folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Ayollar
Ko‘z atrofi terisini qanday parvarish qilish kerak?
Ko‘z atrofi terisi juda yupqa va nozik bo‘ladi, buning ustiga unda deyarli yog‘ bezlari yo‘q. Shuning uchun u tezroq ishdan chiqadi. Ko‘z atrofi terisini qanday qilib to‘g‘ri parvarishlash kerak? Ko‘z atrofi sohasini to‘g‘ri tozalang. Birinchi navbatda bu sohani har kuni ertalab va kechqurun makiyajdan, changlardan tozalash lozim. Buning uchun tarkibida spirt bo‘lmagan tozalovchi losyon, tonik va boshqa vositalardan foydalaning. Ko‘z atrofi terisini tozalash jarayoni nozik terini cho‘zib yubormaslik va uni shikastlamaslik uchun juda ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi kerak. Ko‘z atrofi terisini namlang. Har kuni ko‘z atrofi sohasi uchun kunduzgi namlovchi kremlardan foydalaning. Ko‘z atrofi terisini namlash uchun tabiiy yog‘lar juda mos keladi, chunki ular yumshatuvchi ta’sir ko‘rsatadi. Kechqurun ko‘zingiz atrofiga bodom yog‘i suring va uni yengil uqalang. Yog‘ terini oziqlantiradi va uning namliroq bo‘lishini ta’minlaydi. Ko‘z atrofi sohasini uqalang. Bir kunda bir marta 5 daqiqa ko‘z atrofi sohasini uqalashni tavsiya qilamiz. U qon aylanishini yaxshilashga, mayda ajinlarni tekislashga yordam beradi, charchoqni ketkazadi. Ichayotgan suvingizning miqdoriga e’tibor bering. Organizmda suv balansining yetishmasligi birinchi navbatda yuz terisida namoyon bo‘ladi. Bir kunda 2 litrdan kam bo‘lmagan miqdorda suv iching – bu nafaqat erta qarishning, balki shishlarning ham oldini oladi. Ko‘z taglaridagi shishlar organizmning umumiy suvsizlanishi natijasida paydo bo‘ladi. Manba: “Zdorovie.com”
51
1,514
Ayollar
Keyt Middltonning sarv qomati siri nimada?
Keyt Middltonga bir boqishning o‘zida uning to‘g‘ri ovqatlanishga amal qilishini bilish mumkin. Harper’s Bazaar nashri mukammal tashqi ko‘rinishga ega Keytning qomati siri nimada ekaniga to‘xtaldi. Middlton xonim taomnomasiga nazat tashlansa, u asosan tabiiy mahsulotlar, sabzavotlarni abzal ko‘rishini bilish mumkin.U nonushtaga smuzi yeyishni yoqtiradi. Gersoginya, keyl karami, spirulina, matcha — yapon choyi, ismaloq, kinza va qorag‘atni qo‘shib iste’mol qilishni hamda suli yormasidan tayyorlangan an’anaviy bo‘tqani ma’qul biladi. Vegaterian bo‘lmasa-da, tushlikka go‘shtsiz, sabzavotli kabob, yasmiqli karri kabi taomlar, shuningdek “sushi” iste’mol qilishni xush ko‘radi. Kechki ovqatga, asosan, karri, pasta va issiq taom, qovurilgan tovuq tanovvul qiladi. Shuningdek, Keyt, shahzoda Uilyamdan farqli o‘laroq, achchiq taomlarni yaxshi ko‘radi. Ketrin o‘z qo‘li bilan taom tayyorlashni yaxshi ko‘rgani bilan, uning taomnomasida zararli mahsulotlarga o‘rin yo‘q. Ba’zi-ba’zi​da Middlton, farzandlari bilan birgalikda pishloqli pasta tayyorlaydi.  Qirolicha taomnomasiga nazar: Yelizaveta II ovqatlanishda amal qiladigan 6 sir
42
1,135
Ayollar
Rangli ko‘zoynak, savat-sumka, panama: yozgi kayfiyat uchun ajoyib aksessuarlar
Obraz  yaratishda aksessuarlar muhim rol o‘ynaydi. Bu plastik gardishli quyoshdan saqlaydigan ko‘zoynak bo‘ladimi, naqshli marjonmi, yorqin rangdagi shlyapa yoki printli ro‘mol bo‘ladimi — hammasining o‘z o‘rni bor. Yorqin gardishli ko‘zoynak Quyoshdan himoya qiluvchi ko‘zoynak — yozda hech qachon esdan chiqmaydigan muhim element. Ushbu mavsumda qora va jigarrang klassiklar yorqin plastik ramkada g‘ayrioddiy shakllar (oval, singan to‘rtburchak, mushuk ko‘zlari) modellari urfda bo‘ladi. Ko‘zoynak rangini kiyimga moslab tanlash shart emas, aksincha obraz qanchalik kontrast bo‘lsa, shunchalik qiziq tasvirlarni yaratish mumkin. Ko‘zoynak zanjiri Agar allaqachon ko‘zoynagingiz bo‘lsa, uni noodatiy aksessuar — zanjir bilan bezashingiz mumkin. Bu nafaqat ajoyib ko‘rinishga ega, balki foydalanishda ham juda qulay. Sumka-korzinka Ehtimol, chet el yulduzlarining ko‘cha uslubidagi obrazlarida o‘zlariga ortiqcha oro bermay oddiy sumka tutishlarini payqagandirsiz. Ayniqsa, yoz mavsumida somondan to‘qilgan sumkalar obrazingizga yanada chiroy qo‘shadi. Yorqin rangdagi panama Yozda yoningizdan qo‘ymaydigan narsalardan biri SPF krem va asosiy vazifani bajarish bilan birga yorqin individualligingizni ta’kidlaydigan keng qirrali panama shlyapasini olishdir. Printli ro‘mol Ro‘molni sumkangizga yoki boshingizga bog‘lab oling. Ipak ro‘mol va yozgi kiyimlar bilan cheksiz obraz yaratish mumkin. Aslida ko‘p qirrali bu aksessuar tashqi ko‘rinishingizga yorqin ranglar qo‘shishning eng oson usullaridan biri. Chig‘anoqli braslet Agar bu yil ta’tilga chiqolmagan bo‘lsangiz, aksessuarlar do‘konlarida dengizni eslatuvchi braslet xarid qiling. Bu yil ham dengiz yulduzi, zanjir, chig‘anoq va boshqa dengiz o‘tlari har doimgidek  trendda. Bantli zakolka Shubhasiz, bunday bejirim aksessuarsiz yozgi obrazni mukammal deb bo‘lmaydi. Plastikdan yasalgan ziraklar Bu yozda 90-yillarning quvonchli urflari qaytib keldi va butun yoz davomida siz bilan birga bo‘lishga tayyor. Bunday ziraklar maktab davrini yodga solib, kayfiyatingizni ko‘tarishi kafolatlangan. Ko‘zoynak uchun kulon Super yozgi kayfiyat uchun aksessuarlar tanlashni ko‘zoynakka kulon tanlash bilan yakunlaymiz. Yurak, kungaboqar yoki yulduzchalar — sevimli ramzingizni tanlang va obrazingizni yorqinlik bilan boyiting.
79
2,283
Ayollar
Uzoq vaqt davomida saqlash mumkin bo‘lgan 10 ta mahsulot
Qaysi mahsulot qancha vaqt davomida saqlanishi kerakligiga qiziqayotganlar uchun ushbu ma’lumotlar ayni muddao, deb yozadi “Lisa.ru”. Makaron Tadqiqotlarga ko‘ra, makaron o‘n yilgacha saqlanishi mumkin. Agar iloji boricha qorong‘i va quruq joyda saqlansa, unga hech narsa bo‘lmaydi. Havo qanchalik quruq bo‘lsa, saqlash muddati shunchalik uzoq bo‘ladi. Oq guruch Oq guruchning saqlash muddati yanada uzoqroq. Agar u saqlanadigan harorat taxminan 4 daraja yoki undan past bo‘lsa, u 30 yil yoki undan ko‘proq vaqt davomida turishi mumkin. Shu bilan birga, u hech qanday ta’m yoki ozuqaviy xususiyatlarini yo‘qotmaydi. Uni saqlashda shisha idishlardan foydalanish tavsiya etiladi. Sut kukuni Ushbu mahsulot avvaldanoq katta hajmlarda ishlab chiqarilgan. Sut kukunidan foydalanib, juda ko‘p narsalar pishirish mumkin, shu bilan birga ushbu mahsulot uzoq vaqt davomida saqlanadi. Quritilgan go‘sht Quritilgan go‘shtning saqlash muddati uzoq vaqtni tashkil etadi. Oziqlanish xususiyatlarini yo‘qotishdan tashvishlanmasdan, uni har qanday shaklda iste’mol qilish mumkin. Quritilgan loviya 30 yildan keyin ham yeyish mumkin bo‘lgan yana bir mahsulot. Aytgancha, bu boshqa dukkakli ekinlarga ham tegishli. Asosiysi ularni to‘g‘ri saqlash. Makkajo‘xori Quruq shaklda uning saqlash muddati ham 30 yil bo‘lishi mumkin. Lekin quruq joyda saqlash kerak. Havo aylanishi buzilmasligi uchun makkajo‘xorini poldan uzoqroq joyga qo‘ygan yaxshiroq. Gerkules Gerkules eng foydali don mahsulotlardan biridir. Uning yaroqlilik muddati yarim asr ekani haqidagi xabar esa quvontirmay qolmaydi. Shu bilan birga, sifatni saqlab qolish uchun harorat 24 darajadan past bo‘lishi kerak. Bulyon bo‘laklari Albatta, ular haqiqiy go‘shtli sho‘rva o‘rnini bosa olmaydi. Ammo shu bilan birga, ular tezda xushbo‘y taom tayyorlashga yordam beradi. Ularni o‘n yilgacha saqlash mumkin. Non Agar non muzlatkichga qo‘yilsa, u o‘z ta’mini yo‘qotmasdan uzoq vaqt saqlanishi mumkin. Uni pechda past haroratda isitib, iste’mol qilish mumkin. Shakar Ro‘yxatdagi yana bir uzoq umr ko‘radigan mahsulot. Shakar quruq, salqin joyda saqlanishi kerak. Shunda u asl ta’mini yo‘qotmaydi.
56
2,136
Ayollar
Terini qanday qilib ovqatlar yordamida yaxshilash mumkin?
Ma’lumki, bizning yashash tarzimiz terimizda aks etadi. Yog‘li ovqat va ichkilik epidermis qatlamini vaqtdan ham ko‘ra shafqatsizroq ravishda qaritishga qodir. Biz teri bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘plab muammolarni parhezni tuzatish yordamida bartaraf qilish mumkinligini ishonch bilan tasdiqlaymiz. Guldek yashnayotgan teriga qarshi eng katta jinoyat organizmda yallig‘lanuvchi jarayonni keltirib chiqaruvchi oziq-ovqat mahsulotlari hisoblanadi. Ular orasidagi eng yaqqol misollar — sutli oziq-ovqatlar, un mahsulotlari va shakar. Ulardan butunlay voz kechishga urinib ko‘ring — ikki hafta davomida qilingan bunday parhez sizning teringiz holatida ajoyib tarzda aks etishga qodir. Yuqori sifatli shokolad sizning quruq va charchagan teringiz uchun malham rolini o‘z zimmasiga olishi mumkin. Lekin bu faqat tarkibida kakao miqdori maksimal darajada bo‘lgan haqiqiy shokoladlargagina tegishli. Bunday mahsulot akne va teri bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa muammolarga qarshi kurashishda yordam bera oladi. Probiotiklar — tarkibida hazm qilishga yordam beruvchi fermentlar bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari. Probiotiklarning juda ko‘p turlari mavjud va ularning ichidan o‘zingizdagi ferment holatiga mos keladigan navini tanlashingiz lozim bo‘ladi. Buni tuzlangan karamdan boshlashingiz mumkin — uning tarkibida nafaqat katta miqdordagi faol fermentlar, balki antioksidant va C vitaminining salmoqli dozasi ham mavjud. Yogurt yoki sabzavotlardan qilingan niqob terini oziqlantirish xususiyatiga ega. Bunday niqoblar terini silliq va tarang qiladi, ajinlarni kamaytiradi va teriga sog‘lom ko‘rinish beradi. Niqoblar uchun sabzavotlar ham, sutli oziq-ovqatlar ham, va hatto bo‘tqalar ham mos keladi. Okeaniya qabilalarini o‘rganish tadqiqotlari natijalariga ko‘ra, qadimda tub aholi yegulik sifatida pista ko‘mir iste’mol qilgan. Tabiiy absorbent ularga hazm qilish muammolarini bartaraf qilishda va salomatlikni saqlashda yordam bergan. Bu usul bugungi kunda ham o‘z aktualligini yo‘qotmagan — aktivlashtirilgan ko‘mirning me’yoriy miqdori me’dadagi chirituvchi jarayonlardan qutqaradi. Manba: “Wday.ru”
57
2,091
Ayollar
Qanday qilib asab zo‘riqishidan xalos bo‘lib, tinchlanish mumkin?
Qish faslida stressga chalinishga ko‘proq moyilmiz. Yil yakuni, erishilgan natijalar sarhisobi, bayramlarni rejalashtirish va yaqinlarga sovg‘a izlash... Charchoq va ishdagi tig‘izlik asab tizimiga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qo‘ymaydi. Bu esa uyquning buzilishi va kayfiyatning tushishiga olib keladi. Albatta bunday holatlarda dorixonadan tinchlantiruvchi vositani xarid qilishingiz mumkin, biroq ularning zararli tomonlari ham bor. Undan ko‘ra, asablarni tinchlantiruvchi choy ichish yoki quyidagi maqolada keltirib o‘tilgan tavsiyalarga tayanish foydali ham yoqimliroq. Eng oddiy va sehrli usul — o‘ngacha sanash ekanligini bilsangiz kerak. Bu usul orqali stressdan darhol qutilmasangiz ham, u ikki barobarga kamayadi. Nafas olishga e’tibor qaratish ham ommabop usullardan hisoblanadi. Sekin-sekin nafas oling. Musiqa hayotimizni uzaytiradi. U albatta klassik bo‘lishi shart emas. Aniq bir ijrochining qo‘shiqlarini xush ko‘rsangiz, bu ham stressga qarshi kurashishda yordam beradi. Kechinmalaringizni do‘stingiz bilan bo‘lishing. Kundalik ham sizga ajoyib suhbatdosh bo‘la oladi. Ba’zan butunlay begona odam bilan ham suhbatlashish mumkin. Asosiysi, stressdan o‘z vaqtida qutulish. Tasodifiy hamroh “terapiyasi” sinovdan o‘tgan usullardan biri hisoblanadi. Chunki bunday suhbatdoshingiz bilan, odatda, qaytib ko‘rishmaysiz. O‘zingizni hurmat qiling va yaxshi ko‘ring. Yon-atrofingizdagi insonlar o‘zingizga bo‘lgan munosabatingizga qarab muomalada bo‘ladi. O‘zingizni tanqid qilmang, bu vaziyatni yanada keskinlashtiradi. Qanchalik hayratlanarli bo‘lmasin, toza havoda 10 daqiqagina sayr qilish ham asablarni tinchlantirish uchun kifoya qiladi. Toza havodagi qisqa sayrlarni kundalik ishlaringiz ro‘yxatiga kiriting, asab tizimingiz buning uchun sizdan minnatdor bo‘ladi. Shuningdek, toza havodagi jismoniy mehnat ham asab zo‘riqishining oldini oladi. Bunday mehnatdan keyin uyqingiz ham maroqli bo‘ladi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
65
2,080
Ayollar
Qish mavsumida avitaminoz kuzatilmasligi uchun sarxil sabzavotlar o‘rniga nima iste’mol qilish kerak?
Qish mavsumida vitaminga boy mahsulotlarni iste’mol qilish yoz fasliga qaraganda ancha kamayadi. Buning sababi quyosh nurining, shuningdek, ko‘plab foydali moddalarni beradigan yangi meva-sabzavotlarning kamligidadir. Shuning uchun ham sovuq oylarda yetishmovchilikni bartaraf etish uchun qo‘shimcha vitaminlarni ichish odatiy holga aylangan. Quyida qish faslida kerakli vitaminlarni yetarlicha qabul qilish uchun sabzavotlar o‘rnini nimalar bilan almashtirish mumkinligini bilib olish mumkin. Diyetologlar sovuq mavsumda xom shaklda saqlanadigan ildizli ekinlarga ko‘proq e’tibor qaratishni tavsiya qiladi. Bularga masalan, qovoq, lavlagi, sabzi, piyoz va karamni misol qilish mumkin. Ularni xom, dimlab yoki qaynatib yeyish mumkin. Bu kabi mahsulotlar maksimal foydani saqlab qoladi va tanani vitaminlar bilan ta’minlaydi. Bundan tashqari, yoz va kuz faslida an’anaga muvofiq yangi meva va sabzavotlarni muzlatish ham kerak. Ko‘pgina tadqiqotchilar ushbu shakldagi mahsulotlarni yangilariga qaraganda ancha foydali deb biladi. Vitamin va minerallar maksimal miqdorini o‘z ichiga olgan meva va sabzavotlar ular pishib yetilishining eng yuqori chog‘ida muzlatishga qo‘yiladi. Sotish uchun qo‘yilgan yangi meva va sabzavotlar esa pishmagan holida olib kelinadi, chunki sotilguniga qadar sifati yomonlashib ketmasligi uchun. Tuzlangan sabzavotlarni esa ayrim mutaxassislar tavsiya etmaydi. Garchi ular foydali xususiyatini yo‘qotmasdan, barcha vitaminlarni o‘zida saqlab qolsa ham. Bundan tashqari, organizmga uglevod va shakar sabzavotlarning tuzlangan shakldagisida kamroq kiradi. Ammo oshqozon ichak-tarkti kasalligi bor bo‘lgan bemorlar tuzlangan sabzavotlar iste’molidan o‘ta ehtiyot bo‘lishi kerak, sababi ular kislotalilikni oshiradi.
101
1,741
Ayollar
Peshonaga nima uchun ajin tushadi va undan qanday xalos bo‘lish mumkin?
Ajinlar ichki hissiyotlarimizning yuzdagi ifodasidir. Ma’lumki, tabassum, achchiqlanish, qovoq uyish kabi mimik harakatlar ajinlarga yo‘l ochadi. Yaqqol ko‘zga tashlanadigani esa peshonadagi katta – kichik “ariqcha”lardir. Xo‘sh, undan tabiiy yo‘l bilan xalos bo‘lishning chorasi bormi? Asabiylik ajin tushiradi Yosh ulg‘aygani sayin yuz terisining elastiklik xususiyati yo‘qolib boradi va kollagen tolasi ishlab chiqarilishi kamayadi. Shu bois terida turli notekisliklar yuzaga keladi. Bu holatda vertikal ajinlardan ko‘ra gorizontal chiziqlar ko‘payishi nisbatan ko‘proq kuzatiladi. Quyida ajinlarning yuzaga kelishi sabablariga to‘xtalamiz: Parvarishlaymiz! Yuzdagi ajinlardan xalos bo‘lish chorasi ko‘p. Xususan, kosmetologiyada inyeksiya, botoks va bir qator jarrohlik usullari yordamida teri tarangligi tiklanmoqda. Ammo peshonadagi chiziqlarga qarshi kurashishda zamonaviy “mo‘jiza”larga ko‘p ham ishonib bo‘lmaydi. Avvaliga uy sharoitida bajarilishi mumkin bo‘lgan choralarni qo‘llab ko‘rish kerak. Kokos yog‘i. Mazkur moy oziqlantiruvchi xususiyatga ega. Uning ikki-uch tomchisi kifoya. Kokos yog‘i bilan peshona sohasi yengil uqalansa, ajinlar yoziladi. Shuningdek, Ye vitaminiga boy yuz kremlari ham mushkulingizni oson qilishi mumkin. Kislorod almashinuvi. Har tong va uyquga yotishdan oldin derazani oching-da, to‘yib nafas oling. Suv. Organizmdagi suyuqlik miqdori me’yoridan kamaymasligi uchun sutkasiga 1,5-2 litr suv ichish lozim. Ovqatlanish. Achchiq, sho‘r va yog‘li taomlarni kamroq yegan ma’qul. Taomnoma vitamin va mineral moddalar, antioksidantlarga boy mahsulotlardan tashkil topsin. Meva-sabzavotlar, barra ko‘katlar, yog‘siz go‘sht ovqatlanish ratsionining asosini tashkil etishi lozim. Ye vitaminiga to‘yingan — o‘simlik yog‘i, tuxum, yong‘oq, baliq va sut mahsulotlari; K darmondorisiga boy — karam, brokkoli, mol go‘shti, ismaloq; S vitamini zaxirasiga mo‘l — na’matak, qorag‘at, apelsin, limon va boshqa sitrus mevalar ajinlarni kamaytirish barobarida yangilari paydo bo‘lishining oldini oladi. Skrab. Haftada ikki marta yuz terisini skrab yordamida tozalab turing. Aylanma harakatlar terida qon aylanishini yaxshilaydi, shu bilan birga, o‘lik hujayralar ajralib chiqishi osonlashadi. Bu ajinlarning chuqurroq joylashuvidan himoya qiladi. Krem. Uzum danagi qo‘shilgan, tarkibida alfa-gidroksil moddasi bor, Ye va S vitaminiga to‘yintirilgan yuz kremlari teri parvarishida juda muhim. Uyqu. 7-8 soat to‘yib uxlang! Chunki tunda yuz terisi kollagen moddasini faol ishlab chiqaradi. Mashq qilamiz! Qoshlarni pastga tushiring-da, shu holatda ikkisini bir-biriga yaqinlashtiring. So‘ng qoshlar ko‘tariladi va bir - biridan uzoqlashtiriladi. Ushbu mashqni har kuni, bir necha marotaba bajaring. Natijasi: mimik harakatlar ajin kelib chiqishining oldini oladi. Teri tonusi ortib, taranglashadi. Ko‘zni yuming-da, ikki barmog‘ingiz bilan qovoqlarni berkiting. So‘ng qoshlarni pastga tushiring. Qosh-qovoq mushaklari yordamida qovoqlarni yuqoriga ko‘tarishga urinib ko‘ring. Bu mashq bajarilgan mahal qovoq va qosh o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga keladi. Mashq uch soniya davom etishi va o‘n marotaba qaytarilishi lozim. Niqoblarga nima deysiz? Bir dona atalangan tuxum oqini yuzingizga surtib, qurishini kuting. So‘ng qog‘oz salfetkani iliq suvda ho‘llab, niqobni artib olasiz. Mazkur usul ikki oy davomida hafta ikki marta bajarilsa, peshonadagi ajinlar ancha kamayadi. Mana bu retsept uchun esa to‘rt tomchi limon sharbati va ikki osh qoshiq sut kerak bo‘ladi. Masalliqlar aralashmasini peshona, shuningdek, yuzdagi ajinlarga surtib, 20 daqiqa qoldirasiz. Shundan so‘ng niqob iliq suvda chayib olinadi.
71
3,629
Ayollar
Tirnoqlar sarg‘ayishining sababi nimada?
Agar tirnoqlaringiz sariq tusga kira boshlagan bo‘lsa, vahima qilmang: buning sababi vitamin yetishmasligida emas. Tirnoqlar mustahkam va qattiq bo‘lishi bilan birga, ular juda g‘ovak ham bo‘ladi. Shuning uchun siz tirnoqlaringizni qoramtir tusli bo‘yoq bilan bo‘yaganingizda, uning pigmenti tirnoq ichiga kirishi mumkin. Bu bo‘yoqdagi temir oksidi oksidlanishi natijasida tirnoqlarda asta-sekin o‘z-o‘zidan yo‘qolib ketuvchi sariq rangli dog‘lar paydo bo‘ladi. Sport zallari – tirnoqlaringiz uchun eng xavfsiz bo‘lmagan muhit. Umumiy dushlar va yechinish joylari pollarida zamburug‘lar yashaydi. Bakteriya va zamburug‘lar tirnoqlarning sarg‘ayishiga va ularning bo‘shab qolishiga sabab bo‘ladi. Tirnoqlarning sarg‘ayishi ko‘pincha surunkali o‘pka kasalliklari, jigar faoliyati susayishi bilan og‘riganlarda va ko‘p chekuvchilarda kuzatiladi. Ba’zi vitaminlar, masalan B12 vitamini va rux yetishmasligi ham vaqt o‘tishi bilan tirnoqlar rangining sarg‘ayishiga olib kelishi mumkin. Juda kam hollarda “sariq tirnoqlar sindromi” deb ataluvchi holat kuzatiladi. Bu irsiy xususiyat o‘rta yoshlarda va ikkala qo‘l-oyoq tirnoqlarida, shuningdek nafas olish qiyinlashishining surunkali shakli bilan birga namoyon bo‘ladi. Manba: “Zdorovie.com”
40
1,236
Ayollar
Bahor mavsumida urfga kiradigan nafis ko‘ylaklar (foto)
Bahor yaqinlashishi bilan nafis, yengil, bejirim ko‘ylaklarga talab ortadi. Ushbu mavsumda yangi ko‘rinish hosil qilishning eng oson yo‘li chindan ham kiyim-kechakdir. Naqshli liboslar esa obrazni boyitishda yanada ko‘proq yordam beradi. Gulli naqshlar Gulli liboslar chindan ham bejirimligi bilan barcha ko‘ylaklardan ajralib turadi. Shuningdek, har qanday ayol ulardan o‘ziga mosini tanlashi mumkin. Katta, kichik yoki o‘rtacha kabi. Bahor faslida dizaynerlar ko‘proq gulli liboslarga murojaat qilishni tavsiya etadi. Bu ham tashqi ko‘rinishga, ham kayfiyatga ijobiy ta’sir o‘tkazadi. Bundan tashqari, gulli liboslar o‘zida qarama-qarshilikni ham ifodalaydi. Masalan, oq fonda qora gullar yoki boshqa rangdagisi bo‘lishi mumkin. Aytgancha, gulli naqshlar faqatgina liboslarda emas, balki sumka, poyabzal yoki yengil sharflarda ham bo‘lishi obrazni to‘ldiradi. Kapalak yoki patli naqshlar Ko‘klam uchun kapalak hamda pat surati tushirilgan yubka va koftalarni ham tanlash mumkin. Ularni charm kurtkalar bilan uyg‘unlashtirish esa ayni mavsumda urfda. Shuningdek, ranglardan och ko‘k, pushti, qaymoqrang liboslar bahoriy kayfiyat ulashadi. No‘xat Ko‘pchilik no‘xat bosmali liboslar shaydosi. Ushbu naqsh uzoq vaqtlardan buyon urfdan qolmay kelmoqda. Ammo uning ham o‘ziga yarasha shartlari bor. Bo‘yi past hamda to‘ladan kelgan qizlar mayda shakldagisi, aksincha juda ozg‘inlarga esa yirik no‘xat naqshli liboslar versiyasi taklif etiladi. Abstraksiya Murakkab tasvirlar bilan romantik uslub yaratuvchilar uchun abstraksiya tasviri tushirilgan liboslar mos kelishi shubhasiz. Faqat naqshlar yengil va rang jihatidan ochroq bo‘lishi kerak. Bu kabi uslubda naqshlarning chizig‘i aniq bo‘lishi shart emas, balki noaniq tasvir naqsh ta’sirini kuchaytirishga yordam beradi. Umuman olganda, bu kabi bosma naqshli har qanday kiyimni kiyish mumkin. To‘rtburchak Ko‘pchilik odamlar to‘rtburchakni juda rasmiy deb biladi. Ammo barchasi tanlangan naqshga bog‘liq. “Vishi” to‘rtburchak naqshlarning eng romantik turlaridan biri hisoblanadi. Kattaligi o‘rtacha va shakli nafis bo‘lganlari qomatning nozik xususiyatlarini ta’kidlaydi. Albatta, boshqa turdagi to‘rtburchaklar ham romantik ko‘rinishga ega bo‘lib, barchasi mato rangi va tuzilishiga bog‘liq. Yurakchalar Ko‘ylak, yubka, koftalarda yurakcha tasviri garderobga romantikani olib kirishi tabiiy. O‘ta bachkana bo‘lmaslik uchun yurakcha naqshli liboslarni shunchaki neytral narsalar bilan boyitish mumkin. Obraz mukammal bo‘lishi uchun baland poshnali tufli va aksessuarlarga e’tibor berish lozim.
55
2,547
Ayollar
Tojikistonda ayol militsiyachilar uchun adras va atlasdan tikilgan forma taqdim etildi (foto)
Tojikistonda ichki ishlar vazirligida faoliyat yuritadigan xotin-qizlar uchun atlas va adrasdan tikilgan liboslar taqdim qilindi. Bu haqda Tojikiston IIV matbuot xizmati xabar bergan, deb yozadi “Asia-Plus”. Ma’lum qilinishicha, tojikistonlik dizaynerlar tomonidan taqdim qilingan forma, Emomali Rahmonga uning mamlakat shimoliga qilgan safari davomida ko‘rsatilgan. Prezident 2021-yilning 7-aprelida Guliston shahridagi IIVga qarashli o‘quv markazini ochib berish uchun tashrif buyurgan. Qayd qilinishicha, belgilangan qoidalarga muvofiq kuchishlatar organlari xodimlarining formasi namunalari va unga kiritiladigan o‘zgarishlar mamlakat prezidenti tomonidan tasdiqlanishi kerak. Forma namunalari prezident tomonidan tasdiqlansagina, ularni seriyali ishlab chiqarish boshlanadi, deyiladi xabarda.
93
799
Ayollar
Nike “oyoqlar uchun kurtka”ni sotuvga chiqardi (foto)
Nike odatiy turmush tarzidagi o‘zgarishlardan ilhomlanib, masofaviy ish, aqliy salomatlik, qadriyatlarni qayta baholash va uslub ustidan qulaylik yaratish maqsadida Offline to‘plamini sotuvga chiqardi. 2022-yil qish mavsumi uchun brend “oyoqlar uchun kurtka” Offline Pack’ni o‘ylab topdi. Oyoq kiyimlarning ustki qismi kurtkaniki kabi qavilgan bo‘lib, tag qismi rezinadan iborat. Ushbu yangi modellar kulrang hamda och yalpiz rangda taqdim etiladi. Oyoq kiyimlarini Nike’ning rasmiy saytidan 2021-yil 29-noyabrdan sotib olish mumkin. Ularning narxi 120 dollarni tashkil etadi.
53
579
Ayollar
Qo‘llardan piyoz, sarimsoq va baliq hidini ketkazishning 10 usuli
Taom tayyorlashda yoqimli iforlar oshxonani to‘ldirganda, sarimsoq yoki qovurilgan piyozning hididan zavqlanish mumkin. Ammo ko‘plab uy bekalari ovqat pishirgandan keyin qo‘llaridan keladigan piyoz, baliq yoki sarimsoq hidini yoqtirmaydi. “Noviy ochag” nashri ushbu yoqimsiz hidni ketkazishning 10 ta usuli bilan bo‘lishdi. Limon sharbati Baliqli kechki ovqat tayyor, ammo qo‘ldan baliq hidini qanday ketkazish mumkin? Limon kislotasi baliq hidining manbayi bo‘lgan aminlarni ammoniy tuzlariga aylantiradi va ular retseptorlarni hech qanday tarzda bezovta qilmaydi. Baliq hididan xalos bo‘lish uchun qo‘llaringizni limon sharbati bilan yuvish yoki barmoqlar va kaftlarni yarimta limon bilan ishqalash lozim. Po‘lat Bu qo‘ldan yoqimsiz hidni ketkazishning g‘ayrioddiy, ammo juda samarali usuli. Agar po‘latdan yasalgan idish yoki tova bo‘lsa, qo‘lni unga ishqalash yoki shunchaki bir nechta sanchqilar bilan qo‘l yuvish kerak, shunda yoqimsiz hiddan xalos bo‘lish mumkin. Qahva donalari Bu piyoz va sarimsoq hidini qo‘ldan ketkazishning eng yaxshi usullaridan biridir. Buning uchun bir nechta don yoki maydalangan qahva ishqalanadi, keyin qo‘l sovunlab yuviladi. Agar qahva hidi yoqmasa, ushbu usul tavsiya etilmaydi. Iste’mol sodasi Kundalik hayotda iste’mol sodasidan foydlanishnng son-sanoqsiz usullari mavjud. Mana ulardan yana biri. Ushbu vosita qo‘ldan benzin yoki xlor hidni ketkazishi mumkin. Buning uchun kaftlarga bir choy qoshiq soda solinib, qo‘llar ishqalanadi, keyin yuviladi. Tish pastasi Ma’lum bo‘lishicha, pastadan baliq, piyoz, sarimsoq hidlarini ketkazish uchun ham foydalanish mumkin. Dastlab qo‘llar tish pastasi bilan yuvilib, keyin yaxshilab chayiladi. Sovuq suv Yuqoridagi usullardan hech biri ma’qul kelmasa, qo‘ldan yoqimsiz hidni qanday ketkazish mumkin? Buning uchun qo‘llar shunchaki sovuq suv ostiga qo‘yiladi. Shuni yodda tutish kerakki, sovuq suv benzin va xlor kabi kimyoviy moddalarning hididan xalos qilolmaydi. Petrushka Petrushka yordamida nafaqat og‘izdan kelayotgan sarimsoq yoki piyoz hidini ketkazish mumkin. Balki u qo‘ldan kelayotgan yoqimsiz hidni ham bartaraf etadi. Petrushka bargi qo‘llar orasida ishqalanadi va yaxshilab yuvib tashlanadi. Tuz Qo‘ldagi piyoz, sarimsoq yoki hatto baliqning yoqimsiz hidini yirik tuz bilan yaxshilab ishqalash va keyin ularni bir necha marta suv ostida yuvish orqali yo‘q qilish mumkin. Teri ustida hech qanday yara va jarohatlar bo‘lmasa, bu usuldan foydalanish mumkin. Rezina qo‘lqoplar Albatta, qo‘ldagi yoqimsiz hiddan xalos bo‘lishning eng ishonchli yo‘li uning teriga singib ketishining oldini olishdir. Buning uchun shunchaki oshpazlik qo‘lqoplaridan foydalanish mumkin. Zaytun moyi Piyoz yoki sarimsoqni maydalashdan avval qo‘lga zaytun yoki boshqa o‘simlik moyi surtish tavsiya etiladi. Yog‘ terida himoya to‘sig‘ini yaratadi va ularning hididan himoya qiladi. Faqat yog‘dan ko‘p quyib yubormaslik lozim, aks holda mahsulotlarni to‘g‘rash qiyinlashadi.
