folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Madaniyat
ISPANIYaDA “SEA SUN” XALQARO MUSIQA TANLOVIDA NAMANGANLIK O`QUVChILARNI G`OLIBLIKNI QO`LGA KIRIDILAR
“Sea sun” xalqaro musiqa tanlovi g`oliblari Joriy yil sentyabr oyida Ispaniyada o`tkazilgan “Sea sun” xalqaro musiqa tanlovida namanganlik yoshlar g`olib va sovrindorlar safidan joy oldi, deb yozadi O`zA. Tanlovda dunyoning 12 davlatidan 600 dan ziyod yosh iste`dod sohibi qatnashdi. Hakamlar o`zbekistonlik yosh ijrochilar mahoratiga yuksak baho berdi. Namangan shahridagi 11-bolalar musiqa va san`at maktabi tarbiyalanuvchilari Shirina Nabieva va Gulshoda Halimjonova fortepyano ijrochiligi yo`nalishida birinchi o`rinni qo`lga kiritdi. Ushbu maktabning yana bir o`quvchisi Ahrormirzo Rahmonov skripkada ijro etgan dilbar kuylari bilan ikkinchi o`rinni egalladi. Yangiqo`rg`on tumanidagi 17-bolalar musiqa va san`at maktabi tarbiyalanuvchisi Muhriddin Akromov zarbli cholg`ular ijrochiligi yo`nalishida ikkinchi o`ringa munosib ko`rildi.
100
839
Madaniyat
Meksikaning The Voice shousi qatnashchisi Alexandro Fuentes Chikagoda otib o‘ldirildi
Meksikaning The Voice shousi qatnashchisi Alexandro Fuentes Chikagoda otib o‘ldirildi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda. 45 yoshli Fuentesning boshiga do‘stlari bilan mashinada o‘tirgan payt uch bor o‘q uzildi. U o‘sha kuni tug‘ilgan kunini nishonlayotgan edi. Qurollangan kimsa qizil kabrioletda bo‘lgan Fuentesga mashinadan chiqishni buyurdi, rad javobini olgach, unga qarata o‘q uzdi. Politsiya hujumda gumonlanuvchilar hozircha yo‘qligini ma’lum qildi. Mazkur jinoyat avtomobilni olib qochish yoki talonchilik bilan bog‘liqligi tekshirib ko‘rilmoqda. Fuentes 2011-yili Meksikaning The Voice shousi qatnashchisi bo‘lgan. Chikagoda uning studiyasi va san’at maktabi bor edi. Oldinroq AQShning The Voice shousi qatnashchisi Kristina Grimmi Orlandodagi konsertdan so‘ng otib o‘ldirilgandi.
85
787
Madaniyat
Saraton — hammasi tamom, degani emas: Onkologik kasalliklarni yengishga muvaffaq bo‘lgan mashhur shaxslar
Onkologik kasalliklar oldindan hech narsani aniqlashning imkoni bo‘lmagani uchun ham dahshatli. Ko‘pchilik uchun “saraton” so‘zini eshitishning o‘zi ham ayanchli bo‘lgan so‘zlardan biridir. Bugungi qahramonlar imkonsiz narsa yo‘qligini isbotladi va saraton kasalligini yengishga muvaffaq bo‘ldi. Xyu Jekman Aktyorga 2013-yilda teri saratoni tashxisi qo‘yilgan. Ammo Xyu faqat rafiqasining shoshilinch iltimoslaridan keyingina shifokorga borishga qaror qildi. Hozirda barcha muammolar o‘tmishda, lekin Jekman u kabi beparvo bo‘lmaslikka, balki sog‘liqqa va organizmga ehtiyot bo‘lishga undaydi. Bazalioma eng keng tarqalgan o‘smalardan biri hisoblanadi. Vladimir Pozner Mashhur teleboshlovchi 1993-yilda xavfli kasallik tashxisi haqida bilib qoldi. Avvaliga u nihoyatda qo‘rqib ketdi, ammo shifokorlar jurnalistni saratonni davolash mumkinligiga ishontirishga muvaffaq bo‘lishdi, shuningdek, uning kasalligi erta bosqichda aniqlangan. Pozner kimyoterapiya olmagan, ammo xavfli o‘sma olib tashlangan. Teleboshlovchi muntazam ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘tib turadi, garchi oradan deyarli 30 yil o‘tgan bo‘lsa ham. Ben Stiller Ben Stiller prostata saratoni haqida tasodifan bilib qoldi. U tashxisdan hayratlandi va qanday yo‘l tutishni bilamdi. Biroq shifokorlar operatsiyani amalga oshirdi va kasallik mag‘lub bo‘ldi. Aktyor hali ham filmlarda faol ishtirok etmoqda va hozir uning sog‘lig‘iga hech narsa tahdid solmaydi. Dastin Xoffman Dastin Xoffman kasallik tashxisini ehtiyotkorlik bilan yashirgan va hozir ham shunday qiladi. 2013-yilda aktyor xavfli o‘simtani olib tashlash uchun operatsiya qilingan. Bu haqda uning agenti kasallik dastlabki bosqichda aniqlangani haqidagi bayonot bilan cheklangan xolos. Dastin esa aslida hech narsa bo‘lmagandek ishlashda davom etdi. Meggi Smit 2007-yilda “Garri Potter”dagi professor Makgonagall rolining ijrochisi ko‘krak saratoni bilan kasallanganini aniqladi. Aktrisa avvaliga juda qo‘rqib ketdi: u o‘z yoshida davolanishni muvaffaqiyatli kechishi mumkin deb o‘ylamagan. Biroq shifokorlar Meggini sog‘ayib ketishiga ishontirdi: u franshizaning oltinchi qismida suratga tushishni to‘xtatmasdan kasallikka qarshi kurashni boshladi va saratonni yengib chiqdi.
105
2,203
Madaniyat
Xurshid Rasulov qizini uzatdi, Lola Karimova xorijiy nashrga intervyu berdi. Instagram yangiliklari
30-sentabr kuni jahon va o‘zbek san’ati yulduzlarining Instagram’dagi sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. Asal Shodiyeva barcha “zombi” onalarga salom yo‘lladi. View this post on Instagram Bahora Arslonova vaqt tez o‘tayotgani haqida mulohaza yuritdi. View this post on Instagram Davron Kabulov qizini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi. View this post on Instagram Lola Karimova-Tillayeva krizis davrida psixologik yordam haqida Real Leader nashriga intervyu berdi. Mazkur intervyuni nashrning saytida o‘qish mumkin. View this post on Instagram Ziyoda folloverlariga nonushtaning ahamiyati haqida so‘zlab berdi. View this post on Instagram Shahzoda Matchonova yangi suratlar bilan muxlislariga ko‘rinish berdi. View this post on Instagram Hammasi yaxshi bo‘ladi, demoqda Rayhon. View this post on Instagram El ardog‘idagi san’atkor Xurshid Rasulov qizini uzatdi. To‘yda Malika Ravshanova, Alisher Fayz kabi xonandalar xizmatda bo‘ldi. Madina Mumtoz mehmondorchilikka qanday taomlar tayyorlash yuzasidan folloverlaridan maslahat so‘radi. View this post on Instagram “Baxtning siri—tabassum qila olishda” demoqda Luiza Rasulova. View this post on Instagram
99
1,340
Madaniyat
Instagram: Yorqinxo‘ja Umarov xonadonida to‘y, “Afandining qizlari”dagi Niginaning qo‘lini so‘rashdi, Sevara Soliyeva kasbini o‘zgartirdi, operatsiyani boshdan kechirgan Asal Shodiyeva
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz. Durdona Qurbonova kuzatuvchilariga milliy obrazda ko‘rinish berdi. Imron qo‘shiq kuylayotgan davrada chiroq o‘chib qoldi, biroq xonanda ushbu vaziyatdan ustalik bilan chiqib ketdi. Sitora Alimjonova otlarni yaxshi ko‘rishi haqida post qoldirdi. Shahlo Zoirova klipmeyker Yodgor Nosirov ishlayotgan yangi klipda amma obrazini gavdalantirmoqda. Nargiz Zokirova taniqli bastakor va xonanda Husan Sodiqov bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi. Sardor Rahimxon kuzatuvchilariga Makka-yu Madinadan ko‘rinish berdi. Vohidjon Isoqovning “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida o‘tkaziladigan konsertida Sevinch ham chiqish qiladi. Aktrisa Asal Shodiyeva ilk homiladorligidan avval yaxshi nafas ololmagani bois burnini operatsiya qildirgani haqida so‘zlab berdi. Rossiyalik teleboshlovchi Kseniya Borodina turk aktyori Burak O‘zchivit bilan suratga tushish uchun Istanbulga bordi. Rossiyada faoliyat yuritadigan taniqli stilist Akobir Toshkent moda haftaligi sahnasida turib, “Afandining qizlari” guruhi aktrisasi Nigina Jabborovaning qo‘lini so‘radi. Nilufar Usmonova muxlislariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi. Aktrisa Sevara Soliyeva islomiy to‘ylarda nashidalar kuylay boshlaganini e’lon qildi. Yigitali Mamajonov yangi “Esimda yo‘q” deb nomlangan ekshn-komediya janridagi filmda suratga tushmoqda. Yorqinxo‘ja Umarov yangi hovliga ko‘chib o‘tdi hamda singlisini turmushga uzatdi. Muxlislari xonandani uy va to‘y bilan tabriklamoqda.
184
1,581
Madaniyat
Jahongir Otajonov hamda Ruslan Sharipovlarning hakamligiga e’tiroz bildirgan Zohida “Daryo cover”da mehmon bo‘ldi
Jurnalist Feruz Muhammad “Daryo” internet-nashri uchun “Daryo cover” loyihasini tashkillashtirdi. Loyihada endigina san’at olamiga qadam qo‘ygan iste’dodli yoshlar jonli ijroda ustoz san’atkorlarning qo‘shiqlarini kuylashadi. Loyihaning birinchi mehmoni Zo‘r tv telekanalining “The cover up” loyihasi orqali ko‘plab muxlislar orttirgan yosh xonanda Zohida bo‘ldi. Zohida “Daryo cover” lohihasida O‘zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayeva, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sevara Nazarxon, xonanda Shahzoda, “Sahar” guruhining hamda chet ellik xonandadalarning qo‘shig‘ini o‘zining talqinida kuyladi. “Daryo cover”ning ilk sonida Zohida “Zebo” deb nomlangan mualliflik qo‘shig‘ini ham kuylab berdi. Shuningdek, Zohida “The cover up” ko‘rsatuvida hakamlik qilgan xonandalarning ishtirokchilarga qo‘ygan ballariga e’tiroz bildirdi. Jahongir Otajonovning Mushtariyga umuman ball qo‘ymasligini noto‘g‘ri deb hisoblayman. Hech bo‘lmaganda 5-6 ball qo‘yishlari kerak edi, chunki Mushtariy ozmuncha harakat qilgani yo‘q, turkcha nolalar bilan ijro qilish juda ham mushkul. Ayniqsa inglizcha, ispancha qo‘shiqlar aytib yurgan qiz turkcha nolalar bilan qo‘shiq aytganini ham hisobga olib yaxshiroq ball qo‘ysalar bo‘lardi. O‘zimga keladigan bo‘lsak, Ruslan Sharipovning qo‘ygan ballariga ozgina norozi bo‘lganman. O‘zimda xatolik bo‘lganini tan olaman, lekin qo‘ygan ballari mehnatimizga yarasha bo‘lmadi deb hisoblayman. Bu mening shaxsiy fikrim, balki bu ko‘plarga yoqmagandir, ammo ular mehnatimizga yarasha ball qo‘ymadilar degan fikrdaman. Zohida, xonanda  Ma’lumot uchun, Zohida 1995-yil 10-may kuni Farg‘ona shahrida tavallud topgan. Olti yoshidan musiqa bilan shug‘ullanib kelayotgan yosh xonanda, bugungi kunda O‘zbekiston davlat Konservatoriyasining an’anaviy xonandalik bo‘limida o‘qishni davom ettirmoqda. Loyiha “Dilshoh media” kinokompaniyasi tomonidan suratga olindi.
113
1,882
Madaniyat
Aktyorlar o‘rtasidagi muhabbat, Akshay Kumar bilan kelishmovchilik. Yash Raj Films kinokompaniyasi haqida nimalarni bilamiz?
Muhabbatni tarannum etuvchi Yash Raj Films kinolarini tomosha qilmagan odam bo‘lmasa kerak. Melodrama  janrida ijod qiluvchi ushbu kinokompaniya nafaqat Bollivudda, balki dunyo miqyosida mashhurlikka erishdi. Masalan, “Qo‘rquv” (1993) tomoshabinlarga ruhiy xasta insonning ishqi haqida hikoya qiladi, “Devona qalb” (1997) sevgi uchburchagini namoyon etsa, “Vir va Zara” (2004) filmida esa sevgi hatto xalqaro munosabatlarga ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Albatta, Yash Raj Films suratga olgan filmlar bilan tanish bo‘lsangiz-da, u haqidagi qiziqarli faktlardan xabardor emassiz. Quyida kutilmagan va qiziqarli ma’lumotlarni siz bilan bo‘lishamiz. Shveysariyaga bo‘lgan muhabbat Yash Raj Films, asosan, filmlarini ochiq osmon ostida suratga olgani bilan shuhrat qozongan. Yash Chopra filmlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri — Shveysariya tog‘laridagi raqs sahnalari. Bunday kartinalar filmning ajralmas an’anasiga aylangan. Romantikaga ilk qadam Bollivudning ishq-muhabbat qiroli bo‘lmish Yash bir kuni mashina boshqara turib, ko‘chalarda ilingan afishalarga ko‘z yugurtiradi. Ularning barchasida jangarilar surati aks etgan edi. Shu ondan boshlab Yash romantik filmlar uchun ssenariy yozishga qaror qildi. Filmlari boshqalarnikidan ajralib turishini maqsad qilgan rejissor “Chandni” filmiga aktrisa Shridevini taklif etdi. Pamela Chopra faqat Yash Raj Films uchun kuylaydi Nima uchun xonanda faqatgina ushbu kinokompaniya uchun kuylagan, degan savol paydo bo‘ldimi? Sababi Pamela Yashning rafiqasi edi, xonanda turmush o‘rtog‘i hamda o‘g‘li uchun qo‘shiqlar ijro etdi. Masalan, “Chandni” filmida Main sasural nahin jaoongi qo‘shig‘i xonanda tomonidan kuylangan. Shashi Kapur kompaniyaning faqat bir filmida Amitabh Bachchanning akasini ijro etgan Bilasizmi, deyarli barcha filmlarda Shashi Kapur Bachchanning ukasi obrazida gavdalangan. Lekin aynan aka rolini ijro etgan yagona film bu – “Sevgi rishtasi”. “Tangri yaratgan juftlik” filmi ancha yillar avval yozilgan Film ssenariysi 90-yillarda rejissor Aditya Chopra tomonidan yozilgan. Bosh rollarga Shohrux Xon hamda Manisha Koirala juftliklari tasdiqlanadi. Afsuski, bundan avval ikkisi ishtirok etgan “Bir qarashda muhabbat” melodramasi muvaffaqiyatga erishmaganidan so‘ng yangi filmning suratga olish ishlari to‘xtatiladi. Oradan naqd 10 yil o‘tib, Shohrux Xon hamda debyutant Anushka Sharma ishtirokida suratga olingan ushbu film kutilganidek natija bera oldi. “Vir va Zara”dagi monolog birinchi dublda suratga olingan Ajoyib aktyor Shohrux Xon ushbu filmda ommalashib ketgan “Men — mahbus 786” monologini birgina dublda ijro etgan. Aktyor bu bilan rejissorni ham hayratda qoldirgan, ham xursand qilgan. Suratga olish uchun bir kun Eng qizig‘i, “Vir va Zara” melodramasidagi qamoqxona sahnalarining barchasi atigi bir kunda suratga olingan. Rishi Kapur va Nitu Singh o‘rtasidagi muhabbatning yuzaga kelishi Juftlik 1976-yil suratga olingan “Sevgi bu — hayot” filmida uchrashdi. Muhabbat paydo qilgan film sabab san’atkorlar 1980-yilda oila qurdi hamda 40 yil davomida baxtli yashadi. Yash Chopraning eng sevimli filmi: “Sevgi onlari” Rejissor mualliflik filmlari orasidan eng sevimlisi “Sevgi onlari” ekanligini aytib o‘tgan. Eng achinarlisi shundaki, ushbu film tomoshabinlar tomonidan yaxshi qabul qilinmagan, natijada film kasodga uchragan. Bu hodisa Yashni hayratga solgan, hatto ranjitgan ham. Akshay Kumar va Yash Chopra orasidagi 11 yillik nizo 1997-yil “Devona qalb” filmini suratga olish davomida Yash va’da qilgan pulni Akshayga to‘lamaganligi uchun ular orasida kelishmovchilik paydo bo‘ladi. Bu nizo 11 yil davom etadi. Yash Raj Films mahsuloti  – “O‘g‘irlanmagan kelin” filmiga bir qancha rejissorlar ham muxlislik qiladi. Jumladan, ular orasida taniqli rejissor Suraj Barjatiya ham bor. Ma’lumotlarga ko‘ra, Suraj yangi film ustida ishlashdan avval qayta-qayta “O‘g‘irlanmagan kelin”ni tomosha qilar ekan. Demak, rejissor ushbu filmni necha marta ko‘rganini taxmin qilish qiyin emas.
124
3,966
Madaniyat
Lola Yo‘ldosheva: Xonandalar faoliyati qattiq nazorat ostida qolganidan afsusdaman
Lola Yo‘ldosheva xonandalar faoliyati qattiq nazorat ostiga olingani, hatto Instagram’dagi shaxsiy sahifa ham nazoratga olinayotganidan afsusda ekanligini bildirdi. Bu haqda u RedPen’ga bergan intervyusida aytib o‘tdi. “‘Shou-biznes’ atalmish kema bortidan tushib qolib, aslida bu kemada nimalar bo‘layotganini chetdan kuzatish imkoniga egaman. Faoliyatimiz juda qattiq nazorat ostida qolganidan afsusdaman”, — dedi Lola. “Bu xuddi qushning qanotini qayirishga o‘xshaydi. Ijodkor insonni qattiq nazorat qilish imkoni yo‘q. Ahvol shu darajaga yetib boryaptiki, Instagram’dagi shaxsiy sahifa ham nazorat qilinadigan sohaga aylanmoqda”, — dedi xonanda. “Tamom — senda shaxsiy fotosuratlaringni namoyish etish imkoni yo‘q. Endi mening shaxsiy hayotim — konsertimni bekor qilish uchun bir sabab”, — deya qo‘shimcha qildi xonanda Lola. Ma’lumot uchun, xonandalar faoliyatini “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi nazorat qilib, tartibga soladi. Avvalroq boshqa bir xonanda — Abdulla Qurbonov “O‘zbeknavo”dan minnatdorligini bildirgan edi. Eslatib o‘tamiz, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi 2015-yil iyulida xonanda Lolaning litsenziyasini tugatgan. Bunga sabab bo‘lgan Lolaning shov-shuvli libosi esa kimoshdi savdosida sotilishi kutilmoqda.
82
1,230
Madaniyat
Mark Tvenning noma’lum ertagi 2017-yilda alohida kitob shaklida chop etiladi
Amerikalik yozuvchi Mark Tvenning hanuzgacha nashr etilmagan “Shahzoda Oleomargarinning o‘g‘irlanishi” (“The Purloining of Prince Oleomargarine”) nomli ertagi 2017-yilda Doubleday nashriyoti tomonidan alohida kitob shaklida chop etiladi. Bu haqda The Guardian nashriga tayanib, “Afisha Daily” xabar berdi. Ertak Mark Tven tomonidan 1879-yilda Parijda yozilgan. Ertakda hayvonlar bilan gaplasha oladigan bola haqida hikoya qilinadi. Bola bir nechta hayvonlar bilan o‘g‘irlab ketilgan shahzoda Oleomargarinni izlab yo‘lga chiqadi. Ertakda mehr-shafqat, bolalik va jasurlik mavzulari yoritiladi. “Shahzoda Oleomargarinning o‘g‘irlanishi” 2011-yilda Kaliforniyaning Berkli Universitetidagi yozuvchining arxividan 16 sahifali qo‘lyozma shaklida topilgan. Qo‘lyozma er-xotin bezak ustalari Filip va Erin Sted tomonidan bezatilgan. Bu Tven tomonidan o‘z qizlari uchun yaratilgan yagona qo‘lyozma ertak hisoblanadi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
76
1,081
Madaniyat
Deniel Kreyg yangi filmning suratga olish vaqtida olgan jarohati sabab operatsiya qilinadi
Aktyor Deniel Kreyg Jeyms Bond haqidagi yangi filmni suratga olish jarayonida to‘pig‘idan jarohat olgani sabab operatsiya qilinadi. Bu haqda aktyor o‘zining Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi. Mirror nashrining xabar berishicha, aktyor Yamaykada suratga olish ishlari vaqtida jarohat olgan: u sahnalarning birida yugurayotganida to‘pig‘ini shikastlab olgan va tashxis qo‘yish maqsadida AQShga yetkazilgan. “Deniel Kreyg olgan jarohati sabab kichik bir operatsiyasini boshidan o‘tkazadi. Kreyg operatsiyadan so‘ng ikki hafta davomida reabilitatsiyada bo‘lishiga qaramasdan filmni suratga olish ishlari davom etadi. Jeyms Bond haqidagi navbatdgi film 2020-yilning aprelida katta ekranlarga chiqishi kutilmoqda”, — deyiladi xabarda.  O‘zbekistonda Jeyms Bond filmi qachon olinadi?
90
780
Madaniyat
UNESCOda O`zbekistonning nomoddiy merosi targ`ibotiga doir sa`y-harakatlar taqdim etildi
8-10 sentyabr kunlari O`zbekistonning doimiy vakolatxonasi Parijdagi UNESCO shtab-kvartirasida bo`lib o`tgan Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish Konvensiyasiga (2013 y.) a`zo davlatlar Bosh assambleyasining 8-sessiyasida ishtirok etdi. Bu haqda "O`zbekturizm" davlat qo`mitasi matbuot xizmati xabar berdi. Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo`yicha Hukumatlararo qo`mita (NMMMHQ) a`zoligiga O`zbekiston nomzodini ilgari surish doirasida 2022-2026 yillarda O`zbekistonning mamlakatdagi boy nomoddiy madaniy merosni saqlash va ko`paytirishiga doir sa`y-harakatlari taqdimoti o`tkazildi.  Madaniyatni rivojlantirish masalasi shaxsan O`zbekiston Prezidentining diqqat markazida bo`lib, so`nggi yillarda hukumat tomonidan bu yo`nalishda qabul qilingan qarorlar shundan dalolat beradi. 2019 yilning avgustida Samarqand shahrida UNESCO bosh direktori Odri Azule ishtirokida Moddiy va nomoddiy madaniy merosni saqlashga doir xalqaro anjumanining o`tkazilishi yana bir yaqqol misol bo`lib xizmat qiladi.  UNESCO shafeligida nomoddiy madaniy merosni ommalashtirishga yo`naltirilgan tadbirlar (“Sharq taronalari”, “Maqom” va “Baxshi” musiqiy festivallari)ning o`tkazilishida doimiy ko`mak uchun - UNESCO kotibiyatiga, shuningdek O`zbekiston elementlarini, jumladan 2019 yilda Xorazm lazgisini Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro`yxatiga kiritishga doir sa`y-harakatlarni qo`llab-quvvatlaganlik uchun NMMMHQga minnatdorchilik bildirildi.  O`zbekiston tomondan baxshilik san`atining UNESCO Reprezentativ ro`yxatiga qo`shilishida tashkilotga a`zo davlatlarning qo`llab-quvvatlashiga umid bildirayotgani ta`kidlandi. Podrobnee: O`zbekistonning 2003 yildagi Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish konvensiyasini bajarishga qat`iy sodiqligi tasdiqlandi. Shuningdek, nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish va targ`ib qilish sohasida, shu jumladan mamlakatning salohiyatini mustahkamlash dasturlari va ta`lim sohasidagi loyihalarni amalga oshirishda hamda ushbu sektorga innovasion texnologiyalarni joriy etishda UNESCO bilan hamkorlikni kengaytirishga Respublika tomonidan qiziqish bildirildi.
88
2,110
Madaniyat
“Masxaraboz” filmidagi aktyor Ergash Mo‘minov nega ekranlarda ko‘rinmay qoldi? (foto)
“Masxaraboz” filmi bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan Ergash Mo‘minovni ko‘pchilik aktyor deb biladi. Ammo, u aktyor emas, 30 yillik tajribaga ega rejissor hisoblanadi. U ekranda emas, balki kadr ortida mehnat qilishni afzal ko‘radi. “Sinfdoshlarim sabab kastingda ishtirok etganman” — Bobom rahmatli urush yillarida kinomexanik bo‘lib ishlagan. Shu bois kino sohasi oilamizga begona emasdi. Bolalik paytlarimizda kinokastinglar haqidagi e’lonlar ham gazetada chop etilardi. Sinfdoshlarim shunday e’lonlardan birini ko‘rib, sen ham “O‘zbektelefilm”ga bor deb holi-jonimga qo‘yishmadi. Ular sabab ilk marta “O‘zbektelefilm”ga kelib, fotokasting topshirgandim. Shundan so‘ng 1988-yili Shuhrat Abbosovning “Kichkina bola katta urushda” filmida ilk epizod rolimni ijro etganman. Oradan uch yil vaqt o‘tib, Zulfiqor Musoqovning “Abdullajon” filmida Boltaboy rolini ijro etdim. Filmda suratga tushish bilan birga rejissor assistenti sifatida ham faoliyat yuritganman. Bilishimcha, Zulfiqor aka “O‘zbektelefilm”da saqlanib qolgan rasmlarimni tasodifan ko‘rib, meni rolga tasdiqlagan ekan. “Abdullajon”dagi ketmon uchishining siri nimada? — 1990-yilda suratga olingan “Abdullajon” filmi katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan. Chunki u paytda montajlar u qadar rivojlanmagan, montaj ham kinoplyonkada amalga oshirilardi. Ketmon uchishi bilan bog‘liq barcha sahnalar “O‘zbekfilm” kinostudiyasining pavilyonida suratga olingan. Katta tarvuz bilan bog‘liq sahnalarning tabiiy chiqishida rassomlarning hissasi katta bo‘lgan. “Abdullajon” filmi Toshkent viloyatidagi O‘rtasaroy degan qishloqda suratga olingandi. Kinosevar xalq bizga katta yordam berishgan. Kino tarixiga hurmat sifatida Bozorboy akaning uyini ham haligacha saqlab qo‘yishgan. 1990-yili rejissor bo‘laman, deb izlanib yurgan yosh yigit edim. Zulfiqor Musoqov bilan ishlab juda ko‘p narsalarni o‘rgandim. Bir yildan so‘ng san’at institutining rejissorlik bo‘limida o‘qishga qabul qilindim. “Masxaraboz’ filmidagi roldan umidimni uzgandim” — “Masxaraboz” filmi 1994-yil Namangan viloyatining Chortoq tumanidagi qishloqda suratga olingandi. U paytda men institutning 2-bosqichida tahsil olardim. Hamma qatori men ham film uchun kasting topshirdim. Men bilan birga mashhur aktyorlar ham kastingda ishtirok etishayotgani uchun roldan umidimni uzgandim. Chunki ikki yil davomida ijodkorlar “jim” bo‘lib qolishdi. Filmning ssenariy muallifi va rejissori Sharof Boshbekov meni bosh rolga tasdiqlab qo‘ygan ekan. Bundan juda quvondim. Chunki yosh talaba uchun Mashrab Kimsanov, Shafoat Rahmatullayeva kabi ijodkorlar bilan suratga tushish baxt edi. “Masxaraboz” Ra’no Zokirova va kamina uchun katta maktab rolini o‘tagan. “Azizim’ qo‘shig‘i 27 yildan buyon aytiladi”  — Film kutilganidan ham katta mashhurlikka erishgan. Film saundtreki bo‘lgan “Azizim” qo‘shig‘i o‘z davrining shlyager taronasi bo‘lgan. Kozim Qayumov va Zaynab Nig‘matullayeva tomonidan ijro etilgan qo‘shiq hamon yosh xonandalar tomonidan ijro etiladi. Menimcha, 27 yil avval ijro etilgan qo‘shiq hamon shirasini yo‘qotgani yo‘q. “Men aktyor emasman” — “Nega filmlarda kam suratga tushasiz?” deb ko‘p so‘rashadi. Men aktyor emasman, ammo yaxshi rolga taklif etishsa, rad ham etmayman. “Masxaraboz” filmida so‘ng “Chashma”, “Zabarjad”, “Arazlasang, o‘laman”, “Arosat” va “Dada” filmlarida suratga tushdim. Rolning katta-kichikligi ahamiyatsiz, muhimi uning filmda o‘z o‘rni bo‘lsin, deyman. — 1994-yildan buyon “O‘zbektelefilm” studiyasida faoliyat yuritaman. Afsuski, keyingi paytlarda rejissorlik nima ekanligini bilmasa-da, pul sarflab serial olayotganlar soni ortib ketdi. Davlat televideniyesida bunday muammo yo‘q. Ammo xususiy telekanallar rahbari “rejissor” bilan kelishsa, olib kelganini efirga chiqarishyapti. Bu juda achinarli hol. Buning jabrini yana tomoshabin tortadi. Hozirda 30 qismli serial ustida ishlayapman. Tayyorgarlik ishlari yakunlangach, suratga olishni boshlaymiz. Yarim yil fikr-u, xayolim ana shu serialda bo‘ladi. Ba’zi xususiy serialchilarga o‘xshab, 2 oyda 60 qismdan iborat serialni olish qo‘limizdan kelmaydi. Soni bor-u, sifati yo‘q serial olgandan ko‘ra olmagan yaxshi. Eslatib o‘tamiz, rejissor Ergash Mo‘minov 1973-yil 18-yanvar sanasida tavallud topgan. Bugungi kunda u O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasida rejissor sifatida faoliyat yuritadi. Shu yilning aprel oyida u suratga olgan “Orzular qanotida” myuzikl komediyasining premyerasi bo‘lib o‘tgandi.
86
4,420
Madaniyat
Baxshichilik san’ati haqida “Yurak sadosi” nomli hujjatli film taqdim etildi
“Yurak sadosi” deb tomlangan baxshichilik san’ati haqidagi hujjatli film taqdim etildi. U Prezident matbuot xizmati tomonidan suratga olingan bo‘lib, baxshilar an’analariga atalgan. Videolavhadan skrinshot Qayd etilishicha, Termizda bo‘lib o‘tgan birinchi xalqaro festival, baxshilar maktabi ochilishi va yana ko‘plab tashabbuslar baxshilar ijodiga yangi imkoniyat olib kirdi. “Yurak sadosi” hujjatli filmini “O‘zbekiston 24” telekanali hamda Prezident matbuot xizmatining Facebook  va YouTube’dagi rasmiy sahifalarida tomosha qilish mumkin.
76
543
Madaniyat
Filmlardagi obrazlari ishonchli chiqishi uchun hayotini xavf ostiga qo‘ygan jahon kinosi yulduzlari (foto)
Hech kimga sir emas, ko‘plab iste’dodli ijodkorlar o‘z ishiga shunchalik fidoyi bo‘ladiki, tomoshabinlar ishonishi uchun o‘ta qaltis vaziyatlarda ham barchasiga tayyor. Lekin obrazga kirish istagi aktyorlarning sog‘lig‘i, asablari va ba’zan hayotdan ko‘z yumishga ham olib keladi. “Domashniy ochag” nashri suratga tushish jarayonida hayoti xavf ostida qolgan bir qancha Gollivud yulduzlarining hikoyalarini taqdim etdi. Jonni Depp — “Las-Vegasdagi qo‘rquv va nafrat” Jonni Depp o‘z qahramoni — jurnalist Xanter S.Tompson bilan tanishish uchun uning uyiga ko‘chib o‘tgan va u yerda 4 oy davomida qahramonining giyohvandlik tajribalari haqidagi kundaliklarini o‘rgangan. Aktyor Tompsonning xulq-atvori va so‘zlarini o‘zlashtirib, shu qadar aniq qayta yaratdiki, suratga olish jarayoni tugaganidan keyin uning asl qiyofasiga qaytishi uchun bir necha oy kerak bo‘ldi. Film 1998-yilda chiqqanidan to 2005-yilda jurnalist o‘z joniga qasd qilguniga qadar Jonni Depp va Xanter S.Tompson juda yaxshi do‘st bo‘lishga ulgurdi. Sharlz Teron — “Monstr” Faoliyatini aslida model sifatida boshlagan Teron ketma-ket qotil va fohisha Eylin Uornos roli uchun 15 kilogramm vazn orttirgan. Suratga tushish jarayonida u qoshlarini oldirgan va protez tishdan foydalangan. Ushbu sa’y-harakatlar natijasi “Oskar” bilan yakunlandi. Kristian Beyl — “Haydovchi” “Haydovchi” dramasi uchun Beyl 30 kilogramm vazn yo‘qotib, o‘zini toliqtirib qo‘ygan. Og‘irligi 55 kilogramm bo‘lgan aktyor suratga olish vaqtida kuniga bittadan olma va konservalangan baliq iste’mol qilgan. Kartina prodyuserlarining so‘zlariga ko‘ra, aktyor bundan ham ko‘prog‘iga tayyor edi, biroq jamoa Beylning sog‘lig‘idan xavotirlanib, undan to‘xtashni so‘ragan. Shia Labef  — “G‘azab” Haqli ravishda eng jiddiy va o‘ychan aktyorlardan biri sanalgan Labef 2014-yilda “G‘azab” harbiy dramasida suratga tushishga tayyorgarlik ko‘rayotganda bu fazilatlarni to‘liq namoyon etgan. Shianing harbiy bazada bir oy vaqt o‘tkazgani hammasi emas. U tishini olib, yuzini pichoq bilan kesdi, yuvinishni to‘xtatdi va otlarning nobud bo‘lishini bir necha kunlab kuzatdi. Leonardo Di Kaprio — “Hayot-mamot” Di Kaprio “Hayot-mamot” tarixiy dramasida suratga tushishga rozi bo‘lishi bu vaqt davomida jahannam azoblarini ko‘rish bilan barobar edi. Aktyor mash’um sahnada suratga tushishga tayyorgarlik ko‘rish uchun otning jasadida uxlagan. Shuningdek, Di Kaprio sahnalardan birida bizonning xom go‘shtini iste’mol qilgan, bu aktyor uchun qiyin sinov bo‘lgan, chunki u vegetarian edi. Qahramonning go‘shtni iste’mol qilishi Leoning haqiqiy holatidir. Ma’lumki, Leoning barcha azoblari o‘z samarasini berdi: u bir nechta muvaffaqiyatsiz nominatsiyalardan so‘ng o‘z faoliyatidagi birinchi “Oskar”ni oldi. Keyt Uinslet — “O‘quvchi” Aktrisa tom ma’noda o‘zining savodsiz konslager qo‘riqchi obraziga tobe bo‘lib qolgan va suratga tushish jarayoni tugagandan keyin normal holatga qaytishi uchun unga bir necha oy kerak bo‘ldi. “O‘quvchi” filmidagi ishi uchun “Oskar”ni qo‘lga kiritgan Keyt xarakterdan chiqib ketish rolga kirish uchun mashq qilishdek mashaqqatli ekanini aytib o‘tdi: “Men bu qahramonim bilan xayrlashish uchun ko‘p vaqt va kuch sarfladim”. Robert De Niro — “Taksi haydovchisi” 1976-yilgi psixologik triller uchun yosh aktyor De Niro haqiqatan ham taksi haydovchilik guvohnomasini oldi va bir muddat shahar bo‘ylab yurdi, mijozlar bilan siyosat va bugungi jamiyatning yomonlashib borayotgan axloqi haqida suhbatlashdi. Shu bilan bir qatorda, aktyor o‘z qahramonining og‘riqli va asabiy holatini yetkazish uchun intensiv ravishda vazn yo‘qotdi. Jared Leto —“O‘z joniga qasd qiluvchilar” Aqldan ozgan Joker roliga o‘rganib qolgan Leto loyihadagi hamkasblariga g‘alati sovg‘alar yuborishni boshladi. Shunday qilib, Uill Smit bir paket o‘q oldi, Margo Robbi esa unchalik omadli emas edi — Jared unga tirik kalamush yubordi. Boshqa hamkorlar videomurojaat oldi, unda Leto Joker timsolida ularga o‘lik cho‘chqa fonida murojaat qildi. Bu bilan Leto o‘zining hamkasblarida unga nisbatan haqiqiy nafratni his qildi. Adrian Broudi — “Pianinochi” Aktyor tashlab ketilgan va och qolgan pianinochi roliga tayyorgarlik ko‘rish uchun uzoq yo‘l bosib o‘tdi. Aktyor buning uchun mashinasini sotib, kvartirasini qoldirdi, telefonlarni o‘chirib qo‘ydi va bir nechta shaxsiy buyumlari bilan Yevropaga ketdi. Aktyor kuniga bir-ikki dona tuxum va sabzavotli tovuq iste’mol qildi, televizor ko‘rmadi va faqat mashq qildi. Xit Lejer — “Qora ritsar” Marhum aktyor mukammal “xaos agenti”ni yaratish bilan mashg‘ul bo‘lgan va tayyorgarlik hamda suratga olish jarayonida ham xarakterdan chetga chiqmagan. Afsuski, aktyor hech qachon katta ekranda o‘z sa’y-harakatlari samarasini ko‘rmadi: Lejer og‘riq qoldiruvchi, uyqu tabletkalari va trankvilizatorlarning haddan tashqari dozasi tufayli vafot etdi. Aktyorning ba’zi muxlislari Xitning haqiqat bilan aloqasini yo‘qotganiga va o‘zining hamda aqldan ozgan Jokerning qayerdaligini tushunmaganiga amin, bu esa dori vositalarini me’yordan ortiq iste’mol qilishga olib keldi.
