folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Ayollar | Bekajonlar uchun: 15 daqiqada deraza tozalash sirlari | Qish fasli oxirlashi bilan derazalarni tozalash ishlari boshlanadi. Buning eng tez va samarali usuli bilan tanishib oling.
Bulutli kun – eng yaxshi vaqt
Birinchi qoidani unutmaslik lozim: bulutli kunda derazalarni tozalash yaxshiroq. Sababi quyoshda deraza yuvish vositasi tez qurib qoladi. Shunchaki yana nam mato bilan deraza artish esa ortiqcha vaqtni olishi mumkin. Bundan tashqari, qyosh nuri tufayli derazada dog‘lar ham tezda paydo bo‘ladi.
Derazalarni qanday tozalash kerak: eng yaxshi vosita
Albatta, deraza tozalovchi vositalar ham yaxshi, ammo oddiygina sirka va suv ham bundan qolishmaydi. Buning uchun sirka va iliq suv 1:8 nisbatda aralashtiriladi, iloji bo‘lsa 10 tomchi limon efir moyi ham qo‘shiladi. Ozroq hidi bo‘lishi mumkin, ammo u tez orada yo‘qoladi.
Dog‘larsiz tozalash
Buning uchun derazalar har xil yo‘nalishda tozalanishi kerak. Tozalagichni avval yuqoridan pastga, so‘ng o‘ngdan chapga qarab harakatlantirish lozim. Shundagina har qaysi tomonda mavjud bo‘lgan dog‘lar tozalanadi.
Romlarni qanday tozalash kerak?
Bu tish cho‘tkasi yordamida ham amalga oshirilishi mumkin. Dastlab ifloslangan ramkalar burchagiga iste’mol sodasi, so‘ngra sirka sepiladi. Aralashma ko‘pira boshlaydi. 15 daqiqadan so‘ng cho‘tka yordamida burchakdagi kirlar markazga to‘planib, tozalab olinadi.
Maxsus tozalagichlar
Ushbu tozalash vositasi matolarga qaraganda ancha qulay. Agar derazaning ahvoli juda yomon bo‘lsa, unda dastlab mato bilan, so‘ngra maxsus vosita bilan tozalash kerak.
Melamin shimgich
Romlardagi har qanday dog‘larni melamin shimgich bir zumda tozalaydi. Shundan so‘ng romlar yangi va oppoq ko‘rinishga keladi. Faqat shimgichlarni katta yuzalarga ishlatmaslik zarur, u ishqalanish davomida o‘z hajmini yo‘qotadi. Qor va yomg‘irdan qolgan aralash kirlarni mato, boshqa dog‘larni esa shimgich yordamida tozalash tavsiya etiladi.
Teleskop tozalagich
Qo‘l yetmaydigan yoki tozalash xavfli bo‘lgan joylarni teleskop tozalagich yordamida artish mumkin. Hozir uni barcha do‘konlardan xarid qilsa bo‘ladi.
Katta derazalar uchun changyutgich
Uyda derazalari ko‘p bo‘lgan bekajonlar uchun foydali qurilma. Bu vaqtni tejash bilan birga, derazalarni ko‘ngildagidek tozalaydi. Dastlab derazaning o‘ta kir joylari mato yoki boshqa vosita bilan tozalab olinadi. So‘ngra changyutgich yordamida derazalar tozalanadi. Lekin rom va tokchalar mato yordamida artilishi kerak.
Temir kurak
Agar derazalarda bo‘yoqdan yoki yopishqoq biror buyum natijasida dog‘lar qolgan bo‘lsa, u holda temir kurak yordamga keladi. Ushbu vosita derazalarni qirmasdan va boshqa zarar yetkazmasdan dog‘larni osongina bartaraf etadi.
Deraza uchun suyuq tozalash vositalari
Bu katta yo‘l yoqasida yoki chang va shirali daraxtlar soyasidagi derazalar uchun ayni muddao. Ushbu vosita derazalarga sepilganidan so‘ng biroz vaqt o‘tmay, darrov derazadagi dog‘larni yuvib tushadi. | 53 | 2,861 |
Ayollar | Soch turmagi yoshingizni katta ko‘rsatadigan 8 ta holat | Soch rangi, uzunligi va turmagining noto‘g‘ri tanlanishi inson qiyofasiga tamoman boshqacha tus berishi yoki yoshiga nisbatan katta ko‘rinishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Haddan ortiq uzun sochlar
Sochning kurakdan uzun turishi 40 yoshdan katta ayollarda chiroyli ko‘rinmaydi. Pantene brendi stilisti bunday ko‘rinishni 1661 deb ataydi: uzun sochli ayol orqa tarafdan 16 yashar ko‘rinadi, yuzidan esa nafaqa yoshdagi ayol ekanligi bilinadi. San-Diegolik stilist Jet Rays o‘mrovgacha bo‘lgan uzunlik ideal ekanini bildiradi.
Haddan ortiq kalta soch
Qanday uzunlikdagi sochni juda ham kalta deb hisoblanishi bo‘yicha aniq qoida yo‘q, ammo individual yuz proporsiyasiga e’tibor berish kerak. Agar yonoqlaringiz osilib qolgan bo‘lsa, “bob” yoki iyakkacha bo‘lgan uzunlikda kestiring.
Bir necha yildan beri o‘zgarmagan soch turmagi
O‘zgarishlardan cho‘chimang. Bir necha yildan beri soch turmagingiz o‘zgarmagan bo‘lsa, o‘zgartirish vaqti keldi. Butun umr davomida bir libosda yurmagandek, sochni ham o‘zgartirib turish kerak.
Soch rangining teri rangiga mos bo‘lmasligi
Teri rangi yillar o‘tishi bilan o‘zgargani sabab 25 yoshingizda yarashgan soch rangi 50 yoshda yarashmasligi mumkin. Nyu-Yorkda faoliyat yuritadigan kalorist Bred Jons sochga rang tanlashda bolalikda qanday ko‘rinishda bo‘lganingizni esga olishni va tabiiy rang qanday bo‘lsa, shunga bo‘yashni tavsiya qiladi.
Chyolka kesmaslik
Chyolka peshonadagi ajinlarni yopishga yordam beradi, lekin u hammaga ham yarashavermaydi. Tekkis kesilgan chyolka terining qarish alomatlariga urg‘u berishi mumkin, deb hisoblaydi Aussie Haircare brendi stilisti Sara Potempa. E’tiboringizni boshqa soch turmaklari bilan ham yarashadigan uzunroq va uchlari tekkis bo‘lmagan chyolkaga qarating.
Oqargan sochlar
Sochni bo‘yashdan voz kechib, oq sochlarni o‘stirishga qaror qilgan bo‘lsangiz, sizga bunday obraz yarashishi yoki yo‘qligini o‘ylab ko‘ring. O‘stirish uchun 75 foiz soch oqargan bo‘lishi kerak. Yo‘qsa, bunday nomutanosiblik ko‘zga xunuk ko‘rinadi.
Soch kosmetikasini hech ham o‘zgartirmaslik
Yosh o‘tgani sari soch strukturasi o‘zgaradi — quruq va dag‘al bo‘ladi hamda shunga muvofiq kosmetik vosita tanlash kerak bo‘ladi. Shu sabab namlantiruvchi vositalardan foydalanish tavsiya qilinadi. Eksperiment qilishdan qo‘rqmang. Tarkibida soch uchun foydali bo‘lgan va uni yanada jilokor ko‘rsatadigan vositalardan foydalaning.
Hajm yetishmasligi
Soch turmagi hajmliroq ko‘rinishi uchun uzunligi bo‘yingacha yoki undan ham kaltaroq bo‘lgan “kaskad” uslubidagi soch turmagini tanlang. Hajm beradigan vositalardan foydalaning. Fen bilan quritish davomida taroq bilan yuqoriga qarab harakatlantiring. Hajmli ko‘rsatishning yana bir usuli sochni to‘qroq va ochroq ranglarga “kolorirovaniye” qilish hisoblanadi. | 55 | 2,754 |
Ayollar | Qanday dizayndagi liboslar qomatdagi kamchiliklarni yashirishga yordam beradi? (foto) | Har qanday ayolda o‘z qomatining xususiyatlarini bilib, kamchiliklarni yashiradigan va afzalliklarni ta’kidlaydigan liboslarni tanlash imkoniyati mavjud, deb yozadi “Noviy ochag”.
Umumiy qoidalar:
Qanday kiyimlar ozg‘in ko‘rsatadi?
Siluetni vizual ravishda uzaytirish, uni balandroq va nozik ko‘rsatish uchun libosni vertikal naqshlisini tanlash kerak. Buning uchun vertikal chiziqli kostyum va ko‘ylaklar, tugmalari bo‘lmagan palto va plashlar mos keladi.
Qanday kiyimlar qorinni yashiradi?
Chiqib ketgan qorinni yoki yon tomonlarini yashirish uchun zich matodan tikilgan kiyimlarni tanlash kerak.
Keng kiyimlar ham bu vazifani yaxshi bajara oladi, lekin ular katta hajmli emas, balki mos o‘lchamda bo‘lishi kerak.
Qanday liboslar belni ingichka ko‘rsatadi?
Belni ta’kidlash va uni vizual ravishda ingichka qilish uchun belbog‘li, korsetli, bel qismi yuqori shim va yubkalarni tanlash tavsiya etiladi.
Qanday liboslar oyoqlarni uzun ko‘rsatadi?
Oyoqlarni uzunroq ko‘rsatish uchun tovonni qoplaydigan uzun shim kiyish lozim. Shuningdek, uzun kurtkalar, bel qismi yuqori shim yoki yubkalar ham oyoqni uzun ko‘rsatadi. | 85 | 1,124 |
Ayollar | Yuz terisini parvarishlashda mashhurlar ham yo‘l qo‘yadigan xatolar | Parvarishlashdagi muntazamlik – muvaffaqiyat mezoni. Mashhurlarning ko‘pchiligi ish tig‘izligi bois haftalar davomida kosmetolog xizmatidan foydalanolmaydi va yuz terisidagi muammolarini 1 soat ichida hal etmoqchi bo‘ladi. Lekin buning hech iloji yo‘q. Chunki yuz terisi muntazam ravishda parvarishlashni talab qiladi. Bir haftada bir necha marta kosmetologga borish shart bo‘lmasa ham, har kuni yuz terisi uchun vaqt ajratish lozim.
SPF’ni haddidan oshirib yubormang
Yuqori SPF-faktorli vositalarni muntazam ravishda foydalanish oqibati pigment dog‘larni paydo qiluvchi kimyoviy reaksiyalarni keltirib chiqaradi.
Botoks – bir yarim yilda bir marta
Botoks – zahar, u organizmdan jigar orqali chiqib ketadi va unga juda katta zarar yetkazadi.
Lazerdan hech qachon foydalanmang!
Lazer nurlari terini o‘ldiradi. To‘g‘ri, ular yordamida ko‘pincha samarali va tezkor natijalarga erishiladi, lekin ular bartaraf qilib bo‘lmaydigan yangi muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. | 67 | 971 |
Ayollar | Olib o‘tirgandan naf yo‘q: Mazkur kuzda voz kechish tavsiya qilinadigan 14 buyum | Yozdan keyin yengil kiyimlarni olib qo‘yishdan tashqari, shkaf va oshxonani ham ko‘zdan kechirib keraksiz buyumlarni tashlab yuborish kerak.
Quyoshdan himoya qiluvchi vosita
Olib qo‘yishdan avval kosmetik vositaning yaroqlilik muddatiga e’tibor bering. SPF-kremlarni odatda ochgandan keyin 6 oy davomida ishlatish kerak.
Bir necha yildan buyon kiyilmaydigan rezina shippak va bosonojkalar
Rezina oyoq kiyimlar uzoq vaqt kiyilmasa, yorilishi vaqti kelib uzilib ketishi mumkin. Shu sabab ham kiyishdan avval ko‘zdan kechirib oling.
Bolalar o‘yinchoqlari, kiyim va poyabzallar
Keyingi yil yozgacha bolalaringiz katta bo‘ladi va kiyim-kechaklari, o‘yinchoqlar kerak bo‘lmay qoladi. Bo‘sh, singan, ishlatilgan idishli o‘yinchoqlar, plastmassadan ishlangan, g‘ildiragi yo‘q mashinalar, tutqichi yo‘q chelak va shunga o‘xshash buyumlarni saqlagandan foyda yo‘q.
Cho‘milish kiyimi
Juda ham tez cho‘zilib ketadigan cho‘milish kiyimlarning ko‘rinishi foydalanganidan keyin yomonroq ahvolga kelib qolishi mumkin. Sizda shunday bo‘ladigan bo‘lsa olib o‘tirmang, tashlab yuboring.
Quyoshdan himoyalovchi ko‘zoynak
Oynasidagi qirilishlar yaqqol ko‘zga tashlanadigan ko‘zoynak tashqaridan chiroyli ko‘rinmasligi aniq. Qolaversa, ularning ham o‘z yaroqlilik muddati bor ekanligini esdan chiqarmang. Sifatli ko‘zoynaklarning oynasi ultrabinafsha nurlarini filtrlaydigan qoplam bilan himoyalangan bo‘ladi. Aniq yaroqlilik muddati ishlab chiqaruvchilar tomonidan belgilanadi, ammo umumiy qoidaga ko‘ra ko‘zoynaklarni har yilda ikki marta yangilab turish kerak.
Uzoq yo‘lga olib chiqiladigan buyumlar
Haddan ortiq ko‘p konteynerlar, qutilar va kosmetikalar, bolalar uchun maxsus to‘plamlar, plastmassadan ishlangan taroqlardan deyarli foydalanilmaydi va shu bilan birga, bekorga joy olib turadi.
Sochiqlar
Uyda har bir oila a’zosi uchun va yana mehmonlar uchun qo‘shimcha bir-ikkita sochiq bo‘lsa kifoya. Ko‘rinishi yomonlashgan va eskirganlarini esa bekorga olib o‘tirgandan foyda yo‘q.
Teshilgan rezinadan ishlangan hovuz va to‘shak
Ishga yaramaganidan tashqari, teshilgan rezina hovuz va matraslar ishlatish uchun xavfli hamda foydasiz hamdir.
Eski banka qopqoqlari
Konservalashga mo‘ljallangan eng oddiy banka qopqoqlari bir marta foydalanishga mo‘ljallangan bo‘ladi. Ishlatilmagan taqdirda ham ularning yaroqlilik muddati 3 yildan ko‘p bo‘lmaydi. Keyinroq chetidagi rezinkasi ajralib, qopqoq keraksiz bo‘lib qoladi.
Ancha vaqtdan buyon ishlatilmaydigan ziravorlar
Aksariyat ziravorlarni bir yildan ko‘proq, ayrimlarini esa 2 yildan ortiq saqlash mumkin. Shkafda qancha ko‘p ishlatilmay tursa, shuncha tez aynib qoladi. Xarid qilganingizdan keyin bankaga solsangiz, sanasini yozib qo‘yish tavsiya qilinadi.
Temirdan ishlangan kiyim ilgich
Kimyoviy tozalash markazidan qo‘shib berilgan, haddan ortiq ingichka bo‘lgan kiyim ilgichda kiyim cho‘zilib ketishi, vaqt o‘tib mato deformatsiyalanishi mumkin.
Ikkinchi poyi yo‘qolgan paypoq
Agar ikkinchi poyini topa olmasangiz birinchisini o‘zini olib o‘tirgandan naf yo‘q. Karavotlarning tagi va polkalarni yaxshilab qidirib ko‘ring, topa olmasangiz, ikkilanmay tashlab yuboring.
Qurilish ishlaridan qolgan qoldiqlar
Qurish va ta’mirlash ishlaridan qolgan bo‘yoq ochilganidan keyin ishlatilmasa qotib qoladi, yelim quyuqlashadi, cho‘tkani ham vaqt o‘tganidan keyin ishlatib bo‘lmaydi. Bekorga joy olib, yoyilib yotmasin.
Eski konservalar
Olib qo‘yilganiga ancha bo‘lgan konservalangan bankalarning yaroqlilik muddatini tekshiring. Aksariyatiniki 2 yilga mo‘ljallangan bo‘ladi. Vaqti o‘tgan bo‘lsa, tashlab yuboring. | 80 | 3,542 |
Ayollar | Dior modalar uyi AirPods Pro naushniklari uchun g‘ilof yaratdi | Christian Dior modalar uyi AirPods Pro naushniklari uchun mo‘ljallangan g‘ilofini taqdim etdi. Qoplama Oblique ko‘k jakkarda matosidan ishlangan va uning chetlari qora charm bilan qoplangan, deb yozadi “Afisha.uz”.
Tilla furnituradan ishlangan firmaning CD belgisi g‘ilofning old qismini to‘ldirib turadi. G‘ilof dizayniga 30 Montaigne Dior sumkasiga qotirib qo‘yib, ideal jamlanmani hosil qiladigan tasma yakun yasaydi.
AirPods Pro uchun mo‘ljallangan Dior 30 Montaigne g‘ilofini lyuks brendning butiklari va sayti orqali 500 dollarga xarid qilish mumkin.
Avvalroq Disney kompaniyasi Chaos bilan hamkorlikda iPhone g‘iloflarini ishlab chiqarishni boshlagani ma’lum bo‘lgandi.
Xitoyliklar eski “ayfon”larni yangi iPhone 12’ga aylantirish usulini o‘ylab topdi | 62 | 762 |
Ayollar | Erkaklar ko‘ylagini 5 daqiqada dazmollaymiz | Ko‘pchilik ayollar uchun kiyimlarni dazmol qilish eng qiyin ishlardan biri hisoblanadi. Bu maqolamizda sizga erkaklar ko‘ylagini 5 daqiqa ichida benuqson dazmollash haqida aytmoqchimiz.
Kiyim nam bo‘lsa dazmollash jarayonini ancha osonlashtiradi. Dazmollash paytida dazmolni bug‘ rejimiga qo‘yish esingizdan chiqmasin.
Dazmollashni quyidagi tartibda amalga oshirishni tavsiya qilamiz
1. Yelka qismi
O‘ng tomonini taxta burchagiga qo‘yib torting va dazmolni qattiq bosib dazmollang. Chap tomoniga ham xuddi shu usulni takrorlang.
2. Yoqa
Yuza tomonini pastga qilib taxta ustiga qo‘ying va dazmollang.
3. Old qismining o‘ng tomoni
Taxta burchagini ko‘ylakning yelka ichiga qo‘yib torting va dazmolni qattiq bosib dazmollang. Dazmolni tugmalar ustidan emas, tugmalar orasiga qo‘ying.
4. Orqa tomoni
O‘ng tomonini taxtadan osiltiring va orqa tomonini dazmollang.
5. Old qismining chap tomoni
Old qismining chap tomoni ham xuddi o‘ng tomoni kabi dazmollanadi.
6. Yeng
Taxta ustiga bir yengini qo‘ying va qo‘lingiz bilan yaxshilab to‘g‘rilang, keyin dazmollang. Yeng manjetlari ham xuddi yoqa kabi ichkaridan dazmollanadi.
Manba: Men’s Health | 43 | 1,139 |
Ayollar | Odatiy buyumlardan boshqa maqsadlarda foydalanishning genial usullari (foto) | Atrofimizda ulardan foydalanishga odatlanganimizdan kengroq maqsadlarda foydalanishimiz mumkin bo‘lgan yuzlab buyumlar mavjud.
AdMe odatiy buyumlarni kutilmagan maqsadlarda qo‘llashning bir nechta usulini e’tiboringizga havola etadi.
Dush uchun qalpoqcha velosiped o‘rindig‘ini yomg‘irdan himoya qiladi
Bu vaziyat barchaga tanish: velosipedni ko‘chada qoldirib ketdingiz, kutilmaganda yog‘gan yomg‘ir tufayli o‘rindiq ho‘l bo‘lib qoladi. Biror joyga yo‘l olganingizda dush uchun qalpoqchani o‘zingiz bilan olsangiz, uning yordamida o‘rindiqni yomg‘irdan himoya qilishingiz mumkin.
Tarvuzni saqlashga ko‘mak beradi
Tarvuzni to‘lig‘icha bir kunda yeb tugata olmaymiz va uni sovutkichda saqlashga majbur bo‘lamiz. Uning kesilgan tomonini yopib qo‘yish uchun dush qalpoqchasidan qulayroq narsa o‘ylab chiqilmagandek go‘yo.
Kirish yo‘lagini ifloslanishdan asraydi
Bolalar kolyaskasi yoki velosipedi g‘ildiragiga dush qalpoqchasini kiygizib qo‘yish orqali uy tozalash jarayonini ortiqcha yumushdan xalos etishingiz mumkin.
Oyoq kiyim uchun o‘ram
Oyoq kiyimni dush qalpoqchasiga joylab qo‘ysangiz, u safar davomida yoki shunchaki shkafda yon-atrofni ifloslantirmaydi. Ular odatiy paketlardan qulayroq.
Mitsellyarli suv eski kedilarga oq rangni qaytaradi
Ifloslanish tufayli rangini o‘zgartirgan kedi tag qismi, shuningdek, uning o‘zini ham mitsellyarli suv yordamida osongina tozalash mumkin.
Kosmetika qoldirgan dog‘ni ketkazishga yordam beradi
Lab bo‘yog‘i, tush yoki tonal krem izlari bo‘lgan kiyimni yuvishdan avval uni mitsellyarli suv bilan ho‘llangan paxta diski bilan artib oling. Bu usul yordamida kosmetika dog‘i osonroq ketadi.
Idish yuvish gubkasidan sovutkich sumka uchun muzlatuvchi element hosil qilish mumkin
Bu pikniklar uchun juda qulay usul. Bir kun oldin kechqurun bir nechta nam gubkani alohida pekatlarga soling va ularni yaxshi bekiting. Paketlarni muzlatkichga joylang. Tongda ularga sovuq holda saqlashni istagan taomingizni joylashingiz mumkin.
Pedikyur jarayonini osonlashtiradi
Oyoq tirnoqlarini bo‘yash jarayonida ular bir-birga tegib, bo‘yoq chaplanib ketishi mumkin. Barmoqlarni bir-biridan ajratib turish uchun gubka bo‘laklaridan foydalanish mumkin.
Supertejamkor sovun qutisi yasash
Sovun qutisini gubkadan chuqurcha o‘yish yordamida yasash mumkin. Sovunni shunchaki gubka ustiga ham qo‘yish mumkin, bu usul orqali undan tejamkorroq foydalanish mumkin.
Kanselyariya rezinka tasmalari zich qopqoqlarni ochishga yordam beradi
Rezinani qopqoqqa o‘rab qo‘ysangiz, lak idishi yoki boshqa har qanday bankani ham ochish ancha yengillashadi.
Kitobni sumkada asrash
Daftar yoki kitoblarning yumshoq muqovasi burchaklari ular sumkada olib yurilganda ko‘rinishini yo‘qotadi. Buning oldini olish uchun rezinadan suratda ko‘rsatilgandek foydalaning.
Telefondan avtomobil navigatorini yasash
Agar mashinangizda navigator bo‘lmasa, biroq telefoningizda bo‘lsa — endi qanday yo‘l tutishni bilasiz.
Shimga sig‘ish uchun
Bu noodatiy usul homilador ayollar yoki shimi sig‘may qolgan boshqa kishilarga ham qo‘l keladi.
Kiyim-kechak uchun konditsioner yordamida eski gulqog‘ozni osongina ko‘chirish mumkin
Gulqog‘ozni devordan oson ko‘chirish uchun konditsioner bir qalpoqchasini bir litr suvga aralashtiring. Aralashmani gubka yoki latta yordamida devorga suring. Uni 20 daqiqaga qoldirib, keyin devorni tozalab oling.
Gilamni jundan tozalash
Gilamga suv bilan 1:1 nisbatda aralashtirilgan konditsionerdan purkalsa, uni hayvon juni va soch tolalaridan tozalash osonlashadi. | 76 | 3,495 |
Ayollar | Xiyonatkor erkak uyda o‘zini qanday tutadi? Psixolog javob beradi | Xotinini aldayotgan erkaklar uyda o‘zini qanday tutadi? Bu ayollar uchun juda qiziq yoki allaqachon ma’lum bo‘lishi ham mumkin. Belgilarning eng asosiysi, erkaklar hayotida oilasidan boshqa bir munosabatlar paydo bo‘lganda ularda ko‘proq maxfiylik kuzatila boshlaydi.
Umuman oilasiga xiyonat qiluvchi erkaklar turli xarakterda bo‘lmasin, ular asosan uchta katta guruhga ajratiladi:
Birinchi guruh vakillari turmush o‘rtog‘ini aldaydi, ammo oilasini tark etishni istamaydi. Bunday toifaga kiruvchi erkaklar ayoliga barcha qulayliklarni yaratadi. Oilasini iloji boricha hech narsaga muhtoj qilmaydi. Bu borada ajrashishni istamagan erkakni qaysidir ma’noda ideal deb atash ham mumkin. Sababi ular xiyonat yaxshi emasligini biladi va o‘zining xatti-harakatlaridan uyaladi.
Ikkinchi guruh vakillari ketish yoki qolish borasida hali qat’iy qaror qabul qilmagan bo‘ladi. Ular doimo yomon vaziyatlarda o‘zini yaxshidek ko‘rsatishga urinadi. Garchi ayoliga e’tibor berib, unga yaxshi munosabatda bo‘lishga urinsa-da, ulardagi sovuqqonlik sezilib turadi.
Uchinchi guruh vakillarining bir oyog‘i allaqachon ostonada bo‘ladi. Bu kabi sadoqatsiz turmush o‘rtoqlar endi rafiqasi ular uchun qadrli emasligini yashirib ham o‘tirmaydi. Garchi ular umumiy turar-joy, farzandlar tufayli oilasi davrasida bo‘lsa-da, o‘y-fikrlar umuman boshqa tomonga qaratilgan bo‘ladi. Shundan so‘ng uzoqlashish belgilari paydo bo‘ladi.
Ushbu toifadagi erkaklarda quyidagi holatlar yaqqol namoyon bo‘ladi:
Arzimagan narsalar uchun asabiylashish. Avvalgidek tug‘ilgan kun nishonlash, dam olish kuni qayerga borishni maslahatlashish, qanday kiyim sotib olish yoki bolalarni maktabdan olish borasida bildirilgan takliflar ham ularni birdaniga asabiylashtiradi. Doim takrorlanib turadigan holatlar endi ularning jahlini chiqara boshlaydi.
Birgalikda vaqt o‘tkazishni istamaslik. Uyga ertaroq bormaslik uchun, albatta, biror bahona topiladi. Shuningdek, oilasi davrasida qolmaslik, tadbirlarda qatnashmaslik, hatto rafiqasining tug‘ilgan kunidan oldin atayin janjal ham keltirib chiqarishi mumkin.
Alohida uxlash. Uyga kelgan taqdirda ham futbol yoki boshqa narsa bahonasida alohida uxlash holatlari kuzatiladi. Yana nimalar ro‘y berishi mumkin? Nima bo‘lganda ham, qandaydir bahonalar bilan uyda kam vaqt o‘tkazishga harakat qiladi. Shuningdek, faqat kundalik mavzulardan gap ochiladi. Masalan, rafiqasi hech qachon tayyorlab ko‘rmagan taomni pishirishni buyurishi mumkin. | 65 | 2,437 |
Ayollar | Ishga kirishni xohlaysizmi? Tana tilini o‘rganing! | Hammaga ma’lumki, birov to‘g‘risidagi taassurot birinchi ko‘rishdayoq paydo bo‘ladi. Agar siz o‘ziga ishongan odam sifatida taassurot qoldirmoqchi bo‘lsangiz, sizning tanangiz ham bu taassurotga mos kelishi kerak. Tananing tili nima?
Tana tili — ruhiy kechinmalarimizni, fikrlarimiz va hissiyotlarimizni tanamiz qismlarining harakatlari orqali ifodalash.
Tana tili bo‘yicha mutaxassislar Lilian Glass, Patti Vud va Tonya Reymanlar yaxshi taassurot qoldirish uchun suhbat paytida o‘zini qanday tutish kerakligi to‘g‘risida hikoya qiladi.
Xonaga qanday kirishingiz juda katta rol o‘ynaydi. Yelkalaringizni to‘g‘rilang va bo‘yningizni to‘g‘ri tuting. Yurishingiz yengil bo‘lishi kerak.
Birinchi qiladigan ishingiz — o‘tirish, qaddingizni rostlash va stul suyanchig‘iga suyanish. Bu suhbatdoshingizga uning oldida siz ochiqcha va o‘zingizga ishongan ekanligingizni anglashga yordam beradi.
Qo‘llaringizni nima qilishni bilmasangiz, stol ustiga qo‘ying. Bu bilan siz hatto hayajonli holatlarda ham o‘zingizni tuta olishingizni namoyish qilgan bo‘lasiz.
Asablarni tinchlantirish yo‘llaridan biri — to‘g‘ri nafas olish.
Suhbatdoshingizga uni diqqat bilan tinglayotganingizni va tushunayotganingizni bildirish juda muhim. Buning eng yaxshi yo‘li — kerakli vaqtlarda bosh irg‘itish.
Manba: “Lifehacker.ru” | 50 | 1,297 |
Ayollar | Ayollarga nafi tegadigan go‘zallik bilan bog‘liq oddiy layfxaklar (foto) | Ba’zan chiroyli bo‘lish uchun ko‘p yillik tajriba emas, balki bir nechta layfxaklarni bilish kifoya qiladi.
Tush surtayotganda dog‘ qolmaydi
Buning siri oddiy: agar o‘ng qo‘l qulay bo‘lsa, tushni o‘ng tomon bilan ushlash mumkin. Kipriklarga uni surtishdan avval ko‘z qovog‘i ustida qog‘oz yoki salfetkani ikkinchi qo‘l bilan ildizga yaqin joyda ushlab turish lozim.
Qalin qoshlar
Hamyonbop vosita, kanakunjut yog‘idan ikki oy davomida foydalanishda qoshlarda o‘zgarish seziladi. Paxta yoki shunchaki barmoq bilan qoshlarga yog‘ni surtib qo‘yish mumkin. Sharti faqat har kuni kechki payt ikki oy davomida jarayonni amalga oshirish kerak.
Tenni chiroyli surtish
Buning uchun ko‘z qovog‘ining tashqi burchagiga bir parcha tasma yopishtiriladi. Uning yelimini bo‘shatish uchun uni bir necha marta qo‘lga yopishtirib, so‘ngra olib tashlash tavsiya etiladi. Shundagina tenlarni surtib bo‘lgach, tasmani olish oson kechadi.
Xaylayter tayyorlash
Agar yuzga mos keladigan xaylayter bo‘lmasa, shunchaki ten ichidagi mos rang bilan ko‘z atrofiga surtiladigan kremni aralashtirib, uni hosil qilish mumkin.
Qosh terilganidan keyin qizarishni bartaraf etadi
Oddiy sutga botirilgan paxta kompressi barcha qizarishni bir necha daqiqada bartaraf etadi.
Yelim bilan tozalash
Oddiy va samarali usul: Tirnoqning chet qismlariga mutlaqo xavfsiz bo‘lgan qog‘oz yelimi (PVA) surtiladi. So‘ngra u 10-15 daqiqa davomida quritishga qo‘yiladi va hosil bo‘lgan qatlam olib tashlanadi. Natijada tirnoqdagi lakning qoldiqlari birga ko‘chib chiqadi.
Shishgan ko‘zlar
Maslahat qadimiy, ammo samarali: ikki paket choy muzlatkichga qo‘yiladi. Ertalab ko‘zlar shishgan holda uyg‘onganda, choy paketlaridan kompress sifatida foydalanish mumkin. U qora, ko‘k yoki mevali choy bo‘ladimi, umuman muhim emas.
Ko‘z uchun yumshoq qalamdan foydalaning
Ko‘z juda nozik a’zo va unga biror narsa qo‘llashda juda ehtiyot bo‘lish lozim. Shuning uchun ko‘zlarga mo‘ljallangan qalam qattiq yoki uchi qotib qolgan bo‘lsa, uni biroz yumshatib, so‘ngra foydalanish kerak. Masalan, uni olov yordamida biroz yumshatish mumkin.
Lakni quritishni tezlashtiring
Lakning yuqori qatlamiga zaytun moyi tomiziladi va u 15-20 daqiqada emas, balki atigi 10 daqiqada quriydi.
Kokos yog‘i sochlar uchun niqob sifatida
Kokos yog‘i bir soat davomida soch va bosh terisiga surtiladi, maxsus shapka kiyib, uy yumushlarini bajarish mumkin. Bir soatdan keyin oddiy shampun bilan yuvib tashlanadi. Maxsus kosmetik kokos moyi kerak emas. Do‘konda uni qulay narxlarga sotib olish mumkin.
Soch uchun makiyaj
Agar sochlar siyrak bo‘lib, bosh terisi ko‘rinib qolsa, buni niqoblash mumkin. Qisqasini aytganda, kal bo‘lib qolgandek yurish shart emas. Buning uchun sochga mos keladigan rangdagi tendan foydalanish mumkin. U bosh terisiga surtiladi va sochlar yaxshilab taraladi.
Sochlar uchun antistatik
O‘zingiz bilan antistatik sprey olib yurishingiz shart emas. Shunchaki bir tomchi qo‘l kremini kaft bilan bosh yuzasiga surtish mumkin. | 72 | 2,970 |
Ayollar | Kuzda yuz terisini qanday parvarishlash kerak? | Kuz fasli boshlanishi bilan ob-havo keskin o‘zgarib, yuz terisi quruqlasha boshlaydi. Sovuq, shamol, yomg‘ir – bunday havoda har qanday teri parvarishga muhtoj bo‘ladi. Ayniqsa, kosmetik vositalarni tanlashda e’tiborli bo‘lish lozim. Chunki ular terining tabiiy himoya xususiyatlarini yaxshilaydigan va himoya gidropolid plyonkasini saqlaydigan maxsus tarkibiy qismlardan iborat bo‘lishi kerak. Cosmopolitan nashri kuzda terini qanday parvarishlash kerakligi haqida material tayyorladi.
Namlanish va oziqlanish
Kuzda birinchi galda teri namlanishi va oziqlanishi zarur. Yozgi issiqlik pasaygan, demak, zich to‘qimalarga ega kremlarga ehtiyoj katta. Kelayotgan qish mavsumini ham o‘ylash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Sovuqda terini, avvalo, A, C, E faol vitaminlar bilan to‘yinganligiga alohida e’tibor berish zarur.
Quyoshdan himoya
Kuzda quyosh nuri yozdagi kabi emas, ammo ultrabinafsha nurlardan himoya qilish darajasini pasaytirsa bo‘ladi, ammo buni umuman unutmaslik kerak. Terisi pigmentatsiyaga moyil bo‘lganlar uchun doim SPF kremlardan foydalanish tavsiya etiladi, ammo kuzda terini himoya qilish 10-15 darajaga kamayishi mumkin, yozda esa 20-30 darajani tashkil qilishi kerak.
Piling va skrab
Shuningdek, yoz mavsumida yuzni chuqur tozalash dasturlarini (piling, skrab) boshlasa bo‘ladi. Ammo yozda quyoshning yuqori darajada faolligi va chuqur tozalash dasturlar pigmentatsiyani hamda quyosh nuri ta’sirining boshqa oqibatlarini keltirib chiqarishi mumkin.
Tozalash
Teri tozalash vositalariga ko‘proq ehtiyot bo‘lish zarur. Agar terining sezgirligi yuqori bo‘lmasa, tozalash spektrlari barcha vositani bajaradi – mitselyar suvdan gelgacha. Sezuvchanligi yuqori terilar uchun mussa va penkani qo‘llash tavsiya etiladi. Bundan tashqari kuzda husnbuzarlar ko‘payishi mumkin. Odatda, yallig‘lanish jarayonining kuchayishi quyosh mavsumi tugaganidan bir yarim oy o‘tgach sodir bo‘ladi. Kuzning boshlanishi husnbuzarlarni davolash uchun eng qulay vaqtdir. | 46 | 1,960 |
Ayollar | Maqsadga erishishga yordam beruvchi 4 qoida | Har qanday muvaffaqiyat o‘ziga xos qoidalar asosida hosil bo‘ladi. “Eng kichigidan boshla” deb nomlanuvchi kitobda maqsadni qanday qilib to‘g‘ri qo‘yish va unga erishishning yettita asosiy tushunchalari keltirilgan.
Biz sizga bu kitobdagi yuqori natijalarga erishish yo‘lini qurishning to‘rt qoidasi haqida aytib bermoqchimiz.
O‘zingizga oddiy qoidalar joriy qiling
Biron bir maqsadga erishish uchun sizga tartib-intizom kerak. Tartib-intizom biz rioya qiladigan qoidalardan iborat. Qoidalar oddiy bo‘lishi kerak.
Masalan, “Shirinlikni faqat yakshanba kunlari yeyish” qoidasiga rioya qilish “O‘zini shirinlikdan cheklash”ga qaraganda ancha osonroq. Chunki qoida juda aniq belgilangan. Ikkinchi holatda esa hammasi biroz murakkabroq. Cheklash deganda nimalar nazarda tutilgan? Pishiriqlarmi yoki hamma shirinliklarmi? Har gal buni aniqlab olish uchun ham zo‘r berishga to‘g‘ri keladi.
O‘zingizga arbitr qo‘ying
Agar sizga har doim biron-bir ishni qilishga o‘zingizni majbur qilish qiyin bo‘lsa, o‘zingizga arbitr qo‘ying. Statistikaga ko‘ra bu muvaffaqiyatga erishish ehtimolini 70% ga oshiradi. Lekin arbitr tasodifiy odam bo‘lmasligi kerak. Iloji boricha sizga achinmaydigan va sizning omadsizligingizdan quvonmaydigan hamkasbingiz yoki do‘stingizni tanlaganingiz yaxshi.
O‘zingizni mukofotlang
Maqsadga yetishish ancha qiziqarliroq, agar bu shunga arzisa. Lekin maqsadga erishish yo‘lida motivatsiyani yo‘qotmaslik uchun o‘zini mukofotlash juda zarur. Bundan tashqari, uning yordamida foydali odatlarni ham joriy qilish mumkin.
Ijtimoiy tizimga qo‘shiling
Muhitning odamga kuchli ta’sir ko‘rsatishi masalasida tortishib o‘tirishning ma’nosi yo‘q.
Jamiyatning ta’siridan ijobiy foydalanish mumkin. Maqsadingizga erishishda yordam beruvchi ijtimoiy tizimlarga qo‘shilishga harakat qiling.
Jamiyatshunos Ueyn Beyker ijtimoiy aloqalardan o‘zi va atrofdagilar uchun yordam sifatida foydalanishning oson yo‘lini o‘ylab topdi. Bu usul “O‘zaro yordam halqasi” deb ataladi. Va uning ma’nosi shundan iboratki, odamlar aylana bo‘lib turadi va har bir kishi o‘ziga qanday yordam kerakligi haqida aytadi. Keyin hamma qatnashuvchilar ularning tanish-bilishlari bu odamning maqsadiga yetishiga qanday yordam berishi ustida fikrlaydi.
