folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Ayollar
Ayollar yoshiga yosh qo‘shadigan kiyimlar (foto)
Naqshli kolgotka, bichimi tushunarsiz jinsi va garderobdagi boshqa yana bir qancha kiyim-kechaklar sizni yoshingizdan kattaroq ko‘rsatishi mumkin. Naqshli kolgotka Bunday kolgotkani garderobingizdan umuman chiqarib tashlang. U bilan nafaqat yoshingiz katta, balki obrazingiz didsiz ham ko‘rinadi. Yaxshisi qattiq, qora kolgotkalarga e’tibor qarating. Ajralib turishni istasangiz xol-xolli modellarni ham tanlasangiz bo‘ladi. Tvidli kostyum Bunday pidjakni tashlab yuborishdan avval uning modeliga e’tibor qarating. Bel qismiga urg‘u berilgan, cho‘ntakli variant kostyum bilan kiyilgan yubka sizni yoshi katta qilib ko‘rsatadi. Oversize uslubidagi model esa aksincha o‘ziga xos ko‘rinishingizga sabab bo‘ladi. Bel qismiga urg‘u berilgan, detallari ko‘p kofta Bunday modeldagi koftalar avval mashhur bo‘lgan bo‘lishi mumkin, ammo hozir emas. Ayni vaqtda keng va harakatlanishga qulay modellar urfda. Bichimi tushunarsiz jinsi Shim modelining noto‘g‘ri tanlanishi qomatni to‘la, bo‘yni past va obrazni didsiz ko‘rsatadi. Platformali poyabzallar Yaxshisi bunday poyabzallar o‘rniga uchli tufli tanlang. Trikotaj matodan tikilgan libos Trikotaj matodan tikilgan liboslarning hammasi ham ko‘ngildagidek ko‘rinavermaydi. Yupqa va bo‘shashgan matodan tikilgan variant qomatdagi kamchiliklarga urg‘u beradi. Natijada nafaqat yoshingiz, balki “kilolaringiz” ham aslidagidan ko‘p ko‘rinadi. Yirik toshli taqinchoqlar Istalgan obrazni didsiz ko‘rsatish uchun tosh va ko‘zlari bor taqinchoq taqishning o‘zi kifoya. Agar aksessuar taqishni juda ham istasangiz ingichka zanjirli taqinchoqlarga e’tibor qarating.
48
1,603
Ayollar
Krossovkalar trend estafetasini baletkalarga topshirdi. Bahor-yoz mavsumi uchun 5 obraz
O‘tgan mavsumlarda qulay va universalligi bilan trenddan tushmay​ kelgan keta va krossovkalar bu bahor-yoz mavsumida birinchilikni baletkalar bilan bo‘lishishiga to‘g‘ri keladi. Streetstyle yulduzlari tomonidan ham e’tirof etilgan ushbu o‘​ziga xos poyabzallar, istalgan uslubdagi kiyimlar bilan moslashishi mumkinligi bilan ahamiyatli. Quyida qanday baletkalar urfda va qanday kiyimlar bilan mos ekanligi haqida ma’lumot beramiz. Neytral rangli baletkalar Bunday baletkani shifon ko‘ylaklar ustidan bahorgi palto va trenchlar bilan birga kiysa bo‘ladi. Baxmal Baxmal baletkalar ushbu mavsumda ommaboplashdi. Ushbu poyabzalni retro uslubdagi sumkalar, nozik bluzkalar bilan kiysa ayni muddao. Tekstil ko‘ylak va baletka Bahor kelishi bilan tekstil matoli liboslarni kiyishga bo‘lgan talab ortadi. Uzun trikotaj matoli ko‘ylak ustidan qaymoq rang trench yoki plash va u bilan charmdan ishlangan baletkani kiyishni tavsiya qilamiz. Bog‘ichli baletka va jinsi Bog‘ichli baletka balerina obrazini esga soladi. U bilan jinsi shim, yubka yoki kurtkani moslashingiz mumkin. Yeng qismi fonar uslubidagi bluzka, jinsi shortik va durli sumka bilan ushbu poyabzalni kiyish ayni muddao . Ipak yubka va baletka Midi uzunligidagi ipak yubka va futbolka yozgi obrazning mukammal bo‘lishini ta’minlaydi. Ushbu obrazni esa, charm remenli baletka va sumka bilan to‘ldirish tavsiya qilinadi. Bunda sizning obrazingiz ham jozibador ham qulay bo‘ladi.
87
1,435
Ayollar
Nima uchun kosmetologlar tongda yuzni muz bo‘lagi bilan artishni tavsiya qiladi?
Yuzni muz bo‘lagi bilan tozalash eng qadimgi va samarali vositalardan biridir. Bu uslubdan Merilin Monro va Marlen Ditrix unumli foydalangan, ammo ancha vaqtgacha kosmetologlar buni qabul qilmagan. Hozirgi davrda esa muzda yuvish amaliyoti yana ommalashmoqda. Qanday qilib muzdan foydalanish jarayoni haqida quyida to‘liq ko‘rsatma berilgan. Nima uchun kerak? Albatta, ushbu jarayon bir qancha afzalliklarga ega. Muz bo‘lagi tun bo‘yi hosil bo‘lgan ko‘z ostidagi shish, ko‘karish va xaltachalarni bir zumda bartaraf etadi va terini tetiklashtiradi. Shuningdek, tanani uyqudan uyg‘otadi. Ushbu jarayon qon oqimini rag‘batlantiradi, natijada yuz terisining rangi yorqin va silliq ko‘rinishga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, muntazam ravishda muz bilan yuvish teri hujayralarining yangilanishiga yordam beradi, qarishni sekinlashtiradi va ajinlar paydo bo‘lishining oldini oladi. Undan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish kerak? Ko‘proq samaradorlikka erishish uchun nafaqat oddiy toza suv, balki turli xil faol moddalarni ham muzlatish mumkin. Masalan, moychechak va uzum urug‘i yog‘i yoki greypfrut va ko‘k choyni muzlatish mumkin. Agar teri juda quruq bo‘lsa, muzlaydigan aralashmaga krem yoki kosmetik moy qo‘shish mumkin. Yodda tutish kerak, o‘simlik tarkibiy qismlari allergiyani qo‘zg‘atishi mumkin. Ushbu jarayonni boshlashdan avval yuzning biroz qismini muz bo‘lagida artib ko‘rish kerak. Agar toshma yoki qizarish yuz bermasa, jarayonni to‘liq amalga oshirish tavsiya etiladi. Quyidagi ko‘rsatmada bosqichma-bosqich amalga oshirish kerak bo‘lgan tavsiyalar mavjud: Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar Afsuski, bunday uy sharoitidagi parvarish hammaga ham to‘g‘ri kelavermaydi. Mutaxassislar yuzda o‘zgarish alomati ko‘rina boshlagan sezgir teri egalariga tajribani o‘tkazmaslik tavsiya qiladi. Chunki bu terining holatiga salbiy ta’sir o‘tkazishi mumkin. Shuningdek, ushbu holat yuzida husnbuzar va boshqa yallig‘lanishlardan azob chekayotganlarga ham tegishli – bu holda muz vaziyatni yanada kuchaytirib yuborishi mumkin.
80
2,024
Ayollar
Poyabzal xarid qilishda deyarli hamma yo‘l qo‘yadigan xatolar (foto)
Yangi poyabzal sotib olayotganda keyinchalik noqulaylik va qo‘shimcha xarajatlarning oldini olish uchun ba’zi jihatlarga e’tibor qaratish lozim. Poyabzalni ertalab sotib olish Ko‘rinib turibdiki, poyabzal xarid qilish uchun do‘konga qachon borish ham muhim jihat. Kun davomida yurganingizdan so‘ng oyoqlar shishishi mumkin. Ertalab esa sizga kerak bo‘lgan poyabzalni hech bir muammosiz sotib olishingiz mumkin. Har doim bitta poyabzal kiyish Har birimizning sevimli poyabzalimiz bor. Lekin qanchalik qulay bo‘lishidan qat’i nazar, doimo bitta narsani kiyish yaramaydi. Buning modaga hech qanday aloqasi yo‘q. Oyoq kiyimlarini kun ora almashtirib kiygan ma’qul, shunda poyabzal yoki krossovka ko‘proqqa chidaydi. Bundan tashqari, har kuni bir xil oyoq kiyim kiyish muayyan qismlarning, ayniqsa, ichki va tashqi taglikning eskirishiga olib keladi. Shu sababli noto‘g‘ri qadam tashlaymiz va shu bilan oyoqlarimizga zarar yetkazamiz. Oyoq o‘lchamini bilib, oyoq kafti uzunligini bilmaslik Oyoq kafti uzunligini aniq bilish poyabzal xarid qilishda foyda beradi. Har bir brend o‘zining o‘lchamli setkasiga ega, shuning uchun qutidagi raqamlarga emas, balki oyoq uzunligiga qaragan ma’qul. Shuni ham unutmaslik kerakki, oyoq o‘lchami turli sabablarga ko‘ra o‘zgarishi mumkin. Masalan, homiladorlik yoki kilogramm ortishi tufayli. Buni hisobga olgan holda poyabzal do‘koniga borishdan oldin oyog‘ingizni qayta o‘lchagan yaxshi. Poyabzalni taglik materialini hisobga olmagan holda sotib olish Poyabzal tagligining materialiga ham e’tibor qaratish kerak, chunki u qulaylik uchun javobgar. Misol uchun, sport poyabzallari moslashuvchan bo‘lishi kerak. Agar kauchuk taglik tanlasangiz, u qishda egilmasligini unutmaslik lozim. Faqat poyabzalning bittasini kiyib ko‘rish Tanamiz simmetrik emas. Ko‘pincha bir oyoq boshqasidan biroz kattaroq bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ikkala etik yoki ikkala poyabzalni ham kiyib ko‘rish, oyoq kiyim chap va o‘ng oyoqqa mos kelishiga ishonch hosil qilish kerak. Faqat poshnaga e’tibor berish Poshnali tufli noqulaylik tug‘dirmasligi kerak. Yupqa taglikli poyabzaldan voz kechgan ma’qul. Qalin taglik yoki platformali poyabzal oyoqlaringizdagi bosimni taqsimlaydi. Shippakni uzoq vaqt davomida kiyish Yozda shippaklarning bozori chaqqon bo‘ladi, chunki ularni kiyish qulay. Biroq bunday turdagi poyabzallarni uzoq vaqt kiyish tavsiya etilmaydi. Bu qadam bosishni o‘zgartirishi mumkin, chunki oyoq kiyimni joyida ushlab turish uchun barmoqlarni siqib ushlaymiz. Uzoq muddatda bu narsa ba’zi muammolarga olib kelishi mumkin.
68
2,552
Ayollar
Uyda pashsha, chivin va suvaraklardan qutulish uchun samarali vosita tayyorlaymiz
Chivin, suvarak va pashshalar uyingizning pashshaxo‘rda mehmonlariga aylanib qoldimi? Hamma vositalarni qo‘llab ko‘rsangiz ham natija bo‘lmayaptimi? Unda ishonchli usullar yordamida harakat qilishning vaqti keldi! Uyingizni bor-yo‘g‘i ikki soat ichida hayotingizni zaharlayotgan jonga teguvchi hasharotlardan tozalashni xohlaysizmi? Biz sizning e’tiboringizga odamlar va uy hayvonlari uchun mutlaqo zararsizligi bilan muhim hisoblanuvchi, uyda tayyorlash mumkin bo‘lgan oddiy va samarali vositani havola qilmoqchimiz. Manba: “Xitrosti jizni”
81
542
Ayollar
Balenciaga oyoq kiyimlari bir umr xizmat qilishini isbotlash uchun atay eskirtirilgan kedalarni sotuvga chiqardi
Balenciaga “Paris” kedasining yangi modelini chiqardi — oyoq kiyimlarning ustki qismi mato, tagligi tekis va barmoq qismi rezinadan ishlangan, deb yozadi “Pravila jizni” nashri. Kedalar kiyilgandek ko‘rinishda bo‘lishi uchun eskirgan modelda yaratilgan, go‘yoki brendning kreativ direktori Demna Gvasaliya 100 juft keda bilan uzoqroq yurib, ularni juda ham yomon — iflos, yirtilgan va eskirgan holga keltirgan. Ushbu eski Balenciaga kedalari 1850 dollarga sotiladi, odatiy “Paris” esa 625 dollarni tashkil qiladi. Biroq eskirgan krossovkalar konseptual tarkibiy qismga ega: Balenciaga modalar uyi ularning poyabzali abadiy va bir umrga kiyish uchun mo‘ljallanganini ta’kidlamoqda. Eski kedalarni chindan ham kiyish mumkin: reklamadagi suratlardan farqli o‘laroq, sotuvdagi oyoq kiyimlar chirishga moyil bo‘lmaydi. “Paris” kedalarining oddiy va eski versiyalari 2022-yil 26-may kuni sotuvga chiqariladi.  Dunyodagi eng mashhur brend ma’lum bo‘ldi
112
947
Ayollar
Sochlarning jilokor va sog‘lom bo‘lishiga hissa qo‘shuvchi 7 odat
Sochlar holatini yaxshilash uchun nima qilish kerakligi haqida Harper’s Bazaar nashri ma’lumot berib o‘tadi. Soch uchlarini doimiy ravishda kaltalatib turing Hatto uzun bo‘lishini ham istasangiz ham har 1-2 oyda sartaroshga borib sochlaringizni uchini kestirib turing. Sochlaringiz sog‘lom va yaxshi o‘sishini istasangiz, taxminan, yarim santimetrdan kaltalatib turishni kanda qilmaslik kerak. Sochlaringizni sovuqdan himoya qiling Sochlarga shikast yetmasligi uchun sovuqda himoya qilishni unutmaslik kerak. Termohimoyadan foydalaning Yuqori harorat sochlar uchun zararli hisoblangani sabab ham mutaxassislar dazmol yoki ploykadan foydalanishdan avval termohimoya qiluvchi vositadan foydalanishni tavsiya qiladi. Alohida parvarish Hatto eng sifatli shampunning ham asosiy vazifasi sochlarni tozalashdan iborat. Namlantirish, oziqlantirish va mustahkamlash uchun esa maxsus vosita va niqoblardan foydalanish kerak. Massaj Bosh terisini doimiy ravishda massaj qilib turish sochlarning jadal o‘sishi va mustahkam bo‘lishiga hissa qo‘shadi. Massajni qo‘l yordamida qilishingiz yoki maxsus apparatlardan foydalanishingiz mumkin. Bosh terisini piling qildirish Teridagi o‘lik hujayralarni doimiy ravishda tozalab turish muhim sanaladi. Buning uchun maxsus skrab yoki pilinglardan foydalanishingiz mumkin. Ulardan bir oyda 2 yoki 3 marta foydalangach, ijobiy natija o‘zini uzoq kuttirmaydi. Ratsionga e’tiborli bo‘lish Qanchalik yaxshi vositalardan foydalanmang, ichki ozuqa ham muhim sanaladi. Avitaminoz sochlar qurishi va sinishiga sabab bo‘luvchi eng asosiy sabablardan hisoblanadi. Ratsioningizda foydali yog‘lar, E va D vitaminlari, shuningdek, minerallar bo‘lishiga e’tibor qarating.
65
1,685
Ayollar
Badiiy adabiyotlarni ko‘proq o‘qish uchun 8 ta sabab
Tadqiqotlar miya uchun real voqealardan ko‘ra uylab topilgan voqealar foydaliroq ekanligini isbotladi. Badiiy adabiyotlarni o‘qish empatiyani rivojlantiradi va boshqaning o‘rnida o‘zini tasavvur qilishga yordam beradi. Bu miyaning o‘qilgan va haqiqatda mavjud ma’lumotlarni bir xilda qabul qilishi bilan bog‘liq. Miyaning tilni idrok qilishga javob beradigan chap qismi uni aslida men asar qahramoni nima qilayotgan bo‘lsa, shuni qilayapman deb o‘ylashga majbur qiladi. Bu favqulodda hodisa “amalga oshirilgan anglash” nomi bilan mashhur. O‘qir ekanmiz, biz xuddi asar qahramoni tanasiga joylashib olgandek bo‘lamiz. Adabiyot jamiyat amal qiladigan qonunlarni namoyish qiladi, ozchilik vakillari va tushkunlikka tushganlarga bo‘lgan bardoshlilikni oshiradi. Barqarorlik — afsona, lekin bu romanlarni qadrlovchilarni unchalik bezovta qilmaydi. Tadqiqotlar xayoliy voqealarni ko‘proq o‘qiydigan odamlar non-fikshen o‘qiydiganlarga qaraganda kognitiv aniqlikka kamroq ehtiyoj sezishini ko‘rsatdi. “Muallif kitobning yarmini yozadi. Qolgan yarmini esa o‘quvchining o‘zi yozadi”, — degan edi ingliz adabiyotining asoschisi Jozef Konrad. Haqiqatan ham yaxshi yozuvchi hammasini emas, balki o‘quvchini tasavvurdan foydalanishga majbur qilgan holda eng zarurlarini hikoya qiladi. Qahramonlarning tashqi ko‘rinishi va o‘tmishi, sharoit, hidlar, ovozning o‘ziga xos sifatlarini — ko‘pincha ekranlashtiruvchi rejissorlar singari tafsilotlarini biz o‘zimiz mustaqil ravishda o‘ylab topamiz. Uydirma voqelikka ketish hamma stressga chalinganlar uchun foydali, lekin kitob — eng samarali vosita. Tadqiqotlar bor-yo‘g‘i olti daqiqa o‘qish 68 foizga tomir urishini pasaytirishi va mushaklarni bo‘shashtirishini isbotladi. O‘qish — uxlashdan oldingi ajoyib mashg‘ulot hisoblanadi. U chalg‘itadi, dam olishga va uyquga ketishga yordam beradi. Manba: “Layfxaker”
52
1,844
Ayollar
Har doim yosh ko‘rinuvchi 50 yoshli balerina go‘zalligi siri nimada ekanligini aytdi
Angliyaning Dorset grafligida yashovchi 50 yoshli sobiq balerina Brinda Kollinz hanuzgacha yosh ko‘rinishi sababi nimada ekanligini aytdi, deb yozadi Mail Online. Kollinzning aytishicha, u hech qachon yosh ko‘rinishni maqsad qilmagan. “Shuning uchun men labimni botoks qildirmaganman yoki boshqa plastik operatsiyalardan foydalanmaganman”, — deydi Brinda Kollinz. Chiroyli tashqi ko‘rinishni saqlab qolish uchun Kollinz haftada to‘rt marta yuzga mo‘ljallangan niqoblardan foydalanadi. U terini oziqlantiruvchi kosmetik vositalarning sifatiga ham alohida e’tibor qaratish lozimligini ta’kidlaydi. Kollinzning aytishicha, sifatli degani har doim ham qimmat kosmetika degani emas. Xamyonbop kosmetika vositalaridan ham yuzga to‘g‘ri keladiganini tanlab ishlatish kerak. Kollinz yosh ko‘rinishining yana bir sababi sport mashg‘ulotlari ekanligini aytadi. “44 yoshimda baletdan ketganimdan so‘ng o‘zim uchun sport turini tanlash jarayoni qiyin bo‘lgan”, — deydi Kollinz. Balerina hozirda haftasiga olti marta fitness bilan onlayn tarzda shug‘ullanadi. Kollinzning ta’kidlashicha, har kuni stressdan voz kechish zarur. “Men har kuni ijodiy ish bilan shug‘ullanaman. Bu men uchun charchoq va stressdan qutulishning eng yaxshi usuli. So‘nggi vaqtda men eski mebellarni yangilashga qiziqib qolganman. Buni men YouTube’dagi videodarslardan o‘rganyapman. O‘zimning dizayn studiyamni ochganimdan keyin esa suratga olishga qiziqib qolganman”, — deydi Kollinz.
84
1,448
Ayollar
Tushkunlik va kuzgi mayuslikni qanday qilib yengib o‘tish mumkin?
O‘zbekistonda kuz yetarlicha issiq kelganiga qaramay, kuzgi zerikish ko‘pchiligimiz uchun tanish holat. Yoz va ta’tillar ortda qoldi, yangi yil tantanalarigacha esa hali yetarlicha muddat bor. Kunlar qisqarib, ishdan qaytishingiz bilan qorong‘i tushadi. Quyoshli kunlar kamayib boravergani sayin zerikish kuchayib boradi. Xo‘sh, bunday sharoitda zerikish va tushkunlikka qarshi kurashish uchun qaysi usullarni qo‘llay olamiz? Birinchi navbatda, uyqu rejimingizni qayta ko‘rib chiqing. Bu davrda o‘z vaqtida uyquga yotib, vaqtida uyg‘onish juda muhim! 23:00 dan kech bo‘lmasdan uyquga yotishga harakat qiling. Shunda sifatli uyqu nima ekanligini anglab yetasiz, kayfiyatingiz ham ko‘tariladi. Ikkinchi muhim jihat — ovqatlanish. Ko‘proq meva va sabzavotlar iste’mol qilib, hazm qilish uchun ko‘p vaqt talab qiluvchi yog‘li taomlarni kamroq tanovul qiling. Shirinliklarni ham minimal darajagacha kamaytirishni tavsiya etamiz. U tushkunlikka qarshi kurashishda yordam bersa ham, kichikroq bo‘lakchalar (shokolad bo‘lakchasi yoki bitta bulochka) bilan kifoyalangan ma’qul. Aks holda shirinlikka ko‘nikib qolishingiz mumkin. Yana bir ahamiyatli jihat — to‘g‘ri ruhiy kayfiyat. Kuz faslining ajoyib qirralarini kashf eting. Bu betakror xazonrezlik yoki uy va bog‘ yaqinidagi manzarali xiyobon bo‘lishi mumkin. Uyda mashg‘ul bo‘lish uchun qiziqarli xobbi toping: agar odatga aylangan kino ko‘rish va kitob o‘qish kayfiyatingizni ortiq ko‘tarmayotgan bo‘lsa, pazandalik, to‘qish, bilaguzuklar to‘qish bilan shug‘ullaning. Bular sizga qo‘shimcha daromad ham keltirishi mumkin. Kayfiyat tushishini yolg‘izlikda o‘tkazmaslikni tavsiya etamiz. Bu har doim ham yaxshi natijaga olib kelavermaydi. O‘z fikr, kechinma va hissiyotlaringizni do‘stlaringiz yoki yaqinlaringizdan biri bilan bo‘lishing. Siz bilan hamfikr kishilar qurshovida vaqt o‘tkazish shubhasiz kayfiyatingizni ko‘taradi! Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
65
2,032
Ayollar
Qishga tayyorgarlik: olxo‘ri muzlatishning 4 usuli
Qishda iste’mol qilish uchun olxo‘rini qanday muzlatish kerak? “Noviy ochag” nashri bekajonlar uchun foydali bo‘lgan olxo‘ri muzlatish usullari bilan bo‘lishdi. Mevani butunligicha muzlatish Bu olxo‘ri muzlatishning eng oson yo‘li, lekin keyinchalik undan foydalanish qiyinlashadi. Undan faqatgina kompot qilish mumkin. Buning uchun olxo‘ri yuviladi, so‘ngra quritiladi. Bir qatlam qilib terilib, pishirish varag‘iga joylashtiriladi va muzlatkichda 4-5 soatga qoldiriladi. Muzlagandan so‘ng paketlarga qadoqlash mumkin. Bo‘laklarga bo‘lib muzlatish Bunday olxo‘ridan keyinchalik turli xil narsalar tayyorlanadi: pishiriq, shirinlik va hatto taomlarga ham qo‘shish mumkin. Albatta, kompot va kisel ham tayyorlash oson. Buning uchun olxo‘ri danaklari olib tashlanadi. Agar ular yaxshi ajratilmasa, olxo‘rini pishishi uchun bir necha kun derazaga qo‘yish kerak. Keyin danaklarni ajratish osonroq bo‘ladi. Meva o‘rtasidan bo‘linadi va muzlatishga qo‘yiladi. 5 soat davomida muzlatkichda turganidan so‘ng paketlarga joylashtiriladi. Shakar qo‘shib, pyure shaklida muzlatish Ushbu usulda olxo‘ri o‘zining xushbo‘yligini ko‘proq saqlaydi. Hattoki muzqaymoqqa ham o‘xshab ketadi. Olxo‘ri pyuresi pirog va bulochkalar uchun ajoyib nachinka sifatida xizmat qiladi. Buning uchun olxo‘ri blender bilan maydalanadi. 1 kilogramm olxo‘ri uchun 250 gramm shakar qo‘shiladi. So‘ngra qoliplarga quyib, muzlatib qo‘yiladi. Muzlatish uchun muzqaymoq qoliplaridan foydalanish mumkin. Shakar bilan bo‘laklab muzlatish Olxo‘rini danaklardan ajratish va bo‘laklarga bo‘lish kerak. So‘ngra shakarga botirilib, muzlatkichga besh soatga qo‘yiladi. Olxo‘rilar tayyor bo‘lgach, alohida paket yoki idishlarga solinadi va yana muzlatkichda qoldiriladi.
50
1,722
Ayollar
Yoshroq ko‘rinishga yordam beradigan ovqatlanishga oid 5 odat
Elle nashri ovqatlanish mutaxassisi bilan birgalikda qanday odatlar terining navqironligi va elastikligini, go‘zalligi va yoshligini uzoq vaqt davomida saqlashga yordam berishini aniqladi. Hamma sog‘lom, baquvvat va yoshroq bo‘lishni xohlaydi. Ovqatlanish esa tana holatiga va umumiy hayot sifatiga ta’sir etuvchi eng muhim omillardan biridir. Nima, qancha va qachon iste’mol qilish, albatta, tashqi ko‘rinishga, faoliyatga va hissiy holatga ta’sir qiladi. Ko‘pincha, masalan, ortiqcha vaznning mavjudligi bir qator noqulayliklar va hatto estetik, jismoniy va psixologik muammolar bilan kechishini inkor etish qiyin. Ortiqcha vazn – noto‘g‘ri ovqatlanish odatining yagona natijasi emas. Shuningdek, odam yuz va tana terisi sifatining yomonlashishi, sochlarning to‘kilishi, tirnoqlarning mo‘rtlashishini kuzatishi mumkin. Sog‘lom ovqatlanish odatlari qarilik belgilarining boshlanishini sezilarli darajada kechiktirishga va ancha yoshroq ko‘rinishga yordam beradi. Ortiqcha ovqatlanishdan saqlanish Yetarli darajada ovqatlanish kerak, lekin ortiqcha emas. Buning uchun iste’mol hajmini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Iste’mol hajmini aniqlashning eng oson usuli – kaft o‘lchami. Ratsionni tanlash va unga rioya qilish Eng yaxshi variant — uchta asosiy taom: nonushta, tushlik, kechki ovqat va ular orasida ikki marta yengil tanovul qilish. Parhezni muvozanatlashtirish To‘liq ishlash uchun tanaga yetarli miqdordagi oqsil, yog‘ va uglevodlar kerak. Shuningdek, ushbu tizim bo‘yicha o‘rtacha standartlarga rioya qilish lozim, ya’ni 30 oqsil / 30 yog‘ / 40 uglevod. Qolaversa, shaxsiy diyetani tanlaydigan diyetolog bilan maslahatlashish zarur. Sifatli mahsulot tanlash Nima va qanday shaklda iste’mol qilish katta ahamiyatga ega. Shuning uchun parhezbop usullar bilan tayyorlangan taomlarga ustunlik berish kerak. Qaynatilgan, bug‘da pishirilgan kabi. Shuningdek, yangi sabzavotlar va mevalardan ko‘p iste’mol qilish tavsiya etiladi. Suv balansini saqlash Suv metabolizmni tezlashtiradi va terining sifatini yaxshilaydi, ortiqcha vaznni kamaytirishga yordam beradi. Turmush tarzini va ovqatlanishga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirishni istaganlar alkalinli diyetaga diqqat bilan qarashi lozim. Bu tanani kislotalaydigan oziq-ovqat mahsulotlarini qisman yoki to‘liq rad etish orqali oziqlanish tizimidir. Har qanday oziq-ovqat hazm bo‘lgach, organizmda kislotali yoki ishqoriy reaksiya hosil qiladi. Ishqorlardan farqli o‘laroq, kislotalar tanani juda istamay tark etadi va to‘planishga moyildir. Kislota va ishqor o‘rtasidagi tabiiy muvozanat buzilgan taqdirda, turli kasalliklar rivojlanadi, salomatlik holati yomonlashadi va qarish jarayoni tezlashadi. Shuning uchun oldindan mutaxassis bilan maslahatlashish va kerakli tekshiruvlardan o‘tish lozim.
61
2,748
Ayollar
Yangi yilni o‘ziga xos va takrorlanmas ko‘ylakda kutib oling
Yangi yilga ham juda kam vaqt qoldi. Bu bayram yilning eng sehrga boy fursatidir. Unda mo‘jizalar dunyosiga g‘arq bo‘lib, hech bo‘lmasa bir kecha haqiqiy qirolichaga aylanish uchun ajoyib imkoniyat mavjud. Buning uchun takrorlanmas bayram libosni o‘z vaqtida xarid qilishga ulgurish muhim. Yangi yilni kutib olishda qizil ko‘ylak eng yorqin liboslardan biri bo‘la oladi. Olov rangning to‘q sariqdan yorqin qirmizigacha bo‘lgan tuslari 2017-yilni kutib olishda ayniqsa aktual bo‘lishi kutilmoqda. Qizil rang ko‘zga tez tashlanadi, bayram kechasida boshqa “olovli” xonimga aynan o‘xshab qolmaslik uchun o‘ziga xos bichim, aksessuarlar va soch turmagini tanlashni tavsiya etamiz. Agar ko‘ylak bichimi ochiqroq bo‘lsa, yelkaga nakidka, bejirim kamar yo sumkachadan foydalanish mumkin. Agar qizil sizning rangingiz bo‘lmasa, olovli ranglarning boshqa tuslaridagi libos tanlashingiz mumkin. Ular: tillarang-sariqdan tortib jigarrang va hatto qora ranglar bo‘la oladi. Matoga kelsak, mavsum trendlari baxmal va ipakni tanlang. Polga tegib turadigan uzun ko‘ylak har qanday qomatga ko‘rk bag‘ishlaydi. Tizzagacha bo‘lgan ko‘ylaklar esa xushbichim oyoqlarga urg‘u beradi. Nihoyat bel sohasiga ham urg‘u berishni unutmang — buning uchun keng kamar yoki bant shaklidagi tasma ajoyib tarzda mos keladi. Taqinchoq tanlashda ham olovli unsur toshlari: la’l, yoqut, marjon, shuningdek, olmosda to‘xtashni tavsiya etamiz. Bu toshlar kishiga tetiklik va quvvat bag‘ishlaydi. Zamonaviy makiyaj haqida ham unutmang. Yorqin va tillarang tenlar, yaltiroq zarlar, qizil lab bo‘yog‘idan foydalanishingiz mumkin. Ko‘ylakdagi yarqiroq toshlar ham ayni paytda urfda bo‘lib, bunday bezaklar haddan ortiq bo‘lib ketmasligi lozim. Shusiz ham yorqin rangda bo‘lgan liboslarda ulardan foydalanmaslikni tavsiya etamiz. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
60
1,960
Ayollar
Bill Geyts — bitiruvchilarga: Yuksalishingizga ko‘mak beradigan va yaxshilikka yetaklaydigan kishilar qurshovida bo‘ling
May oyi yarmidan o‘tdi, bu esa ko‘pchilik yoshlarda bitiruv jarayonlari yaqinlashayotgani anglatadi. Bill Geyts bo‘lajak bitiruvchilar bilan o‘zining qimmatli maslahatlarini o‘rtoqlashdi. Ular quyidagi 13 tvitda jamlangan:
120
223
Ayollar
Dunyoga mashhur go‘zal ayollarning jozibador ko‘rinishiga yordam beradigan 4 ta layfxak
Yulduzlarning jozibador ko‘rinishi ortida nafaqat kosmetologlar va ko‘plab stilist jamoalarining mashaqqatli mehnati, balki ularning shaxsiy layfxaklari ham bor. Ulardan qaysi biri foydalnishga arzishi haqida Marie Claire nashri ma’lumot beradi. Liv Teyler: “makiyajsiz pardoz” uchun atirgul suvi Livning tabiiy pardoz uchun eng sevimli mahsuloti — atirgul suvi. Yulduz avvvaliga yuziga tonal krem, rumyana, shaffof pudra surtadi, keyin esa yuziga atirgul suvini sepadi. Shundan so‘ng aktrisa bir necha soniya davomida yuziga quruq salfetka qo‘yadi. Natijada unchalik bilinmaydigan yangi, tabiiy makiyaj hosil bo‘ladi. Kosmetik vosita: Aasha Herbals atirgul suvi spreyi Gven Stefani: lab bo‘yashda ranglarni aralashtirish Gven — makiyaj haqida gap ketganda, eng jasur tajriba qiluvchilardan biri. Yulduzning o‘ziga xos pardozi lab bo‘yog‘i va bleskning turli xil ranglarini aralashtirish natijasida paydo bo‘ladi. Birinchi navbatda, qo‘shiqchi jilosiz rangdan foydalanadi, uning ustidan boshqa lab bo‘yog‘i yoki o‘ziga yoqqan bleskni surtadi. Kosmetik vosita: L’Etoile’ning Dual Bite Lipstick Perfectly ombre lips lab bo‘yog‘i Eva Mendes: bronzer va namlovchi vosita Eva Mendesning yoz quyoshida toblangan teri rangi ortida oddiy go‘zallik siri bor: teriga eng tabiiy, bir xil rang berish uchun bronzani namlantiruvchi krem bilan birgalikda qo‘llaydi. Kosmetik vosita: Dolce&Gabbana’dan Solar Glow universal suyuq bronzeri Gvinet Peltrou: yuz uchun yengil moylar Gvinet muxlislari uning omega-3 bilan boyitilgan yengil moylariga bo‘lgan ishtiyoqi haqida uzoq vaqtdan beri bilishadi. Aktrisa uchun ularning qo‘llanilishi chinakam zavq manbai, eng yoqimli odatlaridan biridir. Yulduzning ta’kidlashicha, yengil yog‘lar uning terisiga o‘ziga xos qulaylik beradi va terini parvarish qilish vositalarining o‘rnini bosadi. Kosmetik vosita: Guerlain’dan Abeille Royale qarishga qarshi moyi
87
1,886
Ayollar
Sayyoraning eng keksa ayoli uzoq umr ko‘rish bo‘yicha rekord o‘rnatdi
Sayyoradagi eng keksa inson sifatida Ginnesning rekordlar kitobidan o‘rin olgan yaponiyalik Kane Tanakening yoshi 117 dan oshganiga 260 kun bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi. Kanedan avval 2018-yil 117 yoshida vafot etgan yaponiyalik Nabi Tadzima Yer yuzida eng uzoq umr ko‘rgan fuqaro bo‘lgan. Kane Tanaka 1903-yil 2-yanvarda dunyoga kelgan. Shokolad va gazli ichimliklarni yaxshi ko‘radigan ayol 120 yoshgacha yashashiga umid qiladi. Ma’lumot uchun, Yaponiya aholisining 80 mingdan ortig‘i 100 yoshdan oshgan fuqarolar, ularning 88 foizi esa ayollardan iborat. 1963-yil mazkur mamlakatda 100 yildan ortiq yashaganlar 153 ta bo‘lgan bo‘lsa, 1981-yilga kelib 1000 ta, 1998-yilda esa 10 mingtani tashkil qilgan.