106
5,036
Madaniyat
Yilning "Eng yaxshi hujjatli filmi" aniqlandi
Avvalroq, "Oltin humo" milliy kinotaqdimoti boshlangani haqida xabar bergan edik. Kinotaqdimotda yilning eng yaxshi hujjatli filmi aniqlandi.  "Eng yaxshi hujjatli film" nominasiyasi g`olibi:  "Hujjatli va xronikal filmlar" kinostudiyasining "Xalq jasorati" hujjatli filmi, postanovkachi rejissyor: Ali Hamroev. Ma`lumot uchun "Eng yaxshi hujjatli film" nominasiyasi g`olibligi uchun da`vogarlar: 1. "Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasining "Bastakor" hujjatli filmi, postanovkachi rejissyor: Muzaffar Qoraboev. 2. "Hujjatli va xronikal filmlar" kinostudiyasining "Xalq yuragi" hujjatli filmi, postanovkachi rejissyor: Shohruh Rasulov. 3. "Hujjatli va xronikal filmlar" kinostudiyasining "Xalq jasorati" hujjatli filmi, postanovkachi rejissyor: Ali Hamroev. 4. "Hujjatli va xronikal filmlar" kinostudiyasining "Imkon bering" huxjatli filmi, postanovkachi rejissyor: Doniyor Shokirov. 5. "Buxoriylar" kinostudiyasining "Ma`rifatga baxshida umr" hujjatli filmi,  postanovkachi rejissyor:  Husan Rashidov.
45
1,009
Madaniyat
Foto: Noto‘g‘ri tonal kremni tanlab muvaffaqiyatsiz obrazga ega bo‘lgan yulduzlar
Tonal kremning yuz terisiga mosini tanlay olmasligi yulduzlarning sharpa yoki oftob tagida qolib ketgandek ko‘rinib qolishiga sabab bo‘ladi. Jennifer Lopes Aslida to‘q rangni yaxshi ko‘radigan xonandaning tadbirlardan biriga o‘z rangidan sezilarli och tonal krem surtib kelgani hayratlanarli hodisa bo‘lgan. Uning obraziga nazar tashlab, bo‘yantirgan vijazist bronzer va rumyana nimaligini bilmaydi, degan xulosaga kelish mumkin. Kelli Osborn Vizajistning tonal kremni teri rangiga moslay olmagani Kellining “Simpsons” multfilmi qahramonlariga o‘xshab qolishiga sabab bo‘lgan. Ajablanarlisi, Osbornning bu makiyajga nisbatan tanbeh bermagani va shunday obrazda ommaga ko‘rinish bergan. Dryu Berrimor Bunday ko‘rinishda Dryu “Sharpa” filmida suratga tushishi mumkin edi. Uning makiyajiga nazar tashlab, vizajist tonal kremni bo‘yin qismiga surtishni unutgani, buning hisobiga kamchilik bilinib qolganini bilish mumkin. Demi Lovato Och rangdagi tonal krem surtgani hisobiga notabiiy ko‘rinishga ega bo‘lgan Demini niqob taqib olgan deb o‘ylash mumkin. Och pushti rumyana va bronzer esa vaziyatni yanada yomonlashtirgan. Bredli Kuper Tonal kremdan faqat ayollar foydalanadi deb kim aytdi? Ushbu kosmetik vositadan shou-biznesda faoliyat yuritadigan erkaklar ham foydalanishi mumkin. Bredli ham shunday qilgan, ammo nima uchundir o‘zining terisidan farqli rangdan foydalangan. Yuziga surtilgan tonal krem go‘yo kamlik qilgan, yetmay qolgandek taassurot uyg‘otadi. Keyt Xadson Xadson haddan ortiq och tonal kremdan foydalanish kishini keksa va kasal ko‘rsatishining isboti. Aktrisaning sochlari malla ekani hisobiga unga biroz to‘q rangli tonal krem yarashgan bo‘lardi. Anjelina Joli Gollivud yulduzining ko‘zlari ostidagi halqalarni yashirish uchun konsilerdan ortiqcha foydalangani kamchilik yanada ko‘zga tashlanishiga sabab bo‘lgan. Buning ustiga tonal kremning ham mosini tanlamagani obrazini muvaffaqiyatsiz chiqishiga olib kelgan.
81
1,939
Madaniyat
MS Doni va`dasida turmadi. Toshkent viloyati hokimligi uzr so`radi
Kecha, 15 may oqshomida, Chirchiq shahrida bo`lib o`tayotgan «Yangi O`zbekiston yoshlari, birlashaylik!» festivalida mashhur yulduz MS Doni kelishi va`da qilingan edi. Biroq, va`da bajarilmadi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi xabarida aytilmoqda.  "MS Donining Toshkentdagi ma`muri bergan va`dasini bajarmagani sababli tashkilotchilar nomidan muxlislardan uzr so`raymiz. MS Donining shaxsan o`zi yuborgan ovozli xabarda aytilishicha, u Toshkentga kelish uchun koronavirus testi ma`lumotnomasi olishga ulgurmagan", - deyiladi xabarda. Aytilishicha, Chirchiqda bo`lib o`tayotgan «Yangi O`zbekiston yoshlari, birlashaylik!» festivali 16 may kuni ham davom etadi.
66
664
Madaniyat
Jinoyat huquqi haqida o‘ylar. “Jinoyat va jazo” romani haqida
“Daryo” kolumnisti Nurbek Alimov “Jahon adabiyotining eng buyuk asarlari” loyihasi doirasida mashhur badiiy asarlarni tahlil qilishda davom etadi. Bu hafta u Fyodor Dostoyevskiyning “Jinoyat va jazo” romani haqida hikoya qiladi. Fleshbek Ushbu romanni ilk bor maktab paytimda o‘qib ko‘rganman. Maktab dasturida o‘tilgan davrdanoq rus adabiyotining buyuk namoyandasi Fyodor Mixaylovich Dostoyevskiy eng sevimli mualliflarimdan biriga aylangandi. Romandagi o‘ziga xos rutubatli, qo‘rqinchli tushkun olam va bunga XIX asr koloritini qo‘shib tasavvur qilganingizda qishning uzun tunlarida o‘qish uchun juda maroqli bo‘lishini his etasiz. Roman haqida “Jinoyat va jazo” — 1865—1866-yillarda Fyodor Dostoyevskiy tomonidan yozilgan ijtimoiy-psixologik, ijtimoiy-falsafiy roman. Dastlab 1866-yilda “Russkiy vestnik” jurnalida nashr etilgan. Bir yil o‘tgach, alohida nashr chop etilib, jurnal tarkibi bilan taqqoslaganda uning tuzilishi biroz o‘zgartirildi; bundan tashqari, muallif kitob versiyasiga bir qator qisqartirishlar va uslubiy o‘zgartishlar kiritgan. 1880-yillarda asar fransuz, nemis, shved, ingliz, polyak, venger, italyan, norveg va fin tillariga tarjima qilingan. Asar jahon adabiy jarayoniga juda katta ta’sir ko‘rsatgan. Romanda sobiq talaba Rodion Romanovich Raskolnikov tomonidan sodir etilgan jinoyat va uning oqibatlari haqida hikoya qilinadi. Syujet 1860-yillar. Sankt-Peterburgning kambag‘allar yashaydigan qismi. Yoz oqshomi. Sudxo‘r kampir Alyona Ivanovnani o‘ldirishni rejalashtirayotgan sobiq talaba Rodion Romanovich Raskolnikov kampirga oxirgi qimmatbaho narsasini garovga topshirib keladi. Qaytib kelayotib, u arzon qovoqxonalardan biriga kiradi, u yerda tasodifan ishdan haydalgan amaldor Marmeladov bilan uchrashadi. U kasalligi, qashshoqligi va piyonistaligi sabab xotini Katerina Ivanovna birinchi nikohidan bo‘lgan qizi Sonyani pul topish uchun ishratxonaga ishga yuborganini aytadi. Ertasi kuni ertalab Raskolnikov qishloqdagi onasidan xat oladi; xatda singlisi Dunya pomeshchik Svidrigaylovning uyida qanday azoblar chekkani tasvirlangandi. Xatdan u Dunyaning nikohi munosabati bilan onasi va singlisi yaqinda Sankt-Peterburgga kelishi to‘g‘risida bilib oladi. Kuyov tadbirkor Lujin bo‘lib, u nikohni sevgiga emas, kelinning qashshoqligi va qaramligiga qarab qurmoqchi edi. Ona esa Lujin o‘g‘liga universitetni tugatishda moliyaviy yordam beradi deb umid qilardi. Sonya va Dunya yaqinlari uchun qilgan qurbonliklari haqida mulohaza yuritib, Raskolnikovda yaramas, yovuz sudxo‘r kampirni o‘ldirish niyatini kuchaytiradi. Darhaqiqat, uning puli tufayli yuzlab, minglab yoshlar azob-uqubatdan xalos bo‘lishi mumkin. Ammo qahramonning qonli zo‘ravonlikka nisbatan nafrati bolaligini eslatgan tushidan keyin yana ko‘tariladi: o‘shanda bolaning yuragi o‘limga mahkum qilingan qirchang‘i otga achinib ketgan edi... Shunga qaramay, Raskolnikov nafaqat kampirni, balki kutilmaganda uning xonadonga qaytib kelgan mehribon, muloyim singlisi Lizavetani ham bolta bilan chopib o‘ldiradi. O‘g‘irlangan narsalarni tasodifiy joyga yashiradi. Ko‘p o‘tmay Raskolnikov dahshat bilan o‘zi va boshqa odamlar orasida begonalashuvni his qiladi. U universitetidagi o‘rtog‘i Razumixin bilan bo‘lgan suhbatda kampirni o‘ldirganlikda gumon qilinib, oddiy qishloq yigiti bo‘lgan rassom Mikolka hibsga olinganini aniqlaydi. Jinoyat haqidagi suhbatlarga og‘riqli munosabatda bo‘lib, uning o‘zi ham boshqalarda shubha uyg‘ota boshlaydi. Raskolnikovnikiga tashrif buyurgan Lujin qahramonning yashash joyini ko‘rib hayratlanadi. Ularning suhbati janjalga aylanib, aloqalarni uzilishi bilan tugaydi. Raskolnikov ayniqsa Lujinning “oqilona egoizm” nazariyasi va o‘zining “odamlarni chopish mumkin...” degan “nazariyasi” o‘rtasidagi amaliy xulosalar yaqinligidan xafa bo‘ladi. Peterburg atrofida daydib yurgan Raskolnikov dunyodan ajralib qolishidan azob chekadi va ko‘chada arava bosib ketgan Marmeladovni ko‘rib qolganida jinoyatini tan olishga ham tayyor bo‘ladi. Rahmi kelganidan Raskolnikov oxirgi pulini o‘layotgan odamga sarflaydi: uni uyga olib borishadi, doktor chaqirishadi. Raskolnikov Marmeladovning xotini Katerina Ivanovna va qizi Sonya bilan tanishadi. Sonya otasi bilan fohishalarga xos bo‘lgan yorqin libosda xayrlashadi. Bu qilgan yaxshi ishi tufayli Raskolnikov jamiyatga, qisqa muddat bo‘lsa-da, qo‘shila oladi. Biroq xonadonida onasi va singlisini uchratib, to‘satdan ularning sevgisi uchun “o‘lik” ekanini anglab yetadi va ularni uyidan haydab chiqaradi. U yana yolg‘iz, ammo unga o‘xshab “chegara chizig‘i”ni xatlab o‘tgan Sonya bilan yaqinlashishga umidi bor edi. Raskolnikovning yaqinlariga Razumixin g‘amxo‘rlik qiladi, u chiroyli Dunyaga oshiq bo‘lib qoladi. Bu orada xafa bo‘lgan Lujin Dunyani tanlashga majbur qiladi: yo u yoki akasi. Ba’zi tanishlarning shubhalarini yo‘qotish uchun o‘ldirilgan kampirga garovga qoldirilgan narsalar taqdirini bilish bahonasida Raskolnikov kampirning o‘ldirilishi bo‘yicha tergov olib borayotgan Porfiriy Petrovich bilan uchrashishni so‘raydi. Petrovich Raskolnikovning yaqinda gazetada e’lon qilingan jinoyatchilik haqida yozgan maqolasini eslaydi va muallifdan “ikki toifadagi odamlar” haqidagi “nazariyasini” tushuntirib berishini so‘raydi. Aniqlanishicha, “quyi tabaqa” odamlar o‘z turlarini ko‘paytirish uchun shunchaki materialdir, aynan ular uchun qat’iy axloqiy qonunlar kerak va ular itoatkor bo‘lishi kerak. Bular “titroq mavjudotlar”dir. “Yuqori tabaqa” odamlar esa boshqacha tabiatga ega bo‘lib, hatto “quyi” ko‘pchilik uchun ilgari o‘rnatilgan axloqiy me’yorlarni bosib o‘tishga haqli, masalan, kerak bo‘lsa, birovning qonini to‘kishi mumkin. Ushbu “jinoyatchilar” keyinchalik “yangi qonun chiqaruvchilar”ga aylanadi. Aqlli va zehni o‘tkir Porfiriy Raskolnikovda yangi Napoleon deb da’vo qilsa bo‘ladigan mafkuraviy qotilni ko‘radi. Biroq tergovchi Rodionga qarshi hech qanday dalilga ega emas – va u yigitdagi mehr tabiati, aql xatolarini yengib o‘tib, uni o‘z qilmishlariga iqror bo‘lishiga olib kelishiga umid qilib, qo‘yib yuboradi. Dunyaning ortidan Sankt-Peterburgga kelgan, yaqinda vafot etgan rafiqasining o‘limida aybdor bo‘lgan Svidrigaylov Raskolnikov bilan uchrashadi va ularning “loyi bir joydan olingan”ini sezadi. Rodion singlisini xafa qilgan bu insondan qanchalik jirkanmasin, uning sodir etgan jinoyatlariga qaramay, hayotdan zavq olib yashash qobiliyatiga ega ekani Rodionning e’tiborini tortadi. Lujin xasislik qilib, Dunyani onasi bilan birga joylashtirgan arzon xonalardan birida e’tiborga molik voqea sodir bo‘ladi. Lujinni Raskolnikov va Sonyaga tuhmat qilishda ayblashmoqda. Raskolnikov go‘yoki bechora onasi uni o‘qishi uchun fidokorona yig‘ib jo‘natgan pulni Sonyaga “xizmatlari” uchun bergan emish. Qarindoshlar yigitning pokligi va oliyjanobligiga ishonadi hamda Sonyaning taqdiriga hamdardlik bildiradi. Sharmandalarcha quvg‘in qilingan Lujin opasi va onasi oldida Raskolnikovni sharmanda qilish yo‘lini izlamoqda. Raskolnikov bu orada yaqinlaridan yana begonasirash alomatini his qilib, Sonyaning oldiga keladi. Injildagi “zino qilma” amrini buzgan bu ayolni chidab bo‘lmas yolg‘izlikdan qutulish uchun najot deb biladi. Ammo Sonya yolg‘izlik alamini bilmas edi. U, suhbatdoshidan farqli o‘laroq, boshqalarni o‘zi uchun emas, o‘zini boshqalar (uydagi och opa-singillari) uchun qurbon qilgan edi. Yaqinlariga bo‘lgan sevgi va hamdardlik, Xudoning marhamatiga ishonish uni hech qachon tark etmadi. U hayotida ham mo‘jiza sodir bo‘lishiga umid qilib, Rodionga Iso tomonidan Lazar tiriltirilishi haqidagi Injil oyatlarini o‘qib beradi. Rodion esa “butun chumoli uyasi” ustidan hokimiyat o‘rnatish haqidagi “napoleoncha” g‘oyasi bilan qizni o‘ziga jalb qila olmaydi. Fosh bo‘lish istagi va qo‘rquvidan qiynalgan Raskolnikov garovga qo‘ygan narsasi haqida qayg‘urayotganday yana Porfiriyning oldiga keladi. Jinoyatchilarning psixologiyasi haqidagi mavhum suhbat oxir-oqibat yigitni asabiy tushkunlikka olib keladi va u o‘zini tergovchiga deyarli topshiradi. Lekin uni kampirni o‘ldirishda ayblangan bo‘yoqchi Mikolka kutilmaganda jinoyatni tan olgani saqlab qoladi. Marmeladovlarning xonasida xotirlash marosimi o‘tkaziladi; marosim davomida Katerina Ivanovna uy egasini haqorat qiladi. U bolalari bilan darhol chiqib ketishini aytadi. To‘satdan o‘sha uyda yashaydigan Lujin kelib qoladi va Sonyani yuz rubl pul o‘g‘irlashda ayblaydi. Qizning “aybi” isbotlanadi: pul peshbandining cho‘ntagidan topiladi. Sonya atrofidagi odamlar nazarida fohishadan tashqari endi o‘g‘ri ham bo‘lib ko‘rinadi. Ammo to‘satdan Lujinning o‘zi pulni Sonyaning cho‘ntagiga jimgina solib qo‘yganini ko‘rgan guvoh topiladi. Tuhmatchi sharmanda bo‘ladi va Raskolnikov Lujinning qilmishi sabablarini tinglovchilarga tushuntiradi: u Dunya oldida akasi va Sonyani kamsitib, kelinni o‘ziga qaytarishga umid qilmoqda edi. Rodion va Sonya xonadonga boradi, u yerda yigit qizga kampir va Lizavetani o‘ldirganini aytib beradi. Qiz Rodionga aybni ixtiyoriy ravishda tan olish va mashaqqatli mehnat evaziga gunohlarini yuvishni taklif etadi. Biroq Raskolnikov vijdon va inson sevgisiga muhtoj bo‘lgan “qaltiroq jonzot”ga aylanganidan afsuslanadi. “Men hali kurashaman” deb, Sonyaning taklifiga ko‘nmaydi. Bu orada Katerina Ivanovna bolalari bilan ko‘chada qolgan. U tomoqdan qon kelishi oqibatida vafot etadi. Shu yerda hozir bo‘lgan Svidrigaylov dafn marosimi uchun pul to‘lash hamda bolalar va Sonyani ta’minlash majburiyatini oladi. Uyga qaytgan Raskolnikov u yerda Porfiriyni uchratadi, u yigitni aybini tan olishi kerakligiga ishontiradi: “axloqiy qonunning mutlaqligini inkor etuvchi ‘nazariya’ o‘z asirini hayotning yagona manbai bo‘lgan insoniyat yaratuvchisi Xudoni rad etish yo‘li bilan o‘limga mahkum qiladi”, deydi. Ayni paytda, Raskolnikov jinoyatga iqror bo‘lishidan oldin oilasi va Sonya bilan xayrlashadi. U hanuzgacha “nazariya” to‘g‘riligiga ishonadi va o‘ziga nisbatan nafratga to‘lib boradi. Biroq Sonyaning qistovi bilan odamlar oldida tavba qilib, yer o‘padi. Yakun. Raskolnikov Sibirda, qamoqxonada. Onasi qayg‘udan vafot etadi, Dunya Razumixinga turmushga chiqadi. Svidrigaylov esa Dunyaning unga nisbatan nafrati sabab o‘zini o‘ldiradi. Sonya Raskolnikovga yaqin joyga ko‘chib kelib joylashadi, qahramonning g‘amginligi va befarqligiga sabr bilan chidab, undan xabar olib turadi. Ajratish bu yerda ham davom etmoqda: oddiy xalq vakillari bo‘lgan mahkumlar uni “xudosiz” sifatida yomon ko‘radi. Sonyaga esa, aksincha, yumshoqlik va sevgi bilan munosabatda bo‘lishadi. Qamoqxonadagi kasalxonada bir marta Rodion qiyomatni eslatuvchi tush ko‘radi: odamlar ichida yashaydigan sirli qurtlar har bir odamni o‘zining haqligiga va boshqalarning haqiqatlariga murosasiz munosabatda bo‘lishga majbur qiladi. Nihoyat, unga aqlning mag‘rurligi nizo va o‘limga, qalbning kamtarligi esa sevgi va hayotning to‘liqligiga olib borishi ma’lum bo‘ladi. Unda Sonyaga nisbatan cheksiz sevgi uyg‘onadi. Raskolnikov “yangi hayotga tirilish” ostonasida Injilni qo‘liga oladi... Tahlil Psixologik sinov: jinoiy ong Romanning eng muhim xususiyatlaridan biri qahramonlar psixologiyasining chuqurlashishidir. Bunda ichki dunyo ham tashqi dunyo kabi muhimdir. Qahramonlar tavsifi va ichki dialoglar inson psixologiyasiga nisbatan yangi yondashuvni ochib beradi. Hikoyadagi bosh qahramon – Sankt-Peterburgdagi kichkina xonadonda yashovchi sobiq talaba Rodion Romanovich Raskolnikov. U katta yutuqlarga erishaman deb o‘ylaydi, ammo ichki baxtsizlik imkoniyatlarini ishga solishiga xalaqit beradi. Axloqiy savol tug‘iladi: nodon va jirkanch odamning o‘ldirilishi, agar maqsad ezgu bo‘lsa, axloqan qoralanishi mumkinmi? Raskolnikovning fikricha, barcha ustun odamlar maqsadiga erishish uchun qotillik qiladi, bu insoniyat uchun katta yutuqdir. O‘sha odamlardan biri ekaniga ishongan holda Raskolnikov kampirni (juda katta foizlar bilan qarz beradigan va mehribon singlisiga ham yomon munosabatda bo‘lgan shaxsni) o‘ldirish unga imkoniyatlarini ochib berish uchun vositalarni olishga imkon beradi deb hisoblaydi. Uning o‘ylashicha, bu noqonuniy bo‘lsa ham, axloqan qoralanmasligi kerak. “Jinoyat va jazo” filmidan kadr Raskolnikov qotillikni rejalashtirishga tayyorlanishidagi eng katta tashvishlaridan biri kelajakda unga yetkazilishi mumkin bo‘lgan psixologik ta’sirdir. Dostoyevskiy qahramonning psixologik tomonini favqulodda mohir usulda ko‘rsatadi, hatto sobiq talabaning qotilligini hamda undan keyin pushaymon bo‘lishini o‘zida paydo bo‘lgan kasallik deb biladi. Kampirni o‘ldirgandan so‘ng Raskolnikov nosog‘lom holatga kiradi. Romanni o‘qigan odam xuddi shu holatni boshidan kechiradi, o‘quvchi qotil boshidan kechiradigan son-sanoqsiz tafsilotlarga sho‘ng‘ib ketadi. Jazosiz jinoyat bormi? Romanning asosiy mavzularidan biri shundaki, jinoyatchi o‘zini jinoyat sodir qilish uchun ma’naviy asosga ega deb hisoblasa va dalillarni yashirishga qodir bo‘lsa, baribir jazosini oladimi? Raskolnikov sodir etgan jinoyati uchun o‘zini aybdor his qilmasa-da, jamiyat unga ma’naviy bosim o‘tkazmoqda. Qotillikdan keyin singlisi va onasining Sankt-Peterburgda bo‘lishi markaziy qahramonni haddan tashqari bezovta qiladi. Uning oilasidagi ayollar juda dindor va u ularni juda yaxshi ko‘radi. Ularning jinoyatni bilishlari ehtimoli Raskolnikov uchun doimiy tashvishdir. Dostoyevskiy shuni ko‘rsatadiki, axloq shaxsning absolyut o‘ziga xos narsasi bo‘lsa ham, u insoniy munosabatlarning eng samimiy doiralariga ham ta’sir ko‘rsatishga qodir. Sevimli insonning ko‘nglini og‘ritib qo‘yish ehtimoli – qaror qabul qilishda dovga tikilgan narsa. Yana bir muhim jihat shundaki, Raskolnikov qotillik uchun o‘zini aybdor his qilmasini ta’kidlaydi, shuning uchun qamoqda bo‘lsa ham jazodan qochishga harakat qiladi. Biroq uning xatti-harakatlari va bezovtalanishi buning aksini bildiradi. Oxir-oqibat Raskolnikov jinoyat sodir etilganidan keyin birinchi soniyadan boshlab o‘ziga jazo talab qilayotganday tuyuladi. U o‘g‘irlangan mulkdan foydalanmaydi va telba holatiga tushib qoladi. Hakam oldiga kelganda g‘azabi va provokatsiyalari unga xiyonat qiladi. Bu o‘quvchini Raskolnikovning chinakam istagi kashf etilib, jazolanishi kerakligi haqida o‘ylantiradi. Boshqalar Ichki nizolarga qo‘shimcha ravishda, ko‘plab ikkinchi darajali personajlar qahramon va muallif tomonidan berilgan savollarni chuqurlashtirishga yordam beradi. Oilasi, do‘sti Razumixin va Sonya Marmeladova bilan birgalikda bosh qahramonni qo‘llab-quvvatlaydi. Hikoyadagi hamma narsa murakkab bo‘lgani uchun bu personajlar turli jihatlarni o‘z ichiga oladi va asosiy qahramonni ruhiy jihatdan azoblash uchun javobgar bo‘ladi. Yana bir asos politsiya tergovi uchun mas’ul bo‘lgan Porfiriy va Zamyotov tomonidan hosil qilinadi. Porfiriy Raskolnikovga bir necha bor duch keladi, lekin u gumondor ekanini oshkor qilmaydi. Psixologik zo‘riqish ikki personajning dialog ichiga oladi, oxir-oqibat Porfiriy bosh qahramonni norasmiy ravishda ayblaydi. Raskolnikovning singlisiga boy da’vogarlar: Pyotr Petrovich Lujin va Arkadiy Ivanovich Svidrigaylov asarda qahramonning ichki olamini ochib beruvchi yana ikkita belgidir. Har biri o‘z yo‘lida yosh ayolni bo‘ysundirishga harakat qiladi. Bu personajlar qaysidir ma’noda singlisini himoya qiladigan sobiq talaba bilan to‘qnashadi. Barcha personajlar Raskolnikovga biron-bir tarzda bog‘liq bo‘lsa ham, ular bosh qahramon tarixining hikoyadagi qissaviy vazifani bajarish uchungina mavjud emas, balki insoniy munosabatlarga ham, romanning o‘ziga ham chuqurroq kirib borishimizga imkon beruvchi detallardir. Har bir personaj, markaziy hikoyadan qat’iy nazar, o‘z o‘rniga ega. Dostoyevskiy qahramonlari tomonidan yaratilgan jismoniy va axloqiy tavsif ular atrofida kichik olam yaratishga yordam beradi. Ko‘pgina suhbatlar ajablantiradi, personajlar mustaqil harakat qiladi va ulardan o‘quvchi kutgan narsani olmaydi. Bularning barchasi Dostoyevskiyning romanini badiiy adabiyotning eng yaxshi asarlaridan biriga aylantiradi. Kitobning falsafiy mazmuni voqeaga yanada ko‘proq qiymat qo‘shadi, bu esa o‘z-o‘zidan juda ajablanarli. Shunday qilib, roman jamiyatga katta savollarni yetkazish vositasidir. Dostoyevskiy bunga puxta hikoya qilish qobiliyati tufayli erishadi. Aynan shu orqali qahramonlar shu qadar jonli va mustaqil ravishda o‘zaro bog‘lanib, hikoyani ravon va o‘quvchini o‘ziga jalb qiladigan holatda namoyish etadi. Shunday qilib, yaxshi tuzilishga ega bo‘lgan holda, Jinoyat va jazo roman-essega aylanadi. Fyodor Dostoyevskiy: realizm va ekzistetsializm Fyodor Dostoyevskiyning hikoyasi ssenariy, vaziyat va personajlarning tavsifida batafsil ma’lumotga ega. Ushbu tavsif muallifning romanlariga haqiqiy ohang beradi. Dostoyevskiy romanlarida hikoyalarga ko‘proq realizm berishga yordam beradigan turli shaxsiy tajribalardan foydalanadi, bu esa asarga yarim avtobiografik ranglar beradi. Darhaqiqat, yozuvchi podshohga qarshi fitna uyushtirganlikda ayblanib, 1849-yilda qamoqqa olingan. U Sibirga surgun qilingan va keyin hozirgi Qozog‘istonga yuborilgan, u yerda besh yil yashagan. Bu davrda u qotillar va boshqa jinoyatchilar bilan muloqotda bo‘lgan. Uning majburiy mehnat va boshqa mahbuslar bilan aloqalar sohasidagi tajribasi “Jinoyat va jazo” romaniga asos bo‘ldi. Dostoyevskiy asaridagi qahramonlarning ichki dialoglari va o‘z-o‘zini tahlil qilishi unga ekzistetsialistik xarakter beradi. Ichki hayot to‘liq ta’sir ko‘rsatadigan ushbu qissaviy shakl XX asr boshlarida deyarli barcha buyuk yozuvchilar tomonidan qabul qilingan. Dostoyevskiy bu janrda kashshof bo‘lgan. “Jinoyat va jazo” asari, asar syujeti yaratilishida qahramonlarning o‘z-o‘zini tahlil qilishi ishlatilishining ajoyib namunasidir. Xulosa Fyodor Dostoyevskiy psixologik jihatdan qiyin, falsafiy jihatdan yetuk roman yaratdi, unda, boshqa detektivlardan farqli o‘laroq, boshlanishdanoq jinoyat va jinoyatchi aniq, qolgan hamma narsa – jazo. Jazo rasmiy emas (qahramon unga faqat asar so‘ngida keladi), ruhiy. Rodion Raskolnikov, bosh qahramon – mehribon qalbga ega inson. U oxirgi pulini, agar kerak bo‘lsa, notanish odamga berishga tayyor. Biroq bu yorqin odam dahshatli ishga – qotillikka qo‘l urdi. Avvaliga u aybini tan olmaydi, go‘yo nima uchun bunday jinoyat sodir etganini bilmaydi. Ammo oxir-oqibat u kampir “bitmi yoki odam” ekanini tushunish uchun buni qilganini tan oladi. Oddiy qilib aytganda, u qotillikdan olti oy oldin yozgan jinoyat to‘g‘risidagi nazariyasini sinab ko‘rish va isbotlashni xohladi. Takrorlayman, roman juda qiyin, lekin bunga e’tibor berish va undan o‘zingiz uchun foydali narsalarni olish kerak. Fyodor Dostoyevskiy har bir qahramon ichki dunyosining tom ma’noda avra-astarini ag‘darib, hatto bilimli aqlning ham qarama-qarshiliklarini ochib beradi. Fikrlash soddaligi har doim ham ishonuvchanlikni anglatmasligini, insondagi yaxshi tabiat unda yomonlik yo‘qligining belgisi emasligini ko‘rsatib beradi. Har doim dolzarb bo‘lib qoladigan muammo insonning ichki kurashidir. Kimdir uchun u umr bo‘yi davom etishi mumkin, kimdir kutilmagan tarzda “davo” topadi. His-tuyg‘ular, fikr kuchi, hissiyotlar, ruhiy iztirob, ongning mo‘rtligi – bu kitobning mazmuni. Mutolaa jarayonida zo‘riqish va hayajonlanish boshidan oxirigacha sizga hamroh bo‘ladi. Iqtiboslar U aqlli odam, lekin aqlli harakat qilish uchun faqatgina aqlning o‘zi yetarli emas; Haqiqatan ham buyuk odamlar dunyoda buyuk qayg‘ularni his qilishi kerak; Azob va ko‘z yoshi – axir bu ham hayot; Yolg‘on – butun organizmlar ichida yagona insongagina xos imtiyozdir; O‘tish xavfli bo‘lgan har bir narsada o‘ziga xos chegara mavjud; bir marta kesib o‘tilgan bo‘lsa, orqaga qaytish mumkin emas. Qiziqarli faktlar - Dostoyevskiy roman iqror sifatida o‘qilishini istagan. Ammo keyin u bosh qahramon psixikasining jirkanch ko‘chalariga chuqurroq kirib borish uchun hikoyachi “ovozi”ga o‘tishga qaror qilgan; - Roman asosida dunyo bo‘yicha 25 dan ortiq film suratga olingan; - Dostoyevskiyning dastlabki loyihalaridan biriga ko‘ra, Raskolnikov roman oxirida joniga qasd qilishi mumkin edi. Biroq oxirgi talqinda Rodion Raskolnikov tirik qoladi va og‘ir mehnatga hukm etiladi; - “G‘arb vijdoni” Alber Kamyu o‘zini Fyodor Dostoyevskiyning shogirdi deb hisoblagan va uning kitoblari “biz bilgan, lekin tan olishdan bosh tortadigan narsalargni o‘rgatadi” degan edi. Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin. “Kitobni yoqishdan ham kattaroq jinoyat bor”. “Farengeyt bo‘yicha 451 daraja” asari haqida Yolg‘izlik – ichimizda. “Yolg‘izlikning yuz yili” romani haqida “Mafiya o‘lmasdir”. “Cho‘qintirgan ota” romani haqida “Ariqdagi suv qanday mazali! Barchasi rahbarimizning dono rahbarligi tufayli”. “Molxona” asari haqida Real fojiaga asoslangan shedevr. “Amerika fojiasi” haqida
61
20,601
Madaniyat
Yulduz Usmonovaning Namangan va Bekoboddagi konserti soxta biletlar sabab ikkinchi marta qoldirildi
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning 2-sentabr kuni Namangan viloyati “Navbahor” stadionida, 3-sentabr kuni Bekobod tumanidagi “Metallurg” stadionida o‘tkazilishi rejalashtirilgan konsertlari ikkinchi marta qoldirildi. Ushbu hududlarda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan konsert dasturlarining qoldirilish sabablari haqida Yulduz Usmonovaning prodyuseri Mansur Agaliyev jurnalist Feruz Muhammadga bergan qisqa intervyusida gapirib berdi. Yulduz Usmonovaning Namangan va Bekobodda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan konserti birinchi marotaba havoning juda ham isib ketgani bois qoldirilgan edi. Bu safar esa soxta biletlar chiqib ketgani sababli konsert dasturlarini yana qoldirishga majbur bo‘ldik. Viloyatlar bo‘ylab o‘tkazilayotgan gastrol konsertlarining har birida 150—200 kishi mehnat qiladi. Har bir konsertga yaxshigina mablag‘ sarflanadi. Soxta biletlar tarqab ketishi oqibatida tashkilotchilar ham biz bilan avvaldan kelishilgan shartnomani bajara olmaydi. Shularni inobatga olgan holda, konsertlarni qoldirishga majbur bo‘ldik. Mansur Agaliyev, Yulduz Usmonovaning prodyuseri
99
1,089
Madaniyat
Rustam Sa’diyevning “Baron” filmi “videoqaroqchilar” tomonidan disklarda chiqarildi
Rejissor Rustam Sa’diyevning “Baron” filmi premyerasidan bir hafta o‘tib, uning sifatli nusxasi, “videoqaroqchilar”ning xatti-harakatlari sabab, qo‘l telefonlari va disklar orqali tarqalishga ulgurdi. Bu haqda “Qalampir” xabar bermoqda. “Filmning diski tarqab ketganidan xabarim bor. Biroq ‘videoqaroqchilar’ning qo‘lidagi diskdagi material katta ekranlarda namoyish etilayotganidan filmdan ancha farq qiladi. Filmning xomaki nusxasi bozorlar va disk do‘konlarida sotilyaptimi yoki yo‘q, bunisidan xabardor emasman”, — dedi rejissor. “Qalampir”ning qayd etishicha, bu voqea rejissor Rustam Sa’diyev bilan birinchi marta ro‘y berayotgani yo‘q. Uning o‘tgan yil katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan “Sotqin” nomli kartinasi ham katta ekranlarga chiqqanidan bir oy o‘tar-o‘tmas “qaroqchilar”ning qo‘liga tushgan edi. “Baron” filmi premyerasi 16-yanvar kuni Alisher Navoiy nomli kinosaroyida bo‘lib o‘tgandi. 21—24-yanvar kunlari davomida kinosaroyning barcha 12 zalida “Baron” namoyish etilgan, xususan, 24-yanvardagi namoyishlar uchun 7,5 mingta chipta sotilgan, 2 ming kishi chipta ololmay qolgan.
