folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Madaniyat
Nagoya shahar hokimi Takishito Kavamuragi: O`zbekistonni bir bor ko`rish orzuim
Yaponiyada bo`lib o`tayotgan “O`zbekiston haftaligi” Nagoya shahrida ham davom etmoqda. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda. Haftalik doirasida O`zbekiston delegasiyasi a`zolarining Nagoya shahar hokimi Takishito Kavamuragi bilan uchrashuvi bo`lib o`tdi. Unda madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. “O`zbekiston boy tarixga ega mamlakat. Jahon ilm-fani rivojiga munosib hissa qo`shgan ulug` mutafakkirlarga beshik bo`lgan diyorni, uning maftunkor tabiati va ochiq osmon ostidagi muzey deya ta`riflanadigan shaharlarni bir bor ko`rish orzuyim”, deya qayd etdi T.Kavamuragi. Shu kuni shaharning “Seishonen Bunka” markazida O`zbekiston san`ati ustalarining badiiy chiqishlari, milliy hunarmandchilik buyumlari ko`rgazmasi bo`lib o`tdi. Unda namoyish etilgan milliy liboslar, ganj o`ymakorligi va buyumlar ko`rgazmasi, kashtachilik namunalari yaponiyalik ishtirokchilarda katta qiziqish uyg`otdi.
79
994
Madaniyat
Toshkentda “Rossiya bilan uchrashuv. Moskva bilan uchrashuv” festivali bo‘lib o‘tadi
Toshkentda 13—15-dekabr kunlari “Rossiya bilan uchrashuv. Moskva bilan uchrashuv” festivali bo‘lib o‘tadi, deb yozadi “Podrobno.uz”. Festival doirasida filmlar namoyishi bilan birga, taniqli rejissorlar, aktyorlar, san’atshunoslar bilan  ijodiy uchrashuvlar, muhokamalar o‘tkaziladi. Kino kunlari doirasida ko‘rgazma va konsertlar, ma’ruzalar va seminarlar ham tashkil qilinadi. Loyihadan maqsad — Rossiya kinematografiya san’atini MDH mamlakatlarida ommalashtirish, do‘st xalqlar o‘rtasida madaniy aloqalarni mustahkamlash. Festival dasturi retro-kino va Rossiya kinematografining yangi filmlarini o‘z ichiga oladi.
84
617
Madaniyat
80 yoshdan oshgan bo‘lsa ham nafaqaga chiqmaslikka qaror qilgan aktyor va aktrisalar (foto)
Buyuk aktyor va aktrisalar uchun ijod – hayot demakdir. Shuning uchun ular oxirigacha suratga tushishga qaror qildi. Entoni Xopkins, 83 yoshda Entoni Xopkins bu yil “Ota” filmidagi roli uchun “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritdi. Filmda ota Londonda yolg‘iz yashaydi, qahramonning ham ismi Entoni. Lekin qizi uning yolg‘izligidan xavotirda, chunki u yaqinda ko‘chib ketmoqchi. Qaysar ota esa hech qaysi hamshiraga rozi emas. Aslida Entonining ahvoli yomonlashib bormoqda, bu asta-sekin uni aqlidan mahrum etuvchi progressiv demensiya bilan bog‘liq. Ota rolini ijro etgan buyuk aktyorning rejalarida yana ko‘plab rol va loyihalar mavjud. Judi Dench, 86 yoshda “Oskar”, ikkita “Oltin globus” va bir nechta Britaniya mukofotlari sovrindori Judi Dench 2021-yilning dekabr oyida 87 yoshga to‘ladi. Lekin eng takabbur jurnalistlar ham uning karyerasini tugatishi haqida so‘rashga botinolmaydi. Judi esa o‘z faoliyatini tugatish haqida o‘ylamaydi. Hatto ko‘rish qobiliyatining pasaygani ham uni bezovta qilmaydi – aktrisa bir necha yildan buyon hech narsani ko‘rmay qolgan. Unga ssenariylar o‘qib beriladi va filmlarni tomosha qilayotganda ko‘proq tinglashga harakat qiladi. Jeyn Fonda, 81 yoshda Ikkita “Oskar” g‘olibasi Jeyn filmlar va teleshoularda faol ishtirok etishda davom etmoqda. 2017-yilda u Venetsiyada “Bizning ruhimiz tunda” filmini taqdim etdi, u yerda Robert Redford bilan yana bir juftlikni o‘ynadi. Jeynni ham hali oldinda bir necha loyihalar kutmoqda. Meggi Smit, 84 yoshda Dame Margaret Natali Smit Britaniyaning eng mashhur aktrisalaridan biri. Yetti marta BAFTA, ikkita “Oskar”, to‘rtta “Emmi” mukofoti sovrindori. Meggi “Daunton abbatligi”da Vayolet Krouli rolini mohirona ijro etdi. Ushbu obrazda undan boshqa odamni tasavvur qilish qiyin. Shuningdek, uning barcha rollariga shunday ta’rif berish mumkin. Donald Sazerlend, 86 yoshda Donald Sazerlend 86 yoshda. Dastlab u muhandis bo‘lmoqchi edi, lekin uning teatrga bo‘lgan muhabbati ustun keldi va Qirollik san’at akademiyasiga o‘qishga kirdi. Uning karyerasidagi birinchi rollari qo‘rqinchli film qahramonlari edi, lekin “Harbiy dala kasalxonasi” filmi chiqqanidan keyin hammasi o‘zgardi. Uning ko‘plab rollarga qaramay, filmografiyasida bitta ham “Oskar” yo‘q. 2020-yil Donald “Ortga qaytar” filmida rol o‘ynadi, 2022-yilda esa uni Roland Emmerichning “Oyning qulashi” filmida kutib qolamiz. Klint Istvud, 91 yosh “Bu hayotda biror narsaga erishish uchun sizga ko‘p vaqt berilmasligini esdan chiqarmasligingiz kerak”, – deydi aktyor intervyusida. Lekin unga yetarli vaqt berilgan: aktyor va rejissor allaqachon 91 yoshda. Shuningdek, u ijod qilishda davom etmoqda. Tez orada uning yangi “Erkaklarning ko‘z yoshlari” filmi kinoteatrda va HBO Max platformasida namoyish etilishi kutilmoqda. Maykl Keyn, 88 yosh Maykl Keyn hozir 88 yoshda. U kino sanoatiga 1946-yilda — 13 yoshida kirib kelgan. Ammo keyin tanaffus qildi, 23 yoshida Maykl aktyorlikka qaytdi va kasbini hanuzgacha tashlamadi. Mashhurlik unga 1966-yilda “Elfi”dagi Don Juan roli bilan birga kelgan. Ammo u bosh rollarni ulug‘vor yoshida o‘ynagan. Tez orada “Bestseller” filmi chiqadi, u yerda Maykl uzoq vaqt karyerasiga tupurgan qari yozuvchi rolini o‘ynagan. Ien Makkellen, 82 yoshda Makkellen Shekspir repertuarining ustasi sifatida tan olindi, shundan so‘ng u katta budjetli xalqaro kinofilmlarda ishtiroki tufayli butun dunyo bo‘ylab shuhrat qozondi. Ayniqsa, uning “Uzuklar hukmdori” filmidagi rolini tomoshabinlar juda yaxshi eslaydi. Betti Uayt, 99 yosh Bunga ishonish qiyin, lekin Betti 99 yoshda! Uning lug‘atida “nafaqa” so‘zi yo‘q. 2012-yilda Betti Uayt shaxsiy teleko‘rsatuvini o‘tkaza boshladi va bundan oldin u 70 yildan ko‘proq vaqt filmlarda suratga tushgan. Bularning barchasi 1950-yillarda “Yelizaveta bilan hayot” sitkomidagi roldan boshlandi, keyin suratga olish va telestudiyalarda tinimsiz ijod qildi. U rol o‘ynadi, ovoz berdi va komediyalar ijro etdi. U eng keksa “Emmi” nomzodi sifatida tan olingan va odamlar uni “kinoning buvisi” deb atashadi. U so‘nggi paytlarda suratga tushmagan bo‘lsa-da, multfilmlarga ovoz bermoqda. Morgan Frimen, 84 yoshda Morgan Frimen 84 yoshda. Frimen debyutini 8 yoshida maktabda o‘ynagan, lekin keyin o‘qish o‘rniga armiyada mexanik bo‘lib xizmat qildi va 60-yillarning boshlarida Los-Anjelesga ko‘chib o‘tdi. U kinoga boshqalarga nisbatan kechroq kelgan. 1970-yillarda Friman Amerika televideniyesida shuhrat qozongan va muvaffaqiyatli “Elektr kompaniyasi” serialida o‘ynagan. O‘tgan yili Morgan “Qotil xotinining qo‘riqchisi” deb nomlangan  filmida rol o‘ynadi va yaqin kelajakda u bilan bir nechta yangi loyihalar kutilmoqda.
91
4,623
Madaniyat
Toshkentda Yevropa kinosi festivali bo‘lib o‘tadi
23—29-may kunlari Toshkentdagi Alisher Navoiy nomli kino saroyida Yevropa kinosi festivali  bo‘lib o‘tadi, deya xabar bermoqda Afisha. Tomoshabinlar e’tiboriga 13 mamlakatga tegishli 17 ta film havola qilinadi. 23-may 24-may 25-may 26-may 27-may 28-may 29-may Kirish bepul.
49
274
Madaniyat
Feruza Sobitova: Men yoshlikdagi mashhurlikning “maza”sini totimaganman
“Darakchi.uz” nashri aktrisa Feruza Sobitova bilan bo‘lgan suhbatni taqdim etdi. — Bo‘sh vaqtingizni topish juda qiyin. Ketma-ket suratga tushayapsiz, shekilli? — Ha, ish qizigandan qiziyapti. Ayni kunlarda detektiv janrida suratga olinayotgan “Oila sha’ni” nomli ko‘p qismli serialda suratga tushayapman. Serial bo‘lgan voqea asosida tasvirga olinayapti. Ijro etayotgan bosh qahramonim bilan bog‘liq psixologik sahnalar juda ko‘p. Aytmoqchimanki, ilk bor bunday xarakaterli obazga qo‘l urdim. Rejissor Akmal Ibragimov bilan har bir kadr ustida izlanib, hamkorlik qilayapmiz. — Bunday tig‘iz ish tartibi bilan san’atga qo‘ygan ilk qadamlaringizni eslamasangiz ham kerak... — Bilasizmi, bugungi kunimni orzu qilardim. Har bir duo va niyatlarimda qobiliyatimni ko‘rsatish uchun yaxshi rollar uchrasin, men ham mashhur bo‘lay, derdim. Xalqqa tanilganimda, sevimli aktrisa sifatida mendan ham jurnalistlar intervyu so‘rab, holu jonimga qo‘yishmasin, deganman, hatto (kuladi). Lekin hech qachon va hech kimga g‘ururimdan kechib, menga rol beringlar, e’tibor qaratinglar, deb iltimos qilmaganman. Qalbimning tub tubida hali davrim keladi, degan sezgi bo‘lgan-da. Ming shukr, shu kunlarga yetkazdi. Shuning uchun o‘tgan kunimning ham, bugunimning ham qadriga yetadigan insonman. — Klip orqali tanilgan aktrisa, degan ta’rifni tan olasizmi? — Shohrux reperning “Bolalik” klipi orqali mashhur bo‘lganman. Ammo bu klipgacha uchta katta film: “Sohibqiron Amir Temur”, “Suratdagi sir”, “Qaydasan muhabbat?” kartinalarida qatnashgandim. O‘sha rollarim ham e’tiborsiz qolmagan. Lekin, nimagadir omad menga klip tufayli kulib boqqan. — Salbiy qahramonlaringiz ham e’tiborga tushgan. — Ko‘pgina hamkasblarim salbiy obrazlarni gavdalantirishdan biroz cho‘chib turgan bir paytda, men klipda zolim ona roli bo‘lib chiqqanman. Shunday keyin ketma-ket faqat ana shunday rollarga taklif etishdi. Bitta ampluaga tushib qolmaslik uchun orada biroz tanaffus qildim. Nafaqat salbiy, balki ijobiy qahramonlarni ham ijro eta olishimni isbotlagim kelgandi-da. Zamira Begimqulova va Zebo Navro‘zovalarning sharofati bilan yaxshi insonlarni ham ijro eta olishimni ko‘rsatib berdim. Bu rejissorlar meni ayol sifatida to‘g‘ri tushunib, yuragimdagi dardni ko‘ra olishdi. — Atrofdagilarning munosabati-chi, sizni cho‘chitmaydimi? — San’atni chin ma’noda tushungan, aktyorlik kasbim shunday ekanini bilganlar ishimni a’lo darajada baholashadi. Lekin biroz soddaroq tamoshabinlar “Nega hadeb bunday rollarni ijro etaverasiz?” deb tanqid qilishadi. Men esa har qanday fikrni hurmat bilan qabul qilaman. — Ayniqsa, “Opa-singillar” serialidagi ishtirokingiz ijodingiz hamda hayotingizda katta burilish yasadi, shundaymi? — Haqsiz! Aynan mana shu rol xokisor, jabrdiyda, mushtipar ayol bo‘la olishimni ko‘rsatib beradi. Yana shuni alohida ta’kidlab o‘tishim kerakki, ilk ijobiy rolimdan keyin hayotimda ham ijobiy o‘zgarishlar bo‘lib o‘tdi. To‘qqiz yil befarzandlik alamini chekdim. Uzoq vaqt homilador bo‘lolmaganman. Esimda, “Opa-singillar”ning tug‘uruqxonada tasvirga olinadigan sahnasida Zamira opa “Feruza, bu yer chillaxona, yaxshi niyatlar qilavering. Xudo yetkazadi” deb ko‘p aytardi. Ana o‘sha yerda qo‘limga chaqaloqlarni olib, menga ham bir kuni o‘z bolamni bag‘rimga bosish nasib etsin, deb niyat qilardim. Ming bor shukr, Alloh nolalarimni eshitib, menga o‘g‘il ato etdi. — Mashhurlik kech berilganda qadri bo‘ladimi yoki yoshlikdagi shon-shuhratning gashti o‘zgachami? Nima deb o‘ylaysiz? — Men yoshlikdagi mashhurlikning “maza”sini totimaganman. Ammo shuni aniq bilamanki, uzoq kutilgan mehnat samarasini his etishning hayajoni boshqacha ekan. Chunki yillar davomida kasbdagi muvaffaqiyatsizliklar, olgan zarbalarimning dardi og‘riq berib kelardi. Omad kulib boqqach mashhurlikni his etish esa kishiga, ayniqsa ijodkorga rohat bag‘ishlaydi. — Yaratayotgan obrazlaringiz ustida qanday ishlaysiz? — Avvalambor har bir rolga mas’uliyat bilan yondashishga odatlanganman. Berilgan ssenariyning har bir so‘zini o‘qib yodlab chiqaman. Keyin kecha-kunduz o‘sha rol bilan yashayman. O‘zbekchada biroz qiynalib gapirganim sahnada bilinmasligi uchun oila a’zolarim bilan monologlarimni mashq qilaman. Qahramonimga xarakter berishda esa hayotiy tajribamdan kelib chiqaman. — O‘g‘lingiz ham siz suratga tushgan filmlarni tamosha qilib turadimi? Fikrlari bilan o‘rtoqlashsa kerak? — Imronxon bilan so‘nggi marta “Oyqiz ertagi” filmini birga tomosha qildik. Bu kartinani ko‘rgan o‘g‘lim menga ikkita nom qo‘yib oldi. “Yaxshi” va “yomon” ona. Avval yaxshi ona bo‘lib ko‘rinib, keyin asl qiyofam namoyon bo‘lganida “Oyi, yomon ona ketib, yaxshisi kelsin” degandi. — Intervyularingizda oilangiz haqida kam gapirasiz? — Omma oldida turmush o‘rtog‘im haqida gapirmasligimning o‘ziga yarasha sababi bor. U kishi menga o‘ziga xos shart qo‘ygan. Ya’ni “Intervyularda men haqimda gapirmaysan” degan. Odamlarning e’tibor markazidagi shaxsga aylanitirib qo‘yishimni istamaydi. Bolamning tarbiyasida esa onam bilan ko‘p maslahatlashaman. Oilada besh farzandning to‘ng‘ichi o‘zimman. Ikki yil avval ayrim sabablarga ko‘ra singlim olamdan ko‘z yumdi (sababini aytishni istamadi). Uchala ukam ham san’atdan yiroq odamlar. — Farzandingiz bilan vaqtingizni qanday o‘tkazasiz? — U mening to‘qqiz yil zorlanib, har kecha yig‘lab Allohdan tilab olgan baxtim. Hozir to‘rt yoshga to‘ldi. Bo‘sh vaqt topdim deguncha birgalikda u yoqtirgan mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishga harakat qilamiz. Ishdaligimda enagasi qaraydi. Onam bilan gaplashganimda doim “Buxoroga yubor. Ishda bo‘lganingda o‘zim qarayman” deydi. Ochig‘i, o‘g‘limdan uzoqlashsam o‘zimni behuzur sezaman, shuning uchun ham bunga unamayapman. Ammo ayni kunlarda meni yana bir masala qiynayapti. Ish bilan bo‘lib unga vaqt ajrata olmayapman. Yangi bog‘chaga o‘tayotgandi. Borib bog‘cha mudiri bilan gaplashib kelishga, hatto, vaqt ajratolmayapman. Buning uchun undan uzr so‘rayman.
71
5,880
Madaniyat
Kinematografiya agentligi vakillari Tojikistondagi xalqaro anjumanda ishtirok etmoqda
O`zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi vakillari Tojikistondan xalqaro anjumanda ishtirok etmoqdaespublikasi Kinematografiya agentligi vakillari Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida o`tayotgan MDH mamlakatlari va  Gruziya kinostudiyalari direktorlarining IV kengashida  ishtirok etmoqda. Kengashga O`zbekiston, Tojikiston, Belarus Qozog`iston, Rossiya, Turkmaniston, Ozarboyjon, Moldova, Gruziya singari mamlakatlar davlat kinostudiyalari, kinematografiya tashkilotlari rahbarlari taklif etilgan Anjumanning ochilishida ishtirok etgan Tojikiston Respublikasi bosh vaziri o`rinbosari Matlubaxon Sattoriyon MDX mamlakatlari o`rtasida kinomatografiya soxasida bugungi hamkorlik aloqalari haqida to`xtalib, bu borada O`zbekiston kinoijodkorlarining hissasini alohida e`tirof etdi. Tadbirda so`zga chiqqan O`zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov, ,"O`zbekfilm"  kinokonserni direktori Bahodir Adilov, ,,"Tojikfilm" davlat muassasasi rahbari Mahmasaid Shoxiyon va boshqalar O`zbekiston va Tojikiston kino sanoatida keyingi yillarda amalga oshirilayotgan ishlar, hamkorlikdagi kinoloyihalar haqida so`z yuritlilar. Ayni paytda ikki mamlakat kinoustalari tomonidan ,"Navoiy va Jomiy", "Notanish yulduz," badiiy filmlari ustida ish olib borilmoqda. Eslatib o`tamiz mazkur xalqaro anjuman doirasida Tojikistonda O`zbekiston kinosi kunlari o`tkazilmoqda. Tojikistonlik kino muxlislarga "101-reys", ,,Bir kunlik to`y", "Tutqunlik", "Matonat maktabi" singari badiiy va hujjatli filmlar namoyish etilmoqda. O`zbekiston kinosi kunlari Dushanbe va Hisor shaharlari, So`g`d, Xatlon, Tog`li Badaxshon viloyatlarida ham davom etmoqda.
85
1,674
Madaniyat
Rossiyalik artist Lev Durov shifoxonada vafot etdi
Rossiyalik artist Lev Durov Moskva shifoxonasida vafot etdi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”. OAVning ma’lum qilishicha, xalq artisti vafotidan bir kun oldin shoshilinch operatsiyani boshdan kechirdi. Avgust oyi boshida Lev Durovning yuragida operatsiya o‘tkazildi, keyinroq Birinchi shahar kasalxonasi shifokorlari 83 yoshli aktyorda og‘ir zotiljamni qayd etdi. Lev Durov o‘zining faoliyati davomida teatr va kinoda 200 dan ortiq rollarni ijro etdi, sahnalashtiruvchi rejissor sifatida, shuningdek, radioda ishladi. Bundan tashqari, dars ham berdi.
50
547
Madaniyat
Yigitali Mamajonov ikkinchi xotini — chimkentlik Nigina bilan ajrashish sababini ma’lum qildi (video)
Yigitali Mamajonov “Daryo” internet nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi. Yigitali Mamajonov 2017-yilda chimkentlik Nigina ismli qiz bilan oila qurgan edi. Aktyor suhbat davomida ikkinchi ayoli Nigina bilan ajrashish sabablari haqida gapirib berdi. Ikkinchi ayolim bu ham bir sinov bo‘ldi. Inson baxtli bo‘lishga arzimaydimi, uni baxtli qila olaman, deganman. Ikkinchi ayolimning ham birinchi turmushi bo‘lmagan. Birinchi turmushidan bir-ikki yil o‘tib uchrashib qolganmiz. Qandaydir bir jihatlari yoqqanligi uchun, ham erkak kishi so‘qqabosh bo‘lib, bo‘ydoq yurishi yaxshi bo‘lmaganligi uchun unga turmushga chiqishni taklif qilganman. Ozgina birga yashadik. Ularning tarbiyasi bizning tarbiyamizga to‘g‘ri kelmas ekan. Ularni ham yomonlamayman. Ikkinchi ayolim o‘zimdan to‘rt yosh kichkina edi. U ham hayotida o‘ziga yarasha qiyinchiliklarni, har xil odamlarni ko‘rgan, oilaviy muammolarni bilgan, turli sinovlardan o‘tgan edi. Mening xarakterim juda og‘ir, aytgan gapimni qildirmasam bo‘lmaydi. Bir narsani undan juda qattiq iltimos qilganman, aytganimni qilmagan, u burchga rozi emasman, o‘zim bilganimni qilaman, degan. Unda mayli, bilganingni qilaver, deganman. Qilmayman, degandan so‘ng uni urib, johillik bilan aytganingizni qildirmaysiz-ku, to‘g‘rimi? Shundan so‘ng u tomonga qarab yo‘l yurilmagan. Demak shunday bo‘lishi kerak ekan, bu ham xatolarimdan biri bo‘lgan. Yigitali Mamajonov, aktyor, kaskadyor Ma’lumot uchun, Yigitali Mamajonovning ikkinchi turmushidan qiz farzandi bo‘lib, u 2018-yilning 17-fevral kuni Qozog‘istonning Chimkent shahrida dunyoga kelgan. Yigitali Mamajonov 2018-yilda aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva bilan qonuniy turmush qurganini ma’lum qildi.