69
722
Ayollar
Uy sharoitida terini taranglashtiramiz
Uy sharoitida o‘rab qo‘yish usuli terini taranglashtirishga va sellyulit paydo bo‘lishining oldini olishga yordam beruvchi eng samarali usullardan biri hisoblanadi. O‘rab qo‘yish usuli vositasi sifatida gil, kakao, shokolad, davolovchi loy, dengiz o‘tlari, asal, qizil qalampir, xantal, efir yog‘lari va boshqa tarkibiy qismlardan foydalaniladi. O‘rab qo‘yish usuli uchun kechki payt eng qulay hisoblanadi. O‘rashni to‘g‘ri bajarish uchun kerak bo‘ladigan – choyshab, issiq ko‘rpa, termoplyonka, elastik bintlar va teriga suriladigan aralashma oldindan tayyorlab qo‘yiladi. Aralashmani sotib olish ham mumkin. Aralashmani badanga surib termoplyonkaga o‘raladi va 10—30 daqiqa davomida issiq ko‘rpa yopib qo‘yiladi. O‘rab qo‘yishning ikkinchi turi ho‘l o‘rash deyiladi. Badan oldin o‘rashga tayyorlanadi, keyin dengiz tuzi va efir yog‘ining iliq eritmasiga botirilgan choyshabni sal siqib badanga o‘rab qo‘yiladi. 40 daqiqa davomida issiq ko‘rpa yopib qo‘yiladi.
38
962
Ayollar
Limon, tuxum, tish pastasi hamda yuz parvarishi uchun ishlatish tavsiya etilmaydigan boshqa mahsulotlar
Internetda terini parvarish qilish bo‘yicha taqdim etilgan maslahatlar har doim ham ishonchli emas. Bunday holda hatto tabiiylari har doim ham foydali bo‘lmaydi. “Noviy ochag” nashri uy sharoitida tayyorlanadigan parvarish vositalari orasidan foydalanish tavsiya etilmaydiganlarini elsatib o‘tdi. Terini oqartirish uchun limon Ba’zi sabablarga ko‘ra, limonlar ona tabiatning sovg‘asi sifatida qaraladi, ammo bu dermatologlar uchun dahshatli tush kabidir. Terining tabiiy pH qiymati 4-5, limonning pH qiymati esa taxminan 2. Ular juda kislotali, shuning uchun ular terining sirt qatlamini tom ma’noda korroziyaga olib keladi va uni quyosh va infeksiyalarga nisbatan zaif qiladi. Husnbuzar va dog‘lar — bu professional kosmetologlarning xizmatlarini tejash uchun juda qimmat narx. Limonni faqat choy yoki pishirilgan mahsulotlarga qo‘shish mumkin, hech qachon yuz terisini u bilan artib bo‘lmaydi. Niqoblarni mustahkamlash uchun tuxum oqi To‘g‘ri, tuxum oqi qisqa vaqt ichida teshiklarni yaxshi toraytiradi va eng nozik ajinlarni ketkazadi. Ammo shuni yodda tutish kerakki, xom tuxum yuzga surtilsa, har safar ushbu niqobning eng kichik qismi tasodifan yutib yuborilganda, salmonellyoz bilan kasallanish xavfi mavjud. Tabiiy antiperspirantlar Ba’zida ishlab chiqarilgan antiperspirantlardan ko‘krak saratoniga olib kelishi mumkin, degan qarash ham mavjud. Ammo hech qanday tadqiqot antiperspirant foydalanish va saraton o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rnatolmadi. Shunda ham sog‘lig‘iga qayg‘uruvchilar badandagi yoqimsiz ter hidini tabiiy ravishda bartaraf etish tarafdori. Ko‘pincha uy sharoitida antiperspirantlar olma sirkasi bilan tayyorlanadi. Sirka ter hidini keltirib chiqaradigan bakteriyalarni o‘ldiradi. Ammo yomon xabar shundaki, sirkaning pH darajasi 1,5 ga teng, ya’ni u limondan ham ko‘proq kislotali. Sirkaning o‘zi shunday kuchli hidga egaki, u aromatik yog‘lar bilan berkitiladi va antiperspirantlardan farqli o‘laroq, sirka ter bezlarining ishiga to‘sqinlik qilmaydi, shuning uchun ulardan foydalanilganda ham teri hidi tark etmaydi. Iste’mol sodasidan piling Qimmatbaho skrablarning o‘rnini bosadigan ko‘plab oziq-ovqat mahsulotlari mavjud. Misol uchun, biroz suv bilan shakar. Ammo iste’mol sodasiga terida emas, balki javonda joy bor, chunki uning pH darajasi terining tabiiy muvozanatidan ancha yuqori. Qolaversa, sodadan doimiy foydalanish kuchli qizarish xususiyatini keltirib chiqarishi mumkin. Husnbuzarlarni yo‘qotish uchun tish pastasi Yallig‘lanishni kamaytiradigan bo‘lsa-da, siz kimyoviy kuyish va rang o‘zgarishi xavfi mavjud. Husnbuzarlar o‘rnida oq dog‘larning paydo bo‘lishi tashqi ko‘rinishga putur yetkazishi tabiiy.
103
2,648
Ayollar
Time management: vaqtni boshqarishning oddiy usullari
Ko‘pchiligimizning yashash sur’atini xotirjam va bir maromdagi deb atash qiyin. Yugur-yugur ko‘pligidan vaqt yetishmasligi barchamizga tanish holat. Stress yoki, undanam yomoni, surunkali charchoq qurboniga aylanmaslik uchun, albatta vaqtni to‘g‘ri taqsimlay ola bilish lozim. Vaqtni boshqarishning eng oddiy usuli reja tuzishdir. Xo‘sh, reja qanday tuziladi? Hayotda muvaffaqiyatga erishgan kishilar reja tuzishga ko‘p vaqt ajratadi. Kundalik reja unumdorlikni oshirish va vaqtni samarali boshqarish garovidir. Qilinadigan ishlar ro’yxati sizga xarita bo‘lib xizmat qilsinki, siz belgilangan maqsad sari yo‘ldan adashmang. Har kuni kechqurun ertangi kun vazifalarini belgilab oling. Tongda turiboq, mo‘ljallangan ishlarga kirishing. Time-management’ning vazifasi vaqtida asosiy ishni aniqlashdan iboratdir. Birinchi darajali vazifalarni keyingi darajadagilardan, muhim ishlarni keraksiz ishlardan ajrata biling. Ro‘yxatdagi ishlaringiz tartibi ularning darajasiga bog‘liq bo‘lsin. Siz uchun muhim vazifalar ro‘yxatida bo‘lmagan ishlarni rad etish va “yo‘q” deyishni o‘rganing. O‘z ish vaqtingiz va bo‘sh paytingizni nimalarga sarflayotganingizga e’tibor bering. Vaqtingizni “yeb” qo‘yayotgan mashg‘ulotlardan (masalan, hamkasblar bilan yangiliklarni muhokama qilish, maqsadsiz televizor ko‘rish, reklama varaqlarini o‘qish) xoli bo‘lishga harakat qiling. Bunday keraksiz mashg‘ulotlar ro‘yxatini tuzib, “Bularni boshqa hech qachon qilmayman” degan sarlavha qo‘yish yodingizdan chiqmasin :-) Shuni unutmangki, birinchi o‘rinda Siz va Sizning hayotingizdagi muhim odamlar turishi kerak. Bu uchun o‘z samaradorligingiz ustida ter to‘ksa arziydi.
53
1,644
Ayollar
Dugonalar qanday qilib hayotingizni barbod qilishi mumkin?
Ayollar uchun do‘stlik juda qadrli va muhim, sababi do‘st nafaqat qiyin sharoitda yordam beradi, balki quvonchli daqiqalarni ham baham ko‘radi. Shuningdek, ular hayotni butunlay izdan chiqarib yuborishi ham mumkin. Jamiyatda ayol kishi o‘rtasida do‘stlik mavjud emas, degan qarash bor. Shunday bo‘lgan taqdirda ham ular orasida do‘stlik aloqalari o‘rnatilaveradi. Ayollar do‘st bo‘la oladimi? Ayollar do‘stligi, albatta, tabiatan erkaklarnikidan farq qiladi. Erkaklar bunga juda jiddiy qaraydi, masalan, sevgisi uchun hech qachon do‘stini tark etmaydi. Shuningdek, ular bilan chambarchas bog‘langan odat va mashg‘ulotlarni ham tark etmaydi. Ayollar esa yillab birga bo‘lgan dugonasi bilan osongina xayrlasha oladi. Arzimagan sabab tufayli yoki ikki xil tanlov uchun ham aloqalarni uzishi mumkin. Ayol uchun do‘stlik katta ahamiyatga ega emas. Chunki dugonalar faqatgina ayrim masalalarni hal qilish, muloqot va bo‘sh vaqtni o‘tkazish uchungina kerak bo‘ladi. Ayollar o‘z doirasiga mansub ayollar bilan do‘stlashishi mumkin. Masalan, bir bog‘chaga farzandini olib boradigan, bir kursda o‘qiydigan, bir joyda ishlaydigan kabi. Shuning uchun ham ular orasidagi do‘stlik uzoqqa cho‘zilmaydi. Bolalar maktabga borishi yoki kurs yakunlanishi bilan ular orasidagi aloqa ham tugaydi. Umuman olganda ularni bog‘lab turuvchi narsa yo‘q bo‘lganligi tufayli endi do‘stlikni mantiqsiz deb o‘ylaydi. Ba’zan hayotni izdan chiqib ketishiga do‘stlar sababchi bo‘lishi mumkinligi xayolimizga ham kelmaydi. Biron manfaatni ko‘zlab do‘st tutinish Hamisha o‘ziga nisbatan pastroq darajadagi qiz bilan do‘stlashish, shu tufayli ham o‘z qadr-qimmatini oshirish, shaxsiy hayotini tartibga solish, jozibasi kamroq inson fonida o‘zini yaxshi qilish uslubidagi do‘stlik bugungi kunda kam emas. Bu ko‘pincha yosh qizlar orasida uchraydi. Hasrat qilish uchun do‘st Ba’zi xonimlar o‘zi tan olishni yoqtirmaydi. Ularning do‘stga ehtiyoji bo‘lib, hamisha hayotdan shikoyat qiladi. Hammada ham ko‘pincha do‘stiga yomon voqeliklarni hikoya qilib berish odati mavjud. Lekin ular yaxshilikni baham ko‘rmaydi. Manfaat doirasidagi do‘stlik Moddiy kelishuv tufayli insonlar orasida do‘stlik bo‘lishi mumkin. Masalan, ularning biri ikkinchisiga faqatgina pul yoki foydali tanishlari tufayligina do‘st bo‘ladi. Ehtimol, ularga shaxsiy muammolar umuman ahamiyatsiz bo‘lishi mumkin. Albatta, bundan hayratlanishning keragi yo‘q. Vaziyat shuni talab etadi. Do‘stga hasad qilish Ayrim ayollar bir do‘stini ikkinchisiga yomonlash holati juda ko‘p kuzatiladi. Ular bu holatni shunchaki haqiqat yoki muhokamaga yo‘yadi va o‘z qilmishidan uyalmaydi. Chunki ular o‘z jinsiga oid vakillar bilan hamisha raqobatda bo‘ladi. Taklif qilinmagan do‘stlik Deyarli barcha ayollar o‘z hayotini do‘stlari bilan muhokama qiladi. Ular uchun har qanday vaziyatda ham do‘stining fikrini tinglashi muhim. Shuning uchun ham yaqin do‘stlargina chinakamiga psixolog sifatida yordam berishga harakat qiladi. Lekin nima bo‘lganda ham, ayollardan eng yaxshi do‘st kim deb so‘ralganda hamisha turmush o‘rtog‘ini ko‘rsatadi. Chunki u doimo tinglaydi. Sirlarga xiyonat qilmaydi, ko‘chaga olib chiqmaydi. Olgan ma’lumotlardan o‘zingizga qarshi foydalanmaydi. Maslahat bersa, har tomonlama o‘ylaydi. Zarar berishdan manfaatdor emas, hasad qilmaydi. Demak, ayollar do‘stlikka nisbatan turmushda baxtli insonlardir.
58
3,337
Ayollar
Go‘zallik uchun qurbonlik: Supermodel Naomi Kempbell yosh ko‘rinishi uchun amal qiladigan qat’iy qoidalar
Taniqli model Naomi Kempbellning yoshi ellikda bo‘lishiga qaramasdan, mashhur brend va suratchilar u bilan hamkorlik qilish uchun navbatda turadi. Bunga uning yoshiga nisbatan go‘zal ko‘rinishida muhim rol o‘ynaydigan, model bir necha yillardan beri amal qilib keladigan parhez sababchi. Quyida Naomining go‘zalligi siri bilan bo‘lishamiz. Kempbell shaxsiy oshpazi tayyorlagan taomlarni tanovul qiladi. Oshpaz nafaqat uyda, balki tadbir va safarlar uchun ham modelga maxsus taomlar tayyorlaydi. U hech qachon restoran taomlarini iste’mol qilmaydi, uning ratsionidan faqat uyda tayyorlangan taom va barra mahsulotlar o‘rin olgan. U amal qiladigan asosiy qoida kuniga bir marotaba tanovul —​​ tushlik taomi hisoblanadi. Nonushta va kechki ovqat o‘rnini bosishiga qaramay, tushlik taomida kaloriyalar miqdori cheklangan. Faqatgina yakshanba kuni Naomi oshpazi tayyorlagan shirinlik, desert, puding va pirojniylarni yeyishi mumkin. Shuningdek: 1. Model, tovuq, tarkibida glyutein bo‘lgan va sutli mahsulotlarni iste’mol qilmaydi. 2. Zanjabil, qizil bulg‘ori ozish uchun ahamiyatli bo‘lgan mahsulotlar sanaladi, Naomi ulardan tayyorlangan taomlarni sevib iste’mol qiladi. 3. Uning taomnomasida dudlangan va sho‘r mahsulotlarga o‘rin yo‘q. Model iloji boricha tuzli taomlarni kam iste’mol qilishga harakat qiladi 4. Spirtli ichimliklar ichmaydi. 5. Issiq bo‘lgan kunlarda model, umuman, ovqatlanmaydi. Bunday vaqtda u faqat mevali sharbat va oddiy suv ichishi mumkin. O‘zini yomon his qilgan vaqtlari u bir-ikki haftalab ham hech nima yemasligi mumkin. 6. Bir yilda bir necha marotaba Naomi, organizmini tozalash uchun 10 kun davomida zarang siropi, limon va kayen qalampiri qo‘shib tayyorlangan maxsus limonad yoki yalpizli damlama va suv iste’mol qiladi. 7. Oddiy kunlarda ham Naomi ko‘p suyuqlik — limon qo‘shilgan suv, giyohli choy va yashil smuzi iste’mol qiladi.
105
1,864
Ayollar
Oyoqlarni asrang! Qulay hamda zamonaviy bo‘lishi uchun qanday poyabzal tanlash kerak? (foto)
Go‘zallik qurbonlik talab qiladimi? Doim ham bunday emas. Quyida nafaqat zamonaviy ko‘rinishga ega, balki oyoqlarga noqulaylik tug‘dirmaydigan poyabzal tanlashni o‘rganish mumkin. Juda baland poshnalardan saqlanish lozim Imkoniyatlarni to‘g‘ri baholashga harakat qilish kerak. Odatda bo‘yi pastroq qizlar baland poshnali oyoq kiyim bilan vizual ravishda baland ko‘rinishni xohlaydi. Lekin kechasi oyoq og‘rig‘idan azob chekishga to‘g‘ri keladi. Balki shundan so‘ng baland poshnada harakatlanish ham biroz noqulay kechishi mumkin. Shuning uchun oyoq kiyim tanlashda kichik yoki o‘rtacha qalin poshnaga ko‘proq ahamiyat qaratish zarur. Zamonaviylik oddiylikdadir Oyoq kiyim tanlashda odatda bezak va toshlariga e’tibor bermaslik tavsiya etiladi. Sababi eng oddiy poyabzallargina hamisha trendda hisoblanadi. Oyoq kiyimdagi ortiqcha detallar esa tez orada ko‘chib tushishi hech gap emas. Sababi poyabzallar insonning butun tanasini ko‘tarib yuradi va shuning uchun ham tez fursatda eskira boshlaydi. Tag qismi tor bo‘lmasligi kerak Shuningdek, taglikning kengligi oyoqlarning kengligidan kam bo‘lmasligi kerak, aks holda oyoq yon tomonlarga osilib qoladi. Bu sog‘liqda ham muammolar paydo qiladi, chunki bu holatda oyoqning yuki to‘g‘ri taqsimlanmaydi. Do‘konda poyabzal tanlashda buni hisobga olishni unutmaslik kerak. Haddan tashqari tor Oyoq kiyimlar mos bo‘lsa ham, bog‘lagichlarning juda qattiq emasligiga ishonch hosil qilish zarur. Qattiq siqilgan oyoqlar juda tez charchaydi va jarohatlanadi, shuningdek, ular shishib ketadi va qon aylanishida muammolar yuzaga keladi. To‘piq joyida bo‘lishi kerak Ko‘pgina qizlar bu holatda oyoqlarining ishqalanish ehtimoli pastroq deb hisoblab, qasddan bir o‘lcham katta tuflilarni xarid qiladi. Biroq bunday poyabzal oyoqlar uchun yetarlicha qulaylikni ta’minlamaydi va tasodifan shikastlanish xavfi ortadi. Barmoqlarning joylashuvi Buning bir nechta sababi bor: juda qisqa taglik, baland poshna va shu bilan birga keng tasma. Natijada oyoq old qismga chiqib keta boshlaydi. Shuning uchun xarid chog‘ida bosh barmoqqa e’tibor qaratish zarur. Agar yurish paytida chegaradan tashqariga chiqmasa, u holda ularni sotib olish mumkin. Oyoq bilan moslashuvchanlik Oyoqning egriligi poyabzalnikiga to‘g‘ri kelmasa, oyoq taglikka suyanmaydi. Bunday modelda yurish uzoq vaqt davomida qiyinchilik tug‘diradi. Bundan tashqari, uni muntazam ravishda kiyish oyoqlarda muammolarni paydo qiladi. Yassi oyoq kiyimlar ham zararli bo‘lishi mumkin Yassi oyoq kiyimlarning zarari ham baland poshnadan kam emas. Tez-tez va qulay harakat bilan mushak-skelet tizimida boshqa bir qator kasalliklar paydo bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, bunday modellarda oyoq va bo‘y biroz kalta ko‘rinadi.
92
2,716
Ayollar
Maqsadga erishishga yordam beruvchi 7 qadam
Har qanday maqsadga erishishning kaliti — har kuni sizni istagingiz tomon yaqinlashtiradigan hech bo‘lmasa bitta harakatni bajarish. Olimlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari oldiga maqsad qo‘yishning o‘zigina yetarli emasligini ko‘rsatadi. Unga yetishish uchun aniq reja zarur bo‘ladi. Harakat qilish rejasini ishlab chiqishga yordam beradigan quyidagi maxsus formuladan foydalaning. 1-qadam Qaysi soha bo‘yicha nimaga erishishni xohlayotganingizni belgilab oling. Istagingizni aniq ifodalang va uni batafsil yozib chiqing. Shunda siz o‘z oldingizga har doim ko‘rinib turadigan aniq maqsad qo‘ygan bo‘lasiz. 2-qadam Maqsadga erishish uchun muddat qo‘ying. Agar bu ko‘p vaqt talab qilsa, uni bir necha qismlarga ajrating. Har bir oraliq maqsadlar uchun ham o‘z muddatini belgilang. 3-qadam Bu maqsadni amalga oshirish uchun qilinishi zarur bo‘lgan ishlarning ro‘yxatini tuzing. Ro‘yxatni zarur hollarda davom ettirish mumkin. 4-qadam Ro‘yxatingizdagi zarur ishlarning rejasini tuzib chiqing. Muhimligiga qarab joylashtiring va eng avval nimani qilish kerakligini belgilab oling. Ba’zi ishlarni siz faqat boshqalari tamom bo‘lgandan keyingina amalga oshirishingiz mumkin. Ularni kerakli ketma-ketlikda joylashtiring. 5-qadam Maqsadga erishishda nima to‘sqinlik qilishi mumkinligini aniqlang. Balki sizga ma’lum bir malaka yoki qandaydir ma’lumotlar yetishmayotgandir. Sizga qarshilik ko‘rsatayotgan omillarni yo‘qotishga va zarur bo‘lganini olishga harakat qiling. 6-qadam Oldingi qadamlardan so‘ng darhol ishga kirishing. Ichki sezgiga ishoning va sizni maqsadga nima yaqinlashtirsa shuni qiling. Asosiysi — harakatni kerakli yo‘nalishda boshlash. 7-qadam Har kuni ertalab kuningizni rejalashtirishga va har kuni maqsadga erishishda yordam beradigan kamida bitta ish bajarishga odatlaning. Siz bemalol maqsadga erishish mumkinligini ko‘rasiz. Natijada kundan-kun sizga oldinga intilish osonroq bo‘ladi. Manba: “Womanway.online”
43
1,939
Ayollar
O‘zingizga ideal darajada mos tushuvchi atir tanlashni o‘rganing!
Atir tanlash ham bir san’at, lekin uning sirlaridan barcha ayollar ham xabardor, deb aytish qiyin. Kimyoviy va fizik nuqtai nazardan atir spirt va parfyumeriya birikmasidan iborat bo‘lsa-da, haqiqatda u bizning his-tuyg‘u va istaklarimizdan yaraladi. Kayfiyat va qalbingiz holati bilan siz tanlagan ifor ham o‘zgarib borishini payqagan bo‘lsangiz kerak. Ba’zan kechagina sizga ma’qul bo‘lgan ifor, bugun g‘ashingizga tega boshlaydi. Buyuk Koko Shanel atirni ayol kishining paydo bo‘lganligi haqida yon-atrofdagilarni xabardor etuvchi, u ketgandan keyin esa uni eslatib turuvchi ko‘rinmas, biroq unutilmas va tengsiz aksessuar deb atagan edi. U atirni libosga qiyoslagan edi. Shunday ekan, uni tanlashga ham mas’uliyat bilan yondashish zarur. Atirni kunning birinchi qismida tanlagan ma’qul. Aynan ertalabki soatlarda hid bilish retseptorlarimiz ko‘proq sezgir bo‘ladi. Atir xarid qilish uchun chiqishdan avval atir, dezodorant va boshqa hidi o‘tkir vositalardan foydalanmaslikka harakat qiling. Aks holda ular tanlash jarayonida sizni chalg‘itishi mumkin. Atir xarid qilish uchun eng yaxshi joy kichik, biroq yaxshi nom qozongan butikdir, zinhor bozor yoki yerosti yo‘li emas. Mutaxassislar bir tanlov davomida uch-to‘rttadan ko‘p iforni hidlamaslikni tavsiya qiladi. Chunki hid bilish retseptorlarimiz tez toliqib qoladi va sezgirligini yo‘qotadi. Yaxshi parfyumeriya do‘konida sizga atirlar iforini hidlash oralig‘ida qahva donachalari solingan idishni hidlashni tavsiya etishadi. Bu burunning turli hidlarni sezish qobiliyatini qayta tiklaydi. Belgilangan miqdordagi atirlarni hidlab ko‘rgandan keyin ham ulardan o‘zingizga ma’qulini tanlay olmasangiz, xarid uchun boshqa kun kelishni maslahat beramiz. Shuni yodda tutingki, atir ifori qalbingizning eng nozik nuqtalarini zabt etishi lozim. Shundagina u aynan sizning iforingiz ekanligini anglab yetasiz! Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
65
2,031
Ayollar
Zaytun yog‘i go‘zallik uchun
Zaytun yog‘i azaldan sog‘liq va go‘zallikning koni bo‘lib hisoblangan. Bu yog‘ni tabiiy universal kosmetik vosita deb hisoblash odat tusiga kirib qolgan. Uni mo‘jizali yog‘ deyishadi, chunki u haqiqatan ham yashashni yengillashtiradi. Zaytun yog‘idan nafaqat salatlar va tushliklarga qo‘shishda, balki kosmetik vositalar sifatida ham foydalanish mumkin. Zaytun yog‘i ko‘pchilik Gollivud yulduzlari uchun sochlarni parvarish qilishda yordam beruvchi sevimli vosita hisoblanadi. U sochlarga ularning sog‘lig‘i va o‘sishi uchun zarur bo‘lgan ozuqaviy moddalar yetkazib beradi, bosh terisi va soch follikulalarining yetarlicha namlanishini, oziqlanishini ta’minlaydi. Bundan tashqari, yog‘ bosh terisining qichishishi va quruqligini bartaraf qilishga yordam beradi. Hatto yog‘ni bir marta qo‘llashdan keyin sochlar ko‘z oldimizda o‘zgara boshlaydi: to‘yingan, egiluvchan va yarqiragan holatga kelib qoladi. Yog‘ni bosh terisiga ham, sochning butun uzunligi bo‘ylab ham surish mumkin. Sochlarni parvarish qilishda muntazam ravishda zaytun yog‘idan foydalanish ularning to‘kilishini to‘xtatadi, qichishish va qazg‘oqni yo‘qotadi, uchlari “gullashi”ning oldini oladi, hajm va yaltiroqlik qo‘shadi. Zaytun yog‘i yuz terisini parvarish qilishda keng qo‘llaniladi. Bu mahsulot deyarli hech qachon allergiya chaqirmaydi, shuning uchun uni bemalol ta’sirchan terilarni parvarish qilishda ham ishlatish mumkin. U ajoyib tarzda terining quruqligini bartaraf etadi, shu bilan birgalikda namlaydi va oziqlantiradi. Zaytun yog‘i nafaqat yuz uchun oziqlantiruvchi vosita, balki u makiyajni tozalovchi vosita sifatida ham ishlatiladi. Yog‘ ortiqcha kosmetikani juda yaxshi ketkazadi, shuningdek yuz terisini ham tozalaydi. Manba: “Hairsave.ru”
28
1,725
Ayollar
Ingliz tilini tez va oson o‘rganishga yordam beradigan dasturlar
Turli ilova va dasturlar sabab ingliz tilini o‘rganish avvalgidek mushkul emas. Qo‘l telefonidan to‘g‘ri foydalanishni bilish va mustaqil izlanish orqali, repititorga borish, pul sarflashga hojat yo‘q. Xohish va intilish bo‘lsa kifoya. Quyidagi dasturlarni yuklab olish orqali yangi so‘zlar, ularning talaffuzi va grammatikani o‘rganishingiz, mashq va testlarni bajarish orqali esa bilimingizni mustahkamlab borsangiz bo‘ladi. Quizlet Ushbu dasturda yangi leksik kartochkalarni tashkil qilishingiz yoki tayyor boshqa foydalanuvchilarnikidan foydalanishingiz mumkin. Imtihon yoki testga tayyorlanishi kerak bo‘lganlar uchun qulay bo‘lgan ushbu ilovada so‘zlar transkripsiyasini ko‘rish hamda ularning to‘g‘ri talaffuzini tinglash imkoniyati mavjud. Simpler Ushbu ilovada yangi so‘zlarni mustahkamlash imkoniyati, grammatik qoidalar, matnni tinglash hamda boshqa ko‘plab qulayliklar mavjud. Til o‘rganishni boshlayotganlar uchun ushbu ilovadan foydalanish tavsiya qilinadi. Skyeng Skyeng ingliz tilini repititor orqali o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun onlayn-maktab. Ushbu ilovadan mustaqil foydalanish yoki individual tarzda o‘qituvchi bilan birga shug‘ullanish mumkin. Qay birini tanlash foydalanuvchining istak va xohishiga bog‘liq. VocApp Ushbu ilovadan foydalanishni boshlaganlarga ertalabdan kun so‘zi xabar bo‘lib keladi, keyinroq esa ma’nosi va to‘g‘ri foydalanish uchun ushbu so‘zni turli gaplarda qanday qo‘llanishi haqida ma’lumotga ega bo‘lasiz. EWA Kitob va tayyor tarjima orqali til o‘rganishga yordam beradigan qulay ilova. Har bir foydalanuvchi ingliz tilini bilish darajasiga muvofiq tarzda o‘ziga to‘g‘ri keladigan o‘rganish usulini tanlashi hamda kitoblarni audio orqali tinglashi mumkin. Bu so‘zlar talaffuzini bilish va qanday ifoda etilishi haqida ma’lumotga ega bo‘lishga ko‘maklashadi.  Insonlar muvaffaqiyatga erishishida yordam beradigan 4 fazilat
64
1,873
Ayollar
Yuz terisi turini aniqlaymiz
Yuz terisini parvarish qilishda terining turini bilish muhim ahamiyatga ega. Teri turiga qarab tozalovchi va oziqlantiruvchi vositalar tanlanadi. Terining turini aniqlashdan oldin yuzni tozalash zarur. Teri bir necha soat davomida kosmetik vositalarsiz dam olganidan keyin uni kunduzgi tabiiy yorug‘likda diqqat bilan kuzatish kerak. Agar sizning teringizda: - teri teshikchalari kengroq bo‘lsa; - teri qalin ko‘rinsa; - yuvilgandan so‘ng yaltirab qolsa; - unda toshmalar bo‘lsa, teringiz yog‘li hisoblanadi. Agar: - teridagi teshikchalar bilinmasa; - teringiz yupqa pergament kabi bo‘lsa; - teringiz yaltiramasa; - teringiz juda och qizg‘ish rangda bo‘lsa, quruq turiga oid hisoblanadi. Terining aralash xiliga oidligini quyidagi belgilardan aniqlash mumkin: - teshikchalarning bilinar-bilinmas bo‘lishi; - yuzning hamma sohasidagi terilarning bir xil emasligi; - peshana, burun va iyak sohasi terisining haddan tashqari yaltillashi; - terining bir tekis qoramtir rangda bo‘lishi. Ta’sirchan terini quyidagi belgilardan bilish mumkin: - kosmetik vositalar yoqmasligi; - yorilgan va qizil tomirlarning ko‘rinib turishi; - ba’zi mahsulotlarning allergiya chaqirishi. Normal teri esa bir xil rangda bo‘ladi. Silliq, tarang va toza ko‘rinishga ega bo‘lib, sovunli suv va boshqa kosmetik vositalar ta’siri sezilmaydi.
28
1,314
Ayollar
Kosmetik vositalarning foydalanish muddatini uzaytirishga yordam beradigan 7 layfxak
Har bir ayol o‘zining sevimli go‘zallik vositalariga ega. Quyidagi maslahatlar ulardan foydalanish muddatini uzaytirishda yordam beradi. Lab bo‘yog‘ini muzlatkichda saqlash kerakmi?  Agar kosmetik arsenalingizda kamroq ishlatadigan lab bo‘yog‘i bo‘lsa, ularni muzlatkichda saqlagan ma’qul. Shuni yodda tutish kerakki, muzlatkich ularni saqlash uchun doimiy joyga aylanishi kerak. Shuningdek, ko‘plab lab bo‘yog‘i moy yoki mum asoslaridan tayyorlanadi va sovuq joyda juda uzoq vaqt saqlansa, ular bug‘lana boshlaydi, bu esa saqlash muddatiga salbiy ta’sir qiladi. Qorong‘ilik — atirlarning do‘sti Parfyum yoki atirlarni tashkil etuvchi tarkibiy qismlarga qarab, ulardan foydalanish muddati har xil, ammo mutaxassislar bunday mahsulotlarni qorong‘i joylarda saqlash yaxshiroq degan fikrga qo‘shiladi. Quyosh nurlari ta’sirida atir tarkibidagi kimyoviy elementlar reaksiyaga kirishib, uning saqlash muddatini qisqartiradi. Xushbo‘y hidni saqlash uchun ideal joy – bu quti, shkaf yoki tortmalardir. Hammomdagi javon faqat tozalovchi mahsulotlar uchun Hammomda yuz va tana uchun mo‘ljallangan kosmetika mahsulotlarni saqlab bo‘lmaydi. Bunday sharoitda harorat tez-tez o‘zgarib turadi va namlik doimo yuqori bo‘ladi. Shuning uchun kosmetik vositalar mustahkamligini o‘zgartiradi va foydalanish muddati kamayadi. Bu tozalash vositalariga taalluqli emas – shampun, konditsioner, gel, sovun, skrablar va boshqalarning tarkibi va qutisi hammomda saqlashni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Tush qurib qoldimi? Tashlashga shoshilmang Albatta, bunday holatda zaxiradagi variantga ega bo‘lishga arziydi, bordi-yu bo‘lmasa, issiq suv va kunjut yog‘i qurigan tushni “jonlantirishga” yordam beradi. Buning uchun tush tayoqchasini issiq suvga botirib, ichiga bir necha tomchi yog‘ tomizish kerak. Qurib qolgan vosita qisqa vaqt ichida suyuq bo‘lib qoladi va makiyajni yakunlash imkonini beradi. Tirnoq bo‘yog‘i quyuqlashdimi? Muammo yo‘q! Agar sevimli tirnoq bo‘yog‘i amal qilish muddati tugagunga qadar qalinlashgan, qurib qolgan yoki rangini yo‘qotgan bo‘lsa, bu maslahat aynan siz uchun! Shishaga biroz atseton — tirnoqlar tozalash vositasi qo‘shiladi va yaxshilab silkitiladi. Bo‘yoq yana suyuqlashadi va bir tekisda taqsimlanadi. Ammo bu jarayon uzoq muddatni kafolatlamaydi — bir necha kundan keyin u yana quyuqlashib ketishi mumkin. Lab uchun mo‘ljallangan qalam erib ketganda Labga hajm va aniq kontur berishda bir necha marta qalamga murojaat qilinadi, lekin uni qo‘llashdan keyin qalam notekis bo‘lishi yoki butunlay sinishi ham mumkin? Buning uchun qalam muzlatkichga bir necha soatga qo‘yiladi. Bu, birinchidan, uni biroz qattiqlashtiradi, ikkinchidan, undan foydalanish jarayonini osonlashtiradi. Lekin bu usuldan ko‘p foydalanmaslik kerak, chunki qalam muzlatkichda uzoq vaqt saqlansa, u juda qattiq bo‘lib qoladi, ya’ni uni ishlatish qiyinlashadi. Cho‘tka yoki sponjdan foydalanish tavsiya etiladi Shubhasiz, har kim ham kamida bir marta barmoqlar bilan tonal kremini qo‘yib ko‘rishi mumkin, chunki bu eng tez va amaliy usul. Ammo bu unchalik ham to‘g‘ri emas, chunki har kuni millionlab bakteriyalar qo‘llarda joylashadi va ular nafaqat yuzda, balki foydalanayotgan kosmetika mahsulotida ham qoladi. Tonal kremdagi mikroblarning oldini olish uchun cho‘tka yoki sponjdan foydalanish kerak, bu nafaqat mikroblarning yuzga tushish xavfini kamaytiradi, balki vositani yumshoq va bir tekis taqsimlashga imkon beradi. Eng muhimi, bo‘yanishdan oldin qo‘llarni yaxshilab yuvish va har foydalanishdan keyin sponj yoki cho‘tkalarni ham tozalash tavsiya etiladi.