83
1,095
Madaniyat
Toshkent xalqaro kinofestivali qachon o`tkazilishi ma`lum bo`ldi
Kecha, 19 mart kuni “O`zbekkino” Milliy agentligida  Toshkent xalqaro kinofestivalini qayta tiklash, O`zbekiston kinematografiya akademiyasini tashkil etish, “Kinochilar uyi”ni barpo etish kabi masalalar muhokamasi bo`lib o`tdi, deya xabar bermoqda agentlik Axborot xizmati.  Unda Agentlik rahbariyati, O`zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi boshqaruvi va Jamoatchilik kengashi a`zolari ishtirok etishdi. Birinchi navbatda, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ipak yo`li durdonasi XIII Toshkent xalqaro kinofestivalini o`tkazish to`g`risida”gi Qarori loyihasi haqida ma`lumot berildi. Unga ko`ra, festival joriy yilning sentyabr oyida  o`tkazilishi rejalashtirilmoqda.   Mazkur qaror loyihasi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 fevraldagi PF-6155-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2017–2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi”ning “Yoshlarni qo`llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 20 noyabr kuni “O`zbekfilm” kinostudiyasiga tashrifi davomida bergan topshiriqlariga asosan ishlab chiqilgan.   Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O`zbekiston kinematografiya akademiyasi faoliyatini tashkil etish va qo`llab-quvvatlash chora-tadbirlari to`g`risida"gi Qarorining loyihasi bo`yicha taqdimot bo`lib o`tdi.   Taqdimotdan so`ng kun tartibidan o`rin olgan masalalar batafsil ko`rib chiqilib, muhokama qilindi.
64
1,545
Madaniyat
Jastin Biber Britaniya chartida egallagan birinchi o‘rindan voz kechdi
Pop-xonanda Jastin Biber tinglovchilarga murojaat qilib, o‘zi kuylagan “Love Yourself” kompozitsiyasining o‘rniga Britaniya Sog‘liqni saqlash milliy xizmatining xori tomonidan rojdestvo bayramlariga bag‘ishlab xayriya sifatida kuylangan “A Bridge Over You” qo‘shig‘ini xarid qilishni so‘radi. Bu haqda Official Charts xabar qilmoqda. Biber shu yo‘l bilan Britaniyaning xit-paradidagi birinchi o‘rinni shifokorlarning NHS xoriga ta’minlab berishga qaror qildi. 23-dekabr kuni, xit-paradda birinchi o‘rinni egallab turgan Biberga yetib olish uchun NHS xorining qo‘shig‘i yana 662 ta nusxada sotilishi kerakligi ma'lum bo‘ldi. Shundan keyin, kanadalik xonanda o‘zining muxlislariga Twitter’da murojaat qilib, “Bir haftaga birinchi o‘rinda bo‘lmaslik ― tabiiy hol. Keling, to‘g‘ri yo‘l tutaylik va ularning g‘alaba qozonishiga yordam beraylik. NHS xoriga omad”, ― deb murojaat qildi. Shuningdek, Biber xayriya qo‘shig‘ini xarid qilish va yuklab olish uchun qo‘shiqning elektron manbasini ko‘rsatdi. [embed]https://youtu.be/T8qHXlShfUQ[/embed] Sotilgan qo‘shiqdan tushgan daromadlar Britaniya sog‘liqni saqlash xodimlarini qo‘llab-quvvatlash Fondiga yo‘naltiriladi.
70
1,161
Madaniyat
“Farhod va Shirin” filmining suratga olish ishlari yakunlanmoqda (foto)
Avvalgi habarimizda “Farhod va Shirin” filmini suratga olish ishlari boshlanganini haqida xabar bergan edik. Ushbu filmni suratga olish ishlari  4-avgustda nihoyasiga yetishi ko‘zda tutilganligi sababli bugungi kunga kelib syomka jarayoni deyarli nihoyasiga yetdi. Eslatib o‘tamiz, film rejissori Po‘lat Mansurov bo‘lib, asosiy rollarni Lola Yo‘ldosheva va Umid Iskandarov ijro etmoqda. Rollarda Nargiza Salmonova, Feruza Salmatova, Muyassar Berdiqulova, Barno Qodirova kabi san’atkorlarni ham ko‘rishingiz mumkin. Film premyerasi 2014-yilning oktabr oyi boshlarida bo‘lishi kutilmoqda.
71
598
Madaniyat
“San-Remo” tanlovida Mahmud reper g‘olib bo‘ldi
Italiyaning “San-Remo” musiqiy tanlovida Mahmud (Mahmoud) reper “Soldi” (Pullar) qo‘shig‘i bilan g‘olib bo‘ldi, deb xabar berdi “Gazeta.ru”. G‘olib tomoshabinlar ovoz berishi orqali aniqlangan. Final bosqichda Mahmud rossiyalik tinglovchilarga Rossiyada o‘tkazilgan bir qator konsert dasturlari bilan yaxshi tanish bo‘lgan Il Volo opera-pop triosi va ovoz yig‘ishda yetakchi deb hisoblangan Ultimo ijrochisini ortda qoldirib birinchilikni egalladi. Endi Mahmud Italiya nomidan “Yevrovideniya”da ishtirok etadi. Mahmoud taxallusi bilan ijod qiluvchi Alessandro Maxmud 1992-yil Milanda tug‘ilgan. Otasi misrlik, onasi italiyalik.
47
628
Madaniyat
“Ko‘zim ochildi”. Xonanda Jasur Umirov qamoqxonadagi kunlari va janjali haqida gapirib berdi (video)
Xonanda Jasur Umirov “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi. Jasur Umirov suhbat davomida qamoqxonada o‘tkazgan kunlari haqida gapirib berdi. San’atkor bo‘lganim uchun ko‘zim ochildi. U yerda yashirinib, bosh kiyimlarni bostirib yurasiz, sizni tanib qolganlar, ‘Jasur Umirov, qaniydi telefonim bo‘lsa rasmga tushardim’, — deyishadi. Ochig‘ini aytaman, u yerda ko‘chadan ham yaxshi yashadim. O‘sha yerda ham ‘ishkal’ bo‘ldi, kerak bo‘lsa. Bittasini urib tashladim. Juda ham maqtanib, urushqoq bolaman, deya olmayman, ammo o‘zimga yarasha shug‘ullanganman. Bu narsalar hammasi yoshlikda o‘tib ketdi. Endi buyog‘iga faqat yaxshi hayot, yaxshi ijod, yaxshi orzu, bola-chaqaga harakat qilaman, Xudo xohlasa. Jasur Umirov, xonanda
100
797
Madaniyat
Chag‘lar Ertug‘rul Deniz Baysal bilan yana bir kinoda suratga tushishni rejalashtirmoqda, Jan Yamanning Italiyadagi loyihasi, Yildiz va Ender “Qora niyatni tark etadimi? Turk kinosi yangiliklari
Turkiyaning mashhur aktyorlaridan biri Chag‘lar Ertug‘rul “Fazilat xonim va qizlari” serialidagi partnyori Deniz Baysalni o‘z filmiga taklif qilmoqchi, Eda Eje, Shevval Sam “Qora niyat” serialini tark etayotgani haqida mish-mishlar tarqaldi, turk matbuoti Ismoil Ege Shashmazning xonanda Baris Akasuga o‘xshashi haqida yozmoqda. Quyida shu va boshqa turk kino olamidagi yangiliklar haqida ma’lumot beriladi. Tuba Buyukustun va Murat Boz ishtirokidagi “Boshqa men” seriali 28 iyul-kuni Netflix’da namoyish qilina boshladi. Filmda Bonjuk Yilmaz, Murat Boz, Riza Kojao‘g‘li, Seda Bakan, Serkan Altunorak, Tuba Buyukustun, Firat Tanish, Fyusun Demirel va boshqa aktyorlar ishtirok etgan. Film namoyish etilgandan bir kun o‘tib Netflix’ning barcha loyihalari orasida 12-o‘rinni egalladi va 28 mamlakatning seriallari orasida eng yaxshi 10 talikka kirdi. Turk matbuoti yangi loyihada rol o‘ynagan aktyor Ismoil Ege Shashmazning Barish Akasuga o‘xshashi haqida yozdi. Barish Akasu 2000-yil boshidagi mashhur turk rok musiqachisi va aktyor bo‘lib, 28 yoshga to‘lishidan bir oy oldin avtohalokat sabab vafot etgan. Kubilay Aka va Hazal Ergyuchlu Turkiyaning Exxen raqamli platformasida “Faqat do‘stlar” filmida birga suratga tushdi. Kanal rahbariyati ushbu loyihada Jemre Baysel va Deniz Jan Aktashning birga ishtirok etishini  rejalashtirgan edi, biroq oxirgi xulosalarga ko‘ra aktyorlar tarkibi o‘zgartirildi. Yag‘mur Tanrisevsin va Berk Atan “Uchinchi kun” filmida sevishganlar rolini ijro etadi. Filmning suratga olish ishlari 23-iyul kuni boshlandi. Netflix platformasi uchun suratga olayotgan Beren Saat va Kivanch Tatlitug‘ ijrosidagi filmning suratga olish jarayonlari boshlandi. Filmning ssenariysini Nuran Evren Shit yozgan va unga rejissyor Gyonench Uyanik boshchilik qiladi. Loyiha 19-iyul kunidan suratga olina boshladi  va uning voqealari dastlab Shile shahrida, keyin esa AQSH va Nyu-Yorkda davom etadi. Suratga olish ishlari tugagach, Kivanch Star TV telekanali uchun OGM Pictures kompaniyasining “Qirol yutqazsa” serialida suratga tushadi. “Tashkilot” serialini tark etgan Chag‘lar Ertug‘rulga yangi loyihalar prodyuserlaridan ko‘plab takliflar tushmoqda, biroq u suratga olish jarayonlariga tayyor emas. Aktyor dam olishga va e’tiborini do‘sti bilan yozayotgan film ssenariysiga qaratishni ma’qul deb topdi. U “Fazilet xonim va qizlari” va “Tashkilot” seriallaridagi partnyori Deniz Baysal uning filmida rol o‘ynashiga umid qilmoqda. Chag‘lar Ertug‘rul “Tashkilot” serialining 3-mavsumida suratga tushishdan bosh tortgani uchun prodyuserlar uning o‘rniga boshqa aktyor qidirmoqda. Film ijodkorlari hozirda loyihada bosh rol ijrochisi bo‘lishga nomzodlik qilayotgan bosh Serhat Teoman bilan muzokaralar olib bormoqda. Agar aktyor rozi bo‘lsa, u loyihada Chag‘larning o‘rnini egallaydi. Aktyor yaqinda “O‘g‘lim” serialida suratga olish ishlarini yakunladi. “Qora niyat” seriali prodyuseri Shevvalni loyihada qolishga ko‘ndira oldi. Bu haqda aktrisa jurnalistlarga bergan intervyusida aytib o‘tdi. Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra serialning 6-mavsumi oxirgisi bo‘ladi. Eda Eje “Qora niyat” serialini tark etmoqchiligi haqida mish-mishlar tarqaldi, biroq u ijtimoiy tarmoqlarda serialning navbatdagi mavsumida suratga tushishini aytdi. Berk Oktay esa Italiyaning Venetsiya shahrida suratga olinayotgan yangi “Quyosh nurining yorqinligi” loyihasida ishtirok etayotgani sababli bu serialdagi ishini yakunladi. Bosh rollarni Simay Barlas va Murat Yildirim ijro etgan “Aziz” serialining aktyorlar tarkibiga o‘zgarish kiritiladi. Loyiha rejissori o‘zgardi, suratga olish jarayonini Nezaket Joshkun boshqarmoqda. Ikkinchi mavsumni suratga olish ishlari boshlandi. “Ishonchli” serialidagi roli orqali muxlislar e’tiboriga tushgan Sila Turko‘g‘li yangi ish qidirmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra u yangi loyihada ishtirok etish bo‘yicha shartnoma imzolamoqchi. Rasmiy kelishuvdan so‘ng aktrisaning qaysi serialda ishtirok etishi ma’lum bo‘ladi. Katta ehtimol bilan u “Tuzoq” serialida rol ijro etadi va uning partnyori Akin Akinozyu bo‘ladi. Alperen Duymaz prodyuserlik kompaniyalaridan yangi loyihalarda ishtirok etish uchun 2 ta yaxshi taklif oldi. Aktyorning mashhurligi kundan-kunga oshib bormoqda. “So‘nggi yoz” serialidan keyin Netflix’ning “Kul” dramasi va yana bir loyihada Funda Eryigit bilan birga rol o‘ynadi. Bundan tashqari u “Agar inson sevsa” romantik melodramasida ham suratga tushdi. Aktyorning muxlislari tez orada uni yangi loyihalarda ko‘rishi mumkin. Ushbu juftlik “Mitti qush”/“Antepadan” serialida birga suratga tushmoqda, aktyorlar tarkibi tasdiqlandi va suratga olish guruhi ish boshladi. Serialning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari qizg‘in davom etmoqda. Italiya telekanallarining birida 14-sentabrdan Jan Yaman ishtirokidagi “Dengizdek binafsharang” seriali namoyish etila boshlaydi. Bu uning italyan loyihasidagi birinchi bosh roli bo‘lib, uning Italiya kino olamidagi muvaffaqiyati serialning taqdiriga bog‘liq.
194
4,955
Madaniyat
Xonanda Manzura Rayhon va Munisa Rizayeva bilan munosabatlariga darz ketganini tan oldi
Xonanda Manzura “Qalampirmunchoq” onlayn-ko‘rsatuvida hamkasblari Rayhon va Munisa Rizayeva bilan munosabatlariga darz ketganini tan oldi. Bu haqda “Qalampir.uz” xabar bermoqda. “Men o‘rtadagi gap-so‘zlarni eslab, buni odamlarga ham aytib, gap ko‘paytirmoqchi emasman. Munisa va Rayhonni muxlislari avval qanday yaxshi ko‘rgan bo‘lsa, shunday yaxshi ko‘raversin. Gapirganim bilan shohim chiqmaydi”, — dedi xonanda. Avvalroq xonanda Manzura 38 yoshga kirgani, shu vaqtgacha turmushga chiqmaganidan afsuslanmasligini aytgani haqida xabar berilgan edi.
87
550
Madaniyat
TOShKENTDA O`ZBEKISTON XALQ ARTISTI YaYRA ABDULLAEVA IJODIGA BAG`IShLANGAN KEChA BO`LIB O`TDI
Teatr shunchaki sahna emas, balki jonli ko`zgu. Ko`zgu tashqi ko`rinishimiz va undagi kamchiliklarni ko`rsatsa, teatrda aktyorlar turli obrazlar orqali fe`l-atvorimiz, turmush-tarzimizdagi nuqsonlarni, insonlarning asl qiyofasini ochiq-oydin namoyon etadi. San`atkorlar ijro etayotgan obrazlar orqali o`zimizning kichik olamimizdan chiqib, atrofimizda yuz berayotgan, ammo biz ilg`amagan hayot haqiqatlarini, turmushning past-balandini anglaymiz. Bu jihatlar O`zbek Milliy akademik drama teatri taniqli namoyandasi – O`zbekiston xalq artisti Yayra Abdullaeva ijodiga bag`ishlangan kechada qayd etildi. O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tashkil etilgan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, madaniyat va san`at namoyandalari, yozuvchilar, shoirlar, dramaturglar, yoshlar qatnashdi, deb ma`lum qildi O`za.Yayra Abdullaeva ko`plab sahna asarlarida bosh rollarni ijro etgan. “Qutlug` qon”da Gulnor, “Boy ila xizmatchi”da Gulbahor, “Mirzo Ulug`bek”da Gavharshodbegim kabi obrazlarni etuk va professional darajada ijro etib, o`zbek teatr san`ati tarixida o`ziga xos o`rin egallagan aktyorlardandir. Shuningdek, Ya.Abdullaeva kinoda yaratgan Gulbahor, Dildor, Ra`no, Saodat va boshqa obrazlar yorqinligi, jozibasi bilan alohida diqqatga sazovordir. Bu obrazlar talqinida ham aktrisa ijodining o`ziga xos muhim individual qirralari ko`zga tashlanib turadi. – Halol mehnat qilish, kamtarlik, san`atkor sha`niga dog` tushirmaslik singari odatlar Yayra opaning ajralmas fazilatlari hisoblanadi, – deydi O`zbek Milliy akademik drama teatri aktyori, O`zbekiston xalq artisti Erkin Komilov. – Ustoz san`atkor ijro etgan qahramonlar quvonsa kulib, yig`lasa g`amga botadigan tomoshabinlar ko`p. Sababi – ijodkor rolni o`ta ta`sirchan, bor vujudi bilan ijro etadi. Shu bois u ijro etgan rollar doim tomoshabinlar olqishiga sazovor bo`lib kelmoqda. Ijodiy kechada «O`zbekkino» Milliy agentligi tomonidan ustoz aktrisa hayoti va faoliyatiga oid hujjatli film namoyish etildi.
93
1,990
Madaniyat
Munisa Rizayevaning konsertida Rossiya xonandalari yo‘llagan videotabriklar soxtalashtirilgan bo‘lib chiqdi
Xonanda Munisa Rizayeva shu yilning 19—21-oktabr kunlari Toshkentdagi “Istiqlol” san’at saroyida yakkaxon konsert dasturini taqdim etdi, deb yozadi UZ24. Konsert dasturining uchinchi kuni (21-oktabr) xonandaning tavallud kuniga to‘g‘ri kelganligi bois, konsert so‘ngida fan-klub a’zolari va konsert rejissori xonandaga sovg‘alar bilan bir qatorda kichik bir “syurpriz”ni taqdim etdi. “Darakchi” gazetasi bergan xabarga ko‘ra, rejissor Rustam Shamsiddinov va fan-klub a’zolari tomonidan tayyorlangan “syupriz video” sahnadagi katta ekranda namoyish etilgan va unda Rossiya estradasi yulduzlaridan Filipp Kirkorov, Stas Mixaylov, Ani Lorak, Valeriy Leontyev, Nikolay Baskov va boshqalar Munisa Rizayevani tug‘ilgan kuni bilan tabriklagan va bu vaqtda xonanda quvonib sahnada yosh boladek sakragan, bu holatni muxlislar ham olqishlab turgan. Aslida Rossiyaning bir qator yulduzlari tomonidan yuborilgan tabriklar Lolita va Irina Allegrovaga atalgani va mazkur videorolik soxtalashtirilgani bir necha kundan so‘ng ma’lum bo‘lgan. Mazkur videorolikni konsert mehmoni bo‘lgan bir qator xonandalar o‘z Instagram sahifalariga ham joylashtirgan va Instagram foydalanuvchilari tomonidan ayovsiz muhokama qilinganidan so‘ng bu videorolik joylangan sahifalardan yo‘qolib qolgan.
107
1,267
Madaniyat
Xolokost dahshatlari yosh bolakay ko‘zi bilan. “Yo‘l-yo‘l pijamali bola” romani haqida
“Daryo” kolumnisti Nurbek Alimov “Jahon adabiyotining eng buyuk asarlari” rukni doirasida mashhur badiiy asarlarni tahlil qilishda davom etadi. Bu hafta u Jon Boynning “Yo‘l-yo‘l pijamali bola” romani haqida hikoya qiladi. Fleshbek Romanni bundan besh yilcha oldin o‘qib ko‘rgan edim. Kitob juda kichik va uni yarim kunda o‘qib chiqish mumkin. Asarni o‘qishimga oldinroq shu nomli mashhur filmni ko‘rganim sabab bo‘lgan. Albatta, kinolar hech qachon kitoblar kabi bo‘la olmaydi, chunki inson tasavvuri chegaralanmagan. Ammo kitob va kino o‘rtasidagi farq sezilarli katta emas. Ayni paytda, asarning eng go‘zal qismi bo‘lgan dialoglar baribir kitob orqali juda yaxshi yetib boradi. Asar haqida “Yo‘l-yo‘l pijamali bola” – irlandiyalik yozuvchi Jon Boynning romani. Birinchi marta 2006-yilda nashr etilgan. Roman darhol o‘nlab adabiy mukofotlar, shu jumladan Britaniya kitob mukofotiga nomzod bo‘lgan. 50 dan ortiq tillarda nashr etilgan. Bu – tikon sim bilan ajratilgan ikkita bolaning hayoti haqidagi hikoya. Syujet Asar Berlindagi besh qavatli chiroyli binoda, oilasi va do‘stlari bilan yashayotgan to‘qqiz yoshli nemis bolasi – Brunoning nigohlaridan hikoya qilinadi. Kunlarning birida Bruno uyga kelib xizmatkor Mariya uning buyumlarini jomadonga solib qo‘yganini bilib qoladi. Otasi muhim mansabga o‘tayotgani uchun oilasi Aj-Vis shaharchasiga ko‘chib o‘tishga majbur. “Yo‘l-yo‘l pijamali bola” filmidan kadr Bruno yangi joyni yoqtirmaydi, zerikadi, o‘ynashni xohlaydi, lekin atrofda hech kim yo‘q. U derazadan yo‘l-yo‘l pijamalarda yurgan odamlarni ko‘rib qoladi va o‘sha hududni o‘rganishga boradi. U yerda yangi do‘sti – panjaraning narigi tomonida, konslager hududida o‘tirgan yahudiy bolakay Shmuel bilan tanishadi. Ma’lum bo‘lishicha, ikki bola ham bir kunda tug‘ilgan va, Brunoning fikriga ko‘ra, umumiy jihatlari juda ko‘p. Ular simli panjara yonida muntazam ravishda uchrashadi, ammo vaqt o‘tib Brunoning oilasi Berlinga qaytib ketishga qaror qiladi. Bruno Shmuel bilan xayrlashish uchun so‘nggi bor konslager tomon borishga qaror qiladi. Bruno Shmuelga otasini topishga yordam berishga qaror qiladi. Kiyimini almashtirib, u ham boshqa mahbuslar kabi yo‘l-yo‘l pijama kiyib oladi va panjaraning narigi tomoniga o‘tib ketadi... Tahlil Konslagerlar haqida yuzlab kuchli romanlar bor, nega aynan ushbu roman tanlandi deb so‘rashingiz mumkin. Javob oddiy: ular ichida sakkiz yashar bolaning nuqtai nazaridan turib hikoya qilinadiganlari juda kam. Bu Jon Boynning eng katta yutug‘idir. Masalan, Markus Zusakning “Kitob o‘g‘risi” romani, Romeo Salmonining “Men Gitler ustidan g‘alaba qozondim” asari (bu kitobni o‘qimagan bo‘lsangiz, Roberto Beninining asar asosida suratga olingan “Hayot go‘zal” nomli shedevr filmini ko‘rganingiz aniq) yoki “Anna Frank kundaligi” kabi real voqealarga asoslangan kitoblardan Jon Boyn romanining farqi shundaki, bu asar to‘qima obrazlarga asoslanadi. To‘qima bo‘lsa-da, unda bolalar nigohi va sodda o‘ylari orqali Ikkinchi jahon urushi kabi tarixdagi eng katta fojianing o‘ziga xos tomonlarini bolalar psixologiyasi paradigmasi orqali yanada tushunarliroq va yorqinroq ko‘ramiz. “Yo‘l-yo‘l pijamali bola” bizni otasining ishi tufayli Osvensim o‘lim lageri yaqiniga oilasi bilan yashash uchun ko‘chib o‘tishga majbur bo‘lgan natsistlar zobitining kenja o‘g‘li bilan tanishtiradi. Ular ko‘chib o‘tgan uy yaqinida simli panjaralar bilan ajratilgan hudud bor.  Bruno oilasi bilan qirg‘in lageriga olib kelingan to‘qqiz yoshli yahudiy bola Shmuel bilan do‘stlashadi. Roman shu ikki bolakay o‘rtasidagi munosabatlar orqali o‘z dinamikasiga kirib boradi. Bruno ota-onasiga o‘zining sarguzashtlari haqida hech narsa aytmasdan, har kuni yangi do‘stining oldiga o‘ynashga va unga ovqat olib borish uchun borardi. Asarning eng diqqatga sazovor qismlari bu albatta dialoglardir. Bruno va Shmuelning suhbatlari orqali konslagerda va urushning boshqa jabhalarida nimalar sodir bo‘layotgani haqidagi sodda bolalar tasavvurini kashf etamiz. Masalan, Brunoning dastlabki fikrlariga ko‘ra, konslagerdagi barcha odamlar baxtli ferma ishchilaridir, shuning uchun ham ular bir xil ish kiyimiga ega. “Yo‘l-yo‘l pijamali bola” filmidan kadr Ikki qahramondan tashqari, ikkilamchi qahramonlar ham juda qiziqarli. Brunoning singlisi va onasining psixologik evolyutsiyasi menga juda qiziq tuyuladi. Barcha totalitar hukumatlarning poydevorlaridan biri bu o‘sha “noyob mafkura” tez qabul qilinishi uchun shaxslarning miyasining chuqurroq yuvishdir. Asarda SS zobiti Kurt Kotlerga havas bilan qarash orqali Brunoning singlisi Gretel tobora radikallashib borishini kuzatish mumkin. Yana bir qiziq tomoni shundaki, asar uchinchi shaxsda hikoya qilinishiga qaramay, u bola nuqtai nazaridan aytilganday tuyuladi. Uni o‘qiyotganda, ehtimol, sodda tasavvurga ega birinchi shaxsning hikoyasi yaxshiroq bo‘lar edi, deb o‘ylashingiz mumkin, ammo tez orada muallif bunday qarorga nima sababdan kelganini tushinib olasiz. Shu bilan birga, birinchi boblardayoq paydo bo‘ladigan ishoralar orqali tajribasiz kitobxon ham asar nima bilan yakunlanishini ich-ichidan his qilishi mumkin. Har qanday nozik hisli odamni asardagi yahudiylar qirg‘ini, natsizm va boshqa shu kabi mavzular qiziqtiradi. Bu muallif foydasiga o‘ynaydi, u o‘quvchiga qahramonning fe’l-atvoridan ko‘proq ma’lumot beradi: hamma tushunib turgan narsani Bruno tushunmaydi, hech kim tushunmayotgan narsani esa Bruno his qila oladi. Qanday bo‘lmasin, to‘qqiz yoshli bolakay bu ishlardan bexabarligi biroz aqlga sig‘masligi mumkin, ammo u boshqa masalalarda yengillik bilan chuqur fikr yuritadi. Ehtimol, Bruno har tomonlama mavhum yo‘l-yo‘l kiyingan odamlar dunyosidan rostdan bexabar bo‘lishi mumkin, lekin hatto hayvonlar ham biron xavf yoki qo‘rquvni sezsa, intuitsiyasi orqali undan qochishga harakat qiladi-ku. Chindan ham, ba’zan Bruno o‘zini juda past IQ’ga ega insonday tutadi. Biz kattalar bolalarning tushunish qobiliyatini ko‘pincha shubha ostiga olamiz, lekin ular aslida biz tasavvur qilganimizdan ham ko‘proq narsani tushunadi va biladi. Uning do‘sti bo‘lgan yahudiy bolasi ham deyarli shunday. Ular asl holatlari haqida bexabar. Ammo hech bo‘lmaganda yahudiy bolasi u yerdagi mish-mishlarni eshitgan yoki sodir etilgan vahshiylikni ko‘rgan inson sifatida fikr qilib ko‘rishi kerak edi. Masalan, u biron ishni bajarishga ketgan bir guruh qaytib kelmaganini, guruh a’zolarini hech qachon qaytib ko‘rmaganini yoki otasi g‘oyib bo‘lganini aytadi... lekin bundan shubhalanmaydi. Ikkala bola bir kunda tug‘ilgani, polshalik yahudiy bola konslagerdagi kam sonli nemis tilini biladiganlardan biri ekani, tikon panjarada teshik borligi va u qo‘riqlanmagani, Bruno bemalol bu yerga kela olishi, albatta, reallikdan uzoq, aql bovar qilmaydigan va imkonsizdir holatdir. Shunga qaramay, asar insoniy qadriyatlar va axloqiy munosabatlarga to‘la bagajga ega. Bu asarga Paulo Koelyo stilidagi tarbiyaviy ahamiyatga ega masal sifatida ham qarash mumkin. Xulosa Boyn romanni bolalar va o‘smirlarda konsentratsion lagerlar haqida tasavvur shakllatirish uchun shu yoshda shaxs nuqtai nazari orqali yozgan. Shuning uchun ko‘plab yetuk kitobxonlarga asar juda yengil tuyulishi mumkin. Shu bilan birga, sodda va turli mavzularga boy matn katta yoshlilarni ham o‘z domiga tortishi mumkin, chunki ularni ushbu emotsional anturajdagi begunoh bolalarning taqdiri befarq qoldirmaydi. Hatto yig‘latadi. Bolalarning yangilikka bo‘lgan ishtiyoqi tufayli irlandiyalik yozuvchi asarida do‘stlik, beg‘uborlik, kontekstlar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar va haqiqatni yashirish aspektlaridan yaxshi foydalanadi. Kitobni o‘qiyotgan shaxs voqeliklar chegarasini buzish uchun ham emotsiyalar olamida sayr qilishiga to‘g‘ri keladi. “Yo‘l-yo‘l pijamali bola” filmidan kadr Biroq, asarga murakkablik yetishmasligiga qaramay bu qimmatbaho hissiy daqiqalarga ega nozik hikoyadir. Bu asarni yoshlarni o‘tmishdagi xatolarga yo‘liqmaslikka, radikal harakatlar ta’siriga berilmaslikka va boshqacha odamlarga nisbatan nafratga undovchi fikrdan qochishga o‘rgatish uchun tavsiya etaman. Iqtiboslar Kimdir kechasi osmonga qarasa, bu uning astronom ekanini anglatmaydi; Uy – bu shunchaki ko‘cha, shahar yoki hatto g‘isht va ohakdan qurilgan bino ham emas. Uy – bu oilangiz joylashgan makon; Panjara ortidagi odamlar va harbiylarning o‘rtasidagi farq nimada? – deb o‘zidan so‘rar edi Bruno. Kimdir yo‘l-yo‘l pijamalarni, kimdirlar esa chiroyli formalarni kiyishi kerakligini kim hal qiladi? Ma’lum bo‘lishicha, bolalar rioya qilishi shart bo‘lgan qoidalarga kattalar amal qilmaydi (qoidalarni kattalar o‘rnatgan bo‘lsa ham); “Kim bo‘lishidan qat’i nazar, o‘qituvchimi, oshpaz yoki komendant, dadalar qattiqqo‘l bo‘lishi kerak”. Qiziqarli faktlar - Roman asosida 2008-yilda ajoyib film suratga olingan. Rejissor – Mark Herman; - Taxminlarga ko‘ra, asar voqealari Aushvitsda bo‘lib o‘tadi (Osventsim o‘lim lageri), vaqt – 1943–1944-yillar. Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin. Ko‘rlar mamlakatida bir ko‘zlilar qirol bo‘ladi. Xose Saramagoning “Ko‘rlik” romani haqida Bir qotil tarixi. Patrik Zyuskindning “Parfyumer” romani haqida “Nega dunyoda o‘limimdan keyin hech narsa o‘zgarmadi?” “Buzrukning kuzi” – diktatorlar taqdiri haqida roman “Dunyoni qanchalik ko‘p kuzatsam, menga u shunchalik yoqmay ketyapti”. “Andisha va g‘urur” romani haqida Bolalik insonning asl holatidir. “Kichkina shahzoda” qissasi haqida “Men insonman. Men sevishim kerak”. “Eljernon uchun gullar” romani haqida “Bu hayotda yo ovchisiz, yo o‘lja”. “Buyuk Getsbi” romani haqida O‘smirlikdan o‘tish qiyinchiliklari va Jerom Selinjerning “Javdarzordagi xaloskor” romani haqida “Qancha urinma, og‘ritganda og‘riydi”. Xaruki Murakamining “Norvegiya o‘rmoni” romani haqida
86
9,696
Madaniyat
"Ehtirom-2018" mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi
Joriy yilning 12 yanvar kuni Toshkentda "Osiyo Grand" restoranida "Ehtirom-2018" mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. “Ehtirom” mukofotining o`ziga xosligi shundaki, u yil davomida san`at va madaniyatimizning turli yo`nalishlarida faol va sermahsul ijod qilgan fidoyi, zahmatkash ijodkorlarni taqdirlaydi, ularga ehtirom ko`rsatadi. Mukofotning bu yilgi sohiblari bilan quyidagi havolada tanishishingiz mumkin.
72
492
Madaniyat
“Kalmar o‘yini” seriali rejissori ikkinchi mavsum tafsilotlarini ma’lum qildi
“Kalmar o‘yini” seriali muallifi Xvan Don Xyok serialning ikkinchi mavsumi tafsilotlari bilan bo‘lishdi. Bu haqda “Film.ru” nashri xabar bermoqda. “Men ssenariyni shu kabi musobaqalar dunyoning boshqa burchaklarida ham o‘tkazilishi mumkinligiga ishora qilib yozganman. Ma’lum bo‘lganidek, bu yilgi koreys o‘yini ta’sirli, demak, shunga o‘xshash boshqa o‘yinlar ham bor. Maqsad ham shundan iborat edi: agar shou yaxshi chiqsa, men uni butun dunyo bo‘ylab kengaytira olaman, shunda boshqa mamlakatlarda ‘Kalmar o‘yini’ning o‘z versiyasi bo‘ladi”, — deydi Don Xyok. U avvalroq ikkinchi mavsum uchun yoziladigan ssenariyni 2022-yil yakuniga qadar tugatishini ta’kidlagan edi. Shouning ikkinchi mavsumi 2023-yil oxiri va 2024-yil boshida Netflix’da namoyish etilishi rejalashtirilgan. Bunga parallel ravishda realiti-shou uchun ishtirokchilarni tanlash davom etmoqda.
77
863
Madaniyat
70 yoshli Gollivud aktyori Richard Gir uchinchi marta ota bo‘ldi
Gollivud aktyori Richard Gir 70 yoshida uchinchi marta ota bo‘ldi, deb xabar berdi HOLA! nashri. Aktyorning 36 yoshli rafiqasi Alexandra Silva o‘g‘il farzandni dunyoga keltirgan. Chaqaloqqa qanday ism qo‘yilgani oshkor etilmagan. Hozirda er-xotin Nyu-York yaqinidagi ranchoda karantinni o‘tkazmoqda. Yangi tug‘ilgan chaqaloq Richard va Alexandraning ikkinchi farzandi. Alexandraning avvalgi turmushidan 6 yoshli o‘g‘li bor. Bundan tashqari, Richard Girning aktrisa Keri Louelldan 20 yoshli o‘g‘il farzandi ham bor. Richard va Alexandraning to‘yi 2018-yilda bo‘lib o‘tgan edi.
64
576
Madaniyat
Aktyor Sanjar Usmonov birdaniga uch o‘g‘illi bo‘ldi
Ko‘pgina filmlardagi rollari va qo‘shiqlari bilan tomoshabinlarga tanish bo‘lgan aktyor Sanjar Usmonov 8-aprel kuni birdaniga uch o‘g‘illi bo‘ldi. Bu haqda aktyorning yaqin do‘stlaridan biri Sharof Muqimov “Qalampir.uz” nashriga xabar berdi. “Do‘stim Sanjar birdaniga uch o‘g‘illi bo‘ldi, hozir bu pahlavonlarga qanday ism qo‘ysam ekan, deb bosh qotiryapti. O‘zbek shou-biznesida hali bunday holat kuzatilmagan edi. Sanjarning to‘yida kuyov jo‘ra bo‘lgandim. Demak o‘z vazifamni a’lo darajada uddalagan ekanman”, — dedi Sharof Muqimov. Sanjar Usmonov 1985-yilda tavallud topgan. Aktyor 2010-yilda oila qurgan. 2011-yilda qizi Samina dunyoga kelgan. 2007-yil O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutini tamomlagan Sanjar Usmonov ilk bor kinodagi faoliyatini rejissor Burhon Sharopovning “Sevgi – bu hayot” filmidan boshlagan.
