folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Madaniyat | “Ummon” guruhi xonandasi Zohid Rizqiyev avtohalokatga uchradi (video) | “Ummon” guruhi xonandasi Zohid Rizqiyev dahshatli avariyaga uchradi. Tarqalgan xabarlarga ko‘ra, avtohalokat Yunusoboddagi Megaplanet savdo majmuasi yaqinida sodir bo‘lgan.
U BMW avtomashinasida katta tezlikda harakatlanib, boshqaruvni yo‘qotgan. Uning yonida Sunnat ismli yaqin do‘sti bo‘lgan va u voqea joyida vafot etgan.
Ushbu ma’lumotlarni turmush o‘rtog‘i Kamola Ortiqova Instagram sahifasiga joyladi va xalqdan turmush o‘rtog‘ini duo qilishlarini so‘radi. Bundan tashqari, u uch oylik homilador ekanligi va hozirgina turmush o‘rtog‘i uning yonidan yaxshi kayfiyatda ketganligini ham yozib qoldirgan.
Bundan ikki kun avval Kamola turmush o‘rtog‘ining xiyonati sabab jiddiy kelishmovchilikka borganini ma’lum qilgandi. | 69 | 723 |
Madaniyat | Filmlarda shahzoda rolini gavdalantirgan aktyorlarning taqdiri qanday kechdi? | Turli filmlarda shahzoda rolini ijro qilishga muvaffaq bo‘lgan yulduzlarning hayoti qanday kechgani haqidagi ma’lumotni e’tiboringizga havola qilamiz.
Ben Barns
Ben 2008-yilda suratga olingan “Narniya saltanati” filmida shahzoda Kaspian rolini ijro qilgan. Oradan bir yil o‘tib esa “Dorian Greyda” filmida bosh qahramonni gavdalantirgan. Keyinroq karyerasida pichoqqa ilinadigan rol bo‘lmagan aktyor, bora-bora unutilgan. Kaspian roli, 2021-yilning 20-avgust kuni 40 yoshni qarshilaydigan, Barnsning arsenalidagi eng yorqin va ko‘zga ko‘rinarli ijrolardan biri bo‘lib qoladi.
Orlando Blum
Aslida Blum “Uzuklar hukmdori”da elflar qirolining o‘g‘li — Legolas rolini ijro qilish uchun davogar bo‘lmagan. Karyerasini endi boshlagan aktyor boshqa qahramon — Faramirni gavdalantirish uchun kastingda qatnashayotgan bo‘lgan. Ammo rejissor unga jiddiyroq taklif bilan murojaat qilgan. Natijada Jon Ronald Ruel Tolkinning asari ekranizatsiyasida Blum suratga tushgan va bu uning Gollivuddagi karyerasining boshlanishi bo‘lgan.
Jeyk Jillenxol
2010-yilda aktyor “Fors shahzodasi” filmida shahzoda Doston rolini ijro qilgan. Mazkur rol Jillenxol arsenalidagi eng yaxshi qahramonlardan biri bo‘lgan. “Fors shahzodasi”ning suratga olish maydonchasida men boshqa lentalardagidan ko‘proq ko‘nikmaga ega bo‘lganman, — deydi u. Film prokatga chiqqanidan keyin aktyor muvaffaqiyatga erisha boshlagan. “Oltin globus” mukofotiga ikki marta nomzodi qo‘yilgani esa buning isboti.
Richard Medden
11 yoshidanoq suratga tushishni boshlagan shotlandiyalik aktyor, “Taxtlar o‘yini”dagi Robb Stark rolidan keyin mashhurlikka erishgan. Richard 2015-yilda suratga olingan “Zolushka”da shahzoda Kitni gavdalantirgan. Ammo uning ijro qilgan qahramonidan ko‘ngli to‘lmagan. Meddenning bugungi kundagi ijodiy muvaffaqiyatlari haqida deyarli hech qanday ma’lumot yo‘q.
Armi Xammer
Aktyor “Oppog‘oy: Gnomlarning qasosi” filmida Valensiyaning o‘ziga bino qo‘ygan shahzodasi rolini ijro qilgan. Karyerasidagi eng yaxshi rollardan biri emasligiga qaramay, aynan mazkur film unga kassabop loyihalardan taklif kelib tushishiga sababchi bo‘lgan. “U.N.C.L.E agentlari”, “Otishma” singari filmlar shular jumlasidan. | 77 | 2,175 |
Madaniyat | Milliy animasiya rivojida etakchi muammo nima? | Xalqaro animasiya kuni munosabati bilan “O`zbekkino” Milliy agentligida “O`zbek multiplikasiyasi rivojiga to`sqinlik qilayotgan omillar va ularning echimlari” mavzusida matbuot anjdumani bo`lib o`tdi.
Unda O`zbekistonda animasiya rivojiga to`siq bo`layotgan omillar va ularning echimlari muhokama qilindi. “O`zbekkino” Milliy agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov, birinchi o`rinbosari Shuhrat Rizaev, “Multiplikasion filmlar studiyasi” DUK direktori v.v.b. Dmitriy Vlasov, O`zbekiston Davlat san`at va madaniyat instituti, Kamoliddin Behzod nomidagi rassomchilik va dizayn instituti rahbarlari o`zbek milliy animasiyasidagi kadrlar siyosati masalalarini tahlil qilishdi.
Matbuot anjumanida milliy multfilmlar ishlab chiqarishni yangi bosqichga ko`tarish bo`yicha “Yo`l xaritasi”ga yo`nalishlarni belgilash bo`yicha takliflar tinglandi.
Dmitriy Vlasov, “Multiplikasion filmlar studiyasi” DUK direktori v.v.b.:
– Sovet davrida alohida mavqega ega bo`lgan o`zbek multfilmlari bugunga kelib sayozlashib ketishining sababi nima? Biz bugungi konferensiyada shu kabi savollarga javob topishimiz va animasiyani rivojlantirish haqida qayg`urishimiz kerak. Ikkinchi jahon urushida ko`plab animatorlar urushga ketgan, lekin animasiya rivojlangan. Bugun animasiya rivojiga to`siq bo`layotgan asosiy muammolar sifatida moliyaviy ta`minot va kadrlar masalasini aytish mumkin. Qolaversa, ssenariy ham eng katta muammolardan biri.
Aziz Muhammadiev, multiplikator:
“Animasiya – bu texnika” deyilyapti. Yo`q, animasiya texnika emas, animasiya - bu ijod, animasiya - bu qalb. Agar animasiya rivojlanishini istasak, yosh animatorlarimizning xorij multiplikatorlaridan tajriba o`rganishlariga imkoniyat yaratib berish lozim”.
G`olibjon Sanoqulov, animator:
“Hozir 2D animasiya emas, 3D animasiyadan ko`proq foydalanish kerak, deb o`ylayman. Taklifim institutlarga malakali o`qituvchilarni olib kelib, dars o`tishga jalb qilish kerak. Animasiya bo`yicha san`at institutida fakultet ochilganiga bor yo`g`i bir yil bo`ldi. Hali ko`pchilik domlalarimiz zamonaviy talablar asosida dars berolmayapti. Ularning o`zini o`qitish zarur. Ammo buning uchun mablag` sarflab chet elga borib kelish shartmas. Masalan biz bu yo`nalishda maxsus kurs ochganmiz. Zamonaviy animasiyani internetdan ham o`rgansa bo`ladi.
To`g`ri, hozir bizda zamonaviy texnologiyalar etarli emas. Hamon eskicha texnologiyalar bo`yicha mulfilmlar ishlanyapti. Agar ularni chet el multfilmlari bilan solishtirib ko`radigan bo`lsak, ancha orqada qolib ketganimizni bilib olish mumkin. Bizning multfilmlarda hatto daraxtlar ham plastilindan ishlanganday... Institutlarda esa talabalar hamon loydan Zumrad va Qimmatni yasab o`tirishibdi...”
Tadbirda so`z olgan sa`at yo`nalishidagi OTM professorlari hozir ta`lim jarayoniga zarur texnika va texnologiyalar etishmayotgani, shu paytgacha bir qator rivojlangan davlatlarda o`qituvchilar malaka oshirib qaytganini, rivojlanish birdan bo`lmasligini, kelgusida mutaxassislarni tayyorlash samarasi yaxshilanishini aytib o`tishdi.
Ssenariy masalasi ham muammo...
Xulosa o`rnida ta`kidlash o`rinliki, Dmitriy Vlasov aytib o`tganiday, ayni paytda ssenariy ham eng katta muammolardan biri. Negaki agar ssenariy mukammal bo`lsagina yaxshi animasiya yaratish mumkin.
Bundan tashqari, animasiya asosan bolalarga ataladi. Binobarin ularning tarbiyasi, xulq-atvori, orzu-maqsadlari shakllanishiga katta ta`sir ko`rsatadi. Shunday ekan zamonaviy ertaklarni yaratish vaqti keldi.
Agar kuzatadigan bo`lsak hozir turli xalqlarning mashhur ertaklari zamonaviy talqinda qayta ishlab, tomoshabinlarga taqdim etilyapti. Biz ham “Zumrad va Qimmat”, “Ur to`qmoq” va boshqa ertaklarimizning zamonaviy talqinini yaratishimiz kerak. Avvalgi ertaklar echimida ko`pincha qahramonlar kutilmaganda g`oyibdan kelgan boylikka ega bo`lishadi yoki shohning qiziga uylanib, murod-maqsadiga etishadi. Yoxud o`z baxtini topish uchun o`zga mamlakatga yo`l olishadi. Endi o`zingiz o`ylang, bu multfilmlarni ko`rib katta bo`lgan bolalar ham, albatta, ularning qahramonlari kabi bo`lishga harakat qiladi-da...
Ertaklarimiz o`z mehnati, to`g`rirog`i o`z aqli bilan muvaffaqiyatga erishish muhimroq ekanligini targ`ib qilishi kerak. Ayrim an`anaviy syujetlar bolalarni mo``jizaga ishonuvchan, g`oyibdan keladigan baxtni kutishga moyil qilib tarbiyalaydi. Bu real hayotdan yiroq tasavvur. Hayotda mo``jizalar uchrab turadi, ammo haqiqiy baxtga inson o`z kuchi bilan erishadi.
Shu o`rinda xitoy, yapon ertaklarini misol keltirgan bo`lardim. Ularda qahramonlar o`z aqli bilan boylik hamda yutuqqa erishadi. Agar ertaklar kamolotga eltishini e`tiborga olsak, milliy animasiyalarni tomoshabinni faollik, mustaqillikka undovchi ssenariylar asosida yaratishimiz kerak.
Manzura BEKJONOVA | 46 | 4,728 |
Madaniyat | AQShda feys-nazorat Rianna va A$AP Rocky’ni klubga kirgizmadi. Soqchilar yulduzlarni tanimagan va ulardan shaxsni tasdiqlovchi hujjat talab qilgan | Nyu-Yorkda tungi klubga kirmoqchi bo‘lgan Rianna va A$AP Rocky’ni soqchilar to‘xtatib qoldi. Kirish eshigi oldida turgan odamlar ularni tanimasligini aytib, yulduzlardan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni so‘ragan, deb xabar beradi Esquire.
“Hozirgina bir barzangi Riannaning yonida guvohnomasi yo‘qligi uchun barga kirgizmaganini ko‘rdim”, — deb yozadi Alek Nelmand ismli Twitter foydalanuvchisi.
Shundan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda juftlik eshik qarshisida turgani va orqadan kimdir “Kimliginglarni umuman bilmayman!” deya baqirgani tasvirlangan video tarqaldi.
Keyinroq internetda Rianna va A$AP Rocky avtomat o‘yinlarini o‘ynayotgani tasvirlangan rolik paydo bo‘lgan, aftidan, kirishdagi muammo bartaraf etilgan ko‘rinadi.
Twitter’dagi foydalanuvchilar Riannaning klubga kirgizilmasligi, u 2019-yildan buyon yangi albomini taqdim etishni va’da qilib, buning ustidan chiqmay kelayotgani uchun qasos deya hazillashmoqda. Qo‘shiqchining so‘nggi — ANTI nomli plastinkasi 2016-yilda chiqqan.
Rianna 13,8 mln dollarga hashamatli koshona sotib oldi (foto) | 146 | 1,053 |
Madaniyat | Rouz va Jek qanday vaziyatda tanishgandi? “Titanik” filmi bo‘yicha test | Bugun, 19-dekabr millionlab muxlislar e’tirofiga sazovor bo‘lgan “Titanik” filmi premyerasi bo‘lgan kun. Kino olamida eng ko‘p 11 ta Oskar mukofoti berilgan ushbu film ilk bor 1997-yil AQShda tomoshabinlar e’tiboriga havola qilingan. Jami 200 million dollar sarflangan film kinomatografiya olamidagi eng kassabop film hisoblanib 1,8 milliard dollar daromad keltirgan. Film kassetalarda chiqarilganiga qaramay, 287 kun davomida kinoteatrlarda namoyishi to‘xtamay rekord natija qayd etilgan.
Insoniyat tarixidagi eng yirik fojialardan biriga asoslangan film sujeti ikki yosh Jek va Rouzning munosabatlariga asoslangan bo‘lsa-da, uning kuliminatsiyasi afsonaviy kemaning mingdan ortiq yo‘lovchilar bilan suvga g‘arq bo‘lishi hisoblanadi.
Jek roliga Tom Kruz, Bred Pitt, Kristian Beyl, Makoley Kalkin va Mettyu Makkonaxi, Rouz roliga esa Madonna, Sheron Stoun, Nikol Kidman, Gvinet Peltrou kabilar sinab ko‘rilgan, lekin Leonardo va Keyt juftligi eng munosib deb topilgan.
Tomoshabinlar film rejissori Jeyms Kemerondan Jekning nima uchun tirik qolmaganini so‘raganida u shunday javob beradi: “Kemada bo‘lgan yo‘lovchilar nafaqat yaqinlaridan ayrilgan, balki oilaviy cho‘kib halok bo‘lgan va reallikni aks ettirish uchun voqealar rivojida yo‘qotishlarga urg‘u berilgan. Agar Jek tirik qolsa, film bunchalik ta’sirli bo‘lmagan bo‘lardi. Shuning uchun ham ssenariyning 147-sahifasida Jekning o‘lishi yozilgan”.
“Daryo”dagi boshqa testlarni ham yechib ko‘ring: | 71 | 1,453 |
Madaniyat | Umidaxondan eng sevimli taomlar shohsupasi | Har birimizning o‘zimiz suyib iste’mol qiladigan taomlarimiz mavjud. Kimdir milliy taomlarimizni xush ko‘rsa, kimdir boshqa millat taomlariga shaydo. Sahifamizning navbatdagi mehmoni xonanda Umidaxon o‘zining sevimli taomlari bilan o‘rtoqlashadi.
Umidaxon avvalo, milliy taomlarimizning haqiqiy “muxlisi” ekanligini ta’kidlab, shohsupaning birinchi o‘rniga palovxonto‘rani loyiq ko‘rdi.
“Yurtimizda oshning turlari juda ham ko‘p. Har bir viloyatlarimizning o‘ziga xos osh tayyorlash uslubi borligini bilaman. Gastrol safarlarga borganimda mazasidan tatib ko‘rganman. Lekin menga to‘y bazmlarida tayyorlanadigan palov hammasidan ko‘ra ko‘proq yoqadi ”, — deya qo‘shimcha qildi qahramonimiz.
Shohsupaning ikkinchi o‘rnini xamirli taom egalladi. Xonanda kuch-quvvatga boy, sho‘rtakkina sho‘rvali norin taomiga “oshiq” ekan.
“Norin – yeb to‘ymaydi qorin”, degan gap bor. Meh ham shu gapga qo‘shilaman. Umuman, u tansiq taomlar qatorida turadi va doimo sevib iste’mol qilinadi”, — deydi Umidaxon.
Yana bir xamirli taomlardan biri xonim reytingning uchinchi pog‘onasidan mustahkam joy oldi.
Yulduzimiz xonimni tayyorlash jarayoni unga yoqishini, uyida ham bu taomni tez-tez tayyorlashini ta’kidladi.
Shohsupaning keyingi o‘rnini italyancha taom — spagetti egalladi.
Va nihoyat, “ko‘zlari moshdek ochilgan” o‘zimizning moshxo‘rda so‘nggi pog‘onani zabt etdi.
Xonanda uni: “Moshxo‘rdani issiq kunlarda iste’mol qilinadigan yengil taomlardan deb bilaman. U suyuq taomlar qatorida men uchun sevimlisidir”, — deya ta’rifladi.
Dunyoda taomlar xili juda ko‘p. Qahramonimiz tilga olgan taomlar “dengizdan tomchi”dek gap. Lekin asosiysi, ular sevimli!
Aziz mushtariylar, sizning sevimli taomlaringiz qaysi? | 42 | 1,698 |
Madaniyat | Oybek va Nigora farzand kutmoqda | Xonandalar Oybek va Nigora farzand kutmoqda. Bu haqda ular, “7x7” gazetasi xabariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali jamoatchilikka ma’lum qilgan.
“Bu sir ochilishiga muxlislarning: ‘Oybek tadbirlarda nega yolg‘iz ishtirok etmoqda?’, degan savollari sabab bo‘ldi. Nigora bunga oydinlik kiritishi uchun oilaviy sirini ochishga majbur bo‘ldi”, — deyiladi gazeta xabarida.
Eslatib o‘tamiz, Oybek va Nigoraning nikoh to‘yi 2015-yil 21-noyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan edi. | 32 | 488 |
Madaniyat | Latviya qo‘shiq va raqs bayrami — o‘zbekistonlik fotosuratchi nigohida | Latviyada 1873-yildan beri har uch—besh yilda bir marta Qo‘shiq va raqs bayrami (Vispārējie latviešu Dziesmu un Deju svētki) o‘tkaziladi. Unda Latviya va uzoq-yaqin boshqa mamlakatlardan kelgan xorlar, raqs jamoalari, duxovoy orkestrlar, folklor guruhlari, etnografik ansambllar, havaskorlik teatrlari qatnashadi. Qayd etish joiz, Latviyaning yon va jon qo‘shnilari hisoblangan Litva va Estoniya ham o‘zining Qo‘shiq va raqs bayramlariga ega bo‘lib, ularning bari birgalikda 2008-yili YuNESKOning madaniy meros ro‘yxatiga kiritilgan.
Latviya Respublikasi tashkil etilganiga 100 yil to‘lgan 2018-yilda o‘tkazilgan navbatdagi Qo‘shiq va raqs bayramida AQSh, Norvegiya, Avstraliya, Kanada, Braziliya, Ukraina, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Germaniya, Belgiya, Finlyandiya, Shvetsiya, Shveysariya, Estoniya, Gollandiya, Italiya, Lyuksemburg, Daniya, Avstriya, Fransiya, Rossiya kabi mamlakatlardan 43 ming ishtirokchi qatnashdi. Yetti kun davomida etgan ushbu milliy festivalni yarim milliondan ortiq tomoshabin tomosha qildi.
2018-yilgi bayramda o‘zbekistonlik san’atshunos va fotosuratchi Husniddin Ato ham bevosita ishtirok etib, festivalning o‘ziga xos manzaralarini fotosuratlarga muhrladi. | 70 | 1,189 |
Madaniyat | Aktyor Javohir Zokirov: “Oltin O‘rda”ni suratga olish ishlari Qrim va Moskvada davom etmoqda | Bir muddat avval aktyor Javohir Zokirov “Oltin O‘rda” nomli tarixiy serialda suratga tushayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Mazkur yangilik yuzasidan jurnalist Feruz Muhammad aktyor bilan bog‘landi.
“Rossiya Birinchi kanali uchun Mars Media kompaniyasi tomonidan suratga olinayotgan ‘Oltin O‘rda’ nomli tarixiy serialda suratga tushyapman. Serialda munajjim rolini ijro etaman”, — deydi Javohir Zokirov.
“Serial rejissori Temur Albatov. Tasvirga olish ishlarini bir yil davomida kutdik, o‘tgan davr mobaynida serial uchun ikkita videosinov topshirdim, so‘ng serialga taklif qilishdi”, — dedi aktyor.
“Hozircha suratga olish ishlari Qrim va Moskvada bo‘lib o‘tmoqda. Tasvirga olish jarayoni hali uzoq davom etishi kutilmoqda”, — deya qo‘shimcha qildi Javohir Zokirov.
Serialda, shuningdek, bir qator rossiyalik va qozog‘istonlik aktyor-aktrisalar, jumladan, Aleksandr Ustyugov, Svetlana Kolpakova, Yuliya Peresild, Artur Ivanov, Sergey Puskepalis, Yevgeniya Dmitriyeva, Sanjar Madiyev, Arujan Jazilbekova kabilar suratga tushmoqda.
Serialni suratga olish ishlari 2017-yil boshida yakuniga yetishi, 2017-yilning o‘rtalarida esa televideniye orqali namoyish etilishi kutilmoqda. Ko‘p qismli film ijodkorlarining aytishicha, “Oltin O‘rda” tarixiy haqiqatni ko‘rsatuvchidan ko‘ra ko‘proq ertak-filmga o‘xshab ketadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 92 | 1,480 |
Madaniyat | “Sahnaga, ijodga to‘ymadi, uning umrini zapretlar yedi”. Marhum san’atkor Ravshan Namozovning rafiqasi hamda farzandlari bilan suhbat (video) | 23-sentabr kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ravshan Namozov uzoq davom etgan oqqon xastaligi sabab vafot etdi. “Daryo”ning YouTube’dagi kanalida marhum ijodkorning oila a’zolari bilan suhbat tashkil etildi. Yaqinlari Ravshan Namozovning ko‘pchilikka oshkor etilmagan sirlari, umrining so‘nggi kunlari va armonlari haqida so‘zlab berishdi.
“Ravshan Namozov teatr sahnasida tug‘ilgan”
— Namozovlar oilasiga san’at begona emas. Iste’dod qondan qonga o‘tib, shakllanib boraveradi. Qaynotam Abdurahmon Namozov ham O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, mashhur teatr aktyori bo‘lgan. Turmush o‘rtog‘im tug‘ilmasidan avval qaynotam qaynonam bilan teatrda tanishib qolishgan. Ularning ikkisi ham Termizdagi Mannor Uyg‘ur nomidagi musiqali teatrda ishlashardi. Qaynonam turmush o‘rtog‘imga homilador chog‘ida ham spektakllarda ishtirok etarkan. 1961-yilning 10-iyun kuni “Ravshan va Zulhumor” spektakli namoyish etilayotganda, qaynonamni to‘lg‘oq tutib qolgan. O‘shanda qaynonam Zulhumor rolini ijro etayotgan bo‘lgan. Xullas, turmush o‘rtog‘im tug‘uruqxonada emas, teatrda dunyoga kelgan. “Ravshan va Zulhumor” spektakliga sabab unga Ravshan deb ism qo‘yishgan.
Ammo taqdir sabab qaynotam turmush o‘rtog‘imning onasi bilan ajrashib ketgan. Saida qaynonam ikki qizlari bilan ketgan, turmush o‘rtog‘im esa otasining qo‘lida qolgan. Bir necha yildan keyin qaynotam uylangan va uka-singillari dunyoga kelgan, — deydi marhum ijodkorning turmush o‘rtog‘i Muhabbat Namozova.
“Akamning mashhur inson ekanligini bilmasdik”
— Akam bilan yoshimiz o‘rtasida katta farq bor. Ijodni boshlagan vaqtida men ancha yosh edim. Shuning uchun san’atga kirib kelgan yillarini aniq eslolmayman. Yodimda qolgani, akam va opamning xonasi alohida bo‘lardi. Men kichik bo‘lsam ham ularning xonasida qolaman, deb xarxasha qilardim. Chunki akam bilan vaqt juda qiziq o‘tardi. Akam bilan vaqt qanday o‘tganini bilmay qolardik. O‘sha vaqtda ham akamning xonasida musiqiy asboblar ko‘p bo‘lardi. Yosh bo‘lsak ham ularga tegmasdik. Ular akam uchun qadrli ekanligini yaxshi bilardik. 1990-yillarda akam Termizda ancha tanilgan san’atkor edi. Ammo men uchun oddiy aka edi, biror marta oilada uning mashhurligi sezilmasdi. U xokisor inson edi. Shu boisdan ham uning bizni tark etishiga ishonmasdim. Ba’zan qaniydi akam yomon bo‘lganida, dilimizni og‘ritganida edi, uning o‘limidan shunchalik qayg‘uga tushmasmidik, deb o‘ylab qolaman, — deydi Ravshan Namozovning singlisi Zulfiya Namozova.
