folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Ayollar | Ochlik foydalimi? | To‘g‘rirog‘i, davolovchi ochlik sizga ko‘plab foyda keltirish xususiyatiga ega.
Iroda kuchi
Ovqatga bo‘lgan destruktiv ishtiyoq irodaga qarama-qarshi bo‘lgan tushunchadir. U asta-sekinlik bilan hayotimizni barbod qiladi. Ochlik ya’ni, asosiy ehtiyojdan anglagan holda voz kechish esa intiluvchanlikni oshiradi. O‘z ishtahangizni nazorat qilishni o‘rgansangiz sizga boshqa “shubhali huzur-halovat” ni nazorat qilish ham oson bo‘ladi.
Miya faoliyati
Och qolish aslida bosh miyaning sog‘lom hujayralari sonini ko‘paytiradi. Oqilona parhez fikrni bir joyga to‘plash va bir ishga kirishish qobiliyatini oshiradi.
Mislsiz sog‘liq
Ochlik immun tizimiga erkin radikallar ta’sirida zararlanishdan himoya qilishni “qayta yuklaydi”. Parhez esa organizmdagi yallig‘lanish holatini tartibga solish vazifasini bajaradi.
Uyqu
Ko‘pchilik uyqu maromining buzilishidan aziyat chekadi. Yetarlicha dam olmaslik ruhiyat bilan bog‘liq og‘ir muammolarni keltirib chiqaradi va jismoniy ko‘rsatkichlarning pasayishiga olib keladi. Tekshirishlar 16 soatlik ochlik yig‘ilib qolgan charchoqni yo‘qotishga va uyquning me’yoriy holatini tiklashga yordam berishini ko‘rsatdi.
Tashqi ko‘rinish
To‘g‘ri parhez qilish terini tozalaydi va ko‘z oqini ochiqlashtiradi. Buning sababi organizmni tozalashda muhim rol bajaruvchi o‘sish garmonlarining ozod bo‘lishidir. | 17 | 1,329 |
Ayollar | Kuzgi garderobda ayollar yo‘l qo‘yadigan 10 ta xato (foto) | Har doim qanday kiyinish kerakligi haqida ko‘p takrorlashadi. Ammo bu safar biroz boshqacharoq, qanday kiyinmaslik haqida so‘z yuritmoqchimiz. Quyidagi keltirilgan suratlar orqali qo‘yiladigan 10 ta xatoni guvohi bo‘ling hamda o‘zingizda mavjud kamchiliklarni bartaraf eting.
Shimda hosil bo‘ladigan burmalar
Kuz mavsumida baland poshnali poyabzallar ko‘proq kiyiladi. Ammo bunday oyoq kiyimlar bilan jinsi yoki boshqa matodagi shimlarning pastki qismi yaxshi ko‘rinishga ega bo‘lmaydi. Masalan, baland poshna hisobiga shimning pastki qismi burma bo‘lishi yoki yig‘ilib qolishi mumkin. Bu o‘z navbatida oyoqlarni semiz va kalta ko‘rinishiga olib keladi. Shuning uchun shimning uzunligi oyoq kiyimga mos kelishi yoki iloji bo‘lsa pastroq poyabzal bilan kiyish tavsiya etiladi.
To‘piqlarning ochiq qolishi
Haddan tashqari qisqartirilgan shim va oyoq kiyim orasida to‘piqning ochiq qolishi bu har tomonlama zarar. Tashqi ko‘rinishda ham bo‘rtib chiqib turgan oyoq qismi qomat ko‘rinishini buzadi, shuningdek, salomatlik borasida ham sovuq havoda bir qancha kasalliklar kelib chiqadi. To‘piq ko‘rinib turishini istovchilar uchun matosi qalin shim va tana rangidagi kolgotka kiyish tavsiya etiladi.
Qalin sviter bilan yupqa jenfer
Tananing tepa qismi pastkisiga nisbatan ancha nozik. Shuning uchun sovuq havoda ko‘proq qalin kurtkalar kiyiladi. Lekin qalin kofta yoki sviter ustidan yupqa jenfer, kardigan tashlab olish moda olami uchun zid. Sababi jenfer ichidan kiyilgan qalin liboslar burma va qavat hosil qiladi, ular yupqa jenfer ostidan juda xunuk ko‘rinishga olib keladi. Bu kabi yupqa yopinchiqlar ostidan yengil mayka yoki futbolka kiyish afzal.
Yupqa libos va qalin kolgotka
Qalin kolgotkalar odatda juda sovuq ob-havoda ko‘ylak va yubkalar bilan kiyiladi. Shunda ham ularning matosiga e’tiborli bo‘lish kerak. Agar ziyofatlar uchun yengil va ochiq rangdagi libos bilan qalin kolgotka tanlansa, bu har tomonlama yoqimsiz tuyg‘ularni paydo qiladi. Bayramona liboslar bilan yupqa va shaffof rang kalgotka kiyish tavsiya etiladi.
Mavsum uchun mos bo‘lmagan narsalar
Yozda kiyiladigan narsalarni kuzgi garderobga moslashtirish bu juda kulgili holat. Masalan, yozga mo‘jallangan oyoq kiyimlar yomg‘irli havo uchun umuman mos emas. Qanday qilib yengil poyabzalni qalin kiyimlar bilan kiyish mumkin? Buni tasavvur qilish ham qiyin. Inson o‘zini noqulay sezmasligi uchun kuzgi libosga mos poyabzal kiyishi uning tashqi ko‘rinishini yanada boyitadi.
Bir-biriga mos kelmagan tanlov
Inson o‘zida har qanday tajribani sinab ko‘rishi noto‘g‘ri fikr. Bu kiyinish masalasiga ham tegishli. Balki u o‘ziga yoqar, lekin atrofdagilarning kulgisiga sabab bo‘lish, albatta, kayfiyatga ta’sir qiladi. Libos tanlanganda u qomatga mos kelishi hamda biri ikkinchisini to‘ldirishi kerak. Bularning hech biri ko‘rinishda aks etmasa, darhol uslubni o‘zgartirish zarur. Masalan, poyabzal, shim, kardigan va koftaning uzunlik bo‘yicha bir-birini ta’kidlamasligi eng e’tiborli jihatlardan biri. Aks holda masxarabozga o‘xshash ko‘rinish paydo bo‘ladi.
Noto‘g‘ri tanlangan sviter
Shim yoki yubka ichiga kiritilgan sviter doim ham belni ta’kidlamaydi. Ba’zan bunday ko‘rinish qomatni to‘lacha aks ettirishi mumkin. Agar sviter juda uzun bo‘lsa va uni yashirishning imkoni bo‘lmasa, u holda kamar orqali tashqi ko‘rinishga o‘zgartirish kiritish kerak.
Qora libosdan voz kechish vaqti
Amaliyotga ko‘ra, ko‘pchilik qizlar g‘amginlikni unga monand kiyinishdan boshlaydi. Albatta, doimo qora uslubda kiyinish bora-bora insonning o‘zini ham, atrofdagilarni ham zeriktirib yuboradi. Agar kuz faslida oz bo‘lsa ham kayfiyatni ko‘tarishni istaydiganlar bo‘lsa, qora rangdan voz kechib biroz rangli liboslar xarid qilishi mumkin. Ular hech bo‘lmaganda yengilroq nafas olishga yordam beradi.
Ustki libos uzunligi juda ahamiyatli
Tor yubka va ustidan undan biroz qisqaroq plash yoki kardigan kiyish ayollar orasida eng keng tarqalgan xatolardan biri. Shuningdek, bu xato bo‘yning bir necha santimetrlarini o‘g‘irlaydi, qomatni ham ikki baravar semizroq ko‘rsatadi.
Juda yupqa pidjak
Yengil pidjaklar aslida kuz fasli uchun mo‘ljallanmagan. Uni balki yoz oxirida kiyish mumkin, shuning uchun ham uning davri qisqa. Tez g‘ijim bo‘ladigan va odatda ko‘p noqulayliklar tug‘diradigan pidjaklar deyarli isitmaydi. Shuningdek, ularni qalin kofta yoki sviterlar bilan ham kiyib bo‘lmaydi. Yaxshisi ularni yozgi harir liboslar bilan kechki ziyofatlarda kiygan afzal. | 58 | 4,427 |
Ayollar | Ispaniya qirolichasi Letisiyaning yozgi eng yaxshi 6 obrazi (foto) | O‘ziga xos kiyinish uslubi bilan yaxshi tanish bo‘lgan Ispaniya qirolichasi Letisiyaning jazirama kunlarda kiyish uchun tanlagan obrazlarini e’tiboringizga havola etamiz.
Banan shaklini esga soladigan shim
Mazkur modeldagi shim belning nozikligiga urg‘u berish, ortiqcha yog‘larni yashirish xususiyatiga ega ekani bilan boshqa shimlardan farq qiladi. Letisiyaniki singari yelka va yeng qismi noan’anaviy bichimli trikotaj kofta obrazni yanada qiziqarli ko‘rsatadi. Balerinalarniki singari bog‘ichli tufli esa nazokatli ko‘rinish imkoniyatini beradi.
Midi uzunligidagi yubka
Uzunligi tizzadan pastda turadigan midi uzunligidagi, keng bichimli yubka va yengsiz top issiq kunlar uchun eng yaxshi tanlov. Tanketli oyoq kiyim esa harakatlanish uchun qulayligi bilan birga, libosga urg‘u berish xususiyatiga ega.
Qizil va minimal uslubdagi libos
Ortiqcha bezaklardan holi, midi uzunligidagi, yelkasi ochiq libos uni kiygan insonni latofatli va chiroyli qilib ko‘rsatadi. Qirolichaning qaddi-qomati ushbu libosda 20 yashar qizlarnikidek ko‘ringanini inkor etib bo‘lmaydi.
Kombinezon
Oq-qora printli ushbu kombinezonning pastki qismi alohida shim, yuqori qismi esa kofta singari mukammal ko‘rinadi. Beldagi bog‘ich esa modelning o‘ziga xosligi sanaladi. Savatni esga soluvchi detal — qora charm qo‘shilgan sumka esa obrazga dolzarb tus beradi.
Belbog‘li ko‘ylak
Qirollik oilasi vakillari belni ixcham ko‘rsatish uchun kamardan foydalanmaslikni afzal biladi. Ammo Letisiya obrazida buning yechimini topgani, belbog‘li yozgi libos bilan ko‘rkam ko‘rinishga ega bo‘lganini bilish mumkin.
Old qismi “zapax”li, etaklari keng libos
Mazkur yashil libosni qirolicha Palma-de-Mayorka oroliga tashrif buyurish uchun tanlagan. Yengil va havo o‘tkazadigan matodan tikilgan, yashil rangli, shuningdek, yengi uzunligi sabab quyoshdan saqlanishga yordam beradigan ushbu modelning old qismi “zapax” uslubida bichilgan bo‘lib, etak qismlari keng va noan’anaviyligi bilan jozibali ko‘rsatadi. | 66 | 1,972 |
Ayollar | Kechki ovqatni dushmanga berish kerakligi haqidagi maqol qanchalik to‘g‘ri? | Parhez qilish zarar emas, lekin aslini olganda unchalik foydasi ham yo‘q. Chunki kunning bunday taqsimlanishi organizmning bioritmiga zid hisoblanadi. Quyida to‘g‘ri ovqatlanish qanday tashkil qilinishi kerakligi, nonushta, tushlik hamda kechki ovqatning ahamiyati haqida so‘z yuritamiz.
Nonushta
Nonushtaga hamma narsa yeyish mumkin degan tushuncha bor, lekin ovqatning to‘g‘ri hazm bo‘lishi va vazn tashlash uchun har bir iste’mol qilinadigan taom va mahsulotlarga e’tiborli bo‘lish kerak. Agar tongni desert yoki pishiriqlarsiz tasavvur qila olmasangiz, tabiiy mahsulotlardan tayyorlangan, tarkibida margarin, shakar va oq un bo‘lmagan desertlarni tanlang. Tongning birinchi qismida klechatka va tabiiy mahsulotlarni iste’mol qilish zarur hisoblanadi. Nonushta organizmni uyg‘otish, energiya berish, shuningdek, ichaklarni tozalash xususiyatiga ega. Ayniqsa, oshqozon-ichaklarida muammosi bor kishilar organizmni tozalaydigan nonushta qilishi kerak.
Qaysi yil fasli bo‘lishi, organizmning qandayligidan qat’i nazar turli smuzi, meva va yong‘oqlar yeyish tavsiya qilinadi. Agar siz tonggi 9:00 ga qadar nonushta qiladigan bo‘lsangiz taomnomangizda hayvon oqsili bo‘lmasligi kerak. Omlet va tostlarni kechki nonushtaga iste’mol qilishga harakat qiling. 09:00 qadar avakadodan tost, banandan smuzi yeng.
Tushlik
Tushlik to‘yimli bo‘lishi, tarkibida uglevod, yog‘ bo‘lgan mahsulot va sabzavotlardan tashkil topgan bo‘lishi kerak. Uglevodli taomlarni iste’mol qilishdan cho‘chimang, chunki bunday mahsulotlar energiya, kuch beradi, organizm tonusi, hazm jarayonini yaxshilaydi. Tushlikni soat 12:00 dan 15:30 qadar qilishga harakat qiling, chunki aynan shu vaqtda hazm qilish jarayonini yaxshilaydigan fermentlar faol bo‘ladi va organizm oziq moddalarini olish va so‘rishga tayyor bo‘ladi. Tushlik qilmaslik yoki yengil tushlik qilish ovqat hazm qilish jarayonini izdan chiqaradi va bu gastrit, oshqozon yarasi, vazn ortishi yoki selyullitga olib keladi. Shu bois tushlik vaqtini o‘tkazib yubormang, vaqtingiz bo‘lmasa o‘zingiz bilan yong‘oq, meva yoki sabzavotlar olib yuring. Agar, ishtahangiz bo‘lmasa, taomnomani qanday tashkil qilinganini ko‘zdan kechib yengilroq nonushta qilishga harakat qiling.
Kechki ovqat
Soat 18:00 dan keyin kechki ovqatni yeyish mumkin, faqat soat 22:00 uxlaydiganlarga bu taaluqli emas. Uzog‘i bilan soat 20:30 gacha kechki ovqatni iste’mol qilish, oradan 4 soat o‘tgach esa uxlash kerak. Kechki ovqatga meva, shirinlik va oddiy uglevodlarni iste’mol qilish tavsiya qilinmaydi. Uning o‘rniga, tarkibida hayvon yoki o‘simlik oqsili bo‘lgan mahsulotlar, sabzavot va ko‘katlar iste’mol qiling. Kechki ovqatni bir yoki ikki marta o‘tkazib yuborsa hech nima qilmaydi, lekin muntazam ravishda kechki ovqat yemaslik quyidagi oqibatlarga olib keladi:
— kortizol, ya’ni stress gormoni ko‘tariladi, uyqu buziladi, tongda kuchli ochlik hissi paydo bo‘ladi;
— ozuqa moddalarining yetishmasligi tufayli kamqonlik kuzatiladi;
— oshqozon yallig‘lanishi va oshqozon yarasi kelib chiqishi mumkin;
— qon bosimining ko‘tarilishi;
— asab tizimi bilan bog‘liq muammolar kuzatilishi mumkin.
Kechki ovqatga qanday taomlar iste’mol qilish kerak?
— yasmiqli sho‘rva;
— grillda pishirilgan baliq va yashil salat;
— sabzavotdan tayyorlangan ragu (agar ochlik hissi bo‘lmasa).
Kunning bunday tashkil qilinishi kun bo‘yi to‘q va energiya bilan yurishni ta’minlaydi. | 75 | 3,367 |
Ayollar | Dazmol qilishni yoqtirmaydiganlar uchun 7 tavsiya | Dazmol qilish, ayniqsa, ish yoki o‘qishga shoshib turgan kishi uchun eng yoqimsiz va vaqtni oladigan yumush bo‘lib tuyuladi. Ammo ko‘cha-ko‘yda g‘ijim kiyim bilan ham yurib bo‘lmaydi. Quyidagi tavsiyalarga amal qilish orqali esa har ikki masalaga umumiy yechim topsa bo‘ladi.
Yuvilgan kiyimlarni kir yuvish mashinasi ichida qoldirmang
Kiyimlar kir yuvish mashinasidan darhol olinmasa, ular yaxshigina g‘ijim bo‘ladi va dazmol qilish qiyin kechadi. Kirlarni o‘sha zahoti ilishga vaqtingiz bo‘lmasa, kir mashinasidagi maxsus funksiyadan foydalaning. Qolaversa, mashina ichiga bir vaqtning o‘zida ko‘p kir solmang. Yo‘qsa kiyimingiz g‘ijim bo‘lishi hamda matoga ham zarar yetishi mumkin.
Yuvilgan kirlarni yaxshilab silkiting
Yuvilgan kirlarni avvaliga yaxshilab qoqib, keyin qo‘llaringiz bilan tekislab chiqing. Shunda kiyim oson taxlanadi va deyarli g‘ijim bo‘lmaydi.
Mato turini hisobga oling
Yumshoq mato: ipak, neylon singari liboslarni kiyim ilgichga ilish kerak. Sviter va to‘qilgan kiyimlarni esa taxlab, shkafga qo‘ysa ham bo‘ladi.
Paypoqni dumaloq qilib taxlamang
Bu usul paypoq matosining elastikligiga putur yetkazadi va rezinkasi cho‘zilishiga olib keladi. Ularning har birini alohida o‘rtasidan bukib taxlash kerak.
Libos fasonini inobatga oling
Har bir kiyimning matosidan kelib chiqib taxlash kerak. Masalan, jun matoli sviter yoki koftani uzunasiga buklaydigan bo‘lsangiz, o‘rtasiga iz tushib qoladi. Klassik shimlar bilan ham xuddi shunday. Yaxshisi, ularni maxsus qisqichi bor kiyim ilgichga iling.
Kundalik kiyiladigan liboslarni shkafning yuqori qavatida saqlamang
Shkafning yuqori qavatidagi kiyadigan kiyimingizni olmoqchi bo‘lsangiz, qolgan kiyimlar ag‘darilib, g‘ijim bo‘lishi mumkin. Yaxshisi yuqorida mavsumiy bo‘lmagan liboslarni qutiga solgan yoki choyshabga o‘ragan holda saqlang. Kundalik kerak bo‘ladigani esa pastroqda bo‘lsin. | 49 | 1,858 |
Ayollar | Tashqi ko‘rinishidagi kamchiliklaridan uyalmaydigan modellar | Hech kim mukammal emas, shunchaki kimlardir o‘zini boricha qabul qiladi, boshqalar bo‘lsa ko‘nikolmaydi xolos. Quyidagi modellar esa nima bo‘lishidan qat’i nazar o‘z tashqi ko‘rinishidan uyalmaslik kerakligini isbotlaydi.
Vinni Xarlou
Vinni Xarlou bugungi kunda moda olamidagi eng talabgir modellardan biri hisoblanadi. Bunga Vinnining o‘ziga xosligi sababdir. Model bolaligidan teri kasalligidan aziyat chekkan. Boshqalarga xos bo‘lmagan ko‘rinishi sabab sinfdoshlari uni “zebra” deb masxara qilgan. Xarlou o‘zi shundoq ham anglab turgan kamchilikni boshqalar qo‘li bilan ko‘rsatishi, ustidan kulishidan ruhan ezilgan, hatto joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan. Keyinchalik o‘zida kuch topib, o‘z ustida ishlagan. U moda olamiga qadam qo‘yguniga qadar musiqa va balet bilan ham shug‘ullanib ko‘rgan. Uning hayoti butkul o‘zgarib ketishiga YouTube yulduzi Shennon Budrem sababchi bo‘lgan. Vinnining suratini ko‘rib qolgan Shennon uni klipda suratga tushishga taklif qilgan. Klipdan keyin America’s Next Top Model shousining prodyusseri Tayra Benks yangi mavsumda ishtirok etishni taklif qilgan. Shundan keyin Xarlouga hamkorlik borasida takliflar yog‘ila boshlagan. Bugungi kunda Vinni o‘z kasali bilan bog‘liq qiyinchiliklarni iroda bilan yengishdan tashqari bu kabi kasallikdan aziyat chekayotganlarga ham ko‘maklashadi.
Kim Kardashyan
Tashqi ko‘rinishi va moliyaviy hayotiga aksari kishilar havas bilan qaraydigan Kimda ham o‘ziga yarasha muammolar bor. Bundan o‘n yillar avval Kardashyanga qipiqli temiratki — psoriaz tashxisi qo‘yilgan. Bu kasallik teri qichimasi va toshma toshish bilan namoyon bo‘ladi. Kim uzoq vaqt davomida ushbu muammo bilan kurashgan, turli vosita va uslullarni sinab ko‘rgan, lekin bularning bari hech qanday samara bermagan. Oxiri Kardashyan kasallikka ko‘nikishga va buni atrofdagilardan yashirmaslikka qaror qilgan. U o‘z mikroblogiga yuzi va tanasining boshqa qismlarida toshmalar aks etgan suratni joylab, o‘zini boricha qabul qilishini bildirgan.
Eshli Grem
Eshli ortiqcha kilolar muvaffaqiyatga erishish va mashhur bo‘lish uchun qarshilik qila olmasligining yorqin isboti. U 14 yoshidayoq Wilhelmina Models agentligi bilan shartnoma imzolagan va eng taniqli ortiqcha vaznga modellardan biriga aylangan. Grem o‘zini bor kamchiliklari — tanasidagi selyullitlar, ortiqcha kilo va burmalari bilan yaxshi ko‘rishini ta’kidlaydi. Model muntazam ravishda sport bilan shug‘ullanadi va to‘g‘ri ovqatlanishga amal qiladi, lekin bularga salomatligi uchun amal qilishini qo‘shimcha qiladi. Eshli o‘z muxlislari va boshqa qizlarni ham nima bo‘lishidan qat’i nazar o‘zlarini yaxshi ko‘rish va boricha qabul qilishga chaqiradi. | 60 | 2,645 |
Ayollar | Eng mashhur, lekin foydasiz maslahatlar | Ko‘pchilik bekalar haddan tashqari ko‘p maqtalgan foydali maslahatlar yo unchalik samara bermasligi, yoki umuman ish bermasligi muammosiga bir necha martalab duch kelishgan. Biz sizlar uchun umuman foydalanmaslik lozim bo‘lgan bir necha eng ommabop maslahatlarni to‘pladik.
Soda va sirkaning har biri o‘zlaricha juda ta’sirchan dog‘ tozalovchilar hisoblanadi. Lekin aralashtirilganda ularning samarasi yo‘qoladi. Shuning uchun esda tuting: soda — alohida, sirka — alohida.
Bu maslahat sochlarga ishlatiladigan laklarga spirt qo‘shishni to‘xtatishgandan beri o‘z ma’nosini yo‘qotdi. Yaxshisi kiyimlaringizdagi dog‘larni maxsus vositalar yordamida tozalaganingiz ma’qul.
Agar siz kvartira bo‘ylab yoqimli hid taralishini xohlasangiz yaxshisi hidli paketchalar (sashe) yoki havo tozalovchilardan foydalaning. Ventilyatsiya panjarasidagi salfetkalar tez qurib qoladi va hech qanday samara bermaydi.
Agar kastryul ustiga yog‘och qoshiq qo‘ysangiz suyuqlik faqat bir holatda qaynab bug‘lanib ketmaydi: u o‘rtacha yoki past olovda qaynatilishi kerak. Baland olovda qaynatilgan suyuqlikni bug‘lanib ketishdan hech narsa to‘xtatib qololmaydi. | 39 | 1,134 |
Ayollar | Chanel hobo-sumka va yangi poyabzal modelini taqdim etdi (foto) | Chanel modalar uyi 2021-yil bahorga mo‘ljallangan yangi sumka va lofer modelini taqdim qildi.
Sumka silueti 1990-yillar oxiri va 2000-yillarning boshidan ilhomlangan holda yaratilgan.
Tvit matosidan tikilgan sumkaga brendning CC ko‘rinishidagi tillarang logosi ilgak qilib qadalgan. Uch xil: qizg‘ish, to‘q ko‘k va limon rangida taqdim qilingan sumkaning katta va kichik hajmli variantlari mavjud. Chanel Hobo sumkalari brendning rasmiy saytida taqdim qilingan bo‘lib, o‘lchamiga qarab 3,120 va 2,840 dollarga baholangan.
Taqdim qilingan loferlar zamsh matosidan ishlangan bo‘lib, och kulrang va to‘q ko‘k ranglarda. Shuningdek, qora charmdan ishlangan variant ham mavjud.
Har bir modelga tillarang CC ilgagi bo‘lib, kichik poshna o‘rnatilgan. Nafaqat kundalik, balki alohida uchrashuvlarga kiyishga mo‘ljallangan loferlar 2021-yildan brend do‘konlarida sotuvga qo‘yiladi. | 63 | 875 |
Ayollar | Oilada an’analar qanday shakllanadi? | Oilaviy an’analar qandaydir qahramonlik qilishda emas, kundalik harakatlarda, mayda yumushlarda namoyon bo‘ladi. Aynan mayda yumushlardan oilaviy an’analar shakllanadi, mustahkam bo‘lib boradi.
Dasturxon ustida oilaviy jam bo‘lish an’analarning eng yaxshisi va yoqimlisi bo‘lsa kerak. Ertalabki nonushtani birgalikda qilishni doimiy odatga aylantirgan ma’qul. Garchi, siz ishga turli vaqtda boradigan va uydan turli vaqtda chiqib ketadigan bo‘lsangiz ham, oilaviy yig‘in uchun bir necha daqiqalik uyqudan voz kechsa arziydi.
Nonushta vaqtida hamma bir-biriga yaxshi kun tilashi, qanday dam olganligi haqida so‘rashi, bugungi ish rejalarini aytishi, bir-biriga maslahatlar berishi — bari butun kun davomida yaxshi kayfiyat ulashish bilan birga, oila a’zolarini bir-biri bilan yaqinlashtiradi.
Ish kunlari tushlik ko‘pincha uydan tashqarida qilinadi. Lekin kechqurun yana hammani yig‘ish imkoni bor. Bu hayotdagi eng yoqimli lahzalar bo‘lsa, ajab emas! Bunda uy bekasi mazali taom tayyorlab, turmush o‘rtog‘i va farzandlariga sovg‘alar berishi ayniqsa, yoqimli. Natijada, kun davomida siz haqingizda o‘ylashiga sababchi bo‘lasiz.
Kechki ovqatdan so‘ng hech kim hech qayerga shoshmaydi. Hamma kun davomida olgan taassurotlarini o‘rtoqlashadi.
Agar kimdir shu baxtlardan yiroq bo‘lib, oilada har kim o‘z holicha bo‘lsa, kattalar tezroq ovqatlanib, tezroq uyquga kirib ketsa, bolalar ham dasturxonda emas, yo‘l-yo‘lakay ovqatlansa, bunday hol oilada rishtalarning uzilishiga, munosabatlar uzoqlashishiga olib kelishi mumkin.
Oilaviy tanovvul — xonadondagi eng muhim an’anadir. Shunday ekan, hurmatli oila boshliqlari, bekalar, doimo birgalikda, bahamjihat bo‘lishga, oilani butun saqlashga harakat qiling.
Aziz o‘quvchilar, sizning oilada qanday an’analar bor? | 36 | 1,761 |
Ayollar | Milliarderlardan unumdorlikning 10 siri | The Obstacle Is The Way kitobining muallifi Rayan Xolidey mashhur tadbirkor, rejissor, aktyor va biznes-maslahatchilar tomonidan berilgan bir nechta tavsiyanomalarni to‘plashga muvaffaq bo‘ldi.
Barcha maslahatlar unumdorlikni yuzaga keltiruvchi sharoitlar ya’ni, ish uchun vaqtni qanday taqsimlash, kundalik muammolarni hal qilishda qanday odatlarga ega bo‘lish mavzusiga bag‘ishlangan. | 39 | 387 |
Ayollar | Go‘zallik: uy sharoitida yuz terisi uchun niqoblar | Go‘zal bo‘lish — oson emas, ayniqsa sizda vaqt va pul resurslari cheklangan bo‘lsa. Xayriyat, qo‘l ostidagi masalliqlar yordamida o‘zini tartibga keltirishning sinalgan usullari bor.
Bitta tuxum oqini 1 osh qoshiq bug‘doy uni va 1 choy qoshiq asal bilan aralashtiring. Hosil bo‘lgan massani yuzingizga suring. O‘n daqiqadan so‘ng nam paxta bilan artib tashlang. Bunday niqobdan keyin teri mayinlashadi va tetiklashadi.
Petrushka (kashnich)ni yaxshilab maydalab, 1 osh qoshig‘ini shuncha miqdordagi smetana va 1 choy qoshiq o‘simlik yog‘i bilan aralashtiring. Yana 10 tomchi A vitaminidan qo‘shing. Massani yuzingizga 10—15 daqiqaga suring, so‘ng avvaliga iliq, keyin esa sovuq suvda yuvib tashlang.
2 osh qoshiq quruq ko‘k no‘xat oling va yaxshilab ezing. 2 osh qoshiq sut zardobidan qo‘shib, yaxshilab aralashtiring. Massani yupqa qilib yuzga suring. 10—15 daqiqadan so‘ng choyga yoki dorivor o‘tlar qaynatmasiga namlangan paxta bilan artib tashlang.
2 osh qoshiq quyuq yogurtga 2 osh qoshiq sut va yarim osh qoshiq kartoshka kraxmalidan qo‘shing. Aralashtirib, hosil bo‘lgan massani yuzga suring. 15 daqiqadan so‘ng sovuq suv bilan yuvib tashlang. Bu niqob terini ortiqcha yog‘dan xalos qiladi va mayinlashtiradi.
Har qanday niqobni surishdan oldin terini tozalashni, surib bo‘lgach esa, biroz namlantiruvchi krem surishni unutmang. Shunda natija yanada sezilarliroq bo‘ladi. | 50 | 1,378 |
Ayollar | Siz xayolingizga ham keltirmagan shamollashning 5 ta dastlabki belgisi | Burun bo‘shlig‘i, tomoq og‘rig‘i, yo‘tal va yoshlangan ko‘zlar — agar sizda shu kabi alomatlar kuzatilsa shamollaganingizni darhol bilasiz. Biroq virusli kasalliklarning juda erta namoyon bo‘ladigan ayrim belgilari borki, ular oddiy shamollashning belgilariga o‘xshamaydi va agar siz bu kasallikni yuqtirgan bo‘lsangiz, belgilar shamollaganingiz haqida sizni ogohlantirishi mumkin. “Noviy ochag” nashri shamollashdan oldin yuzaga keladigan ilk belgilar haqida ma’lumot berdi.
G‘ayrioddiy tushlar
Bir vaqtning o‘zida bir nechta tadqiqotlar dahshatli tushlar yoki esda qolarli tushlar o‘rtasidagi g‘alati sujet bilan bog‘liqligini tasdiqladi. Shifokorlarning fikriga ko‘ra, holat haroratning ko‘tarilishi bilan bog‘liq, bu esa chuqur uyqu paytida miyaning faollashishi va shu bilan g‘ayrioddiy va esda qolarli tushlarni yuzaga keltirishi mumkin. Shunday ekan, agar siz kecha-yu kunduz g‘ayrioddiy “filmlar” tomosha qilayotgan bo‘lsangiz, sog‘lig‘ingizni tekshirib ko‘ring.
Ovqatlarning ta’mi o‘zgargandek tuyuladi
Nafaqat til, balki burun ham sevimli ichimliklarimiz va ovqatlarimizning ta’mini aniqlashga yordam beradi — turli manbalarga ko‘ra, ta’m haqidagi barcha ma’lumotlarning 75 foizdan 95 foizgacha hid yordamida olamiz. Burun normal nafas olishni to‘xtatgandan so‘ng, ta’mni sezish qobiliyati pasayadi va bunday holatda odatdagi ertalabki qahva yoki sharbat mazasiz bo‘lib tuyulishi mumkin. Agar sizga ertalabki qahvangizda biror narsa boshqacha bo‘lib tuyulsa, qahva qaynatgichni almashtirishga shoshilmang — ehtimol sizda shamollash alomati bo‘lishi mumkin.
“Zararli” ovqatlarni iste’mol qilish
Kasallik — biz va tanamiz uchun doimo stressli holat hisoblanadi. Stressga duch kelganimizda, tezda o‘zimizni yaxshi his qilishga yordam beradigan narsani qidiramiz va bu ko‘pincha shakar yoki tez singuvchi uglevodlar bo‘lishi mumkin. Biroq aslida, bu kabi holatlarda bizga apelsin, asal va limonli choy yoki bir piyola tovuqli sho‘rva — issiq va C vitaminiga boy narsalar yordam beradi. Agar ertalab “mumkin bo‘lmagan” narsalarni qilsangiz, apelsin iste’mol qiling va shamollaganingizni tekshiring.
Chanqash
Shamollash paytida tanamiz yo‘tal va aksirish, shuningdek, burun oqishi tufayli suvni faolroq yo‘qotadi. Bundan tashqari, haroratning yengil ko‘tarilishi (xuddi shu harorat 37.2) ham tananing suvsizlanishiga olib keladi va tashnalikni keltirib chiqaradi. Ichishingizda ishonch hosil qiling (va yaxshisi mevali ichimliklar yoki limonli iliq choy iching), biroq tanaga ortiqcha yuk tushmasligi uchun ularning miqdorini haddan tashqari oshirmang.
G‘ayrioddiy bosh og‘rig‘i
Virusli kasalliklarning yana bir “klassik” belgisi — mushak og‘rig‘idir. Biroq ba’zida kasallik paytida bosh terisi sezgir bo‘lib qoladi va bemorlar, masalan, sochlarini tarash yoki yuvish paytida og‘riqni his qilishadi. Ushbu alomat sinusit, yallig‘lanish yoki burunni qoplaydigan to‘qimalarning shishishi haqida ogohlantirishi mumkin. Shuning uchun, agar bosh terisi juda sezgir bo‘lib qolsa, sog‘lig‘ingizga ehtiyot bo‘ling. | 70 | 3,017 |
Ayollar | Mikroto‘lqinli pechda nimalarni isitish mumkin emas? | 1945-yil 8-oktabrda mikroto‘lqinli pech patentlandi. O‘shandan buyon tezkorlik bilan taom tayyorlash yoki isitish imkoniyatiga egamiz. Ammo ba’zi narsalarni mikroto‘lqinli pechga qo‘ymagan ma’qul. Bular haqida “AiF” batafsil ma’lumot berdi.
Metall idish mikroto‘lqinlarni o‘tkazmaydi, u pechni buzgani qoladi, xolos. Yagona istisno — ochiq alyuminiy taglik, unda ovqat isitish mumkin.
Shuningdek, xrustal idishni ham bunday pechga qo‘yib bo‘lmaydi (uning tarkibida metallar — qo‘rg‘oshin, kumush bor), yengil shisha idish esa pechda erib ketishi mumkin.
Gap shundaki, idishlarga rasm chizishda ishlatiladigan bo‘yoqlarda ko‘pincha metallar mavjud bo‘ladi.
Ovqat tayyorlash va isitishda plastik konteynerlar qopqog‘ini ochib qo‘ying. Mahsulotlarni germatik o‘ramda mikroto‘lqinli pechga solib bo‘lmaydi.
Xom tuxum (qobiqli), konserva bankasi (ochig‘ini ham, yopig‘ini ham) mikroto‘lqinli pechda pishirib yoki isitib bo‘lmaydi.
Mikroto‘lqinli pechda isitish chog‘ida ularning tarkibidagi foydali bakteriyalarga zarar yetadi, qatiqning o‘zi esa tvorogga aylanib qoladi.
Taomlarni ularga o‘ragan holda isitib bo‘lmaydi. Sababi, folga — metall bo‘lgani uchun mikroto‘lqinlarni o‘tkazmaydi, plyonka esa shunchaki erib ketadi.
Mikroto‘lqinli pechda asal o‘z foydali xususiyatlarni shu ondayoq yo‘qotadi.
Ko‘p miqdorda oqsilga ega bo‘lgan mahsulotlarni mikroto‘lqinli pechda qizdirish tavsiya etilmaydi. Avstraliyalik olimlar bunda oqsil molekulalari duxovka yoki tovada isigandagiga nisbatan tezroq parchalanishini isbotladi. | 52 | 1,519 |
Ayollar | Qaysi buyumlarni kimyoviy tozalashga berish mumkin va kerak? | Agar siz hali ham plissirovkali yubkani qo‘lda yuvish yoki kimyoviy tozalashga berishga ikkilanib turgan bo‘lsangiz – bu maqola siz uchun.
Pidjak va shimlarni yuvgandan keyin avvalgi holatiga keltirish juda qiyin. Shuning uchun ularni kimyoviy tozalashga topshirgan ma’qul.
Agar yubka yoki bluzka qat-qat qilingan bo‘lsa, uni yuvish bilan shug‘ullanuvchi professionallarga berish kerak.
Futbolka va ko‘ylaklarni bezash uchun ishlatiladigan bo‘yoqlar avaylab yuvishga mo‘ljallangan. Bezak naqshlari siz uchun muhim bo‘lsa, yaxshisi kimyoviy tozalashga bergan ma’qul.
Zar va munchoqlar buyumlarga qo‘lda tikilgani uchun ular unchalik mahkamlanmagan. Bunday kiyimlarni qo‘lda yuvsa ham bo‘ladi.
To‘q rangli shoyi buyumlar yuvilishda boshqa kiyimlar rangini buzishi mumkin. Buni tekshirish uchun buyumning bir uchini ho‘llang va oq qog‘oz sochiqcha bilan ishqalab ko‘ring. Agar sochiqchada iz qolgan bo‘lsa, kiyimni kimyoviy tozalashga bering.