101
1,745
Madaniyat
“To‘yim to‘rt marta qoldirildi”. “Million” jamoasi a’zosi Ma’ruf Nosirov to‘yidan avval o‘g‘illi bo‘lgani haqida gapirib berdi
“Million” kulgi jamoasi a’zosi Ma’ruf Nosirov “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi. Ma’ruf Nosirov suhbat davomida to‘yi to‘rt marotaba qoldirilgani sababi va to‘yidan avval farzandli bo‘lgani haqida gapirib berdi. U kunlar boshqacha og‘ir kunlar bo‘lgan. Onam bilan to‘y harakatida yurganimizda oilamizda ta’ziya bo‘lib qolgan. Meni katta qilgan buvim olamdan o‘tganlar. Har nima bo‘lsa ham, buvim to‘yimni ko‘rsinlar, otamning o‘rnida tursinlar, deb niyat qilardim. Eng yaxshi ko‘rgan nabiralari men bo‘lganman. U vaqtda to‘yga hamma narsa tayyor edi. Ayolim bilan nikohdan ham o‘tib qo‘ygandik. Onam katta shaharda bir o‘zing yashama, ayoling bilan yashayver, men bu yerda ta’ziyadaman, dedilar. Haqiqatan bir o‘zim yashasam, nima bo‘lardi, bunga ham javob bera olmayman-da baribir. Keyin ayolim bilan yashab boshladik. Allohga shukr, farzandli bo‘ldik. 2020-yil mart oyida konsert, Xudo xohlasa, aprel oyida to‘yimni qilaman, deb niyat qildim. Aprel oyining o‘rtalariga to‘yimizni ham belgilagan edim. Afsuski, karantin bo‘lib qoldi. Hamma narsa to‘xtadi. 2020-yilning avgust oylarida 30 kishilik to‘ylarga ruxsat berildi. Lekin tanishlari ko‘p odam 30 kishi bilan to‘y qilolmaydi. Buning ustiga oilada bir o‘g‘ilman. Shu sababli 24-oktabrga kuni to‘y kunini belgiladik. Hamma san’atkorlarni, tanishlarni to‘yga aytganman. O‘sha vaqtlarda eng katta ammam olamdan o‘tib qoldilar. Ular Buxoroga turmushga chiqqandilar. Amakim to‘yingni qilaver, dedilar. Amakimlar to‘yimga borishmasa, otam, bobo va buvim o‘rinlarida yonimda turishmasa, qanday to‘y qilaman, deb yana to‘yimizni to‘xtatishga majbur bo‘ldim. Amakimga sizlar qaysi kunni belgilasangiz, o‘sha kuni to‘y qilamiz, degandim. Amakimlar 21-noyabr kunini belgilashgan ekan. Bir kun avval qo‘rqib-qo‘rqib to‘yimga bordim. To‘rt marotaba qoldirilib, keyin to‘yimiz bo‘ldi. Hozir Ayyubxon ismli o‘g‘limiz bor. Bolamiz kattaligini ko‘rganlar har xil xayolga ham borishdi. Haqiqiy vaziyat esa mana shunday bo‘lgan edi. Ma’ruf Nosirov, “Million” kulgi jamoasi a’zosi Ma’lumot uchun, Ma’rufjon Nosirov 1991-yil 19-yanvar kuni Navoiy viloyati G‘azg‘on shahrida dunyoga kelgan. Navoiy shahridagi Madaniyat va san’at kollejining Drama aktyorlik yo‘nalishida o‘qigan. 2017-yil 23-oktabr kuni “Million” kulgi jamoasiga qabul qilingan.
126
2,361
Madaniyat
Turkiyaning eng injiq 5 aktrisasi
Suratga olish maydonchalarida injiqlik qilishni yoqtiradigan turk aktrisalari haqida ma’lumot beramiz. Fahriye Evjen Burak O‘zchivitning rafiqasi Fahriye Evjen eng injiq va janjalkash aktrisalardan biri hisoblanadi. “Kurt Seit va Shura” filmining suratga olish jarayonlarida aktrisa hamkasbi Elchin Sangu bilan urishib qolgan. Janjal shu qadar jiddiy ediki, Elchin suratga olish guruhi a’zolarining ko‘z o‘ngida yig‘lab yubordi. Aktrisa bilan ushbu filmda birga rol ijro etgan aktyor Kivanch Tatlitug‘ esa boshqa hech qachon Fahriye bilan bir filmda rol ijro etmasligini aytgan. Fahriye bilan ishlaydigan grimyorlarga ham oson emas. Agar unga makiyaj yoqmasa, aktrisa makiyajni yuvib tashlaydi va o‘zi xohlaganidek bo‘yanib oladi. Fahriye suratga olish jarayonlariga tez-tez kechikib keladi. Agar jarayon cho‘zilsa, u uyga ketib qolishi ham mumkin. Hazar Erguchlu Aktrisaning fe’l-atvori juda og‘ir. Agar u ertalab chap oyog‘i bilan turgan bo‘lsa, butun suratga olish guruhiga buning ta’siri bilinadi. Uning kayfiyati yaxshi bo‘lganida esa muammolar kuzatilmaydi. Hulya Avshar “Muhtasham yuz yil: Ko‘sem imperiyasi” filmi yulduzi prodyuserlarga o‘z shartlarini aytib, filmda suratga tushishga rozilik beradi. Uning grimxonasida ma’lum brendning mineral suvi bo‘lishi kerak. Ushbu suv juda qimmat bo‘lib, Turkiyada uni topish amri mahol. Shuningdek, grimxonada massaj kreslosi ham bo‘lishi kerak. Sanam Chelik “Aliya” seriali yulduzining xarakteri o‘ta og‘irligi “Hech narsaga qaramay birga yashash” filmida sezildi. U suratga olish jarayoniga aralashaverdi hamda deyarli barcha hamkasblari bilan aytishib qoldi. Maryam Uzerli “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzi suratga olish jarayonida o‘zini xuddi malikalardek tutdi. Dastlab uning yashashi uchun ijaraga olingan xonadon yoqmadi. Maryamni Turkiyadagi eng qimmat mehmonxonaga o‘tkazishdi. Biroq u yerda ham aktrisaga yoqmagan jihatlar topildi. Unga umumiy trenajyor zaliga borish yoqmadi. Shuning uchun u mehmonxona xodimlaridan yugurish yo‘lakchasini nomeriga o‘rnatib berishni so‘radi. Mehmonxona xodimlari ushbu so‘rovga rad javobini berdi. Shundan so‘ng loyiha prodyuserlari aktrisaga yugurish yo‘lakchasi sotib olib berdi. Maryamning injiqliklaridan serial muxlislari ham aziyat chekdi. U serialning suratga olish ishlari tugamasidan undan ketishga qaror qildi.
33
2,322
Madaniyat
Sankt-Peterburgda O`zbekiston madaniy merosini saqlash bo`yicha Ikkinchi Xalqaro kongress bo`lib o`tadi
2018 yilning 6-8 iyun kunlari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida “O`zbekiston madaniy merosi-xalqlar va mamlakatlar o`rtasidagi muloqotga yo`l” Ikkinchi Xalqaro Kongressi bo`lib o`tadi. Kongress O`zEOAVMA va O`zbekiston OAV lari tomonidan “O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida” Xalqaro multimedia loyihasi doirasida bo`lib o`tadi. Mazkur kongressda 200 nafardan ortiq olimlar, ekspertlar, diplomatlar, davlat va jamoatchilik arboblari, xalqaro tashkilotlar, 30 dan ortiq davlatlarning OAV vakillari ishtirok etishadi. Kongress ishiga O`zbekiston. Avstriya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Eron, Rossiya, Polsha. Fransiya, Turkiya, Chexiya, Shvesiya, Yaponiya va yana bir qancha mamlakatlar yirik muzeylarining diretorlari, rahbarlari, YuNESKO, ISESCO, IRSICA, ICOMOS vakillari, dunyoga mashhur akademiklar, professorlar, fan doktorlari jalb etiladi. Kongressning asosiy tadbiri Rossiya Fanlar akademiyasining M.Gorkiy nomli olimlar Uyida bo`lib o`tadi. Yalpi majlis O`zbekistonga oid arxeologiya, tarix, sharq qo`lyozmalari, numizmatika, to`qimachilik, amaliy san`at va rassomlik bo`yicha 7 ta seksiyadan iborat bo`lgan ilmiy munozarani o`z ichiga oladi. Kongress doirasida Rossiya etnografik muzeyida, Rossiya Fanlar Akademiyasidagi Sharq qo`lyozmalari institutida, Kunstkamerada, Rossiya Milliy kutubxonasida, Din tarixi Davlat muzeyida, Rossiya Fanlar Akademiyasi qoshidagi rus adabiyoti instituti (Pushkin uyi)da O`zbekiston san`ati va madaniy merosiga bag`ishlangan ko`rgazmalar bo`lib o`tadi “O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida” seriyasidan — “Germaniya muzeyi to`plami” (Berlin, Bamberg, Drezden, Gamburg, Leypsig, Lyubek, Shtutgart, Xernxut); “Din tarixi davlat muzeyi to`plami” (Sankt-Peterburg); “O`zbekiston Davlat san`at muzeyi to`plami” (Toshkent); “O`zbekiston gilamdo`zligi: asrlar osha saqlangan an`analar” (O`zbekiston, Rossiya, Ispaniya, AQSh, Kanada); “Dalvat Ermitaji to`plamidagi Movarounnahr san`ati.2-qism”(Sankt-Peterburg) kabi 5 tomlik kitob-albomlarning taqdimot marosimlari o`tkazilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, Rossiya. Buyuk Britaniya, Hindiston, Fransiya, Germaniya, Yaponiya, Chexiya muzeylarida saqlanayotgan O`zbekistonning tarixiy meroslariga bag`ishlangan yangi hujjatli filmlar ham namoyish etiladi. Bundan tashqari, ishtirokchilar loyiha doirasida chop etilgan “O`zbekistonning me`moriy epigrafikasi” nomli 13 tomlik kitob bilan tanishishadi. Buyuk Britaniya muzeyi to`plamlarida saqlanayotgan “Zafarnoma” qo`lyozmasining faksimil nusxasi taqdimoti ham bo`lib o`tishi rejalashtirilgan. Kongress ishtirokchilarini qiziqarli va mazmunlimadaniy dastur kutmoqda. Niva bo`ylab teploxodda sayr uyushtiriladi. Park Inn “Pribaltiyskaya” mehmonxonasida bo`lib o`tadigan tantanali kechki ovqatda afsonaviy “Yalla” guruhi ishtrokchilarning dillarini o`z qo`shiqlari bilan xushnud etadi. Dasturxonga o`zbek oshxonasiga tegishli milliy taomlar tortiladi.
103
2,904
Madaniyat
Oksana Chusovitina haqida hujjatli film ishlanmoqda
“Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi”da "Oksana Chusovitina: Mening Vatanim... Ona tuprog`im..." nomli 2-qismli hujjatli film tasvirga olinmoqda.  Hujjatli filmda Oksana Chusovitinaning hayot yo`li va sport faoliyati haqida hikoya qilinadi. Taniqli sport ustasi 1975 yil Buxoro shahrida tavallud topgan. Professional sport faoliyatini 1990 yilda boshlagan. Faoliyati davomida ko`plab xalqaro olimpiadalar va jahon chempionatlarida g`olib bo`lgan. Hozirda ijodiy guruh qizg`in syomka jarayonida.
51
501
Madaniyat
Skarlett Yoxanssonning eri ajrashish haqidagi arizani qaytarib olishni taklif qildi
Amerikalik aktrisa Skarlet Yoxanssonning eri, fransuz jurnalisti Romen Doriak aktrisadan ikki yoshli qizini o‘ylab ajrashish haqidagi arizani qaytarib olishni so‘radi. Bu haqda Doriak bayonotiga tayanib, People jurnali ma’lum qilmoqda. Doriak Yoxanssonning shaxsiy kelishmovchilikni ommaga oshkor etib, sudga murojaat qilish haqidagi qaroridan afsusda ekanligini ma’lum qildi. “Men undan zudlik bilan arizani qaytarib olib, qanchalik yoqimsiz bo‘lmasin, muzokaralar stoliga qaytishni so‘ramoqchiman. Biz ajoyib qizaloqning ota-onasimiz hamda uning quvonch va qayg‘usini bo‘lishgan holda yana ko‘p yillar birgalikda tarbiya qilamiz”, — deyiladi bayonotda. Doriakning advokati Garold Mayerson da’vo kiritilgan paytda er-xotin muzokaralarni davom ettirayotganligini ma’lum qildi. Eslatib o‘tamiz, Yoxansson va Doriakning ajrashishi haqida 8-mart kuni ma’lum bo‘ldi. Yoxanssonning so‘zlariga ko‘ra, uning Doriak bilan nikohi “tiklab bo‘lmas darajada buzilgan”.
83
957
Madaniyat
Beyonce’ga ko‘ylak tikkan dizayner Toshkentda o‘z kolleksiyasi namoyishini o‘tkazdi (foto)
Toshkentda Uzbekistan fashion week moda haftaligi doirasida taniqli Ashi Studio brendi kolleksiyasi namoyishi o‘tkazildi, deb xabar berdi “Podrobno.uz”. Modelyer Ashi Parijdagi Esmod moda maktabida tahsil olgan. Uning ishlari Vogue jurnalining marhum muharriri Franki Sotssani e’tiborini tortgan. 2007-yilda Muhammad Ashi Bayrut shahrida Ashi Studio modalar uyiga asos solgan. U ko‘plab taniqli san’atkorlar, xususan Beyonce’ga ko‘ylak tikkan.
90
444
Madaniyat
Gulbahor Yo`ldoshevaning eng so`nggi roli
Tez kunlarda katta ekranlarga chiqish arafasida turgan «Dilshox media» kinostudiyasida rejissyor Dilmurod Masaidov tomonidan suratga olingan «Qo`qon shamoli» badiiy filmidagi Amiriy taxallusi bilan go`zal baytlar bitgan Qo`qon xoni Amir Umarxonning volidasi Mingoyim obrazi O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Gulbahor Yo`ldoshevaning eng so`nggi, eng yorqin roli bo`lib qoldi. U o`zining esda qolarli rollari bilan tomoshabinlar xotirasida qoladi.
41
451
Madaniyat
Bollivud Barbisining fojiasi: hind aktrisasi Parvin Babi qanday qilib mashhurligi va go‘zalligidan ayrildi?
Parvin Babi 60 dan ortiq filmlarda suratga tushgan, ularning aksariyati butun dunyo bo‘ylab mashhurlikka erishgan. Biroq filmdagi debyutidan atigi 12 yil o‘tgach, aktrisa ekran bilan xayrlashib, bir qator sinovlarni boshdan kechirishiga to‘g‘ri keldi, deb yozadi Cosmopolitan nashri. Parvin Babi har doim Bollivuddagi eng yorqin rollarni ijro etgan. U xuddi qo‘g‘irchoqlarniki kabi chiroyli ko‘zlari bilan bir zumda rejissorlarni hayratda qoldirgan va Hindistondagi eng go‘zal aktrisa hisoblangan. Hammasi bo‘lib, Babi filmografiyasida 60 dan ortiq rol mavjud. Parvin birinchi marta 1973-yilda, 19 yoshida filmda rol o‘ynagan. Oradan bor-yo‘g‘i 13 yil o‘tib, ijodning eng qizg‘in pallasida aktrisa o‘z karerasini tugatdi va shizofreniya kasalligidan davolanish uchun AQSHga uchib ketdi. Afsuski, “Bollivud Barbisi” mashhurlik sinovidan o‘ta olmadi. Unga doim nafaqat muxlislar, balki dunyo maxfiy razvedka xizmatlarining agentlari ham kuzatib turgandek tuyulardi. Bundan tashqari, Babi spirtli ichimliklar bilan jiddiy muammolarga duch keldi, shuning uchun u bir necha bor suratga olish ishlarini to‘xtatdi. Ko‘p yillar davomida Parvin hayotini yopiq reabilitatsiya markazlarida o‘tkazdi, aktrisaga u yerda bo‘lish xavfsizroq edi. Ammo kasallik alomatlarining vaqtincha zaiflashuvi vaqtida Bollivud yulduzi Babi Nyu-York aeroportida to‘palon ko‘tardi. Shuningdek, kinodagi hamkasbi Sanjay Dattni sudga berdi, chunki u aktyorni Bombeydagi qator portlashlarda ishtirok etgan deb hisobladi. 1986-yilda Babi ishtirokidagi so‘nggi “Yengilmas” filmi chiqdi. Ko‘p o‘tmay, aktrisa muxlislar e’tiboridan chetda qoldi: chunki davolanish tufayli u juda semirib ketgandi va umuman olganda butunlay boshqa odamga aylangandi. Parvin Babi uzoq yillar yolg‘izlikda yashab, 2005-yilda vafot etdi. Sobiq kino yulduzi so‘nggi kunlargacha ruhiy muammolardan aziyat chekdi, hattoki oxirgi vaqtlarda ovqatlanishdan ham bosh tortgan. Ma’lum bo‘lishicha, aktrisa ozib sillasi qurishdan vafot etgan.
107
1,980
Madaniyat
Mashhur xonanda Uitni Xyuston haqida siz bilmagan 10 ta fakt
2012-yilning 11-fevralida 48 yoshli xonanda Uitni Xyuston haddan ortiq kokain dozasi sababli vafot etdi. Dunyo bo‘ylab xonandaning millionlab muxlislari hozirgacha uni eslashadi va afsonaviy qo‘shiqlari ijro etib kelinadi.
60
222
Madaniyat
Katta makr yoki buyuk muhabbat bo‘lgan Ayol...
“Muslimaat.uz” sayti shayx O’iz al-Qorniyning ayollar haqidagi eng chiroyli iboralarini jamladi. Shayx ayollar haqida, jumladan, shunday deydi: “Ayol qahva kabidir, agar unga e’tibor bermay, beparvo bo‘lsangiz, muzlab, sovib qoladi, hattoki sizga bo‘lgan his-tuyg‘ularida ham. Ayol agar yaxshi ko‘rgan kimsasi oldida jim bo‘lib qolsa, uning ichidagi aytolmay qolgan barcha so‘zlari ko‘z yoshi shaklida oqib keladi! Ayol avvaliga sizga yaqinlashishdan qo‘rqadi, ammo oxirida esa siz undan uzoqlashsangiz, yig‘lay boshlaydi. Uni juda kamchilik tushuna oladi! Ayol sizdan ortiqcha narsa talab qilmaydi, u faqatgina sizdan o‘z singlingiz uchun siz orzu qilgan kuyov kabi bo‘lishingizni istaydi, xolos. Agar o‘zingiz bilan e’tibor, parvarish xaltasini ko‘tarib olmagan bo‘lsangiz, ayol kishining qalb eshigini taqillata ko‘rmang! Ayol yo juda katta makrdir yoki buyuk muhabbatdir! Xohlaganingizni tanlab oling, ey erkaklar! Agar unga nisbatan makr ishlatsangiz, sizga ham makr bilan javob beradi. Agar uni yaxshi ko‘rsangiz, uning chinakam sohibiga aylanasiz! Ayol o‘zi betob holida dardingizga darmon bo‘ladi, o‘zi hazin holida sizga tasalli beradi, charchagan holida kechalari uxlamay chiqadi, o‘zi tanimagan kimsa uchun ham xafa bo‘ladi, to‘yi kuni ham yig‘laydi… Unga ozgina yumshoqlik bilan lutf qiling! Ayol har qancha katta yoshda bo‘lmasin, u sizdan doimo farzandingizga qilgan muomalani kutadi. Ayol qanchalik badjahl bo‘lmasin, u hech qachon mehr-shafqatdan xoli bo‘lmaydi. Ayol otasiz farzand o‘stira oladi, ammo erkak kishi onasiz farzand o‘stira olmaydi. Shuning uchun ham ayol muqaddasdir!”
46
1,600
Madaniyat
“Kelajakka qaytib” yulduzlari Vashingtondagi muxlislar slyotida yana uchrashdi
20—22-avgust kunlari Vashingtonda Awesome Con gik-madaniyat muxlislarining navbatdagi slyoti bo‘lib o‘tdi. Unda “Kelajakka qaytib” trilogiyasi yulduzlari Maykl J.Foks va Kristofer Lloy ham ko‘rinish bergan, deb xabar beradi “Film.ru”. Foks o‘zining Instagram’dagi sahifasiga Lloyf bilan birgalikda tushgan suratini joylashtirib, ostida Back to Back (“O‘tmishga qaytib”) deya izoh qoldirgan. Ushbu aktyorlar so‘nggi bor 2020-yilda, Robert Zemekisning filmlariga 35 yil to‘lganida uchrashgan edi. O‘shanda Lloyd va Foks birgalikda Parkinson kasalligidan aziyat chekayotganlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan poker bo‘yicha xayriya turniriga tashrif buyurgan. View this post on Instagram Eslatib o‘tamiz, muxlislar uzoq vaqt franshizaning davomi chiqishiga umid qilgan, biroq Zemekis va uning hammuallifi Bob Geyl shartnomaga ularning ruxsatisiz film davomi suratga olinmasligi to‘g‘risida maxsus band qo‘shilgan. Ular esa hamon franshiza davomiga qat’iy qarshi.  “Kelajakka qaytib” filmi yulduzi Maykl Jey Foks memuar taqdim qildi. Unda Parkinson kasalligi va pandemiya haqida hikoya qilingan
78
1,122
Madaniyat
Per Lerish: “O`z qidiruvlarimiz davomida Baqtriya va So`g`diyona kabi buyuk tamaddunlar haqida guvohlik beruvchi dalillarni topdik”
Xalqaro kongressning “O`zbekiston madaniy merosi: tamaddunlar va renessanslarning o`zaro ta`siri” mavzusi doirasida fransiyalik Per Lerish “Qadimgi Baqtriya erlaridagi fransuz-o`zbek arxeologik hamkorligi” mavzusidagi ma`ruzasi bilan qatnashdi. Per Lerish, professor (Fransiya): Men O`zbekistonning janubiy qismi, ya`ni Baqtriya, shuningdek So`g`diyona haqida gapirishni istardim. Qadimgi davrlarda ushbu mintaqalarda tosh davri sivilizasiyasi rivojlangan. Bronza davri, shuningdek, O`zbekiston hududi boshqa bronza davri sivilizasiyalari tarkibiga kirganligini ko`rsatuvchi ko`plab arxeologik ma`lumotlarni keltiradi. Ammo men gapirishni istagan eng muhim mavzu - bu miloddan avvalgi uch-to`rtinchi asrlar va bizning davrimizdan keyingi 2-3 asrlarni qamrab oladigan klassik davr.  Ushbu davr barcha nuqtai nazardan juda muhimdir. Bu davrning birinchi muhim voqeasi Ahamoniylar imperiyasi va Buyuk Iskandar o`rtasidagi urushlar edi. Tarix ushbu uch yillik urush haqida, shuningdek, Baqtriyaliklar va So`g`diylarning Iskandar (Iskandar) istilosiga qarshi kurashi haqida yozgan ko`plab mualliflarni biladi. Ushbu manbalar shuni ko`rsatadiki, mintaqa aholisi avtonomiyalardan juda ehtiyot bo`lishgan, mag`rurlik va erkinlik tuyg`usiga ega bo`lgan va birovning irodasiga bo`ysunishni istamagan. Harbiy yurish paytida Aleksandr ko`p qiyinchiliklarga duch keldi va ba`zida u bunday qarshilikdan hayratga tushdi va hatto qo`rqdi, ayniqsa, Aleksandr bilan 2 yil davomida jang qilgan Spitamen, oxir-oqibat o`ldirildi. Shu bilan birga, urushga qaramay, Aleksandr bo`lajak rafiqasi Roksana bilan uchrashgan mintaqa edi va bu ham juda qiziq fakt. U ellinistik, yunon sivilizasiyasi va Baqtriya va So`g`diyona o`rtasida ko`priklar qurmoqchi edi. Aleksandr So`g`diyona va Baqtriyaga harbiy yurishlaridan so`ng Ellinizasiyalashgan dunyo, xususan, Yunon-Baqtriya shohligi mavjud bo`lgan Baqtriya - Surxondaryo vohasi hududida, shuningdek Afg`onistonning shimoliy qismida, zamonaviy Balx shahri tarkibiga kirdi.  Bu davr shaharlarning tashkil topishi va mintaqada yunon madaniyati rivojlangan payt edi. Biz ushbu mintaqada ko`plab joylarni qazib chiqdik va juda muhim mudofaa inshootlari, yunon aholisi, shuningdek, Baqtriya va So`g`d aholisi bo`lganligini ko`rsatadigan 10 ga yaqin joylarni avniqladik. Biz buni 2-asr oxirida Xitoy imperatorining elchisi sifatida kelgan boshqa bir muallif tufayli ham bilamiz. Ushbu elchining ismi Chang Qian bo`lib, u Xitoyga qaytib kelgach, Xitoy tarixida saqlanib qolgan esdaliklarini yozdi. Chang Qian bu mintaqada juda qiziqarli shaharlarni kashf etdi va birinchi bo`lib u ko`rgan minoralarining ko`pligi haqida yozgan.  So`g`diyonadagi shaharlarda, shuningdek, Baqtriyada ham aralash aholi istiqomat qilgan. Masalan, Hirotda aholi So`g`diyona va Baqtriya uchun umumiy bo`lgan yunon tilida gaplashar edi. Shuningdek, u ushbu mintaqa aholisining Vizantiya yozuvi haqida ham eslab o`tadi. Ular xitoylar singari vertikal ravishda, o`simlik qog`oziga emas, balki teriga va gorizontal ravishda yozishgan, bu ham uning yunon ekanligini ko`rsatmoqda. Shuningdek, u portretli tasvirlar - hukmdorlarning profillari bilan tangalar haqida gapirdi va bu ikonografiya ham xitoynikidan farq qiladi.  Ammo qizig`i shundaki, u juda yaxshi sharob ayyorlasa bo`ladigan juda chiroyli uzumzorlarning ko`pligidan hayratda qolgan. Bu shuni anglatadiki, u Markaziy Osiyoda yunon sivilizasiyasini kashf etdi va bu ikkinchi asrning oxiri edi. Ammo bu mintaqada u bilan uchrashgan odamlar yunonlar emasdi. Ular yuejji edi, yueji - bu boshqa qabilalarning bosimi natijasida shimoliy Xitoyning chegara hududlaridan kelib chiqqan qabiladir. Va yuejilar Tsianchin orqali Baqtriyaga kelishdi va keyinchalik ular kuchli podsholik - Kushonga asos solishdi.  Kushon podsholigi oxir-oqibat nafaqat Markaziy Osiyoni, balki Hindistonning shimolini ham qamrab olgan yirik imperiyaga aylandi. Bundan tashqari, Baqtriya ushbu imperiyaning asosi bo`lgan. Ammo Hindistonning qo`shib olinishi Kushonlar sivilizasiyasiga chek qo`ydi. Kushonlar davlatida buddizm tarqalgan. Bu Buddizm madaniyatining markazi bo`lgan Gandhara yuksalishiga olib keldi. U go`zal haykallar, ibodatxonalar bilan nom taratdi, masalan, Bamiyonning ulkan haykallarini eslang. Biz ushbu mintaqa tarixining ko`plab masalalari ustida ishlamoqdamiz. O`z qidiruvlarimiz davomida Baqtriya va So`g`diyona kabi buyuk tamaddunlar haqida guvohlik beruvchi dalillarini topdik.
