari, isitiladigan eski asal umuman xavfli bo‘lishi mumkin, chunki unda ko‘p miqdorda zaharli aldegid hosil bo‘ladi.
Pishmagan asal. Bu asal asosan sotuv uchun tayyorlanadi. U juda ko‘p ortiqcha suvni o‘z ichiga oladi. Pishgan asalda namlik 20 foizdan oshmasligi kerak. Bu kamchilikni yashirish va asalga o‘xshash quyuqlikni berish uchun yana hiyla qilish boshlanadi. Masalan, unga kraxmal yoki un aralashtiriladi. Bir qoshiq asalga ozgina yod solib, unda kraxmal borligini aniqlash mumkin. Agar u ko‘k rangga aylansa, demak, unda kraxmal bor. Sifatni tekshirishning yana bir usuli — bir parcha nonni asalga botirish. Agar ortiqcha suv bo‘lmasa, non qattiqligicha qoladi.
Asalning sog‘liq uchun kutilmagan 4 ta foydasi | 80 | 4,319 |
Ayollar | Rangdan tortib bichimgacha: charm kurtka tanlashda yo‘l qo‘yiladigan 5 xato | Charm matosidan tikilgan klassik bichimli kurtka kuzgi va qishki obrazlar uchun ayni muddao ekani bilan o‘ziga xos. Keng va erkin turadigan modellar ichidan qalin sviter kiyib issiq yurish, quyoshli havoda esa yengil ko‘ylaklar bilan romantik uslubga ega bo‘lish mumkin. Ammo noto‘g‘ri tanlov asosida xarid qilingan charm kurtkalar bachkana ko‘rinishga sabab bo‘lish bilan birga keyingi mavsumda dolzarb bo‘lmay qolishi ham ehtimoldan holi emas.
Birinchi xato — matoning sifatsiz ekani
Moda san’ati tabiatga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan matolardan foydalanishdan voz kechmoqda. Shunday matolar orasida tabiiy charm ham yo‘q emas. Rivojlangan texnologiyalar tufayli charm o‘rnini bosuvchi boshqa matodan tikilgan kurtka ham sovuqdan himoya qilishi mumkin. Ammo sifatsiz bo‘ladigan bo‘lsa uzoq xizmat qilmasdan tashlab yuborilishi va bu ham tabiat uchun zararli bo‘lishi mumkin. Shu sabab ham xarid borasida e’tiborli bo‘lish muhim sanaladi. Sotib olishdan avval kiyib ko‘rish, harakatlanish va deformatsiyasi bor yoki yo‘qligini ko‘zdan kechirish kerak. Agar chiziqlar va izlar kuzatiladigan bo‘lsa boshqa variantni tanlagan yaxshi. Bu borada vintaj uslubidagi modellar ayni muddao bo‘lishi mumkin.
Ikkinchi xato — yopishib turadigan bichim va noto‘g‘ri uzunlik
Bichim va uzunlik alohida ahamiyatga ega. Yulduzlarning 90-yilda kiygan charm kurtkalari hali hamon dolzarb ekani buning isboti. Shunday ekan tor va noto‘g‘ri uzunlikdagi modellarni xarid qilishdan qochish, buning o‘rniga keng turadigan va belgacha uzun turadigan variantlarni tanlash tavsiya qilinadi. Urfdan allaqachon qolganidan tashqari, tor kurtkalarni ichidan keng jemfer va sviterlarni ham kiyib bo‘lmaydi.
Uchinchi xato — ultrazamonaviy yoqa
Yoqa — kurtkaning deyarli har mavsum o‘zgarishi mumkin bo‘lgan qismi hisoblanadi. Ba’zida katta va hajmli yoqalar dolzarb bo‘lsa, boshqa vaqt dizaynerlar ushbu detaldan voz kechishni afzal bilishi mumkin. Bir mavsum kiyganingizdan keyin sandiqda yotishini istamasangiz, mo‘ynali va bachkana bo‘lmagan modellarga e’tibor qarating.
To‘rtinchi xato — allaqachon urfdan qolgan bezak
Aksariyat kishilar tanlov chog‘ida mayda detallarga e’tibor bermaydi. Aslida esa e’tibordan chetda qolgan bu kabi jihatlar obrazni ko‘ngildagidek chiqmasligiga sabab bo‘lishi mumkin. Ortiqcha va urfdan qolgan bezak kurtkani allaqachon dolzarb emasligini bildirish mumkin. Shu sabab turli qadalgan tugma, kashta, tosh va ko‘zli kurtkalarni xarid qilishdan qoching. Ichki qismining tangi kurtkaning rangiga mos bo‘lishiga ham e’tibor qarating.
Beshinchi xato — garderobdagi kiyim-kechaklarga mos bo‘lmagan kurtkani tanlash
Xarid qilayotgan kurtkangiz rangi garderobdagi kiyimlar bilan kiyganda uyg‘un ko‘rinishi kerak. Klassik qora, qaymoq rang yoki jigarrang, to‘q yashil variantlar universal hisoblanadi. Yorqin ko‘k va shunga o‘xshash trenddagi ranglarni tanlashdan avval kiyimlar va obrazga mos kelishi yoki yo‘qligini o‘ylab ko‘rish kerak. | 75 | 2,941 |
Ayollar | Eng yaxshi yordamchi: robot-changyutgich haqida 5 ta qiziqarli ma’lumot | Robot-changyutgichlar 2000-yildan boshlab ishlab chiqarila boshlagan. O‘shandan buyon ko‘pchilik ushbu zamonaviy maishiy texnikadan foydalanib kelmoqda. Ayrimlar ushbu qurilmaga ishonchsizlik bildirgan bo‘lsa, yana ba’zilarni uy tozalash mas’uliyatidan butunlay xalos qiladi. Ushbu qurilmani chindan ham ham yaxshi yordamchi bo‘la olishi mumkinligi haqida 5 ta ma’lumot bilan tanishing.
Qulaylik
Zamonaviy robotlashtirilgan changyutgichlar darajalab sozlash funksiyasi bilan jihozlangan. Agar ushbu qurilma ishga tushgandan so‘ng kuzatuvchi boshqa ish bilan band bo‘lsa, unga minimal darajani o‘rnatish mumkin. Qurilma, masalan, 600 paskalda deyarli tovushsiz ishlaydi.
Intellekt
Robot-changyutgichlarga shunchaki devorga uriladigan disk deb qaramaslik kerak. U o‘zida 5 ta xona xaritasi va 7 ta yo‘nalishni saqlab qolish imkoniga ega. Ehtimol, uy egasidan ham ko‘ra ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lishi mumkin.
Tozalash turlari
Qurilma orqasidan kim polni yuvishi mumkin? Albatta, hech kim. Bu kabi turdagi qurilma xohishga ko‘ra, quruq, nam va aralash ish rejimlarida ishlaydi.
Boshqaruv
Changyutgichlarni boshqarishda qiyinchilik bo‘lmasligi shubhasiz. Chunki ularning mobil ilovasi ham mavjud. Ularni tushunish esa juda oson. Boshqaruv orqali sozlamaga changyutgich kirishi mumkin bo‘lmagan joylarni belgilab qo‘yish kifoya.
Quvvat darajasi
Oxirgi ma’lumot robot-changyutgichlarning samaradorligiga shubha qiladiganlar uchun. Bu kichkina yordamchilarning quvvati juda yuqori. Uning quvvat darajasi 2600 paskalgacha ko‘tarilishi mumkin. Umuman olganda, oddiygina robot-changyutgich bilan uzoq va toza havodan nafas olish mumkin. | 71 | 1,628 |
Ayollar | Dezodorant va antiperspirant ishlatishda teriga zarar yetkazadigan holatlar | Terlash va yoqimsiz hid anqishining oldini olishda asqatadigan vositalardan foydalanishda qanday xatolarga yo‘l qo‘yilishi haqida Marie Claire nashri ma’lumot berib o‘tadi.
Dezodorant va antiperspirantni farqiga bormaslik
Dezodorantning asosiy vazifasi yoqimsiz hidni bartaraf qilish, antiperspirantniki esa ter ajralishini nazorat qilish hisoblanadi. Agar terlash bilan bog‘liq muammo bo‘lmasa, birinchi vositani; aksincha bo‘lsa, ikkinchisini ishlatish tavsiya qilinadi.
Dezodorant va antiperspirantni dush qabul qilgandan keyin darhol yoki kir teriga surtish
Yaxshiroq samara berishi uchun antiperspirantni toz va quruq teriga surtish kerak. Shu sabab ham dush qabul qilgandan keyin 15-20 daqiqa o‘tib ishlatish maqsadga muvofiq. Dush qabul qilish imkoni bo‘lmasa, namlantirilgan salfetkadan foydalaning. Har ikkala vositadan ham terlab turganda foydalanmaslikka harakat qiling.
Antiperspirantdan ertalab foydalanish
Yaxshi samara berishi uchun vosita singib, qurishi uchun vaqt kerak bo‘ladi. Shu sabab ham antiperspirantni kechki qabul qilingan dushdan keyin surtish, qoldig‘ini esa tongda yuvib tashlash kerak.
Haddan ortiq ko‘p foydalanish
Antiperspirantni dezodorant bilan almashtirib haftada 2-3 marta ishlatish, miqdori ortib ketmasligiga e’tibor berish kerak. Haddan ortiq foydalanish allergik reaksiyalar va teri bilan bog‘liq boshqa muammolarga sabab bo‘lishi mumkin. Gap shundaki, ularda kundalik foydalanish zararli bo‘lishi mumkin bo‘lgan triklozan, tuz, alyuminiy va boshqa kimyoviy moddalar bor.
Kun davomida bir martadan ko‘p foydalanish
Gipergidrozdan aziyat cheksangiz, dermatolog shifokordan tavsiya olganingiz ma’qul.
Dezodorant va antiperspirantdan foydalanish bilanoq kiyinish
Dezodorant va antiperspirantdan foydalangandan keyin darhol kiyinish kiyimlarda dog‘ qolishiga sabab bo‘ladi. Agar juda ham shoshayotgan bo‘lsangiz, kiyinishdan avval fenni sovuq rejimiga qo‘yib quritib oling. Quriganidan keyingina kiyinsangiz bo‘ladi. | 75 | 1,955 |
Ayollar | Qanday qilib shampunga shifobaxsh xususiyatlar berish mumkin | Mumiyodan foydalanishning turli xil yo‘llari va usullari avloddan-avlodga o‘tib bugungi kungacha yetib kelgan.
Mumiyoni foydali maqsadlarda ishlatishning oddiy va foydali usullardan biri sochlarni o‘stirishga va chiroyli ko‘rinish berishga yordam beradi.
Mumiyo tarkibida sochlarning o‘sishiga, yaltirashiga va hajmini oshirishga yordam beradigan 30 dan ortiq mikroelementlar, kimyoviy birikmalar, vitaminlar va shifobaxsh moddalar mavjud.
Oddiy bilimlar va sochlarning o‘sishini, ko‘rinishini yaxshilash istagi yordamida hammamiz ham uy sharoitida shampun va mumiyo asosida sehrli vosita tayyorlashimiz mumkin.
Sochlar uchun xalq tabobatida mashhur bo‘lgan eng oddiy vositani tayyorlash uchun 200 ml lik bir shisha shampun, 10 dona mumiyo tabletkasi va 50 ml suv kerak bo‘ladi. Tayyorlashdan oldin mumiyo tabletkalarini ezib kukunga aylantiramiz va iliq suvda eritamiz. Keyin bu eritmani shampun bilan yaxshilab aralashtiramiz va shifobaxsh vositamiz tayyor bo‘ladi. Tabiiy moddalarni qo‘shish natijasida shampunning rangi o‘zgarishi mumkin.
Uy sharoitida tayyorlangan bu vositadan foydalanishdan oldin har gal shampun idishini bir necha marta silkiting va keyin ishlatishga kirishing. Yuvish jarayoni shifobaxsh elementlarning samarasi oshishini ta’minlash uchun sochlarni va boshni qo‘shimcha uqalash bilan birga 2-3 daqiqa davom etishi kerak. Keyin esa sochlarni ko‘proq miqdordagi suv bilan yaxshilab yuvib tashlash lozim.
Bu shifobaxsh vositadan bir necha marta foydalanganingizdan so‘ng uning ijobiy samaralarini seza boshlaysiz.
Manba: “Xitrosti jizni” | 60 | 1,561 |
Ayollar | Tunikalarni sovuq mavsumda nima bilan kiyish borasida mutaxassisdan tavsiyalar (foto) | Bir nechta rus kiyim-kechak brendining badiiy rahbari Katerina Volkonskaya tunikani garderobdagi qanday kiyimlar bilan moslashtirish kerakligi haqida o‘z tavsiyalarini berib o‘tdi.
Ushbu maqola ayollar garderobidan joy olgan tunikalarga bag‘ishlanadi. Umuman olganda, tunika – uzaytirilgan koftaga bo‘lib, u bosh qismdan kiyiladi va old tomoni ochilmaydi. Ammo ushbu konsepsiya keyinchalik ayollarning istak-xohishlariga ko‘ra moslashtirildi va uning hozirda turli matolardan tikilgani hamda turfa xil dizayndagilarini uchratish mumkin.
Tunika xarid qilishni barcha ayollarga tavsiya etaman, chunki u uchta eng muhim narsani hal qila oladi:
Paxta matosidan tikilgan kofta-tunika qulay hamda chiroyli ko‘rinishga ega. Oq rangdagi ushbu tunika kulrang yubka bilan ofisda ishlovchi ayollarga juda mos keladi.
Kundalik hayot tarzi uchun yangi shakldagi uslubdan foydalanish doim ham muvaffaqiyatli kechmaydi. Ammo uzun tunikalarni kalta pidjaklar bilan to‘ldirish juda yaxshi ko‘rinishni hosil qiladi.
Urfga kirgan katta o‘lchamdagi jemperni aslida nima bilan kiyishni ham bilish kerak. Ayniqsa, ishga yoki boshqa uchrashuvga kechikkanda nima kiyish va qanday kombinatsiya yaratish hech kimning xayoliga kelmaydi. Ushbu uslub esa barcha muammolarni bir vaqtning o‘zida hal etadi.
Shuningdek, tugmali tunikalarni oxirigacha qadamasdan ustidan biror yengil kostyum ham kiyish mumkin. Lekin ustki kiyim tunikadan kaltaroq bo‘lishiga ahamiyat berish kerak. Pastki qismga yubka yoki shimni tanlash mumkin.
Tepa qismiga to‘rlar bilan bezak berilgan tunikalar yordamida har tomonlama murakkab ko‘rinishni hosil qilishi mumkin. Sport kiyimlari bilan bu kabi bejirim tunikalarni birlashtirish ham ajoyib yangilik yaratadi.
Qora va oq ko‘rinishdagi liboslar barchaga yoqishi tabiiy. Ayniqsa, o‘quvchilar ushbu rangga ko‘proq murojaat qiladi. Sport uslubini yodga soluvchi ushbu ko‘rinishdagi tunikalar qalam yubka va krassovka bilan birlashtirish mumkin.
Keng, harir va shaffof ko‘rinishdagi tunikalar ham ajoyib tanlov hisoblanadi. Ko‘ylaksimon tunikalar jinsi shim va yorqin rangli kostyumlar bilan birlashtirilishi mumkin. Shuningdek, baland poshnali oyoq kiyimlar ham ko‘rinishni yanada boyitadi.
Ko‘pincha ishdagi ayollarga ijodkorlik uchun vaqt yetmaydi. Shuning uchun ular odatda bir xil hamda bor liboslarni kiyib yurishga odatlangan. Ular uslub borasida faqatgina tushlik vaqtida fikr almashishi mumkin. Shuning uchun ham tunikalar borasidagi tavsiyalar tashqi ko‘rinishni yaxshilashda ajoyib tajriba bo‘la oladi. | 85 | 2,515 |
Ayollar | Uy sharoitida tishlarni oqartirish uchun 3 ajoyib vosita | Odamlar tishlarni oqartiruvchi qimmatbaho vositalar va amallarga juda ko‘p mablag‘ sarflaydi. Afsuski, ularning ko‘pchiligi o‘zimiz kutganimizdek yaxshi natijalarni bera olmaydi. Lekin bu bilan uy sharoitida kurashish usullari ham mavjud.
Ichimlik sodasi — pishiriqlar tayyorlashda ishlatiladigan va tishlarni oqartirish borasida ham mo‘jizalar yaratuvchi tarkibiy qism hisoblanadi. Sodaning unchalik ko‘p bo‘lmagan miqdorini ichimlik suvi bilan aralashtiring va foydalanishdan oldin tish cho‘tkasi ustiga suring. Shuningdek sodani tishlarga barmoqlaringiz bilan ham surishingiz mumkin. Bir daqiqa qoldiring va albatta og‘zingizni yaxshilab chayqab tashlang — sodaning davomli ta’siri natijasida tishlarning emal qavati yemirilishi mumkin.