Ijtimoiy aloqalar va tizimlardan maqsadingiz yo‘lida foydalanishdan qo‘rqmang. Shunda siz maqsadingizga tezroq erishasiz.
Manba: “Layfxaker” | 43 | 2,363 |
Ayollar | Kuzda ranglarning mukammal uyg‘unligi (foto) | Qora — bizning bor-budimiz, kulrang esa elegentlik cho‘qqisi ekanligini hech kim rad etmaydi. Ammo tabiat so‘lib, atrof xiralashadigan kuz faslida yorqin ranglarga shunchalik ehtiyoj seziladiki!
Kuzda sariq, to‘q sariq va och ko‘k detallarni sotib olishdan qo‘rqmang, axir ularni to‘g‘ri uyg‘unlashtira olsangiz, hayratlanarli darajada yuksak didli qiyofalar yaratiladi.
Dizaynerlar bitta qiyofadagi ranglar uch xil turdan oshmasligini tavsiya etadi. Ulardan biri ustunlik qiladi, ikkinchisi unga urg‘u beradi va ajratib ko‘rsatadi, uchinchisi esa nimaga e’tibor qaratish kerakligiga qarab, urg‘uni shunga beradi.
Sizning e’tiboringizga ranglarni uyg‘unlashtirish bo‘yicha beshta maslahat beramiz, ular yordamida kuzni juda go‘zal qiyofada o‘tkazasiz.
1.Olxo‘ri rangi va och jigarrangning bir qarashda zerikarli bo‘lgan uyg‘unligi och sariq rangni ochadi va qiyofangizga o‘ziga xos maftunkorlik hadya etadi;
2.To‘q sariq — yozga xos rang, deb kim aytdi? Och shaftoli rangi va to‘q ko‘k bilan birgalikda u ajoyib ansambl yaratadi.
3.Barcha uchun sevimli bo‘lgan klassika — asosiy ko‘k + och kulrang oxra rangiga qaratilgan urg‘u bilan mutanosiblikni hosil qiladi.
4.Mana bu uyg‘unlik esa haqiqiy kuz kayfiyatiga ega: binafsha rang to‘q ko‘k va oq rangni bo‘rttirib ko‘rsatadi.
5.Ham to‘q, ham och rangli sochlar sohibalariga birdek yarashadigan gamma esa quyidagicha: xantal rangi va jigarrangni to‘q ko‘k ajratib ko‘rsatadi. Yo‘l-yo‘l chiziqli kiyim jigarrang qayish bilan ajoyib ko‘rinish kasb etishini siz ham sezdingizmi? | 44 | 1,528 |
Ayollar | Nima uchun alyuminiy folgani pishirishda ishlatish mumkin emas? | Folga ichida go‘sht, baliq va sabzavotlarni pishirish juda qulay, lekin undagi alyuminiy parchalari ovqatga tushadi — bu esa sog‘liq uchun zararli.
Organizmimiz unchalik katta bo‘lmagan miqdordagi alyuminiyni bemalol chiqara oladi. Butun dunyo sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, alyuminiy iste’mol qilishning xavfsiz miqdori — bir kunda 1 kg og‘irlik uchun 40 mg dan iborat.
Lekin odatda organizmga ko‘proq alyuminiy tushadi. U makkajo‘xori, pishloq, tuz, ziravorlar, choy tarkibida mavjud. Alyuminiydan idishlar qilinadi, u antatsidli dori vositalarida va antiperspirantlarda qo‘llaniladi. Sulfat alyuminiy ichimlik suvini tozalashda ishlatiladi.
Alyuminiydan qilingan idishlar oksidlanadi: ularning ustida kislorodning alyuminiyni ovqatga tushishdan saqlaydigan inert qavati hosil bo‘ladi.
Muammo shundaki, yuvish vaqtida biz bu himoya qavatini tozalab tashlaymiz. Buning oldini olish uchun yangi alyuminiy idishda, uning ichi va devorlari yaltiramaydigan holatga kelguncha, bir necha marta suv qaynating. Bu tabiiy himoya qavatini yuzaga keltiradi.
Albatta, folgani bunday qilib bo‘lmaydi. Shuning uchun pishirish vaqtida undan ovqatga katta miqdorda alyuminiy tushadi. Bu belgilangan me’yordan ancha ko‘proq.
Ayniqsa, limon yoki tomat sharbatlari, spirtli ichimliklar kabi masalliqlar ishlatilganda ovqatga ko‘proq alyuminiy tushadi — ular folgani qisman eritish xususiyatiga ega.
Shuning uchun tadqiqotchilar alyuminiy folgadan voz kechishni va pishirish uchun shisha yoki sopol idishlardan foydalanishni maslahat beradilar.
Manba: “Layfxaker” | 63 | 1,569 |
Ayollar | Mushak massasini to‘plash uchun nimalar yeyish kerak? | Mana bahor ham keldi, bu qishki zaiflikdan so‘ng qomatni formaga keltirish vaqti kelganini bildiradi. Bugungi maqolamiz qisqa muddatda mushaklarini chiniqtirishni xohlovchi erkaklarga bag‘ishlanadi.
To‘g‘ri ovqatlanish — chiroyli va kelishgan tananing negizi hisoblanadi. Mushak massasini to‘plashning asosiy qoidasi ovqatlanish kaloriyasini 20 foizga oshirishdan iboratdir.
Maqolamizda qomatni formaga keltirishda yordam beruvchi oziq-ovqat mahsulotlari bilan tanishasiz.
Bu bo‘tqa tarkibida uglevodlar miqdori kam bo‘lsa-da, mushaklarni o‘stirishga yordam beradigan aminokislotalar juda ko‘p.
Mushaklarni tez o‘stirish uchun juda mos keladigan ajoyib nonushta hisoblanadi. Tuxumda mushak paylarini shikastlanishdan saqlaydigan ko‘plab oqsillar va D vitamini mavjud.
Bu baliq tarkibi oqsilga boy bo‘lgani sababli sportchilar uchun eng yaxshi ovqat hisoblanadi.
Papayya tarkibida organizmga ovqatlar bilan birga kiruvchi oqsillarni tez parchalashga yordam beradigan noyob hisoblanuvchi papain moddasi mavjud.
Manba: Men’s Health | 53 | 1,029 |
Ayollar | Muvaffaqiyatli odamlarning 3 siri | Ko‘pchilik mashhur odamlarning hayoti va erishgan mavqei muvaffaqiyatning asosiy kaliti — bu vaqtdan to‘g‘ri foydalanish ekanligini ko‘rsatadi.
Muvaffaqiyatli odamlar o‘rnak olishga arziydigan foydali odatlarga rioya qiladi. Biz sizni vaqtingizni kelajakda foyda keltiradigan tarzda tashkillashtirishga yordam beradigan bir nechta samarali maslahatlar bilan tanishtirmoqchimiz.
Ko‘pchilik mashhur odamlar ba’zida bo‘lsa ham, kundalik yuritgan.
Masalan, Benjamin Franklin har kun ertalab o‘zidan so‘ragan: “Bugun men qanday yaxshi ish qilishim kerak?” — deya. Har kun kechqurun esa kunni shunday savol bilan tamomlagan: “Bugun men qanday yaxshi ish qildim?”
Stiv Jobs, oyna qarshisida turib quyidagicha qiziqish bildirgan: “Agar bugungi kun hayotimning oxirgi kuni bo‘lganida, qilmoqchi bo‘lgan ishimni bajararmidim?”
Albert Eynshteyn o‘zidan keyin 80 000 dan ortiq varaqdagi har xil yozuvlarni qoldirgan. AQShning ikkinchi prezidenti Jon Adams butun hayoti davomida soni 50 donadan ziyodroq kundalik yuritgan.
O‘z fikrlaringiz, rejalaringiz va hayotingizdagi voqealarni yozib borar ekansiz, siz yanada diqqatliroq bo‘lib borasiz, fikrlashni o‘stirasiz va to‘g‘ri qarorlar qabul qilishni o‘rganasiz.
Olimlar ertalabki paytlari o‘rganadigan odamlar, agar kun davomida bir soat uyqu uchun tanaffus qilgan bo‘lsa, ular kechqurun nazorat testlarini 30% ga yaxshiroq bajarishini aniqladi.
Albert Eynshteyn, Tomas Edison, Uinston Cherchill, Jon Kennedi, Ronald Reygan, Jon Rokfeller va boshqa ko‘pgina mashhur kishilar ham shu odatga rioya qilgan.
Bu odatning foydasini zamonaviy fan ham tasdiqlaydi. Uyquga ajratilgan kunduzgi tanaffuslar nafaqat unumdorlikni, balki mantiqiy fikrlashni ham rivojlantiradi.
Muvaffaqiyatli kishilar albatta sport bilan shug‘ullanish uchun vaqt ajratadi. Sayr qilish ham juda yaxshi mashq bo‘lib xizmat qiladi.
Charlz Darvin bir kunda ikki marta sayr qilgan. Charlz Dikkens bir kunda tez yurish bilan 10 kilometrdan ortiq yo‘l bosgan. Stiv Jobs agar uni oldinda muhim suhbat kutayotgan bo‘lsa, piyoda yurgan.
Bu o‘rnak olishga arziydigan odat. Chunki olimlar sayr qilish tetiklashtirish, miyani tozalash, ijodiy qobiliyatni oshirish va hatto umrni uzaytirishga ham yordam berishini tasdiqladi.
Manba: “Layfxaker” | 33 | 2,238 |
Ayollar | Inson boshqalarga o‘zidan ko‘ra yaxshiroq maslahat berishining sababi nimada? | Yuz bergan muammoli vaziyatlarda inson boshqa bir kishiga maslahat berishni yaxshi ko‘radi, lekin o‘ziga kelganda nima qilishni bilmay boshi qotishi mumkin.
Fransuz psixoterapevti Avrora Le Moinning so‘zlariga ko‘ra, inson o‘zidan ko‘ra oila a’zolari, do‘stlari va hamkasblariga maslahat berish oson bo‘ladi. Buning sababi esa narsissizm bilan bog‘liq. Insonni birov eshitishi va uni fikrini inobatga olishi hamisha yoqimli, birovga maslahat berayotganda inson o‘zini har doimgidan ham ruhan kuchliroq his etadi. Inson o‘ziga yordam kerakligini tan olmagani sabab ham o‘ziga o‘zi boshqalarga bergani singari dono tavsiya berolmaydi.
Ammo Moinning fikricha, inson ehtiyoj va yordam kerakligini qabul qilishi, o‘zining zaifligini tan olishni ham bilishi kerak.
Bizning asab tizim shunday tuzilganki, biz hammaga obyektiv baho, tavsiya bera olishimiz mumkin, lekin o‘zimizga emas. Aslida boshqalar bilan maslahatlashganda ularning fikri bizni biroz qo‘rqitadi, biz hamisha ham haqiqatni eshitish va uni tan olishga tayyor bo‘lmaymiz. Biz boshqalarga tegishli bo‘lgan muammolarni tahlil qila olishimiz, baho, hatto yechim bera olishimiz mumkin, lekin gap biz haqimizda ketganda unday bo‘lmaydi.
Atrofdagilarga maslahat berish yaxshi, lekin har doim ham xolis yoki obyektiv bo‘lishning iloji yo‘q. Chunki siz o‘zingiz va tajribangizdan kelib chiqib tavsiya berasiz, bu esa kimgadir mos tushadi, kimgadir esa yo‘q.
Shuni inobatga olgan holda har kimga ham maslahat berish yoki maslahat olish tavsiya qilinmaydi. Shuning uchun fikringizni bildiring, lekin hal qilishni, qay yo‘lni tanlashni o‘sha insonning o‘ziga qoldiring. | 77 | 1,618 |
Ayollar | Muzlatkichda oziq-ovqat mahsulotlarini qanday saqlash bo‘yicha tavsiyalar | Sovitkich javonlaridan qanday foydalanish, shuningdek, nima uchun xom go‘shtni yuqori bo‘lmalarda saqlamaslik kerakligi haqida ma’lumot beramiz.
Sovitkich haroratni yaxshi ushlab turishga ishonch hosil qiling
Sovutkichning ishdan chiqishining bir qancha sabablari bor: yuqori bosim, vaqti-vaqti bilan elektr toki uzilishlari, qisqa tutashuvlar, orqa devorda to‘plangan chang tufayli yomon ventilyatsiya, eshigidagi rezinka sababli sifatsiz germetika. Harorat shkalasi to‘g‘ri holatda bo‘lsa ham, muzlatkichning ichki qismi siz o‘ylagandan ancha iliq bo‘lishi mumkin. Buni raqamli termometrni sovutkich ichiga qo‘yish orqali bilish mumkin
Oziq-ovqat mahsulotlari uchun konteynerdan foydalaning
Havo ko‘p mahsulotlarning asosiy dushmani, shuning uchun qadoqli mahsulotlarni ochgandan so‘ng, ularni havo o‘tkazmaydigan idishlarga solish kerak. Oziq-ovqat mahsulotlarini kichikroq idishlarga solish nafaqat havo ta’sirini kamaytiradi, balki ovqatni muzlatkich javonlarda tartibga solish va topishni osonlashtiradi.
Belgilab qo‘ying
Oziq-ovqatlarni konteynerlarga yoki paketlarga solishingiz bilanoq mahsulot nomi va sanani yozib qo‘ying. Idishdagi nima borligiga va u muddati o‘tmaganiga ishonch hosil qilish lozim.
Mahsulot erishining oldini olish
Oziq-ovqat mahsulotlarining zararlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun har doim xom go‘shtni (qanchalik yaxshi o‘ralgan bo‘lishidan qat’i nazar) chuqur idishda saqlagan ma’qul. Agar go‘sht erib, suvi oqayotganini sezsangiz, hamma javonlarni tozalash kerak bo‘ladi.
Baliqni muzlatilgan holda saqlang
Baliq tarkibidagi mikroorganizmlar saqlash muddatiga ta’sir qiladi. Sovitkich mikroorganizmlar faolligini pasaytiradi, lekin muzlatkichdagi noldan yuqori harorat baliq va dengiz mahsulotlarini saqlash uchun mos emas. Baliqni o‘sha kuni darhol pishirgan ma’qul, agar vaqtingiz bo‘lmasa, uni paketga o‘rab, (0 ° C) yoki undan past haroratda ushlab turish uchun ikkita muzli yopiq paket orasiga joylashtiring.
Oziq-ovqat mahsulotlarini muzlatkichda saqlash
Muzlatkichda oziq-ovqat uzoqroq saqlanadi, lekin bu mahsulotlar sifati buzilmaydi degani emas. Sovitkichda ham zararli bakteriyalar ko‘payadi, hamma gap muddatda. Shuni yodda tutingki: mahsulotni tavsiya etilgan issiqlik bilan ishlov berish qanchalik yuqori bo‘lsa, uni shuncha kam vaqt saqlash kerak. Hech qachon xom tovuqni muzlatkichning yuqori bo‘lmasiga qo‘ymang. U yerda nafaqat yuqori harorat, balki go‘sht suvi boshqa mahsulotlariga oqishi mumkin.
Sovitkich harorati modelga ko‘ra farqlanadi, pastki tokchada va orqa devordagi harorat yuqori qavatga qaraganda sovuqroq bo‘ladi. Oziq-ovqat mahsulotlarini iloji boricha uzoqroq saqlash uchun muzlatkichni pastki bo‘lmalarlarda + 1 ° C minimal haroratni ushlab turadigan qilib sozlash, shu bilan birga, muzlatkich kamerasining hech bir qismida harorat +5 ° C dan oshmasligi kerak. | 73 | 2,829 |
Ayollar | Uyni changdan qanday qilib to‘g‘ri tozalash bo‘yicha 6 ta layfxak | Marie Claire nashri uy va undagi jihozlarni qanday qilib toza holda saqlash bo‘yicha eng foydali maslahatlar bilan o‘rtoqlashadi.
Muntazam ravishda pilesoslang
Oddiy, lekin juda muhim ish. Garvard jamoat salomatligi maktabi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, odam kuniga taxminan 50 mikrogramm chang yutadi. Albatta, ataylab emas: chang qo‘llarimizga, ovqatga, idishlarga to‘planadi. Bundan tashqari, biz tom ma’noda chang buluti bilan o‘ralganmiz. Chang polga va boshqa yuzalarga, masalan, divanga joylashadi va har safar yurganimizda yoki o‘tirganimizda havoga ko‘tariladi. Chang zarralari havoga ko‘tarilishi bilan undan nafas olamiz.
Uydagi chang ko‘plab tarkibiy qismlardan iborat: allergenlar, chang zarralari, kimyoviy qoldiqlar, bakteriyalar. Va bularning barchasi tanamizga kirishi mumkin. Bu unchalik ham yoqimli emas, albatta. Changyutgichlarning zamonaviy modellari kuchli, simsiz va yengil, shuning uchun tozalash 10-15 daqiqadan ortiq vaqt talab qilmaydi.
Yuqori samarali filtrlash tizimi — HEPA filtriga ega modellarga e’tibor bering. U changni ushlab, havoga qaytishining oldini oladi. Faqat polni emas, balki boshqa yuzalarni ham changyutkichda tozalang. Bunda sizga maxsus nasadkalar yordam beradi.
Yumshoq mebellarni tozalashga alohida e’tibor bering
Dyson mikrobiologiya laboratoriyasida olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, yumshoq mebellar (ayniqsa, matraslar) chang kanalari (1 gramm chang uchun o‘rtacha 100-500 kana) uchun ideal yashash joyidir. Biz (yoki uy hayvonlari) to‘shakda/kresloda/divanda qancha ko‘p vaqt o‘tirsak, allergen va changning ko‘payishi uchun muhit shunchalik qulay bo‘ladi. Shuning uchun yumshoq mebel va matraslarni tozalashga alohida e’tibor berish juda muhimdir. Tozalashning eng samarali usuli — yaxshi assimilyatsiya kuchi va maxsus nasadka yoki cho‘tkalari bo‘lgan changyutgichlardan foydalanish.
Yuvinish xonasini yaxshilab tozalang
Dush yoki hammomdan keyin devor va sirtlarda namlik to‘planib, pol qoplamalari va vanna chetlariga zarar yetadi, mog‘or rivojlanishi uchun ideal sharoit yaratadi. Yaxshi havo tortad igan vityajka o‘rnating, eshikni ochiq qoldiring, xonani shamollating. Pardani muntazam ravishda almashtiring va mog‘or paydo bo‘lishining oldini olish uchun burchaklarni yaxshi tozalang. Suv to‘planishiga yo‘l qo‘ymang, yuzalarni artib oling.
Kimyoviy vositalarni to‘g‘ri tanlang
Esingizda bo‘lsin, uyda ishlatadigan har qanday narsa organizmimizga tushishi mumkin. Masalan, tozalovchi mahsulotlarga sitrus hidi sifatida qo‘shiladigan limonen moddasi uy sharoitida tabiiy ozon bilan reaksiyaga kirishib, formaldegid hosil qilishi mumkin.
Tabiiy tozalash vositalaridan foydalanish kvartirangizdagi havodagi uchuvchan organik birikmalar miqdorini kamaytirishga yordam beradi. Tegishli tashkilotlar tomonidan sertifikatlangan va qadoqda ECOLOGO kabi yorliqlangan muqobillarni tanlang. Kuchli dezinfeksiya vositalarini faqat juda kerak bo‘lganda ishlating va aerozol qutilaridan saqlang.
Qo‘shimcha harakatlarni amalga oshiring
Odatiy ishlarimiz ham, masalan, ovqat pishirish havoni yanada ifloslantiradi. Oshxonadagi vityajkaga e‘tiborli bo‘ling — bu nafaqat hidni yo‘qotishga yordam beradi, balki pishirish jarayonida paydo bo‘ladigan yog‘li chang va boshqa moddalar tarqalishining oldini oladi.
Yana bir variant — havo tozalagichlar. Ular bilan sirtdagi chang sezilarli darajada kamroq bo‘ladi. Namlagich bilan birlashtirilgan ushbu qurilma yotoqxonada, ayniqsa, foydali: biz har kuni taxminan 11 000 litr havo yutamiz va bu ko‘rsatkichning uchdan bir qismi uyqu vaqtiga to‘g‘ri keladi.
Maxsus tozalovchi matolardan foydalaning
Eng ko‘p uchraydigan xatolardan biri bu eski futbolkalar, doka, eskirgan sochiqlar va boshqa paxtali matolarni yuzalarni tozalash va artish uchun ishlatishdir. Bunday matolardan qilingan lattalar tolalarni qoldiradi, yopishadi va asta-sekin quriydi. Buning o‘rniga mikrofibra matolarni tanlang. Ular chidamli, changni yaxshi artadi va namlikni yutadi. Ham ularni yuvish mumkin. | 65 | 3,994 |
Ayollar | Yangi yil uchun romantik sovg‘alar | Yangi yil kirishiga ham sanoqli kunlar qoldi, agar yaqinlaringiz uchun sovg‘a olishga ulgurmagan bo‘lsangiz – shoshiling! Biz eng romantik va ta’sirli sovg‘alar ro‘yxatini sizning e’tiboringizga havola etmoqchimiz.
Bu sizning xayoliy orzuingizga bog‘liq. Agar birorta yegulik tayyorlamoqchi bo‘lsangiz, qo‘rqmasdan yurak shaklidagi zanjabilli pechenyeni tanlasangiz ham bo‘ladi.
O‘zgacha usulda uchrashuvga taklif qiling. Shunday jumboqlar o‘ylab topingki, bu jumboqlarni topish orqali uchrashuv joyini aniqlash mumkin bo‘lsin yoki uchrashuv joyi ko‘rsatilgan xaritali otkritka yuboring.
O‘ziga xosligi bilan diqqatni jalb etuvchi taqinchoq tanlang. Masalan, ichiga ismlaringiz bosh harflari yoki tanishgan vaqtingiz o‘yib yozilgan bir juft uzuk buyurtma qilishingiz mumkin.
Archani birgalikda bezatsangiz ham vaqtingiz yoqimli o‘tadi. Archani bezatishdan oldin chiroyli o‘yinchoqlarni g‘amlab qo‘ying. Vintaj uslubidagi o‘yinchoq sharchalar sotib olsangiz ham bo‘ladi. | 34 | 970 |
Ayollar | Muammoli yuz terisi uchun 11 ta eng yaxshi upa vositasi (foto) | Yuzdagi husnbuzar, qizarish va mayda toshmalarni nafaqat tonal kremlari, balki upa vositasi ham yashira olish imkoniyatiga ega. Faqatgina ularni qanday yuz terisiga mos kelganini tanlay bilish lozim.
Le Teint Ultra Tenue, Chanel
Eng sifatli va talabgir upalar qatorida Le Teint 15 xil rangda ishlab chiqarildi. Tarkibida tiklovchi xususiyatlar uchun mas’ul bo‘lgan sink va polisaxaridning zarralari mavjud. Shuningdek, issiq kunlarda yuz terisi yaltirashini berkitadi va yuzga o‘zgacha yorqinlik baxsh etadi.
Matissime Velvet, Givenchy
Ushbu kosmetik vosita tufayli yuz terisining terlashi va yog‘lanishini butunlay unutish mumkin. Bundan tashqari, kompozitsiyaga kiritilgan mikrosferalar mayda ajinlarni yashiradi, teshiklarning ko‘rinishini yaxshilaydi, qizarishni neytrallashtiradi, terining tuzilishini ko‘rinadigan darajada yaxshilaydi. Shuningdek, upa tarkibida quyoshdan himoyalovchi SPF 20 ham mavjud.
0,09 Au Ginseng, Emborian
Ushbu ixcham upa har qanday ayolning yordamchisiga aylanishi tabiiy. Upa yuzdagi toshmalarni yashiradi, yuz terisini ipakdek mayinlashtiradi. Sababi tarkibida jenshen ekstrakti mavjud.
Absence Oil Control Primer, jane iredale
Umuman olganda bu upa emas, balki tonal kremdan oldin foydalanish kerak bo‘lgan praymer. Shuningdek, ushbu vosita husnbuzarli har qanday yuz terisi uchun mos keladi. Mahsulot har qanday muammosi bor yuzni osongina niqoblaydi. Yog‘ bezlarini faol boshqaradi, tashqi ta’sirlardan himoya qiladi.
Kit Pores & Matite, Clarins
Bu salfetkalardan tashkil topgan yagona upa. Ular kerakli joyda yuzning yog‘lanishidan xalos etadi. Shaffof upa kattalashgan yuz teshiklarini niqoblaydi, teri tuzilishini yaxshilaydi. Shuning uchun ushbu kosmetik vositani yon sumkada olib yurish tavsiya etiladi.
Alliance Perfect True Match, L’Orea’l Paris
True Match upasi nafaqat tashqi nuqsonlarni olib tashlaydi, balki terini ham ranggini ham yaxshilaydi. Ushbu vositadan foydalanish go‘yoki bir o‘q bilan ikki quyonni urishga o‘xshaydi. Sababi mahsulot ham kosmetik ta’sirga ega, ham shifobaxsh xususiyatga ega.
Creme Puff Pressed Powder, Max Factor
Max Factor kompaniyasining ushbu klassik ixcham upasi uzoq vaqtdan beri brendning eng yaxshi mahsuloti bo‘lib kelgan. Vosita terini mukammal ko‘rinishga olib keladigan zarrachalar bilan boyitilgan. Bundan tashqari, teri elastikligi oshadi.
Healthy Mix Powder, Bourjois
Fransiyaning mazkur brend mahsuloti endi yanada zamonaviy ko‘rinishga ega. Upaning vazifalari husnbuzarlarni yashirish, terini namlantirish, yog‘lanishning oldini olish va yuzni mukammal darajada yaxshilashdan iborat.
Super Stay 24, Maybelline, Nyu-York
Super Stay 24 upasi kun davaomida makiyajni mukammal darajada saqlash xususiyatiga ega. Shuningdek, terining yog‘ ajratishini kamaytiradi, teri holatini ortiqcha yaltirashlarsiz yaxshi saqlaydi.
Selection Psychotropical, L’Etoile
Ushbu mahsulot tarkibida teriga yaxshi singuvchi, tabiiy yorqinligini saqlaydigan moddalardan iborat. Shuningdek, yuz terisiga zarar keltiruvchi konservantlar mavjud emas. | 62 | 3,024 |
Ayollar | Qish mavsumi uchun ajoyib manikyur g‘oyalari (foto) | Ayollar go‘zalligining bir qismi bo‘lgan manikyur har yili yangi ko‘rinishi bilan urfga kiradi. 2021-yil qish mavsumida turli xil ranglar uyg‘unligida tirnoqlarga oro berish mumkin.
Ko‘pchilik ushbu mavsumda tirnoqlarga gel-lak bilan bezak berishni afzal ko‘radi. Shuningdek, ushbu usul orqali turli xil tasvirlarni yaratish juda oson.
Tirnoqlarga bezak berishning yana bir oddiy usuli yaltiroq va toshlardan foydalanishdir. Mazkur bezaklar barmoqlarni yanada uzun va nafis ko‘rsatadi.
Yangi yilga mos manikyurni qor parchalarisiz tasavvur qilish qiyin. Bu kabi manikyur hech qachon urfda qolmaydi va har yili qish mavsumida yangicha ko‘rinishda namoyon bo‘ladi.
Biroz to‘q ranglardan foydalanish qo‘rqmaslik kerak, ularni imkon qadar och yorqin rang bilan uyg‘unlashtirish ham mumkin.
Bu kabi muz tasviri qish mavsumi uchun juda mos keladi. | 51 | 859 |
Ayollar | Avval balzam, keyin shampun: sochni qalin ko‘rsatishga yordam beradigan tavsiyalar (foto) | Sochlar qalin va hajmli ko‘rinishiga yordam beradigan layfxaklarni e’tiboringizga havola qilamiz.
Mussdan foydalaning
Kaftingizga tovuq tuxumi kattaligida muss solib, uni soch ildizidan uchi bo‘ylab surting. Keyin esa fen bilan quriting.
Quritish
Sochni quritish uchun boshni eging, uchidan ildiziga yo‘naltirib quriting.
Balzam, keyin esa shampundan foydalaning
Sochni yuvish vaqtida birinchi balzam, keyin esa shampun ishlating.
Qisqichdan foydalaning
Sochni yig‘ganda tagidan qisqich taqing. Sochingiz hajmli ko‘rinadi.
Soch ildiziga lak seping
Sochni ikkiga ajratib, ildiz qismiga lak seping.
Soch uchun rezinkadan foydalaning
Rezinkani shunchaki taqmang. Suratdagidek usuldan foydalaning.
Yotishdan avval sochingizni o‘rang
Uxlashdan avval sochlarni o‘rab yotsangiz, ertalab jingalak bo‘lib turmaklangan bo‘ladi.
Quruq shampunni toza sochga seping
Quruq shampunni soch ildiziga seping, lakdan foydalangandek samaraga erishishingiz mumkin.
Quyoshdan himoyalovchi ko‘zoynakdan foydalaning
Ko‘zoynakni orqaroqqa taqish ham sochlarga hajm beradi.
Sochingizni ikkitalik qilib yig‘ing
Sochni ikkiga bo‘ling va avval tag qismini alohida, keyin ust qismini yig‘ing. Ikkalasini ham rezinka bilan birlashtiring.
Tendan foydalaning
Soch rangidagi tenni sochning farqi ochilganda teri ko‘rinib qolgan qismiga surting.
Sochlaringizni o‘ring
Sochlaringiz qalin ko‘rinishi uchun o‘ring va chetlaridan tortib chiqing.
Quruq sochga sprey seping
Mazkur usul, ayniqsa, sochi siyrak ayol va qizlar uchun ayni muddao. Spreyni sochni yuvgandan keyin sepganingiz ma’qul. | 89 | 1,566 |
Ayollar | Chiroyli kelinlar uchun bahorgi trendlar | Bahor – bu nazokat, yengillik, tozalik va iliqlik fasli. Bahor kelinlarining qiyofasi ham uyg‘onayotgan tabiat kabi yoqimli va nozik bo‘lishi lozim. Biz sizga eng beqiyos ko‘rinish beruvchi bahorgi trendlarning asosiylarini to‘pladik.
Bahorda bo‘layotgan to‘yga kelinning gul rasmlari solingan ko‘ylagi juda mos keladi.
Bahor kelinlari uchun qaymoqrang, shaftolirang, moviy, och pushtirang va och jigarrangli yengil shifon ko‘ylaklar eng yaxshi variant hisoblanadi.
Bahorda ob-havo tez-tez o‘zgarib turadi, shuning uchun uning injiqliklarini ham hisobga olishga to‘g‘ri keladi.
Bahorda tabiat bilan birga biz ham ochilamiz, ya’ni ko‘zlar porillaydi, teri esa go‘yo ichkaridan nur sochadi. Bunga urg‘u berish uchun makiyajda xaylayter va yaltiraydigan upadan foydalaning.
Bahorda yoyilgan holdagi, biroz bemalol tashlab qo‘yilgan va o‘rilgan soch turmaklari ommabop bo‘lib ketadi. | 40 | 880 |
Ayollar | Qomatga qarab palto tanlaymiz | Qishning sovuq kunlarida palto barchamizning eng yaqin hamrohimizga aylanadi. Palto tanlashga sinchkovlik bilan yondashmasak, adyolga o‘rab qo‘yilgan qomat paydo bo‘lishi mumkin.
Agar siz “qum soat” shaklidagi qomatga ega bo‘lsangiz, sizga deyarli barcha modeldagi paltolar yarashadi. Biroq agar bo‘yingiz baland bo‘lmasa, tizzadan biroz pastga tushgan yoki trapetsiya shaklidagi palto tanlashni tavsiya etamiz. Baland bo‘yli ayollarga to‘g‘ri bichimdagi, bel qismida belbog‘i bo‘lgan uzun paltolar mos keladi.
Agar uchburchak (keng son va tor yelka) shakldagi qomat sohibasi bo‘lsangiz yelkaga urg‘u beruvchi modeldagi paltoni tanlang. Bu baland yoki katta yoqa, mo‘ynali yoki boshqa bezakli yoqali palto bo‘lishi mumkin. Ideal uzunlik — tizzagacha bo‘lgan uzunlik. Bejirim kamar yoki belbog‘ bilan belga urg‘u berishni ham unutmang.
“To‘ntarilgan uchburchak” shaklidagi qomatga ega bo‘lgan ayollar yuqori qismdan e’tiborni chalg‘itib, asosiy urg‘uni bel va son qismiga berishi lozim. Masalan, pastki qismi kengayib boradigan, yoqasi kichkina palto tanlashingiz mumkin. Shuningdek, muammoli qismlarda ortiqcha bezak va naqshlardan voz keching.
“To‘g‘riburchak” qomat (yelka, bel va son bir xil o‘lchamda) uchun tanlangan palto qiziqarli va noodatiy bichimda bo‘lishi lozim. Turli matolar, ranglar va uslublar uyg‘unligini o‘zingizda sinab ko‘ring. Bunday palto assimetrik detallar, yopishtirma cho‘ntaklar, shuningdek, tizzagacha yoki son o‘rta qismigacha bo‘lgan uzunlikka ega bo‘lishi mumkin. Albatta bel “hosil qilish” uchun kamarga ham! | 29 | 1,543 |
Ayollar | Hech qayerga shoshilmayotgan bo‘lsangiz ham tonggi soat 5:00 da uyg‘onishning 5 ta foydasi | Inson ma’lum vaqt davomida biror ishni takrorlayversa, keyinchalik u odatga aylanadi. Uyqudan erta uyg‘onish ham xuddi shunday. Soat 5:00 da uyg‘onish, garchi boshqa yumushlar bo‘lmasa ham insonni o‘z ustida ishlashiga yordam beradi.
Ish, xobbi va sport bilan shug‘ullanish uchun bo‘sh vaqt
Muntazam ravishda erta uyg‘onishning eng foydali jihati shuki, kun davomida 10-15 soat qo‘shimcha vaqt bo‘ladi. Bu, albatta, insonning o‘ziga sarflanadi. Toza havoda sayr, badiiy kitob mutolaasi, chet tilini o‘rganish yoki boshqa biror sevimli mashg‘ulotga vaqt topiladi.
Barvaqt uyg‘onish sog‘lik uchun foydali
Tong sahardan uyg‘onish uyqu, miya faoliyati va organizm salomatligi uchun juda muhim. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, yarim tunning 90 daqiqa avvali tanani qayta tiklash uchun eng samarali vaqt hisoblanadi. Quyosh chiqishi va botishi paytida miyada biologik jarayon yuz berayotgan bo‘ladi. Shu sababli ham tong otayotgan paytda uyg‘onish eng yaxshi usul. Bu paytda tananing ham uyg‘onishi qiyin kechmaydi.
Vaqtni sukunatda o‘tkazish imkoniyati
Tonggi 5:00 da ish kuni boshlanmagan, shahar hali uyg‘onmagan bo‘ladi. Bu paytdagi osudalikdan jimgina bahra olish zarur. Ayniqsa, meditatsiya qilish uchun ajoyib vaqt. Diqqatni jamlash, tanani tinglash mumkin. Ertalabki mashqlar stress darajasini kamaytirishga va kuni bilan charchoqni oldini olishga yordam beradi.
Mashqlardan kuch olish
Iroda – kutilmagan muammolarga dosh bera olishning ko‘rsatkichidir. Inson qanchalar jismonan tetik va chiniqqan bo‘lsa, ichki dunyosining kuchi ham shunchalar ortib boraveradi. Erta uyg‘onish esa ana shu bosqichga ko‘tarilishning yana bir usuli. Bu orqali odam o‘zini o‘zi boshqarishni boshlaydi.
O‘ziga bo‘lgan ishonch
Tongda uyg‘onish va kunni samarali ishlar boshlash – bu insonni o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiradigan kichik g‘alaba. Yangi maqsadlarga erishishda inson o‘zi bilan faxrlanish huquqlariga ega. Buning yordamida kayfiyat yaxshilanadi, kun davomida tetiklik va quvvat manbayi hosil bo‘ladi. Shu bilan birga, hayot sifatini oshiruvchi sog‘lom odat yuzaga keladi. | 90 | 2,065 |
Ayollar | Mutaxassis maslahati: Sulfatsiz shampunlar nima va ulardan qanday foydalanish kerak? | Bugungi kunda hatto sulfatlarni o‘z ichiga olmaydigan maxsus shampunlar ham mavjud. Bu bo‘yicha tajribali mutaxassislar sulfatlar juda zararlimi, sulfatsiz shampunlar zaif va quruq sochlarga qanday yordam berishi mumkinligi haqida ma’lumot beradi.
Sulfatsiz shampunlar nima?
Sulfatsiz shampunlar — sulfatdan xoli bosh terisi va sochni tozalash vositasi hisoblanadi. Shu sababli ular ancha yumshoq bo‘lib, quruq va shikastlangan sochlar uchun foydali, deb ishoniladi.
Sulfatlar nima? Bular sulfat kislota tuzlari. Barcha sulfatlar bir xil xususiyatlarga ega emas. Masalan, kalsiy sulfat plastmassa tayyorlash uchun ishlatiladi, temir sulfat mineral oziq-ovqat qo‘shimchasi bo‘lib, u o‘g‘itlarda ham qo‘llaniladi. Magniy sulfat vanna tuzi aralashmalarida ishlatiladi, natriy sulfat suv bilan birlashganda zich ko‘pik hosil qiladi. U ko‘pincha shampunlar va boshqa yuvish vositalariga qo‘shiladi, shunda ular yaxshi ko‘piklanadi.
Ingrediyentlar tavsifida uni SLES yoki SLS qisqartmasi sifatida topish mumkin.
Nima uchun odamlar ko‘p yillar davomida uy, kiyim va o‘zlarini tozalashga yordam beradigan sulfatlardan voz kechishmoqda? 1990-yillarning boshlarida ushbu tarkibiy qismning potensial toksikligi haqidagi ma'lumotlar noto‘g‘ri talqin qilingan, bu SLS bilan mahsulotlardan foydalanishni rad etish to‘lqiniga olib kelgan deb ishoniladi. Darhaqiqat, ushbu moddaning tavsifida foydalanishda terining mumkin bo‘lgan tirnash xususiyati haqida ogohlantirishni topishingiz mumkin. Uni yutish tavsiya etilmaydi, agar u ko‘zga tushsa, oqar suv bilan yuvib tashlash lozim.
Biroq sulfatlarga qarshi eng jiddiy ayblov potensial kanserogenlikdir. 1998-yilda Amerika Saratonga qarshi kurashish jamiyati bu masalaga oydinlik kiritdi: ba’zi tadqiqotlar noto‘g‘ri talqin qilinganligi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, sulfatlar kallikning sababi deb hisoblangan. Tadqiqotlardan ma’lum bo‘ladiki, aslida unday emas.
