folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Madaniyat
Murat Yildirim: Scorpion xalqaro miqyosdagi film
Rejissor Muxlisa Azizovaning Scorpion filmida suratga tushayotgan turk kino yulduzi Murat Yildirim bilan Yoshlar press klubida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Matbuot anjumanida Scorpion filmining ijodkorlari, OAV xodimlari qatori “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad ham ishtirok etdi. Anjumanda Murod Yildirim Scorpion filmi, uning rejissori hamda film ssenariysi haqida quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi. Bu film umuminsoniy qoidalarni o‘z ichiga oladi. Menga film ssenariysi juda ham yoqdi, agar rolim o‘zimga yoqmaganida taklifga rozilik bildirmas edim. Film rejissori ham men uchun juda ahamiyatli bo‘lganini ta‘kidlab o‘tishim kerak, uning juda ham yosh hamda ayol kishi bo‘lganligi e’tiborga molik. Scorpion  xalqaro miqyosdagi film. Bu filmda chet eldan juda ko‘p aktyorlar ishtirok etayotgani va ular bilan partnyor bo‘lganimdan juda ham xursandman. Murat Yildirim, turk kino yulduzi
49
888
Madaniyat
“Banan izlab”, “Sevuvchi apparat”, “Kuyovlar qo‘zg‘oloni”: ekranga chiqqunicha nomi o‘zgargan o‘zbek filmlari
Kinoda shunday tushuncha bor — “filmning ishchi nomi”. Bir vaziyat ko‘p kuzatiladi — tasvirga olish ishlari boshlangan vaqtda bo‘lajak filmning nomi bir bo‘ladi-yu, premyeragacha nom boshqa bo‘lib qoladi. Jurnalist Feruz Muhammad ishchi nomi shunday o‘zgargan filmlar ro‘yxatini tuzib chiqdi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
109
450
Madaniyat
OAV: Tom Kruzning jarohati sabab “Uddalab bo‘lmas topshiriq — 6” filmining suratga olish ishlari to‘rt oyga qoldirilishi mumkin
Aktyor Tom Kruz “Uddalab bo‘lmas topshiriq” filmining oltinchi qismini Londonda suratga olish vaqtida to‘pig‘ining ikkita suyagini sindirib oldi. Bu haqda The Sun gazetasiga tayanib, “TASS” xabar berdi. “Tom jiddiy jarohat oldi, u o‘zini qayta tiklab olishi uchun bir necha oy kerak bo‘ladi. U filmning mashhur yulduzi va barcha voqealar uning atrofida sodir bo‘ladi. Film rahbariyatining suratga olish ishlarini to‘xtatib turishdan boshqa iloji yo‘q”, — deya ma’lum qiladi nashr. Ma’lumotlarga ko‘ra, aktyorning davolanishi sabab filmni suratga olish ishlari to‘rt oyga qoldirilishi mumkin. TMZ yangiliklar portali 13-avgust, yakshanba kuni Kruz qurilish narvonlaridan qo‘shni binoga sakrashni amalga oshirishi lozim bo‘lgan harakatning videosini e’lon qilgan. Biroq 55 yoshli aktyor sakrash trayektoriyasini to‘g‘ri hisoblay olmagan va bino tomining burchagiga borib urilgan. “Uddalab bo‘lmas topshiriq — 6” filmi katta ekranlarga 2018-yilning iyunida chiqishi rejalashtirilgan. Uning oldingi qismi 2015-yilda prokatlarga chiqib, 700 million dollarga yaqin mablag‘ yig‘gan edi.
127
1,080
Madaniyat
Kinofakt: “Yulduzlar jangi” haqidagi siz bilmaydigan sirlar
Londonda bo‘lib o‘tgan Star Wars Identities ko‘rgazmasida “Yulduzlar jangi” ishqibozlari uchun noma’lum bo‘lgan eng hayratlanarli faktlar ma’lum bo‘ldi. Insider nashri ana shu faktlar jamlanmasini taqdim etdi. Dastlab Boba Fettning hujumchilarning elita otryadida bo‘lishi mo‘ljallangan, chunki uning kostyumi birinchi eskizlarda to‘laligicha oq rangda bo‘lgan. Bir nechta kinosinovlardan so‘ng uning kostyumiga to‘q yashil va qizil ranglar qo‘shilgan. Shu tufayli tomoshabinlarga yaxshi tanish qahramonning obrazi shakllangan. Tarqatilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Boba Fettning kemasi shakli yo‘ldosh likopcha shakliga o‘xshatilgan. Shuningdek, “Rab-1”ni yaratishda Porsche qismlaridan ham foydalanilgan. Filmni tasvirga olish vaqtida, ayniqsa, voqealar Tatuin jazirama cho‘lida bo‘lgan sahnalarda, maydonga Deniels suyanishi mumkin bo‘lgan vertikal tayanch o‘rnatilgan. “Yangi umid” ssenariysining uchinchi talqini ustida ishlayotganda Jorj Lukas Lyuk Skayuoker obrazini malika bilan almashtirish haqida o‘ylagan va bir vaqtda malika obrazi ustida ham ishlagan. Yakunda u bu fikrdan qaytgan va filmda ikkala obrazdan ham foydalanishga qaror qilgan. Dastlabki talqinlarda Lyukning familiyasi Starkiller bo‘lgan. Filmning datlabki eskizlarida gangster yuzi va oyoqlarida insoniy xususiyatlar bo‘lgan. Uning bo‘yi baland va kelishgan bo‘lgan. Filmning dastlabki talqinida Jabbani aktyor o‘ynagan, biroq vaqt va vositalarning yetishmasligi, shuningdek, obyektiv bilan bog‘liq muammolar sababli bu sahna montaj vaqtida kesib tashlangan. Ssenariy yozilishining dastlabki bosqichlarida Lukas Yoda uchun turli ismlarni sinab ko‘rgan, masalan, Baffi va Minch. Bu qahramon uchun prototip bo‘lib Dalay-lama xizmat qilgani uchun Lukas yakunda “Yoda” ismida to‘xtagan. Yodaning tim qora ko‘zlari Eynshteynga tegishli. Qo‘l va yuz izlari Fordga tegishli, biroq karbonatli haykalni hosil qilish uchun anonim donor o‘z tanasini qurbon qilgan. TIE fighter’ning ovoz effekti avtomobilning nam asfaltdagi tovushi va filmning tovushi aralashishi natijasida yuzaga kelgan. X shaklidagi harakatlanuvchi qanotlarda joylashgan zambaraklar noodatiy tezlikda harakatlanadi. Qiruvchi dizaynini yaratishda ilhom manbai sifatida vesternlardagi soniyaning ulushida qurolini chiqargan qahramonlar xizmat qilgan. Lukasning fikricha, Xan Soloning kemasi burgerga o‘xshashi kerak bo‘lgan. Uchburchakli qismlar old qismni orqa qismdan ajratish uchun qo‘shilgan. Dastlabki eskizlarda sitxlar lordi turli rangda yonuvchi qilich bilan tasvirlangan.
59
2,514
Madaniyat
“Zafarnoma”ning qadim qo`lyozmasi faksimiliesi
“O`zbekiston madaniy merosi-xalqlar va mamlakatlar o`rtasidagi muloqotga yo`l” Ikkinchi Xalqaro Kongressi ishtirokchilari Nevada ilk bor “Zafarnoma”ning qadim qo`lyozmasi faksimilie bilan tanishadilar. Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”si 1533 yili yaratilgan. 31 ta miniatyura nastaliq husnixatida bitilgan matnga mos keladi. Mazkur kitobni Amir Temurning to`liq tarjimai holi deyish mumkin. Noyob miniatyuralar sirasiga Temurning qaytishi va uning Samarqanddagi avlodlari bilan bog`liqlari kiradi. Manuskript Buyuk Britaniya kutubxonasida saqlanadi. Faksimilie “O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida” Xalqaro multimedia loyihasi doirasida yaratilgan.
46
666
Madaniyat
Aktrisa Shohida Ismoilova turmush o‘rtog‘i Mahmud Ismoilov og‘ir kasallikni boshidan o‘tkazgani haqida gapirib berdi (video)
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shohida Ismoilova turmush o‘rtog‘i Mahmud Ismoilov og‘ir kasallikni boshidan o‘tkazgani haqida so‘zlab berdi. Bu haqida aktrisa YouTube’dagi “YashinTV” kanaliga bergan intervyusida gapirib berdi. Mahmud aka bir nechta operatsiyalarni boshlaridan o‘tkazdilar. Lekin hech kim qarab turmadi. Ayniqsa, teatrimizning bugungi kundagi rahbari Yodgor akaga rahmat degan bo‘lardim. Chunki mablag‘ borasida ancha yordam berdilar, sharoit yaratib berdilar. Kimgadir kerak bo‘lib yashash — bu baxt bo‘lsa kerak. Ustoz san’atkorlarimizning ko‘pchiligi qo‘llab-quvvatlashdi. Ayniqsa, qiyin paytlarimiz kasalxonada necha oylab yotdik. Sabr qilsak, hamma narsa bo‘lar ekan. Baribir ishonch va umid insonning qaddini tik tutishiga yordam berar ekan. Noumid shayton deyishadi-ku. Mahmud akam teatrga endi rahbar bo‘lganlarida “Shohida o‘zgarib qoladi”, deyishardi. Har xil odam bor, hammaga birdek yoqavermaysan. Men avval qanday bo‘lgan bo‘lsam xuddi shunday yashaganmiz. Ro‘zg‘orimizda ham hammasi qanday bo‘lsa, shundayligicha qolgan. Uyimizda ish haqida gaplashmaganmiz. Men bu odamning shunday qiyin vaziyatda suyanchig‘i bo‘lganimdan xursand bo‘laman. Endi hozir yana ozgina doktorlik ishimiz, bir kichik operatsiyamiz bor. Hozirda Mahmud akam uyda o‘tirib qola olmaydilar, agar uyda kasalman, deb o‘tirib qolsa, hech qachon o‘rinlaridan turmaydilar, deb o‘ylayman. Hozir ham teatrga repetitsiyalarga borib turibdilar. Men har doim ularga kuch bag‘ishlab turaman, o‘zimning so‘zim bilan “siz kuchlisiz, inson kuchli bo‘lishi kerak”, deb aytaman. Oilada bir-birini tushungan insonlar baxtli bo‘ladi. Hayot faqat yaxshi kunlardan iborat emas. Uning hayotida o‘nqir-cho‘nqir kunlar bo‘ladi. Inson ana shunday kunlardan mardonavor o‘tishi ham mardlik hisoblanadi. Biz shuncha yil halol mehnat qilib shu oilamizni tebratganmiz, farzandlarga ham halol yedirganmiz. Halollikda gap ko‘p. Oilada berilayotgan rizq-nasiba halol bo‘lsagina, bolangizga yuqadi. Shuning uchun ham men shu inson bilan birga yashaganimga hech afsuslanmayman. Agar yana qayta hayot berilganida, “yana shu insonni ko‘rarmikanman”, deyman, “shu inson bilan yashagan bo‘lardim”, deyman. Afsuski bu sinoatli hayot insonga bir marta berilar ekan. Mehnat va yana mehnat. O‘zing yaxshi ko‘rgan kasbingda ishlashing ham bu baxt bo‘lsa kerak. Kasbimni, teatrimni, ustozlarimni yaxshi ko‘raman. Qanday qilib ularni yomon ko‘rib bo‘ladi? Orada mayda-chuyda narsalar bo‘lib o‘tadi, lekin bu narsalar yaxshilik tomonidan yuvilib ketadi, deb o‘ylayman. Mahmud aka bilan turmush qurganimizga 40 yil bo‘ldi. Ular kasal bo‘lganlarida Mahmud akani yo‘qotib qo‘yishdan qo‘rqdim. Gohida kasalxonalarda birga yotdik. Kasalxonada  pandemiya vaqtida joy yetmay qolgani uchun yerda yotgan odamlarni ham ko‘rdim. Namozlarimda xudodan faqat ularning sog‘ayib ketishlarini so‘radim. Ularsiz men nima qilaman, degan fikr qo‘rqitdi. Nega men umidsiz bo‘lishim kerak, umidli dunyo-ku bu dunyo, men tushkunlikka tushsam, Mahmud akani qanday oyoqqa qo‘yaman, deb o‘ylardim. Operatsiyalarga kirganlarida o‘tirib yig‘lab-yig‘lab olardim. Shunday kunlarimda, ayniqsa, qizlarim menga dalda berishdi. Uchta qizning orqasidan o‘g‘il topganman. Kuyovlarimni tarbiyalagan ota-onalariga ming rahmat deyman. Men bilan almashib shifoxonada navbatchi bo‘lib turishdi. Yelishdi, yugurishdi. Uch martalab Hindistonga borib kelishdi. Ularga katta rahmat aytaman. Shohida Ismloilova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist
124
3,470
Madaniyat
Xonanda Lola Ahmedova: San’atkor yaxshimi-yomonmi, muhokamaga mahkum. Birovning men haqimdagi salbiy fikridan ta’sirlanmayman
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, xonanda Lola Ahmedova mashhur kishilar har qanday holatda ham muhokamaga mahkum ekanini to‘g‘ri tushunishini ma’lum qildi. San’atkor bu haqda “Darakchi.uz”ga bergan intervyusida aytib o‘tdi. Xonandaning aytishicha, avvallari u boshqalarning fikri bilan ko‘p hisoblashgan, biroq vaqt o‘tishi bilan hayotga qarashlari o‘zgargan. U birovga yoqish uchun o‘ziga yoqmagan ishni qilishim kerak emas, deb hisoblaydi. Boshqalarning fikri bilan avvalari ko‘p hisoblashardim. Hozir hayotga bo‘lgan qarashlarim o‘zgargan. To‘g‘ri, elning nazarida bo‘lganim uchun odamlarning fikriga quloq tutishim kerak. Ammo kimgadir yoqish uchun o‘zimga yoqmagan ishni qilishga majburmasman. San’atkor bo‘lganimizdan keyin, yaxshimizmi-yomonmizmi, muhokamaga mahkummiz. Kimlarningdir men haqimdagi salbiy fikrlaridan ta’sirlanmayman. Vijdonim va yaqinlarim oldida yuzim yorug‘ligi muhimroq men uchun. Lola Ahmedova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Xonanda, shuningdek, so‘nggi vaqtlarda o‘zini eng ko‘p ta’sirlantirgan qo‘shiq haqida ham aytib, tengdosh va yosh qo‘shiqchilardan kimlarning ijodini sevib tinglashini ham aytib o‘tdi. Oxirgi marta Shuhrat Daryoning jonli ijrodagi konsertiga tushib yig‘ladim. Hozir aniq nomini eslolmayman, muhabbat haqidagi taronalaridan biridan juda ta’sirlandim. Juda chiroyli, so‘zi ham, kuyi ham yurakka yetib boradigan qo‘shiq edi. Botir Qodirov, Alisher Fayzning ijodi yoqadi. Sevara Nazarxonni tinglayman. Olis safarga otlanganimda, yo‘lda Gulsanam Mamazoitovaning og‘ir qo‘shiqlarini eshitaman. Hilola Hamidovaning “Muhabbat baxti” nomli qo‘shig‘ini juda yaxshi ko‘raman, mana shu qo‘shiq menda bo‘lganda edi, deya havas ham qilganman. Yoshlardan Ziyodaning ijodi yoqadi. Lola Ahmedova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Avvalroq Lola Ahmedova o‘z farzandlariga havas qilishi, ular baxtli hayot kechirayotganini aytib, o‘zining bolaligi baxtli bo‘lmaganini aytib o‘tgan edi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
125
2,115
Madaniyat
“Yosh kitobxon” tanlovida 720 ming yosh ishtirok etadi
“Yosh kitobxon” tanlovining joriy yilgi saralash bosqichi barcha tuman va shaharlarda 12–14-iyul kunlari 20–30, 15–19, 10–14 yosh kesimlarida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda. Tanlovning o‘tgan mavsumida 250 ming o‘g‘il-qiz ishtirok etib, ular orasidan saralangan yoshlar Prezident sovg‘asi — yengil avtomashinaga ega bo‘ldi. Bu yil ushbu tanlovda qatnashish uchun 720 ming yosh murojaat etgan. Tanlov 4 bosqichda tashkil etiladi.
54
442
Madaniyat
Xonanda Lola bolalarni emlash borasida o‘z fikrlarini bildirdi
Odatda ota-onalarda farzandini emlash borasida juda ko‘p fikrlar to‘qnashuvlari yuzaga keladi. Xonanda Lola YuNISEFning O‘zbekistondagi rahbari Sasha Graumann bilan farzandlarni immunizatsiyasi masalasida muhim masalalarni muhokama qildi. Lola bu haqda o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozib qoldirdi va o‘zining bolalarni emlashga doir fikrlari bilan o‘rtoqlashdi, deb yozadi “Darakchi.uz”. “Bu albatta ko‘pchilik ota-onalar o‘rtasida bahsli mavzu sanaladi va men nima yaxshi yoki yomonligini ta’kidlamoqchi emasman. Men shunchaki bu masalada o‘z qarashlarim bilan o‘rtoqlashishim mumkin. Men farzandlarim milliy emlash taqvimiga asosan to‘liq emlangan bo‘lishini ta’minlayman. Har yili immunizatsiya butun dunyoda 2—3 million bolalar hayotini asrab qoladi. Vaksinalar yordamida biz poliomiyelit kabi kasallikdan qutulganmiz. Suvchechak kasalligi yo‘q qilingan. Bizning ota-ona sifatida majburiyatimiz — farzandlarimizni himoya qilish. Shaxsan men vaksinatsiya har bir bolaga hayotining ilk kunlaridan sog‘lom hayot kechirish imkonini berishiga ishonaman. Vaksinalar ish beradi. P.S.: Farzandingizga qanday vaksina zarurligi yuzasidan shifokoringizga murojaat qiling”, — deb yozadi Lola. O‘zbekistonda sanitariya-epidemiologiya holatni barqaror saqlash va yuqumli kasalliklarga qarshi kurashning zamonaviy tizimi yaratilgan. Milliy emlash taqvimiga muvofiq 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘ndan ortiq kasallikka qarshi emlanmoqda. Milliy emlash taqvimiga kiritilgan immunoprofilaktika tadbirlariga ketadigan mablag‘lar davlat byudjeti hisobidan moliyalashtiriladi.
62
1,571
Madaniyat
Aktrisa Sevara Soliyeva va Ma’mur Sultonov oila qurdi
Kecha, 23-oktabr kuni “Bayon” guruhi xonandasi Ma’mur Sultonov hamda o‘zbek kinosining iqtidorli aktrisasi Sevara Soliyevaning baxt to‘yi bo‘lib o‘tdi. E’tiboringizga ushbu baxt to‘yidan kichik reportajni havola etamiz. Shu kuni bulutli, yomg‘irli havo bo‘lishiga qaramay, to‘y kechasi muhiti kelgan mehmonlar, shou-biznes olamining yorqin vakillari va albatta, to‘y sababchilarining yaqinlari chehrasidagi muloyim tabassum bilan iliqlashdi. Nikoh kechasi “O‘zbekiston” mehmonxonasining “Tantanalar zali”da o‘tkazildi. Kechani aktrisa Dilnoza Kubayeva hamda boshlovchi Oybek Rixsibekov olib bordi. Shuningdek, kechada ko‘plab san’atkorlarimiz o‘z qo‘shiqlari bilan ikki yoshni tabrikladi. Biz ham “Daryo” jamoasi nomidan Ma’mur va Sevaraga chin yurakdan baxt tilaymiz!
53
770
Madaniyat
Uitni Xyuston bosh rolni ijro etgan “Tansoqchi” filmi qayta suratga olinadi
Warner Bros. bir vaqtlar Uitni Xyuston va Kevin Kostner o‘ynagan “Tansoqchi” filmi qayta suratga olinishini rasman e’lon qildi, deb xabar bermoqda “Film.ru” nashri. Loyihaga ssenariy muallifi sifatida “Meros” (The Inheritance) spektaklini sahnalashtirgan teatr dahosi Metyu Lopez tasdiqlangan. Original nusxaning ssenariysini yozgan prodyuser Lorens Kasdan 1992-yildagi lentani qayta ko‘rib chiqish ustida hamkorlikda ishlaydigan bo‘ldi. Prodyuserlar orasida Deng Ling ham bor, u bu loyihani 10 yil avval boshlamoqchi bo‘lgandi, lekin jarayon amalga oshmagan. Bosh rollarni kimlar ijro etishi va qachon ekranlarga chiqishi hozircha ma’lum emas. Turli yillarda Kris Xemsvort, Tessa Tompson, Chenning Tatum va qo‘shiqchi Cardi B loyihaga qiziqish bildirishgan. Shuningdek, hali oldinda filmga rejissor topish vazifasi ham turibdi.
75
829
Madaniyat
O‘zbekiston xalq artisti Muqaddas Xoliqovaning ahvoli og‘irlashgani ma’lum qilindi
22-yanvar kuni yurak xurujini boshdan o‘tkazib, Toshkentdagi 1-sonli markaziy klinik shifoxonaga joylashtirilgan O‘zbekiston xalq artisti Muqaddas Xoliqovaning ahvoli og‘irlashgan. Bu haqda “Qalampir.uz” xabar berdi. Xabar berishlaricha, shifoxonaning jonlantirish bo‘limida davolanayotgan aktrisaning ahvoli haqida uning qizi Zebiniso ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali ma’lumot bergan. Onajonim 22-yanvar kuni ikkinchi bor infarkt bo‘lib, Toshkentdagi 1-sonli markaziy klinik shifoxonaga yotqizildi, ayni damda jonlantirish bo‘limida. Shifokorlar borki, biror dardga chalinsak, ulardan malham topamiz. Biroq hamma shifokorlar ham vazifasiga sidqidildan yondashmas ekan. Zebiniso, aktrisa Muqaddas Xoliqovaning qizi Zebiniso onasining salomatligi haqidagi savollarga javob berar ekan, shifoxonalarda hamon ishiga mas’uliyatsiz shifokor va hamshiralar borligini yozib o‘tdi. Shifoxonada davolanayotgan onajonimning ahvollari bugun og‘irlashdi. O‘zlari aytib berishlaricha, kecha tunda hamshiralar ularga osma ukol qo‘yib, chiqib ketgan. Oradan vaqt o‘tib, igna tomirlaridan chiqib ketib, qon oqa boshlagan. Buning oqibatida qon bosimlari tushib ketgan. Tungi soat 4:00 da xabar olishga kirgan hamshiralar yerga oqib yotgan qonni ko‘rgan va uni artib olgan. Bularni menga onam aytib berdi. Lekin hamshiralar va shifoxonadagilar bu holatni butkul rad etyapti. Zebiniso, aktrisa Muqaddas Xoliqovaning qizi Muqaddas Xoliqovaning qizi o‘z xabari so‘ngida ma’lum qilishicha, ayni damda aktrisani boshqa shifoxonaga olib o‘tishga harakat qilinmoqda. U vaziyatdan boxabar bo‘lib, telefon orqali xabar olib turganlarga minnatdorchilik bildirgan. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
82
1,814
Madaniyat
“Osmondagi bolalar”dagi Xurshid nima sababdan kinolarda boshqa suratga tushmaganiga oydinlik kiritdi (video)
Rejissor Zulfiqor Musoqovning “Osmondagi bolalar” filmidagi Xurshid roli bilan mashhurlikka erishgan aktyor Davron G‘ulomov “Daryo” internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi. Davron G‘ulomov suhbat davomida nima uchun “Osmondagi bolalar” filmidan so‘ng boshqa filmlarda rol ijro qilmagani haqida gapirib berdi. Filmlardan taklif bo‘lgan, ammo o‘zim rad qilganman. Bu sohaga qattiq qiziqmaganman. ‘Osmondagi bolalar’ filmidan so‘ng ‘Taqdir’ deb nomlangan filmga taklif bo‘lgan. Hozir aktyorning darajasi ko‘tarilgan. Avval unday emas edi. Debyutant aktyorlarga munosabat esa butunlay boshqacha edi. Debyutant aktyorlarga ‘bor ishla, o‘sha ishni qilishing shart, qilmasang bo‘lmaydi’, degan talablar qo‘yilar edi. Zulfiqor Musoqov esa unaqa inson emas edi. Ular biz uchun ham aka, ham ota va o‘rtoq edi. Biz bilan xohlagan mavzuda gaplashar edilar. O‘sha vaqtda kino ham u qadar rivojlangan soha emas edi. Menga jurnalistlar tomonidan ‘kinoda suratga tushish uchun qancha pul bergansiz’, degan mazmundagi savollar juda ko‘p bo‘lgan. Bu savollarga hozir ham javob berishim mumkin, insonni o‘zida qobilyat yaxshi bo‘lsa unga pul berib filmga chiqish shart emas. Keyingi takliflardagi munosabat yaxshi bo‘lmagani uchun filmlarda rol ijro qilmaganman. Davron G‘ulomov, tadbirkor, ‘Osmondagi bolalar’ filmidagi Xurshid roli ijrochisi Ma’lumot uchun, “Osmondagi bolalar” filmi rejissor Zulfiqor Musoqov tomonidan 2002-yilda, “Osmondagi bolalar 2” filmi esa 2003-yilda suratga olingan.
108
1,534
Madaniyat
Instagram: Lola Toshkentda konsert berdi, Asal Shodiyeva eski mish-mishlarga izoh berdi, Gulchehra Eshonqulova qaynonasi bilan munosabatlari haqida
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. Shahzoda Matchonovaga 101 ta atirguldan iborat guldasta sovg‘a qilishdi. Xonanda Lola Toshkentda kichik konsert dasturini taqdim etdi. Feruza Normatova ro‘mol o‘raganidan so‘ng qalbi xotirjam ekanligi haqida post yozdi. O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova “Mirziyoyev” yozuvi tushirilgan xudida ko‘rinish berdi. Bobur Yo‘ldoshev Rossiyada ijodiy safarda bo‘lib turibdi. Aziza Yoqubova Instagram va Facebook ishlamay qolganida oila a’zolari bilan tanishib olganlar haqida hajviya tayyorladi. Shahzoda Muhammedova qizi Milana bir yarim yoshgacha bir necha marta sayohatga chiqqani, u bundan xursand bo‘lishini yozib qoldirdi. Munisa Rizayeva va Moon Band ijrosidagi “Qaytmaydi kech” deb nomlangan qo‘shiqqa ishlangan klip tizeri e’lon qilindi. Shahzoda haqiqiy erkaklarning onasi ekanligidan baxtni his etishini ma’lum qildi. Ra’no Shodiyeva onasini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi. Asal Shodiyeva to‘yidan so‘ng bir necha yil farzand ko‘rmagani haqida bilib-bilmay turli mish-mishlarni keltirib chiqargan internet foydalanuvchilariga murojaat qildi. “Yuragimni to‘ldirgan baxtim ila oilamiz yana bir insonga ko‘payishi haqidagi yangilikni sizlar bilan baham ko‘rmoqchiman. Omma uchun qalbimdagi hislarimni so‘z bilan ifodalash har doim qiyin bo‘lgan. So‘nggi bir necha yil mobaynida mentalitetimizning asossiz ma’lumotlarni to‘plashga moyilligidan xafa bo‘lardim, uydirmalardan kulgim kelardi. Afsuski, ehtimol asr shunaqadir, agar biron ma’lumotni ochiqdan-ochiq rad etmasang, uni haqiqat deb qabul qilishadi. Turmush o‘rtog‘im bilan oilamizning falsafasi ota-onalar farzandning tug‘ilishiga ongli ravishda yondoshish ekanligi haqida nima sababdan kimgadir hisobot berishim kerak, deb o‘ylardim. Afsuski, to‘ydan bir necha oy o‘tib, farzandli bo‘lmasang, qandaydir muammolar bor, deb qabul qilishadi. Ayrim ekspertlarning baxtiga qarshi, aytmoqchimanki, men farzandimni hech qanday tibbiy aralashuvsiz, o‘zim dunyoga keltirdim. Ayollarni bir-birini tushunish va qo‘llab-quvvatlashga chorlagan bo‘lardim”, — deb yozadi Asal Shodiyeva. Bo‘lajak rafiqasiga 300 ming dollarlik Bentley sovg‘a qilgan toshkentlik tadbirkorning to‘yiga taklifnoma ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Uning ko‘rinishi odatiy taklifnomalardan butkul farq qiladi. Marhum MMA jangchisi Murod Xonto‘rayevning rafiqasi Dilnoza Xonto‘rayeva turmush o‘rtog‘i uzoq yashay olmasligini ko‘ngli sezganligi haqida so‘zlab berdi. Gulchehra Eshonqulova qaynonasi bilan munosabatlari haqida so‘zlab berdi.
147
2,634
Madaniyat
“Sumerki” yulduzi Robert Pattinson Warner Bros. kinokompaniyasida prodyuser sifatida ish boshlaydi
35 yoshli britaniyalik aktyor Robert Pattinson Gollivudning keng prokat uchun film va seriallar ishlab chiqaruvchi Warner Bros. kinokompaniyasi bilan katta kelishuvga erishdi, deb xabar qilmoqda Hello nashri. Ma’lum qilinishicha, “Sumerki”, “Meni esla” va “Fillar uchun suv!” filmlari yulduzi Pattinson eksklyuziv huquqqa yoki “birinchi tanlov huquqi”ga ega bo’ladi, ya’ni u kompaniya rahbariyatiga g‘oyalarini shaxsan o‘zi taklif qila oladi. Shuningdek, u katta budjetga ega bo‘lmagan yangi iste’dodlar va qiziqarli loyihalarni izlaydi. Shu bilan birga, Pattinson aktyor sifatida boshqa kinokompaniyalarning loyihalarida ishtirok etishi mumkin — uning filmlardagi ishining ushbu qismi shartnoma bilan tartibga solinmagan yoki cheklanmagan. Ushbu shartnoma Pattinsonning birinchi yirik prodyuserlik shartnomasi hisoblanadi. U ilgari prodyuser sifatida ishlagan, ammo doimiy ravishda faoliyat olib bormagan: 2010-yilda bosh rolni o‘zi o‘ynagan “Meni esla” filmini suratga olgan. Aktyor Deadline nashriga bergan intervyusida bu uning hayotidagi yangi bosqich ekanini ta’kidlagan. “Warner Bros. Pictures va HBO doim yangi filmlar yaratish bo‘yicha peshqadam bo‘lib kelgan. Men ular bilan hamkorlikda yangi ovozlarni kashf etish va ularning hayotiy qarashlarini amalga oshirishda yordam berishdan mamnunman. O‘tgan yillar davomida mazkur studiya bilan ishlaganimdan xursandman. Ularning fidoyiligi, tavakkal qilishga tayyorligi va ijodkorligi uchun juda hurmat qilaman”, — degan aktyor. Avvalroq Gollivud aktyorlari Robert Pattinson, Yuen MakGregor va Lili Kollinz yangi xayriya tashabbusi yaratilishini e’lon qilgani xaqida xabar qilingandi.
98
1,640
Madaniyat
San Jay’ning Shavkat Mirziyoyevga murojaati, Ruslan Sharipovni xotirlayotgan san’atkorlar. Instagram yangiliklari
29-iyul kuni jahon va O‘zbekiston san’ati yulduzlarining Instagram’dagi sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. Aktyor Adiz Rajabov barcha muxlislariga xotirjamlik, sihat-salomatlik tiladi. View this post on Instagram Aktrisa Feruza Normatova sahifasiga yangi suratini joyladi. View this post on Instagram Checheniston xalq artisti San Jay O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘llab, karantin cheklovlarni bekor qilishni so‘radi. “Odamlarga pul bermayapsizlar, hech bo‘lmasa, ularga o‘z kunini ko‘rishga imkon beringlar. Besh kun ko‘chada yurib, ikki kun uyda o‘tirganimizdan nima foyda?”, — deydi San Jay. View this post on Instagram 28-iyul kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ruslan Sharipov 54 yoshida olamdan o‘tdi. O‘zbekistonlik xonandalar taniqli bastakor va xonandani xotirlamoqda. Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov marhumning yaqinlariga hamdardlik bildirdi. View this post on Instagram Aktyor Javohir Zokirov ham Ruslan Sharipovni xotirlab, ta’sirli so‘zlarni yozib qoldirdi. View this post on Instagram “Setora” guruhi xonandasi Feruza Latipova esa Ruslan Sharipov guruhning ko‘plab xit qo‘shiqlari muallifi ekanligini aytdi. View this post on Instagram “Setora” guruhi xonandasi Laylo ham barcha mehnatlari uchun Ruslan Sharipovga minnatdorchilik bildirdi. View this post on Instagram Dilso‘z ham marhumning yaqinlariga sabr tiladi. View this post on Instagram Yulduz Usmonovaning sahifasiga ham uning Ruslan Sharipov bilan tushgan surati joylashtirildi. View this post on Instagram Rayhon ham marhumni xotirlayotgan hamkasblariga qo‘shildi. View this post on Instagram
113
1,810
Madaniyat
“Diydor shirin” ko‘rsatuvi boshlovchisi Nasiba Maqsudova insultni boshdan kechirdi
O‘zbekiston televideniyesi rivojiga katta hissa qo‘shgan ijodkor, taniqli suxandon, “MY5” telekanalidagi “Diydor shirin” ko‘rsatuvi muallifi va boshlovchisi Nasiba Maqsudova insultni boshdan kechirdi. Bu haqda “Qalampir.uz” nashriga tayanib, “Darakchi.uz” xabar bermoqda. Ma’lum qilinishicha, Nasiba Maqsudova Yangi yil bayrami oldidan suratga olish ishlaridan qattiq toliqqan, so‘ng shifoxonaga tushgan. Ayni damda diktorning salomatligi joyida. U Toshkentdagi shifoxonalardan birida davolanmoqda. Ma’lumot uchun, Nasiba Maqsudova 1948-yilda tavallud topgan. Uzoq yillar O‘zbekiston milliy tederadiokompaniyasida faoliyat yuritgan. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
82
806
Madaniyat
Farg‘ona shahrida Yevropa kinosi festivali o‘tkaziladi (video)
12—14-oktabr kunlari Yevropa kinosi festivali Islom Karimov nomidagi Farg‘ona shahar Madaniyat va san’at saroyida bo‘lib o‘tadi. Festival Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan “O‘zbekkino” Milliy agentligi bilan birgalikda Farg‘ona viloyati hokimligi tomonidan tashkil etilgan. Bu haqda Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi vakolatxonasi Facebook sahifasi orqali xabar bermoqda. Festivalda Belgiya, Latviya, Sloveniya, Shveysariya, Finlyandiya, Chexiya va Vengriyadan yettita mashhur filmlar namoyish etiladi. Festivalning ochilish marosimi Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi janob Eduards Stiprays ishtirokida 12-oktabr kuni soat 17.00 da saroyning sahnasida o‘tkaziladi. Festivalni Vengriya rejissori Ibolia Fekete tomonidan suratga olingan “Onam va boshqa aqldan ozgan qarindoshlar” filmi ochib beradi. Barcha seanslarga kirish bepul.
