folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Ayollar
Millionerlardan maslahat: Pul ishlab topish va uni yo‘qotmaslik uchun nima qilish kerak?
Tadbirkor va yozuvchi Greg Rid qanday qilib bunday moliyaviy ustunlikka erishgani va yo‘qotmagani haqida ma’lumotga ega bo‘lish uchun turli sohadagi dunyoning eng badavlat kishilari bilan suhbatlashishga muvaffaq bo‘lgan. Intervyular Wealth Made Easy kitobiga kiritilgan. Ushbu kitobdan o‘rin olgan 4 strategiyani e’lon qilamiz. Mulk sotib oling Imkoniyatingiz doirasidan kelib chiqqan holda chekka hududdan kichik bo‘lsa ham yer sotib oling. Agar olgan yeringiz yo‘l yuzida bo‘lsa, yana yaxshi. Uni mahalliy fermerlarga ijaraga bering. Kafe, do‘kon va shunga o‘xshash markazlar asosan yo‘lning yuzida, odamlar ko‘ziga ko‘rinadigan joyda ochiladi. Siz yer olgan hudud chekka hududda bo‘lgani bilan bora-bora markazga aylanishi yoki gavjumlashishi mumkin. Ana shunda siz sotib olgan yeringizni muayyan bir savdo yoki biznes bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan kishiga bir necha barobar qimmatga sotsangiz yoki ijaraga bersangiz bo‘ladi. Foyda ko‘rishingiz aniq. Turli biznes g‘oyalarni birlashtiring Chuck E. Cheese’s restoranlar tarmog‘i asoschisi Jin Landram, oilaviy ovqatlanish va dam olish maskanini birlashtirib yangi biznes modeliga asos solgan. Siz ham biznes boshlash istagida bo‘lsangiz, shundan ilhomlanishga harakat qiling, ya’ni ham mazali ovqatlanish, bolalar ko‘ngil yozishi va kattalar ham ovqat yeyishdan tashqari boshqa bir maroqli mashg‘ulot bilan shug‘ullanishini mumkin bo‘lgan majmua oching. Bolalar maydonchada miriqib o‘ynayotganida, ota-onalar do‘stlari bilan erkin suhbatlashishi va ovqatlanishi ularga ma’qul kelib, yana takror kelishi yoki boshqalarga ham tavsiya etishi mumkin. Yaxshi yangilik unutilgan eskilik bo‘lishi mumkinligi haqida o‘ylang Kredit kartalar uchun magnitli chiziq o‘ylab topgan Ron Klayn, kimlardir chiqindi hisoblagan narsalarda imkoniyat ko‘rgan. U General Associates’da faoliyat yuritayotgan vaqtida Western Union’dan keraksiz bo‘lgan bir qancha teletayp — axborotlarni qabul qilish va uzatish uchun mo‘ljallangan harf bosish apparati sotib olgan. Eski qurilmalarni ta’mirlagan va yirik kommunikatsiya kompaniyalariga katta narxga sotib yuborgan. Shunday ekan nimanidir tashlab yuborish yoki voz kechishdan avval ushbu buyum yoki qurilma nimaga yarashi va qanday maqsadda foydalanish mumkinligi haqida o‘ylab ko‘ring. Oqimga qarshi suzing va raqiblar bilan ishlang Raqobat bu yangi hamkorlik demak. Gavjum mashinalar kesib o‘tadigan yo‘l yuzida ketma-ket yoqilg‘i quyish shoxobchalari yoki bir-biriga o‘xshash tovar sotadigan do‘konga ko‘zingiz tushsa ajablanmang. Texas shtatidagi Ancira-Winton Chevrolet avtosaloni boshqaruvchisi kichik Ernesto Ansiro, raqobatchilar bir-biriga ko‘maklashadi, deb hisoblaydi. U krizis vaqtida Texas avtomobil dillerlari uyushmasidagi raqobatchilar bilan maxsus takliflar hamda mijozlar uchun qo‘shma tadbirlar ustida faoliyat olib borgan. Natija esa kutilganidan ham a’lo bo‘lgan, bunga eng asosiysi mijoz va sotuvchi o‘rtasida ishonch paydo qilishga muvaffaq bo‘lgani sabab bo‘lgan.
88
2,966
Ayollar
Sochlarni sovuq havodan himoya qilishning 8 usuli
Sovuq havoda sochlar to‘g‘ri parvarish qilinmasa, ular yorqinligini yo‘qotadi, quruq hamda sinuvchanligi ortadi. Quyidagi maslahatlar kuz-qish faslida sochlarni sog‘lom saqlashga yordam beradi. Bosh kiyimi kiying Sochni qor, shamol va yomg‘irdan saqlash lozim, chunki ular sochni yanada siyraklashtiradi. Soch turmagi bosh kiyimi ostida elektrlanmasligi uchun sochlarni fen bilan quritishdan oldin maxsus spreydan foydalanish mumkin. Havo namlagichdan foydalaning Sochlarga nafaqat sovuq ob-havo, balki issiqlik qurilmasi bilan jihozlangan kvartiralarning quruq havosi ham zararli. Havo namlagichi yordamida 40-50 foiz namlikni saqlab, sochlarni sog‘lom saqlash lozim. Soch uchini kesib turing Sochlarning gullashining oldini olish uchun har 4-8 haftada ularning uchini kesish kerak. Juda ko‘p kesish shart emas,  bor-yo‘g‘i 1-2 santimetrdan olib tashlash kifoya qiladi. Shunda soch turmagi yana yangi va chiroyli ko‘rinishga ega bo‘ladi. Suv haroratini pasaytiring Ko‘chadan uyga qaytgandan keyin sochlarni yuvishda suvni sovuqroq qilish kerak. Sochni iliq yoki sovuqroq suv bilan yuvish tavsiya etiladi. Issiq dush ularni namligini quritadi, natijada soch tolasi yanada mo‘rtlashadi. Fendan foydalanmang Qishda sochlar ko‘proq qurishga moyil bo‘ladi. Fen tom ma’noda ulardagi namlikni kamaytirib, tabiiy porlashidan mahrum qiladi. Imkon bo‘lsa, sochlarni tabiiy ravishda quritish kerak. Nam sochlar bilan ko‘chaga chiqmang Nam sochlar va sovuq havo – mutlaqo yaxshi emas. Bunday vaqtda shamollab qolish hech gap emas, shuningdek, sochlarga ham zarar yetishi mumkin. To‘g‘ri, fen yordamida soch quritish juda foydali bo‘lmasa-da, ikki karra zarar ko‘rishdan ko‘ra yaxshiroq. Yog‘lardan foydalaning Sovuqda sochlar uchun kokos yoki argan kabi yog‘larga asoslangan kosmetikadan ko‘ra yaxshiroq himoya yo‘q. Sochni ortiqcha zo‘riqtirmasdan oziqlantirish uchun yengil tuzilishga ega mahsulotlarni qo‘llash mumkin. G‘amxo‘rlikni oshiring Sochni qishda parvarish qilishda asosiy e’tiborni namlantirishga qaratish kerak. Qolaversa, tegishli ta’sirga ega konditsionerdan foydalanish va haftada bir marta sochga niqob qilish tavsiya etiladi.
49
2,134
Ayollar
Fidyani o‘g‘il bersa bo‘ladimi?
Fidyani o‘g‘il bersa bo‘ladimi? Bu savolga “Savollar.islom.uz” javob berdi. “Assalomu alaykum. Onam nafaqada o‘zlari qandli diabed kasalligiga chalingan. Ro‘za tuta olmayaptilar, men o‘g‘il sifatida onamning nomidan fidya bersam bo‘ladimi?”. “Va alaykum assalom. Bo‘ladi. Siz ularga aytib qo‘ying. Vallohu a’lam!”, — deya javob berdi nashr. Avvalroq, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi 2017-yil (hijriy 1438-yil) uchun zakot, fitr sadaqa va fidya nisoblarini e’lon qilgandi. Fidya miqdori uzr bilan ro‘za tutolmaydigan kishilar uchun bir och odamning bir kunlik oziq-ovqati barobarida bo‘lib, o‘rtacha 12 000 so‘m deb belgilangan.
31
647
Ayollar
Sochlaringiz uchun aynan mos rangni tanlang
Agar sochlaringiz rangini o‘zgartirishga qaror qilgan bo‘lsangiz, shuni yodda tutingki, kimdadir juda chiroyli ko‘ringan rang sizga yarashmasligi mumkin. Maqolada keltirilgan tavsiyalar sizga ideal darajada mos keluvchi soch rangini tanlashda ko‘mak beradi. Tabiiylik — hammasidan a’lo Sizga tabiatan taqdim etilgan soch rangini eslash uchun ba’zan bolalikdagi suratlarni ko‘zdan kechirishga to‘g‘ri keladi. Aksariyat hollarda sochlarning tabiiy rangi eng yaxshi tanlovdir. Biroq yoshingiz ulg‘aygani sari sochlaringiz rangi ham mayinlashib borishi lozimligini unutmang. Ko‘z rangiga ahamiyat qarating Bu masalada mavjud aksiomalarga tayanish lozim, ya’ni sovuq rangni sovuq bilan, issiq rangni esa issiq rang bilan uyg‘unlashtirish lozim. Moviy va kul rang ko‘z sohibalariga blond, yashil ko‘zlilarga esa mayin malla rang, jigar rang ko‘zlarga esa kashtan va shokolad ranglar mos keladi. Teri va soch rangini uyg‘unlashtiring Teri va sochlar rangi o‘zaro uyg‘unlik hosil qilishi lozim. Yuz rangi issiq bo‘lgan qizlarga (shaftoli rang, qorachadan kelgan) juda to‘q ranglar tavsiya etilmaydi. Ularning sochi teri rangidan ochroq bo‘lishi lozim, aks holda yuz rangi siniqqan ko‘rinadi. Yuz rangi oqish bo‘lgan qizlar yorqin ranglarni: malla (agar u tabiiy bo‘lmasa), qizil, kashtan va qora ranglarni ehtiyotkorlik bilan tanlashi lozim. Sochlarni bir rangda bo‘yashni tavsiya etmaymiz. Soch bo‘yashning zamonaviy — ombre, sombre, balayaj kabi turlarini o‘zingizda sinab ko‘ring. Ular sizning tabiiy go‘zalligingizga urg‘u beradi. Qolaversa, sochlaringizni uy sharoitida bo‘yashni tavsiya etmaymiz. Yaxshi salonda bo‘yalgan sochlar albatta yaxshiroq natija beradi va uzoqroq saqlanadi.
43
1,681
Ayollar
Husnbuzarli terini parvarish qilish bilan bog‘liq eng ko‘p tarqalgan 5 xato
Teri go‘zal va sog‘lom bo‘lishi uchun uni to‘g‘ri parvarish muhim sanaladi. Kun davomida yo‘l qo‘yiladigan har qanday xato vaziyatning yomonlashishiga olib kelishi mumkin. Bunday xatolarning eng ko‘p tarqalganlari va ularni qanday bartaraf qilish mumkinligi haqida ma’lumot berib o‘tamiz. Terini haddan ortiq darajada tez-tez tozalash Birinchi va eng ko‘p tarqalgan xato terini haddan ortiq darajada ko‘p tozalash hisoblanadi. Teri yog‘ ishlab chiqarishni jadallashtiradi, yuz yaltirab qoladi. Yuzni tezda yuvib tashlash esa vaziyatni og‘irlashtiradi. Aksariyat hollarda yuzni tez-tez yuvish istalgan yuz terisi uchun zararli hisoblanadi. Tozalash jarayonida terining himoyalovchi lipid qatlami shikastlanadi, quriy boshlaydi. Bu esa bakteriyalar uchun qulay sharoit hisoblanadi va yallig‘lanish kelib chiqadi. Matoli sochiqdan foydalanish Nam va issiq yuvinish xonasidagi yuz sochig‘i bakteriyalar yopishishi uchun qulay makon hisoblanadi. Matoli sochiqdan foydalanish orqali siz har gal yuzingizni yuvgandan keyin mikroblarni yuz terisining ustki qatlamiga qaytarishga muvaffaq bo‘lasiz. Shu sabab ham mutaxassislar barchaga (ayniqsa, yog‘li teri egalariga) bir martalik qog‘oz sochiqlardan foydalanishni tavsiya qiladi. Yaxshisi, ularni vannadagi polkada emas qorong‘i, quruq shkafda saqlang. Namlantirmaslik Faqatgina quruq terini namlantirish kerak, degan tushuncha xato hisoblanadi. Namlantiradigan vositalardan foydalanmaslik husnbuzar toshishiga sabab bo‘ladi. Yog‘sizlangan teri quruqlikdan himoya qilish uchun ko‘p miqdorda sebum ishlab chiqaradi. Sebumning ko‘pligi esa yallig‘lanish ko‘payishini bildiradi. Shuni inobatga olgan holda yengil formulaga ega bo‘lgan va komedogen ingrediyentlarsiz namlantiruvchi kosmetik vositalardan foydalaning. Glitserin, suv o‘tlari va sut kislotasi eng yaxshi variant hisoblanadi. Skrabdan foydalanish Hatto eng yumshoq skrab ham himoya qatlamiga zarar yetkazib, terini shikastlashi mumkin. Albatta, eksfoliatsiya, ya’ni terini yaxshilab tozalash istalgan turdagi teri uchun muhim sanaladi. Ammo husnbuzar bilan bog‘liq vaziyatda fermentli pudra (Enzim face Cleancer —yuzni tozalash uchun mo‘ljallangan vosita), yumshoq piling va yog‘li teri uchun mo‘ljallangan maxsus kislotali losyonlardan foydalangan yaxshi. Tarkibida spirt bo‘lgan vositalardan foydalanish A’lo darajada zararsizlantiradigan va yog‘sizlantiradigandek tuyilgani bilan, spirt muammoli teri ahvolini yanada yomonlashtirishi mumkin. Tez-tez tozalash singari spirt ham birinchi navbatda terining himoya qatlamiga zarar yetkazib, bakteriyalarning kirishi uchun mukammal sharoit yaratadi. Shunday ekan, kosmetik vositalarni xarid qilishdan avval e’tiborli bo‘lish va tarkibida spirt bo‘lmaganini tanlash tavsiya qilinadi.
75
2,733
Ayollar
Uyga mebellarni aql bilan joylashtiramiz
Xonadonga joylashishni rejalashtirishda mayda-chuydalargacha hisobga olish zarur bo‘ladi. Bu mebellarning joylashish tartibiga ham tegishlidir. To‘siqlarsiz joylashtiring Mebellarni joylashtirishda ko‘rinishi bir-biri bilan mos tushishidan tashqari, o‘tish joyini to‘sib qolmasligiga ham e’tibor bering. Mehmonxonadagi jurnal stolchasini divanga o‘tirishda xalal bermaydigan qilib joylashtiring. Kirish zonasi qulay bo‘lsin Uyga kirishda yoqimli kayfiyat uyg‘otuvchi manbalardan biri – hamma jihozlari o‘z joyini topib joylashtirilgan dahliz hisoblanadi. Ustki kiyimlarni ham, oyoq kiyimlarini ham joyiga qo‘yishda hech narsaning xalal bermasligi albatta juda yoqimli. Televizorga yaqin o‘tirmang Dam olish xonasi uchun eng zarur jihozlar – divan va televizor hisoblanadi. O‘rtacha kattalikdagi (35—40 dyuym) ekranli televizorlar uchun ularning orasi 1,8 metrdan kam bo‘lmasligi kerak.
40
886
Ayollar
Kapuchino ko‘pigi kabi: mukammal teri uchun tonal kremni qanday qilib mussga aylantirish mumkin?
Tonal krem ​​kosmetik sumkadagi eng kerakli vositalardan biri hisoblanadi. Haqiqatan ham bu fikr o‘z tasdig‘ini topgan: kosmetik vosita makiyajning yaxshi ko‘rinishini ta’minlaydi va byuti-obrazning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Agar yuzda kichik nuqsonlar ko‘rinsa, eng chiroyli bo‘yanish ham o‘z samarasini yo‘qotadi. Mahsulotni tanlash katta ahamiyatga ega: har qanday didga va rangga uchun mos keladiganini tanlash kerak. Biroq xilma-xillik bilan, ba’zida to‘qimalar, keyin zichlik va chidamlilik bilan xato qilamiz. Bu haqda eshitgan bo‘lsangiz kerak: blogerlar bir stakan suvga tonal kremni siqib, birozdan so‘ng, yuzlariga nam mahsulotni surtib, uning chidamliligiga qoyil qolgan. Biroq bu eskirgan versiya. Byuti-gurular tonal kremning yuz terisiga yaxshi ta’sir ko‘rsatgan usulini taklif qilishdi, bu usul tonal kremning kiyimga yopishib qolishiga to‘sqinlik qiladi. Bu layfxakni sinab ko‘rish uchun tonal krem, xona haroratidagi bir stakan suv va ko‘pik hosil qilishda kapuchinator kerak bo‘ladi. Qanday qilib tonal kremni yengil mussga aylantirish mumkin? Agar hamma narsani to‘g‘ri bajargan bo‘lsangiz, qo‘llash va aralashtirish oson bo‘lgan ko‘pikli mussni o‘rganib yuz teringizga eng tabiiy qoplamani ta’minlagan bo‘lasiz. Bu tonal krem juda chidamli bo‘ladi, shuning uchun makiyajni olib tashlash uchun gidrofilik moydan foydalaning.
96
1,347
Ayollar
“Pul chaqiradi, aqldan ozdiradi va kunlab turadi”. Atirlar haqida eng ko‘p tarqalgan xato tushunchalarga mutaxassis izoh beradi
Hech kimga sir emaski, xushbo‘y iforlar kayfiyatni ko‘taradi. Odamni o‘ziga bo‘lgan ishonchini orttiribgina qolmay, boshqalarda ham yoqimli taassurot uyg‘otadi. Shu boisdan ham atirdan nafaqat ayollar, balki erkaklar ham birday foydalanadi. Shuning uchun ham parfyumeriya vositalarining bozori chaqqon. Ammo aksariyat tadbirkorlar o‘z mahsulotlarini sotish maqsadida turli yolg‘onlarni o‘ylab topadi. Misol uchun “pul chaqiradigan”, “aqldan ozdiradigan” , hidi “kunlab” turadigan atirlar, xullas, bu ro‘yxatni uzoq davom ettirish mumkin. “Daryo” aromastilist (atirlar bo‘yicha mutaxassis) Dilshod Hojiqurbonov bilan bo‘lgan suhbatda atirlar haqida xalqimiz orasida eng ko‘p tarqalgan xato tushunchalarga oydinlik kiritdi. Dilshod Hojiqurbonov aromastilist. Besh yildan beri parfyum sohasida faoliyat yuritadi. Dilshod Hojiqurbonov Ijtimoiy tarmoqlar orqali ko‘pchilik yoshlar, ayniqsa, yigitlar “feromon atir bormi?”, deb so‘rashadi, yozishadi. Feromon bu qarama-qarshi jins vakilini hissiyotlarini uyg‘otuvchi, o‘ziga jalb qiluvchi qisqa qilib aytganda, hidlaganda odamni aqldan ozdirib qo‘yuvchi ifordir. Aslini olganda har qanday parfyum feromon xususiyatiga ega. O‘zidan yoqimli ifor taratib turgan kishiga nisbatan yaxshi taassurot uyg‘onishi, yon-atrofidagilarining ba’zilariga juda yoqishi mumkin. Lekin aqldan ozdirib qo‘yadigan darajada bo‘lmaydi. Chunki inson ongli mavjudot. Qolaversa, dunyoda hali hammaga birday yoqadigan ifor yaratilmagan, yaratilmaydi ham. Sababi barmoq izlarimiz kabi didlarimiz ham turlicha. Bir kishiga xush kelgan ifor hatto uning egizagiga yoqmaydi-ku, boshqalarni qo‘yavering. Agar sizga qaysidir sotuvchi mana bu feromon atir desa, aslo ishonmang, bu shunchaki marketing va reklama. Xalqimiz orasida “atirlar pul chaqiradi” degan gap-so‘zlar yuradi. Chunki ayrim parfyumeriya bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlar va blogerlar yurtdoshlarimizning eng nozik joyidan foydalanib, shunday reklama qiladi. Birinchidan bu shirk. Rizq Allohdan, biror atir yoki biror buyum sizga pul olib kelmaydi. Faqat qattiq mehnat orqali halol daromad qilish mumkin. Ko‘pchilik odamlar original atirlarning hidi kunlab turadi deb o‘ylaydi. Shu boisdan ham aksariyat mijozlar oldimga “mana bu yerdan atir olgandim, original deb aldab soxtasini sotibdi. Hidi uzoq turmayapti” deb shikoyat qilib keladi. To‘g‘ri, ifori kun davomida turadigan atirlar ham bor, lekin aksariyat parfyumlar (300 dollar bo‘ladimi yoki 500 dollarmi ahamiyatsiz) tanada 8-10 soatdan ortiq turmaydi. Ayniqsa, o‘zbekistonliklarda. Sababi “issiq”, “sovuq mijoz” turlari bor. Bizni mintaqada yashaydiganlarning ko‘pi “issiq mijoz”. Shuning hisobiga atir o‘z kuchini birdaniga ko‘rsatadi va tez parlanib ketadi. Sovuq mijozlarda esa aksincha, sekin “ochiladi” va ko‘p vaqt saqlanadi. Ba’zilar “men kiyimimga oddiyini sepgandim, lekin hidi 3-4 kunlab turdi-ku” deyishi mumkin. To‘g‘ri, shunday bo‘lishi mumkin, chunki atir sepilgan kiyim odatda shkafda turadi. Havo kirmagani hisobiga ham ifor kunlab saqlanadi. Yana bir muhim fakt: original atirlar tanada uzoq muddat turishida emas, hidining noyobligi bilan belgilanadi. Qolaversa, teriga zarari ham bo‘lmaydi. Ba’zilar “odam yozda cho‘milib yursa yetadi, atirni qishda sepish kerak” deyishadi. Men esa aksincha, yozda parfyumlardan ko‘proq foydalangan ma’qul deb o‘ylayman. Sababi iqlimi issiq mamlakatda yashaymiz. Odam biroz harakat qilishi bilan terlaydi va o‘zidan yomon hid chiqaradi. Eng yomoni, buni o‘zi bilmaydi. Jamoat transportlarida boshqalarga noqulaylik tug‘diradi. “Kechki payt tishingni sog‘lig‘ing, ertalab esa go‘zallik uchun yuvasan” deganlariday yozda yomon hidlarning oldini olish, qishda esa yoqimli ko‘rinish uchun atirlardan foydalangan ma’qul. Bu ham qisman noto‘g‘ri fikr sababi bu parfyumning original yoki soxtaligidan emas, shunchaki, atir sepilganidan 5-10 daqiqa o‘tib, inson iforga ko‘nikadi. Shuning hisobiga o‘ziga bilinmasligi mumkin. Misol uchun: oshxonaga kirganingizda ovqat hidi kelib turgan bo‘lsa, birozdan keyin u sizga sezilmay qoladi. Xonada hid yo‘qolgani uchun emas, shunchaki burningiz bu hidga o‘rganadi. Lekin har o‘pkada havo yangilanganida yana ifor taralaveradi. To‘g‘ri, agar sepgan atri kishini o‘ziga umuman yoqmagan bo‘lsa, kun davomida o‘ziga juda bilinib turadi. To‘g‘ri, kiyimda iz qoldirish ehtimoliga ega yog‘li, rangli atirlar bor, lekin hamma parfyum shunday degani emas. Aksariyati kiyimda tez qurib qoladi. Umuman olganda, bu ham noto‘g‘ri fikr. Hatto soch uchun mo‘ljallangan aksariyat niqoblar ham odatda ildiziga emas, uchiga surtiladi. Atirlar ham uchlariga purkalsa yoki taroqqa sepib taralsa, bosh qismiga ham sochga ham aslo zarar qilmaydi. Aksincha, iforning ko‘proq tarqalishga hissa qo‘shadi.
127
4,712
Ayollar
Baxt maktubi: Tushkun kayfiyatdan xalos bo‘lish uchun kundalik tutishga odatlaning
Psixologlar fikricha mavjud stresslardan qutilish va kishi o‘zini yaxshiroq tushunishida, kundalik tutishning ahamiyati katta. Inson kechinmalarini kundalikka tushirar ekan, muammolarga chetdan qarash va unga yechim topishga muvaffaq bo‘ladi. Elle nashri kundalik tutishning nechog‘lik muhim ekanini o‘quvchilarga ta’kidlash maqsadida, Texas universiteti professorining shaxsiy hayotiy tajribasi hamda u asosida chiqargan xulosalarini misol qilib keltirgan. Unda yozilishicha, Jeyms Pannerbayker 70-yillar boshlarida sevib turmush qurganiga qaramay, oradan 3 yil o‘tib oilaviy janjallar kelib chiqa boshlaydi. Tushkunlikka tushgan Jeymsning na ovqatida, na uyqusida tayin bo‘ladi, kamiga ichkilik va chakishga ruju qo‘yadi, odamlardan o‘zini olib qocha boshlaydi. Kunlardan bir kuni esa u, ma’yus hayotini butkul o‘zgarishiga sababchi bo‘lgan narsani payqab qoladi: stol ustida anchadan beri ishlatilmay turgan yozuv mashinasiga ko‘zi tushadi. Qandaydir ko‘rinmas kuch ta’sirida mashinka qarshisiga borib o‘tirganini bilmay qolgan Pannerbaykerning barmoqlari o‘ziga bo‘ysunmagan holda hamma-hammasini: bolaligi, sevgisi, turmush qurishi, munosabatlari, shuningdek, karyerasi va ehtimoliy o‘lim haqidagi fikrlarini qog‘ozga tushira boshlaydi. U keyingi kunlar ham kutilmagan natija sodir bo‘lguniga qadar yozishda davom etadi va hayratda qoladi: undagi ruhiy holat yaxshilangan, o‘zini qiynayotgan g‘amdan forig‘ bo‘lganday his eta boshlaydi va rafiqasiga nisbatan qayta sevgi uyg‘onadi, o‘zida ertangi kunga ishonch, maqsad va ularni amalga oshirish uchun imkoniyatlarni tuyadi. Bu hayotiy tajriba, Texas universitetining bo‘lajak professori bo‘lgan Pannerbaykerni, hayotini emotsional jarayon va his-hayajonga to‘la kechinmalarni qog‘ozga tushirish o‘rtasidagi aloqani o‘rganishga bag‘ishlashiga sabab bo‘ladi. O‘zining ko‘p yillik izlanishlari natijasida Pannerbayker, kechinmalarni qog‘ozga tushirish depressiyaga qarshi muvaffaqiyatli uslub ekanini isbotlaydi. Tadqiqotda ishtirok etgan ishtirokchilar his-tuyg‘ularini qog‘ozga ko‘chirib o‘zlarini erkin, baxtli, omadli jismoniy va aqliy barkamol his eta boshlaganlar. Ayni damda stress va xavotirda bo‘lgan, ishidan ayrilgan va qalbi parchalangan insonlar bo‘lsa ushbu metodni sinab ko‘rishingizni tavsiya qilamiz. Darhaqiqat kutilgan natijaga erishmoqchi bo‘lsangiz o‘zingizni aldamay, ovutmay his qilyotgan tuyg‘ularingizni boricha qog‘ozga to‘kib-sochishingiz kerak bo‘ladi, aksincha bo‘lsa kundalikdan ham qalamdan ham o‘pkalamang. Qaroringiz qat’iy ekaniga ishonchingiz komil bo‘lsa, unda siz uchun Pannerbayker texnikasini tushuntirib o‘tamiz. Hammasi juda oddiy, kamida 3 kun davomida 20 daqiqa sizni qiynayotgan va o‘ylantirayotgan hayollarni barchasini yozishingiz kerak. Taymerda vaqtni belgilang, daftarni yoki kompyuterda vord dasturini oching va yozishni boshlang, yozganda ham orfografik-punktuatsion xatolar va ikkilamchi narsalarga e’tibor bermay yozing toki qiynayotgan negativ sizni tark etsin. Taymer vaqt bo‘lganini eslatganida to‘xtang va shu yo‘sinda har kuni yozishni davom ettiring. Sizni aynan nima qiynayotganini tushunib yetmaguningizcha ertasiga, indiniga yozishda davom etavering va oxiri yozganlaringizni shafqatsizlarcha yo‘q qiling: xohlang yirting, xohlang yoqib yuboring, nima qilsangiz qiling, negativdan qutilganingizni bilib yengil tortsangiz bo‘​lgani. Pannerbayker usuli bilan negativdan qutulib bo‘lgan bo‘lsangiz, endi pozitivni o‘zingizga chaqirish vaqti keldi va bunda sizga Megan Xeysning “O‘zingni baxtli deb yoz: pozitiv kundalik san’ati” kitobidagi usul qo‘l keladi. Muallif fikricha, ushbu etapda inson shukronalik, sevgi, baxt va muvaffaqiyatlar, yuksak maqsadlarga e’tibor qaratishi kerak bo‘ladi. Aslida ushbu usulni biz havas bilan qaraydigan shaxslar muntazam qo‘llaydi. Yozuvchi Ronda Bern esa odam ijobiy o‘y-hayollari​ni vizualizatsiya qilsa omad, baxtga erishishi sog‘ligi yaxshilanishini ta’kidlaydi. Luiza Hey bo‘lsa, kishilarni negativlardan qochib, pozitiv hayollarni affermatsiya qilishga chaqiradi. Xullas, siz to‘rt muchangiz sog‘ligiga shukur qilishingiz, ota-onangiz, farzandingiz yo bo‘lmasa turmush o‘rtog‘ingiz bilan nima uchun faxrlanishingiz ulardagi qaysi xislatlarni qadrlashingiz, ishingizni nima uchun yaxshi ko‘rishingizni yozar ekansiz, aslida mavjud, ammo ular haqida fikr yuritib ham ko‘rmaganingiz uchun so‘ngandek tuyilgan, odatiy hol bo‘lib qolgan haqiqatni ko‘proq anglay boshlaysiz. Hammasini yangidan boshlashdan avval o‘zingizni va his-tuyg‘ularingizni tushunishga, ularni tahlil qilishga urinib so‘ngra xulosa chiqaring, shunda oradan vaqtlar o‘tib pushaymon qilmaysiz, aksincha o‘zingizning oqilona tanlovingizdan quvonchni tuyasiz, aziz o‘​quvchi. O‘zingizni aldashni bas qiling! Karantinda shug‘ullanish uchun 10 ta motivatsion tavsiya
82
4,785
Ayollar
Bolalarga hayot bilan “do‘stlashishni” o‘rgatamiz
Kishi ulg‘aygach, kelgusi hayoti qanday bo‘lishi, ko‘p hollarda uning  bolaligiga bog‘liq. Ayniqsa, bolalikdagi ota-onalar bilan bog‘liq munosabatlar muhim rol o‘ynaydi. Ochiqlik, yumshoq ko‘ngillilik bolalarni hayotning  oq-qora tomonlariga nisbatan juda ta’sirchan qilib qo‘yadi. Ota-onalar bolalarga yordam bermog‘i  va ertaga ularning muvaffaqiyatli kelajagi uchun bugundan shug‘ullanmog‘i lozim. Bu borada bizda bir necha maslahatlar bor. Demak: Agar u bu kabi gaplarni doimiy ravishda kattalardan eshitaversa, ishonavering, ular o‘zlarini aynan shunday tutishi mumkin. Ko‘pincha ota-onalar o‘zgaradi, degan umidda bolaning kamchiliklariga e‘tibor qaratadi. Lekin aksincha yuz berishi ham mumkin. Qolaversa, tanqidiy munosabat uning o‘z-o‘zini baholash, o‘ziga ishonish darajasiga ta‘sir etadi. Masalan, bola piyolani sindirib qo‘ydi va onasidan: “buncha beso‘naqay, beparvo bo‘lmasang” qabilida dakki eshitadi. Bu payt bolada “men doim shunaqa yomonman” degan tushuncha paydo bo‘ladi. Ona bunday hollarda bolaning qilmishining ehtiyotsizlik tufayli sodir bo‘lganligini aytgani ma‘qul. Siz ham bolaga qahramoni yaxshi ish qilmagan ertaklardan so‘zlab bering. Chunki ular ko‘pincha o‘zlarini ertak qahramonlari bilan solishtiradi, bu esa voqea-hodisaga chetdan nazar solishga yordam beradi. O‘zingiz ham birgalikda o‘sha ertak qahramoni qiyin vaziyatlardan qanday chiqib ketishi mumkinligi haqida suhbatlashing. Unda Siz bolangiz holati bilan bog‘liq va sizda ham shunday vaziyat bo‘lgan to‘qima yoki hayotiy voqeani so‘zlaysiz. Keyin o‘sha vaziyatdan qanday chiqib ketganingiz haqida ham ayting. Bolalar bu singari holatlarda Siz aytgan usullardan foydalanishi mumkin. Bu ayniqsa, o‘smir yoshdagi farzandlar uchun as qotishini ruhshunoslar ta’kidlaydi. Ko‘pincha ota-onalar bolalarga: “asabiylashma”, “janjallashma”, “bukchayma” qabilidagi tanbehlarni beradi. Ular salbiy toifaga kiruvchi tanbehlardir. Uning o‘rniga ijobiy mazmundagi  “tinchlan”, “yarashib ol”, “qaddingni tik tut” singari so‘zlarni ishlating. Farzandingizga bo‘lgan bugungi munosabatingiz, unutmangki, ertaga uning hayot bilan “chiqishib ketishi”ga, “do‘stlashishi”ga  zamin hozirlaydi.