131
4,418
Madaniyat
“Koinot go‘zali” tanlovi ishtirokchilari o‘z mamlakatlarini qanday liboslarda namoyish etdi? (foto)
Har yili bo‘lib o‘tadigan “Koinot go‘zali” tanlovida sayyoraning go‘zal qizlari ishtirok etadi va ularning orasidan eng sohibjamoli tanlab olinadi. 2021-yilgi tanlov natijasiga ko‘ra hindistonlik Harnaaz Sandxu birinchi o‘ringa loyiq deb topildi. Ushbu tanlov ilk bor 1952-yil Kaliforniyada bo‘lib o‘tgan. Dunyoning ko‘plab mamlakatlaridan vakillar ishtirok etadigan mazkur tanlov bosqichlaridan birida milliy kolorit va o‘ziga xoslikni mujassam etgan milliy liboslarda ko‘rinish berish muhim sanaladi. AdMe nashri “Koinot go‘zali” tanlovi ishtirokchilari o‘z mamlakatlarini qanday liboslarda namoyish qilgani haqida ma’lumot beruvchi fotolarni e’tiboringizga havola qiladi. Yaponiya Rossiya Ruminiya Meksika Janubiy Koreya Hindiston Polsha Yamayka Islandiya Xitoy Gretsiya Vyetnam Ukraina Ispaniya Slovakiya Nikaragua Bolgariya Kambodja Chexiya Qozog‘iston Marokash Laos Nepal
99
900
Madaniyat
Shakira 45 yoshda: 4 yoshida she’r yozib, 8 yoshida ilk qo‘shig‘ini yaratgan xonandaning shon-shuhratgacha bo‘lgan yo‘li (foto)
Dunyoga mashhur xonanda Shakira 2022-yil 2-fevral kuni 45, uning taniqli sportchi turmush o‘rtog‘i Jerar Pike esa 35 yoshni qarshi oldi. Kolumbiyalik qo‘shiqchi Shakira 2000-yillarning boshlarida dunyo bo‘ylab mashhurlikka erishdi. Uning qo‘shiqlari va musiqiy albomlari 20 dan ortiq mukofotlarga sazovor bo‘lgan. Xonanda muvaffaqiyatga erishish uchun qanday yo‘llarni bosib o‘tdi? Shakira Izabel Mebarak Ripoll 1977-yil 2-fevralda Kolumbiyaning Barrankila shahrida tug‘ilgan. Oilada bo‘lajak qo‘shiqchining otasining oldingi nikohidan yana 7 farzandi bor edi. Shakiraning otasi ishbilarmon va badavlat odam bo‘lib, uning zargarlik do‘koni bo‘lgan. Shuningdek, nasrda ham ijod qilishni yaxshi ko‘rgan. Balki shuning uchundir Shakira to‘rt yoshidanoq she’r yozishni boshladi, xoreografiyada ham o‘qidi. Musiqaga shunchalar mehr berdiki, sakkiz yoshida u ilk taronasini yozdi. Karyera 1990-yilda Shakira iste’dodlar tanlovida qatnashib, u yerda teatr jurnalisti Monika Ariza bilan uchrashdi, buning natijasida qo‘shiqchi Sony Music’ning Kolumbiya filiali bilan shartnoma imzolashga muvaffaqa bo‘ldi. 1991-yilda xonandaning “Magia” deb nomlangan birinchi albomi chiqdi. Garchi u muvaffaqiyatga erishmagan bo‘lsa-da, Shakiraga o‘z vatanida mashhurlik keltirdi. View this post on Instagram 1994-yilda Shakira o‘rta maktabni tugatdi va aktrisa sifatida debyut qildi. U “El Oasis” melodramasida rol o‘ynadi. Luisa Mariyaning bosh roli uchun Kolumbiyaning TV GUIA jurnali uni “Miss TVK” deb e’lon qildi. 1995-yilda Lotin Amerikasida qo‘shiqchini mashhur qilgan “Donde Estas Corazon” taronasi chiqdi. View this post on Instagram 1996-yilda chiqarilgan “Pies Descalzos” albomi ijrochining birinchi rasmiy studiya loyihasi bo‘ldi. Albom byudjeti 100 ming dollarni tashkil etdi va qisqa muddat ichida o‘zini oqladi. Braziliya, Argentina, Kolumbiya, Chili, Ekvador, Peru va Venesuelada eng ko‘p sotilgan albomga aylandi. 1999-yilda Shakira eng yaxshi lotin roki uchun birinchi “Gremmi” mukofotiga nomzod bo‘ldi. 2001-yil noyabr oyida birinchi ingliz tilidagi “Laundry Service” albomi chiqdi, bu xonandani butun dunyoga mashhur qildi. 2005-yilda Shakira ispan tilidagi “Fijacion Oral, Vol.” nomli albomini chiqardi, u 15 ta musiqiy mukofotga sazovor bo‘ldi. Xonandaning karyerasi jadallashishda davom etdi, Shakira yana bir nechta albomlarni chiqardi, shuningdek, boshqa jahon yulduzlari bilan duetda bir nechta kompozitsiyalar yaratdi. 2021-yil boshida xonanda Britaniyaning Hipgnosis Songs Fund Limited sarmoyaviy kompaniyasi bilan barcha musiqa relizlariga huquqlarni sotish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Hammasi bo‘lib katalogga 145 ta qo‘shiq kiritilgan. Shaxsiy hayot 2000-yilda Shakira Argentina sobiq prezidentining o‘g‘li advokat Antonio de la Rua bilan munosabatlarni boshladi. Qo‘shiqchi qaynotasi imzolashni so‘ragan nikoh shartnomasidan qoniqmaganligi sababli munosabatlar to‘xtatildi. Juftlik shu tarzda 2010-yilning yozida ajrasdishdi. O‘sha yili qo‘shiqchi futbolchi Jerar Pike bilan uchrashdi va u uning muhabbatiga aylandi. Tez orada juftlik Barselonaga ko‘chib o‘tdi va 2013-yilda ular Milan Pike Mebarak ismli o‘g‘il ko‘rdi. 2015-yilda oilada Sasha ismli yana bir o‘g‘il tug‘ildi.
127
3,222
Madaniyat
“Bizga boshidan ‘kitob’ yoziladigan konkurs kerak emas”. Jahongir Otajonov “The cover up” loyihasi haqida keskin gapirdi (video)
Xonanda Jahongir Otajonov “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad uyushtirdi. Suhbat davomida xonanda “The cover up” loyihasi haqidagi haqiqatlarni gapirdi. ‘The cover up’ loyihasining 2-mavsumidan ko‘nglim to‘lmadi. Chunki bir qizning bahosini past qo‘ygandim. Qanday qilib bo‘lsa-da bu qizni qaytarishdi. Boshidan shunaqa ‘kitob’ yozilgan. Bizga boshidan ‘kitob’ yoziladigan konkurs kerak emas. Bugun davlat rahbarimiz bizni ishlashga chaqiryapti. Chunki yo‘qotishlarning o‘rnini to‘ldirish kerak. Yo‘qotish oson, qayta bunyod qilish uchun avlodlar qancha aziyat chekadi. Har bir kasb egasi sidqidildan xizmat qilmasa xalqning ishonchini oqlay olmaydi. Shuning uchun ham to‘g‘ri xizmat qilish kerak, to‘g‘ri gapirish kerak. Xalqni alday olmaysiz. Hamma mehnatiga yarasha haqqini olyapti. Sizga ham manga ham pul to‘lashadi. Xudo xohlasa siz bilan yana 20 yildan keyin suhbatlashadigan bo‘lsak men yutib chiqaman. Chunki men o‘zimga to‘g‘riman. Kimki noto‘g‘ri bo‘lsa u baribir yutqizadi. Hozirdan ularga aytaman, haliyam kech emas, sizlarning ichingizni faqat Yaratgan biladi, faqatgina u yashira oladi. Ertaga bizning oldimizda sharmanda bo‘lmanglar. Jahongir Otajonov, xonanda Jahongir Otajonovning fikricha “loyihada hakamlik qilayotgan xonandaga bu ishtirokchi loyihadan chiqib ketishi kerak”, degan gapni aytishi kerak emas. Bunday gap hakamni chalg‘itib, noxolislikni yuzaga keltirishi mumkin ekan. Alisher Uzoqov meni hurmat qiladi, buni his qilgan holda men ham uni hurmat qilaman. Loyihada Alisher yonimga kelib ‘Jahongir aka mana shu ishtirokchilar chiqib ketishi kerak’ dedi. U aytgan ishtirokchilar yaxshi bo‘lgandir, balki ularga yo‘llangan sms ovozlar chindan kamdir, bilmadim, ammo buni hay’at a’zosiga aytish kerak emas edi. Bu hay’at a’zosini psixologik tomondan adashtiradi. Menga o‘xshab to‘g‘ri baholashga harakat qiladigan odam qo‘shiqni har tomonlama o‘rganadi. Chunki qo‘shiq faqat ovoz bilan aytilmaydi. Uning juda ham ko‘p nozik tomonlari bor. Qo‘shiqdagi nafaqat so‘zning har bir harfning o‘z yuki bor. Bu narsalarni Alisher ham, The cover up’ni o‘ylagan odam ham bilmaydi. O‘sha kuni ‘Arvachi’ qo‘shig‘ini aytgan bola yoki Mushtariy ismli qiz chiqib ketishini aytishdi. Men u qizni Alisher aytgani uchun chiqarmadim. U qiz bilan ishlagan muzikant bolalar yaxshi chalishardi. Ularni yaxshi tanirdim. Bu bolalar bilan o‘zim ham ishlaganman. Ammo men bahoni Mushtariyning o‘ziga qo‘ygan edim. Mushtariyga ikki bahoni qo‘yganimning o‘zi xato. Unga ball qo‘yish kerak emas edi. Men hech qachon hech kimga baland bal qo‘ymayman. Agarda Zo‘r TV’ning rahbari kelib mana bunga baland baho qo‘y desa, ‘marhamat o‘zingiz o‘tiring’, derdim. Xullas bu qiz yana qaytib kelibdi. 3-mavsumga meni chaqirishmadi, chaqirishsa ham bormasdim. Bilasizmi ular hatto hay’at a’zolarini tanlay olishmaydi. Bu borada ularning ilmi yo‘q, yana musiqaning cover versiyasi bilan shug‘ullanishyapti. Cover – bu ma’lum bir xit darajadagi qo‘shiqning boshqacha ‘oranjirovka’da ijro etilishi. Qo‘shiq o‘zgarmaydi, faqat ‘oranjirovka’si o‘zgaradi. Mushtariy aytgan cover cover emas, bu umuman yangi ashula. Qo‘shiq boshqa musiqa bilan aytilgan. She’r meniki emas, u xohlaganiday aytishga haqli. Xullas bu cover versiya emas edi. Shuning uchun ham ball qo‘ya olmadim. ‘The cover up’ loyihasidagi hay’at a’zolaridan biri ‘vistupleniya’ qani deb so‘rayapti. Muzikantning bunaqa savol berishga haqqi yo‘q. Men tushunmadim, cover versiyada ‘vistupleniya’ kerak degan joyi yo‘q. O‘qimaganda, shuning uchun ham shunaqa deyishdi. Chetdan kuzatib turib kulgim keldi, to‘g‘risi. Loyihada Kamron Otajonov, mening jiyanim ham qatnashdi. To‘g‘risi u bilan aloqalarimiz yaxshi emas. U bilan urushganimdan keyin u menda boshqa soz chalmay ketgan. Lekin musiqachi sifatida men uni muhofaza qilishim kerak. U juda yaxshi muzikant. Kerak bo‘lsa hammani ‘o‘qitadi’. Men o‘qimaganman. Musiqa internatidan 7-sinfda haydalganman. Lekin musiqada o‘zimni bilimim, kitobim bor. O‘zimni fikrim bor. O‘zimga kerakli narsani internetdan o‘qib olaman. Xudoga shukur musiqachilar fikrimni eshitishadi. Kamronga ham aytdim, ‘nima uchun fikrlaringni aytmaysan, gapira olmasang, xaraktering bo‘lmasa qanday san’atkor bo‘lmoqchisan’, dedim. Odam birinchi o‘rinda bo‘lishi uchun uning xarakteri bo‘lishi kerak. Jahongir Otajonov, xonanda
128
4,350
Madaniyat
“Krudslar oilasi 2” multfilmi bir hafta ichida yana 3 mln dollar to‘plab, Amerika prokatida birinchi o‘rinni egalladi
“Krudslar oilasi 2” sikveli Amerikadagi prokatning uchinchi haftasida 3 million dollar ishlab topdi va kassa yig‘imlari bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi. Endilikda multfilmning umumiy kassa yig‘imi o‘z vatanida 24,1 millionni, butun dunyoda esa 76,4 million dollarni tashkil etmoqda, deb xabar beradi “Film.ru”. Ro‘yxatning ikkinchi pog‘onasidan 490 ming dollar ishlab topgan Focus Features studiyasining “O‘gay aka-ukalar” dramasi egalladi. Ikki haftalik prokat davomida film 1,3 million dollar ishlab topdi. Uning ortidan premyerasidan 17 yil o‘tib, prokatga chiqqan Uill Ferrell ishtirokidagi “Elf” Rojdestvo komediyasi o‘rin olgan. Kartina dam olish kunlari 400 ming dollar yig‘ishga muvaffaq bo‘lgan. 315 ming dollar yiqqan Vins Von ishtirokidagi Freaky komediyasi oldingidek top ro‘yxatda joylashgan. Ayni vaqtda yig‘imlar 8,2 million dollarni tashkil etmoqda. Kuchli beshlikdagi komediyalar qatoriga Robert De Niro ishtirokidagi The War with Grandpa yakun yasagan. Film yana 260 ming dollar ishlab topgan. Joriy haftaning yangiligi bo‘lgan Emili Blant va Jeymi Dornan ishtirokidagi “Yovvoyi juftlik” melodrammasi cheklangan prokatda 100 ming dollar yig‘ishga erishdi.  Tarixdagi eng ko‘p mablag‘ sarflangan 6 ta multfilm
117
1,230
Madaniyat
Amerikalik rejissyor O`zbekistonda “Olovuddin” filmini tasvirga oldi
Amerikalik rejissyor Devid Grem Xivadagi Ichan-qal`a muzey-qo`riqxonasida yangi qisqa metrajli “Olovuddin” filmini tasvirga oldi. Film tarixiy janrda bo`lib, mashhur qahramon Olovuddinning yangi sarguzashtlariga bag`ishlangan. Yangi qisqa metrajli “Olovuddin” filmining s`yomkalari Xiva shahridagi Ichan-qal`a muzey-qo`riqxonasida bo`lib o`tgan. Kinoda Xiva hamda Buxoro shaharlarining YuNESKO Butunjahon merosi ro`yxatiga kiritilgan noyob tarixiy obidalari namoyish qilingan. Kartina tarixiy janrda suratga olingan bo`lib, uning syujeti Sharq ertaklarining mashhur qahramoni hisoblangan Olovuddinning yangi sarguzashtlariga bag`ishlangan. Bosh rolni akter Kalen Chan ijro etdi. Film s`emkalari Buxoroda ham bo`lib o`tdi. Film premerasi tez orada bo`lib o`tishi kutilmoqda. Film s`emkalari Buxoroda ham o`tkazildi.
68
814
Madaniyat
Surxondaryodagi to`rtta qishloqqa "turizm qishlog`i" maqomi beriladi
Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi Omonxona, Sherobod tumanidagi Tuz kon, Sariosiyo tumanidagi Sangardak va Oltinsoy tumanidagi Xo`jaipok qishloqlariga "Turizm qishlog`i" maqomini berish tavsiya etildi. Prezidentimizning 2019 yil 13 avgustdagi "O`zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi farmoniga muvofiq "Turizm qishlog`i" maqomiga ega bo`lgan hududlar birinchi navbatda "Obod qishloq" dasturiga kiritilib, zamonaviy infratuzilma rivojlantiriladi. Sangardak sharsharasi, Omonxona va Xo`jaipokdagi shifobaxsh suvlari, Tuz kon qishlog`idagi noyob tuz g`orining dunyoga dong`i ketgani ham bu hududlarning turizm salohiyatidan unumli foydalanishda muhim o`rin tutadi. Bundan tashqari ushbu qishloqlarda o`zbek xalqining qadimiy milliy an`analari, o`ziga xos liboslari va amaliy san`at, folklor namunalari saqlanib qolgan. Bular xorijdan kelgan sayyohlarda katta qiziqish uyg`otmoqda. "Turizm qishlog`i" maqomiga ega bo`lgan hududlarda "Obod qishloq" dasturi doirasida keng, ravon yo`llar barpo etilib, obodonlashtiriladi. Elektr energiyasi, gaz, suv ta`minoti, kanalizasiya tizimi tubdan yaxshilanib, barqaror ishlashi ta`minlanadi. Mobil aloqa va internet tarmog`i sifatini oshirish uchun bazaviy stansiyalar o`rnatiladi. Biroq bunday maqomga ega bo`lish uchun hududda mehmonxona va ovqatlanish xizmatidan tashqari yana beshta xizmat ko`rsatish turlari rivojlangan bo`lishi lozim. Kamida 20 ta oilaviy mehmon uyi tashkil etilgan bo`lishi kerak.  Ma`lumot uchun: joriy yilning o`tgan davrida Surxondaryo vohasiga 100 mingdan ziyod xorijlik sayyoh tashrif buyurgan.
68
1,620
Madaniyat
Instagram: Jasur Umirov Amerikaga ketmoqchi, Munisa bir o‘limdan qoldi, Zarina Nizomiddinova yangi mashina xarid qildi
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. Yigitali Mamajonov va Muqaddas Sa’dullayeva sayohatlar mavzusidagi fotosessiyasini muxlislari e’tiboriga havola etdi. Aktyor Nodirbek Uzoqov pandemiya davri hayotini qanchalik o‘zgartirib yuborgani hamda kasbi tufayli onasi bilan so‘nggi marta ko‘rishish va suhbatlashish nasib etmagani haqida ko‘z yosh to‘kib so‘zlab berdi. Ulug‘bek Rahmatullayevning yangi klipida Bobur Yo‘ldoshev suratga tushmoqda. Munisa Rizayeva shifokorlarning aybi bilan bir o‘limdan qolgani haqida hikoya qildi. Shahzoda Alloh imkoniyatlarni barchaga barobar bergani haqida post yozdi. Zohirshoh Jo‘rayev Asakadagi chorvachilik fermasini muxlislariga ko‘rsatdi. Ziyoda “Tor ko‘cha” qo‘shig‘iga klip suratga oldirmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda Saida Rametovaning vafot etgani bilan bog‘liq mish-mishlar tarqaldi. Aktrisa jonli efirda muxlislariga ko‘rinish berdi hamda ushbu gap-so‘zlar yolg‘on ekanligini isbotladi. Rossiyalik taniqli xonanda Alsu o‘g‘lining tug‘ilgan kunini nishonladi. Turkiyalik mashhur oshpaz va restorator Nusretning tug‘ilgan kunida Andrea Bochelli qo‘shiq kuyladi. Boshlovchi Oyxon Iforzoda turmush o‘rtog‘i Nodirshohni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi. Mashhurlik Alisher Uzoqovga hech narsa bermagan. Aktyor bu haqda so‘nggi intervyularidan birida so‘zlab berdi. Oybek va Nigora muxlislariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi. Aktrisa Zarina Nizomiddinova yangi mashina oldi. U BMW X7 avtomobilida folloverlariga ko‘rinish berdi. Pandemiyadan avval aktrisa Malibu avtomobilini haydardi. Zarina Malibu avtomobilida. Jasur Umirov qamoqdan chiqqanidan so‘ng shou-biznesni ham yig‘ishtirib, Amerikaga ketishni rejalashtirgani, biroq ayrim insonlarning gap-so‘zlari tufayli vaqtincha bu fikridan qaytgani haqida gapirdi. Uning aytishicha, estradada qanday o‘ringa ega ekanligini yangi qo‘shiqlar va konsert orqali isbotlagach, butunlay Amerikaga ketishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, Jasur Umirov “hech qaysi taniqli xonanda biron qizni zo‘rlaydigan sharoitda bo‘lmasligi” haqida ham gapirib, u tuhmat tufayli qamalganini ham qo‘shimcha qildi. Sariq bola, ya’ni Jahongir Xo‘jayev yangi hajviy roligida kasal bo‘lib qoldi.