62
871
Madaniyat
Mashhur “Taksi” filmi yulduzlarining turmush o‘rtoqlari qanday ko‘rinishda? (foto)
Fransuz kino ijodkorlari tomonidan suratga olingan “Taksi” filmi ko‘plab mamlakatlarda mashhurlikka erishgan. Xo‘sh, kino yulduzlarining qalbini kimlar zabt etganini bilishni xohlaysizmi? Sami Naseri Taksi haydovchisi Daniel butun dunyo bo‘ylab muxlislar orttirdi. Aktyor mashhurlikka erishganida yosh bo‘lishiga qaramay, shaxsiy munosabatlarga vaqt ajratmagan. 1995-yildagi qilmishi uchun qamalib chiqqan va Nitssa shahriga ko‘chib o‘tgan. U dastlab Salli ismli qiz bilan yaqin munosabatda bo‘lgan va tez orada ularning Julian ismli o‘g‘li dunyoga keldi. Juftlik ko‘p o‘tmay ayrilishga qaror qilgan bo‘lsa-da, o‘g‘li uchun do‘stona munosabatni saqlab qolgan. Aktyor oradan 10 yil o‘tib yana o‘z baxtini topdi. U endi aktrisa Mari Giyarni tanlagan edi. Ularning turmushini butunlay mukammal deb atab bo‘lmasa-da, juftlik hamon birga.  Marion Kotiyyar Yosh aktrisa dastlab qizi, keyinchalik bosh qahramon rafiqasi rolini ijro etgan. Aktrisaning shaxsiy hayotida hammasi ko‘ngildagidek. U ko‘p yillardan buyon aktyor Giyom Kane bilan bir oila bo‘lib yashab kelmoqda. 2011-yilda juftlikning qizi dunyoga kelgan. Shuningdek, uni Bred Pitt bilan yaqin munosabatda ekanligi haqida ham mish-mishlar tarqalgan. Hattoki aktyorning Anjelina Joli bilan ajrashishiga Marionni ham sabab qilib ko‘rsatishgan. Ammo aktrisa 2017-yilda ikkinchi farzandini kutayotganini oshkor qilgan va tez orada qizini dunyoga keltirgan. Frederik Difental  Aktyorning Emilyen roli uchun ko‘pchilik uning muxlisiga aylandi. Uning qahramoni hamisha kulgili vaziyatlarda paydo bo‘lar edi. Aktyorning o‘zi esa ikki marotaba turmushidan ajragan. Uning birinchi tanlovi aktrisa Kler Keym edi. Uch yillik oilaviy hayotdan so‘ng juftlik ajrashdi. Oradan ikki yil o‘tib u taqdirini Gvendolin Amon bilan bog‘ladi. 2016-yilga kelib aktyor yana yolg‘iz qolgan. 2018-yildan beri esa u maftunkor model bilan Jyul ismli qizini tarbiyalab kelmoqda. Emma Syoberg Aktrisa filmda Petra qahramonini gavdalantirgan. U garchi kartinada Frederikning rafiqasi rolini ijro etgan bo‘lsa-da, haqiqiy hayotda ularni faqat do‘stlik bog‘laydi. Aktrisa shved kino tanqidchisi Gans Viklund bilan oila qurgan. Juftlikning Tayra ismli qizi va Elis ismli o‘g‘li bor. 2016-yilda ularning ajrashganligi haqida mish-mishlar paydo bo‘lgan, ammo hamon ular birgalikda hayot kechirmoqda. Eduard Montut Aktyor filmda Alen ismli politsiya inspektori rolini o‘ynagan. Aktyorning Lubna ismli modeldan Nail ismli o‘g‘il ko‘rgani ma’lum. Endilikda esa u ishbilarmon Debora bilan birgalikda yashaydi.
82
2,526
Madaniyat
Dima Bilan “Golos” loyihasida Sardor Milanoni qoldirishni istamadi
Rossiya “Birinchi kanal”ining “Golos” loyihasi yorqin ishtirokchilaridan biri Sardor Milano “battl”da g‘olib bo‘la olmadi, deb yozadi “Rossiyskiy dialog” nashri. Sardorning ustozi Dima Bilan loyihada uning raqibi Oksana Kazakovani qoldirishga qaror qildi. 4-noyabr, juma kuni bo‘lib o‘tgan “battl”da ishtirokchilar kompozitsiyani ajoyib tarzda ijro etdi. Hatto, Leonid Agutin va Dima Bilan raqsga ham tushib ketdi. Qo‘shiq yakunida barcha ustozlar o‘rnidan turib, ularni olqishladi. Ammo, loyiha qoidalariga ko‘ra, ishtirokchilardan faqat bittasi qolishi mumkin. Dima aynan Sardor shoudan chiqib ketishi kerak, deb topdi. Ammo Milano baribir loyihadan ketmadi: uni darhol Polina Gagarina o‘z jamoasiga oldi. Avvalroq o‘zbekistonlik yosh xonanda, Rossiyaning “Glavnaya ssena” musiqiy loyihasi g‘olibi Sardor Milano “Golos” shousidagi chiqishida o‘zini “Moskvadan” deb tanishtirgani o‘zbekistonlik ayrim blogerlarning noroziligiga sabab bo‘lgan edi.
66
948
Madaniyat
Gollivud yulduzi Xyu Jekman otasi vafot etganini ma’lum qildi
Gollivud yulduzi Xyu Jekman otasi Kristofer Jon Jekman 85 yoshida olamdan o‘tganini ma’lum qildi, deb yozadi “Film.ru”. “Erta tongda Avstraliyada otam bu dunyoni tark etdi. Chuqur qayg‘uga qaramay, men minnatdorchilik va muhabbat hissiga to‘lganman. Otam, bir so‘z bilan aytganda ajoyib inson edi. U butun umrini oilasi, ishi va e’tiqodiga bag‘ishladi. Uning tangri bilan uchrashuvga tayyor bo‘lishiga duo qilaman”, — deb yozadi Xyu ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga. View this post on Instagram Kristofer Jon Jekman 1936-yilda tug‘ilgan. 1967-yilda u Greys MakNilga uylangan va Avstraliyadan Buyuk Britaniyaga ko‘chib kelgan. Jon buxgalter bo‘lib ishlagan va rafiqasi bilan besh nafar farzandini tarbiya qilgan. Xyuning ota-onasi 1976-yilda ajrashib ketgan. Xyuning so‘zlariga ko‘ra, uni ta’lim olishga aynan otasi qiziqtirgan. Avvalroq Xyu Jekman teri saratoniga tekshiruvdan o‘tganini so‘zlab bergandi.  “Qasoskorlar” yulduzi kichik Robert Daunining otasi vafot etdi
61
986
Madaniyat
Bri Larson eng yaxshi aktrisa nominatsiyasida “Oskar” mukofotini oldi
Bri Larson “Xona” filmidagi ijrosi uchun 2015-yilning eng yaxshi aktrisasi deb topilib, “Oskar” mukofoti bilan taqdirlandi, deb xabar berdi “TASS”. Uning nominatsiya bo‘yicha raqibalari Keyt Blanshett (“Kerol”), Jennifer Lourens (“Joy”), Sirsha Ronan (“Bruklin”) va Sharlotta Rempling (“45 yil”) bo‘ldi. 26 yoshli aktrisa muqaddam ushbu roli uchun “Oltin globus” va BAFTA mukofotlariga ham sazovor bo‘lgan edi.
69
411
Madaniyat
ENRIKE IGLESIAS SABAB OBID ASOMOV KONSERTINING BIR KUNI 2018 YILGA KO`ChIRILDI
Enrike Iglesiasning 28 dekabrda «Istiqlol» san`at saroyida konsert berishi munosabati bilan Obid Asomovning uch kunlik «Sizlarni sog`indim» nomli konsertining bir kuni 2018 yilga ko`chirildi. Bu haqda konsert tashkilotchisi «San`at bravo» MChJ rahbari Javlon Jo`raev jurnalist Feruz Muhammadga ma`lum qildi. 28 dekabr kuni Enrike Iglesias «Istiqlol» san`at saroyida konsert berishi sababli Obid Asomovning 28 dekabrdagi konsert dasturi 2018 yil 2 yanvar kuni, soat 19:00 ga ko`chirildi. 28 dekabr kuniga bilet sotib olgan muxlislar 2 yanvar kuni bemalol konsertda mehmon bo`lishlari mumkin. Agar 2 yanvar kuni boshqa rejada yurgan bo`lishsa, kelib biletlarini 29 yoki 30 dekabr kunlari bo`lib o`tadigan dasturga almashtirib yoki umuman biletning pulini olib ketishlari ham mumkin.
78
781
Madaniyat
Filmdagi obrazi uchun qiyofasini tanib bo‘lmaydigan darajada o‘zgartirgan aktyor va aktrisalar (foto)
Liboslar, grim va kompyuter grafikasi ba’zida shunday mo‘jizalar yaratadiki, hatto eng mashhur aktyorlarni ham tanimay qolamiz. Filmni bir necha marta ko‘rgandan keyingina bosh rolni Kianu Rivz, Vensan Kassel yoki Stenli Tuchchi o‘ynaganligini bilish mumkin. AdMe nashri sevimli aktyorlarni tanish deyarli imkonsiz bo‘lgan rollari bilan tanishtiradi. Kianu Rivz — ko‘ppak bola (“Majruhlar”) Gollivudning eng kelishgan aktyori birinchi marta bunday rol ijro etishi emas, lekin bu obraz eng g‘ayrioddiylardan biri. Rivz filmda aqldan ozgan olim qo‘lidagi yirtqich hayvonlardan birini o‘ynaydi. Garchi uning ismi film titrida keltirilmagan bo‘lsa ham, bu rol uchun Kianu 1 million dollar gonorar olgan. Rayan Reynolds — Dedpul (“X odamlar: Ibtido. Rosomaxa”) Rayan Reynolds har doim Dedpul rolini orzu qilgan, bu obraz uchun keyinchalik alohida film ham ishlanadi. Shu sababli ham aktyor “X odamlar” ssenariysi e’lon qilingach, darhol ushbu rolni unga berishlarini iltimos qilib, kinoijodkorlarga murojaat qilgan. Gay Pirs — tadbirkor chol (“Prometey”) Dastlab rejissor bu rolga o‘sha paytda 83 yoshda bo‘lgan Maks Von Sidovni taklif qilmoqchi bo‘lgan. Ammo filmda qahramonning yoshligi ko‘rsatiladigan sahna ham bo‘lgan. Shu sababli rolga Gay Pirs chaqiriladi, garchi keyinchalik o‘sha epizod ssenariydan olib tashlangan bo‘lsa ham. Billi Kristal — sehrgar (“Malika kelin”) Bu obrazni yaratishda vizajistlarga yordam berish uchun Billi buvisining fotosuratlarini olib keladi. Rol shu qadar kulgili bo‘lganki, film rejissori Billi Kristal har safar rolini o‘ynaganda suratga olish maydonidan qah-qah otib chiqib ketgan. Devid Tyulis — Ares (“Mo‘jiza ayol”) Film rejissori Patti Jenkinsning so‘zlariga ko‘ra, u kartinaning kulminatsion nuqtasini bunday tasavvur qilmagan. Garri Potter filmlaridagi professor Lyupin roli bilan esda qolgan Devid Tyulis qo‘rqinchli zirh kiymasligi kerak edi. Biroq Warner Bros. rahbariyati sahna xuddi shunday bo‘lishini talab qilgan. Rouz MakGouen — mushuk kostyumli ofitsiant (“Maymun suyagi”) Bu film aktrisa karyerasidagi eng omadli film emas, uni ko‘pchilik “Maftunkorlar” filmidagi Peyj roli bilan eslaydi. Tanqidchilar ushbu komediya haqida juda ko‘p salbiy fikrlar bildirishgan. Shunga qaramay, Rouz ijobiy his-tuyg‘ularni uyg‘otishga muvaffaq bo‘lgan, uning qahramoni tomoshabinlarga vizual zavq bag‘ishlagan. Stenli Tuchchi — saroy bastakori (“Sohibjamol va maxluq”, 2017) Inson qiyofasidagi Stenli Tuchchini faqat filmning boshida va oxirida ko‘rish mumkin. Filmning ko‘p qismida u klavesin (fortepianoga o‘xshash qadimiy cholg‘u asbobi) rolida bo‘lgan. Aytgancha, mashhur sujetning avvalgi film versiyalarida bu qahramon ko‘rinmagan. Vensan Kassel — Maxluq (“Sohibjamol va maxluq”, 2014) Bu filmda ham barcha filmlaridagi kabi rejissor Kristof Gan ham vizual dizaynga katta e’tibor bergan. Shuning uchun maxluq niqobini yaratish ishlariga jiddiy yondashilgan. Dastlab niqob qo‘lda yasalgan va keyin raqamli texnologiyalar yordamida Kasselning yuziga qoplangan. Xaver Bardem — kiberjinoyatchi (“007: Skyfall koordinatalari”) Kasting boshida Xaver Bardem rejissor Sem Mendesga qahramonining ko‘rinishini, ayniqsa, soch va ko‘zlarining rangini o‘zgartirmoqchi ekanligini aytadi. Suratga olish jarayonining birinchi kunida Bardemni hech kim tanimagan. Aktyorning sariq sochlari – parik, shuningdek, soxta jag‘dan ham foydalanilgan. Teylor Svift — mushuk (“Mushuklar”) Filmdagi mashhur xonandaning roli unchalik katta bo‘lmasa-da, ammo esda qolarli bo‘lgan. Albatta, u filmda qo‘shiq kuylagan. Film unchalik muvaffaqiyatli chiqmagan, ammo Teylor Svift “bu g‘alati film”da suratga tushganidan afsuslanmasligini ta’kidlaydi. Maykl Shin — klub egasi (“Tron: Meros”) Maykl Shin – “Tron” asl nusxasining ashaddiy muxlisi bo‘lgan. Shuning uchun uni filmda o‘ynashga taklif qilishganda u ikkilanmasdan taklifni qabul qilgan. Aktyor ilhom olgan qahramonlardan biri — Devid Bouining 5- va 6-albomlarining qahramoni, insonparvar marslik Ziggi Stardust bo‘lgan.
101
3,995
Madaniyat
Robert de Niro ham Rossiya pasportiga ega bo‘lmoqchi
Moskvadagi restoranining tantanali ochilishiga kelgan amerikalik aktyor Robert de Niro jurnalistlarning Jerar Depardye va bokschi Roy Jons izidan borib, Rossiya fuqaroligini qabul qilish haqidagi savollariga javob berdi, deb yozadi “Korrespondent.net”. “Balki, Rossiya fuqaroligiga ega bo‘lishni istardim. Tushunasizki, bu murakkab vaziyat, shuning uchun ko‘ramiz hali, oldindan bir narsa deyish qiyin”, — dedi de Niro. Ta’kidlanishicha, tadbirda u ko‘p hazil-huzul qildi, biroq savollarga qisqa javoblar berdi. Eslatib o‘tamiz, Gollivud yulduzi Robert De Niro 9-noyabr kuni Rossiyaga keldi. U Moskvadagi “Krokus Siti Moll” savdo markazida ochilgan Nobu yapon restorani egalaridan biridir.
52
690
Madaniyat
Yulduzning so‘nishi: Gollivud studiyalari nima uchun Jonni Depp bilan ishlashdan bosh tortmoqda?
Gollivudning eng talabgir aktyorlaridan biri bo‘lgan Jonni Depp hayotidagi so‘nggi o‘zgarishlar, sobiq turmush o‘rtog‘i, aktrisa Ember Xerd bilan shov-shuvlarga sabab bo‘lgan ajrashishi bilan bog‘liq sud jarayonlari sabab yirik kinostudiyalar aktyor bilan hamkorlik qilishni istamayapti. Shunga qaramasdan, ijodkor millionlab muxlislar uchun hali-hamon sevimli hisoblanadi. Meduza Amerikaning The Hollywood Reporter (THR) nashri tomonidan aktyor haqida taqdim qilingan katta maqoladagi eng qiziq ma’lumotlarni taqdim qiladi. Shaxsiy hayotning karyeraga ta’siri 1985—2018-yillarda ishtirokidagi filmlar prokatda 10,2 milliard dollar to‘plagan aktyor karyerasining so‘nggi yillarini avvalgidek muvaffaqiyatli deb bo‘lmaydi. Bunga shaxsiy hayotidagi muammolar sabab bo‘lgan. Hammasi 2016-yilda, sobiq rafiqasi bilan ajrashish jarayonida, Ember uni kuch ishlatishda ayblaganidan boshlagan. Shundan keyin Depp ham qarab turmagan va Emberga, shuningdek, The Sun nashri va menejerlariga qarshi davo ochgan. Sudlashish jarayonlarida aktyorning shaxsiy hayotidagi boshqa ikir-chikirlar: narkotik va zo‘ravonlik bilan bog‘liq ma’lumotlar ma’lum bo‘la boshlagan. Jonnining ijod borasidagi omadi ketishiga uning o‘zini tutishigina emas, agressiv yuridik taktikani tanlagani sabab bo‘lgan. U yuristi Adam Uoldman bilan 2016-yilda Saudiya shahzodasi Abdul-Aziz ibn Salmon bilan tanishganidan keyin bir necha yillik agenti bilan shartnomani bekor qilgan, menejeri va advokatini sudga bergan. Ochilgan da’vo Depp hisobiga hal bo‘lganiga qaramay, sudlashish jarayonida uning moliyaviy ahvoli haqidagi batafsil ma’lumotlar ommaga ma’lum bo‘lgan. Aktyor The Washington Post gazetasidagi zo‘ravonlik haqidagi maqola sabab sobiq rafiqasiga ham da’vo ochgan (sud jarayonlari 2021-yilda bo‘lib o‘tadi). Rafiqasining “tagiga suv quyish”ga uringan Depp Shundan keyin aktyor Xerdni “Akvamen”dan haydalishini istagan va maqsadiga erishish uchun Warner Bros studiyasi bilan aloqador bo‘lgan singlisi Kristi Dembrovskini ishga solgan. Uning ushbu mazmundagi yozishmasi The Sun bilan sud jarayonida e’lon qilingan. Sudda taqdim qilingan boshqa bir yozishmada Depp sobiq rafiqasini qog‘ozga o‘rab aytganda “50 chaqalik striptizchi” deb atagan. Studiyalar tomonidan rad etilishi “Karib dengizi qaroqchilari: o‘liklar ertak aytmaydi” filmining suratga olish jarayonida 8 dona tabletka qabul qilgan aktyor barmog‘ini kesib olgan va Avstraliyadan Los-Anjelesga qaytib ketishiga to‘g‘ri kelgan. Buning oqibatida suratga olish jarayoni 2 haftaga to‘xtatilgan va har bir behuda sarflangan kun Disney’ga 350 ming dollarga tushgan. Suratga olish maydonchasida aktyor bilan bog‘liq muammolar ham kuzatilgan. U prodyuser assistentiga ssenariyni aytib turganiga e’tiroz bildirgan. Shuningdek, boshqa ishchi xodimlardan 24 soat davomida o‘zi, bolalari va uyini qo‘riqlab turishni talab qilgan. Ko‘pchilik u bilan ishlashdan bosh tortgan vaqtda “Karib dengizi qaroqchilari” prodyuseri Jerri Brukmayxer aktyorni qo‘llab-quvvatlagan. U Disney kompaniyasidagilarni Deppni “Karib dengizi qaroqchilari” franshizasining spin-offiga olishga ko‘ndirishga uringan. Ammo kompaniya bundan bosh tortgan. Deppga “Jodu saltanati”ning 3-qismidagi kichik ishtiroki uchun 16 million dollar to‘langan. Aktyor The Sun bilan sudda yutqazganidan keyin ushbu filmdan haydalgan. Ammo u bilan tuzilgan shartnomada hech qanday axloq bilan bog‘liq band bo‘lmagani sabab Warner Bros studiyasi Deppga umumiy suratga olish ishlari uchun berilishi kerak bo‘lgan gonorarni to‘liq to‘lashga majbur bo‘lgan. U oxirgi marta suratga tushgan fotosuratchi haqidagi “Buyuk” filmidagi ishtiroki uchun esa 3 million dollar olgan. Aslida bundan ikki karra ko‘proq to‘lanishi kerak bo‘lgan mablag‘ning kamaytirilishiga 2018-yilda ekran yuzini ko‘rgan “Yolg‘onlar shahri” filmining suratga olish jamoasi a’zosining Deppni qo‘l ko‘tarishda ayblab sudga bergani sabab bo‘lgan. Bu kabi voqealar esa yirik kompaniyalarning yulduz bilan ishlashdan bosh tortishiga sabab bo‘lgan. Shunga qaramasdan aktyorning moliyaviy ahvoliga u qadar zarar yetmagan. U Bagama orollaridagi uch oroldan tortib boshqa katta mulklarga egalik qiladi. Da’volardan birining ko‘rib chiqish jarayonida Jonnining 14 ta ko‘chmas mulk obyekti xarid qilgani, do‘sti, jurnalist Xanter Tompsonning xokini maxsus zambarakdan havoga sochish uchun 5 million dollar sarflagani ma’lum bo‘lgan. Shunga qaramay, muxlislari hali ham unga sodiq. Gollivudning antikrizis piar bo‘yicha mutaxassisi Erik Shifferning ta’kidlashicha, Jonnining muxlislari serg‘ayratligi va sadoqati bilan Trampning muxlislariga o‘xshaydi. Time’s Up Legal Defense fondi asoschisi Robert Kaplan esa aktyorning ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan hujumga uchrashiga hammadan ham ko‘p Xerdga nisbatan da’vo ochgani sabab bo‘lgan deb hisoblaydi. Amerikaning Marketing Evaluations agentligi tomonidan tuzilgan mashhur shaxslar reytingida 2012-yilda ikkinchi bo‘lgan aktyor 2020-yilda 20-o‘ringa loyiq deb topilgan.
96
4,968
Madaniyat
Amerikalik xonanda o‘zbek tilida Sardor Rahimxonning qo‘shig‘ini kuyladi (video)
2017-yilgi “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalida ishtirok etgan amerikalik Jina Chaves Registon maydonida o‘zbekistonlik xonanda Sardor Rahimxonning “Pari, pari” qo‘shig‘ini kuyladi. O‘zAning yozishicha, Chaves boshchiligidagi jamoa o‘zbek tilida ijro etgan qo‘shiqni tomoshabinlar olqishlar bilan kutib olgan. “Sharq taronalari” festivalida qatnashish biz uchun katta sharaf. Registon maydonida jamoamiz bilan o‘zbek tilida ham kuylashga qaror qildik va buning uchun ikkita qo‘shiq tayyorladik. “Sharq taronalari”dagi ishtirok bizning ijodimizda tub burilish yasamoqda. Jina Chaves, amerikalik xonanda Amerikaliklar “Sharq taronalari”da o‘zbek tilida qo‘shiq kuylagan yagona xorijiy ishtirokchi emas. Mana, masalan, yaponiyaliklar:
80
742
Madaniyat
Italiyada Luchano Pavarottiga bag‘ishlangan biryo‘la ikkita muzey ochildi
Italiyaning Moden va Milan shaharlarida buyuk xonanda Luchano Pavarottiga bag‘ishlangan biryo‘la ikkita muzey ochildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda. Pavarotti jamg‘armasi xonandaning ona yurti Modenda Luchano tomonidan o‘limidan bir necha yil avval qurib bitkazilgan uyda muzey ochilganini e’lon qildi. Tashrif buyuruvchilar to‘rt qavatda joylashgan 12 xonada xonandaning 40 yillik faoliyati davomida to‘plangan kiyimlar kolleksiyasi, konsert va spektakllari videoyozuvlarini tomosha qilishi, shuningdek, Pavarottining qiziqishlaridan biri  — otxonani sayr etish imkoniyatiga ega. Modendagi uy bilan deyarli bir vaqtda Milanda Pavarottiga bag‘ishlangan restoran-muzey ham ochildi. 7 xonadan iborat va 600 kvadrat metr joyni egallagan ushbu restoranda xonanda tug‘ilib-o‘sgan Emiliya-Romanya provinsiyasi taomlari, xususan, u yoqtirgan tortellini va talyatelle kabi ovqatlar tortiladi. Muzeydan xonandaning suratlari va esdalik buyumlari ham o‘rin olgan.
73
956
Madaniyat
“O‘zbekkonsert” Checheniston xalq artisti San Jayga litsenziya beradigan bo‘ldi. San Jay esa soqolini kaltalatishga tayyor (video)
Checheniston xalq artisti San Jay soqolini kaltalatish sharti bilan “O‘zbekkonsert” dan litsenziya oladigan bo‘ldi. Bu haqda San Jay o‘zining tarmoqlardagi sahifasiga joylashtirgan video lavhada ma’lum qildi. Hozirgina ‘O‘zbekkonsert’ direktori Odil akaning oldidan chiqib kelyapman. Hamma uchun yaxshi yangilik, bugundan boshlab litsenziya olaman. Juda ham xursandman, baxtim yuragimga sig‘mayotganligi uchun buni sizlar bilan bo‘lishmoqchi edim. Hozirgina ‘O‘zbekkonsert’ direktori Odil aka bilan ko‘rishdim, Odil aka O‘zbekistonda bo‘lmaganliklari uchun, xizmat safarida bo‘lganliklari sababli men bilan gaplasha olmagan ekanlar. Odil aka bilan gaplashib, hamma narsani kelishib oldik. Odil akanining ham gaplari to‘g‘ri, shuning uchun men soqolimni hammasini olib tashlamasam ham, kamaytirib, bundan ham chiroyliroq qilib, xalq xizmatida bo‘lishga tayyorman. Chunki biz bir-birimizni qo‘llab-quvvatlab, hurmat qilmasak ijod qilishimiz juda ham qiyin bo‘ladi. Bugundan boshlab menda litsenziya bor. Odil aka sizga kattakon rahmat, soqolimni iloji boricha kamaytiraman. San Jay, Checheniston xalq artisti
130
1,107
Madaniyat
Gollivud aktrisasi Kameron Dias 8 yillik tanaffusdan so’ng kinoga qaytmoqda
Gollivud yulduzi Kameron Dias sakkiz yillik tanaffusdan so‘ng kino olamga qaytdi. Ma’lum bo‘lishicha, aktrisa rejissor Set Gordon va Netflix hamkorligida suratga olinayotgan “Ishga qaytish” (“Back In Action”) komediyasida bosh rolni ijro etmoqda. Bu haqda aktrisaning muxlislari va jurnalistlar Jeymi Foks o‘zining Twitter’ida e’lon qilgan telefon suhbatidan bilgan. Ularning so‘zlariga qaraganda, Kameron Dias biroz xavotirda, chunki u 8 yildan beri suratga olish jarayonlarida qatnashmagan. Bu rol aktrisaning yangi ijrosi haqida rasman e’lon qilinishidan oldin o‘ziga xos “kirishishi” edi. Keyinchalik Kameron Dias o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga shunday izoh qoldirgan: “Jeymi Foks, faqat siz meni yo‘lga qaytara olasiz! Men kuta olmayman, bu ajoyib bo‘ladi!” Ma’lumot uchun, aktrisa 1972-yil AQSHning Kaliforniya shtatida tug‘ilgan. U bir muddat modellikda ham faoliyat yuritadi. Aktrisani 90-yillarda suratga olingan “Niqob” filmidagi ijrosi yulduz darajasiga olib chiqdi. Kameron Dias ijrosidagi “Nyu-York to‘dalari”, “Maryam haqida biror narsa” kinokartinalari millionlab muxlislarning qalbidan joy egallagan. Bundan tashqari u yuqorida keltirilgan filmlardagi ijrosi uchun “Oltin globus” mukofotiga nomzod bo‘lgan. Aktrisa so‘nggi yillarda vaqtini oilaviy hayotga bag‘ishladi. U 2015-yilda xonanda Benji Maddenga turmushga chiqdi. Juftlik bundan ikki yil oldin  birinchi marta ota-ona bo‘ldi.  Kameron Dias, Skarlett Yoxansson va plastik jarrohlik orqali tashqi ko‘rinishini o‘zgartirgan boshqa mashhur ayollar (foto)
75
1,535
Madaniyat
“Chernobil” “Eng yaxshi serial” nominatsiyasida “Oltin globus”ni qo‘lga kiritdi
Rejissor Yoxan Renkning “Chernobil” seriali “Oltin globus” mukofotining “Eng yaxshi teleserial yoki telefilm” nominatsiyasida g‘alaba qozondi, deb xabar berdi “Kommersant”. HBO telekanali tomonidan suratga olingan mini-serial boshqa nominatsiyalarda ham e’tirof etildi. Aktyor Stellan Skarsgard “Chernobil”dagi ikkinchi darajali rol uchun “Oltin globus” oldi. U Boris Sherbina obrazini yaratgan. “Chernobil” kartinasi Emmy taqdimot marosimida ham eng yaxshi mini-serial sifatida e’tirof etilgan edi.
79
500
Madaniyat
“Yulduzlar jangi”ning 9-qismi Jey Jey Abrams tomonidan suratga olinadi
“Yulduzlar jangi” filmining to‘qqizinchi qismiga Jey Jey Abrams rejissorlik qiladi. U Kris Terrio bilan birgalikda film ssenariysini yozadi. Epizod 2019-yilda taqdim etilishi kerak. Bu haqda Meduza ma’lum qildi. “‘Kuchlarning uyg‘onishi’ o‘zini oqladi. U trilogiyani yakunlash uchun qaytayotganidan xursandman”, — dedi Lucasfilm studiyasi prezidenti Ketlin Kennedi. Mazkur qismning Kolin Trevorrou tomonidan suratga olinishi kutilgan edi. Biroq “loyihaga turlicha qarash” sababli u bilan kelishuv bekor bo‘lgan. Jey Jey Abrams filmning yettinchi qismi — 2015-yilda taqdim etilgan “Kuchlarning uyg‘onishi”ni suratga olgan. 2017-yilning dekabr oyida “Yulduzlar jangi: So‘nggi jeday” filmi ekranlarga chiqadi. Uning rejissori Rayan Jonson bo‘lgan.
70
745
Madaniyat
Aktrisa, xonanda, yozuvchi. Priyanka Chopra haqida ko‘pchilikka noma’lum bo‘lgan 12 fakt
Hind yulduzi Priyanka Chopra, mahorati va go‘zal qiyofasi bilan nafaqat Bollivud, balki Gollivud filmlarida ham esda qolarli rollari bilan yaxshi ma’lum. Eng talabgir aktrisalardan biri bo‘lgan Priyanka haqidagi qiziqarli ma’lumotlarni havola etamiz. 1. Aktrisa ilk bor “Baza Kuantiko” serialining kastingida ishtirok etgan. Bunga qadar o‘nga yaqin filmda suratga tushgan bo‘lsa ham ularning hech biriga kasting orqali qabul qilinmagan. 2000-yil “Dunyo go‘zali” deb topilgani, keyin esa ijro mahorati sabab boshqa filmlarga ham taklif qilingan va kastingga hojat bo‘lmagan. Shu sabab aktrisa kastingdan avval qattiq hayajonlangan. Ammo 50 ga yaqin filmda suratga tushganini eslab, o‘zini qo‘lga olgan va rolni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan. View this post on Instagram 2. Priyanka, Amerika serialida suratga tushgan ilk Bollivud aktrisasi. 3. U 2013-yilda, Disney’ning “Samolyotlar” multfilmidagi Ishani qahramoniga ovoz bergan. 4. Priyanka onasi bilan birga Purple Pebble Pictures kino kompaniyasiga egalik qiladi. Kompaniya kam budjetli film suratga olishga ixtisoslashgan bo‘lib, yosh ssenariy mualliflari, rejissor, texnik xodimlar o‘zini tanitishiga yordam beradi. View this post on Instagram 5. Chopra xonim nafaqat aktrisa, balki xonanda sifatida ham ma’lum. 6. Bundan tashqari, taniqli gazeta va jurnallarda Priyankaning mualliflik maqolalari ham chop etiladi. 7. Priyanka memuar yozadi va karyera gullab-yashnagan, odamlar bilan bo‘lishish mumkin bo‘lgan voqealar bor vaqtda memuar yozish kerak deb biladi. Uning qalamiga mansub “Tugallanmagan” deb nomlangan memuar 2020-yilning so‘ngiga qadar taqdim qilinishi kutilmoqda. 8. Aktrisa xayriya ishlarida ham faol qatnashadi. 9. U uzoq vaqtdan buyon YuNISEFning ko‘ngilli elchisi hisoblanadi. 10. Bollivud yulduzi, gersoginya Megan Markl bilan yaxshi do‘stona aloqada. Malika bilan ziyofatlardan birida tanishgan aktrisa, qirollik oilasi vakillarining nikoh marosimiga ham taklif qilingan. 11. 2016-yilda u Hindistonning eng yuksak mukofotlaridan biri bo‘lgan “Padma Shri”ni qo‘lga kiritgan. 12. Priyankaning I Can’t Make You Love Me nomli uncha mashhur bo‘lmagan qo‘shig‘iga olingan klipda, aktyor Maylo Ventimilya suratga tushgan.