“Soch-soqol sabab ‘zapret’ga uchradi”
— Turmush o‘rtog‘im hamisha sahnada jon bersam, deb orzu qilardi. Men ham san’atkorman, ammo ijodkorlar orasida Ravshan Namozovdek inson kamdan kam uchraydi. U asl san’atning shaydosi edi. Kasalxonada og‘ir ahvolda yotganida ham qo‘lida xuddi gitarasini ushlab yotgandek bo‘lardi. “O‘g‘illaringiz gitarangizni olib kelsinmi?” desam “Yo‘q, ko‘z tegib qoladi”, deb kulib javob bergandi. U kiyim-kechak va hashamatga qiziqmasdi. Topgan pulining bir qismini ro‘zg‘orga qolganini esa yangi musiqiy asbob sotib olishga sarflardi. “Sen xafa bo‘lma, mening birinchi ayolim gitaram, ikkinchisi mashinam”, deb hazil qilardi. Haqiqatan ham musiqiy asboblarini hech kimga ishonmasdi. Hatto ularning qaysi holatda turganini ham yaxshi bilardi. Afsuski, turmush o‘rtog‘imni erkin ijod qilishga, xalqqa taqdim etishga qo‘yishmadi. Umrining so‘nggi yillarida “Men katta “bagaj” bilan ketyapman, ularni muxlislarga yetkazolmadim”, degan gapni ko‘p aytardi.
Ravshan Namozov 2017-yilga qadar soch-soqoli sabab “zapret”ga uchradi. Kichik sabab bir-biriga ulanib, bir insonning umrini yedi. 1996-yili Ravshan aka Mustaqillik bayramida chiqishi kerak edi. Uning imiji boshqalarga o‘xshamasligi, sochi va soqolini o‘stirib yurishini yaxshi bilishardi. U mana shu imiji bilan o‘zbek folklor-rok san’atini 156 ta davlatga tanitib kelgan edi.
— Xullas, Mustaqillik bayramiga chiqishdan avval “Soch-soqolingni olasan”, deyishgan. “Uzr, men ololmayman, chunki uni bir necha oydan beri o‘stiryapman. Uni Xivada olinadigan “Sevgi qo‘shig‘i” musiqiy filmi uchun maxsus o‘stirganman”, deb tushuntirishga harakat qilgan. Yonida Nasiba Abdullayeva, Kumush Razzoqova kabi hamkasblari bo‘lgan. Ular bir flakon soch lakini sepib, uzun sochlarini yig‘ib, kaltadek ko‘rsatishgan. Soqolini olishga esa arang ko‘ndirishgan. Oilamiz bilan konsertni kutib o‘tirsak, turmush o‘rtog‘imning qo‘shig‘i yangragan, ammo boshqa odam sahnaga chiqqan. Hatto soqolini olib, uzun sochini yashirishganda ham uni sahnaga qo‘yishmagan. Uni qo‘shig‘iga boshqa erkak og‘zini qimirlatib sahnaga chiqqan. Bu holatni televizor qarshisida ko‘rib, nima bo‘lganini anglolmay qolganmiz.
Ana shunday keyin bunday muammoli vaziyatlar bir-biriga ulanib ketaverdi. Eng katta zarbani o‘sha paytdagi “O‘zbeknavo”ning rahbarlaridan biri (ismi yodimda yo‘q) berdi. Shu kishi turmush o‘rtog‘imga to‘sqinlik qilib, ko‘p stresslarga sabab bo‘ldi, — deydi Muhabbat Namozova.
Suhbatni to‘liq holda quyida tomosha qilishingiz mumkin.
“Sahnada Ravshan Namozov kuylaydi, deb joni uzildi”. Marhum xonandaning rafiqasi bilan uning 21 yillik “zapret”dagi hayoti hamda armonlari haqida suhbat | 141 | 5,109 |
Madaniyat | “Afruz” guruhi vakili Jamshid ota bo‘ldi | “Afruz” guruhi yigitlari Jamshid va Muzaffar uchun joriy yil hayotlarida ham, ijodlarida ham unutilmas voqealarga boy bo‘ldi. Guruh vakillaridan biri Jamshid kuni kecha otalik baxtiga musharraf bo‘ldi. Bu haqda Popcorn.uz xabar bermoqda.
Jamshidning oilasida 3-avgust kuni shiringina qizaloq dunyoga keldi.
Guruh ijodida esa yangiliklar bisyor. Shu kunlarda ijodkorlar Munisa Rizayeva bilan yangi duet yaratish ustida ish olib bormoqda. Bu duet shoir, bastakor Eldor Qayumov bilan hamkorlikda tayyorlanmoqda. | 40 | 509 |
Madaniyat | “Baron 2” filmi “Snayper”, “Temur”, “Scorpion”, “Gardkam” filmlariga raqobatchi bo‘la oladimi? (video) | “Baron 2” filmining suratga olish ishlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan rejissor Rustam Sa’diyev “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad uyushtirdi.
Rejissor “Baron 2” filmi “Snayper”, “Temur”, “Scorpion”, “Gardkam” filmlariga raqobatchi bo‘la oladimi”, mazmunidagi savolga quyidagicha javob berdi.
Bu raqobat maydonida “Baron 2” bemalol o‘z so‘zini aytadi. Munosib so‘zini aytadi. Qo‘rqmasdan aytaman — har bittasidan zo‘r qilib so‘zini aytadi, men bundan qo‘rqmayman. Chunki “Baron 2” filmining ko‘taroyatgan mavzusi dunyodagi global mavzu. Katta gapirmayman, “Baron 2” filmi bir necha yil davomida yozildi, mulohaza bo‘ldi, “O‘zbekkino”ning kuchli badiiy kengashi tomonidan juda katta savollar tug‘ildi, o‘sha savollarga javoblar topilib, filmning dramaturgiyasi nuqtayi nazaridan, filmning mohiyati, uni tomoshabinga nima berishi, filmning dunyo arenasiga chiqishi bo‘yicha qanaqa savollar bo‘lsa barchasiga bu filmda javoblar tayyorlangan. Filmda faqat yaxshi aktyorlar jamoasini shakllantirib, filmni suratga olib, uni tomoshabinga taqdim etish qoldi, xolos.
Rustam Sa’diyev, “Baron 2” filmining rejissori
Ma’lumot uchun, “Snayper” filmining rejissori Ozod Shams, “Temur” filmining rejissori Nodir Mo‘minov, “Scorpion” filmining rejissori Muxlisa Azizova, “Gardkam” filmi esa rejissor Akrom Isakov tomonidan suratga olingan. “Temur” filmining premyerasi avgust oyida bo‘lib o‘tgan, qolgan filmlarning premyerasi kutilmoqda. | 102 | 1,481 |
Madaniyat | Yulduzlar: kimda qanday uy hayvoni bor? (foto) | Bugungi fotojamlanmaga yulduzlarning o‘z uy jonivorlari bilan tushgan suratlarini to‘pladik. Ta’kidlash joiz, erkak san’atkorlarning bunday rasmlarini topa olmadik, shu tufayli jamlanmada faqat ayol xonanda va aktrisalarni ko‘rishingiz mumkin. | 46 | 243 |
Madaniyat | Fotoreportaj: Buxoroda suratga olinayotgan Scorpion filmi | O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, “O‘zbekkino” Milliy agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va Kinematografiyani rivojlantirish markazi tomonidan imzolangan qo‘shma qaror asosida Scorpion trilleri suratga olinayotgani haqida avval xabar qilingandi. UZ24 filmni suratga olish jarayonlari aks etgan suratlar bilan bo‘lishdi.
Filmda “Osiyo” serialidagi Demir roli bilan o‘zbek tomoshabinlariga yaxshi tanish bo‘lgan mashhur turk aktyori Murat Yildirim suratga tushadi.
Film bosh qahramonlaridan biri (aka roli)ni Farhod Mahmudov ijro etadi. Ikkinchi bosh qahramon (uka roli) ijrochisi hozircha sir tutilmoqda.
Shuningdek, filmda Karim Mirhodiyev, Ra’no Shodiyeva ham suratga tushmoqda.
Scorpion filmining suratga olish ishlari ayni kunlarda Buxoro viloyatida davom etmoqda. | 57 | 832 |
Madaniyat | Karim Mirhodiev: "Endi mukofotni unutish kerak..." | O`tgan yili Karim Mirhodiev “Sabot” filmidagi Sa`dulla roli uchun birdaniga uch karra e`tirof etildi: o`zimizning “Oltin Humo” birinchi milliy kinotaqdimoti, Qozog`istonda o`tkazilgan “Evroosiyo” xalqaro kinofestivali hamda Qirg`izistonda bo`lib o`tgan “Oq Ilbirs” xalqaro kinomukofotining eng yaxshi erkak roli nominasiyasi g`olibi deb topildi.
Karim Mirhodiev "Kino san`ati" jurnaliga bergan suhbatida "Kichkina tabib", "Nazar" hamda "Sabot" filmlaridagi ijrosi, rol tanlashda e`tibor beradigan jihatlari haqida gapirgan.
– Zulfiqor Musoqovning “Kichkina tabib” filmidagi rolingizni aytmasa, aksariyat ijrolaringiz murakkab, og`ir, vazmin, qaysidir ma`noda yolg`iz deyishadi. Lekin o`sha rolimda ham ortiqcha harakat, engil qiliq yo`q. Jiddiy o`ynaganman. Katta fransuz aktyorlari jiddiy ijro bilan ham odamlarni kuldira olishgan… Afsuslanmayman, har bir san`atkorning o`z yo`nalishi bo`ladi. Bilmadim, peshonamga shunaqa rollar yozilgan ekanmi. Ehtimol, yana o`zgachasi nasib etar. O`ynagan filmlarimdan qolsa, to`rt-beshtasi qoladi. Ko`p rollarimda – “Charxpalak”da ham, “Ota”da ham o`zaro bog`lab turuvchi umumiy rishtalar bor. Qamoqdan chiqib kelgan qahramon. Hayotga o`zimning munosabatim, pozisiyamni bildirishim kerak. Erkak har bitta xatti-harakatiga javob berishi shart! Bolalar bizning ishlarimiz uchun aybdor emas! Kattalar o`rtasida nima bo`lishidan qat`i nazar, buning jabrini farzandlar ko`rmasin. U otami, demak, otaligicha qolsin! Qahramonim Ota bo`lib ketdi.
“Sabot”da ham xuddi shunday. Hamma narsani joy-joyiga qo`yishga ulgurdi. Yoshim o`tgani sari eng katta baxt hech kimga ozor bermay, bosgan yo`llaringni tozalab ketish ekan, degan xulosaga kelyapman. To`g`ri, beayb Parvardigor. Lekin xatolaringni anglab, shularni tuzatishga urinish – Baxt.
Rol tanlashda, avvalo, g`oyaga e`tibor qarataman. Masalan, “Sabot” bir inson taqdiridan hikoya qiladi. Afg`on urushi mavzusi men uchun hamisha dolzarb. Qancha yo`qotishlar bo`ldi. Teatrda Anvar degan o`rtog`im ovoz operatori edi, bir yil jang-jadallarda qatnashib qaytdi. O`zgarib ketgan, asablari tarang... Sababini so`rasam, “Ko`z oldingga keltirib ko`rgin-a, quvnab-o`ynab yurgan yosh bolalar kutilmaganda parchalanib, laxta-laxta etga aylansa… Qaerga otayotganingni, kimga otayotganingni bilmay o`q uzish, quloq eshitmay, karaxt holatga tushish...” deya nadomat chekkan. Qo`chqor Norqobilning ham Afg`on mavzusidagi asarlari ta`sirli chiqqan. Yaxshi filmlar yaratsa bo`ladi, deb o`ylayman. Xullas, ssenariyda inson taqdiri tursin. Qahramonim qismatini o`rganish asnosida o`ziga xosliklarni qidiraman. Masalan, u jim turganida nima qiladi? Biografiyasi, shaxsiy hayotini tuzamiz, oilada qanaqa edi, qaytib kelgach qaysi tomonga o`zgardi, ichkilikka ruju qo`yib, tarkidunyo qildimi... Shu kabi savollar iskanjasida personaj qiyofasini chizaman.
Yil men uchun omadli keldi. Mukofot, sovrin, olqishlar kimga yoqmaydi....
Aslida eng katta mukofot – tomoshabin qarsagi. Ayniqsa, spektakldan keyin haqiqiy, chin qarsak bilan, qo`l uchida chalingan – soxta qarsakni farqlash mumkin. Yurakka etib boradigani ham shu. “Sabot”ni suratga olayotganimizda bunaqa e`tiroflar xayolga ham kelmagandi. Ssenariy yoqdi. Mazza qilib ishladik. Tamom. Yaxshi jamoa yig`ildi. Behzod Hamroev, Seydulla Moldaxanov, Nigora Karimboeva, Zulxumor Mo`minova... Bu – hammamizning mukofotimiz.
Agar menga rejissyor Rashid Malikov Sa`dulla rolini bermaganida, filmdagi boshqa bir obrazni gavdalantirishga ham rozi edim. Chunki ssenariy zo`r yozilgan. Mevasi ham shirin bo`ldi. Mukofotni oldik, o`tdi-ketdi. Endi unutish kerak... | 50 | 3,570 |
Madaniyat | “Dunyoni bering bolajonlarga”. O‘zbek shou-biznesi vakillari Instagram’da yig‘layotgan bolalarning ayanchli suratlarini e’lon qila boshladi | O‘zbek shou-biznesi vakillari Instagram’dagi sahifalarida ayanchli yig‘layotgan bolalar va “Dunyoning bering bolajonlarga” yozuvi eks etgan suratlarni e’lon qila boshladi.
Skrinshot: Instagram
Suratlarda asosan jahonning qurolli nizolar yuz bergan va berayotgan hududlaridagi bolalar aks etgan. Ularda vayronagarchiliklar, yig‘layotgan yoki achinarli ahvolda turgan bolalarni ko‘rish mumkin. Har bir suratda “Dunyoning bering bolajonlarga” yozuvi bor.
Skrinshot: Instagram
Skrinshot: Instagram
Mashhurlarning akkauntlarida ba’zan bir xil suratlar e’lon qilinmoqda. Xususan, xonanda va aktyor Jahongir Poziljonov, rejissor Jahongir Ahmedov va xonanda Dilso‘zning profillarida bir xil, “Afruz” guruhi hamda “Sayyod.com” sayti profilida ham boshqa turdagi bir xil suratlar e’lon qilingan.
Skrinshot: Instagram
Skrinshot: Instagram
Bu qandaydir yangi aksiyami yoki shou-biznes vakillarining mustaqil tashabbusi — bunga aniqlik kiritilmagan. Mazkur suratlar nima munosabati bilan e’lon qilinayotgani ham aniq emas. Suratlar ostida foydalanuvchilarning aksariyati bu suratlar nima sababdan e’lon qilinayotgani haqida ko‘plab savollar qoldirgan.
Skrinshot: Instagram
Skrinshot: Instagram
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 139 | 1,351 |
Madaniyat | Beyonse Billboard versiyasi bo‘yicha 2016-yilning eng ko‘p haq oladigan musiqachisi deb tan olindi | Xonanda Beyonse Billboard jurnali versiyasi bo‘yicha 2016-yilning eng ko‘p haq oladigan musiqachilari reytingi boshiga keldi. Bu “TASS” xabar bermoqda.
O‘tgan yil davomida u 62,1 million dollar ishlab topdi. Bu mablag‘ning 54,7 million dollarlik qismini unga yangi Lemonade albomini qo‘llab-quvvatlash uchun uyushtirilgan xalqaro turne keltirdi.
Reytingning ikkinchi o‘rnida Guns N'Roses guruhi turibdi. Shu paytgacha davom etayotgan tur tufayli musiqachilar hisobot davrida 42,3 million dollar ishladi. Bryus Springstin 100 ming dollarga kamroq pul ishladi (42,2 million dollar).
Kuchli o‘nlikka, shuningdek, reper Dreyk 37,3 million dollar), xonanda Adel (37 million dollar), Coldplay guruhi (32,3 million dollar), xonanda Jastin Biber (30,5 million dollar), reper Kanye Uest (26,1 million dollar), shuningdek, ikki kantri ijrochisi — Lyuk Brayan (27,3 million dollar) va Kenni Chesni (25,4 million dollar) kirdi. | 98 | 916 |
Madaniyat | Bollivudning eng badavlat aktyorlari (foto) | Hind kinosanoati vakillarining eng ko‘p mablag‘ga ega vakillari haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Salmon Xon
Moliyaviy ahvoli 380 000 000 dollarga baholanadigan Salmon Xon, hind kinosining eng mashhur va talabgir aktyorlaridan biri sanaladi. Arsenalida 140 dan ortiq kinofilm bo‘lgan yulduz bugungi kunda ham suratga tushishda davom etadi. Bir qancha hashamatli uyga ega bo‘lgan aktyor, Mumbayda yashaydi. Ayni vaqtda ruminiyalik boshlovchi bilan uchrashishi aytilayotganiga qaramay, rasman hali turmush qurmagan.
Amitabx Bachchan
Hindistonning eng badavlat aktyori sifatida tan olinadigan yulduzning moliyaviy ahvoli 400 000 000 dollarni tashkil qiladi. Bachchan 80-yillarda mashhurlikning cho‘qqisida bo‘lgan va hatto siyosatga ham aralashib ko‘rgan. Ayni vaqtda yoshi 78 da ekaniga qaramay, aktyor hali hamon filmlarda faol suratga tushmoqda. U oilasi bilan birga Mumbayda istiqomat qiladi. Soatlar kolleksiyasiga qiziqadigan Amitabx, uch mingdan ortiq soat turlarini yig‘ishga muvaffaq bo‘lgan.
Akshay Kumar
Asl ismi Radjiv Bxatiya bo‘lgan aktyorning moliyaviy ahvoli 200 000 000 dollarga baholanadi. Akshayning arsenalida 150 dan ortiq kinokartina bor. Arabiston dengizi sohilida uyi bo‘lgan shou-biznes vakili. Taekvondo bilan shug‘ullanadi. Aktrisa Tvinkl Khanna bilan turmush qurgan yulduzning bir o‘g‘il va qiz farzandi bor.
Amir Xon
Moliyaviy ahvoli 240 000000 dollarni tashkil qiladigan aktyor karyerasini 1973-yilda boshlagan. Lekin shunga qaramay, u haqiqiy aktyorlik faoliyatini 1988-yildagi “Hukm” filmidagi roli bilan bog‘laydi. 67 tadan ko‘proq kinokartinada suratga tushgan Amir Xon ayni vaqtda ham kinosanoatning faol vakillaridan sanaladi. Sport va shaxmat bilan shug‘ullanadigan aktyor, ikki marta turmush qurib ajrashgan. Bandrada yashaydigan yulduzning mulki 9 000000 dollarga baholanadi.
Ritik Roshan
Turli ma’lumotlarga ko‘ra Ritikning hisobida taxminan 120 million dollar bor. Otasining aktyorlikdan tashqari, rejissorlik bilan shug‘ullangani uning Bollivudda oson karyera qilishiga sabab bo‘lgan. U so‘nggi marta 2020-yilda otasi rejissorlik qilgan “Sevishingni ayt” nomli filmda suratga tushgan. Bir marta turmush qurib ajrashgan Ritikning Arabiston dengizi sohilida, narxi taxminan 8 000000 dollarga baholanadigan uyi bor. Ikki nafar farzandi bo‘lgan aktyor, sport bilan shug‘ullanishni yaxshi ko‘radi.
Saif Ali Xon
Moliyaviy ahvoli 140 000000 dollarni tashkil qiladigan Saif, Bollivudning eng ko‘p haq to‘lanadigan aktyorlaridan biri sanaladi. U karyerasini 1993-yilda “Parampara” filmida suratga tushishdan boshlagan. Karina Kapur bilan turmush qurgan yulduzning birinchi turmushi bilan hisoblaganda jami to‘rt nafar farzandi bor. Uning 100 000000 dollarga baholanadigan uyining ko‘rinishi ertaklardagi hashamatli saroyni esga soladi.
Jon Abraham
Moliyaviy ahvoli 68 000000 ga baholanadigan aktyor 70 dan filmlarda muvaffaqiyatli rol ijro qilgan. Hindistonda yetarlicha mashhurlikka erishgan Jon, 1999-yilda erkaklar o‘rtasidagi tanlovda g‘olib deb topilgan. Priya Runchal bilan turmush qurgan Abraham Bandradagi 10 000 000 dollarlik villada yashaydi. | 43 | 3,086 |
Madaniyat | Timatining Odessadagi konsert dasturi bekor qilindi | Odessadagi “Ibitsa” klubi gubernator Mixail Saakashvilining bildirgan fikri tufayli rossiyalik reper Timatining konsert dasturini bekor qildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Odessalik gubernator o‘zining Facebook’dagi sahifasida chegara xizmatiga rossiyalik artistni mamlakatga kiritmaslikni “qat’iy tavsiya qilishini” bildirgan edi. Timatining konsert dasturi 21-avgustga rejalashtirilgan edi.
“Timati ko‘p yillardan buyon klubimizda o‘zining konsertlarini o‘tkazib kelgan. Bu yili ham uni taklif qila turib, Timatining chiqishidagi siyosiy mohiyatni e’tiborga olmabmiz. Biz sizning fikringizga hurmat bilan qaraymiz. Timatining “Ibitsa” klubidagi konserti bekor qilinadi”, — deyiladi klubning Saakashvili nomiga yo‘llagan xabarida. | 51 | 741 |
Madaniyat | “Hamma uni qo‘llab-quvvatlardi”. Dilnoza Kubayeva spektaklda sevgi izhori qilgan tomoshabin yigit haqida gapirdi | Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasida mahoratli aktrisa Dilnoza Kubayeva bilan “Sirning siri samimiyatda: Aktrisa Dilnoza Kubayevaning ijodiy ustaxonasida bir kun” mavzusida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad ham ishtirok etdi.
Aktrisa Dilnoza Kubayeva spektaklda rol ijro qilayotgan vaqtida tomoshabin yigit “men sizni sevaman” deya barcha muxlislarning e’tiborini tortgani haqida gapirib berdi.
Bir kuni maza qilib rol ijro qilayotsam, orqa qatordan kimdir ‘men sizni sevaman’, deb qolsa bo‘ladimi. Men bu narsaga tayyor emas ekanman. Nima qilishimni bilmayman. Vaziyatdan chiqib ketish kerak. Jim bo‘lib qoldim. Yalangayoqman, sovuq. Rejada bunaqa narsalar yo‘q edi. Pardani chetiga qarasam, spektaklni olib boruvchi rejissor nimalar bilandir band. ‘Nima qilay’ deb so'ramoqchiman. U yoqqa qarasam, boshqalar ham o‘zi bilan o‘zi.
Nima qilaman, kutaman-da. Xudoga shukur, sabrli qizman. Kutib turdim, nima qilishimni bilmayman. Parda yopilmaguncha chiqib ketishga haqqim yo‘q. Agarda chiqib ketsam, u noprofessionalizm bo‘lib qolishi mumkin. Hamma e’tiborini o‘sha yigitga qaratdi. Bir og‘iz gap bilan hammani o‘ziniki qilib oldi. Hamma uning gapini ma’qullab, ‘bo‘larkan-ku, ‘erkak’, ‘malades’ , deyishardi.
Hayronman, shunaqasi ham bo‘ladimi? Jonli ijro, vaziyatlarga tayyor bo‘lishimiz kerak. 2-3 daqiqadan keyin hamma menga o‘girildi va keyin nima edi, degandek qarashardi. Harakat qildim, ikki hissalab dardimni oshirdim, sherigim chiqdi. Lekin tomoshabinlarni biz yo‘qotib bo‘lgan edik. Hamma siqilib ketgan ekan, bunaqa holatlar ham bo‘lib turadi.
Lekin o‘sha kuni mendan baxtli ayol yo‘q edi, chunki 600 ta insonning ichida sizga sevgi izhor qilishsa... Shunday holatlar bo‘ladi, tomoshabinlar ham o‘zini tutib turolmaydi, masalan, o‘sha yigit meni sevmaydi, lekin o‘sha sahnada xo‘rlanayotgan, dard ustiga dard, yana kundosh kelib turibdi, yana bu turtkilanadi, farzandsiz, hech kimi yo‘q... O‘sha bola o‘z his-tuyg‘ularini berkitib turolmadi.
Dilnoza Kubayeva, aktrisa | 112 | 2,039 |
Madaniyat | Parij sudi plagiat uchun Lyuk Bessonning kinokompaniyasini jarimaga tortdi | Parij oliy sudi rejissor Lyuk Bessonning EuropaCorp kinokompaniyasini amerikalik rejissor Jon Karpenterning “Nyu-Yorkdan qochish” filmini plagiat qilganligi uchun jarimaga tortdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Sud hukmiga ko‘ra, Besson tomonidan 2012-yilda suratga olingan “Hech narsaga qaramasdan” (“Lockout”) filmida amerikalik rejissorning kartinasidagi g‘oya va obrazlar, shuningdek, ba’zi obrazlar o‘g‘irlangan.
Qayd etishlaricha, Bessonning kinokompaniyasi Amerika filmi ssenariy muallifiga 10 ming, rejissoriga 20 ming yevro, prokat kompaniyasiga esa qo‘shimcha 50 ming yevro to‘lashi kerak.
Jabrlanuvchi tomon 3 million yevro miqdorida kompensatsiya puli talab qilayotgan edi. | 74 | 692 |
Madaniyat | Ra’no Shodiyeva Mursak modalar uyi yangi to‘plamining yuziga aylandi (foto) | Mursak moda uyi asoschisi Nilufar Abduvaliyeva yangi to‘plami uchun fotosessiya o‘tkazdi. Yangi to‘plamning lukbukida taniqli aktrisa Ra’no Shodiyeva suratga tushdi, deb yozadi MyDay.