Yupqa sintetik matolardan tikilgan kiyimlar hatto avaylab yuvilganda ham g‘ijimlanib qoladi. Shuning uchun ularni yuvishga bergan ma’qulroq.
Plashlar, yubkalar, palto — astarli kiyimlarning hammasini juda avaylab yuvish zarur bo‘ladi. Eng oson va arzon yo‘li – ularni yuvishni yaxshi biladiganlarga topshirish.
Ba’zilar bunday buyumlarni uyda ham tozalash mumkinligini ta’kidlasa ham, kiyimlaringizning xavfsizligi uchun kimyoviy tozalashdan pulingizni ayab o‘tirmang.
Manba: “Woman.ru” | 60 | 1,427 |
Ayollar | Bir xil obrazda bir necha marta ko‘rinish berishdan uyalmaydigan taniqli va badavlat ayollar | Aksariyat ayollar sevimli kiyimlarini bir necha yillar mobaynida kiyib yuradi. Mashhur va badavlat ayollar orasida ham omma oldiga bir marta kiyib chiqqan kiyimida yana ko‘rinish berishdan uyalmaydiganlari ham bor. Cosmopolitan nashri bitta obrazni bir necha marta takrorlagan taniqli ayollar haqida maqola chop etdi.
Keyt Midlton
Keyt Midlton 2017-yilning fevrali, 2011-yilniing fevrali va 2014-yilning avgustida bir xil kiyimda ko‘rinish bergan.
Uning egnida Luisa Spagnoli brendining qizil kostyumi.
Xeyli Bolduin
Xeyli o‘ziga xos uslubi bilan doim boshqalardan ajralib turadi. U Yeezy kostyumida ikki marta ko‘ringan.
Selena Gomes
Nafis moviy rangli ushbu ko‘ylakni Selena 2017-yil sentabr-oktabr oylarida egnidan qo‘ymay kiygan. Ma’lumot uchun, ushbu rangdagi kiyimlar hozir ham urfda.
Jeyn Fonda
Jeyn YSL brendining ushbu kostyumiga qattiq bog‘lanib qolgani uchun bir necha tadbirlar hamda kechalarga shu kiyimda borgan.
Xelena Bonem Karter
Xelena aynan shu obraz unga juda yarashganini anglagan holda tortinmasdan unda bir necha marta ko‘ringan.
Sofi Loren
Sofi Loren “Oltin globus” taqdimoti va Italiya birligi yubileyida ham aynan bitta obrazda.
Bitta ko‘ylakni 20 yil kiyib yurgan britaniyalik ayol | 92 | 1,215 |
Ayollar | Qanday qilib yangi tanishlarning ismlarini oson eslab qolish mumkin? | Ba’zan yangi tanishlarning ismlarini tez unutib qo‘yamiz. Biz sizlarga odamlarning ismlarini yaxshi eslab qolishga yordam beruvchi usullar haqida aytib bermoqchimiz.
Ko‘pincha odamlar o‘zlarini tanishtirayotganlarida biz o‘z fikrlarimiz bilan chalg‘ib ketamiz — masalan, aytaylik keyin nimani gapirishimiz kerakligi haqida o‘ylaymiz. Buning o‘rniga diqqatingizni yangi tanishingiz nima haqida gapirayotganiga qarating.
Yangi tanishingiz o‘zini tanishtirgandan keyin, suhbat chog‘ida ismini yana bir marta takrorlashning yo‘lini o‘ylab toping. Agar uning ismi g‘ayrioddiy yoki qiyinroq bo‘lsa, u qanday yozilishini so‘rang. Yoki oddiygina qilib, oxiriga uning ismini qo‘shib “Tanishganimdan xursandman”ga o‘xshash gapni ayting.
O‘zingizcha shu ism bilan bog‘liq bo‘lgan kimnidir yoki nimanidir tasavvur qilib ko‘ring. Masalan, Alisher ismini Alisher Navoiy bilan, Nodira ismini esa Nodirabegim bilan bog‘lash mumkin.
Masalan, Alisher Navoiyni yangi tanishingizning sochlari yoki burni bilan tasavvur qilib ko‘ring. Faqat suhbatdoshingizga bunday mug‘ombirlik haqida aytib qo‘ymang — u xafa bo‘lib qolishi mumkin.
Biroz vaqt o‘tgandan keyin, masalan uyga kelganingizdan keyin xotirangizda mahkam o‘rnashib qolishi uchun yangi tanishingizni, uning ismini va u bilan bo‘lgan bog‘lanishlarning hammasini eslashga harakat qilib ko‘ring.
Manba: The Challenger | 68 | 1,353 |
Ayollar | To‘y fotosuratlarida yaxshi chiqish sirlari | To‘ylar mavsumi boshlanishi bilan, fotosessiyalar g‘am-tashvishi ham boshlanadi. Keyinchalik to‘y fotosuratlarini ko‘rayotganingizda uyalib qolmaslik uchun, bu borada bir necha maslahatlar bermoqchimiz.
Foto" “Sdmitrishin.ru”
To‘y fotosuratlarini ajoyib chiqarish maqsadida havaskor fotograf do‘stlaringiz yordamidan foydalanmasdan, bu unutilmas kun uchun professional fotograf taklif qilishingizni maslahat beramiz. Suratlar – bir umrlik esdalik hisoblanadi.
To‘y arafasida 8—9 soat to‘yib uxlab olish ham ko‘rinishingiz sog‘lom va chiroyli bo‘lishiga juda katta yordam beradi.
O‘zingizni makiyaj ustasi deb hisoblasangiz ham, to‘y fotosessiyasi uchun professional vizajist taklif qilganingiz ma’qul.
To‘ydan oldin tishlaringiz holatiga (davolash, oqartirish) va sochlaringizga ( turmaklash, bo‘yash) e’tibor berishingiz maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Fotosessiyani rejalashtirishga aql bilan yondashsangiz, suratlaringiz nafaqat qarindosh va do‘stlaringizni, balki bo‘lajak bolalaringiz va nevaralaringizni ham qoyil qoldiradi. | 43 | 1,029 |
Ayollar | Qanday qilib kasallikka chalinishdan himoyalanish mumkin? | Kuz — yuqumli kasalliklar avj oladigan fasl. Yon-atrofga qarasangiz, deyarli har bir kishi yo‘talib, aksa urayotgandek. Xo‘sh, kasallikka chalinishdan o‘zimizni himoya qila olamizmi? Ha, bu aslida unchalik qiyin ham emas.
Turli xastaliklarga chalinmaslik uchun ularning nima sababdan kelib chiqishini aniqlab olaylik.
1-sabab: Stresslar
Haddan ortiq qizg‘in ish jadvali, rahbariyat bilan muammolar va katta ish hajmi — bularning barchasi salbiy hissiyotlarni keltirib chiqaradi, ayni shu paytda kasalliklar ham o‘zi haqida bildiradi.
Shuning uchun eng ko‘p kasallik varaqasi dushanba kuniga, eng kam esa juma kuniga to‘g‘ri kelishi unchalik hayratlanarli emas.
Afsuski ishdagi stressni faqat ishga bo‘lgan munosabatingizni qayta ko‘rib chiqish orqali yengishingiz mumkin (hamma narsani ham yurakka yaqin olavermaslik lozim). Bu ham yordam bermasa, ishni o‘zgartirish yoki bir necha kunga rejadan tashqari ta’til olishingiz mumkin.
2-sabab: Asta-sekin birinchi sababdan kelib chiqadi
Bu norozilikdan boshqa narsa emas. Siz ishga borish yoki har kuni tongda o‘qishga borishdan bezdingizmi? Dam olishni istaysizu, biroq ta’tilgacha hali uzoq, shundaymi? Muammoning yechimi bor: ong osti kerakli mexanizmni mustaqil ravishda ishga tushiradi. Natijada siz shamol, sovuq yoki konditsioner ostida keragidan ortiq turib qolasiz va shu tarzda shamollab qolasiz.
Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun ishga borish uchun jiddiy sabab yoki ruhlantiruvchi maqsadlarni o‘ylab chiqing. Hech bo‘lmaganda, kichikroq ta’til olib, tanangizga dam bering.
3-sabab: Yengil sovqotish
Sezilar-sezilmas yelvizak, yoqilgan konditsioner — sekin-asta, lekin muntazamlik bilan tana issiqligini o‘ziga oladi. Bu sovuqning eng xavfli ko‘rinishlaridan biridir. Chunki bunday sharoitda viruslar yanada faolroq ko‘payadi.
O‘z organizmingizni his qilishni o‘rganing. Yengil yelvizak yoki yetarlicha issiq bo‘lmagan ko‘rpaga chidab, qahramonlik qilmang.
Shuningdek, immunitetni mustahkamlab borish haqida ham unutmang. Mashqlar, kontrast dush, vitaminlar qabul qilish va zarurat bo‘lganda emlashlar — mo‘jiza yaratishga qodir.
Doim sog‘ bo‘ling!
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 57 | 2,257 |
Ayollar | Blefaroplastika – ko‘z qovoqlari jarrohlik amaliyoti haqida nimalarni bilish kerak? | Blefaroplastika – so‘nggi yillarda zamonaviy plastik jarrohlik va kosmetologiya eng mashhur yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Bu orqali pastki va yuqori ko‘z qovoqlarining yoshga bog‘liq o‘zgarishlarini yoki tug‘ma nuqsonlarni bartaraf etishga yordam beradi. Ma’lum bo‘lishicha, bunday jarayonda teriga tig‘ tekkizish shart emas.
Blefaroplastikaning ko‘plab turlari mavjud bo‘lib, ular asosiy ikki guruhga bo‘linadi: operatsiya yo‘li bilan va jarrohliksiz.
Jarrohliksiz amalga oshiralidagin blefaroplastika ham tejamkor, ham kam shikast yetkazadi. O‘z navbatida u ham inyeksiyali yoki usiz ham amalga oshiriladi. Ukolsiz blefaroplastikaning barcha turlari terining yuqori qatlami hujayralarini yangilashga va chuqur qatlamni qisman yo‘q qilishga qaratilgan. Ko‘z qovoqlarining terisi tortilib, yo‘q qilingan hujayralar kollagen va elastin bilan almashtiriladi. Ushbu turdagi blefaroplastika ta’sir qilish turiga qarab bo‘linadi. Issiq, elektr toki yoki lazer ta’sirida ham bo‘lishi mumkin. Ammo natija hammada bir xil bo‘ladi: Terining sirtki qatlamini yangilash va ichki qatlamini qisman yo‘q qilish, shunda ular biriktiruvchi to‘qima bilan almashtiriladi va qalinlashadi.
Ukol yordamida blefaroplastika ko‘z qovoqlari terisini oziqlantirishga qaratilgan. Bular terini namlaydigan vitamin, gialurin kislotasi, mushaklarni yumshatuvchi va silliqlashtiruvchi botoks inyeksiyalari bo‘lishi mumkin. Lipolitik dori ta’sirida ko‘z qovoqlari hududidagi yog‘ birikmalari yo‘q qilinadi.
Blefaroplastika jarrohligi
Bu jarayonda jarrohlik texnologiyalari operatsiyani minimal aralashuv bilan bajarishga yordam beradi, bu esa terini kamroq shikastlantiradi. Shuningdek, zamonaviy texnika operatsiyani qonsiz amalga oshirishga va chandiq qoldirmaslikka imkon beradi. Shu bilan birga mutaxassis terini juda tez tuzalishiga yordam beradi. Operatsion holat jarrohliksiz amalga oshiriladigan muolajaga qaraganda uzoqroq ta’sirga ega. U taxminan 10 yil davom etadi.
Blefaroplastikaga qarshi ko‘rsatmalar
Blefaroplastika har qanday yoshda ham amalga oshirilishi mumkin, ammo bunga ehtiyoj ko‘pincha 35 yoshdan keyin paydo bo‘ladi. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlarga chandiqni davolashga xalaqit beradigan kasalliklar kiradi. Agar mijozda qandli diabet, saraton paydo bo‘lishi ehtimoli mavjud bo‘lsa, blefaroplastikani amalga oshirish mumkin emas.
Reabilitatsiya davri
Blefaroplastikadan so‘ng tiklanish an’anaviy kosmetik muolajalardan uzoq davom etmaydi. Agar ko‘z atrofida shish, ko‘karish bo‘lsa, operatsiyadan keyingi yetti kun ichida yo‘qoladi va o‘ninchi kundan boshlab kosmetik vositalardan foydalanish mumkin. | 83 | 2,603 |
Ayollar | Mutaxassislardan sutni kosmetik vosita sifatida ishlatish bo‘yicha tavsiyalar | Sut mahsulotlarining keragidan ortiq iste’moli yuzda husnbuzar va toshmalar paydo bo‘lishiga olib keladi, ammo me’yorni bilish sog‘liq uchun foydali.
Teri va sochlarni parvarish qilish bo‘yicha mutaxassis Rebekka Forkastning ta’kidlashiga qaraganda, sut teri va sochga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
“Buvilarimiz kalsiy, oqsil va vitaminlar haqida bilmagan bo‘lsalar-da, sutli vanna qabul qilgan, sochlarini yuvgan va ushbu mahsulotni abadiy yoshlik siri deb bilgan”.
Stilist Richard Merinning aytishicha, u mijozlariga sochlarini sut bilan yuvishni tavsiya qilgan. Unga amal qilganlar sochlarini silliq va yaltiraganini bildirgan. Ushbu natijani quyidagi bog‘liqlik asosida tushunish mumkin: keratindan tashkil topgan soch tolalari bu oqsil demak, shuning singari sutda ham oqsil miqdori ko‘p bo‘ladi. Sutda soch yuvilganda soch bo‘yalishi, dazmol qilinishi va boshqalar natijasida yuzaga kelgan bo‘shliqlarni oqsil bilan to‘ldiradi. Shu sabab ham soch uchun sutli niqoblar qilishni unutmaslik kerak. Bunday niqob bosh terisi, sochlar mustahkamligi va elastikligiga foyda beradi. Eng oddiy qilinishi mumkin bo‘lgan niqob sut yoki qatiqni yuvilmagan sochga surtish, shundan keyin bosh terisini uqalash hisoblanadi. Boshni sellofan hamda uning ustidan sochiq bilan o‘rab, 30 daqiqadan keyin yuvib tashlash kerak.
Jinjer King — kimyogar, kosmetik vositalar ishlab chiqaruvchi: “Alfagidroksikislotaga boy hisoblangan sut terining o‘lik hujayralar qatlamini yo‘q qilib, uni tekislash, rangini yaxshilash, ajinlarni kamaytirish xususiyatiga ega. Makiyajni tozalagandan keyin yuzingizni sut bilan yuvishni tavsiya qilaman”.
Dermatolog Emi Brodskining aytishicha, eng yaxshi tabiiy ingrediyentlardan biri bo‘lgan sut quruq va suvsizlangan teri uchun ayni muddao. U terini yumshatish, tekislash va tinchlantirish xususiyatiga ega. Shu sabab ham Emi bemorlarga muolaja sifatida sutli mahsulotlar: smetanadan tayyorlangan niqob, sut bilan yuzni yuvish, yogurt va mevalardan qo‘shib tonik kokteyl tayyorlashni tavsiya qiladi. Natija esa kimyoviy moddalar qo‘shilgan vositalar ishlatilganidan ko‘ra ijobiy bo‘ladi. | 77 | 2,098 |
Ayollar | Soch o‘sishini qanday tezlashtirish mumkin? | Uzun va qalin sochlar — ko‘pchilik qizlarning orzusi. Biroq hamma ham uzun sochlarni o‘stira olmaydi. Ba’zan ular istalgan uzunlikka yetmasdan sinuvchan bo‘lib qoladi. Bunday muammolarning oldini olish uchun sabablarni aniqlab, sochlar uchun tashqi va ichki parvarishni ta’minlash lozim.
Sochlar o‘sishiga ta’sir qiluvchi ichki omillar
Birinchi navbatda, bu ruhiy holatdir. Agar siz tushkun, stress va surunkali uyquga to‘ymaslik bilan bog‘liq sharoitda yashayotgan bo‘lsangiz organizmning sochlarga e’tibor qaratish uchun kuch topishi dargumon. Ko‘proq dam oling va xotirjam hayot kechiring, sport bilan shug‘ullaning.
Taom orqali sochlar uchun qurilish materiallari, shuningdek, moddalar almashinuvi va sochlar o‘sishini tartibga soluvchi materiallarni olamiz. Shuning uchun meva va sabzavotlar, yong‘oq, ko‘katlar, sutli mahsulotlar, tuxum va baliq uchun taomnomangizdan alohida joy ajrating. Har kuni yog‘ (zaytun) iste’mol qilish va yetarli miqdorda suv (kuniga 1,5—2 litr) ichish haqida ham unutmang.
Tashqi sabablarga kelsak, sochlarga nisbatan qo‘llaydigan jismoniy va kimyoviy vositalarga e’tibor qaratish lozim. Bularga fen bilan quritish, bo‘yash kabilar misol bo‘la oladi. Agar siz uzun sochlarga erishishni juda istasangiz ukladka vositalaridan vaqtinchalik bo‘lsa-da voz keching.
Soch o‘sishini tezlashtiruvchi qanday vositalar mavjud? | 43 | 1,350 |
Ayollar | Mikroto‘lqinli pechda 5 daqiqada tayyorlanadigan 2 xil keks | Mikroto‘lqinli pechda ko‘p vaqt ham, kuch ham sarf qilmasdan har xil mazali kekslar tayyorlash mumkin.
Keksni tayyorlashda quyidagi muhim qoidalarga rioya qilishni unutmang:
Keksni pishirishda oddiy qog‘oz, likopcha, shisha yoki sopol formachalardan foydalansangiz ham bo‘ladi.
Xamir pechda nihoyat darajada ko‘tarilib ketadi. Agar u toshib ketishini xohlamasangiz, formaning uchdan ikki qismigacha to‘ldiring.
Pishgan keksni pechdan chiqarishingiz bilan u darrov pasayib qoladi, shuning uchun siz bunga tayyor bo‘lib turing.
Tayyor bo‘lish vaqti mikroto‘lqinli pechga bog‘liq. Ba’zan bir daqiqa deyilgan bo‘lsa ham, 30 soniyada tayyor bo‘ladi. Har ehtimolga qarshi keksning tayyor bo‘lganini gugurt cho‘pi bilan tez-tez tekshirib turing.
Masalliqlar
Tayyorlash
Un, kakao, yumshatgich, shakar va tuzni aralashtiring. Sut va o‘simlik yog‘ini qo‘shing va xamirni yaxshilab aralashtiring. Uni yog‘ surilgan katta krujkaga quying. O‘rtasiga shokolad pastasini joylashtiring.
Keksni mikroto‘lqinli pechda yuqori quvvatda 70 soniya davomida pishiring.
Masalliqlar
Keks uchun:
Krem uchun:
Tayyorlash
Yog‘ni mikroto‘lqinli pechga 20 soniyaga qo‘ying. Keyin uni asal, tuxum va vanil bilan aralashtiring. Shakar, un, yumshatgich va tuz qo‘shing, yaxshilab aralashtiring. Mikroto‘lqinli pechda 70–90 soniya pishiring.
1–2 daqiqa krem uchun olingan masalliqlarni sanchqi yordamida ko‘pirtiring. Sovigan asalli keksga kremni suring.
Manba: “Layfxaker” | 59 | 1,439 |
Ayollar | Ijtimoiy tarmoqlarda kamroq vaqt o‘tkazishga yordam beradigan 9 tavsiya | Albatta, TikTok, Instagram, Facebook’dagi yangiliklar lentasini ko‘rib chiqish uchun 24 soat ham kamlik qiladi. Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqlarda yaqinlar bilan aloqada bo‘lish ham qolib ketmasligi kerak. Lekin bularning qay biri muhim sanaladi? Ularga kamroq vaqt sarflashning imkoni bormi?
Ekrandagi dasturlarning joylashishini o‘zgartirish
Ko‘pincha insonlarda o‘zi sezmagan holda o‘rganib qolgan dasturlarga kirish hollari uchrab turadi. Instagram’ni tajriba sifatida o‘chirish esa ikki hafta davomida barmoq ilova bo‘lgan bo‘shagan joyga bosiladi. Ba’zan telefondan ma’lum maqsadda foydalaniladi, ammo oxir-oqibat ijtimoiy tarmoqlarning tuzog‘iga tushib qolish holatlari kuzatiladi.
Buning uchun barcha dasturlar uzoqroq ekranga joylashtirilishi kerak. Undan yaxshisi esa ularni bir faylga joylash kerak. Shundagina ijtimoiy tarmoq dasturlariga tasodifan kirib qolish ehtimoli shunchalik kamayadi.
Bildirishnomalarni o‘chirish
Joylashtirilgan post kimgadir yoqqani yoki boshqa birov yangi post joylagani muhim emas. Ogohlantirishlar ham e’tiborni chalg‘itish va telefonga bog‘lanish uchun mo‘ljallangan. Ijtimoiy tarmoqlar talab qilganda emas, bu aynan siz uchun kerak bo‘lganda bildirishnomalarni ochish kerak. Agar chindan ham muhim bildirishnoma bo‘lsa, balki buni qo‘ng‘iroq orqali amalga oshirishi mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlarda qancha vaqt sarflayotgandan xabardor bo‘lish
Bunda boshlangan vaqtni aniqlash zarur. Agar telefon ekranida foydalanish vaqtini kuzatish imkoni bo‘lsa, statistikani tekshirish mumkin. Balki bir necha soat hech kimni qo‘rqitmasligi mumkin. Ammo o‘rtacha qiymat bo‘yicha ko‘rsatkichni 52 haftaga ko‘paytirish — endi har qanday insonni hayratga solishi tabiiy. Tasavvur qilib ko‘rish kerak, hafta hattoki oylab vaqtini telefon bilan o‘tkazish holatlari kuzatiladi. Albatta, foydali ishlar bilan birga, ijtimoiy tarmoqlar ham bundan joy olgan. Ushbu sarflangan behuda soatlarni boshqa bir foydali ish bilan o‘tkazish bilan hayotni qanchalar yaxshilash mumkin-a?!
Buning uchun ham qaysi dasturda ko‘p vaqt sarflanayotganini tahlil qilish lozim. Ular aniqlangach, ekran vaqtini chegaralash tavsiya etiladi. Birinchi qadamda, taxminan, yarim soatga qisqartirishga harakat qilish kerak. Birdaniga ko‘p miqdorda cheklashning ham iloji yo‘q, chunki buning uddasidan chiqish juda ham ko‘p kuch talab etadi.
Ovozsiz yoki obunani bekor qilish tugmasidan foydalanish
Bundan tashqari ijtimoiy tarmoqlarda mavjud bo‘sh profil hisoblangan obunachilarni o‘chirib tashlash kerak. Ular foydali bo‘lmasligi bilan birga, vaqtni ham o‘g‘irlaydi. Demak, faqatgina ilhom bag‘ishlab, xursand qiladigan obunachilar bo‘lsa yetarli. Kuzatuvchilar qancha kam bo‘lsa, ijtimoiy tarmoqlarda vaqt shuncha kam sarflanadi.
Ertalab soat 9 gacha telefonni tekshirmaslik
Ko‘plab ofis ishchilarining jadvali ertalab soat 9 gacha telefonga tegmaslikka imkon beradi. Ammo ertalabdan qo‘lga tushgan telefon orqali internet olamiga sho‘ng‘ib ketish esa bir necha soatlik shirin uyqudan ham mahrum etadi. Shuning uchun ijtimoiy tarmoqlarni faqatgina soat 9 dan keyingina ochish tavsiya etiladi. Uyg‘ongandan so‘ng 60 daqiqa kutish, bu vaqtda jurnallar o‘qish, pardoz ishlarini amalga oshirishga bemalol ulgurish mumkin.
Telefonni boshqa xonada qoldirish
Ayniqsa, dam olish kunlari telefonni boshqa xonada qoldirishga harakat qilish zarur. Agar qo‘l bo‘shligi juda yomon ta’sir qilsa, bunday vaqtda kitob mutolaasini boshlash kerak. Shuningdek, sayr qilishga ham telefonsiz chiqish tavsiya etiladi. Atrofni tomosha qilish, tabiat ovozini tinglash, insonlar orasidagi munosabatlarni kuzatish batamom inson ongining dam olishiga yordam beradi.
Do‘stlar bilan uchrashuvda telefon ishlatmaslik
Ucharshuvlarda avtomatik tarzda qo‘l telefon tomonga boradi va hamsuhbat tomonidan aytilayotgan hikoya esa deyarli eshitilmaydi. Bu har qanday inson uchun hurmatsizlik hisoblanishi tabiiy. Buning yechimi ham bor, shunchaki uchrashuv vaqtida kim qo‘l telefoniga birinchi qarasa, to‘lovni amalga oshirish sharti qo‘yiladi. Qarabsizki, ham pulni tejash, ham vaqtni maroqli o‘tkazish mumkin.
Hamfikr insonni topish
Agar ushbu qurilmaga qaramlilikdan voz kechish qiyin bo‘lsa, buning yana bir yechimi mavjud. Buning uchun inson xuddi o‘ziga o‘xshash hamfikr odamni topishi kerak. Shundagina ikki insonning bir ishni amalga oshirishga kuchi yetishi mumkin. Bu bir-birini nazorat qilish orqali qaramlilikni tugatish uchun yetarli bo‘ladi.
“The Social Dilemma” hujjatli filmini tomosha qilish
Ushbu hujjatli filmda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish natijasida o‘z joniga qasd qilish, ruhiy tushkunlik, xavotir va giyohvandlikka olib keladigan boshqa alomatlar ko‘payganligini ko‘rish mumkin. Shuningdek, nima uchun dastur ishlab chiqaruvchilar o‘z farzandlariga nafaqat ijtimoiy tarmoqlardan, balki gadjetlardan ham foydalanishiga yo‘l qo‘ymasligini tushuntiradi. | 71 | 4,842 |
Ayollar | Qanday qilib uy sharoitida kran suvini tozalash mumkin? | Vodoprovod suvini ichish juda xavfli – u yerda qanday mikroblar va bakteriyalar bo‘lishi mumkinligini hech qachon bilib bo‘lmaydi.
Bugungi kunda suvni tozalashga mo‘ljallangan maishiy filtrlarni sotib olish muammo emas. Lekin tayyor o‘rnatilgan filtrlar ancha qimmatroq turadi.
Agar siz qandaydir sabablarga ko‘ra filtrsiz qolsangiz, unda kran suvini uy sharoitida tozalashning boshqa yo‘llari ham bor.
Muzlatish yo‘li bilan tozalash
Vodoprovod suvini plastik butilkalarga soling va ularni muzxonaga qo‘ying. Butilkadagi suvning yarmiga yaqini muzlagandan keyin qolgan suvni to‘king, muzli butilkani esa muzxonadan oling va xona haroratida eriting. Bunday suvdan terini parvarish qilishda foydalansangiz bo‘ladi.
Muzlatishdan maqsad shuki, aralashmaning katta qismi muzlamagan suvda qoladi. Butilkadagi muzning tiniq bo‘lishiga e’tibor bering. Loyqa muzni yaxshisi ishlatmagan ma’qul, chunki uning tarkibida zararli moddalar bo‘lishi mumkin.
Faollashtirilgan ko‘mir yordamida tozalash
Ko‘pchilik suv tozalash filtrlarida faollashtirilgan ko‘mirdan foydalaniladi. Undan o‘tkazilgandan keyin suvning hidi va mazasi yaxshilanadi, chunki u suvning tarkibidagi ko‘pchilik zararli aralashmalarni tozalaydi.
Bunday filtrni mustaqil ravishda qilish ham mumkin: tabletkalarni maydalab gazlama yoki dokadan qilingan xaltachalarga joylanadi, idishga solinadi va unga kran suvi quyiladi. Bunday ko‘mirli filtrni bir haftada bir-ikki marta almashtirish kerak.
Yod yordamida tozalash
Ko‘pchilik tozalash tizimlarida faollashtirilgan ko‘mir bilan bir qatorda yod ham ishtirok etadi. U chuchuk suv tarkibidagi patogenlarga halokatli ta’sir ko‘rsatadi.
Agar suv xona haroratida yoki issiq bo‘lsa uning ta’siri samaraliroq bo‘ladi. Agar olingan kran suvi tiniq bo‘lsa, unda 1 litr suvga 5 tomchi, agar u loyqa bo‘lsa, unda 10 tomchi yod qo‘shish talab qilinadi. Suv yarim soat davomida tindiriladi, keyin uni ichish mumkin bo‘ladi.
Manba: “Woman.ru” | 55 | 1,932 |
Ayollar | Nima uchun qo‘ltiq osti ko‘p terlaydi? Muammoni bartaraf etishga yordam beradigan 13 ta layfxak | Agar qo‘ltiq osti ko‘p terlasa, samarasiz dezodorant haqida shikoyat qilishga shoshilmaslik kerak. “Lisa.ru” nashri aslida buning sababi nimada ekanini ma’lum qildi.
Agar qo‘ltiq osti ko‘p terlasa, bu haqiqiy muammoga aylanadi. Kiyimdagi ter dog‘lari, yoqimsiz hid bir qancha noqulayliklar tug‘dirishi mumkin. Bundan tashqari, ba’zilar nafaqat yozda, balki salqin havoda ham terlaydi.
Terlash tananing muhim funksiyasidir. Ter bilan birga toksinlar va zararli moddalar organizmdan chiqarib tashlanadi. Bu inson tanasining termoregulyatsiyasi uchun zarurdir: issiq havoda uni sovutib, qizib ketishning oldini oladi. Ammo to‘satdan hech qanday sababsiz hidli terlashni boshlash, shifokorga murojaat qilish kerakligining belgisi bo‘lishi mumkin.
Qo‘ltiq osti ko‘p terlashining 6 sababi
Sog‘liqdagi muammolar — qalqonsimon bez kasalliklari, o‘smalar, qandli diabet.
Gipergidroz. U irsiyatdan o‘tadi. Bu holatda doimiy kuchli terlash bolalikdan paydo bo‘lgan muammodir. Bunda hammasi jarrohlik — ter bezlarining faoliyatini to‘xtatish va inyeksiya bilan hal qilinadi.
Ortiqcha vazn. Shuningdek, yomon odatlar — chekish, spirtli ichimliklar ham sabab bo‘lishi mumkin. Bu holda terning yoqimsiz hidi toksinlarni yo‘q qilishning kuchayishi bilan bog‘liq.
Balog‘at yoshidagi gormonal o‘zgarishlar. Bu vaqtda qizlarda testosteron gormoni ishlab chiqarilishi ustunlik qiladi, bu haddan tashqari ko‘p terlash va terining yog‘lanishiga sabab bo‘ladi. Gormonal fon yaxshilanishi bilan muammo yo‘qoladi.
Sikldagi o‘zgarishlar. Kuchli terlash siklning turli davrlarida — ovulyatsiya, hayz paytida ayollarga xosdir. Ko‘pincha homiladorlik, emizish va menopauza davrida kuchli terlash kuzatiladi.
Bitta qo‘ltiq boshqasidan ko‘ra ko‘proq terlaydi. Ba’zida bu bir qo‘lga qaratilgan jismoniy zo‘riqish paytida sodir bo‘ladi. Agar bu hodisa doimiy ravishda yuz bersa, sabab yurak kasalligi, nevralgiya, qalqonsimon bezning disfunksiyasi yoki shish tufayli bo‘lishi mumkin.
Antiperspirantlar, go‘zallik muolajalari yoki uy sharoitida davolash bilan tajriba qilishni boshlashdan oldin, shifokor bilan maslahatlashish kerak. Faqatgina mutaxassis qo‘ltiq nega ko‘p terlashini va nima qilish kerakligini buyuradi. Agar kuchli terlashning sababi sog‘liq bilan bog‘liq muammo bo‘lmasa, bakteriyalarning ko‘payishini oldini olish uchun gigiyenani diqqat bilan kuzatib borish kerak.
Qo‘ltiq terlamasligi uchun nima qilish kerak?
Tabiiy matolardan tikilgan keng kiyimlar kiyish lozim
Sintetik ko‘ylaklar va bluzkalarda tana odatdagidek nafas ololmaydi. Paxta va zig‘irdan tikilgan kiyimlarda termoregulyatsiya me’yorda bo‘ladi, matoning o‘zi terni shimib oladi va badan quruq bo‘ladi.
To‘q rangdagi kiyimlarni tanlash tavsiya etiladi
E’tibor berganmisiz, sahroda yashaydiganlar doim qora kiyim kiyadi. To‘q ranglar quyosh nurini o‘ziga tortadi va agar kiyim sintetik matodan tikilgan bo‘lsa, qizib ketishga olib kelishi mumkin.
Ochiq rangli kiyimlar nurni o‘zida aks ettiradi va o‘zidan qaytaradi. Ma’lum bo‘lishicha, tana nurdan qutulishga urinib, yanada ko‘proq terlaydi. Shuning uchun ham ter dog‘lari to‘q rangli matolarda kamroq seziladi, yengil kiyimlarda esa ular yoqimsiz sariq rangga aylanadi.
Maxsus antiperspirantdan foydalanish kerak
Do‘konlarda sotiladigan an’anaviy mahsulotlar ortiqcha terlash muammosini tubdan hal qila olmaydi. Bunday holda, dorixona antiperspirantlari yordam beradi. Ular tarkibida alyuminiy tuzlarining yuqori konsentratsiyasi mavjud. Ularni faqat dermatolog tavsiya qilishi mumkin.
Antiperspirantni faqat toza teriga qo‘llash mumkin
Tozalanmagan teriga antiperspirantlarni qo‘llash mumkin emas. Aks holda, qo‘ltiq osti terlashda davom etadi. Bir vositani boshqasining ustiga qo‘llaganda samaradorlik ham kamayadi. Shuning uchun, agar dezodorant ishlatish kerak bo‘lsa, avval dush olish yoki qo‘ltiq osti terisini antibakterial tozalovchi salfetkalar bilan artish, shundan keyingina terga qarshi vositadan foydalanish tavsiya etiladi.
Kechasi terga qarshi vositadan foydalanish lozim
Tunda ter bezlari faoliyati susayadi, ya’ni dezodorantning faol moddalari chiqarish kanallariga chuqurroq kirib boradi va u yerda uzoq vaqt qoladi. Antiperspirantlarda mavjud tuzlar ishlash uchun vaqt talab etadi. Ertalab uyg‘ongandan so‘ng ular faollashadi, hatto dush qabul qilish ham ularga ta’sir o‘tkazmaydi.
Tez-tez dush qabul qilish juda ham muhim
Bakteriyalarning ko‘payishiga imkoniyat qoldirmaslik uchun tez-tez dush qabul qilish kerak. Bundan tashqari, sovuq dush ko‘p terlashni kamaytirish va issiqda tanani sovutishning ajoyib usuli hisoblanadi.
Terlashni rag‘batlantiradigan oziq-ovqat va ichimliklardan saqlanish kerak
Bularga achchiq hamda qovurilgan taomlar, qahva, gazlangan va spirtli ichimliklar kiradi. Ular issiqlik ishlab chiqarishni va kuchli terlashni qo‘zg‘atadi. Qahva o‘rniga issiqda ko‘k choy ichish kerak, u organizmni tetiklashtiradi.
Ko‘proq suv ichish lozim
Terlashga qarshi kurashda suvdan cheklanish shart emas, bu orqali chiqarilgan ter miqdorini kamaytirishga umid qilish mumkin. Bu nafaqat teskari ta’sirga, balki suvsizlanishga ham olib keladi. Ichish rejimiga rioya qilish, chanqoqdan saqlanish terlanishni kamayishiga sabab bo‘ldi. Faqat gazlangan emas, balki oddiy suv ichish kerak.
Stressga berilmaslik
Ko‘pincha terlash hissiy holat bilan ham bog‘liq bo‘lib, xususan, stress va tashvishlar bunga sabab bo‘ladi. Ulardan imkon boricha saqlanish, dam olish va yetarlicha uxlashga harakat qilish vaziyatni yengillashtirishi mumkin. Qolaversa, kunning issiq vaqtida ko‘chaga chiqmaslik tavsiya etiladi, chunki bu ham stressga sabab bo‘ladi.
Qo‘ltiq ostiga qo‘yiladigan maxsus astar
Qo‘ltiq osti yostiqchalari ham terni bartaraf etishga yordam beradi. Ularning tikilgan yoki kiyimga yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri teriga yopishtiriladigan turdagilari mavjud. Shuningdek, ular havo o‘tkazadi va terlashga olib kelmaydi. Ushbu vositalar 20 soatgacha ter dog‘lari haqida qayg‘urmaslik imkonini beradi.
Terga qarshi salfetkalar
Agar tez-tez dush qabul qilish imkoni bo‘lmasa, dezodorizatsiya qiluvchi maxsus salfetkalardan foydalanish mumkin. Ular nafaqat qo‘ltiq ostini, balki orgnizmning kuchli terlashi mumkin bo‘lgan boshqa qismlarini — oyoq, qo‘l, bo‘yinni ham himoya qilish imkonini beradi. Ularni ishlatishdan oldin ter va bakteriyalarni tozalovchi salfetkalar bilan artishni unutmaslik lozim.
Tana vaznini nazorat qilish
Yog‘ qatlami issiqlik chiqishini to‘sib qo‘yadi va tana kuchli terlash orqali o‘zini himoya qiladi. Shuning uchun agar vaznda ortiqcha kilogramm bo‘lsa, ulardan xalos bo‘lishga harakat qilish kerak. Bu nafaqat terlashni kamaytiradi, balki umuman sog‘liq uchun ham foydali.