84
3,555
Ayollar
Pinterest bashorati: 2017-yilda dolzarb bo‘ladigan trendlar
Pinterest sayti ma’lumotlariga ko‘ra yaqin kelajakda ko‘pchilik ko‘ylak-kombinatsiyalar, fonus yengli maykalar, sun’iy eskirtirilgan jinsilar, orqasi yo‘q oyoq kiyimlar va “The Future Is Female” deb yozilgan futbolkalar kiya boshlaydi. Erkaklar uchun asosiy trend to‘q rangdagi ko‘cha kiyimlari bo‘ladi. Oziq-ovqatlarga kelganda esa bizni foydali va vegetarian yeguliklar to‘g‘risidagi shov-shuvlar kutmoqda. Go‘sht o‘rnida qovurilgan sakkizoyoqlar yeyish va 2017-yilning eng mashhur ichimligi apelsinli negroni kokteyli bo‘lishi kutilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlar ma’lum qilishicha, 2017-yilda ko‘pchilik yin-yoga mashqlari bilan shug‘ullanadi va xayriya tashkilotlariga ko‘ngilli ravishda a’zo bo‘la boshlaydi. Noan’anaviy tibbiyotda qo‘l tegizib davolash mashhur bo‘ladi. 2017-yilda jihozlashda eng aktual rang to‘q ko‘k bo‘lishi va eng mashhur bezaklar – yog‘ochdan yasalgan buyumlar bo‘lishi kutilmoqda. Pinterest’ning hamma trendlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarini ushbu link orqali kirib o‘qishingiz mumkin.
59
1,008
Ayollar
Usta chaqirishga shoshilmang: muzlatkich buzilganda qo‘l keladigan tavsiyalar
Muzlatkichdagi meva va sabzavotlar turadigan tortmaga suv yig‘ilyaptimi, tortma muzlab qolib, joyidan siljimayaptimi, polda tez-tez ko‘lmaklar paydo bo‘lyaptimi? Usta chaqirishga shoshilmang, ba’zi muammolarni o‘zingiz ham hal qilishingiz mumkin. Meva va sabzavotlar tortmasi ostida suv to‘planishi 1-sabab Tomchilatib eritish tizimining o‘ziga xos xususiyati tufayli bunday tiqilishlar tez-tez uchraydi. Chang, oziq-ovqat qoldiqlari suv tomchilari orqali teshikka kirib qoladi. Natijada suv chiqib ketolmaydi, sovitish kamerasining pastki qismiga oqib chiqadi. Oqib chiqqan suv sovutish sikli vaqtida muzlashi ham mumkin. Natijada tortma pastki qismga yopishib, siljimaydi, muzlatkichda esa yoqimsiz hid paydo bo‘ladi. Nima qilish kerak? Bu usul yordam bermadimi? Bo‘lmasa, muzni to‘liq eritish lozim! Ish bermadimi? Endi usta chaqirishdan boshqa iloj yo‘q. Agar drenaj teshigini tozalash hech qanday natija bermagan bo‘lsa, suv hali ham muzlatkich ostida to‘planib qolsa, demak, muammoni bartaraf qilish uchun professional texnik aralashuvi kerak bo‘ladi. 2-sabab Muzlatkich eshigi yaxshi yopilmagani tufayli ham kamerada muz paydo bo‘ladi, muzlatkichga iliq havo kirishi natijasida orqa devordagi muz eriydi va suv tortmalar ostida, polda to‘planadi. Nima qilish kerak? Muzlatkichning joylashgan o‘rnini ko‘zdan kechiring. Polning notekisligi tufayli qurilma to‘g‘ri o‘rnatilmagan bo‘lishi mumkin. Bu muammo muzlatkich oyoqlari to‘g‘rilanishi bilan hal bo‘ladi. Shovqin bilan ishlasa Ko‘pincha bu muammo muzlatkich javoniga mahsulotlarning noto‘g‘ri qo‘yilganidan kelib chiqadi. Ehtimol, muzlatkichingizda juda ko‘p oziq-ovqat borligi va ular to‘g‘ri joylashtirilmaganligi uchun shovqin yuzaga kelgandir. Shuningdek,  muzlatkich birorta mebel, isitish quvurlariga tegib qolgan bo‘lib, bu narsa uning shovqinsiz ishlashiga xalaqit berayotgan bo‘lishi mumkin. Agar yuqoridagi maslahatlar yordam bermasa, o‘zingiz ta’mirlashga urinmang. Nosozliklarni bartaraf qilish uchun usta chaqirganingiz ma’qul.
77
2,002
Ayollar
Unumdorlikni oshirish uchun anti-to-do ro‘yxatini tuzing
Kundalik ro‘yxatdagi bajarilmay qolgan ishlar hafsalani pir qiladi va ishtiyoqni so‘ndiradi. Bu muammoni bartaraf qilishning yo‘li bor: qilinadigan ishlar ro‘yxati bilan birga anti-to-do ro‘yxatini tuzish. Bu usul sizdagi o‘z kuchingizga bo‘lgan ishonchni mustahkamlaydi. Anti-to-do ro‘yxatga kun davomida qilingan ishlarni kiritish kerak. Boshqacha qilib aytganda, bu erishilgan yutuqlar ro‘yxati bo‘ladi. Bu juda ishtiyoq uyg‘otuvchi usul bo‘lib, kun davomida hammasi bo‘lib qancha ish qilganingizni ko‘rib turasiz. Hatto agar bu ishlar qilishingiz kerak bo‘lgan ishlar ro‘yxatida bo‘lmasa ham. To-do ro‘yxatdagi bajarilgan ishlarni o‘chirib tashlaysiz. Anti-to-do ro‘yxatga esa rejalashtirilgan ishlardan tashqari qilingan qo‘shimcha ishlarni ham kiritasiz. Hafta oxirida u qilinadigan ishlar ro‘yxatida ko‘ringanidek unumsiz emasligiga amin bo‘lasiz. Kun davomida biz to-do ro‘yxatimizda ko‘rsatilganidan ham ko‘proq ishlarni bajarishimizga to‘g‘ri keladi. Ba’zan ular ko‘p vaqtni oladi, shuning uchun biz oldindan rejalashtirilgan ishlarni bajarishga ulgurmaymiz. Kun oxirida ro‘yxatdagi bajarilmay qolgan ishlarga qaraymiz va o‘zimizdan ko‘nglimiz to‘lmaydi. To-do ro‘yxatdagi vazifalarni biz oldindan o‘ylab qo‘yamiz. Bu shubhasiz maqsadga erishish uchun ancha foydali: kun uchun aniq rejani tuzishda biz ularni muhimligiga qarab joylashtiramiz. Lekin o‘z yutuqlarimizni yozar ekanmiz, amalga oshirilgan yangi ishlar orqali biz vazifalarni bajarish uchun o‘zimizda yanada ko‘proq ishtiyoq uyg‘otamiz. Bundan tashqari, bunday ro‘yxat sizdagi yuksalishni qayd qilib boradi. Uning yordamida siz o‘zingizda qanday yangi odatlar paydo bo‘lganini kuzatib borishingiz mumkin. Manba: “Layfxaker”
56
1,695
Ayollar
Yurak-qon tomir faoliyatini yaxshilaydi va qondagi shakar miqdorini normallashtiradi: Asalning organizmga yana qanday foydasi bor?
Asal — umuman olganda, suv bilan suyultirilgan shakar. Shirin, siropli suyuqlik asalarilar va unga o‘xshash ba’zi hasharotlar (masalan, ari) tomonidan tayyorlanadi. Asal immunitet tizimini mustahkamlaydi, shuningdek sog‘liq uchun foydali o‘simlik birikmalari — polifenollarga boy. Uning tarkibida askorbin va foliy kislotalari, bir qator vitaminlar mavjud: organizm ulardan to‘yinishi uchun,  juda ko‘p asal iste’mol qilish kerak. Yodda tuting: asal allergiyani keltirib chiqarishi mumkin. Shuningdek, mahsulot qandli diabet va oshqozon-ichak kasalliklarining og‘ir bosqichi bilan og‘rigan insonlarga tavsiya etilmaydi. Qarishga qarshi ta’sirga ega  Asal tarkibida inson organizmidagi hujayralarning tiklanishiga, qarish jarayonini sekinlashtirishga, immunitet tizimini mustahkamlashga yordam beruvchi ko‘plab antioksidantlar mavjud. Mahsulot flavonoidlar va fenolik kislotalar kabi foydali o‘simlik birikmalariga boy. Ular organizm hujayralarini erkin radikallar ta’siridan himoya qiladi. Qondagi shakar miqdorini me’yorlashtirishga yordam beradi Olimlar asal organizmdagi yog‘lar va uglevodlarni muvozanatlashtiradigan va hujayralardagi insulin sezuvchanligini oshiradigan adiponektin gormoni miqdorini oshirishi mumkinligini aniqlagan. Olimlarning ta’kidlashicha, mahsulotni har kuni och qoringa iste’mol qilish 2-toifa diabetga chalingan insonlarda qondagi qand miqdorini yaxshilashi mumkin. Biroq, tozalangan shakarga nisbatan foydali bo‘lishiga qaramay, asalni ham ehtiyotkorlik bilan va me’yorida iste’mol qilish kerak. Yurak-qon tomir faoliyati uchun foydali  Asal qon bosimini pasaytirishga, yurak urishini normallashtirishga yordam beradi, qondagi xolesteringa ijobiy ta’sir ko‘rsatadi — bularning barchasi yurak va qon-tomirlarining salomatligi uchun muhim omillar hisoblanadi. Bundan tashqari, propolis xolesterin va triglitseridlar darajasini yaxshilashi mumkin. Asal yurak-qon tomir tizimini oksidlovchi stressdan himoya qilishga yordam beradi, bu unga salbiy ta’sir qiladi. Biroq, tadqiqot hozirgacha faqat kalamushlar ustida o‘tkaziladi. Yarani davolashga yordam beradi Qadimgi Misr aholisi yaralar va kuyish joylariga asal surtilgan bog‘lamalar qo‘ygan. Zamonaviy tadqiqotlar mahsulotning kichik kuyishlarni davolashda va operatsiyadan keyingi yaralarni davolashda samarali ekanini tasdiqlagan. Asal qandli diabetning asoratlaridan biri hisoblangan trofik oyoq yaralarini davolashga ham yordam beradi. Olimlar asalning shifobaxsh xususiyatlari: antibakterial ta’sir va yallig‘lanishga qarshi ekanini ham aytgan. Bolalarda yo‘talni davolashi mumkin Asal bolalarda yo‘talning davomiyligi va intensivligini kamaytirishga yordam beradi, jumladan tungi vaqtda, ularning uyqusini yaxshilaydi, shu bilan birga hech qanday nojo‘ya ta’sir ko‘rsatmaydi. Biroq, botulizm xavfi tufayli bir yoshgacha bo‘lgan chaqaloqlarga asal berish tavsiya etilmaydi.
130
2,859
Ayollar
Krossovkalarning oq tagcharmini qanday tozalash mumkin?
Bu mavsumda urf bo‘lgan oq kedalar va krossovkalarga yetarli darajada e’tibor berilmasa, ular o‘zlarining chiroyli tashqi ko‘rinishini tez yo‘qotadi. Oyoq kiyimingizni kir yuvish vositasi solingan eritma ichiga tagcharmi to‘liq botib turadigan qilib ivitib qo‘ying. Yarim soat kutib turing, tagcharmini cho‘tka bilan ishqalang, yuzasini suv bilan yuving va oyoq kiyimini quriting. Kir yuvish vositasining o‘rniga an’anaviy iste’mol sodasini oling — bugungi kunda ko‘pchilik tozalash vositalari aynan uning asosida ishlab chiqariladi. Oyoq kiyimlarini quritishda hech qachon isitish batareyalari yordamidan foydalanishga harakat qilmang — oyoq kiyimining shakli tez va tuzatib bo‘lmaydigan darajada o‘zgarib ketishi mumkin! Yana bir yaxshi vosita — tish pastasi. U ham juda samarali ta’sir ko‘rsatadi. Ishlatishdan oldin uning tarkibida bo‘yovchi moviy kristallar yo‘qligiga ishonch hosil qiling. Rezina ustidagi qiyin ketadigan dog‘lar uchun lakni ketkazadigan suyuqlikka botirilgan oq mato yoki paxta bo‘lagi oling. Xavfli vosita oyoq kiyimning matoli qismiga tegib ketmasligi uchun ehtiyotkorlik bilan ishlang. Organik dog‘larni tarkibida xlor bo‘lmagan kislorodli oqartiruvchi vosita bilan sirka yoki limon kislotasining suv bilan aralashmasi yordamida oson ketkazish mumkin. Qo‘l terisini himoya qilish uchun albatta rezina qo‘lqoplardan foydalaning. Manba: “Jenskievoprosy.ru”
55
1,382
Ayollar
Plastik karta bankomatda tiqilib qolsa nima qilish kerak?
Mijozning bank kartalari kamdan-kam hollardagina bankomatga tiqilib qoladi. Tiqilib qolishiga asosiy sabalar: qurilma xatoligi yoki firibgarlik holati. “Xitrosti jizni” nashri bu kabi holatlarda nima qilish kerakligi borasida maslahat berdi. Nima qilish kerak? Vahima qilishga shoshilmang: besh daqiqa kuting. Agarda bankomat kartangizni qaytarmasa harakatni boshlang. Avvaliga mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmatining raqamlarini toping. Ushbu ma’lumotlar bankomatda mavjud. Raqamga qo‘ng‘iroq qiling, sizga malakali mutaxassislar maslahat berishadi. Keng tarqalgan ikkita algoritm mavjud: Asosiy maslahat: bankomat kartangizni yutib yuborishi bilan o‘z bankingizga qo‘ng‘iroq qilib, uni bloklating. Nima sababdan ekanligini aniq ayting “bankomat qaytarib bermaganligi sababli, xavfsizlik nuqtai nazaridan”, deb. Shuningdek, bankomatga xizmat ko‘rsatuvchi muassasa bilan ham bog‘lanishni unutmang. Ular sizga yopilgan kartani qanday qilib qaytarib olish mumkinligi borasida tushuncha berishadi.
57
997
Ayollar
Ko‘zlarni vizual ravishda kichraytirib ko‘rsatadigan makiyajdagi 7 ta xato
Makiyajdagi mazkur qo‘pol xatolardan ba’zilari yangi kosmetik vositalar paydo bo‘lgunga qadar urfda bo‘lgan. Quyidagi maslahatlar bu xatolarni takrorlamaslikka yordam beradi. Ko‘zingiz rangiga qarab ten tanlaysiz Ko‘z rangiga tenni moslashtirish — SSSRdagi qizlarning oltin qoidasi bo‘lgan. O‘shandan beri ko‘p yillar o‘tdi, ammo “sovet tendensiyasi”ni yo‘q qilish oson ish emas. Afsuski, jigarrang ten jigarrang ko‘zlarni ta’kidlamaydi yoki ko‘k ten ko‘kko‘zlarga go‘zallik qo‘shmaydi. Agar hali ham shunday makiyaj qilishni xohlasangiz, ten ustidan podvodka surting. Pastki qovoq shilliq qavatini qora qalam bilan bo‘yaysiz Qora podvodka har bir qizning sumkasida bo‘lishi shart. Qora qalam bilan chizilgan kayal (pastki ko‘z qovog‘ining shilliq qismi) juda chiroyli ko‘rinadi, lekin ko‘zlar katta bo‘lsa. Boshqa barcha holatlarda, pastki qovoqning shilliq qavatidagi qora qalam mutlaqo teskari ta’sir ko‘rsatadi. Sara Jessika Parkerni eslang: shu oddiy xato tufayli aktrisa doimo ko‘zlarini qisib yuradiganga o‘xshaydi. Yuqori kipriklaringizni qayirmaysiz Chiroyli va uzun kirpiklar har bir qizning orzusi. Ammo tabiat sizni bunday sovg‘a bilan mukofotlamagan bo‘lsa-chi? Bunda sizga tush va kirpik qayiradigan moslama yordam beradi. Tush qo‘yishdan oldin yuqori kipriklaringizni biroz qayirsangiz, ko‘zlaringiz yanada katta ko‘rinadi. Juda quyuq rangdagi smoki-ays chizasiz Smoki-ays ko‘zlarni vizual ravishda katta ko‘rsatadi degan afsonani yo‘q qilish vaqti keldi. Ushbu uslub ko‘zlarga cho‘zilgan shaklni berishi mumkin, lekin ularni kattalashtirmaydi. To‘q ten surtilgan bo‘lsa ham ko‘zlarni vizual ravishda kichraytiradi. Juda och rangdagi konsiler ishlatasiz Ko‘z ostidagi qora doiralar muammosi har ikki qizdan biriga tanish. Ulardan xalos bo‘lish oson emas, lekin ularni konsiler bilan yashirish oson. Ammo bir narsaga e’tibor berish kerak: och rangdagi konsiler qora doiralarni mukammal yashiradi, lekin ayni paytda ko‘zni vizual ravishda kichraytiradi. To‘q rangdagi tenlardan foydalanasiz Yaltiroq tenlar ko‘zlarni vizual ravishda kattalashtirsa, zamonaviy jilosiz tenlar, afsuski, bunday qilmaydi. Ko‘zlaringiz ifodali ko‘rinishini istasangiz, to‘q ranli jilosiz tenlardan foydalanmang. To‘q rangli tenlardan podvodka bilan foydalanishingiz mumkin, lekin ularni hech qachon yuqori qovoqqa surtmang.
74
2,320
Ayollar
Kuzgi obrazlar qulay va o‘ziga xos ko‘rinishiga yordam beradigan 5 tavsiya
Kuzgi salqinda issiq va qulay kiyinish bilan birga, zamonaviy ko‘rinish uchun asqatadigan tavsiyalarni e’tiboringizga havola qilamiz. Rang-barang, och rangdagi kiyimlar Quyoshli kunlar qisqargani hisobiga garderobdan turli-tuman kiyimlar o‘rin olgani yaxshi. Masalan, och qaymoq rangni jigarrang kiyimlar bilan moslasa bo‘ladi. Obraz yanada qiziqarli bo‘lishi uchun esa rangi aksessuarlardan foydalanish tavsiya qilinadi. Qulaylik birinchi o‘rinda bo‘lsin Ofis uchun kiyiladigan kiyim faqatgina jiddiy emas, qulay ham bo‘lishi kerak. Shu sabab ham harakatlar cheklanmaydigan libos kiying. Obrazni keng turadigan palto bilan boyiting. Uning printi istalgancha bo‘lishi mumkin. Oyoq kiyim sifatida qulay etik yoki bog‘ichli botinkalarga e’tibor qarating. Ustma-ust kiyinish Ustma-ust kiyinish bu mavsumda har qachongidan ham dolzarbroq. Futbolka, kofta, jemfer bilan o‘ziga xos kombinatsiya qilsa bo‘ladi. Havo birdaniga isib ketsa, oldingizni ochib olishingiz yoki ustki kiyimni yechib qo‘yishingiz mumkin. Bu borada ko‘ylagingiz printsiz bo‘lishiga e’tibor qarating. Qolaversa, bir obrazda uchtadan ko‘p rangdan foydalanmang. Aql bilan tanlov qiling Kiyim-kechak borasida ongli tanlov qilishga harakat qiling. Iloji boricha 2-3 oy emas, bir necha yil xizmat qiladigan kiyimlarni xarid qiling. Bir marta kiyganingiz biroz vaqtdan keyin bekorga garderobda joy olib yotmasin. Shu bilan birga, kiyimlarni to‘g‘ri parvarish qilish kerakligini unutmang. Shunda ular yomon ahvolga kelib qolmaydi. “Kapyushonka”li kiyim-kechaklar 2021-yilda “kapyushon”li kiyimlar takror urfda. Yaxshi tomoni ular bilan ham zamonaviy ko‘rinish ham issiqqina yurish mumkin. Obraz qiziqarli bo‘lishi uchun sport uslubidagi poyabzallar, qulay djinsilarni moslang.
74
1,740
Ayollar
Mutaxassis tavsiya qiladi: stressdan xalos bo‘lishga yordam beradigan mashqlar
Surunkali stress mushaklarning kuchlanishiga, spazmga olib keladi va bu holatning yomonlashishi, bosh og‘rig‘i, tana assimetriyasi va boshqa muammolarni keltirib chiqaradi. Psixolog va psixosomatolog Marina Spirande ish joyida bajarilishi mumkin bo‘lgan oddiy mashqlar to‘plamini tayyorladi. Ular stress darajasini tezda pasaytirishga yordam beradi va xotirjamlikni qaytaradi. Eng muhimi, ularni istalgan vaqtda va joyda, hatto ofisda ham bajarish mumkin. Buning uchun dastlab oyoqlar yelka kengligida joylashtiriladi. Tanani iloji boricha orqaga egib, keyin oldinga asta tiklanadi va biroz bo‘sh qo‘yiladi. Ushbu mashqni 10-15 marta takrorlash tavsiya etiladi. Keyingi mashqni bajarayotgan vaqtda stressli bo‘lgan vaziyatni yodda tutish kerak. Qo‘llar orqaga qarab cho‘ziladi, ko‘krak qafas kengaytiriladi va jussa orqa tarafga tashlanadi. Ushbu mashq 10-15 marta takrorlanadi. Navbatdagi mashg‘ulot uchun ikkita qalam va ikkita qog‘oz varag‘i kerak bo‘ladi. Stressli holat haqida o‘ylab ko‘rish va qalamlarni istagan shaklda varaq bo‘ylab harakatlantirishni boshlash kerak. Bir necha daqiqadan so‘ng tanadagi og‘irlik ketganini his qilish mumkin. Ofisdagi stress bilan kurashish uchun yengil nafas olish mashqlarini bajarish tavsiya etiladi. Mazkur mashg‘ulotni bajarish uchun alohida makon talab qilinmaydi. Til burama shaklga keltiriladi va u orqali nafas olinadi. Nafas chiqarayotganda un paychalari iloji boricha siqiladi. Agar mashq to‘g‘ri bajarilgan bo‘lsa, shivirlagan tovush eshitiladi. Shuningdek, oddiygina nafas olib chiqarish ham salomatlik uchun juda foydali. Ushbu mashg‘ulotda to‘rt marta chuqur nafas olinadi, har nafas olinganda, biroz to‘xtaladi. Keyin yana to‘rt marta ushbu mashq takrorlanadi. Stress darajasiga qarab 2-15 daqiqagacha bajarish mumkin.
78
1,775
Ayollar
Uyda o‘zingizni sport bilan shug‘ullanishga majburlash uchun 7 ta sabab
Mavjud vaziyatda uyda o‘tirishdan boshqa chora yo‘q, lekin bu semirib ketishingizga karantin bahona bo‘lolmaydi. Karantin hali qancha davom etishi aniq bo‘lmasligi mumkin, lekin ko‘p yeyish va kam harakatning oqibati nima bilan yakun topishi o‘zingizga yaxshi ayon. Hayotingiz va salomatligingiz oldidagi mas’uliyatni his qiling Ishxonadagilar, kursdosh yoki tanishlar uchun emas, avvalo, o‘zingiz, salomatligingiz va sog‘lom hayot kechirishingiz uchun sport bilan shug‘ullanishni boshlang. Serial, kino, telefon — bularning bari vaqt o‘tkazish uchungina xizmat qiladi. O‘z hayotingiz, tanangiz oldidagi mas’uliyatni his qilib, hoziroq o‘z ustingizda ishlashga kirishing. Maqsad — eng katta motivatsiya Jismoniy mashqlarni boshlash uchun motivatsiya kerak deysizmi? Natijasi ko‘zni quvontirishi, inson o‘zini qushdek yengil his qilishi mumkin bo‘lgan maqsaddan boshqa yana qanday motivatsiya bo‘lishi mumkin? Siz yaxshilab o‘rnashib olgan divan, qo‘lingizdan tushmaydigan televizor pulti, yog‘ bosishdan kelib chiqadigan yurak-qon tomir kasalliklari yoki qandli diabetga chalinganingizda sizga hech qanday yordam bermaydi. Juda band bo‘lsangiz ham sog‘ligingiz uchun 1 soatni ayamang Telefondan hech ham ayrilgisi kelmaydiganlardan bo‘lsangiz, unda ushbu qurilmani o‘z maqsadingiz yo‘lida ishlating. Onlayn sport mashqlarini kuzatib, ularni takrorlang. Jismoniy mashqlar ketma-ketligini o‘zida jamlagan va kuniga necha daqiqa, necha martadan, qanday mashq qilish kerakligini ko‘rsatib turadigan mobil ilovalarni yuklab oling va eng asosiysi, 24 soatdan atigi bir soatni sog‘lig‘ingiz uchun sarflang. O‘zingizni majburlamang, ongli ravishda bajaring Jismoniy mashq bajarish bu — majburiyat emas, xohish-istaksiz ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmaydi. Shuning uchun sport bilan kerakli ekanini anglab, chin ko‘ngildan xohlab shug‘ullaning. Tez taslim bo‘lmang Maqsadga darhol erishib bo‘lmasligini, natija bo‘lishi uchun vaqt kerakligini yodda tuting. Katta maqsadga erishishni kichik-kichik harakatlardan boshlang. Bugun 10 ta bajargan mashqingizni ertaga 20 ta bajaring, indiniga yana ko‘paytiring, shunda organizm  zo‘riqmaydi va asta-sekin jarayonga moslashib boradi. Ham tanani, ham miyani chiniqtiring Sportni musiqa va audio kitoblar tinglash bilan birga olib boring. Sevimli qo‘shig‘ingizni tinglab mashq qilish sizga zavq bersa, audio kitob va sportni birlashtirish tana va miyani bir vaqtda chiniqtiradi. Sportga oila a’zolaringiz va do‘stlaringizni jalb qiling Bir o‘zingizga sport bilan shug‘ullanish zerikarli bo‘lsa, oila a’zolaringiz bilan yoki onlayn dasturlar orqali do‘stlaringiz bilan bajaring. Ko‘pchilik bilan bajarilgan mashqlar qiziq va maroqli bo‘ladi.  O‘zingizni aldashni bas qiling! Karantinda shug‘ullanish uchun 10 ta motivatsion tavsiya
71
2,765
Ayollar
Surunkali stress nima va undan qanday qutilish mumkin?
Qisqa muddatli stress tez o‘tib ketadi va undan keyin organizm qayta tiklanib, odatiy ritmiga qaytadi. Surunkali stress bo‘lsa kunlab, oylab hatto yillab davom etishi va bu vaqtda kortizol gormoni yuqori darajada bo‘lishi, kishini sababsiz qo‘rquv va vahima bosishi mumkin. 2018-yilda o‘tkazilgan tadqiqotlarda, stress jismoniy kasalliklarni kuchaytirishi aniqlangan. Surunkali stressdan holi bo‘lish, kayfiyatni ko‘tarinki bo‘lishiga, o‘zini yaxshi his qilishiga, tiniqib uxlashi va ovqatlanish rejimining tartibga tushishiga sababchi bo‘ladi. Sizda alomatlar ko‘zga tashlanayotgan bo‘lsa va bu bir necha haftadan beri davom etayotgan bo‘lsa, bu turmush tarzingizni bir bor ko‘zdan kechirish, jismoniy o‘zgarishlarni kutmasdan terapevtga murojaat qilishingiz kerakligini anglatadi. Deylik, siz yangi ishga kirdingiz, do‘st va yaqiningizni yo‘qotdingiz yoki muhim imtihonga tayyorgarlik ko‘ryapsiz. Bunday vaqtda asabiylashish, hayajonlanish va o‘zini boshqacha his qilish tabiiy bo‘lishi mumkin. Shunday ekan o‘zingizga, qo‘rquvimning boisi nimada deb savol berib ko‘ring. Agar javobi mavjud, yuz bergan yoki beradigan vaziyat bilan bog‘liq va o‘sha vaziyat darhaqiqat ahamiyatli bo‘lsa buni tushunsa bo‘ladi. Lekin bunday vaziyatda ham salomatlik muhimligini yoddan chiqarmaslik, ruhiyatning jismoniy sog‘lomlik bilan uzviy aloqasi borligini yodda tutish kerak. Stressning sababini aniqlash Agar siz o‘zingizda, anchadan beri davom etayotgan surunkali stress alomatlarini payqay boshlagan bo‘lsangiz, unda uning sababi, kelib chiqishi nima bilan bog‘liq ekani haqida o‘ylab ko‘ring. Asabiy ish jadvali, yoqimsiz odamlar, haddan ortiq charchash yoki boshqa nima sabab ekanini aniqlang. Shundan keyin vaziyatdan kelib chiqib yechim topishga harakat qiling. Masalan, qo‘shningiz baland ovozda so‘zlashishidan asabingiz o‘ynasa, quloqlaringizga eshittirmaydigan vosita taqing, yoqimsiz ekanidan asabingiz buzilsa, negativ odamlar bilan suhbatlashishdan qoching, muammo ishda bo‘lsa boshqa ish qidirib ko‘ring. Aniq sabab bo‘lmasa yoki siz uni aniqlay olmasangiz, yashirin omillarni aniqlash uchun psixoterapevtga murojaat qiling. O‘zingizga qanday yordam bera olasiz? Simptomlarni aniqlaganingizdan keyin avvaliga eng oddiy, ammo samarali metodlarni sinab ko‘ring: toza havoda sayr qiling, musiqa tinglang. Foydali odatlaringizni nazorat qilib, ular bilan ko‘proq shug‘ullaning. 7-8 soatdan kam uxlamang, jismoniy faol bo‘ling, meditatsiya bilan shug‘ullaning. Iste’mol mahsulotlari ham kayfiyatga ta’sir qilishini unutmang, ratsioningizga magniy, vitaminlar, foydali uglevodlardan tayyorlanadigan taomlarni kiriting. Neyroendokrinolog Robert Sapolsking ta’kidlashiga qaraganda, inson o‘zining baxtli his qilishi, va o‘ziga beradigan bahosi stressning kamayishida muhim rol o‘ynaydi. Babuinlarda o‘tkazilgan tadqiqot natijasiga ko‘ra, atrofdagilarga nisbatan statusi yuqori bo‘lmagan maymun qonida stress gormoni ko‘p va qon bosimi yuqori bo‘lgan. Bu ishda yoki o‘qishda sizning qanday o‘ringa ega ekaningiz va munosabatga nisbatan nimani his qilishingiz muhim ekanidan dalolat beradi. Siz o‘zingizni yomon his qilganingizda, atrofingizdagi insonlar sizni tushunsa va qo‘llab-quvvatlasa kortizol miqdori kamayadi. Surunkali stressdan saqlanish uchun nima qilish kerak? Psixolog Devid Berns o‘zining “Yaxshi his etish. Kayfiyatning yangi terapiyasi” kitobida negativ emotsiyalarga sarflanadigan vaqtni nazorat qilishni maslahat beradi. Kitobda yozilishicha, 50 daqiqadan ortiq jahl qilish, yig‘lash, baqirish va nolish kerak emas. Qolaversa e’tiborni, pozitiv jihatlarga qaratish va diqqatni jamlashni ham yoddan chiqarmaslik kerak. Bunda siz muhim deb bilgan ishlarning bajarilgan yoki yo‘qligini yozib o‘zingiz uchun tekshirib boradigan ro‘yxat samara berishi mumkin. Bir kun avval yarim soat kitob o‘qishni, do‘stingiz bilan telefonda so‘zlashish yoki boshqa o‘zingizni yaxshi his etishga yordam beradigan vazifalarni belgilab oling. Bajarganingizdan keyin, ro‘yxatni boshqa yoqimli odatlar bilan to‘ldiring. Kun davomida xush kayfiyatni his etishga yordam beradigan, qilgan ishingizdan ko‘nglingiz to‘lishiga sabab bo‘ladigan odat va jarayonlar ruhiyatingiz va salomatligingizni yaxshilanishida muhim rol o‘ynaydi.
54
4,216
Ayollar
Bella Hadid 1 oylik izolyatsiyadan beri birinchi marta ko‘chaga chiqdi
Model Bella Hadid boshqa yulduzlar qatori o‘zini o‘zi izolyatsiya qilgandi va martning boshidan beri tartibni buzmadi. Oradan 1 oy vaqt o‘tibgina model ko‘chaga chiqdi, deb yozadi Elle. Ta’kidlanishicha, uning do‘konga chiqqani aks etgan foto paparatssi nishoniga uchragan. Bella ancha vaqtdan beri uydan chiqmagan va podiumlardagi so‘nggi urfdagi, yorqin liboslarni sog‘ingan bo‘lsa-da, ko‘chaga qulay kiyinib chiqishni afzal bilgan. Model tanlovi qora tolstovka, oq keng jinsi va Dr. Martens botinkalarida to‘xtagan. Avvalroq, Bella o‘zining Instagram sahifasida, koronavirus karantini vaqtida odamlarni xudbin bo‘lmaslik va do‘konlarda hojatxona qog‘ozlarini talashmaslikka chaqirgandi.