Yangi to‘plamda milliy matolardan yaratilgan betakror liboslar o‘zbek milliy qadriyatlarini o‘zida mujassam etib, tabiiy matolardan tikilgan. | 75 | 326 |
Madaniyat | Sevara Nazarxon Vyacheslav Butusov bilan birgalikda “Pisma” qo‘shig‘iga klip ishladi | Sevara Nazarxon “Pisma” (“Maktublar”) albomidagi shu nomli qo‘shiqqa klip ishladi, deya xabar bermoqda “Anons”.
Klipda ushbu kompozitsiyani Sevara bilan duet tarzida ijro etgan Vyacheslav Butusov ham suratga tushdi. Butusov “Pisma” qo‘shig‘ining matni muallifi hamdir.
Klipning bir qismi Sankt-Peterburgdagi afsonaviy “Dobrolyot” studiyasida suratga olindi. Videoda Sevara qo‘shiq bilan bog‘liq obrazlarda namoyon bo‘ldi.
Sevara ijrosidagi “Pisma” qo‘shig‘i, shuningdek, boshqa ko‘plab taronalarni 7-noyabr kuni Moskva Xalqaro musiqa uyida tinglash mumkin bo‘ladi. | 84 | 565 |
Madaniyat | Anjelina Joli: Farzandlar bilan izolyatsiyada hamisha ham bosiq bo‘lish imkonsiz | Anjelina Joli Time jurnaliga izolyatsiya vaqtida nimalarga e’tibor berish kerakligi haqida ma’lumot berdi. Elle nashrining yozishiga qaraganda, aktrisa farzandlar bilan birgalikdagi izolyatsiya har qanday ota-ona uchun ham haqiqiy sinov bo‘lishi mumkinligi, ammo bu borada inson o‘ziga nisbatan ortiqcha talabchan bo‘lishi kerakmasligini ta’kidlagan.
Anjelinaning aytishicha, har doim ham o‘zini bosiq tutish va kulib turishning iloji yo‘q. “Pandemiya avjiga chiqqan bir vaqtda farzandlari bilan vaqt o‘tkazayotgan ota-onalar haqida o‘ylayapman. Ular hamma narsani to‘g‘ri bajarishga, barcha ehtiyojlarni qondirishga va hammasi tinch va ijobiy bo‘lishiga umid qilmoqdamiz. Men bu vaqtda bir narsani tushunib yetdim — bu ilojsiz”.
Uning ta’kidlashicha, zurriyodlar ota-onasidan qahramonlik kutmaydi. “Farzandingizga sizdan benuqsonlik emas haqqoniylik kerak. Sizning zaifligingizni bilgan farzand, kelajakda yanada kuchliroq bo‘ladi, sizga yordam berishni istaydi”.
Avvalroq, Jolining karantin vaqtida farzand tarbiyasi haqidagi fikrlari Time nashrida e’lon qilingandi. Unda aktrisa epidemiyaning yashirin risklari, xususan, bolalarga nisbatan oiladagi zo‘ravonlikning ko‘payishi va maktabda o‘qish qobiliyatining pasayishi haqida fikr bildirgan. | 80 | 1,248 |
Madaniyat | Bollivudning “Hayotda hamma narsa bo‘ladi” filmi haqida qiziqarli faktlar | 1988-yilda suratga olingan Bollivudning “Hayotda hamma narsa bo‘ladi” filmi millionlab muxlislar qalbidan joy olgan. Quyida ushbu film bilan bog‘liq qiziqarli ma’lumotlarga to‘xtalamiz.
1. Karan Johar avvaliga Tina rolini Tvinkl Khannaga taklif qilgan. Aktrisa qahramonining roli ayanchli tugashini bilib, rol ijro qilishdan bosh tortgan. Keyin Ravina Tandon, Ayshvariya Ray, Tabu, Urmila Matondkar va Karishma Kapurlar ham rozi bo‘lmagan. Tina roli o‘zining taklifiga binoan Rani Mukerjiga nasib qilgan. Oradan yillar o‘tib esa Tvinkl filmda suratga tushishga rozilik bermaganidan qattiq afsuslanishini bildirgan.
2. Karan Johar Rani Mukerjining ovozi xirillagan bo‘lgani uchun qahramonga boshqa kishi ovoz berishini istagan. Lekin aynan Ranining o‘zi ovoz bergani uchun ham Tina obrazi yanada jozibali chiqqan, bu esa aktrisaning tashrif qog‘ozi bo‘lishiga sabab bo‘lgan.
3. Anjali, Rahul va Tinaning oldiga olovrang-pushti libosda kelgan sahnada atrofda kulgan talabalar orasida qora kepkada rejissor va xoreograf Fara Xonni va uning o‘ng tarafida dizayner Manisha Malhotrani ko‘rish mumkin.
4. Filmdagi Yeh Ladka Hai Deewana Yeh Ladka Hai Deewana musiqiy sahnasini suratga olish vaqtida Kajol velosipeddan yiqilib, hushidan ketgan. Bir necha daqiqadan keyingina o‘ziga kelgan aktrisa yiqilish oqibatida qisqa muddatga xotirasini yo‘qotgan.
5. Shohrux Xon va Kajolning ilk basketbol o‘yini sahnasida to‘pni tushirish uchun savatcha pastroqqa o‘rnatilgan, aktyorlarning sakrash sahnasi ishonarli chiqishi uchun esa batutdan foydalanilgan.
https://youtu.be/jz4sCXfvsd8
6. Filmda Ladki Badi Anjani Hai qo‘shig‘i vaqtida shamol Anjalining sarisini uchirishi, Rahul esa oshiqona nigoh bilan unga qaragan sahna ssenariyda bo‘lmagan. Ushbu g‘oya suratga olish jarayonida Fara Xonning xayoliga kelgan.
7. Amirxon Shohrux Xonning soyasida qolishni istamagani sabab Aman Mehra rolini ijro qilishdan bosh tortgan. Ajay Devgan ham rozi bo‘lmagan va oxiri ushbu rol Salmon Xonga nasib qilgan.
8. Kajol va Rani Mukerji aslida amakivachchalardir.
9. Karan Johar “Hayotda hamma narsa bo‘ladi” filmi uchun qo‘shiq yozishni Javed Axtarga taklif qilgan. Javed qo‘shiqni yozishga yozib keyin fikridan qaytgan, bunga film nomini mujmal deb hisoblagani sabab bo‘lgan.
10. Fimlda Tujhe Yaad Na Meri Aayee musiqiy sahnasida (filmning 45-soniyasida) xoreograf Gita Kapur ham suratga tushgan. | 73 | 2,375 |
Madaniyat | Shohrux Xon Rossiyaning “Viy-3” filmida qatnashadi | Bollivudning eng mashhur yulduzlaridan biri Shohruh Xon “Viy-3” filmida ishtirok etadi. Bu haqda, film prodyuseri Aleksey Petruxinga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
“‘Viy-3’ sifatida mashhur ‘Hindistonga sayohat: mangulik ostonasida’ filmi loyihasi yangi hamkor — mashhur Shohruh Xonga ega bo‘ldi. U ham aktyor, ham prodyuser sifatida ishtirok etadi. Ishtirok etishi ilgariroq ma’lum bo‘lgan Ranvir Kapur ham filmda ishlashni davom etadi”, — ma’lum qildi Petruxin Mumbaida o‘tayotgan Rossiya kinosi kunlarida.
Rejissor Oleg Stepchenkoning mumtoz rus adibi Nikolay Gogolning “Viy” qissasi asosida suratga olingan shu nomli filmi 2014-yilda Rossiyaning eng kassabop kartinasi bo‘ldi. Shu bois uning davomini suratga olishga qaror qilindi. Ayni paytda filmning ikkinchi qismi — “Viy-2: Xitoyga sayohat” ustida ish davom etmoqda. Uchinchi film voqealari Hindistonda bo‘lib o‘tadi. | 50 | 879 |
Madaniyat | Marhum suxandon va xonanda Shuhrat Qayumovning o‘g‘li uylandi (video) | Marhum serqirra ijodkor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shuhrat Qayumovning ikkinchi o‘g‘li Fayzulloh Hamidullayev 13-mart, shanba kuni uylandi.
Fayzulloh va Naziraxonning nikoh oqshomi Toshkent shahridagi “Hayot” to‘yxonasida bo‘lib o‘tdi. Unda Shuhrat Qayumovning hamkasblari — Ra’no Jo‘rayeva, Mavluda Ahmedova, Maqsuda Qoratoyeva, Surayyo Obloqulova kabi suxandonlar qatnashdi.
Shuningdek, Mavluda Asalxo‘jayeva, Ilhom Farmonov, Diyorbek Mahkamov singari taniqli san’atkorlar va “Eldido” guruhi vakillari ham xizmatda bo‘ldi. | 69 | 539 |
Madaniyat | Sevara Nazarxon — Qo‘qonning so‘nggi xoni Xudoyorxon avlodidan | Xonanda Sevara Nazarxon Qo‘qonning so‘nggi xoni — Xudoyorxonning sakkizinchi avlodi hisoblanadi. Bu haqda “Zarnews.uz” xabar bermoqda.
Samarqand viloyati “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari birlashgan tahririyati jamoasining Farg‘ona vodiysiga sayohati chog‘ida jurnalistlarga shunday ma’lumotdan xabardor bo‘lgan.
Qo‘qon shahridagi XIX asrning tarixiy yodgorligi — Qo‘qonning so‘nggi xoni Xudoyorxon saroyida bo‘lgan jurnalistlar bu yerdagi eksponatlar, yaqin tarixdan so‘zlovchi qo‘lyozmalar, suratlar, qurol-aslahalar bilan tanishdi.
Bu yerda Qo‘qon shahar hokimi Ma’rufjon Usmonov samarqandlik jurnalistlar bilan uchrashdi.
Hokim ushbu tarixiy maskan, uning atrofida barpo etilayotgan xalqaro hunarmandchilik festivalini o‘tkazish uchun olib borilayotgan ishlar, shaharda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari haqida gapirdi.
Xudoyorxon saroyi XIX asrda qurilgan bo‘lib, bugungi kungacha 114 ta xonaning 19 tasi saqlanib qolingan. Bugun nafaqat Xudoyorxon saroyi saqlanib qolingan, balki uning avlodlari ham O‘zbekistonda yashamoqda. Jumladan, xalqimizning sevimli xonandasi Sevara Nazarxon ham Xudoyorxonning sakkizinchi avlodi hisoblanadi, deyiladi xabarda. | 62 | 1,206 |
Madaniyat | Nilufar Usmonovaning klipi nufuzli Vevo videokanalida namoyish etilmoqda | 31-may kuni xonanda Nilufar Usmonovaning “Dunyo” qo‘shig‘iga ishlangan videoklip nufuzli Vevo videokanalida premyera qilindi. Bu haqda “Daryo” mobil muxbiri xabar berdi.
Vevo — taniqli ovoz yozish kompaniyalari (Universal, Sony, Phil, AbuDhabi, E1)ning hamkorlikdagi loyihasi. Vevo.com manbasi ba’zi chet mamlakatlardagina tarqalgan, biroq MDH davlatlari san’atkorlarining qo‘shiqlarini ham o‘z ichiga oladi, bu kamdan-kam uchraydigan holatdir.
Nilufar Usmonova ushbu videokanalda shaxsiy sahifasiga ega bo‘lgan o‘zbek estradasining ilk vakillaridan biriga aylandi. Endi xonandaning barcha yangi qo‘shiqlarini ushbu manbadan topish mumkin bo‘ladi. | 72 | 648 |
Madaniyat | Fotogalereya: Ilg‘ash qiyin bo‘lgan kinoxatolar | Tasvirchilar, rejissorlar ham darhol aniqlash qiyin bo‘lgan xatolarga yo‘l qo‘yadi. Shuning uchun kinematograflar o‘z ishlarini qayta ko‘rib chiqib, xatolar bor yoki yo‘qligini tekshirishi kerak. AdMe nashri mashhur filmlarda yo‘l qo‘yilgan xatolar jamlanmasini taqdim etdi.
“Xobbit”da Legolasning ko‘zlari havorang, biroq “Uzuklar hukmdori” trilogiyasida ba’zan uning ko‘zlari qora rangda.
“Garri Potter va sirli xona” epizodidagi kadrda tasvirchi yaqqol ko‘rinib turibdi.
Meri Jeyn bu epizodda polga sharbatni to‘kib yuboradi, biroq keyingi kadrda sharbat yo‘q.
Kapitan Robauning formasidagi Yulduzli flot belgisi u o‘tirganidan so‘ng qayergadir yo‘qolib qoladi.
Epizodda avtomobil oynasidagi aksda mikrofon ko‘rinib turibdi.
Devordagi o‘q izlari o‘q otilishidan avval paydo bo‘lgan.
Kadrga tasvirga olish guruhi a’zosi tushib qolgan.
Ag‘darilgan arava orqasiga mahkamlangan gaz balonni payqash qiyin emas.
Juliya Roberts yaratgan qahramon yeyayotgan kruassan keyingi kadrda quymoqqa aylanib qolgan. | 47 | 1,010 |
Madaniyat | "Yurtimizni bosib olish chog`ida halok bo`lgan 24 nafar rus askari sharafiga..." Toshkentda ta`mirdan chiqqan yodgorlik tarmoqlarda qizg`in muhokamalarga sabab bo`ldi | O`tgan hafta Toshkent shahar Shayxontohur tumani “Kamolon” mahallasida joylashgan tarixiy “Chasovnya” yodgorligi (Georgiy Pobedonoses butxonasi) ta`mirdan chiqarilgani haqida xabar va fotosuratlar poytaxt hokimligi tomonidan tarqatildi.
Ammo bu xabar jamoatchilikning muhokamalariga sabab bo`ldi. Bu haqda "Zamon.uz" sayti yozadi.
Jurnalist Rustam Jabborov feysbuk sahifasiga mazkur yodgorlikning ta`mirlanishi haqida post qoldirgan. Unda jumladan, shunday deyiladi:
“Yaqinda Toshkent shahri hokimligi tomonidan yurtimizni bosib olish chog`ida halok bo`lgan 24 nafar rus askari sharafiga bunyod etilgan Avliyo Georgiy butxonasining qayta ta`mirlanishi haqida turli fikrlar paydo bo`ldi.Tasavvur qiling, bu bosqin xalqimiz boshiga ne-ne kunlarni solmadi. Nahotki, ozodlik uchun jon bergan o`n minglab ajdodlarimizni, kuli ko`kka sovrilgan shaharu qishloqlarimizni, yondirilgan, yo`q qilingan madaniy boyliklarimizni, toptalgan dinimiz, qadriyatlarimiz, tarixiy merosimini esdan chiqarish shu qadar oson bo`ldi?Vatan deb, iymon deb, or-nomus deb jon bergan shahid ketgan bobolarimizga munosib ko`rilmagan bunday sharaf ne ajabki, ularni beayov qirgan, otgan, osgan, badarg`a qilgan zolimlarga nasib qilgan bo`lsa? Albatta, biz rus xalqining Pushkin, Tolstoy, Chexov, Gogol, Griboedov, Esenin singari buyuk daholari oldida hamisha ta`zimdamiz. Ularning xotirasini qancha ardoqlasak arziydi. Ammo Vatanimizni poymol qilgan bosqinchilarni emas…Avvalo, butun dunyo, jumladan bizning xalqimiz ham pandemiyadan aziyat chekib, koronavirusga chalinganlar ortib borayotgan, yuz minglab oilalar karantin tufayli daromad manbaidan ayrilgan, davlat iqtiisodiyoti xavf ostida turgan bir paytda, milliardlab mablag` evaziga bu yodgorlikni tiklash shunchalik zarurmidi? (Garchi bu tashabbus ancha oldinroq boshlangan bo`lsa-da) Shunday vaziyatda ham bunyodkorlikni unutmagan ekanmiz, obod qilinishi, tiklanishi, ta`mirlanishi lozim bo`lgan boshqa muassasalar, ta`lim-tarbiya maskanlari yo`qmidi? Bu mablag` evaziga tang ahvolda qolgan minglab oilalarga yordam ko`rsatish mumkin edi-ku?” deb yozadi jurnalist.
“Milliy tiklanish” partiyasi raisi Alisher Qodirov esa bu qabrni ta`mirlanganligida foyda bor deb hisoblaydi.
“Bu erga farzandlaringizni olib boring. Ko`rsating va eslang! Qachonlardir bizni bosib olishgan va g`ururimizni, yurtimizni toptashgan. Tartib bilan tizib qo`yilgan zambaraklarning o`qini qo`l bilan ushlab ko`rishsin. Arzimas chaqaga tayyorlangan qo`rg`oshin quymasi va zambaraklarni dushmanlardan karrasiga ko`proq sotib olish uchun tillasi bo`lib turib belkurak va nayza bilan ximoyalangan ozodlik…
Bugun xatolarni takrorlamaslik uchun kechani tahlil qilish, xulosalarni to`g`ri chiqarish kerak. Olimlarimiz ixtiro qilishsin, talabalarimiz ilm olishsin, tadbirkorlarimiz serharakat bo`lishsin, davlat xizmatchilari fidoiy va halol bo`lsinlar. Oilalarimiz mustahkam bo`lsin, farzandlarimiz sog`lom va g`ururli tarbiya ko`rsinlar. Har birimiz ishimizni masul va maromida bajaraylik. Shunda biz ham Amir Temurni Oltin O`rdaga yakun yasab, tarixni yangi o`zaniga asos solgan maydonlariga borib eslatmalar tikamiz.
Mamlakat va millatni behuda va befoyda shovqin bilan emas, qaynoq yurak va sovuq tafakkur bilan asrashni o`rganishimiz kerak!” deydi deputat.
Bugun O`zbekiston madaniyat vazirligi matbuot xizmati ta`mirdan chiqqan ushbu yodgorlik haqida quyidagi ma`lumotlarni taqdim etdi:
“O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2019 yil 11 noyabrdagi “Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan quridish va obodonlashtirish ishlari bo`yicha sayyor yig`ilish” to`g`risidagi 01-05/121-1-sonli bayonining 18-bandida “Toshkent shahri, Samarqand darvoza, Oftob ko`chasida joylashgan Chasovnya Svyatogo Georgiya Pobedanossa” qadimiy meros ob`ektini rekonstruksiya qilish va hududni obodonlashtirish ishlarini tashkil etish belgilangan.
Toshkent shahar Shayxontohur tumani “Kamolon” mahallasida joylashgan tarixiy yodgorlik “Chasovnya” hududiga 1886 yilda 24 nafar rus askarlari dafn etilgan. Bir qavatdan iborat bino yillar davomida ta`mirlanmagan.
Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamentining Ilmiy-ekspert komissiyasi loyiha ishlariga xulosa bergan hamda “Meros chashmasi” DUK loyihalash tashkiloti tomonidan loyiha ishlari amalga oshiririlgan.
Uning ta`mirlash ishlari Toshkent shahar xokimligi tomonidan yollangan “Ijod-ijod” xususiy korxonasi mutaxassislari rekonstruksiya ishlarini olib borgan. Ob`ekt ta`mirlanishiga V.L.Galperin nomidagi “Toshkent truba zavodi” homiylik qilgan.
Mazkur ob`ekt Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 4 oktyabrdagi qarorining 1-ilovasiga muvofiq, Milliy ro`yxatiga kiritilmagan. Navbatdagi moddiy madaniy meros ob`ektlarini qayta xatlovida “Chasovnya Svyatogo Georgiya Pobedanossa” qadimiy ob`ekti ro`yxatiga qayta kiritilishi rejalashtirilgan”. | 166 | 4,795 |
Madaniyat | “Yevrovideniye” tashkilotchilari tanlov natijalarini bekor qilishdan bosh tortdi | Isroilda o‘tkazilgan “Yevrovideniye—2019” xalqaro ko‘rik tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Niderlandiya vakilining natijalari bekor qilinmaydi. Bu haqda EBC tashkilotining rasmiy vakili Devid Gudman ma’lum qildi, deb xabar beradi Tengri News.
Avvalroq “Yevrovideniye—2019” g‘olibi Dunkan Lourens tanlovning asosiy qoidasini buzganligi ma’lum bo‘lgandi: u tanlovda yangi qo‘shiq bilan qatnashmagan. Aniqlanishicha, Arcade kompozitsiyasi Lourensning repertuarida ikki yil oldin paydo bo‘lgan.
Gudmanning so‘zlariga ko‘ra, EBC’dagilar Arcade qo‘shig‘i 2017-yilda YouTube tarmog‘ida e’lon qilinganidan xabardor bo‘lgan. Biroq ta’kidlanishicha, rolik “Lourensga qo‘shimcha imkoniyat” bermagan. Shu sababli qo‘shiq tanlovda ishtirok etishi uchun ruxsat berilgan.
Shuningdek, ma’lum qilinishicha, qo‘shiqning YouTube’da e’lon qilinishi, uning rasman taqdim etilganini bildirmaydi. | 80 | 878 |
Madaniyat | Munisa Rizayeva Dan Balan bilan duet tarona aytish borasida muzokaralar olib bordi | Charchash nimaligini bilmaydigan, ijodida faqat olg‘a qadam bosadigan, doimiy ijodiy izlanishda yuradigan haqiqiy iste’dod egasi Munisa Rizayeva muxlislari uchun yana tuhfa tayyorlamoqda, deb xabar beradi “Popcorn.uz”.
Munisa asli moldaviyalik bo‘lgan, hozirda esa Rossiya san’atkorlari ichida o‘ziga xos mavqega ega yulduzlardan biri, qo‘shiqchi hamda bastakor Dan Balan bilan birgalikda duet tarona aytish istagida yuribdi.
Kuni kecha rejadagi mazkur duet borasida Munisa va Dan Balan muzokaralar olib bordi. Ushbu muzokaralar yakuni haqida hozircha xabar berilmadi. | 82 | 570 |
Madaniyat | Shaxsiy hayotdagi muvaffaqiyatsizliklar, nohaq “zapret”lar. Ruslan Sharipovning hayoti qanday kechgan? | O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, xonanda va bastakor Ruslan Sharipov 28-iyul kuni insult oqibatida vafot etdi. “Fikrat.uz” Ruslan Sharipovning murakkab hayot yo‘li haqida maqola tayyorladi.
Ruslan Sharipov 1966-yil Samarqand shahrida tug‘ilgan. 7 yoshidan musiqa bilan shug‘ullangan. 16 yoshidan esa katta sahnalarga chiqa boshlagan. Toshkent shahridagi Hamza nomidagi musiqa bilim yurtining “Fortepiano” sinfida o‘qigan.
Iqtidorli ijodkor “Bolalar”, “Bayt” kabi mashhur guruhlarni tashkil qilgan. “Shahzod”, “Setora”, “Xo‘ja” guruhlarining ko‘plab qo‘shiqlariga musiqa bastalagan. 1989-yildan qo‘shiq kuylashni to‘xtatib, e’tiborini faqat bastakorlik va yangi guruhlar tuzishga qaratgan. O‘zi uchun atigi yigirmadan ortiq qo‘shiq yaratgan bo‘lsa, boshqa xonandalar uchun 200 ga yaqin qo‘shiq yozib bergan.
1980-yillar oxiri 1990-yillar boshida o‘zbek estradasining rivojlanishi Ruslan Sharipov nomi bilan bog‘liq. U ko‘p yillar “Tarona” kompaniyasida ham faoliyat yuritgan. 2002-yilda ilk konsert dasturi namoyish etilgan.
Ruslan Sharipov otasi hamda birinchi rafiqasi Nargiz Zokirova
Hozir Amerika va Rossiyada faoliyat yuritayotgan xonanda Nargiz Zokirova uning birinchi turmush o‘rtog‘i. Nargiza Zokirova 18 yoshda Sabina ismli farzandni dunyoga keltiradi. Biroq turmushlari uzoqqa cho‘zilmaydi. Ruslan Sharipov xatolarini tan olib, oilasini tiklashga ko‘p bor urinadi, biroq Nargiz Zokirova uni kechirmaydi. Hozir qizi va nabirasi 5 yoshli Noya Nargiza Zokirova bilan birga. Ikkinchi turmush o‘rtog‘i Go‘zal Ahmedova bilan Komila va Yasmina ismli farzandlarini tarbiya qilgan.
Ruslan Sharipov qizlari bilan.
Faol ijodiy faoliyat yuritayotgan vaqtida kutilmagan zarbalarni ola boshlaydi. Xorijiy telekanallarga noto‘g‘ri ma’lumotlar aytib, intervyu berganlikda ayblanib televideniye efirlaridan olib tashlanadi. Bu ishni qilmagani aniq bo‘lgach, yana tuhmatga uchraydi. Giyohvand moddalar savdosi uchun qamalgani haqidagi tuhmatlarga oydinlik kiritilgunga qadar yana ekranga chiqmaydi. Ustiga-ustak “Xo‘ja” guruhi bilan birgalikda boshlagan ishi ham ortga keta boshlaydi. Tadbirkorlik faoliyati kasodga uchraydi. Musofirchilikda uzoq muddat qiynalgan, zax yerlarda tunashga majbur bo‘lib, revmatizm kasalligidan aziyat chekib yashadi.