118
2,265
Madaniyat
Yigitali Mamajonov o‘zini prodyuserlikda sinab ko‘rib, detektiv janrda film suratga olmoqchi
Aktyor Yigitali Mamajonov “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi. Suhbat davomida Yigitali Mamajonov o‘z jamoasi bilan detektiv janrdagi film suratga olish niyatida ekanligini bildirdi. Jamoamiz bilan detektiv janrda film olish maqsadimiz bor. Ayni paytda ssenariy ustida ish olib bormoqdamiz. Albatta, bu film juda go‘zal kartinalarga boy bo‘ladi. Eng muhimi, filmda tabiiylikka e’tibor beramiz va kartina real voqealar asosida suratga olinadi. Film prodyuseri o‘zim bo‘laman. Homiylar qidiryapman. Yaxshi ijod bo‘ladigan bo‘lsa, albatta u film uchun yordam beraman, degan insonlar bor. Bir qancha odamlar bu borada va’da berishgan. Film ssenariysi bitgandan so‘ng, homiylarga ko‘rsatish niyatidaman. Ularga ham xudo xohlasa ma’qul keladi deb o‘ylayman. Bu film insonlar uchun yoqimli bo‘ladigan, ko‘ngliga kiradigan, o‘ylantirib qo‘yib, zavq oladigan darajada film suratga olish niyatidaman. O‘ylaymanki, bunaqa janrdagi film tomoshabinlarga ham yoqadi. Avvalo bu film bilan o‘zim aytmoqchi bo‘lgan gaplarni gapirib olishim, film birinchi navbatda o‘zimga yoqishi kerak. Yigitali Mamajonov, aktyor
92
1,171
Madaniyat
Farrel Uilyamsning Happy taronasidan ilhomlanib klip olgan eronliklar qamoq jazosiga mahkum etildi
Yetti nafar Eron fuqarosi amerikalik qo‘shiqchi Farrel Uilyamsning Happy taronasiga ishlagan klipi uchun 91 darra urish va qamoq jazosiga tortildi. Bu haqda Iran Wire ma’lumotiga tayanib, “Segodnya” xabar bermoqda. International Campaign for Human Rights in Iran huquqni muhofaza qilish tashkilotining qayd etishicha, sud yoshlarni “beadab klip” suratga olganlikda va guruh a’zolari o‘rtasida qonunga zid munosabatlar o‘rnatganlikda aybdor deb topdi. Hukm 17-sentabr kuni Tehronda e’lon qilindi. Olti nafar aybdorga 91 darra savalash va yarim yillik qamoq jazosi belgilandi. Yana bir eronlik esa bir yillik qamoq jazosiga mahkum etilib, u ham 91 bor kaltaklanadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, eng uzoq muddatli qamoq jazosi klip rejissyori uchun belgilangan. Jazoning bajarilishi uch yilga kechiktirildi. Bu esa aybdorlar belgilangan vaqt mobaynida yana shunday videoklip suratga olsa, ular savalanib, qamoqqa jo’natilishini anglatadi. Ma’lumot o‘rnida, Happy qo‘shigi uchun eronliklar talqinida suratga olingan klip internetda may oyida paydo bo‘lib, tezda mashhur bo‘lib ketdi. Klipda boshiga ro‘mol o‘ramagan to‘rt ayol va uch erkak Tehron ko‘chalari va uylar tomida raqsga tushayotgani tasvirlangan. Oradan ko‘p o‘tmay, klip Eron hukumatining e’tiborini tortib, uni suratga olganlar va unda ishtirok etganlar hibsga olindi. Shundan so‘ng, qo‘lga olinganlar televideniye orqali o‘z xulq-atvori uchun uzr so‘rashga majbur bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, Farrell Uilyamsning Happy videroligi muxlislar e’tiboriga havola etilgach, dunyoning turli mamlakatlarida shu nom bilan suratga olingan xilma-xil kliplar tarqala boshladi. Xususan, avgust oyining boshlarida KVN UZ vakillari Happy Tashkent klipini omma etiboriga taqdim etdi.
98
1,716
Madaniyat
Nasiba Abdullayeva egizak nevarali bo‘ldi
O‘zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayeva egizak nevarali bo‘ldi. Oilasidagi xushxabarni xonanda o‘zining Facebook’dagi sahifasi orqali ma’lum qilgan. “Bizda egizaklar tug‘ildi! Men endi besh pahlavonning buvisiman!”, − deb yozgan taniqli xonanda.
41
250
Madaniyat
Rossiya etnografiya muzeyida O`zbekiston madaniy merosiga bag`ishlangan ko`rgazma ochildi
Avval xabar qilinganidek, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida 6-8 iyun kunlari “O`zbekiston madaniy merosi xalqlar va mamlakatlar o`rtasida muloqotga yo`l” Ikkinchi xalqaro Kongressi bo`lib o`tmoqda. Eslatib o`tamiz, mazkur nufuzli anjuman O`zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari Milliy assosiasiyasi tashabbusi bilan bir qator davlat, jamoat va xalqaro tashkilotlar hamkorligida o`tkazilmoqda. 6 iyun kuni Rossiya Etnografiya muzeyida anjuman doirasidagi ilk tadbir – O`zbekiston badiiy tekstil durdonalari ko`rgazmasi bo`lib o`tdi. Ko`rgazmaning ochilish marosimida so`zga chiqqanlar mamlakatimizda asrlar davomida milliy hunarmandchilikning to`qimachilik, zardo`zlik, gilamchilik singari turlari taraqqiy etganini ta`kidlab ushbu muzeyda saqlanayotgan durdonalarning ahamiyati xususida so`z yuritdilar. – O`zbekiston madaniy madaniy merosini tadqiq va targ`ib etish bugungi kundagi eng dolzarb vazifalardan biridir, – dedi marosimda so`zga chiqqan O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining o`rinbosari Kamola Oqilova. – Birgina bugungi ko`rgazmaning o`ziyoq O`zbekiston ayrimlarning tasavvuridagi singari faqatgina muhojirlar mamlakati emas, san`at va madaniyatning qadimiy beshiklaridan biri ekanini yaqqol ko`rsatadi. –Muzeyimiz Rossiyadagi eng qadimiy madaniy muassasalardan biri hisoblanadi, – deydi Rossiya etnografiya muzeyi direktori Vladimir Moiseevich Grusman. – Muzeyga O`zbekiston hududidan etnografiya materiallarining keltirilishi yuz yildan ko`proq tarixga ega. Bugungi kunda Prezident Shavkat Mirziyoevning tashabbusi bilan O`zbekistonning bugungi kunda dunyoning turli hududlariga borib qolgan madaniy meros durdonalarini o`rganish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilyapti. Bugun shahrimizda boshlangan Ikkinchi xalqaro kongress ham ana shu yo`nalishda amalga oshirilayotgan ishlarga misol bo`la oladi. O`zbekiston va boshqa davlatlardan tashrif buyurgan ishtirokchilar muzeyga O`zbekistondan olib kelingan tarixiy matolar, gilamlar, uy-ro`zg`or buyumlari bilan tanishdilar. Chindan ham ko`rgazmani tomosha qilish asnosida Vatanimizning bir asr avvalgi tarixiga tushib qolgandek bo`lasiz. Ko`rgazmadan o`rin olgan, milliy liboslardagi manekenlar, intererlar, uy-ro`zg`or buyumari o`sha davr muhitini tomoshabin ko`z oldida jonlantiradi. Ko`rgazmada namoyish etilgan XIX asr oxirlarida Buxoro amirligidan imperator saroyiga sovg`a tariqasida yuborilgan ulkan zardo`zi parda, qimmatbaho taqinchoqlar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg`otdi. Tadbir davomida Rossiya Etnografiya uzeyiga daniyat maskanlariga yurtimizning me`moriy yodgorliklaridagi epigrafika san`ati haqida hikoya qiluvchi “O`zbekiston obidalaridagi bitiklar” kitob-albomlari turkumi beg`araz tuhfa etildi.
89
2,721
Madaniyat
Afsonaga aylangan liverpullik oddiy yigitlar: XX asrning eng mashhur rok guruhi — Bitlz tarixi
O‘n karra “Gremmi” mukofotiga loyiq topilgan Bitlzni bilmaydigan musiqa shaydosi kam bo‘lsa kerak. Bir qator film, videoo‘yin va kitoblarga mavzu bo‘lgan guruh shu qadar mashhurligidan ular ilk bor sahnaga chiqqan sana — 16-yanvar YuNESKO tomonidan butunjahon The Beatles kuni deb e’lon qilingan. “Daryo” Rolling Stone jurnali e’tiroficha, “Hamma vaqtning eng buyuk ijrochilari reytingi”da yetakchi sanalgan Bitlz tarixiga nazar tashlaydi. Liverpullik shovvozlar Musiqa tarixchilari, tanqidchi va melomanlar haligacha ushbu kvartet fenomenining jumbog‘i nimada ekanini bilishga urinadi. Tinglovchilarning samimiy sevgisiga erishish va bu qadar mashhurlik boisini ifodalash uchun so‘zlar kamdek go‘yo. Kamida 20 yil davomida butun avlod uchun timsol bo‘lgan guruh yevropaliklarning urush sabab toliqqan qalblariga shodlik va sevgi ulashishning uddasidan chiqqan. Bitlzning dunyo madaniyatidagi ahamiyatini baholash mushkul. Ular bir-biridan ayro ijod qilsa yoki to‘rtlik tarkibi aslidan boshqacharoq bo‘lsa, bunday shuhratga erishilarmidi yoki yo‘q — tasavvur qilish qiyin. Lekin bir narsa aniq — avvaliga tanishib, birgalikda ijod qilishga qaror qilgan, tamoman biri ikkinchisiga o‘xshamagan shovvozlarni musiqa birlashtirgan. Kun kelib zafar cho‘qqisini zabt etish, san’at olamida nomlari abadiy qolish ularning yetti uxlab tushiga ham kirmagandi. Rok yo‘nalishida ijod qiluvchi Bitlzga 1960-yili liverpullik yigitlar asos soladi. Isyonkor Lennon Jon Lennon Xonandalikdan tashqari siyosiy faol bo‘lgan, tenglik, erkinlik va tinchlik g‘oyalarini ilgari surgan Jon Lennon 1940-yili Liverpulda dunyoga keladi. 2002-yil BBC tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomada hamma vaqtning eng buyuk britaniyaliklar yuztaligida ovozlar soni bo‘yicha 8-o‘ringa loyiq topilgan Jonning ota-onasi u tug‘ilganidan ko‘p o‘tmay ajrashib ketadi. Yosh Lennon esa “gitara yaxshi narsa, ammo qorinni to‘ydirmaydi”, deb hisoblovchi qattiqqo‘l xolasining qo‘lida katta bo‘ladi. Undagi yashirin iste’dod maktab yillari o‘zini namoyon qila boshlaydi. San’atga bo‘lgan qiziqishi nafaqat xorda kuylash, balki jurnallarga illyustratsiya, o‘qituvchilarini karikatura qilib tasvirlashda ham o‘z aksini topadi. Gitara chalish jon-u dili bo‘lgan bezori va bo‘ysunmas Jon 1956-yili maktabdosh oshnalari bilan The Quarrymen nomli musiqiy guruhga asos soladi. Shundan keyin o‘zidan boshqa 5 o‘rtog‘i bilan bir-biridan qiziq ijod namunalarini yozish va musiqa bastalashga o‘tadi. Serqirra Makkartni Pol Makkartni Rassom, yozuvchi va kompozitor Jeyms Pol Makkartni 1942-yili Liverpulning Enfild shaharchasida dunyoga keladi. Ijarama-ijara yurishdan charchagan oila oxiri Lennon yashaydigan mahalladan qo‘nim topadi-yu, bu qaysidir ma’noda bo‘lajak guruh a’zolarining tanishishiga ham sabab bo‘ladi. San’atga bo‘lgan qiziqish Polga otasidan o‘tgandi. O‘zini turli sohalarda sinab ko‘rgan katta Makkartni hech omadi chopmagach, bo‘sh vaqtini musiqa bilan shug‘ullanishga sarflab, bar va kafelarda tun-kun qo‘shiq aytib yuraveradi. Oila boqish mas’uliyati esa mahalliy shifoxonada hamshira bo‘lib ishlaydigan onaning yelkasiga tushadi. 1956-yilda saraton sabab onasidan ayrilgan Jeymsni tushkunlikdan musiqa olib chiqadi. Fe’li jihatidan Pol Jonning aksi bo‘lgan. Lennondan kam erksevar bo‘lmagan Makkartni istaklariga tinchroq usullar bilan erishishni afzal bilar edi. Afsonaviy gitarachi Jorj Xarrison Jorj Xarrison Rolling Stone jurnalining hamma vaqtning eng buyuk gitarachilari ro‘yxatida yetakchi hisoblangan Jorj Xarrison 1943-yili Liverpulda katoliklar oilasida dunyoga kelgan. Tor shim kiyib, sochlarini o‘stirib yuradigan olifta yigitcha maktab yillaridayoq musiqiy karyerani orzu qila boshlaydi. Orqa partada gitara rasmini chizib o‘tiradigan Jorj musiqaga o‘zidan kam qiziqmaydigan maktabdoshi Pol Makkartni bilan do‘st tutinadi. Barabanchi Ringo Starr Ringo Starr Sentimental va donoligi bilan ajralib turadigan Ringo Starr Liverpulda nonvoylar oilasida dunyoga keladi. Uch yoshga to‘lar-to‘lmas otasi tashlab ketgach, onasi ham qayta turmush qurishni afzal biladi. Salomatligida ko‘p muammo kuzatilgan bolakayning musiqa bilan tanishishiga davolanayotgan shifoxonasida konsert bergan orkestr sabab bo‘ladi. Asl ismi Richard Starki bo‘lgan ijodkor keyinroq o‘ziga taxallus tanlashga qaror qiladi. Uzuklar taqishni yoqtirishi va kelajakda yulduz bo‘lishidan kelib chiqib ingliz tilidagi ring (uzuk), star (yulduz) so‘zlaridan ilhomlanadi. Hammasi nimadan boshlangan edi? Jon Lennon va Pol Makkartni Bari 1957-yili yosh Pol Makkartnining Jon Lennon bilan uchrashuvidan keyin boshlanadi. 17 ga to‘lganiga qaramay, The Quarrymen guruhining yetakchisi hisoblangan Jon butun vujudi bilan rok-n-roll’ga muxlislik qilardi. Radio to‘lqinlaridan taralgan Elvis Preslining Heartbreak Hotel kompozitsiyasi liverpullik oddiy o‘quvchi Jonning qalbini zabt etadi. “Elvisga qadar hech nima menga bu qadar ta’sir qilmagan”, — deb eslaydi uning o‘zi. Barcha akkordlar va rok-n-roll yo‘nalishidagi xitlarning so‘zlarini yoddan biladigan, nay va fortepiano chalishdan xabardor Pol Jonda yaxshi taassurot qoldiradi. Tanishganlaridan bir necha oy o‘tib, birgalikda ijod qila boshlagan iste’dod egalariga ko‘p o‘tmay Makkartnining Jorj Xarrison ismli do‘sti ham hamrohlik qila boshlaydi. Shu yo‘sinda bo‘lajak Bitlzning doimiy tarkibi shakllanadi. Keyinchalik qatorga Jonning do‘sti Styuart Satkliff kelib qo‘shiladi. Shahar tadbirlarida bir necha marta chiqish qilgan yoshlar musiqiy ko‘nikma va mahoratlarini yanada rivojlantirish kerakligiga ahd qilishadi. Hali konsert berib ulgurmagan, plastinka yozib taqdim qilish mumkinligi tushiga ham kirmagan to‘rtovlon ijod qilib, o‘z ustida ishlashdan charchamaydi. Har biri o‘zicha iste’dodli bo‘lgan ijrochilar bir-birini to‘ldirib turardi va ularning hech birini boshqasidan ayro tasavvur qilib bo‘lmasdi. Musiqaga isyon va o‘ziga xoslik bilan yondashgan Jon qolipga tushishni istamasdi. Ular Liverpul klublaridagi hayotga qo‘shilish va konsert berishni dilga tugib, aloqalarni yaxshilashga faol kirishadi. Ahamiyatsiz bo‘lsa-da, birorta ham ijodiy tanlovlarni o‘tkazib yubormas, ammo shunga qaramay kutilgan natija hadeganda kuzatilavermasdi. Omadsizliklar guruh nomini o‘zgartirishga turtki beradi. Avvaliga Quarrymen nomi Johnny and the Moondogs, keyin esa Silver Beyetles, vanihoyat The Beatles’ga aylanadi. Nomning kelib chiqish sababi hali-hamon bahsli. Guruh a’zolarining o‘zi esa bu Jon va Styuartga tegishli g‘oya ekanini ta’kidlaydi. Ular ikki xil ma’noni anglatadigan so‘zdan foydalanishni istab, asos sifatida beetles (qo‘ng‘izlar) so‘zini olishgan. Undagi bir harfni almashtirganlaridan keyin beatles degan so‘z kelib chiqqan. Bir xil talaffuz qilingani bilan, beat — musiqani anglatadi. Nomning o‘zgarishi uncha samara bermaganiga qaramay, aynan shundan keyin guruhga chiqishlar borasida yangi takliflar kelib tushadi. Yangi obraz — yangi hayot 1960-yili yozda Bitlz ijodida yangi sahifalar ochiladi. Gamburgdan taklif tushadi-yu, Yevropaga chiqish uchun imkoniyatlar eshigi ochiladi. Aynan Germaniyadagi xizmat safari davomida guruh uzoq izlangan barabanchini topadi va Pit Best tarkibga qo‘shiladi. Xorijdagi ilk safar ular uchun imkoniyat bilan birga ulkan sinov ham edi. Indra, Kaiserkeller singari klublarda konsert bergan guruh a’zolari aynan Germaniyadagi safarlari davomida ilk bor professional qo‘shiq yozishadi. Cavern’dagi konsertda gramplastinkalar sotiladigan do‘kon xodimlaridan biri — Brayan Epshten yosh iste’dod egalarining ijodiga befarq bo‘lmasdan, ularning musiqiy karyerasini qo‘llab-quvvatlashga ahd qiladi. Bir qancha ovoz yozuvchi kompaniyalar bilan muzokaralar olib borishiga qaramay, Parlophone’dan boshqa biror prodyuserlik kompaniyasi hech kim tanimaydigan guruh bilan shartnoma imzolashni istamaydi. Prodyuser Jorj Martinning hali kashf qilinmagan yulduzlar bilan ishlashga bergan roziligi professionallik emas, insoniy sifatlarga bog‘liq edi. Abbey Road ko‘chasini kesib o‘tayotgan Bitlz guruhining eng mashhur suratlaridan biri O‘tkir zehnli, xushmuomala, samimiy va biroz cho‘rtkesarligi bilan e’tiborini tortgan yigitlarni prodyuser Londondagi Abbey Road studiyasiga yetaklab boradi. O‘zaro tushunmovchilik sabab Pit Best guruhni tark etadi. Uning o‘rniga 1962-yili Ringo Starr kelib qo‘shiladi. Keyin esa ijodkorlarning hayoti tubdan o‘zgarib ketadi. Shu yili “Love me do” nomli ilk qo‘shiq taqdim etiladi. Brayan Epshteyn qo‘shiq yozilgan 10 mingta plastinkani o‘zi sotib olib, guruh bilan bog‘liq turli ajiotajlarni keltirib chiqaradi. Keyin televideniyeda chiqish, konsertlar va yangi qo‘shiqlarning taqdim qilinishi bir-biriga ulanaveradi. “Please, please me” albomi esa naqd 6 oy davomida xit-paradlarda yetakchilik qiladi. Shu tariqa 1963-yil 13-oktabrdan haqiqiy bitlomaniya boshlanadi. Keyingi “With The Beatles” albomi esa birinchisidan kam bo‘lmagan mashhurlikka erishadi. Do‘konlarga oldindan 300 mingta buyurtma kelib tushadi, yil davomida bir milliondan ko‘proq nusxada sotiladi. Deyarli Betxovendek Kvartetning mashhurligi ularning Amerikadagi pozitsiyalariga ta’sir qilmaydi. Epshteyn qancha urinmasin, “I want to hold your hand” qo‘shig‘i taqdim qilinmagunicha studiyalar guruhning qo‘shiqlarini qayta yozishga oshiqmaydi. Tanqidchi Richard Bakklning maqtovli taqrizi mashhur The Sunday Times gazetasida chop etilganidan keyin hammasi o‘zgaradi. Ushbu maqola guruhga Amerikadagi omad eshiklari ochilishiga “tashrif qog‘ozi” bo‘ladi. Tanqidchi buyuk kompozitorlar ro‘yxatida Lennon va Makkartnini Betxovendan keyinga qo‘yadi. 1964-yili AQShning milliy chartidagi 14 qo‘shiqdan 5 tasi Bitlzniki bo‘ladi. Bu vaqtda ijodkorlar o‘z mamlakatida albom taqdim etish qatorida “A hard day’s night” va “Help!” nomli filmlarda ham suratga tushib ulguradi. Dunyo bo‘ylab safarlardan toliqmagan guruhning “Yesterday” qo‘shig‘i eng buyuk musiqiy kompozitsiyalardan biri deb topiladi. Turli ansambl va xonandalar ijro qilaverganidan qo‘shiq naqd 2 mingga yaqin talqinda kuylanadi. Pasaygan parvoz 1965-yili rok dunyosida keskin o‘zgarishlar ro‘y beradi. Yangi ijrochilar, yo‘nalish va o‘ziga xoslik ushbu olamga o‘zgacha nafas baxsh etgan, Bitlz bu sayyorada “Rubber Soul” nomli albomi bilan yetakchi edi. Yana bir ijodga boy, samarali yil davomida to‘rtovlonning eng ahamiyatli albomlaridan biri — konsertlarda ijro etishga mo‘ljallanmagan, studiya effekti asosida yozilgan “Revolver” paydo bo‘ladi. O‘sha ondan boshlab ular safarga chiqishni yig‘ishtirib, faqat va faqat studiyada ishlashga o‘tadilar. 1966-yil 24-noyabrdan boshlab Bitlz “Sgt. Pepper’s lonely hearts club band” nomli albomini yozishga kirishadi. Ushbu albom pop-musiqaning haqiqiy zafari, barcha janrlarning evolyutsiyasi edi. Ammo har ko‘tarilishning tushishi bo‘lganidek, muvaffaqiyat uzoqqa bormaydi. 1967-yili Brayan Epshteynning uxlatuvchi dori vositalarini haddan ortiq qabul qilgani tufayli hayotdan ko‘z yumgani bunga so‘nggi nuqtani qo‘ygandek edi. Keyingi “White album” albomi esa guruh parchalanishiga ilk ishora bo‘ladi. O‘zaro kelishmovchiliklar yuzaga kelar, ijodkorlar esa avvalgidek birgalashib ishlash emas, har biri o‘zidagi ustunlikni ko‘z-ko‘z qilish, isbotlashga urinardi. Mashhurlik cho‘qqisidagi shafaq Guruhning zavoli yaqinlashayotgani tobora ravshanlashardi. Tark etishi haqida rasmiy bayonot bermaslikka ko‘ndirilgan Lennon boshqa yangi guruh bilan ijodni boshlab yuborgan, Makkartni esa o‘z plastinkalarini taqdim qilishga qaror qilgandi. 1969-yilda yigitlar hech qanday yangi ijod namunasi taqdim etmaydi, ammo bu vaqtda muxlislar sevimli guruhining tarqalib ketishi mumkinligiga shubha ham qilmasdi. Aynan shu sabab ham Makkartnining 1970-yil 10-apreldagi ketish bilan bog‘liq bayonoti muxlislar uchun kutilmagan bo‘ladi. Ayro ijod qilishni boshlagan qo‘shiqchilar qaysidir ma’noda e’tiroflarga ham sazovor bo‘ladi. Bir vaqtlar yagona maqsad yo‘lida birlashgan san’atkorlar orasidagi rishtalar allaqachon uzilib bo‘lgandi. 1980-yili Lennonning muxlisi tomonidan o‘ldirib ketilishi esa afsonaviy guruhning tiklanishi bilan bog‘liq so‘nggi umidlarni ham puchga chiqaradi. Musiqachilar ayro ijod qilishda, Bitlz esa musiqa shaydolarining qalbida yashashda davom etadi. Ammo ular qayerda bo‘lmasin, kim bilan birga ijod qilmasin, muvaffaqiyatlari Bitlzdagi davri bilan taqqoslanaveradi. 2001-yilda Jorj Xarrison saraton sabab hayotdan ko‘z yumadi. Pol Makkartni va Ringo Starr esa ijod bilan shug‘ullanish, musiqa yozishda davom etmoqda. Guruh parchalansa-da, mangu yashaydigan qo‘shiqlar “Britaniya madaniyatini rivojlantirishga va uni butun dunyoda ommalashtirishga qo‘shgan hissasi uchun” ordeni bilan taqdirlangan Bitlz qo‘shiqlari birinchi notasidanoq tinglovchilarini rom etganiga shubha yo‘q. Musiqa olamiga kirib kelgan gitarachilarning aksari ijodini klassik “Yesterday”dan boshlashi, Yevropa ko‘chalaridagi sayyor qo‘shiqchilar esa afsonaviy “Let it be”dan parcha ijro etayotganiga guvoh bo‘lish mumkin. Zamonaviy xonandalar esa muxlislar qalbidan joy olish ilinjida guruhning kaverlarini kuylashda davom etayotgani ham yangilik emas. Xullas, klassikaga nisbatan o‘lmas deb berilgan ta’rif Bitlz misolida o‘z aksini topgan.  Afsonaning o‘limi. “Bitlz” yulduzi Jon Lennon qanday o‘ldirilgan edi?