Ularning yagona salbiy jihati shundaki, ular terida qichishish xususiyatini keltirib chiqarishi mumkin. Aynan shu narsa sulfatsiz shampunlar mashhurligining sababi bo‘lib, unda bu birikmalar o‘simliklarning tarkibiy qismlari bilan almashtiriladi.
Sulfatsiz shampunlarning afzalliklari va kamchiliklari
Afzalliklari:
Kamchiliklari:
Sulfatsiz shampunlardan qanday foydalanish kerak?
Oddiy shampun bilan solishtirganda sulfatsiz mahsulotdan foydalanishning asosiy farqi shundaki, sulfatsiz shampun ko‘proq kerak bo‘ladi.
Sulfatsiz shampunni qanday tanlash lozim? | 84 | 2,457 |
Ayollar | Kuz fasli uchun sviter tanlaymiz | Sweater Weather — chet elliklar kuzni romantik tarzda shunday deb ataydilar. Chunki ular o‘zlarining qulay va so‘nggi modadagi sviterlarini bir necha qavat kiyimlar tagiga yashirishlari shart emas.
Shunday bo‘lsa ham, xafa bo‘lishga sabab yo‘q! Isining, kuling va yangi sviter tanlang. Biz sizga bugungi kunda qaysilari trendda ekanligini aytib beramiz.
Chang‘ichilar sviteri
2017—2018-kuz-qish mavsumida podiumlar sviterlarning turli xil: naqshli deysizmi, an’anaviy keltchami, skandinavcha yoki mutlaqo abstrakt modellariga to‘lib ketdi.
Ta’bingizga yoqqanini tanlashingiz mumkin. Har xil yo‘l-yo‘l chiziqlar birligi juda zamonaviy bo‘lib ko‘rinadi. Ha aytmoqchi, bug‘uli sviterlar yana modaga kirdi.
Mo‘yna bilan
Bu mavsum haqiqatan ham iliq bo‘ladi! Dizaynerlar bizga g‘amxo‘rlik qilishdi va hatto sviterlarga ham mo‘yna tikishdi. Bunday sviterlarni palto yoki kurtkalarning tagidan kiyishga ko‘zingiz qiymaydi. Qattiq sovuqlar tushmasdan mo‘ynali sviteringizni kiyib qoling.
Sviter-ko‘ylak
Ertalab ishga kiyiladigan kiyimlarni tanlashni osonlashtirish uchun bir-ikkita issiq va stilli to‘qilgan ko‘ylaklar sotib oling.
Va mukammal qiyofa uchun uning o‘zi, bir juft issiq kolgotka, har qanday balandlikdagi poshnali botinka va palto yoki puxoviklar yetarli bo‘ladi.
Ozersize-sviter
Eng qulay va eng issiq model — oversize-sviter! Bu mavsumda kulrang tuslar haqida hech bo‘lmasa vaqtincha unuting va yorqin rangli sviter sotib oling.
Kashtali modellarga e’tibor bering. Sviterni jinsi ichiga yengilgina kirgizib qo‘ying, past poshnali laklangan botilyon kiying — juda didli qiyofaga ega bo‘lasiz.
Katta yoqali sviter
Baland yoqali sviter — eskirmaydigan klassika. Bunday buyumlar har bir qizning garderobida albatta bo‘lishi shart.
Birinchidan, agar tomoq issiq saqlansa — shamollash ehtimoli kamayadi. Ikkinchidan, katta sharflarni hamma ham yoqtiravermaydi.
Va uchinchidan, bunday sviterlar paltoning yoqasidan juda chiroyli ko‘rinib turadi.
Manba: Weekend Rambler | 32 | 1,976 |
Ayollar | Teridagi chiziqlar nima sababdan paydo bo‘ladi? | Strii yoki chiziqlar – bu har xil sabablarga ko‘ra teri ustida paydo bo‘luvchi chandiqlarning bir turi. Bu maqolamizda bu chandiqlarning asosiy turlari va ularni bartaraf etish vositalari haqida aytmoqchimiz.
Paydo bo‘lish sabablari:
- o‘smirlik yoshidagi gormonal o‘zgarishlar;
- homiladorlik paytidagi gormonal o‘zgarishlar va terining tortilishi;
- kollagen va elastin sintezining buzilishi;
- tez semirish yoki ozish.
Bu sabablar bir-biriga o‘xshash, ba’zilari esa bir-biriga bog‘liq. Gormonal muvozanatsizlik kollagen va elastin sintezini buzadi, bu esa o‘z navbatida semirishga olib keladi. Teri tortiladi, yupqalashadi va terining yuqori qavatida uzilish ro‘y beradi. Natijada teri ustida chiziqlar paydo bo‘ladi.
Dastlabki bosqichda chiziqlar paydo bo‘lishining oldini olish mumkin. Terini cho‘zilishdan saqlovchi choralarni qo‘llang. Jismoniy mashqlar bajaring.
To‘g‘ri ovqatlaning. Meva va sabzavotlarni ko‘p iste’mol qilish organizmni vitaminlar bilan ta’minlaydi. Oqsilga boy ovqatlar esa organizmda kollagen va elastin sintezlanishiga yordam beradi. Vaznning oshib ketishiga yo‘l qo‘ymang.
Uy sharoitida tayyorlangan krem va skrablar chiziqlarni kamaytiradi va teriga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi.
Aloe sharbatidan qilingan krem
Aloe sharbati, zaytun yog‘i va 10 tomchi A, E vitaminlarini aralashtirib krem tayyorlang. Terining muammoli joylariga bir kunda 2 mahal suring.
Shakardan skrab
Bir xil miqdorda tuz va shakarni aralashtiring va istalgan o‘simlik yog‘idan qo‘shing. Yaxshilab aralashtiring va teriga suring. Birozdan so‘ng iliq suvda yuving. | 47 | 1,561 |
Ayollar | Pulni tejaymiz: uy sharoitida sochlarni go‘zallik salonidagidek fenda quritish uchun tavsiyalar | Uy sharoitida salon uchun sarflanadigan pul va vaqtni osongina tejash mumkin. Buning uchun “Domashniy ochag” nashri taqdim etgan ushbu maslahatlarni o‘qib chiqish va amalda qo‘llash kifoya.
Yaxshi fen xarid qiling
Mahsulotning sifatlisini qanday aniqlash mumkin? Bu foydalanishda qulayligi, yuqori havo oqimi, o‘ta og‘ir emasligi, harorat me’yorining mavjudligi, shovqin darajasi pastligi va shnurning yetarlicha uzunligi bilan baholanadi. Albatta, xarid qilingan fenda ushbu sifatlarning barchasi topilsa, foydalanish jarayonida muammolar paydo bo‘lmaydi.
Sochni qoidaga ko‘ra yuving
Sochni turmaklashdan oldin shampun tanlash juda muhim: “Hajm uchun” mo‘ljallangan shampundan foydalanish turmaklashda ancha qulay. “Ikkitasi birda” deb yozilgan konditsionerli shampunlar esa aksincha, sochni yanada og‘irlashtirib yuboradi. Bu turdagi sahmpunlar ko‘proq jingalak sochlar uchun mos keladi. Faqat ulardan to‘g‘ri foydalanishni bilish lozim. Bu kabi shampunlar bosh terisiga kamroq surtiladi. Aksar qismi soch uzunligi bo‘ylab taqsimlanadi. Shundagina jingalak sochlar yumshoq va yana hajmdor ko‘rinishga keladi.
Sochni turmak uchun tayyorlang
Sartarosh Edvard Trikomi sochlarni turmaklashda to‘rtta teng qismga bo‘lishni va har bir qismni alohida fen bilan quritishni tavsiya qiladi. Har bir qismni yuqoriga ko‘tarish va sochlar dumaloq taroq yordamida quritilishi kerak.
Shuningdek, havo oqimi faqat soch uzunligi bo‘ylab yo‘naltiriladi. Shundagina sochlar ildizlardan boshlab hajmga ega bo‘ladi. Quritish oxirida sochlarning namligi biroz saqlanib qolishi kerak.
Salondagi kabi uslubni yarating
Buning uchun xuddi salonlarda foydalaniladigan katta dumaloq taroq kerak. Sochning bir qismi tarab olinadi va ildizidan boshlab dumaloq taroqqa o‘raladi. Fen yordamida taroq tortilgan holda sochning uchiga qadar tushiriladi. Shu tarzda sochlar quruq bo‘lgunga qadar quritiladi.
Turmakni sochni mustahkamlovchi lak bilan yakunlash mumkin. Soch turmagini bir necha kun davomida yangidek saqlash uchun quruq shampun yoki upalardan foydalanish tavsiya etiladi. Ular ortiqcha yog‘larni quritadi, sochlarni toza saqlaydi. | 95 | 2,113 |
Ayollar | Ma’lumotlarni qanday qilib tezda yodlash mumkin: eng samarali va sinalgan layfxaklar | She’r yodlash, tantanali nutq yoki yangi inglizcha so‘zlarni o‘rganish ham ozmuncha mehnat talab qilmaydi, albatta. Agar siz bir nechta samarali va sinalgan usullarni bilib olsangiz, bu ishni tez va oson bajarishingiz mumkin.
1-usul: ma’lumotni quloq bilan yodlash
Notiqlar, qo‘shiqchilar, musiqachilar va o‘rganilgan ma’lumotni ovoz chiqarib o‘qiydiganlar uchun yaxshi usul. Chuqur nafas oling, ma’lumotni bir nechta bo‘limlarga yoki xatboshiga bo‘ling va yodlashni boshlang.
2-usul: ma’lumotni ko‘z bilan eslab qolish
Agar siz nafaqat ma’lumotni qismlarga ajratsangiz, balki har birida eng jozibali narsani ta'kidlasangiz, o‘qiganingizni eslab qolish osonroq bo‘ladi.
3-usul: ma’lumotni harakat bilan eslab qolish
Taktil yoki motorli xotira obyektlarga teginish bilan bog‘liq. Ushbu turdagi xotiraga ega bo‘lgan odamlar faol imo-ishora qiladilar, ko‘p harakat qilishadi va qo‘llari bilan ishlashni yaxshi ko‘radilar.
O‘qigan matnni qanday oson va tez eslab qolish mumkin: umumiy tavsiyalar
Qanday qilib inglizcha so‘zlarni tezda yodlash mumkin?
Ko‘ngillilarning nazorat guruhida o‘tkazgan tajriba davomida olimlar eslab qolishning g‘ayrioddiy usulini aniqladilar. Ishtirokchilardan mutlaqo notanish til – litva tilidan bir qator so‘zlarni yodlab olish so‘ralgan. Shu bilan birga, dastlab ular bu so‘zlarning ma'nosini mustaqil ravishda taxmin qilishga harakat qilishlari kerak edi. Albatta, ba’zi xatolar bo‘lsa-da, oxir-oqibat to‘g‘ri tarjimani ishonchli eslab qolishga yordam berdi. Tadqiqotchilar dastlabki noto‘g‘ri talqinlar so‘zlarni keyinroq eslab qolishni osonlashtirgan degan xulosaga kelishdi. Ular, shuningdek, bu usul so‘zlarni yodlashdan ko‘ra yaxshiroq natijalar beradi degan xulosaga kelishdi. Ajablanarlisi shundaki, psixologik nuqtai nazardan, birinchi muvaffaqiyatsizlik xotirani rag‘batlantiradi va ikki barobar ko‘p ma'lumotlarni o‘zlashtirishga yordam beradi.
Qiziqishni rag‘batlantirish
Hech kimga sir emaski, agar u samimiy qiziqish uyg‘otsa, ma'lumot yaxshi esda qoladi. Shuning uchun, ingliz tilini qiyinchiliksiz o‘rganish imkonini beradigan usulni qidiring: seriallar, kitoblar, podkastlar va boshqalar.
Hikoya tuzing
Yangi xorijiy so‘zlarni o‘rganishning samarali usuli ular bilan izchil hikoya tuzishdir. Nutqda so‘zlarni yodlash emas, balki ulardan foydalanish ularni puxta eslab qolishga yordam beradi.
“Xotira saroyi” usulini qo‘llang
Quyidagi usul ham yaxshi natija beradi: o‘rganayotgan so‘zlaringizni atrofingizdagi narsalarga “biriktirish”ga harakat qiling. Ushbu texnikani kvartirada, ofisda va ko‘chada qo‘llash mumkin.
Kartochkalar yasang
Ushbu mashhur texnika yillar davomida samarali ekanligi isbotlangan. Kartochkalar ham qog‘oz, ham elektron formatda tayyorlanishi mumkin. Agar birinchi variantdan foydalansangiz, to‘rtburchakning bir tomoniga ingliz tilidagi so‘zni, ikkinchisiga esa tarjimasini yozing. Yaxshiroq yodlash uchun so‘zlarni rasmlar, kontekst, sinonim yoki antonimlar bilan to‘ldirishingiz mumkin. Elektron kartalarni yaratish uchun maxsus dasturlardan foydalaning. Har doim yoningizda kartochkalar bo‘lishi va so‘zlarni tez-tez takrorlash muhim.
O‘qiganingizni qanday qilib tezda eslab qolish mumkin?
O‘z vaqtida tanaffus qiling
Sinfdagi haddan tashqari mukammallik yordam bermaydi, aksincha, ish faoliyatini pasaytiradi. Muntazam dam olish vaqtlarini o‘z ichiga olgan holda sizga eng mos keladigan jadval tuzing. Bunday holda, ish joyida yoki kompyuter oldida qolmaslik uchun joyni o‘zgartirgan ma’qul. Bu ishdan to‘liq chalg‘ish va ichki resurslaringizni safarbar qilish imkonini beradi.
To‘g‘ri ovqatlaning
Birinchidan, psixologlar kitob yoki boshqa ma'lumotlarni o‘qigan holda ovqatlanishni maslahat bermaydilar. Bu ham o‘qiganlaringizni eslab qolishga salbiy ta'sir qiladi va to‘liq to‘yinganlikni his qilishingizga imkon bermaydi, chunki miya bir vaqtning o‘zida bir nechta vazifalarni bajarishga harakat qiladi. Hech kim va hech narsa sizni chalg‘itmasa, ovqatlanish uchun vaqt ajratganingizga ishonch hosil qiling. Ovqatlanishingizga alohida e'tibor bering. Ba'zi ovqatlar xotira va kognitiv qobiliyatingizni yaxshilashga yordam beradi, boshqalari esa, aksincha, tez charchashga olib keladi. | 84 | 4,162 |
Ayollar | Ushbu yoz mavsumida tavsiya qilinmaydigan, urfdan qolgan 5 xil sumka | Moda dunyosi xatolarga nisbatan shafqatsizdir: noto‘g‘ri tanlangan bitta detal ham eng chiroyli obrazni buzishi mumkin. Barcha harakatlaringizni chipakka chiqaradigan eng nozik aksessuar — bu sumkadir.
Qora va jigarrang sumkalar
Albatta, asosiy rangda bo‘lgan hamda yuqori sifatli teridan tikilgan klassik sumka shkafingizda ortiqchalik qilmaydi. Biroq bu mavsumda qora va jigarrangni unutish kerak. Jasoratli bo‘ling va yorqin ranglardagi sumka sotib oling: pushti, ko‘k, och yashil, yashil, to‘q sariq ranglaridan.
Poyabzal rangidagi sumkalar
Oyoq va qo‘llardagi lak, shuningdek poyabzal rangiga moslab sumka taqadigan kunlar allaqachon o‘tdi. Hozirda dizaynerlar to‘liq erkinlik tarafdori, shuning uchun mos kelmaydigan rangdagi aksessuarlarni ham bemalol uyg‘unlashtirishingiz mumkin.
Plastik sumkalar
Shaffof plastik sumkalar atrofidagi shov-shuv esingizdami? Endi sumkangiz ichida nima borligini butun dunyoga ko‘rsatish shart emas. Hozirda Balenciaga moda uyi tomonidan yaratilgan Arena Tote sumkasi juda mashhur bo‘lib ketdi. Bu sumka yordamida eng ekstravagant bashang ayol unvoniga ega bo‘lasiz.
Soxta sumkalar
Dizaynerlar modani bor kuchlari bilan targ‘ib qilishadi, shuning uchun butun dunyoga mashhur brendlarga bo‘lgan muhabbatingizni izhor qilishingiz mumkin. Buning uchun esa narsalar asl bo‘lishi kerak. Yaltiroq logotipli soxta sumkalar yomon didga ishora qiladi. Xitoyda ishlab chiqarilgan qalbaki sumkalardan ko‘ra sifatli materialdan tayyorlangan nomsiz sumka sotib olgan yaxshiroqdir.
Katta hajmli sumkalar
Umuman olganda, kosmetika, yoga gilamchasi va sevimli kitobingizni sig‘diradigan sumkangiz bo‘lishi juda qulay. Ammo dizaynerlar ushbu mavsumda mikrosumkalarni tavsiya qilmoqda. Juda kichik hajmga ega bo‘lgan bunday sumkalarga faqat telefoningizni, lab bo‘yog‘ingizni va kredit kartangizni solishingiz mumkin. Agar modaning eng yuqori cho‘qqisida bo‘lishni istasangiz, meva, konserva bankasi yoki tabletka qutisi shaklidagi sumkani tanlang. | 68 | 1,974 |
Ayollar | Quyoshdan himoya qiluvchi kremni qanday qilib to‘g‘ri tanlash mumkin? | Quyosh nurlari inson tanasi uchun foydali xususiyatlarga ega, biroq uning ortiqchasi tanada kuyishni va teri saratonini keltirib chiqarishi mumkin. Yozda quyosh nurlaridan himoya qiluvchi kremlarni to‘g‘ri tanlay olish ham katta ahamiyatga ega. Quyida quyoshdan himoya qiluvchi SPF kremlarini to‘g‘ri tanlash bo‘yicha maslahatlar keltiriladi.
SPF kremlar haqida
SPF so‘zi “quyoshdan himoya qiluvchi filtr” degan ma’noni anglatadi. U terini ultrabinafsha nurlarining salbiy ta’siridan himoya qiladi. Undagi raqamlar: 6 dan 12 gacha past himoya, 15 dan 25 gacha o‘rta himoya, 30 dan 50+ gacha kuchli himoya qilishni anglatadi. Quyoshda necha soat qolishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, yuqori darajadagi, shahar bo‘ylab qisqa muddatli sayohat qilish uchun pastroq himoya darajasini tanlashingiz kerak. Ertalab va kechqurun kunning o‘rtasida qo‘llagan kremingizdan pastroq darajadagi kremni tanlash maqsadga muvofiq. Sepkilli teri va saraton kasalligiga moyil bo‘lgan ayollarning terisi maksimal himoyani talab qiladi.
SPF 50 yaxshiroq himoya qiladi, unda SPF 20 ning nima keragi bor?
Ko‘rinib turibdiki, quyoshdan himoya qiluvchi kremning maksimal himoya darajasini tanlab, nurlar ta’siridan tashvishlanmay yurishingiz mumkin. Bu fikrlash noto‘g‘ri. Birinchidan, yuqori darajadagi himoya kremi ultrabinafsha nurlarining teriga ta’sirini to‘liq cheklaydi, terida melatonin ishlab chiqarilmaydi va bu uning rangiga ham ta’sir qilmaydi. Ikkinchidan, quyoshdan himoya qiluvchi vositalar terining xavfsizligi nuqtayi nazaridan mukammal emas. Ayrim SPF kremlar titan dioksidi va rux oksidini o‘z ichiga olgan bo‘lishi mumkin. Himoya darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, kremda bu moddalar shunchalik ko‘p bo‘ladi. Kimyoviy moddalar ham mutlaqo xavfsiz emas — ular allergiya va tirnash xususiyatini keltirib chiqarishi mumkin. Bu jarayon kremlar qo‘llangandan keyin 20 daqiqa o‘tib boshlanishi mumkin.
Fizik va kimyoviy filtrlar haqida
Fizik filtrli quyosh kremlari quyosh nurlarini to‘sib qo‘yadigan minerallardan tashkil topadi. Kimyoviy filtrlar organik sintez filtrlari deb ham ataladi: ular quyosh nurlarini o‘tkazib yuboradi, nurlarni boshqa energiya turiga aylantiradi va teri uchun xavfsiz jarayonni hosil qiladi. Plyaj uchun fizik himoya qiluvchi kremlar yaxshiroq, shahar yoki sport uchun esa kimyoviy kremlar qo‘llanilishi kerak. Kimyoviy himoya qiluvchi kremlar chiziqlar qoldirmaydi, oqmaydi, teriga tez singadi va qo‘llanilishi ham osonroq.
“UVA va UVB nurlaridan himoya qilish” nimani anglatadi va qaysi biri yaxshiroq?
Kremning yorlig‘idagi yana bir tushunarsiz yozuv: UVA va UVB nimani anglatishini bilasizmi? Ko‘plab quyoshdan himoya qiluvchi kremlar UVB nurlaridan himoya qiladi. Agar siz quyosh nurlaridan to‘liq himoyalanishni istasangiz UVA yorlig‘i bo‘lgan kremlarni tanlang — bu quyosh kremi sizni terining qorayishi, quyosh allergiyasi va hatto saratonni keltirib chiqaradigan ultrabinafsha nurlaridan himoya qiladi.
PA+ nimani anglatadi?
Agar siz Osiyodagi mamlakatlarda quyosh kremini sotib olsangiz, g‘alati yorliqlarga duch kelishingiz mumkin: 6 dan 50 gacha raqamlarga ega bo‘lgan odatiy SPF o‘rniga PA+ yozuvini ko‘rasiz. PA+ quyosh nuridan past darajada himoyalanishni bildiradi, PA++ o‘rtacha va PA+++ esa SPF’ning 50 daraja himoyasiga yaqin hisoblanadi.
Qaysi quyosh kremi sizga mos keladi?
Quyosh kremini qanday qilib to‘g‘ri qo‘llash mumkin?
Sanskrinni toza, quruq teriga quyoshga chiqishdan 15-20 daqiqa oldin surtish kerak, shunda filtrlar faollasha oladi. Kremni esa reaksiya hosil qiladigan kosmetik mahsulotlar bo‘lmasa bo‘yanishdan oldin surtsangiz bo‘ladi. Quyoshga qarshi kremni tonal krem bilan aralashtirmaslik o‘rinli: tonal krem tarkibidagi ba’zi kimyoviy moddalar quyosh kremining ta’siriga halaqit berishi mumkin. Bu mavzu aniq ko‘rsatmalar berish uchun yetarlicha o‘rganilmagan. Quyosh kremini namlantiruvchi vositalar bilan aralashtirmang: bu quyosh kremi formulasini suyultiradi va uning ishini zaiflashtiradi.
Quyosh kremi haqidagi yolg‘on ma’lumotlar
Quyosh kremi teridagi yallig‘lanishni davolaydi
Teri issiqda biroz boshqacha ishlaydi, krem esa undagi yallig‘lanishni davolamaydi, aksincha kuchaytirishi mumkin.
Bug‘doyrang terini himoya qilish kerak emas
Teringiz quyoshda kuymasa ham, ultrabinafsha nurlar terining qarishiga va saratonga olib kelishi mumkin, shuning uchun SPF kremning past darajalarini va UVA quyosh nurlaridan himoya qiluvchi kremni tanlang.
Quyosh kremi D vitamini ishlab chiqarishga to‘sqinlik qiladi
Bu fikr xato, barcha filtrli kremlar quyosh nurining teriga yetarli miqdorda D vitamini singishiga yordam beradi. Buning uchun terini 10 daqiqa quyoshga tutib turish kifoya. | 69 | 4,647 |
Ayollar | Yuzdagi qora nuqtalarni oddiy vazelin va plyonka bilan ketkazish bo‘yicha videoqo‘llanma | Go‘zalligi va tashqi ko‘rinishiga bee’tibor bo‘lmagan ayollar uchun “Domashniy ochag” yuzdagi nuqtalarni oddiy vazelin va oziq-ovqat plyonkasi bilan ketkazish mumkinligini ko‘rsatib bergan byuti-blogerning videoqo‘llanmasini e’lon qildi.
Buning uchun:
1. Birinchi bo‘lib burun va yuzning qora nuqtalar ko‘p qismiga qalin qilib vazelin surting. Ortiqcha qo‘shimchalarsiz oddiy vazelindan foydalanish tavsiya qilinadi.
2. Keyingi bosqichda bo‘lsa, maz surtilgan yuz qismi ustidan ikki qavat qilib oziq-ovqat plyonkasini qoplang. Burun teshiklarini nafas olish uchun ochiq qoldiring.
3. Ko‘rsatma kechasi amalga oshirilishi, ertalabgacha turishi kerak bo‘ladi.
4. Tongda plyonkani olib, paxtali tayoqcha bilan burun va yuz qismini tozalang.
5. Poralardan qora nuqtalar ajralib chiqqaniga guvoh bo‘lasiz. Ushbu samarali usul go‘zallashtirish muolajalaringiz ketma-ketligidan o‘rin olishiga shubha yo‘q. | 88 | 902 |
Ayollar | Yozgi makiyaj: mavsumning takrorlashga arziydigan byuti-trendlari | Har mavsumda byuti sanoatining trendlari va an’analariga yengillik, ta’sirchanlik va o‘ziga xoslik belgilari qo‘shilgan holda o‘zgarib turadi.
Yozda har bir qiz yuzida juda kam makiyaj bo‘lishini xohlaydi, shuning uchun tabiiy rangli tuslar urfga kiradi. 2017-yil yozgi makiyajida eng urfdagi rang pushti rangning har xil tuslari bo‘ldi.
Yuzning yarqiragan makiyaji. Yozda yuzga yengil shaffof va qalin bo‘lmagan asoslar va mayda yog‘duli zarrachali konsilerlar surish urf bo‘ladi. Bunday makiyajda teringiz yaxshi ko‘rinishi uchun u yaxshilab tozalangan, namlangan va yumshatilganiga ishonch hosil qiling.
Makiyajda qovoqlar uchun nam tenlar. Vizajistlar bu mavsumda yuz terisi og‘ir asosli upalardan dam olar ekan, u holda qovoqlar uchun dona-dona bo‘lib turadigan tenlarni ham bir chetga olib qo‘yishni maslahat berishadi. Uning o‘rniga kremli tenlar yoki lablar uchun yaltiroqlarni ishlatish mumkin. Ular qovoqlarga “nam tenlar” effektini beradi.
Tabiiy qoshlar. Makiyajni yaratishda qoshlarning shakli ham muhim rol o‘ynaydi. 2017-yilda enli qoshlarning o‘rniga tabiiy va aniq chiziqli tekis qoshlar urf bo‘ldi. 2017-yilning moda bo‘lgan makiyajini yaratish uchun qoshlarga maxsus gel yordamida shakl berishning o‘zi yetarli bo‘ladi.
Ko‘zlarning pushti rangli makiyaji. 2017-yilning yozgi makiyajida eng urf bo‘lgan rang pushti rangning har xil tuslari deb hisoblash qabul qilindi. Pushti rangning har xil turlari hamma qizlarga mos tushadi va ularni nozik, latofatli xonimga aylantiradi.
Manba: Cosmopolitan | 65 | 1,515 |
Ayollar | Kiyimlar uchun konditsioner liboslarga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan 7 ta holat | Konditsioner foydali va ko‘p funksiyali vosita bo‘lib, u suvni yumshatadi, yuviladigan kiyimlarga xushbo‘ylik beradi va statik elektrni olib tashlaydi. Lekin uni har doim qo‘llash mumkinmi? “Noviy ochag” bu borada foydali ma’lumotlar berib o‘tdi.
Konditsionerning qanday foydalari bor?
Kir yuvish paytida konditsioner qo‘shilsa, u matoni tashkil etuvchi tolalar ustida yupqa himoya qatlami hosil qiladi, ularni silliqlaydi va yumshatadi. Bularning barchasiga faol moddalar yordamida erishiladi, ular tolalarga joylashib, qatlam hosil qiladi, shuningdek, konditsionerlarda silikon ham mavjud.
Konditsionerlarni, qoida tariqasida, har bir yuvishda avtomatik ravishda ishlatish shart emas, chunki ular matolarga juda qattiq joylashadi. Vaqti-vaqti bilan tanaffus va foydalanish bo‘yicha tavsiyalarga amal qilish kerak. Agar noto‘g‘ri ishlatilsa, ba’zi matolar, masalan, mikrofiber yoki paxmoq matolar o‘z xususiyatlarini butunlay yo‘qotadi.
Jun va kashmir matolar
Junni yuvish yoki quritish paytida konditsionerdan foydalanilsa, bu noto‘g‘ri. Bu kashmir va angora matolari uchun ham tegishli. Ular konditsioner bilan yuvilganda, tuzilishi va issiqlikni saqlash xususiyatlarini yo‘qotadi. Bundan tashqari, konditsioner jun matolardan yaxshi yuvilmaydi va mato yopishib qoladi.
Momiq matolar
Konditsioner yumshatuvchi mumsimon plyonka hosil qilganligi sababli, uni par va momiq bilan to‘ldirilgan kiyimlarda ishlatmaslik kerak. Inson tanasining issiqlik manbai organizmning o‘zi bo‘lib, momiq yoki patlar bilan to‘ldirilgan kiyimning vazifasi bu issiqlikni tananing yaqinida passiv ushlab turishdir. Issiqlikni ushlab turish qobiliyati to‘g‘ridan to‘g‘ri patlar orasidagi mayda havo membranalariga bog‘liq. Konditsioner esa patlarni himoya qatlami bilan qoplaydi, ularni tekislaydi va shu bilan plomba ichidagi havo kameralari sonini kamaytiradi va issiq saqlaydigan xususiyatini yo‘qotadi.
Sport kiyimi
Agar sport kiyimi namlik o‘tkazmaydigan matodan qilingan bo‘lsa, konditsionerdan foydalanish mumkin emas, chunki mato havo o‘tishiga imkon berishi kerak. Ba’zi sport matolari tana haroratini tartibga solishga, terining yuzasidan namlikni o‘ziga singdirishga va uning tez bug‘lanishini osonlashtirishga qodir. Konditsioner qoldiradigan qoplama sport kiyimlarini yuqoridagi barcha sifatlardan mahrum qilishi mumkin.
Zig‘ir matolar
Zig‘ir choyshablarining asosiy afzalligi nafas olish va namlikni yutish qobiliyatidir. Zig‘ir tolalari orasidagi bo‘shliqlar zig‘irning nafas olish xususiyatlarini beradi va konditsioner bu mayda teshiklarni to‘ldiradi. Shunga ko‘ra, zig‘ir matosining o‘ziga xos xususiyatlarini inkor etadi.
Tabiiy ipak ham konditsioner bilan yuvilmasligi kerak, chunki konditsioner ipakda chiziqlar paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin, bu esa uning ko‘rinishini butunlay buzadi.
Paxmoq sochiqlar
Konditsioner har bir tolani qoplaydi, bu paxmoq matoning namlikni yutish qobiliyatini pasaytiradi.
Mikrofiber matolar
Mikrofiber tozalovchi matolarning asosiy vazifasi suvni yutish va changni ushlab turishdir. Ularni sovun va oddiy kukun bilan yuvish mumkin, lekin konditsionerdan foydalanish noto‘g‘ri. Konditsioner bilan yuvish mato yuzasida nozik qatlam qoldiradi, buning natijasida mikrofiber barcha ajoyib xususiyatlarini yo‘qotadi. Bunday yuvishdan keyin ular yaroqsiz bo‘lib qoladi. | 81 | 3,300 |
Ayollar | Milliarderdek muloqot qiling: Boyligi 78,5 milliard dollar bo‘lgan Uorren Baffetdan uch maslahat | Agar siz ko‘plab maxsus atamalar qo‘llaniladigan sohada ishlasangiz va soha murakkab konseptlar bilan bog‘liq bo‘lsa, turli auditoriyalar bilan muloqot qilish uchun o‘z atamalar boyligingizga ega bo‘lishingiz zarur, deb yozadi Forbes. Berkshire Hathaway kompaniyasi rahbari, boyligi 78,5 milliard dollar miqdorida baholanayotgan milliarder Uorren Baffet yuqoridagi holatda quyidagi strategiyalarni qo‘llaydi.
Oddiy bo‘lish. Harvard Business Review nashri hal qilinishi kerak bo‘lgan muammoni aniqlashtirib olishni va har qanday imkoniyatdan foydalanib harakat qilishni taklif qiladi. Baffet Berkshire Hathaway aksionerlariga xat yozganda, yuqori sinf o‘quvchilari yoza oladigan darajada yozishga harakat qiladi.
Birinchi shaxsda gapirish. Ritorik savollar va kishilik olmoshlaridan foydalanib, auditoriyani mavzuga qiziqtirish mumkin.
Qanday gapirsangiz, shunday yozing. Odamlar robot tomonidan yozilganga o‘xshash qolipga solingan nutqni o‘qishni yoqtirmaydi. Baffetning sifatlari va taniqli uslubini eng oddiy moliyaviy arizalarda ham ko‘rish mumkin.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 96 | 1,127 |
Ayollar | Boshqalardek bo‘lmang, o‘ziga xos kiyining: kombinezon ushbu mavsumda yetakchilik qiladi | Yangi mavsumda qanday uslub, libos va aksessuarlar urfda bo‘lishi moda olami vakilasi bo‘lmasa-da, barcha ayol-qizlarni qiziqtiradi. Avval ta’kidlaganimizdek, 2020-yilning bahor-yozida viktorian uslubidagi bluzalar, malika Diananiki singari plissorovkali yubkalar urfda bo‘lib, poyabzallardan so‘nggi bir-ikki yil davomida street style’ni usiz tasavvur qilib bo‘lmaydigan krossovkalar trend estafetasini baletkalarga topshiradi.
Moda yangiliklarini muntazam kuzatib boruvchi o‘quvchilar uchun yaxshi yangilik: endi siz bir vaqtning o‘zida ham qulay, ham zamonaviy kiyina olasiz. Negaki mutaxassislar tomonidan kombinezonlarni garderobga qo‘shish tavsiya qilinmoqda.
Kombinezon qomatni chiroyli ko‘rsatish va uni kiygan insonning tanlov borasida jasur ekanini isbotlaydigan libos hisoblanadi. Kombinezon tanlashda qaddi-qomat, bo‘y uzunligiga e’tibor berish kerak. Masalan, to‘laroq qizlarga yopishib turadigan model tavsiya qilinmaydi.
Kombinezonlar turli matodan tikilgan, bir-biriga o‘xshamagan uslub va rangli bo‘lishi mumkin. Jinsi matoli modelni keta yoki krossovka bilan moslash yoki bo‘yinga kichik qizil ro‘mol bog‘lab, qizil yoki sariq tufli kiyib o‘ziga xos obraz yaratish mumkin.
Ishchilar formasi bo‘lgan jinsi qanday qilib trendga aylandi? Jinsi yaratilishiga sabab bo‘lgan oltin konlari
Charm kombinezonlar kishi qiyofasini jiddiy va salobatli ko‘rsatadi. Charm yupqa bo‘lmagani sabab bunday modellarni bahor so‘ngiga qadar kiyish uni vintaj usulidagi aksessuar yoki obodok bilan kiyish tavsiya qilinadi.
Charm bilan esda qolarli 5 obraz (foto)
Obraz yaratishda aniq bir qoida yoki qolip yo‘q, rang va modellarni istaganingizcha uyg‘unlashtirishingiz mumkin, asosiysi esa qulay va didli ko‘rinsa bo‘lgani. | 88 | 1,725 |
Ayollar | Suvni takroran qaynatishning zarari | Suvni qaynatish jarayoni kasallik tug‘diruvchi bakteriyalarning o‘limiga, organizmga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan uchuvchi birikmalarning parchalanishiga va yo‘qolishiga olib keladi. Lekin bularning hammasi suvni birinchi qaynatishda sodir bo‘ladi, keyingi har bir takroriy qaynatish esa suvning tarkibini yomonlashtiradi va uni xavfli holatga keltiradi.
Takroran qaynatishdan voz kechishga undovchi asosiy sabablar quyidagicha:
Qaynash jarayonida suvning bug‘lanishi natijasida uning hajmi kamayadi. Shuningdek, qaynatish natijasida suvdagi alohida kimyoviy birikmalar yo‘qolmaydi, bu esa ularning suvdagi eritmasining birligi oshishiga olib keladi.
Shunday qilib, suvdagi margimush, nitratlar yoki ftor kabi zararli moddalar eritmasi inson sog‘lig‘i uchun xavfli darajaga yetishi mumkin. Tarkibida bunday moddalar bo‘lgan suvni doimiy ravishda iste’mol qilish saraton kasalliklariga, diabet, teri yoki yurak-tomir kasalliklariga olib kelishi mumkin.
Kam hajmdagi suv solingan idish devorlaridan organizm sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgan birikmalar ajralib chiqishi va suyuqlik ichida erib ketishi mumkin.
Albatta, har xil aralashma ionlaridan xoli bo‘lgan distillangan suvdan foydalanishda suvni bir necha marta qaynatish mumkin.
Lekin odatdagi holatlarda, xlorlangan kran suvidan foydalanishda bir necha qoidalarga rioya qilishga harakat qiling: birinchidan qaynatishdan oldin suvni biroz tindirib oling, ikkinchidan suvni faqat bir marta qaynating. Keyingi ehtiyojlar uchun esa suvni yangisiga almashtiring. | 35 | 1,509 |
Ayollar | Ishga borishni istamaydiganlar uchun dori | Millionlab odamlar (va ehtimol siz ham) har kuni ishga borishni istamaydi. Ularga yordam bera olasizmi? Maslahatchi va eng ko‘p bestsellerlari sotilgan yozuvchi Patrik Lensioni “Nega hamma ham ishga borishni yoqtirmaydi” kitobida buni qila olish mumkin deb aytgan. U xodimlarni ishga jalb qilish haqidagi haqiqat, ushbu hodisaning sabablari haqida batafsil ma’lumot beradi va kunni “Men ishga borishni xohlamayman” degan so‘zlar bilan boshlagan har bir kishiga yordam berish usullarini sanab o‘tgan. Quyida Lensionining may oyida nashr etilgan “Mann, Ivanov va Ferber” kitobining rus tiliga tarjimasidagi eng qiziqarli parchalar keltiriladi.
“Ish meni har doim o‘ziga jalb qilgan, tan olishim kerak, biroq har doim ham ijobiy ma’noda emas. Esimda, bolaligimda kattalar, masalan, dadam har kuni sakkiz soat, hatto undan ham ko‘proq ishlashi kerak ekan degan fikr meni xavotirlantirgan. Men maktabda bundan kam vaqt o‘tkazar va bunga zo‘rg‘a chidardim.