51
833
Madaniyat
Jeki Chan filmni suratga olish jarayonida cho‘kib ketishiga bir bahya qoldi
Taniqli aktyor Jeki Chan filmi “Avangard” filmini suratga olish jarayonida o‘lib ketishiga bir bahya qolgani haqida so‘zlab berdi, deb yozadi “Korrespondent.net”. Gap shundaki, Jeki dengizga sho‘ng‘igan paytda uning oyog‘i tosh ostida qolib ketgan, u uzoq muddat suv ostidan chiqa olmagan. Aktyorning so‘zlariga ko‘ra, u qattiq qo‘rqib ketgan, hatto qaltiray boshlagan. Birozdan so‘ng hamkasblari uni suv ostidan chiqarib olgan. “Suv ostidan chiqqanimda rejissor Stenli Tonganing ko‘zlari sevinchdan yoshlandi”, — deydi Jeki Chan.
75
531
Madaniyat
Foto: “Buxanka” bilan maqtangan Tom Xenks
Amerikalik aktyor Tom Xenks “buxanka” nomi bilan mashhur bo‘lgan “UAZ” mashinasi oldida tushgan suratini Instagram’dagi sahifasiga yukladi, deb xabar bermoqda TJournal. Aktyor suratni “Mening yangi mashinam. Safarga otlanyapman” deb izohladi. Xenks yangi avtomobilida qayerga ketayotganiga aniqlik kiritmagan. Mashina raqamida Vengriya bayrog‘ini ko‘rish mumkin. Taniqli aktyor Instagram’dagi sahifasiga mashinalarni olib qochishga chog‘lanayotgan holatdagi suratlarini muntazam ravishda yuklab turadi. Suratlarga qaraganda, Tom Xenks noodatiy avtoulovlarga befarq emas. Mashinalar kimga tegishli ekani noma’lum, biroq u avtomobillar haqida doimo o‘zinikidek gapiradi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
41
746
Madaniyat
«Zuvola» asil qo`shiqlar milliy tanlovi g`oliblari taqdirlandi
17 aprel kuni “O`zbekkonsert” davlat muassasasining katta zalida “Zuvola” asil qo`shiqlar milliy tanlovining dastlabki g`oliblarini taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi. Bu haqda muassasa axborot xizmati xabar berdi. Taqdirlash marosimini Madaniyat vazirining birinchi o`rinbosari Ozodbek Nazarbekov ochib berdi hamda joriy yilning 25 yanvar sanasidan to tanlov yakunlanishi nazarda tutilgan 15 fevralga qadar kelib tushgan 2500 ta qo`shiq orasidan kuchli yigirmatalik uchun faqatgina to`rtta qo`shiq tanlab olingani va nisbatan yaxshi deya e`tirof etilgan 15 ta qo`shiq esa tanlovning rag`batlantiruvchi mukofotlari uchun mo`ljallangan 30 ta qo`shiq safiga kiritilganini takidlab o`tdi. Tanlovga kelib tushgan qo`shiqlar ichidan eng saralari deb topilgpn qo`shiqlar mualliflariga diplom va pul mukofotlaini topshirdi. Zuvolasi pishiq deb topilgan Aziza Mamadalieva va Yulduz Abdurahmonovalar “Mayda-mayda” qo`shig`i uchun diplom, pul mukofotidan tashqari televidenie va radioda o`z ijod namunalarini taqdim etishi uchun bir yillik bepul lisenziya “O`zbekkonsert” davlat muassasasining derektori O.Abduqaxorov tomonidan taqdim etildi. Taqdirlash marosimida estradamiz yulduzlari, jurnalistlar va televidenie vakillari ishtirok etishdi. Taqdirlash marosimi ko`tarinki kayfiyatda bo`lib o`tdi.
62
1,289
Madaniyat
Ledi Gaga “Guchchi uyi” filmidagi Patrisiya Rejani rolini o‘ynash uchun 9 oy italyancha talaffuz bilan gapirgani haqida so’zlab berdi
Ledi Gaga “Guchchi uyi” filmida o‘ynagan Patrisiya Rejani roliga yaxshilab ko‘nikish uchun to‘qqiz oy davomida italyancha talaffuz bilan gapirgan. Bu haqda xonandaning o‘zi Britaniyaning Vogue jurnaliga so‘zlab berdi, deb yozadi Esquire. “Bor gapni aytaman, men Patrisiya Rejani kabi bir yarim yil yashadim. To‘qqiz oy davomida talaffuz bilan gaplashdim, hatto kamera qarshisida bo‘lmasam ham. Sira to‘xtamadim va u kabi bo‘lib qoldim”, – deydi Gaga. Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, u hatto sochlarini Patrisiyanikiga o‘xshash rangga bo‘yagan. Ledi Gaga filmdagi qahramoniga o‘xshashga va uning xobbisiga qiziqishga harakat qildi. Xonandaning fikricha, bu – rolni ishonchli ijro etishning yagona yo‘li. Ridli Skottning kartinasi Guchchi modalar uyi rahbari Mauritsio Guchchi va uning rafiqasi Patrisiya Rejani o‘rtasidagi munosabatlarga va ayol uyushtirgan qotillikka bag‘ishlangan. Film Sara Gey Fordenning “Guchchi uyi: qotillik, telbalik, jozibadorlik, ochko‘zlikning shov-shuvli hikoyasi” kitobi asosida suratga olingan.
133
1,024
Madaniyat
R’n’B qirolichasi 32 yoshni qarshiladi. 2019-yilning eng badavlat qo‘shiqchisi Rianna haqida fotomaqola
Musiqasining birinchi notalaridanoq kimligini bilish mumkin bo‘lgan, o‘ziga xos tashqi ko‘rinish, uslubga ega R’n’B (Rhythm and blues) yulduzi Rianna, bugun 32 yoshni qarshiladi. Robin Rianna Fenti 1988-yil 20-fevralda Barbadosda dunyoga kelgan. 14 yoshligida xonandaning ota-onasi ajrashgan. Bolaligidagi turli qiyinchiliklar bois, 15 yoshgacha kuchli bosh og‘rigi bezovta qilganidan ayrim shifokorlar unda onkologik kasallik ehtimoli bor deb o‘ylagan. Bilboard chartda birinchilardan bo‘lgan eng yosh qo‘shiqchi, ayni damda hamkasblari orasida eng badavlat hisoblanadi. 2019-yildagi daromadi 600 million dollarni tashkil qilgan Rianna, moda olamida eng ko‘zga ko‘ringan brendlar Louis Vuitton va Givenchy, Guerlain, Chaumet hamda Moët & Chandon bilan hamkorlik qiladi. Robin yoshligidan musiqaga qiziqqan. Maktab davrida kichik musiqiy guruh tuzgan va o‘tkaziladigan musiqiy tanlov, festivallarda muntazam ravishda faol ishtirok etgan. Jarangdor ovoz egasining san’atga kirib kelishiga Kristina Agilera va Rod Styuartlarning prodyusseri Evan Rojers sababchi bo‘lgan. U barbadoslik ijodkorning ovozida o‘ziga xoslik borligini payqab, uni Amerikaga demodisk (demonstratsionniy disk) yozishga chaqirgan. Yozilgan qo‘shiqlardan biri reper Jay-Z’ning qo‘liga kelib tushgan va aynan u Riannada musiqiy salohiyat borligiga ishongan. 2005-yilda Rianna tomonidan kuylangan debyut “Pon de Replay” qo‘shig‘i taqdim etilishi bilan xit bo‘ladi. Kompozitsiya Billboard Hot 100 reytingida ikkinchi o‘rinni egallaydi. Shundan keyin “If It’s Lovin’ That You Want” deb nomlangan qo‘shiq taqdim qilinadi va bu singl birinchisidan kam muvafaqqiyatga erishmaydi. Qo‘shiqda mujassam bo‘lgan karibcha motivdagi zamonaviy pop-saund qorishmasi tinglovchilar soni oshib borishiga sabab bo‘ladi. 2005-yilning yozida tinglovchilarga taqdim qilingan ilk “Music of the Sun” albomi yarim million nusxada sotiladi va dunyodagi eng zo‘r o‘ntalikka kiritiladi. “A girl like me” Britaniyaning top 5 taligidan o‘rin olgan bo‘lsa, “SOS” promosinglini musiqiy tanqidchilar Rianna karyerasidagi eng zo‘r ijod guruhining elektrofanki ishlatilgan. Mashhur qo‘shiqchining nafaqat ovozi, balki go‘zalligi ham e’tiborsiz qolmaydi. Unga turli takliflar kelib tusha boshlaydi. Takliflardan so‘ng Nike brendi liboslarining reklamasi va Miss Bisou uchun suratga tushadi. 2006-yilda “Muvafaqqiyatga erish” komediyasi va “Las-Vegas” filmlarida ishtirok qiladi. 2007-yilga kelib xonanda tashqi ko‘rinishi va ijodida o‘zgarishlar kuzatiladi. U qiyofasidagi ta’sirli romantik uslubdan voz kechib, sochini qizil va qora rangga bo‘yaydi. Umuman olganda Rianna tashqi ko‘rinishini bir necha marotaba o‘zgartirgan, lekin hamisha bir narsaga sodiq qoladi: diskografiyasini muntazam yangi qo‘shiqlar bilan boyitib boradi. “Good Girl Gone Bad” albomidagi Umbrella xiti 7 hafta davomida Billboard Hot 100, shuningdek 10 hafta mobaynida Britaniya xit-paradlarida yetakchi bo‘lgan. Keyinroq Rehab kompozitsayi taqdim qilinadi va uni yozishga xonanda Jastin Timberleyk yordam beradi. U Barbados Music Awards’da eng yaxshi xonanda deb e’tirof etiladi, 2008-yilda bo‘lsa, ilk bor Gremmi mukofotini qo‘lga kiritadi. 2011-yilda Talk That Talk’dagi We Found Love singli hot 100 reytingida 9-o‘rinni egallab yetakchi Madonnadanda ilgarilab ketadi. “Unapologetic” albomi, Urban Contemporary uslubidagi eng yaxshi albom nominatsiyasi bo‘yicha Gremmiga sazovor bo‘ladi. Diamonds qo‘shig‘i bilan yana bir bor Billboard Hot 100’da birinchilikni, Stay treyki uchinchi o‘rinni egallaydi, The Monster esa Billboard Pop Songs va Billboard Hot 100’da liderlik qiladi. Umumiy hisobda Riannaning 13 qo‘shig‘i Hot 100 reytingida birinchi bo‘lgan. Bunday natija avval faqat Maykl Jeksonda kuzatilgan edi. Riannaning shaxsiy hayoti boshqa mashhurlarniki kabi hamisha paparatsiya nishonida. U avvalroq, reper Puff Daddy bilan, keyinroq esa Kris Daddy, shuningdek saudiyalik milliarder Xassan Jamil bilan munosabatda bo‘lgan, 2018-yilda esa juftlik ajrashgan. Shu yili Rianna Britaniyaga ko‘chib kelgan va ayni damda o‘zini karyeraga bag‘ishlagan.
103
4,072
Madaniyat
Xonanda Anvar Sanayev qizini uzatdi, Avazbek Olimov esa o‘g‘lini uylantirdi
Xonanda Anvar Sanayev qizi Asalni turmushga uzatdi. “Bekajon” gazetasi xabariga ko‘ra, to‘y 4-aprel kuni bo‘lib o‘tgan. Bundan tashqari, gazeta xabariga ko‘ra, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Avazbek Olimov to‘ng‘ich o‘g‘li Javlon Olimovni uylantirdi.
75
259
Madaniyat
Floridadagi konsertidan so‘ng otib ketilgan xonanda Kristina Grimmi vafot etdi
Amerikalik qo‘shiqchi, The Voice shousi yulduzi Kristina Grimmi shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda, CNN telekanaliga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda. Ilgariroq Grimmi Orlandodagi (Florida, AQSh) konsertidan so‘ng noma’lum shaxs tomonidan otib ketilgani xabar qilingan edi. Grimmi va Before You Exit guruhi a’zolari konsertdan so‘ng muxlislarga dastxat berayotgan edi. Shu paytda noma’lum erkak qo‘shiqchiga qarata o‘q uzdi. Kristinaning akasi jinoyatchini ushlab qolishga harakat qildi, ammo u o‘zini ham otib o‘ldirdi. “U Orlandodagi shouda yaralandi va, afsuski, uning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmadi”, — ma’lum qildi xonandaning vakili.
78
664
Madaniyat
“Ular biz uchun buyuk bo‘lib qoladi” — Shavkat Mirziyoyev marhum ijodkorlarning yaqinlariga davlat mukofotlarini topshirdi (foto)
Ko‘ksaroy qarorgohida 30-avgust, dushanba kuni bo‘lib o‘tgan bir guruh turli soha vakillarini taqdirlash marosimida Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘zbek madaniyat va san’ati, adabiyotining marhum fidoyilari uchun berilgan mukofotlarning ayrimlarini ularning yaqinlariga topshirdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda. “Marhumlarni taqdirlash tajribamizda bo‘lmagan. Ularni ham mustaqilligimizning 30 yilligi arafasida eslaganimizni xalqimiz to‘g‘ri qabul qildi, deb o‘ylayman. Ma’rifat, o‘zligimizni anglash nuqtayi nazaridan bu to‘g‘ri qaror bo‘ldi va an’anaga aylanadi. Koronavirus ko‘plab yaqin ijodkor do‘stlarimizni oramizdan olib ketdi. Bir paytlar ularning ko‘piga nisbatan adolatsizliklar bo‘lganidan xabarim bor. O‘zbekistondagi barcha marhumlarni biz hech qachon unutmaymiz. Ular biz uchun buyuk insonlar bo‘lib qoladi. Farzandlari, nabiralari bizga ko‘makdosh bo‘ladi”, — dedi davlat rahbari. O‘zbek estradasi asoschisi Botir Zokirov uchun “El-yurt hurmati” ordeni ukasi, qo‘shiqchi Farrux Zokirovga topshirildi. Aktyor Mirza Azizov uchun “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni turmush o‘rtog‘i Tojibar Azizovaga topshirildi. Qiziqchi Obid Asomov uchun “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni qizi Nargiza Ergashevaga topshirildi. Yozuvchi O‘lmas Umarbekov uchun “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni turmush o‘rtog‘i Zuhra Umarbekovaga topshirildi. Shoira Halima Xudoyberdiyeva uchun “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni qizi Kamola Umurzoqovaga topshirildi. Qo‘shiqchi Ortiq Otajonov uchun “Mehnat shuhrati” ordeni o‘g‘li Ulug‘bek Otajonovga topshirildi. Qo‘shiqchi Tavakkal Qodirov uchun “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni o‘g‘li Muzrob Qodirovga topshirildi. Qo‘shiqchi Otajon Xudoyshukurov uchun “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni nabirasi Intizor Xudoyshukurovaga topshirildi.
129
1,811
Madaniyat
Instagram: Dori ishlab chiqarayotgan Luiza Rasulova, Botir Qodirovga muxlislari uyushtirgan syurpriz, Qur’on tilovat qilgan Sevinch
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. Akbarxo‘ja Rasulov sahifasiga yangi surat joyladi. Hulkar Abdullayeva bolaligini yodga oldi hamda momaqaymoq puflab, rasmga tushdi. Durdona Qurbonova yangi suratlarini folloverlari bilan bo‘lishdi. Fahriye Evjen ham muxlislariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi. Ortiq Sultonov ustozi, taniqli qiziqchi Hojiboy Tojiboyev bilan so‘nggi uchrashuvi haqida so‘zlab berdi. Lola qizi Aisha bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi. Luiza Rasulova shaxsiy brendi ostida soch va teriga foydali bo‘lgan tabletkalarni sotuvga chiqardi. Gulnora Karimovaning qizi Imona sahifasiga bobosi Islom Karimov bilan tushgan suratini joyladi. Suratga Islom Karimov imzosi tushirilgan hamda “Imona har doim baxtga olib boruvchi to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatgan” deya izoh berilgan. 6-may kuni xonanda Botir Qodirov tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. Uning muxlislari sevimli xonandasini tug‘ilgan kuni bilan tabriklash uchun Qodirovning uyiga tashrif buyurdi. Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘onadagi ziyoratgohda Qur’on tilovat qilayotgan Sevinch Mo‘minova aks etgan video tarqaldi. Xonandaning muxlislari ushbu videoga ijobiy izohlarni yozib qoldirmoqda. Zarina Nizomiddinova yuzidagi chandiq (shram) qanday paydo bo‘lgani haqida so‘zlab berdi.
131
1,356
Madaniyat
Og‘abek Sobirov: Bugungi shou-biznes tirikchilik manbaiga aylanib qoldi
Xonanda Og‘abek Sobirovning fikricha, bugungi shou-biznesda muxlislarni chalg‘itib yurganlar talaygina. Bu haqda u “Bekajon” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi. “Nazarimda, bugungi shou-biznes tirikchilik manbaiga aylanib qoldi. Bu fikrni avval ham aytganman”, — dedi xonanda. Og‘abek Sobirovning so‘zlariga ko‘ra, “sal ishi yurishmay, tavakkal bilan” shou-biznesga kirib qolganlar ham bor, “astoydil ko‘ngilga tugib, san’atkor bo‘laman, deganlar ham bor”. “Afsuski, bugungi shou-biznesda san’at va muxlislarni chalg‘itib yurganlar, ayniqsa, yoshlar talaygina”, — deya qo‘shimcha qildi xonanda Og‘abek Sobirov.
71
619
Madaniyat
Anjelina Joli falajga chalingani haqidagi xabarlardan keyin birinchi marta omma oldiga chiqdi
Amerikalik aktrisa Anjelina Joli og‘ir kasalligi haqida xabarlar tarqalayotgan bir paytda uzoq vaqtdan buyon birinchi marta omma oldida namoyon bo‘ldi, deb yozadi “Gazeta.ru”. Joli olti farzandining uch nafari bilan do‘konlarni aylanishga chiqqan. Ta’kidlanishicha, aktrisa shopping chog‘ida ko‘p kulgan, so‘ng u bolalar bilan savdo markazini yo‘ltanlamasda tark etgan. Avvalroq Jolining sog‘lig‘i yomonlashgani haqida xabarlar tarqalgan edi. U 42 kilogrammgacha ozib ketgan, shuningdek, unda yuz mushaklariga ta’sir qiluvchi Bell falaji aniqlangan. Aktrisa, hatto vasiyatnoma yozgani aytilmoqda.
93
597
Madaniyat
Xonanda Lola hamkasbi Shahzoda bilan gaplashmasligini ma’lum qildi
Xonanda Lola hamkasbi, xonanda Shahzoda bilan dushman emas, lekin gaplashmaydi. Bu haqda u “Bekajon” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi. “Biz bir-birimizga dushman emasmiz, bir-birimizga qarshi ham emasmiz. Biz gaplashmaymiz, yaqin munosabatda emasmiz, xolos. Har birimiz alohida yashab, ijod qilamiz”, — dedi Lola. “Men uchun bu mavzu eskirgan. Shunday ekan, men hammaga, shu jumladan, unga ham muvaffaqiyat tilayman. G‘arazim, e’tirozim yo‘q”, — dedi xonanda. Avvalroq Lolaning Instagram’dagi sahifasida uning qizi Shahina va Shahzodaning kenja o‘g‘li Xolid ishtirokidagi surat paydo bo‘lgandi. Surat ostida xonanda: “Shahina tog‘asi Xolid bilan”, — deb izoh qoldirgandi. Skrinshot: Instagram / @lolaofficial_
66
722
Madaniyat
“Bravo” jamoasi a’zosi behayo hazillar qilgani uchun keragidan ortiq jazolanganini ma’lum qildi (video)
“Bravo” jamoasi a’zosi Otabek Mirzaxolov “Daryo” internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi. “Bravo” jamoasi a’zosi Otabek Mirzaxolov birinchi konsert dasturidan avval “Bravo” jamoasi, hazillarida beldan pastga tushmaslikka harakat qiladigan jamoa bo‘lishi” haqida gapirgan edi. Suhbat davomida nega intervyuda aytib o‘tgan gapida tura olmagani sabablarini quyidagicha izohladi. Bir narsani aytib o‘tishim kerakki, beayb Parvardigor, hammada ham xato va kamchiliklar bo‘ladi. Haqiqatan ham shunday konsert qo‘yishni niyat qilgan edik. Lekin, xato qildik, ayb qildik va bu aybimiz uchun ‘O‘zbekkonsert’ tomonidan keragidan ortiq darajada jazolandik. Litsenziyamiz ancha vaqtgacha bo‘lmadi, litsenziyasiz yurdik. Endi mana litsenziyamiz qaytarib berilganidan keyin 8 kun 10 ta seansda konsert dasturini muxlislarga havola etyapmiz. Bugun mana oxirgi kun. Lekin, bir narsaki, hech qanaqa bu gapni gapirganim, ko‘zbo‘yamachilik, kimnidir aldash yoki kimgadir yaxshi ko‘rinish maqsadida emas. Haqiqatan maqsadimiz shunaqa konsert qo‘yish bo‘lgan. Lekin, unaqa hazil qo‘ysak, odamlar kulmasa-chi, degan qo‘rqish bo‘lgan. Biz ajralib chiqqanimizdan keyin, birinchi konsertimiz bo‘lgani uchun qo‘rqish bo‘lgan. Konsert masalasida, bu sohada ishlaydiganlar juda yaxshi biladi. Bunaqa hazillar bilan xalqni kuldirish, 18+ hazil bilan kuldirishdan osonroq. Bu narsani bemalol aytishimiz mumkin, Xudo xohlasa bu yil bo‘lmasa keyingi yil, keyingi yil bo‘lmasa, undan keyingi yil bosqichma-bosqich baribir bu maqsadimizga yetamiz. Ruslar ham ‘Moskva bir kunda qurilmagan’, deyishadiku, hamma ham onadan tug‘ilishi bilan birinchi sinfga bormaydi-ku. Hammasi bosqichma-bosqich yaxshi bo‘lib boraveradi. Bir narsani bemalol ayta olaman o‘tgan yilgi konsert dasturiga nisbatan o‘zgarish katta. Otabek Mirzaxolov, “Bravo” jamoasi a’zosi Eslatib o‘tamiz, “Bravo” jamoasi “O‘zbekkonsert” bilan tuzgan litsenziya talablari va shartlari qo‘pol ravishda buzgani, ya’ni o‘tkazilgan konsert dasturlarida muassasaga topshirilgan ssenariydan chetga chiqib, milliy urf-odatlar, odob-axloq, ma’naviy qadriyatlarga yot bo‘lgan, fahshni targ‘ib qiluvchi hajviyalar orqali o‘zbek so‘z san’ati obro‘siga putur yetkazgani uchun litsenziyasiz qolgan edi.
103
2,274
Madaniyat
Toshkentda “Arman va o‘zbek” deb nomlangan yumor-shou bo‘lib o‘tadi
“Turkiston” san’at saroyida 24—25-oktybr kunlari “Arman va o‘zbek” deb nomlangan yumor-shou bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Turon 24” xabar berdi. “Fortuna media grupp” MChJ ma’lumotiga ko‘ra, yumor-shou tomoshasida “Qiyshiq ko‘zgu” (“Krivoye zerkalo”) ko‘rsatuvi ishtirokchilari – Obid Asomov, Karen Avanesyan, shuningdek, parodiyalar ustasi Luiza Oripova tomoshabinlarga kulgi ulashadi. Tomosha oldidan jurnalistlar bilan “O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida kulgi va yumor janrining rivojlanishi” mavzusida matbuot anjumani ham o‘tkaziladi.
67
534
Madaniyat
Priyanka Chopra 40 yoshda: Bollivud yulduzi haqida 15 ta qiziqarli fakt (foto)
Betakror sharqona go‘zallikka ega bo‘lgan Bollivud va Gollivud yulduzining 2022-yil 18-iyul kuni 40 yoshga to‘lishi munosabati bilan “Lisa.ru” nashri uning ijod yo‘li, hayotdagi qiyinchiliklar va yo‘qotishlar, shuningdek, muhabbati haqida so‘z yuritdi. “Ko‘chmanchi oila” Priyanka Hindistonning Jamshedpur shahrida shifokorlar — Ashok va Madxu oilasida tug‘ilgan. Aktrisaning ota-onasi harbiy sohada xizmat qilgan, shuning uchun ular tez-tez shahardan shaharga ko‘chib o‘tgan. Shifoxonadagi faoliyat Priyankaning o‘zi ham ota-onasi bilan birga ishlagan: u shifokorlarning turli xil topshiriqlarni bajargan va qarindoshlari ishlaydigan kasalxonada bemorlarga yordam bergan. Amerikadagi hayot Chopra katta bo‘lgach, otasi-onasi uni yaxshi ta’lim olishi uchun Amerikadagi qarindoshlarinikiga o‘qish uchun yuborgan. Maktabdagi ta’qib Biroq Amerika maktabida o‘qish unchalik oson emasdi, chunki uning sinfdoshlari Priyankaning tashqi ko‘rinishini masxara qilgan va u bilan tez-tez janjallashgan. Bo‘lajak aktrisa yaxshi o‘qidi, chunki tirishqoq talaba edi, lekin unga doim hammaga o‘xshamasligini eslatib turishardi. Maktabni tugatgach, Priyanka Hindistonga ota-onasinikiga qaytdi. Garchi dastlab u Amerikada o‘qishni davom ettirishni rejalashtirgan bo‘lsa ham. “Men hammani yuragimga yaqin olganman. Oxir-oqibat uni yopdim. Uzoq yurdim va shuni o‘yladim: Menga qaramang. Men ko‘rinmas odam bo‘lishni xohlayman. Shu sababli, o‘z-o‘zimni baholash darajasi juda ham tushib ketdi”, — deydi aktrisa. Ota-onadan yordam Ashok va Madxu har doim qizini eng faol va go‘zal qiz deb bilgan. U 18 yoshga to‘lganda suratini yashirincha 2000-yilda bo‘lib “Hindiston go‘zali” tanloviga topshirdi. Chopra esa ishtirok etish taklifini olganida juda hayratda qolgan. Dunyo go‘zali Qiz nafaqat o‘z vatanidagi tanlovda g‘olib chiqishga, balki “Dunyo go‘zali”da birinchi bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi. Aytgancha, ayni paytda uning hamyurti Lara Datta “Koinot go‘zali” tanlovida tojni qo‘lga kiritdi. Muvaffaqiyat Nufuzli tanlovda g‘olib bo‘lgach, Chopra ham yurtida, ham xorijda mashhur bo‘ldi. U faoliyatini modellikdan boshladi, yirik reklama agentliklari u bilan hamkorlik qildi va uning suratlari jurnallar sahifalarini bezatdi. Bollivud Oradan ikki yil o‘tgach, Priyanka filmlarda rol o‘ynay boshladi. U darhol Bollivuddagi eng yaxshi va iste’dodli aktrisalardan biri sifatida e’tirof etildi. Shuningdek, nufuzli mukofotlarga sazovor bo‘ldi va eng yaxshi rejissorlar bilan ishladi, uni oldinda hali butun dunyo tan olishi kutilmoqda. Gollivuddagi faoliyat 2015-yilda aktrisaga “Quantiko” teleserialida FQB agenti sifatida rol o‘ynash taklif qilindi, bu uning ijodida muhim loyihaga aylandi. Aytgancha, Chopra Gollivud loyihasida bosh rollardan birini ijro etgan Janubiy Osiyoning birinchi vakili bo‘ldi. Xonanda Priyanka nafaqat filmlarda rol o‘ynaydi, balki musiqiy karyerasini ham qurgan. Uning taronalari bir necha bor Amerika chartlarida yuqori pog‘onalarni egallagan. Tinglovchilar qo‘shiqchining ayniqsa, Pitbull bilan birga kuylagan “Exotic” kompozitsiyasini yuqori baholadi. Aktrisaning raqiblari Hindistonda aktrisaning ko‘plab hamkasblar, shu jumladan turmush qurganlar bilan ishqiy munosabatlari haqida yozishgan. Bu narsa shu darajaga yetdiki, ko‘plab ayollar taniqli erlariga ajrashish bilan tahdid qilib, loyihalarda Priyanka bilan rol ijro etishni taqiqlashdi. Shundan keyin ham Priyanka “Don-2” filmida suratga tushgan Shohrux Xon bilan iliq munosabatda bo‘lgan. Aktyor, garchi rafiqasi Chopra bilan muloqot qilishni taqiqlaganiga qaramay, unga hurmat ko‘rsatgan. Ikki karra to‘y Odamlar nima demasin, aktrisa o‘z baxtini Amerikadan topdi: 2018-yilda u aktrisadan 11 yosh kichik bo‘lgan Nik Jonas bilan uchrashishni boshladi. Va o‘sha yilning oxirida juftlik bir oilaga aylandi. Qizig‘i shundaki, ular to‘yini ikki marta nishonladi: biri Priyankaning vatanida barcha hind urf-odatlariga ko‘ra bo‘lib o‘tdi, ikkinchisi — Amerikada nasroniylar an’anasiga muvofiq. Nikoh uzuk bahosi Nik sevgilisi Priyanka uchun Tiffany & Co kompaniyasidan nikoh uzugini sotib olishga qaror qildi. Xonanda bo‘lajak rafiqasiga sovg‘a sotib olishga kelganida, butik maxsus xizmatlar uchun yopilgan edi. Aytgancha, uzuk unga 200 ming dollarga tushgan. Uzoq kutilgan farzand 2022-yil yanvar oyida Priyanka va Nikning qizi tug‘ildi. U surrogat ona yordami bilan dunyoga kelgan. Otasining sharafiga tatuirovka Chopra otasini juda yaxshi ko‘rardi, uni hayotidagi eng kerakli odam deb bilardi. Afsuski, Ashok bir necha yil oldin vafot etdi. Aktrisa uni xotirlab, bilagiga bir paytlar dadasi yozgan “Daddy’s little girl” so‘zlarini yozdirdi.
78
4,619
Madaniyat
Video: “Uddalab bo‘lmas topshiriq” filmi syomkasida ehtiyot choralarisiz aeroplanda parvoz qilayotgan Tom Kruz
Internetda mahoratli aktyor Tom Kruz aeroplan ustida himoyasiz parvoz qilayotgani aks etgan video paydo bo‘ldi. Aktyor “Uddalab bo‘lmas topshiriq” franshizasining tomoshabinlariga “Aniq hisob. 1-qism” nomli yettinchi filmning tizerini namoyish etishdan oldin murojaat qildi, deb yozadi “Film.ru” Video birinchi marta 2022-yilning aprel oyida CinemaCon anjumanida namoyish etilgan. Tasvir yakunida Kruz an’anaviy tarzda o‘zining kaskadyorlik ishini bajarib, “bochka” manyovrini amalga oshirdi (parvoz yo‘nalishini saqlab qolgan holda uzunasiga o‘q atrofida 360 graduslik burilish). Suratga olish Janubiy Afrikada bo‘lib o‘tdi va yoz mavsumida yakunlandi. Namoyish etilish sanasi 2023-yil iyuliga rejalashtirilgan. Hozir sakkizinchi “Topshiriq”ni tayyorlash ishlari olib borilmoqda. Kruz (“Top Gan: Meverik”) ishtirokidagi yana bir blokbaster 2022-yil may oyida namoyish etildi va 1,4 milliard dollar daromad to‘pladi.  Tom Kruz qanday qilib dunyodagi eng ko‘p haq to‘lanadigan aktyorga aylandi?
110
995
Madaniyat
Pitbull koronavirus ustidan g‘alaba haqida qo‘shiq kuyladi (video)
Amerikalik reper va qo‘shiqlar muallifi Pitbull (Armando Kristian Peeres Akoosta) I believe that we will win (Ishonaman, biz g‘alaba qozonamiz) qo‘shig‘ini taqdim etdi. Qo‘shiqda insoniyatning koronavirus ustidan g‘alabasi haqida kuylanadi, deb yozadi “RIA Novosti”. “Istalgan turdagi virusdan tez tarqaladigan narsa nima ekanligini bilasizmi? Qo‘rquv. Gap u haqda ketganida siz hamma narsa haqida unutib qochishingiz yoki o‘rningizdan turib kurashishingiz mumkin. Sizga men nimaga ishonishim haqida aytishimga izn bering: biz hammasini yengib o‘tamiz va oyoqqa turamiz. G‘alaba qozonamiz”, — deb kuylaydi Pitbull. Tarona sport musobaqalaridagi fanatlarning qiyqirig‘i ruhida kuylangan. “Biz bu pandemiyani yengamiz”, “Birgalikda yengishimizga ishonchimiz komil”, “Hozir aynan shunday musiqa bizga kerak”, deya izohlagan YouTube foydalanuvchilari. Qayd etilishicha, ushbu qo‘shiqdan tushgan mablag‘ Feeding America (AQShning och aholisiga ovqat yetkazib berish) va Tony Robbins Foundation (keksa insonlar, bolalar, mahkumlar hayotini yaxshilash) xayriya jamg‘armalariga yo‘naltiriladi.
66
1,086
Madaniyat
“Qulupnaylar chiqqanida” Tailanddan qaytmoqchi bo‘layotgan Obid Asomov “Ummon”ning qo‘shiqlarini askiya qildi
Farzandlari bilan birga Tailandda hordiq chiqarayotgan taniqli so‘z ustasi Obid Asomov Instagram’dagi sahifasi orqali “Ummon” guruhining mashhur qo‘shiqlaridan birini askiya qildi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist okeanda cho‘milayotgani aks etgan suratga izohida “Ummon” guruhini eslab o‘tgan. “Ummon baribir ummonde!”. Suvga tushsam, shu qo‘shiq tilimga kelaveradi. Rostdan ham, “Ummon” guruhi shu yerga kelib ijod qilsa bo‘larkan. Ashulalarini nuqul tanqid qilishadi. Okean suvi sho‘r — bahonada qo‘shiqlariga ham maza kirarmidi. Obid Asomov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist “Qalampir.uz”ning yozishicha, Obid Asomovning bu so‘zlariga “Ummon”ning ba’zi muxlislari e’tiroz bildirgan va guruh yigitlari ijro etgan aksariyat qo‘shiqlar dilga yaqin ekanini aytgan. Tailand safaridan deyarli har kuni Instagram’dagi sahifasi orqali fotoxabar va hangomalar berib turgan Obid Asomovga: “O‘zbekistonga qachon qaytasiz”, qabilida savol berganlarga, so‘z ustasi: “Xudo xohlasa, kunlar isib, qulupnay chiqqanda qaytishni mo‘ljal qilyapmiz”, — deb javob qaytargan. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
109
1,242
Madaniyat
Turk aktyori Burak O‘zchivit o‘zbekistonlik muxlisalari bilan muloqot qilib, 380 ming dollar ishlab oldi
Turkiyalik mashhur aktyor va model Burak O‘zchivit O‘zbekistonga kelganligi haqida xabar bergan edik. Sputnik yozishicha, aktyor Toshkentga aynan muxlisalari bilan ziyofatda ishtirok etish uchun kelgan. Ular orasida O‘zbekistondagi nufuzli shaxslarning rafiqalari, biznes-ledilar, model biznesi vakilalari ham bo‘lgan. Xabarlarga ko‘ra, o‘z iste’dodini qadrlovchi ayollar bilan 2,5 soatlik muloqoti evaziga u 2 million turk lirasi (qariyb 380 ming dollar) pul ishlab olgan. Aktyor O‘zbekiston unga juda yoqqanini, u yerda ko‘plab xushmuomala va mehmondo‘st kishilarni uchratgani, shu sababli albatta u yerga qaytib borishini aytgan.