49
2,161
Ayollar
Kimyoviy vositalarni to‘g‘ri ishlatish bo‘yicha sinalgan tavsiyalar
AdMe nashri ma’lum bir yuzalarni tozalash uchun qaysi kimyoviy tozalash vositalari mutlaqo mos kelmasligi haqida ma’lumot beradi. Idish yuvadigan vositani suvga aralashtirish kerak Idish yuvish vositalarini haddan tashqari ko‘p ishlatish teskari ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Suyuqlikning bir qismi idishlar yuzasida qoladi va ularning yorqinligini buzadi. Eng yomoni esa kimyoviy vosita organizmga ovqat bilan kirishi mumkin. Idish yuvish suyuqligini o‘zining idishida suyultirmang. Bunday eritmada bakteriyalar vaqt o‘tishi bilan ko‘paya boshlaydi. Idishlarni yuvayotganda suyultirgan ma’qul — 1 litr issiq suvga 1 osh qoshiq gel qo‘shish kifoya qiladi. Tarkibida xlor bo‘lgan tozalagichlar ba’zi yuzalarga to‘g‘ri kelmaydi Tozalash vositalari ko‘pincha uydagi barcha sirtlarni tozalash uchun ishlatiladi. Ular har xil turdagi patogen bakteriyalarni mukammal dezinfeksiya qiladi va o‘ldiradi. Ammo ular ba’zi materiallarni buzishi mumkin. Kafellarni tarkibida xlor bo‘lgan vosita bilan yuvmang — bu xiralashishga olib keladi. Metall buyumlarga ham xlor ishlatib bo‘lmaydi. Zanglamaydigan po‘lat va mis bu modda bilan reaksiyaga kirishadi. Natijada dog‘lar paydo bo‘ladi va korroziya rivojlanadi. Yog‘och sirtga qo‘llashdan oldin polirol tarkibini diqqat bilan o‘rganing Suyuq polirol ikki xil: yog‘ asosli yoki suvli emulsiya shaklida bo‘ladi. Ikkala variant ham kirni juda yaxshi tozalaydi. Ammo yog‘ asoslining bir nechta kamchiligi bor. Birinchidan, changni o‘ziga tortadi. Ikkinchidan, vaqt o‘tgan sari yog‘li sirt sariq yoki jigarrang rangga kiradi, rangini o‘zgartiradi. Shu sababli mebel kir bo‘lib ko‘rinadi. Laminatsiyalangan yuzalarga bunday mahsulotlar bilan umuman ishlov berilmaslik kerak. Yog‘lar yoki mumlarni o‘z ichiga olgan polirol dog‘ va chiziqlar qoldirishi, materialning himoya qatlamini buzishi mumkin. Bundan tashqari, ular laminatni yopishqoq qiladi va kir yanada ko‘proq to‘planadi. Televizor ekranlari va monitorlarni qog‘oz sochiq bilan artmang Qog‘oz sochiqlar oshxonada kerakli buyum. Lekin ularni uydagi barcha sirtlarni tozalash uchun ishlatmaslik kerak. Ular namlikni har doim ham yaxshi singdira olmaydi, shuning uchun stol usti yoki taxtakachlarni tozalashda unchalik samarali bo‘lmasligi mumkin. Qog‘oz sochiq mikrofibraga qaraganda qo‘polroq. Suyuq kristall panellar va monitor ekranlari kabi mo‘rt narsalar ishlov berilganda tirnalishi mumkin. Qattiq bosim ham ekranni tashkil etuvchi kristallarni yo‘q qiladi. Gilamdagi dog‘ni ketkazishda idish yuvish vositasidan foydalanmang Idish yuvish vositasi gilamdagi kirni ketkizishda yordam beradi, ammo foydadan ko‘ra ko‘proq zarar keltiradi. Qoldiq suyuqlik ba’zan tolalarga singib ketadi va gilamni yopishqoq qiladi. Keyin chang zarralari va mayda qoldiqlar tozalangan joyga shunchalik yopishadiki, o‘sha joyda doimiy ravishda dog‘lar paydo bo‘ladi. Bu esa gilamni tez-tez tozalashga to‘g‘ri kelishiga olib keladi. Ko‘proq har doim ham yaxshiroq degani emas Tozalash vositalari juda katta miqdorda yoki konsentratsiyalarda ishlatilsa, teskari ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Suyuqlikning qolgan qismi sirtda qoladi va uni yanada yopishqoq qiladi. Natijada nafaqat chang va kir, balki mikroblar uchun ko‘payish muhiti paydo bo‘ladi. Bunday vositalarni oqilona tanlash bilan birga, uni to‘g‘ri ishlatish ham muhimdir. Suyuqlikni kamida 10-15 daqiqa davomida yuzada qoldirib, keyin yuvish kerak. Bu nafaqat kirni ketkizish vaqtini qisqartiradi, balki sarflanadigan harakatlarni ham kamaytiradi. Fermentli kir yuvish kukunlari ipak va jun kiyimlarga to‘g‘ri kelmaydi Tarkibida fermentlar bo‘lgan oddiy kir yuvish vositalarini nozik matolarga ishlatmagan ma’qul. Bunday mahsulotlar tarkibidagi fermentlar oqsil va yog‘ dog‘larini ketkazish uchun mo‘ljallangan. Shuning uchun bunday kukunlar jun yoki ipak matolarga zarar yetkazishi mumkin.
67
3,820
Ayollar
Uyni jihozlashda tabiiy yashil rangdan foydalanamiz
Greenery, yoki “maysa o‘t” — Pantone fikriga ko‘ra 2017-yilning mashhur ranglar 10 taligiga kiruvchi rang. Uyni jihozlashda undan qanday foydalanish mumkin? Tabiiy yashil rang mehmonxonada ijobiy muhit va ishonchli vaziyat yaratishga yordam beradi. Xonani jihozlashda yashil rang bilan birgalikda oq yoki kulrangdan ham foydalanish mumkin. Ko‘pincha mehmonxona devorlari uchun oq rangdan, pardalar uchun esa yashil rangdan foydalanishadi. Lekin buning aksi ham ya’ni devorga yashil rangni, pardaga esa oq rangni tanlash ajoyib ko‘rinish bag‘ishlaydi. Oshxona uchun yashil rang juda mos, lekin ishtaha uyg‘otuvchi rang hisoblanadi. Yaxshisi, bu rang qo‘shimcha jihozlarda ishlatilgani ma’qul. Greenery rang bolalar xonasi uchun juda mos tushadi. U hissiy tanglikni yumshatishga va aqliy faoliyatni kuchaytirishga yordam beradi. Yashil rang oq, moviy, och qizil va havoranglar bilan uyg‘un tushadi. Bu ranglar kombinatsiyasi ayniqsa bolalar xonasi uchun ajoyib variant hisoblanadi. Yotoqxona uchun esa yashil rang va uning boshqa tuslari mutlaqo tabiiy ko‘rinadi. Agar yashash joyingiz ko‘rinishiga hayotiy ruh bag‘ishlamoqchi bo‘lsangiz, Greenery ayni siz istagan rangdir.
51
1,172
Ayollar
Hashamatli hamda zamonaviy obraz yaratish uchun sinab ko‘rish tavsiya etiladigan 5 ta kombinatsiya (foto)
Ko‘pchilik moda olami vakillari qanday qilib doimo hashamdor va zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lishiga hayron qoladi. Aslida esa ularning aksariyati har qanday vaziyatda yordam beradigan oltin qoidalarga amal qiladi va liboslarning mukammal kombinatsiyasiga murojaat qiladi. Marie Claire nashri ham bu borada asqatadigan foydali maslahatlar bilan bo‘lishdi. Oversayz jaket va djinsi shim eng qulay ham ajoyib kombinatsiyalardan biri sifatida garderobdan joy olgan. Ushbu uslub har kunlik yoki muhim uchrashuvlar uchun ham mos keladi. Masalan, shunchaki futbolka va krossovka yordamida sport uslubi yaratilsa, kofta hamda poshnali tufli yordamida butunlay rasmiy ko‘rinishni hosil qilish mumkin. Kuz faslini midi uzunlikdagi liboslar mavsumi desa ham bo‘ladi. Aynan ushbu uzunlikdagi liboslar uchun esa poshnali etiklar ayni muddao. Bunday ko‘ylaklarning trikotajini ham topish mumkin. Obrazga mos keluvchi detallar, masalan, katta toshli marjonlar tashqi ko‘rinish hamda kombinatsiyani yanada mukammallashtiradi. Xarid yoki sayr uchun chiqqanda aynan ushbu obrazni takrorlash mumkin. Bu kabi ko‘rinish nafaqat zamonaviy, balki qulay hamdir. Leggins, svitshot va krassovka kombinatsiyasi har qanday ayol garderobidan o‘rin olishi kerak. Kostyum va shim kombinatsiyasi kuz kirib kelishi bilan urfga aylanadi. Ushbu klassik uslubni hozirda turli oyoq kiyimlar bilan birlashtirish mumkin. Masalan, krossovka, poshnali poyabzal. Ustki kiyimlar ham shu ma’noda obrazga putur yetkazmaydi. Yaratilgan obraz esa aynan bir joy uchun mo‘ljallanmagan. Bunday ko‘rinish bilan uchrashuv, majlis yoki sayohatga ham chiqish mumkin. Keng bichimli yoki klyosh shimlar ayollar garderobining asosiy qismiga aylandi. Avvalgidek qomatga urg‘u beruvchi liboslar esa ba’zida tantanalar uchungina kiyilmoqda. Aksariyat ofisda faoliyat yuritadigan ayollar ham qulaylik va zamonaviylik tarafdori. Shuning uchun ular oddiy klassik kostyum, keng shim, futbolka va krossovkani uyg‘unlikda kiyishga qaror qilmoqda.
105
1,986
Ayollar
Go‘zallik ukollari va koronavirus vaksinasi: Ularni nima bog‘laydi va xavotirlanishga asos bormi?
Gialuron kislotali fillerlar kosmetologiyada va estetik tibbiyotda juda ham mashhur sanaladi. Uning yordamida lablarni kattalashtirish, yanoqlarga urg‘u berish, shuningdek, ajin va ko‘z ostidagi halqalarni bartaraf etish mumkin. Shunga qaramay, go‘zallik va salomatlik haqida yozadigan go‘zallik nashrlari koronavirus vaksinasi va fillerning “chiqisha olmasligi” haqida ma’lumot bera boshladi. Bu qanchalik to‘g‘ri? Bu barcha vaksinalarga taaluqli emas, gap Moderna vaksinasi haqida ketayotgan bo‘lsa, bo‘lishi mumkin. Avvalroq AQShdagi mahsulot va medikamentlarning sifatini nazorat qiluvchi tashkilot tomonidan o‘tkazilgan sinovda fillerning vaksinaga reaksiya berish holati qayd qilingan. Bunda aynan filler ishlatilgan tana qismida shish kuzatilgan. Vaksinaga allergiya Fillerdan voz kechish kerakmi degan savolga mutaxassislar yo‘q deb javob beradi va bunga bu kabi reaksiyalar kamdan kam kuzatilishi, unchalik xavfli emasligi hamda tez davo chorasi ko‘rish mumkinligini sabab qilib ko‘rsatadi. Moderna bilan o‘tkazilgan tadqiqotda 30 ming kishi ishtirok etgani va ulardan uchtasigina shish haqida xabar bergani esa bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Shifokorlarning aytishicha, bu vaksinaning ish berayotganini qo‘shimcha tasdig‘i bo‘lib, qayd qilingan o‘zgarish immunitet bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bunday reaksiyadan keyingi davolash allergiyadan aziyat chekadigan kishilarni davolash singari asosan antigistamin va steroid preparatlar bilan amalga oshiriladi. Ma’lumot uchun, komik aktrisa Halima Ibragimova Instagram sahifasida koronavirus vaksinasi shishirilgan lablarga salbiy ta’sir qilishi, xususan ularning “oqib tushishi” haqida videomurojaat joylagan edi.
97
1,674
Ayollar
Kosmetik vositaga bo‘lgan allergiya va uning belgilari
Ba’zi kosmetik vositalar ta’sirida paydo bo‘ladigan qichishish va bezovtalik ko‘pchilik uchun tanish hol bo‘lsa kerak. Qanday qo‘shimchalar allergiyani keltirib chiqaradi? Allergiya paydo bo‘lishining asosiy sabablaridan biri – kosmetik vositalarning qaysidir qo‘shimchasini ko‘tara olmaslik ham bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha buni otdushka, rang beruvchi va konservantlar keltirib chiqaradi. Otdushka kosmetikaga yoqimli hid berish uchun qo‘llaniladi. Tabiiy hid beruvchi efir yog‘i ta’sirida ham allergiya paydo bo‘lishi mumkin. Konservantlar kosmetikaning xizmat qilish muddatini oshirish uchun qo‘llaniladi. Ma’lumki, konservantlar tarkibida juda xavfli kimyoviy moddalar mavjud. Rang beruvchilar tarkibiga kuchli allergiya chaqiruvchi anilin bo‘yoqlari qo‘shiladi. Qanday kosmetik vositalar allergiya qo‘zg‘atishi mumkin? Bunday kosmetik vositalar ro‘yxatida suvga chidamli tush birinchi o‘rinda turadi. Keyingisi esa – tarkibida mentol va yalpiz bo‘lgan ketmaydigan lab bo‘yog‘i. Kosmetik vositalar ta’sirida allergiyaning paydo bo‘lish belgilari: - teridagi qizarish, qichishish va achishish - labdagi shish va qurish - burun bitishi - ko‘z yoshlanishi - ko‘z tagidagi qoramtir dog‘lar Allergiya paydo bo‘lganda nima qilish kerak? Agar kosmetik vositalar ta’sirida allergiya paydo bo‘lganini sezsangiz albatta shifokorga boring. Shifokorga borishdan oldin kosmetika vositasini iliq suvda yaxshilab yuvib tashlang. Bu vositadan foydalanishni to‘xtating. Agar allergiya ko‘zlaringizda paydo bo‘lgan bo‘lsa, moychechak damlamasi bilan yuving.
54
1,543
Ayollar
Taxtakach va idishlardan baliq hidini qanday qilib ketkazish mumkin?
Baliq hidining sababi uning go‘shtini tashkil etuvchi oqsillardir. Aniqrog‘i, oqsillarning o‘zi emas, balki ularning parchalanishi, shu jumladan, reaksiyada hosil bo‘lishidir. Shuningdek, baliq ko‘p miqdorda to‘yinmagan yog‘larni o‘z ichiga oladi, ular juda oson oksidlanadi va yoqimsiz hid bilan yog‘ kislotalariga aylanadi. Baliq hidini qo‘llardan va foydalanilgan boshqa narsalardan olib tashlash masalasini hal qiladigan maxsus kimyoviy moddalar mavjud. Ammo uy sharoitida tayyorlash mumkin bo‘lgan samarali yechimlar ham bor. Ularning samaradorligi sotiladigan vositalardan kam emas va shu bilan birga ekologik jihatdan ancha zararsiz. Limon kislotasi va limon Kislotalar, shu jumladan, baliq go‘shti oqsillarining parchalanishini sekinlashtiradi. Shuning uchun, pishirishdan 10 daqiqa oldin limon sharbatini go‘shtga sepish tavsiya etiladi. Shuningdek, ozgina tuz ham. Bu foydali, chunki qovurish paytida kamroq hid keladi, qolaversa, baliq bo‘laklarga bo‘linib ketmaydi. Bundan tashqari, limon baliq hidini ketkazishi mumkin. Bir bo‘lak limonni qo‘llarga surtish va tabiiy ravishda quritish kerak. Shundan so‘ng, sovuq suv bilan yuvib tashlanadi. Baliq hidi o‘tirib qolgan narsalar limon kislotasi eritmasida namlanadi va qo‘lda yuviladi. Baliq yog‘i dog‘ini kiyimlardan ketkazish uchun ham limon sharbati surtiladi. Yuvishdan oldin kir yuvish mashinasining chayqash vositasi bo‘limiga 0,5 choy qoshiq limon sharbati qo‘shiladi. Limon kislotasi bilan yuvilgan kiyimlar unga sezgir bo‘lmasligi kerak. Shunda kiyimning shakli va rangi o‘zgarmaydi. Baliq hidi kelgan idishlar iliq suvli idishga joylashtiriladi, suvga limon sharbati va bo‘laklari qo‘shiladi. Idishlar bu eritmada biroz saqlanadi va keyin sovuq suvda yuviladi. Iste’mol sodasi U karbonat kislota va natriyning kislotali tuzi hisoblanadi. U yaxshi gigroskopiklikka ega, bu har qanday hidni yo‘qotishda muhim xususiyatdir. Agar qo‘lni cho‘tka bilan ishqalab, suv bilan yuvib tashlansa, qo‘ldan baliq hidini olib tashlash mumkin. Soda bilan oldindan namlangan kiyimlar kir yuvish mashinasida yuvilib, konditsioner qo‘shilgandan so‘ng baliq hidi yo‘qoladi. Tuz eritmasi Tuz eritmasi uyda har qanday hidni, shu jumladan, ko‘pchilikni bezovta qiladigan iforlarni yo‘q qilish uchun ishlatiladi. Baliq hidi bo‘lgan xonada tuz eritmasi qizdiriladi. Qisqa vaqt ichida yoqimsiz hidning yo‘qolishini sezish mumkin. Bundan tashqari, qaynatilgan suvda oz miqdorda osh tuzi aralashtiriladi. U yuvilganidan keyin issiq eritma qo‘llardan yoki idishlardan hidni olib tashlaydi. Sirka Bu kislotali mahsulot. Uning kislotaliligi oshxonadan kvartira bo‘ylab tarqaladigan baliq hidini minimallashtirishga yordam beradi. Kir yuvish sovuni Odatda baliq va plastmassa o‘rtasidagi aloqa ta’sirini olib tashlash qiyin, ammo taklif qilingan usul sinab ko‘rishga arziydi va bu ko‘pincha yordam beradi. Uning tarkibida gidroksii mavjud. Bu o‘z navbatida, yog‘ kislotalari (hid manbaқi) bilan o‘zaro ta’sir qiladi va ularning ta’sirini zararsizlantiradi. Shu bilan birga, kir yuvish sovuni qanchalik to‘qroq rangga ega bo‘lsa, undagi gidroksidi komponentlarning miqdori shunchalik yuqori bo‘ladi. Shuning uchun quyuq sovun baliq hidini yanada yaxshiroq ketkazadi. Hid oddiy harakatlar yordamida qo‘llardan chiqariladi: kaftlarni uzoq va yaxshilab ko‘piklash tavsiya etiladi. Kir sovunidan keyin qolgan hid losion yoki krem bilan osongina ketkaziladi. Kislorodli oqartiruvchi Iste’mol sodasi va vodorod periksni o‘z ichiga olgan mahsulot. Ushbu komponentlar ochiq rangli kiyimlarda baliq dog‘lariga qarshi kurashda muvaffaqiyatli qo‘llaniladi. Kislorodli oqartirishning asosiy afzalligi — o‘z ichiga olgan moddalarda xlor yo‘qligidir. U boshqa oqartiruvchi preparatlarda bo‘lib, to‘qimalarga zararli ta’sir ko‘rsatadi. Nashatir spirti va idish yuvish vositasi Ushbu dorixona eritmasidan har qanday universal yuvish vositasi bilan birgalikda foydalanish baliq dog‘larini 100 foiz yo‘q qilishni kafolatlaydi. Gap shundaki, nashatir dog‘ yuzasida ishqoriy muhit hosil qiladi. Idishlarni yuvish vositasi baliq bilan ifloslangan materiallarning yuzalaridan reaksiyaga kirishgam dog‘larni tozalaydi.
68
4,132
Ayollar
Har bir ayol hayoti davomida hech bo‘lmasa bir marta foydalanishi kerak bo‘lgan 10 ta go‘zallik vositasi
Go‘zallik olami ayollarga shunchalar ko‘p vositalarni taklif etmoqdaki, tobora ular orasidan eng yaxshisini topish qiyinchilik tug‘diryapti. Ammo ayrim kosmetik mahsulotlar allaqachon o‘zining samaradorligini isbotlagan. Ular yillar davomida o‘z sifatini yo‘qotmaydi, go‘zallik bestselleri ro‘yxatida mahkam o‘rnashgan. Bunday afsonalarning atigi o‘ntasi bilan tanishib chiqish va hech bo‘lmaganda bir marotaba sinab ko‘rish zarur. YSL’dan Touche Eclat xaylayteri Narxi: 39 dollar Afsonaviy Touche Eclat xaylayteri yulduzlar va modellarning, shuningdek, oddiy ayollarning ham sumkasidan topiladi. Ushbu mahsulot 20 yildan buyon na tashqi ko‘rinishda, na sifatda o‘zgardi. Eng qizig‘i, statistik ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu mahsulot dunyo bo‘ylab har 20 soniyada sotiladi. Guerlain’dan Terracotta Moisturising Bronzing Powder pudrasi Narxi: 34 dollar Statistikaga ko‘ra, Guerlain YSL bestselleridan biroz pastroq – har 25 soniyada sotiladi. Aslida ushbu vosita bug‘doyrang bo‘lmagan qizlar uchun ham juda qo‘l keladi. Yuzga yengil rang berish, yonoqlarni konturlash yoki biroz jilo berish – Terracotta bunga juda mos keladi. Bundan tashqari, ushbu vosita ajoyib hid va qutiga ega. Giorgio Armani’dan Crema Nuda tonal kremi Narxi: 109 dollar Dunyodagi eng mashhur tonal kremlardan biri bu Giorgio Armani tomonidan yaratilgan Crema Nuda uning ta’siri juda sezilarli. U terini parvarishlaydi, kamchiliklarni berkitadi, yuz rangini yaxshilaydi va ajinlarga qarshi kurashadi. Narxi biroz qimmat bo‘lsa-da, undan bir marotaba bo‘lsa ham foydalanib ko‘rish tavsiya etiladi. Kiehl’s’dan Midnight Recovery Concentrate tungi konsentrati Narxi: 24 dollar Tungi konsentrat terini qayta tiklovchi eng yaxshi vosita bo‘lib, har daqiqada ushbu vositaning bittasi sotuv shoxobchalarini tark etadi. Ushbu mahsulot o‘z faoliyati davomida 50 dan ortiq xalqaro kosmetologiya mukofotlarini qo‘lga kiritgan. Tungi krem yuzni intensiv ravishda namlaydi, namlikni saqlovchi to‘siqni kuchaytiradi va ertalab terining ko‘rinishini yaxshilaydi. Sisley’dan Phyto Lip lab bo‘yog‘i Narxi: 30 dollar Aniqlanishicha, ushbu lab bo‘yog‘i dunyo bo‘yicha har daqiqada sotiladi. Uchli qalamdan foydalanish juda qulay, labning chetiga kontur bilan ishlov berishning keragi yo‘q. Bundan tashqari, lab bo‘yog‘i namlantiruvchi balzam xususiyatiga ham ega. Bourjois monoteni Narxi: 6 dollar Tabiiy ranglar, uzoq muddatga chidamlilik va dog‘larni berkitish xususiyatiga ega. Buyuk Britaniyada ayollar ushbu vositani har 90 soniyada sotib oladi. Dior’dan Dior Addict yaltiroq lab bo‘yog‘i Narxi: 20 dollar Afsonaviy Dior Addict yaltiroq lab bo‘yog‘i har bir qizning kosmetik vositalar turuvchi sumkasida bo‘lishi kerak, u labni namlantiradi va tinchlantiradi. Ushbu mahsulot qalin qoplam va yoqimli hidi bilan juda mashhur. Bundan tashqari, yaltiroq bo‘yoq chindan ham yorqin va hajmni orttiradi, turli ranglar palitrasini kengaytiradi. Chanel’dan Le Volume de Chanel tushi Narxi: 24 dollar Kipriklarga hajm beruvchi tush ancha yillar avval ishlab chiqarila boshlagan, uni “klassik” desa ham bo‘ladi. Ajoyib cho‘tkaga ega tush kipriklarni ko‘taradi, qayirib turadi, hajm hamda xuddi tabiiydek ko‘rinish beradi. Estee Lauder’dan Advanced Night Repair zardobi Narxi: 74 dollar Vaqt o‘tgan sayin kosmetik brendlar ko‘proq ajinlar uchun mahsulotlar ishlab chiqarmoqda. Ushbu vositadan muntazam ravishda bir oy davomida foydalanilsa, hatto nozik ajinlar ham ko‘rinmay ketadi. Bundan tashqari, zardob juda tejamkor vosita, yuz uchun bir necha tomchi kifoya. Make Up For Ever’dan HD Definition Powder pudrasi Narxi: 24 dollar Professional hisoblangan ushbu vosita dunyo bo‘yicha yetakchi mahsulotlar qatoridan joy olgan. Uni barcha ayollar xush ko‘radi. Statistikaga ko‘ra, pudra har 30 soniyada sotiladi va 2015-yilning o‘zidayoq 6 tonna pudra sotilgan. Yaxshi tomoni shundaki, u yuzda bilinmaydi va kamchiliklarni yashiradi.
104
3,884
Ayollar
Organizmda oqsil tanqisligini qanday bilish va to‘ldirish mumkin?
Oqsil yetishmasligini odamning umumiy ahvoli va tashqi ko‘rinishidan darrov bilib olsa bo‘ladi. Jismoniy kuch va mushaklar faolligidan tashqari, aqliy faoliyat ham keskin pasayadi. Shuning uchun organizmda proteinlar kamayishining sabablarini va ularni bartaraf etish yo‘llarini bilish juda muhimdir. Organizmda protein yetishmasligining asosiy sababi – tarkibida oqsil moddasi bo‘lgan ovqatlarning kam iste’mol qilinishi. Protein yetishmasligining ikkinchi darajali sabablaridan biri – organizmda modda almashinish jarayonining buzilishi bo‘lishi ham mumkin. Yoki endokrin tizimining yaxshi ishlamasligi ham bu sababni keltirib chiqarishi mumkin. Organizmda oqsil yetishmovchiligini bartaraf etish uchun tarkibida oqsil moddasi ko‘p bo‘lgan mahsulotlarni me’yorida iste’mol qilish tavsiya qilinadi. Bu oziq-ovqat mahsulotlariga quyidagilar kiradi: - parranda go‘shti (kurka, tovuq, o‘rdak); - yog‘siz mol go‘shti; - bedana va tovuq tuxumi; - yasmiq (chechevitsa), loviya; - boshoqli donlar (suli, arpa, bug‘doy); - butundonli non; - achitilgan sut mahsulotlari; Kilogrammdagi og‘irligingizni 1,5 ga ko‘paytirsangiz, siz uchun kunlik oqsilning grammdagi me’yori kelib chiqadi.
65
1,177
Ayollar
Idishlarni xavfsiz vositalar yordamida yuvamiz: 2 ta unutilgan eko-vositani eslaymiz
Taraqqiyot o‘zi bilan birga faqat farovonlikni emas, balki chiqimlarni ham olib keladi va biz buni hamma joyda uchratamiz. Yuvish vositalarining takomillashtirilgan qoidalari har qanday kirlarni mukammal tarzda ketkazishni osonlashtira boshlashi bilan odamlarda har xil allergiyalar namoyon bo‘lish hollari keskin ravishda oshdi. Salomatligimizni asrash uchun ekologik jihatdan toza bo‘lgan yuvish vositalariga qaytishning vaqti keldi. Zararli yuvuvchi vositalarni ekologik toza vositalarga almashtirishning  bir necha usullarini ko‘rib chiqamiz: Tarkibi: Tayyorlash usuli: Mayda qirg‘ichda qirilgan sovun maydasini issiq suvga soling va gubka bilan ko‘pirtiring. Soda, xushbo‘y yog‘ni qo‘shing va yana ko‘pirtiring. Mikserdan foydalanishingiz mumkin. Qo‘llash: Hosil bo‘lgan pasta yordamida siz nafaqat idishlarni, balki kafellar, santexnika va oshxona jihozlarini ham osongina tozalashingiz mumkin. Tarkibi: Tayyorlash usuli: Qirg‘ichda qirilgan sovunni metall idishga soling va ozroq issiq suv qo‘shing. Sovun yaxshilab erishi uchun metal idishni suv solingan boshqa idish ichiga joylashtiring va gazga qo‘ying. Qolgan suvni asta-sekin qo‘shing va sovun butunlay eriguncha aralashtiring. Keyin idishni olovdan oling va soviting. Tayyor bo‘lgan massa sovugandan keyin glitserinni va aroqni qo‘shing. Yaxshilab aralashtiring va alohida idishga solib qo‘ying. Qo‘llash: Hosil bo‘lgan vosita idishlardagi yog‘larni yaxshi tozalaydi va qo‘llarga zarar keltirmaydi. Manba: “Xitrosti jizni”
84
1,487
Ayollar
Hamma mamnun bo‘lishi uchun oila budjetini qanday olib borish kerak?
Er-xotinlarning har biriga pulni o‘zlari xohlaganlaridek sarflashga ijozat berish eng oson yo‘l hisoblanadi. Microsoft  veb-texnologiyalari bo‘yicha mutaxassis Skott Xanselman o‘z sahifasida, videolavhalarida gadjetlar, IT va shaxsiy muvaffaqiyatlari to‘g‘risida hikoya qiladi. Yaqinda men anchadan beri orzu qilib yurgan o‘yinga ilova qilinadigan qo‘shimcha sotib oldim. Uni uyga olib keldim va xotinimga ko‘rsatib maqtandim. Uni esa bunday narsalar umuman qiziqtirmaydi. “Ajoyib, — dedi u. — Bu radioda aytishgan o‘sha yangi ilovami?” Hech qanday tanbeh berish yo‘q. Narxi to‘g‘risida hech qanday savol ham yo‘q. Hech qanday pand-nasihat ham yo‘q. Bu qanday bo‘lishi mumkin? Hamma gap biz xotinim bilan bir-birimizga mayda-chuyda xarajatlar uchun naqd pul berishimizda. Biz oylik olganimizda, pullarning ma’lum qismini hisob raqamimizga qo‘yib qo‘yamiz. Keyin esa har birimiz shaxsiy xarajatlar uchun bir xil miqdorda mablag‘ olamiz. Bundan keyin xarajatlarni va soliqlarni to‘laymiz. Qolgan pullar jamg‘armaga ketadi. Ilgari biz bir-birimizni pullarni shaxsiy ehtiyojlarga ko‘p xarajat qilishda ayblar edik. Men — o‘yinlarga, xotinim esa — kiyimlarga. Bu xarajatlar bizning katta maqsadlarimizga olib boradigan yo‘lga to‘g‘anoq bo‘lar edi. Shuning uchun xotinim ajoyib g‘oya o‘ylab topdi. Boshida o‘z-o‘zimizga to‘lashimiz kerak. Shaxsiy pullaringizni istaganingizdek sarflashingiz mumkin. Va buning uchun hech kim hech kimsani ayblamaydi. Har birimiz shaxsiy mablag‘larimizni o‘zimiz xohlaganimizdek xarajat qilishimiz mumkin. Bu tizim ko‘p afzalliklarga ega. Kredit kartadan qilinadigan xarajatlarni ancha kamaytirdik. Qancha pulimiz borligini va qanchasini o‘zimizga sarflay olishimizni aniq bilamiz. Va biz moliyaviy rejalashtirish bo‘yicha bolalarimizga yaxshi o‘rnak ko‘rsatyapmiz.
68
1,791
Ayollar
Britaniya malikasi Keyt Middltonning eng yorqin yozgi obrazlari (foto)
Britaniya malikasi Keyt Middlton universal klassik uslubda kiyinishni afzal biladi. O‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, unda ishtirok etgan britaniyalik ayollarning 35 foizi Kembrij gersoginyasiga taqlid qilishi va uning kiyinishiga qoyil qolishi aniqlangan. Elle nashri jazirama kunlarda chiroyli, shu bilan birga ortiqcha bezaklarsiz yuksak did bilan kiyinishni istovchilar uchun zamonaviylik va ayollik nafosatini kiyinishida mujassam etgan Keyt Middltonning eng yorqin yozgi obrazlarini taqdim qiladi.
70
522
Ayollar
Sog‘liqqa zararsiz shirinliklarni tanlaymiz
Shirinlik ishlab chiqarishda xarajatlarni kamaytirish maqsadida har xil qo‘shimchalar, aromatizatorlar, ta’m va hidni kuchaytiruvchilar, emulgator va konservantlardan foydalaniladi. Zamonaviy desertlar, konfet, shokolad, yogurt va boshqa shirinliklarni iste’mol qilishning asosiy xavfi ham shundadir. Ba’zida hatto sog‘lom turmush tarziga amal qiluvchilar ham, parhez tutayotganlar ham shirinlik xohlab qolishadi. Shirinlik yeyishning oqibati hazm qilish organlarining buzilishiga olib kelmasligi uchun qanday shirinliklarni sotib olmaslik kerakligini esingizda tuting. 1. Pala-partish o‘ralgan mahsulot – sifatsizlikni bildiruvchi birinchi belgi hisoblanadi. 2. Shirinlik sifatini kafolatlovchi hujjat ko‘rsata olmaydigan, yo‘l bo‘yidagi va to‘xtash joylaridagi do‘konlardan sotib olmang. 3. Saqlash muddati va ishlab chiqarilgan vaqtini albatta har doim tekshiring. Qaymoqli va mevali shirinliklar tez buziladi va biologik qurolga aylanadi. Yaxshisi, qimmat bo‘lsa ham tarkibi tabiiy mahsulotlardan tashkil topgan shirinliklarni tanlaganingiz ma’qul.
43
1,053
Ayollar
Keng shim, fonar shaklidagi yubka — erkaklarga yoqmaydigan ayollar liboslari
Odatda erkaklar urfga kirgan kiyimlar haqida bosh qotirmaydi. Ayollar esa buning aksi, ular modaga ergashib turli ko‘rinish yaratsa, bu erkaklar uchun g‘alati tuyilishi tabiiy. Ularning  aksariyati noodatiylikni yoqtirmasligini tan oladi. Masalan, juda qulay ammo keng bo‘lgan shimlarni kiymang. Bu bilan erkaklarning kulgisiga qolasiz, ular bu uslubdagi kiyimni aslo yoqtirmaydi. Bilasizmi, erkaklar ayollarning ko‘ziga bir qarashdayoq sevib qolishi mumkin. Balki, ko‘ngil ko‘zda aks etgani uchun bo‘lsa kerak. Shuning uchun ham yoz kunlarida quyosh nuridan himoyalanish uchun ko‘zoynakning kichikrog‘idan xarid qiling, toki yuzingizni berkitib qo‘ymasin. Shuningdek, hech qanday bezaksiz va ko‘rinishi gladiatorlarnikiga o‘xshagan oyoq kiyimlardan voz keching. Ular sizga qanchalik yoqmasin, erkaklarning nazdida yarashmagandek tuyilaveradi. Mutaxassislar yoshi katta ayollarga o‘smirlar uchun mo‘ljallangan fonar shaklidagi yubkani tavsiya qilmaydi. Sababi bu bilan ayol qomatiga hech qanday oro berolmagan sanaladi. Agar siz avtoulov xizmatida yoki “benzokolonka malikasi” bo‘lib ishlamasangiz, u holda kombinezondan ham voz keching. Erkaklar butunlay shaklsiz bo‘lgani uchun ham bu libosni yoqtirmaydi. Erkaklarning g‘ashiga tegadigan eng yomon holat nima bilasizmi? Bu katta sumka ichidan biror narsani uzoq vaqt izlab, so‘ng topa olmaslik. Aynan shuning uchun ham libosingizga mos keladigan hamda turmush o‘rtog‘ingizga yoqadigan kichikroq sumka taqishga harakat qiling. Yuqorida aytilganlarning barchasini jamlagan holda kerakli xulosani chiqarib olish o‘zingizdan. Ajoyib bir yangi uslub o‘ylab topingki,  u o‘zingizga qulay va turmush o‘rtog‘ingizga yoqimli bo‘lsin. Kamchiligingizni yashirib, go‘zalligingizni ta’kidlaydigan liboslar garderobingizdan joy olgan bo‘lsa, bu g‘alaba qozonishning eng yaxshi variantidir.
76
1,834
Ayollar
Ishga joylashishning oson yo‘li bor!
