folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Ayollar | To‘ladan kelgan ayollar oq kofta bilan o‘ziga xos obraz yaratishi uchun 4 tavsiya (foto) | Moda ixlosmandlari uchun eng sevimli bo‘lgan oq kofta garderobdagi eng muhim kiyimlardan hisoblanadi. U bilan istalgan uslubda kiyinish va ko‘ngildagidek ko‘rinishga ega bo‘lish mumkin.
Oqshom tadbiri
Kechki ziyofat va tadbirlarga kofta yoki libos kiyish kerak deb kim aytdi? Bu borada supermodel Keyt Mossdan ilhomlanib, oq kofta, qoplon printli ustki kiyim kiyishingiz mumkin. Qora yopishib turadigan shim, kazaki etigini moslash bilan esa obrazingiz yanada o‘ziga xos ko‘rinadi. Qora jinsi istalgan qomatni o‘ziga xos ko‘rsatib, uni bichimi keng kofta bilan kiyish qomatdagi kamchiliklarga urg‘u berilmasligiga sabab bo‘ladi.
Ko‘rgazmalar
Muzey va ko‘rgazmalarni yaxshi ko‘radiganlar uchun ham oq kofta eng yaxshi variant. Unga qora shim va zamsh matosidan tikilgan jilet hamda krossovka qo‘shish tavsiya qilinadi. Jiletning uzunligi hisobiga qomatdagi muammolar sezilmaydi, krossovkada esa harakatlanish oson va qulay bo‘ladi. Agar qulaylikdan ham ko‘ra chiroyli ko‘rinish sizni ko‘proq qiziqtirsa, unda poyabzalni poshnali tufliga almashtirsa ham bo‘ladi.
Uchrashuv
Uchrashuvlarga haddan ortiq ochiq bo‘lmagan, ammo shu bilan birga jozibali ko‘rinishga sabab bo‘ladigan kiyim-kechak kiygan yaxshi. Buning uchun jinsi matosidan tikilgan sarafan, oq kofta bilan botinka va o‘ziga xos paypoq kiyishingiz mumkin. Belni nozik ko‘rsatadigan kofta bilan har doimgidan ham dilbar va latofatli ko‘rinishga ega bo‘lasiz.
Ish bilan bog‘liq uchrashuvlar
Hamkor, sherik yoki ish bo‘yicha ahamiyatli kishi bilan uchrashuvda o‘ziga xos ko‘rinish hamda o‘ziga bo‘lgan ishonchning yuqori bo‘lishi muhim sanaladi. Bu borada oq uzun kofta sizga yaxshi yordam bera oladi. Uni qalam shaklini esga soladigan charm matodan tikilgan yubka, oversize pulover va bog‘ichlari bor uchli tufli bilan kiyish tavsiya qilinadi. Noodatiy sumka tutish orqali esa obraz yanada qiziqarli ko‘rinishga ega bo‘ladi. Obrazning afzalligi shundaki, qora rang qomatni ixcham ko‘rsatadi. Keng bichimli pulover esa bel va bo‘ksadagi kamchiliklarning ko‘zga tashlanmasligiga sabab bo‘ladi. Och jigarrang tufli esa bo‘yni baland, oyoqlarni esa uzun ko‘rsatadi. | 88 | 2,121 |
Ayollar | Baland poshnada to‘g‘ri yurish qoidalari: 7 maslahat | Modani sevuvchilar garderobini 1—2 juft baland poshnalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ularni ofisga yoki do‘stlar bilan uchrashuvga kiyasizmi, baland poshnalar har qanday libosning ko‘rkini oshiradi. Faqat bir holatda: agar siz ularda yurishni bilsangiz. Agar yurganingizda oyoqlaringiz qaltiray boshlasa, boshida baland poshnada yurishni o‘rganishingiz lozim. Bu nafaqat yurishingizni yaxshilaydi, balki sizni kutilayotgan jarohatlar xavfidan himoya qiladi.
Odatdagidan ko‘ra maydaroq qadam sizga yuqori poshnalarda muvozanatni ushlashda yordam beradi.
Oyoqqa turganingizda vazningizni avval tovonga, keyin esa oyoq uchiga tashlang. Agar siz butun oyog‘ingizda turishga urinsangiz, muvozanatni yo‘qotishingiz mumkin.
Oyoqni siqadigan yoki oyoqda o‘ynab turadigan tuflilar faqat yurishga emas balki, oyoq kaftiga, to‘piqqa, tizza va belga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ortopedlar poshnali tuflilarni uchi bilan bosh barmoq orasida bosh barmoq sig‘adigan masofa qoladigan qilib tanlashni tavsiya qilishadi. Shunda oyoqlaringiz barmoqlariga harakat qilish uchun joy qoladi.
Balerinalar yurishiga hech kim tenglasha olmaydi, bunga jiddiy sabablar bor. Sahnada qushday yengil yurish uchun ularga nafaqat g‘oyatda katta kuch va chidam, balki sirg‘anishga pand bermaydigan oyoq kiyimi ham talab qilinadi. Sirpanib ketmasligi va ularga g‘adir-budirlik berish uchun tufli tagcharmini jilvir qog‘ozi bilan ishqalang.
Baland poshnalarda yurganda, ayniqsa birinchi marta bo‘lsa, yaxshisi shoshilmang. Shoshilmasdan qadam tashlash muvozanatni saqlashga yordam beradi.
Agar har qadamda diqqatingizni qayerga va qanday oyoq bosishga qaratsangiz, u holda qoqilib ketishingiz hech gapmas. Baland poshnada yurishni avtomatik tarzga keltirish uchun sizga marom yordam beradi: aqlingizda sevgan musiqani chaling va o‘zingizni sahnadagi super-modellardek his qiling!
Do‘konlarda siz oyoq kaftlari uchun ko‘plab har xil pataklar topishingiz mumkin. Ortopedlarning ta’kidlashicha, bunday ko‘rinmas tayanchlar nafaqat baland poshnalar kiyishni qulaylashtiradi, balki jarohatlar olishni ham kamaytiradi.
Manba: “Zdorovie.com” | 52 | 2,103 |
Ayollar | Kir yuvish mashinasi ishdan chiqayotganini bildiruvchi belgilar | Ko‘pchilik uchun kir yuvish mashinasi uydagi eng muhim texnikalardan biridir. Bordiyu, u ishdan chiqqudek bo‘lsa, yumushlar yanada ko‘proq vaqt talab etishi tabiiy. Masalaning bunday tus olishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ushbu “yordamchi”ning oldindan berayotgan belgilariga e’tiborli bo‘lish kifoya.
Mashina baland ovoz bilan ishlasa
Agar baraban unga biror narsa bor kuchi bilan urilayotgandek ovoz chiqarsa, demak, texnikada nimadir nosoz ishlamoqda. Bu balki faqatgina barabanning o‘zi bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bu kabi vaziyatda mashinani zudlik bilan mutaxassisga ko‘rsatish zarur.
Mashina juda ko‘p yoki oz suv ishlatsa
Mashina ishlatilganidan so‘ng suv qolishi kerakmi? Yoki juda oz suv quyilgandek tuyiladimi? Aslida bu belgi yaxshi emas. Agar texnika dasturi ishlamay qolsa, ortiqcha suyuqlik barabanda to‘xtab qoladi, so‘ngra yoqimsiz hid chiqa boshlaydi. Yetarli suv bo‘lmaganida esa yuvish sifati pasayadi.
Kiyimlar yaxshi yuvilmasa
Agar mashina kiyimlarni yaxshi yuvmasa, darhol uni ustasiga ko‘rsatish zarur. Ushbu muammoni e’tiborsiz qoldirish, “yordamchi”dan butunlay ayrilib qolishga olib kelishi ham mumkin. Shuning uchun muammo kichkinaligidayoq bataraf etilgan yaxshi.
Komunnal to‘lovlar to‘satdan oshsa
Agar to‘lovlar ko‘payishining sababi texnika bo‘lsa, unda nimadir noto‘g‘ri ishlayapti. Buni vaqtida tuzatish va qimmatga tushmaslikning oldini olish zarur.
Mashinaga ortiqcha yuk yuklansa
Kir yuvish mashinasi ishlab chiqarilganda, unga yukning maksimal darajasi belgilanadi. Ushbu ko‘rsatkichga bee’tibor holda yuk miqdori oshirilsa, uskunaning ishlash muddati qisqarishi mumkin. So‘ngra bir necha yilga berilgan kafolatdan umid qilinmasa ham bo‘ladi.
Kir yuvish kukuni ko‘p ishlatilsa
Uskunaning vaqtidan oldin buzilishining yana bir keng tarqalgan sababi — bu juda ko‘p miqdorda kir yuvish kukunini ishlatishdir. Shunda kirlar yaxshiroq yuviladi, deyish noto‘g‘ri fikr. Ammo miqdorni oshirish jarayonga hech qanday ta’sir qilmaydi, shunchaki kir yuvish vaqtini o‘z-o‘zidan uzaytiradi.
Barabandan noxush hid kelsa
Kir yuvish mashinalarida mog‘or va noxush hid kelish ko‘p hollarda kuzatiladi. Noxush hid paydo bo‘lishining oldini olish uchun mashina quritilishi va ishlatilganidan so‘ng eshigi ochiq holda saqlanishi kerak. Shuningdek, oyiga bir marotaba issiq va xlorli suv bilan tozalash tavsiya etiladi. Agar barchasi aytilganidek bajarilganda ham yoqimsiz hid tark etmasa, u holda texnika ustalariga murojaat qilgan ma’qul.
Mashina uzoq yillar ishlagan bo‘lsa
Hech qanday narsa abadiy emas, shuningdek, maishiy texnika ham. Ko‘pgina kir yuvish mashinalari uzluksiz 8—11 yil ishlashga qodir. Ammo qurilma eskirgan bo‘lsa, u bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ladi. Eskirgan uskunlarni ta’mirlash yaxshimi yoki uning puliga yangisini sotib olish haqida ham o‘ylab ko‘rish kerak. | 63 | 2,812 |
Ayollar | Kiyinish bo‘yicha 3 tavsiya: semizlikni yashiruvchi liboslar (foto) | Ortiqcha vazn hamisha dolzarb muammo bo‘lgan. Hatto sarvqomat nozik jins vakillari ham ayrim vaqtda qorin va bel qismida yig‘ilgan yog‘lardan shikoyat qilishi mumkin. Qadni tik tutib yurish osilgan qorinni bilinmasligiga yordam beradi. Qolaversa, to‘g‘ri tanlov qilib, qoidalarga amal qilinsa, kiyim bilan ham qomatdagi kamchilik va qorinning osilgan qismini yashirish mumkin. Bu borada yordam beradigan maslahatlar bilan bo‘lishamiz.
Trapetsiya bichimli ko‘ylak tanlang
Qomatga yopishib turmaydigan va oldi ochiq bo‘lmagan modelga e’tibor qarating. Ozg‘in, ammo qorni bilinib turadiganlarga old qismi ochiq bo‘lgan ko‘ylak tanlash tavsiya qilinmaydi. Chunki bu kamchilikka yanada urg‘u beradi. Etaklari biroz keng bo‘lgan trapetsiya bichimli libos bu borada sizga yordam bera olishi mumkin.
Noodatiy kiyinishni yoqtiradiganlar mazkur bichimli libosning 20—30-yillarga xos bo‘lgan popukli va burmali ko‘rinishdagisini tanlasa ham bo‘ladi.
Tananing qorin sohasiga e’tibor qaratadigan libos tanlamang
Qorinni shim yoki yubka kamari bilan kichikroq ko‘rsataman, deb o‘ylasangiz yanglishasiz. Chunki kamarning usti, tagidan qorinning boshqa qismlari bilinib qolib qaytanga xunuk ko‘rsatib qo‘yishi mumkin. Yubka yoki shim qorinni butkul yopib turishi, uning yarmidan bo‘lib ko‘rsatib qo‘ymasligi kerak. Yaxshisi kamar yoki belbog‘ni belning eng ingichka joyiga taqing.
Agar yubkani jilet yoki kardigansiz kiyilsa, kengroq turadiganini tanlash kerak. Ammo bu to‘g‘ri bichimli yubka kiymaslikni bildirmaydi. Shunchaki iloji boricha ularni jilet, jaket va kardigan bilan moslab kiygan yaxshi. Shunda qoringa ortiqcha urg‘u berilmaydi va kamchilik ko‘zga tashlanmaydi.
Ustki kiyimni to‘g‘ri qadash kerak
Ustki kiyimingiz tugmasini qorinning chiqqan qismi yopilganidan keyingi joyidan qadang. Tepasidan qadab qo‘ysangiz, qorin chiqqandek ko‘rinib, e’tibor tortadi.
Shim va jinsi tanlayotganda ham ehtiyotkor bo‘lish, old qismi qorinni yanada katta ko‘rsatib qo‘ymasligi uchun kiyib ko‘rib keyin xarid qilish. Ustki kiyim tanlaganda esa kengroq turadigani va yopishmaydiganiga e’tibor qaratish tavsiya qilinadi. | 67 | 2,106 |
Ayollar | Yozgi ta’til uchun ayni muddao bo‘lgan manikyur namunalari (foto) | Odatda sodda hamda jiddiy manikyurlar yoz faslidan boshqa vaqtlarda tavsiya etiladi. Ammo yozgi ta’tilda ko‘tarinki kayfiyat ulashuvchi quvnoq, yorqin, rang-barang, turfa xil liboslarga monand va atrofdagilar e’tiborini tortadigan manikyur namunalari har bir ayol uchun juda mos keladi. AdMe nashri bugun issiq mavsum uchun ayni muddao bo‘lgan manikyur g‘oyalari bilan bo‘lishdi.
Homiladorlikda manikyur va pedikyur qilish xavflimi? | 65 | 449 |
Ayollar | Qimmatbaho taqinchoqlar sotib olishda qalbakisiga yo‘liqmaslik uchun nima qilish kerak? | Yaxshisi, qimmatbaho taqinchoqlarni sotib olishda ekspertlarga ko‘rsatganingiz ma’qul.
Agar buning ilojini topa olmasangiz quyidagi qoidalarga amal qilishni tavsiya qilamiz:
- do‘kondagi iste’molchilar huquqlari va sotuvchilarning burchlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yaxshilab o‘rganib chiqing;
- buyumning yorlig‘i va bahoko‘rsatkichiga diqqat bilan qarang;
- sotuvchidan qimmatbaho ziynatning sifati va ishlanishi to‘g‘risidagi ikir-chikirlarigacha so‘rab oling;
- eng asosiysi – qimmatbaho ziynatning muhim belgilari ko‘rsatilgan buyum pattasini talab qilib oling. Bu patta sizga taqinchoqning qalbakiligi aniqlangan hollarda kerak bo‘ladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘pincha qimmatbaho toshlar va tilla taqinchoqlar sotilishi to‘g‘risida e’lonlar uchraydi. Qalbaki taqinchoqlarga yo‘liqish xavfi katta bo‘lganligi uchun bunday tarzda xarid qilishni tavsiya etmaymiz. | 87 | 869 |
Ayollar | Dunyo aholisi karantinda qay tarzda vaqtichog‘lik qilmoqda? (videolar) | Karantinda zerikib qolmaslik uchun vaqtni qanday o‘tkazish kerak? Bugungi kunda ushbu savol barcha uchun birdek ahamiyatli. Uyda karantin paytida seriallar ko‘rish mumkin, kitob o‘qish mumkin, biroq vaqtni bundan ham qiziqarli o‘tkazish usullari bor. Meduza shu haqda material tayyorladi.
3-kun
Barcha oila a’zolari bilan musiqiy chiqish tayyorlash
Day 3 in quarantine ?♂ pic.twitter.com/CH3XFxeYpO
— Timmy Trumpet (@TimmyTrumpet) March 21, 2020
4-kun
Pixar kompaniyasi logotipini aks ettirish
Day 4 of quarantine pic.twitter.com/t9DxoSz2e6
— jessi-sama✨ (@darthmewwww) March 17, 2020
5-kun
Pivo idishlari hamrohligida opera tinglash
6-kun
Mushuklarga koronavirus haqida ma’ruza o‘qish
day 6 of quarantine: my dad gave a talk to the cats about covid-19 ???????? pic.twitter.com/mLdFXzcE2P
— sofia !! (@sofiarudyy) March 21, 2020
Maxluqqa aylanib, hamma mashinalarni yeb qo‘yish
Quarantine day 6. pic.twitter.com/er652Oy3Ki
— jamie (@gnuman1979) March 16, 2020
7-kun
Telebarbekyu tashkillashtirish
[twitter_video link="https://twitter.com/cctv_idiots/status/1241824336958361601"]
Hojatxona qog‘ozi bilan uyni bezatish
карантин. день 6 pic.twitter.com/4FbWyqW9FG
— Митя Достоевский (@D0CT0EBCKNN) March 20, 2020
8-kun
Qo‘lni maxsus effektlar yordamida yuvishga o‘rganish
Day 8 in quarantine: I’ve been practicing my hand washing techniques and unlocked the rasengan pic.twitter.com/ZzSftZGfbA
— anime posts (@weebplug) March 22, 2020
9-kun
Itga elektron musiqa yozishni o‘rgatish
Xayolan sayohatga chiqish
[twitter_video link="https://twitter.com/LaUnicaDebi/status/1242228340112711680"]
11-kun
Xayolan yaratilgan to‘siqdan o‘tish
Day 11th of quarantine pic.twitter.com/VRhc876ufk
— viral posts (@BestViralPosts) March 22, 2020
Robot bilan ichimlik ichish
Day 11 of quarantine: pic.twitter.com/1XozB6kcDq
— Hackster.io (@Hacksterio) March 23, 2020
Ikki kishi bo‘lib otni tasvirlash
Quarantine day 11: https://t.co/eKsR0tureq
— Rex Chapman?? (@RexChapman) March 22, 2020
16-kun
Itga yana nimanidir o‘rgatish!
Stakanlar yordamida musiqa yaratish
Day ??? of quarantine #GravityFalls pic.twitter.com/X1QIaBR7Yl
— Alex Hirsch (@_AlexHirsch) March 21, 2020
O‘zingizni hamkasblar bilan suhbatlashayotgandek tutish
Симулятор коллеги. Во время изоляции многие работают из дома. Проблема в том, что дома нет живого общения, которое и создаёт задорную рабочую атмосферу. Эта симуляция создана, чтобы облегчить переход к домашнему офису. Для эффекта рекомендуется ставить на репит с 10.00 до 19.00. pic.twitter.com/3idAhwCrhZ
— Александр Доброкотов (@dobrokotov) March 19, 2020
карантин день 6 @dobrokotov pic.twitter.com/z8aD08gtSd
— Maxiм (@maximkuzlin) March 20, 2020
Eslatib o‘tamiz, 24-mart, seshanba kuni, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 50 nafarga yetdi.
Rezonans: Koronavirus O‘zbekistonda? Uni qachon yengamiz?
Eslatib o‘tamiz, 24-martdan O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib joriy etildi, dehqon bozorlaridan tashqari barcha bozorlarning faoliyati to‘xtatildi. | 70 | 3,016 |
Ayollar | Foto: Izolyatsiyadagi Gollivud yulduzlarining makiyajsiz ko‘rinishi | Pandemiya vaqtida izolyatsiya qilish muhimligini ta’kidlab, o‘zi ham shunga amal qilayotgan mashhurlar ijtimoiy tarmoqlarda yanada faollashgan. Yulduzlar muntazam ravishda oila davrasida, farzandlari va uy hayvonlari bilan birga, jasoratlilari esa makiyajsiz suratlari bilan ham bo‘lishmoqda. Doim yasangan, bo‘yangan va bashang ko‘rinishda bo‘lgan mashhur aktrisalarning muxlislari pandemiya sabab kumirlarining asl yuzini ko‘rishga muvaffaq bo‘lmoqda. Quyida ana shunday suratlarga nazar tashlaymiz.
Suratlardan Juliya Roberts va Salma Xayek go‘zalligiga o‘tgan yillar ta’sir qilmagani, boshqa yulduzlar ham bo‘yanmasalar-da, ko‘rinishi chakki emasligini bilish mumkin.
Juliya Roberts
View this post on Instagram
Salma Xayek
View this post on Instagram
Sindi Krouford
View this post on Instagram
Selena Gomes
View this post on Instagram
Keyt Bosuort
Sharliz Teron
View this post on Instagram | 67 | 966 |
Ayollar | Choyli paketchalarni nima qilish mumkin? Takror foydalanishning 6 usuli | Paketchalardagi choyni biz qulayligi va vaqtni tejashi uchun qadrlaymiz. Va biz ularning vazifasi faqat choyning asosi bo‘lib xizmat qilishdan iborat deb o‘ylaymiz. Lekin ma’lum bo‘lishicha, choyli paketchalar faqat birgina foydali ishni bajarmas ekan.
Tez pishmaydigan qattiq go‘shtni unchalik achchiq bo‘lmagan choydan qilingan va suv yoki vino qo‘shilgan marinad qutqarib qoladi. Mahsulotni bir necha soat davomida marinadlashga qo‘ying. Choy go‘shtni yumshatadi, unga mazali ta’m va xushbo‘y hid bag‘ishlaydi.
Shampun bilan yuvganingizdan keyin sochlaringizni choyning suyuq eritmasi bilan chaying. Bu sochlarni namlaydi va oziqlantiradi, shuningdek ularning o‘sishini tezlashtiradi.
Sichqonlar, o‘rgimchaklar va boshqa hasharotlar choy hidini yoqtirishmaydi. Ishlatilgan choyli paketchalarni ular yashaydigan joylarga qo‘yib chiqsangiz, zararkunandalar uyni tark etadi.
Ko‘k yoki yalpiz choyning suyuq eritmasi og‘izdan keluvchi hidni oson ketkazadi. Shuningdek u og‘iz ichidagi yarani tuzatishga yordam beradi va tish olingan joydagi qon oqishni to‘xtatadi.
Ishlatilgan paketchalarni issiq suvga tashlang va uning ichiga yuvilmagan idishlarni solib ivitib qo‘ying. Tuni bilan taninlar hamma yog‘larni eritadi. Ertasi kuni siz yuvish vositasining yordamisiz ham idishlarni bemalol yuvib olishingiz mumkin.
Ishlatilgan choyli paketchalarni soviting va ko‘zlaringiz ustiga qo‘ying. Choydagi kofein qora dog‘larni va shishlarni kamaytiradi, antioksidantlar esa qonning yaxshi aylanishini ta’minlaydi.
Manba: “Weekend.rambler.ru” | 71 | 1,531 |
Ayollar | Makiyaj yordamida ko‘zlarni kattalashtirish bo‘yicha yo‘riqnoma (foto) | Shahlo ko‘zlar va jozibali nigohlar barcha ayol-qizlarning orzusi. Cosmopolitan nashri tabiatan ko‘zlari kichik bo‘lgan nozik jins vakillari uchun makiyaj orqali qanday qilib ko‘zlarni kattaroq ko‘rsatish mumkinligi bo‘yicha yo‘riqnoma bilan bo‘lishdi.
Moviy ko‘zlar uchun
Suratdagi modelning moviy ko‘zlarini kattaroq ko‘rinishi uchun vizajistlar, pushti va jigarrang tendan foydalangan. Ushbu tenlar och rang ko‘zlarni biroz yashil bo‘lib ko‘rinishiga sababchi bo‘lgan. Shuningdek, ulama kiprik bordek ko‘rsatadigan ikki qavat qilib surtilgan tush, ko‘zni yanada kattalashtirgan.
Yashil ko‘zlar uchun
Yashil ko‘zlarni kattalashtirish uchun kumush va tillarang tenlarni butun qovoqqa uyg‘un qilib surtish, nigohlar jozibadorligini oshirish uchun esa ichki qovoqqa och qaymoqrang kayak (ko‘z qalami) surtish tavsiya qilinadi.
Jigarrang ko‘zlar uchun
Jigarrang ko‘zlarni katta ko‘rinishi uchun yorqin bo‘lmagan yashil ten surtilib, kipriklar alohida-alohida qayrilib turishi uchun tushdan foydalanilgan.
Kulrang ko‘zlar uchun
Kulrang ko‘z egalariga shaftoli va och jigarrang ranglar yarashadi. Model ko‘zlariga urg‘u berish uchun shaftoli rang tendan asos sifatida foydalanib, tashqi qovoq burchagi jigarrang ten bilan bo‘yalgan. Yanada effektli ko‘rinishi uchun kiprik ildizidan tashqi tarafga yo‘naltirib tush surtilgan.
Och jigarrang ko‘zlar uchun
Makiyajdan avval ko‘zlar dumaloq va katta ko‘rinishi uchun kipriklar, kiprik qayirgich yordamida qayrilgan. Feruza rangli ten yordamida esa ko‘z rangiga urg‘u berilib, nigohlar yanada sirli ko‘rinishiga erishilgan. | 70 | 1,569 |
Ayollar | G‘amxo‘r ota-ona hech qachon xarid qilmaydigan, hatto tekin bo‘lsa ham olmaydigan bolalar buyumlari | Do‘kon peshtaxtalarida bolalar mahsulotlarini ko‘rganimizda, albatta, ularning barchasi xavfsizlik bo‘yicha sinovdan o‘tgan, mas’uliyat bilan ishlab chiqilgan va bolalarni hisobga olgan holda yaratilganiga ishonishni istaymiz. Biroq amaliyot shuni ko‘rsatadiki, xavf yo‘qligiga to‘liq ishonch hosil qilish uchun ehtiyot bo‘lish va yaxshilab o‘ylab keyin xarid qilgan ma’qul.
Harakatlanuvchi o‘yinchoqlar
Har xil turdagi tebranuvchi o‘yinchoqlar hammaga tanish, ammo bu ularning bola uchun haqiqatan ham xavfsiz ekanligini anglatmaydi. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, bunday o‘yinchoqlar aslida bola shikastlanish nuqtayi nazaridan ham, tananing bir qismini o‘yinchoq bilan urib olish nuqtayi nazaridan ham xavfli bo‘lishi mumkin.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun belanchak
Bunday qurilma odatda bola uyg‘oq va nazorat ostida bo‘lganida mos keladi, ammo bolani tebranadigan narsada uxlatish tavsiya etilmaydi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, chaqaloq qattiq, tekis yuzada, yumshoq to‘shaksiz joyda uxlashi kerak. Bunday belanchak xavfsiz uyqu uchun belgilangan mezonlarga javob bermaydi, ya’ni bu maqsadda foydalanish jiddiy xavflarni keltirib chiqaradi.
Suv to‘kilmaydigan stakan
Bunday stakanlar, albatta, tozalik jihatdan juda qulaydir, chunki ma’lum bir yoshga to‘lgunga qadar kichik bolalarga stakan berilmaydi. Ammo afsuski, ayni paytda ular mog‘or o‘sishi uchun mukammal joy.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun moy
Gap shundaki, bunday davrda bolalar har qanday allergenlarga juda sezgir bo‘lib, yog‘ esa xushbo‘y moddalarga ega. Shuning uchun yog‘dan foydalanish zarurati bo‘lsa, unda xushbo‘y moddalar bo‘lmagan variantlarga ustunlik bergan ma’qul.
Bolalar arg‘imchoqlari
Sakraydigan arg‘imchoqlar faol bolalarning ota-onalari uchun najotdir. Ammo bola qo‘yilgan mato o‘rindig‘i tos suyagi uchun nomukammal holat va oyoq mushaklariga qo‘shimcha stress yaratadi.
Shuning uchun fizioterapevtlar jamperlardan foydalanmaslikni va kuniga atigi 10-15 daqiqa bilan cheklanishni tavsiya qiladi.
Bir yelkali sling
Sling bolani ko‘tarish uchun ajoyib yechim bo‘lib, uni o‘zingizga yaqin tutish, suhbatlashish, uxlatish va shu bilan birga ishingiz bilan shug‘ullanish imkonini beradi. Biroq bir yelkali C shaklidagi slinglarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish kerak, chunki ularda bolaning holati unchalik qulay bo‘lmasligi mumkin — uning yuzini tanaga bosishni va nafas olishni qiyinlashtiradi.
Vinil o‘yinchoqlar
Cho‘milishni yanada qiziqarli qiladigan vinil o‘yinchoqlarni deyarli har bir do‘konda topish mumkin. Biroq o‘yinchoqlarning bolalar uchun yaratilgani ularning barchasi haqiqiy xavfsizlik standartlariga javob berishini anglatmaydi.
Xususan, vinil o‘yinchoqlar juda zaharli materialdan tayyorlanadi. Bundan tashqari, yuqori namlik tufayli ularda ko‘pincha mog‘or ko‘payadigan qulay joydir.
Tish uchun o‘yinchoqlar
Tish chiqish davri chaqaloqlar uchun ham, ularning ota-onalari uchun ham qiyin va og‘riqli davr. Albatta, bunday vaziyatda bolaning injiqligini har qanday vosita bilan yengillashtirmoqchi bo‘lasiz va unga tishiga ishqalaydigan o‘yinchoqlarni berasiz. Biroq ko‘pincha bu buyumlar yasalgan material zarrali bo‘ladi: masalan, u endokrin tizimga ta’sir qiluvchi parabenlarni o‘z ichiga olishi mumkin.
Plastmassa yoki kauchuk parchalanib, yutib yuborishi mumkin degan fikr ham o‘rinli. Xavfsizroq variant — bolangizga sovuq qoshiq berish yoki tishlarini ishqalashdir.
Buster stulcha
Ushbu stullarni baland joylarga qo‘yish tavsiya etilmaydi, chunki undan yiqilish xavfi juda katta. Bundan tashqari, fizioterapevtlar bunday stulda uzoq vaqt o‘tirishning umurtqa pog‘onasi va asosiy mushaklarning rivojlanishi uchun salbiy oqibatlarga olib kelishidan ogohlantiradi. | 99 | 3,697 |
Ayollar | Uyni tozalashda vaqtni tejashga yordam beradigan 9 ta layfxak | Tozalashni osonlashtirishda vaqt va kuch sarflamaslik uchun oldindan bajarish kerak bo‘lgan bir nechta narsa bor. “Domashniy ochag” nashri ana shunday paytda asqatadigan bir nechta layfxak bilan bo‘lishdi.
Quvur tiqilishi
Hammom va oshxonada tiqilib qolgan quvurlar doimiy muammo bo‘lib qolmasligi uchun ¼ stakan nashatir spirti bir litr qaynoq suv bilan aralashtiriladi. Bunday yechim tiqilib qolishning oldini oladi, chunki u quvurlarning ichki tomonida to‘plangan yog‘ni eritadi va tozalaydi. Ushbu jarayonni muammo paydo bo‘lmasligi uchun bir necha oyda bir marta o‘tkazish tavsiya etiladi.
Hammom devori va oynadagi dog‘lar
Hammom devorlarida, oynada sovun va suv dog‘larini tozalashdan charchagan bo‘lsangiz, avtomobil oynasini tozalash vositasidan foydalaning. U tashqi va ichki yuzalardagi dog‘larni ham olib tashlaydi va hech qanday iz qoldirmaydi. Do‘konlarda ko‘plab oyna tozalagichlarni topish mumkin. Ular bilan yuzani artib, sovun dog‘laridan qutulish mumkin.
Muzlatkichdagi hid
Chiqindilarni tashlashdan oldin muzlatkichga ham qarash lozim: agar eski yoki muddati o‘tgan mahsulotlar bo‘lsa, ularni hech ikkilanmasdan tashlash lozim. Shunda muzlatkich oqimsiz hiddan xalos bo‘ladi.
Dazmollash
Kirlarni keyingi safar dazmollaganda, tarkibida silikon va kraxmal bo‘lgan dazmollash vositasidan foydalaning: suyuqlik matoga sepiladi va g‘ijimlar qo‘l bilan tekislanadi. Bunday jarayondan so‘ng, o‘ta qattiq g‘ijimlarni ham dazmollash sezilarli darajada oson va tezroq bo‘ladi. Agar kiyim juda quruq bo‘lsa, uni hammomga bir necha daqiqa osib, issiq suvni yoqib qo‘yish lozim. Bug‘ bilan to‘lgan xonada 20 daqiqa osilgan kiyimni dazmollashga hojat qolmaydi yoki ish biroz yengillashadi.
Taom tayyorlash
Go‘shtni yoki sabzavotlarni qovurayotganda gaz ustiga yog‘ sachramasligi uchun oddiy usuldan foydalaning: gazning bo‘sh qismlarini qozon qopqog‘i bilan yopiladi. Taom tayyor bo‘lgandan keyin gazni uzoq vaqt davomida tozalash shart emas, shunchaki idishlarni yuvish mashinasiga qopqoqlarni qo‘yish kifoya.