Siz hozirgina banan yoki apelsin yedingizmi? Po‘stini tashlab yubormang: u emal qavatiga tiklovchi ta’sir ko‘rsatish xususiyatiga ega bo‘lgan magniy, kaliy va marganets kabi minerallarga juda boy. Tishlarni tozalashda ulardan foydalaning — maydalangan po‘sloqni tish pastasiga qo‘shing!
Olma sirkasi nafaqat salatlar va taomlar ta’mini yaxshilashda, balki tishlarni oqartirishda va yaltiratishda ham yordam beradi. Tishlaringizni bu suyuqlik bilan ishqalang va og‘zingizni yaxshilab chayqab tashlang. Bu amallarni bir necha kun davomida takrorlash natijasida ular oppoq tusga kiradi va yaltiraydi!
Balki sizga bu tabiiy vositalar ta’sirining samarasi darrov bilinmasligi mumkin. Lekin sabr qilsangiz — siz o‘zingiz xohlagan natijalarga erishishingiz va tishlaringizning go‘zalligidan zavqlanib bemalol kulishingiz mumkin.
Manba: “Xitrosti jizni” | 56 | 1,586 |
Ayollar | Kedalarni qanday qilib oson tozalash mumkin? | Oppoq kedalarni tozalash uchun sizga quyidagilar kerak bo‘ladi:
— tish cho‘tkasi;
— sovun;
— kir yuvish kukuni;
— sirka;
— paxta bo‘lagi;
— benzin yoki dog‘ ketkazuvchi;
— vodorod peroksidi;
— limon sharbati;
— tish pastasi.
Tozalash usullari:
1) Kedaning asosiy qismi gazlamadan – paxta yoki boshqa materiallardan tayyorlangan. Bunday poyabzallarni kir yuvish mashinasida yuvish mumkin, lekin avval uning tagcharmini tozalash kerak. Buning uchun eski tish cho‘tkadan foydalanish tavsiya qilinadi, uni sovunli eritmada ho‘llang va tagcharm yuzasini yaxshilab tozalang.
2) Kedaning iplarini va pataklarini chiqarib oling, ularni kir sovun yordamida alohida yuving. Quyosh nuri va boshqa issiqlik manbalari tushmaydigan joyda quriting. Quritish moslamasiga ham qo‘ymang, aks holda pataklar asl shaklini yo‘qotadi. Tozalangan kedalarni kir yuvish mashinasining ichiga qo‘ying, kir yuvish kukuni soling va sovuq haroratli yuvish rejimiga qo‘ying.
3) Oq rangli kedalarni tozalamoqchi bo‘lsangiz, avval qattiq qilli quruq cho‘tka yordamida qurib qolgan kirlardan tozalang. Tog‘oraga iliq suv quying, biroz maydalangan yumshoq sovun qo‘shing. Kedalarni qo‘lda yuving, iplari va pataklarini ham yuvishni unutmang. Keyin ularni bir necha marta sovuq suv bilan chayqang.
4) Oq matodagi ketishi qiyin bo‘lgan dog‘larni benzin yoki dog‘ ketkazuvchiga botirilgan paxta bo‘lagi yordamida tozalash mumkin. Tarkibida xlor bo‘lgan oqartiruvchi vositalaridan foydalanmang. Kedalarni xona haroratida tabiiy sharoitlarda quriting.
5) Oq rangli kedalarni tozalash vositasini o‘zingiz tayyorlasangiz ham bo‘ladi. Buning uchun bir xil miqdorda olingan kir yuvish kukuni, sirka, limon sharbati yoki vodorod peroksidini aralashtirasiz. Tayyor bo‘lgan o‘ziga xos quyuq pasta yordamida kedalarni osongina tozalashingiz mumkin.
6) Oq rangli kedalar yuzasidagi eski dog‘larni tish pastasi yordamida ketkazish mumkin. Eski tish cho‘tkasini ho‘llang va biroz tish pastasi qo‘ying, samarasini kuchaytirish uchun bir-ikki tomchi limon sharbati qo‘shishingiz mumkin. Dog‘larni cho‘tka yordamida aylanma harakatlar bilan tozalang va iliq suv bilan chayqang.
Manba: “Xitrosti jizni” | 44 | 2,147 |
Ayollar | Bayram kunlari vazn to‘plamaslik uchun nima qilish kerak? | Noz-ne’matlar bilan liq to‘ldirilgan Yangi yil dasturxoniga qanday qilib befarq qaray olasiz? Ham lazzatlanib, ham semirib ketmaslikning yo‘li bormi?
Kayfiyatingiz yomon bo‘lsa asablaringizni tinchlantirish maqsadida yoki yeyish bilan tanglikni bartaraf etmoqchi bo‘lsangiz birorta kam quvvatli yegulikni, masalan apelsinni tanlang.
Bu ko‘p va zararli ovqatlanishni chegaralovchi qoidalarni buzadi. O‘zingizni qo‘lga olishga harakat qiling va vaznning tez-tez o‘zgarib turishi sog‘liq uchun zararli ekanligini unutmang.
Kun bo‘yi ovqatlanmasdan yurib kechqurun ko‘p narsa yeb qo‘yish oqibati hazm qilish organlarida muammo tug‘ilishiga olib keladi. Yaxshisi, kun davomida odatdagidek ovqatlaning va kechki ovqatdan bir soat oldin biror yengilroq taom ( yogurt, olma yoki salat) iste’mol qiling.
Organizm uchun foydali bo‘lgan taomlarni aql-farosat bilan tanlang va shoshilmasdan maza qilib yeng.
Albatta, bayram kunlari sport zaliga borishga vaqt bo‘lmaydi. Yangi yil bayramini faol ravishda o‘tkazishga harakat qilsangiz, ortiqcha vazn to‘g‘risida tashvishlanib o‘tirmaysiz. | 57 | 1,076 |
Ayollar | Kechikmaslik uchun nima qilish kerak? | Kechikish mavzusi har doim dolzarb bo‘lib kelgan. Muhim uchrashuv, suhbat, o‘qish yoki ishga kech qolmaslik xayoli ko‘pchilikning kundalik tashvishi bo‘lsa, ajab emas. Kim uchundir kech qolish odatiy hol, kim uchun esa tasodifiy hodisa. Lekin nima sabab bo‘lmasin, unutmangki, kechikish salbiy illatlar qatorida turadi. Doimiy kechikish siz haqingizda salbiy fikr uyg‘otishi, bir necha ortiqcha dilxiraliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
Quyida kechikishning odatga aylanmasligi va vaqtni to‘g‘ri taqsimlay olishga yordam beruvchi 4 qoidani taklif etamiz.
1-qoida. Erta uyg‘onish
Ba‘zida kech uyg‘onish kech qolishga sabab bo‘ladi deb, erta uyg‘onishga harakat qilinadi. Lekin ba‘zida erta uyg‘onib ham kechikadiganlar yo‘q emas. Bunga sabab, ular “hali vaqtim bor”, degan o‘y bilan sekin harakat qiladi va natijada yana shu holat takrorlanaveradi. Baribir, har qanday holatda erta uyg‘ongan ma’qul.
2-qoida. Vaqtni taqsimlash
Ertalab nonushta tayyorlash yoki ko‘ylak dazmol qilishga ketadigan vaqtni hisoblab ko‘ring, agar shu yumushlarga chindan ham ko‘p vaqt ketsa, ularni kechqurun tayyorlab qo‘ying. Hamda ertalabki vaqtni taqsimlab oling, masalan, o‘rindan turishga 5 daqiqa, badantarbiyaga 15 daqiqa, yuvinishga 5 daqiqa, nonushtaga 10 daqiqa, kiyinishga 10 daqiqa ajrating va ishga boriladigan yo‘l uchun ham vaqtni rejalashtirib oling.
3-qoida. Vaqtni “o‘g‘irlovchi” mayda sabablarni aniqlab olish
Dastlab vaqtingizni oladigan, chalg‘itadigan mayda narsalarni ajratib oling. Bu hozirda mobil telefonlaridagi ko‘pgina funksiyar, internet, ijtimoiy tarmoqlar bo‘lishi mumkin. Balki, bu sabablarni hayotingizni ularsiz tasavvur eta olmaganingiz uchun rad etarsiz. Biroq o‘zingizga nisbatan qattiqqo‘l bo‘lgan holda, o‘ylab ko’ring, bu narsalar aslida vaqtingizni “o‘g‘irlamayaptimi”?
4-qoida. Mas’uliyatli bo‘lish
Mas‘uliyatlilik hissi kech qolmaslikka undab turuvchi “kuchdir”. Bu hisga ega bo‘lib turib ham, ayrim kutilmagan vaziyatlar sabab, baribir kech qolish mumkin. Hayotiy misol, bir kishini odamlar kutayotgan mahal, yo‘lda mashinalar tirbandligiga duch keladi. Shu onda mashinasini tashlab, boshqa yo‘llar bilan manzilga vaqtida yetib boradi. U shinam mashinada kechikib borishni emas, qanday qilib bo‘lsa-da, kutayotgan odamlar yoniga kechikmay borishni afzal biladi.
Xalqimizda “Ishchi xodim kech qoladi, rahbar esa ushlanib qoladi”, degan hazilomuz gap bor. Albatta, rahbar bo‘lsangiz, kechikish illati shu bahona bilan yuvilib ketar, ammo, hamma ham rahbar emasligini unutmang. Punktuallik – o‘z vaqtida bo‘lish degan tushunchaga amal qilish barcha muvaffaqiyatlar kalitidir! | 37 | 2,601 |
Ayollar | Uy sharoitida sochlarni to‘g‘ri bo‘yash qoidalari | Maqolada sochlarni uy sharoitida mustaqil tarzda bo‘yashga qaror qilgan ayollar uchun maslahatlar beramiz.
Rang tanlaymiz
Boshida sochlar uchun bo‘yoqning rangini tanlang. Buning uchun o‘zingizning sartaroshingiz yoki mutaxassisning maslahatlaridan foydalaning. Bu unchalik qiyin emas, asosiysi bo‘yoqni sochlarda qancha uzoqroq ushlasangiz, rangi shuncha to‘qroq bo‘ladi. Mutaxassislar ham ko‘z va teri rangini hisobga olib tabiiyga yaqin ranglarni tanlashni tavsiya qilishadi.
Kerakli anjomlar va bo‘yoq
Uyda sochlarni bo‘yashdan oldin hamma kerakli narsalarni tayyorlang. Kalta va o‘rtacha uzunlikdagi sochlar uchun bir o‘ram, uzun sochlarga esa ikki o‘ram bo‘yoq kerak bo‘ladi. Bo‘yash uchun cho‘tkacha olishni unutmang. Qolganlarining hammasi bo‘yoq o‘ramining ichida bo‘ladi. Bo‘yoq va oksidlovchi moddani aralashtirish uchun kerak bo‘ladigan plastmassa idish va taroq albatta uyda topilsa kerak.
Sochlarni to‘g‘ri bo‘yash uchun qo‘llanma
- Plastmassa idishda bo‘yoqni va oksidlovchi moddani yaxshilab aralashtiring.
- Teriga tushgan bo‘yoqni oson ketkazish uchun peshanadagi sochlarga yaqin sohaga, quloqlar yoni va bo‘yin terisiga vazelin yoki yog‘li krem suring.
- Bo‘yoq tegmasligi uchun yelkangizga sochiq tashlang.
- Polietilen qo‘lqoplarni kiying.
- Sochlaringizni yaxshilab tarang va ularni bosh aylanasi bo‘yicha 4 qismga ajrating.
- Har bir qismni farqlari yaxshi ko‘rinadigan qilib qistirgich bilan qistirib qo‘ying.
- Cho‘tkaga biroz bo‘yoq oling va uni markaziy farqdan boshlab, ildizlar bo‘ylab uzunasiga, orqaga va oldinga o‘tkazing
- Hamma farqlarni sinchiklab bo‘yab chiqing.
- Sochlarning ildiziga bo‘yoqning yarmidan ko‘prog‘i ketadi, chunki aynan ularni yaxshiroq bo‘yash kerak.
- Ildizlarini sinchilab va bir tekis bo‘yab bo‘lgandan keyin, bo‘yoqning qolganiga mayda tishli taroqni botirib oling va uni soch uzunligi bo‘yicha o‘tkazing.
Vaqtni belgilaymiz
Agar siz sochlaringiz to‘q rangli bo‘lishini xohlasangiz bo‘yoqni boshda 30-40 daqiqadan kam ushlamang.
Kerakli vaqt o‘tganidan keyin boshingizni shampun bilan yuving va balzam bilan chayqang.
Manba: “Shpilki.net” | 49 | 2,167 |
Ayollar | Oddiy shapkalarni yoqtirmaydiganlar uchun 10 ta kuzgi zamonaviy bosh kiyim | Epidemiya vaqtida bosh kiyimsiz yurish xavfli hisoblanadi. Dizaynerlar buning ham ajoyib yechimini topdi.
Sharf-Snud
Mavsumning eng zamonaviy bosh kiyimi bo‘lib, uni sharf yoki kapyushon sifatida ham kiyish mumkin. Masalan, Italiyaning Missoni trikotaj brendi tashqi kiyimga mos tarzda Kashmir snud kiyishni tavsiya etadi. Albatta, bu ajoyib ko‘rinadi, shuningdek, boshni ham issiq tutadi.
Kapyushon
Kapyushonni faqat sport libosi deb o‘ylaydiganlar Balenciaga modellarini namoyish etgan liboslarni tomosha qilsin. Moda brendida odatiy liboslarga ham “kapyushonlar” biriktirilgan bo‘lib, ularni klassik etik va poyabzallar bilan kiyish mumkin. Aytgancha, kapyushonni bo‘yinga qatlab, uni yashirish ham mumkin.
Beret
Agar beret go‘yoki yarashmayotgandek ko‘rinsa, demak, xarid chog‘ida mosini tanlamaganlikdandir. Sababi beretni olishning o‘ziga yarasha qonun va qoidalari mavjud. Yuzi uzunchoq shakldagi ayollar beretni dumaloq shakldagisini biroz yon tomonga qiyalab kiyishi mumkin. Dumaloq yuzlilar esa zich va jingalak to‘qimalisiga ahamiyat qaratishi lozim.
Tasma
Ba’zan muzlab qolmaslik uchun quloqlarni isitish kifoya. Har qanday vaziyat uchun turli xil tasmalar sotib olishi mumkin. Masalan, uzoq vatq yo‘lda yurish uchun trikotaj, paltolar uchun kashmir, kechki ziyofat uchun shoyiligini tanlashi mumkin.
Kepka
Ushbu bosh kiyim faqat erkaklarniki hisoblanmaydi, shuningdek, buni kechki ziyofat uchun ham moslash mumkin. Bu yaqinda bo‘lib o‘tgan Milandagi Akris modalar festivalida namoyish etildi. Unga ko‘ra, kepka emas “kepi” modasida iloji boricha klassik – bosh shaklidagi siluet va quyosh nuridan himoyalagich biroz kichikroq bo‘ladi.
Ro‘mol
Christian Dior va Mark Jacobs boshni ro‘mol bilan bezashni tavsiya qilmoqda. Har qanday ayol qish kunlarida paltoga moslab turli xil ro‘mol bilan ko‘rinish berishi mumkin.
Quloqchinlar
Moda ixlosmandlari yana bir ajoyib aksessuarni taklif tedi. Unga ko‘ra, quloqchin o‘rnatilgan bo‘lib, tashqi ko‘rinishidan ramkaga o‘xshaydi va quloqlarni mukammal qoplaydi hamda issiq tutadi.
Shlyapa
Shlyapa avvaldanoq xonimlarning ajoyib bosh kiyimi sifatida qadrlangan. Uni yozning issiq yoki salqin kunlarda ham libosga moslab kiyish mumkin.
Tyurban
Bir necha kun avval Milanda yakunlangan moda xaftaligi ko‘ra, avval urfda bo‘lgan ko‘p rangli tyurban (salla) yana modaga qaytganini ko‘rish mumkin. Modellar podiumga afrikacha uslubda o‘ralgan ipak sharflar bilan chiqdi va bu juda chiroyli ko‘rindi. | 74 | 2,453 |
Ayollar | Yo‘taldan qanday qutulish mumkin? Uy sharoitidagi usullar | Shamollash mavsumida shuni esda tutish lozimki, yo‘tal sababsiz paydo bo‘lmaydi – u biror-bir: yuqumli, respiratorli yoki virusli turdagi kasallik belgisidir. Yo‘tal – nazorat qilib bo‘lmaydigan, o‘pkani har xil zararli moddalardan himoya qiluvchi reflektorli harakat. U nafas yo‘llaridan ajralib chiqadigan ortiqcha (balg‘am va shilimshiq) moddalarni chiqaradi.