Ishonmaysizmi? Bu yo‘l — savodli rezyume tuzish va o‘zini ko‘rsata bilish! Kompaniyamizga bir oyda yuzlab rezyumelar, ish borasida elektron maktublar kelib tushadi. Afsuski, ularning aksariyatini noto‘g‘ri to‘ldirilgan rezyumelar, xatolarga boy xatlar tashkil qiladi. Bir narsani tushunib yeting — ish bozori ham bozor! O‘zini aqlli, bilimdon, chaqqon ko‘rsatganlar ishini tez topadi, noni but bo‘ladi. Ikki qator gap yozishga erinib, ish beruvchiga yuborayotgan xat mavzusi “salom” bo‘lsa, bunday xodim, ming aqlli bo‘lmasin, hech kimga kerak emas. Birinchi navbatda siz o‘z bilimlaringiz, tajribangizni ko‘rsatib berishingiz kerak. Siz aqlli va jonkuyarmisiz? Ish beruvchi nazariga tushmoqchimisiz? U holda bizning maslahatlarimizga quloq tuting. O‘zingizga savol bering: shu ish sizga qiziqmi? Shunday ish bilan shug‘ullanishni xohlaysizmi? Agar javobingiz ijobiy bo‘lsa, vakansiyani sinchiklab o‘qib chiqing, nima ish haqida gap ketayotgani to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘ling. Birinchi bo‘lib oylikka qaramang! Hali hech narsani ko‘rsatmay turib, bir narsani qoyil qilmay turib, oylik haqida hatto o‘ylashingizning o‘zi noto‘g‘ri. Agar vakansiya bo‘yicha savollaringizga e’londan javob topa olmasangiz, unda ko‘rsatilgan telefonga qo‘ng‘iroq qilib yoki email manziliga maktub jo‘natib, batafsilroq ma’lumot olishga uyalmang. Taklif qilinayotgan ish, ishxonaning joylashgan joyi sizga to‘g‘ri kelsa, vakansiyada ko‘rsatilgan talablarga javob bersangiz, rezyume tayyorlang. Rezyume nima o‘zi? Bu so‘zni barcha ishga kirmoqchi bo‘lgan kishi bilishi kerak. Rezyume — o‘zingiz haqida qisqacha ma’lumot. Bu avtobiografiya ham, insho ham emas. Odatda jadval ko‘rinishida bo‘ladigan bir varaq hujjat. Hujjatda o‘z haqingizda (tug‘ilgan yil, joy va h.k.), olgan bilimingiz haqida (qayerda va qachon o‘qigansiz), avval ishlagan bo‘lsangiz, ishlagan joyingiz haqida (qachon, qayerda, qanday lavozimda, nima ishlar qilgansiz) qisqacha ma’lumot bering. Rezyume namunasi Davlat idoralari haqida bilmadim-ku, ammo bizning kompaniyaga o‘xshash yosh korxonalarga ota-onangiz, ularning qayerda ishlashlari va boshqa ma’lumotlar kerak emas. Rezyume — bu ish beruvchiga siz haqingizda dastlabki ma’lumotni beruvchi hujjat. Ish beruvchida ijobiy birinchi taassurot qoldirsangiz, ishingiz o‘ngidan keladi, buni unutmang. Shu sababli rezyumega katta ahamiyat bering. Rezyume faylini ish beruvchiga tushunarli qilib nomlang. Masalan, anvar-sodiqov-rezyume.doc. Agar faylni rezyume.doc deb nomlasangiz, rezyumengiz shunday nomlangan boshqa fayllar orasida yo‘qolib ketish ehtimoli bor. Rezyume namunasini yuklab oling Bugungi internet olamida hech kim qog‘ozli maktublardan foydalanmasa kerak. Shu sababli rezyumengizni kompyuterda tayyorlab, uni elektron pochta orqali jo‘natish kerak. Rezyumeni jo‘natish uchun quruq maktub va unga biriktirilgan rezyume fayli kifoya emas. Sizni ishga qabul qilishlarini xohlasangiz, rezyumengizga qo‘shib chiroyli (elektron) maktub yozing. Xat mavzusida o‘z ism-sharifingiz va qaysi vakansiyaga rezyume topshirayotganingiz haqida ma’lumot bering. Masalan: “Anvar Sodiqovdan Internet-jurnalist vakansiyasiga rezyume” Avval salom, ba’daz kalom, deb bejiz aytmagan dono xalqimiz. Shuning uchun ham maktubni assalomdan boshlang. Keyingi xatboshida ismingiz nimaligi, qaysi lavozimga ishga kirmoqchiligingiz va vakansiya haqida qayerdan ma’lumot olganingiz haqida yozing. Maktubni esa xatni qabul qilib oluvchi kishiga nisbatan hurmat bildirgan holda yakunlang. Ish beruvchiga yuboriladigan email namunasi. Ushbu emailga rezyumengizni biriktirishni unutmang Rezyume jo‘natganingizga ikki hafta bo‘ldi, ammo ish beruvchidan darak yo‘qmi? U holda yana bir qisqa email orqali undan rezyumengiz ko‘rib chiqilgan-chiqilmagani haqida so‘rang. Ish beruvchilarga ko‘p rezyumelar kelgani bois, sizga javob bermasligi yoki kech javob berishi mumkin. Ammo, agar sizning rezyumengiz savodli tuzilgan bo‘lsa, unga albatta javob berishadi va suhbatga chaqirishadi. Aytmoqchi, rezyumengizda ko‘rsatilgan telefoningiz doimo aloqada bo‘lishiga harakat qiling, email manzilingizni tez-tez tekshirib turing. Yuqorida bergan maslahatlarimizga rioya qilsangiz, sizni 100% ishga olishadi degani emas. Ammo, savodli rezyumeni ko‘rgan kadrlar bo‘limi xodimining boshqa kishini emas, balki aynan sizni ishga olish ehtimoli ortadi. Ishga kirish haqida yana savollaringiz bo‘lsa quyida ularni bering va biz javob qaytarishga harakat qilamiz. Ishlaringizga rivoj! ;)
36
4,453
Ayollar
Vizajistdan tavsiya: ko‘zlarga yorqin va ma’noli qilib pardoz berishning 8 siri
Ko‘zlarni makiyaj yordamida kattaroq va yorqinroq qilish uchun professional vizajist bo‘lish shart emas. Bir nechta oddiy sirlarni bilish kifoya. Iste’dodli vizajist Liliya Abdullayeva AdMe nashriga ko‘zlarni qanday qilib yorqin va ma’noli qilish sirlarini ochib berdi. Qoshlarni ajratamiz Qoshlarga urg‘u berib, yuz xususiyatlarini ta’kidlashingiz yoki tuzatishingiz mumkin: ko‘zni katta qilish, oval yuzni toraytirish yoki kengaytirish. Ten, qalamlar shaklni to‘g‘rilashga yordam beradi, masalan, tush qoshlarga hajm qo‘shadi, gel esa qosh tuklariga kerakli yo‘nalish beradi. Pastki qovoqqa oq qalam surting Agar nigohingizni yanada yorqin va ochiq qilishni istasangiz, pastki qovoqning shilliq qavatini yorqin rangdagi qalam yoki podvodka bilan bo‘yang. Buning uchun marvarid soyasi va fil suyagi rangi mos keladi. Haylayterdan foydalanamiz Haylayter yoki marvarid rangdagi tenlar ko‘zlarga yorqin rang qo‘shishga yordam beradi. Ularni qosh ostiga, ko‘zning ichki burchagiga va harakatlanuvchi ko‘z qovog‘ining markaziy qismiga qo‘llang. Kirpiklarni uzaytiramiz Agar kirpiklar qayrilma bo‘lmasa, unda jingalak qiladigan qisqichdan foydalangan ma’qul. Tush surtishdan oldin kipriklarni qayirib oling. Tushni kiprik ildizidan uchigacha surting. Sun’iy kirpiklar ham ko‘zlarni tabiiy ravishda kattalashtirishga yordam beradi. Och jigarrang ten ishlatamiz Och jigarrang ten palitrasi istisnosiz hammaga mos keladi. Tepa qovoqning tag qismini ochroq rang, qovoq burmasini to‘q rang va qosh yoyigacha ochroq qilib bo‘yang. Bu ko‘zlar shakliga urg‘u berishga yordam beradi. Kirpik konturini to‘q rangga bo‘yaymiz Kiprik konturini qoraytirish nigohni yanada ma’noli qiladi. Moviy rang ko‘zlarni yorqinroq qiladi Makiyajdagi ko‘k tenlar yashil, ko‘k va jigarrang ko‘z egalarining deyarli barchasiga mos keladi. Aynan shu rang nigohingizni yanada teranroq va ifodali qiladi. Rangli tenlarni ishlatishdan qo‘rqmang Rangli tenlar shunchaki obrazga urg‘u berishi yoki pardozda asosiy o‘rinni egallashi mumkin. Bundan tashqari, rang-barang ten ham obrazga zamonaviylikni beradi. Buning uchun kontrast ranglardan foydalaning.
79
2,121
Ayollar
Kuzda urfga kirgan 90-yillarning makiyajidagi trendlar (foto)
Nafaqat kiyinish, balki makiyaj va soch turmaklari bilan bog‘liq urflar ham tez-tez yangilanib turadi. Bir vaqtlar urfda bo‘lgan keyin unutilgan trendlar, yana dolzarb bo‘lishi hech gap emas. Vizajistlar 2020-yilning kuz-qish mavsumida 90-yillarga xos bo‘yanish qayta urfga kirishini ta’kidlamoqda. Kipriklarga urg‘u berish 90- yillarda ayol va qizlar makiyajlari uchun xos bo‘lgan kipriklarga urg‘u berish yana urfda. Alohida-alohida va uzun bo‘lib turadigan kipriklarga erishish uchun kiprik qayiradigan vositadan foydalanib so‘ngra tushni bir yoki ikki qatlam qilib surtish mumkin. Oqshom tadbirlari va ziyofatlari uchun esa ulama kiprik yopishtirish, ammo sun’iyligi bilinib qolmaydiganini tanlash kerak bo‘ladi. Och va yorqin bo‘lmagan ten So‘nggi 5-10 yilda ko‘zlarni yorqin rangda bo‘yash urfda bo‘lgan, 30 yil avval esa hammasi boshqacha: vizajistlar, asosan, och bo‘yoqlarga e’tiborini qaratgan. Och  siyohrang yoki moviy va teri rangidagi tenlarni surtganda tushdan foydalanmasa ham bo‘ladi, chunki bu rangdagi bo‘yoqlar ko‘zni shundoq ham katta ko‘rsatadi. Labga to‘q rangli kontur chizish Sindi Krouford va Viktoriya Bekhemlarning 90-yillardagi makiyajiga nazar tashlansa, aynan mazkur bo‘yanish uslubidan foydalanganini ko‘rish mumkin. Labingiz odatdagidan kattaroq ko‘rinishi uchun uning atrofiga jigarrang lab uchun mo‘ljallangan qalam surtib, ichini och jigarrang lab bo‘yog‘i bilan bo‘yang. Och ko‘k rangli ten 2010-yillardan ko‘k ten antitrend hisoblanib, uni makiyajda qo‘llamaslik kuzatilgandi. Lekin moda tez o‘zgaradi va oradan 30 yil o‘tib, ko‘zni shunday bo‘yash yana urfga kirdi. Och ko‘k, moviy rangdagi tendan kundalik, oqshom tadbirlari uchun esa klassik ko‘k rangdan foydalanish tavsiya qilinadi. Glitter Ko‘z qovoqlariga “blesk” surish 90-yillarda Gollivud yulduzlari va supermodellar tomonidan keng qo‘llanilgan. 2020-yilning kuzida esa mazkur bo‘yanish uslubi yana urfga kirdi. Glitterdan, ayniqsa, maxsus uchrashuv va oqshom ziyofati uchun obrazga moslagan holda foydalaning va atrofdagilardan yorqinlik bilan ajralib turing.
61
2,063
Ayollar
Karantindagi hindistonlik ayol sochini sanchqi yordamida jingalak qildi (video)
Hindistonlik Priyanka Vkarma sochini sanchqi, shpilka va makiyaj uchun mo‘ljallangan cho‘tka yordamida turmakladi. Bu haqda The Sun xabar berdi. TikTok foydalanuvchisi bo‘lgan ayol uy sharoitida sochni qanday chiroyli tarzda turmaklash mumkinligini video orqali ko‘rsatib berdi. Videoda Priyanka sanchqiga sochini o‘rab, uni ployka yordamida qotirayotganini ko‘rish mumkin. Makiyaj cho‘tkasi esa qizga sochini kattaroq jingalak to‘lqinlar yaratishiga yordam bergan.  Sochingizni fen va ploykasiz Gollivud modellarniki singari turmaklang
79
538
Ayollar
Bo‘yni qanday o‘stirish mumkin?
Balog‘atga yetgandan so‘ng bo‘y o‘stirish juda qiyin masala. Faqat o‘smir yoshdagilargina o‘sish zonalari ochiq bo‘lgan paytida 5 yoki 10 santimetrga o‘sishi mumkin. Lekin gavdani to‘g‘rilash, orqa mushaklarni mustahkamlash va kiyim tanlashda qator qoidalarga amal qilish odamni balandroq qilib ko‘rsatadi. Ilmiy tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, odamning bo‘yi shakllanishida asosiy rollarni genetik omillar va irq o‘ynaydi. Tashqi omillar (yaxshi ovqatlanish va sport bilan shug‘ullanish) 15-20 foizgacha natija beradi. Katta yoshda bo‘yni 5 sm ga o‘stirish ancha oson. Buning uchun kiyinish uslubini o‘zgartirish va gavda yaxshilanishi uchun muntazam ravishda maxsus jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish kifoya. Bukchayishni bas qiling. Doimiy ravishda o‘tirgan holatda bo‘lish gavdaning buzilishiga va asta-sekin bo‘yning bir necha santimetr pasayishiga olib keladi. Yelkalarni to‘g‘rilang. Yelkalarni to‘g‘rilagan holda gavdani tik tutish — balandroq bo‘lishning eng oddiy usuli. Lekin gavdani to‘g‘rilash — murakkab va kompleks davolash bo‘lgani uchun yaxshisi uni shaxsiy trener yordamida o‘tkazish ma’qulroq. Tana mushaklarini mustahkamlang. Orqa va yelka mushaklarini rivojlantirish gavdani to‘g‘ri tutishni yengillashtirish bilan birga qomatni chiroyli qilishga ham yordam beradi. To‘g‘ri rangda kiyining. Kiyim odamni baland yoki pastroq ko‘rsatishga qodir. Bo‘yni balandroq ko‘rsatuvchi eng yaxshi kombinatsiya “och rangli pastki + qoramtir rangli yuqori” tarzda kiyinish hisoblanadi. Manba: “Fitseven.ru”
31
1,517
Ayollar
Nima uchun husnbuzarlarni siqish mumkin emas?
Husnbuzarlar yoki toshmalar — tuk follikulalari va unga tutashib ketgan ter va yog‘ bezlarining yallig‘lanishi natijasida paydo bo‘ladi. Aknelarning turli xil tasniflari mavjud. Lekin umumiy holda ularni ikki toifaga ajratish mumkin: husnbuzarlar va komedonlar. Komedonlar — bu teri teshiklarining yog‘ bezlari shirasi tufayli bekilib qolishi tufayli paydo bo‘ladigan toshmalar. Agar buning natijasida yog‘ bezlari yallig‘lansa, unda husnbuzarlar hosil bo‘ladi. Teri bezlaridan yog‘ ajralib chiqishining yuqori bo‘lishi yoki yuz terisini noto‘g‘ri parvarish qilish tuk follikula teshiklarining yopilib qolishiga olib keladi, bu esa teri yuzasida har doim yashaydigan bakteriyalarning ko‘payishi uchun qulay sharoit yaratib beradi. Bu esa o‘z navbatida yallig‘lanishning kuchayishiga yordam beradi. Natijada follikula atrofidagi soha qizaradi, shishadi va og‘riq paydo bo‘ladi, asta-sekinlik bilan yiring yig‘iladi. U yorilsa, teri infeksiyadan va to‘planib qolgan yog‘lardan tozalanadi. Agar siz mustaqil ravishda husnbuzarlarni siqsangiz, bu yallig‘lanishning tarqalib ketishiga, dog‘larning to‘planishiga, giperpigmentatsiyaga va hatto qonning zaharlanishiga olib kelishi mumkin. Ba’zan shundan keyin yuzda uzoq vaqtgacha yo‘qolmaydigan chandiqlar va qizil-ko‘kimtir dog‘lar qoladi. Shuning uchun toshma kasalliklarini davolash uchun yaxshisi kosmetologga murojaat qilish kerak. Ko‘r-ko‘rona aralashuv oqibatida teri zararlanishidan ko‘ra husnbuzarlarni davolash osonroq ekanligini e’tiborga oling. Buning oldini olish uchun sabr qilishga to‘g‘ri keladi. Agar sizda chandiqlar qolgan bo‘lsa, kosmetolog tarkibida kollagen va gialuron kislotasi bo‘lgan filler inyeksiyalarini, suyuq azot, piling, lazerli silliqlash yordamida qilinadigan davolash usullarini taklif qilishi mumkin. Manba: “Woman.ru”
45
1,800
Ayollar
Haqiqiy do‘stlikni qanday bilish mumkin?
Sinfdosh, kursdosh va hamkasblar soni ko‘p bo‘lishi mumkin, lekin ularning hammasi ham yaqin va haqiqiy do‘st bo‘lavermaydi. Do‘stingiz haqiqiymi yoki yo‘q qanday bilish mumkin? Quyida ushbu savollarga javob beramiz. Qiziqish Haqiqiy do‘st sizning hayotingizda bo‘layotgan voqea-hodisalarga befarq bo‘lmaydi, yaxshi-yomon kuningizda yoningizda bo‘ladi, boshingizga ish yoki dard tushganida sizni yolg‘iz qoldirmaydi. Ishlaringiz qanday ketyapti, kayfiyatingiz qandayligiga qiziqadi va siz o‘zingizni yomon his qilayotganingizda sizni yupatib, yechim topish uchun hech bo‘lmaganda maslahat beradi. Agar do‘stingiz sizga e’tibor qilmasa va befarq bo‘lsa, demak, o‘rtangizdagi munosabatlar samimiy emas. Ishonch Ishonch har qanday munosabatlarda muhim rol o‘ynaydi. O‘rtada ishonch yo‘qoldimi, hech narsa avvalgidek bo‘lmaydi. Siz siringizni ishonib aytgan inson uni jiddiy qabul qilmasdan boshqalarga yetkazdimi, unda bunday do‘stning boridan yo‘g‘i yaxshi. Manfaat kutmaslik Yaqin do‘st deb baho berishga oshiqmang. Unutmang, yoningizdagi insonlar shunchaki vaziyat taqozosi bilan vaqtinchalik bo‘lishi, ular bilan birgalikda vaqt o‘tkazish yoqimli bo‘lishi mumkin. Tanishlaringiz ko‘p bo‘lishi mumkin, lekin yillar sinovida saralanib, manfaat kutmasdan hamisha siz bilan yelkama-yelka bo‘lgan insonlar haqiqiy do‘st bo‘ladi. Do‘st achitib gapiradi Turli vaziyatlarda yuzaga kelgan tushunmovchiliklarda oqni oq, qorani qora ,deb sizga yo‘l ko‘rsatuvchi insonlarni qadrlang. Ular sizga yaxshi ko‘rinish uchungina qilgan ish va qarorlaringizni ma’qullab turmaydi. Siz eshitishni xohlaysizmi, yo‘qmi, haqiqatni yuzingizga aytadi. Ko‘zingizga yaxshi ko‘rinish uchun ikkiyuzlamachilik va tilyog‘lamalik qilgan insonlardan uzoqroq yuring. Hurmat Bir insonning ikkinchisiga bo‘lgan hurmati siz uchun muhim kun va sanalarda namoyon bo‘lishi mumkin. Siz muammolaringiz bilan bo‘lishganda sovuqqonlik bilan tinglagan va e’tibor bermagan inson sizni hurmat qilmaydi. Qo‘llab-quvvatlash Do‘sti uchun jonini fido qiladiganlar yo‘q bo‘lishi mumkin, lekin sizga yaxshi bo‘lishi uchun borini ayamaydigan inson bo‘lsa, uni qadrlashingiz kerak. Sizni mansabingiz yoki sizdan tegadigan foyda emas, inson sifatida hurmat qiladigan, hech narsa kutmaydigan inson bilan bir umrlik munosabat bo‘lishi aniq. Unutmang, vaqtinchalik, kayf-safoga sherik bo‘ladigan qo‘shtirnoq ichidagi oshnalar juda ko‘p, haqiqiy va ishonchlilarini esa topish qiyin.
40
2,422
Ayollar
So‘nggi 10 yil ichida eskirgan 12 ta uy jihozi
2020-yilga kelib, kundalik hayotda juda ko‘p o‘zgarishlar yuz berdi. Ma’lum bo‘lishicha, ko‘p narsalar eskirgan, ba’zilari allaqachon urfdan qolgan va ularni ishlatishga hech kimning vaqti ham bo‘lmaydi. Uy telefoni Uyali aloqa paydo bo‘lishi bilan ushbu qurilma uzoq vaqtgacha yagona aloqa vositasi bo‘lib keldi. Hozirda ular ayrim korxonalarda saqlanib qolgan xolos. Keyinchalik tugmachali telefonlar paydo bo‘ldi va ularning taqdiri ham shunday yakun topdi. Ularni keksa avlod vakillarida uchratish mumkin. Shuningdek, bolalar uchun ham shu kabi qurilmalar xarid qilinadi, sababi buzilsa yoki yo‘qolsa ham zarar qilmaydi. Bugungi kunda esa aksariyat insonlar smartfonlardan foydalanishni afzal biladi. Ventilyator Bir vaqtlar issiqdan qochishning yagona chorasi edi. Endi esa ularni o‘rnini bosuvchi konditsioner mavjud. Ventilyator faqatgina havoni qisman sovutishni amalga oshirgan bo‘lsa, konditsioner ham isitib, ham sovutish imkoniyatiga ega. Musiqa eshitish moslamasi Bu qurilma o‘n yil avval kasseta va disklar, hattoki radio kanallarni uzatuvchi eng sevimli moslama edi. Endi esa hajman katta bo‘lgan ushbu qurilmani bir necha turli ko‘rinishdagi texnikalar egallab oldi. Garchi u ayrim xonadonlarda saqlanayotgan bo‘lsada, undan deyarli hech kim foydalanmaydi. Hozirda smartfon, notbuk yoki karnaylar ham xuddi shu vazifani bajara oladi. Go‘sht maydalagich Go‘sht maydalagich 10 yil avval har bir bekaning oshxonasidan topilar edi. Hozirda go‘sht mahsulotlarini tayyor qiymalangan holda sotib olish mumkin. Shuningdek, turli xildagi mahsulotlar uchun elektron maydalagich ham ishlab chiqarildi. Ushbu qurilma garchi hajman yirik bo‘lsada, vaqtni tejash borasida ancha afzalliklarga ega. Oshxona kombayni Ushbu qurilma bir vaqtlar hammani hayratga solar edi. Endi esa uni qo‘yish uchun joy ham yo‘q. Ularning o‘rnini mikser va blender egalladi. Ular har tomonlama qulay bo‘lib, foydalanilgandan so‘ng har bir qismini alohida yuvish shart emas. Ko‘cha termometri Endi derazadan tashqariga ilingan termometrni kuzatishning keragi ham yo‘q. Sababi smartfonning maxsus dasturlaridan foydalanish orqali ob-havo ma’lumotini bilib olish mumkin. Shuningdek, Favqulodda vaziyatlar vazirligi har doim ob-havo sharoiti to‘g‘risida ogohlantiirb, telefon raqamga xabar yuboradi. Metall choynaklar Bu yerda, albatta, qalin va suv qaynashi qyin bo‘lgan choynaklar nazarda tutilyapti. Hozirda ularning o‘rnini yupqa metalli hamda hushtak chaluvchilari yoki elektron choynaklar egalladi. Ular suvni uzog‘i bilan 5-10 daqiqada qaynatib beradi. So‘ngra qaynagandan so‘ng o‘zi avtomatik ravishda o‘chadi. Budilnik Endi ko‘pchilikning uyida budilnik avvalgidek bir xil ovozda jiringlamaydi. Ular ham o‘z o‘rnini smartfonning yana bir qulay dasturiga bo‘shatib berdi. Smartfondagi mavjud musiqalar yordamida uyg‘otgich tovushlarini istagancha o‘zgartirish mumkin. Vafli qolipi Vafli qoliplari ham ko‘p joy egallashi tufayli bekajonlarning oshxonasidan chiqib ketdi. Albatta, uning o‘rniga har tomonlama qulay, turli xil shirinliklar pishirish mumkin bo‘lgan bir necha shaklni o‘z ichiga olgan qurilmalar ishlab chiqarildi. Bug‘li pishirgich Texnika olamida multivarka paydo bo‘lishi bilan alohida pech hamda bug‘li pishirgichlar asta-sekin iste’moldan chiqa boshladi. Sababi multivarka joyni tejaydi, kerakli barcha narsani yog‘siz hamda belgilangan vaqtda pishiradi, shuningdek, ovqatni idishda iliq tutadi. Umuman olganda parhez va sog‘lom ovqatlanish qoidalariga amal qiladiganlar uchun ayni muddao. Non pishirgich Endi non pishirish uchun alohida qurilma oshxonada joy egallab turmaydi. Kamdan-kam hollarda uyda non pishirilishi mumkin. Odatda turli xildagi nonlar savdo rastalarida sotiladi. Agarda uyda pishirilgudek bo‘lsa, uni shirinlik, somsa, taom tayyorlasa ham bo‘ladigan pechda pishirib olish mumkin. Yarim avtomat kir yuvish mashinasi Avtomat bo‘lmagan kir yuvish mashinalariga qancha vaqt sarflash mumkin? U avval suv bilan to‘ldirladi, kiyimlar solinadi. Ma’lum daqiqadan so‘ng yana ular almashtiriladi va suv yangilanandi. Bularning barchasini inson qiladi. Kir yuvish mashinasi esa shunchaki kirlarni baland ovoz bilan aylantiradi. Ammo avtomat kir yuvish mashinasi bunday emas. Yuvilishi kerak bo‘lgan narsalar shundoqqina ichiga solinadi. Vaqt belgilanadi. O‘zi yuvib, quritib ham qo‘yadi. Natijada bekajonlar bu vaqtda boshqa ishlarini qilishga ulgurib qoladi.
46
4,371
Ayollar
Xarid mobaynida nimalarni bilish kerak?
Hozirgi kunda supermarket, minimarket va boshqa savdo markazlarida turli xil payqash mushkul bo‘lgan hiylalar mavjud. foto: cloudapp.net Deyarli 70% mahsulotlar narxining oxirgi raqamlarida “9000”, “900”, “90” ni ko‘rishimiz mumkin. Bundan maqsad inson psixologiyasiga ta’sir o‘tkazishdir. Aytaylik, siz  xarid qilmoqchi bo‘lgan narsangiz narxi 3990 so‘m. Siz bu summani 3000 dan sal ko‘proq deya tasavvur qilasiz. Vaholanki, bu mahsulot narxi atigi 10 so‘m kam 4000 so‘mdir. Kassa yonidagi bir-biridan rang-barang, “ko‘zni o‘ynatuvchi”  narsalar ham shunchaki kichik hiyladir. Siz navbat kutayotgan paytingizda beixtiyor ularga qaraysiz va “Ulardan ham olsam zarar qilmaydi” deya o‘ylaysiz. Bu esa sotuv sifatini oshiradi, cho‘ntagingizni esa, qo‘pol qilib aytganda “quritadi”. Hech qachon “Aksiya”larga qaramang, agar sizga o‘sha mahsulot chindan ham  kerak bo‘lmasa . Chunki, ular atay mahsulotlarning ba’zilariga sovg‘alar qo‘shib berishadi. Albatta sovg‘a hammaga ham yoqadi, ammo arzimagan narsani deb sizga umuman kerak bo‘lmagan narsani sotib olishingiz hamyoningizga “yoqmasligi” aniq. Hisob-kitobdan so‘ng, chekka ko‘z yugurtirib chiqing. Axir sotuvchi ham odam, u ham adashishi mumkin. Yoki sizning e’tiborsizligingizdan unumli foydalanib qolishi ham mumkin. Har bitta narsani xarid qilishdan oldin o‘zingizga savol bering “Chindan ham shu menga kerakmi?” “Uning uchun hamyonimni ochsam arziydimi?” deb. Yuqoridagi maslahatlarimizga quloq tutsangiz, cho‘ntagingiz but bo‘ladi :)
39
1,491
Ayollar
Bir yil davomida hech narsa sotib olmay, uy uchun pul yig‘gan bloger ayoldan maslahatlar
Lana Joanna Jarvis taniqli bloger bo‘lib, u oilaviy budjet va mablag‘ni tejash bo‘yicha bir qancha maslahatlar beradi. Bloger 2019-yilni “xaridsiz bir yil” nomi ostida o‘tkazdi. Bu maqsadsiz xarid, xarid uchun sayohat va dam olish uchun savdo markazlarida do‘stlar bilan aylanishni anglatadi. Qilingan xarajatlar esa faqatgina kerakli bo‘lib, yil oxiriga kelib esa Lana salkam 35 ming dollar tejadi. Bu orzudagi uyning bir qismini to‘lash uchun yetarli edi. Lara agar hali ehtiyoj uchun kerak bo‘ladigan mahsulotlarni tejashga imkon topa olmaganlar uchun ortiqcha pul sarflamaslikka yordam qiluvchi 5 ta maslahat berib o‘tdi: 30 kunlik kutish qoidasi Agar do‘konda biror buyum yoqib qolsa, plastik kartasini ochishga shoshmaslik zarur. Buyum chindan ham zarur bo‘lsa, o‘ylab ko‘rish uchun 30 kun muhlat tayinlash kerak. So‘ngra bir oy mobaynida mazkur buyum istaklar ro‘yxatiga kiritib borilsin. O‘tgan vaqt mobaynida ham istak o‘zgarmasa, demak, uni xarid qilish mumkin. Ushbu qoida keraksiz sarf-xarajatlarning oldini oladi. Laraning aytishicha, ko‘pincha inson vaqt o‘tib xarid qilgan narsasiga muhtoj emasligini anglaydi.  Ba’zida kayfiyatni ko‘tarish uchun ham ko‘ylak sotib olish mumkin. Lekin keyinchalik uning keraksizligi yaqqol namoyon bo‘ladi. Ovqatlanish rejasi Avval ovqatlanish rejasi tuziladi va bir oylik mahsulotlar oldindan sotib olinadi. Sifati tez buziladigan masalliqlarni har hafta xarid qilgan ma’qul. Bu har tomonlama tejash imkonini beradi. Ulgurji sotib olingan mahsulotlar uyda bo‘lganidan so‘ng, ularni do‘konma-do‘kon izlashga ortiqcha vaqt sarflanmaydi. Ovqatlanish rejasini tashkil etishning yana bir sababi shundaki, u stressni yengillashtiradi. Sovutgich hamisha to‘la va tushlik yoki kechki ovqat uchun nima tanovul qilinishi ma’lum. Shu tarzda pul, vaqt va salomatlikni asrash mumkin. Naqd pul foydaliroq Naqd pul orqali to‘lov qilish hamisha tejamkorlikni keltirib chiqaradi. Xaridor bu borada qancha pul sarflaganini aniq bilib turadi va aqchalarga e’tiborsiz bo‘lmaydi. Plastik kartochka orqali qilingan to‘lovga odatda insonlar unchalik ham ahamiyat bermaydi va pullarni shu darajada oson sarflab yuborilganini ham sezmaydi. Yoqtirgan libosda suratga tushish Garderob to‘la kiyim bo‘lsa-da, go‘yoki kiyadigan hech qanday libos yo‘qdek tuyuladi. Shuning uchun ham tez-tez kiyim do‘koniga tashrif buyurish kuzatiladi. Lara esa shkafni butunlay nazoratga olish va yoqtirgan liboslarni kiyib, suratga tushishni tavsiya qiladi. Bu orqali shkafda tuzukroq kiyim yo‘qligini bahona qilgan vaqtda, telefondagi suratlar orqali inson o‘ziga yarashgan liboslarni tanlashi oson hamda samarali. “Nega” degan savolga javob Agar insonda katta maqsadlar bo‘lmasa, demak, unga motivatsiya yetishmaydi va bu tejamkorlik haqidagi maslahatlar befoyda. Avval nimaga erishish uchun tejamkorlikni boshlashni aniqlab olish zarur. Bu balki smartfon, mashina, sayohat yoki uy uchun to‘lov bo‘lishi mumkin. Ana shu orzuni tasavvur qilish va shunga o‘xshash suratni xonaga osib qo‘yish tavsiya etiladi.
88
3,018
Ayollar
Sovun yordam berishi mumkin bo‘lgan 20 vaziyat
Sovundan faqat yuvinishda foydalanish mumkin, deb o‘ylaydiganlar fikri ushbu maqoladan keyin o‘zgarishi aniq.
46
109
Ayollar
Uyni toza tutish uchun nimalarga e’tibor berish kerak?
Bugun biz sizga uyni tozalikda saqlash uchun muntazam ravishda nimalar qilish kerakligi haqida aytib bermoqchimiz. Balki siz ba’zi narsalar haqida unutgan bo‘lishingiz mumkin. Amerikalik mashhur dermatolog Joel Shlessinger yostiq jildlari va choyshablarni har hafta almashtirishni tavsiya qiladi. Ish kunidan keyin teri va sochlardan yog‘ va zararli bakteriyalar ajralib chiqadi — ular turli xil toshmalar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Siz uxlashga yotasiz va ular choyshablarga o‘tib oladi. Bunday holat har kuni yuz beradi. Vannadan keyin tana yuzasida artinganda sochiqqa o‘tib qoladigan va yana tanaga qaytib keladigan terining millionlab o‘lik hujayralari qoladi. Agar sochiq ochiq havoda shamollatilmasdan vannaxonada quritilsa, yoqimsiz hid paydo bo‘ladi. Qo‘l artiladigan sochiqdan hech qachon yuz uchun foydalanilmaydi — bakteriyalar qo‘ldan yuz terisiga o‘tishi mumkin. Yuz artadigan sochiqni har foydalangandan keyin almashtirish kerak. Chiqindini tashlab, paketni almashtirgandan keyin albatta qo‘lingizni yuving. Chiqindi chelagida siz tasavvur qilganingizdan ham ko‘ra ko‘proq bakteriyalar yashaydi. Bakteriyalar butun uyga tarqalib ketmasligi uchun u ham ikki haftada bir marta maxsus vositalar yordamida jiddiy zararsizlantirishni talab qiladi. Sovitgichni xuddi muntazam ravishda yuvish kerak emasdek  ko‘rinadi. Bu noto‘g‘ri. Oziq-ovqatlar bakteriyalar ko‘payishiga sabab bo‘ladigan joylarda ham buziladi. Shuning uchun bir haftada ikki marta ho‘llab tozalash ishlarini amalga oshirib turish kerak. Manba: “Woman.ru”
54
1,537
Ayollar
Ko‘zlarni kichik ko‘rinishiga sabab bo‘ladigan makiyajdagi 7 xato
Makiyajdagi qanday xatolar ko‘zlarni kichik ko‘rsatishiga sabab bo‘lishi haqida to‘xtalib o‘tamiz. Ko‘z rangiga mos ten tanlash Ko‘z rangidagidek ten surtish urfdan qolganiga ancha bo‘lgan. Moviy ko‘zlarga moviy, jigarrang ko‘zlarga jigarrang ten surtishni ko‘nglingiz istasa, qovoqning tashqi burchagiga to‘q podvodka surtishni unutmang. Ko‘zning tagini qora qalam bilan bo‘yash Ko‘zning pastki qismiga qalam yoki podvodka surtish tavsiya qilinmaydi. Kundalik obraz uchun ayni muddao bo‘lmagan mazkur usul ko‘zlar qisiq va kichik ko‘rinishiga sababchi bo‘ladi. Ko‘zga qalam surtilganidan keyin uning ustidan bo‘yamaslik Ko‘zning tagiga qalam surtgandan keyin uni bir chiziq bo‘lib turmasligi uchun bo‘yoqni tarqatib, singdirishga harakat qilish kerak. Buning hisobiga ko‘zlar kichik, nigohlar esa o‘qraygandek ko‘rinadi. Ko‘zning yuqori qismidagi kipriklarni qayriltirmaslik Tush surtishdan avval kipriklarni qayriltirish ularni qalin va uzun ko‘rinishiga sabab bo‘ladi. Natijada ko‘zlar katta va nigohlar porloq ko‘rinadi. Ko‘zlarni “smoki-ays” usulida bo‘yash Bunday makiyaj ko‘zlarni katta ko‘rsatadi deb o‘ylasangiz yanglishasiz. Ko‘z shakliga urg‘u berishi mumkin, ammo katta ko‘rsatmasligi aniq. Buning o‘rniga kumushrang bo‘yoqdan foydalanish va kipriklarga tush surtish tavsiya qilinadi. Haddan ortiq och rangli konsilerdan foydalanish Aksariyat hollarda ko‘z ostidagi halqalarni yashirish uchun och konsilerdan foydalaniladi. Ammo bu ko‘zlarning aslidan kichik ko‘rinishiga sababchi bo‘ladi. To‘q, yaltiramaydigan tenlardan foydalanish Tovlanmaydigan to‘q rangli ten surtish ko‘zlarni katta ko‘rsatmaydi. Undan podvodka o‘rniga foydalanishingiz mumkin, ammo qovoqlarga ten sifatida surta ko‘rmang.
