folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Ayollar | Homilador ayollar uchun fitnes | Onalik qomatni qanday holga keltirishini hamma yaxshi biladi. Ortiqcha vazn, tonusini yo‘qotgan qorin mushaklari, tomirlarning varikoz kengayishi — fitnes yordamida bu yoqimsiz holatlardan qutulish yoki hech bo‘lmasa kamaytirish mumkin.
Homiladorlar uchun fitnes-dastur mashqlari sizning har doim bajaradigan mashqlaringizdan boshqacharoq bo‘lishi kerak. Endi siz yolg‘iz emas, ikki kishi ekanligingizni va bundan keyin aynan o‘sha ikkinchi tirik jon sizning fitnes uslubingizni belgilashini esdan chiqarmang.
Buralish, shuningdek turli xil egilishlar — bachadonni gipertonus holatiga keltirishi va tushish xavfini tug‘dirishi mumkin.
Homiladorlikning ikkinchi yarmidan boshlab homilada kislorod yetishmaslik xavfining oldini olish maqsadida chalqancha yotib bajariladigan mashqlardan voz kechish lozim.
Tik turib bajariladigan mashqlarni tizza bilan qo‘lga tayanib bajarishga almashtirish tavsiya qilinadi.
Shikastlanish xavfini keltirib chiqaruvchi mashqlar — sakrash, yugurish, silkinishlar, o‘tirib-turishlar mutlaqo yo‘l qo‘yilmaydi.
Masalan, o‘rtacha aerobik mashq hisoblanuvchi – piyoda yurish. Bu hech qanday ahamiyati yo‘qdek tuyulsa ham foydasi juda katta. Siz yurak-tomir tizimini mustahkamlaysiz, egiluvchanlik va chidamlilikni rivojlantirasiz.
Manba: “Woman.ru” | 30 | 1,275 |
Ayollar | Biz hayotdan kechikib oladigan 20 ta saboq | Inson bir umr hayotdan saboq olib yashaydi. Lekin hayot saboqlari dars jadvaliga qarab berilmaydi. Afsuski, ba’zi saboqlarni juda kechikib olamiz. Shulardan eng muhimlarini sanab o‘tamiz.
Yoshlikdan sog‘liqni ehtiyot qilish qarilikda o‘zini yaxshi his qilishning asosidir. Lekin, yoshlikda sog‘liqning qadrini bilmaymiz.
Keyingi haftadan yoki keyingi oyning birinchi kunidan yangi hayot boshlayman, deb reja tuzgunimizcha hayotimiz o‘tib ketganini sezmay qolamiz.
Hayot faqat oq va qora yo‘laklardan iborat emas, ular orasida har xil ko‘rinishga ega bo‘lgan ko‘plab kul rang yo‘laklar ham bor.
Ko‘pincha tuzatib bo‘lmaydigan voqea ro‘y berdi, deb o‘ylaymiz. Aslida unday emas. Hayajonimiz bosilib, vaziyatga aql bilan yondasha boshlasak, yana hammasi yaxshi bo‘ladi.
Ba’zi savollarimizga javob izlamasdan ham hayotdan zavqlanib yashasak bo‘ladi.
Hayotimizda bo‘lib o‘tgan biror voqeani eslab, agar shunday yo‘l tutmaganimda, hayotim bundan ko‘ra yaxshiroq bo‘lardi, deb o‘ylaymiz ko‘pincha. Lekin buning anig‘ini hech kim bilmaydi.
Xato qilishdan qo‘rqib imkoniyatni boy bergandan ko‘ra, xato qilib bo‘lsa ham harakat qilgan yaxshi.
Yolg‘izlik o‘zlikni anglashga yordam beradi.
Muammoning sababi har xil bo‘lishi mumkin, lekin uning yechimini topish sizning vazifangizdir.
Hayotda ko‘p narsalarga darrov erishib bo‘lmaydi, buning uchun sabr va tirishqoqlik bilan qilinadigan mehnat kerak bo‘ladi.
Inson hayoti omonat va g‘animatdir, shuning uchun o‘zingizda bor narsalarning qadriga yeting va shukur qiling.
Ko‘pchilik uchun ish juda ham zerikarli yoki qiyin narsa bo‘lib tuyuladi. Ishga qobiliyatlarimiz va talantlarimizni yuzaga chiqarishga yordam beradigan imkoniyat deb qarash kerak.
Shiddat bilan emas, biroz to‘xtab, mayda narsalardan ham zavq olib yashash kerak.
Ularsiz ham o‘zingizni baxtli his qilsangiz bo‘ladi.
Yomon fe’l-atvorning tagida boshdan o‘tkazilgan baxtsizlik yoki og‘ir bolalik yotgan bo‘lishi mumkin.
Chunki ular insonning chidamli, sabrli, jasur bo‘lishiga yordam beradi.
O‘zingizga eng yaqin do‘stingizga bo‘lgandek munosabatda bo‘ling.
Uzoqni ko‘ra bilish, muvozanatni topa bilish muvaffaqiyatsizliklar ehtimolini kamaytiradi.
Ko‘p narsa aslida bizning dunyoga bo‘lgan munosabatimizga bog‘liq.
15 yoshimizda hayot hali juda oldinda deb o‘ylaymiz, 30 yoshimizda esa hamma narsaga ulgurish mumkindek bo‘lib tuyuladi, yoshimiz 60 ga yetgandagina hayotning juda qisqaligini anglab yetamiz.
Manba: Heroine | 42 | 2,429 |
Ayollar | Kendall Jennerdan 11 daqiqalik uy sharotida bajariladigan fitness mashqlar | Kendall Jenner YouTube sahifasida, uy sharoitida qanday jismoniy mashqlarni bajarish mumkinligi bilan o‘rtoqlashdi. Elle nashrining yozishicha, modelning shaxsiy treneri Gunnar Peterson, Kendall uchun maxsus uy sharoitida bajariladigan mashqlar dasturini ishlab chiqqan.
https://youtu.be/1Qo8y0Or-mo
Dastur barcha muskullarni ishga solishga yo‘naltirilgan 13 mashqni o‘z ichiga oladi. Ular quyidagilardan iborat:
1. Tirsak bilan 30 soniya plankada turish.
2. Ikki qo‘lni tekis tutib 30 soniya plankada turish.
3. Yonlamachasiga 15 soniya plankada turish.
4. Yonlamachasiga plankada turib bo‘sh turgan qo‘l va oyoqni 5 martadan bukish.
5. Plankada turib 15 soniya davomida qo‘l va qarama-qarshi oyoqni ko‘tarish.
6. Harakatlanadigan planka.
7. Tizza bilan plankada turish.
8. Yotgan holda 20 marta gavdani ko‘tarish.
9. “Velosiped” mashqi — 30 soniya.
10. Vertikal bukilish mashqi – 20 soniya.
11. “Qurbaqa” mashqi — 15 marta.
12. Har bir oyoqni 15 martadan ko‘tarish.
Uyda bajarish uchun tuzilgan dastur ichiga olgan mazkur mashqlarni 11 daqiqada davomida bajarish mumkin. | 74 | 1,074 |
Ayollar | Muzlatkichda saqlash tavsiya etilmaydigan 15 ta mahsulot | Muzlatkichlar xonadonlarda ilk bor 1913-yilda paydo bo‘lgan, oradan shuncha vaqt o‘tishiga qaramay, ba’zi odamlar hali ham undan to‘g‘ri foydalanishni bilmaydi. Aksariyat insonlar unda xona haroratida qolishi kerak bo‘lgan mahsulotlarni ham saqlaydi, deb yozadi “Noviy ochag”.
Avokado
Oddiy sharoitda saqlansa, yanada yaxshiroq pishadi.
Rayhon, petrushka, kinza
Ko‘katlarni gullar kabi suvli idishga solib qo‘yish tavsiya etiladi.
Bulg‘ori qalampiri
Sovutkichda elastiklikni yo‘qotadi.
Bodring
Muzlatkichda bodringning yanada suvi ko‘payadi. Agar ularni muzlatkichda saqlamoqchi bo‘lsangiz, quruq plastik idishga solish lozim.
Konservalangan mahsulotlar
Tuzlangan bodring, pomidor va boshqa sabzavotlar konservalangan bo‘lsa, ularni shkafda saqlash mumkin.
Piyoz va sarimsoq
Muzlatkichda ular namlikni yutadi va bu sifatiga ta’sir qiladi. Ular quruq, qorong‘i joyda saqlanishi kerak, lekin yopiq idishda yoki kartoshka yaqinida emas.
Kartoshka
Kartoshkani muzlatkichda emas, balki quruq va qorong‘i joyda, qog‘oz qoplar ichida saqlash tavsiya etiladi.
Bananlar
Ularning yanada yaxshiroq pishishi uchun xona haroratida saqlash lozim.
Rezavorlar
Ularning ta’mini o‘zgartirmaslik uchun quruq, qorong‘i joyda saqlagan yaxshiroq.
Sitruslar
Alohida idishda saqlash va shikastlanganlarni darhol ajratib olish kerak.
Souslar
Issiq souslar, soya va ketchup xona haroratida bir oygacha saqlanishi mumkin. Iste’mol qilinmagandagina muzlatkichga qo‘yish tavsiya etiladi.
Yong‘oq moyi
Muzlatkichdan tashqarida uch oygacha saqlash mumkin.
Asal
Agar asalga qo‘shimchalar qo‘shilmagan bo‘lsa, u muzlatkichdan tashqarida ham uzoq vaqt qolishi mumkin.
Shokolad va qahva
Maksimal lazzatlanish uchun ularni qorong‘i, iliq joyda saqlash lozim.
Baqlajon
Ular eng yaxshi xona haroratida bir necha kun davomida saqlanadi. | 56 | 1,798 |
Ayollar | O‘zbekiston FVV jaziramadan saqlanish borasida tavsiyalar berdi | Avvalroq, gidrometeorologiya xizmati markazining ma’lumotlariga asoslanib 2-iyul kunlari O‘zbekiston hududiga Erondan Turkmaniston orqali issiq va quruq havo oqimining kirib kelishi kuzatilishi haqida xabar bergan edik. O‘zbekiston FVV mana shunday issiq havoda aholiga jaziramadan saqlanish bo‘yicha tavsiyalar berdi.
JAZIRAMA ISSIQ – bir necha kunda o‘rtacha havo haroratining 10 va undan yuqori gradusga ko‘tarilishini anglatadi.
Xavfi shundan iboratki, inson tana harorati 37.1 oС dan ko‘tarilishi, yoki tana haroratining 38.8 oС ga ko‘tarilib inson salomatligiga salbiy ta’sir etishi mumkin. Inson tana haroratining ko‘tarilishi tananing qizarishiga va kuchli chanqoqqa olib keladi. Keyinchalik, xushdan ketish, nafas qisishi va yurak to‘xtashiga olib kelishi mumkin.
Jazirama issiqqa tayyorgarlik choralari
Suv zaxirasini yaratish uchun qo‘shimcha idishlarga suv to‘ldirib qo‘ying. Issiq kunga mo‘ljallangan kiyimlarni, elektr maishiy uskunalarni (ventilyator, konditsioner) tayyorlab qo‘ying. Agar siz qishloq joylarda istiqomat qilsangiz, soyabon, shiyponlar, quduqlardan, shuningdek derazalar uchun qalin pardalardan foydalaning. Ichimlik suvidan unumli foydalaning.
Jazirama issiq haroratdan ta’siridan saqlaning. Och rangdagi, havo o‘tkazuvchi (iloji bo‘lsa paxta xomashyosidan) kiyim va bosh kiyimlardan foydalaning.
Yodda tutinki, kuygan tana qismi sovimaydi va terlamaydi. Shoshmasdan harakatlaning, iloji boricha soya joylarda bo‘lishga harakat qiling. Pivo va boshqa alkogol mahsulotlarni iste’mol qilish tavsiya etilmaydi, bu organizmning umumiy holatiga salbiy ta’sir etishi mumkin. Issiq kunda shifokorlar bilan maslahatlashgan holda, qo‘shimcha tuzli mahsulotlar va meva, sabzavotlardan iste’mol qiling.
Jazirama issiq natijasida oftob urganda zudlik bilan soya joylarda saqlaning, zudlik bilan dush qabul qiling yoki shamol bor joyga o‘ting va asta-sekinlik bilan ko‘proq suv iste’mol qiling. Oftob urushidan saqlanish maqsadida iloji boricha badaningizni sovutishga harakat qiling.
Jazirama issiq kunda yong‘in xavfi kelib chiqishi mumkinligini yodda tuting.
ISSIQ KUNDA NIMA QILISH KERAK
Bunday issiq kunda, konditsionersiz iloji yo‘q. Ammo kuni bo‘yi konditsioneri bor bo‘lgan xonada bo‘lsangiz ham, shunday joylashingki undan chiqayotgan sovuq havo to‘g‘ridan-to‘g‘ri sizga ta’sir qilmasin. | 63 | 2,316 |
Ayollar | Sovuq mavsumda lablar qurimasligi uchun 5 ta foydali maslahat | Odatda havoning sovishi natijasida yuz, qo‘l terisi kabi labda ham qurish jarayoni kuzatiladi. Hamisha harakatda bo‘lgan lab juda nozik va qayta tiklanmas teriga ega. Shuning uchun qurish va yorilish jarayonining oldini vaqtida olish kerak.
Suyuqlik va ovqatlarni to‘g‘ri iste’mol qilish zarur
Bir qarashda foydasiz tuyilgan tavsiyalar aslida doimo samara beradi. Ma’lumki, organizm uchun suyuqlik miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi. Olimlar hamisha ikki yoki uch litr suyuqlik kunlik me’yor hisoblanishi haqida takrorlab kelmoqda. Iste’mol qilinadigan ovqatlarga ham e’tiborli bo‘lish kerak. Agar labda qurish jarayoni boshlangan bo‘lsa, demak, achchiq va sho‘r taomlardan tiyilib turish tavsiya etiladi.
Lablarni hech qachon namlamang
Agar labni tez-tez namlash odatga aylangan bo‘lsa, inson qat’iy ravishda bundan voz kechishi kerak. Sababi og‘izdagi tupuk yoki so‘lak tarkibida amilaza fermenti mavjud bo‘lib, u uzoq muddatli hazm qilish jarayonining birinchi bosqichini boshlaydi. Shuning uchun ham oziq-ovqatni maydalovchi ferment labning nozik terisini osongina zararlay oladi. Yana bir taqiqlash kerak bo‘lgan odat — tishlash. Labning yuzasidan teri qismlari ko‘cha boshlaganda, albatta, uni tishlab yulib olishga harakat paydo bo‘ladi. Afsuski, bu holat birinchidan, qayta tiklanmaydigan lab terisida og‘riqni keltirib chiqaradi. Ikkinchidan, lab terisi ko‘chganidan so‘ng turli xil infeksiya yuqishi ehtimoli ortadi.
Ularni himoya qilish kerak
Quyosh nuridan terini himoyalash uchun bir necha xil vositalardan foydalaniladi. Qishda esa issiq kiyimlar yordamida sovuqdan saqlanadi. Ammo bu borada lablar e’tibordan chetda qoladi. Natijada lablar yorilishi, qurishi yana takrorlanadi. Buning oldini olish uchun lablar uchun maxsus balzamlardan doimo foydalanish kerak. Shuningdek, sovuq havoda yuzning yarmigacha bo‘lgan qismini sharflar yordamida berikitish zarur.
Maxsus vositalardan foydalanish tavsiya etiladi
Lab uchun turli kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilgan balzamlar mavjud. Ulardan foydalanishni kanda qilmaslik zarur. Shuningdek, lab qurishiga quruq hamda sifatsiz lab bo‘yog‘i ham sabab bo‘lishi mumkin. Lab qurigan vaqtda iloji boricha ularga maxsus balzamlardan boshqa vositalar surmaslik tavsiya etiladi. Balzam vazelin, dimetikon, shi moyi va gialuron tarkibga ega bo‘lishi kerak. Sababi ularning barchasi uzoq vaqt namlikni saqlab turadi va qurish jarayonini tez orada bartaraf etadi.
Balzamlardan uzluksiz foydalanish muhim
Uxlashdan avval og‘iz bo‘shlig‘ini tozalash natijasida, shuningdek, yuzni kosmetik vositalardan xalos qilgandan so‘ng labda qurish holati kuzatilishi mumkin. Shu zahoti lab uchun maxsus balzam surishni unutmaslik kerak. Bundan tashqari, balzamni yotoqxona, ish joyi, mashina va sumkada ham olib yurish va vaqti-vaqti bilan undan foydalanish tavsiya etiladi. | 61 | 2,822 |
Ayollar | O‘zingizni yaxshi tomonga o‘zgartirishning 3 yo‘li | Agar siz o‘z ustingizda ishlashni hozirdan boshlasangiz, kelajakda kuchingizni, vaqtingizni va pulingizni ancha tejaysiz.
Agar siz yurish-turishingizni haqiqatan ham o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz, biron bir narsani 98% ga bajarish mumkin degan fikrdan voz keching.
Izchillik g‘oyat muhim, aks holda siz o‘zingizga sabab ko‘rsatish uchun har doim kuch sarf qilishingizga to‘g‘ri keladi. O‘zgarishga o‘zingizga va’da berasiz, lekin har doim nojo‘ya harakatga yo‘l ochadigan imkon qoldirasiz. Xuddi siz buning uddasidan chiqolmasligingizga o‘zingizni oldindan ishontirgandek bo‘lasiz.
Hayotning bir sohasidagi ijobiy o‘zgarishlar, hatto u unchalik katta bo‘lmasa ham katta turtki beradi. Asosiysi — hayotning boshqa sohalarida ham kundan-kunga o‘zgarish uchun olingan motivatsiyadan foydalanish.
Yaxshiroq bo‘lganingiz sari yanada ko‘proq mukammallashishda davom etishni xohlaysiz. Qancha ko‘proq o‘rgansangiz, hali siz ko‘p narsalarni o‘rganishingiz kerakligini ko‘proq tushuna boshlaysiz. Bugun siz kechagidan ko‘ra yaxshiroq bo‘lganingizni anglash sizni ruhlantiradi. Endi siz ertaga nimalarga erishishingizni tasavvur qilib ko‘ring!
Birinchi bo‘lib o‘zingizga bo‘lgan ishonchni o‘zgartiring. O‘zingizdan so‘rang:
Ko‘pchilik odamlar o‘zining hayoti oddiy bo‘lmasligiga ich-ichidan ishonmaydi. Ularning mukammal kelajagi o‘zlariga intilish mumkin bo‘lgan o‘rinli maqsad bo‘lib ko‘rinmaydi.
Lekin agar siz o‘z odatlaringizni o‘zgartirmoqchi va rivojlantirmoqchi bo‘lsangiz, yaxshiroq bo‘la olishingizga ishonishingiz kerak.
Manba: “Layfxaker” | 50 | 1,538 |
Ayollar | Tirnoqlardagi akril qoplamani uy sharoitida olib tashlashning oson usullari (video) | Tirnoqlaringizdagi akril qoplamani olib tashlash kerak, lekin salonga borishga vaqtingiz yoki imkoningiz yo‘qmi? Aslida akrilni olib tashlash oson ish emas, buni barcha ko‘rsatmalarga rioya qilgan holda juda ehtiyotkorlik bilan bajarish kerak.
Uy sharoitida tirnoqlardagi akrilni aseton bilan qanday o‘chirish mumkin?
Pilka yordamida olib tashlang
Pilkadan foydalanib, iloji boricha qalin akril qoplamasini ko‘chirib tashlang. Buning uchun qattiqligi 100/180 bo‘lgan pilka yoki tirnoq kesgich kerak bo‘ladi. Tirnoq atrofidagi teriga ehtiyot bo‘ling.
Tirnoqlarni asetonga botiring
Akril iloji boricha olib tashlangan akrilni yumshatish uchun tirnoqlarga aseton qo‘llashni tavsiya qiladi.
Buning ikkita usuli bor: Birinchi holatda har bir tirnoqqa aseton bilan namlangan paxta diskini qo‘yib, barmoqlar uchini folga bilan o‘rash lozim. Ikkinchi usulda qo‘llarni asetonli idishga botirish mumkin. Bu usul oson, lekin teriga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bundan tashqari, ko‘p vaqt talab etadi.
Agar oxirgi variantni tanlasangiz, teri qurib ketmasligi uchun faqat barmoq uchlarini idishga botiring. Bu muolajani faqat havo yaxshi aylanadigan joyda qilish kerak, chunki aseton juda uchuvchan suyuqlik bo‘lib, nafas olish sistemasini zararlashi mumkin.
Qolgan akrilni ehtiyotkorlik bilan olib tashlang
Asetonga botirgandan so‘ng, har 20 daqiqada tirnoqlaringizni tekshiring va yumshoq akrilni apelsin tayoqchasi bilan olib tashlang. Bu jarayonni qoplamaning hammasi erimaguncha takrorlang.
Tirnoqlardagi akrilni asetonsiz qanday ketkizish mumkin?
Tirnoqlarni tozalash vositasidan foydalanib ham olib tashlashingiz mumkin. Ammo esda tuting: akrilni asetonsiz ketkazmoqchi bo‘lsangiz, bunga ko‘p vaqt ketadi. Buni quyidagicha amalga oshirish lozim: | 83 | 1,748 |
Ayollar | Qanday qilib meva va sabzavotlarni tanlashda xatolikka yo‘l qo‘ymaslik mumkin? | Yoz mavsumi boshlanishi bilan do‘kon va bozorlardagi meva, rezavor va sabzavotlar bo‘limlariga ko‘proq e’tibor qaratiladi. Ularning ko‘pligidan eng mazali va pishganini tanlash ancha qiyin. Pulni isrof qilmaslik va uyga qaytganda xafsala pir bo‘lmasligi uchun AdMe nashri taqdim etgan bir nechta tavsiyalarga amal qilish kerak bo‘ladi.
Gilosning rangi uning pishganligining ko‘rsatkichi emas.
Qizildan och sariq ranggacha bo‘lgan bir nechta shirin gilos navlari mavjudligi sababli, to‘q qizil rang uning sifatko‘rsatkichi emas. Avvalo, uning bandiga qarash kerak: yorqin yashillarini xarid qilish tavsiya etiladi. Giloslar esa porloq, qattiq va to‘liq bo‘lishi lozim.
Karamni tashqi yaproqlariga ko‘ra tanlash lozim.
Karamning sifati va yangiligini aniqlash juda oddiy: tashqi barglar porloq va bir-biriga mahkam bosilgan bo‘ladi. Agar ajralgan yoki maydalangan karamni afzal ko‘rsangiz, unda boshqasiga qaraganda kamroq C vitamini borligini yodda tuting.
Golubikaning oq qoplamasi sifat belgisidir.
Golubika sotib olayotganda, ustidagi oq qoplamadan qo‘rqish shart emas. Oq rang golubikaning yangiligini ko‘rsatadi, chunki u tabiiy quyoshdan himoya qiladi. Yangi rezavor terisi elastik va silliq bo‘lib, unda nuqsonlar va mog‘or bo‘lmasligi kerak.
Paketlarda tozalangan salat barglari odatdagidek bo‘lmaydi.
Ko‘pgina mijozlar “Mahsulot oldindan yuvilgan” yozuvli ko‘katlarni afzal ko‘radi. Ammo bu holatda, ko‘proq ehtiyot bo‘lish kerak, chunki bunday salat barglari odatda xlor bilan yuviladi. Bundan tashqari, tadqiqotlarga ko‘ra, yuvilgan ko‘katlarda bakteriyalar darajasi oddiy yuvilmagan va kesilmaganlarga qaraganda ancha yuqori. Qolaversa, sariq va jigarrang dog‘lar va so‘lish belgilari bo‘lmagan yorqin yashil salat bargini tanlash kerak.
Qovoqcha katta bo‘lishi shart emas.
Bu g‘alati tuyilsa-da, qovoqcha sotib olayotganda eng kichiklariga e’tibor berish yaxshiroqdir. Gap shundaki, katta qovoqchalar ko‘pincha suvli va achchiq ta’mga ega bo‘ladi.
Nokning yuqori qismini bosib ko‘ring.
Nokning pishganligini tekshirishning ishonchli usuli bor — barmoq bilan nokning yuqori qismi yengil bosiladi. Agar u bosimga duchor bo‘lsa, unda nok pishgan va uni olish mumkin. Bunday holda, mevaning o‘zi qattiq bo‘lishi kerak. Agar u yumshoq bo‘lsa, ehtimol meva haddan tashqari pishgan bo‘lishi mumkin.
O‘rikning qizargani pishganligini bildirmaydi.
Pishgan o‘rikni tanlash uchun mevaning rangiga ishonmaslik kerak, chunki qizarish har doim ham uning pishganligini ko‘rsatmaydi. Yorqin xushbo‘y hidli va biroz yumshoq, ammo shilimshiq bo‘lmagan qattiq, quyuq to‘q sariq o‘riklarni tanlash tavsiya etiladi. Agar meva juda qattiq bo‘lsa, u nordon bo‘lishi ham mumkin.
Ismaloq ho‘l bo‘lmasligi kerak.
Ismaloq tanlayotganda, uning to‘q yashil rangga ega ekanligiga va so‘lib qolgan barglari yo‘qligiga ishonch hosil qiling. Ko‘katlarni xarid qilishda paket va qutilarda namlik bor-yo‘qligini tekshirish muhim. Rastada emas, muzlatkichda saqlanadigan ismaloqni sotib olish tavsiya etiladi.
Shaftolining xilma-xilligiga e’tibor bering.
Dasturxon uchun eng mazali va pishgan shaftolini olish uchun sotib uning qobig‘ining rangiga qarang. Mevada yashil dog‘lar bo‘lmasligi kerak, pishgan mevaning terisi qizil-to‘q sariq rangga ega bo‘ladi. Biroq ko‘p narsa xilma-xillikka bog‘liq. Shaftoli sariq-oq rangga ega bo‘lishi mumkin va undan kam mazali bo‘lmaydi.
Qulupnay bargiga diqqat bilan qarang.
Yoz boshida eng mashhur rezavorlardan biri — qulupnay. Albatta, birinchi navbatda, dasturxondan qizil mevalar birinchi bo‘lib joy oladi. Lekin mevaning barglarini diqqat bilan ko‘rib chiqish lozim: agar ular oq bo‘lsa, unda rezavorlar pishmagan holda terib olingan bo‘lishi mumkin. | 78 | 3,680 |
Ayollar | Kiprik to‘kilishing 5 sababi | Ko‘zlarni chang va zararlanishlardan himoya qiladigan kipriklarning to‘kilishiga nafaqat tashqi omillar balki salomatlik bilan bog‘liq muammolar ham sabab bo‘lishi mumkin.
Vitaminlar yetishmovchiligi
Parhez qilish, noto‘g‘ri ovqatlanish va ratsiondagi mahsulotlarning balansda bo‘lmasligi kipriklar to‘kilishiga olib keladi. Kipriklar sog‘lom o‘sishi uchun: temir, magniy, A, B, E vitaminlari va biotin muhim sanaladi. Aynan shu sabab ham barra sabzavot va mevalar, baliq-go‘sht mahsulotlari, ko‘kat hamda yong‘oqlardan tayyorlangan taomlarni iste’mol qilish kerak.
Teri kasalliklari
Neyrodermit, gerpes, psoriaz va qovoqlar atrofida namoyon bo‘lgan boshqa kasalliklar noxush holatlarni keltirib chiqaradi. Odam qo‘li bilan qashigan va tegingani sabab esa kipriklar to‘kila boshlaydi. Bunday vaqtda o‘zboshimchalik bilan davolanmasdan shifokorga murojaat qilish, vaqtincha makiyaj qilmay turish lozim.
Gormonal o‘zgarishlar
Gormonlar bilan bog‘liq muammolar mavjudligi, organizmda vitaminlar yetishmasligi esa kipriklar to‘kilishiga olib keladi. Bunday vaqtda kipriklar uchun zardob xarid qilishdan avval mutaxassis bilan maslahatlashish kerak.
Kiprik qayriltiradigan vositadan noto‘g‘ri foydalanish
Kipriklarni tush surtishdan avval “toza” vaqtida qayriltirish kerak. Bu qoidaga amal qilmaslik kipriklar strukturasiga zarar yetkazishi mumkin.
Sifatsiz tushdan foydalanish
Arzon, sifatli bo‘lmagan tushlar tarkibida teri va shilliq qavatga zarar yetkazadigan sintetik qo‘shimchalar hamda faol komponentlar bisyor bo‘ladi. Shu sabab ham xariddan avval tarkibini o‘rganish va ichiga yallig‘lanish keltirib chiqaradigan bakteriya hamda viruslar to‘planishini inobatga olib, har ikki-to‘rt oyda yangilab turish lozim. | 28 | 1,714 |
Ayollar | Krossovka bilan bahoriy obrazlar yaratamiz | Krossovka moda ixlosmandlari uchun eng sevimli poyabzallardan biri hisoblanadi. Lekin nima uchundir ko‘pchilikda krossovkani faqatgina jinsi yoki sport kiyimi bilan kiyish kerak, degan tushuncha bor. Aslida esa ushbu oyoq kiyim bilan turli obrazlar yaratish, boshqa uslub bilan moslash mumkin. Shundan kelib chiqqan holda, krossovka bilan yaratish mumkin bo‘lgan o‘ziga xos obrazlarni taqdim qilamiz.
1.Etak qismi keng bo‘lgan yubka bahor-yoz mavsumida eng dolzarb liboslardan biri hisoblanadi. Bunday yubkani faqatgina poshnali tufli va baletkalar bilan kiyish mumkin deb o‘ylovchilar yanglishadi — krossovka bilan moslash qiziqarliroq ko‘rsatadi. Mazkur obrazni printsiz, minimal uslubdagi futbolka bilan kiyish tavsiya qilinadi.
2. Oq rangli tul matosidan tikilgan uzun libos bilan krossovka kiysangiz, ortiqcha bezaklarsiz ham bashang ko‘rinasiz.
3. Sport uslubidagi oq krossovka bilan klassik uslubdagi shorti va jaketni moslash noan’anaviy obraz yaratilishiga sababchi bo‘ladi. Bunda bel qismi yuqori, bichimi keng bo‘lgan shorti hamda past qismi beldan tushib turadigan, erkin jaketni tanlash tavsiya qilinadi.
4. Istalgan zerikarli obrazni krossovka va rang-barang paypoqlar bilan yorqin qilish mumkin. Uzun oq paypoq, jinsi va futbolka kundalik uchun eng yaxshi tanlov. Agar yana ham o‘ziga xos bo‘lishni istasangiz, yorqin rangli paypoq kiying va uning rangidan aksessuar — sumka yoki obodok taqing. | 42 | 1,413 |
Ayollar | Qomat tuzilishidan kelib chiqib libos tanlash bo‘yicha tavsiyalar (foto) | Sarvqomat ko‘rinish va obrazning muvaffaqiyatli chiqishi uchun kiyim hamda aksessuarlarni qomat tuzilishidan kelib chiqib tanlash kerak.
Qomatining pastki qismi keng ayollar uchun
Yuqori qismi ingichka, beldan pastki qismi keng bo‘lgan ayollarga yopishib turadigan ko‘ylak va keng shim kiymaslik tavsiya qilinadi. Ularning kichkina o‘lchamdagisi qomatni xunuk ko‘rsatadi, katta o‘lchamdagisi esa qop kiyib olgandek tasavvur beradi. Yaxshisi qomatni aks ettiradigan top bilan tizzadan tushib turadigan yubka kiying. Marks & Spencer taqdim qilgan kolleksiyadagi to‘g‘ri bichimli shim ham bunday qomat vakillariga yarashishi aniq.
Qomatining yuqori qismi keng bo‘lgan ayollar uchun
Qomati teskari uchburchak, ya’ni yelka qismi keng, beli ingichka qomat vakillari esa old qismi ochiq, tor va yoqalari keng kofta kiymagani yaxshi. Buning o‘rniga old qismi V shaklini esga soladigan top va bel qismi yuqori turadigan keng shim va yubkalarga e’tibor qarating. Qolaversa, Marks & Spencer kolleksiyasidagidek ko‘ylak va keng yubkalardan ilhomlanishingiz mumkin.
Yelka va bo‘ksasi keng, beli ingichka ayollar uchun
Qomati qum soati shaklini esga soladigan bunday ayollar belining ingichkaligi hisobiga istalgan kiyimni tanlashi mumkin. Shunga qaramay, mutaxassislar tor va geometrik printlar tushirilgan liboslar kiymaslikni tavsiya qiladi. Buning o‘rniga o‘simlik va gullar printi tushirilgan liboslarning siyohrang hamda qizil rangli variantlariga e’tibor qarating.
Qomati to‘rtburchak shakldagi ayollar
Bo‘ksa va yelkalari keng bo‘lgan qizlarga mutaxassislar bel qismiga urg‘u bermaslikni tavsiya qilmaydi. Aynan shu sabab ham bel qismida belbog‘ va rezinkasi bor kiymang. Undan ko‘ra Marks & Spencer Horizon kolleksiyasidagidek to‘g‘ri bichimli jinsi va keng jemferga e’tibor qarating.
Qorni bor, ammo oyoqlari ingichka bo‘lgan ayollar
Qorin va bel qismi to‘la, ammo oyoqlari ingichka bo‘lgan qizlarni keng bichimli ko‘ylak va bel qismi yuqori shimlar yanada to‘la ko‘rsatadi. Yengil jaket, “zapax” bichimli bluzka va yorqin rangli keng plashlar esa omadli obraz yaratishga hissa qo‘shadi. | 72 | 2,088 |
Ayollar | Homilador ayollar sochlarini bo‘yashi mumkinmi? | Odatda bo‘lajak onalar orasida sochni boshqa rangga bo‘yash borasida savollar tug‘iladi. Aslida farzand kutayotgan ayol sochlariga bo‘yoq bilan o‘zgartirish kiritishi mumkinmi? Ushbu savolga Lifehacker nashri javob berdi.
Sochni bo‘yash homilaga zarar yetkazishi mumkinmi?
Bo‘yoq tanaga kirmasdan, faqat soch va teriga ta’sir qilganligi sababli protsedura zarar qilmaydi. Shunga qaramay, ko‘plab shifokorlar homiladorlikning ikkinchi trimestriga qadar go‘zallik saloniga tashrifni kechiktirishni maslahat beradi.
Haqiqat shundaki, dastlabki oylarda ko‘plab ayollar o‘tkir hidlarga sezgir bo‘ladi, shuning uchun ushbu jarayon ko‘ngil aynishi va bosh og‘rig‘iga olib kelishi mumkin. Homilaning 13-haftasidan so‘ng sochga rang berish uchun ishonchli mutaxassisga murojaat qilish yoki buni uy sharoitida amalga oshirish mumkin.
Rang bilan bog‘liq muammolardan qanday qochish kerak?
Odatga ko‘ra, sinovdan o‘tgan bo‘yoqdan foydalanish tavsiya etiladi. Chunki ba’zi birikmalar allergiyaga olib kelishi mumkin, shuning uchun tajribalarni kechiktirish va tasdiqlangan mahsulotlardan foydalangan yaxshiroq. Agar homilador ayolda ekzema yoki psoriaz kasalligi kabi teri muammolari bo‘lsa, bo‘yashdan oldin dermatolog bilan maslahatlashish kerak.
Ventilyatsiyani tekshiring. Homiladorlik davrida ko‘plab ayollarda hidga nisbatan sezgirlik kuchayadi va aksariyat bo‘yoqlar hidi yoqimsiz. Ko‘ngil aynishi va bosh og‘rig‘iga yo‘l qo‘ymaslik uchun xona yaxshi ventilyatsiya qilingan bo‘lishi lozim.
Qo‘lqop kiying. Homiladorlik davrida terining ham sezgirligi oshishi mumkin, shuning uchun sochni uyda o‘zingiz bo‘yasangiz, qo‘llarga himoya qo‘lqopini kiyishni unutmang.
Bolani ona suti bilan oziqlantirish vaqtida soch bo‘yashdan qo‘rqishning keragi yo‘q. Chunki bo‘yoq tarkibi ona sutiga kirmaydi va protsedura chaqaloqqa zarar yetkazmaydi. | 47 | 1,828 |
Ayollar | Makiyaj yordamida yosharish mumkinmi? | Bir nechta hiylalar yordamida kamida bir-ikki yilga yosharish mumkin. Mohir qo‘llar yordamida esa yanada ko‘proq yilga yosharish mumkin, bu haqda maqolada o‘qib bilib oling.
Yosh o‘tavergan sari kipriklar yupqalashib va siyraklashib qoladi, bu esa nigohni o‘zgartiradi. Vizual ravishda “ko‘zlarni ochish” uchun ikki xil usul bor. Birinchidan, kipriklar oralig‘idagi bo‘shliqni qora podvodka bilan to‘ldirish mumkin. Ehtiyotkorlik bilan, qovoqning harakatlanadigan qismiga chiqmasdan turib chizing. Ortiqcha chizilib ketgan qismini paxta yordamida o‘chirish mumkin. Ikkinchidan, kiprikni qayiruvchi qisqichdan foydalanish endi siz uchun ortiqcha zeb-ziynat emas, balki zaruratga aylanadi, uni hajm beruvchi tush bilan birga qo‘llash kerak bo‘ladi.
Tortishish kuchini o‘zgartirib bo‘lmaydi — 35 yoshdan keyin yuz ovalidagi yaqqol o‘zgarishlarni sezishingiz amri mahol, ammo yuzda sezilarli ajinlar bo‘lmasa-da, to‘satdan soyalar paydo bo‘ladi. Odatda burun va labni birlashtiruvchi burmalar, ko‘zning ichki burchagida pastga o‘tadigan “ko‘z yoshi egati” eng muammoli hududlarga aylanadi. Parvarish bilan bog‘liq profilaktika choralari (masalan, yuz gimnastikasi va massaj ancha sezilarli muammolarni biroz kechiktirishda yordam beradi)dan tashqari, makiyaj uchun vositalar to‘plamiga mos tushuvchi xaylayter qo‘shish va ushbu hududlarni “yorug‘roq qilib”, soyalarni tekislash kerak.
Lab yosh kattalashgan sari juda sekinlik bilan o‘zgaradi, farqni o‘zingiz 17 yoshligingizda tushgan suratni diqqat bilan kuzatib sezish mumkin. Shunisi hayratlanarliki, lab atigi bir necha millimetrga kichraygan bo‘lsa-da, bu yuz ifodasidan kelib chiqadigan umumiy taassurotni butunlay o‘zgartiradi — yupqa lablar yuzni dag‘alroq ko‘rinishga keltiradi. Muammoni bartaraf etish uchun sut rangidagi sadaf qalam yoki xaylayter upa va ingichka mo‘yqalam kerak bo‘ladi: ustki va pastki labning markaziy qismlariga jilo bering va yaxshilab ishqalang.