Yo‘tal organizmning yot jismlarga yoki allergiyaga reaksiyasi natijasida ham paydo bo‘lishi mumkin, lekin ko‘pincha bu refleks, organizm mustaqil yenga oladigan shamollash bilan bog‘liq. Agar kasallik bir necha kungina davom etsa, yuqori harorat va keskin lanjlik holati bo‘lmasa, xalq tabobati vositalarini ishga solsa ham bo‘ladi. Agar yo‘tal bir hafta va undan ortiq davom etsa, bemorning umumiy ahvoli yomonlashsa – bu vrachga murojaat qilish uchun jiddiy sabab bo‘la oladi.
Asal – yo‘talni davolovchi birinchi va eng yaxshi yordamchidir. Kunduzi va uyqu oldidan iliq sut ichish – nafas yo‘llaridagi qichishish va og‘riqni kamaytiradi va tungi yo‘tal xurujining oldini oladi. Balg‘amni chiqarish uchun, bir stakan sutga 2 osh qoshiqda asal va bir chimdim soda qo‘shiladi.
Karam sharbati bilan asal ham yo‘talni kamaytirishga yordam beradi. Asal ta’bga ko‘ra sharbatga qo‘shiladi va kun davomida qabul qilinadi. Emizikli va undan kattaroq bolalarga ham berish mumkin.
Sut – yo‘talni davolovchi eng samarali vosita. U tomoq yallig‘lanishini bartaraf etadi, balg‘amni ajratishga va chiqarishga yordam beradi. Yo‘tal paytida sigir va echki sutlarini qaynatib, iliq holda ichish juda foydali. Yo‘tal juda kuchli hollarda, yarim litr sutga bir boshcha sarimsoq va 2 dona maydalangan piyoz qo‘shib, 10 daqiqa davomida qaynatiladi. Hosil bo‘lgan suyuq bo‘tqaga yoqimli ta’m berish uchun ozroq asal qo‘shiladi va kuniga 1 osh qoshiqdan 4-5 mahal qabul qilinadi.
Saryog‘li sut. Iliq sut va saryog‘ quruq yo‘talni yumshatishga va tomoq qichishishini bartaraf etishga yordam beradi. Bir stakan sutga 50 gramm saryog‘ solinadi va uyqu oldidan qabul qilinadi.
Bananli sut – yo‘talni davolovchi eng mazali vositadir. Banan bo‘tqasimon qilib maydalanadi, kakao kukuni, qaynoq sut va asal qo‘shilib, blenderda yaxshilab aralashtiriladi. Hosil bo‘lgan qiyom kechki payt qabul qilinadi.
Manba: internet tarmog‘i materiallaridan | 57 | 2,276 |
Ayollar | Qoshlarni qalin qilib o‘stirishning 5 ta hamyonbop usuli | Albatta, tabiiylik doimo urfda. Shunday ekan ayollar makiyajda ham qoshlarini tabiiy qalin va qora bo‘lishini istaydi. Buning uchun eng avvalo vaqt va quyidagi ko‘rsatmalarga rioya qilish lozim.
Ushbu maqolada qoshlarni yanada qalin va chiroyli bo‘lishiga yordam beradigan foydali maslahatlarni topasiz.
Tabiiy yog‘lar
Qoshlarning tabiiy qalinligini tiklashning eng samarali usullaridan biri bu tabiiy yog‘lardan foydalanishdir. Ro‘yxatdagi yetakchilar chakamug‘ (repeynoye) va kanakunjut (kostor) moyidir. Ushbu moylar qosh follikulalarini oziqlantiradi, bu esa qoshlarning yanada kuchli o‘sishiga yordam beradi. Lekin natijaga erishish uchun yog‘ni muntazam ravishda ishlatishni unutmaslik lozim. Usul haqiqatan ham samarali, ayni paytda oddiy va hamyonbopdir. Shuningdek, mo‘jizaviy moylar haqida gapirganda, o‘sma yog‘ini eslatib o‘tmaslik mumkin emas.
Ushbu dorivor o‘simlikning vatani Xitoy bo‘lib, o‘sma yog‘i nafaqat soch o‘sishini tezlashtiradigan vosita, balki soch to‘kilishining oldini olish uchun ham qo‘llaniladi. Yog‘dan tashqari, sochlarga quyuqroq rang beradigan o‘sma suvi ham mavjud.
Massaj
Qon aylanishini rag‘batlantiradigan va shu bilan soch o‘sishini tezlashtiradigan bosh massaji haqida ko‘p aytiladi. Xuddi shu narsa qoshlarga ham tegishli! Massajni yog‘ yoki qosh o‘sishi uchun boshqa har qanday bilan mahsulotni ishlatish ikki tomonlama ta’sirga ega bo‘lish uchun muhim. Buning uchun qosh o‘sishi vektori bo‘ylab burundan quloqqacha massaj qilinadi.
Zardob (sivorotka)
Bugungi kunda qosh va kirpiklarning o‘sishini rag‘batlantiradigan maxsus zardoblar juda mashhur. Ammo ular bilan hushyor bo‘lish juda muhim! Faqat yuqori sifatli tarkibga ega bo‘lgan tasdiqlangan mahsulotlarni tanlash tavsiya etiladi. Ammo, albatta, qoshlarsiz qolishni xohlamasangiz arzon mahsulotlardan xarid qilmaganingiz yaxshi.
Vitaminlar
Soch o‘sishini rag‘batlantiradigan vitaminlar qoshlar uchun ham samarali. Eng mashhurlari biotin – suvda eriydigan B vitamini, viviksal – soch to‘kilishini to‘xtatish va soch o‘sishini rag‘batlantirish uchun aminokislota-mineral kompleksi, A va E vitaminlari. Eng yaxshi ta’sirga ega bo‘lish uchun bu vitaminlar yuqori bo‘lgan tuxum, dengiz mahsulotlari va yong‘oqlar kabi foydali mahsulotlarni iste’mol qilishni unutmaslik lozim.
Muntazam tozalash
Qoshlarni o‘stirishda eng muhim nuqta muntazam tozalashdir. Ko‘pchilik bu jarayonni unutadi va boshqa usullar qo‘llanilganda ham natija bo‘lmaydi. Har kuni qoshlarni cho‘tka bilan tarab, haftada bir necha marta tozalash kerak, shunda teri yangi tolalar o‘sishiga to‘sqinlik qiladigan o‘lik zarralardan xalos bo‘ladi. | 56 | 2,606 |
Ayollar | Britaniya malikasi to‘yida buvisining eski kelinlik libosini kiydi (foto) | Italiyalik zodagon Edoardo Mapelli-Motssiga turmushga chiqqan Britaniya malikasi Beatris marosimda buvisi, qirolicha Yelizaveta II ning vintaj uslubidagi kelinlik libosini kiydi. Bu haqda qirollik oilasining Twitter’dagi rasmiy sahifasida 19-iyul kuni ma’lum qilingan, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Mazkur ko‘ylak Yelizavetta II uchun 1967-yilda dizayner Norman Xartnell tomonidan tikilgan. Beatris taqqan tillaqosh qirolicha Mariyaga tegishli bo‘lib, qirolicha Yelizaveta ham to‘y marosimida ushbu aksessuardan foydalangan, deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, oldindan e’lon qilinmagan baxt marosimida faqatgina yaqin qarindoshlar ishtirok etgan. 2018-yilning kuzida Italiyada tanishgan Beatris va Edoardoning unashtirilishi haqida 2019-yilning 26-sentabrida e’lon qilingandi. Aslida 2020-yilning 29-mayiga belgilangan to‘y mavjud koronavirus sabab qoldirilgan.
Ma’lumot uchun, graf tituliga ega bo‘lgan 36 yoshli Edoardo Mapelli-Motssining otasi 1972-yil qishki olimpiyada o‘yinlarida ishtirok etgan mashhur tog‘-chang‘i sportchisi hisoblanadi. | 73 | 1,051 |
Ayollar | Xavfli belgilar: qalqonsimon bezni tekshirish vaqti kelganini qanday bilish mumkin? | Gipotireoz va tireotoksikoz – qalqonsimon bezdagi garmonlarning kam yoki ortiqchaligi organizmdagi moddalar almashinuviga ta’sir qilishi natijasida sog‘liqqa jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Qalqonsimon bezni tekshirtirishga sabab bo‘ladigan yana qanday belgilar mavjud?
O‘zingiz xohlamagan holda, oddiy narsalardan ham achchig‘ingiz tez chiqadi, gap ko‘tara olmaydigan bo‘lib qolgansiz. Gohida bu achchiqlanish va jahlni o‘zingiz ham nazorat qila olmaysiz.
Ertalabdan o‘zingizda charchoqni, lanjlikni his qilasiz. Biror narsani tushunishingiz, esda saqlashingiz qiyinlashadi.
Xuddi boshingiz ichida 4 xil – sangvinik, flegmatik, melanxolik va xolerik odamlar joylashib olib, bir-biri bilan jang qilayotgandek, kayfiyatingiz goh yaxshi va gohida yomon bo‘ladi.
Ob-havoning o‘zgarishi ham sizga yomon ta’sir qiladi: bosh og‘rishi, bosh aylanishi va hokazolarga sabab bo‘ladi. | 83 | 874 |
Ayollar | Atir hidining uzoq vaqt turishiga yordam beruvchi 7 usul | Sepilgan atir iforining uzoq vaqt turishi uchun uning qimmat bo‘lishi shart emas. Shunchaki mavjud qoidalarga amal qilish kerak.
Atirni dush qabul qilgandan keyin sepish kerak
Dush qabul qilganda terining poralari ochiq hamda yetarlicha namlangani hisobiga atir yaxshi singadi. Aynan shu sabab ham atirni aynan shu vaqtda sepish tavsiya qilinadi.
Terini namlantiring
Atirni quruq teriga sepish eng katta xato hisoblanadi, chunki bu vaqtda ifor yaxshi singmaydi. Aynan shu bois ham atir sepishdan avval terini namlantiradigan losyondan foydalanish kerak. Losyonning o‘rniga oddiy kremdan foydalansa ham bo‘ladi. Yaxshi namlangan terida atir hidi odatdagidan 2-3 marta uzoqroq turadi.
Vazelindan foydalaning
Vazelindan turli kosmetik maqsadlarda, xususan, atirning uzoq vaqt turishi uchun ham foydalansa bo‘ladi. Uning tarkibidagi yog‘li asos sepilgan atir iforini uzoq vaqt turishiga hissa qo‘shadi. Shu sabab ham yuvinib chiqqandan keyin bo‘yin yoki quloqlarning orqa qismiga vazelin surtib, keyin atir sepish maslahat beriladi.
Sepilgan atirni qo‘l bilan surkash
Atirni bo‘yin yoki boshqa sohaga sepgandan keyin uni qo‘l bilan surkash qiz va ayollar orasida eng ko‘p tarqalgan xato hisoblanadi. Bu iforning tez tarqab ketishiga olib keladi. Atirni 25-30 sm uzoqlikda sepib, o‘zi mustaqil singishiga qo‘yib berish kerak.
Tananing qaysi qismiga sepish kerakligini bilish
Qon tomirlar joylashgani sabab harorati yuqori bo‘ladigan tana qismiga sepilgan atir uzoq vaqt turadi. Bilaklar, quloqlarning orqa qismi, chakka hamda tirsaklarning ichki qismi shular jumlasidan.
Sochlar haqida unutmang
Sochlar iforlarni o‘zida ushlab qolish xususiyatiga ega ekanligi sabab ham atir sepayotganda buni yodda tutish tavsiya qilinadi.
Uzoq turadigan kompozitsiyalarga e’tibor qaratish
Atirning uzoq turishi nafaqat to‘g‘ri sepish, balki uning tarkibidagi komponentlarga ham bog‘liq. Gul, dengiz va meva hidli iforlar tez tarqaydi, mushk, yog‘och iforlari esa aksincha. | 56 | 1,953 |
Ayollar | Endi malina mog‘orlamaydi: meva va sabzavotlarni yangidek saqlashning 13 usuli | Malina, olma, kartoshka, pomidor, ko‘katlar, banan, avokado, qo‘ziqorin – ushbu mahsulotlarning barchasi endilikda oshxonada uzoq vaqt turishi mumkin. To‘g‘ri saqlash ularning umrini uzaytirishga yordam beradi.
Salat bargi yoki bodringni sovitkichga qo‘yishdan oldin ularni qog‘oz sochiq yoki salfetkaga o‘rash lozim
Qog‘oz sovuq haroratda sabzavotda hosil bo‘lgan kondensatsiyani o‘zlashtiradi. Haddan tashqari namlik ularning chirishiga olib keladi, salfetkalar esa bu jarayonni to‘xtatadi va sabzavotlarni yangidek saqlashga yordam beradi. Hattoki har bir bodringni qog‘ozga o‘raydigan uy bekalari bor va ular chindan ham yaxshi natijaga erishgan.
Olma bilan kartoshkani bitta xaltaga solish kerak
Olmalar etilen gazini chiqaradi, bu kartoshkaning bir necha hafta davomida yangi va qattiq turishiga yordam beradi.
Ammo olmalarni boshqa meva va sabzavotlardan uzoqroq tutish tavsiya etiladi
Kartoshka uchun foydali bo‘lgan etilen deyarli hamma sabzavot uchun zararli. Shuning uchun, ularni apelsin va uzum yoniga qo‘yib bo‘lmaydi. Sovitkichda olma boshqa oziq-ovqat mahsulotlariga ta’sir qilmasligi uchun ularni alohida paketda saqlash kerak.
Bananni iste’mol qilishga qadar ularni bir-biridan ajratmaslik lozim
Kundalik ratsion uchun ovqatni oldindan qismlarga bo‘lib qo‘yish mumkin. Ammo bananlar uchun bu zararli. Sotib olingandan so‘ng bir guruh bananlarning birlashgan qismini oziq-ovqat plyonkasi bilan o‘rash yaxshiroq va iste’mol qilishdan oldingina ularni ajratish mumkin. Shundagina ularning rangi qoraymaydi va 3-5 kun davomida yaxshi saqlanadi.
Rezavorlarni sirka eritmasi bilan yuvish
Rezavorlar qanchalik yoqimli bo‘lmasin, ularning sifati ko‘z ochib yumguncha o‘zgaradi. Lekin oshxona sirkasi va suv 1:3 nisbatda aralashtirilib, so‘ngra rezavorlarni aralashmada yuvish kerak. Shundan keyin qog‘oz sochiq bilan quritilib, muzlatkichga qo‘yiladi. Sirka mahsulotning yomonlashishiga olib keladigan mog‘or va bakteriyalarni yo‘q qiladi.
Pomidor muzlatkichda saqlamaydi
Bu ularning ta’mi va suvli tuzilishini yo‘q qiladi. Ularni deraza yaqinida saqlash yaxshiroqdir. Shuningdek, kartoshka va piyozni ham salqin, qorong‘i va quruq joyda saqlash tavsiya etiladi.
Seldereyni folgaga o‘rash mumkin
Supermarketdan olingan plastik qadoqlar ham seldereyni uzoq saqlashga yordam bermaydi. Alyuminiy folga seldereyni ko‘proq vaqt muzlatkichda turishiga sabab bo‘ladi.
Ko‘katlarni dastalab saqlash
Yangi ko‘katlar yaxshilab yuviladi, bir stakan suvga solinadi va ochiq joyda saqlanadi. Shuningdek, ularni shundayligicha dasturxonga ham qo‘yish mumkin. Har kim ta’biga ko‘ra iste’mol qilaveradi.
Ko‘katlar quriy boshlaganda, ular zaytun moyi bilan muzlatishga qo‘yiladi
Ko‘katlaringiz rangi o‘zgara boshlaganda, ularni maydalab, bo‘sh idishga joylashtiriladi, so‘ngra zaytun moyini quyib, muzlatkichga qo‘yiladi. Afsuski, kungaboqar yog‘i buning uchun mos kelmaydi. Ko‘katlar muzlagach, muz ulardan xohlagan vaqtda eritgan holda foydalanish mumkin.
Qo‘ziqorinlar qog‘oz xaltada saqlangani ma’qul
Qo‘ziqorinlar namlik tufayli o‘z sifatini buzadi. Boshqa idishlardan ko‘ra qog‘ozda namlik bug‘lanadi, shuning uchun ular toza va quruq holda turadi.
Avokado xona haroratida saqlanadi
Avokado pishganligi uni yengil siqish bilan tekshiriladi. Agar u juda qattiq bo‘lsa, u yumshaguncha ochiq havoda saqlanadi va u pishgach muzlatkichga qo‘yiladi. Agar avokadoning faqat yarmi iste’mol qilinsa, ikkinchi yarmida chuqur qoldiriladi va limon sharbati quyiladi.
Mayiz havo o‘tkazmaydigan idishda saqlanadi
Mayiz o‘zida zarur elementlarni, shu jumladan, namlikni saqlaydi. Agar mayiz qurib qolsa, ularni bir-ikki soat issiq suvga solinadi. Ammo oldini olish har doim keyingi choradan yaxshiroqdir.