65
1,709
Ayollar
Poyabzalni noto‘g‘ri tanlab, chiroyli obrazga putur yetkazgan Gollivud yulduzlari (foto)
Ko‘ylak bilan krossovka kiyish mumkinligi yangilik emas, moda mutaxassislari ham bunday tanlovdan qo‘rqmaslikni tavsiya qiladi, lekin joyiga qarab kiyinishni unutmaslik kerak. Masalan, Kann kinofestivali yoki “Oskar” mukofotini taqdirlash marosimiga krossovka kiyishni aqlga sig‘dirib bo‘lmaydi. “Lady.mail.ru” nashri poyabzal noto‘g‘ri tanlangani oqibatida didsiz bo‘lib tuyilgan yulduzlar suratlarini taqdim qiladi.
88
417
Ayollar
Ish joyida bo‘yindagi og‘riqni kamaytirish yo‘llari
Zamonamizning eng keng tarqalgan muammolardan biri – bo‘yin va beldagi og‘riqlar hisoblanadi. Odatda bunday og‘riqlar ko‘pincha o‘tirib ishlaydiganlarni ayni ish vaqtining o‘rtasida bezovta qiladi. Klaviaturani tirsaklar 90 darajali burchak ostida bukiladigan va stol ustidan osilib turmaydigan qilib joylashtiring. Qo‘lning bunday holati bilaklarni charchashdan saqlaydi. Shifokorlar maxsus ortopedik o‘rindiqlarni tavsiya qiladi. Bunday o‘rindiqlar mushaklardagi kuchlanishni yumshatish va beldagi bosimni kamaytirish bilan bukchayishning oldini olishga yordam beradi. Ish kuni davomida har 45—60 daqiqada turish va mashq qilish juda muhimdir. Bu tanani o‘tirish holatida tutib turuvchi mushaklarning ma’lum guruhlari kuchlanishini yengillashtirishga yordam beradi.
51
768
Ayollar
Qishki kurtka tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak?
Qish fasli issiq kiyim xarid qilishning ayni vaqtidir. Palto, kurtka yoki shuba - ularning har biri o‘ziga yarasha afzallik va kamchiliklarga ega. Ular tashqi ko‘rinishi bilan bir qatorda sovuqdan himoya qilish darajasi bilan ham farq qiladi. Bugun bozor va do‘konlardagi kurtkalarning turli-tuman assortimenti orasidan o‘zingizga mosini tanlash haqida so‘z yuritamiz. Par kurtka (puxovik) eng ommabop qishki kiyimlardan biridir. Ular issiq va yumshoq bo‘lib, sovuq shamoldan juda yaxshi himoya qiladi. Agar shapka kiyishni xush ko‘rmasangiz, ularning kapyushonlisini tanlang. Mo‘ynali kurtkalar eng issiq, shu bilan birga eng qimmati hamdir. Ko‘p vaqtingizni ochiq havoda o‘tkazsangiz yoki sovuq mamlakatlarga sayohat qilishni yaxshi ko‘rsangiz, aynan mo‘ynali kurtka xarid qilishni tavsiya etamiz. Soxta mo‘ynaga duch kelmaslik uchun xaridni kafolat beruvchi do‘konlardan amalga oshirish zarur. Agar katta hajmli ustki kiyimni yoqtirsangiz, sizga mo‘yna yoki sintepon astarli tekstil kurtkalar mos keladi. Ularni izg‘irin sovuqda, shuningdek, issiqroq havoda ham kiyish mumkin. Par kurtkalardan farqli ravishda ular ancha yengil bo‘ladi. Qolaversa, narxi ham uncha qimmat bo‘lmaydi. Charm kurtkalar ham urfda bo‘lib, ular sovuq havodan yaxshi himoya qiladi. Biroq qishda ularning astarlisini xarid qilishni tavsiya etamiz. Issiqroq havoda ularning astar qismini yechib qo‘yish mumkin. Ko‘pincha ularning yoqa qismiga tabiiy mo‘yna qo‘yib, astar qismiga sun’iy mo‘yna qo‘yish holatlari uchrab turadi. Buni mo‘ynaning bir tolasini sug‘urib olib, yoqib ko‘rish yordamida tekshirib ko‘rish mumkin. Agar mo‘yna tolasi to‘liq yonib ketsa va o‘zidan kuygan soch hidini chiqarsa - u tabiiy; agar tola erib ketsa, u sun’iy mo‘ynadir. Eng sovuq havoda ham o‘zingizni issiq va qulay his qiling! Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
55
1,960
Ayollar
Stiv Jobs, Monika Belluchchi va boshqa mashhurlarning model sifatida karyera boshlagan farzandlari (foto)
O‘z faoliyati bilan tanilgan shaxslarning moda sanoatida faoliyat boshlagan farzandlari haqida ma’lumot berib o‘tamiz. Deva Kassel Monika Belluchchi va Vensan Kasselning 16 yoshli qizi Deva ham onasi singari moda olamida o‘zini sinab ko‘rishni afzal bilgan. Dolce & Gabbana bilan hamkorlik qilishni boshlagan qiz bahorda ilk reklama kampaniyasida suratga tushgan. Shuningdek, Devaning surati fransuz jurnalining muqovasini ham bezagan. Lila Greys Moss Model Keyt Moss va Jefferson Xekning qizi ham kasb borasida onasining izidan ketgan. 18 yoshli sohibjamol Marc Jacobs Beauty va jurnal muqovasi uchun suratga tushgan. Maya Xouk 22 yoshli Maya Xouk aktrisa Uma Turman va aktyor Itan Xoukning qizi. Bir vaqtning o‘zida aktrisa va model sifatida karyera qilishni boshlagan qiz seriallardagi roli va Calvin Klein hamda Zac Posen’ning reklamalaridagi surati bilan muxlislar mehriga sazovor bo‘lgan. Lukas Portman Natalya Vodyanova va Britaniya lordi Jastin Portmanning 18 yoshli o‘g‘li Lukas ham Parijdagi moda haftaligida model sifatida chiqish qilgan. Balmain kolleksiyasining namoyishida ishtirok etgan Lukas onasi bilan jurnal muqovasi uchun ham suratga tushgan. Sofiya, Sistin va Skarlet Stallone Aktyor Silvestr Stallonening birinchi turmushidan dunyoga kelgan uch nafar qizi ham ijtimoiy tarmoqlarda mashhurlikka erishib ulgurgan. Moda olamida karyera qilishni istaydigan qizlarning surati bir nechta feshn-jurnallar muqovasini bezagan. Ayris, Rudi va Rafferti Lou Jud Lou va Sedi Frostning farzandlari ham o‘zlarini moda olamida ko‘rishni istagan. 20 yoshli Ayris Fendi va Burberry Beauty reklamalarida suratga tushgan, 24 yoshli Rafferti esa DKNY va Dolce&Gabbana’ning moda chiqishlarida ishtirok etgan. 18 yoshli Rudi esa moda sanoatidagi faoliyatni boshlaganiga ko‘p bo‘lmagan. Yeva Jobs Stiv Jobsning 22 yoshli qizi Yeva Jobs model sifatida karyera boshlaganini e’lon qilganiga ko‘p bo‘lmadi. U Glossier kosmetik brendining reklamasida suratga tushgan.
105
1,967
Ayollar
Haqiqatan ham smartfon go‘zallik va yoshlikni barbod qiladimi?
Ha, bir necha soat to‘xtamasdan smartfon ekraniga qarash zararli ekanligidan xabarimiz bor. Ko‘rish qobiliyati buziladi, konsentratsiya pasayadi, shuningdek ko‘k chiroq uyqu davrlari va sergaklikning buzilishiga olib keladi. Lekin ma’lum bo‘lishicha, bu hali hammasi emas ekan. Yangi aniqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, ekranlardan tarqaladigan ko‘k chiroq quyosh nurlari kabi terining bevaqt qarishini keltirib chiqarish xususiyatiga ega ekan. Ya’ni smartfon ekranlari ajinlar va pigmentatsiyaning paydo bo‘lishida, himoya funksiyasining buzilishida aybdor bo‘lishi mumkin. Tadqiqotlar hozircha yakunlanmagan, lekin bu yerda SPF’li kremlar yordam berolmasligi aniq. Shuning uchun kosmetik kompaniyalar HEV belgisi ostida himoyalovchi vositalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqda. Anchadan beri G‘arb kosmetologlarida Tech Neck termini paydo bo‘ldi. Buni o‘zbek tiliga “texnobo‘yin” deb tarjima qilish mumkin. Gadjet ekraniga qarayotgan holatingizni ko‘z oldingizga keltiring. Gavda bukilgan, bo‘yin egilgan,  bosh haddan tashqari engashtirilgan, iyak o‘mrov suyagigacha tushgan. Gavdaning bunday holati oqibatida tezda quyidagi muammolar paydo bo‘ladi: Hech bo‘lmasa dam olish kunlari pochtani o‘qish va ijtimoiy tarmoqlar tasmasini ko‘rishdan voz kechish. Agar ko‘p vaqtingizni qo‘lda smartfon bilan o‘tkazishga to‘g‘ri kelsa, bir nechta qoidalarga rioya qiling. Agar yoshingiz 25 dan oshgan bo‘lsa, yuz va bo‘yin shakllari uchun mustahkamlovchi kremlardan foydalanishni boshlang. Manba: “Layfxaker”
62
1,499
Ayollar
Ishi yurishmaydigan odamlar yo‘l qo‘yadigan xatolar
Hammamiz ham unchalik yaxshi bo‘lmagan kunlarni boshdan o‘tkazamiz. Ishga qo‘limiz bormaydi, avtobusda birov oyog‘imizni bosib oladi. Lekin bu jiddiy e’tibor qaratishga arziydimi? Surunkali ravishda o‘zidan norozi bo‘ladiganlar aynan shunday yo‘l tutadi. Bu maqolada ishi yurishmaydigan odamlar yo‘l qo‘yadigan eng keng tarqalgan xatolar haqida aytmoqchimiz. O‘zgartirishning imkoniyati bo‘lmagan narsalar haqida tashvishlanish Biz hammamiz ham gohida agar... bo‘lganda nima bo‘lishini tasavvur qilishga urinamiz. Shuni esda tutingki, bu oxiri yopiq yo‘l. Ishi o‘ngmaydigan odamlar mamnuniyat bilan bema’ni o‘ylar botqog‘iga botib boradi. Nima bo‘lgan bo‘lsa bo‘ldi va siz qila oladigan birdan-bir narsa — saboqni esda tutish. Birinchi qiyinchiliklar paydo bo‘lishi bilan taslim bo‘lish Bunday odamlar muammolar paydo bo‘lishi bilan darrov orqaga chekinadi — bu juda oson ish, bir qarashda. Haqiqatda esa har bir “taslim bo‘lish” yurakda og‘ir mag‘lubiyat hissini qoldiradi. O‘zingizdagi xudbinlikni yengib chiqing. G‘alaba uchun hamma imkoniyatlaringizni ishga soling. Men haqimda boshqa odamlar nima deb o‘ylaydi? Men to‘g‘ri ish qildimmi? Ko‘rinishim qanday? — shunga o‘xshash fikrlar sizning qancha vaqtingizni, quvvatingizni olishini tasavvur qiling. Tinchlaning. Sizning qiliqlaringizning ko‘p qismi bilinmay qoladi. Ishingizni qiling, jamoatchilikning fikrini esa o‘ziga havola qiling. Ishi yurishmaydigan odamlar sport bilan shug‘ullanmaydi. Ularning bunga vaqti bo‘lmaydi: agar hayot boshqacha kechganda nima bo‘lishini o‘ylash, umumiy nohaqlikdan o‘ziga-o‘zi shikoyat qilish va shunga o‘xshash — juda ko‘p ishlar! Aslida esa, sport sizning aqliy va jismoniy salomatligingizni nazorat qiladi. Qancha ko‘proq shug‘ullansangiz, shuncha o‘zingizni yaxshiroq his qilasiz. Manba: Trendymen
51
1,795
Ayollar
Stilistlar xipchabel ko‘rinish uchun foydalanadigan 6 ta layfxak
Ko‘pchilik ayollar bel sohasi va qorin bo‘shlig‘idagi hajm haqida tashvishlanadi. Muammoni osongina hal qilish mumkin: stilistlarning arsenalida bunday kamchiliklarni osongina to‘g‘rilaydigan oddiy va samarali usullar mavjud. Marie Claire nashri bu borada yordam beradi. Birinchi usul: diqqatni chalg‘itish Xloe Greys Morets Ya’ni kamchilik deb hisoblanadigan qorin bo‘shlig‘idan tananing boshqa qismiga urg‘u berish. Misol uchun, chiroyli bo‘yningiz bor – V shaklidagi yoqalarga e’tibor qaratamiz va unga marjon yoki zanjir kabi aksessuarlar bilan urg‘u beramiz. Yoki nozik qo‘l yoki to‘piqlaringiz bor. Tananing ushbu sohalarini ham ta’kidlash mumkin. Shunday qilib, barcha e’tibor bezovta qiladigan zonadan sizning foydangizga o‘tkaziladi. Ikkinchi usul: vertikal chiziqlar yordamida Mila Yovovich Bu qoida nafaqat chiziqli printga, balki ustki kiyim yordamida yaratilgan vertikallarga ham tegishli. Bu uzun kardigan, o‘rta qattiq matodan tikilgan jaket (ingichka va yupqa emas, shaklini ushlab turadigan), kurtka-ko‘ylak yoki trench bo‘lishi ham mumkin. Bularning barchasi siluetingizni vizual ravishda uzaytiradigan va kerakli nyuanslarni niqoblaydigan qo‘shimcha vertikallarni yaratadi. Bunda ustki kiyim pastki qismga nisbatan ancha kontrastli bo‘lishi kerak. Ranglar bilan ham bunday natijaga erishsa bo‘ladi. Ammo esda tutingki, yorqin issiq ranglar qomatni vizual ravishda keng ko‘rsatadi. Shuningdek, yaltiroq matolarga ehtiyot bo‘ling – ular katta hajm effektini yaratadi. Uchinchi usul: kross-bodi sumka Jenna Devon va Riz Uizerspun Bu yelkadan o‘tkaziladigan sumka. Uni yuqoridagi to‘plamlar bilan to‘ldirib, tana nisbatida diagonallikni yaratish mumkin. Ushbu aksessuarni beldan sal yuqoriroqqa taqish tavsiya etiladi. Shunda yelka kengligining son bilan muvozanati saqlanadi va bel torroq ko‘rinadi. To‘rtinchi usul: ko‘ylak Megan Markl Zapaxli ko‘ylaklarni tanlaymiz. Ushbu siluetda yana diagonallar va yelka/bel/sonlarning to‘g‘ri nisbatlarini yaratishga yordam beradi. V shaklidagi yoqa figurangizni ingichka ko‘rsatadi. Agar yarim ochiq ko‘ylaklarni tanlasangiz, ortiqcha aksessuarlardan saqlaning — tana va kiyim o‘rtasida bo‘sh joy bo‘lishi kerak. Bunday holda belni o‘rta kenglikdagi kamar yoki belbog‘ bilan ta’kidlaymiz. Ingichka kamarlardan foydalanmang — ular vizual ravishda hajm qo‘shadi. Erkaklarnikiga o‘xshash ko‘ylak ham qorinni yashirishga yordam beradi. Markazida tugmalari bo‘lgan vertikal chok tufayli qomat uzunroq va ozg‘inroq ko‘rinadi. Beshinchi usul: to‘g‘ri tanlangan ranglar Priyanka Chopra Bel zonasi uchun oddiy, sovuq to‘q ranglardan foydalanish ham yaxshi samara beradi. Muammoli joylarni ranglar yordamida vizual ravishda ajratamiz. Xuddi shunday effekt yaltiramaydigan matolar qo‘llash orqali yaratiladi. Bunga qo‘shimcha ravishda monoxrom kombinatsiyasida umumiy obraz yaratish mumkin. Bitta rangning turli nozik farqlari bilan ham obraz yanada qiziqarli ko‘rinadi. Bunday usul nafaqat muammoli joylarni vizual ravishda yashiradi, balki siluetni uzunroq va bo‘yni balandroq ko‘rsatadi. Lekin issiq yorqin ranglardan ehtiyot bo‘ling. Ular qomatning keng ko‘rinishiga va siluetni avvalgidan ko‘ra ko‘proq hajmli ko‘rsatishga moyil bo‘ladi. Oltinchi usul: to‘g‘ri tanlangan uzunlik Rebel Uilson Uzunlik — kerakli nisbatlarni yaratish uchun arsenalimizdagi yana bir yordamchi. Toplar, futbolkalar va ichki qavat bo‘lib xizmat qiladigan narsalar tanaga juda yopishib turmasligi kerak. Qomatni ushlab turadigan sifatli va shaffof bo‘lmagan mato tanlang. Bunda uzunlik qorin ostida tugashi, agar futbolkalarni shimga qistirmay, tushirib yurmoqchi bo‘lsangiz, qorin bo‘shlig‘ini qoplashi kerak. Agar ustingizga narsa tashlamoqchi bo‘lsangiz, (ko‘ylak/kardiganlar) etak qismi sonning eng tor qismida tugashi lozim. Shunday qilib, siluet yanada nozik va bejirim ko‘rinadi. Agar uzunlikning oxiri sonning eng keng qismigacha bo‘lsa yoki qorin bo‘shlig‘ida tugaydigan kalta ko‘ylak kiysangiz, teskari natijaga erishasiz. Esingizda bo‘lsin: kiyimingizning uzunligi qayerda tugasa, aynan shu qismga urg‘u bergan bo‘lasiz. Ustki kiyim kiyishda top yoki futbolka to‘lig‘icha shim yoki yubka ichiga tiqilishi kerak. Shunda bel chizig‘i ko‘rinadi, shuningdek, ustki kiyim markazda ikkita vertikal hosil qiladi. Bu ortiqcha hajmni qoplaydi va o‘zingizdan ko‘nglingiz to‘lishiga yordam beradi. Kiyim tanlashda ularning uzunligini ehtiyojlaringizga moslashtirishdan qo‘rqmang. Aynan mana shu kabi ahamiyatsiz ko‘ringan narsalar sizning ideal qiyofangizni yaratadi.
64
4,506
Ayollar
Uy bekalari ham noto‘g‘riligini bilmaydi: ovqat pishirishda tez-tez uchraydigan xatolar
Ba’zida pazandaman deb bemalol maqtanadiganlar ham xatoliklarga yo‘l qo‘yishi mumkin. Chunki yillar davomida o‘rganib qolgan odatlarini noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin-ku, degan shubha ostiga olmaydilar. AdMe nashri ovqat pishirishda tez-tez uchraydigan xatoliklar va ularni tuzatish haqida ma’lumot beradi. Ovqatga tuz sepishdagi xatolik Hech ko‘rganmisiz professional oshpazlar tuz sepayotganda qo‘llarini taom yoki idishdan balandroqda tutishadi. Gap shundaki, boshlang‘ich nuqta qanchalik baland bo‘lsa, ziravorlar yuzaga teng ravishda taqsimlanadi. Agar tuz pastdan sepilsa, aksincha, go‘sht yoki ovqatning bir qismi sho‘r bo‘lib qolishi mumkin. Guruchni pishirishdan oldin qovurish kerak Guruchni yanada mayin qilish va qo‘shimcha maza qo‘shishi mumkin bo‘lgan tayyorgarlik bosqichi bor, lekin uni dangasalik qilib o‘tkazib yuboramiz — bu guruchga suv qo‘shishdan oldin yog‘da qovurishdir. Bu juda oddiy ish: yog‘ni o‘rtacha olovda tovada qizdirib, unga guruch qo‘shing va rangi o‘zgarmaguncha qovuring. Suv quygandan keyin qaynashini kuting, qopqog‘ini yopib, taxminan, 20 daqiqa davomida past olovda pishiring. Tova va yog‘ni yetarlicha qizdirmaslik Bu odatning yomon tomoni shundaki, sovuq tovadagi yog‘ga solingan mahsulot qovurilish o‘rniga, yog‘ni o‘ziga singdiradi. Natijada taom yuqori kaloriyali va yog‘li bo‘lib qoladi, bu uning ta’miga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Murchdan noto‘g‘ri foydalanish Ovqat tayyorlayotganda murchning qanday maydalangani ham muhim. Yaxshi maydalangan murch taomni xushbo‘y qiladi, shu bilan birga asosiy ziravor emas, qo‘shimcha hisoblanadi. Kattaroq maydalangan murch ko‘proq aromatik bo‘lib, taomga o‘zgacha ta’m qo‘shadi. Taom tayyorlayotganda qaysi holatda u yoki bu variant ko‘proq mos kelishini tushunib olish lozim: katta maydalangan murch souslar uchun emas, lekin go‘sht va salatlarni ideal tarzda to‘ldiradi, maydarog‘i esa aksincha, yumshoqlikni ta’minlaydi, sousga o‘zgacha lazzat beradi, lekin steyk ta’mini ta’kidlamaydi. Barcha ingrediyentlar likopchaga tushishi shart emasligini unutamiz Ba’zan sho‘rva yoki souslarga ta’mni yaxshilash va o‘ziga xos lazzat berish uchun zarur bo‘lgan ingrediyentlarni qo‘shamiz. Biroq ularning hammasini ham yeb bo‘lmaydi. Qozondagi ko‘katlar likopga tushmasligi uchun ularni oldindan ip bilan bog‘lab qo‘ygan ma’qul. Taom tayyor bo‘lgach, butun dastani qisqich bilan olib tashlash kifoya. Turli xil ovqatlar uchun bitta kurakchadan foydalanamiz Oshxona kurakchalarining turli xil shakl va materiallardan tayyorlanishining o‘ziga xos sababi bor. Ularning har biri ba’zi holatlar uchun mos kelsa, boshqalariga to‘g‘ri kelmaydi. Silikon kurakchalar xamir yoki krem ​​kabi yumshoq ingrediyentlarni aralashtirish uchun mos keladi. Go‘sht uchun yog‘ochlisidan foydalanmagan ma’qul, chunki yog‘och bakteriyalar uchun ko‘payish muhitini yaratishi mumkin. Omlet kabi nozik taomlarni butun pishirish uchun tekis kurakchalar o‘rniga egrilaridan foydalangan ma’qul. Xamirga sariyog‘ni qirg‘ichdan chiqarmay, bo‘laklarga bo‘lgan holda solamiz Ko‘plab retseptlarda sariyog‘ qolgan ingrediyentlar bilan yaxshi aralashishi uchun yetarlicha yumshatilgan bo‘lishi kerak, lekin eritilmaydi. Bunday holda muzlatilgan sariyog‘ni maydalab, bir necha daqiqaga qoldirilsa — tezda ideal harorat holatiga keladi. Ba’zi retseptlarda sariyog‘ sovuq holda bo‘lishi kerak, bu xamirning ko‘tarilishiga yordam beradi. Bunday paytda muzlatilgan sariyog‘ni qirg‘ichdan chiqarib xamirga qo‘shish eng yaxshi variant. Qiymani haddan ortiq ko‘p aralashtiramiz Qiymaga qo‘shilgan ingrediyentlarni ortiqcha aralashtirish uni qattiqlashtirib, mazasiga ta’sir qiladi. Qiymadan tayyorlanadigan kotlet, frikadelka va boshqa taomlar yumshoq bo‘lishi uchun uni juda ehtiyotkorlik bilan aralashtirish muhim. Shuningdek, juda qattiq dumaloqlamang yoki siqmang, buni yengil harakatlar bilan qiling. Aytgancha, pishirayotganda suvi chiqib, qurib qolmasligi uchun kotletlarni qattiq bosmaslik va teshmaslik kerak. Quruq va yangi ko‘katlarni qo‘shish tartibini chalkashtirib yuboramiz Quritilgan ko‘katlar qozonga qachon solinganiga qarab ovqatning ta’miga boshqacha ta’sir qilishi mumkin. Foydalanish bo‘yicha umumiy tavsiya — ularni boshida yoki pishirish vaqtida qo‘shishdir, chunki ularning yumshashi uchun vaqt kerak. Agar ularni oxirida yoki tayyor ovqatga qo‘shsangiz, ular nafaqat xushbo‘y hidini ocholmaydi, balki tishlarga ham kirib qoladi. Bunday vaziyatda tayyor ovqatga yangi ko‘kat solgan ma’qul.
87
4,460
Ayollar
Vegetarianlik salomatlik uchun qanday muammolarni keltirib chiqaradi?
Hayvonlardan olinadigan oziq-ovqatlardan voz kechish – har bir odamning shaxsiy ishi, lekin o‘simliklar bilan oziqlanishga o‘tishda bunday parhezning oqibatlari va xavfini tushunish juda muhim. B12 vitamini odatda hayvonlardan olinadi: go‘sht, sut, pishloq, dengiz mahsulotlari. Bu vitamin organizmda ishlab chiqarilmaydi. Vegetarianlik parhezi charchash, yomon kayfiyat va yuzning siniq rangiga sabab bo‘ladi. Organizmda temir moddasi faqat oqsillardan olinadi, bu element zaxirasi esa unchalik katta emas. Proteinlari kam bo‘lgan ozuqa organizmda temirning o‘zlashtirilishiga va almashinishiga salbiy ta’sir qiladi. Xolesterin jinsiy gormonlarning sintezlanishida juda muhim hisoblanadi. Shuning uchun yog‘lar va uglevodlar kelib tushishini qat’iy ravishda chegaralash estrogen, progesteron va testosteronlar ishlab chiqarilishiga to‘sqinlik qiladi. Vegetarianlikka o‘tishni ma’qul ko‘rganlar sog‘liqlariga jiddiy e’tibor berishlari va muntazam ravishda vitamin va mikroelement zaxiralarini to‘ldirib turishlari maqsadga muvofiqdir.
69
1,035
Ayollar
Bosh terisining quruq seboreya kasalligi
Seboreya – teri yog‘ qatlamining tuzilishi va miqdori o‘zgarishi natijasida terining yallig‘lanish kasalligi. Quruq seboreyaning asosiy belgilari – bosh terisi va sochlar quruqlashib qoladi, bosh terisida qazg‘oq, uncha katta bo‘lmagan yoriqlar paydo bo‘ladi. Bunday belgilar paydo bo‘lsa darhol mutaxassis shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi. Agar o‘zingizda bu kasallikning yengilroq belgilari paydo bo‘lganini sezsangiz, davolashni uy sharoitida boshlaganingiz ma’qul. Kasallik paytida qurib qolgan bosh terisini namlash uchun efir va o‘simlik yog‘laridan foydalanish mumkin. Quruq seboreyani har xil shifobaxsh o‘simliklar qaynatmasi yordamida ham davolash mumkin. Ayniqsa petrushka, piyoz po‘stlog‘i va jambil o‘tlarining qaynatmalari bosh terisini davolashda foydali hisoblanadi.
40
793
Ayollar
Kir yuvish mashinasida yuvish mumkin bo‘lmagan 5 ta buyum
Uyda kir yuvish mashinasining borligi barcha kiyimni unda yuvish mumkin degani emas. Nega deysizmi? Cosmopolitan nashri yuqoridagi savolga batafsil javob berdi. Kiyimlar yorlig‘idagi to‘g‘ri yuvish ko‘rsatmalariga hamma ham e’tibor bermaydi, shuning uchun ba’zi kiyimlar muddatidan avval yaroqsiz holga keladi. Cho‘milish kiyimi Cho‘milish uchun mo‘ljallangan kiyimlar suvdan qo‘rqmaydi — axir, ular aynan shuning uchun ixtiro qilingan. Ammo ulardan foydalangandan keyin qo‘lda yuvish tavsiya etiladi. Bu, albatta, tez quriydigan elastik matoning xususiyatlari tufayli. U mashinada cho‘ziladi va asta-sekin o‘z xususiyatlarini yo‘qotadi. Shuningdek, ularning rangi o‘chib ketishi, ilgaklari sinishi va tasmalari uzilib ketishi mumkin. Mayda bezakli liboslar Yodingizda bo‘lsin, bu kabi liboslar bilan ikki tomonlama zarar ko‘rish hech gap emas. Birinchisi, libosdagi mayda bezaklar kir yuvish mashinasiga zarar berishi mumkin. Albatta, mashinani tuzatish arzonga tushmaydi. Shuningdek, oqshom uchun mo‘ljallangan bezakli libosga putur yetishi tabiiy. Shuning uchun bunday liboslarni qo‘lda yuvib, quritish tavsiya etiladi. Pidjak Rasmiy uslubdagi pidjaklarni qo‘lda yuvish yoki kimyoviy tozalashga bergan ma’qul. Chunki kir yuvish mashinasida pidjakning shakli yoki astarlari o‘zgarishi mumkin. Bo‘yinbog‘ Ko‘pchilik bo‘yinbog‘ini kir yuvish mashinasida yuvishga odatlangan. Lekin bu noto‘g‘ri. Bo‘yinbog‘lar bu usulda egasiga uzoq xizmat qilmaydi. Ularning ham shakli va rangida o‘zgarish yuz beradi. Kepka Kir yuvish mashinasining tezligi tufayli kepkaning qattiq qismi sinib ketishi hech gap emas. Shuning uchun ushbu bosh kiyimi, albatta, qo‘lda yuvilishi lozim.
57
1,667
Ayollar
Dori-darmon vositalarini qo‘llashning siz bilmagan usullari
Agar siz ko‘p mablag‘ sarflamasdan chiroyli va go‘zal ko‘rinishni xohlasangiz sizga dorixonadagi dori-darmonlar yordam beradi. Husnbuzarlarga qarshi kurashishda mukammal vosita hisoblanadi: ma’lum nuqtalar bo‘ylab suring, qurigandan so‘ng uxlashga yoting. Ertalab husnbuzarlardan asar ham qolmaydi. Faqat esingizda bo‘lsin: malham terini quritadi, shuning uchun namlantiruvchi krem surishni unutmang. Aslida retinol – ajinga qarshi kurashishda eng samarali vosita deb tan olingan A vitamini. Malham husnbuzarlarni yo‘qotishda yordam beradi. Lekin u yoshartiruvchi ta’sir ko‘rsatish xususiyatiga ham ega. Bundan tashqari, u qizarish va qichishishni yo‘qotib, terini tinchlantiradi. Ehtiyot bo‘ling: faqat kechki payt qo‘llashingiz mumkin! Retinol ultrabinafsha nurlari bilan yaxshi kelishmaydi, ular ta’sirida pigment dog‘lari paydo bo‘lishi mumkin. Boshqacha nomi — salitsil kislota. Lifting sifatida ham foydalanish mumkin. Buning uchun bir dona tabletkani qoshiq yordamida ezib maydalang va krem holiga kelishi uchun bir choy qoshiq qaymoq qo‘shing. Niqob kabi yuz terisining ko‘z atrofidan boshqa joylariga suring. 15 daqiqadan so‘ng iliq suv bilan yuving. Uni suv bilan teng miqdorda aralashtiring va losyon sifatida foydalaning. Teri teshikchalari tozalanadi va qora nuqtalar kamayadi. Manba: “Cosmo.ru”
59
1,309
Ayollar
Plastik derazalar zararlimi?
O‘zi yashaydigan uyga plastik derazalar o‘rnatmoqchi bo‘lgan ko‘pchilik odamlarni hozirgi vaqtlarda aholi o‘rtasida juda ommabop bo‘lib ketgan bunday derazalar zararlimi? — degan savol qiziqtiradi. Plastik derazalarning asosiy afzalligi – uy ichidagi issiqlikni samarali tarzda saqlaydigan va tashqaridagi sovuq havoning kirishiga yo‘l qo‘ymaydigan yuqori zichlik hisoblanadi. Tashqi ko‘rinishining yoqimliligi, maxsus parvarish talab qilmasligi plastik deraza ixlosmandlarini ancha oshiradi. Avvalo plastik derazalarni zararli deb hisoblashga uning PVX profili sababchidir. PVX shartli belgilari polivinilxlorid deb o‘qiladi. Ba’zi odamlarning fikricha, u o‘zidan zararli moddalar ajratish xususiyatiga ega. Haqiqatan ham plastik o‘zidan juda xavfli zaharli modda – dioksin ajratib chiqaradi. Lekin bunday salbiy ta’sir Selsiy bo‘yicha 225—475 darajali haroratda yuzaga keladi. Tabiiyki, quyoshning hatto juda kuchli qizdirish holatlarida ham bunday ko‘rsatkichlarga erishishning imkoni yo‘q. Mutaxassislarning aytishicha, zamonaviy yuqori sifatli plastik derazalar ishlab chiqarish uchun ekologik jihatdan toza materiallardan foydalanilishini inkor qilib bo‘lmaydi. Kimyoviy sintez mahsuloti hisoblanuvchi polivinilxlorid (PVX) etilen (43%) va osh tuzidan olinadigan xlorli bog‘lanish (57%)dan tashkil topgan. Derazalar yuzasi bir qator zarur xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak. Ularga ob-havo ta’sirlariga yuqori chidamlilik, yuzasining silliq bo‘lishi, yorug‘likka chidamlilik, yoqimli rangga ega bo‘lish xususiyatlari kiradi. Shunday qilib, plastik derazalar faqat juda yuqori haroratdagi yong‘inlardagina inson salomatligi va atrof-muhitga zarar yetkazishi mumkin. Bundan tashqari polivinilxlorid qiyin yonadigan materiallarga kiradi. Manba: Trendymen
28
1,757
Ayollar
Natija hayratlantiradi: Bir oy davomida har kuni obruch aylantirilsa organizmda qanday o‘zgarishlar yuz beradi?
Ko‘plab insonlar uchun obruch bilan bog‘liq mashg‘ulotlar maktabda so‘nggi gimnastika darsi tugagan kuni o‘z nihoyasiga yetgan. Nafaqat bolalar, balki kattalar ham obruch aylantirishi mumkin. Bu sizning oilaviy faoliyatingizga aylansa, undan ham yaxshi. Mashg‘ulot qiziqarli bo‘lsa, keyingi safar uni intiqlik bilan kutasiz. Shuning uchun o‘zingizga yoqadigan mashqlarni topish juda muhimdir. Wday nashri obruchni aylantirish nafaqat qiziqarli, balki foydali ekani haqida ma’lumot berdi. Foydali tomonlari: Kaloriyani yoqish Kaloriya tanqisligi vazn ortishiga sabab bo‘luvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Obruchdan tushadigan yukni raqs aerobikasi bilan taqqoslash mumkin. Obruch aylantirayotganda, yarim soat ichida taxminan 165 kaloriya yoqiladi. Hajmni kamaytirish Hipcha belni orzu qilgan har bir kishiga obruch yordam berishi mumkin. Tadqiqotlarning birida ayollar 6 hafta davomida obruch aylantirish orqali belida taxminan 3,4 sm va oyoqning son qismidan esa 1,4 sm yo‘qotgan. Yurak-qon tomir tizimining faoliyatini yaxshilash Kardio mashg‘ulotlar tanangiz uchun foydali hisoblanadi. Ular yurak-qon tomir kasalliklari va diabetning yuzaga kelish xavfini kamaytiradi, shuningdek, miya faoliyatini yaxshilaydi va stressni yengillashtiradi. Uyda obruch aylantirish o‘zingizni kerakli yuk bilan ta’minlashga yordam beradi. Mushaklarni kuchaytirish Obruchdan foydalanayotganda uni belingizda ushlab turish uchun tananing orqa qismini qanchalik qiyin aylantirish kerakligini yaxshi bilasiz. Obruch mashqlari son, qorin mushaklarini, shuningdek tananing pastki mushaklarini harakatga keltiradi. Obruch aylantirishga qaror qilganlar uchun bir nechta oddiy maslahatlar: “Obruch aylantirish bilan bog‘liq mashg‘ulotlar ham salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Masalan, obruch barcha ichki organlar va suyaklarni urib, belda ko‘karishlarni qoldirishi mumkin. Obruch menimcha, tanaga hech qanday yordam bermaydigan va kerakli natijalarni bermaydigan sport buyumi. Shuning uchun, siz uni faqat kayfiyatni ko‘tarish uchun aylantirishingiz mumkin”, — deydi fitnes bo‘yicha mutaxassis.