70
691
Ayollar
Sochlarni qanday yuvish kerak? Shifokordan ko‘pchilik bilmaydigan 12 maslahat
Ko‘pchiligimiz bu odatiy va oson protsedura tartibini noto‘g‘ri bajaramiz. Soch yuvishning to‘g‘ri algoritmi qanday ekanligi, sochlarni shampun va balzam bilan qanday yuvish kerakligi va bu muhim masalada qanday nyuanslar borligi haqida shifokor-trixolog Salomeya Abolyan ma’lumot beradi. Sochlar tez kir bo‘lmasligi uchun boshni to‘g‘ri yuving Teri ifloslangani uchun bosh yuviladi. Turli mamlakatlardagi trixolog va dermatologlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda tasdiqlaganidek, bosh terisi va sochlar soch tagida to‘plangan va vaqtida yuvilmagan kirlardan ko‘proq ta’sirlanadi. Boshdagi yog‘ sekretsiyasi, kir va chang bakteriyalar ko‘payishiga zamin yaratadi, terining nafas olishiga yo‘l qo‘ymaydi, soch ildizlari foydali moddalarni ololmaydi — bularning barchasi bosh terisining normal ishlashini buzadi va soch o‘sishini sekinlashtiradi. Sochni muntazam yuvish standart gigiyena muolajasi bo‘lib, uning davomiyligi bosh terisining individual xususiyatlariga va holatiga bog‘liq. Google’dan “Sochni shampun o‘rniga tuxum bilan qanday yuvish kerak” deb qidirmang Har kuni foydalanishga mo‘ljallangan shampunlar iloji boricha neytral, nozik, gipoallergik va agressiv bo‘lmagan tarkibga ega. Shunga ko‘ra, ularni haqiqatan ham har kuni ishlatish mumkin. Sulfatsiz shampunlarga ham e’tibor bering. Agar shunga qaramay sochingizni shampun o‘rniga tuxum bilan yuvishga qaror qilsangiz, quyidagi  kichik ko‘rsatmalarga amal qiling: Bosh yuvish chastotasiga e’tibor bering Bosh yuvish chastotasi soch turi va suv sifatini hisobga olgan holda alohida tanlanishi kerak. Agar sochingiz yog‘li bo‘lsa, 3-4 kundayoq boshingizda yog‘ to‘planadi, bu esa yallig‘lanishga olib kelishi mumkin. Yog‘li bosh terisini ehtiyoj sezilgandayoq yuvgan ma’qul. Sochni shampun bilan qanday yuvish kerak? Shampun miqdori soch uzunligiga bog‘liq. Ayollarning o‘zlari kerak bo‘ladigan miqdorni bilishadi, chunki bolalikdan sochni to‘g‘ri yuvishni o‘rganganmiz. Mahsulotni to‘g‘ridan to‘g‘ri boshga quyish tavsiya etilmaydi, chunki: Shuning uchun avval shampunni kaftingizda ko‘pirtirib yoki oz miqdorda suvda suyultirish kerak, shundan keyingina uni sochlaringizga surting. Sochni to‘g‘ri yuvish qoidasi Sochingizni yuvishdan oldin quyidagilarni qilish to‘g‘ri bo‘ladi: Shampunlash paytida bir necha daqiqa massaj qilish tavsiya etiladi, bu soch ildizlariga foydali. Uqalash qo‘llar bilan yoki sochlarni yuvishda foydalanish uchun mo‘ljallangan maxsus massajyor yordamida amalga oshirilishi mumkin. Sochlar toza yuvilishi uchun necha marta shampunlash kerak? Bularning barchasi yuvish chastotasiga va ishlatiladigan mahsulotga bog‘liq. Agar har kuni sochingizni yuvishingiz kerak bo‘lsa, unda ikki marta ko‘piklashning hojati yo‘q, sochlaringiz ifloslanishga ulgurmaydi ham. Sochlarini haftasiga 2 marta yuvadiganlar uchun shampunni ikki marta qo‘llagan yaxshi. Ikkinchi martasida shampun miqdorini ikki baravar kamaytirish tavsiya etiladi. Soch o‘sishi uchun bosh yuvganda qanday haroratdagi suv to‘g‘ri keladi? Ko‘pchilik katta xatoga yo‘l qo‘yib, sochlarini juda issiq suv bilan yuvadi, bu esa boshdagi yog‘ bezlarini faollashtiradi. Sochni issiq suvda yuvish noto‘g‘ri. Optimal suv harorati 40-50 daraja bo‘lishi lozim. Aynan shu harorat rejimi yog‘larning yaxshi erishiga, kirning osongina ketishiga yordam beradi, shuningdek, qon aylanishini yaxshilaydi. Oxirida sochni sovuq suv bilan yuving Sochni yuvish jarayonini iliqroq yoki sovuq suv bilan yakunlash maqsadga muvofiqdir, bu bosh terisini qon bilan ta’minlashni rag‘batlantiradi va sochlarni yorqin va sog‘lom qiladi. Bosh yuvilgandan keyingi niqob Niqoblarni qanchalik ko‘p qo‘llash soch holatiga va kerakli ta’sirga, shuningdek, ozuqa moddasining tarkibiga bog‘liq. Agar sochingiz qattiq shikastlangan va yaxshi parvarishga muhtoj bo‘lsa, niqobni har kuni qo‘llang. Soch o‘sishi uchun u va bosh terisi sog‘lom bo‘lishi kerak, shuning uchun sochingizni niqob yordamida tez-tez yuving. 8-10 seansdan so‘ng natija aniq ko‘rinadi, keyin esa ushbu kosmetik mahsulotni kamroq ishlatishingiz mumkin bo‘ladi. Agar profilaktika maqsadida sochlaringizga niqob qo‘llashni rejalashtirmoqchi bo‘lsangiz, uni haftasiga 1-2 martadan ko‘p bo‘lmagan holda ishlating. Ushbu chastota optimal hisoblanadi. Sochlarni balzam bilan qanday yuvish kerak? Shampundan keyin sochlarga balzam qo‘llaniladi. Balzam nafaqat sochning pH darajasini barqarorlashtiradi, balki unga yorqinlik beradi, ipakdek mayin qiladi. Balzam, shuningdek, sochning tashqi qatlamini yoki kutikulani silliqlaydi, ya’ni qattiq suv, shampun va soch bo‘yog‘i qoldig‘ini bartaraf etadi. Balzamni sochning uzunligi bo‘ylab qo‘llash mumkin (ba’zilar uni faqat soch uchlariga surtish kerak deb o‘ylashadi), shu jumladan ildizlarga ham, lekin bosh terisiga surtmang. 5-7 daqiqaga qoldiring, keyin yaxshilab yuvib tashlang. Bosh terisiga qo‘llanganda, balzam sochlarni og‘irlashtiradi va ularni ildiz osti hajmidan mahrum qiladi. Sochni yuvgandan keyin nima qilish kerak? Soch turiga qarab soch yog‘i, himoya spreyi yoki yuvish shart bo‘lmagan boshqa vositalardan foydalanish kerak bo‘ladi. Yorliqdagi ko‘rsatmalarga muvofiq quruq yoki nam sochlarga qanday ta’sir qilishiga qarab yog‘ surtish mumkin. Sochingiz yog‘li yoki nam ko‘rinmasligi uchun juda oz miqdorda yog‘dan foydalaning. Efir moylarining shikastlangan sochlarga ta’siri ho‘l bo‘lganda yaxshi samara beradi. Shuning uchun quruq sochlarga yog‘ surtishdan avval sochlarni namlang va keyin kerakli effektga erishish uchun yog‘dan foydalaning. Har doim termohimoyadan foydalaning Agar sochingizga doimiy ravishda fen yoki boshqa qurilmalarni ishlatsangiz, termohimoya vositalaridan foydalanishingiz lozim. Bunday vositalar soch turiga bog‘liq emas, boshni yuvgandan so‘ng sochingiz jingalak yoki tekis bo‘ladimi termohimoyadan foydalanish kerak. Ayniqsa, nam sochlarga ukladka qilinganda, namlik bug‘lanadi va yog‘ parchalanadi. Sochlar sinadi, yorqinligini yo‘qotadi, mo‘rt bo‘lib qoladi. Shuning uchun har qanday ayol sochini qanchalik to‘g‘ri yuvishga harakat qilmasin, sochlarini fen bilan quritgandan so‘ng, protseduraning foydasi sezilarli darajada kamayadi. Shuni ta’kidlash kerakki, termohimoya spreylari odatda tabiiy oqsillarni, E va B5 vitaminlarini, shuningdek, dorivor o‘simliklar ekstraktlarini o‘z ichiga oladi. Ushbu komponentlar tufayli sochlar nafaqat termal ta’sirlardan himoyalanadi, balki qo‘shimcha hajmga ega bo‘ladi, bu esa soch turmagini yanada chiroyli qiladi.
77
6,433
Ayollar
Amerikancha moda: 2021-yildagi Met Gala’ga tashrif buyurgan yulduzlarning o‘ziga xos obrazlari (foto)
Met Gala kostyumlar bali 1948-yildan buyon har yili o‘tkazib kelinadi. 1995-yildan boshlab Amerikaning Vogue jurnali bosh muharriri Anna Vintur Met Gala’ning raisi sifatida faoliyat yuritadi. Marosim davomida kostyumlar institutini rivojlantirish uchun mablag‘ yig‘iladi. Har yili bo‘lib o‘tishi odatga aylangan marosimning o‘tkazilishi bilan bog‘liq tanaffuslar kamdan kam hollarda kuzatiladi. 2002-yilda 11-sentabr terakti bois qoldirilgan bo‘lsa, 2020-yilda koronavirus epidemiyasi sababli o‘tkazilmagan. 2021-yilda esa moda olamidagi eng nufuzli hisoblangan marosim oflayn formatda bo‘lib o‘tish bilan birga o‘ziga xos libos va obrazlarga to‘la bo‘ldi. Metropoliten-muzeyidagi ikki qismli ko‘rgazmaning mavzusi amerikancha moda bo‘ldi. Birinchi qism “Amerikada: moda leksikoni” bo‘lib, ikkinchi “Amerikada: moda antologiyasi” qism esa 2022-yilning may oyida bo‘lib o‘tadi. Bal institutining rasmiy dress-kodi “Amerikancha erkinlik” bo‘ldi va ishtirokchilar aynan shundan kelib chiqib kiyindi. Tashrif buyurganlarning obrazi bir-biridan farq qildi, albatta. Kimdir amerikancha dizayn va mahalliy ishlab chiqaruvchilar ijod namunasini afzal bilgan. Boshqalar esa milliylik unsurlari hamda teatr detallariga urg‘u bergan. Mashhurlar qanday kiyimlarda kelishni ma’qul bilganini quyidagi fotolardan bilishingiz mumkin.
101
1,319
Ayollar
Oshxona shkaflaridagi yog‘ dog‘larini tozalash uchun 3 oddiy vosita
Oshxonadagi yuzalarni juda tez-tez tozalab turishga to‘g‘ri keladi. Mebellar masalasiga kelganda esa ko‘pincha nima bilan tozalash mumkin degan savol paydo bo‘ladi. Yog‘ tomchilarining har tomonga sachrashi natijasida vaqt o‘tishi bilan shkaflarda yog‘ qatlami yuzaga keladi. Qanday qilib bu muammoni yog‘och yoki plastikka zarar yetkazmasdan tez bartaraf qilish mumkin? Maishiy kimyoviy vositalarga mablag‘ sarflash shart emas — oddiy vositalar ham a’lo darajada buning uddasidan chiqa oladi! Sizga bor-yo‘g‘i iste’mol sodasi va o‘simlik yog‘i kerak bo‘ladi. Har qanday yuzada ham birinchi martada yo‘qolmaydigan juda kir joylar bo‘ladi. Agar birinchi martada yog‘ qatlamlari toza bo‘lmagan bo‘lsa, bu usulni yana bir marta takrorlang. Vositani tayyorlash uchun limon kislotasi va iste’mol sodasi kerak bo‘ladi. Kichikroq idishga 2 osh qoshiq soda va 1 choy qoshiq limon kislotasini solib aralashtiring. Quyuq bo‘tqa hosil bo‘lishi uchun biroz suv qo‘shing. Aralashmani gubkaga oling va muammoli yuzalarni arting, keyin esa nam latta bilan tozalang. Bu vosita bilan plastik hamda yog‘och yuzalarni ham tozalash mumkin. Yarim piyoladan olma sirkasi va aroqni aralashtiring. Aralashmaga yarim choy qoshiq apelsinli efir yog‘i va 2-3 tomchi evkalipt yog‘i qo‘shing. Hosil bo‘lgan aralashmani purkagichli idishga soling. Foydalanishdan oldin idishni silkiting va uni kirlangan yuzalarga seping. 15 daqiqadan so‘ng ho‘l latta bilan artib oling. Manba: “Liza.ua”
67
1,458
Ayollar
Qaychini charxlash, kumush buyumni tozalash: Folga qog‘ozi ish beradigan 9 vaziyat
Deyarli barchaning uyida bo‘ladigan folga qog‘ozidan siz xayolingizga keltirmagan maqsadlarda ham foydalansa bo‘ladi. Qaychini charxlang Qaychi o‘tkir bo‘lishi uchun, taxminan to‘rt qatlam qilib bukilgan folga qog‘ozini kesib chiqing. Qancha ko‘p kesilsa, shuncha yaxshi. Lekin odatda 7-10 marta takrorlash kifoya qiladi. Oshxonadagi “voronka” o‘rniga folgadan foydalaning Suyuqlikni darhol og‘iz qismi ingichka idishga solishingizga to‘g‘ri kelsa va yoningizda “voronka” bo‘lmasa, folgadan foydalanishingiz mumkin. Bir necha marta aylantirib, konus shaklida bir qismini ingichka bo‘lishiga e’tibor bering. Sabzavotlarni barra holda saqlang Bananlar tez yomon bo‘lib qolmasligi uchun xariddan keyin ularni folga qog‘ozga o‘rab qo‘ying. Bu mevalarni kamida ikki hafta yaxshi ahvolda turishiga yordam beradi. Shuningdek, ko‘katlar va karamni irib qolishining oldini olish uchun folgadan foydalanish tavsiya qilinadi. Kiyimlarga chang yopishishini oldini oling Kir yuvish mashinasi ichiga bir nechta g‘ijimlangan folgali sharchalar tashlang. Bu matolarni “toklanishining” oldini olishga yordam beradi. Natijada yuvilgandan keyin kiyimlarga chang va soch tolasi yopishib qolmaydi. Yog‘ solishda foydalaning Yog‘ni solganda bilmasdan ko‘p solinib ketish holati ko‘pchilik uchun yangilik emas. Buning oldini olish uchun yog‘ solingan idish og‘ziga folga qog‘oz tuting, ip bilan mahkamlang. Sanchqi yordamida bir nechta teshik hosil qiling. Qarabsizki, yog‘ning me’yorda solinishiga sabab bo‘ladi. Dazmol qilishga kamroq vaqt sarflang Dazmol stoliga kiyimdan avval folga qog‘ozi qo‘ying. Bunda matoning har ikki tomoni tekislanadi. Asosiysi, kiyim tekis qo‘yilganiga e’tiborli bo‘ling. Grilni tozalang Barbekyu pishirgandan keyin grilni tozalash oson bo‘lmaydi. Bunday vaziyatda sovishini kutmasdan g‘ijimlangan folgali sharchalar bilan panjaralarni ishqalang. Kuymaslik uchun esa sharchani oshxonada foydalanadigan qisqich bilan ushlang. Pirog kuyishini oldini oling Qumoq-qumoq xamirdan tayyorlangan pirog pishish davomida kuymasligi uchun maxsus idish ustini folga qog‘ozi bilan qoplang. Chetlari ham yaxshilab yopilganiga e’tibor bering. Kumush buyumni yaltiratishda foydalaning Kumush buyumlar avvalgidek yaltirashi uchun ularni tuz va sodali aralashma hamda folga bilan tozalang. Chuqurroq idishga folgani solib chetlarini qayiring. Uning to‘rtdan bir qismi miqdori issiq suv soling. Yarim stakan soda va yana shuncha tuz qo‘shing. Yaxshilab aralashtirgandan keyin kumush buyumni 10-15 daqiqaga solib qo‘ying. Olgandan keyin yumshoq latta bilan artib tashlang.
82
2,560
Ayollar
Metabolizmni sekinlashtiruvchi 5 odat
Metabolizm – organizmning yegan va ichganlaringizni quvvatga aylantirish jarayoni. Me’yoriy va tezlashgan metabolizmda, semirib ketishdan qo‘rqmasdan, xohlagan ovqatingizni yeya olasiz. Lekin, noto‘g‘ri yashash tarzi ham metabolizmning sekinlashishiga olib keladi. Agar ortiqcha semirib ketishni va sog‘lig‘ingiz bilan bog‘liq muammolar chiqishini xohlamasangiz, ba’zi odatlaringizni tashlashingizga to‘g‘ri keladi. Noto‘g‘ri parhez qilish, ya’ni organizmga quvvat beruvchi oziq-ovqatlarni yetarlicha iste’mol qilmaslik ham metabolizmning sekinlashuviga olib keladi. Agar, tarkibida oqsil moddasi ko‘p bo‘lgan oziq-ovqatlar yetarlicha iste’mol qilinmasa, organizmning quvvat sarf qilish tezligi pasayadi. Agar ko‘p vaqtingizni o‘tirib o‘tkazsangiz, organizmda metabolizm sekinlashadi. Sport bilan shug‘ullanish yoki jismoniy mashqlar, hattoki, oddiy uy yig‘ishtirish yoki zinadan tushib-chiqish ham metabolizmning sekinlashmasligi uchun yetarlidir. Me’yoridan kam uxlash natijasida organizmda ba’zi bir, shu jumladan, yurak, diabet va depressiya kasalliklari kelib chiqadi. Bundan tashqari, uyquning yetishmasligi metabolizmni sekinlashtiradi va ortiqcha vazn to‘planish ehtimolini oshiradi. Olimlarning aniqlashicha, gazli ichimliklar, notabiiy sharbatlar va energetik ichimliklar metabolizm tezligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
37
1,329
Ayollar
Muammolar haqida atrofdagilarga so‘zlab berish: Bu nima uchun muhim?
Ayrim odamlar do‘stlariga, oila a’zolariga, hatto ijtimoiy tarmoqda ham o‘zini qiynayotgan muammolar haqida gapirishni yaxshi ko‘rsa, ba’zilar aksincha, barchasini ichiga yutsa, hamma uchun yaxshi bo‘lishiga ishonadi. Odatda, inson baxtlilarga havas qiladi. Chunki ularda qo‘llab-quvvatlash, kayfiyatni ko‘tarish kabi xislatlar mavjud. Aynan ularning oldida muammolarni aytishdan tortinish va o‘zni hech narsa bo‘lmagandek ko‘rsatish holati ko‘p uchraydi. Albatta, muammo paydo bo‘ldimi, darhol salbiy fikr yoki shov-shuv ko‘tarish tavsiya etilmaydi. Lekin sodir bo‘lgan muhim narsalarni hamjihatlikda baham ko‘rish kerak. Faqat qo‘llab-quvvatlash mumkin Gohida sizga maslahat kerak bo‘ladi, gohida yordam – moddiy yoki jismoniy. Ba’zida esa shunchaki yengil bo‘lishingiz uchun taskin beruvchi so‘zlar zarur bo‘ladi.  Eng muhimi, atrofingizdagilar siz aynan nimani xohlashingizni tushunadi, siz uchun nimalar qila olishini biladi. Barchasini ichga yutish sog‘liqqa zarar Yoningizda sizni tinglashga tayyor, ko‘ngilga shifo ulashuvchi insonlar topilmasa, qayg‘u, ayriliq, og‘riq, yolg‘izlik sarosimadan tamom bo‘lishingiz hech gap emas. Agar  muammo chindan ham jiddiy bo‘lsa-yu, siz uni yashirishga harakat qilayotgan bo‘lsangiz, haqiqiy sehrgarsiz. Yaxshi tomoni shundaki, qayerda muammoga uchragansiz va uning tafsilotlari haqida hech kim hech narsa bilmaydi. Insonlar siz bilan qanday hodisalar yuz berayotganini bilgani yaxshi Birinchidan, sizning vaziyatingizni tushunishadi. Masalan, kechagina yaqin insoningizni yo‘qotdingiz. Ishxonada esa xatolikka yo‘l qo‘ydingiz. Ular bunday vaziyatda sizni tushunadi hamda kamchiliklarni bartaraf etadi. Ikkinchidan, shunday umumiy muammolar ham bo‘ladiki, uni barcha bilishi kerak. Ba’zida insonlar bir-birini takror-takror ranjitadi va bu haqida o‘ylash xayoliga ham kelmaydi. Balki, ularga yoshligida birovni kamsitish yaxshi ish emasligi o‘rgatilmagandir. Xulosa qilib aytganda, shikoyat qilganda muammoning alomatlari emas, yechimi haqida o‘ylash kerak. Masalan, jamoat transportida oyog‘ingizni kimdir bosib oldi. “Oyog‘imni transportda bosib oldi, hatto kechirim ham so‘ramadi, endi ko‘karib ketdi, yuragim ham boshqacha uryapti” – bu shikoyat. “Unchalik og‘riq bo‘lmadi, xuddi oyog‘im toyigandek. Odamlar, kelinglar, bir-birimizga e’tiborli bo‘laylik” – bu yaxshiroq, hatto taklif desa ham bo‘ladi. Yoki muammo bartaraf bo‘ladigan paytda aytilishi zarur. “Shu shirinlikni olib kelishingni xohlagandim, sen esa unutding” – kechasi soat uchda bunday shirinlikni qayerdan topsin?! Ertangi kuni yodiga sol, sotib olish imkoniyati bo‘ladi. Kim qanday vazifaga mas’ul ekanligiga e’tiborli bo‘lish kerak. “Hisobchi menga oylik berishda adashdi” – bu haqida bufetchiga aytib o‘tirish befoyda. Hisobchi bilan gaplashish zarur. Muammo sababchisini emas, yechimini izlash kerak. Bu barchaning kundalik hayotida deyarli har kuni uchraydigan holat. Muammolar qanchalik ko‘p bo‘lmasin, ularning yechimi ham, albatta, bo‘ladi. Uni izlash faqatgina o‘zingizga bog‘liq bo‘lib qolaveradi.
68
3,024
Ayollar
Sochlarni uyda bo‘yash uchun nimalarni bilish kerak?
Ba’zan o‘zgarishni, rang bilan tajriba qilib, sochlarimiz rangini o‘zgartirishni istab qolamiz. O‘zgarish har doim qiziq, biroq sochlarni salonda bo‘yatish ma’lum mablag‘ sarflashni talab etadi. Shunda ularni mustaqil ravishda, uyda bo‘yash fikri paydo bo‘ladi. Bu jarayon bir qarashda juda osondek tuyulsa-da, muayyan qoidalarga amal qilibgina sochlarning tabiiy go‘zalligini buzib qo‘ymasdan, chiroyli rangga erishish mumkin. Quyida eng yaxshi stilistlarning tavsiyalarini keltiramiz. Sochlaringizni birinchi marta bo‘yayotgan bo‘lsangiz, bo‘yoqni butun boshingiz bo‘ylab suring. Keyinchalik esa o‘sib borishiga qarab, faqat ildizlariga surasiz. Bo‘yoqni sochlaringizda ushlab turish vaqti qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomada ko‘rsatiladi. Odatda “30 daqiqadan 45 daqiqagacha” deb ko‘rsatiladi, demak oxirgi chorak soatda istagan rangingizga erishasiz. Jingalak soch sohibalari eng minimal vaqtni tanlashlari kerak, chunki bo‘yoq sochning g‘ovak qismlaridan juda tez o‘tadi. Bu tabiiy yoki sun’iy jingalak sochlarga birdek taalluqli. Bo‘yoq komplektidagi konditsioner odatdagilardan pH darajasining pastligi bilan farqlanadi. Shuning uchun soch qoplamini silliqlashtirib, rangning uzoqroq saqlanishiga ko‘mak beradi. Ba’zan hosil bo‘lgan rang ko‘nglingizdagidek chiqmasligi mumkin. Bunda vaziyatdan chiqishning eng to‘g‘ri yo‘li to‘qroq rangga bo‘yashdir. Agar me’yoridan oshib ketishidan cho‘chisangiz, yaxshisi salonga murojaat qiling.
52
1,435
Ayollar
Garrard zargarlik uyi malika Diananiki kabi uzuk ishlab chiqardi (foto)
Garrard zargarlik uyi 1981-yildan beri dunyodagi eng taniqli zargarlik buyumi – olmos bilan qoplangan sapfir uzugini chiqardi, deb xabar beradi “Afisha.uz”. Malika Diana shahzoda Charlzga turmushga chiqish arafasida 14 ta olmos va Seylon sapfiridan iborat uzukni tanlagan. Bu qirol oilasining merosxo‘rligini eslatadi – klaster uslubidagi sapfir uzugi to‘y arafasida turmush o‘rtog‘i shahzoda Albert tomonidan qirolicha Viktoriyaga sovg‘a qilingan. Malika Diananing vafotidan keyin uzukni Garri meros qilib oldi. Ammo shahzoda Uilyam Keyt Middltonning qo‘lini so‘raganida ukasidan ushbu yodgorlikni olgan. 2016-yilda Kensington saroyining iltimosiga ko‘ra, uning nusxalarini yaratishga taqiq qo‘yilgan. Biroq bu uzuk Garrard zargarlik uyining yangi kolleksiyasi uchun ilhom manbayi bo‘lib xizmat qildi. Shuningdek, zargarlar marjon va ziraklarni ham yaratgan. Uzuk va boshqa taqinchoqlardagi toshlar har xil: sapfir, yoqut, zumrad va akvamarin. Uzukning taxminiy narxi 14 funt sterling (19 ming dollar)ni tashkil etadi.
71
1,022
Ayollar
Uxlashdan avval yuzdagi makiyajni tozalash shartligining 8 sababi
Tunda makiyajni tozalashda ko‘pchilik dangasalikka yo‘l qo‘yadi. Lekin buni unutmaslik uchun kamida 8 ta yaxshi sabab bor. Quyida ularni e’tiboringizga havola etamiz. Qarishni sekinlashtiradi Agar juda charchagan bo‘lsangiz ham, yuzni yuvish uchun 5 daqiqa vaqt topish kerak. Teri hujayralarining tunda yangilanishi isbotlangan. Agar uni tozalash unutilsa, u tezroq qariydi. Keyinchalik elastiklikning pasayishi va ajinlar paydo bo‘lishining oldini olish mumkin emas. Terining oziqlanishiga yordam beradi Kechasi teri tiklanadi. Bunga yuz terisidagi makiyaj va kirlarni olib tashlash hamda antioksidant namlovchi vositalarni qo‘llash orqali yordam berish mumkin. Tozalangan, namlangan teri bilan uyquga yotish eng yaxshi qaror. Yuqori sifatli kosmetikani tanlash terining salomatligi uchun juda muhimdir. Allergiyaning oldini oladi Ko‘rinadigan alomatlar hech qachon sezilmasa ham, teri allergik reaksiyalarga moyil bo‘lishi mumkin. Bir kechaga qoldirilgan kosmetik vosita yuzda ekzema va boshqa jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Simptomlar darhol paydo bo‘lmaydi, lekin vaqt o‘tishi bilan qizarish, achishish hissi va hatto og‘riq ham kuzatilishi mumkin. Pigmentatsiya paydo bo‘lishining oldini oladi Ko‘pchilik ayollarning terisida hatto tonal kremi ham yashira olmaydigan qora dog‘larni ko‘rish mumkin. Ularning tashqi ko‘rinishi har doim ham kuchli stress yoki yoshga bog‘liq o‘zgarishlar bilan aloqador emas. Buning sababi surunkali allergik reaksiya bo‘lishi mumkin. Agar yotishdan oldin teri yaxshilab tozalanmasa, pigmentatsiya paydo bo‘la boshladi. Lablar qurishidan saqlaydi Agar kechgacha labda umuman lab bo‘yog‘i qolmaydi, degan fikr bo‘lsa, bu noto‘g‘ri. Ko‘z bilan ko‘rinmasa ham, qisman qolgan bo‘yoq labning nozik terisini suvsizlantirishda davom etadi. Ko‘z ostida qora dog‘lar paydo bo‘lishining oldini oladi Makiyaj bilan uxlash yuqori darajadagi ehtimollik bilan, ko‘z atofi hududida dog‘larni paydo qiladi. Boshqacha qilib aytganda, ko‘z ostidagi qora shishlarni bartaraf etish uzoq vaqt talab etmaydi. Buning uchun yuz terisi va ko‘z atrofini makiyaj va turli bo‘yoqlardan tozalagan holda uxlash lozim. Kipriklar to‘kilishidan himoya qiladi Hech qachon kipriklarda qolgan tush bilan uyquga ketmaslik kerak. Uxlayotgan vaqtda u quriydi, kirpiklarning sinishi va to‘kilishiga, shuningdek, ko‘z konturining qizarishi va yallig‘lanishiga olib kelishi mumkin. Ko‘z qovoqlarining shishishi bilan uyg‘onmaslk uchun suv o‘tkazmaydigan tushdan foydalanish kerak, chunki uni tozalash osonroq. Husnbuzar paydo bo‘lishining oldini oladi Husnbuzarlar faqat o‘smirlik muammosi emas. U har qanday yoshda paydo bo‘lishi mumkin. To‘lib qolgan teshiklar ko‘pincha ularning ko‘payishiga olib keladi. Agar teri muammoli bo‘lsa, yog‘siz, komedogen bo‘lmagan kosmetik vositalardan foydalanish va uni mitselyar suv bilan tozalash tavsiya etiladi.
65
2,860
Ayollar
Kunni muvaffaqiyatli boshlash uchun bajariladigan ishlar
To‘g‘ri boshlash – yarim muvaffaqiyat hisoblanadi, shuning uchun kunni bir necha muhim yumushlar bilan boshlashga odatlanish lozim. Shunda siz hayotingiz yaxshi tomonga o‘zgarayotganini seza boshlaysiz. Bular uchun ertalab bor yo‘g‘i besh daqiqa  ajratsangiz kifoya. Ertalab tishlarni yuvishda tilga ham e’tibor qaratish kerak. Tilni tish cho‘tkasi yordamida tozalasangiz ham bo‘ladi. Bu hazm qilish a’zolariga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan ko‘plab bakteriyalarni yo‘qotishga yordam beradi. Uyqudan keyin organizmda suv balansini tiklash, shuningdek uni nonushta qabul qilishga tayyorlash zarur bo‘ladi. Bir piyola qaynamagan toza suvni isiting, bir tilim limon qo‘shing va shoshilmasdan iching. Bunday ichimlik tozalash tizimini ishga tushiradi va jigar faoliyatiga yordam beradi. 20 daqiqadan so‘ng nonushta qilsangiz bo‘ladi. Bir choy qoshiq tabiiy asalni nonushta qilishdan 10 daqiqa oldin yeyish tavsiya qilinadi. Bu immunitetni oshiradi, shuningdek miyaga quvvat bag‘ishlaydi va kun bo‘yi ish qobiliyatini ta’minlaydi. Nonushtadan keyin, 50 ml qaynamagan toza suv va  5-7 tomchi vodorod peroksidi aralashmasi bilan og‘zingizni chayqang. Bu usul yoqimsiz hidlar kelishining, kariyes paydo bo‘lishining va milkdagi muammolarning oldini oladi. Manba: “Xitrosti jizni”
56
1,273
Ayollar
Kenzo brendi asoschisi Kenzo Takada koronavirusdan vafot etdi
Dunyoga mashhur Kenzo modalar uyi asoschisi, modelyer Kenzo Takada 81 yoshida koronavirusdan vafot etdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi. Kenzo Takada Fransiyadagi shifoxonada olamdan o‘tgan. U 1965-yilda Tokiodan Fransiyaga ko‘chib o‘tgan edi. Uning 1970-yilda Parij shahrida namoyish etgan ayollar liboslari to‘plami katta qiziqishga sabab bo‘lgan edi. Elle moda jurnali o‘z muqovasida Kenzoning ko‘rgazmasidagi modellardan birining suratini e’lon qildi. Birinchi muvaffaqiyatdan so‘ng Kenzoning moda olamidagi karyerasi tezkorlik bilan rivojlandi. Kenzo Takada 1999-yilda modalar uyidan ketdi. Hozirda Kenzo LVMH konserni tarkibiga kiradi. Uning kreativ direktorlari — Nyu-Yorkning Opening Ceremony markasi asoschilari Umberto Leon va Kerrol Lim hisoblanadi.  Moda sanoati koronavirusga qarshi kurashda qanday yordam beryapti?
61
839
Ayollar
Bahor mavsumi uchun tavsiya etiladigan 8 ta charm yubka modeli (foto)
Charm yubkalar har qanday garderobning o‘lmas klassikasi hisoblanadi. Bugungi kunda bu kabi yubkalarni nafaqat ofis ishchilarida, balki turli xil kiyimlar bilan uyg‘unlashtirgan holda kiyilganini ko‘rish mumkin. Bahorning yomg‘irli havosi uchun mos keladigan charm yubkalar turli xil uzunlikda ham urfda bo‘ladi. Ularni etik yoki klassik tuflilar bilan birlashtirish mumkin. Charm yubkalarning istalgan rangi mavsumga mos keladi. Ayniqsa, oq va qaymoq rangdagisi obrazga o‘zgacha ko‘rinish baxsh etadi. Qora rangli charm yubka har qanday qomat egasi uchun mukammal libos sifatida tavsiya etiladi. Shuningdek, charm yubkalarga bezak sifatida tikilgan cho‘ntaklar modelni yanada boyitadi.
69
690
Ayollar
Ro‘za tutish imtihonlarga salbiy ta’sir qiladimi?
“Savollar.islom.uz” sayti mushtariylarning birining ro‘za tutish imtihonda miya faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadimi degan savoliga javob berdi. “Assalomu alaykum. Men 19 yoshdaman. Bu yil universitetga o‘qishga kirmoqchiman. 3 kundan beri Allohga shukur ro‘za tutyapman. Lekin ko‘pchilik bu miya faoliyatiga, imtihonlarga tayyorlanishda yomon ta’sir qiladi deb aytdi. Shu rostmi? Iltimos maslahat bering”, — deyiladi mushtariy savolida. Sayt ma’muriyat esa savolga quyidagicha javob berdi: “Ramazon oyida ro‘za tutishni Alloh taolo O‘zining kalomida oyat bilan farz qilgan. Tutishingiz farz. O‘shalar na dunyoviy va na diniy bilimlardan xabari yo‘q odamlar ekan. Hozir zamonaviy tibbiyot ham ro‘za tutgan odamni nafaqat miya faoliyati balki boshqa a’zolari ham tutmagan odamnikidan ko‘ra yaxshi ishlashini isbotlamoqda. Vallohu a’lam”.