88
2,229
Madaniyat
Xonanda Manzuraning otasi Muborak Yo‘ldoshev vafot etdi
Kecha, 8-iyul kuni xonanda Manzuraning otasi Muborak Yo‘ldoshev 85 yoshda vafot etdi. Bu haqda Manzuraning hamkasb dugonasi Iroda Dilroz Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi. View this post on Instagram O‘zbekiston xalq rassomi Muborak Yo‘ldoshev o‘zbek milliy rangtasvir san’ati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan. U bebaho durdona asarlar muallifi edi. Muborak Yo‘ldoshev so‘nggi marta 2017-yilning 16-mart kuni I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyida “Dostonlar himoyachisi” deb nomlangan tasviriy san’at namunalari ko‘rgazmasini o‘tkazgan edi.
55
586
Madaniyat
Sharl Aznavur Toshkentda gastrol bilan kutilgandi
Shu yil may oyida Sharl Aznavur Toshkentda gastrol bilan kutilgandi. Biroq qo‘shiqchi yiqilib, chap qo‘lini jiddiy jarohatlagan, shu sabab tashrif qoldirilgandi. Bu haqda Sputnik xabar berdi. Taniqli qo‘shiqchini O‘zbekiston, Peterburg va Yaponiyada konsert bilan kutishgandi. Ammo ular bekor qilindi. Nihoyat sentabrda u Yaponiyaga borib, muxlislarga konsert beradi. Ammo O‘zbekiston gastrollariga qo‘shiqchida kuch qolmadi. Sharl Aznavur Fransiya janubida 1-oktabrga o‘tar kechasi 94 yoshida vafot etdi. 2005-yilda taniqli qo‘shiqchi Samarqandda “Sharq taronalari” festivalida ishtirok etgan va bu shaharda bo‘lish bilan bog‘liq bolalik orzusi ushalganligini tan olgandi. “Go‘zal va afsonaviy Samarqand haqida 12 yoshimda taniqli fransuz dramaturgining ’Samarqandga boraylik’ pyesasidan bilib olgan, so‘ng qadimiy shaharni ko‘rish orzusi paydo bo‘lgandi. Katta qiziqish va hayajon ila mamlakat bilan tanishdim, qadimiy shaharlar — Samarqand va Buxoroni ko‘rib chiqdim. Ular betakror va noyob madaniyati, san’ati bilan ajratilib turadi. Ular ming yillik tarixga ega bo‘lib, butun dunyo e’tiborini o‘ziga jalb qiladi ”, — degandi Aznavur.
49
1,139
Madaniyat
Lola — “Aylonayin”
O‘zining betakror ijrosi bilan muxlislar qalbidan joy olgan Lola ijrosidagi yana bir yangi tarona radioto‘lqinlar uzra jarang socha boshladi. Bu haqda shou-biznes.uz sayti xabar bermoqda. foto: uzb-kino.com Yaqindagina “O‘zbegim taronasi” radiosi orqali premyerasi bo‘lib o‘tgan ushbu qo‘shiqni endilikda siz bemalol ko‘chirib olishingiz mumkin. Lolaning rasmiy saytida mazkur qo‘shiq joylangan. Siz www.lolayuldasheva.com manziliga tashrif buyurib, Lola ijrosidagi yangi “Aylonayin” qo‘shig‘ini ko‘chirib olishingiz mumkin. Mazkur qo‘shiq matn va musiqasi muallifi Nigina Nabiyeva. Qo‘shiq aranjirovkasi Jasur Abdurahmonovga tegishli.
18
637
Madaniyat
Kino sanoatiga eltuvchi darvoza. 13-iyul – Los-Anjelesdagi mashhur Hollywood yozuvi paydo bo‘lgan kun
AQSh kino sanoatining markazi Gollivudni orzular fabrikasi deyishadi. U joylashgan Los-Anjelesdagi tepalikka o‘rnatilgan ulug‘vor Hollywood yozuvini bilmaydigan bo‘lmasa kerak. Ushbu yozuv 1923-yilning 13-iyulida o‘rnatilgan. “Daryo” sana munosabati bilan yozuvning paydo bo‘lish tarixi, ma’nosi, installyatsiyaning o‘rnatilish sabablari haqida ma’lumot beradi. Hollywood yozuvi deyarlik kinomuxlislardan tortib tez-tez AQShning kino markaziga sayohat qilishni xush ko‘radigan sayohatchilar orasida ma’lumu mashhur. Shunga qaramasdan, Hollywood yozuvining paydo bo‘lishi tarixi haqida faqat sanoqli insonlargina bilsa kerak, degan fikrdaman. Tinch ummonining sohillariga tashrif buyuruvchi sayyohlar kinolarda ko‘rgan mashhur yozuvning oldiga kelishni va u yerda rasmga tushishni istashlari ayni haqiqat. Sayyoh zoti qiziquvchan bo‘lmaydimi, har bir ko‘zdan kechirayotgan buyumiga sinchkovlik bilan qaraydi, uning tarixini bilishga bor diqqat-e’tiborini qaratadi. Hollywood yozuvi ham ana shunday tarixga ega bo‘lgan installyatsiyalardan biri sanaladi. 1923-yilning 13-iyul sanasida Los Anjeles – Farishtalar shahridagi Maunt Li tog‘ining yon bag‘irlarida keyinchalik kino ixlosmandlari orasida mashhur bo‘lib ketgan Hollywoodland yozuvi paydo bo‘ladi. Ingliz tilida “holly” – nayza barglilar oilasiga mansub bo‘lgan daraxt nomi bo‘lgani bois, Hollywoodland yozuvi mualliflari bu yerni “Nayza bargli daraxtlar makoni” – inglizcha qilib aytganda esa Hollywoodland deya atashni istashgandi. Tog‘ yon bag‘ridagi mazkur yozuv o‘zining 90 yillik tarixi mobaynida bir qator sezilarli o‘zgarishlarga uchradi, yozuv Hollywoodland’dan Hollywood’ga qadar qisqardi va kino sanoatning va kino sayyohlikning o‘ziga xos Makkasiga aylandi. Gollivud minglab yoshlarning orzulari ushaladigan yoki puchga chiqadigan makonga aylandi. Kimlardir oddiy qashshoq oilada tug‘ilib, Holivudda pul, nufuz, hurmatga ega bo‘ldi, kimlardir Gollivud yo‘laklarida xor-zor bo‘lib,umrguzaronlik qildi. Ammo maqola bu haqida emas. Hollywood yozuvi paydo bo‘lgan 1923-yilda uning kino sanoatiga hech qanday aloqasi yo‘q edi. Mazkur yozuv ko‘chmas mulk bilan shug‘ullanadigan bir-ikkita xususiy uy-joy shirkatlarining o‘ziga xos reklamasi edi. Puldor mijozlar uchun uy-joy shirkati “Tog‘ yon bag‘irlaridan qulay imkoniyatga ega bo‘lgan qulay narxdagi uy-joyni xarid qiling!”, deya barpo qilingan uy-joylarni reklama qilish uchun mazkur yozuvni o‘rnatishgan edi. Yozuvni esa 1920-yilda Londondan Los Anjelesga ko‘chib kelgan millati ingliz bo‘lgan Tomas Fisk Goffga buyurtma qilishadi. Tomas Goff Los Anjelesga kelishi bilan o‘zining reklama yozuvlarini o‘rnatib beradigan xizmatini taklif qilishi orqali xususiy firma tashkil qigandi. Goff o‘zining jamoasi bilan balandligi 15 metr, kengligi 9 metr bo‘lgan 13 harfdan iborat 40 kilometr masofadan ko‘rish mumkin bo‘lgan, joyning xususiyatlarini o‘zida aks ettirgan yozuv installyatsiyasini o‘rnatadi. O‘z davrining eng shuhratparast loyihasi uchun biznesmanlar 21 ming (hozirgi davrdagi 269 220 dollar)  AQSh dollari sarf qiladi. Bu esa hozirgi davrdagi reklama beruvchilarni hayratga soladigan summa bo‘lsa, ajab emas. Hollywood yozuvining har bir harfi to‘rt qavatli bino balandligiga teng, boshqacha qilib aytganda, yozuv balandligi 14 metrni tashkil qiladi. Aynan harflarning ulkanligi, ayniqsa, amerikalik o‘z joniga qasd qiluvchilar orasida mashhur bo‘lib ketdi. 1932-yilda aktrisa Peg Entuisl “H” harfi ustiga chiqib o‘zini pastga tashlaydi. Aktrisaning o‘z joniga qasd qilishi sababi rejissyorning unga istagan rolini bermagani edi. 24 yoshli aktrisa o‘limidan so‘ng mashhur bo‘lib ketish bilan birga, Hollywood yozuvini ham mashhurligiga sababchi bo‘ladi. 1944-yilda Hollywood yozuvi o‘zining dastlabki ma’nosini yo‘qotdi. Boshqacha qilib aytganda, uy-joy mulkdorlari mashhur yozuv sabab o‘zlari tiklagan binolarni allaqachon sotib yuborishga erishgan, yozuvdan endilikda foyda yo‘qdek edi. Biroq mahalliy aholi yozuvni saqlab qolishga muvaffaq bo‘ladi. Yozuv allaqachon Tinch ummoni g‘arbiy sohilining ramziga aylangandi. Aholi faqat Hollywood yozuvidagi so‘nggi land so’zini olib tashlashga rozilik beradi. Shu tariqa Hollywoodland Hollywood’ga aylanadi. 1970-yilga kelib Hollywood yozuvi ancha eskirgan yozuvdagi O va U harflari shamol, yomg‘ir ta’sirida yo‘q bo‘lib ketgandi. Biroq Playboy jurnali asoschisi hamda rok musiqachisi Xyu Xefner yozuvni qutqarib qolish uchun aksiya uyushtiradi. Aksiya doirasida yozuvning har bir harfi sotib yuboriladi va sotuvdan kelib tushgan pullarga Playboy asoschisi yangi Hollywood yozuvini tiklashga erishadi. Yozuvni muntazam ravishda ta’mirlamaslik uchun homiylar Avstraliya temiridan foydalanishga qaror qiladi. Ta’mirlashga 250 ming AQSh dollari kerak edi. Shu sabab har bir harfni ta’mirlash uchun madaniyat homiysi topiladi va ular har bir harfni avvalgi holatiga qaytarish uchun 27 ming 777 dollardan mablag‘ sarf qiladi. “H” harfini ta’mirlash uchun Terrens Donnelli , “O” harfiga italiyalik kinoprodyuser Jovanni Matsa, birinchi “L” harfi uchun tadbirkor Les Kelli, ikkinchisiga esa qo‘shiqchi va aktyor Jin Otri, “Y” harfiga Xyu Xefner,  W harfiga qo‘shiqchi Endi Uilyams, dastlabki “O” harfiga esa Warner Bros kino kompaniyasi, keying “O”ga esa biznesmen Elis Kuper, “D” harfiga biznesman Tomas Puli sarmoya ajratadi. Natijada, yangi Hollywood yozuvi bugungi ko‘rinishga keladi. Balandlikka harflarni olib chiqish borasida Xyu Xefner bosh-qosh bo‘ladi va shaxsiy uchoq ajratadi. Yangi yozuv avvalgisidan hajmi bilan kichikroq edi: har bir harfning balandligi 13,7 metrni, kengligi esa 9-11 metrni tashkil qilardi. Ta’mirdan chiqqan yozuvning ochilish marosimi 1978-yilning 14-noyabrida – Gollivudning 75 yillik yubileyiga to‘g‘ri keladi. Yozuv ochilish marosimini 60 milliondan ortiq insonlar televizor orqali tomosha qiladi. Bugungi kunda mazkur yozuv politsiya tomonidan muhofazaga olingan. Unga yaqinlashishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bugun mazkur yozuv Kaliforniyaning o‘ziga xos tashrif qog‘ozi. Kino sanoatiga eltuvchi darvoza. Hyu Xefner aytganidek, “Hollywood yozuvi millionlab odamlarning orzulari. Parijdagi Eyfel minorasi kabi – ramz. Bu ramz kinoning ramzi”. Jahongir Ergashev tayyorladi.
101
6,171
Madaniyat
Instagram: Nilufar Usmonova oltinchi farzandiga homiladormi? Alisher Uzoqov Dubaydan nega qaytdi? Asal Shodiyeva xonadonidan reportaj
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz. Aktrisa Aziza Yoqubova bloger Shohruz bilan kelinlik libosini tanlab, barmog‘iga uzuk taqqani aks etgan videoni sahifasiga joyladi. Gulsanam Mamazoitova qorli dovonda tushgan suratini sahifasiga joylab, muxlislarini bahor bilan tabrikladi. Yorqinxo‘ja Umarov Munisa Rizayevanikiga mehmonga bordi hamda kuzatuvchilariga xonandaning uyidan qisqa reportaj tayyorladi. Feruza Latipova “Setora” guruhi tashkil topgan sana munosabati bilan dugonalarini tabrikladi. Shahzoda Muhammedova o‘ttiz yoshga kirib, birinchi marta uyiga ikki nafar yordamchini ishga olgani haqida kuzatuvchilariga so‘zlab berdi. Durdona Qurbonova folloverlariga inson haqida yaxshi bilmasdan xulosa chiqarmaslikka chorlamoqda. Aziz Rametov to‘yi munosabati bilan tabrik yo‘llayotgan barcha muxlislariga minnatdorlik bildirdi hamda 200 kishilik to‘y qilayotgani bois hammani to‘yga taklif qila olmasligini ham qo‘shimcha qildi. Otabek Mirzaxolov onasi bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi. Xonanda Shirin 28-fevral kuni shou-biznesdagi yaqin do‘stlari davrasida tug‘ilgan kunini nishonladi. Sevara Nazarxon to‘ng‘ich farzandi Dengizni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi. Zohirshoh Jo‘rayev Otabek Umarov bilan birgalikda ko‘rinish berdi. “Akam doim mening yonimdalar, Alloh rozi bo‘lsin”, — deydi xonanda. Amerikadan qaytgan Shahlo Zoirova farzandlari bilan diydor ko‘rishdi. Alisher Uzoqov “Chotki TV” YouTube kanaliga bergan intervyusida nima sababdan Dubayga ko‘chib ketib, bir muddat yashaganidan so‘ng yana Toshkentga qaytgani haqida gapirdi. “Menga to‘g‘ri kelmas ekan. Begona yurtda yashay olmadim. Vatanni sog‘inib qoldim”, — deydi aktyor. Nilufar Usmonova folloverlarining savollariga javob berar ekan, “homilador emasligi, shunchaki to‘lishgani” haqida gapirdi. Aktrisa Asal Shodiyeva shou-biznes vakillarining garderobini tahlil qiladigan ko‘rsatuv ijodkorlari bilan uchrashib, ularga xonadonini hamda kiyimlarini ko‘rsatdi. Ko‘rsatuv tez kunlarda muxlislar e’tiboriga havola etiladi. Xonanda Lola Istanbul shahrida “Sevgi iztirobi” turk serialini suratga olgan operator bilan ijodiy hamkorlik qilmoqda. U aynan nima suratga olinayotganiga izoh bermagan.
133
2,283
Madaniyat
Afsonaviy Modern Talking guruhi xonandalari hozir qanday ko‘rinishda? (foto)
Hozirga qadar Modern Talking g‘alabasini hech qaysi guruh takrorlamagan. Guruh a’zolari ilgari yetib bo‘lmaydigan cho‘qqilarga erishgan. Ammo ular hozir qanday ko‘rinishda va nimalar bilan mashg‘ul? Dunyo bo‘ylab mashhurlik, abadiy do‘stlik, kelishmovchiliklar, janjal − bularning barchasi o‘tgan asrning 80-yillarida muvaffaqiyatga erishgan Tomas Anders va Diter Bolen juftligining yelkasiga tushdi. Tomas Anders o‘zining hamkasbi va ijodiy g‘oyalar muallifi − Diter Bolenni guruhning mashhurlikka erishishida tashabbuskor bo‘lganini hech qachon inkor etmagan. Tomas Anders bolaligidanoq o‘zining ajoyib musiqiy qobiliyatini namoyish etgan. Uning ota-onasi o‘g‘lining turli musobaqalardagi birinchi muvaffaqiyatlaridan mamnun bo‘lgan. Vaqt o‘tishi bilan nemis sahnasida kelishgan qiyofasi va lirik ovozi bilan kuylaydigan yangi yulduz paydo bo‘ldi. 1983-yilda Tomasning hayotida muhim voqea yuz berdi. U Diter Bolen bilan uchrashdi. U “noyob loyiha”ga qo‘shiqchilar tanlayotgan edi, shu tarzda Modern Talking juftligi dunyoga kelgan. Shon-shuhrat, minglab muxlislarning muhabbati yosh Tomasni chalg‘itdi. Mashhur juftlikning qo‘shiqlari yozilgan musiqiy albomlar katta talabga ega edi. Bu orada Anders Nora Ballingni uchratdi. Qizning go‘zalligidan Anders unga oshiq bo‘lgan edi. Oradan ko‘p o‘tmay ular turmush qurdi va guruh a’zosi bittaga ko‘paydi. Nora endilikda Modern Talking guruhining menejer, rejissori va ijrochisi ham edi. Dastlab Tomasga rafiqasining tashabbusi yoqdi. U o‘z ishiga juda mohirona tarzda yondashar edi. Ammo vaqt o‘tib hammasi o‘zgardi. Nora mashhur guruhning kelajakdagi g‘oyat katta ambitsiyalarini yashirib o‘tirmadi. Shuningdek, do‘stlar o‘rtasidagi munosabatlarga ham ta’sir o‘tkazdi. 1987-yilga kelib guruh tarqatildi. Biroq oradan 11 yil o‘tib, millionlab muxlislar yana quvonchga to‘ldi. To‘g‘ri, endi avvalgidek mashhurlikni kutib bo‘lmasdi. Bundan tashqari, ikki do‘st o‘zaro janjallashgan vaqtida bir-birlarining aybini ochiq-oydin aytgan edi. Shuning uchundir, balki, ular 5 yildan so‘ng yana o‘z yo‘lidan ketishga qaror qildi. Tomas esa tarjimon Klaudiya Xess bilan uchrashdi, juftlik tez orada oila qurib, taniqli qo‘shiqchi − o‘g‘li Aleksandrning ota-onasiga aylandi. Tomas hanuzgacha o‘z chiqishlari bilan muxlislarini xushnud etmoqda. U Yevropa va Germaniyada mashhur. 2020-yil u o‘zining dastlabki qo‘shiqlari va Modern Talking’ning ba’zi mashhur taronalarini o‘z ichiga olgan albomini chiqardi. Diter hayotidagi birinchi musiqiy asbob − gitaraga o‘z mehnati bilan erishganligi bilan faxrlanadi. Ammo kuchli, irodali va ba’zida o‘ta jahldor Diter musiqadek nozik sohaga mos emasdek tuyuladi. Ammo uning ijodkorlik qobiliyati juda yuqori darajada bo‘lgan. Keyinchalik yoqimli ovoz hamda bastakorlik ham paydo bo‘ldi. Uning ongida musiqaga bo‘lgan qiziqish, dunyo sahnasida taniqli bo‘lish va qachonlardir millionerga aylanish  istagi birlashdi. Bundan tashqari, Diter ijodiy g‘oyalarga to‘la manba edi. U Modern Talking loyihasini tashkil etishni boshlar ekan, Tomas Anders ishtirokisiz muvaffaqiyatga erishmasligini tan olgan. Biroq shon-shuhrat hamda millionlab gonorar uning ham hayotini bir tekisda ketishi bilan ta’minlamadi. Uch farzandning otasi Diterning ko‘ngli arab qizi Nadyaga tushib qoldi. Oilasini tashlab, arab qizi bilan munosabat o‘rnatgan Diter birozdan so‘ng Verona Feldbushni uchratib qoldi. Model bilan ham nikoh uzoq davom etmadi. So‘ngra Estafaniya Kyusterdan o‘g‘il farzandi dunyoga keldi. Bu hali hammasi emas. To‘satdan mehmonxona qabulxonasida ishlaydigan qiz ham Diterning ko‘nglini zabt etdi va o‘zidan 31 yosh kichik qiz musiqachining hayotiga chinakamiga sevgi bo‘lib kirib keldi. Uning ta’siri natijasida Diter spirtli ichimliklardan voz kechdi, sport bilan shug‘ullanishni boshladi. Karinadan ikki farzand ko‘rgan 67 yosh Diter juda yosh ko‘rinadi. Hayotining ijobiy tarafga o‘zgarishi Modern Talking guruhining asoschilaridan biriga foydali bo‘ldi. 16 yil o‘tib, u o‘z sohasiga qaytdi.
76
3,983
Madaniyat
O‘zgalarning oilasini buzish evaziga o‘z baxtini qurgan mashhurlar (foto)
Gollivud yulduzlar orasida boshqalarning oilasini buzib, o‘z baxtini qurgan mashhurlar ham bor. Jennifer Lopes va Mark Entoni Mark rafiqasi Dayanara Torres bilan turmushi bor vaqtdayoq Lopes bilan munosabatda bo‘lgan va u xotini bilan ajrashadi. Jennifer va Mark 2004-yilda turmush quradi. 2008-yilda ularning egizak farzandlari dunyoga keladi, 3 yildan so‘ng esa  er-xotin ajrashish uchun ariza beradi. 2014-yilda ular rasman ajraladi. Melani Griffit va Antonio Banderas Aktyorlar birinchi marta “Ikkita — juda ko‘p” filmining suratga olish maydonida tanishadi. O‘sha paytda ikkalasi ham turmush qurgan edi. Birga bo‘lish uchun ularning ikkalasi oilasi bilan ajrashadi. Juftlik 1996-yilda turmush quradi, 2015-yilda esa ajrashadi. Anjelina Joli va Bred Pitt 2004-yilda “Janob Smit va Smit xonim” filmini suratga olish paytida taniqli aktyorlar o‘rtasida uchqun paydo bo‘ladi. O‘sha paytda Bred Jennifer Eniston bilan oila qurgandi. 2005-yilda ular ajrashishadi va Pitt darhol Joli bilan birgalikda omma oldida paydo bo‘ldi. Mashhurlar munosabatlarini muhokama qilmasalar ham hammasi tushunarli edi. 2006-yilda Anjelina Joli aktyordan homilador ekanini tan oldi. 2014-yilda juftlik turmush qurdi. Olti farzandi bo‘lishiga qaramay Joli va Pitt 2021-yilda rasman ajrashdi. Ledi Gaga va Bredli Kuper Boshqalarning oilasini buzgan mashhurlar ro‘yxatida bu shov-shuvli sevgi uchburchagini e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi. Bredli Kuper va Ledi Gaga o‘rtasida romantika bo‘lgan-bo‘lmagani hali ham noma’lum. Biroq butun internet bu haqda bong urgan. Aks holda xonandaning aktyorni uning sobiq sevgilisi Irina Sheykdan ajratib olganini qanday izohlash mumkin? Mashhurlarning o‘zlari bu haqda izoh bermaslikka harakat qilishadi. Ledi Gaga intervyularidan birida hammasini keskin rad etgan. Alisha Keys va Swizz Beats Swizz Beatz qo‘shiqchi Mashonda Tifrere bilan birga yashab yurgandayoq Alisha Keys bilan ishqiy munosabatlarini boshlagan. U 2010-yilda xotini bilan ajrashgan va o‘sha yili Alisiya Keysga uylangan. Hozirda ularning ikki farzandi bor.
73
2,044
Madaniyat
Taniqli rejissyor va prodyuser Djanik Fayziev "O`zbekkino" bilan hamkorlik qiladi
"O`zbekkino" Milliy agentligida tashkilot rahbariyati, rejissyor Rashid Malikov va prodyuser Oybek Fayziev bilan rossiyalik taniqli aktyor, rejissyor va prodyuser Djanik Fayziev ishtirokida onlayn uchrashuv bo`lib o`tdi. "O`zbekkino" Milliy agentligi rahbari taniqli kino arbobini mamlakatimiz kino sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyati bilan tanishtirdi. Tomonlar bir qator kino loyihalarini amalga oshirish bo`yicha qo`shma hamkorlik rejalari va ularni amalga oshirish chora-tadbirlarini muhokama qildilar. Suhbat avvalida Djanik Fayziev O`zbekistonda yuz berayotgan ijobiy va keng ko`lamli o`zgarishlarni mamnuniyat bilan qayd etdi.  “Bir yildan buyon men O`zbekistonda sodir bo`layotgan ijtimoiy-siyosiy voqealarni diqqat bilan kuzatmoqdaman va bundan juda ilhomlandim. Nazarimda hamma narsa risoladagidek ketyapti. Mashhur ishbilarmon bir tanishim O`zbekiston investisiyalar uchun eng jozibali davlatlardan biriga aylanmoqda, degan fikrni bildirdi. Shunisi quvonarliki, kino sanoati ham muntazam rivojlanib bormoqda, bu xorijlik kinoijodkorlarni ham qiziqtirishi tabiiydir», - dedi Djanik Fayziev. Djanik Fayziev ushbu loyiha shubhasiz qiziqarli ekanligini, chunki Rossiyada sportchilarning g`alabalari haqidagi shu kabi filmlar muvafaqqiyat qozonayotganini ta`kidladi. Rejissyor loyihani amalga oshirishda o`z yordamini berishga tayyorligini bildirdi. O`z navbatida, Agentlik rahbari Djanik Fayzievga bugungi kunda "O`zbekkino" tomonidan olib borilayotgan uchta yirik milliy kino loyihalari haqida gapirib berdi. Bular Amir Temur, Imom al-Buxoriy va Buyuk Ipak yo`li haqidagi filmlar. Djanik Fayziev ushbu loyihalarda ishtirok etishga va ijodkorlarni tomonlama qo`llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi. Shuningdek, rejissyor filmlarda ishtirok etish uchun xorijlik aktyorlar va tajribali kino mutaxassislarini jalb qilishni tavsiya etdi. Ta`kidlash joizki, "O`zbekkino" so`nggi yillarda mamlakatimizdan o`ziga xos sabablar bilan chet mamlakatlarga ketgan vatandoshlarimizni - taniqli kino arboblarini hamkorlik ishlariga jalb qilishga erishmoqda.  «Biz uchun chet elda yashovchi kinoijodkorlarning milliy kino sanoatimizni rivojlantirishga hissasini qo`shgani juda muhimdir. Masalan, uzoq yillardan buyon Italiyada yashab kelayotgan taniqli rejissyor Ali Hamroev bu yil "O`zbekkino"ning taklifiga binoan "Xalq jasorati" filmini O`zbekistonda nihoyatda qisqa vaqt ichida suratga olishga muvaffaq bo`ldi. Ushbu film joriy yil 9 may - fashizm ustidan qozonilgan g`alabani nishonlash kuni muvaffaqiyatli namoyish qilindi. Shuningdek, biz Yusuf Roziqov, Elyor Ishmuhamedov, Odelsha Agishev va boshqa mutaxassislarni ham kino loyihalarimizga jalb qilish rejalari ustida ishlayapmiz. Xorijdagi yurtdoshlarimiz bilan juda yaqin, do`stona aloqalar o`rnatganmiz", -deya izohladi kinorejissyor, "O`zbekkino" Milliy agentligi jamoatchilik kengashi a`zosi Rashid Malikov. Djanik Fayziev o`zbekistonlik mashxur akter, rejisser va prodyuser. “Siz kimsiz”, “Kammi”, “Beshinchi burchak”, “Turk gambiti”, “Avgust. Sakkizinchi”, “Kolovrat afsonasi”, “Gallaktika darvozaboni” filmlarini suratga olgan. Shuningdek, ko`plab filmlarda aktyor va prodyuser sifatida ishtirok etgan.
81
3,181
Madaniyat
Al Bano yurak xuruji tufayli shoshilinch operatsiyani boshidan o‘tkazdi
Italiyalik xonanda Al Bano yurak xuruji tufayli shoshilinch operatsiyani boshidan o‘tkazdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda. Qo‘shiqchi Rimda o‘tkaziladigan Rojdestvo konserti repetitsiyasi chog‘ida o‘zini noxush his etdi. Natijada Italiya poytaxtidagi kasalxonalardan birida 73 yoshli Al Banoga stentlar qo‘yildi. U endi o‘zini yaxshi his etayotgani, yaqin orada kasalxonadan chiqishga umid qilayotgani va hozircha konsertlarini bekor qilmagani bildirilmoqda. Kelgusi yil boshida Al Bano sobiq turmush o‘rtog‘i va sahnadagi sherigi Romina Pauer bilan Germaniyada konsert berishi lozim. U Romina bilan salkam 20 yillik tanaffusdan so‘ng ikki yil avval Moskvadagi konsertda birga ishtirok etgandi.
71
696
Madaniyat
Muhabbat o‘limdan ham kuchliroq ekanligi aks etgan ta’sirli filmlar (foto)
Ba’zan kinolarda bosh qahramonlarning muhabbati shu qadar kuchli bo‘ladiki, hatto o‘limni ham yenga oladi. Cosmopolitan insonga yoki qandaydir ishga bo‘lgan muhabbat mo‘jiza yaratishga qodirligi aks ettirilgan ta’sirli filmlar jamlanmasini e’tiboringizga havola etadi. “Ruh” (Ghost) Bosh rolni gavdalantirgan Patrik Sueyzining qahramoni filmda vafot etgan bo‘lsa ham, qaylig‘ini himoya qilishda davom etadi. Yordam berish mumkin bo‘lgan imkoniyat topilmagunicha, turli qiyinchiliklarga duch keladi. Jerry Zakerning mazkur ijod mahsuli komediya, melodrama va mistik trillerni mujassam qilgani bilan o‘ziga xos. “Qalb” (Soul) Pixar studiyasi tomonidan taqdim qilingan “Qalb” nomli multfilm ilk marta 2020-yil 11-oktabrda ekran yuzini ko‘rgan. Sujetga ko‘ra, hech ham omadi chopmagan musiqachi endi hammasi iziga tushayotganda hayotdan ko‘z yumadi. Shundan keyin darhol Yerga qaytishi kerak bo‘lib qoladi va buning uchun hamma narsaga tayyor bo‘ladi. Ammo u qattiq xohlagan orzu o‘ylaganidan boshqacharoq bo‘lib amalga oshadi. Qahramon Yerga o‘zining emas, mushukning tanasida qaytadi. Mazkur ijod mahsuli “Oltin Globus”ga allaqachon loyiq deb topilgan. “Ikki olam aro” (Just like heaven) Rejissori Mark Uoters bo‘lgan film 2005-yil 16-sentabrda ekran yuzini ko‘rgan. Yangi xonadonga ko‘chib o‘tgan qahramon u yerda arvoh borligiga guvoh bo‘ladi. Qizig‘i shundaki, arvohning tirikligiga ishonchi komil bo‘ladi. Ularning ikkisi o‘rtasida sevgi uchqunlari alanga ola boshlaydi. “Orzular qayerga yetaklaydi?” (What dreams may come) 1998-yilda premyerasi bo‘lgan film rejissor Vinsent Uoard tomonidan suratga olingan. Avtohalokatda vafot etgan Kris Nilsen jannatga tushadi. Lekin o‘z joniga qasd qilib, do‘zaxga tushgan sevimli ayolisiz hech nima tatimaydi. Kris o‘z hayotidagi, to‘g‘rirog‘i, o‘limidan keyingi eng xavfli safarga, ya’ni rafiqasining ruhini topish va qutqarishga otlanadi. “Farishtalar shahri” (City of angels) Nikolas Keyj filmda odamlar orasida yashaydigan va ularga tasalli berib, ko‘nglini ko‘taradigan farishtani gavdalantiradi. Meg Rayan esa farishtalar singari boshqalar haqida qayg‘uradigan va kerak bo‘lsa, o‘zini shunga bag‘ishlaydigan oddiy ayol rolini ijro qiladi. Unga lol va maftun bo‘lgan Nikolasning qahramoni sevimli ayoli bilan bo‘lish uchun qanotlari va abadiylikdan voz kechadi. “Osmon kutishi mumkin” (Heaven can wait) Los-Anjeles jamoasining futbolchisi Jo Pendlton birgina xatosi bilan olamdan ko‘z yumadi. Jouning tanasi allaqachon kuyib ketgani sabab uning ruhi boshqa odamnikiga o‘tkaziladi. Natijada Pendltonning ruhi boshqa odamning — shundan keyin futbol o‘ynash jon-dili bo‘lgan obro‘li badavlat magnat tanasida yerga qaytadi.