2016-yilda shov-shuvga sabab bo‘lgan suratlar
Ruslan Sharipov: Ijodkor inson ketma-ket omadsizliklarni ko‘tara olmas ekan
Jonidan ortiq suygan ikkinchi ayoli boshqa insonni sevib qolgani uchun Ruslan Sharipovni tashlab ketadi. Ketma-ket omadsizliklarni ko‘tara olmay, tushkunlikka tushib, ichkilikka bog‘lanib qoladi. Umrining so‘nggi yillarida pul yetishmovchiligi tufayli o‘z uyini sotib, onasi bilan yashaydi. Lekin keyin o‘zini qayta tiklab oladi.
Ruslan Sharipov onasi bilan. Xonandaning onasi 2019-yilda vafot etgan.
Xonanda so‘nggi intervyularidan birida yana ijodga qaytishi, hali hammasi avvalgidek zo‘r bo‘lishi, konsert berish rejasi borligi haqida gapirgan. “Bu konsert yakkaxon tarzda bo‘lmaydi. Unda bugunning eng yorqin xonandalari ham ishtirok etadi. Katta shou uzoq yillik tanaffusga yaxshi javob bo‘ladi”, — degan edi xonanda. Afsuski, niyatlari amalga oshmay, xonanda bu dunyoni erta tark etdi.
Ruslan Sharipovdan iqtiboslar
“Bizni oldinda nimalar kutayotganini hech qachon bilmaymiz. Bo‘lib o‘tganlarning hammasi men uchun sinov bo‘ldi, deb qabul qilyapman”.
“Rejalarim juda ko‘p. Sog‘lig‘im tiklangach, ijodimni yo‘lga qo‘yaman. Kimlardir uchun emas, o‘zim uchun qo‘shiq yozishni istayman”.
Quyida Ruslan Sharipovning yakka o‘zi va boshqa xonandalar bilan birga kuylagan mashhur qo‘shiqlari ketma-ketligi e’tiboringizga havola qilinmoqda. Bu qo‘shiqlar nafaqat Ruslan Sharipov iste’dodiga yana bir bor baho berish, balki 10-15 yil avvalgi o‘zbek estradasini yodga olish imkonini ham beradi.
Yulduz Usmonova va Ruslan Sharipov — “Nozanin” (“Kabriolet”)
Yulduz Usmonova va Ruslan Sharipov — “Hasrat”
Yulduz Usmonova va Ruslan Sharipov — “Sevgilim” | 102 | 3,931 |
Madaniyat | Irina Sheyk Ronaldu bilan ajrashgach ko‘proq ovqat yeya boshlaganini ma’lum qildi | Rossiyalik model Irina Sheyk portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu bilan ajrashgach hayoti qanday kechayotgani haqida so‘zlab berdi, deb xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
“Hozirda hamma bo‘sh vaqtimni o‘zim yaxshi ko‘rgan insonlarga − oilam va do‘stlarimga bag‘ishlayapman. Ish muhim, ammo men bularning orasidan muvozanat topib, hayotdan zavq olish kerak deb hisoblayman”, − dedi Sheyk.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘proq ovqat yeya boshlagan, jumladan sog‘lom ovqatlarni cheklovlarsiz yeyishini ta’kidlagan. Keyin esa trenajyor zalida o‘z qomatini maromda ushlashga harakat qilishini ma’lum qilgan. “Nimani xohlasang − ye, keyin sportzalga yugur”, − deydi model. | 81 | 664 |
Madaniyat | O`zbekistonda ilk bor arxivda saqlanayotgan noyob kinohujjatlar namoyish etiladi | 1-3 noyabr kunlari “O`zbekkino” Milliy agentligi, “O`zarxiv” agentligi hamda O`zbekiston Kinofotofono hujjatlari Milliy arxivi hamkorligida O`zbekistonda davlat arxivlari tizimi tashkil topganligining 100 yilligiga bag`ishlab Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda “Kino – o`chmas xotira” nomli kinofestival o`tkaziladi, deb xabar berdi "O`zbekkino" milliy agentligi axborot xizmati.
Anjuman O`zbekiston milliy arxiv fondidagi noyob kino va fotohujjatlar orqali vatanimiz hamda kino tarixini keng ommaga tanishtirishni o`z oldiga maqsad qilgan. Kinofestival davomida O`zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivida saqlanayotgan noyob kinohujjatlar namoyish etiladi.
Ular orasida Hamidulla Akbarov muallifligida suratga olingan “Xudoybergan Devonov” (1970 y), rejissyor Ali Hamroevning “Toshkent jasorati” (1975 y) va 1959 yil ishlangan “Qo`shiqlar uchadi” kabi noyob xujjatli filmlar bor.
Kinofestivalning tantanali ochilish marosimi 2019 yil 1 noyabr kuni soat 18.00 da Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida bo`lib o`tadi. | 80 | 1,034 |
Madaniyat | Gollivud yulduzi Anjelina Jolining Los-Anjelesdagi villasiga sayohat (video) | Olti nafar farzandi bilan yashaydigan aktrisaning villasi muxlislar uchun juda qiziq. Sababi aktrisa kamdan kam hollarda shaxsiy hayoti haqidagi tafsilotlar bilan bo‘lishadi.
Avvalgi Los-Feliz hududida joylashgan 1913-yilda italyan uslubida qurilgan mashhur qasr kinorejissor Sesil Blaunt Demillga tegishli bo‘lgan.
View this post on Instagram
Uzoq yillik tarixga ega villa aktrisaga 24,5 million dollarga tushgan. Villada baland shiftli katta holl, 6 ta yotoq xona, 10 ta hammom, sport zali, oshxona va kutubxona mavjud.
View this post on Instagram
Shuningdek, maskandan choy ichish uchun alohida xona, mehmonxona va yashil maysazorli suzish havzasi ham o‘rin olgan. Aktrisa villaga 2017-yil turmush o‘rtog‘i Bred Pitt bilan ajrashganidan so‘ng 6 farzandi bilan ko‘chib kelgan. Bundan tashqari, aktyor Bred Pittning ham yashash joyi u yerga yaqin bo‘lib, atigi 5 daqiqalik masofani tashkil etadi. | 76 | 930 |
Madaniyat | San`at meni ulug`ladi, navbat meniki... | Prezidentning 2017 yil 17 noyabrdagi “O`zbekiston milliy maqom san`atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori asosida har ikki yilda Xalqaro maqom san`ati anjumani o`tkaziladi.
Bu tadbirning Shahrisabzda o`tkazilishida ham zo`r ma`no bor. Uzoq va boy tarixga ega bu zamin qadim san`ati va madaniyati bilan betakrordir. Ayniqsa, Amir Temur davrida musiqa san`ati jadal rivojlanib, chinakam uyg`onish davrini boshdan kechirgan, sozandalik, xonandalik, musiqa ilmi, bastakorlik rivojlangan. Ma`lumotlarga ko`ra, Oqsaroyda o`tgan shoiru ulamolar, fozilu hofizlar ishtirokidagi yig`inlarda maqom qo`shiqlari avj pardalarda kuylangan. XVII-XVIII asrlarga kelib Shahrisabzda buxorolik va samarqandlik san`atkorlar bilan hamkorlikda “Shashmaqom” taronalariga raqsga tushadigan raqqoslar va sozandalar guruhlari tuzilgan.
Maqom shunday san`atki, undagi nolalarda ming bitta jilva, jilo bor, uni faqat ijro etilayotganda soz va ovoz uyg`unlashib yuzaga chiqaradi. Bu esa uning murakkabligini anglatadi.
Prezidentimiz joriy yil yanvar oyida Qashqadaryoga tashrifi chog`ida maqom san`ati ustalari bilan uchrashgan edi. Ular bilan maqom san`ati istiqbollari, xalqaro maqom san`ati anjumanini yuksak saviyada o`tkazish borasida suhbatlashdi. Shahrisabz shahrida maqom kechalarini tashkil qilish bo`yicha ko`rsatmalar berdi.
Ayni vaqtda milliy o`zlikni anglash, madaniyatni har tomonlama rivojlantirish, xalqimiz, avvalo, yosh avlodni yuksak insoniy tuyg`ular ruhida tarbiyalash, uning estetik didi va tafakkurini yuksaltirishda maqom san`atining imkoniyatlaridan keng foydalanish bo`yicha amaliy chora-tadbirlar ko`rilmoqda.
Ushbu qaror asosida vohada o`zbek milliy maqom san`ati markazining filiali ish boshladi. Shahrisabz bilan tutash Kitob tumani madaniyat bo`limi qoshida 25 ijrochidan iborat “Moziy sadolari” maqom ansambli tuzildi.
Bu kabi sa`y-harakatlar yurtimizda madaniyat va san`atga qaratilayotgan ulkan e`tibor natijasidir. Bundan biz, san`atkorlar g`oyat quvonamiz. Yillar davomida maqom san`ati yo`nalishida ijod qilayotganim, erishayotgan natijalarim, e`tirof va e`zozlar davlatimizning san`at ahliga berayotgan katta mukofoti, olqishi natijasidir.
Maqom ijro etib, Sodirxon hofiz, Yunus Rajabiy nomidagi maqomchilar ko`rik-tanlovlari g`olibi bo`lganman. Eng quvonganim, “Sharq taronalari” V xalqaro musiqa festivalida ijodim e`tirof etilgani bo`lgan. Bokuda o`tkazilgan I Mug`om festivalida YuNESKOning maxsus sovrini va diplomi bilan, Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag`ishlangan Sharq mamlakatlari musiqa festivalining “Eng yorqin ijro uchun” sovrini bilan taqdirlanganimda cheksiz faxr-iftixor tuyganman. Ko`p mamlakatlarda bo`lishimga ham san`at sababchi. Shu bois davlatimiz rahbarining sohaga berayotgan ulkan e`tibori va yurtimizda maqom tanlovi o`tkazilayotganidan juda xursandman.
Bu jarayonda biz astoydil mehnat qilamiz, faol ishtirok etamiz. Maqom san`ati meni ulug`ladi, endi navbat meniki – milliy qo`shiqchiligimiz rivoji yo`lida xizmat qilaman.
Nodira PIRMATOVA,
O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist,
O`zbekiston davlat konservatoriyasi
an`anaviy xonandalik kafedrasi
katta o`qituvchisi | 39 | 3,157 |
Madaniyat | Yosh kinoijodkorlar filmlari uchun grant ajratiladi | “O`zbekkino” Milliy agentligi tomonidan o`tkazilgan ijodiy anjumanda zamonaviy o`zbek kinosida yosh kadrlar muammosi va uning echimlari muhokama etildi. Shuningdek zamonaviy kinoda rassomning roli, prodyuserlik faoliyati, ovoz va musiqiy bezak kabi mavzular ham tahlil qilindi.Mazkur anjumanda asosan yosh kinoijodkorlarga so`z berildi. Ular o`zlarini qiynayotgan muammolarni, soha istiqboli uchun o`z taklif va mulohazalarini bildirib o`tishdi.
Sarvar Karimov, kinorejissyor:
– “PROlogue” festivali boshlovchi kinoijodkorlar, talabalar uchun katta imkoniyatlar maydoni edi. Lekin o`tgan yildan boshlab, qisqa metrajli filmlar emas, to`la metrajli filmlar festivaliga aylanib, o`z yo`nalishini o`zgartirdi. Yoshlar uchun nominasiyalar ham kamaytirilgan. Bu festival o`zining o`rni, vazifasini yo`qotgan festival. Men istardimki, u yana avvalgi holatiga qaytarilsa, talabalar, boshlovchi ijodkorlar uchun yaxshi stimul bo`lardi. Kino – jamoaviy ijod. Shuning uchun yoshlarni qo`llab-quvvatlash kerak. Turli janrlarda tajriba qilib ko`rish uchun ham imkoniyat berish zarur.
Jahongir Ahmedov, kinorejissyor:
– Hozirgi yoshlarga tezroq kino bilan bog`lanish imkoniyatini berishimiz lozim. Bugun ularga imkon bermasak, avlodlar orasidagi bo`shliq hali-beri to`lmaydi. Kadrlarni faqat O`zDSMIdan izlayverishimiz noto`g`ri, menimcha. Chunki rejissyorlar, operatorlar, aktyorlar s`yomka maydonida tug`iladi.
Yana bir kinorejissyor Nodira Zufarova san`at oliygohini tugatganiga 8-10 yil bo`lganiga qaramasdan, ikkinchi rejissyor, rejissyor assistenti vazifasida ishlab yurgan yosh ijodkorlarga ham imkoniyat berish kerakligi to`g`risida gapirdi.
“Biz, albatta, yoshlarimizga har taraflama yordam berishga, ularni qo`llab-quvvatlashga tayyormiz! Agar ularning muammolarini o`rgansak va hal qilishda yordam bersak, iste`dodlarini namoyon etishlari uchun imkoniyat yaratsak milliy kinomizni jahon ekranlariga olib chiqish uchun zamin yaratgan bo`lamiz”, – dedi “O`zbekkino” Milliy agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov.
“O`zbekkino” rahbari Agentlik binosi ta`mirlangandan so`ng bu erda yosh ijodkorlar uchun 150 o`rinli ijodiy laboratoriya ochilishini ma`lum qildi. “Yoshlar ijodiy tajriba studiyasi” bilan bir qatorda markazlashgan “Yoshlar ijodiy tajriba maktabi”ni tashkil etish ko`zda tutilayotganini aytdi. Shuningdek kelgusida yosh kinoijodkorlar uchun Agentlik tomonidan yiliga 20 ta qisqa metrajli, bolalar uchun – 10 ta to`liq metrajli, institut talabalari uchun 10 ta qisqa metrajli filmlarga grant mablag`lari ajratilishini ta`kidladi. | 51 | 2,544 |
Madaniyat | Aktyor Furqat Fayziyev uch marta oila qurib, ikki marta ajrashgani sababi haqida (video) | Aktyor va rejissor Furqat Fayziyev “Daryo” internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi.
Furqat Fayziyev suhbat davomida turmushidan ajrashish sabablariga to‘xtalib o‘tdi.
Avval ham turmush qurganman, bu uchinchi turmushim. Bu mavzuda u Furqatdan, avvalgi, yosh Furqatdan so‘raganingizda balki hayotidan qanaqadir voqealarni, sabablarni aytib berarmidi. Hozirgi Furqatdan so‘raganingizda yosh edim, yoshlik, beboshlik deyishadi-ku.
Chunki turmush bu “oh muhabbat, voy-dod, o‘laman sattor”, degani emas. Turmush bu — mehnat, ikki tomondan qilinishi kerak bo‘lgan mehnat, sababi qars ikki qo‘ldan chiqadi. Kerak bo‘lsa chiroyli turmush qurish uchun er va xotin 24 soat mehnat qilishi kerak. Bu hozirgi fikrim.
Vaqt o‘tgani sari insonning fikrlashi ham yoshiga qarab o‘zgarib boraveradi. Aniq bilamanki, agarda mening turmush o‘rtog‘im o‘ziga yarasha hayot, qiyinchilik ko‘rmaganida balki hozir yashab ketmagan bo‘lardik. Menimcha shunaqa, chunki hozir 53 yoshdaman, bu yoshimda 20 yoshlik yigitning fikrlashi men uchun juda mayda bo‘lib tuyuladi.
Furqat Fayziyev, aktyor, rejissor | 88 | 1,139 |
Madaniyat | Ariana Grande Manchesterning birinchi faxriy istiqomatchisi bo‘ldi | Amerikalik xonanda Ariana Grande Manchester shahrining birinchi faxriy istiqomatchisi maqomini oldi. Bu haqda, The Guardian nashriga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Ariana Grande 22-may kuni shaharda konsert qo‘yayotgan paytda terakt sodir etilgan edi.
Shahar kengashi vakillari xonandagi faxriy istiqomatchilik maqomini berish borasidagi qarorni bir ovozdan qabul qildi. Qizning shahar oldidagi xizmatlari, xususan, terakt jabrlanuvchilari uchun mablag‘ yig‘ishga qaratilgan One Love Manchester konsertini tashkil etishdagi sa’y-harakatlari e’tirof etildi.
22-maydagi terakt qurbonlari soni 22 kishini tashkil qildi, 75 kishi jarohat oldi. | 66 | 643 |
Madaniyat | O‘zbekistonda “Muhammad: Afg‘onda unutilgan” deb nomlangan 8 mlrd so‘mlik film suratga olinadi | Aktyor va rejissor Muhammad Ali Iskandarov qiymati 8 milliard so‘mni tashkil qiladigan “Muhammad: Afg‘onda unutilgan” deb nomlangan filmni suratga oladi. Bu haqda Muhammad Ali Iskandarov jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi.
Juda ham katta masshtabli loyihani boshlash arafasida turibmiz. Mazkur film dunyoviy standartlarda suratga olinishi mo‘ljallanayotgan bo‘lib, dunyo bozorlariga olib chiqish maqsad qilingan. Film budjeti ham juda katta, taxminiy budjeti 8 milliard so‘mni tashkil qiladi. Balki 8 milliard so‘mdan ham yuqori qiymatda bo‘lar yoki uncha mablag‘ sarflanmasligi ham mumkin. Chunki hali to‘la hisob-kitob qilinmagan ayrim jihatlari ham bor. Film yurtimizning ko‘plab viloyatlarida suratga olinishi rejalashtirilgan. Film uchun Afg‘oniston qishlog‘iga o‘xshatib katta qishloq quriladi. “Muhammad: Afg‘onda unutilgan” filmining g‘oyasi o‘zimga tegishli bo‘lib, film ssenariysini Ikrom Shodiyev, Feruz Sa’diyevich, Jasur Isoqovlar bilan birgalikda yozdik. Suratga olish ishlari 2018-yilning fevral oyidan boshlanadi.
Muhammad Ali Iskandarov, aktyor va rejissor
Bunga qadar “O‘zbekkino” milliy agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan “Baron” filmi uchun 1,5 milliard so‘m, “Oyqiz ertagi” filmiga esa 1,6 milliard so‘m sarflangan edi. “Muhammad: Afg‘onda unutilgan” filmi esa xususiy kino studiya tomonidan suratga olinishi rejalashtirilgan bo‘lib, filmga ajratilgan mablag‘ “Oyqiz ertagi” filmining xarajatlaridan besh barobar ortiqdir. | 94 | 1,461 |
Madaniyat | Nike “Kelajakka qaytib” filmidagi krossovkani ishlab chiqara boshlaydi | Dunyodagi eng yirik sport mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kompaniya Nike Inc. bu yil “Kelajakka qaytib” (Back To The Future) kinotrilogiyasi bosh qahramoni Marti Makflayning o‘zi bog‘lanadigan poyabzaliga to‘liq o‘xshash bo‘lgan yangi modeldagi krossovkalarni ommaga taqdim etadi. Bu haqda Interfax xabar berdi.
Bunday krossovkani rejissor Robert Zemekis tomonidan 1989-yilda suratga olingan filmning ikkinchi qismida ko‘rish mumkin. Ushbu kartinadagi voqealar 2015-yilda bo‘lib o‘tadi, shu tufayli kompaniya Nike Air MAG krossovkalarini shu yil chiqarishga qaror qildi.
Krossovka o‘zidan yorug‘lik chiqaradi va o‘tgan yili patentlangan avtomatik bog‘lanish mexanizmiga ega. | 70 | 676 |
Madaniyat | Qirg`izistonda O`zbekiston kunlari | Joriy yilning 5-8 oktyabr kunlari Qirg`izistonda
O`zbekiston madaniyati kunlari o`tkaziladi. Unda 75 kishidan iborat
O`zbekiston delegasiyasi ishtirok etadi. Delegasiyaga O`zbekiston
Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o`rinbosari O.Nazarbekov
rahbarlik qiladi.
Tadbir doirasida O`zbek san`at ustalari ishtirokida tantanali ochilish marosimi va “Zamonaviy O`zbekiston” nomli tasviriy san`at ko`rgazmasi hamda o`zbek badiiy filmlari namoyishi o`tkazilishi rejalashtirilgan. | 34 | 487 |
Madaniyat | Nargiz Zokirova Rossiyada yakkaxon konsert bermoqda | Rossiyaning Birinchi telekanali orqali namoyish etilayotgan “Golos” musiqiy teletanlovida hamyurtimiz Nargiz Zokirova ham ishtirok etayotgani haqida avval xabar bergan edik.
Foto © tele.ru
Ma’lum bo‘lishicha, Nargiz Zokirova Sankt-Peterburgdagi “Infinity” klubida yakkaxon konsert dasturlarini bermoqda. Bu haqda “Mezon” nashri xabar berdi.
Ikki kun davomida — 23—24-noyabr kunlari o‘tkaziladigan konsertlar anshlag bo‘lishiga shubha yo‘q. Nargizning rossiyaliklar o‘rtasida mashhur bo‘lib borayotganini uning “Golos” loyihasidagi muvaffaqiyatli ishtiroki ham tasdiqlaydi.
Ta’kidlash joiz, hamyurtimiz teleshouning keyingi bosqichiga ham olqishlar bilan o‘tishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda ertangi xabarlarimizda o‘qishingiz mumkin bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, “Golos” teleshousining ikkinchi mavsumida yurtdoshimiz Nargiz Zokirova ishtirok etmoqda. 1984-yil rejissor Ali Hamroyevning “Vodillik kelin” filmida yangragan “Sen ketarsan” nomli qo‘shiq orqali tanilgan Nargiz O‘zbekiston Xalq artisti Farruh Zokirovning jiyanidir.
Xonanda 1971-yil Toshkentda san’atkorlar oilasida tug‘ilgan. U taniqli opera qo‘shiqchisi, teatr va kino aktyori, O‘zbekiston xalq artisti Karim Zokirovning nabirasi. Nargiz 14 yoshida Yurmaladagi qo‘shiqlar tanlovida qatnashgan. 90-yillarda o‘zbek estradasida ijod qila boshlagan. 1995-yilda AQShga ko‘chib ketgan va oradan 20 yil o‘tib, 42 yoshida Rossiya sahnasida ko‘rinish berdi.
Nargiz Zokirovaga teletanlov sahnasiga chiqqan ilk daqiqalardan boshlab ko‘pchilik qiziqish bildirdi. Bunga sabab xonandaning tashqi ko‘rinishi, noodatiy imidji, deyish mumkin. U noan’anaviy soch turmagi, bosh va qo‘llarida tatuirovkalar, turli taqinchoqlar bilan mutlaqo “o‘zbekcha” bo‘lmagan ko‘rinishda sahnaga chiqdi. | 51 | 1,731 |
Madaniyat | “Kavkaz asirasi” filmi o‘zbekcha talqinda suratga olinmoqda (foto) | O‘zbekistonlik aktyor va rejissor Sanjar Shodiyev mashhur Shurik va Nina hikoyasini o‘zbekcha talqinda suratga olishga kirishdi. Bu haqda My Day xabar bermoqda.
Filmda Nina rolida taniqli aktrisa Zarina Nizomutdinova, Nikulin rolida Botir Imomxo‘jayev namoyon bo‘ladi. Shuningdek, boshqa taniqli chehralarni ko‘rish mumkin bo‘ladi. | 66 | 332 |
Madaniyat | Zulayho Boyxonova Mustaqillik bayrami tadbirida shifokorlar haqida qo‘shiq kuyladi (video) | “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida mustaqillikning 30 yilligi munosabati bilan bo‘lib o‘tgan davlat tadbirida shifokorlar haqida qo‘shiq ijro etildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.
O‘zbekiston xalq artisti Zulayho Boyxonova tomonidan kuylangan tarona tadbir ishtirokchilari tomonidan yuqori kayfiyatda qarshi olindi.
Ta’kidlash kerakki, shu kunga qadar O‘zbekistondagi biror davlat tadbirida tibbiyot xodimlariga bag‘ishlab qo‘shiq ijro etilmagan. | 90 | 451 |
Madaniyat | Sabina Mustayeva Birinchi kanalning “Vecherniy Urgant” ko‘rsatuvida mehmon bo‘ldi | “Golos. Deti” loyihasining ikkinchi mavsumida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik 14 yoshli Sabina Musayeva 20-aprel kuni Rossiya Birinchi kanalining “Vecherniy Urgant” ko‘rsatuvida mehmon bo‘ldi.
Boshlovchi Ivan Urgantning savollariga ham hazilomuz tarzda, ham samimiy javob qaytargan Sabina ko‘pchilik muxlislarning e’tirofiga sazovor bo‘ldi.
“Tanlovdan chetlatishgach, Toshkentga qaytib ketdim. Maktabga bordim, meni bunchalik qo‘llab-quvvatlashlarini kutmagandim. Hamma ajoyib qatnashganimni aytdi. Do‘stlarim ko‘paydi. Bir kuni oqshomda oyim chaqirib, menga finalga chiqish uchun qo‘shimcha saralashda qatnashish imkoni berilgani haqidagi xatni o‘qib berdi. Uzoq vaqt bunga ishonmagandim. Keyin Moskvaga keldik hamda Maksim Fadeyev va jamoamiz bilan uchrashdik.