94
13,160
Madaniyat
Instagram’dagi obunachilari 500 mingdan oshgan xonanda Rayhon hamon Shahzodadan ortda qolmoqda
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, xonanda Rayhon G‘aniyevaning Instagram’dagi obunachilari soni 500 mingdan oshdi. Bu haqda “Qalampir.uz” xabar bermoqda. Rayhon Instagram’da 500 mingdan ziyod obunachiga ega bo‘lganligi munosabati bilan ushbu tarmoqdagi sahifasiga maxsus surat yuklab, unga quyidagi izohni biriktirdi. “Mening yonimda shuncha yil bo‘lganingiz uchun, hayotimdagi turli lahzalarda yonimda turganingiz uchun, mening ijodimni kuzatib borganingiz uchun, shunchaki yonimda ekaningiz uchun rahmat. Sizning izohlaringiz va qo‘llab-quvvatlashingiz men uchun juda zarur. Har biringizni yaxshi ko‘raman va qadrlayman!”, – deb yozdi Rayhon. “Qalampir.uz” tahririyati Rayhon G‘aniyevaning Instagram’dagi sahifasida obunachilari soni 500 mingdan oshgani bahonasida o‘zbek shou-biznesining taniqli ayollarining ushbu ijtimoiy tarmoqdagi obunachilari sonini solishtirdi. Ayni damda Instagram’dan ro‘yxatdan o‘tgan o‘zbek shou-biznesining ayol vakillari orasida Shahzoda eng ko‘p obunachilarga ega ekani ma’lum bo‘ldi. Uning obunachilari bugungi kunga kelib 720 mingdan oshgan. Ikkinchi o‘rinni esa Rayhon G‘aniyeva (501 ming) egalladi. Aktrisalar orasida Asal Shodiyeva peshqadam. Instagram foydalanuvchilarining 493 ming nafari uning sahifasiga obuna bo‘lgan. Xonanda Lolaning ham obunachilari soni ortmoqda. Bugungi kunga kelib, Instagram’da uni 439 mingdan ortiq foydalanuvchi kuzatib kelyapti. Keyingi o‘rinlarni aktrisa Zarina Nizomiddinova (419 ming), xonanda Munisa Rizayeva (404 ming), “Nihol” mukofoti sovrindori Manzura Yo‘ldosheva (382 ming) va xonanda Nilufar Usmonova (377 ming) egallagan.
94
1,609
Madaniyat
“Maksimum” kulgi jamoasi ilk konsert dasturini taqdim etdi (foto+video)
Xalqlar do‘stligi san’at saroyida “Maximum” kulgi jamoasi o‘zining ilk konsert dasturini taqdim etdi. Jurnalist Feruz Muhammad mazkur konsert dasturidan reportaj tayyorladi. “Maximum” kulgu jamoasi o‘zining ilk konsert dasturida bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda katta muhokamalarga sabab bo‘layotgan mavzularni olib chiqishdi. Misol uchun yer olishda hokimiyat bilan kelishmayotgan biznesmen, go‘sht narxining oshib ketgani, poraxo‘r xodim singari bir qancha sahna ko‘rinishlari orqali internet olamida mashhur bo‘lgan mavzularga qo‘l urishdi. Sahna ko‘rinishlarida blogerlar ham eslandi. Xonanda Jahongir Otajonov dastur mehmoni bo‘ldi. Jamoa a’zolari Jahongir Otajonov bilan bog‘liq sahna ko‘rinishi ham tayyorlashgan ekan. Xonanda Jahongir Otajonov “o‘zi ham tanimaydigan shogirdi”ning xatti-harakatlariga mos ravishda, ancha yillar oldin katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan odati, ya’ni sahnada yotib kuylashni yana bir marta takrorladi. Konsert dasturida mehmon bo‘lgan “Bravo” kulgi jamoasining a’zosi Umid Umarov “Maximum” jamoasining ilk konsert dasturi haqida quyidagi fikrlarni bildirdi. To‘g‘risini aytaman, bizga yana bitta raqobatchi paydo bo‘ldi. Juda ham zo‘r chiqishdi, jamoaga omad tilab qolaman. Biz qo‘l urmoqchi bo‘lgan mavzularga bu jamoa a’zolari ham murojaat qilishibdi, endi biz u mavzularga boshqacha yondashamiz. Bu erkin raqobat, Messi Ronalduni kuzatganidek, biz ham bir-birimizni kuzatib, kamchiliklarimizni to‘ldirishimiz kerak. Biz ulardan, ular bizdan o‘rganadigan narsalar bor. Juda ham yaxshi jamoa shakllangan. Birinchi konsert dasturi uchun besh baho beraman. Umid Umarov, “Bravo” jamoasi a’zosi
71
1,644
Madaniyat
Alisher Usmonov va Irina Viner: ilk uchrashuv, 6 yillik hijron va 30 yillik nikohdan keyingi ajrashish tarixi
Ko‘pchilik ularning muhabbatiga havas qilgan, chunki Irina Aleksandrovna va Alisher Burhonovich og‘ir sinovlarni boshdan kechirsa-da, doim birga bo‘lgan. Gimnastika murabbiyi Irinaning shogirdlari va er-xotin bilan tanish bo‘lgan har bir kishi ularning turmushini har doim kuchli va mustahkam deb bilgan. Ammo qanchalik g‘alati eshitilmasin sevgi ham tugar ekan. May oyining o‘rtalarida Viner va Usmonov ajrashishayotganini e’lon qilishdi. Hozirda ular ajralish jarayonida bo‘lsa-da, “Lisa.ru” nashri bu ikki kuchli insonning sevgi hikoyasi qanday boshlanganini yodga oladi. Ilk uchrashuv Irina Aleksandrovna va Alisher Burhonovich ilk bor Toshkentdagi sport majmuasida uchrashgan. O‘shanda Viner umidli va iste’dodli gimnastikachi edi, Usmonov esa qilichbozlik bilan shug‘ullanardi. Yigit bir ko‘rishdayoq moviy ko‘z, qora soch chiroyli qizni sevib qoladi, lekin ancha vaqtgacha o‘z his-tuyg‘ulari haqida gapirishga jur’at eta olmaydi. Sportchi qiz unga juda mag‘rur va jiddiy bo‘lib ko‘rinadi, balki Usmonov rad etilishidan qo‘rqqandir. Ammo bir lahzalik bu uchrashuv ko‘p yillar davomida uning xotirasida qoladi. Keyinchalik Alisher Burhonovich o‘shanda birinchi marta va butun umrga sevib qolganini tan olgan. Ma’lum vaqtga qadar ularning yo‘llari ajraladi: Usmonov Moskvaga ketadi va MGIMOga o‘qishga kiradi. Viner esa O‘zbekistonda karyerasini qurishda davom etadi, bir necha bor chempion bo‘ladi. Keyinchalik u turmushga chiqadi va Anton ismli o‘g‘il farzand ko‘radi. Odatda u birinchi turmush o‘rtog‘i haqida gapirishni xohlamaydi. Bir kuni Irina Aleksandrovna Moskvaga xizmat safariga boradi va u yerda tasodifan Alisher Burhonovich bilan uchrashib qoladi. Usmonov qizni darrov taniydi, lekin Irina vatandoshini payqamay, uning yonidan o‘tib ketadi. Keyinchalik, ikkalasining eslashicha, o‘sha kuni gimnastikachining kayfiyati bo‘lmagan, shuning uchun erkak uni chaqirganda, u biroz hayron qolgan. Ammo Usmonov singlisi u bilan birga mashg‘ulot o‘tkazganini aytishi bilanoq Viner darhol taniydi. Keyinchalik u Usmonovni yaxshi ko‘rib qoladi. Ba’zilarning aytishicha, sportchi birinchi turmush o‘rtog‘idan aynan Usmonov tufayli ajrashgan. Avvaliga ular o‘rtalaridagi munosabatni hammadan yashirishadi. Alisher Burhonovich sevgilisini ota-onasi bilan tanishtirishga ancha vaqtgacha jur’at eta olmaydi, chunki otasi unga oqila uy bekasi bo‘ladigan og‘ir-bosiq qiz qidirardi. Birinchi turmushidan ajralgan va farzandi bo‘lgan sportchi ideal kelin orzusiga to‘g‘ri kelmasdi. Bundan tashqari, Irina Aleksandrovna Usmonovdan besh yosh katta edi. Biroq Usmonov ota-onasini faqat shu ayol bilangina chinakam baxtli bo‘lishiga ishontirishni uddasidan chiqadi. Oilaviy baxt va sinovlar Sevishganlar turmush qurishga ulgurmasdan, ularning tinchini Usmonov ishtirok etishiga to‘g‘ri kelgan sud buzadi. U poraxo‘rlik va firibgarlikda ayblanadi va sakkiz yilga qamoq jazosiga hukm qilinadi. Tadbirkorning o‘zi aybdor emasligini qayta-qayta ta’kidlaydi: o‘sha vaqtda kimlardir badavlat odamlarning farzandlarini ozodlikdan mahrum qilib, ularga zarar yetkazmoqchi bo‘lishadi. Milliarderning otasi esa shaharda mashhur prokuror bo‘lgan. Olti yil qamoqda o‘tirib chiqqach, 2000-yilda Alisher Burhonovich aybsiz deb topiladi. Irina Aleksandrovna shu yillar davomida sevgilisini kutgan, qachondir obro‘si tiklanishiga va aybsiz deb tan olishiga ishongan. O‘sha paytda ba’zi tanishlari sportchiga biznesmenni unutishi lozimligini maslahat ham berishadi, chunki qamalgan odam bilan turmush qurish Vinerning karyerasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin edi. O‘sha paytda unga mamlakatni tark etish va xalqaro musobaqalarda qatnashish taqiqlangan bo‘lsa-da, Irina hech kimga quloq solmaydi. Alisher Burhonovich qamoqda o‘tirgan payti o‘z tanlovida adashmaganini anglab yetib, o‘sha yerdan sevgilisiga shoyi ro‘mol yuboradi, bu esa turmush qurish taklifini bildirardi. Gimnastikachi sovg‘ani mamnuniyat bilan qabul qiladi va turmush qurishga rozi bo‘ladi. Ularning to‘yi Usmonov ozod qilinganidan so‘ng — olti yildan keyin bo‘lib o‘tadi. Keyinchalik ular Moskvaga ko‘chib kelib, yangi hayot boshlashadi. Bu yerda Alisher Burhonovich tadbirkorlik va biznes bilan shug‘ullana boshlaydi, Irina Aleksandrovna esa iqtidorli gimnastikachilarga murabbiylik qiladi, ularning dunyo miqyosida tan olinishiga yordam beradi. Turmush o‘rtog‘i har doim uni qo‘llab-quvvatlagan va rafiqasi erishgan g‘alabalardan xursand bo‘lgan. Viner ham ko‘p jihatdan u tufayli muvaffaqiyatga erishganini doimo tan oladi. Moskvaga kelganimdan keyin sportchi qizlarim bilan Novogorskdagi bazada shug‘ullanganman, ijara haqini esa Alisher Burhonovich to‘lagan. Shuningdek, Yana Batirshina, Amina Zaripova bilan erishilgan g‘alabalar uning yordami tufayli. Ammo bolalarga onasi kabi yaqin bo‘lmasangiz, natijaga erishib bo‘lmaydi. Shu bois Alisher Burhonovich, bir tomondan, sport bilan shug‘ullanishimdan norozi bo‘lsa, ikkinchi tomondan, bolalarning muvaffaqiyatidan doimo xursand bo‘lardi, — dedi sportchi. Usmonov ba’zan qattiqqo‘l bo‘lsa-da, aslida romantik va mehribon er edi. Xotini uchun u hech narsani ayamasdi — uni gullarga ko‘mib tashlashga, qimmatbaho sovg‘alar hadya qilishga tayyor edi. Biroq tadbirkor ham rafiqasining ko‘magisiz bunday muvaffaqiyatga erisholmasdi. Irina unga biznes yuritishda yordam bermadi, lekin sharq ayoli sifatida doimo uni tinglashga, itoatkor bo‘lishga va sevishga harakat qildi. Men har doim Alisherga: “Sen — dahosan! Sen — buyuksan!” deb aytardim. Oxir-oqibat shunday ham bo‘ldi. U umidsizlikka tushganda garchi bu haqda o‘ylash haqiqatga to‘g‘ri kelmasa-da, men baribir hammasi yaxshi bo‘lishini tinmay takrorlardim. Uning super ekanligini bilardim, — deb tan oladi sportchi. Mashhur murabbiy u uchun ishdan ko‘ra oila muhimroq ekanligini bir necha bor aytgan — u buni o‘z shogirdlariga ham o‘rgatgan. Alisher Burhonovich o‘g‘li Antonni o‘z farzandidek tarbiyalagan, ammo ularning umumiy farzandlari yo‘q. Kimlardir aynan shu narsa ularning his-tuyg‘ularining sovishiga olib kelgan bo‘lishi mumkin deb hisoblaydi, boshqalar esa bir-biridan uzoqda bo‘lish munosabatlarga ta’sir qilganiga amin, chunki so‘nggi yillarda er-xotin deyarli birga yashamas edi. May oyi boshida Alisher Usmonov ajrashish uchun ariza berdi, 19-may kuni bu qaror hammaga ma’lum bo‘ldi. Milliarder va murabbiyning vakillik tomonlari uchrashishgan, ammo hech kim eng kuchli juftliklardan biri bo‘lgan er-xotin ajralishining haqiqiy sabablarini ma’lum qilmagan.
109
6,433
Madaniyat
Hind go‘zalligi: Britaniya bosh vaziri Rishi Sunakning katta boylikka ega rafiqasi haqida nimalarni bilamiz?
Buyuk Britaniyaning sobiq kansleri, hozirda esa Britaniyaning yangi bosh vaziri Rishi Sunakning rafiqasi Akshata Murti haqida eshitgan bo‘lsangiz kerak. Ular kuch juftligi deb ataladi. Ikkalasi ham juda yosh, jozibali va juda nufuzli. Akshata, asosan, boyligi tufayli bir necha marta gazeta muqovalarida paydo bo‘lgan. Uning ismi juda ko‘p bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi, chunki u katta boyligiga qaramay, pandemiya paytida ta'til sxemasidan foydalangan. Murti 4,5 foiz ulushga ega bo‘lgan hashamatli sport zali Digme Fitness Limited va Londondagi kiyim-kechak do‘koni uchun ishdan bo‘shatish dasturidan 100,000 funt sterling talab qilgani uchun tanqid ostiga olingan. Akshata Murti hindistonlik milliarder Narayan Murtining qizi, IT giganti Infosys asoschisi, Hindistonning oltinchi eng boy odami va Hindiston texnologiya sohasining otasi hisoblanadi. Onasi Sudha Murti esa muhandislik bo‘yicha o‘qituvchi, ishbilarmon ayol va Infosys jamg‘armasi raisi. 2022-yil holatiga ko‘ra, Akshataning sof boyligi 4,5 milliard dollarni tashkil etdi. Bu Britaniya monarxinikidan ko‘proq. Rishi Sunak xotinining katta boyligini kamaytirib ko‘rsatishga harakat qiladi. Biroq o'zining boyligi ham yomon emas — 200 million funtga baholanadi. Akshata daromadining bir qismini Infosys aksiyalaridan oladi, shuningdek, 2010 yilda otasi tomonidan asos solingan venchur kapitali bo‘lgan Catamaran Ventures kompaniyasining direktori hisoblanadi. Murti oilasi Hindistondagi Wendy’s va Jamie’s italyan restoranlarini boshqaradigan kompaniya aksiyalariga, shuningdek, Amazon bilan yiliga 900 million funt sterlinglik qo‘shma korxonaga ega ekanligi bilan ham ma’lum. Buyuk Britaniyada siyosatchining rafiqasi soliq maqomi yil boshida janjal keltirib chiqardi. Independent nashri Murti doimiy yashash joyiga ega emasligini bilib oldi va bu unga yiliga atigi 30 ming funt sterling miqdorida badal to‘lash imkonini berdi. “Yashash joyi bo‘lmaganlar” ro‘yxatga kiritilgani uchun Buyuk Britaniya tashqarisida daromad solig‘ini to‘lamaydi. Rishi Sunak moliya kansleri sifatida Buyuk Britaniya soliq tizimini samarali boshqarganini hisobga olsak, bu britaniyaliklar orasida katta taajjub va norozilikni keltirib chiqardi. Matbuot va jamoatchilikning reaksiyasidan so‘ng, Akshata bu sxemadan voz kechishga qaror qildi. Akshata Murti 1980-yilda Bangalor shimolidagi Xubli shahrida tug‘ilgan. Ota-onasi Narayana va Sudha Murti oilaviy biznesni yo‘lga qo‘yish uchun ishlagani sababli qiz asosan bobosi va buvisi qo‘lida tarbiyalangan. Murti xonim Stenford universitetida Rishi Sunak bilan dunyoning yetakchi ta’lim muassasasida o‘qish uchun Fulbrayt stipendiyasini qo‘lga kiritganidan so‘ng tanishib qoladi. Klaremont-MakKenna kolleji bitiruvchisi keyinchalik moliya va marketing sohasidagi karyerasidan voz kechdi va o‘zini modaga bag‘ishlashga qaror qildi, natijada Akshata Designs markasini yaratdi. Uning kiyim-kechaklar tarmog‘i chekka qishloqlardan noma’lum hind rassomlarini topishga va o‘z dizaynlari orqali ularning san'atini jonlantirishga qaratilgan. Kolleksiyalardan olingan daromad rassomlarga ularni jamiyatga qaytarishning bir usuli sifatida beriladi. Akshata va Rishining to‘yi 2009-yilda bo‘lib o‘tdi: ular Bangalorda ikki kunlik dabdabali marosim o‘tkazishdi. Er-xotin ikki qizi Krishna va Anushka bilan Yorkshirga 2 million funt sterlinglik qasrga ko‘chib o‘tishdan oldin Kaliforniyada yashagan. Ular Santa Monikadagi kvartira va Kensingtondagi 7 million funt sterlinglik 5 xonali ajoyib uyni o‘z ichiga olgan kamida to‘rtta mulkka egalik qilishadi.
108
3,539
Madaniyat
Aktrisa Shahzoda Matchonova: “Orol dengizi menga juda qadrli bo‘lishi bilan birgalikda yuragimning og‘riqli nuqtasi”
Qoraqalpoq elining iste’dodli san’atkori aktrisa Shahzoda Matchonova ona yurti haqida fikr bildirdi, deb xabar beradi “Darakchi.uz”. Ijodkor Qora­qal­po­g‘is­ton insonlari bag‘rikeng, mehribon ekanligini, shunday go‘zal va betakror go‘shada tug‘ilib o‘sgani bilan faxrlanishini qayd etar ekan, har gal Nukusga borsa, u yerdagi o‘zgarishlar­ni ko‘rib, dili yayrashini aytdi. Shahzoda ona yurtidagi eng qadrli narsalarni ham yodga olib o‘tdi: “Savitsskiy muzeyini shak-shubhasiz butun dunyo yaxshi taniydi, deya olaman. Buni muzeyga tashrif buyuradigan sayyohlar sonidan ham bilish qiyin emas. Orol dengizi menga juda qadrli bo‘lishi bilan birgalikda yuragimning og‘riqli nuqtasi. Dengizning qurishi nafaqat men uchun, balki butun sayyoramiz uchun ayanchli holat. Bundan tashqari, Qoraqalpog‘istonning juda boy madaniy tarixi bor”.
116
830
Madaniyat
20 kiloli osh, 100 kishilik orkestr, retro taronalar: Yulduz Usmonovaning yangi konserti repetitsiyasidan reportaj (video)
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova 2022-yilning may oyi oxirida besh kunlik konsert dasturini muxlislariga havola qilmoqda. “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov “Xalqlar do‘stligi” saroyida bo‘layotgan konsert repetitsiya jarayonidan reportaj tayyorladi. Joriy yilning 10—25-mart kunlari “Muhabbat” nomli qo‘shiqlar guldastasini taqdim etgan o‘zbek primadonnasi joriy yil hisobidan ikkinchi konsertini muxlislariga namoyish qilmoqda. “Nostalgy” deb nomlangan konsert Yulduz Usmonovaning 80—90ғyillarda ijro etgan xit qo‘shiqlaridan iborat bo‘ladi. “Dunyo”, “Nastarin”, “Bolaligim”, “Muhabbatjon” singari o‘nlab qo‘shiqlarш shular jumlasidan. Yulduz Usmonova konsertga tayyorgarlik paytida g‘alati his-tuyg‘ularni kechirayotganini ta’kidladi. “Bu konsertimga ham jiddiy tayyorgarlik ko‘ryapman. Bunga sizlar ham guvoh bo‘lyapsizlar. Jamoamiz katta, bir qancha janrlarni uyg‘unlashtirib, muxlislarga unutilmas musiqiy kechani havola qilamiz. 80—90-yillarda aytgan qo‘shiqlarimni o‘sha davrlarda tinglagan yoshi keksalar deyarli yo‘q hozir. Ortga nazar solib, odam qo‘rqib ketarkan. Shuncha yashadikmi, degan savol o‘tyapti. Bu qo‘shiqlar mening farzandlarim, ular xuddi katta-katta bo‘lib, ajralib ketganga o‘xshaydi. Hozir nafaqat hayajon bor, balki g‘alati his-tuyg‘ularni ham his qilyapman, shirin qayg‘uni kechiryapman. Bu qo‘shiqlarning har birining o‘z davriga ruhan tushib chiqish oson emas”, — deydi o‘zbek primadonnasi. O‘zbekiston davlat filarmoniyasi “Respublikada xizmat ko‘rsatgan xor jamoasi” badiiy rahbari Gulnora Malikovaning aytishicha, Yulduz Usmonova va ushbu jamoa birinchi marta hamkorlikda ishlamoqda. “Mazkur dasturning avvalgilaridan farqi shundaki, asarlarni badiiy jihatdan boyitib berish maqsadida xor jamoasi ham qo‘shildi. O‘ylaymanki, bu jamoa yangraydigan qo‘shiqlarni yanada go‘zal ijro etilishida muhim rol o‘ynaydi. Konsertga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida ortga qaytyapmiz, hammasi xuddi kinolardagidek. Qaysi asarni ijro etmaylik, bolaligimizga qaytyapmiz. Bu qo‘shiqlar yillar o‘tsa ham o‘z qiymatini yo‘qotmay yashab kelyapti. Bugungi avlod tarbiyasida ham bu qo‘shiqlarning o‘rni katta”, — deydi Gulnora Malikova. Konsert muharriri Lola Sobirova dasturda aytiladigan qo‘shiqlarni saralash qiyin kechganini aytdi. “2018-yildagi ‘Sen va men’, 2022-yil martidagi ‘Muhabbat’ nomli konsertlarida ham muharrir vazifasini bajarganman. Bu galgi dasturda ham ushbu vazifa menga yuklatildi. Yulduz Usmonova bilan ishlash og‘ir, oson emas, talablari kuchli. Mana, hozir o‘zingiz ko‘rdingiz, qo‘shiq matnidagi bitta xato uchun urishib berdi. Ularning dakki berishidan o‘zimizga to‘g‘ri xulosa chiqarib boramiz. Balki tanqidlari sabab o‘sayotgandirmiz. Bir tarafdan o‘zbek estradasi qirolichasi bilan ishlab, charchoqlarni unutamiz, zavqlanamiz ham. Ulardagi g‘ayrat, jo‘shqinlikni ko‘rib, biz ham g‘ayrat bilan ishlashga intilamiz. Bu konsert uchun qo‘shiq tanlashda juda qiynaldik. Chunki Yulduz opaning repertuaridagi barcha qo‘shiqlar o‘z tinglovchisiga ega. O‘ylaymizki, 80—90-yillardagi xit qo‘shiqlaridan iborat dastur mehmonlarga, albatta, manzur bo‘ladi”, — deydi Lola Sobirova. Yulduz Usmonova konsertga tayyorgarlik jarayonida ishtirok etayotgan har bir odamni tushlik va kechki ovqatlar bilan siylamoqda. Suratga olish vaqtida 20 kiloli osh butun jamoaga tarqatilganiga guvoh bo‘ldik. Reportajni “Daryo”ning YouTube’dagi sahifasi orqali ham tomosha qilishingiz mumkin.