74
2,671
Madaniyat
Suratga olish maydonchasida tanishib, bir-biriga ko‘ngil qo‘ygan o‘zbek shou-biznesi vakillari (video)
Tasodif sabab bunyod bo‘lgan oilalar haqida ko‘p eshitganmiz. San’at vakillari orasida ham o‘z juftini tasodifan —  sahnada va syomka maydonchasida uchratganlar juda ko‘p. Ularning ba’zilari hayotidagi unutilmas voqea haqida so‘zlab beradi. Valentina va Muhammadali Abduqunduzov Muhammadali Abduqunduzov ayoli Valentina bilan Termiz shahridagi Mannon Uyg‘ur nomidagi viloyat musiqali drama teatrida tanishgan. Valentina Nikolayevna u yerga grimyor sifatida Toshkent teatridan yo‘llanma asosida yuborilgandi. Ular viloyat teatrida tanishib, o‘sha yerda oila qurishgan. Ammo to‘yga aktyorning oila a’zolari qarshi bo‘lgan. Chunki kelinchak u paytlarda o‘zbek tili va urf-odatlarini bilmasdi. — Termiz teatrida ‘18 yoshligim’ nomli spektaklni sahnalashtirayotgandim. Rahbariyat chaqiruvi bilan Valentina Toshkentdan yordamga kelgan. Chunki u paytlarda viloyat teatrlarida tajribali xodimlar biroz taqchil edi. Valentina bilan repetitsiya jarayonida uchrashib, asta-sekin o‘rtadagi munosabat muhabbatga aylangan. Avval u islom dinini qabul qildi, undan keyin shar’iy va qonuniy nikohdan o‘tdik. Ayolim o‘zbek tilini umuman bilmasdi, urf-odat va an’analarimiz ham unga begona edi. Ketma-ket ikki o‘g‘il farzandli bo‘ldik. U paytda rus tilini bilmaslik uyat sanalgani, bu tilni bilmaganlar karyera qilolmasligi haqida o‘ylab, farzandlarimni rus maktabiga berishga qaror qilgandim. Ammo ayolim menga qarshi chiqib, o‘g‘illarimizning o‘zbek maktabiga borishlarini istadi. Onasi o‘zbek tilini yaxshi bilmasligi uchun farzandlarim maktabda qiynalishdi. Albatta, rus qiziga uylanganim onamga yoqmagan. Hayotimdagi bu burilish ham katta nizo va muhokamalarga sabab bo‘lgan. Keyinchalik bolalar ulg‘ayib, O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim bilan quda bo‘lganimizdan keyin munosabatlar ancha yumshadi. Oxirgi paytlarda onam qattiq betob bo‘lib, jigar xastaligiga chalinganida ayolim parvarishlab, duolarini oldi. Shukrki, kech bo‘lsa-da, hammasi joy-joyiga tushdi. Inson o‘zi istamagan odam bilan yasholmaydi. Yashagan taqdirda ham, ularning hayotidan tushunmovchilik va ziddiyatlar arimaydi. Ayolim san’at sohasini yaxshi tushungani uchun ham spektakl yoki kinolardagi muhabbat sahnalarini berilib o‘ynashni maslahat beradi. Agar u boshqa soha vakilasi bo‘lganida, vaziyat aksincha bo‘lishi ham mumkin edi. Chunki o‘rinsiz rashk ijodni sindiradi”, — deydi aktyor Muhammadali Abduqunduzov. Marina va Rustam Sagdullayev Aktyor Rustam Sagdullayev turmush o‘rtog‘i Marina bilan 1987-yili “O‘zbekfilm” maydonchasida tanishgan. O‘sha vaqtda “Shok” filmi suratga olinayotgandi. Ularning tanishuvi oddiy do‘stlik munosabatlaridan boshlanib, muhabbatga aylangan. Ularning ikki nafar qizlari bor. — Rafiqam bilan “O‘zbekfilm” kinostudiyasining tikuv sexida tanishganman. Marina o‘sha vaqtlari tikuv-sexida tikuvchi bo‘lib ishlardi. Keyinchalik harakatchanligi bilan rahbar lavozimigacha ko‘tarildi. Bir kuni kostyum-shimimni qayta tikish uchun sexga bordim. Qizlar biri olib, biri qo‘yib hazil-huzil qilishar, faqat Marina menga e’tibor bermasdi. Ertasiga kelsam, buyurtmam tayyor. Marinaga “Rahmat!” deb chiqib ketayotsam, qizlar shumlik qilib, “Rahmat aytasiz, xolosmi? Boshqa sovg‘angiz yo‘qmi?” deyishdi. Men ham bo‘sh kelishni xohlamay, to‘y, oila haqidagi ilmoqli gaplar bilan javob berdim. Astoydil niyat qilgan ekanman, ko‘p o‘tmay, turmush qurdik. Lekin Marinaning muhabbatini qozonish oson bo‘lmagan. Marina og‘ir-bosiq qiz edi. U har kuni syomkadan avval va keyin aktyorlarning kiyimlarini bir o‘zi tikuv sexiga olib borardi. Bu kiyimlar og‘ir ekanligini bilganim uchun hamisha uning yonida turardim. Uning ko‘nglidan joy olishim oson bo‘lmagan, — deydi aktyor Rustam Sagdullayev. Dildora va Jahongir Poziljonovlar  Jahongir Poziljonov turmush o‘rtog‘i Dildora bilan “Boyvachcha” filmining suratga olish jarayonida tanishgan. Dildora o‘shanda bir guruh qizlar bilan filmda kichik epizod rol ijro etish uchun kelgandi. Hozirda juftlikning besh nafar shirindan-shakar farzandlari bor. — Dildora bilan tanishgan paytimizda Toshkent tibbiyot akademiyasida o‘qirdi. Onam “Qachon uylanasan, katta yigit bo‘lib qolding”, deyaverganlaridan keyin Didoraning manzilini berganman. Onam bir necha marta sovchilikka borgan. Ammo har gal rad javobini olib kelardi. “Qizimiz hali 4 yil o‘qishi kerak”, deyishgan ekan. O‘shanda dadam mendan “Niyating jiddiymi, shu qizdan boshqasini tanlamaysanmi?” deganda “yo‘q” degandim. Shundan keyin dadam ishga kirishgandi. Dadamning sa’y-harakatlari sabab, tug‘ilgan kunim kuni to‘yim belgilangan. To‘ygacha bo‘lgan kunlarimiz ham qiziqarli voqealarga boy o‘tgan. Men ham Dildora ham pozitiv inson bo‘lganimiz uchun kunimiz faqat xursandchilik bilan o‘tardi, — deydi Jahongir Poziljonov. Gulsanam Mamazoitova va Sanjar Ahmedov Gulsanam Mamazoitova sozanda Sanjar Ahmedov bilan oila qurgan. Sanjar Ahmedov O‘zbekiston xalq artisti G‘ulomjon Yoqubov bilan to‘y-xizmatlari va konsertlarida qatnashardi. U to‘yda Gulsanam bilan tanishgach, bir oliygohda o‘qishlarini bilishgan. Oybek va Nigora Xonanda Oybek va Nigora  prodyuserlik kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan kastingda tanishgan. Muxlislar duetdoshlarning oila qurishiga avvaldan ishongandi, ammo xonandalar hamisha buni inkor etardi. 2015-yilning 21-noyabr kuni o‘zbek shou-biznesi tarixida eng uzoq kutilgan to‘y bo‘lib o‘tdi. Xonanda Oybek va Nigora nihoyat oila qurdi. Hozirda ularning 3 nafar farzandlari bor. — Ijodiy muhit bizni yaqinlashtirgan. Avvaliga shunchaki do‘st edik, ammo duetlarimiz sabab odamlar bizni ancha avval sevishganlar deb hisoblashardi. Biz bunday gaplarni kulib eshitardik, ammo ikkimizda ham birga oila qurish haqida qat’iy fikr yo‘q edi. Uzoq vaqt bir-birimizni sinab, fe’l-atvorimizni o‘rganib keyin oila qurdik, — deydi xonanda Nigora. Malika va Nurimon Sultonxo‘jayev Klipmeyker Nurimon Sultonxo‘jayev turmush o‘rtog‘i Malika bilan Aziz Rajabiyning klipi suratga olinayotgan maydonchada tanishgan. Aslida qiz aktrisa emas, hisobchi bo‘lgan. Malika shunchaki qiziqish sabab suratga olish jarayonlarida ishtirok etgan. — Ayolimni ilk bor ko‘rganimdayoq unga uylanishga qaror qilganman. Uni ko‘rgan kunimning ertasigayoq buvim, onam va xolam bilan sovchilikka borganman. Shu bilan to‘y bo‘lib ketgan. To‘ydan keyin uni kliplarimda rol ijro ettirdim, yana shunday vaziyat bo‘lsa yana ijro etishiga, albatta, imkon beraman, — deydi Nurimon Sultonxo‘jayev. Sarvar Akbarov va Tatyana Zayseva 2008-yili Tatyana Zayseva “Sharq” guruhiga qabul qilingan. Guruh asoschisi Sarvar Akbarov unga ko‘ngil qo‘yib, 2011-yili u bilan oila qurishga qaror qilgan. Yosh juftlik 2016-yili ota-onalik baxtiga erishgan. — “Sharq” guruhiga ayol xonanda olish haqida uzoq o‘ylaganman. Har tamonlama o‘rganib, bir to‘xtamga kelishim kerak edi. Chunki guruh vakillarini o‘zgartirish ijodiy muhitga aks ta’sir etadi. Xullas, Tatyana nomzodi nafaqat menga, balki sozandalarga ham ma’qul bo‘lgan. Undan avval jamoadagi yigitlarga “Ishga ishqni aralashtirmanglar”, deb tayinlardim. Ammo qoidani o‘zim buzishga majbur bo‘ldim. Uch yil Tatyanaga yoqtirishimni aytmaganman. Sinab, fe’l-atvorini o‘rganganimdan keyin oila qurish taklifini bildirganman, — deydi xonanda Sarvar Akbarov. Muqaddas Sa’dullayeva va Yigitali Mamajonov Aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva turmush o‘rtog‘i aktyor Yigitali Mamajonov bilan 2018-yilda tanishgan. Ularning uchrashuviga “O‘zimizning yigitlar” nomli shou dasturi sabab bo‘lgan. Aktrisa o‘g‘li Abubakrga homilador bo‘lguniga qadar aktyor bilan oila qurganini yashirgandi. — Ayolim bilan ko‘rsatuv syomkasida tanishganmiz. U paytda menga ham, unga ham qiyin vaziyatda edi. Oilaviy ajrimdan keyingi ruhiy muammolarni yengish uchun vaqt va ruhiy madad kerak. Biz avvaliga bir-birimizga ruhiy ko‘mak berish uchun gaplashganmiz. Keyinchalik munosabatlarimiz jiddiylashgan. Uning sabrli ekanini va aytgan gapimni qonundek qabul qilishini sezganman. Avvaliga oila qurganimizni odamlardan yashirganmiz, ammo o‘g‘lim tug‘ilish arafasida hammasi oshkor bo‘lgan, — deydi Yigitali Mamajonov. Shohruhxon va Asal Shodiyeva Shohruhxon va Asal Shodiyevaning nihok to‘yi ham katta shou-shuvlarga sabab bo‘lgan. Juftlik munosabatlarini uzoq muddat ommadan sir tutgan. Ular 2016-yil oila qurgan. Hozirda yosh oilaning ikki nafar o‘g‘il farzandlari bor. — Tanishuvmizga  “Qo‘shig‘im” klipining syomkasi sabab bo‘lgan. Ungacha u qadar bir-birimizni yaqindan bilmasdik. Syomkadan so‘ng munosabatlarimiz iliqlashgan, — deydi aktrisa Asal Shodiyeva. Yulduz va Mirkamol Qoraboyev Ozodbek Nazarbekovning “Mendirman Jaloliddin” klipi bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan aktyor Mirkamol Qoraboyev 2020-yilning oktabr oyida aktrisa Yulduz Payziyeva bilan oila qurdi. Ularning tanishuviga serial syomkasi sabab bo‘lgan. Ayni damda juftlikning Rohatxon ismli qizlari bor. — 2020-yilning avgust oyida serial syomkasiga chaqirishdi. “Yulduz degan qiz portnyoringiz bo‘ladi”, deyishdi. Rosti, u paytda Yulduzni tanimasdim. Aktyor uchun tanimagan, bilmagan portnyor bilan ishlash qiyin. Shu bois, “U qiz bilan til topishib, rolni o‘ynolarmikanman”, deb hayolimdan o‘tkazdim. Eng yomoni Yulduz syomkaga kechikib kelgani uchun jahlim chiqib turgandi, “Assalomu alaykum, uzr, biroz kech qoldim”, dedi. Mana shu gapidan keyin unga hurmatim oshdi. Tarbiyali, shirinso‘z va og‘ir-bosiq bo‘lgani uchun ham unga og‘iz soldim, — deydi aktyor Mirkamol Qoraboyev. Husan Rashidov va Xurshida Soatova Rejissor Jahongir Ahmedovning “Ilhaq” filmida bosh rollarni ijro etgan aktyorlar Husan Rashidov va Xurshida Soatova film taqdimotidan so‘ng oila qurgan. Juftlik suratga olish ishlari boshlanmagunga qadar deyarli bir-birini tanishmagan. — Asli rejissorlik bo‘yicha tahsil olganman, ammo “Ilhaq” filmida aktyor sifatida ishtirok etganman. Ayolim Xurshida bilan syomka boshlanmasidan avval tanishdik. Chunki u filmda turmush o‘rtog‘im rolini ijro etardi. Xullas, suratga olish maydonchasida ikkimizga ham qiyin bo‘ldi. Hali oila qurmay turib, er-xotinning bir-biriga bo‘lgan muhabbatini ko‘rsatib berishimiz kerak edi. U hech qachon mashhur aktrisaning nabirasi ekanini aytmasdi, buni tasodifan bilib qolganmiz. Suratga olish jarayonida munosabatlar chuqurlashib, to‘y qilinishiga sabab bo‘lgan, — deydi rejissor Hasan Rashidov. Madina Nigmatullayeva va Mahmud Tursunov “Jurnalist” va “Omonat” seriallari orqali tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan aktrisa Madina Nigmatullayeva serial syomkasida aktyor Mahmud Tursunov bilan tanishgan. Ularning oila qurishiga “Omonat” seriali sabab bo‘lgan desak ham mubolag‘a bo‘lmaydi. Hozirda yosh juftlikning Bibiniso ismli qizlari bor. Asal Abdullayeva va Jahongir Xo‘jayev Jahongir Xo‘jayev turmush o‘rtog‘i Asal Abdullayeva bilan bir institutda tahsil olgan va uni ko‘rsatuviga ikkinchi boshlovchi  sifatida qabul qilgan. Do‘stona munosabatlar chuqurlashib, 2022-yili oila qurdi. — Tanishishimiz ham qiziq bo‘lgan. “Dance” degan ko‘rsatuvga qiz bola boshlovchi kerak bo‘lib qoldi. “Diyor bilan boshlovchilik qilaman” desam, Aziz aka “qiz bola boshlovchi toping”, dedilar. Bir qizni tanirdim, rasmini ko‘rsatib “shu qiz bor”, dedim, u vaqtda kichkina qizcha edi. U tasdiqlandi va ko‘rsatuvni birga olib bordik. Asalning xarakteri yaxshi, gap uqadigan qiz bo‘lgani uchun unga bee’tibor bo‘lmaganman. Tanishib, bir-birimizni bilib, shu kungacha yetib keldik, — deydi Jahongir Xo‘jayev. Marjona Mirzaliyeva va Tohir Abdullayev “Qodirxon” orqali tomoshabinlarga tanilgan Marjona Mirzaliyeva serial rejissori Tohir Abdullayev bilan oila qurdi. — Turmush o‘rtog‘im bilan to‘ydan avval do‘st bo‘lganmiz. Hatto, to‘yga qadar bir kun ham “siz” deb murojaat qilmaganman. Uning ham menga nisbatan ishqiy munosabatda ekanligi sezilmagan. Xullas, to‘ydan avval uyimizdan sovchilarning qadami uzilmay qoldi. Bu haqida Tohir akaga aytsam, “Yur, seni bir joyga olib boraman”, dedi. Hayron bo‘lib mashinaga o‘tirdim va u meni bo‘lajak qaynonam bilan tanishtirdi. “Tanishing, bu keliningiz, unga uylanmoqchiman”, degani men uchun kutilmagan “syurpriz” bo‘ldi. Hammasi ana shunday keyin boshlandi. Sovchilarga rozilik berishgach, “siz” deyishni mashq qildim, — deydi aktrisa Marjona Mirzaliyeva.
102
12,083
Madaniyat
Jorj Mayklning unutilmas 10 qo‘shig‘i (video)
2016-yilda jahon musiqa namoyandalaridan Devid Boui, Prins va Leonard Koen kabi insonlar hayotdan ko‘z yumdi. 25-dekabr kuni britaniyalik xonanda Jorj Maykl ham dunyoni tark etdi. Rojdestvo haqida kuylagan xonanda aynan Rojdestvo bayramida – 53 yoshida vafot etdi. Jorj Maykl (haqiqiy ismi – Georgios Kiriyakos Panayotou) 1963-yilning 25-iyun kuni London shahrida tug‘ilgan. Xonanda 1980-yillar boshida, sinfdoshi Endryu Rijli bilan Wham! nomli pop-duet tarkibida chiqa boshlaganida katta shuhratga erishgan. Duetning Last Christmas, Wake Me Up Before You Go-Go nomli qo‘shiqlari butun dunyoda mashhur bo‘lgan. Uning yakkaxon sifatida ijro etgan Careless Whisper, Jesus to a Child va Faith kabi qo‘shiqlari ham ko‘plab muxlislarning qalbidan joy olgan. “Daryo” taniqli xonandaning unutilmas 10 qo‘shig‘ini muxlislar e’tiboriga havola qilishga qaror qildi. Careless Whisper, 1984-yil Wake Me Up Before You Go-Go, 1984-yil Wham! Last Christmas, 1986-yil Different Corner, 1986-yil Faith, 1987-yil Freedom! ’90, 1990-yil Too Funky, 1992-yil Fastlove, 1996-yil Jesus to a Child, 1996-yil Outside, 1998-yil Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
45
1,284
Madaniyat
Dipika Padukone, Priyanka Chopra: Bollivudning eng badavlat 10 aktrisasi (foto)
Hind kinosanoatida yiliga yuzlab filmlar suratga olinishi va yangidan yangi chehralar paydo bo‘lishi mumkin. Lekin ularning hammasi ham og‘ir suratga olish jarayonlari, o‘ziga yarasha qiyinchiliklarga chidayvermaydi. Hammasini mardonavor yengib o‘tgan, tajribali, asosiysi, iste’dodli va go‘zal aktrisalar esa bora-bora mehnatiga yarasha aqlbovar qilmas darajadagi gonorarlarga ega bo‘ladi. Dipika Padukone “Om Shanti Om”, “Yangi yilingiz bilan” va boshqa bir qancha filmlardagi roli bilan mashhur bo‘lgan aktrisaning umumiy daromadi 45 million dollarni tashkil qiladi. Priyanka Chopra 2000-yilda “Dunyo go‘zali” deb topilgan Priyankaning moliyaviy ahvoli 40 million dollar. Nafaqat, Hindiston balki boshqa mamlakatlarda ham tanilib ulgurgan aktrisa filmda suratga tushish uchun 12 kror (1,630 ming dollar), reklamada ishtirok etish uchun esa 5 kror (679 ming dollar) gonorar oladi. Madxuri Dikshit Dunyoning eng go‘zal ayollaridan biri hisoblanadigan Madxurining moliyaviy ahvoli 37 million dollarni tashkil qiladi. Yorqin iste’dod egasi, aktrisalik mahorati bilan millionlab muxlislar qalbidan joy olgan aktrisa raqsga tushish va qo‘shiq kuylashni ham maromiga yetkazadi. Ayshvariya Ray Bachchan Umumiy daromadi 35 million dollar deb baholanadigan Ayshvariya suratga tushish uchun 10 kror (1,358 000 dollar) gonorar oladi. “Devdas”, “Jodha va Akbar” va boshqa mashhur filmlaridagi roli aktrisani eng talabgir kinosanoat vakillaridan biriga aylanishiga sabab bo‘lgan. Priti Zinta Priti bir necha yildan buyon suratga tushmay qo‘ygan bo‘lishiga qaramay, kinosanoatning eng badavlat aktrisalaridan biri hisoblanadi. Moliyaviy ahvoli 30 million dollarni tashkil qilishiga uning IPL, Kings XI Punjab nomli kriket jamoalariga sarmoya kiritgani sabab bo‘lgan. Vidya Balan Karyerasini “Oilali ayol” filmida suratga tushishdan boshlagan  Vidyaning  moliyaviy ahvoli 27 million dollarni tashkil qiladi. 2005–2012-yilda u ishtirok etgan loyihalarning barchasiga tomoshabinlar va kinotanqidchilar tomonidan ijobiy baho berilgan. U mamlakatning madaniy rivojlanishiga qo‘shgan hissasi uchun Padma Shri mukofotiga loyiq deb topilgan. Anushka Sharma Umumiy daromadi 25 million dollarni tashkil qiladigan Anushka “Pikey”, “Tangri yaratgan juftlik” va “Toki hayot ekanman” filmlaridagi rollari bilan yaxshi tanish. Sharmaga 7-9 kror (950-1,222 ming dollar) atrofida gonorar to‘lanadi. Amrita Rao Moliyaviy ahvoli 20 million dollarga baholanadigan Amrita “Sanjapurga marhamat”, “G‘alaba” filmlari bilan mashhur. U dunyoning eng latofatli ayollari 50 talik reytingidan o‘rin olgan. Kajol Devgan Moliyaviy ahvoli 16 million dollarga baholanadigan Kajol o‘zining ijro mahorati, iste’dodi va rollarga samimiy kirishishi bilan muxlislar qalbidan joy olgan. “O‘g‘irlanmagan kelin”, “Gohi shodlik gohi g‘am” va boshqa bir qancha filmlari bilan mashhur Kajol nafaqat ijod borasida, balki oilaviy hayotda ham omadli. Sonam Kapur Aktyor Anil Kapurning qizi Sonamning moliyaviy ahvoli 15 million dollarga baholanadi. U kinosanoatdagi eng talabgir aktrisalardan biri sanaladi. Uning ijrosidagi har qanday loyiha muvaffaqiyatga erishadi. Suratga tushgan filmlari orasida eng mashhuri — “Nirja”. Aktrisa 2-3 kror (271-407 ming dollar) gonorar oladi.
79
3,229
Madaniyat
Tuba Buyukustun sevib qoldi, “Zuleyha”ni ikki aktyor tark etadi. Turk kinosi yangiliklari
Turk kinosanoatidagi eng so‘nggi yangiliklar, aktyor va aktrisalar bilan bog‘liq xabarlarni e’tiboringizga havola etishda davom etamiz. Tolgaxon Sayishman va uning rafiqasi Almeda Abazi ikkinchi marta farzandli bo‘lishga tayyorlanmoqda. Juftlik ilk bor 2019-yilda ota-ona bo‘lgandi. Tolgaxonning aktyorlik karyerasini tashlab biznesni tanlashga qaror qilganining boisi ham shu bilan bog‘liq chunki uzoq cho‘ziladigan suratga olish jarayonlari uning oilasi bilan yetarlicha vaqt o‘tkazmasligiga sabab bo‘lishi mumkin. Esra Bilgich “Ramo” serialining suratga olish jarayonlari bilan bog‘liq savollarga javob berdi. U Adanadagi suratga olish jarayonida kabob sabab ortiqcha vazn to‘plagani endi esa ushbu kilolardan qutilishga harakat qilayotganini ta’kidlagan. Aktrisa ayni vaqtda huquq sohasida ikkinchi bosqichda ta’lim oladi. Esra pandemiya vaqti va suratga olish jarayonlari vaqtida bu oson bo‘lmayotgani, lekin shunga qaramay o‘qishda davom etayotgani va onlayn darslarda ishtirok etayotganini ma’lum qilgan. Muxbirlarning aktrisalik faoliyatiga nuqta qo‘yish borasida bergan savoliga aktrisa bunday niyati yo‘q ekanini aytib javob bergan. Murat Yildirim ham matbuot xodimlari bilan suhbatlashgan va koronavirusga qarshi kurashish borasidagi amal qilayotgan usullari bilan o‘rtoqlashgan. U tez-tez o‘tlardan damlanadigan choy iste’mol qilayotgani, C vitaminini kanda qilmayotganini bildirib, har 5 kunda ulardan COVID-19 testi olinayotganini qo‘shimcha qilgan. “Biz qoidalarga amal qilmoqdamiz – niqob taqamiz va ijtimoiy masofa saqlaymiz”, – degan aktyor. Takvim gazetasida faoliyat yuritadigan Ufuk Ozjanning ma’lum qilishicha, Tuba Buyukustun va Ekin Mert Daymaz uchrashishni boshlagan. Umumiy tanishlari orqali tanishgan juftlik munosabatlarini sir saqlashni ma’qul biladi. Bunga aktrisaning Ekindan 9 yosh katta ekani sabab bo‘lishi mumkin. Jurnalistning qo‘shimcha qilishicha, juftlik 1 oydan beri uchrashadi. Kivanch Tatlitugning Polo Ralph Lauren brendidan kiygan sviterning “bozori chaqqon” bo‘lgan. 24-noyabr kuni Xande Erchel 27-yoshni qarshiladi. Aktrisa tug‘ilgan kuni munosabati bilan muxlislaridan “Saratonsiz hayot uyushmasiga” xayriya qilishni so‘ragan va bugungi kungacha 105 ming turk lirasi, ya’ni 13188 dollar atrofida mablag‘ yig‘ilgan. Ali Atay, Alperen Duymaz, Funda Eryigit va Xafsanur Sanjaktutan FoxTV kanalida namoyish etiladigan “So‘nggi yoz” serialining senariysi bilan tanishib chiqmoqda. Ozan Dolunay “Menejerimga qo‘ng‘iroq qiling” serialiga taklif qilingan yulduzlar sirasidan joy oldi. Sujetga ko‘ra u serialda Ego agentligiga aktyorlik bilan bog‘liq muammo bilan tashrif buyuradi. Unga shantaj qilayotgan bir qiz bilan shaxsiy yozishmalari matbuotda chop etilmasligi uchun yordam kerak bo‘ladi. “Zuleyha” seriali yakuniga yetish arafasida. Bu reyting bilan bog‘liq emas, shunchaki har bir voqeaning oxiri bo‘lgani singari serial ham tugatilishi kerak. Loyiha 2021-yilning may oyida tugaydi va shu sabab ham voqealar davomida o‘zgarishlar yuz bera boshlaydi. Unga ko‘ra Ugur Gunesh va Kerem Alishik loyihani tark etadi. So‘nggi vaqtda ijtimoiy tarmoqlarda muxlislar muhabbatiga sazovor bo‘layotgani ta’kidlanayotgan “Eshigimni qoq” seriali esa 26-qismda yakuniga yetishi mumkin. Bunga u namoyish etiladigan Fox TV telekanalining aksari seriallar bilan shuncha qismgacha shartnoma tuzishi sabab bo‘lishi mumkin. Serialda Efe rolini ijro qilgan aktyor Ali Ersan Duru esa loyihani tark etgan.
89
3,437
Madaniyat
Morgan Frimenning nabirasi eksorsizm marosimida o‘ldirildi
Gollivud aktyori Morgan Frimenning nabirasidan iblisni haydab chiqarishga uringan erkak uni o‘ldirdi, deb xabar beradi The New York Daily News. Voqea guvohi bo‘lgan 65 yoshli Jorj Xadakoning so‘zlariga qaraganda, erkak 33 yoshli Idena Xaynsga “Yo‘qol, iblis, men seni haydab chiqaraman”, degan so‘zlar bilan tashlangan. Shundan so‘ng u Idenaga pichoq bilan bir necha marta zarba bergan. “Ayolning chinqirgan ovozini eshitib, 911 xizmatiga qo‘ng‘iroq qildim”, — deydi Xadako. Hodisa 16-avgust, yakshanba kuni 03:00 atrofida Nyu-Yorkda yuz berdi. Ayol Garlem shifoxonalaridan biriga yetkazildi. Biroq ayol u yerda halok bo‘ldi. Huquqni muhofaza qilish organi xodimlari 30 yoshli erkakni qo‘lga oldi. U sud-psixiatriya ekspertizasini o‘tkazish uchun tibbiy markazga yuborildi.
58
774
Madaniyat
Jahon shou-biznes olamidagi eng qimmat 10 ta musiqiy klip (video)
Tarixdagi eng qimmat musiqiy kliplarning aksariyati o‘tgan asrning 90-yillarida suratga olingan. Shuningdek, ularning bir nechtasi dunyoga mashhur yulduzlar Maykl Jekson va Madonnaga tegishli. Scream − Maykl Jekson va Janet Jekson (7 000 000 dollar) Scream klipi uchun sarflangan pul tarixda 20 yildan beri eng qimmat narx bo‘lib qolmoqda. 1995-yil Jeksonlar stilist va vizajistlar uchun ko‘p mablag‘ sarflashi kerak edi. Sababi ularning kunlik xizmati 11 ming dollarni tashkil etgan. Ammo xarajatlarning eng qimmati kosmik kema bo‘lib, u aynan klip uchun 65 ming dollarga qurilgan. Umumiy qilib aytganda, klip uchun 7 000 000 dollar pul sarflangan. “Die Another Day” − Madonna (6 100 000 dollar) Ma’lum bo‘lishicha, klipga aslida bundan ham ko‘proq pul sarflangan bo‘lishi mumkin. Chunki 2002-yilda suratga olingan klip uning sobiq turmush o‘rtog‘i Gay Richining “Kartalar, pul va ikki stvol” kartinasiga qaraganda qimmatga tushgan. Aytgancha, xonanda qo‘shiqni Metro-Goldwyn-Mayer’ning iltimosiga ko‘ra Jeyms Bond haqidagi film uchun saundtrek sifatida yozgan. Express Yourself − Madonna (5 000 000 dollar) Bu safar Madonna rejissor Devid Fitcher bilan hamkorlikda ishladi. Ushbu klip namoyishi 6 yil davomida eng yaxshi klip maqomini saqlab turgan. Bedtime Story − Madonna (5 000 000 dollar) Kompozitsiyaning yaratilishida Bork ham ishtirok etgan bo‘lib, klip chindan ham o‘ziga xos tarzda ishlangan. Klipni suratga olish 7 kun davom etgan, ammo montaj ishlari uchun bir yarim oy vaqt sarflangan. Black or White − Maykl Jekson (4 000 000 dollar) Mazkur klipda “Uyda yolg‘iz” filmi yulduzi Makoley Kalkinni uchratish mumkin. Ehtimol, klipga sarflangan pul, asosan, sher uchun ajratilgan bo‘lishi mumkin. Shunga qaramay, klip to‘liq qabul qilinmagan va ekranlarda faqat uning dastlabki 6 daqiqasi namoyish etilgan. Estranged − Guns N’Roses (4 000 000 dollar) Jekson va Madonnadan so‘ng o‘rinni N’Roses egalladi. Uning klipida samolyot, kema, shuningdek, suvga sho‘ng‘ish uchun 4 million dollar pul sarflangan. Victory − Puff Daddy (2 700 000 dollar) Ushbu tarona ham eng qimmat kliplar bo‘yicha yetakchi o‘rinni egallamoqda. Klipda juda ham murakkab sahnalar mavjud bo‘lib, bir necha guruh kaskadyorlar ham ishtirok etgan. Albatta, ular yaxshigina haq evaziga ishtirok etgan. Shuningdek, samolyot va uning portlashi uchun 55 000 dollar sarf etilgan. Too Legit to Quit − MC Hammer (2 500 000 dollar) Amerikalik reper MC Hammer klip uchun 2 500 000 dollar miqdorda pul sarfladi. Natijada esa ushbu klip uning eng yomon asari sifatida qabul qilindi. Shunga qaramay, hech bo‘lmaganda tarona eng qimmat kliplar ro‘yxatidan joy olgan. Heartbreaker − Merayya Keri ( 2 500 000 dollar) Merayyaning har bir qo‘shig‘i mashhur bo‘lishiga qaramay, u aynan Heartbreaker kompozitsiyasi uchun katta mablag‘ sarflashga qaror qilgan. U klip suratga olinadigan joy va kinoteatrni 140 ming dollarga, animatsiya uchun esa 80 ming dollar sarflagan. What’s It Gonna Be − Basta Rayms va Janet Jekson (2 400 000 dollar) Klip qahramonlari uchun maxsus effektlar uchun kamida 20 ming dollar sarflangan. Albatta, suratga olish jarayoni va montaj uchun ham yetarlicha mablag‘ tikilgan va bu klipning muvaffaqiyatga erishishiga sabab bo‘lgan.