65
2,949
Ayollar
Bir zumda uxlab qolishning harbiycha usuli
Amerika Milliy uyqu fondining ma’lumotiga ko‘ra, inson bir kunda 8-10 soat uxlash kerak. Shunga qaramay hamma ham bu normada uxlay olmaydi va bunga turli omillar, xususan, uyqusizlik sabab bo‘ladi. Elle nashri xayolan qo‘zichoqlarni sanab chiqib ham uyqusini topa olmaydiganlar uchun Amerika harbiylari qo‘llaydigan usuldan foydalanishni tavsiya qiladi. Ta’kidlanishicha, mazkur usul 120 soniyada uyquga ketishga yordam beradi va uch haftalik amaliyotdan so‘ng 96 foiz muvaffaqiyat kafolati mavjud. Ushbu ko‘rsatma haqida ilk bor 1981-yilda “Relax and Win: Championship Performance” kitobida yozilgan. Usul ikki bosqichni o‘z ichiga oladi. Birinchi bosqich: Miyangizdan har xil xayollarni chiqarib tashlab, ongingizni “tozalang”. Kitobda yozilishicha, bunga 1,5 daqiqa atrofida vaqt sarflanishi kerak. Buning uchun mushaklarni erkin qo‘ying, keyin esa yelkalarni maksimal pastga tushiring va qo‘llaringizni yengil his qiling. Chuqur nafas oling va o‘zingizni bo‘sh qo‘ying. Shu tariqa oyoqlarni, umuman, tanangizning barcha qismlarini bo‘sh qo‘ying. Ikkinchi bosqich — quyidagi obrazlardan birini tasavvur qiling: Lloyd Uinterning fikricha, ushbu usul 96 % odamga ta’sir qiladi. Agar siz qolgan 4 % toifaga kirsangiz, Milliy uyqu fondi quyidagicha yo‘l tutishni tavsiya qiladi: Uyquning to‘liq bo‘lmasligidan odam nafaqat asabiy bo‘lib qoladi, balki salomatligiga ham jiddiy zarar yetkazadi. Shuningdek, diqqatni jamlay olmaslikka ham olib keladi.
42
1,449
Ayollar
Changyutkichdan foydalanishda yo‘l qo‘yiladigan xatolar
Ro‘zg‘or ishlarida bekajonlar uchun bir qancha qulayliklar yaratilmoqda. Masalan, kir yuvish mashinasi, changyutkich kabi texnikalar ishni biroz yengillashtiradi. Ammo ulardan qachonki to‘g‘ri foydalanilsa. Changyutkichni ishlatganda, ko‘pchilik yo‘l qo‘yadigan xatolarni quyida sanab o‘tamiz. Changyutkichni tekshirish Agar tozalash jarayonida cho‘tkani burash, undan biror narsani olib tashlash yoki hatto qarash kerak bo‘lsa, changyutkichni o‘chirishni unutmaslik kerak. Cho‘tkalar sochlarni boshidan tortib olish va kiyimlarni yirtish uchun yetarlicha kuchli. Hattoki barmoqlar bilan bu qismga tegmaslik kerak, chunki ular jarohatlanishi mumkin. Xavfsizlik qoidalariga amal qilish va ehtiyot bo‘lish lozim. Noto‘g‘ri uzaytirgichdan foydalanish Uzaytirgichda odatda uning kuchi, ya’ni u bardosh bera oladigan “eliktor oqimi miqdorini” ko‘rsatadi. Bunga asoslanib, unga nima ulanishi mumkinligi ko‘rib chiqish kerak. Noto‘g‘ri uzaytirgich kuyishi va yong‘in xavfini oshirishi mumkin. Shuning uchun changyutkich uchun ko‘rsatmalarni tekshirib, mos kelganidan foydalanish kerak. Changyutkich shnurini tortish Changyutkichni harakatlantirish uchun shnurdan tortmaslik lozim. Agar rozetkadan uzoq bo‘lsa, uni elektr tokidan chiqarib olish kerak. Aks holda u tezda buziladi va elektr toki urishi yoki kvartirada yong‘in yuz berishi hech gap emas. Shuningdek, shikastlangan shnurli changyutkichni hech qanday holatda ishlatish mumkinmas. Shuning uchun, har oyda bir marta, hamma narsani tekshirib ko‘rish va har doim qurilma o‘chirilgach, elektr tokidan sug‘urib olish tavsiya etiladi. Changyutkichni ho‘l vaqtida yig‘ish An’anaviy changyutkichlar buning uchun mo‘ljallanmagan. Changyutkich qismlari yuvilgach, darhol yig‘ish natijasida elektr toki urishi yoki qurilmaga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Shuning uchun qurilma qismlaridan quritilgandan keyin foydalanish kerak. Qattiq jismlarni tortib olish Changyutkichda tozalayotgan vaqtda, poldagi qalam yoki toshni qo‘l bilan olishga xohish bo‘lmaydi. Ammo qattiq va o‘tkir narsalarning ichkariga yopishib qolishi qurilmaga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Ehtimol, bir marotaba buzilmagandir, ammo bu keyingi safar changyutkich buzilmasligiga hech kim kafolat bermaydi. Qurilmani xavf ostiga qo‘ymaslik uchun qo‘llar bilan qattiq jismlarni yig‘ib olish yaxshiroq. Kukun va shunga o‘xshash moddalar Kichik miqdordagi kukun changyutkich uchun hech narsa qilmaydi. Ammo agar bir quti kir yuvish kukuni to‘kilgan bo‘lsa, uni supurgi bilan supurib tashlagan ma’qul. Aks holda, filtr tiqilib qolishi va keyin vosita qizib ketishi mumkin. Iloji boricha sochilgan narsalarni supurgi bilan tozalab, so‘ngra qoldiqlar uchun changyutkichdan foydalanish lozim. Changyutkichni faqat bitta yo‘nalishda harakatlantirish Bir joydan ikkinchisiga o‘tishdan oldin yaxshilab tozalash uchun cho‘tkani turli yo‘nalishlarda harakatlantirish lozim. Bu, ayniqsa, chang, kir va qoldiqlar ko‘p bo‘lgan joylarda juda muhimdir. Turli qo‘shimchalardan foydalanmaslik Ular biron bir sababga ko‘ra ishlab chiqariladi, turli sirt va joylarni yaxshiroq tozalaydi. Misol uchun, tor yo‘laklar va taxta plitalari orasidagi bo‘shliqlardagi  to‘plangan chang tozalashni osonlashtiradi. Shuning uchun qo‘shimcha aksessuarlar bilan tajriba qilishdan qo‘rqmaslik lozim. Changyutkichning qop yoki idishini oxirigacha to‘ldirish Qurilmadan foydalanganda, qop yoki chang yig‘iladigan qismning to‘la bo‘lishini kutmaslik lozim. Yaxshiroq tozalash uchun chang idishini to‘rtdan uch qismi to‘lganida almashtirish yoki bo‘shatish tavsiya etiladi. Changyutkich yaxshi tozalamaganda Changyutkich eskirgan yoki buzilgan bo‘lishi mumkin. Avval chang qutisini tekshirish lozim, agar uning ichida juda ko‘p chang bo‘lsa, qurilma yaxshi ishlamasligi mumkin. Agar qop almashtirilgan bo‘lsa, truba yoki changyutkichga biriktirilgan joyga biror narsa tiqilgan yoki cho‘tkaga soch va iplar bilan to‘planib qolgan bo‘lishi mumkin.
55
3,919
Ayollar
Tonal krem tanlashda yo‘l qo‘yiladigan 7 ta xato
Odatda ayollar xarid chog‘ida tonal kremining rangi, sifati, zichligini sinchkovlik bilan tekshiradi, lekin mahsulotdan foydalanganda u umuman boshqacha bo‘lib chiqadi.  Nega bunday ekanini quyida aniqlaymiz. Tonal kremni tanlashda qo‘lga surtish Tanish holat, tonal kremni sotib olayotganda, aksariyat ayollar uni qo‘l qismiga surtadi. Albatta, bu jarayon tanlovga to‘g‘ri kelmaydi. Chunki qo‘l va yuz terisi orasida katta farq bor. Ham rang, ham teri jihatidan. Shuning uchun iloji boricha tanlov vaqtida kremni yuzga surish tavsiya etiladi. Makiyaj ustidan tonal kremini sinab ko‘rish Tonal kremini sinab ko‘rishda makiyaj ustidan surtish ham noto‘g‘ri  yondashuv. Chunki krem ushbu holatda mos kelsa-da, toza yuzda boshqa rangni aks ettiradi. Tonal kremini soyada tanlash Yangi krem xaridi asosan, kunduzi va salqin do‘konda amalga oshiriladi. Ammo tashqarida quyosh nurida qanday ko‘rinishi esa sinab ko‘rilmaydi. Shuning uchun turli rangdagi tonallarni quyosh nurida qanday ko‘rinishini sinab ko‘rish kerak. To‘q rangdagi tonal kremidan foydalanish Qanday rangdagi tonal kremi yuzga mos kelayotganini aniqlash qiyin bo‘lganda, sotuvchilar nisbatan to‘q rangdagisini tavsiya etadi. Qaror qilishga shoshmaslik zarur, chunki to‘q rangdagi tonal kremi xuddi yuzga dog‘ tushgan kabi ko‘rinishni hosil qilishi mumkin. Teriga qanday yoyilishini sinamaslik Tonal kremi shunchalar sinchkovlik bilan tekshirilsa-da, uning teriga qanday yoyilishi ahamiyatsizdek. Aslida bu eng muhim jihat hisoblanadi. Mukammal makiyajni asosan tonal kremi yuzga qay darajada singib ketgani tashkil qiladi. Tonal kremini tunda sotib olish Teri kun davomida charchaydi, terlaydi. Teshiklari changga to‘ladi, qizaradi. Shunday vaqtda tonal krem xarid qilish ham yaxshi fikr emas. Yaxshisi, xaridni tongda amalga oshirish tavsiya etiladi. Chunki tunda tozalangan, yetarlicha dam olgan teri boshqacha ko‘rinishda bo‘ladi. O‘ta quyuq tonal kremi Yodda tutish kerakki, tonal kremi yuzga suriladi. Yuz terisi qanchalar nafis ekani esa barchaga ma’lum. Shuning uchun undagi nuqsonlarni yashirishda ham o‘rtacha suyuqlikdagi tonal kremidan foydalangan ma’qul.
48
2,129
Ayollar
Odri Xepbyornga yoqishi mumkin bo‘lgan bahoriy trendlar (foto)
Odri Xepbyorn nafaqat iste’dodli aktrisa sifatida balki, kiyinish borasidagi didi bilan ham yaxshi ma’lum. 50-yillarda yulduz garderobidan o‘rin olgan liboslar, mana yarim asrdan ortiq vaqtdan beri moda olamida hamisha e’tirof etib kelinadi. Fotoo: T24 “Sabrina”, “Rim ta’tili” hamda “Tiffanida nonushta” filmlarida aktrisa kiygan liboslar shular jumlasidan. The Row, Carolina Herrera, Miu Miu, Proenza Schouler va boshqa bir qancha brend ko‘rgazmalarida modellar kiygan liboslar, Odrining yelkalari keng oq ko‘ylak, qomatni aks ettiruvchi qora libos va gul nusxalari tushirilgan sarafanlardan ilhomlanganini bilish mumkin, deb yozadi Vogue. Quyida bahorda urfga kirishi kutilyotgan va Odrining liboslari asosida yaratilgan obrazlarni e’tiboringizga havola etamiz. Yelkalari ochiq, mitti qora ko‘ylak Gullar nusxasi tushirilgan ko‘ylak Savat shaklidagi sumka Minimalizm uslubidagi top  Midi uzunligidagi oq ko‘ylak Yelka qismi erkaklarniki singari keng bo‘lgan oq ko‘ylak  ​
62
982
Ayollar
Mukammal selfi olib, ko‘p “layk” to‘plash borasida 8 maslahat
Maqolada sifatli portret suratlar va selfilar tushirish bo‘yicha asosiy sirlarni ochib beramiz. Bu maslahatlardan foydalansangiz, Instagram’dagi fotosuratlaringiz yanada ko‘proq “layk” to‘playdi. Aks holda, yuzingizda soyalar paydo bo‘lib, suratni buzadi. Suratga tushish uchun eng yaxshi sharoit — bulutli kun. Agar quyosh charaqlab turgan bo‘lsa, soyada suratga oling. Fonning neytral yoki yorqin bo‘lishi o‘z didingizga havola. Asosiysi, orqa tomonda hech qanaqa tartibsizlik bo‘lmasligi kerak. Yaxshisi, ko‘chaga chiqing va daraxtlar yoki qiziqarli bino qarshisida suratga tushing. Ijtimoiy tarmoqdagi sahifangizda yangiliklar tasmasida chiqib keladigan suratlarni kuzatib boring. Noodatiy rakursdan olingan, qiziqarli foni bo‘lgan suratlarni ko‘z ostingizga olib qo‘ying va o‘zingizga yoqqan rasmlarni qayta yaratishga urinib ko‘ring. Sizni suratga tushirish uchun hech kim bo‘lmasa, ishni o‘z qo‘lingizga oling. Masalan, telefon kamerasini taymerga qo‘ying yoki maxsus pult sotib oling. Istisnoli holatlarda o‘tkinchilardan yordam so‘rang. Boshlovchilar uchun oltin qoida: qanchalik ko‘p bo‘lsa, shunchalik yaxshi. Iloji boricha ko‘proq surat tushiring, hatto bitta rakursdan bo‘lsa ham. Bu suratlarning birortasi sizga yoqishi aniq. Suratga olish vaqtida ko‘zdagi nurlarni kadrga muhrlashga intiling va rasmga ishlov berishda ularga urg‘u bering. Ustki va pastki qovoqlaringiz o‘rtasiga biroz xaylayter suring, shunda nigohlaringiz yanada ochiladi. Sun’iylik ko‘zga tashlanadi. O‘zingizni bemalol tuting va ko‘proq harakatlaning. Shunda fotosuratlar jonliroq va qiziqarliroq chiqadi. Masalan, shlyapa, ko‘zga tashlanadigan zirak yoki qip-qizil pomada. Urg‘ular zarur qiyofani yaratishda yordam beradi va fotosuratga e’tiborni tortadi. Manba: “Layfxaker”
61
1,761
Ayollar
Go‘zallikning 7 retsepti: bodom yog‘i
Bodom yog‘i sakkiz ming yildan buyon “go‘zallik yog‘i” sifatida mashhur. Unda ko‘plab foydali kislotalar, A, F, E va B2 vitaminlari, magniy, fosfor, rux, karotin va boshqa moddalar mavjud. Xo‘sh, undan qanday foydalanish mumkin? Ko‘z atrofidagi mayda ajinlarni tekislash uchun uni ustki va hatto pastki qovoqqa ham surish mumkin. Kosmetik bodom yog‘i tarkibida ko‘p miqdorda E vitamini bo‘lgani sababli, u ajinga qarshi krem o‘rnini bemalol bosa oladi va yuz terisini tekislab, unga taranglikni qaytaradi hamda yuz rangini tiniqlashtiradi. Yog‘ tarkibidagi A vitamini terini namlantirishga va uni atrof-muhitning salbiy ta’siridan himoya qilishga yordam beradi. Bodom yog‘ining antibakterial effekti muammoli yuzlarga yaxshi ta’sir qiladi. Buning uchun uni kechasi husnbuzarlar ustiga surib chiqsangiz kifoya — ertalab husnbuzardan asar ham qolmaydi. Sochlaringiz sekin o‘ssa, bodom yog‘idan olib, soch ildizlariga haftada 2—3 marta suring, shunda ularning o‘sish tezligi qariyb 2 marta oshadi! Namlantirish, tinchlantirish va qizarishni ketkazish orqali, bodom yog‘i issiqlikdan kuygan terini parvarishlashda ajoyib vosita bo‘lib xizmat qiladi. Bodom yog‘i yengil strukturaga ega bo‘lib, tezda singadi va hatto suvda o‘chmaydigan makiyajni ham yaxshi tozalaydi.
37
1,263
Ayollar
Me’da qaynashiga qarshi xalq tabobati vositalari
Me’da qaynashi (zarda) — ko‘krak ichki qismining achishishi bilan bog‘liq noqulaylik hissi. Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, yer sharining 40 foiz aholisi me’da qaynashidan aziyat chekadi. Me’da qaynashi me’da shirasining qizilo‘ngach shilliq pardasiga ta’siri natijasida yuzaga keladi. Me’da qaynaganda quyidagi usullarni qo‘llash mumkin: - O‘zingiz xohlagan o‘simlik yog‘idan bir choy qoshiq ichsangiz foydasini tezda his qilasiz. - Pista chaqish – ta’siri unchalik tez bo‘lmasa ham, har holda yordam beradi. - Biroz iliq sut iching. - Olma yoki sabzi yeyishingiz mumkin. - Me’da qaynashining oldini olish uchun ovqatdan oldin kartoshka va sabzi sharbatlarini teng miqdorda aralashtirib iching. - Yalpiz, dastorbosh (tisyachelistnik), qizilpoycha (zveroboy), shivit, moychechak o‘tlarining qaynatmalaridan foydalaning.
48
819
Ayollar
Ijtimoiy tarmoqlardan salomatlikka zarar yetkazmay foydalanish bo‘yicha 6 ta maslahat
Amerika psixiatrlari assotsiatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra, aksariyat internet foydalanuvchilari ijtimoiy tarmoqlar salomatlikka zarar yetkazadi, deb hisoblaydi. So‘ralganlarning faqat 5 foizi ijtimoiy tarmoqlar salomatlikka ijobiy tasir ko‘rsatadi, deb hisoblaydi. Yana 45 foiz foydalanuvchi esa ijtimoiy tarmoqlar ham foydali, ham zararli deb javob bergan. “Layfxaker” ekspertlarning ijtimoiy tarmoqlardan ruhiy va jismoniy salomatlikka zarar yetkazmasdan foydalanish yuzasidan tavsiyalarini keltirdi. Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish vaqtini cheklang Oila davrasida ovqatlanayotganingizda yoki farzandlaringiz bilan vaqt o‘tkazayotganingizda ijtimoiy tarmoqlarda nima bo‘layotgani bilan qiziqmang. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar sizning ishingizga, katta loyihalarni amalga oshirishingizga yoki hamkasblar bilan suhbatlashishingizga xalaqit bermayotganiga ishonch hosil qiling. Uxlayotganda smartfonni o‘zingizdan uzoqroqqa qo‘ying. Raqamli detoks o‘rnating Raqamli detoksikatsiya — bu ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda tanaffus qilish. Bir necha tadqiqotlar natijasida Facebook’dan besh kun yoki bir hafta dam olish stress darajasini pasaytirib, hayotdan qoniqish hissini oshirishi tasdiqlangan. Ijtimoiy tarmoqlarga kamroq vaqt sarflashning yana bir yo‘li — ularni smartfondan o‘chirib tashlash. Boshida qiyin bo‘ladi, bora-bora ko‘nikasiz. O‘zingizni qanday his etayotganingizga e’tibor bering Ijtimoiy tarmoqlar o‘zingizni qanday his etishingizga ta’sir o‘tkazishini tekshirib ko‘rishingiz mumkin. Buning uchun sevimli tarmog‘ingizga sutkaning turli vaqtida kirib ko‘ring. Masalan, kun mobaynida qisqa vaqt ijtimoiy tarmoqlarga mo‘ralash kayfiyatingizni ko‘tarishi mumkin. Bir marta kirishda 45 daqiqa Facebook’da o‘tirish esa charchatadi.  Shuning uchun ijtimoiy tarmoqlarga sarflayotgan vaqtingizni nazorat qiling. Agar dam olishda tushgan rasmlaringiz bilan maqtana olmasangiz, vaqtincha ijtimoiy tarmoqlarga kirmay turing. Shunda tanishlaringizning chet elda o‘tkazayotgan hordiq suratlarini ko‘rib, o‘z hayotingizdan qoniqmaslik hissi paydo bo‘lmaydi. Ijtimoiy tarmoqlardan aniq maqsad bilan foydalaning Agar har kuni ertalab uyg‘onganingizdan Twitter’ga kirishni odat qilgan bo‘lsangiz, aniqlashtirib oling: Bu ishni siz yangiliklardan boxabar bo‘lish uchun qilyapsizmi yoki zerikarli hayotingizdan biroz uzoqlashish uchunmi? Facebook’ka ma’lum bir tanishingiz bilan bog‘lanish uchungina kiring. Twitter’ga yangiliklarga ehtiyoj sezsangiz mo‘ralang. Ijtimoiy tarmoqlarning har bir turi ma’lum maqsad bilan ishlatilishi kerak. Ijtimoiy tarmoqlarda kimni yoki nimani kuzatayotganingizni nazorat qiling Ijtimoiy tarmoqlarda sahifa ochganingizdan keyin ko‘plab onlayn do‘stlar orttirgan bo‘lishingiz tabiiy. Shuningdek, ko‘plab yangiliklar kanallari yoki boshqa axborot manbalariga obuna bo‘lgansiz. Bu kontentning bir qismi sizga haligacha qiziq, qolgani esa lentangizni to‘ldirib, asabingizni buzayotgan bo‘lishi ham mumkin.  Shuning uchun sizga qiziq bo‘lmagan guruhlardan chiqing, hech qachon gaplashmaydigan tanishlaringizni esa yaxshisi do‘stlar ro‘yxatidan o‘chiring. Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqot Facebook’dagi do‘stlarining postlarini o‘qiydigan internet foydalanuvchilari o‘z hayotini ularniki bilan solishtirib, bundan hasad hissiga duch kelishini ko‘rsatgan. Jonli muloqotga ko‘proq vaqt ajrating Amakivachchangiz yoki xolavachchangizning hayotida yuz berayotgan voqealardan boxabar bo‘lish uchun Facebook’dan foydalanishingiz yomon emas. Biroq agar uni hech bo‘lmasa bir necha oyda bir marta uyiga borib ko‘rishni unutmayotgan bo‘lsangiz, albatta. Internet orqali yozishmalar yaxshi, lekin suhbatdoshingiz bilan yuzma-yuz o‘tirib suhbatlashishga nima yetsin, to‘g‘rimi? Onlayn yozishmalar jonli muloqotga vaqt qoldirmay qo‘ymasin, shunga ishonch hosil qiling.
85
3,803
Ayollar
Nima uchun sochlar o‘smay qo‘yadi?
Garchi sochlar hech qachon o‘sishdan butunlay to‘xtamasa ham, bu jarayonga to‘sqinlik qiluvchi ba’zi omillar mavjud. Ekspertlar bunga nimalar ta’sir ko‘rsatishi va bu muammoni qanday bartaraf etish haqida maslahatlar tavsiya qiladi. “Har birimiz uchun sochlar ayni sharoitda qancha uzunlikkacha o‘sa olishining ma’lum bir chegarasi bo‘ladi. Shundan keyin sochlar o‘sishda davom etishning o‘rniga “gullay” boshlaydi. Va siz to odatlaringizni yoki sochlarni parvarish qilish vositalarini o‘zgartirmaguningizcha hech narsa o‘zgarmaydi, – deydi stilist Shab Agajani. – Uchlarini kesing, sochlarni issiqlikdan himoya qiluvchi vositalardan foydalaning, ularga mos keluvchi oziqlantiradigan niqob yoki boshqa vositalarni tanlang – sizning bevosita aralashuvingizsiz hech narsa o‘zgarmaydi”. Sochlarning irsiyat bilan bog‘liq bo‘lgan mumkin qadar uzunligi bo‘ladi. “Bu undan keyin butunlay o‘sishdan to‘xtaydi degani emas. O‘sish fazasi ko‘p jihatdan irsiy tomondan belgilanadi va odatda 2 yildan 6 yilgacha davom etadi”, – deb tushuntiradi sochlarni tiklash bo‘yicha mutaxassis va plastik jarroh Jeyms Marotta. Qarish jarayoni organizmda yuz beradigan ko‘plab o‘zgarishlar bilan birga kechadi va ularning eng oxirgisi sochlarga tegishlidir. Yosh o‘tishi bilan sochlar ancha zaiflashadi. “Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, sochlarning biologiyasi o‘zgaradi, o‘sish bosqichi esa qisqaradi. Bu sochlar ko‘p to‘kila boshlashini bildiradi va shuning uchun ular ingichka va kalta bo‘lib ko‘rinadi, – deydi shifokor Marotta. – Bundan tashqari, 45 yoshdan keyin boshdagi teri bezlari kamaya boshlaydi va sochlar quruq, sinishga moyil bo‘lib qoladi”. Sochlar o‘smay qolgandek tuyulishi mumkin, lekin aslida buning sababi sochlarni yuvish, tarash, turmaklash yoki rangsizlantirish natijasida ularning uchlari buzilganidan bo‘lishi mumkin. Sochlarga qo‘pol munosabatda bo‘lish, qattiq to‘g‘nog‘ichlar va haddan tashqari ko‘p tarash ularning quruq va sinuvchan bo‘lib qolishiga sabab bo‘lishi mumkin. “Men allergiya, dermatit, gormonal buzilishlar va sog‘liq bilan bog‘langan boshqa muammolar paydo bo‘lganda har doim shifokorga murojaat qilishni tavsiya qilaman”, – deydi nyu-yorklik stilist Stefani Skuoppo. Ovqatlanish va vitaminlar tanqisligi sochlarga kuchli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. “Sochlarning sifatini va uzunligini saqlab turish uchun ferritin, rux va B12 vitaminini kerakli miqdorda ushlab turish juda muhim, – tavsiya qiladi shifokor Marotta. – Sochlarning zaif va mo‘rtligining oldini olish uchun temir va oqsillar miqdori yetarli bo‘lishi kerak. Qalqonsimon bezning haddan tashqari aktiv yoki passiv bo‘lishi ham sochlarning holatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin”. Manba: “Woman.ru”
34
2,675
Ayollar
Qanday qilib sochlar oqarishini sekinlashtirish mumkin?
Sochlar oqarishi — qarish belgilaridan biri.  Ba’zilar yoshligidan sochlari oqara boshlaydi, ko‘pincha esa 35-40 yoshdan boshlab sochlarga oq tusha boshlaydi. Bu muqarrar jarayon bo‘lsa-da, uni biroz sekinlatishga urinish va shu bilan birgalikda sog‘liqni ham mustahkamlash mumkin. Biz sizga buning oddiy xalqona usullari to‘g‘risida aytmoqchimiz. Birinchidan, ovqatlanishga e’tibor bering. Dukkaklilar, avokado va yong‘oqlarni ko‘proq yeng. Ikkinchidan, agar sizning zararli odatlaringiz bo‘lsa, ulardan qutulishga harakat qiling. Chekish va ichish muammoni chuqurlashtiradi. Uchinchidan esa, sochlaringizni parvarish qilishda asqotadigan va ularning oqarishini sekinlatishda yordam beradigan xalqona vositalardan foydalanish to‘g‘risidagi bir necha maslahatlarni yozib oling. Manba: “Xitrosti jizni”
55
802
Ayollar
Yangi yilga uyni yasatish bo‘yicha 5 g‘oya
Bayram shukuhini his qilish uchun nafaqat obrazga e’tibor berish, balki uy yoki ofisni ham o‘ziga xos tarzda yasatish lozim. Archa Nafaqat liboslar, balki bezaklar bilan bog‘liq o‘ziga xos trendlar ham bo‘ladi. Qizil va tillarang bu borada yetakchilik qilsa, oq va och ranglar ham tobora mashhurlikka erishib bormoqda. Qolaversa, rangli chiroqlarning o‘zi bilangina bezatilgan archa ham o‘ziga xos ko‘rinishiga shubha yo‘q. Chiroqlar Ayni vaqtda archani ichidan nur taralib, yoritib turadigan chiroqlar trendda. Bunga erishish uchun metri ancha uzun bo‘lgan rangli chiroqlarni archaning har bir shoxiga bittalab o‘rab chiqish kerak. Bezaklar Guldonga solingan shoxlar, savatchaga joylangan kompozitsiya, boshqa yaltiroq shakllar va bezaklar bayram kayfiyatini baxsh etishi aniq. Gulchambar Archa shoxlaridan yasalgan va eshikka ilinadigan gulchambarsiz bayram bezagini to‘liq deb bo‘lmaydi. Uni o‘z qo‘lingiz bilan yasashingiz, o‘ziga xoslik qo‘shish uchun esa archa g‘uddasi (shishka), tasma va o‘yinchoqlar bilan boyitsangiz bo‘ladi. Noodatiy bezaklar Agar ortiqcha pul sarflashni istamasangiz, quritilgan apelsin, gul va archa g‘uddasi bilan o‘ziga xos bezaklardan foydalanishingiz mumkin.
42
1,199
Ayollar
AQSh maxsus kuchlarining oddiy hayotda foydasi tegishi mumkin bo‘lgan 11 taktikasi
AQSh maxsus kuchlarining sobiq serjant-mayori Karl Erikson oddiy hayotda, ayniqsa biznes yuritayotgan yoki har qanday sohada muvaffaqiyatga erishishni istagan odamga foydasi tegishi mumkin bo‘lgan armiya maslahatlari bilan bo‘lishdi, deb xabar berdi Insider Pro. To‘g‘ri fikr yuritish 90 foiz muammolarni chetlab o‘tishga yordam beradi. Buning hech qanday qiyin joyi yo‘q. Ertalab turganda ko‘zguga qarab o‘zingiz “Bugun o‘zimni yoki yaqinlarimni himoya qilishimga to‘g‘ri kelishi mumkin” deng. Siz o‘zingizni jangchi ekanligizga ishontirishingiz kerak. Doimo o‘zingizdan nimadir sodir bo‘lsa men qanday yo‘l tutaman deb so‘rang. Bunda qayerda ekanligizni ahamiyati yo‘q, xoh Starbucks’dagi qurilishda yoki besh yulduzli restoranda bo‘ling. Sizning rejangiz mukammal bo‘lishi shart emas — shunchaki chiqish yo‘li borligining o‘zi kifoya. Kinolarda ko‘pincha askarlarning ertalabdan yugurayotgani ko‘rsatiladi. Ular buni real hayotda ham amalga oshiradi. Nega? Chunki ertalabdan yugurish pulsning maqsadli zonasiga erishishda yordam beradi. Bu nafaqat tana uchun, balki aql uchun ham foydalidir. Agarda sizga nimadir noto‘g‘ridek tuyulayotgan bo‘lsa yoki o‘zingizda bo‘lmasangiz — u yerga suqilmang. Bu usul yuzlab odamlarning hayotini saqlab qolgan. Ta’riflab bo‘lmas oltinchi hissiyot harbiylar hayotini bir necha bor asragan. Bu yaxshi! Kimdir sizning har bir so‘zingizga osilaversa, unga bu nega kerak deya o‘ylab ko‘rmoq lozim. Bu shaxs o‘zining alohida sezgirligi bilan ajralib turmaydi yoki sizni aldashga harakat qiladi — buning ikkisi ham sizga yoqmaydi. Shuning uchun siz do‘stingizga shubha bilan qaraganingiz kabi u ham sizdan shubhalanadi. Sizning omadingiz qanday kiyinish va o‘zingizga qarashingizga bog‘liq. Hatto jang maydonlarida ham askarlarning soqoli toza qilib olinganini ko‘rish mumkin. Tishni tozalashning o‘zigina jangovar kayfiyatni 13 foizga ko‘tarishi aniqlangan. Ko‘zlagan maqsadingiz ro‘yxatini va shundan keyin uni amalga oshirish rejasini tuzing. Har kuni shunday qilsangiz natijasi sizni kuttirib qo‘ymaydi. Oqshomga yoki uchrashuvga erta kelib olsangiz boshqalarda sabrsizdek tasavvur uyg‘otasiz. Ish olamida esa bu sizning bo‘sh vaqtingiz ko‘p va shunchaki kutib o‘tirishingiz mumkinligidan dalolat beradi. Majlislarda ham jang maydonidagi kabi asosiy maqsadni ko‘zlash kerak. Bo‘lar-bo‘lmas savollar va keraksiz fikrlarni chetga suring. Amerikalik harbiylar o‘z xatlarini ishonchi qilib shifrlaydi, chunki ularni Xitoy maxsus xizmati o‘qiyotganini biladi. Sizning davlat siringiz bo‘lmasa ham shunday o‘ylashingiz kerak. Tasavvur qiling qachondir siz yozgan xatlar o‘zingizga qarshi ishlatilishi mumkin. Agarda siz tomonga qarab katta yuk mashinasi bostirib kelayotgan bo‘lsa nima qilasiz? Yo‘lning chetiga o‘tasiz, shundaymi? Hayotda ham shunday: yo‘lingiz pastga qarab ketsa, uning yo‘nalishini o‘zgartiring. Xursandchilik qiling, dam oling. Yangi yo‘l oching, ishga boshingiz bilan sho‘ng‘ing. Yuk mashinasi g‘ildiraklari orasida qolmaslik uchun boshqacha fikrlashni o‘rganing.
82
3,026
Ayollar
Ranglarni bir-biriga moslamang. Xohishga qarab yorqin kiyining
Bahor yangilanish fasli. Tabiatning go‘zalligiga hamohang tarzda ushbu faslda ayollarning kiyinish uslubida, libos ranglarida o‘zgarish seziladi. Izolyatsiya sabab uy va sport kiyimlari asosiy libosga aylandi, lekin hammasi tez orada iziga tushadi va yana yorqin rangli, gulli liboslarni kiyib, do‘stlar bilan uchrashish, oila bilan sayrga chiqish va tabiat go‘zalligidan bahra olish mumkin bo‘ladi. Rang-barang liboslar street style’ning asosiy tendensiyalaridan biri hisoblanadi. Uning o‘ziga xosligi shundaki, siz ma’lum qoidalarga amal qilishingiz, ranglarni moslashingiz shart emas. Buro 24/7 nashrining London va Parij moda haftaligidan taqdim qilgan suratlari buning yaqqol misoli.
62
688
Ayollar
Muzlagan sharbat va bolani mashinada sayr qildirish: ko‘p bolali onalar uchun ajoyib layfxaklar
Onalar barchasiga ulgurishi kerak. Ketchup tomgan futbolkani tozalash uchun avval uni quyosh nurida quritib, so‘ngra yuvilsa, sariq dog‘lardan asar ham qolmaydi. Sutni qanday qilib uzoq muddat saqlash va bolani mashinada sayr qildirishda nimalarga e’tibor berish kerakligi haqida quyidagi tavsiyalar, albatta, qo‘l keladi. Ish, bola va ro‘zg‘or — britaniyalik onalar bularni bajarishda yordam beradigan layfxaklar bilan bo‘lishdi.