104
633
Madaniyat
Kevin Speysi irqchilikda ayblandi
VIP Protective Services qo‘riqlash firmasi rahbari Erl Blyu aktyor Kevin Speysini irqchilikda aybladi. Bu haqda TJournal xabar berdi. Blyuning aytishicha, Kevin Speysi qora tanli qo‘riqchilar guruhi shouning treylerini tomosha qilayotgan vaqtda, aktyor o‘zining xavfsizlik bo‘yicha shaxsiy menejeriga “Bu negrlar mening treylerimni tomosha qilishini xohlamayman”, degan. Blyu sahnalashtiruvchi menejerlarga o‘zining Speysi borasidagi xavotirini aytganda, ular “U shunday; u baxtli bo‘lib qolishi kerak”, deb javob bergan. Hodisalar 2012-yilda yuz bergan, biroq Blyu bu haqda endigina ma’lum qildi. Yaqinda Speysiga nisbatan ilgari surilgan jinsiy tegajog‘lik bilan bog‘liq ayblovlar Blyuni mazkur hodisalar haqida gapirishga undagan. Prodyuserlar firmaning ishidan mamnun bo‘lgan, 1,1 million dollarga tuzilgan shartnoma esa yangilanmagan. Blyu buni Speysining irqchilik pozitsiyasi bilan bog‘lagan va u aktyorni sudga bermoqchi.
33
930
Madaniyat
Alisher Navoiy haqida 7 ta qiziqarli fakt
Alisher Navoiy o‘z zamonasining buyuk shaxsi, bugungi kunning esa beqiyos siymosi sanaladi. Kaktakto buyuk alloma haqidagi qiziq faktlarni taqdim etdi. Navoiy ikki taxallus ostida ijod qilgan. U Navoiy taxallusi ostida turkiy tilda ijod qilgan bo‘lsa, forsiy tildagi ijodi Foniy taxallusi bilan tanilgan. Alisher Navoiy ijodkor ziyolilar oilasida tug‘ilgan. Uning bobosi Abu Said shoir bo‘lgan. Ikkinchi bobosi Muhammad Ali esa musiqachi va xattot sifatida tanilgan. Alisher Navoiy turkiy tilni forsiy tili bilan birga ijodga olib kirgan. Unga qadar hech kim turkiy tilda ijod qilmagan. Buyuk Sulaymon Navoiy ijodini yuqori baholagan va o‘z kutubxonasida uning qo‘lyozmalarini va asarlarini saqlagan. 2009-yilda Merkuriydagi krater Alisher Navoiy sharafiga nomlangan. Dunyoda Alisher Navoiyga qo‘yilgan bir nechta yodgorlik mavjud: Moskva, Navoiy, O‘sh, Toshkent, Samarqand, Boku, Tokio, Shanxay. Vashingtonda ham Navoiyga yodgorlik o‘rnatish rejalashtirilgan. Alisher Navoiy Naqshbandiyning so‘fiylik tariqatida bo‘lgan. Uning so‘fiylik falsafiy-estetik qarashlari “Lison ut-Tayr” asarida aks etgan.
41
1,101
Madaniyat
“Tom va Jerri” haqida to‘liq metrajli film olindi
“Tom va Jerri” to‘liq metrajli kartinasi mushuk Tom va sichqoncha Jerri o‘rtasidagi raqobat haqidagi qisqa metrajli animatsion filmga asoslangan, deb yozadi “KinoPoisk”. Yangi filmda qahramonlar obro‘li mehmonxonalarning birida uchrashadi. Mehmonxona xodimasi rolini ijro etgan aktrisa Xloya Greys Mores Tomni shohona to‘yni buzish xavfini tug‘dirayotgan Jerrini tutish uchun yollaydi. Film rejissori Tim Storining so‘zlariga ko‘ra, “Tom va Jerri” kartinasi 2021-yilda kinoteatrlarda namoyish etilishi rejalashtirilgan.
49
520
Madaniyat
Jasur Umirov ishi jinsiy jinoyatga oidligi sabab sud yopiq tarzda o‘tkaziladi
Xonanda Jasur Umirov voyaga yetmagan Sh.M.ning nomusiga teggani yuzasidan 2020-yilning 9-oktabr kuni Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olingan edi. Samarqand viloyati prokuraturasining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, jinoyat ishi tergovi yakunlanib, 5-yanvar kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati sudiga yuborilgan. Oliy sudning qayd etishicha, ushbu sud yopiq tarzda o‘tkaziladi. Ta’kidlanishicha, Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegish) 3-qismi “a” bandi bilan ayblangan Jasur Umirovga oid jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati sudiga kelib tushgan. Shu bilan birga, ushbu jinoyat ishi doirasida A.Z. va Sh.Q. ham Jinoyat kodeksining 238-moddasi (yolg‘on guvohlik berish) 1-qismi va 241-moddasi (jinoyat haqida xabar bermaslik yoki uni yashirish) 2-qismi bilan ayblanib sudga berilgan. Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha ayblanuvchi Jasur Umirovga “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi, ayblanuvchilar A.Z. va Sh.Q.ga “garov” ehtiyot choralari qo‘llanilgan. Jinoyat ishi 2021-yil 6-yanvar kuni Jinoyat-protsessual kodeksining 391-moddasi (jinoyat ishining hududiy jihatdan sudlovga tegishliligi) tartibida, ya’ni jinoyat sodir etilgan hududdagi jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahar sudiga mazmunan ko‘rib chiqish uchun yuborilgan. Ushbu jinoyat ishi Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi 1-qismi (jinsiy jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar ko‘rilayotgan sud) talablariga muvofiq yopiq tarzda ko‘rib chiqiladi. Ishni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha alohida bayonot berilishi ma’lum qilingan. Avvalroq bu ish bo‘yicha xonanda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida litseyning birinchi kursini endigina tamomlagan, voyaga yetmagan qizning nomusiga teggani, IIB esa xonandaga nisbatan jinoiy ish ochishni rad etgani, Bosh prokuratura qaror qonuniyligini tekshirishi ma’lum qilingandi. Shundan so‘ng Bosh prokuratura mazkur holat bo‘yicha qo‘shimcha tekshiruv tayinlangani haqida xabar bergandi.
77
2,006
Madaniyat
Navoiyda attraksiondan yiqilib jarohat olgan aktyor Bahrom Yoqubovga qariyb 100 mln so‘m moddiy zarar undirib berildi
2017-yil 16-sentabr kuni taxminan soat 20:50 larda Navoiy shahridagi Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istrohat bog‘ida aktyor Bahrom Yoqubov “Panda” nomli attraksiondan yiqilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. U yiqilish asnosida sozlama uskunalarining tarkibiy qismi bo‘lmagan narvonga borib urilgan. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda. Baxtsiz hodisa oqibatida Bahrom Yoqubovning qo‘li va oyog‘i singan, o‘ng yuzi faqatgina plastik jarrohlik yordamida tiklanishi mumkinligi aytilgan edi. Shuningdek, burni va jag‘iga yetgan shikast ko‘z kosasi sinishi hamda bir ko‘zidan ayrilishi bilan yakun topgan. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Karmana tumanlararo sudining 2018-yildagi ijro varaqasiga binoan undiruvchi B.Yoqubov foydasiga Alisher Navoiy nomli markaziy madaniyat va istirohat bog‘idan 28 million 495 ming so‘m moddiy zarar, shu sudning 15.01.2019-yildagi ijro varaqasiga ko‘ra, 70 million so‘m miqdoridagi ma’naviy zarar undirilishi belgilangan edi. Mazkur ijro varaqalar O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuniga ko‘ra, bitta qarzdorga nisbatan qo‘zg‘atilgan mulkiy tusga ega bo‘lgan bir nechta ijro hujjati, shuningdek, solidar javobgar bo‘lgan bir nechta qarzdorga nisbatan bir undiruvchi foydasiga undiruv bo‘yicha qo‘zg‘atilgan ijro ishlari bitta ijro ishi yurituviga birlashtirilib, Majburiy ijro byurosi Navoiy shahar bo‘limi davlat ijrochisi M.Muxtorov tomonidan muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Natijada istirohat bog‘ida sog‘lig‘iga ziyon yetishi natijasida moddiy-ma’naviy zarar ko‘rgan B.Yoqubovga davlat ijrochisining sa’y-harakatlari natijasida 98 495 879 so‘m miqdorida zarar undirib berildi.
117
1,675
Madaniyat
Klassikaga aylangan filmlardagi bosh rollarni qo‘ldan chiqargan Gollivud aktyorlari (foto)
“Tiffanydagi nonushta”, “Titanik”, “Karib dengizi qaroqchilari” va boshqa filmlarning muvaffaqiyati undagi bosh qahramon rolini ijro qilgan aktyor va aktrisalar karyerasiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Lekin ushbu ijodkorlar o‘rnida tamoman boshqa yulduzlar bo‘lishi ham mumkin edi. Mettyu Makkonaxi (Jek, “Titanik”) Aktyor kinosanoat tarixidagi eng muvaffaqiyatli filmlardan biri bo‘lgan “Titanik”da suratga tushishdan bosh tortgan. Rejissor Jeyms Kemeronning aytishicha, Jek roli taklif qilinganida Mettyu ushbu qahramon qiziqarli emas, degan fikrni bildirgan. Gvinet Peltrou esa Rouz qahramonini gavdalantirishni istamagan. Leonardo Di Kaprio (Patrik Beytman, “Amerikalik psixopat”) Leo “Amerikalik psixopat” filmida telba qotil rolini ijrosi uchun Kristian Beylga raqib bo‘lgan. Ularning har ikkisi ham ushbu rolni qo‘lga kiritishga qanchalik urinishiga qaramay, ijro Beylga nasib qilgan. Kristian bu haqida gap ketganida telba va aqldan ozganlar rolini gavdalantirish Leoning tashqi ko‘rinishiga to‘g‘ri kelmasligi, o‘zining qiyofasi esa bunday qahramonlar uchun ayni muddao ekanini ta’kidlagan. Jim Kerri (Jek Chittak, “Karib dengizi qaroqchilari”) Jonni Deppning arsenalida “Karib dengizi qaroqchilari” filmigacha ham muvaffaqiyatli ijrolar yetarli ekaniga qaramay, Jek Chittak ijrosi unga haqiqiy yulduzlik olib kelgan. Ammo Jim Kerri boshqa loyiha sabab voz kechmaganida muxlislar Jek obrazida Jonnini ko‘rmagan bo‘lardi. Bryus Uillis (Sem, “Ruh”) Ta’sirli sevgi hikoyasini o‘zida mujassam qilgan mazkur filmni Demi Mur va Patrik Sueyzisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ammo Sem roli Patrikka to‘satdan nasib qilgan. Gap shundaki, Bryus Uillisga suratga tushish taklif qilinganda u filmni muvaffaqiyatsiz bo‘ladi deb hisoblagan va rad etgan. Rejissorning boshi qotgan bir vaqtda film ssenariy muallifi Joel Rubin Patrikning intervyusini ko‘rib, qiziqib qolgan. Rejissor Sueyzini loyihada ishtirok etishini istamagan, ammo sinovdan keyin fikridan qaytgan. Tim Rot (Severus Sneyp, “Garri Potter va Hikmatlar toshi”) Professor roli uchun kelib chiqishi britaniyalik bo‘lgan Tim Rotdan yaxshiroq variant bo‘lmagan. Ammo aktyor “Maymunlar sayyorasi”da suratga tushishni afzal bilib “Garri Potter”da suratga tushishni rad etgan. Emili Uotson (“Ameli, Ameli”) Ushbu filmni Odri Totusiz tasavvur qilib bo‘lmasligiga qaramay, hammasi boshqacha bo‘lishi ham mumkin edi. Rejissor Jan-Pyer Jene aslida Emili Uotsonni asosiy qahramon sifatida ko‘rgan. Ammo aktrisa fransuz tilini bilmagani va boshqa loyihaga rozilik bergani rejalarni o‘zgartirib yuborgan. Tasodifan nasib qilgan rol esa Totu uchun omadli bo‘lgan. Jeyk Jillenxol (Frodo, “Uzuklar hukmdori”) “Uzuklar hukmdori” filmida Elayja Vud ijro qilgan qahramonni aslida Jeyk gavdalantirishi kerak bo‘lgan. Hayajoni sabab sinov vaqtida o‘zini yetarlicha ko‘rsata olmagani sabab rejissor rol ijrochisini o‘zgartirishga qaror qilgan va Jeykni eng yomon aktyor deb atagan. Jillenxolning roldan ayrilgani uning karyerasidagi muvaffaqiyatlarga ta’sir qilmagan. “Oskar” mukofotiga nomzod bo‘lgan aktyor eng talabgir kinosanoat vakili hisoblanadi. Merilin Monro (Xolli Golaytli, “Tiffanydagi nonushta”) Bleyk Edvardning jahon kinematografi klassikasi hisoblangan mazkur filmini Odrisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ammo Xolli Golaytli rolini Gollivudning boshqa bir yulduzi Merilin Monro ijro qilishi mumkin edi.
90
3,358
Madaniyat
Aktrisa Kerri Fisherning xoki ulkan dori kapsulasida dafn etildi
Aktrisa Kerri Fisher so‘nggi manzilga “Prozak” antidepressantining ulkan tabletkasida yo‘l oldi, deb yozadi TJournal. Aktrisaning ukasi Todd Fisherning ta’kidlashicha, bu suvenir Kerrining uydagi sevimli buyumi bo‘lgan va aktrisa so‘nggi manzilga shu tarzda ketishni istagan bo‘lardi. Fisher 2016-yilning 27-dekabr kuni Los-Anjelesda yurak xurujidan keyin vafot etdi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
64
542
Madaniyat
Saida Rametova o‘zbek aktyorlariga ishonmay pushaymon bo‘lgani va tarixiy serialdagi roli haqida gapirib berdi (video)
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Saida Rametova “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad hamda jurnalist, teleboshlovchi Shohira Hamro tashkillashtirdi. Aktrisa Saida Rametova suhbat davomida Jaloliddin Manguberdi tarixiy serialida ijro etayotgan roli hamda o‘zbek aktyorlariga shubha qilib, pushaymon bo‘lgani haqida gapirib berdi. Turk seriallarini qoldirmasdan ko‘rganim uchun doimo ‘shu seriallarda suratga tushsam’, deb orzu qilardim. Jumadulla aka ‘ey, xom xayolsiz-da, nimalarni o‘ylab, nimalarni orzu qilasiz’, deb qo‘yardilar. Jaloliddin Manguberdi tarixiy seriali uchun yurtimizda kasting ishlari bo‘lib o‘tdi. Juda ham ko‘p aktrisalar kastingda ishtirok etishdi. Menimcha, hamma aktrisalar ham kastingni yaxshi topshirishdi, ammo mening ichimda shu serialda rol ijro qilish xohishi juda baland bo‘lgani uchunmi, xullas, Alloh menga yo‘l berdi. Boshida ‘turklarning aktyorlari kuchli, qanday bo‘lar ekan?’, deb qo‘rqdim. Ammo jarayon boshlangach, aktyorlarimizga qoyil qoldim, rollarini me’yoriga yetkazib ijro qilishmoqda. Bizning aktyorlar ssenariyni ham hattoki turk tilida yodlab, ijro qilishmoqda. Turk aktyorlari, rejissorlari ham aktyorlarimizga qoyil qolishdi. Men Jaloliddin Manguberdi serialida Oygul rolini ijro etdim. Oygul Turkon xotunning o‘ng qo‘li hisoblanib, butun saroyni boshqaradi. Turkon xotunni turk aktrisasi ijro etmoqda, juda kuchli aktrisa ekan, rolini mahorat bilan ijro etmoqda. Menimcha, barcha rollar to‘g‘ri taqsimlangan. O‘zimni rolim juda yoqdi. Hozir yarmidan ko‘pi syomka bo‘ldi, biroq qaytishga majbur bo‘ldim. Har bir aktyor uch oylab rolga tayyorgarlik ko‘rdi. Jaloliddin Manguberdining avlod-u ajdodini o‘rgandi. Hech kim rolga ko‘r-ko‘rona yondoshmas ekan. Otni ustida mashqlar qilib, qilichbozlik bilan shug‘ullandik. Ra’no Shodiyeva, Rayhon Ulasenova, Feruza Normatova, Yulduz Rajabova aktrisalarimizga, aktyor yigitlarimizga qoyil qolish kerak. Chunki ularning barchasi otda chavondozdek chopishni, qilichbozlikni o‘rganishdi. O‘zimizning aktyor-aktrisalar ‘eplay olmasa kerak’, deb o‘ylaganimga pushaymon qildim. Saida Rametova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist
118
2,187
Madaniyat
Bir yilda 28 million dollar ishlab topgan rossiyalik 7 yoshli Nastya Razdinskaya dunyodagi eng ko‘p to‘lanadigan YouTube blogerlar o‘ntaligiga kirdi
Forbes jurnali rossiyalik yetti yoshli Nastya Radzinskayani dunyodagi eng ko‘p maosh oluvchi YouTube blogerlari o‘nligiga kiritdi, deb yozadi Esquire. Like Nastya YouTube kanali tufayli qiz 2021-yilda 28 million dollar ishlab topdi. Radzinskaya Forbes reytingida oltinchi o‘rinni egalladi. U 2021-yili 18,5 million dollar daromad bilan yettinchi o‘rinni egallagan edi. Like Nastya kanali hozirda 85,7 million obunachiga ega. Qizning ota-onasi Yuriy va Anna Radzinskiylar Forbes nashriga qizining o‘sishi uchun blog ochganliklarini ma’lum qilgan. Ota-onasining so‘zlariga ko‘ra, Nastya dunyoga kelganida shifokorlar unga miya falajining og‘ir shakli tashxisini qo‘ygan. “Bizga Nastya yurmaydi va gapirmaydi, deb aytishdi”, — deb eslaydi Anna. Ota-ona bor vaqtini qiziga bag‘ishlay boshladi va ikki yoshga kelib qiz me’yorida rivojlanayotgani ma’lum bo‘ldi. Nastyaning onasi qizini suratga olishga qaror qildi va natijani yaxshilash uchun aktyorlik mahorati bilan ishladi. “Yoki davolanish va bizning sevgimiz yordam berdi yoki shifokorlar tashxisda xato qildi”, — deya qo‘shimcha qildi Radzinskaya. Jimmi Donaldson (MrBeast) Forbes reytingida 54 million dollar bilan birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rinni 45 million dollar bilan Jeyk Pol, uchinchi o‘rindan 38 million dollar bilan Mark Fishbax (Markiplier) joy oldi. Ro‘yxatdagi yana bir bola, oldingi ikki yil davomida birinchi o‘rinni egallagan texaslik 10 yoshli Rayan Kaji (Ryan’s World) yettinchi o‘ringa tushib ketdi. 2021-yilda u 27 million dollar ishlab topgan.
148
1,527
Madaniyat
“Hatto Ulug‘bek Qodirov va Alisher Uzoqovga ham selfiga tushish taqiqlandi”. “Islomxo‘ja” filmi rejissori filmning fotolari tarqatilmaganiga oydinlik kiritdi
“O‘zbekkino” buyurtmasi bilan rejissor Jahongir Ahmedov “Islomxo‘ja” deb nomlangan tarixiy badiiy-publisistik janrdagi filmni suratga olish ishlariga tayyorgarlikni boshlagani, film uchun katta fotosinov ishlari bo‘lib o‘tgani haqida ma’lumotlar berilgan edi. Rejissor Jahongir Ahmedovning jurnalist Feruz Muhammadga bergan ma’lumotlariga qaraganda, filmning suratga olish ishlari nihoyasiga yetib, montaj jarayonlari ham yakunlangan. “Islomxo‘ja” ayni vaqtda ovozlashtirish jarayonida. Rejissor Jahongir Ahmedov filmning suratga olish jarayonlarida aktyor va aktrisalarga suratga olish jarayonidan birorta ham foto yoki video lavhalarni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirishga ruxsat bermaganiga oydinlik kiritdi. Odatdagi suratga olish jarayonlarida shu darajada ko‘p rasm va video lavhalar joylardikki, u rasm va video lavhalarni bir-biriga ulab chiqsa bitta film tayyor bo‘lar edi. Natijada tomoshabinlarning o‘sha filmga qiziqishi qolmaydi. Bu tarixiy janrda suratga olinayotgan film bo‘lgani bois, aktyor va aktrisalarning ko‘rinishi 100 foiz o‘zgaradi, aktyorlarning o‘zgargan qiyofasini filmda ko‘rishlarini xohlaganimiz uchun ham ijtimoiy tarmoqlarga birorta surat joylashtirmadik. Kerak bo‘lsa Alisher Uzoqov, Ulug‘bek Qodirov singari bosh rol ijrochilariga  ham selfiga tushib, ijtimoiy tarmoqlarga foto lavhalarni joylashtirgani ruxsat bermadik. Ochig‘i filmda asosiy rollarni ijro etayotgan aktyor-aktrisalar va ulardan tashqari 600 ga yaqin jamoa ham bu fikrimizni tog‘ri tushunib harakat qilishdi. Aks holda biz hech kimni nazorat qila olmas edik, xohlagan odam xohlaganicha videoga olib joylaylashi mumkin edi. Tassavvur qiling, Asfandiyorxon, Islomxo‘ja bilan bugungi kunda odamning ensasini qotiradigan qiliqlar qilib selfiga tushib, uni o‘zining sahifasidada joylasa Islomxo‘janing yoki Asfandiyorxonning hurmati qayerda qoladi. Biz avvalo tarixiy shaxslarimizning ruhini hurmat qilib, ish jarayonlarida ortiqcha va ikkinchi darajali ishlarga chalg‘imaslik uchun ham bir muddat hech qayerga, hech qanday ma’lumot bermadik. “Islomxo‘ja” tarixiy, badiiy-publisistik filmining Xiva shahridagi suratga olish ishlarida asosiy aktyor aktrisalar soni o‘ttizdan ortiq bo‘ldi. Ommaviy sahnalarda esa 400-500 dan ortiq odamlar rol ijro etdi. Bundan tashqari ijodiy guruhimizda ham ellikdan ortiq odam bor edi. Xiva shahrida ommaviy sahnalarni suratga olish uchun 12 kun, asosiy aktyorlar bilan bog‘liq epizodlar 15 kun mobaynida suratga olindi. Xivadagi 27 kunlik suratga olish jarayonlaridan so‘ng, Sankt-Peterburg shahrida bir haftalik suratga olish jarayoni bo‘lib o‘tdi. Bundan tashqari Toshkent shahrida film uchun maxsus sakkizta dekoratsiya qurilgan edi, mazkur dekoratsiyadagi suratga olish ishlari 15 kun davomida bo‘lib o‘tdi. Jahongir Ahmedov, “Islomxo‘ja” filmi rejissori
157
2,792
Madaniyat
Gollivudning nafaqat go‘zal, balki IQ darajasi yuqori bo‘lgan mashhur ayollari (foto)
Gollivuddagi ba’zi mashhur ayollar nafaqat o‘zlarining iste’dodi bilan, balki ajoyib intellektual qobiliyatlari bilan ham hayratda qoldiradi. Ulardan ba’zilari bir necha tilda so’zlashadi, boshqalari universitetlarni imtiyozli diplom bilan tamomlagan, ayrimlari esa karyeralarini keng ko‘lamli ijtimoiy loyihalar bilan muvaffaqiyatli birlashtirmoqda. Meril Strip Mukofotlarini cheksiz sanab o‘tish mumkin bo‘lgan Meril Strip har qanday rolni ijro etish mahoratiga ega. Agar xohlasa, hatto Betmanni ham o‘ynashi mumkin edi. Ko‘pgina tanqidchilar uni zamonasining eng buyuk aktrisasi deb bilishadi. Ammo bularning barchasidan tashqari, aktrisa o‘tkir aql sohibasi. Uning 143 IQ balli yuqori intellektidan dalolat beradi. Biroq uning natijasi aslida undan ham yuqori deb hisoblanadi. Reychel Vays Reychel Vaysning go‘zalligi va iste’dodi, uning aql-zakovati kabi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Aktrisa Kembrij universitetining ingliz adabiyoti fakultetini tamomlagan. O‘qish davrida u Cambridge Talking Tongues talabalar teatri truppasining asoschilaridan biri bo‘lgan. Aktrisa havas qilsa arziydigan karyeraga erishdi, “Oskar” va “Oltin globus”ni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, u ingliz tilidan tashqari 3 ta chet tilini biladi. Jennifer Konnelli Iste’dodli Jennifer Konnelli nufuzli Ayvi Ligasi a’zolari bo‘lgan Yel va Stenford universitetlarida tahsil olgan. Jennifer BAFTA, “Oltin globus” va “Eng yaxshi ikkinchi plandagi ayol roli” uchun “Oskar” sohibasi bo‘lishdan tashqari, Amnesty International’ning Inson huquqlari bo‘yicha ta’lim elchisi hamdir. Shakira Asli kolumbiyalik bo‘lgan qo‘shiqchi bir vaqtlar o‘zining raqs plastikasi bilan tomoshabinlarni hayratda qoldirgan. Bundan tashqari, Shakira ko‘p qirrali ayol, u turli madaniyatlar bilan tanish. Uning IQ darajasi 140 ball. Bularning barchasi, shubhasiz, unga musiqiy hitlarni yozishga yordam beradi, shuningdek, u bemalol gaplasha oladigan 6 til unga global auditoriyani jalb qilish imkonini beradi. Salma Xayek Disleksiya muammosi Salma Xayekning aktrisa va prodyuser bo‘lishiga to‘sqinlik qilolmadi, uning IQ darajasi taxminan 144 ballni tashkil qiladi. Forbes jurnaliga ko‘ra, u dunyodagi eng boy ishbilarmon ayollardan biri. Bundan tashqari, u 5 ta tilni biladi. Uning go‘zalligi, iste’dodi va aql-zakovati ko‘plarni hayratda qoldiradi. Salma ayollar huquqlarini himoya qiluvchi faol sifatida ham tanilgan. Natali Portman Natali Portmanning aktrisalik karyerasi juda yoshligida boshlangan, ammo ota-onasi va Natalining o‘zi ham ta’lim olish muhimligini tushunishgan. U o‘rta maktabda yakuniy imtihondan o‘tayotgani tufayli o‘zi rol ijro etgan “Yulduzlar jangi” premyerasida ishtirok etmagan. Hozirda u Garvard universitetida psixologiya bo‘yicha bakalavr darajasiga ega, shuningdek, Quddusdagi Ibroniy universitetida o‘qishni davom ettirmoqda. Natali ikki marta ilmiy jurnallarda maqolalarini nashr etilgan, Garvardda tadqiqotchi bo‘lgan va 5 tilda bemalol gaplasha oladi. Aktrisaning IQ darajasi 14o ball. Keyt Beysinkel Chiroyli va iqtidorli britaniyalik aktrisa Oksford universitetining adabiyot fakultetini tamomlagan. Ma’lum bo‘lishicha, uning IQ darajasi 152. O‘rtacha odamning IQ darajasi 85-115 ballni tashkil qiladi, shuning uchun aktrisa Yer yuzidagi eng aqlli odamlarning 1 foizi ichida. U bir qancha xorijiy tillarni, jumladan, fransuz va nemis tillarini biladi. Emma Uotson A’lochi qiz Germiona Grenjer roli Emmaga tasodifan berilmagan. Uning IQ darajasi 138 ball, shuning uchun aktrisani ishonch bilan iqtidorli deb atash mumkin. Uning bolaligi va yoshligi Garri Potter filmini suratga olish maydonchasida o‘tdi. Shu bilan birga, barcha yosh aktyorlar kuniga 5 soatdan repetitorlar bilan ishlagan. o‘rta maktabni tugatgan Emma Uotson 1 yillik tanaffus olib, Braun universitetining ingliz adabiyoti fakultetiga o‘qishga kirdi.
85
3,804
Madaniyat
“Kinochilar uyi” qaerda tiklanishi ma`lum qilindi
Ommaviy axborot vositalarida Toshkentda ikki yil yil ilgari bunyodkorlik ishlari munosabati bilan buzilgan “Kinochilar uyi”ning qayta tiklanishi haqida xabarlar tarqatilgan edi.  “O`zbekkino” Milliy agentligi matbuot xizmati xizmati bu masalaga aniqlik kiritdi.   “Kinochilar uyi” “O`zbekfilm” kinostudiyasi yonidagi “Zamin” restorani negizida tiklanadi. Rekonstruksiyalash ishlaridan so`ng, ushbu maskanda kinoteatr, tomoshalar va tantanalar zallari barpo etiladi. Shuningdek, bu erda turli seminar mashg`ulotlari o`tkazish imkoniyati ham yuzaga keladi.   Aynan ushbu inshoot  tanlanganiga sabab uning “O`zbekkino” ma`muriy binosi va “O`zbekfilm” kinostudiyasi suratga olish maydonchasi yaqininida joylashganidir. Istiqboldagi rejalarga binoan, “Kinochilar uyi” yagona turistik kino shaharchasi majmuasi tarkibiga kiradi.   11 gektar maydonni egallaydigan kino shaharchasida Kinematografiya instituti, “Tarixiy O`zbekiston” kinodekorasiyasi, Xiva, Samarqand, Buxoro singari qadimiy shaharlar pavilonlari, “O`zbekfilm”ning ishlab chiqarish studiyalari o`rin oladi. Rekonstruksiyalash ishlari uchun hukumatimiz tomonidan 40 mlrd so`m miqdorida mablag` ajratiladi.   To`rt gektar maydonda rossiyalik taniqli kinoprodyuser Sergey Selyanov tomonidant suratga olinadigan “Kichkina Muk” ertak-filmi uchun maxsus dekorasiyalar quriladi.   Shuningdek, kino shaharchasi hududida kino ustalari uchun yangi turar-joy majmuasi qurish ham ko`zda tutilgan.
49
1,442
Madaniyat
Bred Pitt va Di Kaprio hamda Gollivud yulduzlari orasidagi boshqa eng qadrdon do‘stlar (foto)
Mashhurlar o‘rtasida ham mustahkam do‘stlik rishtalari tez-tez bog‘lanadi. E’tiboringizga taniqli aktyor va musiqachilarning orasida bir-biriga sadoqatli do‘stlarni havola etamiz. Bred Pitt va Leonardo Di Kaprio Aktyorlar Gollivudda Kventin Tarantinoning “Bir vaqtlar Gollivudda ...” filmida birga suratga tushgan. Ular bir-birlarini ko‘p yillardan beri bilardi, lekin aynan shu kartina ularni yanada yaqinlashtirgan. “Oltin globus”da qilgan nutqi chog‘ida haykalchani “Eng yaxshi ikkinchi darajali erkak aktyor” sifatida olgan Pitt, ayniqsa, Di Kaprioni alohida ta’kidlab, uni “jinoyatdagi sherigi” deb atadi. Albatta, hazil sifatida. “U haqiqiy yulduz. Tarbiyali inson. Sizsiz, men bu yerda turmagan bo‘lardim, aka. Agar biror narsa bo‘lsa, men siz bilan solni ham baham ko‘raman”, – dedi u hazilomuz “Titanik”dagi Leoning roliga ishora qilib. Lenni Kravits va Jeyson Momoa Bir marta roker “Akvamen” aktyori unga “aka kabi” ekanligini tan oldi. Aytgancha, Momoa Lennining sobiq rafiqasi – Liza Bonetga uylangan. Jeffri Din Morgan va Pol Radd “Yuradigan murdalar” filmining aktyori intervyusida ular uzoq vaqt davomida Chumoli-inson bilan do‘st ekanliklarini aytgani. Ular birgalikda Nyu-Yorkdagi shirinliklar do‘koniga ham egalik qiladi. Xyu Jekman va Rayan Reynolds Aktyorlar ko‘p yillar davomida soxta raqobat intrigasini saqlab qolgan, garchi ularning orasidagi munosabatlar yaxshi bo‘lsa ham. Bir necha yil oldin ular hatto kompaniyalarining reklamalarida ham bir-birlarini eslab o‘tgan. Leonardo Di Kaprio va Tobi Maguayr Ular o‘tgan asrning 80-yillarida kastingda uchrashgan. Tobi tufayli Leo 2013-yilda “Buyuk Getsbi” filmida rol o‘ynadi: “Agar Tobi bo‘lmaganida ‘Buyuk Getsbi’ novellasining ekranlashtiruvi kabi energiyaga ega filmda ishtirok etish ancha qiyin bo‘lar edi”, – deydi Di Kaprio. Brayan Krenston va Aaron Pol  Aaron Pol 2014-yilda “Egrilik sari” filmi uchun yana bir mukofotni olganida “Biz birinchi kundanoq do‘stlik suratga tushishdan keyin tugamasligini bilardik. Biz ko‘rsatuvni hech qachon unutmaymiz va do‘stligimiz abadiy bo‘ladi. Bred Pitt va Jorj Kluni Kluni tez-tez do‘sti haqida shunday deydi: “U mendan dadilroq va biz birga basketbol o‘ynaydigan Di Kapriodan ham. Men uning qanday kurashayotganiga qarashdan mamnunman. U Bred Pittning eng halol versiyasidir”. Lens Armstrong va Metyu MakKonaxi Bir paytlar sportchi va aktyor do‘stligi haqida ko‘plab mish-mishlar kelib chiqdi. Ammo ularning orasidagi munosabat hanuzgacha davom etmoqda. Ben Afflek va Mett Deymon Aktyorlar do‘stlikni 1997-yilda katta ekranga olib chiqdi, ular “Aqlli Uill Xantin” filmida hammualliflik qildi. Bir paytlar Afflekning sobiq rafiqasi Jennifer Garner hazillashib: “Ben – ajoyib sevgi hikoyasining bir qismi, lekin meniki emas. Ular haqiqiy Gollivud do‘stligining prototiplari: Mett va Ben, Ben va Mett”. Uill Smit va Jastin Biber Bir paytlar aktyor nafaqat do‘st, balki yosh qo‘shiqchining ustozi ham bo‘lgan. Jastinning menejeri Skuter Braun bu haqda shunday deydi: “Uill menga: Jastin hayot sinovlaridan o‘tishi kerak. Sen uni to‘xtata olmaysan. Yoshlik eng yaxshisi. Uill va Jastin haligacha do‘st”. Jastin Timberleyk va Treys Ayyala Qo‘shiqchi va uning rejissori biznes bilan do‘stligini mustahkamladi. 2003-yilda ular birgalikda Nyu-Yorkda restoran ochdi va ikki yildan so‘ng William Rast kiyim brendini yaratdi.
93
3,343
Madaniyat
Bollivudning eng badavlat aktyor va aktrisalari (foto)
Quyida e’tiboringizga Hindistonning eng badavlat va talabgir aktyor va aktrisalari TOP-10 taligi havola etiladi. Ushbu ro‘yxatning 1-o‘rnini shubhasiz, Bollivud qiroli Shohruhxon egalladi. Bollivudning eng mashhur aktrisasi Karina Kapur Xon 10-o‘rinni egalladi.   Forbes’ning “Hindistonning 100 nafar mashhurlari” ro‘yxatida u o‘n uchinchi o‘rinni egallaydi. O‘tgan yili u 36 million dollardan ortiq daromad ko‘rgan. Priyanka Bollivuddagi eng talabgir aktrisalardan biri hisoblanadi. U Hindiston kino olamida mahshurlikka erishgach, xaqaro musiqa san’atida o‘zini sinab ko‘rishga ahd qildi. O‘tgan yili u 39 million dollar daromad ko‘rdi. “Om Shanti Om”, “Tezlik 2” hamda “RAM VA Lila” filmlari bilan tanilgan aktrisa o‘tgan yili 40 million dollar daromad ko‘rdi. U Forbes’ning “Eng mashhur hindistonliklar” ro‘yxatida 11-o‘rinni egallagan. Hindiston kinosining “super qahramoni” Ritik Roshan “Bollivudning eng mashhur 10 aktyori” ro‘yxatida yettinchi o‘rinni egallaydi. O‘tgan yili u 63 million dollar daromad ko‘rdi. Bollivud go‘zali Katrina Kaifni Hindistonning eng talabgir aktrisalaridan biri deyish mumkin. O‘tgan yili u 63 million dollar daromad topgan. Yangi avlodning eng istiqbolli aktyori Ranbir Kapur ushbu reytingning beshinchi o‘rniga munosib ko‘rildi. Uning o‘tgan yilgi daromadi: 68 million dollar. Akshay Kumar shu paytga qadar 100 dan ortiq filmlarda suratga tushgan. U o‘tgan yili 118 million dollar ishlab topdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, u Hindistonning eng namunali soliq to‘lovchilaridan biri hisobanadi. U har doim soliqlarni oldindan to‘lab keladi. Hindistonning afsonaviy aktyori hanuzgacha eng talabgirligicha qolmoqda. U filmlar, reklama yoki boshqa tadbirlarda suratga tushish uchun juda katta haq oladi. Aktyor o‘tgan yili 147 million dollar ishlagan. Taniqli aktyor o‘tgan yili filmlar va reklama roliklarida suratga tushish orqali 157 million dollar ishladi. Forbes’ning “Eng mashhur hindistonliklar” ro‘yxatida u uchinchi o‘rinda turadi. O‘tgan yili film va reklama roliklarida 220 million dollar ishlab topgan aktyor “Bollivud qiroli” reytingning birinchi o‘rnini zabt etdi. Shohruh Xon faqat Hindistonning eng badavlat aktyori emas. U butun dunyoda badavlatlikda ikkinchi o‘rinda turuvchi aktyordir.