Mutlaqo ko‘pchilik ayollarda yosh o‘tgan sari teri quruqlashib boradi: bu organizmda sodir bo‘ladigan gormonal o‘zgarishlar bilan bog‘liq. Bu upa o‘rniga kremli teksturalarni afzal ko‘rishning birinchi sababidir: ular bunday teriga ancha yaxshiroq suriladi. Ikkinchi sabab — upa bungacha ko‘zga tashlanmay turgan ajinlarga kirib qolib, ularni bor bo‘yicha namoyon qilishi mumkin. Agar siz makiyajni upasiz tasavvur eta olmasangiz, yarim shaffof teksturalarni tanlang.
Yuzni “yaratadi” deya ta’riflanadigan qoshlar ham vaqt o‘tishi bilan o‘zgaradi. Ayniqsa, qoshning tashqi qismi siyraklashib qoladi: agar qosh juda ingichka bo‘lsa, bu nigohni horg‘in va xira qilib qo‘yadi. Shu tufayli, qoshingiz tabiatan yaxshi shaklda bo‘lsa ham, ularga biroz urg‘u berish zarar qilmaydi. Qoshning o‘rta qismi, qayrilgan joyi eng to‘q hudud bo‘lishi kerak. Uning asosi esa eng och tusda bo‘lishi zarur, bu qoshga qaldirg‘och qanotidek “uchib” turganlik effektini beradi va haqiqatan ham yuzning shaklini bor bo‘yicha namoyon qiladi. | 37 | 2,945 |
Ayollar | Achib qolgan sutdan unumli foydalanishning 9 usuli | Achib qolgan sut ertalabdan qahvasiz va mazali bo‘tqasiz qoldirishi tabiiy. Lekin uni tashlab yuborishga shoshilmaslik kerak. Undan boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin.
Avvalo muzlatkichdagi sutning holatini aniqlash kerak. Agar u endigina buzila boshlasa, uni ishlatib yuborish mumkin. Ammo sut yuzasida allaqachon parchalar paydo bo‘lgan yoki uning rangi o‘zgargan bo‘lsa, demak, u yaroqsiz holga kelgan. Pasterizatsiya qilinmagan sutni sotib olganlar uni achib, quyuqlashgunga qadar kutishi mumkin.
Achib qolgan sutdan nimalar tayyorlash mumkin?
Quymoq pishiring
Achigan sut quymoq pishirish uchun ayni muddao. Oladye, quymoq, bulochka — ko‘plab retseptlar mavjud, faqat ma’qul kelganini tanlash kerak.
Sho‘rva tayyorlang
Achigan sut pyure sho‘rva va zapekanka tayyorlash uchun juda yaxshi tanlov. Unga go‘sht qo‘shib, taom quyuqlashgunga qadar aralashtirish kerak.
Go‘shtni marinadlang
Go‘shtni achigan sutda marinadlash orqali uni mazali, suvli hamda yumshoq pishirish mumkin.
Pishloq yoki tvorog tayyorlang
Achigan sutdan uy sharoitida pishloq yoki tvorog tayyorlash mumkin. U idishlarda 90 darajada qizdiriladi, tvorogni zardobdan ajratilishi uchun sirka qo‘shib, muloyimlik bilan aralashtiriladi. So‘ngra tvorog doka yordamida suvdan suzib olinadi. Tuz, ozgina qaymoq qo‘shib aralashtiriladi. Sovitilgan tvorogni bir hafta iste’mol qilish mumkin.
Kosmetika o‘rnida foydalaning
Achigan sut tarkibidagi kislota teriga foydali, uni silliq va tarang qiladi. Sutni suv bilan ozgina suyultirib, yuzga surtiladi. Keyin yuz toza suv bilan yuviladi.
Sutli vanna qabul qiling
Iliq vannada bir yoki ikki stakan achigan sut tanaga sehrli ta’sir ko‘rsatadi. Agar hidi bezovta qilsa, sevimli efir moyining bir necha tomchisi buni yaxshi bartaraf etadi.
O‘simliklar uchun foydali
Achigan sutni ichish mumkin emas, lekin o‘simliklar uchun foydali. Uni suv bilan suyultirib, gul tuvaklariga quyish kerak. Sutdagi kalsiy o‘simliklaring o‘sishiga yordam beradi. Ayniqsa, bu pomidor uchun foydali. Aytgancha, achigan sutning hidi zararkunanda hasharotlarni mukammal tarzda qaytaradi.
Uy hayvonlarini oziqlantiring
Achigan sut uy hayvonlari ovqatiga ajoyib qo‘shimcha hisoblanadi. Oqsil va kalsiyning qo‘shimcha dozasi uchun it yoki mushuk ovqatiga biroz sut quyish mumkin.
Sut achib qolmasligi uchun uni muzlatib qo‘yish kerak
Agar juda ko‘p sut sotib olingan bo‘lsa, uni muzlatkichda saqlash mumkin. Undan foydalanib bo‘lgach, yana muzlatkichda qoldirish kerak. | 50 | 2,454 |
Ayollar | Yomon bo‘lib tuyulsa ham, foyda keltiradigan 5 moliyaviy odat | Kreditlar, oiladagi alohida hisoblar va qat’iy budjet rejasining yo‘qligi ko‘ringanidek yomon xatti-harakat emas.
Kattaroq qarzlar yig‘ilib qolmasligi uchun eng yuqori foizli kreditni to‘lashdan boshlash foydaliroqdek ko‘rinadi. Lekin Garvarddagi tadqiqotchilar bir necha tajribalardan keyin, bizning motivatsiyamiz qarzlarning asta-sekinlik bilan yo‘qolayotganini ko‘rish natijasida oshadi degan xulosaga keldi. Avval ularni to‘lar ekanmiz, biz o‘zimizda rivojlanishni sezamiz — va qolganlarini ham tezroq to‘lashga harakat qilamiz.
Ko‘pchilik holatlarda alohida hisoblarning bo‘lishi hatto mantiqliroq: masalan, agar er-xotinlarning biri pulni qanday sarflashni bilmasa.
Shuningdek oilaviy xarajatlar uchun umumiy hisob va er-xotinning har birida moliyaviy erkinlik bo‘lishi uchun alohida hisoblar ochish mumkin.
Yoshlar uchun ijaraga olingan uy hatto, yaxshiroq. Bunda siz bir joyga bog‘lanib qolmaysiz, agar boshqa shahardan ish topsangiz ko‘chib ketishingiz ham oson bo‘ladi. Buning ustiga shaxsiy uyning xarajatlari ham arzon bo‘lmaydi: ko‘chmas mulk solig‘i, ta’mirlash xarajatlari.
Agar u ikki moliyaviy maqsadlardan biriga erishishda yordam bersa, kreditning hech qanday yomon tomoni yo‘q: ta’lim olish yoki uy sotib olish. Bu variantlarning ikkalasi ham vaqti kelganda o‘zini oqlaydi. Bundan tashqari, agar sizda ipoteka krediti bo‘lsa, unda soliq imtiyoziga ega bo‘lishingiz mumkin.
Budjetni rejalashtirish parhez yoki sport bilan shug‘ullanishga o‘xshaydi: agar u sizga yoqmasa, unga uzoq vaqt rioya qila olmaysiz.
Agar puxta rejalashtirishni yomon ko‘rsangiz, xarajatlarni ilova yordamida nazorat qiling. Shunda siz har bir xarid qilishda o‘zingizni aybdor his qilmaysiz, zarur bo‘lgan hollarda esa xarajatlaringizni kamaytirishingiz mumkin.
Manba: Trendymen | 61 | 1,772 |
Ayollar | Faqat kir yuvish emas: xo‘jalik sovuni asqatishi mumkin bo‘lgan 10 tavsiya | Xo‘jalik sovuni tarkibida 72 foizgacha bo‘lgan yog‘ va teri uchun xavfsiz bo‘lgan ishqor bo‘ladi. Hayvon va o‘simlik yog‘idan tayyorlangani uchun tarkibidagi komponentlari tabiiy va allergiya keltirib chiqarmaydi. Shu sabab ham undan nafaqat kir yuvish va tozalashda, balki infeksiya tushishi va bakteriyalarni yo‘q qilishda ham foydalansa bo‘ladi.
Pol yuvish
Qirg‘ichdan chiqarilgan sovunni chelakdagi issiq suvga qo‘shing. Ushbu aralashma kir va dog‘larni yaxshi tozalaydi.
Kirlarni yuvish
Xo‘jalik sovuni hatto kir paypoqlarni ham yaxshilab tozalashi mumkin. Kirlarni ham qirg‘ichdan chiqarilgan sovun qo‘shilgan issiq suvga ivitib qo‘ysa bo‘ladi. Xo‘jalik sovuni bilan bolalar kiyimlarini yuvish, ayniqsa, maqsadga muvofiq, chunki u ta’sirchan teriga allergiya chaqirmaydi.
Jo‘mraklarni tozalash
Qirg‘ichdan chiqarilgan xo‘jalik sovuni va xantal kukunidan tayyorlangan aralashma bilan kafel, rakovina va jo‘mraklarni tozalash mumkin.
Sabzavotlarni yuvish
Do‘kon yoki bozordan xarid qilingan lavlagi, kartoshka, sabzi va boshqa sabzavotlarni ham sovunli aralashma bilan tozalasa bo‘ladi.
O‘simliklar zararkunandalarini yo‘q qilish
Sovunli aralashma bog‘dagi zararkunandalar bilan kurashishga yordam beradi. Qolaversa, o‘simliklar uchun ham butkul xavfsiz hisoblanadi. Aralashmani nafaqat bog‘da, balki xonaki o‘simliklarga nisbatan ham qo‘llasa bo‘ladi.
Husnbuzarlardan qutulish
Ikki haftada bir marta xo‘jalik sovuni bilan yuvinsa, teri qurib, undagi bakteriyalarning yo‘q bo‘lishiga olib keladi.
Tish pastasi va gubkani tozalash
Antiseptik xususiyatga ega ekani sabab sovunli aralashmaga cho‘tka va gubkalarni ivitib qo‘ysangiz bo‘ladi.
Shishlarni yo‘q qilib, ko‘karishlar paydo bo‘lishining oldini olish
Shikastlangan tana qismiga sovunli aralashma surtilsa, ko‘karishlar bo‘lmaydi. Jarayonni bir necha marta takrorlash kerak.
Infeksiyani yo‘q qilish
Kesilgan, tirnalgan va shikastlangan teri qismiga sovunli aralashma bilan ishlov berilsa, infeksiya tushishi bilan bog‘liq muammoning oldi olinadi.
It yoki mushuk tishlaganda sovundan foydalaniladi
Infeksiya tushmasligi uchun qon to‘xtaganidan keyin sovunli aralashma bilan namlangan dokani yaraga bog‘lash kerak. Yara tez bitadi va yallig‘lanish kuzatilmaydi. | 74 | 2,218 |
Ayollar | Ko‘zoynakdagi qirilgan izlardan qanday qutulish mumkin? | Unchalik katta bo‘lmagan nuqsonlari uchun ko‘zoynaklarning yangisini sotib olish yoki tuzatishga berish shart emas — buni o‘zingiz mustaqil ravishda tuzatsangiz ham bo‘ladi.
Buning uchun sizga hech bir maxsus vosita kerak bo‘lmaydi. Har doim qo‘l ostingizda bo‘ladiganlari ham yetarli bo‘ladi. Biroz harakat qilish orqali yengil buzilgan va hatto chuqur qirilgan joylarni ham tuzatish mumkin.
Ko‘zoynaklardagi tirnalgan joylarni iste’mol sodasi yordamida yo‘qotish mumkin. Buning uchun sodani birozgina suv bilan aralashtirish va aralashma bilan ko‘zoynak oynasini aylanma harakatlar bilan artish kerak. Bundan keyin ko‘zoynakni suv bilan yaxshilab yuvish lozim.
Ko‘zoynakning oynalariga bolalar shampuni surilsa, tirnalgan joylar yo‘qoladi. Keyin ko‘zoynakni mikrofibra yoki kompyuter ekrani uchun maxsus mato yordamida artish kerak.
Agar uyingizda tibbiyot spirti bor bo‘lsa – undan ko‘zoynaklaringizni artish uchun foydalaning. Uni iste’mol sodasi bilan aralashtirishingiz ham mumkin. Keyin ko‘zoynakni suv bilan yuving va mikrofibrali latta bilan arting.
Oddiy tish pastasi – linzalarni polirovka qilish uchun ajoyib vosita hisoblanadi. Uni oyna ustiga paxta bo‘lagi yordamida aylanma harakatlar bilan suring, pastani esa sovuq suv bilan yuving. Agar chuqurroq tirnalgan bo‘lsa – bir necha marta takrorlashga to‘g‘ri keladi.
Agar hamma aytib o‘tilgan usullar kerakli natijalarni bermasa, maxsus to‘plam sotib olish mumkin. Odatda to‘plam ichiga ko‘zoynaklarni tuzatish uchun kerak bo‘ladigan hamma narsalar kiradi. Bular eski ko‘zoynaklarni tuzatishga va uni avvalgi ko‘rinishga qaytarishga yordam beradi.
Manba: “Xitrosti jizni” | 55 | 1,634 |
Ayollar | Homiladorlik davrida qanday ovqatlanish kerak? Bo‘lajak onalar uchun foydali maslahatlar | Shifokorga birinchi tashrifi paytida deyarli har bir bo‘lajak ona har doim homiladorlikda qanday ovqatlanish kerakligini so‘raydi. Albatta, homiladorlik qat’iy parhezlar uchun vaqt emas, lekin ikki kishilik ovqatlanishning ham hojati yo‘q.
Internetda homiladorlik paytida onaning ovqatlanishi haqida turli xil ma’lumotlar mavjud. Ammo homilador ayollarni uchun sog‘lom ovqatlanish qoidalariga rioya qilishga majburlash mumkin emas.
Homilador ayolning ratsionini tashkil etuvchi oziq-ovqat tabiiy holatga imkon qadar yaqin bo‘lsa yaxshi. Qayta ishlangan ovqatlarga kamroq ustunlik berishga harakat qilish lozim. Agar kartoshka bo‘lsa, uni pishirilgan yoki qaynatilgan holda iste’mol qilish lozim. Agar don bo‘lsa, unda jigarrang guruch, arpa, grechka, makkajo‘xori tanovul qilish kerak. Shirinliklardan esa meva yoki 70 foiz shokolad tavsiya etiladi.
Amalda, agar shifokor yoki qarindoshlar homiladorlik paytida yoqmaydigan yoki yoqtirmaydigan taomlarni tavsiya qilsa, ularni iste’mol qilish majburiy emas. Homiladorlik paytida ratsionning tarkibiy qismlari kelajakdagi onaga nafaqat foyda keltirishi, balki zavq keltirishi ham kerak.
Homiladorlikning birinchi trimestrida ovqatlanishning muhim tomonlari
Homiladorlikning dastlabki 12 haftasida ayolning ruhiyati jiddiy gormonal hujumga uchraydi va buning natijasida homilador ona o‘zini injiq va yosh bola kabi tutishi mumkin. Uni barcha taqiqlangan narsalar chidab bo‘lmas darajada jalb qiladi.
Eng muhimi, taqiqlangan narsalarni tanovul qilib, zavqlanishni boshdan kechirish mumkin. Oilaga endi sevgi, e’tibor, qo‘llab-quvvatlash har qachongidan ham ko‘proq kerak bo‘ladi.
Ikkinchi va uchinchi trimestrlarida parhezning xususiyatlari
Ikkinchi trimestrda homilador onaning, qoida tariqasida, ishtahasi ochiladi. Homiladorlikning ushbu davrida muvozanatli ovqatlanish qanday bo‘lishi kerak? Fastfud, yarim tayyor mahsulotlar, mayonezli salatlardan voz kechishga harakat qilish lozim. Eng muhimi, homilador ayolning ratsionidagi oziq-ovqat yangi bo‘lishi kerak.
Qovurilgan ovqatdan butunlay voz kechishga harakat qilish kerak, chunki uni qovurish kaloriya miqdorini bir necha bor oshiradi. Masalan, kotletlarni qovurish o‘rniga ularni bug‘da pishirish mumkin. O‘ta mazali bo‘lmasa-da, lekin juda foydali. Homiladorlik paytida ovqatlanish bo‘yicha xuddi shu tavsiyalar tug‘ilgunga qadar bajarilishi mumkin.
Homiladorlikda to‘g‘ri ovqatlanish kerakmi?
Har qanday odamning, shu jumladan homiladorlikning har qanday trimestridagi ayollarning ovqatlanishida kerakli komponentlar oqsil, uglevodlar va yog‘larning to‘g‘ri nisbati, shuningdek, suyuqlik ichish rejimiga rioya qilishdir.
Homilador ayolning ratsionidagi oqsillar
Oqsil homilador ayolning ratsionining eng muhim qismidir. Shuning uchun, bu davrda past oqsilli diyetalar mos kelmaydi! Bo‘lajak ona va bolaga oqsillar nima beradi:
Shuning uchun oqsil manbalari sifatida homilador ayollar o‘zlarining kundalik ratsioniga yog‘siz go‘sht, parranda go‘shti yoki bug‘da pishirilgan yoki qaynatilgan baliq, shuningdek, tvorog, pishloq, sut, o‘simlik oqsillarini kiritishlari kerak.
Homilador ayolning ratsionidagi uglevodlar:
Homiladorlik davrining erta bosqichlarida uglevodlarga bo‘lgan ehtiyoj kuniga 400 grammgacha oshadi. Ammo uglevodlar haqida gap ketganda, sifat miqdordan muhimroq ekanligini unutmaslik kerak.
Uglevodlarni glisemik indeksiga (GI) qarab baholash lozim. Mahsulot, agar hazm qilinganida, qonda glyukozaning tez va sezilarli darajada oshishiga olib keladigan bo‘lsa, yuqori GIga ega bo‘ladi (glikemiya): bu shirinliklar, gazli ichimliklar, oq non, kartoshka, pitssa va boshqa ratsionga mos kelmaydigan mahsulotlarni o‘z ichiga oladi.
Shuning uchun, iloji bo‘lsa, past glisemik indeksli mahsulotlarni tanlash kerak: masalan, makaron yoki butun donli non past GI oziq-ovqatlardir. Oziq-ovqatlar uchun glisemik indekslarning keng jadvallarini topish va xohishga ko‘ra past GI bo‘lgan mahsulotni tanlash mumkin.
Homilador ayolning ratsionidagi yog‘lar
Yog‘lar haqida gapiradigan bo‘lsak, har qanday odamning ratsionida asosan muhim yog‘ kislotalari (EFA) bo‘lishi kerak — bu hayvon va odamlarning metabolizmida muhim rol o‘ynaydigan ko‘p to‘yinmagan yog‘li kislotalardir.
Homilador ayollarda yog‘ kislotasi quyidagilar uchun zarur:
Omega-3, omega-6 va omega-9 tabiiy ravishda paydo bo‘lgan ko‘p to‘yinmagan yog‘li kislota turlari bo‘lib, ko‘pchilik sog‘lom oziq-ovqat mutaxassislari to‘yingan yog‘larga qaraganda sezilarli darajada sog‘lomroq deb hisoblashadi. Omega-3 kislotalari baliq va dengiz mahsulotlarida mavjud. Homilador ayol baliqni nafaqat oqsil manbai, balki sog‘lom yog‘lar sifatida ham iste’mol qilishi kerak.
Homiladorda suyuqlik ichish rejimi
Homilador ayolning buyraklari shunday tuzilganki, suyuqlik yetishmasa, u faoliyatini to‘xtatadi. Boshqacha aytganda, homilador ayol chanqamasligi kerak! Qanchalik kam suv ichsa, shish paydo bo‘lish ehtimoli oshishi mumkin.
Ichimlik haqida gapirganda, albatta, suvni nazarda tutamiz. Kuniga 3 litrgacha suv ichish mumkin — bu me’yor. Yangi siqilgan sharbat va o‘simlik choylari, kofeinsiz qahva ichish mumkin, ammo qadoqlangan ichimliklar va turli xil shirin gazlangan ichimliklar ko‘p qabul qilinishi shart emas.
Homiladorlik paytida og‘irlik
Homiladorlik davrida o‘rtacha vazn ortishi 10-12 kilogrammni tashkil qiladi. Ulardan 5-6 kilogramm yo‘ldosh, chaqaloq va suv bilan bachadonning og‘irligi. Hamma narsa individualdir: inson har xil tuzilishga, turli xil metabolizmga ega. Bundan tashqari, homiladorlikdan oldin semirib ketgan ayollar, sog‘lom ovqatlanish tamoyillariga rioya qilgan holda, umuman kilogramm olmasligi mumkin.
Barcha sa’y-harakatlariga qaramay, homilador ayollarning 80 foizi hali ham ortiqcha vaznga ega yoki vitamin va minerallar — temir, magniy va kalsiy yetishmasligi muammosiga duch keladi. Shuning uchun homiladorlik paytida ratsionni rejalashtirayotganda, ehtiyoj va istak o‘rtasida sog‘lom kelishuvni topishga harakat qilish tavsiya etiladi. | 88 | 5,944 |
Ayollar | Ken 60 yoshda: mashhur qo‘g‘irchoq endi Manolo Blahnik poyabzali hamda Berluti kostyumida (foto) | O‘yinchoq ishlab chiqarish kompaniyasi – Mattel 2021-yil Barbining do‘sti Kenning 60 yilligini nishonlamoqda, deb yozadi Esquire.
Yubiley sharafiga taniqli qo‘g‘irchoq uchun moda brendlari allaqachon ikkita kolleksiyasini ishlab chiqardi. Berluti va rassom Brayan Roshfor fransuz brendining kuz—qish 2021 kolleksiyasida Ken uchun uchta moda obrazini taklif qilgan: ikki tugmali pijak, bosmali ko‘ylak hamda shim, charm kurtka, shim va ipak ustki kiyim. Shuningdek, barcha kiyimlarning inson o‘lchamidagi variantlari mavjud va ularni xarid qilish mumkin. 2021-yilning may oyida esa qo‘g‘irchoq kiyimlari xayriya auksioniga qo‘yilishi ma’lum qilingan.
Poyabzal dizayneri Manolo Blanik Ken uchun kuz—qish 2020 kolleksiyasidagi Laxtis oyoq kiyimini ishlab chiqardi.
“Ko‘p yillar davomida Kenning qiyofasi jiddiy va jasur bo‘lib qolmoqda. Men uning haqiqiy poyabzalimdan biriga ega bo‘lishini istar edim. Uning dizayni, fikrimcha, tanlangan obrazga to‘liq mos keladi. Men Laxtis oyoq kiyimini tanladim: qora lak charm, katta qora qisqich — klassik va nostandart yorqin detallar uyg‘unligi. Menga Ken aynan shunday kombinatsiyani tanlagandek tuyildi” – deydi dizayner hamkorlik haqida. | 96 | 1,184 |
Ayollar | Kuzda urfga kirgan 4 xil kurtka | Kuz faslida biz ham didli ko‘rinishimiz va ham sovqotmasligimiz uchun nima kiyishni o‘ylab qolamiz. Sizga modaga muvofiq bo‘lib ko‘rinishga yordam beradigan kurtkalarning 4 modelini havola qilmoqchimiz.
Olifta polk
Militari uslubidagi ustki kiyimlar bir necha mavsumdan beri trend bo‘lib qolmoqda. Birinchidan, ular universal. Ularni ko‘ylaklar bilan ham, jinsilar bilan ham kiyish mumkin.
Ikkinchidan, ular sovuqlardan himoya qiladi. Ularning ko‘pchiligiga matoning shamol o‘tkazmasligi uchun maxsus eritmalar bilan ishlov beriladi. Yoqasidagi mo‘yna esa issiqlikni saqlab turadi.
Qancha yumaloq bo‘lsa, shuncha issiqroq
Shishirilgan kurtka o‘tgan haftadagi moda podiumlarining haqiqiy xitiga aylandi. O‘zingiz uchun ham shunday kurtkalardan birini tanlashning ayni vaqti. Yorqin jiloli yoki vinilli modellariga e’tiboringizni qarating.
Agar siz to‘ladan kelgan bo‘lsangiz, sonning yarmigacha keladigan uzunlikdagi kurtkalar mos keladi. Belingizni bo‘rttirib ko‘rsatish uchun, kurtkaning ustidan cho‘ziluvchan enli kamar taqing.
Yanada kaltaroq
Kurtkaning kaltaroq modellari isitishdan ko‘ra ko‘proq modaga muvofiqroq bo‘ladi. Shunday bo‘lsa ham, agar siz vaqtingizni rulda o‘tkazsangiz va uzoq sayrlarda bo‘lmasangiz, shunday modelni tanlaganingiz yaxshi.
Shuningdek, bunday kurtkalar teatrga yoki ish yuzasidan uchrashuvga borayotganingizda eskirgan kalta po‘stinlarning o‘rnini bosishi mumkin.
Yengil va issiq
Mo‘ynalardan qilingan kurtkalar — eng moda ketidan quvadiganlar uchun trend. Ochig‘ini aytganda, ko‘pchilik dizaynerlar o‘z kolleksiyalarida sun’iy materiallardan foydalanishgan. Aynan shuning uchun bunday kurtkalar juda yorqin: ko‘k, qizil, och pushti, binafsha va yashil ranglarda chiqarilgan.
Manba: “Passion.ru” | 31 | 1,731 |
Ayollar | Niqob ostidagi yuz terisida qanday o‘zgarishlar yuz beradi va uni qanday parvarish qilish kerak? | Matodan tikilgan yuz niqobi 2020-yilning asosiy aksessuariga aylandi. U mavsum tanlamaydi. Shuning uchun niqob ostida bo‘layotgan yuz terisini qanday parvarishlash to‘g‘risida batafsil ma’lumot taqdim etiladi.
Kuz faslida barcha ayollar pardoz jarayonida, asosan, urg‘uni ko‘zga bergani shubhasiz. Sababi yuzning deyarli 70 foizini berkitib turgan niqob tufayli avvalgidek to‘liq pardoz qilishning hojati yo‘q.
Niqob ostidagi yuz terisida nimalar yuz beradi?
Koronavirusga qarshi kurashda shifokor va hamshiralarning niqobi ostidagi yuz terisida nimalar ro‘y berganini ko‘rsatuvchi tasvirlar paydo bo‘ldi. Niqob bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy muammo shundaki, u teri yuzasida issiq va nam muhitni yaratadi. Niqob o‘z ichidagi havoni to‘g‘ridan to‘g‘ri tashqariga chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bu esa terlash va ifloslanishga olib keladi, shuningdek, bakteriyalar ko‘payishi uchun muhit yaratishi mumkin.
Niqob kiygan holda teriga qanday g‘amxo‘rlik qilish mumkin?
Garchi tashqi ko‘rinish o‘zgarmasa ham, yallig‘lanish, husnbuzar yoki teri qurishi xavfini kamaytiruvchi bir nechta muhim tavsiyalar mavjud.
Avval va keyin yuzni tozalash
Ko‘chaga chiqishdan avval, albatta, pardoz qilmasdan turib yuzni yaxshilab tozalash tavsiya etiladi. Ko‘chadan qaytgandan so‘ng niqob ostida namlanib, o‘z ta’sirini o‘zgartira boshlagan pardozni yuvish kerak. Shunda ham pardoz, ham to‘planayotgan bakteriyalar manbayidan xalos bo‘lish mumkin.
Buning uchun nozik tozalovchi mahsulotdan foydalanish kerak. Shundoq ham yuz terisiga qiyin bir vaziyatda uni qattiq skrablar bilan tozalash mumkin emas.
Yengil namlantiruvchi kremdan foydalanish
Kuz derazadan tashqarida bo‘lsa-da, yuzni namlantiruvchi krem vositalari yordamida parvarishlash samarali hisoblanadi. Ayniqsa, krem vositasi qanchalik yengil va mayin bo‘lsa, teriga shuncha tez singadi va niqob ostida bug‘lanib teri teshiklariga tiqilib qolmaydi.
Agar teri quruqligi ko‘pligi tufayli qo‘shimcha namlantirishga muhtoj bo‘lsa, kun davomida foydalanish uchun namlantiruvchi vositadan foydalanish kerak.
Tonal kremlarini rad etish
Bu biroz g‘alati tuyulishi mumkin, lekin yuz terisida pardoz qatlamlari qanchalar ko‘p bo‘lsa, bug‘lanish ortib, natijada teri nafas olishi qiyinlashadi. Shuning uchun iloji boricha teri uchun foydali vositadan boshqa, ya’ni pardoz buyumlaridan kamroq foydalanish eng yaxshi parvarish hisoblanadi. Tonal kremlari o‘rniga BB va CC kabi yengil bo‘lgan vositalardan foydalanish mumkin. Yoki mineral pudralardan foydalanish tavsiya etiladi.
Yaxshisi, tashqariga chiqqanda umuman bo‘yanishlarsiz borish oqilona qaror bo‘ladi. Aslida pardozsiz yuz juda go‘zal hisoblanadi, faqat buni har kim ham bilavermaydi.
Eng muhimi, niqobni muntazam ravishda yuvishni unutmaslik kerak. Shundagina uning qatlamlarida saqlanib qolgan chang va bakteriyalar bartaraf etiladi. Shuningdek, tez-tez yuvilgan niqoblar yuz terisiga unchalik ham zarar o‘tkazmaydi va yuzni yaxshi holatda saqlashga harakat qiladi. Aytgancha, niqob taqishda paxta matosidan tayyorlanganidan foydalanish zarur. Chunki u sintetik matodan ko‘ra foydali bo‘lib, unga qaraganda issiq emas. | 96 | 3,110 |
Ayollar | Fendi brendi dizaynerlik makaronlarini ishlab chiqardi | Fendi modalar uyi kompaniya logotipi — ikkilangan F harfi ko‘rinishidagi makaronlarni ishlab chiqardi. Bu haqda dizayner Kim Jons o‘z Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi hamda makaronlarning surati bilan bo‘lishdi.
Bunday makaronlar Fendining Milandagi modalar namoyishi ishtirokchilariga tarqatilgan.
Aynan shunday suratlar moda olami vakillarining ham ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida paydo bo‘lgan. Makaronlar brend logotipi tushirilgan oq qutilarga joylangan.
Fendi pastaning yangi tirajini ishlab chiqaradimi, yo‘qmi hozircha noma’lum. Biroq Grailed platformasida ushbu makaronlarning bir nechtasi sotuvga qo‘yilgan. Ularning bahosi 70 dollar.
Brendning modalar namoyishi Milan moda haftaligi doirasida o‘tkazilgan. Fendi’ning namoyishi oflayn rejimida o‘tkazilgan birinchi shou bo‘lgan.
Instagram’da kiyinish uslubi bilan mashhur bo‘lgan chixuaxua odamlar uchun mo‘ljallangan liboslar kolleksiyasini taqdim qildi | 54 | 927 |
Ayollar | Piling, skrab va massaj: Uy sharoitida qilsa bo‘ladigan SPA muolajalari | Har bir ayol o‘ziga vaqt ajratishi, salomatligi haqida qayg‘urishi kerak. SPA-muolajalari esa xotin-qizlarning terisi, ko‘rinishi yaxshilanishi uchun ayni muddao hisoblanadi. Bunday salonlarga tashrif buyurishga vaqt yoki iloji yo‘qlar uchun uyda bajarish mumkin bo‘lgan muolajalar ketma-ketligi bilan bo‘lishamiz.
Skrab
Uyda skrab tayyorlashda asos sifatida istalgan o‘simlik yog‘idan foydalanish va unga tuz, shakar, qahva, maydalangan suli yormasi qo‘shishingiz mumkin.
Oyoq uchun piling — tuzli skrab
Tuzli skrab tayyorlash uchun yarim stakan dengiz tuziga 2 osh qoshiq zaytun yoki o‘simlik yog‘i qo‘shib aralashtiring. Bunday skrabdan foydalanish limfa tizimi faoliyatini yaxshilaydi va shishlar uchun profilaktika hisoblanadi.
Qo‘l uchun piling — shakarli skrab
Qo‘l terisi qurib qoladigan bo‘lsa va oddiy kremlar foyda bermay qo‘yga bo‘lsa, shakar qo‘shib tayyorlanadigan skrabdan foydalanib ko‘ring. Buning uchun shakarga yog‘ qo‘shing va qo‘llaringizga surtib ishqalang.
Tana uchun piling — qahvali skrab
Teri baxmal kabi silliq bo‘lishi uchun yarim stakan maydalangan qahvaga qaynagan suv soling va bo‘tqa holiga keltiring. 2-3 qoshiq yog‘li smetana qo‘shing va skrab tayyor.
Yuz uchun piling — suli yormasi va yong‘oqdan tayyorlanadigan skrab
Yong‘oq va suli yormasini teng nisbatda qo‘shib blenderda aralashtiring.
Moy
Moydan nafaqat terini massaj qilishda, balki niqob tayyorlashda ham foydalaniladi.
Qo‘llar uchun vanna
Moyni 39-40 daraja haroratda qizdiring va qo‘llaringizni 10—15 daqiqa ichiga soling. Keyin qo‘lingizni qog‘oz sochiq bilan artib tashlang.
Shifobaxsh o‘tlar
10 ga 10 o‘lchamda eski choyshab yoki boshqa bir matoni kesib oling. Unga quritilgan o‘tli aralashma soling. Moychechak, yalpiz va boshqa o‘tlardan foydalanish mumkin. Mato chetlarini qopchaga o‘xshab birlashtiring. Bunday qopchalardan soch va terini parvarishlash uchun pechda 37-38 daraja qizdirib yuz massaji uchun ham foydalansa bo‘ladi.
Toshlar yordamida tovonlarni massaj qilish
Oyoqlaringizni vanna qilish uchun tog‘ora ichiga silliq va bir xil o‘lchamdagi toshlar soling. Muolaja davomida tovonlarni 2-3 daqiqa davomida toshga ishqalang.
Yuz uchun toshli massaj
Bunday muolajadan keyin teringiz yangilangandek tuyiladi. Buning uchun ikkita dumaloq shakldagi silliq tosh kerak bo‘ladi. Ulardan birini issiq suvga ikkinchisini esa muzlatkichga soling. Yuzni birinchi issiq keyin esa sovuq tosh bilan ishqalang. | 71 | 2,408 |
Ayollar | Ko‘z ostidagi ajinlarni qanday bartaraf qilish mumkin? | Ko‘z atrofidagi terining tuzilishi sabab birinchi ajinlar aynan shu yerda ko‘zga tashlanadi. Nafaqat yoshdagi o‘zgarishlar, balki yuz mushaklarining faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan ajinlarning paydo bo‘lishini oldini oladigan hamda bartaraf qiladigan tavsiyalarni e’tiboringizga havola qilamiz.
Mimika va turmush tarzi
Ultrabinafsha nurlaridan himoya qiladigan va ko‘zlarni ortiqcha pirpirashini oldini oladigan quyoshdan himoya qiluvchi ko‘zoynaklardan foydalaning. Toza havoda ko‘proq sayr qilishga harakat qiling, bu D vitaminining ishlab chiqarilishi, organizmni kislorod bilan to‘yishiga, shuningdek, immunitet mustahkamlanib, teri ahvoli yaxshilanishiga hissa qo‘shadi.
Surunkali ravishda tiniqib uxlamaslik eng avval tashqi ko‘rinishda aks etadi. Ko‘z ostida qora halqalar paydo bo‘ladi, terining taranglik va elastikligi yo‘qoladi, ajinlar ko‘payadi. Shu sabab ham uyqu me’yorda bo‘lishiga e’tibor bering, dam olishni unutmang.
Ovqatlanish
Yetarlicha suv iste’mol qilib, ratsioningiz balansli bo‘lishiga e’tibor qarating. Yosh o‘tishi bilan omega-3 yog‘ kislotasi va D3 vitamini sintezi kamaygani sabab idrolizlangan kollagenni qabul qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Kosmetika
Ko‘z atrofidagi terini parvarishlaydigan vositalardan foydalanishni 18-20 yoshdan boshlash tavsiya qilinadi. Tanlovda yoshni inobatga olish, ishlatish vaqtini hisobga olish, shuningdek, uyqudan avval surtiladigan namlantiruvchi, oziqlantiruvchi krem yoki gellar tongda yuzni shishirishi mumkinligini unutmaslik kerak. Tunda yaxshisi limfodrenajli samara beradigan vositalardan foydalangan yaxshi. SPF kremlardan ham foydalanishni unutmang. Gialuron kislota, mikrokollagen, retinol, A, E, C va argilerin ko‘z atrofidagi ajinlarni bartaraf qilishga yordam beradigan komponentlar hisoblanadi.
Kosmetologik muolajalar
Qanday kosmetik muolajalar ko‘z atrofidagi ajinlarni to‘g‘rilashga hissa qo‘shishi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Botulotoksin inyeksiyasi
Kosmetologiyada ushbu muolajadan mimika ajinlarini tekislash va ko‘z atrofidagi mushaklardagi zo‘riqishlarni bartaraf qilish uchun foydalaniladi. Botulotolsindan keyin yuzdagi mushaklar faolligi kamaygani hisobiga ajinlar unchalik ko‘zga tashlanmaydi.
Mezoterapiya
Mezoterapiya — gialuron kislota, peptidlar, kollagen va boshqa mikroelementlarni o‘z ichiga olgan preparatning teri orasiga yuborilishi hisoblanadi. Undan keyin teri taranglashadi, tonusi ortadi.
Limfodrenaj
Mikrotokli limfodrenaj — shish va ajinlarni bartaraf qilishda yaxshi samara beradigan eng yaxshi muolajalardan sanaladi. Jarayonda past kuchlanishli tokning turli chastotali impulsi teriga yengil ta’sir qiladi, natijada yuz mushaklarining tonusi tiklanadi, qon aylanishi yaxshilanadi. Shuningdek, limfodrenaj kollagen va elastin ishlab chiqarilishini ham rag‘batlantiradi.
Lifting
Ultrato‘lqinli apparat bilan dermaning chuqur qatlami va biriktiruvchi mushaklarga ta’sir qiladi. Ma’lumki, yosh o‘tishi bilan mushaklar va zaiflashadi va bu yuz konturida ham aks etmay qolmaydi. Muolajada yog‘ kollagen tolalari ta’sirlangani va yog‘ hujayralari qisqargani hisobiga teri sezilarli darajada taranglashadi. Lifting bugungi kunda jarrohlik yo‘li bilan terini taranglashtirishga xavfsiz muqobil bo‘la oladi. Xavfsizligi va tiklanish uchun vaqt ketmasligi bilan o‘ziga xos sanaladi. | 54 | 3,287 |
Ayollar | Professional manikyur ustalaridan ideal manikyur sirlari | Sifatli manikyur uchun bir qancha asboblar: qisqich, pilka, apelsin tayoqchalari va bafik kerak bo‘ladi. Ularning barchasi o‘tkir va sterillangan bo‘lishi lozim.
Manikyurni boshlashdan avval tirnoqlar uchun shakl tanlab, pilka yordamida tanlangan uzunlik va shaklga kiritamiz. Dizayn batartib chiqishi uchun to‘g‘ri pilka tanlash lozim. Har kuni foydalanish uchun shisha, shuningdek, keramik asboblar mos keladi.