95
431
Ayollar
Xona sharoitida o‘stirish mumkin bo‘lgan meva va sabzavotlar
Agar tomorqangiz bo‘lmasa-yu, lekin o‘z qo‘llaringiz bilan biror narsa yetishtirishni xohlasangiz, quyidagi ma’lumotlar siz uchun foydali bo‘ladi. Avokado Avakadoning mitti navlari xona sharoitida ham yaxshi o‘sadi. Avokadoni danagidan ham o‘stirish mumkin, lekin bu jarayon uzoq davom etadi va har doim ham muvaffaqiyatli bo‘lavermaydi — ko‘pincha bunday o‘simliklar meva bermaydi, faqat yashilligi bilan egasini quvontiradi. Agar ko‘chatini sotib olgan bo‘lsangiz, bu boshqa gap. Ko‘chatni sirlanmagan sopol idishga ko‘chiring — u o‘simlik ildizidan kamida 25 sm kengroq va 2 barobar chuqurroq bo‘lishi kerak. Tuproq qisman qumdan iborat bo‘lsin. Avokadolarni muntazam sug‘orib turing, tez orada mehnatingiz samarasini ko‘rasiz. Sabzi Sabzi juda chidamli o‘simlikdir. Urug‘larni o‘stirish uchun har qanday chuqur idish yoki konteyner to‘g‘ri keladi. Idishni qumli, o‘g‘itli tuproq bilan to‘ldiring va urug‘larni 3-5 sm oraliqda eking. Nihol davrida tuproq har doim nam bo‘lishi kerak. Nihollarning balandligi 5 sm ga yetganda, zaif, yomon rivojlanganlarini olib tashlab, ko‘chatlarni siyraklating. Loviya Binoning quyoshli tomonidagi balkonlarda loviya yaxshi o‘sadi. Bahor loviya ekish uchun eng yaxshi vaqt, harorat hali juda issiq bo‘lmaydi. Loviyani tuproqqa, taxminan, 2,5 sm chuqurlikda, bir-biridan 15 sm masofa uzoqlikda eking. Loviya — tirmashib o‘sadigan o‘simlik. Tuvak asosiga qulay bo‘lishi uchun yog‘och panjara o‘rnating. Pomidor Kvartirada pomidor yetishtirish uchun o‘rta navlar mos keladi — roma yoki cherri kabi. Odatda o‘simliklar vertikal jo‘yaklarga ekiladi. Ammo yana bir variant bor — osib qo‘yiladigan bezakli idish. Pomidor quyosh nurini yaxshi ko‘radi — meva pishishi uchun o‘simlik kamida 12 soat quyoshda bo‘lishi kerak. Limon Yorqin sariq mevalar bilan qoplangan yashil daraxt har qanday interyer uchun ajoyib bezakdir. Bundan tashqari, gullagan limon xushbo‘y hid chiqaradi. Limon urug‘ini o‘stirish va parvarish qilish ko‘p e’tibor talab qilishi mumkin, ammo natija bunga arziydi. Yejevika Yejevika butasiga juda ko‘p joy kerak bo‘lishi mumkin, shuning uchun bunday tajribalar katta balkon yoki lojali kvartiralarda amalga oshiriladi. Ko‘chatlar neytral yoki kislotali tuproqda yaxshi o‘sadi (pH 5-7). O‘simlikka yaxshi sug‘orish tizimi va ko‘p quyosh nurlari kerak. Yejevika muntazam ravishda sug‘orilishi lozim. O‘simlik juda ko‘p mehnat talab qiladi, ammo natija albatta xursand qiladi. Yejevika vitaminlar va fermentlarga boy noyob rezavor meva hisoblanadi. Golubika O‘simlik ko‘chatini kislotali (pH 4-5), yaxshi quritilgan tuproqqa ko‘chiring va tuvakni quyoshli joyga qo‘ying. Butalarga katta idish kerak bo‘ladi — kengligi kamida 45 sm, chuqurligi, taxminan, 50 sm. Muntazam sug‘orish va to‘g‘ri parvarish qilsangiz, o‘simlik tez orada birinchi mevalari bilan xursand qila boshlaydi. Qulupnay Qulupnayni urug‘dan yetishtirish juda qiyin. Uyda o‘stirish uchun tayyor va yaxshi rivojlangan ko‘chatlarni sotib olgan ma’qul. O‘simliklarga keng quti (qulupnay keng joyni yaxshi ko‘radi) va yengil, unumdor tuproq kerak bo‘ladi. Qaysi navni sotib olganingizga qarab, parvarish qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar farqlanadi. Shartlar oddiy — muntazam sug‘orish, yetarli quyosh nuri, tuproqni o‘g‘itlash va mehr bilan parvarishlash.
60
3,268
Ayollar
Sochlarga zarar yetkazadigan 10 ta holat
Agar quyida keltirilgan holatlardan birortasini o‘zingizda ko‘rgan bo‘lsangiz, demak, sochingiz anchadan buyon zararlanib kelmoqda. Sochlarni tez-tez kestirib turmaslik Jingalak yoki silliq sochlarni o‘stirish uchun ham 2-3 oyda bir marotaba sartaroshga tashrif buyurish kerak. Sababi sochlar ozuqani faqatgina ildiz orqali oladi (maksimal darajada ildizdan 10 santimetr uzunlikda). Sochning qolgan qismi esa quruq va jonsiz hisoblanadi. Vaqt o‘tib borishi bilan ular mo‘rtlashib ketadi. Buni ularning elektrlashishi, sinishi va soch turmagiga tartibsiz ko‘rinish berishidan ham aniqlash mumkin. Har safar sartaroshga tashrif buyurganda ularni 2 santimetrdan kaltalatish tavsiya etiladi. Sochlarni bo‘yash Uyda olib borilgan tajribalar ko‘pincha dahshatli oqibatlarga olib keladi. Ko‘rsatmalarga amal qilmagan holda sochlarni bo‘yash ham zararli oqibatlarga olib kelish mumkin. Masalan, sochlarni bir qismiga haddan ortiq ko‘p bo‘yoq surish, ayrim joylari umuman bo‘yalmay qolishi ham sochlar ko‘rinishiga putur yetkazadi. Natijada sochlar qurishi va bosh terisi kuyishi mumkin. Tozalanmagan taroqdan foydalanish Soch taralganidan so‘ng taroq tishlari orasida o‘lik hujayralar yig‘ilib boradi. Ular yog‘ bezlari sekretsiyasi va soch turmagi taroqdagi hujayralar bilan aralashib, zamburug‘ va bakteriyalar ko‘payishiga sharoit yaratadi. Shuning uchun har safar soch taralgandan so‘ng taroqlarni yuvib tashlash tavsiya etiladi. Ho‘l sochlarni tarash va turmaklash Sochlar yuvilganda katta miqdordagi namlikni yutadi va u og‘irligi bilan tarash natijasida sinish yoki deformatsiyalanishi mumkin. Shuningdek, issiq suv bosh terisini isitadi va teshiklarni kengaytiradi. Bu vaqtda sochga turmak berish soch tolalarining ko‘p to‘kilishiga olib keladi. Ularning o‘rnini qayta tiklash uchun uzoq vaqt sarflanadi. Sochlarni tez-tez issiq suvda yuvish Eng qizig‘i, sochlarni tez-tez qaynoq suvda yuvish ularni yanada ko‘proq kirlanishiga sabab bo‘ladi. Chunki yuqori harorat va bosh terisining ishqalanishi yog‘ bezlarining ishini rag‘batlantiradi. Mutaxassislar sochlarini tabiiy sog‘lig‘i va yorqinligini saqlab qolishi uchun haftasiga ikki marta yuvishni maslahat beradi. Sochlar uchun konditsionerdan foydalanmaslik Sochlarni yuvishda shampun va konditsioner tarkibiga alohida e’tibor berish lozim. Quruq sochlarni yuvgandan so‘ng ularni turmaklash qiyin bo‘lishi mumkin. Shu sababdan konditsionerdan to‘g‘ri foydalanish bunga yordam berishadi. Vositani soch ildizga emas, soch uzunligi bo‘ylab surish so‘ngra yaxshilab yuvib tashlash tavsiya etiladi. Sochlarni ildizdan boshlab tarash Sochlarni tez-tez taramaslik kerak – bu ularga zarar yetkazishi aniq. Soch turmagini erta tongda to‘g‘ri shaklga keltirish va kun davomida ikki marta tuzatish kifoya. Shunday vaqtda sochni ildizdan emas, asta-sekinlik bilan uchidan yuqoriga qarab tarash kerak. Yillar davomida soch uchun parvarish vositalarini o‘zgartirmaslik Agar soch parvarishi uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlar shunchaki marketing deb hisoblansa, bu yanglish fikr bo‘ladi. Chunki birgina soch tolasining o‘zida turli xil holatlar ro‘y beradi. Ular uchun, albatta, alohida parvarish vositalaridan foydalanish kerak. Kosmetik vositalarni tanlashda soch holati va turiga alohida e’tibor berish kerak. Turmak uchun qattiq soch yig‘gichdan foydalanish Soch tolalarini bir joyga zichlab yig‘ish ortidan ularning oziqlanishiga yo‘l qo‘ymaslik mumkin. Iloji boricha sochlarga qulay va bo‘shroq turadigan turmak berish kerak. Shuningdek, soch turmagi o‘rnini tez-tez o‘zgartirib turish ham sochlar uchun foydali hisoblanadi. Sochlarni quyoshdan himoya qilmaslik Ultrabinafsha nurlari teriga zarar keltirganidek, sochlarga ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Issiq fasllarda sochlarni quyosh nuridan saqlashga ko‘proq e’tibor qaratish kerak. Albatta, buning uchun maxsus bosh kiyimlardan foydalanish tavsiya etiladi.
40
3,854
Ayollar
Dengiz tuzi qanday maqsadlarda qo‘llanilishi mumkin?
Inson organizmidagi minerallar va foydali moddalar konsentratsiyasi dengiz suvi konsentratsiyasiga o‘xshash bo‘ladi, shuning uchun dengiz tuzi — tana va terini boshqarish, himoya qilish va tiklashda bizning sodiq ittifoqchimiz ekanligiga ajablanmasa ham bo‘ladi. Dengiz tuzining oddiy tuzdan  farq qiluvchi asosiy xususiyatlaridan biri minerallardan tashkil topganidir. Dengiz tuzida har biri teri holati va faoliyatida muhim rol bajaruvchi magniy, kalsiy va kaliy moddalari mavjud. Uning mineral muvozanati izdan chiqsa, u quruq, so‘ligan, bezovta va toshmalar toshishga moyil bo‘lib qoladi. Bu muvozanatni tuzatishda va teri qarishini sekinlashtirishda dengiz tuzi yordam beradi. Dengiz tuzi va asal terini yumshatishga, toshmalar va bezovtalikni ketkazishga yordam beruvchi yallig‘lanishga qarshi kurashish xususiyatiga ega. Ular shuningdek yog‘ bezlari ishini yaxshilash va kerakli joylarda namlik darajasini tiklashga yordam beradi. Qo‘llanilishi: 2 choy qoshiq mayda dengiz tuzini 4 osh qoshiq xom asal bilan aralashtirib pasta holatiga keltiring. Aralashmani tozalangan quruq teriga ko‘z atrofi sohasini qoldirib,tekis qilib suring. Niqobni 10—15 daqiqa qoldiring. Yuzingizni yuvishdan oldin iliq suvga botirilgan yumshoq sochiq bilan niqobni artib oling. Keyin yuzingizni iliq suvda ehtiyotlik va mayin silovchi harakatlar bilan yuving va qurigandan so‘ng krem suring. Dengiz tuzi teshikchalarni chuqur tozalashda, teri yog‘i ishlab chiqarilishini tenglashtirishda va toshmalarni yuzaga keltiruvchi bakteriyalarni yo‘qotishga yordam beradi. Qo‘llanilishi: 1 choy qoshiq dengiz tuzini 0,5 piyola iliq suv bilan aralashtiring, batamom erib bo‘lishini kuting va purkagichga quying. Suvni quruq va tozalangan teriga ko‘z atrofini qoldirib seping. Bir kunda 1—2 marta seping. Dengiz tuzi — terining o‘lik hujayralarini ehtiyotlik bilan ko‘chiruvchi tabiiy vosita. Uning tarkibidagi minerallar terini yumshatadi va undagi suv muvozanatini tiklaydi. Qo‘llanilishi: 0,25 piyola dengiz tuzini 0,5 piyola zaytun yog‘i yoki eritilgan kokos yog‘i bilan quyuq pasta holiga kelguncha aralashtiring. Ta’bingizga ko‘ra sevimli bo‘lgan efir yog‘idan 10 tomchi qo‘shishingiz mumkin. Skrabni tanangizga silovchi yumshoq aylanma harakatlar bilan suring. Dengiz tuzi terini nafaqat yumshatadi, va uni tiklaydi ham. Aloe namlantiradi, tuzatadi va teri hujayralarini yangilaydi, shuningdek  lavanda ham tabiiy zararsizlantirish xususiyatiga ega va qon aylanishini yaxshilaydi Qo‘llanilishi: 0,5 piyola dengiz tuzini 0,25 piyola aloe toza sharbati yoki geli, 0,25 piyola o‘zingiz yoqtirgan yog‘, 1 osh qoshiq quritilgan lavanda gullari va 10 tomchi lavanda efir yog‘i bilan aralashtiring. Skrabni tanangizga silovchi yumshoq aylanma harakatlar bilan suring. Manba: “Zdorovie.com”
52
2,764
Ayollar
Siz yuz yuvishda yo‘l qo‘yadigan xatolar
To‘xtab turing, yuvinishga shoshilmang. Xatolarga yo‘l qo‘ymaslik uchun avval bizning maqolamizni yaxshilab o‘qib chiqing. Yuz terisining suv bilan haddan tashqari ko‘p kontaktda bo‘lishi qichishishlar paydo bo‘lishini keltirib chiqarishi yoki namlikning yetishmasligiga olib kelishi mumkin. Suvsizlangan terining usti sho‘ralaydi, qattiq tortilish seziladi va ajinlar paydo bo‘la boshlaydi. Bunday yoqimsiz oqibatlarni ko‘rishni xohlamasangiz, yuzingizni bir kunda faqat ikki marta: ertalab va kechqurun yuving. Lekin ko‘pchilik jarayonning o‘ziga qiziqib ketishi mumkin: yuzni ko‘pik yoki gel bilan yaxshilab va uzoq vaqt massash qilish. Teri bunga ham muhtoj emas. Agar u gapira olganda edi, unda besh daqiqa davomida yuzni sovunlamaslikni, buning ustiga shuncha ko‘p yuvish vositasi surmaslikni so‘ragan bo‘lar edi. Skrabni juda ehtiyotlik bilan ishlatish zarur. Quti ustidagi “teshikchalarni ajoyib tarzda tozalaydi va terini yaltiramaydigan qiladi” degan yozuvlar tagida makkor vosita yashiringan bo‘ladi. Balki u haqiqatan ham teshikchalarni yaxshi tozalar va terini yaltiramaydigan qilar, lekin faqat ehtiyotkorlik bilan va to‘g‘ri ishlatilganda. Mo‘tadillik — muhim omil. Har bir teri turining o‘z ehtiyojlari bo‘ladi va ularga mo‘ljallangan vositalarning tarkibi bir-biridan jiddiy farq qilishi kerak. Ta’sirchan teri uchun vositalar tarkibida azulen, aloe vera va pantenol; muammoli teri uchun — benzoilperoksid, izotretinoin va ixtiol; yog‘li teri uchun — meva kislotalari, salitsil kislota va ko‘k choy; normal teri uchun — beta-glyukan, skvalen va oligosaxaridlar qatnashishi kerak. Manba: “Woman.ru”
40
1,615
Ayollar
Pirog, pitssa, omlet. Qotgan nondan qanday taomlar tayyorlash mumkin?
Agar oshxonangizdagi non hidlangan va mog‘orlashni boshlamagan, shunchaki qotib qolgan bo‘lsa, unda tashlab yuborishga shoshilmang. Tavsiyaga binoan yumshatib ko‘ring yoki quyidagi retseptlardan foydalaning. Qotib qolgan nonni suv parida ushlash orqali uni yumshatish mumkin. Nonni suvlab, uni nam sochiq yoki zarli qandolat qog‘oziga o‘rab pechga 5 daqiqaga qo‘ying. Bu usul ham yaxshi natija beradi. Bundan tashqari suvi qochgan non bilan boshqa taomlar ham tayyorlash mumkin. Ribollita Italiyadagi Toskana viloyatida sevib iste’mol qilinadigan mazkur sho‘rva dukkakli mahsulotlar, karam, sabzi, piyoz, pomidor va go‘sht qo‘shib tayyorlanadi. Qotgan non esa taomning ustiga solinib, qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq bilan birga qo‘shib dasturxonga tortiladi. Tez tayyor bo‘ladigan pitssa Xamir tayyorlashga vaqt va xohishingiz bo‘lmasa, qotgan nondan tez tayyorlanadigan usuldan foydalaning. Non bo‘laklarini terib chiqib, tomat sousi surting. Uning ustidan dudlangan go‘sht yoki kolbasa, qo‘ziqorin pomidor va ko‘kat qo‘ying. Qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq bilan bezab, 15 daqiqa 180 daraja qizigan pechda pishirib oling. Stratra Amerika oshxonasiga mansub ushbu taom “zapekanka” va omletni esga soladi. Uni tayyorlash uchun qotgan non, tovuq go‘shti, pishloq, piyoz, tuxum, qaymoq va sariyog‘ kerak bo‘ladi. Non va go‘shtni kubik shaklida kesing. Piyozni sariyog‘da qovurib oling. Tuxumga qaymoq va tuz qo‘shib aralashtiring. Hamma mahsulotlarni pechda pishirishga mo‘ljallangan idishga soling va ustidan qaymoqli aralashmani soling. Taomni ertalabgacha muzlatkichda qoldiring. Tongda 160 daraja qizigan pechda 50 daqiqa davomida pishirib oling. Nonli sous Buyuk Britaniya oshxonasidan kelib chiqqan mazkur retsept yog‘ va go‘shtli taomlar uchun ayni muddao. Qozonchaga suv, lavr yaprog‘i, sabzi, sut, qaymoq va mayda to‘g‘ralgan piyoz solib, 100 daraja olovda 10 daqiqa qaynating. Keyin esa olovni o‘chirib sovuting va elakdan o‘tkazing. Non, tuz, murch va sariyog‘ qo‘shib aralashtiring. Pirog uchun “nachinka” Qurigan non talqonini massasi suyuqroq bo‘lib qolgan pirogning go‘sht-baliqli hamda shirin “nachinkasi”ga qo‘shsa bo‘ladi. Aralashmaga qo‘shilgan non ortiqcha namlikni kamaytirib, uning quyuq bo‘lishini ta’minlaydi. Tuxumli nonushta Qurigan non bo‘lagini tovada ozgina sariyog‘ solib qovuring va ustidan tuxum chaqing. Xohishga qarab pomidor, ko‘k piyoz va boshqa ko‘katlardan foydalaning. Shirin “zapekanka” Qotgan nondan yana desertga asos sifatida ham foydalanish, undan sabzili “zapekanka” pishirish mumkin. Buning uchun sutga non solib ivitib qo‘ying. Keyin qirg‘ichdan chiqarilgan sabzi bilan aralashtiring. Shakar va tuxum qo‘shing. Yaxlit massa bo‘lgunicha aralashtiring va pechda pishirib oling. Xohishga qarab olma va quritilgan mevalar ham qo‘shishingiz mumkin.  Non va shirinliklardan voz kechilsa, organizmda qanday o‘zgarishlar yuz beradi?
69
2,877
Ayollar
Kosmetik vositalarni tashlab yuborish vaqti kelganini qanday bilish mumkin?
Terining go‘zal va sog‘lom bo‘lishi uchun uni to‘g‘ri parvarish qilishdan tashqari, kosmetik vositalardan ham ehtiyot bo‘lib foydalanish kerak. Negaki, yaroqlilik muddati tugagan krem yoki bo‘yoqlar go‘zallik uchun xavfli bo‘lishi mumkin. Terini parvarish qilish qiladigan vositalar Ba’zi vositalar foydalangandan keyin terida paydo bo‘lgan o‘zgarish keyinroq tananing o‘zida ham yuz berishi mumkinligini unutmang. Qolaversa, tabiiy komponentlar aynib qolgan bo‘lsa, terini parvarishlashingiz ham bekor bo‘ladi. Shu sabab har doim krem yoki boshqa vositalarning yorlig‘i bilan tanishish kerak. Ustida 6М yoki 12М degan yozuvning bo‘lishi ochilganidan keyin shuncha oy davomida ushbu mahsulotni ishlatish xavfsiz ekanini bildiradi. Yaroqlilik muddati tugaguniga qadar esa vositani ishlatib, tugatish kerak. Shu sabab ham mahsulotni ochgan vaqtingizni belgilab qo‘ying. Mahsulot bankada bo‘lsa, maxsus tayoqcha yoki paxtali disk ishlating. Iloji bo‘lmasa, barmoqlaringizni solmaganingiz yaxshi. Surtgandan keyin teri qichisa yoki boshqa o‘zgarish kuzatilsa, yuzingizni yuvib tashlang. Hidi yoki rangi o‘zgargan vositalarni esa foydalanmasdan tashlab yuboring. Tonal krem va konsiller Tonal krem va konsillerlarni bir yil ichida ishlatib tugatish kerak. Flakoniga qaraganingizda rangi o‘zgargan bo‘lsa, yog‘i ajralib yuzaga chiqib qolgan, konsistensiya suyuqlashgan bo‘lsa, undan foydalanishni bas qilgan yaxshi. Rumyana va bronzerlar Bu kabi vositalar 2 yil xizmat qilishining sababi — suv yo‘qligi bilan bog‘liq. Imkoni boricha o‘simlik ekstrakti — aloy, ko‘k choy va moychechak asosida tayyorlangan variantlarni xarid qiling. Tonal krem ustidan rumyana va bronzerning pudrali variantini surtsangiz, bir-biriga mos kelmay qoladi, bu ham yetmagandek, cho‘tkaning tolalari yopishib qolishi mumkin. Tush Vaqti-vaqti bilan surtilgan tush 6 oyga, kanda qilmasdan surtilgani esa 3 oyga yetadi. Ammo tushning idishi bakteriyalar to‘planishi uchun ayni muddao ekanligini esdan chiqarmaslik kerak. Braziliyada o‘tkazilgan tadqiqotda ayollar bilan bog‘liq vaziyatni tahlil qilish maqsadida olingan 79 foiz namuna go‘zallik vositadan ham ko‘ra bakterial muhitni eslatishi aniqlangan. Shu sabab ham muddati o‘tgan tushdan ortiqcha foydalanmagan yaxshi. Podvodka Podvodkaning idishi ham xuddi tushniki singari bakteriyalar to‘planishi uchun qulay muhit bo‘lishi mumkin. Yaroqlilik muddati 4 oyni tashkil qiladi, lekin oqish narsalarning paydo bo‘lishi, uni almashtirish vaqti kelganini bildiradi. Pomada va blesk Pomada va blesklardan 2 yil foydalanish mumkin. Lablarga tekis surtilmasligi va haddan ortiq quruq bo‘lib qolgani pomadadan foydalanish vaqti tugaganini bildiradi. Makiyaj cho‘tkasi To‘g‘ri foydalanilgan makiyaj cho‘tkasi 5-7 yil xizmat qilishi mumkin. Tolalari to‘kilishni boshlagani esa yaroqsizga aylanganini bildiradi. Ancha foydalanishni istasangiz, uni ikki haftada bir marta sovunli suvda yuvish kerak. Har safar ishlatgandan keyin esa tozalashni esdan chiqarmaslik kerak.
75
2,979
Ayollar
Germaniyalik 17 yoshli stilist qiz Instagram’da mashhurlikka erishdi. U sahifasiga soch turmagi suratlarini joylaydi (foto)
Germaniyalik 17 yashar Milena Instagram’dagi hairstylist.dream sahifasida soch turmaklari fotosi bilan bo‘lishadi. U stilistlikni YouTube’dagi videolarni tomosha qilish orqali mustaqil o‘rgangan. 6 yoshidan bu kasbga qiziqishi paydo bo‘lgan iste’dod sohibasi ayni vaqtda sochlarni turli murakkablikda o‘rishi va turmaklay olishi mumkin. Qiz Bored Panda portaliga bergan intervyusida avvaldan to‘qishga qiziqqani, 10 yoshga to‘lganida esa to‘qishdagi sxemalarni soch turmaklashda qo‘llashni boshlaganini ta’kidlagan. View this post on Instagram Unda g‘oya qolmaganida bir soch turmagining o‘zida bir necha turdagi soch o‘rish uslubidan foydalanadi. View this post on Instagram Milenaning so‘zlariga qaraganda, soch turmaklashga kirishib ketib vaqt o‘tganini bilmay qolishini aytmasa, qilayotgan ishi uni muammolarni unutish va tinchlanishga yordam beradi. View this post on Instagram Qizning Instagram sahifasida 46 mingdan ortiq obunachisi bor va u tomonidan joylangan ijod namunalari kuzatuvchilar maqtoviga sabab bo‘ladi.
123
1,073
Ayollar
TikTok’da tobora ommalashayotgan ozishning yangi usuli: bu chindan ham ish beradimi?
Foydali va mazali ekani bilan mashhur bo‘lgan chia urug‘i turli shirinlik, bo‘tqa va taomlarga qo‘shiladi. Endilikda esa TikTok foydalanuvchilari vazn tashlash maqsadida uni suvga qo‘shib ichishni boshladi. Blogerlarning aytishicha, bu ishtahani bo‘g‘ib, kun davomida uzoq vaqt to‘q yurishga yordam beradi. Ichimlik juda ham oddiy tayyorlanadi. Buning uchun ikki osh qoshiq urug‘ni katta stakandagi suvga aralashtirish va bir necha daqiqaga qoldirish kifoya qiladi. Ayrimlar xushta’m bo‘lishi uchun laym yoki limon sharbatini qo‘shgan. Vaqt o‘tganidan keyin urug‘ yumshab, ichimlik biroz quyuqlashadi. Tavsiyaga ko‘ra, ichimlikni taom tanovulidan 30 daqiqa avval ichish kerak. Shundan keyin tushlik vaqtiga borib ortiqcha ovqatlanish kuzatilmaydi. Aslida ham shundaymi, degan savolga mutaxassislar ha deb javob beradi. Urug‘lar oshqozonda shishgani sabab ham ichimlik to‘qlik hissini sezishga sabab bo‘ladi. Chia urug‘ining shu bilan birga vazn tashlash va salomatlikka ijobiy ta’sir qiladigan bir qator foydali xususiyatlari bor. Mazkur mahsulot vitamin, yog‘ va oqsillarni koni sanaladi. Tarkibidagi murakkab uglevod hisoblangan kletchatkalar semizlik bilan kurashishga samarali yordam beradi. Mutaxassislarning aytishicha, kletchatka to‘qlik hissini keltirib chiqarib, hazm jarayonini yaxshilashga yordam beradi. Shuningdek, ichaklar saratoni, ikkinchi darajali qandli diabet, insult va yurak-qon tomir kasalliklarining oldini oladi. Nutritsiolog Kerri Farrayolining aytishicha, chia urug‘i qo‘shilgan suv uzoq to‘q tutadigan yog‘larga boy ekani sabab ham ozishga yordam berishi mumkin. Parhezshunos Bonni Taub-Diks ushbu jarayon qondagi qand miqdorining oshishisiz sodir bo‘lishi va bu salomatlik uchun muhimligini ta’kidlagan. Chia urug‘lari organizmga foydali bo‘lsa-da, ularning ta’siri vazn yo‘qotish jarayoni bilan bevosita bog‘liqligini ko‘rsatadigan aniq dalillar yo‘q. Tadqiqotlarda turli natija — ijobiy yoki natijaning yo‘qligi ma’lum bo‘lgan. Masalan, tajribalardan birida vazni ortiqcha bo‘lgan 90 nafar ishtirokchi 12 hafta davomida har kuni chia urug‘ini iste’mol qilgan, ammo hech qanday o‘zgarish kuzatilmagan. Boshqa bir 6 oy davomida kuzatilgan tadqiqotda esa chia urug‘ini maxsus parhezga qo‘shish ikkinchi darajali qandli diabeti bor bemorlarning vazn tashlashiga yordam bergani aniqlangan. Mutaxassislar ushbu layfxakning zararsizligi va darhaqiqat ish berishi, ammo undan ozish uchun yagona emas, qo‘shimcha usul sifatida foydalanish kerakligini ta’kidlaydi.
84
2,486
Ayollar
To‘la ayollarga ko‘ylak ko‘proq yarashishining 8 isboti (foto)
Ayol kishi uchun kiyimning ortiqchasi bo‘lmaydi. Biroq kerak-kerakmas xaridni amalga oshirgandan ko‘ra, qomatdan kelib chiqib, kamchiliklarni inobatga olgan holda yondashish obrazning esda qolarli bo‘lishini ta’minlaydi. Ko‘ylak qomatni chiroyli ko‘rsatadi Ayollarga xos latofatni qop bichimli yoki haddan ortiq keng libos tagiga yashirish kerak emas. Qomatga mos bejirim libos yanada nazokatli ko‘rsatish xususiyatiga ega. “Futlyar” bichimli, etaklari keng modellar esa eng yaxshi variant hisoblanadi. Ko‘ylak qomatning kamchiliklarini yashiradi Ko‘ylaklar boshqa kiyimlardan ham ko‘proq ortiqcha vazn va to‘lacha qomatni yashirish xususiyatiga ega. Biroq uni tanlashda qomat va bo‘ydan kelib chiqqan holda yondashish kerak bo‘ladi. O‘ziga bo‘lgan ishonchni ortishiga sabab bo‘ladi Hatto oddiy ko‘ylak ham jinsi va futbolkadan ko‘ra chiroyli va qiziqarliroq ko‘rinadi. Ko‘ylak kiygandan keyin o‘zgacha poyabzal va aksessuar qo‘shish xohishi paydo bo‘ladi. Bunday obraz esa ayolning o‘zini yaxshi his qilishi va kayfiyatiga ta’sir etmay qolmaydi, natijada esa har doimgidan ham o‘ziga bo‘lgan ishonchi ortishiga sababchi bo‘ladi. Psixologik ahvolning pozitivligi esa hayotning turli jabhalarida yordam berishiga shubha yo‘q. Boshqalar e’tiborini jalb etmay qolmaydi Diqqat markazida bo‘lish uchun yaltiroq va bachkana obraz bo‘lishi shart emas, did bilan tanlangan libos modeli va unga moslangan oddiy poyabzal atrofdagilar e’tiborini jalb etmay qolmaydi. Yubka, shim, shorti va leginslar qulay ekanligiga shubha yo‘q, lekin har bir ayol qiz garderobida yo‘q deganda kundalik va oqshom bazmlari uchun ikkita libos bo‘lishi kerak. Ko‘ylak hech qachon urfdan qolmaydi Istalgan moda chiqishlariga nazar tashlansa, dizaynerlar kolleksiyalari taqdimotining hech biri ko‘ylaksiz bo‘lmasligiga amin bo‘lish mumkin. Buning sababi liboslar hamisha ijodkorona g‘oyalarni realizatsiya qilishga yordam berishi bilan bog‘liq. Ko‘ylaklar vaqtni tejashga yordam beradi Ko‘ylak bu tayyor obraz degani. U bilan qanday shim yomi yubka kiyishni o‘ylamasa ham bo‘ladi. Shoshilinch va to‘satdan belgilangan uchrashuvlarga nima bilan nimani moslash haqida bosh qotirib o‘tirmay, garderobdan boradigan joyga mos libosni kiyish va 10-20 daqiqa vaqtni tejash mumkin. Ko‘ylak bu qulaylik demak Ko‘ylaklar nafaqat issiq kunlarda, balki sovuq haroratda ham qulay hisoblanadi. Buning uchun uni qalin kolgotka bilan kiyishning o‘zi kifoya. Qulaylik esa hozirgi kunga xos bo‘lgan kunning asosiy qismini ish yoki o‘qishda o‘tirib o‘tkazish uchun ayni muddao hisoblanadi. Ozg‘in ko‘rsatadi Ayolning qomati va o‘lchamidan kelib chiqib to‘g‘ri tanlangan libos egasini ancha ixcham ko‘rsatadi. Sifatli mato, rang va print tanlashda ham alohida e’tibor berish siluetga ko‘rk qo‘shadi.
62
2,755
Ayollar
Yog‘li yuz terisi: Tonal krem tanlash va undan foydalanish bo‘yicha 7 tavsiya
Yog‘li yuz terisi egalari kosmetik vositalar tanlashda bir qancha qiyinchiliklarga duch keladi. Ular har bir vositani yuz rangi va teri turiga qarab tanlashi juda muhim. Agar tanlov to‘g‘ri amalga oshirilmasa, yuz sohasida toshma yoki husnbuzarlar paydo bo‘lishi kuzatiladi. Tonal krem haqida Yog‘li yuz terisi uchun iloji boricha yengilroq rangdagi tonal kremni tanlash kerak. Chunki ular teridagi nuqsonlarni bo‘rttirib ko‘rsatmaydi va kun davomida qatlam ko‘rinishga kelib qolmaydi. Agar bu borada tonal krem mos kelmasa, BB kremni ham yaxshi o‘rinbosar sifatida tavsiya qilish mumkin. Ko‘pchilik yog‘li teriga odatda faqatgina tovlanmaydigan tonal krem kerak bo‘ladi, deb o‘ylaydi. Ammo kutilgan natija uzog‘i bilan bir soatga yetadi. Makiyajning eng muhim bosqichi Yuz terisini pardozlashning eng muhim bosiqchi – uni tayyorlash hisoblanadi. Tabiiy losyon, namlantiruvchi krem, asoslar kun davomida yuz terisining ortiqcha yog‘ ajratishini normallashtirishga yordam beradi va pardoz davomiyligini uzaytiradi. Tarkib haqida Aksariyat zamonaviy komedogen emas, ammo qutidagi uning belgisi ortiqchalik qilmaydi. Hindiston yong‘og‘i, kakao, bug‘doy urug‘i, zig‘ir va palma yog‘larini o‘z ichiga olgan tonal kremlaridan foydalanishdan saqlanish kerak. Sababi ular husnbuzarlar ko‘payishiga imkon yaratadi. Silikon va mineral moylardan qo‘rqishga hojat yo‘q, ular teri teshiklarini yopib qo‘ymaydi, aksincha yumshatadi. Pardozni uzoq muddat bir xilda turishini ta’minlaydi. Tonal kremlarini qo‘llash Makiyaj qilishda har qanday vositani qo‘l va cho‘tkalar yordamida qo‘llash mumkin. Ammo ikkinchi variant ko‘proq samarali bo‘lib, bo‘yoqlarni bir tekisda yoyilishiga yordam beradi. Sponjlarning esa bir martaligidan foydalanish tavsiya etiladi.