Kafel
Uyda shunday qoida o‘rnatilishi kerak: dushda oxirgi marta yuvingan kishi hammomdagi kafellarni artib qo‘yishi lozim. Agar avtomobil oynasini tozalaydigan rezina qoplamali vositadan foydalanilsa, ish yanada osonlashadi. Bu keyinchalik kafellar soatlab tozalashdan qutqaradi, ularda sovun dog‘lari haftalar, ba’zan esa oylar davomida to‘planib ketmaydi.
Yopishqoq dog‘lar
Keyingi safar shisha idishli zaytun moyi, asal, murabbo yoki siropni ochganda, uni qog‘oz sochiq bilan o‘rab, rezina tasma bilan mahkamlash tavsiya etiladi. Bu ish bir daqiqa vaqt oladi, lekin natijada stol ustidagi tomchilardan qutulish va shkafdagi tozalikni saqlab qolishga yordam beradi.
Pech
Kichkina shisha idishga sof nashatir spirt quyib, sovutilgan pechga qo‘yiladi. Pech yopiladi va bir necha soatga qoldiriladi. Ertasi kuni ertalab nam gubka bilan pechning yuzasidan har qanday kirlarni osongina artib olish mumkin. | 61 | 2,922 |
Ayollar | Chizg‘ich, “shpatel” va oshxonada ishlatsa bo‘ladigan boshqa buyumlar | Siz xayolingizga ham keltirmagan buyumlar oshxonada ham asqatishi mumkin.
Bo‘yoqchilikda ishlatiladigan lenta
Bo‘yoqchilikda ishlatiladigan lentaning bir parchasidan uyda yopilgan bankalarni belgilab qo‘yish uchun foydalansa bo‘ladi. Yuvilganda ham o‘chib ketmasdan, uzoq vaqt xizmat qiladi.
Tish tozalashda foydalaniladigan ip
Tekis tutiladigan bo‘lsa, bunday ip bilan nafaqat biskvit, balki qattiq pishloqni ham kessa bo‘ladi. Faqat ipni hidsizidan foydalaning, yalpiz ta’mi yoki hidi mahsulot mazasining o‘zgarishiga ta’sir qilishi mumkin.
Cho‘tka
Shirinlik yoki tort pishirayotgan vaqtingiz uydan qandolatchilik maqsadida ishlatiladigan silikonli cho‘tka topa olmasangiz, uning o‘rniga bo‘yoqchilikda ishlatiladigan, ammo yangi bo‘lgan cho‘tkadan foydalanishingiz mumkin. Bunday cho‘tkadan, shuningdek, quymoq pishirish uchun tovaga sariyog‘ surtishda ham foydalansa bo‘ladi.
Chizg‘ich
Oddiy chizg‘ichdan bulochka, pechenye va boshqa qandolat mahsulotlarini o‘lchashda foydalanish mumkin. Qolaversa, chizg‘ichning o‘tkir tomoni bilan xamirni tez va oson bo‘laklarga bo‘lishingiz mumkin.
O‘quv qurollari uchun kanselyariya
Oshxonadagi shkaf polkasiga metall setkadan ishlangan organayzerlarni qo‘yib, unda keks qoliplari, qandolat qog‘ozi va boshqa mayda oshxona jihozlarini saqlashingiz mumkin.
“Shpatel”
“Shpatel” yordamida pishiriqni tovadan olish, ikkinchi tarafini o‘girish mumkin. Qolaversa, idishlar yuzasidagi kirlarni qirib tozalasa ham bo‘ladi.
Suzishda foydalaniladigan ko‘zoynak
Piyozni po‘stlog‘idan, qalampirni urug‘idan tozalaganda ko‘zlaringiz yoshlanmasligi uchun suzishda foydalaniladigan ko‘zoynak taqish tavsiya qilinadi.
Bolg‘acha
Anorni ikki bo‘lakka bo‘ling va bolg‘acha yordamida orqasidan sekin-asta uring, donachalari oson ajraladi.
Piska
Piska yordamida bankadagi yorliqni olib tashlash, baliqni tangachalaridan tozalash yoki sarimsoqni yupqa qilib kesish mumkin. | 69 | 1,894 |
Ayollar | Ustki kiyim bilan obraz yaratishda ko‘pchilik yo‘l qo‘yadigan 8 ta xato | Pidjak, paltolar va boshqa ustki kiyimlarni tanlashda ehtiyot bo‘lish kerak: ustki kiyim — bu garderobning eng muhim elementlaridan biridir. Marie Claire nashri ayollar ko‘pincha yo‘l qo‘yadigan xatolar haqda so‘z yuritdi.
Ustki kiyim garderobdagi eng qimmat buyumlardan biridir. Shuning uchun bu narsa bir mavsumdan ko‘proq vaqt davomida xizmat qilishi kerak. Buning uchun esa, avvalo, kiyimni qanday tanlashni bilish kerak, eng muhimi, uslubni buzadigan xatolardan qanday qochish kerak.
Agar palto, plash, kardigan va shunga o‘xshash uzun ustki kiyimlar tanlash kerak bo‘lsa, ularni imkon qadar boldir qismiga tushadiganini olish tavsiya etiladi. Bunday uzunlikdagi ustki kiyimlar yubka, ko‘ylak, shim yoki boshqa kombinatsiya bilan ham ajoyib ko‘rinishni hosil qiladi.
Ustki kiyim tanlashda rang alohida ahamiyatga ega. Keyingi mavsumda qanday rang urfda bo‘lishi mavhum masala. Shuning uchun ularni neytral rangda bo‘lishi maqsadga muvofiq. Oq, qora, qaymoq rang, kulrang, jigarrang yoki to‘q ko‘k kabi qalin ustki kiyimlar uzoq muddat davomida ko‘zga tashlanmaydi.
Keng yoqalar, burmali bezaklar va turli xil bichimdagi ustki kiyimlarga ham kamroq ustunlik berish kerak. Chunki mavsum mobaynida turli xil uslublar urfga kiradi. Klassik uslublar esa hamisha tendensiyaga muvofiq ravishda o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi. Mutaxassislar bu masalada ko‘proq oddiy bichimdagi klassik ustki kiyimlarni tavsiya etadi.
Ustki kiyimlardan joy olgan yirik tugma, zamok yoki belbog‘ ham obrazga putur yetkazishi mumkin. Sababi ular libosning qiymatini tushiradi. Yaxshisi, ustki kiyim tanlaganda qo‘shimcha detallari bo‘lmagan modellarni tanlash obrazni yanada boyitadi.
Ustki kiyim naqshlarini ham bu borada e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi. Sababi ko‘ylak yoki yubka naqshli bo‘lsa, ustki kiyimlar ulardan xoli bo‘lgani ma’qul. Obraz yaratishda barcha kiyimning naqshlisiga ustunlik berish bachkanalikni keltirib chiqaradi.
Shuningdek, palto yoki boshqa ustki kiyimlar imkon qadar tabiiy matodan tikilgan bo‘lishi lozim. Chunki ular qishda issiq tutadi. Sintetika, charm yoki boshqa turdagilari shunchaki chiroyli ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin xolos.
Uzoq muddat urfda bo‘lgan kurtkalar bir-ikki mavsumdan keyin o‘z ko‘rinishini yo‘qota boshlaydi. Shuning uchun ichki qismi pat yoki par bilan to‘ldirilgan qishki kiyimlardan qochish kerak. Bu kabi kurtkalarni tanlashda tabiiy vositalardan tayyorlangan kiyimlar uzoq vaqt xizmat qiladi. | 71 | 2,434 |
Ayollar | Didli ayollar ma’qul ko‘radigan, hech qachon urfdan qolmaydigan sumkalar (foto) | Obrazning qanday bo‘lishida muhim rol o‘ynaydigan sumkalar kishining kayfiyatiga ta’sir qilishi mumkinligidan tashqari, uni tutgan ayolning qanchalik didli yoki didsiz ekanidan darak beradi.
Rang
Narsa yoki aksessuarning qimmat yoki arzon ko‘rinishi uning rangiga bog‘liq bo‘ladi. Didli, narsa tanlashni biladigan ayol yoki qiz garderobida to‘q qizil, qaymoq rang va ko‘k rangdagi sumkalarni uchratish mumkin. Mazkur rangdagi sumka modellari istalgan obrazni betakror ko‘rsatishi va uning qiziqarli bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Minimal dizayn
Arzon ko‘rinishni istamasangiz, ortiqcha bezaklarsiz, minimal uslubdagi sumkalarga e’tibor qarating. Bunday aksessuar obrazni o‘ziga xos ko‘rsatadi. Mazkur mavsumda murakkab geometrik shakldagi noodatiy sumkalar trendda. Ular alohida uchrashuv va tadbirga kiyiladigan liboslarga moslash uchun ayni muddao.
Timsoh terisidan tikilgan sumkalar
Odmi va sipo obrazni boshqalardan ajralib turishini istaydiganlarga timsoh terisidan tikilgan sumka tutish tavsiya qilinadi. Buning uchun qimmat variantlarga e’tibor qaratishga hojat yo‘q. Ko‘rinishi xuddi shunday, ammo sun’iy charmdan ishlangan modellar ham yaxshi alternativ bo‘la oladi. Laklangan to‘q qizil, jigarrang va zumrad rangli sumkalar sizni yanada didli ko‘rinishingizga hissa qo‘shadi.
Qattiq karkas
Yumshoq charmdan ishlangan taqdirda ham qimmat sumkalar hamisha yaxshi ko‘rinishda bo‘ladi. Viqorli xonimlar singari ko‘rinishni istovchilarga qattiq sumkalarga e’tibor qaratish maslahat beriladi. Bunday aksessuar modellari ko‘p tutilgan taqdirda ham geometrik chiziqlarini yo‘qotmaydi. Bazaviy jinsi va oq ko‘ylakdan iborat oddiy obrazga uchburchak shaklli sumka o‘ziga xoslik baxsh etadi.
Och rangli modellar
Go‘zal va noodatiy uslubga ega bo‘lishga hissa qo‘shgani bilan bunday modeldagi sumkani hamma qizlar ham tutavermaydi. Ammo shunga qaramay och sumka istalgan obrazga yorqinlik baxsh etadi. | 79 | 1,907 |
Ayollar | Qizingizga aytish tavsiya qilinmaydigan jumlalar | Ota-onalar quyidagi jumlalarni qiz farzandlarga o‘zlari bilmagan holda ko‘p bor takrorlaydilar. Bu esa uning ruhiyati, shaxs bo‘lib shakllanishi va hayotda o‘rnini topishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Bo‘lajak uy bekasisan
Qizingiz kelajakda uy bekasi emas, iqtisodchi yoki muhandis bo‘lsa-chi? Farzandingizga uy ishlarini kelajagi yoki taqdiri bo‘lgani uchun emas, toza va saranjom uyda yashash, mazali taom yeyish yoqimli ekanidan bajarish kerakligini o‘rgating.
Yon ber, sen qiz bolasan
Qizingiz qiz bola bo‘lgani uchungina o‘z xohish va qiziqishlariga qarshi borishi shart emas. Kimgadir past yoki baland ketish, yon berish yoki ko‘nishni uning o‘zi vaziyatga qarab hal qilishi kerak. Albatta, murosa qilish yaxshi, lekin o‘zini himoya qila olish, xafa qildirib qo‘ymaslik va yo‘q deya olishni ham bilish kerak. Yaxshisi, farzandingizga masalaning mohiyatini tushunish kerakligi va muzokara qilishni o‘rgating.
Muloyim bo‘l
Qizingiz eng avvalo inson, insonlar esa bir xil emas, ularning tuyg‘ulari, vaziyatga qarab reaksiyalari bo‘lishi tabiiy. Qarshisidagi inson nohaq ovozini ko‘targanda ham qiz bola bo‘lgani uchungina indamay ichiga yutishi va munosabat bildirmasligi kerak emas. Barcha inson ba’zida jahl qilishi, agressiv bo‘lishi, yig‘lashi va energiyasi kamayganini his qilishi mumkin. Unga qanday vaziyat bo‘lmasin aql bilan muammolarni hal qilish, o‘ylab yechim topish kerakligini o‘rgating.
Kek saqlama
Ushbu punkt ham qiziqish va qarashlariga qarshi borish bilan bog‘liq. Sizga kimdir yomonlik qilgani yoki xafa qilgan, sizni dilingizni og‘ritgan boshqa bir inson bilan gaplashishni istamaganingizni eslang — bu kek saqlash emas, munosabatga nisbatan javob reaksiyasi hisoblanadi.
Ayyorroq bo‘l
Istagan narsani qo‘lga kiritish yoki maqsadga erishish uchun qandaydir qing‘ir yo‘llarni tanlash yoki makr ishlatish ayollarga xos, qolaversa, haqiqiy tuyg‘ularni yashirish uchun o‘zini aslidan boshqacha tutish kerak, degan tushuncha bor. Ammo bularning har ikkisi ham qizingizni baxtli qilib qo‘ymaydi, aksincha baxtiga to‘g‘anoq bo‘ladi, oilaviy munosabatlari darz ketishi, hamkasb va do‘stlari ishonchi yo‘qolishiga olib keladi.
Ayol kishi boshqalarni boshqarishni bilishi kerak
Boshqa odamlar hayotiga aralashish, ularni chizgan chizig‘idan chiqmasligini istash bu xudbinlik va buning oqibati yaxshilik bilan tugamaydi. Qizingizga to‘g‘ri bo‘lishni, maqsadga erishish uchun boshqalardan foydalanmaslik kerakligini uqtiring.
Asosiysi turmushga chiqish
Muhimi baxtli bo‘lish. Shuning uchun ham qizingizga tezroq turmushga chiqish emas, asosiysi mustahkam oila qurish va baxtli hayot kechirish kerakligini tushuntiring.
Uy ishlarini eplasang bo‘ldi
Qiz bola saranjom bo‘lishi kerakligi va ozodalik kishiga yoqimli ekani rost, lekin farzandingiz faqat uy ishlari bilan cheklanib qolmasin. Qiziqishiga qarab fan, sport va ijod bilan shug‘ullanishiga imkon bering.
Ishlash haqida o‘ylama
Har bir inson xoh erkak bo‘lsin, xoh ayol shaxsiy xarajatlari bo‘lishi tabiiy. Ishlagan kishi o‘zini o‘zi eplaydi, mayda narsalar uchun ham boshqalarning qo‘liga qarab qolmaydi. Bundan tashqari, yaxshi ko‘rgan ishi bilan shug‘ullanish kayfiyatga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, hamkasblar bilan muloqotda bo‘lgan inson kim bilan qanday muomala qilish, o‘zini qayerda qanday tutish kerakligini o‘rganadi. | 48 | 3,294 |
Ayollar | Chekuvchilar bo‘lgan uyda qanday o‘simliklarni o‘stirish mumkin? | Bugungi kunda, jamoat joylarida chekish huquqi keskin chegaralangan bir paytda, chekuvchilar faqat o‘z uylaridagina bemalol cheka oladi. Eng insoflilari balkonda chekadi, lekin qishda u yerda ham qiyin bo‘ladi. Shuning uchun odatda oshxona “chekish joyi”ga aylanadi, u yerdan esa zararli tutun butun xonadon bo‘ylab tarqaladi.
Bu zararli odatdan qutulish qanchalik qiyin ekanligini tajribali chekuvchilar biladi. Yozuvchi Mark Tven butun muammoni juda yaxshi ta’riflaydi: “Chekishni tashlashdan ham osonroq narsa yo‘q, men o‘zim uni yuz marta tashladim”.
Lekin tamaki tutunining atrofdagilarga zararli ta’sirini kamaytirish mumkin va kerak, bunga esa xona ichida o‘sadigan o‘simliklar yordam beradi.
Bu o‘simliklar sizning uyingizni nozik gullari bilan bezashdan tashqari uning havosini benzol va karbon dioksiddan tozalaydi, tungi vaqtlarda esa havoni kislorod bilan boyitadi va uyquni yaxshilashga yordam beradi.
Manba: “Xitrosti jizni” | 64 | 939 |
Ayollar | Lab bo‘yog‘i uzoq muddat saqlanish uchun nima qilish kerak? | Ovqatlanganda, suv ichganda, va umuman olganda, kun davomida surtilgan pomada o‘chib ketmasligi uchun birgina kosmetik vositaning o‘zi kamlik qiladi. Blesklar tez o‘chib ketmasligi bilan o‘ziga xos sanaladi. Yog‘li asosli blesk kun davomida turishi mumkin, ammo tanovuldan keyin o‘chib ketadi. Oddiy pomadaning o‘chib ketmasdan, uzoq turishiga erishish mumkin, buning uchun quyidagilarga rioya qilish kifoya.
Bo‘yanishni birinchi bo‘lib qosh va kipriklarga urg‘u berishdan: rumyana, ten yoki pomadadan, boshqa istalgan kosmetik vositalarni surtishdan boshlang. Labga pomada rangida qalam surting. Qalamni labning o‘rtasidan boshlab cheti tomon harakatlantiring. Ustidan pudra surting. Buning uchun pudraning maxsus gubkasi yoki rumyana suradigan cho‘tkadan foydalaning. Nomiga surtilgan pudra pomadaning uzoq turishiga hissa qo‘shadi.
Pudralangan labga pomada surting. Yaltiramaydigan yoki kremli — istalganidan foydalaning. Kerak bo‘lsa, cho‘tka yordamidan foydalaning. Ustidan yana pudra surting. Ketma-ketlikni takrorlang. Bu sizga ko‘ngildagidek natija berishi aniq. | 59 | 1,072 |
Ayollar | Suvga tushib ketgan telefonni qutqaradi, teri uchun foydali. Guruchning ko‘pchilik bilmaydigan foydali xususiyatlari | Guruchdan faqat taom tayyorlash mumkin, deganlar adashadi. U ro‘zg‘orda boshqa maqsadlarda ham qo‘l kelishi mumkin.
Agar tasodifan telefon suvga tushib ketsa, ortiqcha vahimaning keragi yo‘q. Uni guruch bilan to‘ldirilgan idish yoki xaltachaga solish kerak. Pishmagan guruch donachalari ortiqcha namlikni yutib oladi. Buni tuz bilan ham amalga oshirish mumkin. U holda guruchga tuz qo‘shiladi.
Guruchdan ajoyib isitish vositasi ham yasash mumkin. Biror xalta yoki sumkacha ichi guruch donachalari bilan to‘ldiriladi. Agar tananing biror qismida og‘riq kuzatilsa, guruch to‘ldirilgan xaltacha mikroto‘lqinli pechga qo‘yiladi va biroz qizdiriladi. So‘ngra og‘riqli joyga bosiladi.
Guruch yordamida guldon yoki shunga o‘xshash idishlarni yuvish mumkin. Sababi guruchlar skrab kabi ta’sir ko‘rsatadi. Qo‘l bilan idish ichini yuvish biroz qiyinchilik tug‘dirgan vaqtda guruch solib, idishni yaxshilab silkitish lozim. Natijada idish devoridagi kirlar bartaraf etiladi.
Qahva tayyorlash qurilmasini ham guruch yordamida tozalash mumkin. Buning uchun uning ichiga ma’lum miqdorda xom guruch solinadi, so‘ngra u ishga tushiriladi. Shuningdek, biror meva yoki sabzavot yetilib pishishini xohlasangiz, ularni guruch solingan idishga joylashtirish kifoya. Bundan tashqari, guruch pishirayotganda uning suvidan ham unumli foydalanish mumkin. Faqat tuz solmaslik tavsiya etiladi. Guruch suvi sovitilganidan so‘ng yuzga surtilsa, teridagi muammolarni bartaraf etadi, ayniqsa, jigarrang guruch suvi. | 116 | 1,488 |
Ayollar | Krossovkani kir yuvish mashinasiga solish mumkinmi? Kiyim-kechaklar bilan bog‘liq ko‘p uchraydigan savollarning javobi | Ba’zida moda murakkab va ularni tushunish mumkin emasdek tuyuladi. Xarid qilingan kiyimlardagi tushunarsiz detallar va ularni nima qilish haqidagi ma’lumotlar esa sizga bu borada yordam berishi mumkin.
Nima uchun kiyim cho‘ntaklari tikilgan (yopiq) bo‘ladi?
Jinsi, palto, pidjak va yubkalardagi cho‘ntaklarning qo‘l soladigan qismi tikib qo‘yilganiga ko‘zingiz tushgan bo‘lsa kerak. Gap shundaki, do‘konda kiyim kiyib ko‘rish jarayonida xaridorlar uning cho‘ntagiga qo‘l solib ko‘rishni yaxshi ko‘radi. Ikki-uch marta ushbu holat takrorlanishi esa matoning cho‘zilishi va ko‘rimsiz holga kelishiga sabab bo‘ladi. Aynan shuning uchun ham ishlab chiqaruvchilar bunday usulni o‘ylab topgan. Xaridor sotib olganidan keyin, xohishiga qarab cho‘ntakning choklarini ochishi mumkin.
Krossovkani kir yuvish mashinasida yuvsa bo‘ladimi?
Iloji boricha bunday qilish tavsiya qilinmaydi. Chunki yuvish jarayonida poyabzal barabanlarga uriladi va holat yomonlashadi. Qolaversa, suvning taglik ichiga kirgani sabab uning amortizatsion xususiyatiga zarar yetishi mumkin. Yaxshisi uni qo‘lda yuving yoki maxsus tozalaydigan markazlarga olib boring. Bog‘ichlarini esa alohida olib yuvishni unutmang.
Nima uchun poyabzal qutisiga mayda sharchali qog‘oz paket solinadi?
Mazkur paketchalarga silikagel — namlik va yomon hidni o‘ziga oladigan sorbent solingan bo‘ladi. Ularni tashlab yuborishga shoshilmang. Paketchalar yomg‘ir yoki nam bo‘lgan poyabzalni tezroq qurishiga yordam beradi. Bundan tashqari, telefon yoki boshqa texnika suvga tushib ketganida ham yordam berishi mumkin. Buning uchun texnikaning atrofiga mana shunday paketchalar qo‘yib, bir necha soatga qoldiring.
Nima uchun komplekt kiyimlarda kichkina mato bo‘lagi qo‘shib beriladi?
Qo‘shimcha sifatidagi bunday matolar tajriba uchun bo‘ladi. Ya’ni issiq suv, kir yuvish kukuni ta’sirida kiyimda qanday o‘zgarish kuzatilishini ushbu matoda sinab ko‘rsa bo‘ladi.
Qanday liboslarni kiyim ilgichda saqlab bo‘lmaydi?
Trikotaj va jun matosidan tikilgan liboslarni kiyim ilgichda saqlash, ularning shakli buzilishi yoki osilib qolishiga olib keladi. Bunday kiyimlarni shunchaki taxlab shkafga qo‘yish mumkin, g‘ijim bo‘lmaydi. Shuningdek, uzun liboslarni kiyim ilgichga yelka qismidan ilib qo‘ymaslik kerak. G‘ijim bo‘lgani sabab har safar yangidan dazmol qilishga to‘g‘ri kelishi mumkin. Yaxshisi bunday liboslarni shkafga o‘rtasidan bukib ilib qo‘ying.
Kiyimdagi qanday yorliqlarni olish, qaysilarni esa olmaslik kerak?
Kiyimdagi nomsiz ishlab chiqaruvchilar tomonidan tikilgan yorliqlarni olib tashlang. Dizaynerlarning brend liboslari “nashivka”lari esa bundan mustasno. Ularni boshqalaridan ajratib olish oson — qattiq va sifatli matodan tikilgan bo‘ladi. Zo‘rg‘a tikilgan, bachkana va ilinib turgandek bo‘lgan yorliqlar esa kerak emas. Kiyim xarid qilganda uning tashqi tomonidagi yorliqni darhol olib tashlash kerak, keyinroq mato rangi o‘zgarishi, yorliq olinganidan keyin esa farqi bilinib, dog‘ga o‘xshab qolishi mumkin. Ko‘rinmay turadigan bo‘lsa va noqulaylik keltirib chiqarmasa, kiyim ichidagi yorliqlarni olib tashlashga hojat yo‘q. Olib tashlash niyatingiz bo‘lsa, undagi matoni yuvish va dazmollash haqida yozilgan tavsiyalarni qayd qilib oling yoki suratga tushiring. | 118 | 3,229 |
Ayollar | Jur’atliroq bo‘lishning 4 yo‘li | Jur’atlilik yaxshi yoki yomon odamning fazilati deb aytib bo‘lmaydi. Lekin, jur’atlilik — g‘oliblarning fazilati hisoblanadi deb aniq aytish mumkin.
Ayniqsa gap mayda-chuydalar haqida ketsa, tezda qaror qabul qiling
Butun hayoti davomida jur’atli bo‘lish juda qiyin. Buning uchun o‘z malakalariga, xislatlariga, tajribalariga to‘liq ishonch hosil qilish kerak. Shuningdek, ongingizga oldindan kiritilgan, qarorlaringizning to‘g‘ri va jadalligini tasdiqlovchi dastur bo‘lishi zarur. Sizda bularning hammasi hosil bo‘lishi uchun mayda-chuydalar bilan bog‘liq qarorlarni tezroq qabul qilishni boshlashingiz kerak.
Qaror qildingizmi, bajaring
Bu maslahat juda ma’nosiz bo‘lsa ham, siz uchun juda muhim. Agar siz nimanidir qilishga qaror qilgan bo‘lsangiz, eng muhimi — bajarish, eng muhimi — o‘z qaroringizga sodiq qolish.
Shuning uchun izchil bo‘ling. Agar biron nimani xohlasangiz, agar qaror qilgan bo‘lsangiz, buni albatta amalga oshiring, fikringizdan qaytmang. Hamma shubhalaringizdan qutuling.
O‘z mukammal hayotingizni toping
Butun hayotingiz davomida sizga hamrohlik qiladigan narsalarga aniqlik kiritishingiz kerak. Buning uchun, band bo‘lish uchun bandlik — bu ahmoqlik ekanligini tushunishingiz kerak. Siz qilayotgan hamma ishning ma’nosi bo‘lishi kerak.
Bu ma’no sizning mukammal hayotingiz mohiyati bilan chambarchas bog‘lanib ketishi kerak.
O‘zingiz uchun eng muhimi nima ekanini tushunganingizdan keyin siz mukammal hayotga yo‘l topasiz; mukammal hayotga yo‘l topish bilan, o‘z yuragingizda sizga har doim va hamma joyda hamroh bo‘ladigan ishonchni uyg‘otasiz.
Vaqtingizni shu tushunchaga sarflang. Aks holda, siz uni hech xohlamagan narsangizga sarflaysiz.
O‘z yaxshi xislatlaringizni aniqlab oling
Siz o‘ziga xos ma’naviy kompassiz qaror qabul qilish juda qiyin bo‘lishini tushunishingiz kerak.
Sharq hikmatlarini izlang, Robert Uilson yoki Timoti Lirni o‘qib ko‘ring, yaxshilik va yomonlik mavzusidagi klassik falsafa bilan tanishing.
Nimaga qiziqsangiz, shuni tanlang. Balki biron-bir aniq narsani tanlay olmassiz, lekin sizning aqliy va ma’naviy boyligingiz oshishi aniq. Bu shaxsiy dunyoqarashni ishlab chiqishga yordam beradi — shunda hatto eng qiyin masalalarni hal qilish ham ancha osonroq bo‘ladi.
Manba: The Challenger | 31 | 2,242 |
Ayollar | Ish haqining oshirilishiga qanday erishish mumkin? | Ish haqingizdan ko‘nglingiz to‘lmayaptimi? Sizga ajratilayotgan maosh mehnatingizga munosib emas, deb hisoblaysizmi? Unda rahbar bilan jiddiy gaplashib olish vaqti keldi. Bunday suhbatni qanday boshlab, qay tarzda yakunlash haqida esa ushbu maslahatimizga quloq tuting.
foto: hongkiat.com
So‘nggi paytlarda kompaniyangiz ishlari yomon ketayotgan bo‘lsa yoki boshlig’ingiz juda ham band bo‘lsa, bu masalada murojaat qilmagan ma’qul. Qulay fursat bo’lishi bilanoq, rahbaringizdan sizni xoli qabul qilishini so‘rang (ortiqcha quloqlar sizning yo’lingizga faqat g‘ov bo‘ladi) va ikkalangiz ham suhbatga tayyor bo‘lishingiz uchun, nima haqida suhbatlashmoqchi ekanligingizni oldindan oshkor qiling.
Yolvorish ohangida gapirish yoki kompaniyadagi mehnat tarixingizni ezmalik bilan aytib berish kerak emas. Sodda, tushunarli va ishonarli qilib gapiring. So‘nggi yutuqlaringizni ham qo‘shib qo‘ysangiz ayni muddao.
Aynan qancha miqdorda qo‘shimcha olmoqchi ekanligingizni bildiring, masalan, 30% deb. Agar siz o‘zingiz kutayotgan pul miqdori haqida gapirmasangiz, rahbaringiz siz nazarda tutgan qo‘shimcha mablag‘ 10% deb tushunishi mumkin.
Har qanday sharoitda ham boshlig‘ingizga u sizning iltimosingizni bajarmagan taqdirda, ishdan ketishingiz haqida gapirmang. U sizdek “tengi yo‘q” xodimni almashtirish haqida o’ylab qolishi mumkin. Shuningdek, bunday po‘pisalar rasmiy axloq qoidalariga ziddir.
Agar sizning maoshni oshirish haqidagi iltimosingiz rad qilinsa, kompaniyadagi lavozimingiz va mutaxassisligingizdan kelib chiqib, o‘zingiz uchun qulayroq bo‘lgan ish grafigini yoki uzaytirilgan mehnat ta’tilini so‘rab ko‘ring. | 50 | 1,622 |
Ayollar | Butun qish davomida rezavor mevalar yeyishni xohlasangiz — ularni to‘g‘ri muzlatish kerak! | Ko‘p o‘tmay mevalar va rezavor mevalar mavsumi boshlanadi. Va ularni qish uchun g‘amlashni boshlash vaqti ham keladi. Bu mevalar tarkibidagi hamma vitaminlar saqlanib qolishi uchun ularni to‘g‘ri muzlatish zarur bo‘ladi.
Quyidagi maslahatlarga amal qilsangiz, butun qish davomida dasturxoningizdan xuddi yangi pishgandek mevalar uzilmaydi.
Manba: “Xitrosti jizni” | 90 | 365 |
Ayollar | Dunyodagi eng qimmat libos qanday ko‘rinishda va uning narxi qancha? (foto) | Qizil yo‘lakdagi mashhur insonlarning qimmatbaho ko‘ylaklari ko‘pchilikka tanish, ammo bugun ulardan bir necha barobar qimmatroq liboslar haqida gap ketadi.
3-o‘rin — Rene Shtrauss to‘y libosi
To‘y ko‘plab qizlarning hayotidagi eng muhim voqealardan biridir. Tabiiyki, ushbu muhim kunda kelin hammadan ajralib turishni istaydi. Rene Shtrauss – ko‘plab hayratlanarli ko‘rinishlarga ega bo‘lgan mukammal to‘y libosini yaratish bo‘yicha boshqa dizaynerlarga qaraganda ancha ustun. U zargar Martin Kats bilan birgalikda eng qimmat to‘y libosini yaratdi.
Faqat bir qarashda bu oddiy ko‘rinishi mumkin, aslida ko‘ylakning ko‘krak qismi ajoyib tarzda porlab turadigan olmoslar bilan bezatilgan. To‘g‘ri, bunday libos og‘ir, ammo qanchaligini taxmin qilib bo‘lmaydi. Shunisi aniqki, har qanday kelin ham uni kiyib ko‘rishni xohlaydi. Aytgancha, qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan libosning narxi 16,2 million dollarni tashkil qiladi.
2-o‘rin — Debbi Uingem abayasi
Keng va qora ko‘ylak izlayotganlar 17,7 million dollar evaziga Debbi Uingem tomonidan yaratilgan libosni xarid qilishi mumkin. Aytgancha, dizayner eng qimmat poyabzallarni ham yaratgan.
Shunday qilib, Debbi Shimoliy Afrika va arab ayollarining uslubidan ilhomlangan. Uning ko‘ylagi ko‘plab olmoslar bilan bezatilgan. Biroq uning asosiy qiymati tabiatdagi eng qimmat va noyob toshlardan biri hisoblangan qizil olmosdir. Uning bahosi 7,4 million dollarni tashkil qiladi. Lekin bu hammasi emas. Ko‘ylak har biri ikki karat og‘irlikdagi 50 ta qora va 50 ta oq olmos bilan bezatilgan. Bundan tashqari, libos uchun 1000 ga yaqin yoqut ishlatilgan.