122
3,412
Madaniyat
Ergash MO`MINOV: “Meni hanuz “Masxaraboz” deb chaqirishadi
1970 yilda suratga olingan “Hind kinosi otasi” Raj Kapurning “Mening ismim — Masxaraboz filmi” va masxarabozRaju obrazi ko`p yillar o`zbek tomoshabinlarining qalbini egallab keldi. Mustaqillikning dastlabki yillarida o`zimizda ham Masxaraboz qahramoni paydo bo`ldi. Taniqli dramaturg Sharof Boshbekov “Masxaraboz” pesasini ekranlashtirdi. Mana, 20 yildan ziyod vaqt davomida ushbu film o`z tomoshabinlariga ega. Sahifamizning bu galgi qahramoni ana shu masxaraboz roli bilan sizga tanish Ergash Mo`minovdir. U bugungi kunda rejissyor, telekanallarimizda namoyish etilib, katta qiziqish bilan kutib olingan bir qancha seriallarni suratga olgan. Ergash Mo`minov nega aktyorlik kasbini davom ettirmadi? Rejissyorlikka uni nima undadi?   “Bozorboy o`g`li Boltaboy...” — 1991 yil rejissyor Zulfiqor Musoqovning o`sha mashhur “Abdullajon” filmida Bozorboyning o`g`li Boltaboy rolini ijro etdim. Bundan avval, ya`ni 14 yoshimda (1988 yil) o`zbek kinosi darg`alaridan biri Shuhrat Abbosovning “Kichkina bola katta urushda” filmida epizodik rol o`ynaganman. O`sha vaqtda aktyorlikka qiziqib, kinosinovlarda qatnashib yurardim, “O`zbektelefilm” kinostudiyasida suratlarim qolgandi. Zulfiqor aka ana shu suratlardan meni Boltaboy roliga tanlab olgan ekan. “Abdullajon” filmi Toshkent viloyatidagi O`rtasaroy degan qishloqda suratga olingan. O`sha mening uyim, ya`ni otam Bozorboy (Rajab Adashev), onam (To`ti Yusupova) va o`zga sayyoralik mehmon Abdullajon (Shuhrat Qayumov) yashagan uy haliyam bor.  Lekin bu filmdagi rolimdan ko`ra menga rejissyorga assistentlik qilganim ko`proq qiziq bo`lgan, asosan, kamera ortida ishlaganman. Chunki bu paytda men rejissyorlikka qiziqa boshlagandim. Bunda menga Shuhrat Abbosov turtki bo`lgan. Uning suratga olish maydonchasida ishlashi, o`zini tutishi, xatti-harakatlari – bari menga ta`sir o`tkazgan. Men ham rejissyor bo`laman, deb dilimga tugib qo`ygandim. Ustozga havas qilganman. Assistentlik menga maktab vazifasini o`tagan. Kino tilida “maxsus effekt” deyiladigan murakkab kadrlar qanday olinganini ilk bora ko`rganman. Hozir bu ishlar osongina kompyuterda bajariladi, avval esa qiyin edi. Masalan, “Abdullajon”da mening armiya yotoqxonasidan tunda birdaniga o`z uyimda paydo bo`lib qolishim, aksincha, uyimdan armiyada paydo bo`lib qolishim, ketmonlar uchishi va hokazo sahnalar kino tasmalarda montaj jarayonida bajarilardi, “kombinirovanniy s`emka” deb aytilardi. O`zbek kinosida bu ishlar birinchi marta qilingani albatta, tomoshabinlarni hayratlantirmay qolmagan.  Shundan keyin avvalgi Toshkent teatr va rassomlik institutining rejissyorlik ta`lim yo`nalishiga o`qishga kirdim.  Ko`pgina yigitlarning dardi aks etgan film — “Masxaraboz” filmi 1994 yil Namangan viloyatining Chortoq tumanidagi qishloqda suratga olingan. U paytda men institutning 2-bosqichida o`qirdim. Filmning kinosinovlari avvalroq bo`lib o`tgandi. Lekin nima sababdandir suratga olish ishlari boshlanavermadi. Oradan ikki yilcha vaqt o`tib, ishga kirishildi. O`shanda film ssenariy muallifi va rejissyori Sharof Boshbekov meni bosh rol — Masxarabozga tasdiqlab qo`ygan ekan. Bilishimcha, bu rolga o`sha vaqtda nomi chiqqan, taniqli aktyorlar ham taklif etilgan, sinab ko`rilgan. Ammo taqdir ekan, menga nasib qildi. “Masxaraboz”da o`ynash men uchun oson bo`lgan, deb aytolmayman. Qiyin va qiziq bo`lgan, desa to`g`ri bo`lar. Sharof aka film ssenariy muallifi va rejissyori sifatida o`ta qattiqqo`l edi. Chunki o`zi yozgan asar voqealarini-yu qahramonlarini xayolida obdon pishitib olgan. Shundan aktyorlardan ham o`sha o`zi o`ylagan obrazni chiqarib berishni talab qilardi. Bunday vaqtda menga Ra`no Zokirova, Shafoat Rahmatullaeva, Mashrab Kimsanov yordam berishgan.  Bir qancha qiziq voqealarga ham duch kelganmiz. Bir kuni meni sigir sudrab ketgani hech yodimdan chiqmaydi. Esingizda bo`lsa, film Teshaning: “Ismim Tesha, lekin masxaraboz, deydi hamma. O`z ismimni aytolmasdan, masxaraboz, deydi hamma. Odamlar bor — zamonasoz,  Nimam mening masxaraboz?”, deya qo`shiq aytib, sigir etaklab yurishi bilan boshlanadi. O`sha sigir kun bo`yi rosa charchagandi. Biz uni 3-4 soatlab tepaliklardan sudrab-sudrab yurganmiz, och qolgandi ham. Oxiri ko`ziga yomon ko`rinib ketdim shekilli, alamini olib meni sudrab ketgan. Arqoni qo`limda edi-da (kuladi). Xayriyatki, jarohat olmaganman. Film tomoshabinlar hukmiga havola etilganidan so`ng, ko`pchilik, ayniqsa yosh yigitlarning “bu kino mening hayotimdan olinibdi, taqdirimiz o`xshash ekan”, deyishganini eshitgandim. Nima uchun? Chunki, yigitlik chog`ida sevgan qiziga etolmaslik, qizlar boshqasiga turmushga chiqib ketish holatlari ko`p uchraydi. Filmda shunday yigitlarning dardi ham aks etgandi. “Masxaraboz” deyishsa... — Bu filmdan keyin meni ko`cha-ko`yda “Masxaraboz”, deb chaqirganlar ko`p bo`ldi. Haligacha ham ba`zida qulog`imga chalinadi. Men bundan xafa bo`lmayman. Aksincha, xursand bo`laman. Aktyor uchun, umuman, ijodkor uchun qilgan mehnatini odamlar e`tirof etsa, ko`p yillar eslab yursa baxt! “Atirgullar ochdi chiroy...” — “Masxaraboz” filmi musiqali komediya janrida bo`lgani bois, albatta, unga qo`shiqlar ham yozilgan. Jumladan, “Atirgullar ochdi chiroy” deb kuylanuvchi qo`shiq o`z davrida ommalashgandi. Keyinchalik va hozirda ham ba`zi xonandalar qayta kuylab kelishadi.  Filmda esa bu qo`shiqni erkak ovozida Kozim Qayumov, ayol ovozida Zaynab Nig`matullaeva ijro etishgan. “Oldingda oqqan suvning qadri yo`q” — seriallar haqida... — 1994 yil televideniega ishga keldim. Bugungi kungacha O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O`zbektelefilm” kinostudiyasi sahnalashtiruvchi rejissyor bo`lib ishlab kelyapman. Dastlabki ish faoliyatimni kichik videofilmlar suratga olishdan boshlaganman: “Rohila”, “Oqqush”, “Olis osmon...” va “Dengizdan tomchi” telenovellalari... Keyin seriallarga qo`l urdim. Dastlab 10 qismli “Vaqt qadri” serialini suratga oldim. So`ng “Tavallud”, “Bedor tuyg`ular”, “Zurriyot”, “Zurriyot-2” seriallarini ishladim. Ayni kunlarda esa 30 qismli “Chegaradagi qishloq” deb nomlangan yangi serial “Yoshlar” telekanalida namoyish etilmoqda.  Seriallar ishlagan rejissyor bo`lganim uchun mendan so`nggi vaqtlarda teleekranlarimizni egallab olgan xorij seriallari haqida fikrimni so`rashadi. Albatta, bu holat dilimni ranjitishi rost. Yashirmayman, ba`zida televizorni yoqib, birortasidan o`zbek chehralarini topolmay qolaman. “Oldingda oqqan suvni qadri yo`q”, deb kuyunib ham qo`yaman. Chunki o`zimizning qancha-qancha seriallarimiz bor. Seriallar ishlab chiqaradigan bazamiz ham, imkoniyatlarimiz ham, mahoratli rejissyorlarimiz ham bor. Faqat bunda katta mehnat, kuchli targ`ibot ishlari qilinishi kerak. Tomoshabinlarimizni o`zimizning seriallar bilan zangori ekranga “mixlash”imiz, jalb qilishimiz kerak. Xorij seriallarida baribir, boshqa millat, boshqa mentalitet, boshqa hayot, boshqa jamiyat... Biz o`zimizga o`zimiz oyna bo`lishimiz lozim. Men bu bilan xorij seriallarini butunlay taqiqlash kerak, degan gapdan butkul yiroqman. Taqiqlash bilan maqsadga etib bo`lmaydi. Bizning vazifamiz – xorijnikining o`rnini o`zimizning yaxshi, sifatli mahsulotlar bilan to`ldirish.  Munisa ALIEVA
58
7,092
Madaniyat
Sardor Milano “Novaya volna” finalida ketma-ket ikki kun eng yuqori ball to‘pladi (video)
O‘zbekistonlik qo‘shiqchi Sardor Milano “Novaya volna” tanlovining ikkinchi kuni natijalariga ko‘ra, tanlovda birinchi o‘rinni egallab turibdi, deb yozadi “1news.uz”. Hay’at a’zolari Sardorning chiqishini “a’lo”ga baholadi va u ikkinchi kuni ham birinchi kundagi kabi eng yuqori — 121 ballni qo‘lga kiritdi.
89
308
Madaniyat
Kinematografiya agentligida Misr elchisi bilan uchrashuv bo`lib o`tdi
Bugun Kinematografiya agentligida Misr Arab Respublikasining O`zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Amira Fahmi xonim bilan uchrashuv tashkil etildi.  Bu haqda agentlik axborot xizmati xabar bermoqda.  Uchrashuv davomida Toshkent xalqaro kinofestivalini o`tkazishdagi hamkorlik va misrlik kinoijodkorlar bilan ko-produksiya filmlarini yaratish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, misr filmlarini o`zbek telekanallari, o`zbek filmlarini esa misr telekanallari orqali namoyish etishga kelishildi. Tomonlar bu borada amalga oshirilishi kutilayotgan ishlarga batafsil to`xtalib o`tishdi.   Bundan tashqari, uchrashuvda O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, saqlash va ommalashtirish Butunjahon jamiyati bilan Misr elchixonasi o`rtasidagi hamkorlik masalalariga ham alohida to`xtaldi. Butunjahon jamiyati tomonidan sentyabrda o`tkaziladigan konferensiyaga Misrdan ham olimlarni jalb qilish, shu bilan birga Misrda saqlanayotgan O`zbekiston madaniyatiga oid yodgorliklar bo`yicha kitoblar to`plamini chop etish tashabbusi ilgari surildi.
69
1,044
Madaniyat
Naqadar go‘zal bu Istanbul! “Qashqirlar makoni”da Chaqir rolini ijro qilgan Oktay Kaynarja 55 yoshga to‘ldi
27-yanvar — o‘zbek teletomoshabinlariga “Qashqirlar makoni” serialida Chaqir roli bilan tanish bo‘lgan Oktay Kaynarjaning tug‘ilgan kuni. Aktyor 1965-yil Turkiyaning Malatya shahrida dunyoga kelgan. Oktayning otasi Germaniyada ishlagani sabab uning bolaligi onasi bilan o‘tgan. Litseyni tamomlagach, Fiat fabrikasida elektrchi bo‘lib ishlagan va shu bilan birgalikda, Konservatoriyaga kirish imtixonlariga tayyorlangan. Oktayning professional aktyor sifatidagi ilk faoliyati Egey teatridagi “Devorning narigi tarafi” spektakli bo‘lgan. Keyinchalik aktyor bir qancha bolalar spektakllarida rol ijro qilgan. 1991-yilda Istanbul davlat konservatoriya universitetining, kino va teatr aktyorligi fakultetini tamomlagan. Talabalik davridayoq TRT1 kanalidagi seriallarga rol ijrosi uchun taklif qilingan. 1990—1997-yillar Oktay ko‘plab televizion shou va ko‘ngilochar dasturlarda suratga tushgan. Universitetni tamomlagach, “Qondosh-qardosh” teatridagi rolidan so‘ng 1993—1994-yillarda “Ikkinchi darajali eng yaxshi teatr aktyori” deb topilgan. Kino sohasidagi “Sevgi filmlarining unutilmas rejissori”, “Qisqichbaqa savati”, “Bir ayol anatomiyasi” filmlaridagi turli rollari, “Oltin apelsin” kinofestivalida eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor deb topilishiga sabab bo‘lgan. Nafaqat Turkiyada, balki, boshqa mamlakatlarda ham sevib tomosha qilingan “Qashqirlar makoni” serialidagi Sulaymon Chaqir ijrosi Oktayning  karyerasidagi eng muvaffaqiyatli rol bo‘lgan. Shundan keyin aktyorga turli shou va dasturlar, badiiy filmlarda ishtirok etish uchun tinimsiz takliflar kelib tushgan. 2007-yildan bugunga qadar u o‘ndan ortiq film va seriallarda suratga tushgan. Uning shaxsiy hayotiga nazar tashlansa, umr yo‘ldosh tanlashda injiq ekaniga guvoh bo‘lish mumkin. Negaki, matbuotda aktyor shaxsiy hayoti bilan bog‘liq xabarlar tarqalishi bilan oradan ko‘p o‘tmay munosabatlarga barham berilgani haqidagi mish-mishlarni kuzatish mumkin. 2008-yilda Oktay Ozgu Namal bilan 7 yillik munosabatlariga chek qo‘ygan. 2012-yilda esa Melek Uygun bilan turmush qurgan, lekin 2 yilga qolmay ajrashgan. 2015-yilda “Yomonlik dunyoga ustun bo‘lmas” serialidagi bosh qahramon obrazini jonlantirgan va suratga olish jarayonida taniqli aktrisa Deniz Chaqir bilan o‘rtalarida iliq munosabatlar paydo bo‘lgan. Muxlislar yulduzli juftlikning munosabatlaridan xursandchiligi ko‘pga bormagan. Quyida“Qashqirlar makoni” serialida Oktay Kaynarja tomonidan aytilgan iqtiboslarni e’tiboringizga havola etamiz.
107
2,474
Madaniyat
“Istanbullik kelin” Asli Enverning tug‘ilgan kuniga sevgilisi Murat Boz kutilmagan syurpriz qildi
Taniqli turk xonandasi Murat Boz sevgilisi aktrisa Asli Enverning tug‘ilgan kuni munosabati bilan bayram kechasi tashkillashtirdi, deb xabar berdi “Hurriyet”. 10-may kuni Asli Enver 35 yoshga to‘ldi. Murat Boz shu munosabat bilan Aslining do‘stlarini Istanbuldagi shinam joyga yig‘di. Aktrisa bu holatdan chin ma’noda ajablandi va o‘zida yo‘q xursand edi. Kecha Muratning Asliga atalgan “Sensiz Jannat ham surgun kabidir” deb nomlangan qo‘shig‘i sadolari ostida o‘tdi. Kecha mehmonlari ikki yoshning naqadar baxtli ekanligiga guvoh bo‘ldi. Shuningdek, “Istanbullik kelin” filmi suratga olinayotgan maydonda ham syurpriz tashkillashtirildi. Aktrisaning hamkasb do‘stlari tort olib kelib, uni birgalikda tabrikladi. Asli Enver ketma-ket uchinchi yil “Istanbullik kelin” filmining suratga olish maydonida tug‘ilgan kunini nishonlamoqda.
97
835
Madaniyat
Avtohalokat sababli vafot etgan o‘zbek yulduzlari (foto+video)
Aktrisa Gavhar Sharipova yo‘l transport hodisasi tufayli vafot etdi. Bundan avval ham avtohalokat natijasida bir qancha san’atkorlar yorug‘ olamni tark etgan edi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Muhriddin Xoliqov O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Muhriddin Xoliqov 2001-yil  21-noyabr kuni olamdan o‘tdi. Muhriddin Xoliqovning akasi Shahobbin Xoliqovning ma’lumotlariga qaraganda, bu voqea Ramazon oyining o‘rtalarida, xonanda bir dala hovlisiga ketayotganida sodir bo‘lgan. Shahobiddin Xoliqov Muhriddin Xoliqovning vafoti haqida YouTube’dagi “Muvad video” kanaliga bergan intervyusida quyidagi ma’lumotlarni aytib o‘tgan. Bu voqea ro‘zada bo‘lgan edi. To‘g‘risini aytsam, bu voqea u dachasidan bu dachasiga ketayotganida sodir bo‘lgan edi. Muhriddin ichmagan edi, chunki u o‘sha vaqtda dori ichib davolanib yurardi. Ro‘za vaqtlaridan foydalanib davolanar edi. Aslida u bolaligidan ichkilikni yoqtirmas edi. U yuqori qon bosimi bilan yurardi. Bir sirni ochaman, buni odamlar bilib ham qolgandi, to‘ylarda o‘zini ‘plyus’ini ustiga qo‘shiq aytardi. ‘Plyus’ini ustiga sozandlari chalardi, Muhriddin ijro qilardi. Chunki ‘miyam yorilib ketmasin’ derdi, yuqori qon bosimi bilan yurardi. Har yilda bir oy davolanib chiqar edi. O‘sha kuni ro‘za oyida ustalarini ko‘nglini ko‘taray deb ‘Rohat’ bo‘yida qurilayotgan dala hovlisiga borgan bo‘lgan. ‘Ichgan, mast bo‘lib mashinaga o‘tirgan’, degan gaplarga ishonmayman. Chunki uni o‘sha kuni iftorlikka aytishgan, kimdir  ‘Chirchiqda iftorlikka shoshilayotgandik’, deb aytgan edi. Muhriddin iftorlikka borib, ‘Chirchiqdagi dala hovlimda qolaman’ deb ketgan. Balki, tezroq yurishgandir.  Lekin rulda o‘tirgan bolani ichganligini ko‘zim bilan ko‘rib, qo‘lim bilan ushlamadim, tergov varaqalarini ko‘rganimda ham bu narsa yozilmagan edi. Odamlar har xil gap-so‘zlarga ishonishmasa yaxshi bo‘lardi. Shahobiddin Xoliqov, Muhriddin Xoliqovning akasi “Bojalar” guruhi a’zosi Mo‘min Oripov “Bojalar” guruhi a’zosi Mo‘min Oripov 2009-yilning 29-iyun kuni mudhish avtohalokat sabab vafot etgan. “Bojalar” guruhining a’zosi Javlon Shodmonovning jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qilishicha, halokat Surxondaryo viloyatining Angor tumanida bo‘lgan. Avtohalokat natijasida Jahongir Foziljonov hamda Javlon Shodmonov og‘ir tan jarohatlari olishgan va oylab shifoxonada yotishgan. Ma’lumot uchun, Mo‘min Oripov “Boyvachcha”, “Nortoy”, “Achchiq hayot” singari filmlarda turli darajadagi rollarni ijro etgan. “Qalbaki dunyo” deb nomlangan filmga rejissorlik qilgan. Shahzod G‘ulomov (Radius 21) Radius 21 nomi bilan mashhurlikka erishgan reper Shahzod G‘ulomov 2010-yilning  12-sentabrda Piskent shahri postiga yaqin joyda avtohalokat sababli olamdan o‘tgan. Ushbu voqea haqida reperning ukasi Bekzod G‘ulomov jurnalist Feruz Muhammadga gapirib berdi. Akam Shahzod G‘ulomov (Radius 21) Piskent shahri postiga yaqin joyda Matiz rusumli mashinasida oilasi bilan ketayotgan bo‘lgan. Ularga qarama-qarshi yo‘nalishdan esa kantrabanda mahsulotlarini postdan olib qochayotganlar kelib urilgan. Shahzod akam avtohalokat bo‘lganda voqea joyining o‘zida olamdan o‘tgan, 3 yarim oylik farzandlari Beksulton ertasi kuni vafot etgan. Beksulton akamning bitta-yu bitta farzandi edi. Bekzod G‘ulomov, Shahzod G‘ulomovning ukasi Ma’lumot uchun, Radius 21 “Sevgi fazosi”, “Onaizor”, “Boyvachcha” kabi filmlarda turli darajadagi rollarni ijro etgan. Aktrisa Farangiz Rejametova Aktrisa Farangiz Rejametovani 2018-yili 20-iyul kuni Abdulla Qodiriy va Mahatma Gandi chorrahasidagi piyodalar o‘tish joyida Mercedes-Benz mashinasi urib ketgan. Haydovchi jabrlanuvchini kasalxonaga olib borgan, ammo yo‘lda Farangiz olamdan o‘tgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, haydovchi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan qizga yo‘l bermasdan, uni urib yuborgan. Ma’lumot uchun, 1993-yilda tug‘ilgan Farangiz Rejametova san’atkorlar sulolasi vakili edi. Onasi — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Fotima Rejametova, bobosi — O‘zbekiston SSSRda xizmat ko‘rsatgan artist To‘g‘on Rejametov. Farangiz “Sehrli qalpoqcha”, “Uy bekasi” kabi o‘nlab kino va seriallarda rol ijro etgan. Shuningdek, Zulfiqor Musoqovning “Oyijon” filmida bosh rolda o‘ynagan. Aktrisa Gavhar Sharipova Aktrisa Gavhar Sharipova ham avtohalokat natijasida olamdan o‘tdi. Qashqadaryo viloyat YHXB axborot xizmatining ma’lumot berishicha, voqea 18-noyabrdan 19-noyabrga o‘tar kechasi soat 01:00 da sodir bo‘lgan. G‘uzor tumanining Yorg‘unchi qishlog‘ida harakatlanib ketayotgan avtobusda yo‘lovchi sifatida Surxondaryo viloyatidan Samarqand viloyatiga ketayotgan aktrisa haydovchiga avtobusni to‘xtatishini, tushib qolishini aytgan. Biroq haydovchining ogohlantirishi va avtobus tez harakatlanayotgani haqida ogohlantirishiga qaramasdan avtobus eshigini ochuvchi tugmani bosib, yurib ketayotgan avtobusdan tushishga uringan. Va baxtsiz hodisa sabab voqea joyida vafot etgan. Keyinroq Isuzu yuk avtomobili haydovchisi aktrisaga shilqimlik qilgani, u esa yurib ketayotgan yuk mashinasidan o‘zini tashlagani ma’lum bo‘ldi. Ma’lumot uchun, aktrisa Gavhar Sharipova 1980-yilda Navoiy shahrida tug‘ilgan bo‘lib, “Aldangan ayol”, “Go‘zallik siri”, “Alpomish”, “Gulxan atrofidagilar”, “Sarvinoz” kabi filmlarda ham turli darajadagi rollarni ijro etgan.