Qo‘ltiq osti shishi ayollar uchun xavfli kasallik alomati bo‘lishi mumkinmi? | 95 | 6,696 |
Ayollar | Qanday qilib mashhur sayyohlik joylarini to‘g‘ri suratga olish mumkin? | Bu maqolamizda zerikarli va bir-biriga o‘xshash ta’til suratlarini qanday qilib do‘stlar va yaqinlar o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishni xohlaydigan qiziqarli voqealarga aylantirish mumkinligi haqida yozilgan va tajribali mutaxassislar o‘z maslahatlari bilan o‘rtoqlashishgan.
Ular shaxsan o‘zingiz keyinchalik sayohat haqida eslab yurish uchunmi? Unda siz aynan nimani esda saqlab qolishni xohlashingizni o‘zingizdan so‘rang.
Yoki siz ularni yaqinlaringizga ko‘rsatishni xohlaysizmi? U holda ko‘pchilik suratlarda o‘zingiz bo‘lishingiz kerak, chunki ular sizni o‘sha joylarda ko‘rishni xohlashadi.
Ayni paytda siz aniq nimani suratga olmoqchisiz? Ikkilanayotgan bo‘lsangiz suratlarga ko‘proq hayotiylikni qo‘shing. Qandaydir voqealarni topishga harakat qiling — ular har doim bizning atrofimizda sodir bo‘ladi. Biron-bir g‘ayrioddiy ish qilayotgan mahalliy odamga e’tibor bering va uni suratga oling. Munosabat o‘rnatishga harakat qiling.
Suratlarni “shunchaki” tushirmang. Sizning maqsadingiz — yangi nuqtai nazarni nimadadir ko‘rsatish. Ba’zan, yaxshi surat chiqishi uchun, kutish va tayyorlanish kerak. Suratga ortiqcha hech narsa tushib qolmaydigan muvofiq holatni izlab toping.
Qiziquvchan bo‘ling. Balki bu chorrahani yuz kishi suratga tushirgan bo‘lishi mumkin, lekin hech kimning nazari kichkina suqmoqchaga tushmagan — siz esa nazar soling.
Yoritilishning yomonligi juda qiziqarli suratni ham buzadi. Yaxshisi oltin vaqt deb ataluvchi — quyosh nurlari iliqroq va mayinroq bo‘lgan paytda, ya’ni quyosh botishidan bir soat oldin va quyosh chiqqanidan bir soat keyin suratga olganingiz ma’qulroq.
Manba: “Layfxaker” | 70 | 1,618 |
Ayollar | Ramazonda ovqatlanishning oltin qoidalari | To‘g‘ri va sog‘lom ovqatlanish insonning mukammal hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan muhim shartlardan biri hisoblanadi. Ramazon oyida ro‘za tutish ham shular jumlasiga kiradi. Ro‘za inson organizmi faoliyatiga o‘z tuzatishlarini kiritadi.
Moddalar almashishi shu tariqa ovqatlanishning va uyquning yangi rejimiga o‘rganishga va moslashishga harakat qiladi. Yozgi davrda tun juda qisqa bo‘lgani tufayli, ko‘pchilik ro‘zadorlar saharlikka turmasdan bir marta ovqatlanishni yoki saharlik qilgandan keyin darrov yotib uxlashni afzal ko‘radi. Har ikki holat ham maqsadga muvofiq emas.
Saharlikdan voz kechish organizmdagi moddalar almashinuvining zaiflashishiga va ochlik hissining ertaroq paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Saharlikda dasturxoningizda iloji boricha oqsilga boy oziq-ovqatlar: tuxum va achitilgan sut mahsulotlari bo‘lgani ma’qul.
Shuningdek, bu davrda organizm yanada tezroq suvsizlanadi, shuning uchun bir kunda o‘rtacha 2—2,5 litr suyuqlik ichish lozim. Taomnomangizga tabiiy sharbatlar, sho‘rva va kompotlar qo‘shish ortiqchalik qilmaydi.
Agar siz ro‘zaning oxirida ortiqcha vaznga ega bo‘lishni va qon bosimingizning oshishini xohlamasangiz, u holda bu davrda rejim bilan va to‘g‘ri ovqatlanishga rioya qilishingiz zarur.
Dasturxonni, keyin esa me’dani katta miqdordagi, ayniqsa og‘ir taomlar bilan to‘ldirish yaramaydi. Bu sizning nafaqat hazm qilish a’zolaringiz, balki yurak-tomir tizimingiz faoliyatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Iftorlikni bir piyola suv yoki bir-ikki dona xurmo bilan boshlab, organizmni yog‘lar, tuzlar va boshqa zararli moddalar bilan to‘ldirmasdan yengil salat va sho‘rva bilan davom ettirishingiz mumkin.
Dasturxondagi hamma ovqatlarni bir yo‘la yemaslikka harakat qiling, yaxshisi ovqatlar orasida 5—10 daqiqa tanaffus qiling. Bu ovqat yaxshi hazm bo‘lishiga va to‘yib ketmaslikka yordam beradi. Ovqatlarni maydaroq tishlab, uzoq va yaxshilab chaynashga harakat qiling. Iftorlikda iloji boricha xamirli, yog‘li, qovurilgan ovqatlarni va shirinliklarni kamroq iste’mol qiling.
Shirinlik sifatida pishiriqlar va muzqaymoq o‘rniga, yaxshisi mevalarni tanlaganingiz ma’qul.
Shunday qilib, xulosa o‘rnida yana bir marta eslatamiz: Saharlikda yog‘siz go‘sht, sut mahsulotlari, sabzavotlar va mevalar iste’mol qilganingiz ma’qul. Saharlikni tong otishidan oldin qiling va saharlikdan keyin darrov uxlashga yotmaslikka harakat qiling.
Manba: “Islam-today.ru” | 41 | 2,408 |
Ayollar | Olma sirkasidan foydalanish yo‘llari | Biz ko‘pincha asrlar davomida o‘z samarasini ko‘rsatib kelayotgan xalqona vositalarga e’tibor qaratamiz. Bunday eng zararsiz va haryoqlama vositalardan biri yangi pishgan olmalardan tayyorlangan tabiiy sirkadir.
Sochlar. Yarim litr suvga bir osh qoshiq sirka aralashtiring. Sochlaringizni yuvib bo‘lganingizdan so‘ng bu aralashma bilan chayqang. Sirka sochlarning uchini yorilishdan saqlaydi, follikulalarni mustahkamlaydi va yog‘ qoldiqlaridan tozalaydi. Bunday usulda parvarish qilingan sochlar mayinlashadi va yaltiraydi.
Yuz. 1:2 miqdorda sirkaning suv bilan aralashmasidan yuz terisining yog‘li yaltirashini ketkazishda foydalanish mumkin. Ertalab va kechqurun, yuvinganingizdan so‘ng aralashmaga paxtani botirib yuzingizni arting. Agar paxtani yuzingizga uzoqroq bosib tursangiz dog‘lardan ham qutulasiz.
Badan. Muntazam ravishda sirka qo‘shilgan vanna qabul qilish melamin ishlab chiqarilishini faollashtiradi. Bundan tashqari, sirkali vannalar gipergidrozdan qutulishga va terning noxush hidini kamaytirishga yordam beradi.
Agar kechga borib oyoqlaringiz shishsa, olma sirkasiga zaytun yoki boshqa biror o‘simlik yog‘i aralashtirib uqalang.
Tishlar. Tishlaringizni tozalab bo‘lgandan so‘ng sirka aralashtirilgan suv bilan, keyin esa yana suvning o‘zi bilan chayqang.
Organizmni detoksikatsiya qilish. Bir piyola suvga bir osh qoshiq sirka aralashtirib och qoringa ichish ishtahani pasaytirishi, metabolizmni tezlashtirishi, organizmdagi kislota-ishqor balansini saqlab turishga yordam berishi aniqlangan. Organizmdan zararli shlaklarni chiqarish uchun kun davomida bunday tozalovchi ichimlikdan foydalansangiz bo‘ladi. | 36 | 1,627 |
Ayollar | Vin Dizeldan sport mashg‘ulotlari borasidagi 5 ta maslahat | Mashhur aktyor Vin Dizel sport bilan shug‘ullanish maksimal darajada foyda keltirishi uchun quyidagi tavsiyalarni beradi:
1. Har bir mushakka e’tibor
Vin Dizel uchun negiz – bu har xil turdagi mashqlar aralashmasi. Tananing har bir qismiga turlicha yondashish mushaklarning nomutanosib ravishda rivojlanishini bartaraf qilishga yordam beradi.
2. Shok terapiyasi
Vin Dizel mashqlari falsafasi juda oddiy — o‘zingga “jahannam” yarat. Mashqlarga bo‘lgan bunday munosabat bir vaqtning o‘zida vaznni kamaytirishga va mushaklar massasini orttirishga yordam beradi.
3. Xotirjam bo‘l
Dizelning maslahati: tinchlan, sarosimaga tushma. Imkoniyating boricha bajar va albatta o‘zingga dam olishga imkon ber.
4. Lazzat ol
“O‘zingga yoqqan ishni bajar va bu senga og‘ir mehnat bo‘lib ko‘rinmaydi”, — deydi Vin Dizel. Agar sizga mashqlarning nimasidir yoqmayotgan bo‘lsa buni har doim o‘zgartirish mumkin. Lekin mukammal ko‘rinishdagi mashqlar topilishi bilan harakat qilish zarur.
5. G‘alabaga hozirlan
Maqsad tomon olg‘a yursang — g‘alabaga erishasan. Shuning uchun agar bajargan mashqlaringiz zerikarli bo‘lsa ham baribir siz kuni bilan divanda o‘tirganlardan kuchlisiz.
Manba: Men’s Health | 58 | 1,179 |
Ayollar | Kuz-qish mavsumi: Sariq va siyohrang kiyim-kechaklarni moslash davri | Bottega Veneta kolleksiyasida taqdim qilingan liboslardagi sariq va siyohrangni 2021-yilning eng mashhur ranglari deb atash mumkin. Aynan ular bilan kuz-qish mavsumining yorqin umumlashmasi bo‘ladi.
Ushbu bir-biriga zid, ammo qiziqarli ranglarni moslash nafaqat dizayner, balki moda ixlosmandlarining ham qalbidan joy olib ulgurgan. Trendagi har ikki rangni murakkab obrazlardan tashqari bitta kiyimning o‘zida ham uyg‘un holda moslasa bo‘ladi. Versace, Emilio Pucci va Patou brendlarining namoyishlari bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Aksariyat hollarda ijodkorlar siyohrang va sariqni katak-katak hamda shaxmat printi bilan birlashtirishni afzal biladi.
Mashhur bo‘lib ulgurgan ranglar uyg‘unligi erkaklarni ham befarq qoldirmagan. Dizaynerlar har ikki jins vakillariga siyohrang kofta, ko‘ylak kiyishni, yorqin sariq aksessuardan foydalanish hamda ikki xil rangni o‘zida mujassam qilgan trikotaj bilan obrazni boyitishni tavsiya qiladi. Podiumdagi chiqishlardan ilhomlanish to‘g‘ri kelmaydiganlarga esa sariq taqinchoq va sumka bilan siyohrang trench tanlash ayni muddao.
Ushbu ranglarning umumlashmasi faqatgina kuzda dolzarb bo‘lmasligini hisobga olgan holda hozirdanoq sariq va siyohrang kiyim-kechak xarid qilish yoki garderobni ko‘zdan kechirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
2022-yilning bahor-yoz kolleksiyalarida ham mazkur yorqin rangdagi libos va aksessuarlarni uchratish mumkin bo‘ladi. | 68 | 1,399 |
Ayollar | Malika Diana kundalik hayotda qanday kiyingan? (foto) | Malika Diananing nafaqat rasmiy, balki kundalik liboslari ham o‘ziga xosligi bilan e’tirofga sazovor bo‘lgan.
Uning kiyinish uslubi erkin, sodda va boshqalar singari ekanini ko‘rish mumkin. Diana oddiy jinsi kiyib ham malika bo‘lish mumkinligini isbotlagan.
Buni British Lung Foundation xayriya logosi tushirilgan kiyim bilan erkaklar pidjakidagi obrazidan ham bilish mumkin.
Harper’s Bazaar nashri Diana kabi kiyinish uchun bir qancha misollar keltiradi. Unda malikaning kovboy uslubidagi etik, klassik uslubdagi bel qismi baland jinsi shim va o‘ziga xos aksessuarlar, xususan, vintaj uslubidagi kepka va kamar taqishni yaxshi ko‘rganini bilish mumkin. | 53 | 656 |
Ayollar | Uy sharoitida yuz uchun mashhur “qora niqob”ni tayyorlash usuli | Qora nuqtalar – nafaqat yuzlab o‘g‘il va qizlar uchun, balki ba’zi katta yoshlilar uchun ham ko‘ngilsiz hol hisoblanadi. Ko‘pchilik qora nuqtalarni yo‘qotish uchun maxsus preparatlar va kosmetolog xizmatiga katta mablag‘ sarflaydi. Lekin buning arzon va oson yo‘li – faollashgan ko‘mirdan tayyorlangan niqob.
Ko‘mir – ajoyib absorbent. U nafaqat teridagi kir va yog‘larni, balki teri yuzasini zaharli moddalardan ham tozalaydi.
Niqobni surishdan oldin, yuzni sovunlab yuvish va dorivor o‘simlik solib qaynatilgan suv bug‘i yordamida yuz terisi teshikchalarini yaxshilab ochish zarur.
“Qora niqob”ni esa quyidagicha tayyorlaymiz: | 63 | 629 |
Ayollar | Yangi yil oqshomiga tayyorgarlik: Mashhurlarning takrorlash oson bo‘lgan obrazlari (foto) | Yangi yil yaqinlashgani sari ayollarni qiynaydigan savollar ko‘payib boradi. Tabiiyki, ular kiyim, pardoz va soch turmagi haqida bo‘ladi. Quyida tavsiya etiladigan liboslar to‘plamida bayram ziyofati uchun ko‘rinishni taxminan tasavvur qilish imkoniyati mavjud.
Bayramona va klassik uslub uyg‘unligi. Ikki uslubni esa ingichka tillarang belbog‘ bog‘lab turibdi. Emma Stounning bu kabi ko‘rinishi mallasoch xonimlar uchun ayni muddao. Shuningdek, ushbu libosda Yangi yil banketi hamda oila davrasida o‘tkaziladigan ziyofatda ham ko‘rinish berish mumkin.
Aleksa Chang tanlagan tilla rang libos bayram ziyofati uchun hamisha mos keladi. Libos oddiy bichimda tikilgan bo‘lsa-da, matoning yorqinligi sabab bayramona kayfiyat ulashadi. Ushbu libos ham ortiqcha bezaklarsiz sodda uslubda bo‘lib, matodan tikilgan belbog‘ qomatga alohida urg‘u beradi.
Agar banket hamkasblar doirasida bo‘lsa, Oliviya Palermoning klassik va bayramona uslubi mos kelishi mumkin. Buning uchun turli rangdagi libos va qora kostyum kiyish kifoya. Shuningdek, tufli va qo‘l sumkasi ham qora rangda bo‘lsa, ko‘rinish yanada mukammal bo‘ladi.
Tonggacha raqs tushishni istovchilar plisse yubkani biroz tor bo‘lgan kofta bilan uyg‘unlashtirishi mumkin. Shuningdek, bu uslubga Solanj Noulzniki kabi yorqin va nafis ko‘rinish beruvchi pardoz juda mos keladi.
Noodatiy uslub bilan ajralib turuvchilar Jenni Layons kabi oddiy qora sviter va rang-barang yubkani moslashtirishi mumkin. Albatta, tanlagan libos, eng avvalo, qulay bo‘lishini hisobga olish kerak.
O‘tgan asrning 70-yillari modasiga qiziquvchilar uchun Advoa Aboaning uslubini tavsiya qilish mumkin. Ixcham va urfdan qolmaydigan qora libos va shunga mos oyoq kiyim. Ayniqsa, yorqin rangdagi mo‘yna yangicha ko‘rinish kasb etadi. | 89 | 1,757 |
Ayollar | Olimlar shellakning salomatlik uchun zararli ekanligini aniqladi | Shellak qildirishni yaxshi ko‘radigan ayol va qizlar qoplamani quritish davomidagi ultrabinafsha nurlari turli kasalliklarga olib kelishi mumkinligini yodda tutishi zarur.
Shellak nima o‘zi?
Shellak — uzoq vaqt davomida tirnoqlari mukammal qoplanib turishini istovchilar uchun eng yaxshi lak muqobili hisoblanadi. Tirnoqlarni qoplash jarayonida lak va geldan foydalaniladi. Shellak tirnoqlarda 3 hafta davomida o‘zgarishsiz turishi mumkin. Asosan, salonlarda amalga oshiriladigan jarayonda dastlab tirnoq plastinkalari tozalab olinadi, keyin yog‘sizlantirilib, bazaviy qoplama surtiladi. Undan so‘ng rangli lakdan foydalaniladi.
Shellakning oddiy lakdan farqi — har bir surtilgan qavat bir necha daqiqa davomida ultrabinafsha lampa nurlari bilan quritiladi. Quritilgani hisobiga shellak jarayon tugagunicha qotib bo‘ladi. Odatda shellak bilan qoplashga 15 daqiqaga yaqin vaqt ketadi. Uni o‘chirish uchun esa mutaxassisga murojaat qilgan yaxshi. Atsetonni o‘zi bilan o‘chirib bo‘lmaydi. Tirnoqlarni atseton shimdirilgan paxtali disklarga, keyin folga qog‘ozi bilan 10 daqiqaga o‘rab qo‘yilsa, ish berishi mumkin. Ammo bunda tirnoqlarning quritib yuborish ehtimoli katta. Salonlarda esa maxsus, tirnoqlarga shikast yetkazilmaydigan usullardan foydalanishga harakat qilinadi.
Hidi va tarkibida toluola, dibutilftalan, formaldegid yo‘qligi hisobiga shellak gipoallergen qoplama hisoblanadi.
Nimasi xavfli?
Shellak tirnoq plastinkasiga salbiy ta’sir qilishi, qolaversa, shikastlashi ham mumkin. Tirnoqlar o‘ziga kelib olishi uchun esa 2 oy davomida shellaksiz yurish kifoya. Boshqa xavfi esa quritish jarayonida ishlatiladigan ultrabinafsha nurlar bilan bog‘liq. Ayrim olimlar ultrabinafsha nurli lampalarning salomatlik uchun zararli ekanini ta’kidlaydi. Bunday qarorga Amerikaning teri saratoni bilan bog‘liq muammolarni o‘rganuvchi tashkilot mutaxassislari kelgan. Tadqiqotlarda salondagi anjomlar kanserogen ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini aniqlagan
Qanday himoyalanish mumkin?
Shellak qildirish orasida vaqt bo‘lsin, 1,5-2 oy eng yaxshi muddat. Bu vaqtda parvarishlaydigan qoplamalardan foydalanilsa, yanada yaxshi. Lampaning zararidan maksimal darajada himoyalanish uchun mutaxassislar shellakdan avval SPF krem qo‘llashni tavsiya qiladi. Tirnoq uchun vosita va mahsulotlar ishlab chiqaradigan CND’ning rasmiy murojaatida shellak haqida shunday deyiladi:
“Mijozlar va professional salon xodimlari CND mahsulotlarini 30 yildan ko‘proq vaqtdan buyon muvaffaqiyatli ishlatib kelmoqda. CND’ga qarashli bo‘lgan tirnoqlar uchun uzoq turadigan shellak qoplamasi 2010-yilda chiqarilgan bo‘lib, gel-laklar kategoriyasida birinchi hisoblanadi va o‘ziga xos xususiyatlari bilan farq qiladi”.
Kompaniyaning ma’lumotiga ko‘ra, gel lak uchun ultrabinafsha nurli lampalardan foydalanilganida nurlanish sog‘liqqa xavf soladigan darajada bo‘lmaydi. Nurlanishdan xavotirda bo‘lganlarga esa teri saratoniga qarshi kurashish fondi ultrabinafsha nurlariga qo‘llarni qo‘yib quritishdan 20 daqiqa avval quyosh nurlaridan himoya qiluvchi SPF-krem surtishni tavsiya qiladi. | 64 | 3,050 |
Ayollar | Har bir ayolda bo‘lishi kerak bo‘lgan 7 ta afsonaviy go‘zallik vositasi (foto) | Dunyoda har kuni yangi kosmetika ishlab chiqariladi, lekin mavjudlarining o‘rnini bosa olmaydigan mahsulotlar bor. Quyida har bir ayolda bo‘lishi tavsiya etiladigan go‘zallik vositalari yillar mobaynida xonimlarning ko‘zgusi oldidan joy olgan.
Chanel № 5
Mubolag‘asiz, uzoq tarixga ega bo‘lgan, 1921-yilda yaratilgan va bu yil o‘zining 100 yilligini nishonlaydigan afsonaviy xushbo‘y hid. Kompozitsiya o‘zining jozibasini bugungi kungacha saqlab qolgan. U egasining o‘ziga xosligi va ayolligini ta’kidlaydi.
Advenced Night Repair, Estée Lauder zardobi
Qizil-jigarrang shisha allaqachon Estée Lauder brendining ramziga aylangan. U 1982-yilda sotilgan zardob genetik darajadagi hujayralarni qayta tiklash uchun birinchi tungi zardob hisoblanadi. Albatta, o‘sha vaqtdan beri formulalar bir necha bor o‘zgardi, lekin markali qadoqlash o‘zgarmadi. Bu zardob universal parvarish bo‘lib, tabiiy tiklanish jarayonlarini faollashtirishi bilan diqqatga sazovordir. Zamonaviy kompozitsiya uni tungi parvarish uchun ham, kunduzi ham ishlatishga imkon beradi.
Crème de la Mer namlantiruvchi krem
Bu butun brendning tarixi boshlangan haqiqiy kosmetik vositasi. Uni astrofizik Maks Xyuber ixtiro qilgan, u laboratoriyada olingan kuyishlarni davolash usulini qidirgan. Qidiruv muvaffaqiyatli tugab, qayta tiklovchi kremning super formulasini oldi. Albatta, bugungi kunda kamdan-kam odamlar uni kuyganda ishlatadi, lekin mahsulotning yoshartiruvchi va tiklovchi xususiyatlari allaqachon ma’lum.
Touche Eclat High Cover, Yves Saint Laurent korrektori
Kompaniyaning go‘zallik vositalaridan biri cho‘tkasi bo'lgan Touche Éclat korrektori. Bu 1922-yilda juda mashhur bo‘lishidan ancha oldin paydo bo‘lgan. Ushbu vosita asosan ko‘zlar ostidagi qora doiralarni niqoblash uchun ishlatiladi.
Les Météorites, Guerlain upasi
Eng qadimgi frantsuz kompaniyalaridan biri bo'lgan Guerlain XIX asrga borib taqaladigan juda boy tarixga ega. Uning mashhur upasi 1987-yilda paydo bo‘lgan. Kompaniya xodimlari bo‘sh hamda presslangan kukunlar birlashmasida noyob mahsulotni xohladi. Va ular muvaffaqiyat qozondi, natija shov-shuvga sabab bo‘ldi. Bu upa mayda rangli sharlar shaklida chiqariladi, ularning har biri terini yanada chiroyli qiladi.
Nivea kremi
Bu krem hammaga deyarli bolalikdan tanish mo‘jizaviy vosita o‘tgan asrning boshlarida, 1911-yilda paydo bo‘lgan. Va hammaga tanish va sevimli ko‘k qadoq – 1925-yilda paydo bo‘lgan, va o‘shandan beri o‘zgarishsiz qolmoqda. Bu tarixdagi eng ko‘p qirrali vositalardan biri, uni har qanday mavsumda va deyarli har qanday sharoitda ishlatish mumkin. Tarkibning asosiy qismi bo‘lgan pantenol va glitserin terini ko‘plab epidermal shikastlanishlardan namlaydi va tiklaydi. Va eng muhimi, bu vosita allaqachon ko‘plab avlodlar tomonidan sinovdan o‘tgan.
BeautyBlender sponji
Tuxum shaklidagi shimgich go‘zallik sanoatida o‘ziga xos yutuqqa erishdi. Dunyo bu vosita uchun Gollivud vizajisti Reye Enn Silvaga qarzdor. Oddiy sponjlar o‘tgan asrning o‘rtalaridan beri mavjud, lekin BeautyBlender alohida. Shakli tufayli u bir nechta cho‘tkalarni almashtirishi mumkin, uning uchi yetib masalan, burun qanotlarini yoki ko‘zning burchagini ishlashga, makiyajni yanada tekis va zich qilish imkonini beradi. | 78 | 3,220 |
Ayollar | Muzli vanna, meditatsiya va ochlik: Muvaffaqiyatli kishilarning foydali odatlari | Nafaqat ishni, balki kunni to‘g‘ri rejalashtirish va salomatlikka e’tibor berish muvaffaqiyat garovi sanaladi.
Jek Dorsi
Twitter va Square’ning asosiy rahbari tongni meditatsiya bilan qarshi oladi. Jek zamonaviy kouchlar ilgari suradigan qandaydir mo‘jizaga ishonmaydi, shunchaki bir lahza o‘zi bilan yolg‘iz qolish unga bugun bajarilishi muhim bo‘lgan ishlarga diqqat qilishga yordam beradi. Qolaversa, meditatsiya u bir necha yil avval voz kechgan nonushta o‘rnini bosadi. Bu hali hammasi emas, Dorsi tushlik ham qilmaydi, faqatgina 18:30 va 21:00 oralig‘ida tanovul qiladi xolos. U biroz ochlik uning hushyor idrok qilishi va sergaklikni saqlashga yordam berishiga ishonadi.
Opra Uinfri
Qiziqarli va shov-shuvlarga boy intervyulari bilan mashhur bo‘lgan teleboshlovchi ham o‘ziga xos qoidalarga amal qiladi. Uyqudan soat yettida uyg‘onadigan Opra ham meditatsiya bilan shug‘ullanadi. Faqat uniki boshqalarnikidan biroz farq qiladi. Rita har kuni o‘ziga yoqadigan va kayfiyatiga to‘g‘ri keladigan yangi she’rni ovoz chiqarib o‘qiydi. Dengiz, ingliz tuzi qo‘shilgan vanna qabul qilish bilan esa kunga yakun yasaydi.
Gvinet Peltrou
Tabletka va plastik operatsiyalarga qarshilik qiladigan yulduz to‘g‘ri ovqatlanish va vitaminlarni qabul qilishni afzal biladi. U bir yilda bir marta immunitetni mustahkamlaydigan, teri ahvoli va energiyaga boy bo‘lishni yaxshilaydigan tomchili ukol kursini oladi.
Mark Uolberg
Mark odatda soat 2:30da uyg‘onadi. Kuniga ikki marta mashq qiladi, golf o‘ynaydi. Haftada bir marta kriokamera — harorat keskin 60 darajagacha pasayadigan kabinaga kiradi. Bir daqiqada odam muzlashga ulgurmaydi, ammo miyaga xavf haqida signal yetib boradi. Isishga uringan organizm yog‘ va kaloriyani eritishni boshlaydi. Bu vazn tashlash va tetiklashishga yordam beradi.
Sheril Sandberg
Facebook’ning operatsion rahbari muvaffaqiyatga erishgan kishilarning deyarli barchasi amal qiladigan erta turishni ma’qullamaydi. Sheril tiniqib uxlaganidan keyin “budilnik” yordamisiz uyg‘onadi. Farzandlari bilan sayr qilganidan so‘ng, ofisga boradi va soat 17:30ga qadar ishlaydi. Qandaydir qoidalarga amal qilishga zaruriyat yo‘q deb biladigan ayolning go‘zalligi siri tiniqib uxlash bilan bog‘liq. | 80 | 2,205 |
Ayollar | Amerikalik rassom uni taqib nafas olganda “Garri Potter”dagi xarita paydo bo‘ladigan niqob ixtiro qildi | Amerikaning Kolorado shahrida yashovchi rassom Stefani Xuk yuz uchun yangi niqob yaratdi. Uni taqib, nafas olish jarayonida niqob yuzida “Garri Potter” filmidagi talonchilar xaritasi paydo bo‘ladi, deb yozadi Esquire.
Xukning aytishicha, u olamga biroz sehrni olib kirmoqchi bo‘lgan.
“Men fantaziyani hayotga tatbiq etishga harakat qilaman. Mahsulotlarim boshqalarnikiga o‘xshamasligiga intilaman. Men oddiy odamlarga hech kimnikiga o‘xshamagan narsalarga egalik qilish imkonini taqdim etishni yoqtiraman”, — deydi rassom ayol.
Stefanining o‘zi tayyorlagan yumshoq o‘yinchoqlar va aksessuarlar sotadigan kompaniyasi bor. Pandemiya munosabati bilan Stefani ham yuz uchun himoya niqoblari yaratishga qaror qildi.
Kompaniya saytida yangi niqoblarning tibbiy litsenziyasi yo‘qligi, biroq ular kasalliklar profilaktikasi va nazorati bo‘yicha markaz yo‘riqnomasi bo‘yicha tayyorlangani yozilgan. Stefani ushbu niqoblarni odatiy tibbiy niqoblar ustidan taqishni maslahat beradi.
“Bu niqob shunchaki chiroy uchun taqiladi”, — deydi Xuk.
Stefani bunday niqoblar tayyorlash uchun u litsenziyalangan paxtali mato, shuningdek, rangni o‘zgartiradigan pigmentdan foydalanadi. Bitta niqobni tayyorlash uchun 17 soat vaqt ketadi. Shuning uchun rassom bunday niqoblarning cheklangan miqdorda tayyorlashni rejalashtirgan.
“Garri Potter” kitobidagi talonchilar xaritasi Xogvartsning sehrli xaritasi bo‘lib, unda istalgan kishining qayerda ekanligi ko‘rinadi. Unda, shuningdek, sehrli qasrdan chiqish hamda qasrni Xogsmid sehrgarlar qishlog‘i bilan bog‘lovchi yo‘llar qayd etilgan.
Gonkonglik olimlar og‘maxonlarda tajriba o‘tkazib, koronavirusdan himoyalanishda niqoblarning samaradorligini isbotladi | 103 | 1,683 |
Ayollar | To‘ladan kelgan ayollarga qanday bichimdagi kostyumlar yarashadi? Aktrisa Yeva Longoriya misolida ko‘rib chiqamiz (foto) | To‘ladan kelgan ayollar jaket tanlashda xatolarga yo‘l qo‘ymasligi uchun quyidagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi.
Aktrisa Yeva Longoriya do‘mboq ayollar sirasiga kiradi. Aynan bu kabi qomat egalariga mos bo‘lgan kiyim tanlash biroz qiyinroq. Masalan, jaketning old qismi juda chuqur o‘yilgan bo‘lib, bu qomatni yanada ko‘proq bo‘rttirib ko‘rsatadi. Yodda tutish kerak, bo‘yin chizig‘i qanchalik chuqur bo‘lsa, ko‘krak qafasini shuncha ko‘proq namoyon qiladi.
Shuningdek, jaketning sig‘imi ham kichkina bo‘lib, u faqat bitta tugma yordamida yopiladi. Shuning uchun ham belda burmalar hosil bo‘lgan. Yengning uzunligi haqida yozmasa ham bo‘ladi, chunki uzaytirilgan yeng bu jaketning bichimiga moslangan. Ammo yuqorida sanab o‘tilgan kamchiliklar bilan birga yeng ham noqulaylik tug‘diradi.
Xo‘sh, shunga o‘xshash qomatdagi ayollar nima qilishi kerak? Birinchidan, tugmachali jaketlarning qomatga mos keladiganini tanlash juda qiyinligini tushunish kerak. Ehtimol, bu tikuvchining mahoratiga ham bog‘liqdir. Ammo tayyor kiyimlarni xarid qilganda, quyida beriladigan ko‘rsatmalarni inobatga olish kerak.
Agar jaket yopishib turadigan bichimda bo‘lsa, unda belning old hamda orqa tomoni ham mukammal mos tushishi kerak. Ko‘pincha buni do‘mboq xonimlar e’tiborsiz qoldirishi mumkin. Lekin burmalar qomatni yanada noaniq qiladi. Shuning uchun ham jaket tanlashda bel qismiga alohida e’tibor qaratish tavsiya etiladi.
Tugma qancha kam bo‘lsa, shuncha yaxshi. Qomat yanada ixcham ko‘rinadi.
Bo‘yin sohasi istalgancha chuqur bo‘lishi mumkin, ammo kengligi me’yorida bo‘lishi kerak. Shundagina qomatning vizual uzunligi namoyon bo‘ladi, ko‘krak qafasi aylanasi unchalik ham sezilmaydi.
To‘ladan kelgan ayollar jaketlarni uzun kiymagani ham yaxshi. Bu bo‘yni past va yanada semiz qilib ko‘rsatishi mumkin. Ammo kalta jaket kiyishni xohlamaydiganlar uning juda uzun modellari bilan bo‘yni vizual tarzda uzaytirishi mumkin.
Ikki kesmali jaketlar qomatni yanada semizroq qilib ko‘rsatadi.
Asosiy sir shundaki, har qanday jaketning tugmalarini bir-biriga o‘tkazmagan holda kiygan ma’qul. Bu qomatdagi kamchiliklarni yashiradi. | 120 | 2,140 |
Ayollar | Atir uzoq turishi uchun vazelin va kosmetikadan pul tejashga yordam beradigan 15 layfxak | Chiroyli ko‘rinishga ega bo‘lish uchun pul sarflash va qimmat kosmetik vositalarni xarid qilishga hojat yo‘q. Uyda bor narsalardan foydalanib, bir oz vaqt sarflashning o‘zi keragidan ortiq ijobiy natija beradi.
Soch gullashiga qarshi kokos yog‘i
Kokos yog‘i soch tolalarini tiklashda samarali hisoblanadi. Tarkibida oqsil bo‘lgani sabab nafaqat soch tolalari, balki bosh terisi uchun ham foydali.
Purkagichli idish yuz uchun kosmetik vosita sifatida
Bo‘sh, purkagichi bor idish ichiga mineral yoki filtrlangan suv va bir choy qoshiq tuz qo‘shib, yuzingizni tozalovchi vosita sifatida foydalaning.
Soch toklanishini nam salfetka bilan bartaraf qiling
Soch toklanishini bartaraf qilishga oddiy nam salfetka yordam beradi. Buning uchun salfetkani soch uzunligi bo‘ylab yurgizing.
Niqob va krem o‘rniga qatiqdan foydalaning
Quyosh nuridan kuygan bo‘lsangiz, smetana yoki qatiq samara beradi, shuningdek, sochga niqob qilishda ham qatiqdan yaxshisi yo‘q. Bunday niqob turmaklanganda shikastlangan soch tolalarining tiklanishiga ham yordam beradi.
Tonik o‘rniga olma sirkasi
Oddiy olma sirkasi yuzdagi yog‘li yaltirashdan qutulishga yordam beradi. Paxtali diskka tomizib, yuzingizni yog‘li qismini arting. Shuningdek, sirkadan soch parvarishida ham foydalanish mumkin.
Makiyaj o‘chiradigan vosita o‘rniga zaytun yog‘idan foydalaning
Makiyajni o‘chirish uchun kosmetik vosita o‘rniga zaytun yog‘idan foydalanish mumkin. Agar suv va yog‘ bilan birga tozalaydigan bo‘lsangiz, yuzingiz nafaqat toza, balki baxmaldek silliq bo‘ladi.
Ko‘z ostidagi halqalarni yo‘q qilishda paketli choydan foydalaning
Choy barglari tarkibidagi kofein ko‘z ostida aks etgan shishlarni ketkazishda samara beradi. Sovuq suvga botirib olingan paketli ko‘k choyni 5-10 daqiqaga ko‘zingiz ostiga qo‘ying.
Skotch yordamida strelka chizish mumkin
Podvodka yordamida strelkani surkab yubormasdan chizishni istaganlar uchun skotch yordam bera oladi. Buning uchun skotchdan kichik bo‘lak kesib ko‘zning tashqi burchagiga yopishtiring va strelkaning tashqi uchini uning cheti bo‘ylab chizing. Faqat kipriklarga ehtiyot bo‘ling.
Tishlarni tozalash uchun sodadan foydalaning
Tish yuvish pastasiga ichimlik sodasini qo‘shib aralashma yordamida tishlaringizni tozalang. Soda choy va qahvadan sarg‘ayib qolgan tishni oqartiradi.
Suli yormasidan vanna
Tarkibida terini namlantirish xususiyatiga ega bo‘lgan yog‘lar bo‘lgani sabab suli yormasidan tayyorlangan vanna foydali hisoblanadi. Buning uchun suv to‘ldirish va unga 200-300 gramm suli yormasi qo‘shish kifoya.
Jigarrang shakardan teri uchun skrab tayyorlang
Jigarrang shakar teri uchun ideal skrab. U teri hujayralarini yangilanishiga yordam beradi. Buning uchun foydalanadigan dush geliga shakar aralashtiring va teriga massaj harakatlari bilan surting.
Atir uzoq turishi uchun vazelindan foydalaning
Atir sepishdan oldin bo‘yin yoki bilak sohasiga vazelin surting. Yog‘langan teriga sepilgan atir ifori uzoq vaqt turadi.
Tish cho‘tkasi va pastasi yordamida tirnoqdagi sarg‘ayishni ketkazing
Tish cho‘tkasi va oqartiradigan pastadan foydalanib tirnoqning sarg‘ayishini ketkazish mumkin. Gap shundaki, pasta tarkibidagi vodorod perioksidi tirnoqdagi dog‘larni ketkazish xususiyatiga ega.