65
3,218
Madaniyat
Farrux Zokirov sulolasining katta va yosh avlodi vakillarida o‘zaro tushunish yo‘qligini tan oldi
Afsonaviy “Yalla” guruhi rahbari va yakkaxoni Farrux Zokirov “Tasvir” gazetasiga bergan intervyusida Zokirovlar sulolasining yosh avlodiga munosabat bildirdi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar bermoqda. “Zokirovlar sulolasining katta avlod vakillari bilan yosh avlod vakillari o‘rtasidagi munosabatlarni judayam ahil deya olmayman. Mehr-oqibat bor, ammo bir-birini tushunish yo‘qdek... — tan oldi san’atkor. — Sevimli ukamning o‘g‘li Javohir Zokirovni olsak, u ajoyib aktyor, bugungi kunda ancha yutuqlarga erishdi. Ravshanning o‘g‘li Vagif — o‘z kasbining ustasi, ularning yutuqlaridan quvonaman, albatta. Ammo, menimcha, har bir avlodning o‘z an’analari bor. Balki dunyoqarashlarimiz boshqami, bilmadim... Mening yosh qarindoshlarimga aytadigan gapim bitta: ‘Nima bo‘lgan taqdirda ham Karim Zokiriyning nabirasi ekanligingizni unutmang!’. O‘zim esa kimning o‘g‘li, kimning ukasi ekanligimni hech qachon yoddan chiqarmayman, bu menga quvonchdan ham avval katta mas’uliyat yuklaydi”. “Hamon yodimda, Botir akamga orkestrda ishlash niyatim borligini aytganimda, u kishi rozi bo‘lish o‘rniga, ‘Avval o‘qing, orkestr bilan kuylash uchun unga loyiq bo‘lish kerak’, degandi. — so‘zida davom etadi Farrux Zokirov. — Rahmatli Botir akamning qattiqqo‘lligidan ranjib, onamga shikoyat qilgan vaqtlarim bo‘lgan. Onam gaplashib ko‘rganlar, ammo akam unamagan. Akamning bergan maslahatiga amal qilib, kam bo‘lmadim, buni keyin tushundim, qadriga yetdim. Men mashhur san’atkorning farzandi, mashhur san’atkorning ukasi bo‘lganligim uchun osongina san’atga kirgan emasman, aksincha, buning zamirida qancha bilim, mehnat, izlanish, qolaversa, aytganimdek, ulkan mas’uliyat yotadi”.
97
1,662
Madaniyat
Instagram'da 87 ming mushtariyi bo‘lgan Shahzoda Sevara Nazarxondan o‘zib ketdi
Instagram kim nima ovqat iste’mol qilayotgani-yu, qayerda dam olayotgani haqidagi suratlar bilan to‘lib-toshib ketgan. Xo‘sh, ko‘raylik-chi, o‘zbek estradasi va kinematografi vakillaridan qay biri mushtariylari soni bo‘yicha Instagram qiroli ekan? Ana shunaqa. Instagram qirolini izlagan edik, qirolichasini topdik :)
79
324
Madaniyat
Vin Dizel “Gannibal” haqida film suratga oladi
Butun dunyoga “Forsaj” filmidagi roli bilan tanilgan Vin Dizelning orzusi amalga oshadigan ko‘rinadi. Afsonaviy karfagenlik sarkarda – Gannibal haqida film suratga olish istagida yurgan ushbu aktyor va rejissor o‘ziga hamkor studiya topdi. Kartina ssenariysini Vin Dizelning o‘zi tayyorlagan bo‘lib, unda eramizdan avvalgi 300-asrda yashagan sarkarda Gannibal Lektor haqida hikoya qilinadi.
46
391
Madaniyat
Di Kapriodan korrupsiya haqidagi ayblovlar tufayli BMTni tark etish so‘raldi
Bruno Manser nomidagi Shveysariya jamg‘armasi rahbari Lukas Staumenn amerikalik aktyor Leonardo Di Kaprioni BMTning iqlim bo‘yicha elchisi lavozimini tark etishga chaqirdi. Bunga sabab sifatida aktyorning korrupsion sxemalarga aloqadorligi borasidagi ayblovlar ko‘rsatilmoqda, deb xabar beradi “Korrespondent.net”. Di Kaprio 1MDB Malayziya davlat jamg‘armasining qalloblik ishlariga aloqadorlikda gumon qilinmoqda. Avgust oyida AQSh adliya vazirligi sudga murojaat qilib, Leonardo Di Kaprio jamg‘armasining Malayziyadagi qallobliklarga aloqadorligini tekshirishni so‘radi. “Di Kaprio Malayziya jamg‘armasi bilan bog‘liq janjalning asosiy ishtirokchilari bilan yaqin shaxsiy va moliyaviy aloqalarini tushuntirib berishdan bosh tortib keldi. Bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Di Kaprio Malayziya korrupsiyasidan uzoq tura olmadi. U BMTning iqlim bo‘yicha elchisi lavozimidan ketishi lozim”, — dedi Lukas Staumenn. Di Kaprio 1MDB janjaliga aralashib qolgan malayziyalik biznesmenlar Rizo Aziz va Lyu Tetszao bilan yaqin aloqada.
76
1,021
Madaniyat
Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan tomosha ilk bora O‘zbekiston teatrlarida namoyish etiladi
O‘zbekistonga Sergey Obrazsov nomidagi dunyodagi eng yirik qo‘g‘irchoq teatri 40 yil ichida ilk bora gastrol safari bilan keladi, deb xabar beradi Turon 24. Teatrning Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgan “G‘aroyib konsert” tomoshasi birinchi marta O‘zbekiston teatrlarida namoyish etiladi. Spektakllar O‘zbekiston davlat akademik rus drama teatrida 19, 20 va 21-oktabr kunlari qo‘yiladi. “G‘aroyib konsert” dasturi dunyo bo‘yicha 10 ming martadan ko‘proq namoyish qilingan tomosha hisoblanadi. Teatr jamoasi 19, 20-oktabr kunlari soat 18:00 da “G‘aroyib konsert”, 21-oktabr kuni soat 13:00 va 16:00 da “Mushukning uyi” tomoshalarini ko‘rsatadi. Dunyoga mashhur qo‘g‘irchoq teatrining O‘zbekistonga safari Rossiyaning “Katta gastrol” loyihasi hamda Alisher Usmonovning “San’at, ilm va sport” xayriya jamg‘armasi hamkorligida tashkil etilmoqda. Teatr tomoshalari Samarqand shahrida ham o‘tkazilishi kutilmoqda.
98
909
Madaniyat
OAV: Anjelina Joli to‘rtinchi bor turmushga chiqishga hozirlik ko‘rmoqda
Amerikalik aktrisa Anjelina Joli yaqin orada to‘rtinchi bor turmushga chiqadi. Bu haqda “Izvestiya” xabar bermoqda. 42 yoshli Gollivud yulduzi bu gal aktyorni emas, britaniyalik millionerni tanladi. OAVga ko‘ra, Joli va millionerning ishqiy munosabatlari bir yildan oshiq vaqtdan beri davom etmoqda. Ularni Jorj Klunining rafiqasi Amal tanishtirdi.  “Enji shunchalik sevib qolganidan yaqin orada to‘rtinchi bor nikoh rishtalarini bog‘laydi. Uning o‘zi buni taklif etdi”, — deydi aktrisaning dugonasi.  Ma’lumot uchun, Joli oldinroq aktyorlar Jonni Li Miller, Billi Bob Tornton va Bred Pitt bilan turmush qurgandi.
72
614
Madaniyat
Instagram: “Mendirman Jaloliddin”ning suratga olish jarayoni yakunlandi, Munisa Rizayevaning yangi imiji, Asal Shodiyevaning qo‘rqinchli videosi
30-oktabr kuni jahon va o‘zbek san’ati yulduzlarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. Bollivud yulduzi Kajol yangi surat bilan muxlislariga ko‘rinish berdi. Lola Karimova-Tillayeva ham sahifasiga yangi surat joyladi. Zarina Nizomiddinova Moskvadan muxlislariga salom yo‘lladi. Ravshan Sobirov o‘z qo‘li bilan baliq pishirdi. Munisa Rizayevaning hijobda tushgan surati folloverlarini hayratga soldi. Lola Ahmedova turmush o‘rtog‘ini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi. Rayhon “O‘zingdek bo‘l” deb yozilgan yangi svitshotini taqdim etdi. Asal Shodiyeva Toshkentda o‘tkazilgan Xellouin bayramida ishtirok etdi. U joylagan video folloverlarini biroz qo‘rqitgan bo‘lsa, ajab emas. Lola Eltoyeva yangi teatr mavsumi boshlanganidan xursand bo‘lmoqda. Hind aktrisasi Karina Kapur onasi uni massaj qilib qo‘yayotgani aks etgan surat bilan bo‘lishdi. “Mendirman Jaloliddin” serialining birinchi mavsumi suratga olish ishlari yakunlandi.
144
998
Madaniyat
Milliondagi Shahlo yangi jamoasi bilan qanday “hunar”larni boshladi? (video)
“Million” jamoasining erkatoy qizi Shahlo Zoirova mazkur qiziqchilar jamoasini tark etgach, anchagina mashhurlikka erishmoqda. Jamoadan ketgach, o‘zini aktrisa, qo‘shiqchi, model sifatida sinab ko‘rgan Shahlo nihoyat, o‘zining qiziqchilar jamoasi safini kengaytirishga qaror qilgan ko‘rinadi, deb yozadi “Hordiq.uz” Kadr: You Tube Quyida taqdim etilgan videoda Shahlo Zoirova qiziqchi Halima Ibragimova, “Dizayn” jamoasining a’zosi Sa’dulla bilan birga biliard o‘ynaganini ko‘rish mumkin. Tan olish lozim, Shahlo nafaqat parodiya qilishga, balki billiard o‘yinida ham anchagina usta ekan.
76
590
Madaniyat
Oktyabrda Rossiyada o`zbek filmlari haftaligi bo`lib o`tadi
O`zbekiston va Rossiya o`rtasidagi o`zaro aloqalar yildan-yilga kengayib, ikki davlat o`rtasida diplomatik aloqalar va do`stlik rishtalari tobora mustahkamlanmoqda. Barcha sohalarda, ayniqsa, madaniyat va san`at sohasida hamkorlik izchil rivojlanmoqda. Ana shu an`ananing davomi sifatida joriy yilning 1-5 oktyabr kunlari Rossiyaning Moskva va Qozon shaharlarida “O`zbek kinosi kunlari” o`tkaziladi. Mazkur haftalik Rossiya Federasiyasi Madaniyat vazirligi, O`zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi, “O`zbekkino”, “Festsinema” va “Dom kino” tomonidan tashkillashtirilmoqda. Filmlar namoyishiga kirish bepul bo`ladi. Haftalik davomida 14 ta o`zbek filmi, jumladan 4 ta hujjatli film namoyish qilinadi.
59
703
Madaniyat
“Doktor Xaus” yulduzi Xyu Lori Agata Kristi romani asosida serial suratga oladi
Britaniyalik aktyor Xyu Lori Agata Kristning “Nega Evans emas?” nomli romani asosida yaratiladigan mini-serialning ssenariysini yozadi va unga prodyuserlik qiladi, deb xabar beradi “Film.ru”. Bu Lorining televideniyeda shouranner sifatidagi birinchi tajribasiga aylanadi. Aktyorning o‘zi rollardan birini ijro etish yoki etmasligi hozircha noma’lum. Loyihani yaratish ustida Buyuk Britaniya, Shimoliy Amerika va Avstraliyada foydalanish mumkin bo‘lgan BritBox striming servisi shug‘ullanmoqda. Serial premyerasi 2022-yilga mo‘ljallangan. “Nega Evans emas” romani 1934-yilda chop etilgan. U vikariy Bobbi Jons va uning rafiqasi Frensis Derventning o‘g‘li haqida hikoya qiladi. Kunlarning birida bosh qahramonlar golf o‘ynayotib, jonsarak erkakka duch keladi va u o‘limi oldidan bir jumlani aytib ketadi: “Nega ular Evansdan so‘rashmadi?”. Shundan keyin ular o‘z surishtiruvini boshlab yuboradi.  “Doktor Xaus”da rol ijro etgan aktyor qirollik ordeni bilan taqdirlandi
79
967
Madaniyat
Dilnoza Kubayeva: “Bolaligim oddiy o‘tmagan”
Dilnoza Kubayeva “Darakchi.uz” nashriga bergan intervyusida bolaligi oddiy o‘tmaganini ma’lum qildi. “Rollarimning barini o‘zimdan olaman. Bolaligim ham oddiy o‘tmagan. Ancha-muncha kinoga tatiydigan lahzalar ham bor-da. “Kelgindi kelin” eslang, “Allo, dadajon...” deb boshlanuvchi lavha bor-ku, ana shu o‘zimniki. Tarbiyalagan rollarim esa asosan teatrda. “Andishali kelinchak”dagi Olmaxon misol uchun, hamisha qo‘li ko‘ksida, kulib turadi, “Xo‘p bo‘ladi”, deydi doim. Egilganingiz sari yuzaga chiqasiz, Olmaxondan shularni o‘rganaman. “Quyoshni sen uyg‘otasan”, “Ogoh bo‘ling, odamlar”dagi rollarim esa shukr qilishga undaydi”, — dedi aktrisa. “Bolaligim oddiy o‘tmagan deganda, nimani nazarda tutdingiz?” — deya savol berdi jurnalist. “Har bir oilaning o‘ziga yarasha past-balandliklari, yaxshi-yomon kunlari bo‘ladi. Bu haqda gapirishni xohlamasdim... Kichikligimdan boshqalarga qo‘shilolmasdim, bir chekkada qimtinibgina turadigan qizaloq bo‘lganman. Maktabga ham borishni istamasdim. Har bir voqea-hodisani o‘ylayverardim, “Nega bu shunday?” deb. Tan olaman, qiyinchilikda o‘sganmiz. Lekin hammasi uchun shukr qilaman. Chunki mana shularning barchasi bugun rollarimda ifodasini topayapti. Agar qiyinchilik ko‘rmay ulg‘ayganimda balkim bugungi darajaga erisha olmagan bo‘larmidim?”, — dedi Kubayeva.
44
1,305
Madaniyat
Alisher Uzoqov “The cover up”da ishtirok qilib, qarzga botib ketdim, — degan ishtirokchining fikriga munosabat bildirdi (video)
Aktyor, rejissor va boshlovchi Alisher Uzoqov “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad uyushtirdi. Alisher Uzoqov “The cover up” loyihasida ishtirok qilib, qarzga botib ketdim, degan ishtirokchining fikriga munosabat bildirdi. Chetdan kelib Zo‘r TV’ning efirida chiqish qancha narx bo‘ladi-yu, ‘The cover up’ loyihasida 4 ta sozandaga ishlatgan puli qancha bo‘ladi. Cover’ga olayotganimizni o‘zi ishtirokchilarga yordam emasmi. Negadir qilinayotgan yordam ko‘rinmaydi-da, ozgina qilinmayotgan yordam ko‘rinadi. Biz ularning yaxshi cover qo‘shig‘ini kanalda aylantirib beramiz. Ishtirokchilarga ko‘p aytaman, “bu siz uchun imkoniyat”, deb. Shundoq ham loyihani amalga oshirish uchun katta mablag‘ sarflanadi. Kadr oldida turib fikr bildirish oson. Kadr ortida katta mehnat qilinadi. Mehnatimga achinganim uchun gapiryapman. Kimningdir elga tanilishida nimaningdir yoki kimningdir yordami tegdimi bu narsani esdan chiqarish kerak emas. Loyihani tashkil qilayotgan insonlarga qiyin. Yana bunaqa gap-so‘zlar ortiqchalik qiladi. 4-mavsum boshlanishidan avval xalqning oldida loyihaning yuzini yorug‘ qilay dedim. Alisher Uzoqov, aktyor va rejissor
127
1,195
Madaniyat
“Mag‘rurlik kambag‘allar uchun hashamatdir”. “Shaxmat novellasi” haqida
“Daryo” kolumnisti Nurbek Alimov “Jahon adabiyotining eng buyuk asarlari” rukni doirasida mashhur badiiy asarlarni tahlil qilishda davom etadi. Bu hafta u Stefan Sveygning “Shaxmat novellasi” haqida hikoya qiladi. Fleshbek Bolaligimdan shaxmatga juda qiziqaman, kutubxonalardan Muhiddinov familiyali insonning shaxmat haqidagi kitoblarini olib kelib o‘qirdim. Buyuk shaxmatchilar o‘rtasida bo‘lgan o‘yinlarni o‘sha kitoblarda yozilgan formulalar asosida shaxmat doskasida jonlantirib o‘tirardim. Quyida tahlil qilinadigan asarni ham aynan o‘sha davrlarda katta qiziqish bilan o‘qiganman. Asar haqida “Shaxmat novellasi” avstriyalik yozuvchi Stefan Sveygning so‘nggi va eng mashhur asaridir. Asar 1938–1941-yillarda Braziliyada yozilgan bo‘lib, 1942-yil 7-dekabrda Buenos-Ayresda 300 nusxadagi cheklangan nashrda paydo bo‘lgan. “Shaxmat novellasi” filmidan kadr Kitobning yevropalik o‘quvchilarga taqdim etilgan birinchi nashri 1943-yil dekabr oyida Stokgolmda joylashgan Gotfrid Bermann Fisher nashriyotida bosilgan. Asar ingliz tilida birinchi marta 1944-yil Nyu-Yorkda nashr etilgan. 1974-yil Germaniyada kitobning cho‘ntak nashri paydo bo‘lganidan beri “Shaxmat novellasi” uzoq vaqtdan beri eng ko‘p sotilgan kitoblardan biri bo‘lib qolmoqda. Asarning 1,2 milliondan ortiq nusxasi sotilgan. Syujet Nyu-Yorkdan Buenos-Ayresga jo‘nayotgan yirik okean kemasining yo‘lovchilari orasida shaxmat bo‘yicha jahon chempioni Mirko Chentovich ham bor. Hikoyachining do‘sti aytgan ma’lumotga ko‘ra, Mirko o‘n ikki yoshda yetim qolgan. Uzoq yugoslav qishlog‘idan kelgan bir rahmdil ruhoniy uni boqib oladi. Bola tentak, qaysar va tili kelishmagan edi. Uning miyasi eng oddiy narsalarni ham o‘zlashtira olmasdi. Mirkoning shaxmat o‘ynashdagi g‘ayrioddiy qobiliyati esa tasodifan kashf etiladi. U ruhoniyni, uning qo‘shnisini va qo‘shni shaharning shaxmat shinavandalarini ham ko‘p bora mag‘lubiyatga uchratadi. Olti oy davomida Venada shaxmat o‘yinining bilimdonidan saboq olgan Mirko hech qachon doskaga qaramay o‘ynashni o‘rgana olmaydi, chunki u avvalgi harakatlarini eslay olmasdi. Ammo bu kamchilik Mirkoning muvaffaqiyatiga to‘sqinlik qilmaydi. O‘n yetti yoshida u o‘nlab sovringa ega bo‘ladi, o‘n sakkiz yoshida  Vengriya chempioni, yigirma yoshida esa jahon chempioni unvonini oladi. Shubhasiz, undan aql-idrok, tasavvur va jasoratda kuchli bo‘lgan o‘yinchilar ham uning temirdan bo‘lgan sovuq mantiqiga qarshi tura olmasdi. Shu bilan birga, u faqatgina shaxmat bilan cheklangan yigit bo‘lib qoladi. U iste’dodi va shon-shuhratidan foydalanib, mayda ochko‘zligini namoyish qilib, iloji boricha ko‘proq pul topishga harakat qiladi. Ko‘p oylar davomida bitta ham o‘yinda yutqazmadi. Kemada shaxmat muxlislari talaygina edi, ularning orasida tog‘ muhandisi Skot MakKonnor ajralib turardi. MakKonnor har qanday mag‘lubiyatni mag‘rurligiga zarba sifatida qabul qiladigan, o‘ziga ishongan boy odamlarning toifasiga kirardi. MakKonnor bir vaqtning o‘zida kemadagi barcha shaxmat muxlislariga qarshi seans o‘ynash uchun chempionni katta haq evaziga ko‘ndirishga harakat qiladi. Chempion esa barcha havaskorlar unga qarshi bitta doskada o‘ynashlarini taklif etadi. “Shaxmat novellasi” filmidan kadr Ushbu partiya havaskorlarning to‘liq mag‘lubiyati bilan yakunlanadi. MakKonnor revansh talab qiladi. Chentovich rozi. O‘n yettinchi yurishda havaskorlar uchun qulay pozitsiya yaratiladi. MakkKonnor piyodani urib olishga qo‘l uzatganida to‘satdan uni qirq besh yoshlardagi ozg‘in va yuzi oqarib ketgan odam uni to‘xtatib qoladi. U bu yurish qilinsa, o‘yin mag‘lubiyat bilan tugashini bashorat qiladi. O‘yinchilar hayratda qoladi, chunki faqat yuqori darajadagi o‘yinchigina to‘qqizta harakatda nima bo‘lishni taxmin qila oladi... Bu sirli inson kim? Uning chempionga qarshi o‘yini qanday kechadi? Tahlil “Shaxmat novellasi”da Sveyg o‘quvchilariga tom ma’noda bo‘lmasa-da, o‘xshatish va qiyoslashlar orqali natsist Germaniyasi yurt va millat ongiga qanchalik darajada sotsial va psixologik ta’sir ko‘rsatganini anglatishga urinadi. Jimjitlik va yolg‘izlikka mahkum inson, hech kim bilan uchrashtirilmasdan o‘tkazilgan soatlar va kunlar. Zamon, vaqt o‘lchovini yo‘qotish orqali his qilingan ruhiy kemtiklik. Tutqunning yashash sharoitida bor narsalar: to‘rt devor, yotoq joy, unitaz, kichik oyna va vaqti-vaqti bilan uni so‘roq qiladigan zobitlar. Bir chekkaga surib qo‘yilgan, hech kimning yetti uxlab tushiga ham kirmaydigan qiynoq orqali inson ruhiyatiga chizilgan chizgilar. Ruhiy cho‘kishga sabab bo‘luvchi muntazam so‘roqlar va kamsitishlar. Sveygning bu asari ruhiy bosimlardan ezilgan insonning harakatlari va tushunchalarini bizga juda nozik tahlil orqali yetkazib beradi. Mirko Chentovich va Dr.B. orasida uyushtirilgan shaxmat musobaqasi katta hayajon bilan o‘quvchiga taqdim etiladi. Mirkoning miyasi sekin ishlaydi, darsdagi eng oson mavzular uchun bosh qotiradigan darajada ham zehni yo‘q. O‘n to‘rt yoshida ham hisob-kitob uchun barmoqlaridan foydalanadi. U shaxmatda juda mohir bo‘lgani uchungina atrofdagilar tomonidan aqlli deb topilgan. Ammo aql va bilim o‘rganish, o‘rganilganlardan mohirona foydalana bilish qobiliyatidir. Mirkoning birdan-bir qobiliyati esa shaxmat edi. Yozuvchi bu o‘rinda bizga o‘zi hozirlagan ironik dunyo bilan zavq bera oladi. O‘ylab qolamiz: Mirko ahmoqmi yoki aqlli? Bu nuqtada yozuvchi jaholat va bilimsizlik haqida ancha vaqt bosh qotirganini va bizni yuqoridagiday qarama-qarshi fikrlar orasida qoldirish istagini kuzatishimiz mumkin. Asarning yana bir asosiy qahramoni Dr.B. esa Mirkoga teskari xarakterdagi inson: oliy ma’lumotli, bilimli, hayotiy tajribasi ancha yuqori. Qamoqda unga nisbatan uyushtirilgan ruhiy azob natijasida aqldan ozish ostonasiga kelib qolgan bir paytda bexosdan qo‘lga kiritgan bir kitob orqali ruhiyatini asrab qola oladi. Bu shaxmat haqidagi kitob bo‘lib, kun-u tun o‘zi bilan o‘zi muntazam shaxmat o‘ynash orqali egallagan shaxmat mahorati asar o‘quvchisini lol qoldiradi. Bu ikki qahramon yo‘llari bir yo‘lovchi kemasida kesishadi va biz ular orasida o‘tkazilgan shaxmat o‘yini mobaynida yozuvchining mukammal ruhiy tahlili va psixologik chizgilaridan bahra olishimiz mumkin. Xulosa Asarni o‘qir ekanmiz, inson zoti eng umidsiz paytlarda ham o‘zligi va ruhiyatini qutqarib qolish uchun tirishishini, ammo boshdan o‘tkazilgan har soniya inson ruhiyatida izsiz qolmasligini ko‘rishimiz mumkin. Go‘yoki shaxmat o‘yini va Sveyg o‘quvchiga yetkazib berishga intilgan fikrlarida simvolik qiyoslama va o‘xshatishlar borday. “Shaxmat novellasi” filmidan kadr Bir nafasda o‘qishingiz mumkin bo‘lgan bu kitob yuzyillikning eng muhim asarlaridan biri hisoblanadi. Hech bir asarda inson ruhiy dunyosiga qilingan bunchalik chuqur sho‘ng‘ishni his etmaganman. O‘qimaganlarga qisqa fursatda o‘qib chiqishni tavsiya qilaman. Iqtiboslar Agar sizning miyangiz dunyoda bir paytlar Rembrandt, Betxoven, Dante va Napoleonlarning yashaganini bilmasa, siz o‘zingizni buyuk odam deb hisoblashingiz juda oson; ...o‘zingizga qarshi o‘ynash o‘z soyangizdan sakrab o‘tishga o‘xshashdir; Shaxmatchilar ham matematiklar, shoirlar va bastakorlarday juda iqtidorli odamlardir, faqat ular boshqacha yo‘nalishdagi tasavvurga, qat’iyatlilikka va aniqlik mahoratiga ega bo‘lgan maxsus daholardir; Mag‘rurlik kambag‘allar uchun hashamatdir. Qiziqarli faktlar - Shaxmat bo‘yicha jahon chempioni Mixail Botvinnikning so‘zlariga ko‘ra, asardagi shaxmatchi Mirko Chentovich obrazi Robert Fisher kabi shaxmatchining paydo bo‘lishi haqidagi bashorat bo‘lgan, ammo Botvinnikning o‘zi ham ular o‘rtasidagi jiddiy farqni ta’kidlagan: “Mirko Chentovich juda zerikarli shaxmat o‘ynaydi, Fisher esa juda qiziq edi”. Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.
71
7,699
Madaniyat
Oklenddagi kutubxonada kitoblarni yashirib qo‘yuvchilar uysiz kitobxonlar bo‘lib chiqdi
Yangi Zelandiyaning Oklend shahri markaziy kutubxonasi xodimlari nima uchun doimiy ravishda javonlardan kitoblar yo‘qolishini aniqladi. Kutubxonachilar ularni odamlar ko‘zidan yashirin joylardan, masalan, kreslolar yoki javonlar tagidan topdi va joyiga qaytardi, deb yozmoqda Meduza. Ma’lum qilinishicha, kitoblarni bezorilar emas, balki kutubxonaga doimiy tashrif buyuruvchilar yashirgan. Ular doimiy yashash manzili bo‘lmaganligi sababli kutubxonaga a’zo bo‘la olmaydigan va kitoblarni uyiga olib keta omaydigan uysizlar bo‘lib chiqqan. Bunday tashrif buyuruvchilar asarni kechqurungacha o‘qib tugatmasa, ertasi kuni qaytib kelib, o‘qishni davom ettirish uchun kitoblarni kutubxona hududiga yashirib ketgan. Uysiz kitobxonlarga yordam berish uchun kutubxona xodimlari maxsus javon tashkil qildi — unda kitoblarni qoldirish va ertasi kuni kelib, o‘qishni davom ettirish mumkin.
87
879
Madaniyat
Aktrisa Jamila G‘ofurovaning kelin ko‘ylakda qochayotgan surati shov-shuvga sabab bo‘ldi
Aktrisa Jamila G‘ofurova ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga o‘zining kelin ko‘ylakda qochayotgani tasvirlangan suratini joylab, unga “Kelin krossovkada to‘ydan qochyapti”, deb izoh qoldirdi. Bu haqda “Bekajon” nashri xabar bermoqda. “Nahotki Jamila yana turmushga chiqayotgan bo‘lsa?”, “Kimnidir parodiya qilyaptimi?” va “Nega kelin ko‘ylagi bilan qora shim kiygan?” qabilidagi savollarga aktrisaning o‘zi yakun yasadi. Jamila bu o‘zi suratga tushayotgan navbatdagi filmdan parcha ekanligini qayd etdi.
88
499
Madaniyat
«O`zbekkino» BBC bilan hujjatli filmlarni suratga olish bo`yicha hamkorlik qiladi
“O`zbekkino” Milliy agentligi rahbariyati "BBC Broadcasting House" kompaniyasi vakillari bilan Londonda uchrashuv o`tkazdi. Uchrashuv doirasida so`nggi 3 yil ichida Markaziy Osiyoda yuz bergan tarixiy o`zgarishlar, jumladan, O`zbekiston va Afg`oniston o`rtasidagi munosabatlarning qayta tiklanishi va bu o`zgarishlar mintaqa hayotiga qanday ta`sir ko`rsatayotgani hiqida hikoya qiladigan bir hujjatli filmlarni suratga olish bo`yicha kelishuvga erishildi. Bundan tashqari, tarixiy va madaniyat yo`nalishda ham bir qator filmlar yaratishga kelishib olindi. Bu ro`yxatda O`rta Osiyoning birinchi fotosuratchisi va o`zbek kinosining asoschisi Xudoybergan Devonov haqidagi film etakchilik qiladi. Kompaniyaning AQSh va Evropa davlatlarida biznesni rivojlantirish bo`yicha rahbari Frederik Durman uchrashuv chog`ida "Bi-bi-si O`zbekiston" bilan jadal va samarali xalqaro hamkorlikni rivojlantirishdan mamnun ekanligini, yangi loyihalarning amalga oshirilishi nafaqat O`zbekistonda, balki butun dunyoda muxlislar auditoriyasini kengaytirishini ta`kidladi. "Kattalangar Qur`oni: Afsona va haqiqatlar" loyihasining muvaffaqiyatli amalga oshirilishi Bi-bi-si va O`zbekiston o`rtasidagi hamkorlikning muvaffaqiyatli namunasi bo`ldi. Ushbu film orqali biz jahon, ayniqsa Yaqin Sharq auditoriyasiga O`zbekistonning boy madaniy merosi, shuningdek, ma`rifatparvar islom g`oyalari haqida ma`lumot berishga harakat qildik", dedi Yaqin Sharq mintaqasi bo`yicha jurnalistika bo`limi boshlig`i Salim Patka uchrashuv davomida. O`z navbatida, “O`zbekkino” milliy agentligi bosh direktori F. Abduxoliqov birgalikda nafaqat hujjatli filmlar yaratish, balki O`zbekistondagi yosh hujjatli kino ustalarining ijodiy saviyasini oshirishga qaratilgan o`quv seminarlarini muntazam ravishda o`tkazish muhimligini ta`kidladi. “Kino haqida so`z borarkan, hujjatli kinodek dunyoga mashhur janrni unutmaslik kerak. Bugungi kunda keng auditoriyani jalb qila oladigan hujjatli filmlar yaratishda o`ziga xos usullar, ijodiy yondashuvlar mavjud. Umid qilamizki, ushbu loyiha dunyoga yangi O`zbekiston va uning buyuk tarixi haqidagi yangi filmlarni taqdim etish barobarida, O`zbekiston hujjatli kinosi yosh vakillarining yanada kamol topishi, tajriba orttirishi, yangi ko`nikmalar hosil qilishida muhim o`rin tutadi” deydi F.Abduxoliqov. Shuningdek, BBC o`zbek xizmati O`zbekiston madaniyati va san`ati haqida 10 daqiqalik haftalik dasturlar berib borishini ma`lum qildi.