Pilkani faqat bir yo‘nalishda, burchakdan markazga qarab ishlatish kerak. Bunda tirnoqlaringiz quruq bo‘lishi zarur, aks holda ularga zarar yetkazishingiz mumkin.
Shakl berilgandan so‘ng qo‘llarni bug‘da yumshatish uchun (5—7 daqiqa) suv va bir tomchi suyuq sovun yoki yog‘ solingan idishni tayyorlaymiz. Shundan so‘ng apelsin tayoqchalari yordamida kutikulalarni surib, ularni qisqich yordamida olib tashlaymiz. Kutikulalar sekinroq o‘sishi uchun manikyurdan so‘ng ularni darhol namlantirishni unutmang.
Tirnoqlarni bo‘yashdan oldin ular quruq va silliqlanganligiga e’tibor qarating. Professionallar ularni maxsus vosita yoki lak o‘chiradigan suyuqlik yordamida yog‘sizlantirishni ham tavsiya qiladi. Shundan so‘ng tirnoqlarga lakning birinchi qatlamini suramiz. Besh daqiqadan so‘ng ikkinchi qavatni surish mumkin.
Laklarni qorong‘i va salqin joyda saqlash tavsiya etiladi, shuningdek, uning qopqog‘i zich yopilgandagina ko‘proq xizmat qiladi. | 56 | 1,358 |
Ayollar | Yuzdagi dog‘larni butunlay yo‘qotish mumkinmi? Kosmetolog javob berdi | Yuzdagi dog‘lar aksariyat ayol-qizlarning eng katta muammolaridan biri hisoblanadi. Ko‘plab mutaxassislar dog‘larni umuman yo‘qotib bo‘lmasligini, ayrimlari esa ketkazish uchun ko‘p yillar kerakligini aytishadi. Xo‘sh, qaysi fikr to‘g‘ri? Dog‘lar bir umrlik husnbuzarmi yoki vaqtinchalik kasallik belgisi? Nega yuzga dog‘ tushadi? Uni davolashning qanday yo‘llari bor? Aslida, yuzga dog‘ tushirmaslik uchun nimalarga ahamiyat bermoq kerak? Bu kabi savollarga tajribali kosmetolog Shahnoza Gulyamova batafsil javob berdi.
Shahnoza Gulyamova 42 yoshda. Birlashgan Arab Amirligida, Sankt-Peterburg, Fransiya, Monako, Ispaniya va Italiya davlatlarida kosmetologiya bo‘yicha tahsil olgan. 2014-yildan buyon O‘zbekiston va Saudiya Arabistonida ham faoliyatini olib boryapti.
Nima sababdan yuzga dog‘ tushadi?
Yuzga dog‘ tushishiga juda ko‘p omillar sabab bo‘ladi. Birinchidan, bu nasliy ham bo‘lishi mumkin. Boshqa hollarda esa homiladorlik davrida organizm bir maromda ishlamasligidan, gormonal buzilishlarda, oshqozon ichak kasalliklarida, jigar gepatit, gepatoz bo‘lganda, hatto pala-partish ovqatlanish natijasida ham yuzga dog‘ tushadi. Qolaversa, ayol-qizlarimizning quyosh nurlaridan saqlanmasligi hamda tajribasiz kosmetolog huzurida noto‘g‘ri tanlangan yuz parvarishlari ham yuzimizda yoqimsiz asoratini qoldiradi.
Yana dog‘larni ko‘paytiradigan eng katta sabablardan biri — bu uyqusizlik. Soat 21:00 da yotib, ertalab 07:00 da uyg‘onadigan ayol-qizlarga qaraganda, kechasi bir-ikkida uxlaydigan mijozlarimiz ko‘proq dog‘laridan shikoyat qilib keladi. Boisi yoshartirish, baxt gormoni serotonin va melatonin ham vaqtida uxlab, vaqtida turganda organizmda yaxshiroq rivojlanadi.
Bizning momolarimiz erta yotib, quyosh chiqmasdan uyg‘onishgan. Shuning uchun yuzlarida na ajin, na dog‘ bo‘lgan. Chunki ularda hamma narsa me’yorida bo‘lgan.
Dog‘lari ko‘pligidan asabiylashayotgan mijozlarimizga doimo to‘yinib uxlashlari kerakligini maslahat beraman.
Davolash usullari haqida
Faoliyatimda men hech qachon tezda dog‘larni davolashga kirishmayman. Chunki sog‘lom organizmda dog‘ bo‘lmaydi. Birinchi bo‘lib mijozimga anamnez yig‘ib kelishini aytaman. Shunga qarab to‘g‘ri muolaja usullarini tanlayman. Hamda muolajalar davomida mijozimizning o‘zi ham bizga yordam berishi kerak. Ya’ni anamnezda kelib chiqqan kamchiliklarni, masalan, o‘t-pufak kasal bo‘lsa, gastroenterologga borib, oshqozon-ichaklarini davolashi lozim. Chunki ichni davolamasdan, tashqi tomondan dog‘larni yo‘qotib bo‘lmaydi.
Hozirda tibbiyot juda rivojlanib ketgan. Dog‘ ketkazishda lazerlardan foydalanamiz. Mezoterapiya, lazerterapiya qilamiz. Mijozimiz esa davolash vaqtida har doimgidan ko‘proq yuzlarini quyoshdan himoya qilishlari kerak bo‘ladi.
Dog‘larni butunlay yo‘qotish mumkinmi?
Dog‘larni yo‘qotishning aniq muddati belgilanmagan. Kimdadir uch oyda, kimdadir olti, qolganlarida bir yil. Har bir mijoz dog‘ining katta-kichikligiga qarab muolaja vaqti cho‘zilaveradi.
Ammo men huzurimga kelgan mijozlarga hech qachon dog‘larni ketkazishga kafolat bermayman. Dog‘lar xoh lazer yoki boshqa muolajalar, hatto operatsiya orqali kesib, oldirib tashlasin, baribir yuzdan to‘liq ketmaydi. 10-15 foiz soyasi qoladi.
Muolajalarning narxi qancha?
Protseduraning narxi 300 ming so‘mdan boshlanadi.
Albatta, boshqa kosmetologiya markazlarida bu muolajaning narxi salonning joylashuvi, ijara puliga qarab o‘zgarishi mumkin.
Bizda aniq bir xil narx yo‘q. Chunki mijozlarimizning sharoitiga qarab ishlaymiz. Masalan, moddiy tomondan qiynalgan, ammo yuzidagi dog‘lari sabab oilaviy munosabatlari yomonlashayotgan ayollarimizga muolajani bepul qilib beramiz.
Maqolani tayyorlashda yaqindan yordam bergan “Kosmed”kosmetologik markaziga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz! | 69 | 3,734 |
Ayollar | Kitob o‘qimay qo‘ygan insonda qanday o‘zgarishlar kuzatiladi? | Dunyodagi eng yaxshi kinozal miya ekanini yaxshi kitob o‘qish davomida tushunib yetish mumkin. Kitobxon esa sevib o‘qigan asaridagi voqealarni o‘z boshidan kechirgandek bo‘ladi. Kitob o‘qimay qo‘ysa-chi, nima bo‘ladi? Quyida ushbu savolga javob beramiz.
So‘z boyligi kamayadi
Kitob o‘qish nafaqat dunyo qarashni kengaytiradi, balki savodxonlikning ortishi, yozma va og‘zaki nutqning boyishiga sabab bo‘ladi. Kitob o‘qiydigan odam, qayerda, qachon, kimga qanday gapirish kerakligini yaxshi biladi va kamdan kam fikrini ifodalash uchun so‘z topolmay qoladi. Kitob o‘qiydigan insonlar bilan suhbatlashish, fikr almashish maroq beradi.
Xotira pasayadi, miya faol ishlamaydi
Miyaning chap yarim sharida so‘zlar va ma’lumotlar bilan bog‘liq operatsiyalar amalga oshiriladi, o‘ng yarim shar esa vizualizatsiya va tasavvurga javob beradi. Kitob o‘qish davomida esa miyaning ikki yarim shari ham faol ishlaydi. IQ darajasini oshirish, anglash va tasavvur oshishiga sabab bo‘ladigan kitobga shuning uchun ham eng yaxshi miya trenajyori deb ta’rif bersa bo‘ladi. Muntazam kitob o‘qish natijasida ma’lumotlarni saqlash uchun ahamiyatli bo‘lgan yangi neyronlar shakllanadi va bu o‘z navbatida xotira yaxshilanishida muhim rol o‘ynaydi.
Miya va qalb oziqadan bebahra qoladi
Yaxshi kitobda hamisha o‘yga toldiradigan savollar va vaziyatlar bo‘ladi. Yashashdan ma’no nimadaligi, global va jamiyatdagi mavjud muammolar, kishilar o‘rtasidagi munosabatlar — qahramonlar obrazida ko‘rsatib yoki muallif tomonidan ochiqlanib berilishi o‘quvchida insoniylik, befarq bo‘lmaslik va vaziyatga ongli ravishda yondashishga undaydi. Miriqib o‘qilgan kitob miyani oziqlantiradi, qalbga malham bo‘ladi, insonning shaxs sifatida shakllanishi, olamni anglashi va o‘zligini topishga urinishiga turtki beradi.
Shaxsiy fikriga ega bo‘lmaydi
Kitob o‘qimaydigan inson o‘zining emas, atrofdagilar fikri bilan yashaydi, ayrim insonlar ko‘rsatmasiga asosan hayoti qanday o‘tib ketib qolganini ham bilmay qoladi. Kitobsevar inson nafaqat o‘zini, balki atrofdagi insonlarni tushunishga harakat qilib, shu bilan birga o‘z shaxsiy fikri va pozitsiyasiga ega bo‘ladi, kimlardir xohlagani uchun noto‘g‘ri deb bilgan ishlarni bajarmaydi. Kitob o‘qiydigan insonlar muammolar yechimiga boshqacha yondashadi, taxmin va subyektiv qarashlardan ko‘ra aniq qilinishi kerak bo‘lgan rejalar asosida vaziyatga real baho beradi.
Avlodlar saviyasiz bo‘lib qoladi
Kitob orqali muallif va o‘quvchi o‘rtasida muloqot bo‘lib o‘tadi. Yozuvchi aytmoqchi bo‘lgan fikrlarini so‘zlar va voqealar rivoji orqali avlodlarga yetkazib beradi. Kitob o‘qish davomida o‘quvchi muallifning fikrlari va hayotga bo‘lgan qarashi haqida tushunchaga ega bo‘lish, davrlararo istalgancha sayohat qilish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin. Shuningdek, avlodlarga insoniyat va kishilar tomonidan qilingan xato va yanglishliklarga chetdan qarab baho berish va uning yakuni qanday tugaganini tahlil qilib, kelajakda takrorlamaslik uchun dars bo‘ladi. | 61 | 2,963 |
Ayollar | Terlashning 4 sababi va uning oldini olish yo‘llari | Ko‘pchilik odamlar qo‘ltiq sohalarida har doim beixtiyor ravishda ho‘l dog‘lar paydo bo‘lishidan o‘zlarini noqulay va qat’iyatsiz sezadi.
Biz bu masalani tushunib olishga va sizga haddan tashqari ko‘p terlash qanday sabablarga ko‘ra sodir bo‘lishi, unga qarshi qanday kurashish mumkinligi haqida aytib berishga qaror qildik.
Stressning yana bir kamchiligi — haddan tashqari ko‘p terlash va noxush hid. Ter va noxush hidga qarshi kurashuvchi eng oddiy vosita — bu faqat ertalab ishga ketishdan oldin emas, balki tunda uxlashdan oldin toza va quruq qo‘ltiqqa suriladigan antiperspirant. Antiperspirantga aynan kechasi ter ajratuvchi bezlarni bekitish va terlashni to‘xtatish osonroq bo‘ladi.
Terlashning quvonch yoki qo‘rquv onlarida ham o‘ziga xos xususiyatlari bo‘ladi — his qilinayotgan tuyg‘uga bog‘liq ravishda hid o‘zgarishi mumkin.
O‘tkazilgan tajribalar natijalariga ko‘ra, terlash vaqtida o‘zlarini baxtli his qilgan ayollar qo‘rqinch his qilgan ayollardan farqli ravishda, yoqimsiz hid bilan bog‘liq hech qanday muammo sezmadilar.
Shuning uchun faqat xursand bo‘lib va kulib yuring, shundagina sizda terlash bilan bog‘liq hech qanday muammo bo‘lmaydi.
Agar organizmda shakar bilan bog‘liq muammolar bo‘lsa, unda boshning orqa tomoni va peshana sohasi terlaydi. Agar siz ko‘proq kuch sarf qilgan bo‘lsangiz, shakar miqdorini oshirish juda oson. Buning uchun biron-nima yeyish yoki ichish kerak.
Qandli diabet holatlarida esa eng yaxshi dezodorant — bu terlashni emas, balki hidni bartaraf qilish.
Ko‘p suv ichish foydali odat bo‘lsa ham, uning yomon tomoni — tuzli ter chiqishi. Shuning uchun siz bir kunda 2 litrdan ko‘p suv ichmasligingiz kerak. Tarkibida natriy bo‘lgan oziq-ovqatlarni ko‘proq, tuzni esa kamroq iste’mol qilishingiz lozim.
Manba: “Woman.ru” | 51 | 1,769 |
Ayollar | Uslub qotillari! Obrazning mukammal bo‘lishiga xalaqit beruvchi 10 ta kamchilik | Moda tendensiyalarini muntazam kuzatib borish, mashhur do‘konlardan kiyim xarid qilishning o‘zi bilan mukammal tasvir yaratib bo‘lmaydi. Negaligini esa quyida keltirilgan xatolar tufayli bilib olish mumkin.
Shoshilish
Tunda kech uxlash, ertalab esa uyg‘ona olmaslik natijasida ishga yoki uchrashuvga shoshilish tabiiy holat. Ayniqsa, bunday vaqtda qanday kiyim kiyish haqida odilona qaror qabul qilish lozim. Natijada garderobda qo‘lga ilingani kundalik obraz uchun tanlov bo‘lishi turgan gap. Demak, mazkur kamchilikni oldini olish uchun bir kun avval ob-havo ma’lumoti bilan tanishish, shunga mos kelgan libosni tanlash va dazmol qilib, qulay joyga olib qo‘yish zarur. Shundan so‘ng ertalab kech uyg‘onganda ham shoshilishga hojat qolmaydi.
Boshqalar kabi bo‘lish istagi
Shuni inobatga olish kerakki, barcha inson individual shaxs. Har kim nimasi bilandir boshqalardan farq qiladi. Kiyinish borasida ham shunday. Birovga qarab libos tanlash yaxshi emas. Balki uning qomati va yuz tuzilishi umuman boshqachadir. Asosan libos xususiyatlarini inobatga olish va boshqalar bilan solishtirmaslik tavsiya etiladi.
Kiyimlarni burchakka uloqtirish
Kiyimlar tanlovida barchasini garderobda jamlash ishni birozga bo‘lsa-da yengillashtiradi. Afsuski, shim uchun mos bo‘lgan bluzka tanlashda ham uyning har bir burchagiga murojaat qilishga to‘g‘ri kelsa, bu odatni zudlik bilan yo‘qotish kerak. Sababi tartib har qanday muvaffaqiyatning kaliti. Arzimasdek tuyilishi mumkin, ammo tajribalar natijasi shuni ko‘rsatgan.
Rejasiz xarid
Xaridlarni rejalashtirish juda foydali bo‘lib, odatda to‘satdan sotib olingan narsa uzoq vaqt shkaf burchagi hech qanday kiyim bilan kombinatsiya hosil qilmay turadi. Demak, ishni xaridni rejalashtirishdan boshlash zarur. Do‘konga borishdan avval garderobni ko‘zdan kechirish, nima zarurligi haqida taxminiy rejalar tuzilishi lozim. Bu usul nafaqat keraksiz xaridlardan xalos qiladi, balki pulni ham tejashga yordam beradi.
Kamchilikni yashirish, ammo afzalliklarni ta’kidlamaslik
Aksariyat ayollar kamchiliklarini doimo yashirishga harakat qiladi. Ammo o‘zidagi yutuqlar va betakrorlik haqida o‘ylamaydi. Natijada tasvir bir tomonlama yaratiladi. Kamchiliklarni yashirishdan avval afzalliklarni ham inobatga olish tavsiya etiladi. Masalan, oyoqlari do‘mboq xonimlar uzunroq libos bilan ularni berkitsa, albatta, belbog‘ bilan qomatga o‘zgacha urg‘u berishi mumkin.
Bayramona kiyinish
Har kuni bayramona kiyinishdan ko‘ra oddiy ko‘rinishda bo‘lish yaxshiroq. Aslida uslub ham odatiy narsalardan kelib chiqqan. Shuning uchun har kuni baland poshnali tufli kiyishni ham kundalik odatga aylantirish mumkin. Buning barchasi, albatta, o‘zingizga bog‘liq.
Ortiqcha intilish
Barchasini me’yoridan orttirib yuborish ham bachkanalikka olib kelishi tabiiy. Masalan, o‘ta hashamdor soch turmagi, yorqin va e’tiborni tortuvchi makiyaj, liboslardagi ranglar xilma-xilligi. Bularning barchasini bir vaqtning o‘zida uyg‘unlashtirishning keragi yo‘q. Aslida qancha sodda bo‘lsa, shuncha go‘zal ham bo‘ladi.
Brendga bog‘lanib qolish
Bugunda brend liboslarni kiyish urfga kirgan bo‘lsa-da, bu bilan obrazlar doim ham mukammal bo‘lavermaydi. Yaxshisi, libosning sifati, o‘lchami, o‘zingizga mos kelishi, rangi kabi xususiyatlariga e’tibor qaratish kerak. Natijada nafaqat pulni tejash, balki uslubga ham putur yetkazmaslik mumkin.
Kiyimlarni saqlash
Bu xato yuqoridagi rejasiz xarid qilish bilan chambarchas bog‘liq. To‘satdan sotib olingan kiyim hech narsa bilan uyg‘unlashmagach, shkafning eng yuqorisida yillab turishi mumkin. Balki u yodingizdan ham chiqib ketishi mumkin. Shuning uchun vaqti-vaqti bilan garderobni astoydil tartibga keltirish kerak. Balki o‘sha saqlanib yotgan kiyimlar endilikda mos kelishi mumkin.
Qulaylikdan voz kechish
Odatda ayrim kiyimlar noqulaylik tug‘dirsa-da, undan voz kechish qiyin. Kuni bo‘yi oyoqlarni qisib yuborgan poshnali tuflini kiyishda davom etilaveradi. Bu kabi holatlarni uzoq davom ettirish mumkin. Ammo noqulaylik tashqi ko‘rinishga ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi va obrazning mukammalligiga putur yetkazadi. | 79 | 4,055 |
Ayollar | Sochingizni har kuni yuvmaslikka yordam beradigan 12 ta layfxak (foto) | Ko‘plab insonlar sochlarini ikki kunda bir va hattoki har kuni yuvishga odatlangan. Bu holat har doim ham foydali bo‘lavermaydi. Masalan, agar inson sochlarini tez-tez yuvayotgan bo‘lsa, u sochi mo‘rt va bosh terisining quruq bo‘lib qolganini sezishi mumkin. Sochingizning uzoq vaqt yorqin ko‘rinishga ega bo‘lishiga ishonch hosil qilsangiz, protseduralar sonini kamaytirishingiz mumkin. AdMe nashri sochlarning uzoq vaqt yaxshi ko‘rinishini saqlab qolish va ularni har kuni yuvmaslikka yordam beradigan layfxaklarni taqdim etdi.
Agar boshingizni yuvmoqchi bo‘lmasangiz, dush uchun maxsus bosh kiyimdan foydalaning
Dush qabul qilganda, har doim ham boshni yuvish istagi yoki ehtiyoj bo‘lmaydi. Agar sochingizni o‘rab qo‘ysangiz va uning ustini hech narsa bilan yopmasangiz, suv muqarrar ravishda tomchilar yoki bug‘ shaklida sochga tushadi.
Shunday tarzda sochlar iflos bo‘ladi. Bundan tashqari, soch turmagini buzadigan jingalaklar paydo bo‘ladi. Ushbu muammolarning oldini olish uchun dush uchun maxsus bosh kiyimdan foydalaning.
Sochingizni turmaklang va bosh kiyim kiying
Agar sochlar bo‘shashgan bo‘lsa, atrofdagilar uning ifloslanganligini tezda payqaydi. Shuning uchun, turli xil bog‘lamalarni to‘plashingiz va bir nechta oddiy soch turmagini qilishingiz mumkin.
Sochni tepaga olib turmak qilish, uni yig‘ish, o‘rib qo‘yish va boshqa tezda bajarilishi mumkin bo‘lgan soch turmagi yuvilmagan sochlar uchun ajoyib niqob hisoblanadi. Agar ochiq havoda vaqt o‘tkazsangiz, shlyapa yoki qalpoq kiyishingiz mumkin.
Soch uchun qo‘llaniladigan moylarni haddan tashqari ishlatmang
Sochga qo‘llaniladigan moylar sochni yog‘li qiladi va u odatdagidan tezroq ifloslanadi. Ushbu kosmetik mahsulotni hatto qattiq jingalak sochlarda ham ortiqcha qo‘llamagan ma’qul. Agar sochlar ingichka va silliq bo‘lsa, mutaxassislar moylardan voz kechishni tavsiya qiladi, masalan, bunday holatlarda sarumlar kabi yengilroq parvarishlash vositalaridan foydalanish yaxshi samara beradi.
Sochingizni ho‘llamang
Soch shampunsiz, suvdan ifloslangan bo‘lsa, uni namlamagan ma’qulroq. Agar sochingizni yuvishni istasangiz, uni fen bilan quritishingiz kerak. Soch tolalariga sovuq havo yuborish va chang zarralarini yo‘q qilib, ularni tezda qo‘llar bilan ishqalash kerak. Bundan oldin esa qo‘llarni tozalab yuvish kerak.
Boshingizni massaj qiling
Sochingizni uzoq vaqt toza saqlash uchun bosh terisini muntazam ravishda massaj qilish kerak. Yuvish paytida esa massaj qilish yog‘ va changdan xalos bo‘lishga yordam beradi.
Bundan tashqari, massaj ba’zan hammomdan tashqarida amalga oshirilishi mumkin. U soch ildizlari atrofida to‘plangan yog‘ni soch bo‘ylab taqsimlaydi va terini bezovta qilmaydi. Shuni yodda tutingki, protseduradan oldin qo‘lni yuvish kerak.
Maxsus taroqlardan foydalaning
Yog‘dan foydalanishni yaxshi ko‘radiganlar uchun layfxak. Agar siz mahsulotni shunchaki qo‘llaringizga quyib, sochlaringizga qo‘llasangiz, boshning ba’zi joylarida boshqa joylariga qaraganda ko‘proq yog‘ surtilishi mumkin. Bu sochingizni yog‘li ko‘rinishiga olib keladi.
Mahsulotni bir tekis taqsimlash uchun protseduradan keyin sochingizni tarang. Bundan tashqari, oddiy taroqlar bu vazifani bajara olmaydi. Mutaxassislar tabiiy vositalardan tayyorlangan taroqqa e’tibor berishni taklif qiladi. Bu yog‘ning bir joyda to‘planishini oldini oladi.
Boshingizni tez-tez yuvishni asta-sekin to‘xtating
Sochlar suv protseduralari kamroq amalga oshirilishiga ko‘nikishi kerak. Agar har kuni sochingizni yuvgan bo‘lsangiz, dastlab siz yarim kunni, keyin bir kunni, ikki va undan ko‘p kunlarni o‘tkazib yuborishga harakat qilishingiz mumkin. Agar hech qayerga bormasangiz, dam olish kunlarida boshni yuvmaslik kerak.
Sochingizni tez-tez tarang
Taroq sochlardagi ortiqcha yog‘ va changni olib tashlaydi. Shuning uchun, inson sochlarini qanchalik tez-tez tarasa, sochlar shunchalik uzoq vaqt toza bo‘lib qoladi.
Bitta ogohlantirish: tarash haqiqatan ham samarali bo‘lishi uchun taroqda umuman soch tolalari bo‘lmasligi kerak. Bundan tashqari, uni muntazam ravishda yuvish kerak.
Issiq havoda maxsus qoidalarga rioya qiling
Issiq havo sabab ter paydo bo‘lishi boshni yanada tezroq ifloslanishiga sabab bo‘ladi. Bu holatning ham oldini olish mumkin. Mutaxassislar bo‘shashgan sochlarni yoyib bilan emas, yig‘ib uxlashni tavsiya qiladi.
Bundan tashqari, yumshoqroq shampunni tanlash va undan kamroq foydalanish lozim. Quruq shampunni ham ishlatishingiz mumkin, biroq uni sochlar juda kir bo‘lganda emas, balki sochni yuvgandan keyin bir kun o‘tgach qo‘llagan ma’qul.
Quruq shampun o‘rniga jo‘xori kraxmalidan foydalaning
Agar siz quruq shampun sotib olishni xohlamasangiz, oshxonadagi mahsulotlar orasida uning o‘rniga mos keladigan variantni izlashingiz mumkin. Masalan, sarg‘ish yoki kulrang sochlilar makkajo‘xori kraxmalidan foydalanishi mumkin. Qora sochlilarga kraxmalni oz miqdorda kakao kukuni yoki dolchin bilan aralashtirish tavsiya etiladi. Qulay bo‘lishi uchun aralashmani tuz yoki qalampir idishiga quyishingiz mumkin.
Soch va bosh terisini tuz bilan tozalang
Tuz sochdagi ortiqcha yog‘ni olib tashlashga yordam beradi, chunki u yog‘ bezlarining sekretsiyasini tartibga soladi. Ushbu mahsulot quruq teri va qazg‘oqni ham yo‘q qiladi. Sochingizni uzoqroq toza saqlash uchun uni yuvishdan oldin, tuz seping va keyin massaj qiling.
Yana bir usul bor: shampunning ichiga 2-3 osh qoshiq tuz qo‘shing. Biroq shuni yodda tutish kerakki, tuzni haddan tashqari qo‘llash sochlarning quruq va jingalak bo‘lishiga olib keladi. Bundan tashqari yaralar bo‘lsa, mahsulotni bosh terisiga qo‘llamang.
Vaqti-vaqti bilan soch ildizlarini qog»oz sochiq bilan quriting
Soch ildizlarida to‘plangan yog‘ni so‘rib olish uchun qog‘oz sochiqlardan foydalanish mumkin. Buning uchun sochlarni qismlarga bo‘ling, so‘ngra ildizlarni sekin tuz bilan artib oling va shundan keyin ortiqcha yog‘larni olib tashlanadi.
Ultra changni yutish sochiqlari ideal hisoblanadi. Blotting qog‘ozi xuddi shu maqsadda ishlatilishi mumkin. | 70 | 5,965 |
Ayollar | Makiyaj bilan uyquga ketish qanday muammolarga olib keladi? | Albatta, har bir ayol hech bo‘lmaganda bir marta tasodifan yuzida makiyaj bilan uxlab qoladi va ertasi kuni ertalab u bor kuchi bilan bo‘yalgan tush va tonal kremni o‘chirishga harakat qildi. Agar bu juda kamdan-kam hollarda sodir bo‘lsa, teri haqida tashvishlanishga hojat yo‘q. Biroq agar uyquga yotishdan oldin makiyajni tez-tez yuvishni unutib qo‘yadiganlar noxush oqibatlarga tayyor bo‘lishi kerak, deb yozadi Grazia.
Sezish mumkin bo‘lgan birinchi narsa — yuzda husnbuzar miqdorining ko‘payishi. Tonal krem va kukun teri teshiklarini to‘sib qo‘yadi, bu esa ta’sirchanlik xususiyatini keltirib chiqaradi. Agar kechasi makiyaj yuvilmasa, teri yanada sezgir va ta’sirchan bo‘lib qoladi. Lekin bu hammasi emas.
Eng xavflisi — tush, ten va ko‘z qopqog‘ini yuvmaslik. Oftalmologlar ogohlantirishicha, ko‘zni makiyajdan tozalamaslik kiprik ildizlari yaqinida joylashgan yog‘ bezlarini yopishishi va yorilishlarga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, ko‘zda qizarish va allergiya paydo bo‘ladi.
Muammolarning oldini olish uchun har doim yotishdan oldin terini tozalash tavsiya etiladi. Agar makiyaj bilan uxlab qolgan bo‘lsangiz, uyg‘ongandan keyin qiladigan birinchi ish uni maxsus vosita bilan artib tashlash, keyin yuzni tozalovchi ko‘pik yoki gel bilan yuvish kerak. Shuningdek, terini toza sochiq bilan quritish ham lozim. Qolaversa, yostiq jildini yuvishni unutmaslik kerak, ehtimol, unda ham kosmetika izlarini qolgan bo‘lishi mumkin. | 59 | 1,441 |
Ayollar | Tishlarni qanday parvarish qilish kerak? | Tishlar nafaqat inson organizmi, balki tashqi ko‘rinishi uchun ham muhim ahamiyatga ega. Ular oppoq, tekis va albatta, sog‘lom bo‘lishi uchun bir necha qoidalarga amal qilish kifoya. Stomatolog Saidolimxo‘ja Saidrasulov tishni parvarish qilish bilan bog‘liq oddiy va samarali tavsiyalari bilan bo‘lishdi.
Stomatolog Saidolimxo‘ja Saidrasulov tishni parvarish qilish bilan bog‘liq tavsiyalari bilan bo‘lishdi.
Tishlaringizni kunda uch marta yuving
Tishning gigiyenik holatini yaxshi saqlash uchun, avvalo, tishni yotishdan oldin, ertalab va nonushtadan keyin yuvish shart.
Hozirgi kunda mutaxassislar agar kishi 3 mahal ovqat yesa, 3 marta tishni yuvish kerak degan fikrni oldinga suryapti. Aksariyat yevropaliklar buni odatga aylantirgan.
Men mijozlarimga hech bo‘lmaganda ikki mahal, ayniqsa, yotishdan oldin tishingizni yuving, deb tayinlayman. Sababi, masalan, odam yo‘q deganda 7 soat uxlaydi. Agar tish yuvilmasa, og‘iz bo‘shlig‘ida qolib ketgan ovqat qoldiqlari 7-8 soat ichida nimalar bo‘lmaydi deysiz?
Tishni davolatishdan oldin ichki faktorlarni yo‘q qiling
Eng yomoni, bu tomoqqa ham ta’sir qiladi. Aksariyat odamlar ko‘p tomog‘i og‘riydigan, angina bo‘lib qoladi. Ularni kuzatsangiz, aksari yotishdan oldin tishini yuvmaydi.
Qo‘pol bo‘lsa ham aytaman, boylar oldinlari qul yoki ot, qo‘y olayotganda tishiga qarab olishgan. Chunki tishga qarab organizmning holatini bilishgan.
Bir kuni bir ayol qabulimga lingivid milklarini tozalatgani keldi. Ko‘p stomatologlarga borganini, ammo hech shifo topmayotgani haqida gapirdi. Tekshirtirdingizmi, desam, nimani tekshirtiraman, deb hayron bo‘ldi.
Avvalo, oshqozon-ichak tizimini yaxshilab tekshirtirish lozim, sizda autizm, oshqozon yarasi yoki bo‘qoq bo‘lishi mumkin, dedim. U ayol “oshqozonimdan shikoyatim yo‘q” deb qaytib ketdi.
Oradan biroz vaqt o‘tib u ayol yana kelib, gapimdan so‘ng shifokorga borib tekshirtirganini, men aytgan a’zolarida muammo chiqqanini aytdi.
Har 6 oyda shifokorga ko‘rining
Qabulimga 18-20 yoshlilar keladi. Aksariyatining tishi qolmagan. Aslida, 18 yoshda 28 ta tish bo‘lishi kerak. Borlarining ham kamida 20 ta tishida muammo bor. Bu degani yaxshi yuvmas ekan yaxshi parvarish qilmas ekan, degani emas.
To‘g‘ri, gigiyenani yaxshi ushlamagan, lekin asosiy sabab oshqozondan. Tishni davolatish bilan kasallikka sabab bo‘lgan ichki faktorlarni bartaraf qilgan ma’qul.
Odamlar tishida muammo bo‘lsa-bo‘lmasa, har olti oyda stomatologga kelib tekshirtirib turishlarini maslahat bergan bo‘lardim. | 40 | 2,481 |
Ayollar | Tishlarni oqartirishning siz bilmagan usullari | Samimiy tabassum yaxshi ko‘rinish bilan birgalikda, sizning turli xil korxonalarda muvaffaqiyatlarga erishish imkoniyatingizni oshirishi ham mumkin.
Lekin har doim oldimizda yaltiroqlikning hamma talablariga kamdan-kam hollarda javob beradigan tishlarning oqligi masalasi ko‘ndalang turadi.
Albatta, oqartirishning odatdagi usullari bor: tish pastasi, og‘izni, milkni chayqash uchun suyuqlik va qimmat professional amallar. Lekin tishlarni oqartirishga yordam beruvchi ba’zi hayotiy odatlar ham bor.
Iste’mol sodasi — tishlarning eng qo‘rqinchli dushmani hisoblanadi. Bu kimyoviy birikma yemirish xususiyatiga ega bo‘lib, uni uzoq vaqt ishlatish natijasida tish emali yemirila boshlashi mumkin va bu tishlarning qorayishiga olib keladi.
Tishlar qorayishining odatdagi sabablari (qahva, choy, qizil vino)ga qo‘shimcha ravishda, energetik ichimliklardan ham uzoqroq turing. Ularning tarkibidagi kislota emallar uchun yomon oqibatlar olib kelishi mumkin.
Ba’zi oziq-ovqatlar va ziravorlar tishlarning holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan o‘ziga xos kislota miqdoriga ega bo‘ladi. Ularning orasida — qorag‘at (chernika)ga o‘xshash mevalar tish emallari ichiga mahkam o‘rnashib oladi va ularni qoraytiradi.
Tish cho‘tkasini uch oyda bir marta almashtirish mumkin. Bu usul to‘g‘ri oziq-ovqat mahsulotlarini tanlash kabi muhim ahamiyatga egadir.
Tilingiz o‘zida bakteriyalarni to‘playdi, bu esa oxir-oqibat tishlar emalining rangsizlanishiga olib kelishi mumkin. Tilni tozalashda yumshoq tish cho‘tkasidan foydalaning va har urinishdan keyin cho‘tkani yuvib tashlang. Bu bakteriyalarni tilingizga takroran surmaslik uchun ularni cho‘tkadan olib tashlashga yordam beradi.
Unchalik mashhur bo‘lmagan bu xalqona usul quyidagi tartibda amalga oshiriladi: bir qism sirkaga ikki qism suv qo‘shing va tishlarni chayqang. Bu og‘zingizda bakteriyalarga qarshi kurasha oladigan muhit hosil qiladi.
Manba: Trendymen | 46 | 1,911 |
Ayollar | Teri holatiga ta’sir qilib erta qarishga olib keladigan 7 odat | Yuz terisining ahvoli yaxshi bo‘lishi va hech qanday muammo kuzatilmasligi uchun nimalarga e’tibor berish kerakligi haqida “Domashniy ochag” jurnali ma’lumot berib o‘tadi.
Uyqudan avval yuvinmaslik
Hatto har kuni kosmetik vositalardan foydalanmagan taqdiringizda ham chang va boshqa qoldiqlardan tozalash uchun yuzni uyqudan avval yuvishni unutmang. Gap shundaki, poralarining to‘lib qolishi uyqu vaqtida terini yangilanishiga xalaqit qiladi. Oqibatda tongda yuzingiz so‘lg‘in va charchagandek ko‘rinadi.
Kam uxlash
Kechki uyqu vaqtida nafaqat miya, balki teri ham yangilanadi. Lekin tungi dam olish soatining yetarli bo‘lmasligi ko‘z ostida halqalar paydo bo‘lishi, yuz terisining rangi nosog‘lom ko‘rinishi, shuningdek, erta ajin tushishiga olib keladi.
Noto‘g‘ri tanlangan kosmetik vositalardan foydalanish
Ajin tushishiga qarshi foydalanadigan krem yaxshi samara berishi uchun tarkibida retinol bo‘lishiga e’tibor qaratish kerak. Ammo ko‘p miqdordagisi terini shikastlashi va muammo keltirib chiqarishi mumkinligi bois, me’yorga amal qilish kerak. Shu sabab ham tarkibida retinol kam bo‘lgan kremlardan foydalanishni boshlang.
Choyshablarni tez-tez almashtirmaslik
Choyshablarni haftada kamida bir marta, yuzingizda yallig‘lanish va husnbuzarlar bisyor bo‘lsa, yanada tez-tez almashtirish kerak. Yostiq jildida qolgan bakteriyalar va boshqa zararli qoldiqlar yuz terisiga zarar yetkazishi mumkin.
Kosmetik vositani yuvmasdan uxlash
Nima bo‘lgan taqdirda ham yuzingizdagi kosmetikani tozalamasdan uyquga yotmang. Aks holda nafaqat teri, balki ko‘z bilan bog‘liq muammo yuzaga kelishi — infeksiya tushishi mumkin bo‘ladi.
Terini namlantirmaslik
Muntazam ravishda namlantirishga nafaqat quruq, balki aralash va yog‘li teri ham ehtiyoj sezadi. Bu borada terini namlantirish bilan birga parvarishlaydigan krem, maz va yog‘larga e’tibor qaratish tavsiya qilinadi. Qolaversa, bu kabi mahsulotlar terini shikastlanishdan saqlab, bakteriya hamda xavfli infeksiyalarni u orqali organizmga kirishidan himoya qiladi.
Uxlaydigan xona haroratiga e’tibor bermaslik
Uxlash uchun xona harorati selsiy shkalasi bo‘yicha 18 daraja iliq bo‘lishi kerak. Qanchalik issiq bo‘lsa, uxlash shunchalik qiyin bo‘ladi. Bu esa tana, xususan, teri ahvoliga ta’sir qilmay qolmaydi. | 62 | 2,254 |
Ayollar | Uy sharoitida yuz terisini piling qilishning arzon va xavfsiz usuli | Uy sharoitida mustaqil ravishda yuz terisini parvarish qilishda ichak faoliyatini tiklashda ishlatiladigan dori vositasi “Xilak forte” ajoyib ravishda yordam beradi.
Ko‘pchilikka tanish bo‘lgan “Xilak forte” tomchilari tarkibi piling qilishda muhim vazifani bajaruvchi sut kislotasidan tashkil topgan.
Bunday amallar qanday muammolarni hal qilishda yordam beradi? Birinchi o‘rinda, pigment dog‘lar va sepkillar, shuningdek teridagi boshqa ko‘plab muammolar: kengaygan teshikchalar, ajinlar, husnbuzarlar va hatto terining sho‘ralashi. Sut kislotasi bilan piling qilish bir haftada bir marta, agar yuz terisi quruq bo‘lsa – ikki haftada bir marta amalga oshiriladi.