Tish yuvish pastasidan kumush buyumlarni yuvishda foydalaning
Tish yuvish pastasidan, shuningdek, kumush buyumlarni tozalashda ham foydalansa bo‘ladi. Qoraygan kumush uzukni ushbu vosita bilan yuvgandan keyin ijobiy natija darhol ko‘zga tashlanadi.
Qahva va o‘simlik yog‘idan skrab
Qahvaga bir necha tomchi o‘simlik yog‘i tomizib, tanangizga surting. Qahva tarkibidagi kofein selyullitga qarshi kurashishda samara beradi, yog‘ esa terini namlantiradi. | 88 | 3,649 |
Ayollar | Yangi yil dasturxonidagi salomatlikka zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar | Bayram dasturxonidan o‘rin oladigan mahsulotlardan qaysilari salomatlik bilan bog‘liq muammolarga sabab bo‘lishi mumkinligi haqida Marie Claire nashri ma’lumot berib o‘tadi.
Marinadlangan mahsulotlar
Aksariyat hollarda marinad tarkibidan tuz, shakar, ziravor, sirka va vino singari komponentlar o‘rin oladi. Olivye salati, baliq ikrasidan tayyorlangan buterbrod va boshqalar bilan birgalikda marinadlangan mahsulotlar salomatlikka nafaqat ijobiy, balki salbiy ta’sir qilishi mumkin. Bir tarafdan marinad hazm jarayonini jadallashtirsa, boshqa tomondan ishtahani ochadi va ortiqcha ovqatlanish xavfi avtomatik tarzda ko‘payadi. Tarkibida sirka bo‘lmagani sabab esa marinadlangan mahsulotlar o‘rniga tuzlangan mahsulotlar bilan dasturxonni bezash tavsiya qilinadi. Ammo shilliq qavatni zo‘riqtirib, qorinda diskomfort keltirib chiqarishi mumkinligi sabab ham tuzlangan mahsulotlarning iste’moli borasida me’yorni bilish tavsiya qilinadi.
Gazlangan ichimliklar
Bir litr gazlangan ichimlik tarkibida 100 gramm shakar bo‘lishi, uning energetik qiymati esa 400 kkalga teng ekanini bilarmidingiz? Organizmdagi kalsiyni chiqarib yuborish xususiyatiga ega bo‘lgan bo‘yoqlar (krasitel), ta’m kuchaytirgich va ortofosfat kislotasi haqida-ku gapirmasa ham bo‘laveradi. Shu sabab ham gazlangan ichimliklarni kompot va xushbo‘y ta’mga ega choylarga almashtirish tavsiya qilinadi.
Tarkibida mahsulotlar serob bo‘lgan va ustma-ust qilib taxlangan salatlar
Yangi yil dasturxonini olivye va mimoza salatlarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ammo ushbu mazali salatlar turli komponentlar qo‘shiladigan tarkibli yeguliklar qatoriga kirishini inkor bo‘lib bo‘lmaydi va asosiy muammo ham shunda. Gap shundaki, ulardan aksariyati bir-biri bilan umumlashganda hazm qilish qiyinlashadi, mayonez va boshqa souslar bilan esa ushbu jarayon yanada qiyin kechadi. Yog‘siz smetana, yogurt, shuningdek, kaloriyasi ko‘p mahsulotlarni kam kaloriyaliga almashtirish, masalan, kolbasa o‘rniga qaynatilgan go‘sht, tuzlangani o‘rniga oddiy bodring qo‘shish ham ahvolni yengillashtirishi mumkin.
Tort va shirinliklar
Marinadlangan bodring, salat va boshqa yeguliklardan keyin iste’mol qilingan shirinlikni oshqozoningiz yengil hazm qilmasligi aniq. Keks, kremli tort bo‘lagi va shokoladli boshqa shirinliklarda kamida 500 kaloriya bo‘ladi. Aynan shu sabab ham shirinliklar o‘rniga vitaminlarga boy mevalarni iste’mol qilish tavsiya qilinadi.
Tartaletkalar
Tartaletka — kaloriyali xamir va kaloriyali nachinkaning umumlashmasi hisoblanadi. Bayramdan keyin vazn bilan bog‘liq muammodan aziyat chekishni istamasangiz, tartaletka o‘rniga boshqa yegulik iste’mol qilish tavsiya qilinadi.
Mandarin
Aslida, mandarin beta-karotin, kaliy, A vitamini va antioksidantlarning koni hisoblanadi. Ammo bayram kechasi uni me’yordan ortiq yeyish allergiya, jig‘ildon qaynashi va gastrit xurujiga sabab bo‘ladi. Shu sabab ham iste’mol borasida oshirib yubormaslik yoki uning o‘rniga allergiyaga sabab bo‘lmaydigan boshqa mevalarni iste’mol qilish tavsiya etiladi. | 81 | 3,003 |
Ayollar | Nima uchun muzlatkichga issiq taom qo‘yish mumkin emas? | Muzlatkichga issiq taom qo‘yilganda unda o‘zgarish bo‘lishi undagi mexanizm qanday ekanligi bilan bog‘liq.
Agar No frost funksiyasi bilan ta’minlangan bo‘lsa, unda namlik ventilyatsion sistema yordamida chiqarib yuboriladi, harorat qanchaligi esa datchikda aks etadi. Agar haroratning belgilangandan yuqori ekani aniqlansa, kompressor ko‘rsatkichdagi haroratga muvofiq ishlashiga to‘g‘ri keladi. Bunday muzlatkichga issiq taom yoki yegulik qo‘yilganda esa ventilyator ham kompressor ham harorat va namlikka qaramay ishlay oladi. Agar muzlatkich Direct cool, ya’ni muzlatishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, unda ventilyator orqa tomonga o‘rnatilgan bo‘ladi va namlik bilan kurasha olmaydi. Issiq taom qo‘yilganda sistema zo‘r berib ishlaydi va issiqlik to‘g‘ri kelmaganidan muzlatkich ichida muzli “sumalak”lar paydo bo‘la boshlaydi. Oqibatda muzlatkichdagi muzni eritishga to‘g‘ri keladi.
Issiq narsaning muzlatkichga qo‘yilishi nafaqat ventilyator va kompressor, balki elektr energiyani ko‘proq sarflanishi va ehtiyot qismlarning erta ishdan chiqishiga sabab bo‘ladi. Turli harorat sabab shisha polkalar yorilishi, plastik polkalar esa erishi mumkin.
Bundan tashqari, muzlatkich eshigiga o‘rnatilgan rezinalarda deformatsiya kuzatilishi bu esa muzlatkich ichidagi sovuq haroratning tashqariga chiqib ketishi va yaxshi muzlatmasligiga sabab bo‘lishi mumkin. Maromida bo‘lmagan harorat muzlatkich ichidagi idishlarda ham o‘z aksini ko‘rsatadi, ularda yoriq paydo bo‘lishi yoki darz ketishi mumkin. Agar muzlatkichingizning Hot box funksiyasi bo‘lsagina unga issiq taomlarni qo‘yishishingiz mumkin, boshqa hollarda esa tavsiya qilinmaydi. Bunday modeldagi muzlatkich issiq taomni sovitishi mumkin, lekin aksariyat muzlatkichlar mahsulot va yeguliklarni barra holda saqlashga mo‘ljallangan. | 55 | 1,781 |
Ayollar | Jorjio Armani pandemiya moda dunyosini qay darajada o‘zgartirishi haqida ochiq xat yozdi | Dizayner Jorjio Armani WWD nashri uchun pandemiyaning moda olamiga ta’siri haqidagi fikrlarni o‘z ichiga olgan ochiq xat yozdi, deb xabar beradi Harper’s Bazaar.
Ushbu xatda kiyim-kechakni keng miqyosda ishlab chiqarish o‘zini oqlamasligi, shuningdek, ishlab chiqarishning mavsum bo‘yicha taqsimlanishi ob-havoga to‘g‘ri kelmasligi aytilgan.
Aslida dizayner bu kabi fikrlarni birinchi marta aytayotgani yo‘q, u ko‘p yillardan buyon matbuot anjumanlarida shu mazmundagi mulohazalarni ta’kidlagan, biroq boshqalar bunga e’tibor bermagan.
Koronavirus infeksiyasi sabab vujudga kelgan vaziyatda esa ko‘pchilik moda sanoatida ishlab chiqarishning mavjud tezligini sekinlashtirish kerak, degan xulosaga keldi. Vaqtinchalik yoki o‘tkinchi bo‘lmagan moda dizaynerlar faoliyatiga chinakam qiymatni qaytarishga imkon yaratadi.
Moda sanoati koronavirusga qarshi kurashda qanday yordam beryapti?
Armanining tez urfdan qoladigan narsalar sanoatning lyuks segmentiga kirib kelganidan keyin moda olamida inqiroz yuzaga kela boshlaganiga, shu bilan birga, bu kabi tovarlar odamlarni yanada ko‘p xaridga undashiga ishonchi komil. Dizaynerning fikricha, haqiqiy lyuks brendlar hamisha trendda bo‘lib qolishi, ularning asl qiymati tushunilishi uchun esa vaqt kerak.
“Hashamat vaqtinchalik bo‘lishi mumkin emas. Shaxsan men do‘kon peshtaxtasida 3 hafta turganidan keyin olib tashlanadigan, uning o‘rnini esa undan hech qancha farqi bo‘lmagan boshqa bir model egallaydigan kostyum yoki libos taqdim qilishdan ma’no ko‘rmayman”, — deb yozadi Armani.
Shuningdek, Jorjio brendlar va ularni xarid qiladigan mijozlarni mantiqsiz pul sarflashlarini bas qilishga chaqirgan.
“Biz ayni vaqtda boshdan kechirayotgan, notinch bo‘lgan vaziyat bugunga qadar nimalar noto‘g‘ri qilingani va ularni o‘zgartirish uchun nimalar qilinishi kerakligi haqida o‘ylash uchun ulkan imkoniyat”, — deydi Armani. | 88 | 1,869 |
Ayollar | Uy tozalashda ko‘pchilik ayollar yo‘l qo‘yadigan xatolar | Eski odatlarni o‘zgartirish va yangi usulda tozalashni o‘rganish vaqti keldi. “Noviy ochag” nashri uyni tozalashda yo‘l qo‘yiladigan xatolarni sanab o‘tdi.
Barcha xonalar uchun bitta matodan foydalanish
Mato doimo har xil yuvish vositalari bilan aloqa qilishiga qaramay, uning yuzasida bakteriya, zamburug‘ va parazitlar saqlanib qolishi mumkin. Xuddi shu tozalovchi mato yordamida ularni xonadan xonaga olib yuriladi. Agar u bilan oshxona, so‘ngra bolalar xonasi tozalansa, bu juda xavflidir. Buning oldini olish uchun turli rangdagi mikrofiber matolaridan foydalanish tavsiya etiladi. Ularni har bir xona uchun ajratib, tozalash ishni osonlashtiradi, shuningdek, tug‘ilajak muammolarning oldi olinadi.
Chang tozalaydigan vosita — pipidastrdan foydalanish
Ushbu changni tozalash vositasi uzoq vaqt davomida samarasiz deb hisoblangan. Ishlab chiqaruvchilarning ishontirishlaridan farqli o‘laroq, ular faqat changning tarqalishiga yordam beradi. Changga qarshi kurashda nam tozalashdan ko‘ra yaxshiroq vositalar hali ixtiro qilinmagan. Sirtni suv yoki tozalash vositasi bilan namlangan mikrofiber mato yordamida artib olish va ortiqcha namlikni yumshoq qog‘oz sochiq bilan quritish mumkin.
Changyutkich filtrlarini tozalashni unutish
Filtr chang va kir bilan to‘lganligi sababli changyutkichning tozalash quvvati pasayishni boshlaydi. Bundan tashqari, chang zarralarini orqadan chiqarishi mumkin, bu esa kvartiradagi havoni yanada yomonlashtiradi. Shuning uchun har bir tozalashdan keyin changyutkichning chang to‘playdigan idishlari va qoplarni bo‘shatish kerak. Qurilma elektr tarmog‘idan uzilganidan so‘ng korpus, trubka va boshqa jihozlarini nam mato bilan artib olish tavsiya etiladi.
Barcha oshxona anjomlarini idish yuvish mashinasida yuvish
Ba’zi jihozlarni, masalan, sarimsoq maydalagich, blender yoki qirg‘ichni idish yuvish mashinasiga qo‘ymaslik kerak. Texnika har doim ham tiqilib qolgan oziq-ovqat zarralarini yuvishga qodir emas. Agar ular tozalanmasa, keyingi foydalanishda ular oziq-ovqatga aralashib, zaharlanishiga olib kelishi mumkin. Iloji boricha oshxona jihozlarini qo‘llar bilan yuvish va darhol quritib qo‘yish tavsiya etiladi.
Oshxona rakovinasini idish-tovoq gubkasi bilan tozalash
Gubka oshxonadagi eng nopok narsalardan biridir. Unda bakteriyalar to‘planadi, ayniqsa uni o‘z vaqtida dezinfektsiyalash va yangilash unutilsa. Aynan u bilan oshxona rakovinasini tozalash bu vaziyatni yanada yomonlashtiradi. Rakovinani yuvish uchun alohida gubka yoki matodan foydalanish lozim. Qolaversa, uni muntazam ravishda dezinfeksiyali eritmalarda yuvishni unutmaslik juda ham muhim.
Uy tozalashni poldan boshlash
Agar avval pol artilib, keyin stol va shkafdagi chang tozalansa, ehtimol bu ishni ikki baravarga qiyinlashtiradi. Chunki yuqoridan tushgan changlar yana polda to‘planadi va ularni yana qayta tozalashga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun tozalashni har doim yuqoridan pastga qarab boshlash kerak. Deraza, tokchalar va mebellarni artib olish, divan va kreslolarni tozalash, shundan keyingina pollarni artish mumkin.
Kir yuvish mashinasini hech qachon tozalamaslik
Nopok kiyimlar bilan birga, o‘lik teri hujayralari, chang ham mashina ichiga o‘rnashadi. Ular eshikka, quvur va filtrga joylashadi. Vaqt o‘tishi bilan mashinaning ichki qismlari shunchalik kir bo‘lib qoladiki, keyinchalik bu kiyimlarda yoqimsiz hid kelishiga olib keladi. Vaqti-vaqti bilan kir yuvish mashinasini tozalab turish uni uzoq muddat muammosiz xizmat qilishiga yordam beradi.
Taxtakachni idish yuvish suyuqligi bilan tozalash
Idish yuvish vositasi va issiq suv faqat ko‘rinadigan oziq-ovqat qoldiqlarini olib tashlaydi. Ammo uning zarralari ancha chuqurroqda ham bo‘lishi mumkin. U yerda ular chirib, patogen bakteriyalar rivojlanishi uchun qulay muhit yaratadi. Shuning uchun yog‘och va plastik taxtakachlarni vodorod periks qo‘shilgan suvda namlash (0,5 l suv uchun 2 choy qoshiq), keyin toza suvda yaxshilab yuvib tashlab, quritish tavsiya etiladi. | 56 | 3,948 |
Ayollar | Qo‘pol tanqidga qanday javob berish kerak? | Ba’zi odamlar bilan mulohazali suhbat qilishning imkoni bo‘lmaydi. Vaziyat javoban aytiladigan haqoratlargacha yetib bormasligi uchun, quyidagi maslahatlardan foydalaning.
Agar siz taqdimot yoki ma’ruza bilan chiqmoqchi bo‘lsangiz, qaysi bandlar tanqidga sabab bo‘lishi mumkinligi haqida o‘ylab ko‘ring. Balki sizga avval ham shunga o‘xshash tanbehlar berishgandir. Nima deb aytishni oldindan o‘ylang. Tayyor javobingiz bo‘lsa, yoqimsiz so‘zlarga munosabat bildirishingiz osonroq bo‘ladi.
Achchiqlanmang va shoshilib javob qaytarmang. Piyolaga suv quying, fikringizni to‘plang, kerakli so‘zlarni tanlab oling.
Jobs o‘zining bir ma’ruzasi vaqtida aytilgan tanqidga javob qaytarishda shunday iboradan boshlagan edi: “Biron narsani o‘zgartirishga urinayotganingda, eng qiyin to‘siqlardan biri hisoblanuvchilar – shu savolni beruvchi odamlar, ba’zi jihatdan haqdirlar”. U o‘z javobini yumshatdi, va bir qarashda xuddi u opponentning fikriga qo‘shilayotgandek ko‘rindi, lekin keyingi so‘zlaridan bu unday emasligi ma’lum bo‘ldi.
Har doim, hatto agar siz suhbatdoshingiz fikriga mutlaqo qarshi bo‘lsangiz ham, javob berishni samimiylik bilan boshlang.
Siz o‘zingizning eng katta muxlisingiz bo‘lishingiz kerak. Ayniqsa boshlanishida, siz faqat o‘zingizga va jamoangizga suyanishingiz mumkin. O‘z xatolaringizni tan oling, ulardan qanday xulosalar chiqarganingiz haqida aytib bering, lekin oxirida, siz va sizning jamoangiz ko‘p ishlayotgani, nima uchun siz qo‘llab-quvvatlashga loyiq ekanligingiz haqida albatta eslatib o‘ting.
Odamlar mashaqqatli mehnatni qadrlashga odatlangan, shuning uchun bu haqda eslatish bilan, siz tinglovchilarni o‘zingizga jalb qilasiz.
Manba: Trendymen | 42 | 1,675 |
Ayollar | Kompyuterda sog‘lom ishlash uchun 12 maslahat | Ko‘pchilik kun davomida kompyuterda ishlaydi va albatta bel og‘riqlari, ko‘zlarning qizarib achishish holatlarini boshidan kechiradi. Biz sizga qanday qilib bunday holatlarning oldini olish mumkinligi haqida aytmoqchimiz.
1. Agar siz noutbukda ikki soatdan ko‘proq vaqt ishlaydigan bo‘lsangiz, unda noutbuk uchun maxsus taglikdan foydalaning.
2. Ekran va ko‘zlaringiz orasidagi masofa 50 sm dan kam bo‘lmasligi kerak.
3. Ekranni shunday joylashtiringki, uning yuqori qismi sizning ko‘zlaringiz bilan bir xil balandlikda bo‘lsin.
4. Ekranni derazadan tushadigan shu’lalar yoki yorug‘lik ko‘zlaringizga xalal bermaydigan qilib joylashtiring.
5. Ekranni 10—20 daraja orqaga buring. Bu ko‘zlaringiz uchun qulayroq bo‘ladi.
6. Klaviatura tirsaklaringiz bilan bir xil balandlikda joylashgan bo‘lishi kerak.
7. Klaviaturani 10 daraja orqaga buring. Shunda harflarni terishda qo‘llaringizga qulayroq bo‘ladi.
8. Rostlanadigan kreslo yoki stuldan foydalaning.
9. Vaqti-vaqti bilan nigohingizni uzoqlarga qaratish orqali ko‘zlaringizga dam bering.
10. Vaqti-vaqti bilan o‘rningizdan turing, orqa va qo‘l mushaklarini tortadigan mashqlar bajaring.
11. Siz qarayotgan faoliyat predmeti (bu monitor bo‘ladimi yoki kitobmi) qarshingizda joylashgan bo‘lishi kerak. Bu boshni doimiy ravishda burilishdan saqlashga yordam beradi.
12. Ish joyingiz siz uchun qulay tarzda moslashtirilgan bo‘lsa ham tanangiz uzoq vaqt bir joyda va bir xil holatda bo‘lgani uchun baribir charchashi haqida unutmaslik kerak. Shuning uchun vaqti-vaqti bilan ekran, klaviatura va kresloning holatlarini o‘zgartirib turing.
Sog‘lig‘ingizni asrang! | 45 | 1,608 |
Ayollar | Televizorni qanday qilib unga zarar bermasdan to‘g‘ri tozalash mumkin? | Televizorni noto‘g‘ri tozalash ekranga va hatto qurilmaga zarar yetkazishi mumkin. “Noviy ochag” nashri televizor, uning ekrani va masofadan boshqarish pultini qanday tozalash kerakligini batafsil tushuntirib o‘tdi.
Televizor changini muntazam ravishda artib turish kerak — bu tasvirni tiniq saqlashda hamda uy egalarining salomatligini himoya qilish uchun zarur. Ammo noto‘g‘ri tozalash vositalaridan foydalanilsa, ekranning himoya qatlamiga yoki televizorning o‘ziga zarar yetkazish mumkin.
Televizorni qanday tozalash kerak?
Qaysi televizor modelidan foydalanishdan qat’i nazar, ular uchun quruq mikrofiber mato sotib olish tavsiya etiladi. Bu aynan ko‘zoynak, mobil telefon va kamera linzalaridagi dog‘larni tozalash uchun ishlatadigan mato. Hajmiga kelsak, katta salfetkalarga ustunlik berishni tavsiya etiladi.
Plazma televizorlarning ekranlarini qanday tozalash kerak?
Ushbu turdagi televizorlarning ekranlari juda nozik va sezgir bo‘lib, ularni nam va undan ham ho‘lroq mato bilan artib tashlash qat’iyan tavsiya etilmaydi — qoplama shikastlanishi mumkin. Televizorni tozalashdan avval uni o‘chirishni unutmaslik kerak.
Qanday tozalash kerak?
Televizor yumshoq, quruq mikrofiber mato bilan artib olinadi. Agar ekranda quruq latta olib tashlay olmaydigan dog‘lar bo‘lsa, uni tozalash uchun maxsus nam latta kerak bo‘ladi. Havo teshiklaridagi chang, televizorning tugmalari va uchun mikrofiber mato yoki oddiy matodan foydalanish mumkin.
Juda muhim
Plazma ekranlar, garchi shishadan qilingan bo‘lsa-da, an’anaviy tozalash vositalari bilan zararlanish ehtimoli bo‘lgan qoplamaga ega. LED LCD televizorlari va OLED televizorlarini tozalash uchun xuddi shunday usullaridan foydalangan yaxshiroq.
Lampali televizorlarni qanday tozalash kerak?
Agar siz hali ham avvallari ishlab chiqarilgan lampali televizordan foydalansangiz, uning ekranini tozalash tozalash ancha oson.
Buning uchun kerak bo‘ladi
Mikrofiber mato, oynani tozalash uchun sprey.
Qanday tozalash kerak?
Biroz suv yoki har qanday oyna tozalash spreyi bilan namlangan mikrofiber mato bilan artib olinadi. Yopishqoq dog‘larni mato bilan ishqalanib, sirt yana quruq mato bilan quritiladi.
Juda muhim
Hech qachon tozalash vositasini to‘g‘ridan to‘g‘ri ekranga sepib bo‘lmaydi. Bunday qilish minigarnituraga, shuningdek, televizor atrofidagi mebellarga zarar yetkazishi mumkin.
Televizor ekranidagi chiziqlardan qochishga yordam beradigan bir necha oddiy qoidalar.
Televizor dinamiklarini qanday tozalash kerak?
Agar televizor karnaylaridan chiqayotgan ovoz bo‘g‘iq bo‘lsa, ularni tozalash vaqti kelgan. Agar karnay qopqoqlari ajraladigan bo‘lsa, ularni olib tashlab tozalash kerak. Unga yopishib qolgan changlarni changyutkich bilan tozalash tavsiya etiladi. Qopqoqlarni olishning imkoni bo‘lmasa, ularni old tomondan changyutgich bilan yaxshilab tozalang.
Masofadan boshqariladigan pultni qanday tozalash kerak?
Televizor pultini nafaqat uning yaxshi ishlashi, balki mikroblar tarqalishining oldini olish uchun ham muntazam tozalab turish kerak. Bu, ayniqsa, yuqumli kasalliklar davrida juda muhim ahamiyatga ega.
Qanday tozalash kerak
Avval pult batareyalari chiqarib olinadi, so‘ngra qopqog‘i yopiladi. Pultni namlangan dezinfeksiyali salfetka bilan ikki tomoni artiladi. Tugmalar va ularning atrofidagi joylarga alohida e’tibor berish kerak. Masofadan boshqarish pulti havoda qurishi kerak, keyin batareyalari joylanadi.
Televizorga qanday g‘amxo‘rlik qilish kerak? | 70 | 3,432 |
Ayollar | Paltolarni to‘g‘ri saqlash bo‘yicha 5 ta oddiy maslahat (foto) | Sifatli hamda urfga mos palto tanlash aslida qiyin. Keyinchalik ularni to‘g‘ri saqlay olish ham muhim masalalardan biri hisoblanadi. Paltolarni hamisha yangi va yaxshi ko‘rinishda saqlab qolish uchun quyidagi oddiygina 5 ta maslahat foydali bo‘lishi mumkin.
Kuchli qor va yomg‘irdan so‘ng paltolar ham ho‘l bo‘lishi tabiiy. Uni quritish uchun esa biroz osib qo‘yish kifoya. Agarda namlik o‘ta yuqori darajada bo‘lsa, namlikni yutadigan qog‘oz sochiqlar ustiga qo‘yib chiqib, so‘ngra osib qo‘yish kerak.
Paltoga qahva yoki boshqa bir suyuqlik to‘kilib ketsa, o‘sha zahoti uni tozalash kerak. Buning eng yaxshi usuli esa kimyoviy tozalash xizmatlariga murojaat qilish. Unga qadar sovunli suv bilan ham tozalash mumkin. Lekin bu unchalik ham samara bermaydi. Aralashma to‘g‘ridan to‘g‘ri zararlangan joyda qo‘llanilishi kerak. Shundan so‘ng changdan tozalaydigan uskunada tozalash zarur. Agar palto matosi juda tez chang tortsa, unda yopishqoq yuzaga ega cho‘tka yordam beradi.
Palto yuzasida muntazam ishqalanish uning matosida dumaloq to‘pchalar paydo bo‘lishiga yoki sitilishiga ham olib keladi. Kichkina dumaloq mato to‘pchalarini tozalovchi maxsus qurilma mavjud bo‘lib, undan foydalanish paltoni yana avvalgi holatiga qaytaradi. Shuningdek, qaychidan ham foydalanish mumkin, ammo bu biroz ko‘p vaqtni oladi va to‘satdan palto matosiga zarar yetkazish ehtimoli ham mavjud.
Jun matoli palto deyarli g‘ijim bo‘lmaydi. Agarda unda qandaydir burmalar hosil bo‘lsa, namlik yuqori bo‘lgan xonaga ilib qo‘yish zarur. Masalan, hammomda kun davomida namlik yuqori bo‘lsa, u yerga ilish tavsiya etiladi.
Jun matoli paltolarni dazmollash mumkin, faqatgina doka bilan. Agar palto ustida chiziqlar paydo bo‘lsa, uni paxta bilan artish yoki dazmol bug‘ida ushlab turish mumkin. | 62 | 1,770 |
Ayollar | Kiyimlarni qancha muddatda yuvish kerak: bilib qo‘yish muhim bo‘lgan qoidalar | Har bir ayolning garderobida boshqalariga qaraganda kamroq yoki tez-tez yuviladigan kiyimlar bor. Biroq ularning turiga qarab kiyimlarni qancha muddatda yuvish kerakligini qanday bilish mumkin? Albatta, har bir narsaning o‘ziga xos “muddati” bor, shunga ko‘ra yuvish ularni tezda eskirib ketishining oldini oladi, deb yozadi “Glavred”.
Djinsilar
Djinsilar unchalik tez kir bo‘lmaydi, shuning uchun ularni har ikki haftada bir marta yuvish tavsiya etiladi. Shu bilan birga, ular deyarli sovuq suvda va konditsionersiz yuvishga arziydi. Agar ularni tez-tez mashinaga tashlasangiz, shunchaki cho‘zilib ketishi mumkin. Ammo bu qoida bolalar shimlariga taalluqli emas — ularni tez-tez yuvish kerak, chunki bola kiyimini juda tez kir qilishi mumkin.
Koftalar
Koftalarni qancha muddatda yuvish uning materialiga bog‘liq. Agar kofta ipak, kashmir yoki paxtadan tikilgan bo‘lsa, ikki marta kiyilganidan keyin yuvish mumkin. Biroq jun yoki sintetika koftalarni besh marta kiyingandan keyin mashinaga tashlash tavsiya etiladi.
Chaqaloq kiyimlari
Ular har kuni yuvilishi kerak. Axir bola kiyimining yengini og‘ziga solishi mumkin, agar u yetarli darajada toza bo‘lmasa, turli xil mikroblar og‘iz bo‘shlig‘i orqali bolaning ichiga kirib boradi.
Pijama
Odamlar uxlayotganlarida terlashga moyil bo‘lganligi sababli pijama har uch kunda yuvilgani yaxshiroq. Agar terlash juda kuchli bo‘lsa, har kuni yuvish tavsiya etiladi.
Choyshablar
Choyshabni haftada bir marta yuvish mumkin. Muhim qoidalarga rioya qilish kerak, buning uchun eng maqbul kir yuvish kukuni va konditsionerni tanlab, kamida 60 daraja harorat suvda yuvish lozim.
Yostiq va ko‘rpalar
Yostiq va ko‘rpalarni har uch oyda yuvish tavsiya etiladi. Agar uyda yuvishning iloji bo‘lmasa, maxsus kimyoviy tozalashga berish mumkin. Biroq bu masalani e’tiborsiz qoldirmaslik kerak, chunki allergiyaga olib keladigan infeksiyalar yostiq ichida to‘planishi mumkin.
Sochiqlar
Sochiq uch marta ishlatilgandan keyin yuvish tavsiya etiladi. Bundan tashqari, sochiqlar hammom kabi qorong‘i, nam xonada emas, balki ochiq quyoshda quritilishi kerak.
Paypoq va kolgotkalar
Bular har safar kiyilganda yuvilishi kerak. Vizual ravishda ular toza ko‘rinsa ham yuvishni unutmaslik lozim.
Svitshot va xudilar
Olti yoki yetti marta kiyilgandan keyin ularni yuvish kifoya qiladi. Chunki ular tanaga tegmaydi, odatda ularning ostidan futbolka kiyiladi.
Shim va yubkalar
Agar ko‘zga tashlanadigan dog‘i bo‘lmasa, ushbu kiyimlarni 6-7 marta kiyilganidan so‘ng yuvish mumkin.
Ko‘ylak va bluzkalar
Ikki yoki uch marta kiyilgandan keyin ularni yuvish kifoya qiladi. Yoz oylarida ko‘p terlash natijasida bir marta kiyilganidan keyin yuvish tavsiya etiladi. | 77 | 2,672 |
Ayollar | Uy bekalariga taomni tezroq tayyorlashda yordam beradigan 10 ta layfxak | Har kuni mazali va turfa xil taom tayyorlash bekajonlarning eng birinchi vazifasidir. Chunki oila a’zolarini nonushta, tushlik va kechki ovqatsiz qoldirib bo‘lmaydi. Bekajonlarga yordam tariqasida tezroq hamda taomlarni oson pishirishda qo‘l keladigan layfxaklarni taqdim etamiz.
Makaronni tovada pishiring
Makaron mahsulotini pishirish uchun uzoq vaqt suv qaynatib o‘tirish shart emas. Shunchaki tovaga sovuq suv quyiladi hamda makaron mahsulotidan keraklicha qo‘shiladi. Mahsulot boshqa idishdagiga nisbatan tezroq pishadi va bir-biriga yopishib ketmaydi.
Don va dukkakli mahsulotlarni ivitish
Donli va dukkakli mahsulotlarni ivitish orqali ularning tarkibidagi tanada so‘rilmaydigan fitin kislotasidan xalos bo‘lish mumkin. Shuningdek, suvga bo‘ktirilgan mahsulotlar tez pishishi bilan yanada vaqtni tejaydi.
Ortiqchasini muzlatish mumkin
Juda ko‘p pishirib yuborilgan mahsulotlarni muzxonada saqlash mumkin. Keyinchalik hafta davomida oz-ozdan ishlatishga qulay bo‘ladi va bu orqali taom tezroq tayyorlanadi.
Sabzavot va mevalarni muzlatib qo‘ying
Har qanday taom uchun tayyorlangan sabzavotlarni maxsus idishlarga solib muzlatib qo‘yish mumkin. Keyingi safar ularni tozalab va to‘g‘rab o‘tirish uchun vaqt ketmaydi. Shuningdek, mevalar ham sifatini o‘zgartirmasligi uchun muzlatib qo‘yish tavsiya etiladi.
Taomga sarimsoqni oxirida qo‘shing
Oldindan tozalangan sarimsoqni taomga oxirida qo‘shish tavsiya etiladi. Chunki taomni qovurish vaqtida qo‘shilgan sarimsoq unga achchiq maza berish mumkin. Shuningdek, sarimsoq tarkibida allin va enzim fermentlari mavjud bo‘lib, ular foydali allitsin birikmasini hosil qiladi. Sarimsoq tozalanganmaguncha fermentlar bir-birdan ajralib turadi. Shuning uchun ularni ertaroq tozalagan ma’qul.
Go‘shtni metall idishda muzlating
Go‘sht mahsulotlarini muzdan eritish uchun ko‘pchilik mikroto‘lqinli pechdan foydalanadi. Shuning uchun ularni muzlatishda metall idishdan foydalanish yaxshiroq. Sababi metall chinni yoki keramikaga qaraganda tezroq qiziydi va mahsulotni eritishda kam vaqt talab etadi.
Zanjabilning “yoshi”ni tanlang
Zanjabil ta’mini yoqtiruvchilar ularni tozalashni xohlamasa, iloji boricha “yoshi”ni tanlashi kerak. “Yosh” ildizni shunchaki qirg‘ichdan o‘tkazish ham oson.
Achchiq garmdorini muzlatib qo‘ying
Odatda garmdori butunligicha taomga solinadi hamda u shundayligicha qoladi. Ularni isrof qilmaslik uchun maxsus idishga solib, muzlatib qo‘yish mumkin. Keyingi safar taom uchun yana ishlatish samara beradi.
Sabzavotlarni tozalamang
Sho‘rva yoki ragu uchun sabzavotlar po‘stini qalin tozalash shart emas. Shunchaki yaxshilab yuvilib, yupqa po‘stini olish kerak. Shunda ular o‘zida ko‘proq foydali moddalarni saqlab qoladi.
Tuxum sarig‘ini oqidan ichimlik idishi yordamida ajrating
Turli xil shirinliklar tayyorlashda tuxum sarig‘ini oqidan ajratishga to‘g‘ri keladi. Buning uchun shunchaki toza ichimlik idishi kerak bo‘ladi. Chaqilgan tuxum ustiga ichimlik idishini keltirib, uni bir bora siqib olish kerak. Jarayon bor-yo‘g‘i ikki soniyani talab etadi va tuxum sarig‘i ajralib chiqadi. | 71 | 3,064 |
Ayollar | Ko‘p vaqt sarflamaysiz: muzlatkichni tez va oson tozalash bo‘yicha layfxak | Muzlatkich tez ifloslangan jihozlardan biri hisoblanadi. Shu bilan birga, katta muzlatkich kamerasini tozalash oson va tez bitadigan ish emas. Quyida muzlatkichni ko‘p energiya va vaqt sarflamasdan tozalashga yordam beradigan tavsiyalar beramiz.
Birinchi qadam: javonlar va tortmalarni yuving
Avvalo, muzlatkichning javon, panjara va tortmalarini olib tashlang va qo‘l bilan yuving. Yumshoq mato bilan issiq suvda yuvgan ma’qul. Agar yuvilishi qiyin bo‘lgan oziq-ovqat qoldiqlari qutilarning devorlarida qolsa, ustiga iliq suv bilan namlangan qog‘oz sochiqlarni qo‘ying va bir muddat turing. Keyin gubka yoki cho‘tka bilan tozalang.
Ikkinchi qadam: kameraning ichini tozalang
Sovutkich kamerasini tozalash uchun sodali suv tayyorlang. Shimgich yoki matoni namlab, muzlatkichning ichki qismini artib oling. Ish so‘ngida kamerani qog‘oz sochiq bilan artib quriting.
Uchinchi qadam: hidlardan xalos bo‘ling
Osh sodasi muzlatkichdagi yomon hidlardan xalos bo‘lishga yordam beradi. Kamerani o‘chirgandan so‘ng, pastki javonga soda solingan idishni qo‘ying. Soda barcha hidlarni o‘ziga singdirgandan keyin uni olib tashlash mumkin.
To‘rtinchi qadam: muzlatkichning tashqi qismini tozalang
Sovutkichning tashqi qismini tozalash vositasi bilan namlangan mato bilan artib, kir to‘planishga moyil bo‘lgan shkaf tutqichlariga e’tiborli bo‘ling.
Zanglamaydigan po‘latdan yasalgan muzlatkichni tozalash biroz boshqacha. Uni ikkita mikrofibra mato bilan artib olish kerak: avval nam, keyin quruq. Agar doimiy dog‘lar bo‘lsa, nam lattaga bir necha tomchi spirt qo‘shing.
Beshinchi qadam: profilaktika
Sovutkichni uzoqroq vaqt davomida toza saqlashga yordam beradigan bir nechta qoidalar mavjud. Avvalo biron bir mahsulot yomonlasha boshlaganini sezsangiz, darhol uni tashlab yuboring. Idish yoki tortmalarda dog‘lar paydo bo‘lsa, ularni soda eritmasiga namlangan salfetka bilan artib olish kerak. Osh sodasi mog‘orni yengishga ham yordam beradi: bir osh qoshiq kukunni bir litr iliq suv bilan aralashtirib, mog‘orlangan yuzani arting. Keyin quruq mato bilan yaxshilab quriting. | 74 | 2,067 |
Ayollar | Qosh laminatsiyasi qanday qilinadi va nima uchun kerak? Mutaxassis javob beradi | Ushbu protsedura bundan bir necha yil avval paydo bo‘lganiga qaramay, grafik qoshlar urfda bo‘lgani sabab keng tarqalmagan. Lifting, qosh laminatsiyasi va biozavivka — bularning bari bir protsedur hisoblanadi va jarayonda qosh tolalari bir boshqa tomonga qarab yo‘naltiriladi. Kollogenirovaniye esa qoshni oqsil bilan qayta tiklaydigan qo‘shimcha protsedura hisoblanadi. Brovist va vizajist Nadya Nejinka ushbu protsedura va uning amalga oshirish jarayoni haqida ma’lumot beradi.