62
5,243
Madaniyat
Jastin Biber respublikachilar syezdida 5 mln dollar evaziga qo‘shiq kuylashdan bosh tortdi
Kanadalik xonanda Jastin Biber Respublikachilar partiyasining Klivlendda milliy syezdda chiqish qilib, qo‘shiq kuylash haqidagi taklifini rad etdi. U taklif qilingan 5 million dollar gonorardan voz kechdi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”. Dastavval 22 yoshli san’atkor taklifni jiddiy ko‘rib chiqayotgan edi, ammo uning menejeri, Hillari Klintonning ashaddiy tarafdori bo‘lgan Skuter Braun bu holda ishdan ketishini ma’lum qildi. 5 million dollar evaziga Biber 45 daqiqa davomida sahnada turishi, ya’ni har daqiqa uchun 110 ming dollardan olishi mumkin edi.
90
565
Madaniyat
Zak Snayder qizi o‘z joniga qasd qilgani uchun “Adolat ligasi”dan ketdi. Rejissor kursisiga Joss Uidon o‘tiradi
22-may kuni amerikalik rejissor Zak Snayder “Adolat ligasi” filmi ustida ishlashni to‘xtatganini ma’lum qildi. Film 2017-yilning 17-noyabrida katta ekranlarga chiqishi lozim edi, deb xabar beradi Meduza. Shuningdek, loyihadan uning rafiqasi — prodyuser Debora Snayder ham ketdi. Mart oyida ularning qizi Otem o‘z joniga qasd qilgan edi. Zakning so‘zlariga qaraganda, u oilasi bilan birga bo‘lish uchun ishdan tanaffus olishga qaror qildi. Snayderlarning qizi 20 yoshda edi. Qizining o‘limidan so‘ng Zak Snayder ikki haftalik tanaffus olgan va filmni nihoyasiga yetkazishni va’da qilgan edi. “Ish menga tinchlik keltiradi deb o‘ylagandim, men ishda ko‘milib olib, shundan yordam kutgandim”, — izoh berdi bunga rejissor. Ssenariy yozishda ishtirok etgan, “Qasoskorlar” filmiga rejissorlik qilgan Joss Uidon uning ishini davom ettiradigan hamda “Adolat ligasi”ning qolgan qismini suratga oladigan bo‘ldi. Suratga olish jarayoni Angliyada davom etadi.
111
948
Madaniyat
Pyer Risharning birinchi va eng mashhur roli. “Qora tuflidagi mallasoch daroz” klassik kinokomediyasi haqida
70-yillarning eng sara komediyalari qatoridan joy olgan “Qora tuflidagi mallasoch daroz” filmi 1972-yil fransuz rejissori Iv Rober tomonidan suratga olingan edi. Film bugungi kungacha razvedka boshqarmasi tomonidan odamlarning shaxsiy hayoti kuzatuvga olinishi kerak emasligi g‘oyasi bilan o‘z ahamiyatini yo‘qotmay kelmoqda. “Daryo” kolumnisti Farrux Adhamjonov haqida fikrlarini bildiradi. “Qora tuflidagi mallasoch daroz” kinokomediyasi 1972-yil fransuz rejissori Iv Rober tomonidan suratga olingan bo‘lib, unga o‘tkir-sujetli ssenariy Fransis Veber tomonidan yozilgan. Film komediya janrida ishlangan bo‘lsa-da, o‘zi bilan “har bir inson shaxsiy hayot, maxfiylik va kuzatishdan holi bo‘lish huquqiga ega” qabilidagi xabarni olib chiqqan edi. Ushbu jihati tufayli film 1970-yillarning eng  yaxshi komediyalaridan biri bo‘libgina qolmay, fuqarolar davlat kuzatuvlaridan holi bo‘lishi haqidagi ahamiyatini hanuzgacha yo‘qotmadi. 1974-yilga kelib esa uning davomi – “Mallasoch darozning qaytishi” filmi ham suratga olindi. Bosh rollarni Pyer Rishar (Fransua Perren), Jan Roshfor (Lui Tuluz), Bernar Blie (Bernar Milan), Mirey Dark (Kristin), Pol Le Person (Perrash) va boshqalar ijro etgan edi. Film fransuz kontrrazvedka boshqarmasi boshlig‘i Lui Tuluzga nisbatan uning yordamchisi Bernar Milan tomonidan uyushtirilgan yolg‘on bilan boshlanadi. Ushbu ziddiyatdan Bernarning asosiy maqsadi polkovnik Luining ish o‘rnini egallash edi. Bernardan shubhalangan Lui uni so‘roq qilish uchun chaqiradi, lekin Bernar dalillarning barchasi soxta ekanini aytadi. Lui o‘z xonasida yashirin eshitish uskunalarini aniqlagach, yordamchisi Perrashni chaqiradi. Bu uskunalar Bernar tomonidan o‘rnatilganini bilgach, ular ayyorona yo‘l tutadi: ertasi kuni soat 09:30 da Orli aeroportiga professional josus kelishi haqida aytib, bu gaplarni eshitib turgan Bernarni aldaydi. Josusning maqsadi Bernarga qarshi hisobot tayyorlash ekanini aytishadi. Aslida esa hech qanday josus yo‘q bo‘lib, bu shunchaki “ahmoq uchun tuzoq” bo‘lib chiqadi. Perreshga esa aeroportdan istalgan odamni tanlab, u bilan ko‘rishish tayinlanadi. Perresh esa Myunxendan uchib kelgan skripkachi Fransua Perrenni tanlaydi. Shu ondan boshlab, Bernarning odamlari Fransuani kun-u tun kuzatishni boshlaydi. Ular Fransuaning o‘tmishi haqida barcha ma’lumotlarni to‘plashadi va uyiga yashirin eshitish moslamalarini o‘rnatadi. Odatiy, lekin komediyaga boy hayot kechirayotgan Fransuadan sirlarini bilish uchun Kristin yollaniladi. U ayg‘oqchilik davomida hech narsa aniqlay olmaydi, ammo Fransuani yoqtirib qoladi. Bundan Bernar shubhalanishni boshlaganida Luining ataylab aytgan “bugun josus hisobot topshiradi”, degan gapini eshitadi va Fransuani o‘ldirishga o‘z odamlarini jo‘natadi. Bunday bo‘lishini kutgan Lui Fransuaning atrofidagi oldin yollangan qo‘riqchilarni qaytarishni so‘raydi, lekin Perrash bu skripkachining hayotiga xavfli ekanini bilgach, bu ishni teskarisini bajaradi. Shu sabab Fransuaning xonasida yuz bergan otishmada Lui yollagan tansoqchilar va Milan o‘zining odamlari bilan halok bo‘ladi. Kontrrazvedka boshqarmasidagi josuslarning uddaburonligi sabab, Fransua na bu ishlardan na o‘lganlardan xabar topmaydi. Fransua Kristin bilan bir-birini sevib qolgani sabab esa film so‘nggida ular Rio-de-Janeyroga qochib ketadi. Film Fransiyaning jinoyat kodeksidagi 9-modda – “har bir inson kuzatuvdan holi bo‘lgan shaxsiy hayotga ega bo‘lish huquqiga ega” bandlari bilan yakuniga yetadi. “Qora tuflidagi mallasoch daroz” filmi Iv Robertning muvaffaqiyatli ishlaridan biri bo‘lib, 70-yillarning eng sara komediyalar qatoridan joy oldi. Filmni tomosha qilish davomida detektiv ko‘rinishdagi komediya vaqt o‘tgan sari qiziq bo‘lib boradi. Aeroportda Perrin Fransuani uchratishidan to kino oxirigacha film pozitiv ruhda davom etadi. Filmda bosh qahramonlarning familiyalari shahar nomlariga qiyosan atalgani ham bejizga emas edi. Tuluz (Fransiya, Tuluza) va Milan (Italiya, Milan) fransuz ssenaristining italyan qo‘shnilariga “alangali” salomi hisoblanar edi. Film o‘ziga xos ironiyalarga ham boy sanaladi. Komissar Lui yordamchisi Bernarga shunchaki “dars” o‘tib qo‘yishni istagan edi, bu “dars” Bernarning o‘limi bilan yakun topadi. Bernar esa komissar Luining o‘rniga kelish istagi ortidan hayotdan ko‘z yumadi. Shu bilan birga, Kristin Fransuadan sirlarni bilish uchun yollangan josus yakunda uni sevib qoladi. Filmning asosiy g‘oyasi – razvedka boshqarmasi tomonidan odamlarning shaxsiy hayoti kuzatuvga olinishi kerak emasligini ko‘rsatish edi. Filmning ilk sahnalarida esa fransuz josusining AQShda geroinlar bilan qo‘lga olinganini ko‘rasiz. Rejissor bu sahna bilan allegorik tarzda 1960–1970-yillardagi AQSh razvedka boshqarmasi fuqarolar ustidan o‘ta kuchli nazorat o‘rnatganini ko‘rsatdi. Har joyda kuzatish moslamalarining bo‘lishi erkinlikka qarshi eng katta tahdid deb bilgan film rejissori yakunga jinoyat kodeksidan misol keltirish orqali bu xabarni tomoshabinlarga muvaffaqiyatli yetkazib bera oldi. Film yaralishida ssenarist Fransis Veber va rejissor Iv Robertning tashabbuslari cheksiz hisoblanadi. Ular hatto orkestr bilan bo‘lgan sahnada dirijyor va kuzatuvchi ko‘rinishida epizodik rollarni ham ijro etdi. Pyer Risharning beqiyos roli sabab esa bosh qahramon Fransuaning obrazi ideal tarzda yaraldi. Filmda juda ham ko‘plab tarixiy va zamonaviy musiqa asboblari kolleksiyasi ko‘rsatildi. Uylarni to‘ldirib turuvchi bu maksimalistik uslub ustida dizaynerlar oylab faoliyat olib bordi. Ikki yildan so‘ng suratga olingan film davomi haqida Fransis Veber bundan asosiy maqsad daromad ekanini yashirib o‘tirmadi. 1985-yilga kelib esa ushbu film Gollivud tomonidan qayta ishlandi. Tom Xenks bosh rolni ijro etgan ushbu kino “Qizil tuflidagi kishi” deb nomlandi. “Qora tuflidagi mallasoch daroz” filmi adashtirilgan shaxsiyat, josuslik va odamlarni kuzatuvga olish haqidagi klassik kinokomediya hisoblanadi. Undagi barcha voqealar to‘qib chiqarilgan bo‘lsa-da, haqiqatdan uzoqlashmagan holda o‘sha davrdagi holatga tanqid orqali qaradi va buni komediya yordamida ko‘rsatib bera oldi, kichik bo‘lib ko‘ringan mojarolar dahshatli tarzda yakunlanishi mumkinligini ham namoyish qildi. Filmning asosiy g‘oyasi – odamlarni erkinliklaridan cheklovchi kuzatish ishlarini olib borishga qarshi chiqish kerakligi hanuzgacha o‘z aktualligini yo‘qotmadi, balki aksincha yildan-yilga o‘z ommaviyligini oshirib bormoqda. Muallif fikri tahririyat nuqtayi nazaridan farq qilishi mumkin.
108
6,448
Madaniyat
“Baxtli kunlarni yashayapmiz”. Shohruxxon Asal Shodiyevaning ijod qilishiga munosabati hamda filmlardagi gonorari 5 ming dollarga baholangani haqida (video)
O‘zbek shou-biznesida o‘z o‘rniga ega xonanda, bir qancha xit taronalar ijrochisi Shohruxxon Milliy telekanalining “M Kokteyl” ko‘rsatuviga bergan intervyusida kliplarda yaratayotgan obrazi, seriallarda bosh rolni ijro etishi 5000 dollarga baholangani, qanday seriallarda suratga tushishi, Asal Shodiyevaning ijod qilishiga munosabati, qaysi xonandalarning musiqalarini tinglashi, ukalarining nima sababdan o‘zi kabi mashhurlikka erishgani haqida gapirib berdi. Kliplarda yaratayotgan obrazlari haqida “Yoshligimda ko‘p teatrga borardim, sababi onam shu yerda ishlardi. Aktyorlikka, kinoga qiziqishim bo‘lgani sababli repititsiya jarayonlarida ham birga bo‘lar edim. O‘zimning mini filmlarim bo‘lishini xohlaganman, shuning uchun har bitta klipda o‘zim yoqtirgan obrazlarni yaratishga harakat qilaman. Ularning qaysidir yoqsa qaysidir yoqmaydi. Ba’zi kliplardagi obrazlar tasavvurimdan a’lo darajada chiqadi, ba’zilari tasavvurimdan pastroq bo‘lib qoladi” , — deydi Shohruxxon. Seriallarda bosh rolni ijro etishi 5000 dollarga baholangani va qanday seriallarda suratga tushishi haqida “Mahoratimni yuqori baholamayman. Shunchaki menga omad berilgan. Seriallarga keladigan bo‘lsak, agar yaxshi ssenariy bo‘lsa tekinga ham o‘ynashga roziman. Agar menga yoqsa unaqa pul so‘ramayman. Yoqmasa 5000 dollardan ko‘p bersa ham o‘ynamayman. Yaqinda o‘zim boshchiligimda bir kinoni suratga olmoqchiman. Jamshid Xojiniyozov ssenariysini yozmoqda, biz uni kutyapmiz. Nasib bo‘lsa tez kunlarda yaxshi serialni suratga olamiz degan umiddaman. Kinoga boshchilik qilaman, biroq rejissor bo‘lmayman, sababi ham aktyor, ham rejissorlik qilish qiyin bo‘ladi. Shuning uchun rejissor bilan hamkorlikda ishlaymiz” , — deydi xonanda. Nima sababdan Shohruxxon musiqalarida Guli ismini ko‘p ishlatadi? “Yoshligimda hamma ‘Al-Vakil’ni, Farrux Zokirov bilan Abdulla Qurbonovni musiqalarini eshitishardi. Men esa umuman boshqacha musiqalarni eshitardim, ya’ni chet el musiqalarini, Botir Zokirovning musiqalarini yaxshi ko‘rib  eshitardim. Ularning musiqalarini orasida shunaqa so‘zlar ko‘p bo‘lgan va bu mening ongimga muxrlanib qolgan. Biz har safar yana Guli ismi ishlatildi, deymiz, hozir chiqayotgan yangi taronamda ham shu ism ishlatilgan. O‘ylashim bo‘yicha sabab o‘sha, eski taronalar sabab shu ismni qo‘llayman” , — deydi Shohruxxon. Shohruxxon Asal Shodiyevaning ijod qilishiga ruxsat berganmi? “Hozirgi vaziyatdan kelib chiqib aytishim mumkinki, ikki nafar farzandimiz bor, Asal ularga qarashi kerak, undan tashqari uyda o‘zini ishlari bor, yana ko‘p ishlari bor, vaqt bo‘lmagani uchun ijodda biroz tanaffus qilishga to‘g‘ri keldi. Endi keyin qanaqa bo‘lishini o‘ylab ko‘ramiz. Ijod qilishiga ruxsat ham, badiiy kengash ham bor” , — deydi xonanda. Qaysi xonandalarning musiqalarini yaxshi ko‘rib tinglashi haqida “Men oxirgi vaqtlarda Yulduz Usmonovani, Sherali Jo‘rayevni yaxshi ko‘rib tinglayapman” , — deydi Shohruxxon. Ukalarining nima sababdan o‘zi kabi mashhurlikka erishmagani haqida  “Men butun umrimni san’atga bag‘ishlaganman, ularda esa bu shunchaki mashg‘ulot. Bu sohada ko‘ngli bo‘lgani uchun yurishadi, lekin yarim kuchda ishlasa qanaqa bo‘lsa, shunaqa. Yo u yoqqa, yoki bu yoqqa o‘tib olish kerak. Ularning ijodini yomon deb bo‘lmaydi, yaxshi, iste’dodi bor. Hali yosh, oldinda hayot bor” , — deydi xonanda.
157
3,312
Madaniyat
“Uddalab bo‘lmas topshiriq-7”ga yana beshta yangi aktyor kelib qo‘shildi
Rejissor Kristofer MakKuori o‘zining Instagram’dagi sahifasi orqali “Uddalab bo‘lmas topshiriq” franshizasining navbatdagi qismiga yana beshta aktyor kelib qo‘shilganini ma’lum qildi, deb yozadi “Film.ru”. Filmga kelib qo‘shilgan yangi aktyorlar — Keri Elves (“Juda g‘alati ishlar”), Mark Gatiss (“Sherlok”), Charlz Parnell (“So‘nggi kema”), Rob Dileyni (“Halokat”) va Indira Varma (“Taxtlar o‘yini”). Ushbu aktyorlar aynan qanday rolni ijro etishi hozircha noma’lum, biroq suratning birida Dileyni harbiy kiyimda tasvirlangan, Elvesning suratida esa “Uyushmaga xush kelibsiz” yozuvini uchratish mumkin. Studiya yangi aktyorlarni faqatgina yettinchi qismda rol ijro etishiga tasdiqlagan bo‘lishiga qaramay, rejissor suratlarga #MI7MI8 xeshteglarini qo‘shgan. Eslatib o‘tamiz, “Uddalab bo‘lmas topshiriq” franshizasining yettinchi qismini suratga olish ishlari koronavirus pandemiyasi sabab bir necha bor ko‘chirilgan. Shuningdek, filmning 2021-yil yoziga qoldirilgan sakkizinchi qismi ustidagi ishlar yettinchisidan keyin darhol boshlanadi, chunki Tom Kruz “Top Gan: Meverik” filmining promo-kampaniyasi bilan band bo‘ladi. “Uddalab bo‘lmas topshiriq-7” premyerasi 2021-yilning 18-noyabrida bo‘lib o‘tadi. Avvalroq Tom Kruz “Uddalab bo‘lmas topshiriq-7” filmining suratga olish jarayonida avariyaga uchragani ma’lum bo‘lgandi.
72
1,328
Madaniyat
“Qudratli reynjerlar” filmining yakuniy treyleri chiqdi (video)
“Qudratli reynjerlar” filmining premyera oldidan eng oxirgi treyleri YouTube’ga joylashtirildi, deb yozadi TJournal. Kadr: YouTube Rejissor Din Izraelaytning superqahramonlar haqidagi filmi premyerasi joriy yilning 23-mart kuniga belgilangan. “Qudratli reynjerlar” filmining yaratilishiga shu nomdagi teleserial asos bo‘lib xizmat qilgan. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
63
514
Madaniyat
"Faridaning ikki ming qo`shig`i" yana bir xalqaro festivalda e`tirof etildi
Yolqin To`ychiev rejissyorligida suratga olingan “Faridaning ikki ming qo`shig`i” filmi yana bir nufuzli festivalda ishtirok etib, maxsus diplomga loyiq ko`rildi. Bu haqda O`zbekiston Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar bermoqda.  Yaqinda «Rossiya – Islamskiy mir: KazanSummit 2021» XVII  Musulmon kinosi xalqaro festivali Qozon shahrida bo`lib o`tdi. Ushbu kinofestivalda professional va havaskor kinoijodkorlar ishtirok etib, tadbir doirasida ko`plab kinolar namoyish etildi. E`tiborli jihati, mazkur kinofestivalda o`zbek kinoijodkorlari ham qatnashib, “Faridaning ikki ming qo`shig`i” filmi rejissyori Yolg`in To`ychiev diplom bilan mukofotlandi. Film postanovkachi operatori Bahodir Yo`ldoshev, postanovkachi rassom Bektosh Rajabov, direktor Shavkat Rizaev bo`lib, unda ko`plab taniqli aktyorlar rol ijro etishgan. Ma`lumot uchun: “Faridaning ikki ming qo`shig`i” filmi bundan avval ham Rossiyadagi “Moskva premerasi”, “GoEast” (Festival of Central and Eastern Europan Film),  VI Xalqaro Osiyo kinofestivali (Asian world film festival, “Pusan” xalqaro kinofestivallarida ishtirok etib, bir qancha mukofotlarga munosib ko`rilgan.
75
1,145
Madaniyat
Abduxalil Mignarovning “Ota” filmi tomoshabinlar olqishi bilan kutib olindi
26-sentabr kuni Respublika Kinochilar uyi va Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida ssenariynavis va rejissyor Abduxalil Mignarovning “Yoningdaman!” (“Ota”) badiiy filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “O‘zbekkino” Milliy agentligining axborot xizmati xabar bermoqda. “O‘zbekkino” Milliy agentligi bosh direktori Jahongir Qosimov A.Mignarovni milliy mustaqillikning 23 yillik bayrami arafasida “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist” unvoniga sazovor bo‘lgani va uning to‘liq metrajli film ssenariynavisi va rejissyori sifatidagi muvaffaqiyatli debyuti bilan qutladi. Filmda ota bilan farzandlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, odamiylik, mehr-oqibat kabi ezgu fazilatlar aks ettirilgan. Vaqtida farzandlar tarbiyasiga yetarlicha e’tibor berolmagan ota xatolarini tuzatish, nogiron kenja o‘g‘lini davolatish uchun safarga otlanadi. Ular yo‘lda turli ibratli voqealarga guvoh bo‘ladi. Oxir-oqibat ota hayotda hech qachon ezgulik beiz ketmasligiga ishonch hosil qiladi. Kinotanqidchilarning fikricha, filmda aktyorlar ansambli yaxshi tanlangan. Ayniqsa, taniqli aktyorlar Karim Mirhodiyev va Seydulla Moldaxonov ishtirok etgan sahnalar jozibali chiqqan. Yosh aktyor Fotih Ochilovning mahorati ham ularning e’tirofiga sazovor bo‘ldi. “O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasi bilan “O‘zbekfilm” kinostudiyasida tasvirga olingan “Yoningdaman!” (“Ota”) badiiy filmi 26-sentabrdan boshlab, Respublika Kinochilar uyi va A.Navoiy nomidagi kino saroyida namoyish etilmoqda.
75
1,483
Madaniyat
X Xalqaro raqs tanlov-festivalida o‘zbekistonlik ishtirokchi 3-o‘rinni egalladi
Checheniston poytaxti Grozniy shahrida 12 mamlakatning 130 nafardan ortiq vakili ishtirokida Mahmud Esambayev nomidagi X Xalqaro raqs tanlov-festivali bo‘lib o‘tdi, deb yozadi Uz24. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining ma’lum qilishicha, festivalda Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi ikkinchi bosqich magistranti, “Nihol-2017” davlat mukofoti sovrindori Sherzod Kenjeboyev ham ishtirok etgan. Xalqaro festival hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra, Sherzod Kenjeboyev “Yakkaxon raqs” nominatsiyasida 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
79
547
Madaniyat
Yangi yil Muloqot.Uz bilan: Yulduzlar bilan suhbat
Muloqot.Uz ijtimoiy tarmog‘i o‘tib borayotgan 2012-yilning 21-26 dekabr kunlari Muloqot.Uz kafesida o‘z a’zolari uchun yulduzli suhbat tashkillashtirdi. Tadbirning so‘nggi kunida Umidaxon, “Benom” guruhi, “For Music Pro” guruhi hamda marhum san’atkor Mo‘min Oripovning turmush o‘rtog‘i Kamola Oripova Muloqot.Uz kafesiga tashrif buyurishib, o‘z muxlislari bilan ochiq muloqot qilishdi. Fotogalereya. Yangi yil Muloqot.Uz bilan: 6-kun [gallery link="file" ids="381,382,383,384,385,386"]
50
486
Madaniyat
Rossiyalik reper Morgenshtern sevgilisining tug‘ilgan kuniga 80 ming dollarlik Range Rover va 66 ming dollar pul sovg‘a qildi (foto, video)
2021-yil 29-mart kuni reper Alisher Morgenshternning sevgilisi Dilara Zinatullina 21 yoshini nishonladi. Hamisha ajablantirishni xush ko‘ruvchi reper unga boshqa ko‘plab qizlar orzu qiladigan sovg‘a taqdim etishga qaror qildi. Buning uchun u qizil Range Rover avtomobilini sotib oldi. Mashinaning narxi o‘rtacha 80-90 ming dollarni tashkil etadi, deb yozadi Grazia. Shuningdek, reper qizga ichida 5 million rubl, ya’ni 66 ming dollari bo‘lgan kumush chamadon ham hadya qildi. O‘zining Instagram sahifasida esa Dilaraga: “Sen Alisher to Morgenshtern bo‘lguncha uning yonida qolgan ayolsan, endi esa butun dunyo bizniki!”, − deya murojaat qilgan. Internet foydalanuvchilari reperning tabrigiga qo‘shildi. Ko‘pchilik juftlikning bir-biriga bo‘lgan muhabbatini qadrlashini tilab qoldi. Ba’zi folloverlar esa Morgenshtern bilan uchrashishni istashlarini ham yozib qoldirgan. Ma’lum bo‘lishicha, Alisher va Dilaraning munosabatlari 2017-yilda boshlangan. 2019-yilda reperning munosabatlarni e’lon qilish taklifi Dilaraga yoqmagan va ular barchasiga nuqta qo‘ygan. 2020-yilga kelib esa juftlik qayta topishgan.