Aralashmani surishdan oldin yuz terisi tozalanadi, bug‘li vanna qilinadi va yuz terisining ko‘z atrofi sohasidan boshqa joylari yog‘sizlantiruvchi losyon bilan artiladi. Keyin esa uqalovchi harakatlar bilan piling vositasining o‘zi suriladi. 15–20 daqiqadan so‘ng terini sovuq suv bilan yaxshilab yuvib tashlash va namlovchi krem surish lozim bo‘ladi.
Yog‘liligi 2,5% bo‘lgan 3 osh qoshiq qatiq va 5 tomchi “Xilak forte”ni aralashtiring.
30 ml o‘zingizning odatdagi yoshartiruvchi losyoningiz va 10 tomchi “Xilak forte”ni aralashtiring.
30 ml oziqlantiruvchi krem va 10 tomchi “Xilak forte”ni aralashtiring.
10 ml distillangan suv va 10 ml “Xilak forte”ni aralashtiring.
Shuni esda tutingki, bunday piling ham o‘ziga xos nojo‘ya ta’sirlarga ega bo‘ladi! Agar yuzingizda ochiq yara bo‘lsa yoki o‘zingizda vositani qo‘llab bo‘lmaydigan holatlarni sezgan bo‘lsangiz, undan foydalanish mumkin emas.
Manba: “Woman.ru” | 67 | 1,578 |
Ayollar | Qo‘llar yoshni aks ettiradi. Ularning ko‘rinishini yaxshilashning 4 usuli | Qarishga qarshi vositadan foydalanganda, yuz, bo‘yin sohasiga e’tibor beriladi. Lekin ko‘pincha qo‘llar haqida unutiladi, garchi qo‘llarning terisi qarishga moyil bo‘lsa ham. Tabiatan qo‘l terisi juda nozik va quruq bo‘lib, yog‘ bezlarining minimal miqdoriga ega, shuning uchun uning himoya to‘sig‘i juda zaif. E’tiborsizlikdan qo‘llarda qarishning dastlabki belgilari 25 yoshga kelib paydo bo‘lishi mumkin, shuning uchun siz bu haqda iloji boricha ertaroq o‘ylash kerak. Quyida qo‘llarning terisini iloji boricha uzoq vaqt davomida yosh va namlangan holda saqlashga yordam beradigan samarali layfxaklarni ma’lum qilamiz.
SPF’ni unutmang
Yuz va bo‘yin uchun har kuni quyoshdan himoyalovchi krem surtiladi, ammo qo‘llarga ham xuddi shunday parvarish kerak. Ultrabinafsha nurlar giperpigmentatsiyani qo‘zg‘atadi, kollagen ishlab chiqarishni kamaytiradi va qarish belgilarining namoyon bo‘lishiga yordam beradi. Hatto bulutli kunlarda ham, agar qo‘lqop kiyilmasa ham, qo‘lning orqa tomoniga SPF kremini surtish kerak.
Retinolli tungi kremdan foydalaning
Retinol – haqiqiy yoshlik eliksiri. Bu kollagen va elastin ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi, terining qattiqligi va silliqligini yo‘qolishining oldini oladi. Qo‘llarning terisini davolashda foydalanish mumkin, mahsulotning oz miqdori qo‘llarga surtiladi va so‘rilmaguncha yaxshilab ishqalanadi.
Niqoblar qo‘llang
Oziqlantiruvchi niqoblar qo‘llar uchun ham, yuz uchun ham zarur. Sotuvda parvarishlash vositalari uchun juda ko‘p sonli oziqlantiruvchi va tiklovchi qo‘l niqoblari mavjud, ammo tarkibida kollagen, gialuron kislotasi va antioksidantlar bo‘lgan mahsulotlarga alohida e’tibor berish tavsiya qilinadi. Eng yaxshi natijaga erishish uchun yotishdan oldin niqob surtib, trikotaj qo‘lqop kiyish yaxshi samara beradi.
Qo‘lqop kiying
Greys Kelli butun umri davomida amal qilgan oddiy, ammo juda samarali qoida. Sovuq havo qo‘llarning terisiga salbiy ta’sir qiladi: quriydi, yorilib, hatto yallig‘lanishi mumkin. Teri qanchalik quruq bo‘lsa, unda qarishning birinchi belgilari tezroq paydo bo‘ladi, shuning uchun sovuq havoda qo‘lqop kiyish mutlaqo foydali. | 73 | 2,114 |
Ayollar | Ramazonda oshqozonni tozalash borasida tabiblar nasihatlari | “Muslimaat.uz” muslimalar sahifasi Ramazon oyi kirishi munosabati bilan, oshqozonni tozalash borasida tabiblarning bir necha nasihatlarini havola qildi. | 59 | 152 |
Ayollar | Bitta uy narxiga teng atir: dunyodagi eng qimmat kosmetik vositalar (foto) | Kimdir olmos zirak va marjonlarni taqib yuradi, lekin kosmetika brendlari xaridorlar uchun flakonlarni oltin va eng qimmat toshlar bilan bezashga tayyor.
DKNY, Golden Delicious Million Dollar Fragnance bottle – taxminan 1 million dollar
Dunyodagi eng qimmat atir – ommaviy bozor toifasiga kiruvchi atir. Amerikaning Donna Karan moda uyi AC gumanitar tashkiloti bilan birgalikda chiqariladigan atir, uning flakon deyarli 3 ming olmos bilan bezatilgan. Qimmatbaho flakonni yaratish uchun mohir zargar Martin Kats yollangan, u dizayn ustida 1500 soat ishlagan. DKNY, Golden Delicious Million Dollar Fragnance bottle – bu qimmatbaho toshlar bilan qoplangan Nyu-York uslubidagi flakon. Olmosdan tashqari, shishaning tagiga feruzarang turmalin, sapfir, yoqutdan foydalanilgan. Martinning o‘zi flakon qopqog‘iga sariq va oq oltindan yasalgan brend logotipini o‘yib yozgan. Dunyodagi eng qimmat atir elita butiklarida qimmatbaho namuna taqdim etish va namoyish qilish uchun butun dunyo bo‘ylab sayohatga chiqib ketgan.
Klayv Kristian №. 1 Imperator Majesty Parfume, 215 ming dollar
So‘nggi bir necha yil ichida tanlangan xushbo‘y hidlar mashhur bo‘lib ketdi, lekin bu parfyum hamma narsani chetlab o‘tdi. Kliv Kristian xushbo‘y hid yaratish uchun ingredientlarning narxi haqida o‘ylamasdan, dunyodagi eng hashamatli atir yaratishni talab qilib, mashhur parfyumer Roxa Davga murojaat qildi.
Roxa bu ishni g‘ayrat bilan bajardi va butun dunyodagi eng noyob va qimmat atir notalarini yig‘di. Atirgul yog‘i – 6 ming yevro, birinchi parvozda Hindistondan olib kelingan jasmin, binafsha ildizi 1 kilosi 11 ming yevro, jigarrang atirgul yog‘i, uning bir tomchisiga kamida 170 gul kerak. Tabiiyki, ijodkorlar flakonda bezakni tejamagan: flakonning bo‘yi 18 karatli oltin va 5 karatli olmosdan yasalgan va sotib olinganidan so‘ng u sizning bosh harflaringiz bilan o‘yiladi. Flakon baxmal bilan qoplangan va platina bilan ishlangan qora qutiga joylashtirilgan. Hammasi bo‘lib 10 ta flakon chiqarilgan, shundan 5 tasi arxivga, 2 tasi esa, mish-mishlarga ko‘ra, Elton Jon va Keti Xolms tomonidan sotib olingan. Klayv Kristian №. 1 Imperial Majesty Edition – dunyodagi eng qimmat va hashamatli atir, uning narxi 215 ming dollarga tushadi, lekin guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, u bunga arziydi.
H. Couture Beauty, kosmetik to‘plam, 14 million dollar
Eksklyuziv kolleksiyalarni kutish va har qanday odam uchun mavjud bo‘lgan narsani sotib olish shart emas. Masalan, juda mehribon va boy ota qiziga yubileyiga kosmetika to‘plamini buyurdi. 25 yoshli qiz bayram uchun nafaqat kosmetika, balki 18 karatli oltin va 4 ming olmosdan yasalgan to‘plamni oldi. Ushbu kosmetik to‘plam brendlar tarixidagi eng qimmat buyurtma deb tan olindi. H. Couture Beauty buyurtmadan shunchalik xursand bo‘ldiki, u qizga bonus berdi: olmos to‘plamining egasi istalgan vaqtda kosmetik idishlarni qayta to‘ldirishga buyurtma berishi mumkin.
Guerlain, Kisskiss, Gold lipstick, 62 ming dollar
Qizlarning eng yaqin do‘stlari – olmos va chiroyli lab bo‘yog‘i. Guerlain fransuz uyi hashamatni yaxshi ko‘radigan qizlar uchun barcha sharoitlarni yaratdi va 11o grammli 18 karat oltindan ishlangan va vazni 2,2 karatli 199 ta olmos bilan bezatilgan lab bo‘yog‘ini chiqardi.
Xo‘sh, an’anaga ko‘ra, lab bo‘yog‘ining qopqog‘i ostida bosh harflarni o‘yib yozish uchun joy bor. 62 ming dollarlik narxdan tashqari, bunday mahsulotni faqat Bergdorf Goodman’da mahsulot yaratuvchisi bilan maslahatlashganidan so‘ng olish mumkin.
Nivea Visage Expert Lift Day, 113 ming dollar
Ommaviy bozor kremlari faqat iqtisod uchun ishlatiladi, deb kim aytdi? Bir necha yil oldin mashhur Nivea brendi onalar kuni uchun 441 ta kremni olmos bilan qoplangan eksklyuziv qadoqda chiqargan.
Cheklangan Nivea Visage Expert Lift Day narxi taxminan 113 ming dollarga baholanmoqda. Nusxalarning biri Londondagi Moira zargarlik do‘konida sotilgan va tushgan mablag‘ ko‘krak bezi saratoniga bag‘ishlangan “Ko‘krak bezi saratoni parvarishi” xayriya tashkilotiga o‘tkaziladi.
Models Own, Gold Rush Nail Polish, 130 ming dollar
Flakonning o‘zi 1000 dan ortiq mayda olmos bilan bezatilgan. Xo‘sh, qimmatbaho lak uchun pul yetarli bo‘lmasa, brend, Gold Rush lak nusxasini tayyorlagan. Uning narxi taxminan 10 dollar. Albatta, qopqoqda suyuq oltin yoki olmos yo‘q.
Kre At Beauty Gold and Diamond Eyelashes, 1350 dollar
Sun’iy kirpiklar ko‘zni kattalashtiribgina qolmay, balki boylikni ham ko‘rsatishi mumkin. Taniqli dizayner Teylor Chang Babayan oltin va ko‘plab olmoslar bilan bezatilgan 22 ta sun’iy kirpik dizaynini yaratdi. Bunday kirpiklarning bir jufti uchun 1350 dollar to‘lash kerak bo‘ladi.
Kosmetik to‘pponcha, 17 ming dollar
Daniyalik zargar, ehtimol, “Janob va Smit xonim” filmidagi Anjelina Jolidan ilhomlanib, g‘ayrioddiy plomba bilan kosmetik to‘pponcha yaratishga qaror qildi. To‘pponcha lab bo‘yog‘i, bir flakon parfyum, antiqa soch turmaklovchi, oltin tish tozalagich, 50 grammli oltin, USB chip uchun faqat 17 ming dollar kerak.
Azature, olmos zarrachali lak, 250 000 dollar
Azature markali lak yordamida tirnoqlarni zargarlik buyumlariga aylantirish mumkin. Mahsulot tarkibida 267 karatli qora olmos bor, bu qoplamani nihoyatda jozibali qiladi. To‘g‘ri, qimmatbaho mahsulotni sotib olishni rad etishning ikkita sababi bor: lak Los-Anjelesdagi Azature brend do‘konida bitta nusxada taqdim etilgan va u hali sotib olinmagan bo‘lsa ham, narxi 250 ming dollarni tashkil qiladi.
Olmos linzalari, 15 ming dollar
Ko‘zlarning porlashi uchun hindistonlik oftalmolog Chandrashekxar Chavan o‘ylab, olmos bilan bezatilgan linzalarini yaratdi. Uning xotining tishidagi olmoslarning porlashidan ilhomlanib, mutaxassis eng kichik olmoslarni to‘pladi va ularni linzalarga joylashtirdi. Olmoslar shox pardaga tegmaydi, chunki Chavan maxsus linzalardan foydalangan.
Doktor jamoatchilikka bunday linzalardan foydalanish xavfli emasligini va olmoslarning oltin zarralardan soya qilganini ta’kidlaydi. G‘ayritabiiy linzalar Bollivud yulduzlarining javonlaridan joy oldi, ular qizil yo‘lak va kino sahnalariga chiqishda ularni ishlatishdan mamnun. | 74 | 6,066 |
Ayollar | Xavfli tanqislik: qaysi vitaminlar yetishmasligi terining erta qarishiga olib keladi? | Shifokor tavsiyasi va biologik faol qo‘shimchalar reklamasi ko‘pincha vitamin va elementlari organizm uchun zarur ekanligini eslatib turadi. Ammo ular nima uchun kerakligi noma’lumligicha qoladi. Shu bilan birga, ko'plab muhim moddalarning yetishmasligi jiddiy sog‘liq muammolaridan tashqari, masalan, terining tez qarishiga olib kelishi mumkin. Marie Claire bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun qaysi vitaminlarni qabul qilish kerakligini ma’lum qildi.
C vitamini
Har bir inson C vitamini shamollash bilan kurashishga yordam berishini biladi, ammo u terining ko‘rinishini ham yaxshilaydi. Kosmetolog, tibbiyot fanlari doktori — Joshua Zayxnerning tasdiqlashicha, C vitamini kollagen ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi, bu esa o‘z navbatida ajinlarni kamaytirishga yordam beradi. “C vitamini erkin radikallarning zararlanishini neytrallaydigan, g‘ayritabiiy pigmentatsiya shakllanishiga to‘sqinlik qiluvchi va sog‘lom kollagen ishlab chiqarishda muhim omil bo‘lgan kuchli antioksidantdir”, — deydi mutaxassis.
E vitamini
C vitamini singari, E vitamini ham kollagenning tabiiy ishlab chiqarilishiga yordam beradi. E vitamini uzoq vaqt davomida teri hujayralarida namlikni saqlaydigan himoya to‘sig‘ini asraydi.
Sink
Ushbu muhim mineral immunitet tizimining faoliyatini kuchaytirishi va yaralarni davolashni rag‘batlantirishi bilan mashhur. Biroq, ekspertlarning ta’kidlashicha, sink terini ultrabinafsha nurlanishidan ham himoya qilishi mumkin. Journal of Nutrition jurnalida chop etilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, sink yetishmasligi qarish jarayonini tezlashtiradi.
Selen
Selen teri sifatini yaxshilaydigan va erkin radikallarga qarshi kurashadigan antioksidant xususiyatlarga ega.
Koenzim Q10
Antioksidant birikma CoQ10 oziq-ovqatni energiyaga aylantirish uchun tabiiy ravishda organizm tomonidan ishlab chiqariladi. Ba’zi tadqiqotlarga ko‘ra, u ajinlarni kamaytirishga va terining tuzilishini yaxshilashga yordam beradi. Koenzim Q10 ba’zi oziq-ovqat, kosmetika va biologik faol qo‘shimchalarida mavjud.
Epigallokatexin gallati (EGCG)
Bu ko‘k choy tarkibida mavjud bo‘lgan noyob o‘simlik birikmasi bo‘lib, u ultrabinafsha nurlanishidan himoya qilish, ajinlar va pigmentatsiya kabi bir qator teri afzalliklariga ega. Har kuni ko‘k choy ichish shart emas, EGCG konsentrlangan oziq-ovqat qo‘shimchasi sifatida ham mavjud.
Kollagen
Kollagen tarkibida ikkita aminokislota, prolin va glitsin mavjud bo‘lib, ular bo‘g‘im, suyak va mushaklarning shakllanishi va tiklanishi uchun zarurdir. Ular terining elastikligi uchun ham javobgardir. Yosh o‘tishi bilan tabiiy kollagen ishlab chiqarish sekinlashadi, shuning tufayli terining elastikligini uzoqroq saqlash uchun kosmetologlar ushbu proteinni oziq-ovqat yoki qo‘shimcha sifatida olishni tavsiya qiladi. | 85 | 2,746 |
Ayollar | Bolalarga xos depressiya: Har bir ota-ona bilishi kerak bo‘lgan 8 xavfli simptom | Depressiyadan nafaqat kattalar, balki bolalar ham aziyat chekishi mumkin. Stress, hayotidagi keskin o‘zgarishlar, qadrli deb bilgan yaqinlaridan ayrilish va organizmdagi gormonal o‘zgarishlar unga depressiyada darak berishi mumkin.
O‘qishining yomonlashishi
Bolaning baholari hech qachon o‘zidan-o‘zi pasayib qolmaydi, buning hamisha qandaydir muhim sabab bo‘ladi. Bunga sinfdoshlar va o‘qituvchilar bilan mojarolar, uyda e’tiborning yetishmasligi, qiyinchiliklar va mavzularni o‘zlashtirish – bularning bari sabab bo‘lishi mumkin. Qolaversa, o‘qishga yetarlicha kuch va motivatsiya topa olmaslik bilan bog‘liq depressiya ham baholarning yomonlashishiga ta’sir qilishi mumkin.
Ko‘p uxlash
Depressiya vaqtida uyqu sifati buziladi va tunda nafaqat organizm, balki miya ham dam olishga ulgurmaydi. Oqibatda uyqu uchun ko‘proq vaqt ketadi va shunda ham energiya yetmaydi. Depressiyadan aziyat chekadigan bola va o‘smirlarda kundugi uxlash kuzatiladi. Qolaversa, tongda uyg‘onishga qiynaladi va ko‘proq uxlash uchun ertalabki darslarni o‘tkazib yuboradi.
Kam muloqot qilish
Depressiyada odamlar ko‘proq, o‘zini-o‘zi yakkalashga harakat qiladi. Muloqot va suhbatlashish uchun o‘zi shundoq ham yetishmayotgan energiya ko‘p talab qilinadi. Bolangiz do‘stlarining taklifini inkor qilsa, sezilarli darajada kam muloqot qiladigan bo‘lib qolsa bunga e’tibor bering va kerak bo‘lsa, mutaxassisga murojaat qiling.
O‘yin-kulgidan voz kechish
Bolaning na bog‘ga, na kino va bayramlarga nafaqat siz, nafaqat do‘stlari bilan ham borgisi kelmay qolishi mumkin. Bu juda ham xavotirli simptom sanaladi: me’yorda o‘yin-kulgi odamga kuch va energiya beradi, tinchlanish, dam olish hamda tetiklashishga yordam beradi. Ammo depressiyada istalgan harakat, hatto ijobiysi ham energiyaning haddan ortiq kamayishiga olib keladi. Shuning hisobiga odam hatto odatda xursand qiladigan narsalardan ham voz kechib, kuch tejashga harakat qiladi.
Tushkunlik
O‘smirlik oson bo‘lmagan davr hisoblanadi. Ammo gap depressiya haqida ketayotgan bo‘lsa, odamni hozirgi zamon, kelajak va hatto o‘tmish ham xursand qilmaydi. Energiya va quvonchni baxtli xotiralarga jamlash o‘rniga qayg‘u va g‘amga qo‘shimcha sabab deb biladi.
Odatdagidan ko‘proq yig‘laydi
Ko‘z yoshlar – negativ emotsiyalarni ifodalashning oddiy va samarali usuli. Ammo arzimas muvaffaqiyatsizlik va xafagarchiliklar ham yig‘iga sabab bo‘ladigan bo‘lsa, mutaxassisga murojaat qilish kerak.
Taskin berishlarini xohlamasa
Odatda nimadir o‘xshamaganida odam yordam va taskindan bosh tortmaydi, ammo depressiya vaqti odam qo‘shimcha aybdorlik hissini tuyadi. Gap shundaki, bunday vaqtda kimdir taskin bersa ular yanada ko‘proq azob chekadi. Bola yoki o‘smir tasalli hamda yupatishni, shuningdek, dalda berishlarini istamasa beparvo bo‘lmaslik tavsiya qilinadi.
Ovqatlanish bilan bog‘liq odatlarning o‘zgarishi
Ishtahaning o‘zgarishi – bo‘g‘ilishi va ochilishi depressiyaga xos simptom bo‘lishi mumkin. Keskin va yetarli darajada kuchli o‘zgarish – eng asosiy alomat hisoblanadi. Agar u boshqa simptomlar bilan kechadigan bo‘lsa, mutaxassislarga murojaat qiling. | 80 | 3,082 |
Ayollar | Qanday qilib yoshroq ko‘rinish mumkin? 5 ta oddiy usul | Mumkin qadar uzoqroq vaqtgacha yoshroq ko‘rinish uchun qimmatbaho davolash tadbirlarini amalga oshirish shart emas. Quyida ko‘rsatilgan maslahatlarga muntazam ravishda amal qilib ko‘ring — ular haqiqatan ham yordam beradi.
Hatto bulutli kunlarda ham biz quyosh nurlari ta’siriga yo‘liqamiz. Terini ultrabinafsha nurlaridan himoya qilishning eng yaxshi usuli — SPF kremidan faqat ta’tilda emas, balki har kuni foydalanish.
Qo‘llar terisi holatiga qarab odamning yoshini, hayot tarzini va odatlarini bilish mumkin. Aynan shuning uchun qo‘llar terisini parvarish qilish juda muhim. Har kuni krem suring va teri qatlamining qurib qolgan zarrachalarini ketkazish uchun bir haftada bir marta skrab ishlating.
Sport tufayli yuzning rangi yaxshilanadi, terining rangparligi yo‘qoladi, hamma mushaklar tetiklashadi va kislorod bilan yaxshiroq ta’minlanadi. Odamning kayfiyati va ahvoli yaxshilanadi. Bu omillarning hammasi odamni ancha yilga yoshroq qilib ko‘rsatadi.
Tuz suvni ushlab turadi. Shu tufayli odam aslidagidan ko‘ra to‘laroq ko‘rinadi. Shishlar ayniqsa yuzda seziladi. Tuzni ortiqcha iste’mol qilish buyraklar uchun ham zararli. U bo‘g‘imlar harakatchanligining pasayishiga olib keladi va suyaklarni ancha mo‘rt qilib qo‘yadi.
Smartfon nafaqat bo‘sh vaqtimizni o‘g‘irlaydi, balki yoshimizning kattaroq ko‘rinishiga ham sababchi bo‘lishi mumkin. Biz telefon bilan o‘tirganimizda, boshimiz egiladi, bo‘ynimizda ajinlar paydo bo‘ladi. Bu ajinlar ancha chuqurlashishi va tanada butunlay qolishi mumkin. Buning oldini olish uchun, gadjetlarni ko‘zingiz qarshisida tutishga harakat qiling.
Manba: Rambler Weekend | 54 | 1,610 |
Ayollar | Eng katta ko‘z va ingichka bel − noodatiy go‘zallik sohibalari | Yoshlar orasida avvalgiga nisbatan iloji boricha mashhur bo‘lishga intilish ko‘paygan. Bunday muvaffaqiyatga faqatgina dunyo go‘zallari yoki noyob iste’dod egalarigina emas, balki noodatiy tashqi ko‘rinishga ega insonlar ham erishishi mumkin.
Mariya Oz katta ko‘zlari bilan mashhur
Mariyaning so‘zlariga ko‘ra, mukammal ayol g‘ayrioddiy bo‘lishi kerak: ichki olami ham, tashqi ko‘rinishi ham. Ukrainalik Instagram modeli boshqalar bilan bellasha oladigan katta ko‘zlari bilan mashhur. Mariyaning katta ko‘zlari uning atrofidagi barcha go‘zal ayollardan ajralib turishi uchun kifoya qiladi.
Yekaterina Lisinaning uzun oyoqlari muvaffaqiyat olib kelgan
Yekaterinaning aytishicha, o‘ziga ishonmaydigan qizlarga ilhom manbayi bo‘lish maqsadida o‘zini Ginnes rekordlar kitobiga kiritilishini so‘ragan. U maktabda o‘qib yurgan paytda o‘ziga nisbatan bo‘lgan kamsitishlarga qaramay, barcha maqsadlariga erishdi. Yekaterina basketbolda muvaffaqiyatga erishishi bilan birga, 2008-yil bo‘lib o‘tgan Olimpiada o‘yinlarida yugurish bo‘yicha bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Uning yana bir orzusi bor, model bo‘lish. Shuning uchun ham u keyinchalik sportdagi faoliyatini to‘xtatdi va “Eng yuqori professional model” unvoniga sazovor bo‘ldi. Uning muvaffaqiyatiga oyoqlari xalaqit bermadi.
Sofiya Xajipanteli qalin qoshlaridan faxrlanadi
Uning tashqi ko‘rinishi hammaga ham birdek yoqmasligini bilgan holda, Kipr modeli qoshlarini termaydi, aksincha uni parvarish qiladi, o‘stiradi va o‘zining madaniyatidan g‘ururlanadi. Sofiyaning aytishiga ko‘ra, u AQShga ko‘chib borganidan keyin past bo‘yi, tashqi ko‘rinishi va kelib chiqishi tufayli doimiy ravishda sinfdoshlari tomonidan mazax qilingan. Ammo u hozirda ijtimoiy tarmoqlardagi haqoratlardan ham xafa bo‘lmaydi va o‘zini ajoyib ko‘rinishga egaligiga ishonadi.
Szyansiyaning uzun kipriklari yuziga tushadi
Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgan xitoylik ayol Szyansiyaning kipriklari 13 santimetrni tashkil etadi. Qiziq ayol kundalik hayotda qanday qilib yuradi, uni quloqlari ortiga oladimi yoki yanoqlariga tushirib yuradimi?
Mishel Kobke ingichka bel sohibasiga aylandi
O‘tgan davrda Yevropa ayollarini korsetsiz tasavvur qilib bo‘lmagan. Ammo hozirda ham unga murojaat qiladigan qizlar topiladi. 20 yoshlik nemis ayol Mishel Kobke 64 santimetrlik belidan qoniqmadi va uch yil mobaynida karsetni yechmadi. Amerikalik Keti Yungning bel aylanasi 40 santimetrni tashkil etgan bo‘lsa, Mishelning ko‘rsatkichi karset taqilganda 38,1 santimetrga teng bo‘ldi. | 62 | 2,497 |
Ayollar | 2022-yilni yorqin ranglar bilan boshlaymiz. Har qanday bayramlarga mos keluvchi 5 xil obraz (foto) | Bayram arafasida do‘stlar bilan uchrashuv, oilaviy kechki ovqat, muzeyga sayohat va kichik ziyofat – hammasi bir kunga to‘g‘ri keladi. Bu esa garderobda har qanday vaziyatga mos keladigan libos bo‘lishini talab qiladi. Dizaynerlar joriy yilning birinchi kunlaridanoq porloq va yorqin obrazda namoyon bo‘lishni tavsiya etadi.
Negadir kombinezonlar yoz faslida ko‘proq kiyiladi. Ammo jun matodan tikilganlari har qanday ish jarayoni uchun ham qulay hisoblanadi. Ayniqsa, u biroz qalin va tor bichimdagi sviter bilan birlashtirilsa. Shuningdek, mazkur obrazga poshnali tufli emas, aksincha chelsi oyoq kiyimlari juda mos keladi.
Sovuq kunlarda issiq shim ayni muddao. Ular ham issiq, ham qulay. Shuningdek atlas yoki yupqaroq kofta bo‘lsa, ularni uzoqqa qo‘ymaslik kerak. To‘satdan belgilangan uchrashuvlar uchun ushbu obraz chiroyli ziraklar bilan yanada boyitiladi.
Qish mavsumida hamma libos o‘ta jiddiy bo‘lishi shart emas. Hech bo‘lmaganda, birgina element yorqin rang bo‘lishi lozim. Misol uchun, qora ko‘ylak ustidan kiyiladigan jilet va sumkaning rangi bir-biriga mos kelishi mumkin. Shuningdek, ko‘ylak bilan baland poshnali botfort juda mos keladi. U qor va yomg‘irli ob-havoga ham chidamli, ayniqsa, uchrashuvlarga borishdan avval tozalash oson.
Ushbu bir-biriga qarama-qarshi kombinatsiya bayram uchun ajoyib obraz bo‘la oladi. Bo‘yin qismi noodatiy tarzda bichilgan kofta va midi yubka uchun har qanday uslubdagi poyabzallar to‘g‘ri keladi. Qizil rangli sumka esa haqiqiy bayram shukuhini paydo qiladi.
Bahorgacha tayyorgarlikni yashirish kerak emas. Ushbu mavsumda qisqa shimlar va oversize bichimidagi ustki kiyimlar urfga kirdi. Ushbu obraz ham yosh va makon talamaydi. Albatta, kontrast ranglardan foydalanish tasvirni yanada boyitadi. Shuning uchun mazkur tavsiyalarga amal qilishda imkon qadar yorqin ranglarga murojaat qilish zarur. | 98 | 1,852 |
Ayollar | Mezoterapiya haqiqatan ham soch to‘kilishining oldini oladimi? Bu muolajadan erkaklar ham foydalanishi mumkinmi? Mutaxassis javobi | Ancha yillardan buyon soch to‘kilishi muammosi nafaqat ayollarni, balki erkaklarni ham qiynab kelmoqda. Hozirgi kunda kosmetologiyaning eng foydali protsedurasi deb aytilayotgan soch mezoterapiyasi bunga yechim bo‘la oladimi? Bu muolajani erkaklarga qo‘llash mumkinmi? Xizmatdan foydalanish narxlari qancha? Bu haqda “Daryo”ga tajribali shifokor-kosmetolog Hilola Fayziyeva batafsil ma’lumot berib o‘tdi.
Soch mezoterapiyasi — maxsus ignalar yordamida boshning soch qismiga inyeksiya qilish metodi. Inyeksiya tarkibidagi preparatlar soch ildizini mustahkamlab, qalinlashtiradi, oziqa beradi. Qolaversa, mikrotsirkulyatsiyani yaxshilab, erta oqarishining oldini oladi.
Bundan tashqari mezoterapiya massaj va niqoblardan ko‘ra samarali bo‘lib, soch o‘sishiga yordam beradi.
Protsedura to‘g‘ridan to‘g‘ri soch follikulasiga ta’sir qiladi. Shu sababli nafaqat soch to‘kilishi va qazg‘oqni, balki haddan tashqari quruq, yog‘li bosh terisini davolashda katta samara beradi.
Protsedura har 7—10 kunda bir marta qilinadi. Muammoga qarab muolaja natijasi dinamikada kuzatiladi. Davolash kursi 4—8 haftani tashkil etadi. Faqat muolajani shifokor nazorati ostida amalga oshirish lozim.
Boshqa muolajalarda bo‘lgani kabi soch mezoterapiyasini ham qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar mavjud.
Xususan, alopetsiya (soch to‘kilishi) kasalligining o‘tkir davrida muolajadan foydalanish mumkin emas. Chunki bu aks ta’sir ko‘rsatib, soch yanada tez to‘kilishiga olib keladi. Shuning uchun soch mezoterapiyasini qilishdan oldin, albatta, trixolog (soch bo‘yicha mutaxassis) bilan maslahatlashib olgan ma’qul.
Ayni paytda soch mezoterapiyasining bitta muolajasi o‘rtacha 150—600 ming so‘mgacha baholanadi. | 130 | 1,686 |
Ayollar | Pilates nima va u qanday foyda beradi? | Pilates — amerikalik sport mutaxassisi Yozef Pilates tomonidan gospitalda davolanayotgan yarador askarlar reabilitatsiyasi uchun ishlab chiqilgan mashqlar majmui. Ushbu mashqlar korset rolini bajaruvchi va tananing normal joylashuvini mahkamlovchi muskullarni mustahkamlaydi. Fizioterapevtlar ushbu tizimni umurtqa pog‘onasi shikastlanishini boshidan kechirgan odamlarga reabilitatsiya dasturi sifatida tavsiya qiladi. Pilates, shuningdek, homilador ayollarga ham tavsiya etiladi, chunki u tug‘ruqdan avval ham, keyin ham muhim rolni bajaruvchi bel va qorin mushaklarini sezilarli ravishda mustahkamlaydi.
Pilatesda ketma-ketlik bilan barcha muskullarga ishlov beriladi, shuningdek, kuch va cho‘zilish mashqlari uyg‘unlashtiriladi. Mashg‘ulotlar sog‘lomlashtiruvchi ta’sirga ega: organizmning barcha tizimlari ahvolini yaxshilaydi, stressni yo‘qotadi, tanadagi og‘riqlardan xalos etadi, uyquni normallashtiradi, travma oqibatlarini bartaraf etadi. Albatta, pilates qomatni ham to‘g‘rilaydi, ortiqcha vaznga qarshi kurashadi.
Pilates bilan jinsi, yoshi, jismoniy tayyorgarlik darajasidan qat’i nazar, barcha shug‘ullanishi mumkin. Bilimdon pilates murabbiyi birinchi navbatda mashg‘ulotga yangi kelgan kishining salomatligi va tanasining o‘ziga xos jihatlarini hisobga oladi, so‘ng shunga mos dastur tuzadi.
Sezilarli natijalarga erishish uchun pilates to‘g‘ri va chuqur nafas olish, mashqlarning to‘g‘ri bajarilishiga e’tibor qaratish, harakatlarni tanaffussiz ravon bajarish va muntazam shug‘ullanish kabi prinsiplarga asoslanadi. Pilates yordamida harakatlaringiz latif va uyg‘un bo‘ladi, o‘z tanangizni his qilish va to‘g‘ri nafas olishni, shuningdek, yomon kayfiyat va salbiy fikrlardan ozod bo‘lishni o‘rganasiz. | 38 | 1,718 |
Ayollar | Yangi uzilgan gullar umrini uzaytiramiz | Uzilgan gullar to‘g‘ri parvarish qilinsa uzoqroq turadi. Gullarning umr ko‘rish uzunligi qisqa bo‘lsa ham, ba’zi amallarni bilsangiz, ularning umrini bir-ikki kunga uzaytirishingiz mumkin.
Gullarni keraklicha uzunlikda kesing. Gullar xiliga qarab turlicha kesiladi. Har bir shoxida bir necha g‘unchalari bo‘lgan – delfiniya va nastarin kabi gullarni ularning hech bo‘lmasa bitta g‘unchasi ochilgandan so‘ng kesish zarur. Gulijavhar va kungaboqar kabi shoxida faqat bitta guli bo‘lgan o‘simliklarni gullari to‘liq ochilgandan so‘ng kesgan ma’qulroq.
Gullarni iloji boricha erta tongda kessangiz, ular uzoqroq yashaydi.
Gullarni katta va toza idishga joylashtiring. Har doim bakteriyalar va boshqa mikroorganizmlar paydo bo‘lish xavfining oldini olish uchun toza idishdan foydalaning.
Yangi uzilgan gullarni 43,5ºC darajali issiq suvga solib bir-ikki soat salqin joyga qo‘ying. Issiq suv molekulalari shoxlar bo‘ylab tezroq harakat qiladi va salqin havo ta’sirida gullar namlikni kamroq yo‘qotadi. Shu tufayli ular uzoqroq yashaydi.
Barglarini olib tashlang. Gullar uzoqroq turishi uchun suv ichida turgan barglarning hammasini olib tashlang. Suv ichidagi barglar bakteriyalar uchun ozuqa bo‘ladigan chirindiga aylana boshlaydi va o‘z navbatida ular o‘simlikning boshqa qismiga ham zarar yetkazadi.
Suvni almashtiring. Gullar yangi turishi uchun har kuni suvini almashtiring. Toza suv quyishdan oldin idishdagi hamma chiqindilarni olib tashlang. Bu infeksiya paydo bo‘lishining oldini oladi.
Manba: “Our-garden.com” | 39 | 1,515 |
Ayollar | Dazmol qilishda eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan 9 xato | O‘zingizni bu ishda professional yoki o‘rganuvchi deb bilsangiz ham, eng keng tarqalgan xatolarni eslab qoling.
Quruq holda dazmollash
Matoni namlamasdan dazmollash uchun hech qanday sabab yo‘q. Barchada purkagich va bug‘ dazmollari bor. Quruq holda dazmol qilish — befoyda, libosingiz siz o‘ylagandek holatga kelmaydi.
Yupqa matoli kiyimlarni oxirida dazmollash
Mato dazmol haroratidan kuymasligi uchun teskari tartibda — nozik matodan tortib qalin matoga qarab dazmollang.
Dazmol qilishni yoqtirmaydiganlar uchun 7 tavsiya
Qizdirish
Agar kiyim aralash matodan tikilgan bo‘lsa, uning tarkibidagi eng nozik mato bo‘yicha dazmollang. Shunday qilsangiz, kiyimlaringiz uzoqroq xizmat qiladi.
Distirlangan suvga pul sarflash
Bu ortiqcha narsa. Oddiy ichimlik suvini filtrdan o‘tkazib foydalansa ham bo‘ladi.
Erinchoqlar uchun tavsiya: G‘ijim kiyimni dazmolsiz qanday tekislash mumkin?
Dazmolni tozalamaslik
Dazmol tozalash uchun melamin gubka, tozalovchi bo‘r sotib oling (agar xrom yoki teflon qoplamasini olsangiz, yanada yaxshi), eng arzon va oson yo‘li esa suv tomizilgan ichimlik sodali pasta bilan tozalang. Shunda dazmoldagi kuygan dog‘lar liboslaringizni zararlamaydi.
Dazmolda suv qolib ketishi
Kunora dazmol qilsangiz ham, dazmollangandan keyin suv idishini bo‘shatishni unutmang. Birinchidan, dazmoldagi ichki yo‘llarni zang bosadi. Ikkinchidan, suv eskiradi. Buning natijasida liboslarda dog‘ qolishi mumkin.
Internetda kiyimlarni dazmolsiz tekislash usulini namoyish etgan ayol mashhurlikka erishdi
Yaxshi dazmol taxtasidan foydalanmaslik
Hech qachon pul tejayman deb, arzon doska sotib olmang. Dazmollash uchun rozetka, shnur ushlagich va yechilib ketmaydigan qoplama — odatdagidan biroz qimmatroq turadi. Ammo mahsulot shunga arziydi, farqni darhol sezasiz.
Oddiy dazmoldan ko‘p foydalanish
Agar oilangiz katta, kiyimlaringiz ko‘p bo‘lsa, dazmol bilan maxsus bug‘ moslamasini xarid qiling. Bu ishingizni olti martaga osonlashtiradi.