Mikrobleyding bilan farqi nima?
Mikrobleyding tatuajning bir turi hisoblanadi va jarayonda terida kichik tilinishlar kuzatilishi mumkin bo‘ladi. Laminirovka esa faqat qosh tolalari bilan amalga oshiriladi. Qosh tolalari yetarli bo‘lmagan, shakl va yo‘nalish berishga qiynaladiganlar uchun laminirovka ayni muddao. Hammaga birdek mos tushadigan ushbu protseduradan qosh sohasida yallig‘lanish bor bo‘lganlarga, homilador va yaqinda ona bo‘lganlarga va antibiotik qabul qiladiganlarga tavsiya qilinmaydi. Qolaversa, qosh tolasi ingichka bo‘lgan ayol va qizlar ham master tanlashda yanglishmasligi ehtiyot bo‘lishi kerak.
Jarayon qanday amalga oshiriladi?
1,5 soat davom etadigan protsedura uch va qo‘shimcha ikki bosqichda davom etadi. Birinchi va asosiy bosqichda asosi tioglikolevaya kislota bo‘lgan, qosh tolasini yumshoq va yo‘naltirish oson qilishga yordam beradigan aralashma surtiladi. Ikkinchi bosqichda esa birinchi ta’sirni biroz kamaytiradigan va qosh teshiklarini oz-moz qoplaydigan asos surtiladi. Mazkur ikki bosqichdan keyin qosh bo‘yaladi, tarkibida oziqlantiruvchi yog‘ bo‘lgan asos surtish orqali jarayonga yakun yasaladi. Mijozning xohishiga qarab, qo‘shimcha kollogenli va botoksli protsedura amalga oshiriladi.
Qanday samara beradi?
Protsedurani qancha muddatda o‘tkazgan yaxshi?
2 oyda 1 martadan ko‘proq o‘tkazish tavsiya qilinmaydi. Istalgan komponentning allergiya keltirib chiqarish xavfi mavjud. Qolaversa, tolalar to‘kilishi va ularni qaytadan o‘sishini kutishga to‘g‘ri kelish mumkin. | 79 | 1,992 |
Ayollar | Anorni tez va sachratmasdan tozalashning 3 usuli | Anor yegingiz kelsa-yu, lekin oshxonani uning qip-qizil yoqutdek tomchilaridan tozalash sizga yoqmayotgan bo‘lsa, nima qilish kerak?
Anorning tepasidagi po‘stini donalarini shikastlamasdan ehtiyotlik bilan kesing. Aylanasiga kesik qilib “tojini” olish, keyin esa ortiqcha qoplamalarini qo‘l bilan olib tashlash mumkin.
Po‘chog‘ini oq to‘siqchalari bo‘ylab yuqoridan pastga tomon kesing.
Shoshilmasdan anorni oching.
Keyin anor donalarini barmoqlaringiz bilan olishingiz mumkin. Agar siz mevalarni bayram dasturxoniga chiroyli qilib tortishni xohlasangiz, oq qobiqchalarni butunlay olib tashlang va “yaproqlar”ni oxirigacha bir tekis qilib oching.
Anorni ikki bo‘lak qilib kesing.
Bir bo‘lagini po‘stini yuqoriga qilib, idish ustida ushlang va hamma donalari idish ichiga to‘kilmaguncha ustiga qoshiq bilan o‘ring. Anorni ushlab turgan qo‘lingiz qancha pastroq bo‘lsa, anor sharbatining stol ustiga tushish ehtimoli shuncha kamroq bo‘ladi.
Bu usul anor donalarini butun olishga va oshxonani iflos qilmaslikka imkon beradi, lekin oldingi ikki usulga qaraganda biroz ko‘proq vaqt oladi.
Birinchi usuldagi kabi anorning “tojini” olib tashlang. Chuqur idishga suv quying. Uning ichiga mevani soling va uni bir necha qismlarga bo‘ling. Keyin suvning ichida anorning donalarini ajratib oling.
Bu jarayonni ikki usul bilan tamomlash mumkin. Suvning ichidagi po‘choqlarni olib tashlaysiz va keyin suyuqlikdan anor donalarini suzib olasiz. Yoki idishning ichidagilarni durshlag orqali o‘tkazasiz, keyin esa chiqindilardan tozalaysiz.
Manba: “Xitrosti jizni” | 48 | 1,551 |
Ayollar | Bolalarning aqliy rivojlanishida baliqning ahamiyati | Odatda bolalarga tarkibida miyaga foydali hisoblangan ko‘p miqdorda fosfor bo‘lgani uchun baliq yeyishni tavsiya qilishadi. Lekin tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, miya faoliyatining rivojlanishiga baliq tarkibidagi Omega-3 yog‘ kislotalari, aniqrog‘i DGK kislotasi bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Asab hujayralarining 20 foizi aynan shu kislotalardan iborat.
Kislotalar asab hujayralarining o‘zaro xabar yetkazish jarayonida jiddiy rol o‘ynaydi va ularning kamayishi natijasida bu jarayon sekinlashadi. Bularning barchasi aql-idrok uchun juda muhimdir.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ko‘pincha Omega-3 kislotasi yetishmagan 7 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘qishni yaxshi o‘zlashtirolmasligi ma’lum bo‘ldi. Aynan shu yoshda miya tuzilishi shakllana boshlagani uchun aqliy faoliyat uchun zarur bo‘lgan moddalarni qabul qilish juda muhimdir.
Omega-3’ni odamning o‘zi ishlab chiqara olmaydi. Shuning uchun uni iste’mol qilayotgan ovqatlar orqali olishimiz lozim. Tabiatda bu kislotalar faqat dengiz mahsulotlari tarkibidagina mavjud.
Bolaning aqliy rivojlanishini ta’minlash maqsadida bir haftada bir-ikki marta baliq yeyish tavsiya qilinadi.
Manba: Internet tarmog‘i materiallari | 52 | 1,177 |
Ayollar | Sochlar barvaqt oqara boshlasa... | 50 yoshdan keyin soch oqarishi tabiiy holat hisoblanadi. Lekin 20 yoki 30 yoshda sochning oqara boshlashi tashvishlanishga arziydigan sabab bo‘lishi mumkin.
Jigar faoliyatining izdan chiqishi, qalqonsimon bez faoliyatining pasayishi, ruhiy zarba va asabning zo‘riqish holatlari sochning erta oqarishiga olib keluvchi sabablar hisoblanadi. Bu muammoni mutaxassis shifokor – trixolog yordamida bartaraf etish mumkin. Biz esa oqarib turgan sochlar ko‘rinishiga qanday yordam berish to‘g‘risida maslahatlar bermoqchimiz.
Agar sochlar och rangda bo‘lsa va oqargan sochlar 50 foizdan ko‘p bo‘lmasa, yaxshisi bunday sochlarni melirovka qilgan ma’qulroq. Agar sochlarni butunlay bo‘yashga to‘g‘ri keladigan bo‘lsa, och rangli bo‘yoqlarni tanlashingiz mumkin.
Agar sizda oqargan sochlar onda-sonda bo‘lsa to‘ldiruvchi bo‘yoqlardan foydalangan ma’qul.
Oqargan sochlar uchun xina ham ishlatish mumkin. O‘tmishda buvilarimiz xinadan tabiiy bo‘yoq sifatida foydalanishgan. Lekin xina yordamida oldimizdagi vazifamizning 70 foizinigina bajara olamiz va oqargan sochlar avvalgidek ajralib ko‘rinib qoladi.
Bundan tashqari, hozirgi vaqtlarda kosmetika ishlab chiqaruvchilar oqargan sochlar ildizini yashiruvchi ko‘plab vositalarni taklif qilmoqda. Masalan, L’Oreal ishlab chiqargan vosita yordamida 3 daqiqada oqargan sochlarni bo‘yash mumkin.
Manba: “Health.passion.ru” | 33 | 1,355 |
Ayollar | Tiffany&Co brendi Nyu-Yorkka bag‘ishlangan yangi kolleksiya taqdim qildi | Mashhur zargarlik brendi Tiffany&Co, Nyu-York ko‘chalaridan ilhomlangan holda yangi kolleksiyani taqdim etdi.
Undan marjon, bilakuzuk, zirak va uzuk o‘rin olgan bo‘lib, doimiy ravishda hunarmandchilikdagi innovatsiya, shakldagi odmilik va proportsiyadagi aniqlikni izlovchi megapolisning qat’iy standartlarini o‘zida namoyon qiladi. Taqinchoqqa nazar tashlab uni ingichka, ammo shu bilan birga orzular shahri singari mustahkam ekanini ko‘rish mumkin.
Uchlari tugun shaklida ekani odamlar orasidagi munosabatlarning naqadar kuchli ekanini anglatadi. Mazkur zargarlik buyumi sifat va hashamatni jamlagani bilan o‘ziga xosdir.
18 qirotlik sariq va oq oltindan ishlangan Tiffany Knot, brilliantlar bilan bezatilgan. 300 dan ortiq brilliant bilan qo‘l mehnati asosida ishlangan ikkitalik marjon kolleksiyadagi eng asosiy taqinchoq hisoblanadi. Ikkitalik, ammo uchlari birlashib ketgandek ko‘rinadigan bilakuzuk esa 18 qirot oltindan tashkil topgan. Tiffany Knot to‘plamini brendning rasmiy sayti va dunyoning barcha zargarlik do‘konlaridan xarid qilsa bo‘ladi. | 72 | 1,060 |
Ayollar | Yoz mavsumiga mos oq sumkalar: har qanday did egalari uchun eng yaxshi 10 ta model (foto) | Ushbu aksessuarlar organik ravishda har qanday yozgi kiyimga mos keladi. 2021-yil yozining eng zamonaviy sumkalari bilan tanishib chiqing.
Yig‘iluvchan yarim oy sumkasi ofis bop kostyum-shimlar va romantik sarafanlar bilan uyg‘un ko‘rinadi.
Bezak tutqichli keng sumka har qanday tasodifiy ko‘rinishga osonlikcha mos keladi, u jinsi yoki ko‘ylak bo‘lsa ham.
Baget sumkalari hali ham talabga ega. Uning kaltagina tasmasi qulaylik uchun xizmat qiladi.
Shuningdek, kumush zanjir bilan bezatilgan sumka ham ancha ommalashgan.
Sport sumkalari esa jinsi shimlar va shlyapa bilan tashqi ko‘rinishni yanada to‘ldiradi.
To‘qilgan va charmdan tikilgan sumkalar trendda qolmoqda. Ushbu model plyaj uchun ham, ishlash uchun ham mos keladi.
Eng qulay variant – bu yelkaga ilinadigan sumka. Yupqa koftalar bilan yoz uchun ayni muddao.
Minimalizm muxlislari kitobsimon sumkaga e’tibor berishlari kerak.
Ko‘plab buyumlarni olib yuruvchi xonimlar uchun katta qopsimon sumkalar trendda bo‘lishi kutilmoqda. | 89 | 997 |
Ayollar | Xol-xol kiyim-kechak bilan didsiz ko‘rinib qolmaslik uchun tavsiyalar | Bir vaqtlar onajonlar uchun sevimli bo‘lgan — oq fondagi qora yoki qora fondagi oq xol-xol print mazkur mavsumda takror urfda. Hech qachon modadan qolmaydigan va o‘ziga xos uslubda kiyinishingizga sabab bo‘ladigan xol-xol kiyim kechaklar bilan qanday obrazlar yaratish mumkinligi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Ushbu printni nafaqat libos va koftalarda, balki shim va aksessuarlarda ham uchratish mumkin. Ayniqsa, xol-xol printli kapron kolgotkalar bahor uchun asosiy must have sanaladi.
Obraz yaratish uchun print yoki uning fonidagi rangga moslangan oyoq kiyim kiyish tavsiya qilinadi. Faqatgina keda va uchli tuflilar bilan cheklanmang, noodatiy poyabzal modellariga ham e’tibor qarating.
Bahorda havo haroratining o‘zgarib turishi tez-tez kuzatiladi. Shunday salqin kunlarda keng bichimli libosni vodolazka va ixcham bo‘lgan botinkalar bilan kiying.
Xol-xol bluzka bilan jinsi yoki boshqa bir bezaksiz yubka kiyishingiz mumkin. Yoki aksincha, yubkaning xol-xolli modeli bilan oq yoki bichimi erkaklarnikini esga soladigan koftalar kiysa bo‘ladi.
Bir obrazning o‘zida bir nechta printlarni umumlashtirsa ham bo‘ladi. Oshirib yubormaslik uchun esa print ikkitadan ko‘p bo‘lmagani yaxshi.
Qolaversa, tamoman boshqa rangda kiyinib, obrazni xol-xol printli aksessuar: sumka, tufli yoki obodok bilan boyitish mumkin. | 69 | 1,320 |
Ayollar | Ozmoqchi bo‘lganlarga banan mumkinmi? | Yulduzlar treneri Xarli Pasternak o‘zining vasiyligi ostidagilarga banandan uzoqroq turishni, agar maxsus parhezga rioya qilish kerak bo‘lsa, unda bananlarning borligi haqida butunlay unutishni tavsiya qiladi.
Lekin nima uchun? O‘rtacha kattalikdagi bitta banan tarkibida 27 g uglevod va 14 g fruktoza mavjud. Uning kaloriyasi 105 kkaloriyaga yaqin.
Agar siz bananlarni juda yaxshi ko‘rsangiz, undan butunlay voz kechishga majbur emassiz: ular sizning ozish uchun qilgan zo‘r berishlaringizga zarar yetkazmaydi, deb tinchlantiradi shifokor Alissa Ramzi: “Hech qanday oziq-ovqat vazn yig‘ishga ham, ozishga ham o‘z-o‘zidan olib kelmaydi”.
Garchi bananlarda haqiqatan ham shakar bo‘lsa-da, bu shakar tabiiydir. Bir vaqtning o‘zida bananlar tarkibida ko‘p miqdorda kaliy va kletchatkalar, C va B6 vitaminlari, shuningdek yallig‘lanishga qarshi antioksidantlar mavjud.
Aytmoqchi, kletchatka ozishga yordam beradi. Banandagi kletchatkalar fruktoza ta’sirida qondagi shakar miqdorining keskin ko‘tarilishiga to‘sqinlik qiladi. Shuning uchun yarim soat o‘tgandan keyin sizga u ham, ochlik hissi ham xavf tug‘dirmaydi.
Bananlarni biroz yog‘ va oqsillar, masalan bodom yoki araxis yog‘i bilan birga iste’mol qilish yo‘li bilan ularning foydasini oshirish mumkin. Bu mashqlardan oldin kuch qo‘shishga va keyin tiklashni tezlashtirishga yordam beruvchi ajoyib tamaddi hisoblanadi!
Xulosa: Bananlarni bemalol yeyishingiz mumkin, chunki ular sizga dushman emas. Ozishni bu mevadan voz kechish asosida emas, balki umumiy sog‘lom ovqatlanish va yetarlicha jismoniy mashqlar asosida tashkil qilish kerak. Bunda siz yaxshiroq natijalarga erishasiz!
Manba: “Layfxaker” | 37 | 1,651 |
Ayollar | Adidas kompaniyasi Reebok brendini 2,1 mlrd dollarga sotadi | Adidas kompaniyasi Reebok brendini sotish bo‘yicha kelishuv amalga oshishi haqidagi rejalarini e’lon qildi, deb xabar beradi Esquire.
Xaridor — Sports Illustrated, Brooks Brothers va Nine West kabi 30 dan ortiq brendlarga egalik qiluvchi Authentic Brands Group kompaniyasi. U sport brendi uchun 2,1 milliard dollar to‘laydi, bu ekspertlar oldinroq taxmin qilgan narxdan yuqoriroq. Bitimni 2022-yilning birinchi choragida yakunlash rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, Adidas kompaniyasi Reebok’ni 2006-yilda 3,8 milliard dollarga sotib olgan, 2016-yilda esa brend qayta tashkil etilib, qayta moliyalashtirilgan. Bu Reebok’ning moliyaviy ko‘rsatkichlarini yaxshilagan, ammo “qayta ishga tushirish” baribir yetarlicha muvaffaqiyat keltirmagan. Shuningdek, brend pandemiya oqibatlaridan jiddiy zarar ko‘rgan: 2020-yilning ikkinchi choragida Reebok daromadi 42 foizga tushib ketgan.
2020-yilda Adidas Reebok uchun 2025-yilga qadar strategiya ishlab chiqilganiga qaramay, uni sotish bo‘yicha qaror qabul qilgan. “Reebok’ning sotilishi Adidas’ning na joriy yildagi prognozlariga va na kompaniyaning 2025-yilgacha bo‘lgan maqsadlariga ta’sir ko‘rsatadi”, — deyiladi kompaniya xabarida.
Avvalroq Lego va Adidas hamkorlikda haqiqiy o‘lchamdagi Superstar krossovkasi konstruktorini ishlab chiqargani to‘g‘risida xabar berilgandi. | 59 | 1,317 |
Ayollar | Krossovkani qanday kiyim bilan kiyish mumkin? Tashqi ko‘rinishda aks etuvchi xatolar (foto) | Sport poyabzali hisoblanmish krossovkalar uzoq vaqtdan beri maxsus oyoq kiyim bo‘lishdan to‘xtagan. Uni har qanday libos bilan moslashtirish mumkin. Ammo ayrim holatlarda kamchiliklarga yo‘l qo‘yiladi va uslubning xato ekanligi namoyon bo‘ladi.
Krossovkalarni paypoqsiz kiyish
Birinchidan, bu gigiyena talablariga javob bermaydi. Oyoq terlaganda, tabiiyki, sirg‘alish ortidan tirnalish yoki shikastlanish holatlari yuzaga kelishi mumkin. Shuningdek, yana bir yoqimsiz natijalarning biri — zamburug‘ kasalligi xavfi mavjud. Bu esa keyinchalik juda katta muammoga aylanishi shubhasiz.
Noto‘g‘ri uzunlikdagi shim
Bu, avvalo, oyoqning to‘piq qismida qavat-qavat bo‘lib turuvchi shimlarga tegishli. Bunday burmalar tartibsiz ko‘rinishga ega bo‘lib, oyoqni sezilarli darajada semiz va kalta ko‘rsatadi. Xuddi shu holat uzun va keng shimlar bilan bog‘liq. Faqatgina bunda shim yerga tegib turadi. Albatta, bu ham ko‘zga tashlanadigan xunuk manzara. Uzun shim kiyishni xush ko‘ruvchilar e’tiborini baland poshnali oyoq kiyimlarga qaratgani ma’qul.
Sport va klassik uslubni uyg‘unlashtirish
Balki bir qancha yulduzlarning bu kabi kombinatsiyada kiyinganini ko‘rish mumkindir, ammo bir qator istisno holatlar mavjud. Buning uchun har qanday klassik uslub emas, kostyum bichimi va krossovka hajmi bir-biriga mutanosib bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, aksariyat krossovkalar klassik uslub bilan doim ham moslashavermaydi.
Oqshom libosi va krossovka
Krossovka kiyish qanchalar qulay va yoqimli bo‘lmasin, ularni aslo oqshom libosi bilan kiymang. Garchi ziyofatni qisqa muddat ichida tark etish rejasi bo‘lsa ham, buni chiroyli poyabzal bilan amalga oshirish mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi. Aytgancha, klassik yoki ziyofat uchun mo‘ljallangan poyabzallarning ham qulaylikda krossovkadan qolishmaydiganlari mavjud.
Oq krossovka va qalin kolgotka
Yozgi oq krossovka va sovuq mavsumda kiyiladigan qalin kolgotkalar har qanday holatda ham kombinatsiya hosil qilmaydi. Shuningdek, ranglar va nomutanosiblik oyoq uzunligini vizual ravishda qisqartiradi va semiz ko‘rsatadi. Sovuq havoda krossovkani boshqa qishki poyabzal bilan almashtirgan ma’qul. Ular har qanday qalin liboslar bilan uyg‘unlasha oladi.
Tor yubka va sport poyabzali
Tor yubkalar chiroyli qomatni aks ettirib turgan bir vaqtda, faqatgina katta hajmli krossovkalar ko‘rinishga putur yetkazishi mumkin. Shuningdek, oyoqlar ham kalta va semiz ko‘rinishga kelib qoladi. Ushbu kombinatsiya ertalabki jismoniy mashg‘ulotdan keyin go‘yoki poyabzal almashtirishga ulgurmagan insonni eslatadi.
Har kungi krossovkani sport mashg‘uloti uchun kiyish
Yugurish yoki sport zali uchun kundalik hayotda kiyiladigan krossovkalar kiyilmaydi. O‘quv poyabzali alohida, tizza, orqaga yukni to‘g‘ri taqsimlash va jarohatlardan saqlanish uchun mo‘ljallangan. Shuning uchun krossovkani qayerga kiyishda oqilona tanlovni amalga oshirish tavsiya etiladi. Bu esa salomatlik uchun xavfsiz hamda samarali bo‘ladi. | 91 | 2,931 |
Ayollar | Faqat libos uchun emas: Kiyim ilgichdan yana nima maqsadda foydalansa bo‘ladi? | Shkafda bo‘sh turgan kiyim ilgichlarni tashlab yuborishga shoshilmang. Ularga kiyim ilishdan tashqari, boshqa maqsadlarda ham foydalansa bo‘ladi.
Ko‘zoynaklarni ilish uchun
Kiyim ilgichga ko‘zoynaklarni tartib bilan osib qo‘yishingiz mumkin. Bu bilan siz muhim aksessuarni qayerga qo‘yganingizni topa olmaslik kabi muammoga yechim topasiz.
Gazeta va jurnallar uchun
Gazeta va jurnallarni kiyim ilgichga osib qo‘yish orqali ularni yoyilib yotishi va sahifalari g‘ijimlanishining oldini olasiz.
Sharf va kalitlar uchun
Yog‘ochdan ishlangan kiyim ilgich bilan devorni bezab, unga kalit yoki sharflarni ilib qo‘yishingiz mumkin. Buning uchun ikkita kiyim ilgichning bir tarafini olib tashlang va o‘rtasidan yopishtirib qo‘ying.
Suratlarni ilish uchun
Kiyim ilgichdan surat ramkasi o‘rnida foydalansa bo‘ladi. Buning uchun qisqichli kiyim ilgich ishlatishingiz yoki alohida qisqich bilan suratni qistirib qo‘ysangiz bo‘ladi.
Ko‘zgu uchun bezak
Kiyim ilgichdan quyoshni esga soladigan dekoratsiya sifatida ham foydalansa bo‘ladi. Buning uchun metalldan ishlanganlarini bukib, birlashtirib chiqish va dumaloq ko‘zgu ortiga yopishtirishning o‘zi kifoya.
Xona gullari uchun
Uzun bo‘lib o‘sadigan xona gullarini dumaloq qilib buklangan kiyim ilgichga o‘rashingiz mumkin.
Gulchambar uchun
Shuningdek, metall kiyim ilgichlardan gulchambar asosi sifatida ham foydalanish mumkin. Buning uchun dumaloq shaklga keltirilgan kiyim ilgichga gul va barglarni o‘rab chiqish kerak. | 78 | 1,466 |
Ayollar | Inson umrini uzaytirishga yordam beradigan sport turlari | Olimlar sportning inson salomatligiga foydasi haqidagi qiziqarli uzviylikni aniqladi. Mayo Clinic Proceedings jurnalida chop etilgan yangi tadqiqot natijasi shuni ko‘rsatdiki, jamoaviy sport bilan shug‘ullanish inson umrini bir necha yillarga uzaytirishi mumkin. Marie Claire nashri inson umrini uzaytirishga yordam beradigan sport turlari haqida ma’lumot berdi.
Tadqiqot mualliflaridan biri shifokor Jeyms O‘Kif: “Biz aqliy, jismoniy farovonlik va uzoq umr ko‘rish ijtimoiy aloqalar — uzoq, sog‘lom va baxtli hayotning eng muhim mezon ekanini tushunamiz”, — dedi. Tadqiqotda yurak xastaligi yoki saratoni kasalligiga chalinmagan 8500 ga yaqin yoshi katta insonlarning ma’lumotlari tahlil qilindi. Sinovdan o‘tgan insonlar anketalarni to‘ldirdi, unga ko‘ra shifokorlar jismoniy faollik nuqtai nazaridan ularning odatlarining turi va chastotasini aniqladi.
Tadqiqotchilar ishtirokchilarni 25 yil davomida kuzatib borgan, shu vaqt ichida 4,5 mingga yaqin sinov ishtirokchilari vafot etgan. Olingan ma’lumotlar ijtimoiy-iqtisodiy holatdan tortib spirtli ichimliklarni iste’mol qilishgacha bo‘lgan turli omillargacha moslashtirilgan. Ishtirokchilar tomonidan bajariladigan mashqlarning asosiy turlari o‘rganilib chiqib, tadqiqotchilar uzoq umr ko‘rish va sport o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlagan.
Tadqiqotga ko‘ra, insonlarning hamrohi bilan yoki guruhda bilan mashq qilishi yolg‘iz shug‘ullanishdan ko‘ra uzoq umr ko‘rish uchun foydaliroq. Ya’ni, umrni uzaytiruvchi sport turlariga qiziqsangiz, velosiped, yugurishdan ko‘ra tennis, badminton va futbol bilan shug‘ullangan ma’qul. Ishtirokchilarning bir qismi har hafta turli xil jismoniy mashqlar bilan shug‘ullangan.
Umrni uzaytirish uchun qanday mashqlar bilan shug‘ullangan ma’qul? Tadqiqot natijalariga ko‘ra, tennis birinchi o‘ringa chiqib, tajriba ishtirokchilarining umr ko‘rish davomiyligini o‘rtacha 9,7 yilga oshirgan. O‘rtacha 6,2 yil qo‘shgan badminton ikkinchi o‘rinni egallagan. Futbol esa 4,7 yil natija bilan uzoq umr ko‘rish bo‘yicha eng yaxshi sport turlari reytingida uchinchi o‘rindan joy olgan.
Yolg‘iz shug‘ullanadigan sport turlari umrni uzaytirish nuqtai nazaridan unchalik samarali bo‘lmasa-da, ular umrni bir necha yilga uzaytirishi mumkin. Tadqiqot mualliflari yugurish umrni 3,2 yilga uzaytirishi mumkin, degan xulosaga keldi. Badiiy gimnastika o‘rtacha umr ko‘rishni 3,1 yilga, sog‘lomlashtirish klubidagi oddiy mashg‘ulotlar umrni 1,5 yilga uzaytirishi mumkin.
Muntazam jismoniy mashqlarni davom ettirish mumkin, biroq mashqlar davomiyligi katta rol o‘ynamaydi. Tadqiqot ishtirokchilarning sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanish vaqti turli xil bo‘lgan. Bu ularning ishlashida sezilarli farq qilmagan. Tennis o‘ynaganlar haftasiga taxminan 520 daqiqa jismoniy faol bo‘lgan va sog‘lomlashtirish klubi a’zolari haftasiga deyarli 600 daqiqa mashq qilgan, biroq tennis bilan shug‘ullangan insonlar samarali natijani qayd etgan.
Biroq yolg‘iz bajariladigan sport bilan shug‘ullanmaslik kerak, degan xulosaga kelish xato. Bu sport turlari umrni uzaytirishi va sog‘liq uchun foydali bo‘lishi mumkin. Biroq, ijtimoiy o‘zaro ta’sir va o‘z-o‘zi bilan shug‘ullanishning salomatlikka yaxshi ta’sirini isbotlovchi ko‘plab tadqiqotlar mavjud. Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan tadqiqot natijasiga ko‘ra, jamoaviy sport turlari bilan shug‘ullangan o‘quvchilar, yakka tartibda sport bilan shug‘ullangan o‘quvchilarga nisbatan ruhiy muammolardan kamroq aziyat chekadi. Biroq, yoshi bilan, faollikni saqlab qolish muhimroq bo‘lib qoladi va hatto eng oddiy jismoniy mashqlar bilan ham muntazam shug‘ullanish kerak. | 56 | 3,575 |
Ayollar | Pantone instituti 2017-yilning asosiy rangini e’lon qildi | Ranglarni aniqlovchi Pantone instituti 2017-yilda asosiy rang – ishonch ruhini bag‘ishlaydigan yashil Greenery rang bo‘lishini aniqladi. Pantone saytida yil rangi bilan mos tushuvchi bir necha ranglar tavsiya qilingan.
Bu rangni “o‘tsimon” yoki “tabiiy yashil” deb ham aytish mumkin. “O‘tsimon” rang qanchalik o‘ziga xos bo‘lmasin, u sizning qiyofangizdagi oq, kulrang va to‘q ko‘k rangdagi taqinchoqlar bilan juda mos tushadi.
Greenery rangini bashang deb bo‘lmasa ham, bu rangdan oqilona foydalanish ko‘rinishingizga o‘zgacha nazokat baxsh etishi mumkin. Och yashil rangli duxobadan tikilgan ko‘ylak qomatingizni yanada nozik va go‘zal ko‘rsatadi. Agar bu variant to‘g‘ri kelmasa, shu rangdagi taqinchoqlarni tanlasangiz ham bo‘ladi.
Kundalik kiyiladigan kiyimlarda, yashil rang – oq, och kulrang va to‘q ko‘k ranglar bilan ham mos tushadi.
Mashhur dizaynerlar tomonidan gullar printi, geometrik shakllar va qomatga aniq shakl beruvchi uslublar taqdim qilingan. Bu uslublarga aynan yil rangi uyg‘un kelishi turgan gap. | 57 | 1,021 |
Ayollar | Qishga tayyorgarlik: Mevalar, sabzavotlar va ko‘katlarni muzlatishning 10 qoidasi | Har qanday sabzavot, meva va rezavorlarni qishgacha muzlatib saqlash mumkin. To‘g‘ri muzlatilmagan sabzavotlar va mevalar tarkibidagi vitaminlarni yo‘qotish bilan birga sifatini ham saqlab qolmaydi. Konservalangan mahsulotlar esa kamdan-kam hollarda vitaminlarni saqlab qoladi. Quyida sabzavot, meva va ko‘katlarni to‘g‘ri muzlatish haqida ma’lumot beriladi.
Asosiy qoida — tez muzlatish (-18 daraja haroratda) va asta-sekin muzlatish haroratini tushirish
Muzlatishdan oldin rezavorlar va sabzavotlar muzlatgichda 4-5 daraja yoki undan past haroratda bir kundan ortiq bo‘lmagan muddatda saqlanishi kerak.
Saqlash muddati
Muzlatilgan mevalar, sabzavotlar erigandan keyin ularni qayta muzlatmang.
Pishib ketgan meva va sabzavotlarni muzlatmang
Muzlatish uchun faqat yangi, butun va buzilmagan mevalar, rezavorlar va sabzavotlar mos keladi. Ortiqcha pishgan mevalar muzlatishga yaramaydi. Muzlatishdan oldin meva va sabzavotlarni yaxshilab iliq suvda yuvib oling. Yuvilgan sabzavotlar, rezavorlar va ko‘katlar toza mato ustiga qo‘yilishi va quritilishi kerak. Katta mevalar tilimga kesilishi, ortiqcha qismlardan (urug‘, novdalar va boshqalar) tozalanishi mumkin.
Oqartirish
Muzlatishdan oldin ba’zi sabzavotlar va ko‘katlarni oqartirish mumkin. Bu ularning saqlash muddatini uzaytiradi va chiroyli rangini saqlab qolishga yordam beradi.
Oqartirish — mahsulotlarni qaynab turgan suv yoki bug‘ bilan yopiq idishda dimlash. Mahsulot 1-5 daqiqa davomida qaynoq suvga botiriladi.
Qadoqlash
Mahsulotlarni iste’mol qilish qulayroq bo‘lishi uchun kichik qismlarda muzlatish yaxshiroqdir. Oddiy idishlar yoki plastik paketlarga 200 grammdan 600 grammgacha sabzavot yoki rezavorlar mevalar soling (har biriga). Paketlardan ortiqcha havoni chiqarib tashlang. Paketlar muzlatgichga o‘tkazilganda yirtilmasligi uchun suv o‘tkazmaydigan va mustahkam bo‘lishi kerak.
Malina yoki qorag‘at kabi yumshoq rezavorlar uchun idishlardan foydalaning, ular paketda eziladi. Ularni yuvishda ham idishlarga terishda ham ehtiyot bo‘lish kerak.
Pomidor
Ushbu sabzavotni muzlatishda eng yaxshi navini xarid qilishingiz kerak. Toza, quruq pomidorlarni doira yoki tilimga kesib, ikki bosqichda muzlatish kerak: birinchi navbatda taxtadan bo‘lgan idishlarda va bir necha soatdan keyin uzoq muddat saqlanishi uchun paket yoki idishga soling.
Ko‘katlar
Bir necha turdagi ko‘katlarni (petrushka, arpabodiyon, rayhon, tarragon va boshqalar) mayda to‘g‘rang va aralashma tayyorlashga harakat qiling, so‘ngra bu aralashmani muz qoliplariga quying. Sho‘rva va pishiriqlarga qo‘shilishi mumkin bo‘lgan qulay muz kublarini tayyorlang.
Oziq-ovqatlarni muzlatishda shakar yoki tuz qo‘shishingiz shart emas.
Qulupnay va yertut
Bu rezavor mevalarni terib olgandan so‘ng bir necha soat ichida muzlatish juda muhim. Buning uchun ular yaxshilab yuvilishi, sopi olib tashlanishi va toza qog‘oz sochiqda quritilishi kerak.
Smorodina, krijovnik va golubika
Muzlatishdan oldin rezavorlar sovuq suv bilan yaxshilab yuvilishi va so‘ngra sochiqda quritilishi kerak. | 81 | 3,009 |
Ayollar | Chizg‘ich, suzish ko‘zoynagi va oshxonada unumli foydalanish mumkin bo‘lgan boshqa buyumlar | Uydagi buyumlarni ko‘zdan kechirib chiqing — oshxonada ishlatilishi mumkin bo‘lgan juda ko‘p foydali narsalar bo‘lishi tabiiy.
Bo‘yoq tasmasi
Bo‘yoq tasmasining bir qismi uy qurilishi mahsulotlari sifatida ishlatilishi mumkin. Shunisi e’tiborga loyiqki, bunday yopishqoq tasma idishlarni yuvish mashinasida takroriy yuvishga bardosh bera oladi va rang o‘chishining oldini oladi.
Tish ipi
Tish ipi yordamida matematik aniqlik bilan biskvitni ham, qattiq pishloqni ham tekis kesib olish mumkin. Faqat ipni suv o‘tkazmaydiganidan foyalanish tavsiya etiladi, chunki yalpiz ta’mli ip shirinliklar mazasini o‘zgartirib yuboradi.
Cho‘tka
Agar oshxonada pishiriqlar uchun mo‘ljallangan silikon cho‘tka bo‘lmasa, u holda oddiy bo‘yoq cho‘tkasidan foydalanish mumkin. Bundan tashqari, u quymoq yoki boshqa pishiriqlarga tuxum hamda yog‘ surtish uchun qulayroq. Faqat bo‘yoq cho‘tkasidan foydalanishdan avval yaxshilab tozalashni unutmaslik kerak.
Chizg‘ich
Oddiy chizg‘ich yordamida bulochka, pechenye va boshqa qandolat mahsulotlarini pishirishda o‘lchovlarni olish qulay. Bundan tashqari, chizg‘ichning o‘tkir qirrasi bilan xamirni bo‘laklarga aniq va tez bo‘lish mumkin.
Kanselyariya organayzeri
Oshxonadagi javonga metall to‘rdan yasalgan organayzerni o‘rnating. Unda pishirish varag‘i, krujkalar va boshqa kichik oshxona anjomlarini saqlash qulay.
Shpatel
Oshxonada shpateldan ham unumli foydalanish mumkin. Uning yordamida steyklarni osongina aylantirish va pishirish varag‘idan shirinliklarni olish qulay. Shuningdek, shisha idishlarga yopishgan kirlarni va oshxona taxtasi yuzasini tozalash uchun ham ishlatilishi mumkin. Umuman olganda, kerakli narsa!
Ombir
Uyda saqlanadigan asboblar qutisiga qarash vaqti keldi. Agar unda tutqichli ombir topilsa, uning yordamida limon va laym sharbatini siqib olish mumkin.
Ko‘zoynak
Piyoz to‘g‘rash mobaynida ko‘zlar achishib, yoshlansa yoki achchiq qalampir tozalash kerak bo‘lsa, oddiygina suzish ko‘zoynagini taqib olish muammoni bartaraf etadi.
Bolg‘a
Anorni bolg‘a bilan tozalab ko‘rganmisiz? Bu juda oson va samarali. Buning uchun meva shunchaki ikkiga bo‘linadi, so‘ngra po‘sti ajratilib, orqa qismiga bolg‘acha bilan yengil uriladi. Natijada anor donachalari osongina ajralib chiqadi.
Ustara
Ushbu buyumdan ham boshqa maqsadda foydalanish mumkin. Masalan, oshxonada sarimsoqni yupqa to‘g‘rash, qadoqlarni ochish, idishga yopishitirlgan yorliqlarni olib tashlash va hatto baliq ham tozalash mumkin. | 91 | 2,443 |
Ayollar | Maishiy texnikalardan foydalanishda ularni ishdan chiqarishi mumkin bo‘lgan xatolar | Agar qurilma noto‘g‘ri ishlatilsa, u tezda ishdan chiqadi. Biroq hamma ham ma’lum bir texnikani qanday qilib to‘g‘ri ishlatishni bilmaydi, deb yozadi Wday.