111
2,087
Ayollar
Yuz tuzilishiga qarab bosh kiyim tanlashni o‘rganamiz (foto)
Bosh kiyimlar uchun talab boshqa narsalar singari kiyimning ma’lum bir elementiga bo‘lgan muhabbatidan boshlangan. Oradan yillar o‘tsada, ularga bo‘lgan talab va tanlashdagi qonun-qoida o‘zgarishsiz qoldi. XX asrdagi bosh kiyimlar turi hozirda har qanday odamni hayratga solishi mumkin: klosh, gaucho, tok, feska, kotelok, fedora, trilbi, kanotye, tirol shapka va boshqalar. XXI asrga kelib ayollarga bosh kiyim tanlashda biroz yengilliklar paydo bo‘ldi. Sababi ularning bir necha turi o‘z-o‘zidan urfdan qoldi. Ammo bugungi kunga kelib sandiqda qolib ketgan bosh kiyimlari yana urfga kirmoqda. Bunday tendensiyani nafqat podiumlarda, balki shahar ko‘chalarida ham uchratish mumkin. Asosan 15 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan ayollarning aksariyati bosh kiyimdan foydalanishni afzal ko‘radi. Unga ko‘ra, sport uslubida kiyingan ayollar trikotaj bosh kiyimlarini, baland poshna va mo‘yna kiygan xonimlar esa klassik uslubdagi bosh kiyimlarida ko‘rish mumkin. Bosh kiyim asosan yuz shakliga ko‘ra tanlangani maqsadga muvofiq. Shundagina uning yarashgani yoki aksincha bo‘lishi mumkinligi vaqtida ayon bo‘ladi. Dumaloq yuz Yuzning yuqori qismini ochiq qoldiruvchi shlyapa va shapkalar siluetni vizual ravishda cho‘zadi va nisbatlarni muvozanatlashtiradi. Dumaloq yuz egalari to‘qilgan shapkalar, boshga assimetrik tarzda o‘rnatiladigan kozirokli shapkalar, yon tomonga kiyiladigan beretlar, yumshoq shlyapalar, quloqli shapkalardan foydalanishi mumkin. Lekin ular uchun kichkina va juda tor, tabletka shaklidagi shlyapa, bandanlar deyrali to‘g‘ri kelmaydi. Uzunchoq yuz Uzunchoq yuz xonimlari uchun “trilbi” uslubidagi klassik shlyapalar tavsiya etiladi. Shuningdek, kozirogi juda katta bo‘lmagan kepkalar, peshonani yopib turuvchi hajman katta beretlar, “gaucho”ga o‘xshash keng aylanali shlyapalarni ham kiyishi mumkin. Ammo ular peshonani to‘liq yopuvchi va bo‘yni baland ko‘rsatuvchi shlayapalardan voz kechish kerak. Shu bilan birga to‘qilgan shapkalar doim ham yarashavermasligi mumkin. Uchburchak yuz Peshonasi iyagiga nisbatan keng ayollarga assimetrik tarzda kiyiladigan beretlar juda yarashadi. Shuningdek, o‘ta katta bo‘lmagan zich to‘qilgan shapkalar hamda quloqchali bosh kiyimlar ham tavsiya etiladi. Bunday vaziyatda keng peshona va kichkina jag‘ga mos keluvchi bosh kiyimi tanlashni unutmaslik kerak. Shuning uchun ham uchburchak yuz shakli uchun shapka tanlash biroz nozik masala. Sabab har qanday bosh kiyimi peshona qismni yanada katta ko‘rsatishi mumkin. Zich to‘qilgan keng bosh kiyimlaridan esa voz kechgan ma’qul. To‘rtburchak yuz Ko‘pincha ushbu shakldagi yuzlarning yanoq suyagi ko‘zga tashlanadi. Ularni yashirish uchun peshona qismini biroz ochiq qoldiradigan, orqa tomonga tushiriladigan trikotaj shapkalar mos keladi. Quloqlarga tushib turuvchi shlayapalar ham yuzni yanada ixcham ko‘rsatadi. Quloqlari orqaga bog‘lanadigan mo‘ynali shapkalar to‘rtburchak yuzli xonimlar uchun ayni muddao. Keng bosh kiyimlari va peshona butunlay to‘sib turuvchi shapkalar to‘rtburchak yuzli ayollarga tavsiya etilmaydi. Moda olamidagi qoidalarni bilgandan so‘ng unga rioya qilish juda muhim. Shu bilan yangi tajribalar qilish ham zarar keltirmaydi. Ammo nima bo‘lganda ham tendensiyalar dengizida induviduallikka erishishni unutmaslik kerak.
60
3,254
Ayollar
Kimyoviy mahsulotlardan foydalanish, sochni dazmolda tekislash va soch tolalariga zarar beradigan boshqa ishlar
Sochlarning jozibali ko‘rinishi uchun qilinadigan ba’zi ishlar ularga zarar keltirishi mumkin. Shuning uchun ham iloji boricha ularni tabiiy ravishda parvarish qilish kerak. “Noviy ochag” nashri sochlarga zarar beradigan ishlarni va soch tolalariga shikast yetganda qo‘l keladigan foydali maslahatlarni taqdim etdi. Eski, biroq toza taroqlardan foydalaning Tish cho‘tkasini uzog‘i uch oyda almashtirish kerakligi barchaga ma’lum. Taroqlarni ham uzoq muddat ishlatish kerak emas. Chunki sochlardagi mikrob va bakteriyalar taroqning tishlari orasiga to‘planadi, bu esa bosh terisiga va sochlarga zarar yetkazishi mumkin. Shuning uchun har doim sochingizni tarab bo‘lganingizdan keyin undagi soch tolalarini olib tashlang. Taroqni haftada bir marta shampun yoki iste’mol sodasi bilan yuving. Trixologlar taroqni hech qachon boshqaga bermaslikni maslahat beradi, shu jumladan tish cho‘tkasini ham hattoki eng yaqin insoningizga bermang. Sochingizdagi bog‘ichni qattiq siqmang Sochlarni bog‘ichda bog‘lash kundalik hayot uchun zarur, lekin u sochlaringizga zarar yetkazishi mumkin. Agar siz bog‘ichni juda qattiq qilib qo‘ysangiz, bosh terisidagi qon aylanish tizimi buziladi va bu soch to‘kilishining kuchayishiga olib keladi. Bundan tashqari ko‘plab elastik tasmalar olib tashlanganda sochlarni o‘zi bilan birga yulib oladi, shuning uchun oson siljiydigan va shikast yetkazmaydigan bog‘ichlarni tanlang. Zarur bo‘lmasa sochingizni kesmang Stilistlar ko‘pincha o‘z mijozlariga kamida ikki oyda bir marta soch kesishni maslahat beradi. Ammo ko‘p qizlar va ayollar bu qoidani buzadi. Agar sochlaringizning uchi bo‘linib ketgan bo‘lsa uni qisqartirish kerak. Chunki bunday hollarda soch tolalari zaiflashadi va oziqlanmaydi. Shuning uchun sochlaringizning sog‘lom bo‘lishini va jozibali ko‘rinishini istasangiz uchlarini kamida bir santimetrga qisqartiring. Sochingiz qanchalik uzun bo‘lishidan qat’iy nazar uchlarini kestirib turish kerak. Sochingizga haddan ortiq e’tibor bermang Yana bir ekstremal holat — sochlarga haddan tashqari ko‘p e’tibor berishdir. Agar sochingizga tez-tez niqob qilsangiz yoki professional parvarish qilish uchun go‘zallik saloniga murojaat qilsangiz moddiy tomondan qiynalasiz, bundan tashqari ayrim niqoblar sochingizga ham zarar yetkazadi. Sochlarni niqoblar tarkibidagi keratin moddasi o‘ta mo‘rt qilib qo‘yadi. Oziqlantiruvchi va namlovchi mahsulotlardan muntazam foydalanish sochlarni sezilarli darajada “og‘irlashtiradi” va zaiflashtiradi. Sochlaringizga shampun qo‘llaganingizdan keyin konditsioner niqobdan foydalaning, bu holat bir haftada bir martadan oshmasin. Aksariyat niqoblar uzoq muddatli ta’sirga ega, shuning uchun sochga zarar berishi mumkin. Sochingizni turmaklashda dazmoldan foydalanmang Agar siz sochingizni tez-tez dazmolda tekislasangiz yoki jingalak qilsangiz sochlaringizning mo‘rt, quruq bo‘lib qolganiga hayron qolmang. Issiq dazmollar yordamida qilinadigan turmaklar chiroyli ko‘rinishi mumkin, biroq u sochlarni kuydiradi va o‘sishini ham sekinlashtiradi. Bunga esa hech qanday niqoblar, shampunlar yordam berolmaydi. Shuning uchun siz dazmoldan juda kam foydalanishingiz, zarur bo‘lmasa umuman foydalanmasligingiz kerak. Qo‘shimcha qilib aytish mumkinki, soch quritadigan fen ham soch tolalarini zaiflashtiradi. Qanchalik shoshilayotgan bo‘lsangiz ham maksimal issiqlikda sochlaringizni quritmang. Himoya spreylaridan foydalaning Issiqlikdan himoya qiluvchi sprey shampun va balzamdan keyin javoningizda turishi kerak bo‘lgan birinchi raqamli mahsulotdir! Termal himoya sochlarning namligini saqlab qolishga yordam beradi va haqiqatan ham shikastlanishning oldini oladi. Spreydan ehtiyotkorlik bilan foydalanish kerak, uni har bir soch tolasiga sepish o‘rinlidir. Sochingizni noto‘g‘ri taramang Uzun sochlarni ildizdan uchigacha bir martada tarash mumkin emas, chunki bu sochlarning to‘kilishiga va shikastlanishiga olib keladi. Sochingizni uchidan ushlab tarang. Agar ba’zi joylarda sochlar juda chigal bo‘lsa, darhol taralmasa, avval ularni barmoqlaringiz bilan sekin-sekin ajratib oling va qayta tarang. Nam sochlarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘ling Soch nam holatda yanada zaifroq bo‘ladi. Suv sochni og‘irlashtiradi, tortilgan nam soch tolalari tez to‘kilishi mumkin. Shuning uchun sochingizni massaj harakatlari bilan quriting va taroqda sekin-sekin tarang. Lak va kimyoviy mahsulotlarni ko‘p qo‘llamang Har qanday, hattoki eng yaxshi kimyoviy mahsulotlar ham sochni og‘irlashtiradi, shu sababli ulardan foydalanmaslik kerak. Hamma narsaning me’yorida bo‘lgani yaxshi. Agar sizning sochlaringiz hech qanday kimyoviy turmaklarsiz jozibali ko‘rinishga ega bo‘lsa ulardan foydalanmasligingiz eng to‘g‘ri qarordir. Shampunni to‘g‘ri tanlash Odatda insonlar shampunlardan foydalanish haqida ikki xil fikr bildiradi: birinchisi bir oyda bir marta shampun turini almashtirishni to‘g‘ri deb bilsa, ikkinchisi doim bir xil shampundan foydalanishni ma’qullaydi. Aslida bu ishlarning ikkalasi ham xato hisoblanadi. Sochlar o‘z holatini o‘zgartirib turadi va shunga qarab har xil parvarish qilishni talab etadi. Agar siz bir yil oldin yog‘li sochlarga qarshi shampundan foydalanayotgan bo‘lsangiz darhol uni almashtiring, chunki soch tarkibidagi yog‘lar vaqt o‘tishi bilan quriydi. Bundan tashqari sochlarning holati gormonal o‘zgarishlarga va boshqa ko‘p sabablarga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shuning uchun sochlarning “kayfiyatiga” qarab shampunni o‘zgartirib turish kerak.
111
5,433
Ayollar
“Oskar-2022” marosimida ishtirok etgan yulduzlarning eng esda qolarli obrazlari (foto)
Tadbir doimgidek yorqin va bejirim liboslar soni bilan barchani hayratda qoldirdi. An’anaga ko‘ra, “Oskar” mukofoti fevral oyida bo‘lib o‘tardi. Biroq 2022-yil Kino san’ati va fanlari akademiyasi rahbarlari sanalarni biroz o‘zgartirishga qaror qildi. Gollivud yulduzlari esa qizil yo‘lakda esda qolarli obrazlarda namoyon bo‘ldi. Zendaya Zoi Kravits Jessika Chesteyn Timoti Shalame Nikol Kidman Eshton Katcher va Mila Kunis Uill Smit va Jada Smit Jennifer Garner Billi Aylish Bredli Kuper va uning onasi Kristen Danst Jeyk Jillenxol Penelopa Krus va Xaver Bardem Jeykob Elordi Elliot Peyj Uma Turman Vudi Xarrelson Jeymi Li Kertis Naomi Skott Lupita Niongo  “Oskar — 2022” mukofoti g‘oliblari e’lon qilindi (foto)
86
734
Ayollar
Taramaslik, tarang qilib yig‘maslik va soch ho‘lligida amalga oshirish tavsiya qilinmaydigan boshqa odatlar
Sochning go‘zalligini samarali saqlab qolish uchun hamisha sochlar namligida zaif bo‘lishini yodda tutish muhim. Shikastlamaslik uchun nimalar qilmaslik kerakligi haqida ma’lumot berib o‘tamiz. Sochlaringizni uzoq vaqt ho‘l qolmasin Nam sochlar bilan qancha ko‘p yurilsa, ular shuncha zaiflashadi. Bu mutaxassislar tomonidan sochlarning gidrocharchashi deb ataladi. Ammo buning oldini olish ortiqcha qiyinchilik tug‘dirmaydi. Sochlarni o‘zi qurishini kutmay, sochiq bilan yaxshilab quriting. Shuningdek, mutaxassislar uyquga ho‘l soch bilan yotmaslikni tavsiya qiladi. Ertalab uyg‘onganda nam sochlaringiz yostiqqa to‘kilganini ko‘rishingiz mumkin. Qolaversa, ertalab sochlarni ko‘ngildagidek turmaklashni uddasidan chiqish ham mushkul. Bugungi kunda do‘kon va salonlarda yuvish va undan keyingi vaqtda sochlarni himoyalashga yordam beradigan sprey, konditsioner va boshqa vositalarni topish muammo emas. Shunday ekan hech ikkilanmay ulardan foydalaning. Sochlarni ildizidan uchigacha taramang Yuvish vaqtida sochlar chigal bo‘lib qolsa, darhol taroqdan foydalanishga oshiqmang — avvaliga barmoqlar bilan silliqlashga harakat qiling. Bu bilan siz shikastlanish xavfini kamaytirishga muvaffaq bo‘lasiz. Iloji boricha tishlari katta taroq ishlating va tarashni sochlarning uchidan boshlab, ildizi tomon yo‘naltiring. Vaqtni tejash uchun esa sochlarni ho‘l bo‘lishidan avval katta tishli taroq bilan tartibga keltirish ayni muddao. Nam sochlarni tepadan qilib yig‘ib olmang Ho‘l bo‘lganda sochlar sezilarli darajada cho‘ziladi. Tepadan tarang qilib yig‘ish esa zo‘riqishga sabab bo‘ladi. Bu qayta-qayta takrorlanganda esa sochlar mo‘rt va nosog‘lom bo‘lib qoladi. Shuni esdan chiqarmagan holda sochlarni yig‘ishdan avval yaxshilab quriting. Ayniqsa, zakolkaning qanday matodan tikilganiga alohida e’tibor bering. Yumshoq plastik yoki mato eng yaxshi variant hisoblanadi. Sochlaringiz ho‘l vaqtida ployka, dazmol va boshqa vositalardan foydalanmang Sochlarni turmaklash uchun mo‘ljallangan qurilmalar 100 yoki undan ortiq darajada qizishi mumkin bo‘lgan sirt bilan qoplanadi. Ulardan sochlar nam vaqti foydalanish esa tolalarning shikastlanishiga sabab bo‘ladi. Tarkibida yog‘ bo‘lgan issiqlikdan himoyalovchi vositalardan foydalanishda ehtiyot bo‘ling Bunday vositalardan foydalanish sochlar bilan bog‘liq muammolar yuzaga keladi. Gap shundaki, ba’zi yog‘lar kam yonuvchi xususiyatga ega bo‘ladi. Qizdirilganda qo‘shimcha taranglashish, taralganda esa qiyinchilik keltirib chiqaradi. Quritilganda bunday vositalarni yuvilmaydigan konditsionerlar bilan birga ishlatgan yaxshi. Bunda tarash oson bo‘ladi va sochlar shikastlanmaydi.
107
2,627
Ayollar
Rasmlarda ajoyib ko‘rinadigan, lekin real hayotda kiyishga yaroqsiz poyabzallar (foto)
Dizaynerlar doimo turli xil poyabzallarni taqdim etadi. Ko‘pincha ular rasmda shunday bejirim ko‘rinadiki, darhol xarid qilgingiz keladi. Ammo do‘konga yugurishdan oldin o‘zingiz yoqtirgan modelni sinchkovlik bilan o‘rganing, chunki u real hayotda uzoq muddatli kiyish uchun mutlaqo yaroqsiz bo‘lishi mumkin. Tizzabo‘yi botfortlar Katta burmalari bor baland etiklar oyoqlarga hajm qo‘shishi mumkin. Moda maqolalarida semiz oyoqlar uchun bunday etiklar tavsiya qilinmasligi bejizga emas. Ularning o‘rniga tepa qismi paypoqli, zamsh yoki tasmali botfort kiygan ma’qul. Bunday etiklarda oyoqlar obyektiv ravishda ancha nozik va bejirim ko‘rinadi. Vinil va plastmassa elementlari bo‘lgan poyabzal Shaffof kauchukdan yasalgan poyabzal yoki tapochkalar konstruksiyasidagi shaffof plastik qismlar ajoyib ko‘rinadi. Biroq muammo shundaki, bu materiallar tez kir va dog‘ bo‘ladi. Natijada katta bo‘lmagan dog‘ ham uni xira va eskirgan holga keltiradi. Po‘kakli sandallar Ushbu elastik va plastik material mushak og‘rig‘idan azob chekayotgan odamlar uchun haqiqiy najotdir. Biroq po‘kak odatda poyabzalga qaraganda tezroq eskiradi. Po‘kak poyabzalning tepa qismidan ajraladigan tagliklardan iborat bo‘lsa yaxshi. Ammo po‘kak poyabzalga tikilgan bo‘lsa, sevimli poyabzalingizni tashlab yuborishingiz yoki o‘zingizning xavfga qo‘yib kiyishda davom etishingiz kerak. Qaytarmali etiklar Agar har doim dolzarb bo‘lgan moda sumkalarini diqqat bilan o‘rgansangiz, odatda shaklsiz narsalar yo‘q, zamonaviy va bejirim ko‘rinish uchun aniq shakllarga e’tibor berish tavsiya etiladi. Qaytarmali etiklarda ham xuddi shu mantiq qo‘llaniladi. Bundan tashqari, poyabzalning qaytarmali qismi tezda bo‘shashadi va eskiradi. Odatda charm poyabzalda ham burmalardan qanday qutulish haqida qayg‘urishadi. Orqasi ochiq rezinkali sabo Sabolar bilan bog‘liq muammo shundaki, rezina material sirpanish ehtimolini oshiradi, bu esa o‘z navbatida barmoqni urishga olib keladi. Bu esa barmoq va tirnoqlarning deformatsiyasiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, oyoqni mahkam ushlamagani uchun u haddan tashqari harakatchan bo‘lib qoladi va bu vaqt o‘tishi bilan oyoq va tovondagi og‘riqlarga sabab bo‘ladi. Mo‘ynali sandallar Mo‘ynali shippaklarning asosiy muammosi shundaki, ularni toza saqlash qiyin. Mo‘yna tezda chigallashishi mumkin, vaqt o‘tishi bilan tartibga solish tobora qiyinlashadi. Uchi ochiq botilyonlar Uchi ochiq botilyon rasmda nafis va bejirim ko‘rinishi mumkin, ammo bu tendensiyani real hayotda qo‘llash juda qiyin. Agar ularni iliq ob-havoda kiyish uchun sotib olsangiz, oyoqlaringiz terlaydi, sovuqda esa muzlaydi. Ehtimol, mukammal muvozanatli ob-havoning nozik davrlari bordir, lekin ko‘pincha bunday poyabzallar javonda turadi. Satin va baxmal tuflilar Satin poyabzal yarqirab turadi, bu ularni kiyingan ayolni, albatta, jozibali qiladi. Biroq satinning muhim kamchiligi uning tezda eskirishidir. Baxmal poyabzallarda ham xuddi shu muammo bor. Har bir kiyilgandan so‘ng himoya vositalari bilan qoplash, ehtiyotkorlik bilan saqlash va muntazam tozalash shaklida alohida e'tibor talab qiladi. Aks holda, mato burishishi, tuklari to‘kilishi mumkin.
86
3,143
Ayollar
Qahva va energetiklar o‘rnini bosadigan tetiklashtiruvchi ichimliklar
Agar siz ish kuningizni qahvasiz yoki energetiklarsiz tasavvur qila olmasangiz va buning sog‘liqqa salbiy ta’sir qilishi mumkin ekanligini o‘ylayotgan bo‘lsangiz, biz sizga maqolamiz orqali bu ichimliklarning o‘rnini bosa oladigan uch xil ichimlikni taqdim qilmoqchimiz. Sikoriy — ko‘proq qahvaning ta’mini eslatuvchi eng keng tarqalgan ichimlik hisoblanadi. Sikoriy tarkibidagi A, E, B1, B2, B3, C, PP vitaminlari, kalsiy, kaliy va magniy — birgalikda sochlar va teri holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va modda almashish jarayonini tartibga solib turadi. Ertalabki ichilgan yashil sharbat qahvadan ham yaxshiroq tetiklashtiradi. Sabzavot va ko‘katlarning foydasi ko‘pchilikka ma’lum, albatta. Uning tarkibidagi antioksidant va vitaminlar immunitetni oshiradi, organizmdan og‘ir metallarni chiqarishga va qonni tozalashga yordam beradi. Kuningizni bir piyola limonli iliq suv ichish bilan boshlang. Limon sharbati organizmni tozalaydi va hazm tizimi faoliyatiga yordam beradi.
69
977
Ayollar
Go‘zallik salonidagi sirlar: siyrak sochlarga hajm berishga yordam beradigan 10 tavsiya
Hech qaysi ayol sochlarini siyrak va nozik bo‘lishini xohlamaydi. Ammo bu borada kimlarningdir omadi chopgan, yana kimnikidir yo‘q. Yaxshiyamki, mutaxassislar siyrak sochlarni qalin qilish, hajm berish bo‘yicha bir qancha usullarni kashf etgan. Qanday shampundan foydalanish kerak? Mutaxassislar “hajm uchun” yoki “qalinlashtiruvchi” kabi xususiyatga ega shampunlardan foydalanishni tavsiya etmaydi. Sababi sochlarga shunchaki oddiy, ammo sifatli shampun vositalari yoqishi mumkin. Agar sochlar bunday vositani yaxshi qabul qilsa, o‘z-o‘zidan tolalarda o‘zgarishlar yuz beradi. Aynan qandaydir xususiyatga yo‘naltirilgan shampun vositalari tarkibida boshqa foydali moddalar kamroq qo‘llanishi mumkin. Shuning uchun ulardan qancha ko‘p foydalanilsa ham, natija sezilmaydi. Vaqti-vaqti bilan sochlari kaltalatib turish foydalimi? Ko‘pincha soch o‘stirishni istaganlar uni kaltalatishni xohlamaydi. Natijada soch tolalari o‘sgani sari siyraklashib, uch tomoni hajman kamayib boradi. Lekin sochni muntazam uch qismidan biroz kaltalatib turish ularni yanada qalinlashishiga olib keladi. Muhimi, har bir ayol o‘zi uchun ideal uzunlikni tanlashi va shu orqali sochlariga qo‘shimcha hajm berishi mumkin. Quruq shampundan yangi usulda foydalanib ko‘rish mumkin Quruq shampun – bu zamonaviy go‘zallik mo‘jizalaridan biri. Shuningdek, ushbu vositada sochlarni toza qilishdan ham ko‘proq foydali jihatlar mavjud. Quruq shampun tarkibidagi kraxmal va mineral kukunlari soch tolalari orasida ishqalanishni kuchaytiradi va mavjud yog‘larni yo‘q qiladi. Shundan so‘ng sochlar o‘z-o‘zida hajmdor bo‘la boshlaydi. Sochlar uchun ham davo kerak Albatta, har qanday mustahkam va qalin soch ham to‘g‘ri parvarish qilinmasa, vaqt o‘tib, siyrak va sinuvchan bo‘lib boradi. Qalin va hajmli sochlarni istovchilar, ularni kamroq buklashi kerak. Shundagina soch tolalari sinib ketmasligi mumkin. Bundan tashqari sochlarni issiqdan himoyalovchi spreydan ishlatish tavsiya etiladi. Ammo ularni tez-tez yuvish va murakkab soch turmagidan voz kechish kerak. Sochlarga qisman hajm berish Sochlarga yengil turmak berishda ularga qisman taroq yordamida hajm berish kifoya. Buning uchun ingichka tarog‘dan foydalanish kerak. Shuningdek, ko‘proq boshning orqa qismidagi sochlarga hajm berish orqali ko‘rinishni bo‘rttirib yubormaslik mumkin. Sochlarni bo‘yashda to‘g‘ri tanlov Sochlarini bo‘yamoqchi bo‘lgan xonimlar nafaqat unga rang berish, balki ularni hajmini ham ko‘paytirishi mumkin. Buning uchun iloji boricha avvalgi rangdan ko‘ra biroz yorqinroq rang tanlanishi kerak. Bundan tashqari, tanlov yuz terisi rangi bilan mos turishishi kerak. Sochlarni quritishda dumaloq taroqdan foydalanish muhim Sochlarni tezroq va tartibga solib quritishda, albatta keramikadan yasalgan teshikchali dumaloq taroq foydalidir. Taroq teshigidan o‘tgan issiq havo oqimi ularni tezroq quritadi. Dumaloq shakldagi taroq esa sochlarga hajm beradi. Bosh terisini ham bo‘yash lozim Bosh terisi qancha yorqin va yaltiroq bo‘lsa, sochlar ham shuncha siyrak ko‘rinadi. Buning uchun bosh terisiga qovoqqa suriladigan ten yoki maxsus bo‘yoqli spreylardan foydalanish kerak. Ular boshdan 20 santimetr masofada sepiladi. Shundan sochlar orasi ochilib qolmaydi va hajmdordek ko‘rinadi. Sochlar uchun maxsus vitaminlar qabul qilish kerak Maxsus vitamin va parvarish mahsulotlarini dorixona yoki kosmetik vositalar do‘konidan topish mumkin. Sochlardagi o‘zgarishga qarab mutaxassislar tanlov uchun yordam beradi. Soch uchun vitaminlar qabul qilish muhim bo‘lib, soch tolalarining siyarklashuvi gormonlar o‘zgarishi bilan bog‘liq. Dermatolog ko‘rigidan o‘tish tavsiya etiladi Sochlardagi maummolar parvarish yoki maxsus vositalar yordamida bartaraf etilmasa, u holda dermatolog huzuriga borish tavsiya etiladi. Soch siyraklashishi, to‘kilishi kabi holatlar fon buzilishining oqibatida kelib chiqadi. Shifokor tomonidan buyurilgan muolajadan so‘ng ular avvalgidek qalinlashishi mumkin.
87
3,920
Ayollar
Uyni jihozlashda o‘zaro monandlikning kichik sirlari
Yashash joyida shinamlik va qulaylikni yaratish uchun dizaynerlik xizmatlaridan foydalanish shart emas. Har bir kishi ijodkorlik qobiliyatiga ega bo‘lmasa ham, bir necha oddiy qoidalarni bilib olib jihozlashni to‘g‘ri tashkillashtira olishi mumkin. Keling, o‘z uyimizni yanada shinamroq va chiroyliroq qilishga urinib ko‘ramiz! Rang turlari. Neytral rangga 70 foizni ajrating, 20 foiz — qo‘shimcha rangga, qolgan 10 foizi rangli urg‘ulardan tashkil topgan bo‘lishi kerak. Xonada haddan tashqari rang-barang buyumlar ko‘p bo‘lmasligi kerak! Mebel. Agar sizga birorta stol yoqib qolgan bo‘lsa, uni darrov sotib olishga shoshilmang. O‘lchamlariga e’tibor bering. Ovqatlanishga mo‘ljallangan modellari uchun eng kami 80 sm hisoblanadi. Agar uyda bolalar bo‘lsa, burchaklari o‘tkir bo‘lmagan variantlarini tanlang. Mebellarni nafaqat to‘g‘ri tanlash, balki to‘g‘ri joylashtirish ham muhim. Divan bilan stol orasida 50 sm ga yaqin joy qoldiring, shunda ularning orasida yurish qulay bo‘ladi. Divanning oyoqlarini kichkina gilamning ustiga qo‘ymang. Agar u katta bo‘lsa, uning ustiga kreslolarning oldingi oyoqlarini qo‘yishingiz mumkin. Orqa oyoqlari har qanday holatlarda ham pol ustida bo‘lishi kerak. Kitob javonlari va stellajlar. Kitoblarni tik va yotiq holda joylashtirishni birlashtirib, ijodiy tartibsizlikni eslatuvchi holatni yarating. Rasmlar va ko‘zgular. Rasmlarni va posterlarni mebeldan 10–20 sm yuqoriroq osing, shunda ularni idrok qilish osonroq bo‘ladi. Oynani devorning o‘rtasiga o‘rnating. Yostiqlar, gilamlar va boshqa to‘qimachilik mahsulotlari. Divan va kreslolar suyanchiqlari yaqiniga yorqin rangli va yirik rasmli katta yostiqlar qo‘ying. Manba: “Xitrosti jizni”
52
1,687
Ayollar
Qish faslida eng foydali bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari
Qish faslida ratsionni qanday mahsulotlar bilan to‘ldirgan ma’qul? Bu o‘simlik vitamin va minerallar xazinasi hisoblanadi. Uning tarkibi kalsiy, kaliy, temir va marganets moddalariga juda boy. Na’matak sharbati yoki damlamasi immunitetni oshiradi va modda almashinuvini yaxshilaydi. Shuningdek, u qarishga to‘sqinlik qiluvchi kuchli antioksidant hisoblanadi. Xurmoda ichaklar faoliyatiga va toksinlarni chiqarishga yordam beruvchi kletchatkalar (olmadagidan ikki baravar) ko‘p. Xurmo ichak mikrofloralarini yaxshilaydi va immunitetni ko‘taradi. Xurmoda yurak uchun foydali bo‘lgan moddalar – kaliy, magniy, kalsiy va anemiyani davolovchi – mis, temir, marganets moddalari mavjud. Mevalar quritilganda deyarli hamma foydali moddalar saqlanib qoladi. Quruq mevalar vitamin va minerallarga boy bo‘lib, ayniqsa, bargak, anjir va olxo‘ri qoqilar ovqat hazm qilish jarayoni uchun juda foydali hisoblanadi. Lavlagi kletchatka, organik kislotalar yordamida ichak faoliyatini yaxshilaydi va uni zararli bakteriyalardan tozalaydi. U jigarning yog‘lardan xolos bo‘lishiga, tomirlarni tozalashga va qon ishlab chiqarishga yordam beradi. Qizil lavlagini pishirish jarayonida foydali xususiyatlari biroz kamayadi.
56
1,200
Ayollar
Yuzda dog‘lar paydo bo‘lishiga nima sabab bo‘ladi?
Terining rangi irsiy xususiyatlarga bog‘liq bo‘lib, turli teri pigmentlari kombinatsiyasini o‘z ichiga oladi: melanin — jigarrang, karotin — sariq, oksigemoglabin — qizil va dezoksigemoglabin — ko‘k rang. Pigmentlar orasida melanin eng muhimi hisoblanib, aynan u terini ultrabinafsha nurlaridan zararlanishdan asraydi. Pigmentatsiya terida aks etibgina qolmay, xol, sepkil va pigment dog‘lar ko‘rinishida ham namoyon bo‘ladi. Quyida pigmentatsiya turlariga to‘xtalamiz. Xollar Mazkur pigmentatsiya tug‘ma bo‘lishi yoki keyinroq paydo bo‘lishi ham mumkin. Aslida xollar xavfsiz hisoblanadi, lekin ular zararlansa, xavfli o‘smalarga aylanishi mumkin. Shuning uchun bilar-bilmas ularga teginish va zararlashdan saqlanish kerak. Sepkillar Ushbu pigmentatsiya turi ko‘pincha nasldan-naslga o‘tishi kuzatiladi. Ular odatda melanin ishlab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlari tufayli, terisi oq sochlari sarg‘ish-qizg‘ish bo‘lgan insonlarda ko‘p uchraydi. Ba’zida sepkillar ocharib qolishi yoki yosh o‘tishi bilan yo‘q bo‘lib ham ketishi mumkin. Lentigo Lentigo dog‘i o‘z navbatida sepkillarga qaraganda, to‘qroq ko‘rinadi, ushbu pigmentatsiya turi yosh o‘tishi bilan ko‘proq kuzatiladi. Qizg‘ish-jigarrang lentigo “keksalik dog‘i” deb ham ataladi. Dog‘lar asosan terining ochiq joylarida, ultrabinafsha nurlar ta’sirida paydo bo‘ladi. Xloazma Xloazma — och jigarrang dog‘. Yuzasi silliq va aniq chegaralangan bo‘lib, asosan son, qorin va yuzda paydo bo‘ladi. Homiladorlik, jigar kasalliklarida yuzaga kelishi mumkin.