1-o‘rin – Abdulloh Fayzalining Kuala Lumpur libosi
Uzun etak va olti metrdan tikilgan uzun shleyfli ajoyib qizil ko‘ylak nafaqat hajmi, jozibali dizayni, balki narxi bilan ham odamlarni hayratda qoldiradi. Libosning narxi 30 million dollarni tashkil qiladi. Bu kabi narxning asosiy sababi, albatta, qimmatbaho toshlarda. Ko‘ylakning ko‘krak qismi hashamatli 70 karatli tomchi shaklidagi olmos bilan bezatilgan.
Boshqa barcha olmoslar yubka va shleyfga sochilgan. Dizayner Abdulla Fayzali umumiy og‘irligi 1100 karat bo‘lgan 751 ta toshdan foydalangan. Shuningdek, u libosni Swarovski kristallari, tafta, shifon, shoyi va boshqa qimmatbaho materiallar bilan bezatgan. | 75 | 2,271 |
Ayollar | Bola ovqatlanishni istamay xarxasha qilsa, nima qilish kerak? | Bolaning ovqat yemaslik uchun xarxasha qilishi deyarli barcha onalarni bezovta qiladigan muammo hisoblanadi. Bola ovqatlanishdan bosh tortmasligi uchun nima qilish kerakligi borasida ayrim tavsiyalar bilan bo‘lishamiz.
Bolani ovqat tayyorlash jarayoniga qiziqtiring
Yoshi to‘g‘ri kelishi bilan bolani turli mahsulotlarni tanlash, jarayonni muhokama qilish va ulardan ovqat tayyorlashga qiziqtiring. Qanday mahsulotdan nima tayyorlash mumkinligi va uning tayyorlanish jarayoni qanday bo‘lishi bolada qiziqish uyg‘otishi aniq. O‘zi tayyorlamasa ham, pishirish davomida kuzatib turishiga qo‘yib bering, qiziqishi ortib, ishtahasi ochiladi.
Ratsionini o‘z xohishiga ko‘ra o‘zgartiring
Bola ma’lum taomni yeyishdan bosh tortsa, boshqa tanlov qilishiga qo‘yib bering. Yeyishga majburlamang, shunchaki tushlik va kechki ovqatga nima taom tayyorlashingiz borasida tanlov qilishini ayting. Garnirga nima yeyishni istagan bo‘lardi, biling va shundan kelib chiqib ish tuting.
Yangi taomlar borasida ehtiyotkor bo‘ling
Bolalar tanlov borasida yaxshigina konservator bo‘ladi. Kun davomida yangi narsa va ko‘nikmalarni o‘rganishiga to‘g‘ri keladi va yangilikni qabul qilishi qiyin bo‘lishi mumkin. Oilaviy taomnomangizga qandaydir o‘zgartirish kiritishni istasangiz, masalan, kechki taomga sabzavotli kotlet tayyorlamoqchi bo‘lsangiz, yaxshisi, bir-ikki kun avval kam miqdorda boshqa taom bilan bir vaqtda tayyorlab, ovqatlanish vaqtida tatib ko‘rishini aytib, tajriba qilib ko‘rganingiz yaxshi, chunki siz bor mahsulotdan sabzavotli kotlet tayyorlab boshqa ovqat qilmasangiz, farzandingiz yeyishni istamay qolsa, hafsalangiz pir bo‘lishi, bolangiz esa ovqatsiz qolishi mumkin.
Bolaga vaqt bering
Ko‘pincha bolalar o‘yin bilan ovora bo‘lganliklari uchun ovqatlanishdan bosh tortadi. Shu sabab ovqat tayyor bo‘lishidan 15-20 daqiqa avval qachon tayyor bo‘lishini aytib, ogohlantirib qo‘ying. Ovqatni vaqtida yeb olsa, keyin davom ettirishi mumkinligini bildiring.
Tartib o‘rnating
Bolalar nafaqat konservator bo‘ladi, balki avvaldan nima bo‘lishini bilishni yoqtiradi, chunki bu orqali ular o‘zini xavfsiz va himoyalangandek his qiladi. Agar xonadoningizda nonushta, tushlik va kechki ovqat bir vaqtda qilinadigan bo‘lsa, bolani ovqatlantirish osonroq bo‘ladi. Shuningdek, oila a’zolarining bir vaqtda birgalikda o‘tirib tanovul qilish odati ham bola rivojlanishida muhim bo‘lgan xavfsizlik va barqarorlik hissini tuyishiga sabab bo‘ladi.
Tushlik yoki kechki ovqat vaqti stressni his qilmasligi kerak
Ovqatlanish vaqtida asabiylashish va o‘zini yomon his qilish likopchadagi taom ming chiroyli va mazali bo‘lsa ham, qiziqish va ishtahani bo‘g‘adi. Nima bo‘lishidan qat’i nazar, hech kim ovqat vaqti tortishmasligi, asabiylashmasligi va bir-birining jig‘iga tegmasligiga amal qilinishi kerak bo‘lgan qoida o‘rnating. O‘zingizni ham nazorat qiling, charchagan bo‘lsangiz va kayfiyatingiz yo‘q bo‘lsa ham, boladan alamingizni olmang. | 61 | 2,916 |
Ayollar | Hindistonda brilliantlar bilan bezatilgan tibbiy niqob sotuvga chiqarildi | Hindistonning Surat shahridagi (Gujorat shtati) zargarlik do‘koni koronavirus pandemiyasi fonida brilliantlar bilan bezatilgan himoya niqoblari sotuvini yo‘lga qo‘ydi. Ularning narxi 2 mingdan 5 ming dollargacha, deb xabar berdi ANI.
Gujarat: A jewellery shop in Surat is selling diamond-studded masks ranging between 1.5 lakhs to 4 lakhs. Owner of the shop says, "As lockdown was lifted, a customer who had a wedding at his home came to our shop & demanded unique masks for bride & groom." #COVID19 pic.twitter.com/Oz5ShitRKj
— ANI (@ANI) July 10, 2020
Do‘kon egasi Dipak Choksining aytishicha, brilliantlar qadalgan niqoblar tayyorlash g‘oyasi to‘yi bo‘lishi kerak bo‘lgan xaridor do‘konga kelganidan keyin paydo bo‘lgan. U do‘kon egasidan kelin va kuyov uchun “noyob” niqob tayyorlab berishini so‘ragan.
“Dizaynerlarimiz tayyorlagan niqob unga ma’qul bo‘ldi va sotib oldi. Shundan keyin ana shunday niqoblar tayyorlashga kirishdik. Tayyorlanishida sariq oltin va amerika brilliantlari ishlatiladigan niqoblarimiz 150 ming rupiy (1990 dollar) turadi. Oq oltin va haqiqiy brilliantlardan tayyorlangan niqoblarimiz narxi 400 ming rupiy (5,3 ming dollar)”, — deydi Choksi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, niqoblardagi brilliant va oltinni mijoz ixtiyoriga ko‘ra chiqarib olish va ulardan boshqa zargarlik buyumi tayyorlash mumkin.
Hindistonlik erkak koronavirusdan himoyalanish uchun o‘ziga 4 ming dollarga tilla niqob yasattirdi | 73 | 1,422 |
Ayollar | Egizaklar jumbog‘i. Egizaklar tug‘ilishini qanday aniqlash mumkin? | Egizaklar tug‘ilishi – bu juda kamdan-kam yuz beradigan hodisa bo‘lib, egizaklar yangi tug‘ilganlarning bor-yo‘g‘i 2 foizini tashkil qiladi.
Ko‘p homilali homiladorlik har xil bo‘ladi. Bunday homiladorlik natijasida tug‘ilgan hamma bolalar ham biri-biriga o‘xshash bo‘lavermaydi. Egizaklar bir tuxumli yoki ikki tuxumli bo‘lishi mumkin.
Ikki tuxumli egizaklar o‘zaro xuddi aka-uka va opa-singillar kabi o‘xshash bo‘ladi.
Bir tuxumli egizaklar esa bir-biriga shunchalik o‘xshash bo‘ladiki, ba’zan o‘z onalari ham ajrata olmaydi.
Yosh kattalashgan sari organizmda gormonlar ko‘proq ishlab chiqarila boshlaydi. Shuning uchun 35—39 yoshdagi ayollarning ikki tuxumli homilador bo‘lish ehtimoli ko‘proq.
Gormonlar ishlab chiqarilishi faqat yoshga bog‘liq bo‘lmaydi. Egizaklarga homilador bo‘lishning eng yaxshi vaqti – bahor fasli hisoblanadi.
Nasldan-naslga o‘tish ham egizaklar tug‘ilishida katta ahamiyatga ega.
Manba: “Medportal.ru” | 66 | 931 |
Ayollar | Fransuz va italyanlardan qolishmaydi: hind ayollari kundalik hayotda qanday kiyinadi? (foto) | Uslub haqida gap ketganda, ko‘pincha fransuz va italyan ayollar namuna qilinadi. Ammo boshqa mamlakat ayollari ham kiyinish borasida ulardan qolishmaydi. Milliy libosi sari hisoblangan go‘zal hind ayollari kundalik hayotda qanday kiyinadi, degan savolga quyidagi feyshn-blogerlar surati orqali javob topish mumkin. Hindistonda moda mintaqaga ko‘ra farqlanadi. Kichik shahar qizlari an’anaviy milliy liboslarni kiyadi, katta shaharlarda esa trend ustunlik qiladi.
@juhigodambe
Juhi turli xil uslublarni aralshtirishni yaxshi ko‘radi. U sport kiyimlari bilan klassik uslubni, trend va milliy liboslarni uyg‘unlashtiradi. Shkafdan o‘rin olgan liboslarda yengillik, qulaylik va tabiiylik bo‘lishi kerak.
@santoshishetty
Santoshi haqiqiy moda ixlosmandi. Uning har bir kiyimida harakter aks etadi. U yorqin kiyinish tarafdori. Bloger ko‘pincha zamonaviy kiyimlarni kiysa ham, ba’zida milliy liboslarga ham murojaat qiladi.
@nihaelety
Nihani haqli ravishda hind uslubining yetakchisi deb atash mumkin. Uni ko‘pincha hind libosi obrazida ko‘rish oddiy hol. Shuningdek, u zamonaviy qiyofalar yaratishga ham usta.
@diipakhosla
Har bir ayol kabi Diipa ham yorqin rangli libos va taqinchoqlarni yaxshi ko‘radi. Ularning yordami bilan zamonaviy qiyofani hosil qiladi. Ammo an’analarini unutmaydi. Aytgancha, u to‘y marosimini ikki marta, yevropacha va hindcha uslubda o‘tkazdi.
@the_zlist
Zaxara Mayamida yashaydi, lekin u ona yurtini unutmagan. Vaqti-vaqti bilan u milliy uslubda ham ko‘rinish beradi.
@sruthijayadevan
Shruti bir vaqtning o‘zida ham milliy, ham zamonaviy kiyinishni xush ko‘radi. Uning garderobi milliy kiyimlardan tashkil topgan bo‘lib, ularni kundalik hayotga moslashtirgan. Bloger charm va an’anaviy, kashatachilik, zargarlik buyumlari va rasmiy kostyumlarini uyg‘unlashtirgan holda kiyishni biladi. | 92 | 1,824 |
Ayollar | Yoga kutilganidek foydali bo‘lib chiqmadi | Olimlar yoga bilan shug‘ullanishning o‘ziga yarasha salbiy tomonlari bor ekanligini aniqladi. Aniqlanishicha, qadimgi hind amaliyoti suyak va mushak og‘riqlariga va hatto kattagina jarohatlarga ham olib kelishi mumkin. Yogaga bag‘ishlangan tadqiqot natijalari Journal of Bodywork and Movement Therapies jurnalida chop etildi, deb xabar beradi “Nauka”.
Yoga nafaqat sharq mamlakatlarida, balki g‘arbda ham mashhur. Ko‘p hollarda yoga bilan shug‘ullanish tayanch skeletlari — harakatlanish tizimi buzilgan insonlarga muqobil terapiya sifatida tavsiya qilinadi. Avstraliyaning Sidney universiteti tadqiqotchilari kuzatishlar va tajribalar natijasida yoga mijozlar uchun ham foydali, ham zararli bo‘lishi mumkin degan xulosaga keldi.
Ular yoga bilan shug‘ullangan bemorlarda og‘riq bilan bog‘liq holatlar yiliga 10 foizdan ortiq qayd etilayotganini aniqladi. Shuningdek, aniqlanishicha u bilan shug‘ullanish tayanch-harakat apparatida mavjud muammolarni kuchaytirib yuborishi ham mumkin. Shuning uchun olimlar shifokorlarning bu turdagi ko‘rsatmalariga diqqatliroq bo‘lishni maslahat bermoqda. | 41 | 1,090 |
Ayollar | Yozda sepish uchun mo‘ljallangan eng ommabop 10 ta erkaklar atiri | Yoqimli iforlar insonning kayfiyatini ko‘taradi, o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiradi. Qolaversa, boshqalarda unga nisbatan yaxshi taassurot uyg‘otishga imkon beradi. Shu sababdan nafaqat ayollar, balki erkaklar ham atirlardan birday foydalanadi.
Parfyumlarning ham kiyimlar kabi mavsumga mos turlari bor. Masalan, soha mutaxassislari qishda o‘tkirroq, shirinroq, yozda esa o‘ta yumshoq, mayin, sitrus iforli atirlardan foydalanishni tavsiya etadi.
Quyida yoz uchun mo‘ljallangan eng yaxshi atirlar o‘ntaligini taqdim etamiz. Aromamaster Dilshod Hojiqurbonovning mazkur tavsiyalari jaziramada qanday parfyum sotib olishga ikkilanib turgan erkaklarga asqatadi deb o‘ylaymiz.
Blue Ralph Lauren — erkaklar uchun mo‘ljallangan mazkur parfyum Polo Blue Karlos Benaim va Kristof Laudamiel tomonidan yaratilgan. 2003-yildan ishlab chiqarila boshlangan. Atir bodring, qovun va mandarin, rayhon, zamsh, yog‘ochli notalar va mushk iforlarini o‘zida mujassam etgan.
Afternoon Swim — sitrus iforli parfyum bo‘lib, parfyumer Jak Kavaler tomonidan yaratilgan. 2019- yildan sotuvga chiqarilgan. Atirning o‘ziga xos xususiyati shundaki, undan nafaqat erkaklar, balki ayollar ham birdan foydalanishi mumkin.
Eau Fraiche Versace — erkaklar uchun mo‘ljallangan mashhur parfyumlardan biri bo‘lib, parfyumer Olivier Cresp tomonidan yaratilgan. 2006-yildan sotuvga qo‘yilgan.
Atir limon, bergamot, kardamon va brazil atirgul daraxti, sadr, estragon, mushk, yog‘ochli notalar, za’faron iforlaridan tashkil topgan.
Aqva pour Homme — dunyoga mashhur parfyumer Jak Kavaler tomonidan dengiz romantikasini xush ko‘ruvchi erkaklar uchun yaratilgan. Parfyum o‘zida mevalar, yog‘ochli notalar va dengiz o‘tlarini mujassamlashtirgan. Bu tetiklantiruvchi iforlar ayni issiq mavsumga mos keladi.
Acqua di Gio Profumo — parfyumer Alberto Morillas tomonidan yaratilgan aromatik suvli parfyumdir. 2015-yildan ishlab chiqarila boshlangan.
Atir dengiz notalari, bergamot kabi bir necha iforlarni o‘zida mujassam etgan.
Acqua di Gio parfyumi ham Giorgio Armani kompaniyasiga tegishli, bir necha mashhur parfyumerlar Alberto Morillas, Annik Menardo va Kristian Dussulier hamkorligida yaratilgan. 1996-yildan ishlab chiqarila boshlangan.
Atir limon, bergamot, apelsin, mandarin dengiz notalari, oq mushk, sadr, eman iforlaridan tashkil topgan.
Bleu de Chanel Parfum — erkaklar uchun mo‘ljallangan mashhur atirlardan biridir. U Olivier Polge tomonidan yaratilgan, 2018- yildan sotuvga chiqarilgan.
Parfyum o‘zida limon, bergamot, yalpiz, ananas, sadr kabi bir qator xushbo‘y iforlarni o‘zida aks ettiradi.
Le Gemme Empyr — erkaklar uchun mo‘ljallangan yog‘ochli achchiq iforli parfyum bo‘lib, Bvlgari brendining yangi a’zosi hisoblanadi. Atir parfyumer Jak Kavaler tomonidan yaratilgan bo‘lib, 2021-yildan boshlab, atir ixlosmandlariga taqdim etilgan.
Le Gemme Empyr zanjabil, sandal daraxtining eng xushbo‘y iforlarini mujassam etgan.
Aventus — mevali atirlar guruhiga mansub bo‘lib, 2010-yildan ishlab chiqarila boshlangan. Yaratuvchisi Jan-Kristof Herault va Ervin Crid hisoblanadi.
Parfyum o‘zida ananas, bergamot, qora smorodina, olma, yasmin, atirgul, vanil kabi bir qator xushbo‘y iforlarni aks ettirgan.
Happy Clinique — sitrus iforlarni xush ko‘ruvchi erkaklar uchun mo‘ljallangan atir bo‘lib, 1999-yildan ishlab chiqarila boshlangan. Parfyum o‘zida mandarin, apelsin, limon, mushk, sadr kabi bir qator iforlarni mujassamlashtirgan. | 65 | 3,418 |
Ayollar | Semirayotgan egasi bilan birga o‘lchamini o‘zgartira oladigan kiyim yaratildi | Hunza G va Frame brendlari o‘z egasining semirishi yoki ozishiga qarab o‘zgaruvchi kiyimlar lineykasini taqdim etdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Ma’lum qilinishicha, koronavirus pandemiyasi vaqtida “moslashuvchan moda” deb ataluvchi flexible fashion — oversayz va uniseks uslublari ommalashgan.
Endilikda dizaynerlar elastik Eto matosidan tikilgan, o‘lchamlari 23 dan 28 gacha va 29 dan 34 gacha o‘zgaradigan djinsilarni taqdim etdi. Bu kabi ust-bosh narxi 280 funt sterlingni tashkil etadi.
Shuningdek, bu har bir tomonini kamida bir santimetrga kattalashtirish mumkin bo‘lgan ko‘ylaklarga ham taalluqli.
Avvalroq Shimoliy Karolina universiteti muhandislari “antichivin” kiyimni yaratishga muvaffaq bo‘lgandi. Kiyim matodan tikilgan va uning tarkibida insektitsidlar mavjud emas. | 77 | 793 |
Ayollar | Tongni yaxshi kayfiyatda qarshi olish uchun nima qilish kerak? | Tongni yaxshi qarshi olish uchun tayyorgarlikni tundan boshlash kerak bo‘ladi. Harper’s Bazaar’ning yozishicha bu borada quyidagi uch jihatga amal qilish kerak:
1. Kechki ovqatda yengil va foydali taomlar iste’mol qilish kerak, ovqat qancha yaxshi hazm bo‘lsa, shuncha tinch uxlash mumkin. Zararli mahsulotlarni yeyish tavsiya qilinmaydi.
Uyquga yotishdan avval smartfon va boshqa gadjetlarni o‘chirib qo‘ying: yotishdan avval Instagram’ga kirib-chiqish yoki telefonning boshqa funksiyalaridan foydalanish tez uyquga ketishga qarshilik qiladi.
Tongda qachon uyg‘onishni istasangiz, o‘sha vaqtdan 7 soat avval uxlashga harakat qiling.
2. Soat jiringlaganida vaqtni yana keyinga belgilamasdan o‘rningizdan turing. Uyg‘onish vaqtini cho‘zish organizmga faqat va faqat zarar keltiradi. Turish vaqtini keyinroq qilib belgilash, kun davomida bajarilishi kerak bo‘lgan ishlarni keyinga surilishiga sababchi bo‘ladi va kun shu tariqa boshlanadi. Ko‘zingizni ochishingiz bilan ijtimoiy tarmoqlarga kirishni bas qiling. Buning o‘rniga:
3. Sevgan mahsulotlaringizdan tez tayyor bo‘ladigan nonushta tayyorlang va uni chiroyli idishlarga soling va bezang. Bunda estetik zavq olib, bahri dilingiz yashnaydi. Kun tartibingizni haftada bir yoki ikki marta o‘zgartirib, yangilik kiriting. Bugungi kunni qanday o‘tkazishni rejalashtiring. Kunning eng yoqimli qismi qachon bo‘lishini tasavvur qiling, qiyinchilik yoki muayyan murakkablik eng yaxshi mukofotga arzishini o‘zingizga ta’kidlang. | 63 | 1,473 |
Ayollar | Rianna, Kayli Jenner va boshqa yulduzlar qanday lab bo‘yog‘idan foydalanadi? (foto) | Mashhur ayollarning go‘zal va o‘ziga xos ko‘rinishining siri obrazdagi detallarga alohida e’tibor berish va tanlov qilishida.
Kim Kardashyan
Kardashyan makiyaj qilganida ko‘z va lablariga urg‘u berishni afzal biladi. Model MAC Angel pomadasidan foydalanib, go‘zalligiga urg‘u beradi.
Kayli Jenner
Kayli Jennerning obrazidan ilhomlangan minglab ayol va qizlar do‘konlardan pushti tusli jigarrang lab bo‘yoqlar xarid qila boshlagan. Jenner MAC’ning Brave va Velvet Teddy pomadalaridan foydalanishni ma’qul biladi.
Rozi Xantington-Uaytli, Mayli Sayrus
Qizil lab bo‘yog‘ini yuz rangiga mos tushadiganini tanlash kerak. Bu borada Rozi va Mayli singari MAC kosmetik brendining Lady Danger variantidan ilhomlansangiz bo‘ladi.
Kendall Jenner
Kendal esa tanlov borasida Estee Lauder’ning yorqin qizil rangli Restless’ini afzal bilgan. Mazkur bo‘yoq bilan u hamisha o‘ziga xos ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Rita Ora, Adriana Lima, Dita fon Tiz
Ko‘zga tashlanmaydigan qizil pomadani yaxshi ko‘radiganlar esa yulduzlar Rita Ora,
Adriana Lima, Dita fon Tiz singari MAC’dan Ruby Woo’ga e’tibor qaratishi mumkin.
Madonna
Madonna obrazi uchun MAC’ning Russian Red lab bo‘yog‘ini tanlaganidan keyin mazkur lab bo‘yog‘i bestsellerga aylangan.
Teylor Svift
Teylor Svift esa qizil yo‘laklarda boshqalardan ajralib turish uchun NARS’ning Dragon Girl modeliga e’tibor beradi.
Rianna
Rianna esa MAC’ning pushti Candy yum-yum lab bo‘yog‘ini surtishni yaxshi ko‘radi. Mazkur rang uning husniga husn qo‘shadi.
Emma Uotson
Emma alohida tadbir va ziyofatlar uchun Chanel’ning Exaltee lab bo‘yog‘ini surtishni xush ko‘radi.
Lord
Xonanda Lord esa MAC’ning Pure Heroine pomadasi bilan noodatiy va jozibali ko‘rinadi.
Emma Stoun
Dilbar va latofatli ko‘rinishni istaganlar esa Emma singari Revlon’dan shaftoli rang Tulip’ni tanlashi mumkin. | 83 | 1,813 |
Ayollar | Haqiqiy brend krossovkalarini qalbakilaridan qanday ajratish mumkin? | Agar siz haqiqiy brendli krossovkalarni internet-do‘konlardan izlayotgan bo‘lsangiz, pullaringizni sifatsiz qalbaki mahsulotga sarflashingiz ehtimoli bor. Shuning uchun to‘lashdan oldin krossovkani va uning qutisini sinchiklab ko‘rib chiqing.
Ko‘pincha qalbaki krossovkalarning qutilari g‘ijimlangan yoki yirtilgan bo‘ladi. Chunki qutini yasashda ishlatilgan karton qog‘oz juda yupqa va arzon bo‘ladi.
Shuningdek molning o‘lchami va raqami yozilgan yorliqqa ham e’tibor bering. Agar u qiyshiq joylashgan va xato yozilgan bo‘lsa, demak siz qalbaki molga duch kelgansiz.
Qalbaki buyumlar ko‘pincha haqiqiy brendlar tomonidan hech qachon ishlab chiqarilmagan g‘ayritabiiy ranglarda va bezaklarda bo‘ladi.
Agar krossovkalar o‘zining rangi va bezaklari bilan sizni hayron qoldirgan bo‘lsa, bunday model haqiqatan ham ishlab chiqarilganmi yoki yo‘qligini tekshirib ko‘ring. Buni internetdan izlab ko‘rishingiz ham mumkin.
Manba: “Allexpert.com.ua” | 68 | 942 |
Ayollar | Uyga mebel qanday tanlanadi? | Ko‘pchilik mebelni to‘g‘ri tanlashning muhimligini o‘ylab ham o‘tirmaydi. U nafaqat chiroyli va qulay, balki, uydagi boshqa jihozlar bilan mos tushishi kerak. Bu maqolada mebel tanlashda qanday xatolarga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida maslahatlar berilgan.
Do‘konda bir qarashda siz yoqtirgan mebelni tanlashdan oldin, o‘tirishga va yotishga qulayligini tekshirib ko‘ring, tabiiy materialdan yasalganiga ishonch hosil qiling. Ko‘rinishi chiroyli, lekin o‘zi noqulay bo‘lgan mebel yillar davomida ta’bingizni xira qiladi.
Asosiy mebellarni tanlab bo‘lganingizdan so‘ng, qo‘shimcha oq rangni tanlashdan qo‘rqmang. Oq rang uy jihozlariga yorqinlik baxsh etadi.
Xonaga mebel tanlashdan avval, mebel qo‘yiladigan joyning o‘lchamini bilib oling. Uyingizning har bir burchagidan unumli foydalanishni xohlasangiz, klassik uslubdagi mebeldan ko‘ra, ko‘rinishi ixcham va foydalanishga qulay bo‘lgan mebelni tanlang.
Albatta, hozirgi paytda urf bo‘lgan mebellar katalogidan foydalansangiz ham bo‘ladi. Lekin, shuni esda tutingki, katalogda chiroyli va zamonaviy bo‘lib ko‘ringan mebel sizning uyingizga mos kelmasligi mumkin. Bundan tashqari, moda har yili o‘zgarib turadi. | 28 | 1,160 |
Ayollar | Yuz terisini yoshartiruvchi niqoblar | Vaqt o‘tishi bilan teri hujayralari terining tarangligini ta’minlab turuvchi kollagen va elastinni yetarli miqdorda ishlab chiqarmay qo‘yadi. Shu tufayli yuz yosh va tiniq ko‘rinishga ega bo‘lmay qoladi. Bu aynan necha yoshda sodir bo‘lishi ko‘plab omillarga bog‘liq. Bunga irsiy xususiyatlar, ishlash va yashash shroitlari, ovqatlanish tartibi, hayot tarzi, terini parvarishlab borish va boshqalar ta’sir ko‘rsatadi. Ba’zi ayollar 35—40 yoshlarida ham tiniq yuz terisiga ega bo‘lsa, boshqalar 25 yoshlaridayoq yuzida o‘zgarish bo‘layotganini sezishi mumkin. Biroq terini parvarishlashni iloji boricha ertaroq boshlagan ma’qul, shunda o‘zingiz istamagan o‘zgarishlar unchalik sezilarli bo‘lmaydi.
Uy sharoitida yuzni parvarish qilishning eng oson va shu bilan birga, samarali usuli niqoblardir. Xo‘sh, niqoblar nimalardan tayyorlanishi mumkin va ular qanday xususiyatga ega. Quyida bunday niqoblarda qo‘llaniladigan ba’zi mahsulotlarni va ular teriga ko‘rsatadigan samaralarni sanab o‘tamiz.
Niqob surishning asosiy bosqichlari
Uy sharoitida yoshartiruvchi niqoblar yuzga quyidagi tarzda suriladi:
Quyida esa ba’zi niqoblar retseptlari bilan tanishishingiz mumkin. | 36 | 1,165 |
Ayollar | Buyumlarning oqligini qanday saqlash mumkin? Beshta oddiy maslahat | Maqolada kiyim-kechaklar va boshqa buyumlarning oppoq tusini qanday saqlab qolish haqidagi maslahatlar bilan tanishasiz.
3 dona limon sharbatini 80 g kir yuvish kukuni, 1 osh qoshiq osh tuzi va 2 litr suv bilan aralashtiring. Hosil bo‘lgan aralashmaga buyumlarni 1 soat ivitib qo‘ying, keyin ularni yaxshilab chayqab oling. Samarasini kuchaytirish maqsadida aralashmaga bir necha tomchi nashatir spirti qo‘shing. Ehtiyotlik choralariga amal qiling!
Kirlangan yuzaga osh tuzi seping, limonni ikkiga bo‘ling va muammoli joylarni u bilan ishqalang. 15 daqiqadan so‘ng buyumni iliq suvda chayqang.
Bir litr suv va 2 dona limon sharbatidan iborat aralashma ichiga buyumlarni ivitib qo‘ying. 40 daqiqadan so‘ng ularni kir yuvish mashinasiga soling.
2 litr suvga 50 ml idish yuvish vositasi va 50 ml vodorod peroksidi qo‘shing. Buyumni hosil bo‘lgan aralashma ichida yarim soat qoldiring, keyin esa iliq suvda yaxshilab chaying.
Choyshablarni achigan sutga ivitib qo‘ying. Bir-ikki soat qoldiring. Bakteriyalar choyshablarni nafaqat tozalaydi, balki gazlamaning tuzilishiga va iplarining qalinligiga zarar yetkazmasdan uni yumshoq qiladi.
Manba: “Xitrosti jizni” | 66 | 1,156 |
Ayollar | Atigi ikki mahsulot kifoya: sarg‘aygan vannani oqartirishning eng samarali usuli | Vaqt o‘tib, vannadagi sarg‘ish dog‘lar haqiqiy muammoga aylanishi mumkin, chunki uni tozalash qiyinchilik tug‘dirishi tabiiy. Dog‘dan qutulish uchun ko‘pincha maxsus kimyoviy moddalar va qattiq cho‘tkalar tavsiya etiladi. Ammo uy sharoitida tayyorlash oson bo‘lgan oddiy va arzon vosita yordamida vannaning oq rangini qayta tiklash mumki. “Profil” nashri bu borada maxsus layfxak bilan bo‘lishdi.
Buning uchun faqat ikkita mahsulotni aralashtirish kifoya: iste’mol sodasi va vodorod periks. Birinchi, idishga besh osh qoshiq iste’mol sodasi solinadi, so‘ngra aralashtirib, vodorod periks quyiladi. Mahsulotlardan bir xil quyuqlikdagi massa hosil bo‘lishi kerak.
Aralashma vannaning yuzasiga gubka yoki cho‘tka bilan qo‘llaniladi. 15 daqiqaga qoldirilib, keyin nam gubka bilan artib olinadi va oddiy suv bilan yuvib tashlanadi.
Bundan tashqari, aralashma vannaning jo‘mrak sohasiga ham surtilishi mumkin. Ushbu oddiy va samarali vosita tufayli ular yangidek porlashni boshlaydi.
Vannani tozalash oson ish emas, chunki u tez-tez kir bo‘ladi va juda tez sarg‘ayadi, suv xlori va zang tufayli asl ko‘rinishini yo‘qotadi. Afsuski, vannani tozalash uchun ko‘pchilik qimmatbaho kimyoviy vositalarni sotib oladi, lekin uni oddiygina usul bilan oqartirish mumkin. | 80 | 1,255 |
Ayollar | Ko‘z atrofida ajin paydo bo‘lishiga olib keladigan holatlar | Ko‘z atrofidagi teri haddan ortiq nozik va yupqa ekani sabab doimiy ravishda parvarishga ehtiyoj sezadi.
Juda ham issiq yoki sovuq suvda yuvinish
Suvning haddan ortiq darajada issiq yoki sovuq bo‘lishi xotin-qizlar yo‘l qo‘yadigan eng katta xatolardan biri sanaladi. Suv harorati kundalik yuvinish uchun xona harorati kabi 23-24 daraja bo‘lishi kerak, asli issiq yoki sovuq emas. Onda-sonda kosmetik muz bo‘laklarini ko‘z ostiga qo‘ysa bo‘ladi, ammo har kuni ketma-ket yuzga sovuq tegmasligi kerak. Aks holda teriga zarar yetishi mumkin. Qaynoq suv ham shunday terini quritib yuboradi hamda yuzda ajin ko‘payishiga olib keladi.