Dazmolga filtrlanmagan suvni quyish
Hatto yangi dazmollarning asosiy muammosi ham bug‘ ta’minotini to‘xtatishdir. Bu bir necha sabablarga ko‘ra bo‘lishi mumkin. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun dazmolga faqat filtrlangan suvni quyish va har foydalanishdan keyin uni to‘kib tashlash kerak.
Idish yuvish mashinasini noto‘g‘ri yuklash
Tozalash vositasi butun qurilma uchun amal qiladi. Agar jihoz yarmigacha to‘la bo‘lsa, sovun mashinaning devorlarida va idishlarning o‘zida qolishi mumkin. Idish-tovoqlarni oziq-ovqat bo‘laklari bilan jihozga yuklamaslik lozim, chunki qurilma teshiklari tiqilib qolishi mumkin.
Mikroto‘lqinli pechni to‘xtatish
Har bir mikroto‘lqinli pechda jihozni to‘xtatuvchi maxsus tugma mavjud, lekin foydalanuvchilar ko‘pincha uni e’tiborsiz qoldiradilar. Ko‘pchilik qurilma ishlayotgan paytda eshikni ochadi va shu bilan jarayonni to‘xtatadi. Bunday foydalanish texnikaning muddatidan oldin ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin.
Mikroto‘lqinli pechning ruxsat etilgan og‘irligini hisobga olmaslik
Har bir mikroto‘lqinli pechda jihozga joylashtirilishi mumkin bo‘lgan og‘irlik chegarasi mavjud. Ushbu chegaradan oshib ketish muammolarga va qurilmaning erta buzilishiga olib kelishi mumkin, shuning uchun ko‘rsatmalarni diqqat bilan o‘rganib chiqish kerak.
Tosterni tozalamaslik
Toster — eng xavfli elektr jihozlaridan biri, shuning uchun uni tozalashga alohida e’tibor berish kerak. Har foydalanishdan keyin qurilma ichida non ushoqlari to‘planadi. Shuning uchun ularni vaqtida tozalash lozim.
Tosterni ikki bosqichda tozalash tavsiya etiladi: qurilma to‘liq sovigandan so‘ng u ehtiyotkorlik bilan aylantiriladi va qoldiqning ko‘p qismi tushib ketishi uchun silkitiladi. Ichkarida qolganlarini cho‘tka bilan olib tashlash mumkin.
Blenderni ishlatgandan keyin tozalamaslik
Blender foydalanishdan keyin darhol tozalanishi kerak. Oziq-ovqatning erishi qiyin bo‘lgan joylari qurilmaga tiqilib qolishi mumkin, bu nafaqat mexanizmning shikastlanishiga, balki bakteriyalarning ko‘payishiga ham olib keladi. Qurilmaning ishlashi tugagandan so‘ng blender kosasini iliq suvda namlash va qurilmaning o‘zini ehtiyotkorlik bilan tozalash kerak.
Qahva mashinasini tozalashni unutish
Qahva mashinasi ham doimiy parvarishga muhtoj, shuning uchun uni muntazam tozalash kerak. Bunday e’tiborsizlik nafaqat qurilma mexanizmiga zarar yetkazishi, balki qahvaning ta’mini buzishi mumkin.
Kir yuvish mashinasini ortiqcha yuklash
Kir yuvish mashinasini ishlatishda yuk og‘irligiga rioya qilish kerak. Mashinani teng ravishda yuklash, katta buyumlarini kichik narsalar bilan yuvish yaxshiroq. Baraban ichida kattaroq narsalar bo‘lishi kerak. Yuvishdan oldin kiyim cho‘ntaklarni tekshirish, tanga, karta va boshqa narsalarni olib tashlash tavsiya etiladi.
Issiq ovqatni muzlatkichga qo‘yish
Sovitkichning to‘g‘ri ishlashini qiyinlashtiradigan bir qancha omillar mavjud. Sovitkichga issiq yoki unchalik sovuq bo‘lmagan ovqatni qo‘yish, bu holda jihoz yanada intensiv ishlaydi, bu elektr to‘loviga ta’sir qilishi mumkin. Shuningdek, muzlatkichning o‘zi haroratini oshiradi, bu esa mahsulotlarga va uskunaning ishlashiga salbiy ta’sir qiladi.
Fen filtrini tozalamaslik
Fenning havo teshiklari muntazam tozalanishi kerak. Filtrlarda kir va chang to‘planishi mumkin, bu esa havo oqimi chiqishini qiyinlashtiradi, fenning ichki haroratini oshiradi. Bu nafaqat qurilmaning noto‘g‘ri ishlashiga, balki sochga ham zarar yetkazishi mumkin.
Pech tagiga folga solish
Eng keng tarqalgan holatlardan biri shundaki, pechning pastki qismidagi folga jihozni kirdan himoya qiladi deb o‘ylash. Aslida bunday emas, folga issiqlikni o‘ziga tortadi, bu esa yonib ketishga olib keladi va qurilmaning isitish elementlariga zarar yetkazishi mumkin. Shuning uchun qurilmadan foydalangandan so‘ng pechning pasti va devorlarini nam mato bilan artib olish yaxshiroq. | 83 | 3,985 |
Ayollar | 2022-yilning kuzida urfga kiradigan zamonaviy va qulay sumka modellari (foto) | Havo biroz salqinlashganini sezdingizmi? Kuz mavsumi yaqinlashgani sari obraz yaratishda sumkalar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu yilgi mavsumni quyidagi zamonaviy sumkalar bilan o‘tkazing.
Yostiq-sumkalar
Agar kuzda ish joyingizda yoki transportda uxlab ketish odatingiz bo‘lsa, yostiq-sumka siz uchun ayni muddao. Act n°1 brendi bir nechta mukammal variantlarni e’tiboringizga havola etadi.
Yuraksimon sumkalar
2000-yillarning modasi to‘xtatib bo‘lmaydigan sunami kabi zamonaviy tendensiyalarni yuvib ketdi. Agar yuraksimon sumkalaridan keyin boshqa urflar ham qaytsa, ajablanmaymiz ham.
Hobo
Katta toutlar
2022-yilning kuzida tagliksiz sumkalar urfda va mashhurlik cho‘qqisida. Bunday katta va qulay sumkalar bilan hech narsangiz esdan chiqib uyda qolib ketmaydi, eng muhimi esa sayohatlarda ham yukingiz yerda qolmaydi.
Momiq sumkalar
Kuzda yumshoqqina adyolga o‘ranib, uyda o‘tirgandan ko‘ra, momiq sumkani qo‘lga olib dunyoni zabt etishga tayyormisiz? Unday bo‘lsa, kuz uchun harakatlar rejasini tuzishni boshlang. | 77 | 1,023 |
Ayollar | Kunni yaxshi kayfiyat bilan boshlashga xalal beruvchi 5 odat | Ertalab yaxshi kayfiyatda uyg‘onish uchun nima qilish kerak? Biz yangi kunni yaxshi kayfiyat bilan boshlashga xalal beruvchi ertalabki yomon odatlar to‘g‘risida aytmoqchimiz.
Kechki payt ertalabki kayfiyatni qanday ko‘tarish to‘g‘risida o‘ylab ko‘ring. Bu – sevimli qo‘shiq, vazadagi gul yoki yoqimli atir ham bo‘lishi mumkin.
Ko‘pchilik ertalab uxlashni yaxshi ko‘radi, shuning uchun soat qo‘ng‘irog‘ini 5—10 daqiqa kechroqqa qo‘yadi. Shoshilish kechikish va muhim narsalarni unutib qo‘yishga olib keladi. Bu yomon odatdan qutulishning oson yo‘li – soat qo‘ng‘irog‘i bo‘yicha, yalqovlik qilmasdan o‘z vaqtida turish.
Ma’lumki, ertalabki nonushta organizmning uyg‘onishiga va metabolizmni harakatga keltirishga yordam beradi. Ertalab nonushta tayyorlashni yoqtirmasangiz, kechqurun tayyorlab qo‘ying yoki ko‘p vaqt talab qilmaydigan ovqatlar tayyorlang.
Reja tuzib olsangiz, fikringizni to‘playsiz va o‘zingizni ishonchli sezasiz. Reja asosida ishlaringizni bemalol va ikkilanmasdan amalga oshira boshlaysiz.
Ertalabdanoq boshlanayotgan kunni diqqat bilan rejalashtirish o‘rniga, dunyo yangiliklarini ko‘rish kayfiyatingizni buzadi. Ertalab faqat o‘zingiz va tashqi ko‘rinishingiz bilan shug‘ullaning. | 60 | 1,202 |
Ayollar | Garderobdagi o‘rnini yangilariga bo‘shatishi kerak bo‘lgan eskirgan oyoq kiyim modellari (foto) | Urfga hamisha ham rioya qilib bo‘lmaydi, chunki poyabzalning yangi modellari doimo paydo bo‘ladi. Albatta, bu garderobdan hamma narsani olib tashlab, har mavsumda yangisini sotib olish kerak degani emas. Ammo hozir trendda bo‘lmagan narsani bir chetga surib, yangi narsaga diqqat qaratish mumkin. Aytgancha, bir necha yil oldingi poyabzallar bugungi kunda juda mashhur bo‘lishi mumkin. AdMe nashri ta’tilga chiqishi kerak bo‘lgan poyabzal modellarini taqdim etdi.
Qo‘pol hamda harbiy uslubdagi etiklar modeli eskirgan. Ularni hozircha kiymaslik mumkin, shuning uchun do‘konlardagi yangi mahsulotlarni diqqat bilan ko‘rib chiqish tavsiya etiladi. Misol uchun, kovboy etiklari yana trendda.
Rezina etiklar hozir urfda emas. Ular oddiyligi bilan zamonaviy trenddan ortda. Rezina etiklarning zamonaviy modellarini moda uylarining kolleksiyalarida ham topish mumkin.
Misol uchun, bunday modelni hip-hop san’atkori Cardi B va reper Ofset tanladi.
2022—2023 yilgi mavsumda yuqori qismi yopishib turadigan tufli va etiklar urfda bo‘lmaydi. Ularning o‘rnini avvalroq eskirgan yuqori qismi charmli etiklar egallamoqda.
Bir vaqtlar mo‘ynali qo‘shimchalar moda poydevorining tepasida edi. Bugungi kunda mo‘ynasi yetarli darajada ko‘p bo‘lgan modellar dolzarbdir: u qanchalik ko‘p bo‘lsa, shuncha zamonaviy.
Ko‘pchilik tomonidan sevib kiyiladigan krossovka modellari ham o‘zgarishlarga uchraydi. Katta platformadagi poyabzallar o‘zlarining moda pozitsiyalarini yo‘qotmoqda. Endi o‘tgan asrning so‘nggi o‘n yilligi uslubida poyabzal kiyish ko‘proq urfda.
Bunday modellar ko‘proq garderobda shunchaki chang to‘plashi mumkin.
Aksariyat ayollarning garderobida old qismi dumaloq shaklli etiklar bor, lekin ular 2022—2023 yil kuz-qish mavsumida trendda bo‘lmaydi. Biroq bu ularni tashlab yuborish vaqti keldi degani emas. Ba’zi uslublar uchun moda tez-tez qaytib keladi, shuning uchun bu etiklar bir necha mavsum davomida yana urfga qaytishini kutish lozim.
Ko‘pchilik kvadrat poshnani yaxshi ko‘radi. Chunki ushbu model harakatlanish uchun juda qulay. Lekin qulaylik bilan birgalikda urfda bo‘lish ham muhim masala. Shuning uchun mazkur modelni vaqtincha yangilari bilan almashtirish tavsiya etiladi.
Stilistlar burmali etiklardan ko‘ra aniq siluetli modellarni afzal ko‘rishni maslahat beradi. Bundan tashqari, ushbu uslub uchun obraz tanlash osonroq: masalan, ularni mini yubka va katta hajmli sviter bilan kiyish mumkin.
Kuzning iliq kunlarida lofer kiyish mumkin, ammo poshnasiz uslub moda standartlariga ko‘ra eskirgan. Bundan tashqari, ochiq loaferlarni sotib olmaslik kerak, chunki klassik modellar kuz mavsumi uchun qulay. | 95 | 2,623 |
Ayollar | New Balance 850 krossovkalari yangicha ko‘rinishda taqdim etildi | Ko‘rinishi va qulayligi bilan barchaga yaxshi ma’lum bo‘lgan New Balance krossovkalarining We Got Now (“Hozir sening vaqting”) nomli reklamasi taqdim etildi, deb yozadi “Elle.ru” nashri.
Sayohat, uchrashuv va startap boshlashni ortga surganlar uchun ayni damda va ayni joyda qanday yashash kerak ekanini atrofdagilarga isbotlash vaqti keldi.
Yangilangan New Balance 850 modelining reklamasi ana shu tamoyilga asoslangan. 90-yillarda aqlbovar qilmas darajadagi rang-barangligi bilan moda olamida inqilobga sababchi bo‘lgan brend hozir ham o‘sha davrdagi muvaffaqiyatni takrorlashga tayyor ekanini isbotladi.
Model siluetlari so‘nggi o‘n yil ichida New Balance’ga xos klassik obrazni takrorlamaydi va o‘zida yorqin estetikani aks ettiradi.
Color blocking – modelning yuqori qismi bo‘lib, u bir qancha material va to‘qimalardan iborat. Krossovkaning tag qismi ABZORB® zarbalarga chidamli, mustahkam shuningdek yoqimli hid taratuvchi aramatizatori mavjud. ROLLBAR plastinasi esa oyoq kaftining barqaror harakati va charchab qolmasligini ta’minlaydi.
Yangi modelning yuzi sifatida 2 karra NBA chempioni, basketbolchi Kavay Leonard tanlangan. Sportchining jiddiy qiyofasi, dadil nigohi New Balance 850 modelining o‘ziga xos ekaniga yanada ko‘proq e’tibor qaratadi. | 64 | 1,264 |
Ayollar | Qish mavsumida voz kechish kerak bo‘lgan kiyimlar (foto) | Qishki libosga boshqalariga qaraganda ko‘proq talab qo‘yilishi tabiiy. Ular o‘z o‘rnida issiq, qulay hamda tendensiyaga mos bo‘lishi zarur. Ammo ularning orasidan unutish kerak bo‘lganlari ham talaygina.
1. Yorqin rangda to‘qilgan shapkalar
Quloqchali, dumli, turli xil gullar bilan bezatilgan yorqin shapkalar ochiqchasiga kulgili ko‘rinadi. Bunday quvnoq bosh kiyimlar ko‘proq yosh bolalar, ayniqsa, bog‘cha yoshidagi kichkintoylar yoshiga mos keladi. Ayni mavsumda qizlar uchun ko‘proq bosiq va bir xil rangdagi nafis shapkalar kiyish tavsiya etiladi.
2. Barmoqsiz to‘qilgan qo‘lqoplar
Bu kabi qo‘lqoplarning vazifasi deyarli natijasiz. Unda barmoqlar sovqotadi, qizaradi, ko‘karadi. XVIII asrda ko‘cha savdogarlari tomonidan qo‘llanilgan ushbu qo‘lqoplar asosan pul sanashga qulaylik tug‘dirish maqsadida foydalanilgan. Ammo keyinchalik urfga kirgan. Lekin hozirda issiq, barmoqlari butun bo‘lgan qo‘lqop kiyish maqsadga muvofiq.
3. Shahar ko‘chalarida “uggi”lar
Issiq hamda yassi etiklar shahar uchun mo‘ljallanmagan. Shuningdek, qorli va nam havolar uchun ham unchalik mos emas. Ammo ushbu ma’lumotlar uni kiyuvchi xonimlarni qiziqtirmaydi va ular hamon savdo do‘konlaridan xarid qilinmoqda.
4. Oq rangli etik
Qish mavsumida yana bir voz kechish kerak bo‘lgan oyoq kiyimlardan biri oq etikdir. Qachonlardir uni kiyish ayollar orasida urfga kirgan bo‘lsada, lekin moda olami mutaxassislari buni hech qachon yoqlamagan. Shuningdek, oq rangdagi etiklar hech qanday libos bilan to‘g‘ri kelmaydi.
5. Mo‘ynali nimcha
Mo‘ynali nimchalar qishning sovuq kunlarida kiyishga to‘g‘ri kelmaydigan yana bir libosdir. Sababi u tanani butunlay isitmaydi, shunchaki chiroyli bezak vazifasini bajarishi mumkin xolos. Bu kabi bichimdagi nimchalarni kiyganlar o‘z sog‘ligini xavf ostiga qo‘yishi shubhasiz.
6. Teri rangli kolgotki
Qishda ham go‘zallikni birinchi o‘ringa qo‘yadigan ayollar badanrang kolgotka kiyishni afzal deb biladi. Bu, albatta, atrofda issiq va qalin kiyingan odamlar orasida xunuk ko‘rinadi. Shuningdek, ushbu yupqa kolgotkalar hech qachon oyoqlarni isitmasligi ham hammaga ma’lum. Shunchaki, qizlar ko‘rinishi uchun salomatlikning qadriga vaqtida yetmaydi.
7. Yorqin rangdagi turli naqshli kurtkalar
Kurtka tanlashda rangiga va tushirilgan naqshlarga e’tiborli bo‘lish zarur. Sababi uni har qanday joyga kiyish mumkin bo‘lishi va odamlar orasida unchalik ham e’tiborni tortmasligi kerak.
8. Pavloposad ro‘mollari
O‘tgan asr ayollarining asosiy bezagi hisoblangan ushbu ro‘mollar hozirda ham ayrim qizlar tomonidan yangicha uslubda foydalaniladi. Endilikda ro‘mol boshga emas, bo‘yinga sharf o‘rniga o‘ralmoqda. Lekin bu kabi ro‘mollar ko‘proq klassik uslubdagi liboslar va aynan o‘tgan asrning modalariga to‘g‘ri keladi.
9. Jinsi va uzun etik
Jinsi va uzun etik kombinatsiyasi bundan 10 yil avval ham urfda edi. Lekin modaning tinimsiz o‘zgarib turishi natijasida endi jinsi shimlar bilan kalta va qulay etiklar kiygan ma’qul.
10. Shapka va qo‘lqop to‘plami
Shapka va qo‘lqop to‘plami biroz zerikarli ko‘rinishi shubhasiz. Uning o‘rniga alohida xarid qilingan shapkaga shunchaki mos keluvchi qo‘lqopni uyg‘unlashtirish ancha chiroyli ko‘rinish beradi. Moda ixlosmandlari orasida to‘plamlarga bo‘lgan talab avvalgiga qaraganda ancha susaygan. | 56 | 3,260 |
Ayollar | Tozalaydi, oqartiradi, yaltiratadi. Limon po‘sti yordamida amalga oshirish mumkin bo‘lgan 14 tavsiya | Aksariyat holda tashlab yuboriladigan limon po‘sti aslida siz o‘ylaganingizdan ham ko‘proq vaziyatlarda asqatishi mumkin.
Teri rangini oqartirish uchun
Limon kislotasi oqartiruvchi va tozalovchi xususiyatga ega. Uning qoldiqlaridan foydalangan holda qo‘lni oqartirish, tirsak va oyoq kaftidagi terini yumshatish mumkin.
Xushbo‘y ifor sifatida foydalanish mumkin
Limon po‘sti, maydalangan dolchin hamda chinnigulni suvga qo‘shib, 15—20 daqiqa davomida qaynatib oling. Uyingizdan xushbo‘y ifor taralib turadi.
Dog‘larni ketkazish uchun
Limon po‘sti yordamida qahva qaynatadigan idish chetida qolgan to‘q dog‘larni bartaraf qilsa bo‘ladi. Buning uchun bir necha soatga ichiga solib qo‘yib, keyin yaxshilab yuvib tashlang. Dog‘dan asar ham qolmaydi.
Uy yumushlarida qo‘l keladi
Shisha idish ichini bo‘laklarga bo‘lingan limon po‘sti bilan to‘ldiring. Ustidan bir osh qoshiq sirka quying. Ustini yaxshilab yopib, bir hafta davomida qorong‘i joyda saqlang. Keyin uni 1:1 nisbatda suv bilan aralashtiring. Oshxonani tozalashda, yog‘ va chirklarni bartaraf qilishda samara beradi.
Yoqimsiz hidni bartaraf qilishda
Sovitkichdan yoqimsiz hid anqishini bartaraf qilishning eng samarali usuli uni artib tozalash hisoblanadi. Ammo vaqtingiz tig‘iz bo‘lsa, ichiga bo‘laklarga bo‘lingan limon solib qo‘yishingiz ham mumkin.
Mikroto‘lqinli pechni tozalash mumkin
Mikroto‘lqinli pech ichiga limon solingan suv qo‘yib, 5 daqiqaga yoqing. O‘chganidan keyin 5—7 daqiqa kuting. Keyin esa ichini namlangan latta bilan artib tashlang.
Metallni yaltiratish uchun
Soda yoki tuzga botirilgan limon bilan qorayib qolgan mis idish va boshqa metall buyumlarni artishingiz mumkin. Limon kislotasi ularni avvalgidek yaltirashiga sabab bo‘ladi.
Chirk va sarg‘ayishlarni bartaraf qiladi
Choynak ichini tozalash uchun uning ichiga to‘ldirib suv, keyin esa limon soling. 5 daqiqa qaynaganidan keyin olovni o‘chiring. Bir soat shunday tursin. Idish devorlarini qattiq gubka va yuvish uchun mo‘ljallangan vosita bilan yaxshilab tozalang.
Chumolilarni yo‘q qilish uchun
Uyda chumoli ko‘paygan bo‘lsa, quyidagi tavsiya ayni muddao hisoblanadi. Hammasi juda oddiy — limon po‘stini tokcha va boshqa yerlarga qo‘yib chiqing. Shuningdek, ushbu usul suvarak va burgalarni yo‘q qilishda ham ish berishi mumkin.
Dezinfeksiya maqsadida foydalanish mumkin
Taxtakachlarni dezinfeksiyalashning eng oddiy usuli ularni limon po‘sti bilan artish hisoblanadi. Bir necha daqiqadan keyin esa toza suv bilan yuvib tashlashingiz mumkin.
Shakarni saqlashda yordam beradi
Jigarrang shakar yopishib qolmasligi uchun saqlanadigan idish ichiga limon po‘stini solib qo‘ying. Ammo solishdan avval yumshoq qismi ajratilgani va po‘stining yetarlicha quritilganiga ishonchingiz komil bo‘lsin.
Tanani tozalash uchun
Maydalangan limon bo‘laklarini yarim stakan shakar va o‘simlik yog‘i bilan qo‘shib aralashtiring. Skrabni namlangan teriga surtib, uqalovchi harakatlar bilan ishqalang. Biroz vaqt o‘tganidan keyin suv bilan yuvib tashlang.
Tirnoqlarni oqartirish uchun
Tirnoqlardagi lakdan keyingi sariq izni ketkazish uchun ularni limon po‘sti bilan artib tashlang.
Qirg‘ichni tozalash uchun
Qirg‘ichning teshiklaridagi qotib qolgan qoldiqlarni ketkazish uchun uni limon po‘sti bilan artish tavsiya qilinadi. | 100 | 3,240 |
Ayollar | Ro‘zg‘orbop mahsulot: kirsovundan unumli foydalanishning 10 usuli | Kirsovundan faqatgina kirlarni yuvishda foydalanadiganlar diqqatiga: ushbu mahsulotni ro‘zg‘or ishlarida ham ishlatish mumkin.
Kirsovunning tarkibi hayvon va o‘simlik yog‘laridan tayyorlanadi, shuning uchun barcha komponentlar tabiiydir va allergiya keltirib chiqarmaydi. Boshqa tomondan, bakteriyalarni yo‘q qiladigan modda ham mavjud. Shuning uchun sovun juda zo‘r dezinfeksiyalovchi hisoblanib, har qanday sirtdan kirni tozalaydi. Shuningdek, kir yuvish uchun sovun juda arzon bo‘lgani uchun kundalik hayotda asosiy yordamchilardan biri hisoblanadi.
Xo‘sh, kirsovun yordamida yana nimalar qilish mumkin?
Pol
Sovun maydalanib, bir chelak iliq suvga solinadi. U har qanday kir va dog‘larni mukammal tozalaydi.
Choyshablar
Sovun choyshablarni yuvishda ham qo‘l keladi. Buning uchun mahsulot maydalanib, uni suv bilan suyultirish va narsalarni namlash kerak bo‘ladi. Shuningdek, sovun bolalar kiyimlarini yuvish uchun ham yaxshi tanlov. Chunki terida allergiya keltirib chiqarmaydi. Trikotaj kiyimlarini yuvishda ham kirsovunlar samarali hisoblanib, ularga zarar yetkazmaydi.
Oshxona jihozlari
Kirsovun ko‘p qirrali tozalash vositasidir. Uni xantal kukuni bilan aralashtirib, gaz plitasi va rakovinalarni tozalash mumkin.
Sabzavotlar
Do‘konda yoki bozorda sotib olingan sabzi, lavlagi, kartoshka va boshqa ildiz sabzavotlarini, shuningdek, tuxumlarini kirsovunli suv bilan yuvish mumkin. Bu turli xil yuqumli kasalliklarning oldini oladi.
O‘simliklarni zararkunandalardan asraydi
Kirsovun shira va boshqa zararkunandalarga qarshi kurashishda yordam beradi. Shu bilan birga, sovun eritmasi o‘simliklar uchun to‘liq xavfsizdir. Eritma nafaqat bog‘da, balki yopiq xonadagi o‘simliklar uchun ham ishlatilishi mumkin.
Husnbuzardan xalos etadi
Ikki haftada bir marta siz yuzni kirsovun bilan yuvish terini quritadi va bakteriyalarni yo‘q qiladi.
Tish cho‘tkalari
Kirsovun ajoyib antiseptik bo‘lgani uchun, shimgich yoki cho‘tkani sovunli suvga bir kechaga namlab, ularni dezinfeksiya qilish mumkin. Agar oilada bemorlar bo‘lsa, buni takrorlash juda muhimdir.
Shishni yengillashtiradi va ko‘karishning oldini oladi
Agar jarohat olgan joyga sovun surilgan bo‘lsa, u holda badan ko‘karmaydi. Buning uchun sovunni suvda suyultirish va shikastlangan joyni eritma bilan artish kerak. Jarayon bir necha marta takrorlanishi mumkin.
Infeksiyani yo‘q qiladi
Agar badan kesilgan, sanchilgan yoki tirnalgan bo‘lsa, zararlangan joyni kirsovun bilan yuvish kerak. Aynan shu tarzda, sezgir terida infeksiya paydo bo‘lishining oldini olish mumkin.
Mushuk yoki it tishlaganda
Yaraga infeksiyani tushishining oldini olish uchun qonli joyni yaxshilab artib, so‘ngra kirsovun eritmasiga namlangan dokani bog‘lash kerak. Shunda jarohat izi tezroq davolanadi va yara yallig‘lanmaydi. | 65 | 2,758 |
Ayollar | Aksessuarlarni to‘g‘ri tanlashni o‘rganamiz | Hech qaysi libos, agar unga mos keluvchi aksessuarlar to‘g‘ri tanlanmasa, mukammal bo‘la olmaydi. Taqinchoqlar, sharflar, sumkalar, soatlar – bular sizning qiyofangizga ko‘rk bag‘ishlovchi mayda-chuydalardir. Aksessuarlarni qanday qilib to‘g‘ri tanlash va mujassamlantirish kerak? Biz siz uchun eng zarur bo‘lgan qoidalarni tanlab oldik.
Bolaligimizdan beri buvilarimiz va onalarimiz bizga oyoq kiyim va sumka ranglari albatta mos tushishi shartligini uqtirib kelishgan. Uzoq vaqt davomida bu modaning eng muhim qoidalaridan biri bo‘lib hisoblanar edi. Ammo bu qoida hozir eskirdi. Yaxshisi, ochiq rangdagi poyabzalni rangsizroq aksessuar bilan to‘ldiring, va aksincha, kul rang yoki qora tufli ochiq rangli sumka bilan juda mos tushadi.
Ko‘rinishingizni yaratishdan oldin, siz, qanday taassurot qoldirmoqchi ekanligingizni va nimaga alohida urg‘u berilishi kerakligini aniqlab olishingiz kerak: yoki kiyimingiz, yoki aksessuarlar va makiyaj yorqin va ko‘zga tashlanadigan bo‘lishi lozim, birdan hammasi emas. Me’yoridan oshirmang, aks holda ko‘rinishingiz to‘tiqushning patlariga o‘xshab qoladi.
Katta va yumshoq yoqali ustki kiyim bilan katta hajmli sharf o‘rash yaramaydi. Bu juda qo‘pol ko‘rinadi. Qulay bo‘lishi uchun ustki kiyim ostidan bo‘yningizga yengil ro‘mol o‘rab oling.
Qo‘l soatlari kundalik, sport va ish kiyimlari bilan juda mos tushadi. Lekin tantanali kechalar uchun kiyiladigan kuylaklar va soatlarni bir vaqtda kiyish to‘g‘ri kelmaydi.
Qisqa barmoqlar uchun keng uzuklar mos emas, balki uning ingichka modellari barmoqlarni uzunroq qilib ko‘rsatadi. Uzuk tanlayotganingizda buni unutmang.
Kiyimdagi pastel ranglar uyg‘unligini yaxshisi, och rangli poyabzal bilan to‘ldirgan ma’qul. Ayni holatda, to‘q rangli poyabzal kiyish mutlaqo o‘rinsizdir.
Ko‘p qatorli munchoqlarni yoki rang-barang bilaguzuklarni neytral rangdagi kiyimlar bilan taqing. | 43 | 1,865 |
Ayollar | Chanel ichiga 4 mini sumka joylanadigan sandiq ishlab chiqardi | Chanel cheklangan adadda qo‘zichoq terisidan qavilgan sandiq ishlab chiqardi.
Sandiq ichida to‘rtta mini-sumka kolleksiya to‘plami mavjud. Modellar ikki xil rangda taqdim etiladi – qora va to‘q qizil. Har birining o‘lchami 8×32×25,5 sm.
Pushtirang sandiq tillarang, qora rangdagisi esa kulrang qulf bilan bezatilgan.
Sandiq ichida har bir sumka o‘z bo‘lmasiga joylashadi. Klassik model 2.55 ikki xil variantda – an’anaviy versiyaga to‘rtburchak va yangi CC Karla Lagerfelda ilgak bilan yangi talqinda namoyon bo‘ladi. Shuningdek, yonida Gabrielle va Boy tvidli sumka joylashadi. | 62 | 581 |
Ayollar | Banan qorayib qolmasligi uchun uni qanday saqlash kerak? | Banan odatda boshqa mamlakatlardan pishmagan holda olib kelinadi. Do‘konlarda ularning erta buzilishi oldini olish uchun maxsus saqlash sharoitlari yaratilgan. Ammo ko‘pincha bir necha kun ichida ular qorayadi. Ushbu jarayonni qandaydir tarzda sekinlashtirish mumkinligini bilib olish uchun nima sodir bo‘layotganini va qanday bananlarni sotib olish yaxshiroq ekanligini bilish kerak.
Do‘konda qanday bananlarni tanlash kerak?
Sariq rangdagi banan sotib olingandan keyin birinchi 24 soat ichida juda yaxshi iste’mol qilinadi. Ammo yashil rangli banan agar to‘g‘ri olib kelingan va saqlangan bo‘lsa, uyda tabiiy ravishda pishishi mumkin. Biroq po‘stida qora dog‘lar bo‘lsa, meva uzoq vaqt saqlanmaydi. Bunday bananlarni sotib olmaslik yoki ularni qorayishdan oldin darhol iste’mol qilish kerak.
Banan qoraymasligi uchun uni uyda qanday saqlash kerak?
Buning uchun bir qator oddiy qoidalarga amal qilish kerak:
Deyarli har bir muzlatkichda saqlanishi mumkin bo‘lmagan mahsulotlar mavjud. Bananlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri stolda yoki oshxonada qoldirish ham yaxshi. | 56 | 1,060 |
Ayollar | Yuz terisini tozalashdagi asosiy xatolar va ularning oqibatlari | Kundalik terini tozalash, ya’ni kirlarni, ortiqcha yog‘ va hatto quyosh kremi qoldiqlarini (kunduzi yoki kechasi terida to‘planishi mumkin bo‘lgan barcha narsalarni) tozalash go‘zallik tartibini belgilovchi jarayon hisoblanadi. Bundan tashqari, terini samarali tozalash ham uni keyingi parvarish uchun tayyorlaydi. Biroq ko‘plab insonlar bu jarayonda xatoga yo‘l qo‘yadi.
Masalan, bu jarayonda quyidagi xatolarga yo‘l qo‘yishingiz mumkin:
Terini yuvish, tozalash va bo‘yanish bir xil jarayon deb o‘ylashingiz mumkin. Aslida esa unday emas. Avvalo, makiyajni yuvish kerak va shundan keyingina yuz terisini tozalovchi vositalardan foydalanish o‘rinli. Marie Claire nashri terini ikki bosqichli tozalash, ya’ni koreys ayollari terisini qanday parvarish qilishi haqida ma’lumot beradi.
Toniklar tozalash jarayonini yakunlaydi, hatto ikki bosqichli tozalashdan keyin ham ketkiza olmagan narsalarni tozalaydi va terini parvarish qilishga tayyorlaydi.
Yuzingizga teginishdan oldin qo‘lingizni yaxshilab yuving.
Agar qo‘lingizni tozalab yuvmasangiz natijada:
Pilinglar ortiqcha yog‘ni yo‘q qilishga va o‘lik hujayralarni olib tashlashga yordam beradi. Haftada ikki martadan ko‘p bo‘lmagan holatda terini tozalagan ma’qul. Agar siz ushbu jarayonni haddan tashqari oshirsangiz, epidermis ingichka bo‘ladi va himoya xususiyatlari kamayadi.
Siz juda ko‘p teringingizni tozalaysiz. Agressiv komponentlar teri himoyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, ya’ni ular terini juda sezgir qiladi yoki yallig‘lantiradi, tirnash xususiyati keltirib chiqaradi. Shuning uchun bu masalada g‘ayratli bo‘lmasligingiz kerak va hech qanday bosim o‘tkazmaslik, mahsulotni bir muddat qoldirib, parvarishlash mahsulotini ketma-ket takrorlash kerak emas.
Yuzingizni issiq suv bilan yuvasiz. Issiq suv teringizdagi namlikni “tortib oladi”, umuman olganda ko‘pchilik namlash jarayoniga yetarlicha e’tibor bermaydi. Yuzingizni iliq suv bilan yuvishga harakat qiling.
Siz yog‘larga asoslangan mahsulotlardan foydalanasizmi? Ular juda samarali, ayniqsa suv o‘tkazmaydigan makiyajni olib tashlashda yaxshi samara beradi. Biroq, birinchi navbatda, ko‘plab ayollarning terisi yog‘larga juda sezgir va hatto o‘zimiz ham buni bilmasligimiz mumkin. Ikkinchidan, to‘yinmagan yog‘lar kamroq barqaror bo‘lgani uchun terining erta qarishiga hissa qo‘shishi mumkin.
Agar hali ham yog‘larga asoslangan mahsulotlarni afzal ko‘rsangiz, xavfsiz bo‘lgan jiyda va kokos yong‘og‘ining yog‘idan foydalaning. Aksincha, yog‘ to‘qimalarini umuman yoqtirmasangiz, foydalanishingiz mumkin bo‘lgan eng narsa mitsellyar suvdir.
Har doim yoningizda nam salfetkalar paketini olib yuring. Ular nafaqat terining yog‘li ko‘rinishini yo‘q qiladi, balki ifloslanishning toshmalar kabi muammolarni keltirib chiqarishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Siz tonikni e’tiborsiz qoldirasiz. Bu o‘z navbatida, kompozitsiyada agressiv komponentlar bo‘lgan tozalash vositalaridan foydalangandan so‘ng pH balansini normallashtiradi, shuningdek, ikki bosqichli tozalash muolajasidan keyin ham qila qoladigan narsalarni tozalaydi.
Yuzingizni sochiq bilan artasiz. Sochiqda ham juda ko‘p, turli xil mikroblar yashaydi. Yuzingizni har doim toza sochiq bilan arta olmaysiz, bunday paytlarda qog‘oz sochiqdan foydalangan ma’qul. | 63 | 3,234 |
Ayollar | Muzlatkichdagi yoqimsiz hidni bartaraf qilishga yordam beradigan 7 tavsiya | Nafaqat uy bekalari, balki muzlatkich eshigini ochgan har qanday kishini ham bezovta qiladigan masalaga yechim topishga yordam beradigan maslahatlarni e’tiboringizga havola qilamiz.
Ikki qavat o‘ramdan foydalaning
Muzlatkich hidlanishiga unda aynigan mahsulotlar borligi, shuningdek, ayrim hidi o‘tkir oziq-ovqatlarning ochiq qoldirilishi sabab bo‘ladi. Shuning uchun ham piyoz, pishloq, baliq konservalarini shunchaki konteyner emas, ikki qavat o‘ramda — konteyner ustidan paket yoki folga qog‘ozga o‘rab saqlash kerak.
Har hafta tekshirib, tozalab turing
Eng avvalo muzlatkichdagi mahsulotlar — sharbat, kolbasa va sutning yaroqlilik muddatini ko‘zdan kechiring. Oqqan, tomgan mahsulotlarni qotib qolishidan avval artib, tozalang. Sodali namlangan gubka va idishlar yuvishda foydalanadigan vosita sizga bu borada yordam bera oladi.