Haddan tashqari g‘ijimlangan matoni dazmollash
Kamroq g‘ijimlar kamroq ish demakdir. Kiyimlarni yaxshilab silkitib, keyin dorga iling. Dazmollashdan oldin uni qo‘llaringiz bilan biroz tekislang.
Band kishilar uchun: Boggi Milano g‘ijimlanmaydigan erkaklar ko‘ylagini ishlab chiqara boshladi | 49 | 2,240 |
Ayollar | Bolaning kelajakda qashshoq inson bo‘lishiga olib keladigan tarbiyadagi xatolar | Farzandi kelajakda maqsadlariga erishishi, mustaqil fikr va qarashlarga ega shaxs sifatida voyaga yetishini istagan ota-onalar tarbiyada ortiqcha g‘amxo‘rlik qilish va haddan ortiq qattiqqo‘l nazoratdan tiyilishi kerak. Quyida tarbiyada kuzatiladigan xatolarga to‘xtalib o‘tamiz.
Hammasini farzand uchun hal qilib qo‘yish
Hamma narsani farzand uchun hal qilish — qanday universitetga boradi, qaysi kasbni tanlaydi, kim bilan do‘st tutinadi, kimga uylanadi yoki erga tegadi, uning nomidan qaror qabul qilish oqibati yaxshilik bilan tugamaydi. Ota-onalar farzandlari uchun hamma narsani hal qilib qo‘ygan oilalarda bola doim “qolipda” bo‘ladi, o‘z fikri va istagi, tanlov erkinligi va o‘zini shaxs sifatida namoyon qilish imkoni bo‘lmaydi. Bu esa uning taqdiriga ham ta’sir qilmay qolmaydi. Yaxshi ko‘rmagan ishi bilan shug‘ullangan, kimningdir xohishi yoki aytgani bilan ish bajargan odam vaqti kelib hammasidan to‘yadi va qo‘l siltaydi. Ota-onasining orzulari ta’sirida yashagan bolalar kelajakda o‘zini topishi va anglashi qiyin bo‘ladi.
Bunday holat ko‘pincha bir kasb yoki hunar bilan shug‘ullanib kelgan oilalarda kuzatiladi. Masalan, shifokor, yurist va o‘qituvchi oilalarida oilaviy kasbni davom ettirish uchun bolaning boshqa sohaga bo‘lgan qiziqishi ikkilamchi hisoblanadi.
Haddan ortiq yaxshi ko‘rish
Ba’zi onalar bolasini qattiq yaxshi ko‘radi va g‘amxo‘rlik qilishni oshirib yuboradi. Psixologlarning fikriga qaraganda, haddan ortiq yaxshi ko‘rish bolani qat’iyatsiz bo‘lishiga sabab bo‘lib qolishi mumkin. Bola katta bo‘lgani sari bunday yondashuv salbiy ta’sir ko‘rsata boradi. Ota-ona bola voyaga yetganidan keyin ham har tomonlama ta’minlashi va o‘z aravasini tortishiga imkon bermasligi oqibatida bola o‘zligini topolmaydi, qiyin vaziyatda mustaqil yechim topishga begona bo‘ladi. Mustaqil harakat qilish tajribasiga ega bo‘lmagan farzand beg‘am, boshiga tashvish tushib qolganda ota-onasi hal qilib berishiga ishongan holda katta bo‘ladi. Bosh qotiradigan va intiladigan narsa bo‘lmaganidan keyin bekorchilikka, uning ortida esa o‘yinlarga, narkotik moddalar yoki spirtli ichimliklarga mukkasidan ketadi.
Mutlaq nazorat
Ba’zi ota-onalar nazorat qilishni bolaga ham 20 yoshli farzandga ham birdek qo‘llaydi. Bu esa farzandning shaxs sifatida shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Boshiga biron tashvish tushganda hamisha nazorat ostida bo‘lgan, chizilgan chiziqdan chiqmagan farzand ota yoki onasining ko‘rsatmasini kutadi, mustaqil qaror qabul qila olmaydi va muammoga yechim topolmay, boshi qotadi. Bu kabi negativ syujet farzandingiz hayotida uchrashini istamasangiz, bolangiz mustaqil bo‘lishi va o‘zini namoyon qilishi uchun imkon bering. Bir marta qoqiladi, ikkinchi marta xato qiladi ammo hayotiy tajribalardan keyin o‘z o‘rnini topa oladi.
Moliyaviy mustaqil bo‘lishga 14-15 yoshdan o‘rgatish, 18 yoshda esa farzand qiz yoki o‘g‘il bo‘lishidan qat’iy nazar o‘z xarajatlarini o‘zi qoplay olishi kerak. Talabalik vaqtidan o‘zini o‘zi ta’minlay olgan farzand ota-onasini cho‘ntagiga qarab qolgan o‘g‘il-qizdan ko‘ra ko‘p narsaga erishadi.
Sevgi va mehrga tashnalik
Oilada mehr va e’tibor ko‘rmagan, fikri inobatga olinmagan farzand kelajakda yomon munosabat istamagani va hamma uni yaxshi ko‘rishini istagani sabab hamma narsaga ko‘nib, rozi bo‘lib ketaveradigan bo‘ladi. Bunday bola lider yoki kuchli fe’l-atvorga ega shaxs bo‘lib voyaga yetmaydi. Bolaligidan egilish uqtirilgan bola bir umr boshqa odamlar ta’sirida bo‘ladi va hech qachon o‘z menini namoyish qilolmaydi.
A’lochilik sindromiga sababchi bo‘lish
Yomon baho uchun jazolash tabiiy, deb o‘ylaydigan ota-onalar farzandi hamisha stressda bo‘ladi. Bunday ota-onalarga bola, uning ruhiyati emas atrofdagilar fikri va nima deb o‘ylashi muhim. “Qizim / o‘g‘lim omadsiz ekanini eshitgan odamlar men haqimda nima deb o‘ylaydi?” singari fikrlar bilan o‘zlarini oqlash holatlari ham kuzatilishi mumkin va bunday vaziyatda bolada a’lochi sindromi shakllana boshlaydi. Yetakchi va birinchi bo‘lish hamma narsadan muhim bo‘ladi. Voyaga yetganda esa bunday farzandlar biron narsa muvaffaqiyatga erishishiga 100 foiz amin bo‘lmasa, harakat qilmaydi, bu esa hayotda ko‘p qoqilishlari, yangi narsaga qaror qila olmay qiynalishlariga sabab, hayotini o‘zgartirishiga esa to‘siq bo‘ladi. Maktabda a’lo bahoga o‘qigan bolaning hayotda muvaffaqiyatga erishish ehtimoli kam ekanligi ham shundan. Uch bahoga o‘qiganlarning esa ko‘pincha omadi chopadi, chunki ular xato qilishdan qo‘rqmaydi va urinib ko‘radi. Ular natija qanday bo‘lishini bilmagan taqdirda ham, sinab ko‘rish va davom etishdan qo‘rqmaydi.
Jismoniy jazolash
Psixolog Yelena Surning fikricha, bolani jismoniy jazolash yaxshilikka olib kelmaydi. Qilgan ishi to‘g‘ri emasligini bildirib qo‘yish uchun kaltaklangan farzand butun umr jismoniy va emotsional qo‘rquvda yashaydi. Bunday bolalardan kelajakda boshqa odamlar shaxsiy manfaatlari yo‘lida foydalanishi mumkin. Ular xato qilib qo‘ysa, tashlab ketilish yoki ishdan quvilishdan qo‘rqib yashaydi, doimiy qo‘rquvni his qilish esa muvaffaqiyatga erishishga qarshilik qiladi.
Boshqalar bilan solishtirish
Bolangizni hech qachon boshqa birov bilan solishtirmang. Bola o‘zini boshqalardan yomon yoki kamchiligi bordek his qilishi mumkin. Kimnidir o‘rnak qilib ko‘rsatilgan bola o‘zini yaxshiroq ekanini isbotlashni xohlaydi. Bunday odamlarni birgina maqtov va e’tirof qilish orqali manipulyatsiya qilish oson bo‘ladi. O‘ziga bo‘lgan bahosi noto‘g‘ri shakllangan inson hamisha boshqalar e’tiborini kutib yashaydi, mustaqil harakatlana olmaydi va doim boshqalar fikriga qaram bo‘ladi. | 79 | 5,557 |
Ayollar | Yuz mushaklarini chiniqtirish uchun samarali mashqlar | Vaqt o‘tishi bilan mushaklar zaiflashadi. Har qancha parvarishlasa ham oldingi xushbichimlik holatini yo‘qotadi. 25 yoshdan oshgan har bir qiz bu jarayonning birinchi belgilarini seza boshlaydi. Lekin, ma’lum bo‘lishicha yuz mushaklarini ham chiniqtish mumkin ekan.
Mashhur yo‘nalish – feysbilding har qanday yoshda ham yoshlik va go‘zallikni saqlab qolishga imkon beruvchi mashqlar to‘plami hisoblanadi. Bu juda oson mashqlar uchun bir kunda bir-ikki daqiqa vaqtingizni ajratsangiz, botoks va plastika to‘g‘risida unutib qo‘yasiz.
Aftingizni bujmaytirishdan qo‘rqmang! Bu nafaqat kulgili, balki foydali hamdir. Yuqoridagi mashqlarni uyqu oldidan 5—6 marta takrorlang. Asta-sekinlik bilan bu takrorlashlar sonini 20 ga yetkazing va o‘zingiz kutgan ijobiy natijaga albatta erishasiz.
Manba: “Xitrosti jizni” | 53 | 807 |
Ayollar | Kiyimlar rangini qayta tiklashda asqatadigan tavsiyalar | Albatta, kiyilgan kiyimlarning bir muddatdan so‘ng rangi avvalgidek yorqin emasligini ko‘rish mumkin. Ammo ularning avvalgi ko‘rinishini qaytarishning bir necha usuli mavjud.
Uy sharoitida kiyimning rangini tezda tiklash uchun kerak bo‘ladi:
Umumiy tavsiyalar
Kiyimlarga qayta rang berish uchun birinchi navbatda ularni yuvish kerak. Yuvilgandan keyin ular iste’mol soda eritmasiga solinadi: bir litr suv uchun bir osh qoshiq soda. Yana yorqin rang uchun, ayniqsa, qizil va ko‘k ranglar uchun eritmaga bir qoshiq 9 foizli sirka qo‘shiladi. Agar kiyim suvda yuvilsa, unga ozgina ammiak qo‘shilsa, pushti rang yanada yorqinroq bo‘ladi. Ranglarning to‘yinganligi va ularning o‘chmasligi uchun kiyimlar ammiak eritmasiga botirib olinadi: ikki litr suv uchun uch osh qoshiq ammiak. Misol uchun, ikki soat namlangandan keyin djinsi shimlar yangidek mukammal ko‘rinadi. Ammiak hidini yo‘qotish uchun kiyimni yaxshilab yuvish tavsiya etiladi.
Kiyimni qayta bo‘yashda qo‘llarni himoya qilish uchun rezina qo‘lqop kiyishni unutmaslik lozim.
Alohida ranglar uchun tavsiyalar
Qaymoqrang, jigarrang, mallarang narsalar choy barglari yordamida tiklanadi. Rangning intensivligi choyning kuchiga bog‘liq. Jigarrang kiyimlar yashil yong‘oq qobig‘ining qaynatmasida chayilishi bilan yangilanadi. Shu bilan bir qatorda, qaynatmada cho‘tkani namlash orqali quruq kiyimga surish mumkin. Lekin, avvalo, matoning rangi choyga mos kelishini tekshirish lozim. Neylon kolgotkalar choy barglarida yuvilsa, ular uzoq muddat yorqin rangga ega bo‘ladi.
Yashil matolar uchun suvga achchiqtosh qo‘shiladi va mato yuviladi. Ko‘k rangli narsalarni iste’mol sodasi bilan yuvish foydali. Moviy va sariq ipak yangi yoki quruq apelsin qobig‘i qaynatmasi bilan yangilanadi.
Agar kashta tikilgan kiyimlar rangini yangilash kerak bo‘lsa, yuvishdan oldin ularni tuzli eritmada namlash zarur: bir litr iliq suv uchun ikki choy qoshiq tuz. Keyin kiyimlar kir sovun bilan yuviladi. Sovuq suvda chayilgach, siqmasdan quritishga qo‘yiladi. Naqshli kiyim ichki tomondan dazmollanadi, shunda kashtali liboslarning umri va rangi uzoqqa yetadi.
Qora rangli kiyimlar avval yuviladi, keyin sho‘r suv va yozish uchun ishlatiladigan ozgina qora siyohda yuviladi. Boshqa rangdagi narsalarni tiklash uchun ham mos rangdan foydalanish mumkin. Shuningdek, qora kiyim uchun tamaki eritmasi ham yordam beradi: bir litr suv uchun o‘n besh gramm tamaki. Ushbu eritmada namlangan cho‘tka bilan kiyimni bo‘yash ham mumkin. | 55 | 2,458 |
Ayollar | Noutbuk tanlashda ko‘p yo‘l qo‘yiladigan xatolar | Bugun biz noutbuk tanlashda qilinadigan xatolar va bunga yo‘l qo‘ymaslik choralari to‘g‘risida aytmoqchimiz.
Mustaqil ishlash vaqti to‘g‘risidagi reklamada aytilganlarga ishonib o‘tirmasdan, yaxshisi, ma’lumotlarni forumlardan qidirish yoki tanishlardan surishtirgan ma’qul.
Ishlab chiqaruvchi kompaniya mahsuldor deb tez yuklanadigan, tez javob beradigan va GTA V va Battlefield 1 kabi zamonaviy o‘yinlarni bemalol o‘ynay oladigan, o‘yinlar uchun mo‘ljallangan noutbuklarni nazarda tutib aytgan bo‘lishi mumkin. Sotuvchilar gapiga ishonmasdan ishonchli manbalar bergan tavsiflarga e’tibor qarating.
Har bir protsessor aniq modelini ko‘rsatuvchi kelib chiqishi va indeksidan iborat o‘zining kodlangan nomiga ega bo‘ladi. Lekin, ishlab chiqaruvchilar tomonidan ko‘pincha kelib chiqish kodi ko‘rsatiladi xolos. Shuning uchun siz birinchi navbatda qanday va nimaga mo‘ljallangan noutbuk olmoqchi ekanligingizni aniqlab olishingiz lozim.
Manba: “Ferra.ru” | 48 | 952 |
Ayollar | Och qoringa iste’mol qilib bo‘lmaydigan 5 mahsulot | Olimlar tomonidan ba’zi mahsulotlarni och qoringa iste’mol qilish organizmda har xil kasalliklar keltirib chiqarishi aniqlandi. Masalan, och qoringa shirinlik yeyish ko‘rish qobiliyatini pasaytirsa, bananlar esa, yurak va tomir kasalliklarini keltirib chiqaradi. Ichki organlaringizni xavf-xatarga qo‘ymaslik uchun, nonushtada iste’mol qilish mumkin bo‘lmagan zararli mahsulotlar to‘g‘risidagi ushbu maqolani o‘qib chiqing!
Bu mevalar och qoringa iste’mol qilinsa, allergiya va gastrit qo‘zg‘atishi mumkin. Shuning uchun, bir piyola apelsin sharbatini ichishdan oldin, suli yormasi bilan nonushta qiling.
Bananda yurak-tomir tizimini tartibga solib turuvchi magniy moddasi ko‘p bo‘lganligi uchun, uni och qoringa iste’mol qilish organizmdagi kalsiy va magniy balansi buzilishiga olib keladi.
Xom sabzavotlar tarkibidagi kislota oshqozon shilliq qavatini shikastlashi oqibatida, gastrit va oshqozon yarasi kasalliklarini keltirib chiqaradi.
Ertalab organizm bakteriyalarni o‘zi ishlab chiqaradi, shuning uchun, yogurtni nonushtadan 2 soat so‘ng, yoki kechqurun iste’mol qilgan ma’qul.
Sovuq ichimliklar hazm qilish jarayonini kerakli tarzda yurgiza olmaydi, shuning uchun, ularni iliq holda ichish maqsadga muvofiqdir.
Och qoringa shirinliklar yeyish oqibatida qon tarkibidagi shakar miqdori oshadi. Oshqozon osti bezi esa, ertalabdan yetarlicha insulin moddasini ishlab chiqara olmaydi.
Och qoringa ichilgan qahvaning oshqozonga qo‘zg‘ovchi ta’siri natijasida, gastrit kasalligi kelib chiqadi. | 50 | 1,494 |
Ayollar | 30 yoshga kirganingizda siz afsus qiladigan 5 narsa | Aniq maqsadga intiluvchi yoshlar keyinchalik afsuslanmasliklari uchun yoshlikni qanday o‘tkazish haqida qayg‘uradilar. Bu masala bugungi kunda zamonaviy yoshlar orasida juda aktual bo‘lib qoldi.
Biz siz uchun e’tiboringizni tortishi mumkin bo‘lgan bir necha oqilona fikrlardan tashkil topgan maslahatlarni to‘pladik.
Ko‘pchilik afsus qiladigan narsa: ota-onalari bilan vaqtlarini faolroq o‘tkazish uchun ular yoshroq bo‘lgan paytlarda muloqot qilmaganlaridir.
Ota-onalar qarib qolganlaridan keyin ular bilan birgalikda sayr qilish yoki uzoq vaqt maroqli suhbat qilish qiyinroq bo‘lib qoladi.
Siz jamiyat bosimini 30 yoshda hozirgidan ko‘ra kuchliroq his qilasiz. Turmushga chiqish, farzand ko‘rish va yuqori martabaga erishish kerakligi haqida qayg‘urishingizga to‘g‘ri keladi.
Bu talablarni bir chetga surib qo‘ying: baxtli bo‘lish uchun yashang. Hayot normaga mos kelmasligi mumkin, lekin bu sizni baxtsiz qilmaydi. Siz o‘zingiz xohlaganingizdek yashashga haqingiz bor.
Vaqtingizni sevganlaringiz bilan birga o‘tkazing, chunki pul ham, yuqori martabalarga ko‘tarilish ham bu qimmatli daqiqalarning o‘rnini bosa olmaydi.
Vaqtingizni o‘zingizni baxtli his qilishga majbur qiluvchi, siz bilan bo‘lgan munosabatlarning qadriga yetuvchi odamlar bilan birga o‘tkazing.
Uni siz baribir nazorat qila olmaydigan salbiy fikrlar va muammolarga sarflamang.
Hozir siz o‘zingiznikidan ko‘ra boshqalarning manfaatlarini yuqoriroq qo‘yishingiz turgan gap. Diqqatingizni o‘zingizning ehtiyojlaringizga qarating va orzuingiz tomon intiling.
Manba: “Heroine.ru” | 51 | 1,545 |
Ayollar | Yosh bolalar ratsioniga nimalarni kiritish zarur? | Ayniqsa ikki yoshdan besh yoshgacha bo‘lgan bolalar to‘g‘ri ovqatlanishlari juda muhim. Asosan immun, endokrin va hazm qilish tizimlari aynan shu davrda shakllanadi. Shuning uchun bolalar iste’mol qiladigan oziq-ovqat mahsulotlarini tanlashga ongli ravishda yondashish lozim. Biz tayyorlagan kerakli oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxati sizga yordam beradi degan umiddamiz.
Go‘sht – oqsillarning eng yaxshi manbai hisoblanadi, ayniqsa buzoq go‘shti, kurka go‘shti va yog‘siz mol go‘shti.
Shuningdek, bolalar shifokorlari yosh bolaga hazm qilish og‘irligi uchun sho‘rva berishni tavsiya qilishmaydi.
Dengiz balig‘i tarkibi bosh miya rivojlanishi, immun tizimi va ko‘rish a’zolari uchun muhim bo‘lgan yarimto‘ydirilmagan yog‘ kislotasiga juda boy. Shuningdek unda temir, yod, ftor va B12 vitaminlari mavjud.
Tuxum tarkibida hayvon oqsillari, A, D, B2 vitaminlari juda ko‘p.
Sut mahsulotlarida fosfor, kalsiy va kaliylarning ko‘plab tuzlari mavjud.
Sabzavotlar, ayniqsa yaproqli ko‘katlar, karam, sabzi va lavlagilarda ko‘p miqdorda foydali moddalar mavjud. | 49 | 1,051 |
Ayollar | Dumaloqmi yoki to‘rtburchak? Yuz shakliga qarab qanday ko‘zoynak tanlash kerak? | Turli shakldagi yuz egalariga qanday ko‘zoynak taqish yarashishi haqida “Linzmaster” optikasi rahbari, mutaxassis javob beradi.
Oval shaklidagi yuz egalari uchun
Belgilari: Yonoqlar bo‘rtgan, iyak biroz dumaloq shaklda, peshona o‘rtacha kenglikda.
Bunday yuz egalariga istalgan modeldagi ko‘zoynak yarashadi. Faqat iloji boricha haddan ortiq kichkina va katta ko‘z aksessuari tanlamagan yaxshi. Ko‘zoynak kengligi yuzning keng qismiga teng yoki biroz kengroq bo‘lgani ma’qul.
Dumaloq yuz egalari
Belgilari: Yuz konturi bir tekisda bo‘ladi, yuzning uzunligi va kengligi deyarli bir xil.
Bunday yuz egalariga dumaloq shakldagi ko‘zoynaklardan qochish tavsiya qilinadi, chunki aksessuar yuzni yanada dumaloq emas, yuz proporsiyasini uzunroq ko‘rsatishi kerak. Kvadrat yoki to‘g‘ri to‘rtburchak shakldagi modellar bu borada ayni muddao. Shuningdek, shakli kapalakni esga soladigan va cat eyes ko‘zoynaklari ham yarashishi mumkin. To‘q rangdagi aksessuar yuzni ixchamroq, och ranglisi esa aksincha boshqacha ko‘rsatadi.
Kvadrat shakldagi yuz egalari uchun
Belgilari: Keng iyak va yonoqlar, peshona kengligi ham yonoqlar o‘rtasidagi farqchalik kattalikda.
Bunday yuz egalariga dumaloq shakldagi yoki aviator ko‘zoynaklari juda ham yarashadi. Och rangda bo‘lsa, yana yaxshi. Ko‘zoynak kengligi yuz kengligi bilan proporsional bo‘lishiga e’tibor qarating. To‘g‘ri to‘rtburchak va kvadrat shakldagi aksessuarlardan esa qochish tavsiya qilinadi.
Uchburchak yuz egalari
Belgilari: Keng peshona va cho‘zinchoq iyak.
Yuz shakli bunday ko‘rinishga ega bo‘lgan qiz va ayollarga cat eyes ko‘zoynaklarini taqmaslik, kichkina va dumaloq modellarga esa e’tibor qaratish tavsiya qilinadi. Asosiy qoida: yuzning yuqori qismiga urg‘u bermang, bu peshonani yanada keng, iyakni esa kichkina ko‘rsatadi. | 79 | 1,786 |
Ayollar | Tashlashga shoshilmang: banan po‘stlog‘idan kundalik hayotda unumli foydalanish sirlari | Odatda banan iste’mol qilinganidan so‘ng darhol uning po‘stlog‘i chiqindi qutisiga tashlanadi. Ammo unga yashiringan bir qancha foydalardan ko‘pchilik bexabar bo‘lishi turgan gap. Woman’s day nashri aynan banan po‘stlog‘ini tashlab yubormaslikka arziydigan bir qancha foydali ma’lumotlarni taqdim etdi.
Yaltiroq poyabzallar
Har kuni ishga borishdan avval oyoq kiyimlarni tozalashni unutmaslik kerak. Lekin sovuq mavsumda charm etiklar eskirganligi darhol seziladi. Buning uchun eng yaxshi yordamchi – banan po‘stlog‘i hisoblanadi. Oddiygina po‘stloq orqali ularning yorqinligini qaytarish mumkin. Buning uchun po‘stloqning ichki yumshoq tomoni ishlatiladi. Uning tarkibida yorqinlikni tiklovchi meva kislotalari mavjud bo‘lib, po‘stloqdan so‘ng poyabzal yuzasini jun mato bilan artish tavsiya etiladi.
Top-toza idishlar
Kumush metallarni tozalash ba’zida qiyinchiliklar tug‘diradi. Ularni oqartirish uchun ko‘p harakat qilish zarur. Banan po‘stlog‘i esa juda tez ravishda ularning yorqinligini tiklaydi. Qoshiq, sanchqi, tarelka va stakanlarni po‘stloqning yumshoq tarafi bilan artish zarur. Natijasi bir necha daqiqadan so‘ng ayon bo‘ladi.
Gullar olami
Ayniqsa, gullar uchun qish mavsumi biroz muammolarni paydo qilishi mumkin. Chunki uy ichida ularning odatdagidek o‘sishiga sharoit yetarli bo‘lmaydi. Bunday vaqtda banan po‘stloqlari mayda bo‘laklarga bo‘linib, gul tuvaklariga ko‘mib qo‘yish tavsiya etiladi. Ushbu vositadan samaraliroq o‘g‘itni topish qiyinligi shubhasiz.
Yashil o‘simliklar
Barglari katta bo‘lgan uy o‘simliklarning ko‘rinishi yaxshi emasmi? Ularning barglarini banan po‘stlog‘ining yumshoq qismi bilan artib chiqish zarur. Ushbu jarayon o‘simliklarni changdan himoya qilishi bilan birga, barglarni oziqlantiradi va yanada yorqinlashtiradi.
Chiroyli tabassum
Tish oqartiruvchi vositalarga qancha pul sarflagan bilan bir stakan choydan so‘ng ular yana avvalgi holiga qaytadi. Eng arzon va samarali usul esa tishlar tozalangandan so‘ng shunchaki banan po‘stlog‘ida artishdir. Po‘stloq tarkibidagi minerallar tufayli tishdagi kariyes rivojlanishi ham bartaraf etiladi. Ikki hafta muntazam tozalash mobaynida tishlar oqarganini sezish mumkin. Kuni bo‘yi tetik yurish uchun iste’mol qilingan banan mevasidan keyin uning po‘stlog‘idan chiroyli tabassum uchun foydalanishni unutmaslik zarur.
Yumshoq qo‘llar
Doimiy mavsum o‘zgarishi tufayli terida ham turli holatlar ro‘y beradi. Hammasidan ham ko‘ra ko‘proq qo‘l terisi zararlanadi. Qurish, yorilish kabi holatlarni esa har qanday krem ham bartaraf etmasligi mumkin. Ammo banan po‘stlog‘i bilan ushbu muammoni ham hal etish mumkin. Uning yumshoq tomoni bilan artilgan teri yuzasida qizarish, achishish yengillashadi. Shuningdek, undan chivin, asal ari chaqishi va hatto tirnalishdan keyin ham foydalanish samarali hisoblanadi.
Qizil yanoqlar
Insondagi charchoq hisi uning yuzlarida darhol aks etadi. Uni tiklash uchun esa banan po‘stlog‘ining yumshoq tomonida artish va bu orqali terini namlash mumkin. Haftada bir necha marta takrorlangan ushbu jarayon natijasida yanoqlar yana o‘z holiga qaytadi. Ayniqsa, biroz vaqtdan so‘ng kichik ajinlar yo‘qolishi ham mumkin.
Qalin sochlar
Sochlarni qalinlashtirishda ham banandan unumli foydalanish zarur. Buning uchun uning po‘stlog‘i juda mayda bo‘laklarga bo‘linadi va shampunga qo‘shib yuviladi. Tez sharoitda tayyor bo‘lgan sochlarni oziqlantiruvchi vositadan so‘ng sochlar qalin va porloq bo‘lganini sezish mumkin. Shuningdek, sochlarni elektrlashishi ham kamayadi.
Sezilmas ko‘karishlar
Turli xil jarohatlar tufayli paydo bo‘lgan ko‘karishlarni yo‘qotishda ham banan po‘stlog‘i yordam beradi. Bir soat oralig‘ida kompressni yangilash mumkin. Bir kunda ikki-uch marotaba ushbu jarayonni qo‘llash tavsiya etiladi. Natija bir necha kundan so‘ng namoyon bo‘ladi.
Sog‘lom oyoqlar
Ushbu niqob oyoqlar uchun juda foydali bo‘lib, kuni bo‘yi to‘plangan charchoq hisini bartaraf etadi. Buning uchun banan po‘stlog‘i blendr yordamida maydalanadi, ustidan bir choy qoshiq ichimlik sodasi va ozroq suv solinadi. Oyoqqa surilganidan so‘ng 20 daqiqa ushlab turiladi va muzdek suv bilan yuviladi. So‘ngra oziqlantiruvchi krem suriladi.
Mazali go‘sht
Ushbu maslahat, ayniqsa, tovuq go‘shti uchun mos keladi. Ba’zida go‘shtning qattiq yoki suvsizlanishi natijasida u avvalgdek maza bermasligi mumkin. Shuning uchun uni pishirishdan avval tova yuzasini banan po‘sti bilan artib tashlash tavsiya etiladi. Faqatgina tova yuzasi toza bo‘lishi shart. | 87 | 4,443 |
Ayollar | Yangi yil bayramiga uyni bezatamiz: dizaynerlar maslahati | Bugun biz uyimizda Yangi yil bayramini chinakamiga his qilishga yordam beradigan o‘ziga xos sehrli muhit yaratuvchi g‘oyalar to‘g‘risida aytmoqchimiz.
Yevropa an’analariga ko‘ra uyni archa bilan bir qatorda ignabargli daraxt shoxlari bilan ham bezatiladi. Yaxshisi, sun’iy shoxlarni tanlab, kirish eshigiga ichkaridan o‘rnatgan ma’qul. Karnizlar va xona eshiklarini har xil marjon shaklidagi o‘yinchoqlar bilan bezash mumkin. Javon tokchalariga esa yangi yilga oid har xil shakldagi figurachalar qo‘yib chiqsangiz bo‘ladi.
Bu mavsumda uyni qo‘lda yasalgan har xil narsalar bilan yasatish urf bo‘lgan. O‘zimiz qarag‘ay shoxlarini taxlab chiroyli qilib bog‘laymiz va ustiga sun’iy qor sepib, o‘tinlar bog‘lamiga o‘xshatib archa tagiga qo‘yamiz.
Ko‘pincha, uy archaga monand ravishda bezatiladi yoki aksincha archa uy bezaklari rangiga qarab yasatiladi.
Yangi yil dasturxoni uyning bezaklariga mos tushuvchi rangda tanlanadi. Agar uy bezaklari qizil yoki tilla rangli tusda bo‘lsa qizil rangli dasturxon, agar ko‘k yoki kumush rangli bo‘lsa sovuq rang tusidagi dasturxonni tanlaganingiz ma’qul. | 57 | 1,092 |
Ayollar | Gormonal nomutanosiblik, noto‘g‘ri parvarish va yuz terisi yog‘lanishining 5 ta boshqa sababi | Yog‘li terini parvarish qilish qiyin, yog‘ tufayli yuz terisining yaltirashi esa bo‘yanish jarayonini murakkablashtiradi. Ma’lum bo‘lishicha, teri genetika bilan bir qatorda, turli sabablarga ko‘ra yog‘lanishi mumkin. “Noviy ochag” nashri yuz terisi yog‘lanishining sabablarini ma’lum qildi.
Gormonal nomutanosiblik
Gormonal nomutanosiblik teridagi yog‘ bezlarining haddan tashqari faollashishiga olib kelishi mumkin, bu esa ko‘proq yog‘ hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Odatda u terini infeksiyalardan himoya qilishga va suyuqlik muvozanatini saqlashga yordam berishi kerak, lekin agar u juda ko‘p bo‘lsa, terida yog‘ miqdori ortadi. Gormonal muvozanat kontratseptiv vositalar, noto‘g‘ri ovqatlanish, juda ko‘p yoki juda kam jismoniy mashqlar, homiladorlik yoki menopauza sabab buzlishi mumkin. Yog‘li teriga qo‘shimcha ravishda gormonal muvozanat buzilganining boshqa belgilari sezilsa, ginekolog-endokrinolog bilan maslahatlashish zarur.
Ratsionda sut mahsulotlarining ko‘pligi
Sut mahsulotlari ayollar uchun juda foydali: yillar davomida kalsiy miqdori kamayib boradi va sut mahsulotlari yetishmovchilikni to‘ldirishga yordam beradi. Ammo so‘nggi paytlarda teri odatdagidan ko‘ra yog‘li bo‘lib qolgan bo‘lsa, sut, pishloq va tvorog iste’molini kamaytirish lozim, chunki ularning ortiqchasi terining yog‘lanishiga olib kelishi mumkin.
Noto‘g‘ri parvarish
Yog‘li teriga ham quruq teridan kam bo‘lmagan suyuqlik kerak. Shuning uchun kosmetik vositalarni to‘g‘ri tanlash muhimdir. Juda yog‘li va og‘ir namlovchi vosita foyda bermaydi, tarkibida yog‘lar bo‘lmagan yengilroq mahsulotlarni tanlash tavsiya etiladi.
Vitamin qo‘shimchalari
Shifokorlar vitamin qo‘shimchalarini buyurishda ehtiyotkor bo‘ladi, chunki B kompleksli qo‘shimchalar terining holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Jumladan, bu yog‘ miqdorining ko‘payishiga va husnbuzar toshishiga olib keladi.
Stress
Inson stressni boshdan kechirganida, qon oqimiga kortizol gormonining yuqori dozalari chiqariladi, bu boshqa narsalar qatorida terining holatiga ta’sir qiladi: u yog‘ ishlab chiqarishni ko‘paytiradi, natijada yuzda turli toshmalar paydo bo‘ladi.
Noto‘g‘ri makiyaj
Noto‘g‘ri makiyaj yuz terisi teshiklarini yopib qo‘yadi. Muammoli teriga ega ayollar ko‘pincha kamchiliklarni yashirish umidida juda og‘ir, qalin makiyaj vositalaridan foydalanadi. Biroq ta’sir aksincha bo‘lishi mumkin: qalin makiyaj faqat yog‘ning qo‘shimcha ishlab chiqarishini rag‘batlantiradi va tiqilib qolgan teshiklar tufayli yallig‘lanish o‘choqlari paydo bo‘lishi mumkin.
Suyuqlik yetishmasligi
Bu g‘alati tuyilishi mumkin, ammo inson qancha kam suv ichsa, teri shunchalik yog‘lanadi va organizm namlik yetishmasligini yog‘ ishlab chiqarishni ko‘paytirish bilan qoplashga harakat qiladi. | 93 | 2,736 |
Ayollar | Uzoq vaqt saqlanuvchi hamda yuvish oson bo‘lgan tushlar | Kunlar isishi va yoz kelishi bilan makiyaj oqishi mumkinligi sabab boshqa kosmetik vositalar singari tushning ham kun davomida turadigani va shu bilan birga yuvish qiyinchilik keltirib chiqarmaydigan variantlariga e’tibor qaratish kerak.
Unlimited Mascara Waterproof, L’Oréal Paris
O‘ramiga waterproof deb yozilgani bilan mazkur tushni yuvib tashlash uchun ortiqcha ovoragarchilikning keragi yo‘q. Uni iliq suvda yuvishning o‘zi kifoya. Silikonli cho‘tkasi esa ishlatish uchun juda qulay.
38°C Volumising Mascara, Sensai
Mazkur tush issiq haroratda surtish uchun juda ham qulay, ya’ni oqib ketmaydi. Kipriklarni qalin va uzun ko‘rsatadi, yuvish esa qiyinchilik keltirib chiqarmaydi.
Inimitable Extreme Mascara, Chanel
Inimitable Extreme Mascara kipriklarda kun davomida turib, ko‘zlarni katta ko‘rsatadi. Ikki qavat surtilganda esa kiprik ulagandek ko‘rinishga ega bo‘lish mumkin.
Vamp! All in One Mascara, Pupa
Klassik shakldagi kichik tush cho‘tkasi ishlatish uchun juda ham qulay. Tush kipriklarni yaxshilab qayirib, kun davomida shunday turishini ta’minlaydi. Uni yuvib tashlash, yaxshilab ketishi uchun esa paxta disklaridan foydalanish mumkin.
Extended Play Perm Me Up Lash, M.A.C
Aksariyat tushlarning effekti bir-ikki soatga yetadi. Extended Play Perm Me Up Lash esa ulardan farqli o‘laroq kun davomida kipriklarni uzun va qalin ko‘rsatadi.
Eccentrico Mascara, Giorgio Armani
Mazkur tush esa kechki tadbir va ziyofatlar obrazi uchun ayni muddao. Rangi o‘ziga xos bo‘lgani uchun esa smoky eyes uslubidagi makiyaj va grafik strelkalar uchun ayni muddao.
Snapscara Mascara, Maybelline New York
Iliq suv bilan oson yuviladigan tush o‘ziga xos ko‘rinishga hissa qo‘shadi. Snapscara cho‘tkasi kipriklarni maromiga yetkazib qayiradi, vositaning o‘zi kipriklarni qalin ko‘rsatish xususiyatiga ega.
Volume Effet Faux Cils The Curler в оттенке Violet, YSL Beauty
Kipriklarga siyohrang tus berish xususiyatiga ega bo‘lgan tush cho‘tkasining qulayligi haqida gapirmasa ham bo‘laveradi. Undan bir qavat surtganda kipriklarni tabiiy uzun, ikkinchi martada esa yanada dilbar ko‘rsatadi.
Eye Catching Extreme Volume, Bourjois
Katta cho‘tkalarni yaxshi ko‘radiganlar uchun Bourjois tushi ayni muddao. Uni surtganda ko‘zlar katta, nigohlar esa o‘ziga xos ko‘rinadi. Ko‘ngildagidek ko‘rinishga ega bo‘lish uchun undan bir qavat surtishning o‘zi kifoya. Oqmaydigan va qoldiqlari ko‘z atrofiga to‘kilmaydigan tushni iliq suv bilan yuvib tashlash oson. | 55 | 2,448 |
Ayollar | Yapon ayollari sarvqomat va yosh ko‘rinish uchun nima yeydi? | Yaponiyaning atigi 3,5 foiz aholisi ortiqcha vaznga ega va bu dunyodagi eng past ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Ularning turmush tarzi va ovqatlanish bilan bog‘liq amal qiladigan qoidalari vazn tashlamoqchi bo‘lgan ayol-qizlar uchun ayni muddao.
Guruch
Osiyo oshxonasi, xususan, yaponlar taomnomasida muhim rol o‘ynaydigan guruch nafaqat garnir sifatida, balki non o‘rniga ham iste’mol qilinadi. Tarkibida uglevod ko‘p ekanligiga qaramay ushbu mahsulot yaponlar parhezining asosiy elementi hisoblanadi. Biroq ularning guruchni tayyorlash uslubi biz bilgandan farq qiladi. Yaponlar guruchni tuz va yog‘ qo‘shmasdan, eng qizig‘i qaynatmasdan suvga ivitib tayyorlaydi.