Ko‘plab yoshi katta insonlar o‘z ishlarini umuman yoqtirmasligini aytganida esa, bu meni hayratda qoldirgan. Inson nima uchun uzoq vaqt davomida oilasi va do‘stlaridan uzoqda bo‘lishi va qilayotgan ishidan zavqlanmasligi kerakligini tushunolmasdim. Ehtimol, men ham bir kun kelib xuddi shunday vaziyatga tushib qolishimdan qo‘rqqandirman.
O‘n uch yoshimda ishlay boshlaganimda, mehnatga qiziqishim yanada ortdi. Yozgi ta’til paytida katta restoranda yarim kun ishladim, asosan to‘liq stavkada ishlaydigan ofitsiantlar, idish yuvuvchilar, oshpazlar va barmenlarga yordam berdim. Keyinchalik, kollej talabasi sifatida men yozda yana kun davomida ishlaydigan xodimlar bilan bankda kassir bo‘lib ishladim. Bankdami, restorandami, ishim hamkasblarimga yoqyaptimi, deb o‘ylab, vaqt o‘tishi bilan ko‘pchilikka yoqmaydi, degan xulosaga keldim. Bu esa menga tinchlik bermadi.
Kollejni tugatib, menejment sohasi bo‘yicha maslahatchi sifatida birinchi to‘liq kunlik ishga kirganimda, bu fikrga bo‘lgan ishtiyoqim butunlay yangi darajaga ko‘tarildi.
Aynan o‘shanda men yakshanba kunining qanday ekanini bilganman va boshdan kechirganman. Yakshanba kuni ko‘p odamlarda dam olish kunlarining oxirida, ertasi kuni ishga borishlari aniq bo‘lganda, paydo bo‘ladigan qo‘rquv va tushkunlik hissini uyg‘otadi.
Tan olishim kerakki, faoliyatimning boshida shanba oqshomida yakshanbaga bo‘lgan intilish meni yengib chiqqan paytlar bo‘lgan. O‘shanda men ish joyiga qaytishni juda istamaganimdan emas, balki xolisona ish qilib zavq olishimdan xavotirda edim.
Kursni tamomlayotganimda barcha talabalar orasida eng nufuzli va yuqori maoshli lavozimlardan birini oldim. Men restoran oshxonasida qoldiqlarni sumkalarga joylamadim yoki bank kassasida yolg‘iz turib, kassa cheklarini sanab o‘tirmadim.
Men San-Fransisko ko‘rfazining hayratlanarli manzaralari bo‘lgan ajoyib ofisda qiziqarli ish qilardim. O‘shanda yakshanba kungi sog‘inchni tushunib bo‘lmaydigan narsa deb o‘yladim.
Shu paytgacha men norozilikni bartaraf etish uchun to‘g‘ri ish topish kifoya, degan nazariya tarafdori edim. Yomon ish — sizga yoqimsiz muhitda qo‘pol munosabatda bo‘lishlari, zerikarli, kam haq to‘lanadigan ish. Shunday qilib, men quvonchning kaliti ofisda qiziqarli, yaxshi maoshli ish topish degan qarorga keldim. Biroq ushbu mezonlarning barchasiga javob berganimdan keyin ham, men o‘zimni baxtsiz his qilardim, shuning uchun menga maslahat berishlari yoqsa kerak deb o‘yladim.
Mening ishdan qoniqish nazariyam qulab tusha boshladi, ayniqsa, ajoyib lavozimlarda ko‘plab odamlar bilan uchrasha boshladim. Ular muhandislar, direktorlar, o‘qituvchilar — oliy ma’lumotli, chinakam ishtiyoq va qiziqishlar asosida o‘z yo‘lini sinchkovlik bilan tanlagan odamlar edi. Shunga qaramay, ular shubhasiz baxtsiz edi.
Uncha yaxshi ishi bo‘lmagan va shu bilan birga undan zavqlanadigan odamlarni: bog‘bonlar, ofitsiantlar, mehmonxonalardagi xizmatkorlarni uchratganimda fikrlarimning barchasi o‘zgarib ketdi. Shundan so‘ng, menda ishga qoniqish o‘ylaganimdan ham ko‘proq narsa ekani ayon bo‘ldi. Men bu masalaga ish nafaqat mening, balki mening hayotimni fojiaga aylantira oladigan voqea sifatida qaradim.
“Fojia” so‘zi mubolag‘a emas. Ko‘plab odamlar har kuni azob chekadi, oilasi va do‘stlarini ish uchun tashlab ketadi. U yerda esa faqat baxtsiz bo‘ladi va g‘azablanadi. Vaqt o‘tishi bilan zerikarli og‘riq hatto eng kuchlilarning ham o‘ziga bo‘lgan ishonchi va ishtiyoqiga putur yetkazishi mumkin va bu, o‘z navbatida, sezilmas, ammo ularning turmush o‘rtoqlari, bolalari va do‘stlarida chuqur aks etadi.
Bu hodisa nafaqat odamlarni baxtsiz qiladi, balki tashkilotlarga ham ulkan ta’sir ko‘rsatadi. Xodimlarning noroziligini aniqlash qiyin bo‘lsa ham, bu ish faoliyatiga, uning aylanmasi va insonlarning ma’naviyatiga bevosita ta’sir qiladi, bularning barchasi kompaniya budjetiga zarar yetkazadi.
Biroq men sizni ogohlantirishim kerak: taklif qilayotganim bir qarashda kulgili, sodda va ravshan ko‘rinadi. Men bundan xabardorman va ochig‘i, bundan biroz qo‘rqaman. Ammo qanchadan-qancha rahbarlar bu g‘oyalarni hayotga tatbiq etmayotgani va shu tufayli qanchadan-qancha odamlar qoniqarsiz ishlarda azob chekishda davom etayotgani haqida o‘ylasam, oddiylik va ravshanlik hozir kerak, degan xulosaga kelaman. Bundan tashqari, men bunga aminman.
XVIII asrda Semyuel Jonson yozganidek, (ingliz adabiyotshunosi, lug‘atshunosi va ma’rifatparvar shoiri), odamlarga ko‘rsatmalardan ko‘ra ko‘proq eslatmalar kerak bo‘ladi. Men chin dildan umid qilaman bu kichik kitob sizga boshqa odamlarning (va balki o‘zingizning) ishini yanada foydali va qiziqarli qilishingizga yordam beradigan oddiy va kuchli eslatmadir.
Qoniqarsiz ish yomon ish bilan bir xil emas. Go‘zallikda bo‘lgani kabi, yomon ishning ta’rifi ham individual. Ba’zi odamlar jismoniy mehnatni yoki jazirama quyosh ostida uzoq vaqt ishlashni yoqtirmaydi. Boshqalar esa kam ish haqiga e’tibor beradi. Uchinchidan, ish yomon ko‘rinadi, chunki ofis uydan uzoqda joylashgan yoki kompyuterda uzoq vaqt o‘tirish kerak.
Bularning barchasi insonning nimani qadrlashi va unga nima zavq bag‘ishlashiga bog‘liq. Biroq norozilik nima ekanligini hamma biladi. Kun tugashini o‘ylab ishga borishdan qo‘rqib qolgan paytlaringiz ham bo‘lgan. Bu kabi ishlar hamma joyda: konsalting firmalarida, televizorda, banklarda, maktablarda, cherkovlarda, dasturiy ta’minot kompaniyalarida, futbol jamoalarida va ko‘ngilochar bog‘larda bo‘lishi mumkin. Norozilik lavozimga bog‘liq emas, bu ijroiya idoralari, qabulxonalar va xatlarni saralash xonalariga ta’sir qiladi.
Qoniqishning ish majburiyatlari bilan hech qanday aloqasi yo‘qligini tushunish muhim. Professional basketbolchilar baxtsiz, ammo kiyim almashtirish xonasini tozalayotgan ayol ishidan mamnun bo‘lishi mumkin. Yiliga chorak million ishlaydigan marketing boshlig‘i azob chekishi mumkin va unga tayyorlaydigan ofitsiant o‘z ishidan ma’no, quvonch topishi mumkin. Hamma muammo shunda. Norozilik chegara bilmaydi, uni tushunish qiyin va hech kim undan himoyalanmaydi.
Agar siz boshqalar sizni tushunishini va shaxs sifatida bilishini his qilsangiz, tashkilot yoki jamoani (hatto oilani) tark etishga qaror qilish ancha qiyinroq. Menejer xodimga eng kuchli ta’sir ko‘rsatadigan shaxs. Biror kishiga shaxsiy qiziqish bildirish nimani anglatadi? Men rahbarlar o‘z qo‘l ostidagi boshqaruv murabbiylariga yoqtiradigan musiqalarni tinglashni va sevimli teleko‘rsatuvlarini tomosha qilishni maslahat berishini eshitganman. O‘ylaymanki, bu ba’zi vaziyatlarda zarar qilmaydi.
Bir kilometr uzoqlikdagi xodimlar “birodarlik qilish” uchun soxta harakatni o‘rganadilar. “Madaniy aks ettirish” bilan bog‘liq yana bir muammo (agar u umuman mavjud bo‘lsa) bu juda umumlashtirilgan va stereotipik bo‘lib, ko‘pincha xodimlarda ularga qandaydir ommaviy bo‘lgandek qarash hissini kuchaytiradi.
Shaxssizlik va ko‘rinmaslik tuyg‘usini yo‘q qilishning eng yaxshi usuli — bu xodimlaringiz bilan tanishish. Ularning har biri bilan o‘tirib, hayotlarida nimalar bo‘layotganini so‘rashga vaqt ajrating. Ba’zi menejerlar bundan refleksli ravishda qochadi, chunki ularga intervyuda bunday savollarni berish qonunga zid ekani aytilgan.
Men rahbar xodimga qiziqishi kerak deganimda, chinakam qiziqishni nazarda tutyapman. Odamlarni samarali boshqarish ma’lum darajada hamdardlikni talab qiladi. Menejer inson nima uchun ertalab yotoqdan turishi, uning xayolida nima borligi va unga yaxshi bo‘lishiga qanday yordam berish kerakligi bilan qiziqishi kerak.
Qiziqishni kuchaytirish, qayta-qayta ko‘rsatish kerak. Xodimning qizi raqsga tushishni yaxshi ko‘rishini bilish boshqa, juma kungi chiqishlar qanday o‘tganini so‘rash boshqa narsa. Qo‘l ostidagi xodimning ota-onasi bilan yashashini bilish juda yoqimli, lekin ularning ismlarini bilish va kasal bo‘lganida o‘zlarini qanday his qilishlarini so‘rash bu boshqa daraja.
Agar bu sentimental tuyulsa, menejeringiz sizga va hayotingizga chinakam qiziqish bildira boshlasa, o‘zingiz buni qadrlaysizmi yoki yo‘qligini o‘ylab ko‘ring. Agar ko‘zingizni yumsangiz va bu dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, yig‘ish liniyasi yoki buxgalteriya hisobi bilan unchalik bog‘liq emas deb o‘ylasangiz, sabrli bo‘ling: sizga eslatib o‘tamanki, hech kim ertalab yotoqdan kompyuter dasturlari yozish, mebel yig‘ish yoki biron bir ish bajarish uchun turmaydi.
Insonlar hayot kechirish uchun o‘rnidan turadi va ish vazifalari shunchaki element hisoblanadi. Odamlar faqat ishchi sifatida emas, balki odamlar sifatida boshqarilishni xohlashadi.
Agar siz hali ham bu mantiqiy yoki sizga tegishli ekanligiga ishonchingiz komil bo‘lmasa, boshqaruv lavozimini tark etish va individual hissa qo‘shish imkonini beradigan ish topish haqida o‘ylash vaqti keldi. Ammo mening nazarimda ikkita ajdarho bor, ularni o‘ldirish kerak.
Keraksizlik
Ba’zilar ko‘plab sportchilar, rok yulduzlari va aktyorlar tartibsizlik va baxtsizlikda yashashiga hayron bo‘ladi. Giyohvand moddalar, spirtli ichimliklar va moddiy boyliklarga bo‘lgan muhabbatni aybdor qilib ko‘rsatish oson, lekin menimcha, bular chuqurroq sababning alomatlari: keraksiz bo‘lishidan qo‘rqish.
Men bu misolni keltiryapman, chunki boshqalardan ko‘ra ko‘proq maosh oladigan, sevimli bo‘lib ko‘ringan ish bilan shug‘ullanadigan, diqqat va hayrat nuriga cho‘milayotgan odam nima uchun baxtsiz bo‘lishi mumkinligini tushunish qiyin va nega qariyalar uyidagi hamshira, cherkov qo‘riqchisi yoki o‘rta maktab voleybol murabbiyi, rok yulduzi yoki sportchi ega bo‘lgan daromadning atigi bir qismini olishlariga qaramay, baxtli bo‘lishi mumkin.
Menimcha, javob ehtiyojga, boshqa odamlarning hayotiga ta’siriga bog‘liq. Inson boshqalarga muhtojligini his qilishi va bu haqda deyarli har kuni eslatishi kerak. U faqat o‘ziga xizmat qilish emas, balki boshqalarga yordam berishini bilishi kerak.
Biror kishi o‘z ta’sirini boshqalarning hayotiga ko‘rishni to‘xtatganda yoki undan ham yomoni, umuman ta’siri yo‘q degan xulosaga kelganda, u psixologik jihatdan o‘lishni boshlaydi.
Kimlardir aslida rok yulduzlari, sportchilar va aktyorlar boshqalarga ta’sir qiladi va men bunga qo‘shilishga tayyorman. Biroq ular ko‘pincha buni sezmaydi yoki mos imkoniyatlardan foydalana olmaydi. O‘z ishlarida ular boshqa odamlarning kundalik hayoti bilan aniq aloqasi bo‘lmagan bir qator alohida harakatlarni ko‘radi.
O‘z ishining dolzarbligini aniqlash uchun barcha odamlar, xoh ular rok yulduzlari, xoh dasturiy ta’minot muhandisi yoki o‘qituvchi bo‘lsin, ikkita savolga javob berishlari kerak va ularning menejeri buni amalga oshirishda yordam berishi kerak.
Kim?
Birinchi savolga javob berish kerak: “Men kimga yordam beryapman?” Shubhasiz, qidiruv mijozlardan boshlanishi kerak. Styuardessalar, tez tayyorlanadigan kassirlar, o‘qituvchilar, ruhoniylar, shifokorlar, ofitsiantlar va sotuvchilar uchun hamma narsa oddiy. Biroq xizmat ko‘rsatish sohasidan tashqarida bo‘lgan ko‘p odamlar, bosh direktordan buxgalteriya xodimigacha, axborot texnologiyalari bo‘limi boshlig‘igacha, mijozlar bilan nisbatan kam muloqot qiladi.
Ushbu toifaga umumiy javob ‘ichki mijozlar’, boshqa xodimlar va bo‘limlardir. Ba’zilar buni eshitib, “Bizning kompaniyamizda hamma mijozlarga xizmat qilishi kerak”, — deyishadi va men bu borada bahslashmayman.
Biroq bu har bir kishi har kuni mijozlar hayotiga ta’sir o‘tkazish imkoniyatiga ega ekanligini anglatmaydi va inson kamdan-kam uchraydigan odamga ta’sir qilishdan zavqlanadi. ‘Siz kimning hayotiga ta’sir qilyapsiz?’ degan savolga javob berayotganda, bosh direktor, albatta, yetakchilik guruhini eslatishi kerak. Buxgalterlar uchun bu moliya bo‘limi yoki ular xizmat ko‘rsatadigan kompaniyaning boshqa bo‘limi boshlig‘i bo‘lishi mumkin.
Xizmat sifatida yetakchilik kontsepsiyasiga zid ravishda (bu menga juda yoqadi), ba’zida menejer o‘z xodimlariga ularning ishi unga jiddiy ta’sir qilishini tushunishiga yordam berishi kerak. Bu g‘oyani hazm qilish qiyin, chunki u o‘z xodimlarining manfaatlaridan foydalanadigan, ularni bog‘lab qo‘yadigan va topshiriqlarni bajaruvchi xudbin menejerlarning tasvirlarini keltirib chiqaradi. Shu sababli, menejerlar ko‘pincha o‘z xodimlarining ishi ularning qoniqishlari va martaba rivojlanishiga real ta’sirini kamaytiradi. | 41 | 13,087 |
Ayollar | Shamollashsiz kuz: kasal bo‘lishni istamaydiganlar uchun shifokorlardan 8 maslahat | Kuz — bog‘larda sayr qilish, issiq sharf, mazali choy va shinam oqshomlar vaqti. Shamollash yoki grippni bu ro‘yxatdan olib tashlash uchun ushbu oddiy ko‘rsatmalarni sinab ko‘ring va sog‘lom bo‘ling!
Grippga qarshi emlaning
Jiddiy aytganda, virusli kasalliklarning oldini olish uchun emlashdan boshqa samaraliroq narsa hali kashf qilinmagan. Bu, ayniqsa, keksalar uchun to‘g‘ri tanlovdir: keksalarda shamollash yoki gripp jiddiy asoratlarni keltirib chiqarishi ehtimoli ancha yuqori. Ammo hali ham ushbu yosh guruhiga kirmaganlar bo‘lsa, emlashni e’tiborsiz qoldirmaslik kerak: undan keyin kasal bo‘lish ehtimoli deyarli tartib bilan kamayadi.
Qo‘llarni tez-tez yuving
Nafaqat ovqatlanishdan oldin, balki har safar gavjum joylarga, masalan, jamoat transportidan foydalangandan keyin, shuningdek, jismoniy aloqadan keyin — qo‘l berib ko‘rishishda ularni yuvishga odatlanish kerak. Bundan tashqari, viruslar eshik tutqichlari, uyali telefon, kompyuter klaviaturalari va albatta, pulda juda ham ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun qish va kuzda qo‘llarni tez-tez yuvish salomatlik uchun foydalidir.
Ish joyida ovqat iste’mol qilmang
Ish kunida qanchalik shoshilinch va band bo‘lishdan qat’i nazar, ish joyida ovqatlanib olish mumkin emas. Tasavvur qiling-a, kun davomida ish stolida qancha mikrob va virus to‘planadi. Ularning hammasi birinchi navbatda tushlikka, keyin tanaga ko‘chib o‘tadi. Bunday holatdan so‘ng har qanday inson organizmida kasallik paydo bo‘lishi tabiiy.
Ko‘proq harakat qiling
Faol turmush tarzi har doim foydali, ayniqsa, gripp va shamollash mavsumida. Muntazam jismoniy mashqlar nafaqat sog‘lom bo‘lishga, balki immunitetni mustahkamlashga, tashqi omillarga qarshi turishga yordam beradi. Shunday qilib, kuzda ishdan oldin va keyin yurishni boshlash kerak. Qolaversa, bu ish davomida qisqa tanaffuslar qilish uchun yaxshi vaqt.
Sirtlar uchun dezinfeksiyalovchi vositadan foydalaning
Ofisda ishlaydiganlar eshik tutqichlari, ish stolining yuzasi, mikroto‘lqinli pechning va kun davomida juda ko‘p odamlar tegadigan joylarni dezinfeksiyalovchi yoki hech bo‘lmaganda spirtli salfetka bilan artib olishi zarur. Tozalashga sarflangan bir necha soniya ham sog‘liqni asrashga yordam beradi.
Eshikni yopib ishlang
Ofis eshigini kunning ko‘p qismida yopiq saqlash atrofda yuradiganlardan mikrob va viruslar tarqalishini kamaytirishga yordam beradi.
Burunni yuving
Bordi-yu, shamollash alomatlari kuzatilayotgan bo‘lsa, burun yo‘llarini tuzli suv bilan muntazam yuvib turish kerak, shunda tezroq shifo topish mumkin. Ushbu jarayon tom ma’noda viruslarni burundan tozalashga yordam berishidan tashqari, u yallig‘langan burun shilliq qavatini namlaydi va tinchlantiradi, bu organizmning viruslarga tabiiy to‘sig‘idir.
Kasallikni uyda o‘tkazing
Agar kasallik alomatlari boshlangan bo‘lsa, qahramon bo‘lishga urinmang — uyda qoling. Birinchidan, bu bilan hamkasblarni virusdan qutqarish mumkin. Ikkinchidan, kasallik vaqtida dam olish, shuningdek, sog‘lom uyqu tezroq tuzalib ketishga yordam beradi va eng muhimi, ular gripp yoki O‘RVI sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan jiddiy asoratlardan qutqaradi. | 82 | 3,096 |
Ayollar | Yangi yilni qanday kiyimda qarshi olishni o‘ylayotganlar uchun: bayramdan keyin ham kiyish mumkin bo‘lgan ko‘ylak modellari (foto) | Yangi yil kechasi o‘ziga xos obrazda bo‘lish uchun hozirdanoq nima kiyishni o‘ylab qo‘yish kerak. Tanlov borasida alohida yondashish, hammaga o‘xshashdan qochish kerak. Eng asosiysi, libos kundalik kiyimlardan farq qilishi, shu bilan birga, universal va kishini o‘ziga rom qiladigan bo‘lishi kerak.
Kalta ko‘ylak
Hatto qalin kolgotka va uzun etik kiygan taqdiringizda ham, yubka yoki ko‘ylak obrazga bayramona shukuh baxsh etadi. Ammo mato borasida alohida e’tiborli bo‘lish kerak. Masalan, ayni vaqtda trendda bo‘lgan tvid matosi nafaqat etik, balki uchli tufli bilan ham yaxshi umumlashib, obrazning qiziqarli ko‘rinishiga sabab bo‘ladi.
Bichimi esa iloji boricha bayramdan boshqa kunlar kiyishga ham mos bo‘lsin. Pijak-libos, bel qismiga urg‘u berilgan modellar bu bu borada ayni muddao.
Tizzadan tushib turadigan uzunlikdagi ko‘ylak
Midi uzunligidagi libos istalgan poyabzal bilan yaxshi turishi bilan o‘ziga xosdir. Tizzani yopib turgani hisobiga sovuq sezilmaydi. Bunday ko‘ylak tanlaganda asosiy e’tiborni detallarga qaratish kerak. Masalan, bel qismida bog‘ichi bor yoki “virez”li variantlar bilan o‘ziga xos obraz yaratsa bo‘ladi. Rang borasida esa universal qora, siyohrang va boshqa yorqin ranglarni tanlash tavsiya qilinadi.
Uzun ko‘ylak
Maksi uzunligidagi ko‘ylakni xush ko‘radiganlarga bichimga e’tibor berish tavsiya qilinadi. Uzunligi hisobiga shundoq ham jiddiy hisoblangan bunday ko‘ylaklar bilan zerikarli ko‘rinib qolmaslik uchun yelka qismi ochiq noodatiy variantlarga e’tibor qaratish tavsiya qilinadi. Qolaversa, aksessuar va poyabzal tanlashda ham doimgidan boshqacharoq yondashish kerak. | 130 | 1,617 |
Ayollar | Sovuq suvning o‘rniga iliq suv ichishning to‘rtta foydasi | AdMe odam organizmiga sovuq suvdan ko‘ra iliq suvning foydasi ko‘proq ekanligi tasvirlangan suratlarni taqdim etdi.
Sovuq suv yegulik tarkibidagi yog‘larning qattiqlashishiga sabab bo‘lib, hazm qilish tizimini sekinlashtiradi.
Iliq suv esa aksincha, yegulikni tez parchalanishiga yordam beradi.
Sovuq suv shilliq yig‘ilishiga sabab bo‘lib, nafas olish tizimiga infeksiya tushish ehtimolini oshiradi va tomoq yallig‘lanishiga olib keladi.
Iliq suvning ta’siri, aksincha, tomoqni mayinlashtiradi va uning qichishini oldini oladi.
Sovuq suv qon tomirlarining torayishiga olib keladi.
Iliq suv ichilganda esa tomirlar kengaygani sabab qon aylanish va qon bilan ta’minlash organlari hamda to‘qimalari yaxshilanadi. Shu sababli odam organizmi turli toksinlardan tezroq qutiladi.
Past harorat bosh og‘rig‘ini paydo bo‘lishining asosiy sababi hisoblanadi. Tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatdiki, suvuq suv ham shu kabi xususiyatga ega bo‘lib, vaqti-vaqti bilan boshi og‘rig‘ini qo‘zgatishi mumkin.
Issiq suv esa aksincha, og‘riqni qoldiradi. Ayniqsa, siqilishning oldini olishda yordam beradi. | 57 | 1,089 |
Ayollar | Barvaqt soch to‘kilishi oldini olish borasida maslahatlar | Bugungi kunda soch to‘kilishi muammosi faqat bir umr parhez qiladigan, hatto qahraton qishda ham bosh kiyim kiymaydigan, shuningdek sochini kimyoviy moddalar yordamida jingalak qiladigan ayollar uchun emas, balki erkaklar uchun ham dolzarb bo‘lib qoldi.
Sochlar – yaxshi oyoq kiyimi va ixcham gavda tuzilishi kabi tashqi ko‘rinishning tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Chiroyli va sochsiz bo‘lishga qaror qilishdan oldin, balki sochlarni parvarish qilishda quyidagi oddiy haqiqatlarni esda tutish kerak bo‘lar:
Sochlarni yumshoqqina qilib quriting
Jismoniy kuch yangi chiqqan sochlarning yashab qolishiga imkon bermasdan ularni sindiradi. Sochlarni quritish uchun namlikni yaxshi sindiruvchi, sifati muvofiq bo‘lgan yumshoq gazlama yoki maxsus sochiqdan foydalaning.
Qillari dag‘al bo‘lgan taroq ishlatmang
Ayniqsa dushdan keyin, sochlar hali ho‘lligida ularni tez va shafqatsiz ravishda tarash mutlaqo mumkin emas. Va umuman – sochlarni qo‘l bilan, ba’zan esa tabiiy materialdan qilingan taroq yordamida tarash mumkin va kerak.
Eng yaxshisi — sochni kalta qilib oldirish
Yosh ulg‘ayishi bilan sochlar ingichkalashadi va ularning uzun kokillarni ko‘tarishga kuchi yetmay qoladi. Shuning uchun sochlarni kalta qilib oldirish ham qulay va ham chiroyli ko‘rinadi.
Soch to‘kilishining oldini oladigan mahsulotlarni sinab ko‘ring
Bu faqat ayollarning tantiqligi deb o‘ylashni bas qiling. Ba’zan vositalarni aniq va samarali tanlash ham yaqinlashib kelayotgan muammoni bartaraf qilishga yordam beradi. Hozir dorixonalar tarmog‘i erkaklar sochlarini parvarish qilish vositalari bilan yetarlicha ta’minlangan.
Manba: Men’s Health | 57 | 1,628 |
Ayollar | Muddati o‘tgan kosmetika vositalaridan foydalanish mumkinmi? | Ko‘pchilik qizlarni saqlash muddati o‘tgan krem yoki lab bo‘yog‘idan foydalansa nima bo‘ladi, degan savol qiziqtiradi.
Ko‘pchilik kosmetika vositalari qutisi ustida maxsus belgi bor — ochiq banka tasviri, uning ichida esa raqam va M harfi. Raqam vosita ochilgandan keyin necha oy foydalanish mumkinligini bildiradi. Albatta, bu qat’iy qoida bo‘lmasa ham, har holda bu muddatni hisobga olish foydali.
Agar mahsulotning rangi, tuzilishi yoki hidi o‘zgargan bo‘lsa va terida yoqimsiz holat sezilsa yoki uning usti mog‘orlagan bo‘lsa demak bu uni tashlash vaqti kelganining belgisi bo‘ladi.
Qurib qolgan tushni suvda eritishga urinmang, uni darrov tashlab yuboring. Suv — bakteriyalar rivojlanishi uchun mukammal muhit hisoblanadi.
Mutaxassislar kosmetika vositalarining saqlanish muddati to‘g‘risida quyidagi tavsiyalarni beradilar:
Manba: “Wday.ru” | 60 | 848 |
Ayollar | To‘qimami yoki haqiqat: Bolaning Qorbobo haqidagi savollariga javob berishning 4 usuli | Bir kuni maktab yoki bog‘chadan kelgan bolangiz sizga Qorbobo rostan ham bor yoki yo‘qligi haqida savol berishi mumkin. Bunday vaqtda ota-ona qanday yo‘l tutishi, bolaning mo‘jizaga erta ishonmay qo‘yishining oldini olish uchun nima deb javob berishi kerakligi muhim sanaladi.
Shoshilmang
Bolalik tasavvurning chegarasi bo‘lmaydigan, ertak va mo‘jizalarni reallik deb qabul qilish mumkin bo‘lgan davr hisoblanadi. Bolangiz Qorbobo haqida o‘zi savol bermaguncha bu haqida gap ochishga shoshilmang. Farzandingiz mo‘jizani his qilib yashashiga qancha vaqt kerak bo‘lsa, shuncha imkon bering. Bolalar mo‘jizalarga shubha qilishni boshlasa, qiziquvchanlik bilan savollar berishni boshlaydi. Bunday vaziyatda yolg‘on gapirmaganingiz yaxshi. Ammo siz bolangizni mo‘jizalarga ishonmay qo‘yishiga erta deb hisoblasangiz, unda quyida nima qilish haqida aytib o‘tamiz.
Samimiy bo‘ling
Agar bolangiz nima uchun ko‘chada bir emas, 10 nafar Qorbobo uchradi, deb savol bersa ahmoqona bahona topishga urinmang. Buning o‘rniga bolangizga ular Qorbobo libosini kiygan oddiy odamlar ekani, Yangi yil shukuhi va kayfiyati bilan bo‘lishish uchun shunday yasanib olganini ta’kidlang. Odamlar o‘zi bayram tashkil qilishi mumkinligi, yaxshilik qilishi va boshqalar kayfiyati ko‘tarilishiga sababchi bo‘lishi mumkinligi, bu esa g‘oyat ijobiy xislat ekanligini tushuntiring.
Hafsalasini pir qilmang
Bolangizga Qorbobo yosh bolalarni ishontirish uchun o‘ylab topilgan obraz ekanligini aytadiganlarga qanday javob berishni o‘rgating. Agar sen Qorboboga ishonadigan bo‘lsang, u ham senga ishonadi, qabilida javob bersin. Bolangiz Yangi yil archasi tagiga Qorbobo emas, ota-onasi sovg‘a qo‘yishi mumkinligini bilib qolib, og‘riqli qabul qiladigan bo‘lsa, buni muhim emas, deb hisoblamasdan jiddiy o‘tirib gaplashib oling. “Biz uyda mo‘jizaviy muhit yaratish, bayramni qiziqarli va quvnoq o‘tishi, barchaning kayfiyati ko‘tarilishi uchun Qorboboning ishini bajaryapmiz”, — deb javob bering. Bolangizni o‘z o‘y-xayollari, tashvishlari bilan yolg‘iz qo‘yib qo‘ymang. U bilan gaplashishga, tushuntirishga harakat qiling.
Ramziy ma’noni tushuntirib bering
Bolangizga nima bo‘lgan taqdirda ham Qorbobo Yangi yil ramzi ekanini tushuntirib bering. U yo‘q bo‘lgan taqdirda ham bu bayramni boshqacha qabul qilishga turtki bo‘lmasligi kerak. Bola sovg‘ani ota-ona berishini bilishi mumkin, lekin shunday bo‘lganda ham ularning aksariyatiga Qorbobo senga sovg‘a berib yubordi degan so‘zni eshitish yoqimli bo‘ladi. Bolaga Qorbobo shunchaki ertak qahramoni va to‘qima obraz ekanini tushuntirib berishning universal retsepti yo‘q. Har bir bola uning qarashlari, oilaviy muhit va xohishlar bir-biriga o‘xshamaydi, o‘ziga xos bo‘ladi. Shundan kelib chiqib strategiya tanlang va nima deb javob berishni o‘ylab ko‘ring.
Jajji bolakay Qorboboni o‘rmondan kelgan, mehribon bobo deb o‘ylagani yaxshi. Lekin kattaroq bolalar uchun oppoq soqolli, qalpoq va libos ortiga yashiringan oila a’zosi kim ekanligini topadigan o‘yinga xos vaziyat tashkil qiling. Maksimal darajada to‘g‘ri javob bering. Ushbu usul farzandlari Qorbobo borligiga qattiq shubhalanganlar uchun qo‘l keladi. To‘g‘ri javob berish ba’zi vaqtda eng yaxshi variant hisoblanadi. | 86 | 3,191 |
Ayollar | Vanity Fair jurnali Lola Karimova-Tillayeva va uning The Harmonist brendi haqida maqola chop etdi | Vanity Fair jurnali Lola Karimova-Tillayeva va uning The Harmonist brendi haqida maqola chop etdi. Bu haqda Lola-Karimova Tillayeva o‘zining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Yangi The Harmonist Maison de Parfum atirlar uyi In va Yan uyg‘unligi falsafasiga tayanadi. “Atir haqida gap ketganda, ma’lum ifor barchaga ham birdek to‘g‘ri kelavermasligini yaxshi bilamiz. The Harmonist’ni yaratishda Fen-shuy ta’limotidan ilhomlandim”, – deydi brend asoschisi va iforlar uyg‘unligi konsepsiyasi muallifi Lola Karimova-Tillyayeva.
Ushbu brend atirlari besh unsur: tuproq, ma’dan, suv, yog‘och va olovni ifoda etadi.
Lola Karimova-Tillyayeva kolleksiya mukammal bo‘lsin deya Armani Privé, Tom Ford, Commes des Garçons va boshqa brendlar uchun ajoyib iforlar yaratgan parfyumer Giyom Flavini bilan hamkorlik qildi. Ijodkor hassosligi bilan Lola Karimova-Tillyayevaning ko‘ngliga yo‘l topa oldi. Shu tariqa iforlar olami sari sirli sayohat boshlandi. Besh yillik izlanishlar mobaynida L.Karimova-Tillyayevaga Flavinining har bir unsurdan favqulodda mahorat bilan foydalana olishi manzur bo‘ldi.
“Giyom bilan hamkorlikdan ko‘nglim to‘ldi. U haqiqiy professional sifatida mening ijodiy g‘oya va qarashlarimni ro‘yobga chiqara oldi”, – deydi u.
Lola Karimova-Tillyayeva chinakam uyg‘unlikni go‘zallik kaliti deb biladi va to‘g‘ri tanlangan ifor insonning orzu-istaklari ro‘yobiga yordam berishiga ishonadi. | 97 | 1,400 |
Ayollar | Barvaqt qarishga olib keluvchi odatlar | Ba’zi odatlar odamning erta keksayishiga sababchi bo‘lishi mumkin.
Me’yoridan kam uxlash terida barvaqt qarish belgilari paydo bo‘lishiga va muhitning zararli ta’sirini qayta tiklash qobiliyatining pasayishiga olib keladi.
Shirinlikni me’yoridan ko‘p iste’mol qilish – umrni qisqartiruvchi eng zararli odatlardan biri hisoblanadi.
Yoshlikni saqlab qolishni xohlaysizmi? Quyoshli paytlarda SPF-15 kremidan foydalaning, quyoshdan himoya qiluvchi ko‘zoynak taqing, shlyapa kiying.
Skrab yoki terini tozalashning boshqa usullarini suiiste’mol qilish terining barvaqt qarishining tezlashuviga olib keladi. Ayniqsa ayollar uchun terini qo‘pol ravishda tozalash – qarilikni tezlashtiruvchi yo‘l hisoblanadi.
Muntazam ravishda kam harakatlanish – yurak-tomir, saraton, diabet kasalliklarining kelib chiqish xavfini kuchaytiruvchi omil hisoblanadi. | 38 | 840 |
Ayollar | Yaroqlilik muddati hech qachon tugamaydigan iste’mol mahsulotlari | Oshxonangizda borligi yodingizdan chiqib ketgan mahsulotlar hali ham turganiga guvoh bo‘lsangiz, ularni tashlab yuborishga shoshilmang. Ayniqsa, quyidagi ro‘yxatdan o‘rin olgan bo‘lsa.
Donli mahsulotlar
Loviya, no‘xat, yasmiq va boshqa donli mahsulotlarning rangi o‘zgarishi mumkin, lekin shunda ham ularni iste’mol qilsa bo‘ladi. Tadqiqotda 30 yildan ortiq saqlangan loviyaning sifati shuncha yildan keyin ham o‘zgarmagani aniqlangan.
Tuz
Tuz — mineral va uning buzilishi mumkin emas. Unga suv tegsa qotib qolishi mumkin, lekin xususiyati o‘zgarmaydi. Yodlangan tuzni esa bir yildan uzoq saqlab bo‘lmaydi. Chunki bu vaqt davomida yod bug‘lanadi. Shunga qaramasdan osh tuzi sifatida foydalansa bo‘ladi.
Sirka
Oq sirka uzoq yillar davomida saqlanadi. Buning uchun quyosh nurlaridan uzoqda yoki issiq bo‘lmagan joyda bo‘lishi kerak, yo‘qsa cho‘kma hosil bo‘lishi va mahsulot ta’mi ham o‘zgarishi mumkin.
Shakar
Shakarning ham tuz kabi saqlanish muddati bo‘lmaydi. Ammo u ham suv yoki namlik sabab qotib qolishi mumkin. Shunga qaramasdan uni ham ishlatsa bo‘ladi. Jigarrang shakar va shakar kukuni ham yillar davomida aynimasdan saqlanadi.
Asal
Asal tabiiy va ishlab chiqaruvchi tomonidan boshqa qo‘shimchalar qo‘shilmagan bo‘lsa, aynimaydi. Xarid qilishda shoshilmasdan, tabiiy ekaniga ishonch hosil qilish kerak. Asal yillar davomida sifati va ta’mi o‘zgarmasdan saqlanadi, faqat suyuqligi avvalgiday bo‘lmasdan, qattiqlashib borishi mumkin. Lekin avvalgidek mazali bo‘lib qoladi.
Guruch
Guruch sovuq haroratni yaxshi ko‘radi. Uning saqlanishi uchun mukammal harorat — 5-15 daraja hisoblanadi. Agar shunday haroratda bo‘lsa, 30 yil davomida aynimasdan saqlanadi. Germetik idishdagi guruch esa xona haroratida bir yarim yildan uzoqqa bormaydi.
Quruq sut
Agar mazkur sut mahsuloti barcha sanitar qoidalarga amal qilingan holda ishlab chiqarilgan bo‘lsa, uzoq yillar davomida saqlanishi mumkin. Uni yaxshilab yopiladigan qopqoqli idishda, quruq joyga qo‘yish kerak.
Quritilgan go‘sht
Agar go‘sht to‘g‘ri quritilgan va barcha ehtiyot choralariga amal qilingan bo‘lsa, quruq va qorong‘i joyda 50 yilgacha saqlasa bo‘ladi.