Ko‘zlardagi makiyajni o‘chiradigan maxsus kosmetik vositalardan foydalanmaslik
Yuzni tozalashga mo‘ljallangan vosita yorliqlariga ko‘z atrofiga qo‘llanmaslik kerakligi yozib qo‘yilishi bekorga emas. Negaki yuz va ko‘z atrofidagi teri farqli parvarish talab qiladi. Shu bois qovoq va ko‘zlardagi makiyajni maxsus ko‘pik yoki tarkibida yog‘ bo‘lgan ikki turli vosita bilan tozalash tavsiya qilinadi.
Ko‘z ostiga oddiy yuz kremini surtish
Ko‘z va uning atrofidagi teri uchun alohida kosmetik vositadan foydalanish kerak. Yuzga surtiladigan krem qanchalik qimmat va sifatli bo‘lmasin, uni ko‘z ostiga boshqa vositadan foydalaning.
Ko‘z ostidagi terini yetarlicha namlantirmaslik
Terining quruqligi ajin paydo bo‘lishiga olib keladigan eng ko‘p tarqalgan sabablaridan biridir. Yetarlicha namlantirilgan teri uzoq vaqt tarang va silliq bo‘ladi, mushak va teri osti yog‘lari deyarli yo‘q ekani sabab bu, ayniqsa, ko‘z atrofidagi teriga taalluqli. Shu bois yuzni kun davomida ikki marta makiyaj qilishdan oldin va kechasi kosmetik vositalar tozalanganidan keyin parvarish qilish kerak.
Kremdan noto‘g‘ri foydalanish
Ko‘z atrofiga kremni ohista harakatlar bilan surtish, suyakka tegadigan harakatlar qilmaslik kerak. Har kuni uyquga yotishdan avval qovoqlarni ichki burchakdan tashqariga, ko‘z ostini esa tashqaridan ichkariga harakatlantirib, yengil massaj qiling. Bu qon aylanishini yaxshilab, terining tarang bo‘lishiga yordam beradi.
Quyosh nurlaridan himoya qiladigan ko‘zoynakdan foydalanmaslik
Quyosh nurlaridan himoyalovchi ko‘zoynak taqmaganda, teri ahvoli yomonlashadi va bu ajinlar ko‘payishiga olib keladi. Shu sabab ham ko‘chaga iloji boricha ultrabinafsha filtrli ko‘zoynak taqib chiqish kerak.
Sifatsiz ko‘zoynak taqish
Ko‘rish qobiliyati susaygan odam yaxshiroq ko‘rish uchun ko‘zlarini qisib qaraydi va bu mayda mimik ajinlar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Aynan shu bois ko‘z shifokori ko‘rigida to‘g‘ri dioptriyali (optik shishalarning yorug‘likni sindirish kuchi birligi) ko‘zoynak yozdirish kerak.
Uyqudan avval makiyajni tozalamaslik
Uyquga tozalanmagan ten, tush, podvodka va boshqa kosmetika qoldiqlari bilan yotish teri ahvoliga zarar yetkazishi aniq. Shuning uchun hatto charchagan bo‘lsangiz ham yuzingizni makiyajdan tozalash esdan chiqmasin. | 59 | 2,891 |
Ayollar | Ajinlar paydo bo‘lishining oldini olamiz | Xo‘sh, ajinlar paydo bo‘lishini qanday bartaraf qilish mumkin?
Ajinlarga qarshi kurashishda yuz mushaklari uchun mashqlar bajarish va terini parvarishlashni birga qo‘shib olib borish zarur.
Yomon odatlardan qutulish
Bag‘baqa va bo‘yindagi ajinlar paydo bo‘lishining oldini olish uchun iyakni pastga qisish odatini tashlash tavsiya qilinadi. Boshni biroz ko‘tarinki holda tutish – ancha foydali va yaxshiroq.
Tishlarga e’tibor berish
Tishlarning holati va o‘z vaqtida protez qilish ham juda katta ahamiyatga ega. Tishlarning yo‘qligi nafaqat hazm qilish tizimining buzilishiga balki, yuz shaklining o‘zgarishiga va chuqur ajinlar paydo bo‘lishiga olib keladi.
Kremlardan foydalanish
Uyqudan oldin yuzga krem yoki maz surish foydali. Maz 1 bankacha kremga yarim choy qoshiq tuyib mayda qilingan osh tuzini aralashtirib tayyorlanadi. Bu aralashma yuzga suriladi va 2-3 daqiqa davomida barmoq uchlari yordamida singdiriladi. Ertalab sovuq suvda yuvib, krem surib qo‘yiladi.
Quyosh nuridan himoya qilish
Yuzida ajinlar paydo bo‘la boshlagan ayollarga quyosh nuridan saqlanish va quyoshli kunlarda tashqariga chiqishdan oldin albatta krem surish tavsiya etiladi.
Massaj qilish
Ajinlar paydo bo‘lishi bilan, terida qon aylanishini yaxshilash va uni mustahkamlash uchun har kuni yuz terisini 5 daqiqa davomida barmoq uchlari yordamida yengilgina urib chiqing. | 40 | 1,352 |
Ayollar | Maishiy texnika uzoq vaqt xizmat qilsin desangiz... | Texnikangiz uzoq vaqt davomida xizmat qilishini istasangiz, undan foydalanish qoidalariga rioya qilish kifoya. Birinchi navbatda, uskunalarga ilova qilingan yo‘riqnomalarni diqqat bilan to‘lig‘icha o‘qib chiqing. Ularda har bitta buyumni parvarish qilish va undan foydalanish bo‘yicha barcha ma’lumotlar keltirilgan. Statistikaga ko‘ra, yo‘riqnomada yozilgani kabi uskunadan foydalanish qoidalariga rioya qilinganida, texnikaning buzilib qolishi bilan bog‘liq holatlarning 95 foizi yuz bermagan bo‘lardi.
Qurilmalarni o‘rnatish ham ko‘pincha xatolikka yo‘l qo‘yiladigan holatlardan biridir. Agar gap yirik va murakkab maishiy texnika haqida borayotgan bo‘lsa, uni professional ustalarni chaqirib, o‘rnattirgan ma’qul. Texnika tekis yuzaga o‘rnatilganiga ahamiyat bering: hatto juda kichik og‘ish burchagi bo‘lsa ham, uskuna buzilishi mumkin.
Kir yuvish mashinasiga juda ko‘p yuk ortib yubormasangiz, u sizga uzoqroq vaqt xizmat qiladi. Kiyimlarni yuvishdan oldin, ularning cho‘ntaklarini tekshirib, barcha mayda-chuyda narsalarni olib qo‘ying. Shuningdek, kir yuvishda maxsus kukun va konditsionerdan boshqa hech narsa ishlatmang.
Sovitgichni to‘g‘ri parvarish qilish u hali uyingizga yetib kelmagan vaqtdan boshlanadi. Uni vertikal tarzda tashish kerak, maksimal og‘ish burchagi — 40 daraja. Aks holda kompressordan yog‘ oqib ketishi va uskuna ishi uchun javob beruvchi butun tizimni ishdan chiqarishi mumkin. Sovitgichga issiq mahsulotlarni qo‘ymang, albatta sovishini kuting.
Hech qachon bo‘sh mikroto‘lqinli pechni yoqib ishlatmang — elektromagnit to‘lqinlarini ishlab chiqaruvchi qurilma uchun bu halokatlidir. Unga o‘ta og‘ir narsalarni qo‘ymang (ruxsat berilgan maksimal og‘irlik yo‘riqnomada ko‘rsatiladi). Juda yengil mahsulotlarni esa, yaxshisi, yana birorta boshqa ozuqa bilan birga isiting, shunda to‘lqinlarning bir qismini u o‘ziga oladi. | 51 | 1,853 |
Ayollar | Yoz mavsumida kiyish tavsiya qilinmaydigan, allaqachon urfdan qolgan 8 poyabzal modeli | Noto‘g‘ri tanlangan (yoki ochiqchasiga aytganda, xunuk) poyabzal nafaqat obrazni, balki siz haqingizdagi umumiy taassurotni ham buzishi mumkin.
To‘qilgan etiklar
Dizaynerlar tomonidan to‘qilgan etiklar eng yomon poyabzal deb bir necha marta aytilgan. Ammo ushbu poyabzal muxlislarini hali ham shahar ko‘chalarida uchratish mumkin. Agar bunday “poshnali paypoqlar” shkafingizda bo‘lsa, darhol ulardan qutuling!
Teshikli etiklar
Yana bir didsizlik namunasi bo‘lgan — teshikli charmdan qilingan “yozgi etik”. Shunga o‘xshash bo‘lgan yana bir poyabzal — poshnali botilyon. Birinchisini ham, ikkinchisini ham kiyish tavsiya etilmaydi, agar yozda yopiq poyabzal kiyishni xohlasangiz, kazaki, botinka yoki martens kiyganingiz ma’qul.
Rezinali slansilar
Birinchidan, shaharda rezinali slansi kiyib yurish allaqachon urfdan qolgan, ikkinchidan, bugungi kunda do‘konlarda chiroyli va qulay sandallar tanlovi taqdim etiladiki, slansilarga bo‘lgan qiziqish o‘z-o‘zidan yo‘qoladi.
Gladiator-sandallar
Gladiator-sandallar bilan oyoqlaringiz kalta ko‘rinishini xohlamasangiz kerak? Hatto yetarlicha uzun oyoqli qizlarni ham kalta oyoqli gnomlarga aylantirish uchun ular haqiqatan ham sehrli xususiyatga ega.
Krossovka-tanketkalar
Bunday krossovkalar yuz yil oldin urfdan chiqib ketganligini unutgan bo‘lsangiz ham bu kabi yozgi poyabzal shkafda kamida g‘alati ko‘rinadi.
Tuyoqsimon bosonojkalar
Bir vaqtlar sevimli yozgi poyabzal bo‘lgan bunday bosonojkalar romantik yozgi ko‘ylaklar va zamonaviy kombinezonlar bilan birgalikda ajoyib obraz hosil qila olardi. Ammo bunday poyabzallar uzoq o‘tmishda qoldi va ularni shkafda saqlashdan foyda yo‘q.
Baletkalar
Chiroyli va zamonaviy baletka topish siz o‘ylaganingizdan oson — eng muhimi, old qismi dumaloq, cheti bo‘ylab rezina tasma bilan qoplangan didsiz modellarni xarid qilmang.
Krokslar
Agar krokslarni faqat shahar tashqarisida, dala hovlilarda kiysangiz, hech qanday muammo yo‘q. Ammo bunday poyabzalni shaharda kiyish yaxshi fikr emas. | 86 | 1,982 |
Ayollar | Sochlari sog‘lom va serjilo bo‘lishini istaganlar uchun 7 ta oddiy tavsiya | Sochlaringiz serjilo va sog‘lom bo‘lishini istasangiz, quyidagi tavsiyalarga amal qiling.
Soch uchlarini muntazam ravishda kesib turing
Agar sochlaringizni uzun qilib o‘stirmoqchi bo‘lsangiz, har 1—2 oyda soch uchini kesib turish lozim. Muntazam ravishda yarim santimetr kesib tursangiz, sochlaringiz chiroyli va sog‘lom bo‘lib, hatto ikki baravar tez o‘sadi.
Sochlarni tezroq o‘stirish xususiyatiga ega bo‘lgan mahsulotlar
Sochlarni sovuqdan asrang
Ota-onalarimiz bolaligimizda bosh kiyim kiyishga majbur qilishardi: bu nafaqat shamollash xavfini kamaytiradi, balki sochlarimizni sovuq haroratning zararli ta’siridan ham himoya qiladi. Zamonaviy qalpoqlar, shlyapalar va panamalar sochlaringizni sovuqdan qutqaribgina qolmay, balki kiyinish uslubingizga ajoyib detal bo‘ladi.
Yashirin xavf: sochlarni quritmay uxlash qanday oqibatlarga olib keladi?
Issiqdan himoyalovchi vositalardan foydalaning
Soch uchun yuqori harorat past harorat singari salbiy ta’sir ko‘rsatadi, shuning uchun mutaxassislar har doim issiqdan saqlovchi zardob va moylardan foydalanishni maslahat beradi.
Sochga oq tushishi bilan namoyon bo‘ladigan kasalliklar
Ko‘p bosqichli parvarish
Eng yaxshi va to‘g‘ri tanlangan shampunning ham asosiy vazifasi bitta — sochlarni tozalash. Namlash, oziqlantirish va mustahkamlash uchun konditsioner va maxsus niqoblardan foydalaning. Qimmat mahsulotlar sotib olishning hojati yo‘q — tabiiy yog‘lar bu borada yaxshi samara beradi.
Mayonez, aspirin, Coca-Cola: Yulduzlarning serjilo sochlari siri nimada? (foto)
Massaj
Soch o‘sishi birinchi navbatda bosh terisi holatiga bog‘liq. Boshni muntazam massaj qilish qon aylanishini yaxshilaydi. Massajni maxsus cho‘tkalar yoki guash kristallari yordamida qilish mumkin.
Barcha ayollarda bo‘lishi kerak bo‘lgan 4 byuti-gadjet
Bosh terisini tozalash
O‘lik teri hujayralarini tozalash nafaqat yuz va tanada, balki bosh terisi uchun ham zarurdir. Maxsus skrab va pilinglar yordamida oyiga 2—3 marta bosh terisini tozalang. Sochlaringiz qay darajada o‘zgarganini 1—2 muolajadayoq sezishingiz mumkin.
Sochlarning tez yog‘lanishidan aziyat chekuvchilarga 6 maslahat
Ratsioningizni nazorat qiling
Qanchalik yaxshi mahsulotlardan foydalanganingizdan qat’i nazar, sochlaringiz nafaqat tashqi tomondan, balki ichki tomondan ham oziqlanishga muhtoj. Vitamin yetishmovchiligi sochlarning quruq va mo‘rt bo‘lishining eng keng tarqalgan sabablaridan biridir. Shuning uchun ratsionda foydali yog‘lar, E va D vitaminlari va turli minerallar bo‘lishiga e’tibor bering.
Organizmdagi 7 ta jiddiy autoimmun kasallik: Qanday aniqlanadi va davolanadi? | 74 | 2,590 |
Ayollar | Kletchatka nima va u nima uchun kerak? | Kletchatka – bizning tanamizdagi ko‘pchilik a’zolarning to‘g‘ri faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydigan muhim modda hisoblanadi. O‘simliklardan tayyorlangan oziq-ovqatlar tarkibidagi ozuqa tolalari inson organizmi faoliyatida, ayniqsa, hazm qilish a’zolari faoliyatida muhim rol o‘ynaydi. Kletchatka ovqat hazm qilish tizimini nojo‘ya mahsulotlardan, shu jumladan toksinlardan tozalashga yordam beradi.
Kletchatkalarni yetarlicha iste’mol qilmaslik nafaqat ovqat hazm qilish tizimi faoliyatiga, balki butun organizm faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Tananing “ifloslanishi” immun tizimi samaradorligining pasayishiga olib keladi, natijada inson tanasi turli kasalliklarga chalinishga moyil bo‘lib qoladi. Lekin dag‘al ozuqa tolalarini yetarlicha iste’mol qilish oshqozon-ichak kasalliklarining eng ko‘p tarqalgan sabablaridan biri hisoblanuvchi disbakteriozni davolashga yordam beradi.
Afsuski, hozirgi zamon kishilari muammosi — ularning ratsionida oldindan tozalangan (oqlangan) oziq-ovqat mahsulotlarining ko‘pligidir. Aytish joizki, bunday oziq-ovqatlarni iste’mol qilish ortiqcha vazn va semizlikka olib keladi. Ular tarkibida dag‘al va yumshoq ozuqa tolalari yo‘qligi sababli odam ovqatlanish paytida to‘yganini bilish hissiyoti uyg‘onmaydi, natijada organizm talab qilmasa ham yeyishda davom etaveradi.
Organizmdagi balansni saqlab turish uchun, tarkibida klechatkalarga boy bo‘lgan o‘simliklardan tayyorlangan xilma-xil oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish lozim. Bularga nafaqat meva va sabzavotlar, balki butun donli don mahsulotlari hamda makaronli mahsulotlar va dag‘al undan tayyorlangan non ham kiradi.
Albatta, ovqat hazm qilish tizimi ishini yaxshilash uchun tarkibida parhezli kletchatkalari bo‘lgan tayyor preparatlardan ham foydalanish mumkin. Bu preparatlar ochlik hissini susaytiradi va parhez qilishda qo‘shimcha omil bo‘lib xizmat qiladi. Lekin shuni esda tutish lozimki, bunday preparatlar ozuqa tolalariga boy tabiiy mahsulotlar o‘rnini bosa olmaydi. | 38 | 1,983 |
Ayollar | Qon bosimi normalari: ular nimaga bog‘liq va yoshga qarab qanday o‘zgaradi? | Qon bosimi inson salomatligining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Bu qonning qon tomirlariga ta’sir qiladigan bosimi. Qon bosimi arterial, venoz, kapillyar bo‘lishi mumkin. Shifoxonalarda va uyda qon bosimini o‘lchash odatiy holat, Wday nashri qon bosimining normal ko‘rsatkichlari haqida ma’lumot berdi.
Qon bosimi normasi haqiqatan mavjudmi?
Butun dunyodagi shifokorlar qon bosimi normasi o‘zgaruvchan ko‘rsatkich ekanini aytgan. Qon bosimi yoshga, jinsga, kasalliklarga, ovqatlanishga bog‘liq. Shunga qaramay, “ish bosimi” degan narsa bor, har bir shaxs uchun optimal bosim hisoblanadi.
Shuning uchun, shifokor bilan bog‘langanda, bemor har doim “ish” ko‘rsatkichi haqida ma’lumot berishi kerak. Gipotenziv va gipertenziv bemorlar bor: gipotenziv bemorda qon bosimi har doim darajada past bo‘ladi, gipertoniya bilan og‘rigan bemorlarda esa ko‘tariladi. Umuman olganda, ayrim insonlarning qon bosimi doimiy ravishda o‘zgarib turadi.
Qanday qilib qon bosimini to‘g‘ri o‘lchash mumkin?
Agar qon bosimingizni o‘lchamoqchi bo‘lsangiz, bu ishni tinch muhitda bajaring. Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanmang va ruhiy tushkunlikka tushmang. Faqat tinch holatda optimal qon bosim ko‘rsatkichini ko‘rishingiz mumkin.
O‘lchov moslamasi ishlayotgan paytda bir holatda qimirlamay o‘tiring, qo‘lingizni qimirlatmang va harakatlar qilmang.
Yosh bo‘yicha qon bosim normasi
Bosimni o‘lchaganingizdan so‘ng, uni o‘rtacha qiymatlar bilan solishtiring. Quyida qon bosimlarining normal o‘lchamlari keltiriladi:
Qanday holatlarda qon bosimi ko‘rsatkichidan xavotir olish kerak?
Agar qon bosimingiz ko‘tarilganini sezsangiz, shifokor bilan maslahatlashing. Shuningdek, yuqori qon bosimi bilan quyidagi alomatlar: boshning orqa qismidagi og‘riq, ko‘zlarning “uchishi”, quloqlarda shovqin, bosh aylanishi, ko‘z nuri pasayishi paydo bo‘lishi mumkin.
Bundan tashqari oyoq-qo‘llarining uyushishi, yurish paytida qiynalish kabi jiddiy asoratlar paydo bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda shoshilinch tez yordam chaqirishingiz yoki shifoxonaga borishingiz kerak.
Qon bosimiga nima ta’sir qiladi?
Shuni yodda tutingki, qahva ham qon bosimining ko‘rsatkichlariga ta’sir qilishi mumkin.
Sigaretalar va boshqa tamaki mahsulotlarida mavjud bo‘lgan nikotin, metan, kadmiy va boshqa zararli kimyoviy moddalar tomirlarning torayishi va qon bosimining barqaror ko‘tarilishiga olib keladi. Bir kun kelib bu insult, yurak xuruji va o‘limga olib kelishi mumkin.
Spirtli ichimliklar va spirtli ichimliklarni o‘z ichiga olgan barcha turdagi kokteyllar tomirlarni kengaytiradi va insult yoki infarktga olib keladi. Spirtli ichimliklarning ruxsat etilgan dozasi kuniga taxminan 30 ml qilib belgilangan.
Jiddiy stress sog‘liq bilan bog‘liq ko‘plab muammolarini keltirib chiqaradi. Bu qon tomirlarini toraytiruvchi kortizol va adrenalinning ko‘p miqdorda chiqarilishiga olib keladi. Stress gipertonik muammolarning rivojlanishiga ham sabab bo‘lishi mumkin.
Ob-havo o‘zgarishi. Ob-havoga sezgir odamlar ob-havo o‘zgarishi tufayli bosimning ko‘tarilishidan aziyat chekadi.
Homiladorlik — beqaror holat. Farzandni dunyoga keltirish vaqtida tana qattiq ishlaydi va unga kuchli bosim tushishi mumkin. Bunday holatda shifokorga tashrif buyurish va o‘zgarishlar dinamikasini kuzatish kerak. | 75 | 3,249 |
Ayollar | Dizayner Gulchehra Yunusova yangi liboslar to′plamini namoyish etdi (foto) | Gigu brendi ostida faoliyat yuritadigan dizayner Gulchehra Yunusova navbatdagi liboslar to‘plamini taqdim etdi, deb yozadi MyDay.
Ramadan nomli liboslar to‘plami namoyishidan avval, tomoshabinlar e’tiboriga viderolik namoyish etildi. Unda 2010-yilda faoliyatini boshlagan Gulchehra Yunusovaning bugungacha erishgan muvaffaqiyatli onlari hamda ish jarayonlari aks etdi. Taqdimotni Zaynabbegim Yunusova olib bordi.
Asosan, ayollar liboslarini yaratuvchi dizaynerning bu galgi to‘plamidan erkaklar kiyimlari ham o‘rin olgan. Ilk namoyish ham aynan erkaklar uchun yaratilgan yaktaklar taqdimotidan boshlandi. Dizayner milliy yaktaklar bichimiga zamonaviy moda elementlarini qo‘shgan holda yangicha ko‘rinish yaratgan.
Ekranda aks etgan muslima ayol obrazi va unga monand yozilgan “O‘zbek ayoli” nomli go‘zal she’rdan so‘ng, ayollar libosi namoyishiga navbat berildi.
“Liboslarda asosan, shoyi adras, shifon va villur matosi ishlatilgan. Ranglar bir-biriga uyg‘un hamda yorqin. Ortiqcha e’tiborni tortmaydi, liboslarni kundalik turmushda ham, bazmlarda ham kiyish mumkin. Eng muhimi, liboslarni tayyorlashda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan matolardan foydalanilgan”, — deyiladi xabarda.
Taqdimotni xonanda Madina Mumtoz o‘zining “Ramazon” nomli yangi taronasi bilan yakunlab berdi. Shundan so‘ng, bayram dasturxoni barchani o‘z atrofiga chorladi.
To‘plamni Ramadan deb nomlanishiga sabab - mazkur muborak oy arafasida taqdim etilayotganidir. Barchaga bayram tuhfasi bo‘lishini istadik. Undan 24 ta ayollar, 9 ta erkaklar va bitta qizaloqlar libosi o‘rin egallagan. Har gal liboslarimda milliy matolardan foydalanaman. Navbatdagisida ham milliyligimizni saqlab qolishga alohida urg‘u berganman”.
Gulchehra Yunusova, Gigu brendi asoschisi
Har bir taqdimoti o‘ziga xos, bu galgisi ham menda katta taassurot qoldirdi. Kutmagandim, juda chiroyli liboslar yaratgan. Shunaqa chiroyli qilib yaratib qo‘yganidan, o‘zim ham shunday usulda kiyinishni istab qoldim. Bu esa Gulchehraning yutug‘i, deb hisoblayman”.
Umidaxon, xonanda
Gulchehraning tikayotgan liboslarida sharqonalik, arab yo‘nalishi bor. Shu sabab uning ishlash uslubi boshqa dizaynerlardan farq qiladi. Bugungi liboslar ham juda chiroyli. Kundalik kiyganda ham noqulaylik keltirib chiqarmaydigan bejirim liboslar bo‘lgan. Ijodlariga ulkan parvozlar tilayman. Ulardan kutilmagan va yanada qiziqarli liboslar to‘plamini kutib qolamiz.
Shahzoda Muhammedova, dizayner va aktrisa
Taqdimot marosimiga Zarina Nizomutdinova, Dilso‘z, Shahzoda Matchonova, Nilufar Usmonova, Shahzoda Muhammedova, Lola Axmedova, Madina Mumtoz, Xalimaxonim Ibragimova, Umidaxonlar ham tashrif buyurdi. | 74 | 2,632 |
Ayollar | Eng mashhur musulmon moda blogerlari (foto) | Bugungi maqolada arab moda blogerlarining eng taniqlilari bilan tanishtirib o‘tamiz.
Saufiya shunchaki bashang kiyinuvchi qiz bo‘lib qolmasdan, Instagram’da o‘z sahifasini faollik bilan yuritadi, shuningdek, butun dunyoda mashhur bo‘lgan, musulmon modasi haqidagi Hijab Fashion blogi yaratuvchisi va muallifidir. Uning mushtariylari soni 3 million kishidan oshadi.
Ko‘pchilik musulmon moda blogerlaridan farqli ravishda, Lina AQShda yashaydi, bu esa uning uslubiga ta’sir o‘tkazmasdan qolmagan. Qiz och rangli pastel gammani afzal ko‘radi, shuningdek, turli burma hoshiyalar va par-parlarni yaxshi ko‘radi.
Bu qiz Angliyada yashaydi va nafaqat feshn-bloger, balki dizayner sifatida ham tanilgan. Dizayner sifatida u aynan hijoblar yaratishga ixtisoslashgan. O‘z ishlarini Instagram’dagi sahifasi orqali e’lon qilib boradi.
Ikki yil avval Merayya H&M markasining reklama kampaniyasida suratga tushgan birinchi hijobli qiz bo‘lgach, tanilib ketdi. Endi esa qiz deyarli har kuni Instagram’da yangi liboslarda namoyon bo‘lishdan va obunachilarini zavqlantirishdan to‘xtamayapti.
Manba: “Lady.tochka.net” | 43 | 1,103 |
Ayollar | Nima sababdan yuz terisi uchun kushondan foydalanmaslik kerak? | Kushon — bu bir-biridan ajratilgan ikki qatlamli kosmetik mahsulotlarning maxsus formati hisoblanadi. Foydalanish qulayligi va idishining bejirimligiga qaramay mutaxassislar teriga yomon ta'sir ko‘rsatadigan sponjlardan foydalanishni kamdan kam hollarda tavsiya qiladilar.
Kushon nima va uni qo‘llash qoidalari
Kushon ko‘pincha suyuq kosmetik mahsulot deb ataladi, u juda g‘ayrioddiy shaklda: standart idishda (flakon yoki tyubik) emas, balki qutida bo‘ladi. Bu tonal kremga namlangan maxsus nam gubkali quti. Idishda uni qo‘llash uchun yumshoq yumaloq “yostiqcha” mavjud. Odatda yostiqcha (sponj) ko‘plab parvarishlovchi komponentlarni o‘z ichiga oladi: namlovchi, yallig‘lanishga qarshi, qarishga qarshi, quyoshdan himoya qiluvchi komponentlar. Mahsulotni toza, tayyorlangan teriga kunduzgi krem yoki zardobdan keyin qo‘llash tavsiya etiladi. Kerakli miqdorni siqib, yuzga surtish kerak. Yengil harakatlar bilan mahsulotni yaxshiroq taqsimlang.
Foydalanishning ijobiy va salbiy tomonlari
Ular kundalik foydalanishda qulay va bir qator afzalliklarga ega, ammo kamchiliklari ham bor. U kam joy egallaydi, yengil va kun davomida bo‘yanish uchun qulay. Cho‘tkalar yoki qo‘shimcha gubkalar kerak emas. Yuzga kerakli miqdorda va zichlikda taqsimlangan dozalarda qo‘llanilishi mumkin. O‘zining sponji maxsus antibakterial materialdan tayyorlangan. Sponjni yumshoq yuvish vositalari bilan 2 haftada 1 marta yuvish mumkin. Biroq muammoli teriga ega bo‘lsangiz, kushondan foydalanish tavsiya etilmaydi. Mahsulot teri teshikchalarini yopib qo‘yib, gubka bakteriyalarni o‘tkazishi va shu bilan toshmalarni keltirib chiqarishi mumkin. Sponjni hech kim bilan baham ko‘ra olmaysiz, chunki u tish cho‘tkasi kabi shaxsiy gigiyena vositasidir.
Mavjud muqobillari
Sponjdan foydalanishni istamaydiganlar uchun muqobil variantlar mavjud. Tonal kremlar, BB va CC kremlari, konsilerlar, pudralar va boshqalar. Ushbu vositalarning har biri sponjni almashtirishi va yuzga silliq jilosiz qoplama berishi mumkin. Biroq har qanday vosita teri holatiga va kosmetolog tavsiyalariga muvofiq tanlanishi kerak. | 62 | 2,082 |
Ayollar | Ortiqcha vaqt bo‘lmasa, ingliz tilini qanday o‘rganish mumkin? | Ingliz tili — xalqaro til, shuningdek, u xitoy va rus tilidan farqli o‘laroq, ancha sodda til. Ingliz tili faqat chet mamlakatga sayohatga borganda yoki o‘z yurtingizda xorijlik sayyohlar bilan muloqot qilishda emas, balki ishda ham sizga qo‘l keladi.
Bizning tavsiyalarimiz sizga ingliz tili bilan shug‘ullanishga vaqtingiz va naqdingiz bo‘lmagan holatlarda ham yordam berishi mumkin.
Birinchi tavsiya — noto‘g‘ri fe’llar jadvalini, shuningdek, so‘zlashuv iboralarini printerdan chiqarib olib, butun uy bo‘ylab osib chiqish. Nonushta vaqtida yoki uy yumushlarini bajarayotganingizda yo bo‘lmasa, uyqu oldidan ularga duch kelib, beixtiyor o‘qiysiz va yodda saqlaysiz.
Ikkinchisi — telefoningizga Duolingo va 50 languages bepul dasturlarini yuklab oling (Playmarket va Appstore’da bor). Ular bir dunyo foydali ma’lumotlar, darslar va tayyor iboralarni, shuningdek, ingliz tili bo‘yicha testlarni o‘z ichiga oladi.
Uchinchi tavsiya — ingliz tilida so‘zlashuvchi tanishlar orttiring. Facebook, Instagram va boshqa ijtimoiy tarmoqlar tufayli, bugungi kunda bu qiyin ish emas. Ulardan ingliz tilingizni amalda qo‘llab ko‘rishda yordam so‘rashdan uyalmang.
Va nihoyat, eng asosiysi, yangi narsani bilib olishdan tortinmang va qo‘rqmang. Birorta do‘stingiz bilan birga ingliz tilini o‘rganing va u bilan faqat inglizcha gaplashishga kelishib oling. Amerika seriallarini tomosha qiling, inglizcha qo‘shiqlar tinglang va asosiysi, motivatsiyani yo‘qotmang. Stay motivated! | 62 | 1,464 |
Ayollar | Hermès yangi soatlar modelini taqdim etdi | 2020-yilning bahorida bo‘lib o‘tishi kutilgan Watches & Wonders ko‘rgazmasi epidemiya sabab onlayn tarzda o‘tkazildi. Elle nashri ko‘rgazmada yangi modellar bilan qatnashgan Hermès soatlariga to‘xtaldi.
Arceau L’heure de la lune soatlari
Arceau L’heure de la lune modeli o‘ziga xos uslubda ishlangan, uning siferblatida koinot hamda oy aks etgan bo‘lib, soat mili va raqamlari ham noan’anaviy joylashtirilgan. Korpus qalinligi 4,2 mm ni tashkil etadi, uning minimal uslubdagi dizayni kishini o‘ziga jalb etmay qolmaydi.
Cape Cod Martelée soatlari
Mazkur to‘rtburchak korpusli soat modeli ilk bor 1991-yilda taqdim qilingan bo‘lib, uning eskizi Anri d’Orini tomonidan chizilgan. Ushbu klassik uslubdagi soat zarb berib ishlash texnikasi asosida ishlangan. Soatning ortiqcha ranglardan xoli dizayni, o‘ziga xos charm kamari ushbu modelga jiddiy qiyofa bergan.
Nantucket Jeté de Chaîne d’Ancre soatlari
Mazkur kichik hajmli soat bir qarashda ayollarga xos noziklik, shu bilan birga, o‘ziga yarasha jiddiylikni ifodalaydigandek go‘yo. Siferblat hoshiyasidagi sochma brilliantlar korpusga ko‘rk bag‘ishlagan. Buzoq va alligator terisidan ishlangan rang-barang yorqin kamarlar soatni yanada jozibali qiladi.