Baliq va dengiz mahsulotlari
Yog‘li go‘sht iste’mol qilmaydigan yaponlar kunlik taomnomasini baliqsiz tasavvur qila olmaydi. Muntazam ravishda iste’mol qilinganda ham semirtirib yubormaydigan baliq mahsuloti organizmni foydali moddalar bilan ta’minlaydi. Dengiz mahsulotlari yurak-qon tomir kasalliklari hamda qalqonsimon bez bilan bog‘liq muammolarning kelib chiqish xavfining oldini oladigan omega-3 yog‘ kislotasi va yodning koni hisoblanadi.
Sarvqomatlik siri nimada?
Kam porsiyada ovqatlanish
Yaponlar hech qachon ko‘p ovqat tanovul qilmaydi, kam-kamdan tez-tez ovqatlanadi va bolaligidan bunga o‘rgatiladi.
Taomning tayyorlash usuli
Yaponlar ratsionida qovurilgan taomni uchratib bo‘lmaydi. Kun davomida ular parda dimlab pishirilgan yoki qaynatilgan taomlarni iste’mol qiladi.
Ko‘k choy
Antioksidantlarning koni bo‘lgan ko‘k choy nafaqat qarish jarayonining oldini oladi, balki vazn tashlashga ham yordam beradi. Aynan shu sabab ham yaponlar kun davomida choy ichishni kanda qilmaydi.
Soya
Oqsillarga boy, yog‘siz va kaloriyasi kam bo‘lgan soya deyarli barcha yapon taomlariga qo‘shiladi. Shu sabab ham yaponlarda mushaklar uchun ahamiyatli bo‘lgan oqsilga ehtiyoj bo‘lmaydi.
Sabzavotlar
Yaponlar tushlik va kechki ovqatni sabzavotlarsiz tasavvur qila olmaydi. Ularni barraligicha to‘g‘rab, mayonez va boshqa qo‘shimchalar qo‘shmasdan yeyishni afzal biladi.
Faqat barra mahsulotlar
Yapon xalqi uchun yaroqlilik muddati degan tushunchaning o‘zi yo‘q. Ular barra mahsulotlardan tayyorlangan taomlarni o‘sha vaqtning o‘zida iste’mol qiladi. Hafta davomida pishirib yeyish uchun muzlatkichda saqlash haqida-ku gapirmasa ham bo‘laveradi. Umuman, yapon taomnomasida xom baliq, suvga ivitilgan guruch hamda termik ishlov berilmagan sabzavotlarni uchratish mumkin.
Nima uchun yaponlar semirmaydi?
Shirinlik
Yaponlarning desert va shirinlik haqidagi tushunchasi biznikidan tamoman farq qiladi. Biskvit, yog‘li krem, qaymoq, shokoladli tort haqida-ku umuman gap bo‘lishi mumkin emas. Ular hatto muzqaymoqni ham guruchdan tayyorlanganini yeydi. Umuman olganda, shirinliklari unchalik mazali bo‘lmasligi mumkin, biroq kaloriyasi va zarari ancha kam bo‘ladi.
Taomga boshqacha yondashuv
Yaponlarda “ibodat oshxonasi” degan tushuncha bor. Rohiblar tomonidan sakkiz yuz yildan ko‘proq vaqt davomida rioya qilingan mazkur ovqatlanish prinsipi Yaponiyaning aksariyat aholisi orasida hali ham mashhur hisoblanadi.
Ushbu yondashuvga ko‘ra, taom ma’naviy o‘sishning asosi bo‘lishi kerak. Shunga binoan ayrimlar go‘sht yemasdan, faqat o‘simliklaridan tayyorlangan taomni iste’mol qiladi. Bu ularni semirib ketmasligiga va hamisha yosh ko‘rinishiga yordam beradi. | 60 | 3,319 |
Ayollar | Moda timsoli 100 yoshda: 97 yoshida model bo‘lgan Ayris Apfel bilan bog‘liq qiziqarli faktlar | Qizil pomada, dumaloq shakldagi katta ko‘zoynak, bilakka taqilgan ko‘plab yorqin bilaguzuklar va mo‘ynali shuba Ayris Apfelga xos obraz sanaladi. Moda olamida kiyinish uslubi bilan mashhur bo‘lgan interyer dizayneri — Ostindagi Texas universiteti professori 2021-yilning 29-avgust kuni 100 yoshni qarshiladi. Moda “ikonyasi”ning tavalludi munosabati bilan uning biografiyasidagi 10 ta eng qiziqarli faktni e’tiboringizga havola qilamiz.
View this post on Instagram
Dizaynerlik qonida bor
Ayrisda modaga qiziqish to‘satdan paydo bo‘lib qolmagan. Onasi moda butigini boshqargan. Ayris u yerda ko‘p vaqtini o‘tkazgan. Otasi esa interyer ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan. Bo‘lajak yulduzning butun bolaligi Nyu-Yorkda ota-onasining ishlari bilan tanishish bilan o‘tgan.
Kelib chiqishi
Ota-onasining kelib chiqishi yahudiylarga borib taqaladi. Ammo onasi Sedi Barrel Rossiyada dunyoga kelgan.
Karyerasini moda jurnalisti sifatida boshlagan
Ayris karyerasini Women’s Wear Daily jurnalida muharrir lavozimida ishlashdan boshlagan. Keyinroq Elinor Jonson’ning interyer dizayneri bo‘lib faoliyat yuritgan. Shundan so‘nggina dekorator sifatida tanilgan.
Ayris Amerikaning 9 prezidenti uchun interyer yaratgan
U dizayner Trumendan tortib Klintongacha bo‘lgan prezidentlarning uyi va ofislarini interyer bilan bezatgan. Loyihalarning barchasini 2015-yil 100 yoshda vafot etgan turmush o‘rtog‘i, Old World Weavers tekstil ishlab chiqarish kompaniyasi rahbari Karl Apfel bilan birgalikda amalga oshirgan.
Maxsus tuflilar
2012-yil mashhur Jimmy Choo brendi Ayris Apfelga bag‘ishlab Iris nomli tufli modelini taqdim qildi. Baland poshnali va kamar hamda bezakli jigarrang bosonojka brendning do‘konlarida sotuvga chiqarilgan. Shunga qaramay, ayol mazkur modelga shaydo bo‘lmagan. Bu tuflini ortopedlarning orzusi deb atagan Ayris, siporoq variantlar masalan, Manolo Blanhik klassik uchli tuflilarini afzal bilishini ma’lum qilgan.
97 yoshda modellik shartnomasi
Bundan 2 yil avval, ya’ni 2019-yilda Apfel hayotida birinchi marta IMG agentligi bilan modellik shartnomasini imzolagan. O‘sha vaqtda u 97 yoshda bo‘lgan. Aslida bunga qadar Ayris bir necha jurnal muqovalari uchun suratga tushgan va reklama kampaniyalarida ishtirok etib ulgurgan. Barcha ish bilan bog‘liq muzokaralarni uning o‘zi mustaqil ravishda olib borgan. Bugungi kelib esa bu kabi masalalarni uning shaxsiy agenti hal qiladi. Ayol — istalgan karyera hatto modellikni boshlash uchun hech qachon kech emasligining isbotidir.
Unga bag‘ishlab barbi ishlab chiqarilgan
Ayrisning obrazidan ilhomlangan holda Barbi ishlab chiqarilgan. Qo‘g‘irchoq xuddi “ikonya”ning garderobidagi obrazlaridan biridek kiyintirilgan. Mazkur qo‘g‘irchoq Rara Avis nomli muzeyning obyektiga aylangan. O‘yinchoqni Mattel’ning rasmiy do‘konlaridan xarid qilsa bo‘ladi.
Muzey ko‘rgazmalaridan biri Ayrisning garderobiga bag‘ishlangan
2005-yil sentabrda Nyu-Yorkdagi Kostyum san’ati muzeyida dizaynerning garderobiga bag‘ishlab Rara Avis: The Irreverent Iris Apfel nomli ekspozitsiya namoyish qilingan. Muvaffaqiyatli chiqqani natijasida ko‘rgazma Amerikaning boshqa yirik shaharlarida ham namoyish qilingan. Bu muzey tarixidagi dizayner emas, moda “ikonyasi”ga bag‘ishlangan ilk ko‘rgazma bo‘lgan.
MAC bilan hamkorlikda makiyaj kolleksiyasini taqdim qilgan
Yorqin kiyinish uslubidan tashqari Apfel, o‘ziga xos makiyaji bilan ham mashhur: uni qizil pomada surtmasdan uydan chiqmaydi desa ham bo‘ladi. Aynan shu sabab ham MAC brendi unga 2011-yilda hamkorlikda kolleksiya taqdim qilishni taklif qilgan. To‘plamdan pomada, ten va Ayris surtadigan rangdagi laklar o‘rin olgan. Kolleksiyadan o‘rin olgan kosmetik vositalarning bozori chaqqon bo‘lgan.
Ayrisga atab hujjatli film suratga olingan
2004-yil Nyu-Yorkda rejissor Albert Meyslesning dekorator va interyer dizayneri haqidagi “Iris” filmi taqdimoti bo‘lib o‘tgan. Tanqidchilar tomonidan yuqori baholangan loyiha keyinroq AQSh kinoteatrlarida namoyish qilingan. | 93 | 3,958 |
Ayollar | Yog‘li teri uchun makiyaj qilish qoidalari | Biz sizni yog‘li teri muammolarini bartaraf qilishga va to‘g‘ri makiyaj qilishga yordam beruvchi bir nechta qoidalar bilan tanishtirmoqchimiz.
Makiyaj qilishdan oldin terini tozalang
Eng muhim bosqich — bu terini makiyaj qilishga tayyorlash. Buni bir necha bosqichda amalga oshirish kerak: terini yumshatish, tozalash va namlash.
Yuzni yumshoq vositalar yordamida tozalash lozim. Buning uchun gil qo‘shilgan tozalovchi sut juda mos keladi. U terini quritmasdan, ehtiyotlik bilan kirlardan tozalaydi.
Terini o‘lik hujayralardan tozalang
Terini o‘lik hujayralardan tozalash uchun kislotali tonikdan foydalaning — bu vosita teri yuzasini tekislashga yordam beradi, shuningdek toshmalar paydo bo‘lishining oldini oladi.
Keyin yuzga namlovchi krem suring. Ko‘pchilik, agar teri yog‘li bo‘lsa uni namlash kerak emas deb hisoblaydilar. Bu noto‘g‘ri.
Yog‘li teri boshqa turdagi terilar kabi namlikka muhtoj. Agar bunday teri qurib qolsa, unda teri yog‘ qavatini ikki marta ko‘proq ishlab chiqara boshlaydi. Shuning uchun teriga mos keladigan namlovchi krem tanlang va teshikchalarni yopib qo‘ymasligi uchun uni unchalik qalin bo‘lmagan qatlamda suring.
Yaxshilab singishi uchun bir necha daqiqa qoldiring. Keyin esa bemalol kosmetika surishga o‘tishingiz mumkin.
Makiyaj tagidan asos suring
Bo‘lg‘usi makiyajning barqarorligi ko‘p tomonlama praymerga bog‘liq. Yaxshisi siz jilosiz samara beruvchi vositani tanlaganingiz ma’qul. Bunday asos teri yuzasini tekis va tiniq qilishga yordam beradi va uni navbatdagi bosqich — tonal vositasini surishga tayyorlaydi.
Mos tonal vositasini tanlang
Yog‘li terilar uchun tarkibida upa zarrachalari bo‘lgan jilosiz vositalar juda mos keladi. Tarkibida talk, kaolin, shuningdek yuz uchun E vitamini bo‘lgan tonalli mussga e’tibor bering.
Upadan foydalaning
Sochiluvchan teksturali mineralli yoki jilosiz upadan foydalaning. Bunday vositalar yog‘li terilar uchun juda mos keladi, uning ustida yengil qatlamda joylashadi, ortiqcha yaltirashni yo‘qotadi va bunda teshikchalarni yopib qo‘ymaydi.
Manba: “Wmj.ru” | 42 | 2,036 |
Ayollar | Stress tufayli shirinlikka moyillik kuzatilsa: Uning o‘rniga iste’mol qilish tavsiya qilinadigan 3 yegulik | Ortiqcha vazn nafaqat salomatlik, balki kishi o‘zini qanday his qilishiga ham ta’sir qiladi. Ushbu muammolardan qutulish uchun esa o‘z vaqtida shirinliklardan tiyilishni bilish kerak.
Shakar kayfiyatga ta’sir qiladimi?
Shokolad yoki ponchik iste’molidan keyin kishi o‘zini energiyaga to‘lgandek his qilish mumkin, ammo o‘tkazilgan tadqiqotlarda aslida kayfiyat ko‘tarilmasligi, aksincha ta’sir etishi aniqlangan. Olimlar shakarning 60 yoshdan katta odamlarda xavotir oshishi bilan aloqadorligi borligini aniqlagan.
Shakar stressga chidamlilikni kamaytiradi
Xavotir va tashvishli vaziyatlarda shirinlik yeyish istagi paydo bo‘ladi, ammo bora-bora shirinlikka o‘rganib qolgan organizmning stressga nisbatan chidamliligi pasayib boradi.
Qand va depressiya
Kechgacha ishlab, toliqqandan keyin shirinlik iste’moliga bo‘lgan talab yuqori bo‘ladi. Shakarni haddan ortiq iste’mol qilgandan keyin miyada ayrim moddalar disbalansi yuzaga keladi, bu esa depressiya boshlanishiga olib keladi.
Shirinlikdan voz kechish sarosimaga tushishga sababchi bo‘ladi
Shirinlikdan voz kechish jizzakilik, charchoq va xavotirni his qilishga sabab bo‘ladi. “Oq narkotik” deb nomlanadigan shakar iste’moli to‘xtatilsa, organizmda xuddi zararli odatlardan voz kechilgandagidek holat kuzatiladi.
Shirinlik o‘rniga nima yegan yaxshi?
Choyli smuzi
Kerakli mahsulotlar:
Tayyorlanish jarayoni:
Barcha mahsulotlarni blenderda aralashtirish kerak. Choy va asal ham qo‘shsangiz bo‘ladi.
Tarvuzli shirinlik
Kerakli mahsulotlar:
Tayyorlanish jarayoni:
Barcha mahsulotlarni blenderda aralashtirib olgandan keyin muzqaymoq yoki oddiy muz formasiga soling va muzlatkichga qo‘ying.
Shirin kartoshka
Kerakli mahsulotlar:
Tayyorlanish jarayoni: | 106 | 1,702 |
Ayollar | Tor poyabzalni kengaytirish borasida bir nechta maslahatlar | Deyarli har bir ayolning kiyim shkafida hali biron marta ham kiyilmagan kamida bir-ikki juft oyoq kiyimi saqlanib turadi. Chunki bu oyoq kiyim oyog‘ingizni chidab bo‘lmas darajada qisadi va qanday qilib uni sotib olganingizga o‘zingiz ham hayron qolasiz.
Lekin bu unchalik katta muammo emas. Oyoq kiyimini biroz kengaytirishga urinib ko‘rishning imkoni bor.
Bu muammoni mustaqil ravishda uydan tashqariga chiqmasdan bartaraf qilishga yordam beradigan bir nechta maslahatlarni to‘pladik:
Shuningdek tor oyoq kiyimi bilan kurashishda sizda har doim eng oxirgi va eng ish beradigan usul – yangi oyoq kiyimi sotib olish mumkinligini unutmang!
Manba: “Layfxaker” | 59 | 658 |
Ayollar | Allaqachon modadan qolgan va kiyish tavsiya etilmaydigan 10 ta ko‘ylak (foto) | Ayollar garderobidagi liboslar, albatta, nafis, har tomonlama qulay hamda urfga monand bo‘lishi zarur. Quyida allaqachon trenddan qolgan bo‘lsa-da, kiyim do‘konlarida sotilishda davom etayotgan 10 ta libos haqida ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.
Burmali ko‘ylak
Bel qismida burmasi bo‘lgan liboslar taxminan olti yil avval urfda bo‘lgan. Ammo bu uslubni unutish vaqti keldi. Agar shunday burmali liboslar chindan ham yoqsa, uni yangi bichimdagi liboslar bilan uyg‘unlashtirish mumkin.
Mallet liboslar
Etakning old qismi kalta, orqasi esa uzun liboslar negadir hanuzgacha dizaynerlar tomonidan taqdim etilmoqda. Bu kabi liboslarning kundalik va ziyofat uchun mo‘ljallangan turdagilari ham ancha yillar avval ommalashgan. Mallet libosini kiyishni istaganlar bu borada mutaxassis bilan maslahatlashib ko‘rgani ma’qul.
Shoyi ko‘ylak
Shoyi matosidan tikilgan liboslar ham urfda emasligi barchaga ayon, ammo kiyim do‘konlarida bu kabi liboslar sotilishda davom etmoqda. Demak, uni xarid qilayotgan ayollar ham topiladi. Lekin gul va naqsh urilgan liboslar bundan mustasno.
Qanot yengli liboslar
Aynan yoz kunlarida juda qulay hisoblangan libos. Afsuski, qanot yengli liboslar o‘rniga keng va fonar shaklidagi fransuz modeli trendga kirgan. Qanot yengli liboslar esa ko‘proq qizaloqlar uchun loyiq ko‘rilmoqda.
To‘rli ko‘ylaklar
To‘rli ko‘ylaklarni kiyish juda qiyin, sababi boshqa liboslarga nisbatan ko‘proq ehtiyotkorlikni talab etadi. Shuningdek, to‘liq to‘rli liboslar ancha yillar avval urfdan qoldi. Faqat to‘y va marosim liboslarida bezak uchun qisman foydalanilmoqda. Lekin asosiy mato sifatida deyarli foydalanilmaydi.
Lolasimon etakli ko‘ylaklar
Etak qismi lola shaklida bo‘lgan liboslarni ham garderobdan chiqarish vaqti keldi. Ayniqsa, uni ingichka belbog‘ bilan kiyish ayollar orasida ommalashgan edi. Hozirda esa uning o‘rnini bosuvchi zamonaviy liboslar dizaynerlar tomonidan taqdim etilmoqda.
Sviter liboslar
Qomatga yopishib turuvchi sviter ko‘ylaklarning ham garderobni tark etish vaqti keldi. Uning o‘rnini oversayz uslubidagi keng liboslar egalladi. Ayniqsa, ularni krossovka yoki poyabzal bilan kiyish yangi ko‘rinish yasaydi.
Yopishqoq ko‘ylaklar
Bir paytlar jozibadorlikni ifodalash uchun kiyilgan bu liboslar chindan ham urfda edi, endi esa aksincha. Hozirda bunday liboslardan yuqori didga ega har qanday ayol qochadi.
Yoqali liboslar
Ba’zi odamlar yoqali ko‘ylaklarni rasmiy uslubdagi liboslar sirasiga kiritadi. Ehtimol, 10 yil avval shunday bo‘lgan bo‘lishi mumkin, ammo hozirda u maktab o‘quvchisi libosini eslatadi.
Qo‘ng‘iroq etakli ko‘ylaklar
Yuqori qismi tor, etagi qo‘ng‘iroq shaklidagi liboslar o‘tgan asrning 50-yillarida ommalashgan. Ushbu bichim urfdan qolgan bo‘lsa-da, nok shaklidagi qomat egalari hanuzgacha bu qolipdagi liboslarni kiyishda davom etmoqda. | 77 | 2,803 |
Ayollar | Foto: Kurtkani ko‘ylak bilan kiyish bo‘yicha 5 tavsiya | Kurtkani nafaqat jinsi va sport uslubidagi shimlar bilan, balki ko‘ylak va yubkalar bilan ham kiyish mumkin. Bugungi kunda istalgan usulda kiyinish urfda bo‘lishi mumkin, asosiysi qulay, rang va uzunlik bir-biriga to‘g‘ri kelsa bo‘lgani.
Qora bazaviy
Agar siz turli rangdagi liboslar kiyishni yoqtiradigan bo‘lsangiz, unda tanlov borasida qora kurtkaga to‘xtalganingiz yaxshi. Iloji boricha tizzadan 15-20 santimetr balandligini tanlagang. Tor bo‘lmagan bichim va ortiqcha detalsiz bo‘lsa yana yaxshi. Uning ustidan ko‘ylak rangiga mos kamar taqishingiz yoki yorqin rangli sharf taqishingiz mumkin.
Monoxrom
Agar mos ranglisi tanlansa, kurtkani poshnali poyabzal bilan ham kiyish mumkin. Unutmang ranglarning to‘g‘ri tanlanishi va uyg‘unlashtirilish obrazning muvaffaqiyatli chiqishida muhim rol o‘ynaydi. Poshnali oyoq kiyim kiyishni istasangiz hech ikkilanmay kiyavering, faqat u bilan sport uslubidagi va kapyushonkali, zamok va cho‘ntaklari ko‘p kurtka tanlamasangiz bo‘lgani.
Uzun kurtka
Ko‘ylak kurtkani ichidan ko‘rinishi kerak emas degan tushuncha allaqachon o‘zgargan. Sizga shunday qulay bo‘ladigan bo‘lsa, bemalol tanlov qilishingiz mumkin. Lekin ayni vaqtda uzun va tor turmaydigan kiyimlar urfda, uni istalgan uzunlikdagi libos bilan moslasangiz bo‘ladi.
Sport uslubidagi kurtka
Agar xudi-libos va trikotaj ko‘ylak kiyadigan bo‘lsangiz hech ikkilanmay, kurtka kiyishingiz mumkin. Kapyushon va cho‘ntaklari ko‘p bo‘lgan kurtka bilan obrazingiz ko‘ngildagidek ko‘rinadi. Oyog‘ingizga katta hajmli krossovka va uggi kiyishingiz mumkin.
Keng, oversize
Unutmang, bel qismi ajratib ko‘rsatilgan kurtkalar allaqachon urfdan qolgan. Obrazingiz didsiz ko‘rinishini istamasangiz, keng va iloji boricha oversize bichimli modellar xarid qiling. Bunday ustki kiyim ichidan uzun yubka va ko‘ylak kiyib, zamonaviy va o‘ziga xos uslubga ega bo‘lishingiz mumkin. Hojati bo‘lsa, belga kamar taqsangiz ham bo‘ladi. Poyabzal borasida bog‘ichli botinka va qulay etiklarni tanlash maqsadga muvofiq. | 54 | 1,995 |
Ayollar | Ferrari o‘zining birinchi kiyim-kechak kolleksiyasini namoyish etdi (video) | Italiyada avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalar tarixida birinchi bor Ferrari’ning kiyim-kechak bo‘yicha modalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Kadr: YouTube
Tadbir Maranellodagi avtomobil zavodining yig‘ish sexida bo‘lib o‘tgan.
Birinchi kolleksiya bunga qadar Dolce & Gabbana, Giorgio Armani va Pal Zileri bilan hamkorlik qilgan taniqli dizayner Rokko Yannonega tegishli.
Lineykadan 52 ta namuna o‘rin olgan bo‘lib, ularning 80 foizi uniseks uslubida yaratilgan. Bu — qirqimlar va kapyushonga ega kurtkalar, qora-to‘q qizil rangli kamarga ega neylon trenchlar, qayta ishlangan plastik idishlardan yaratilgan qizil parka (shimolda yashovchi ba’zi xalqlarning qishlik kiyimi).
Ta’kidlanishicha, matolarning barchasi yuqori sifatli, shuningdek, suv va shamolga bardoshli. Biroq shu bilan birga, yengil teksturiga ega.
Avvalroq Hermes modalar uyi Rolls-Royce Phantom’ning noyob versiyasini yaratishda ishtirok etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
AQShda yarim asr garajda saqlangan noyob Ferrari 2,5 mln dollarga sotilmoqda (foto) | 75 | 1,069 |
Ayollar | Tishlarni uy sharoitida oqartirishning 7 usuli | AdMe tishlarni uy sharoitida oqartirish va mustahkamlashning ba’zi usullarini keltirib o‘tdi.
1 choy qoshiq kurkuma kukunini shu miqdordagi toza kokos yog‘i va 2—3 tomchi yalpiz yog‘i bilan aralashtiramiz. Oddiy tish pastasi kabi qo‘llaymiz. Bunday aralshma emalni asraydi, tishni oqartiradi va og‘iz bo‘shlig‘ini musaffo qiladi.
100 foizli choy daraxti yog‘idan 5 tomchi olib, ½ stakan suvga aralashtirib, tishlarni tozalab bo‘lgandan so‘ng, chayilsa, bir necha haftadan so‘ng tishlar oqarganini sezasiz.
Yangi uzilgan qulupnayni olib, uni qoshiq bilan ezamiz va juda mayda dengiz tuzi bilan aralashtiramiz. Uni tish cho‘tkasiga surib, tishlarni bir necha daqiqa davomida uqalaymiz, so‘ng og‘izni yaxshilab chayib tashlaymiz. Bunday pastadan 2 haftada 1 marta foydalanish mumkin.
Tishlarni tozalashdan oldin, yog‘ni tishlarga surib chiqamiz. 15—20 daqiqaga qoldiramiz, so‘ng odatiy usulda tishlarni tozalaymiz. Haftasiga 2—3 marta takrorlash mumkin.
Ko‘mir kukunini suv bilan aralashtirib, quyuq smetanaga o‘xshash aralashmani hosil qilamiz. Tishlarga surib, 2 daqiqaga qoldiramiz va yaxshilab chayqab tashlaymiz. Haftasiga 1—2 marta takrorlash mumkin.
Banan po‘stlog‘ida tish karashini erituvchi va tish rangini oqartiruvchi moddalar bor. Po‘stloqning oq qismi bilan tishlarning tashqi va ichki yuzalarini ishqalaymiz va 5—7 daqiqaga qoldiramiz. So‘ng tishlarni tozalab, chayqaymiz.
Asta-sekinlik bilan oqartirish va og‘iz bo‘shlig‘ini musaffo saqlash uchun limondan aralashma tayyorlash mumkin. Buning uchun limon suvi va mayda tuzni 3:1 nisbatda olib, aralashtiramiz. Tishni tozalab bo‘lgach, u bilan chayamiz. Haftasiga 2—3 marta takrorlaymiz. | 46 | 1,649 |
Ayollar | Yugurishda amal qilish kerak bo‘lgan qoidalar | Yugurish — butun kun uchun quvvat to‘plash yoki aksincha, ish kunidan so‘ng charchoqni tarqatish uchun ajoyib usul. Biroq bunda ba’zi muhim qoidalarga rioya qilish kerak, shundagina yugurish foyda va samara keltiradi.
Qadamni to‘g‘ri tashlang
Yugurishni yangi boshlaganlar og‘irlikni butun oyoq kaftiga birdek taqsimlashga harakat qilishi kerak — bu bo‘g‘imlarga tushadigan yukni ancha kamaytiradi.
Qizib oling
Yugurishdan avval albatta tanangizni qizitib oling. Bunday tayyorgarliksiz yugurib ketish natijasida biroz masofadan so‘ng tizza yoki oyoq kafti bezovta qila boshlashi mumkin.
Tanangiz oldinga qarab og‘ishiga qo‘yib bering
Tana vazmin holatda turganida, uning harakati muvozanatning buzilishi bilan boshlanadi. Gravitatsiya ta’siri ostida gavda oldinga qarab og‘a boshlaydi, yerga yiqilishdan uni tayanchning almashishi qutqaradi. U tayanchni qanchalik tez o‘zgartirsa, shunchalik tez harakatlanadi. Asosiysi, shuni unutmangki, irg‘ib ketish, oyoqni ancha oldinga tashlash va keng qadam qo‘yish mumkin emas.
To‘g‘ri poyabzal tanlang
Krossovkaning tovon qismi baland bo‘lsa, gavda holati o‘zgarib, kishi uchun tabiiy bo‘lmagan holat yuzaga keladi. Natijada og‘irlik noto‘g‘ri taqsimlanib, kishiga shikast yetishi mumkin. Biroq ortiqcha vaznli kishilarda tekis tagcharm tizzaga zarar yetkazadi. Shu sababli modani chetga surib qo‘yib, tovoningiz zarbini yumshatuvchi modelni xarid qiling.
Yugurishni asta-sekinlik bilan ko‘paytirib boring
Og‘irlik asta-sekinlik bilan oshib borishi kerak. Yugurish masofasini bir haftada 10 foizga ko‘paytirishingiz mumkin.
To‘g‘ri nafas oling
Nafas to‘g‘ri olinmasa, organizmga yetarlicha kislorod bormaydi va yugurishning samaradorligi pasayadi. Nafas olishda ham og‘iz, ham burunni ishlatgan ma’qul. Diafragmadan foydalangan holda chuqur nafas oling, bunda qorin ichga tortiladi.
Yetarli miqdorda suv iching
Jadal yugurganda organizm ko‘p suyuqlik yo‘qotadi va suv-tuz balansi buziladi. Yugurish chog‘ida kam-kamdan, biroq tez-tez suv ichish tavsiya etiladi. Mashg‘ulot paytida o‘rtacha 0,5—1,5 litr suv ichish lozim, aniqroq aytganda 80 kilogrammlik odam 1 litr suv ichishi kerak. Suv gazlanmagan va xona haroratida bo‘lgani ma’qul.
Gavdaning tepa qismini qimirlatmang
Gavdani tik tutib, oldinga ham, orqaga ham egilmaslik kerak bo‘ladi. Bu bo‘g‘imlar va umurtqani shikastlanishdan asraydi. Shuningdek, qo‘l joylashuviga ham e’tibor berish zarur. U tirsakda to‘g‘ri burchak ostida bukilgan bo‘lishi, kaftlar biroz siqilgan bo‘lishi lozim. Bosh ham pastga egilmagan bo‘lishi va nigoh 10—15 metr oldinga qaratilgan bo‘lishi kerak. | 45 | 2,575 |
Ayollar | Suv — ozish uchun eng yaxshi vositami? | Suv ozishga yordam beruvchi eng samarali vosita hisoblanadi.
Odam bir sutkada o‘rtacha ikki litrgacha suyuqlik ichishi lozimligi ko‘p aytiladi. Lekin, bu suv miqdoriga sutka davomida ichiladigan boshqa suyuqliklar ham kiradi.
Muntazam ravishda suv ichish vaznni kamaytirishga yordam beradi. Buning quyidagi jiddiy sabablari mavjud.
Ovqatlanishdan oldin ichilgan suv ochlik hissini pasaytiradi va to‘yishni his qilishga yordam beradi.
Olimlarning aniqlashicha, xona haroratidagi ikki piyola suv yarim soat ichida metabolizmni 30 foizga tezlashlashtirish qobiliyatiga ega.
Hafta davomida har kuni 10 piyoladan suv ichaversangiz deyarli 500 kaloriyadan xalos bo‘lishingiz mumkin. Buni yil davomida muntazam ravishda takrorlasangiz uch kilogrammdan ortiqroq vazn yo‘qotishga muvaffaq bo‘lasiz. | 38 | 790 |
Ayollar | Sochlarni ploykada jingalak qilishda yo‘l qo‘yiladigan xatolar | Biror-bir tantanali tadbir oldidan sochlaringizni jingalak qilishga to‘g‘ri kelib qolsa va natijasi kutganingizdek chiqmasa, bundan ham yomonrog‘i bo‘lmasa kerak. Bunday anglashilmovchiliklar yuz bermasligi va ployka yordamida sochlaringizga mukammal ko‘rinish berish uchun bizning maslahatlarimizga amal qiling.
1-xato: Sochlarning jingalak qilishga tayyor emasligi
Jingalaklar chiroyli chiqishi uchun avvalo sochlarni unga tayyorlash kerak — va bu eng muhim qadam hisoblanadi. Sochlaringizga ularni yuqori haroratdan saqlaydigan vosita suring va fen yordamida to‘liq quriting.
2-xato: Sochlarni noto‘g‘ri yo‘nalishda jingalak qilish
Qaysi tomonga jingalak qilishni bilish uchun oldin sochlaringizni tutamlarga ajrating. Sochlarga tabiiy ko‘rinish berish uchun, ularni har doim yuzingizga qarama-qarshi tomon yo‘nalishi bo‘yicha jingalak qiling.
3-xato: Sochlarni emas ploykani burash
Sochlaringiz tabiiy ko‘rinishi uchun, ploykaning issiq tomonini pastga qarating va unga sochlaringizni ildizidan boshlab o‘rang. Bu sochlarning o‘z shaklini uzoqroq vaqt ushlab turishiga va ildizlariga kattaroq hajm berishga yordam beradi.
4-xato: Haddan tashqari keng ploykadan foydalanish
Diametri 2,5 sm bo‘lgan ploykaning imkoniyatlari keng ploykanikidan ko‘ra kattaroqdir. Jingalaklar bemalol va erkin turishini xohlasangiz, unga ko‘proq sochlarni o‘rang.
5-xato: Sifatsiz ployka sotib olish
Agar siz sochlaringizni muntazam ravishda jingalak qilsangiz, qiziydigan qismi keramikali bo‘lgan yaxshiroq ployka olganingiz ma’qul. Stilistlar jingalaklar bir tekisda chiqishi uchun qistirgichi bo‘lmagan ployka tanlashni maslahat beradilar.
6-xato: Sochlarni ployka bilan ko‘proq qizdirib yuborish
Ployka juda kuchli qizib ketishi mumkin. Agar sochlaringiz ingichka va nozik bo‘lsa — ploykani yuqori haroratgacha qizdirib yubormang va sochlaringizni ployka ustida 2-3 soniyadan ortiq ushlamang.
Manba: “Woman.ru” | 62 | 1,898 |
Ayollar | Bir hafta ichida vazn tashlashga yordam beruvchi ovqatlanish bilan bog‘liq odatlar | Ortiqcha vazndan xalos bo‘lish va og‘irlikni bir xilda ushlab turish uchun ovqatlanish odatiga bir qancha o‘zgartirishlar kiritish kerak. Va buni amalga oshirish unchalik ham qiyin emas.
Och qoringa bir stakan suv iching
Faqat dangasalargina toza suv ichish organizm uchun muhimligi haqida yozmagan bo‘lsa kerak. Ammo ushbu maqolada ham bu haqida takrorlashga to‘g‘ri keladi. Haqiqat shundaki, suv tanadagi metabolik jarayonlarni faollashtiradi va oshqozon-ichak traktini ishlashga tayyorlaydi, shuning uchun yapon ayollari bu odatni bajarmasdan qo‘ymaydi.
Nonushta qilishni unutmang
Ma’lum bo‘lishicha, nonushta eng muhim ovqatlanish hisoblanar ekan. Shuningdek, qo‘shimcha 20 daqiqa uxlashdan ko‘ra afzal. To‘g‘ri ish joyida ham nonushta qilish mumkin, ammo suhbatlashish yoki tortishuvlar salbiy ta’sir o‘tkazishini unutmaslik lozim. Ayniqsa, erta tongda nonushta qilmaslik, stressni keltirib chiqaradi va bu metabolizmning pasayishiga olib keladi.
Har 3-4 soatda ovqatlaning
Vazn yo‘qotish uchun yangi ovqatlanish dasturlarining siri nimada? Diyetolog maqbul bo‘lgan barcha oziq-ovqatlarni tavsiya qilishi bilan birga ovqatlanish sonini odatdagi uchdan oltitaga ko‘paytiradi. Chunki ochlik ozg‘inlikning asosiy dushmani hisoblanadi. Shuning uchun ochlikni his qilishdan oldin ovqatlanib olishga harakat qilish kerak. Shuningdek, iste’mol qilish kerak bo‘lgan ozuqa grammdan oshmasligi lozim.
Tuz iste’molini nazorat qiling
Tuz – kelishgan qomatning yana bir ashaddiy dushmani. U nafaqat tanadagi suvni ushlab turadi, balki ishtahani kuchaytiruvchi vosita hamdir. Shuning uchun tuz miqdorini e’tibordan chetda qoldirmaslik zarur.
Choy va qahva tarkibidagi shakardan voz keching
Tuzning ortiqchasi organizm uchun zararli bo‘lganidek, shakarning ham ko‘pi foyda keltirmaydi. Odatda choy yoki qahvalarni shakarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shuningdek, shirin ichimliklarni ham. Vaznga yana vazn qo‘shayotgan kilogrammlardan xalos bo‘lish uchun tarkibida shakar mavjud mahsulotlardan tiyilish tavsiya etiladi.
Ishga o‘zingiz bilan ovqat olib boring
Ishdagi tushlik, dam olish va odatiy ishlardan qochish uchun ajoyib vazn ortishi uchun ajoyib imkoniyat. Ammo yoki shu kabi joylarda ovqatlanganda, taom nimadan tayyorlanganligini, qaysi yog‘da qovurilganini, tuz va shakar miqdori qancha ekanligini bilib bo‘lmaydi. Shuning uchun ish va o‘qishga uyda tayyorlangan ovqatlardan olib borish tavsiya etiladi. Birinchidan, pul tejaladi. Ikkinchidan, har doim nima iste’mol qilinayotgani va uning miqdori ma’lum bo‘ladi.
Foydali yeguliklarni tanovul qiling
Uy bekalari yoki ishlaydigan xonimlar foydali yeguliklarni iloji boricha yaqin joyda saqlashi va muntazam ravishda iste’mol qilishi kerak. Bu yangi yoki quritilgan mevalar, yong‘oq yoki sut mahsulotlari aralashmasi bo‘lishi mumkin.
Ochlikmi yoki chanqoq? Ovqatlanishdan oldin tekshiring
Ba’zan asosiy taomlanishdan keyin ham ochlik hissi tark etmaydi yoki darhol qorin ochgandek tuyiladi. Ammo hissiyotlar ham aldashi mumkin. Bu ko‘pincha ochlik emas, oddiy chanqoqdir. Shuning uchun, ovqatlanishdan oldin bir stakan toza suv ichish 10 daqiqa kutish lozim. Shundagina ochlik yoki chanqoqni aniqlash mumkin. | 82 | 3,169 |
Ayollar | Oyoq kiyim qutisida saqlash mumkin bo‘lgan kosmetika, taqinchoq va boshqa buyumlar (foto) | Maxsus idishlar, savat yoki saqlash qutilarini sotib olish shart emas. Buyumlarni toza saqlash va eskirmasligi uchun oddiy oyoq kiyim qutilaridan foydalanish mumkin. Ular hech qanday xarajat talab qilmaydi va har bir uyda mavjud.
Poyabzal qutisi bir nechta qulayliklarga ega: yopiladi, ko‘pincha shkaflardagi tortma va javonlarning o‘lchamiga mos keladi, ortiqcha namlikni yaxshi singdiradigan mustahkamda kartondan qilingan. Ba’zilarida havo o‘tkazadigan maxsus teshiklari ham bor. Shuning uchun ularni oshxonadan tortib hujjatlar, zargarlik buyumlari va kiyimlargacha bo‘lgan turli xil narsalarni saqlash uchun foydalanish mumkin. Shuningdek, qutining chiroyli ko‘rinishi uchun uni qog‘oz, mato yopishtirish yoki arqon bilan o‘rash orqali bezash oson.
Kosmetika uchun
Qutidagi bo‘limlarni qopqoqni pichoq yoki qaychi bilan kesish orqali amalga oshirish mumkin.