82
2,446
Madaniyat
“Oskar” hakamlar hay’atining kino ishqibozlarining muhokamalariga sabab bo‘lgan qarorlari
“Oskar” mukofotini XX asrdan meros bo‘lib kelayotgan va tomoshabinlarni hayratga soladigan kinomukofot deb hisoblash mumkin. Hozirda ham “Oskar” yilning asosiy kino voqeasi bo‘lib qolmoqda. Hali ham uni kutishadi, tayyorgarlik ko‘rishadi va keyin albatta natijalar qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ladi. Ledi Gaga — “Guchchi uyi” (2021) “Guchchi uyi” filmidagi Patrisiya Rejani roli uchun Ledi Gaga tom ma’noda barcha mukofotlarga, jumladan, “Oltin globus“ va BAFTA’ga ham nomzod bo‘lgan. Ko‘pchilikni hayratda qoldirganidek, aktrisa “Oskar” uchun da’vogarlar ro‘yxatiga kira olmadi. Shunga qaramay, film “Eng yaxshi grim va soch turmagi” nominatsiyasida taqdirlandi. 2019-yilda eng yaxshi qo‘shiq uchun “Oskar”ni qo‘lga kiritgan Ledi Gaga esa “Guchchi uyi”da ishlagan vizajist va sartaroshlarni ushbu voqea bilan tabriklamasdan qolmadi. Kristen Styuart – “Zils-Mariya” (2014) “Sumerki” yulduzi va “Oltin malina” g‘olibi Kristen Styuart bu yil o‘zining birinchi “Oskar” mukofotini oldi. Kinoakademiya aktrisaning “Spenser” biografik dramasidagi ajoyib ijrosiga tan berdi. Bunday e’tiborni avval ham kutish mumkin edi. Masalan, 2015-yilda Kristen “Zils-Mariya” filmidagi ikkinchi darajali roli uchun fransuzlar “Oskar”i — “Sezar” mukofoti bilan taqdirlangan. U ushbu nufuzli mukofotni qo‘lga kiritgan birinchi amerikalik aktrisa bo‘ldi. Ko‘plab tanqidchilar va kino ixlosmandlari Kristen ham “Oskar”ga nomzod bo‘lishini kutishgan, ammo bunday bo‘lmadi. Emma Stoun — “Kruella” (2021) Dalmatinlar haqidagi multfilmdagi yovuz Kruella De Vilning yangicha obrazi bu yil “Oskar”ning 2 ta nominatsiyasini oldi — “Eng yaxshi kostyumlar dizayni” va “Eng yaxshi grim va soch turmagi” nominatsiyalarida. Ammo aktyorlik mukofotlari Kruella va bosh rol aktrisasi Emma Stounni chetlab o‘tdi. Bungacha aktrisa uch marta “Oskar” mukofoti uchun nomzodlar ro‘yxatiga kiritilgan va 2017-yilda “La La Lend” musiqiy filmidagi ijrosi uchun orzu qilingan haykalchani olgan edi. Balki, Kruellaning vaqti hali kelmagandir. Stoun kartinaning davomida ishtirok etish uchun shartnoma imzoladi, shuning uchun uning qahramoni yaqin kelajakda yana ekranlarga qaytadi. “Avatar” (2009) 2009-yilda “Avatar” kino tarixidagi eng yuqori daromad keltiruvchi film bo‘lib, tasavvur qilib bo‘lmaydigan va aqlbovar qilmaydigan barcha rekordlarni yangiladi. Film 9 nominatsiyada “Oskar” mukofotiga nomzod bo‘ldi. Ammo rejissor Jeyms Kemeron va prodyuserlar guruhining ishi mukofotlanmadi. “La La Lend” (2016) Kino yangiliklarini kuzatib boradigan har bir kishi 2017-yildagi marosimda sodir bo‘lgan omadsizlikni eslasa kerak. “La-La Lend” filmi yilning eng yaxshi filmi deb topildi va unga adashib “Oskar” berildi. Kartina aktyorlari, prodyuserlari va rejissorlari sahnaga chiqib, minnatdorlik so‘zlarini aytishga ulgurmaslaridan haykalchani “Oy nuri” filmining suratga olish guruhiga berish kerakligi ma’lum bo‘ldi. Juda noqulay holat bo‘lgandi. Teron Ejerton — “Roketmen” (2019) Aktyor bu roli uchun “Oltin globus”ga sazovor bo‘ldi, shuning uchun mutaxassislar g‘alaba qozonmasa ham, hech bo‘lmaganda “Oskar”ga nomzod bo‘lishiga amin edi. Voqealarning yagona izohi — aktyorlar o‘rtasidagi misli ko‘rilmagan raqobat. O‘sha yili haykalchani Xoakin Feniks “Joker” filmidagi ijrosi uchun olgan edi. Leonardo Di Kaprio — “Omon qolgan” (2015) Leo uzoq kutilgan haykalchani birinchi “Oskar” nominatsiyasidan 22 yil o‘tib oldi. Kino akademiyasi aktyorning 2016-yilda “Omon qolgan” filmidagi ijrosini yuqori baholadi. Muxlislarining fikricha akademiklar aktyorning iste’dodini juda kech payqashgan, Di Kaprio “Oskar”ni ancha oldin olishi kerak edi — “Uoll-strit bo‘risi”, “Ozod Jango”, “Gilbert Greypni nima qiynaydi” yoki “Aviator” filmlari uchun. Lekin hammasi yaxshilik bilan tugadi. Hech bir aktyor Di Kapriochalik 7 ta “Oskar” nominatsiyasi bilan maqtana olmaydi. Eminem — “8 milya” (2002) “8 milya” filmida Eminem o‘z hayotiga juda o‘xshash bo‘lgan reper rolini o‘ynadi. Akademiya uning “Lose Yourself” trekini nominatsiya bilan taqdirladi. G‘alabaga nafaqat jamoatchilik, balki Eminemning o‘zi ham ishonmadi: u marosim kuni uxlab qolgandi. Kompozitsiya eng yaxshi deb topildi va prodyuser Luis Resto reper nomidan haykalchani qabul qilib oldi. Oradan 17 yil o‘tibgina 2020-yilda Eminem “Oskar”ni g‘olib qo‘shiq sadolari ostida qabul qilib oldi.
89
4,304
Madaniyat
Diyor Mahkamov ilk marta san’atni tark etganining sababi hamda hozirgi faoliyati haqida gapirdi (video)
Xonanda Diyor Mahkamov san’atdan qanday kirib kelgani, to‘y xizmatlarining birida bir musiqasini 12 marta ayttirishgani, bundan xo‘rligi kelgani, unga otasining o‘g‘li deyishlari ko‘proq yoqishi, xonandaning otasi, amakilari O‘zbekistonga birinchi bo‘lib sepiladigan kosmetikani olib kirgani, o‘zbek shou-biznesini tark etgan hamkasblariga munosabati, qaysi shou-biznes vakillari bilan aloqada ekani va nima sababdan san’atni tark etgani haqida gapirdi.  San’atga qanday kirib kelgani va ketishi sababi “Umuman olganda, san’atdan ketishimning sabablaridan biri — har xil davralarga kirish majburiyati. Ikkinchidan, ota kasbim bo‘lgan tijoratga halaqit bergani sabab. Yo‘q, namozga kirdim, soqol qo‘ydim, sadaqa, zakot hammani o‘zi qiladigan ish, mening ketishimga sabab u emas. Ota kasbim sabab bo‘ldi. San’atga kirib kelishimga sabablardan yana biri mening buvim o‘zlari uchun shoira bo‘lgan, dunyodan o‘tganidan keyin she’rlari chiqqan. Otam onasining she’rlarini chiqishini istab birinchi Ozoda Nursaidovaga bergan. Keyin rahmatli ustozim Shuhrat aka Qayumovga bergan, ularga havas qilib, qo‘lidan ushlab san’at yo‘liga kirganman. Omadsiz bo‘ldim deya olmayman, juda omadli bo‘ldi. Yomon bo‘ldi ham deya olmayman, men bu kasbni yomon ko‘rib tashlab ketganim yo‘q yoki din tomondan noto‘g‘ri deganim ham yo‘q va san’atkorlarga qarshi ham emasman. Men ham ba’zi payt mashinada qo‘shiq aytib xumordan chiqaman, tortadi”, — deydi xonanda. “Bir qo‘shiqni 12 marta ayttirishgan” “Menda bir vaziyat bo‘lgan, buni qayerdaligini, kim qilganini ham bilaman, lekin aytish shart emas. O‘sha payt 20 yoki 22 yoshda edim, bitta ashulamni 12 marta ayttirishgan. Ikki kishi borganmiz, qishloq joyga, 4 marta aytib ketaman deb yig‘lab yuborganman. To‘yi mensiz o‘tmayapti, lekin yig‘lasam ham qaramayapti. O‘sha payt to‘g‘ri yig‘lamaganman, lekin ko‘zimga yosh kelib xo‘rligim kelgan, alam qilgan”, — deydi Diyor Mahkamov. “Doniyor akaning o‘g‘li deyishsa ko‘proq yoqadi” “Hattoki hozirgi turishimga ham o‘zim erishmaganman, otam bo‘lmaganda hozir men bunaqa yurmagan bo‘lardim. Bizning oilada aka-ukalar hammasi bir joyda. Nimadir mening fikrim bilan qilingan bo‘lishi mumkin, nimadir omadli bo‘lib ketgan bo‘lishi yoki o‘xshamagan bo‘lishi mumkin. Omadimni ham, o‘xshamaganini ham hamma aka-ukalar bir xil qabul qiladi. Men hozir ham otamdan pul olaman, kassa bitta. Agar bitta bo‘lmaganda o‘zimni yo‘qotib qo‘ysam kerak. Otamni tanimagan inson men tomondan yondashishi mumkin. Otamni tanigan barcha insonlar meni ‘Doniyor akaning o‘g‘li’ deydi. Menga ‘Doniyor akaning o‘g‘li’ deyishsa ko‘proq yoqadi”, —  deydi xonanda. Oilaviy biznesi haqida “Aslida buni o‘rtancha amakim olib kirishgan, ularda ham bu oilaviy biznes bo‘lgan. Hozir ham shu davom etib kelyapti. Haqiqatan ham sepiladigan parfyumeriyani O‘zbekistonga birinchi bo‘lib olib kirishgan”, — deydi Diyor Mahkamov. San’atni tark etayotgan hamkasblariga munosabati “Hammaning tanlovi o‘z qo‘lida. Masalan, Farrux Soipovni aytadigan bo‘lsak, uning aktyorlikdan ko‘ra diniy ilmi ancha baland bo‘lib ketdi. Sardor Rahimxon ham ancha ish qildi, san’atdan ko‘ra hozirgi ishini hurmat qilaman. San’atkor bo‘lib shuncha insonning ko‘nglini olmasligi, shuncha savobga ega bo‘lmasligi mumkin edi. Biroq men namozga kirdim, soqolga qo‘ydim, san’atdan ketyapman deb e’lon qilishi kerak emas. Qiziq emas, shaxsan menga o‘sha insonning namozga kirib san’atni tark etgani qiziq emas, kerak bo‘lsa insonlar bilib oladi”, — deydi Diyor Mahkamov. Hozirgi kundagi ayrim motivatorlar va psixologlar haqida “Bir kun bittasidan “Agar siz biznes qilmoqchi bo‘lsangiz, biznes qiling”, deganini eshitib qoldim. Buni 11 yoshli o‘g‘lim ham biladi, 4 yosh o‘g‘lim ham biladi. Keyin psixologlar, o‘zi to‘rtta yerdan ajrashgan, baxtli bo‘lishni o‘rgatyapti. Ayollar 400-500 dollar pul berib kursiga boryapti va ikki oydan keyin bor eri bilan ham ajrashib ketyapti. O‘zi baxtli, ilmga, dinga tayangan haqiqiy psixologlar ham bor, ularga borsa bo‘ladi. Lekin to‘rtta eridan ajrashgan, qamalib chiqqan, sudlangan psixologlar ham bor. Masalan, motivatorlar ham, kelishadi, gapi olamni oladi”, — deydi Diyor Mahkamov. Shou-biznesdagi do‘stlari haqida “Ozoda opam, u kishi bilan bir oyda bo‘lmadi deganda 4-5 marta ko‘rishamiz. Abdulloh, singlisining o‘g‘li biznikiga kelib turadi, oqibatimiz bor. Onasi onam bilan gaplashib turadi, konsertlarda birinchi qator bizniki. Manzura bilan bir yilcha bo‘ldi gaplashmaganimga. Samandar akam bilan gaplashib turaman”, — deydi xonanda.
103
4,492
Madaniyat
Instagram: Shahnoza Mirziyoyeva oilasining yubileyi, Umra safaridan qaytgan Shahlo Zoirova, tug‘ilgan kunini nishonlayotgan Halima
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. “Sahar” guruhi xonandasi Anvar Jo‘rayev o‘g‘li Amirni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi. Komediya yo‘nalishida suratga olingan filmlardagi ijrolari bilan tomoshabinlar qalbidan joy olgan aktrisa Halima Ibragimova 27-oktabr kuni 43 yoshni qarshi oldi. Aktrisa yaqinlari uni tug‘ilgan kuni bilan tabriklagani aks etgan videoni e’lon qildi. Rejissor, prodyuser Ahad Qayum tez kunlarda xonanda Hamdam Sobirov muxlislariga yangilikni e’lon qilishi haqida gapirdi. Feruza Jumaniyozova to‘y xizmatlarining birida Yorqinxo‘ja Umarovning onasi Zohida Umarova bilan ko‘rishib qolgani aks etgan videoni e’lon qildi. Sardor Rahimxon ham tez kunlarda yangi loyihasini muxlislarga taqdim etishini ma’lum qildi. Imron “Davo istab” nomli yangi taronasiga ishlangan videoklipni obunachilariga taqdim etdi. Klipda bosh rollarni yana xonanda va aktrisa Durdona Qurbonova ijro etdi. Aktyor Alixan hamkasbi Furqat Fayziyev bilan bir filmda suratga tushayotganini ma’lum qildi. Valijon Shamsiyev insonni o‘yga toldiruvchi she’rni muxlislari bilan bo‘lishdi. Turk xonandasi Tarkan yangi surati bilan obunachilariga ko‘rinish berdi. Zohirshoh Jo‘rayev to‘y xizmatlarining birida muxlislari bilan otasining “Birinchi muhabbatim” taronasini kuylagani aks etgan videoni e’lon qildi. Markaziy Osiyo MMA konfederatsiyasi, MMA va O‘zbekiston Triatlon federatsiyasi prezidenti Otabek Umarov turmush o‘rtog‘i Shahnoza Mirziyoyeva bilan turmush qurganiga 15 yil bo‘lgani haqida gapirdi. Shuningdek, Otabek Umarov rafiqasi bilan birga tushgan suratini sahifasiga joyladi. Ozoda Nursaidova Andijondagi to‘y xizmatlarining birida hamkasbi Mirodil Hakimovni uchratib qolgani aks etgan videoni muxlislari bilan bo‘lishdi. Instabloger Maryam Tillayeva XX asr savdo birjasi bilan bog‘liq kolleksiyada ishtirok etgani haqida obunachilariga gapirib berdi. Jaloliddin Ahmadaliyev onalarga bag‘ishlangan taronasini muxlislariga taqdim etdi. Aktyor, teleboshlovchi Botir Imomxo‘jayev yoshligida somsapaz bo‘lgani haqida obunachilariga gapirib berdi. “Ummon” guruhining sobiq xonandasi Zohid Risqiyevning rafiqasi Kamola Ortiqova turmush o‘rtog‘ining ahvoli haqida ma’lumot berdi. U Zohid Risqiyev hali ham komadan chiqmagani, o‘zgarish yo‘q ekanini aytdi va muxlislaridan xonandani duo qilishini so‘radi. “Ovqat yeyayotgan ekan-ku, deb yozayotganlar ham bor. Burunlaridan oshqozonga shlanka o‘tgan, ovqatni o‘sha orqali yuborishyapti. Sho‘rvani blendrdan o‘tKazib, olib boramiz, kuniga ikki mahal shunaqa qilib ovqat berishyapti”, — deydi Kamola Ortiqova. “Bravo” kulgi jamosi a’zosi Shahlo Zoirova Umra safaridan qaytdi. Xonanda Dilso‘z uni Umra ziyoratini ado etgani bilan tabriklash uchun xonadoniga bordi. Shuningdek, Shahlo Zoirova shou-biznesdagi yaqinlari bilan ziyorat taassurotlarini bo‘lishdi. Xonanda Dilso‘z Shahlo Zoirova bilan tushgan suratini sahifasiga ham joyladi va unga yaxshi tilaklarini bildirdi.
130
3,020
Madaniyat
Mirza Azizovning rafiqasi aktyor vafot etgan Zangiota shifoxonasidagi vaziyatni gapirib berdi
Matbuot va internet sahifalarida publisist Shuhrat Rizaevning O`zbekiston xalq artisti Mirza Azizovning vafoti tafsilotlari bayon qilingan maqolasi keng muhokamalarga sabab bo`ldi. SSV Matbuot xizmati vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida Zangiota 2-son yuqumli kasalliklar shifoxonasida bo`ldi, mutaxassislarga murojaat qildi, shuningdek, marhumning yaqinlari bilan ham bog`landi. Zangiota 2-son yuqumli kasalliklar shifoxonasining reanimasiya bo`limi Ma`lum bo`lishicha, marhum M. Azizov Zangiota 2-son yuqumli kasalliklar shifoxonasiga shu yilning 23 mart kuni murojaat qilgan. Bemorda koronavirusga PZR test tahlili musbat, o`pka to`qimasi 60-65 foizgacha zararlangani va organizmning kislorodga to`yinganligi – saturasiya darajasi 78-80 foiz bo`lgani uchun bemorning umumiy ahvoli og`ir deb baholanib, shifoxonaning B-blokidagi 2-reanimasiya bo`limiga yotqizilgan. Bemorning kasallik tarixi o`rganilganda, shifoxonaga kelishidan oldin 17 mart kuni ham PZR test tahlili topshirgani va tahlil natijasi musbat chiqqani ma`lum bo`lgan. 18 mart sanasida esa bemorda tana haroratining 38 S darajagacha ko`tarilishi, nafas olishining qiyinlashishi, umumiy holsizlik kuzatilgan. Shifoxonaga borgunga qadar uy sharotida 4 kun davomida davolangan. 22 mart kuni turmush o`rtog`i va farzandlarida ham tana harorati ko`tarilishi kuzatilganligi sababli bemor bilan birgalikda 23 mart kunida Zangiota 2-son yuqumli kasalliklar shifoxonasiga murojat qilgan. Sh.Rizaevning maqolasida marhum reanimasiya bo`limiga olinganda o`zini alohida xonaga o`tkazishda yordam so`rab murojaat qilgani aytiladi. Bu borada shifoxona direktori Doniyor Mirazimovga murojaat qilganimizda, bemorlar nima uchun reanimasion zalga joylashtirishi kerakligi haqida atroflicha tushintirish berdi. — Reanimasiya bo`limi jahon standartlariga mos ravishda jihozlangan. Shifoxonamizning reanimasiya bo`limi 36 nafar bemorga mo`ljallangan bo`lib, 6 ta reanimasion zaldan iborat. Butun dunyo shifoxonalarining reanimasiya bo`limlarida bo`lgani kabi bir zalda 6 nafar o`ta og`ir bemorga reanimasion va intensiv yordam ko`rsatiladi, – deydi D. Mirazimov. – Har bir zalda 1 ta reanimasion post tashkil qilingan bo`lib, 1 nafar reanimatolog shifokor, 2 nafar reanimasiya hamshirasi, 1 nafar kichik tibbiy xodim  sutkasiga 3 smenada doimiy ravishda bemorlarni nazorat qilib turadi.  Zangiota 2-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori Doniyor Mirazimov  Faqat bizning shifoxonada emas, balki dunyodagi eng etakchi klinikalar, masalan, Isroildagi Ichilov markazi va Assuta markazi, AQShdagi Jons Xopkins universiteti shifoxonasi va Sedars-Sinay tibbiyot majmuasi, Germaniyadagi Myunxen universiteti klinikasi va Sharite tibbiyot majmuasi, Janubiy Koreyadagi Gachon tibbiyot universitetining Gil shifoxonasi va Buyuk Britaniyadagi Greyt-Ormond-strit shifoxonalarining reanimasion bo`limlarida ham xuddi shunday tartib joriy qilingan.  Ta`kidlash zarurki, reanimasiyaga olingan bemorni alohida xonaga joylashtirishning bir qancha muammolari bor. Reanimasion zalda birgina kardiomonitor qurilmasi orqali 6 ta bemorning ko`rsatkichlarini bir vaqtning o`zida nazorat qilib turish mumkin. Bunday bemorlarni alohida xonaga joylashtirishning qiyinchiligi shundaki, agar bemorning ahvoli og`irlashgudek bo`lsa, asosiy mutaxassislar uning yoniga zudlik bilan etib borishi uchun vaqt ketishi mumkin. Bizni tanqid qiluvchi hamyurtlarimiz bunday vaziyatda bir soniyaning ham ahamiyati bebaho ekanini o`ylab fikr bildirganlari yaxshi edi. Shu o`rinda qariyb bir oy davomida M. Azizovning muolaja ishlariga bevosita rahbarlik qilgan reanimasiya bo`limi boshlig`i Begali Hakimovni ham suhbatga tortdik. —  Shifoxonamizdagi boshqa og`ir ahvolda yotgan bemorlar qatori marhum M.Azizovning ham ahvoli nafaqat mamlakatimizdagi etakchi shifokorlar, balki jahonning sohadagi eng nufuzli mutaxassis olimlari tomonidan o`rganilib, kerakli tavsiyalar olib turildi, – deydi B. Hakimov. – Xususan, oxirgi marta Moskva Sog`likni saqlash boshqarmasi bosh reanimatologi, professor, tibbiyot fanlari doktori M.N.Zamyatin hamda yurtimizning etakchi professorlari ishtirokida bemor bevosita tibbiy ko`rikdan o`tkazilib, konsultasiyalar tashkil qilindi. Ularning tibbiy ko`rsatma va maslahatlari asosida intensiv davo muolajalari davom ettirildi. Zangiota 2-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi 2-reanimasiya bo`limi boshlig`i Begali Hakimov  Bemorning turmush o`rtog`i T.Azizovaning holati 9 kunda,  boshqa oila a`zolarining ham umumiy holati 7 kundayoq yaxshilanib, kasallikdan forig` bo`lganligi uchun uyiga ruxsat berilgan. Keyinchalik bemorning talabiga ko`ra, turmush o`rtog`i unga qarovchi sifatida chaqirildi. Biroq bemordagi yurak ishemik kasalligi, xafaqon kasalligi 2-3 darajasi, qandli diabetning 2-turi, semizlik 2-darajasi kabi hamroh kasalliklar fonida uning umumiy ahvoli og`irlashib bordi. 5 aprel kuni qayta o`tkazilgan MSKT tekshiruvida o`pka to`qimasining zararlanishi 70-75 foizga oshgani kuzatildi. Shu yilning 16 aprel kuni olib borilgan intensiv davo muolajalariga qaramasdan, bemorda klinik o`lim xolati, ya`ni yurak faoliyatining to`xtashi kuzatildi, bemorda o`tkazilgan reanimasion choralarga qaramasdan biologik o`lim holati qayd etilgan. Zangiota 2-son yuqumli kasalliklar shifoxonasining reanimasiya bo`limi Bemorda o`tkazilgan intensiv davo choralarining har bir bosqichini turmush o`rtog`i kuzatib borganini qayd etish lozim. Shu o`rinda Tojibar Azizovaning marhumning shifoxonadagi holati, uning hayotini saqlab qolish uchun shifokorlar tomonidan olib borilgan tezkor choralar haqidagi fikrlarini ham havola qilamiz. —  Afsuski, bugun ijtimoiy tarmoqlarda turmush o`rtog`imning vafoti to`g`risida tarqalayotgan turli asossiz ma`lumotlarni o`qib, xafa bo`layapmiz, — deydi Tojibar Azizova. — Go`yoki, ushbu xabarlarda Zangiota 2-son yuqumli kasalliklar shifoxonasida bemorlar uchun etarli sharoit bo`lmagani tufayli Mirza akam vafot etgandek. Ochig`ini aytsam, men faqat ko`rgan narsalarimgagina ishonaman. Shu bois, umr yo`ldoshimning so`nggi kuniga qadar yonida bo`lgan inson sifatida shuni ishonch bilan ayta olamanki, ushbu muassasada mehnat qilayotgan kichik xodimdan tortib, hamshira, feldsher va shifokorlargacha Mirza akamning sog`ayib ketishlari uchun yurakdan ishlashdi. Ishoning, qo`llaridan nima kelsa, qaysi davo muolajasi zarur bo`lsa, amalga oshirdilar.  Mirza Azizov va Tojibar Azizova  Rahmatli turmush o`rtog`im tabiatan nozikta`b inson edilar. Shifokorlarning qat`iy talablariga ham uncha e`tibor bermasdan, biroz erkalik qilganlari bor gap. O`zlari “mendan og`ir ahvoldagi bemorlar ham sog`ayib chiqyapti, mening ahvolim o`nglanmayapti” degan gapni ko`p aytdilar. Oradan biroz vaqt o`tib, o`ylab ko`rsam, shifokorlarning talablarini so`zsiz bajarganimizda Mirza akamni saqlab qolish mumkinmidi, degan xayolga boraman. Shifokor va hamshiralarning umr yo`ldoshimga ko`rsatgan g`amxo`rliklaridan butun oilamiz bir umr minnatdormiz. Qaniydi, shifoxonaga kirishga imkon bo`lsayu, o`sha erdagi barcha hamshira va shifokorlarni bir-bir bag`rimga bosib, ularga beminnat xizmatlari uchun rahmatlar aytsam.
93
7,069
Madaniyat
Aktrisa Sitora Farmonova uyatsiz serialda suratga tushishi uchun unga 700 ming dollar taklif qilishgani haqida gapirdi
Aktrisa Sitora Farmonovaga uyatsiz sahnalari bo‘lgan Gollivud filmida suratga tushish uchun 700 ming dollar gonorar taklif qilishgan. Sitora bu haqda “Sb.uz” portalining “Ochiq suhbat” loyihasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi. “2008-yilda menga Gollivuddan taklif bo‘lgan. Bu Sony Entertaiment Production va ‘TNT’ telekanalining qo‘shma loyihasi edi. Qo‘limga qiymati 700 ming dollar bo‘lgan ikki yillik shartnoma kelib tushgan. Bu taklifdan judayam xursand bo‘lganman. Lekin keyin bilsam serialning 50-qismidan keyin uyatsiz sahnalari boshlanar ekan. Men bunday sahnalarni o‘ynamayman, deganimda, menga sizda dublyor bo‘ladi, deyishgan. Lekin u sahnalarda men emas, dublyor o‘ynayotganini sahna ortidagilar biladi, tomoshabin esa bu sahnalarda meni ko‘radi. 350 ta qismli serialning 50-qismidan keyin uyatsiz sahnalar boshlanadi. Bu degani 300 ta qismda shunday sahnalar bo‘ladi, degani. Tomoshabin serialni ko‘rgani sari mendan nafratlanishni boshlaydi. ‘O‘zbekistondan chiqqan qiz shunaqa kinoda rol o‘ynabdi’, deyishadi. O‘sha 700 ming dollarni oldim, bir, ikki, besh yoki o‘n yil yerman. Lekin bu kino chiqqanidan keyin otam qanday bosh ko‘tarib yuradi? Oila a’zolarimning holi nima kechadi? Xullas, bu taklifni rad etganman. Ko‘pchilik nega unday qilding, bu taklif orqali senga Gollivudga yo‘l ochilardi, deyishgan. Men ularga ‘meni Gollivudga yo‘l emas, oila a’zolarim, urug‘-aymog‘im ko‘proq qiziqtiradi’, deganman”, — deydi Sitora Farmonova.
118
1,453
Madaniyat
Mukammal juftlik: prezidentlar va birinchi xonimlarning bir-biriga uyg‘un betakror obrazlari (foto)
Juftliklarning bir xil kiyinishidan ham ortiq romantikroq nima bo‘lishi mumkin? Amerika Qo‘shma Shtatlarining birinchi xonimlari hamda prezidentlari ushbu yoqimli stilistik kompozitsiyaga begona emas va ba’zida ajoyib tashqi uyg‘unlikni namoyish etadilar. Jimmi va Rozalin Karter Rozalin va Jimmi Karter Oq uyda ziyofatda, 1977-yil Jimmi va Rozalin Karterga romantika begona bo‘lmagan, ularning Oq uyda Eron shohining tashrifi sharafiga o‘tkazilgan davlat ziyofatida bir-biriga o‘xshash libos kiygani buning yana bir tasdig‘idir. Jorj va Laura Bush  2001-yil yanvar oyida Jorj Bushning inauguratsiyasida uning kiyimi va xotinining libosida ko‘k rang uyg‘unlashtirilgan. Laura Bush dallaslik dizayner Michael Faircloth tomonidan tikilgan yorqin ko‘k palto kiygan, eri ko‘k galstuk taqib olgan. 2005-yilda Jorj va Lauraning o‘xshash kiyinishi yangi bosqichga ko‘tariladi: egnidagi jaketida birinchi xonim nafaqat prezident galstugining rangini, balki matoning naqshini ham takrorlaydi. Barak va Mishel Obama Barak va Mishel Obama ham bir-biriga mos keladigan kiyimlar bilan birdamlikni namoyish etishda ortda qolishmaydi. Birinchi xonim Gana poytaxti Akkra shahridagi La General Hospitalga safari chog‘ida xira pushti rangdagi kamarli och ko‘k libos kiyganida, prezident galstuk va ko‘ylak bilan o‘sha ikkala rangni takrorladi. Oq uyda harbiy Jared Monti uchun “Shon-sharaf” medalini topshirish marosimida ham er-xotin oq-qizil-qora kompozitsiyani yana takrorladi. Birinchi xonim qizil va qora gulli naqshli oq kokteyl libosida, prezident esa qora kostyum, oq ko‘ylak va qizil galstuk taqdi. 2011-yilda Obamalar Hazrati oliyalarini ziyorat qilish uchun kelganlarida va ular sharafiga ziyofat uyushtirilganda, ular ishlab chiqilgan sxemani yangi bosqichga ko‘tarishdi: bu safar prezident smoking emas, frak kiygan, birinchi xonim esa qordek oq libosini xuddi shu rangdagi qo‘lqoplar bilan to‘ldirdi. Er-xotin xuddi shu gammani qo‘llab-quvvatlagan qirolicha Yelizaveta va shahzoda Filipp fonida ko‘zni qamashtirardi. Donald va Melaniya Tramp 2018-yil aprel oyida AQSH prezidenti Donald Tramp va birinchi xonimi Melaniya Tramp Florida shtatidagi Palm-Bichdagi Mar-a-Lago mulkida Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abeni qabul qilishdi. Melaniya ikki chiziqli ko‘ylakda, Donald esa chiziqli galstuk taqqan edi. Yaponiya bosh vaziri ham prezident qiyofasini aks ettiruvchi chiziqli galstuk tanlagani qiziq. 2019-yilning may oyida Yaponiyaga tashrifi chog‘ida Melaniya Tramp Belgiya brendi Dries Van Noten’ning yozgi plashi va Christian Louboutin’ning yorqin sariq tuflisi bilan uyg‘unlashtirilgan obrazda edi. O‘shanda Donaldning kostumi sariq galstuk bilan to‘ldirilib, xotinining poyabzali rangini aks ettirdi. Oq uydan Tramp juftligining so‘nggi Rojdestvo surati haqiqiy birlik madhiyasiga o‘xshardi. Ularning ikkisi ham smoking va oq ko‘ylak kiyib, ayni damdagi tantanani ta’kidlashga harakat qilishgan. Jo va Jill Bayden Jo va Jill Bayden ham bir-biriga mos kiyinish san’atini o‘zlashtirgan. Joriy yilning iyun oyi boshida Kornuollda G7 sammitiga kelganlarida ikkalasi ham to‘q ko‘k pidjak kiyib olgan edi. AQSH prezidenti va birinchi xonimi 2021-yil oktabr oyi boshida o‘zlarining liboslaridagi bir xil ranglarning unchalik yorqin bo‘lmagan kombinatsiyasini namoyish qilib, Delaverdagi dam olish kunlaridan keyin qaytib kelishdi. Jillning ko‘ylagidagi tasvirlar Joning terakota galstugi va ko‘k ko‘ylagiga o‘xshardi.
99
3,420
Madaniyat
Nuriddin Haydarov tomonidan kuylangan “Do‘lana” taronasini Hojiakbar Haydarov qaytadan ijro etdi
Muhammad Yusufning “Do‘lana” deb nomlangan she’ri O‘zbekiston Xalq artisti Nuriddin Haydarov tomonidan 1991-yilda go‘zal taronaga aylantirilib, kuylangan edi. Mana oradan yillar o‘tib, uning farzandi Hojiakbar Haydarov “Do‘lana” taronasini qaytadan ijro etdi. Bu haqda xonandaning matbuot kotibi “Daryo”ga xabar berdi. Qo‘shiqqa zamonaviy ruh berish maqsadida bastakor Ilhom Mamatov muallifligida “Do‘lana”ga yangi musiqa yozildi. Tarona uchun klipmeyker Shuhrat Mavlonov tomonidan trek yo‘nalishida videoklip ham tasvirga olindi. Klipda Hojiakbar Haydarovdan tashqari, mashhur aktyorlar Tesha Mo‘minov, Erkin Komilov, Umid Iskandarov, Yigitali Mamajonov hamda opa-singil Muhabbat va Malika Qurbonova suratga tushdi. Bundan tashqari, klip uchun katta-kichik shakldagi maxsus do‘lanalar tayyorlandi. Yaqin kunlarda “Do‘lana” yangicha ohangda jaranglab, ommaga taqdim etiladi.
96
875
Madaniyat
Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasi I Xalqaro maqom san‘ati anjumaniga bag‘ishlandi
Shahrisabz shahrida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan I Xalqaro maqom san‘ati anjumani o‘tkazilmoqda. Anjumanning tantanali ochilish marosimi 6-sentabr kuni bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonda birinchi bor o‘tkazilayotgan ushbu san‘at bayramida dunyoning 73 davlatidan kelgan 300 ga yaqin ishtirokchilar va mehmonlar qatnashmoqda. Chubin madrasasida Xalqaro press klubning I Xalqaro maqom san‘ati anjumaniga bag‘ishlangan sayyor sessiyasi o‘tkazildi. Sessiyada O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, Tojikiston Respublikasi madaniyat vaziri Sh.O‘rumbekzoda va YuNЕSKO hamda Osiyo folklor ijodiyoti tashkilotidan martabali mehmonlar ishtirok etdi. San’at forumini tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad, uning Shahrisabz shahrida o‘tkazilishining sababi, mazmun-mohiyati va istiqboli haqida mutaxassislarning fikr-mulohazalari tinglandi. Ishtirokchilar, faxriy mehmonlar, maqom san‘ati darg‘alari xalqaro anjuman haqidagi fiklari bilan o‘rtoqlashdi. 10-sentabrga qadar davom etadigan ushbu anjumanida ishtirokchilar maqomning turli yo‘nalishlarida o‘zaro bahslashadi. “Eng yaxshi maqom ansambli”, “Eng yaxshi yakkaxon cholg‘u ijrochisi” va “Eng yaxshi yakkaxon xonanda” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi.