Slim d’Hermès GMT soatlari
Slim d’Hermès soatida, asosan, oddiylik va sipolik uyg‘unligiga e’tibor berilgan. Buni korpusning ingichkaligi, Filipp Apelua tomonidan maxsus ishlangan original shriftdan ham bilish mumkin. Pushti oltindan ishlangan GMT moduli sayohatchilar uchun ayni muddao. U orqali nafaqat vaqt, kun, oyni, balki joylashuv o‘rnini ham bilish mumkin.
Arceau Squelette soatlari
Po‘latdan ishlangan dumaloq korpusli mazkur modelning siferblat hoshiyasi sapfirdan. Soatning ishlash mexanizmini siferblatdan tomosha qilish va har bir detallni kuzatish mumkin. Soatning charmli qora kamari, korpusi va siferblati Hermès Horloger ustaxonasida ishlangan.
Аrceau Cheval Cosmique
Ushbu soatga tushirilgan ot surati modelning o‘ziga xosligini ta’minlaydi. Ta’kidlanishicha, mazkur modeldagi bir suratni tushirish uchun 1 hafta vaqt ketgan, soatlar esa faqatgina 24 nusxada chiqarilgan. | 41 | 2,097 |
Ayollar | Fen yordamida soch quritishdan tashqari amalga oshirish mumkin bo‘lgan 14 ta layfxak | Fen odatda faqat soch quritish uchungina ishlatiladi. Lekin undan boshqa maqsadlarda ham foydalanish mumkin.
Poyabzallarni kengaytirish
Yangi poyabzal juda tormi? Uni qalin paypoqlar bilan kiyib, fen bilan qizdirish kerak. Qurilmani har tomondan kamida 1-2 daqiqa ushlab turish lozim. Oyoq kiyim to‘liq sovib ketguncha yechilmaydi, shunda isitilgan material oyoqqa moslashadi.
Stikerlardan qolgan yelimlarni olib tashlash
Agar yorliq olib tashlangandan so‘ng idish-tovoq yoki mebelda yelim izi qolsa, avval uni fen bilan qizdirib, so‘ng olib tashlashga harakat qilish kerak. Yuqori haroratlarda yopishqoq qatlam yumshaydi va uni oddiy shimgich bilan osongina yuvish mumkin.
Suv dog‘laridan xalos bo‘lish
Nam stakanlar mebelda iz qoldirganmi? Vahima qilishning keragi yo‘q. Buni fen osongina bartaraf etadi. Avval sovuq, keyin iliq havo oqimi yo‘naltiriladi va qurilma dog‘ yo‘qolguncha ushlab turiladi.
Bamperdagi chuqurni yo‘qotish
Ishonish qiyin, lekin ba’zi hollarda avtomobildagi ezilib qolgan joylarni professional ta’mirlashsiz yo‘qotish mumkin. Albatta, bu juda ko‘p vaqt va kuch talab qiladi, lekin natija, albatta, bunga arziydi!
Ko‘zoynaklar bandini sozlash
Ko‘zoynaklar nuqul burundan sirg‘alib ketadimi? Bunga bandning noto‘g‘ri uzunligi aybdor. Agar band plastmassadan yasalgan bo‘lsa, ularni fen bilan maksimal rejimda qizdirib, barmoqlar bilan to‘g‘ri joyga egib, sozlash mumkin.
Ovqat isitish
Bu maslahat, albatta, tez-tez sayohat qiladigan odamlarga yoqadi. Ovqatni isitish kerak bo‘lsa-yu, oshxona yoki mikroto‘lqinli pech topishning imkoni bo‘lmasa, mehmonxonaning fenidan foydalanish mumkin.
Mum izlarini olib tashlash
Soch quritgich yordamida mebeldan mum izlarini tez va oson olib tashlash mumkin. Dog‘ issiq havo bilan qizdiriladi va nam mato bilan artib olinadi.
Ko‘mirni yoqish
Kabob pishirish kerakmi? Bunday holatda haqiqiy professionallar qo‘llaydigan layfxak foydali bo‘ladi. Ko‘mirni fen bilan yoqqandan so‘ng darhol puflash – bu olovni teng ravishda taqsimlashga va barbekyuning barcha chekkalarida barqaror haroratni yaratishga yordam beradi.
Jelatinli tort
Tort yuzasi muz kabi bezatilsa, ajoyib ko‘rinadi. Qandolatchilik biznesida yangilar tajribali oshpazlarning sinovidan o‘tgan layfxaklardan foydalanishi mumkin. Tortning yuqori qismiga krem qo‘llanadi va uni iliq havo oqimi bilan yuzaga tekis taqsimlash mumkin.
Muzlatilgan mahsulotni eritish
Agar muzlatilgan ovqatning faqat bir qismini ishlatish kerak bo‘lsa, ularni muzdan ajratish uchun fen bilan eritish mumkin.
Saqichni olib tashlash
Agar saqich sochga yopishsa, sochlarni yozib tashlash kerak. Ammo qaychidan foydalanishga shoshilmaslik lozim – uni fen bilan olib tashlash mumkin. Saqich issiq havo oqimi bilan oldindan qizdiriladi va mayda tishli taroq bilan taraladi.
Kipriklarni qayirish
Kipriklarni qayirishda ushbu layfxak, albatta, yordam beradi. Soch quritgichdan iliq havo oqimi bilan kiprik qayirgich qizdiriladi va u bilan kipriklar qayirish mumkin, natija kun bo‘yi saqlanib turadi.
Pishiriqlarni qolipdan chiqarish
Kekslarni qolipdan chiqarish qiyin bo‘lsa, uni fen bilan isitish lozim. Bu usul folga yoki pergament qog‘oz qatlami mahsulotlarga yopishib qolganda ham samarali beradi.
Chang bilan kurash
Chang va kirni mato yoki cho‘tka bilan olib tashlab bo‘lmaydigan hollarda fen yordam beradi. Misol uchun, klaviaturaning ishlash muddatini kamida ikki haftada bir marta fen bilan tozalash orqali uzaytirish mumkin. Bu usul kitoblardan changni tozalash uchun ham qo‘l keladi. | 84 | 3,485 |
Ayollar | Uy sharoitida teri uchun qahvali skrab tayyorlaymiz | Karantin vaqti uy sharoitida yuz va teri uchun skrab tayyorlash mumkinligini bilasizmi? Yo‘q bo‘lsa, quyidagi retsept siz uchun.
Qahvali skrab – qon aylanishini yaxshilaydi, sellyulitga qarshi yaxshi vosita hisoblanadi. Shuningdek, terini yaxshi tozalab, sog‘lom va tiniq ko‘rsatadi. Ushbu skrabni bir haftada 2 yoki 3 marta ishlatish kerak.
Kerakli mahsulotlar:
Tayyorlash jarayoni: | 51 | 384 |
Ayollar | Organizmning e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydigan signallari | Organizmda nimadir yuz bera boshlasa u bizga biron-bir ishora bilan belgi berishi mumkinligi to‘g‘risida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Bu qanchalik ajablanarli bo‘lmasin, ko‘pincha tanadagi har xil toshmalar va o‘zgarishlar kasallik paydo bo‘lishidan darak berishi mumkin.
Bu stress va xafagarchilik ta’sirida bo‘lishi mumkin. Og‘iz qurishi o‘tib ketmasa va siz serjahl bo‘lib qolsangiz, unda bu holat sizga B3 vitamini (nikotin kislota) yetishmasligining belgisidir.
Bu alomat qonning quyulishi yoki jigar faoliyati muammolaridan darak beradi.
Shu bilan birga umumiy charchoqlik va terining xira tortish belgilari paydo bo‘lsa, bu buyraklaringiz bilan bog‘liq muammolardan darak beradi.
Bu qon bosimining ko‘tarilishi yoki K vitamini yetishmasligidan darak beradi.
Shuningdek, og‘iz burchagi mushaklarining bo‘shashganini, diqqatni to‘plash bilan muammolarni va sochlaringiz to‘kilayotganini sezgan bo‘lsangiz, bu holat sizga vitamin B2 (riboflavin) yetishmasligidan dalolat beradi.
Manba: “Tak-prosto.cc” | 56 | 1,003 |
Ayollar | Go‘zal tong: yetarlicha uxlamaganlar uchun 5 ta byuti-layfxak | Ba’zan tungi uyqu vaqtida turli xil mashg‘ulotlar bilan band bo‘lish tashqi ko‘rinishga ta’sir qiladi va bunday holatlarda yuz shishi, ko‘z qizarishi va uning pastki qismida qora dog‘lar yuzaga kelishi kuzatiladi. Biroq ba’zi go‘zallik sirlari sizni bunday muammolardan darhol xalos etishi mumkin, quyida shu haqda ma’lumot beriladi.
Budilnik chalinganidan so‘ng
Ko‘zingizni yumganingizdan keyin bir daqiqa ham o‘tmay budilnik allaqachon yangi ish kuni boshlanganini bildirdi. Bunday holatlarda bor kuchingizni to‘plab yotoqxonadan chiqishingiz kerak. Quvvat olish va yetarlicha energiya to‘plash uchun C vitamin kerak bo‘ladi. Iloji bo‘lsa, har kunni bir stakan limonli suv bilan boshlagan ma’qul. Yana bir foydali narsa achchiq limonli, shakarli qora choy bo‘lib, u tanaga qahva kabi uyg‘onishga yordam bermaydi, biroq organizmga yengilroq ta’sir qiladi.
Biror-bir muhim ishni hal qiluvchi insonlar uchun sovuq dush juda mos keladi. Uyqu yo‘qoladi — qon aylanishining tezlashuvi yuzdagi charchoq belgilarini tezda yo‘q qiladi.
Ertalab sport bilan shug‘ullanish kunning ajoyib boshlanishiga xizmat qiladi. Yugurish yoki boshqa jismoniy faoliyat turlaridan so‘ng, energiya ortadi va bu yanada ko‘proq harakat qilishga sharoit yaratadi.
Ortiqcha makiyajsiz
Ko‘pgina qizlar uyqusizlik asoratlarini me’yoridan ortiq kosmetika bilan yashirishga urinib xato qiladi. Bu holat har doim teskari ta’sir ko‘rsatadi — tonal krem qatlami faqatgina terining xiralashganini va ajinlarini ko‘rsatadi va horg‘in yuzdagi yorqin bo‘yalgan ko‘zlar tushkun taassurot qoldiradi.
Ko‘z ostidagi qora dog‘lar va shishlarga qarshi kurashda kollagenli yostiqchalar, gialuron kislotasi va B5 vitamini juda yaxshi yordam beradi. Vaziyat qat’iyroq harakatni talab, dog‘lar va shishlarni to‘g‘ri yashirish vositalaridan foydalaning. Biroz pudra, lab bo‘yog‘i va kam bo‘yalgan kirpiklar — bu sizga ertalabki bo‘yanish uchun yetarli bo‘ladi.
Yana bir sir — obrazni ko‘zoynak bilan to‘ldirish hisoblanadi. Ushbu aksessuar uzoq vaqtdan beri zamonaviy go‘zallik arsenalida foydalanib kelinadi. Ko‘zoynaklar tashqi ko‘rinishni o‘zgartiradi, biroq, eng muhimi, ko‘zlar ostidagi ertalabki shish, dog‘larni yashiradi. Biroq quyoshdan saqlovchi ko‘zoynaklar bilan ularni yashirish — noto‘g‘ri sharoitda ko‘zoynaklar orqali yashirilgan yuz nimadir joyida emasligini anglatadi.
Har doim siz bilan
Har doim yoningizda olib yuradigan narsalar mavjud. Masalan, bunga birinchi navbatda ko‘z tomchilari kiradi. Ularni tez-tez qo‘llab bo‘lmaydi, biroq zarur bo‘lgan vaziyatlarda qizarishni ketkazish va ko‘zlarning yorqin ko‘rinishi uchun bu vosita haqiqiy najot bo‘la oladi.
Charchoq belgilaridan xalos bo‘lishda kontrastli kompresslar juda foydali hisoblanadi. Buning uchun ikkita idish olinadi — biriga muzli suv, ikkinchisiga qaynoq suv quyiladi. Suyuqlik yuzga namlangan mato orqali qo‘llaniladi. Uni 5 daqiqa davomida qo‘llash yuzda qizarish paydo qiladi.
Har doim tetiklanish uchun sumkada termal suv olib yurish kerak. O‘zingizga mos keladigan to‘g‘ri tanlovni qilishingiz lozim. Ba’zi spreylar ko‘proq kalsiy, boshqalari natriy yoki selenga ega bo‘ladi. Tarkibida tuzi ko‘p bo‘lgan vositalar teridagi yog‘ miqdorini kamaytiradi. Quruq teri uchun tarkibida tuzi oz bo‘lgan vositalar ma’qulroq.
Nafas oling
Yoga bilan shug‘ullanish nafas olishning yaxshilanishi xizmat qiladi. Yogada nafas olish fikrlashning jismoniy qismi, fikrlash esa nafasning ruhiy qismi deb qaraladi. Har bir fikr nafas olish ritmini va har bir nafas fikrlash ritmini o‘zgartiradi.
Kayfiyatni ko‘tarishga yordam beradigan ko‘plab nafas olish mashqlari mavjud. Masalan, quyidagi mashq polda oyoqlarini yoyib o‘tirib, orqa tomonlama tekis, qulay o‘tirgan holda amalga oshiriladi. Burunning o‘ng teshigini o‘ng qo‘lning bosh barmog‘i bilan yoping va chap burun teshigidan nafas oling. Ko‘kragingizga emas, qorningizdan chuqur nafas oling. Nafas olgach, nafasingizni qisqa vaqt ushlab turing. O‘ng burun teshigidan nafas oling, chapni o‘ng qo‘lning kichik barmog‘i va boshqa barmoq bilan yoping. Birinchi uchta jarayonni takrorlang, bu safar o‘ng burun teshigidan nafas olishdan boshlang (burunning chap teshigini kichik barmog‘ingiz va boshqa barmog‘ingiz bilan yoping). Ushbu nafas olish mashqlari atigi 5-10 daqiqada bajarilishi kerak va bu sizga butun kun uchun yetarli kuch beradi. | 61 | 4,319 |
Ayollar | Rezavor mevalarning organizm uchun foydasi nimada? | Rezavor mevalar sog‘lom ovqatlanishning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
Ular yangi uzilgan paytida eng mazali bo‘lsa-da, yil bo‘yi iste’mol qilib turish maqsadida ko‘pincha muzlatib saqlanadi.
Rezavor mevalar – antioksidantlar bo‘lib, ularning tarkibida antotsianin, kversetin moddalari va C vitamini ko‘pdir.
Antotsianinlar mevalarga yorqin rang beradi. Ular qanchalik rangdor bo‘lsa, shunchalik antioksidantlarga boy hisoblanadi. Bu modda yallig‘lanishni kamaytiradi va artrit kasalligining oldini olishga yordam beradi.
Kversetin revmotoid artrit holatini yengillashtirishga yordam beradi.
C vitamini tirnoqlar va sochlarning sog‘lom o‘sishini ta’minlashga yordam beradi. Artritning rivojlanish xavfini kamaytiradi.
Bu “suvli mahsulot”lar tarkibida kletchatka va foli kislotasi mavjud bo‘lib, kletchatkalar qondagi xolesterinni va bosimni pasaytirishga yordam beradi. Foli kislotasi esa yurak-tomir kasalliklari va xotira pasayishining oldini oladi. | 50 | 955 |
Ayollar | Jihozlardagi rang-baranglik sog‘liq uchun foydami? | Qadim-qadimlardanoq, ajdodlarimiz rangning nafaqat ruhiyatimiz, balki tanamiz sog‘lig‘i uchun ham foydali ekanligini ta’kidlashgan. Ibn Sino o‘z mijozlarini ularning kasallik turidan kelib chiqib, ma’lum ranglar orqali ta’sir etib davolash usulini qo‘llagan. Hind tabiblari esa, kamalakning yetti jilosi tanamizning muayyan a’zolari va to‘qimalari bilan bevosita bog‘liqligini aytgan. Shuningdek, bugungi kunda ham dunyoning zamonaviy va ilg‘or shifoxonalari bemorlarning tushkunlik, bosh og‘rishi, uyqu buzilishi, surunkali charchoq holatlarida rang bilan davolashga tez-tez murojaat qiladi.
Zamonaviy interyer dizaynerlari ham ayni paytda uyni ta’mirlash jarayonida yoki jihoz tanlashda qanday ranglardan foydalanish borasida katta tajribaga ega bo‘lib bormoqda. Bunda ular psixologlar fikri va mijozlarning xohishini ham e’tiborga oladi. Xo‘sh, mutaxassislar fikricha, qaysi rang sizning muammolaringizga chek qo‘yishi mumkin?
Endi uyda yoki xonangizda qaysi ranglarni ko‘paytirish va aksincha, kamaytirish haqida o‘ylab qoldingiz? Fikrlaringiz bilan bo‘lishing. | 50 | 1,066 |
Ayollar | Yangi yil bayramini ko‘p xarajat qilmasdan nishonlash mumkinmi? | Bayram arafasi hammamiz uchun juda quvonchli va yoqimli bo‘ladi. Shohona dasturxon yasatib mehmon kutasiz, yaqinlaringizga sovg‘alar ulashasiz. Lekin, ba’zan bayramdan keyingi oila byudjetining hisob-kitoblar natijasini ko‘rib kayfiyatingiz tushib ketadi. Axir hali maoshgacha ancha yashashingiz kerak-ku!
Xo‘sh, bayramni qanday qilib ko‘p xarajatsiz va yaxshi o‘tkazish mumkin?
Odatda Yangi yil bayrami uchun qilinadigan asosiy xarajat turlari uch qismdan iborat bo‘ladi: sovg‘alar, oziq-ovqat mahsulotlari, o‘yin-kulgi. Oldindan Yangi yilni kimlar bilan kutib olishingizni, kimlarga sovg‘a bermoqchi ekanligingizni taxminan bo‘lsa ham yozib chiqing. Menyu tuzing va bu ovqatlar uchun qanday mahsulotlar kerakligini, taxminiy narxlarini yozing va oxirida hammasini jamlang. Oilaviy byudjetingiz qoldig‘iga qarab rejalashtiravering.
Oldindan rejalashtirishda ikki maqsad ko‘zlanadi. Birinchidan, shoshilib qolishga va noto‘g‘ri qaror qabul qilishga yo‘l qo‘ymaydi. Ikkinchidan, xarajatni ancha kamaytirishga yordam beradi. Shuning uchun, sovg‘alarni sotib olishni keyinga qoldirmang.
Agar ovqatlarni tanlashga e’tibor bilan yondashsangiz, isrofgarchilikning oldini olish maqsadida ham oziq-ovqat mahsulotlariga ketadigan xarajatlarni ancha kamaytirish mumkin. Dasturxonni faqat tansiq taomlar bilan to‘ldirish shart emas. Ko‘pchilik uy bekalari arzon mahsulotlardan ham shirin va ajoyib taomlar tayyorlay olishadi.
Qaysidir sovg‘alarni imkoni boricha o‘zingiz qo‘lda qilishni o‘ylab ko‘ring. Masalan, yumshoq o‘yinchoq tikish; shapka, bo‘yinbog‘, qo‘lqop to‘qish; bilaguzuk yasash va boshqalar. | 63 | 1,595 |
Ayollar | Qahva haqidagi olimlar rad etgan uydirmalar | Qahva dunyo bo‘yicha eng sevimli ichimliklardan biri hisoblanadi. Lekin qahvaning foydasiga ba’zilar e’tiroz bildiradi. Agar siz ham qahvaning foydali xususiyatlariga shubha bilan qarasangiz, bu maqolamiz siz uchun.
Olimlar tomonidan o‘tkazilgan ko‘plab tadqiqotlar bu ichimlikni me’yorida iste’mol qilish sog‘liqqa hech qanday zarar yetkazmasligini isbotladi.
Haqiqatan ham qahva tarkibidagi kofein kuchli siydik haydovchi vosita hisoblanadi. Lekin qahva ichimligi ham asosan suvdan tashkil topganligini ko‘pchilik o‘ylamaydi.
Qahva uyquni qochiradi va tetiklashtiradi, lekin mastlikni tarqatmaydi.
Haqiqatan ham espressoda kofein miqdori ko‘proq bo‘ladi. Lekin, odatda espresso 25–35 ml hajmli ya’ni oddiy qahva idishlaridan 2-3 baravar kichkina idishlarda ichiladi. Shunga ko‘ra, iste’mol qilinayotgan espresso va oddiy qahva ichimliklarining miqdorini hisobga olganda ikkala hol uchun ham kofein bir xil tushadi.
Manba: “Lifehacker.ru” | 43 | 940 |
Ayollar | Dazmol tozalashdan sutni uzoq saqlashgacha: oddiy tuzdan unumli foydalanish uchun 12 ta layfxak | Tuz taomlarga ta’m qo‘shishdan tashqari, boshqa imkoniyatlarga ham ega. “Noviy ochag” nashri ushbu mahsulotdan unumli foydalanish bo‘yicha 12 ta layfxak bilan bo‘lishdi.
Dazmolni tozalaydi
Dazmol tagidagi sariq va qora dog‘lardan qutulish uchun mum qog‘ozga ko‘p miqdorda tuz sepiladi, ustidan dazmollanadi. Natijada dog‘lar izsiz yo‘qoladi.
Tozalashni osonlashtiradi
Tuxum yerga tushgach, uni tozalash biroz qiyinlashadi. Mato bilan uni artib olishga shoshilmaslik zarur. Tuz ortiqcha suyuqlikni o‘zlashtiradi va tozalashni osonlashtiradi.
Dog‘ni yo‘qotadi
Gilamga qizil sharob to‘kilganmi? Vaziyat yoqimsiz, ammo yechimsiz emas. Zararlangan joyga ko‘proq tuz sepiladi va 5-10 daqiqa kutiladi. Keyin dog‘ sovuq suv bilan yuvib tashlanadi va fen bilan yaxshilab quritiladi.
Taxtakachni dezinfeksiyalaydi
Yog‘och taxtalarni idish yuvish mashinasida namlash yoki yuvish mumkin emas. Sirtni dezinfeksiya qilish uchun tuzi sepiladi va yarimta limon bilan ishqalanadi. Keyin issiq suvda yuvib, quritiladi.
Quvurlarni tozalaydi
Uy sharoitida ekologik quvur tozalagich tayyorlash mumkin. Buning uchun 0,25 stakan iste’mol sodasi va 0,25 stakan tuz aralashtiriladi. Quvur katta zarrachalardan tozalanadi va ichiga kukun solinadi, so‘ngra aralashma ustidan yarim stakan sirka quyiladi. 15 daqiqa o‘tgach, quvurlar qaynoq suv bilan yuviladi.
Mog‘ordan xalos qiladi
Sochiqlarda mog‘or hidi bormi? Zudlik bilan qat’iy choralar ko‘rish kerak. Tuz va limon sharbati 1: 1 nisbatda aralashtiriladi. Olingan aralashma kerakli joylarga qo‘llaniladi va sochiq quyosh nurida quritiladi. Shundan so‘ng ular kir yuvish mashinasida odatdagi tarzda yuviladi.
Kirlarni tozalaydi
Shisha choynak yoki qahva idishining devorlarini jigarrang dog‘dan tozalash uchun uni maydalangan muz bilan to‘ldirish kerak. Keyin bir choy qoshiq suv va bir necha choy qoshiq yirik tuz qo‘shiladi. Dog‘lar butunlay yo‘qolguncha massa yaxshilab aralashtiriladi.
Mevalarni qorayishdan saqlaydi
To‘g‘ralgan mevalar qoraymasligi uchun ularni tuzli suvda bir necha daqiqa namlash va keyin toza suv bilan yuvish kerak. Kesilgan joylarni qog‘oz sochiq bilan quritib, qopqoqli idishda saqlash tavsiya etiladi.
Chumoliga qarshi vosita
Uyda chumolilar ko‘paygan bo‘lsa, ular mavjud bo‘lgan joyga tuz sepish kifoya.
Tishlarga g‘amxo‘rlik qiladi
Yarim stakan suvga bir choy qoshiq tuz va iste’mol sodasi qo‘shib, og‘iz chayish vositasini tayyorlash mumkin. Albatta, u yalpiz ta’miga ega bo‘lmaydi, lekin og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarini bartaraf etadi.
Sutning saqlash muddatini uzaytiradi
Sutni uzoqroq saqlash uchun unga bir chimdim tuz qo‘shish lozim. Ushbu layfxak qaymoq va smetana uchun ham ish beradi. | 95 | 2,662 |
Ayollar | Yuzda ajinlar paydo bo‘lishini tezlashtiradigan kundalik odatlar | Hozir bozor yuzda ajinlar paydo bo‘lishining oldini oluvchi yoki unga qarshi turli xil kosmetika vositalari bilan to‘la. Aslida kundalik hayotning ajralmas qismiga aylangan ba’zi odatlar yuzda ajinlar paydo qilishini ko‘pchilik bilmaydi. Bu haqda Harper’s Bazaar jurnali qiziqarli material tayyorladi.
Qorin bilan uxlash
Buni qilmaslikning bir necha sabablari bor. Birinchidan, yuzni yostiqqa surkash (shoyi ipakli bo‘lsa ham) erta ajinlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Ikkinchidan, bunday holatda 6-8 soat uxlagandan keyin, albatta, shish bilan uyg‘onadi (kechasi qovurilgan yoki tuzlama yemagan bo‘lsa ham). Ertalab bu shishdan xalos bo‘lish uchun ko‘p harakat qilishga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, qorin bilan uxlash umurtqa pog‘onasida noto‘g‘ri og‘irlik paydo qilib, bel og‘rig‘iga sabab bo‘ladi. Mutaxassislar chalqancha – osmonga qarab uxlashni maslahat beradi. Avvaliga bu noqulay tuyulishi mumkin, ammo keyin, albatta, farq seziladi.
Isitish qurilmasini to‘liq quvvat bilan yoqish
Sovuqda isitkich tezda yoqiladi. Batareya va isitkichlar terining birinchi raqamli dushmanidir. Ular havoni kuchli quritadi, bunday holat esa terining suvsizlanishiga olib keladi. Ma’lumki, quruq teri o‘zining qattiqligi va elastikligini yo‘qotib, tezda ajinlar paydo qiladi. Agar uydagi isitkich qurilmasini boshqarolmasangiz, havo namlagich olish – terining go‘zalligi va yosharishiga eng yaxshi sarmoyadir.
Yog‘ni kam yeyish
“To‘g‘ri ovqatlanish” rejimida 1 gramm uglevod yoki oqsilga qaraganda, 1 gramm yog‘ tarkibida ikki barobar ko‘p kaloriya mavjud, shuning uchun odamlar ommaviy amaliyotda avvalgilarini rad etdi. Aslida sog‘lom yog‘ tanadagi bir qator jarayonlar uchun zarur. Masalan, yurak-qon tomir tizimi sog‘ligidan terining go‘zalligi va yoshligini saqlashgacha. Sog‘lom yog‘ teri hujayralarini ichkaridan oziqlantiradi, ularga faollik va egiluvchanlik beradi, bu ajinlar paydo bo‘lishini sezilarli darajada kamaytirishga yordam beradi.
SPF’dan foydalanmaslik
Na yozda, na qishda quyosh nuridan himoyalanmay turib, uydan chiqmaslik kerakligi ko‘p bora takrorlangan, ammo ko‘pchilik bu qoidaga ahamiyat bermay kelmoqda. Ultrabinafsha nurlari bulut orqali o‘tib, teriga jiddiy zarar yetkazadi. Bu nur giperpigmentatsiyani qo‘zg‘atadi, kollagen ishlab chiqarishni to‘xtatadi. Har kuni SPf’dan foydalanishni odat qiling va teringiz sizga rahmat aytadi.
Ichimliklarni plastik cho‘p orqali ichish
Ma’lum bo‘lishicha, ichimliklar ichishda foydalanadigan plastik cho‘plarni yosh terini saqlab qolish uchun ham tark etish kerak. Gap shundaki, cho‘pdan foydalanganda yuz mushaklari ko‘proq siqiladi, buning natijasida teri faolligini yo‘qotib, yuzda ajinlar paydo qiladi. | 64 | 2,670 |
Ayollar | Yaponiyada pedikyur qilingan oyoq ko‘rinishidagi botinkalar ishlab chiqarildi | Yaponiyaning Midorikawa brendi odam oyog‘i — oyoq kafti, beshta barmoq va tirnoqlarga o‘xshash dizayn berilgan poyabzal modelini taqdim qildi. Qaymoq rangida taqdim qilingan poyabzal kolleksiyasi orasida erkaklar va ayollarga mo‘ljallangan variantlar bor.
Poyabzalda xuddi yalangoyoqdek yengil yurish hissini tuyish uchun Vibram kompaniyasining rezinali tagcharmidan foydalanilgan.
Kuz va bahorda kiyish uchun mo‘ljallangan botinkalarni 2021-yil yoz faslining so‘ngida sotuvga chiqarish rejalashtirilmoqda. Qizil va qaymoqrang, pedikyur qilingandek ko‘rinishga bo‘lgan poyabzalning narxi hali aniq emas.
Avvalroq reper Tommi Kesh va Adidas Originals uzunligi 1 metrni tashkil qiladigan krossovka modelini namoyish qilgani haqida xabar berilgandi. | 77 | 750 |
Ayollar | Eski jihozlarni yangi buyumga aylantirishda qo‘l keladigan layfxaklar (foto) | Agar shkaf yoki oshxona keraksiz narsalar omboriga aylangan bo‘lsa, tashlashga shoshilmaslik kerak. Ehtimol, ba’zi buyumlardan yangi maqsadda foydalanish mumkindir.
Dumaloq oyna uchun ramka
Xrizantemaga o‘xshash bu ramka plastik qoshiqlarni ko‘k ranglarga bo‘yash orqali tayyorlanadi. Buning uchun bir qancha qoshiq kerak bo‘ladi. Yupqa faner yoki qalin karton olinib, ko‘zgu o‘lchamiga mos ravishda kesiladi.
To‘qima gilam
Har kimning uyida vaqtida xizmat qilgan turli rangdagi eski futbolkalar bor. Ulardan gilamcha to‘qish uchun o‘rib chiqiladi. Buning uchun futbolkalar uzun tasma shaklida kesiladi, biroz burab, to‘qiladi. Gilam yumshoq bo‘lgani uchun uning ustida uxlash ham mumkin.
Mevalar uchun idish
Uch xil o‘lchamdagi qandolat qolipi ikkita shamdon yordamida bir-birining ustiga o‘rnatiladi va natijada ajoyib ko‘rinishdagi qavatli idishga aylanadi. Ushbu idishda mevadan tashqari, zargarlik buyumlarini ham saqlash mumkin.
Jajji guldonlar
Bolalar ovqatlari uchun mo‘ljallangan shisha idishlarni chiroyli guldonga aylantirish mumkin.
Bo‘yinbog‘lardan ajoyib kosmetik sumka
Ikkita eski ipak bo‘yinbog‘ni birlashtirib, ajoyib kosmetik sumkalar yasash mumkin. Bo‘yinbog‘larning tikilgan qismi ochiladi va yaxshilab dazmol qilinadi. So‘ngra to‘rtburchaklar matoning har tarafi tikiladi, faqat bir tomoniga tugma yoki zamok o‘rnatiladi.
Gul uchun tuvak
Avvalgi kir yuvish savati gul tuvagi sifatida ham xizmat qilishi mumkin. Uning ustiga shunchaki yangi matodan tikilgan qoplama kiydiriladi va ichiga gul joylashtiriladi. Bunday ko‘chat yozda uy ayvonini bezaydi.
Yon daftarlar uchun muqova
Ko‘pchilik hali ham o‘zi bilan yon daftar olib yurishni yaxshi ko‘radi. Rangli karton, tugma va ip yordamida daftar yoki kitoblar uchun ajoyib muqova yasash mumkin. Muqovaga rangli qog‘ozdan bezaklar beriladi, tugmacha tikilib, yopilishi uchun tasma bog‘lanadi. | 76 | 1,866 |
Ayollar | Yangi yil bayrami uchun ayni muddao bo‘lgan manikyur g‘oyalari (foto) | Yangi yilga tayyorgarlikni hozirdan boshlash kerak. Yaqin va qadrli insonlarga sovg‘a olish bilan birga, bayramda qanday ko‘rinishda bo‘lish haqida o‘ylashning ayni payti. Bu kunda nafaqat kiyim-kechak va aksessuarlar, balki obrazda muhim hisoblangan manikyur ham ko‘ngildagidek bo‘lishi kerak. Negaki bezak berilgan tirnoqlar ham bayramona kayfiyat baxsh etishi, ko‘zni quvontirishi mumkin.