77
1,743
Ayollar
Lab bo‘yog‘i haqida siz bilishni istagan barcha ma’lumotlar
Kunduzgi va oqshom makiyajini lab bo‘yog‘isiz tasavvur qilish qiyin. Ana shu oddiy pardoz buyumi ayol kishining tashqi ko‘rinishini hayratlanarli darajada o‘zgartirishga qodir. Lab bo‘yoqlaridan ba’zilari lablaringizni sovuq va shamoldan himoya qilsa, boshqalari undagi yoriqlarni bartaraf etadi, yana biri esa kun davomida o‘z rangini saqlaydi. Namlantiruvchi lab bo‘yog‘i lablarni yumshatib, ularni po‘st tashlash va quyosh nurlaridan himoya qiladi. Ularning tarkibida ko‘plab foydali yog‘lar (avokado, kanakunjut moyi) bor. Bahor va yoz fasllarida ulardan foydalanish zarurati yuzaga keladi. Biroq bunday lab bo‘yog‘i uzoq saqlanmaydi. Oziqlantiruvchi lab bo‘yog‘i qishda lablarimizga yordamga keladi. Ular tarkibidagi mum, o‘simlik ekstraktlari, yog‘lar va antioksidantlar lablarni sovuq va shamoldan himoya qilib, yoriqlar paydo bo‘lishining oldini oladi. Gigiyenik lab bo‘yog‘i faqat o‘simliklardan olingan ranglardan iborat yoki rangsiz bo‘ladi. Ular tarkibida odatda shamollashga qarshi, quyoshdan himoyalovchi moddalar, shuningdek vitaminlar mavjud bo‘ladi. Kuz va qish ulardan foydalanish uchun eng yaxshi mavsumdir. Rangi uzoq vaqt saqlanuvchi lab bo‘yoqlari 8—12 soat davomida, hatto ovqat tanovul qilgandan keyin yoki yuvingandan keyin ham o‘z rangini saqlaydi. Biroq ular lablarni quritib yuborishini yoddan chiqarmang. Yaltiroq lab bo‘yog‘i lablarga jilva va yengil rang beradi. Bunday pardoz vositasi lablarni kattaroq ko‘rsatish imkonini beradi. Jilosiz lab bo‘yoqlari ko‘proq saqlanadi. Ular lab yuzasiga urg‘u berganligi uchun ulardan faqat sog‘lom va parvarish qilingan lablar sohibalari foydalanishi mumkin. Lab bo‘yog‘i rangini ko‘z va sochlaringiz rangidan kelib chiqib tanlashni tavsiya qilamiz. - Jigarrang ko‘z sohibalariga och jigarrang yoki jigarrang lab bo‘yog‘i mos keladi. - Kulrang ko‘z sohibalariga esa olxo‘ri rangidagi lab bo‘yoqlarini sinab ko‘rishni tavsiya etamiz. - Ko‘zlari moviy yoki yashil rangda bo‘lgan ayollar ikkilanmasdan yorqin ranglarni tanlashi mumkin. Shuningdek, ularga pushti rangdagi lab bo‘yog‘i ham yarashadi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
59
2,239
Ayollar
Uzoq vaqt urfda bo‘ladigan yangi trend: qoshlarni sovun yordamida tartibga keltiramiz
Qoshlarni yangi trenddagidek ko‘rinishga keltirish uchun gel, ten yoki bo‘yoqqa hojat yo‘q. Shunchaki sovundan foydalanib, o‘ziga xos natijaga erishish mumkin. Qanday sovunni tanlagan yaxshi? Shaffof yoki neytral rangdagisini tanlang. Yorqin rang, ayniqsa, och rangli qoshlarda bilinib qolishi mumkin. Texnika Qoshlar uchun mo‘ljallangan maxsus yoki tushning yuvilgan cho‘tkasidan foydalaning. Biroz namlangan sovunni cho‘tkaga surting. Qoshlarni xohishga ko‘ra shaklga keltirib, qurishini kuting. Sovun ko‘zga tashlanib turmasligi uchun undan haddan ortiq ravishda foydalanmang. Natija Sovun qosh tolalarini istalgan geldan yaxshiroq mahkamlaydi, va shu bilan birga, yog‘li va yaltiroq ko‘rinib qolmaydi. Bundan tashqari, qoshlar qalin ko‘rina boshlaydi. Qanchalik g‘alati tuyilmasin, bu yilning eng dolzarb trendi hisoblanadi. Gap shundaki, qalin, rangli bo‘yalgan qoshlar allaqachon urfdan qolgan. Tabiiylik esa hech ham eskirmaydi.
85
937
Ayollar
Malika Dianadan Jaklin Kennedigacha: Eng mashhur sumkalarga berilgan taniqli ayollar nomi (foto)
Qo‘l sumkalarining eng taniqli modellari o‘ziga xos hikoyalarga ega. Moda uylarining dizaynerlari va menejerlari tez-tez ilhom olish uchun zamonaviy odamlarga murojaat qiladi. Shuning uchun ayrim mashhur ayollarning nomlari hanuzgacha sumkalarning ramziy modellari sifatida saqlab qolingan. Jeyn Birkin Bu, ehtimol moda olamidagi eng mashhur afsonadir: Birkin Londondan Parijga parvoz paytida, ingliz-fransuz aktrisasi va qo‘shiqchisi Hermes bosh direktori Jan-Lui Dyumadan keyingi stulda o‘tirgan edi. Tasodifan Jeynning sumkasi tushib ketdi va uning barcha narsa yerga to‘kilgan. Keyin Jan-Lui Dyuma Birkinning shikoyatlarini e’tiborga olib, dizaynga qulay cho‘ntaklar qo‘shdi va natijada paydo bo‘lgan modelga aktrisaning nomi berilgan. Bu 1983-yilgi voqea bo‘lib, shu kungacha Birkin eng hashamatli buyumlardan biri bo‘lib qolmoqda. Jaklin Kennedi Onassis 1970-yillarga kelib Onassis xonim nihoyat Oq uy davridagi o‘ziga xos uslubidan voz kechdi va erkin kiyimlarni afzal ko‘ra boshladi. Jeki o‘sha paytda muharrir bo‘lib ishlagan va Italiyaning Gucci moda uyining hobo-sumkasi uning uslubiga mos edi.  Keyinchalik, modelning mashhurligi keskin oshdi. Aleksa Chang Mulberry navbatdagi modeliga “Alexa” nomini berdi va britaniyalik teleboshlovchi Alexa Changga o‘zgacha mulozamat ko‘rsatdi. Endi Aleksa o‘z brendiga ega, ammo uning uslubi ingliz ishlab chiqaruvchisining taniqli sumkalari bilan uzviy bog‘liqdir. Bundan tashqari, Mulberry o‘zlarining ryukzakka o‘xshash modellaridan biriga Cara nomini berdi. Viktoriya Bekhem Yeva Longoriya va Viktoriya Bekhem 2009-yil 22-fevralda Elton Jon OITSga qarshi kurash jamg‘armasida. Eng yaxshi do‘stning nomiga sumka berish bu iliq tuyg‘ularning eng yuqori ifodasidir. Viktoriya Bekhem 2018-yilda zich ramka va uzun bilaguzuk bilan sumkaga “Yeva” nomini taqdim etgan. Viktoriya 2016-yilgi to‘yda Yevaning guvohi bo‘lgan va uning to‘y libosi ustida ishlagan. Sofi Loren Loren Merilin Monro, Odri Xepbern va Judi Garland bilan birga Salvatore Ferragamo’da doimiy ravishda bo‘lib, italyan brendining poyabzalidan nafaqat kundalik hayotda, balki filmni suratga olish uchun ham foydalangan. 2009-yilda Ferragamo oilasi Sofia sumkasini aktrisaga sovg‘a qilgan. Amal Kluni Eng kelishgan aktyorlardan biri o‘zining umr yo‘ldoshi sifatida tanlagan kelib chiqishi livanlik bo‘lgan qiz ingliz jamoatchiligini tezda o‘ziga jalb qildi va italiyalik Ballin brendi bundan foydalanmay qolmadi. Miss Alamuddin bilan bog‘liq Jorjning niyati jiddiylashishi bilanoq, Ballin dizaynerlari “Amal” nomli sumkani chiqardi. Margo Sarkozi “The Row”dagi Margaux sumkasi Olsen opa-singillarining eng uzoq foydalanadigan buyumlaridan biri. Taxminlarga ko‘ra, model Meri-Keytning o‘gay qizi Margot Sarkozining nomi bilan atalgan. Malika Greys 1956-yilda Monako shahzodasiga turmushga chiqqan amerikalik aktrisa XX asr o‘rtalarida asosiy yulduzlardan biri bo‘lgan. Greys turmushga chiqqach va ona bo‘lishga tayyorlanayotganda, sumka unga yumaloq qorinni paparatssidan yashirishga yordam berdi. Keyinchalik modelga malikaning qizlik familiyasi berildi. Malika Diana Lady Dior ilgari Chouchou nomi bilan tanilgan. Uni Uels malikasiga 1995-yil sentyabr oyida oliy martabaning Parijga tashrifi paytida Fransiya prezidentining rafiqasi Bernadett Shirak sovg‘a qilgan. Keyingi bir yil ichida Diana kamdan-kam hollarda bu sumkasiz ko‘rinish bergan, u bilan Birmingemdagi tibbiyot muassasalarida va Nyu-Yorkdagi Met Gala’da paydo bo‘lgan. 1996-yilda Christian Dior moda uyi malika uchun hurmat bajo keltirib, model nomini “Lady Dior” deb o‘zgartirgan.
96
3,568
Ayollar
Banka “otmasligi” uchun: Uy sharoitida konserva tayyorlashda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar
Pazanda bekajonlar uyda tayyorlaydigan konserva, murabbo va tuzlamalar tayyorlashida e’tibor qaratish kerak bo‘lgan jihatlar mavjud. “Noviy ochag” nashri keyinchalik ular “otib” yubormasligi uchun  bir nechta qoidalar to‘plamini taqdim etdi. Mahsulotlar tanlovi Konservalash uchun faqat eng yangi va pishgan meva, sabzavot va rezavorlar mos keladi. Ular ezilmagan, mog‘or bosmagan hamda zararlanmagan bo‘lishi kerak. Hatto mevalarning ezilgan joylari olib tashlangan taqdirda ham konservalar uchun yaroqli bo‘lmaydi va hech kim ularning “otib” yubormasligiga kafolat bermaydi. Tayyorlash jarayonini kechiktirmaslik Konserva uchun mahsulot sotib olayotganda, agar rezavorlar sotib olingan bo‘lsa, vaqt o‘tkazmasdan murabboni tayyorlab olish kerak. Sotib olingan sabzavotlarni 3 kundan ortiq, olma, nok yoki behi kabi qattiq mevalarni esa bir haftadan ortiq saqlash tavsiya etilmaydi. Mahsulotni yaxshilab yuvish Bu, ayniqsa, qo‘ziqorinlar uchun ko‘proq mos keladi. Suvni bir necha marta yangilab, yuvib, keyin ularni quritishga qo‘yish kerak. Chet eldan sotib olingan mevalarni gubka bilan yuvish tavsiya etiladi, bu mevaning saqlash muddatini uzaytirish uchun ishlatiladigan mumdan xalos qiladi. Tuzlangan bodring va marinadlarga qo‘shiladigan ko‘katlarni ham ehtiyotkorlik bilan saralash va yuvish muhimdir, ularni sarg‘aygan, qurigan va zararlangan barglardan ajratish kerak. Bankalarni tayyorlash Banka yopish uchun dastlab bankalarni yaxshilab yuvish kerak, keyin 130 darajada oldindan qizdirilgan pechda 25-30 daqiqa davomida yoki qaynoq suv bug‘ida 10-15 daqiqa davomida sterilizatsiya qilinadi. Qopqoqlarni ham unutmaslik kerak Bankalar uchun sotib olingan yangi qopqoqlarni suvda 3-4 daqiqa davomida qaynatish lozim. Qopqoqlar yangi bo‘lishi kerak, chunki eski vintli qopqoqlar odatda shaklini o‘zgartiradi va agar qayta ishlatilsa ham bankalarni yopish imkoni bo‘lmaydi. Bankalarni sekin sovitish lozim Uyda marinadlar, tuzlangan bodring va murabbo tayyorlash uchun ko‘pgina retseptlar ko‘ra, bankalar teskari to‘nkarilib, qalin narsa bilan o‘raladi. Bu ularning sekin sovishi uchun amalga oshiriladi. Harorat qancha sekin pasaysa, bankalardagi pishish jarayoni tabiiy ravishda davom etadi va konserva to‘g‘ri yopilgan bo‘ladi. Sterilizatsiya va pasterizatsiya Bularning farqi nimada? Ikkala harakat ham issiqlik bilan ishlov berishdir, faqat u turli yo‘llar bilan amalga oshiriladi. Pasterizatsiya qilishda bankalar qaynayotgan suv bug‘ida 30 daqiqa davomida pasterizatsiya qilinadi va keyin taxminan 9 oy davomida saqlanishi mumkin. Sterilizatsiya qilish uchun blankalar ustidan suv quyiladi va suv qaynatiladi. Qaynash davomida idishlar hajmiga muvofiq sterilizatsiya qilinishi kerak: 0,5 l — 10 daqiqa, 1 l — 15 daqiqa, 2 l — 20-25 daqiqa, 3 l — 25-30 daqiqa. Sterilizatsiya jarayonida mikroorganizmlar, bakteriyalar va sporalar yo‘q qilinadi va konservalar uzoq vaqt — bir yil yoki undan ham ko‘proq saqlanishi mumkin.
100
2,933
Ayollar
Gonkongdagi auksionda Hermes brendining sumkasi 382 ming dollarga sotildi
Christie’s auksion uyida 2,3 million Gonkong dollariga (382 ming AQSh dollari) sotilgan ayollar sumkasi dunyo bo‘yicha o‘tkazilgan auksionlarda sotilgan eng qimmatbaho sumka sifatida tan olindi. Bu haqda Christie’s auksion uyi sayti xabar bermoqda. Hermes brendining timsoh terisi va brilliantlardan ishlangan Niloticus Crocodile Himalaya Birkin 30 sumkasi Gongkongda bo‘lib o‘tgan auksionda sotilgan. Sumka rangi to‘q rangdan och rangga o‘zgargani uchun unga xuddi shunday nom berilgan. Uni kim sotib olganiga aniqlik kiritilmagan. Xaridor auksionda telefon orqali ishtirok etgan.
73
582
Ayollar
Vizajistlardan tavsiya: Makiyaj borasida siz bilmagan 20 ta qoida
Makiyaj ko‘ngildagidek chiqishi uchun mavjud qoidalarga amal qilish kerak. Olga Komrakov, Clarins yetakchi vizajisti: 1. Ten surtgandan keyin qoldiqlar teriga to‘kilsa, uni porolon applikator bilan tozalash mumkin. 2. Lab konturini bir tekisda chizishning imkoni bo‘lmayaptimi? Birinchi bo‘lib pomadani lab konturidan chiqazmasdan surting. Keyin lab qalami bilan pomada ustidan yurgizib, kerakli shaklga keltirib oling. Svetlana Grebenkova, Promakeup Laboratory kreativ rahbari va vizajist: 3. Istalgan makiyaj qilishdan avval labingizga birinchi balzam surting. Pomada surtishga navbat kelguncha labingiz makiyajga tayyor va bo‘yash oson bo‘ladi. 4. Qoshni bo‘yashdan avval uni qosh cho‘tkasi bilan tarab, keyin bo‘yang. Yevgeniya Tarasova, vizajist: 5. Tonal krem surtganda uning chegarasi ko‘rinib qolmasligi kerak. Uni yaxshilab teriga singdirish, bo‘yin va quloq bilan rangi ajralib qolmasligiga e’tibor berish kerak. 6. Ko‘z burchagini vizual ravishda ko‘tarish uchun ko‘z tagidagi qorayishlarni konsiler bilan yopganda uni chakka tomonga qarab cho‘zish tavsiya qilinadi. Jorjio Forgani, Pupa’ning xalqaro vizajisti: 7. Ko‘zlar kattaroq ko‘rinishi uchun tushni kiprikka zig-zag harakati bilan pastdan tepaga qarab harakatlantirish kerak. Tush cho‘tkasining tashqi burchakka qarab surtilishi esa ko‘zga bodomsimon shakl beradi. Yuriy Stolyarov, Maybelline NY’ning yetakchi vizajisti: 8. Ten surtishdan avval salfetka bilan qovoqlar yog‘sizlantirilishi kerak. Makiyajni birinchi ko‘zni bo‘yash, keyin esa pudra va rumyanadan boshlang. Chunki ko‘z makiyaji o‘xshamay qolsa, yuzni yuvish yoki artishga to‘g‘ri kelishi mumkin. Yekaterina Ponomareva, vizajist: 9. Ko‘zning ichki va tashqi burchagiga podvodka surtilganda ko‘z yoshlanishi mumkin. Bunda oddiy tush yordam beradi. Tushni paxtali tayoqchaga surtib uni o‘chgan podvodka joyiga surting. Anna Merkusheva, vizajist: 10. Qoshni bo‘yashni uning qirrali joyiga urg‘u berishdan boshlang. Keyin uchini, oxirida esa boshlanish joyini bo‘yang. 11. Strelka uchini ko‘zlarni ochga holda chizing. Mariya Pirenkova, Yves Saint Laurent’ning sobiq vizajisti: 12. Ko‘zlar smoky eyes usulida bo‘yalganda ten to‘kilishi mumkinligi sabab ham konsilerni tendan keyin, ammo tushdan avval surting. Andrey Shilkov, yulduzlar vizajisti: 13. Tush surkalganidan keyin qurishini kutib, keyin paxtali tayoqcha bilan artsa, darrov o‘chadi. Vyacheskav Sasin, Dior’ning sobiq vizajisti: 14. Yuz yaltiratadigan vosita yuz konturi bo‘ylab surtilsa, tabiiy ko‘rinadi. Pomadani rumyana o‘rnida ham ishlatish mumkin. Vladimir Kalinchev, vizajist: 15. Makiyaj asosi sifatida ko‘zga och tendan ham foydalanish mumkin. Uni qovoqqa surtib, ustidan tanlagan rangingizni surtishingiz mumkin. Bunda ten uzoqroq turadi. 16. Pudrani keragidan ortiq surib yuborgan bo‘lsangiz, termal suvni yuzingizga purkang, teri tabiiy ko‘rinadi. Jeyn Richardson, NARS xalqaro vizajisti: 17. Pushti rumyana yuzga chiroyli tus beradi, uni qovoqqa surtish esa obrazni yanada chiroyli ko‘rsatadi. 18. Jilosiz pomada ostidan blesk surtilsa, lab atlasdek tovlanadi. Labingiz tabiiy ko‘rinishini istasangiz, uni barmoq yordamida surting. Bobbi Braun, Bobbie Brown brendi asoschisi: 19. Tonal kremning teri rangiga mosini tanlayotganda uni peshonaga surtib ko‘ring. Tonal kremni faqat yuzga surting va to‘g‘rilash uchun pudradan foydalaning. 20. Tongda ko‘z atrofiga va yuqori qovoqqa krem surtmang.
65
3,394
Ayollar
Foto: To‘q jinsi kiyim-kechaklar 2021-yilda takror urfda
Modaning yangilanib turishi yangilik emas. 90-yillarda urfda bo‘lgan kiyim-kechaklar, xususan, jinsini mazkur mavsum podiumlarida takror dolzarb ekanini ko‘rish mumkin. Ushbu matodan tikilgan yubka, pidjak va liboslar asosiy trendlar ro‘yxatidan o‘rin olgan. Dizaynerlar shunchaki jinsi kurtka va shim bilan cheklanmaslikni, boshdan oyoq jinsidan kiyinishni tavsiya qiladi. Alexander McQueen keng jinsi libos bilan charm kamar taqish hamda jinsidan tikilgan kalta pidjak bilan obrazni yakunlashni tavsiya qiladi. Philosophy di Lorenzo Serafini esa o‘z kolleksiyasida sipo va ayollarga xos nafosatga urg‘u beradigan kombinezonlarga e’tibor qaratganini ko‘rish mumkin. Boshqa ranglar bilan solishtirganda unchalik yetakchi bo‘lmagan to‘q jinsi bilan mazkur mavsumda hech ikkilanmay o‘ziga xos ko‘rinishga ega bo‘lish mumkin. Marcelo Burlon County Of Milan brendida variant sifatida taqdim qilingan shorti bilan Gabriela Hearst jaketlarini kiyish, shuningdek, uni ipak matosidan tikilgan bluzka va botinka bilan moslash mumkin. Romantik uslubda kiyinishni yaxshi ko‘radiganlarga Marques’ Almeida brendidagi singari keng bichimli libos hamda jinsi matodan tikilgan tufli kiyish, noodatiylikni afzal biladiganlarga esa rang-barang paypoq va sumka tanlash ayni muddao. Suratda keltirilgan modellardan esa aynan qanday kiyimlar xarid qilish kerakligi borasida ilhomlansangiz bo‘ladi.
56
1,382
Ayollar
Makiyaj mo‘jizasi: Pomadaning yuzni yashartirishi yoki qaritishi yulduzlar obrazi misolida (foto)
Birgina lab bo‘yog‘ining noto‘g‘ri tanlanishi nafaqat obrazingizni xunuk, balki yoshingizni ham katta ko‘rsatishi mumkin. Pomada tanlayotganda birinchi navbatda teriga mos tushish yoki tushmasligini inobatga olish kerak. Masalan, terisining rangi Rianna kabi to‘qroq bo‘lgan qizlarga och pushti, shaftoli rang va blesklar yarashadi, go‘zallikka urg‘u beradi. To‘q qizil, jigarrang lab bo‘yoqlari esa aksincha yoshni katta ko‘rsatadi, labni aslidan kichkina ko‘rsatadi. Terisining rangi Enn Xeteuey singari oq bo‘lgan qiz va ayollar esa to‘q rangli lab bo‘yoqlaridan hech ham cho‘chimay foydalansa bo‘ladi. Och pushti pomada esa oppoq qizlarning kasalga o‘xshab ko‘rinishiga sabab bo‘lish mumkin. Qizil, olovrang va jigarrang lab bo‘yoqlari Jessika Chesteyn singari terisi oq, sochlari malla bo‘lgan qizlarning husniga husn qo‘shadi. Och rangli bo‘yoqdan esa voz kechgan ma’qul. Sochi va teri rangi och qizlar och rangli pomadadan foydalanmagani maqsadga muvofiq. Terisining rangi Jessika Albaniki singari bo‘lgan nozik jins vakillariga esa qizil va yorqin pomadalardan foydalanish tavsiya qilinadi.
97
1,106
Ayollar
Kuz mavsumida qanday sumkalar urfga kirdi? (foto)
Ayol va qizlar uchun qancha ko‘p sumka bo‘lsa shuncha yaxshi. Buni bilgan dizaynerlar ham turli mavsumda farqli modellarni taqdim etishdan charchamaydi. 2020-yilning bahorida gulli va turli printli, yozda to‘qilgan, savatni esga soladigan sumkalar yetakchi bo‘lgan bo‘lsa, kuz faslida o‘ziga xos shakldagi rang-barang sumkalar urfda. Ayniqsa, xobo, tout va klatchlar dolzarbligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Brendlar tomonidan taqdim qilingan kolleksiyalarda nafaqat kundalik obraz uchun, balki oqshom tadbir va ziyofatlariga tutish mumkin bo‘lgan bejirim variantlarni ham uchratish mumkin. Neous taqdim qilganidek och kulrang xoboni ish va sayrga chiqqanda yelkaga ilish, Staudning feruza rangli timsoh terisini yodga soladigan sumkasini rasmiy uchrashuvlarga hech ikkilanmay tutish, Bottega Veneta’ning och pushti noan’anaviy sumkasi bilan esa romantik obraz yaratish mumkin. Shuningdek, quyida suratlari keltirilgan Themoire, Jacquemus kolleksiyalariga mansub sumkalar ham kuzgi obraz uchun ayni muddao. Ayniqsa, Simon Port Jakmyusning rangi qahva va sut aralashmasini esga soladigan zamshdan tayyorlangan Le Bambino modeli mavsum uchun musthave hisoblanadi. Mazkur sumkani ishga tutish va shu kunning o‘zida oqshomdagi tadbirga u bilan birga ketish mumkin. Kuzdagi garderobini qanday sumkalar bilan boyitishni istaganlar ilhomlanishi uchun namunalar bilan bilan bo‘lishamiz.
49
1,388
Ayollar
To‘ladan kelgan ayollar Yangi yil ziyofatiga qanday liboslar kiygani ma’qul? (foto)
Do‘mboqqina qizlarning Yangi yil bayramida kiyadigan libosi qanday bo‘lishi mumkin? Albatta, qomatni iloji boricha ixcham ko‘rsatadigan hamda urfga mos bo‘lishi kerak. Lekin bu borada ular ko‘p qiyinchiliklarga uchragani uchun ham doimgidek keng, qomatni berkitadigan va trendda bo‘lmagan kiyimlar bilan kifoyalanadi. Quyida aynan bayram ziyofatiga hammadan ham ko‘ra ko‘proq chiroyli bo‘lish imkoniga ega bo‘lgan to‘ladan kelgan xonimlar uchun bir qancha tavsiyalar berilgan. Hamisha qomatni to‘g‘ri baholashga harakat qilish lozim. Buning uchun belga urg‘u berish, chiroyli dekolte hamda uzun yoki qomatga mos holda tikilgan libos tanlash kerak. Hajman katta oyoq kiyimlardan voz kechish kerak. Bu kabi poyabzallar bayram uchun ham, bayramona libos uchun ham mos kelmaydi. Nafislikka e’tibor bergan holda ixcham va yopiq tuflilar tanlash tavsiya etiladi. Biroz do‘mboq ko‘rishdagi ayollar vertikal chiziqli liboslardan unumli foydalanishi kerak. Albatta, diagonal chiziqli liboslar ham kiyishi mumkin, bunday liboslarni uzun marjon va kamar yoki boshqa detallar bilan boyitish kerak. Shuningdek, tashqi ko‘rinishga zamonaviy elementlarni qo‘shishdan xavfsiramaslik zarur. Zamonaviy zargarlik buyumlari, naqshlar, turli xil ko‘rinishdagi bosmali rasmlar kabi. Eng muhimi, yorqin ranglardan qo‘rqmaslik kerak. Qora rangda, ammo xunuk bichimda tikilgan ko‘ylak ham har qanday mukammal siluetni buzishi mumkin. Shuning uchun yangilik yaratishdan cho‘chimaslik zarur. Sumka tanlashda ham e’tiborli bo‘lish tavsiya etiladi. Ko‘pchilik bunga ahamiyat  bermaydi. Lekin juda kichik sumkalar uning egasini yanada yirikroq ko‘rsatishi mumkin. Qomat shaklini to‘g‘ri baholash zarur. Ayrim do‘mboq ayollarning qomati nok shaklida bo‘lib, ular belni ta’kidlaydigan quyidagi liboslarda har qaday ziyofatda ko‘rinish berishi mumkin. Agar asosiy hajm qorinda bo‘lsa va bel shakli sezilmasa, quyidagi variantlar mos keladi.
83
1,912
Ayollar
Imtihongacha bir oy vaqt bor: tayyorlanish rejasi
Kirish imtihonlariga roppa-rosa bir oy vaqt qoldi. Barcha abituriyentlar sinov testlariga faol ravishda tayyorgarlik ko‘rmoqda. Biroq, tayyorgarlik davomida vaqtni va darslarni to‘g‘ri taqsimlash yoki ruhiy toliqishni qanday yengish kabi muammolarga duch kelmagan yoshlar bo‘lmasa kerak. Abituriyentlikni boshidan o‘tkazgan va test sinovlarida 200 dan yuqori ball olib, davlat granti bo‘yicha o‘qishga kirgan sobiq talaba sifatida o‘z tavsiyalarim bilan bo‘lishmoqchiman. Ularning talaba bo‘lish istagidagi yoshlarga naf keltirishiga umid qilib qolaman. Avvalo, 1-avgustga qadar o‘qib chiqiladigan kitob va darsliklar, yechiladigan testlar, yod olinadigan matnlar va hokazolar ro‘yxatini tuzib chiqing. Shunda qilinadigan darslar hajmi aniq bo‘ladi va endi siz ularni 1 oy vaqt uchun taqsimlab chiqishingiz mumkin. Agar tayyorgarlik ishlarini reja bilan boshlagan bo‘lsangiz, unda natijalarni sarhisob qilish vaqti keldi. Bajarilgan va, aksincha amalga oshmay qolgan rejalarni tartibga soling va kelgusi qadamlaringizni o‘ylab oling. foto: avtolab.in.ua Endi ro‘yxat qilingan vazifalarni qanday bajarish usullarini ham birma-bir belgilab oling. Ularni repetitor bilan o‘rganiladigan, mustaqil o‘qiladigan, yod olinadigan, qaytarib chiqiladigan darslar kabi punktlarga ajratishingiz mumkin. Ro‘yxatingizning har bir tarkibiy qismi uchun o‘z kuchingizga qarab, ma’lum bir muddat belgilab chiqing. Masalan, ma’lum bir kitobni o‘qish uchun 10 kun ajrating. Yoki test vazifalarini tugatish uchun o‘zingizga 20 kun bering. Va shu muddatdan kelib chiqib, har kuni u uchun necha soat ajratishni ham hisoblab chiqing. Ushbu rejalaringiz qog‘ozda qolib ketmasin, kun tartibini muntazam ravishda tekshirib turing. foto: sin.ie Ko‘pchilik yoshlar bir o‘zi dars qilishdan zerikib, birorta o‘rtog‘i bilan uchrashib, birgalikda dars tayyorlashga harakat qiladi. Biroq, odatda bunday uchrashuv suhbatga aylanib ketishi va vaqtingiz bekor o‘tib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin. Vaqtingiz samarali o‘tishi uchun yolg‘iz dars qilishga harakat qiling. Deyarli barcha abituriyentlar kechasi o‘qishni afzal ko‘radi. Biroq inson organizmining tabiiy biologik ritmi kechasi faollashish orqali buzilishi, natijada kun davomida kuchli charchoq hissi kelib chiqishi mumkin. Bu esa, ruhiy toliqishga sabab bo‘ladi. Shu sababli, o‘zingiz uchun qat’iy kun tartibi tuzib oling va dars qilishni kechki vaqtlarga qoldirmang. foto: figuringitouted.blogspot.com Telefon, internet, televizor, radio kabi sizni darsdan chalg‘itadigan narsalardan uzoqroq bo‘lishga harakat qiling. Ayniqsa, dars qilish jarayonida ulardan foydalanmang, ular eng kuchli asab qo‘zg‘atuvchi vositalardir. Yaxshisi, so‘nggi bir oy davomida ulardan foydalanishdan voz keching. Shunda vaqtingiz qanchalik tejalishi va asablar tinchlanishiga o‘zingiz guvoh bo‘lasiz. Yetarlicha uxlab, vaqtida ovqatlanishni ham unutmang. Chunki, darslarni yaxshilab o‘qish uchun, avvalo, sog‘lig‘ingiz joyida bo‘lishi lozim. Aziz o‘quvchilar, o‘z tajribangizdan kelib chiqqan holda, siz abituriyentlarga yana qanday maslahat bergan bo‘lardingiz? Fikrlaringizni kutib qolamiz.
49
3,101
Ayollar
Bolani uzoq vaqt davomida uxlata olmaslikning 3 sababi
Yarim kechaligi, bir qancha usullardan foydalanilganiga qaramay, bolangiz uxlashni istamasligi, yig‘lashi va xarxasha qilishiga turli omillar sabab bo‘lishi, shunchaki siz buni payqamayotgan bo‘lishingiz mumkin. Juda ham erta uxlatasiz Vaqtga emas, bola hali charchamaganida, tetik vaqti uxlatishga urinishga taalluqli. Avvallari soat tushki 11 dan 13 gacha uxlagani bolaning bundan buyon ham shu vaqtda uxlashini bildirmaydi. Chunki boladagi o‘sish jarayoni sabab bedorligi avvalgidek bo‘lmasligi mumkin. Onalar bunga e’tibor bermagan vaqtda bola o‘sayotgani sabab o‘ynashga ko‘proq, uxlashga esa kamroq vaqt sarflashi mumkin. Qanday qilib tushunish mumkin? Bolalar uyqusi bo‘yicha mutaxassislar bola charchaganini o‘zini tutishi singari alomatlardan bilib olish mumkinligini ta’kidlaydi. Bolaning sababsiz yig‘lashi, xarxasha qilishi, ko‘zini ishqalashi va harakatchanligi kamayishi charchagani va uxlashni istayotganidan darak beradi. O‘sayotgan bolada bu belgilar o‘zgarishi, onalar esa avvalgi belgilarga qarab ish tutishga odatlangan bo‘lishi mumkin. Bir yoshgacha bo‘lgan davrda bola tez o‘sishi, o‘zgarishi va faollashishi, bu esa uyqu va uyg‘oqlik rejimiga ham ta’sir qilishi mumkin. Yana bir sabab uyg‘oqligida qanchalik charchagani 10 oylik bola uyqu orasida 3-4 soat sayr qilishi mumkin. Ammo aslida yetarlicha faol bo‘lgan, emaklash, turish, o‘yinlarga qiziqqan bolani onasi mazkur 3 soat davomida aravachaga yotqizib, ko‘cha aylantirib yurishi bola esa qimirlamay atrofni tomosha qilish bilan cheklanishi mumkin. Uyqu vaqti kelganiga qaramay, avvalroq yetarlicha jismoniy toliqmagani sabab bolaning uxlashi qiyinlashib ketishi mumkin. Uxlagan taqdirda ham, uyqu vaqti qisqa va notinch bo‘lishi mumkin. Qanday yechim topish mumkin? Yoshga bog‘liq uyqu me’yorini yodda tutish, nafaqat charchash alomatlari va soatga qarab ish tutish kerak. Qolaversa, bola uyg‘oqligida vaqtini samarali va jismoniy faol o‘tkazishiga e’tibor qaratish kerak. Juda kech yotqizish Yuqorida ta’kidlanganidan farqli ravishda, bola me’yoridan ko‘proq uyg‘oq bo‘ladigan bo‘lsa ham, uxlashi qiyin bo‘lishi mumkin. Keragidan qo‘shimcha vaqt davomida bola organizmi kompensatorlik mexanizmini ishga tushirishi, asab tizimi karusel singari ishlab ketishi mumkin. Shu sababdan, eng asosiysi, rejimga rioya qilish kerak. Ammo uyqu vaqti o‘tib ketadigan bo‘lsa, quyidagilardan foydalaning: Noto‘g‘ri uxlatayotgan bo‘lishingiz mumkin Uchinchi sabab rejimga emas, onaning uxlatish uchun tanlagan usuli bilan bog‘liq. Siz qo‘lingizda ko‘tarib allalaganingizda bola xarxasha qilaversa, demak bu unga yoqmayotganini bilish mumkin. Bunday vaqtda siz uni uxlashga majburlamasdan, boshqa yo‘l tutib ko‘rishga urinishingiz kerak.