54
2,239
Madaniyat
Xarrison Fordning samolyoti nosoz karbyurator tufayli halokatga uchragani ma’lum bo‘ldi
Aktyor Xarrison Ford boshqargan samolyotning halokatga uchrashiga buzuq karbyurator sabab bo‘lgan. Bu haqda ABC News ma’lumotlariga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda. Mutaxassislarning ma’lum qilishicha, karbyuratordagi nosozliklar yoqilg‘i ortiqcha hajmda uzatilishi va dvigatelning ishdan chiqishiga olib kelgan. Eslatib o‘tamiz, aktyor Xarrison Ford 2015-yil mart oyida yengil motorli samolyotda halokatga uchragan va jiddiy jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgandi.
87
474
Madaniyat
Gollivudning eng ko‘p haq to‘lanadigan aktyor va aktrisalari ro‘yxati e’lon qilindi (foto)
Variety nashri Gollivudning eng ko‘p haq to‘lanadigan aktyor va aktrisalari ro‘yxatini e’lon qildi. Ro‘yxatning eng yuqori pog‘onasini “Top Gan: Meverik” filmidagi roli uchun 100 million dollar olgan Tom Kruz egalladi. “Meverik” filmidagi roli uchun Tom Kruz 12-14 million dollar talab qilgan, biroq uning shartnomasida gonorar uchun bonuslar ham ko‘rsatilgan edi. Hozirga qadar “Top Gan” filmining davomi butun dunyo bo‘ylab 1,2 milliard dollar foyda keltirdi va shu sababli kinofilm namoyish etilganidan so‘ng Tom Kruzning shartnomasidagi mablag‘ ham keskin oshdi. Ro‘yxatda Uill Smit (“Qutqaruv” filmidagi roli uchun 35 million dollar), Leonardo Di Kaprio va Bred Pitt (ikkalasi ham “Gulli oy qotillari” va nomsiz F1 poyga filmi uchun 30 million dollar), Xoakin Feniks (“Joker-2” kinokartinasi uchun 20 million dollar) va boshqa mashhur aktyorlar ham bor. Margot Robbi Aktrisalar orasida eng yuqori haq Margot Robbiga to‘langan. U “Barbi” filmidagi roli uchun 12,5 million dollar olgan. Shuningdek, ro‘yxatga Milli Bobbi Braun (“Enola Xolms-2” filmidagi obrazi), Jeymi Li Kertis (“Xellouin tugaydi” kinokartinasidagi roli) va Anya Teylor-Joy (“Fyuriosa” kinofilmidagi ijrosi) kiritilgan. Ta’kidlashicha, dunyodagi og‘ir iqtisodiy vaziyat tufayli aktrisa va aktyorlar studiyalari va striming xizmatlari katta daromad keltiradigan rejissorlar bilan hamkorlik qilgan.
90
1,369
Madaniyat
Tog‘ ustidagi hashamat. 24-iyul – Perudagi Machu-Pikchu shahri ochilgan kun (fotogalereya)
1911-yil 24-iyulida Machu-Pikchuga kelib, uni ochgan amerikalik tadqiqotchi Xayram Bingem uni “Peruning unikal yodgorligi” deb atadi. Shu tariqa bu shahar dunyo bo‘ylab mashhurlikka erishdi. “Daryo” buyuk arxeologik kashfiyotning yubileyi munosabati bilan sayyohlarni o‘ziga jalb qilib kelayotgan qadimgi shahar haqida ma’lumot beradi. Peruga tashrif buyurgan sayyohlar ko‘hna Machu-Pikchuni ko‘rmay qaytmaydi. Shahar dengiz sathidan 2 438 metr balandlikda joylashgan. Unga 1440-yilda inklar tomonidan asos solingan va 1532-yilda to‘satdan bo‘shab qolgan deya taxmin qilinadi. Shahar nomi hindu tilidan tarjima qilinganda “ko‘hna cho‘qqi” ma’nosini beradi. Bugun Machu-Pikchu dunyo sayyohlari eng ko‘p tashrif buyuradigan maskanlardan biri hisoblanadi. Albatta, shaharga kirib kelish ham o‘zgacha, tabiat manzaralaridan bahramand bo‘lgan holda Kusko shahridan qatnovchi poyezdda orqali uch soatda kelish mumkin. Ammo qiziquvchan sayyohlar ham topiladi, tog‘li shaharga yayov kelishni istaganlar inklar ochgan so‘qmoq bo‘ylab bir necha sutkada manziliga yetadi. Sayyohlar cho‘qqidagi shaharga yetib kelgach, kutganidan ham ortiqroq manzaraga duch keladi: o‘zgacha uslubda qurilgan ibodatxonalar, uylar, omborlar, rasadxona barchaning hayratiga sabab bo‘ladi. Unda jami unda 180 ga yaqin tarixiy inshoot bor. Jonli tabiat ham o‘z mo‘jizalarini yashirmaydi: beozor lama va alpakalarni kuzatish, And tog‘larining go‘zal manzaralarini ko‘rish mumkin. Sayyohlar shaharga odatda iyundan avgustgacha tashrif buyuradi. Shaharga bir kunda to‘rt yuzdan ortiq sayyoh kelishi mumkin. Eng qizig‘i, shahardagi binolar qurilishida ink uslubidan foydalanilgan bo‘lib, silliqlangan turli o‘lchamdagi toshlar jips yopishtirilgan holda qurilgan, ularning orasiga hech qanday aralashma qo‘shilmagan. 1983-yilda Machu-Pikchu YuNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritildi va sayyohlar endi shaharga yanada ko‘proq qiziqish bildira boshladi. 2007-yil 7-iyulda esa Machu-Pikchu shahri dunyoning yangi yetti mo‘jizasidan biri sifatida tan olindi. Peru prezidenti Alan Garsia esa 13-iyul sanasini bayram sifatida nishonlash haqida farmon imzoladi. Quyida shahar manzaralarini o‘zida aks ettirgan fotosuratlar bilan tanishasiz.
90
2,204
Madaniyat
Jahongir Otajonov “O‘ynasin” qo‘shig‘iga ishlangan klipda Joker obrazida namoyon bo‘ldi (video)
Xonanda Jahongir Otajonov “O‘ynasin” deb nomlangan qo‘shig‘iga ishlangan klipni muxlislari e’tiboriga havola etdi. Yangi ijod mahsuli klipmeyker Habibullo Nabiyev tomonidan suratga olingan. Xonandaning klipdagi obrazlari muallifi Lidiya Andre. Klip trek yo‘nalishida suratga olingan. Klip Jahongir Otajonovning YouTube’dagi kanaliga 20-noyabr kuni soat 20:00 da joylashtirilgan va hozirga qadar salkam 36 ming marta tomosha qilingan.  Instagram: Prezidentni tarbiyalayotgan Zarina Nizomiddinova, Jahongir Otajonov — joker, Shahlo erkakka aylandi
95
546
Madaniyat
Jahongir Otajonov “Xorazm yigiti sifatida” Yulduz Usmonovaning “Xorazmlik qizlar” taronasiga javob qo‘shig‘i tayyorladi
Xonanda Jahongir Otajonov 11—13-mart kunlari “Turkiston” san’at saroyida “Lola” deb nomlangan navbatdagi konsert dasturini taqdim etadi. Xonanda ushbu konsert dasturi oldidan Yoshlar ijod saroyida matbuot anjumani o‘tkazdi. Bu haqda Feruz Muhammad ma’lum qildi. Xonanda anjuman avvalida jonli ijroda qo‘shiqlar kuylab berdi. Matbuot anjumanidagi kutilmagan “kichik konsert”dan so‘ng, Jahongir Otajonov jurnalistlarning barcha savollariga javob berdi. Xususan, Jahongir Otajonov bo‘lajak konsertida O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning “Xorazmlik qizlar” nomli qo‘shig‘iga javob tarona kuylashini ma’lum qildi. Yulduz Usmonovani “Xorazmlik qizlar bosib ketdi Toshkandini” degan qo‘shig‘iga bundan bir necha yil oldin javob tarona yozgan edim. Ammo o‘sha vaqtlarda u kishiga tosh otishni o‘zimga joiz ko‘rmadim. Bugungi kunda ular ham ijod qilishni boshladilar. “Xush kelibsiz Xorazmga” deb nomlangan qo‘shig‘imizni Yulduz Usmonovaga bag‘ishlab yozganman. Chunki o‘shanda “Xorazmlik qizlar hamma yoqni bosib ketdi” degan gap mening izzat-nafsimga tekkani uchun, men ham shunga yarasha fikrlarimni qo‘shiq bilan tasvirlagan joylarim bor. Jahongir Otajonov, xonanda Xonanda jurnalistlarning qistovi bilan Yulduz Usmonovaning qo‘shig‘iga javob tariqasida kuylashni rejalashtirgan qo‘shig‘ining bir qismini she’r tarzida aytib berdi: Kim qayerda yursa yurtim bag‘ri kengdir Qay millat-u, qay shevada bari tengdir, Deya ko‘rmang, bir birovga kim u nengdir Hasad qilmang Xorazmning qizlariga, Yulduz tugul, oy chiqolmas tizlariga! Otajonovning so‘zlariga ko‘ra, bu qo‘shiqning kuylanishi haqida bungacha xonandaning musiqachilari ham bilmagan. Yulduz Usmonova buyuk san’atkor, ustozimiz. San’atkor sifatida barchamiz hurmat qilamiz, lekin bu narsaning javobi baribir bo‘lishi kerak. To‘g‘ri, bundan keyin Yulduz Usmonova meni balki juda yomon ko‘rib qolar, balki menga javoban juda boplab ashula ham yozar, ammo menga buning farqi yo‘q. Men opa-singillari bor Xorazm yigiti sifatida bunga javob qilishim kerak edi, deb o‘ylayman. Jahongir Otajonov, xonanda Yulduz Usmonovaning “Xorazmlik qizlar” qo‘shig‘ini quyida tinglash mumkin: “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
119
2,212
Madaniyat
Turk kino olamining eng yaxshilari: “Oltin obyektiv” mukofotining g‘oliblari ma‘lum qilindi (foto)
Turkiyaning Istanbul shahrida 3-oktabr kuni har yili an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan 26-“Oltin obyektiv” mukofotining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu mukofot turk kino olamida katta ahamiyatga ega. Ko‘plab aktyorlar 2022-yilda “Oltin kapalak” mukofotidagi tanlovlarni adolatsiz deb hisoblaganliklari uchun undan o‘z nomzodlarini qaytarib oldi, bu esa “Oltin obyektiv” mukofotining yanada katta ahamiyatga ega bo‘lishiga xizmat qiladi. “Hukm” seriali 3 nominatsiyada mukofotni qo‘lga kiritdi: “Yilning eng yaxshi seriali” — “Sud protsessi” / “Hukm” seriali  “Yilning eng yaxshi aktyori” — “Hukm” serialida prokuror Ilgaz rolini ijro etgan aktyor Kaan Urganjio‘g‘lu “Yilning eng yaxshi aktrisasi” — serialda advokat Jeylin rolini ijro etgan aktrisa Pinar Deniz  “Eng yaxshi yoshlar seriali” — “Changli yoqa”  “Aktrisalik yo‘nalishi bo‘yicha yil kashfiyoti” nominatsiyasi — “Changli yoqa” serialida Zeyno rolini ijro etgan aktrisa Serra Pirinch  “Aktyorlik yo‘nalishi bo‘yicha yil kashfiyoti” — “Meni eshit” serialida Kanat rolini ijro etgan aktyor Janer Topchu “Aktyor — porlagan yulduz” — “Meni eshit” serialida suratga tushgan aktyor Izzat Yuksek  “Eng yaxshi dramatik serial” — “Oyna ortidagi qiz” seriali “Dramatik serialdagi eng yaxshi aktyor” – “Ota” serialida Qodir rolini ijro etgan aktyor Tolga Saritash “Dramatik serialdagi eng yaxshi aktrisa” – “Oyna ortidagi qiz” serialida Nalan rolini ijro etgan Burju Birijik “Eng yaxshi romantik jangovar film” — “Hayot o‘z yo‘lida ketsin” / “Hayot, u qanday bo‘lsa” “Romantik-jangovar filmdagi eng yaxshi aktyor” — o‘qituvchi, sobiq mafiya boshlig‘i Sadi Payasli rolini ijro etgan aktyor Ertan Saban “Romantik-jangovar filmdagi eng yaxshi aktrisa” — Devrim O‘zkan va O‘zge O‘zberk “Dramatik jangovar janridagi eng yaxshi remeyk” — “Mahkum” seriali, chunki 2-mavsum ta’sirli emas “Dramatik-jangovar janrdagi eng yaxshi aktrisa” — Melike Ipek Yalova va Hayal Koseo‘g‘lu “Yilning eng yaxshi dramatik remeyki” —“Shahar shifokori” “Dramatik remeykdagi eng yaxshi aktrisa” — Hazal Subashi “Shahar shifokori” “Dramatik remeykdagi eng yaxshi aktyor” — Deniz Jan Aktash “Shahar shifokori” “Oilaviy komediyadagi eng yaxshi aktyor” – Berk Atan “Yurak tog‘i” “Oilaviy komediyadagi eng yaxshi aktrisa” – Gulsim Ali “Yurak tog‘i” “Internet-serialining eng yaxshi aktyorlari” - Barish Arduch va Solih Bademji ishtirokidagi “Klub” “Internet-serialidagi eng yaxshi aktrisa” —  “Klub” serialidagi Gyokche Bahodir “Eng yaxshi teatr aktyori” — Salih Bademji
98
2,512
Madaniyat
Aktrisa Diana Yagofarova katta tanaffusdan so‘ng “Maqsad” filmi premyerasida ko‘rinish berdi (foto)
“Super kelinchak” filmi orqali mashhurlikka erishgan aktrisa Diana Yagofarova katta tanaffusdan so‘ng 14-sentabrda Yoshlar ijod saroyida rejissor Rustam Meliyevning “Maqsad” filmi katta premyerasida ko‘rinish berdi. Bu haqda My Day xabar bermoqda. Aktrisa film premyerasiga turmush o‘rtog‘i bilan tashrif buyurdi. Diana Yagofarova o‘zbek tomoshabiniga “Zirapcha”, “Tashlandiq”, “Ichkuyov” filmlari orqali tanish. Unga rejissor Bahrom Yoqubovning “Super kelinchak” filmidagi roli katta mashhurlik keltirgan. Ayni damda aktrisa ikki farzandning onasi.
99
551
Madaniyat
Kayli Jenner garaji: Kosmetika imperiyasi malikasi qanday avtomobillarni xush ko‘radi? (foto)
Model va ishbilarmon Kayli Jenner Forbes tomonidan ikki marotaba eng yosh milliarder ayol sifatida e’tirof etilgan. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarning mashhur yulduzlaridan biri hisoblangan milliarderning kolleksiyasidan o‘rin olgan sara avtomobillar, albatta, ko‘pchilikka qiziq bo‘lsa kerak. Marhamat, quyida ular bilan tanishib chiqish mumkin. Rolls-Royce Phantom 2019-yilning mart oyida Kayli dunyodagi eng hashamatli avtomobil hisoblangan Phantom’ning sakkizinchi avlodini sotib olish uchun yarim million dollar pul sarflagan. Kaylining biznes imperiyasi hozirda bir milliard dollarga teng bo‘lib, bu kabi avtomobilni sotib olish u uchun juda juda ko‘p moliyaviy kuch talab qilmagani shubhasiz. Rolls Royce Ghost Kayli ushbu avtomobilni sevgilisi Tayga Ferrari sovg‘a qilganidan bir necha oy o‘tib sotib olgan. O‘zining Instagram sahifasidagi postida u mashinasini “juda ajoyib” deya ta’riflagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘zi boshqargan mashinalar ichida bu eng yaxshisi. Ferrari 458 Spider Yulduz ushbu superkarini 18 yoshga to‘lgan kunida sevgilisidan sovg‘a sifatida qabul qilgan. Mashinaning asl rangi oq bo‘lib, Kayli uning ustida biroz o‘zgartirishlarni amalga oshirgan. Natijada e’tiborni tortadigan juda ajoyib mashinaga aylangan. Rolls-Royce Cullinan Ushbu mashinaga qarab Kaylining Rolls-Royce brendiga befarq emasligini taxmin qilish mumkin. Mashina dunyodagi eng katta va toza olmos − Kullinan nomi bilan atalgan. Lamborghini Aventador SV Roadster Flagman Aventador yo‘ltanlamasi Instagram yulduzining kolleksiyasini bezab turibdi. Kayli ushbu model uchun qora va apelsin ranglarini tanlashga qaror qilgan. Ushbu mo‘jiza uchun sarflangan yarim million dollar Kaylining cho‘ntagiga unchalik qattiq zarba bermagani aniq. Bugatti Chiron 22 yoshli milliarder xonim 2019-yil oxirida bahosi 3 million dollarlik ushbu giperkarni sotib olganida katta shov-shuvga sabab bo‘lgan edi. U yangi avtomobilining butun kuchini namoyish etgan video bilan ham o‘z sahifasida bo‘lishgan. Chiron eng tezkor mashinalardan biri bo‘lib, maksimal tezligi 400 km/soatdan oshadi. Ferrari LaFerrari 2018-yilda Kayli o‘sha vaqtda uchrashgan Trevis Skottdan tug‘ilgan kuniga sovg‘a sifatida LaFerrari olgan. Uning narxi million dollardan yuqori. Sovg‘adan xursand bo‘lgan Kayli yangi avtomobilning bir necha videolarini o‘z sahifasida bo‘lishgan edi.
93
2,348
Madaniyat
34 nafar qizni asrab olgan hamda 41 yoshida baxtini topgan Bollivud yulduzi Priti Zinta haqida qiziqarli faktlar (foto)
Yonoqlarida kulgichi bor aktrisa Priti Zinta o‘zbek tomoshabinlariga “Vir va Zara”, “Biz yolg‘iz emasmiz”, “O‘tkinchi dunyo” va boshqa mashhur filmlar orqali tanish. Aktrisa haqida ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan qiziqarli faktlarni e’tiboringizga havola etamiz. Priti Zinta karyerasini 1998-yilda “Bir qarashda muhabbat” kartinasida epizodik roldan boshladi va tez orada Bollivudning eng yaxshi aktrisalaridan biriga aylandi. Priti Zinta 1975-yil 31-yanvarda Shimla shahrida tug‘ilgan.  Uning otasi Durganand Zinta hind armiyasining faxriysi bo‘lgan. U Priti endigina 13 yoshga kirganda avtohalokatda vafot etgan. Onasi Nilprabxa ham baxtsiz hodisadan aziyat chekdi va ikki yil yotoqda yotdi. Pritining ikkita aka-ukasi bor: Dipankar va Manish. Priti maktabda juda yaxshi o‘qigan va sportni, ayniqsa, basketbolni yaxshi ko‘rgan. O‘rta maktabni tugatgach, u kollejga o‘qishga kirdi va ingliz tili bo‘yicha imtiyozli diplom oldi. Keyin u Nyu-Dehlida jinoyat psixologiyasi aspiranti bo‘ldi. U katta ekranda debyut qilishidan oldin ham reklamalarda rol o‘ynagan. Birinchisi bu “Perk” shokoladlari, keyin “Liril” sovunining eng mashhur reklamasi edi. Darhaqiqat, uning Bollivudda imzolangan birinchi loyihasi “Ta Ra Ram Pum” deb nomlangan bo‘lib, u nafaqat Pritining, balki Ritik Roshanning debyuti ham edi. Biroq film to‘xtatilgan va hech qachon suratga olinmagan. Priti va Ritikning debyutini jonlantira olmagan rejissor Shekxar Kapur yosh aktrisani “Bir ko‘rishda muhabbat” filmiga tavsiya qilgan. Shundan keyin mazkur kartina uning birinchi filmiga aylandi. Shu bilan bir qatorda, Priti Janubiy Hindistonning ikkita filmida rol o‘ynadi: “Bombeydan kuyov” va “Shahzoda No1”. Ikkalasi ham telugu tilida. Aynan o‘sha paytda 23 yoshli Priti va 53 yoshli rejissor Shekxar Kapur orasida ishqiy munosabat bo‘lgan. Ammo ular buni yashirgan, lekin Shekxarning rafiqasi Suchitra Krishnamurti erining xiyonatiga chidashni xohlamagan. Rejissor uzoq vaqt nikohni saqlab qolishga umid qildi, lekin afsuski, bir necha yildan keyin uning rafiqasi ajrashish uchun ariza berdi. Shekxar Kapurning oilasi buzilishiga Priti sababchi degan mish-mishlar ham bor. Priti, shuningdek, model Mark Robinson va aktyor Lars Keldsen bilan ham yaqin munosabatda bo‘lgan. 2005-yilda u tadbirkor Ness Vadiya bilan tanishgan va o‘z sevgisini topganday tuyilgan. Biroq ularning munosabatlari ham ajrim bilan yakun topgan. 2009-yilda Priti Rishikeshdagi bolalar uyidan 34 nafar qizni asrab oldi. U qizlarga g‘amxo‘rlik qildi, o‘qishlari uchun pul to‘ladi va ularning barcha ehtiyojlarini ta’minladi. 2016-yil 29-fevralda, 41 yoshida Priti Los-Anjelesda juda kamtarona to‘y qilib, o‘zining amerikalik do‘sti Jin Gudenafa bilan turmush qurdi. Nikohdan keyin aktrisa AQShga ko‘chib ketgan bo‘lsa-da, Hindistonga tez-tez tashrif buyurib turadi.
119
2,809
Madaniyat
“Qirolichaning yurishi” seriali ijodkorlari ikkinchi mavsumni suratga olmasligini ma’lum qildi
Netflix’ning “Qirolichaning yurishi” serialining rejissori va ijrochi prodyuseri Skott Frenk loyiha ikkinchi mavsumga uzaytirilmasligini ma’lum qildi, deb xabar beradi Esquire. “Biz o‘zimiz xohlagan voqeani hikoya qilib bera oldik deb hisoblayman. Xavotirim shundaki yoki boshqacha aytadigan bo‘lsam qo‘rqamanki, ko‘proq narsani aytishga urinsa, boriniyam buzib qo‘yamiz”, — deydi Frenk. Shu bilan birga, serialning ijrochi prodyuseri Uilyam Xorberning so‘zlariga ko‘ra, loyiha ishtirokchilari birgalikda ishlashda davom etadi. Uning gapiga bosh rol ijrochisi Anya Teylor-Joy ham qo‘shilgan. “Shu kabi ehtiros va shunday ajoyib artistlar jamoasi bilan taqdim etish mumkin bo‘lgan boshqa voqeani qidirishga urinib ko‘ramiz”, — deya qo‘shimcha qiladi Xorberg. “Qirolichaning yurishi” yaratuvchilari yangi loyihaga Mozes Ingrem va Meriel Xellerni taklif etish niyatida. Eslatib o‘tamiz, 19-sentabr kuni “Qirolichaning yurishi” eng yaxshi miniserial nominatsiyasi bo‘yicha “Emmi” mukofotini qo‘lga kiritdi.
94
1,003
Madaniyat
Reper Eminem shifokorlarni spagetti bilan siyladi
Mavjud epidemiya reper Eminemni ham befarq qoldirmadi, xonanda virusga qarshi kurashayotgan tibbiyot xodimlarini ovqat bilan ta’minlashga qaror qildi. Elle nashrining yozishicha, Eminem ko‘mak uchun Detroyt shahridagi Genri Ford shifoxonasini tanlagan va tibbiyot xodimlarini o‘zi ham sevib iste’mol qiladigan spagetti bilan mehmon qilgan. Ta’​kidlanishicha,  reperning o‘ziga xos usulda ko‘​rsatgan yordami shifokorlar kayfiyatini ko‘targan. Gap shundaki, taomning Mom’s Spaghetti yozuvli havolasi bo‘lib, ushbu ibora 2003-yil Eminem “Oskar” mukofotini olishiga sababchi bo‘lgan Lose yourself qo‘shig‘ida qo‘llangan. 22-aprel kuni shifoxona ma’muriyati Instagram sahifasida qo‘shiqchiga minnatdorchilik bildirgan. Unda shifokorlar ushbu taomdan qo‘shiq nomi singari “o‘zlarini yo‘qotganlari” aytilgan.  Jahon yulduzlari koronavirusga qarshi kurashishga qancha mablag‘ ajratdi?
49
879
Madaniyat
Ko‘rlar mamlakatida bir ko‘zlilar qirol bo‘ladi. Xose Saramagoning “Ko‘rlik” romani haqida
“Daryo” kolumnisti Nurbek Alimov “Jahon adabiyotining eng buyuk asarlari” rukni doirasida mashhur badiiy asarlarni tahlil qilishda davom etadi. Bu hafta u Xose Saramagoning “Ko‘rlik” romani haqida hikoya qiladi. Fleshbek Bu asar – eng oxirgi o‘qib tugatgan kitobim. Bu men uchun janrda yangilik bo‘lib tuyuldi. Asar yozilganiga 24 yil bo‘lgan esa-da, biz kitobsevarlar odatda “xayp” bo‘lgan asarlar ortidan yuguramiz. Bu asar esa uncha ko‘zga tashlanmagan “oyning ko‘rinmas qismi”dir. Asar haqida “Ko‘rlik” 1998-yilda Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan portugaliyalik mashhur yozuvchi Xose Saramagoning ijod mahsulidir. Roman 1995-yilda yozilgan bo‘lib, yozuvchi Nobel olishida eng katta hissasi bo‘lgan asari hisoblanadi. Asarda voqealar bo‘lib o‘tgan makon va qahramonlar umuman nomga ega emas. Yozuvchi romanda ko‘rlashish holatiga metaforik yondashgan holda o‘z qarashlarini voqealar rivojiga mukammal singdirib, o‘quvchini larzaga soladigan darajada ta’sirli qilib yetkazib bera olgan. Insonlarning moddiy ko‘rlikdan farqli ma’naviy ko‘rlikda yashashini ko‘rsatib berishga harakat qilgan. Sujet Nomsiz mamlakatning nomsiz shahri yo‘llaridan birida yashil chiroq yonishini kutib turgan yo‘lovchi chiroq yonsa ham harakatlanmaydi. Avtomobil o‘rta yo‘lda to‘xtab qolishidan g‘azablangan boshqa haydovchilar va atrofdagilar avtomobilga yaqinlashganlarida haydovchi hayajon va qo‘rquv ichida to‘satdan ko‘r bo‘lib qolganini, ko‘z oldi oppoq sutdek oqarib, hech narsani ko‘rolmay qolganini aytadi. Ko‘zi ko‘rmay qolgan kishini uyiga “yaxshi niyatli” bir inson oborib qo‘yadi va qaytayotib avtomobilini o‘g‘irlab ketadi. Xotinini ko‘r bo‘lib qolganiga zo‘rg‘a ishontirgan odam eng yaqin ko‘z shifokori qabuliga yo‘l oladi va u yerda qora rangli ko‘zoynak taqqan chiroyli qiz, onasi bilan kelgan g‘ilay bolakay va boshqa kasallarning e’tiroziga qaramasdan doktor tekshiruviga kiradi. O‘sha kunning o‘zida avtomobil o‘g‘risi ham yo‘lda ketayotib birdan ko‘r bo‘lib qoladi va uning o‘g‘ri ekanidan xabarsiz uyiga keltirib qo‘ygan militsiya xodimi hamda o‘g‘rining xotini ham birin-ketin ko‘rmay qoladi. Qora ko‘zoynak taqqan chiroyli qiz ham bir mehmonxonada ishqiy munosabat asnosida ko‘rmay qolgan edi. Bemorlarining holatidan xabarsiz uyiga kelgan va rafiqasiga bugun duch kelgan noodatiy holatini hikoya qilgan ko‘z shifokori ham ko‘z nuridan ayrilgach, bu shiddatli epidemiya ekanini taxmin qilib, sog‘liqni saqlash vazirligiga xabar beradi. To‘satdan ko‘r bo‘lib qolish shikoyatlari haqida xabarlar kelavergach, vazirlik bu ko‘rlik o‘ta yuqumli epidemiya ekani haqida shoshilinch qaror chiqarib, chora-tadbir ko‘rishni boshlaydi. Vazirlikdagilar ko‘r bo‘lib  qolganlarni bir yerga yig‘ish va boshqalarga yuqmasligi uchun ularni kasallik chorasi aniqlanguncha alohida joyda saqlab turish haqida buyruq chiqaradi. Mamlakatda bunday noodatiy holatlar uchun alohida joy bo‘lmagani sababli bemorlarni saqlab turish uchun kazarma, supermarket binosi va ancha yil oldin ruhiy kasallar shifoxonasi bo‘lgan bino variantlaridan uchinchisini ancha eskirgan, shahardan uzoqroqdagi, hozirda foydalanilmayotgan ruhiy kasallar shifoxonasi binosini tanlashadi. Shaharda ko‘rlarni zudlik bilan yig‘ish boshlanadi, bu orada ko‘z doktorining turmush o‘rtog‘i, hali ko‘rayotganiga qaramay, doktorni olib ketish uchun kelganlarga eridan ajralmaslik uchun “Men ham ko‘r bo‘lib qoldim”, deb yolg‘on gapiradi va u bilan birga eski kasalxonaga olib ketiladi. Shunday qilib, ko‘rlarning ilk guruhi binoga olib kelingach, bu yerdagi bir guruh harbiylar bemorlarni o‘ta qat’iy va o‘zgarmas qoidalar bilan tanishtiradi. Harbiylar ko‘rlarga hech qanday dori-darmon berilmasligini, bemorlar sog‘lig‘i bilan yuz beradigan har qanday jiddiy holatlardan qat’i nazar ichkariga qadam bosmasliklarini, faqat ehtiyojga ko‘ra oziq-ovqat berilishini, kimdir o‘lib qolsa, dini va e’tiqodiga e’tibor bermasdan bino devori ostiga ko‘rlarning o‘zlari tomonidan ko‘milishi shartligini, kimdir binodan tashqariga chiqishga harakat qilsa, ayab o‘tirmaslik haqida buyruq olganini aytib o‘tadi. Ko‘z doktori, uning hanuz ko‘rayotgan rafiqasi, qora ko‘zoynakli qiz, g‘ilay bolakay, mashina o‘g‘irlagan o‘g‘ri va birinchi ko‘r bo‘lib qolgan kishilardan iborat ilk guruh insoniy ehtiyojlarga umuman yaroqsiz bu binoga joylashadi. Doktorning rafiqasi birinchi kuniyoq qora ko‘zoynakli qizga yoqimli ovozi va undan kelayotgan xushbo‘y hid sababli mashina o‘g‘risining shilqimlik qilmoqchi bo‘lganiga guvoh bo‘ladi. Qora ko‘zoynakli qiz esa poshnali oyoq kiyimi bilan yigitni oyog‘idan jarohatlaydi. Mashina o‘g‘risi oyog‘idan olgan jarohatga infeksiya tushadi va ahvoli soat sayin jiddiylashib, og‘riqqa chidolmaydi. Titroq va og‘riqdan yigit sudrala-sudrala tashqariga harakatlana boshlaydi. Ichkaridan kimdir ular tomonga harakatlanayotganini ko‘rgan harbiylar uni ogohlantiradi, lekin yigit to‘xtamaydi. Harbiylar uni otib tashlaydi. Ko‘rlar o‘shandayoq bu yer ularni qutqarish joyi emas, birin-ketin o‘ldirib, ko‘mib yuborish uchun qabriston ekanini tushunib yetadi. O‘likni bino hovlisiga ko‘mishadi. Shaharda ko‘rlar soni tobora ortib, binoga avtobuslar to‘la yangi guruhlar keltiriladi. Ko‘z doktorining rafiqasi ko‘rayotgani sababli barchaga yordam berishga va tartib saqlashga urinadi. Lekin yangi kelayotganlar guruhi hech qanday tartibni tan olishni xohlamaydi. Binoda guruhlar joylashgan xonalar, koridorlar inson ko‘zi qarab chiday olmaydigan ahvolga keladi. Ko‘rlar baribir hech kim ko‘rmaydi degan o‘y bilan xohlagan joyga hojatini chiqaradi, bu iflosliklar ichida xohlagan holatda jinsiy aloqaga kirishib yotadi. Bularning barchasi doktor rafiqasining ko‘z oldida ro‘y beradi. Ko‘rlar orasida oziq-ovqat uchun talash boshlanadi. Yangi kelgan, hech qanday tartibga bo‘ysunishni istamagan va faqat bezorilardan iborat bir guruhda qurol bor edi; ular boshqa ko‘rlarni qurol yordamida qo‘rqitib, oziq-ovqatni o‘ziga oladi. Boshqa ko‘rlardan o‘zlari bilan olib kelgan butun qimmatbaho buyumlarini yig‘ishni talab qilib, buning evaziga ovqat berilishini aytishadi. Ko‘rlar barcha buyumlarini yig‘ib, evaziga oziq-ovqat oladi. Yig‘iladigan buyumlar qolmagach, jirkanch ko‘rlar guruhi endi oziq-ovqat evaziga jinsiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida boshqa guruhlardagi ayollarni talab qiladi. Ochdan o‘lmaslik uchun, qanchalik og‘ir bo‘lmasin, ko‘rlar bu talabni ham qabul qilishga majbur bo‘ladi. Ayollar qo‘lma-qo‘l bo‘lib, qattiq tahqirlanadi, evaziga esa oziq-ovqat olib, qorin to‘ydiriladi. Keyingi safar ham ovqat evaziga yana shu talab qo‘yiladi. Bu safar ko‘z doktorining rafiqasi razillikka chiday olmaydi, qaychi yordamida bezorilar guruhining razil rahbarini o‘ldiradi. Shundan so‘ng ko‘tarilgan janjal ortidan binoda yong‘in chiqadi va natijada ko‘rlar bir amallab eski binodan chiqishga muvaffaq bo‘ladi. Nihoyat qutuldik deb o‘ylaganlari va talpinganlari tashqi dunyo dahshati yashaganlari o‘sha eski ruhiy kasalxona dahshatidan qolishmas edi. Bu dahshatga to‘la manzarani faqatgina ko‘z doktorining rafiqasigina ko‘ra olardi. Ko‘rlik hammaga yuqqan, ko‘chalarda yemish qidirgan och ko‘rlar, och itlar sang‘ib yurardi. Suvsiz, elektrsiz zulmatga to‘lgan ko‘r dunyo o‘z falokati ichra yo‘qlikka yuz tutgan edi. Ko‘z doktori va uning hali-hanuz ko‘rayotgan rafiqasi bilan birga chiqqan ko‘rlar guruhi shaharning dahshatli manzaralarini tasavvurlarida jonlantirgach, bu ko‘rgulikda yolg‘iz qolish o‘limga mahkumlik ekanini, birga harakat qilishsagina tirik qolishlari mumkinligini anglab yetadi. Oxirgi bo‘limda bir guruh ko‘rlar birgalikda doktorning rafiqasi yordamida ularning uyini topib, o‘sha yerda ma’lum tartibda yashay boshlaydi. Asar so‘ngida epidemiya tugab, hamma ko‘ra boshlaydi va doktorning rafiqasi anchadan buyon kutib yurgan ko‘rlikka endi yo‘liqqanini his qiladi. Tahlil Xose Saramago insonni o‘rganishga uringan. Yozuvchi “Ko‘rlik” romanida yolg‘onlarsiz qip-yalang‘och haqiqat barcha-barchani bezovta qilishini va insoniyat o‘sha haqiqatga tik qaray olishini xohlagan. Asarni tahlil qilayotib, voqealarni har qanday ilohiylikka bog‘lash yoki tasodifan yuz bergan falokatga taqdiri azal deb qarash, mening fikrimcha, Saramago ijodiga qilingan xiyonatdir. Chunki Saramago dunyosida har narsaning yaratuvchisi va har qanday oqibatning sababchisi, hirslari, ikkiyuzlamachiligi, xiyonati, vahshiyligi va kerakli yo keraksiz o‘rinda ilgari surilgan himmati bilan taqdirning yagona boshqaruvchisi faqatgina insondir. Xose Saramago. Yozuvchi romanda an’anaviylikdan qochadi va bezak-jimjimalardan, mukammal badiiy jumlalardan, murakkab xarakterlardan xoli yetuk asar yarata olgan. Inson har narsa qilishga qodirligini va buning isboti uchun shunchaki misol keltirmayotganini asardagi fikrlari bilan bot-bot himoya qiladi va mavzuni chuqur olib, tasavvuridagi holatni o‘quvchiga qabul qildirishga harakat qiladi, hatto buni mohirona uddalaydi ham. Bu ko‘rlik odatiy ko‘rlikdan farqli. Odatiy ko‘rlikda dunyo zulmatga aylansa, bu ko‘rlikda odam sut dengiziga cho‘kib ketganday hammayoqni oppoq ko‘rayotganidan shikoyat qiladi. Ko‘rlar eski binoga olib ketila boshlagach, ko‘rayotganiga qaramay, doktorning rafiqasi ham eri bilan birga ketadi. Asarning mana shu o‘rnidan matonatiga haykal qo‘yilgan kuchli xarakterga ega ayol obrazi ko‘z oldingizda gavdalanadi. Romanda ismi aytilmasdan, doktorning rafiqasi deb ketilgan bu ayol chinakam iroda va matonat sohibasidir. Inson mast holda o‘zining har qanday nazokatlardan xoli yuzini namoyon qilsa, ko‘r bo‘lganda va ayniqsa boshqalar ko‘r ekanini anglaganda ham xuddi mana shu nazokatsiz yuzlarini namoyon etadi. Ko‘zlari ko‘rmayotgani uchun shundoq ham suvi bo‘lmagan hojatxonaga borib o‘tirmasdan xohlagan yerga hojatini chiqarishni boshlaydi. Ko‘r bo‘lganlari sababli vaqtning hisobini ham qilolmay qolishadi, natijada uxlash tartiblari ham o‘zgarib ketadi. Avval oziq-ovqat muammosi, keyinchalik gigiyenik muammolar insonlarni insoniylik chegarasidan uloqtirib tashlaydi. Ruhiy kasalxona zamini siydik, axlat va bulardan tarqagan hidga chidolmaganlarning qusuqlari, xo‘rlanish yoki oziqa talashishdan to‘kilgan qonlar bilan qoplanib ketadi. Doktorning rafiqasi bir-biridan hirslangan ko‘rlar nima bo‘lganda ham hech kim ko‘rmaydi degan o‘y bilan xohlagan joylarida ovoz chiqarmasdan jinsiy aloqaga kirishib yotganiga guvoh bo‘ladi. Ayolning ko‘zi ko‘rsa-da, bu yerga kelish sababi chorasiz qolgan hayot yo‘ldoshiga qanchalar sadoqatli ekanini anglatsa, rafiqasi chiqib ketgan vaqtda ko‘z doktori qora ko‘zoynakli qizni to‘shagiga qabul qilib, u bilan bo‘lganini o‘qigan oningizda hamma narsa ostin-ustin bo‘lib ketganday, barcha bo‘layotganlarga shu yerda nuqta qo‘yish shartday tuyuladi. Davom etishga ma’nan madoringiz qolmaydi. Ammo yo‘q... Yozuvchi bizga bizni tanitishdan, o‘zimizga oyna tutishdan to‘xtamaydi. Bo‘lganlarning barchasini o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan doktorning rafiqasi chidolmasdan hamma kabi ko‘r bo‘lib qolishni juda xohlaydi, shu bilan birga ko‘ra olishini boshqa ko‘rlarga sezdirmaslik uchun qo‘lidan kelgancha tirishadi. Uning ko‘zlari ko‘ra olishini faqat turmush o‘rtog‘igina biladi, xolos. Avval doktor va uning rafiqasi ko‘rlarni intizomga chorlagan bo‘lsa, bora-bora vaziyat og‘irlashib, tap tortmasdan inson o‘ldirish darajasiga keladi. Bu o‘rinda Uilyam Goldingning “Pashshalar hukmdori” asarini eslashni joiz deb bildim. Goldingga ko‘ra, inson – yaratuvchisi ham, ijro etuvchisi ham o‘zi bo‘lgan qonunlar unga ta’sir qilmaslini bilsa, fitratidagi yiqitib-yoquvchi taraflarini o‘rtaga chiqaradi. “Ko‘rlik”dagi voqealar ham shu kabi tus olib, doktorning xotini ko‘rlarga tajovuz qilgan guruh boshlig‘ini qaychi yordamida o‘ldiradi. Saramago axloq, tanlov erkinligi va inson nimalar qilishga qodirligini jasorat bilan so‘roq qiladi. Inson degan yaratiqni na butunlay yomon, na butunlay yaxshi deyish xato bo‘lishini uqtiradi. Yozuvchi doktorning rafiqasi tilidan shunday yozadi: “Bir insonni o‘ldirdim, bu qo‘limdan kelishini hech qachon xayolimga ham keltirmaganman. Ammo bundan keyin tag‘in inson o‘ldira olamanmi, yo‘qmi, buni bilmayman”. Kasallik boshlanganda vazirlik tomonidan xalqqa yetkazilgan “...hukumatimiz vaziyatni tahlil qilib, chora-tadbirlar qo‘llaydi. O‘z vazifasi deb bilgan narsani, ya’ni xalqni himoya qilishning bu usulini qo‘llashga majbur bo‘lganimizdan mamnun emasmiz. Biz yengib o‘tgan inqiroz davri...” kabi nutqlar dunyoning har uch  davlatidan biridagi diktatorlikka xos va mosdir. “Nima uchun ko‘r bo‘ldik, keyinchalik ko‘r bo‘ldik deb o‘ylamayman, biz aslida ko‘r edik. Qarasak-da, hech narsani ko‘rmagan ko‘rlar”, kabi so‘zlar bilan roman yakunlanadi, xuddi boshqa zamon va makondagi nazar tashlasa-da ko‘rmaydigan ko‘rlarga ishora qilganday. Yozuvchi haq. Biz qarab turib ko‘rmaydigan ko‘rlarmiz. Begunoh qizlar o‘zga yurtlarda qotillik qurboni bo‘ladi, haqni talab qilgan jonkuyarlar ruhiy kasal deb topiladi, biz esa ko‘rib turib ko‘rmaymiz. Ko‘rmiz... Xulosa “Ko‘rlik”ning har bir bo‘limi Saramago romanchilikda o‘ziga xos me’mor ekanini ko‘rsatib beradi. Ba’zi kitoblarni vaqtimizni mazmunli o‘tkazish uchun o‘qiymiz, ba’zilari esa aql va ruhimizga yoziladi, hayotga bo‘lgan qarashlarimizga ta’sir qiladi, hatto o‘zgartiradi. “Ko‘rlik” ham qarashlarimizni o‘zgartiradigan darajada unutilmas asar. O‘qiyotganingizda balki ruhingiz toliqar, ammo albatta o‘qishingiz kerak bo‘lgan romandir. Iqtiboslar Ko‘z balki inson organizmidagi ruh mujassamlashgan yagona organdir; Biz allaqachon yarim o‘lik insonlarmiz, dedi. Yo‘q, biz yarim jonli insonlarmiz, deya e’tiroz bildirdi doktorning rafiqasi; Tuyg‘ularingni ifodalaydigan so‘zlarni qo‘llamaslik aslida sekin-asta ko‘rlashish deganidir; Ko‘rlar mamlakatida bir ko‘zlilar qirol bo‘ladi; Hech narsa demasang, seni yana-da yaxshiroq tushunaman. So‘zlarning ahamiyati qolmagan onlar ham bor; Tartib va intizomga bo‘ysunmasak, boshlig‘imiz ochlik va qo‘rquv bo‘ladi. Qiziqarli faktlar - 2008-yilda roman asosida braziliyalik rejissor Fernando Meyrellesh tomonidan film suratga olingan; - 1991-yilda Saramagoning “Isoga ko‘ra Injil” kitobi nashrdan chiqadi va bundan norozi bo‘lgan katolik cherkovi unga keskin norozilik bildiradi. Portugaliya hukumati Saramagoga Yevropadagi adabiyot tanlovlarida nomzodini qo‘yishni taqiqlaydi; - 1998-yilda Xose Saramago Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan. Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin. “Nihoyat u dengizda hech qachon yolg‘iz qolmasligini tushundi…” “Chol va dengiz” romani haqida “Davlat va vatan bitta narsa emas”. “G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q” romani haqida Buyuk yozuvchining iqrori. “Iqrornoma” romani haqida Odamlar, bo‘rilar va gunohlar. “Qiyomat” romani haqida So‘zlar odamga o‘z fikrlarini yashirish uchun beriladi. “Qizil va qora” romani haqida Umri sayohatlarda o‘tayotgan avlod qissasi. Olga Tokarchuk nega adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotini oldi? Shayton bilan kelishuv. Gyotening “Faust”i haqida Jamiyat inson ehtiyojlarini qondirmasa, yovvoyi qonunlar ishga tushadi. Uilyam Goldingning “Pashshalar hukmdori” romani haqida
90
14,942
Madaniyat
Toshkentda Abdurayim Abduvahobov xotirasiga bag‘ishlangan yangi graffiti— “Shum bola” ning rasmi chizildi (video)
Toshkentning Chilonzor tumani Gagarin ko‘chasida 14-iyul kuni onkologik kasallik tufayli olamdan o‘tgan taniqli aktyor Abdurayim Abduvahobov xotirasiga bag‘ishlab sirli ko‘cha rassomi tomonidan “Shum bola” filmi bosh qahramoni Qoravoyning rasmi chizildi. Bu haqda madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi. View this post on Instagram Eslatib o‘tamiz, 2019-yilda Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazidagi bog‘da adib G‘afur G‘ulomning “Shum bola” asari bosh qahramoni — Qoravoy sharafiga haykal o‘rnatilgan edi. Ma’lumot uchun, Abdurayim Abduvahobov 1963-yil 8-avgust kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. Aktyor “Shum bola”, “Suyunchi”, “Muhabbat sinovlari”, “18-kvadrat”, “Ada emas, dada”, “Firibgar”, “Osiy banda”, “Poyga”, “Bevalar”, “So‘nggi nafasimgacha”, “Sevgi balki, bu jannat 2”, “Nazira” kabi filmlari, “Shaytanat” seriali hamda “Chimildiq” spektaklidagi rollari bilan mashhurlikka erishgan.