Qo‘shiqchi bo‘lishga taniqli saksofonchi bo‘lgan bobom yordam bergan. Ilk marta ikki yoshimda arg‘imchoq uchayotib kuylaganman va ovozimni eshitib hayron qolishgan. 11 yoshimdan musiqa maktabiga borganman. Dastlab Merilin Monro qo‘shig‘ini aytgandim, keyin repertuarni o‘zgartirdim. Superyulduz bo‘lishni rejalashtiryapman. Qo‘limdagi bilaguzukni omad keltiradi deb buvim bergan”, − dedi Sabina. | 81 | 1,170 |
Madaniyat | “Oskar-2017”: g‘oliblarning to‘liq ro‘yxati | “La-La Lend” filmi qo‘lga kiritilgan mukofotlar bo‘yicha rekord o‘rnata olmagan bo‘lsa-da, bir yo‘la oltita mukofotga sazovor bo‘ldi, deb yozadi TJournal. Shu jumladan, Demyen Shazell eng yaxshi rejissor, Emma Stoun esa eng yaxshi aktrisa, filmda yangragan “City of Stars” qo‘shig‘i eng yaxshi qo‘shiq deb tan olindi.
Marosim so‘ngida akademiklar adashib, “La-La Lend”ni “Eng yaxshi film” nominatsiyasida ham g‘olib deb e’lon qildi, ammo keyinroq bu “shunchaki hazil” bo‘lganini aytib, “Oy sho‘lasi”ni eng yaxshi film deb e’tirof etishdi.
G‘oliblarning to‘liq ro‘yxati quyidagicha:
Eng yaxshi rejissor — Demyen Shazell (“La-La Lend”)
Eng yaxshi film — “Oy sho‘lasi”
Eng yaxshi aktyor — Keysi Afflek (“Dengiz bo‘yidagi Manchester”)
Eng yaxshi aktrisa — Emma Stoun (“La-La Lend”)
Eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa — Viola Devis (“To‘siqlar”)
Eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor — Maxershala Ali (“Oy sho‘lasi”)
Eng yaxshi original ssenariy — “Dengiz bo‘yidagi Manchester”
Eng yaxshi adaptatsiya qilingan ssenariy — “Oy sho‘lasi”
Eng yaxshi animatsion film — “Hayvonlar shahri”
Eng yaxshi hujjatli film — “O.Jey: Amerikada qilingan”
Eng yaxshi liboslar — “Fantastik maxluqlar va ular yashaydigan joy”
Eng yaxshi postanovkachi rassom ishi — “La-La Lend”
Eng yaxshi grim — “Qotillar jamoasi”
Eng yaxshi montaj — “Vijdon amri bilan”
Eng yaxshi ovoz montaji — “Vijdon amri bilan”
Eng yaxshi ovoz — “Tashrif”
Eng yaxshi operatorlik ishi — Linus Sandgren (“La-La Lend”)
Eng yaxshi vizual effektlar — “Changalzor kitobi”
Eng yaxshi qisqa metrajli animatsion film — “Qum qushi”
Eng yaxshi qisqa metrajli hujjatli film — “Oq dubulg‘alar”
Eng yaxshi qisqa metrajli film — “Kuyla”
Chet tilidagi eng yaxshi film — “Kommivoyajer”
Eng yaxshi qo‘shiq — Emma Stoun va Rayan Gosling, “City of Stars”
Eng yaxshi original saundtrek — Jastin Gurvits (“La-La Lend). | 43 | 1,845 |
Madaniyat | Taniqli teleboshlovchi Nasiba Maqsudova yurak xurujidan vafot etdi | O‘zbekiston televideniyesi rivojiga katta hissa qo‘shgan ijodkor, taniqli suxandon, jurnalist, “MY5” telekanalidagi “Diydor shirin” ko‘rsatuvi muallifi va boshlovchisi Nasiba Maqsudova 8-fevral, chorshanba kuni 68 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Muslimbek Yo‘ldoshev Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Millionlarning sevimli suxandoni, sermahsul jurnalist, bag‘rikeng ustoz Maqsudova Nasiba Murodovna kuchli yurak xuruji oqibatida 8 fevral kuni vafot etdilar.
Muslimbek Yo‘ldoshev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi
Muslimbek Yo‘ldoshevning yodga olishicha, Nasiba Maqsudovaning televideniyega ilk qadam qo‘yganiga 55 yil, suxandon lavozimiga ishga qabul qilinganiga 50 yil to‘lgan, bir necha yuzlab mualliflik ko‘rsatuvlari tayyorlab, o‘zining millionlab tomoshabinlariga ega bo‘lgan.
Avvalroq Nasiba Maqsudova Yangi yil bayrami oldidan suratga olish ishlaridan qattiq toliqqani, insultni boshdan kechirib, shifoxonaga tushgani haqida xabar berilgandi.
Ma’lumot uchun, Nasiba Maqsudova 1948-yilda tavallud topgan. Uzoq yillar davomida O‘zbekiston milliy tederadiokompaniyasida faoliyat yuritgan. Nasiba Maqsudova “Shuhrat” medali, “Oltin qalam” milliy mukofoti sohibasi bo‘lgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 66 | 1,405 |
Madaniyat | Aktrisa Ra’no Yarasheva qizi va o‘ziga go‘zallik saloni ochdi | O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra’no Yarasheva va uning qizi Madina Mumtoz “Nur Ra’no” nomli ikki go‘zallik saloni ochdi. Bu haqda “Qalampir.uz” nashri xabar bermoqda.
Ra’no Yarashevaning so‘zlariga ko‘ra, ancha uringan, ko‘rinishi eskirgan go‘zallik saloni butkul yangi holatga keltirilgan.
Xabar berishlaricha, go‘zallik salonining ilk mijozlari O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Lola Eltoyeva, Ziyoda Qobulova, shuningdek, xonanda Farrux Ahmedov bo‘ldi.
Bundan avval aktrisa Zarina Nizomiddinova, xonandalar Manzura va Lola Yo‘ldosheva shaxsiy biznesini yo‘lga qo‘ygan edi. Shuningdek, xonanda Mavluda Asalxo‘jayeva restoran ochgan, Munisa Rizayeva esa liboslar do‘konini ishga tushirgan. | 61 | 708 |
Madaniyat | Rossiya Fanlar akademiyasi va Fransiya milliy kutubxonasi nodir qo‘lyozmalar nusxalarini O‘zbekistonga topshirdi | Toshkentda 28-noyabr kuni “Zamonlar chorrahasi: o‘tmishning buyuk merosi — ma’rifatli kelajak poydevori” mavzuida xalqaro media-forum boshlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, YuNESKO hamda Konrad Adenauer nomidagi jamg‘armaning (Germaniya) mamlakatdagi vakolatxonalari hamkorligida tashkil etilgan xalqaro anjumanda senatorlar, deputatlar, vazirlik va idoralar rahbarlari, dunyodagi yetakchi muzey, kutubxona, ilmiy institutlar, xalqaro tashkilotlar vakillari, olimlar va ekspertlar ishtirok etmoqda.
Rossiya Fanlar akademiyasining Sharq qo‘lyozmalari instituti va Fransiya milliy kutubxonasida saqlanayotgan “Katta Langar Qur’oni”, “Me’rojnoma”, “Temur tuzuklari”, “Devoni Husayn Boyqaro”, “Ravzatus-Safo” (Poklik bog‘i) qo‘lyozmalarining faksimile nusxalari O‘zbekistonga topshirilishi tadbirning muhim voqeasi bo‘ldi. Ushbu nusxalar qo‘lyozmalarning asliga juda yaqin, oltin qoplamali qog‘ozda bitilgan.
Tadbirda ushbu to‘plamlar 49 mamlakatdan kelgan 136 muzey va kutubxona vakillariga topshirildi.
Tadbirda, shuningdek, 2018-yilda chop etilishi rejalashtirilgan kitob-albomlar va filmlar haqida ham ma’lumot berildi. Kitoblar O‘zbekiston, Buyuk Britaniya, Rossiya, Fransiya, Turkiya va Yaponiyadagi fondlarda saqlanayotgan, yurtimizning nodir osori-atiqalariga bag‘ishlanadi.
Media-forumning birinchi kunida O‘zbekiston hududida turli madaniyatlar va badiiy an’analar, jahon kolleksiyalarida O‘zbekiston san’ati kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi. Yaponiyalik olimlarning muzey eksponatlari yoshini aniqlash bo‘yicha yangi texnologiyalar haqidagi taqdimoti ishtirokchilarda qiziqish uyg‘otdi. | 112 | 1,759 |
Madaniyat | Hilton mehmonxonasidagi yulduzli to‘y: Alisher Usmonovning jiyani Ganya Usmonova ikkinchi marta turmushga chiqdi (foto, video) | Rossiyalik milliarder Alisher Usmonovning jiyani Ganya Usmonova 14-dekabr kuni ikkinchi marta turmushga chiqdi. Ganya va Shuhratning to‘yi Toshkentdagi Hilton mehmonxonasining 21-qavatidagi tantanalar zalida bo‘lib o‘tdi. To‘yda O‘zbekiston xalq artistlari Farruh Zokirov, Yulduz Usmonova, xonandalar DJ Piligrim, Rashid Xoliqov va yana bir nechta estrada guruhlari xizmatda bo‘ldi. Tantanani taniqli rossiyalik boshlovchi Aleksandr Beliy va teleboshlovchi Nilufar Sotiboldiyeva olib bordi.
Ma’lumot uchun, 27 yoshli Ganya Toshkentdagi “Grilyaj” restoraniga egalik qiladi. Shuningdek, u o‘z nomi bilan ataluvchi brend asoschisi hamdir. Ganya 2017-yilda bir paytlar Munisa Rizayeva bilan uchrashib yurgan tennischi Vaja Uzoqovga turmushga chiqqandi. To‘ylari katta dabdaba bilan o‘tgan ushbu juftlik ko‘p o‘tmay ajrashib ketgan. | 126 | 828 |
Madaniyat | Qo‘chqor Norqobil ham Yevrosiyo adabiy festivali g‘olibi bo‘ldi | Tailandning Bankok shahrida bo‘lib o‘tayotgan Open Eurasian Literature Festival & Book Forum-2018 xalqaro adabiy festivali doirasidagi “Yevroosiyo ijodiy gildiyasi-2018” (OEBF) 7-xalqaro tanlovi g‘oliblari safidan yozuvchi va dramaturg Qo‘chqor Norqobilov ham joy oldi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov xabar bermoqda.
Adibning urush mavzusidagi “Biz jangdan qaytmadik” qissasi va turkum hikoyalari “Dunyo generallari tinchlik uchun” xalqaro assotsiatsiyasining “Dunyo xalqlari o‘rtasida tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlashdagi yuksak faoliyati” nominatsiyasiga loyiq, deb topildi.
Oldinroq yozuvchining turmush o‘rtog‘i, shoira Xosiyat Rustamova mazkur tanlovda nazm yo‘nalishi bo‘yicha “Kapalak qo‘shig‘i” mukofotini qo‘lga kiritgani haqida xabar berilgandi. | 63 | 774 |
Madaniyat | Pardozsiz Asal Shodiyeva tanqidga uchradi | 8-sentabr kuni tarmoqlarda Asal Shodiyevaning mashhur vizajist tomonidan amalga oshirilgan pardozi aks etgan video paydo bo‘lgandi. Ushbu video ko‘plab foydalanuvchilar tomonidan tanqid qilindi, deb xabar berdi “MyDay.uz”.
57 ming martadan ortiq ko‘rilgan video katta shov-shuvlarga sabab bo‘ldi va post ostida 150 dan ortiq izohlar qoldirildi. Odamlar erinmay aktrisaning pardozsiz va pardozli ko‘rinishini muhokama qilishga tushib ketdi. Ba’zilar aktrisaning pardozsiz go‘zal ekanini ta’kidlasa, ba’zilar pardozsiz tanib bo‘lmas darajada boshqacha ekanini yozishgan.
E’tiborli tomoni aksariyat tanqidchilar erkaklarni tashkil qilgani, ayollar esa aksincha aktrisani qo‘llab-quvvatlaganini kuzatish mumkin.
Skrinshot: Facebook/Kunutun
Skrinshot: Facebook/Kunutun
Skrinshot: Facebook/Kunutun
Skrinshot: Facebook/Kunutun
Skrinshot: Facebook/Kunutun
Skrinshot: Facebook/Kunutun | 41 | 888 |
Madaniyat | “O`zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o`rtasidagi muloqotga yo`l” ikkinchi xalqaro kongressi haqida “Kultura” telekanalida ko`rsatuv berildi | 40 ta mamlakatdan yirik muzeylar, kutubxonalar, ilmiy institutlar, xalqaro tashkilot vakillari Rossiyaning shimoliy poytaxtiga tashrif buyurishdi.
Forum dasturi haqida “Kultura” telekanali muxbiri Nadejda Gusarova o`z fikrlarini bayon qildi.
Kongressning birinchi kuni Peterburgda O`zbekistonning madaniy merosiga bag`ishlangan 6 ta ko`rgazma ochildi. Ermitajda va Kunstkamerada, Rossiya etnografik muzeyida va Rossiya milliy kutubxonasida Peterburg to`plamlaridan arxeologik va etnografik artefaktlar, o`rta asrlar manuskriptlari, Buxoro amirlari tuhfalari namoyish etilmoqda. O`zbek mehmonlar esa nodir kitoblarni tuhfa sifatida keltirishdi. Masalan, muqaddas sanalmish Katta Langar Qur`onining faksimilie qo`lyozmasi. «Katta Langar Qur`oni» qo`lyozmasi Qur`oni Karimning bizgacha etib kelgan eng qadimiy va bebaho nusxalaridan biri hisoblanadi. Qo`lyozma VIII asr oxirlarida pergamentga kufiy-hijoziy xatida bitilgan.
“Ushbu qo`lyozma musulmon olamida muqaddas qo`lyozma sifatida muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga, fan uchun juda katta ahamiyat kasb etadi. Mana shunday qo`lyozmalar (ular dunyoda sanoqli) tufayli Qur`on matnining noil bo`lishi tarixi haqida tasavvurga ega bo`lamiz. Bu biz uchun eng muhim tarixiy manba”, – deydi Kunstkamera direktori o`rinbosari Efim Rezvan.
Xuddi shunday nodir kitoblardan biri Kongress uchun maxsus nashr etilgan 13 tomlik “O`zbekistonning arxitektura epigrafikasi”dir. Kitob-albomlarda masjidlar, madrasa va maqbaralar devorlarida qoldirilgan yozuvlar mavjud. 6 yil mobaynida o`zbek olimlari guruhi bir yarim mingdan ziyod ana shunday qadimiy grafitlarni, she`rlar, pandnomalarni va hikmatlarni o`rganib chiqdi.
“Bular 9 asrdan 20 asrgacha O`zbekiston hududida bo`lgan yodgorliklardir. Ushbu yodgorliklarda hech kim o`qiy olmagan bitiklar bo`lgan. Ular axloqiy, gumanistik ma`noga ega”, – deydi O`zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi Akbar Hakimov.
Kongressning asosiy voqeasi Sankt-Peterburg Olimlar uyida ikki kunlik media-forum bo`lib o`tdi. Media-forum dasturida: arxeologiya, tarix, sharq qo`lyozmalari, O`zbekistonning numizmatikasi bo`yicha ilmiy bahslar o`rin olgan.
“Bugun O`zbekiston madaniy meros masalalariga butunlay o`zgacha nigoh bilan qaramoqda. O`zbekistonning madaniy merosi bugungi kunda mamlakatning madaniy brendi maqomiga chiqqan. Bugungi kongress bir-birimizga g`amxo`rona munosabatlarimiz isbotidir”, – deydi “O`zbekistonning madaniy merosi dunyo to`plamlarida” loyihasi rahbari Firdavs Abduholiqov.
Kongressda O`zbekiston tarixiy merosining saqlanishiga bag`ishlangan yigirmata hujjatli filmlar premerasi bo`lib o`tadi. | 155 | 2,600 |
Madaniyat | O`zbek filmlari Moskvadagi xalqaro kinofestivalda ishtirok etadi | 17-22 dekabr kunlari Moskva shahrida “Moskva premerasi” III Hamdo`stlik mamlakatlari filmlari xalqaro festivali bo`lib o`tadi. Festival 2003 yildan buyon o`tkazib kelinadi. 2019 yilda forum xalqaro maqomga ega bo`lgan. Festival doirasida bir nechta gala-premeralar va tanlovdan tashqari dasturlar bo`lib o`tadi.
Festivalning tanlov dasturida rejissyor Dante Rustav tomonidan suratga olingan "Bosqin" (Invasion) va Sherzod Nazarovning "Ipak yo`lida" qisqa metrajli filmlari namoyish etiladi.
Gala-premera dasturiga ko`ra O`zbekiston Kinematografiya agentligi buyurtmasi bilan suratga olingan rejissyor Rashid Malikovning "Tutqunlik" filmi namoyish etiladi. Joriy yilning noyabr oyida "Tutqunlik" filmi “Volokolamsk chegarasi” xalqaro kinofestivali doirasida o`tkazilgan badiiy filmlar tanlovining gran-pri sovrinini qo`lga kiritgan. Film syujeti real voqealarga asoslangan bo`lib, Yaqin Sharqdagi vatandoshlarimizni urush hududidan olib chiqish maqsadida tashkil etilgan "Mehr" operasiyasiga bag`ishlangan.
Eslatib o`tamiz, qayta tiklangan “Ipak yo`li durdonasi" Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida o`tkazilgan “Kino 5 kunda” tanlovida yosh rejissyor Sherzod Nazarovning “Ipak yo`lida” filmi gran-pri mukofotini qo`lga kiritgan edi. Dante Rustavning "Bosqin" qisqa metrajli filmi esa Olmaota shahrida bo`lib o`tgan "Baiqonyr" VI Xalqaro festivalining hakamlar hay`ati maxsus mukofotiga sazovor bo`lgan. | 64 | 1,406 |
Madaniyat | Bred Pitt Anjelina Jolining aliment bo‘yicha shikoyatlariga javoban, unga 9 mln dollar to‘laganini aytdi | Gollivudning eng mashhur kinoaktyorlaridan biri Bred Pitt sobiq xotini Anjelina Joliga ajrashuv ishi doirasida 9 million dollardan ortiq mablag‘ to‘laganini aytdi, deb yozadi “MK.ru”.
Buni Pitt Jolining aliment haqidagi da’volariga javoban aytib o‘tdi. Sudda u ajrashuvdan keyin Pitt unga va bolalariga “hech qanday ahamiyatli summa”ni to‘lamaganini ta’kidlagan edi.
“Bugungi kundagi ish holatiga ko‘ra, javobgar ajrashgan vaqtidan buyon da’vogar bilan umumiy farzandlari tarbiyasi uchun to‘la-to‘kis moliyaviy mablag‘larni to‘lamagan. O‘tgan 1,5 yil mobaynida u xarajatlar haqidagi norasmiy kelishuvni nomuntazam bajarib kelgan… Shu sababli Joli bolalarni boqishni ta’minlash bo‘yicha sud orderini olmoqchi”, — dedi Anjelina Jolining advokati Samanta Bley Dejin.
Aktyorning huquqshunoslari Jolining tomonini sud jarayonini matbuotda yortiish orqali manipulyatsiya qilishda aybladi, shuningdek, ularning mijozi go‘yoki sobiq xotiniga u hozir yashayotgan uyni sotib olish uchun 8 million dollar qarz berib turgani, bundan tashqari, Joli va farzandlarining 1,3 million dollarlik hisoblarini to‘laganini aytdi.
Avvalroq Anjelina Joli sud orqali sobiq eri Bred Pittdan bolalarni boqish uchun “yetarlicha pul” talab qilayotgani xabar berilgan edi. | 104 | 1,244 |
Madaniyat | Mashhur bo‘lgunicha kafe va restoranlarda ofitsiantlik qilgan yulduzlar (foto) | Faoliyatini boshlashdan avval kafe va restoranlarda odamlarga xizmat qilgan mashhurlar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Kris Prett
Kris Prett karyerasini boshlashidan avval AQShdagi Bubba Gump Shrimp restoranlar tarmog‘ida ofitsiant bo‘lib ishlagan.
Julianna Mur
Aktrisa ofitsiant bo‘lib ishlagani bilan faxrlanadi: “Men mehnatsevarman, juda ham yaxshi ofitsiant bo‘lganman, nima ish bo‘lishidan qat’i nazar yaxshi bajarishga harakat qilganman”, — deydi u bu haqda gap ketganda.
Niki Minaj
Niki Red Lobster restoranida ishlagan, ammo keyinroq ishdan haydalgan. “Men odamlar bilan muloqot qilishni yaxshi ko‘raman, ammo ayrim mayda-chuydalarni eslashni xohlamayman”, — deydi u.
Merayya Keri
Xonanda Nyu-Yorkka endi ko‘chib kelganida polda to‘shak to‘shab uxlashiga va ofitsiant bo‘lib ishlashiga to‘g‘ri kelgan.
Madonna
Xonanda turli kafelarda ofitsiant bo‘lib ishlagan. Ma’lumotlarda aytilishicha, u Dunkin’ Donuts’dan haydab yuborilgan.
Megan Foks
Los-Anjelesga ko‘chib kelgan bo‘lajak aktrisa kafeda ishga joylashgan. Aynan o‘sha ish joyida unga reklamada suratga tushish taklif qilingan.
Yeva Longoriya
Yulduz 15 yoshida Wendy’s kafesiga ishga kirgan. U tug‘ilgan kunini nishonlash uchun u yerga ishga kirgan.
Amanda Sayfred
Aktrisa qariyalar uyida ofitsiant bo‘lib ishlagan. | 78 | 1,284 |
Madaniyat | Turk kinosining yulduzli juftligi Burak O‘zchivit va Fahriye Evjen o‘g‘lining 2 yoshga to‘lganini nishonladi (foto) | 2021-yil 13-aprel kuni Turkiyaning mashhur juftligi Fahriye Evjen va Burak O‘zchivit farzandining tug‘ilgan kunini nishonladi. Karan 2019-yilda dunyoga kelgan.
Pandemiya sabab katta bayram tashkil qila olmagan juftlik tug‘ilgan kunni kichik doirada nishonlagan. Unda ular va Burakning ota-onasigina ishtirok etgan. Shunga qaramay, ushbu kun esda qolarli bo‘lishi uchun uy hovlisi sharlar bilan bezatilgan va o‘ziga xos ko‘rinishga ega tort buyurtma qilingan.
O‘g‘lining surati bilan Instagram sahifasida bo‘lishgan Burak O‘zchivit o‘g‘liga uzoq umr tilagan. Xuddi shu surat
bilan o‘z sahifasida bo‘lishgan Fahriye ham hayotlari quvonch, baxtga to‘la bo‘lishini tilab, Karanni tug‘ilgan kuni bilan tabriklagan.
Suratlarda Burakning ota-onasi va jiyani borligini ko‘rish mumkin. Muxlislar ham qarab turmagan, dunyoning turli burchaklaridagi fanatlar tabriklar bildirgan va sovg‘a sifatida kasal bolalarni qo‘llab-quvvatlaydigan ijtimoiy jamg‘armalarga xayriya qilgan.
Fahriye va Burak bunga javoban minnatdorchilik bildirgan: “Karanning tug‘ilgan kuni munosabati bilan qilgan xayriyalaringiz uchun qancha minnatdor bo‘lsak, shuncha kam. Sizni yaxshi ko‘ramiz fandom oilamiz”, — degan. | 115 | 1,186 |
Madaniyat | Navoiy va Boburning tavalludi munosabati bilan g‘azalxonlik kechasi o‘tkazganlar taqdirlanadi | O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi va Respublika yosh ijodkorlar kengashi “Buyuklar biz bilan” videoroliklar tanlovini e’lon qildi. Bu haqida Respublika yosh ijodkorlar kengashi xabar berdi.
Ushbu tanlov Alisher Navoiyning 577 yilligi va Zahiriddin Muhammad Boburning 535 yilligi munosabati bilan, ularning ijodini keng targ‘ib qilish va oilalar, korxona va ta’lim muassasalarida ularning ijodiy merosi bilan yaqindan tanishtirishga ishtiyoq uyg‘otish maqsadida tashkil etilmoqda.
Tanlov ikki nominatsiya bo‘yicha tashkil qilinadi — “Eng yaxshi g‘azalxon oila” va “Eng yaxshi g‘azalxonlik kechasi”.
“Eng yaxshi g‘azalxon oila” nominatsiyasida ishtirokchilar o‘z oila a’zolari bilan birgalikda Navoiy, Bobur va boshqa g‘azalnavis shoirlar g‘azallarini yoddan o‘qib, tasvirga muhrlashi lozim.
“Eng yaxshi g‘azalxonlik kechasi” nominatsiyasida oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari, umumiy o‘rta ta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim muassasalari, mehribonlik uylari, shuningdek, turli korxona va tashkilotlar doirasida o‘tkazilgan g‘azalxonlik kechalarining tasviri tushirilgan videoroliklar ishtirok etishi mumkin.
Ishtirokchilar tanlovda quyidagi usullar orqali qatnashishlari mumkin:
Yuqoridagi uchta usul teng kuchga ega va ishtirokchilar uchun bir xil imkoniyat taqdim etadi. Videoroliklar 2018-yil 1-mart kuniga qadar qabul qilinadi hamda g‘oliblar shu yilning 21-mart kuni e’lon qilinadi.