Soya sousi
Soya sousi ochilganidan keyin 3 yilgacha saqlash mumkin. Uning hidi o‘zgarishi va cho‘kmalar hosil bo‘lishi mumkin, ammo aynimaydi va mazasi o‘zgarmaydi. | 65 | 2,281 |
Ayollar | Uydagi noxush hidlardan qutulamiz | Uydagi noxush hiddan qutulish uchun birinchi navbatda uning manbasini topish zarur. Faqat shu yo‘l bilan xonadoningizga toza havoni qaytarish mumkin.
Agar uyingizdan xuddi noturar joylarda bo‘lganidek zax hidi kelsa, buning sababchisi mog‘or bo‘lishi mumkin. Mog‘or ko‘pincha namlik darajasi yuqori bo‘lgan, issiq va havo yaxshi aylanmaydigan joylarda paydo bo‘ladi. Zamburug‘ning o‘sish va ko‘payish jarayonida yoqimsiz his tarqaladi.
Mog‘ordan quyidagi vosita yordamida qutulishingiz mumkin: tarkibida xlor mavjud bo‘lgan oqartiruvchi vositani 1:10 nisbatda suvda eriting; aralashmani mog‘or hosil bo‘lgan joylarga suring, bunda qo‘lingizga maxsus qo‘lqop kiyishni unutmang.
Kuyuk yoki uy hayvonlari hididan gilam va devorlarni oq sirka va suv aralashmasi yordamida artib chiqish orqali xalos bo‘lish mumkin. Bu vosita nafaqat hidlarni emas, balki dog‘larni ham ketkazadi.
Shuningdek, yarim stakan nashatir spirtini besh litr suvda aralashtirib, uni pol va devorlarga surib chiqish mumkin. Bir necha daqiqadan so‘ng toza suv bilan artib olinadi.
Yoqimli hidlar tozalikdan boshlanadi. Biroq xushbo‘y chiroq va shamlar, havoni tozalovchi maxsus vositalar yordamida yanada yoqimli muhitni yaratish mumkin.
Bir nechta hayotiy tajribalar
— Paxta diskini o‘zingiz istagan efir moyi bilan namlang. Uylarni tozalay boshlaganingizda changyutkich birinchi uni yutsa, xonalarni tozalashda ular xushbo‘y hidga to‘ladi.
— Agar mikroto‘lqinli pechga taomlar hidi, masalan, popkorn yoki pishloq hidi o‘tirib qolgan bo‘lsa, uni quyidagi usul yordamida tozalash mumkin: suv solingan idishga limon yoki apelsin yog‘i tomizib, uni maksimal quvvatda yoqilgan pechda qaynatish lozim.
— Kiyim shkafidan yoqimli hid taralishi uchun kichikroq mato qopchaga soda solib, bir necha tomchi lavanda moyi tomizing. Uni yaxshilab bog‘lab, kiyimlar orasiga solib qo‘ying.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 33 | 2,015 |
Ayollar | Linza foydalanuvchilari diqqatiga: ularni ishlatishda yo‘l qo‘yiladigan 6 ta xato | Kontakt linzalar – bu hayotni ancha oson va qulaylashtiradigan insoniyatning bebaho ixtirolaridan biridir. Ammo agar qoidalarga rioya qilinmasa, oqibati yaxshi bo‘lmasligi ham mumkin.
Doim ham qo‘llarni yuvmaslik
Birinchi va ehtimol, eng muhim qoida: linzalarni o‘rnatish yoki olib tashlashdan oldin, qo‘llarni sovun bilan yaxshilab yuvish kerak. Bundan tashqari, barmoqlarga alohida e’tibor berilishi lozim. Kun davomida qo‘llarimiz ko‘plab bakteriyalar bilan aloqa qiladi va bu nafaqat ko‘chada yoki jamoat transportida, balki uyda ham sodir bo‘ladi. Patogenlar qo‘llarning yuzasidan ko‘zning shilliq qavatiga o‘tishi va yallig‘lanishni keltirib chiqarishi mumkin.
Linzalardan kerakli vaqtdan ko‘proq foydalanish
Agar ikki haftalik linzalardan ikki baravar ko‘proq foydalanilsa va kamida ikki kun davomida muntazam linzalar olinmasa, ko‘p narsalarni tejash mumkin, shunday emasmi? Ammo aslida, bu juda yomon g‘oya. Agar foydalanish muddati tugagan bo‘lsa, bu ko‘zlar uchun juda xavflidir. Kontakt linzalarni uzoq vaqt davomida ishlatish shox pardaga shikast yetkazishi ham mumkin.
Linza bilan uxlash
Ko‘pgina linzalar tunda foydalanish uchun mo‘ljallanmagan. Gap shundaki, yopiq ko‘zlar linzalardan deyarli kislorod olmaydi, shuning uchun shifokorlar linzalarni qisqa vaqt uxlashdan oldin ham olib tashlashni maslahat beradi.
Tozalik qoidalariga rioya qilmaslik
Qoida linzalarni yechib, idishga solib qo‘yishdan iborat, deydiganlar adashadi. Linzalar nafaqat yaxshi ko‘rishga yordam beradi, balki qo‘shimcha ravishda ko‘zlarni ifloslanishdan himoya qiladi. Ishlatilgandan so‘ng dezinfeksiyalovchi eritma qo‘llaniladi va ko‘rsatkich barmoq bilan ikki tomondan yumshoq silanadi. Keyin yuviladi va shundan keyingina bir kechaga idishga solinadi.
Linza idishini yuvmaslik
Yana bir keng tarqalgan xato! Idishdagi suyuqlikni har kuni almashtirish kerak. Shundan keyin uni dezinfeksiyalovchi eritma bilan yaxshilab chayib, mato ustiga teskari qo‘yib quritiladi. Keyingi ishlatishdan oldin idish quruq ekaniga ishonch hosil qilish lozim: nam muhit esa bakteriyalar ko‘payishi uchun ideal sharoit hisoblanadi.
Avval pardoz, keyin linza
Linzalarni taqish vaqtida pardoz kukuni vat tenlarning mayda zarralari linzalarga tushishi mumkin. Shuning uchun pardozni linzalarni o‘rnatgandan so‘ng amalga oshirish kerak. Bundan tashqari, ishlab chiqaruvchilar ko‘zga zarar bermaslik uchun yog‘li tenlardan foydalanishni maslahat beradi. | 81 | 2,420 |
Ayollar | Ertalabki shoshma-shosharlikni yengishning 9 ta yo‘li | Oiladagilar ertalab biri ishga, biri maktabga va birlari esa bog‘chaga borish uchun tayyorlanishi, nonushta qilishi va eng asosiysi kechikmasligi kerak bo‘ladi. Bizning maslahatlarimiz sizga ertalabki shoshma-shosharlikning uddasidan chiqishga yordam beradi.
Ertalabga qoldirmasdan hammasini kechqurun tayyorlab qo‘yishga harakat qiling. Bu dazmollashga ham, sumkalarni yig‘ishga ham va iloji bo‘lsa, nonushta tayyorlashga ham tegishli.
Oilaning boshqa a’zolaridan ertaroq turing va bu vaqt davomida siz bemalol dush qabul qilsangiz yoki maza qilib qahva ichsangiz bo‘ladi.
Agar farzandingiz har kun ertalab odatdagi ishlarni bir xil tartibda bajarsa, demak u nimadan keyin nimani qilish kerakligini biladi. Unga ertalabki zarur ishlar ro‘yxatini tuzishga yordam bering va sizga hadeb eslataverishga to‘g‘ri kelmaydi.
Farzandingiz zimmasiga vazifalar yuklab qo‘ying. Uni nonushtadan keyin ovqatlanadigan stolni artishga yoki idishlarni yuvuvchi mashinaga joylashtirishga javobgar qilib tayinlang.
Oldinroq dasturxon tuzang yoki kerakli ovqatlanish anjomlarini tayyorlab qo‘ying.
Ko‘pchilik uchun bu odatdan qutulish juda qiyin, lekin ekrandagi tasvirlar bolani tayyorlanishdan chalg‘itishi mumkin.
Kerakli narsalarni shoshilinchda izlab qolishdan qutulish uchun dahlizdan maktab sumkasi, sport formasi uchun sumka va shunga o‘xshash narsalar uchun maxsus joy ajrating.
Agar ertalab sizning kayfiyatingiz joyida bo‘lmasa, bola buni his qiladi. Lekin baribir sizni asabiylashishdan saqlashning uddasidan chiqa olmaydi. Shuning uchun xotirjam bo‘lishga harakat qiling. Masalan, ertalab bolalarni tezroq kiyinishga undashning o‘rniga tez kiyinish bo‘yicha musobaqa o‘rnating.
Bu sizga ham va bolaga ham tegishli. Agar sizning ertalab uyg‘onishingiz qiyin bo‘lsa, ertaroq uxlashga yoting.
Manba: “Garmoniya jizni” | 53 | 1,810 |
Ayollar | Har 15 soniyada sotiladigan, dunyo bo‘yicha eng mashhur go‘zallik mahsulotlari | 15 soniyada nima qilishingiz mumkin? Instagram’da bir-ikkita rasmlarni tomosha qilishga ulgurasiz, xolos. Bu vaqtda esa go‘zallik sanoati vakillari vaqtini behuda sarflamaydi va har 15 soniyada dunyodagi eng mashhur quyidagi kosmetik vositalarni sotadi.
Better Than Sex Mascara, Too Faced tushi yuzlab raqiblarini ortda qoldirib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oladi. Mahsulot tarkibida kollagen mavjud bo‘lib, birinchi bo‘yashdayoq kirpiklarni qalin qiladi. Ikki marotaba bo‘yash esa undan a’lo natijani beradi — hajm, alohidalik va uzunlik. Mahsulotning nozik pushti idishi har 15 soniyada sotilib ketishi ajablanarli emas!
The Eraser Eye Concealer, Maybelline New York — konsilyer
Konsilyersiz pardoz mukammal bo‘lolmaydi. Yana qaysi mahsulot bir vaqtning o‘zida beshta muammoga yechim bera oladi: toshma, qizarish, chandiqlarni qoplash, kontur qilish, ko‘z ostidagi ko‘karishlar yashirish? Bularning barchasi Maybelline New York kosmetikasining mutlaqo bestselleriga aylangan konsileri natijasidir.
Yana bir betakror byuti-mahsulot — YSL Beauty’dan Touche Eclat. Uning yordami bilan bir necha soniya ichida yuzingizdagi uyqusizlik izlarini yashirishingiz mumkin. Shaffof konsiler teriga yengil singadi, terini tortmaydi, ajinlar ichiga kirib, ajratib qo‘ymaydi. Bu yil brend Touche Eclat High Cover bestsellerining zichroq versiyasini ishlab chiqardi.
Afsonaviy qizg‘ish Orgasm rumyanasi o‘zining pushti-shaftolirang rangi bilan ayollar qalbini zabt etgan, shuning uchun ham bu mahsulot do‘kon peshtaxtalariga qo‘yilishi bilan sotilib ketadi. Ushbu universal rumyana haqida eshitmagan qiz bo‘lmasa kerak.
Estée Lauder terini qayta tiklovchi zardobi bir kechaning o‘zidayoq mo‘jizalar yaratib, yuz terisini silliq, mayin va yorqin qiladi. Undan nafaqat yotishdan oldin, balki kunduzgi pardozdan avval ham foydalanish mumkin. Agar teringizda qattiqlik va quruqlikni his qilsangiz, zardobni praym bilan ishlatib ko‘rishingizni maslahat beramiz. U darhol suvsizlangan va charchagan yuz terisini tiklaydi.
Sharlotta Tilberining lab uchun qalami allaqachon go‘zallik doiralarida afsonaga aylanishga ulgurgan. Emma Roberts, Aleksa Chang va boshqa mashhur shaxslar universal rangni sinab ko‘rishgan. O‘zining kremli teksturasi va lab bo‘yog‘ining chidamliligini uzaytirish qobiliyati tufayli qalam butun dunyo bo‘ylab makiyajni sevuvchilar tomonidan tan olingan.
Fransiyaning Bioderma brendiga tegishli mitsellar suvi deyarli har bir qizda bo‘lishi shart. Mahsulot nafaqat pardozni tozalaydi, balki terini tinchlantiradi, tiklaydi va yangilaydi. Aytgancha, bunda vaqtingiz ham tejaladi, chunki chayish shart emas.
Yangi Zelandiyada ishlab chiqarilgan organik brendining atirgul moyi terini qutqaruvchi vositadir. Uning tarkibida 80 foiz yog‘ kislotalari, antioksidantlar va E vitamini mavjud bo‘lib, ular terini namlaydi va hujayralarning yangilanishiga yordam beradi. Mahsulot yuzda yaxshi so‘riladi va terini oziqlantirib, uni silliq va tarang qiladi. | 78 | 2,967 |
Ayollar | Avtomobilda uzoq yo‘lga otlanganlar uchun qiziqarli o‘yinlar | Ayniqsa, bolalar bilan avtomobilda sayohatga chiqqan bo‘lsangiz, ularning yo‘lda zerikib qolishi ehtimoli katta. Maqolada keltirilgan o‘yinlar bilan esa vaqt qanday o‘tib ketganini sezmay qolasiz. Ba’zi o‘yinlarni esa nafaqat mashinada, balki oddiy oilaviy yoki do‘stona o‘tirishlarda ham o‘ynash mumkin.
Har bir ishtirokchi yaqindagi avtomobillardan birini tanlaydi va boshqa ishtirokchidan u haqda hikoya so‘zlab berishni so‘raydi. Fantaziyaning chegarasi belgilanmagan, eng qiziqarli va kreativ hikoya esa g‘olib bo‘ladi.
Agar yo‘lingiz qishloq joydan o‘tgan bo‘lsa, bu o‘yin sizga mos tushadi. Uning mohiyati oddiy. Avtomobilning siz o‘tirgan tomonidan sigir ko‘ringanida har safar “Men tomonda sigir!” deb baqiring, shunda bir ochkoga ega bo‘lasiz. Agar sigir mashinaning boshqa tomonida bo‘lsa, raqibingizdan avval “Sen tomonda sigir!” deb baqirishga ulgursangiz, uning ochkosini qo‘lga kiritasiz.
Barcha ishtirokchilar qo‘l kaftlarini ochib turadi va har biri navbat bilan hech qachon qilib ko‘rmagan ishini aytadi. Bu ishni qilganlar esa barmoqlarini bukadi. Ikkala qo‘lidagi barcha barmoqlarni birinchi bo‘lib bukib bo‘lgan ishtirokchi yutqazadi.
Barcha ishtirokchilar faqat qo‘shiqlardan olingan iqtiboslar yoki qo‘shiqlar nomlari bilan suhbatlashishi kerak. Tez orada kuylab yuborish xohishi tug‘iladi, ammo bu qat’iyan taqiqlangan!
Bunda ikki kishi musobaqalashadi, qolganlar hakamlik qiladi. Dastlab qo‘shiq tanlanadi. Hakam mavzuni aytadi, masalan, 90-yillardagi mashhur qo‘shiqlardan. Ishtirokchilar mos qo‘shiqni tanlab oladi va navbat bilan uni ijro etadi. Shundan so‘ng hakam kim yaxshi kuylaganini aniqlaydi.
Manba: Woman’s Day | 60 | 1,647 |
Ayollar | Haddan tashqari ko‘p terlaydiganlar uchun 10 ta layfxak | Gipergidroz kundalik hayotda juda ko‘p noqulayliklarni keltirib chiqaradi. Ko‘p terlashning sababi nima bo‘lishidan qat’i nazar, ko‘pchilik tananing bu kabi xususiyati bilan moslashib yashashga ko‘nikadi. Quyida esa shunday insonlarga yordam berishi mumkin bo‘lgan tavsiyalar mavjud.
Tabiiy matodan tikilgan kiyimlarni kiying
Iloji boricha hamisha havo o‘tkazadigan matolardan tikilgan kiyimlarni kiyishga harakat qilish kerak. Paxta matosidan tikilgan kiyimlarning asosan oq yoki och rangdagilari ham quyosh nurini qaytaradi.
Gigiyenik vositalardan foydalaning
Hozirda qo‘ltiq osti sohasi uchun maxsus yostiqchalar ishlab chiqarilgan bo‘lib, ular to‘g‘ridan to‘g‘ri kiyimga yopishtiriladi. Shuningdek, ular namlikni o‘ziga shimib, yoqimsiz hidlarni bartaraf etadi. Bu esa muammodan qutulishga biroz bo‘lsa-da yordam beradi.
Antiperspirant salfetka sotib oling
Ko‘p terlashga moyil insonlar yonida doimo antiperspirant salfetka bo‘lgani yaxshi. Ular, ayniqsa, yoz kunlarida yuz va tanaga g‘amxo‘rlik qilishni yengillashtiradi.
Oyoqlar terlaganda
Oyoq terlashini kamaytirish yoki yoqimsiz hidni bartaraf etish uchun bolalar kukuni yoki talk upasini surtish kerak. Kukun suyuqlikni yutadi va terini bakteriya hamda zamburug‘lardan himoya qiladi.
Oyoq uchun maxsus tagliklar
Gipergidroz − bakteriyali infeksiyaning keng tarqalgan sabablaridan biri. Chunki nam poyabzal patogenlar uchun ideal muhit hisoblanadi. Shuning uchun namlikni yutadigan hamda terini kasallikdan himoya qiladigan maxsus oyoqkiyim tagliklaridan foydalanish zarur.
Iste’mol sodasi yordam beradi
Ter tufayli kiyimlarda qoladigan yoqimsiz dog‘lar paydo bo‘ladi. Ularni bartaraf etishning eng oson usuli iste’mol sodasidir. Mahsulot kerakli joyga surtiladi va 30-60 daqiqaga qoldiriladi. So‘ngra kiyim odatdagidek yuviladi.
Qahva va achchiq taomlardan cheklaning
Kofeinli, alkogolli ichimliklar, achchiq va sho‘r taomlar tanada issiqlik ishlab chiqarilishini oshiradi. Demak, ovqatlanish borasida ham ehtiyot bo‘lish zarur. Issiq kunlarda oddiy choy yoki suv ichish tavsiya etiladi. Pomidor sharbati ham terni kamaytirishga yordam beradi. Ichimlik ter bezlari kanallarini to‘sib qo‘yadigan va namlik tezligini pasaytiradigan biriktiruvchi xususiyatga ega.
Kiyimlarni to‘g‘ri tanlang
Har qanday mavsum uchun kiyimlarni to‘g‘ri tanlash lozim. Issiq kunlarda terlatadigan, qalin liboslardan qochish kerak. Qulay uslub kiyimdagi nam doirachalardan qochishga yordam beradi.
“Navbatchi chamadon”ni yig‘ing
“Navbatchi chamadon” ichida eng kerakli vositalar bo‘lishini unutmaslik lozim. Masalan, dezodarant, salfetka va shunga o‘xshash gigiyenik vositalar. Ularni mashina yoki ofisning shaxsiy shkafida saqlash mumkin.
Jurnal tuting
Jurnalga asosan organizmda ro‘y berayotgan holatlar, terlashdagi o‘zgarishlar haqidagi ma’lumotlarni kiritib borish shifokor huzuriga borganda juda foyda keltiradi. | 55 | 2,856 |
Ayollar | Sochlarni fen va dazmolsiz tekislashning 5 usuli | Sochlarni tekislash uchun har doim ham dazmol va fendan foydalanish yaramaydi. Haroratning issiqligi hisobiga soch tolalari qurishi va shikastlanishi mumkin. Quyidagi zararsiz usullar esa bu borada sizga yordam berishi mumkin.
“Toga”
Lotin amerikaliklar sochlarini aynan mana shunday tekislashni afzal biladi.
Qanday qilinadi?
Kechasi yuvilgan sochni tabiiy yo‘l bilan quriting. Sochlarni bosh atrofida aylantirib, qisqich bilan yig‘ing. Tongda natijadan ko‘zingiz quvnashi aniq.
Bigudi yordamida
Sochlarni bigudi yordamida tekislash ham mumkin. Bu borada yopishqoq, plastikdan ishlangan bigudi ayni muddao. Ulardan foydalanganda soch tabiiy tekis ko‘rinadi. Buning uchun nomiga quritilgan sochlarni bigudiga o‘rab, tabiiy qurishini kutish kerak. Keyin sochlarni qo‘l yordamida tarash lozim.
Laminatsiya
Ushbu muolajani professionallar yordamida yoki uy sharoitida jelatin bilan amalga oshirsa bo‘ladi. Ushbu texnika yordamida soch tekis, qalin va jilokor ko‘rinadi. Go‘zallik salonlarida ushbu texnika aksariyat hollarda sellyulozali tarkib bilan qilinadi. Uyda esa bir osh qoshiq jelatinga uch qoshiq suv qo‘shib, bir muddat ustini yopish, keyin esa mikroto‘lqinli pechga qo‘yish kerak. Bir osh qoshiq balzam qo‘shilganidan keyin aralashma sochga surtiladi. Ildizidan bir necha santimetr qolishi kerak. Soch ustidan polietilenli qalpoq kiyib, sochiq bilan o‘rash lozim. 60 daqiqadan keyin sochni shampun bilan yuvib, tabiiy usulda quritish kerak.
Sirkadan foydalanish
Sochni sirka qo‘shilgan sovuqroq suvda yuvish ham yaxshi samara beradi. Buning uchun aralashmadan biroz sirka ta’mi kelib tursa kifoya.
Rezinka yordamida
Sochni ikkiga bo‘lib, pastdan yig‘ing. Yaxshilab tarang va har 3 santimetrga rezinka taqib chiqing. Tongda rezinkalarni yechib, qo‘l bilan tarash kerak. | 48 | 1,778 |
Ayollar | Mutaxassis maslahati: jazirama kunlarda suvni qanday ichish kerak? | Suv tananing hamma qismida mavjud: eng ko‘p o‘pkada — 90 foiz, suyak to‘qimasida kamroq — 0,2 foiz. Uning asosiy vazifasi organizm ishlashini ta’minlashdir. U ko‘plab biokimyoviy jarayonlarda ishtirok etadi: ovqat hazm qilishni normallashtirishga yordam beradi, tana haroratini saqlaydi, qon yopishqoqligini kamaytiradi, miya normal ishlashi va bo‘g‘inlar ko‘proq harakatchan bo‘lishi uchun kerak. Sog‘lom turmush tarzi va sport sohasidagi mutaxassis Yekaterina Davidova suv haqida ko‘plab ma’lumotlar beradi.
Organizmga suv yetishmasligi nimalarga olib keladi?
Yetarlicha suv ichmayotganimizni qanday bilish mumkin?
Ovqatdan keyinmi yoki ovqat paytida?
Ovqatdan keyin suv ichish mumkinmi? Mumkin, lekin me’yorida. Faqat u iliq, tana haroratida ekanligiga ishonch hosil qiling — bu ovqat hazm qilishga ijobiy ta’sir qiladi.
Ovqatlanayotganda-chi? Ha, ayniqsa guruch kabi quruq ovqat iste’mol qilsangiz. Faqat chaynash paytida ichmang: bu vaqtda mahsulotlar ovqat hazm qilish uchun zarur bo‘lgan tupuk va fermentlar bilan to‘yinadi. Ovqat bilan gazlangan yoki shakarli ichimliklar ichmang.
Yotishdan oldin suv ichish mumkinmi? Kechasi uyg‘onib, hojatga chiqmaslik va ertalab shish bilan uyg‘onmaslik uchun yotishdan oldin suyuqlik ichmaslik kerak.
Kun davomida suvni qanday ichish kerak? Bir vaqtning o‘zida 1-1,5 litr ichgandan ko‘ra asta-sekin, lekin har soat ichgan ma’qul.
Muhim qoidalar
Uyg‘onganingizda och qoringa bir stakan suv iching. Bu tana uyg‘onishiga, muhim jarayonlarni boshlashiga, tun davomida hosil bo‘lgan suyuqlik tanqisligini to‘ldirishga, shuningdek, qon aylanishini yaxshilashga yordam beradi.
Nonushta, tushlik, kechki ovqatdan yarim soat oldin bir stakan suv iching. Bu ochlik tuyg‘usini kamaytiradi, oshqozonni qisman to‘ldiradi, suyuqlik yetishmovchiligida bo‘ladigan ochlikni yo‘q qiladi. Ushbu chora ovqatni kamroq yeyishga va ovqat hazm qilishni yaxshilashga yordam beradi.
Agar mashq qilsangiz, ko‘proq iching. Mashg‘ulot paytida tana juda ko‘p namlikni yo‘qotadi, yo‘qotishni to‘ldirish kerak. Mashg‘ulotdan 1,5-2 soat oldin suv iching. Jismoniy mashqlar paytida har 15-20 daqiqada bir qultum, ko‘p terlamaslik uchun bir stakan ichish mumkin, lekin bundan ko‘p emas.
Shuni yodda tutingki, ba’zida hayot beruvchi namlikka bo‘lgan ehtiyoj keskin oshadi. Bu issiqda, samolyotda, tana haroratining ko‘tarilishi, stress, shuningdek, homiladorlik va laktatsiya davrida sodir bo‘ladi.
Xohlamasa ham suv ichishim kerakmi?
Ilmiy nuqtayi nazardan, faqat chanqagandagina emas, balki tomoqni ho‘llash uchun kuchli istak paydo bo‘lishidan ancha oldin suv ichish lozim. | 66 | 2,589 |
Ayollar | Belni yashirib, to‘la ko‘rsatadi: Hech kimga yarashmaydigan kofta modellari (foto) | Aslingizdan to‘laroq ko‘rinishni va qomatdagi kamchiliklarga urg‘u berishni istamasangiz xarid qilmaslik kerak bo‘lgan bluzka modellari qaysilardan iborat ekanligi haqida ma’lumotga ega bo‘ling.
Bel qismiga urg‘u berilgan yengi kalta bluzka
Bunday bichimli kofta qomatni xunuk ko‘rsatadi. Yengi kaltasi esa nafaqat qorin va bel qismidagi kamchiliklarga urg‘u beradi, balki yelkani katta qilib ko‘rsatadi. Qolaversa, bunday bluzkalar allaqachon urfdan qolgan va zamonaviy obraz uchun xos emas.
Katta bezakli bluzka
Bog‘ichli, bantli va katta ko‘zga tashlanadigan elementli kiyimlarni kiymaslikka harakat qiling. Ular nafaqat qomatdagi kamchiliklarga urg‘u beradi, balki aslidan to‘laroq qilib ko‘rsatadi.
Haddan ortiq tor bo‘lgan
Hech nima obrazni to‘g‘ri tanlanmagan ustki kiyimchalik buza olmaydi. Bunday kiyim nafaqat xunuk, balki noqulay hamdir. Qolaversa, torligi sabab qomatdagi muammoli qismlarni ko‘zga tashlanishiga sababchi bo‘ladi. Shu sabab ham tanlov borasida ehtiyot bo‘lish va o‘lchamdan kichik kiyim olmaslik tavsiya qilinadi.
Bel qismi libos etagidek keng bichilgan bluzka
O‘tmishda qolib ketgan bunday kofta, qomatni ko‘ngildagidek ko‘rsatmaydi. Bir tomondan belni ingichka ko‘rsatishi mumkinligi to‘g‘ri, lekin beldan pastki qismlarga urg‘u berib to‘laroq ko‘rinishga sababchi bo‘ladi.
Yirik printli bluzka
To‘ladan kelgan ayollarga katta printli bluzkalarni tanlamaslik tavsiya qilinadi. Yoshga nisbatan katta ko‘rinishni istamasangiz, kattaligi kaftdek keladigan shakllar, chiziqlar va tropik palma singari suratlar tushirilgan liboslardan voz keching.
Yupqa trikotajdan tikilgan bluzka
Bunday matodan tikilgan asosan kiyimlar nozik qizlargagina yarashadi. Boshqalar kiyganda hatto ko‘zga tashlanmaydigan kamchiliklarga ham urg‘u beriladi.
Bo‘yin qismi dumaloq qilib bichilgan bluzkalar
To‘la va do‘mboq ayollarga bo‘yin qismi dumaloq shaklda ochiq bo‘lgan liboslarni tanlamaslik tavsiya qilinadi. Yaxshisi bo‘yinni uzun, qomatni esa ixchamroq ko‘rsatadigan V shaklidagi kiyimlarni tanlang. | 82 | 2,017 |
Ayollar | Oshxonada bekorga joy egallaydigan, allaqachon tashlab yuborish kerak bo‘lgan buyumlar | Keraksiz buyumlar yillar davomida sezilmas tarzda to‘planadi. Oshxona javonlari va shkaflardagi bo‘sh joyning asosiy ulushini tashlab yuboriladigan narsalar egallaydi.
AdMe nashri qaysi uy-ro‘zg‘or buyumlarini tashlab yuborish yoki zamonaviyroqlari bilan almashtirish kerakligi haqida ma’lumot beradi.
Oshxona anjomlari uchun taglik
Dastlab bunday taglik g‘oyasi juda zo‘r edi: suv pichoqdan vertikal holatda oqardi. Qurigandan so‘ng, ularni darhol shkafga solib qo‘yish kifoya edi. Ammo amalda taglik tez-tez mog‘orlay boshladi, qurilma qulay bo‘lsa-da, uning ichida mikroblar ko‘payish ehtimoli ko‘p .
Sous idishi
Sous idishi garchi chiroyli ko‘rinishga ega bo‘lsa-da, javonda qo‘shimcha joy egallaydi. Bunday idishdan eng keng tarqalgan sous — ketchupni quyish ham noqulay. Bundan tashqari, ko‘pincha paketdagi tayyor souslar ishlatiladi.
Sovutkich javonidagi souslar
Sovutkichni tekshirib ko‘ring — shubhasiz, uning eshigida joylashgan souslar olinganiga yillar bo‘lmasa-da, oylar bo‘lgandir. Kamdan kam hollarda souslarning saqlash muddatiga e’tibor beriladi, aslida ochilgan idish 1 oydan 6 oygacha saqlanishi mumkin.
Qisqichli kiyim ilgichlar
Do‘kon javonlari turli xil kiyim ilgichlar bilan to‘la: yog‘och, plastmassa, temir. Shim osib qo‘yish mumkin bo‘lgan alohida qisqichli kiyim ilgichlar ham bor. Bunday qisqichlar matoda iz va burmalarni qoldiradi, keyin ularni ketkizish qiyin. Mutaxassislar shimlarni oddiy ilgichga osib qo‘yishni tavsiya qiladilar.
Maishiy texnika qutilari
Odatda uy-ro‘zg‘or buyumlari uchun kafolat 1-3 yil ichida tugaydi, lekin ularning qutilari yillar davomida shkafda joy egallaydi. Darhaqiqat, ularni umuman saqlash shart emas — kafolat shartlarini o‘qing. Ko‘pgina ishlab chiqaruvchilar qurilmalarni qadoq qutilarisiz qabul qiladi, kafolat talonining o‘zi yetarli.
Hammomdagi javon
Yuvinish xonasidagi javon tezda toza ko‘rinishini yo‘qotadi, zanglaydi va faqat behuda joy egallaydi. Agar sizga bunday buyum kerak bo‘lsa, pastki qismida teshiklari bo‘lgan plastmassadan foydalangan ma’qul: uni olish ham, yuvish ham oson. Kosmetikalarni iloji boricha hammomda saqlamang: issiqlik va namlik ta’sirida holati yomonlashadi.
Oshxona sochig‘i
Oshxona sochig‘ini bir necha kunda, iloji bo‘lsa kunora o‘zgartirish kerak. Bunday buyumda bakteriyalar ko‘p bo‘ladi Sochiq bilan nafaqat nam qo‘llar, balki hamma narsa: stol, boshqa yuzalar, idishlar artiladi. Buning o‘rniga, bir marta ishlatiladigan mato va qog‘oz sochiqlardan foydalangan yaxshi.
Metall gubka
Avvallari metall gubka oshxonada ajralmas yordamchi edi. Bu kostryulkalar va idishlarni tozalashni osonlashtiradi. Ammo endi do‘konda yog‘ ketkizadigan boshqa vositalar ko‘p. Bunday metall buyumlar kostryulkalarning nozik qoplamasini chizib, buzadi. | 86 | 2,749 |
Ayollar | 2021-yil bahor va yoz mavsumida urfga kiradigan sumkalar (foto) | Bahor-yozgi obraz o‘ziga xos ko‘rinishi uchun sumkani mavjud tendensiyalardan kelib chiqqan holda tanlash kerak bo‘ladi.
Kosmetik vositalarni solishga mo‘ljallangan sumka
Brendlar kosmetik vositalar solishga mo‘ljallangan sumkalarning kundalik tutishga mos variantlarini ishlab chiqarishga qaror qildi. 2021-yildagi eng yetakchilardan hisoblangan bunday modellarni yelkaga taqish yoki qo‘lda tutish mumkin. Christian Dior’ning qo‘zichoq terisidan ishlangan Dior Travel varianti va Chanel
tomonidan taqdim qilingan, qo‘g‘irchoqlarning sumkasini esga soladigan aksessuarlar ilhomlanish uchun ayni muddao. Boshqa brendlar kundalik tutish uchun modellar ishlab chiqish bilan band bo‘lgan bir paytda
Roger Viver oqshom obrazlari uchun zamsh matosidan tikilgan uch xil: yorqin yashil, olcha rang va qora variantlarni taqdim qildi.
Ichki qismi ko‘rinib turadigan sumkalar
Hech nimani yashirib bo‘lmasligi bilan o‘ziga xos bo‘lgan Fendi tomonidan taqdim qilingan rezinkali sumka modeliga o‘xshash variantlarning Mango va Zara kolleksiyalarida ham ko‘rish mumkin. Pomada, kalit yoki boshqa mayda buyumlarni yo‘qotib qo‘ymaslik uchun bunday sumkalar ichiga maxsus shaffof paket solish tavsiya qilinadi.
Yumshoq sumka modellari
2021-yilning bahorida zamsh, yumshoq charmdan ishlangan qulay sumkalar yetakchilik qilmoqda. Xohishingizga qarab Chanel’dagidek yoki Bottega taqdim qilganidek katta o‘lchamli modellarga e’tibor qaratishingiz mumkin. Bunday sumka nafaqat kundalik, balki oqshom obrazlariga ham o‘ziga xos kayfiyat baxsh etadi.
Dumaloq modellar
70-yillarga xos dumaloq sumka modellari bugungi kunda har qachongidan ham dolzarbroq. Yelkaga taqishga mo‘ljallangan kalta kamarli, qo‘shimcha detalga ega yorqin rangdagisi bo‘lsa yana yaxshi.Yulduzlar garderobidan allaqachon joy olgan mazkur aksessuarni Bella Hadid mayka va jogger bilan, Selena Gomes esa oqshom libosi bilan kiygan.
Katta o‘lchamli sumkalar
Krossovka, tufli va kosmetik vositalarini o‘zi bilan olib yuradigan ayol va qizlar uchun hajmi katta bo‘lgan sumka eng yaxshi tanlov hisoblanadi. Coach brendi taqdim qilgan mana sumka modelining reklamasida Gollivud yulduzi Jennifer Lopesni ko‘rish mumkin. Bahorgi obraz uchun istalgan mato va rangdagi sumkani tanlashingiz urg‘uni esa kattaligiga berishingiz kerak.
To‘qilgan sumka modellari
To‘qilgan sumkalarni endi nafaqat sohil, balki megapolislarda ham tutsa bo‘ladi. Trenchga moslash uchun bunday sumka chetiga ro‘mol bog‘lashni, jinsi bilan uyg‘un bo‘lishi uchun esa sumkaning ushlaydigan qismidagidek rangdagi kamarni tanlash kerak.
Mini modellar
Jacquemus ilgari surgan trend bugungi kunda garderobning ajralmas qismi hisoblanadi. Tanlov qilganda ichiga kalit va telefon sig‘ishi mumkin bo‘lgan modellarni tanlaganingiz yaxshi. | 63 | 2,747 |
Ayollar | Yangi yil archasi uchun o‘yinchoqlarini qo‘lda yasaymiz | Yangi yil archasini sotib olingan shar va marjonlar bilan bezatishdan oson ish yo‘q. Biroq agar o‘ziga xos va takrorlanmas nimadir yaratmoqchi bo‘lsangiz, bayram bezaklarini qo‘lda yarating.
Qolaversa, buning uchun ko‘p vaqt talab etilmaydi hamda bu dam olish kunlari siz va farzandlaringiz uchun ayojib ermak bo‘la oladi.
Kuyib qolgan lampochkadan archa uchun o‘yinchoq yasash mumkin. Buning uchun ularni qog‘oz yoki mato bilan bezatish kifoya. Ularni yanada yorqinroq bezatish uchun bo‘yoqlar, cho‘tka, qotiruvchi lak, zarlar, tasma va tugmalar ham asqotadi.
Archaning oddiy sharlarini eski gazetalar yordamida bezatish mumkin. Shuningdek, kartondan qirqilgan yorqin archachalar, qog‘ozdan tayyorlangan qor parchalari va tizmalari ham archani yaxshigina bezata oladi.
Gugurt qutisining ichiga kichkina sovg‘alarni joylashtirish mumkin. Shuningdek, archa sharlarini yorqin mato parchasi bilan o‘rab, uni turli tasma yoki bezaklar bilan qotirish mumkin.
Matolarning afzal jihati shundaki, ularning yordamida istalgan shakldagi o‘yinchoqlarni tikish mumkin. Yorqin yo‘l-yo‘l yoki katak-katak archalar, to‘rdan yasalgan katta yurak va qo‘ng‘iroqchalar ajoyib ko‘rinish kasb etadi.
Yaltiroq toshchalar bezaklar uchun mo‘ljallangan do‘konlarda sotiladi. Shunday toshchalar va superyelim yordamida archa, qor parchalari, aylana yoki yarim oy shaklidagi bezaklarni yasash mumkin. Ularning yordamida Yangi yil otkritkalarini ham bezatish mumkin.
Yana bir oddiy usul — sharchaga yelim surib, ustidan zar sochamiz. Bayram archasi uchun ko‘rkam o‘yinchoq tayyor!
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 55 | 1,712 |
Ayollar | Gripp yuqmaydi: Immunitetni haqiqatan ham ko‘taradigan 10 ta mahsulot | Oziq-ovqatlar tarkibidagi moddalar organizmga har qanday vitamin qo‘shimchalardan ko‘ra yaxshi so‘riladi. Shuning uchun yodda tuting: agar o‘zingizni va yaqinlaringizni viruslardan himoya qilmoqchi bo‘lsangiz, ishni to‘g‘ri ovqatlanishdan boshlashingiz kerak. Immunitetingizni ko‘tarish uchun organizmga foydali bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxatini tuzib chiqing.
Yogurt
Immunitetni ko‘tarish uchun ovqatlanish ratsioniga qanday mahsulotlarni kiritish kerak? Ko‘plab tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, probiotiklarga boy oziq-ovqatlar ichak florasini normallashtirishi va shu bilan birga immunitet tizimini mustahkamlashi mumkin. Agar kasal bo‘lib qolsangiz, tabiiy yogurt yoki qatiq iste’mol qilish kasallik vaqtini 2-3 kunga qisqartirishga yordam beradi. Mavsumiy gripp va kuchli shamollash paytida tabiiy yogurtlarni iching yoki laktobakteriyalar va bifidobakteriyalar qabul qiling.