Muzli suvda salat barglari yangilanadi
Agar salat barglari so‘lib qolsa, ularni tiklashning yo‘li bor. Ular yaxshilab yuvilib, muzli suv bilan to‘ldirilgan idishga solinadi. Tilanishiga qarab uni 5 dan 30 daqiqagacha yangilab turiladi. | 78 | 3,924 |
Ayollar | Rang-baranglik va noodatiy shakllar. Cartier brendi yangi aksesuarlarini taqdim etdi (foto) | Clash de Cartier’dan yangilik: brend kolleksiyasida yangi aksesuarlar soni ortdi. Kolleksiyadan marjonli, o‘ziga xos bezakli hamda clou carré klassik elementlarini o‘z ichiga olgan taqinchoqlar o‘rin olgan, deb yozadi Elle.
Yangi bilaguzuk va uzuklar bir nechta variantda yasalgan bo‘lib, ular orasida oq tilla, pushti metall hamda feruza rangli amazonit bilan birga ishlangan sariq tilla taqinchoqlarni uchratish mumkin.
Ma’lumot uchun, Cartier tomonidan Clash de Cartier kolleksiyasining ilk taqdimoti bundan bir yil avval 2019-yilda Parijda bo‘lib o‘tgandi. Kolleksiyadan kundalik hamda muhim uchrashuv va tadbirlarga taqish mumkin bo‘lgan 15 ta aksessuar o‘rin olgandi. | 91 | 678 |
Ayollar | Telefon ekranidagi chiziqlarni bartaraf etishning eng oddiy usullari | Smartfonlarni ishlatish jarayonida hatto juda ehtiyotkor foydalanuvchilar ham oxir-oqibat ekran yuzasida turli xil chiziqlarni ko‘rishi mumkin. Quyidagi ma’lumotlar orqali ularni qanday bartaraf etish mumkinligi haqida bilib olish mumkin.
Telefonga himoya qiluvchi shisha qoplamalarni o‘rnatishga qaramay, hech kim ularni xavfsizligini kafolatlamaydi. Sababi har qanday himoya vositasidagi smartfonlar oddiy cho‘ntakda ham yoqimsiz chiziq qoldirishi mumkin. Albatta, displeyni himoya qilish uchun eng yaxshi yechim – bu telefon sotib olgandan so‘ng darhol himoya oynasini o‘rnatishdir. Ammo bunday qoplamalar sifatini asl displey yuzasi bilan taqqoslaganda, oradagi farq seziladi. Kimdir yiliga smartfonni kamida bir marotaba almashtirishga o‘rgangan. Shuning uchun ular, hatto mayda shikastlanishga ham ahamiyat bermaydi.
Uy sharoitida telefon ekranidagi chiziqlarni qanday bartaraf etish mumkin?
Agar ekran yuzasida kichik tirnalishlar bo‘lsa, uy sharoitida ham buni bartaraf etish mumkin. Polirovka qilish ekranni mukammal holatga keltirishga yordam beradi, unga o‘zining asl porlashini qaytaradi. Ekranni mayda tirnalishlar va chiziqlardan xalos qiladi. Buning uchun kukun va dag‘al jismlardan foydalanish mumkin emas. Agar buni uddalash qiyinchilik tug‘dirsa, unda ushbu xizmatni malakali ustaga topshirgan ma’qul. Hech bo‘lmaganda yaroqsiz qurilma ekranida sinab ko‘rish kerak.
Jarayonni boshlashdan oldin qurilmaga suyuqlik va kukunlar tushmasligi uchun barcha choralarni ko‘rish kerak. Mikrofon, zaryadlovchi teshiklar kabi joylarni lenta bilan yopish zarur.
Shuni yodda tutish kerakki, agar ekran oleofobik qoplama bilan qoplangan bo‘lsa, unda polirovka qilishning keragi yo‘q. Ushbu qoplama telefon ishlab chiqaruvchilari tomonidan ingichka nanometer plyonka shaklida sislikon bug‘larni yotqizish usuli yordamida qo‘llaniladi. Shundan so‘ng displey yog‘ va suyuqlik, shu jumladan, barmoq izlariga yaxshi qarshilik ko‘rsatadi.
Tish tozalash pastasi bilan telefon ekranidagi chiziqlarni qanday bartaraf etish mumkin?
Ushbu oddiy vosita, ehtimol, chiziqlarga qarshi kurashning eng yaxshi variantidir. Har qanday tish pastasida kremniy va titanium birikmalari, alyuminiy oksidi, ko‘mir, soda kabi moddalardan tarkib topadi. Ushbu moddalar tishlarda skrab vazifasini bajaradi. Tish emalini so‘lak qoplamasidan tozalaydi. Tish pastasi ham smartfonlar ekraniga xuddi shunday ta’sir ko‘rsatishi mumkin, yuzadagi mayda tirnalgan joylardan muloyimlik bilan silliqlay oladi.
Smartfon oynasidagi chiziqlarni olib tashlashni displey yuzasiga tish pastasi qatlamini yupqa surishdan boshlash kerak. Pasta dumaloq harakat bilan qurib ketguncha biroz kutiladi. Keyin biroz namlangan paxtadan foydalanish va chiziq yo‘qolguncha displey yuzasini silliqlash uchun dumaloq harakatdan foydalanish kerak.
Telefon ekranidagi chiziqlarni olib tashlash uchun iste’mol sodasidan qanday foydalanish kerak?
Iste’mol sodasi uyda eng kerakli tarqalgan vositalardan biridir, xususan, oshxonada.
Bolalar upasi yordamida telefon ekranidagi chiziqlarni qanday qilib yo‘qotish mumkin?
Albatta, vaqti-vaqti bilan jarayonlarni qo‘llash chiziqlardan xalos bo‘lishga yordam beradi. Ammo ushbu jarayon foydali bo‘lishi bilan birga, ayniqsa, noto‘g‘ri qo‘llash tufayli, hattoki, qurilmaning osongina buzilishiga olib kelishi mumkin. | 68 | 3,301 |
Ayollar | Juda xavfli: yurak og‘rig‘iga sabab bo‘luvchi uyqudan oldingi zararli odatlar | Yurak qon-tomir kasalliklari — dunyo bo‘yicha o‘limning asosiy sabablaridan biri. Ma’lum bo‘lishicha, ko‘plab insonlar har kuni zararsiz tuyulgan bir odat bilan o‘zini qo‘shimcha xavf ostiga qo‘yadi. “Noviy ochag” nashri yurak og‘rig‘iga sabab bo‘luvchi uyqudan oldingi zararli odatlar haqida ma’lumot berdi.
Uyquga yotishdan oldin ko‘p suyuqlik ichish kerakligi aytiladi. Gap shundaki, bu hojatxonaga tez-tez borishga va natijada uyqu rejimining buzilishiga olib keladi. Shu sababli, uzoq muddatda tanada, xususan, yurakda muntazam gormonal o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin.
Yurak kasalligi xavfidan tashqari, surunkali uyqu buzilishi gipertenziya, metabolik muammolar, 2-toifa qandli diabet va semirishga olib kelishi mumkin.
Bu kechqurun suv ichib bo‘lmaydi, degani emas. “Uxlashdan ikki-uch soat oldin 500 mldan ko‘p bo‘lmagan suyuqlik ichish tavsiya etiladi. Bu miqdor uyquni buzmasdan suvga bo‘lgan ehtiyojingizni qondirishga yordam beradi”, — deydi Sterling universitetining gidratsiya bo‘yicha mutaxassisi doktor Styuart Gallouey.
Shuningdek, tanani suv bilan ta’minlash uchun ertalab va kun davomida yetarli miqdorda suv ichish juda muhim.
Kunning ikkinchi yarmidan keyin kofeindan saqlanish va iste’mol qilinadigan spirtli ichimliklar miqdorini kamaytirish ham uyqu muammolarining yuzaga kelishini oldini oladi. Shuning uchun suyuqliklarni uyquga yotishdan 3 soat oldin iste’mol qilgan ma’qul.
Sifatli uyqu uchun boshqa umumiy qabul qilingan tavsiyalarga amal qilish muhim: bir xil vaqtda uxlash va uyg‘onish, kuniga kamida 7 soat uxlash, yotishdan oldin barcha gadjetlarni o‘chirish va yotoqxonada turli xil tirnash xususiyatini keltirib chiqaruvchi moddalardan — yorqin yorug‘lik manbalari, shovqin bo‘lmasligi kerak. Bundan tashqari, uxlayotgan xonangiz toza va yaxshi shamollatilgan bo‘lishi kerak, shuningdek, to‘shak va matras qulay bo‘lishi kerak. | 77 | 1,864 |
Ayollar | Ta’til uchun kosmetika: o‘zingiz bilan nimalarni olishingiz kerak? | Hamma uchun eng sevimli bo‘lgan mavsum — yoz boshlandi. Bu esa ta’tilga ham yaqin qolganini bildiradi. Lekin birinchi navbatda ta’tilga chiqishda jomadondagi joyni va kuchlarni tejash uchun o‘zi bilan nimalarni olish va nimalarni olmaslik kerakligini oldindan o‘ylash kerak. Ta’tilga olinadigan kosmetika vositalarini ro‘yxat qilish eng yaxshi variant hisoblanadi.
Kosmetikani eng kam olish fikri. Jomadondagi joyni tejash uchun parvarishlash vositalarini maxsus travel-size formatda olishni tavsiya qilamiz.
Ta’til uchun kosmetika vositalari: | 66 | 544 |
Ayollar | Changyutkichdan foydalanishning tozalashdan tashqari 5 ta foydali usuli | Har bir inson changyutkichdan qanday foydalanishni biladi. Lekin undagi har bir qo‘shimcha nima uchun mo‘ljallangani va sozlamalarni mohirona tushunadiganlar kamdan kam. Lifehacker nashri changyutkichdan unumli foydalanish sirlari bilan bo‘lishdi.
Aslida, changyutgich aqlbovar qilmaydigan qurilma. U har qanday mayda chiqindilarni bir zumda tozalaydi. Biroq agar changyutkichdan faqat tozalash uchun foydalanilsa, ko‘p narsa yo‘qotish mumkin. Uning yordamida quyidagi maqsadlarda ham unumli foydalanish tavsiya etiladi.
Mayda buyumlarni topish mumkin
Agar zirak yoki shu kabi kichik narsa yo‘qolgan bo‘lsa, o‘sha paytda xonadan biror narsani topish mutlaqo mumkin emas. Yo‘qolgan narsalar haftalar yoki hatto yillar davomida topilmaydi va keyinchalik ular kutilmagan joylardan chiqadi.
Bir necha soatlab uyni kattalashtiruvchi oyna bilan aylanib yurish o‘rniga, changyutkich trubasining pastki qismini bo‘shatib, paypoq yoki yupqa futbolkani tortib, u elastik tasma bilan mahkamlanadi. So‘ngra changyutkich tugmasi bosiladi. Agar gilamda yoki plitkalar orasida narsa yashiringan bo‘lsa, u, albatta, yuzaga chiqadi va matoga yopishib qoladi.
Gilamdagi mebel izlarini bartaraf etadi
Gilam ustida uzoq turgan mebel keyinchalik o‘z o‘rnida iz qoldiradi. Aynan changyutkich ularni olib tashlashga yordam beradi. Dastlab izlar ustiga muz bo‘laklari qo‘yiladi, ular eriguncha kutiladi va zararlangan joylar changyutkich bilan tozalanadi. Ushbu layfxak nam bo‘lgan gilam tolalarini yuqoriga tortadi va izlarni yo‘q qiladi.
Bolani tinchlantiradi
Shovqin aslida bolalarning uxlab qolishiga yordam beradi, bu g‘alati, ammo tasdiqlangan haqiqat. Uy hayvonlari changyutkichning ovozidan qochishi mumkin, ammo yig‘layotgan bola tinchlanadi. Agar bola uchun har safar changyutkichni shkafdan olish malol kelsa, shunchaki telefonga uning ovozini yuklab olish tavsiya etiladi. Bola yig‘lagan zahoti uni telefon orqali ham eshittirish tinchlanishga yordam beradi.
Yostiqlarni yangilash mumkin
Inson uyqusi davomida ter chiqaradi, tana esa turli xil mikroblarga ega. Albatta, bularning barchasi yostiq, choyshab va odeyallarga tushadi. Shuning uchun, vaqt o‘tishi bilan ulardan yoqimsiz hid kela boshlaydi. Boshqacha qilib aytgandagi barcha buyumlar eskirgan tusga kiradi va hidlanadi, lekin uy egalariga bu unchalik sezilmaydi.
Yaxshiyamki, changyutkich bu muammoni ham hal qilishi mumkin. Yostiqlarga ozgina qabartma nam gubka bilan surtiladi va bir soatga qoldiriladi. Keyin ularni odatdagidek changyutkich yordamida tozalash kerak.
Havo almashtirishda ayni muddao
Hamma asta-sekin uy hidiga ko‘nikadi. Ko‘chadagi yoqimsiz hid uyda tabiiydek ko‘rinadi. Biroq hidlarni his qilmaslik ularning mavjud emasligini anglatmaydi.
Ammo hamyonbop usul barcha muammoni bartaraf etishga yordam beradi. Masalan, paxtaga bir necha tomchi efir moyi quyib, tozalashdan oldin uni changyutkichning filtr bo‘limiga joylashtirish kerak. Xonadan xonaga o‘tayotganda, changyutkich chang va kirni so‘rib oladi, yomon hidlarni filtrlaydi va keyin ancha toza hamda yoqimli havo chiqaradi. | 71 | 3,050 |
Ayollar | Dam olish kunlarini qanday o‘tkazish mumkin? | Dam olish kunlari yaxshilab dam olish, vaqtichog‘lik qilish va hatto vaqtingizni foydali ishlarga sarflash uchun sizda hamma imkoniyatlar mavjud.
Dam olish kunlari — shahar bo‘ylab ekskursiyaga chiqish, o‘lkashunoslik muzeyiga borish yoki o‘zingizga notanish bo‘lgan ko‘chalarda sayr qilish uchun juda yaxshi imkoniyat hisoblanadi.
Sovuq paytlari har doim qor ostida yoki shamolda sayr qilish hammaga ham yoqavermaydi. Bundan chiqish yo‘li — hech qanday sabab va bahonalarsiz uyingizda do‘stlaringizni yig‘ish.
Ko‘pchiligimizning uyimizda chang bosgan keraksiz eski buyumlar to‘planib qoladi. Bu buyumlarni muhtoj kishilarga tarqatish yoki internet orqali sotish mumkin. Dam olish kunlari shu ishlar bilan shug‘ullanish uchun juda mos keladi.
Bir umrlik esdalik bo‘lib qolishi uchun hayotingizning yoqimli lahzalarini rasmga tushirishga harakat qiling.
Biroz murakkabroq, ajoyib taomni tanlang va tayyorlashni boshlang. Taomni restorandagidek bezang, shamlarni yoqing. Dam olish kunlari — har doim siz bilan birga bo‘ladigan bayram hisoblanadi.
Bolalar bilan birga yangi multfilm ko‘rish uchun kinoteatrga, bolalar teatriga, zooparkka, planetariyga yoki muzeyga borishingiz mumkin.
Sport zaliga yoki fitnes-klubga borishingiz yoki uyda o‘zingiz uchun xohlagan mashqlaringizni tanlashingiz ham mumkin.
Dam olish kunlarini anchadan beri o‘qishni orzu qilib yurgan ajoyib detektiv asarni maza qilib o‘qish bilan o‘tkazing.
Manba: “Layfxaker” | 44 | 1,439 |
Ayollar | Krossovkani qanday ko‘ylaklar bilan kiyish kerak? Didsizlikdan qutqaruvchi 5 qoida (foto) | Sport poyabzallari anchadan beri faqatgina sport uchun kiyilmaydi. Qulayligi uchun ham ularni turli xil ko‘ylak, yubka va shimlar bilan uyg‘unlashtirilganini ko‘rish mumkin. Ammo bu krossovkalar har qanday kiyim bilan moslashaveradi, degani emas. Bu borada ham moda olamida o‘ziga yarasha qonun-qoidalar mavjud.
Yorqin rangdagi liboslar bilan oq krossovkalar doim ham mos kelmaydi. Ko‘ylakning o‘ta yorqin rangi yaqqol sezilib qolishi mumkin. Shunga qaramay, yorqin rangdagi liboslarni xush ko‘ruvchilar ko‘ylak ranglariga mos ravishda krossovkalar tanlaydi va ular mukammal uyg‘unlikni hosil etadi.
Agar tanlangan libos vizual ravishda tor bo‘lsa hamda qomat bo‘ylab yopishib tursa, u holda qalin va katta hajmdagi krossovkalar yordamga keladi. Ular tabiiy ravishda oyoqni uzun va ingichka ko‘rsatadi.
Rang borasida ham xuddi yuqoridagi tavsiyalarga amal qilish zarur. Krossovka rangi libosning ayrim elementi yoki bo‘lmasa, sumka rangiga mos kelishi kerak. Shundagina har qanday kombinatsiya ajoyib ko‘rinadi.