Tanlovda g‘olib deb topilgan videoroliklar mualliflari quyidagicha mukofotlanadi:
Bu mukofotlar har bir nominatsiya bo‘yicha alohida topshiriladi. Shuningdek, eng sara videoroliklar “Yoshlar” va MY5 telekanallari orqali efirga uzatiladi. | 93 | 1,629 |
Madaniyat | Despacito muallifi Venesuela prezidentini uning qo‘shig‘idan foydalanishda aybladi | Striming servislari tarixidagi eng ommabop qo‘shiq — Despacito muallifi musiqachi Luis Fonsi Venesuela prezidenti Nikolas Maduro ushbu qo‘shiqni o‘z saylovoldi kampaniyasi madhiyasiga aylantirganidan g‘azablandi. Fonsi siyosatchiga buning uchun ruxsat bermaganini aytdi, deb yozadi “Vesti.ru”.
Venesuela prezidenti tarafdorlari uchrashuv tashkil qilib, unda mamlakat fuqarolarini milliy ta’sis majlisiga saylovlarda qatnashishga chaqirdi. Aksiya chog‘ida so‘zlari o‘zgartirilgan Despacito qo‘shig‘i yangradi.
Dunyoga mashhur xit muallifi bunday surbetlarcha plagiatdan shunchalik g‘azablandiki, o‘z qo‘shig‘idan siyosiy maqsadlarda foydalanishga ruxsat bermadi.
Maduro vakillari hodisaga qanday munosabat bildirgani hozircha noma’lum.
Puerto-rikolik xonandalar Luis Fonsi va Deddi Yanki tomonidan kanadalik Jastin Biber bilan jo‘rlikda kuylangan qo‘shiq muqaddam internetda 4,6 milliard marta eshitilib, yangi rekord o‘rnatgan edi. | 82 | 932 |
Madaniyat | Yulduz Usmonovaning konsertiga eng qimmat chiptalar 250 ming so‘mdan sotuvga chiqarildi | O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova “Istiqlol” san’at saroyida 11—23-aprel kunlari jonli ijroda bo‘lib o‘tadigan “Ey aziz inson” nomli konsert dasturining chipta narxlari ma’lum bo‘ldi.
Yulduz Usmonovaning rasmiy sayti ma’muri Azamat Qodirovning ma’lum qilishicha, chiptalar 27-yanvardan savdoga chiqarilgan.
“27-yanvardan boshlab Yulduz Usmonovaning konsert dasturiga chiptalar sotuvi boshlandi. Konsertga tayyorgarlik va tashkiliy ishlar ham boshlab yuborilgan. Dasturning chipta narxlari 20 ming so‘mdan 250 ming so‘mgacha qilib belgilangan”, — deydi Azamat Qodirov.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 87 | 748 |
Madaniyat | Dilso‘zdan nashida, Alixandan iltimos, Alisher Fayzdan tushuntirish. Mashhurlar karantinda nimalar bilan band? (foto+video) | O‘zbek san’atkorlari karantin vaqtida zerikmaslikka va muxlislarini zeriktirmaslikka harakat qilmoqda. 17-aprel, juma kuni ham ular o‘zlarining Instagram’dagi sahifalarida turli xil qiziq video va foto postlar joyladi.
Aktyor Alixan niqobda tushgan rasmini Instagram sahifasiga joylab, “yaqinda kimdir non olib kelgani niqob taqib tushasan, desa tarsaki tushirardim, iltimos, iloji boricha uydan chiqmanglar”, — deb yozib qoldirgan.
View this post on Instagram
Aktrisa Bahora Arslonovaning qo‘lidan gul unib chiqdi.
View this post on Instagram
Xonanda Munisa Rizayeva hamkasbi Botir Qodirovning “Yurak” deb nomlangan qo‘shig‘i ohanglari ostida ko‘rinish berdi.
View this post on Instagram
Xonanda Xurshid Rasulov esa to‘yda jonli ijroda kuylagan “Jayronlarga ergashib” deb nomlangan qo‘shig‘ining arxiv lavhasini joyladi.
View this post on Instagram
“Bravo” jamoasi a’zosi Shahlo Zoirova arxiv suratlarini muxlislari bilan bo‘lishdi.
View this post on Instagram
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Alisher Fayz “Xalqlar do‘stligi” saroyida 18—23-aprel kunlari “Yurak so‘zi” deb nomlangan konsert dasturini taqdim qilishni rejalashtirgan edi. Xonanda Instagram’da konsert dasturining qoldirilish sabablarini muxlislarga tushuntirib, hushxabar bo‘lishi bilan ularga yangilikni yetkazishini ma’lum qildi.
View this post on Instagram
Bir chimdim kulgi. Qiziqchi Zokir Ochildiyev Abror Baxtiyorovich bilan restorandagi qiziq holatni ko‘rsatib berdi.
View this post on Instagram
Xonanda Dilso‘z muxlislariga jonli ijroda nashida kuylab berdi.
View this post on Instagram
Aktrisa Durdona Qurbonova barchani juma ayyomi bilan tabriklab, oq libosdagi fotolarini sahifasiga joyladi.
View this post on Instagram
Xonanda Imronning Instagram sahifasi xakerlar tomonidan buzilgani haqida ma’lum qilgan edik. Xonanda sahifasini qaytarib olgani haqida video post joyladi.
View this post on Instagram | 123 | 2,038 |
Madaniyat | Qiyofasi va rollari bilan qalblardan joy olgan Burak O‘zchivit haqida faktlar | “Sevgi iztirobi” filmi orqali muxlislar qalbidan joy olgan mahoratli aktyor Burak O‘zchivitning nafaqat kinodagi faoliyati, balki shaxsiy hayoti ham e’tibor markazida bo‘lib kelgan. “Yandeks Dzen” platformasida Burak haqida qiziqarli faktlar e’lon qilindi. Ular orqali siz sevimli aktyoringiz haqida yanada ko‘p ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.
1. Burak avtobiografiyasida biz eshitib yoki o‘qib o‘rganib qolgan o‘ziga xoslik yo‘q. Shunisi ma’lumki, oilaviy an’anaga loyiq ravishda aktyorning ham kabob restorani bor va u “Bali bey” deb nomlanadi. Burakning o‘zi mazkur restoranga haftasiga kamida ikki bor tashrif buyurib turadi. Ta’kidlanishicha, restoranga tashrif buyurgan mijozlar undagi taomlarni iste’mol qilishdan ham ko‘ra aktyor bilan uchrashishga ishqiboz.
2. Bolalik paytida televizor qarshisidan nari ketmagan Burak qahramonlarga, ulardek qo‘rqmas va jasur bo‘lishga qiziqqan. Katta bo‘lsa “Betmen” bo‘lishni istagan bo‘lajak aktyorning, qaysidir ma’noda film qahramoniga aylanganini inkor qilib bo‘lmaydi.
3. O‘zchivit Marmara universitetining kino, tasviriy san’at va fotografiya yo‘nalishini tamomlagan. Shunga qaramasdan karyerasini model sifatida boshlagan va ushbu sohada yetarlicha muvaffaqiyatga erishgan. 2013-yilda “Turkiyaning eng yaxshi modeli”, oradan ikki yil o‘tib esa “Dunyoning eng yaxshi modeli” deb e’tirof etilgan. Eng qizig‘i, mazkur tanlovda ishtirok etish uchun uning fotosini otasi yuborgan.
4. Kinodagi faoliyati 2006-yilda “Minus 18” filmidagi kichik roli bilan boshlangan. Bundan keyin bir qancha filmlarda suratga tushganiga qaramay, “Muhtasham yuz yil” filmidagi Malkocho‘g‘lu Bali bey roli unga muvaffaqiyat olib kelgan. Undan keyingi “Choliqushi” va “Sevgi iztirobi” seriallari esa aktyorning nafaqat tashqi qiyofasi, balki ijodiy mahorati ham mukammal ekanini isbotladi.
5. Burakning shaxsiy hayoti hech qachon sir saqlanmagan. Aktyor 2013-yilda “Choliqushi” filmining suratga olish jarayonida Faxriya Evjen bilan uchrashadi va o‘tgan yillar ikki kino olami vakilining nafaqat ijodda, balki shaxsiy hayotda ham munosib juftlik ekanini isbotladi. Faxriya va Burak 2017-yilda turmush qurgan. 2019-yilda O‘zchivitlar soni bittaga ko‘paydi: juftlik o‘g‘il farzandli bo‘ldi.
6. O‘ziga nisbatan “eng kelishgan” deb beriladigan ta’riflarga Burak shunchaki, tashqi ko‘rinishiga e’tibor berishini aytib, kamtarlik qiladi. | 77 | 2,364 |
Madaniyat | Toshkentda Yosh kompozitorlar respublika festivali tashkil etildi | Toshkentda O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi tomonidan Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi bilan hamkorlikda Yosh kompozitorlar respublika festivali tashkil etildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Mazkur festivaldan ko‘zlangan asosiy maqsad keng jamoatchilik va yosh avlodni kompozitorlik ijodiyoti namunalari bilan yaqindan tanishtirish, yosh kompozitorlar ijodini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir.
Besh kun davom etadigan mazkur festivalda mamlakatda faoliyat olib borayotgan yosh iste’dodli kompozitorlarning simfonik va xalq cholg‘ulari orkestri uchun yaratgan asarlari, kamer cholg‘u musiqalari, O‘zbekiston davlat konservatoriyasida tahsil olayotgan bo‘lajak kompozitorlar ijodidan namunalar yangraydi.
Yosh kompozitorlar asarlarini O‘zbekiston milliy simfonik orkestri, Davlat akademik xalq cholg‘ulari orkestri jamoalari, xalqaro va respublika tanlovlari sovrindorlari ijro etadi. Shuningdek, festival doirasida bolalar musiqa va san’at maktablarida ijodiy uchrashuvlar va mahorat darslari o‘tkaziladi. “Kompozitorlik ijodiyoti masalalari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi.
Festival tadbirlari Yoshlar ijod saroyi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi zallarida bo‘lib o‘tadi. | 65 | 1,336 |
Madaniyat | Netflix’ning ko‘rishlar soni bo‘yicha rekord o‘rnatayotgan yangi koreys seriali yulduzi o‘zbekistonlik bo‘lib chiqdi | Janubiy Koreyada suratga olingan “Biz hammamiz o‘likmiz” seriali hozirgi kunda Netflix striming platformasida eng ko‘p tomosha qilinayotgan serial hisoblanadi. YesAsia nashrining yozishicha, serialdagi bosh rollardan birini ijro etgan aktyor Pak Solomon asli O‘zbekistondan.
“Biz hammamiz o‘likmiz” o‘smirlarning zombi-filmi bo‘lib, kundan-kunga mashhurlikka erishmoqda. Serialdagi aktyorlar asosan 19—23 yoshlarda. Muxlislar ularning shaxsiy hayotlarini faol kuzatishni boshlab yuborgan, natijada serialning yulduziga aylangan aktyor O‘zbekistondan bo‘lib chiqdi.
View this post on Instagram
Serialda Li Su Xyok rolini ijro etgan Pak Solomon 1999-yilda O‘zbekistonda tug‘ilgan, biroq 5-sinfda o‘qib yurganida Koreyaga ko‘chib ketgan. Hozirda u Lomon taxallusi ostida faoliyat olib boradi. Ma’lum bo‘lishicha, Pak Solomon yaxshigina aktyorlik tajribasiga ega. U 2014-yilda “Asr kelini” va “4 afsonaviy jodugar” dramalarida debyut qilgan.
Shuningdek, u mashhur koreys va xitoy dramalarida hamda “Qasos daftari”da Ji Xun rolini ijro etgan.
View this post on Instagram
Aktyor kuzatuvchilarini nafaqat o‘zining iste’dodi, balki qiziqarli kontentlar ulashadigan Instagram sahifasi bilan ham hayratda qoldirdi.
“Biz hammamiz o‘likmiz” serialining sujeti zombiga aylanganidan keyin o‘z yaqinlari bilan kurashishga majbur bo‘lgan talabalar haqida hikoya qiladi. Tirik qolgan o‘quvchilar o‘zlarini himoya qilish uchun har tomonlama harakat qiladi, aks holda ular ham zombi talabalarning bir qismiga aylanadi. | 116 | 1,535 |
Madaniyat | Yigitali: “Rayhonga uylanib, yoshlik qilgandirman...” | Aktyor Yigitali Mamajonov “Sabo” gazetasiga bergan intervyusida Rayhon endi o‘tmishda qolganini aytib, bo‘lg‘usi turmush o‘rtog‘ini qanday tasavvur qilishi to‘g‘risidagi savolga javob berdi, deb yozadi “Darakchi.uz”.
— Eng avvalo, oila a’zolarim va yaqinlarimni hurmat qilishi muhim. Qalbi, tashqi qiyofasi, ko‘zlari chiroyli bo‘lishini istayman. Kelajakda qiz farzand ko‘rsam, onasiga, o‘g‘il bo‘lsa, menga o‘xshashini xohlayman. Rayhonga uylanib, balki, yoshlik qilgandirman. Lekin, nazarimda, bu mening taqdirimga yozilgan bo‘lsa kerak. Hayot yo‘llarimda nimaiki bo‘lmasin, barchasi yaxshilikka deb o‘ylayman. Egizaklarim – Islom va Imron bilan hozircha haftada bir marta ko‘rishamiz. Ikkalasi ham juda aqlli bo‘lib borishyapti. | 53 | 732 |
Madaniyat | Rossiyada o`zbek kinosi kunlari doirasida 14 ta film namoyish etiladi | Rossiyada “O`zbek kinosi kunlari” doirasida o`zbek kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan 14 ta kinoasar: 10 ta badiiy va 4 ta hujjatli filmlar namoyishi o`tkaziladi.
Haftalik davomida namoyish etilayotgan filmlar ro`yxati:
1. “Sabot” (rej. Rashid Malikov)
2. “Sarviqomat dilbarim” (rej. Sarvar Karimov)
3. “Issiq non” (rej. Umid Hamdamov)
4. “Berlin-Oqqo`rg`on” (rej. Zulfiqor Musoqov)
5. “Hayot” (rej. Hilol Nasimov)
6. “Elparvar” (rej. Abduvohid G`aniev)
7. “Tinchlik ortida” (rej. Akbar Bekturdiev)
8. “Abdullajon” (rej. Zulfiqor Musoqov)
9. “Sariq devni minib” (rej. Sarvar Karimov)
10. “Oyqiz ertagi” (rej. Akbar Bekturdiev)
11. “Raqs jozibasi”
12. “Avisenna”
13. “Yagona osmon ostida”
14. “Samarqand - qadimiy sharq durdonasi” | 69 | 753 |
Madaniyat | Spotify va The North Face faqat yomg‘ir yog‘ayotgan hududda tinglanadigan qo‘shiqni taqdim etadi | Spotify musiqa servisi va The North Face kiyim-kechak brendi ilk bor faqat ayni paytda yomg‘ir yog‘ayotgan hududlarda tinglash mumkin bo‘lgan trekni taqdim etadi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
“Boshpana izlayotganim yo‘q” deb nomlangan qo‘shiq AQShning White Denim guruhi tomonidan yaratilgan. Mazkur kompozitsiyani faqat mamlakatda va yomg‘ir kuzatilayotgan hududlardagina eshitish mumkin.
Qo‘shiqni qaysi payt qo‘yish kerakligini servis geotargeting yordamida aniqlaydi. Mazkur tarona yordamida The North Face brendi kiyilganidan so‘ng go‘yo yomg‘irdan yashirinishga hojat qolmaydigan yangi yomg‘irpo‘shini targ‘ib etishga urinmoqda. | 96 | 639 |
Madaniyat | Pike azob chekmoqda, Shakira investorga aylandi: Sobiq juftlik ajrimdan keyin o‘zini qanday his qilmoqda? | 2022-yil iyun oyida 11 yillik munosabatdan so‘ng Shakira va Xerard Pike ajrashgani haqda xabar berilgandi. Ajrimning sababi sifatida futbolchining xiyonat qilganligi ko‘rsatilgan. Shuningdek, qo‘shiqchi va sportchining munosabatlari avvalgidek emasligi haqida mish-mishlar ham tarqalgandi. Tez orada ushbu ma’lumot ham xonandaning o‘zi tomonidan rasman tasdiqlandi, deb yozadi People Talk.
Jurnalistlar juftlikning ajralishining sababi aynan nima ekanligini hali aniqlay olmagan. “Barselona” futbol klubi prezidenti Joan Laportaning so‘zlariga ko‘ra, Pike shaxsiy hayotida sodir bo‘lgan voqealardan keyin ruhan qiynalgan. “Pike aziyat chekmoqda. Uning beparvoligi va befarqligi haqidagi yangiliklarga e’tibor bermang. U boshqacha odam va hozir juda xavotirda”, — dedi Joan.
Shuningdek, u muxlislarni Pikeni qo‘ldan kelgancha qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. “Biz hammamiz unga yordam berishimiz kerak. Men esa birinchi bo‘lib unga munosib ravishda yelka tutaman”, — deya qo‘shimcha qildi Joan.
Shakira haqida nima deyish mumkin? Sevgilisi bilan xayrlashgandan so‘ng xonandaning ishlarida biroz o‘sish paydo bo‘ldi. U Magic Spoon kompaniyasining investoriga aylandi. Ushbu brend bozorga 2019-yilda kirgan bo‘lib, Shakiradan tashqari kompaniyaga Odell Bekhem, Emi Shumer va boshqalar sarmoya kiritgan.
Shakira qachonlardir Pikeni deb Argentina prezidentining o‘g‘lidan voz kechgandi: mashhur xonanda va futbolchining sevgi tarixi | 105 | 1,427 |
Madaniyat | Munisa va Shahlodan noodatiy raqs, Sogdianadan o‘zbekcha qo‘shiq, karantinda “qarib ketgan” Sardor Mamadaliyev. Mashhurlar karantinda (foto+video) | O‘zbek san’atkorlari karantin vaqtida muxlislarini zeriktirmaslikka harakat qilmoqda. 27-aprel kuni ham ular o‘zlarining Instagram’dagi sahifalariga turli xil qiziq video va fotopostlar joyladi.
Munisa Rizayeva muxlislarini raqsga tushishga chaqirdi.
View this post on Instagram
“Bravo”chi Shahlo ham muxlislarini sho‘x raqsi bilan xushnud etdi.
View this post on Instagram
Burak O‘zchivit Usmon G‘oziy obrazida ko‘rinish berdi.
View this post on Instagram
Sevara Nazarxon qizi Imanning tug‘ilgan kunini nishonlamoqda.
View this post on Instagram
Sardor Mamadaliyev karantinda “qarib ketdi”.
View this post on Instagram
Amerikalik xonanda Keti Perri esa American Idol teleshousi uchun bahaybat sanitayzerga aylandi.
View this post on Instagram
Aktyor Yigitali Mamajonov hayotda yaxshi inson bo‘lish muhim ekanligi haqidagi mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.
View this post on Instagram
Xonanda Sogdiana “Bo‘lgin yonimda” qo‘shig‘ini kuylab berdi.
View this post on Instagram
Karantinni Istanbuldagi mehmonxonada o‘tkazayotgan Alisher Uzoqov quyidagi tarzda ko‘rinish berdi.
View this post on Instagram
Manzura esa “uyda ham niqob taqib yuribdi”.
View this post on Instagram
Shahzoda Matchonova ibratli hikoya bilan bo‘lishdi. Uning yozishicha, qalbi toza insonlar faqat yaxshilikni, qalbi kir insonlar esa faqat yomonlikni ko‘radi.
View this post on Instagram
Yulduzlar avvalgi kunlarda karantinda nimalar bilan band bo‘lgani bilan quyida tanishishingiz mumkin: | 146 | 1,635 |
Madaniyat | “Uni doping tekshiruvidan o‘tkazish kerak”. Yengil atletikachi “Taxtlar o‘yinidagi” nayza uloqtirishga baho berdi | “Taxtlar o‘yini”ning yangi qismi Vizerion ajdarining o‘limi bilan hayratlanarli bo‘ldi. Filmning asosiy yovuz qahramonlaridan biri bo‘lgan Tun Qiroli jang davomida ajdarni muz nayza bilan nishonga oldi. Nayzani uloqtirish sportni kuzatib boruvchi serial ishqibozlarini lol qoldirdi. Ular Tun Qirolini nayza uloqtirish bo‘yicha Maykl Felps deb atamoqda va uning 2020-yilda Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlaridagi g‘alabasini kutmoqda. Uchta Olimpiada ishtirokchisi va nayza uloqtirish bo‘yicha AQSh rekordchisi Kara Uinger Tun Qirolining texnikasini batafsil tahlil qildi, deb yozmoqda “Sports.ru” nashri.
Nayza kamida 150 metrga uchib borgani hayratlanarli — bu jahon rekordidan ham yuqoriroq (erkaklar o‘rtasidagi rekord — 98,48 metr). Nayza nishonga tekkach ham to‘xtamadi, shuning uchun uzoqlik 1000 metrgacha yetishi mumkin.
Erkaklar uchun mo‘ljallangan yengil atletika nayzasining og‘irligi taxminan 2 funt (800 gramm) chiqadi. Muzdan yasalgan nayza undan anchagina og‘irroq bo‘lishi aniq. Agar bunday qurolni kuch bilan otilsa, u o‘ldirish darajasidagi tezlikda uchadi. Shunday ekan, Tun Qiroli natijaga erishish nuqtasini aniq topa oldi.
Texnika borasida nima deyish mumkin? U o‘ng qo‘lini orqaga olgan holda juda yaxshi holatda turdi. Kadrlardan birida nayzaning oq uchi uning bo‘yni bilan bir qatorda turganini ko‘rish mumkin. Bu aynan kerak bo‘lgan narsa.
Keyin texnika to‘liq buzilib ketdi. Uloqtirishni boshlash tezligi yo‘q, u tezlikni hosil qilish uchun yetarlicha sabr qilmadi. So‘nggi lahzada u qo‘lini qisqartiradi va ko‘kragini “yo‘qotadi”. Shunday qilib, qo‘lini orqaga olgan holda u yaxshiroq holatni egalladi. Biroq uning texnikasi bilan tirsakni sindirmasdan turib, nayzani eng uzoq masofaga uloqtirish haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Uning turish holati anchagina qo‘pol, biroq yuz ifodasi nayzachi uchun mos keladi, men buning uchun unga ochko qo‘shaman.
Uloqtirishda texnik masalaning ko‘p qismi bor. Qo‘liga birinchi marta nayza olgan har qanday odam taxminan shunday ko‘rinadi. U o‘zi xohlagan ishni qila oldi, biroq bunda qandaydir sun’iy narsa bor, balki doping. Bunday texnika bilan uning erishgan natijasi ishonarsiz. Uni doping tekshiruvidan o‘tkazish kerak.
Kara Uinger, nayza uloqtirish bo‘yicha AQSh rekordchisi | 113 | 2,254 |
Madaniyat | Reklama sanoati “Missuri, Ebbing chegarasidagi uchta reklama taxtasi” filmiga reklama taxtalari yordamida minnatdorchilik bildirdi | Ikkita nominatsiya bo‘yicha “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritgan “Missuri, Ebbing chegarasidagi uchta reklama taxtasi” filmining syujeti tashqi reklama yordamida politsiyaning e’tiborini qizining o‘limiga qaratgan ayol atrofida qurilgan. Ayol shahar chetidagi uchta reklama taxtasini sotib olgan va ularga “O‘layotganning zo‘rlanishi. Haligacha hech kim qo‘lga olingani yo‘q. Qanday qilib bunday bo‘lishi mumkin, boshliq Uilloubi?”, deb yozgan.
Filmdan turli sohadagi faollar namuna olib, Londondagi yirik yong‘inning sekinlab qolgan tergovi va AQSh maktablardagi otishmalarga rasmiylarning e’tiborini qaratdi.
TJournal’ning yozishicha, Amerika tashqi reklamalar assotsiatsiyasi film ijodkorlarini unda reklama taxtalarining zamonaviy dunyodagi “samaradorligi va dolzarbligi”ni ko‘rsatib bergani uchun minnatdorchilik bildirgan.
Reklama sanoati vakillari fevral oyining oxirida Nyu-York, Los-Anjeles va Shimoliy Karolinada “Bu reklama taxtasi ‘Oskar’ga munosib”, “Butun dunyodagi reklama taxtalari nomidan — sizga rahmat” va “Gollivud chegarasidagi to‘rtta ‘Oltin globus’” yozuvli reklama taxtalarini joylashtirgan. | 130 | 1,115 |
Madaniyat | Shon Konneri ijrosidagi Jeyms Bondning pistoleti 250 ming dollarga sotildi | Britaniyalik superjosus Jeyms Bond haqida 1962-yilda suratga olingan “Doktor Nou” filmida Shon Konneri gavdalantirgan bosh qahramonga tegishli pistolet auksion orqali 256 ming dollarga sotildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Julien’s Auctions auksion uyining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, lot 150-200 ming dollar oralig‘ida baholangan.