Sarimsoq
Sarimsoq — allitsinga boy bu mahsulot eng kuchli mikroblarga qarshi ta’sirga ega. Yodda tuting: sarimsoq ezilganda allitsin hosil bo‘ladi va pishirilganda esa ushbu modda tezda yo‘qoladi. Immunitet tizimiga foydali bo‘lishi uchun ovqatingizga yangi maydalangan sarimsoqni qo‘shib iste’mol qiling.
Zanjabil
Zanjabilning foydali xususiyatlari qadim zamonlardan beri ma’lum. Olimlar zanjabil tarkibida A, C, B vitaminlari, magniy, sink, fosfor, temir, kaliy borligini aniqladi. Zanjabil ildizi immunitet tizimiga yaxshi ta’sir qiladi, shuningdek metabolizmni faollashtiradi. Yana bir foydali jihati shundaki, zanjabil tanani isituvchi ta’siriga ega, bu esa qishda yoqimli bo‘ladi.
Brokkoli
Brokkolining tarkibida kuchli antibakterial ta’sirga ega bo‘lgan organik birikma — sulforafon mavjud. Ko‘plab shifokorlar brokkoli hatto xavfli o‘smalarning rivojlanishiga to‘sqinlik qilishini aytgan.
Yertut
Barcha rezavor mevalar immunitetga yaxshi ta’sir qiladi va atrof-muhitning zararli ta’sirini bartaraf etishga yordam beradigan antioksidantlarga boy. Biroq yertutda antosiyaninlarning ko‘p miqdori mavjud va bu tufayli ular organizmni mukammal darajada mustahkamlaydi. Mazali meva immunitetni mustahkamlovchi ta’sirga ega.
Olma
Olmaning eng foydali xususiyati ichaklarda yashovchi foydali bakteriyalar uchun yaxshi oziq-ovqat bo‘lgan eruvchan tolaning yuqori miqdoridir. Ma’lum bo‘lganidek, sog‘lom ichak mikroflorasi kuchli immunitetning kaliti hisoblanadi.
Asal
Asalda organizmning himoya kuchlarini mustahkamlovchi juda ko‘p foydali moddalar mavjud. Yana bir muhim xususiyati: asal tinchlanishga va stressni yengishga yordam beradi. Qancha kam tashvish bo‘lsa, immunitet shuncha yuqori bo‘ladi. Sovuq mavsumda kuniga bir osh qoshiq iste’mol qiling va ta’sirni kuchaytirish uchun asalni yong‘oq bilan aralashtiring. Bolalarning immunitetini mustahkamlash uchun ushbu mahsulotdan foydalanishni unutmang.
Na’matak
Na’matakda C vitamining yuqori miqdori mavjud, uning qaynatmasi o‘zini viruslardan himoya qilmoqchi bo‘lganlar va kasal bo‘lganlar uchun katta yordam beradi.
O‘rmon yong‘og‘i (funduk)
Yong‘oqlar — haqiqiy tabiiy dori hisoblanadi. Yong‘oqlarda mavjud bo‘lgan o‘simlik moddalari proantotsianidinlar eng kuchli antioksidantlar bo‘lib, ular C vitaminidan deyarli 20 barobar kuchliroq. Proantosiandinlar ham qon tomirlari devorlarini mustahkamlaydi, qon bosimini pasaytiradi va yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olishda samarali vosita bo‘la oladi.
Dengiz baliqlari
Dengiz baliqlari qimmatli omega-3 yog‘ kislotalari, oqsil, aminokislotalar va eng muhimi, immunitet hujayralarining ishida faol ishtirok etadigan sinkga boy. Yog‘li baliqlar juda foydali hisoblanadi — sardinalar, forel, losos, tunets baliqlari bolalar va kattalar uchun ajoyib immunitetni ko‘taruvchi mahsulotlardir. | 69 | 3,681 |
Ayollar | Didli kiyinishning 5 belgisi: trend ortidan quvmang, o‘z kiyinish uslubingizga ega bo‘ling | O‘ziga xos kiyinish uchun mavsumning so‘nggi trenddagi liboslarini kiyish shart emas. Qanday libosda o‘zingizni qulay his qilishingizni tushunish va uni mavjud tendensiyalar bilan uyg‘unlashtira olishning o‘zi kifoya.
Sifatli mato
Libos, taniqli brend yoki mass-marketdan ekani muhim emas, obrazni arzon ko‘rinmasligi aniq bir marka emas sifatli mato va tartibli tashqi ko‘rinish bilan bog‘liq bo‘ladi. Shu bois xariddan oldin yorliqlarni e’tibor bilan o‘qish, tabiiy matoli liboslarni tanlash va shu bilan birga eskirgan liboslarni vaqti bilan o‘zgartirib turish tavsiya qilinadi.
Garderobdagi uyg‘unlik
Garderobingizda sizga yarashadigan va kiyganda o‘zingizni qulay va go‘zal his qilgan liboslar o‘rin olgan bo‘lishi kerak. Garderobingizni ko‘zdan kechiring, mavjud liboslarni moslab zamonaviy obraz yarating, yetishmaydigan narsalarni xarid qiling. Turli uslubda kiyinishni yaxshi ko‘rgan taqdiringizda ham garderobdagi liboslar bir konsepsiya asosida bo‘lishi kerak. Mos bo‘lmaydiganlarini yaxshisi olib tashlang.
Mavsum trendlari
Trendda bo‘lish uchun brendlarning so‘nggi kolleksiyadagi liboslarini xarid qilishga hojat yo‘q. O‘z uslubingizni zamonaviy reallikka moslashning o‘zi kifoya. Blogerlar tavsiya qilgan har qanday libosni xarid qilishga oshiqmang. Eng avvalo dolzarb bichim, rang va garderobingizdagi liboslar bilan qanchalik uyg‘un bo‘lishiga diqqatingizni qarating. Trend ketidan quvmang — o‘z uslubingizni o‘zingiz yarating.
Joyiga qarab kiyinish
Siz ultraurfdagi libos egasi bo‘lishingizga qaramay borgan joyingizga muvofiq kiyinmagan bo‘lsangiz bari befoyda. Siz yaqindagina xarid qilgan va qachondan beri kiyishni kutganingiz uchungina kiyilgan qizil pir-pirakli ko‘ylak rasmiy uchrashuv uchun umuman mos bo‘lmasligi mumkin. Shu sabab mavsumga, joyga va boradigan uchrashuv formatiga qarab kiyining.
Aksessuar va detallar
Hatto kichik detallar ham obrazning qanday ko‘rinishida rol o‘ynashi mumkin. Buning uchun qimmat tilla yoki brilliantdan bo‘lgan taqinchoq bo‘lishi shart emas, kiyim va kiyinish usuliga mos taqinchoqning o‘zi kifoya. Esda qolarli va o‘ziga xos ko‘rinishga ega bo‘lish uchun sumkalarning ham ahamiyati katta. Kamar, bosh aksessuarlari, ko‘zoynak, sharf va boshqa detallar ham obraz uchun zarur hisoblanadi. | 90 | 2,253 |
Ayollar | Tvorogdan yoshartiruvchi niqoblar | Tvorog tarkibida ko‘p miqdorda vitamin va minerallar mavjud bo‘lib, ular yuz terisi sog‘lomligini tiklash va undagi ajinlarga qarshi kurashishda yordam beradi. Masalan, undagi A vitamini terini yoshartirsa, B12 vitamini yuz terisi rangini yaxshilaydi, magniy mikroelementi esa kollagen ishlab chiqarilishiga ko‘mak berib, ajinlarga qarshi kurashadi.
Yuz uchun niqoblardan foydalanishdan avval teringiz turini aniqlab oling. Quruq teri uchun eng yog‘li tvorog, yog‘li teri uchun esa aksincha yog‘sizlantirilgan tvorogdan foydalangan ma’qul.
Tvorog va bananli niqob
Yuz terisini qisqa vaqt ichida tartibga keltirish kerak bo‘lsa, bu niqob aynan siz uchundir. U teridagi ajinlarni tekislab, namlantiradi, oziqlantiradi va tetiklik bag‘ishlaydi. Niqobni tayyorlash uchun bir osh qoshiq tvorog va bananli pyureni ikki osh qoshiq smetana bilan aralashtiring.
Tvorogdan yoshartiruvchi niqob
Makzur niqobni 2—3 hafta qo‘llashingiz bilan yuz terisi ko‘z o‘ngingizda o‘zgarganligini payqaysiz. Niqob uchun ikki osh qoshiq tvorog, bir dona tuxum, bir choy qoshiqdan asal va Shi yog‘i (uning o‘rnini o‘simlik yog‘i ham bosa oladi), yarim choy qoshiq maydalangan dolchin, bir osh qoshiq konyak, bir ampula suyuq Ye vitamini (dorixonalarda sotiladi) kerak bo‘ladi. Barchasini aralashtirib, yuzingizga suring. Niqobni iliq suvda yuvish tavsiya etiladi.
Yuz rangini yaxshilovchi tvorog va reza mevali niqob
Yuz terisini sog‘lomlashtirish va yorqinligini qaytarishda mazkur niqob qo‘l keladi. Niqob uchun ikki osh qoshiq sarhil reza mevalar va ikki osh qoshiq tvorog kerak bo‘ladi. Istalgan mevalardan foydalanish mumkin. Asosiysi, quruq yuz uchun shirin mevalar, yog‘li yuz terisi uchun nordon mevalar tanlash kerak. Mevalar va tvorogni arashtirib, ezasiz hamda tozalangan teriga surasiz.
Niqoblarni qo‘llashda quyidagi qoidalarga amal qiling:
- Niqobdan avval terini skrab yordamida tozalang;
- tvorogli niqobni yuzda 20—30 daqiqa ushlab turish lozim;
- niqob iliq suv bilan yuviladi;
- uni haftada bir marta bir oy mobaynida qo‘llash tavsiya etiladi. | 33 | 2,037 |
Ayollar | Sepkillaridan uyalmaydigan mashhurlar (foto) | Pigmentli dog‘lar ba’zilarda yosh o‘tganidan keyin kuzatilsa, boshqalarda o‘smirlik davridayoq paydo bo‘ladi. Nima uchundir sepkillar yuzni chiroyli ko‘rsatmaydi, ularni tonal krem yoki upa bilan berkitish kerak, degan tushuncha mavjud. Sepkillar ham tabiiy ekani, berkitishga hojat yo‘qligi va ular bilan ham chiroyli bo‘lish mumkinligini isbotlash maqsadida Cosmopolitan nashri sepkillaridan uyalmaydigan mashhurlar haqida to‘xtaldi.
Jiji Hadid va Zeyn Malik farzandli bo‘ladi | 44 | 481 |
Ayollar | Xayriya ishlari, atrofdagilarni maqtash. Inson o‘zini baxtli his qilishga yordam beradigan odatlar | Insonlar baxt haqida shunday o‘ylaydi: u xuddi kapalakdek atrofingda uchib yuradi, ammo qo‘lda tutishning iloji yo‘q. Ehtimol, avval insonlar shunday fikrda bo‘lgandir, lekin XXI asrda ilm-fan barcha narsaning chorasini topmoqda, shuningdek baxtli bo‘lishning ham. Quyida har kim o‘zini baxtli his etishi uchun amalga oshirish juda ham oson bo‘lgan odatlar tavsiya etilgan, marhamat tanishib chiqing.
Xayriya bilan shug‘ullanish
Garvard tadbirkorlik maktabi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni isbotladiki, insonning 5 dollar xayr-ehson qilishi uni lotereyadan 100 dollar yutib olgandek xursand qiladi. Darhaqiqat, odamlar orasida bir-biriga ko‘mak berishni istaydiganlar ko‘p, shuni bilish, ayniqsa, guvohi bo‘lishning o‘ziyoq baxtli qiladi. Baxtni his qilishni istaydiganlar atrofdagilarga yordam qo‘lini cho‘zishi bilan xursandchilik kayfiyatini paydo bo‘ladi.
Atrofdagilarni maqtash
Maqtov hammaga yoqadi, albatta, sizga ham. Lekin birovga aytilgan maqtov, uning yutuqlarini yuqori baholash insonni yanada baxtliroq his qilishga yordam beradi. Shuningdek, minnatdorlik bildirish ham xuddi shunday ta’sir kuchiga ega, albatta, bularning barchasi chin dildan aytilishi kerak. Sinov uchun do‘stlar va yaqinlar hamisha maqtalib tursa, inson o‘zidagi xotirjamlik va baxt tuyg‘usini seza boshlaydi.
Ko‘proq harakat qilish
Salomatlikning eng asosiy bo‘g‘ini turmush tarzi bilan chambarchas bog‘langan. Sidney universiteti tadqiqotchilari kuniga 7 soatdan ortiq o‘tirgan yoshi katta ayollarning depressiyaga tushish ehtimoli boshqalarnikiga qaraganda ikki baravar yuqori ekanligini aniqladilar. Shuningdek, faol hayot tarzi bilan shug‘ullanuvchilar o‘z yumushlaridan tashqari 10 daqiqalik jismoniy mashg‘ulotni amalga oshirishi depressiya xavfini 26 foizga kamaytirdi. Shunday qilib ko‘proq harakatda bo‘lish nafaqat sog‘lom bo‘lish, balki haqiqiy baxtni his etishga ham yordam beradi.
O‘zni tahlil qilish
Ishonish qiyin, ammo baxt hattoki insonning gavda tutishiga ham bog‘liq. Toronto universiteti mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot ishtirokchilari o‘z tajribalaridan kelib chiqib, yelkalarni oldga bukib yurish har qanday insonga baxtsizlik tuyg‘usini singdirishini aniqladi. Yelkalarni keng ochib, orqa tomonga tashlab, iyakni ko‘targan holda g‘olibdek yurish – kayfiyatni ko‘tarish, baxt gormonini oshirishga yordam beradi. Aytgancha, sekin, malollanib emas, tez va dadil qadam tashlash ham baxtiyorlikka yo‘l ochadi.
Parhez qilish
Buning uchun qisqa vaqt ichida sevimli taomdan voz kechishga to‘g‘ri keladi. Oradan biroz vaqt o‘tgandan so‘ng o‘sha sevimli taom iste’mol qilinganda haqiqiy baxtning kuchli impulsini his etish mumkin. Bu mutaxassislarning tadqiqot natijasidan kelib chiqib berilgan tavsiya hisoblanadi.
Surat chizishga kirishish
Hayotida bir marotaba ham qalam ushlamagan inson ham rasm chizishi mumkin, masalan, shunchaki raqamlar yoki yozuvlar yoki tayyor rasmlarni bo‘yash. Olimlarning aytishicha, badiiy ijod bilan bog‘liq bo‘lgan mashg‘ulot insonning psixologik barqarorligini va stressga qarshi qobiliyatini oshirishga yordam beradi. Shuning uchun kamida haftada bir marotaba rasm chizish tavsiya etiladi. | 98 | 3,144 |
Ayollar | Yozgi buyumlarni ularning ko‘rinishiga va sifatiga zarar yetkazmasdan qanday olib qo‘yish mumkin? | Hamma yengil kiyimlar va poyabzallarni olib qo‘yishning vaqti keldi. Biz sizga sovuq fasllarda tashqi ko‘rinishi va sifatini yo‘qotmasligi uchun buyumlarni qanday olib qo‘yish kerakligi haqida aytmoqchimiz.
Avval siz qaysi kiyimlarni yoz, kuz va qish uchun yaroqsiz deb hisoblashingizni aniqlab oling.
Kiyimlarni ajratib bo‘lganingizdan keyin, ularni tartibga keltiring. Kiyimlarni oldin cho‘ntaklarini tekshirib keyin yuving, dazmollang. Agar mayda teshikchalar paydo bo‘lgan bo‘lsa yoki tugmalari tushgan bo‘lsa mayda ta’mirlash o‘tkazing.
Oyoq kiyimlarni ham xuddi shunday qiling. Agar zarur bo‘lsa tuzatishga bering. Tabiiy yoki sun’iy charmdan qilingan tufli va bosonojkalarni sovunli suvda yuving va keyin quriting. Lekin ularni isitgich yoki batareyalarning yoniga qo‘ymang: ular dag‘allashishi va yorilib ketishi mumkin.
Qurish jarayonini tezlashtirish uchun oyoq kiyim ichini gazetalarga to‘ldiring, ular namlikni yaxshi singdiradi. Matodan qilingan kedalarni qo‘lda yoki mashinada yuvish mumkin. Nubuk va baxmalsimon charmdan qilingan oyoq kiyimlarni maxsus cho‘tkalar yordamida tozalash kerak. Oxirida hamma oyoq kiyimlarga krem yoki maxsus vosita suring.
Kiyimlarni to‘g‘ri saqlashni tashkil qilish uchun, hamma buyumlarni qanday gazlamadan tikilganiga qarab guruhlarga ajrating: nozik va yupqa (ipak, harir, viskoza, batist), trikotaj (mikrofibra) yoki qalin (denim, bo‘z, paxta, jersi).
Yengil gazlamalardan tikilgan kiyimlarni ehtiyotlik bilan qoramtir paketlarga joylang.
Trikotaj buyumlarni taxlangan holda javonlarda saqlash qulay. Ularni quyidagi tartibda taxlang: og‘ir buyumlarni pastiga, yengillarini esa yuqorisiga qo‘ying. Ko‘ylaklar, bluzkalar, yubkalar va shimlarni shaklini yo‘qotmasligi uchun ilgichlarda saqlang.
Oyoq kiyimlarni qog‘oz bilan to‘ldiring, ustidan jild kiydiring va qutilarga joylashtiring. Jildlarning o‘rniga keraksiz keng chulkilarni ham ishlatish mumkin.
Shamollatiladigan va muntazam ravishda namli tozalanadigan shkaflar va qutilarni tanlang. Buyumlarni balkon yoki omborchada saqlamang, chunki ular haroratning keskin o‘zgarishlari yoki toza havoning yetishmasligi natijasida o‘z sifatini yo‘qotishlari mumkin.
Saqlashning boshqa usullari ham mavjud: plastik idishlar, vakuumli paketlar. Shuningdek bo‘sh chemodanlarni ham ishga solish mumkin. Vaqti-vaqti bilan yozgi buyumlar qo‘yilgan shkafni oching va javonlarini nam latta bilan artib turing.
Manba: “Wday.ru” | 97 | 2,414 |
Ayollar | 2017-yil urfda bo‘ladigan erkaklar kiyimlari | Yaqinda erkaklar kiyimlari modasi haftaligi bo‘lib o‘tdi va yaqinlashayotgan ikki mavsumda qanday uslubdagi liboslar trendda bo‘lishi aniqlandi.
Bunday keng jinsilarni katak chiziqli ko‘ylaklar bilan yoki hatto charm kurtka bilan ham kiyish mumkin.
Yangi trend ustki kiyimlarga tegishli – palto, plashlarga belbog‘ yoki kamar taqish aktual bo‘ldi.
Erkaklarning bo‘yinbog‘ ro‘molchalari tamomila kundalik kiyiladigan kiyimlardan biriga aylandi.
Metalldan yasalgan zanjirlar Palm Angels shousida belga qistirib qo‘yiladi, fransuzlar Etudes’i esa sviterlar bilan taqiladi.
Avvaliga beretlar ayollar modalari ko‘rgazmasini to‘ldirgan bo‘lsa, endi esa erkaklar kiyimlari ko‘rgazmasiga ham yetib keldi.
Laklangan borsetka (sumka) yoki vinil plash yorqin ko‘rinishi bilan eng zerikarli qiyofani ham jonlantirib yuboradi. | 44 | 814 |
Ayollar | Kundalik hayotda limon kislotasidan foydalanishning siz bilmagan 5 ta usuli | “Noviy ochag” nashri uy sharoitida limon kislotasini pazandalikdan tashqari yana qanday maqsadlarda ishlatish mumkinligi haqida sinalgan tavsiyalarni aytib o‘tadi.
Choynak tozalashda
Agar choynakda cho‘kindi qatlam yig‘ilib qolgan bo‘lsa (suvni filtrlashingizga qaramay), uni limon kislotasi bilan tozalang. Choynakka to‘ldirib suv quying, ichiga ikki osh qoshiq limon kislotasi soling va qaynatishga qo‘ying. Choynakni yarim soatga qoldiring. Agar yaxshi tozalanmasa, yana suv quyib qaynating.
Ter dog‘larini ketkazishda
Limon kislotasi ter dog‘larini ketkazishga yordam beradi. Buni faqat oq narsalarda qilish mumkin, rangli narsalarda bu usulni takrorlashga urinmang. Bir choy qoshiq kislotani 100 ml suvda (yarim stakan) eriting. Bu eritma dog‘ ustiga quyiladi. Yarim soatdan keyin yuvib tashlang.
Kran jo‘mragini yuvishda
Noxush narsa — jo‘mrakdagi zang. Bunda limon kislotasini quyuqroq qilib jo‘mraklarni artib oling. 10 daqiqadan so‘ng, ularni yaxshilab yuvib tashlang va quriting.
Kumush buyumlarni yaltiratishda
Limon kislotasini yarim litr suvga 25 gramm nisbatda suyultiring va 20-25 daqiqaga qoldiring. Agar kumush juda qorayib ketgan bo‘lsa, eritmada past olovda taxminan 15 daqiqa qaynatish mumkin. Keyin suvda yaxshilab yuvib tashlang va quriting.
Mikroto‘lqinli pechni tozalashda
Issiqlikka chidamli shisha tarelkaga bir stakan suv quying va bir choy qoshiq limon kislotasini quying. Uni mikroto‘lqinli pechga besh daqiqaga qo‘ying. | 75 | 1,450 |
Ayollar | Interyerga ranglar qo‘shish va buni me’yoridan oshirib yubormaslikning 6 usuli | Uy ichini yangilash va bunda beo‘xshovlikka yo‘l qo‘ymaslik uchun tegishli joylardagi ranglarni biroz ta’kidlab ko‘rsatish kerak.
Bir xil tusdagi minimallik dizayni o‘zining qulayligi va ko‘zga tashlanmaydigan go‘zalligini isbotladi, lekin ba’zan uni rangli dog‘lar bilan aralashtirishni xohlab qolamiz. Sizga bu istakni amalga oshirishning bir necha g‘oyalarini taklif qilmoqchimiz.
Kirish eshigini yorqin rangga bo‘yang, shunda u dahlizning asosiy qismiga aylanadi. Boshqa hech qanday bezakli jihozlar kerak bo‘lmaydi.
Agar sizning karavotingizning bosh tomoni yo‘q bo‘lsa, uni chizish mumkin. Buning uchun karavotning bosh tomoni o‘rnidagi devorni bo‘yang. Agar uning bosh tomoni bo‘lsa, butun xonaga jonlilik berish uchun uning yuqorisiga kengroq qilib chiziq tortish mumkin.
Bir xil shaklda, lekin har xil rangdagi stullar xonaning uyg‘unligini buzmaydi, aksincha, unga sho‘x kayfiyat baxsh etadi.
Javon raflarini oling va orqadagi devorni yorqin rangga bo‘yang. Bo‘yoq qurigandan keyin raflarni joyiga qo‘ying. Bunday javonda kitoblar juda ajoyib ko‘rinadi.
Yorqin rangli gilamcha oshxona ko‘rinishini butunlay o‘zgartirib yuboradi. Agar u turli xil rangdagi kvadratlardan qilingan bo‘lsa, unda biron narsa to‘kilib ketishidan qo‘rqmasangiz ham bo‘ladi — ishdan chiqqan bo‘lagini oson almashtirish mumkin.
Yorqin rangli bog‘ mebeli xonada ham ajoyib ko‘rinadi. Buning ustiga agar u buklanadigan bo‘lsa, mebelning bu rangli qismlarini xohlagan paytda qo‘shish va olib qo‘yish ham mumkin bo‘ladi.
Manba: “Passion.ru” | 78 | 1,521 |
Ayollar | Tez-tez yuvish, fen bilan quritish va sochlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan boshqa kundalik odatlar | Sochni har kuni fen bilan quritish yoki doimo parhez tutish zararli bo‘lishi mumkin. Bu odatlar soch tolasi va uni tashkil etuvchi oqsil zanjirlarini yo‘q qiladi.
Sochni har kuni yuvib, fen bilan quritish
Sochlarni har kuni muntazam yuvish va turmaklash sochni butun uzunligi bo‘ylab shikastlaydi. Bu shampunlar tarkibidagi gidroksidi va fenning salbiy ta’sir ko‘rsatishi bilan bog‘liq. Biroq bunday g‘amxo‘rlik bosh terisi va nozik sochlarning yuqori yog‘liligida zaruriy chora hisoblanadi — aks holda, sochlar tezda yaxshi ko‘rinishini yo‘qotadi.
Boshni shampunlash va turmaklashning optimal miqdori haftada 3 marta. Agar bu tez-tez amalga oshirilsa, yengil tarkibli shampunni ishlatish kerak. Shampun sochlarga emas, bosh terisiga surtiladi va uning ko‘pigi bilan yaxshilab massaj qilinadi. Yuvgandan keyin shampundan qolgan qoldiqlarni zararsizlantirish uchun niqob va balzamlardan foydalanish majburiydir. Shuningdek, sochlarni tarashni osonlashtiradigan va termal himoya ta’siriga ega bo‘lgan maxsus spreylardan foydalanish tavsiya etiladi, ya’ni ular sochlarni fenning issiq havosidan himoya qiladi. Bundan tashqari, issiq rejimda nam sochlarni quritish sovuq havo bilan quritishdan yaxshiroq.
Sochlarni tez-tez bo‘yash
Sochni bo‘yash har 4-5 haftada bir marta amalga oshirilishi kerak. Odatda bunday tavsiya soch ildizlarining asl rangi ko‘rinib, tashqi ko‘rinishda yaqqol namoyon bo‘ladiganlarga beriladi. Ammo ushbu holat kuzatilmasa, sochlarni yarim yoki bir yilda bo‘yash mumkin. Aks holda bo‘yoqlar soch ildizining parchalanishiga olib keladi.
Doimo parhezda bo‘lish
Soch tolasi 80 foiz oqsildan iborat, shuning uchun ratsionda soch follikulasi uchun kerakli moddalar miqdori yetarli miqdorda bo‘lishi kerak. Hayvonlardan olingan oqsillar organizmda sintez qilinmaydigan muhim aminokislotalarni o‘z ichiga oladi. Shuning uchun hozirgi vaqtda keng tarqalgan vegetarianlik sochlar uchun noqulay hisoblanadi. Har qanday past kaloriyali parhez sochlarni kerakli energiya bilan ta’minlashda uzilishga olib keladi.
Konditsionerli xonalarda ko‘p vaqt o‘tkazish
Konditsionerlar havodagi namlikni pasaytiradi, bu esa soch va bosh terisining qurishiga olib kelishi mumkin. Buning oldini olish uchun soch uzunligi bo‘ylab qo‘llanilishi kerak bo‘lgan namlovchi spreylardan foydalanish tavsiya etiladi.
Vaqti-vaqti bilan sochlarni oziqlantirmaslik
Sochlar yozda namlikni yo‘qotadi, mo‘rtlik kuchayadi, suv havzasida cho‘milish sochlarning qo‘shimcha suvsizlanishiga olib keladi. Bundan tashqari, quyoshga ta’sir qilish nafaqat soch tolasiga zarar yetkazishi, balki soch to‘kilishini ham qo‘zg‘atishi mumkinligi isbotlangan.
Kuz va qishda sochlarga g‘amxo‘rlik qilmaslik
Sochlar issiq bosh kiyimlar ichida ham zararlanishi mumkin. Issiq shapkalar yog‘ ajralishining kompensatsion ortishiga yordam beradi, boshning yuqori harorati ham foydali emas — bu kapillyar spazmga olib kelishi mumkin. Qishda bosh terisining sezgirligi oshadi, dermatologik kasalliklar, masalan, dermatit, psoriaz paydo bo‘lishi mumkin. Bosh kiyim ostidagi sochlar tezda tashqi ko‘rinishini yo‘qotadi, tezroq kir bo‘ladi. Umuman olganda, qishda aralash turdagi sochlarning holati odatda og‘irlashadi, ham teri qurib, ham yog‘ ajralish jarayoni kuchayadi.
Chekish va spirtli ichimliklar
Chekishning soch follikulalari ishiga toksik ta’siri isbotlangan. Chekuvchilarda soch to‘kilishi faolroq bo‘ladi, bundan tashqari, soch to‘kilishining genetik shakllari og‘irlashadi. Spirtli ichimliklarni iste’mol qilish nafaqat sochga, balki butun organizmga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatadi. | 99 | 3,555 |
Ayollar | Chivinlardan qutulishga yordam beradigan 5 xil o‘simlik | Issiq kunlarda insonlarning eng katta muammosiga aylanuvchi chivinlarni bartaraf etishda har qanday vositadan ko‘ra oddiygina o‘simliklar ko‘proq yordam berishi mumkin. Shuningdek, mazkur o‘simliklar allergiya keltirib chiqarmaydi.
Lavanda
Inson odatda lavanda hididan zavqlanadi, lekin chivin kabi uchadigan hasharotlarga uning ifori unchalik ham yoqimli emas. Chivinlarga qarshi eng yaxshi o‘simlik lavandin navi bo‘lib, tarkibida komfor moddasining yuqori konsentratsiyasi mavjud. Aynan shuning uchun ham hasharotlar undan qochadi.
Melissa yoki limon yalpiz
Melissa o‘simligining hidi sitronellaning yoqimliroq variantini yodga soladi. Darhaqiqat, yuqori darajadagi sitronellani o‘z ichiga olgan o‘simliklar hasharotlarga qarshi tabiiy vositadir. Bu xushbo‘y o‘simliklarni chivinlarga qarshi uy sharoitida ham o‘stirish mumkin. Shuningdek, bir necha barglaridan choyga ham qo‘shib ichish mumkin. Mazasi ajoyib!
Rayhon
Birgina tuvakda o‘stirilgan rayhon insonga chindan ham tinchlik va osoyishtalik, hasharotlar hujumisiz tabiatdan zavq olishga yordam beradi. Bu barglarni maydalashni yoki yulib olishni talab qilmaydigan kuchli hid beradigan oz sonli o‘simliklardan biridir. Hasharotlardan saqlanish uchun esa uni tuvagi bilan deraza yoki stolga ustiga qo‘yish tavsiya etiladi.
Mushuk o‘ti (yapon mushukchasi)
Chivinlarga qarshi yana bir foydali o‘simlik. Chivinlar va pashshalar mushuk o‘tini yomon ko‘radi, mushuklar uchun esa bu valerianga qaraganda yaxshiroqdir. Shuning uchun nafaqat insonlarni, balki uy hayvonlarini ham hasharotlardan himoya qilishda ushbu o‘simlik yaqindan yordam beradi.
Yalpiz
Moxito ichimligi uchun foydali bo‘lgan o‘simlik chivinlarni yo‘qotishda ham foydalidir. Haqiqat shundaki, yalpiz barglari dastasi yoki to‘g‘ralgan holda, stakanda, kechqurun chivinlarni yo‘q bo‘lishiga yordam beradi va barglar tarkibidagi efir moylari hasharotlar chaqqandan keyin terining qichishishini samarali ravishda to‘xtatadi. | 55 | 1,947 |
Ayollar | Makiyajdan voz kechilsa, yuz terisida qanday o‘zgarishlar kuzatiladi? | Har kuni ertalab makiyaj qilish uchun juda ko‘p sabablar bor, ammo ma’lum bo‘lishicha, qarshi dalillar ulardan ham jiddiyroq bo‘lishi mumkin, deb yozadi “Domashniy ochag”.
Ayollarning aksariyati bo‘yanishni xuddi yuvinish, nonushta qilish yoki mashq qilish kabi tongning bir qismi deb qabul qilgan. Pardoz terining afzalliklarni ta’kidlash va kamchiliklarni yashirish imkonini beradi. Kosmetika bozori doimo rivojlanib, makiyaj mahsulotlar teri uchun xavfsizroq bo‘lib bormoqda. Ammo shunga qaramay, makiyajni to‘xtatgan odamning teri holatidagi farqlar o‘quvchilarni hayratda qoldirishi tabiiy.
Teri qurimaydi
Pardoz terini yaxshi ko‘rinishga olib keladi, lekin bu terining tabiiy yangilanish jarayoniga to‘sqinlik qiladi. Ayniqsa, agar kosmetika to‘g‘ri tozalanmasa va terida uning zarralari qolsa, bu juda yomon. Uxlashdan oldin yuzni yuvganda paydo bo‘ladigan eng katta muammolardan biri shundaki, terining o‘lik hujayralari yangilari bilan almashinadigan tabiiy qobiq paydo bo‘lishi qiyinlashadi. Quruq teri to‘plangan o‘lik teri hujayralarining belgisidir. Makiyaj tozalanganda, terini to‘sqinliksiz yangilanishiga imkon beriladi va qayta tiklanadi.
Ajinlar kamayadi
Ko‘pchilik 25 yoshida ham yoshroq ko‘rinishga intilib, makiyajga muojaat qiladi. Biroq aslida, kosmetik vositalar ajinlarning nozik chiziqlariga joylashadi va ularni yashirish o‘rniga, aksincha ta’kidlaydi.
Teri teshiklari qisqaradi
Har safar makiyajdan so‘ng mayda zarralar teri teshiklarida to‘planadi. Yuqoridan esa o‘rab turgan chang qo‘shiladi. Natijada teshiklar kengayadi va tiqilib qoladi. Makiyajsiz toza yuzdagi teshiklar kichrayadi va tez-tez yuzni changdan tozalash va uni yangilash imkoniyati paydo bo‘ladi.
Husnbuzar toshmaydi
Makiyajdan so‘ng bakteriyalar yuz terisiga tushadi. Ular kosmetika mahsulotlari, cho‘tka va gubkalar ustida yashaydi. Natijada teshiklar nafaqat iflos, balki bakteriyalar tomonidan zararlanadi, bu esa qizarish va husbuzar toshishiga olib keladi. Afsuski, yana ushbu muammolar kosmetika bilan yopiladi va vaziyat yanada chigallashadi.
Ko‘z bilan bog‘liq muammolar kamayadi
Aksriyat ko‘z uchun mo‘lajallangan kosmetik mahsulotlari qizarishga olib kelishi mumkin bo‘lgan konservantlarni o‘z ichiga oladi. Shuning uchun ten va tush tanlaganda alohida e’tibor qaratish tavsiya etiladi. Bakterial xavfli bo‘lishdan tashqari, ular teriga ham zarar yetkazishi mumkin. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, ko‘z uchun mo‘ljallangan kosmetika sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan eng jiddiy jarohatlardan biri shox pardaning shikastlanishidir. Kosmetik vositalar bo‘yanish paytida shox pardani tirnash mumkin. | 69 | 2,605 |
Ayollar | Uslubni butunlay o‘zgartira oladigan midi yubkalarning 6 afzalligi (foto) | Agar garderobingizda tizzadan tushib turuvchi birorta uzun yubkangiz bo‘lmasa, ushbu kamchilikni zudlik bilan to‘ldirishga harakat qiling. Quyidagi maslahatlardan so‘ng, albatta, undan foydalanish istagi tug‘ilishiga ishonamiz.
Nafislikni sog‘inganlar uchun midi yubka eng kerakli kiyim hisoblanadi. Kalta yoki tor yubkalar ortiqcha vaznni yoki haddan ortiq ozg‘inlikni yaqqol namoyon qiladi. Shuningdek, ular uchrashuv va yig‘ilishlarda ham noqulaylik tug‘diradi. Juda uzunlari ham biroz muammolarga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun tizzadan pastga tushib turuvchi yubkalar ham bo‘yni, ham qomatni me’yorda ko‘rinishiga olib keladi.
Juda nozik ishlov berilgan kofta va yubka ham kostyum bilan ajoyib uyg‘unlik kasb etadi. Ayniqsa, kostyum bo‘ksaga qadar tushib tursa. Odatda bu kabi urfga kirgan keng va kattaroq o‘lchamdagi kostyumlar ko‘proq midi yubkalar bilan kombinatsiya qilinadi. Zamonaviy qiyofa yaratish uchun yubkaga mos keluvchi juda nafis va yupqa koftadan foydalanish tavsiya etiladi. Sababi midi yubka harir matodagi kiyimlar bilan mos tushadi.
Midi yubkalarning afzalligi shundaki, u yengil yoki klassik uslubdagi koftalar bilan ham uyg‘unlasha oladi. Agar yubka matosi naqsh va gullardan iborat bo‘lsa, uning rangiga mos kelgan oddiy kofta yoki futbolka ham uslubni yanada zamonaviylashtiradi. Shuningdek, bu turdagi yubkalar uchun oyoq kiyimlar tanlash ham qiyin emas. Rasmiy uchrashuvlarga baland poshna, do‘stlar bilan yig‘ilishga shunchaki krossovka ham kiyish mumkin.
Tizzadan pastga tushib turuvchi yubkalar har qanday xonimlarning qomatini go‘zallashtirib ko‘rsatadi. Hattoki sovuq mavsumda ham atlas matosidan tikilgan yubkalar palto yoki kardiganlar ichida juda chiroyli ko‘rinadi. Agar o‘ta rasmiy va obro‘li ko‘rinishni istaydiganlar bo‘lsa, u holda ushbu uzunlikdagi yubkaning qalin va zich matoligini kiyish tavsiya etiladi.
Bel aylanasidan tizzaga qadar tushgan yubkalar kalta kostyumlar bilan o‘zgacha ko‘rinishni hosil qiladi. Shuningdek, ortiqcha vazn yoki past bo‘yni ham uzunroq ko‘rsatadi. Qomatni alohida ta’kidlovchi ushbu yubka agar tor bo‘lsa, har qanday xonim o‘zini ozg‘in va baland bo‘yli deb tasavvur qilishi mumkin.
Hattoki homilador ayollar ham midi yubkalardan unumli foydalanishi mumkin. Yumshoq va cho‘ziluvchan matodan tikilgan bunday yubkalar bo‘lajak onaga noqulayliklar keltirib chiqarmaydi va uzunligi bilan oyoqlarni yashirishga yordam beradi. Agar midi yubkalarga mos ravishda kofta, sviter tanlansa, homiladorlar ham o‘zini ixcham va nozik ko‘rinishda ekanligiga ishontirishi mumkin. | 73 | 2,551 |
Ayollar | Kichkina xonadonni kengaytirish borasida maslahatlar | Bir necha kishi birga yashaydigan kichkina xonadonlar juda fayzsiz bo‘lib ko‘rinadi. Kichik xonadonlarni shinam qilish va yashash uchun qulaylik yaratishga yordam beruvchi g‘oyalar juda ko‘p. Bu maqolada siz kichkina xonadoningizni butunlay o‘zgartirishga yordam beradigan g‘oyalar bilan tanishasiz.