50
1,513
Ayollar
Garderob uchun million: Keyt Middltonning eng qimmat obrazlari (foto)
Zara, Topshop, Asos va Gap singari cho‘ntak ko‘taradigan brendlar liboslarini ham kiyishi sir bo‘lmagan Keyt Middltonning kiyinish uslubi moda tanqidchilari va ixlosmandlarini maftun qilib keladi. Gap shundaki, u qayerga qanday kiyinishni biladi, garderobiga nazar tashlansa, 200 dollarlik shim, shu bilan birga, 15 ming dollarlik libosni ham uchratish mumkin. Quyida malika eng ko‘p pul sarflagan obrazlarini taqdim qilamiz. Emilia Wickstead — 1112 dollarlik katak printli yubka Keyt Emilia Wickstead brendidan plissirovka bichimli yubkani Kensingtondagi rojdestvo oqshomiga kiygan. Uni Brora brendining 266 dollarlik qora kashemirdan tikilgan kardigan bilan moslagan. Sportmax brendidan 1200 dollarlik firuza rangli palto Blekpulga tashrif uchun Middlton Italiyaning Sportmax brendidan 1200 dollarlik firuza rangli palto, Michael Kors’dan printli ko‘ylak hamda Manu Atelie brendining 570 dollarlik sumkasini tanlagan. Butun obraz uchun malika 2065 dollar sarflagan. Gucci brendidan lavanda rangli bluzka — 1300 dollar Malika Gucci’dan 1300 dollarlik bluzka bilan Jigsaw brendidan 170 dollarlik shim va Aspinal’ning 650 dollarlik sumkasini moslashni afzal bilgan. Emilia Wickstead brendidan 1285 dollarlik limon rangli libos Emilia Wickstead’ning limon rangli libosini gersoginya 2013-yilda Bukingem saroyidagi ziyofatga kiyish uchun tanlagan. Jane Corbett shlyapasi va tilla detallar bilan bezatilgan klatch obrazni yanada bashang ko‘rinishiga sabab bo‘lgan. Missoni brendidan 2480 dollarlik, midi uznligidagi plissirovkali libos Keyt Shimoliy Irlandiyaga tashrif uchun Missoni brendidan 2480 dollarlik, midi uzunligidagi plissirovkali libosni tanlagan va uni och jigarrang, uchli tufli bilan moslagan. Elie Saab’dan 3100 dollarlik havorang ko‘ylak Aynan mazkur obraz Keytning eng esda qolarli obrazlardan biri hisoblanadi. Elie Saab’dan 3100 dollarlik havorang ko‘ylak bilan Philip Treacy’ning shlyapasi va Kiki McDonough ziraklarini moslagan malikaga moda ekspertlari tomonidan ijobiy fikrlar bildirilgan. Alexander McQueen’ning 3259 dollarlik oq gipyur libosi Gersoginya 2017-yilda Royal Ascot’ga kiyish uchun Alexander McQueen brendidan libos tanlagan va uni shlyapa, zirak, klatch va Gianvito Rossi’ning tuflisi bilan moslagan. Mazkur obraz umumiy 3259 dollarga tushgan. Alexander McQueen 4000 dollarlik palto Avliyo Patrik kunining asosiy rangi yashil hisoblanadi va shu bois ham Keyt har yili ushbu tadbirda ishtirok etish uchun shu rangli kiyim tanlaydi. Suratdagi Alexander McQueen tomonidan taqdim qilingan klassik bichimli palto narxi 4000 dollarni tashkil etadi. U obrazni Gianvito Rossi’dan 676 dollarlik tufli bilan yakunlagan. Catherine Walker brendidan 4000 dollarlik sut rangli palto Gersoginya 2016-yilda Kanadaga tashrifi uchun Catherine Walker’dan 4000 dollarlik palto, L.K. Bennet tomonidan taqdim qilingan tufli va aksessuarlarni tanlagan. Jenny Packham’dan 4684 dollarlik ko‘ylak Royal Variety ishtiroki uchun Middlton qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan Jenny Packham’dan 4684 dollarlik ko‘ylakni tanlagan. Emilia Wickstead’dan 6022 dollarlik och ko‘k libos 2017-yilning may oyida Keyt Lyuksemburgga Emilia Wickstead’dan 6022 dollarlik libosda, Kiki McDonough ziraklarini taqqan holda tashrif buyurgan. Alexander McQueen’dan 6211 dollarlik qora libos Keyt ham har bir ayolning garderobida qora rangli libos bo‘lishi kerak, degan qoidaga amal qiladi. U qora klassik bichimli libosi bilan 6000 dollarlik sumka taqishni ma’qul ko‘rgan. Chanel tomonidan taqdim qilingan 10 000 dollarlik obraz Keyt 2017-yilda Parijga safari davomida boshdan oyoq Chanel’dan kiyingan. Total-luk narxi 10 ming dollarni tashkil qilgan. Alexander McQueen’dan 10 605 dollarlik uzun libos BAFTA Awards’dagi ishtiroki uchun gersoginya Alexander McQueen libosini tanlagan. 2019-yilda aynan shu obrazda Portrait Gala’da ham ishtirok etgan. Alexander McQueen’dan 14 000 dollarlik libos Singlisining to‘yida yana Alexander McQueen’dan libos tanlagan Keyt obrazni Jane Taylor shlyapasi bilan moslagan. Alexander McQueen’dan 332 000 dollarlik to‘y libosi Gersoginya alohida kunlar uchun Alexander McQueen’dan libos kiyadi. Dizayner Sara Berton tomonidan tikilgan to‘y libosi uning liboslari orasidagi eng qimmat va hashamatlisi ekaniga shubha yo‘q. Nikoh libosi malikaga 332 000 dollarga tushgan.
69
4,304
Ayollar
Punktual odamlarga xos 3 ta odat
Agar siz har doim kechiksangiz va bunga barham berishni istasangiz, o‘z vaqtida bajaradigan odamlarning ba’zi odatlaridan o‘rnak olishga harakat qiling. O‘z vaqtida bajaradigan odamlar qaysi ishga qancha vaqt ketishini biladi. Kechikadiganlar esa aksincha, hammasini haddan tashqari optimistik tarzda belgilaydi. O‘zingizda vaqtga nisbatan real munosabatni shakllantirish uchun, ertalabki tayyorlanish va ishgacha bo‘lgan yo‘lga sizning hisobingiz bo‘yicha qancha vaqt ketishini yozib qo‘ying. Keyin hafta davomida, haqiqatan ham bunga qancha vaqt ketishiga e’tibor bering. Puxta odamlar odatda ertaroq keladi, shoshilish va kechikish ularda stress paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Kechikuvchilar ham stressni boshdan kechiradi, farqi shundaki, ular ertaroq kelishga urinmaydi — ular o‘z vaqtida kelishga harakat qiladi. Yo‘lni rejalashtirishda, puxta odamlar kutilmagan vaziyatlar va tirbandliklarni ham hisobga oladi. Agar o‘z vaqtida kelishni xohlasangiz, ertaroq kelishni rejalashtiring. Kundalik harakatlarimizning 45 foizini biz beixtiyor bajaramiz. Hayotimiz odatlardan tashkil topgan va ularning bo‘lishi zarur, aks holda tishni qanday tozalash yoki ishga qaysi yo‘l bilan borishni hal qilish uchun bizning ancha vaqtimiz ketar edi. O‘z vaqtida bajaradigan odamlarning odatlari aniq tuzib chiqilgan. Bunday odamlar o‘zining kundalik ishlarini oldindan tahlil qiladi, qulay tartib ishlab chiqadi va unga amal qiladi. Har doim kechikadiganlar esa, aksincha o‘z hayotini oldindan rejalashtirmaydi. Kun tartibining muammolarini o‘ylash va o‘zgartirish o‘rniga, ular ertaga hammasi yaxshiroq bo‘lishiga umid qiladi. Manba: “Passion.ru”
32
1,638
Ayollar
Sovitkichdan muzni qanday eritish kerak: uy bekalari uchun ko‘rsatma va layfxaklar
Sovitkich uzoqroq xizmat qilishi va o‘z ishini yaxshi bajarishi uchun uni qanday qilib muzdan to‘g‘ri eritishni bilish kerak. Bu borada The Voice Mag nashri kerakli tavsiya va layfxaklarni taqdim etdi. Sovitkichni muzdan qancha vaqt davomida tushirish mumkin? Sovitkichni muzdan tushirish tez bitadigan jarayon emas, muzning qalinligiga qarab, 3-10 soat davom etadi. Eng oson yo‘li — qurilmani bir kechada muzdan tushirish uchun qoldirishdir. Agar ushbu protsedura tezroq bajarilishi kerak bo‘lsa, maqolada muzlatkich kamerasini muzdan tushirishni tezlashtirishning tasdiqlangan usullari bilan tanishish mumkin. No Frost sovitkichlarining muzini eritish kerakmi? No Frost funksiyasiga ega muzlatkichlar to‘g‘ri ishlaganda muzlamaydi, shuning uchun ularni muzdan eritish kerak emas. Agar uning devorlarda muz hosil bo‘lsa, ehtimol u buzilgan bo‘lishi mumkin. Bunday holda muzdan eritish yordam bermaydi, balki ustadan professional yordam so‘rash kerak. Sovitkich muzxonasini qanday tozalash kerak? Eshik ochilganda iliq havo kirib, muzlatkichda muz hosil qiladi. Agar u qalin muz qatlami bilan qoplangan bo‘lsa, bu tortmalarni tortib olishni qiyinlashtiradi va bu muzdan tushirish vaqti kelganidan darak beradi. Muzxonani qancha vaqtda tozalash kerak? Muzxonani muzdan tushirishning optimal chastotasi yiliga bir yoki ikki marta. Bu qurilmaning to‘g‘ri ishlashini va o‘rtacha quvvat sarfini ta’minlaydi. To‘g‘ridan to‘g‘ri muzdan eritishga o‘tishdan oldin uni mahsulotlardan bo‘shatish kerak. Ideal variant ularni boshqa muzlatkichga qo‘yishdir, lekin agar buning iloji bo‘lmasa, ularni gazeta qog‘oziga o‘rash va yoniga muz paketlarini qo‘yish mumkin. Tashqari sovuq bo‘lsa, mahsulotlarni balkonda saqlash mumkin. Super Frost funksiyasiga ega muzlatkich egalariga ushbu rejimni muzdan tushirishdan bir kun oldin yoqish tavsiya etiladi. Muzlatkich bo‘shatilganda, quyidagilarni bajarish tavsiya etiladi: Sovitkichni qanday qilib muzdan tez eritish mumkin? Sovitkichni o‘z-o‘zidan muzdan tushirishni kutishga vaqt bo‘lmasa, bu jarayonni tezlashtiradigan layfxaklar mavjud. Sovitkich muzi qanday qilib issiq suv bilan eritiladi? Sovitkichni isitkich yordamida qanday qilib tezda muzdan eritish mumkin? Erigan suv va issiq havo bilan aloqa qilmaslik uchun qurilmani muzlatkich qarshisiga xavfsiz masofada joylashtirish lozim. Agar undagi puflash rejimi yoqilsa, hatto isitkichni changyutgich bilan almashtirish ham mumkin. Sovitkich muzini fen bilan eritish mumkinmi? Bu masala hali ham bahsli. Aksariyat odamlar muzlatkichni muzdan tushirish uchun soch fenlarini ishlatishga ma’lum xavfsizlik choralariga rioya qilgan holda ruxsat berilgan deb o‘ylaydi. Fenni muzlatkichning devorlaridan 20-30 santimetr masofada ushlab turish kerak va havo oqimini rezina muhrga yo‘naltirmaslik lozim. Bunday holda oqayotgan suvlar fenga tushmasligini ta’minlash kerak.
82
2,851
Ayollar
Zamonaviy Sharq: Osiyoning o‘ziga xos kiyinish uslubiga ega feshn-blogerlari (foto)
Yevropalik Kyara Ferrani, Leandra Medin hamda Kristina Bazan singari feshn-blogerlar moda ixlosmandlari orasida mashhur. Ammo kiyinish borasida yuksak did va trendlarni o‘zida mujassam etgan Osiyoliklar orasida ham ilhom olishga arziydiganlari yo‘q emas. @aimeesong Eymi Songning Instagram sahifasiga qarab uni moda bilan shug‘ullanadimi yoki interyer dizayn bilanmi, anig‘ini aytish qiyin. Ultrazamonaviy trendlar, moda klassikasi, noodatiy taqinchoqlarni o‘zida jamlagan Eymining Instagram’ida 5,6 million obunachisi bor. @mmmcoco07 Ushbu nik egasining sahifasini kuzatib, uning nozik did egasi ekanligini bilish qiyin emas. Past poshnali baletka, qaymoqrang  trench va etagi keng shim hamda marvarid shodasi singari kiyim-kechaklardan obraz yaratishni xush ko‘ruvchi va ilhomlanishni istovchilar uchun ushbu sahifa ayni muddao. @ninistyle Sitilist Nini Nguenning garderobida asimmetrik bichimli libos va oversayz-kardigan, ayollarga xos ko‘ylak, krossovka va klassik uslubdagi uchli tuflilarni uchratish mumkin. Nina sahifasida nafaqat o‘zining, balki jajji qizining ham obrazlari bilan bo‘lishib boradi. Yosh onalarga Nguenning sahifasi ikki karra qiziq bo‘lishi shubhasiz. @handinfire Professional bayer, ya’ni trendlar va moda sanoati bo‘yicha mutaxassis Tiffani ko‘plab mashhur brend, onlayn do‘konlar bilan hamkorlik qiladi. Shu sabab ham uning suratdagi liboslari ultrazamonaviy hamda dolzarb ekanligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Xsunining sahifasini kuzatib bazaviy garderob nimalardan iborat bo‘lishi kerakligi, qanday aksessuar va detallar bilan obrazni qiziqarli qilish mumkinligi haqida ma’lumotga ega bo‘lish mumkin. @tgosingtian Trishi Gosingtian-Gobunadaning retro uslubdagi obrazlarini 200 mingdan ortiq foydalanuvchi kuzatib boradi. Uning nazokatli ko‘rsatuvchi liboslar, baletka va bluzkalarni kiyib tushgan suratlaridan moda va did borasida ilhomlanish mumkin. @aya_green1010 Ikki farzandning onasi bo‘lgan Aya bola tarbiyasi moda tendensiyalarini kuzatish va ularni o‘z autfitida aks ettirish uchun to‘siq bo‘la olmasligini o‘zi misolida isbotlashga muvaffaq bo‘lgan.
83
2,108
Ayollar
Ozishning asosiy sirlari
Biz siz uchun ko‘pchilik tez-tez unutib qo‘yadigan asosiy qoidalarni to‘pladik. Yashash tarzingizni o‘zgartiring. Sog‘lom ovqatlanish— bu vaqtinchalik chora emas, balki butun hayotingiz davomida amal qilishga to‘g‘ri keladigan foydali odat. Buni tushunib yetganingizdagina qoidalarni buzish kamayadi. Albatta, har kuni irodangizni ishga solishga to‘g‘ri keladi. O‘zingiz uchun eng muhimini belgilab oling va aniq tuzilgan rejaga amal qiling. Sevimli shirinliklar o‘rnini bosuvchi o‘xshashini toping. Agar siz stressni pishiriqlar va konfetlar bilan bosishga odatlanib qolgan bo‘lsangiz, ularni olma va sabziga almashtiring. Bunday muammolaringizni boshqa usullar bilan bartaraf qilishga o‘rganing, masalan yoga mashqlari bilan. O‘zingizni oqlovchi bahonalar axtarmang! Zararli oziq-ovqatlarga qarshi urush e’lon qiling! Taomnomadan non, gazli ichimliklar, paketli sharbatlar, konfetlarni chiqarib tashlang. Agar shirinliklardan to‘liq voz kecha olmasangiz ham ular miqdorini 20 foizgacha qisqartiring. Muntazam ravishda shug‘ullaning. Sport mashg‘ulotlarining eng yaxshi rejasi— bir haftada besh-yetti marta mashg‘ulotga qatnashish. Muntazam ravishda ovqatlaning. Har to‘rt soatda ovqatlanish ko‘p yeyishdan saqlaydi. Kunlik rejimga rioya qiling. Aniq tuzilgan rejaga rioya qilsangiz, mashqlarni ham, uy ishlarini ham bajarishga ulgurasiz. Oqsil va yog‘larni ko‘proq, uglevodlarni esa kamroq iste’mol qiling. Kletchatkalarni unutmang. Brokkoli yeng, uning kaloriyasi juda past bo‘lib, u me’da-ichak yo‘llari faoliyatini tartibga soladi, jigarni tozalaydi va miya faoliyatini faollashtiradi.
24
1,591
Ayollar
“Yeb bo‘lmaydigan mahsulotni yuzga surtmang”. Yapon ayollaridan 7 ta go‘zallik siri
Ma’lumki, eng zamonaviy va sifatli go‘zallik mahsulotlari Yaponiyada ishlab chiqariladi. Balki shuning uchun ham yapon ayollarining terisi tiniq va chiroyli bo‘lsa kerak. Teriga g‘amxo‘rlik qilishning o‘ziga xos sirlari bilan “Terining inqilobiy yaponcha parvarishi − har qanday yoshda terini qay tarzda go‘zal qilish mumkin?” kitobi muallifi Chizu Sayeki bo‘lishdi. Ishonchli mahsulot “Ko‘p miqdorda turfa kosmetik vositalardan foydalanish terining buzilishiga olib keladi. Sababi turli xil tarkibga ega vositalar reaksiyaga kirishishi yoki qarama-qarashi ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Yapon ayollarining go‘zallik siri – muntazamlik va qat’iy rejim,  − deydi muallif o‘z kitobida. − Doimo tongda yuzlar maxsus losyon yordamida yuviladi, so‘ngra namlantiruvchi krem, albatta, surtilishi kerak. Uxlashdan avval ham xuddi shu qoida amalga oshiriladi. Hech qanday kamchilik va qoldirishlarsiz. Natija ikki haftada ayon bo‘ladi”. “Yeb bo‘lmaydigan mahsulotni yuzga surtmang” “Agar biron mahsulotni yeya olmasangiz, uni teriga surtmang”, − deydi Chizu Sayeki.  − Balki men haddan tashqari oshirib yuborgandirman, hech kim krem yoki losyon iste’mol qilmaydi, lekin oxir-oqibat teri yuzasiga surtilgan vosita qon oqimiga kirib borishini eslatib o‘tmoqchiman. Shuning uchun qo‘llaniladigan vositalar tarkibini kuzatish kerak. Ularning tarkibida tabiiy ekstraktlar qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha foydali bo‘ladi”. Matoli niqoblar “Ilk bora ipak matosi atirgul suvi bilan namlanib, yuzga qo‘yilgan. Bu tarixda birinchi yaratilgan mato niqobi edi. Bunday niqoblardan foydalanilganda mahsulot tarkibidagi foydali moddalarning kirib borish chuqurligi ko‘p marta oshadi va samarasi ham seziladi. Shuning uchun tayyor niqob sotib olishning hojati yo‘q. Uy sharoitida ham niqob tayyorlab, uni yuzga surtish va ustidan yengil mato yopib, terini parvarish qilish mumkin”. Yaponcha massaj “Qarishni sekinlashtiruvchi ushbu massaj teri mustahkam va tekis bo‘lishiga yordam beradi”. Yuzni to‘g‘ri tozalash “Kosmetik vositalar orasida eng qimmatbahosi – bu yuzni tozalovchi mahsulotdir. Krem, losyon yoki boshqalardan ham ko‘ra ko‘proq tozalovchi vosita teriga mos bo‘lishi kerak. Uning maqbulini tanlash uchun alohida vaqt ajratishga erinmaslik kerak, − deydi mutaxassis. − To‘g‘ri tozalangan yuz boshqalarnikiga qaraganda ancha yosh ko‘rinadi va alohida parvarish talab etmaydi. Hech bo‘lmaganda kuniga ikki mahal tozalash vositasidan foydalanish tavsiya etiladi. Agar imkon bo‘lsa, tez-tez amalga oshirish zarar qilmaydi”. Barcha holatlar uchun moylar “Butun dunyo yog‘siz mahsulotlarga e’tibor qaratayotgan bir vaqtda shuni aytish mumkinki, faqat yog‘largina terini erta qarishdan saqlaydi. Ular terini yumshatadi, oziqlantiradi va sog‘lom bo‘lishga yordam beradi. Teri uchun mos keladigan yog‘dan iloji boricha ko‘proq foydalanish kerak. Hattoki ovqat tayyorlash jarayonida ham yuzga yog‘larni surtish mumkin. Teri yog‘li bo‘lib ketishidan xavotir olishning keragi yo‘q, u faqat o‘zi uchun kerakli narsani oladi, ortiqchasini o‘zlashtirmaydi”. Vanna qabul qilish uchun maxsus kun “Haftada kamida bir marta vanna qabul qilish uchun maxsus kun tashkil etish kerak. Butun vujud bug‘ yordamida tozalanadi, uzoq vaqt dam oladi. Shundan so‘ng tana uchun foydali yog‘lar surtish kerak. Ushbu jismoniy tozalanish modda almashinuvi jarayonlarini, limfa oqimini yaxshilaydi, stressni bartaraf etadi”,  − deydi kitob muallifi. Shuni yodda tutish kerakki, teri parvarishi o‘ta nozik masala bo‘lib, yapon ayollariga mos kelgan vosita boshqalarga to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Ularni kun tartibiga kiritishdan avval kosmetolog bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
83
3,629
Ayollar
Kipriklarni o‘stirish uchun 5 ta samarali vosita
Sun’iy kiprik qo‘ydirishdan oldin o‘zingizning kipriklaringizni o‘stirishga urinib ko‘ring. Bu arzon va ancha foydaliroqdir. Kipriklarni o‘stirish uchun vositalar Kanakunjut moyi — kipriklarni o‘stirishda samarali va ishonchli vosita hisoblanadi. Kipriklar ustiga moyni cho‘tkacha yordamida ehtiyotlik bilan suring. Uni 15-45 daqiqa qoldiring va keyin makiyajni tozalovchi vosita yordamida yuving. Kanakunjut moyini bir marta surish yetarli bo‘lmaydi. Uni kurslar bilan qo‘llash kerak. Bu amalni bir oy davomida haftasiga bir necha marta takrorlang. Chakamug‘ moyi kipriklarni mustahkamlaydi va o‘sishini tezlashtiradi. U ham kanakunjut moyi singari ishlatiladi: kipriklarga 15–45 daqiqa surib qo‘ying, keyin yuving. Chakamug‘ moyi faqat muntazam ravishda qo‘llanilsagina samara beradi. Bu preparatlar odatda yog‘lar, o‘simlik ekstraktlari va vitaminlardan tashkil topgan bo‘ladi. Bu vositani uy sharoitida o‘zingiz tayyorlashingiz ham mumkin. O‘stirishga va mustahkamlashga yordam beradigan davolovchi gellar an’anaviy rangli tushdan avval yoki u bilan birga ishlatiladi. Birinchi holatda u himoyalash vazifasini bajaradi. Tush kipriklarni quritishi mumkin. Gel himoya qiluvchi to‘siq yaratishdan tashqari kun davomida kipriklarni oziqlantiradi ham. Yuqorida aytilgan vositalar surish uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, vitaminlarni esa ichish kerak. Kipriklar o‘sishi uchun tarkibida: bo‘lgan vitaminlar to‘plami mos keladi. Manba: “Woman.ru”
48
1,438
Ayollar
Tirnoqlarga gel-lak surishdan voz kechish uchun to‘rt sabab
Gel-lak bundan 10 yil avval paydo bo‘lishiga qaramay, tez orada mashhurlikka erishdi hamda bugungi kunda salonga tashrif buyurgan ayollarga aynan u bilan bog‘liq xizmatlar ko‘p tavsiya qilinadi. U nozik jins vakillarining tirnoq va qo‘llari chiroyli ko‘rinishiga, vaqti tejalishiga yordam bergani bilan gel-lak bilan tinimsiz yurish tirnoqlarning nafas olmasligi, mo‘rtlashishi va boshqa muammolarga sabab bo‘ladi. Nurlanish Lak surilganidan keyin foydalaniladigan lampa ikki xil: UV va LED turlari bo‘lib, ularning har ikkisida ham ultrabinafsha nurlar mujassam bo‘ladi. Ultrabinafsha nurlar terining erta qarishi, ajin va dog‘lar tushishi, shuningdek saraton rivojlanishiga ham sabab bo‘ladi. Ko‘pchilik LED-lampalarni xavfsiz, deb hisoblaydi, ammo bu to‘g‘ri emas. Dermatolog Kris Erdiganning aytishicha, UV va LED-lampalaridan nurlanish ko‘chadagi oddiy chiroqdan nurlanishdan to‘rt karra kuchliroq. Saraton kelib chiqish xavfi u qadar katta bo‘lmasa ham, teri bilan bog‘liq muammolarning paydo bo‘lish ehtimoli yuqori sanaladi. Ushbu xavf salonga bir-ikki marta tashrif buyurganda bilinmagani bilan oradan bir necha yillar o‘tib namoyon bo‘ladi. Bunday lampalardan foydalanish kerotinositlar DNKsiga zarar yetishi o‘tkazilgan tadqiqotlarda ham aniqlangan. Lampaga qo‘lni qancha uzoq tutib turilsa, teriga shuncha yomon bo‘ladi. Mikroplastik Amerikada ovqat plastik o‘rami yiliga 80 milliondan ko‘p marta chiqindiga tashlanadi. Uning Yer yuzi va okeanda to‘planishi esa tirik organizmlarga ham zarar yetkazmay qolmaydi. Toshbaqa, qush va dengiz hayvonlarining aksariyati plastiklarning to‘planishidan halok bo‘ladi. Gel-lak tirnoq plastinasidan o‘chirilgach, plastiklar chiqindiga tashlanganidan so‘ng ular mikroplastiklarga ajraladi. Bu esa uning iste’mol mahsulotlariga zarar yetkazishi va vaqt o‘tishi bilan taom ko‘rinishida organizmga kirishini bildiradi. Tirnoq plastinasiga zarar yetadi Gel-lak bilan qoplangan tirnoq vaqt o‘tishi bilan ingichkalashib, og‘riqni ham his qilishi mumkin. Bunga esa ikki sabab mavjud. Birinchisi, qiz va ayollarning ikki hafta yoki undan ko‘p gel-lak bilan yurishi, ikkinchisi esa manikyurning noto‘g‘ri o‘chirilishi hisoblanadi. Apparatdan foydalanganda ehtiyot bo‘lmaslik tufayli tirnoq plastinasi shikastlanadi. Tirnoqni atseton va folga qog‘ozi bilan o‘chirish to‘g‘ri usul hisoblanadi. Tirnoqlar “dam olishi” uchun gel-lakdan voz kechishni istaganlar 3-5 oy davomida kutishiga to‘g‘ri keladi. Bu vaqt davomida tirnoq plastinasi butkul yangilanib oladi. Tirnoqlarini davolashni istovchilarga esa shifobaxsh xususiyatga ega bo‘lgan lakdan foydalanish tavsiya qilinadi. Zamburug‘lar paydo bo‘lishi mumkin Tirnoqning rangi sariq, oq yoki jigarrang bo‘ladi, ayrim hollarda tirnoq ostiga namlik to‘planishi va zamburug‘ paydo bo‘lishi ham mumkin. Shu sabab ham mutaxassislar 3-4 manikyurdan keyin bazani olish kerakligi haqida ma’lum qilishadi. Quritish davomida gipoksiya paydo bo‘ladi va bu tirnoq bilan bog‘liq muammolar kelib chiqishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek, shikastlangan tirnoqlar, asbob-uskunalarning dezinfeksiyalanmagani, sifatsiz gel-lakdan foydalanish, 2 hafta muddat o‘tganidan keyin ham lakni o‘chirmaslik ham yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin.
59
3,213
Ayollar
Kuzdagi holsizlik, tushkun kayfiyat va shamollashni bartaraf etishga ko‘maklashadigan 10 ta mahsulot
Kuzda tetiklikni yo‘qotmaslik, kamroq kasal bo‘lish va xotira susayishi va past konsentratsiyadan shikoyat qilmaslik uchun ovqatlanish rejimiga qanday taomlarni kiritish kerak? Bu haqda endokrinolog va bloger Lady Mail nashri ma’lumot berdi. Jigar  Jigarni doimiy iste’mol qilish xotirani, sezgirlikni va stressga chidamlilikni oshiradi. Buning sababi shundaki, u omega-3 ning ta’sirchan miqdorini, shuningdek, fosfor, kalsiy, kaliy va magniyni o‘z ichiga oladi. Qovoq Qovoq ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilaydi va ortiqcha suyuqlikni olib tashlaydi. Shuningdek u beta-karotin va tolalarning ko‘p miqdorni o‘zida mujassam etadi. Bryussel karamlari  Bryussel karamlari qondagi shakar midorini me’yorida turishiga yordam beradi. Uning tarkibida bir vaqtning o‘zida bir nechta mega-foydali kislotalar (masalan, glyukarik va alfa-lipoik kislotalar), A vitamini va saraton, mikroblarga qarshi ta’sirga ega qimmatli organik sulforafan moddasi mavjud. Tarvuz turp Tarvuz turpini mavsumiy shamollash va virusli infeksiyalar davrida iste’mol qilish kerak, chunki u viruslarga qarshi ta’sirga ega. Uning tarkibida yod va fosfor bor. Yasmiq Yasmiq qondagi shakar miqdorini pasaytiradi va tarkibidagi temir tufayli gemoglobinni oshiradi. Bundan tashqari, u yurak va qon tomirlarining faoliyatini yaxshilaydi. Skumbriya balig‘i Tezda charchayotgan bo‘lsangiz skumbriya balig‘ini iste’mol qiling: u juda ko‘p B12 vitaminini o‘z ichiga oladi. Bu vitaminning yetishmasligi yuqoridagi kabi muammolarga olib keladi. Bundan tashqari, uning tarkibida ko‘p miqdorda, bir xil foydali omega-3 yog‘ kislotalari bor. Go‘sht Kuzda qo‘zichoq, buzoq va kurka go‘shtini iste’mol qilgan ma’qul. Ularda yetarli miqdorda protein, aminokislotalar, foydali yog‘lar va B vitaminlari mavjud. Bu turdagi go‘sht mahsulotlari tez va uzoq vaqt davomida to‘yinadi. Klyukva Bu meva xavfsiz superfud darajasiga ega. U organizmga infeksiyalarga qarshi kurashishda yordam beradigan ko‘plab taninlarga ega. Bundan tashqari, klyukva turli xil vitaminlar (C, PP, K, B1, B2), organik kislotalar, flavonoidlar, pektinlar va fitonsidlar kabi o‘simlik birikmalarining manbai (ular hatto tabiiy antibiotiklar deb ham ataladi) hisoblanadi. Sariyog‘ Agar “kuzda energiyani qayerdan olish kerak” degan savol yuzaga kelsa, sariyog‘ni ovqatlanish rejimiga kiritishdan boshlang (va ideal tarzda muammoingiz haqida shifokorga murojaat qiling). Sariyog‘li buterbrod — oshqozonni “aldaydigan” taom emas, ushbu yegulik tanaga A, D, E, PP, B2, B1 vitaminlari, shuningdek, ko‘p fosfor, selen va kalsiy yetkazib berishni ta’minlaydi. Tuzlangan karam Tuzlangan karam ko‘p miqdorda C vitamini o‘z ichiga oladi, bu esa temirning yaxshiroq so‘rilishini ta’minlaydi. Shu bilan birga, tuzlangan karam — eng mashhur va arzon fermentlangan mahsulot, u ichak mikroflorasini tartibga soladi: “yomon” bakteriyalar sonini kamaytiradi va “yaxshi” bakteriyalar sonini oshiradi. Aytgancha, ushbu mahsulotlardagi retseptlarda mavjud bo‘lgan shakardan qo‘rqmaslik kerak. U foydali bakteriyalarni butunlay “yeydi”.
100
3,035
Ayollar
Sellofan paket va bir nechta tanga: pashshalardan qutulishning sinalgan usuli
Suv to‘ldirilgan oddiy polietilen paket va ichidagi bir necha tanga pashshalarni uyingizdan uzoqlashtirishini bilasizmi? Bir qarashda, bu hayratlanarli ko‘rinadi, lekin hasharotlarning bunday xatti-harakatlarining sababini bilsangiz, hammasiga darhol tushunasiz. Odamlardan farqli o‘laroq pashshalar dunyoni butunlay boshqacha ko‘radi. Gap shundaki, ularning ko‘z tuzilishida yagona parda yo‘q. Buning o‘rniga, har bir pashshaning ko‘zi faset yoki ommatidiya deb ataladigan 4000 ga yaqin alohida hujayralardan iborat. Har bir fasetning alohida linzalari bo‘lib, u tasvirning faqat bir qismini idrok etadi, ammo ular birgalikda pashshaga dunyoni deyarli 360 gradusga ko‘rishga imkon beradi, ammo o‘ziga xos mozaika shaklida. Bunday ko‘rish maydoniga qaramay, pashshaning ko‘rish qobiliyati odamnikidan 100 baravar yomon, har qanday yorug‘lik manbai doimo uning ko‘ziga deyarli to‘g‘ri burchak ostida uriladi, yorug‘likning har qanday o‘zgarishi ko‘rish qobiliyatini zaiflashtiradi. Pashshaning aynan shunday ko‘rishi amerikalik fermerlarga suv bilan to‘ldirilgan tangali paketlar ko‘rinishidagi hiylani ixtiro qilishga imkon berdi. AQSH janubida bunday paketlarni hozir hamma joyda uchratish mumkin. Ular restoranlarning derazalariga, uylarning kirish qismiga, shuningdek, tabiat qo‘ynidagi boshqa dam olish va yig‘ilish joylariga osib qo‘yiladi. Suvdagi tangalarni aks ettiruvchi singan yorug‘lik pashshani doimo chalkashtirib yuboradi, natijada bu yerdan qochishga harakat qiladi. Qolaversa, suv tufayli tangalar pashshaga haqiqiy o‘lchamidan ancha katta bo‘lib ko‘rinadi. Ulardan keladigan yorug‘lik har tomonlama aks etib, hasharotlar uchun yorqin nuqtaga aylanadi va uni uchib ketishga majbur qiladi. Bu qanday yasaladi? Sellofan paketni yarmigacha suv bilan to‘ldiring va ichiga tangalarni soling. Keyin paketning yuqori qismini ip bilan mahkam bog‘lab, uni pashshalar eng ko‘p bezovta qiladigan joyga osib qo‘ying. Bir necha daqiqadan so‘ng hasharotlar ancha kamayganini sezasiz.
77
1,988
Ayollar
Ko‘z atrofidagi terini parvarish qilishda yo‘l qo‘yiladigan xatolar
Ko‘z atrofidagi teri tezroq qarishini ko‘pchilik bilsa ham nima uchundir maxsus parvarish qilishni unutib qo‘yadi. Yuzingizga odatiy krem sursangiz-u, qolganini ko‘z ostiga taqsimlab yuborsangiz, darhol bu odatdan voz kechish tavsiya qilinadi. Buning o‘rniga qo‘shimcha oziqlantiradigan, qora dog‘ va shishlarning oldini oladigan maxsus vositalardan foydalaning. Harper’s Bazaar nashri bu ko‘z atrofidagi terini parvarish qilishda eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan xatolar haqida ma’lumot berib o‘tadi. Yuz va ko‘z makiyajni tozalash uchun bir vositadan foydalanish Yuz terisidagi makiyajni o‘chirish uchun mo‘ljallangan kosmetika, nafaqat uni balki terini ortiqcha yog‘lardan ham tozalashga mo‘ljallangan. Ko‘z atrofidagi poralar shunchalik kichkinaligidan unda kirlar to‘planmaydi. Aynan shu sabab ham odatda makiyajni o‘chirishga mo‘ljallangan vositalar ko‘z terisi atrofidagi terini quritib yuborishi bu esa ajin tushishiga olib kelishi mumkin. Yetarlicha namlantirmaslik Siz yuz uchun foydalanadigan matoli niqob xuddi makiyaj o‘chirishga mo‘ljallangan vosita singari samara bermasligi mumkin. Shu sabab ham bunday niqobdan foydalanishdan avval ostiga gidrogelli patchi qo‘yishni unutmang. Bu to‘liq namlantirishga yordam berishi mumkin. Kosmetik vositalardan haddan ortiq ko‘p foydalanish Ko‘pchilik ko‘z atrofidagi terini parvarish qilishni boshlaganidan keyin qovoqlar shishishni boshlaganini payqab, bu fikrdan qaytib qoladi. Albatta, bu muammo organizmning reaksiyasi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, ammo aksariyat hollarda bunga foydalanadigan kosmetika miqdorining ko‘pligi sabab bo‘ladi. Ko‘z atrofidagi teri maydoni katta emasligi hisobiga taxminan guruchdek vosita kerak bo‘ladi. Ko‘payib ketsa, kipriklar va shilliq qavatga tegib, shish va kamchiliklar keltirib chiqaradi. Quyosh nurlaridan himoyalanmaslik Ultrabinafsha nurlari teriga zarar yetkazishi mumkinligi sababli nafaqat issiq, balki sovuq mavsumda ham quyoshdan himoyalovchi kremlardan foydalanish muhim sanaladi. Aks holda ko‘z atrofidagi nozik teriga zarar yetishi mumkin. Shuningdek, quyosh nurlaridan himoya qiluvchi ko‘zoynak taqishni ham unutmaslik kerak.
67
2,130
Ayollar
Qanday qilib har kuni bittadan kitob o‘qish mumkin?