Gap Walther PP pistoleti haqida ketmoqda. Franshiza muxlislarining ko‘pchiligi Jeyms Bond Beretta’ni Walther PP’ga aynan “Doktor Nou” filmida almashtirganini yaxshi biladi, chunki Mi-6’dagilar Beretta unga yana bir bor pand berishi mumkin deb hisoblagan. Shundan buyon Walther josusning asosiy quroli bo‘lib kelgan.
Eslatib o‘tamiz, 31-oktabr kuni shotlandiyalik aktyor va prodyuser Shon Konneri 90 yoshida vafot etgan edi.
1964-yilda Polshaga ismi-sharifi Jeyms Bond bo‘lgan britaniyalik tashrif buyurgan. U josuslikda gumon qilingan | 74 | 885 |
Madaniyat | “Endi artistmasman, litsenziyamni hech kim ololmaydi”. Jahongir Otajonov Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga murojaat qildi (video) | San’atni tark etgan xonanda Jahongir Otajonov Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga murojaat yo‘lladi. Ushbu murojaatda xonanda Tashkent City’ga kirish pullik bo‘lganini qoralaydi.
To‘g‘risi, bu narsalardan uzoqlashib, jim bo‘lib ketishni xohlaydi-yu odam, lekin baribir kimdir gapirishi kerak. Alloh aytgan-ku, agar senga qaysidir holat yoqmasa, hech qaysi hokimdan qo‘rqma, haqiqat bo‘lsa, men borman, degan.
Jahongir aka, bu mening sizga ochiqdan ochiq murojaatim. Akajon, Alloh ishlaringiz, tadbirkorligingiz, hokimiyatingiz, qilayotgan ishlaringiz — hammasining barakasini bersin. Lekin bugungi gaplaringizni eshitib, qilinayotgan ishlarning hech biri xalq uchun qilinmayotganini tushunib yetdim. Bu mening shaxsiy fikrim, hech kimni haqorat qilmoqchi emasman. Aziz xalqim, deb Tashkent City’ga taklif qilyapsiz, u yerga kirishni 10 ming so‘m qilib qo‘yibsizlar. Endi bu uyat, to‘g‘risi, uyat. O‘sha yerda ham 10 ming olinglar endi.
Mening siz hokim bo‘lganingizdan keyin rosa ko‘nglim to‘lmagan ishlar bor-da, Toshkentga qayerdan kirib kelinsa, Welcome to Tashkent deb yozilgan, nima bizning o‘z tilimiz yo‘qmi? Bularni anchadan beri gapirgim kelardi, endi to‘g‘risi, ozgina cho‘chirdim, litsenziyamni olib qo‘ymasin, deb. Endi artistmasman, litsenziyamni hech kim olmaydi.
Tashkent City’ni pullik qilib qo‘yib, xalqni kelinglar, deb da’vat qilyapsiz, rahmat, lekin, xalqim deyishingiz noto‘g‘ri. Xalqning to‘rtta bolasi bilan kelganda 10 mingdan 60 ming so‘m tashlab ketishga qiynalmaydigan qismi, desangiz to‘g‘ri bo‘lardi.
Jahongir Otajonov
Ma’lumot uchun, 2019-yilning oktabr oyida Jahongir Ortiqxo‘jayev Tashkent City ochilishi munosabati bilan qilgan videomurojaatida “Bu — xalqimiz uchun. Bu joy — millatimiz uchun. Ilohim, millatimizga ushbu yaxshi joy buyursin! Xalqimiz kelib yayrasin! Farzandlari bilan o‘ynab kulsin! Hammasi xalqimiz, O‘zbekiston xalqi uchun va aziz, mehribon millatimiz uchun!”, – degan edi.
17-dekabrdan boshlab Tashkent City bog‘iga bayram arafasi va Yangi yil kunlarida kirish pullik etib belgilandi. | 143 | 2,049 |
Madaniyat | Aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva ota-onasi Lutfulla va Gulchehra Sa’dullayevlar bilan birga dramatik filmlarda boshqa suratga tushmaydi | Aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva ortiq ota-onasi bilan birga dramatik filmlarda suratga tushmasligini ma’lum qildi. Bu haqda u jurnalist Feruz Muhammadga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Avvalroq Muqaddas Sa’dullayeva “Bebahoginam” melodramasida o‘z ota-onasi — O‘zbekiston xalq artistlari Lutfulla va Gulchehra Sa’dullayevlar bilan birga suratga tushgani, tasvirga olish jarayonidan bir necha kun o‘tib, Lutfulla Sa’dullayev kichik infarktni boshdan o‘tkazgani ma’lum bo‘lgan edi.
“Oldin ham yuraklari bezovta qilib turar edi. Bundan 8 yilcha avval Hindistonda yurak operatsiyasini boshdan o‘tkazganlar. Har bir rolini yurakdan ijro etadigan aktyorni bu dard tinch qo‘ymas ekan. Shunday bo‘lishini bilganimda, dadamning bu filmda suratga tushishlariga umuman yo‘l qo‘ymasdim”, — dedi Muqaddas Sa’dullayeva.
“Bundan so‘ng dadam, onam bilan birgalikda faqat komediya janridagi filmlarda suratga tushaman. Melodrama, drama janrida birgalikda suratga tushishimiz, bu janrlardagi mening ayanchli holatim dadam va onamga og‘ir ta’sir qilar ekan”, — deya qo‘shimcha qildi aktrisa.
Qayd etish joiz, “Bebahoginam” — Lutfulla, Gulchehra va Muqaddas Sa’dullayevlar birgalikda suratga tushgan ilk film edi. E’tiborli tomoni, filmda Lutfulla va Gulchehra Sa’dullayevlar xuddi hayotdagidek Muqaddas Sa’dullayevaning ota-onasi rolini ijro etgan.
Ma’lumot uchun, rejissor Ozod Shams hamda prodyuserlar Mahmud Erkaboyev va Davlatbek Yo‘ldoshev tomonidan suratga olingan “Bebahoginam” melodramasining faqat jurnalistlar uchun mo‘ljallangan yopiq premyerasi 1-fevral kuni Next Cinema’da bo‘lib bo‘lib o‘tadi. Filmning keng jamoatchilik uchun taqdimoti esa 13-fevral kuni Kinochilar uyida hamda Alisher Navoiy nomli kinosaroyda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 132 | 1,910 |
Madaniyat | Aktrisa Kemeron Dias o‘z to‘yiga jinsida keldi | Gollivud aktrisasi Kemeron Dias o‘z hayotidagi ilk to‘yiga jinsi shim, oq bluza va oq koftada keldi, deb xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
Dias 5-yanvar, dushanba kuni o‘z sevgilisi — musiqachi Benjamin Meddenga turmushga chiqqani va to‘yda Riz Uizerspun, Gvinet Peltrou, Nikol Richchi, Dryu Berrimor, Diasning singlisi Chimen kabilar mehmon bo‘lgani avvalroq xabar berilgan edi.
Qayd etilishicha, Medden ham kiyinish borasida Diasdan qolishmagan: u qora mayka, qora shim va keda kiyib to‘yga tashrif buyurgan. | 46 | 507 |
Madaniyat | “Oskar” mukofotiga da’vogarlarning to‘liq ro‘yxati e’lon qilindi. “La-La Lend” 13 yo‘nalishda haykalchaga da’vogar! | Los-Anjelesda “Oskar” mukofotiga nomzodlarning barchasi e’lon qilindi. Nominatsiyalarda eng ko‘p “La-La Lend” (La La Land) filmi ko‘rsatilgan — u bir vaqtning o‘zida 13 ta haykalchaga, xususan, eng yaxshi film nomiga ham da’vogarlik qilmoqda.
Kadr: YouTube
“La-la Lend” jami 14 marta mukofotga da’vogar sifatida ko‘rsatilgan, biroq faqat 13 ta haykalchani qo‘lga kiritishi mumkin — “Eng yaxshi qo‘shiq” yo‘nalishida mazkur filmdan birdaniga ikkita qo‘shiq ko‘rsatilgan.
“La-La Lend”dan tashqari, “Eng yaxshi film” yo‘nalishida “Oskar”ga quyidagi filmlar da’vogar: “Tashrif” (Arrival), “To‘siqlar” (Fences), “Vijdon nuqtai nazaridan” (Hacksaw Ridge), “Istalgan yo‘l bilan” (Hell or High Water), “Sher” (Lion), “Oy shu’lasi” (Moonlight), “Dengiz bo‘yidagi Manchester” (Manchester by the Sea) va “Yashirin shakllar” (Hidden Figures).
“La-La Lend” rejissori Demen Shazell va undagi bosh rol ijrochilari — Rayan Gosling va Emma Stoun ham o‘z yo‘nalishlarida “Oskar”ga da’vogarlik qilmoqda.
“Eng yaxshi aktrisa” yo‘nalishida “Oskar”ga, shuningdek, quyidagilar nomzod bo‘lib turibdi: Izabel Yupper (“U” (Elle)), Rut Negga (“Laving” (Loving)), Natali Portman (“Jeki” (Jackie)) va Meril Strip (“Florens Foster Jenkins” (Florence Foster Jenkins)).
“La-La Lend”, jumladan, original ssenariysi uchun ham “Oskar”ga da’vogarlik qilmoqda. Mazkur yo‘nalishda unda “Dengiz bo‘yidagi Manchester”, “Lobster” (The Lobster), “Istalgan yo‘l bilan” va “XX asr ayollari” (20th Century Women) raqobat ko‘rsatadi.
Rejissorlik ishi uchun atalgan sovringa, Shazelldan tashqari, Deni Vilnev (“Tashrif”), Mel Gibson (“Vijdon nuqtai nazaridan”), Kennet Lonergan (“Dengiz bo‘yidagi Manchester”) va Barri Jenkins (“Oy shu’lasi”) da’vogar bo‘lib turibdi.
“Eng yaxshi aktyor” yo‘nalishida Rayan Gosling bilan birga Keysi Afflek (“Dengiz bo‘yidagi Manchester”), Endryu Garfild (“Vijdon nuqtai nazaridan”), Viggo Mortensen (“Kapitan Fantastik” (Captain Fantastic)) va Denzel Vashington (“To‘siqlar”) “Oskar” uchun kurash olib boradi.
“Oskar” mukofotiga da’vogarlarning to‘liq ro‘yxati bilan bu yerda tanishish mumkin. Amerika kinoakademiyasi mukofotlarini topshirish marosimi 26-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 115 | 2,343 |
Madaniyat | Turk aktyori Murat Yildirim yangi loyihadagi roli uchun 10 kilo vazn tashladi | O‘zbek muxlislariga “Osiyo” serialidagi ijrosi bilan yaxshi tanish bo‘lgan Murat Yildirim “Aziz” serialida yosh ko‘rinish uchun ancha ter to‘kishiga to‘g‘ri keldi.
Serialda Murat Yildirimdan tashqari, Damla Sonmez va Simay Barlaslar bosh qahramon rolini gavdalantiradi. Undagi voqealar XX asrning 30-yillari Turkiyada sodir bo‘ladi. Antakyada suratga olinayotgan serialning boshlanishini muxlislar intiqib kutmoqda.
Serial uchun “yashargan” Murat Yildirim unda Aziz Paydar ismli qahramonni gavdalantiradi. “Men ‘Ramo’ loyihasidan keyin biroz dam olaman deb o‘ylagandim, ammo yangi serialning sujeti menga shunchalik yoqqanidan suratga tushishga rozi bo‘ldim. Jamoatchilikka ham yoqadi degan umiddaman”, — degan aktyor.
Shuningdek, u roli uchun 10 kilo vazn tashlashga majbur bo‘lganini ta’kidlagan. “Vazn tashlash biroz qiyin bo‘ldi, ammo men 2 oy ichida yaxshigina ozdim”, — deb qo‘shimcha qilgan u. Ma’lumot uchun, “Aziz” serialining premyerasi bugun, 5-noyabr kuni Turkiya vaqti bilan kechki soat 20:00 da, Show Tv kanalida bo‘lib o‘tadi. | 77 | 1,042 |
Madaniyat | Instagram: Jahongir Otajonov san’atga qaytmoqda, Shohjahon Ergashevning dabdabali to‘yi, Yigitali va Davron Kabulovga atalgan syurprizlar | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
O‘zbekiston xalq artistlari Farrux Zokirov, Nasiba Abdullayeva, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rashid Xoliqov, xonanda Ozoda Nursaidova ilk marta duet ijro etdi.
Feruza Normatova Bodrum shahrida dam olmoqda.
Zara G‘aniyeva aktrisa va boshlovchi Madina Nig‘matullayevani kelin qilmoqchi bo‘lgani haqida so‘zlab berdi.
Rayhon 21 yillik dugonasi bilan birga tushgan suratini sahifasiga joyladi.
Muqaddas Sa’dullayeva 16-iyun kuni tug‘ilgan kunini nishonlayotgan turmush o‘rtog‘i Yigitali Mamajonovga atab ta’sirli videorolik tayyorladi.
Shahlo Zoirova yangi ijod namunasini taqdim etishga hozirlik ko‘rmoqda.
Jahongir Otajonov san’atni tark etganini bildirganidan 6 oy o‘tib, yana qo‘shiq kuylashini ma’lum qildi.
Nilufar Usmonova ham muxlislari uchun yangilik tayyorlamoqda.
Javlon Shodmonov shahar ko‘chalarida eshiklarsiz avtomobilda harakatlanayotgani aks etgan video tarqaldi.
16-iyun kuni “Million” kulgi jamoasi yetakchisi Davron Kabulov tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. Shu munosabat bilan Million Wear do‘koni jamoasi Kabulovga syurpriz tayyorladi.
15-iyun kuni bokschi Shohjahon Ergashev uylandi. To‘yda ko‘plab shou-biznes vakillari ishtirok etdi. | 137 | 1,307 |
Madaniyat | “Qora niyat”ni tark etayotgan aktyor, suratga olinishi kutilayotgan seriallar. Turk kinosi yangiliklari | Turk kinosanoatidagi eng so‘nggi yangiliklarni e’tiboringizga havola etamiz.
“Qora niyat” serialida Mert rolini ijro qilgan Jan Nergis loyihani tark etmoqda. Avvalroq ushbu serialda suratga tushgan Go‘khan Alkan va Nesrin Javadzade turmush qurishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgandi.
“Limon film” prodyuserlik kompaniyasi Amerikaning “Sudya janoblari” serialining remeykini suratga olmoqchi. “Sudya / Hakim” deb nomlanadigan serial syujeti o‘g‘li mashinada odam urib, keyin voqea joyidan qochib ketgan sudya haqida hikoya qiladi. Ssenariyga ko‘ra, ota o‘g‘liga hukm chiqarishiga to‘g‘ri keladi. Ko‘plab telekanallar ushbu loyihani translyatsiya qilishga qiziqish bildirmoqda.
03 MEDYA studiyasi MBC kanali uchun arab aktyorlari ishtirokidagi “Yaxshi va yomon kunda” serialining remeykini suratga olmoqchi.
Aras Bulut Iynemli va Damla Sonmezning “Chuqur” serialining suratga olish maydonchasidagi suratlari.
Rejissor aka-uka Taylanlar Engin Gunaydin ishtirokidagi yangi serial suratga olmoqchi.
“Ezel”, “Ichkarida”, “Vavilon” singari mashhur seriallar rejissori Uluch Bayraktar o‘zining ilk “9.75” deb nomlangan badiiy filmini suratga oldi. Bosh qahramon rolini Nejat Ishler, Funda Eryigit, Berkay Atesh va Menderes Samanji ijro qilgan. Mazkur filmdagi ishtiroki sabab Nejat Ishler Dakkada bo‘lib o‘tgan kinofestivalda eng yaxshi aktyor deb topilgan.
Demet O‘zdemirning “Tug‘ilgan uying taqdiringdir” serialining suratga olish jarayonida olingan surati. | 103 | 1,471 |
Madaniyat | “Istanbullik kelin” seriali yulduzi Asli Enver bir necha yillik sevgilisi Sarp Batur bilan ajrashdi | “Istanbullik kelin” seriali yulduzi Asli Enver yana yolg‘iz qoldi. U sevgilisi Sarp Batur bilan ajrashdi, bu esa aktrisaning oilaviy baxtini uzoq vaqtdan beri kutayotgan muxlislarini qattiq ranjitdi.
Murat Bo‘z bilan deyarli to‘y arafasida tugagan uzoq yillik munosabatlaridan so‘ng, Aslining muxlislari uning Sarp bilan taqdiri bog‘lanishiga ishongan edi. Afsuski, juftlik ajrashdi.
Taniqli jurnalist Mehmet Ustundag‘ning yozishicha, unda aktrisaning shaxsiy hayotidagi navbatdagi omadsizlikdan afsusda ekani bildirilgan. Uning maqolasida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, juftlik Sarpning turmush qurishni istamagani uchun ajrashgan. Sarpning birinchi nikohi muvaffaqiyatsiz yakunlanganiga qaramay, Asli u bilan turmush qurishni va ona bo‘lishni xohlagan edi.
Eslatib o‘tamiz, Asli Enver aktyor O‘zjan Deniz bilan partnyor sifatida ishtirok etgan “Istanbullik kelin” seriali namoyishidan keyin o‘zbek tomoshabinlari orasida mashhurlikka erishgan. | 99 | 949 |
Madaniyat | Taniqli aktyor va dublyaj ustasi Hoshim Arslonov 64 yoshida olamdan o‘tdi | 29-may kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, dublyaj ustasi, taniqli aktyor Hoshim Arslonov 64 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasining Telegram kanalida xabar berildi.
“O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi”, — deyiladi xabarda.
Hoshim Arslonov “Marg‘iyona”, “Alpomish”, “Chavandoz”, “Advokatlar”, “Qasos”, “So‘nggi nafasimgacha” kabi o‘nlab filmlarda suratga tushgan. Aktyor dublyaj sohasida ham samarali faoliyat yuritgan. U bir filmda bir necha obrazlarga ovoz bera olishi bilan nom qozongan edi. | 73 | 618 |
Madaniyat | O‘zbekistonda bolalar musiqa va san’at maktablarida ko‘zi ojizlar bepul o‘qitilishi belgilandi | Oldingi o‘rnatilgan tartibga ko‘ra, bolalar musiqa va san’at maktabida tahsil olayotgan o‘quvchilarning umumiy soniga nisbatan 25 foizigacha miqdorda kam ta’minlangan oilalarning farzandlari bepul o‘qishi mumkin edi.
Madaniyat vazirligi axborot xizmatining xabar berishicha, endilikda, qarorlarga o‘zgartirish kiritilgan holda nogiron bolalar, shu qatorda ko‘zi ojizlar ham Bolalar musiqa va san’at maktablarida bepul tahsil olishi ko‘zda tutilgan.
Joriy yilda respublika bo‘ylab Bolalar musiqa va san’at maktablarida 355 nafar nogironligi bo‘lgan o‘quvchilar tahsil oldi, shundan 320 nafari ko‘zi ojiz bolalar hisoblanadi.
2020—2021-o‘quv yillariga Bolalar musiqa va san’at maktablarida o‘qish istagini bildirgan nogironligi bor 650 nafargacha o‘quvchini qamrab olish rejalashtirilgan. | 94 | 787 |
Madaniyat | Kann qisqa metrajli filmlar festivalida Shokir Holiqovning “Choy” filmi Gran priga sazovor bo‘ldi | Kann xalqaro kinofestivali doirasidagi ENTRE 2 Marches qisqa metrajli filmlar festivalida o‘zbekistonlik kinorejissyor Shokir Holiqovning “Choy” filmi Gran priga sazovor bo‘ldi. Bu haqda muallifning o‘zi Facebook‘dagi sahifasida ma’lum qilgan.
“Uraa! Endi Kanndan ham mukofotimiz bor!” дея қувончини баҳам кўрган режиссёр.
Rejissyor ushbu filmi bilan Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Hindiston, Makedoniya, Braziliya, Rossiya va AQShda bo‘lib o‘tgan xalqaro qisqa metrajli filmlar festivallarida ham Gran-pri va boshqa nominatsiyalarni qo‘lga kiritgan.
Shuningdek, uning “Bizni tushunishmaydi” va “Dilemma” filmlari ham xalqaro festivallarda munosib o‘rinlarni qayd etgan. | 97 | 680 |
Madaniyat | Sevara Nazarxon “Toch v toch” shousida o‘zining navbatdagi qiyofasidan qoniqmadi | O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sevara Nazarxon Rossiya Birinchi kanalidagi “Toch v toch” (“Xuddi o‘zginasi”) shousining beshinchi turida qozog‘istonlik xonanda Roza Rimbayeva qiyofasida sahnaga chiqdi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.
Sevara Roza Rimbayevaning “Lyubov nastala” qo‘shig‘ini ijro etdi. Hakamlar hay’ati uning chiqishini 23 ball bilan baholadi.
Besh raunddan so‘ng Sevara Nazarxon jami 116 ball to‘pladi.
Shuningdek, Sevara o‘zining Facebook’dagi sahifasida bu safar grim kutilganidek o‘xshamaganini aytgan. Biroq qo‘shiq unga yoqishini va uni qozog‘istonlik do‘stlariga bag‘ishlaganini e’tirof etgan.
Eslatib o‘tamiz, Sevara Nazarxon mazkur shouning birinchi raundida 23 ochko bilan beshinchi o‘rinni, ikkinchi bosqichida 21 ochko bilan to‘qqizinchi o‘rinni, uchinchi turida 25 ball to‘plab, to‘rtinchi o‘rinni egallagan edi. To‘rtinchi raundda esa Sevara Dmitriy Koldun va Irina Dubsova bilan bir xil — 24 ball yig‘gan edi. | 80 | 949 |
Madaniyat | OAV: Stiven Sigal qarindoshlarini qidirib, Yoqutistonga keldi | Gollivud aktyori Stiven Sigal Rossiya tarkibidagi Yoqutiston Respublikasining Mirniy shahriga yetib keldi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” “YaSIA” axborot agentligiga tayanib.
Stiven Sigalning Yoqutistonga tashrifidan rasmiy maqsad olmos qazib oluvchi “ALROSA” korxonasining texnik, ijtimoiy-iqtisodiy darajasini baholash bilan bog‘liq.
Biroq Gollivud yulduzining Yoqutistonga safari shaxsiy xususiyatga ham ega. “Sigal Yoqutistonda o‘z urug‘larini qidirmoqda”, — deyiladi maqolada.
Sigal aytishicha, uning ota tomonidan bobosi Rossiyadagi mintaqalardan birida tug‘ilib, XX asr birinchi yarmida esa AQShga ko‘chib ketgan.
O‘z qarindoshlarini qidirib, aktyor Qozog‘iston, Qalmog‘iston, Tiva Respublikasini ham kezib chiqqan. | 61 | 726 |
Madaniyat | Jastin Timberleyk fan doktori darajasini oldi | Amerikalik pop-xonanda Jastin Timberleyk “musiqa industriyasiga qo‘shgan hissasi uchun” fan doktori darajasini oldi. Bu haqda uning o‘zi Instagram’dagi sahifasida ma’lum qilgan.
Taqdirlash marosimi Kaliforniya shtatidagi Berkli universitetida bo‘lib o‘tgan.
Xonanda doktorlik darajasini tasdiqlovchi hujjatlarni olish uchun taniqli rep ijrochisi Missi Elliot bilan birga sahnaga ko‘tarilgan. | 45 | 392 |
Madaniyat | “Rossiya 1” kanalida Malaxov ishtirokidagi birinchi ko‘rsatuv avgust oxirida efirga chiqadi | Teleboshlovchi Andrey Malaxov “Birinchi kanal”dan “Rossiya 1” kanaliga o‘tmoqda, u yerda u “Pryamoy efir” (“To‘g‘ridan-to‘g‘ri efir”) tok-shousini olib boradi, deb yozadi “RBK”.
“RIA Novosti”ning vaziyatdan xabardor manbasi ma’lum qilishicha, Malaxov “Pryamoy efir” dasturini yaratish bilan shug‘ullanadigan kollektiv bilan allaqachon tanishgan. Shouning Malaxov ishtirokidagi birinchi soni avgust oxiriga rejalashtirilgan.
Shuningdek, Malaxov “Rossiya 1” telekanalidagi qator loyihalarga prodyuserlik qiladi. | 91 | 510 |
Madaniyat | Gollivudning orzular mehnat, sabr va kasbni sevish orqali amalga oshishini isbotlagan aktyor va aktrisalari (foto) | Ba’zilar orzulari haqida gapirmaslikni afzal ko‘radi, boshqalar esa ularni ochiqchasiga e’lon qiladi va shu bilan koinotga signal yuboradi. Boshqalar esa agar ular biror narsani juda xohlasa, koinot ularga yordam beradi deb ishonadi. Ammo, afsuski, faqat “istaklar ro‘yxati” yetarli emas — orzuni amalga oshirish jiddiy harakatlarni talab qiladi.
Demi Lovato
2010-yilning 7-fevralida qo‘shiqchi o‘zining Twitter’dagi sahifasida shunday deb yozadi: “Bir kun kelib Superkubokda milliy madhiyani kuylayman”. Bu kun 10 yil o‘tib keldi. 2020-yil 2-fevral kuni Demi Lovatoning orzusi amalga oshdi. Uning ijrosi shu qadar ajoyib ediki, butun dunyoni hayratda qoldirdi.