Tilla va kumush rang, metall parchalariga o‘xshash bezakli manikyurlar Yangi yilga xos eng asosiy trendlardan hisoblanadi. Tosh va kristallar bilan bezak berilgan, bayramga xos naqshlar tushirilgan variantlar ham doimgidan dolzarbroq bo‘ladi. Bachkanalikni suymaydiganlar uchun esa klassik ranglar ayni muddao. Qolaversa, tirnoqlarni qishga xos ranglar — to‘q ko‘k, jigarrang, tilla rang va yashil bilan bo‘yasa ham bo‘laveradi. Quyida ilhomlanishingiz uchun minimal uslubdan tortib, e’tibor jalb qilishi bilan o‘ziga xos sanalgan bir-biridan ajoyib manikyur suratlarini e’tiboringizga havola qilamiz. | 69 | 994 |
Ayollar | Tish pastasi yordamida bir kechada husnbuzardan xalos bo‘lish mumkinmi? | Ko‘pchilik do‘sti yoki yaqinining maslahatiga amal qilib, hayotida kamida bir marta yallig‘langan husnbuzarga tish pastasini qo‘llab ko‘rgan. Tabiiyki, ularda tish pastasi yallig‘lanishni kamaytirib, husnbuzarning bilinmasligiga yordam beradi, degan qarash mavjud. Xo‘sh, ushbu an’anaviy usul haqiqatan ham o‘z tasdig‘ini topganmi? Grazia nashri mazkur savolga javob berdi.
Tish pastasidagi ba’zi moddalar haqiqatan ham yallig‘lanishning qurishiga yordam beradi. Ushbu vosita bakteriyalarni o‘ldiradi va mahsulot tarkibidagi mentol og‘riqni vaqtincha qoldiruvchi yengil tortishish hissini keltirib chiqaradi. Biroq tish pastasi afzalliklarga qaraganda ko‘proq kamchiliklarga ega, shuning uchun mutaxassislar uni yuzning terisiga qo‘llashni tavsiya etmaydi.
Tish pastasi teri uchun mo‘ljallanmagan — u qichishtirish xususiyati va yoqimsiz achishish hissini keltirib chiqaradi. Ushbu mahsulot yuzning yallig‘langan joylari uchun o‘ta kuchli vosita bo‘lib, terini haddan tashqari quritib yuboradi, bu esa keyinchalik yanada ko‘proq husnbuzar paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Mutaxassislar esa husnbuzarlarni bartaraf etish uchun maxsus vositalardan foydalanishni tavsiya qiladi. Agar terida jiddiy muammolar bo‘lsa, har qanday maslahatlarga quloq tutib, vaziyatni og‘irlashtirmasdan avval mutaxassisdan yordam so‘ragan ma’qul. | 71 | 1,329 |
Ayollar | Yangi yil bayrami manikyuri uchun eng yaxshi g‘oyalar (foto) | Dekabr oyida qizlarning asosiy vazifasi Yangi yil bayramiga tayyorgarlik ko‘rishdir. Shuningdek, ularni ko‘ylak, turmak va manikyur dizayni bo‘yicha bir qancha savollar qiynaydi. Quyida manikyur uchun taklif etilgan bayramona dizaynlar ana shu savollarning bir qismiga javob berishi mumkin.
Qishda tirnoqlarga odatda qor parchalari naqshini tushirish ko‘proq kuzatiladi. Sababi ushbu naqshlar bayramona kayfiyat bag‘ishlashi shubhasiz.
Yil davomida ranglar uyg‘unligidan foydalanilmagan bo‘lsa, bu bayramona manikyur uchun ayni muddao. Ayniqsa, oq va yashil, pushti va havorang kombinatsiyasi ajoyib ko‘rinishni hosil qiladi.
Bayram arafasida yanada yorqin ranglarga e’tibor qaratish kerak. Ular aynan qaysidir kiyimga mos bo‘lishi shart emas, yorqin ranglar odatda turli uslubga mos tushadi.
Yaltiroq kukun yordamida yog‘ayotgan qor tasvirini tirnoqda osongina aks ettirish mumkin.
Agar yuqoridagi variant ma’qul kelmasa, unda shunchaki toshlar bilan bezak berish kerak.
Bir xil rangli bo‘yoqlar hech qachon urfdan qolmaydi. Undan bayram yoki oddiy kundalik hayotda ham foydalanish mumkin.
O‘ziga ishongan xonimlar uchun ushbu ko‘rinishdagi manikyurlar juda mos keladi. Bu kabi uslubda jiddiylik va bayramona ko‘rinish uyg‘unlashgan. | 60 | 1,242 |
Ayollar | Achinmasdan tashlab yuboring: Urfdan qolgan va bahorda kiyish tavsiya qilinmaydigan kiyim-kechaklar | Modaning tez yangilanishi ortiqcha pul sarflanishi hamda yangi xaridlarni amalga oshirishga sabab bo‘ladi. Ammo ba’zida muayyan kiyim-kechaklarning urfdan qolishi sizni trendda bo‘laman deb, didsiz ko‘rinishga ega bo‘lishdan qutqaradi.
Tor, yopishib turadigan shim
Qomatga urg‘u berib, kamchiliklar ko‘zga tashlanishiga sabab bo‘ladigan shimlar allaqachon modadan qoldi. Mazkur mavsumda keng modellar urfda bo‘lib, uning pastki qismini poyabzal ichiga tiqish tavsiya qilinadi.
Ingichka ko‘zoynaklar
Zamonaviy ko‘ringan bunday ko‘zoynak ko‘zlarni quyosh nuridan himoya qila olmaydi. Bahor—yoz fasllarida ushbu aksessuarning katta modellari dolzarb bo‘ladi.
“Velosipedka”
Endi so‘nggi 10 yilning eng g‘alati trendini nima bilan moslash haqida o‘ylashga hojat yo‘q. Bunday
shortiklar o‘rniga qulay hamda universal “bermud”lar kiying. Ularni ta’til va ishga ham istalgan kofta yoki futbolka bilan moslasa bo‘ladi.
Sport uslubidagi, belga ilinadigan sumkalar
Mazkur sumkalar endi avvalgidek dolzarb emas. Xarid qilish istalgan taqdirda kichkina, klassik modellarga e’tibor qaratish tavsiya qilinadi.
Katta hajmli krossovkalar
So‘nggi ikki yilda har qachongidan ham yetakchi bo‘lgan ugly sneakers’lar asta-sekin estafetani ixchamroq, ko‘ylak va yubkalar bilan kiyish mumkin bo‘lgan modellarga uzatmoqda. | 99 | 1,302 |
Ayollar | Yaponiyaliklar videoaloqa yordamida ishlaydigan xodimlar uchun maxsus kiyim yaratdi | Koronavirus pandemiyasi tufayli dunyo aholisining aksariyati uydan ishlashga o‘tdi. Majlislar, konferensiyalar, uchrashuvlar onlayn tarzda videoaloqa orqali o‘tkazilmoqda.
Yaponiyaliklar uyda ishlaydigan va tez-tez videoaloqa orqali muloqot qiluvchi xodimlar uchun qulay va bejirim kiyim yaratdi. Uydan ishlaganda xodimlar qulay kiyim kiygisi, shu bilan birga ishchi uslubini saqlab qolgisi keladi.
Yaponiyaliklar tomonidan sotuvga chiqarilgan kiyimning ustki qismi yoqali ko‘ylak yoki koftani, pastki qismi esa pijamasifat uy kiyimidek ishlangan. Kiyim erkaklarga ham ayollarga ham birdek mos tushaveradi.
“Uydan ishlash uchun pijama”ning ishlab chiqaruvchisi Whatever Inc kompaniyasi hisoblanadi.
Uydan ishlayotganlar uchun qulay va bejirim obrazlar (foto) | 83 | 763 |
Ayollar | Pul sarflashga hojat yo‘q: Salonga bormay, uyda qilish mumkin bo‘lgan go‘zallik muolajalari | Ayol va qizlar go‘zal ko‘rinishi uchun, albatta, salonga borishi hamda mutaxassisga murojaat qilishiga hojat yo‘q. Maftunkor va o‘ziga xos ko‘rinish uchun uy sharoitida go‘zallik muolajalarini amalga oshirsangiz ham bo‘ladi.
Manikyur
Salonga borishga ortiqcha pul sarflamasdan uy sharoitida ham manikyur qilsangiz bo‘ladi. Buning uchun sizga manikyur qiladigan vositalar kerak bo‘ladi. Ehtiyotkorlik bilan chetidagi terilarni tozalab, tirnoqni tartibga keltirishingiz. Buni professional mutaxassis yordamisiz ham eplash mumkin.
Sochlarni tiklash va davolash
Salonlarda professional niqoblar yordamida sochlarni parvarishlash hamda davolashni taklif qilinadi. Buning uchun esa tabiiyki, yetarli miqdorda pul sarflanadi. Ammo siz sartarosh tavsiyasiga binoan mustaqil ravishda o‘zingiz amalga oshirishingiz mumkin. Xarid qilib olgan niqob uchun vositadan esa uzoq vaqt mobaynida foydalansangiz bo‘ladi. Qolaversa, sochlarni parvarish qilish bir-bir sartaroshxonaga borganda emas, doimiy ravishda amalga oshirilishi kerak. Uyda esa buning uddasidan chiqsa bo‘ladi.
Tirnoqdagi shellakni o‘chirish
Salonga borib, mablag‘ sarflab shellakni o‘chirtirishdan ko‘ra uni uyda amalga oshirishingiz mumkin. Buning uchun lak o‘chirishda foydalanadigan suyuqlik kerak bo‘ladi. Suyuqlik bilan namlangan paxta diskini har bir barmoq ustiga qo‘ying, ustidan folga qog‘ozini 10 daqiqaga o‘rab qo‘ying. Vaqt o‘rganidan keyin yog‘ochdan ishlangan maxsus tayoqcha bilan lakni o‘chiring.
Yuzni tozalash
Uy sharoitida foydalansa bo‘ladigan maxsus elektrli cho‘tka bilan yuzni tozalash muolajasini amalga oshirsa bo‘ladi. Cho‘tka yuzni tozalashga, uni ortiqcha yog‘ va yaltirashlar, shuningdek, mayda chandiqlardan xolos qilishga yordam beradi. Muntazam ravishda foydalanilsa, 2-3 haftadan keyinroq samarali natija yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ushbu vositani turli brendlardan istalgan narxda xarid qilsa bo‘ladi.
Selyullitga qarshi muolaja
Ushbu muolajani uy sharoitida amalga oshirish uchun professionallik ema sifatli kosmetik vositalar kerak bo‘ladi. Terini taranglashtirishga mo‘ljallangan ushbu muolajani bir nechta turini boshqalar yordamisiz amalga oshirsa bo‘ladi. Salonga borishga pul sarflagandan ko‘ra, yaxshisi ushbu muolajani uyda mustaqil bajaring. Buning uchun asalni teriga surtib ustidan plyonka bilan o‘rang. Vaqt o‘tganidan keyin yuvib tashlang.
Qoshlarni tartibga keltirish
Qoshlarni tartibga keltirish uchun mutaxassisga bir marta borib o‘rganib olishning o‘zi kifoya. Shundan keyin ortiqcha qosh tolalarini tartibga keltirib, mutaxassis keltirgan shaklni saqlab qoling. Qolaversa, bo‘yoqni ko‘z va soch rangiga moslab, bo‘yashingiz mumkin. | 91 | 2,635 |
Ayollar | Guanchjouda karantindan keyin ochilgan Hermès do‘koni bir kunda 2,7 mln dollar ishlab topdi | Xitoyning Guanchjou shahrida Hermès modalar uyi do‘koni karantindan so‘ng 11-aprel kuni ish boshladi. Birinchi ish kunida brend 19 million yuan, ya’ni 2,7 million dollar daromad ko‘rdi, deb yozadi Esquire.
Taikoo Hui Guangzhou nufuzli savdo markazida joylashgan do‘kon xaridorlarni jalb qilish maqsadida kam uchraydigan sumka modellari, xususan, Himalayan Birkin brilliantlari hamda timsoh terisi bilan bezatilgan sumkalarni taqdim etgan. Timsoh terisidan tikilgan sumkalar dunyodagi eng qimmat sumkalar hisoblanadi.
Pandemiya tufayli ikki oydan ko‘proq ishlamagan do‘kon ochilishiga Guanchjou ma’muriy markazi hisoblanadigan Guandun provinsiyasidan badavlat xaridorlar tashrif buyurgan. Xaridorlar eng ko‘p sumka, interyer jihozlari, oyoq kiyim va charmdan tikilgan aksessuarlar sotib olgan.
Savdo-sotiq sohasidagi ekspertlar ushbu holatni Revenge Buying yoki “revansh xaridlar” deb ataydi. Bunda uzoq vaqt mobaynida o‘ziga kerakli buyumlarni o‘ziga yoqadigan sharoitda sotib olish imkoniga ega bo‘lmagan qimmatbaho tovarlar iste’molchilari cheklovlar olib tashlanganidan keyin qo‘ldan boy berilgan xaridlar o‘rnini darhol to‘ldirishga tushadi.
Biroq ekspertlar fikricha, savdo-sotiqning kutilmagan tarzda tezlashib ketishiga qaramay Xitoyda bozorni qayta tiklash oson bo‘lmaydi. | 91 | 1,281 |
Ayollar | Noqulay holatlarda pardoz ashyolari qo‘l keladigan 12 ta layfxak | Ba’zan shunday noqulay sharoitlar yuzaga keladiki, qo‘lingizda faqat hamyon yoki pardoz sumkangiz bo‘ladi. Lekin bunday vaqtlarda shu kichik buyumlar ham asqatishi mumkin.
Tirnoq pilkasi — zamsh poyabzallarni tozalash uchun
Zamsh poyabzalidagi kirlarni kattaroq tirnoq pilkasi yordamida osongina tozalash mumkin. Dog‘ni pilkada ishqalashning o‘zi kifoya. Tozalashni qog‘oz yoki gazeta ustida qilishni unutmang.
Soch laki — lab bo‘yog‘idan qolgan dog‘ni ketkazish uchun
Pomada dog‘iga soch lakini seping (lekin avval matoni yuvish mumkinligiga ishonch hosil qiling) va bir necha daqiqaga qoldiring. Lak o‘rnini chayib, yuvib tashlang.
Tirnoq laki ko‘zoynak bandlarini mustahkamlaydi
Agar quyoshdan saqlovchi ko‘zoynagingizning bandlari biroz bo‘shashgan bo‘lsa, bunda tirnoq laki yordam berishi mumkin. Vaqtincha mahkamlash uchun bandning oshiq-moshig‘iga bir tomchi lak tomizing.
Tirnoq laki kiyimingizdagi tugmani saqlab qoladi
Agar koftangizdagi tugmaning ipi bo‘shab, tushib qolishi mumkin bo‘lsa, tugmani vaqtincha mahkamlash uchun ipga biroz lak tegizib qo‘ying.
Tirnoq laki kolgotkalarni yirtilishdan saqlaydi
Agar paypoq yoki kolgotkangiz teshilib qolgan bo‘lsa, o‘sha joyiga rangsiz lak surtib qo‘ying.
Vazelin — chigal bog‘ichlar uchun
Agar kiyim yoki poyabzaldagi bog‘ichlar tugilib qolgan bo‘lsa, uni vazelinga botirilgan paxtali cho‘p bilan yog‘lang.
Kosmetik vositalar yo‘q bo‘lgan paytda oshxonadagi mahsulotlardan foydalanamiz.
Bir necha tomchi aroq yoqimsiz hiddan xalos etadi
Agar hidi yoqmagan ko‘ylakni yuvishga vaqtingiz bo‘lmasa, idishchaga aroq quyib, ko‘ylakka seping. Aroq qurigach, hid yo‘qoladi. Kuchli alkogol yoqimsiz hid keltirib chiqaradigan bakteriyalarni o‘ldiradi.
Limon sharbati va ichimlik sodasi — dog‘lar uchun
Aralashma yordamida oq kofta, futbolka va ko‘ylak qo‘ltig‘idagi sarg‘aygan dog‘larni ketkazish mumkin. Buning uchun limon sharbati va soda aralashtirib, dog‘li joyga joyga surting. Matoni ishqalab, suvda chaying va mashinada yuving. Kuchli dog‘larni ketkazishda aralashma surtilgan matoni ishqalab, 5 daqiqaga qoldiring. Keyin yuvib tashlang.
Uzum sirkasi — charm buyumni tozalash uchun
Agar charm poyabzalingiz yomg‘ir, qor yoki muzdan qolgan dog‘lar bilan kirlangan bo‘lsa, uzum sirkasi yordam berishi mumkin. Tish cho‘tkani sirkaga botirib, poyabzal yuzasiga astalik bilan ishqalang.
Ichimlik sodasi poyabzalingizdagi hidni yo‘q qiladi
Mashg‘ulotdan so‘ng poyabzal ichiga bir hovuch soda solib qo‘ying, uni bir necha soat ushlab turing va keyin to‘kib tashlang. Soda terni yutadi va barcha yoqimsiz hidlarni yo‘q qiladi.
Qizil vino dog‘ini qanday ketkazish mumkin?
Bu juda oddiy — oq vino yordamida. Dog‘li matoni yuvishdan oldin bir necha daqiqa davomida oq vinoga soling, ishqalang, so‘ngra odatdagidek yuving.
Yog‘li dog‘lar uchun idish yuvish vositasi
Yupqa kiyimdagi yog‘ dog‘larini ketkazish uchun idish yuvish vositasidan foydalaning. Uning tarkibi matoga zarar yetkazmaydigan darajada yumshoq, yog‘ dog‘ini ketkazish uchun yetarli elementlarga ega. | 64 | 3,015 |
Ayollar | Nikoh uzugi qanday tanlanadi? | Va nihoyat qiz rozi bo‘ldi, endi esa tantanali marosim uchun uzuk tanlash vaqti keldi. Nikoh uzugini tanlashda nimalarga e’tibor berish lozim?
Boshida siz qanday metalldan yasalgan uzuk xohlashingizni aniqlab oling: sariq, qizil yoki oq oltin, kumush, platina yoki boshqa qotishmalarmi? Uzuklarda tosh bo‘lishini istaysizmi yoki yo‘qmi, yaxshilab o‘ylab ko‘ring. Uzuklar qanday kattalikda bo‘lsin: ingichka va nozik yoki biroz kattaroqmi?
Agar siz klassik uslubdagi tilla uzuk xohlasangiz, o‘zingizga yoqadigan shakl va qalinligi haqida o‘ylang. Bir necha uzuklarni taqib ko‘ring, ular barmog‘ingizda qanday turishi va shaxsan sizga mos tushishiga e’tibor bering.
Agar siz tosh qo‘yilgan uzuk tanlamoqchi bo‘lsangiz, aynan sizga qanday tosh mos kelishi haqida o‘qib ko‘ring.
Uzuk taqishga qulay bo‘lishi kerak, shuning uchun murakkab shakllardan voz keching. Uzuk kiyimga ilinib qolmasligi kerak, uni faqat to‘yda emas balki qolgan umringiz davomida ham taqib yurishingizni esda tuting: u qulay turishi, tushib ketmasligi va shu bilan birgalikda siqmasligi ham kerak.
Barmoqlar sovuqda torayishi va issiqda esa aksincha kengayishini unutmang, shuning uchun siqib turadigan uzuklarni olmang. Uzuk biroz erkin turishi, lekin barmog‘ingizdan tushib ham ketmasligi lozim.
Probasiga diqqat qiling. Probasi qancha yuqori bo‘lsa, uning narxi shuncha baland bo‘ladi. 585 probali uzuklar juda mustahkam va rangini yo‘qotmasligi, 750 esa biroz yorqin, lekin egiluvchanlikka moyilroq bo‘lishiga e’tibor bering. Sizga qaysisi mos kelishini do‘kondagi mutaxassislar bilan maslahatlashing.
Manba: “Weddywood.ru” | 29 | 1,599 |
Ayollar | Shamollashda haroratni tushiruvchi tabiiy vositalar | Haroratni tushiruvchi tabiiy vositalarga quyidagilar kiradi:
1. Rezavor mevalar. O‘rmon mevalari – maymunjon, yertut, malina, klyukva, brusnika va chernika bu borada eng muhim vosita hisoblanadi.
2. Mevalar, ayniqsa, sitrusli – limon va apelsin. Bu mevalar C vitaminiga boy bo‘lgani uchun ham shamollash davrida ko‘proq yeyish tavsiya qilinadi. Bundan tashqari, olma, nok va olxo‘rilar ham juda foydali mevalar hisoblanadi.
3. Sabzavotlar. Sabzi va karam sharbati, boshpiyoz va sarimsoq nastoykasi haroratni tushirishda katta yordam beradi.
4. Dorivor o‘tlar. Malina va smorodina barglari, chakanda (oblepixa) bo‘tog‘i va barglari, moychechak va lipa gullari ham haroratni tushirishda yordam beradi.
5. Asal – terlatuvchi, immunitetni mustahkamlovchi va antibakterial xususiyatga ega bo‘lgani uchun ham haroratni tushiruvchi hisoblanadi. | 51 | 838 |
Ayollar | Tamaddilar ozishga yordam beradimi? | Asosiy ovqatlanishlar orasidagi tamaddilar vazn yig‘ishga yordam beradi degan fikrlar mavjudligi ko‘pchilikka ma’lum. Lekin, olimlar tomonidan bu fikrning noto‘g‘ri ekanligi isbotlandi. Ya’ni, bu tamaddilar ozish uchun juda kerakli ekan.
Parhezshunoslar tomonidan tez-tez va mayda-mayda ovqatlanish qondagi qand miqdorini o‘zgarib turishdan va ochlik hissidan himoya qilgan holda ozishga yordam berishi aniqlandi.
Ochlik va ishtaha tushunchalarini ko‘pincha adashtirib yuborishadi. Ochlik — bu ovqatga bo‘lgan fiziologik ehtiyoj, ishtaha esa — ruhiy ehtiyoj hisoblanadi.
Ishtahani nazorat qilish uchun har 3—3,5 soatda biror narsa yeyishga harakat qiling. Bu yaxshi hazm qilishda va modda almashish tezligini saqlashda juda foydali.
Lekin tamaddining tamaddidan farqi bor. Agar siz har doim choy bilan konfetlar, buterbrod va bulkalar tamaddi qilsangiz kelishgan qomat to‘g‘risida gapirib o‘tirmasa ham bo‘ladi.
Eng sog‘lom yegulik turlariga tarkibida shakari kam bo‘lgan mevalar: yashil olmalar, noklar va sitruslilar kiradi.
Shuningdek, yog‘siz pishloq bilan butundonli nonlar, sabzavotli salatlar ham kiradi. Va albatta, achitilgan sut mahsulotlari – qatiq, shakarsiz yogurt, kam yog‘li tvoroglar va har xil yong‘oqlar ham shular jumlasidan hisoblanadi. | 35 | 1,257 |
Ayollar | Kir yuvish mashinasidagi yoqimsiz hiddan butunlay qutilishning 7 usuli | Kir yuvish mashinasidan vaqti-vaqti bilan kelib turadigan yoqimsiz hid bekajonlarning eng keng tarqalgan muammolaridan biridir. Marie Claire nashri ushbu muammodan tez va samarali xalos bo‘lishga imkon beradigan foydali layfxaklarni baham ko‘rdi.
Kir yuvish mashinasidagi yoqimsiz hidlar kukun idishida va qurilmaning boshqa qismlarida zamburug‘ va kir to‘planishi tufayli paydo bo‘ladi. Bundan tashqari, bu muammo barcha kir yuvish mashinalariga, hatto juda qimmat brendlarga ham tegishli. Ammo har qanday uy bekasi bu muammoni chilangarni chaqirmasdan mustaqil ravishda bartaraf etishi mumkin.
Kir yuvish mashinasini kirlarsiz ishga tushirish
Birinchidan, maksimal harorat va muddatda kir va kukunsiz oddiy yuvish tavsiya etiladi. Ko‘pincha, bu ma‘lumot mashinaning ko‘rsatmalarida ham ko‘rsatilgan. Ishlab chiqaruvchilar ushbu protsedurani oyiga bir martadan ko‘p bo‘lmagan holda bajarishni tavsiya qiladi. Bu hidni bartaraf etish va zararli mikroblarni o‘ldirishning eng oson yo‘li.
Iste’mol sodasining yordami
Eng mashhur usul — kukun bo‘linmasiga 2-3 osh qoshiq iste’mol sodasi qo‘shiladi va yuvish rejimi 90 darajaga keltiriladi. Iste’mol sodasi kir va zamburug‘ni yo‘q qilishga yordam beradi. Ushbu usul profilaktika chorasi sifatida ham qo‘llanilishi mumkin.
Limon kislotasi
Yana bir usul — kukun bo‘linmasiga limon kislotasini qo‘shish, ammo bu yordam bermasa, 2 va 3-usullarni birlashtirish mumkin. Ya’ni limon kislotasi bilan birga iste’mol sodasi qo‘shiladi va chayish rejimi yoqiladi.
Dezinfeksiya
Ko‘pchilik kir yuvish mashinalarini tozalash uchun antibakterial xususiyatlarga ega maxsus yuvish vositalaridan foydalanadi. Ular kir yuvish mashinasini tozalash uchun juda qulay bo‘lib, muammoni bartaraf etishga yordam beradi.
Sirka
Kir yuvish mashinasidagi hidni yo‘qotish uchun sirka ishlatish ham nisbatan oson. Bu mexanizmlardagi kir va zamburug‘larni tozalashga yordam beradi va mashinani mukammal dezinfeksiya qiladi. Buning uchun kukun bo‘linmasiga 2 osh qoshiq sirka qo‘shib, 90 darajada yuvishga qo‘yish kifoya. 15 daqiqali yuvishdan so‘ng bir soatga qoldiriladi va keyin filtrda yuviladi. Ushbu usulga 4 oy ichida 1 martadan ko‘p bo‘lmagan holda murojaat qilish tavsiya etiladi.
Yuvish vositalari
Noxush hid barabanning rezina manjetiga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Aynan shu yerda kir va mog‘or to‘lanadi. Bunday holda manjetni gubka va yuvish vositasi bilan artib olinadi va agar bu yordam bermasa, manjet yangisi bilan almashtiriladi.
Jiddiy tekshirish
Ba’zida yoqimsiz hidning sababi kanalizatsiya tufayli bo‘lishi mumkin. Ehtimol, kir yuvish mashinasi to‘g‘ri ulanmagan yoki uning harakati paytida kanalizatsiya shlangi qisilgan. Shu sababli, qolgan suv kanalizatsiyaga to‘liq tushmaydi, buning natijasida hid paydo bo‘ladi. Hid kela boshlagandayoq uskuna shlangini tekshirish yoki mutaxassisga murojaat qilish mumkin. | 70 | 2,846 |
Ayollar | Nega mening ketmonim uchmaydi? | Nega shunday bo‘ladi? Ba’zilarga omad doimo kulib boqadi, ba’zilarga esa yo‘q? Nega ba’zi odamlar o‘z orzulariga osonlik bilan erishadi? Hamma gap omaddami?
Biroq, ba’zan o‘zimiz omad eshigimizni “taqillatib” kelganini ham bilmay qolishimiz mumkin. Sevgi, ish, boylik, umuman hayotda omadimiz kelishi o‘zimizga bog‘liq. O‘zimiz omadni qabul qilishimiz, yoki undan yuz o‘girishimiz mumkin. Ya’ni, hammaning orzu-istaklari bor, lekin har kim ham ularni ushaltirishga qodir emas.
Xo‘sh, qanday qilib omadli bo‘lish va orzularga osonlik bilan erishish mumkin?
Omad eshigingizni qoqqanida e’tiborli bo‘ling va u sizning e’zozli mehmoningiz bo’lsin. | 30 | 646 |
Ayollar | Ayol kishini to‘laroq ko‘rsatadigan kiyinishdagi xatoliklar (foto) | Gohida jozibali ko‘rinishga yordam beradigan kiyimlar xato tanlangan bo‘lishi ham mumkin. Shkafingizda sizni chiroyli, biroq to‘laroq ko‘rsatadigan kiyimlar bo‘lsa, ulardan darhol voz keching va uni o‘zingizga mos keladigan turi bilan almashtiring.
Oversayz kiyimlar
Oversayz kiyimlar tana nuqsonlarini yashirish bilan birga bir necha kilogrammga to‘la qilib ko‘rsatishi mumkin. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun o‘zingizga mos keladigan o‘lchamli kiyimni tanlang yoki o‘rta darajadagi tor kiyimni tanlang.
Keng kiyimlar
Bunday kiyimlar vizual ravishda insonni to‘laroq ko‘rsatishi mumkin. O‘ng tomondagi fotosuratda aniq kontrast ko‘rsatilgan: kiyim tanaga mos kelganda to‘laroq ko‘rsatmaydi.
Vodolazka
Vodolazkaning o‘ziga xos xususiyati shundaki, ular bo‘yinni butunlay yashiradi. Ammo tananing bu qismi eng noziklar qismlardan biri bo‘lib, bo‘yinbog‘li narsalar, ayniqsa V shaklidagi narsalarning eng mosini tanlagan ma’qul. Bo‘yin atrofidagi joy qanchalik ochiq bo‘lsa, inson shuncha nozik ko‘rinadi.
Print
Print qanchalik chiroyli bo‘lmasin, u jozibali ko‘rinish bilan birga to‘laroq qilib ko‘rsatadi. Ulardagi naqshlar, gullar va boshqa narsalarning tasviri insonni ortiqcha vazn bilan namoyish qiladi. Shuning uchun iloji boricha oddiy printlarni tanlash lozim.
Kiyimlardagi chiziqlar
Chiziqli kiyimlar noaniq ko‘rinishni hosil qiladi. Gorizontal chiziqqa ega kiyimlar insonni to‘laroq qilib ko‘rsatishi ma’lum qilingan, chunki u kenglik illyuziyasini yaratadi. Vertikal chiziqlar aksincha, bo‘yni uzun va ozg‘in qilib ko‘rsatadi. Ushbu qoidalar ayollarga ham, erkaklarga ham tegishli.
Shortilar yoki futbolkadagi keng gorizontal chiziqlar yelka, ko‘krakni yanada keng qilib ko‘rsatadi. Bu kiyimlardagi ingichka gorizontal chiziqlar esa tanani ingichka qilib ko‘rsatishga yordam beradi. Shu bilan birga, ingichka vertikal chiziq uzun kiyimlarda chiroyli ko‘rinishga yordam beradi va oyoqlarni, butun siluetni uzun qilib ko‘rsatadi. Keng vertikal chiziqlar esa to‘laroq qiladi.
Tor kiyimlar
To‘g‘ri va siluetga mos keladigan tor kiyimlar insonni chiroyli qilib ko‘rsatadi, biroq tanaga o‘ta yopishib turadigan kiyimlar tanani xunuk qilib ko‘rsatadi. Ular tanani shunchalik qisib qo‘yadiki, bu nafaqat ko‘rinishga ta’sir qiladi, balki noqulay holatni ham keltirib chiqaradi. Haddan tashqari tor tor jinsi shimlar va kiyimlar insonni semiz qilib ko‘rsatadi.
Yaltiroq matolardan tikilgan kiyimlar
Yaltiroq matolardan tikilgan kiyimlar tanani to‘laroq qilib ko‘rsatadi, bularga esa ularning tez ko‘zga tashlanishi sabab bo‘ladi. Oddiy uslubdagi kiyimlar tanani ingichka ko‘rinishiga yordam beradi.
Ingichka poshnali oyoq kiyimlar
Ingichka poshnaga ega bo‘lgan oyoq kiyimlar tovonni yanada keng qilib ko‘rsatadi, bu esa oyoqning to‘laroq ko‘rinishiga ham sabab bo‘ladi. Ingichka poshnali oyoq kiyimlar tananing butun vaznini oyoqqa tashlaydi, shuning uchun poshnasi yo‘g‘onroq bo‘lgan oyoq kiyimlarni tanlagan ma’qul.
Keng poshnali oyoq kiyimlar
Keng poshnali oyoq kiyimlarning barcha turi ham oyoqni chiroyli qilib ko‘rsatmaydi. Ushbu turdagi oyoq kiyimlar ham to‘piqlarga tananing og‘irligini tushiradi va chiroyli ko‘rinishga ta’sir qiladi.
Qatma-qat kiyinish
Qatma-qat kiyinish ham insonni to‘laroq qilib ko‘rsatishi mumkin. Kiyim ustidan kiyilgan kiyim ko‘rinishni murakkablashtiradi va vizual ravishda tanani og‘irlashtiradi.