54
2,701
Ayollar
Oynani to‘g‘ri tozalashning 6 ta xavfsiz usuli
Savdo tarmoqlarida oynali yuzalarni tozalash uchun ko‘plab maxsus vositalar taqdim qilinadi, lekin ularning ko‘pchiligi allergiya chaqiradi va atrofdagi odamlar uchun zararli. Uy sharoitida tayyorlanadigan vositalar esa bu vazifani juda yaxshi uddalaydi, ancha arzon va zararsizdir. Sizning e’tiboringizga bunday vositalar tayyorlashning bir nechta usullarini havola qilamiz. Bizga quyidagilar kerak bo‘ladi: Kartoshkani teng ikkiga ajrating va bu bo‘laklarni oyna yuzasiga suring. Bir necha daqiqadan so‘ng unga 1 litr suv va 1 osh qoshiq sirka aralashmasidan seping, keyin esa gazeta bilan artib tashlang. Oddiy piyoz nafaqat kirlarni tozalaydi, balki hasharotlarni ham haydaydi. Bu yerda ham yuqoridagidek: kesilgan piyoz bilan oyna yuzasini arting, bir necha daqiqadan keyin esa 1 litr suvga 1 osh qoshiq soda qo‘shib tayyorlangan aralashmadan seping. Eski gazeta bilan arting. Bitta o‘rtacha kattalikdagi limon sharbatini uch osh qoshiq tabiiy sirka va bir stakan suv bilan aralashtiring. Eritmani oyna yuzasiga seping va mikrofibrali latta bilan artib tashlang. Ikki osh qoshiq kraxmalni bir stakan sirka bilan aralashtiring, uni oynaning kirlangan joylariga suring va bir necha daqiqadan keyin ho‘l latta bilan arting. Vositaning har bir tarkibiy qismi yuqori samaradorligi bilan ajralib turadi, shuning uchun u vitrinalar, avtomashinalar va boshqa yuzalardagi hatto ketishi juda qiyin bo‘lgan dog‘larni ham yo‘qotishga yordam beradi. Buning uchun yarim stakandan sirka va spirt, shuningdek bir stakan suv va ¼ stakan limonni aralashtirish kerak. Tayyor bo‘lgan vositani oyna yuzasiga seping va bir necha daqiqadan keyin uni latta bilan arting. Yarimta limon sharbatini ikki stakan gazlangan mineral suv va bir choy qoshiq kraxmal bilan aralashtiring. Aralashma oyna yuzasini chang, kir va bakteriyalardan ajoyib tarzda tozalaydi. Manba: “Xitrosti jizni”
46
1,862
Ayollar
Kosmetik vositalar, gullar va jinsi shim. Muzlatkichda saqlash tavsiya etiladigan narsalar
Muzlatkichda faqat iste’mol mahsulotlarini saqlash mumkin, deb o‘ylaganlar fikri quyidagi ma’lumotlardan keyin o‘zgarishi aniq. Ko‘z uchun krem Ko‘z tagidagi shishlarga qarshi samara beradigan kremni xonada emas, muzlatkich eshigida saqlagan yaxshi. Ko‘z qalami Qalam sovuqda saqlansa, uchi qattiqlashadi va bu ishlatish uchun qulaylik keltirib chiqaradi. Tirnoq bo‘yog‘i Bir tomondan muzlatkichda saqlangan lakning foydalanish muddati uzoqroq bo‘ladi, lekin lak konsistensiyasi yopishqoq bo‘lib qoladi va tirnoqqa surtish qiyin bo‘ladi. Organik, tabiiy kosmetika Organik va tabiiy kremlarni ishlatishda ularning foydalanish muddatiga e’tibor qaratish kerak. Konservantlar qo‘shilmagan kosmetik vositalarni muzlatkichda saqlagan ma’qul. Kolgotka va kapron paypoqlar Kolgotka uzoq vaqtga yetishi uchun uni namlab polietilen paketga soling va muzlatkichga qo‘ying. Ertasi kuni olib, o‘z holiga kelganidan keyin kiysangiz bo‘ladi. Jinsi Yaxshi jinsi kamroq yuvilsa, chiroyli ko‘rinadi. Hid va bakteriyalardan qutilishga esa muzlatkich muzxonasi yordam beradi. Bir kecha davomida unda turgan jinsi ertasi kuni yangidek ko‘rinadi. Dog‘ yopishgan mato  Kiyimga mum yoki saqich yopishgan bo‘lsa, uni muzlatkich muzxonasiga qo‘yish kerak. 5 daqiqa turganidan keyin uni ko‘chirsa bo‘ladi. Boshqa buyumlar Ochilmagan konvertni yirtmasdan ochish uchun uni polietilen paketga solib, ikki soatga muzlatkichga qo‘ying. Shundan keyin qiynalmasdan ochish mumkin, xona haroratida turganidan keyin esa qayta yopishtirib qo‘yish mumkin. Gullar Guldastani kechga qadar yangidek saqlash uchun uni muzlatkichga qo‘yib qo‘ying.
90
1,605
Ayollar
Ko‘katlarni uzoq saqlashga yordam beradigan 3 ta layfxak
Ko‘katlar organizm uchun juda foydali, ularning tarkibida ko‘plab vitaminlar, minerallar va mikroelementlar mavjud. Ular yozgi mavsumda kattalar va bolalarning ovqatlanish ratsionida bo‘lishi lozim. Ko‘katlarni qanday qilib uzoq muddat saqlash mumkin?
56
252
Ayollar
Oddiy va zararsiz: sochlarni dazmollamasdan tekislashning 5 usuli
Odatda sochni tekislash uchun maxsus dazmoldan foydalaniladi. Dazmol sochni tekislashi shubhasiz, ammo uning bir qancha zararli tomonlari ham bor. Masalan, issiq haroratda ishlaydigan dazmol sochni kuydiradi, tolalarni sindiradi va natijada soch to‘kilishi ortadi. Quyida dazmolsiz ham soch tekislash usullarini bilib oling. Konditsioner Albatta, balzam sochlaringizni mukammal tekis qila olmaydi, lekin jingalaklarni ma’lum darajada yo‘q qiladi. Buning uchun mahsulotni odatdagidan uzoqroq yoki niqob sifatida ushlab turish kerak. Eng muhimi, konditsionerni soch ildiziga surtish mumkin emas. Soch uchun yog‘lar Soch parvarishida kokos, bodom yoki argan yog‘laridan foydalanish mumkin. Ular sochlarni zichroq va og‘irroq qiladi, bu esa tekislash effektini beradi. Shu bilan birga, sochlar rangi yanada go‘zallashadi. Fen Dazmolsiz ham mukammal tekis sochlarni xohlovchilar sochni fenning sovuq havosi bilan quritishi lozim. Buning uchun fen yordamida sochlarni tarash kerak. Bir oz nam sochlarni tarab, fenni taroq bilan birga harakatlantirish kifoya. Havo oqimi ildizlardan to sochning oxirigacha yetib borishi kerak. Natija dazmolnikidan qolishmaydi. Toga Toga yoki salla – Lotin Amerikasida sochlarni fensiz va dazmolsiz tekislash usuli. Sochlar tabiiy ravishda yuviladi va quritiladi, qismlarga ajratib, bosh aylanasi bo‘ylab o‘raladi. Sochni ro‘mol yoki sochiq bilan o‘rab, uxlashga yotiladi. Erta tongda esa mukammal silliq sochlarni ko‘rish mumkin. Soch tasmalari Bu usul avvalgisiga qaraganda ancha tez va samarasi ham undan kam emas. Yotishdan oldin sochlarni ikkiga ajratib, boshning pastki qismiga yig‘iladi. So‘ngra sochning uchigacha 3 santimetr oraliqda elastik tasmalar taqiladi. Ertalab elastik tasmalarni ehtiyotkorlik bilan olib tashlash va yaxshilab tarash kifoya.
65
1,785
Ayollar
Plastik jarrohlik o‘rnini bosuvchi kosmetik vositalar
Makiyajdan oldin ishlatiladigan kosmetik vositalar yuz terisidagi tonal vosita tuzata olmaydigan kamchiliklarni bartaraf etishi mumkin. Shuning uchun toniklar, tozalovchi va namlovchi kremlarga sarf qiladigan mablag‘ingizni ayab o‘tirmaganingiz ma’qul. Hamma makiyaj ham baribir parvarish qilingan, namlangan va sog‘lom terining holatiga bog‘liq ravishda mukammal bo‘la oladi. Har doim yoshga va terining turiga qarab kosmetik vositalardan foydalanish zarur. Makiyaj tagidan ishlatiladigan vositadan oldin yuz terisiga namlovchi krem suring. Birozdan so‘ng yengil harakatlar bilan yupqa qatlamda makiyajdan oldingi vositani qo‘ying. Terisi yog‘li bo‘lgan yuzlarga asos ustidan upa yoki yaltiramaydigan tonal kremi surish yetarli. Juda quruq yuzlarga avvalo oziqlantiruvchi, uning ustidan esa namlovchi krem surilgandan keyingina makiyaj tagida qoluvchi asosni ishlatish mumkin. Kosmetika do‘konlaridan tarkibida uch xil: ham namlantiruvchi, ham tonal komponentli va ham quyosh nuridan himoya qiluvchi xususiyatlarga ega bo‘lgan vosita sotib olishingiz mumkin.
53
1,060
Ayollar
Yumshoq mebel va gilamlarni tozalashda qo‘l keladigan tavsiyalar (foto)
Albatta, uyni gilam, divan va kreslosiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Lekin ba’zida ma’lum sabablarga ko‘ra, gohida qandaydir mistik tarzda paydo bo‘ladigan dog‘larni ko‘rish mumkin. “Domashniy ochag” nashri ulardagi dog‘larni bartaraf etish bo‘yicha bir nechta tavsiyalar bilan bo‘lishdi. Mebeldan dog‘larni qanday olib tashlash mumkin: umumiy qoidalar Matolarni tozalashdan oldin, matoni parvarish qilish bo‘yicha tavsiyalarni tekshirish va tozalaydigan vositani ko‘rinmaydigan joyda sinab ko‘rish lozim. Esingizda bo‘lsin, dog‘ qanchalik katta bo‘lsa, undan qutilish shunchalik qiyin bo‘ladi, shuningdek, tozalashni keyinga qoldirmaslik kerak. Mebel changini tez-tez tozalash tavsiya etiladi. Buni alohida cho‘tka yoki changyutgich yordamida amalga oshirish mumkin. Suv bilan ehtiyot bo‘lish lozim. Uni gilam yoki pol qoplamalarini tozalash uchun ishlatganda, har doim tozalaydigan matoni yaxshilab siqib ko‘rish juda muhim. Gilamlar Dazmol bilan dog‘larni olib tashlash uchun kerak bo‘ladi: Mahsulot toza matoga qo‘llanadi. U dog‘ning ustiga yopiladi va bug‘ funksiyasidan foydalanib dazmol bosiladi. Dog‘ lattaga o‘tadi. Dog‘ to‘liq yo‘qolguncha protsedura bir necha marta takrorlanadi. Quruq tozalash Gilamga iste’mol sodasi yoki jo‘xori kraxmali sepiladi va bir necha soatga qoldiriladi. Agar mumkin bo‘lsa dafna barglari, maydalangan dolchin qo‘shish mumkin, bu yoqimli hid beradi. Shampun yordamida tozalash Kerak bo‘ladi: Xohishga ko‘ra, bir necha tomchi lavanta yoki limon efir moyini qo‘shish mumkin. Barcha mahsulotlar aralashtiriladi va mebeldagi yog‘li dog‘lar hosil bo‘lgan mahsulotga botirilgan mato bilan artib olinadi. Divan va kreslolar qoplamasi: yumshoq mebeldagi dog‘lar Kerak bo‘ladi: Issiq suvga ozgina idishlarni yuvish vositasi qo‘shiladi va ko‘pik hosil bo‘lguncha aralashtiriladi. Dog‘lar uchun ko‘pik cho‘kmaguncha foydalanish kerak. Meva va sharbati dog‘larni olib tashlash Kerak bo‘ladi: Ikki suyuqlik aralashtiriladi va dog‘ ustiga sepilib, mato bilan artib olinadi Divan va kreslolarning charm qoplamalari Kerak bo‘ladi: Mahsulotlar aralashtiriladi va shisha idishga quyib, yaxshilab silkitiladi. Mebelga sepilib, toza mato bilan artib olinadi. Yodda tuting, bu usul zamsh uchun mos emas. Mebeldagi oq dog‘lar Kerak bo‘ladi: Dog‘ga bir tomchi tish pastasi qo‘llanadi va nam mato bilan artib olinadi. Shundan so‘ng quritiladi.
71
2,359
Ayollar
O‘zimiz uchun vaqt ajratamiz
Ba’zida o‘z hayotimiz bizga tegishli bo‘lmay qolgandek tuyuladi. Oila, ish va boshqa turmush tashvishlari bilan ovora bo‘lib, hatto vaqtning qayerga “yo‘qolib” borayotganligini anglamay qolamiz. Ko‘pchilik hayot zirillab o‘tib ketayotganini sezsa-da, undan qanday foydalanib qolishni bilmaydi. Qanday qilib vaqtni to‘g‘ri taqsimlab, o‘zimiz uchun hayotning yangi ranglarini kashf etishimiz mumkin? Albatta, bunday tig‘iz vaqtda rulda yoki avtobusning tiqilinch salonida bo‘lishingiz mumkin. Bunday vaziyatda sizga audiokitoblar, sevimli musiqalar yordam beradi. Agar o‘qish va musiqa tinglashni xohlamasangiz, atrofingizni, odamlarni kuzatishga harakat qiling. Bir necha daqiqalik hayotga bunday nazar ham yangi maqsadlarga sabab bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha biz navbatdagi vazifani boshlar ekanmiz, undan avval bajarilgani haqida hamon o‘ylayveramiz. Bu ish samaradorligini pasaytiradi. Shu bois, vazifalar oralig‘ida tanaffus qilgan ma’qul. Ana shu tanaffusda esa o‘zingiz uchun vaqt ajrating. Bir necha daqiqalarga bo‘lsa-da, ko‘nglingizda xotirjamlik hosil qiling. Bugungi kunda ko‘pincha qayergadir birga borish takliflari bilan turli qo‘ng‘iroqlar yoki iltimoslar bizni chalg‘itadi. Agar siz chindan ham vaqtingizni shunday o‘tishini istamasangiz, sizni bezovta qilmasliklari uchun barcha aloqa vositalarini o‘chirib qo‘ying. Gohida hayotiy yutuqlarga erishganda, beixtiyor shodlikdan o‘zimizni qo‘yishga joy topa olmaymiz. Bu xursandchiliklar kelgusida ham davom etishi vaqtingizni to‘g‘ri taqsimlashingizga bog‘liq. Yuqoridagi maslahatlar bir qarashda, oddiy, tanishdek tuyulishi mumkin. Lekin shuni unutmaslik kerakki, hamma narsa oddiylikdan boshlanadi.
28
1,662
Ayollar
Folgadan yasalgan sharchalar kir yuvishda qanday yordam beradi?
Kiyimlarni tozalash – juda sertashvish va sinchkovlikni talab qiladigan ish.  Hatto agar sizning kir yuvish mashinangiz eng so‘nggi rusumda bo‘lsa ham, ba’zan yuvilgan kiyimlarning sifati sizni ranjitadi: goh dog‘ izlari qoladi, goh o‘zingiz xohlagandek toza yuvilmaydi, gohida benuqson ko‘rinishingiz zarur bo‘lgan paytlarda sun’iy gazlamadan tikilgan liboslar aksiga olgandek elektrlana boshlaydi. Oxirgi ko‘ngilsizlik masalasida boshimizdan o‘tkazgan tajribalarimizni o‘rtoqlashganimiz yaxshiroq deb o‘ylaymiz. Ma’lum bo‘lishicha, har qanday qimmatbaho konditsionerlardan ko‘ra, o‘z qo‘llaringiz bilan yasalgan oddiy alyuminiy folgadan qilingan mahkam sharchalar bunday elektrlanishni  muvaffaqiyatli ravishda yengib chiqar ekan. Balki siz buni yaxshi bilarsiz, alyuminiy – statik elektrlanishni neytrallashtiruvchilarning eng yaxshilaridan biri hisoblanadi. Va agar siz folgadan yasalgan bunday sharchani kir mashinasiga kiyimlar bilan birga solsangiz, unda gazlamalar alyuminiy ionlariga to‘yinadi va “yopishish”ni bas qiladi. Endi bunday yordamchilar sizning har bir kir yuvishingizda qatnashishi mumkin: bu sharcha sizga yarim yil xizmat qiladi (aytmoqchi, ularning bir yo‘la bir nechtasidan foydalanish mumkin). Mana ko‘rdingizmi, eng oddiy va deyarli bepul vosita sizga nafaqat elektrlangan kiyimlarning yoqimsiz xususiyatlaridan qutulishga, balki mablag‘ingizni tejashga ham yordam beradi. Chunki kir yuvishda ishlatiladigan konditsionerlarning narxi arzon emas. Manba: “Xitrosti jizni”
63
1,497
Ayollar
Stilist maslahatlari: dengiz uslubidagi kiyimlarni qanday kiyish kerak?
Rossiyaning Birinchi kanalidagi “Moda sudi hukmi” (“Modniy prigovor”) dasturi bosh stilisti Aleksey Suxaryov yozgi ta’til vaqtida amalga oshiriladigan sayohatlar chog‘ida qanday kiyimlar kiyish borasida o‘z maslahatlari bilan bo‘lishdi. “Dengiz uslubining asosi — bu albatta yo‘l-yo‘l kofta. Uni tanlashdagi asosiy qoida — oq chiziq ko‘kidan enliroq bo‘lishi kerak. Shunda yo‘l-yo‘l kofta qomatni to‘la qilib ko‘rsatmaydi va har qanday komplektga mos tushadi. Kiyim yetarlicha keng, hatto yelkasi va uzunligi ham bemalol turishi kerak, shunda siz uni ham shim yoki yubkaga solib, ham ulardan chiqarib kiyishingiz mumkin. Esda tuting, qiyofaga faqat bitta yo‘l-yo‘l kiyimni kiritish mumkin, qolgan kiyimlarning barchasi bir tusli bo‘lsin”, — deydi stilist. Yo‘l-yo‘l kofta jinsi shimlar — ham klassik, ham skinni va boyfrend  shimlar bilan yarashadi. Oddiy matoli shim kiymoqchi bo‘lsangiz, to‘q ko‘k, oq, qizil va och jigarrang tuslarini tanlang, beli balandda, o‘zi esa polgacha tashlanib turadigan shimlar, shuningdek, kyulot shimlar ko‘rinishidagi modellar unga mos tushadi. Ustki kiyim sifatida oddiy oq jaket yoki tillarang tugmali bleyzer va jinsi kurtkani ham tanlashingiz mumkin. Bunday yo‘l-yo‘l ko‘ylaklar juda “xavfli”: ular qomatingizning ma’lum bir qismlarini semiz qilib ko‘rsatishi mumkin. Agar yo‘l-yo‘l ko‘ylak kiyishni judayam istayotgan bo‘lsangiz, ingichka oq-havorang chiziqlisini tanlang. Dengiz uslubidagi yubkalar tizzagacha to‘g‘ri tushgan, gode bichimidagi yoki “qalam” ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Asosiysi, ularning rangi qizil, oq, ko‘k bo‘lsin va dengizga ishora qiluvchi har qanday bezaklari bor bo‘lsin. Kruiz turidagi aksessuarlar — kema rul chambari, korallar ko‘rinishidagi ziraklar, lenta taqilgan shlyapalar, yo‘l-yo‘l matoli tasmasi bo‘lgan soatlar, poxol sumkalar (katta emas, quticha ko‘rinishidagi va yelkaga taqiladiganlari). Dengiz uslubidagi oyoq kiyimlar ham mavjud, bular — espadrilya, po‘kak tagcharmli bosonojka, oq keda, topsayderlar. Manba: Woman’s Day
71
2,004
Ayollar
Nomuvofiq kosmetika va bu holatni tuzatish yo‘llari
Noto‘g‘ri tanlangan kosmetikani tashlab yuborishga shoshilmang, bu holatni tuzatishning o‘ziga xos usullari bor. Tonal vosita haddan tashqari och rangli bo‘lsa... Yana bitta xuddi shunday teksturali, lekin rangi to‘qroq bo‘lgan tonal vosita sotib oling va ularni kerakli rang hosil bo‘ladigan ulushda aralashtiring. Lab bo‘yog‘ining rangi yoqmasa... Yuqorida aytilganidek, yana bitta o‘zingizga yoqqan rangdan to‘qroq yoki ochrog‘ini sotib oling. Avval to‘q rangdagi bo‘yoqni labning hamma qismiga, keyin esa och ranglisini lab o‘rtasiga suring va chetlarini sal chizib qo‘ying. Qovoqni bo‘yaydigan qalam juda och rangda va yumshoq bo‘lsa... Ularni kremli ten kabi ishlatishingiz mumkin. Kremli tenlar haddan tashqari to‘q bo‘lsa... Ularni podvodka sifatida ishlatsa ham bo‘ladi. Bundan tashqari, kremli tenlar yordamida qoshlarni ham bo‘yash mumkin. Pushti rang ten bo‘lmasa... Sovuq rangdagi yog‘upadan foydalanishingiz mumkin. Upa teri rangidan to‘qroq bo‘lsa... Uni bronzer sifatida ishlatish mumkin. Peshona, burun va yonoqlarga sal sursangiz, yuzingiz xuddi quyoshda biroz qoraygandek ko‘rinadi.
51
1,102
Ayollar
G‘alati ta’m va foydasiz tejamkorlik: Kuzda qanday sabzavotlar va mevalarni muzlatmaslik kerak?
Erta kuz — sovuq mavsumga tayyorgarlik ko‘rishning eng faol davri hisoblanadi. Ba’zi uy bekalari muzlatgichni qishda iste’mol qilinadigan mahsulotlar bilan to‘ldiradi. Biroq ko‘pchilik yozgi sabzavot va mevalarni behuda muzlatib qo‘yadi: ular o‘z ta’mini yo‘qotadi va pishirish uchun yaroqsiz mahsulotga aylanadi. Sentabr oyida ko‘plab uy bekalari muzlatkichlarni qishda iste’mol qilish mumkin bo‘lgan sabzavot va mevalar bilan to‘ldiradi. Kompaniyalar sotish unutilgan go‘sht bo‘lagi va muzqaymoq solinadigan idish, meva va sabzavotlar solingan bir nechta sumka va konteynerlarni — o‘rim-yig‘im mavsumi hali tugamagan bo‘lsa ham yaxshi narxda sotib oladi. Muzlatish — qishda sabzavot, rezavor mevalar narxi o‘sib boradigan paytda sezilarli darajada pulni tejashga yordam beradi. Qolaversa, sho‘rva, vitaminli choy yoki issiq ragu uchun har doim qo‘lingizda mahsulotlar bo‘lishi juda qulay. Shunday bo‘lsa ham yangi mahsulotlarni muzlatish odatda kutilgandek natija bermaydi.  Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ko‘plab meva va sabzavotlar noldan past haroratda uzoq muddatli saqlash uchun to‘g‘ri kelmaydi. Quyidagi sabzavot va mevalarni muzlatmagan ma’qul: Ushbu meva va sabzavotlarning aksariyati muzlatish uchun mos kelmasligining asosiy sababi ularning suvli bo‘lganidir. Past haroratda ulardagi suyuqlik kristallanadi va muzlatilganida suvli massa hosil bo‘ladi — haqiqiy ta’m va aromat saqlanadi. Bir vaqtning o‘zida sabzavotlar shirin yoki achchiq ta’m ega bo‘lmasa va rezavor mevalar muzlatgichning sovuq qismida chiriyotgan hidni sezmasa yaxshi bo‘ladi. Yana bir muhim omil — mahsulotlarning foydali jihatlari yo‘qolishi hisoblanadi. Muzlatilgan piyoz va sarimsoq fitonsidlarni yo‘qotadi — bu esa immunitet uchun foydali moddalar tarkibiga kiradi. Sovuq mavsumda bu moddalar organizm uchun juda muhim. Sabzi, yashil no‘xat, bulg‘or qalampiri, lavlagi va rezavor mevalarni muzlatgan ma’qul. Bu meva va sabzavotlar qishda  do‘konlardan ham topish mumkin bo‘lgan bodring va pomidorlarga nisbatan ancha qimmatlashadi.
95
2,023
Ayollar
Zamonaviy qizlar uchun go‘zallik va kiyinish qoidalari
Manba: “Xitrosti jizni”
54
23
Ayollar
Ozmoqchi bo‘lganlar uchun taqiqlangan mevalar
Agar siz ozmoqchi bo‘lsangiz, hamma mevalar ham bir xilda foydali hisoblanmaydi. Bizga bolalikdan hamma pishgan sabzavot va mevalar sog‘liq uchun foydali bo‘lishi, qomat uchun zararli emasligi ongimizga singdirib kelingan. Lekin ovqatlanishga bo‘lgan zamonaviy munosabat bundan qat’iy farq qiladi va biz mukammal qomatga erishmoqchi bo‘lganlar har qanday mevalarni ham yeyishi mumkin emasligi to‘g‘risida ko‘p eshitamiz. Agar siz meva yeyishni yaxshi ko‘rsangiz yoki ovqatlar o‘rnini ular bilan to‘liq almashtirmoqchi bo‘lsangiz, maqolamizni diqqat bilan o‘qib chiqishni masalahat beramiz. Bu sizga semirib ketmaslik uchun qaysi mevalarni yeyish mumkinligi, qaysilarini esa cheklash kerakligini tushunishga yordam beradi. O‘rik insulinning qonga tushishiga ta’sir ko‘rsatuvchi juda shirin meva hisoblanadi. Insulin miqdorining o‘zgarishi qancha tez-tez sodir bo‘lsa, ortiqcha vazn yig‘ilish ehtimoli shuncha katta bo‘ladi. Nima bilan almashtirish mumkin? Eng yaxshisi o‘rikni rezavor mevalar, ayniqsa qulupnay bilan almashtirganingiz ma’qul. Uning tarkibida shakar deyarli yo‘q, lekin kletchatkalar va suv juda ko‘p. Qulupnay shishlarni ketkazishga yordam beradi va sellyulitni kamaytiradi. Biz avakadoni yengil salatlar va qaylalarga qo‘shishimizga qaramasdan, bu juda parhezli taom hisoblanmaydi. U juda kaloriyali va uning tarkibida katta miqdorda yog‘ kislotalari mavjud. To‘yinmagan yog‘larning kam miqdori foydali bo‘lishi mumkin, lekin har holda bir kunda yarimtadan ko‘p avakado yeyish tavsiya qilinmaydi. Nima bilan almashtirish mumkin? Agar siz odatdagi sabzavotli salatlarning turini ko‘paytirmoqchi yoki go‘sht uchun ajoyib qayla qilmoqchi bo‘lsangiz rezavor mevalar qo‘shib tayyorlanadigan retseptlarga e’tibor qiling. Ular yoz faslida sizning organizmingiz uchun zarur bo‘lgan ko‘plab C vitaminlari va antioksidantlarga juda boy. Parhezshunoslar uzumlarga juda ishonchsiz va shubha bilan qaraydilar. Gap nafaqat uning shirinligi va kaloriyaliligida, balki  hazm qilish tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatishidadir. Uzum qandli diabet va semirib ketishda, gastrit va yarali kasalliklarda to‘g‘ri kelmaydi. Nima bilan almashtirish mumkin? Uzumlarning eng ajoyib va tejamli o‘rnini bosuvchisi — olmalar hisoblanadi. Yaxshisi yashil navlarini sotib oling, lekin agar sizda me’da-ichak yo‘llarida muammolar bo‘lsa, unda shirinroq bo‘lgan sariq va qizil olmalarni tanlashingiz mumkin. Manba: Women’s Health
45
2,410
Ayollar
Uy sharoitida folgadan foydalanishning siz bilmagan 15 xil noodatiy usuli
Alyuminiydan yasalgan yupqa qatlam — folga deyarli har bir uyda topiladi. Lekin hamma ham uy sharoitida folgadan qanday foydalanishni yaxshi bilmaydi. Kir yuvish mashinasida Folgani tennis to‘pi o‘lchamidagi bir nechta shariklar yasab oling va uni kir bilan birga barabanga tashlang. Kiyimlarni tozalamaydi, ammo elektrlashtirishni to‘xtatadi. Shim yoki yubkaga it yunglari yopishmaydi. Voronka o‘rnida Folgadan bir daqiqada konus yasab, har qanday suyuqlikni xavfsiz quyish mumkin. Bananlarni saqlash uchun Banan bandlarini folga bilan o‘rasangiz, uzoqroq saqlanadi, chunki bu bilan banan pishganida chiqaradigan etilen gazi yopiladi. Qaychini o‘tkirlash uchun Qaychini o‘tkirlash va bir vaqtning o‘zida zangni ketkazish uchun folga parchasini kesish kifoya. Six va panjara uchun Folgani dumaloqlang, panjara va sixlarda qolib ketgan go‘sht qoldiqlarini tozalash uchun foydalaning. Shundan so‘ng faqat yuvilsa bo‘ldi. Dazmol uchun Agar dazmol taxtasiga folga qo‘ysangiz, kiyimingizning ikkala tomonini bir vaqtning o‘zida dazmollash mumkin. folga bir necha daqiqada qiziydi. Batareyalar uchun Pultdagi batareyalar ishlamasa, dumaloqlangan folga qo‘ying. Yangisini sotib olmaguningizcha,  batareyaning ishlash muddatini qisqa vaqtga uzaytiradi. Mebel uchun Juda og‘ir mebellarni ko‘chirish kerak bo‘lganda ham folga yordamga keladi. Oyoqlari ostiga folga bo‘laklarini joylashtiring, folga kerakli tekislikni hosil qiladi, surilishi ancha oson bo‘ladi. Pechni toza saqlash uchun Pechning pastki qismini yog‘lardan va kuygan ovqatdan himoya qilish uchun panjara ustiga folga soling. Shunda pechni kamroq yuvish kerak bo‘ladi. Quyoshni yaxshi ko‘radigan o‘simliklar uchun Folga yorug‘likni yaxshi ko‘radigan o‘simliklar uzoq qishdan keyin shaklini tiklashga yordam beradi. Karton qutisidan nur qaytaruvchi reflektor yasang, uning bir tomonini kesib oling va folgani yaltiroq tomonini tashqariga qaratib o‘rang. Qutini deraza tokchasiga qo‘ying va gullaringiz quyosh nurida cho‘miladi. Bo‘yoq ishlatganda Mebel, eshik yoki devorlarga bo‘yoq tegib ketmasligi uchun kichik qismlar va jihozlarni folga bilan o‘rang. Zangdan tozalash uchun Folga zangni mukammal darajada yo‘q qiladi. Eski jo‘mrakni tozalashda folgani sim cho‘tka bilan artib ko‘ring. Wi-Fi signalini yaxshilash uchun Agar shahar tashqarisida internet yaxshi ishlamasa, signalni folga bo‘lagi bilan kuchaytirishga harakat qiling. Folgani qalin kartonga yopishtiring va uni router antennasiga mahkamlang.
73
2,474
Ayollar
Mutaxassislar maslahati: Qanday qilib piyoda yurib vazn yo‘qotsa bo‘ladi?
Piyoda yurish har qanday harakat kabi, kaloriyalarni yoqadi: yurish paytida tana energiya sarflaydigan juda ko‘p miqdordagi skelet mushaklarini bog‘laydi. Oyoq mushaklari oyoq-qo‘llarni bukadi va cho‘zadi, orqa mushaklar umurtqa pog‘onasini ushlab turadi, qorin mushaklari tanani boshqaradi, qo‘l mushaklari muvozanatni saqlaydi. Piyoda yurishning afzalligi shundaki, u yugurish, velosipedda yurish yoki arqondan sakrashdan farqli ravishda, xavfsiz va qulay. Buning kamchiligi esa, kaloriyalar yuqoridagi harakat turlariga qaraganda sekinroq yoqiladi. Bir soat piyoda yurib qancha kaloriyani yoqish mumkin? Har bir yurishning tezligi va turi har xil bo‘lishi mumkin. Kimdir tepaga 5 km/soat, kimdir tekislikda 3 km/soat tezlikda yuradi. O‘rtacha hisobda bir soatda 220 kkal yoqish mumkin. Besh soatda o‘rtacha 1000 kkal yoqiladi. Agar bir kilogramm sof yog‘ni yo‘qotishni istasangiz, piyoda yurish taxminan 35-40 soat davom etishi kerak. Piyoda yurish jismoniy faoliyatda cheklovlarga ega bo‘lgan insonlarga vazn yo‘qotishda yordam berishi mumkin. Masalan, ortiqcha vaznli odamlar, yurak-qon tomir tizimi kasalliklari, mushak-skelet tizimida shikastlanishi bo‘lgan insonlarga piyoda yurish tavsiya etiladi. Piyoda yurishning vazn yo‘qotishga qanday foydasi bor? Biroz egilib tepalikka chiqing. Noto‘g‘ri relyef mushaklarni boshqa rejimda ishlashga majbur qiladi, buning natijasida kaloriya iste’moli ortadi. Yurayotganingizda tezlikni o‘zgartiring. Tez yurish kaloriyalarni tezroq yoqadi, sekin yurish esa tananing tiklanishiga yordam beradi. Kuniga 60 daqiqadan 120 daqiqagacha piyoda sayr qiling. Yodda tuting, bu turdagi faoliyat yog‘ yo‘qotish jarayonini boshlash uchun biroz ko‘proq vaqt talab qiladi. To‘g‘ri yurish texnikasini o‘rganing. Bu nafaqat tezroq vazn yo‘qotishga yordam beradi, balki mushak-skelet tizimini sog‘lomlashtirishga yordam beradi. To‘g‘ri yurish texnikasi Yurishingizni turli burchaklardan videoga olish orqali sinab ko‘ring. Yurish texnikasi nafaqat vazn yo‘qotishga, balki sog‘likka ham ta’sir qiladi. Piyoda yurish bilan vazn yo‘qotish mumkin va xavfsiz hisoblanadi, biroq bu biroz ko‘proq vaqt talab etadi. Mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanib va to‘g‘ri ovqatlanishga rioya qilinsa natija ikki oy ichida ko‘rinadi. Piyoda yurishdan zavq olish muhim, harakat mashg‘ulotning o‘rnini bosmaydi, biroq uni to‘ldirishi mumkin.