Krossovkalarning afzalligi shundaki, u bahor va yoz uchun mo‘ljallangan ko‘ylaklar uchun ham mos keladi. Ayniqsa, issiq mavsumda har qanday yorqin rangli ko‘ylak bilan oq rangdagi ixcham krossovkalar kiyish tavsiya etiladi.
Biroz kalta, ammo etagi keng shifon yoki shunga o‘xshash matoli liboslar uchun ham tag qismi qalin krossovka yaxshi ko‘rinish hosil qiladi. Ular bo‘yni baland ko‘rsatishi bilan birga, qomatdagi muvozanatni ham bir xilda namoyon qiladi. | 89 | 1,476 |
Ayollar | Xol-xol print, lofyer va kardigan. 40-yillar trendlari yana urfda | Zamonaviy dizaynerlar tomonidan taqdim qilingan kolleksiya va trendlarga nazar tashlansa, o‘tgan asrdan ilhom va andoza olinganini payqash mumkin. Quyida e’tiboringizga 40-yillarda urf bo‘lgan va oradan shuncha vaqt o‘tib yana dolzarb bo‘lgan trendlarga to‘xtalamiz.
Qalam ko‘rinishini esga soluvchi yubka
Nozik jins vakillari qomatini yanada chiroyli qilib ko‘rsatadigan mazkur yubka, 2020-yilning bahor-yoz mavsumida har doimgidan ham dolzarbroq. Qalam ko‘rinishini esga soluvchi yubkani, ofis uchun poshnali tufli va bluzka bilan, sayr uchun top va krossovka bilan moslash mumkin.
Kardigan
40-yillarda, ayollik nafosatini aks ettiradigan liboslar, xususan, kardiganlar urfda bo‘lgan. Kardigan bilan nafaqat moda borasida o‘ziga xos didli fransuzlar, balki nafislikni qadrlovchi har qanday ayol-qizlar obraz yaratishni xush ko‘rgan.
Midi uzunligidagi liboslar
Bashang va nazokatli ko‘rsatish xususiyatiga ega bo‘lgan midi, ya’ni tizzadan pastga tushib turuvchi ko‘ylaklarni minimal uslubdagi bosonojka yoki sport uslubidagi oyoq kiyim bilan ham moslasa bo‘ladi. Vintaj uslubidagi ko‘zoynak taqilsa bormi, siz moda borasida didingiz chakki emasligini isbotlagan bo‘lasiz.
Lofyer
Mazkur yilning eng dolzarb poyabzali hisoblangan lofyerni, shim, yubka hatto shortik bilan ham kiysa bo‘ladi. Lofyer tanlaganda uning qulayligiga e’tibor bering. Asosan qora, jigarrang va kulrangidan tanlash va u bilan oq, olcha rang liboslarni moslash tavsiya qilinadi.
Xol-xol printli liboslar
Ishonch bilan aytish mumkinki, xol-xol printli liboslar hech qachon modadan qolmaydi. 40-yillardagi moda chiqishlari va jurnallari ko‘zdan kechirilsa, bugungi kunda ham talab aslo kamaymagan mazkur printli liboslar bilan o‘ziga xos obrazlar yaratilganini ko‘rish mumkin. Xol-xol printli libos bilan katak-katak, yo‘l-yo‘l printli kostyum, pidjak yoki kardigan moslash, ammo oshirib yubormaslik uchun ortiqcha aksessuarlardan qochish tavsiya qilinadi. | 65 | 1,932 |
Ayollar | Ivanka Trampning Keyt Middlton, Megan Markl va boshqa malikalardan ko‘chirgan obrazlari | AQSh prezidenti Donald Trampning maslahatchisi sifatidagi faoliyati davomida Ivanka Tramp, rasmiy liboslarda ko‘rinish berishni ma’qul ko‘radi, deb yozadi Harper’s Bazaar. Avval moda biznesi bilan shug‘ullanganiga qaramay, Ivanka ba’zida boshqa malikalardan va obro‘li xonimlar obrazidan ilhomlanadi, to‘g‘rirog‘i ko‘chiradi.
Masalan, Ivanka Emilia Wickstead brendidan kiygan oq tugmali qora ko‘ylakni Megan Markl Avstraliyaga tashrifi doirasida kiygandi. Tasodifni qarangki, Amerika prezidenti arzandasining didi Keyt Middlton bilan bir xil ekan. Buni Beulah London brendidan tanlangan yashil ko‘ylakdan ham bilsa bo‘ladi. Shuningdek, Ivanka qirolicha Maksima kiygan liboslardan ham bir emas ikki marta ayni obraz takrorlagan. | 87 | 729 |
Ayollar | Foto: Bahor va yozgi obrazni ultrazamonaviy ko‘rsatadigan poyabzal modellari | To‘g‘ri tanlangan poyabzal istalgan obrazga urg‘u berishi mumkin. Aynan shu sabab ham dizaynerlar eksperiment qilishdan cho‘chimaslikni, yorqin va rang-barang oyoq kiyim tanlashni tavsiya qiladi. Ilhomlanish uchun esa quyida suratlarni e’tiboringizga havola qilamiz.
Och binafsharang, noodatiy dizaynga ega poyabzallar mazkur mavsumda har qachongidan ham dolzarb.
Orqa qismi ochiq, sariq rangli poyabzal bahor va yoz uchun eng yaxshi variant. Uni keng bichimli oq shim, ipak matosidan tikilgan bluzka bilan kiyishdan tashqari, romantik libos, oqshom tadbirlari uchun esa top va kalta yubka bilan moslash mumkin.
Nafaqat dizayn, balki sifat va qulaylikni qadrlaydiganlar uchun esa pushti rangdagi charm matosidan tikilgan loferlar ayni muddao.
Ortiqcha bezaklarsiz, ammo yorqin qizil rangli oyoq kiyimni istalgan kostyum va yengil sarafan bilan kiysa bo‘ladi.
Agar poshnada harakatlanish noqulay bo‘lsa, unda old qismi uchli baletkalarga e’tibor qaratsangiz bo‘ladi.
Olovrang poshnali shippakni istalgan ko‘ylak va sarafan, shuningdek, jinsi va boshqa shimlar bilan kiysa bo‘ladi.
Old qismi uchli, kichik poshnali poyabzal variantlari esa baletkalar o‘rniga alternativ bo‘ladi. Boshdan-oyoq bir rangda kiyinganda bunday poyabzal unga eng yaxshi urg‘u bo‘la oladi.
Katak-katak printli va noodatiy bog‘ichi bor uchli tufli esa istalgan sipo va odmi obrazni rang-barang ko‘rsatadi.
Klassika shaydolari uchun qaymoqrang, old qismi uchli tuflidan yaxshisi yo‘q.
O‘ziga xos dizaynga ega, orqa qismi ochiq poyabzal bilan istalgan obraz qiziqarli ko‘rinishi mumkin. | 76 | 1,566 |
Ayollar | Burberry brendi koronavirusdan himoya niqoblarini ishlab chiqardi | Britaniyaning Burberry brendi o‘zining katak printlari tushirilgan ko‘p marta taqishga mo‘ljallangan niqoblardan iborat kolleksiyasini taqdim qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
“Korrespondent.net”
Ta’kidlanishicha, niqoblar qayta ishlangan matolardan tikilgan bo‘lib, shaxsiy himoya vositalari talablariga javob beradi. Antimikrob texnologiyalar asosida tayyorlangan maxsus sumkalar bilan birga sotiladigan niqoblar narxi 118 dollarni tashkil etadi, deyiladi xabarda.
Niqoblardan tushgan mablag‘ning bir qismi Burberry’ning koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish maqsadida tashkil qilingan fondiga o‘tkaziladi.
Avvalroq Burberry brendi fabrikalarini tibbiy niqob va himoya xalatlari ishlab chiqarishga moslashtirgani, virusga qarshi vaksina ustida tadqiqot olib borayotgan Oksford universitetini moliyalashtirgani, shuningdek, xayriya bilan shug‘ullanuvchi FareShare, The Felix Project va boshqa tashkilotlarga katta mablag‘ ajratgani haqida xabar berilgandi. | 65 | 979 |
Ayollar | Salomatlikni saqlash uchun ishlatilgan buyumlardan qaysilarini sotib olish tavsiya qilinmaydi? | Ko‘rinishi yangidek bo‘lgani bilan, buyumlarning ishlatilgani salomatlikka jiddiy zarar yetkazishi mumkin.
Yumshoq mebel
O‘rindiqlar, suyanchiqli yumshoq kursilar shunchaki mato va charm ostidagi biroz parolon va prujina demakdir. Professional parogenatorsiz yumshoq mebelning ichki qatlamini tozalash imkonsiz. Bu esa siz xarid qilgan buyumda bakteriya va kanalar to‘planishi mumkinligini bildiradi. Shu sabab ham ishlatilgan mebelni olayotganda egasining uyi qanday vaziyatda ekaniga ishonchingiz komil bo‘lsin. Yo bo‘lmasa, uyga olib kirishdan avval yangi mebelni yaxshilab kimyoviy tozalatish tavsiya qilinadi.
Shlem (bosh kiyimi)
Velosiped va mototsikl haydaganda taqish uchun mo‘ljallangan shlemlarning ustiga bir baxtsiz hodisadan keyin zarar yetmagan bo‘lsa ham, avvalgidek mustahkam bo‘lmay qoladi va sizni himoya qila olmaydi. Qolaversa, ichidagi yumshoq astarda eski egasidan ajralgan terning izlari qolgan bo‘ladi. Bu esa uning bakteriya va o‘lik teri hujayralari manbai ekanini bildiradi.
Mashina o‘rindig‘i
Avtohalokat bo‘lmagan taqdirda ham, eski egasi sotib olganidan buyon avtodagi o‘rindiqning xavfsizlik standartlari o‘zgargan bo‘lishi mumkin. Unutmang, ularning aksariyati 5 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatda xizmat qilishga mo‘ljallangan. Shunda ham xarid qilmoqchi bo‘lsangiz, xavfsizlik standartlarini ko‘zdan kechirganingizga amin bo‘ling.
Yostiqlar
Sintetik bo‘ladimi yoki paryostiq, undagi zararlanishni ketkaza olmaysiz. Hatto kimyoviy tozalash markazlarida ham bir yil davomida to‘plangan teri, so‘lak, 17 xil zamburug‘ va teri qoldiqlarini bartaraf qilib bera olishmaydi. Agar gap dekorativ yostiqcha haqida ketayotgan bo‘lsa, jildini yechib, kimyoviy tozalashga bering. Qolgan vaziyatlarning barchasida tutilgan yostiq xarid qila ko‘rmang.
Kosmetika
Kosmetik vositalarni kimdandir sotib olganda boshqalar qo‘l bilan tegingan yoki teginmaganiga amin bo‘lish mushkul. Boshqa odamning terisida gerpes yoki boshqa infeksiya bor yoki yo‘qligi esa sizga qorong‘i bo‘ladi. Shuningdek, yaroqlilik muddati tugagan kosmetik vositalar allergiya yoki konyuktivitni keltirib chiqarishi mumkin.
Gilamcha
Ishlatilgan gilamcha zamburug‘ va hasharotlarning koni bo‘lishi mumkin. Xonadoningizga qo‘ygandan keyin ularning ko‘payish ehtimoli ham yo‘q emas. Sotuvchi mog‘or hidini gilamchalar uchun mo‘ljallangan shampun bilan yashirgan bo‘lishi mumkin, ammo bir necha kundan keyin u o‘zini namoyon qilmay qolmaydi.
Gril
Barbekyu pishirishga mo‘ljallangan grilning hamisha yangisini sotib olish kerak. Gap shundaki, vaqt o‘tishi bilan uning panjaralarida sarg‘ish qoplam hosil bo‘la boshlaydi. Har gal foydalanilganda u ovqatga kirib organizmga zarar yetkazadi. | 94 | 2,671 |
Ayollar | Piling to‘g‘risida siz bilmoqchi bo‘lgan narsalar | Uy sharoitida piling yuz terisining almashish jarayonini va go‘zalligini saqlashga yordam beradi.
Skrinshot: YouTube
Piling yuz terisining turiga qarab qo‘llaniladi. Quruq va nozik terini ikki haftada bir marta tozalagan ma’qul. Yog‘li terini esa bir haftada 2 marta piling qilish mumkin.
Piling qilishda ishlatiladigan hamma vositalar tarkibida tozalovchi va mikromassaj qiluvchi qo‘shimchalar mavjud.
Piling qilish uchun teri shikastlanmagan bo‘lishi kerak. Pilingdan keyin terida biroz yallig‘lanish holati kuzatiladi. Teriga infeksiya tushirmaslik uchun yaxshisi tozalashni kechki payt – uyqudan oldin amalga oshirgan ma’qul.
Pilingdan oldin teri bug‘lanadi va unga pilingli birikmani surib aylanma harakatlar bilan teriga singdiriladi.
Teri yuzasiga shikast yetkazmaslik uchun birikmani ortiqcha surish va qattiq bosish yaramaydi.
10-15 daqiqadan so‘ng ehtiyotlik bilan iliq suv yordamida yuvib tashlanadi.
Pilingdan keyin terini sochiq bilan artmasdan, o‘zi quriguncha kutish zarur. Qurigandan keyin oziqlantiruvchi krem surib qo‘yiladi. | 49 | 1,045 |
Ayollar | Arzon va foydali: Uyda sinab ko‘rish tavsiya etiladigan smetanali yuz niqoblari | Uyda smetanadan yuz uchun niqobni oson tayyorlasa bo‘ladi. Ushbu arzon fermentlangan sut mahsuloti yuzni mo‘jizaviy tarzda o‘zgartiradi va barcha teri turlariga mos keladi. Smetana samarali foyda berishi uchun uni terining turiga qarab, uni qaysi komponentlar bilan aralashtirish kerakligini aniqlab olish kerak.
Smetanadan tayyorlanadigan yuz niqobining afzalliklari
Smetana tarkibida ko‘plab vitaminlar va minerallar mavjud. Ushbu mahsulotdan tayyorlanadigan yuz uchun niqob haqidagi ijobiy fikrlar uning foydali ta’sirga ega ekanini bildiradi.
“Niqobning kontrendikatsiyasi yo‘q, biroq qon tomir kasalliklari bo‘lgan odamlar uni ehtiyotkorlik bilan qo‘llashi lozim”, — deydi mutaxassis.
Smetanadan tayyorlanadigan yuz uchun niqoblar retsepti
Teri turlari bo‘yicha niqoblar:
Quruq va normal teri uchun. Quyidagi: 1 ta tuxum sarig‘i, 1 osh qoshiq smetana va 1 osh qoshiq sabzi sharbatini aralashtiring. Ikkinchi variant: 1 osh qoshiq jo‘xori uniga sut qo‘shing va uni 5-6 daqiqaga qoldiring. So‘ngra 1 osh qoshiq smetana qo‘shib hamma mahsulotlarni aralashtiring.
Yog‘li teri uchun. 1 stakan smetana bilan tuxum oqini aralashtiring, keyin esa 1 stakan har qanday sitrus sharbatini qo‘shing. Sabzavotli niqob: 1 osh qoshiq maydalangan xom kartoshkaga pomidor va smetanani qo‘shib yaxshilab aralashtiring.
Muammoli teri uchun. Dorivor moychechak kukunini teng nisbatda smetana bilan aralashtiring.
Terini yoshartirish uchun. Tozalangan va maydalagichdan o‘tkazilgan turpni bir xil miqdordagi smetana bilan aralashtirib, unga 1 choy qoshiq suyuq asal qo‘shing. Qahvali niqob: asal, smetana, qahva va tuxumni aralashtiring.
Oqartirish uchun. Hren sharbatini siqib oling va smetana bilan aralashtiring. Ko‘proq sharbat olishga harakat qiling.
Ko‘z atrofi uchun niqob. Petrushkani maydalang va 1 choy qoshiq petrushka bilan va 1 osh qoshiq smetanani aralashtiring.
Har qanday niqobni iliq suv bilan yuvib tashlang, ularning ta’sir qilish vaqti 15-20 minutni tashkil etadi. Niqobni yuzga qo‘llashda bo‘yin va dekolteni ham unutmang. Kosmetik mahsulotni tayyorlash uchun uydagi yangi mahsulotidan foydalangan ma’qul.
Smetana uyda tayyorlanadigan turli xil yuz va tana niqoblari va skrablarining eng mashhur tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. U terining sog‘lom ko‘rinishini saqlashga yordam beradi. Tarkibi va xususiyatlari tufayli unga asoslangan niqoblar terini oqartirishga, yoshga bog‘liq gormonal dog‘larini kamaytirishga yordam beradi, ko‘z ostidagi sepkillar va qora nuqtalar bilan kurashishga yordam beradi. Shuningdek, bunday niqoblar yuzdagi turli xil charchoq belgilariga qarshi kurashda, terining sog'lom ko‘rinishini tiklashda tezoq samara beradigan vosita sifatida ishlatilishi mumkin. Smetana terining nafas olishiga yordam beradi va yaxshi antibakterial ta’sirga ega.