Tirnoq bo‘yoqlari uchun
Qutidagi bo‘yoqlarning rangini darhol ko‘rish uchun qopqog‘iga belgi qo‘yish kerak.
Taqinchoqlar uchun
Qutini igna orqali teshib, unga ziraklarni joylash mumkin.
O‘quv qurollari uchun
Odatda qalam va ruchkalarni tartib bilan joylash qiyin, ular doimo aralashib ketadi. Lekin oyoq kiyim qutisini ichiga hojatxona qog‘ozidan qolgan aylana shaklidagi kartonlarni joylab, ularga ruchka va qalamlarni rangiga qarab solib qo‘yish ancha qulay.
Uzatkichlar uchun
Xuddi shu tarzda turli xil quvvatlagich, quloqchin kabi vositalarni ham quti ichiga joylash mumkin.
Mavsumiy kiyimlar uchun
Mavsumiy kiyimlar ichida qo‘lqop, sharf, shapka va shunga o‘xshash kiyimlar quti ichidan tartib bilan joy oladi.
Quvvatlagichlar uchun
Odatda ayrim qutilarning chet qismi teshik bo‘ladi. Bu telefonlarni quvvatlashda juda foydali. Qutining tag qismi kesib olinadi va qutining ichiga quvvatlash uchun telefonlar qo‘yiladi.
Suratlar uchun
Balki aksariyat odamlar buni allaqachon qo‘llab kelayotgandir. Chunki ularni yaxshi saqlash uchun qutilar eng qulayi.
Hujjatlar uchun
Hujjatlarni ham tartib bilan saqlash uchun qutilar yaxshi tanlov hisoblanadi. | 89 | 2,022 |
Ayollar | Fransuz ayollari nima uchun semirib ketmaydi? | Fransuz ayollari go‘zalligi va kelishgan qaddi-qomati bilan boshqalardan ajralib turadi. Ularning tashqi ko‘rinishi va qomati o‘zgarmasligi sababi haqida turli qarashlar mavjud.
“Yandeks Dzen” platformasi yozuvchi Mirey Gilyanoning “Nima uchun fransuz ayollari semirmaydi?” nomli kitobidagi qomat buzilmasligiga doir tavsiyalar bilan bo‘lishdi.
Ta’kidlanishicha, tavsiyalar muallifning shaxsiy tajribasidan kelib chiqib yozilgan. Amerikada yashagan vaqtlari fast fuddan sezilarli darajada semirib ketgan Mirey Fransiyaga qaytgach, vazn tashlashga muvaffaq bo‘lgan.
Tavsiyalar quyidagilardan iborat:
1.Sifatli taom iste’mol qiling.
2.Har bir bo‘lakdan lazzatlaning.
3.Tanovul vaqtida xayolingiz faqatgina ovqatda bo‘lsin. E’tibor taomda bo‘lgani natijasida kamroq iste’mol qilish mumkin.
4.Yegan taomingiz uchun afsus hissini tuymang.
5.Ochlik hissini tuymaguningizcha ovqatlanmang.
6.Ovqatdan lazzatlanish uchun bir qancha tishlamning o‘zi kifoya.
7.Qancha tanovul qilayotganingizni nazorat qiling, porsiyani qisqartiring.
8.Fransuz ayollari sport zalga bormaydi, ko‘p yuradi. Siz ham shunga rioya qilib ko‘proq yuring.
9.Ovqatlanish paytini maxsus vaqtga aylantiring. Shoshmasdan har bir bo‘lakni uzoq chaynang.
10.Har kuni shokolad, pishloq yeyish mumkin, faqat me’yorni unutmaslik, shu bilan birga, har bir bo‘lakdan lazzatlanish kerak. | 45 | 1,342 |
Ayollar | Yangi yil kechasi uchun tufli tanlaymiz | Yangi yil kechasi uchun tufli tanlashda qanday qoidalarga rioya qilish kerak?
1-qoida: Tufli qanchalik o‘ziga xos bo‘lsa, ko‘ylak shunchalik oddiy bo‘lishi kerak
Eskiroq bo‘lsa ham sevimli ko‘ylagingizni yangi sotib olgan tufli bilan kiyishingiz mumkin. Agar tuflining toshli yoki munchoqli bezaklari bo‘lsa, kichkina qora ko‘ylak kiysangiz ham bo‘ladi.
2-qoida: Qora tufli hamma liboslar bilan mos keladi
Uchi ingichka qora “lodochka” tufli bilan shu qish urf bo‘lgan tor shim – yetarlicha jiddiy va nozik uslub bo‘lib, korporativ kechalar uchun juda mos keladi.
3-qoida: Qizil rang ham o‘zicha chiroyli
Qizil tufli yopishib turuvchi liboslar: tor shimli kostyum yoki yopishib turuvchi uzun yubkalar bilan juda yarashadi.
4-qoida: Uchi uzun tuflilar – faqat uzun bo‘ylilar uchun
Kelayotgan mavsumda har xil rangdagi uchi uzun “lodochka” tuflilar urf bo‘ladi. Tufli tanlashda shuni unutmangki, uchi utkir va uzun tuflilar bo‘yi uzun qizlarga mos keladi. Ixcham gavdali qizlarga esa uchi dumaloq bo‘lgan klassik lodochkalar ko‘proq yarashadi. | 39 | 1,042 |
Ayollar | Kola, otvyortka, soda: avtomobil egalarining koriga yaraydigan foydali tavsiyalar | Mashinadagi ayrim muammolarni bartaraf qilish uchun qo‘l keladigan tavsiyalarni e’tiboringizga havola etamiz.
Kola
Kola boshqa gazli ichimliklar singari zangni ketkazish uchun yetarli konsentratsiyadagi kislotani o‘z ichiga oladi. Zang bosgan avtomobil qismiga kola quyilsa yoki uning ichiga solib qo‘yilsa, ertalabgacha zangdan asar ham qolmaydi.
Soda
Oddiy ichimlik sodasi professional tozalash vositalaridan kam bo‘lmagan holda dog‘ va kirlarni ketkazishga yordam beradi. Buning uchun sodaga suv aralashtirib kirlangan joyga surtib qo‘yishning o‘zi kifoya. Birozdan keyin toza suv bilan yuvib tashlang.
Rezinali skrepka
Mashina o‘rindiqlariga to‘kilgan hayvon junini skrepka yordamida tozalab olsa bo‘ladi.
Polirovka uchun soch konditsioneri
Soch uchun mo‘ljallangan oddiy konditsioner mashinaning avvalgidek bleskli bo‘lishini ta’minlaydi. Buning uchun uni surtish va ustidan toza latta bilan artishning o‘zi yetarli.
Rangsiz lak
Mashinaning qirilgan qismiga rangsiz lak surtib, muammoga yechim topish mumkin.
Dezinfeksiyalovchi gel
Sovuqdan qotib qolgan mashina eshiklarini oson ochishda dezinfeksiyalovchi gel yaxshi samara beradi.
Muz
Mashina kuzovining chuqurcha hosil bo‘lgan qismi ustiga folga qog‘ozi ustidan muz qo‘ying. Haroratning keskin o‘zgarishi metallning tekislanishiga sabab bo‘ladi.
Otvyortka
Mashina salonidagi chang va kirlarni tozalash uchun ingichka otvyortkadan foydalaning. Buning uchun uni yupqa matoga o‘rang va, yig‘ilib qolgan kirlarni arting.
O‘simlik yog‘i
Avtomobil kuzovini turli hasharotlardan tozalash uchun uni ballonchaga solingan o‘simlik yog‘idan (sepiladigan idishdagisi) foydalaning. 5-10 daqiqadan keyin toza latta bilan artib tashlang. | 81 | 1,681 |
Ayollar | Yog‘li yuz terisi uchun tavsiya etiladigan tonal kremlari | Mukammal tonal kremini topish oson ish emas. Ayniqsa, yog‘li teri egalari uchun. Yaxshiyamki, go‘zallik brendlari bu haqda o‘ylaydi va bir necha mavsum davomida yog‘siz tonal kremlarni taqdim etadi. Ularning afzalligi shundaki, yuzni tabiiy ko‘rinish bilan ta’minlaydi. “Harper’s Bazaar.kz” nashri yog‘li yuzlar uchun mo‘ljallangan yog‘siz tonal kremlari bilan tanishtirdi. | 57 | 373 |
Ayollar | Qorinni yo‘qotishga yordam beradigan oson va samarali mashqlar | Bu qisqa mashqlar sizga ortiqcha vazndan tezroq qutulishga va qorin mushaklarini mustahkamlashga yordam beradi.
Har bir qiz xipcha bel va tep-tekis qorin haqida orzu qiladi. Bunga erishish uchun ikki yo‘nalishda ishlash kerak:
E’tiboringizga taqdim qilinayotgan mashqlar sizga ko‘proq kaloriya sarf qilishga, metabolizmni tezlashtirishga va mushaklarni chiniqtirishga yordam beradi.
Arqonda sakrash yugurishga qaraganda kaloriyani ko‘proq yo‘qotishga yordam beradi va tananing markaziy qismi, oyoq va qo‘l mushaklariga ta’sir o‘tkazadi. Agar siz arqonda sakrashni yoqtirmasangiz, unda byorpida sakrashga almashtirishingiz mumkin. Bu mashq ham undan kam kaloriya sarf qilmaydi va ko‘krak, qo‘llar mushaklarini yaxshi ishlatishga yordam beradi.
O‘tirib-turish. Bu bazaga oid ko‘p bo‘g‘imli mashq bo‘lib, dumbalar va son mushaklariga ta’sir ko‘rsatadi. Mushaklarga yetarlicha yuklamalarni ta’minlash va ko‘proq kaloriya ketkazish uchun gantel bilan o‘tirib-turish mashqini bajaring.
Planka. Plankani ushlab turish vaqtida tananing markaziy qismi, oyoqlar va qo‘llar mushaklari ishga tushadi. Siz bir vaqtning o‘zida ham kaloriya sarflaysiz va ham qorin mushaklarini chiniqtirasiz, bu esa birinchi mashg‘ulotlardan keyinoq qorinning tekisligini ta’minlaydi.
“Vakuum” mashqi qorinning ko‘ndalang mushaklarini chiniqtirishga yordam beradi. Shug‘ullanmagan odamlarda bu mushaklar o‘z tonusini yo‘qotadi. Shu sababdan qorin devorlari cho‘ziladi va qorinning hajmi kattalashadi. “Vakuum” mushaklarni tonusga keltirishga yordam beradi va bu mashqlardan keyin yog‘li qatlamlar yo‘qolishidan oldin qorin kichraya boshlaydi.
Bu mashqlarni muntazam ravishda bajaring, ovqatlanishga e’tibor bering va siz tez kunlar ichida birinchi natijalarni ko‘ra boshlaysiz.
Manba: Women’s Health | 62 | 1,769 |
Ayollar | Uyda o‘zimiz qosh terishni o‘rganamiz | Qoshni salonda terdirish — qimmat bo‘lmagan va ko‘p vaqt olmaydigan jarayon. Biroq ko‘p hollarda stilist yoki sartarosh qoshlaringizga siz istagan shaklni bera olmasligi mumkin. Shunday holatlarga yo‘liqmaslik uchun qosh terish mahoratini o‘zingiz o‘zlashtirishingiz kerak bo‘ladi.
Birinchi navbatda qoshingiz shaklini aniqlashtirib oling.
Qoshni terishda eng asosiy qoida shuki, faqat qosh ostidagi tuklarni olib tashlash mumkin. Qosh tepasidagi sochchalarga tegmagan ma’qul. Bundan tashqari, qoshni juda ingichkalashtirib yubormang — qosh qalinligi asosdan qayrilgan joygacha deyarli bir xil bo‘lishi, faqat uch qismidagina biroz ingichkalashishi mumkin.
Qosh terishda og‘riqni kamaytirish uchun, ish boshida yuzga bir daqiqaga issiq sochiq qo‘yib olish mumkin. Ish joyi yaxshi yoritilgan bo‘lishi kerak, shuningdek, katta ko‘zgudan tashqari, kattalashtirib ko‘rsatuvchi ko‘zgucha ham kerak bo‘ladi.
Qoshning boshi, qayrilgan joyi va uchiga uchta nuqtacha qo‘yib chiqing. Mana shu sxema bo‘yicha yuzingiz shakliga qarab, qoshlar qalinligini to‘g‘rilang. Ta’kidlash joiz, hozirda qalin va tabiiy qosh urfda.
Qoshni terib bo‘lgach, unga qalam yordamida biroz shakl berish mumkin, biroz bunga juda qiziqib ham ketmang, aks holda qoshlaringiz tabiiy ko‘rinishini yo‘qotadi. Qalamni maksimal darajada o‘tkirlab, qoshingizning tabiiy yo‘nalishi bo‘ylab bir nechta chiziqlar tushiring, so‘ng cho‘tkacha yordamida ushbu chiziqlar yoyib, tekislab yuboring. | 37 | 1,450 |
Ayollar | Hayotda sizga ko‘p qo‘l keladigan, lekin egallash qiyin bo‘lgan 5 ko‘nikma | Hayotda sizga doim kerak bo‘ladigan shunday narsalar borki, ularga ega bo‘lish uchun juda ko‘p vaqt, kuch va tirishqoqlik talab etiladi. Quyida keltirilgan 5 ko‘nikmani o‘stirish qiyin, lekin ular siz uchun juda zarur.
Empatiya — ko‘pchilik unutib qo‘yadigan eng asosiy insoniylik fazilatlaridan biri hisoblanadi. Bu boshqa odam his qilayotganlarini tushuna olishdir. Aynan empatiya oddiy mutaxassislarni odamlar bilan ishlaydigan birinchi darajaliga aylantiradi, xodimlarni jamoa bo‘lishga undaydi, g‘amginlikni yengishga va ish haqiga emas, balki biron bir kattaroq orzuga intilishga yordam beradi.
Kun tartibini ishlab chiqish juda muhim, bu uyqungiz sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Belgilangan tartibga rioya qilsangiz, uxlashingiz ham, uyg‘onishingiz ham osonroq bo‘ladi va yaxshi uxlaysiz.
Vaqtni to‘g‘ri taqsimlash ayniqsa hozir juda qadrlanadi. Afsuski, bitta universal taym-menejment uslubi yo‘q. O‘zingizga mos keladiganini topishga va bunga rioya qilishga harakat qiling.
Sizga qachon yordam kerakligini va uni so‘rashni tushunishga o‘rganish juda qiyin, chunki hech kim zaif yoki yaxshi bilmaydigan bo‘lib ko‘rinishni istamaydi. Lekin olimlarning ma’lumotlariga ko‘ra, bunday iltimos bizni xodimlar ko‘zi oldida ishonchliroq qilib ko‘rsatar ekan.
Biron bir odamdan yordam so‘rash bilan biz uning bilimi va tajribasini tan olamiz, uning ixlosini qozonamiz.
Har qanday ishda muvaffaqiyatga erishish uchun izchillik zarur. Bu, siz nimaga intilishingizdan qat’i nazar, hammasiga tegishli: sport bilan shug‘ullanish, nimanidir o‘rganish yoki muhim loyihani tamomlash.
Odamlar ko‘pincha belgilangan bir darajaga yetganidan keyin kuch sarflashni to‘xtatadi. Lekin uni tutib turish uchun yanada tirishqoqlik bilan ishlash va izchil bo‘lish kerak.
Manba: “Layfxaker” | 74 | 1,773 |
Ayollar | Istalgan kiyimga mos tushadigan hamda sarflangan pulni oqlaydigan oyoq kiyimlar (foto) | Oyoq kiyim sotib olish nafaqat yoqimli, balki juda mas’uliyatli jarayondir. Qanday poyabzal tanlashni bir necha marta o‘ylab ko‘rish kerak: doimiy yoki zamonaviy, baland poshnali yoki qulay. Stilistlarning ta’kidlashicha, bir mavsumdan ko‘proq kiyiladigan va pulni tejaydigan optimal modellar mavjud.
Kembrij gersoginyasi va boshqa yulduzlar ko‘pincha har qanday kiyim va turli holatlar uchun klassik tuflilar tanlaydi. Stilistlar yuqori sifatli va, eng muhimi, qulay poyabzal tanlashni maslahat berishadi. Ular universal bo‘lib, kundalik faoliyat, ziyofatga borish uchun ham mos keladi. Ushbu qulay tuflilar ko‘p fasllarga xizmat qiladi va oyoqlarni bosh aylanadigan platformadagi modellarga qaraganda ancha yaxshi saqlaydi.
Kedalar uzoq vaqtdan beri klassika toifasiga o‘tgan. Neytral yoki zamonaviy modellarni tor yoki tekis djinsi shimlar, hatto ko‘ylaklar bilan kiyish mumkin. Trend krossovkalar tagligi o‘rtacha qalinlikda bo‘lib, avvalgi o‘ta qalin va biroz qo‘pol ko‘rinuvchi modellar urfdan qoldi. Stilistlar uslubni yaratish osonroq bo‘lgan klassik modellarga ustunlik berishni maslahat beradi, ularni modadan qat’i nazar, ko‘proq kiyish mumkin.
Mavsum orasi etik kiyishga issiq va poyabzal uchun sovuq bo‘lsa, issiq va qulay botinkalar xarid qilish mumkin. Har qanday kiyim bilan, hatto uzoq yurishlarda ham kiyish uchun tovon balandligi qulay bo‘lgan charm modellarni tanlash mumkin. Ammo baland poshnali hamda sovuq o‘tkazuvchi bezakli poyabzal sotib olib, pulni havoga sarflamaslik kerak, unda oyoqlar shunchaki ko‘proq charchaydi.
Agar krossovkalar qulay bo‘lsa-yu, lekin bog‘lash qiyinchilik tug‘dirsa, u holda slipon xarid qilish mumkin. Qulaylikdan tashqari, bugungi kunda bu yengil poyabzallar keng rang palitrasida taqdim etilgan va djinsi, hatto yengil ko‘ylaklar bilan uyg‘un ko‘rinadi. Ularning klassik dizayni bir necha mavsum davomida kiyish imkonini beradi.
Bosonojka sotib olayotganda, minimalist dizayndagi modellar doimo modada bo‘lishini va foydali bo‘lishini unutmaslik lozim. Kechki libos uchun poyabzal tanlashda muammo paydo bo‘lmaydi, chunki bunday oyoq kiyimlar har qanday rang va uslubga mos keladi. Murakkab bezaklilari esa ma’lum bir kiyim uchun sotib olinadi va shkafda chang to‘playdi.
Bunday etiklarning lakonik modellari nafaqat qulay, issiq, balki djinsi bilan ham ajoyib ko‘rinadi. Yulduzlar ham bu poyabzallardan sevib foydalanadi, kundalik hayotda buni afzal ko‘rishadi. Stilistlar tasvirning kayfiyatini muvozanatlash va ortiqcha bezakdan qochish uchun bunday etiklarni liboslar bilan kiyishdan qo‘rqmaslikka chaqiradi. Tanlashda oddiygina bezaklarsiz modellarga e’tibor qaratish lozim. Keyinchalik xarid afsuslantirmaydi va bir necha mavsum davomida xizmat qiladi.
Birinchi chelsi etiklari qirolicha Viktoriyaning poyabzal tikuvchisi tomonidan tayyorlangan. Etikning pastki qismi yon tomoni elastik tasma bilan tikilgan, shuning uchun ularni osongina kiyib, yechish mumkin. Ular o‘tgan asrning 60-yillaridan beri urfda, zamonaviy klassik poyabzal maqomiga ega bo‘lgan va bugungi kungacha saqlanib qoldi. Har bir ayol o‘zini malika kabi his qilishi, ushbu modelning qulayligidan bahramand bo‘lishi, bu etiklarni midi-yubkalar va djinsi shimlar bilan kiyish mumkin. Stilistlarning ogohlantirishicha, ba’zi zamonaviy platformadagi chelsi etiklari nisbatlarni buzishi va ko‘rinishni noqulay qilishi mumkin. Shuning uchun klassika hamisha pul sarflashga arziydi.
Yuqori sifatli botinkalar, albatta, sizga bir necha yillar davomida sodiqlik bilan xizmat qiladi va sarflangan pulni oqlaydi. Bunday poyabzal nafaqat klassik ranglarda, balki yorqin va to‘qroq variantlarda ham mavjud. Agar uzoq yurishni yaxshi ko‘rsangiz va garderobda ko‘p djinsi shimlar bo‘lsa, bu etiklar eng yaxshi variantlardan biridir.
Ushbu etiklar klassik hisoblanadi. Ular, albatta, sotib olishga arziydi, chunki ular ish, tadbir va sayrga borish uchun universaldir. Tavsiya o‘rnida tabiiy teri rangidagi lakonik modellarni tanlagan ma’qul, to‘q qizildan qora ranggacha. Modellarning ortiqcha dekoratsiya va kontrastli qo‘shimchalaridan saqlanish lozim. Shuningdek, ushbu poyabzal har qanday kiyimga mos keladi va ularni yillar davomida kiyish mumkin. | 86 | 4,176 |
Ayollar | Soch to‘kilishining asosiy sabablari: qachon trixologga murojaat qilish kerak? | Sochingiz sezilarli darajada ko‘p to‘kilishining sababini bilish juda muhim hisoblanadi. Ba’zida bu jarayon noto‘g‘ri tanlangan kosmetika yoki bo‘yoq bilan bog‘liq bo‘lmaydi. O‘zingizni oddiy sinovdan o‘tkazib ko‘ring. Agar to‘kilgan soch tolalarining oxirida oq tuguncha bo‘lmasa vahimaga tushmang. Oq tugunchalar bo‘lsa bir necha kun sochingizni yuvmang, keyin sochlaringizni tepa va chakka qismidan tortib ko‘ring. Qo‘lingizga 5 tadan ortiq soch tolalari tushsa, trixologga murojaat qilish kerak.
Naslga bog‘liq bo‘lishi mumkin
Bu jarayon genlarga ham bog‘liq bo‘ladi: agar ota-onalardan biri bunday muammoga duch kelgan bo‘lsa, unda bu xavfli bo‘lishi mumkin. Yaqinda olimlar genetik moyillik nafaqat ota tomondan, balki ona tomondan ham o‘tishi mumkinligini aniqladi. Har qanday holatda ham, kuniga 100 dan ortiq soch tolalari to‘kilsa, bu holatga e’tibor qaratish kerak.
Gormonal o‘zgarishlar
Soch to‘kilishi muammosi faqat homilador va yaqinda farzand dunyoga keltirgan ayollarga tegishli emas. Bu jarayon kontratseptiv vositalarni qabul qilishda ham yuzaga keladi. Agar gormonal kontraseptivlarni qabul qilish paytida sochlaringiz juda ko‘p to‘kilganini sezsangiz, shifokor bilan maslahatlashing, bu tabletkalar sizga mos kelmaganidan ham bo‘lishi mumkin.
Detoks-diyetalari va to‘yib ovqatlanmaslik
Agar detoks-diyetaga o‘tmoqchi bo‘lsangiz, unda siz nafaqat go‘zal qomatga, balki zaif hamda siyrak sochlarga ham ega bo‘lasiz. Organizm resurslarni qayta taqsimlaydi va sochlar muhim bo‘lmagan qismga aylanadi.
Uzoq muddatli stress
Agar tanbeh eshitsangiz, do‘stingiz bilan janjallashib qolsangiz yoki shunchaki kuningiz yomon o‘tgan bo‘lsa, unda bu soch to‘kilishini keltirib chiqarmaydi. Biroq uzoq vaqt davomida stress ostida bo‘lsangiz, bu soch va bosh terisi holatiga osongina ta’sir qilishi mumkin.
Salomatlik
Ayrim hollarda soch to‘kilishini sezsak ham bunga bee’tibor bo‘lamiz — ko‘plab insonlar bunga yomon ekologiya, stress, yetarlicha ovqatlanmaslik sabab bo‘lishi mumkin deb o‘ylaydi. Buning sabablari ko‘p. Shuningdek, yanada jiddiyroq kasalliklar: qalqonsimon bez bilan bog‘liq muammolar (eng keng tarqalgan), qandli diabet, yurak kasalligi, yuqori qon bosimi ham soch to‘kilishiga sabab bo‘ladi. Agar shunday bo‘lsa, asosiysi vahima qilmasdan shifokorga borib, to‘g‘ri tashxisni bilish kerak.
Ko‘p hollarda mavsumiy soch to‘kilishi deb ataladigan narsaga duch kelamiz. Bu muammoni o‘zingiz hal qilishingiz mumkin, faqat kerakli va to‘g‘ri parvarishni tanlash kerak. | 78 | 2,489 |
Ayollar | Bayramlardan so‘ng organizmni tozalaymiz | Bayram kunlarining to‘kin-sochin, lazzatli taomlaridan keyin organizmda “katta tozalash” o‘tkazish zarur bo‘ladi.
Bunday tozalash yordamida ichaklarda hazm bo‘lmasdan yig‘ilib qolgan ovqat qoldiqlaridan, kasallik qo‘zg‘atuvchi bakteriya va zaharli moddalardan tezda qutulasiz.
Lavlagi yordamida tozalash
O‘rtacha kattalikdagi lavlagini mayda qirg‘ichdan o‘tkazing va suvini siqib oling. Siqilgan lavlagini mayda dumaloqchalarga ajrating va bularni har ovqatlanishdan 30 daqiqa oldin iste’mol qiling. Lavlagi sharbatini esa ovqatdan so‘ng yoki uxlashdan oldin ichish tavsiya qilinadi.
Suli yordamida tozalash
Yarim piyola suli va shu miqdorda guruchdan quyuqroq qilib bo‘tqa tayyorlang. Tayyor bo‘lgan bo‘tqadan 1 piyola oling va 2,5 piyola iliq suv bilan aralashtirib yeng. Unga yog‘ va shakar qo‘shish mumkin emas, biroz tuz solishingiz mumkin. Bo‘tqani 2—3 kun davomida nonushta va kechki ovqat o‘rnida yeyish tavsiya qilinadi.
Zig‘ir yordamida tozalash
100 gramm zig‘ir urug‘i va 250 gramm zaytun yog‘i oling. Zig‘ir urug‘ini qahvaezgich yordamida maydalang va yog‘ bilan aralashtiring. Aralashmani 7 kun davomida salqin, qorong‘u joyda saqlang va vaqti-vaqti bilan qo‘zg‘ab turing. Aytilgan muddatdan so‘ng bir kunda 3 mahal, ovqatlanishdan 1 soat oldin va 1 osh qoshiqdan 10 kun davomida iching. | 40 | 1,301 |
Ayollar | Go‘zal tashqi ko‘rinishga ega bo‘lish uchun nimalarga e’tibor berish kerak? 6 tavsiya | Hamma ham tabiiy go‘zal bo‘lmasligi mumkin, lekin o‘ziga qarab yurishi boshqalarda yaxshi taassurot qoldirishi aniq. “Korolevnam.ru” nashri ayollar tashqi ko‘rinishida e’tibor berishi kerak bo‘lgan jihatlarga to‘xtaladi.
Sochlaringizga alohida e’tibor bering
Soch ayol kishining ko‘rki hisoblanadi, soch tartibli ko‘rinishi uchun esa bir sutka ichida 3-4 soat vaqt ajratish shart emas, toza va tartibli ko‘rinsa bo‘lgani. Kiyinib-yasanib, atir sepgan bilan sochlar kir va taralmagan bo‘lsa, umumiy tasavvur ham shunga yarasha bo‘ladi.
Tirnoqlaringiz siz haqingizda ko‘p narsa gapiradi
Qo‘llar ayol kishining qanday ekaniga ta’rif beradi. Manikyur qilingan, chiroyli qo‘llar kishida yaxshi taassurot qoldiradi. Manikyur uzun tirnoq va qip-qizil lakdan iborat bo‘lishi shart emas, asosiysi, tirnoqlar kaltalangan va tartiblangan bo‘lsa kifoya.
Poyabzalni to‘g‘ri tanlash
Atrofdagilar birinchi tashqi qiyofaga, keyin esa poyabzalga qarashini bilasizmi? Yo‘q bo‘lsa, bilib oling. Tashqi ko‘rinishda, oyoq kiyim tanlash, uning ozodaligi muhim sanaladi. E’tibor markazida bo‘lish uchun ikki qarich poshnali tufli kiyish shart emas, krossovkada ham malika bo‘lishingiz mumkin. Muhimi, did bilan uyg‘un kiyina bilishda.
Kiyinish usubi
Kiyinish deganda gap urf yoki trendlar haqida emas, qaddi-qomatdan kelib chiqqan holda libos tanlash haqida ketmoqda. Moda o‘zgaradi, uslub emas, shu bois kiyinish borasida o‘z uslubingizni topishga harakat qiling. Siz tanlagan libos qaddi-qomatingizning ustunliklarini ko‘rsatishi, kamchiliklarini esa yashirishi kerak.
Ifor bu — sizning “tashrif qog‘ozingiz”
Ayol kishidan hamisha xushbo‘y ifor kelishi kerak, lekin bu borada me’yorni bilgan darkor. Ishxona yoki o‘quv muassasalarida o‘tkir atir sepmaslik kerak. Bunday atirlarni tantana va bazmlarda ishlatish tavsiya qilinadi.
Makiyajning me’yorini bilish
Ayol kishi makiyaj bilan yanada go‘zal ko‘rinadi, lekin oshirib yuborish aksincha taassurot qoldiradi. Qoshlarning tartibga keltirilgani, yuzning tabiiy qizg‘ishligi va labning o‘z rangidan farq qilmagan darajada bo‘yalishi tabiiy go‘zallikka urg‘u beradi. Chizilgan qosh, chaplangan ko‘z va yuzning keragidan ortiq qizartirib olinishi e’tibor jalb qilishni istagandek tasavvur beradi. | 85 | 2,227 |
Ayollar | Parhez va mashqlarsiz qorinni yo‘qotishning 4 ta oddiy usuli | Tekis va chiroyli qoringa ega bo‘lish uchun ko‘pchilik fitnes-zalda yashaydi va karam barglari bilan ovqatlanadi. Chunki bu jismoniy mukammallikka olib boradigan eng sog‘lom va to‘g‘ri yo‘ldir.
Lekin, agar mashq qilishga va ovqatlanishni cheklashga vaqtingiz ham, asablaringiz ham, kuchingiz ham bo‘lmasa quyidagi oddiy maslahatlarimizdan foydalanib ko‘rishingiz mumkin. Ular qorinni biroz bo‘lsa-da muvofiq holatga keltirishga yordam beradi.
Har lahzada, bu haqda eslashingiz bilan yelkalaringizni to‘g‘rilang va qorningizni torting. Qilolmasangiz va eslashni xohlamasangiz — gavda korrektori sotib oling.
Gavdani to‘g‘ri tutish katta ahamiyatga ega bo‘lsa ham, biz ko‘pincha uning ta’siriga yetarlicha baho bermaymiz. Tik tutilgan umurtqa bo‘yga bo‘y qo‘shishga, ko‘krakka shakl berishga va qorinni ancha tekis ko‘rsatishga yordam beradi.
Suv tanqisligi boshlanishi bilan organizm darrov o‘zida namlikni to‘play boshlaydi, shu jumladan qorinda ham. Shu sababga ko‘ra qo‘llarda va oyoqlarda paydo bo‘ladigan shishlar ko‘pchilikka tanish bo‘lishi mumkin, lekin qorin sohasidagi shishlarga biz kamdan-kam hollarda e’tibor beramiz. Aynan bu shishlar qorinning do‘ppayib chiqib qolishiga sabab bo‘ladi.
Bu qorinni yo‘qotishda muhim jihat hisoblanadi. Organizm — juda sabrli narsa va agar siz uni sabr qilishga o‘rgatgan bo‘lsangiz, u sizni eng oxirgi hollardagina hojatga chiqishga chaqiradi. Boshqa vaqtlarda qovuq devorlari kengayib boradi, buning natijasida esa qorin kattalashadi.
Shifokorlarning ta’kidlashicha, bir kunda kamida 5—7 marta bovul qilish normal holat hisoblanadi.
Tishlaringiz yordamida tushlik yoki kechki ovqatni qancha sifatliroq maydalasangiz, u me’dada shuncha kamroq joyni egallaydi. Demak, to‘ldirilgan me’da qorinning shishib ketishiga sabab bo‘lmaydi.
Bundan tashqari, siz qancha uzoqroq chaynasangiz, miya “men to‘ydim” degan signal bergunicha shuncha kamroq yeysiz. Bu ortiqcha kaloriya to‘plamaslikka imkon beradi va o‘z navbatida qorinning holatiga ham ta’sir ko‘rsatadi.
Manba: “Zdorovie.com” | 60 | 2,023 |
Ayollar | Charm poyabzallarni qanday kiyish va saqlash lozim? | Haqiqiy charm poyabzal kundalik parvarish qilishni talab qiladi, aks holda nozik material yorilib, haqiqiy shaklini yo‘qotishi mumkin.
Maxsus parvarishlash vositalaridan foydalaning
Bunday mahsulotlarni poyabzal do‘konidan sotib olish mumkin. Bunday to‘plamda:
Sotib olgandan so‘ng darhol poyabzalingizni asrashni boshlang
Uyga yangi poyabzal olib kelganingizdan so‘ng, uning yuzasini kremi bilan moylang.
Ob-havoga e’tiborli bo‘ling
Tashqarida yomg‘ir yoki qor yog‘ayotgan bo‘lsa, charm poyabzal kiymang. Juda ko‘p namlik bo‘lsa, charmga putur yetadi. Suv shimgan charm quriganida yumshoqligi va elastikligini yo‘qotadi, qo‘pol bo‘ladi va osongina yorilib ketadi. Bundan tashqari, poyabzal yuzasida suv va tuz dog‘lari paydo bo‘lishi mumkin.
Agar nam havoda ko‘chaga chiqish kerak bo‘lsa, avval charm poyabzalga suv o‘tkazmaydigan sprey bilan yaxshilab ishlov bering.
Oyoq kiyimingiz nam bo‘lsa, darhol quriting
Bu ho‘l poyabzal yoki etik bilan uyga qaytganingizda qilish kerak bo‘lgan birinchi ish. Teri namlikka qanchalik singsa, uning sifati shunchalik yomonlashadi.
To‘g‘ri shamollatish uchun ichki tagliklarni olib tashlang, ushlagichlarini ichkariga qo‘ying va botinkalarni havo yaxshi yuradigan ochiq joyga qo‘ying.
Har qanday holatda ham charm poyabzallarni batareya, fen bilan yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurida quritmang. Yuqori harorat sirtga zarar yetkazishi, yopishtiruvchi xususiyatlarini o‘zgartirishi mumkin. Aks holda poyabzal tez yorilib ketadi. Bundan tashqari, u yanada qattiqlashishi yoki suv o‘tkaza boshlashi mumkin.
Oyoq kiyimingizni tezroq quritish uchun ichiga namlikni yutuvchi silicon gelli paketcha, yumshoq sochiq yoki qog‘oz salfetkadan yasalgan sharchalarni qo‘ying.
Oyoq kiyimingizni iflos holda qoldirmang
Kichik kir va changni yumshoq mato bilan tozalash yoki iliq suvda namlangan gubka bilan ketkazish mumkin.
Oyoq kiyimlarini krem yoki vosk bilan moylang va har bir nam tozalashdan keyin kremni qo‘llashni unutmang.
Mahsulot quruq, toza poyabzalga qo‘llanilishi kerak. Buni krem paketiga o‘rnatilgan shimgich yoki yumshoq mikrofiber mato yordamida aylana harakatlar bilan bajaring. Krem terini mikro yoriqlar paydo bo‘lishidan himoya qiladi, shuningdek, uning elastikligi va uzoqroq yarqirashiga yordam beradi.
Oyoq kiyim kiyayotganda “rojka” ishlating
Bu tovonni ezib tashlamaslik uchun muhim. Ko‘pincha u poyabzalning yuqori qismini butun tuzilishini ushlab turadigan element bo‘lib xizmat qiladi. Agar poyabzalning tovon qismini ezib qo‘ysangiz, oyoq kiyimingiz tezda o‘z shaklini yo‘qotadi.
Mavsum tugashi bilan poyabzallarni to‘g‘ri saqlang
Oyoq kiyimni zoq muddatli saqlash uchun olib qo‘yayotganda, uni chang va kirlardan tozalashni va krem bilan moylashni unutmang. Shuni yodda tutingki: haqiqiy charm juda yumshoq material bo‘lib, osongina osiladi va egiladi, shuning uchun unga yaxshi parvarish kerak.
Agar sizda poyabzal uchun maxsus ushlagich bo‘lmasa, hech bo‘lmaganda qog‘ozdan qattiq to‘plar yasab, o‘ralgan holda oyoq kiyim ichiga qo‘ying.
Keyin poyabzallarni quti yoki paketga joylashtiring. Bu charmni changdan himoya qilishga yordam beradi. Ularni xona haroratida va ortiqcha namlik bo‘lmagan joyda saqlang. | 51 | 3,177 |
Ayollar | Yangi yil ziyofatiga ko‘ylakdan boshqa nima kiysa bo‘ladi? (foto) | Bayram oqshomida qanday obrazda ko‘rinish berishni bilmayotgan ayol va qizlarga Marie Claire nashrining tavsiyalari asqatishi aniq.
Kostyum
Jiddiy uslubdagi kostyum-shim ham Yangi yilni kutib olish uchun yaxshi variant. Uning matosi yaltiroq yoki oddiy bo‘lishi xohishingizga bog‘liq. Baxmal matosidan tikilgan variantni bosonojka va klatch bilan moslasangiz bo‘ladi.
Ichidan oq yoki boshqa kofta kiyish mumkin bo‘lgan smoking ham yaxshi tanlov bo‘la oladi. Klassik bichimli kostyum-shim, poshnali tufli va uzunroq turadigan zirak bilan noodatiy obraz yaratsangiz ham bo‘ladi.
Kombinezon
Atlas, baxmal yoki satindan tikilgan kombinezon bayram libosi o‘rniga eng yaxshi variant bo‘la oladi. Bichimidan qanday bo‘lishidan qat’i nazar, kombinezon bilan baland poshnali poyabzal kiyish kerak.
Aksessuar sifatida yirik zirak va ultrazamonaviy sumkadan foydalansangiz bo‘ladi.
Top yoki kofta bilan yubka
Bunday obrazda Iordaniya qirolichasi Raniya singari istalgan ranglarni umumlashtirib, o‘ziga xos obraz yaratsangiz bo‘ladi. Ortiqcha xarid qilishingizga esa hojat bo‘lmaydi, garderobingizdagi istalgan kiyim-kechakni bir-biriga moslasangiz bo‘ladi.
Poshnali tufli yoki botilyon bilan esa yanada o‘ziga xos ko‘rinishingiz aniq.
Kofta va shim
Shim va koftalarni moslab chiroyli ko‘rinish mumkinligini Juliya Roberts va Rozamund Paykning obrazlaridan bilsa bo‘ladi. Bu borada ham istaganingizcha tanlov qilishingiz mumkin.