73
2,350
Ayollar
Zaharli bo‘lishi mumkin bo‘lgan kundalik buyumlar
Biz har kuni aloqada bo‘ladigan buyumlardagi ba’zi moddalar jiddiy kasalliklar paydo bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin. Cheklar maxsus kukun bilan qoplangan termoqog‘ozlarga bosib chiqariladi. Bu kukun tarkibida juda zaharli A bisfenol moddasi mavjud. U teriga singadi yoki ovqat bilan birga me’da-ichak yo‘liga tushadi. Bu kimyoviy modda tuzilishi jihatidan jinsiy gormon estrogenga o‘xshaydi va reproduktiv tizimga ta’sir ko‘rsatadi, shuningdek saraton, qandli diabet va yurak-tomir kasalliklarini keltirib chiqaradi. Hasharotlarga qarshi vositalarni ishlatishda yorlig‘ida ko‘rsatilgan yo‘riqnomaga rioya qilmaslik natijasida sog‘liqqa zarar yetishi, toshmalar toshish, bosh aylanish, ko‘ngil aynish va asab tizimi faoliyatining buzilish holatlari yuz berishi mumkin. Zamonaviy kir yuvish kukunlari tarkibi juda agressiv tarkibiy qismlardan tashkil topgan, aynan bu ularni shunday samarali qilishga yordam beradi. Ba’zi ingrediyentlar dermatologik kasalliklarni kuchaytiradi, allergiyani keltirib chiqaradi. Kir yuvish kukunidagi eng yoqimsiz narsa fenol hisoblanadi. Bu markaziy asab tizimiga, yurakka, qon tomirlariga, o‘pkaga va buyraklarga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi zaharli moddadir. Ekspertlar xavfni kamaytirish uchun buyumlarni yaxshilab chayqashni maslahat beradi. Antipirenlar nafaqat yog‘och buyumlar yasashda ishlatiladi, balki gazlamalar va kiyimlarga ham singdirilgan bo‘lishi mumkin. Bunda ularning ba’zilari qalqonsimon bezga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, o‘smalar hosil qiladi va sog‘liq bilan bog‘liq boshqa noxush oqibatlarga sabab bo‘ladi. Manba: “Layfxaker”
49
1,577
Ayollar
IELTS imtihoniga tayyorlanishda nimalarga e’tibor berish kerak?
IELTS (International English Language Testing System) — bu ingliz tili bo‘yicha bilim darajasini tekshirish uchun mo‘ljallangan ingliz tilini sinovdan o‘tkazish xalqaro tizimi. Ayni paytda IELTS sertifikatini olish nafaqat chet elda o‘qish va ishlash uchun, balki O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish yoki nufuzli lavozimga o‘tish uchun ham zarurdir. Maqolamizda biz imtihonga tayyorlanishning maqbul yo‘llari haqida gapiramiz. IELTS formatiga tayyorlanishni boshlashdan oldin o‘z-o‘zingizdan ingliz tili darajangiz zarur ballga da’vogarlik qilish uchun yetarli yoki yetarli emasligini so‘rang. Tilni qay darajada bilishingizni mana bu saytda aniqlashingiz mumkin: http://www.cambridgeenglish.org.ru/test-your-english/. Iloji boricha ko‘proq testlarni imtihonga maksimal darajada o‘xshash bo‘lgan sharoitda yeching (vaqtni belgilab qo‘ying). Shuningdek, to‘g‘ri javoblarni blankaga ko‘chirib yozishni mashq qiling. Shuni yodda tutingki, test topshirig‘ida matndagi so‘z va iboralarning aynan o‘zini topa olmasligingiz mumkin, savollar boshqacha ko‘rinishda ifodalanadi. Bu odam matnda gap nima haqida ketayotganini haqiqatan ham tushunib yetganligini tekshirish uchun qilingan. IELTS’ning Reading bo‘limidagi topshiriqlar turlarini tushunib oling. Shulardan biriga e’tiboringizni qaratmoqchimiz. True / False / Not Given turidagi topshiriqda False va Not Given’ni adashtirib yubormaslik muhim. Birinchi holatda gap matndagi ma’lumotga zid bo‘ladi, ikkinchisida esa — bu haqda matnda hech narsa aytilmaganligi nazarda tutiladi. Tayyorgarlik ko‘rishda namuna tariqasida berilgan matnlardan tashqari, asl matnli adabiyotlarni ham ko‘proq o‘qing, bular Internet yoki jurnallardan olingan turli maqolalar, badiiy asarlar ham bo‘lishi mumkin. Inglizcha nutqni tinglang: subtitrli Amerika va Britaniya seriallarini tomosha qiling, ingliz tilida gapiruvchi videobloggerlarni kuzating hamda xorijiy yangiliklar va ko‘rsatuvlarni ko‘rib boring. Eng asosiysi, tilni yaxshi bilgan tanishlaringiz yoki shu tilda so‘zlashuvchi kishilardan yordam so‘rashdan uyalmang va qo‘rqmang. Imkoni boricha ko‘proq inglizcha suhbatlashing, maqolalar o‘qing, ko‘rsatuvlar tomosha qiling.
63
2,181
Ayollar
Sochlarning uzun va qalin bo‘lishiga hissa qo‘shadigan foydali mahsulotlar
Sochlar mustahkam bo‘lishi uchun qanday mahsulotlarni iste’mol qilish kerakligi haqida Cosmopolitan nashri ma’lumot berib o‘tadi. Sochlar uchun foydali bo‘lgan komponentlar Sochlar mustahkam bo‘lishi uchun ratsionda yog‘ kislotalari, oqsil va vitamin bisyor bo‘lishi kerak. Quyidagi ozuqa moddalari, ayniqsa, eng muhimi hisoblanadi: Sochlar salomatligi uchun muhim bo‘lgan mahsulotlar Ratsionga e’tiborli bo‘lib, quyidagi mahsulotlarni unga kiritishga harakat qiling. Mandarin Mandarin va boshqa sitrus mevalar C vitaminining koni ekani hisobiga temir moddasining yaxshiroq singishiga yordam beradi. Losos Dengiz balig‘ida organizm, xususan, sochlar salomatligi uchun muhim bo‘lgan omega-3 yog‘ kislotasi serob bo‘ladi. Ushbu kislota yallig‘lanishga qarshi kurashib, soch to‘kilishining oldini oladi, shuningdek, o‘sishini jadallashtiradi. Jilokor va yaltiroq bo‘lishiga hissa qo‘shadi. Ismaloq Ismaloq temir moddasi, magniy va soch to‘kilishining oldini oladigan mikroelementlarning koni hisoblanadi. Tuxum Tuxumda A va D vitaminidan tashqari, antioksidantlardan, karotinoidlar ham mo‘l bo‘ladi. Qolaversa, tuxum soch va tirnoqlar uchun muhim bo‘lgan biotinni ham o‘z ichiga oladi. Yogurt Shakar va qo‘shimchalarsiz oddiy yogurt soch va tirnoqlarning o‘sishi uchun muhim bo‘lgan oqsil, teri va sochlar holati uchun ahamiyatli bo‘lgan B guruhi vitaminlarini o‘z ichiga oladi. Suli yormasi Suli yormasi kletchatka, omega-3 yog‘ kislotasi, rux va boshqa birikmalarning ham koni. Dukkakli mahsulotlar Yasmiq, no‘xat va loviya tarkibida qon hujayralarining hosil bo‘lishida muhim bo‘lgan foliy kislotasi mavjud. Jigar Jigarda ham ismaloq singari temir moddasi, sochlarning go‘zalligi uchun ahamiyatli bo‘lgan B guruhi vitaminlari bisyor. Yong‘oq Grek yong‘og‘ida soch to‘kilishining oldini olib, o‘sishini jadallashtiradigan foydali yog‘lar ko‘p miqdorda bo‘ladi. Sabzi Ushbu mahsulot organizmda A vitaminiga aylanadigan beta-karotinni o‘z ichiga oladi. Uning tanqisligida sochlar ingichka va quruq bo‘lib qoladi. Uni doimiy ravishda iste’mol qilish salomatlikka foyda berishi aniq. Kivi Kivida ham temirning singishi uchun muhim bo‘lgan C vitamini mavjud. Qizil bulg‘ori qalampiri Qizil bulg‘ori qalampiri C vitaminining kunlik me’yorini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, unda yallig‘lanishga qarshi samara beradigan antioksidantlar mujassam.
74
2,336
Ayollar
Nike qo‘l yordamisiz kiyish mumkin bo‘lgan krossovkalar ishlab chiqardi
Nike kompaniyasi qo‘l yordamisiz kiyib-yechish mumkin bo‘lgan krossovkalar taqdim qildi. Bog‘ichlari bo‘lmagan mazkur poyabzalni kiyish uchun oyoqlarni unga tiqishning o‘zi kifoya. Nike GO FlyEase deb nomlangan modelning old va orqa qismi elastik lenta yordamida ulangan bo‘lib, sharnir (oshiq-moshiq) mexanizmi sabab krossovkaning tovon qismi bosilsa, orqa tomoni old qismi bilan birikadi. Barcha oyoq kiyimlar tekstil mato va texnologik setkadan ishlangan. Tagligining old va orqa qismlariga alohida-alohida urilish va zarblarni yumshatadigan yostiqchalar o‘rnatilgan. Yangi krossovkalar uch xil: och rangda, to‘q ko‘k va siyohrang aralash rangda hamda qora ranglarda taqdim qilinadi. Nike dizaynerlari ushbu model birinchi navbatda imkoniyati cheklanganlar uchun mo‘ljallanganligi, ammo boshqalar uchun ham qulaylik keltirib chiqarishini ta’kidlagan. GO FlyEase krossovkalarini ishlab chiqish va sinash jarayonida homiladorligining so‘ngi davrida bo‘lgan ayollar ishtirok etgan. Dizayner va paralimpiyachi Sara Raynertsen supermarket eshiklarining avtomat ochib-yopilishi jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar, bolasini kolyaskada olib yuradigan va boshqalar uchun qulayligini aytib, krossovka ishlab chiqarishdan maqsad ham shunday insonlar hayotini osonlashtirish va yengillashtirishdan iborat ekanligini qo‘shimcha qilgan. 15-fevraldan sotuvga chiqarilishi kutilayotgan poyabzallarni avvaliga faqat Nike klubining tanlangan a’zolari, 2021-yilning so‘ngiga kelib esa barcha xarid qilishi mumkin bo‘ladi. Uning taxminiy narxi 210 dollarni tashkil qiladi.
71
1,562
Ayollar
Uy sharoitida sochlarga niqob qilish uchun ayni muddao bo‘lgan 3 mahsulot
Sochlar qalin va jilokor bo‘lishi uchun ularni doimiy ravishda parvarish qilish va oziqlantirish muhim. Samara beradigan niqoblarni esa do‘kondan xarid qilishga hojat yo‘q. Ularni uy sharoitida ham tayyorlasa bo‘ladi. Kefir Kefir nafaqat iste’mol mahsuloti, balki sochlar parvarishida ishlatiladigan eng yaxshi vosita sifatida ham ahamiyatlidir. Foydali moddalar, E vitamini, kalsiy va B guruhi vitaminlarining koni hisoblangan mahsulot bosh terisini tozalaydi. Terisi yog‘li, qazg‘og‘i bor kishilar uchun ayni muddao hisoblanadi. Soch tolalarini namlantirib, to‘kilishining oldini oladi. Yaxshi samara berishi uchun sochga kefir surtib, ustidan sellofan bilan 1 soatga o‘rab qo‘ying. Doimiy ravishda undan niqob sifatida foydalanganda sochlar jilokor va chiroyli ko‘rinadi. Ammo bo‘yoqni ketkazishi mumkin ekanligi sabab sochining rangini o‘zgartirganlarga foydalanish tavsiya qilinmaydi. Asal Asaldan tayyorlangan niqob sochlarni namlantirib, shikastlangan tolalarni tiklashga yordam beradi. Qolaversa, bosh terisining qichishini ham davolashga hissa qo‘shadi. Uni boshqa mahsulotlar bilan aralashtirmasa ham, o‘zi yaxshi samara beradi. Uni nam sochga surtish kerak bo‘ladi. Keyin esa sellofan paket bilan o‘rab qo‘yish kifoya. Ammo niqob qilishdan avval asalga allergiyangiz yo‘qligiga amin bo‘ling. Zaytun yog‘i Kalsiy, temir moddasi, fosfor, A, E va K vitaminlarining koni hisoblangan zaytun yog‘i shikastlangan soch tolalarini tiklab, ularni quyosh nurlari va zararli ta’sirlardan himoya qiluvchi yupqa plyonka bilan qoplaydi. Quruq sochlar uchun ayni muddao bo‘lgan mazkur mahsulot yog‘li soch egalariga tavsiya qilinmaydi. Uni mikroto‘lqinli pechda 30 soniya ilitib, keyin soch va bosh terisiga surtish kerak.
73
1,718
Ayollar
Faqatgina tishlar uchun emas: Tish pastasidan yana qanday maqsadlarda foydalansa bo‘ladi?
Tish pastasi faqatgina tishlarni tozalaydi deb o‘ylaganlar quyidagi ma’lumotlardan keyin fikrini o‘zgartirishi aniq. Zargarlik buyumlarini tozalaydi Zargarlik buyumlarini tozalash uchun alohida tozalash vositasi sotib olishga hojat yo‘q. Buning uchun biroz namlangan taqinchoq ustiga tish pastasi surtib, cho‘tka bilan ishqalang. Qarabsizki, natijadan ko‘zingiz quvnaydi. Jo‘mraklarni “yaltiratadi” Aslida jo‘mraklarni sirka va soda bilan ham “yaltiratish” mumkin. Ammo tish pastasi ham undan kam ish bermaydi. Buning uchun nam gubkaga surtilgan pasta bilan yaxshilab ishqalash kifoya qiladi. Chinni idishdagi choy va qahva Ichimlik sodasi yo‘q vaqtda tish pastasi yordamida chinni idishdagi choy va qahvadan qolgan dog‘ni ketkazishingiz mumkin. Ko‘zgudagi kosmetik vositalar dog‘ini ketkazadi Pomada, tonal krem, pudradan qolgan dog‘ni ketkazish uchun pasta surtilgan paxtadan foydalaning. Sarimsoq piyoz va piyoz hidini bartaraf qiladi Pichoqda qolgan sarimsoq piyoz va piyoz hidini bartaraf qilish uchun tish pastasini surtib yuvish tavsiya qilinadi. Mebeldagi markerdan qolgan izni yo‘qotishga yordam beradi Mebeldagi marker izini ketkazish uchun pastani salfetkaga surtib arting. Poyabzalni oqartiradi Kirlangan krossovka yoki boshqa oq rangni poyabzalni tish pastasi yordamida tozalang. Oyoq kiyimingiz oppoq va yangidek ko‘rinadi.
89
1,338
Ayollar
Yugurish paytida nafas olish: muvaffaqiyatning 4 kaliti
Yugurish sifatiga ko‘pchilik omillar ta’sir qiladi: salomatlikdan tortib to motivatsiyagacha. Lekin to‘g‘ri nafas ola bilish har doim eng asosiylaridan biri bo‘lib qoladi. Aynan nafas olish sifatli yugurishni rasvogarchilikka aylantirishi mumkin. Biz texnik jihatdan to‘g‘ri nafas olishning 4 asosiy sharti haqida aytib bermoqchimiz. 2:2 — ko‘pchilik bu shartli tasvirni yugurish uchun mukammal deb aytadi, sportchilar unga g‘ayriixtiyoriy tarzda amal qiladi. Biroz mashq qilsangiz, o‘ylab ham o‘tirmasdan bu maromga amal qilasiz. U quyidagilardan iborat: nafas olish, chap, o‘ng, nafas chiqarish, chap, o‘ng, nafas olish va h.k. Qorin bilan (yoki chuqur) nafas olish diafragmalarni ishga soladi. Nafas olishning bu turi kislorodning qonga va mushaklarga ko‘proq yetib borishiga imkon beradi, bu bilan sizning ko‘rsatkichlaringizni yaxshilaydi va ko‘ngil aynish, charchoqning oldini oladi. Burun orqali nafas olish chuqurroq nafas olishga va havoni u o‘pkaga yetib borguncha isitishga yordam beradi. Ikkinchi tomondan, og‘iz orqali nafas olish harakatlanuvchi mushaklarni kislorod bilan ta’minlashni oshirishga yordam beradi. Yugurish vaqtida og‘iz biroz ochiq bo‘lishi kerak, bu yuz mushaklarini bo‘shashtiradi va butun tanadagi taranglikni yo‘qotadi. Ko‘pchilik yugurishni yurak va oyoqlar uchun ish deb hisoblaydi. Lekin o‘pka ishning katta qismini o‘z zimmasiga oladi va ularning rivojlanishi bilan ham shug‘ullanish kerak bo‘ladi. Manba: The Challenger
55
1,458
Ayollar
Energiya talab qiladigan va kuchsizlanishga sabab bo‘ladigan 8 odat
Kundalik hayotimizdagi qaysi odatlar holsizlanish va kayfiyat yomonlashishiga hissa qo‘shishi haqida ma’lumot berib o‘tamiz. Yangilik va shoularni tomosha qilish Gap emotsional zo‘riqtiradigan kontent haqida ketyapti. Insonda qayg‘urish mexanizmi mavjud bo‘ladi — bu boshqalarni yaxshiroq tushunish va til topishishga yordam beradi. Ammo shu bilan birga, televizor tomosha qilganda yoki yangilik o‘qiganda aynan shu mexanizm charchatishi mumkin. Energiya qayg‘udoshlikda sarflanadi va bu nafaqat yomon, balki yaxshi yangiliklarga ham taalluqli bo‘ladi. Bu sizga begona bo‘lmasa, qotillik, o‘g‘rilik va shunga o‘xshash boshqa voqealarni tomosha qilmaslik, o‘qimaslikka harakat qiling. Buning o‘rniga sayr qiling va meditatsiya bilan shug‘ullaning. Ovqatlanish oralig‘idagi haddan ortiq katta tanaffus Organizmning me’yoriy vazifasi uchun oqsil, yog‘ va uglevodlar kerak bo‘ladi. Ammo aqliy mehnat bilan band bo‘lganlarning miyasiga uglevod, ayniqsa, muhim. Har safar qaror qabul qilgandan keyin organizm jigarda zaxira jamlaydi. Ammo u ham 5 soatdan ko‘pga yetmaydi. Shundan keyin organizm ovqat talab qila boshlaydi. Insulin miqdori oshadi va shakar miqdori kamayadi. Bu esa jismoniy ozib ketishga olib keladi. Noto‘g‘ri ovqatlanish sabab kelib chiqadigan charchoq hissidan qochish uchun tamaddi orasida 5 soat, yaxshisi, 3-4 soat farq bo‘lishiga e’tibor qarating. Betartib stol ustida ishlash Ustida narsa qalashib yotgan stolda ishlash stressga hamda ko‘p chalg‘ishga sabab bo‘ladi. Oddiy ishlarni bajarish va diqqatni jamlash uchun odatdagidan ko‘proq vaqt hamda kuch sarflanadi. Shu sabab ham mutaxassislar kunni ish stolini tartibga keltirishdan boshlashni tavsiya qiladi. Tinchlantiruvchi musiqa ostida yig‘ishtirishga kun davomida 10-15 daqiqa vaqt sarflang. Bu kun davomida yaxshi kayfiyatda yurishingizga yordam beradi. Shunda ish ham oson va samarali bo‘ladi. Haddan ortiq rejalar tuzish  Rejalashtirish hayotni osonlashtiradi. Ammo kuningiz vazifalarga boy bo‘lsa, bu sizni hozir emas, kelajak bilan yashashga majbur qiladi. Ish kuningiz maksimal darajada rejalashtirilgan, dam olish kunlaringiz ham qo‘shimcha ishlarga to‘la bo‘lsa, bu samaradorlikka salbiy ta’sir qiladi. Grafik qanchalik band bo‘lsa, diqqat qilish shunchalik kam bo‘ladi yoki aksincha — vazifani bajarishga qancha vaqt ko‘p ketsa, grafik shunchalik band bo‘ladi. Darhol hal qilinishi kerak bo‘lgan narsalarni rejalashtiring. Ammo sevimli mashg‘ulot va dam olishingizga ham vaqt qoldirishni unutmang. Barcha qo‘ng‘iroqlarga javob berish Telefonda gaplashish ham odamni holdan toydirishi mumkin. Gap shundaki, asab tizimi harakatlari, mimikalarini ko‘rmagan holda suhbatdoshdan qabul qilayotgan informatsiyani qayta ishlash uchun qo‘shimcha ishlashiga to‘g‘ri keladi. Diqqatni jamlash uchun 20 daqiqaga yaqin vaqt kerak bo‘lishi mumkin. Shu sabab ham go‘shakni ko‘tarishdan avval to‘xtash uchun to‘g‘ri vaqtmi yoki yo‘q, o‘ylab ko‘ring. Yaqinlaringiz, hamkasb va do‘stlaringizdan telefon qilishdan avval gaplasha olasizmi yoki yo‘qligini so‘rab, xabar yozib yuborishlarini iltimos qiling. Ish bilan bog‘liq qo‘ng‘iroqlar uchun esa ishning boshi yoki oxirida maxsus tanaffus oling. Noto‘g‘ri vaqtda to‘xtash Favqulodda vazifa sizni chalg‘itib, ishingiz tugallanmay qoladigan bo‘lsa, diqqatingiz chalg‘ib, energiyangiz kamaya boshlaydi. Miya esa bajarilmagan ishni o‘ylab, ikki karra ishlay boshlaydi. Diqqat qancha ko‘p chalg‘isa, miyaning shuncha ko‘p kuch sarflab ishlashiga to‘g‘ri keladi. Bu muammoga yechim topish uchun telefon va kompyuterga keladigan barcha xabarlarni o‘chirib qo‘ying. Boshqa bir usul esa bir vazifani bitirib bo‘lgandan keyin ikkinchisiga qo‘l urish hisoblanadi. Mayda vazifalarni jamlash Kimyoviy tozalashga yozilish, lampochka o‘rnatish, uydagi jonivorni hayvonlar shifokoriga olib borish — bu ishlarning har biri 5 daqiqadan ko‘proq vaqt olmaydi, lekin haftalab ortga surilsa, odamning kuchini olib qo‘yadi. Bajarilmagan ishlar haqida o‘ylash uyat hissini tuyishga sabab bo‘ladi. Odatda bunday ishlarni darhol bajarish kerak. Ammo buning iloji bo‘lmasa, quyidagi tavsiya siz uchun. Birinchidan, o‘sha ishni xayolingizdan o‘tkizavermang. Ro‘yxat tuzib, ko‘zga ko‘rinadigan joyga ilib qo‘ying. Hafta davomida shu ishlarni bajarish uchun yarim soatlik tanaffus qiling. Bu uyat hissini yo‘qotib, dofamin — rag‘bat gormonining ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Qorong‘ida uxlamaslik Lampaning kechasi yoniq qolishi yoki yorug‘ bo‘lishi uxlashga yordam beradigan gormon — melatoninning ajralmasligiga sabab bo‘ladi. Bu uyqu va tetiklashish siklini buzib, uyqusizlik, yomon uyqu va charchashga olib keladi. Shu sabab ham uyqudan avval hatto telefondan ham foydalanmaslik tavsiya qilinadi. Yorug‘ bo‘lsa, ko‘zlar uchun mo‘ljallangan niqob taqib uxlang.
67
4,746
Ayollar
Qishda qanday kiyimlarni kiymagan ma’qul?
Yilning qaysi fasli bo‘lmasin, o‘z imiji va uslubiga e’tibor bilan qarash lozimdir. Bu maqolada siz qishda kiyish tavsiya etilmaydigan kiyimlar bilan tanishasiz. Quloqli va dumli, to‘qima kokilli va gulli telpaklar va shunga o‘xshash yoqimtoy narsalar faqat bolalarga yarashadi, kattalarni esa bema’ni ko‘rsatadi. Bunday qo‘lqoplar pul sanash oson bo‘lishi uchun barmoqsiz qo‘lqop kiyib olgan ko‘chadagi sotuvchilarni eslatadi. Uggi shaharda kiyishga, ayniqsa ishda kiyishga mo‘ljallanmagan oyoq kiyimi hisoblanadi. Bu oyoq kiyimni shahardan tashqaridagi pikniklarda kiyish maqsadga muvofiqdir. Tabiiyki, kiyganda juda yarashib turuvchi mo‘ynadan tikilgan chiroyli nimchalar bor. Qanchalik chiroyli bo‘lmasin ularni qishda kiyish yaramaydi. Birinchidan, bu bemavrid ko‘rinadi, ikkinchidan, ularda sovuq. Qishda, ayniqsa tashqarida 10 darajali sovuq paytida badan rangidagi yupqa paypoqlar juda bema’ni ko‘rinadi. Havo rangli jinsi va poshnali qora etik bunday holatda juda xunuk ko‘rinadi.
41
990
Ayollar
Yangi yilgacha tashlab yuborish kerak bo‘lgan 8 ta narsa
Vaqt o‘tishi bilan sevimli buyumlaringiz eskirib qolganini sezmay ham qolasiz. Uyda hayotimizning bir qismiga aylanib qolgan va keraksiz bo‘lsa ham tashlashga ko‘zimiz qiymaydigan narsalar juda ko‘p. Agar siz hayotingizni yaxshi tomonga o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz, buyumlaringizni tez-tez yig‘ishtirib turing. Bu maqola sizga keraksiz narsalardan qutulishga yordam beradi. Pardoz-andoz buyumlarini saqlash muddati o‘tishi bilanoq tashlab yuboring, “har ehtimolga qarshi” saqlab o‘tirmang. Ular bakteriyalar ko‘payishiga sharoit yaratuvchi narsalar hisoblanadi. Shuning uchun mochalkalarni har oyda, tish cho‘tkalarini esa har uch oyda yangilab turing. Muddati o‘tgan dorilardan foydalanish organizm uchun juda katta xavf tug‘diradi. Yaxshisi, eski jurnallarni to‘planib qolgan eski qog‘ozlarga qo‘shib makulaturaga topshiring. Mikroto‘lqinli pechlarda ishlatiladigan plastik idishlar tarkibida vaqt o‘tishi bilan organizm uchun zararli bo‘lgan polikarbonatlar paydo bo‘lishi mumkin. Shuning uchun yangisini sotib olishni unutmang. Tuzatib bo‘lmaydigan, yaroqsiz holga kelib qolgan eski oyoq kiyimlarini saqlab o‘tirmasdan tashlab yuboring. Agar siz kundalik kiyimingizni yil davomida bir marta ham kiymagan bo‘lsangiz, yaxshisi uni tashlaganingiz ma’qul. Aks holda, yana muammoga duch kelasiz: kiyimingiz ko‘p, lekin kiyishga hech narsa yo‘q. Sovitgichdagi yeyilmay qolgan ovqatlardan juda ehtiyot bo‘ling. Ularning ko‘pchiligini ochiq holda saqlash sog‘liq uchun xavf tug‘dirishi mumkin.
56
1,489
Ayollar
Qovoq iste’mol qilishning organizmga qanday foydali jihatlari bor?
Qovoq — kuz mavsumining eng foydali xususiyatlarga ega bo‘lgan poliz ekinlaridan biri. Kuz boshlanishi bilan uning restoranlar va kechki ovqat menyusida ishlatilishi tobora faollashib bormoqda va qovoqni parhezga majburiy kiritish ham foydalidir. “Elle” nashri qovoq iste’mol qilishning organizmga foydali jihatlari haqida ma’lumot berdi. Qovoq ozishga yordam beradi Qovoq tarkibida foydali tolalar va klechatkalar mavjud. Qovoq mikroelementlarga shunchalik boyki, ushbu poliz ekini foydali xususiyatlari bo‘yicha non bilan tenglasha oladi, biroq uning tarkibidagi kaloriya uncha yuqori emas, chunki qovoqning 90 foizi suvdan iborat. Bir stakan qovoq mag‘izida taxminan 7 gramm klechatka mavjud, bu ikki dona don boshog‘idan ko‘proq. Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, qovoq uzoqroq vaqt davomida qomat uchun keraksiz og‘irlik va oqibatlarsiz  yaxshi his qilishga yordam beradi. Qovoq ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi  Mashhur Webmed tibbiy portali ma’lumotlariga ko‘ra, mahsulotning to‘q sariq rangi tarkibidagi beta-karotinning ta’siri bo‘lib, u organizmda A vitaminiga aylanadi va o‘z navbatida, ko‘zning to‘r pardasiga yorug‘likni singdirish va qayta ishlashga yordam beradi. Bir chashka qovoq sokida kunlik A vitamini iste’molining 200 foizdan ortig‘i mavjud bo‘lib, bu uni okulistlar tavsiya etadigan mahsulotlar ro‘yxatiga kiritadi. Bir so‘z bilan aytganda, qovoq tarkibida kataraktning oldini olish uchun ikkita antioksidant bo‘lgan lutein va zeaksantin mavjud. Qovoq yoshartirish xususiyatiga ega Qovoq tarkibidagi beta-karotin yana bir muhim xususiyatga ega — u terini ultrabinafsha nurlanishidan, faol quyoshdan himoya qiladi, bu esa qarish jarayoni sekinlashuvini kuchaytiradi. Bundan tashqari, mavsumiy qovoq mag‘zi ko‘pincha uyda tayyorlanadigan yuz niqoblariga qo‘shiladi, natijada u terini tozalaydi va tinchlantiradi. Qovoq immunitetni mustahkamlaydi Kasallikdan qutilish va immunitetingizni mustahkamlash yo‘lini qidiryapsizmi? Qovoqni sinab ko‘ring. Mahsulot tarkibidagi A vitaminining yuqori miqdori tanangizga viruslar va yuqumli kasalliklarga qarshi kurashishga yordam beradi. Qovoq urug‘ining yog‘i bakterial va zamburug‘ infeksiyalarini yo‘q qiladi. Bundan tashqari, qovoqda C vitaminining kunlik tavsiya etilgan miqdorining deyarli 20 foizi mavjud bo‘lib, u shamollashdan tezroq tuzalishga yordam beradi. Qovoq suyuqlikni aylanishiga yordam beradi Qovoq “o‘rtacha diuretik” mahsulotlar toifasiga kiradi. Bir tomondan, bu xususiyat ham vazn orttirishga yordam beradi; boshqa tomondan, ba’zi dori-darmonlarni qabul qilganlar uchun zararli bo‘lishi mumkin, chunki ular tanadan tez tarqaladi va sekin so‘riladi. Bundan tashqari, qovoq shirinliklariga qo‘shilsa ham foydali bo‘lmasligini bilishingiz kerak — piroglar, shirinliklar va qaymoq, umuman olganda shirinliklar tarkibidagi sifatli qo‘shimchalar qovoq qo‘shilsa ham o‘zgarishsiz qoladi.
66
2,869
Ayollar
Bahorgi to‘yning 5 afzalligi
Bahor – butun borliq uyg‘onadigan, gullar va muhabbat kurtak yozadigan fasl. Bu fasl ayni to‘y qilishga mos keladigan davr hisoblanadi. Lola, marvaridgul, nargiz, sunbul va bahorning boshqa eng nozik gullari sizning bayramingizni bezab turadi. Bahor to‘ylar mavsumi bo‘lmagani uchun to‘y o‘tkaziladigan joyni tanlash qiyin bo‘lmaydi. Bahorda tabiat haqiqatan ham jonlanadi. Siz bu faslning go‘zalligidan foydalanib ertaklardagidek tasavvur uyg‘otuvchi muhit yaratishingiz mumkin. Agar siz to‘yni yopiq joyda o‘tkazmoqchi bo‘lsangiz fotosessiya uchun joyni ijaraga olib yurmaysiz. Chunki, tabiat go‘zalligi eng yaxshi bezak. Kapalaklar va qushlar bahorning asosiy ramzi hisoblanadi. To‘yni bezashda ayni shu ramzlardan foydalanish mumkin.
28
738
Ayollar
Tonggi soat sakkizgacha nimalar qilishga ulgurish kerak?