Ma’lum bo‘lishicha, kattalar bir daqiqa ichida o‘rtacha 120–180 ta so‘z o‘qir ekan. Kitobning standart hajmi — 60 000—10 000 so‘zdan iborat. Keling, hisoblab ko‘ramiz. Agar o‘rtacha tezlik bilan bir daqiqada 150 ta so‘z o‘qisangiz, 80 000 so‘zdan iborat bo‘lgan kitobni taxminan 9 soat ichida o‘qib chiqasiz. Agar tez o‘qish yo‘llarini o‘rganib olsangiz, buni undan ham tezroq amalga oshirishingiz mumkin. So‘zning o‘ziga emas, balki ikki so‘z o‘rtasidagi oraliqqa qarang. Birdaniga ikkala so‘zni ham o‘qishga harakat qiling, keyin esa nigohingizni navbatdagi so‘zlar juftligiga qarating. Malaka hosil qilish uchun iborani tez ko‘zdan kechiring, keyin esa uni yana takrorlang. O‘qish vaqtida satrlarning o‘rtasiga qarang, chetdagi so‘zlarga diqqatingizni qaratmang. Keyin so‘zlarni guruhlar bo‘yicha o‘qishni sinab ko‘ring. Bitta guruh — bu nigohni olmasdan o‘qish mumkin bo‘lgan va bir-biriga yaqin joylashgan 4–16 ta so‘z. Boblarning nomlarini va bir necha birinchi so‘z boshilarini o‘qib chiqing. Shunda siz muallif nima aytmoqchi bo‘lganini tushunib olasiz. Gap nima haqida borayotganini bilib olish uchun sarlavhadan keyingi satrlarga tez-tez ko‘z yugurtirib chiqing. Bu usul badiiy kitoblar uchun to‘g‘ri kelmaydi. Lekin u agar siz asosiy g‘oyani yoki muallif asoslarini tez aniqlamoqchi bo‘lganingizda ish berishi mumkin. Tabiiyki, bunday tezlik bilan o‘qishda siz hammasini eslab qololmaysiz. Shuning uchun kerakli va asosiy ma’lumotlarni ko‘chirib oling. Transportdami, navbatda turganingizdami, tanaffus paytida bo‘ladimi, qayerda bo‘lishingizdan qat’iy nazar o‘qing. Seriallar tomosha qilishni o‘qish bilan almashtiring. Agar kun davomida vaqtingiz kam bo‘lsa, audiokitoblar eshiting. Ularni ishga borishda, uy yig‘ishtirish paytida, sport bilan shug‘ullanishda ham eshitishingiz mumkin. Har kuni bittadan kitob o‘qish shart emas. Agar ko‘proq va yaxshiroq o‘qishni istasangiz, tezlikni asta-sekinlik bilan oshirib boring. O‘zingizga yoqadigan kitoblarni tanlang va tajriba qilib ko‘ring. Bu sizni yanada ko‘proq o‘qishga ilhomlantiradi. Manba: “Layfxaker”
51
2,068
Ayollar
Retro uslubidagi obrazni qanday yaratish mumkin?
Barcha yangiliklar aslida unutilgan eski narsalardir. Bu fikr moda olami uchun ayniqsa mos tushadi. Unutilgan tendensiyalar necha marta yana takrorlanganligini eslab ko‘ring. Retro uslubni aynan uning aktualligi, yengilligi uchun xush ko‘rishadi. Bunday liboslar doim urfda sanaladi. Biroq retro uslubni his qilish uchun shuni anglash lozimki, retro bu faqat tufli bilan uyg‘un o‘tmish libosi emas. Retro uslub bu — soch turmagi, makiyaj, aksessuarlar, va albatta, yaxshi kayfiyatdir. Djinsi yoki yubka kiygan retro uslubidagi xonimni tasavvur qilish qiyin. Bunda sizga ko‘ylak yordamga keladi. Bunday ko‘ylak albatta nafis bo‘lib, bel qismiga urg‘u berishi lozim. Soch turmagiga kelsak, Bridjit Bordo yoki Odri Xepbyornning latofatli turmaklari ko‘z oldimizga keladi. Retro turmaklar bu — gajaklar, yuqoridan yig‘ib qo‘yilgan sochlar va o‘rimlardir. Hozirgi kun mashhurlari orasida Dita fon Tizning uslubi zamonaviy retro-shikning yorqin timsoli bo‘la oladi. Bu uslub uchun 60-yillarning ko‘rkam makiyaji mos tushadi. Ko‘zning tashqi burchagiga chizilgan uzun chiziqlar, tabiiy rangli lab bo‘yog‘i va qalin kipriklar o‘sha davr ayollariga xos pardozdir. Retro uslubdagi obraz yaratishning eng oddiy usullaridan biri davrga xos aksessuar qo‘shishdir. Birgina ko‘zoynak yordamida tashqi ko‘rinishingizni tubdan o‘zgartirishingiz mumkin. Bu Jaklin Kennedi uslubidagi katta ko‘zoynak bo‘lishi mumkin. Hozirgi vaqtda shlyapadagi ayolni uchratish mushkul. Biroq aynan shlyapa yordamida ommadan ajralib, betakror uslubni yaratish mumkin. Qolaversa, ushbu mavsumda ular har qachongidan ko‘ra ham aktualroq. Retro uslubni bashang bosh kiyim yordamida yaratishdan oson ish yo‘q. Retro sumka tanlashda yo yelkadagi sumka, yoki klatch bilan kifoyalanish kerak. Aksessuar libos va oyoq kiyimga mos bo‘lishi va e’tiborni o‘ziga jalb etmasligi zarur. Taqinchoqlar obrazingizni to‘ldirishga yordam beradi. Ushbu holatda marvaridli taqinchoqqa e’tibor qaratishni tavsiya etamiz. Ular kundalik obraz bilan bir qatorda, bayram oqshomlari uchun ham mos tushadi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
48
2,218
Ayollar
Qahva, bodring va teri uchun kosmetik vosita tayyorlasa bo‘ladigan boshqa mahsulotlar
Uydagi qaysi mahsulotlardan yuz uchun losyon, skrab singari kosmetik vositalar tayyorlash mumkinligi haqida “Domashniy ochag” nashri ma’lumot berib o‘tadi. Qahva Qahva donachalari magniy va vitaminga boy. Kosmetik vosita sifatida qo‘llanganda antioksidant va antibakterial ta’sir ko‘rsatadi. Undan skrab tayyorlash uchun uch choy qoshiq qahvaga bir choy qoshiq tuz qo‘shish kerak bo‘ladi. Bunday skrab terini tozalab, namlantirishga yordam beradi. Bodring Bodring nafaqat iste’mol, balki kosmetik maqsadda foydalanish uchun ham eng yaxshi mahsulot sanaladi. Tonik tayyorlash uchun ikkita bodringni qirg‘ichdan chiqarib, dokada suvini siqish va unga 2 osh qoshiq asal qo‘shish kerak. Tayyorlangan tonikni yuz va bo‘yin qismiga kuniga 2 marta surtsangiz bo‘ladi. Kivi Kivida teri uchun foydali bo‘lgan C vitamin mujassam. Bir dona kivi, ikki osh qoshiq bodom yog‘i va bir qoshiq asal, shuningdek, ikki tomchi apelsin essensiyasi qo‘shib skrab tayyorlasa bo‘ladi. Buning uchun barcha mahsulotlarni blenderda aralashtirish kerak. Yuz va bo‘yinga surtib, 10-15 daqiqadan keyin yuvib tashlang. Tog‘jambil Tog‘jambil tonusni yaxshilashi va dezinfeksiyalovchi xususiyatga ega ekani bilan yaxshi ma’lum. Terini yaxshilovchi losyon tayyorlash uchun tog‘jambilga arpabodiyon urug‘ini qo‘shish kerak. Buning uchun ularning ikkisini 1 stakan qaynagan suvga solib dimlab qo‘yish lozim. Shundan keyin unga limon sharbati qo‘shing. Soviganidan keyin sovitkichga qo‘yish kerak. Ushbu losyonni har kuni ertalab teriga surtsa bo‘ladi.
85
1,516
Ayollar
Idish yuvish jarayonida qanday xatolarga yo‘l qo‘yamiz?
Idish yuvish jarayonida qanday xatolarga eng ko‘p yo‘l qo‘yamiz? Agar mikroblardan xalos bo‘lish va suv hamda yuvish vositalarini tejashni istasangiz quyidagi maqola aynan siz uchundir. Juda ko‘p ko‘pik Agar idish yuvayotganingizda rakovinada ko‘pikli aysberg hosil bo‘lsa, bu yuvish vositasidan noto‘g‘ri foydalanishingizning yaqqol belgisidir. Idish yuvish vositalarining reklamasida bejizga bir tomchi haqida so‘zlanmaydi, haqiqatda ham ularning bir tomchisi yetarli bo‘lishi lozim. Ulardan keragidan ortiq foydalanganingizda idish yuzasida kimyoviy vosita qoldiqlari qolib ketadi va ularning taom bilan birga oshqozonga tushish xavfi ortadi. Vositaning tarkibi ham muhim ahamiyatga ega. Tarkibida oqartiruvchi, triklozan va boshqa kuchli vositalar bo‘lgan suyuq va kukun vositalardan foydalanmaslikka harakat qiling. Ular kimyoviy vositalarga chidamli mikroblarning ko‘payishiga olib keladi. Gubka bilan yuvish Ko‘rinishi beozor bo‘lgan bu rangli porolon parchasi aslida sekin harakatga keltiriladigan mikroblar bombasidir. Uning bir santimetr kubida bir necha minglab ichak tayoqchalari bakteriyasi va salmonell bo‘lib, gubkaning aynan g‘ovakli yuzasi uni mikroblar uchun ideal uyga aylantiradi. Shuning uchun porolonni tashlab yuborib, tabiiy matolardan ishlangan salfetkalardan foydalaning. Ularda ham bakteriyalar yetarlicha to‘plansa-da, to‘g‘ri yuvilganda bu variant gigiyenaga ko‘proq mos keladi. Iflos rakovina Iflos rakovinada unitazga qaraganda 100 ming marta ko‘proq mikrob mavjud. Shu sababdan ham uni muntazam soda yoki tuzli uksus bilan yuvishni tavsiya etamiz. Rakovinani ovqat qoldiqlari bilan to‘ldirish Tarelka va tovalarni rakovinaga joylashdan avval undagi barcha ovqat qoldiqlarini tozalashga harakat qiling. Ovqat qoldiqlarining quvurga tiqilib qolishi juda yoqimsiz holat ekanligini yoddan chiqarmang.
55
1,829
Ayollar
Sochlarni to‘g‘ri quritish va turmaklash qoidalari
Bu maqolada sochlarni uy sharoitida turmaklashda nimalarga alohida e’tibor berish zarurligi to‘g‘risida mutaxassislar maslahati bilan tanishasiz. Quritish qoidalari: Turmaklash qoidalari:
50
188
Ayollar
Namlantirilgan salfetka kir yuvish jarayonida qanday yordam beradi?
Siz o‘ylamagan oddiy usul yordamida kiyimlar har doimgidan sifatliroq yuvilishi va qo‘shimcha ishlarga hojat qolmasligi mumkin. Odatda kir yuvishdan avval kiyimlar oq, qora va rangliga ajratiladi. Shuningdek, qattiq, jun va nozik matolari ham mashina ichiga alohida solinadi. Aksariyat hollarda ayollar shuning o‘zi bilan cheklanadi. Tuzilishi, qalinligi va sifati turli choyshablar ko‘pincha birga yuviladi. Shuning hisobiga bir matoga hech nima qilmasa, boshqa birida “katishka”lar hosil bo‘lishi, chetlarining yirtilishi kabi holatlar kuzatilishi mumkin. Ba’zida uy bekalari xayoli joyida bo‘lmay, cho‘ntagida salfetka, chipta, dori va boshqa chiqindilar bo‘lgan kiyim-kechaklarni ham mashina ichiga solib yuboradi. Ularning parchalari sovunli aralashmaga tushib, kiyimga yopishib qoladi. Kir yuvish mashinasining barabaniga solingan namlantirilgan salfetka esa kirlanishlardan himoya qiluvchi filtr bo‘lib xizmat qiladi. Mayda chang va kirlanishlarni o‘ziga to‘plagani sabab ham qo‘shimcha tozalashga hojat qolmaydi. Keyin esa salfetkani chiqindiga tashlab yuborish qiyinchilik tug‘dirmaydi. Ammo ushbu tavsiya ish berishi uchun bir nechta qoidalarga amal qilish kerak bo‘ladi. Salfetkani to‘g‘ri tanlash Salfetka yetarlicha mustahkam bo‘lishi. Mashinalarning yuvish intensivligi turli, yuvish vositalarining tarkibi farqli ekani tufayli salfetkaning yetarlicha pishiq bo‘lishi muhim sanaladi. Sotuvda ko‘p bo‘lgani bilan yuvishga hammasi ham qo‘l kelavermasligi mumkin. Yetarlicha pishiq ekani sabab antibakterial variantga e’tibor qaratish tavsiya qilinadi. Elastik bo‘lsin O‘ramdan olgandan keyin salfetkani chetlaridan turli tomonga tortib ko‘ring. Elastik bo‘lgani yaxshi, ammo bir tomonga tortilishiga e’tibor qarating. Hidsiz bo‘lishi Hidi bo‘lmasligi yoki ifori neytral bo‘lishiga e’tibor qarating. Kiyimlarga o‘tib qolishi mumkinligi sabab o‘tkir iforli variantlarni tanlamang. Ushbu tavsiyalar matoli emas, namlantirilgan, gigiyenik salfetkalarga taalluqli. Qanday foydalaniladi? Kiyimlarni cho‘ntagini tekshiring, choyshablarni maxsus qop ichiga soling. Keyin namlantirilgan salfetka bilan birga kir yuvadigan mashina ichiga soling. Kir yuvish kukuni yoki konditsioner solib, mashinaning yoqing. Jarayon nihoyasiga yetganidan keyin ichidagi salfetkani olib tashlang. Undan qayta foydalanmang. Sifatli kir yuvishga nafaqat namlantirilgan salfetka, balki idish yuvadigan mashina uchun foydalaniladigan tabletkalar ham yaxshi yordam beradi. Aspirinning bir nechtasi oqartirish xususiyatiga ega. Muz bo‘lagi esa yuvish jarayonida paydo bo‘ladigan burmalarni tekislashga hissa qo‘shadi.
67
2,597
Ayollar
Choyshablar to‘g‘risida siz bilmagan foydali maslahatlar
Choyshablar juda ehtiyotkorlikni talab qiladi. Bizning maslahatlarimiz sizga ulardan foydalanishda paydo bo‘ladigan muammolarni hal etishda yordam beradi. Choyshabni to‘shakka qadab qo‘yiladigan to‘g‘nog‘ichlarning ba’zan ochilib ketishi uxlashga xalal berishi yoki materialni buzishi mumkin. Bu borada yopishqoq tasmalardan foydalanish eng yaxshi usul hisoblanadi. Agar ko‘rpangiz jildning ichida yig‘ilib qolayotgan bo‘lsa uni jild ichiga kattaroq tugmalar bilan mahkamlab qo‘ying. Paxta gazlamalar birmuncha qulay material hisoblanadi. Uning yana bir turi — satin — sog‘liq uchun foydaliroq. Bunday choyshablarda odam uncha terlamaydi, gazlama yuzasida esa deyarli kir to‘planmaydi. Bu usul choyshab gullarining yorqinligini himoya qilishga va uzoq vaqtgacha uning yangi holatini saqlab qolishga yordam beradi. Yostiq jildi choyshablar uchun cho‘ntak vazifasini bajaradi, bu choyshablarni ixcham va qulay qilib joylashtirishga yordam beradi. Konditsionerli yuvish vositasi choyshablarni yumshatadi va aynan u xushbo‘y hid beradi.
56
1,034
Ayollar
Uy sharoitida salondagi kabi manikyur qilish bo‘yicha 9 ta layfxak
Manikyur qildirish uchun salonga borishga vaqtingiz bo‘lmaganda, uy sharoitida ham qo‘l va tirnoqlar go‘zalligini saqlab qolish mumkin. Buning uchun ko‘pgina kosmetika yoki laklarga ega bo‘lishingiz ham shart emas. Qo‘lingizni to‘g‘ri yuvasizmi? Ajoyib, lekin teringizni namlashni unutmang Ko‘pincha qo‘llarimizni yuvganda terimiz quruqlashadi. Teri yumshoq va silliq bo‘lishi uchun muntazam ravishda oziqlantiruvchi yoki namlovchi kremdan foydalanish kerak. Idish yuvish yoki uy tozalashda Qo‘llaringizni kimyoviy moddalardan himoya qilish uchun har doim rezina qo‘lqop kiying. Tirnoqlar uzunligi va shakliga e’tibor bering Tirnoq o‘sib ketgan vaqtni kutmaslik kerak. Tirnoqlarning uzunligini kuzatish va o‘z vaqtida shaklini tuzatish muhimdir. Ammo baribir, qo‘llaringizga g‘amxo‘rlik qilishda to‘g‘ri va muntazam manikyur ortiqchalik qilmaydi. Uy sharoitida manikyur qilish uchun nima kerak? Qanday qilib to‘g‘ri manikyur qilish kerak? Birinchi qadam eski lak qoldiqlarini lakni tozalash vositasi bilan namlangan paxta yostig‘i bilan olib tashlashdir, agar tirnoqlarda lak bo‘lmasa ham tirnoq plastinkasini artib olish kerak. Keyingi qadam, agar kerak bo‘lsa, tirnoqlarni kesish yoki pilka qilish. Tirnoqlarni pilkalashda juda ehtiyot bo‘lish kerak. Keyin tirnoq chetlarini polirovka qiladiga pilka bilan ishlov berish lozim. Kutikulani apelsin tayoqchasida muloyimlik bilan ishlab, yumshatgichdan foydalaning. Kutikulaga kesmasdan ishlov berish Remuverni 20-30 soniya davomida qoldiring, keyin kutikulani astalik bilan orqaga suring. Agar qo‘lingizda maxsus tozalash vositasi bo‘lmasa, uning o‘rniga yog‘li krem ishlatishingiz mumkin. Lakdan oldin asosiy qoplamani surting Bu tirnoq plastinkasining sarg‘ayishining oldini oladi va lakning yaxshi yopishishini ta’minlaydi. Bazani yupqa qatlam bilan yoyib, keyin bemlol lak surtishingiz mumkin.
66
1,847
Ayollar
Qishda qanday qilib oson uyg‘onish mumkin? Sizni qutqaruvchi 4 maslahat
Qishda boshni yostiqdan ajratib olish juda qiyin. Ertalab qanday qilib uyqudan oson va bardam bo‘lib turish mumkin? Uyg‘onish oson bo‘lishi va yaxshi kayfiyat bilan turish uchun bizning maslahatlarimizdan foydalaning. Uyqu uchun mo‘ljallangan mashhur ilovalardan umid qilmang. Ularning yordamida uyquni tahlil qilish amaliy jihatdan befoyda. Olayotgan ma’lumotlaringiz sizning uxlash paytingizdagi harakatlantiruvchi faollikka asoslangan bo‘ladi. Bu uyquning tez va sekin fazasini belgilab olish uchun yetarli emas. Masalan, aqlli budilniklar. Yorug‘lik budilnigi uyg‘onishingizning nafaqat oson, balki yoqimli ham bo‘lishini ta’minlaydi. Siz har kuni odatdagi budilnikning qattiq va qo‘pol ovozidan uyg‘onish o‘rniga, xonani yoz kunlaridagidek yoritib yuboradigan yorug‘lik tufayli asta-sekinlik bilan uyg‘onasiz. Agar budilnik jiringlashidan oldin uyg‘ongan bo‘lsangiz, yana 15—20 daqiqa mudrashning keragi yo‘q. Uyg‘onib ketish uyqu davriga bog‘liq. Uyqu — bu takrorlanib turuvchi ikki fazadan iborat davr: uyquning tez va sekin fazalari. Aniqrog‘i, siz navbatdagi bunday davr tamom bo‘lgani uchun budilnik jiringlamasdan oldin uyg‘onib ketasiz. Uyquning ortiqcha daqiqalari ertalabki turishni juda qiyinlashtirib yuboradi — balki siz uyquning sekin fazasida uyg‘onadigan bo‘larsiz. Ayniqsa qishda ertalabki soatlar juda muhim. Ularni o‘tkazib yubormaslik va haddan tashqari uzoq uxlamaslikka harakat qiling, aks holda siz kuzgi-qishki davrda shunday ham kam bo‘lgan zarur yorug‘lik dozasini ololmaysiz. Ayniqsa bu “boyqush”lar uchun muhim. Kuz va qishda organizm serotoninni kamroq ishlab chiqaradi, inson kayfiyatini aynan shu gormon boshqaradi. Uning miqdorini oshirishning eng yaxshi yo‘li — quyosh nurini ko‘proq olish. Manba: “The-challenger.ru”
71
1,755
Ayollar
Yorqin rangli lab bo‘yog‘i obrazni buzgan holatlar — mashhurlar misolida (foto)
Nafaqat lab bo‘yog‘i, balki makiyaj ham teri, soch va kiyimga mos bo‘lishi kerak. Rangi chiroyli va yorqin ko‘ringan har qanday bo‘yoq har kimga ham yarashavermaydi. Skarlett Yohansson Aktrisa mazkur obrazda qizil lab bo‘yog‘i tanlagani sabab uning tishlari sarg‘ish ko‘rinib qolgan. Skarlettdek ko‘rinishga ega bo‘lib qolmaslik uchun qizil lab bo‘yog‘i tanlash borasida ehtiyotkor bo‘lish kerak. Mayli Sayrus Maylining ushbu rasmdagi sabzirang lab bo‘yog‘i darhaqiqat chiroyli, ammo uning yuzini bemorniki kabi oq ko‘rsatib qo‘ygan. Emma Stoun Sariq soch bilan bunday lab bo‘yog‘i surtish allaqachon modadan qolgan. Aftidan, Emma bundan bexabar qolgan. Teri va sochining rangiga ushbu pushti lab bo‘yog‘i umuman mos tushmagan. Jessika Bill Jessika ham oqshom uchun fuksiya rangli lab bo‘yog‘i tanlagan. Labining chetlarining siyohrang tusi husniga yarashmagan. Juliya Garner Ushbu suratga qarab Juliyaning nafaqat lab bo‘yog‘i, balki makiyajini ham omadsiz chiqqan deyish mumkin. Bronza tusli lab bo‘yog‘i bilan u kasaldek ko‘rinib qolgan. Emili Blant Emili malina rangli lab bo‘yog‘i tanlagan, lekin bu bilan uning obrazi chiroyli bo‘lib qolmagan aksincha qizargan ko‘zlariga urg‘u berilgan. Lia Mishel Lianing tanlagan lab bo‘yog‘i yuzi rangi bilan uyg‘un bo‘lmagan. Agar teri rangidan kelib chiqib tanlov qilganida edi obrazi muvaffaqiyatli bo‘lgan bo‘lardi. Demi Lovato Aslida Demi tanlagan lab bo‘yog‘i rangi o‘ziga yarashgan, lekin rumyanani ortiqcha surtib yuborgani, qosh va ko‘zini ham to‘q bo‘yagani uchun qiyofasi niqobdek ko‘rinishga ega bo‘lib qolgan.
79
1,573
Ayollar
Yozda qanday kiyinmaslik kerakligini 6 ta obraz misolida tahlil qilamiz
Yozda kiyinish borasidagi trendlar bilan birga, qulaylik va ob-havoni ham inobatga olish kerak. “Velosipedka” “Velosipedka” — tizzadan kalta bo‘lgan, yumshoq matoli, tor shorti. Mazkur shorti so‘nggi ikki yil ichida street style’da dolzarb bo‘lib kelganiga qaramay, jazirama kunlarda u bilan obraz yaratish tavsiya qilinmaydi. Chunki issiqda yopishib turadigan kiyim-kechakdan ko‘ra, havo o‘tkazadigan, yengil va keng libos kiygan ma’qul. Qaddi-qomatni aks ettiradigan trikotaj Trikotaj qulay, ammo undan tikilgan liboslarni erta bahor va salqin kuzda kiygan yaxshi. Uning o‘rniga shoyidan tikilgan o‘rta uzunlikdagi yubka kiyish tavsiya qilinadi. Yopishib turadigan shim Qaddi-qomatni aks ettirib turadigan shimlar allaqachon urfdan qoldi. Uning o‘rnini bel qismi baland shimlar, yubkaga o‘xshash keng “klyut”lar egalladi. Mazkur modellar yozda kiyish uchun yaxshi variant, chunki tor bo‘lmagani hisobiga harakatlanish oson. Rezinkali shorti Rezinkali shorti yozda kiyish uchun ayni muddao, lekin qulay degani dam olish oromgohlari, sohildan boshqa joyga kiyish kerak degani emas. Yozda shorti kiyishni sevuvchilar e’tiborini klassik uslubdagi yoki belida bog‘ichi bor modellarga e’tibor qaratishi tavsiya qilinadi. Bunda mato yupqa va bo‘sh bo‘lmasligi va kofta yoki futbolkaning minimal uslubdagisini tanlashni unutmang. Uzun ko‘ylak Uzun va keng ko‘ylak qulay va yoz uchun ayni muddao, faqat modellarni tanlashda e’tiborli bo‘lish kerak. Suratning chap tarafida ayni vaqtda urfdan qolgan, o‘ng tarafida bo‘lsa dolzarb bo‘lgan model. Kalta jinsi sarafan Jinsidan tikilgan liboslar hech qachon modadan qolmaydi, lekin uslub va bichim borasida trendlar o‘zgarib turadi. Shuni inobatga olgan holda yozda kalta keng jinsi sarafan modellaridan voz kechib, tizzagacha tushib turadigan, tugmali sarafanni tanlash tavsiya qilinadi.
71
1,832
Ayollar
Uy tozalashda mebel va jihozlarga zarar yetkazadigan 7 ta odat
Qanchalik ko‘p harakat qilinmasin, uy hali ham tartibga kelmayaptimi? “Noviy ochag” nashri keng tarqalgan tozalash xatolari haqida so‘z yuritadi. Chunki quyidagi kamchiliklar uyni tozalashga va qulaylik yaratishga to‘sqinlik qiladi, aksincha, pol, kafel, mebellar va maishiy texnikalarga ham zarar yetkazishi mumkin. Changni quruq artib olish Changni tozalash, albatta, yaxshi narsa, lekin quruq latta bilan changni tozalash foydasizdir. Chang javonlar yuzasidan artiladi, ammo boshqa sirtlarga joylashadi: pol, choyshablar, gilamlarga va yumshoq mebellarga — shu tarzda uy ichida aylanib yuradi. Xulosa oddiy, har doim changni nam mato bilan artib olish kerak. Kompyuter va televizor ekranlari va namlik mumkin bo‘lmagan ba’zi maxsus sirtlar bundan mustasno. Polni nam mato bilan yuvish Ma’lumki, ko‘p miqdordagi namlik yog‘och pol yoki laminat uchun mumkin emas. Suv butunlay qaytarib bo‘lmaydigan zararga olib kelishi mumkin. Bunday narsalar kafel pollar uchun ayni muddao, lekin yog‘och uchun emas, bu pollarning deformatsiyasi va shishishiga olib kelishi mumkin. Agar polda singan yoki yoriqlar bo‘lsa, ortiqcha suv ichkariga kirib, yog‘ochga zarar yetkazadi. Shuning uchun, asosiysi pollar iflos bo‘lguncha kutmasdan, tez-tez o‘ta nam bo‘lmagan holatda artilishi kerak. Hech qachon yostiqlarni yuvmaslik Choyshabni haftada bir marta almashtirish kerak, bunisi ma’lum, lekin yillar davomida tozalanmasdan qolib ketgan va shunchaki o‘zida milliardlab bakteriyalarni to‘plagan yostiq-chi? Aksariyat yostiqlarda yuvish bo‘yicha ko‘rsatmalar mavjud, ammo ko‘pchilik bunga e’tibor bermaydi. Yostiq jildlariga qarab ham undagi sariq, chiziqlar va dog‘larni ko‘rish mumkin. Shuning uchun har 3-6 oyda kir yuvish mashinasida yostiqlarni ham yuvish va yangilarini sotib olayotganda, ularni bir necha oyda yuvish kerakligini darhol hisobga olish lozim. Maishiy texnika haqida unutib qo‘yish Haqiqat shundaki, uyni tozalash, idishlarni yuvish yoki yuviladigan barcha jihozlar muntazam parvarishni talab qiladi. Ammo har 3 yilda uskunani yangisiga o‘zgartirish imkoni bo‘lsa ham, buni hech kim eslamaydi. Ammo filtri tiqilib qolgan va xaltasi to‘lib qolgan changyutgich changni yomonroq tortadi, kir yuvish mashinasi yoki idish-tovoq mashinasi ham vaqti kelib  eskiradi. Bularning barchasi, qo‘shimcha ravishda, vaqt hamda energiya yo‘qotishlariga va yuqori elektr to‘lovlariga olib keladi. Masalan, yuvilgandan keyin kiyimdan mog‘or hidi kela boshlasa, demak, kir yuvish mashinasidagi muammoni hal qilish vaqti kelgan. Yoritish moslamalariga e’tiborsizlik Xona lampochkalari kuyib qolgan va tez-tez almashtirishni talab qilgan bo‘lsa, uzoq muddatli tejamkor lampalar ko‘p vaqt davomida buni unutishga imkon beradi. Chiroq qanchalik eski bo‘lsa, unda chang ko‘proq to‘planadi va bu nafaqat yoqimsiz, balki yong‘inga ham olib kelishi mumkin. Taxtakachlarni sovun bilan yuvish Aksariyat bekajonlar oshxona taxtakachini idish-tovoq geli bilan yuvadi. Issiq suv va yuvish vositalari yog‘och va plastmassa taxtalarida to‘plangan xavfli bakteriyalar bilan kurasha olmaydi. Nojo‘ya ta’sirning oldini olish uchun xom go‘sht va baliqni uchun ishlatiladigan taxtakachlarni haftada kamida bir marta dezinfeksiya qilish kerak. Eng samarali usul — ularni 20-30 daqiqa davomida oqartirgichga bo‘ktirib qo‘yish. Quyoshli kunda derazalarni yuvish Buning sababi shundaki, shisha to‘g‘ridan to‘g‘ri quyosh nurida tez quriydi va barcha sa’y-harakatlarni inkor etadigan yoqimsiz chiziqlar va dog‘lar qoladi. Derazalarni bulutli havoda, ayniqsa ertalab harorat 20 darajadan yuqori bo‘lmaganda tozalash kerak.
62
3,582
Ayollar
Muammoli yuz terisi uchun uy sharoitida niqoblar tayyorlaymiz
Kosmetik vositalarga ortiqcha pul sarflamasdan, yuzi tiniq va chiroyli bo‘lishni istovchilar uchun uy sharoitida tayyorlash mumkin bo‘lgan niqoblarni o‘rgatamiz. Yuzni namlantiruvchi niqob Bananni namlantiruvchi krem, o‘simlik yog‘i va limon sharbati bilan aralashtiring. Aralashmani toza yuz terisiga surtib, 20 daqiqadan keyin yuvib tashlang. Yuzingiz tiniq va silliq bo‘lganiga guvoh bo‘lasiz. Qovoqlar shishiga qarshi Kartoshkani qirg‘ichdan chiqarib qovoqlaringiz ustiga qo‘ying. 20 daqiqadan keyin yuzingizni yuvib tashlang. Mazkur usul charchoqdan kirtaygan ko‘zlar uchun samarali natija beradi. Muammoli teri 100-200 ml qatiqqa limon sharbati aralashtirib yuzingizga surting. Yengil harakatlar bilan yuzingizni uqalang. 15 daqiqadan keyin iliq suv bilan yuvib tashlang. Yuz rangini tiniqlashtirish uchun Ikkita sabzini qirg‘ichdan chiqarib, tuxum sarig‘iga qo‘shib aralashtiring. Aralashmani yuzingizga surting, niqob 15 daqiqa davomida turishi kerak. Yog‘li teri uchun Limon sharbatiga bodring suvini qo‘shing va aralashma bilan yuz terisini arting. Bu niqobni iloji boricha tunda uxlashdan avval bajarish tavsiya qilinadi. Tongga qadar yuz terisi dam olib, niqob ta’sirida yanada tiniq va go‘zal ko‘rinishga ega bo‘ladi.
61
1,231
Ayollar
Ayol kishining qarishni boshlaganidan dalolat beruvchi belgilar
Ayol kishi necha yosh bo‘lishidan qat’i nazar o‘ziga xos go‘zal va betakror bo‘lib qolavergani bilan, ma’lum yoshda qarish belgilari paydo bo‘lishini ham inkor qilib bo‘lmaydi. Ushbu o‘zgarishlar tashqi ko‘rinish, psixologiya va his-tuyg‘ularda sezila boshlaydi. Tashqi ko‘rinishdagi o‘zgarishlar Yuzning burun chetida ajin va chiziqlar paydo bo‘lishni boshlaydi. Yuz shakli va rangida ham ko‘zga tashlanadigan o‘zgarishlar, bundan tashqari ko‘z tagida qora xaltachalari ham kuzatila boshlaydi. Qomatda ham o‘ziga yarasha o‘zgarishlar yuz beradi. Yosh bilan bog‘liq gormonal o‘zgarish sabab vazn ortishi kuzatilishi mumkin. Soch avvalgidan zaiflashadi va to‘kiladi. Tirnoqlar plastinkasi mustahkamligi ham o‘zgarib, rangi xiralashadi. Psixologik o‘zgarishlar Yosh o‘tgani faqat tashqi ko‘rinish emas, psixologiyaga ham ta’sir qiladi. Bu ehtiyotkorlik va murakkab hayotiy muammolarga to‘g‘ri yechim topish bilan namoyon bo‘ladi. Bir so‘z bilan aytganda, hayotiy tajriba natijasida ayol avvalgidan donoroq bo‘lib qoladi. Yangi odatlar, qiziqishlar paydo bo‘la boshlaydi, ko‘pincha ayollar uyda vaqt o‘tkazishni istab qoladi. Bundan tashqari oila a’zolariga aytganini qildirish istagi paydo bo‘lishi ham kuzatilishi mumkin. Emotsiya va his-tuyg‘ularda o‘zgarishlar Ayollar gormonal o‘zgarish sabab emotsiyaga beriluvchan, tez xafa bo‘ladigan yoki achchiqlanadigan bo‘lib qolishi mumkin. Bu tabiiy hol bo‘lib, organizmning o‘zgarishga nisbatan reaksiyasi hisoblanadi. Bu vaqtda ayollarga stressdan uzoq bo‘lish, sevimli mashg‘ulotlari bilan band bo‘lish, ko‘ngil yozish tavsiya qilinadi.
63
1,584
Ayollar
Uyquga to‘ymagan paytda qanday tetiklashish mumkin?