Koftaning bo‘yin qismida bog‘ichi borini, shimni esa charm, zamsh, yoki baxmaldan tikilganini kiysangiz bo‘ladi. Poyabzal sifatida esa etik va tuflilarning baland modelini kiyish tavsiya qilinadi. | 65 | 1,622 |
Ayollar | Yogurtning sog‘lom va yorqin teri uchun 6 foydasi | Yogurt teri go‘zalligi uchun haqiqiy super mahsulotdir. Uning foydali xususiyatlari antik davrda, shu jumladan, yunon yogurtining vatanida ma’lum bo‘lgan. Ehtimol, aynan shu mahsulot yunon go‘zalligi tushunchasiga katta hissa qo‘shgandir. Biroq yogurtning foydaliligi haqida nafaqat madaniy ishoralar, balki tibbiy faktlar ham gapiradi. Marie Claire nashri ushbu maqolada nima uchun yogurt go‘zallik tartibida birinchi o‘ringa loyiq ekanini aytib o‘tdi.
Yorqin va silliq teri
Yogurtni yuzga muntazam surtish dog‘, xol va hatto sepkillarning ko‘rinishini kamaytirishi isbotlangan. Biroq, albatta, ularning to‘liq yo‘qolib ketishi mumkin emas. Shuningdek, yogurt har qanday tonal kremiga qaraganda yaxshiroq ko‘rinish hosil qiladi.
Bir marta ishlatish uchun juda ko‘p mahsulot talab qilinmaydi: niqob uchun bir yoki ikki choy qoshiq yogurt yetarli. Uni bir necha tomchi limon yoki apelsin sharbati bilan boyitish mumkin. Ushbu manyovr terining oziqlanishi uchun sezilarli bonus bo‘ladi: bu sharbatlar limon kislotasini o‘z ichiga oladi, u terining rangini oqartirish va silliqlash qobiliyati bilan mashhur.
Teri teshiklarining qisqarishi
Agar yuz terisi teshiklari keng bo‘lsa, unda yogurt terini parvarish qilish uchun ajoyib alternativ bo‘lishi mumkin. Teshiklarni kichraytirish va taranglashtirish uchun yuzga bir choy qoshiq oddiy yogurt muloyimlik bilan surtiladi. Niqob teriga singishi uchun taxminan 10-15 daqiqa kutiladi va keyin uni sovuq suv bilan yuviladi.
Ushbu ko‘rsatmani amalga oshirganlar uchun foydali maslahat: niqobni olib tashlagandan so‘ng darhol namlovchi krem yoki zaytun moyidan foydalanmang. O‘zining juda foydali ta’siriga qaramay, yogurt qisqarishning yoqimsiz hissiyotini qoldirishi mumkin.
Husnbuzarlarni bartaraf eting
Husnbuzar bilan yoqimli va samarali kurashishga imkon beruvchi ko‘plab vositalar mavjud: yogurt ulardan biri. Bu ko‘plab dori vositalarida va oziqlantiruvchi yuz niqoblari tarkibida ishlatiladigan asosiy tarkibiy qismdir.
Biroq, yogurtning eksklyuzivligi shundaki, undan tashqi tomondan ham, ichki tomondan ham to‘yimli mahsulot sifatida iste’mol qilinadigan barcha foydalarni olish mumkin. Ikkala variant ham samaradorlik jihatidan bir-biridan kam emas: o‘z tabiatiga ko‘ra yogurt achitilgan sut mahsulotidir, shuning uchun u husnbuzar keltirib chiqaradigan bakteriyalarga, shuningdek, organizm va teriga zarar yetkazishga intiladigan mikroblarga qarshi kurashish uchun idealdir.
Ajinlar bilan yanada kamroq muammo
Yogurtning eng foydali xususiyatlaridan biri uning qarishga qarshi xususiyatlarida yotadi, bu erkin radikallarga qarshi kurashda ishonchli qurol bo‘ladi. Ma’lumki, ikkinchisi xavflidir, chunki ular teri hujayralarini kislorod molekulalaridan mahrum qiladi va shu bilan ularga katta zarar yetkazadi, metabolizmni sekinlashtiradi va qarish jarayonini tezlashtiradi. Shuning uchun, ular bilan kurashish mumkin va kerak.
Ko‘z ostidagi qora doiralar bilan xayrlashing
O‘zini tungi hushyorlik zavqini inkor eta olmaydiganlar uchun yaxshi yangilik — agar ushbu odat muntazam ravishda tabiiy yogurtni surtish bilan birlashtirilsa, ertalab ko‘z ostidagi halqachalar kamayadi. Gap, yana yogurtning yallig‘lanishga qarshi xususiyatlari va uning tarkibidagi sut kislotasida bo‘lib, ular birgalikda terining shishishini oldini olishga yordam beradi.
Quyosh nuridan himoyalanish uchun eng yaxshi vosita
Agar SPFli kremlar sizning kosmetik sumkangizda mehmon bo‘lmasa, yogurtning shifobaxsh xususiyatlarini unutmaslik kerak: u quyoshdan shikastlangan terini mukammal darajada tinchlantiradi va uning kimyoviy muvozanatini tiklaydi. Hammasi yogurtga boy sink bilan bog‘liq, bu element yallig‘lanishga qarshi jarayonlarni qo‘zg‘atish bo‘yicha rekord o‘rnatadi. | 49 | 3,708 |
Ayollar | Oyoqlar chiroyiga putur yetkazadigan 5 ta odat | Sog‘lom va chiroyli oyoqlar nafaqat sport zalida mashaqqatli mehnat, yaxshi genetika hamda yuzlab skrab va kremlar, balki ko‘plab zararli odatlardan holi to‘g‘ri turmush tarzining isbotidir. Agar oyoqlar salomatligi hamda go‘zalligini uzoq vaqt saqlamoqchi bo‘lsangiz, Marie Claire nashri ma’lum qilgan odatlardan voz kechish tavsiya etiladi.
Kun bo‘yi o‘tirish
Harakat bo‘lmasa, qon aylanishi sekinlashadi, bu turg‘unlikka olib keladi. Natijada varikoz tomirlari (ayollarning taxminan 50 foiziga ta’sir qiladigan kasallik) va to‘piqlarda doimiy shish kuzatiladi. Buning oldini olish uchun har soatda bir necha daqiqa qisqa yurish uchun tanaffus qilish va turli xil mashqlar bajarish kerak.
Oyoq terisini namlantirmaslik
Oyoqlarni parvarish qilish xuddi yuz terisini parvarish qilish kabi zarur va muhimdir. Skrab, cho‘tkalar va boshqa go‘zallik vositalardan foydalanishni unutmaslik lozim. Buni haftada 2-3 marta amalga oshirish kerak, shundan so‘ng oziqlantiruvchi kremni qo‘llashni unutmaslik juda muhim. Oziqlanish va gidratsiya kundalik g‘amxo‘rlikning bir qismini tashkil etishi kerak. Qanchalik tez-tez dush qabul qilinsa, shunchalik ko‘p namlantiruvchi vositalardan foydalanish tavsiya etiladi.
Oyoqlarni chalkashtirib o‘tirish
Shifokorlarning fikriga ko‘ra, bu holat femoral arteriyalar va tomirlarda bosimning oshishiga olib keladi, bu esa qon aylanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, ushbu holat tomirlarning cho‘zilishiga sabab bo‘ladi, bu ham varikoz tomirlarining bo‘rtib chiqishini rag‘batlantiradi.
Oyoqdagi jarohatlarni davolamaslik
Ustara bilan kesilgan, chivin chaqishi yoki tirnalgan — bu yaralarni vaqtida davolash kerak. Aks holda, oyoqlarda chandiq yoki yara izlari qolib ketadi. Eng yomon holatda esa vaqtida davolamaslik turli xil yallig‘lanishlarni keltirib chiqaradi. Bu keyinchalik jiddiy kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin.
Noto‘g‘ri parvarishlash
Oyoqlardagi ortiqcha tuklardan xalos bo‘lishda, albatta, sifatli mahsulotdan foydalanish lozim. Shuningdek, oyoqlarni tozalashda maxsus ko‘pik, keyin esa terini yumshatuvchi va namlantiruvchi kremlardan qo‘llash tavsiya etiladi. Aks holda tez orada oyoq terisi dag‘allashadi, quriydi va qizil toshmalar paydo bo‘ladi. Bu esa nafaqat oyoqlarning xunuk ko‘rinishiga, balki butun tashqi ko‘rinishga putur yetkazadi. | 46 | 2,306 |
Ayollar | Yozgi kiyimlarning yangi ko‘rinishini saqlab qolish uchun ularni qanday saqlash kerak? | Yozgi kiyimlar keyingi yilga qadar yangi ko‘rinishini yo‘qotmasligi uchun ularni qanday qilib to‘g‘ri saqlash kerakligini bilish kerak. Kiyimlarni to‘g‘ri saqlash va ularning yangi ko‘rinishini saqlab qolishda qo‘llaniladigan bir qancha usullar mavjud. Lady Mail nashri shu haqda ma’lumot berdi.
Kiyimlarni ajratish
Barcha yozgi kiyimlarni olishingiz va ularni toifalarga ajratishingiz kerak: yubkalar, shimlar, shortilar, futbolkalar, yengil ko‘ylaklar, ko‘ylaklar, nimchalar va boshqalar.
Saralash
Kiyimlar orasidan kuz va qishda kiyishingiz kerak bo‘lgan kiyimlarni tanlashingiz kerak. Futbolkalar va ba’zi toplardan butun yil davomida foydalanish mumkin. Kelgusi mavsumlarda kiyilmaydigan kiyimlar, poyabzal va aksessuarlarni ham alohida qilib ajratib oling.
Uslubingizga mos kelmaydigan kiyimlarni olib qo‘ying
Kiymaydigan kiyimlaringizni alohida qo‘ying. Sifatini yo‘qotgan, sizga kichik yoki katta bo‘lib qolgan, endi uslubga mos kelmaydigan kiyimlarni olib qo‘ying. Agar bu kiyimlar hali ham yaxshi holatda bo‘lsa, ularni yuvish, sumkalarga solib, muhtoj insonlarga berish yoki qayta ishlash mumkin.
Tozalaymiz
Kiyimlarni saqlab qo‘yishdan oldin ularni yuvish va kamchiligi bor joylariga qarash kerak. Buni o‘zingiz qilmasligingiz uchun quruq tozalash yoki atelye xizmatlaridan foydalanishingiz mumkin. Tugmalar, fermuarlar, tikuvlar, teshiklar va dog‘lar mavjudligiga e’tibor berish va barcha kamchiliklarni bartaraf etish kerak.
To‘g‘ri saqlash
Kelgusi mavsumning boshida kiyimlarni topishni osonlashtirish uchun ularni turlar bo‘yicha saqlagan ma’qul. Narsalar toza ko‘rinishi va kamroq joy egallashi uchun vertikal saqlash usulidan foydalanishingiz mumkin. Yozgi narsalarni topishni osonlashtirish uchun organayzerlardan ham foydalanish mumkin. Kiyimlarni yuqorigacha to‘ldirmaslik kerak, kiyimlar ventilyatsiya qilinishi va juda tiqilinch joylashmasligi kerak (aks holda u deformatsiyalanishi va asl ko‘rinishini yo‘qotishi mumkin). Organayzerlarni shkafga, to‘shak ostiga, kiyinish xonasiga yoki ship ostidagi tokchalarga qo‘yish mumkin.
Yodda tuting, har bir kiyim va har bir mato o‘ziga xos saqlanish usuliga ega. Biroq ba’zi qoidalar hamma turdagi kiyimlarga mos keladi. Kiyimlarni quyidagicha saqlash kerak:
Masalan, yengil yozgi futbolkalarni qatma-qat liboslar kiyib xil turli obrazlarga moslashtirish mumkin.
Issiq kolgotkalar ustidan kalta yubkalarni kiysangiz bo‘ladi va obrazni issiq sviter yoki paltolar bilan birlashtirish mumkin.
Tasmali ko‘ylaklar, kombinatsiyali sarafanlar issiq vodolazkalar ustidan kiyiladi.
Gulli naqshli maksi-ko‘ylaklarning o‘zini ham kiyish mumkin, asosiysi ob-havoga isishini unutmaslik kerak.
Krop-toplarni oq ko‘ylak, pidjak, kardiganlar bilan kiyish mumkin. | 86 | 2,715 |
Ayollar | Biz noto‘g‘ri qo‘llaydigan mahsulotlar | Oshxonadagi oziq-ovqat mahsulotlarini qanchalik e’tiborsizlik bilan ishlatayotganligini hech kim o‘ylab ham o‘tirmasligi turgan gap. Quyida ko‘rsatilgan tayyorlash usullarini yaxshilab o‘qing va qanday qilib oddiy mahsulotlardan ko‘proq foyda olishni bilib oling.
To‘g‘ralgan yoki qirg‘ichdan o‘tkazilgan sabzi qizdirib ishlov berishda masalan, qaynatishda o‘zining foydali xususiyatlarini yo‘qotadi. Yuvib archilgan sabzini to‘g‘ramasdan butunligicha qaynab turgan suvga soling.
Choyni me’yorida ichish yurak-tomir kasalliklarining oldini olishi to‘g‘risida ko‘p eshitganmiz. Lekin, ma’lum bo‘lishicha, sut bilan birga qo‘shib ichilganda uning bu xususiyati yo‘qolar ekan.
Sarimsoqni kesmasdan ezib ishlatilganda foydali xususiyatlari ko‘proq saqlanib qoladi. Sarimsoq ezilgandan so‘ng 10 daqiqa davomida kallitsin moddasiga to‘yinganidan keyin ishlatsangiz bo‘ladi.
“Yog‘sizlantirilgan” so‘zi har doim ham “foydali” degani emas. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, salatlarga qo‘shiladigan yog‘li souslar semirib ketish xavfini kamaytiradi va salat tarkibidagi qator foydali moddalarning ta’sirini kuchaytiradi.
Juda pishib ketgan mevalarda xlorofill moddalari parchalanib ketishi antioksidantlarning oshishiga olib keladi. Shuning uchun ba’zida mevalarni yashil holida ham iste’mol qilib turish juda foydali.
Xantalga zarchiva (kurkuma) ildizidan bir nechta kimyoviy reaksiyalar yordamida olinadigan tabiiy bo‘yoq – kurkumin qo‘shiladi. Kurkumin bo‘yashdan tashqari, saraton kasalligining ba’zi turlarining oldini olish xususiyatiga ham egadir.
Manba: “Steaklovers.menu” | 38 | 1,570 |
Ayollar | Stress va ruhiy muammolar: kiprik to‘kilishining 6 ta asosiy sababi | Tan olish kerakki, kiprik to‘kilishi yaxshi holat emas. Lekin buning yechimi bor: Birinchi navbatda muammoning asosiy sababini topish kerak.
Uzun kipriklar har qanday ko‘rinishning bir qismidir. Yorqin ten yoki shunchaki tush surilsa ham farqi yo‘q – uzun, hajmli kipriklar bir zumda obrazni to‘ldiradi. Shuning uchun har doim ularni o‘stirish yaxshidir. Ammo sog‘lom kipriklargina chiroyli ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Bundan tashqari, kipriklarning holatini yomonlashtiradigan, ularning shikastlanishi va to‘kilishiga hissa qo‘shadigan ba’zi odatlardan ehtiyot bo‘lish kerak.
Kipriklarni qayrish
Odatda uzun, ammo tekis kiprik egalari uni qayruvchi vosita bilan yaqin “do‘st” bo‘lishi mumkin. Afsuski, ushbu go‘zallik aksessuaridan tez-tez va takroriy foydalanish kipriklarning zaiflashishiga va keyinchalik ularning sinishiga olib keladi. Ma’lumki, bunga kipriklarni qisish orqali erishiladi. Kiprik bir joyda bir necha marta bosilganida, ularga jismonan zarar yetadi va muqarrar ravishda sinishiga olib keladi.
Kiprik qayruvchi vosita ularni shikastlashi va to‘kilishiga olib kelishi mumkin.
Albatta, undan foydalanmaslik yaxshiroqdir. Agar buning iloji bo‘lmasa, unda yuqori sifatli modellarni tanlash va ulardan oqilona foydalanish kerak.
Stress
Stress soch to‘kilishiga olib kelishi mumkin va bu kipriklarga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Hammasi oddiy: stress soch follikulalarini telogen fazaga (dam olish vaqti) suradi va aynan shu davrda soch to‘kilishi sodir bo‘ladi. Qaysi turdagi stressni boshdan kechirish muhim emas – jismoniy yoki hissiy. Afsuski, oqibatlar har doim bir xil bo‘ladi. Stress tufayli kipriklar ham to‘kilishi tabiiy holat. Albatta, travmatik omillarni olib tashlaganidan keyin soch va kipriklar yana o‘sadi.
Ulama kipriklar
Kipriklarni sun’iy tarzda ulash protseduralari ularning to‘kilishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun bu borada mutaxassisga murojaat qilish juda muhimdir. Faqat tajribali mutaxassis ulama kipriklarning ko‘rinishini og‘irlashtirmaslik uchun to‘g‘ri hajmini tavsiya qiladi. Va ularni olib tashlashda ham ularning ko‘rsatmasiga rioya qilish kerak. Aks holda tabiiy kipriklarga zarar yetishi mumkin. Yodda tutish kerakki, agar ulama kipriklar vaqtidan avval tushib ketsa, tiklanish jarayoni 3-4 haftadan kam bo‘lmagan vaqtda boshlanadi. O‘sishni kuchaytirish uchun omega-3 to‘yinmagan yog‘li kislotalarni yoki baliq yog‘ini qabul qilish kerak. Ushbu qo‘shimchalar nafaqat sochlarning holatiga, balki teriga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Makiyaj bilan uxlash
Ayollar makiyaj bilan ulxash kerak emasligini biladi, ammo bunga doim ham rioya qilinmaydi. Agar bu faqatgina bayram yoki kamdan-kam hollarda yuz bersa, yuz qismida hech qanday o‘zgarishlar kuzatilmaydi. Ammo kundalik odatga aylansa, jiddiy muammolar paydo bo‘ladi.
Birinchidan, kipriklarni qoplab turgan tush ularni quritadi. Ikkinchidan, tush bakterial infeksiya ehtimolini oshirishi mumkin, bu yallig‘lanish, tirnash xususiyati va uzoq muddatda kipriklarning to‘kilishiga olib keladi.
Ko‘zlarni ishqalash
Bu nuqta avvalgisi bilan chambarchas bog‘liq. Qichishish va tirnash xususiyati ko‘zni ishqalashga undaydi va tashqi ta’sir ularni juda zaiflashtiradi. Agar ko‘zlar qattiq qichisa, shoshilinch chora sifatida bir muddat ko‘zni makiyajdan tozalash kerak. Noqulaylik uzoq vaqt davomida o‘tmasa, shifokorga tashrifni kechiktirmaslik lozim. Bu turli kasalliklarning alomatlari bo‘lishi mumkin va uning sababini imkon qadar tezroq aniqlash yaxshiroqdir.
Trixotillomaniya
Trixotillomaniya surunkali kasallik bo‘lib, tananing turli qismlarida tuk, soch yoki kipriklar to‘kiladi. Bu muammo psixologning professional yordamini talab qiladi. Oqsil, vitaminlar, mikroelementlar yetishmasligi, anemiya, gipotireoz, shuningdek, ko‘z qovoqlarining yallig‘lanish kasalliklari bilan kipriklar to‘kilishi mumkin. Agar to‘satdan kipriklar hech qanday sababsiz to‘kilishni boshlasa, bu shifokor bilan maslahatlashish va yuqoridagi kasalliklarni aniqlash uchun sababdir. Shundan keyingina davolanishni boshlash kerak. | 67 | 4,022 |
Ayollar | Qanday qilib qomatga mos sumka tanlash mumkin? | Sumka — juda qulay aksessuar bo‘lib, haqiqiy sifatli sumkalar arzon turmaydi. Shuning uchun garderobimizda ular 2—3 tadan ko‘p emas. Tanlovda adashmaslik va aynan o‘zingizga mosini tanlashda nimalarga e’tibor berish lozim? Keling, omadli xaridning asosiy qoidalarini tahlil qilamiz.
Agar sumka xarid qilish bilan birga pullaringizni tejab qolishni istasangiz, sizga klassik variantni taklif qilamiz. Ular bilan ishga ham, bayram tadbirlariga ham borish mumkin. Ta’kidlash joizki, bunda libos bilan bitta umumiy rangga urg‘u berish kerak bo‘ladi. Ideal ranglar — qora, kulrang va och jigar rangning barcha turlari hamda ko‘zga tashlanmaydigan ranglar hisoblanadi. Barchasi kiyim javoningizda ustunlik qiluvchi rangga bog‘liq.
Aksessuar qomatingiz afzalliklariga urg‘u berishini istasangiz, uni aql bilan tanlash lozim.
Masalan, agar soningiz ingichka, belingiz yo‘q bo‘lsa, son balandligida taqib yurish mumkin bo‘lgan sumka tanlashingiz kerak. Bu yo‘l bilan siz kerakli joyda vizual hajm yaratishingiz mumkin.
Agar sonlaringiz keng va belingiz ingichka bo‘lsa, sizga bel balandligidagi variant mos keladi. Qomati “to‘g‘ri uchburchak” shaklidagi ozg‘in qizlar tekstura bezakli kichikroq sumkalar tanlagani ma’qul. Semiz qizlar esa katta sumkalarga e’tibor qaratishi lozim, chunki kichkina sumkalar ularning ko‘rinishini yanada yiriklashtiradi.
Umuman olganda esa, aksessuar tanlashda uning qulayligi, sifati va o‘z hissiyotlaringizga tayanishingiz lozim. Agar siz bejirim klachni “sevib qolsangiz”, uni albatta xarid qiling — u sizning kayfiyatingizni ko‘taradi, kayfiyat yaxshiligi esa — eng asosiysi!
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 46 | 1,761 |
Ayollar | Uyni tozalashda sog‘liqqa putur yetkazishi mumkin bo‘lgan 8 ta xato | Uylarni astoydil va tez-tez tozalash juda yaxshi, faqatgina to‘g‘ri bajarilgan taqdirda. Afsuski, bir nechta oddiy xatolar nafaqat barcha afzalliklarni bekor qilishi, balki sog‘liqqa ham jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Shuning uchun quyida keltirilgan kamchiliklarni bartaraf etishga urinib ko‘rish lozim.
Changni noto‘g‘ri tozalash
Uy changlari allergiya va hatto astma uchun eng keng tarqalgan omillardan biridir. Bundan tashqari, chang zarralari chindan ham zaharli bo‘lishi mumkin. Jorj Vashington universiteti mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan tahlil oddiy uy changida gormonal muvozanatni va hatto saratonni keltirib chiqaradigan kimyoviy moddalar zarralarini o‘z ichiga olishi mumkinligini tasdiqladi. Iloji boricha ushbu xavfni bartaraf etish uchun uni muntazam ravishda artib turish kerak. Shuningdek uni to‘g‘ri bajarish ham kerak: yuqoridan pastga, eng baland javonlardan polgacha.
Xushbo‘y tozalagichlardan foydalanish
Shifokorlar hidsiz tozalash vositalarini tanlashni tavsiya etadi. Ko‘pgina hollarda, sun’iy hidlar toksik kimyoviy moddalarni o‘zida yashiradi va migren, astma xurujlari, nafas qisilishi, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, ko‘zning yoshlanishi va teridagi toshmalarni qo‘zg‘atishi mumkin.
Juda o‘tkir vositalarni ishlatish
Tozalovchi mahsulot qanchalik o‘tkir bo‘lsa, shuncha yaxshi degan fikrga kelish mumkin, ammo bunday emas. Juda o‘tkir kimyoviy mahsulotlar teri yoki ko‘zning kuyishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, ushbu turdagi mahsulotlarning hididan nafas olish ham zararli bo‘lishi mumkin va bu o‘pka kasalligini rivojlanish xavfini jiddiy ravishda oshiradi.
Tozalashda oqartgichni ammiak bilan aralashtirish
Tozalash xavfsizligining oltin qoidasi: hech qachon bir vaqtning o‘zida oqartirish vositasi va dezinfeksiyalovchi vositalardan foydalanmaslik zarur. Ular aralashtirilganda juda zaharli bo‘lgan xloramin paydo bo‘lishi mumkin. Xlorli oqartirishdan ko‘ra kislorodli oqartirish afzal.
Tozalash paytida xonani ventilyatsiya qilmaslik
Sog‘liq uchun imkon qadar xavfsiz tozalovchi vositalarni tanlansa ham, ularning xavfli konsentratsiyasi havoda ko‘payadi. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun tozalash paytida derazalarni yoki teshiklarni ochiq holda saqlash lozim, shunda havo doimo yangilanadi. Bunga qo‘shimcha ravishda, quyosh nurlarining xonaga to‘siqsiz kirib borishini ta’minlash juda foydali, chunki ultrabinafsha nurlar kuchli antibakterial vosita hisoblanadi.
Turli sirt uchun bir xil shimgich va lattadan foydalanish
Oshxona sirtlari, vanna, changni tozalash va boshqa ishlar uchun har xil shimgichdan foydalanish muhim. Aks holda tozalovchi vositalar xavfli bakteriyalarni ko‘paytirish uchun haqiqiy zamin yaratib berishi mumkin
Tozalash tartibiga rioya qilmaslik
Bolalikdan buyon tozalashni eng mashaqqatli ishdan boshlash kerak bo‘lgan qoidani esladingizmi? Buni unutish kerak. Tozalash asta-sekin ifloslanayotgan joydan boshlanishi kerak. Aks holda faqat xavfli bakteriyalar joydan-joyga ko‘chib yuradi.
Juda shoshilish
Hatto eng kuchli tozalash vositalari ham yaxshi tozalashi uchun vaqt talab etadi. Agar shunchaki mahsulot sepilsa va u darhol yuvib tashlansa, foyda va ta’sirga erishilmaydi. Kirning chindan ham erishi va sirtini dezinfeksiyalash uchun kamida 10-15 daqiqa kutish lozim. | 67 | 3,250 |
Ayollar | Uydagi voz kechish tavsiya qilinadigan 10 buyum | Uyda bakteriyalar ko‘payishini istamasangiz, ayrim buyumlarni tashlab yuborish hamda vaqti-vaqti bilan almashtirib turish tavsiya qilinadi.
Ishqalagich (mochalka)
Mutaxassislar mochalkani har uch haftada almashtirishni tavsiya qiladi. Aslida undagi mog‘or ko‘payishi mumkin, namlik hisobiga esa jarayon yanada tezlashishadi.
Sochiq
Sochiqlar hidlanishini kutib o‘tirmasdan har uchinchi safar ishlatgandan keyin yuvish kerak.
Vannaga solinadigan gilamcha
Vannaga solinadigan gilamchani har safar xlor bilan namlab, chayib turish lozim.
Tish cho‘tkasi
Cho‘tkalar qanchalik egilgan bo‘lsa, tishni yuvish shunchalik qiyin kechadi. Shu sabab ham stomatologlar uni har 2-3 oyda almashtirishni tavsiya qiladi.
Choyshablar
Ajralgan ter va teri hujayralarining yopishishi mumkinligi sabab ham choyshablarni har hafta yoki ikki haftada bir almashtirish kerak bo‘ladi.
To‘shak
Aksariyat to‘shaklar 10 yilga xizmat qilishi mumkin, ammo undan ko‘pga emas. Ishlatishga yaramay qolganida ham foydalanilsa, umurtqa bilan bog‘liq muammo orttirib olinishi mumkin.
Yostiq jild va yostiqlar
Yuzdagi husnbuzar va teri bilan bog‘liq boshqa muammolardan qutulishni istasangiz, yostiq jildini har hafta, yostiqning o‘zini esa har chorakda almashtirish tavsiya qilinadi.
Yana bir marta yostiq
Zamonaviy yostiqlar, taxminan, ikki yil xizmat qiladi. Shundan keyin bo‘shashib, uxlash uchun yaroqsiz bo‘lib qoladi.
Makiyaj cho‘tkasi
Makiyaj cho‘tkasini haftada bir marta yuvib turish kerak. Hatto shunga amal qilgan taqdirda ham ikki yildan keyin yangisini olish lozim.
Oshxonada foydalaniladigan gubka
Oilangiz katta bo‘ladigan bo‘lsa, har ikki, hatto bir haftada yangi gubkadan foydalangan ma’qul. | 47 | 1,671 |
Ayollar | Uyda joy kam bo‘lsa, ish joyini qanday tashkillashtirish mumkin? | Hozirgi zamonda uydan turib ishlash ommabop bo‘la boshladi. Bu ishlash uchun qulay bo‘lgan joy ajratish muammosini keltirib chiqaradi. Agar yashayotgan uyingiz kichkina bo‘lsa, bu borada bir qancha qiyinchiliklarga duch kelishingiz tabiiy. Biz siz uchun ishlashga qulay ish joyini qayerda tashkillashtirish to‘g‘risida bir nechta foydali maslahatlarni to‘pladik.
Oddiy karavotni cherdakli karavotga almashtiring. U ikki qavatli karavotlarga o‘xshash, faqat birinchi qavatdagi karavot o‘rnida stol joylashtiriladi.
Balkonga isitgich o‘rnatib, kitob qo‘yiladigan tokchali stol joylashtilsa, ishlashga qulay ish joyi tayyor bo‘ladi.
Kvartirada ishlatilmayotgan kichkina omborxonami yoki foydalanilmayotgan boshqa biror joyni ish joyiga aylantirish qiyin emas. Buning uchun kichikroq ish stoli va funksional shkaf qo‘yishning o‘zi kifoya.
Kengroq derazatokchaga mos keladigan stul qo‘yilsa va ishlashda kerak bo‘ladigan ixcham aksessuarlarni chiroyli qilib joylashtirilsa ishlaydigan joy tayyor bo‘ladi.
Agar uyingizda zinapoya bo‘lsa, uning ostidagi bo‘sh joy ish joyi uchun juda mos keladi. U yerga hatto kompyuter uchun burchakli stol ham joylashtirish mumkin.
Boshqa payt uning ustiga mehmonlar uchun choy va shirinliklar qo‘yish mumkin. Ishlashga joy kerak bo‘lib qolganda esa bemalol yozuv stolining o‘rnini bosa oladi. | 64 | 1,322 |
Ayollar | Dunyodagi eng qimmat narxdagi ayollar oyoq kiyimlari | Ushbu tuflilarning ko‘rinishiga qarab kishining havasi kelsa, narxini bilib “kapalagi uchib ketishi” aniq.
1. Narxi 500 ming dollarni tashkil qiladigan mazkur tufli, “Brilliant orzu” deb atalishi bejiz emas. 1420 ta brilliant bilan bezalgan poyabzaldagi toshlari 30 karatni tashkil qiladi. Dizayner Styuart Vaytsmanning ijod namunasi bo‘lgan mazkur model, 2007-yilda o‘tkazilgan Oskar taqdirlash marosimida Anika Noni Rouz tomonidan kiyilgan.
2. Ikkinchi qimmatbaho oyoq kiyimning muallifi ham Styuart Vaytsman hisoblanadi. Faqat mazkur model, brilliant bilan emas, 642 dona birma yoqutlari bilan bezalgan. Bosonojka narxi 1,6 million dollarga baholangan.
3. Uchinchi go‘zallik namunasi dizayner Styuart Vaytsman tomonidan taqdim qilingan bo‘lib, bosonojka bezagi bo‘yinga taqiladigan taqinchoqni esga soladi. Olmos va tanzilit toshlari bilan bezatilgan poyabzal narxi 2 million dollarni tashkil qiladi.
4. Yuqoridagi modellar bilan solishtirilganda unchalik emasdek tuyuladigan poyabzal yuzasi platina bilan qoplangan hamda 565 dona brilliant bilan bezatilgan. Bu oyoq kiyimning narxi ham 2 million dollarni tashkil qiladi.
5. Charmdan ishlangan ushbu tufli tilla bilan qoplanib, 236 dona brilliant bilan bezatilgan. Poyabzal narxi 17 million dollar etib belgilangan. | 52 | 1,273 |
Ayollar | Vaqtingizni birovning dardini eshitishga sarflamang: Ko‘proq narsaga ulgurish uchun 3 tavsiya | Ba’zida zarur ishlarni bajarish uchun 24 soat kamlik qilayotgandek tuyuladi. Aslida esa kun davomidagi ish va odatlar tahlil qilib ko‘rilsa, kishining o‘zi bilmagan holda kerakmas narsalarga vaqt sarflab qo‘yadi.
Qilinishi kerak bo‘lgan ishlar ro‘yxatini tuzing
Qilingan va bajarilgan ishlar sarhisobi bo‘lgani va nazorat qilingani sabab ham chek-list qilinganda vaqt sezilarli darajada yaxshi tejaladi. Bunday ro‘yxat qilinganda kunning birinchi qismidan kechga qadar qanday kechishi va vaqtingiz nimalarga sarflanganiga e’tibor qarating. Tongda uyqudan ko‘zni ochish bilan ijtimoiy tarmoqlarga kirib vaqt ketkazishdan osoni yo‘q, yaxshisi vaqtingizni to‘g‘ri taqsimlab oling. Shu sabab ham oddiy yumushlar: tish yuvish, nonushta qilish, kundalik reja tuzishni ham ro‘yxatga kiriting. Muhimlilik yoki qiyinlilik darajasiga qarab bajarilishi kerak bo‘lgan ishlarni ro‘yxatda birinchilikka kiriting.
Ish boshlashdan avval qo‘lga kiritishni istagan natijangizni aniqlab oling
Nima ustida ishlashdan qat’i nazar, uni nima uchun bajarayotganingizni bilish muhim sanaladi. Muayyan maqsad muvaffaqiyatga erishish uchun vaqtni ikkilamchi narsalarga sarflamasdan, harakatlarni aniq shakllanishiga sabab bo‘ladi. Istalgan natija u taxminiy bo‘lsa ham ishlashga motivatsiya beradi.
Har qanday ortiqcha narsalardan voz keching
Ba’zi odamlar sizni energiyangizni, vaqtingizni olishi mumkin. Shunga e’tibor bergan holda ortiqcha narsa va kishilarga qimmatli vaqtingizni sarflamang. Bekorga gap sotish, chaqchaqlashish bilan ham vaqt yo‘qotish keyin esa asosiy narsalarga ulgurolmaslik mumkin. Qandaydir buyum, tovush va hidlar esa ish samaradorligi hamda ahvolingizni yaxshilanishiga ta’sir qiladi. Masalan, yoqimli qo‘shiq tinglab, yaxshi kayfiyatda ishga berilish va ko‘ngildagidek bajarish mumkin. Vaqtingizni ayrim kishilarning nolishlarini eshitish keyin esa o‘zingizga kelish uchun ketkazmang. Undan ko‘ra o‘zingiz va foydali ishlarga vaqt sarflang. Shuningdek, kam rohat baxsh etadigan ammo qo‘yilgan maqsadga yaqinlashtirmaydigan narsalardan ham voz keching.
Masalan, chekish sizni tinchlanishingiz va kuch to‘plashingizga yordam bermaydi. Shunchaki vaqtingizni olib, salomatligingizga ta’sir ko‘rsatadi. Shuning singari mayda ishlarni ham shu yo‘sinda foydali va zararliga ajratib chiqing va shundan kelib chiqib kuningizni rejalashtiring. | 93 | 2,336 |
Ayollar | Jazirama muammo emas: yoz mavsumini yanada yoqimli qiladigan 10 ta layfxak | Jazirama kunlarda ichimliklar bilan bir qatorda organizmni ham qanday qilib tezroq sovitish yo‘llarini bilib oling.
Ichimlikni tez sovitish uchun ho‘l sochiqni ishlating
Bir marta ishlatiladigan sochiq yoki salfetkalar eng yaxshisidir. Ularni suv bilan namlang, soda, pivo yoki sharobni o‘rang va muzlatkichga 15 daqiqaga qo‘ying. Namlikning bug‘lanishi sovutish jarayonini tezlashtiradi.
Ichimlikni tezroq sovutish uchun muz va tuzdan foydalaning
Muz kublarini idishga soling (qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi), bir oz suv quying va bir osh qoshiq tuz soling. Ichimlik qutisi yoki shishasi aralashmaga to‘liq botib turishi lozim.
Tuz tufayli harorat pasayadi va eritma idishdan issiqlikni intensiv ravishda oladi. Ichimlik o‘n darajaga sovishi uchun bir necha daqiqa kifoya qiladi.
Ventilyatorni konditsionerga aylantiring
Buni muz bilan qilish mumkin. Muz bo‘laklarini idishga solib, ventilyator oldiga qo‘ying. Havo muzdan o‘tib, xona oz bo‘lsa-da, soviydi.
Avtomobil eshigi yordamida salonni sovitish mumkin
Yo‘lovchi tomonidagi oynani pastga tushiring, so‘ngra haydovchi eshigi bilan yo‘lovchi bo‘limiga havo haydab, eshikni bir necha bor ochib-yoping. Bir necha daqiqadan so‘ng havo salqinlashadi.
Shishadan sovuq suv uchun termos tayyorlang
Shishaning uchdan bir qismini toza filtrlangan suv bilan to‘ldiring, so‘ngra muzlatgichga qo‘ying. Shisha yotishi kerak — suyuqlik devor bo‘ylab bo‘ynidan pastga tarqaladi.
Bir necha soatdan keyin shishaga suv, sharbat, muzli choy yoki qahva quyishingiz mumkin. Devordagi muz asta-sekin eriydi va butun hajmni teng ravishda sovitadi.
Losyonni muzlatkichga qo‘ying
Kuniga bir necha marta teriga surting. Bu biroz sovitishga yordam beradi. Muzlatkichda boshqa mahsulotlarni ham saqlashingiz mumkin: yuz kremi va tonik, matoli va qayta ishlatiladigan yuz niqoblari, ko‘z atrofidagi teri uchun gidrogel patchlari va boshqalar. Issiq kunda sovitilgan mahsulotlardan foydalanish juda yoqimli bo‘ladi.
Yostiq jildlarini muzlatkichda soviting
Buni yotishdan bir soat oldin bajaring, shunda ular salqinni ko‘proq ushlab turadi va issiq kechani biroz qulayroq qila. Agar muzlatkichning o‘lchami katta bo‘lsa, yostiqning o‘zini ham qo‘yishingiz mumkin.
Plyaj to‘shagi sifatida elastik choyshabdan foydalaning
Uni qumga yoying, yon tomonlarini ko‘taring, sumkalar va boshqa narsalar yordamida ularni ko‘tarilgan holatda mahkamlang.
Ho‘l qumdan tozalash uchun bolalar kukunini oling
Uni oyoqlaringizga, qo‘llaringizga yoki tanangizning boshqa qismlariga ham sepishingiz mumkin. Kukun tezda namlikni o‘zlashtiradi va qum donalari tezda to‘kilib ketadi. | 74 | 2,597 |
Subsets and Splits