Agar siz uyda tayyorlanadigan kosmetika uchun yog‘li smetana ishlatsangiz, bu ajinlar chuqurligini kamaytirishga va hujayra qarishini sekinlashtirishga yordam beradi. Buning sababi shuki, smetana organizm hujayralarida metabolizmga ta’sir qiluvchi va yallig‘lanish bilan kurashishga yordam beradigan juda ko‘p miqdordagi vitaminlarni o‘z ichiga oladi.
Odatda, smetana tarkibidagi yog‘ miqdori mavsumga va teriga qarab tanlanadi: sovuqroq havoda, qish mavsumida ko‘proq yog‘li smetanadan foydalangan ma’qul, masalan, 20 foizli smetana yorilib ketgan terini mukammal oziqlantiradi. Agar yuzingizda ko‘p miqdorda yallig‘lanish mavjud bo‘lsa, niqob uchun ko‘proq kislotali, taxminan 15 foizli smetanadan foydalanish kerak, chunki u toshmalarga qarshi samarali yordam beradi.
Tarkibiy qismida smetana bo‘lgan niqoblarning zarari minimal, biroq bunday holat ham kuzatiladi. Bu allergik reaksiyalarni keltirib chiqarishi va teri yog‘ kislotalari bilan to‘yingan bo‘lsa, pH muvozanati buzilishi ham mumkin.
Fermentlangan sut mahsulotining o‘ziga xos xususiyatlaridan foydalaning. To‘g‘ri niqob retseptini tanlang va bu tez orada terining go‘zal ko‘rinishiga yordam beradi. | 79 | 3,948 |
Ayollar | Yoqimli ovoz va aniq talaffuzga erishish usullari | Ovoz kishiga tavsif berishning eng muhim jihatlaridan biridir. Suhbatdoshimiz nima haqida va qanday so‘zlayotganligiga, o‘zimiz istamagan holda, doim e’tibor qaratamiz va tegishli xulosalar chiqaramiz. Xushohang ovoz va aniq talaffuz har doim yaxshi taassurot uyg‘otadi. Biroq tabiatan bunday xislatlarga ega bo‘lmagan kishilarga quyidagi mashqlar yordam beradi.
Qo‘lingizni qorningiz ustiga qo‘ying. Jahlingiz haddan ortiq chiqqan vaqtni eslang. Istalgan matnni qo‘lingizni qorningizga qo‘ygan holda talaffuz qilishga harakat qiling. Tovushlar aynan qorin sohasidan chiqishiga e’tibor qarating. Ichingizdagi nafratni chiqarib yuboring. Mashqni bir necha marta takrorlagandan so‘ng nutqingiz rasmiyligi yo‘qolib, samimiyroq jaranglay boshlaydi.
Tomoqni ozod qilib, asosiy vazifani lablar va diafragmaga o‘tkazuvchi mashq bajaring. “Kyu-iks” bo‘g‘inlarini talaffuz qiling: “kyu” talaffuz qilinganda lablar aylana shaklga kirsa, “iks”ni ochiq tabassum bilan ifodalang. Mashqni 30 marta takrorlang, shundan so‘ng uning foydasiga ishonch hosil qilish uchun kichikroq nutqni talaffuz qilib ko‘ring. Bunday mashqdan so‘ng ommaviy chiqishlarda ovoz paychalari kamroq toladi.
5—10 daqiqa istalgan matnni undosh tovushlarsiz baland ovozda o‘qing. Shundan so‘ng uni unli tovushlarsiz qayta o‘qing. Tez orada ovozingiz jarangdorlikka ega bo‘ladi.
Talaffuzni istalgan matnni ovoz chiqarib o‘qish orqali yaxshilash mumkin. Masalan, biror shoir she’rini “yopiq og‘iz” uslubida: lablar tutashgan, tishlar orasini ochgan holda o‘qish mumkin. Shu tariqa artikulyatsiyaviy mushaklar faolroq ishlay boshlaydi. | 49 | 1,591 |
Ayollar | Ehtiyot bo‘ling: aksariyat haydovchilar unutib qo‘yadigan eng muhim 3 ta qoida | Endigina “prava” olganlarda mashina boshqarishdan avval hayajon bo‘lishi tabiiy. Yoki aksincha bu borada tajriba bo‘lishi hamda va rulda o‘zingizni qulay his qilishingiz ham mumkin. Lekin haydovchilar rioya qilishi kerak bo‘lgan ba’zi oddiy qoidalar ko‘pincha unutiladi. The Voice Mag nashri ularning bir nechtasini sanab o‘tdi.
Avtomobildan foydalanish qayerdan boshlanadi? Eshikni ochish, kalitlarni qulfga solib, mashinani ishga tushirish va haydab ketishdanmi?
Bu tubdan noto‘g‘ri. Yangi haydovchilar ko‘pincha nazariyani kam baholaydi, haydashning ko‘pgina asoslariga rioya qilmaydi. Tajribali haydovchilar esa juda muhim tafsilotlarga shunchaki e’tibor bermaydi. Lekin mashina boshqaruvidan oldin har doim qilish kerak bo‘lgan uchta qoida mavjud. | 78 | 753 |
Ayollar | Tabiiy makiyaj qoidalari | Tabiiy go‘zallik — oxirgi mavsum trendi. Kosmetika vositalarining qalin qatlami kamchiliklarni yashirsa-da, barcha ayollarni bir xil ko‘rsatib qo‘yadi.
Tabiiy makiyaj — bu yengil make up bo‘lib, sizning afzalliklaringizga urg‘u beradi va deyarli sezilmaydi. Tabiiy makiyajni qanday hosil qilish mumkin?
Asosiysi, yuz rangi tiniq bo‘lishi lozim. Ko‘z ostidagi qora aylanalarni va teridagi kichik kamchiliklarni korrektor yordamida ko‘zdan yashiring. Ozgina BB krem suring. Teriga bir necha qavat tonal vositasi surish tavsiya etilmaydi.
Jigar rang tush qoraga qaraganda ko‘proq tabiiy ko‘rinadi. Uni keragidan ortiq surishning ham iloji yo‘q. Ko‘zning ichki burchaklari va pastki kipriklar chizig‘i ostiga surilgan yorug‘likni qaytaruvchi zarrachalarga ega badan rangidagi qalam qarashlaringizga joziba bag‘ishlaydi.
Qosh osti, peshona, yonoqlar va iyak sohasiga surilgan xaylayter yuzga sog‘lom yorqinlik beradi.
Lab bo‘yog‘i rangini lablaringiz rangiga yaqin bo‘lganini tanlang. Yuzingizga ozgina shaffof pudra suring — tabiiy makiyaj tayyor!
Tashqi ko‘rinishingiz faqat o‘zingizga xos ekanligini unutmang! Kimgadir o‘xshash uchun qavat-qavat makiyaj surish yaramaydi. Tabiiy go‘zallikka yengil urg‘u berishning o‘zi kifoya! | 24 | 1,226 |
Ayollar | Shampun tanlayotganda ko‘pchilik yo‘l qo‘yadigan xatolar | Shampun tanlash oson ish emas, hatto sochlar qaysi turga kirishi ma’lum bo‘lsa ham. Bundan tashqari, javonlardagi assortiment ikkilanishni keltirib chiqaradi: namlantiruvchi, tiklovchi, silliqlovchi va hajm beruvchi. Qaysi birini sotib olish kerak? Ko‘pincha tanlov noto‘g‘ri bo‘ladi. “Noviy ochag” nashri mutaxassis yordamida shampun tanlashda qo‘l qo‘yiladigan xatolar haqida to‘xtalib o‘tdi.
Siyrak sochlar qalin ko‘rinishi uchun hajm beruvchi shampun sotib olish tavsiya etiladi
Ko‘p ayollar bunday shampunni tanlashda quyidagi xatolarga yo‘l qo‘yadi:
Bunday xatolar hajmning yetishmasligi, sochlar qurishi, mo‘rtlik, yog‘ bezlarining beqarorligi kabi salbiy oqibatlarga olib keladi.
Afsuski, hajm beruvchi shampun hamma sochlar uchun mos emas. U faqat sog‘lom rangli yoki tabiiy sochlar uchun tavsiya qilinadi. Nozik, mo‘rt va oqargan sochlar uchun bunday mahsulotlarni sotib olish befoyda. Haqiqat shundaki, hajm beruvchi shampunlar teri va sochning tuzilishini quritadi va agar ular allaqachon shikastlangan bo‘lsa, boshqa jiddiy muammolar yuzaga keladi.
Soch tekislovchi shampun ish berishiga ishonchingiz komilmi?
Ko‘pchilik “tekislovchi” deb yozilgan shampunni sotib oladi va u sochlarni to‘g‘rilaydi, deb o‘ylaydi. Aslida, hech narsa sodir bo‘lmaydi. Ushbu mahsulotlar faqat uzun va tekis silliq sochlar uchun yaratilgan — shampun shunchaki sochning yumshoqligini yo‘q qiladi, yorqinlik va jilo qo‘shadi. Aytgancha, ko‘pincha bu mahsulotlar gidrolizlangan keratinni o‘z ichiga oladi, buning natijasida sochlar qalinlashadi. Agar soch siyrak masalan, jingalak bo‘lsa, unda shampun tozalashdan boshqa natijani ko‘rsatmaydi.
Soch bo‘yashdan keyin namlantiruvchi shampundan foydalanmaslik
Namlantiruvchi shampun bo‘yalgan, rangini yorqinlashtirgan, kimyoviy tekislashdan keyingi har qanday sochga mos keladi. Gap shundaki, soch tolasiga kimyoviy ta’sir qilgandan so‘ng juda ko‘p suvni yo‘qotadi. Shuning uchun sochga juda ko‘p namlantiruvchi moddalar kerak bo‘ladi.
Aralash turdagi sochlar uchun quruq shampundan foydalanish
Sochlar uchi gullab, ildizlari yog‘lanadimi? Bu kabi aralash turdagi sochlarni quruq sochlar uchun mo‘ljallangan shampun bilan yuvishadi. Bu, albatta, katta xato. U quruq va siyrak sochlarning uchlari va uzunligi bo‘ylab mos keladi, lekin agar bosh terisi yog‘li bo‘lsa, u holda mahsulot yog‘ ishlab chiqarishni oshiradi, bu esa bosh terisining haddan tashqari yog‘lanishiga olib keladi. Boshqacha qilib aytganda, faqat vaziyat yomonlashadi.
Oddiy sochlar uchun ham yog‘li sochlarga mo‘ljallangan shampunlardan foydalanish
Bunday shampunlar faqat yog‘li bosh terisi uchun mo‘ljallangan va ortiqcha yog‘ ishlab chiqarishni kamaytiradi. Qoida tariqasida, agar odamda yog‘ bezlari faoliyati buzilgan bo‘lsa, unda trixologik shampunni tanlash tavsiya etiladi. Agar muammo kosmetik bo‘lsa va ratsion, laktatsiya, gormonal o‘zgarishlar natijasida yog‘ bezlarining buzilishi kuzatilsa, unda yog‘li sochlar uchun mahsulotlar bu muammoni osongina hal qiladi.
Qazg‘oq bo‘lmasa ham unga qarshi shampundan foydalanish
Hech qanday holatda qazg‘oqqa qarshi mahsulotdan foydalanmaslik kerak, hatto profilaktika maqsadida ham. Gap shundaki, qazg‘oq bilan bog‘liq muammolarni hal qilish uchun vositalar quruq teriga, dermatitga va sochlarning tuzilishini haddan tashqari quritishga olib kelishi mumkin.
Sochlar sog‘lom bo‘lsa-da, tiklovchi shampundan foydalanish
Soch kimyoviy jarayon natijasida shikastlanganda tiklovchi shampundan foydalanish mumkin. Ularni sog‘lom sochlarga qo‘llash shunchaki befoyda, chunki bunday mahsulotlar tolalarning og‘irligiga va sinishiga olib keladi. Sochlar shunchaki hajmini yo‘qotadi — uzunligida ham, ildizida ham. Chunki barcha tiklovchi shampunlar soch tuzilishiga faol moddalar bilan qo‘shish va to‘ldirish tamoyili asosida ishlaydi.
Uzoq vaqt davomida bo‘yalmagan bo‘lsa-da, rangli sochlar uchun mo‘ljallangan shampundan foydalanish
Agar bo‘yalgan sochlarga mo‘ljallangan shampunni tabiiy sochlarga ishlatilsa, hech qanday zarar bermaydi, ammo hech qanday ta’sir ham bo‘lmaydi. Mahsulot rangli sochlar uchun maxsus mo‘ljallangan, chunki ular sun’iy pigmentni ushlab turish uchun mikroplyonkaga muhtoj. Rangni himoya qilish mikrolaminatsiya bo‘lib, har bir soch pigmentni saqlaydigan yog‘lar va polimerlar tufayli nafas oladigan plyonka bilan qoplanadi. | 56 | 4,307 |
Ayollar | Kuzga sharf tanlash qoidalari | Sharf kuz-qish mavsumidagi eng urf bo‘ladigan aksessuarlardan biri hisoblanadi. Uni deyarli har bir dizaynerning to‘plamida uchratish mumkin. Haqiqatda sifatli sharfni arzonga topib bo‘lmaydi, shu tufayli, bitta, ammo yaxshi sharf sotib olgan ma’qul. Xo‘sh, sizga mukammal tarzda mos tushuvchi sharfni qanday tanlash mumkin?
Birinchi navbatda, sharf yuz rangiga mos bo‘lishi kerak: rangpar qizlarga oqish-ko‘k rangli sharflar mos kelmaydi. Aksincha, qorachadan kelgan bo‘lsangiz, yorqin va oppoq ranglarga e’tibor qarating.
Sharf, shuningdek, bosh kiyim bilan ham uyg‘unlashgan bo‘lishi kerak. Aslida sharf va shapka bir xil jun matodan tayyorlangan bo‘lishi kerak. Ammo, agar shapka ustki kiyimga mos tarzda tvid matodan qilingan bo‘lsa, u holda, sharf kontrast rangda bo‘lishi kerak. Agar bosh kiyim bo‘lmasa, sharfni qo‘lqopga moslash lozim.
Sharf ola-bula bo‘lsa, undagi birorta rang asosiy kiyim rangi bilan bir xil bo‘lishi kerak. Bunday sharflarni rang-barang kiyimlar bilan taqmagan ma’qul.
Matoga kelsak, kashmiri, tvid yoki paxta tolasi qo‘shilgan jun matoni tanlagan yaxshi. Asosiysi, sintetikadan uzoq yuring, chunki u ortiqcha terlab ketishga va oqibatda teri zararlanishiga olib keladi. | 29 | 1,201 |
Ayollar | Pishgan meva va sabzavotlarni tanlash yo‘llari | Agar siz faqat pishgan meva va sabzavotlar tanlashni o‘rganmoqchi bo‘lsangiz, ularni tanlashda yordam beruvchi quyidagi maslahatlar bilan tanishing.
Yangi baqlajonning po‘chog‘i – qalin, tekis va yaltiroq bo‘ladi. Buni quyidagicha tekshirib ko‘rish mumkin: barmog‘ingiz bilan baqlajon ustiga bosing, agar po‘chog‘i biroz ezilsa va yana o‘z holiga qaytsa, demak u pishgan bo‘ladi.
Tanlashda qovoqning og‘irligiga, qattiq va quruq bandiga, po‘chog‘ining chiroyli rangiga e’tibor bering.
Pishgan pomidorlar to‘q rangli bo‘ladi, po‘sti esa bosilganda deyarli ezilmaydi. Hidiga ham e’tibor bering, u shirin va yog‘och hidli bo‘lishi kerak.
Bodringning rangi va tuzilishi muhim. Qalin, to‘q-yashil va tekis bodringlar – pishgan bodringlar deb hisoblanadi.
Tarvuz tanlashda yonboshidagi tuproq dog‘iga e’tibor berish kerak, u qanchalik kattaroq va sariqroq bo‘lsa, shunchalik mazali va shirin bo‘ladi.
Qovunning og‘irligi va shirin hidi uning pishganligidan darak beradi. Bandi quruq va yo‘g‘on bo‘lishi kerak. Qarama-qarshi tomondagi po‘chog‘i esa biroz yumshoq va egiluvchan bo‘lishi kerak.
Manba: You! | 46 | 1,098 |
Ayollar | Erta ajin tushishiga sabab bo‘luvchi kundalik odatlar | Siz e’tibor bermaydigan, lekin odatiy bo‘lgan holatlar ajin tushishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Ko‘zni qisib qarash
Ko‘z nurining ravshan emasligi sabab yaxshi ko‘rmaslik va quyoshga ko‘zoynaksiz qarash oqibatida ko‘zni qisib qarash odat bo‘lib qoladi. Buning oqibati esa faqatgina ajin tushishi bilan yakun topmaydi. Shu sabab ham sizda shu kabi odat kuzatiladigan bo‘lsa, zudlik bilan shifokorga borish tavsiya qilinadi.