49
839
Ayollar
Ziravorlarni qanday taomlar bilan uyg‘unlashtirish mumkin?
Eng oddiy taomlar ham ziravorlar qo‘shilganda betakror va yorqin taomga aylanishi mumkin. Mohirlik bilan tanlangan ziravorlar yog‘siz parhez taomlarni ham mazali va yeyishli qila oladi. Asosiysi ularni to‘g‘ri uyg‘unlashtirish va qo‘llashda chegarani bilishdir. Mahsulotlar va ziravorlar Tovuq. Kashnich, kardamon, kurkuma va muskat yong‘oqli aralashmadan foydalaning. Duxovkaga joylashdan avval tovuqqa ziravorlar surib, 3—5 soatga sovutkichga qo‘ying. Baliq. Zira, kunjut, kardamon va rayhon uning ta’miga xushxo‘rlik bag‘ishlaydi. Za’farondan ham foydalanish mumkin, faqat uni boshqa ziravorlar bilan aralashtirmaslik zarur. Baliqqa zaytun yog‘i surib, ustidan limon sharbatini siqing hamda ziravorlar aralashmasini suring. Uni 30 daqiqadan bir soatgacha marinadlab qo‘ying. Go‘sht. Mol yoki qo‘y go‘shtidan tayyorlanadigan taomlarga tuz va qalampir aralashmasidan tashqari, rayhon, zira va kashnich aralashmasini qo‘llash mumkin. Qo‘y go‘shti uchun, boshqa ziravorlar bilan aralashtirmasdan, ziradan foydalanish mumkin. Sabzavotlar. Ular bilan istalgan ziravorlarni uyg‘unlashtirish mumkin. Kunjut, rayhon va karrini teng nisbatda aralashtiring. Sabzavotlarni zaytun yog‘i qo‘shgan holda grilda qovuring. Ularni dasturxonga tortishdan avval o‘tlar va ziravorlar aralashmasini ustidan seping. Eng mazali va xushbo‘y ziravorlar Za’faron. Go‘sht, baliq, osh, qandolatchilik mahsulotlari, sho‘rvalar va rizottoga ajoyib bezakdir. Issiq taomlarga tayyor bo‘lishiga besh daqiqa qolganda qo‘shiladi. Rayhon. Go‘sht, qaylalar va souslar uchun mos keladi. Pitssa va qo‘ziqorindan tayyorlanadigan taomlarga ham qo‘shish mumkin. Kashnich. Go‘sht va baliqli taomlar, shuningdek, konserva, marinad va tuzlamalar bilan ajoyib uyg‘unlik hosil qiladi. Kardamon. Qahva yoki choy, pishiriq va bo‘tqa, guruch, sabzavotlar, sous va salatlarga qo‘shish mumkin.
58
1,844
Ayollar
Konditsioner bo‘lmaganda: tanani sovitishga yordam beradigan 7 ta usul
Jaziramadan qutulishning eng tezkor usuli – konditsioner, lekin har doim ham u yonimizda bo‘lavermaydi. Bunday holatlarda qanday yo‘l tutish kerak? Yalpizli ichimlik va losyon Tashqaridagi harorat yuqori darajaga yetganda, har qanday vosita najot bo‘lishi mumkin. Yalpiz o‘zining sovitish xususiyatlari bilan mashhur. Tetiklantiruvchi ichimlikni tayyorlash uchun o‘simlikning bir nechta bargi, bir hovuch malina yoki qulupnay kerak bo‘ladi. Hammasini xona haroratidagi suvga soling va muzlatkichda bir kechaga qoldiring. Ertalab salqin ichimlik tayyor bo‘ladi. Yuzga losyon tayyorlash uchun yalpizdan qaynatma tayyorlang. Barglarni qaynoq suvga solib, qaynatib oling va 10 daqiqa davomida dam bering. Sovigan losyon bilan yuz va tanani arting. Gazsiz suv Har qanday gazli ichimliklar tanani suvsizlantiradi, ayniqsa, tarkibida shakar mavjud bo‘lsa. Doimiy ravishda gazsiz suv ichishga harakat qiling — soatiga kamida 1,5 stakan. Agar unga limon bo‘laklari yoki yalpiz barglarini qo‘shsangiz, u yanada tetiklashtiruvchi bo‘ladi. Efir moylari Aromaterapiya shifokorlarining fikriga ko‘ra, sayrga chiqqanda ro‘molchaga ikki-uch tomchi lavanda, yalpiz, limon o‘ti moyini tomizish yaxshi natija beradi. Yana bir usul: qo‘lingizning kaftiga moy tomizib, barmoqlaringizga surting, yuzingizga olib keling va chuqur nafas oling. Yalpiz moyini bir zumda tetiklashtirish uchun tilga tomizish ham mumkin. Iliq ichimliklar Jazirama kunda muzdek ichimliklarni xohlaymiz, bu tezroq sovishimizga yordam beradi, deb o‘ylaymiz. Ammo unday emas: aslida tana sovuq suyuqlikni isitish uchun ko‘proq energiya sarflaydi, shuning uchun tana harorati yana ko‘tariladi. Agar tetiklashib, chanqog‘ingizni bosmoqchi bo‘lsangiz, 36-40 daraja haroratdagi ichimliklar iching. Spirtli va kofeinli ichimliklardan saqlaning. Sovuq sprey Sprey idishini oling, uni sovuq suv bilan to‘ldiring va vaqti-vaqti bilan tanangizga purkang. Namlantiradigan ventilyator ham ajoyib variant: bunday qurilmalar ko‘chma bo‘lib, uni o‘zingiz bilan olib yurishingiz mumkin. Namlangan tanaga havo tekkanda teri yuzasidagi namlik bug‘lanadi, bu bir zumda sovishga yordam beradi. Ho‘l sochiq yoki muz Agar sportchilar tezda sovimoqchi bo‘lsa, bo‘yinlariga ho‘l sochiq tashlashadi. Sochiqni sovuq suvda namlang va bo‘yinning puls uradigan joylarini arting. Sochiqqa o‘ralgan muz bo‘laklari ham yaxshi variant. Tana bir necha daqiqadan so‘ng soviydi, ta’siri taxminan bir soatga yetadi. Nam sochlar Agar tez shamollamasangiz, har yarim soatda sochlaringizni sovuq suv bilan namlashingiz mumkin. Albatta, ayollar soch turmagini buzishni xohlamaydi, erkaklar esa buni xohlagan vaqtda qilishlari mumkin. Effektni kuchaytirish uchun yuz va yelkangizni ham suv bilan yuving.
70
2,716
Ayollar
Yashirin qobiliyatlarni aniqlashning 4 usuli
Sizning yashirin mahoratlaringiz orzuingizga yaqinlashishga yordam berishi mumkin. O‘zingizning kuchli tomonlaringizni topish uchun, to‘rtta savolga javob bering. Balki siz bolalikda yoki talabalikda qaysidir foydali malakalarni o‘stirishingizga to‘g‘ri kelgandir? Muvaffaqiyatli maslahatchi Skott Edinger kambag‘al oilada katta bo‘ldi, to‘qqiz yoshida esa ahvoli unchalik yaxshi bo‘lmagan boshqa bir oila tomonidan asrab olindi. Hayotiy sharoitlar uni muomala, nizolarni hal qilish, odamlarni ishontirish va ularning ruhiyatini tushunish mahoratlarini o‘stirishga majbur qildi. Universitetda u o‘zaro fikr almashish bilan bog‘liq bo‘lgan malakalarini charxladi. Yuzlab debatlarda qatnashgan Edinger qatnashuvchilarning eng yaxshi beshligiga kirishga muvaffaq bo‘ldi. Natijada u kommunikatsiya va ritorika sohasida ilmay darajani qo‘lga kiritdi. Universitetni tamomlagandan so‘ng u AQSh dagi yirik kompaniyalardan birida ikkinchi raqamli sotuvchiga aylandi va sotish masalalarida boshqa tashkilotlarga ham maslahatlar bera boshladi. Sizga o‘zingizni kuchli, quvvatli va yangi ishlar qilishga tayyor his qilishga nima majbur qilishi haqida o‘ylab ko‘ring. Bu sizga kuchli tomonlaringizni aniqlashga yordam beradi. Aynan qaysi mashg‘ulotlar sizga kuch bag‘ishlashini aniqlash yordamida siz kelajakda ko‘plab muammolarni hal qila olishingiz mumkin. Bolalikda biz o‘zimizga yoqqan mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanamiz. Agar siz bolalikdagi qiziqishlaringizni eslasangiz, balki o‘zingizdagi yashirin qobiliyatlaringizni aniqlay olishingiz mumkin. Ko‘pincha biz o‘zimizning kuchli tomonlarimizni payqamaymiz. Agar siz bironta ishni yaxshi bajarishga odatlangan bo‘lsangiz, unda buni payqamaslik  va o‘z malakasiga unchalik e’tibor qilmaslik juda oson. Shuning uchun odatda siz e’tiborsiz qoldiradigan maqtovlarni nazarga oling. Agar siz biron narsani osonlik bilan bajarsangiz, bu hammaning ham shunday qobiliyati bor degani emas. Rezyumengizni qaytadan ko‘rib chiqing: balki sizni boshqa xodimlardan ajratib turuvchi mahoratingizga e’tibor bermagandirsiz. Manba: “Layfxaker”
44
2,068
Ayollar
Konditsionersiz mashina egalariga issiq kunlarda asqatadigan 5 tavsiya
Turli sabablarga ko‘ra avtomobilida konditsioneri yo‘q yoki ishlamaydigan haydovchilar issiqdan qanday himoyalanishi mumkinligi haqida ma’lumot berib o‘tamiz. Konditsioner ishlatish o‘rniga oynani ochib yurish mumkinligi hech kimga sir emas. Qancha tez yurilsa, shuncha ko‘p shabadani his qilish mumkin bo‘lib, shu bilan birga, yonilg‘i odatdagidan ko‘proq sarflanadi. Bundan tashqari, salonda shovqin ko‘proq eshitiladi va tashqaridagi chang va hasharotlar havo filtrini chetlab o‘tib, to‘g‘ri o‘pkangizga boradi. Haydovchining ko‘ziga chang, qum va hasharotlardan biri kirishi ehtimoli ham yuqori bo‘ladi va bu, tabiiyki, transportni boshqarish davomida chalg‘ishga olib keladi. Katta tezlik bilan oynani ochib yurganda nafaqat haydovchi, balki yo‘lovchining bo‘yni, yelkasini shamol “urishi” ham mumkin bo‘ladi. Aynan shu sabab ham konditsioner ishlamayotgan bo‘lsa va mashina salonida bir o‘zingiz bo‘lsangiz, orqa tarafdagi oynani ochib qo‘ying. Bu orqali siz shamollash va ko‘zga chang kirishi ehtimolini kamaytirgan bo‘lasiz. Mashina qizib ketmasligiga e’tibor qarating Konditsioner ishlamayotgan bo‘lsa, mashina issiqda qolib ketmasligiga diqqat qiling. Salqin va daraxt soyasining tagida to‘xtashga harakat qiling. Avtog‘ilofdan foydalanish ham yaxshi samara beradi. Oynalar uchun maxsus termoplyonkadan foydalanish mumkin Atermal plyonka “tonirovka”ning bir turi bo‘lib, ultrabinafsha nurlaridan himoya qiluvchi “adgezion” va infraqizil nurlarni o‘ziga olishga mo‘ljallangan metall bilan qoplangan qatlamlardan iborat. Odatiy “tonirovka”dan farqli ravishda atermal variant quyosh nurlarini to‘liq o‘tkazmay qo‘ymaydi. Tabiiyki, sifatli atermal plyonkalarda hech qanday cheklanishlar bo‘lmasligi mumkin. Eslatib o‘tamiz, texnik reglamentga ko‘ra, orqa (lobovoy) va old oynalarning yorug‘likni o‘tkazishi 70% dan kam bo‘lmasligi kerak. Odatiy klassik “tonirovka”dan ham foydalansangiz bo‘ladi. U ham quyosh nurlarini salon ichiga to‘g‘ridan to‘g‘ri kirishidan himoya qiladi. Qo‘shimcha ventilyatordan foydalaning Quyosh batareyasi yoki bort “rozetka”sida ishlaydigan ventilyator salonni salqinlashtirishga oz-moz hissa qo‘shishi mumkin. Oynalar qisqa vaqtga ochilsa, qo‘shimcha ventilyator qizdirilgan mashinadan issiq havoni tezda chiqarishga yordam beradi. Qolaversa, portativ konditsioner ham yaxshi samara beradi. Zarur choralar Konditsioneri ishlamaydigan haydovchilar nam sochiqni bo‘yniga yoki isitgich deflektorlari ustiga tashlab qo‘yish kerakligini yaxshi biladi. Bu usul yordam beradi, albatta, ammo samarasi qisqa vaqt bo‘ladi. Jaziramada sochiq qurib qoladi va uni tez-tez namlab turishga to‘g‘ri keladi. Issiq haroratda mashina haydashda och kiyimlar masalan, shorti va futbolka kiyish tavsiya qilinadi. Shuningdek, salondagi yuqori harorat bilan kurashishning osonlashishi uchun poyabzalni yechib olish yoki shippak kiyish kerak. Soch va quloq supralarini muntazam ravishda suv bilan namlab turish ham yordam berishi mumkin. Xalqona usullar Mashinaga sovuq suv va latta solib qo‘yib, vaqti-vaqti bilan rul, o‘rindiq hamda salonning boshqa charm bilan qoplangan elementlarini artib turish tavsiya qilinadi. Natijada yuzalardagi issiqlik 5-10 darajaga pasayadi. Sublimatsiya jarayonida kislorodni siqib chiqarib, bo‘g‘ilishga olib kelishi mumkinligi sabab salonni salqinlashtirish uchun muzdan foydalanish tavsiya qilinmaydi.
70
3,347
Ayollar
Ishlaydigan ayollar uchun: Ofisga ko‘ylak kiyib borishingiz uchun 4 sabab (foto)
Har kuni ishga otlanishga tayyorgarlik ko‘rayotgan ayollarda bir xil savol bo‘ladi: bugun qanday kiyim kiyish kerak? Bu savol qiynaydigan ko‘pchilik ayollarga umumiy qilib javob berish mumkin: ko‘ylak. Ko‘ylak − bu tayyor kiyim Uni kiygandan so‘ng tashqi ko‘rinishga ortiqcha narsa qo‘shishning keragi yo‘q. Birgina ko‘ylakning o‘zi tayyorgarlikka butunlay yakun yasashi mumkin. Yubka kiyishni istab, unga mos kofta topolmaslik esa vaziyatni yanada qiyinlashtiradi. Uzoq o‘ylashga esa vaqt yo‘q, buning ortidan kayfiyatning buzilishi va bu kun davomida sizni ta’qib etishi ham mumkin. Ko‘ylakni aksessuarlar yordamida osongina boyitish mumkin Klassik uslubga turli xil zamonaviy taqinchoqlar yoki bo‘yinbog‘lar qo‘shish mumkin. Natijada ofisda va uchrashuvlarda birgina poyabzal tashqi ko‘rinishni o‘zgartiradi. Ko‘ylak − bu ayollarning o‘ziga xos xususiyati Bugungi kunda ko‘plab ishbilarmon ayollarni kamdan kam hollarda ko‘ylakda ko‘rish mumkin. Ko‘ylak − ayollik mohiyatini ifoda etishga yordam beradi. Qomat go‘zalligini ko‘rsatadi va boshqa kiyimlar bilan taqqoslashning hojati ham qolmaydi. Aynan ko‘ylak kiygan ayollarda boshqalarga nisbatan latofat va yurishida noziklik aks etadi. Shuning uchun ham go‘zallikni shim yoki shunga o‘xshash narsalardan izlashning keragi yo‘q. Tabiiylikka intilgan ayollar uchun bejirim ko‘ylak kifoya. Ko‘ylak − pulni tejashga yordam beradi Aqlli ayollargina pulni oqilona sarflaydi. Obraz tanlashda bir necha kiyim kombinatsiyasi emas, balki birgina ko‘ylak bilan cheklanish mumkin. Bu, albatta, pulni ham tejashga yordam beradi. Yuqorida aytilgandek, oddiy, ammo juda chiroyli bichilgan ko‘ylaklarni birgina aksessuar, belbog‘, bo‘yinbog‘ yoki sumka bilan ham boyitish mumkin. Aslida ayol kishiga unchalik ham ko‘p narsa kerak bo‘lmaydi, shunchaki ularning garderobda imkoniyati ko‘p bo‘lsa bo‘ldi. Xo‘sh, ayollarga odatda qanday liboslar yoqadi? Buning uchun ayolning ishlashi yoki aksinchaligi inobatga olinishi zarur. Masalan, ofisda ishlovchi ayol uchun ortiqcha bezaklarsiz, hashamdorlikdan uzoq bo‘lgan, jiddiy va oddiy bichimdagi ko‘ylaklar mos keladi. Garchi ular tez-tez kiyilsa ham, e’tiborni ko‘p tortmaydi. Zerikarli obrazdan qutulishni istaganlar uchun yechim juda oddiy. Bir xil ko‘ylakni har xil soat, taqinchoq, to‘g‘nag‘ich va boshqa bezaklar bilan birlashtirish mumkin. Ofis uchun mo‘ljallangan ko‘ylaklar avvalo, bichim jihatda qomatga mos bo‘lishi kerak. Shu talablarga javob bermagan ko‘ylaklarni xarid qilgan ayollar umidsizlikka uchraydi. Ammo bu ko‘ylak kiyish yomonligini anglatmaydi. Agar biror libos mos kelmasa, shunchaki uning munosibini topishga urinib ko‘rish kerak. Ofis ko‘ylaklarini tanlashda e’tibor berish kerak bo‘lgan jihatlar mavjud. Bel qismi biroz balandroq bichilgan ko‘ylak qomatni optimallashtiradi. Tizzadan uzunroq ko‘ylaklar ofis uchun juda qulay hisoblanadi. Shuningdek, libos juda ham tor bo‘lmasligi kerak, bu harakatlanishga to‘sqinlik qiladi. Sababi kunning ko‘p qismi ofisda o‘tgani uchun ham ko‘ylak har tomonlama qulay bo‘lishi kerak. Ko‘ylak ham insonning, qaysidir ma’noda, xaraketrini ochib beradi. Tashqi ko‘rinishning me’yorda bo‘lishi atrofdagilarning munosabati bilan uzviy bog‘liq. Ofis kiyimlari juda qimmat bo‘lishi shart emas, muhimi oddiy, toza va qulay bo‘lsin. Ofis uchun mo‘ljallanangan ko‘ylaklarga ko‘p pul sarflash shart emas, ulardan ikkitasi hafta davomida foydalishga yetadi. Shuningdek, ular har qanday ayolning obrazini yanada mukammal qilib ko‘rsatadi. Ayollar garderobini rang-baranglikka burkashni yaxshi ko‘radi. Ammo ofis uchun bosiq va e’tiborni tortmaydigan rangdagi ko‘ylaklar talab qilinadi. Shuning uchun ularga qay mavsumda bo‘lmasin, qora, kulrang, oq, jigarrang, ko‘k kabi ko‘ylaklarni xarid qilish tavsiya etiladi.
80
3,763
Ayollar
Ramazon oyi uchun 5 ta maslahat
O‘zbekiston musulmonlari idorasi ramazon oyida ro‘zadorlarga asqatuvchi maslahatlar bilan bo‘lishdi. Taom iste’molida me’yorga e’tibor bering Juda ko‘p taom yemang, suvni ham kamroq iching. Saharlik qilayotganda kishi kun bo‘yi och yurishini o‘ylab ko‘p yeb qo‘yadi. Natijada oshqozon faoliyati qiyinlashib, kishi dangasa va behafsala bo‘lib qoladi. Yodda tuting, Ramazon ochlik oyi emas, balki iymon-e’tiqod sinaladigan oydir. Keling, Ramazon oyini payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam tavsiya qilganlaridek nafsimizni jilovlab, oshqozonimizning uchdan birini ovqatga, uchdan birini suvga qolgan uchdan birini havoga to‘ldiraylik. Saxiylikni ko‘paytiring Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam doimo saxiy bo‘lganlar. Ayniqsa, Ramazon oyida saxovatlari yanada oshib ketgan. Bu muqaddas oyda kim saxovatpeshalik qilsa unga ulug‘ savoblar yoziladi. Iloji borichaushbu oyning har kunida saxiylik qiling. Birgina Qadr kechasida qilingan xayr-saxovatga Alloh juda ko‘p savoblarni va’da qilgan. Saxovatli bo‘laylik, inshoalloh, ulug‘ ajrlar egasiga aylanaylik. Besh mahal namozga qoim bo‘ling Alloh taolo bizga kunda besh mahal namoz o‘qishni farz qilgan. Farz amalni mukammal ado etishda sustkashlik qilmang. Ramazon ­ – Qur’on oyi!  Bu muqaddas oyda ko‘pchilik Qur’onni bir necha bor xatm qilish payida bo‘ladi. Ba’zilarimiz Qur’onni uch marotaba, ba’zilarimiz besh marotaba xatm qilamiz. Bu ajoyib musobaqaga o‘xshaydi. Ayniqsa, oyatlar ma’nosi tushunib o‘qilganda savobi yanada ulug‘ bo‘ladi. Shu muqaddas oyda Qur’on o‘qib qalbimizni nurga to‘ldiraylik. Taqvodor bo‘laylik Alloh taolo bandalariga taqvo qilishni buyurib, Baqara surasining 183-oyatida quyidagicha marhamat qiladi: “Ey, imon keltirganlar! Sizlardan oldingi (ummat)larga farz qilingani kabi sizlarga ham ro‘za tutish farz qilindi, shoyad (u sababli) taqvoli bo‘lsangiz”. Oyatda aytilganidek ro‘zadorlik ortidan taqvodor bo‘lishga chaqirilmoqda. Taqvodor odam o‘z nafsini jilovlaydi. Shubhali narsalardan uzoq bo‘ladi. Taqvo so‘zi ko‘p tillarda mavjud emas. Uning asl ma’nosi “Allohdan qo‘rqish, U belgilagan hadlardan oshmaslik va oxiratni o‘ylab yashashdir”. Taqvo faqat Allohdan qo‘rqqanimiz barobarida unga bo‘lgan cheksiz muhabbatimiz sabab bo‘lsa yanada yaxshi.
31
2,253
Ayollar
Tonal krem surtishda yo‘l qo‘yiladigan 4 xato
Yuz mukammal ko‘rinishi uchun shunchaki tonal kremdan foydalanishning o‘zi yetmaydi. Ishlatish qoidalariga rioya qilmaslik, natijaning ko‘ngildagidek chiqmasligiga olib kelishi mumkin. Harper’s Bazaar nashri tonal krem surtishda eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan 4 xato haqida ma’lumot berib o‘tadi. Noto‘g‘ri rangni tanlash Tonal krem ishlatishdagi birinchi va eng asosiy xato noto‘g‘ri rangni tanlash hisoblanadi. Terining turli qismlaridagi rang farqli bo‘lishi mumkinligi sababli tanlov vaqtida uni bilakka surtib ko‘rish tavsiya qilinmaydi. Tonal kremni yanoqlarga surtib ko‘rish kerak. Rangi bo‘yin va yelkangizdagi teri rangidan ajralib qolmasligi kerak. Shuningdek, havoda tonal krem biroz oksidlanishi va rangini o‘zgartirishi mumkinligini esda tuting. Shu sabab ham tabiiy yoritilgan joyda tanlov qilishga harakat qiling. Terini tonal krem surtishga tayyorlamaslik Hatto eng yaxshi sifatli tonal krem ham yaxshi namlanmagan yuzda ko‘ngildagidek turmaydi. Aksincha, ajin va muammolar yaqqol ko‘zga tashlanib qoladi. Shu sabab ham tonal krem surtishdan avval yuzni tozalash va krem bilan namlantirishni unutmaslik kerak. Shu bilan birga yopishib qolishi mumkinligi sabab ham asos sifatida gelli vositadan foydalanish ham tavsiya qilinmaydi. Cho‘tkalarga yetarlicha e’tibor bermaslik Albatta, tonal kremni qo‘lda surtsa ham bo‘ladi, ammo vizajistlar bu borada sintetik tolali maxsus cho‘tkalardan foydalanishni tavsiya qiladi. Ularni to‘g‘ri ishlatish bilan birga vaqti-vaqtida tozalab turishni ham bilish kerak. Gap shundaki, unga yopishib qolgan bakteriyalar yuzdagi muammolarning yanada ortishiga olib kelishi mumkin. Ularni har safar ishlatgandan keyin yaxshilab yuvib, quritishni esdan chiqarmang. Haddan ortiq ko‘p tonal kremdan foydalanish Yuz mukammal ko‘rinishi uchun urinish teskari natija bilan yakun topishi mumkin. Tonal kremning haddan ortiq darajadagi ko‘p miqdori hech qachon tabiiy ko‘rinishga olib kelmaydi. Aksincha, niqob taqib olgandek yoki soxta ko‘rinishga ega bo‘lib qolasiz. Uning oz miqdorini, yengil harakatlar bilan markazdan atrofga tarqatish, yaqqol muammolarni esa konsilyer bilan berkitish kerak.
45
2,129
Ayollar
Uydagi vaqti-vaqti bilan almashtirib turish kerak bo‘lgan 10 buyum
Siz-u biz tashlab yuborish yoki almashtirish xayolga ham kelmaydigan buyumlarning ham yaroqlilik muddati bo‘lishi mumkin. Idish yuvadigan gubka Qancha ko‘p foydalanishingizdan qarab har 2-8 haftada gubkalarni almashtirib turish kerak bo‘ladi. Bakteriyalar to‘planmasligi uchun ularni haftada bir marotaba dezinfeksiya qilish kerak. Buni mikroto‘lqinli pech yoki idish yuvadigan mashinada amalga oshirsa bo‘ladi. Ziravorlar Quritilgan ziravorlar ko‘rinishidagi ziravorlarni yilda bir marta yangilab turish kerak. Quruq, maydalangan ziravorlarni 2 yil, murch va kardamonlarni esa 4 yilgacha saqlash kerak. Kosmetika Ko‘zga infeksiya tushishini oldini olish uchun tush va podvodkalarni har 3 oyda, pudra, rumyana va tenni yilda, suyuq tonal krem va pomadani bo‘lsa bir yilda bir marta almashtirish kerak. Tish yuvish cho‘tkasi Stomatologlar tish yuvish cho‘tkalarini har 3 oyda, implant yoki “koronka”lari bo‘lganlarga esa har ikki oyda almashtirishni tavsiya qiladi. Suv filtri Suv tozalash tizimidan foydalansangiz filtrni almashtirish muddatini o‘rnatishni esdan chiqarmang. Vitamin va dori vositalari Hech bo‘lmasa yilda bir marta dori qutingizdagi dori vositalarini yaroqlilik muddatini tekshirib turing. O‘t o‘chirgich Turiga qarab o‘t o‘chirgichlarning yaroqlilik muddati 4 yildan 10 yilgacha bo‘lishi mumkin. Qolaversa bir yoki ikki yilda bir marta uni tekshirib turish kerak bo‘ladi. Buning uchun undagi ko‘rsatkichni tekshirish kerak bo‘ladi. Strelka yashilni ko‘rsatsa hammasi joyida bo‘ladi. Hojatxonani tozalashda ishlatiladigan cho‘tka Tabiiyki, bunday cho‘tkaning yaroqlilik muddati bo‘lmaydi. Ammo u haddan ortiq kir bo‘lsa o‘ylab o‘tirmasdan tashlab yuborish va yangisini xarid qilish kerak.| Yostiqlar Yostiqlarni har 2-4 yilda almashtirish kerak. Vaqt o‘tishi bilan yostiqlar ko‘plab bakteriya va o‘lik teri hujayralari to‘planadi. Teridagi yog‘ va terni o‘ziga olib bora-bora shaklini yo‘qotadi. Oqibatda bosh, bo‘yin, bel og‘rig‘i paydo bo‘ladi, uyqu sifatsiz bo‘ladi. Kontakt linzalarning idishlari Ko‘zga infeksiya tushishini oldini olish uchun nafaqat linzalar saqlanadigan idishdagi suyuqlikni, balki konteynerni o‘zini ham har 3 oyda almashtirib turish kerak.
66
2,183
Ayollar
Modadan qolganiga ancha bo‘lgan kurtka modellari (foto)
Qishki obrazingizni xunuk va didsiz ko‘rinishiga sabab bo‘ladigan kurtka modellari qaysilar ekanligi haqida ma’lumot berib o‘tamiz. Belbog‘i rezinkali kurtka Bunday modellar allaqachon o‘tmishda qolgan. Rezinka belbog‘li kurtkalar bugungi kun va zamon uchun dolzarb emas. Yaxshisi, e’tiboringizni ushbu mavsumda trend bo‘lishi kutilayotgan qavilgan, o‘rtacha uzunlikdagi va oddiy belbog‘li palto va kurtkalarga qarating. Mo‘yna bilan bezatilgan kurtka Avvallari mo‘ynali kiyim-kechaklar urfda bo‘lgan bo‘lishi mumkin, lekin bugungi kunda bunday kiyimni kiygan ayol yoki qiz didsiz ko‘rinadi. Alternativ sifatida ekomo‘ynadan tikilgan shubalarni tanlash tavsiya qilinadi. Yo bo‘lmasa keng bichimli dublyonkalarga e’tibor qaratishingiz mumkin. Ammo siz kurtka kiyishni istasangiz, unda ortiqcha bezaklarsiz sipo modellarni tanlaganingiz yaxshi. Naqshli yoki gul printli kurtka Bu modelni garderobingizdan, kiyim borasida bunday kurtka tanlashni esa xayolingizdan chiqarib yuborganingiz yaxshi. Bir xil to‘q kiyingan atrofdagi odamlardan ajralib turishni istasangiz, yaxshisi yorqin rangli, ammo bezak va printsiz modellarga e’tibor qarating. Ko‘ylak bichimli kurtka Kurtka va ko‘ylak ikki xil turli narsa ekanligini unutmang. Bunday bichimdagi kurtka sizni didsiz ko‘rinishingizga sababchi bo‘ladi. Ko‘rinishi kapalak qurtini eslatadigan modeldagi kurtka Yopishib turadigan, yaltiragan matodan tikilgan bunday modellar avval mashhur bo‘lgan bo‘lishi mumkin, lekin hozir emas. Ko‘rinishi kapalak qurtini esga soladigan modellarni unutib, mazkur mavsumda dolzarb bo‘lgan ipak qurti ko‘rinishidagi kurtka modellarini xarid qilish tavsiya qilinadi. Shuningdek, adyolni esga soladigan kurtkalar ham qulay ham chiroyli ko‘rinadi. Kalta, qavilgan kurtka Agar siz bir oy davomida sport zalda mushaklariga ishlov bergan kishidek ko‘rinishni ishlamasangiz, bunday kurtkadan voz keching. Bunaqangi model bilan qomatingiz proporsional ko‘rinmaydi, tananing yuqori qismi keng, pastki qismi esa ingichka bo‘lib qoladi. Buning o‘rniga oversize modellarni tanlash belga urg‘u berish uchun esa belbog‘lardan foydalanish kerak.
55
2,113
Ayollar
Turk ayollarining teri chiroyi va yoshligini saqlashga yordam beradigan 7 ta go‘zallik siri
Turk seriallari so‘nggi bir necha oy ichida internetni egallab oldi. Albatta, bosh qahramonlarning boshidan o‘tganlari hammaga qiziq, lekin turk ayollarining go‘zalligi alohida hayratga munosib. Turk ayollarining doimo diqqat markazda bo‘lishiga yordam beradigan go‘zallik sirlari haqida gaplashamiz. Tonik o‘rniga atirgul va lavanda suvi Atirgul va lavanda suvining kosmetik maqsadlarda samaradorligi isbotlanmagan bo‘lsa-da, turk ayollari o‘jarlik bilan bu mahsulotlardan foydalanishda davom etmoqda. Albatta, ular bilan qarishga qarshi ta’sirga erishish mumkin emas, ammo teriga yorqin ko‘rinish berish mumkin. Tonikni ertalab yuzingizga paxta diski yordamida surting: natija uzoq kuttirmaydi. Pigmentatsiya uchun kosmetik sirka Yuz uchun kosmetik sirka turk ayollarining yuzni parvarish qilishda ajralmas qism hisoblanadi. Quyosh nuri tufayli yuzaga keladigan dog‘lar Turkiyada keng tarqalgan muammoga aylangan. Kosmetik sirka esa teri ranginini yaxshilaydi, pigmentatsiyani deyarli bartaraf etadi Bundan tashqari, ushbu vosita antiseptik ta’sirga ega, shuning uchun akne bilan kurashishga yordam beradi. Aknega qarshi qora sedana yog‘i Ma’lum bo‘lishicha, Turkiya bozorlarida ziravorlarning ko‘pligi har doim ham pazandachilik ishqibozlari uchun mo‘ljallanmagan. Uyda tayyorlanishi mumkin bo‘lgan teri parvarishlash mahsulotlari uchun retseptlar yetarlicha. Misol uchun, turk ayollari odatda qora sedana yog‘ini tanlaydilar: uning tarkibida vitaminlar, fosfolipidlar va fermentlar mavjud bo‘lib, ular yog‘li yuzlar uchun ayniqsa muhimdir. Shuning uchun, ular tarkibida qora sedana yog‘i bo‘lgan niqoblar yordamida yuzidagi yallig‘lanishdan xalos bo‘lishadi. Og‘ir makiyajdan keyin yuz terisi tozalanishi va dam olishi kerak. Turk ayollaridan go‘zallik maslahati: yuzingizni bir tomchi argan yog‘i bilan massaj qiling. Ushbu protsedura yuz teshiklarni tozalaydi, argan yog‘i esa terini oziqlantiradi va tezroq tiklanishiga yordam beradi. Ushbu massajni haftada bir necha marta (teri turiga qarab) bajarish mumkin. Hammom Ma'lumki, barcha kasalliklar stress tufayli yuzaga keladi. Ajinlar ham xuddi shunday. Dam olish va xotirjamlikni tiklash uchun turk ayollari muntazam ravishda hammomga - turk hammomiga tashrif buyurishadi. Hammomdagi harorat va namlik nisbati hujayra yangilanishini tezlashtirishga yordam beradi va teshiklarni muloyimlik bilan tozalashga yordam beradi. Bunday muolajadan keyin teringiz yumshoq va silliq bo‘ladi. Sovunli massaj Sovunli massaj hammomdagi eng muhim protsedura hisoblanadi. U maxsus qo‘lqop va sovunli eritma yordamida amalga oshiriladi. Ushbu protsedura bosimni yengillashtiradi va stress bilan kurashishga yordam beradi, tanani yashartiradi. Bodomdan qarishga qarshi niqob Bodom yog‘iga asoslangan niqoblar har bir turk ayolining go‘zallik arsenalidagi asosiy vositadir. Birinchidan, bodom niqoblari oziqlantiruvchi xususiyatlarga ega va birinchi qo‘llashdan keyin terini silliqlaydi. Ikkinchidan, muntazam ravishda ishlatish chuqur namlanishga yordam beradi: bir oydan keyin yuz terisining elastik bo‘lganini sezasiz. Ajinlarga qarshi yogurtli krem Yogurt Turkiyada shu qadar mashhurki, u hatto terini parvarish qilishda ham qo‘llaniladi. Terini silliq qilish uchun ayollar yangi yogurtga bir necha tomchi limon sharbati yoki zaytun moyi qo‘shib, tungi krem ​​o‘rnida foydalanadi. Ushbu oddiy retsept teri qarishining birinchi belgilariga qarshi kurashda asosiy yordamchi hisoblanadi.