Nafaqat kun, balki hayotning qay tarzda o‘tishida ham tongni qanday boshlashning ahamiyati katta. Shu sabab ham har bir xatti-harakatni reja asosida amalga oshirish va vaqtni samarali sarflash kerak. Tayyorgarlikni tundan boshlang Asabiylashmaslikka harakat qiling, chunki stress gormoni kortizol sizni uxlatmasligi mumkin. Buning o‘rniga tinchlantiradigan mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanib quyidagi qoidalarni yodda tuting: Yetti soatdan ko‘proq uxlang Tiniqib, uyquga to‘yguningizga qadar uxlang. Bu xotira, diqqatni to‘plash yaxshilanishi va yallig‘lanish jarayonlari, bundan tashqari stress va depressiya xavfi kamayishiga olib keladi. Shuningdek, hayot davomiyligi ham ortadi. Tiniqib uxlagan va organizmi haqida qayg‘urgan odamga kofeinning keragi bo‘lmaydi. Rejalashtirgan vaqtingizda uyg‘oning Amerikalik yozuvchi Ralf Uoldo Emerson aytganidek, o‘ziga bo‘lgan ishonch muvaffaqiyatning asosiy siri hisoblanadi. Kishining o‘ziga bo‘lgan ishonchi esa o‘ziga bergan va’dasining uddasidan chiqqanda paydo bo‘ladi. Tongda rejalashtirilgan vaqtda turish yoki turmaslik esa kunning salbiy yoki ijobiy o‘tishiga ta’sir qiladi. Vaziyatni o‘zgartiring Ko‘chaga yoki hech bo‘lmaganda, boshqa xonaga chiqing. Vaziyatga kichik o‘zgartirish kiritish ham kishini tetiklashtiradi, miya yangilikni yaxshi ko‘rgani sabab ham kishi energiyaga to‘ladi. Meditatsiya qiling va maqsadlaringizni yozib boring Tong kelajakdagi niyatlarini o‘ylash uchun eng yaxshi vaqt. Bu vaqtda miya ijod qilishga moyil bo‘ladi. Meditatsiya bilan shug‘ullaning keyin esa maqsadlaringizni ko‘z o‘ngingizga keltiring. Qanday hayot istayotganingizni tasavvur qiling. Unutmang, faraz qilishning chegarasi yo‘q. Orzularingizni tasavvur qiling Niyat, maqsadlarni faraz va yozish davomida buni butun vujudingiz bilan amalga oshiring. Orzuga allaqachon erishgandek tasavvur qiling o‘zingizni. Bu sizga kelajak o‘tmishdan farq qilishi uchun boshqacharoq ish tutishga yordam beradi. Maqsadlaringiz va ularga erishish uchun muddat belgilang. Milliarder Garold Xant ta’kidlaganidek, muvaffaqiyatga erishish uchun ikkita narsa: aynan nimani xohlayotganini tushunish hamda uni amalga oshirishning qiymati qancha ekanini belgilab olish kerak. Sport bilan shug‘ullaning va foydali narsalarni eshiting Jismoniy faol bo‘ling yoki shunchaki piyoda yuring. Bu vaqtda audiokitob, foydali podkast yoki ilhomlantiradigan musiqa tinglang. Harakat sizni tetiklashtiradi, miya yaxshiroq ishlaydi. Miya faoliyati uchun foydali bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qiling Murakkab yoki muhimroq ish bajaring Og‘ir ishni kunning birinchi yarmida bajarib olish kunning ikkinchi yarmi osonroq o‘tishiga hissa qo‘shadi. Muvaffaqiyatga erishishni istasangiz, buning uchun nimadir qiling. Muvaffaqiyatga erishish uchun harakat qilish, ijodkorlik bilan ishga yondashish kerak.
56
2,802
Ayollar
Sog‘lom teri uchun kerakli mahsulotlar
Bu oziq-ovqat mahsulotlari teri uchun eng mashhur kosmetika vositalaridan ham ko‘proq foyda keltiradi. Suv Suv – organizmning to‘g‘ri faoliyat ko‘rsatishiga va samarali tozalashga yordam beruvchi eng toza va arzon ichimlik hisoblanadi. Ko‘k choy Ko‘k choy – antioksidantlar makoni bo‘lib, terini namlantiradi va sog‘lom rang baxsh etadi. Yalpiz Yalpiz yoshartiruvchi, quvvat beruvchi va yallig‘lanishga qarshi kurashuvchi xususiyatga ega. Husnbuzar va toshmalarni yo‘qotish uchun tarkibida yalpiz bo‘lgan tonik yoki losyondan foydalansangiz bo‘ladi. Tofu pishlog‘i Tofu – oqsilga boy oziq-ovqatlar ichida birinchi o‘rinda turadi. Kosmetologlar terisini oqartirmoqchi bo‘lgan qizlarga tofu pishlog‘ini iste’mol qilishni tavsiya qilishadi. Zaytun yog‘i Zaytun yog‘i – ajoyib va universal kosmetik vosita hisoblanadi. Losos balig‘i Bu oqsilga boy baliq yallig‘lanishdan keyin terining qayta tiklanish jarayonini tezlashtirishga yordam beradi. Skumbriya balig‘i Agar siz toza, toshmalarsiz va yallig‘lanmagan terini orzu qilsangiz, bu baliqni ko‘proq iste’mol qiling. Qovoq urug‘lari Qovoq urug‘lari tarkibida muammoli terilar uchun foydali bo‘lgan E vitamini, omega-3 va rux moddalari mavjud. Qoramtir uzum Bunday uzumlar tarkibida terini namlantirib turuvchi antioksidantlar bor. Sarimsoq Haqiqatan ham xom sarimsoq infeksiya va virusning oldini oluvchi bo‘lib hisoblanadi. U gripp yoki shamollashni davolay olmasa ham, organizmga bakteriyalarni yengish uchun yordam beradi.
38
1,473
Ayollar
Mashqlardagi muvaffaqiyatning asosiy siri
Uyingizda ko‘plab mashq bajaruvchi apparatlarning yo‘qligi sizning mashqlaringiz samarasini kamaytirmaydi. Aksincha, bajariladigan mashqlar turi qancha kam bo‘lsa, ularning samarasi shuncha ko‘p bo‘ladi. Boshida o‘zingiz oddiy savolga javob bering: mashq qilishda eng muhimi nima? Kimdir mashq qilishda asosiysi — bu mushaklarni his qilish deb aytadi. Faraz qilamiz, bu haqiqatan ham shunday. Oddiy tajriba o‘tkazib ko‘ramiz. Qo‘lingizni tirsakdan buking va muskullarni kuch bilan tarang qiling. Qanday, mushaklarni his qildingizmi? Mashqlarni tamomlash mumkinmi?! Menimcha, yo‘q. Demak, hissiyot — bu hali hammasi emas. Samarali fitnesning asosiy qoidasini esda tuting: qomat o‘zgarishni boshlashi uchun mashqlardagi yuklamalar ham o‘zgarishi kerak, ya’ni ular ko‘payib borishi kerak. Yuklamani qanday oshirish kerak? Mashqlarni uyda bajarsangiz, siz har doim ham ularga og‘irlik qo‘sha olmaysiz, lekin bu ham muammo emas. Siz xuddi shu sur’at bilan mashqlarning takrorlanish sonini oshirishingiz mumkin. O‘tirib turish Oyoqlar va dumba uchun o‘tirib turishdan ko‘ra yaxshiroq mashqlar yo‘q. Bundan tashqari, o‘tirib turish son, bel va hatto qorin mushaklarini ham ishlatadi. Manba: “Kleo.ru”
41
1,194
Ayollar
Tuzning kundalik hayotda kerak bo‘ladigan 5 foydali xususiyati
Tuz kundalik hayotimizda nafaqat ovqatga qo‘shish uchun, balki butunlay boshqa holatlarda ham bizga qo‘l kelishi mumkin. Tuxumni qaynatishda suvga tuz solish – buvilarimizdan qolgan usul bo‘lib, uning to‘g‘riligini hozirgi zamon fani ham tasdiqlaydi. Tuzli eritma (1 litr suvga 1 osh qoshiq tuz) tuxum po‘chog‘ini yorilishdan saqlaydi, yorilgan tuxumning esa oqib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Ko‘pchilik qahvani shakar bilan ichadi, shinavandalar esa – tuz bilan. Tuz qahvaga o‘zgacha ta’m beradi. Ichimlikka tuz qo‘shish suvni yumshatadi, taxirlikni yo‘qotadi, qahva donlarining haqiqiy mazasini va xushbo‘y hidini ochishga yordam beradi. Iliq suvga solingan tuz shishaga yaltiroqlik bag‘ishlaydi. Idishlarni tuzli suv bilan yuving, sovuq suv bilan chayqang. Ishlab chiqaruvchilar yangi cho‘yan tovani ishlatishdan oldin qizdirishni tavsiya qiladi. Cho‘yan tovani qizdirishning eng oddiy va xavfsiz yo‘li – osh tuzi yordamida. Tovani idish yuvish vositasi bilan yuving va arting. Ichiga bir santimetr qalinlikda tuz seping va 15—20 daqiqa davomida qizdiring. Keyin esa tuzni to‘kib tashlang va tovani quruq latta bilan arting. Kiyimdagi ter dog‘larini doimiy ravishda tozalashga to‘g‘ri keladi. Buni qanday amalga oshirishni hamma ham bilmaydi, ayniqsa dog‘lar nozik kiyimlarda bo‘lsa, bu muammo sizni shoshirib qo‘yishi mumkin. Tuzli eritma bilan tozalashga urinib ko‘ring. Bir stakan suvga – 1 osh qoshiq tuz. Eritmani dog‘ ustiga suring va yarim soat shunday qo‘ying. Keyin chayqang va quritishga qo‘ying. Manba: “Xitrosti jizni”
62
1,531
Ayollar
Pul ayamaslik tavsiya qilinadigan kuzgi 7 kiyim-kechak
Kuz faslida ham issiq, qulay va shu bilan birga didli kiyinish kerak. Ham sifatli ham chiroyli kiyim-kechak esa kamdan kam hollarda arzon bo‘ladi. Qulay oyoq kiyim Qulay bo‘lgan istalgan model — botfort, chelsi yoki bog‘ichli botinka xarid qiling. Xarid davomida esa sifatiga e’tibor qarating. Kuzgi poyabzal zax va nam o‘tkazmasligi, sovuqda oyoqlarni issiq ushlashi hamda yurish uchun qulay bo‘lishi kerak. Shu kabilarni o‘zida mujassamlashtirgan, sifatli matodan tayyorlangan poyabzal esa arzon bo‘lmasligi aniq. Palto Ustki qalin kiyimlar bir necha fasl yoki mavsumda bitta xarid qilinadi va shu sabab ham undan pul ayamaslik tavsiya qilinadi. Palto tabiiy matolardan tayyorlangan, astari bor, kiyganda qomatga mos turadigan va barcha kiyimlar bilan moslasa bo‘ladigan bo‘lishi kerak. Tanlov borasida bazaviy ranglar — qora, to‘q ko‘k, och jigarrangda to‘xtang. Tushunarsiz bezaklari bor paltolarga e’tibor qaratmang. Minimal uslubdagi palto yaxshi variant. Sviter / jemper Salqin faslda garderobda hech bo‘lmaganda bitta kashmir matosi yoki yungli matodan tikilgan qalin jemfer yoki sviter bo‘lish kerak. Deformatsiyalanmasigi uchun tarkibida ozgina (10 foizdan ko‘p bo‘lmagan) sintetka bo‘lgan matodan tikilgan variantni tanlagan yaxshi. Qolaversa, jemferlar kuzgi qiziqarli obrazlar yaratish uchun ham ayni muddao. Uni charm shim, keng yelkali pidjak va jinsi kurtka bilan moslasa bo‘ladi. Siz kiygan boshqa liboslar oddiy bo‘lgan taqdirda ham sifatli kashmir jemfer obrazingizni qiziqarli ko‘rsatadi. Charm kurtka Haqiqiy charmdan tikilgan kurtka uzoq vaqt xizmat qiladi va chiroyli ko‘rinadi. Qolaversa mazkur ustki kiyimni istalgan uslubdagi libos bilan moslasa bo‘ladi. Kuzgi obrazlari rang-barang va qiziqarli bo‘lishni istaganlarga tabiiy charmdan tikilgan kurtka yoki pidjak xarid qilish tavsiya qilinadi. Sumka Boshqa yil fasldagi singari kuz uchun ham sifatli va universal sumka aksessuarlaringiz orasidan o‘rin olgan bo‘lishi kerak. Sumka tanlaganda ortiqcha detallarsiz, har kuni tutsa bo‘ladiganiga e’tibor qaratish tavsiya qilinadi. Sharf Sharf sumkadan keyin kuzgi obraz uchun muhim bo‘lgan ikkinchi aksessuar hisoblanadi. Kashmir matoli sharfni kurtka yoki trenchlar bilan moslasa bo‘ladi. Og‘ir bo‘lmagan, issiq tutadigan bunday sharfni tozalash oson — uni qo‘lda ham kir yuvish mashinasida ham yuvsa bo‘ladi. Qo‘lqoplar Sovuq haroratda qo‘llarni ham issiq tutish kerak. Qo‘lqoplarni zamsh, charm va jun matosidan tikilganini tanlash tavsiya qilinadi. Rangi esa hamma kiyim bilan moslasa bo‘ladigan bazaviy bo‘lgani yaxshi.
54
2,552
Ayollar
Kuzning anti-trendlari: garderobingizdagi voz kechishingiz kerak bo‘lgan narsalar
Har bir mavsum garderobdagi kiyimlarni yangilash mumkin. Biroq shu bilan birga, avvalgi mavsumlarda sotib olingan narsalarni “yuqori javondan chiqarish”, ba’zi narsalar esa anti-trendga aylanishi mumkin. Mashhur stilist, imij bo‘yicha mutaxassis, Pro Image kursi va Erdman LAB laboratoriyasi yaratuvchisi Yekaterina Erdman mavsumda qanday kiyimlarni kiymaslik kerakligi haqida ma’lumot berdi. Uzun etiklar Agar garderobingizda shu kabi etiklar bo‘lsa ularni kiymang. Ushbu shakldagi etiklar chiroyli ko‘rinishga ega emas. Bu etiklar uslub jihatidan ham ayollar kiyadigan uslubga mos tushmaydi. Yupqa oyoqlar fonida keng tepa va hajmli platforma stakandagi qalamni eslatadi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, etiklarning pastki qismi ham muhim rol o‘ynaydi — dumaloq shakli uslub jihatidan eskirdi. Hozirda kvadrat va uchi uchli modellar urfga kirgan. Mo‘ynali palto  Mo‘ynali yoqasi bor paltolar bir vaqtlar juda urfda edi, biroq hozir, bu paltolar har qanday kiyim bilan ham mos tushmaydi. Chiroyli ko‘rinishga ega yoqalar va manjetlar eski uslubni eslatadi. Ko‘pgina brendlar yaxshi sifatga ega zamonaviy modellarni taklif qiladi. Belga taqiladigan sumkalar  Ketma-ket bir necha mavsum davomida bel sumkasi urfga kirdi. Biroq moda o‘zgaruvchan va bu sumkalardan ayrim insonlar foydalanayotgan bo‘lsa, ham hozirda ular urfdan qoldi. Haddan tashqari massiv variantlar bo‘lmagan joyda bu sumkalar obrazga mos tushmasligi mumkin. Suv o‘tkazmaydigan matolardan bo‘lgan sumkalarning yelkaga taqiladigan varianti yaxshiroq. Shaharga sayrga chiqqanda eng mos keladigan sumkalardan biri bu — xobo sumkasi, boshqacha qilib aytganda, “tutqichli sumka” ko‘rinishidagi sumka. Uni yelkada taqish mumkin, bu qo‘llarni bo‘shatadi va zamonaviy ko‘rinishga yordam beradi. So‘nggi chiqqan liboslarni kiyib modaga e’tibor berasizmi yoki yo‘qmi — bu sizning shaxsiy tanlovingiz, chunki chiroyli ko‘rinishning o‘zi yetarli emas, muhimi u yoki bu obrazda o‘zingizni qanday his qilishingiz.
81
1,967
Ayollar
Muvaffaqiyatli karyera uchun muhim tavsiyalar
Ishingizdan ko‘nglingiz to‘lishi kerak Ko‘pchilik odamlar tomonidan yo‘l qo‘yiladigan xato — ishdagi maqsadlarga erishish uchun vosita. Yillar o‘tib keragidan ortiq pulingiz bor bo‘lishi, lekin ortga nazar tashlab, umringiz faqat moddiyat uchun sarflanganini bilish og‘ir. Moddiyat asosiy rollardan birini o‘ynashini, ishini sevsa ham ehtiyojlarni qoplamaydigan maoshga indamay ishlab yurish kerak bo‘lmagani bilan, jamoa va ish jarayoni sizning hayotingizning bir qismi ekanini ham unutmaslik kerak. Ish bor joyda muammo va kamchiliklar bo‘lib turishi tabiiy, lekin siz o‘z sohangiz va faoliyat turingizni sevsangiz, ular bilan o‘ralashishni emas, yechim topishga diqqatingizni qaratasiz. Balansda bo‘lish 2017-yilda germaniyalik hamda amerikalik tadqiqotchilar ishidan ma’no va rohat qidiradigan insonlar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazgan. Tadqiqot natijasiga ko‘ra, ishidan ma’no qidiradiganlar ikkinchi guruh kishilariga nisbatan karyera qilishga ko‘proq qiziqishi ma’lum bo‘lgan. Aslida esa faoliyat davomida balansni topa bilish kerak. Ishga bo‘lgan qiziqish, xursandchilik va rohatlanishni his eta bilish juda muhim. Sizga nima kerakligini o‘zingizdan boshqa hech kim bilmaydi Karyera qilish bir-biridan farq qilishi mumkin. Kimdir bir joyda uzoq vaqt ishlashni, kimdir qisqa fursatda ish joyini o‘zgartirib turishni, yana kimdir bo‘lsa, oldindan ma’lum ishga erishish uchun boshqasi orqali ko‘tarilishni ma’qul biladi. Qaysi yo‘lni tanlash — bu sizning xohishingiz, faqat qayerda va qachon ishlashingizdan qat’i nazar ishingizni sevib bajaring. Bunda ikki tomonga foyda — sevimli ish bilan shug‘ullanib siz baxtiyorlikni, rahbariyat esa sizdek salohiyatli xodimi borligidan mamnuniyatni his qiladi. Me’yorni bilish Ishni yaxshi ko‘rgan yaxshi, lekin butun hayotni ish bilan o‘tkazish ham yaramaydi. Sohangizning ustasi bo‘ling, yuklatilgan vazifani qoyillating, lekin ishni shaxsiy hayot bilan qorishtirib yubormang. Vaqtida salohiyatingizga yetarli baho berishni, salomatligingiz va yaqinlaringizga vaqt ajratishni, dam olish va asosiysi, ko‘ngildagidek yashashni unutmang.
45
2,081
Ayollar
Qanday qilib oshxonada tez tartib o‘rnatish mumkin?
Quyidagi foydali maslahatlarimiz sizga oshxonadagi muammolardan qutulishga yordam beradi. Biror narsa pishirganingizdan keyin shisha tovani tez tozalashni xohlaysizmi? Oddiy zarqog‘oz (folga)dan foydalaning. Uni g‘ijimlang va gubka sifatida ishlating. Oshxonadan keladigan yoqimsiz hidlarga qarshi kurashmoqchimisiz? Limon yoki apelsin po‘chog‘ini yoqing — bu yoqimsiz hidlarni ketkazishning eng oson va amaliy usullaridan biri. Plita ustiga folga tushang. Ovqat tayyorlab bo‘lganingizdan keyin kir bo‘lgan folgani olib tashlang. Deyarli hamma yangi idishlarga yorliqlar yopishtirilgan bo‘ladi. Yorliqlarni olib tashlash uchun ularga oldindan xohlagan o‘simlik yog‘idan surib qo‘ying. Bir-ikki daqiqa qoldiring, keyin esa iliq suv bilan yuving. Yorliq hech qanday yopishqoq iz qoldirmasdan olinadi. Rakovina yuzasini tuz va limon bilan ishqalasangiz — u rangini o‘zgartiradi, yaltirab ketadi. Dog‘larni ketkazish uchun matoni tarang torting va dog‘ ustiga bir necha daqiqa davomida qaynayotgan suv quyib turing. Hammaga ma’lumki, idishlarni yuvadigan gubkalarning xizmat ko‘rsatish muddati uzoq emas. Ularni har hafta almashtirish lozim. Lekin shunday holatlar bo‘ladiki, yap-yangi gubka bilan birorta yopishqoq yoki yog‘li narsani artishga to‘g‘ri kelib qoladi... Tashlab yuborish kerakmi? Shoshilmang: gubka yoki lattalarni idish yuvadigan mashinada 40 daqiqa davomida yuving, ular yangidek bo‘ladi. Manba: “Xitrosti jizni”
51
1,426
Ayollar
Noto‘g‘ri tanlov: Qomatingizni beo‘xshov ko‘rsatadigan 8 narsa
Ba’zida noto‘g‘ri tanlov eng ideal qomatni ham beo‘xshov ko‘rsatadi. Cosmopolitan nashri tanlovda adashmaslik uchun bir necha tavsiyalar beradi. Belning pastida turadigan shim va yubkalar Bunday modalar vizual darajada bo‘ksani cho‘zadi va oyoqlarni qisqa ko‘rsatadi. Asosiy e’tibor tananing keng qismiga qaratilgani sabab bu tanlovda ayol o‘z shaklini yo‘qotadi. Keng ko‘ylak Ko‘pgina qizlar o‘z qomatlaridagi kamchiliklarni yashirish uchun keng ko‘ylaklarni tanlaydi. Bunday libosda har qanday qomat shaklsiz ko‘rinadi. Siz o‘zingizga noqulay bo‘lgan qopdek ko‘ylaklardan voz kechib, ixcham liboslarni tanlang. Yo‘l-yo‘l chiziqli liboslar Yorqin, kontrastli gorizontal chiziqlar qomatni kengaytiradi va tana kvadratga o‘xshab qoladi. Bunday yo‘l-yo‘l chiziqli kiyimlarni kiyishdan ehtiyot bo‘ling. Liboslardagi shakl, gul, nuqtalar va vertikal chiziqlarga ahamiyat bering. Uzun yubka Ko‘p qizlar xato qiladigan xavf – uzunlik. Uzun tekis yubkalar tanani to‘g‘ri to‘rtburchak shaklga aylantiradi. Shuningdek, qadam tashlaganda yubka ost qismi ko‘tarilib, yurishga noqulaylik tug‘diradi. Yelkasi ochiq liboslar Ochiq yelkali ko‘ylak va bluzkalar tananing yuqori qismini vizual darajada kengaytiradi. Bunday modalar tana hajmini katta ko‘rsatadi. Agar siz tanangizga zarar berishni xohlamasangiz, yopiq yelkali liboslarni tanlashga harakat qiling. Ulama ko‘ylak Bunday kiyim eng mukammal qomatni ham buzishi mumkin. Agarda siz yelka, bel va oyoqlaringiz qisqa ko‘rinishini istamasangiz, bunday modalardan voz keching. Kyulotlar Ko‘plab qizlar kyulotlar bilan zamonaviy va uyg‘un tasvirni yaratishga qodir emas. Muammo oyoqlarning uzunligi va kengligida. Bunday holda kyulotlar vizual darajada oyoqlarni kesib ko‘rsatadi. Tananing pastki qismi massiv ko‘rinishining oldini olish uchun yetishmayotgan uzunlikni yuqori qism bilan to‘ldiring. Kyulotni kontrastli paypoqlar va tizza tepasiga tushuvchi koftalar bilan kiymaslik kerak. Balet poyabzali Baletka — makkor poyabzal. Ular bo‘y uzunligidagi santimetrlarni o‘g‘irlab, sizni pakana qilib ko‘rsatadi. Va yuqorida sanalgan ro‘yxatdagi kiyimlar bilan bu moda muvaffaqiyatsizlikka uchraydi.
62
2,144
Ayollar
Organizmga qaysi vitamin yetishmasligini qanday bilsa bo‘ladi?
O‘zingizdagi ba’zi belgilarga qarab, sizga qaysi vitamin yetishmayotganini aniqlashingiz mumkin. Teringiz quruq bo‘lib qolganini, kechqurun ko‘rishingiz yomonlashganini, diareya bezovta qilayotganini sezgan bo‘lsangiz – bu sizda A vitamini keskin yetishmasligining belgilari. Sabzi, qovoq, shirin kartoshkali ovqatlarni, baliqni ko‘proq iste’mol qiling va shu bilan birgalikda immunitetingizni ham oshiring. C vitamini yetishmasligi belgilari – depressiya, milklarning qonashi, burundan qon oqishi, yuqori qon bosimi. C vitamini ayniqsa sitrusli mevalarda va na’matakda ko‘p. Apelsin, na’matak qaynatmasi va pomidor, ko‘k piyoz, karamdan qilingan salatlarni ko‘proq iste’mol qiling. So‘nggi vaqtlarda ko‘p shamollab, bo‘g‘imlaringizda bemadorlik sezayotgan bo‘lsangiz – dengiz mahsulotlari, yog‘li baliq va bodomni ko‘proq iste’mol qiling. Nonushta va kechki ovqatda tvorog yeng, salatlarga ko‘katlar, ayniqsa petrushka qo‘shing. Tirnoqlar sinishi, charchash, mushaklarning tez-tez tortishib qolishi organizmda kalsiy yetishmasligidan dalolat beradi. Sut iching, yogurt, pishloq va bodom yeng. Loviyali va no‘xatli sho‘rvalar pishiring. Tushlikka esa albatta yashil sabzavotlar: karam, piyoz va seldereyli salat qo‘shing. Sochlarning mo‘rt va to‘kiluvchan bo‘lib qolishi, mushaklardagi doimiy og‘riq, ko‘p kasal bo‘lish va behollikni his qilish – oqsillar yetishmasligi belgilari. Oqsil moddasi dukkakli o‘simliklar, yong‘oq, tovuq go‘shti va yormalar tarkibida ko‘p bo‘ladi. Ichak faoliyatining yomonlashuvi va doimiy ochlik hissiyoti organizmda kletchatkalar yetishmasligini bildiradi. Kletchatkalar oq guruch, loviya, sabzi, brokkoli, qulupnay, malina, olma po‘chog‘i va quruq mevalarda ko‘p uchraydi.
62
1,705
Ayollar
Kardio-mashqlar haqida keng tarqalgan uydirmalar
Kardio-mashqlar og‘ir ish kunidan keyin ayni muddao – stressni ketkazishda kardio-mashqlarga teng keladigani yo‘q. Bundan tashqari, u yurak faoliyatida va kaloriyani sarf qilishda juda foydali. Bularning hammasi haqiqat bo‘lsa ham, kardio-mashqlar to‘g‘risida fosh qilishga to‘g‘ri keladigan ba’zi uydirmalar mavjud. Haqiqat: kardio-mashqlar natijalarini mustahkamlash uchun ularni kuch ishlatiladigan mashqlar bilan birga qilish zarur bo‘ladi. Kuch ishlatiladigan mashqlarni yuqori tezlikda va biroz tanaffus bilan bajariladigan gibrid usulini sinab ko‘ring. Haqiqat: kaloriya sarflash borasida har qanday harakat ham foydalidir. Lekin siz samaraliroq mashq bajarish orqali bu jarayonga ta’sir ko‘rsatishingiz mumkin. Intervalli kardio-mashqlarni yuqori tezlikda bajarish bilan siz metabolizm tezligini oshirishga muvaffaq bo‘lasiz va mashqlardan keyin 38 soatgacha kaloriya sarflashni davom ettirasiz. Haqiqat: ilmiy tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, yog‘lar mashq qilish oldidan yeyilgan yoki yeyilmagan ovqatga bog‘liq bo‘lmagan ravishda sarflanadi va och qoringa mashq qilish mushaklar massasining o‘sishiga salbiy ta’sir qiladi. Manba: Men’s Health
48
1,153
Ayollar
Har kuni iste’mol qiling: yuzdagi shishlarni kamaytiradigan 5 ta mahsulot
Ertalabki shish — bu juda ko‘p ayollar duch keladigan muammo. Metabolik jarayonlarni yaxshilaydigan va organizmdagi suyuqlikni me’yorda saqlashga yordam beradigan foydali va arzon mahsulotlarni ratsionga qo‘shib, muammoni ichkaridan hal qilish mumkin. The Voice Mag nashri ularning 6 tasi bilan tanishtirdi. Kosmetik brendlar yuzning shishishiga qarshi tezkor kurashish uchun maxsus vositalarni ishlab chiqisharishni to‘xtatmaydi. Ulardan ba’zilari haqiqatan ham ajoyib foyda beradi. Ammo shunga qaramay, barcha muammolar ichki tomondan kelib chiqishini unutmaslik lozim. Kundalik ovqatlanishning oddiy parvarishi kosmetik vositalardan ko‘ra ko‘proq foyda berishi mumkin. Bulg‘or qalampiri Bulg‘ori qalampiri magniy, kaliy va C vitaminiga boy, bu esa organizmdan ortiqcha suyuqlikni chiqarib tashlashga yordam beradi. Baqlajon Baqlajon eng foydali mavsumiy sabzavotlardan biridir. Lekin unutmangki, uni to‘g‘ri pishirish kerak — pech yoki bug‘da. Ko‘p miqdorda yog‘da ziravorlar bilan qovurilgan va mayonez bilan aralashtirilgan baqlajonlar organizmga foyda keltirishi dargumon. Bodring va ko‘katlar Yashil va bargli sabzavotlarda kaliy ko‘p miqdorda mavjud. Bundan tashqari,  bodring yoki ko‘katlarni yoqtirmaydigan odamni topish qiyin. Bularning barchasi organizmdagi metabolik jarayonlarni barqarorlashtirishga va shish paydo bo‘lish ehtimolini kamaytirishga yordam beradi. Karam Yashil va Bryussel karamlari kletchatka va C vitamini bo‘yicha chempiondir. Bundan tashqari, karam ko‘pincha shish bilan kurashish uchun tashqi vosita sifatida tavsiya etiladi, lekin baribir ularni kundalik ratsionga kiritish yaxshiroqdir. Grechka Grechka homiladorlik davrida tavsiya etilgan asosiy oziq-ovqatlardan biri bo‘lib, u organizmdagi suyuqlikning turg‘unligi bilan kurashadigan mo‘jizaviy qobiliyatga ega. Ertalabki shishda kechki ovqat uchun har kuni grechka iste’mol qilish tavsiya etiladi. Lekin uni ko‘p tuzlamaslikka harakat qilish kerak, chunki tuz grechkaning foydali xususiyatlarini yo‘qqa chiqarishi mumkin.
73
2,011
Ayollar
Ko‘rinishi o‘ziga jalb qilgani bilan salomatlik uchun zarar bo‘lgan 10 poyabzal modeli
Oyoq kiyim nafaqat chiroyli ko‘rinishi, balki qulay bo‘lib, yurganda muammolar keltirib chiqarmasligi kerak. Oyoqni aylantirib bog‘laydigan bog‘ichli bosonojkalar Bunday poyabzallar noqulay ekanidan tashqari salomatlik uchun ham zararli hisoblanadi. Bog‘ich hisobiga qon yaxshi aylanmasligi, shish keltirib chiqarishi, shuningdek, tomirlarga ta’sir yetkazishi mumkin. Baland platformali poyabzal Platforma va tanketli aksariyat oyoq kiyimlarning tag qismi qattiqligi hisobiga oyoqlarning harakatlanishi qiyin kechadi. Og‘irlikning barmoqlarga tushgani sabab esa yurishda qiyinchiliklar kuzatiladi. Tepa qismi paypoq singari kiyiladigan krossovkalar Eng noqulay oyoq kiyimlardan hisoblangan ushbu model oyoq kaftini me’yorda ushlab turmagani hisobiga turli shikastlanish va pay cho‘zilishi kuzatilishi mumkin. Qolaversa, matoli qismi ko‘rimsizligi uchun kiyishga yaroqsiz bo‘lib qolishi mumkin. Kovboycha etiklar Bunday etiklarning old qismi uchli ekani hisobiga oyoq barmoqlari qisilib qoladi, bu esa turli muammolar kelib chiqishiga paydo bo‘lishi mumkin. Agar aynan shunday etik olgingiz kelgan taqdirda ham old qismi to‘rtburchak yoki dumaloq variantlarga e’tibor qarating. Rezinadan ishlangan poshnali etiklar Chiroyli va o‘ziga xos ko‘ringani bilan rezinadan ishlangan etiklar har kuni kiyish uchun mo‘ljallanmaganini yodda turish kerak. Bunday etiklar yomg‘ir vaqti oyoqlarga suv tegmasligi va issiq tutish uchun ayni muddao xolos. Sirpanib ketishi mumkinligi hisobiga esa poshnali variantiga umuman e’tibor qaratmaslik tavsiya qilinadi. Poshnasi baland, ingichka kamarli poyabzallar Minimal uslubda ekani, oyoqlarda chiroyli turgani bilan ingichka kamarli poyabzallar yurishga noqulay hisoblanadi. Yaxshi ushlamagani va mustahkam bo‘lmagani hisobiga oyoq oldinga chiqib ketaverganidan qayrilish va boshqa muammoga olib kelishi mumkin. Ortiqcha “amortizatsiya”li krossovkalar Ortiqcha urilish va turtilishlarning oldini olish, ayniqsa, old qismi haddan ortiq yumshoq bo‘lgan krossovka modellarida oyoq notabiiy ravishda harakatlanadi. Baland-pastlikning turli ekani hisobiga bosim kuzatilishi bu esa ortiqcha vaznli kishilar uchun xavfli bo‘lishi mumkin. Bog‘ichli botinkalarning qattiq modellari Haddan ortiq qattiq ekani hisobiga bunday poyabzallarda harakatlanish qiyin bo‘ladi. Oyoqni urmasin deb qalin paypoq kiyilganda esa oyoqlar siqilib qoladi. Qo‘y terisidan ishlangan etiklar Bunday oyoq kiyim modellari mushaklar, paylar va suyakni zo‘riqtirishi, har kuni kiyish esa artrit, tizza va bo‘ksada muammo keltirib chiqarishi mumkin. Tizzagacha bo‘lgan baland etiklar Doimiy ravishda baland etiklarni kiyib yurish paylar, mushaklar bo‘shashiga olib kelishi mumkin. Ularni uzoq vaqt davomida kiyib yurganda tayanchga mushaklar o‘rganib qolib, mustaqil ishlagisi kelmay qoladi. Buning oldini olish uchun mushaklarni mustahkamlaydigan mashqlarni bajarish kerak.
86
2,879
Ayollar
O‘rganish uchun eng oson bo‘lgan tillar
Agar siz qo‘shimcha til o‘rganmoqchi bo‘lsangiz, grammatikasi oson bo‘lgan tillardan boshlang. Maqolamizda o‘rganish osonroq bo‘lgan tillar to‘g‘risida aytmoqchimiz. Ingliz tili eng oddiy hisoblanadi. Shuningdek, ingliz tili sizga biroz bo‘lsa-da tanish. Chunki maktabda va institutda bu tilni kamroq bo‘lsa ham o‘rgangan bo‘lsangiz kerak. Yoki bu tilda qo‘shiqlar eshitgansiz. Fransuz tilidagi ko‘pchilik so‘zlar inglizchaga o‘xshaydi. Shuningdek, bu til juda mashhur va ko‘p joylarda qo‘llaniladi. Ispan tilini o‘rganish juda oson. U ingliz tiliga juda o‘xshaydi va qanday talaffuz qilinsa shunday yoziladi. Bu til ham ispan tili kabi juda oddiy va lotin tillaridan kelib chiqqani uchun ko‘pchilikka tanish.