Profilaktika
Soda solingan qutini ochib qo‘yish yomon hidni bartaraf qilib uni tarqalishining oldini oladi. Ammo uni ham vaqti-vaqti bilan almashtirib turish kerak. Yangi soda hidlarni bartaraf qila olmaganda esa u bilan muzlatkich ichini tozalab 24 soatga eshigini ochiq qoldirish lozim.
Muzlatkichga issiq mahsulot qo‘ymang
Issiq taomni kamida ikki soat davomida xona haroratida sovishini kuting. Issiq taom solingan idish qo‘yilganda nafaqat ichkaridagi harorat o‘zgarib, boshqa mahsulotlar — sut va nordon sut mahsulotlarining aynishiga ham olib kelishi mumkin.
Go‘sht, sabzavot va karamni paketga soling, konteynerga joylasangiz yana yaxshi
Taom pishirguncha oqishi, dog‘ qoldirishi mumkin bo‘lgan mahsulotlarni muzlatkichning pastki qismiga qo‘yish tavsiya qilinadi.
Muz solishga mo‘ljallangan maxsus idishni ko‘zdan kechiring
Idishi plastikdan tayyorlangani va undagi muz muzlatkich hidini o‘ziga olgani sabab muz solinadigan idishlarni muntazam ravishda yuvib turish kerak. U qo‘shilgan ichimlikdan yomon hid kelmasligi uchun muzni uch kundan ortiq saqlamaslik lozim.
Mutaxassislarga murojaat qiling
Yaxshilab yuvib, tozalagan taqdiringizda ham yomon hid kelishda davom etsa, maxsus xizmatga murojaat qiling. | 74 | 2,051 |
Ayollar | Uyqusizlikka qarshi eng samarali 4 usul | Yozning issiq harorati yoki kundalik tashvishlar, stress, ortiqcha ovqatlanish ham yarim kechasi uyg‘onishga sabab bo‘lishi mumkin. Harper’s Bazaar jurnali uyqusizlikning oldini olish va bir necha daqiqada uxlab qolishda eng samarali 4 ta usulni tavsiya qiladi.
Miya stimulyatsiyasidan saqlaning
Ertangi kuningizni rejalashtirishni boshlamang, ish yoki o‘qish haqida o‘ylang. Aslo smartfoningizni qo‘lingizga olmang. O‘rningizda yotishga harakat qiling. Masalan, yaqinda ko‘rgan kino yoki o‘qigan kitobingiz voqealarini eslang. Qo‘ylarni sanash usulidan ham foydalanish mumkin.
Tinchlantiruvchi uyqu spreyidan foydalaning
Bunday holda masalan, lavanda moyi spreyini yostiqqa purkash lozim bo‘ladi. Uning formulasi butun tun davomida terapevtik hid taratadi. Bu uyquni osonlashtiradi va ba’zida yarim kechasi uyg‘onishning oldini oladi.
Tibbiyot yo‘nalishini sinab ko‘ring
Ko‘pincha yarim tunda bezovta qiluvchi fikrlar odamni uyg‘onishga majbur qiladi. Tana charchagan bo‘lsa-da, salbiy xayollar oqimi sabab ong uyg‘oq turadi. Bunday holda to‘g‘ri nafas olishga diqqat qilish stressda yordam beradi. Telefoningizdan tinchlantiradigan, tasalli beradigan musiqani tinglang.
Uyqu niqobi va quloqchindan foydalaning
Bu usul ertalabki yorug‘lik tufayli muntazam uyg‘onadiganlar, hatto qo‘shnilar va ko‘chadagi shovqindan uxlolmaydiganlar uchun mos keladi. Va shuningdek, tabiiy materialdan tayyorlangan niqobni tanlash tavsiya etiladi, chunki unda nafas olish bemalol. | 39 | 1,468 |
Ayollar | Mikroto‘lqinli pechni kir va yog‘dan tozalash usullari | Hamma mikroto‘lqinli pechlarda ham bug‘ yordamida tozalash funksiyasi bo‘lavermasligi mumkin. Bunday vaziyatlarda quyidagi tavsiyalar qo‘l kelishi aniq.
Limon, apelsin po‘stlog‘i, soda va sirka
Idishga 400 ml suv soling va unga bitta apelsin po‘stlog‘i va 2, 3 bo‘lak limon soling. Idishni mikroto‘lqinli pech ichiga 5 daqiqaga qo‘ying. Idishni olgandan keyin pech ichini toz quruq latta bilan arting. Bu orqali siz nafaqat tozalagan, balki ortiqcha hidlardan ham xoli etgan bo‘lasiz.
Sirka
Suvga uch qoshiq sirka qo‘shib, 5 daqiqaga mikroto‘lqinli pechga qo‘ying. 10-15 daqiqa ochmang keyin esa gubka bilan artib tashlang.
Idish yuvadigan gel
Gubkani suvda namlab, idish yuvadigan gelga botirib oling va uni siqib ko‘pikli holatga keltiring, pech ichiga qo‘ying. 30 soniyadan keyin oling va shu gubka bilan pech ichini tozalang.
Layfxak: Mikroto‘lqinli pechdan yoqimsiz hid taralayotgan bo‘lsa, tarelkaga tuz, limon yoki qahva solib ertalabgacha yopiq holda qoldiring. | 54 | 970 |
Ayollar | Parfyum soxta ekanini bildiruvchi 6 ta belgi | Bugungi kunda parfyumeriya vositalarining soxtasini onlayn-do‘konlarda va ba’zida hatto obro‘ va nomga ega butiklarda ham uchratish mumkin. Boshqacha qilib aytganda, parfyumeriya ishqibozlari doim izlanishda bo‘lishi kerak, bo‘lmasa ishlab chiqaruvchisi noma’lum bo‘lgan soxta mahsulotlarga aldanib qolishi mumkin. Marie Claire nashri parfyum soxta ekanini bildiruvchi belgilar haqida ma’lumot berdi.
Buni hatto anglamasligingiz ham mumkin — ikki barobar zararli, soxta atirlar sog‘liq uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkinligi haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Biroq o‘z vaqtida to‘g‘ri yo‘naltirishga va firibgarlikni joyida aniqlashga yordam beradigan “mayoqlar” ham mavjud.
Parfyumning qadog‘iga e’tibor bering
Ko‘p hollarda parfyumning qog‘ozli qadoqlanishiga, uni qoplaydigan selofanning sifatiga esa kam e’tibor qaratiladi. Biroq bu katta e’tiborsizlik. Yuqori sifatli parfyum yaxshi selofan o‘rami bilan ajralib turadi: u juda zich va qutini shish, zarba va boshqa nuqsonlarsiz qoplaydi. Shuning uchun selofan o‘ramining chiziqlari alohida e’tibor berishga arziydi. Agar ular egri, singan, notekis yoki juda qalin ekanligini sezsangiz, e’tiboringizni boshqa xushbo‘y hid yoki do‘konga borganingiz ma’qul.
Bundan tashqari, shisha joylashtirilgan qutini ko‘rib chiqishga erinmang: qoida tariqasida, ishlab chiqaruvchilar mahsulotni shishani barqaror holatda ushlab turadigan va mumkin bo‘lgan shikastlanishdan himoya qiladigan maxsus dizayn bilan qadoqlashga harakat qiladi. Quti tayyorlangan qog‘oz dizaynga aloqador bo‘lmasa, kulrang emas, oq rangda bo‘lishi kerak.
Dizaynning o‘xshashligi
Parfyumeriya javonlariga qarab, yaqinda reklamada ko‘rgan atirga ko‘zingiz tushadi va uning hidiga e’tibor qaratasiz, bu sizga yoqadi. Uni sotib olasiz, sotib olganingizdan xursand bo‘lasiz, biroq tasodifan ko‘chada sotib olingan atirning reklama qilingan stendini ko‘rganingizda, bu siz sotib olgan atirning hididan xushbo‘y ekanini bilasiz, undan bir qator nyuanslar bilan farq qiladi: harflar biroz tekisroq, ba’zi harflar esa umuman tekis emas; vizual ravishda, shishalar o‘xshash, ammo haqiqiysi sizniki kabi cho‘zilgan emas. Atirlarning rangi ham farq qiladi — bu haqiqatan ham ular turli xil moddalarni o‘z ichiga olganligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Ayyor ishlab chiqaruvchilar xaridorlarning e’tiborsizligi va mashhur brendlar dizaynlar bilan shunday o‘ynashadi. Jinoiy ta’qibga uchramaslik uchun ular mahsulotlarga minimal o‘zgarish kiritadi, biroq dizaynning umumiy g‘oyasini saqlab qolishadi — bozorda o‘zini namoyon qila olgan va xaridorlar orasida mashhurlikka erishgan nomlardan foydalanishadi.
Parfyumning seriya raqami
Siz tanlagan atirning haqiqiyligini anglatuvchi belgilardan biri — uning seriya raqami, shishadagi seriya raqami esa paketdagi seriya raqamiga mos kelishi kerak. Agar bu oxirgi bo‘lsa, unda siz qadoqlash asosidagi raqamlar ketma-ketligini izlashingiz kerak — ular siyoh yordamida bosilgan yoki belgilar shaklida bo‘ladi.
Parfyum shishasining nuqsonlari borligini sezasiz
Parfyumning haqiqiyligini tekshirishdagi yana bir muhim belgi — bu shishaning sifati. Yaxshi shisha yoki metall, shikastlanmagan silliq sirt — bu mahsulot soxta emasligining birinchi va asosiy belgilari. Agar siz shishaning yuzasida konturlarni, tushunarsiz dog‘larni yoki chiziqlarni sezsangiz, mahsulotining sifati haqida o‘ylab ko‘rish kerak.
Bundan tashqari, idishning nosimmetrik bo‘lishi va atir qopqog‘ini mahkam yopishi kerak bo‘lgan qopqoqqa e’tibor berish kerak. Agar qopqoq assimetrik bo‘lsa va bu dizayn g‘oyasining bir qismi bo‘lsa, unda mahsulotning haqiqiyligini aniqlash qiyinroq bo‘ladi — bu holatda atirning qolgan qismini ko‘rib chiqishni unutmang.
Parfyumeriya suyuqligining yorqin rangi e’tiborni tortadi
Gap shundaki, brendlar kamdan-kam hollarda rang beruvchi moddalardan ko‘p foydalanadi, shuning uchun haqiqiy xushbo‘y hidga ega atirlar, qoida tariqasida, shaffof, och ranglarga ega bo‘ladi. Agar tanlagan atiringiz yorqin ko‘k, fuksiya bilan to‘la bo‘lsa yoki sariq ko‘zlarga aylansa, uni boshqa joyda bir xil xushbo‘y hidga atir bilan solishtirish kerak.
“Arzon” ovoz
Soxta ishlab chiqaruvchilar birinchi “eslatmalar”dan uzoqlashtiradigan eng arzon mahsulotlarga murojaat qiladi. Sotuvchi haqiqiy atirni sinab ko‘rishni taklif qilishi va kassada soxtasiga almashtirishi mumkin. Ehtiyot bo‘ling va mahsulotni joyida tekshiring: bu sizni nafaqat isrofgarchilikdan qutqaradi, balki parfyumeriya dunyosini yaxshiroq tushunishga va undan faqat eng yaxshisini tanlashga o‘rgatadi. | 44 | 4,512 |
Ayollar | Vazn kamaytirishning eng maqbul usuli: moddalar almashinuvi jarayonini yaxshilash uchun 6 tavsiya | Ortiqcha vazndan qutulish haqida gap ketganda, ko‘pincha moddalar almashinuvi jarayoni so‘zi tilga olinadi. Ba’zilar juda ko‘p ovqat iste’mol qilsa ham semirmasligining, yana ayrimlarda esa kuchli parhez natijasida ham ortiqcha vazn tashlamasligining siri nimada bo‘lishi mumkin?
Moddalar almashinuvi tananing oziq-ovqatni energiyaga aylantirish darajasi va turli xil faoliyatni davom ettirish uchun javobgardir. Shunga ko‘ra, moddalar almashinuvi darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, inson shuncha ko‘p kaloriya sarflaydi. Bunday vaqtda ovqatlanishni cheklash hech qanday foyda keltirmaydi. Tana harakat uchun kerakli kaloriya miqdorini olmagan holda energiya tejash rejimiga o‘tadi. Natijada og‘irlik orta boradi. Shuning uchun ham odatdagi ovqatlanish rejimini saqlab qolish, sarflanadigan kaloriya miqdorini kamaytirmaslik bilan birga, vazn kamaytirishning eng maqbul usuli – moddalar almashinuvini tezlashtirishdir.
Oz va tez-tez ovqatlanish
Kuni bo‘yi yoki kechki ovqatga qadar och yurmasdan, tez-tez va oz miqdorda yeguliklar iste’mol qilish kerak. Buning uchun meva va sabzavotlar, vitaminga boy mahsulotlarni yeyish mumkin. Shuningdek, nonushta qilish juda muhim bo‘lib, aynan u moddalar almashinuvi jarayonini boshlab beradi.
Me’yoriy uyqu
Uyqusizlik nafaqat charchoq, balki moddalar almashinuvi jarayonining buzilishiga ham olib kelishi mumkin. Uyquning yetishmasligi energiya va ishtahani tartibga soluvchi muhim gormon – leptin miqdorini pasaytiradi. Bu esa yana ortiqcha ovqatlanishga olib keladi. Sog‘lom ovqatlanish esa to‘g‘ri vazn yo‘qotish garovidir.
Ko‘p miqdorda suv ichish
Bu ko‘pchilik unutadigan eng muhim qoida. Suv tanadagi har qanday jarayonning asosiy ishtirokchisidir. Shu jumladan, moddalar almashinuvining ham. Shuning uchun ichimlik rejimiga rioya qilish muhim hisoblanadi. Bundan tashqari, ovqatdan oldin bir stakan suv ichish ko‘p ovqat yeyishdan saqlanishga yordam beradi. Agar oddiy suv ichish biroz muammo bo‘lsa, unga bir bo‘lak limon bilan yoqimli ta’m berish mumkin.
Sabzavotlar iste’moli
Karam, ismaloq, brokkoli va sitrus mevalarni iste’mol qilish kerak. Ular ovqat hazm qilishni yaxshilaydi va moddalar almashinuvi jarayonini tezlashtiradi. Shuningdek, tanani zaruriy vitaminlar bilan to‘yintiradi.
Ko‘k choy
Ko‘k choyning tarkibida moddalar almashinuvi jarayonini kuchaytiradigan va ozishga yordam beradigan kofein bor. Bundan tashqari, ko‘k choy ishtahani bo‘g‘adi va tanadan toksinlarni chiqarib tashlaydi.
Kuch beruvchi mashqlar
Ular vazn yo‘qotishda boshqa mashg‘ulotlarga qaraganda samaraliroq hisoblanadi. Og‘ir jismoniy zo‘riqishdan so‘ng tana mushak tolasining tiklanishi va o‘sishi uchun juda ko‘p energiya sarflaydi. | 97 | 2,668 |
Ayollar | Lo‘ppi yonoqlardan xalos bo‘lishga ko‘maklashuvchi yuz mashqlari | Parhez va sport mashqlarini kanda qilmaslik orqali sarvqomat ko‘rinishga ega bo‘lish mumkinligi rost, ammo yuzdagi muammolarni bartaraf qilish uchun buning o‘zi yetmasligi mumkin. Gap shundaki, yuz mushaklari ham qomat singari faol bo‘lishga ehtiyoj sezadi. Marie Claire nashri har kuni bajarish mumkin bo‘lgan mashqlar haqida ma’lumot berib o‘tadi.
Alifbodagi harflarni dona-dona qilib aytish
Alifbodagi harflarni ovoz chiqargan holda birma-bir aytib chiqing. Ayniqsa, unlilarning aytilishiga e’tibor bering. A harfida og‘zingizni iloji boricha kattaroq ochishga harakat qiling. E harfida bo‘lsa tabassum qiling, bu yonoqlar uchun a’lo mashq bo‘ladi. I — takror tabassum qiling. O — lablaringiz ushbu harf shaklini takrorlasin, U — lablar birlashsin.
Mazkur mashq nafaqat yonoqlarni, balki bo‘yin terisi va iyaklarni ham taranglashtiradi.
Lunjni havo bilan to‘ldirib amalga oshiriladigan mashq
Og‘iz bo‘shlig‘ini go‘yo shar puflamoqchidek to‘ldiring va 10 soniya holatni saqlang, keyin yuz mushaklariga dam bering. Ushbu mashqni 2 daqiqa takrorlang. Shundan keyin og‘izni katta ochib, tilingizni imkon boricha chiqaring, 10 soniya shunday turishga harakat qiling. So‘ngra go‘yo “o” demoqchi bo‘lgandek og‘izni oching. Bir necha soniyadan keyin og‘izni yopish mumkin bo‘ladi.
Og‘izni yana havo bilan to‘ldiring, labning pastki qismini shishiring. Og‘iz-burun atrofidagi burchakda biroz zo‘riqish sezilishi kerak. 10-15 soniyadan keyin qoshlarni xuddi biror narsadan hayratlangandek ko‘taring. 20 soniya shundoq turing. Yuz mashqlarini bajarish davomida nafasning to‘g‘ri olinishiga e’tiborli bo‘ling. Chuqur va diafragmani to‘ldirib, yaxshiroq olingan nafas hujayralarni kislorod bilan ta’minlab, qon aylanishini yaxshilaydi.
Yuz mushaklarini ishlatish
Lo‘ppi yonoqlarni parhez qilish orqali yo‘qotish mumkin, ammo yuzning shakli o‘ziga xos bo‘lishi uchun buning o‘zi yetarli emas. Gap shundaki, yuz mushaklari alohida mashqlarini talab qiladi. Bolalikdagidek yuzni burishtirish yuz shaklini yaxshilashning eng yaxshi usuli hisoblanadi.
Lablarni birlashtirib suratdagidek mashqni bajarish va ushbu vaziyatni 30 soniya ushlab turish bu borada yaxshi samara beradi. Erta ajin tushishining oldini olish uchun bu vaqtda ko‘zlarni katta ochish muhim.
Baqbaqani yo‘q qilishga yordam beradigan mashq
Lo‘ppi yonoqlardan tashqari, osilgan baqbaqadan ham aziyat chekadigan bo‘lsangiz, ushbu mashq siz uchun ayni muddao. Buning uchun boshni ehtiyotkorlik bilan orqaga keyin esa oldinga eging.
Bu vaqtda bo‘yin va yuz mushaklarida yengil zo‘riqish kuzatilishi kerak. Natija bir necha haftadan keyin sezilishi uchun ushbu mashqni kuniga 30 marta bajarish kerak. Yanada yaxshi samara bo‘lishi uchun esa namlantiruvchi krem yordamida yuzni yengil massaj qilish tavsiya qilinadi. | 64 | 2,768 |
Ayollar | Yuksak kiyinish madaniyati va nozik didga ega 5 malika | Qirollik oilasi vakillarining hammasi ham qimmatbaho va hashamatli kiyinishi mumkin, lekin did va uslubi bilan esda qoluvchilari sanoqli bo‘ladi.
Mariya-Antuanetta
Fransiyaning qirolicha-konsorti bo‘lgan Mariya Antuanetta Rouz Bertenga mansub keng va uzun liboslar kiyishni yoqtirgan. Malikaning suratlariga nazar tashlab, davrga nisbatan did va nafosat bilan kiyinganini ko‘rish mumkin.
Greys Kelli
Greys shahzoda Renye III ga turmushga chiqib, Monaka malikasi bo‘lguniga qadar aktrisa sifatida ma’lum bo‘lgan. 50-yillar kinoyulduzi bo‘lgan Kelli hamisha o‘ziga xos kiyinish uslubi bilan boshqalar e’tiborini tortgan.
Malika Margaret
Qirolicha Yelizaveta II ning singlisi malika Margaret o‘z davrining moda timsoli deb hisoblangan. U kiyinish borasida qirollik tartib-qoidalaridan chetga chiqmagan holda latofatli ko‘rsatuvchi va yuksak did bilan tikilgan liboslarni tanlagan.
Malika Diana
“Xalq malikasi” deb ta’rif beriladigan Diana odamlar xotirasida nafaqat oqila, rahmdilligi bilan, balki kiyinish borasidagi o‘ziga xos uslubda kiyinadigan qat’iyatli malika sifatida qolgan. Hali-hanuz dizayner va moda ixlosmandlari malikaning obrazlaridan ilhomlangan holda kolleksiya va yangi liboslar yaratadi. Nafosat bilan kiyinishni uddalagan Diana barcha ayollar uchun go‘zallik timsoli hisoblanadi.
Qirolicha Raniya
Qirolicha Raniya boshqa malika va qirollik oilasi vakillaridan rasmiy uslubda kiyinishni afzal bilishi va ushbu uslubda ayollarga xos nazokatga urg‘u berishi bilan ajralib turadi. U, asosan, qalam shaklini esga soluvchi yoki o‘rta uzunligidagi yubka, bluzka va pidjak, ingichka poshnali uchli tufli bilan obraz yaratishni yoqtiradi. | 54 | 1,651 |
Ayollar | Yarashishi aniq: qora sochli ayollarga kiyish tavsiya qilinadigan rangdagi liboslar | Kiyinish borasida didli va maftunkor ko‘rinish uchun qomat va bo‘ydan tashqari, teri va soch rangini ham inobatga olish obrazning muvaffaqiyatli yakunlanishini ta’minlaydi.
Yorqin pushti
Bir vaqtning o‘zida quvnoqlik va romantikani o‘zda aks ettirgan mazkur rangdagi libosni nafaqat norasmiy, balki jiddiy va alohida uchrashuvlarga ham kiyish mumkin.
Asosiysi maksimal darajada sipo bichim va dizayndagi modellarga e’tibor qaratish kerak.
To‘q ko‘k
Navy blue rangida libos kiygan biron ayol e’tiborsiz qolishi mumkin emas. Total look, ya’ni boshdan oyoq ko‘k rangdagi libos yoki boshqa rangdagi kiyimga ko‘k aksessuar yoki detal qo‘shilsa, yanada yaxshi.
Bunda obraz bashang, uning egasi esa didli ko‘rinadi.
Qizil
Klassik qizil rang hamda tim qora sochlar e’tibor markazida bo‘lish va hammadan ajralib turish uchun eng mukammal variant.
Oqshom tadbirlari va ziyofat uchun obrazni qizil rangli lab bo‘yog‘i bilan yakunlash tavsiya qilinadi.
Yorqin bo‘lmagan sariq
Sariqning yorqin bo‘lmaganidan tikilgan libos va ko‘ylaklar nafaqat yoz kunlari, balki oltin kuz uchun ham ayni muddao.
Qolaversa, alohida kun va maxsus ziyofatlarga ham mazkur rangdagi libosni tanlab atrofdagilardan o‘zgacha ko‘rinish mumkin. Unga yorqinlik qo‘shish uchun qizil lab bo‘yog‘idan foydalanish mumkin.
Oq
Oq rang sochlari qora qizlarga qizildan kam yarashmaydi. Ayniqsa, undan libos kiygan ayol yoki qizning terisi bug‘doyrang bo‘lsa.
Oppoq qizlarga esa yorqin makiyaj orqali go‘zalligiga urg‘u berish tavsiya qilinadi. | 83 | 1,507 |
Ayollar | Tirnoqlar parvarishi uchun uy sharoitida topishingiz mumkin bo‘lgan 10 mahsulot | Tirnoqlarni parvarish qilish uchun faqat qimmat professional mahsulotlar kerak deb hisoblasangiz, adashasiz — kerakli barcha narsalar juda yaqin joyda bo‘lishi mumkin. Keling, oshxonani bir ko‘rib chiqamiz.
Dengiz tuzi
Dengiz tuzi noyob tarkibga ega. U sog‘lom va yorqin tirnoqlarni ta’minlovchi tabiiy minerallarga boy. Tirnoq plastinkasini mustahkamlash va katikulani yumshatish uchun bir stakan iliq suvga dengiz tuzidan 2 choy qoshig‘ini eriting va barmoqlaringizni 10 daqiqa davomida suvda ushlab turing.
Dengiz tuzi qanday maqsadlarda qo‘llanilishi mumkin?
Kokos yog‘i
Kokos yog‘i tarkibida tirnoqlarni va ularning atrofidagi terini yaxshi namlaydigan to‘yingan yog‘lar mavjud. Oldindan ilitilgan oz miqdordagi moyni qo‘llaringizga surting va qon oqimini yaxshilash hamda tirnoqlarni oziqlantirish uchun tirnoq plastinkasini, barmoqlarning yuqori qismini yumshoq massaj qiling.
Go‘zallik uchun kokos yog‘i foydalari
Olma sirkasi
Olma sirkasi sog‘liq uchun juda foydali. Ushbu mahsulot tarkibida kalsiy, magniy va temir — tirnoqni mustahkamlovchi minerallar mavjud. Shuningdek olma sirkasi tirnoqlarni zamburug‘lardan himoya qiladi. Buning uchun sirkaning o‘zidan foydalanmang, 1:1 nisbatda suv qo‘shing.
Olma sirkasidan ro‘zg‘orda foydalanishning siz bilmaydigan 13 ta usuli
Pivo
Spirtli ichimliklar ichilsa, organizmga foyda bermaydi. Ammo sirtga surtish uchun ishlatilganda, pivo kaliy, selen, fosfor va biotinning boy manbai, ya’ni tirnoqlar holatini yaxshilaydi. Bunday vannani tayyorlash uchun bir stakan olma sirkasi, bir stakan pivo va 0,25 stakan iliq zaytun moyi kerak bo‘ladi. Eng yaxshi ta’sirga erishish uchun tirnoqlarni eritmada kamida 15 daqiqa ushlab turish kerak. Jarayon kamida haftasiga ikki marta muntazam ravishda amalga oshirilishi lozim.
Mayonez, aspirin, Coca-Cola: Yulduzlarning serjilo sochlari siri nimada? (foto)
O‘simlik moyi
Suv va yuvish vositalaridan tez-tez foydalanish qo‘l va tirnoqlar holatiga salbiy ta’sir qiladi. Teri quriydi, yorilish boshlanadi. Qo‘lingizni suvdan himoya qilish uchun bir necha tomchi o‘simlik moyi bilan yumshoq massaj qiling. Ushbu mahsulot namlikni yo‘qotadi va terini yumshoq, mayin qiladigan himoya plyonkasini hosil qiladi.
Kipriklarni o‘stirish uchun 5 ta samarali vosita
Choy daraxti yog‘i va E vitamini
Ushbu ikkala mahsulot ham qo‘l va tirnoq kremlarida keng qo‘llaniladi. Yog‘lar quruq terini oziqlantiradi, choy daraxti ekstrakti terini zamburug‘ va boshqa infeksiyalardan himoya qiladi. Kechasi teri va tirnoqlaringizga bir necha tomchi yog‘dan surting, paxta matoli qo‘lqop kiyib yoting.
Tirnoqlar uchun foydali yog‘lar
Osh sodasi
Soda nafaqat tirnoqlarni mustahkamlaydi, balki ular ustida qolgan yoqimsiz sariq dog‘larni yo‘qotadi. Bundan tashqari, antiseptik xususiyatlari tufayli ichimlik sodasi qo‘llarni zamburug‘ paydo bo‘lishidan himoya qiladi.
Osh sodasidan go‘zallik yo‘lida foydalanish usullari
Limon va shakar
Limon sharbati kuchli oqartiruvchi vositasidir. Sarg‘aygan tirnoqlarga tabiiy rangni tiklash va katikula holatini yaxshilash uchun yarimta limon sharbatini 1 osh qoshiq shakar bilan aralashtiring. Aralashmani tirnoqlaringizga va ularning atrofidagi teriga surting. Aralashmani 5-7 daqiqa davomida tirnoqda qoldiring va iliq suv bilan yuvib tashlang. Jarayon to‘rt kunda bir marta amalga oshirilishi mumkin. Shundan so‘ng bir necha soat davomida quyosh nurlaridan saqlanish kerak — quyosh nuri terining pigmentatsiyasini qo‘zg‘atishi mumkin.
Toza va tez: Uy tozalashda asqatadigan 6 ta layfxak
Piyoz
Piyozni ikkiga bo‘ling, ichiga tirnoqlaringizni tiqing va 5-7 daqiqa ushlab turing. Shundan so‘ng qo‘llaringizni kamida bir soat yuvmaslikka harakat qiling. Ha, hidga chidash oson emas, lekin piyoz sharbatining ta’sirini ko‘rganingizda barcha noqulayliklarni tezda unutasiz.
Piyoz, sarimsoq va baliq hidini bartaraf etishning 10 usuli
Yalpiz va moychechak
Dorivor moychechak yumshoq antiseptik ta’sirga ega, yalpiz moyi esa qon aylanishini rag‘batlantiradi va tirnoqlarning o‘sishini kuchaytiradi. Moychechakli damlamani tayyorlash uchun bir stakan suvga 2 osh qoshiq moychechak, to‘rtta yangi yalpiz barglari yoki bir necha tomchi efir moyi, 1 osh qoshiq zaytun moyi va 2 osh qoshiq bug‘doy uni qo‘shing. Tayyor aralashmani haftada bir necha marta tirnoq va katikulalarga surtish kerak. Mahsulotning qolgan qismini muzlatkichda saqlang.
Moychechakli damlama — go‘zal va sog‘lom teri uchun samarali vosita | 79 | 4,414 |
Ayollar | Adeldan Jessika Simpsongacha: Ortiqcha vazndan xalos bo‘lgan yulduzlarning kiyinish uslubi qanchalik o‘zgardi?(foto) | Ortiqcha vaznga ega bo‘lgan insonlar qanchalar xushbichim va ozg‘in bo‘lishni istamasin, ulardan ayrimlarigina maqsadiga erishadi. Erishganlar orasidan ko‘pchiligi mashhur insonlarni tashkil etadi. Quyida 36 kilogramm va undan ham ko‘p vazn yo‘qotgan yulduzlar haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkin.
Jessika Simpson
Jessika Simpsonning albomlari bir necha soniyada sotilar, moda namoyishlariga taklif etilar, shaxsiy hayotining tafsilotlarini odamlar zavq bilan muhokama qilar edi. Ammo oradan bir qancha vaqt o‘tib, Jessikaning o‘zi sezilarli darajada o‘zgardi. U dastlab haddan ortiq vazn yig‘di va keyinchalik uni yo‘qota boshladi. Jessika parhez tutish natijasida 6 oy ichida 45 kilogramm vazn tashladi.
Kris Pratt
Aktyor Kris Prattning tashqi ko‘rinishida kutilmagan darajada o‘zgarish yuz berdi. U bir necha filmdagi roli uchun 36 kilogrammga vazn tashladi. Hattoki uning bu o‘zgarishi bo‘lajak turmush o‘rtog‘i — Arnold Shvarseneggerning nabirasi Ketrin bilan uchrashuviga ham ijobiy ta’sir qildi. Aktyor mushaklarini chiqaribgina qolmay, garderobini ham tubdan yangiladi. Albatta, uning hozirgi ko‘rinishi avvalgisidan tamoman farq qiladi.
Merayya Keri
Vazn yo‘qotishi uslubiga ta’sir qilmagan yulduzlardan biri – Merayya Keridir. Qo‘shiqchi avvalgi uslubida qanday kiyingan bo‘lsa, katta vazn tashlashdan keyin ham o‘zgarishsiz qoldi. Uning chinakam go‘zalligi 50 kilogramm ozgandan so‘ng sezila boshladi.
Adel
Vazn tashlashda eng sezilarli o‘zgarish Adelda sodir bo‘ldi. U 45 kilogrammga ozib, haqiqiy malikaga aylandi. Bunday kutilmagan go‘zallikning asosiy sababi tadbirkor Saymon Konekki bilan ajrashish tufayli yuz bergan.
Zak Galifianakis
Komediyalardagi ijrosi bilan tanilgan Zak Galifianakisning tashqi ko‘rinishi faqat komik obrazlarga mos bo‘lgan. Biroq unga taklif qilingan bir necha jiddiy rollar tufayli yulduz 45 kilogramm vazn tashladi. Ammo uning qomatidagi o‘zgarish uslubiga ta’sir o‘tkazmadi. | 116 | 1,937 |
Ayollar | Hech qachon urfdan qolmaydigan sumka modellari (foto) | Yangi dizaynerlik sumkasiga sarmoya kiritishni rejalashtirmoqchi bo‘lganlar vaqt sinovidan o‘tgan modellarni ko‘rib chiqishi mumkin. Garderobda faqat chang to‘playdigan va birgina mavsum davomida urfda bo‘ladigan modellar tavsiya etilmaydi. Harper’s Bazaar Kazakhstan nashri yillar davomida o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydigan sumka modellarini taqdim etdi.
Dior’dan tout-sumka
Dior tout sumkalari tezda fransuz moda uyining eng taniqli modellaridan biriga aylandi. Bundan tashqari, ushbu model o‘zlari bilan zarur narsalarni olib yurishni yaxshi ko‘radiganlar uchun juda qulay.
Chanel 2.55 sumkasi
Chanel tvidli sumkasi moda tarixidagi eng mashhur aksessuarlardan biri hisoblanadi va buning sababini tushunish qiyin emas. Agar hech qachon modadan qolmaydigan ajoyib sarmoyaviy modelni izlayotgan bo‘lsangiz, unda bu sumka aniq siz uchun.
Louis Vuitton NeoNoe charm sumkasi
Louis Vuitton tomonidan yaratilgan NeoNoe — bu haqiqiy afsona bo‘lib, u birinchi marta 1932-yilda shampan vinolarini tashish uchun yaratilgan. O‘shandan keyin sumka qalin qoplama bilan qayta ishlangan.
Hermes’ning Kelly sumkasi
Kelly — Hermesning eng mashhur modellaridan biridir. Ushbu sumkalarni deyarli topib bo‘lmaydi, bu faqat xaridorlarning qiziqishini kuchaytiradi.
Fendi’ning Baguette sumkasi
Fransuz nonining sharafiga nomlangan sumka imkon qadar yangilandi va o‘zgartirildi.
Prada’dan Sidonie sumkasi
Sidonie qisqa vaqt ichida o‘zining dizayni va noodatiy silueti bilan Pradaning yangi nafislik ramziga aylandi.
Bottega Veneta’ning Pouch klatchi
Bottega Veneta Pouch sumkasi klatchlarni urfga qaytardi. Nozik burmali bu aksessuar har qanday kiyimga mukammal qo‘shimcha bo‘ladi.
Burberry’dan tout sumka
Ushbu Burberry tout-sumkasi kundalik ish uchun juda mos keladi.
Gucci Horsebit 1955 sumkasi
1955-yilgi Horsebit sumkalari 2020-yilgi to‘plamda urfga qaytdi. Ushbu model italyan brendi bilan sinonimga aylanganligi sababli, bu aksessuar hech qachon urfdan chiqmasligi aniq.
Marni’dan kross sumka
Marni kross-sumkasi ko‘p yillar davomida urfda bo‘lib kelgan va shuning uchun ham abadiy klassika deb hisoblangani ajablanarli emas.
Celine’dan yelkaga ilinadigan sumka
Celine brendi hashamatli aksessuarlari bilan mashhur bo‘lib, yillar davomida o‘z egalarini xursand qiladi.
Off-White’dan Twist Jitney sumkasi
Agar siz har kuni zamonaviy hamroh izlayotgan bo'lsangiz, Off-White’dan Twist Jitney sumkasini tavsiya qilamiz.
Dolce & Gabanna Devotion sumkasi
Devotion sumkasi nafislik va funksionallikni o‘zida mujassam etgan san’at asaridir. Italiya brendining Humanitas universiteti bilan hamkorligi doirasida har kuni ushbu model sotuvining besh foizi ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.
3.1 Phillip Lim’dan Alix sumkasi
Alix sumkasi 3.1 Phillip Limning klassikasi. Rostini aytganda, undagi ranglar har qanday ayol didiga mos keladi.
Jil Sander’dan kross-sumka
Jil Sander yuqori sifat va minimalizmning timsoli bo‘lib, sumka modeli hamisha urfdaligi bilan boshqalaridan ajralib turadi. | 53 | 2,997 |
Ayollar | Yuz shakliga qarab bosh kiyimi tanlaymiz (foto) | Kuz-qish mavsumiga mo‘ljallangan bosh kiyimlarni tanlashda rangi ham, bichimi ham muhim rol o‘ynamaydi. Bosh kiyimi yuz mutanosibligi bilan mos kelishi kerak.
Vazifa: yuzni ortiqcha uzaytirmaslik.
Simmetriyaliligi tufayli cho‘ziqroq yuzlar namunali hisoblanadi. Bunday shakldagi yuz egalari deyarli hamma bosh kiyimlarini tanlashlari mumkin. Lekin yaxshisi baribir yirik popukli haddan tashqari baland shapkalarni tanlamaganlari ma’qul. Cho‘ziqroq yuzlarga simmetrik bo‘lmagan va peshanani yopib turadigan modeldagi bosh kiyimlar juda yarashadi.
Vazifa: yuzni cho‘ziqroq ko‘rsatish.
Kulcha yuzlarga siqib turuvchi va peshanani yopib turadigan bichimdagi bosh kiyimlar mos kelmaydi. Yuzni uzaytirishga yirik popukli uzun va to‘qilgan hajmli shapkalar yordam beradi. Har qanday tikka naqshlar ham ma’qullanadi.
Vazifa: uzunligini kamaytirib ko‘rsatish va yuzning qirradorligini tekislash.