91
3,434
Ayollar
Kelishmovchiliklarga chek qo‘yamiz
Bundan 2500 ming yil avval xitoylik harbiy lashkarboshchi Sun-Szi shunday degan ekan: “Yuz marta jang qilish va yuz marta g‘olib bo‘lish – eng yaxshisi emas; eng yaxshisi – o‘zganing armiyasini jang qilmasdan zabt etishdir”. Uning “Jang san’ati” nomli traktati hozirda ham diplomatlar uchun ahamiyatga ega. Nega aynan diplomatlarga deysizmi? Chunki unda “G‘olibning buyukligi shundaki, u maqsad sari qisqa yo‘l topib, bunda yo‘ldagi qarama-qarshiliklar bilan munosabat o‘rnatadi” degan mingyillik xitoy xalq hikmati ifodalangan. Mo‘ljallangan makonni jangu jadallar, qurol-yarog‘larsiz egallash mumkinligi haqida tarixdan ko‘plab misollar keltirish mumkin. Bu borada quyidagi usuldan foydalanishgan bo‘lishsa, ajab emas: bahsga kirishmaslik va o‘zini oqlamaslik. Ehtiroslar qizishganda, kelishuv bitimini tuzish qarama-qarshilikni uzoqlashtiradi. Hammasi bosilganda, joyiga tushganda esa barini muhokama qilib olish mumkin. Yuzaga kelgan qarama-qarshilik bilan “til topishish”da ham ba’zi maslahatlarga amal qilish foydadan xoli bo‘lmaydi: O‘z qiziqishlaringizni “mumkin” va “kerak” ga ajratishni o‘rganing. Har bir kishi tinchlik, kelishuv yo‘li bilan g‘oliblikka erishishi mumkin. Buning uchun oddiy haqiqatni – har kimga bir-birini hurmat qilish burch ekanligini anglash lozim, xolos.
34
1,288
Ayollar
Gigiyenik lab bo‘yog‘i yordam berishi mumkin bo‘lgan 9 holat
Gigiyenik lab bo‘yog‘ini nafaqat terini himoyalash uchun, balki boshqa maqsadlarda ham ishlatish mumkin. Zamok yurmay qolsa Metall zamok yurmay qolganda unga gigiyenik lab bo‘yog‘i surtilsa, harakatlanishi osonlashadi. Tirnoq chetidagi terini parvarishlash uchun Tirnoq chetidagi teri qotib, xunuk ko‘rinib qolmasligi uchun uni parvarish qilib turish kerak bo‘ladi. Maxsus yog‘ bo‘lmasa, uning o‘rniga gigiyenik lab bo‘yog‘idan foydalanish mumkin. Sochni bo‘yash vaqtida Sochni bo‘yashdan avval uning atrofidagi teriga gigiyenik lab bo‘yog‘i surtilsa, bo‘yoq tegganda uni ketkazish oson bo‘ladi. Qo‘ldan chiqmay qolgan uzukni yechishga yordam beradi Uzuk kichik yoki barmog‘ingiz shishgan bo‘lsa, unda gigiyenik lab bo‘yog‘i yordam bera oladi. Qosh uchun Qoshni tartibga keltirish uchun maxsus gel o‘rniga gigiyenik lab bo‘yog‘idan foydalanish mumkin. Qadoq va qavarishlardan himoyalanishda yordam beradi Oyog‘ingiz qadoq bo‘lmasligini istasangiz, gigiyenik lab bo‘yog‘idan foydalaning. Uni surtgandan keyin teri yumshab, qavarishlardan himoyalanadi. Surkalgan tushni ketkazish uchun Gigiyenik lab bo‘yog‘i, yig‘laganda, kulganda yoki to‘satdan surkalib ketgan tush bo‘yog‘ini ketkazishga yordam beradi. Yana ham yaxshi tomoni u yuzingizdagi tonal kremni ketkazmaydi. It panjalari yorilishining oldini oladi Qish kelishi bilan it panjalarida yoriqlar paydo bo‘ladi. Buning oldini olish uchun panjalariga gigiyenik lab bo‘yog‘i surtish tavsiya qilinadi.
60
1,453
Ayollar
Vazningiz yoshingizga mosmi?
Chiroyli qad-qomatga ega bo‘lishni istamaydigan kishi bo‘lmasa kerak.  Bu istak ko‘pchilik ayollarning muammosi bo‘lishi bilan birga, erkaklarni ham chetlab o‘tmaydi. Yosh o‘tgan sari ortiqcha kilogrammlar hosil bo‘lib, avvalgi ixcham vazn 2–3 barobarga ortishi hech gap emas. Kishi 18 yoshida ega bo‘lgan vazni eng normal vazn hisoblanadi. Buni butun umrga saqlab qolish esa murakkab holatdir. Unutmang,  har 10 yilda sarflangan energiya 10% ga kamayib borsa, shu bilan birga,  10% (5–7 kg) vazn qo‘shilib boraveradi.  Xo‘sh, aslida yoshga nisbatan me’yoriy vazn og‘irligi qancha bo‘lishi kerak? Bu borada Yegorov-Levitskiy jadvali maksimal vazn og‘irligini aniqlashga yordam beradi. Ushbu jadval sizda ortiqcha vazn bor-yo‘qligini yoki vazn kamligini ko‘rsatadi. Butun vaznni normal holatda saqlash uchun avvalo, kundalik ovqatlanish tartibiga e’tibor berish,  ko‘proq harakat qilish lozim. Barchaga go‘zal qomat tilaymiz. Aziz mushtariylar, vaznni me'yorda saqlash bo‘yicha sizda qanday maslahatlar bor?
28
1,008
Ayollar
Qish mavsumida kartoshkani kvartirada saqlash qoidalari va usullari
Qishda uyda kartoshkani qanday saqlash kerak? Sovuq yerto‘la va garaj egalari uzoq vaqtdan beri kartoshkalarni qanday salash kerak degan muammoni unutgan. Kartoshkani kvartirada yoki boshqa issiq xonada saqlamoqchi bo‘lganlar uchun esa bir nechta foydali maslahatlar zarar qilmaydi, deb yozadi “Noviy ochag”. Kartoshka kundalik va bayramona taomlarning ajralmas mahsulotidir. Kartoshka yig‘im-terimi odatda kuzning boshida bo‘ladi, shuning uchun odamlar muhim savolga duch keladi — qishda kartoshkani qanday saqlash kerak? Buning uchun hosil muzlamaydigan, chirimaydigan, unib chiqmaydigan va shu bilan birga ozuqaviy qiymatini saqlaydigan joy tanlanishi kerak. Kartoshkani uyda qanday saqlash kerak? Kartoshka xona haroratida yaxshi saqlanadi. Kartoshkaning shiraliligi va mustahkamligini saqlash uchun 4-7 daraja harorat kerak. Shunga qaramay, bahorgacha issiq xonada ushbu mashulotning kichik hosilini saqlash mumkin. O‘rim-yig‘imdan keyin kartoshkani kamida 3-4 soat davomida soyada quritish tavsiya etiladi, shunda yopishgan tuproq quriydi va mahsulot ajraladi. Ushbu oddiy protsedura keyinchalik kartoshkaning chirishi ehtimolini kamaytiradi. Keyin esa kartoshka kasal va shikastlanganlaridan saralanishi kerak. Kvartirada kartoshkani saqlash usullari To‘g‘ri, kvartira kartoshkani saqlash uchun yaxshi joy emas. Ayniqsa, bir nechta qoplar haqida gap ketganda. Kvartirada kartoshkani saqlash uchun qulay variant — bu balkon. Qishda balkonda kartoshkani saqlash uchun maqbul harorat saqlanadi. Agar balkonda derazalar ko‘p bo‘lsa, tashqaridagi haroratni kuzatib turish lozim. Bordi-yu, harorat keskin pasaysa, kartoshkalarni yog‘ochdan yasalagan qutilarga joylash tavsiya etiladi. Kartoshkalar sifati buzilmasligi uchun oshxonada qanday saqlash kerak: Odatda rakovina ostidagi bo‘sh joy kartoshka uchun moslashtirilishi mumkin. Sabzavotlarga havo erkin kirishi uchun teshiklari bo‘lgan maxsus qutilar sotiladi. Yog‘och materialdan tayyorlangan qutilar 20 kilogrammgacha kartoshkani sig‘dira oladi. Kartoshkani omborxonada saqlash Odatda oshxonada foydalanish uchun bir necha kilogramm kartoshkani qoldirib, qolganini omborxonada saqlash mumkin. Omborxonaga quyosh nuri tushmaganligi sababli u yerda mahsulot yaxshi holatda saqlanadi. Agar plastmassa yoki yog‘och qutilar bo‘lsa, ularning ichida kartoshkalarni to‘g‘ridan to‘g‘ri saqlash mumkin. Ustiga quritilgan yalpiz kukunini sepish kartoshakalarni zararkunandalardan himoya qiladi. Kvartirada kartoshkani saqlash uchun foydali maslahatlar Kvartira uzoq vaqt davomida kartoshkani saqlash uchun qulay joy bo‘lmasa-da, buning maqbul usulini topish mumkin. Yozda kartoshkani saqlash qiyin — mahsulot issiqdan quriydi. Buning uchun kartoshkaning yoniga suv qo‘yish kerak. Oshxonadagi rakovina ostida ham oz miqdordagi sabzavotlarni saqlash mumkin. Yalpiz yoki olma barglari kartoshka qutilariga solib qo‘yilsa, mahsulot tez unib chiqmaydi. Ularni boshqa sabzavotlardan alohida saqlash tavsiya etiladi. Kartoshka solingan qutilarni devorga yaqinlashtirmasdan, poldan 15-20 santimetr balandlikda joylashtirish kerak. Zanjabil ildizi, lavlagi, piyoz qobig‘i, yalpiz, shuvoq kabi o‘simliklar kartoshkani yaxshi saqlashga yordam beradi. Barcha qoida, maslahat va tavsiyalardan xulosa qilish mumkinki, kartoshkani kvartirada sovuq xonada saqlash, hosilni tabiiy va sun‘iy yorug‘likdan cheklash juda mumkin. Shunchaki harorat va namlik sharoitlarini doimiy ravishda bir xilda ushlab turish, havo kirishini ta’minlash, vaqti-vaqti bilan sabzavotlarni saralash kerak.
67
3,513
Ayollar
Muzokaralarni muvaffaqiyatli olib borishning muhim 4 qoidasi
Siz do‘konda yoqimtoy sotuvchining tabassumi sharofati bilan o‘zingiz uchun umuman keraksiz bo‘lgan buyumni xarid qilgan vaqtingiz bo‘lganmi? Yoki konditsionersiz dimiq xonada o‘tirib, hoziroq muhim qaror qabul qilishingiz kerakligi haqida o‘ylab qolgan vaziyatlar-chi? Va nihoyat, yaxshi umidlar bilan chiqqan uchrashuvingizda bir emas naq uchta xo‘mrayib turgan raqiblaringizga duch kelganingiz-chi? Agar hayotingizda shu va shunga o‘xshagan holatlar bo‘lib o‘tgan bo‘lsa, demak siz muzokaralarda qarshingizdagi odamga ustunlikni qo‘lga olishiga imkon yaratib bergansiz. Munozaralarning jalb qiluvchi o‘yini birinchi qoidasi – hech qachon bunday holatning qayta takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslikdir. Muzokaralar mobaynida ustunlikni saqlab qolish uchun nima qilish kerak? Hech qaysi qo‘mondon o‘z qo‘shinini dushmanning taxminiy soni va joyini bilmay turib, hujumga boshlamaydi. Hozirgi qidiruv xizmatlari va ijtimoiy tarmoqlar asrida istalgan kishi haqidagi umumiy ma’lumotlarni topish qiyin ish emas.  Siz uchun va u uchun muhim bo‘lgan omillar haqida aniq tasavvurga ega bo‘lish jarayonni boshqara olishingizga yordam beradi. Muzokara paytida uning o‘zgarishidan cho‘chimang. Faqat tajribasizlargina bir narsani – kelishuvga barham berishni o‘ylashadi. Ishoning, siz har doim bundan-da ortig‘iga qodirsiz! Muzokaralar jarayonini boshqarishni o’z qo’lingizga oling. Kelishuvingiz qay yo‘sinda o‘tadi: davra atrofida, restoranda yoki sizning ofisingizda? Agar siz yaqin aloqalar o‘rnatish maqsadida bo‘lsangiz, suhbatdosh bilan yuzma-yuz tarzda gaplasha oladigan sokinroq joyni tanlaganingiz maqsadga muvofiq. Muzokaralarning qancha vaqt davom etishi: siz uni bir kunda yakunlamoqchimisiz yoki sizga jarayonni uzoqroq cho‘zish foydalimi? Tadqiqotlar natijasi shuni ko’rsatadiki, muzokaralarda tashkiliy ishlarni o‘z qo‘liga olgan tomon katta muvaffaqiyatlarga erishadi. Chunki bir gapni ikki kishi ikki xil tushunishi mumkin. Yozgan gapingizni suhbatdoshingizga o‘qib berib, fikringizni tasdiqlatib boring. Kelishuvga imzo chekmagan bo‘lsa ham, so‘z bilan tasdiqlagani ma’qul, yodingizda bo‘lsin, boshqaruv har doim kelishuvni qog’ozga tushirayotgan shaxs tomonda bo‘ladi. E’tibor bergan bo‘lsangiz, qoidalarning barchasi muzokaralarga oldindan tayyorlanish bilan bog‘liq. Shunday ekan, uning qanday o‘tishini faqat o‘zingiz belgilaysiz. Aziz o‘quvchilar, muvaffaqiyatli muzokaralar olib borish bo‘yicha sizda qanday fikrlar bor?
60
2,431
Ayollar
Ertalab tetiklikka qahvasiz erishish usullari
Qahva yordamida hal qilinadigan doimiy muammolar — ertalabki ruhiy tetiklik va aqliy tiniqlikni boshqa usullar bilan ham amalga oshirish mumkin. Qanday uyg‘onish va ertalabki tetiklikni his qilish to‘g‘risida aytmoqchimiz. Agar ertalabdan tarkibida kamida 10 gramm oqsili bo‘lgan biror ovqat yesangiz, qonda qand miqdori oshadi. Ayni zamonda siz organizmdagi energiya zaxirasini ham to‘ldirasiz. Sovuq yurakning tezroq faoliyat ko‘rsatishini va miyaga qisqa vaqt ichida qon yetkazib berilishiga yordam beruvchi adrenalin gormonlari ishlab chiqarilishini ta’minlaydi. Shuning uchun ertalabki bir piyola sovuq suv organizmdagi suyuqlik zaxirasini to‘ldirish bilan birga ajoyib tarzda tetiklashtiradi ham. Qahvaning tetiklashtirishiga shubha yo‘q, lekin bu ichimlikka haddan tashqari berilish asabiylikning oshishiga olib kelishi mumkin. Ko‘k choy esa butunlay boshqacha: bir tomondan unda ruhiy tetiklikni tiklashga yetadigan kofein bor, ikkinchi tomondan esa ichimlik tarkibida o‘ziga xos moddalar — xotirjamlik va diqqat-e’tiborni bir joyga to‘plashga yordam beruvchi katexinlar mavjud. Bir maromdagi chuqur nafas miyani unga har qanday paytda aqlning tiniqligini saqlash uchun zarur bo‘ladigan kislorod bilan to‘ldiradi. Quyoshli kunda tashqarida bor-yo‘g‘i 15 daqiqa sayr qilish faoliyat ko‘rsatish uchun zarur hisoblanuvchi D vitaminidan bahramand bo‘lishga yetarlidir. Muntazam ravishda jismoniy faollik quvvat bag‘ishlaydi va organizmda kayfiyatni ko‘taruvchi serotonin miqdorini oshiradi. Manba: “Anysports.tv”
45
1,517
Ayollar
O‘zbekistonda urfga kirmagan moda trendlari
Bo‘lib o‘tgan Moda haftaliklari bizga turli trendlarni hadya etdi, shuningdek, bizga odatiy bo‘lib qolgan kiyim-kechaklarning qay biri hamon dolzarb ekanligi va qay biri o‘z ahamiyatini yo‘qotganligini bildirdi. Ammo moda cho‘qqisida bo‘lgan tendensiyalarning barchasi ham o‘zbekistonlik oliftalar orasida ommalashmayotgani e’tiborga chalinadi. Nahotki trendlar bizga kechikib yetib kelmoqda? Yoki gap boshqa narsadami? Kyulot — tepasidan pastigacha keng tikilgan kalta shim. O‘zbekistonlik qizlar bunday shimni chetlab o‘tib, toraytirilgan variantlarni afzal ko‘rmoqda. Sababi nimada? Ehtimol, ular keng shim tananing pastki qismini katta qilib ko‘rsatishi haqidagi yanglish tushunchaga egadir? Ammo, bir tomondan, kalta shim to‘piq suyagiga urg‘u berishi, tananing bu qismi hammada ham nozik ko‘rinishga ega emasligini hisobga olganda, ular bunday trenddan voz kechib to‘g‘ri qiladi. Oversize — ayollarga xos noziklikni bo‘rttirib ko‘rsatish uchun ataylab kiyiladigan bir necha o‘lchamga katta kiyimlar. Ammo bizda oversize buyumlarni faqat o‘smir va yosh qizlar kiymoqda. Ehtimol, ko‘pchilikning bu trendni qabul qilmasligi sababi oversize kardigan yoki paltolar o‘lchami noto‘g‘ri tanlangan kiyimlar sifatida tasavvur uyg‘otishidir. Sport shimini bashang tufli bilan birga kiyish allaqachon ko‘cha modasining asosiy xususiyatlaridan biriga aylanib ulgurgan. Ammo Sobiq ittifoq mamlakatlarining barchasida bunday kiyim 90-yillar boshidan buyon didsizlikning cho‘qqisi deb hisoblab kelinadi. Klassik qora rangdan tortib yorqin sariq ranggacha bo‘lgan sintetik mo‘ynalarni qishki Moda haftaliklarining deyarli barcha to‘plamlarida uchratish mumkin. Ammo bizning mamlakatda sun’iy mo‘ynadan tikilgan palto va shubalarni kiyishga shoshilishmayapti. Nega? Birinchidan, haqiqiy bo‘lmagan mo‘yna bizda kambag‘allik sinonimi hisoblanadi (u hatto haqiqiysidan ham qimmatbahoroq bo‘lsa-da). Ikkinchidan, bunday shubalarga bizning iqlimda ehtiyoj ham yo‘q — eng qahraton kunlarda ham oddiy par kurtka (puxovik) yetarli bo‘ladi.
43
2,020
Ayollar
Sochlar uzoq vaqt toza va chiroyli bo‘lib qolishi uchun ularni qanday yuvish kerak?
Parijlik mashhur mutaxassis Kristof Robinning sochlar har doim chiroyli va sog‘lom bo‘lib turishi uchun nimalar qilish kerakligi haqida bir necha maslahatlari bilan tanishing. Yuvishdan keyin tarash oson bo‘lishi uchun boshida ularni tarang. Kristof Robin avvalo sochlarning uchini, keyin esa ildizlarini tarashni tavsiya qiladi. Sochlaringizning uchlariga biror-bir tabiiy yog‘ suring va ularni yana tarang. Toza bodom yoki argan yog‘lari juda mos keladi. Aslida ularni sochlaringizda bir kecha qoldirsangiz maqsadga muvofiq bo‘lar edi, lekin buni istamasangiz 15 daqiqa ham yetadi. Sochingizning turiga mos keluvchi shampundan foydalaning. Mutaxassisning fikricha, bo‘yalgan sochlarni yaxshisi sulfatsiz shampunlar bilan yuvganingiz ma’qul. Sulfatli shampunlarni esa bo‘yalmagan va ildizlari yog‘li bo‘lgan sochlar uchun ishlatish mumkin. Jingalak sochlilar esa ularning sochlari quruqlikka moyil bo‘lgani uchun tozalovchi konditsionerlardan foydalanishlari mumkin. Va eng asosiysi, shampunni (bir choy qoshig‘i yetarli bo‘ladi) sochning uchlariga emas balki ildizlariga surish kerak. Shampunni yaxshilab yuvib tashlang. “Ko‘pchilik bu jarayonga yetarlicha vaqt sarflamaydi va yuvish vositasini to‘liq ketkazmaydi, — deydi Kristof. — Sochlar tozalikdan g‘ichirlashlari kerak”. Manba: “Wday.ru”
83
1,296
Ayollar
Odamlarni o‘ziga tortuvchi kishining 5 fazilati
Agar siz odamlarga yoqishni xohlasangiz o‘zingizda kerakli fazilatlarni oshiring. Buning uchun o‘z xudbinligini tiyishga to‘g‘ri keladi. Suhbatdoshidan yaxshiroq bo‘lishga harakat qilish kerak emas. Uning yutuqlarini kamsitib o‘zingizni boshqacharoq ko‘rsatishga harakat qilmang. Yaxshi odamga bunday qilishning hojati yo‘q. U o‘zi bilan o‘zi bo‘lishidan baxtli, shuning uchun o‘z kuchlariga ishonadi. Yoqimli odam uni qadr-qimmatiga qarab baholashlari kerakligini yaxshi biladi. O‘ziga ishonish — hayotda ko‘pgina vaziyatlarda yordam beradi. Biz atrofimizdagi odamlarning yurish-turishlariga taqlid qilishga moyilmiz. Albatta, biz har tomonlama ibrat olishga arziydigan odamlarning yonida o‘zimizni ancha yaxshi his qilamiz. Ma’lumki, bunday odamlar bizni ijobiy quvvat bilan ta’minlaydi. Hamma shunday odamlar bilan birga vaqt o‘tkazishga intiladi. Yoqimli odam boshqalarni maqtashni yaxshi ko‘radi. U kerakli so‘zlarni topib aytish, ko‘ngilni ko‘tarish va yordam berish qobiliyatiga ega. Bunday odam o‘zining atrofidagi kishilarni baxtli qilishni xohlaydi. Yoqimli odam o‘zi qilayotgan ishlarning hammasiga e’tibor beradi. U salobatli ko‘rinishga harakat qiladi, ish yuzasidan bo‘ladigan uchrashuvlardan oldin suhbatlashadigan odami to‘g‘risida ko‘proq narsalarni bilib oladi va mehmonga borganda esa sovg‘alar beradi. Bu ko‘p vaqt yoki kuch talab qilmaydi. Lekin odamlar ular haqida unutmaganini ko‘radi va uning mehnatini qadr-qimmatiga yarasha baholaydi. Manba: “Layfxaker”
47
1,480
Ayollar
Kuz mavsumiga tayyorgarlik: urfdan qolgan pidjaklarni qanday uslubdagisiga almashtirish mumkin?
Pidjak har qanday ayol garderobining ajralmas qismi hisoblanadi. Biroq, mashhur e’tiqodga zid ravishda, hatto klassik uslublar ham eskirishi mumkin. Yangi mavsumda qanday pidjak kiymaslik kerakligini va ularning o‘rniga qaysi uslubdagisini kiyish mumkinligini aniqlaymiz. Aksariyat qizlar o‘zlarining tabiiy go‘zalligini ta’kidlash uchun o‘ta tor modellarni tanlaydi. Ammo bu bilan faqatgina o‘zlariga katta noqulaylik tug‘diradi. Birinchidan, bunday pidjak erkin harakatlanishga to‘sqinlik qiladi va agar u o‘lchamiga mos kelmasa, matoda burmalar paydo bo‘ladi. Ikkinchidan, bugungi kunda dizaynerlar biroz kengroq pidjaklarni tavsiya etmoqda, bu ancha zamonaviy ko‘rinishni hosil qiladi. Ortiqcha detallar pidjakni umuman bezatmaydi. Bu nafaqat yopishtirilgan bezak va toshlar, balki belbog‘larga ham tegishli. Ular hech bo‘lmaganda noqulaylik tug‘diradi va maksimal darajada tasvirni noaniq ko‘rinishga olib keladi. Agar pidjaklar o‘ta oddiy bichimda bo‘lsa, unda shunchaki cho‘ntakli pidjaklarni tanlash tavsiya etiladi. Ko‘rinishi ham, qulaylik jihatidan ham har qanday obrazga mos keladi. Ko‘pincha ayollar yorqinroq ko‘rinishga intilish uchun kontrast qo‘shimchali kurtkalarni, yorqin yoqa va manjetlarni, hatto rangli modellarni tanlaydi. Bunday modellarni boshqa kiyimlar bilan birlashtirish qiyinroq. G‘ayrioddiy uslubni xohlovchilar, masalan, klassik bosma pidjaklarni tanlashi mumkin. Kontrast rangli hamda chiziqli kulrang modellar ofis uchun mos keladi. Pidjak tanlashda matoga alohida e’tibor qaratish lozim. Pidjak yaxshi turishi va kun davomida g‘ijim bosmasligi uchun materiali shaklini yaxshi ushlab turadigan darajada qattiq bo‘lishi kerak. Nozik, sifatsiz modellar arzon ko‘rinadi, bundan tashqari, ular katta noqulaylik tug‘diradi. Kuzda trikotaj, kashemir yoki paxta matodan tikilgan modellarni xarid qilish mumkin. Shuningdek, kalta pidjaklar ham urfdan qolganiga ancha bo‘lgan. Sababi ularni faqatgina yubka bilan birlashtirish mumkin. Biroz kengroq va uzun modeldagilar esa har qanday kiyim bilan ajoyib kombinatsiyani hosil qiladi.
95
2,063
Ayollar
Shu yil urf bo‘lgan qishki kiyimlar
Bu maqolada siz har bir zamonaviy ayol sotib olishi kerak bo‘lgan qishki kiyimlar to‘g‘risida o‘qishingiz mumkin. Bu mavsumda duxoba – jinsi, top va jemperlar bilan birgalikda kundalik kiyiladigan liboslar qatoridan joy oldi. Paltolar uchun har doimgidek eng ommabop, urfda bo‘lgan va go‘zal ranglar – och jigarrang va sarg‘ish ranglar hisoblanadi. Uzunligiga kelganda esa, qancha uzun bo‘lsa, shuncha issiq va uslubga muvofiq bo‘ladi. Bu mavsumda eng so‘nggi urfda bo‘lgan kiyinish – bu issiq kiyinish. Tabiiy jundan, yumshoq va juda shinam sviterlar ayni muddao. Qanday uslubdagisini tanlash esa sizning didingizga bog‘liq. Biz bilamizki, bu mavsumda eng urf hisoblanuvchi issiq kiyim – puxoviklar. Eng ajoyib puxoviklarni topish qiyin bo‘lsa-da, iloji bor. Bu mavsumning oldingilaridan farqi shuki, hozir faqat bluzkalar emas, balki trikotaj matodan tikilgan kombinezonlar, midi ko‘ylaklar, keng shimlar va dunyodagi eng qulay kostyumlar rasm bo‘lgan.
35
955
Ayollar
Shamollashni efir yog‘lari yordamida davolash yo‘llari
Yilning sovuq mavsumi o‘zi bilan olib keluvchi turli shamollash xastaliklarini nafaqat dori vositalari, balki tabiiy vositalar, masalan, efir yog‘lari yordamida davolash ham mumkin. Ular bakteriyalarni o‘ldirish xususiyatiga ega ekanligi, shuningdek, immun tizimi faoliyatini faollashtirishi tufayli shamollashni juda tez bartaraf etadi. Shamollashga qarshi eng samarali efir yog‘lari evkalipt, lavanda va choy daraxti yog‘lari bo‘lib, dorixonadan aynan ularni xarid qilishni tavsiya etamiz. Shamollashdan xalos bo‘lishga ko‘mak beruvchi eng kuchli vositalardan biri efir yog‘lari bilan ingalyatsiya qilishdir. Ingalyatsiya qilish uchun choynakni qaynatib, unga tanlagan yog‘dan 3—4 tomchi qo‘shing. Qalin qog‘ozdan naycha yasab, uni choynak burniga kiygizing va issiq havoni naycha orqali burun yoki og‘zingiz bilan yuting. Juda issiq havoga kuyib qolmaslik uchun bug‘ni ehtiyotkorlik bilan yutish lozim. Ingalyatsiyadan so‘ng darhol issiq to‘shakda o‘ranib yotish tavsiya etiladi. Choynak o‘rnini qadimiy usul ham bosa oladi. Issiq suvni kastryulka yoki tarelkaga quyib, kerakli yog‘dan tomizing va boshingizni sochiq bilan o‘rab, yuzingizni bug‘ga tuting. Shamollashga qarshi vositalardan yana biri badanni yog‘ bilan ishqalashdir. Buning uchun nafaqat efir yog‘i balki boshqa, asos yog‘ ham kerak bo‘ladi. Istalgan o‘simlik yog‘idan foydalanish mumkin. Biroq zaytun yog‘i ko‘proq foydali xususiyatlarga ega hisoblanadi. Bir osh qoshiq asos yog‘ga o‘n tomchi efir yog‘i qo‘shib, hosil bo‘lgan aralashmani badanga suring. Bu jarayonni ingalyatsiyadan avval yoki mustaqil jarayon sifatida uxlashdan avval o‘tkazish tavsiya etiladi. Efir yog‘lar bilan davolash yuz yillardan beri qo‘llanib kelinadi va antibiotiklardan farqli ravishda zararli oqibatlarni keltirib chiqarmaydi.
54
1,777
Ayollar
Dezodorant va antiperspirantdan foydalanishda yo‘l qo‘yiladigan xatolar (video)
Quyidagi ma’lumotlar orqali ushbu gigiyena vositalaridan to‘g‘ri foydalanayotganingizni tekshirib ko‘ring. Dezodorantni antiperspirant bilan aralashtirib yuborish Antiperspirant teri miqdorini kamaytiradi va dezodorant esa yoqimsiz hidni yo‘q qiladi. Aksariyat antiperspirantlarda alyuminiy tuzlari mavjud. Ular bezlarning ter chiqaruvchi kanallarini qisman toraytiradi. Shu sababli vaqtincha kamroq ter hosil bo‘ladi. Dezodorantlar nafaqat yoqimsiz hidni yashiradi, balki bakteriyalarni yo‘q qilish orqali uni zararsizlantiradi. Nam teriga surtish Quruq terida antiperspirant yaxshi natijani beradi. Shuning uchun dushdan chiqqanda yoki terlaganda undan foydalanish tavsiya etilmaydi. Kun davomida bir necha marotaba ishlatish Ushbu vaziyatni boshqa mahsulotlar bilan amalga oshirish mumkin. Ammo kun bo‘yi yuvinmasdan turib, qo‘shimcha dezodorant qo‘llash hech narsani o‘zgartirmaydi. Uni toza, quruq teriga surtish kerak. Agar boshqa mahsulot ustidan qo‘llanilsa, samaradorlik ham pasayadi. Ertalabdan foydalanish Odat bo‘lishiga qaramay, dezodorant va antiperspirantlar ertalab emas, balki kechqurun yotishdan oldin qo‘llanilishi kerak. Bu vaqt ichida ter bezlari kam faollashadi. Antiperspirant ter ajraladigan kanallarga osonlikcha kirib boradi va ularda qoladi. Shuning uchun dermatologlar kechqurun dush qabul qilib, yaxshilab artinib, antiperspirant bilan davolanishni maslahat beradi. Terini parvarish qilmaslik Dermatolog Feyn Frey namlantiruvchi dimetikon mahsulotini tavsiya qiladi. Yoki tabiiy kokos moyi. U quruq terini tinchlantiradi va namlik yo‘qotilishini kamaytiradi. Bundan tashqari, kokos moyi antibakterial xususiyatlarga ega. Teri turiga mos bo‘lmagan mahsulotdan foydalanish Qo‘ltiq osti terisini ham xuddi yuzning terisidek parvarish qilish kerak. Dezodorantni tanlashda terining turiga va sezgirligiga e’tibor qaratish lozim. Tarkibida yuqori spirt yoki kuchli hid nozik terini hamda odamlarni bezovta qilishi mumkin. Oddiy va klinik antiperspirant o‘rtasidagi farqni tushunmaslik Oddiy antiperspirantlar ter bezlari kanallarini 20 foiz, kliniklarini esa foizga toraytiradi. Ularda alyuminiy tuzlarining konsentratsiyasi ortadi. Shu sababli ular yanada samarali ishlaydi, shuningdek, terini ko‘proq bakteriyalardan tozalaydi. Tabiiy dezodorantlarga ishonmaslik Ko‘p odamlar tabiiy dezodorantlardan foydalanmaydi va ularning samaradorligiga ishonmaydi. Ammo bu ozgina terlaydiganlar yoki shunchaki yoqimsiz hidni niqoblashni istaganlar uchun juda yaxshi imkoniyat. Dezodorant dog‘larini kiyimdan qanday olib tashlash kerak? Dezodorantdan qolgan oq izlar juda ko‘p muammolarni keltirib chiqaradi. Agar oddiy yuvish natija bermasa, suv va limon sharbati aralashmasidan foydalanish mumkin. Shuning uchun dezodorant tanlashda e’tiborli bo‘lish lozim.