114
960
Madaniyat
Reper Kris Kelli olamdan o‘tdi
2013-yil 1-may kuni 34 yoshli reperning uyiga “tez yordam” chaqirilgan. Vrachlarning xulosasiga ko‘ra, Kelli narkotik modda miqdorini oshirib yuborgani uchun olamdan o‘tgan. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda. foto: AP Shifokorlar uni zudlik bilan shifoxonaga yotqizishdi. Oradan bir yarim soat o‘tgach, Krisning joni uzildi. Ayni paytda o‘limga aynan nima sabab bo‘lgani rasmiy hujjatlarda yozilmadi. Kelli bir paytlar Kris Kross guruhi uchun Mac Daddy nomi ostida sahnaga chiqar edi. Uning sherigi Kris Smit esa Daddy Mac taxallusini tanlagan edi. Ularning birinchi albomini yozishiga reper Jermeyn Dyupri yordam bergan. Bu voqea 1992-yilda bo‘lgandi. Kris Kross’ning cho‘qqiga chiqishi Maykl Jekson bilan o‘tkazilgan turne vaqtiga to‘g‘ri kelgan. 1996-yil guruh tarqab, reperlar yakkaxon ijod qila boshlashdi. 2013-yilning boshida Kelli va Smit Dyuprining tavalud kuni munosabati bilan birgalikda sahnaga chiqishgan edi.
30
931
Madaniyat
Jak-Iv Kusto haqidagi film Fransiya kinosining kuzgi mavsumi premyerasi bo‘ladi
Fransiya kinosining kuzgi mavsumi premyeralaridan biri dunyo okeanining mashhur tadqiqotchisi – 1910–1997-yillarda yashab-o‘tgan Jak-Iv Kustoga bag‘ishlangan bo‘ladi. Lamber Vilson va Odri Totu ishtirokidagi “Odisseya” nomli biografik kartina Fransiya ekranlarida oktabr oyida namoyish etiladi, deb xabar bermoqda “TASS”. Kusto haqidagi kinofilm uning vafotidan qariyb 20 yil o‘tib dunyo yuzini ko‘radi. Fransiyalik tadqiqotchini hurmatlovchi mashhurlar insonlardan biri, “Titanik” filmining muallifi Jeyms Kemeronning fikricha, Kusto butun avlodning dunyoqarashini rivojlantirgan. Rejissor Jerom Sall budjeti 30 million yevroga teng bo‘lgan kinokartina ustida 5 yil ishladi. Mazkur filmning ilk afishasi 2014-yilning may oyida paydo bo‘lgandi. Ammo bir necha oy o‘tib syomkalar to‘xtatildi. Rejissor olingan tanaffusni moliyaviy qiyinchilik emas, ushbu bosqichdagi ishidan qoniqish hosil qilmaganligi bilan izohladi.
79
918
Madaniyat
Di Kaprio “Uoll Strit bo‘risi” filmi haqidagi ish yuzasidan sudga chaqirildi
Nyu-York sudyasi Stiven Lok taniqli aktyor Leonardo Di Kaprio ko‘rsatma berish uchun sudga kelishini tayinladi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda. Shikoyat arizasini 2014-yilda Stratton Oakmont kompaniyasining sobiq menejeri Endryu Grin kiritgan edi. Grin “Uoll Strit bo‘risi” filmidagi Niki Koskoff obrazi (Pi Jey Birn ijrosida) undan ko‘chirilganiga amin. Grinning fikricha, Koskoffning giyohvand moddalar iste’mol qilishi va fohishalar bilan muloqot qilishi bilan bog‘liq sahnalar tuhmatdir. Shu bois u kinochilardan 50 million dollar talab qilmoqda. Di Kaprioning advokatlari aktyor ssenariy muallifi bo‘lmagani bois ko‘rsatma berishi shart emasligini uqtirib kelayotgan edi. Ammo Grinning advokatlari u rejissyor Martin Skorseze va ssenariynavis Terens Uinter bilan ssenariyni muhokama qilganini isbotlab berdi. Paramount kompaniyasi Koskoff obrazining real prototipi yo‘qligini ta’kidlab kelmoqda.
76
900
Madaniyat
Davron Kabulov “Million” jamoasining bo‘linib ketishi haqida: Kim to‘g‘ri yo‘l tutganini vaqt ko‘rsatadi (video)
Davron Kabulov “Million” jamoasining bo‘linib ketish sabablariga qisqacha izoh berdi. Bu haqda Davron Kabulov jurnalist Feruz Muhammadga bergan intervyusida gapirib berdi. Jamoaga har doim bitta oila sifatida qaraganman. Jamoa orasida bo‘ladigan kelishmovchiliklarni, tushunmovchiliklarni ommaga izohlab berish shart emas deb hisoblayman. Har holda oila miqyosda olib qaraydigan bo‘lsak, er va xotin urushadigan bo‘lsa, butun mahallaga chiqib buning sababini tushuntirib berishi shart emas. Biz ozgina bo‘lsa ham ommaga aloqador, ommaga ozgina bo‘lsa ham tanilgan jamoa a’zolari sifatida tarkibimizni to‘rt kishi tark etgani haqidagi savollar ko‘pchilikni qiziqtirgan bo‘lishi mumkin, lekin bu narsa ichkarida qolgani ma’qul. Faqat vaqt va jamoadagi yigitlarning ishtiyoqi kim qanchalik to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri yo‘l tutganini ko‘rsatib beradi. Davron Kabulov, “Million” jamoasi a’zosi
112
884
Madaniyat
Jennifer Lopes ulkan olmos qadalgan nikoh uzugini ko‘z-ko‘z qildi (foto)
Jennifer Lopes Liboslar instituti baliga nomsiz barmog‘iga nikoh uzugiga juda o‘xshash uzuk taqqan holda kelib, Kasper Smart bilan to‘yi bo‘lishi haqidagi mish-mishlarni yanada kuchaytirdi, deb yozadi “Segodnya.ua”. Uzukka nok shaklidagi kattakon olmos qadalgan. Jennifer qizil yo‘lakchada Kaspersiz paydo bo‘lgan bo‘lsa-da, ko‘pchilik bu ataylab, munosabatlarini yashirish uchun uyushtirilganini taxmin qilmoqda. G‘arb OAVlari yozishicha, Jennifer va Kasper shu yilning dekabrida turmush qurmoqchi. To‘y tantanasi Gavayi yoki Puerto-Rikada o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
72
576
Madaniyat
Bugun "MILLIY" telekanali 4 yoshga to`ldi (foto)
Bugun 4 sentyabrda "Milliy" telekanali tashkil etilganiga 4 yil to`ldi. Shu munosabat bilan Komil Allamjonov o`z telegram kanalida mazkur TV tashkil qilinishi va ilk ijodkorlar jamoasi bilan bog`liq xotiralarini baham ko`rdi: "Oh,  o`sha hayajonlik damlar! Ishonasizmi, yo`qmi, ushbu kanal ishini 20 nafarcha odam bilan boshlaganmiz. Bular - Yulduz Hoshimova, Akrom va Qahramon Mahkamovlar, Bahodir Qosimov, Baxtiyor Inog`omov, Shuhrat Rasulov, Deyl Ahmadi, Sunnatilla Qo`ziev, Jasur-dangasa Shametov, Pasha Kim, Sarvar Po`latov, Munis Toshmatova, Botir va O`tkir Muhammadxo`jaevlar, Hasan va Husan Salihovlar, Sevdo Niyozova, Ayub Shahobiddinov, Shuhrat Jalilov, Sergey Kim. Erta tongdan  «Assalom» qo`shig`i bilan «Shirchoy» dasturi, kechki «MTV shou»,  chiroyli milliy liboslarda o`zbek ayollari roliklari, «Holva», «Lazzat oshxonasi», «Otalar so`zi» kabi yuzlab loyihalarni amalga oshirdik.   Eng baxtli damlarim edi o`sha paytlar! Chunki, ichimdan qaynab chiqayotgan g`oyalarimni amalga oshirishdan meni hech kim va hech nima to`xtatib qololmasdi. Menda o`zbek xalqining urf-odatlari, marosim-tadbirlari, o`zbek millatining haqiqiy qadriyatlari, turmush tarzini ko`rsatib berish imkoni bor edi.   Bugun Telekanal 4 yoshga to`ldi. Bu davrda u o`z o`rniga ega bo`ldi. Muxlislarini topdi. Fayz va sifatni ushlashga harakat qildi, bachkanalikdan qochdi. Eng nufuzli 8 tonnalik osh va «O`zbegim» kitobi loyihalarini amalga oshirib, o`zbek oshini Ginnes rekordlari kitobiga kiritgan ham MILLIY telekanali bo`ldi. Kanal barcha o`zbek shou biznes vakillarining maydoniga aylandi. Yillar davomida qat`iy taqiqda bo`lgan mashhurlar  - Sherali Jo`raev, Obid Asomov, Yulduz Usmonova, Ozoda Nursaidovalar faoliyatlarini qayta tiklashlari va yangi davrdagi birinchi chiqishlari ham aynan MILLIY telekanalida bo`ldi.   Gapirsa, gap ko`p. Bir so`z bilan aytganda, tug`ilgan kun muborak! Ilohim, ko`z tegmasin bu kanalga. Yashnayversin bu kanal! Umri va faoliyati uzun bo`lsin! Bayram muborak, hamkasblarim!!" "Darakchi" sayti jamoasi ham mazkur tabrikka qo`shiladi. Hamkasblarimizni ushbu quvonchli kun bilan samimiy qutlaymiz. Kelgusidagi faoliyatlarida ijodiy muvaffaqiyatlar tilaymiz.
48
2,176
Madaniyat
Uch xil libos, 200 nafar mehmon, hashamatli ziyofat: Priyanka Chopraning to‘yi qanday o‘tdi? (foto va video)
Avval xabar berganimizdek, hindistonlik aktrisa va sobiq “Dunyo go‘zali” Priyanka Chopra Nik Jonasga turmushga chiqdi. U o‘z muxlislari bilan tantana fotosuratlari bilan o‘rtoqlashdi, deb yozadi Sputnik. An’anaga ko‘ra, hashamatli tantana Mumbay shahridagi kelin uyida bo‘lib o‘tdi. Unga 200 dan ortiq mehmonlar taklif qilindi. 25 yoshli Nik Jonasning AQShlik mehmonlari Priyanka ota-onasining uyiga joylashdi. View this post on Instagram “Dunyo go‘zali” tanlovi g‘olib ushbu bayramga bir nechta liboslarni tayyorladi. 36 yoshli Priyankaning asosiy to‘y libosi — oq rangda, yarim ochiq va marvarid bilan bezatilgan Ralph Lauren libosi bo‘ldi. Chopra boshidagi 25 metrli ajoyib oq to‘y libos pardasini bir necha kishi ko‘tarib ketdi. Kelin ko‘rinishi maftunkor malikaning o‘zi bo‘ldi. An’anaviy hind marosimida Priyanka lexengu-choli – hashamatli milliy qizil libosni kiydi. Kelin tilladan yasalgan marjonni taqib olgan. View this post on Instagram Nik ham kuyov milliy hind libosini kiygan. Kechki bazmda esa kelin hind uslubdagi ko‘plab qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan libosda paydo bo‘ldi. View this post on Instagram Uning sochlari oq gul bilan bezatilgan. Quloqlarida noyob toshli sirg‘alarni, bo‘yniga hashamatli marjonlarni taqib olgan.
108
1,295
Madaniyat
Ertaga "Mumtoz navolar" dasturi namoyish etiladi
27 fevral, soat 18:30 da O`zbekiston Yoshlar simfonik orkestri qoshidagi Yoshlar xor jamoasi O`zbekiston Davlat Konservatoriyasining katta zalida "Mumtoz navolar" deb nomlangan konsert dasturini namoyish etadi. Konsert badiiy rahbari O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Kamoliddin O`rinboev. Konsertda Yoshlar xor jamoasi rahbari Yulduz Husnitdinova direjyorligida, nay, doira, tanbur navolaridan bahramand bo`lish mumkin. Konsertga kirish bepul.
48
450
Madaniyat
“Hayot uyga sig‘adi”. Burak O‘zchivit va Fahriya Evjen odamlarni uyda qolishga chaqirdi
Turkiya Sog‘liqni saqlash vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda “Hayot uyga sig‘ar” (Hayat eve sığar) heshtegi ostida fuqarolarni uyda qolishga undamoqda. Instagram’da ko‘p sonli folloverlarga ega taniqli turk aktyori, aktrisasi hamda xonandalari ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlamoqda. Xususan, Turkiyaning eng mashhur yulduzli juftligi Burak O‘zchivit va Fahriya Evjen ham ayni damda karantinda uyda o‘tirganlari aks etgan surat bilan bo‘lishib, o‘z muxlislarini uyda qolishga chorladi. View this post on Instagram Kitob tutib turgan aktyorlar suratga “Iltimos, uyda qoling. Hayot uyga sig‘adi”, deb izoh qoldirdi. Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri Fahriddin Xoja Burak va Fahriyaning ushbu suratini o‘z sahifasiga joylashtirib, “Burak O‘zchivit va Fahriya Evjen ‘Hayot uyga sig‘adi’ deb yozmoqda. Men ularga bizning tashabbusimizni qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildiraman”, — deb yozib qoldirdi. Fahriddin Xojaning ma’lum qilishicha, Turkiyada so‘nggi sutkada 5035 kishi koronavirusga test topshirgan. 561 kishida ushbu infeksiya aniqlangan. 15 nafar bemor vafot etgan. Mamlakatda koronavirusni yuqtirib olganlarning umumiy soni esa 2433 kishini tashkil etmoqda. View this post on Instagram  Turkiya va Hindistonda minglab odamlar uyi balkonidan turgan holda koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlarni olqishladi (video) Ma’lumot uchun, o‘zbek tomoshabinlariga “Choliqushi” filmining yangi talqini hamda “Ishq senga o‘xshar” hamda “Uyim sensan” kabi filmlardagi obrazlari bilan yaxshi tanish Fahriya Evjenning Instagram’da salkam 10 million nafar folloveri bor. “Muhtasham yuz yil” hamda “Sevgi iztirobi” filmlari yulduzi Burak O‘zchivitni esa ijtimoiy tarmoqda 14,4 million kishi kuzatadi. Burak va Fahriya 2017-yilning yozida turmush qurgan. Ular 2019-yilning 13-aprelida ota-ona bo‘ldi. Juftlik o‘g‘liga Karan deb ism qo‘ygan.
87
1,877
Madaniyat
Olmaning tagiga doim ham olma tushmaydi: mashhur ota-onasiga umuman o‘xshamaydigan farzandlar (foto)
Farzandlar har doim ham o‘z ota-onalariga o‘xshamaydi. Ularning tashqi ko‘rinishi, dunyoqarashlari, turmush tarzi va tanlagan kasblari boshqacha bo‘lishi mumkin. Jerar Depardye va uning qizi Jyuli Jyuli mashhur otasi singari filmlarda rol o‘ynaydi va shu bilan ota va qiz o‘rtasidagi o‘xshashliklar tugaydi. Jyulining aytishicha, u tasodifan aktrisalikka qadam qo‘ygan va u shunchaki aktyorlar sulolasini yoqtirmaydi. Bundan tashqari, Jyuli otasiga o‘xshamaslik uchun 5 marotaba jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan. U taniqli dadasidan meros bo‘lib qolgan burnini yoqtirmasligini ham aytib o‘tgan. Charli Shin va qizlari Sem hamda Lola Rouz Charli Shin va Denis Richardsning qizlari deyarli voyaga yetgan: Sem 18, Lola Rouz esa 17 yoshga to‘ladi. Charli ko‘p vaqtini bolalar bilan o‘tkazadigan namunali ota. Qizlar tashqi ko‘rinishidan otasiga o‘xshamaydi va boshqa ko‘plab yulduz merosxo‘rlari kabi ekranda ko‘rinmaydi. Ular oddiy o‘smirlardek hayot kechiradi va maktabda o‘qiydi. Al Pachino va uning qizi Oliviya Oliviya doim obunachilar bilan chiroyli rasmlarni ulashadi. Qizning egizak akasi Anton bilan doimiy raqobat tufayli Oliviya individual mashg‘ulotlarga borishga majbur bo‘ldi. 2022-yil yanvar oyining oxirida Oliviya 21 yoshga to‘ladi, u hali o‘qiydi va aktrisa bo‘lishni xohlamaydi. Gay Richi bilan Madonnanning farzandi Rokko Rokko shou-biznesda karyera qurish uchun barcha shart-sharoitlarga ega: uning dadasi taniqli rejissor, onasi esa afsonaviy qo‘shiqchi. Faqat mashhur merosxo‘rning iste’dodi butunlay boshqa narsaga qaratilgan. Madonnaning o‘g‘li rasm chizish bilan jiddiy shug‘ullanadi: u London kollejidagi tasviriy san’at kursiga qatnaydi, rasmlar chizadi va sotadi. Bir muncha vaqt u otasining familiyasi tufayli san’at olamida o‘ziga ko‘proq e’tibor qaratmaslik uchun taxallusdan foydalangan. Ma’lum qilinishicha, uning ba’zi asarlarining narxi taxminan 24 ming funt sterlingni tashkil etadi. Klint Istvud va uning o‘g‘li Kayl Klint Istvud ko‘p farzandli ota bo‘lib, bolalarining aniq sonini aytishdan bosh tortadi. Ulardan kamida 8 ta ekanligi ma’lum. Istvudning barcha farzandlari o‘z hayotlarini aktyorlik bilan bog‘lashni xohlamagan. Masalan, o‘g‘li Kayl jazz musiqachisi. Uning so‘zlariga ko‘ra, otasi musiqa bilan shug‘ullanish istagi borligini bilgach, xursand bo‘lgan. Keyinchalik Kayl otasining 9 ta filmiga musiqa yozdi. Maykl Jordan va uning o‘g‘li Markus Birinchidan, afsonaviy sportchining o‘g‘li otasining izidan borishga harakat qildi va basketbol o‘ynashni boshladi, ammo bu sohada katta muvaffaqiyatlarga erisha olmadi.  2016-yilda 25 yashar Markus Trophy Room poyabzal do‘konini ochdi va u hozir ham faoliyat yuritmoqda. Til Shvayger va uning qizi Luna Luna bu yil 25 yoshga to‘ladi. U bolaligidan ot sporti bilan shug‘ullanib, iqtisod fanini o‘rgangan. Katta ekranda tomoshabinlar Lunani bolaligida otasi bilan birgalikda rol o‘ynagan “Kelishgan erkak” (2007) filmi orqali eslashi mumkin. Xarrison Ford va uning qizi Jorjiya Aktyorning qizi Gollivudda karyera qurishga intildi, ammo urinishlar unchalik samara bermadi. Filmlar kassada muvaffaqiyatsizlikka uchradi va intiluvchan aktrisa mashhurlikka erisha olmadi. Oradan o‘tgan 5 yildan ko‘proq vaqtdan buyon Jorjiya kino olamiga qaytmadi. Sofi Loren va uning o‘g‘li Karlo Ponti Sofi Lorenning o‘g‘li o‘z hayotini mashhur onasi kabi kino bilan bog‘lamadi. Karlo musiqachi, 2000-yildan 2018-yilgacha Rossiya milliy orkestrining kichik dirijyori sifatida faoliyat yuritgan va hozirda Los-Anjelesda yashaydi. Ronaldo va uning o‘g‘li Ronald Ronaldo barcha davrlarning eng buyuk futbolchilaridan biri hisoblanadi. Ammo uning o‘g‘li Ronald sportga befarq, ammo boshqa iste’dodlarga ega. Yigit musiqa bilan shug‘ullanadi va Braziliyada mashhur dijeylarda biri. Sobiq futbolchi o‘g‘lining tanlovini ma’qullaydi va u uyda tinmay qo‘shiq tinglaganini, shuning uchun ham o‘g‘li musiqaga shunchalik berilib ketgan bo‘lishi mumkinligini aytib o‘tgan. Bob Dilan va uning o‘g‘li Jessi Bob Dilan so‘nggi 60 yil davomida pop musiqa olamining nufuzli shaxsi sanaladi. Bundan tashqari, qo‘shiqchi tarixda bir vaqtning o'zida Oskar va adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotini olgan ikkinchi shaxs bo‘ldi. Birinchisi Bernard Shou edi va Bob 2016-yilda shunday muvaffaqiyatni takrorladi. Maykl Jekson va uning o‘g‘li Prins Maykl Jekson II Pop musiqa qiroli o‘z yaqinlarini matbuot va qiziquvchan jamoatchilik e’tiboridan ehtiyotkorlik bilan himoya qildi. Mayklning bolalari ba’zida niqob kiygan holda omma oldida paydo bo‘ldi. Xonandaning uchta merosxo‘ri qolgan, ularning eng kichigi 19 yoshli shahzoda Maykl Jekson II. Yigit o‘z oilasida eng mustaqilidir. Shu sababli, u hatto “ko‘rinmas bola” laqabini ham oldi. Ma’lum bo‘lishicha, yigit kinoga qiziqadi va hatto akasi bilan blog yuritish bilan shug‘ullangan.
100
4,789
Madaniyat
39 yoshida ham o‘zini boladek his qiladigan qo‘shiqchi. Oilaviy merosdan voz kechib, Trampning agentligida karyerasini boshlagan Peris Hilton haqida fotomaqola
Bugun, 17-fevralda qo‘shiqchi Peris Hilton 39 yoshga to‘ldi. U 1981-yilda Nyu- Yorkda tug‘ilgan. Perisning bobosi Konrad Hilton “Hilton” mehmonxonalari imperiyasining asoschisi hisoblanadi. Otasi biznes bilan shug‘ullangan onasi esa aktrisa bo‘lgan. Perisning singlisi Niki taniqli model va dizayner, shuningdek uning Barron va Konrad ismli ukalari ham bor. Perisning fe’l-atvori yoshligida o‘ziga yarasha og‘ir bo‘lgan. Bir maktabda uzoq vaqt o‘qiy olmagan, darslardan qochishni kanda qilmagan. Shu sabab bo‘lsa kerak, maktab attestatini tengdoshlariga nisbatan ancha kech qo‘lga kiritgan. U maktab yillarida eng yaqin do‘stlari Nikol Rich va Kim Kardashyanlar bilan tanishgan. Peris bobosi merosidan bosh tortgan va mustaqil hayot kechirishni tanlagan. Karyerasini, 2000-yilda Donald Trampning “T management” nomli agentligida fotomodel bo‘lib ishlashdan boshlagan. Keyinchalik “Ford Models Management”, “Models 1 Agency” va “Premier Model Management”, agentliklarida faoliyat yuritgan. Fotomodellik u uchun omadli kelgan. Yoqimtoy mallasoch qizning surati turli jurnal va gazetalar muqovasida chop etila boshlagan. Bora-bora u haqiqiy yulduzga aylangan va matbuotda chop etilgan, uning har bir xatti-harakati aks etgan paparatsiyalarga muxlislar qiziqishi tobora orta boshlagan. Shu bilan birga u reytingi baland bo‘lgan televizion shoularda ham tez-tez ishtirok eta boshlagan. 2003-yilda Fox kanalida efirga uzatilgan “Oddiy hayot” loyihasidagi ishtiroki unga haqiqiy muvaffaqiyat olib keldi. Ushbu realiti shouda Peris dugonasi Nikol Rich bilan birgalikda ishtirok etgan. Peris o‘zini kinoaktrisa sifatida ham sinab ko‘rgan lekin kinodagi faoliyati omadli bo‘lmagan, asosan ikkinchi darajali rollarni ijro qilgan va bu rollar unga unchalik muvaffaqqiyat olib kelmagan. Shunga qaramay u “Teen Choice Awards” mukofoti bilan taqdirlangan. Peris modellik va aktrisalikdan keyin, qo‘shiqchilikni tanlagan. 2004-yilda o‘zining ilk albomi ustida ishlay boshlagan va uni “Parij” deb nomlagan. Albom ustida 2 yil ishlangan va u 2006-yilda taqdim etilgan. Kara Dio Guardi, Greg Uells, Skott Stroch va Jeyn Uidlin diskning prodyusserlari bo‘lgan. Katta jamoaning mehnati singan bo‘lsa-da, albom u qadar xaridorgir bo‘lmaydi. Lekin bu kabi mayda omadsizliklar uni to‘xtashiga sabab bo‘lmaydi. Oradan bir yil o‘tib qo‘shiqchi, raqsbop qo‘shiqlar jamlangan albomni  tayyorlashni boshlaydi va 2008-yilda ommaga taqdim qiladi. Albomdagi qo‘shiqlarning 21 tasiga klip suratga olingan va ular orasida “High off my love”, “Nothing in this World”, “Stars are blind” qo‘shiqlari o‘rin olgan. 2000-yillarning boshida Peris o‘zini yana bir sohada sinab ko‘radi. Bu yozuvchilik edi. Merl Ginsberg bilan birgalikda  kitob yozadi va bu kitob 100 ming dollar daromad keltiradi. Tanqidchilar  kitobga e’tiroz bildirgan bo‘lsa-da, muxlislar juda yaxshi qabul qilgan. Keyinroq Perisda dizaynerlikka bo‘lgan qiziqish paydo bo‘ladi va “Samantha Thavasa” yapon firmasining sumkalar kolleksiyasini yaratishda ishtirok etadi. Taqinchoqlar dizaynini yaratadi, shuningdek, shaxsiy parfyumlarni taqdim qiladi. Ko‘p o‘tmay, “Club Paris” tungi klublar tarmog‘i bilan shartnoma imzolaydi. Birinchi ko‘ngilochar markaz Florida shtatining Orlando shahrida ochiladi. Bularning o‘zi bilan cheklanishni istamagan Peris didjey sifatida ham o‘zini sinaydi. 2003—2004-yillarda 2 million dollar egasi bo‘lgan Peris ismi Forbes’dan joy oladi. O‘zini o‘qqa-cho‘qqa urib ko‘rgan Peris, atrofdagilarga buvasining merosisiz ham yaxshidanda a’lo yashay olishini isbotlaydi. Peris o‘zini nafaqat turli sohalar, balki insonlar bilan ham sinab ko‘radi. U 2003-yilda Rik Salomon, 2003-yilda Jeyson Sho, Nik Karter, Pais Latsis, Stavras Niarxos, Bendji Meddon va Dug Reynxardlar bilan uchrashgan. 2013-yilda esa River Viperiga turmushga chiqmoqchi ekanini ma’lum qiladi, lekin, 2015-yilda OAV qo‘shiqchining millioner Tomas Gross bilan uchrashayotgani haqida xabar chop etadi. Va nihoyat, 2017-yilga kelib aktyor Kris Zilk bilan o‘rtalarida jiddiy munosabatlar boshlanadi va juftlik turmush qurmoqchi ekanini bildiradi. Peris hayotida bu kabi bildirgilar ko‘p bo‘lgani haqiqat, lekin asosiysi ushbu e’londan shuncha vaqt o‘tsa hamki juftlik hamon birga. Jurnalistlarning farzandli bo‘lish haqidagi savoliga esa ijodkor men o‘zimni hali boladek his qilaman deb javob beradi.