Qovoq solish
Asabiylashish yoki g‘azablanishda yuzning barcha muskullari tirishadi, qovoq solinganda esa qoshlar chimirilib, uning atrofida ajin paydo bo‘ladi. Shu bois ham emotsiyalarni nazorat qilish, bo‘lar-bo‘lmasga qovoq solmaslik kerak. Ba’zida telefonga tikilganda ham shu odat kuzatiladi, bunday vaqtda sizga nima yoqmayotgani va qanday vaziyatda qoshingizni chimirishingizni aniqlab, muammoni bartaraf etishga kirishing.
Asabiylashganda tishni tishga qo‘yish
Noxush yoki yoqimsiz vaziyatlarda ham tishini-tishiga qo‘yib indamay turish, emotsiyalarini yashirish ham ajin paydo bo‘lishiga olib keladi. Aslida bu holat organizmning himoya reaksiyasi hisoblanib, sizni hamma narsani ichingizga yutishingiz, asablarni tamom qilish bilan birga lab atrofiga erta ajin tushishi va uchburchak chiziqlar paydo bo‘lishiga olib keladi.
Yotgan holda o‘qish
Kitob yoki gadjetlardagi elektron kitoblarni yotib o‘qish vaqtida bosh pastga egiladi va bu bo‘yinda ajin yig‘ilishiga olib keladi. Oqibatda ajinlarning o‘zigina emas, bo‘yin toliqishi kuzatilib salomatlikka salbiy ta’sir qilishi ham mumkin. Shu sabab ham o‘tirgan holda o‘qish hamda boshni egib olmaslik kerak.
Qorin bilan uxlash
Agar siz shunday uxlaydiganlardan bo‘lsangiz, demak, sizda qon aylanishida muammolar kuzatilishi bilan birga yuzingizda shish va ajinlar ham ko‘zga tashlanishi mumkin. Eng yaxshi vaziyat tepaga qarab uxlash ekanini yoddan chiqarmang. | 53 | 1,839 |
Ayollar | Homilador ayollarga qishki kiyimlar tanlaymiz | Homiladorlik paytida ham qulay, ham issiq va ham urf bo‘lgan kiyimlarni tanlash juda qiyin. Yaxshisi, maqolamizni diqqat bilan o‘qib chiqing va o‘zingizga eng ma’qul bo‘lgan variantni tanlang.
Poncho va nakidkalarni homilador ayollar orzusidagi kiyimlar deyish ham mumkin. Ular ham qulay, ham ommabop va eng asosiysi holatingizni yashirib, qomatingizni xushbichim ko‘rsatadi.
Sovuq paytda kiyiladigan ustki kiyimlarning kengroq bichimdagilarini tanlaganingiz ma’qul. Bu homiladorlikning keyingi davrlarida ham bemalol harakatlanishga yordam beradi.
Agar sizga sport uslubi ma’qul bo‘lsa, homiladorlik vaqtida ham bunday kiyinish juda qulay. Bugungi kunda ayniqsa puxoviklar urf bo‘lgan. Hajmi katta va issiq puxoviklarda hattoki holatingiz bilinmasligi ham mumkin.
Parka – yengil va issiq mo‘ynali matodan keng qilib tikilgan ustki kiyim sifatida har doim ayniqsa, homiladorlik davri uchun eng yaxshi variant hisoblanadi. Parkalarni homilador bo‘lmagan paytlarda ham bemalol kiyish mumkin, chunki keng bichimdagi kiyimlar uzoq vaqtgacha urfdan chiqmaydi. | 45 | 1,055 |
Ayollar | Kiyimlar umrini uzaytirish yo‘llari | Ko‘pincha ba’zi kiyimlar o‘zining dastlabki holatini tez yo‘qotadi: rangi ucha boshlaydi, cho‘zilib ketadi, mayda teshikchalar paydo bo‘ladi. Bu har doim ham kiyimning sifatiga bog‘liq bo‘lavermaydi. Uni qanday parvarish qilayotganingizga e’tibor bering. Maqolamizda buyumlarning dastlabki ko‘rinishini saqlagan holda umrini uzaytirish yo‘llari aytilgan.
Shuni esda tutingki, yuvishlar soni to‘g‘ridan-to‘g‘ri gazlama holatida o‘z aksini topadi.
Kiyimning qancha xizmat qilishi aynan birinchi yuvishga bog‘liq. Shuning uchun yangi kiyimlarni yuvishdan oldin, ularning yorliqlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar bilan yaxshilab tanishib chiqing.
Ba’zan vaqtni tejash maqsadida hamma kiyimlarni birga yuvishga to‘g‘ri keladi. Lekin och rangli kiyimlarni to‘q ranglilardan alohida yuvishni bekorga tavsiya qilishmaydi. Bu matoning dastlabki rangini saqlashda juda muhim ahamiyatga ega.
Kiyimlarni to‘g‘ri yuvishda suvning harorati katta ahamiyatga ega. Sovuq suv gazlamaning tuzilishini ehtiyotlab saqlashga va kiyimning yangi va ozoda bo‘lib turishiga yordam beradi.
Manba: “Steptohealth.ru” | 35 | 1,086 |
Ayollar | Chanel ko‘rinishi flakonni esga soladigan 55,55 qirotli marjon ishlab chiqardi | 2021-yilda №5 iforining 100-yilligi munosabati bilan Chanel brendi 55,55 qirotli (11,11 gramm) taqinchoq taqdim qilishga qaror qildi. Bu haqda Esquire xabar beradi.
Mazkur atir parfyumer Ernest Bo tomonidan Gabriel Shanel uchun yaratilgan. 2021-yilda Chanel’ning zargarlik bo‘limi direktori Patris Legero zargarlikning yuksak namunasini parfyumeriya bilan umumlashtirishini ma’lum qilgan. U marjonni ijod, texnik mahorat hamda va istakning go‘zallik namunasi deb atagan.
Atir flakoni ko‘rinishida bo‘lgan taqinchoq o‘rtasiga yirik zumrad brilliant o‘rnatilgan bo‘lib, uning atrofi mayda brilliant toshlar bilan qoplangan. 104 ta dumaloq, 42 dona baget ko‘rinishidagi olmos ishlatilgan taqinchoqning qadaladigan qismi 5 raqami ko‘rinishida ishlangan.
Jamoa mukammal sakkiz qirrali olmos olish uchun qayta ishlanmagan toshni topishga 1 yil vaqt sarflagan. Sotish uchun mo‘ljallanmagan marjon Parijdagi Maison du Patrimoine en Brocéliande muzeyidan o‘rin olgan. | 79 | 961 |
Ayollar | Qomatingiz uchun foydali bo‘lgan shirinliklar | Eng foydali hisoblangan shirinliklar ham qat’iy belgilangan tartib va me’yor asosida iste’mol qilinmasa, organizmga zarar keltirishi tabiiydir.
Achchiq yoki qora shokolad organizmda endorofin (quvonch) garmonlarini ishlab chiqarishga yordam beradi. Shuning uchun achchiq shokoladning bir-ikki bo‘lakchasi ham katta ruhiy samara baxsh etadi. Bundan tashqari, qora shokolad tarkibida ozishga yordam beruvchi to‘yinmagan yog‘lar ham mavjud.
Mevalar – mikroelement, vitamin va kletchatkalar manbai hisoblanadi. Lekin ularning tarkibida shakar bo‘lgani uchun ko‘pincha parhez vaqtida iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.
Quruq mevalar – ho‘l mevalar kabi hamma foydali xususiyatlariga ega. Ular vitamin va minerallardan tashkil topgan quruq masalliqlardir. Shuning uchun quruq mevalar foydali shirinlik bo‘libgina qolmasdan, foydali ovqatlarga shirin ta’m bag‘ishlovchi qo‘shimcha sifatida ham katta ahamiyatga ega.
Quruq mevalarni tuzsiz bo‘tqalar va yog‘siz tvoroglarga ham qo‘shib yeyish juda foydalidir. | 45 | 1,001 |
Ayollar | Qarimaydigan go‘zallik: 41 yoshli xitoylik ayol Lur Xsuning byuti-sirlari (foto) | Xitoyda yashovchi ayol Lur Xsu mukammal yuz terisini va jarrohlik aralashuvisiz chiroyli qaddi-qomatini ko‘z-ko‘z qilmoqda.
41 yoshli ayol Lur Xsu haqiqiy yoshiga nisbatan 20 yoshga yosh ko‘rinadi! Bunga ishonish juda qiyin, lekin qizning yuzida birorta ajinni ko‘rmaysiz, uning go‘zal qomatiga esa hatto mashhur modellar ham havas qiladi.
Albatta, buni o‘zining byuti-sirlarisiz amalga oshirib bo‘lmaydi – Lur Xsuning ta’kidlashicha yoshlikning, go‘zal silliq teri va chiroyli qomatning garovi – suvda va sabzavotlarda ekan. 41 yoshli qiz juda ko‘p suv ichadi, har kuni ko‘p miqdorda sabzavotlar iste’mol qiladi, deyarli hech qachon quyoshda qoraymaydi, shuningdek tarkibida shakar bo‘lgan oziq-ovqatlarni iste’mol qilmaydi.
Yuz terisi har doim chiroyli va tarang bo‘lib qolishi uchun, Lur Xsu har bir ayol o‘z kosmetichkasiga bor-yo‘g‘i ikkita vosita: yuz uchun namlantiruvchi krem va quyoshdan himoya qiluvchi vosita qo‘shishni maslahat beradi.
Manba: “Lady.tochka.net” | 80 | 976 |
Ayollar | Yozgi obrazingizga putur yetkazadigan aksessuarlar (foto) | Ushbu detallar sizning chiroyli obraz yaratishdagi barcha harakatlaringizni bekor qilishi mumkin. Ularni darhol tashlab yuboring!
Durli zakolkalar
Bunday zakolkalar bir necha yil oldin urfda edi, ularni juda yaxshi ko‘rib taqishgandi, ammo bugun ular trendda emas. Aynan shu turdagi taqinchoqlar allaqachon eskirdi – ularning o‘rniga Bella Hadid uslubidagi yorqin plastik zakolka taqing.
Taqinchoqli bilaguzuklar
Bilaguzukda qancha taqinchoq borligi muhim emas – yaxshisi, umuman bo‘lmagani yaxshi. Bunday bilaguzuklar o‘n yil oldin urfda bo‘lgan, bugungi kunda trendda bo‘lish uchun to‘qilgan ipli bilaguzuklar taqib yoki bilagingizga ipak tasma bilan bog‘lab oling.
Matoli sirg‘alar
Sevimli matoli sirg‘alar 90-yillarda halqa sirg‘alar bilan almashdi. Halqali zirak bu yozda xit bo‘ladi, ehtimol, kuzda ham o‘z o‘rnini yo‘qotmas. Agar shu kabi osilib turadigan ziraklarni yoqtirsangiz, qandil sirg‘alar yaxshi variant bo‘la oladi.
Baxmal obodok
Ha, bu aksessuar ham antitrend hisoblanadi. Hajmli baxmal obodok o‘rniga nima taqsa bo‘ladi? Zamonaviy bandana, kichik ipak ro‘mol yoki rangli zakolkalar. Shu bilan bir qatorda, uning o‘rniga shoyi obodokdan foydalanishingiz ham mumkin, ammo u ham moda ro‘yxatidan chiqarib yuborilish arafasida.
Tasmali sumka
Albatta, bunday sumkalar qulay, ammo endi urfda emas. Zamonaviy ko‘rinish uchun mashhur Jacquemus yoki Chanel uslubidagi kichik sumkalarni tanlang. Bunday sumkalarga lab bo‘yog‘idan boshqa hech narsa sig‘maydi, lekin u boshqalarning e’tibor markazida bo‘ladi
Ingichka ko‘zoynak
Agar hali ham 1990-yillar obrazini sinab ko‘rishga ulgurmagan bo‘lsangiz, u holda ushbu tashabbusdan voz kechishingizga to‘g‘ri keladi. Bugungi kunda katta to‘rtburchak ko‘zoynaklar ingichka ko‘zoynaklar o‘rnini bosmoqda.
Ingichka zanjir
Albatta, tilla zanjir klassika, ammo biz trendlar haqida gaplashyapmiz. Kichkina zanjir ko‘rinmaydi va u obrazingizga urg‘u bera olmaydi. Modaga mos va zamonaviy ko‘rinish uchun bo‘yningizga hajmli, qalin zanjir taqing. | 57 | 1,999 |
Ayollar | Qanday qilib pergament qog‘ozi va folgadan oshxonada to‘g‘ri foydalanish kerak? | Duxovkada ovqat tayyorlashda pergament qog‘ozi va folgadan foydalanishda qanday hollarda va qanday oziq-ovqatlar uchun qaysi birini tanlash muvofiqroq bo‘lishini aniq bilish lozim.
Duxovkada ovqatlar tayyorlashda folga juda kerakli, o‘ziga xos material hisoblanadi. Birinchi navbatda bu hatto juda yuqori harorat rejimlarda ham xavfli moddalar ajratmaydigan mutlaqo xavfsiz material.
Folga ovqat atrofida o‘ziga xos mikroiqlim yaratish bilan uning tayyorlanish vaqtini qisqartiradi va bunda foydali vitaminlar va mikroelementlarni o‘zida saqlab qoladi.
Folga jilosiz va yaltiroq taraflarga ega, ko‘pchilik foydalanuvchilar uning qaysi tarafini tanlashni bilmay qoladi. Yaltiroq yuzaning issiqni aks ettirish xususiyatini, jilosiz yuzaning esa issiqni yutish xususiyatini hisobga olgan holda, ovqat uchun yaltiroq yuzani ishlatish eng muvofiq variant hisoblanadi.
Pergament qog‘ozi har xil shirinliklar, korjlar va kekslar pishirishda ishlatish uchun juda qulay. Agar pishirishda suyuq yopishqoq xamirdan foydalanilsa, pergamentga yopishib qolmasligi uchun unga un sepiladi yoki yog‘ suriladi.
Sabzavotlarni pishirish uchun ham pergament qog‘ozdan, ham folgadan foydalanish mumkin. Usti qizarib pishishi uchun qog‘oz ishlatgan ma’qulroq. Folgadan foydalanish sabzavotlarning yumshoq bo‘lib pishishini ta’minlaydi.
Tayyorlash jarayonida sabzavotlardan ajralib chiqadigan sharbat oqib ketishining oldini olish uchun ularni folgaga yaxshilab o‘rash lozim.
Parranda, baliq yoki go‘shtni pishirish faqat oziq-ovqatlar atrofida o‘ziga xos mikroiqlimli germetik muhit yaratish xususiyatiga ega bo‘lgan folgadan foydalanishni talab qiladi. Folga pishish vaqtini tezlashtiradi, namlik va issiqlikning tashqariga chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi, shuningdek taomga yumshoqlik va yoqimli hid beradi.
Oziq-ovqatlarni folga ichiga joylashtirishdan oldin ularning yuzasiga yog‘ surish, tayyor bo‘lishdan 20 daqiqa avval esa folga o‘ramlarini ochish tavsiya qilinadi. Bu taomning qizarib pishishini ta’minlaydi.
Manba: “Xitrosti jizni” | 79 | 2,020 |
Ayollar | Yotoqxona interyerini bezatish bo‘yicha g‘oyalar | Yotoqxona qanday bo‘lishi kerak? Bir tomondan qulay va osoyishta, boshqa tomondan shinam va zamonaviy. Quyida yotoqxona interyerini bezatish bo‘yicha bir nechta aktual variantlarni e’tiboringizga havola etamiz.
Skandinaviyaga xos oddiylik
Skandinaviyaga xos uslubni soddalik, materiallar tabiiyligi va issiq ranglar tufayli ma’qul ko‘rishadi. Bu variantda yotoqxonaning karavot bosh tomonidagi devori yog‘och panel bilan bezatiladi. Kontrast hosil qilish uchun xonaga yog‘och yoki to‘qilgan mebel joylashtiring. Uning rangi devor rangidan ochroq bo‘lishi lozim. Mebel uchun tabiiy materiallardan mato tanlang. Bunday yotoqxona xotirjam dam olish uchun juda mos keladi.
Qulay klassika
Yashil rangdagi mayin yotoqxona va katta shinam karavot zamonaviy romantiklar uchun mos keladi. Yonida vaqt o‘tkazish yoqimli bo‘lgan sun’iy kamin xonaga iliqlik bag‘ishlaydi.
Tabiiy daraxt
Daraxt yotoqxonaga iliqlik va shinamlik beradi. Shiftni to‘sinlar bilan original bezatish xonaga o‘ziga xoslik va yangilik kiritadi. Uni yog‘och panellar, aylana stol va stullar hamda javonlar bilan bezatish esa xonada yaxlitlik hosil qiladi. Mebel uchun mayda rasmli pastel rangdagi matolarni tanlashni tavsiya etamiz.