91
1,263
Madaniyat
Mashhurlikdan keyingi osuda hayot: rossiyalik taniqli xonanda Yura Shatunov nega oilasini ommadan yashiradi? (foto)
Xonanda karyerasi gullab-yashnab, cho‘qqiga chiqqan vaqtda bo‘lajak rafiqasi bilan uchrashgan. U boshqa yulduzlardan farqli o‘laroq, mashhurlikka mutlaqo boshqacha munosabatda bo‘ldi. Yura bolaligida uydan qochib ketgan. Chunki piyonista hamda uni yoqtirmagan o‘gay otasi, keyin o‘z xolasining uyida qolishni xohlamagan. Yura 11 yoshga to‘lganida onasi yurak yetishmovchiligidan vafot etdi, afsuski, otasi unga g‘amxo‘rlik qilmadi. Shunday qilib, taqdiri bolalar uyida davom etgan Shatunov keyinchalik mamlakatning eng katta sahnalarida paydo bo‘ldi. Yura buning uchun Orenburg shahridagi 2-sonli maktab-internatida musiqa guruhiga dars bergan Sergey Kuznetsovga minnatdorlik bildiradi. U avval qo‘shiqlar yozib, uzoq vaqt davomida o‘quvchilar orasida ularni ijro eta oladigan odamni qidirgan. Albatta, Sergey Shatunovni dastlab yoqtirmagan, shuningdek, u ham musiqadan ko‘ra futbolga ko‘proq qiziqardi. Ammo Kuznetsov Yurani birinchi qo‘shiqlarni yozib olishga va ularni mahalliy diskotekalarda ijro etishga ko‘ndirishga muvaffaq bo‘ldi. Bo‘lajak “Laskovogo maya” taronalarining aksariyati 1986–1988-yillarda, solistlar hali ham bolalar uyida yashaganda yozilgan. O‘n besh yoshli Yura Shatunov oyiga qirqta konsert beradigan guruhning bosh ijrochisi edi. U o‘zi bilan nima ro‘y berayotganini chindan ham tushunmadi, lekin, albatta, bu bolalar uyida qolishdan ko‘ra yaxshiroq edi. Mamlakat bo‘ylab hamma “Sedaya noch”ni kuyladi, Shatunov ommani qoyil qoldirgandi, u konsertlarda sahnaning o‘zidayoq muxlislar qurshovida qolib ketardi. “Men hech qachon naqd pul ko‘rmaganman,— deydi u o‘sha paytlar haqida. — Men janubda uy sotib olganim, restoranlar tarmog‘ini ochganim va boshqa mish-mishlar prodyuserning ertaklaridan boshqa narsa emas”. 1991-yilga kelib taronalar eskira boshladi, shuningdek, yangiliklar ham bo‘lmadi. Shatunovning o‘zi ham charchagandi. U 18 yoshidayoq mamlakatdagi eng mashhur qo‘shiqchi bo‘lishga ulgurgandi. Lekin “Laskovogo maya”da ishtirok etishni xohlamadi. U guruhdan ketayotganini e’lon qildi va hayotini Germaniyada qaytadan boshlashga harakat qildi. Shatunovdan keyin guruh ham bo‘linib ketdi. U 1991-yil ovoz muhandisi sifatida tahsil olgandan so‘ng, yangi qo‘shiqlar yozdi. Lekin sahnaga qaytishdan bosh tortdi. Bu 2000-yillarning boshlariga qadar davom etdi. 2001-yilda Yura Shatunov kutilmaganda ilhom parisini topdi. Qizning ismi Svetlana edi. U Germaniyada yashagan va yigitning qo‘shiqlarini hech qachon eshitmagan edi. Bu Yurani juda ham xursand qilgan. “Odamlar tez-tez bir qarashda sevgiga ishonasizmi va bu mumkinmi, deb so‘raydi. Menda aynan shunday bo‘ldi. Faqat bir-birimizga qarash kifoya qildi”, — deydi u. Ular tanishgan paytda Sveta 14, u 27 yoshda edi. Bu uchrashuvdan so‘ng Shatunov ikkinchi ijodiy nafasi ochilganday tuyuldi: u birin-ketin ikkita muvaffaqiyatli albom chiqardi va yana konsert zallarini sog‘ingan muxlislari bilan to‘ldirishni boshladi. Ammo xonandaning yuragi uni kutayotgan Germaniyada qoldi. 2006-yilda juftlikning Dennis ismli o‘g‘li dunyoga keldi va bir yildan so‘ng ular turmush qurdi. 2013-yilda ularning qizi Estella dunyoga keldi. Yulduzning oilasi haqida shulargina ma’lum, u shaxsiy hayoti omma uchun sir bo‘lib qolishini xohlaydi. Garchi qo‘shiqchining hozirgi mashhurligi o‘ttiz yil oldingi voqealarga qaraganda kamtarin ko‘rinsa-da, u baxtning oilada ekanligini juda yaxshi biladi.
115
3,371
Madaniyat
O`zbek kinoijodkorlari delegasiyasi Rossiyadagi festivalda ishtirok etdi
Kuni kecha o`zbek kinoijodkorlari delegasiyasi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti (VGIK)ning 41-xalqaro talabalar festivalida ishtirok etdi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar qilmoqda. O`zbekiston Kinematografiya agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov so`zga chiqib, so`nggi yillar agentlik va VGIK o`rtasida imzolangan memorandumlar, Toshkentdagi filialning ochilishi, kelgusida hamkorlikning yanada rivojlantirish borasida so`zladi. VGIK direktori Vladimir Malishevga agentlik bosh direktori Firdavs Abduxoliqov “O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” ko`krak nishonini taqdim etdi. Shuningdek, Firdavs Abduxoliqov agentlik tomonidan 2 yil davomida Moskvaga o`qishga yuborilgan talabalar bilan uchrashdi. Mahorat darslari va davra suhbatlari tashkil etildi. Ularning o`qish jarayonidagi holatlari, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek, malakali dars olishdagi sharoitlari o`rganildi. O`zbek kinoijodkorlari rossiyalik kinoprodyuserlar va ijodkorlar bilan suhbatlashishdi. Endilikda Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi tomonidan amalga oshiriladigan ko-produksiyalar bo`yicha hamkorliklar kelishib olindi. Ayniqsa, yosh ijodkorlarni qo`llab-quvvatlash, iste`dodlarini yuzaga chiqarish bo`yicha yangi loyihalar taqdim etiladi. Eslatib o`tamiz, endilikda o`zbek kinoijodkorlari 20-26 noyabr kunlari bo`lib o`tadigan Belarus Respublikasida “Listapad” XVII xalqaro Minsk kinofestivalida ishtirok etadi. O`zbek delegasiyasida Jahongir Ahmedov, Dilorom Karimova, Aysenem Yusupova, Muhammadali Iskandarov, Akbar Bekturdiev va boshqa taniqli kinoijodkorlar bo`lib, kinofestival dasturidagi tadbirlarga qatnashishadi.
72
1,688
Madaniyat
“Turon” harbiy teatri Chingiz Aytmatovning “Sarvqomat dilbarim” qissasini sahnalashtirdi (foto)
Mudofaa vazirligi Ma’naviyat va ma’rifat markazi qoshida tashkil qilingan “Turon” harbiy teatr-studiyasi 3-mavsumni Chingiz Aytmatovning “Sarvqomat dilbarim” qissasi asosida ishlangan spektakl bilan ochdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi. Adib tavalludining 90 yilligiga munosib tuhfa bo‘lgan ushbu spektakl premyerasiga taniqli yozuvchi va shoirlar, teatr va kino aktyorlari tashrif buyurishdi. Bu spektaklning teatr-studiya repertuaridan o‘rin olgan boshqa spektakllardan farq qiladigan jihati, u bor-yo‘g‘i uch personaj: Ilyos (Erkin Bozorov), Asal (Feruza Sobitova) va Hadicha (Ilmira Rahimjonova) obrazlari asosiga qurilganidir. Asardagi voqeliklar mana shu uchta obraz atrofida aylanadi. Inson qalb og‘riqlari, tuyg‘ulari harakatlar va ijro uyg‘unligida go‘zal tarzda ifodalangan spektakl asar mohiyatini to‘liq ochib berolgani bilan ahamiyatli bo‘ldi. Shuningdek, spektakl uchun ishlangan sahna bezaklari, dekoratsiyalar, spektakl davomida foydalanilgan qirg‘iz xalq qo‘shiqlari o‘sha davr ruhiyatini aks ettira olgani, o‘ziga xos milliy koloritni ochib bergani bilan tomoshabin e’tiborini tortdi. Mazkur spektakl O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan sahnalashtirilib, xalq e’tiborga tortiq qilindi.
95
1,392
Madaniyat
O‘zbekistonlik rejissor Anvar Safoyev qisqa metrajli yangi filmini Kann kinofestivalida taqdim etadi (foto)
O‘zbekistonlik rejissor Anvar Safoyev 70-Kann kinofestivalining Short Film Corner dasturida o‘zining yangi “Shamollar atirguli” (Compass Rose) nomli qisqa metrajli filmi bilan qatnashadi, deya xabar bermoqda MyDay. Filmda Fransiya va Amerika aktyorlari rol o‘ynadi, bular — Laurent Paris, Jenny Lander, Les Brandt, Sophie Venecia Reyes, James Macpherson, Claire Younsi. Anvar Safoyev hikoya qilishicha, u Laurent Paris bilan 2014-yilgi 68-Kann kinofestivali chog‘ida dengiz sohilida tasodifan tanishib qolgan. Keyinroq uning taklifi bilan film suratga olishga qaror qilgan. Qisqa metrajli film 2016-yil 13—24-avgust kunlari Janubiy Kaliforniya (AQSh)ning Newberry Springs shaharchasida suratga olingan. Film 24-may kuni Kann festivali zalida namoyish etiladi. Shuningdek, film festivalning “Tanqid haftaligi” va “Rejissorlarning ikki haftaligi” dasturlariga ham topshirilgan. Anvar Safoyev 1988-yilda tug‘ilgan. Toshkent davlat san’at va madaniyat institutining kino va televideniye rejissorligi” bo‘limini tugatgan. Uch yildan buyon Fransiyada yashab, ijod qilmoqda. Kann va boshqa festivallarda qatnashib bo‘lgach, Anvar Toshkentga qaytib, o‘zbek kinematografini rivojlantirishni rejalashtirmoqda.
107
1,204
Madaniyat
“MUMTOZ” KONSERT
O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O`zbekiston badiiy jamoalar ijodiy birlashmasi O`zbekiston Davlat konservatoriyasining katta zalida 2018 yil 15 fevral kuni soat 18:30da O`zbek milliy “Mumtoz” ansamblining konsert dasturi bo`lib o`tadi.
16
252
Madaniyat
Madaniyat vazirligida "Yosh maqom ijrochilari” I Respublika ko`rik-tanlovi g`olib va sovrindorlarni tantanali taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi
“Yosh maqom ijrochilari” I Respublika ko`rik-tanlovi g`olib va sovrindorlarni tantanali taqdirlash marosimi 8 may kuni O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligida bo`lib o`tdi. Bu haqda Darakchi.uz muxbiri xabar berdi. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 20 martdagi “Xalq cholg`ulari ijrochilari”, Mukarrama Turg`unboeva nomidagi “Milliy raqs ijrochilari” va Yunus Rajabiy nomidagi “Yosh maqom ijrochilari” respublika ko`rik-tanlovlarini o`tkazish to`g`risida”gi 237-sonli qarori ijrosini ta`minlash maqsadida, O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O`zbek Milliy Maqom san`ati markazi, Yunus Rajabiy nomidagi O`zbek milliy musiqa san`ati instituti hamkorligida yurtimizda yosh maqom ijrochilarining iste`dodi va ijodiy qobiliyatini namoyon etish, o`zbek musiqa ijrochilik san`atini yanada yuksak darajaga ko`tarish, milliy maqom san`atini dunyo sahnalariga olib chiqish, iqtidorli yoshlarni kashf etish, rag`batlantirish va ularning ijodini targ`ib etish maqsadida Yunus Rajabiy nomidagi “Yosh maqom ijrochilari” I Respublika ko`rik-tanlovi o`tkazildi. Mazkur tanlovda ishtirok etish niyatida bo`lgan 20 dan 35 yoshgacha jami 100 nafardan ortiq nomzodlarning hujjatlari tashkiliy qo`mitaga kelib tushdi. Shundan, 60 nafar sozanda, 35 nafar xonanda, 5 ta maqom ansambllari ishtirok etishga tavsiya etildi. Ishtirokchilar soha mutaxassislari tomonidan tasdiqlangan uchta bosqich uchun ijro dasturi asosida o`z san`atlarini namoyish etdilar. Joriy yilning 29 aprel sanasida Yunus Rajabiy nomidagi O`zMMSI binosida Yunus Rajabiy nomidagi “Yosh maqom ijrochilari” I Respublika ko`rik-tanlovining tantanali ochilish marosimi hamda tanlov ishtirokchilari o`rtasida qur`a tashlash marosimi bo`lib o`tdi. 3 may kuni esa tanlovning Hakamlar hay`ati a`zolari bilan ijodiy uchrashuv va mahorat darslari o`tkazildi.
142
1,835
Madaniyat
2017-yilning eng muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz filmlari sanab o‘tildi
Variety jurnali kinotanqidchilari 2017-yilda chiqqan eng muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz filmlari ro‘yxatini tuzdi. Bu haqda “Izvestiya” xabar bermoqda. Poster: YouTube Eng katta muvaffaqiyatsizlikka uchragan kartinalar deb “Qirol Arturning qilichi” (Gay Richchi), “Valerian va ming sayyora shahri” (Lyuk Besson), “Geoto‘fon” (Din Devlin), “Va’da” (Terri Jorj) va “Monstr-trak” (Kris Uej) filmlari tan olindi. Eng muvaffaqiyatli filmlar sifatida esa Petti Jenkinsning “Mo‘jiza-ayol”, Malkolm Lining “Sho‘x qizlar”, Jordan Pilning “Qoch”, Stiven Chobskining “Mo‘jiza” kartinalari e’tirof etildi.
73
598
Madaniyat
Mayk Tayson “Qonun va tartib” serialida qotil rolini o‘ynaydi
Sobiq mashhur bokschi Mayk Tayson “Qonun va tartib: Maxsus korpus” serialida ishtirok etadi. Deadline portalining xabar berishicha, sobiq bokschi ushbu serialda qamoqxonada yotgan hamda o‘lim jazosini kutayotgan qotil rolini o‘ynaydi. Tayson ijro etadigan qahramonning ismi Reggi Rodes bo‘lib, u bolaligida vaxshiy hodisalarning guvohi bo‘lgan hamda kelajakda qotilga aylangan bo‘ladi. Serial bosh qahramoni sanalgan detektiv Oliviya Brenson esa uning ishiga qiziqib qoladi. Eslatib o‘tamiz, “Qonun va tartib: Maxsus korpus” seriali 1999-yildan beri mavjud bo‘lib, Tayson ishtirok etgan epizod qachon chiqishi hali noma’lum. Mayk Tayson bundan avval ham filmlarda suratga tushgan, ammo ularda o‘zining obrazini o‘ynagan edi. Xususan, boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni “Vegasdagi bolakay” va “Bolakay 2: Vegasdan Bangkokkacha” filmlarida suratga tushgan. 2013-yilda uning ishtirokidagi yana ikki film katta ekranlarga chiqishi kutilmoqda – “Bolakay”ning 3-qismi va “Eng qo‘rqinchli film 5”.
61
992
Madaniyat
Toshkentda “Evroosiyo” xalqaro teatr san`ati festivali o`tkaziladi
Hukumat qarori (235-son, 23.04.2021 y.) bilan “Evroosiyo” xalqaro teatr san`ati festivalini o`tkazish tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi. Nizomga ko`ra, festival 2022 yildan boshlab har ikki yilda bir marta oktyabr oyining so`nggi o`n kunligida Toshkent shahrida O`zbekiston va xorijiy mamlakatlarning teatr jamoalari ishtirokida tashkil etiladi. Mazkur festival yillar kesimida teatr san`atining aniq bir janr va yo`nalishlarida quyidagi ketma-ketlikda o`tkaziladi:   ➖dramatik teatrlar festivali (birinchi marta);   ➖musiqali teatrlar festivali (ikkinchi marta);   ➖qo`g`irchoq teatrlari festivali (uchinchi marta);   ➖yosh tomoshabinlar teatrlari festivali (to`rtinchi marta).   Festivalda ishtirok etish istagini bildirgan ishtirokchilar festival o`tadigan yilning 1 fevraliga qadar festivalning maxsus elektron manzili orqali ariza berishlari mumkin.
66
899
Madaniyat
O‘zbek san’atkorlarining xobbilari (foto)
Oddiy odamlarda bo‘lgani kabi, san’atkorlarda ham bo‘sh vaqtda sevib shug‘ullanadigan mashg‘ulotlar bo‘ladi. Bugungi fotojamlanmaga o‘zbek shou-biznesi vakillarining qanday xobbiga egaliklarini ko‘rsatuvchi suratlarni to‘pladik. Shahzoda Muhammedova aktrisalik, xonandalik va boshlovchilikdan tashqari dizaynerlik bilan shug‘ullanishini ko‘pchilik bilmasa kerak. U, shuningdek, yaxshigina rassom ham. Sobiq “Setora” guruhi a’zosi Feruza Latipova esa bo‘sh vaqtlarida origami va gul yasashni xush ko‘radi. Xonanda va akstrisa Madina Mumtozning esa guldasta yasatish jon-u dili. Amira Alibekova otlarga bo‘lgan mehri va qiziqishi bilan san’atkorlar orasida ajralib turadi. U o‘z qiziqishini sog‘liq uchun foydali faoliyat — ot sporti bilan uyg‘unlashtiradi. Qo‘shiqchi va di-jey Ilhom Yo‘lchiyev yoxud DJ Piligrim eng ashaddiy futbol ishqibozlaridan biri. U o‘z sevimli jamoasi “Barselona” o‘yinini jonli tomosha qilish va uni qo‘llab-quvvatlash uchun tez-tez Ispaniyaga qadam ranjida qilib turadi. Lola Yo‘ldosheva bor bo‘sh vaqtini farzandlariga bag‘ishlashga harakat qiladi. U qizi Shahina bilan interyer dizaynerligi bilan bog‘liq ishlarni tez-tez amalga oshirib turadi. Nilufar Usmonova esa kitobsevar san’atkorlardan biri. Uning qanday kitoblarni mutolaa qilayotganligini uning Instagram sahifasini kuzatish orqali xabardor bo‘lish mumkin.
41
1,354
Madaniyat
“Muhtasham yuz yil” seriali aktyorlaridan qaysi biri Usmonlilar sulolasining haqiqiy avlodi? (foto)
“Muhtasham yuz yil” – real voqealarga asoslangan turkiy tarixiy drama. Sujetda Usmonlilar imperiyasi haqida hikoya qilinadi. Serialda bosh rollarni ijro etgan aktyorlar orasida sultonlardan birining avlodi ham bor. “Muhtasham yuz yil” seriali Sulton Sulaymon davridagi Usmonli imperiyasi tarixiga katta e’tibor qaratdi. Serial namoyishidan so‘ng tomoshabinlar dramadagi voqealarni haqiqiy hayotdagisi bilan solishtirishni boshladi. Aytish joizki, “Muhtasham yuz yil” serialini suratga olishda ishtirok etgan aktyor va aktrisalar orasida Usmonlilar imperiyasi sultonining avlodi ham bor. Bu Sulaymonning opasi Xadiche obrazini gavdalantirgan aktrisa – Selma Ergechdir. Tarixiy drama namoyishidan ko‘p o‘tmay, u intervyularning birida buni aytib o‘tgan. Selma Ergechning ajdodlari Usmonlilar imperiyasining 30-sultoni Mahmud II bo‘lib, 1808—1839-yillar davomida taxtga egalik qilgan. View this post on Instagram Aktrisa 1978-yil 1-noyabrda Germaniyaning Xamm shahrida tug‘ilgan. Uning onasi nemis, otasi turk. Aktrisaning ota-onasi tibbiyot sohasida ishlagan. Selma tug‘ilganidan ko‘p o‘tmay, oila Turkiyaga qaytib kelgan. Dastlab ular qisqa muddat Mersinda yashab, keyin Anqaraga ko‘chib o‘tgan. 1995-yilda o‘rta maktabni tugatgach, Ergench Oksford (Buyuk Britaniya) Headington maktabiga o‘qishga kirdi. 1996—1997-yillarda u Lill shahrida (Fransiya) tahsil oldi. Bir muncha vaqt o‘tgach, u Istanbul universitetining tibbiyot fakultetiga o‘qishga kirdi. View this post on Instagram Selmaning suratga tushishida Sulton Sulaymon rolini ijro etgan Halit Ergenchning agenti sabab bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, Ergench Sulton roliga ma’qullangan, lekin Xadiche sulton roliga aktrisa topilmagan. Shunday qilib, Selma Usmonlilar sulolasi haqidagi tarixiy dramada ishtirok etishga muvaffaq bo‘lgan.
99
1,822
Madaniyat
Yurtimizda "Xitoy kinosi kunlari" o`tkazilmoqda
Poytaxtimizdagi Alisher Navoiy nomidagi Kino saroyida Xitoy kinosi kunlarining ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Unda Xitoy Xalq Respublikasining O`zbekistondagi elchixonasi, Xitoy milliy madaniy markazi vakillari, XXRdan tashrif buyurgan mehmonlar, kino sohasi ijodkorlari, kinoshunoslar, jurnalistlar ishtirok etdi. Toshkent va Samarqand shaharlarida bo`lib o`tadigan tadbirdan ko`zlangan asosiy maqsad – ikki mamlakat o`rtasidagi filmlar almashinuvini tashkil etish, O`zbekiston va Xitoy kinoijodkorlarini jalb etgan holda, qo`shma filmlar suratga olish, multiplikasiya sohasida hamkorlik qilishdir. Shuningdek, Xitoyda ham o`zbek kinosi kunlarini o`tkazish va u erdagi nufuzli xalqaro kinofestivallarda o`zbek filmlarining ishtiroki uchun shart-sharoit yaratishdan iborat. – Yurtimizda Xitoy kinosi kunlari bo`layotgan ayni vaqtda, Qozog`istonda o`zbek kinosi kunlari davom etmoqda, – deydi hujjatli filmlar kinostudiyasi direktori Bahodir Odilov. – Unda taniqli rejissyorlarimiz tomonidan suratga olingan, tomoshabin olqishini qozongan, eng sara filmlar namoyish qilinayotir. Kino san`ati rivoji uchun bu kabi amaliy, do`stona harakatlar g`oyatda muhim ahamiyatga ega. O`zbekistonlik kino ixlosmandlari uchun xitoylik kinoijodkorlar tomonidan suratga olingan "Pul yo`lda yugurmoqda" va "Yangi uzilgan gullar" filmlari namoyish etiladi.
47
1,338
Madaniyat
80 yoshga to‘lgan To‘ti Yusupova “Ummon”da ziyofat berdi
2016-yilning mart oyida 80 yoshni qarshilagan O‘zbekiston xalq artisti To‘ti Yusupova kecha, 15-dekabr kuni Toshkentdagi “Ummon” restoranida ziyofat berdi. Bu haqda O‘zbek milliy akademik drama teatri aktyorlariga asoslanib, “Qalampir.uz” xabar bermoqda. To‘ti Yusupovaning yubileyi munosabati bilan u tug‘ilib o‘sgan Samarqand shahrida katta tadbirlar bo‘lib o‘tgandi. Samarqand davlat drama va musiqa teatrida To‘ti Yusupova tavalludiga bag‘ishlangan ijodiy kecha ham tashkil etilgan edi. O‘zbekiston xalq artisti yubileyi munosabati bilan o‘tkazilgan ziyofatga O‘zbek milliy akademik drama teatrining aktyorlari, yosh ijodkorlar, rejissyorlar, kino va teatr san’atining ko‘zga ko‘ringan vakillari tashrif buyurgani ta’kidlanmoqda. Xabarda ta’kidlanishicha, bugun, 16-dekabr kuni O‘zbek milliy akademik drama teatrida ham To‘ti Yusupovaning 80 yoshga to‘lgani munosabati bilan katta bayram sifatida nishonlanadi. Tadbirda teatr va kino san’atining ko‘plab taniqli ijodkorlari ishtirok etadi. Ma’lumot uchun, To‘ti Yusupova 1936-yili Samarqand shahrida tavallud topgan. 1957-yildan boshlab u san’at bilan shug‘ullana boshladi. Bugungi kunga qadar aktrisa 200 ga yaqin spektakllar, 100 dan ortiq filmlar, 500 ga yaqin videofilmlarda suratga tushgan. To‘ti Yusupova “Kelinlar qo‘zg‘aloni” spektakldagi Sotti obrazi, “Abdullajon”dagi Xolida roli bilan ko‘pchilikning yodida qolgan. To‘ti Yusupova 1970-yilda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, 1993-yilda O‘zbekiston xalq artisti unvonlari, 2000-yilda “El-yurt hurmati”, 2014-yilda “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
56
1,749
Madaniyat
Otajonovlar sulolasining davomchisi uylandi
Kuni kecha Otajonovlar sulolasining davomchisi xonanda va aktyor Ali (Alisher) Otajonov uylandi, deb xabar beradi “Darakchi” gazetasi. Poytaxtdagi restoranlarning birida bo‘lib o‘tgan visol oqshomiga shou-biznesning eng taniqli vakillari, aktyorlar, rejissyor va xonandalar tashrif buyurdi.
43
291
Madaniyat
Hande Erchel, Fahriye Evjen va vazn yo‘qotib, tanib bo‘lmas darajada o‘zgargan boshqa turk aktrisalari (foto)
Hech kimga sir emaski, Turkiyadagi aktrisalarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan ularning tashqi ko‘rinishiga bog‘liq. Ayrim tomoshabinlar birinchi navbatda aktrisalarning tashqi ko‘rinishga e’tibor qaratib, keyin film yoki serialning sujetiga ahamiyat berishadi. “Elle.ru” nashri hozirda turk kino olamini ishonch bilan zabt etayotgan va muvaffaqiyatli obrazlarni gavdalantirayotgan, vazn yo‘qotib tanib bo‘lmas darajada o‘zgargan turk aktrisalari haqida ma’lumot berdi. Fahriye Evjen  Turk aktyori Burak O‘zchivitning rafiqasi Fahriye Evjen avval chiroyli tashqi ko‘rinish ega emas edi. Farzand dunyoga keltirish uning qomatiga ta’sir qildi. Biroq, aktrisa o‘zida kuch topdi va qomatini tartibga keltirdi, shundan keyin unga ko‘plab bosh rollar, qiymati millionlarga teng shartnomalardan takliflar tusha boshladi. Biroq bu sodir bo‘lmaganida, u nafaqat karyerasini, balki turmush o‘rtog‘ini ham yo‘qotishi mumkin edi. Chunki Burak O‘zchivit o‘ziga to‘g‘ri kelmaydigan qiz bilan munosabatlarni saqlab qolmasdi. Hande Erchel Ko‘plab tomoshabinlar Hande Erchel plastik jarrohlik operatsiyasini qildirgan degan xulosaga kelgan. Biroq aktrisaning o‘zi ham bu mish-mishlarni rad etgan va aktrisaning ayrim muxlislari ham esa hech qanday plastik operatsiyalarisiz shu holatga kelganiga ishonadi. Hande Erchel qat’iyatliligi bilan boshqa turk aktrisalaridan ajralib turadi, u muntazam parhez va sport zalidagi mashg‘ulotlar sabab shu ko‘rinishga kelgan bo‘lishi mumkin. Pelin Karaxan  “Muhtasham yuz yil” serialida Mehrimoh rolini ijro etgan aktrisa Pelin Karaxan ham juda ko‘p vazn yo‘qotgan.  Aktrisa farzandini dunyoga keltirgandan keyin 35 kilogramm vazn orttirdi va bu vazndan darhol xalos bo‘lishi kerak edi. Pelin o‘ziga ma’qul ko‘rgan yo‘lni tanladi: shirinliklardan, kraxmalli va yo‘li ovqatlardan voz kechdi va muntazam jismoniy mashqlar bilan shug‘ullandi. Natijada ideal qomat, yangi rollarni ijro etdi va nafaqat Turkiyada, balki chet elda ham muvaffaqiyat qozondi. Elchin Afadjan Elchin Afadjan “Eshigimni qoq” seriali orqali mashhurlikka erishdi. Aktrisa ham vazn yo‘qotish uchun ko‘p harakat qilgan. Aktrisa suratga olish maydonchasidagi hamkasblarining to‘yida ko‘rinish berganida, u beixtiyor butun diqqatni o‘ziga qaratdi. Bir paytlar qo‘pol bo‘lgan Melo sezilarli darajada o‘zgarib, chiroyliroq bo‘lib, o‘ziga ishonchini namoyon qila boshladi. Maryam Uzerli  Turk seriallarining ko‘plab muxlislari Maryamni yanada ajoyib qiz sifatida eslashadi, chunki u Xurram Sulton rolini ijro etganida, hatto semirishga majbur bo‘lgan. Biroq, aktrisa serialni tark etishi bilanoq o‘z qomatiga jiddiy e’tibor qaratdi. Maryam Uzerlining karyerasi uchun chiroyli ko‘rinishini saqlash muhim edi, shuning uchun suratga olish jarayonlari tugagandan so‘ng darhol qattiq parhezga o‘tdi va barcha bo‘sh vaqtini sport zalida o‘tkaza boshladi. Natijada, u nafaqat rol uchun to‘plagan 10 kilogrammni emas, balki ko‘proq vazn yo‘qotishga muvaffaq bo‘ldi.
109
2,948
Madaniyat
Dahshatli avtohalokat va saraton sindira olmagan aktrisa: “Sarobga aylangan umidlar” filmi yulduzi Mahima Chaudxari hozir qayerda? (foto)
1997-yilda Mahima Chaudxari Shohrux Xon bilan “Sarobga aylangan umidlar” melodramasida debyut qilganida, ko‘pchilik uning porloq kelajagini bashorat qilgan edi, deb yozadi Bollywoodtime. Film muvaffaqiyatga erishdi va Mahima eng yaxshi debyut roli uchun Filmfare mukofotiga sazovor bo‘ldi. Rejissor Subhash Gxay Mahimani ko‘rib, rolga tasdiqlashdan oldin 3000 ta aktrisani tinglaganiga ishonish qiyin. Biroq umid beruvchi go‘zal ertak tezda yakun topdi va tez orada u muammo hamda janjallar girdobiga tushib qoldi. Mahima Chaudxarining haqiqiy ismi Rita. Ammo uni suratga olgan birinchi rejissor shu qadar g‘alati ediki, u faqat ismlari “M” harfi bilan boshlanadigan aktrisalarni rolga tasdiqlashni xohladi (Madxuri Dikshit, Minakshi Sheshadri, Manisha Koyrala). U Ritaning ismini Mahimaga o‘zgartirishga majbur qildi va o‘shandan keyin u shu taxallus bilan tanildi. Mahima 1973-yil 13-sentabrda G‘arbiy Bengaliyaning Darjiling shahrida tug‘ilgan. Aktrisa o‘z go‘zalligini nepallik onasi va hind otasidan meros qilib oldi. Uning shunchalar go‘zalligidan, hatto o‘smirlik chog‘idanoq reklama agentliklari unga e’tibor berishni boshladi. U o‘qishni yoqtirmasdi, shundandir balki, suratga tushish uchun maktabni xursandchilik bilan tark etdi. Keyinchalik u Bombeyga ko‘chib o‘tdi va u yerda boshlovchi bo‘lib ishladi. Aynan o‘sha yerda Subhash Gxay uni ko‘rib qoldi. “Sarobga aylangan umidlar” butun Hindistonni larzaga solib, 1997-yilning eng ko‘p daromad keltirgan Bollivud filmlari beshligiga kirdi va bir qancha nufuzli mukofotlarni qo‘lga kiritdi. Biroq muvaffaqiyat aktrisa va rejissor o‘rtasidagi xunuk janjal soyasida qoldi. Mahima Subhash Gxayni qo‘rqitish va ta’qib qilishda aybladi, shuningdek, kino sanoatining boshqa aktyorlaridan u bilan ishlamaslikni so‘radi. Aslini olganda, Gxay asosiy rollarni faqat unga ma’lum xizmatlar ko‘rsatgan aktrisalarga bergani bilan tanilgan, ammo Mahimadan oldin uning qahramonlaridan hech biri bu haqda ochiq gapirmagan. Chaudxarining jasorati kimlarningdir g‘ashiga tegdi va u darhol “surbet yulduz” deb nomlandi. Katta rejissorlar Mahima blan ehtiyotkorona munosabatda bo‘ldi. Mahimaning navbatdagi loyihasi Sanjay Datt bilan hamkorlikdagi “Tavba” trilleri, undan keyin esa “Yurak qanday urishi kerak?” melodramasi bo‘ldi, unda rol ijro etish Mahima uchun juda qimmatga tushdi. Akrisa o‘sha kunni shunday eslaydi: “Men Ajay Devgan va Kajol bilan film ustida ishlayotgan edim, studiyaga ketayotganimda baxtsiz hodisaga uchradim. Yuk mashinasi mening mashinamga urildi va shisha yuzimni kesib tashladi. Men o‘layapman deb o‘yladim. O‘shanda shifoxonaga borishimga hech kim yordam bermadi. O‘zimni ko‘zguda ko‘rib, dahshatga tushdim. Shifokorlar meni operatsiya qilib, tanamdan 67 dona shisha olib tashladi. Ko‘p filmlardan voz kechishga to‘g‘ri keldi. Men hammadan yashiringan edim. Va faqat oilam tufayli omon qoldim”. Ammo bundan keyin ham uning karyerasida ajoyib va e’tiborga molik rollar paydo bo‘ldi. Masalan, “Yurak urishi”, “Qochoq”, “Menga faqat sevgi kerak” kabi filmlarda ko‘rish mumkin. Mahima Chaudxari va Leander Payes Mahimaning so‘zlariga ko‘ra, uning karyerasiga ta’sir qilgan yana bir fakt shaxsiy hayoti edi. 2000-yilda u tennischi Leander Payes bilan uchrashdi va ularning munosabati jiddiy tus oldi. Keyinchalik u bu tufayli qimmatli yillarini yo‘qotganini aytib o‘tdi. Leander o‘sha paytda aktyor Sanjay Duttga turmushga chiqqan Reya Pillay bilan ham munosabatda bo‘lganini bilgach, uning orzulari va umidlari bir zumda puchga chiqdi. Mahima Reya undan farzand kutayotganini bilgach, darhol Leander bilan barcha munosabatlarni uzdi va 2006-yilda me’mor va biznesmen Bobbi Mukerjiga turmushga chiqdi. Ularning munosabati 2011-yilgacha, er-xotinning ajrashgani haqida xabar paydo bo‘lgunga qadar sir bo‘lib qoldi. Ularning Ariana ismli qizi bor. U hozir 15 yoshda va u onasi kabi go‘zal bo‘lib ulg‘aymoqda. Ammo baxtsiz hodisa va xiyonatga boy munosabatlar Mahima hayotida yetarli emasdek tuyildi. Yaqinda unga ko‘krak bezi saratoni tashxisi qo‘yildi. “Men davolandim va hozir juda yaxshi holatdaman”, — deydi aktrisa. U oxirgi marta 2016-yilda “Qora shokolad” filmida ishtirok etgan. Ammo tez orada u “So‘nggi imzo” loyihasi bilan ekranlarga qaytadi.