Balkon va unga tutash xonani qisman birlashtirish mumkin. Ular orasiga to‘siq sifatida birorta javon qo‘yilib, balkondan dam olish xonasi yoki kompyuterda ishlaydigan xona sifatida foydalansa ham bo‘ladi.
Karavot tepasiga kitoblar uchun javonlarni bemalol joylashtirsa bo‘ladi.
Agar xonadonda tokcha yoki taxmonlar bor bo‘lsa, ulardan kiyimlarni saqlaydigan shkaf sifatida foydalanish mumkin.
Ovqatlanish xonasi uchun burchakka moslashtirilgan va tagiga narsalar qo‘yiladigan o‘tirg‘ichlar juda mos keladi.
Deraza tokchasi tagidan, taxta javonlar yordamida, kitoblarni saqlaydigan joy sifatida foydalanish mumkin. | 52 | 914 |
Ayollar | Kattaroq yoshli ayollar uchun kecha libosi tanlaymiz | Ayollar qanday yoshda bo‘lmasin, chiroyli va xushbichim ko‘rinishni xohlashadi. 45 yoshdan keyin qomatning o‘ziga xos xususiyatlarini bilish va hisobga olish juda muhimdir. Didingizga muvofiq keladigan kecha libosini tanlashda yordam beruvchi ayrim tavsiyalarni bermoqchimiz.
Sifatli va pishiq mato (qalin trikotaj, tafta, jakkard kabi)dan tikilgan ko‘ylaklarni tanlang. Bunday liboslar ulug‘vor ko‘rsatish bilan birga qomatingizga yopishmaydi va kamchiliklarini bildirmaydi. Shuni esda tutingki, sizning mo‘ljalingiz – qomatingizni yaqqol namoyish qilmaydigan, yarim yopishib turuvchi uslub.
Dizaynerlar shoyi va shifondan tikilgan ko‘plab chiroyli ko‘ylaklarni tavsiya qilishadi. Lekin, bunday ko‘ylaklar ko‘pincha yosh qizlarga munosib bichimda tikiladi.
Bichimini aniqlamagan bo‘lsangiz, g‘ilof-ko‘ylak uslubidagi, uzunligi tizzagacha bo‘lgan ko‘ylakni tanlaganingiz ma’qul. Unga mos keladigan poshnali tufli va bejirim klatchni ham unutmang.
Agar siz o‘ta tantanali ko‘rinmoqchi bo‘lsangiz, diqqatingizni oversize ko‘ylaklariga qaratishingizni maslahat beramiz. Bunday ko‘ylak qomatingizni, ayniqsa, beldagi o‘ziga xos bo‘lgan kamar yordamida yanada bejirim qilib ko‘rsatadi.
Ranglar masalasiga kelganda, o‘zingiz yoqtirgan rang bo‘lishi bilan birgalikda, ulug‘vor va latofatli ko‘rsatuvchi, to‘qroq ranglarni tanlash maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Masalan, to‘q ko‘k, jigarrang, binafsharang va boshqalar. | 52 | 1,410 |
Ayollar | Terini tozalashning 6 usuli | Tozalovchi vositalarning qaysi birini tanlashni bilmayapsizmi? Quyida dermatologlarning aynan sizning teringizga mos keluvchi mukammal vositalarni tanlash to‘g‘risidagi maslahatlari bilan tanishing.
Ta’siri: Bu vosita terini nafaqat tozalaydi, balki oqartiradi ham. Kosmetik balchiq tarkibidagi ko‘mir va gil teri teshikchalarini ochishga va ortiqcha teri yog‘larini chiqarishga yordam beradi. Agar hayz ko‘rish paytida yuzingizda toshmalar paydo bo‘lsa, 10 kun oldin bu vositadan foydalanishni boshlang.
Ta’siri: Bu vosita tarkibida sovun yo‘q. Bunday vositalar qizarishni ketkazuvchi yallig‘lanishga qarshi selen minerallari bilan boyitilgan. Shuningdek, mitsellyar texnologiyasi tozalovchi vositaning teri yuzasida to‘g‘ri taqsimlanishini ta’minlash orqali bezovtalikning oldini oladi. Tozalovchi suvdan tonik sifatida foydalaning: vositani paxta tampon yordamida suring va yuvib tashlamang.
Ta’siri: Ezilgan don va minerallardan qilingan bu kukun suv bilan aralashtirilganda ko‘pikli pastaga aylanadi. Kukun odatdagi skrabga qaraganda mayinroq bo‘lgani uchun teridagi o‘lik hujayralarni tozalaydi va terining rangi bilan ehtiyotlik bilan kurashadi.
Ta’siri: Tasavvur qiling, teri qatlami — sement bilan mahkamlab terilgan g‘isht. Ta’sirchan terili odamlarda bezovta qiluvchi elementlar kirishi, namlikning chiqib ketishidan saqlovchi bu sement bo‘lmaydi. Sut ko‘rinishidagi tozalovchi bu vositalar tarkibida suv kam, yoriqlarni to‘ldirish uchun yog‘li kislotalar va keramida kabi oziqlantiruvchi moddalar esa ko‘proq bo‘ladi.
Ta’siri: Ilgari gelli vositalar tarkibi terini haddan tashqari qurituvchi ko‘p miqdorda spirtdan iborat bo‘lar edi. Hozirgi gellar asosini suv tashkil qiladi. Bunday vositalar yog‘larni teri teshikchalarini ochmasdan tozalaydi va shu bilan birgalikda namlantirishda davom etadi.
Ta’siri: Tarkibida yumshatuvchi vositalar miqdori yuqori bo‘lgani uchun bu balzam tozalovchi vositalardan ko‘ra namlantiruvchi vositalarga yaqin turadi. Shuning uchun undan ham xuddi shu usulda foydalanish mumkin: balzamni quruq teriga suring va keyin teridagi namlikni saqlab qolish uchun ortiqchasini yumshoq nam salfetka bilan artib tashlang.
Manba: “Woman.ru” | 27 | 2,174 |
Ayollar | Hamma ishga ulgurish uchun 25-soatdan foydalaning. Vaqtni unumli taqsimlash bo‘yicha tavsiyalar | Oila, ish, o‘qish, o‘zingizga e’tibor qilish uchun vaqtdan unumli foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Vaqtni taqsimlashdan avval qilinishi kerak bo‘lgan ishlarni quyidagi kategoriyalarga bo‘lib chiqish kerak:
Vaqtni taqsimlash va rejalashtirish uchun 10 daqiqa ajratib, ikki soat tejash mumkin.
Qanday rejalashtirish kerak?
1. Reja tuzing
Bajarilishi kerak bo‘lgan ishlar ketma-ketligini rejalashtirish odat tarzingizga kirishi kerak. Vaqtning samarali taqsimlanishi uchun avval kunlik, haftalik keyin bo‘lsa oylik va yillik reja tuzish kerak. Rejalar qisqa yoki uzoq muddatli tuzilishi mumkin.
Qisqa muddatli rejalar
Rejalar tuzilganidan keyin ularni bajarilishini nazorat qilish uchun belgilab borish kerak. Buning uchun oddiy bloknot yoki internetdagi tayyor shablonlardan foydalanish mumkin. Qilingan ishlarni belgilab borish kishiga keyingi rejalar uchun motivatsiya berib, kayfiyati ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi.
Uzoq muddatli rejalar
Oylik va yillik rejalarni ham oldindan shakllantirib yozib qo‘yish kerak. Rejalarning ustuvorligi vaziyatga qarab o‘zgarib qolishi mumkinligi sabab rejaga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritib borilishi mumkin.
2. Avvaliga dolzarb va muhim bo‘lgan vazifaga diqqatingizni qarating
Bir vaqtni o‘zida bir qancha ishni bajarish imkonsiz. Natija kutilgandek bo‘lishi uchun birinchi eng muhim bo‘lgan ishni obdan bitirib, keyin ikkinchisiga o‘tish kerak. Buning uchun o‘sha vazifani bajarishga yaxshilab kirishish, orada ijtimoiy tarmoqlarga kirmaslik, chalg‘imaslik, telefonni iloji bo‘lsa chetga olib qo‘yish kerak.
3. Kunni eng murakkab ish yoki vazifa bilan boshlang
Qanchalik yoqimsiz bo‘lmasin, murakkab va muhim vazifani keyinga surish miyada aylanaverib, sizni bezovta qiladi. Og‘ir ishni tongda — energiyaga to‘la vaqtingizda bitirib olish esa yelkangizdan tog‘ ag‘darilgandek hisni tuyishingizga yordam beradi.
4. Aniq muddat belgilang va unga rioya qiling
Vazifalarni bajarilishi va uning bitishi oldindan belgilanib, qancha muddatda tugatilishi miya uchun muhim sanaladi. Chunki aniq vaqt belgilanmasa, miyada hali vaqt bor ekan degan signal paydo bo‘ladi va ongsiz ravishda muddat cheksizlik tomon cho‘zilaveradi. Aniq belgilangan vaqt esa motivatsiya berib, tonusda bo‘lishga sabab bo‘ladi.
5. 25-soat
Agar siz bir sutkada 24 soatdan ko‘proq vaqt bo‘lishini istaydiganlardan bo‘lsangiz, unda quyidagi oltin qoidaga amal qiling. Uyqudan bir soat erta turing. 6 da bajarilishi kerak bo‘lgan ish uchun 5 da uyg‘oning, avvaliga qiyin bo‘lgani bilan natijadan keyin qancha narsaga ulgurishingiz mumkin va imkoni borligidan xursand bo‘lasiz. Bu oltin vaqtni, asosan, bajarishga vaqt yetmaydigan ishga ajrating. Boshida hammasi oddiydek tuyilishi mumkin, lekin bir ritmga tushib olgandan keyin ijobiy natija sezila boshlaydi. | 95 | 2,769 |
Ayollar | Gucci qiymati 7 ming yevroga teng inson yuragi ko‘rinishidagi sumkani namoyish qildi (foto) | Gucci modalar uyi Aria kolleksiyasidan inson yuragi ko‘rinishidagi Broadway sumkasini namoyish qildi. Og‘irligi 430 gramm bo‘lgan aksessuar emal qatlam va toshlar bilan qoplangan. Aksessuar uch xil rangda taqdim etildi. Moda uyi veb-saytida aksessuarning qiymati 7 ming yevroga baholangan.
Sumka romantizmning yorqin ramzi sifatida taqdim etildi. Bundan tashqari, olinadigan zanjirli tasma sumkaning modeli universal bo‘lishini ta’minlaydi va uni turli usullarda taqish mumkin.
Qo‘l sumkasining uchta: oltin, kumush va pushtirangdagi variantlari namoyish etildi. Sumkaning ichkari qismida joylashgan kichik bo‘lma kengligi 10 sm, balandligi 16 sm va chuqurligi 8 smni tashkil qiladi.
Avvalroq Gucci Belarusning Wanna kompaniyasi bilan hamkorlikda krossovkalar va soatlarni raqamli jihozlashning 3D modellarini yaratish uchun kengaytirilgan, reallikda foydalanishga ixtisoslashgan o‘zining birinchi virtual krossovkalarini chiqargan edi. | 91 | 938 |
Ayollar | Sho‘r bo‘lib ketgan ovqat, qattiq bo‘lib ketgan xamir va boshqa pazandalik xatolarini tuzatamiz | Sho‘rvani sho‘r qilib yubordingizmi? Yoki ziravorlarni juda ko‘p solib yubordingizmi? Maqolada pazandalik xatolarini tuzatib, buzilgan taomlar “hayotini saqlab qolish” yo‘llaridan xabar topasiz.
Ovqatning tuzi o‘ta ko‘p bo‘lib, ketsa, ta’mni muvozanatlashtirishga harakat qilish kerak. Masalan, bunday holat salat bilan sodir bo‘lsa, tuzlanmagan masalliqlarni qo‘shish kerak bo‘ladi, shuning hisobiga salatning tuzi kamayadi. Sho‘rvaga esa u nimadan tayyorlanayotganiga qarab, suv, kokos suti yoki qaymoq qo‘shishingiz mumkin. Bundan tashqari, limon suvi, sirka yoki bir qoshiq shakar ham tuz ta’mini kamaytiradi.
Achchiq ta’mni neytrallashtiruvchi eng yaxshi vosita — sut. Qalampirda kapsaitsin bo‘ladi, aynan shu alkaloid achchiq ta’m bilan ta’minlaydi. Sut tarkibidagi kazein esa uning ta’sirini kamaytirishda yordam beradi. Shuningdek, achchiq ta’mni yong‘oq yog‘i ham bostiradi. Ammo uni qo‘shishdan oldin u taomning boshqa masalliqlariga mutanosib ekanligiga ishonch hosil qiling.
Xamir qorishda ba’zan keragidan ortiqcha suyuq yoki qattiq bo‘lib ketishi mumkin. Suyuq xamirga un qo‘shish orqali vaziyatni tuzatish mumkin. Ammo qattiq xamirda bu biroz qiyinroq bo‘ladi: uni biroz miqdordagi sovuq suvni asta-sekinlik bilan qo‘shish orqali o‘zimiz istagan holatga keltirsa bo‘ladi. | 95 | 1,287 |
Ayollar | Oshxona uchun 5 ta yangi kashfiyot: endi kelinlarga nima sovg‘a qilishni bilasiz | Kishiga sovg‘a tanlashda nafaqat uning nimalarni afzal ko‘rishi, balki zamonaviy tendensiyalarga ham tayanish kerak. Maqolada keltirilgan yangiliklar albatta o‘ziga e’tiborni jalb etishiga va bunday sovg‘alarni olgan opa-singillarimizni ko‘p yillar davomida xursand qilishiga ishonamiz.
1. Go‘sht kesish uchun juda qulay anjom. Pichoqning ehtiyotkorlik bilan kesishi hisobiga go‘sht bo‘laklari yupqa bo‘lib chiqadi, jarayonning o‘zi esa nisbatan kam vaqt oladi.
2. Barmoqlar uchun mo‘ljallangan kichik, biroq funksional nasadka yosh bekalarni azaliy muammo — barmoqlarni og‘riqli kesib olishlardan himoya qiladi.
3. G‘aroyib shakldagi pechenyelar tayyorlash uchun press. Buning uchun pechenye xamirini press ichiga joylashingiz kifoya!
4. Bu kashfiyot yordamida birgina teginish bilan salat tayyorlashingiz mumkin — sehrgarlikning o‘zginasi!
5. Pyureni endi atigi ikki harakat bilan tayyorlash mumkin — shunchaki qaynatilgan kartoshkani ushbu moslamaga joylab, uni bosasiz. So‘ng mazali garnirdan bahramand bo‘lishingiz mumkin!
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 80 | 1,189 |
Ayollar | Uyda tartib hukm surishiga yordam beradigan tavsiyalar | Uyni tozalashda nimalarga e’tibor qaratish kerakligi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Muntazam ravishda changyutgich bilan tozalang
Garvard T. Chan nomidagi sog‘liqni saqlash maktabi tadqiqotiga ko‘ra, odam kun davomida 50 mikrogramm chang “yeydi”. Chang hamma yerda — qo‘llarda, yeguliklar va idishlarda ham bo‘lishi mumkin. Pol, divan va kreslolardagi o‘tirganda, turganda va yurganda havoga ko‘tariladigan changlar haqida-ku gapirmasa ham bo‘laveradi. Biz esa har shu changli havodan nafas olishimizga to‘g‘ri keladi. Uydagi maishiy changlar bir qancha komponentlar: allergen, chang zarralari, kimyoviy qoldiqlar hamda bakteriyalardan iborat va bularning hammasi organizmga kirishi mumkin bo‘ladi. Zamonaviy changyutgich modellari bilan esa 10-15 daqiqada tozalab olish mumkin. Tanlov borasida filtratsiyasi sifatli bo‘lgan variantlarga e’tibor qarating. NERA-filtr changlarni olib, havoga qaytib chiqmasligini ta’minlaydi. Changyutgich bilan nafaqat pol, balki boshqa yuzalarni ham tozalash tavsiya qilinadi, bu borada maxsus “nasadka”lardan foydalansangiz bo‘ladi.
Yumshoq mebellarning tozalanganligiga alohida e’tibor qarating
Dyson’ning mikrobiologiya laboratoriyasida o‘tkazilgan tadqiqotlarda yumshoq mebel chang kanasining yashashi uchun yaxshi muhit ekani aniqlangan. Odam to‘shak, o‘rindiq va divanda qancha ko‘p vaqt sarf qilsa, atrof-muhit allergiya va chang miqdori shunchalik ko‘payishi mumkin bo‘ladi. Aynan shu sabab ham yumshoq mebel va to‘shaklarga alohida e’tibor qaratish muhim sanaladi. Changni yaxshilab tortadigan maxsus “nasadka” yoki cho‘tkali changyutgichdan yaxshi samara beradi.
Yuvinish xonasini yaxshilab tozalang
Dush qabul qilgandan keyin devorlarda va sirtlarda namlik paydo bo‘lib, pol va yuzalarda zarar yetkazadi mog‘or paydo bo‘lishi uchun eng yaxshi sharoit yaratadigan namlik yig‘iladi. Havo aylanishi uchun eshiklarni ochiq qoldiring, darpardani muntazam ravishda almashtirish hamda mog‘or paydo bo‘lishining oldini olish kerak. Suv to‘planishiga yo‘l qo‘ymang, nam yuzalarni artib turing.
To‘g‘ri tozalaydigan vositalarni tanlang
Unutmang, siz tozalashda foydalanadigan har qanday vosita alal-oqibat organizm ichiga tushishini unutmang. Masalan, sitrus ifori taratish uchun tozalaydigan vositalarga qo‘shiladigan limonen komponenti, uydagi tabiiy ozon bilan reaksiyaga kirishib, formaldegid ajralishi mumkin. Tabiiy tozalash vositalaridan foydalanish havodagi uchuvchi organik birikmalar miqdorining kamayishiga yordam beradi. Tegishli tashkilotlar tomonidan sertifikatlangan ekologik variantlardan foydalaning. Qattiqroq dezinfeksiyalovchi, ayniqsa aerazol balonlarda saqlanadigan vositalardan iloji boricha foydalanmaganingiz yaxshi.
Zarur choralarni ko‘ring
Bundan tashqari, uyda vaqtimiz, odatdagi mashg‘ulotlarimiz masalan, ovqat tayyorlash bilan havoni yanada ko‘proq ifloslantiramiz. Oshxonadagi hidlarni tashqariga chiqaradigan uskunaning tozaligiga e’tibor qarating. Havo tozalaydigan vositalar ham uyni toza saqlashga hissa qo‘shadigan narsalardan biri sanaladi. Mazkur vositalar bilan yuzalar ustidagi changlar ham sezilarli darajada kamayadi. Har kuni, taxminan, 11000 litr havo bilan nafas olamiz va bu ko‘rsatkichning uchdan bir qismi uyqu vaqtiga to‘g‘ri keladi.
Tozalash uchun eski kiyimlardan foydalanmang
Tozalashda eski futbolka, doka, eskirgan sochiq va boshqa paxta matolaridan foydalanish eng ko‘p tarqalgan xatolardan biri sanaladi. Bunday matolardan tayyorlangan lattalarda tozalagandan keyin yuzalarda tolalar qolishi hamda sekin qurishi mumkin. Shu sabab ham chidamli, changni o‘ziga oladigan va namlik qoldirmaydigan mikrofibra matoli lattalardan foydalaning. | 54 | 3,628 |
Ayollar | Streetstyle: 2020-yilning bahorida urfga kirgan kardiganlar | Qulay kardigan garderobning bazaviy elementi bo‘lib, uning yordamida siz salqin bahor kunlarida isinishingiz yoki shunchaki zamonaviy obraz yaratishingiz mumkin, deb yozadi Vogue.
Streetstyle (ko‘cha uslubi)ni ma’qul ko‘ruvchi ayollar allaqachon kardiganlarga mehr qo‘yishga ulgurgan. 2020-yilning bahorida keng yengli kalta kardiganlar yoki belbog‘li uzun fasonli kardiganlar urfda.
Geometrik naqshlar, toshlar bilan bezatilgan kardiganlarni shimlar, charm shortilar yoki to‘qilgan yubkalar bilan uyg‘unlashtirish maqsadga muvofiq.
Quyida kundalik hayotda kiyish uchun zamonaviy obrazlardan namunalar keltiriladi. | 59 | 614 |
Ayollar | Teri yosh ko‘rinishiga yordam beruvchi 10 mahsulot | Inson umri davomida iste’mol qilgan oziq-ovqatlar tufayli keksayish jarayonini tezlashtirib yuboradi. Sababi barcha mahsulotlar ham tanaga bir xilda ta’sir o‘tkazmaydi. Ammo ular orasida ajin tushishi va qarishni sekinlashtiruvchilari ham mavjud.
Lavlagi
Lavlagi tanani tozalaydi. Uni muntazam iste’mol qilish teri holatiga tezda ta’sir o‘tkazadi. Husnbuzarlar yo‘qoladi, teri rangi yaxshilanadi va teri hujayralari ko‘proq kislorod oladi. Bir kunda bir dona lavlagi iste’mol qilish organizm uchun me’yor hisoblanadi.
Petrushka
Terini yoshartirishda samarali hisoblangan ushbu mahsulot glutation ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi, shifokorlar barcha antioksidantlarning onasi deb ataydigan noyob ozuqa hisoblanadi. Organizmning glutation ishlab chiqarish qobiliyati genetik jihatdan aniqlangan va so‘nggi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, odamlarning 30 foizida glutation faolligi yetarli emas. Kuniga 3-4 yaproq petrushka iste’mol qilish organizm uchun foydali.
Qovoq urug‘i
Qovoq urug‘idagi rux moddasi qarishning oldini oladi, terini taranglik bilan ta’minlaydi. Shuningdek, hujayralarni ultrabinafsha nurlardan himoya qiladi, ajinlar bilan kurashib, teri holatini yaxshilaydi. Kuniga bir hovuch qovoq urug‘ini tanovul qilish teri uchun juda foydali hisoblanadi.
Sariyog‘
Sariyog‘ terini silliqlaydi, qizarishni kamaytiradi, teridagi namlik muvozanatini saqlaydi. Haftasiga bir qadoq sariyog‘ iste’mol qilish teri uchun ijobiy ta’sir o‘tkazadi.
Yog‘li baliq
Yog‘ kislotalari yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega. Teri, tirnoq va sochlarning holatini yaxshilaydi. Unchalik xush ko‘rilmaydigan baliq yog‘i teri yuzasini silliq qilib, ajinlarni kamaytiradi. Teri parvarishi uchun eng yaxshi mahsulotlardan biridir. Haftasiga 300 gramm baliq iste’moli salomatlik uchun ham foydali.
Kakao
Kakao erkin radikallarga qarshi kurashadi va epidermisdagi yallig‘lanishni kamaytiradi. Kuniga bir choy qoshiq kakaoni ichimlik shaklida qabul qilish mumkin.
Bodom
Teri elastikligi uchun ushbu mahsulot qon tomirlarini mustahkamlaydi va kuperozning oldini oladi, chunki tarkibida arginin mavjud. Kun davomida 10-15 dona tanovul qilish tavsiya etiladi.
Tomat pastasi
Pomidor tarkibidagi likopen boshqa ko‘plab moddalardan farqli o‘laroq tanaga yaxshi singadi. Unga ishlov berilgandan keyin samarasi yanada ortadi. Shuning uchun tomat pastasi yangi pomidorga qaraganda foydali. Likopen erkin radikallarning faolligini bostiradi va eng yaxshi antioksidant hisoblanadi. Buning uchun kuniga 2 osh qoshiq tomat pastasi yoki 1 stakan tomat sharbati iste’mol qilish mumkin.
Limon
Limon tanadan toksinlarni chiqarib tashlaydi. Immunitet tizimini, shu jumladan, terining himoya funksiyalarini rag‘batlantiradi. Terini yoshartiruvchi ushbu mahsulotni istagancha iste’mol qilish mumkin.
Zanjabil
Zanjabil yallig‘lanishni kamaytiradi, limfa oqimini rag‘batlantiradi. Shishlarni bartaraf etadi va teri elastikligini oshiradi. Kuniga bir choy qoshiq maydalangan zanjabil kukunini choyga qo‘shib ichish mumkin. | 50 | 2,985 |
Ayollar | Eski buyumlarga yangi hayot bag‘ishlaymiz: uy bekalariga foydali maslahatlar | Har bir uyda keraksiz, ammo tashlashga ko‘zingiz qiymaydigan narsalar bo‘ladi. Maqolamiz bunday narsalardan boshqa maqsadlarda ham foydalanish mumkinligi to‘g‘risida yozilgan.
Changyutgich trubasi oxiriga eski kolgotka parchasini joylashtirib, uyda zirak va shunga o‘xshash mayda-chuyda yo‘qolgan narsalarni ko‘rish qiyin bo‘lgan joylardan changyutgich yordamida izlab topsangiz bo‘ladi.
Pishirgan quymog‘ingiz bir xil kattalikda chiqishi uchun ketchup butilkasidan suyuq xamirga dozator yasash mumkin.
Bo‘sh plastik butilka yordamida tuxum sarig‘ini oqidan ajratib olish mumkin. Butilkani qo‘lingiz bilan qisib turib tuxum sarig‘iga yaqinlashtiring va qo‘lingizni qo‘yib yuborsangiz tuxum sarig‘i butilka ichiga o‘zi joylashib oladi.
Tunuka choy qutichalari shunday chiroyli yasalganki, ularni tashlashga ko‘z qiymaydi. Bu qutichalarni uyda xushbo‘y shamlar uchun shamdon qilish mumkin.
Shokolad konfetlari qutisiga esa bo‘linmalarining kattaligiga qarab har xil mayda-chuydalarni joylashtirib qo‘ysangiz ham bo‘ladi.
“Tik-tak” qutichasidan yo‘lga chiqqaningizda tuz, murch va boshqa ziravorlarni olib yurish uchun foydalansangiz bo‘ladi. | 76 | 1,144 |
Ayollar | Sutni kundalik turmushda qo‘llashning 9 usuli | Sutdan qanday qilib kundalik turmushda boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin? Maqolamizni o‘qisangiz buni bilib olasiz!
Laklangan poyabzalni oddiy sut yordamida yaltiratish mumkin. Lattani sutga botiring va oyoq kiyimini arting.
Siyoh dog‘i ketishi juda qiyin bo‘lgan dog‘lardan biri hisoblanadi. Lekin hatto eski va singib ketgan siyoh dog‘larini ham sut yordamida oson ketkazish mumkin. Kiyimning dog‘ tekkan joyini iliq sutga solib ivitib qo‘ying, bir necha soat o‘tgach avval sovuq, keyin esa iliq suvda chaying.
Oyna yuzasini sut yordamida tozalash mumkin. Lattani sutga botiring va uni arting.
Agar kumush buyumlaringiz xira tortib qolgan bo‘lsa, ularni achigan sutga solib qo‘ying. Biroz vaqt o‘tgandan keyin suvda chayqang va quriting.
Bir litr sutga bir osh qoshiq asal soling va yaxshilab aralashtiring. Aralashmani suvli vannaga quying. 15 daqiqa davomida vanna qabul qiling. Bunday vannadan keyin teringiz mayin va chiroyli bo‘ladi.
Kuygan joydagi og‘riqni sovuq sutli kompress yordamida qoldirish mumkin. Toza lattani sutga botiring va kuygan sohaga qo‘yib qo‘ying. Lattani og‘riq to‘xtamaguncha almashtirib turing.
Quruq qo‘ziqorinlarni iliq sutga solib iviting. Yangi uzilgandek bo‘ladi.
Tayyorlashdan oldin daryo balig‘ini sutda iviting. Shunda nafaqat uning hidi yo‘qoladi, balki yanada mazaliroq va yumshoqroq bo‘ladi.
Xantal ziravorini uyda tayyorlash usullari juda ko‘p, uning asosiy qoidasi – suvning o‘rniga sutdan foydalaning. Bunday xantal mazaliroq bo‘ladi va darrov qurib qolmaydi.
Manba: “Xitrosti jizni” | 45 | 1,532 |
Ayollar | Folga yoki pergament? Ulardan qanday holatlarda foydalanish kerak? | Pechenye, sabzavotli taom yoki go‘shtni pechda pishirish uchun doimo folga yoki pergament qog‘ozdan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Ammo ular aynan nima uchun mo‘ljallanganiga qaramay, duch kelganini ishlatish holatlari ko‘p bora kuzatiladi. Quyida ikkisidan qachon va qanday maqsadda foydalanish haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish mumkin.
Qanday mahsulotlar folga yoki pergamentga kamroq yopishadi?
Odatda pergament qog‘ozlari hech qachon pishiriq qoliplariga yopishib qolmaydi. Bordi-yu yopishgan bo‘lsa, demak qog‘ozning sifatsiz turidan foydalanilgan bo‘lish mumkin. Folga qog‘ozlari esa ikki xil bo‘ladi. Yupqa folgalar mahsulot qizarib pishishi uchun qo‘llaniladi. Shuningdek, folgalardan foydalanishdan avval uni yog‘lash ham mumkin. Ayrim bekajonlar esa baliq yoki go‘sht pishirishda avval to‘g‘ralgan piyozni joylashtiradi.
Qandolat qog‘ozlarini yog‘lash shartmi?
Bu asosan retseptga bog‘liq. Aksariyat hollarda pergamentdan foydalanilganda unga yog‘ surtish shart emas. Agar xamirli taom xamiri juda yopishqoq bo‘lsa, qog‘oz yuzasiga un sepish mumkin. Qolaversa, retseptda “qolipni yog‘lang” deyilgan bandi mavjud bo‘lsa, u ko‘proq qandolat qog‘ozidan foydalanmaydiganlar uchun tegishli bo‘ladi.
Folganing qaysi tomoni bilan pishirgan ma’qul?
Bu asosan folganing turiga bog‘liq. Agar oddiy va qalin folga bo‘lsa, har ikki tomonidan ham foydalanish mumkin. Lekin yopishqoq bo‘lmagan folganing tovlanmaydigan tomoni bilan ishlatgan ma’qul.
Nima uchun folga yoki pergament qog‘ozi mahsulotni butunlay yopishi kerak?
Ikkala qog‘oz ham mahsulot yopishmasligi hamda kuymasligi uchun xizmat qiladi. Shuningdek, jarayondan so‘ng qoliplarni yuvish oson kechadi. Bundan tashqari, folga yoki pergament tufayli taomdagi yog‘ni kamaytirish mumkin.
Pechdagi sabzavotlar uchun folgami yoki pergament?
Pergament qog‘ozidan 210 darajagacha bo‘lgan haroratda foydalanish mumkin. Agar sabzavotlar yuqori haroratda pishirilishi kerak bo‘lsa, folgadan foydalangan yaxshi. Qanday bo‘lmasin, sabzavotlar mazali va yumshoq bo‘lishi uchun ularga zaytun moyini qo‘shish tavsiya etiladi. So‘ngra folgaga o‘raladi. Shuningdek, kartoshkalarni pechda pishirishganda quruq bo‘lib qolmasligi uchun ularga bir nechta muz bo‘laklarini qo‘shish kerak. Issiqlikda erigan muz bo‘laklari kartoshkaga keraklicha namlik beradi.
Pechda pishiriladigan tovuq yoki kurka go‘shti uchun qalin folga
Agar ushbu go‘sht mahsuloti tez muddatda pishirilishi kerak bo‘lsa, unda folgadan foydalanish tavsiya etiladi. Folga ustiga parranda go‘shti joylashtiriladi, yog‘ va ziravorlar sepiladi. So‘ngra folga bilan har tomonlama o‘ralib, ikki tarafidan biroz teshik ochiladi. Go‘sht tayyor bo‘lishiga yarim soat qolganida folga ochiladi. Natijada go‘sht qizarib pishadi.
Ammo parranda go‘shti uzoqroq muddatda pishishi kerak bo‘lsa, pergament qog‘ozidan foydalanish mumkin. U ham xuddi folga qog‘oz kabi ishlatiladi, ammo yarim soat qolganida qog‘ozlar butunlay olib tashlanadi va go‘sht qizarguncha pishiriladi. Odatda pergament bu kabi maqsadlar uchun unchalik ham mos emas.
Baliq uchun folga va pergament
Baliq uchun ikkisidan ham birdek foydalanish mumkin. Agar baliqni sabzavotlar bilan birga pishirish kerak bo‘lsa, pergament qog‘ozga o‘raladi. Shunda baliq yumshoq va suvli bo‘lib pishadi. Uning qizarib pishishini xohlaydigan bekajonlar qalin folgaga o‘rab, tayyorlashi mumkin.
Pechenye uchun pergament
Pechenyelar pergament qog‘ozida pishirilsa, ular bir tekisda pishadi, ko‘rinishi buzilmaydi va yorilib ketmaydi. Folgadan foydalanilsa, shirinliklar rangi biroz to‘qroq chiqishi mumkin.
Pirog uchun qandolat qog‘ozi
Katta dumaloq shaklni folga yoki pergament qog‘ozidan chiqarib olish ancha qiyin. Shuning uchun bekajonlar osongina qandolat qog‘ozidan foydalanadi. Undan kerakli shaklni kesib olish mumkin va bu pirog shakliga ham zarar yetkazmaydi. | 66 | 3,818 |
Ayollar | Muammoni hal qilishi mumkin: Shellakdan keyin tirnoqlarni qanday parvarishlash kerak? | Shellak, gelli laklar va ultrabinafsha chiroq bilan quritilgan boshqa tirnoqni chiroyli ko‘rsatuvchi manikyurlar 2-3 hafta davomida saqlanib turadi. Ular olib tashlangandan so‘ng tirnoq bilan bog‘liq muammolar: sinishi, ingichka, yupqa bo‘lishi va teri atrofi qichishi yuzaga kelishi mumkin. Quyida shu kabi muammolar yuzaga kelganda qanday yo‘l tutish kerakligi keltiriladi.
Nima sababdan bunday muammolar yuzaga keladi va ulardan qanday xalos bo‘lish mumkin?
Tirnoqlarga qo‘llanilgan gel gidratlangan kollagenga asoslangan murakkab kimyoviy birikma bo‘lib, u ultrabinafsha nurlar yordamida tirnoq plastinkasining yuqori qatlamiga ta’sir qiladi. Shellakni olib tashlash paytida u tirnoq plastinkasining eng yuqori qatlami bilan birga olinadi. Shuning uchun yangi manikyur usuli ixtiro qilinganida, mutaxassislar o‘rtasida uslubning qanchalik xavfsiz ekani haqida qizg‘in munozaralar paydo bo‘ladi.
Munozaralar hozirgacha to‘xtamagan, yetakchi manikyur mutaxassislari tomonidan eng yaxshi maslahat — chidamli qoplamalarni har doim qo‘llash mumkin emasligi aytilgan. Tavsiya etilgan rejim — 3 oy davomida tanaffus qilib 2 marta manikyur qildirish mumkin.
Shellak qildirishdan oldin bilishingiz kerak bo‘lgan maslahatlar:
Agar tirnoqlaringizni doimiy manikyurga tayyor deb bilmasangiz qoplamani olib tashlaganingizdan so‘ng, tirnoqlaringizni tiklashga e’tibor bering.
Tirnoqlarni oziqlantirish
Tirnoqlarni oziqlantirish muhim ishlardan biri, bu ishni shellak yoki laklardan keyin emas, doimiy qilish ma’qul. Shellakni olib tashlashdan oldin ko‘proq yog‘li baliq, tuxum va pishloq iste’mol qiling. Ularda mavjud bo‘lgan kalsiy tirnoq uchun juda muhim. Tirnoq plastinkasi qanchalik qalin bo‘lsa, chidamli qoplamalardan keyin kelib chiqadigan zarar kamroq seziladi.
Mikroelementlar
Temir va sink moddasining yuqori miqdori bo‘lgan bioqo‘shimchalar yoki vitamin komplekslari tirnoqlarni parvarishlashga katta yordam beradi, bu elementlar ularni elastik, silliq qiladi va sog‘lomligini ta’minlaydi.
Vitaminlar
C vitamini oqartiruvchi ta’siri bilan mashhur, shuning uchun tarkibida ushbu vitamin bo‘lgan sitrus mevalari tirnoqlarning holatiga ijobiy ta’sir qiladi. Masalan. limon, apelsin yoki greypfrutni maydalab tirnoqlaringizning ustiga qo‘ying va qo‘lqop kiyib yarim soat qoldiring.
Qoplamalarni olib tashlagandan so‘ng nima qilish kerak?
Tirnoqlaringizni qisqartiring
Plastinka qanchalik qisqa bo‘lsa, u shunchalik kam eksfoliatsiya qiladi va ta’sir kam bo‘ladi.
Jilo berish
Tirnoqlarga oddiy jilo berish shikastlangan qatlamning qoldiqlariga kamroq ta’sir qiladi va plastinkaning ayrim qismlariga havo yetkazadi.
Qo‘lqop sotib oling
Shellak qildirganingizdan keyin 2-3 hafta ichida suv bilan bog‘liq barcha uy ishlarini qo‘lqop bilan bajaring. Tirnoqlaringizga kimyoviy moddalardan nafas olishiga imkon bering.
Kutikulalardan foydalaning
Ertalab va kechqurun tirnoqlaringizni kutikulalar, o‘rik yoki zaytun moyi bilan massaj qiling. Kutikulalar tirnoqlarning tuzilishini tiklaydi va mo‘rtligini kamaytiradi.
Kuchli shifobaxsh laklardan foydalaning
Protein komplekslari bo‘lgan laklardan foydalanganingiz ma’qul.
Jelatinli niqob tayyorlang
Bir stakan issiq suvga bir osh qoshiq jelatinni eritib oling va eritmaning harorati qulay bo‘lishi bilan tirnoqlaringizni unga botiring. Ular 20 daqiqa ushlab turing va keyin sochiq bilan arting.
Yodli suvni sinab ko‘ring
Bu ishni kechqurun qilganingiz ma’qul, shunda yog‘ ertalabgacha bug‘lanib ularning rangiga zarar yetkazmaydi. Yodli suvni tayyorlash uchun 200 ml suvga 2 osh qoshiq oddiy tuz va yarim osh qoshiq yodni eritib oling. Qo‘lingizni 15 daqiqa davomida suvga botiring, so‘ng suv bilan yuving, krem surting va yoting. Bu suv tirnoqning o‘stiradi va uning tuzilishini yaxshilaydi.