Qatlamlar va kiyimdagi boshqa detallar
Kiyimlardagi qatlamlar va boshqa detallar insonni chiroyli ko‘rsatish bilan birga semiz qilib ko‘rsatishi ham mumkin. Qo‘shimcha detallar e’tiborni tortadi, shuning uchun bu kabi kiyimlarni kiymagan ma’qul.
Yig‘ilgan matoli ko‘ylak
Kiyimlardagi yana bir detal — matoning yig‘ilgan shaklda tikilishi tananing ayrim qismlarini, masalan, yelkalar, ko‘krak, qorin yoki sonlarni vizual ravishda ortiqcha vazn bilan ko‘rsatadi. Murakkab detallarsiz tikilgan oddiy kiyim nozikroq ko‘rinishga yordam beradi. Silliq matolar ham tanani jozibador qilib ko‘rsatadi.
Qisqartirilgan shimlar
Qisqartirilgan shimlar oyoqlarning ko‘rinishiga ta’sir qiladi. Bundan shimlarning o‘rniga uzunroq va kengroq shimlarni kiyish tavsiya etiladi.
Yoqali sviterlar
Yoqali sviterlarning yoqasidagi naqshlar va bezaklar odamni to‘laroq ko‘rsatishi mumkin, bunday holatlarda yupqaroq, oddiy yoqali sviterlarni tanlagan ma’qul.
Qishki kurtkalar
Qishki kiyimlarning asosiy vazifasi sovuqdan himoya qilishdir. Kurtkalarning ichidan kiyilgan, noto‘g‘ri tanlangan kiyimlar insonning isinishiga yordam berishi mumkin, biroq to‘laroq ko‘rsatadi. Shuning uchun yaxshi izolyatsiyalangan, yupqaroq matolardan tikilgan ko‘ylaklarni tanlagan ma’qul. | 66 | 4,590 |
Ayollar | Quruq shampundan foydalanishning o‘zgacha usullari | Soch yuvishga vaqt topilmagan paytlarda quruq shampun ko‘rinishidagi ekspress-vosita juda qo‘l keladi. Lekin ko‘pchilik quruq shampunni boshqa maqsadlarda ham ishlatish mumkinligi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega emas.
Ma’lum bo‘lishicha, har kuni yuvish bo‘yalgan sochlarga zarar keltiradi, chunki birinchi navbatda bo‘yovchi pigmentlar yuvilib ketadi va sochlar rangi xira bo‘lib qoladi. Stilistlarning ta’kidlashicha, quruq shampundan foydalansangiz sochlaringizni ko‘p yuvishga to‘g‘ri kelmaydi va bo‘yalgandan keyin ularning rangi uzoqroq saqlanadi.
Buning uchun boshni pastga engashtirish va shampunni soch ildizlariga sepish kerak. Keyin biroz kuting va sochlarni qo‘lingiz bilan silkiting.
Eng noqulay paytda sochingiz ildizlari o‘sganini payqab qolasiz. Sochlaringiz rangini tezlikda yangilash uchun quruq shampundan foydalanishingiz mumkin.
Quruq shampun itoatsiz sochlarni “tinchitish”ga yordam beradi. Ozroq miqdorda qo‘llaringizga seping va ildizlariga tekizmasdan uzunligi bo‘yicha bir tekisda surib chiqing.
Manba: “Vogue.com” | 50 | 1,039 |
Ayollar | Yapon ayollarining yosh va go‘zal ko‘rinishining 5 siri | Yapon ayollari yoshiga nisbatan yosh va go‘zal ko‘rinishi bilan hamisha diqqatga sazovor bo‘lgan. Ularning kelishgan qomati, yuz terisining tiniq va ajinsiz ekaniga qoyil qolsa arziydi. Buning sababi esa hayot darajasining yuqori ekani, to‘g‘ri ovqatlanish va o‘zini yaxshi ko‘rish bilan bog‘liq. Ammo go‘zallik va kosmetika borasida ular amal qiladigan jihatlar ham boshqalarnikidan farq qiladi.
Muntazam ravishda yuzingizni massaj qiling
Yapon ayollari har kuni yuzni massaj qilish, yuz terisining hamisha yosh va ajinsiz ko‘rinishi uchun “kalit” ekaniga ishonadi. Aynan shu sabab ham yuziga kosmetik vositalarni surtishdan avval terini namlantirib, aylana harakatlar bilan uqalaydi. Bunda krem tarkibidagi oziqlantiruvchi moddalar teriga yaxshiroq singib, mushaklar va mikrosirkulyatsiya yaxshilanadi.
Terini tozalang va namlantiring
Tozalash va namlantirish yapon ayollari amal qiladigan asosiy go‘zallik muolajalaridan biri hisoblanadi. Hech bir yapon ayoli yuzidagi makiyajni tozalamasdan uyquga yotmaydi. Buning uchun asosan tozalaydigan losyondan foydalaniladi. Vosita peshona, yonoqlar, burun va yuzning boshqa qismlariga surtilib, massaj harakatlari bilan yuz tozalanadi. Keyin esa yuzga oziqlantiradigan “molochko” surtiladi. Krem borasida yaponlar juda ham ehtiyotkor, xariddan avval mahsulotning tarkibini diqqat bilan o‘rganib chiqadi.
Issiq vanna qabul qiling
Kun chiqar mamlakat ayollarining go‘zalligining yana bir siri ular haftada kamida ikki marta issiq vanna qabul qiladi. Tinchlanish va asabiylashishni ketkazish uchun vannani uyquga yotishdan avval qabul qilgan yaxshi. Buning uchun dengiz tuzi yoki shifobaxsh choydan foydalanish mumkin.
Quyosh nuridan ehtiyot bo‘ling
Yaponlar go‘zal deganda oppoq terini tushunadi. Shu sabab ham yilning istalgan faslida SPF kremlardan foydalanishni kanda qilmaydi. Bu orqali ultrabinafsha nurlardan zararlanish, erta ajin tushishi va pigment dog‘lar paydo bo‘lishining oldini oladi.
Go‘zallik inyeksiyalarini keyinga qoldiring
Dunyoda pilling, ukol orqali ajinlarni ketkazish urfga kirgan bir vaqtda yapon ayollari tabiiy muolajalarni afzal biladi. Teri tozaligini saqlash, uni nafaqat ustki, balki ichki tomondan ham ko‘p suyuqlik ichib namlantirib turish va oziqlantirishga amal qilib, turli yoshga xos bo‘lmagan ukollardan voz kechish borasida yapon ayollaridan o‘rnak olsa arziydi. | 55 | 2,346 |
Ayollar | Poyabzal g‘ijirlashidan xalos bo‘lishning sinalgan usullari | Poyabzallarni ehtiyotkorlik va mahorat bilan tanlasangiz ham vaqt o‘tishi bilan ularda yashirin nuqsonlar paydo bo‘lishi mumkin. Ko‘p noqulayliklarni keltirib chiqaradigan muammolardan biri bu — yurayotganda poyabzal g‘ijirlashidir. Ba’zi hollarda shbu muammoni poyabzal ta’mirlash ustaxonasiga murojaat qilmasdan o‘zingiz yechishingiz mumkin.
G‘ijirlagan oyoq kiyimlarini nima qilish kerak?
Poyabzal tanlashda diqqatliroq bo‘lsangiz, birinchi marta kiyib ko‘rgandayoq g‘ijirlagan tovush chiqyaptimi, yo‘qmi aniqlash mumkin. Ammo ko‘pincha ularni xarid qilib, kiya boshlaganingizdan keyingina g‘ijirlay boshlaydi.
Qanday qilib poyabzal g‘ijirlashidan qutulish mumkin?
G‘ijirlagan oyoq kiyimlardan chiqayotgan tovushning sababini aniqlash orqali muammoni hal qilish mumkin. Buning uchun turli sirtlarda — plita, linoleum, asfalt, yog‘och pol ustida yurib ko‘ring. E’tiborli bo‘lib, g‘ijirlash poyabzal charmi yoki taglikdan chiqayotganini aniqlash lozim.
Agar oyoq kiyim turli yuzalarda yurish paytida g‘ijirlasa, muammo taglikda emas, balki charmda bo‘lishi mumkin. Tovush faqat ba’zi sirtlardagina paydo bo‘lsa, katta ehtimol bilan taglikka ahamiyat bering.
Agar bunga taglik sabab bo‘lsa, uni tashqari va ichkaridan chakanda yoki zaytun yog‘i bilan moylang. Bunda o‘simlik moyidan foydalanish tavsiya etilmaydi, chunki keyinchalik poyabzalda yoqimsiz hid paydo bo‘lishi mumkin. Taglikni fen bilan qizdiring va astalik bilan yog‘lang, keyin quritishga qoldiring.
Agar tovushning sababi poyabzal charmi bo‘lsa, poyabzal yuzasini xuddi shu kastor yog‘i yoki poyabzal mumi bilan namlashga harakat qiling. Tovushni butunlay yo‘q qilish uchun har bir protseduradan so‘ng moyning sirtga to‘liq singib ketishiga imkon berish lozim. Buni ikki yoki uch marta bajarishga to‘g‘ri kelishi mumkin. | 59 | 1,787 |
Ayollar | Qashshoqlikka olib keluvchi 6 odat | Yaqinda Pensilvaniya Universiteti professori, kognitiv neyrofiziologiya bo‘yicha mutaxassis Marta Farax ko‘p yillik tadqiqotlar xulosalarini keng jamoatchilikka taqdim qildi. Faraxning fikricha, qashshoqlikda o‘sgan bolaning ongi kelajakda uning boy bo‘lishiga imkon bermaydi.
Ya’ni bolaning aqliy qobiliyatlari nafaqat genetikaga, balki u o‘sib katta bo‘lgan shart-sharoitlarga ham bog‘liq bo‘ladi. Bundan tashqari olimlar bolalikdan qashshoqlikka dasturlashtirilgan odamlarga xos bir necha belgilarni aniqladi. Ularni o‘rganib chiqamiz.
Qashshoqlikka mahkum odamlarning eng birinchi va eng oshkora xislati har doim o‘ziga achinish odati hisoblanadi.
Bunday odamlar e’tiborini doimo mutlaqo ahamiyatsiz, muhim bo‘lmagan, ularsiz ham bemalol yashash, boy bo‘lish va baxtli bo‘lish mumkin bo‘lgan asoslarga qaratadi. Eng achinarlisi shundaki, bu o‘kinish bilan ular o‘zining bo‘yniga baxtli va faravon hayot kechirishga xalal beruvchi, ularni pastga tortuvchi yuk ortib oladi.
Ko‘pchilik har bir tiyinni tejaydigan, qurumsoq odamlar boy bo‘ladi deb hisoblaydi. Aslida hayotiy tajribalar shaxsiy firmasi xodimlariga nisbatan xasislik qilish, moliyaviy foyda uchun biznes hamkorlarini aldash istagi – bu hech qachon boy bo‘lmaydigan odamga qo‘yilgan “tamg‘a” ekanligini ko‘rsatadi.
3. Yomon ko‘rgan ishi bilan shug‘ullanish
Hech qachon boy bo‘lmaydigan odamlar oilasini boqish, o‘qish xarajatlarini yoki o‘tgan yilgi kreditni to‘lash uchun yillar davomida har kuni o‘zi yoqtirmaydigan ishga borib keladi.
Bunday ilojsizlikdan qutulishning birdan-bir yo‘li bu ishni tashlashga dadil qaror qilish va o‘ziga yoqadigan ish bilan shug‘ullanishni boshlashdir. Faqat shundagina siz o‘zingizdagi kuch-qudratni yuzaga chiqara olasiz va muvaffaqiyatga erishasiz.
Hamma narsani pul bilan o‘lchash – hech qachon haqiqiy boy bo‘lmaydigan odamlarga xos fazilat hisoblanadi. Bunday odamlar yetarlicha mablag‘i bo‘lsagina o‘zlarini baxtli va erkin his qiladi.
Mablag‘i tugashi bilan ularning hayoti o‘z ma’nosini yo‘qotadi va o‘zi chorasiz odamga aylanadi. Ular o‘z baxtini pul bilan emas, balki boshqa toifalar – munosabatlar, do‘stlik, sevgi va sadoqat bilan o‘lchaydigan odamlar chinakam boy bo‘lishini hech qachon tushunmaydi.
Kredit hisobiga yashaydigan odamlar haqida alohida eslatib o‘tish joiz. O‘z daromadini hisobga olmasdan bo‘lar-bo‘lmasga kredit olish boy bo‘la olmaydigan odamlarga xos odat.
Birdaniga va hammasiga ega bo‘lish istagi – abadiy qashshoq odamlarga xos xususiyat. Bunday odamlar o‘z kuchiga to‘g‘ri baho bera olmaydi, lekin bir lahzada yuqori lavozim, izzat-e’tibor va millionlab pulga ega bo‘lishni xohlaydi. Odatda bunday odamlarning yuqori lavozimlarga erishish uchun qobiliyati yetarli bo‘lmaydi.
Manba: “Layfxaker” | 34 | 2,744 |
Ayollar | Chalg‘ish va boshqarish: Koronavirus sabab yuzaga kelgan xavotirni kamaytirishning 6 usuli | Koronavirus pandemiyasi butun sayyoradagi insonlar hayotini o‘zgartirib yubordi. Ko‘pchilik oldingidan ko‘ra asabiy bo‘lib qolgani ham ajablanarli emas: inson o‘zi va yaqinlari uchun qayg‘urmoqda. Cosmopolitan vahimadan qutulish va o‘zini yaxshi his qilish uchun nimalarga e’tibor qaratish lozimligi haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi.
O‘zingiz haqingizda qayg‘uring
G‘amgin fikrlar sabab inson o‘zini osonlikcha unutib qo‘yishi mumkin. Hech bo‘lmaganda 7 soat uxlash, maroqli hordiq chiqarish va imkon boricha sport bilan shug‘ullanish kerak. Sog‘liq uchun qilingan har qanday jismoniy harakat, ruhiy jihatdan ham foydali. Xobbilarga vaqt ajratish, musiqa tinglash va yaqinlar bilan muloqot qilish darkor.
Havodan nafas oling
Bugungi kunda butun dunyoda sababsiz ko‘chaga chiqish taqiqlangan, ayrim davlatlarda komendantlik soati ham joriy etilgan. Balkonga chiqib, agar balkon bo‘lmasa, derazani ochib xonani toza havoga to‘ldirish kerak. Ko‘chada esa, albatta, boshqalardan 1,5 metr oraliq masofa saqlash lozim.
Muntazam ekranga tikilmang
Bir qarashda bu ishni kun bo‘yi qilsa bo‘ladigandek. Yaxshisi kerak emas, ayniqsa, muntazam koronavirus haqida yangiliklar o‘qiyotgan bo‘lsangiz. Tez-tez tanaffus qilib, gadjetlardan uyquga yotishdan ikki soat oldin voz keching va uyg‘onishingiz bilan uni qo‘lga olmaslikka harakat qiling.
Karantin paytida ko‘p ovqat yeb, semirib ketmaslik uchun 7 tavsiya
Tinchlaning
Turli keraksiz fikrlardan qutulish uchun, albatta, o‘n yillik tajribaga ega yogachi yoki meditatsiya ustasi bo‘lish shart emas. Uydagi eng tinch joyni topib o‘tirib, hech narsa haqida o‘ylamang (ayniqsa, “K” harfidan boshlanadigan so‘z haqida).
Odamlar bilan muloqot qiling
To‘g‘ri, hozir tashqariga chiqib, do‘stlar bilan ko‘rishishning iloji yo‘q. Biroq zamonaviy texnologiyalar yordamida doimo aloqada bo‘lish imkoni mavjud. Videochat va konferensiyalar, telefon orqali muloqotlar — ijtimoiylashish haqida gap ketganda barcha usullar yaxshi.
Har bir inson yoshligida qilishi kerak bo‘lgan 10 ta ish
Imkoni bor narsani nazorat qilish kerak
Inson dunyo miqyosida bo‘layotgan hodisalarga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir ko‘rsata olmaydi. Biroq ayrim mayda narsalarni nazorat ostiga olsa bo‘ladi: | 90 | 2,204 |
Ayollar | Gaz plitasining “umrini” qisqartiradigan xatolar | Gaz plitasining uzoq vaqt davomida to‘g‘ri ishlashini istasangiz, quyidagi xatolarni takrorlamaslik tavsiya etiladi, deb yozadi Lifehacker.
Foydalanuvchi qo‘llanmasiga amal qilmaslik
Albatta, uni o‘qish juda zerikarli, lekin u gaz plitasiga g‘amxo‘rlik qilish haqida foydali ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Ishlab chiqaruvchilar ko‘pincha qanday harakatlardan qochish va buzilish holatlarida nima qilish kerakligini ko‘rsatadi. Shuning uchun uskunani sotib olgandan keyin ko‘rsatmani yo‘qotib qo‘ymaslik kerak.
Ovqat pishirish vaqtida chalg‘ish
Suv qaynayotganda yoki taom pishirilayotganda boshqa ishlar ham amalga oshirilishi mumkin. Ammo bu vaqtda plitaga suv yoki suyuqlik to‘kilishi natijasida muammolar yuzaga keladi. Bu esa qurilmaning ishlashiga zarar yetishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun bu vaqtda gaz plitasini e’tiborsiz qoldirmaslik va agar biror narsa to‘kilsa, dog‘ning qurib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Gaz konforkalarini tozalamaslik
Agar gaz avvalgidek yaxshi yonmayotgan bo‘lsa, uning konforkalarini tozalash vaqti kelgan bo‘lishi mumkin. Bu muammoni e’tiborsiz qoldirmaslik kerak, aks holda gaz ta’minoti yomonlashadi va qurilma ishdan chiqadi. Tozalashdan oldin gazni o‘chirishni unutmaslik lozim.
Shisha plitani tez-tez tozalamaslik
Shisha plita zamonaviy qurilmalardan biri, ammo unga to‘g‘ri g‘amxo‘rlik qilinmasa, chiziq, dog‘ va yog‘lar uning chiroyli ko‘rinishini yo‘qqa chiqaradi. Shuning uchun biror narsa pishirilgandan so‘ng plitani darhol tozalash kerak, shundagina u uzoq vaqt davomida asl ko‘rinishini saqlab qoladi.
Tozalash paytida plita ustiga ko‘p suv quyish
Bu qisqa tutashuvga va zang paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Har qanday suyuqlikni plita ustiga quymaslik kerak, tozalash uchun gubkani namlash va undan foydalanish tavsiya etiladi. So‘ngra yuza quruq mato bilan artib olinadi.
O‘tkir kimyoviy tozalash vositalaridan foydalanish
Uyda mavjud bo‘lgan tozalash mahsulotlari ko‘pincha kimyoviy moddalarga boy o‘tkir vositalarga qaraganda samaraliroq va xavfsizroqdir. Misol uchun, oddiy iste’mol sodasi qoraygan yoki kuygan joyni yaxshi tozalaydi. Uni plita yuzasiga sepib, nam latta bilan artib olish kerak. Agar dog‘ ketmasa, soda ustiga sirka quyish va yana ishqalash tavsiya etiladi.
Plitani simli cho‘tka yoki shimgich bilan tozalash
Ular qurilmaga osongina zarar yetkazishi mumkin, shuning uchun ular tozalash uchun mutlaqo yaroqsiz deb hisoblanadi. Plitani tozalash uchun yumshoq mato yoki gubkani ishlatish lozim.
Gaz hidiga e’tiborsizlik
Gazning hidi qurilma bilan bog‘liq muammolarni ko‘rsatadi. Agar u juda kuchli yoki qurilma o‘chirilgandan keyin ham paydo bo‘lsa, darhol mutaxassisga murojaat qilish lozim. Bu vaqtgacha gazni o‘chirib, derazalarni ochib, chiroqlarni o‘chirish zarur.
Nosozlikni tuzatishga urinish
Nima bo‘layotganini bilsangiz ham ta’mirlashni professionallarga ishongan ma’qul. Qurilmaning ichki qismini ochib ko‘rish va qayta yig‘ish natijasida xatolik yuz berishi va bu boshqa jiddiy muammolarga sabab bo‘lishi mumkin. Gaz va elektr energiyasi bilan hazillashmaslik kerak. | 48 | 3,059 |
Ayollar | Quyoshdan saqlaning va trendda bo‘ling: Shlyapalar bilan eng chiroyli 10 obraz | Bosh uchun mo‘ljallangan aksessuarlar, ayniqsa, 2020-yilning bahor-yoz mavsumida har doimgidan ham ko‘ra dolzarbroq. Qish, bahor, yoz va kuzda ham kiyish, istalgan obraz bilan moslash mumkin bo‘lgan shlyapalar esa gar qanday ayolni zamonaviy, o‘ziga xos didli qilib ko‘rsatishiga shubha yo‘q. Shlyapalar shakli, hajmi, rangi va uslubi turli ekani, qolaversa, quyosh nuridan asrashi bilan nozik jins vakillarinie’tiborsiz qoldirmaydi.
Shlyapa bilan obraz yaratishda etak qismi keng, bel qismi baland kovboy uslubidagi shim, plissirovkali yubka, trikotaj matoli mayka ustidan kiyilgan to‘rli setka yoki bu yil qayta urfga kirgan viktorian uslubidagi bluzka bilan kiyish tavsiya qilinadi.
Rang-barang harir matoli ko‘ylak, sarafan yoki shorti va top bilan moslab o‘ziga xos kompozitsiya yaratish mumkin bo‘lgan shlyapalarni hech ikkilanmay dam olishda, kundalik uchrashuvlar sayohatlarda kiyishingiz mumkin. Quyida ayrim obrazlardan misol keltiramiz. | 78 | 947 |
Ayollar | Oshxonada bakteriyalar qayerda to‘planadi va ularni qanday yo‘qotish mumkin? | Odatda bekajonlar oshxonada gaz, pech, muzlatkich va rakovinani tez-tez tozalaydi. Ammo eng ko‘p bakteriya yig‘iladigan joy bular emas. “Domashniy ochag” nashri o‘zida eng ko‘p bakteriya yig‘adigan jihozlar va ularni tozalash bo‘yicha tavsiyalar berib o‘tdi.
Gubka
Oshxonadagi eng zararli narsa — bu idish yuvish gubkasi. Aslida idishlarni yuvish uchun mo‘ljallangan gubka vaqt o‘tishi bilan ularda bakteriyalar sonini ko‘paytirishi ham mumkin. Shuning uchun gubkani oyiga kamida ikki marta yangilash va mikroto‘lqinli pechda dezinfeksiya qilish lozim.
Qahva qaynatgich
Afsuski, ko‘pincha qahva qaynatgichda vaqt o‘tishi bilan mog‘or va boshqa bakteriyalar paydo bo‘ladi. Chayish uchun oyiga bir marta suv idishiga sirka, hidini yo‘qotish uchun esa yana suv quyiladi.
Uyali telefon
Ovqat pishirayotganda telefonni oshxonaga olib borasizmi? Buni qilmaslik yoki hech bo‘lmaganda antibakterial salfetka bilan artib, iste’mol qilinadigan mahsulotlar yoniga qo‘ymaslik kerak. Chunki telefon odatda bakteriyalar ko‘payishi uchun qulay joy hisoblanadi.
Idishlarni quritish uchun gilamcha
Uni har kuni quritish kerak, aks holda shilimshiq va mog‘or uning yuzasida to‘plana boshlaydi. Iloji bo‘lsa, uning eskisidan butunlay voz kechish yaxshiroq. Idish yuvish mashinasi bo‘lmasa, toza idishlarni quyosh nuri tushadigan joyda quritish mumkin.
Oshxona sochiqlari
Oshxona sochiqlari ham deyarli har kuni yangilanishi kerak. Patogen bakteriyalarning tarqalishi uchun bir kecha yetarli, shuning uchun ularni tez-tez o‘zgartirish tavsiya etiladi.
Oshxonada tozalash uchun tavsiya qilingan vositalar
Bug‘
Pech yoki mikroto‘lqinli pechni tozalashdan oldin ichiga bir piyola issiq suv qo‘yib, qaynatib olinadi. Bug‘ qurigan va sachragan yog‘ni yumshatib, tozalashni ancha osonlashtiradi. Xuddi shu tarzda, gaz atrofidagi kafellarni tozalashni ham osonlashtirish mumkin. Bir idishga suv solinadi va uni 10-15 daqiqa qaynatiladi, shunda iliq, nam havo kirni yumshatadi.
Limon
Maishiy texnika tez-tez almashtirib bo‘lmaydigan narsa. Yarim bo‘lak limon mikroto‘lqinli pechga qo‘yiladi yoki idish yuvish mashinasining yuqori tokchasiga bir tilim joylashtirib, yuvish jarayoniga qo‘yiladi, shunda yoqimsiz hidlar darhol yo‘qoladi.
Eruvchan tabletkalar
Hayron bo‘lmang, protezlarni tozalash uchun mo‘ljallangan tabletkalar yuzalardagi dog‘larni olib tashlash uchun juda mos keladi. Masalan, kostryulka, stakanlar, shuningdek, shisha va guldonlar.
Bolalar yog‘i
Zanglamaydigan po‘latdan yasalgan yuzalarni tozalash uchun bolalar yog‘i ayni muddao. Toza lattaga ozgina yog‘ surtiladi va muzlatkichning ichki qismi artib olinadi. Yog‘ chiziqlarni qoldirmaydi va barmoq izlari bilan yaxshi kurashadi. | 76 | 2,676 |
Ayollar | Oyna yuzasidagi qirilgan joylardan qanday qutulish mumkin? | Dioptriya, mobil telefoni displeyi va boshqa oynali yuzalardagi biroz qirilgan joylar albatta, ularning ishlash qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatmaydi, lekin bunday izlar buyumning ko‘rinishini buzadi.
Ularning tashqi ko‘rinishini avvalgi holatiga keltirish uchun bir necha usullardan foydalanish mumkin.
Asosiy usullar
Eng ommabop usul — silliqlash, lekin u yupqa oynalar uchun to‘g‘ri kelmaydi. Deraza oynasi, akvarium, avtomashinaning oldingi oynasini silliqlash tavsiya qilinmaydi — xatoliklar ko‘zga tashlanib turadi. Bu usul bitta yirik yoki bir nechta mayda tirnalishlar uchun samaralidir.
Ikkinchi usul — sayqal berish. Bu usulni tanlashda, sayqal berilganidan keyin yuzaning shaffofroq bo‘lib qolishini hisobga olish kerak bo‘ladi.
Uchinchi usul — GOI (xrom oksidi asosidagi, sayqallash uchun ishlatiladigan pasta) pastasi. Tanlangan vositaning abrazivlik darajasi qancha past bo‘lsa, u shuncha kichikroq o‘lchamdagi tirnalishlarni yashira olishga qodir bo‘ladi. Bu usul deyarli hamma vaziyatlar, shu jumladan ko‘zoynaklarni tiklash uchun ham samaralidir.
Bu qanday ishlaydi?
GOI pastasi bilan ishlash uchun tirnalgan yuzaga oldindan mashina moyi, quruq va toza lattaga esa biroz pasta surib qo‘yish kerak. Keyin latta shikastlangan sohaga qo‘yiladi. Aralashmani oyna yuzasiga aylanma harakatlar bilan surish kerak. Uy sharoitida GOIni tish pastasi bilan almashtirish mumkin.
Murakkabligiga qarab, usulni bir necha marta takrorlash kerak, shuning uchun bu ish bir necha daqiqadan boshlab bir necha soatgacha davom etishi mumkin.
Qo‘lda sayqal berish uchun avval yirik donli jilvir qog‘ozdan, keyin esa — maydasidan foydalanish kerak.
Manba: “Xitrosti jizni” | 58 | 1,661 |
Ayollar | 10 daqiqa ichida yuz terisidagi muammolarni bartaraf etuvchi jelatinli niqob retsepti | Ushbu sehrli niqobning barcha mahsulotlari oshxonada topiladi va natijasi xuddi mutaxassislarniki kabi bo‘ladi.
Plyonkali maskalar terini parvarish qilish uchun ajoyib vosita hisoblanadi: o‘lik teri zarralarini, husnbuzar va qora nuqtalarni olib tashlaydi, terini yanada taranglashtiradi.
Jelatinli yuz niqobi qanday tayyorlanadi?
Kerakli mahsulotlar:
Dastlab ko‘mir yaxshilab maydalanadi, barcha mahsulotlar aralashtirilib, mikroto‘lqinli pechga 10-15 daqiqa davomida qo‘yiladi.
Faollashtirilgan ko‘mir teshiklarni chuqur tozalaydi va ularning hajmini kichraytiradi, qora nuqtalarni eritadi va yallig‘lanish bilan kurashadi. Sut terini yumshatadi va oqartiradi, dog‘lar rangini xiralashtiradi. Jelatin tabiiy kollagen bo‘lib, terini tarang va elastik qiladi, shikastlangan joylarda tiklanish jarayonlarini tezlashtiradi.
Jelatin va ko‘mirli yuz niqobini qanday qo‘llash kerak?
Niqobga talablarga ko‘ra boshqa mahsulotlar ham qo‘shish mumkin:
Ushbu niqob retsepti xohlagan mahsulot bilan biroz o‘zgartiriladi: | 85 | 1,010 |
Ayollar | Homilador ayollarga issiq kunlarda yordam beradigan tavsiyalar | Yozning issiq mavsumida tana haroratining me’yordan biroz yuqori bo‘lishi tabiiy hol. Ammo farzand kutayotgan ayollar uchun esa bu ancha qiyinchilik tug‘diradi. Biz sizga issiq havoda hayotingizni biroz osonlashtiradigan usullarni taqdim qilamiz.
Tuz iste’mol qilishni kamaytiring
Siz tuzni qancha kam iste’mol qilsangiz, oyoqlaringizda shishish shuncha kam bo‘ladi. Ammo tuzdan umuman voz kechmang. Tuz tanadagi suyuqlikni saqlaydi va uning tarkibida yod mavjud bo‘lib, bu farzandingiz salomatligi uchun juda muhim. Albatta, yodlangan tuz bo‘lsa.
Barmog‘ingizdagi uzuklarni yeching
Bo‘lajak onalarda ko‘pincha barmoqlar shishadi. Yuqori harorat esa buni kuchaytiradi. Shish belgilari boshlanganda barmog‘ingizdagi uzuklardan voz keching.
Suzish bilan shug‘ullaning
Basseynda suzish nafaqat issiq tanani sovitadi, balki asabdagi bosimni ham kamaytiradi. Suv siz o‘zingizni yengil his qilishingizda yordam beradi.
Nam sochiqlardan foydalaning
Bo‘yin yoki peshonangizga salqin, nam sochiqni qo‘yish tana haroratini pasaytirish va terlashni kamaytirishga yordam beradi.
Ko‘proq suyuqlik iching
Kuniga kamida 8 stakan suv iching. Bunga qo‘shimcha apelsin sharbati, sut va sut mahsulotlarini ham qo‘shing. Bular sizga yozgi quyoshda teridagi elektrolitlarni to‘ldirishga yordam beradi.
Havo o‘tkazadigan kiyimlar kiying
Bo‘lajak onaning yozgi garderobida paxtadan tikilgan yengil, yumshoq, och rangli kiyimlar bo‘lishi kerak. Havo o‘tkazadigan matolar teringizdagi dog‘ miqdorini kamaytiradi va o‘ta issiqlikning oldini oladi.
Quyoshdan himoyalovchi kremlardan foydalanishni unutmang
Agar siz quyoshdan himoyalovchi kremning SPF 15’dan foydalanayotgan bo‘lsangiz, homiladorlik paytida SPF kamida 50 bo‘lishi kerak. Quyoshda homilador ayollar terisi melanin ishlab chiqarishni ko‘paytiradi. Quyoshdan himoyalovchi kremlar esa melaninni kamaytiradi.
Massaj oling
Homiladorlik paytida massajlar shishishni kamaytirishga va bo‘lajak onani to‘lg‘oq jarayoniga tayyorlashga yordam beradi.
Qulay va tekis poyabzal kiying
Qulay poyabzal sizning o‘lchamingizdan yarim baravar katta bo‘lsa-da, oyog‘ingizdagi og‘riqdan xalos qilishga yordam beradi.
Homilador ayollar koronavirusdan qanday saqlanishi kerak? | 62 | 2,195 |
Ayollar | Zilzila vaqtida namoz o‘qiladimi? | Ijtimoiy tarmoqlar va turli saytlarda markazi Jizzax viloyatida bo‘lgan zilzila haqida ma’lumotlar tarqaldi. Zilzila magnitudasi 3,5 ballni tashkil etgani va ko‘pchilik ushbu silkinishni sezmagani ta’kidlandi. Biroq inson zilzila va turli tabiiy ofatlar vaqtida shoshib qoladi, hodisa paytida nima qilishni bilmaydi. O‘zbekiston musulomlar idorasining rasmiy veb-sayti bu kabi holatlarda nima qilish kerakligi haqida ma’lumot berdi.