137
4,226
Madaniyat
​Toshkentda "Qo`qon shamoli" esganda...
Kuni kecha “Media-xoll NAESMI” (“Zarafshon”) zalida “O`zbekkino” buryurtmasiga binoan suratga olingan “Qo`qon shamoli” tarixiy badiiy filmini ko`rdik. Ochig`ini aytish kerak, biz oxirgi yillarda tarixiy filmlar deganda faqat koreys, turk, xitoy, hind va boshqa xalqlar kinoustalari tayyolagan filmlarni tushunadigan bo`lib qolgandik. Bundan 4-5 yil avval kino sohasining mutasaddilaridan biri bilan suhbat chog`ida “Nima uchun bizda xalqimiz tarixini aks ettiradigan filmlar, seriallar suratga olimayapti?” deb so`raganimda, “yuqori”dan ruxsat berilmayapi, chunki tarixda turli davlatlar o`rtasida munosabatlar turlicha bo`lgan, masalan Amir Temur Moskvagacha kirib borgan, Xitoyga qarshi yurish qilgan, hozirgi Eron, Iroq, Hindiston, Pokiston kabi mamlakatlarni bosib olganini ko`rsatishimiz kerak, bosmachilarni suratga olsak, baribir islom dini haqida gapirish kerak, ularning ruslarga qarshi kurashini ko`rsatish kerak, xullas bitta tarixiy film deb hozirgi xalqaro munosabatlarga daxl qilishimiz mumkin” deb javob qaytargandi. Ajab nima uchun boshqa davlatlar xalqaro munosabatlarni o`ylamay, tarixiy mavzuda filmlar olaverarkin, deb ajablangan edim. Chumchuqdan qo`rqqan tariq ekmaydi-ku? Bugun davr talablari boshqacha. Davlat rahbarining o`zi tarixiy filmlarni suratga olish lozimligini aytib turibdi. Ana shu talablar tufayli bir qancha filmlar suratga olinib, tomoshabinlarga etib ham bordi. “Qo`qon shamoli” filmi ham bu yo`nalishdagi navbatdagi qadam bo`ldi. Ochig`i, filmning boshini ozroq ko`rib, chiqib ketmoqchi edim – boshqa ishlarim ham bor edi. Ammo, qiziqish ustun kelib, oxirigacha ko`rdim. Film ustida ijodkorlar yaxshigina ter to`kkani ko`rinib turibdi. Uni suratga olishda tarixchilar, adabiyotshunoslar, diniy ma`rifat egalarining xizmati yaqqol ko`zga tashlanadi. Intrigalar yaxshi o`ylab topilgan, Dialoglar puxta tuzilgan. Tarixiy voqelikni imkon qadar real bo`yoqlarda ochib berishga harakat qilingan. Aktyor va aktrisalar ham o`z rollarini mahorat bilan ijro etishgan deyish mumkin. Ammo, baribir ayrim kamchiliklar ko`zga tashlanadi. Deylik, film asosan XIX asr boshlarida Qo`qon taxti uchun olib borilgan ichki ziddiyatlar tasviri bilan cheklanib qolgandek. Filmda o`sha davrdagi oddiy xalqning hayoti, turmush tarzi etarlicha ochib berilmagan. Qahramonlarning suhbatida o`sha davr so`zlashuv tili uncha sezilmaydi. Buni film ijodkorlari “tomoshabin, ayniqsa yoshlarga tushunarli bo`lishi uchun qilingan harakat” sifatida izohlashdi. Qabul qildik. Ma`lumki, Nodirabegim ushbu filmning asosiy qahramonlaridan biri va o`z davrining eng yorqin shaxslaridan edi. Ammo negadir Nodirabegim siymosi siyosiy ziddiyatlar, beklar va xonzodalarning o`zaro kurashlari soyasida qolib ketgandek. Filmda Nodirabegimning loaqal bir-ikki bayti ishlatilganida yaxshi bo`larmidi? Nazarimda Amir Umarxon obrazi ham o`ta ideallashtirib yuborilgandek tasavvur uyg`otadi. Albatta, u adolatli hukmdor, shoir, madaniyat homiysi sifatida tarixda qolgan. Ammo, u ham o`z davrining vakili edi. O`sha davrga xos qarashlar, siyosiy yondashuvlar unga ham begona emasdi. Bu, albatta, shaxsiy fikrlar xolos. Filmning ijobiy jihatlari uning kamchiliklarini yashira olsa kerak. Xullas, tomoshabin film orqali o`sha davrdagi tariximiz haqida muayyan tushuncha hosil qila oladi. Umuman olganda, so`nggi paytlarda “O`zbekkino” tizimida katta ijobiy o`zgarishlar bo`lishi kutilmoqda. Bundan keyin suratga olinadigan filmlar yanada pishiq, mukammal bo`lishiga umid qilamiz. Rustam JABBOROV.
39
3,490
Madaniyat
Bugun telekanallarda "Mehr" operasiyasiga bag`ishlangan "Tutqunlik" filmi namoyish etiladi
Bugun O`zbekistonning bir qator telekanallarida Kinematografiya agentligi tomonidan DXX ko`magida suratga olingan “Tutqunlik” badiiy filmining milliy namoyishi bo`lib o`tadi.  Kinokartina “Buxoriylar” kinostudiyasida, taniqli rejissyor Rashid Malikov tomonidan real voqealar asosida suratga olingan, deya xabar bermoqda agentlik.  Qayd etilishicha, film vatandoshlarimizni Yaqin Sharqdagi urush hududlaridan olib chiqish maqsadida tashkil etilgan "Mehr" operasiyasiga bag`ishlangan.  Ssenariy mualliflari Rashid Malikov va Azamat Qorjovov, operator Aleksey Venzos, postnovkachi rassom Doniyor Abdurahmonov. Bosh rollarni Nigina Anorboeva, Firdavs Oripov, Feruza Sobitova, Gleb Gollender va Laylo Farruhova ijro etgan.  Quyida filmning namoyish vaqtlari bilan tanishing:  "MY5" TV — 17 oktyabr — soat 14.15; "Sevimli" TV — 17 oktyabr — soat 22.20;  "Zo'r" TV — 17 oktyabr — soat 22.20;  "Madaniyat va ma’rifat" TV — 17 oktyabr — soat 14.00; "O‘zbekiston" TV — 17 oktyabr — soat 22.40; "Renessans" TV — 18 oktyabr — soat 12:00.  Ta`kidlanishicha film o`zbek tilida ruscha subtitrlar bilan namoyish etiladi.
90
1,104
Madaniyat
Obid Asomov Nyu-Yorkdagi konsertda chiqish qildi
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Obid Asomov Isroilning “Xanda-Xanda” komediya teatri qiziqchilarining Nyu-Yorkdagi yubiley konsertida chiqish qildi. Bu haqda “12news.uz” xabar beradi. The Bukharian Times’ning ma’lum qilishicha, Kuins kollejining Kupferberg Center for the Arts konsert zali Nyu-Yorkning turli hududlaridan kelgan yahudiy-buxorolik, o‘zbek va tojik fuqarolar bilan to‘lib ketgan.
48
402
Madaniyat
O‘zbekistonlik musiqachilar Rossiyadagi xalqaro tanlovdan g‘alaba bilan qaytdi
Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida xalq san’ati bo‘yicha bo‘lib o‘tgan “Jivoy Rodnik” nomli VI xalqaro tanlovda O‘zbekistonning 15 nafar musiqachisi munosib ishtirok etib qaytdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Axborot xizmati xabar berdi. Joriy yilning 21-22-mart kunlari bo‘lib o‘tgan mazkur xalqaro tanlovda dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan yosh ijrochilar o‘zlarining mahoratlarini namoyish etdi. Undan ko‘zlangan asosiy maqsad bolalar, o‘smirlar va yoshlar orasida iqtidorlarni e’tirof etish, ularni xalq san’atining eng yaxshi namunalari bilan tanishtirish va milliy aloqalarni mustahkamlashdan iboratdir. Tanlov ikki bosqichda tashkil etilgan bo‘lib, yosh toifasiga qarab o‘quvchilar 4 guruhga bo‘lingan holda bellashdi. Ular yakkaxon, folklor etnografik jamoalar, akademik xonandalik, vokal xorografiya, cholg‘uchilik va vokal cholg‘u ansambllari, xor, folklor jamoalar, ansambl va orkestrlarga bo‘lingan holda musobaqalashdi. Xalqaro tanlov natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston vakillarining 10 nafari birinchi o‘rin bilan qaytdi. Ikki nafar ishtirokchi esa jo‘rnavozlik yo‘nalishida diplom bilan taqdirlandi.
78
1,161
Madaniyat
Shvarsenegger Trampni amerikalik o‘quvchilarni xarob qilishda aybladi
Kaliforniya shtati sobiq gubernatori Arnold Shvarsenegger AQSh prezidenti Donald Trampni ta’limga ajratilgan pul mablag‘ini 1 milliard dollardan ziyodroqqa kamaytirib, amerikalik maktab o‘quvchilarini talashda aybladi, deb yozadi “TASS”. Bunday fikrni mashhur aktyor va siyosatchi maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilari forumida bildirdi. “Prezident Tramp bizga Amerikaga ilgarigi quvvatni qaytarishga va’da bergandi. Aslida esa u bolalardan 1,2 milliard dollarni olib qo‘yib, ularning bor-yo‘g‘ini shilmoqda”, — dedi Shvarsenegger. “Bu bilan u nimaga erishmoqchi? Nima uchun u davlat budjetini bolalar hisobidan balansga keltirmoqchi?” — dedi sobiq gubernator. U, shuningdek, hukmron AQSh Respublikachilar partiyasi tarkibidan chiqmoqchi emasligini tasdiqladi (Tramp ham shu partiya a’zosi). “Men Trampning respublikachisi emasman”, — deya ta’kidladi Shvarsenegger.
69
875
Madaniyat
Rossiyalik aktrisa Lidiya Fedoseyeva-Shukshina o‘tkir infarkt bilan shifoxonaga yotqizildi
Rossiyalik aktrisa Lidiya Fedoseyeva-Shukshina shoshilinch ravishda shifoxonaga yotqizildi. Aktrisaga o‘tkir infarkt tashxisi qo‘yilgan. 24-fevral kuni Lidiya Fedoseyeva-Shukshinaning ahvoli yomonlashgan, u ko‘krak sohasidagi og‘riqdan shikoyat qilgan. Taniqli rossiyalik yozuvchi Vasiliy Shukshinning rafiqasi Lidiya Fedoseyeva-Shukshina “12 ta kursi”, “Shizofreniya”, “Ular vatan uchun kurashgan” filmlari bilan mashhur.
90
423
Madaniyat
Yulduzlar: kim kim bilan do‘st?
Yana o‘sha Instagram’ga murojaat qilib, bu safar o‘zbek shou-biznesi vakillarining o‘zaro do‘stligi aks etgan suratlarni qidirdik. Topganimizni siz bilan baham ko‘rmoqdamiz. Sobiq “Setora” guruhi a’zolari Laylo va Komila haligacha qalin do‘st ekanligi ma’lum bo‘ldi. “Gap isboti bilan” deganidek, dalil sifatida Laylo o‘z Instagram’iga joylagan suratlarni keltiramiz. So‘nggi paytlarda ijodda birgalikda ko‘plab yangiliklar yaratayotgan Lola va DJ Piligrim hayotda ham do‘stlashib qolganligi aniq. Lola o‘zining yana bir duetdoshi — Shohruhxon bilan ham do‘stona aloqalarni saqlab qolgan. Aktyor va qo‘shiqchi Jahongir Poziljonovning do‘stlari ko‘pdir, ammo ular orasida hamkasbi Shohruhxonning o‘rni boshqachaligi suratlardan ham ko‘rinib turibdi. Xonandalar Shahzoda va Nilufar Usmonovaning munosabatlari esa do‘stlik darajasidan ancha yuqorida. Buni Nilufar Usmonova o‘zining postlaridan birida ta’kidlab, ular “opa-singillar kabi yaqin” ekanligini aytgan edi. Xorijdagi hamyurtlarimiz — Sevara Nazarxon va Sug‘diyona vaqti-vaqti bilan yuz ko‘rishib turishi kishini quvontiradi. Bundan tashqari, familiyadosh aktrisalar Ra’no Shodiyeva va Asal Shodiyeva, xonandalar Ziyoda va Madina Mumtoz hamda Amira Alibekova va Tamilla birgalikda tushgan suratlarini Instagram’da ko‘p uchratdik.
31
1,291
Madaniyat
“Darakchi” – xalq bilan va xalq ichida!”
Gazetamiz o`z maqsadidan kelib chiqqan holda kuni kecha 500 nafardan ortiq “Darakchi” mushtariylari uchun ajoyib bayram tadbirini tashkil etdi... Poytaxtimizdagi “Chinobod” sihatgohida bo`lib o`tgan ushbu loyiha Istiqlol tantanalarining 28 yilligiga bag`ishlangan bo`lib, “Jonajon O`zbekistonim, mangu bo`l omon!” g`oyasi ostida o`tkazildi. Dastavval to`yga to`yona sifatida yig`ilganlarning har biriga “Darakchi”, “Darakchi+” va “Sug`diyona” gazetalari ulashildi. Shundan so`ng “Chinobod” sihatgohining yosh dam oluvchilari orasida o`tkazilgan rasmlar tanlovining 10 nafar g`oliblariga tashkilotchilarning esdalik sovg`alari taqdim etildi. Tadbir bir qator estrada xonandalari va so`z ustalarining musiqiy tuhfalariga ulanib ketdi. Shuningdek, gazetamizda berib borilayotgan “Darakchi”da Bingo” loyihasining maxsus ko`rinishi sifatida boshlovchi Parviz Fattoev yig`ilganlarga o`zining qiziqarli savollarini taqdim etib javoblar oldi. G`oliblarga “Darakchi” tahririyati hamda hamkorlar “NikaPharm” va “Zamona Rano” kompaniyalarining 40 dan ziyod esdalik sovg`alari ulashildi. Tadbirning eng qiziqarli jihatlaridan biri unda yuz bilan yuzlashganlarning faol ishtiroki bo`ldi. Dam oluvchilar orasida 100 yoshni qoralaganlar umrlarining so`nggi 20 yilini “Darakchi” bilan o`tkazishayotganligidan xursand ekanliklarini bildirishdi. Ularga ham “Darakchi” va hamkorlar tomonidan sovg`alar taqdim etildi. Bir so`z bilan aytganda “Darakchi” – xalq bilan va xalq ichida!” ekanligini yana bir bor isbotladi! Sanjar G`ulomov: Aslida o`zim “Darakchi” gazetasi bilan tengdoshman.“Darakchi” men uchun qadrdon bo`lib ulgurgan. Tadbirda yoshi ulug` otaxonu onaxonlarimizning xursandchiligini ko`rib juda quvondim. Duogo`ylarimiz mehr bilan ham tashkilotchilarni, ham bizni duo qilishdi. Bugun hammamiz uchun unutilmas kun bo`ldi. Dilafruz Hayitmatova: Bunday loyihalar hammamizni yanada jipslashtirishi turgan gap. Yurtimizning turli hududlaridan jam bo`lgan “Darakchi” gazetxonlarining a`lo kayfiyatini ko`rib ular bilan raqsga ham tushib ketdim. Haqiqatdan ham “Darakchi” xalq ichida ekanligi bugun yana bir bor o`z isbotini topdi. Olim O`rozov: Kuglu umrni uzaytiradi deyishadi. Hazilomuz qo`shiqlarimiz bilan yig`ilganlarning kayfiyatiga kayfiyat ulashdik. Ular uchun ushbu oqshom unutilmas bo`ldi. Barchalari takror-takror minnatdorlik bildirishganidan buni payqash qiyin emas. Shahzod Murodov: “Darakchi” deyarlibarcha sohalarni qamrab olganligi uchun ham mushtariylari ko`p deb o`ylardim. Aslida sevimli gazetamiz xalq ko`nglini qanday olishni ham biladi. Shuning uchun ham “Darakchi”ni yurtimizning barcha nuqtalarida va qo`shni mamlakatlarda ham sevib o`qishadi menimcha. Guvohi bo`lganingizdek, bugungi tadbirda ham ishtirokchilarning xursandchiligi cheksiz bo`ldi. Husan: Avvalabor biz ijodkorlarni yurtdoshlarimiz bilan yanada yaqinroq bo`lishimizga sababchi bo`lgan “Darakchi” tahririyatiga minnatdorlik izhor etaman. Bugungi loyiha samimiyatga to`la bo`ldi. Gap faqat sovg`alar haqida emas, e`tiborda albatta. Qo`shiqlarimiz bilan yig`ilganlarning ko`nglini biroz bo`lsa-da olgan bo`lsak, juda ham xursandmiz.
40
3,108
Madaniyat
Jastin Biber Men’s Health jurnali uchun mashg‘ulot zalida suratga tushdi
Kanadalik pop qo‘shiqchi Jastin Biber Men’s Health erkaklar jurnali uchun trenajyor zalida fotosessiyaga tushib, nashrning aprel oyidagi soni “yuzi”ga aylandi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”. Avvalgi o‘zini tutishidan afsuslanib, xatolarini anglaganini va ulg‘ayishni istashini aytgan Biber fotosessiyada o‘zining mushaklarini va turli tatuirovkalarini namoyish qilgan. Xonanda o‘zining oldingi yomon xulqiga 13 yoshidayoq mashhurlik yukini ko‘tarishga to‘g‘ri kelganini sabab qilib ko‘rsatgan.
72
503
Madaniyat
Bunyod Rahmatullayev “Yig‘lamagin” filmida qabrni o‘ziga qazdirishgani, dastlab kastingdan o‘tolmagani haqida gapirib berdi (video)
Aktyor Bunyod Rahmatullayev “Yig‘lamagin” filmida qabrni o‘ziga qazdirishgani, dastlab kastingdan o‘tolmagani haqida gapirib berdi. Aktyor bu haqida YouTube’dagi  YashinTV kanaliga bergan intervyusida aytib o‘tgan. Dadam bilan Rustam Sa’diyevning ofisiga borganmiz. Yuzlarim to‘lishgan, ko‘zga yaqin bolacha edim. O‘shanda Rustam aka menga qarab “kinoda rol o‘ynashni xohlaysanmi?” degan. O‘ylab ham o‘tirmay “ha” deb aytganman. O‘zimga bo‘lgan ishonchimni va rol o‘ynashga xohishim borligini ko‘rib, Tohir Sodiqovning “O‘zbek” nomli qo‘shig‘ining klip jarayoniga taklif qilgan. Shu klipda o‘ynaganimdan so‘ng oradan to‘rt-besh  yil vaqt o‘tib, “Yig‘lamagin” filmiga kastinga chaqirishgan. Sinovdan o‘tolmaganman. Juda ko‘p yig‘laganman. Qalbdan qilingan duoning ijobati, albatta, bo‘ladi. O‘sha kunning o‘zidayoq, kechqurun meni qayta kastingga rahmatli ustoz rejissor Shuhrat Abbosov chaqirgan. Shu paytda qaytib borganman va yutib chiqqanman. Men bilan birga hozirgi estrada sohasida ko‘zga ko‘rinib kelayotgan isre’dodli xonanda Izzat Shukurov ham bor edi. Shuday qilib, 9 yoshimda bu rolni o‘ynadim va hayotimda katta o‘zgarishlar bo‘la boshladi. Xalq juda yaxshi qabul qildi. Qiyinchiliklarga keladigan bo‘lsak,  men zir titragan, ichimdan muzlab ijro etgan sahnam bu, albatta, qabr qazish sahnasi bo‘lgan. Qabrni o‘zimga qazdirishgan. Ota-onam o‘lgani, singlimga qabr qazishga mendan boshqa inson yo‘qligini ichimdan his qildirish uchun, shu vaziyatga tushurishgan. Mozor jim-jit. Men, partnyorim, tasvirchi va rejissor bor, xolos.  Otam tashqarida turganlarini sezib turgan bo‘lsam ham muhit meni rostdan ota-onamdan ayirgan edi. Qattiq siqilganman, garchi yosh bo‘lsam ham. Filmda ko‘rgan barcha achinarli sahnalaringizni biz haqiqatan ijro etganmiz. Bu film haligacha xalq qalbida yashayotganining asosiy sababi ham mana shu bo‘lsa kerak. Bunyod Rahmatullayev, aktyor Ma’lumot uchun, Bunyod Rahmatullayev muxlislar orasida “Sehrli qalpoqcha”, “Yig‘lamagin”, “Ilhaq” kabi filmlardagi rollari bilan mashhurlikka erishgan.
131
2,031
Madaniyat
Taqdiri fojiali yakun topgan go‘zallik tanlovlari g‘oliblari (foto)
“Go‘zal bo‘lib emas, baxtli bo‘lib tug‘il!”, degan ibora ko‘pchilikka ma’lum. Dunyo bo‘ylab go‘zallik tanlovlarida g‘olib bo‘lgan ayrim qizlarning taqdiri nega ayanchli holda yakunlandi? Ular uzoq va baxtli hayotni go‘zallikka almashtirgan edimi? Monika Spir, Venesuela go‘zali — 2004-yil Maftunkor Monika 2004-yilda Venesuelaning eng go‘zal ayoliga aylangan va 2005-yilda “Dunyo go‘zali” tanlovida ishtirok etgan. O‘sha vaqtda 5 yoshli qizining otasi — 39 yoshli britaniyalik Tomas Berri bilan rasman ajrashgan bo‘lsa-da, u bilan yaqin munosabatda edi. Juftlik AQShda yashar, faqatgina bayram va ta’tillarda Venesuelaga kelib turgan. 2014-yil ana shunday sayohatlarning birida, Yangi yil bayramida ular avtohalokatga uchraydi, ammo politsiyani kutayotgan juftlikka kutilmagan xavf — mahalliy bezorilar uchraydi. Yo‘l chetidagi qimmatbaho mashina bezorilar e’tiborini tortgani uchun ular darhol Monika va Tomasni voqea joyida otib o‘ldiradi. Ularning qizi esa mo‘jizaviy tarzda omon qoladi. Bir necha daqiqadan so‘ng yetib kelgan politsiya ularni hibsga olgan. Venesuela prezidenti Nikolas Maduro ushbu fojiani “o‘n yillik” yo‘qotish deb atagan va tergovni shaxsan o‘zi nazorat qilgan. Mariya Xose Alvarado, Gonduras go‘zali — 2014-yil 19 yoshli Mariya Xose Alvarado singlisi Sofiya bilan uning yaqin do‘stining tug‘ilgan kunini nishonlashga borgan. Shundan so‘ng opa-singillar uyga qaytmagan. Tergov jarayonida tug‘ilgan kun egasi — Plutarko Ruis shubhali ko‘ringan. U odam o‘g‘irlashda gumonlanib, hibsga olinganida ikki marta qotillik qilganini tan olgan. Opa-singillarning jasadi esa daryo bo‘yida ko‘milgan holda topilgan. Ma’lum bo‘lishicha, Ruis ziyofatda Sofiya bilan uning do‘stiga noz-karashma qilganlikda ayblab, jiddiy janjallashgan. So‘ngra g‘azabda unga o‘q uzgan, bunga uning opasi Mariya guvoh bo‘lgan. Natijada unga ham qarata o‘q uzilgan. Afsuski, Ruis qurbonlarni ko‘mayotgan vaqtda Mariya “Dunyo go‘zali” tanlovida ishtirok etish uchun Londonga uchishi kerak edi. Qurbonlarning oilasiga hurmat sifatida mamlakat Mariyaning o‘rniga boshqa nomzod berishdan bosh tortgan va musobaqa o‘tkazib yuborilgan. Agneshka Kotlyarska, Xalqaro go‘zallik tanlovi g‘olibasi — 1991-yil 1990-yillarda Agneshka Polshaning eng go‘zal qizi deb e’tirof etilganida, uning hayotida Yeji ismli erkak paydo bo‘lgan. Ushbu maxfiy muxlis modelni bir vaqtning o‘zida ham ta’qib qilar, ham sevgi izhorlari bilan tahdid qilar edi. U hech qachon to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqaga chiqmaganligi tufayli 6 yil davomida model unga e’tibor ham bermagan. Ammo Agneshkaning nikohi barchasini o‘zgartirib yuborgan. Yejining so‘zlariga ko‘ra, hayotini barbod qilgan qizdan, albatta, qasos olinishi kerak bo‘lgan. U buning uchun modelning oilasi yashaydigan uy atrofida soatlab izg‘ir hamda ular haqidagi ma’lumotlarni to‘plar edi. 1996-yil juftlik o‘z mashinasi tomon harakatlanganida birdan Yeji paydo bo‘lgan va Agneshkaning turmush o‘rtog‘i — Yaroslavga pichoq urgan. Oyog‘idan yaralangan turmush o‘rtog‘iga yordamga shoshilgan Agneshkaga ham muvaffaqiyatsizlikdan g‘azablangan qotil tashlanib, ko‘ksiga 4 marta pichoq urgan. 36 yoshlik dasturchi shu kuni politsiya tomonidan hibsga olingan va 14 yilga ozolikdan mahrum etilgan. Aleksandra Petrova, Rossiya go‘zali — 1996-yil Aleksandraning hayoti 2000-yilda yakun topgan. Ikki jinoiy guruh o‘rtasidagi to‘qnashuvda qiz tasodifan otib o‘ldirilgan. 90-yillarda Aleksandra bozor direktorining o‘rinbosari bo‘lgan jinoyatchilar boshlig‘i — Konstantin Chuvilin bilan aloqada bo‘lgan. Chuvilin va uning raqibi o‘rtasidagi ziddiyat tufayli yollangan qotil o‘z vazifasini Aleksandra va uning do‘sti birga ekanligida amalga oshirishqa qaror qilgan. Ikki guruh orasidagi nizoda o‘qqa tutilgan qiz shifoxonaga yetib bormasidan avval vafot etgan. Svetlana Kotova, Rossiya go‘zali — 1996-yil Rossiyada milliy go‘zallik tanlovining ikki g‘olibasi ham o‘ldirilgan. Svetlana tanlovda ishtirok etganidan keyin o‘z taqdirini afsonaviy qotil Aleksandr Solonik bilan bog‘lagan. Aleksandr Yangi yil bayramida qizni Gretsiyadagi villasiga taklif qilgan. Svetlana haykal va favvoralar, ulkan bog‘, xizmat ko‘rsatishning eng yuqori darajasidan hayratga tushgan. Hattoki, o‘limidan bir kun oldin onasiga qo‘ng‘iroq qilib, jannatda yashayotganini ham aytgan. Afsuski, ertasi kuni qurollangan bir guruh odamlar villaga bostirib kirib, Aleksandr bilan “hisob-kitob” qilgan. Uning jasadi 1997-yil 2-fevralda bo‘g‘ib o‘ldirilgan holda topilgan. Oradan uch oy o‘tib 22 yoshli Svetlananing jasadi chamadonda bo‘laklangan holda topilgan. Qotillar tomonidan qismlarga ajratilgan qurbon o‘rmonga tashlab ketilgan edi. Layna Keza, Afrika go‘zali — 2010-yil 29 yoshli qora tanli Afrika go‘zali 2013-yil avgust oyida pichoqlab o‘ldirilgan. Qotil modelning uch yoshli qizining otasi – Devid Kikav edi. Fojiadan bir necha kun avval Layna rashk va qiynoqlardan charchaganini aytib, Devid bilan ajrashishga qaror qilgan. Juftlikning qo‘shnilari ham hamisha ularning uyida janjal bo‘lishini, haqoratli so‘zlar eshitilib turishini tasdiqlagan. Bir kuni tongda qo‘shnilardan biri politsiyaga xabar berib, ularning uyida dahshatli qichqiriq eshitilib, to‘satdan to‘xtagani haqida xabar bergan. Yetib kelgan politsiya Devidni qo‘lidagi pichoq bilan hammom ostonasidan topgan. Laynaning jasadi esa hammomda yotar edi. Melodi Gershbax, Xalqaro go‘zallik tanlovi g‘olibasi — 2009-yil Tojni qo‘lga kiritganidan bir yil o‘tib, filippinlik go‘zal Melodi baxtsiz hodisa tufayli vafot etgan. 2010-yil 21-avgustda ichida Melodi bo‘lgan mashina katta tezlik bilan avtobusga borib urilgan. Haydovchi darhol politsiyaga taslim bo‘lgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, transport vositasi texnik nosozlik tufayli boshqaruvdan chiqib ketgan. Model bor-yo‘g‘i 24 yoshda edi. Genezis Karmona, Sayyohlik go‘zali — 2013-yil Monika bilan bog‘liq dahshatli qotillikdan bir oy o‘tib, yana bir venesuelalik go‘zal vafot etgan. Karmona Nikolas Maduro va uning hukumatining iste’fosi uchun ko‘cha namoyishida qatnashgan. U jinoyatchilik va turmush darajasidan nolib, Valensiya ko‘chalarida namoyishga chiqqan talabalar safiga qo‘shilgan. To‘satdan o‘q ovozi eshitilgan va qiz yiqilgan. O‘q uning boshiga tekkan edi. Qiz tezda shifoxonaga olib borilgan, shaharni tartibsizliklar qamrab, yana bir necha kishi halok bo‘lgan. Biroq modelni kim otgani hanuz noma’lumligicha qolmoqda. Rasmiylar o‘qni muxolifat tomonidan otilgan, deb ta’kidlamoqda. Mikaela MakArivi — Irlandiya go‘zallik malikasi 2011-yil yanvar oyida Jon MakArivi bilan turmush qurgan Mikaela to‘y sayohati uchun Mavrikiyga borgan. Juftlik sayohat vaqtida mehmonxonaning restoraniga ovqatlanishga tushgan. Shundan so‘ng Mikaela qandaydir sabab bilan xonasiga kirgan va u yerda mehmonxonaning ikki xodimi talon-toroj qilish uchun kirib kelganini ko‘rgan. Ular modelni hammomga sudrab kirib, bo‘g‘ib o‘ldirgan. Biroq yetarli dalillar bo‘lmaganligi tufayli sud xodimlarni aybsiz deb topgan. Lesli Matssara, Janubiy Karolina go‘zali 2004-yil uch dugona — Lesli Matssara, Adriana Insonya va Louren Mianza Hellouin bayramini nishonlagan. Bayram tufayli charchagan qizlar juda kech uyquga yotgan, ammo Louren g‘alati tovushlardan uyg‘onib ketgan va uyda o‘g‘ri borligini bilib qolgan. U politsiyaga qo‘ng‘iroq qilish uchun tashqariga chiqib ketgan va uyga qaytmagan. Bu esa uning hayotini saqlab qolgan. Politsiya yetib kelganida Lesli va Adriana o‘lik hoda topilgan. 218 nafar gumonlanuvchidan olingan DNK namunalari jinoyatchining shaxsini aniqlashga yordam bermagan, hattoki 100 ming dollar mukofot puli ham. Lekin Louren buning tagiga yetgan. U hodisa joyidagi suratlarni ko‘rib chiqib, tajribali detektivlar o‘tkazib yuborgan tafsilotga e’tibor qaratdi: juda kamyob tamaki markasi. Bunday tamakini Adriananing dugonasining eri — Erik Koppl tutatar edi. Erkak hibsga olingan. Barcha sinov namunalari bir-biriga mos kelgan, ammo u shu kecha o‘ta mast ekanligi va hech narsa yodida qolmaganini aytavergan. Garchi u umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan bo‘lsa-da, qizlarning nima uchun o‘ldirilganligining sababi ochiqlanmagan.
67
8,039