Qo‘yilgan vazifani bajarishda yotiq chiziqlar hosil qiluvchi bichimlar yordam beradi: katta qaytarmali yumaloq, quloqchinlari yuqoriga bog‘langan shapkalar, shuningdek furajkalar. Ular peshanani yashirishga va yuzning cho‘ziqligini tekislab yuborishga yordam beradi.
Vazifa: diqqatni yonoqlarga jalb qilish.
Peshanani yopib turadigan shapkalar kerak. Asosiysi, ular haddan tashqari siqib turmaydigan bo‘lishi kerak. Agar yuzingiz uchburchak shaklda bo‘lsa, unda siz — soyaboni unchalik katta bo‘lmagan shlyapalarni, quloqchinli nozik shapkalarni, yumshoq mo‘ynali modellarni tanlaganingiz ma’qul.
Manba: “Layfxaker” | 47 | 1,506 |
Ayollar | Yoshingizga qo‘shimcha yil qo‘shadigan modadagi 10 ta xato | Hech kim o‘z yoshidan kattaroq ko‘rinishni xohlamaydi, ammo ba’zi uslublar qo‘shimcha yillarni osongina qo‘shishi mumkin. Agar zamonaviy, dinamik va yosh ko‘rinishni xohlasangiz, nimadan voz kechish kerakligi haqida bilib oling.
Yarashmaydigan liboslar
Hloe Morets, 2012-yil 14-yanvar
To‘g‘ri tanlangan kostyum yoki kiyim mo‘jiza yaratishi mumkin. Garderobingizga qancha mablag‘ sarflaganingizdan qat’i nazar, kiyimingiz o‘zingizga yarashib turishiga ishonch hosil qilish uchun yaxshi atelye tanlang. Kiyimlar harakatlarni haddan tashqari cheklamasligi va xalaqit bermasligi kerak, muvozanat sizning xotirjamligingiz va o‘zingizga bo‘lgan ishonchingiz kalitidir.
Yumshoq trikotaj
Sintiya Nikson. 2020-yil 26-oktabr
Jersi materiali tanaga yopishib turadi va uning barcha xususiyatlarini ta’kidlaydi. Umuman olganda, keksa avlod vakillari tomonidan juda yaxshi ko‘rilgan yumshoq trikotaj yoshni katta qilib ko‘rsatadi. Yaxshisi, jersi bilan shaklini yaxshi ushlab turadigan matolarni tanlang.
Boshdan oyoq qora kiyim
Yeva Longoriya, 2020-yil 4-fevral
Boshdan oyoq qora kiyim kiyish ixcham ko‘rsatishi mumkin, ammo, aslida, ular o‘ziga ishonmaslik yoki dangasalik kabi ko‘rinishni yaratadi. Qora rang sizni kasal qilib ko‘rsatishi va yoshingizga yosh qo‘shishi mumkin. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun qora rangni ochiq va dinamik rang beradigan yorqin olov palitrasi bilan birlashtiring. Qora rang bilan birlashtirilgan o‘simlik ranglari va botanika motivlari ham urfda.
Haddan tashqari uzun yubka
Lindsi Loxan, 2019-yil 2-noyabr
Kundalik hayotda yubka kiyishga bo‘lgan chaqiriqlarni tez-tez eshitamiz. Agar garderobingizdagi yubkalar juda uzun va noaniq shaklda bo‘lsa, faqat yoshingizga bir necha yil qo‘shganingiz qoladi. Klassik uslubdagi qalam yoki A shaklidagi yubka bo‘lsa boshqa gap. Uzunligi tizzaning o‘rtasiga qadar yoki tizzadan yuqorida bo‘lgani ma’qul.
Eski modeldagi poyabzal
Merayya Keri, 2018-yil 28-yanvar
Eskirgan poyabzal modellari sizni eng zamonaviy kiyimda ham noqulay ko‘rinishga olib kelishi mumkin. Modaning qanday o‘zgarib borayotganini, dizaynerlar tomonidan qanday materiallar va ranglar tanlanayotganini, bugungi kunda qanday dekor urfda ekanini kuzatib boring. Va, albatta, vintaj poyabzallardan qoching.
Qopsimon bichimdagi bleyzerlar
Lindsi Loxan, 2019-yil 24-oktabr
Egningizga yarashib turgan kostyum o‘zingizni professional sifatida tanitishga yordam beradi, lekin haddan tashqari katta bichimdagi kiyimlar emas. Ayniqsa, bleyzer haqida gap ketganda, o‘ylamasdan tanlangan oversize libos ayollarga ham, erkaklarga ham tartibsiz ko‘rinish berishi mumkin. Xarid qilishda tanlangan model sizga ortiqcha kilo va yosh qo‘shmasligiga, siluetingizni yashirmasligiga va xatti-harakatlaringizni deformatsiyalamasligiga ishonch hosil qiling.
Urfdan qolgan jinsi modellari
Lana Del Rey, 2016-yil 6-sentabr
Jinsi lar tashqi ko‘rinishingizning mukammalligi uchun javob beradigan garderobning asosiy elementidir, shuning uchun siz uslub, rang va uyg‘unlikka e’tibor berishingiz kerak. Kichik va katta bichimdagi jinsilar professionalligingiz va hayotga nisbatan haqiqiy bo‘lmagan qarashingizni ko‘rsatishi mumkin. O‘zingizga mos keladigan yoki ultrazamonaviy o‘zgarishlarga mos keladigan klassik denim uslublarini tanlang.
To‘qilgan kofta-yubkalar
Ketrin Makfi, 2019-yil 20-oktabr
Faqatgina yosh qizlargina deyarli har qanday to‘qilgan libosni qo‘rqmasdan kiyishlari mumkin, hatto 1950-yillarda alohida hurmatga sazovor bo‘lgan kashmir matosidan tikilgan kiyimni ham. Ammo yoshingiz o‘tgani sayin bunday to‘plamlardan, shuningdek, boshqa retro naqshli trikotaj mahsulotlardan voz kechish lozim. Kardigan shaklidagi duetlar va xuddi shu matodan tikilgan ko‘ylak yoki yubka ham tashlab yuborilishi kerak. Agar siz kardiganisiz yashay olmasangiz, bel qismida keng belbog‘li uzun modelni tanlang va uni zamonaviy poyabzal, tor shim bilan birlashtiring.
Gardishsiz ko‘zoynaklar
Sara Peylin, 2010-yil 4-may
Ko‘z bilan aloqa qilishning ahamiyatini baholab bo‘lmaydi. Ko‘zoynak — bu zamonaviy ko‘rinishga bo‘lgan barcha harakatlaringizni yo‘qqa chiqara digan aksessuar. Shu bilan birga, u qo‘shimcha o‘n yilga yashartirish va sezilarli darajada yuz shaklini o‘zgartirish imkoniyatiga ega. Agar yuzingizdagi yoshga bog‘liq o‘zgarishlardan xavotirda bo‘lsangiz, yuzning geometriyasiga mos tushadigan katta gardishli ko‘zoynaklarni tanlang. Ultrazamonaviy va gardishsiz ko‘zoynaklarni unutgan ma’qul. | 58 | 4,412 |
Ayollar | Dizayner Karl Lagerfeldning moda olamini o‘zgartirib yuborgan 5 ta g‘oyasi (foto) | Agar hayot bo‘lganida, 2022-yil 10-sentabr kuni mashhur dizayner Karl Lagerfeld 89 yoshga to‘lgan bo‘lardi. O‘zini butunlay moda sanoatiga bag‘ishlagan dizayner ko‘plab unutilgan tendensiyalarni qaytardi. Grazia nashri mashhur dizaynerning tavallud kuni munosabati bilan uning moda olamidagi ixtirolarini yodga oldi.
Marvarid
Sun’iy marvarid va oddiy zargarlik buyumlari 1930-yillarda Koko Shanel tomonidan ommalashgan. Ammo vaqt o‘tishi bilan bunday zargarlik buyumlari biroz urfdan qoldi, ulardan faqat yoshi katta ayollar foydalandi. Shuning uchun 1983-yil Karl Chanel moda uyining rahbari bo‘lganida, u ushbu aksessuarni modernlashtirishga qaror qildi. Dizayner marvaridlarga barcha turdagi marjonlarni qo‘shib, ko‘p qatlamli taqinchoqlarni yaratdi. 2000-yillarning boshida bunday zargarlik buyumlari ommalashdi, ammo bugungi kunda uning turli uzunlikdagilari obrazga mos kelgan holda taqiladi.
Quyoshdan saqlaydigan katta ko‘zoynaklar
Karldan oldin eng zamonaviy quyosh ko‘zoynaklari ham juda ixcham edi. Agar obrazlarda katta aksessuarlar paydo bo‘lgan bo‘lsa, unda ko‘zoynaklar shaffof bo‘lishi kerak edi. Ammo quyoshdan saqlaydigan katta ko‘zoynaklarni haqiqiy trendga aylantirgan Karl bo‘ldi. Dizayner bunday dizayn har qanday odamning qiyofasiga mos kelishiga va kamchiliklarni mukammal yashirishiga amin bo‘lgan.
Kundalik kiyish uchun mo‘ynali kiyim
Qimatbaho mo‘ynali kiyim uzoq vaqt davomida juda boy odamlarning libosi bo‘lib kelgan. Lagerfeld hali Fendi’da ishlayotganida, bu ustki kiyimni ommalashtirishni anglab yetdi va mo‘yna bilan tajriba o‘tkaza boshladi. Dizayner klassik siluetdan uzoqlashdi va keyin bu ishni Chanel’da davom ettirdi. Shunday qilib, kundalik mo‘ynali kiyim uchun hatto sun’iy materialda ham Lagerfeldning xizmati katta.
Bejirim sumkalar
Sumkalar har qanday moda uyining “yuragi”dir. Ularni yaxshi sotish uchun dizaynerlar har kuni an’anaviy modellarga e’tibor qaratdi. Ammo Karl bu qoidalar allaqachon eskirgan deb qaror qildi. U moda sanoatida birinchilardan bo‘lib g‘ayrioddiy aksessuarlar — ulkan va mayda, qattiq va dekonstruksiyasiz qo‘shimcha modellarni o‘ylab topdi.
Tvidli kiyimlar
Dizayner Koko Shanelning merosiga juda ehtiyot bo‘ldi, lekin u o‘tmishdagi tendensiyalarga e’tibor qaratmadi. Lagerfeld Chanel’ga kelganida, tvid allaqachon brendning o‘ziga xos belgisiga aylangan edi. To‘g‘ri, klassik kostyumlar asosan undan tikilgan va allaqachon mashhurligini yo‘qotgan ham edi. Keyin Karl ushbu materialdan hamma narsani tikishga qaror qildi: qo‘lqoplardan korsetgacha. Uning sharofati bilan bunday mato ikkinchi bor hayotga qaytdi va yana urfga kirdi. | 81 | 2,608 |
Ayollar | Uy tozalashda foydasi tegadigan tavsiyalar | Ko‘pchilik ayollar uy tozalashni zerikarli va ko‘p vaqt oladigan mashg‘ulot deb hisoblaydi. Biroq ba’zi usullar borki, ular ushbu jarayonni ancha yengillashtiradi. Uy tozalashda foydasi tegadigan bunday usullarning bir nechtasini quyida o‘qishingiz mumkin.
Blenderni tozalash uchun…
Blenderga iliq suv solib, bir necha tomchi suyuq sovun tomizing. So‘ng blenderni bir necha daqiqaga yoqib qo‘ying. Uni o‘chirgach taom yuqini osongina ketkazish mumkin bo‘ladi.
Gilamdagi kir dog‘ini ketkazish uchun…
Osh sodasini biroz suv bilan aralashtirib, pasta hosil qiling va uni gilamning kirlangan joyiga surting. Kechasi bilan shu holda qoldirib, ertasi kuni changyutgich bilan tozalab olishingiz mumkin.
Yana bir usul gilamdagi dog‘ga suv (2/3) va sirka (1/3) aralashmasini surtishdan iborat. So‘ng o‘sha joyni ho‘l latta bilan yopib, ustidan dazmol yurg‘izing.
Charmdan ishlangan jihoz eskirib qolgan bo‘lsa…
Uni poyabzal uchun mo‘ljallangan oddiy krem yordamida ishqalab artib chiqing. Shilinish va tirnalishdan hosil bo‘lgan izlar shu zahotiyoq yo‘qoladi.
Ko‘rpa-to‘shaklarni tozalash uchun…
Purkagichi bor idishga biroz aroq soling va uni to‘shakning butun yuzasiga sepib chiqing. To‘shakni ochiq havoda quriting. Aroq yoqimsiz hid taratadigan barcha bakteriyalarni o‘ldiradi.
Idish-tovoq yuvuvchi gubkani tozalash uchun…
Gubkani mikroto‘lqinli pechga bir necha daqiqaga qo‘yib oling. Bu zararli bakteriyalarning taxminan 99 foizini qirishga yordam beradi.
Yog‘li dog‘ni ketkazish uchun…
Kiyimingizga yog‘ tomsa, o‘sha joyga oddiy oq bo‘rdan suring. Bo‘r izini nam latta bilan artib tashlang.
Yumshoq mebelni tozalash uchun…
Divan yuzasiga spirtli aralashmani seping va yumshoq gubka bilan artib chiqing. Shundan so‘ng qolgan kirni ketkazish uchun qattiq cho‘tkadan foydalaning.
Duxovka ifloslansa…
Yoyiqroq idishga yarim stakan ammiak solib, sovuq pechda bir kechaga qoldiring. Ertasi kuni pechni osongina tozalab olishingiz mumkin. | 42 | 1,930 |
Ayollar | Suv, yogurt, ko‘zoynak: jazirama kunlarda mashinada qoldirib bo‘lmaydigan buyumlar | Unutuvchanlik o‘zingizga yoki bo‘lmasa avtomobilingizga zarar yetkazishi mumkin, ayniqsa, yozning jazirama kunlarida. Quyidagi narsalardan qay biri avtomobilingizda saqlanishiga e’tibor qarating.
Suv
Favqulodda vaziyatlar vazirligining ogohlantirishicha, plastik suv idishi avtomobilda yong‘in chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Obyektiv kabi suv quyosh nurlarini toraytiradi va ularni bir nuqtaga jamlaydi. Uning markazidagi harorat 120 darajaga yetishi mumkin — bu o‘rindiq qoplamasi va avtomobildagi plastmassa eriy boshlashi uchun yetarli harorat.
Bundan tashqari, havo harorati ko‘tarilganda plastmassa suvga BPA (bisfenol A) chiqaradi, bu kimyoviy modda ko‘p miqdorda bo‘lsa, rivojlanishning kechikishi, onkologik kasalliklar, shu jumladan, prostata va tuxumdon saratoni kabi bir qator salbiy o‘zgarishlarga olib keladi.
Optika
Tibbiy ko‘zoynaklar mashinada qisqa vaqtga ham qoldirilmasligi kerak. Amaliy tajribalar shuni ko‘rsatadiki, obyektiv orqali o‘tadigan quyosh nuri ostida avtomobilning ichki qoplamasi bir necha daqiqadan so‘ng yona boshlaydi.
Yogurt
Yuqori harorat ta’sirida yogurt faol ravishda bijg‘iy boshlaydi. Paketdagi gazlarning to‘planishi portlashga olib kelishi mumkin. Bu xavf tug‘dirmaydi, lekin mashinangizni tozalashingiz kerak bo‘ladi va professional tozalashsiz achigan hiddan xalos bo‘lolmaysiz.
Konfetlar
30 darajadan yuqori havo haroratida rangli konfetlar tezda eriy boshlaydi. Jabrlanganlarning so‘zlariga ko‘ra, shirinliklarga qo‘shilgan bo‘yoq dog‘i hatto kimyovit tozalashdan so‘ng ham ketmagan.
Kosmetika
Avtomobilda kosmetika saqlamang. Quyosh ta’sirida lab bo‘yog‘i, blesk va tush erib, naychadan oqib chiqadi, qoplamada dog‘ qoldiradi, ten va pudralar esa o‘z tarkibini o‘zgartirib, yaroqsiz holga keladi.
Tibbiy preparatlar
Dori ishlab chiqaruvchilar dori-darmonlarni saqlashning maksimal haroratini ko‘rsatishlari bekorga emas va u kamdan kam hollarda 25 darajadan oshadi. Issiqda dorilar eng kamida foydali xususiyatlarini yo‘qotadi va maksimal darajada ulardan foydalanish xavfli bo‘lishi mumkin.
Mashinangizda saqlanadigan dorilarga ishonmang. Katta ehtimol bilan ular yaroqsiz holga kelgan.
Gadjetlar
Litiy-ion batareyasi bilan ishlaydigan gadjetlar (masalan, kameralarning ba’zi modellari) soatli bombadir. Yuqori haroratda portlashi mumkin. Qaysi vaqtda bu sodir bo‘lishi noma’lum, shuning uchun uni xavf ostiga qo‘ymagan ma’qul.
Aerozollar
Mutaxassislarning ba’zilariga ko‘ra, siqilgan havo idishi mashinadagi harorat 48 darajaga yetganda portlashi mumkin.
Bank kartasi
To‘g‘ridan to‘g‘ri quyosh nurida qoldirilgan yupqa plastmassadan tayyorlangan bank kartasi eriy boshlaydi. Natijada yaroqsiz holga kelib, bir qator muammolarga sabab bo‘lishi mumkin. | 82 | 2,708 |
Ayollar | Munosabatlarni mustahkamlovchi oddiy, lekin ahamiyatli jumlalar | Quyidagi jumlalar istalgan munosabatlarning mustahkam bo‘lishi va suhbatdoshda yaxshi taassurot qolishiga sababchi bo‘ladi.
Yordam kerakmi?
Turli tushunmovchilik va bahslarga ikkinchi tomonning mavjud muammoga yechim topmasligi va topishni istamasligi sabab bo‘ladi. Qars ikki qo‘ldan chiqishi kerakligini inobatga olgan holda qarshingizdagi insonga nima qilish kerakligini o‘rgatguncha unga yordam taklif qiling. Yordam berishga shaylik mard insonlarga xos. Faqat bir narsani unutmang, yordam berish istagi yoki xohishni his qilmay, shunchaki aytilishi kerak bo‘lgani uchun aravani quruq ochib qochish yaramaydi, bu esa munosabatlarning samimiy emasligidan dalolat beradi
Bu haqda sizning fikringiz qanday?
Qarshingizdagi inson sizning juftingiz, oila a’zongiz, do‘stingiz yoki hamkasbingiz bo‘lishidan qat’i nazar, umumiy mavzu haqida gap ketganda uning fikri bilan qiziqing. Sizga kerakligi, fikri muhimligini bilgan insonda o‘ziga ishonch paydo bo‘ladi va siz bilan aloqalari yaxshilanishiga olib keladi.
Uzr so‘rayman
Istalgan munosabatda ham xatosini bilish va tan olish muhim sanaladi. Haqiqatan ham ayb sizdan o‘tdimi, uzringizni so‘rang.
Keling, bu haqda unutamiz
Kechirimli bo‘lish ham bir fazilat, ayniqsa, shaxsiy munosabatlarda. Lekin kechirilishi mumkin bo‘lgan va bo‘lmagan vaziyatlarni farqlang va vaqtida qadringizni bilgan holda ish tuting. Asosiysi esa kechirgandek tuyilib, o‘zingizni aldab yashamasdan chin dildan afv eting.
Sizsiz nima ham qilolgan bo‘lardim?
Har bir inson uchun uni qadrlashlari va hurmat qilishlarini eshitish, asosiysi esa his qilish yoqimli. Qarshingizdagi insonning siz uchun ahamiyatli ekanini bildiring, lekin ko‘pirtirmang va tilyog‘lamalik qilmang. Rostan ham his qilgan tuyg‘ularingizni anglating, o‘zingizni ham, boshqa insonni ham aldamang.
Ismini aytib chaqirish
Inson ismini aytib murojaat qilinishi va suhbat davomida qayta-qayta takrorlanishi, suhbatdoshda ishonch, simpatiya va boshqa ijtimoiy emotsiyalarni his qilishga sababchi bo‘lishi psixologik jihatdan isbotlangan. Faqat shart bo‘lmagan joyda qayta-qayta ism aytilishi asabbuzarlikni keltirib chiqarishi mumkin. | 63 | 2,125 |
Ayollar | 2022-yilning qishki trendi: midi uzunligidagi yubka bilan zamonaviy kiyinish bo‘yicha 6 tavsiya | Noto‘g‘ri uzunlikdagisi tanlansa, bo‘yni past ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan midi uzunligidagi yubka bilan obraz yaratishda nimalarga e’tibor qaratish kerakligi haqida Cosmopolitan nashri ma’lumot berib o‘tadi.
Boshdan oyoq bir rangda kiyinish
Bo‘y balandroq ko‘rinishi uchun bir rangning turli ko‘rinishidagi kiyimlarni umumlashtirish kerak. Masalan, to‘q jigarrangni ochi bilan moslash va sumka yoki boshqa aksessuar bilan obrazga urg‘u berish mumkin. Shunda ko‘ngildagidek ko‘rinishga ega bo‘lishingiz aniq.
Turli qalinlikdagi matolarni moslash
Obrazda o‘ziga xoslik bo‘lishi uchun turli matolarni bir-biriga moslashga harakat qiling. Masalan, fotodagidek qalin matodan tikilgan yubkani, yupqa oq kofta va charm kostyum bilan umumlashtiring. Bunda har bir element bir-birini to‘ldirib turadi va qiziqarli ko‘rinishga ega bo‘lishingizga hissa qo‘shadi.
Shunchaki moslashning o‘zi bilan cheklanmaslik
Yubka bilan obraz zerikarli bo‘lib qolmasligiga harakat qiling. Qalin sviterning bir qismini yubkaning kamar qismi ostiga kiriting, ikkinchi tomoni esa chiqib tursin. Yengingizni shimaring, qalin botinka va minimal uslubdagi zanjir taqishni unutmang.
Assimetrik chiziqlar
Assimetrik chiziqlar nafaqat obrazga “jon kiritadi”, balki bo‘y-bastni biroz uzunroq ham ko‘rsatadi. Etak qismi tekis bo‘lmagan bichimli yubka tanlashingiz, koftaning bir tomonini kiyim ustidan chiqarishingiz yoki sviterning yelka qismini biroz ochishingiz va bu bilan noodatiy obrazga ega bo‘lishingiz mumkin.
Qomatga urg‘u berish
Qanday kiyinishdan qat’i nazar, qomat urg‘u berishni esdan chiqarmaslik kerak. Bunga old qismi V shaklini esga soladigan kiyim kiyish, yelkani ochish yoki belga kamar taqish orqali erishish mumkin. Qolaversa, to‘g‘ri tanlangan poyabzal ham bu borada yordam berishi mumkin. Qomatingizdagi afzallikni aniqlab, aynan unga urg‘u berishga harakat qiling.
To‘g‘ri bichim va uzunlik
Gavda tuzilishini xunuk ko‘rsatib qo‘ymasligi uchun bel qismi teparoq turadigan yubkani tanlang. Bunday model belga urg‘u berib, oyoqlarni uzunroq ko‘rsatadi. Uzunligi esa tizzadan biroz past yoki sal teparoq bo‘lgani yaxshi. Boldirning o‘rtasida turadigan uzunlikdagi variantlar sizni qo‘pol va to‘laroq ko‘rsatadi. | 95 | 2,200 |
Ayollar | Muvaffaqiyatli rahbarning 5 fazilati | Katta firmaga rahbar yoki bosh direktor bo‘lishni ko‘pchilik orzu qiladi. Lekin hamma ham muvaffaqiyatli rahbarga zarur bo‘ladigan mahorat va fazilatlarga ega bo‘lavermaydi. Bizning maqolamizda yaxshi rahbar uchun zarur bo‘lgan 5 ta fazilat keltirilgan.
Bu faqat bosh direktor uchun emas, balki oliy bo‘g‘inning hamma rahbarlari uchun ham mutlaqo zarur bo‘lgan xislat hisoblanadi.
Zamonaviy yetakchi xodimlarni yutuqlarga, vazifasini suiiste’mol qilmaslikka va jamoa a’zolari manfaatlarini hurmat qilishga ruhlantirishi zarur.
Oldindan ko‘ra bilish, fikrlash doirasining kengligi, kompaniya faoliyatini boshqara bilish – bularning hammasi rahbarlik lavozimida muvaffaqiyatli ishlash uchun juda zarur bo‘lgan sifatlar.
Eng ko‘p talab qilinadigan rahbarlik fazilatlari ichida texnik malakalar uchinchi o‘rinda tilga olinadi.
Zamonaviy rahbar o‘zining manfaatlariga emas, balki jamoa manfaatlariga moslashishi kerak.
Mutaxassislar fikricha, mukammal rahbar ishontira olish, o‘zini va o‘z fikrlarini ko‘rsata olish, eng katta doiradagi mafaatdor shaxslar bilan intellektual muloqotda bo‘la olish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. | 36 | 1,125 |
Ayollar | Foto: Bitta bilagiga 2 ta soat taqqan malika Diana. U nega bunday qilgan edi? | Malika Diana har doim o‘z pozitsiyasini tashqi ko‘rinishidagi birgina element bilan ifoda eta olishi hamda mehribon ekanligi bilan shuhrat qozongan edi, deb yozadi AdMe.
Masalan, rasmiy tashriflar chog‘ida u odamlarga yaqinroq bo‘lish uchun qo‘lqop kiyishdan bosh tortgan.
Bir kuni fotograf malikani bir qo‘liga ikkita soat taqib olganini suratga olgan. Bu tasodifiy holat emasdi. Diana o‘ziga yaqin insonlarga bo‘lgan muhabbatini maxsus belgilar orqali ko‘rsatishni yaxshi ko‘rardi.
Diananing ushbu surati 1981-yilda, ular shahzoda Charlz bilan unashtirilganidan so‘ng olingan. Fotograf Vindzordagi polo-klubda o‘ynayotgan qallig‘iga qarab turgan malikani suratga olgan.
Bitta detal, ya’ni malikaning bilagiga ikkita soat taqilganini hisobga olmasa, bu suratda hayratlanarli hech narsa yo‘q.
Ma’lum bo‘lishicha, ingichka bandli tilla soat Diananing o‘ziga, qora rangli soat esa Charlzga tegishli bo‘lgan.
Malika Diana Charlzning soatini unga hurmat ramzi sifatida hamda qallig‘iga omad keltirishi uchun taqqanini bildirgan.
Diana va Charlzning nikohi uzoq davom etmagan bo‘lsa ham, bu surat ularning o‘rtasida muhabbat va o‘zaro hurmat bo‘lganini ko‘rsatadi.
Bir surat tarixi. Balda stulda o‘tirib, uxlab qolgan malika Diana | 77 | 1,229 |
Ayollar | Fotojamlanma: Mashhur ayollarning to‘ydan keyin auksionda sotilgan kelinlik liboslari | Mashhur insonlarning to‘y marosimida, kiygan liboslari va ular bilan bog‘liq detallar hamisha jamoatchilik uchun qiziq bo‘lgan.
Malika Diana
Malika Diananing kelinlik libosi er-xotin dizaynerlar Devid va Elizabet Emanuellar tomonidan tikilgan bo‘lib, ular malika bilan rasmiy fotosessiyalardan birida uchrashganidan keyin mashhurlikka erishgan. Suratga olish jarayonida dizaynerlar tomonidan malikaga kiyish uchun taklif qilingan bluzka Dianaga shunchalik yoqqanidan, u nikoh libosi ham aynan ushbu dizaynerlar tomonidan taqdim qilishini istagan. Nikoh marosimi muqaddas Pavel ibodatxonasida o‘tkazilish taxmin qilingani bois, marosimdan avval 8 metr va og‘irligi 59 fut bo‘lgan shlyefda harakatlanishga qiyin bo‘lmasligi uchun repititsiya bo‘lib o‘tgan. Repititsiya uchun bichim va uzunligi kelin ko‘ylaknikidek bo‘lgan, ammo oddiy paxta matosidan tikilgan libosdan foydalanilgan. Libos dizaynining aniqlashtirib olish cho‘zilmagan bo‘lsa-da, uni tikish jarayoni uzoq vaqt davom etgan. Kelinlik libosiga to‘satdan biron nima bo‘lib qolsa, nima qilishni bilmay shoshib qolmaslik uchun bitta modeldagi libosdan ikkita tikilgan. Ikkinchi nusxa kerak bo‘lmagan va marosimdan keyin auksionda 175 ming dollarga sotib yuborilgan. Asl libosning narxi esa bugungi kungacha sir saqlanadi.
Elizabet Teylor
Elizabet birinchi turmush o‘rtog‘i, millioner Konrad Xilton bilan to‘yida kiygan libosi, 2013-yil Londondagi Christie’s auksionida sotuvga qo‘yilgan. 75 ming dollarga sotilishi kutilgan libos, 188 ming dollarga xarid qilingan. Ushbu libos, Metro-Goldwyn-Mayer kinostudiyasi tuhfasi bo‘lib, u dizayner Helen Rouz tomonidan tikilgan. Asosi oq atlas matosini tashkil qiladigan, marvarid va munchoqlar bilan bezatilgan libos tayyor bo‘lishi uchun uch oy atrofida vaqt sarflangan.Tul matosidan tikilgan fata, kumush ip va biserlar bilan bezalgan.
Merlin Monro
Beysbolchi Jo Di Madjoga turmushga chiqqan aktrisa, to‘y kuni kiygan libosi bilan barchani hayratga solgan. Gollivud yulduzlari nikoh libosini hammadan ajralib turish va hashamatli bo‘lishi uchun millionlab pul sarflayotgan bir vaqtda, Monro 250 dollarga oddiy kamiga rangi jigarrang bo‘lgan libos kiyishni afzal bilgan. Ushbu tanlovi bilan Merlin, go‘zal va o‘ziga xos bo‘lish uchun katta mablag‘ sarf etish shartmasligini isbotlagan. Aktrisa kiygan libos 1999-yilda 33,5 ming dollarga sotilgan.
Sheron Teyt
Amerikalik aktrisa va model “Qo‘girchoqlar vodiysi” filmidagi ijrosidan keyin “Oltin globus” mukofotiga nomzodi qo‘yilgan. Aktrisa 1968-yil Londonda rejissor Roman Polanski bilan turmush qurgan va marosim uchun kalta, old qismi yopiq, fil suyagi rangida, marvarid bilan bezatilgan libosni kiyishni ma’qul bilgan. To‘ydan bir yil o‘tib Teyt, homiladorligining 9 oyida Charlz Menson boshchiligidagi jinoiy guruh tomonidan shafqatsizlarcha o‘ldirilgan. Shundan keyin Los-Anjelesda aktrisa buyumlari va liboslari auksionga qo‘yilgan va uning to‘y libosi 56 ming dollarga sotilgan.
Megan Markl
Megan Markl to‘yida dizayner Stella McCartney tomonidan tikilgan libosni kiyishni afzal bilgan. Mazkur ko‘ylak auksionga qo‘yilmagan bo‘lishiga qaramay, marosimdan keyin Stella, Made with Love nomli ilk kelin liboslari to‘plamini taqdim qilgan. Undan shifon va to‘rdan tikilgan 17 libos hamda smoking va kombinezonlar ham o‘rin olgan. | 85 | 3,288 |
Ayollar | Arab ayollari go‘zalligini saqlash uchun foydalanadigan tabiiy mahsulotlar | Sharqona go‘zallik hamisha yuksak e’tiborga loyiq bo‘lib kelgan. Haqiqatan ham sharq ayollari qiyofasida quyuq va qora sochlar, uzun kiprik va kamon qoshlar parvarishining o‘ziga xos sirlari mavjud. Ularning go‘zalligi qadimiy retseptlarga asoslanadi. Dono sharq ayollari o‘zlariga g‘amxo‘rlik qilish haqida eng muhim narsani ming yillab avval aniqlagan. Albatta, go‘zallik vositalarining barchasi tabiiy mahsulotlardan tashkil topgan.
Argan yog‘i
Qimmatbaho argan yog‘i arab ayollari uchun birinchi o‘rinda turadigan go‘zallik vositasi hisoblanadi. U qadim zamonlardan buyon ishlatilib keladi. Hatto kosmetika rivojlangan hozirgi davrda ham ushbu vositadan voz kechilmagan. Ayollar undan sof shaklda soch, yuz va tana uchun foydalaniladi. Argan yog‘ining yoqimli achchiq hidi tananing silliq, elastik va ifori uchun surtiladi.
Amla ekstrakti
Amla ekstrakti Yaqin Sharq va Hindistonda sochlarning mo‘jizaviy vositasi sifatida mashhur. Ekstrakt kukun shaklida yoki yog‘ shaklida bo‘lishi mumkin. Mahsulot oddiygina niqob sifatida qo‘llaniladi. Ehtimol, sharq go‘zallari to‘g‘ri parvarishi tufayli ham qalin sochlarga egadir. Shuningdek, kukunni shampun va balzamga qo‘shish mumkin.
Atirgul suvi
Atirgul suvi maftunkor iforga ega ajoyib yuz tonikidir. Ilgari ayollar uni asosiy davolash vositasi sifatida ishlatgan, ammo bugungi kunda u pardozni tozalovchi vosita sifatida qo‘llaniladi. Bundan tashqari atirgul suvi tinchlantiruvchi xususiyatga ega bo‘lib, qizarish va yallig‘lanishni ketkazadi. Shuningdek, vositani muzlatkichda saqlash tavsiya etiladi.
Zarchava
Zarchavali niqoblar Hindiston va Pokistonda to‘y marosimlarida bajariladigan urf-odatlarga singib ketgan. Ushbu mahsulot bozor rastalarida tinimsiz sotiladi. Ushbu vositadan tayyorlanadigan niqobdan foydalanish ajoyib go‘zallik bag‘ishlaydi. Buning uchun 2 osh qoshiq un, bir chimdim tuz, 2 osh qoshiq atirgul suvi va shu miqdorda sut kerak bo‘ladi. Barcha mahsulot aralashtirilib, 15-20 daqiqa davomida yuzga suriladi. So‘ngra yuz iliq suv bilan chayiladi. Bu yuzni parvarish qilishdagi sharq ayollarining go‘zallik siridir.
Xina
Barcha xina kukuni sochlarga rang berishini biladi. Sun’iy ranglardan farqli o‘laroq xina butunlay zararsiz va hatto foydalidir. Shuningdek, xina qo‘llar uchun ajoyib bezak, qoshlar uchun ham tabiiy bo‘yoq sifatida foydalaniladi.
Limon
Limon kislotasi – terini tabiiy oqartiruvchi vosita bo‘lib, u ham tetiklashtiruvchi xususiyatga ega. G‘arb ayollari odatda quyoshda toblanishni xush ko‘rsa, sharq ayollari terisini oqartirishga ko‘proq harakat qiladi. Aytgancha, go‘zallik uchun yana bir keng tarqalgan texnika mavjud, limon po‘stlog‘ining yumshoq tomoni skrab vazifasini ham bajaradi. Ammo uni qo‘llashdan avval kosmetolog bilan maslahatlashish zarur, chunki limon allergiyani qo‘zg‘atishi mumkin.
Xantal urug‘i yog‘i
2012-yilgacha Hindiston va Yaqin Sharqda ushbu yog‘ ovqat pishirish uchun ishlatilgan, ammo keyinchalik tarkibida zararli kislota bo‘lganligi sababli uni oziq-ovqat mahsulotlarida taqiqlangan. Ammo sochlar uchun butunlay boshqa masala. Asrlar davomida qizlar soch o‘stirish uchun ushbu mahsulotdan foydalanib kelmoqda.
Halava tabiiy mumi
Ushbu mum sharqda nihoyatda mashhur. U tabiiy yog‘lar, parafin va asal mumi aralashmasidan iborat bo‘lib, sandal daraxtining hidi kelib turadi. Undan tirnoqlar parvarishida ham unumli foydalanish mumkin. Shuningdek, undan yoqimli ifor sifatida ham foydalanadi.
Tabiiy go‘zallik vositalari
Albatta, arab ayollari barcha parfyumeriyalarga, hattoki qimmatbaholariga ega. Ammo sharqona achchiq xushbo‘y hidi bo‘lgan efir moylariga asoslangan tabiiy vositalardan voz kechmaydi. Yasmin, mushk, vanil, atirgul, sandal daraxti kabi mahsulotlar esa ularni yanada boyitadi. Arab go‘zallik vositasi spirtdan foydalanmagan holda yog‘larga asoslanganligi tufayli uzoq yillardan buyon foydalaniladi. | 74 | 3,841 |
Ayollar | Ofisda ishlaydigan ayollar uchun bejirim manikyurlar | Biz sizga ofisda o‘rinli bo‘lgan manikyurlarning bir necha variantlarini taqdim etmoqchimiz.
Klassik uslubdagi manikyurni xilma-xil qilish maqsadida nomsiz barmoqni tillarang qoplama yordamida ajratib bo‘yash ham mumkin.
Bu mavsumning neyl-trendi – pastel rangdagi bo‘yoqlar qoplamasi. Pastel ranglardagi manikyurlar uzun tirnoqlarga ham, qisqa tirnoqlarga ham mos tushadi.
Aktual hisoblangan bir xil rangli tirnoqlar ham ofis uchun o‘rinli bo‘ladi deb o‘ylaymiz.
Ishchanlik qiyofasiga doimo french juda mos keladi. Bu mavsumda uni yanada qiziqarli qilish uchun yaltiramaydigan laklardan foydalanish mumkin.
Har doim neytral bo‘lgan klassik uslubdagi ranglarni tanlang.
Saranjom-sarishtalik – ishchan uslubning eng muhim qoidalaridan biri. Manikyurni o‘z vaqtida yangilab turishni unutmang, hech bo‘lmasa rangsiz lak surib qo‘ying. | 52 | 832 |
Subsets and Splits