Kun uzoq va rejalarga to‘la bo‘lib, uxlashga vaqt topilmasligi kutilayotgan bir vaziyatda uyqusiramaslik va diqqatni bir joyga to‘plash uchun nima qilish kerak? Maqolada bu borada ba’zi usullarni keltirib o‘tamiz. Organizmimiz xuddi mashina kabi “yoqilg‘i”dan ijobiy ta’sir oladi. Bunda uglevodlar katta rol o‘ynashini hisobga olib, tetiklashish uchun eng yaxshi yechim shirin choy va bo‘tqa yoki keks bo‘ladi. Issiq va sovuq suvda navbat bilan cho‘milish organizmimiz uchun termal stress bo‘lib xizmat qiladi, unga faollik bilan qarshi tura olish uchun barcha “ombor”lar ochiladi va organizm energiya bilan ta’minlanadi. Termal stressning yana bir turi issiq choy yoki qahvadir. Shuningdek, ular tarkibidagi tinin yoki kofein asab faoliyatini kuchaytiradi. Shakar esa uglevod sifatida bizni tezkor tarzda energiya bilan ta’minlaydi. Shokolad tarkibidagi kakao tezda uyg‘onish va o‘zini tetik his qilish imkonini beruvchi xususiyatlarga ega. Issiq shokoladga yarim choy qoshiq qahva qo‘shib yuborsangiz, bu jarayon yanada tezlashadi. Ertalabki yengil jismoniy mashg‘ulot asab tizimini biroz “qitiqlab” qo‘yib, uni yanada faolroq bo‘lishga undaydi. Organizmimizdagi biologik soat shunday ishlaydiki, biz yorug‘ xonada qorong‘i xonadagiga nisbatan faolroq bo‘lamiz. Chiroqni yoqing yoki pardalarni oching, 10 daqiqadayoq tetiklik va yengillikni his etasiz. Musiqa miyamizningi uyqusirayotgan qismlarini faollashtiradi. Biroq mumtoz musiqa bu maqsad uchun to‘g‘ri kelmaydi, rok musiqa esa ayni muddao. Manba: “Xitrosti jizni”
51
1,523
Ayollar
Quyoshdan himoyalanish haqida siz bilmagan 7 ta fakt
Quyoshning ultrabinafsha nurlari terining erta qarishi, ajin va dog‘ tushishiga sababchi bo‘ladi. Lab uchun mo‘ljallangan balzamdan foydalaning Lab terisi juda nozik bo‘lgani hisobiga quyosh nurlaridan saqlash va namlantirib turish kerak bo‘ladi. Buning uchun tarkibida SPF bo‘lgan himoya bo‘lgan vositalari, balzam va lab bo‘yoqlaridan foydalanish tavsiya qilinadi. Gadjetlardan foydalanishni kamaytiring Gadjetlar teriga quyosh nuridan kam bo‘lmagan zarar yetkazadi. Televizor, kompyuter yoki telefon qarshisida soatlab o‘tirish yuzga erta ajin tushishi, ko‘z tagida qora dog‘lar paydo bo‘lishi va teri elastikligining yo‘qolishiga olib kelishi mumkin. Uyquga yotishdan 2-3 soat avval telefonni o‘zingizdan uzoqqa olib qo‘yishga, o‘chirishga odatlaning. Kosmetik vositalarni xarid qilayotganingizda antioksidantlarga qanchalik boy ekaniga e’tibor qarating, tarkibida E va C vitaminlariga boy bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qiling. SPF kremlari tarkibiga e’tibor qarating Quyosh nurlari ta’sirida teri qurishni boshlaydi va bu vaqtda nurlardan himoyalovchi kremlarga bo‘lgan talab yuqori bo‘ladi. Lekin SPF deb yozilgan har qanday kremni ham xarid qilavermaslik, uning tarkibi va teriga qanchalik mos tushishini diqqat bilan o‘rganish kerak. Iloji boricha tarkibida seramid, yog‘ kislotalari hamda skvalan bo‘lgan kremlarni tanlang. Ichki himoyaga ham e’tibor qarating Quyosh nurlaridan zararlanishda faqatgina tashqi himoyalanishga e’tibor qaratish yaramaydi. Iste’mol qilayotgan mahsulotlaringiz yallig‘lanishning oldini oluvchi omega-3’ga boy bo‘lishi kerak. Kremni bir kunda bir marta ishlatmang SPF vositalar 2 soatlik ta’sir kuchiga ega bo‘ladi. Shu bois ham kun davomida uni yangilab turish kerak. Quyoshdan himoyalovchi kremlarni bir kunda bir martadan ko‘p, shuningdek, nafaqat yozda, balki kuz va bahor fasllarida ham foydalanish tavsiya qilinadi. Quyoshda ortiqcha toblanishga oshiqmang Quyosh nurida ortiqcha toblanish terining qizarib kuyishiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida teri saratoniga sabab bo‘lishi mumkin. Shu bois quyoshda toblanishdan avval SPF vositalardan foydalanish, oftob urmasligi uchun kepka yoki shlyapa kiyishga odatlaning. Atirni kamroq ishlating Aniqlanishicha, atir sepilgan tana qismi ultrabinafsha nurlari uchun ayni muddao sanaladi va oqibatda bo‘yin yoki yelkada dog‘lar paydo bo‘ladi.
52
2,330
Ayollar
Qiyinchiliksiz xushbichim ko‘rinish yo‘llari
Ovqat yeyishdan o‘zingizni chegaralamasdan xushbichim ko‘rinishni xohlaysizmi? Bizning garderob uchun ba’zi “hiyla”larimiz sizga hech qanday qiyinchiliklarsiz chiroyli ko‘rinishga yordam beradi. V shaklida kesilgan yoqali ko‘ylak har qanday qomat uchun mos tushadi. Yoqaning bu varianti bo‘yinni uzun va qomatni chiroyli ko‘rsatadi. V shaklida kesilgan yoqa ayollarga ham, erkaklarga ham yarashadi. Belingiz ingichka ko‘rinishi uchun to‘q rangdagi enli kamar tanlang. Sizga mo‘ljallab to‘g‘ri tanlangan kiyim detallari qomatingizni chiroyli ko‘rsatadi. Vertikal yo‘l-yo‘l chiziqli kiyimlar sizning qomatingizni xushbichim qilib ko‘rsatishga yordam beradi. Qiyofangizning pastki qismiga klassik uslubdagi unchalik yorqin bo‘lmagan rangdagi shimlarni tanlaganingiz ma’qul. Kiyimingiz o‘lchami qanday bo‘lishidan qat’i nazar keng bichimlar ostiga bekinib olmang. Astarli yubkalar belingizni shakllantiradi — bu holatda yuqoridagi kiyim bichimi oddiy bo‘lishi kerak. Shim ustiga tushirib qo‘yiladigan keng kofta esa son sohasini yopib turadi. Shuning uchun bu holatda shimlar keng bo‘lmasligi kerak. Mutanosiblik muvozanati — xushbichim qomatga erishish tomonga qo‘yiladigan birinchi qadam hisoblanadi. Agar siz belingiz aylanasidan norozi bo‘lsangiz, beli pastda bo‘lgan jinsilardan voz keching. Ularning o‘rniga klassik uslubdagi bichimlarni afzal ko‘rganingiz ma’qul. Qalin cho‘ziluvchan matoli jinsilar muhim muammoli joylaringizga har tomonlama yordam beradi. Manba: Vogue
44
1,474
Ayollar
2020-yilda sotuvga chiqarilgan 20 ta eng yaxshi kosmetik vosita
Butun dunyoda karantin e’lon qilinganiga qaramay, brendlar byuti-blogerlar va go‘zallik ixlosmandlari uchun o‘z kosmetik vositalarini ishlab chiqarishdan to‘xtagani yo‘q. Ularning eng yaxshisi qaysilar ekani haqida ma’lumot berib o‘tamiz. Yuz uchun L’Oreal Paris’dan Oa Woke Up Like This Skin Paradise tonal kremi. Bir necha oy avval L’Oreal Paris tomonidan taqdim qilingan ushbu flyuid 70n foiz suvli emulsiya va mineral komponentlardan tashkil topgan. Bunday krem terini namlantiradi va yaxshi qoplaydi. Estee Lauder, Futurist Hydra Rescue Moisturizing Makeup SPF45 namlantiruvchi kremi Ajinlarni ham yashirish xususiyatiga ega bo‘lgan mazkur kremdan byuti-blogerlar tomonidan tavsiya qilinadi. O‘rtacha teri va quruqlikka moyilligi bo‘lganlar uchun ushbu krem ayni muddao. Clarins, Everlasting Concealer konsileri Yuzdagi ko‘karish va ajinlar borlar uchun yaxshi variant hisoblangan konsiler, terini quritmaydi, shuningdek, narxi ham qimmat emas. Sergey Naumov, Phenomenon SPF 15 konsileri Vizajist Sergey Naumov, terida tabiiy ko‘rinadigan konsiler taqdim qilish bilan go‘zallik ixlosmandlarini xursand qildi. Oziqlantiruvchi formula asosida ishlab chiqarilgan ushbu vosita, kremli konsistensiyani barmoqlar yordamida teriga bemalol sursa bo‘ladi. Chanel, Les Beiges Creme Ensoleille kremli bronzeri 2020-yilda dolzarb bo‘lgan mazkur kremli bronzer, vizajistlar tomonidan ayniqsa ko‘proq tavsiya qilindi. Barcha uchun universal bo‘lgan ushbu krem teri rangini mukammal ko‘rinadi. Gucci, Poudre De Beauté Éclat Soleil Bronzing Powder Ushbu blogerdan foydalangan byuti blogerlar ishlatishdan avval uyning narxi qimmatligidan noligan bo‘lsa, keyin aynan ushbu kosmetik vositani eng yaxshi ekanini ta’kidlagan. Rangi, ko‘rinishi va turishi bilan birga ifori ham yoqimli bo‘lgan mazkur krem terini maksimal darajada tabiiy ko‘rsatadi. Fenty Beaut, Cheeks Out Freestyle Cream Blush Kremli rumyanadan foydalanishni yaxshi ko‘rganlar uchun Fenty Beauty eng yaxshi variant. Kun davomida yaxshi turadigan kremni barmoqlar yordamida ham surtish mumkin. MAC, Glow Play Blush rumyanasi Tabiiy ko‘rinishni istaydiganlar uchun MAC tomonidan taqdim qilingan rumyana ayni muddao. So Natural rangi esa bu borada yaxshi tanlov. Hourglass, Ambient Metallic Strobe Lighting Palette xaylayteri 2017-yilda taqdim qilingan ushbu kosmetik vosita nafaqat o‘sha yilning o‘zida, balki hozir ham har qachongidan mashxurroq. Ko‘z Dior, Dior 5 Couleurs Couture 579 Dior tomonidan taqdim qilingan tenlar paletkasi sifati va qovoqda turishi bilan o‘ziga xosdir. Oson surtilgani sabab u bilan bog‘liq muammo bo‘lmasligi aniq. Lime Crime, Greatest Hits Bangers paletkasi Ranglari va uning surtilishi bilan o‘ziga xos bo‘lgan paletka kosmetik vositalardan foydalanishni va tanlaganda ham sifatlisini abzal biladiganlar uchun ayni muddao. Make Up For Ever’dan suvda o‘chmaydigan Aqua Resist Color qalami  Yumshoq bo‘lgani sabab ushbu qalamni bemalol surish mumkin, 30 soniyadan keyin esa darhol qotadi va o‘chirish uchun maxsus vosita kerak bo‘ladi. Eveline Cosmetics’dan Variete tushi Ushbu tushdan foydalangandan keyin ulama kiprik yopishtirgandek ko‘rinishga ega bo‘lishingiz mumkin. Qovoqqa surkalib ketmaydigan ushbu tushning chyo‘tkasi ham ishlatish uchun juda qulay. Qosh Benefit’dan Brow Microfilling Brow Pen qosh uchun markeri Ayni vaqtdagi tabiiy ko‘ringan qoshlar uchun ushbu marker juda ham yaxshi variant. Uning uzoq xizmat qilishi uchun esa toza teriga makiyaj qilishdan avval surtish kerak. Labga Givenchy’dan Le Rose Perfecto Liquid Balm balzami Ushbu kosmetik vosita nafaqat labni parvarish qilinishiga hissa qo‘shadi, balki vizual katta ham ko‘rsatadi. 10 xil rangda taqdim qilingan balzamdan ko‘ngilga yoqqanini tanlab olish mumkin. Vivienne Sabo’dan Long Lasting Gel Lipliner Le Grand Volume gelli qalam Surtilishi oson va surkalib ketmaydigan mazkur qalamni pomada va blesksiz ham ishlatish mumkin. MAC, Powder Kiss Liquid Lipstick Yaltiramaydigan ushbu suyuq pomada labni quritib qo‘ymaydi. Chiroyli va uzoq vaqt lablarni ko‘ngildagidek ko‘rinishiga sababchi bo‘ladi.
63
4,075
Ayollar
Safar chamadoniga buyumlarni to‘g‘ri joylashtiramiz
Safar uchun chamadonni tayyorlar ekansiz, ko‘p holatlar — hech narsani unutmaslik, hamma buyumlarni sig‘dirish, kiyimlarni g‘ijim qilmaslikka e’tibor berishingiz zarur. Barcha kerakli narsalarni olish bilan birga, ortiqcha hech narsa olmaslik ham kerak. Shu va boshqa muhim masalalarni maqolada tahlil qilamiz. Buyumlaringizni chamadonga joylashdan avval, barcha zarur narsalar ro‘yxatini tuzib chiqing. Hatto kerakli narsalarning barchasini ko‘rinadigan joyga — divan yoki karavot ustiga taxlab chiqing. Bu sizga ortiqcha yoki yetishmayotgan narsalarni aniqlash imkonini beradi. Katta hajmli kiyimlarni (pidjak yoki sviter) chamadonning tag qismidan joylashtirgan ma’qul. Sochiq ham ularning yonidan joy egallaydi. Shundan so‘ng ko‘ylak, shim va yubkalarni joylaymiz. Kiyimlar g‘ijim bo‘lmasligi uchun ularni aylantirib o‘rab qo‘ying. Muhimi, to‘q rangdagi liboslarni och ranglilariga yaqin joylashtirmaslik. Buning uchun paketlardan yoki maxsus organayzerlardan foydalanish mumkin. Chamadonning eng yuqori qismiga eng aktual, manzilga yetishingiz bilan kerak bo‘ladigan buyumlarni joylang. Oyoq kiyimlar uchun eng yaxshi joy — chamadon qopqog‘iga yaqinroq joydir. Ularning har birini alohida paketga soling. Bo‘sh joylarga paypoq, ichki kiyimlar yoki telefon zaryadchigi kabi kichik buyumlarni qo‘yish mumkin, zinhor kosmetika vositalarini emas! Tasodifan ochilib ketgan shampun chamadondagi barcha narsalarni, qolaversa, kayfiyatingizni rasvo qilishi mumkin. Kosmetika vositalarini plastik paket yoki maxsus qopchaga joylashni tavsiya etamiz. Safar yoki sayohatdan qayta turib, yaqinlaringizga turli sovg‘a va esdaliklar olib kelishingiz haqida ham unutmang. Ular uchun ichiga ko‘proq narsa sig‘dirish mumkin bo‘lgan mato sumka oling. Uni kichik qilib taxlab, chamadonga solib qo‘yish mumkin. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
51
1,969
Ayollar
Kosmetolog fikri: Go‘zallik salonlaridagi qaysi mashhur muolajalar hech qanday samara bermaydi?
Bugunda ko‘pchilik ayollar umuman boshqacha ta’sir kutayotgan yuz parvarishi bilan bog‘liq jarayonlarni soha mutaxassislari samarasiz deb hisoblaydi. Karbonli piling Piling jarayonida mijoz yuziga qora aralashma suriladi va qisqa lazer nuri bilan yuz sohasiga ta’sir o‘tkaziladi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, yengil energiya terini chuqur tozalaydi. “Bu mutlaqo foydasiz jarayon. Lazer qora uglerodga paxta bilan ta’sir qiladi. Yuzning qora qismi esa paxtadan keyin oqarib ketishi mantiqan to‘g‘ri. Ammo terida bundan ortiq hech narsa yuz bermaydi”, − deydi 22 yillik tajribaga ega shifokor-dermatovenerolog, kosmetolog Tatyana Ballirano. Jarrohliksiz rinoplastika Ushbu jarayonga burundagi nuqsonlarni bartaraf etuvchi deb ko‘pchilik tomonidan ta’rif berilgan. Kosmetologning fikricha, buning barchasi vaqtincha. Jarayonning afzalligi reabilitatsiyaning yo‘qligi, narxi ham unchalik qimmat emasligida. Afsuski, jarayon mijozlarda keyinchalik turli toshmalar toshishiga ham olib kelishi mumkin. Plazmolifting Bemorning o‘z plazmasidan foydalanishga asoslangan terini yoshartirish uchun inyeksiya usuli. Sof plazmolifting, ya’ni toza qonimiz qo‘shimchalarsiz  yuborilganda to‘qimalar faqat davolanadi. Lekin plazmaning yoshartiruvchi ta’sirga ega ekanligini va’da beradiganlar esa shunchaki yolg‘on gapiradi. Inyeksiyasiz mezoterapiya va biorevitalizatsiya Bugungi kunda ukolga alternativ sifatida zamonaviy qurilmalarni reklama qilish ommalashgan. Ta’kidlanishicha, ushbu qurilmalar gialuron kislotasi bilan inyeksiya qilishdan ko‘ra yomon natijani bermaydi. Afsuski, gialuron kislotasi molekulasi juda katta, teri teshiklari esa juda kichik, dori vositasini bosim yoki ishqalash orqali teriga singdirish mumkin emas.
95
1,722
Ayollar
“Nimadir yegim kelyapti”. Shirinlik o‘rnini bosuvchi foydali yeguliklar
Ba’zan insonda shirinlik yeyishga nisbatan kuchli xohish paydo bo‘ladi. Bu his organizmga uglevodlar yetishmasligidan kelib chiqadi. Bunday vaqtda organizm kerakli uglevodni shokoladdan oladimi yoki mevali salatdan — bu muhim emas. Qomat buzilishiga shakarga nisbatan kamroq ta’sir qiluvchi yeguliklar haqida ma’lumot beramiz. Meva va rezavorlar Meva nafaqat uglevodga, balki kletchatka, vitamin, mineral va antioksidantlarga boyligi bilan ham yaxshi ma’lum. Yangi uzilgan mevalarning kaloriyasi nisbatan kam, ammo me’yordan ortiq iste’mol qilingan mevalar allergik reaksiyaga sabab bo‘lishi mumkin yoki kunlik kaloriya ko‘payib ketishiga sabab bo‘ladi. Bu esa kilogramm ortishiga olib keladi. Quritilgan mevalar Quritish jarayonida mevalar faqatgina suvini yo‘qotadi, natijada ozuqa moddalarining konsentratsiyasi ortadi. Dietologlar quritilgan mevalarni shirinliklar o‘rnini bosuvchi eng maqbul yegulik sifatida tavsiya qilishadi: ham tabiiy, ham foydali. Asosiysi, me’yorni bilish: kuniga bir-ikki donadan oshmasligi kerak. Yong‘oqlar Albatta, yong‘oq meva kabi shirin emas, ammo unda uglevoddan tashqari ko‘p miqdordagi vitaminlar, minerallar, o‘simlik oqsillari va foydali yog‘lar mavjud. Shokolad o‘rniga bir hovuch keshyu yong‘og‘i yoki bodom iste’mol qilish sizni kunlik uglevodlar bilan bemalol ta’minlaydi. Shirin kartoshka (batat) Mazkur sabzavotdan nafaqat taom, balki shirinliklar ham tayyorlanadi. Shirin kartoshka ko‘plab minerallar, A va C vitaminlariga boy bo‘lib, u uzoq vaqt davomida me’dani to‘q tutadi va shirinlikka bo‘lgan ehtiyojingizni qondiradi.
71
1,575
Ayollar
Qanday shimlar semiz ko‘rsatadi? Kiyish tavsiya etilmaydigan 7 ta model (foto)
Qomat qanchalar chiroyli yoki aksincha bo‘lishiga qaramay, tanlangan kiyimlar to‘ladan kelgan yoki ozg‘in qilib ko‘rsatishi mumkin. Quyida tavsiya etilgan modellardan ham iloji boricha uzoqroq bo‘lgan ma’qul. Sababi ular har qanday go‘zal xonimni odatdagidan to‘laroq ko‘rsatish xususiyatiga ega. Ancha vaqt davomida urfda bo‘lgan qalamcha bichimidagi shimlar ham qomatni semiz qilib ko‘rsatadi. Garchi bu kabi shimlar hozir trendda bo‘lmasa-da, undan hali voz kechmagan qizlar bor. Beldan pastga torayib ketgan ushbu shim hajmni boricha ta’kidlaydi va ko‘proq e’tiborni jalb etadi. Jinsi shimdagi ortiqcha cho‘ntak, bezak, yirtiq yoki yamoqlar ham qomatni mislsiz darajada semiz ko‘rsatadi. Ortiqcha vaznga egadek ko‘rinishni istamaganlarga iloji boricha ortiqcha detallari kam bo‘lgan shimlar tavsiya etiladi. Shim tanlashda ularning qulayligi, sifati bilan birga, matosiga ham alohida e’tibor qaratish lozim. Ayniqsa, yorqin hamda yaltiroq matolilaridan ehtiyot bo‘lish zarur. Aynan belning pastki qismi tepasiga qaraganda mos bo‘lmagan darajada ko‘rinishni xohlamaydiganlar yaltiroq shim kiyish qaroridan voz kechishi kerak. Yaltiroq matolar o‘zida yorug‘likni yaxshi aks ettirgani tufayli ham ko‘rinishni aslidan ko‘ra semiz qilib ko‘rsatadi. Tizzadan biroz pastga tushib turuvchi shimlar bo‘yi yoki oyog‘i uzun qizlar uchun ayni muddao. Ammo biroz past bo‘ylilar uchun buning teskarisi bo‘lishi mumkin. Bu kabi bichimdagi shimlar to‘piq qismda tugab, past bo‘yli ayollarni dumaloq shaklda ko‘rsatadi. Bunday ko‘rinishni baland poshnalar ham to‘g‘rilay olmaydi. Shuning uchun shim tanlashda har bir xususiyatni inobatga olishni unutmaslik lozim. Shimning bel aylanasi juda pastda bo‘lsa, bo‘ksani biroz semiz, oyoqlarni esa qisqartirib ko‘rsatadi. Shuning uchun ham bu kabi modellar faqat baland bo‘yli qizlar uchun tavsiya etiladi. Sababi ular pastroq ko‘rinishda bo‘lishni xohlaydi. Katta va aniq naqshli shimlar ham atrofdagilarning e’tiborini o‘ziga tortadi hamda oyoqlarni yanada semiz qilib ko‘rsatadi. Nafaqat shim, balki har qanday libosni mayda gulli, vertikal chiziqli yoki xiraroq naqshlilarini kiyish tavsiya etiladi. Qora ranglar ozg‘in, och ranglar esa aksincha ko‘rsatadi, degan fikr mavjud. Bu, albatta, rang bilan birga uning matosiga ham bog‘liq. Shuning uchun shim tanlaganda uning rangi va matosi tepa qism bilan uyg‘unlasha olishi kerak. Albatta, keng shimlar hozir trendda. Lekin ularning o‘rtacha kenglikdagilari me’yoriy ko‘rinish hosil qiladi. Katta hajmda tikilganlari esa o‘z-o‘zidan qomatda nomutanosibliklar keltirib chiqaradi.
78
2,569
Ayollar
Internet ishlamay qolganida nima bilan shug‘ullanish mumkin?
Juda yomon voqea sodir bo‘ldi: sizda internet ishlamay qoldi. Buning sabablari juda ko‘p bo‘lishi mumkin: provayderning nimasidir buzilgan yoki o‘z vaqtida to‘lashni unutgansiz yoki boshqalar. Quyidagi 15 ish sizga vaqtni qisqartirishga va hatto yangi malakalar olishga yordam beradi. Esingizda tuting: vaqtincha ma’lumotlar oqimidan chiqish va haqiqiylik bilan yolg‘iz qolish hech qo‘rqinchli emas. Manba: Trendymen
60
417
Ayollar
Dunyodagi eng keksa va zamonaviy moda blogerlari (foto)
Tashqi ko‘rinish asosan ruhiy holatni aks ettiradi. Ammo 70 yoshda ham inson o‘zini 25 yoshdagidek his qilsa-chi? Yorqin va betakror tarzda kiyinib, obrazlar bilan boshqalarni ilhomlantirish oson ish emas. Quyida butun dunyoning yetuk yoshdagi ana shunday eng chiroyli feyshn-blogerlari bilan tanishib chiqish mumkin. Kir yuvish xonasidan modaga Tayvanlik keksa er-xotin, 84 yoshli Van Ji va uning rafiqasi, 85 yoshli Syu-Ye, kichkina kirxona egasi. Ular nafaqaga chiqqach, o‘zlari uchun ajoyib ish o‘ylab topdi. Ular xaridorlar unutgan narsalarni kiyib suratga tushishni boshladi. Juftlikning zamonaviy suratlarini nabirasi Instagram’ga joylashtirdi. Natijada akkaunt juda mashhur bo‘lib ketdi, bugungi kunda u allaqachon 660 000 obunachiga ega. Yorqin, eklektik va o‘ziga xos liboslar professional stilist tomonidan yaratilganga o‘shaydi. Aytgancha, nafaqaxo‘rlar o‘z postlarida ko‘pincha odamlarga kir yuvishda narsalarni unutmasliklarini eslatib turadi. Haqiqiy retro Berlinlik er-xotin Britt Kanya va Gyunter Krabbenxoft nafaqada bo‘lsalar ham, mazmunli hayot kechirishda, zamonaviy kiyinishda, ziyofat va ijtimoiy yig‘ilishlarga borishda davom etadi. Ularning retro ko‘rinishi, xuddi vaqt mashinasi kabi, juda ajoyib yaratilgan. Yoshligida raqqosa bo‘lgan Britt o‘zining ajoyib qomatini saqlab qoldi. Shuningdek, uning turmush o‘rtog‘i, avval model va stilist bo‘lgan Gyunter hali ham jozibali va yoshlik ishtiyoqidan xoli emas. Ularning kiyimlari har doim bir-biri bilan juda uyg‘unlashgan. Zamonaviy minimalizm Ma’lumki, yaponiyaliklarning hayoti nafaqadan keyin boshlanadi. Ular sayohat qiladi, sport bilan shug‘ullanadi va, albatta, chiroyli kiyinadi. Shunday qilib, qirq yildan ortiq birga bo‘lgan yaponiyalik er-xotin – janob Bon va xonim Pon, har doim bir-biri bilan kundalik kiyimlarini muvofiqlashtiradi. Lakonik va minimalistik tasvirlarni takrorlash oson.
55
1,879
Ayollar
Tish pastasidan turmushda foydalanishning noodatiy usullari
Ko‘pchilikka tish pastasini tish tozalashdan boshqa maqsadlarda ham ishlatishning bir-ikkita usullarigina ma’lum. Biz esa siz uchun bu usullarning hammasini to‘pladik! Santexnikani tozalash. Tarkibidagi mayda abrazivlar tufayli pasta kasallik tarqatuvchi bakteriyalarni yo‘qotish bilan birga suv quvurlarini, xromlangan yuzalarni, dush kabinasining shishali eshiklarini ham ajoyib tarzda tozalaydi. Krossovkalarni oqartirish. Pasta och rangli krossovkalar tagcharmida paydo bo‘ladigan qoramtir va boshqa xil dog‘larni yaxshi tozalaydi. Kumush buyumlarni va zargarlik bezaklarini tozalash. Pasta  oksidlanish va qorayishni ketkazadi, metallarga sayqal berib yaltiratishda yordam beradi. Kompakt-disklarni tuzatish. Agar siz uchun zarur bo‘lgan rasmlar, diplom ishi yoki musiqalar shunday tarqatuvchilarda saqlanayotgan bo‘lsa va sal qirilgan joyi ma’lumotlarni olishga xalal berayotgan bo‘lsa, ularning yuzasiga ehtiyotkorlik bilan pasta suring. Keyin esa ortiqchasini latta yoki mikrofibra bilan artib tashlang. Dazmol yuzasini tozalash. Dazmol tagi yuzasining kirlangan joylariga biroz pasta suring. Qurigandan so‘ng toza latta bilan artib tashlang. Qo‘ldagi yoqimsiz hidlarni ketkazish. Baliqni tozalab bo‘ldingiz va endi tortni bezashga to‘g‘ri kelib qoldi. U holda kaftingizga biroz tish pastasini oling va u yordamida qo‘lingizni suv bilan yuvib tashlang. Manba: “Xitrosti jizni”
59
1,385
Ayollar
Guruchdan ovqat tayyorlashdan boshqa yana qanday maqsadlarda foydalansa bo‘ladi?
Foydali va to‘yimli ekani bilan yaxshi ma’lum bo‘lgan guruchdan kundalik turmushdagi ayrim muammolarga yechim sifatida ham foydalanish mumkin. Telefonga suv tegsa To‘satdan telefoningizga suv tushgan bo‘lsa, vahimaga tushmang. Qurilmani guruch bilan to‘ldirilgan paket yoki tarelkaga qo‘ying. Guruch ortiqcha namlikni olish xususiyatiga ega. Shuningdek, tuz nam tortib qolgan bo‘lsa ham, unga guruch qo‘shib yechim topish mumkin. Guruchdan “grelka” qilsa bo‘ladi Tikilgan yoki tayyor qopcha olib, uni guruch bilan to‘ldiring, mikroto‘lqinli pechda qizdirib, og‘riq bor tana sohasiga qo‘ying. Guldon yoki boshqa idishlarni tozalash mumkin U xuddi skrabdek natija beradi. Og‘zi ingichka idishlarni yuvishga qo‘lingiz sig‘maydigan bo‘lsa, uning ichiga idish yuvadigan gel tomizing va ustidan guruch solib, yaxshilab silkiting. Guruch harakatlanib, idish ichki devoridagi kirlarni ketkazadi. Meva va sabzavotlarning yetilishiga yordam beradi Ba’zi meva va sabzavotlarni tezroq pishib-yetilishini istasangiz, ularni guruch solingan konteyner ichiga qo‘yib qo‘ying. Terini kosmetik vositalardan a’lo darajada tozalaydi Guruch pishirgandagi suvni tuz qo‘shmasdan avval bir idishga solib oling, sovuting va tonik singari yuzingizga surtib, keyin yuvib tashlang. Guruch terini a’lo darajada tozalash xususiyatiga ega.
80
1,311
Ayollar
JW Anderson yilning eng noodatiy bosh kiyimini ishlab chiqardi
Dizayner Jonaton Anderson tomonidan tashkil qilingan Britaniyaning taniqli brendi JW Anderson tomonidan usti charmdan, ichki qismi esa yumshoq zamshdan ishlangan noodatiy bosh kiyimini taqdim qilindi. Afisha Daily nashrining xabar berishicha, modelning o‘ziga xosligi uning tashqi dizayni, ya’ni ust qismidagi charmga kesib ishlov berilganida. Model ikki xil variantda: jigarrang va qora ranglarda taqdim qilingan, deyiladi xabarda. Ta’kidlanishicha, kuz va bahor faslida kiyish uchun ayni muddao bo‘lgan mazkur noodatiy kepkalar allaqachon sotuvga chiqarilgan. Bosh kiyimlarni brendning rasmiy saytidan 250 dollarga xarid qilish mumkin.
62
639
Ayollar
Antiseptik vositalarning ko‘pchilik bilmagan foydali jihatlari
Antiseptik mahsulotlar ixcham, foydalanishda qulay, terini tashqi bakteriyalarda himoyalovchi, tozalik va soflik hissini beruvchi vosita hisoblanadi. Ular gigiyenik sovunlarga qaraganda ancha samarali bo‘lib, 99% gacha bakteriya va viruslarni o‘ldiradi. Mahsulotning afzalliklari aniq. Biroq antiseptiklarning xavfli tomonlari mutaxassislarni shubhaga solmoqda. Ularning fikriga ko‘ra, antiseptik eritmalarning muntazam ravishda teriga ta’sir qilishi terining tabiiy himoyasini yo‘q qiladi. Shuningdek, spirtsiz antiseptiklarni ham xavfsiz, deb bo‘lmaydi. Ayrim qo‘shimcha moddalar, masalan, atirlar allergik reaksiyaga olib kelishi mumkin. Shu bilan birga, gigiyena vositasi sifatida qo‘llanilayotgan mahsulotning boshqa foydali tomonlari ham mavjud. Masalan, yaroqlilik muddati eskirgan antiseptik vositalardan foydalanish mumkin emas. Lekin ularni tashlab ham bo‘lmaydi. Yaxshisi, ularni boshqa maqsadlarda ishlatgan afzal.
62
927
Ayollar
Qoshlarning siyraklashishiga olib keladigan 8 ta zararli odat
Agar qoshlaringiz o‘zining tabiiy qalinligini yo‘qotayotgan bo‘lsa, birinchi navbatda odatlarni tahlil qilish kerak. Ular orasida qoshlaringiz go‘zalligining asosiy dushmani topilishi mumkin. Marie Claire nashri qoshlarning to‘kilishiga olib keladigan 8 ta zararli odatlar bilan tanishtirdi. Buni sezmaslik mumkin, lekin muntazam ravishda takrorlanadigan ba’zi oddiy harakatlar qoshlarni siyraklashishining asosiy aybdorlari bo‘lishi hech gap emas. Agar quyida keltirilgan ba’zi odatlar mavjud bo‘lsa, avval ulardan xalos bo‘lishga harakat qiling. Qoshlarga tegish So‘zlash jarayonida ko‘pchilik beixtiyor qoshlarini tirnay boshlaydi. Agar shunday bo‘lsa, ushbu odatni darhol to‘xtatish kerak, chunki bu qoshning to‘kilishi va siyraklashishiga olib keladi. Qoshlarni tortish  Qoshlarning impulsiv tortilishi trikotillomaniya deb ataladi. Ushbu odatning sabablari temir va mis yetishmasligidadir. Bu hodisa, shuningdek, bosh travmasi, stress yoki depressiya bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bunday vaziyatda asosiy sababni aniqlashga yordam beradigan mutaxassis bilan bog‘lanish kerak va qoshlarning siyraklashishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan salbiy odatdan qutilish choralarini ko‘rish kerak. Qoshlarga yuz kremini surtish  Ba’zi qizlar pulni tejash va qoshlarning ko‘rinishini yaxshilashga umid qilib, qosh sohasida ham yuz kremlaridan foydalanadi. Har qanday kosmetolog bunday qilmaslikni tavsiya qiladi: qoshlarni parvarish qilishda ushbu soha uchun maxsus mo‘ljallangan maxsus kosmetikadan foydalanish kerak. Vitamin qo‘shimchalarini nazoratsiz qabul qilish  Qosh qalinlashishini rag‘batlantirish uchun ayollar ko‘pincha vitamin komplekslaridan foydalanadi. Ammo ortiqcha vitamin uning yetishmasligidan ko‘ra ko‘proq zarar yetkazishi mumkin, bu esa qosh to‘kilishiga olib keladi. Shuning uchun, vitamin va qo‘shimchalar qabul qilishni boshlashdan oldin, albatta, shifokor bilan maslahatlashish lozim. Ratsionda hayvon oqsiliga e’tibor bermaslik Qosh to‘kilishining eng keng tarqalgan sababi hayvonlarning oqsillarini cheklaydigan qattiq parhezlardir. Muammo ko‘pincha go‘shtli taomlardan voz kechgan yoki faqat oq go‘sht (tovuq, kurka) iste’mol qilganlarda paydo bo‘ladi. Shifokor qizil go‘sht va sut mahsulotlaridan butunlay voz kechishni tavsiya etmaydi. Bunday cheklovlar hayvon oqsilida mavjud bo‘lgan muhim aminokislotalarning yetishmasligiga olib keladi. Vaqt o‘tishi bilan elementlarning yetishmasligi temir tanqisligi anemiyasining rivojlanishiga olib keladi. Qosh to‘kilishi bu kasallikning eng aniq belgilaridan biridir. Soch va qoshlarni bir xil bo‘yoqda bo‘yash  Qosh uchun maxsus bo‘yoqdan foydalanishga hech qanday sabab yo‘qdek tuyiladi, shuning uchun ko‘pchilik farqni ko‘rmaydi. Biroq, mutaxassislar ogohlantiradi: hattoki umuman qoshsiz qolish ham mumkin. Bu hazil emas: bosh sochlari uchun formulalar ko‘proq kuchli moddalarni o‘z ichiga oladi, chunki ular aynan soch tuzilishi uchun mo‘ljallangan. Bosh terisi ular bilan mukammal tarzda kurashadi, ammo bu qoshlarning qalinligiga jiddiy putur yetkazishi mumkin. Laminatsiya dan ko‘p foydalanish Laminatsiyalangan qoshlar qalin ko‘rinadi va yuzning haqiqiy bezagiga aylanadi. Biroq bu go‘zallik protsedurasi o‘z cheklovlariga ega. Buni yiliga 4-5 martadan ko‘p bo‘lmagan holda bajarish mumkin, shunda qoshlar siyraklashmaydi. Qoshlarni laminatsiya qilish o‘rtasida alohida e’tibor talab etiladi. Qoshlarni parvarishlash vositalariga pul tejash  Eng yaqin supermarketda sotib olingan har qanday birinchi pinset vositasidan foydalanib, qoshlarni shikastlash xavfini tug‘dirish mumkin. Kelajakda bu yoki to‘kilishga yoki o‘sishga yordam beradi. Faqat yuqori sifatli zanglamaydigan po‘latdan yasalgan pinsetlarni tanlang: bunday vosita uzoq vaqt xizmat qiladi va mukammal ishlaydi.
61
3,751