39
710
Ayollar
Zerikarli qish oqshomida kayfiyatni ko‘taruvchi komediyalar
Qish ob-havosi va sharoitiga bog‘liq bo‘lgan tushkun kayfiyatingizni qiziqarli kitoblar va kulgili komediyalar yordamida ko‘tarishingiz mumkin. Biz siz uchun har xil mavzudagi komediyalar variantlarini to‘pladik. Qirol uchun gologramma (Hologram for the King) “Gologramma” — biroz sevgi iztiroblari dramasi tasvirlangan yoqimli komediya. “Badfe’l xonimlar” (Mother’s Day) Onalarga bag‘ishlangan ta’sirchan komediya. Bosh rollarda Jennifer Eniston, Juliya Roberts, Keyt Xadson va Jeyson Sudeykis. “Erkaklar nima to‘g‘risida gapiradi?” Erkaklar suhbatining asosiy mavzusi – ayollar. Ular ayollarsiz umuman yashay olishmaydi! “Qudalar”  Juda katta va ahil oila to‘g‘risidagi ajoyib zamonaviy komediyali serial. “Don Verden” (Don Verdean) Sem Rokuell ishtirok etgan omadsiz arxeolog to‘g‘risidagi sarguzasht komediya. Xollerlar (The Hollars) “Xollerlar” — Jon Krasinski suratga olgan kulgili oilaviy drama.
59
903
Ayollar
Tashqi ko‘rinishni tez tartibga solish uchun yordam beradigan 10 ta layfxak
Kutilmaganda belgilangan uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rish uchun ancha vaqt kerak, lekin buning iloji yo‘q. Unda quyidagi 10 ta layfxak ham vaqtni tejashda, ham pardoz masalasida yordam berishi tabiiy. Lak bo‘yog‘ini tezroq quriting Agar hozirgina tirnoqqa surtilgan lak bo‘yog‘ini quritishga vaqt bo‘lmasa, dunyodagi minglab ayollar qo‘llaydigan layfxakni sinab ko‘rish kerak. Qo‘lga surtilgan bo‘yoq 2-3 daqiqa davomida havoda quritiladi. So‘ngra barmoqlar idishdagi sovuq suvga biroz botiriladi. Past harorat evaziga tirnoq bo‘yoqlari tezroq quriydi. Uy sharoitida ko‘z uchun patch tayyorlang Bitta bodringning yarmi blender yordamida maydalanadi. Hosil bo‘lgan massaga 1 choy qoshiq limon sharbati hamda 3/1 stakan ko‘k choy aralashtiriladi. Paxta bo‘lakchalarga bo‘linadi va aralashmaga botiriladi. Patchlar alohida havo o‘tkazmaydigan qadoqlarga solinib, so‘ng muzlatiladi. Ushbu vosita ko‘z atrofidagi shishlarni bartaraf etadi, shuningdek, ko‘z ostidagi terini oqartirish va namlantirish xususiyatiga ega. Manikyurga ahamiyat bering Yaqinda bo‘yalgan tirnoqlar qanchalik avaylansa ham, uning qayerigadir zarar berish tabiiy holat. Shunday vaziyatda maslahatga amal qilish kerak. Lak ustiga biroz yog‘ surtilib, til yordamida harakatlantiriladi va muammoga uchragan joy tekislanadi. Sinalgan uslub! Lablarga kontur chizing Tekis va chiroyli qilib labning chegarasiga ishlov berish qiyin ish. Lekin bunda hiyla ishlatsa bo‘ladi. Buning uchun lab bo‘yog‘iga mos keladigan qalam bilan ikki labning markaziga X  belgisi chiziladi. Belgilangan qism pastki labning yoy qismiga to‘g‘ri kelishi kerak. Chizilgan belgini mo‘ljal qilib, lab chegaralariga chizilgan chiziq bir-biriga tutashtiriladi. Shunda u chiroyli va ravon chiqadi. Tirnoqlarni tartibga keltiring Tirnoq atrofidagi qo‘pol va quruq teri manikyurga xalaqit berishi tabiiy. Uning yumshoqligini va mayinligini tiklash uchun “Ayevit” kapsulalarini surtish kerak va tirnoq atrofi va barmoqlarni yaxshilab bir-biriga ishqalash tavsiya etiladi. Yuzdan qora nuqtalarni tozalang Yuzdagi mayda qora nuqtachalarni tozalash ko‘p vaqt talab etadi. Bunga iloji bo‘lmasa, arzon va uy sharoitida tayyorlash mumkin bo‘lgan niqobdan foydalanish mumkin. Buning uchun 1 choy qoshiq ichimlik sodasiga 1 choy qoshiq apelsin sharbati aralashtiriladi. Yuzning muammoli joyiga qalin qilib aralashma surtiladi va 20 daqiqaga qoldiriladi. So‘ng paxta bilan artib, tozalanadi. Yanoqlarni yaltirating Pardozni juda shoshilinch tarzda qilishga to‘g‘ri kelsa, rumyanalar o‘rniga yaltiroq lab bo‘yog‘idan foydalanish mumkin. Bo‘yoqning bir tomchisi yanoq ustiga surtilib, so‘ng qo‘l yordamida yoyib chiqiladi. Ushbu uslub chindan ham yanoqlarga tabiiy qizillik bag‘ishlaydi, keyinchalik ham undan samarali foydalanish mumkin. Kipriklarni qayiring Kipriklarni qayirishdan avval kiprik qayirgich qisqichini soch quritgich yordamida isitib olish kerak. Shunda kun davomida kipriklar shaklini yo‘qotmaydi. Smoki-ays uslubida pardoz qiling Ushbu uslub juda murakkab bo‘lib, agar barcha qonun-qoidalar asosida bajarilgudek bo‘lsa, juda ko‘p vaqt talab etiladi. Lekin uning oddiy varianti ham bor. Pardoz uchun uchta bo‘yoq cho‘tkalari tanlanadi. Birinchisida tenning to‘qroq rangi qovoqqa surtiladi, ikkinchisida, och rang bilan aralashtiriladi. Uchinchisida esa rang chegaralariga ishlov beriladi. Soch turmagini tuzating Sochni quritmasdan uxlash rangning xiralashishi va bo‘ysunmasligiga olib keladi. Toza tish cho‘tkasi yordamida sochning bo‘ysunmas qismi namlanib, taraladi va kutilgan natijaga erishiladi. Afsuski, taroqlar bunday xususiyatga ega emas.
75
3,585
Ayollar
Bahor mavsumi uchun eng zamonaviy soch turmaklari (foto)
Bahorning boshlanishi, ayniqsa, go‘zallik sohasida yangilanish va o‘zgarishlarga yordam beradi. Ko‘rinishni minimal kuch bilan yangilaydigan yangi soch turmagidan boshlash eng oson. Quyida barchaga manzur keluvchi bir-biridan ajoyib soch turmaklarini e’tiboringizga havola etamiz. Ushbu soch tumagi hamisha urfda. Ko‘rinishidan biroz betartibdek tuyilsa-da, aslida obrazni mukammal to‘ldiradi. Sochlarning katta hajmda jingalak qilish va ularga biroz hajm berish kundalik ish, o‘qish yoki uchrashuvga ham mos keladi. Yoshlarbop quvnoq soch turmagi. Sochni ikki chakkadan o‘rib qo‘yish va uchini ham bo‘shligicha qoldirish ko‘proq yosh qizlarga mos keladi. Shuningdek, obrazga biroz yengillik hamda bahoriy kayfiyat bag‘ishlaydi. Sochlarning pastka va silliq qilib turmaklash yangi mavsumda trendda. Ushbu ko‘rinish biroz rasmiy bo‘lsa-da, ammo qulay va chiroyli. Ayniqsa, ushbu turmakni kechki uchrashuvlar uchun qo‘llash mumkin. Tekis yoki tabiiy jingalak sochlar ham hamisha ayollarning sevimli tanlovi bo‘lgan. Ushbu turmak bilan istalgan joyga istalgan vaqtda tashrif buyurish mumkin. Tabiiylik hech qachon urfdan qolmaydi. Boshning ikki chet qismiga katta va hashamdor bezakli qistirg‘ich taqish ham yoshlar orasida ommalashdi. Odatda bunday soch turmagi klassika va zamonaviylikning kombinatsiyasiga o‘xshaydi. Shuningdek, yangi mavsumda o‘z obraziga yanglik kiritishni istaydigan ayollar uchun muammo yo‘q. Masalan, sochni biroz qisqartirib, jingalak qilish yoki tekis soch egalari uchun shunchaki cho‘lka kesish kifoya qiladi.
56
1,540
Ayollar
Ayol haydovchilar mashinasida bo‘lishi kerak bo‘lgan buyumlar (foto)
Odamlarning ikkita asosiy turi mavjud: birinchisining mashinasida birinchi tibbiy yordam to‘plami va foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalardan boshqa hech narsa bo‘lmaydi, ikkinchisi, hatto eng qiyin vaziyatlarda ham foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha narsalarni unutib qoldiradi. Va faqat kam sonli uchinchi guruh haydovchilari o‘zlari bilan haqiqatan ham foydali narsalar to‘plamini olib yuradi. Axlat uchun paketlar Rulonli axlat paketlari mashinada ko‘p joy egallamaydi, lekin u sizni turli xil axlatlardan qutqaradi. Bundan tashqari, kerak bo‘lganda paketni yomg‘irpo‘shga aylantirish mumkin, masalan, kuchli yomg‘ir paytida g‘ildirakni almashtirish kerak bo‘lsa Tish pastasi yoki og‘izni tozalash vositasi Agar tunni mashinada o‘tkazgan bo‘lsangiz yoki xitoy restoranida tushlikdan keyin uchrashuv o‘tkazgan bo‘lsangiz, tish pastasi yoki bir shisha og‘iz tozalash vositasi sizga yordam beradi. Bundan tashqari, tish pastasi yaxshi abraziv vositadir — u faralarni yaltiratadi va undagi kichik chiziqlarni yo‘q qiladi. Bir juft qulay poyabzal Mashinada bir juft qulay poyabzal bo‘lishi kerak. Birinchidan, har safar poshnali poyabzal kiyganingizda almashtirib olishingiz mumkin, chunki ular xavfsiz emas. Ikkinchidan, sayr yoki sport bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lsangiz, poyabzal almashtirish uchun uyga qaytishingiz shart emas. Kichik qiymatdagi naqd pul Mashinangizda mayda pullarni kichik hisob-kitoblar uchun saqlang. Ular pul to‘lashda qo‘l keladi, agar kartangiz ishlamasa, sizni qutqaradi. Issiq kurtka Bagajga odatda kiymaydigan issiq kurtkangizni solib qo‘ying, shunda har qanday holatda isinishingiz mumkin. U nafaqat qishda, sahroda mashina buzilib qolganda, balki yozda tabiat qo‘ynida tunaganda ham yordam berishi mumkin, chunki shahar tashqarisida tunlar juda salqin bo‘ladi. Bir shisha suv Mashinada suv albatta kerak. Misol uchun, issiq kunda tirbandlikni qolib ketganda, mashg‘ulot yoki yugurishdan keyin chanqaganingizda mashinadan olishingiz mumkin. Bagajda kanistr yoki 5 litrda suv olib yurgan ma’qul. Agar to‘satdan old oyna yuvish suyuqligi tugasa va boshqa ko‘plab holatlarda bu foydali bo‘lishi mumkin. Uyning zaxira kaliti Tasavvur qiling, uzoq yo‘l bosib, ishdan uyga keldingiz va kalitingizni unutganingiz yoki butunlay yo‘qotib qo‘yganingiz ma'lum bo‘ldi. Mashinada dublikat borligini bilish qanchalik yoqimli, chunki qaytib ketishingiz yoki boshqa odamlarga noqulaylik tug‘dirmasligingiz kerak. Dezodorant Mashinada dezodorant ortiqchalik qilmaydi. Issiq kunda yig‘ilishga ketyapsiz, sayohat uzoq vaqt talab etadi, axir u yerga terlab bormaysiz-ku. Shuni yodda tutingki, dezodorant aerozol shaklida bo‘lmasligi kerak – mashinada qizib ketishi va portlashi mumkin. Izolenta Izolenta mashinada juda zarur narsadir. Tasavvur qiling, oynangiz tushib ketdi, shlang yorildi, fara yoki old oyna darz ketdi. Izolenta eng yaqin xizmat ko‘rsatish stansiyasiga borishga yordam beradi. Bundan tashqari, u (yoki lenta) ichkarida yoki tashqarisida eslatmani (masalan, telefon raqamingiz bilan) yopishtirish uchun ishlatilishi mumkin. Yeguliklar Agar kutilmaganda yo‘lga tushib qolsangiz va ovqatlanishga vaqtingiz bo‘lmasa, gazaklar ochligingizni qondirishga yordam beradi. Agar birdaniga piknik o‘tkazishga qaror qilsangiz yoki o‘zingizning yoki boshqa birovning bolasini mashinada olib ketsangiz, ular foydali bo‘ladi. Quyoshga qarshi krem Tashqarida havo issiq bo‘lsa va mashinangiz buzilib qolsa yoki kichik baxtsiz hodisaga uchragan bo‘lsangiz, quyoshda biroz vaqt o‘tkazishingizga to‘g‘ri keladi. Va hatto bunday daqiqalarda ham terini ultrabinafsha nurlanishidan himoya qilish kerakligini unutmaslik kerak. Ruchka Smartfonlar paydo bo‘lishi bilan odamlar mashinada ruchka saqlamay qo‘ygan. Lekin telefondagi odam sizdan muhim narsani yozib olishingizni so‘rasa yoki siz telefon raqamingiz bilan eslatma qoldirishingiz kerak bo‘lsa, bunday holda ruchka kerak bo‘ladi. Yopinchiq Orqa o‘rindiqda it yoki kirlangan narsalarni tashish kerak bo‘lsa, yopinchiqdan foydalanish mumkin. Bundan tashqari, adyol tabiatga sayohat yoki piknikka chiqqanda kerak bo‘ladi.
68
4,092
Ayollar
Uy tozalashda asqotadigan tavsiyalar
Ko‘pchiligimiz uy tozalashni zerikarli va ko‘p vaqt oladigan mashg‘ulot deb hisoblaymiz. Biroq ba’zi usullar borki, ular ushbu jarayonni ancha yengillashtiradi. Uy tozalashda asqotadigan bunday usullarning bir nechtasini quyida o‘qishingiz mumkin. Blenderni tozalash uchun… Blenderga iliq suv solib, bir necha tomchi suyuq sovun tomizing. So‘ng blenderni bir necha daqiqaga yoqib qo‘ying. Uni o‘chirgach, taom yuqini osongina ketkazish mumkin bo‘ladi. Gilamdagi kir dog‘ini ketkazish uchun… Osh sodasini biroz suv bilan aralashtirib, pasta hosil qiling va uni gilamning kirlangan joyiga suring. Kechasi bilan shu holda qoldirib, ertasi kuni changyutgich bilan tozalab olishingiz mumkin. Yana bir usul gilamdagi dog‘ga suv (2/3) va sirka (1/3) aralashmasini surishdan iborat. So‘ng o‘sha joyni ho‘l latta bilan yopib, ustidan dazmol yugurtiring. Charmdan qilingan jihoz eskirib qolgan bo‘lsa… Uni poyabzal uchun mo‘ljallangan oddiy krem yordamida ishqalab artib chiqing. Shilinish va tirnalishdan hosil bo‘lgan izlar shu zahotiyoq yo‘qoladi. Ko‘rpa-to‘shaklarni tozalash uchun… Purkagichi bor idishga biroz aroq soling va uni to‘shakning butun yuzasiga sepib chiqing. To‘shakni ochiq havoda quriting. Aroq yoqimsiz hid taratadigan barcha bakteriyalarni o‘ldiradi. Idish-tovoq yuvuvchi gubkani tozalash uchun… Gubkani mikroto‘lqinli pechga bir necha daqiqaga qo‘yib oling. Bu zararli bakteriyalarning taxminan 99 foizini qirishga yordam beradi. Yog‘li dog‘ni ketkazish uchun… Kiyimingizga yog‘ tomsa, o‘sha joyga oddiy oq bo‘rdan suring. Bo‘r izini nam latta bilan artib tashlang. Yumshoq mebelni tozalash uchun… Divan yuzasiga spirtli aralashmani seping va muloyim gubka bilan artib chiqing. Shundan so‘ng qolgan kirni ketkazish uchun qattiq cho‘tkadan foydalaning. Duxovka ifloslanib qolsa… Yoyiqroq idishga yarim stakan ammiak solib, sovuq duxovkada bir kechaga qoldiring. Ertasi kuni duxovkani osongina tozalab olishingiz mumkin.
36
1,932
Ayollar
Romantik soat: Zenith Romeo va Juliyetta nomli soatlarni taqdim qildi
Shveysariyaning soat ishlab chiqaruvchi Zenith va Kubaning sigara ishlab chiqaruvchi Habanos kompaniyalari hamkorlikda Elite Moonphase juft soatlarini taqdim qildi. Yangi model ilk bor Dubayda bo‘lib o‘tgan LVMH soatlar haftaligida namoyish qilingan. People Talk nashrning yozishicha, yangilangan Elite kolleksiyasidan o‘rin olgan modellarni yaratilishida Romeo va Juliyetta sevgi tarixidan ilhomlanilgan. Shekspirning mazkur tragediyasida ikki yoshning tun qismida uchrashgan sahnasi bor va shunga muvofiq, soat siferblatiga go‘​yo oy shulasi aks etganidek ishlov berilgan. Romeo — erkaklar uchun mo‘ljallangan soat ko‘k rangda bo‘lib, korpusi 40,5 millimetrni tashkil qiladi. Juliyetta — ayollarniki qizil rangda bo‘lib, korpus​i 36 millimetr, soat​ chetidagi bizel brilliant bilan qoplangan. Model logotipida Romeo va Juliyettaning suratini ko‘rish mumkin.
69
862
Ayollar
Biznes-g‘oya: chiqindini qayta ishlashdan daromad qilish yo‘llari
Qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash investitsiya kiritish uchun eng maqbul biznes turlaridan biri hisoblanadi. Bu bozordagi nisbatan erkin soha, chunki chiqindilarni qayta ishlovchi korxonalar O‘zbekistonda unchalik ko‘p emas, deb yozadi “Kommersant.uz”. Bu biznes yuqori rentabelli bo‘lib, misol uchun, bir kilogramm plastik chiqindisidan 0,8 kilogramm ikkilamchi xomashyoni olish mumkin. O‘zbekistonda har kuni 13 tonnadan ortiq qattiq maishiy chiqindi to‘planadi. Ulardan bor-yo‘g‘i 14 foizga yaqini qayta ishlanadi. Bunga 137 ta tashkilot jalb etilgan. Chiqindilardan foydali va kam uchraydigan materiallarni olishning o‘zi 22,2 million dollarga baholanmoqda. Chiqindidan nimalar hosil qilinadi? Plastik Rang bo‘yicha ajratilib, turli yot buyumlar va iflosgarchilikdan tozalanadi, xom ashyo presslanadi. Shundan so‘ng maydalanib, bug‘ qozonida ishlov beriladi, u yerda iflosgarchiliklar qoldiqlari yo‘qotiladi. Keyingi bosqich chayish va sayqallash. Natijada turli rangdagi va sifatdagi granulalarga ega bo‘lamiz. Ulardan esa chelaklar, yashiklar, cherepitsa, bruschatka va boshqa buyumlar ishlab chiqariladi. Qog‘oz Qog‘oz suvga tushirilib, undan yot buyumlar tozalanadi. Shundan so‘ng qog‘ozga termomexanik qayta ishlov beriladi. Aralashma yupqa tozalashdan o‘tadi va elak orqali filtrlanadi. Undan esa hojatxona qog‘ozi, karton, qadoqlash uchun material, MDF, DVP va paketlar ishlab chiqariladi. Avtomobil pokrishkasi Maydalanib, piroliz reaksiyasidan o‘tadi. Maydalangan va filtrlangan shishamassasi ko‘pincha mozaikalar ishlab chiqarishda qo‘llanadi. Qurilish chiqindisi Qurilishda qo‘llanuvchi metall va ikkilamchi shag‘al olish uchun maydalanadi. Biologik chiqitlar Biogaz qurilmalari organik o‘g‘itlar va biogaz (metan) ishlab chiqaradi. Pul qayerda? To‘plash Chiqindi to‘plash punktini tashkil etish chiqindilarni joyida birlamchi saralash hisobiga ma’lum bir mablag‘ keltirishi mumkin. Saralash Poligon va chiqindixonalardagi ixtisoslashtirilgan saralash stansiyalarida chiqindilarni turlarga ajratish daromadli biznes hisoblanadi. Qayta ishlash Turli bosqichli bo‘lishi mumkin: alohida elementlarni qayta ishlash, to‘liq sikldagi qayta ishlash zavodi, biogaz qurilmalari, yarimtayyor mahsulotgacha qayta ishlash, tayyor mahsulotni qayta ishlash va ishlab chiqarish. Chiqindidan daromad qilishni qanday boshlash mumkin? Dastlab qattiq maishiy chiqindining qaysi turi bilan ishlashingizni aniqlab olishingiz kerak bo‘ladi. Chunki universal korxonani tashkil etish juda ko‘p mablag‘ talab qiladi. To‘liq sikldagi qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlovchi zavod 20 million dollarga baholanadi. Uning bir turini qayta ishlashga ixtisoslashgan sex ochish esa 35 mingdan 300 ming dollargacha baholanadi. Korxona uchun qurilmalarning minimal komplekti maydalash mashinasi (drobilka), turlarga ajratish liniyasi, press, to‘plovchi bunker va magnitni o‘z ichiga oladi. Avval ishlatilgan komplekt 50 mingdan 70 ming dollargacha turadi. Bunga ishchilar mehnatiga haq to‘lash, xom ashyo va elektr energiyasi xarajatlarini ham qo‘shamiz. O‘rtacha o‘lchamdagi korxona shtati 40 nafarga yaqin ishchini talab qiladi. Sertifikatlar va boshqa zarur hujjatlar Qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash bilan qonuniy asosda shug‘ullanish uchun Davlat ekologiya qo‘mitasidan litsenziya olish talab etiladi. Davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish esa eng kam oylik ish haqining 25—70 barobarigacha tayinlanadi. Tadbirkor, shuningdek, yong‘inga qarshi, sanitariya xizmatidan ruxsat olishi, loyiha hujjatlarini tayyorlashi lozim. Barcha hujjatlarni to‘plash uchun uch oydan yarim yilgacha vaqt ketishi mumkin. Muvaffaqiyat tarixi Tashrangmetzavod recycling MChJ Elektron chiqindilarni qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi Tashrangmetzavod recycling boshqarma qaramog‘idagi korxona bor-yo‘g‘i bir yarim oydan buyon ishlamoqda. Unga 50 kishi jalb etilgan. Faoliyat ko‘rsatishi davomida 60 tonna elektron chiqindini qayta ishlagan. Loyihaviy daromadi 40—50 foizni tashkil etmoqda. Korxona qo‘shimcha sexlarni ochish hisobiga kengaytirishni rejalashtirmoqda. Rashit Kartbayev yakka tartibdagi tadbirkor Rashit Kartbayev o‘zini Qoraqalpog‘istonning “sanitari” deb ataydi. U biznesini  endi boshlagan paytlarda unga juda kam odam ishongan. Bank ham unga kredit berishdan bosh tortgan. Shunda biznesmen do‘stlaridan 5 ming dollar qarz olib, tashlandiq sex va to‘rt gektar yerni bo‘lib to‘lash sharti bilan xarid qilgan va 2011-yilda Qoraqalpog‘istonda chiqindini qayta ishlash biznesining asoschisiga aylangan. Bugungi kunga kelib Nukus shahar chiqindixonasi 70 gektar maydonni egallaydi. Har kuni bu yerga 150—160 tonna chiqindi olib kelinadi. Korxona olti yil ichida cherepitsa, suyuq oboy, go‘sht-suyakli un va biologik o‘g‘itlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirdi. Rashit hisob-kitobiga ko‘ra, ikki yildan so‘ng butun shahar chiqindixonasi to‘liq qayta ishlana boshlaydi. Chiqindilarni qayta ishlash biznesining rentabelligi 80 foizni tashkil etishi mumkin. Bundan kelib chiqib, to‘g‘ri tashkil etilgan korxona bir necha oydayoq xarajatlarni to‘liq qoplaydi degan xulosaga kelish mumkin. Ijtimoiy yo‘naltirilgan biznesga qo‘shiling.
65
5,129
Ayollar
Kundalik turmushdagi piyoz bartaraf eta oladigan muammolar
Taomlarning shirin va mazali chiqishida hissasi katta bo‘lgan piyoz kundalik turmushda ham samarali hisoblanadi. Gril uskunasini tozalash uchun Gril pishiradigan uskuna issiqligida unda qolgan ovqat qoldiqlarini piyoz bo‘lagi bilan arting. Buning uchun sanchqiga piyozni qadang hamda u bilan uskunani yaxshilab arting. Piyozdan ajralgan suyuqlik nafaqat tozalash, balki metallni dezinfeksiyalash xususiyatiga ham ega. Bo‘yoq hidini ketkazishga yordam beradi Piyozni to‘rt bo‘lakka bo‘ling, ustiga suv solib, bo‘yoq hidi ketmagan xonaga kechasi qo‘yib qo‘ying. Ertalab esa xonani shamollating, eshik va derazalar ochiq qolganda piyoz bilan birga xonadagi bo‘yoq hidi ham chiqib ketadi. Piyoz archganda ko‘z yoshlanmasligi uchun Piyoz archganda ko‘z yoshlanmasligi uchun saqich chaynagan holda po‘stini archib, to‘g‘rang. Chivinlarni haydash uchun Chivinlar piyoz hidini yoqtirmaydi. Qo‘llaringizga piyoz surtib yoting: chivinlar sizdan uzoq turishi aniq. Pichoqning zangini ketkazish uchun Zang bosgan pichoqni piyoz bo‘lagi bilan arting. Bir necha daqiqadan keyin natija yaqqol seziladi. Oynalarni muzlab qolishdan himoya qiling Mashina oynalari sovuqda muzlab qolmasligi uchun kechasi uni piyoz bilan artib qo‘ying. Piyozni uzoq vaqt saqlash uchun Piyoz uzoq vaqt turishi uchun teshiklari ko‘p qog‘oz paketda saqlang. Metallni yaltiratish uchun Piyozni blenderda maydalang va suv qo‘shing. Yumshoq latta bilan pichoq yoki boshqa metall buyum sirtini arting, keyin esa toza, quruq mato bilan artib tashlang. Suvaraklardan qutulish uchun Uyingizni suvarak bosgan bo‘lsa, ma’lum bir joyga kesilgan piyoz bo‘lagini qo‘yib qo‘ying.
58
1,628
Ayollar
Qarish jarayonini jadallashtiradigan kundalik odatlar
Terining tiniq, silliq va tarang bo‘lishi uchun aksariyat xotin-qizlar qimmat kosmetikalar, parvarishlovchi va tarkibida oziqlantiruvchi moddalar bo‘lgan vositalarni xarid qiladi. Aslida esa yuz va teri bilan bog‘liq muammolar kuzatilmasligi uchun birinchi bo‘lib kundalik odatlarni ko‘rib chiqish, zararlilaridan voz kechish kerak. Qorin bilan uxlash Qorin bilan uxlamaslik kerakligi uchun bir nechta sabab bor. Birinchidan, yuz terisining yostiqqa ishqalanishi erta ajin tushishiga olib kelishi mumkin. Ikkinchidan, 6-7 soat davomida bunday vaziyatda yotilsa, tongda shishlar bilan uyg‘oniladi, ulardan qutilish uchun ko‘p harakat qilishga to‘g‘ri kelishi mumkin. Bundan tashqari, qorin yoki yonboshlab uxlash umurtqani zo‘riqtirib, bel sohasida og‘riq paydo bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shu sabab ham mutaxassislar umurtqa bilan yotishga o‘rganishni maslahat beradi. Avvaliga bu noqulay tuyilgani bilan keyinroq natijani ko‘rish mumkin bo‘ladi. Isitkich qurilmalarini maksimal darajada yoqib qo‘yish Kunlar sovuqlashganida yoqiladigan isitkichlar terining birinchi raqamli dushmani hisoblanadi. Isitkich va batareyalar yoqilganda havo quriydi, quruq havo esa terining suvsizlanishi olib keladi. Qurigan teri bir zumda tarangligini yo‘qotadi, oqibatda unda ajinlar paydo bo‘ladi. Shu sabab ham bunday vaziyatda havoni namlantiruvchi vositalardan foydalanish tavsiya qilinadi — bu terining sog‘lom va go‘zalligini saqlashga yordam beradi. Yog‘dan tiyilish 1 gramm yog‘da kaloriya 1 gramm uglevod va oqsildagidan ko‘proq kaloriya mujassam deb hisoblangani uchun ko‘pchilik undan voz kechishni afzal biladi. Aslida esa foydali yog‘lar organizmdagi bir qator jarayonlar: yurak-qon tomir tizimi salomatligidan tortib, terining yoshligi uchun muhim sanaladi. Foydali yog‘lar hujayralarni ichkaridan oziqlantirib, ularning tarang va tonusda bo‘lishini ta’minlaydi. Bu esa ajin tushishini oldini oladi. SPF kremlardan foydalanmaslik Nafaqat yoz, balki qishda ham SPF kremlarsiz ko‘chaga chiqish kerak emasligi bir emas, bir necha marta ta’kidlangan. Ultrabinafsha nurlari teriga jiddiy zarar yetkazadi, kollagen ishlab chiqarilishiga ta’sir o‘tkazib giperpigmentatsiyani keltirib chiqaradi, shuningdek, qarish alomatlarining paydo bo‘lishiga ham hissa qo‘shadi. Shuni esdan chiqarmagan holda SPF kremlardan har kuni foydalanishni kanda qilmang. Ichimliklarni naycha (trubochka) orqali ichish Teri salomatligi va yoshligini saqlash uchun plastik naychalardan foydalanmaslik tavsiya qilinadi. Gap shundaki, naychadan suyuqlik ichilganda yuzdagi aksariyat mushaklar zo‘riqadi. Oqibatda yuz terisi o‘z tonusini yo‘qotadi, unda ajin va muammolar paydo bo‘la boshlaydi.
53
2,663
Ayollar
Tashlab yuborishga shoshilmang: Eski tish cho‘tkasi qo‘l keladigan holatlar
Tish cho‘tkasi faqat tish va milklarni tozalash uchun mo‘ljallangan deb o‘ylaydiganlar qattiq yanglishadi. Uy ishlarini bajarish hamda yig‘ilib qolgan kir va changlarni tozalash uchun undan yaxshisi yo‘q. Kollaj: “Daryo” Gaz plitasini tozalash mumkin Eski tish cho‘tkasi bilan gaz plitasini tozalash mumkin. Uning cho‘tkalari kichkina ekani hisobiga gubka va latta tozalay olmagan kirlarni bartaraf qilishga yordam beradi. Kafellar orasini tozalash mumkin Tish cho‘tkasi yordamida oshxona, vanna, shuningdek, hojatxonadagi kafellar orasiga yig‘ilib qolgan kir va chirklarni tozalashingiz mumkin. Buning uchun cho‘tkani xlorli aralashmaga botirib olish kerak bo‘ladi. Tozalab bo‘lgandan keyin toza suv bilan artib tashlang. Suv kranidagi filtrni tozalash mumkin Suv kraniga o‘rnatilgan filtrni tozalash uchun tish cho‘tkasidan yaxshisi yo‘q. Bakteriya va mikroblardan tozalagandan keyin sovunli suv bilan yuvib tashlang. Mel va rangli qalamlardan qolgan dog‘larni ketkazishga yordam beradi Farzandingiz devor yoki eshiklarga rangli qalam bilan ijod qilganining guvohi bo‘ladigan bo‘lsangiz hech ham xavotirlanmang, bu borada sizga tish cho‘tkasi yordam bera oladi. Buning uchun unga soqol olishda ishlatiladigan ko‘pik yoki tish yuvish pastasini surting va aylanma harakatlar bilan tozalang. Ustidan qog‘oz sochiq bilan arting. Kompyuter klaviaturasi orasida yig‘ilgan kirlarni tozalash uchun Klaviaturada yig‘ilgan kirlarni oddiy salfetka yoki latta bilan tozalash oson qiyin. Shuning uchun qattiq tish cho‘tkasidan foydalanib ko‘ring. Klaviaturani ko‘tarib turing va cho‘tka bilan tozalang. Pishloq qoldiqlari qolib ketgan qirg‘ichni tozalang Qirg‘ichni quruq tish cho‘tkasi bilan tozalang so‘ngra idish yuvadigan vosita bilan yuving. Makkajo‘xorini tozalash uchun Makkajo‘xori pishirishdan avval uning orasidagi “kokillar”ni tozalash uchun tish cho‘tkasidan foydalaning. Soch bo‘yash uchun foydalaning Sochingizni uy sharoitida bo‘yaydigan bo‘lsangiz va maxsus cho‘tkangiz bo‘lmasa, jarayonni tish cho‘tkasi yordamida amalga oshirsangiz bo‘ladi. Sochni tartibga keltirishingiz mumkin Yomg‘ir yog‘ganidan keyin sochingiz tartibsiz ko‘rinadigan bo‘lsa, soch laki sepilgan tish cho‘tkasi bilan masalaga yechim topish mumkin. Sabzavotlarni tozalash uchun Po‘sti yupqa sabzavot va qo‘ziqorinlarni artish uchun yumshoq tish cho‘tkasidan foydalanish mumkin. Kartoshka artish uchun esa uning qattig‘i kerak bo‘ladi. Rakovinani tozalash mumkin Rakovinaning chetlarida yig‘ilgan kirlarni ketkazish uchun tish cho‘tkasiga soda sepib, chetlari bilan yaxshilab tozalang va ustidan toza suv bilan yuving. Fenni tozalasa ham bo‘ladi Fenning ochiq qismini quruq tish cho‘tkasi bilan tozalab ko‘ring. Unga yig‘ilgan kir uskunaning ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin. Fenni uzoq vaqt xizmat qilishini istasangiz 1-2 haftada bir marta tozalab turishga harakat qiling. Ventilyatsiyani tozalash Tish cho‘tkasi yordamida vanna va mashinadagi ventilyatsiya panjarasini tez va oson tozalash mumkin. Bunday kir va chang yig‘ilgan joylar bakteriya va zamburug‘lar o‘sishi uchun yaxshi muhit ekanligi sabab ham tez-tez tozalab turish kerak. Ventilyatsiyaning himoya panjarasini yechib quruq cho‘tka bilan tozalang keyin esa nam latta yoki ko‘pikli antiseptik bilan arting.
75
3,252