79
2,773
Ayollar
Muzeyga tashrifdan zavq olishni o‘rganamiz
Muzeyga oxirgi marta qachon borgansiz? Muzey emotsiyalar, tuyg‘ular, bilimlar xazinasi ekanligini bilasizmi? Muzeylar faqat o‘quvchilar, san’atga aloqador kishilar, ekskursiyaga chiqqanlar uchun emas. Muzeylar hamma uchun, shu jumladan siz uchun hamdir. San’at asarini tomosha qilayotganingizda, uni faqat miyangiz bilan emas, butun borlig‘ingiz bilan qabul qilasiz. Har bir san’at asari sizga juda ko‘p narsalar haqida hikoya qilib berishi mumkin. Quyidagi oddiy maslahatlar muzeylar va ulardagi san’at asarlarini yoqtirib qolishingizga yordam beradi, degan umiddamiz. Muzeylarda, ko‘rgazmalarda tasviriy san’atning ajoyib namunalari sizning tashrifingizni kutmoqda. Hozirning o‘zida ularni borib ko‘ring. Go‘zallikni his qiling, yuragingizni zavqqa to‘ldiring! Manba: Rambler Weekend
42
786
Ayollar
Jazirama havoda ham qanday qilib terlamaslik mumkin: Hayotingizni o‘zgartiradigan 5 ta layfxak
Kiyimdagi ho‘l dog‘lar, yomon hid va dush qabul qilish — yozda terlamasakning oldini olishi mumkin edi. Bu tabiiy jarayonni to‘xtatib bo‘lmaydi, lekin uni nazorat qilish mumkin. O‘rtacha 20 yoki 24 darajagacha bo‘lgan muhit haroratida tanamiz o‘zini qulay his qiladi. Ushbu harorat ko‘tarilgach, tananing issiqlik o‘tkazuvchanligi ham ko‘tariladi va biz terlashni boshlaymiz. Quyida terlashni nazorat qilishning oddiy usullari keltiriladi. Antiperspirantni to‘g‘ri qo‘llang Birinchi va asosiy qoida — terga qarshi dezodorantni faqat toza teriga qo‘llash kerak. Masalan, ertalabki dushdan keyin darhol uni tanaga surtish yaxshi natija beradi. Agar terlaganingizdan keyin kompozitsiyani qayta qo‘llasangiz u holatni yanada yomonlashtiradi: atir va ter hidi yoqimli bo‘lmagan aromatik kombinatsiyani beradi. Agar vaziyat o‘ta og‘ir bo‘lsa, yana tetiklashish uchun dush qabul qiling, biroq undan oldin antipersiprant vositalarni teriga surmang. Ovqatlanishga yaxshi e’tibor bering  Achchiq, sho‘r va shirin taomlar kuchli terlashni keltirib chiqarishini bilasizmi? Murchning tarkibidagi kapsaitsin moddasi issiqlash hissini hosil qiladi. Tanamiz esa bu holatga ta’sirni imkon qadar tezroq zararsizlantirishga harakat qiladi va buning uchun ko‘proq suv talab qiladi, o‘z navbatida, ter yanada intensiv ravishda chiqariladi. Shirin va sho‘r ovqatlar ham chanqoq hissini oshiradi, bu ham ko‘p terlashga olib keladi. Chanqog‘ingizni oddiy suv bilan qondiring va iloji boricha shirin, gazli ichimliklar, sharbatlar, energetik ichimliklardan voz kechishning. Yengil kiyim kiying Sintetik kiyimlarni bir chetga surib qo‘ying, hatto ular tendensiyalarning eng yuqori cho‘qqisida bo‘lsa ham issiqlik paytida paxta va zig‘ir matosidan tikilgan kiyimlarni tanlash yaxshiroq. Ushbu tabiiy matolar terining “nafas olishiga” imkon beradi. Kiyim rangiga ham e’tibor bering: yodda tuting, ochiq ranglar quyoshdan biroz himoya qiladi, ammo to‘q ranglar quyoshni o‘ziga singdiradi, shuning uchun barcha to‘q rangli liboslaringizni salqin ob-havoda kiyish uchun olib qo‘ying. Bundan tashqari, yorqin, oddiy kiyimlardan ham  ehtiyot bo‘ling, chunki ularda nam dog‘lar aniq ko‘rinadi. Yashirin fokuslardan foydalaning Agar kiyimingizdagi nam dog‘lar sizni chidab bo‘lmas darajada bezovta qilsa, qo‘ltiq ostiga maxsus astarlarni oling. Ular kiyimdagi izlar paydo bo‘lishining oldini oladi va neytral tana rangida bo‘lganligi sababli dog‘larni ko‘rsatmaydi. Ba’zi qo‘shimcha matolar kiyimga, ba‘zilari esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘ltiq terisiga yopishtirilishi mumkin (bularning barchasi bir daqiqadan kamroq vaqtni oladi). Bir martalik va qayta ishlatiladigan qurilmalar ham mavjud. Go‘zallik sanoati yutuqlaridan foydalaning va komplekslardan xalos bo‘ling! O‘zingiz bilan antiperspirant salfetkalarni olib yuring Antipersipirant salfetkalar kun davomida dush qabul qilish imkoniga ega bo‘lmaganlar uchun haqiqiy najot. Maxsus komponentlarga ega salfetkalar tananing muammoli qismlarida foydalaniladi va sumkangizda olib yurish uchun qulay hisoblanadi. Bir necha soniyada siz yengil bo‘lasiz, yoqimli hidni his qilasiz va eng asosiysi yo‘qolgan tozalikni qaytarasiz.
94
3,140
Ayollar
Ortiqcha vazn bilan kurashayotganlar ratsioniga kungaboqar pistasini qo‘shishi uchun 3 sabab
Kungaboqar pistalari hamma uchun tanish va sevimli mahsulot. Ko‘pincha ular alohida yegulik sifatida iste’mol qilinadi, shuningdek, pishiriq va shirinliklarda ham undan unumli foydalaniladi. Xususiyatiga ko‘ra, ushbu o‘simlik oqsil, yog‘lar, foydali vitamin va minerallarga boy. Lekin qanday qilib pista magizlari vazn tashlashda yordam berishi mumkin, degan savollar paydo bo‘lishi mumkin, hozir bu haqda batafsil ma’lumot olish mumkin. Ochlik bilan kurashishda yordam beradi Kunboqar pistalari juda to‘yimli mahsulot. Uning tarkibida protein (oqsil moddalar) va organizm uchun zarur bo‘lgan 21 xil vitamin va minerallar mavjud. Shuningdek, 28 gramm pistada kunlik E vitaminining 49 foizi mavjud. Natijada pistalar oshqozonni to‘qlik tuyg‘usi bilan ta’minlaydi, ochlik bilan kurashishda samarali yordam beradi. Bu esa ovqatlanish jarayonida kamroq yegulik iste’mol qilishga yordam beradi. Mushak massasini to‘plashga yordam beradi So‘nggi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, tanasida mushak massasi yuqori bo‘lgan odamlar hatto dam olayotganida ham ko‘proq kaloriya sarflaydi, ya’ni tezroq vazn tashlaydi. Kam kaloriyali parhezda esa tashlangan vaznning 35 foizini mushaklar massasi tashkil etadi. Shuning uchun vazn yo‘qotganda mushaklarning holatini yaxshi saqlab qolish uchun ko‘proq protein (oqsil moddalar) qabul qilish kerak. Bunda kungaboqar pistalari, albatta, yordam beradi. Masalan, mahsulotning 10 grammida 2 gramm protein moddasi mavjud. Demak, kunlik protein miqdoriga ega bo‘lish uchun salatlarga ham kungaboqar pistasini qo‘shish mumkin. Parhezga rioya qilishda yordam beradi Muvaffaqiyatli parhez — tanaffuslarsiz o‘tadigan parhezdir. Buni amalga oshirish qiyin, lekin kungaboqar pistalari bilan ancha oson. Ularda bir qancha foydali sertolalar mavjud bo‘lib, qabul qilingandan so‘ng organizmga joylashadi. Bu esa yana ochlik hissini kamaytiradi. Shuning uchun ushbu mahsulot qo‘shilgan taom faqat foydaga xizmat qiladi. Kungaboqar pistalarini o‘zini alohida, shirinliklar tarkibida, salatlar bilan birga yoki boshqa yong‘oqlarga aralashtirib iste’mol qilinsa, kun davomida qo‘shimcha kuch va quvvat beradi. E’tiborli jihati shuki, uning tarkibi juda ko‘p yog‘ va vitaminlarga boy. Pistaning bir hovuchida esa organizm uchun yetarli kaloriya bor, kun davomida shu me’yorni oshirmaslik tavsiya etiladi.
92
2,315
Ayollar
Makiyaj uzoq vaqt turishi uchun 5 tavsiya
Uydan bo‘yanib chiqib ketib, kechki payt konsert, teatr yoki boshqa tadbirga tashrif buyurishi kerak bo‘lgan, ammo makiyaj uzoq vaqt davomida buzilib ketmasligi uchun nima qilish kerakligini bilmaydigan ayol-qizlarga bu borada qo‘l keladigan tavsiyalarni havola etamiz. Terini makiyajga tayyorlash Makiyajdan avval terini yaxshilab tayyorlash kerak. Yuz terisi yaxshilab tozalangan, namlantirilgan bo‘lishi, unga surtilgan tonal krem yuzda tekis va silliq turishi kerak. Terisi ko‘chganlarga piling yoki meva kislotali terini tozalaydigandan vositalardan foydalanish tavsiya qilinadi. Yaxshilab tozalagandan keyin yuzga namlantiruvchi krem surting. Oradan 1-2 daqiqa o‘tganidan keyin esa praymer yoki tonal krem surting. Tonal krem Tonal kremni yuz rangi va terining yog‘lilik darajasiga mos tushadiganini tanlash kerak. Kundalik makiyaj uchun butkul qoplaydigan quyuq variantdan foydalanmagan yaxshi. Ko‘p qatlamlilik Birinchi praymer, keyin konsiler, pudra undan keyin esa rumyana va bronzer, so‘ngida pomada surting. Shundan keyin kosmetik vositalar yuzingizda uzoq vaqt turadi. Ammo yuz niqob singari ko‘rinib qolmasligi uchun oshirib yubormaslik hamda me’yorga amal qilish kerak. Yaltiramaydigan pomada Kechgacha o‘chib ketishini xohlamasangiz pomadaning yaltiramaydigan variantidan foydalanish tavsiya qilinadi. Chunki yog‘li lab bo‘yog‘i uzoq vaqt turmasligi mumkin. Lablaringiz yaltirab turishini istaydigan bo‘lsangiz, yoningizda blesk olib yuring va muhim tadbir yoki uchrashuvdan avval surtib oling. Praymer va fiksator Vizajistlar praymerni tonal kremdan avval surtishni tavsiya qiladi. Bu makiyajning uzoq vaqt turishiga hissa qo‘shadi. Qovoq va lablar uchun alohida praymerdan foydalansa ham bo‘ladi. Makiyaj so‘ngida fiksator ishlatishni unutmang. Maxsus sprey ishlatilganda yuzingiz yaltirab qolmaydi, bo‘yoqlar esa oqib ketmaydi.
41
1,847
Ayollar
Sevimli matolar yangi YSL xushbo‘y hidlarida
Yangi charm kurtkani, charm hamyonni hidlaganingizda yoki yangi duxoba ko‘ylak kiyganingizda, sevimli hidlarni atir shishasida ko‘rishni hech o‘ylamaganmisiz? 2015-yilda YSL parfyumeriya uyi “kiyim-kechak” hidlar kolleksiyasi bilan to‘ldirildi. Endi esa Le Vestiaire Des Parfums yana uch matoni madh etuvchi yangi xushbo‘y hidlarni taqdim qildi. Asosiy yangilik – charm hidli yangi Cuir ifori. Uning muallifi – parfyumer Ilias Ermenidis. Tarkibining asosiy qismi rom, tamaki va dag‘al charmdan iborat. Shuningdek, qora choy va zanjabil (imbir)ning sehrlovchi hidlari ham qo‘shilib ajoyib kompozitsiya yaratilgan. Ikkinchi yangilik vinilga bag‘ishlangan. Parfyumer Jyulett Karageuzoglu yaratgan bu yangi iforni xushbo‘y qalampir, bergamot, anis olmasi va bo‘znoch o‘simligining muattar hidlari tashkil qiladi. Velours duxobaga bag‘ishlab yaratilgan. Muallif Karlos Benaim tomonidan yaratilgan bu ifor tarkibi qora choy, ladan, yasmin va gulsafsarning xushbo‘y hidlaridan tashkil topgan.
44
986
Ayollar
Organizmni toksinlardan tozalaymiz
Agar siz hazm qilish tizimining yaxshi ishlamayotganini sezgan bo‘lsangiz, teringizda toshmalar paydo bo‘lsa va horg‘inlikni his qilsangiz – bu holat organizmni tozalash vaqti kelganini bildiradi. Sabzi va lavlagidan oddiy usulda tayyorlanadigan, juda mazali bo‘lgan bu salat qonni, jigarni va siydik yo‘llarini tozalash xususiyatiga ega. Salatni tayyorlash uchun sabzi va lavlagi tozalanadi, yirik qirg‘ichdan o‘tkaziladi. Keyin esa o‘simlik yog‘i solib aralashtiriladi. Tarvuz jigarni tozalaydi, siydik yo‘llarini esa a’lo darajada yuvadi. Tarvuzni qora non bilan birga iste’mol qilish ichaklarni tozalashga yordam beradi. Organizmni tozalashning uncha qiyin bo‘lmagan yana bir yo‘li – muntazam ravishda, ayniqsa ertalab suli yormasini iste’mol qilish. Suli yormasi yengil hazm bo‘ladi, tarkibi organizmdan zaharli moddalarning tabiiy ravishda chiqib ketishini ta’minlovchi ko‘p miqdorda foydali minerallar va vitaminlardan tashkil topgan. Qoramtir guruch suli yormasi kabi organizmdan zaharli moddalarni chiqarishga a’lo darajada yordam beradi. Bunday guruchni har qanday ovqat bilan birga yeyish mumkin yoki alohida uslubda qabul qilsa ham bo‘ladi. Buning uchun bir hafta davomida quyidagi tartibda iste’mol qilinadi: 3 osh qoshiq qoramtir guruch tayyor bo‘lguncha qaynatiladi va ovqatdan 4 soat oldin yeyiladi. Guruchni yeyishdan oldin 1 piyola qaynatilgan iliq suv ichiladi.
34
1,381
Ayollar
Oq kedalar va krossovkalarni qanday qilib yangi holatidek ko‘rinishga keltirish mumkin?
Yangi krossovka va keda sotib olgandan ko‘ra eski, kir bo‘lgan oyoq kiyimlarni yuvib toza holatga keltirib kiygan ma’qul. Oq keda va krossovkalarni yangi holatga keltirishning bir qancha usullari mavjud. Qanchalik toza joyda yurishingizdan qat’i nazar, jinsi shimlar, oq ko‘ylak va poyabzal kabi narsalarni kiyish ba’zan qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Toza bo‘lmagan joyda ko‘p yurmasangiz ham yangi krossovkalar mukammal ko‘rinishini yo‘qotadi. Bunday holatlarda oq krossovka va kedalar qisqa vaqt ichida kir bo‘lishi va kulrangga kirishi mumkin. Oq kedalarni yoki krossovkalarni qanday tozalash kerak? Krossovkalarni kir yuvish mashinasida yuvish mumkinmi? Mutaxassislarning ta’kidlashicha, har qanday poyabzalni, ayniqsa yangi oyoqkiyimlarni qo‘lda yuvish eng yaxshi usul hisoblanadi. Ba’zida buning uchun vaqt yetarli bo‘lmaydi. Biroq, kir yuvish mashinasiga faqat kedalarni yuvgan ma’qul. Kir yuvish mashinasida oyoq kiyimlarni yuvishning eng yaxshi usullari Oq charm krossovkalarni qanday tozalash kerak? Har doim charm krossovkalaringizni qo‘l bilan yuving. Yuqorida aytib o‘tilgan ko‘rsatmalarga amal qilishingiz mumkin, ammo retseptdan vodorod periksni chiqarib tashlashni unutmang. Oyoq kiyim charmini iste’mol sodasi, pastasi bilan yaxshilab artib oling va toza, nam mato bilan yuving. Krossovkalar quriganidan so‘ng, ularni yumshoq va egiluvchan bo‘lishi uchun yaxshilab quritib oling. Oq krossovkalarni tozalash bo‘yicha mutaxassislar maslahati
87
1,461
Ayollar
“Brilliantlar qiroli”ning “qimmatbaho buyumlar saroyi” haqida
Bugun, 15-fevral zargarlik buyumlari bilan mashhur Tiffany brendining asoschisi Charlz Luiz Tiffani tug‘ilgan kun. U 1812-yilda Konnektikut shtatida dunyoga kelgan. Moda olamida Charlz Luiz Tiffani nomi yuksak didning sinonimi sifatida tan olinadi. Brend asoschisi 25 yoshida o‘z shaxsiy biznesini ochishga qaror qiladi. Ota-onasining iqtisodiy ko‘magi bilan rejasini amalga oshirish uchun maktabdosh do‘sti Teddi Yang bilan Nyu-Yorkka yo‘l oladi. Biznes hamkorlar megapolisning qoq markazida “Tiffany & Young” do‘konini ochadi. Ishning ko‘zini bilgan yosh biznesmenlar sarflangan mablag‘ni qoplash uchun ko‘proq harakat qilish kerak ekanini tushunib yetadi va mahsulot turlarini ko‘paytiradi hamda mijozlarga ko‘rsatiladigan xizmatlarni yaxshilashga e’tibor qaratadi. Shu bilan birga do‘konda soat, oshxona anjomlari, chinni buyumlar va oynalar ham sotiladi. Oradan yillar o‘tib biznesga Jey El Ellis hamkor bo‘lib qo‘shiladi. Bu vaqtda kompaniyaning mahsulotlar katalogi ishlab chiqilib, do‘kondagi har bir mijozga alohida xizmat ko‘rsatiladi. Xarid qilingan buyumlar bejirim qutichada havorang tasma bilan o‘ralgan holda topshiriladi. 1853-yilda Charlz “Tiffany & Co” ning yagona egasi bo‘ladi buyumlar sifatidan tashqari, interyer va tashqi dizaynga ham e’tibor qaratadi. Buyuk zargarning xaridorlari asosan badavlat kishilar, siyosatchilar va taniqli insonlar bo‘lgan. 1861-yilda AQSh prezidenti Avram Linkoln, rafiqasi Meri Todd Linkoln uchun marvaridli to‘plam buyurtma qilgani buning isboti. Shunday qilib, Tiffany zargarlik buyumlari yuqori qatlam vakillari, aslzodalar va mashhur kishilarning sevimli brendiga aylangan. Aynan Tiffany tomonidan taqinchoqlarda ilk marta 925 probali kumush ishlatilgan. Oradan ancha vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, kumush taqinchoqlarni o‘z ichiga olgan, sayqallangan olmoslar bilan bezatilgan zirak, braslet va uzuklardan iborat “Atlas Numeric” kolleksiyasi bugungi kunda ham zargarlikning shedevr namunasi deb e’tirof etiladi. 1867-yil Parijda bo‘lib o‘tgan Universelle ko‘rgazmasidagi namoyish xalqaro e’tirofga sazovor bo‘ladi va mukofotlanadi. 1871-yilda yapon madaniyatidan ilhomlangan holda kumushdan oshxona jihozlari to‘plami yaratiladi. Ushbu kolleksiya shu qadar mukammal va o‘ziga xosligidan bugungi kunda ham eng talabgir to‘plamlardan bir hisoblanadi. Shundan keyin eng yirik muzeylar ekpozitsiyalari uchun Tiffany’ga buyurtma berishni boshlagan. 1870-yilda Manxettonda kompaniyaning yangi binosi ochiladi va unga jami 500 ming dollar sarflanadi. Kompaniyani New York Times “qimmatbaho buyumlar saroyi” deb ataydi. 1878-yil, Tiffany & Co Parijda Gran-prini qo‘lga kiritadi. Fransiyadagi kolleksiya namoyishidan keyin Charlz Tiffani “brilliant qiroli” deb ataladi, xalqaro ko‘rgazmalarning hech biri Tiffany zargarlik buyumlarisiz o‘tmaydi, kompaniya filiallari esa butun dunyo bo‘ylab ochila boshlaydi. Oradan 8 yil o‘tib, Charlz tomonidan yaratilgan unashtiruv uzugi nafaqat zargarlik balki, moda olamida ham katta burilishga sababchi bo‘lgan. Brilliant qadalgan uzuk kamalakdek serjilo bo‘lib, unga bo‘lgan talab qisqa fursatda orta boshlagan. 1878-yil 250 karatli, Janubiy Afrikadan topilgan sariq olmos kompaniyaning nufuzini yanada oshirgan. Unga Jorj Frederik Kuns ishlov bergan. Shunday qilib kompaniya 150 karatli Tiffany Diamond’ni taqdim qiladi va bu olmos bugungi kunda ham qiymatini yo'qotmaganini 2019-yil Oskar mukofoti taqdirlash marosimidagi suratlardan ham bilsa bo‘ladi. 1887-yilda Parijdagi yarmarkada Tiffany & Co kolleksiyasi “eng g‘ayrioddiy taqinchoqlar” mukofotiga loyiq topilgan. Shundan so‘ng kompaniyaga turli buyurtma va takliflar kelib tusha boshlagan. 1894-yilda Diamond Jim Brady tomonidan, kinoaktrisa Lilian Rassel uchun kumushdan velosiped yasashga buyurtma beriladi. “Tiffany'da nonushta” kitobi ayniqsa, aktrisa Odri Hepbern rol ijro qilgan film sabab, brendning mashhurligi yanada ortadi. Unda Odri bo‘ynidagi, dizayner Jan Shlyumberg tomonidan yaratilgan brilliant marjon, muxlislar xususan  ayollar qalbini zabt etgan. 2013-yil bahorda premyerasi bo‘lgan “Shovvoz Getsbi” filmida ham brend mahsuloti ishlatilgan. 1902-yilda Charlz vafot etadi va uning ishlarini o‘g‘li davom ettiradi. Unga otasidan qobiliyat, salohiyat va yuksak did meros bo‘lib qolgandi. U an’analarni so‘nggi tendensiyalar bilan uyg‘unlashtira olar va bu “Tiffany & Co”ning muvaffaqiyat sirlaridan biri edi. Tiffany brendi bilan bir qancha mashhur dizaynerlar bilan hamkorlik qilgan. Iste’dodli Endi Uorxoll, Elsa Peretti va Paloma Pikasso shular jumlasidan. Bugungi kunda ushbu kompaniyaning bir qancha yirik shaharlarda 150 dan ortiq do‘konlari va 11 mingga yaqin ishchilari bor. Brendning doimiy mijozlari esa o‘sha vaqtdagi kabi kazo-kazolar. Savdo ishlari, materiallar sifati, ishlab chiqarish texnologiyasining bari kompaniyaning bosh ofisida nazorat qilinadi.
61
4,831
Ayollar
Jismoniy mashqlarni haftasiga necha martadan bajarish kerak?
Mushaklar qayta tiklanishi uchun qancha vaqt zarur bo‘ladi? Vazn yig‘ish uchun va ozish uchun sport mashqlarini haftada necha martadan bajargan maqbul? Tanadagi yog‘larni ketkazish uchun davomiy ammo nisbatan yengil kardiomashg‘ulotlarni haftasiga 4—5 marta o‘tkazish mumkin. Muskullarni o‘stirish maqsadidagi kuch mashg‘ulotlari esa qayta tiklanish uchun ko‘proq vaqt talab qilganligi sababli, ularni haftasiga 3—4 martadan bajargan ma’qul. Kichik va o‘rta muskul guruhlari (qo‘l, yelka, press) regeneratsiya uchun taxminan 48—60 soat talab qiladi. Tayanch mashqlarni bajarish hamda yirik muskul guruhlarini ishlatishdan keyin esa muskullar va markaziy asab tizimi to‘liq qayta tiklanishi uchun kamida 72 soat kerak bo‘ladi. Kuch mashg‘ulotlari bajarilmaydigan kunlarda yengil kardiomashqlar (eshkak eshish trenajyori yoki ellipsoid) bajarish nafaqat qayta tiklanishni tezlashtiradi, balki muskullar relyefiga ham ijobiy ta’sir qiladi. Shuningdek, sauna yoki fitnes-klubning suv zonasiga tashrif ham foydali bo‘lishi mumkin. Xulosa qiladigan bo‘lsak, vazn yig‘ish uchun trenajyor zalida haftasiga 3—4 marta shug‘ullangan ma’qul. Yirik muskullar guruhining har biri 72 soatda bir martadan ko‘proq ishlatilmaydi — agar ko‘krak qismini dushanba kuni mashq qildirgan bo‘lsangiz, keyingi safar uni payshanba yoki juma kuni mashq qildiring.
60
1,336
Ayollar
Janubiy Koreyada ishlab chiqarilgan eng dolzarb go‘zallik vositalari
Taniqli bloger Sharlotta Cho Koreya go‘zallik sanoati taraqqiyotining eng istiqbolli yo‘nalishlari bilan bo‘lishdi. Gilli niqoblar Haqiqiy niqob singari yuzda qotib turadigan gilli niqobning yangi tarkibi ishlab chiqildi. Yangi tarkibli gil bilan shimdirilgan yupqa varaqlar yordamida yuz terisi 20-30 daqiqa davomida tozalanadi va oziqlantiriladi. Mahalliy o‘simliklar ekstraktlari Bugungi kunda yudzu deb nomlanuvchi mahalliy sitrusli va yapon limoni kabi o‘simliklar kosmetik vositalar tarkibining asosiy qismi bo‘lib hisoblanadi. Yudzu sepkil va pigment dog‘larini oqartirishga, terini tetiklashtirishga yordam beradi. Yangi teksturalar Zich va quyuqlik o‘rniga suyuqroq va yengil tuzilishga o‘tilmoqda. Dermatologlar fikricha bunday tuzilishdagi vositalar ta’siri tez va samarali bo‘ladi. Otdushkalarning yo‘qligi Samaradorlikni oshirish va allergik ta’sir xavfini kamaytirish maqsadida bu yil ishlab chiqarilayotgan kosmetik vositalar tarkibiga aromatik komponentlarni kam miqdorda qo‘shish ko‘zda tutilgan.
68
1,015
Ayollar
Dunyoga mashhur aktrisa va modellar kundalik hayotda qanday kiyinadi? (foto)
Yulduzlar hamisha oqshom liboslari va pardozli ko‘rinishda bo‘lavermaydi. Ba’zida ularni ham oddiy kundalik hayot uchun qulay bo‘lgan kiyimlarda ko‘rish mumkin. Xo‘sh, ularning shim, kostyum yoki poyabzal borasidagi tanlovi qay darajada bir-biriga mos keladi? Mendi Mur kundalik hayotda palto va ko‘ylak kiyib yurganida nishonga tushdi. Uning sipo ko‘ylagi ustidan tashlangan kulrang paltosi hamda baland poshnali pushti rangdagi etigi ham ajoyib ko‘rinishni hosil qilgan. Aktrisa Sara Jessika Parker ham pushti rangdagi poyabzallarni xush ko‘radiganga o‘xshaydi. Aktrisa Nyu-York ko‘chalarida katta tugmachali yengil paltoda namoyon bo‘ldi. Albatta, bu uning bir kunlik obrazi xolos. Kim Kardashyan oddiygina qora rangda kiyinishga qaror qilganga o‘xshaydi. Siluetga mos shim, uzun qora plash va poshnali etik uni “Matritsa” filmi qahramoniga aylantirib qo‘ygandek. Xaydi Klum xilma-xillikdan qo‘rqmaydi. Uning tanlagan uslubi turlicha bo‘lsa-da, ammo naqshlardan tashkil topgan. Qoplon nusxali issiq kiyim uchun yulduzcha naqshli shim tanlagan. Ushbu to‘plamni antiqa shakllardan iborat sumka bilan boyitgan. Meg Rayan harbiy uslubni yodga soladigan palto kiyishni afzal bildi. Uning bosh kiyimi va ko‘zoynagi obrazni boyitishga yordam bersa-da, krossovkasi biroz mos tushmagan. Malla rangdagi etik, sviter hamda plash juda oddiyligi bilan ham ajralib turadi. Ehtimol, Priyanka Chopra shu orqali atrofdagilarning e’tiborini tortishni istamagandir. Ammo katta sariq ko‘zoynak ushbu uslubni aksessuar sifatida boyitmoqda.
76
1,526
Ayollar
Yozda ham, kuzda ham kiyish uchun qanday krossovka sotib olish kerak?
Ayrim turdagi krossovkalar faqatgina bir fasl uchun mo‘ljallanadi. Bunday holatlardan mustasno tarzda bir mavsum uchun oyoq kiyim tanlasa ham bo‘ladi. The Voice nashri yoz va kuz mavsumi uchun oyoq kiyimning qanday turlarini tanlash kerakligi haqida ma’lumot beradi. Avgust nafaqat kiyim, balki oyoq kiyim tanlash uchun ham murakkab oy hisoblanadi. Bu vaqtga kelib, siz issiq mavsumga qanday kiyim xarid qilganingizni (ko‘p narsalar), kuzdan oldin qanday kiyimni tanlash kerakligi, garderobingizni sovuq ob-havoga ham moslab tayyorlashingizni va ob-havoni o‘ylay boshlaysiz. Umuman olganda, javoblardan ko‘ra savollar ko‘proq. Keling, bu mavzuni oldindan o‘ylashni boshlaylik: bugun e’tiborni yozda ham, kuzda ham kiysa bo‘ladigan krossovkalarga qaratamiz. Kuzda krossovkalar muhim oyoq kiyim ekanini isbotlash shart emas. Rostini aytganda, krossovkalarsiz hech qanday mavsumni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ushbu oyoq kiyim sentabr oyida juda ko‘p kiyiladi. Yozda issiqlik tufayli Jordans yoki Ration krossovkalarini sotib olmaganingiz ma’qul: materiallar qanchalik havo o‘tkazishidan qat’iy nazar, ba’zida shippak va basonojkalar eng yaxshi oyoq kiyim bo‘lishi mumkin. Ammo kuzda bu krossovkalar tanlash o‘rinli, sababi ular issiq, sovuq ob-havoda yaxshi, qulay va agar suv o‘tkazmaydigan taglik bo‘lsa siz ko‘lmaklarda ham yurishingiz mumkin. Boshqacha aytganda, bu mavsumda krossovkalar kam xarid qilinmaydi. Yoz va kuz mavsumi uchun modadagi bir nechta krossovka modellariga pul sarflash xato ish. Zamonaviy muammolar zamonaviy yechimlarni talab qiladi. Shunda savol paydo bo‘ladi, qanday qilib bir vaqtning o‘zida ikkita faslning tendensiyalariga mos keladigan krossovkalarni topish mumkin? Bunday krossovkalar mavjud. Shuning uchun yoz va kuz tendensiyalarini qayta ko‘rib chiqish o‘rinli. Avgust va sentabr oylarida tashqi ko‘rinishga ham mos keladigan eng zo‘r krossovka modellari bor. O‘zingiz kiyadigan oyoq kiyim o‘lchamini bilib ularni sinab ko‘rish mumkin, mukammal oyoq kiyim bilan bog‘liq muammoni hal qiling. Bir rangdagi krossovkalar  Bir xil rangdagi krossovkalarni tanlash to‘g‘ri qaror. Yoz va kuz mavsumi uchun bunday krossovkalarning kulrang, qora, jigarrang va neytral ranglarini tanlagan ma’qul. Platforma  Yoz va kuz mavsumida platforma krossovkalarni tanlash katta ahamiyatga ega. Bu yomg‘irli havoda o‘z foydasini ko‘rsatadi. Shuning uchun ham bu turdagi krossovkalar ham eng yaxshi tanlovlardan biri bo‘la oladi. Jinsi turdagi krossovkalar Jinsi turdagi paltolar, etiklar, krossovkalar tez urfga kirdi va turli xil ko‘rinishlarda ishlab chiqarila boshladi. Bu mavsum uchun eng yaxshi oyoq kiyimlardan biri jinsi turdagi krossovkalardir. Ushbu oyoq kiyimning ko‘k rangdagi modeli yoz-kuz mavsumi uchun to‘g‘ri tanlov. Trikotaj Trikotaj krossovkalarni yomg‘irli havoda kiyib bo‘lmaydi, biroq ular yozning oxiri, kuzning boshlarida kiyiladigan ideal oyoq kiyim turi hisoblanadi.
69
2,904
Ayollar
Xonadonlarimizni sovuq ob-havoga tayyorlaymiz
Quyosh yorug‘ligi va tafti borgan sari kamayib bormoqda. Yilning sovuq fasllarida vaqtimizning ko‘proq qismini uyda o‘tkazishga urinamiz. Shunday ekan, uyda o‘tkazayotgan vaqtimizga yanada shinamlik baxsh etish uchun xonadonimiz interyeriga biroz issiqlik qo‘shish foydadan xoli bo‘lmaydi. Yoz oylarida qo‘shimcha gazmollardan (parda, adyol) foydalanmasak ham, sovuq tushishi bilan bu odatga biroz o‘zgartirish kiritishga to‘g‘ri keladi. Masalan, yozgi pardalarni qalinrog‘iga almashtirishimiz mumkin. Yoz faslida tushlik stoliga servirovka sochiqlarining o‘zi kifoya bo‘lsa, sovuq ob-havoda issiq ranglarga ega dasturxon yanada shinamlik bag‘ishlaydi. Choyshablarni ham ochiq ranglardan to‘qroq ranglarga almashtirish yotoqxonaga kuzgi kayfiyat beradi. Bunda tabiiy matolarga ko‘proq e’tibor qarating: jun yoki paxta yopinchiqlar sun’iy tolali matolarga qaraganda ancha yoqimliroqdir. Interyerdagi gilam bir vaqtning o‘zida ikki — sovuq polni bekitish va bezak berish (xonani jonlantirish) vazifasini bajaradi. Yotoqxona uchun sun’iy yoki tabiiy mo‘ynadan foydalanish mumkin bo‘lsa, mehmonxona uchun o‘rtacha patli gilamlar mos keladi. Shinamlik va issiqlik hissi xonaning yorug‘ligiga ham bog‘liq. Torsherlar, juda yorug‘ bo‘lmagan stol lampalari kuz uchun ajoyib yechim bo‘la oladi. Bunda shamlar ham qo‘l keladi. Tongda turishga qiynalish bilan bog‘liq muammoni yorqin yorug‘lik beruvchi maxsus mobil dastur ham hal eta oladi. Yuqoridagi tavsiyalarga yana nimalarni qo‘shimcha qila olamiz? Quritilgan barglar yoki gullar solib qo‘yilgan rangli oynali ko‘zachalar, xushbo‘y hid tarqatuvchi shamlar, surat uchun romlar (qo‘lda ishlangan bo‘lsa yanada yaxshi) ham xonadoningizga iliqlik bag‘ishlay oladi. Uyingizda o‘ziga xos, yoqimli va iliq muhit yarating, shunda unda o‘tkazgan har bir kuningiz ko‘z ilg‘amas sehr bilan to‘lib-toshadi.