Qahva xushbo‘yligi
Achchiqqina qahvani xush ko‘ruvchilar qahva-qaymoq ranglarida ishlangan yotoqxonani munosib baholaydi. Bu uslubning nomlanishi o‘ziyoq yotoqxonaga iliqlik bag‘ishlaydi. Qahva rangli romga ega katta derazalar, yotoqxonani deyarli to‘liq egallagan karavot, ochiq rangdagi pardalar, to‘qilgan elementli bezaklar — bularning barchasi yangi kunni kutib olishga chorlaydi.
Zamonaviy minimalizm
Birorta ham ortiqcha buyum bo‘lmagan yotoqxona zamonaviy odamlarning haqiqiy orzusidir. Funksional shkaf-devor siz ko‘zga tashlanishini istamagan barcha mayda buyumlarni yashirishga qodir. Katta yumshoq karavot va original uslubdagi to‘sinlar interyerni yanada to‘ldiradi. | 48 | 1,876 |
Ayollar | Dag‘allashgan tovonlarni parvarishlaymiz | Dag‘al tovonlarni uy sharoitida ham tez ta’sir qiluvchi vannalar yordamida parvarish qilish mumkin.
Eng samarali vositalardan biri oddiy kir sovun hisoblanadi. Tovonlarning dag‘allashgan terisini uxlashdan oldin kir sovun solingan issiq vanna bug‘i yordamida yumshating va sovun surib qo‘ying. Keyin esa tovonni plyonka bilan o‘rang va paypoq kiyib uxlang. Ertalab maxsus qirg‘ich yordamida bemalol tovoningizni tozalashingiz mumkin.
Quruqshagan tovonlarni yumshatishning yana bir usuli – soda va tuzli vanna. Idishdagi issiq suvga bir xil miqdorda soda va tuz solib yarim soat davomida bug‘ ustida tutib turing. Keyin esa tovonlarni qirib tashlang, sochiq bilan quriting va juda yog‘li krem surib qo‘ying. Ustidan plyonka urab paypoq kiying.
Dag‘allashgan terini yumshatishda kraxmal ham yaxshi yordamchi bo‘la oladi. Idishdagi iliq suvning har bir litriga 2 osh qoshiqdan kraxmal aralashtiring va oyoqlaringizni 20 daqiqa davomida shu suvga solib o‘tiring. | 40 | 959 |
Ayollar | Konditsionersiz xonada tezroq uxlab qolish uchun oddiy hamda samarali tavsiyalar | “Noviy ochag” nashri konditsioner bo‘lmaganda, issiq xonada tezroq uyquga ketish bo‘yicha samarali maslahatlar bilan bo‘lishdi.
Choyshablar
Kiyimlar
Bunday vaqtda avvalo kiyim ham teriga issiqdan ko‘ra ko‘proq noqulaylik tug‘dirmasligi kerak. Shuning uchun yoz mavsumiga mos, tungi, uyqu uchun tabiiy materiallardan tayyorlangan yengil pijamalarni tanlash tavsiya etiladi.
Dush qabul qilish
Yana bir tavsiya, yotishdan oldin salqin dush oling. U kun davomida to‘plangan barcha chang va terlarni yuvadi. Natijada organizm o‘zini yengil his qiladi. Bundan tashqari, tozalik va qulaylik hissi yana yarim soat davom etadi.
Salqinlash uchun
Isitish (grelka) yostig‘ini olib, ichiga sovuq suv quying va muzlatkichga qo‘ying. Yotoqqa to‘shalgan ko‘rpacha va choyshab ostiga grelka qo‘yiladi. U yotoqni sovitishi kerak. Ammo uni to‘g‘ridan to‘g‘ri bel ostiga qo‘yish nafas olish organlari yoki buyraklarni shamollatishi mumkin.
Yana bir usul — sovuq kompresslardan foydalanish. Ularni bukilish joylariga — tirsak va tizzalar, tovonlar, boldir va bilaklarga qo‘llash tavsiya etiladi.
Agar xonada ventilyator bo‘lsa, uning oldiga muz bilan to‘ldirilgan idish qo‘yish kerak. Bunday holda, uni to‘liq quvvat bilan yoqish shart emas. Yengil salqin shabada ham xona haroratini me’yorda ushlab turadi.
Tezroq uxlab qolish uchun tananing qismlariga qulaylik yaratish juda ham muhim. Masalan, sochlar uchun bo‘lsa, ularni boshning yuqori qismiga turmaklash lozim. Aks holda yoyilgan sochlar badanning qizishi hamda terlashiga olib keladi. | 80 | 1,522 |
Ayollar | Sovuq ob-havoda sochlar sog‘lomligini tiklovchi niqoblar | Sovuq ob-havoda teri va sochlarni parvarish qilishning o‘ziga xos qoidalari bor. Qorda, shamolda va minus haroratda boshni himoya qilish bilan birga sochlar go‘zalligini saqlashga yordam beruvchi bosh kiyimni albatta kiyib yurish zarur. Bundan tashqari, sochlarni turli-tuman oziqlantiruvchi niqoblar bilan parvarishlash kerak bo‘ladi. Ularning tayyorini xarid qilish yoki odatiy mahsulotlardan tayyorlash ham mumkin.
Sut mahsulotlaridan tayyorlanadigan niqob
Quruq sochlar uchun qo‘llash mumkin bo‘lgan niqoblarga achigan sut, qatiq, tabiiy va qo‘shimchalarsiz yogurtni sanab o‘tish mumkin. Ular tarkibidagi foydali moddalar quruq sochlarni namlantirib, tez sinuvchanligi oldini oladi. Go‘zallik va jilosini qaytaradi. Buning uchun bosh yuvishdan yarim soat avval yangi qatiqdan surib qo‘yish kifoya.
Bodring va tvorogli niqob
Tvorog va bodringli niqob noodatiy ko‘rinishga ega bo‘lsa-da, sochlarni oziqlantiruvchi niqob sifatida juda mos keladi. Buning uchun yarimta barra bodring va ikki osh qoshiq tvorog kerak bo‘ladi. Bodring po‘sti archilib, qirg‘ichning mayda tishidan chiqariladi va tvorog bilan yaxshilab aralashtiriladi. Sochlarga bir tekis taqsimlab surilgandan so‘ng, o‘rab qo‘yilgan sochlar bilan 20—25 daqiqa yurish lozim. Mazkur niqobni haftada 1—2 marta qo‘llash mumkin.
Yog‘lardan tayyorlanadigan niqob
Yog‘lardan tayyorlangan niqob soch tarkibiga chuqur singib, ularni oziqlantiradi hamda quruq, sinuvchan sochlarni tiklaydi. Zaytun va chakamug‘ (yoki kastor) yog‘ini teng nisbatda (2 osh qoshiq) aralashtirib, suv vannasida tana haroratigacha isitish lozim. Niqobni bosh terisiga va butun uzunligi bo‘ylab surish, uchlariga alohida e’tibor qaratish kerak. Uni sochda uch soatgacha ushlab turish mumkin.
Asal va tuxum sarig‘idan niqob
Tuxum sarig‘i va asal quruq sochlar uchun oziqlantiruvchi ajoyib niqobdir. Niqob uchun 1—2 ta tuxum sarig‘i, ikki osh qoshiqdan eritilgan asal va chakamug‘ yog‘i kerak bo‘ladi. Ularni aralashtirib, quruq sochlarga suring. Bir soat ushlab turib, so‘ngra yuvib tashlang. | 56 | 2,023 |
Ayollar | Terining yoshligi va go‘zalligi uchun zarur oziq-ovqatlar | Ayollar go‘zal bo‘lish uchun nimalardan foydalanmaydi deysiz: kremlar, niqoblar, toniklar, losyonlar… Bularning hammasi go‘zal bo‘lishga va terining qarimasligiga yordam beradi. Lekin odam o‘zini ichki tomondan ham qo‘llab-quvvatlab turishi kerak. Qaysi oziq-ovqatlar yanada chiroyliroq va yoshroq bo‘lishga yordam beradi?
Bu yoz mevasi antioksidant hisoblanuvchi, pomidor va tarvuzga qizil rang beruvchi, teriga ultrabinafsha nurlari ta’sirida yetkaziladigan zarardan saqlanishga yordam beruvchi likopenga juda boy. Shuning uchun tarvuzdan kundalik quyoshdan himoyalovchi kremga qo‘shimcha kuch sifatida foydalanishingiz mumkin.
Bu ajoyib mevaning urug‘lari teriga hujum qiluvchi erkin radikallarni neytrallashtirish orqali ajinlar va teri quruqligi paydo bo‘lishining oldini oluvchi C vitaminiga o‘xshash antioksidantlarga to‘la.
Shuningdek bu mevada teriga taranglik beruvchi kollagen va yallig‘lanishni kamaytiruvchi kislota ishlab chiqilishiga yordam beruvchi antotsian moddasi mavjud.
“Avokado tarkibida teriga mayinlik va taranglik beruvchi namlikni yuqori qatlamlarda ushlab turishda yordam beruvchi olein kislota — omega-9 kislotaga juda boy”, — ta’kidlaydi doktor Bouv.
Qorag‘at terining porlab turishiga va silliq bo‘lishiga yordam beruvchi C va E vitaminlari bilan ta’minlaydi. Shuningdek bu rezavor mevadagi tolalar yuz terisining yosh va sog‘lom bo‘lib turishiga yordam beradi.
K vitamini qonning quyuqlashishiga yordam beradi va tegishli ravishda tomirlardan “tomchi o‘tish”ining va ko‘zlar ostida qoramtir dog‘lar paydo bo‘lishining oldini oladi. Jimjima karamni mashhur qilgan ikkinchi ozuqaviy modda — temir. Ratsioningizda temir moddasining yetishmasligi rangparlikni keltirib chiqaradi, rangpar terida esa mayda tomirchalar ko‘proq chiqadi. Samarasini kuchaytirish uchun jimjima karamni xom holda emas, balki pishirib yeng.
Manba: “Wmj.ru” | 57 | 1,860 |
Ayollar | 2021-yilda urfga kiruvchi soch turmaklari (foto) | 2021-yilda libos, pardoz va soch turmaklarida yangiliklar yuz berishi tabiiy. Eng katta o‘zgarishga sabab bo‘luvchi soch turmaklarining qaysilari ko‘proq urfga qaytishini esa yulduzlar misolida ko‘rib chiqish mumkin.
Natali Portman
Bob-kare
Bob-kare sochlar bir necha yildan buyon asosiy tendensiyalar ro‘yxatiga kiradi. Ehtimol, ushbu soch turmagi qulayligi uchun ham hech qachon urfdan qolmas. Bob-kare har qanday soch turiga mos keladi. Tekis va to‘lqin soch tolasiga ega ayollar ushbu turmakdan unumli foydalanishi mumkin. Ushbu turmak yuz ovalini to‘g‘irlaydi, nuqsonlarni yashirishga yordam beradi. Ayniqsa, dumaloq yuzlilar uchun juda o‘rinlidir. Kalta va qulay soch turmagiga ishlov bergan holda bayram ziyofatlarida ham ishtirok etish mumkin.
Uzun sochlar
Uzun sochlar hech qachon modadan qolmasligi shubhasiz. Har qanday go‘zal xonimlar ham uzun sochlari bo‘lishini chin dilidan xohlaydi. Ayrimlar bu borada ulama sochlardan ham foydalanadi. Lekin sartaroshning tajribasi tufayli ularni sezish juda qiyin. Ma’lum bo‘lishicha, 2021-yilda uzun va silliq sochlar ko‘proq urfda bo‘ladi. Biroq bu kabi sochlarni ehtiyotkorlik bilan parvarish qilish talab etiladi. Maxsus niqoblar, oziqlantiruvchi vositalar va albatta, to‘g‘ri ovqatlanishni ham unutmaslik zarur.
Skarlett Yoxansson
Garson
Yangi yilda ro‘y beradigan o‘zgarishlar birinchi bo‘lib, soch turmagidan boshlanadi. Shuningdek, hayotda ham ko‘pchilik stressdan chiqishning eng yaxshi yo‘li sifatida soch turmaklarini o‘zgartiradi. Garson turmagi yoki boshqacha qilib aytganda, o‘g‘il bolalarning soch turmagiga o‘xshash sochlar o‘zgarishdan qo‘rqmaydigan, jasur va tajribalarga tayyor turadigan ayollar uchun ayni muddao. Garson turmagida boshning orqasidagi sochlar juda qisqa, yuqorida esa biroz uzunroq bo‘ladi. Garson turmagi yuzning xususiyatlarini hamda uzun bo‘yinni alohida ta’kidlaydi.
Jennifer Eniston
Kaskadli turmak
Katta o‘zgarishlarga duch kelmasdan tashqi ko‘rinishni yangilashning eng oson usuli — kaskadli turmakdir. Kaskad soch turmagida sochlarning uzunligi deyarli saqlanib qoladi va shunchaki ularga biroz ishlov beriladi. Kaskadning kamchiligi shundaki, uni hamisha tuzatib turish kerak. Shuningdek, bu turmak kundalik uslubga ko‘proq mos keladi. Ammo turmak ayolning yoshini ikki-uch yilga yoshroq ko‘rsatadi. Isbot uchun yildan yilga yosharib borayotgan Jennifer Enistonga qarash mumkin. | 48 | 2,378 |
Ayollar | Yangi 2021-yilda qanday bichimdagi ko‘ylak urfga kiradi? (foto) | 30-yillarda Kler Mak-Kardell sabab moda olamida paydo bo‘lgan, 70-yillarda Diana fon Fyustenberg yordamida qayta urfga kirgan zapax bichimli liboslar bugungi kunda ham dolzarbligini yo‘qotmagan. Dizaynerlar mazkur bichimda libos taqdim qilishdan, moda ixlosmandlari esa ularni kiyishdan charchagani yo‘q. Mazkur mavsumda moda olami yetakchilari eski modellar uchun yangilik kiritdi. Quyida ulardan ayrimlarining suratlari bilan bo‘lishamiz.
Zapax bichimli liboslar yozda ham dolzarb edi sovuq kunlarda esa modellar orasida xitligi yo‘qolganicha yo‘q. Zamonaviy ko‘rinishga ega, qulay bunday bichimli liboslar qomatga yanada chiroyli urg‘u beradi, mukammal “qum soati”dek ko‘rinishga ega bo‘lishga sababchi bo‘ladi. Bo‘yin qismining V ko‘rinishida ochiq ekani esa bo‘yni baland ko‘rsatadi.
Dizaynerlar fantaziyalariga erkinlik berdi va klassik mato o‘rniga boshqalardan foydalandi. Masalan, Dolce & Gabbana namoyishlarida ipak matosidan Issey Miyake’da lyon va Saint Laurent’da baxmal ishlatilganini ko‘rish mumkin. Bottega Veneta va Vince modalar uyi dizaynerlari esa trikotaj matodan tikilgan variantlar ham chakki emasligini isbotladi.
Iro va Ganni brendlari esa bu borada charm matosidan foydalanishni ma’qul bilgan. Charmdan tikilgan zapax bichimli libos bilan bir vaqtning o‘zida ham jiddiy ham latofatli ko‘rinishga ega bo‘lish mumkin.
Qolaversa, dizaynerlar kolleksiyalarida bunday kiyimni nima bilan moslash mumkin ekaniga ham urg‘u berib ketgan. Rag & Bone zapaxli libosni uzun charm etik bilan kiyilsa, Tory Burch esa uncha katta bo‘lmagan, zanjir bilan bezatilgan geometrik sumka bilan tutilsa qanday turishini ko‘rsatib bergan.
Issey Miyake va Amiri brendlari esa uni 90-yillar trendi ya’ni etaklari keng shimlar bilan, Bevza esa vodolazka bilan moslash mumkinligini ko‘rsatib bergan.
Siz ham moda ixlosmandlaridan ortda qolmaydiganlardan bo‘lsangiz, midi uzunligidagi qomatni chiroyli ko‘rsatadigan va shu bilan birga sovuqda oyoqlarni issiq tutadigan modellarga diqqatingizni qaratish tavsiya qilinadi.
Obrazingiz qiziqarli bo‘lishi uchun esa uzun etik, palto va vodolazka bilan umumlashtiring. | 63 | 2,115 |
Ayollar | Tashlab yuborishga shoshilmang: eski djinsi kiyimlardan uy uchun ajoyib buyumlar yasaymiz (foto) | Djinsi matosi ko‘p yillar davomida xizmat qilishi mumkin. Eskirgan djinsi kiyimlardan yana qanday maqsadda foydalanish mumkinligi bilan tanishib chiqing.
Bukrider uchun jild
Planshet uchun g‘ilof
Djinsi chokker
Bilaguzuk
Devor uchun bezak
Qulay idishchalar
Gardish
Kichik buyumlar uchun idish
Sumkalar
O‘yinchoq
Uy hayvonlari uchun o‘rindiq
Bezaklar
Qop
Salfetkalar | 96 | 381 |
Subsets and Splits
No saved queries yet
Save your SQL queries to embed, download, and access them later. Queries will appear here once saved.