Kris Xemsvort
Kris Xemsvort bolaligidan ismini abadiylashtirishni ho‘l betonga mashq qilgan. Uning orzusi 2019-yilda ro‘yobga chiqdi — aktyor Gollivuddagi Shon-sharaf xiyoboniga o‘z ismini yozdi.
Jennifer Lopes
Jennifer Lopes faoliyatini endi boshlaganida aniq maqsadi bor edi: romantik komediyada rol o‘ynash. 52 yoshida u orzusini amalga oshirdi. Uning birinchi filmi 2001-yilda “To‘y g‘alvasi” ekranlarga chiqdi, 2022-yilda esa uning ijrosidagi “Tasodifiy kishi” romantik komediyasi premyerasi bo‘ldi.
Kris Prett
2010-yilda sahna ortidagi kadrda Kris Prett Stiven Spilberg “Yura davri parki” filmiga taklif qilgani, biroq u taklifni rad etgani haqida hazil qiladi. Ammo ehtiyotkorlik bilan orzu qilish kerak, chunki orzular ro‘yobga chiqadi. 2015-yilda Kris “Yura olami”da Ouen Gredi rolini o‘ynaydi.
Jeymi Brever
Chegaralar odatda faqat ongimizda mavjud va buni bolaligidan shou-biznes olamiga qiziqqan Jeymi Brever amalda isbotladi. Hech narsaga qaramay, u aktrisa bo‘lish bilan birga model sifatida ham tanildi. Uning asosiy orzularidan biri o‘smirlar va qizlar taqlid qiladigan ayol bo‘lish edi.
Genri Kavill
Ko‘pincha bolalikda o‘zimizni superqahramonlardek tasavvur qilamiz, lekin faqat ba’zilargina kino tufayli orzularini amalga oshirish va sevimli qahramonga aylanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Genri Kavillda ham xuddi shunday bo‘ldi, u o‘z obunachilari bilan Supermen tasvirlangan futbolkada tushgan bolaligidagi fotosuratini baham ko‘rdi. | 114 | 2,120 |
Madaniyat | Bryus Uillis sog‘lig‘i yomonlashgandan keyin barcha ko‘chmas mulkini sotib yubordi | Shu kunlarda Gollivud yulduzi Bryus Uillis jiddiy kasallikdan aziyat chekayotgani ma’lum bo‘ldi. 67 yoshli aktyorga afaziya tashxisi qo‘yilgan, bu orttirilgan nutq buzilishi bo‘lib, u barcha aqliy qobiliyatlariga ta’sir qiladi: gapirish, tushunish, o‘qish, yozish.
Bryus Uillis hamda Demi Mur qizlari Skaut bilan
Aktyorning do‘stlarining so‘zlariga ko‘ra, Bryus Uillis kasallik bilan yuzma-yuz bo‘lishga tayyor. Shuning uchun biroz avval u deyarli barcha ko‘chmas mulkini 65 million dollarga sotgan. “U oxir-oqibat bir nechta uylar va kvartiralarga muhtoj bo‘lmasligini bilar edi. Buning o‘rniga u o‘z oilasi qurshovida xavfsiz muhitda yashashi kerak”, — deyiladi Page Six nashrida.
Shuningdek, so‘nggi yillarda u ko‘chmas mulkining ko‘p qismini sotganiga qaraganda, u kelajakda o‘z hayotini soddalashtirishga tayyorlanayotganini ham qo‘shimcha qilingan.
Qolaversa, aktyorga qo‘yilgan tashxisga ko‘ra, unga alohida e’tibor kerak. Buning uchun Uillisning rafiqasi Emma Xemming o‘zi bo‘lmagan vaqtda turmush o‘rtog‘iga g‘amxo‘rlik qiladigan yordamchi yollagan.
“Uyda unga qaraydigan yordamchi bor, lekin Emma ham unga g‘amxo‘rlik qiladi. Bryus Emmadan ancha katta bo‘lgani sababli ular aktyorning sog‘lig‘i rafiqasidan oldin yomonlashishi mumkinligini bilishgan. Biroq uning tashxisi hammani hayratda qoldirdi”, — deydi juftlikka yaqin manba.
Eslatib o‘tamiz, 2009-yilda Bryus Uillis o‘zidan 23 yosh kichik aktrisa va prodyuser Emma Xemmingga uylangan. Juftlikning ikkita Ivlin hamda Evelin ismli qizi bor.
Bryus Uillis afaziya tufayli kinodagi faoliyatini yakunladi. Yana qaysi mashhurlarga shunday tashxis qo‘yilgan? | 82 | 1,619 |
Madaniyat | Shahzoda Big apple taqdirlash marosimida ishtirok etadi | Shahzoda kuzda Dubayga yo‘l oladi. Bu haqda “Shok.uz” xabar bermoqda.
Xonanda har yili Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkaziladigan musiqa va shou-biznes sohasidagi Big apple taqdirlash marosimiga taklif etilgan. Taqdirlash marosimi shu yilning 23-sentabrida Dubayda bo‘lib o‘tadi. | 55 | 282 |
Madaniyat | O`zbek kinosida og`ir yo`qotish | Ko`pgina rollari bilan xalqimiz qalbidan joy olgan aktyor O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Tohir Miraliev olamdan o`tdi.
Tohir Miraliev "Tilla buva" (2011), "Uchar otlar" (2011), "Qovun" (2012), "Jasur" (2011), "Arosat" (2009), "Chavandoz" (2007), "Armon" (1987) kabi ko`plab filmlarda rol ijro etgan.
Tahririyatimiz nomilan marhumning yaqinlariga chuqur ta`ziya izhor etamiz. | 31 | 383 |
Madaniyat | Sir tutilgan muhabbat: Dipika Padukone va Ranvir Singxning sevgi hikoyasi (foto) | Muhabbat – inson bilan hamnafas bo‘luvchi eng ajoyib tuyg‘u. U ilhomlantiradi va bir qancha mo‘jizalar yaratishga qodir. Bollivudning yorqin yulduzi Dipika Padukone va Ranvir Singxning sevgi hikoyasi – ularning birinchi uchrashuvidan to to‘ylariga qadar qanday voqealar ro‘y bergani, albatta, muxlislar uchun qiziq bo‘lsa kerak.
“Ram va Lila” filmining suratga olish jarayonidagi ilk uchrashuv
Xushbichim, baland bo‘yli va o‘ta iste’dodli Ranvir Singx birinchi bo‘lib, “Ram va Lila” sahnasida dilbar va go‘zal Dipika Padukone bilan uchrashgan. Ularning orasidan qandaydir uchqun uchib o‘tganini, yulduzlarning bir-biriga boshqacha munosabatda bo‘lganini sezmaslikning iloji yo‘q edi. Biroq bo‘lajak juftlik o‘z his-tuyg‘ularini sir saqlashni afzal ko‘rdi.
Muhabbat ostonasida turgan juftliklar to‘g‘risida birinchi bo‘lib jurnalistlar orasida mish-mishlar paydo bo‘ldi. Shuningdek, ushbu voqeani hamkorlikdagi film chiqarilishidan oldingi piar bilan bog‘lash ham mumkin edi.
Ammo mahoratli aktrisa Ranvir bilan orasidagi munosabatlar to‘g‘risida qat’iyat bilan sukut saqladi. Ranvir Dipikaga shunchalar oshiq bo‘lgan ediki, buni ommadan yashirish juda qiyin bo‘lgan. Shuning uchun ham aktyor sevgisini birinchi bo‘lib tan olgan. Ranvir sevgilisining ismini tilga olmasdan shunchalar ishtiyoq bilan gapirganki, dildan chiqqan so‘zlar ortida qizning ismi aniq ko‘rinib turgan edi.
2014-yil Zee Cine Awards’da Ranvir va Dipika birinchi marta “Ram va Lila” filmidagi “Nagada Sang Dhol” taronasi bilan chiqish qilgan. Ushbu chiqish darhol jamoatchilikning e’tiborini tortgan va Bollivuddagi asosiy yangilik mavzusiga aylangan.
Ushbu vaziyatdan Ranvir va Dipika tabassum bilan chiqib ketdi, xolos. 2014-yilning kuzida “Baji Rao va Mastani‘ tarixiy dramasini suratga olish ishlari boshlandi, u yerda juftlik asosiy rollarni ijro etdi. Bu esa tomoshabinlarning qiziqishini yanada oshirdi.
2014-yilning dekabr oyida Ranvir Instagram’da Dipika bilan birgalikda tushgan suratini joylashtirdi va shunday izoh qoldirdi: “Biz birgalikda ajoyib ko‘rinmayapmizmi?”
O‘shandan so‘ng ularning juftlik ekanligiga hech kim shubha qilmagan. Dipika esa xijolatdan Ranvirning sevgisini inkor etishda davom etaverdi.
IIFA – bu Bollivud filmining ajoyib tadbiri bo‘lib, unda butun dunyo bo‘ylab millionlab muxlislar ishtirok etadi. 2015-yil Ranvir bu onni abadiy eslab qolish uchun qo‘lidan kelgan barcha narsani qilgan.
U Dipika oldida tiz cho‘kib, “Ram va Lila”dagi qo‘shiqdan kuylab, uning qo‘lini so‘radi. Shundan so‘ng ular o‘zaro munosabatni yashirishdan to‘xtadi va birgalikda ko‘p joylarda ko‘rinish bera boshladi. Bu ularning his-tuyg‘ulari va munosabatlari jiddiy ekanligidan darak edi.
2017-yilda juftlik “Padmavati” deb nomlangan yana bir filmda suratga tushdi, bu Hindiston bo‘ylab katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Bu esa ularning munosabatlarini yanada mustahkamladi.
2018-yilning 21-oktabrida ular o‘sha yilning 14—15-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan nikoh to‘yi haqida xalqqa e’lon qildi. Juftlik ikkita ajoyib va juda chiroyli to‘y marosimini tashkil qildi. Chunki Dipika janubiy Hindistondan va Ranvir esa panjoblik edi. Barcha to‘y marosimlari Italiyaning Komo ko‘lida, muhtasham Villa-del-Balbyanello kurortida bo‘lib o‘tgan. | 80 | 3,225 |
Madaniyat | Leonardo Di Kaprio AQSh prezidenti Ullis Grant rolini ijro etadi | Amerikalik aktyor Leonardo Di Kaprio rejissor Stiven Spilbergning yangi filmida AQSh prezidenti Ullis Grant rolida suratga tushadi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Ullis Grant AQShning 18-prezidenti bo‘lgan. Di Kaprio aktyorlik roli bilan birga, film prodyuseri ham hisoblanadi. Filmning suratga olish ishlari qachon boshlanishi hozircha noma’lum. Stiven Spilberg Indiana Jons haqidagi yangi film bilan shug‘ullanishni rejalashtirmoqda. | 64 | 447 |
Madaniyat | Xonandalarning litsenziyasi uchun bir yillik majburiy boj bekor qilindi | “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi 2017-yilning 1-iyulidan boshlab, litsenziyaga ega xonandalar uchun bir qator yangiliklarni joriy etmoqda, deb xabar berdi “Darakchi.uz”.
Xususan, avval joriy etilgan tizim ya’ni litsenziatlarning bir yillik majburiy davlat boji bekor qilinib, endilikda litsenziya uchun to‘lanadigan davlat boji kamida 3 oylik bo‘ldi.
Bu bilan mavsumiy qulaylik yaratilib, bir yillik litsenziyalarni mavsum bilan bog‘liq ayrim xollarda vaqtincha to‘xtatib turishdek noqulayliklarni bartaraf etadi va yosh xonandalar uchun moliyaviy qulaylik yaratiladi. | 71 | 570 |
Madaniyat | Din va e`tiqod erkinligi: millat, til va din tanlamaydigan qadriyatlar | O`zbekiston qadim-qadimdan “Buyuk Ipak yo`li” chorrahasida joylashgan. Bu zaminda turfa millat kishilari uchrashgan, o`zaro muloqotda bo`lgan, savdo-sotiq bilan shug`ullangan. Xalqimizga xos mehmondo`stlik, bag`rikenglik fazilatining ildizlari ham ana shunda. Hozir yurtimizning qay bir mahallasiga bormang, o`zbekning to`yida tojikni, qirg`izning ma`rakasida qozoqni ko`rasiz. Tashkilot, korxona, muassasalarda O`zbekistonni taraqqiy ettirishga o`zining ozmi-ko`pmi ulushini qo`shayotgan boshqa millat vakillari qancha, eh-he, sanasak, ado qilolmaymiz. Istiqlolning ilk davridan boshlab, rivojlanishning qiyin, murakkab sharoitida xalqimiz bilan elkama-elka, hamnafas bo`lib, mehnat qilib kelayotgan vatandoshlar uchun O`zbekiston – bag`rikeng diyorga aylandi. Davlatimiz madhiyasida “Bag`rikeng o`zbekning o`chmas iymoni” satri jaranglasa, qay bir millat vakili to`lqinlanmaydi, deysiz?
Darhaqiqat, mehmondo`stlik, ezgulik, qalb saxovati va tom ma`nodagi bag`rikenglik o`zbek xalqining azaliy qadriyatlari ekanini dalillaydigan misollar tarixda ko`p.Bilamizki,1937-1952 yillarda O`zbekistondan 100 ming kishi qatag`on qilingan. Bu mudhish voqea millatlararo totuvlik va diniy bag`rikenglik tamoyillari poymol bo`lganini ko`rsatuvchi dalil bo`lsa-da, akademik, shoir G`afur G`ulom urush yillarida “Sen etim emassan” shiorini qalbiga muhrlab, oxirgi bir burda nonini ham o`zga millatlarning boshpanasiz, och-yupun qolgan zuryodiga ulashgan temirchi o`zbek Shoahmad ota jasoratini madh etdi. Ayting-chi, er yuzida qaysi millat ana shunday xislatga ega?
Hurmat qilgan izzat ko`radi, deydilar. Yurtimizda yashayotgan turli millat vakillari orasida o`zbek xalqiga, uning tiliga, asriy urf-odat va an`analariga ixlos bilan qarovchi insonlar ko`plab topiladi. Ular el ichra obro`-e`tibor, izzat-ikrom topayotgani, xizmatlari davlat miqyosida e`tirof etilayotgani yurtimizda millatlalaro siyosat oqilona, beg`araz yuritilayotganiga yaqqol misoldir. Koreys millatiga mansub xonanda Zoya Soyning o`zbekcha qo`shiqni chiroyli ohangda kuylashi va “O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist” faxriy unvoniga sazovor bo`lishi nafaqat koreys, balki o`zbek xalqiga ham faxr-iftixor bag`ishlagan ijobiy voqea emasmi? Bunday misollarni istagancha keltirishimiz mumkin.
Milliy istiqlol mafkurasining asosiy g`oyalaridan biri turli millatga, har xil ijtimoiy toifa, irq va dinga mansub kishilar va guruhlarning umumiy maqsad yo`lidagi hamjihatligi hisoblanadi. Qarashlar rang-barangligi, fikrlar xilma-xilligi, so`z va fikr erkinligi jamiyatni sog`lomlashtiruvchi, uni mustahkamlovchi o`ta muhim omil ekanligi oydinlashgan bir vaqtda ulug` bobokalonimiz Abu Nasr Forobiyning «Agar fikrlari va harakatlari jamiyat manfaatlariga xizmat qilmaydigan bo`lsa, mamlakatni bunday kishilardan tozalash kerak», degan ta`kidini eslab o`tish joiz. Alloma Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligini ta`minlashda zarar etkazishi mumkin bo`lgan xavf-xatarning oldini olishga da`vat etmoqda. Men nima uchun buni misol keltirdim?
Mamlakatimizda o`zbek millatiga mansub fuqarolar qatorida boshqa millat vakillariga teppa-teng sharoit yaratilgani ularda ham yurtparvarlik, Vatan taraqqiyoti uchun xizmat qilish tuyg`usini uyg`otmoqda, deb baralla ayta olamiz. Hamfikrlik, maslakdoshlik, bahamjihatlik hukm surgan yurtda esa tinchlik, osoyishtalik, barqarorlik qaror topadi.
Millatlararo va konfessiyalararo hamjihatlik o`z-o`zidan vujudga keladigan hodisa emas, balki u davlat tomonidan olib boriladigan milliy siyosat hosilasidir. Davlatimiz rahbarining joriy yil 15 noyabrda qabul qilingan “Millatlararo munosabatlar sohasida O`zbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash to`g`risida”gi farmoni ana shu siyosatni yanada kuchaytirish uchun zamin yaratadi. Farmonda millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do`stlik aloqalarini yanada rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosati keng ko`lamli va qamrovli ekanligi ta`kidlanib, buni amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirish davr talabidir. Zero, respublikamizda yashab turgan turli millat va elat vakillarining tili, madaniyati, an`analari va urf-odatlarini saqlash, rivojlantirish sohasida olib borilayotgan davlat siyosatini samarali amalga oshirish uchun qo`shimcha ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoit yaratishimiz zarur.
O`zbekiston ular uchun umumiy uy, Vatan yagonadir, Vatan bittadir. Ko`p millatli Vatanning fuqarolari birlashsa, jipslashsa, bahamjihat bo`lsagina, u taraqqiyot bosqichiga chiqadi. Teng huquq, teng sharoit va qonun ustuvorligi ta`minlangan davlat, shubhasiz dunyo hamjamiyatida o`z o`rni va nufuziga ega bo`ladi. Bu ishlarni qay tarzda ro`yobga chiqarish kerak? Farmonga muvofiq, qo`mitamiz tuzilmasida ilmiy-amaliy tadqiqotlar, metodika va ekspertiza bo`limi o`rnida Millatlararo munosabatlar bo`yicha ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazining tashkil etilishini keng jamoatchilik qo`llab-quvvatladi. Bu borada yangi-yangi loyihalar rejalashtirilmoqda.
Mamlakatimizda istiqomat qiluvchi millatlarni yagona Vatan tuyg`usi birlashtiradi. Barcha qonunlarimizda, xususan, Bosh qomusimiz — Konstitusiyada fuqarolarning teng huquqliligi muhrlangan. Jumladan, uning 8-moddasida: “O`zbekiston xalqini millatidan qat`i nazar, O`zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi” deb belgilab qo`yilgan. Ta`kidlash joizki, mazkur yo`nalishdagi islohotlar tobora taraqqiy etib bormoqda. Xususan, “2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi”ning beshinchi yo`nalishi aynan diniy bag`rikenglik va millatlararo totuvlikni ta`minlash masalasiga bag`ishlangani mamlakat Prezidenti va hukumatining xalqaro hujjatlarda belgilangan umuminsoniy vazifalarga yuksak e`tibor qaratayotgani namunasi hamdir.
Qolaversa, davlatimiz rahbari 2017 yil 19 sentyabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida “Ma`rifat va diniy bag`rikenglik” deb nomlangan maxsus rezolyusiya qabul qilish tashabbusi bilan chiqqani jahon hamjamiyatining diqqatini tortgan edi. Mazkur hujjat barchaning ta`lim olish huquqini ta`minlash, savodsizlik va jaholatga barham berishga ko`maklashish, eng muhimi, bag`rikenglik va o`zaro hurmatni qaror toptirish, diniy erkinlikni ta`minlashga qaratilgani bilan e`tiborga molikdir.
Binobarin, omma uchun etnik yaqinlik va dil birligi alohida o`rin tutayotgani uchun ham yurtimizda 130 tadan ortiq millat va elat, 16 ta diniy konfessiya vakillari hamjihatlikda, bir oila farzandlaridek yashab, mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qo`shib kelmoqda. O`z faoliyatini mamlakatimiz ichki siyosati bilan bog`liq holda olib borayotgan 138 ta milliy madaniy markazning O`zbekistonda millatlalaro totuvlik, diniy bag`rikenglik siyosatini amalga oshirishdagi o`rni ancha salmoqlidir.
Sh. Mirziyoevning 2017 yil 19 maydagi “Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do`stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi farmoni bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do`stlik aloqalari qo`mitasi tashkil etildi. Bugun mazkur tuzilma yo`nalishga oid yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini ta`minlovchi davlat boshqaruvi organi sifatida o`z faoliyatini izchil davom ettirmoqda. Qo`mita O`zbekistonda yashayotgan turli millat vakillarining uchrashuv joyi, o`ziga xos “Do`stlik saroyiga” aylanib ulgurdi. Unga ajratib berilgan ko`rkam binoda milliy xalq bayramlari, festival, konsert, taniqli madaniyat arboblari bilan uchrashuvlar, seminar va konferensiyalar muntazam ravishda o`tkazilayotir. Xususan, “16 noyabr – xalqaro bag`rikenglik kuni” munosabati bilan joylarda ma`naviy-ma`rifiy tadbirlar katta bayram tadbiriga aylanib ketdi.
“Bizning kuchimiz — birlik va hamjihatlikda” kabi festivallar millatlararo do`stlik rishtasini yanada mustahkamlash omiliga aylanayapti. Ayni paytda o`zga millat vakillarining milliy bayramlarini keng miqyosda nishonlash an`anasi qaror topgan. Ruslarning “Maslenisa”, bolgar xalqining “Martinisa”, armanlarning gullar bayrami — “Vardavar”, polyaklarning hosil bayrami — “Dojinki”, koreyslarning “Chxusok”, tatar va boshqirdlarning “Sabantuy”, greklarning “Oxi” singari bayramlari barcha millat vakillari ishtirokida katta tantanaga aylanib ketadi.
Milliy madaniy markazlarda har bir millat urf-odat va qadriyatlarini asrab-avaylash, targ`ib qilish bilan birga, yoshlar o`rtasida keng ko`lamli tarbiyaviy ishlar yo`lga qo`yilmoqda. Zero, insoniyat tarixida erishilgan barcha yutuqlarning tub mohiyatida ahillik va hamjihatlik, tinchlik va barqarorlik omillari yotadi.
Risolat MAXSIMOVA | 70 | 8,595 |
Madaniyat | Shahrisabzda xalqaro maqom san‘ati anjumaniga katta tayyorgarlik ko‘rilmoqda (foto) | Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida 6—10-sentabr kunlari xaqaro maqom san’ati anjumani o‘tkaziladi. Ushbu anjumanga 75 ta davlatdan xorijiy mehmonlar kelishi kutilmoqda.
Madaniyat vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, tayyorgarlik ishlari keng ko‘lamda, shiddat va hamjihatlikda olib borilmoqda.
“Oq Saroy hududida mehmon va mezbonlar uchun barpo qilinayotgan 1800 o‘rinli maxsus amfiteatr bir necha kundan so‘ng konsert tomosharini o‘tkazadi.
Oq Saroyning xalq bilan gavjum ko‘chalari bayram shukuhini tarannum etmoqda. Shahrisabz shahriga tashrif buyurgan inson go‘yo bir ertakka tushib qolgandek o‘zini his etadi, maftunkor tabiat qo‘yinida mehmon uylarining qad rostlagani, O‘zbekistonning barcha hududlari tarixini va madaniyatini ifoda etuvchi maxsus sahna bezaklari hamda hunarmandlarning milliy mahsulotlari ko‘zni quvontiradi.
Har kuni anjuman ishchi guruhining shtabi turli masalalar yuzasidan muhokama va bahslar olib boradi, yechilmagan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tezkor hukmlar chiqarib birdamlikda faoliyat yuritadi”, — deyiladi xabarda. | 83 | 1,082 |
Madaniyat | ERTADAN XALQARO MEDIA-FORUM O`Z IShINI BOShLAYDI! LOYIHA HAR GAL O`Z GEOGRAFIYaSINI KENGAYTIRIB BORYaPTI | Ertadan boshlab, ikki davomida, yana ham aniqrog`i 28-29 noyabr kunlari Toshkentda “Zamonlar chorrahasi: o`tmishning buyuk merosi-ma`rifatli kelajak poydevori” xalqaro media-forumi bo`lib o`tadi. Mazkur xalqaro doirada o`tayotgan forumda dunyo ilm-fan jamoatchiligining etakchi vakillari, muzey, kutubxona, ilmiy institut va boshqa xalqaro tashkilotlar rahbarlari, mahalliy olimlar hamda ekspertlar ishtirok etishadi. Quyida yurtimizga tashrif buyuradigan mehmonlarning mazkur loyiha haqidagi fikrlari bilan o`rtoqlashamiz...
Laptev Sergey Valerianovich, Mixo muzeyining maxsus ilmiy xodimi (Yaponiya): — Toshkentda bu yil ikkinchi bor dunyodagi muzey kolleksiyalaridan jamlangan O`zbekistonning madaniy merosini o`rganish va nashr etish bo`yicha xalqaro media-forum o`tkazilmoqda. Loyiha har gal o`z geografiyasini kengaytirib, ilmiy va keng jamoatchilikka O`zbekiston bilan bog`liq barcha yangi hududlarni, shu jumladan men vakillik qilayotgan Yaponiya bilan ham tanishtiradi. Forum qatnashchilari va mehmonlari, shu jumladan, loyiha tashabbuskorlariga O`zbekiston madaniyati xazinasini va Buyuk Ipak yo`lidagi rolini o`rganishda chin qalbdan yangi yutuqlar, marralar, omadlar tilab qolaman. | 104 | 1,193 |
Subsets and Splits
No saved queries yet
Save your SQL queries to embed, download, and access them later. Queries will appear here once saved.