Parafin o‘ramini tayyorlang
Parafinli shamini eritib, uni qulay haroratda sovutib qo‘ying, tirnoqlaringizni yopishqoq massaga botiring va qo‘llaringizga sovib turing. | 85 | 3,903 |
Ayollar | Mashinada uzoq yo‘lga otlanayotganlarga asqatadigan foydali tavsiyalar | Uzoq vaqtga safarga chiqishdan avval o‘zingizni ruhan tayyorlash bilan birga, zarur jihozlar olinganiga amin bo‘lish, xususan, yo‘l davomida ham bir qancha jihatlarga e’tiborli bo‘lish kerak.
Avtomobilni safarga tayyorlang
Yo‘lga chiqishdan avval avtomobilingizni texnik jihatdan tayyorlab olishni esdan chiqarmang. Tizimlarini ko‘zdan kechiring, moy va yonilg‘i kerakli miqdorda ekanligiga ishonch hosil qiling.
Hujjat va pul
Hujjat va pullarni o‘zingiz tez topadigan va olish qiyinchilik keltirib chiqarmaydigan joyga qo‘ying. Turli muammolarning oldini olish maqsadida yonilg‘i quyish shoxobchalari yoki boshqa to‘xtash joylarida sumka va hamyonlarni oldingi o‘rindiqlarga qo‘ymang
Bagajda nimalar bo‘lishi kerak?
Bagajda dorilar qutisi, yong‘in o‘chirgich, qo‘shimcha ballon, ballon o‘rnatadigan qurilmalar, transport hodisasidan ogohlantiruvchi uchburchak belgi, antifriz, moy, oynalarni tozalaydigan suyuqlik va suv bo‘lishi kerak.
Ruhiy tayyorgarlik
Avtomobilda safarga chiqishdan avval, ijobiy narsalar haqida o‘ylang. Minglab kilometr yurish davomida tabiat go‘zalliklaridan bahra olishingiz, sevimli musiqangizni soatlab tinglashingiz, shuningdek, anchadan beri o‘ylab ko‘rolmagan ishlaringiz haqida fikr yuritishingiz mumkin.
Dam olishni unutmang
Yo‘l davomida biroz tanaffus qilish va har bir yarim soat davomida dam olish muhim sanaladi. Yo‘qsa o‘zingizni charchatib qo‘yishingiz mumkin.
Tezlikni oshirib yubormang
Belgilangan tezlikdan oshmaslikka harakat qiling. Yangi haydovchi bo‘lsangiz, yo‘lning chap bo‘lagida yurmaslikka harakat qiling, faol bo‘lsangiz aksincha. Sizga yo‘l berib o‘tkazib yuborgan haydovchiga minnatdorlik bildirishni unutmang. Aholi yashaydigan joylarda tezlikni oshirmang, piyodalar o‘tish joyi eng xavfli yerlardan biri ekanini hisobga oling.
Vaqtida yonilg‘i quying
Shahar ichida yonilg‘i quyish shoxobchalari ko‘p uchrashi mumkin, lekin shahar tashqarisida bu imkonsiz bo‘lishi mumkin. Shu sabab ham har qo‘shimchasi bilan yonilg‘i quydirib oling. Har ehtimolga qarshi esa keyingi yonilg‘i quyish shoxobchasi qayerda ekanini xaritadan tekshirib turing.
Ehtiyot bo‘ling
Odamlar yo‘q va YPX posti uzoq bo‘lgan yerda balloni teshilib qolgani yoki yonilg‘i qolmaganini ishora qilib, mashinangizni to‘xtatmoqchi bo‘lganlardan ehtiyot bo‘ling. Mashinada sizdan boshqa odam bo‘lsagina yordam berish uchun to‘xtang.
Qayerda tamaddi qilish kerak?
Yo‘lda to‘xtab ovqatlanish uchun duch kelgan tamaddixonada to‘xtayvermang. Yo‘lga chiqishdan avval uydan aynib qolmaydigan mahsulotlardan yengil buterbrod tayyorlab oling. Yo‘lda salqinroq joyda to‘xtab, tamaddi qilib olsangiz bo‘ladi.
Yo‘lda mashina buzilib qolsa nima qilish kerak?
Xavotirga tushmang, vaziyatga to‘g‘ri baho bering: yo‘l o‘rtasida yurmay qoldimi, mashina to‘xtagan joy shahardan uzoqmi yoki yo‘q, muammo aynan nimada ekanligini bilishga harakat qiling. Avvalo mashinani yo‘l chetiga olib o‘ting. “Avariyka”ni yoqib qo‘ying va belgini yo‘lga qo‘yib qo‘ying. Muammoni mustaqil hal qila olmasangiz, oldingizda ikkita yo‘l bor: yo‘ldagi mashina haydovchilarining biridan yordam so‘rang yoki maxsus xizmatga murojaat qiling. Maxsus xizmat raqamini Google’dan topsa ham bo‘ladi, lekin agar internet yaxshi ishlamasa, yaqin do‘stingiz yoki tanishingizga telefon qilib chaqirib berishini iltimos qiling va har ehtimolga qarshi to‘xtagan joyingiz manzilini aytib qo‘ying. Bu holat kechqurun va havo yomon vaqtda yuz bersa, FVVga qo‘ng‘iroq qiling.
Ishonchingiz komil bo‘lmagan narsani qilmang
Yo‘lda harakatlanish davomida ishonchingiz komil bo‘lmagan narsani amalga oshirmang, qandaydir keskin harakatga shubhangiz bo‘lsa, yaxshisi qilmang. O‘ylab, rejaga asosan qaror qiling.
Qachon to‘xtash kerak?
Har qanday tushunarsiz holatda mashinani to‘xtating. Yo‘lda ta’mirlash ishlari ketayotgan bo‘lsa, yo‘l-transport hodisasi yuz bergan bo‘lsa va shu kabi boshqa holatlarda mashinani boshqa bo‘lakka olib o‘ting. Ayniqsa, bilmagan yo‘lingizda ehtiyotkorlik bilan harakatlaning.
Tirbandlik vaqtida nima qilish kerak?
Mashina tirband joyni aylanib o‘tib ko‘p vaqt yo‘qotishingiz, kamiga adashib qolishingiz mumkin. Siz yo‘lni changitganingiz hisobiga boshqa mashinalar harakatlanishida noqulaylik paydo bo‘lishi mumkinligini ham inobatga oling. | 70 | 4,231 |
Ayollar | Tuxum yorilib ketmasligi va oson tozalanishi uchun qanday qilib qaynatish kerak? | Tuxumni qaynatishdan ko‘ra osonroq ish bo‘lmasa kerak! Lekin qobiqni osongina tozalash uchun tuxumni qanday qaynatish kerakligini hamma ham bilmaydi. Ma’lum bo‘lishicha, buning bir nechta qoidalari mavjud bo‘lib, ular tufayli tuxum yorilib ketmaydi va osongina tozalanadi.
Qaynatishdan oldin tuxumni muzlatkichdan chiqarganda, qobiqqa zarar bermaslik uchun ularni yaxshilab yuvib tashlash kerak. Aks holda, tuxum yuzasidagi bakteriyalar yoriqlar orqali ichkariga kirishi mumkin. Qobiqni tozalash oson bo‘lishi uchun darhol tuxumni olovga qo‘ymang. Ularni to‘g‘ri o‘lchamdagi idishga solish va avval sovuq, keyin biroz issiqroq suv quyish kerak.
Tuxumlarni xona haroratiga qadar qizishi uchun bir necha daqiqaga qoldirish ham mumkin. Agar bu amalga oshirilmasa, qaynatish vaqtida ular yorilib, tozalashni qiyinlashtiradi. Ustini qoplaguncha biroz issiq suv qo‘shiladi. Har bir tuxumga 1/2 choy qoshiqdan tuz sepiladi va olovga qo‘yiladi. Suv qaynagandan so‘ng olov pasaytiriladi. Past haroratda kerakli darajada qaynatib olinadi.
Tuxum pishganidan so‘ng ehtiyotkorlik bilan qaynoq suv to‘kib tashlanadi va darhol idishga sovuq suv quyiladi. Bu qobiqni tozalash oson bo‘lishi uchun amalga oshiriladi. Bundan tashqari, tuxumga sovuq suv quyilganidan so‘ng vodorod sulfidini temir bilan birlashtirishning kimyoviy jarayoni to‘xtaydi. Sarig‘i xira kulrang emas, balki yorqinroq va to‘yingan rangga ega bo‘ladi.
Tuxumlarni tozalash oson bo‘lishi uchun ular to‘liq soviguncha bir necha marta muzdek suv quyiladi. Keyingina ularni tozalash mumkin. Qobiqni olib tashlashni bo‘shliq mavjud bo‘lgan to‘mtoq uchidan boshlagan yaxshiroqdir.
Odatda quyidagi holatlarda qaynatilgandan keyin tuxum qobig‘ini tozalash qiyin, degan qarash ham mavjud:
Ammo yuqoridagi usulda qaynatilgan har qanday tuxum qobiqdan yaxshi tozalanadi.
Tuxumlarni qaynatishning ham o‘ziga xos usullari bo‘lib, ular yengil, qattiq yoki xaltacha ichida pishirilishi mumkin.
Bedana tuxumini oson tozalash uchun qanday qaynatish kerak?
Bedana tuxumlari foydali hamda to‘yimli hisoblanadi va asosan salatlar uchun ishlatiladi. Bedana tuxumlarini qaynatish qoidalari tovuqnikidan farq qilmaydi, ammo ular pishirish vaqti bo‘yicha o‘ziga xos xususiyatlarga ega, bu ularni osongina tozalash imkonini beradi:
Oshpaz maslahati: tuxumni tozalash oson bo‘lishi uchun ularni pishirishda taxminga emas, vaqtga qarab ish tutish tavsiya etiladi. | 80 | 2,393 |
Ayollar | Qanday qilib o‘z yo‘lini topish haqida 3 maslahat | Inson hayotda o‘zini, o‘z yo‘lini topishi uchun nima qilishi kerak?
O‘z hayotingizni yashang
Kichkinaligingizda onangiz shifokor bo‘lishingizni xohlardi. Otangiz futbolchiga turmushga chiqishingizni, buvingiz esa “odobli nevara” bo‘lishingizni orzu qilishardi.
Mana siz ulg‘aydingiz. Shifokorlik diplomini oldingiz, lekin bu ishni yoqtirmaysiz. Otangiz xohlaganidek, futbolchiga turmushga chiqmoqchi bo‘ldingiz, lekin dam olish kunlari sport-barlarga g‘oyib bo‘ladigan futbol ishqiboziga turmushga chiqdingiz.
Buvingiz orzu qilganidek jiddiy va boshqalardan ajralib turmaslikka o‘rgandingiz. Sizga bir savol: hozir siz kimning hayotini yashayapsiz?
Bugundan boshlab o‘zingizga, qanday lozim deb hisoblasangiz shunday yashashga so‘z bering.
O‘zingizni boshqa rollarga qo‘yib ko‘ring
Albatta sizda savol tug‘iladi: “o‘z hayotini yashash” nima degani? Sizning 5 ta hayotingiz borligini va ularning har birini muayyan bir ishga sarflashingiz mumkinligi haqida tasavvur qiling. Bular qanday ishlar bo‘ladi?
Faraz qilaylik, siz: “Bir hayotimda men yozuvchi bo‘laman, boshqasida — fotomodel, uchinchisida — badiiy gimnastika bo‘yicha olimpiada chempioni, to‘rtinchisida — pazanda, beshinchisida — fotograf” deb yozdingiz.
Bularning hammasini sizning hozirgi hayotingizga joylashtirish juda oson. Biz aniq bilamizki, siz dunyoni bilishni, u haqda yozishni, mazali taomlar tayyorlashni va o‘zingiz uchun bir-ikkita ajoyib fotosessiya qilishni xohlaysiz.
Ishga kirishing!
Harakat qilish va ishga kirishish uchun eng muhim asos shundan iboratki, har qanday harakat sizga yangi ma’lumotlar beradi. Bu ma’lumotlarsiz esa oldinga siljish bo‘lmaydi.
Shuningdek, har qanday harakat — ayniqsa yakuni ijobiy bo‘lsa — o‘zingizga bo‘lgan ishonchni oshiradi. Agar biz bir joyda o‘tirsak va hech narsa qilmasak, bu bizda ma’yuslik va umidsizlik paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Jamiyatshunoslarning aniqlashicha, hammadan ko‘p buyuk kashfiyotlar qilgan olimlar hammadan ko‘p xatolar qilgan ekanlar! Shuning uchun xato qilib qo‘yishdan qo‘rqmasdan, harakat qiling!
Manba: Weekend Rambler | 49 | 2,064 |
Ayollar | Bolalar uchun birinchi qo‘shimcha ovqat: nimadan boshlash kerak? | 20-30 yil oldin shifokorlar meva pyuresi bilan qo‘shimcha ovqatlarni joriy etishni maslahat berib o‘tgan. O‘shandan beri ko‘p narsa o‘zgardi: endi pediatrlar chaqaloqlarni yangi mahsulotlar bilan tanishtirishning mutlaqo boshqacha usulini tavsiya etmoqda.
Qo‘shimcha ovqatlar berishni aynan nomadan va qachon boshlash kerak?
Meva pyuresi
Hatto 20 yil oldin ham meva pyuresi bilan qo‘shimcha ovqatlarni boshlash tavsiya qilingan. Keyin ushbu yondashuv tanqidlarga sabab bo‘ldi. Hozirda esa meva pyuresini bolaning 6 oyligidan boshlab berish mumkin. Ularni birinchi qo‘shimcha ovqat sifatida berish tavsiya etilmaydi, ammo agar bola sabzavot pyuresi va bo‘tqalardan qat’iyan voz kechsa, buni amalga oshirish mumkin. Olma, nok yoki quritilgan o‘rik, so‘ngra mevalarni yorma va sabzavot pyuresi bilan aralashtirish ham yaxshi variant hisoblanadi.
Sabzavot pyuresi
Hozirgi vaqtda qovoq, brokkoli va gulkaram pyuresi birinchi qo‘shimcha ovqat uchun eng yaxshi variant hisoblanadi. Ayniqsa, bola atigi 4,5-5 oylik yoki bolada ich qotishi bilan bog‘liq muammolar mavjud bo‘lsa. Shuni ta’kidlash kerakki, brokkoli va gulkaram pyuresi qorinda gaz hosil bo‘lishini rag‘batlantiradi, shuning uchun ba’zida qovoqni birinchi sabzavot sifatida, keyin bo‘tqa va boshqa sabzavotlardan oshqovoq, kartoshka, sabzi, keyin esa 7-8 oylikda brokkoli va gulkaramga o‘tish yaxshiroq deb tan olingan.
Yorma
Glyutensiz yormalardan guruch, grechka, makkajo‘xori, shakarsiz va sutsiz bo‘tqalar birinchi oziqlantirish uchun eng yaxshi tanlovdir, ayniqsa, bola allaqachon 5,5-6 oylik yoki uning ichi suyuqlanishga moyil bo‘lsa. Ba’zi ota-onalar, agar bola tezda vazn yig‘sa, bo‘tqa berishdan qo‘rqadi. Ularni bo‘tqa tufayli semiradi deb o‘ylaydi. Darhaqiqat, sutsiz bo‘tqa tarkibidagi kaloriya miqdori ona suti yoki aralashmadan 2 baravar kam. Shuning uchun sutsiz don mahsulotlarini bolada ortiqcha vazn paydo bo‘lishidan qo‘rqmasdan kiritish mumkin. Shuningdek, qo‘shimcha ravishda ovqatlantirishdan keyin ona sutini ham taklif etish mumkin.
Go‘sht pyuresi
Hozirgi kunda go‘sht pyuresi birinchi qo‘shimcha ovqat sifatida tez-tez uchramoqda. Agar qo‘shimcha oziq-ovqat 6 oydan boshlab kiritilsa va ayniqsa, bolada temir tanqisligi paydo bo‘lishi xavfi mavjud bo‘lsa. Bu holda chaqaloqqa avval quyon yoki kurka go‘shti pyuresi taklif etiladi, so‘ngra unga sabzavot yoki mevali pyure qo‘shiladi va shundan keyingina bolani yormalarga o‘rgatish mumkin.
Kefir yoki tvorog
Ko‘pchilikning tavsiyasidan farqli o‘laroq, fermentlangan sut mahsulotlari birinchi qo‘shimcha ovqat uchun mutlaqo mos emas. Tvorog 7 oydan, kefir va yogurt hatto 8 oydan keyin tavsiya etiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, kefir va yogurtni kuniga 200 ml dan ko‘p bo‘lmagan miqdorda berish mumkin. Kefirning ko‘pligi yoki uni juda erta kiritish ichak shilliq qavatini bezovta qilishi va hatto ichak devoridagi mikroskopik qon ketishini keltirib chiqarishi, bolada anemiya rivojlanish xavfini oshirishi mumkin. | 64 | 2,947 |
Ayollar | Bu yil yozda rang-barang biserli taqinchoqlar urfga kiradi (foto) | Moda bir joyda turmaydi — har yili, har mavsumda oldingisiga o‘xshamagan yangiliklar urfga kiradi. 2019-yil street style’da yirik va jiddiylikni o‘zida aks ettirgan aksessuarlar trendda bo‘lgan bo‘lsa, bu yozda bolaligimizdagi singari rang-barang shisha marjon va biserlar, moychechak, yulduz va yurakchali taqinchoqlar yetakchilik qiladi.
Bu kabi taqinchoqlar moda olami ixlosmandlarini befarq qoldirmadi — model Jiji Hadid va xonanda Dua Lipa uchun esa allaqachon sevimli bo‘lishga ulgurdi. Buni quyidagi suratlardan bilish qiyin emas. | 65 | 538 |
Ayollar | Kartoshka bartaraf qilishga yordam beradigan 10 ta muammo | Kartoshka yordam berishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni e’tiboringizga havola qilamiz.
Tova, pichoq va oshxona buyumlaridagi chirklarni ketkazishning eng oson usuli kartoshkadan foydalanish
Buning uchun kartoshkani o‘rtasidan bo‘lib, idish yuvadigan vosita, soda va tuz aralashtirib arting. Kartoshka qaynatilgan suv bilan ho‘llangan sochiq esa kumush, melxior qoshiq va vilkalarni yaltiratadi.
Kartoshkani uzoq vaqt saqlashga yordam beradigan usul
Kartoshka saqlanadigan qopga olma qo‘shib qo‘yilsa, unda ko‘karishlar bo‘lmaydi.
Xom kartoshka ijod qilishga yordam beradi
Kesish oson bo‘lgani uchun ko‘pchilik kartoshkadan matolar va bolalar suratiga print tushirishda foydalanadi.
Singan lampani olishga yordam beradi
Lampa singan ammo metall qismi patronda qolgan bo‘lsa, yarmidan bo‘lingan kartoshka yordamida olishingiz mumkin.
Kartoshka tarkibida kraxmal va C vitamin bisyor bo‘ladi
Aynan shu sabab ham ushbu mahsulot kosmetologik muolajalarda ko‘p ishlatiladi.
Ko‘z ostidagi halqalar
Archilgan kartoshka bo‘lagini 20 daqiqaga ko‘zingiz ostiga qo‘ying. Har kuni takrorlansa, bir haftadan keyin natija seziladi.
Ajinlarga qarshi samara
Qirg‘ichdan chiqarilgan kartoshkadan har kuni yuzingizga niqob qilib 20 daqiqadan keyin yuvib tashlang.
Chandiq
Kartoshka va limon sharbatini aralashtirib yuzga surtilsa bir haftadan keyin ijobiy natija seziladi.
Teriga foydasi
Bodring va kartoshka sharbati aralashmasini yuzga surtish terining ortiqcha yog‘lanishining oldini oladi.
Soch
Qaynatilgan kartoshka suvini xona haroratida sovitib, soch yuvishda foydalanilsa, sochlar qalin va jilokor bo‘ladi.
Oyoq kiyim
Poyabzalga krem surtishdan avval, uni kesilgan kartoshka bilan artilsa, qirilishlar ko‘zga ko‘rinmaydi.
Shuningdek quyidagi tavsiyalar ham yaxshi samara beradi: | 57 | 1,765 |
Ayollar | Kiyim-kechaklarning uzoq xizmat qilishiga hissa qo‘shuvchi 26 tavsiya | Garderobdagi libos va kiyim-kechaklar uzoq vaqt xizmat qilish uchun to‘g‘ri saqlash va yuvishda ham ehtiyotkorlikka amal qilish kerak.
Alohida yuvish
Och kiyimlarni to‘q ranglisidan, haddan ortiq kir bo‘lgan liboslarni esa biroz kirlanganidan alohida yuving.
Kir yuvadigan mashina ichiga haddan ortiq ko‘p kiyim-kechak solmang
Har bir mashinaga qancha kir solish mumkinligi yozib qo‘yilgan bo‘ladi. Unga amal qilmaslik nafaqat kiyimlarning sifati, balki mashina buzilishiga ham sabab bo‘ladi.
Shkaflarni tekshiring
Kiyim va aksessuarlarni quruq va salqin joyda, quyosh nuri tushmaydigan joyda saqlash kerak.
Jinsi
Jinsi shim uzoq xizmat qilishi uchun uni teskarisini qilib yuvganingiz yaxshi.
Sviter va jemperni hadeb yuvavermang
Bunday kiyimlarni tez-tez yuvish mato sifati tushib ketishi va cho‘zilishiga olib keladi.
Kimyoviy tozalatish
Yangi va murakkab bo‘lmagan dog‘larni qo‘lda yuvgan yaxshi. Chunki kimyoviy tozalashda ishlatiladigan moddalar nafaqat kiyimlar, balki teri uchun ham zararli bo‘lishi, allergiya paydo qilishiga olib kelishi mumkin.
Zamok va shnurlarga e’tiborli bo‘ling
Kir yuvishdan avval kiyimning zamoklari va shnurlari taqilganini tekshiring. Bu uskuna ishdan chiqishining oldini oladi.
Kiyim ilgich
Sifatsiz, arzon kiyim ilgichlardan foydalanish kiyimning yelka yoki boshqa ilingan qismining osilib qolishiga sabab bo‘ladi.
Tekislash uchun bug‘dan foydalaning
Kiyimlarni tekislash uchun bug‘li dazmoldan foydalanish mato sifati buzilishining oldini oladi.
Plastikdan foydalanmang
Kiyimlarni hech qachon plastik g‘ilof ichida saqlamang. Havo kirmasligi va harorat yuqori bo‘lishi hisobiga mato sifatiga zarar yetadi.
Kir yuvish
Agar kiyimni butunlay yuvmasdan dog‘ ketkazish usuli bo‘lsa, shundan foydalaning. Haddan ortiq ko‘p kir yuvish yuqorida takrorlanganidek, kiyimning shakli buzilishiga olib keladi.
Changdan saqlaydigan idish
Sumka va poyabzallar solib sotiladigan idishlarni tashlab yuborishga shoshilmang. Undan foydalanish kiyim-kechaklarni changdan saqlaydi.
Almashtirib kiyining
Har kuni bitta kiyimni almashtirmasdan kiyish gigiyenik jihatdan ham to‘g‘ri emas. Almashtirib, yuvilgan va dazmollangan kiyimlarni kiyish kerak.
Kir yuvish mashinasining quritish funksiyasidan foydalanmaganingiz yaxshi
Tabiiy yo‘l bilan quritishning imkoni bo‘lsa, quritish funksiyasidan foydalanmang.
Dog‘ paydo bo‘lishi bilan uni bartaraf qilishga harakat qiling
Qon, yog‘ va boshqa dog‘lar vaqtida yuvib, tozalansa, ularni butkul ketkazishga muvaffaq bo‘lish mumkin.
Och rangli kiyimlarni tashqarida, to‘qlarini esa ichkarida quriting
Quyosh nurlari ta’sirida to‘q rangli kiyimlar oqarishi mumkin. Shuning uchun hovli yoki ochiq joyda och rangli kiyimlarnigina quriting.
Kiyimlarni mustaqil ravishda to‘qartirishingiz mumkin
Buning uchun mato bo‘yashga mo‘ljallangan qora bo‘yoq xarid qilib, qadoqdagi qo‘llash ko‘rsatmasiga rioya qilish kifoya.
Yostiq jildlaridan foydalaning
Kiyimlarga chang tushmasligi uchun maxsus idishdan tashqari, eski yostiq jildlaridan ham foydalansangiz bo‘ladi.
Kolgotkani muzlating
Yuvish jarayonida kolgotkalarda so‘kilishlar paydo bo‘lmasligi uchun biroz muddatga muzlatishni unutmang.
Lavandadan foydalaning
Yoqimli hid kelib turishi va kuya tushishining oldini olish uchun kiyimlar orasiga lavanda solib qo‘ying.
Garderobda tartib bo‘lishiga e’tibor bering
Kiyimlarni kiyim ilgichlarga ilib, shkafga joylang, sviter va jemperlarni taxlab qo‘ying. Ortiqcha g‘ijim bo‘lmaydi.
Ichini to‘ldirish
Mavsumga qarab poyabzal yoki sumkalarni olib qo‘yishdan avval shakli buzilmasligi uchun ichini qog‘oz bilan to‘ldiring.
Matodan kelib chiqib yuving
Ingichka va yupqa matodan tikilgan liboslarni maxsus qopchalarga solib, sovuq suvda yuvish kerak.
To‘qilgan kiyimlarni kiyim ilgichlarga ilmang
Bunday kiyimlar cho‘zilib qolmasligi uchun taxlab, shkaf polkasida saqlagan yaxshi.
Charm matodan tikilgan kiyimlarga e’tiborli bo‘ling
Charm matosidan tikilgan poyabzal va sumkalarga maxsus vositalar bilan ishlov berib turishni unutmang.
Komplektlarni birga yuving
Har safar yuvilganda mato oqarishi mumkinligi sabab komplektlarni bittada yuvish kerak. | 69 | 4,098 |
Ayollar | Qishki chegirmada sotib olish tavsiya etilmaydigan kiyimlar | Arzonligiga uchib, qanday kiyimlarga ortiqcha pul sarflamaslik kerakligi haqida Marie Claire nashri ma’lumot berib o‘tadi.
Futer (asosi paxta bo‘lgan mato)dan tikilgan kiyim-kechaklar
Shakli noaniq bo‘lgan xudi va turli rangdagi jogerlar garderobingizda bekorga joy olib yotganiga shubha yo‘q. Turmush tarzi faol bo‘lgan va birinchi navbatda qulaylikni afzal bilganlarga sifatli matodan tikilgan qiziqarli kiyim-kechaklarga e’tibor berish tavsiya qilinadi.
Nomuvofiq bichimli yoki noodatiy printli kurtkalar
Bunday ustki kiyimlar hamma obrazga mos kelavermagani sabab ham xarid borasida bachkana bo‘lmagan modellarga e’tibor qaratish tavsiya qilinadi. Allaqachon urfdan qolgani sabab printli kurtkalarni tanlamaganingiz yaxshi.
Jimjimador to‘rli ko‘ylaklar
Hatto professional stilistlar ham bunday jimjimali ko‘ylaklar bilan o‘ziga xos uslub yaratishga qiynaladi. Ayan shu sabab ham garderobdagi kiyim-kechaklar saralanganda bunday modellardan voz kechishga to‘g‘ri keladi. Agar obrazingiz jozibali bo‘lishini istasangiz, o‘ziga xos poyabzal va aksessuarlarga e’tibor qaratish tavsiya qilinadi.
Bolalarga xos surat va yozuvli futbolkalar
Yangi kolleksiyadan o‘rin olgan yoki arzon bo‘lgan taqdirda ham, bunday kiyimlarga e’tibor qaratish tavsiya qilinmaydi. Bunday variantlarni bola va o‘smir yoshidagilarga qoldirib, siporoq, hamma narsa bilan mos tushadigan modellarni xarid qilish tavsiya qilinadi.
Tabiiy mo‘ynadan tikilgan ustki kiyim
Agar garderobingizda shuba bo‘lsa, kiyishda davom etishingiz mumkin, ammo yangi xarid qilishingiz kerak bo‘lsa, yaxshisi, palto, zamonaviy kurtka va dublyonkalarga e’tibor qaratish tavsiya qilinadi.
Sifatli trikotaj, kashmir va jun matosidan tikilgan kiyimlar
Sviterlarning iloji boricha oddiy, ortiqcha bezaksizini tanlang. Obraz qiziqarliroq bo‘lishi uchun esa kengroq turadiganiga e’tibor qaratganingiz yaxshi.
Palto
Palto matosining tarkibida jun bo‘lishi, bichimi esa qomatingizga mos tushishi kerak. To‘g‘ri bichimli yoki tizzadan tushib turadigan uzunlikdagi xalat ko‘rinishidagi paltolarning kulrang, qora yoki qaymoqrangi eng universal variant hisoblanadi.
Kostyum-shim
Bichimi, rangidan qat’iy nazar, bir xil rangdagi kostyum-shim bilan istalgan: ishbop, ayollarga xos va hatto sport uslubida ham kiyinsangiz bo‘ladi. Bundan tashqari, kostyumni shimdan alohida yoki aksincha boshqa kiyimlar bilan moslab qiziqarli obraz yaratish mumkin.
Kofta
Oq yoki garderobingizdagi boshqa kiyimlar bilan mos tushadigan koftaning bezaklarsiz, bel qismiga urg‘u berilmagan variantini sotib oling.
Djinsi
Djinsi shim xarid qilganda ko‘k rangli, klassik, qomatga mos turadigan modellarga e’tibor qarating. | 59 | 2,648 |
Ayollar | Mashhurlarning vizajistidan maslahatlar: ko‘pchilik makiyajda yo‘l qo‘yadigan eng katta 4 xato (foto) | Odatda ayollarning o‘zi kundalik makiyajni qilishni amallaydi. Lekin bir qancha kamchiliklar bilan buni amalga oshiradi. Quyida deyarli barcha yo‘l qo‘yadigan xatolar bilan tanishib chiqish mumkin.
Qoshlar
Xato: Qalam juda qoraligi tufayli ko‘z qovog‘ini og‘irlashtiradi. Bundan tashqari, qoshning boshlanishi juda ingichkalashib ketgan.
Yechim: Qoshga biroz kamon shakli berilgan. Asosan qoshning yuqori va pastki qismi bo‘yalgan. Shuningdek, kengaytirilgan va taralgan.
Ko‘z
Xato: jigarrang ko‘z qovog‘ining burilishida deyarli ko‘rinmaydi va pastki kirpiklarga urg‘u bermaydi.
Yechim: Asosiy farq shundaki, kirpik konturiga qalam bilan ishlov berilgan va quyuq ranglar faqat ko‘z burchagiga surtilgan.
Rumyana
Xato: Yuzning yumshoq qismiga surilgan bo‘yoqning notabiiyligi yaqqol seziladi. Yanoq suyaklariga surilgan rumyana esa tamoman avvalgisidan farq qiladi.
Yechim: Ushbu vositadan juda o‘z miqdorda, nomiga surtish kifoya. Aks holda makiyajda kamchiliklar yuzaga keladi.
Lablar
Xato: lab bo‘yog‘i lab konturidan chiqarib bo‘yalganda, avvalo, tasvir buziladi, bo‘yoq bor tekisda surilmaydi. Shuningdek, bunday bo‘yanish atrofdagilarda yaxshi taassurot qoldirmaydi.
Yechim: Lab chizig‘idan chiqmagan holda hamda burchaklariga qadar to‘g‘ri bo‘yash obrazni yanada mukammal qiladi. | 101 | 1,291 |
Ayollar | Kipriklar turiga qarab tush tanlaymiz | Tush pardoz vositalari orasidagi eng muhim buyumlardan biridir. U yaratadigan mo‘jizalardan hayratga tushish mumkin: kipriklar uzun va qalinroq, nigohlar ochiqroq, makiyaj esa idealga aylanadi. Biroq bugun bozorda uning turlari juda ko‘p. Quyida kipriklaringiz turiga qarab tush tanlash bo‘yicha tavsiyalarni keltirib o‘tamiz.
Agar kipriklaringiz tabiatan uzun va qalin bo‘lsa, kundalik hayotda tushdan foydalanmasangiz ham bo‘ladi. Oqshom makiyaji uchun esa deyarli istalgan tush mos keladi. Maqsadingiz ularga faqatgina urg‘u berish ekan, kipriklarni bir-biridan ajratuvchi cho‘tkacha kerak bo‘ladi.
Agar kipriklaringiz yetarlicha uzun, biroq qayrilmagan va siyrak bo‘lsa, uzaytiruvchi tushlarga umuman ehtiyoj yo‘q. Kipriklarni qayiruvchi qisqichlardan to‘g‘ri foydalanishni o‘rganib oling. Shusiz ham uzun kipriklar uchun ularni qayirish va hajm berish kerak bo‘ladi. Shuning uchun volume-effektli tush tanlang. Yirik aylana cho‘tkali tush uzun kipriklarni qalinroq ko‘rsatadi.
Qalin, biroq kalta kipriklar uchun hajm beruvchi tushlar umuman tavsiya etilmaydi. Bundan tashqari, ularni qayiruvchi qisqichlar ham kipriklarni yanada kalta ko‘rsatib qo‘yadi. Bu holatda uzaytiruvchi tushlar mos keladi.
Maftunkor kipriklarga ega bo‘lishning yana bir usuli — ularni laminatsiya qilish. Qolaversa, kipriklarni sun’iy uzaytirish effektini beruvchi tush ularni ajratish, qayirish va uzaytirish vazifalarini bajaradi. | 37 | 1,413 |
Ayollar | Muzlatilgan holda saqlash mumkin bo‘lgan 17 mahsulot | 18 darajadan past haroratda mikroorganizmlar harakatdan to‘xtaydi va muzlatilgan taom ta’mi va foydali xususiyatlarini yo‘qotmay uzoq saqlanadi.
Pishloq
Eritish qiyin bo‘lmasligi uchun pishloqni bo‘laklarga bo‘lib keyin muzlatkichga qo‘ygan yaxshi. Buning uchun bo‘laklarni idishga solish kerak bo‘ladi. Pasta va pitssalar uchun esa qirg‘ichdan chiqarib, yarim yilgacha saqlash mumkin.
Yong‘oq
Muzlatkichda saqlash tarkibidagi yog‘ni aynimasligini ta’minlab, taxir bo‘lib qolishdan saqlaydi. Shu sabab ham yong‘oqlarni porsiyalarga bo‘lib saqlash tavsiya qilinadi.
Banan
Muzlatkichda saqlangan banan nonushtaga smuzi tayyorlash uchun ayni muddao. Bunda blenderda maydalash oson bo‘ladi. Muzlatilgan banan smuzi-kokteyl uchun eng yaxshi asos. Jigarrang bo‘lishni boshlaganiga guvoh bo‘lsangiz, hech ikkilanmasdan bananni muzlatkichga qo‘yish tavsiya qilinadi.
Guruch
Bir urinishda ko‘p guruch qaynatib yuborgan bo‘lsangiz, qolganini muzlatkichda saqlasangiz bo‘ladi. Patnisdagi guruchni muzlatkichga qo‘yib, keyinroq paketlarga solib qo‘yishingiz mumkin. Mazkur guruchdan keyinchalik sho‘rva yoki boshqa taomlarni tayyorlash uchun foydalanish mumkin. Uni tovada bir-ikki qoshiq suv solib eritish kerak.
Jo‘xori
Sovuq suv bilan yuvilgan jo‘xorini shunchaki muzlatkichga solib qo‘ying. Qaynatmoqchi bo‘lsangiz, muzlatkichdan olib suvli qozonga solishning o‘zi kifoya.
Tomat pastasi
Muzlatkichda saqlangan tomat pastasidan sho‘rva va ikkinchi taomlar uchun asos sifatida foydalansa bo‘ladi. Buning uchun sarimsoq, pomidor, ziravor va o‘simlik yog‘ini aralashtirib, 4 soat davomida qaynating. Soviganidan keyin paketlarga solib, muzlatkichga qo‘ying.
Kartoshka pyure
Kartoshkadan qilingan pyureni muzlatkichda saqlash uchun avvaliga sharchalar yasang. Keyin patnisga terib, muzlatkich ichiga qo‘ying. Qotganidan keyin paketga solib qo‘ysangiz ham bo‘ladi.
Sut
Sutni muzlatkichda 3 oygacha saqlasa bo‘ladi. Sutni xona haroratida eritsa ham bo‘ladi yo bo‘lmasa, iliq suv ham bu borada yaxshi samara beradi.
Non
Non yomon bo‘lib qolmasligi uchun uni ortiqchasini bo‘laklarga bo‘lib, muzlatib qo‘yish kerak. Keyin undan pishloqli sendvichlar tayyorlash mumkin. Uni folga qog‘ozga o‘rab saqlasa ham bo‘ladi. Tez eritish uchun esa pech yoki mikroto‘lqinli pechga qo‘yish kerak.
Sabzavot va mevalar
Qandolat qog‘oziga o‘ralgan meva va sabzavotlarni paketga solib chiqing. Shunda eritganda bir-biriga yopishib qolmaydi. Muzlatilgan meva va sabzavotlar mors, kompot, shirinlik hamda smuzilar uchun, sabzavotlar esa sho‘rva, ragu uchun ayni muddao.
Marinadlangan go‘sht
Sous qo‘shilgan go‘shtni paketga joylab, muzlatkichga qo‘ysa bo‘ladi.
Sariyog‘
Muzlatkichda saqlangan sariyog‘dan taom va shirinliklarni bezatish uchun foydalansa bo‘ladi. Sariyog‘ni o‘z o‘rami bilan yoki paketlarga joylab qo‘yishingiz mumkin.
Xamir
Bo‘laklarga bo‘lib, muzlatkichda saqlangan xamirni istalgan vaqtda olib ishlatish mumkin. Xamirdan non yoki somsa o‘ramini tayyorlab, germetik paketlarga soling. Keyin esa istaganingizcha muzlatkichda saqlang.
Bulyon
Qolgan bulyonni muzlatib, keyinchalik sho‘rva va qayla uchun foydalanish mumkin.
Kotlet
Qiymadan yasalgan kotletlarni unga bulab, keyin muzlatkichda bemalol saqlasa bo‘ladi. Istalgan vaqtingiz olib qovurishingiz mumkin.
Sirnik
Eriganidan keyin sirnikning ta’mi o‘zgarmasligi sabab ham uni ikkilanmay muzlatkichda saqlasa bo‘ladi.
Ko‘katlar
Sochiq ustida quritilgan ko‘katlarni mayda to‘g‘rab, keyin paketlarga soling.
Qaysi mahsulotlarni muzlatish kerak emas?
Qovoqcha, bodring, oshko‘k, pomidor va salat bargini muzlatkichda saqlamagan yaxshi. Negaki ular muzlatilganidan keyin pyure bo‘lib qoladi va bu ham yetmagandek ta’mi ham o‘zgaradi.
Mahsulotlarning muzlatkichda saqlash muddati: | 52 | 3,711 |
Subsets and Splits
No saved queries yet
Save your SQL queries to embed, download, and access them later. Queries will appear here once saved.