45
1,841
Ayollar
Farzandingizga aytish yaxshi oqibatga olib kelmaydigan 8 jumla
Farzand necha yosh bo‘lishidan qat’i nazar ota-ona uchun bola bo‘lib qolaveradi. Lekin bolalik chog‘larida endigina hayotni anglashga urinayotgan murg‘ak qalb eng yaqinlari tomonidan aytilgan ayrim gaplar sabab, o‘ziga past baho beradigan, ishonchsiz va tushkunlikka beriladigan bo‘lib qolishi mumkin. Bu esa o‘z navbatida u kelajakda quradigan oilasi, kasbi va jamiyatda ham o‘z o‘rnini topa olmasligiga olib keladi. Quyida farzandga qanday jumlalarni aytmaslik kerakligi haqida to‘xtalib o‘tamiz. Meni uyimda yashayapsan, qoidalarga amal qil. Ushbu jumlani eshitgan farzand qadr-qimmati yerga urilgan, o‘zini kamsitilgandek his qiladi. Eng yomoni esa minnat qilingandek tushunib, o‘zi tug‘ilib o‘sgan uydan hafsalasi pir bo‘lishi va uyda bo‘lishni istamasligiga olib keladi. Farzandingizga siz bilan yashagani uchungina qoidalarga bo‘y sunishi emas, to‘g‘ri va noto‘g‘rilik yaxshi va yomonlik nuqtayi nazaridan tartibga rioya qilinishi kerakligini tushuntiring. Men ham shunday tarbiya olganman, kam bo‘lmadim. Har bir oiladagi vaziyat, bola psixologiyasi individual bo‘lgani uchun ham shundan kelib chiqib munosabatda bo‘lish kerak. Sizga berilgan tarbiya o‘zini oqlagan degani, farzandlaringizda ham shunday natija berishiga kafolat bo‘lmaydi. Bolangizni ichki dunyosi, qarash va qiziqishlarini o‘rganib, ularni inobatga olgan holda yondashing, suhbatlashing va tushunishga harakat qiling. Seni shu ishni qilishingni yoqtirmayman. Siz uzoq va davomli gapirgan bo‘lishingiz mumkin, lekin bola xotirasiga seni yoqtirmayman so‘zi muhrlanadi. Buning oqibatida o‘ziga va bajarayotgan ishiga nisbatan ishonchsizlik va ko‘ngli to‘lmaslik paydo bo‘ladi. Shu qilig‘ing otangga (onangga) o‘xshaydi. Dakki davomida o‘zini noto‘g‘ri ish qilganini anglagan bola, oilada bitta u emas, kattalar ham shunday nojo‘ya ishlar qilar ekan, demak aybdor bir men emas degan tushuncha paydo bo‘ladi. Eng yomoni esa o‘smir vaqtida kamchiliklari kuzatilsa, o‘xshatilgan insonni aybdor qiladi. Palonchining bolasidan o‘rnak olsang bo‘lmaydimi? Har bir bolaning yutuq va kamchiliklari bo‘lishi tabiiy, siz solishtirgan va o‘rnak qilib ko‘rsatgan bolaning o‘ziga yarasha minuslari bo‘lishi mumkin. Farzandingiz muvaffaqiyatga erishishini istasangiz uni yutuqlarini e’tirof etgan holda kamchiligi nimadan iborat ekanini to‘g‘ri tushuntiring va ustida ko‘proq ishlasa, yutuqlari soni avvalgidan ham ko‘payishini va bu uni qo‘lidan kelishini bildiring. Ammo aslo boshqa bola bilan solishtirmang. Shunaqangi aqllisan. Aslida bu rag‘batlantiruvchi jumla, lekin hali mehnat qilmagan, izlanmagan bolakay aqlim bor ekan, jonimni qiynamasam ham bo‘ladi, degan xulosa chiqarishi, oqibatda darslar va mashg‘ulotlarga yuzaki yondashishi mumkin. Buning o‘rniga sen yaxshi shug‘ullanding, o‘z ustingda ishlading va shunga yarasha qoyilmaqom natija qayd qilding, deya motivatsiya bering. Qo‘lingdan kelmaydi. Ushbu jumla bolaning o‘z salohiyati va imkoniyatlariga shubha bilan qarashi, oqibatda urinib ko‘rishdan cho‘chishi va o‘z qobig‘iga o‘ralib qolishiga olib keladi. Farzandingizga seni qo‘lingdan hamma narsa keladi va men bunga ishonaman, faqat buning uchun harakat qilib ko‘rishing va o‘z ustingda ishlashing kerak deb ayting. Ahmoqsan. Ushbu kalima orqali siz, o‘z imkoniyat va salohiyatiga yetarli baho bermaydigan shaxs yetilishiga sababchi bo‘lgan bo‘lasiz. Hayot faqat mukammallikdan iborat emas, past va balandliklar bo‘lishi tabiiy. Xato qilinganidan keyin uni bartaraf etish, bolaga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib, tavsiya berish o‘rniga uni haqoratlash, sizning ojizligingizdan darak beradi. Bola esa sizdan o‘rnak olib, yoqimsiz vaziyatda yechim topish o‘rniga kimnidir aybdor qiladigan bo‘lib voyaga yetadi. Unutmang, bola ko‘zgu — siz o‘zingizni tutishingiz va muomalangiz unda aks etmay qolmaydi.
62
3,770
Ayollar
Yog‘li terini parvarish qilish qoidalari
Teri yog‘liligining oshishi terini noto‘g‘ri parvarish qilish, uning tashqi ta’sirga yuqori sezuvchanligi va nosog‘lom ovqatlanish kabi sabablar natijasida paydo bo‘lishi mumkin. Yallig‘lanish jarayonini yumshatish uchun oddiy bodring sharbatidan ham foydalanish mumkin. Yog‘li teri uchun uni namlantirib turish katta ahamiyatga ega. Buning uchun navbat bilan yalpiz, qoncho‘p (chistotel) va namlovchi niqoblardan foydalanish tavsiya etiladi. Kundalik parvarishlashda liliya, orxideya va uzum ekstrakti kabi maksimal darajada namlaydigan yengil vositalardan foydalangan ma’qul. Kundalik ishlatiladigan barcha vositalar tarkibi yengil bo‘lishiga e’tibor qilish lozim. Yog‘ va teri bezlari faoliyatini buzuvchi, teri tuzilishini og‘irlashtiruvchi kosmetik vositalardan foydalanish tavsiya qilinmaydi. Bundan tashqari, yog‘lilikka moyil terilarni muntazam ravishda va diqqat bilan tozalab turish talab qilinadi. Bu maqsadda har kuni qo‘llashga mo‘ljallangan yumshoq skrablardan foydalangan ma’qul. Shuningdek, har hafta qattiqroq vositalardan biri hisoblanuvchi ezilgan qahva yordamida ham tozalashni amalga oshirish mumkin.
40
1,122
Ayollar
Gel-lakdan keyin tirnoqlarni qanday parvarishlash kerak?
Gel-lak olib tashlangandan so‘ng tirnoqlarning holati avvalgidek sog‘lom ko‘rinishda bo‘lmaydi. Ularni qanday parvarish qilish kerakligi haqida quyida tanishib chiqish mumkin. Ultrabinafsha chiroq bilan quritilgan gel-laklar uzoq vaqt davomida tirnoqlarni bezab turadi. Ammo qoplama bo‘yoq olib tashlanganidan so‘ng, ko‘plab ayollar tirnoqlarni dahshatli ko‘rinishda ekanligini ta’kidlaydi. Albatta, buning o‘ziga xos sabablari bor. Tirnoqlarga qo‘llaniladigan gel – gidratlangan kollagenga asoslangan murakkab kimyoviy birikma bo‘lib, u ultrabinafsha nurlar yordamida tirnoq plastinkasining yuqori qatlamida eriydi. Qoplama olib tashlanganda tirnoq plastinkasining yuqori qatlami bilan birga chiqariladi. Shu sababli yangi manikyur usuli ixtiro qilinganda mutaxassislar o‘rtasida texnikaning qanchalik xavfsizligi muhokamalarga sabab bo‘lgan. Aslida tortishuvlar hozirgacha to‘xtamagan, shuning uchun manikyurning yetakchi mutaxassislari tomonidan bir ovozdan aytilgan birinchi maslahat – gel-laklarni doimiy ravishda qo‘llash mumkin emas. Tavsiya etilgan rejim – uzoq muddatli qoplamali 2 ta manikyur uchun 3 oylik tanaffus qilish kerak. Ammo qaror qabul qilishdan oldin bilish kerak bo‘lgan narsalar bor. Jarayon davomida ishlatiladigan ultrabinafsha nurlar teri hujayralariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Agar qo‘lda xollar bo‘lsa, ayniqsa, ehtiyot bo‘lish kerak. Va nozik teriga ega bo‘lganlar uchun UV chiroq hatto kuyishga olib kelishi mumkin! Chidamli qoplama ostida tirnoq plastinkasi kislorod va namlikdan to‘liq mahrum bo‘ladi, bu qo‘shimcha omil bo‘lib, tirnoqning qurishi, mo‘rtlashishi va parchalanishiga olib keladi. Qoplamani olib tashlashda, o‘tkir eritma ishlatiladi, u folga yoki maxsus suv o‘tkazmaydigan material ostida tirnoqlarga kamida 20 daqiqa davomida qo‘llaniladi. Bu ham tirnoq salomatligiga putur yetkazadi. Ammo ushbu keltirilgan sabablar tirnoqni shellak qildirish uchun arziydi, deydigan xonimlar uchun bir qancha foydali tavsiyalar beriladi. Ular, albatta, gel-lakdan keyin tirnoq salomatligini qay tarzda tiklash mumkinligi haqida. Oziqlanish Gel-laklarni olib tashlagandan so‘ng organizmni kerakli vitaminlar bilan to‘ldirish lozim. Buning uchun ko‘proq yog‘li baliq, tuxum va pishloq iste’mol qilish kerak. Ular tarkibidagi kalsiy tirnoq uchun asosiy materialdir va tirnoq plastinkasi qanchalik qalin bo‘lsa, doimiy qoplamalardan kelib chiqadigan shikastlanish shunchalik kam seziladi. Mikroelementlar Tarkibida temir va rux ko‘p bo‘lgan vitamin komplekslari tirnoqlarga ajoyib yordamchi bo‘lib, bu elementlar ularni elastik, mustahkam, silliq qiladi va sog‘lom pushti ohangni qaytaradi.  Vitaminlar C vitamini oqartirish effekti bilan mashhur, shuning uchun kuniga bir juft sitrus mevasi tirnoqlarning holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Uni iste’mol qilish emas, balki niqob ko‘rinishida qo‘llash kerak: limon, apelsin yoki greypfrutning ichki qismi surtiladi va yarim soat davomida qo‘lqop kiyiladi. Gel-lak chiqarilganda nima qilish kerak? Tirnoqlar qisqartiriladi Plastinka qanchalik qisqa bo‘lsa, shuncha kam shikastlanadi va sinadi. Sayqal beriladi Oddiy shakl beradigan pilka qatlam qoldiqlarini olib tashlaydi va plastinkaning shikastlanmagan qatlamlariga ochiq havo kirishini ta’minlaydi. Qo‘lqopdan foydalaniladi Va keyingi 2-3 hafta ichida qo‘lqopli suv bilan bog‘liq barcha uy ishlari bajariladi. Tirnoqlarga kimyoviy moddalardan tanaffus berish kerak. Parvarishlanadi Ertalab va kechqurun jujuba, o‘rik yoki zaytun moyi bilan tirnoq atrofi massaj qilinadi. Mustahkamlovchi dorivor laklardan foydalaniladi Proteinli formulalar ayniqsa yaxshi. Jelatinli niqob qo‘llaniladi Bir osh qoshiq jelatinni bir stakan issiq suvda eritib, eritmaning harorati qulay bo‘lgach, tirnoqlar unga botirib olinadi. 20 daqiqa ushlab turilgach, salfetka bilan artib olinadi. Yodli aralashma tayyorlanadi Agar yodli vanna kechqurun qo‘llanilsa, u ertalabgacha bug‘lanadi va tirnoqlarning rangi o‘zgarmaydi. Buning uchun 2 osh qoshiq oddiy tuz va yarim osh qoshiq yodni 200 ml suvda eritiladi. Qo‘llar 15 daqiqa davomida suvga botiriladi, so‘ngra oqayotgan suv bilan yuviladi va krem surtiladi.  Bu hammom tirnoq o'sishini rag‘batlantiradi va tuzilishini yaxshilaydi.
56
4,191
Ayollar
Yangi yilda sevimli rafiqangizga nima sovg‘a qilmoqchisiz?
Sevimli rafiqangiz archa yonidan qanday sovg‘a topib olishi uning yil davomida bo‘lmasa-da, Yangi yil bayrami kunlaridagi kayfiyatiga albatta ta’sir qiladi. Bu unga sovg‘a xarid qilib, uni yanada baxtliroq qilish uchun yaxshi sabab! Ayollar uchun sovg‘a tanlash unchalik ham qiyin ish emas. Axir ayollarning ko‘pchiligi Qorbobodan nima olishni istashini oldindan bildirishga harakat qiladi. Agar rafiqangiz eski fen yaxshi quritmay qolganligi yoki soch uchun dazmol yaxshi tekislamay qo‘yganligidan shikoyat qilayotgan bo‘lsa, unda sovg‘a uchun texnikalar do‘koniga yo‘l olishni tavsiya etamiz. Yo‘l-yo‘lakay kosmetika do‘koniga kirib, ukladka uchun maxsus vosita ham xarid qilishingiz mumkin. Ma’lumki, ayollarning eng yaxshi do‘sti — olmoslardir. Bu esa ularning yuragini zabt etish uchun eng qisqa yo‘l zargarlik do‘koni orqali ekanligini anglatadi. Agar olmos ko‘zli taqinchoqlarning narxi sizni cho‘chitib yuborsa, tilla taqinchoqlarga e’tiboringizni qaratishingiz mumkin. Kumush zirak va uzukdan iborat komplektni unchalik qimmat bo‘lmagan narxda sotib olishingiz mumkin. Bijuteriyalarni xush ko‘ruvchi ayollarning turmush o‘rtog‘iga faqat havas qilish mumkin. Bunday taqinchoqlar o‘z narxi bilan ko‘zni quvontiradi. Ayollarga zinhor taqinchoqlar uchun mo‘ljallangan bo‘sh qutichani xarid qila ko‘rmang. Chunki uni ocha turib, har qanday ayol unda uzuk yoki zirak ko‘rishni istaydi. Agar unchalik qimmat bo‘lmagan, biroq foydali va yoqimli sovg‘a xarid qilmoqchi bo‘lsangiz rafiqangiz sumkasi yoki plashi rangiga mos avtomatik soyabon yoki teridan ishlangan bejirim hamyon, original suratli pasport jildi yoki ko‘p sonli plastik kartalar uchun g‘ilof tanlashingiz mumkin. USB-fleshka ham har qanday qizni xursand qilishi mumkin. Faqat uning klassik varianti emas, ayollar uchun maxsus chiqarilgan — zargarlik buyumi kabi toshlar bilan bezatilgan variantini tanlang. Ayolingizga Yangi yilda kundalik turmush yoki oshxona bilan bog‘liq sovg‘alar: idish, maishiy texnika, guldonlar, chiroq, kartina va devoriy soat xarid qilishni tavsiya etmaymiz. Oilaning boshqa a’zolari tomonidan ham foydalanilishi mumkin bo‘lgan barcha buyumlarni sovg‘alar ro‘yxatidan darhol o‘chirib tashlang. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
58
2,359
Ayollar
Ramazon oyida ovqatlanish borasida yo‘l qo‘yiladigan xatolar
Ko‘pchilik Ramazon oyida ovqatlanish borasida ba’zi xatoliklarga yo‘l qo‘yishadi. Maqolada ana shu xatoliklarga va ularning yechimlariga to‘xtalib o‘tamiz. Har kuni tarkibida ko‘p miqdorda shakar, qo‘shimchalar va rang beruvchilar qo‘shilgan ichimliklar ichish - Yechimi: Ularni bir haftada ikki martadan ko‘p ichmaslikka harakat qiling. Ko‘p miqdorda suv ichish  - Nima uchun: Qorinning suvga to‘ldirilishi uni ovqatlardan ko‘ra ko‘proq bezovta qiladi. - Yechimi: iftorlik  paytida bir necha ho‘plam, keyin esa har soatda bir piyoladan ichish. Iftorlikdan keyin bevosita jismoniy mashqlar bajarish - Nima uchun: bu vaqtda organizmdagi qon aylanish me’da atrofida to‘planadi. - Yechimi: hazm qilishni yengillashtirish uchun mashqlarni ovqatlangandan 2 soatdan so‘ng bajarish kerak. Ovqatni tez chaynash va yutish - Nima uchun: ovqatni sekin chaynash hazm qilishni tezlashtirishga va vaznni tutib turishga yordam beradi. Iftorlikdan so‘ng darrov shirinlik yoki shirinlik qo‘shilgan taom iste’mol qilish   - Nima uchun: bu sizni lanj va mudroq qilib qo‘yadi. - Yechimi: kechki namoz va taroba o‘qish paytlarida tetik bo‘lib qolish uchun iftorlik va shirinlik yeyish orasidagi tanaffus kamida 2 soat bo‘lishi lozim. Tarkibida natriy yuqori bo‘lgan oziq-ovqatlar iste’mol qilish  - Nima uchun: ro‘za tutish vaqtida natriy chanqoqlikka sabab bo‘ladi. - Yechimi: o‘rniga tarkibida kaliy yuqori bo‘lgan oziq-ovqatlarni iste’mol qiling, ular organizmdagi suvni saqlaydi va chanqoqlikni bosadi. Bananlar tarkibida ko‘p miqdorda kaliy mavjud. Saharlik paytida yeyilgan banan kun davomida chanqoqlikni kamaytirishga yordam beradi. Saharlik uchun eng yaxshi kaliy manbalari:  Saharlik uchun mos kelmaydi:  Saharlik uchun juda mos keladi:  Saharlik paytida ko‘p suv ichish muhim, lekin uni iftorlikdan saharlikkacha bo‘lgan vaqt ichida bir maromda ichish undan ham muhim. Manba: “Taalib.ru”
60
1,879
Ayollar
Qish mavsumida xonaki gullar parvarish uchun lozim bo‘lgan 3 ta muhim qoida
Issiq ob-havoda xonaki gullarni deraza oldiga qo‘yish yoki tashqariga chiqarish mumkin. Albatta, bunday vaqtda parvarish uchun imkoniyatlar ko‘p. Ammo sovuq mavsum boshlanishi bilan xonalarda maxsus isitkich qurilmalari ishga tushiriladi. Shunday vaqtda uy ichida o‘stirilayotgan gullarga qanday yordam berish mumkin? Bu savolning javobi gul parvarishini xush ko‘ruvchilarni qiziqtirishi shubhasiz. Oddiygina bir qoida mavjud. Unga ko‘ra, o‘simlikni sug‘orishdan avval barmoqni tuproqqa 2-3 santimetr chuqurlikkacha botirib ko‘rish lozim. Tuproq quruq yoki ho‘l emas, balki birozgina nam bo‘lishi kerak. Shunda gullar to‘g‘ri sug‘orilayotgani yoki yo‘qligi aniq bo‘ladi. Agar gul barglari sarg‘ayib borayotgan bo‘lsa, sug‘orishni cheklash lozim. Bordi-yu, yaproqlar qurib, jigarrang tusga kirayotgan bo‘lsa, u holda tez-tez suv quyib turish kerak. Barglarda to‘planadigan chang fotosintez jarayoniga salbiy ta’sir o‘tkazadi, ayniqsa, quyosh nuri juda kam bo‘lgan qishki mavsumda. Shuning uchun vaqti-vaqti bilan yumshoq nam matoda gul yaproqlarini artib turish tavsiya etiladi. Agar gulning tashqi ko‘rinishida biroz o‘zgarish sezilsa, uni bug‘ yordamida isitilgan hammomga bir necha kunga qo‘yish kerak. Ayrim gullar xonaki bo‘lishiga qaramay, har qanday iqlimga moslashuvchan bo‘ladi. Quyida ularning bir nechtasi bilan tanishish mumkin. Bromeliya – quyosh nuri va yorug‘likni yoqtirmaydi. Qish faslida bir necha hafta davomida suvsizlikka ham chidaydi. Aglaonema – deyarli har qanday iqlim uchun mos keladi. Dollar daraxti – suv va yorug‘likni unchalik ham ko‘p talab qilmaydi.
75
1,583
Ayollar
Havoni tozalashda eng yaxshi samara beradigan xona gullari
Xona ichidagi havoni toza tutishda tuvakda o‘stiriladigan xonaki gullarning roli katta. Quyida havoni tozalashda eng yaxshi samara beradigan o‘simliklarni keltirib o‘tamiz. Shefflera (Schefflera yoki soyabonli daraxt), ayniqsa, chekiladigan xonalar uchun mos tushadi. U tamaki tutunida bo‘ladigan nikotin va qatronni o‘ziga singdirib oladi va uning ta’sirini kesadi. Tillarang ssindapsus (Epipremnum aureum yoki potos) havoni benzoldan forig‘ qiladi. Keng barglar ushbu moddani katta miqdorda singdirib oladi. U juda tez o‘sadi, biroq uni tez-tez sug‘orish shart emas. Dratsena (Dracaena) formaldegidni zararsizlantiradi. Bu o‘simlik lak, yelim va yog‘och qirindisidan yasalgan jihozlar ajratadigan formaldegidning zaharli gazlarini yo‘q qiladi. Xlorofitum (Chlorophytum yoki gultoj) (mashinalar ajratadigan) ishlangan gazlarni samarali tarzda o‘ziga yutadi. Shu tufayli u pastki qavatlarda yashaydigan kishilar uchun juda zarurdir. Nafis xamedoreya (Chamaedorea elegans yoki xona palmasi) havoni namlantiradi va plastmassa ajratadigan moddalarni filtrlaydi. Pechakgul (Hedera helix) va benjamina fikusi (Ficus benjamina) havoni tozalash bo‘yicha rekordchilar hisoblanadi. Ular formaldegid, banzol va ammiak kabi ko‘plab zaharli moddalarni singdirib oladi. Fikus, shuningdek, havodan changni bartaraf etadi.
58
1,308
Ayollar
Sizni tetiklantiruvchi bahorgi yumushlar
Agar hali ham qish uyqusidan uyg‘onmagan bo‘lsangiz, bu maqola siz uchun. Yangi yil boshlanishida berilgan va’dalarni bajarish vaqti keldi. Agar siz yangi yilda bajariladigan ishlar ro‘yxatini tuzmagan bo‘lsangiz yoki bu ro‘yxat sizga yoqmay qolgan bo‘lsa, u holda uni yangidan tuzish va bajarishni boshlashga hech narsa to‘sqinlik qilmaydi. Bozorda sabzavotlar va mevalar supermarketlarga qaraganda bir muncha arzonroq, shirinroq va foydaliroqdir. Rozmarin, petrushka va yalpizlarni esa derazatokchada o‘zingiz ham o‘stirishingiz mumkin. Yozgacha hali uch oy bo‘lishiga qaramasdan yozgi ta’tilda qayerga borishni rejalashtiring. Balki yo‘l chiptalarini ham oldindan arzonroq narxlarda sotib olish ham mumkindir. Qishki kiyimlarni yengilrog‘iga almashtirish vaqti keldi. Puxovik va sviterlaringizni kimyoviy tozalashga topshiring, keyin esa ularni paketlarga o‘rab shkaflarga joylashtiring. Etik va issiq poyafzallarni tartib bilan yig‘ishtiring, qo‘lqop va shapkalarni kuzda olishga oson qilib o‘rang va joylashtiring. Kiyim shkafidagi keraksiz buyumlarni birorta nochor kishiga bersangiz ham bo‘ladi. Jiddiy o‘zgarish kiritish yoki yangi parda sotib olish shart emas: divan yostiqlari joyini o‘zgartiring, ramkadagi fotosuratlarni yangisiga almashtiring va nihoyat, archani yig‘ishtirib oling.  Jurnal stolchasi ustidagi lolalar bahoriy kayfiyat yaratadi, yig‘ishtirish jarayoni esa harakatlanish imkonini beradi va muammolardan chalg‘itishga yordam beradi. Manba: Wonderzine materiallari asosida
40
1,499
Ayollar
Tuxumni mazali va tez pishirishning 4 ta siri
Ba’zi uy bekalari uchun tuxumni qanday qilib oson pishirish iborasi hech qanday arhamiyatga ega emas, chunki bu jarayon oldindan aytib bo‘lmaydigan natija bilan lotereyaga aylanadi. Aslida, bu taomni tayyorlashda hech qanday murakkab jarayon yo‘q, bir nechta qoidalarga rioya qilish va pishirish texnologiyasiga rioya qilish kifoya. Qovurish uchun qanday tuxumni tanlash kerak? Qovurilgan tuxum odatda tovuq tuxumidan tayyorlanadi. Lekin bedana, g‘oz, o‘rdak va hatto tuyaqush tuxumlarini ham qovurish mumkin. Uy bekalari birinchi navbatda, kamroq ekzotik variantlarni o‘rganishi kerak. Taom uchun eng yangi tuxumni tanlagan ma’qul. Tuxumni pishirish uchun dastlab uni yaxshilab yuvish va xona haroratida bir muddat saqlash lozim. Afsuski, sovuq haroratda turgan tuxumdan mazali pishirilgan tuxumni tayyorlash mumkin emas. Tuxum qancha uzoq saqlangan bo‘lsa, qaynatilgandan keyin qobiqni olib tashlash osonroq bo‘ladi. Tuxum qovuriladigan idishni tanlash Idishning kattaligi bir vaqtning o‘zida qancha tuxumni qovurmoqchi ekanligingizga bog‘liq. Mashhur oshpazlar diametri 16 sm bo‘lgan tovada qovurilgan bitta tuxumning ideal pishirilishiga ishonadi. Tova og‘ir, quyma temir yoki maxsus yopishmaydigan qoplamali bo‘lishi kerak. Tuxumni qanday yog‘da qovurish kerak? Zaytun moyida pishirilgan tuxum yoqimli o‘tlarning hidi va sof oqsilga ega. Sariyog‘da pishgan tuxum ham yaxshi, lekin mashhur “gi” ni — yong‘oqning yoqimli ta’mi va nozik xushbo‘y hidli yog‘ni tanlagan ma’qul. Tuxumni qanday qovurish kerak? Hatto mashhur oshpazlar ham omletni qanday qilib to‘g‘ri qovurish bo‘yicha kelisha olmaydi. Hayron bo‘lishingiz mumkin, lekin bir nechta asosiy “maktablar” mavjud. Barcha oshpazlar birdek rozi bo‘ladigan yagona usul bor: tuxumni to‘g‘ridan to‘g‘ri tovaga sindirmaslik kerak. Yassi plastinka oling va ichiga tuxumni birma-bir sindiring. Agar chekka qismlari qovurilgan, qattiq oq va sarig‘i oqadigan mazali pishirilgan tuxum tayyorlamoqchi bo‘lsangiz, tuxumni issiq, ozgina yog‘langan tovaga soling. Taxminan 30 soniya davomida qovuring, keyin olovni o‘chiring va bir daqiqa kuting. Tayyor bo‘lgan tuxumni isitilgan plastinka ustiga yoyib chiqing. Tuxumning oqi to‘liq pishishi va sarig‘i suyuq bo‘lib qolishi uchun ularni oldindan stakanlarga bo‘lib solish kerak. Birinchi tuxumning oqini tovaga quying, birozdan so‘ng ehtiyotkorlik bilan sarig‘ini soling. Tuxum bir xil qovurilishi uchun juda ko‘p yog‘ni oling va uni issiq yog‘ga quying. Taxminan 30 soniya davomida qovuring, tovani turli yo‘nalishlarda biroz egib oling. Mashhur oshpaz Jeymi Oliver tuxum va sariyog‘ni bir vaqtning o‘zida tovaga solib, omletni qilishni tavsiya qiladi. Tuxumning oqi yumshoq va sarig‘i unga nisbatan bo‘lishni istasangiz yana bir usulni, ya’ni omletni past olovda pishiring va ustini qopqoq bilan yopib qo‘ying. Pishirgandan so‘ng tuxumga tuz va murch seping. Quyida mazali pishirilgan tuxum retsepti keltiriladi. Kerakli mahsulotlar: Tayyorlanishi: Asosiysi, yog‘li ovqatlarni iste’mol qilmaslik, aks holda ular sabab, mavsumdan tashqari, haroratning o‘zgarishi va boshqa omillar tufayli turli kasalliklarning kuchayishiga olib keladigan stress gormonlari faol ishlab chiqarila boshlaydi. Bunday holatlarda avvalo, oshqozon-ichak faoliyati buziladi, oshqozon yarasi va gastrit paydo bo‘ladi. Bu davrda yog‘li va qizartirib pishirilgan ovqatlardan voz kechish va ko‘p miqdorda yog‘ni ishlatmagan ma’qul.
45
3,400
Ayollar
Karantinda vaqtni samarali o‘tkazish uchun tavsiyalar
Karantinda vaqt o‘tkazishni, o‘tkazganda ham qanday qilib unumli o‘tkazishni bilmayotganlar uchun tavsiyalar beramiz. Yoga bilan shug‘ullaning. Yoga bilan shug‘ullanish uchun sport zalga borish yoki sport anjomlarini xarid qilishning keragi yo‘q, ozgina vaqt ajratsangiz va o‘z oldingizga maqsad qo‘ysangiz kifoya. Mashg‘ulot zerikarli bo‘lishini istamasangiz, sokin musiqa qo‘yib qo‘ying. Bunda siz, bir vaqtning o‘zida ham jismoniy ham ruhiy yengillikni his qilasiz. Oskar mukofotiga loyiq deb topilgan filmlarni tomosha qiling. Mazkur mukofot 1929-yildan buyon berilishidan kelib chiqilsa, unga loyiq deb topilgan filmlarni ko‘rib chiqish uchun karantin tugul, umringiz ham yetmasligi aniq. Shu bois, internet orqali so‘nggi o‘n yillikning eng yaxshi filmi yoki shunga o‘xshash shaklda qidiruvga bering. Yana ham aniqroq qay birini ko‘rsam ekan deb boshi qotganlarga, “Shindler ro‘yxati”, “Forrest Gamp” hamda “Yomg‘ir odam” singari filmlarni ko‘rishni tavsiya qilamiz. Ingliz tilingizni mukammallashtiring. Siz qachonlardir boshlagan, ammo yarim yo‘lda tashlab qo‘ygan boshqa bir xorijiy til, masalan, ingliz tilini yaxshilash uchun karantindan yaxshi imkoniyat bo‘lmasa kerak. Hatto siz masofadan turib ishlayotgan yoki o‘qiyotgan taqdiringizda ham til o‘rganishga bemalol vaqt topishingiz mumkin. O‘qish yo ishga borish va qaytish uchun yo‘lga ketkazgan vaqtingizni yangi so‘zlar o‘rganish, matn o‘qib tarjima qilish kabilarga sarflang.
53
1,443
Ayollar
Tunda tiniqib uxlash uchun kechki ovqatga nima iste’mol qilmaslik kerak?
Kechki ovqat uchun qanday taom iste’mol qilish haqidagi savol deyarli kuni bo‘yi qiynaydi. Kechki ovqat ham nonushta va tushlik kabi muhim sanalib, unga e’tiborsizlik qilish mumkin emas. Shunga qaramay, ko‘pchilik uyqudan avval tanovul qiladigan ovqatiga ahamiyat bermaydi. Natijada noto‘g‘ri ovqatlanish tufayli ichaklarda noqulaylik, og‘riqlar kelib chiqadi. Bu esa uyquda bezovtalik hamda yomon tushlarga sabab bo‘ladi. Yangi sabzavotlar Bundan hammaning hayratga tushishi tabiiy, chunki juda ko‘pchilik sabzavotlardan tayyorlanadigan salatlarsiz kechki ovqatni tasavvur ham qilmaydi. Shuningdek, parhezdagilar ham kechki ovqatga iloji boricha sabzavotlar yeyish bilan cheklanadi. Ammo masalaning muhim tomoni shundaki, tunda uyquga ketgandan so‘ng organizm ham dam olish rejimiga o‘tadi. Lekin uyqudan oldin qabul qilingan xom sabzavotlar evaziga ular tuni bilan uni hazm qilish faoliyatini olib boradi. Natijada uyquni me’yorida bo‘lmasligi va noxush his-tuyg‘ular kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Go‘sht Har qanday holatda ham kechki ovqatda go‘sht iste’mol qilish mumkin emas. Go‘sht tarkibida tirozin miqdori ko‘p bo‘lib, qonda adrenalin darajasini oshirib yuboradi. Shuning uchun ushbu mahsulotni ertalab iste’mol qilish afzal. Kechga qadar adrenalin darajasi normal holatga keladi va natijada uyqu tinch holatda bo‘ladi. Kechki ovqatga yengil oqsil tarkibiy qismi sifatida parranda go‘shti yoki baliq go‘shti tavsiya etiladi. Achchiq ovqat Hayotini achchiq taomlarsiz tasavvur qila olmaydiganlar uxlashdan bir necha soat oldin undan voz kechishi kerak. Kapsaitsin – ovqatni achchiq qiladigan qo‘shimcha shilliq qavatga tushib, og‘iz yoki oshqozonni bezovta qiladi. Jig‘ildon qaynashini sabab bo‘luvchi me’da shirasi sekretsiyasini ishlab chiqaradi. Uyqu paytida yuzaga kelgan hissiyotlar barchasi dahshatli tushlar ko‘rishga olib keladi. Shuning uchun ham achchiq taomlar retsoraniga iloji boricha tushlik uchun borish tavsiya etiladi. Yog‘li taomlar Zaytun moyi, yong‘oq, avakado kabilar mahsulotlar, albatta, afzalliklarga ega. Ammo ularni uxlashdan 4 soat avval iste’mol qilish kerak. Sababi bular ham xuddi sabzavotlar bilan bir xil. Tanadagi yog‘larni moslashtirish uchun ko‘p energiya sarflash zarur. Bordi-yu inson bu vaqtda uyquga ketsa, hazm qilish jarayoni ham shunga muvofiq to‘xtaydi.
72
2,306