159
4,326
Madaniyat
O‘zbek Milliy akademik drama teatrida “Imon” spektakli qoraqalpoq tilida namoyish etildi
O‘zbek Milliy akademik drama teatrida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat musiqali teatri ijodkorlari ijrosida Izzat Sulton asari asosida sahnaga qo‘yilgan “Imon” spektakli namoyish etildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi. Uzoq yillar mobaynida O‘zbek Milliy akademik drama teatrida ijro etilgan “Imon” spektakli san’at ixlosmandlariga yaxshi tanish. Inson har qanday sharoitda o‘z vijdoniga quloq tutib ish ko‘rishi, turli murakkab, chigal vaziyatlarda halollik, poklik, insof va diyonat singari chin insoniy fazilatlar bilan munosib yo‘l topishdek ezgu g‘oya mazkur asar mazmuniga singdirilgan. – Imon, vijdon, or-nomus tushunchalari hamisha inson ma’naviyatida o‘ziga xos mayoq vazifasini o‘taydi, – deydi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat musiqali teatri direktori Qolboy Turdiyev. – Bu tushunchalar zamonlar osha o‘zgarmay kelayotgan, milliy qadriyatlarimizning ajralmas bo‘lagi sanaladi. Spektakl tomoshabinni doim ezgulikka, vijdoni bilan ish ko‘rishga undashi bois uni xalqimiz sevib tomosha qiladi. Spektaklni O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Yodgor Sa’diyev sahnalashtirgan. Rejissor – Qoraqalpog‘iston san’at arbobi Berdibay Utebayev. Sahna bezaklari va dekoratsiyalarini Qoraqalpog‘iston san’at arbobi, rassom Rixat Asqarov yaratgan. O‘zbek va qoraqalpoq tillaridagi ushbu spektaklda asosiy rollarni Yodgor Sa’diyev, Aziz Nazarimbetov, Alinay Berdibayeva, Sapargul Dauletova, Miyrigul Mambetumratova, Gulsara Jumaniyazova, Farit Uzaqbergenov, Baxtiyar Abdenov ijro etmoqda.
88
1,490
Madaniyat
"Artistlarni ko`rmadinglarmi?.." Ijtimoiy tarmoqlarda bildirilgan e`tirozga "O`zbekkonsert" javob berdi
Ijtimoiy tarmoqlarda shu kunlarda san`at ahlining jimib qolgani, xayriya ishlarida faol emasligi haqida fikr-mulohazalar paydo bo`ldi. Bu postlarda yurtimizning bir qator taniqli honandalari sanab o`tilib, qani ular shunday murakkab vaziyatda nega o`zini ko`rsatmayapti" degan ma`noda murojaat qilingan. “O`zbekkonsert” davlat muassasasi axborot xizmati ushbu fikrlarga quyidagicha munosabat bildirdi.   "Aslida millat boshiga og`ir kunlar kelganida san`atkorlar ham chetda turmasdan, birinchilardan bo`lib, karantin davrida odamlarning uyda o`tirishlari uchun tayyorlanayotgan turli ko`ngilochar ko`rsatuvlaru, koronavirusdan himoyalanish uchun nimalarga amal qilish kerakligi haqidagi turli chellendjlarda faol ishtirok etishmoqda.   Bundan tashqari san`atkorlarimiz ham ko`pchilik qatori xalqimizning og`ir kunlarida yurtimizda yangi tashkil etilgan “O`zbekiston mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga va kam ta`minlangan oilalar, aholining boshqa yordamga muhtoj qatlami uchun ham xayriya ishlarini amalga oshirib kelishmoqda.   Faqat bunday ishlar xayriya bo`lganligi bois, ko`pchilik san`atkorlar tomonidan oshkor qilinmasdan kelinmoqda. Bugungi kunda bizga ma`lum bo`lganlaridan, karantin davrining ilk kunlaridan to shu kunga qadar O`zbekiston xalq artistlari Ozodbek Nazarbekov, Yulduz Usmonova, Farrux Zokirov, Gulsanam Mamazoitova, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artistlar Ulug`bek Rahmatullaev, Mavluda Asalxo`jaeva, Hosila Rahimova, Alisher Turdiev, Ziyoda Qobilova, rejissyor Sa`dulla Abdullaev hamda boshqa san`atkorlar tomonidan “O`zbekiston mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga 200 million 500 ming so`m hamda kam ta`minlangan oilalar va aholining boshqa yordamga muhtoj qatlami uchun 152 million so`m, umumiy hisobda 352 million 500 ming so`m xayriya mablag`lari yo`naltirilgan.   Bundan buyon ham bu boradagi ishlar faol davom etadi. San`atkorlar har qanday kunda doimo xalqimiz va muxlislar bilan birga".
103
1,935
Madaniyat
Bag‘dodda hammayoq tinch: “Olovuddinning sehrli chirog‘i” filmidagi bosh qahramonlar bugun qanday ko‘rinishda? (foto)
Sovet Ittifoqining o‘z Romeo va Julettasi – “Olovuddinning sehrli chirog‘i” ertak-filmining bosh qahramonlarini o‘ynagan yosh aktyorlar o‘sha davr o‘smirlarining mehrini qozongan. Film Qrimda suratga olingan. Dodo Chogovadze Dodo 1951-yilda Tbilisida tug‘ilgan. Uning otasi gruzin, onasi rus edi. Qiz xoreografiya maktabida o‘qib yurgan kezlarda kinostudiyadan u yerga tez-tez yosh aktrisalarni topish uchun rejissorlar tashrif buyurgan. Bir kuni ular 10 yoshida “Kichkina ritsar” filmida debyut qilgan Dodoni tanib qoladi. Rejissor Stanislav Rostotskiy qizni “Zamonamiz qahramoni” filmidagi Bella roli uchun tanlab olmoqchi bo‘lgan, ammo u atigi 13 yoshda edi, shuning uchun ular rolni boshqa aktrisaga berishga majbur bo‘lgan. Keyinchalik Dodoni kartoteka orasidan “Olovuddinning sehrli chirog‘i” ertak filmidagi malika Budur roliga tanlashganda, onasi Dodoga yoshini biroz qo‘shib aytishni taklif qilgan. O‘sha paytda qiz 14 yoshda edi, lekin u 15 yosh deb aldaydi. Yolg‘on aynan uning tug‘ilgan kunida fosh bo‘lgan. Dodoga kosmetika vositalari, baland poshnali tuflilar sovg‘a qilingan, butun suratga olish guruhi uni 16 yoshga to‘lishi bilan tabriklagan, qiz esa yig‘lab yuborgan va qochib ketgan. Uni Sulton rolini ijro etgan aktyor Otar Koberidze izlab borganida, u to‘g‘risini aytmaganini tan olgan, bu uning bayramiga tashrif buyurgan barcha mehmonlarni hayratga solgan. Shuingdek, Dodo suratga olish maydonchasida birinchi muhabbatini uchratgan. O‘shanda butun mamlakat Olovuddin rolini ijro etgan aktyorga oshiq bo‘lsa-da, qiz uni emas, balki operator Kostya Zagorskiyni sevib qolgan. Film mamlakatda 1967-yilda chiqarilgan va katta muvaffaqiyatga erishgan. Film rejissori Boris Ritsarev va barcha aktyorlar mashhurlikka erishgan. Yosh aktrisa uchun “Kichik suv parisi” va “Aelita” filmlarining ssenariylari yoziladi, rejissor esa Boris Ritsarev bo‘lishi kerak edi. Ammo u siyosiy sabablarga ko‘ra sudga tortilgan, ma’lum muddatga qamalgan. Bir necha yil davomida yosh aktrisa ham unutilgan. Uning filmografiyasida yana bitta – “Osmonda tungi jodugarlar ” filmi bor. 23 yoshida Dodo tbilisilik musiqachi David Shushanin bilan turmush qurgan. Ularning Nino ismli qizi bo‘lsa-da, er-xotin ajrashishga qaror qilgan. Nino Tbilisi konservatoriyasining psixologiya bo‘limini ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha tamomlagan. Ular Dodo onasi va dadasi bilan Tbilisi markazidagi eski kvartirada birga yashaydi. Dodo Tbilisi teatr universitetining raqs professori. Maosh kam bo‘lgani uchun Dodo xususiy darslar, reklamalarda suratga tushish orqali qo‘shimcha pul ishlaydi. Boris Bistrov Boris 1945-yilda Moskvada tug‘ilgan. U 10 yoshga to‘lganida ota-onasi ajrashib ketgan, bola otasi bilan qolgan, chunki onasining uni olib ketadigan joyi yo‘q edi. Keyinchalik ona va o‘g‘il o‘rtasidagi munosabatlar yaxshilandi. Boris 1966-yilda Moskva badiiy teatr maktabini tamomlagan, keyin Lenkom teatrida xizmat qilgan. 1968-yildan Yermolova nomidagi Moskva drama teatrining aktyori sifatida faoliyat yuritgan. Uning kinodagi birinchi roli Olovuddin edi. Mashhurlik kelishgan aktyorga yosh bo‘lishiga qaramay nasib etdi, shuning uchun u spirtli ichimliklarga ruju qo‘ydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, avvaliga muxlislarni rad eta olmagani uchun ichgan, keyin muxlislar g‘oyib bo‘lgani uchun ichgan. Boris o‘sib ulg‘aydi, yetuk bo‘ldi, keksaydi, tashqi ko‘rinishida Olovuddin qiyofasidan asar ham qolmagan. Aktyor kinoda boshqa rollarni o‘ynadi, ammo tomoshabinlar faqat uni faqat Olovuddin obrazida eslaydi. Boris Bistrov ko‘plab filmlarga ovoz bergan. U Leonid Knitning qizi aktrisa Innaga uylangan. U “Chapayev” filmidagi Petka roli bilan mashhur. Ularning qizi Ketrin tug‘ilgach, oradan 10 yil o‘tib, nikoh buzilgan. Innaning yuragi kasal bo‘lgani uchun ham erta vafot etdi. 16 yoshgacha Ketrin otasining familiyasini oldi, keyin onasining familiyasini oldi. U ham aktrisa bo‘lib, bir qancha filmlarda rol o‘ynagan. Ikkinchi nikoh ham juda qisqa bo‘ldi. Uning rafiqasi Tatyana Leybel taniqli balerina va raqqosa oilasini tashlab, Kanadaga ko‘chib ketgan. Uchinchi xotini Irina Savina ham aktrisa bo‘lib, juftlik teatrda uchrashgan. Irina “Moskva—Kassiopiya” va “Koinotdagi o‘smirlar” filmlari bilan tanilgan. Ular keyinchalik o‘g‘il farzand ko‘rdi va unga Nikolay deb ism berdi. Sarri Kariyev Jin rolini ijro etgan turkmanistonlik aktyor Sarri Kariyev 1906-yilda tug‘ilgan. Ikkinchi Jahon urushi yillarida u ko‘ngillilar safida frontga ketgan. Stalingrad uchun janglarda yaralangan. U chindan ham jangovar Jin bo‘lgan. Umuman olganda, u 20 dan ortiq filmlarda rol o‘ynagan.
117
4,569
Madaniyat
“O‘lsam, janozamni bulbul o‘qisin”, Parizoda va qizining raqsi, 73 yoshga to‘lgan Sherali Jo‘rayev. Mashhurlar karantinda (foto+video)
O‘zbek san’atkorlari karantin vaqtida muxlislarini zeriktirmaslik harakatida. 12-aprel, yakshanba kuni ham ular o‘zlarining Instagram’dagi sahifalarida turli xil qiziq video va fotolar joyladi. O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova “Xasta bo‘lma” deb nomlangan taronasini joyladi. Ushbu lavha Yulduz Usmonovaning “Sevimli” kanalidagi “Sevimli yuduz” loyihasidan olingan. View this post on Instagram Aktrisa Durdona Qurbonova shoira Bibisora Turobovaning “O‘lsam, janozamni bulbul o‘qisin” misrasi bilan boshlanadigan she’rini o‘qib, sahifasiga joyladi. Uning muxlislari ushbu lavhani yaxshi kutib oldi. View this post on Instagram 12-aprel kuni O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev 73 yoshini qarshiladi. Sherali Jo‘rayev tug‘ilgan kunida bugungi sinovli kunlarda jonini ayamay mehnat qilayotgan shifokorlar, hamshiralar, Milliy gvardiya xodimlari hamda vatan uchun uxlamasdan yurtga xizmat qilayotgan insonlarga minnatdorchilik bildirdi. Sherali Jo‘rayev “Xudo xohlasa, ro‘zayi ramazon oylarida shu balolardan barchamiz qutulib ketaylik, uyda bo‘linglar”, — deya duo qilib, fikrlarini yakunladi. View this post on Instagram Bundan tashqari, Sherali Jo‘rayevning farzandlari Shohjahon hamda Zohirshoh Jo‘rayevlar ham tabriklab, o‘zlarining Instagram sahifalariga foto postlar joyladi. View this post on Instagram Xonanda Mashhurbek Raimjonov “Sinfdosh qiz” deb nomlangan qo‘shig‘ini jonli ijroda kuylab berdi. Muxlislar esa ushbu qo‘shiqqa videoklip suratga olish haqida takliflarini yozib qoldirgan. View this post on Instagram Xonanda Aziza Nizomova ham O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning “Lola, lolajonim, lolaqizg‘aldoq” deb nomlangan she’rini o‘qib, sahifasiga joyladi. View this post on Instagram Xonanda Sardor Mamadaliyev Komiljon Otaniyozovning “Sohibqironim bor mani” deb nomlangan taronasidan bir shingil kuylab, sahifasiga joyladi. View this post on Instagram Raqqosa Parizoda qizalog‘i E’zozaxon bilan birgalikda Ozodbek Nazarbekovning “Xafa bo‘laman” deb nomlangan taronasiga raqsga tushdi. View this post on Instagram Qiziqchi Shukrullo Isroilov xonanda Sardor Rahimxonning “Ishonmasan” deb nomlangan qo‘shig‘iga parodiya qilib kuylagan qo‘shig‘i va videoklipini joyladi. View this post on Instagram Xonanda Ziyoda bolaligini esladi va muxlislarga go‘zal kunlar albatta kelishini, buning uchun uyda o‘tirib duoda bo‘lishlarini yozib qoldirdi. View this post on Instagram “Bravo” jamoasining a’zosi Shahlo Zoirova karantinda xol qo‘yganini ma’lum qildi. View this post on Instagram O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulchehra Sa’dullayeva 70 yoshni qarshi oldi. Farzandlari esa uni uylaridan turib tabrikladi. View this post on Instagram
134
2,856
Madaniyat
Shohida Uzoqova: Aktrisaning yengiltakligini kechirib bo‘lmaydi
Shohida Uzoqova, garchi san’at olamiga o‘ttiz yoshida kirib kelgan bo‘lsa-da, o‘z iqtidori va san’atga bo‘lgan muhabbati tufayli oz fursat ichida xalq mehrini qozondi. Tinimsiz mehnat va izlanishlari natijasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoniga sazovor bo‘ldi. Aktrisaning “Tasvir” jurnaliga bergan intervyusi bilan “Darakchi.uz” bo‘lishdi. “Aktrisa el nazaridagi odam bo‘lganidan hech qachon uning yengilligini kechirib bo‘lmaydi. O‘zi shundoq ham san’atkor ayollarning tuprog‘i yengil bo‘ladi. Uning ozgina xatosi ham boshqalarga fojia bo‘lib tuyuladi. Ko‘cha-ko‘yda ketayotganimda, biror erkak bilan gaplashib qolsam, o‘zimni chetga tortib, iymanib gaplashaman. Oddiy o‘qituvchi ayol o‘sha erkak bilan gaplashsa, odamlar buni noto‘g‘ri tushunmaydi, lekin bu ishni aktrisa qilsa, uni boshqacha qabul qilishadi. Aktrisa har taraflama ehtiyotkor bo‘lishi lozim. U davralarda hammaning e’tiborida bo‘ladi. Shunday kezlarda ham o‘ziga ehtiyotkor va sergak bo‘lishi shart”, — deydi Shohida Uzoqova.
63
1,010
Madaniyat
Bollivud yulduzlarining ismlari aslida qanday?
Inson dunyoga kelganida, unga ota-onasi, yaqinlari yaxshi niyatda ism qo‘yadi. Odamning ism-sharifi ham qaysidir ma’noda uning kelajagi, taqdiri yo‘lida katta rol o‘ynaydi. Ayniqsa, mashhurlar uchun chiroyli nom muhim ahamiyatga egadir. Shu sababli ko‘plab aktyorlar, qo‘shiqchilar o‘zlariga yangicha ism yoki taxallus qo‘yishga qaror qilishadi. Ayrim Bollivud yulduzlari ham taniqli, jarangdor nomga ega bo‘lish istagida haqiqiy ism-shariflariga o‘zgartirish kiritishgan. Maftunkor aktrisaning familiyasi Kaif emas, aslida Turkuot (Turquotte) ekanligini bilasizmi? Katrina Bollivuddagi faoliyatini boshlagan chog‘larda unga yaqin hamkasbi mashhurlikka munosib keladigan nom tanlashini maslahat beradi. Aktrisa ham hech ikkilanmay, Turkuot familiyasini Kaifga almashtiradi. Ko‘rib turganingizdek, bu nom yulduzga omad keltirdi. Aktrisa Pritam Singh Zinta ismidan oddiygina Priti nomini afzal ko‘rgan va hind kinosiga Priti Zinta (inglizchadan “Pretty”- yoqimtoy) sifatida kirib keldi. Asl ismi Bhanurekha Ganesan bo‘lgan aktrisani muxlislar avvaliga qiyinchilik bilan esga olishardi. Keyinchalik ekranlarda oddiygina Rekha bo‘lib namoyon bo‘la boshlagach,  aktrisaga chinakamiga omad kulib boqdi. Nahotki Akshayning asl ismi Rajiv Hari Om Bhatiya bo‘lsa? Bu savol muxlislarni ham ko‘p o‘ylantirgan. Akshayning yaqin do‘stlari uni hanuzgacha Raju deb chaqirishadi. Aktyor o‘g‘li Arav Bhatiyaga o‘z familiyasini bergan. Gollivudning yana bir go‘zal aktrisasi Shridevining asl ismi - Shri Amma Yanger. Qizlarning sevimli yulduzi Salmon Xon uzun ismga ega aktyorlardan. Uning to‘liq ismi -  Abdul Rashid Salim Salmon Xon. Latofatli Kajolning turmush o‘rtog‘i Vishal Viru Devgan muxlislari uchun oddiygina Ajay bo‘lishni ma’qul ko‘rgan. Uning familiyasi “katta og‘iz” degan ma’noni anglatgani sababli 2009-yilda o‘z sharifiga kichik o‘zgarish kiritganini rasman ma’lum qildi. Ya’ni Devgan familiyasidagi “a” harfi olib tashlandi. Bollivud olamining eng zabardast va yorqin yulduzi hisoblanmish katta Bachchan janoblarining asl ismi Amitabh Shrivastav ekanligini ko‘pchilik biladi. O‘zining asosan komik rollari bilan tomoshabinlar mehrini qozona olgan Govinda Bollivudga kelmasidan avval Arun Ahuja ismiga ega bo‘lgan. Kino olamida afsonaviy Raj Kapur bilan betakror juftlik bo‘la olgan Nargisning haqiqiy ismi Fotima Rashid bo‘lgan. “Ganga va Jamna”, “Devdas” kabi filmlardagi yorqin rollari bilan Bollivudda o‘chmas iz qoldirgan Dilip Kumar aslida Yusuf Xondir. Nima deb o‘ylaysiz? Yulduzlarimizning haqiqiy ism-shariflari chiroylimi? Yoki ular o‘zlariga boshqa nom tanlab to‘g‘ri yo‘l tutishganmi?
46
2,605
Madaniyat
Alisher Uzoqov: Pichoqqa ilinadigan rollarim yo‘q
Aktyor, xonanda, rejissor Alisher Uzoqov  hozirgi paytda asosiy maqsadi – o‘zidan keyin tarixda qoladigan san’at asari, ya’ni ma’naviy ozuqa olsa bo‘ladigan ijod mahsullari qoldirish ekanligini ta’kidladi. Bu haqda xonanda “Darakchi.uz” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi. — “Pichoqqa ilinadigan” rollaringiz bormi? — Yo‘q. — Buni ochiq tan olasizmi? — Albatta! Aktyor bu – ijrochi. Rejissorning chizgan chizig‘idan chiqmay, ssenariyga ko‘ra ishlaydigan ijodkor. Shu bois aktyor sifatida o‘zidan xalqqa ma’naviy ozuqa beradigan rollar qoldirish qiyin. Lekin rejissorlik ishim — “Kuzda gullagan daraxt” filmida tomoshabinga aytmoqchi bo‘lgan gaplarimni katta ekranga olib chiqa olganman, nazarimda. — Mashhur to‘rtlik Ulug‘bek Qodirov, Adiz Rajabov, Farrux Soipov, Alisher Uzoqov yaqin tarixda qolgandek. Bu davr shu qadar tez o‘tib ketishi haqida o‘ylaganmisiz? — Tez o‘tadi, deb o‘ylamagandim. Vaqt oqar suv ekan, o‘sha davrdan foydalana olmadim. Chunki bu faqat menga bog‘liq bo‘lmay qolgandi. O‘sha davrga saviyasi past filmlar to‘g‘ri kelib qoldi. Biroq tanqid qilingan, men ishtirok etgan “Janob hech kim”, “Telba”, “Tundan tonggacha” va siz ta’kidlagan aktyorlar rol o‘ynagan kinokartinalar darajasidagidek filmlar ham yo‘q-ku hozir! Ochiq aytaman, bugungi o‘zbek kinosidagi holat meni qoniqtirmaydi. Sababini tushuntiraman, xususiy filmlarning boshlanishi omadli bo‘ldi. 5—6 yil zo‘r filmlar ishlandi va ularning aksariyati chet elda mukofotga ham loyiq topildi. Bu san’atga aloqasi bo‘lmagan “ijodkor”larni ruhlantirib yubordi. Hamma yoppasiga film suratga olishga o‘tdi hamda yuqori darajaga chiqa boshlagan o‘zbek kinosi saviyasini pasaytirib qo‘ydi. Savolingizga qaytsak, nokamtarlikka yo‘ymang-u, shunday davr bo‘ldiki, el nazariga tushgan aktyor-aktrisalar yetishdi. Tan olish kerak, hozir o‘sha davrdagidek yosh aktyor-aktrisalar yo‘q. Rejissorlik ishim uchun aktyor izlaganimda ham topolmadim. — Oyning o‘n beshi qorong‘u, o‘n beshi yorug‘, ekaniga ishonadiganlar toifasidanmisiz yo taqdirga tan beradiganlar? — Hayotga real qarayman. Qora “yo‘lak”chalar doim yaxshilikka xizmat qiladi. — “Muxlislar bevafo”, degan fikrni ko‘p takrorlardingiz. Katta ekranlarda ko‘rinmay qo‘yganingizda bu fikringiz qanchalik o‘z isbotini topdi? — Davlat tadbirlari bilan viloyatlarda gastrollarda yuribmiz. Muxlislar haliyam yaxshi ko‘rishar ekan (samimiy kuladi). — Ijoddagi omadsiz “yurish”laringiz qaysi hamkasblaringizga imkon bo‘ldi? — (kuladi) Hech kimga. “Zo‘rdan zo‘ri chiqadi”, lekin hali undayini ko‘rmadim. — “Ikkita kemani boshini tutgan g‘arq bo‘ladi”, degan naql bor. Sizning “qayiq”laringiz esa bir nechta. Kelajakda sizni qay biri qutqarib qolarkan? — “Yigit kishiga qirq hunar oz”, degan naql ham bor (kuladi). Savolingizga aniq javob bersam, rejissura. Bu yo‘nalishda anchagina rejalarim bor. Lekin oradan yillar o‘tib, kutilmaganda Gollivudda rol o‘ynab qolishim ham mumkin. Bu rejalarimdan biri… — Savolimga aktyorlik, deya javob bermaganingiz tashqi ko‘rinishingiz bilan bog‘liq emasmi? — Yo‘q. Aktyor sifatida endi shakllanayotganim o‘zimga sezilyapti. Kuni kecha rejissor Jahongir Ahmedov bilan bir klipni suratga olish jarayonida kadrga qarab turib, “Kamerani oldida qiyofang boshqacha ko‘rinyapti. Hali o‘zing istagandek yaxshi rollar oldin-da!” deb qoldi. Albatta, bu e’tirofdan ruhlandim. Lekin rejissor Yolqin To‘ychiyevning “Hayotda” nomli filmidagi rolimdan maza qildim. Yana shunday rollar o‘ynashni istardim. — Ijtimoiy tarmoqlarda bo‘y ko‘rsatishingiz shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Rasmlaringizga “Ha, men kalman, ko‘zim qisiq”, degan izoh qoldiradigan bo‘ldingiz?! — “Biz buyuk yurt farzandlarimiz” tadbiri bilan viloyatlarda yurganimizda do‘stim Sardor Rahimxon birga tushgan rasmimizni Instagram tarmog‘idagi shaxsiy sahifasiga joyladi. Birozdan so‘ng “Alisher, mana bu izohlarni qara, bari senga atalgan”, deb qoldi. O‘qisam “Alisher Uzoqov tirikmi?”, “Kal bo‘lib qolibdimi?” kabi savollar. Shu sabab bo‘lib men ham Instagram’da shaxsiy sahifamni ochdim. Va “Ha, men tirikman, sog‘man!” degan izoh qoldirdim. Shundan so‘ng bunday savollar kamaydi. Har bir rasmimga “Ya luchshiy lisiy”, deb heshteg qo‘yadigan bo‘ldim. Shunda “Nega unday yozasiz?” deyishga tushishdi. Agar shunday heshteg yozmasam, “Sochingiz qani?” degan savolning oxiri ko‘rinmayapti. Qiziq, odamzod na sovuqqa ko‘nadi va na issiqqa. Mayli, gapiraverishsin, sog‘ bo‘lishsin! — O‘zingiz ta’kidlagandek siz haqingizdagi turli mish-mishlar chiqishiga nima sabab bo‘ldi? — “Do‘st”larim ko‘p-da (kuladi). Baxtimga omon bo‘lishsin! Balki meni sog‘inishganidan shunday gap-so‘zlarni o‘ylab topishgandir. Ochig‘i, o‘rganib ham qoldim. — Gastrollarda xalq orasida yurib, eng ko‘p eshitgan savolingiz nima bo‘ldi? — “Nega ko‘rinmay qoldingiz?” — Xo‘sh? — Boshqa hamkasblarimga imkon bergandim. Endi boshqa imkoniyat bermayman (miriqib kuladi). — Este Lauderning “Omad aslida yo‘q narsa, faqat mehnatlarim bilan erishganlarim boshqalar ko‘z o‘ngida omad bo‘lib baholanadi”, degan fikri yodimga tushdi. Alisher Uzoqovni omad tark etganmi yo mehnat qilmayaptimi? — Mening hayotimda omad katta rol o‘ynamaydi. Atrofdagilarga ko‘rinmayotgan ayni damdagi mehnatimni to‘fon oldidagi sokinlikka o‘xshatsa bo‘ladi. — O‘zbekiston xalq artisti Afzal Rafiqovning Yagosidan ilhomlanib, shu rolni ijro etishni orzu qilardingiz. Istagingiz sizni teatrda ishlash sari yetaklay, demayaptimi? — Xudo xohlasa, yaqin kunlarda teatrga qaytyapman. Qaysi teatrligini hozircha aytmayman. Aktyor sportchidek gap, shu sabab u yerda “Bir aktyor teatri” spektaklini qo‘ymoqchiman. Yago rolini ijro etishimga esa yana o‘n yilcha vaqt bor. — Anchayin sokin, falsafiy fikrlaydigan bo‘lib qolibsiz? — (Samimiy jilmayib) Ha. “Ijodiy tanaffus Alisher Uzoqovni ruhan cho‘ktiradi”, deb o‘ylaganlar topiladi. Biroq bu jarayon menga ijobiy ta’sir qildi. Avvalo ko‘zim ochildi, yon-atrofim o‘z-o‘zidan “tozalandi”, yonimda barmoq bilan sanarli odamlargina qoldi. Eslasam, bir vaqtlar do‘stlarimning sanab, sanog‘iga yetolmasdim… — Bir paytlar “Xalq e’tiboridan qolib ketishdan qo‘rqaman”, derdingiz. — Ha, haligacha qo‘rqaman. Nolish emas-ku, lekin mashhurlik meni qiziqtirmay qo‘ygan. Chunki kasbimdan maqsadim ancha jiddiy. Bilasizmi, san’atkor boy bo‘lishi shartmas. U xalqning mehri, olqishi bilan tirik va buni pulga sotib ololmaysiz. Hozir mashhur bo‘lish juda oson. Stilistlarning mehnati singgan odam televideniyeda bir kunda besh marta klipini aylantirsa bas, u “yulduz”. — Avvallari aforizm yozardingiz, kitob qilish niyatingiz bor edi? — Anchadan buyon aforizm yozmay qo‘yganman. Hozir she’r yozyapman, bunga aksariyat “ijodkor”larning ijodi sabab bo‘ldi. Ikki yuztacha kishi o‘tirgan davrada she’r so‘rashdi, o‘qidim. Hamma jim bo‘lib, ma’nosini chaqishga kirishib ketdi. Ba’zi “ijodkor”lar vaqt ajratib, aqlini ishlatmay qo‘ygan. She’r yozishdan maqsadim shundaylarni o‘yga toldirib, fikrlashga undash. — Bilaman, shaxsiy hayot shaxsiyligicha qolishi tarafdorisiz. Lekin suhbatni shaxsiy “front”ga burmasam, muxlislaringiz meni kechirmasligi aniq. — (kuladi) O‘g‘lim Firdavs to‘rt yosh, qizim Soliha ikki yoshga to‘ladi. Qizim tashqi ko‘rinish jihatdan quyib qo‘ygandek menga o‘xshaydi. — O‘g‘lingiz ayni sersavol yoshda ekan. Antiqa savollar berib tursa kerak? — Yaqinda onasi “Ko‘zingga qarab yurmaysanmi?” deb tanbeh bergan ekan. Yarim soatdan keyin onasini oldiga borib, “Oyi, ko‘zimga qarolmayapman, qanday qaray?” debdi. O‘g‘lim ko‘ziga qarashga rosa harakat qilganda (miriqib kuladi). Shunday kulgili vaziyatlar ham bo‘lib turadi. — Farzandlaringizni izdoshingiz bo‘lishiga qarshilik qilsangiz kerag-a? — Albatta. Lekin Xudo bergan bo‘lsa, qanchalik to‘sqinlik qilmay, baribir orzusini amalga oshiradi. Ammo o‘g‘limni futbolchi qilish niyatim bor. — O‘zingizning futbolchilik faoliyatingiz boshlanmay tugadimi? — Yoshlikdan maqsadim futbolchi bo‘lish edi, amalga oshdi. Birinchi ligada gol ham urdim. O‘tgan yili Oliy liga va birinchi liganing boshqa jamoalaridan takliflar bo‘lgandi. Lekin ssenariy yozayotganim bois u takliflarni rad etdim. “Istiqlol” jamoasining vakiliman, biroq hozir ikkinchi ligaga tushib qoldim. Biroq hali xayrlashuv uchrashuvini qilganimcha yo‘q. — Xonandalikda ayni cho‘qqiga chiqqan vaqtingiz bariga qo‘l siltab ketishga ko‘zingiz qiydi. — Menga reyting kerakmasdi-da. Shu bois bu borada o‘yga tolmaganman. Yaqinda eng oldi bastakorlarimiz bilan tasodifan uchrashib qolganimizda, “Sizga bir qo‘shiq yozib beray”, degan taklifni bildirishdi. Bu meni juda xursand qildi. Hatto studiyaga bordim, lekin xonandalikka bo‘lgan xohish kuchli bo‘lmadi. Nazarimda, hozircha xonandalikka bilan shug‘ullanishimning vaqti kelmagan.
49
8,628
Madaniyat
Kino va san’at yulduzlari: “Ermatov bilan faxrlanamiz”
O‘zbekistonlik Ravshan Ermatov JCh finalida hakamlik qilmasligi aniq bo‘lgandan keyin Sayyod.uz sayti estrada xonandalari va kino aktyor-aktrisalarining fikrlari bilan qiziqdi. Bu haqda Stadion.uz xabar beradi. Rayhon: “Biz hammamiz unga ‘bolet’ qilgan edik. Lekin nima bo‘lsa ham jahon chempionatidagi ishtirok etish va ayniqsa finalgacha borishni o‘zi katta sharaf! Men undan judayam faxrlanaman! Bizning ham futbol komandamiz jahon chempionatida bo‘lishiga umid qilaman”. Obid Asomov: “Judayam xafa bo‘ldim, lekin shu kungacha erishgan yutuqlarini o‘ziga uni O‘zbekiston qahramoni desa bo‘ladi. Sog‘liq va omad tilayman”. “Ummon” guruhidan Shohruh: “Dabdala bo‘libdi! *** (biiip) ekan unda ular! Mana fikrim!” Shirin G‘ofurova (“Vodiy sadosi” radioboshlovchisi): “Ha, ertalabdan noxush xabar bo‘ldi. Ritssoli haqida birinchi marotaba eshitishim. Yevropa va Lotin Amerikasi matchiga Osiyo referisini qo‘yish adolatliroq bo‘lar edi, degan fikrdaman. Afsus. Ammo, Ravshan aka bu chempionatning eng a’lo referisi! Bironta xatosiz, xech qanday shousiz va o‘ziga diqqat e’tiborni qaratmagan holda hakamlikni a’lo darajada uddaladi. Ofarin! Menimcha, final uchun uni hali yosh deb baholashgan bo‘lsa kerak, bo‘lmasa boshqa kamchiliklarni unda kuzatib bo‘lmaydi. 2018-yilgi Rossiyada o‘tadigan chempionatda Ravshan Ermatov finalida hakamlik qiladi deb umid qilaman yoki hech bo‘lmasa bizning futbolchilar u chempionatga chiqa olishar”. Zohir Shoh Jo‘rayev: “Nohaqlik! Doimgidek monopoliya, hech qachon zo‘rni ko‘ra olishmaydi. Har yerni o‘z ‘zapret’lari bor, hech kim to‘g‘ri raqobatlashmaydi. Baribir yurtdoshimizga rahmat, shu yerda ham yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘targani uchun!” Adiz Rajabov: “O‘yin davomida har safar Ravshan Ermatovni ko‘rsatishganida men faxrlanib quvonar edim. Kamtarona tabassum va shubhasiz professionalizm sohibi bo‘lgan bu inson hammaning qalbidan joy ola oldi. Finalda hakamlik qilmasligidan og‘rindim, ammo futbol bu bilan yakunlanmaydi, chempionatlar hali ko‘p buladi!”
54
1,999
Madaniyat
Xonanda Dilso‘z o‘g‘li Muhammad Salohni tug‘uruqxonadan olib chiqdi (foto)
14-yanvar kuni o‘g‘il farzandni dunyoga keltirgan xonanda Dilso‘z Instagram’dagi shaxsiy sahifasida chaqaloqni tug‘uruqxonadan olib chiqish shodiyonasidan fotosuratlar bilan bo‘lishdi, deb yozmoqda “Kun-u tun”. Xonandaning ikki nafar qiz farzandi bo‘lib, yangi kelgan mehmon — o‘g‘il farzandga Muhammad Saloh ismi qo‘yildi.
74
323