Zilzila haqida aniq ma’lumot beradigan tizim hali ishlab chiqilmagan, shuning uchun ham qachon va qayerda hamda qanday kuchdagi zilzila ro‘y berishini oldindan aytishning hozircha iloji yo‘q.
Islom dinida musulmon odam Alloh taoloni ko‘p zikr qilishi, shu bilan birga qilgan xatolariga doim istig‘for aytishi kerak. Zero, inson xatodan xoli emas.
Zilzila haqida Taqiy Usmoniy o‘zining “Mavsu’atul fiqhiyya” asarining to‘rtinchi jildida quyidagicha keltiradi: “Zilzila Alloh taoloning oyat va alomatlaridan hamda noodatiy hodisalaridandir. Hanafiy, shofeiy va hanbaliy mazhabi ulamolari zilzila sodir bo‘lganda ikki rakat namoz o‘qish mustahab ekanligini aytadilar”.
Imom Kosoniy va Ibn Qudoma rahimahullohlar Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu Basrada bo‘lgan vaqtlarida zilzila sababli namoz o‘qiganlarini naql qiladi. Imom Navaviy rahimahulloh “Sharhu Muhazzab”da Ali roziyallohu anhudan zilzila bo‘lganda namoz o‘qish kerakligi haqidagi rivoyatni keltirganlar.
Imom Kosoniy rahimahulloh aytadilarki: “Bu usul qo‘rqinchli va dahshatli hodisalar paytida namoz o‘qishlik lozimligiga asoslangandir. Quyosh va Oy tutilishida o‘qiladigan namozlarning asosi ham shudir”.
Namozning o‘qilish tartibi quyidagicha:
Bu namoz jamoat bo‘lib emas, balki yakka holda o‘qiladi. Boshqa namozlardan farqli bo‘lmagan holda ikki rakat bo‘lib, namoz o‘qish makruh bo‘lgan vaqtlarda o‘qilmaydi. Namozdan so‘ng duoga jidd-u jahd qilinadi. | 33 | 1,852 |
Ayollar | Yangi yilga uyini bezatishni boshlab yuborgan mashhurlar (foto) | Mashhurlar o‘zining ijodiy energiyasidan nafaqat faoliyati, balki uyini bezatishda ham foydalanadi. Yangi yilga hech qancha qolmagani sabab ham yulduzlarning aksariyati xonadonlarini archa, yaltiroq o‘yinchoqlar, umuman, bayram shukuhini his qilish imkonini beruvchi detallar bilan yasatib bo‘lganiga shubha yo‘q. Harper’s Bazaar nashri taqdim qilgan suratlardan kelib chiqqan holda esa mashhurlar bayramga hozir deb xulosa qilish mumkin.
Dryu Berrimor va uning bayramona archasi
Nikola Pers sovg‘a qilgan kichkina archa bilan xonasini bezagan Bruklin Bekhem.
Kayli Jennerning xonadonida yasatilgan archa.
Jo Jonas archaning tepa qismiga yulduzcha bo‘lmaganda, buning o‘rniga o‘yinchoqdan foydalanishni tavsiya qiladi.
Keyt Hadson: “Bizda Yangi yil 1-dekabrdan boshlanadi”.
“All I want for Christmas is you” qo‘shig‘ini takror xit bo‘lishini kutayotgan Merayya Keri. | 63 | 872 |
Ayollar | Siyosiy fanlar doktori Otabek Hasanov: Eng yaxshi investitsiya o‘zingizga tikilgan mablag‘ va ajratilgan vaqtdir (video) | So‘nggi o‘n yillikning dunyoda eng ko‘p qo‘llanilgan so‘zlaridan bir “investitsiya” so‘zidir. Hayotimizga tobora kirib borayotgan bu “investitsiya” o‘zi nima va uni ko‘proq nimada qo‘llash foydaliroq? Shu kabi savollarga siyosiy fanlar doktori Otabek Hasanov o‘zining qisqacha videolavhasida izoh berdi.
Eng yaxshi investitsiya
Ko‘pchilik menga “bugun ko‘proq qaysi sohalarga investitsiya kiritish kerak?” deb savol beradi. Ko‘pchilik o‘ylaydiki, investitsiya bu faqat biznes — do‘kon ochib mahsulot sotib ol va ustiga qo‘yib sotish. To‘g‘ri, bu balki qaysidir ma’noda foyda keltirishi mumkin. Lekin mening fikrimcha, dunyodagi eng yaxshi investitsiya bu aqlga, ya’ni o‘zining qaysidir sohada rivojlanishiga tikilgan investitsiyadir.
Yaqinda bir tanishim kelib, ozgina to‘plagan mablag‘i borligi va bundan foyda olish uchun nima qilishi kerakligi haqida maslahat so‘rab keldi. Men o‘ylagan investitsiya uchun ish boshlayotgan odamning qay darajada salohiyatga egaligi juda ham muhim edi. Shu bois u bilan suhbatlashdim va u xorijiy tilni bilmasligini, sohasiga doir kitob o‘qimaganligini va sport bilan shug‘ullanmasligini bilib oldim.
Yuqoridagilarni hisobga olib, 15 million so‘mni to‘g‘ri investitsiya qilish bo‘yicha biznes reja tuzdik.
Birinchi qilgan ishimiz — kitob do‘koniga borib qahramonimizning ish sohasi va dunyoqarashining rivojlanishiga yordam beradigan 10 dona kitob sotib oldik. Har birining ichiga uni o‘qib chiqish muddatini belgiladik.
Ikkinchi qilgan ishimiz — ingliz tili kurslariga borib, uning ishdan chiqish vaqtiga moslab a’zo bo‘ldik.
Uchinchi qilgan ishimiz — farzandini ingliz tili to‘garagiga, sportdan shaxmatga va san’atdan fortepianoga yozdirdik.
To‘rtinchi muhim qilgan ishimiz esa har shanba biznes rejamiz qanchalik amalga oshayotgani bo‘yicha monitoring qilib, xatolarimizni tahlil qildik va ularni tuzatib bordik.
Nazariya: Menejmentda “Deming sikli” degan tushuncha bor. Unga ko‘ra har qanday islohot yoki biznes reja 4 ta bosqichdan iborat. Bular:
— rejalashtirish;
— bajarish;
— tekshirish, tahlil qilish;
— amalga oshirish (harakat).
Rejalarimiz 7 oydan so‘ng o‘z natijasini berdi. Qahramonimiz ingliz tilidan IELTS topshirdi va 6 ball oldi. O‘tgan vaqt davomida dunyodagi eng mashhur 16 dona kitob o‘qidi. O‘zbekistondagi top kompaniyalarga shaxsiy ma’lumotnoma topshirdi va suhbatdan o‘tdi. Hozirda katta bir kompaniyada loyiha boshlig‘i vazifasida ishlamoqda. Maoshi 10 million so‘mdan kam emas.
Misol: Oxirgi uchta Olimpiya o‘yinlarida Useyn Bolt 9 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi. U jami bo‘lib 115 soniyagina yugurib, 119 million dollar ishlab olgan. Har bir soniyasi uchun 1 million dollardan ortiqroqqa to‘g‘ri kelar ekan. Lekin shu 115 soniya uchun Useyn Bolt 20 yildan ko‘proq tayyorgarlik ko‘rgan ekan.
Mana shu “investitsiya” deyiladi.
Eng yaxshi investitsiya bu o‘zingizga tikilgan mablag‘ va ajratilgan vaqtdir. Uni sizdan hech kim olib qo‘ya olmaydi va bankrot ham bo‘lmaysiz.
Otabek Hasanov, siyosiy fanlar doktori | 120 | 2,974 |
Ayollar | Bolaga maktab tanlashda e’tibor berilishi kerak bo‘lgan 6 jihat | Bolaning shaxs bo‘lib shakllanishi, bilim saviyasi qanchalik bo‘lishi va kelajagi maktabda o‘tadigan o‘quvchilik yillari bilan bog‘liq bo‘ladi. Eng yaqin mahalladagi, palonchi tanish bo‘lgani yoki qaysidir maktabning obro‘si baland ekani uchungina ma’lum maktabni tanlash yaramaydi. Quyida maktab tanlashda nimalarga e’tibor berish kerakligiga to‘xtalamiz.
O‘qituvchilar bilan tanishing
Ta’lim sifati bola qanday muhitga tushishi va ustozlarning bilim saviyasi bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. Shu bois ham farzandingizni o‘qituvchisi bilan suhbatlashib ko‘ring, suhbatdan oldin bermoqchi bo‘lgan savollaringiz ro‘yxatini tuzing, qiziqtirgan jihatlarni oldindan ochiqlab oling va o‘z navbatida o‘qituvchining dars metodi va qo‘yiladigan talablar bilan ham tanishing.
Kuzating
Tanaffusda siz farzandingizni bermoqchi bo‘lgan maktab o‘quvchilari nima bilan mashg‘ul, ustozlar ularga qanday munosabatda ekanini kuzating. O‘quvchilardan darslar qiziqarlimi yoki yo‘q, ko‘ngillari to‘ladimi shu haqida qiziqing.
Jonkuyar, ishini yaxshi ko‘radigan o‘qituvchini tanlang
Boshlang‘ich sinf ta’lim asosi, unda dars beradigan o‘qituvchining qanchalik mutaxassis va o‘z ishining ustasi ekani bilan birga, bolalar psixologiyasini tushunishi, vaqtida qattiqqo‘llik qilish bilan birga qo‘pol muomala qilmasligiga e’tibor bering.
Aynan nima istayotganingizni aniqlab oling
Farzandingiz qiziqishi va o‘z xohishingizga qarab ixtisoslashgan maktab va sinfni tanlang. Masalan, o‘g‘lingiz sportga qiziqsa, matematikaga ixtisoslashgan maktabga bergandan ko‘ra, qiziqishiga qarab yo‘naltirganingiz yaxshi. Siz uchun maktabdagi muhit muhimmi yoki maktabning statusi, oldindan aniqlab oling.
Qaror qabul qilishdan avval yaxshilab tanishing
Maktab bilan tanishmasdan nomi ulug‘ bo‘lgani uchungina shu maktabga berishga oshiqmang. Qaror qabul qilishdan avval tanishing, farzandingiz uchun qulay bo‘ladimi, xavfsizmi, bilim qay darajada beriladi aniqlashtiring. Eshitganingizga emas, ko‘zingiz ko‘rgan va guvoh bo‘lganingizga qarab xulosa chiqaring.
Maktab rahbari bilan suhbatlashing
Maktab rahbari bilan suhbatlashish uchun uchrashuv belgilang va rahbarning uchrashish haqidagi taklifga qanday munosabatda ekaniga e’tibor bering. Suhbat davomida rahbarning aynan nimaga urg‘u berayotgani ham nazaringizdan chetda qolmasin. U uchun qog‘ozbozlik, manfaat muhimmi yoki ta’lim sifati va bolalarning o‘zlashtirishi, shu haqida gap ochib, fikrini bilishga harakat qiling. Unutmang, rahbarga ko‘p narsa bog‘liq. O‘zi harakatchan, bilimli va o‘z ustida ishlaydigan rahbar xodimlaridan ham shuni talab qiladi.
O‘zbekiston maktablarida o‘quvchilarni kasbga va oliy ta’limga tayyorlovchi yangi fan yo‘nalishlari joriy etiladi | 63 | 2,686 |
Ayollar | Yuz sohasidagi yog‘ni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar | Ba’zida yuz tananing chinakam sehrlangan qismiga o‘xshaydi. Vazn kamayishiga erishilsa-da, bir marta paydo bo‘lgan yuz sohasidagi yog‘larni bartaraf etish qiyin. Aslida, ushbu sohadagi yog‘lardan xalos bo‘lish uchun ko‘proq vaqt kerak, xolos. Qiyin degani – imkonsiz degani emas.
Shifokorga murojaat qiling
Bu safar tashrifni kosmetologdan emas, balki terapevtdan boshlash kerak. Ko‘pincha yuz yog‘ birikmalari emas, balki shish tufayli semizroq ko‘rinadi. Bundan tashqari, ba’zi dori-darmonlarni qabul qilish ham tanadagi suyuqlikni qo‘zg‘atishi mumkin. Qisqasi, birinchi navbatda, tibbiy sabablar yo‘qligiga ishonch hosil qilish va shundan keyingina yog‘ga qarshi kurashishni boshlash kerak.
Diyetani tekshiring
Inson iste’mol qilayotgan barcha narsa yuzida aks etadi va bu har doim ham ijobiy bo‘lmaydi. Ba’zi mahsulotlar yallig‘lanishni keltirib chiqarishi, yuz rangining buzilishi va hatto shish paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Shifokorlar, birinchi navbatda, qayta ishlangan go‘sht mahsulotlaridan voz kechishni, dudlangan mahsulotlarni kamroq iste’mol qilishni va yengil uglevodlarni kamaytirishni tavsiya qiladi. Ammo zanjabil, zarchava, lavlagi, qovoq, limon kabi mahsulotlarni kundalik ratsionga qo‘shish kerak.
Mashq qiling
Bu oddiy, lekin haqiqat: inson qanchalik ko‘p shug‘ullansa, natijasi yuzga ham ta’sir qilishi ehtimoli yuqori. Quvvat mashqlari hamisha kerak, chunki mushaklar massasini saqlab qolish uchun ko‘proq energiya talab qilinadi va organizm yog‘ zaxiralarini, shu jumladan, yuzga yashiringan yog‘larni ham sarflaydi.
Ko‘proq uxlang
Bu odatda ajoyib qomatga ega bo‘lishni xohlaydigan har bir kishi uchun taalluqli, chunki metabolizm uyqu sifati va miqdoriga bog‘liq. Tungi dam olish vaqtida tana bezlarining ishini tiklaydi va shishishni bartaraf etishga yordam beradi.
Massaj
Muntazam yuz massaji nafaqat terining elastikligini saqlab qolishga yordam beradi, balki teri hujayralarida to‘planib, shish paydo bo‘lishiga olib keladigan limfa suyuqligini tarqatib yuboradi. Haftada bir marta iyak sohasiga alohida e’tibor berib, massaj qilishga harakat qilish orqali yaxshi natijaga erishish mumkin. | 56 | 2,130 |
Ayollar | Buyumlardagi dog‘larni ketkazishni zavqli ishga aylantiradigan 8 ta layfxak | Vaqtini qadrlaydigan va uni cheksiz uy ishlariga sarflashni istamaydiganlar uchun foydali maslahatlar bilan bo‘lishamiz.
Mikroto‘lqinli pech
Kuchli yog‘ va kirni tez va samarali tozalash uchun mikroto‘lqinli pechga bir stakan sirka eritmasi va limon bo‘lagini soling va 5-10 daqiqa davomida qizdiring. Keyin ichki qismini gubka bilan artib oling.
Plastik o‘yinchoqlar
Plastik o‘yinchoqlar tozalash uchun ularni idish yuvish mashinasiga joylashtiring va to‘liq siklni yoqing.
Uy hayvonlari yunglari
Mushuk va iti borlar gilamlardan yung to‘plarini olib tashlash qanchalik qiyinligini juda yaxshi bilishadi. Gilamni yuzinchi marta changyutgich bilan tozalash o‘rniga, vaqtni tejash uchun rezina tozalagichdan foydalaning.
Tungi chiroqlar
Matodan yasalgan abajurni kiyim tozalaydigan yopishqoq rolik bilan oson tozalash mumkin.
Dush nasadkasi
Qattiq suv dush nasadkasini berkitib qo‘yadigan yoqimsiz xlor qoldiqlarini qoldiradi. Uni yangidek qilish uchun qo‘shimchani sirka kislotasi aralashmasiga bir kechaga qoldiring va ertalab suvda yaxshilab yuvib tashlang.
Bolalar ijodiyoti
Gulqog‘ozga yopishtirilgan stikerlarni yirtib yoki qirqib olmang - qoplama buzilishi mumkin. Soch quritgichdan foydalaning, yelim erigach, astalik bilan ajratib oling.
Zanglamaydigan po‘latdagi dog‘
Nordon sharob-kaliy tuzi zanglamaydigan po‘latdan yasalgan buyumlarni tozalashda juda samarali. Gubkaga oz miqdorda kukun seping va idish sirtini artib oling.
Charm divan
Charmdan yasalgan mebellar uchun maxsus kremlar ancha qimmat va sekin so‘riladi. Mebel yuzasidagi changni tezda ketkazish va materialga mayinlik berish uchun oddiy aroqdan foydalaning. | 75 | 1,640 |
Ayollar | Tashqi ko‘rinishingizni bir lahzada yaxshilashga yordam beradigan universal maslahatlar | Agar uyqusiz o‘tkazilgan kechadan keyin ko‘rinishingiz unchalik yaxshi bo‘lmasa, bu hiylalar sizga bir lahzada odam qiyofasini qaytarishga yordam beradi.
Manba: “Woman.ru” | 87 | 172 |
Ayollar | Qahva asosida skrab tayyorlaymiz | Qahvali skrab birinchi qo‘llanishdayoq o‘zining yuqori samarasini ko‘rsatadi. Teri qatlami to‘g‘rilanadi, silliq va tabiiy yaltiroq tusga kiradi. Vaqti-vaqti bilan qahvali skrab bilan uqalash yuz terisini tetiklashtiradi va mayinlashtiradi.
Uy sharoitida qahvali skrab tayyorlash qiyin emas. Skrab uchun xom ashyo hisoblangan quyqumni quritilgan holda va quruq joyda saqlash kerak. Qahva yordamida skrab tayyorlashning bir necha usullari bilan tanishtiramiz.
Manba: “Xitrosti jizni” | 32 | 485 |
Ayollar | Iste’mol sodasi, sirka, nashatir spirti — pech tozalashning 5 usuli | Pechni tozalash har doim keyinroq qoldiriladigan eng zerikarli narsalardan biridir. Natijada, yog‘ va kir to‘planadi va pech yoqilganda, tovuq yoki pirog pishirilganda, o‘zidan yoqimsiz hid chiqara boshlaydi.
Kimyoviy moddalari bilan tozalash
Pechni tozalashni osonlashtirish uchun, avvalo, haroratni 15-20 daqiqa davomida taxminan 50 darajaga qo‘yib, uni isitish kerak. Hech narsa xalaqit bermasligi uchun uning ichini bo‘shatish lozim. Pechni kimyoviy moddalar bilan tozalashda rezina qo‘lqop kiyish va oynani ochishni unutmaslik muhim. Kimyoviy moddalar kuchli hidga ega. Mahsulotni isitish elementlari va ventilyatoriga qo‘llamaslik kerak, chunki bu pechga zarar yetkazishi mumkin. Shuningdek, pech eshigidagi rezina qistirmalarga tushirmaslikka harakat qilish tavsiya etiladi.
Uy sharoitida pechni qanday tozalash kerak?
Tozalash kerak bo‘lgan joylarga vosita sepiladi va muddatidan oldin ishqalanmaydi. Pech gellari odatda 30 daqiqa ichida natijaga erishadi. Shuning uchun uni yopib, yarim soat davomida kutish kerak. Mahsulotdan foydalangandan so‘ng kimyoviy moddalarning hidini yo‘qotish uchun pechni yaxshilab yuvish tavsiya etiladi. Tozalangandan keyin pechni bir necha soat davomida ishlatish mumkin emas.
Pech va gaz plitasini sirka bilan qanday tozalash kerak?
Nashatir spirti va suv
Pechda yog‘ va chirk to‘planib qolmasligi uchun tez-tez tozalab turish kerak. Masalan, bayramdan yoki mehmonlar ketganidan so‘ng pech ishlatilgan bo‘lsa. Idish yuvish vositasi bilan aralashtirilgan suv solingan idish pechga qo‘yiladi, yog‘ va kirlarni yumshatish uchun uni 100 darajaga qizdiriladi, so‘ngra tozalash vositasi bilan artib chiqiladi.
Yog‘li taomlarni pishirayotganda folga yoki pishirish qog‘ozi yordamida pechga yog‘ sachrashining oldini olish mumkin.
Piroliz funksiyasiga ega pech modellarini yuvish kerak emas, qurilmada o‘zini o‘zi tozalash funksiyasini yoqilsa, oziq-ovqat va yog‘ qoldiqlari yuqori haroratda eriydi va bu vaqtda pech eshigini ochib bo‘lmaydi. | 67 | 1,976 |
Ayollar | Qomatni ixcham ko‘rsatishning bir necha usullari | Libos qomatdagi kamchiliklarni yashirishi yoki aksincha unga urg‘u berishi ham mumkin. Shu sababdan ham xarid davomida qomat va diddan kelib chiqqan holda kiyim tanlash tavsiya qilinadi. Quyida kiyim-kechak bilan qanday qilib ozg‘in ko‘rinish mumkin ekaniga to‘xtalamiz.
“Zapax”li libos
Dizayner Diana fon Fyurstenberg tomonidan o‘ylab topilgan keyinchalik barcha lyuks brendlar kolleksiyalaridan o‘rin olgan mazkur bichimdagi liboslar darhaqiqat qomatni ixcham ko‘rsatish xususiyatiga ega. Bunday libos belga urg‘u berib, bo‘yinni uzun ko‘rsatadi.
Pastki qismi keng jinsi shim
Bunday shim kiyganlarning oyoqlari uzun, ixchamroq va bo‘yi baland ko‘rinadi. Shu sababdan ham bunday shimlar faqatgina ozg‘in ko‘rinishni istaganlar uchun emas, balki balandroq ko‘rinishni xohlovchilar uchun ayni muddao.
To‘g‘ri bichimli shim
Bu bichimdagi shim ham yuqoridagi singari xususiyatlarga ega va hech ham urfdan qolmaydi. Shu bois ham bunday shimni hech ikkilanmay kiyish tavsiya qilinadi.
Uzunchoq taqinchoq
Bunday taqinchoq nafaqat chiroyli aksessuar, balki bo‘yinni uzun ko‘rsatuvchi detal hisoblanadi. Taqinchoqni toshli, durli, marvarid va biserli variantlari bor bo‘lib, diddan kelib chiqqan holda xarid qilish tavsiya qilinadi.
Uzun pidjak
Uzun va yopishib turmaydigan pidjak, jinsi shim va uchli tufli kiyishning o‘zi bilan siz ko‘ngildagidek obraz yarata olasiz. Qolaversa, bunday bichimli kostyum bel va qorindagi ortiqcha yog‘larni yashirib ko‘rsatadi.
Poshnali tufli
Poshnali oyoq kiyim qomatni chiroyli va ozg‘inroq ko‘rsatishi sir emas. Asosiysi esa bunday oyoq kiyimni qulayini tanlash va harakatlanganda qiynalmaslikka amin bo‘lish.
Old qismi V bichimli kofta yoki libos
Bunday bichimli libos qomatni chiroyli ko‘rsatish bilan birga, ayollarga xos joziba ham bag‘ishlaydi. Bunday koftalarni jinsi shim va o‘rta uzunlikdagi yubka bilan kiyish tavsiya qilinadi.
Kamar yoki belbog‘
Keng libos yoki bluzka kiying va belingizga kamar taqib, urg‘u bering. Bunday kiyinish qomatingizni chiroyli ko‘rsatibgina qolmay, moda bilan hamnafas ekaningizdan ham dalolat beradi. | 48 | 2,073 |
Ayollar | Begonalar bilan suhbatlashish nima uchun foydali? | O‘zi tanimagan insonlar bilan muloqotda bo‘lgan odamning kayfiyati ko‘tariladi, miyasi yaxshi ishlay boshlaydi, deyishmoqda tadqiqotchilar. Lekin, biz jamoat transportida begonalardan ko‘zimizni olib qochishga harakat qilamiz, yig‘inlarda faqat o‘zimiz taniganlar bilan suhbatlashishni afzal bilamiz, qo‘shnimiz salom bersa hayron qolamiz.
Begonalar bilan gaplashish biz uchun noqulay va qiyin bo‘lib tuyuladi. Bu suhbatning menga ham, o‘sha begona odamga ham qizig‘i yo‘q deb, o‘zimizni oldindan ishontiramiz. Kaliforniya universiteti psixologi Juliana Shryoder bunday holatni “umumiy bilmaslik fenomeni” deb ataydi, ya’ni hamma gaplashishni xohlamayotgani uchun gaplashmayapti, deb o‘ylab, siz ham begonalar bilan gaplashmay qo‘ya qolasiz, aslida, siz ham, boshqalar ham suhbatga moyil. Bu istihola sizni yolg‘izlikka undaydi. Lekin, Shryoderning fikricha, yolg‘iz qolgandan ko‘ra, begonalar bilan muloqotda bo‘lish ko‘proq yaxshi tuyg‘ularni keltirib chiqaradi.
Tadqiqotchilar jamoat transportidagi yo‘lovchilarning emotsional holatini o‘rganishdi: boshqa yo‘lovchilar bilan gaplashib ketganlar jim ketganlardan ko‘ra ko‘proq ijobiy taassurotlar orttirishgan, bu narsa suhbat qurishni xohlagan yo‘lovchigф hamsuhbat bo‘lgan kishida ham aks etgan.
“Qisqagina bo‘lsa ham samimiy suhbat insonda odamlar jamoasida yashayotganlik, boshqalar bilan birdamlik hissini beradi” – deydi Esseks universiteti psixologi Jillian Sendstorm.
Yuqoridagi fikrlardan begonalar bilan muloqot qilishning ruhiy holatimiz uchun foydali ekanligini tushunib oldik. Endi bu muloqotning miya faoliyati uchun qanday foydalari borligi haqida bilib olamiz.
Yana bir tadqiqot natijasida, inson kim bilandir qisqa vaqt bo‘lsa ham muloqotda bo‘lganda, bosh miyasining aqliy jarayonlarni ta’minlovchi bo‘limlarining faoliyati yaxshilanishi aniqlangan. Natijada insonning diqqatni jamlash, rejalashtirish, tashkillashtirish kabi aqliy qobiliyatlari oshishi kuzatilgan.
Tadqiqot jarayonida uch guruhga bo‘lingan odamlar o‘rganilgan. Birinchi guruhdagilar bir-birlari bilan tanishib, 10 minut davomida ijobiy suhbat qurishgan, ikkinchi guruhdagilar bahslashishgan, uchinchi guruhdagilar jim o‘tirishgan. Keyin barcha ishtirokchilarning aqliy qobiliyatlari test orqali tekshirib ko‘rilgan. Birinchi guruh a’zolari eng yaxshi ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishgan.
Kundalik hayotimizda har kuni begona odamlar bilan suhbatlashishga imkoniyat topsak bo‘ladi. Jamoat transportida, do‘konda, umumiy ovqatlanish joylarida, uchrashuvlar va yig‘ilishlarda va hokazo... Asosiysi, begonalar bilan muloqotga kirishishni chin ko‘ngildan xohlash va buni odat tusiga kiritishdir.
Manba: “Woman.ru” | 49 | 2,643 |
Ayollar | Qanday qilib oshxonani tez tartibga keltirish mumkin? 8 ta foydali maslahat | Biz ko‘p vaqtimizni oshxonada o‘tkazamiz, shuning uchun ham u yerda hamma narsa joyida bo‘lishini xohlaymiz. Choynak devorlaridagi qasmoqlar, mikroto‘lqinli pech ichidagi qotib qolgan yog‘ va plita ustiga to‘kilgan qahva dog‘lari… Bizning maslahatlarimiz sizga bu muammolardan tez va qiyinchiliksiz qutulishga yordam beradi deb umid qilamiz.
Biz oshxonada mikroto‘lqinli pechdan ko‘proq foydalanamiz. Uning ichidagi yog‘ qatlamlarini qanday tozalash mumkin?
Bir necha dona ho‘l salfetkalar oling va pechning ichiga qo‘ying, 5-10 daqiqaga eng yuqori quvvatda yoqib qo‘ying.
Ikkinchi usul: yarimta limon sharbatini bir piyola suv bilan aralashtiring, suyuqlikni mikroto‘lqinli pech ichiga qo‘ying va besh daqiqaga eng yuqori quvvatda yoqib qo‘ying. Yana 10 daqiqa kuting va qog‘oz salfetka bilan artib oling.
Oshxona mebelidagi yog‘ qatlamlarini qimmatbaho yuvuvchi vositalarini ishlatmasdan ham ketkazish mumkin. Iste’mol sodasiga biroz o‘simlik yog‘idan aralashtirish va qattiqroq cho‘tka yordamida mebelning hamma yuzalarini tozalab chiqishning o‘zi yetarli. Keyin esa toza ho‘l latta bilan artib tashlanadi.
Shisha tovani tozalashda oddiy folgadan foydalanishingiz mumkin. Uni g‘ijimlang va gubka sifatida ishlating. Kuyindi dog‘lari qanday tez ketishini ko‘rasiz.
Oshxona ichidagi yoqimsiz hidlarni ketkazish uchun limon yoki apelsin po‘choqlarini yoqing — bu hidlarni ketkazishning eng oddiy va foydali usullaridan biri.
Gaz plitasi ustiga folga to‘shang. Taomlarni tayyorlab bo‘lganingizdan keyin esa kirlangan folgani olib tashlaysiz.
Rakovina yuzasini tuz va limon bilan artib tashlasangiz — u yaltirab ketadi va oshxona havosi ham yoqimli bo‘ladi.
Choynak ichidagi qasmoqlarni ketkazish uchun, uning ichiga limon kislotasi seping yoki yarim piyola sirka quying, suv soling va olovga qo‘ying. Choynak ichidagi suv qaynagandan so‘ng, 20 daqiqa olib qo‘ying. Keyin esa suvini to‘king va sovuq suvda yaxshilab chayqab tashlang. Bu amalni yana bir marta takrorlang.
Idish yuvadigan gubkalarni har hafta almashtirish kerak. Lekin shunday vaziyatlar bo‘ladiki, yangi gubka bilan biron-bir yopishqoq yoki yog‘li narsani artishga to‘g‘ri keladi... Uni tashlab yuborishga shoshilmang: gubka va lattalarni idish yuvadigan mashinada 40 daqiqa davomida yuvsangiz ular yana yangidek bo‘ladi.
Manba: “Woman.ru” | 75 | 2,304 |
Ayollar | Keda va krossovkalarni kir yuvish mashinasida qanday yuvish kerak? | Oddiy harakatlar algoritmi, bir nechta qoidalarga amal qilgan holda yangi oyoq kiyim sotib olishni tejash mumkin.
Bir juft krossovkani kir yuvish mashinasiga tashlashdan oldin nimalarga e’tibor berish kerakligini aniqlab olish kerak.
Keda yoki krossovkalarni yuvish mumkinmi?
Ha, albatta, mumkin, agar:
Keda yoki krossovkalarni qanday yuvish kerak?
Kukun dispenseriga odatdagi miqdorda kukun qo‘shiladi. Agar suyuq kir yuvish vositasi bo‘lsa, uni ishlatish yaxshiroq, lekin oddiy kukun ham samarali. Agar keda va krossovkalar yengil bo‘lsa, yuvish uchun ½ chashka iste’mol sodasi qo‘shish mumkin, bu rangni yanada yorqinroq qiladi va yoqimsiz hidlarni bartaraf etadi.
Suv harorati 40 darajadan oshmasligi uchun yuvish rejimini me’yoriy bo‘lishi kerak. Yuvish paytida poyabzalga zarar bermaslik uchun aylanish tezligi minimal darajaga tushiriladi. Agar eski sochiq (masalan yoki paxta gilamcha bo‘lsa, ularni krossovkalar bilan birga yuvish mumkin, shunda ular mashina yon devorlariga urilmaydi.
Muhimi mashinaga bir vaqtning o‘zida bir nechta juft poyabzal solib bo‘lmaydi.
Yuvgandan keyin keda va krossovkalarni qanday quritish kerak?
Oyoq kiyimlar yuvilgandan so‘ng havo yaxshi aylanadigan joyga qo‘yilishi kerak. Agar poyabzal kam yuvilgan bo‘lsa, unda kulrang chiziqlar yoki kir qolgan bo‘lsa, uni eski tish cho‘tkasi yoki melanin gubka bilan ishqalash mumkin. Albatta, ushbu jarayondan keyin u oppoq va toza bo‘ladi. Oyoq kiyimni quyoshda yoki isitgich ustida quritmaslik kerak. Chunki poyabzal yelimi erishi yoki sarig‘ dog‘lar paydo bo‘lishi mumkin. | 66 | 1,557 |
Subsets and Splits
No saved queries yet
Save your SQL queries to embed, download, and access them later. Queries will appear here once saved.