139
1,106
Madaniyat
Chavandoz, bosh oshpaz, kurashchi: Gollivud yulduzlarining ota kasbini tanlamay, boshqa sohada mashhur bo‘lgan farzandlari (foto)
Gollivud yulduzlarining farzandlari ko‘pincha ota-onasining izidan boradi, natijada aktyor sulolasi paydo bo‘ladi. Ammo mashhur ota-onalarning ba’zi avlodlari o‘zlari uchun boshqa kasbni tanlaydi va ota-onalarining faoliyati bilan hech qanday aloqasi bo‘lmagan sohada muvaffaqiyatga erishadi. Tom Sellekning qizi — chavandoz Hanna Sellek havaskor chavandoz sifatida bir nechta medallarga sazovor bo‘lgan. Yaqinda u professional sportchiga bo‘ldi va musobaqalardagi muvaffaqiyatli ishtiroki tufayli kuchli beshlikka kirdi. Dueyn Jonsonning qizi — kurashchi Simona Jonson 2020-yilda WWE professional kurash kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi va kompaniyaning eng yosh kurashchisiga aylandi. Kevin Klayn va Fibi Keytsning qizi — xonanda va qo‘shiqlar muallifi Greta Klayn aktyorlar oilasida tug‘ilgan, ammo u kino o‘rniga musiqa bilan shug‘ullanishga qaror qiladi. U Frankie Cosmos nomli hind guruhining rahbari. Lyuk Perrining o‘g‘li — professional kurashchi Jek Perri professional kurash olamida o‘sib borayotgan yulduzdir. Ringda uni Tarzanga o‘xshashligi uchun changalzorlik bola deb atashadi. Xarrison Fordning o‘g‘li — bosh oshpaz Ben Ford professional oshpaz va bir nechta restoranlarning, jumladan, mashhur Ford yoqilg‘i quyish shoxobchasining egasi. Maykl Kitonning o‘g‘li qo‘shiqlar yozadi Shon Duglas — qo‘shiqlar muallifi va prodyuser. Uning karyerasini shubhasiz muvaffaqiyatli deb atash mumkin: Maykl Kitonning o‘g‘li nafaqat mashhur prodyuser, balki u yaqinda Lizzoning “Cuz I Love You” deb nomlangan albomidagi ishi uchun “Gremmi”ga sazovor bo‘ldi. Stiven Spilbergning farzandlari musiqiy duet yaratishgan Ularning otasi mashhur rejissor bo‘lsa-da, Sasha va Teo Spilberg aktyorlikdan ko‘ra musiqa bilan shug‘ullanishga qaror qilishdi. Ularning Wardell nomli hind folklor guruhi bor va ular Jay-Z leybli bilan shartnoma imzolashgan. Robert De Nironing o‘g‘li ko‘chmas mulk brokeri bo‘lib ishlaydi Aytish mumkinki, Rafael De Niro aktyorlik tajribasiga ega: u “Muhabbat oqimlari” filmida suratga tushgan, ammo bu yo‘l o‘zi uchun emas, deb qaror qilganga o‘xshaydi. Hozir Rafael ko‘chmas mulk brokeri bo‘lib ishlaydi va uning karyerasiga faqat havas qilish mumkin: u Manxettendagi eng yaxshi ko‘chmas mulk agentlari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egallagan.
129
2,273
Madaniyat
Obamaning xayrlashuv bazmida Gollivud yulduzlari ishtirok etdi (foto)
AQSh prezidenti Barak Obamaning xayrlashuv bazmida ko‘plab Gollivud yulduzlari ishtirok etdi. Ularning soni Donald Trampning 20-yanvardagi inauguratsiyasiga taklif qilingan yulduzlardan ko‘proqdir, deb xabar beradi “Korrespondent.net”. Ziyofatda ishtirok etgan Gollivud yulduzlarining ko‘pchiligi saylovoldi kampaniyasida Hillari Klintonni qo‘llab-quvvatlagan edi. Kecha mehmonlari orasida aktyorlar Bredli Kuper, Robert De Niro, Jorj Kluni, rejissor Stiven Spilberg, qo‘shiqchilar Pol Makkartni, Nik Jonas, Jon Lejend, model Krissi Teygen, xonanda Beyonse va uning turmush o‘rtog‘i, reper Jay-Z, teleboshlovchi Opra Uinfri va boshqalar ishtirok etdi.
69
653
Madaniyat
Video: “Gamelan” guruhining Toshkentda o‘tayotgan jaz festivalidagi chiqishi
Toshkent, Samarqand, Buxoro va Qo‘qon shaharlarida 30-aprelga qadar O‘zbekiston Madaniyat vazirligi, Davlat filarmoniyasi, Madaniyat va san’atni rivojlantirish fondi, “Ilhom” teatri jaz-klubi, Toshkent shahar hokimligi tomonidan Fransiya, Isroil, Hindiston, Indoneziya, Vengriya, Turkiya, Buyuk Britaniya, Shveysariya va Chexiya elchixonalari ko‘magida Xalqaro jaz festivali bo‘lib o‘tmoqda. Indoneziyaning O‘zbekistondagi elchixonasi xodimi Jamila Yusupovaning “Daryo” muxbiriga ma’lum qilishicha, bu yilgi festivalda Indoneziyadan “Gamelan” an’anaviy musiqa orkestri qatnashmoqda. Orkestr 20-aprel kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasida chiqish qilib, tomoshabinlarga o‘z san’atini namoyish etdi. “Besh yildan beri aprel oyida jaz festivali o‘tkaziladi. Indoneziya elchixonasi festivalda to‘rtinchi marotaba qatnashyapti. Har yili festivalga turli guruhlarni olib kelishga harakat qilamiz. Bu gal ‘Gamelan’ orkestri qatnashmoqda. Guruhning 14 nafar a’zosi indonez milliy cholg‘ularini jaz bilan omuxtalashtirgan holda chiqishlar tayyorlagan”, — dedi Jamila Yusupova. “Gamelan” tomonidan Samarqand chet tillar institutida indonez tilini o‘rganayotgan talabalar uchun ham madaniy dastur namoyishi rejalashtirilgan. Xalqaro festivalda isroillik pianinochi va bastakor Omri Mor, Turkiyadan “Turumtay—Zarich” guruhi, venger jaz-rok qo‘shiqchisi va gitarachi Barna Peli, hindistonlik xonanda Shefali Alvares, Shveysariyadan Malkolm Braff va Kler Yugenen dueti va boshqa jaz musiqachilari ham qatnashmoqda. Konsertlar Toshkentda “Turkiston” saroyida, Davlat konservatoriyasida, “Ilhom” teatri va Yoshlar teatrida bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, Samarqand, Buxoro va Qo‘qonda hind musiqachilarining chiqishlari bo‘lib o‘tadi.
76
1,719
Madaniyat
Qalbay Turdiyev Qoraqalpog‘iston madaniyat vaziri etib tayinlandi
Qalbay Turdiyev Qoraqalpog‘iston madaniyat vaziri etib tayinlandi. Bu haqda “Karinform.uz” xabar bermoqda. Q.Turdiyev 1964-yilda Chimboy tumanida tug‘ilgan. Toshkent madaniyat institutini tamomlagan. U shu kunga qadar Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqiy teatri direktori sifatida faoliyat olib borayotgan edi. Sobiq vazir Polat Aytmuratov Qoraqalpog‘iston Yosh tomoshabinlar teatri direktori lavozimini egallagani bildirilmoqda.
65
444
Madaniyat
Lola o‘tmishda qolgan turmush o‘rtog‘iga atab qo‘shiq kuylamasligini aytdi
Xonanda Lola “Bilmaysan” deb nom olgan taronasi kimga atalgani haqida so‘zlab berdi. “Darakchi” nashrining MY5kanalidagi “19.09” ko‘rsatuviga asoslanib yozishicha, qo‘shiq Lolaning turmush o‘rtog‘iga atalmagan. “‘Bilmaysan’ kimga atalgani ko‘pchilikni qiziqtiradi. Ular qo‘shiq sobiq turmush o‘rtog‘im uchun kuylanganini ham taxmin qildi”, — deydi Lola. “Ammo bunday emas. Men unga atab qo‘shiq kuylamayman, u uzoq o‘tmishda qolgan. Hozir esa o‘z yo‘lim va o‘z hayotim bor. Men baxtliman! Bu qo‘shiqni tashlab ketilib, xiyonatga duchor bo‘lsa-da, hali-hamon o‘sha insonini sevishda davom etayotgan ayollarning qalb iztirobini his etgan holda kuyladim”, — deb javob bergan Lola. “Bilmaysan” qo‘shig‘ining premyerasi 7-noyabr kuni bo‘lib o‘tgandi. Oldinda Lolani “Istiqlol” san’at saroyida 3 kunlik konsert dasturi kutib turibdi.
74
828
Madaniyat
Ikki va undan ortiq farzand ko‘rib, so‘ng yana oila qurgan mashhurlar (foto)
Avvalgi turmushidan farzandi borligi ikkinchi marta oila qurishiga to‘siq bo‘la olmagan shou-biznes vakillari haqida ma’lumot berib o‘tamiz. Keyt Uinslet Turmush borasida ikki marta omadi chopmagan Keyt farzandlari — Miya va Jo bilan qolgan. Diqqatini farzandlarini tarbiyalashga qaratgan aktrisaning yangi qayliq topish niyati bo‘lmagan. Ammo hammasi u o‘ylaganidan boshqacharoq bo‘lib chiqqan. Oradan bir yil o‘tib, ikki marta turmushga chiqqani va farzandlari borligidan tashvishlanmaydigan biznesmen Ned Roknrollni uchratgan. Ilk uchrashuvdan ikki yil o‘tib Nek Keytning qo‘lini so‘ragan, oradan biroz vaqt o‘tgach, juftlik o‘g‘il farzandli bo‘lgan. Valeriya Xonanda Valeriyaga uylangan Iosif Prigojin rafiqasining birinchi turmush o‘rtog‘i Aleksandr Shulgin bilan turmushi davomida dunyoga kelgan farzandlari: Anna, Artemiy va Arseniyga o‘gay ota bo‘lgan. Bolalar onasining yangi umr yo‘ldoshi bilan tez orada do‘stlashgan va iliq munosabatda bo‘lgan. Xonanda va prodyuser 15 yildan buyon baxtli hayot kechirib keladi. Riz Uizerspun Aktrisa Rayan Filipp bilan ajrashgach ikkita farzandi: Dikon va Ava bilan qolgan. “Men yolg‘iz ona bo‘lib qolishdan qattiq tashvishlanganman. Stress va xavotir hissi meni qiynagan”, — degan Riz intervyulardan birida. Uning hayoti agent Jim Tot bilan uchrashganidan keyin o‘zgargan.Bolalarga ma’sul bo‘lishdan qochmagan Jim Rizga turmush qurishni taklif qilgan. Juftlik oila qurganidan biroz vaqt o‘tib, o‘g‘il farzandli bo‘lgan. Natalya Vodyanova Natalya biznesmen Jastin Portman bilan ajrashganidan keyin Antuan Arno bilan uchrashishni boshlagan. Antuan Vodyanovaning farzandlari — Lukas, Viktor va Neva bilan tez chiqishib ketgan. 2014-yilda juftlikning Maksim, 2016-yilda esa Roman ismli farzandi dunyoga kelgan. 2020-yilning boshida unashtiruvi haqida e’lon qilgan mashhurlar shu yilning 21-sentabrida turmush qurgan.
76
1,864
Madaniyat
Bugun Toshkentda VII Evropa kinosi festivali boshlandi
Festivalning ochilish marosimi va ilk kinotaqdimot EOAVMAning “Media-xoll” binosida o`tkazildi. Tadbirning ochilishida Evropa Ittifoqining O`zbekistondagi delegasiyasi hamda "O`zbekkino" milliy agentligi rahbari Firdavs Abduxoliqov so`zga chiqdi va barchani qutlab, nutq so`zladi: –Assalomu alaykum muhtaram elchi janoblari!  Hurmatli xonimlar va janoblar, qadrdi hamkasblar va mehmonlar! Avvalambor, barchangizni bugungi anjuman bilan, qolaversa kino bayrami bilan tabriklashga ijozat bergaysiz!  Bir oy davoimida poytaxtimizda,  shuningdek Nukus, Urganch va Jizzax shaharlarida kino muxlislari uchun  Evropa kinosining eng sara namunalari namoyish qilinadi.  Qayd etish joizki, bunday yirik madaniy tadbirlar keyingi paytlarda O`zbekistonda juda ko`p bora o`tkazilmoqda. Chunki, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning tashabbuslari  bilan O`zbekiston bugun butun  dunyoga o`z eshiklarini ochdi. Jahon bugun O`zbekistonni qayta kashf etmoqda. Qolaversa,  hamyurtlarimiz ham  dunyoni  chuqur anglab bormoqda.  O`ylaymanki, bugun boshlanayotgan kino anjumani jahon madaniyatini  xalqimizga yaqindan tanishtirish yo`lidagi yana bir qadam bo`ladi.  Shuni ta`kidlashni istardimki, keyingi bir oy ichida biz Evropaning  bir qator davlatlari bo`ylab safarlarda bo`ldik. Ushbu tashriflar doirasida Bi-Bi-Siningjahon xizmati, Fransiyaning etakchi hujjatli kino ustalari,  Daniyaning “Nordek filmz”  kino kompaniyasi  bilan hamkorlik qilish bo`yicha kelishib oldik.  Shu bilan birga bu hamkorlikni bundan keyin ham davom ettirish niyatidamiz. Kelgusida  nafaqat O`zbekistonda Evropa kinosi kunlarini o`tkazish, balki Evropa mamlakatlarida  ham o`zbek kinosini tanitish bo`yicha ham alohida ishlarni olib borishimiz zarur.  Chunki o`zbek kinosi orqali evropalik tomoshabinlarVatanimiz  tarixi,  xalqimiz turmush tarzi,  boy madaniy merosimiz, qolaversa bugungi, yangi O`zbekiston   bilan yanada chuqurroq tanishish imkoniga ega bo`ladilar. Bu esa nafaqat do`stona  aloqalarni mustaxkamlash,   balki turizm salohiyatini rivojlantirishga  ham katta hissa bo`lib qo`shiladi.  Men ushbu fursatdan foydalanib, mazkur kino oyligini tashkil etishga yaqindan yordam bergan  barcha hamkorlarga o`z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman.  E`tiboringiz uchun katta rahmat.
54
2,255
Madaniyat
“Bravo” va aktrisa Halimaxonning litsenziyalari tugatildi
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan 26-fevraldan e’tiboran “Bravo” jamoasi va aktrisa Halima Ibragimovaning litsenziyasi tugatildi. Bu haqda Sputnik “O‘zbekkonsert” matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasida “Badiiy so‘z san’ati va sahna mas’uliyati” mavzusida yig‘ilish o‘tkazilgan, unda “Bravo” jamoasining litsenziyasi olib qo‘yildi. “Davra suhbatida qiziqchi va so‘z ustalarining ijodida kuzatilayotgan kamchilik va qusurlarni bartaraf etish, oldini olish va tartibga solish kabi muhim masalalar ko‘tarilishi ko‘zda tutilgan”, – deb ta’kidlandi “O‘zbekkonsert” matbuot xizmatida. “O‘zbekkonsert” bilan tuzgan litsenziya talablari va shartlari qo‘pol ravishda buzilgani, ya’ni o‘tkazilgan konsert dasturlarida muassasaga topshirilgan ssenariydan chetga chiqib, milliy urf-odatlar, odob-axloq, ma’naviy qadriyatlarga yot bo‘lgan, fahshni targ‘ib qiluvchi hajviyalar orqali o‘zbek so‘z san’ati obro‘siga putur yetkazayotgani, ijtimoiy tarmoqlarda san’atkor odobiga rioya etmagani uchun so‘z ustalari “Bravo” va Ibragimova Halima Ubaydullayevnalarning litsenziyalari “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 23-moddasi hamda Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 9-dekabrdagi 354-son qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomning 37-bandiga asosan 2019-yilning 26-fevral kunidan amal qilishi tugatiladi”, — deb ma’lum qilindi “O‘zbekkonsert” matbuot xizmatida. Shu bilan birga, so‘z ustalari (“Gap yo‘q triosi”) Sardor Tashmuhamedov, Laliddin Xolmatov va Sanjar Isabayevlar yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan mazmunan sayoz, mantiq va she’riyat talablariga javob bermaydigan bachkana so‘zlar ijrosida bo‘lgan “ommaviy madaniyat” va axloqsizlik g‘oyalarini targ‘ib etuvchi video kliplarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatganligi uchun ogohlantirildi hamda kelgusida shu kabi holatlar takrorlansa, ularning litsenziyalari ham to‘xtatilishi ma’lum qilindi. Nashr eslatishicha, bir necha kundan buyon ijtimoiy tarmoqlarda aktrisa Halima Ibragimovaning so‘kingani tasvirlangan videolar tarqalmoqda.
57
2,140
Madaniyat
Munisa Rizayeva: “Erkak—bosh, ayol—bo‘yin” iborasi tarafdoriman
Kubalik qo‘shiqchi Isaak Real bilan ijro etiladigan duet ustida ish olib borayotgan Munisa Rizayeva “Tasvir” gazetasiga bergan intervyusida ijodi, shaxsiy hayoti haqidagi savollarga javob berdi. “Menga ijtimoiy tarmoqlarda eng ko‘p beriladigan savol — ‘Qachon turmushga chiqasiz?’ Albatta, bu shaxsiy ish va uni hammaga oshkor qilishni istamayman. Balki allaqachon turmushga chiqqandirman?”, — deydi xonanda. Munisa Rizayeva “Erkak—bosh, ayol —bo‘yin” iborasi tarafdori ekanligi bildirib o‘tgan. “Erkaklar tabiatan bizdan kuchli yaratilgan. Ammo ayollarga insonga hayot baxsh etish mas’uliyati ishonib topshirilgan. O‘zingiz o‘ylang, bu qanchalik mas’uliyat? Ammo ayol erkakka o‘zining kuchli tomonlarini ko‘rsatmasligi kerak. Ayollar erkaklarning oldida kuchsiz va zaifa bo‘lishi kerak, toki erkaklar ularga hamisha suyanishimizni his etsin”, — deya ta’kidlagan qo‘shiqchi.
63
875
Madaniyat
TEZ KUNLARDA KUZNING ENG KO`P KUTILGAN HAFTALIGI START OLADI!
14-19 noyabr kunlari Toshkentda kuzning eng ko`p kutilgan "Toshkent moda haftaligi-2017" ("Tashkent Fashion Week 2017") bo`lib o`tadi. Olti kun davom etadigan festival davomida "Milliy liboslar", "Toshkent dizayn taqdimotlari" ("Tashkent Fashion Performance") kabi ko`pgina unutilmas tadbirlar, yosh dizaynerlar o`rtasida #beyoung tanlovi, mahalliy va xorijiy dizaynerlarning mualliflik ishlari taqdim etiladi va ular tomonidan master-klasslar o`tkaziladi. Shu bilan birga, o`zbek matolari va amaliy san`at ob`ektlari ko`rgazmasi rejalashtirilgan. Festival doirasida birinchi marta O`zbekistonning bir guruh dizaynerlari tomonidan "Buxoro Brilliant Silk" qo`shma korxonasi bilan birgalikda ishlab chiqilgan ipak matodan ishlangan turli assortimentdagi kiyimlarning zamonaviy modellari to`plamlari taqdim etiladi. Italiya elchixonasi bilan hamkorlikda festival doirasida O`zbekistonda birinchi marta "Italyan modasiga 60 yil" nomli ko`rgazma bo`lib o`tadi. Italiya modalari ko`rgazmasida esa siz Roberta di Camerino, Galitzine, Prada, Giorgio Armani, Brioni, Versace va boshqa xalqaro brendlarning kolleksiyalari bilan tanishish imkoniga ega bo`lasiz. «Tashkent Fashion Week» doirasida esa Italiya moda kuni o`tkazilishi rejalashtirilgan bo`lib, unda siz Antonio Grimaldi, Fulvio Luparia kabi brendlar va yana to`rt nafar Turin moda haftalaigi ishtirokchilarining ishlari bilan tanishasiz. «Tashkent Fashion Week» festivalining mehmonlari qatorida tashrif buyurayotgan Fransiya, Janubiy Koreya va Qirg`iziston dizaynerlari ham o`z kolleksiyalarini namoyish etishadi. Moda haftaligida jami 850 ta to`plam liboslarni namoyish etish rejalashtirilgan. Toshkent moda haftaligining asosiy tashkilotchisi «Osiyo Ramzi» O`zbekiston dizaynerlari Assosiyaasiyasidir. Tadbir shuningdek, "O`zbeksanoat" assosiasiyasi, "O`zbekiston havo yo`llari" MAK va O`zbekiston Yoshlar Ittifoqi tomonidan qo`llab-quvvatlanmoqda.
61
1,906
Madaniyat
O‘zbekistonning chekka hududlarida kinoteatrlar soni ko‘paytirilib, chiptalar narxi arzonlashtiriladi
“O‘zbekkino” milliy agentligida davlat buyurtmasi asosida ishlab chiqarilgan badiiy filmlar reklamasi hamda televideniye, radio va internet tarmoqlarida targ‘ibot kampaniyasini tashkil etish va amalga oshirish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi, deb xabar bermoqda O‘zA. Unda kinoprokatdagi muammolarga barham berish bilan bog‘liq masala ko‘rib chiqildi. Milliy kino mahsulotlarining targ‘ibot kampaniyasi tizimli tashkil etilmayotgani, ijtimoiy tarmoqlar, ommaviy-axborot vositalari imkoniyatlaridan samarali foydalanilmayotganligi sababli filmlarga nisbatan tomoshabinlar qiziqishi pasayib, kinoprokat faoliyatidan olinayotgan tushumlar kutilgan natija bermayotgani va bu kabi muammolarga barham berish kerakligi haqida so‘z yurtildi.  O‘zbekiston yosh kinoijodkorlari Bollivudda malaka oshiradi Kinoprokatni rivojlantirish, ularning reklama targ‘ibotini yuqori darajada tashkil etish borasidagi harakatlar respublikaning chekka hududlaridan boshlanishi, jumladan, kinoteatrlar sonini ko‘paytirish, kinochiptplar narxini aholiga qulay tarzda arzonlashtirishga kelishib olindi. Shuningdek, davlat buyurtmasi asosida ishlab chiqarilgan “Qo‘qon shamoli”, “1-avgust” va “Avloniy” nomli badiiy filmlar to‘g‘risida aholini to‘liq xabardor qilish, ushbu filmlar taqdimotini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar berildi  Abdulla Qodiriy hayotining so‘nggi o‘n ikki yili haqida tarixiy film suratga olinadi Unga ko‘ra, “1-avgust” filmi premyerasi 26-noyabrda, “Avloniy” filmi 6-dekabrda, “Qo‘qon shamoli” esa 19-dekabrda namoyish etiladigan bo‘ldi. Mazkur filmlar taqdimoti joriy yil yakuniga qadar Toshkent, Samarqand, Termiz, Namangan va Nukus shaharlarida tashkil etiladi.  “Issiq non” kinolentasi “Oskar” mukofotiga nomzodlar ro‘yxatiga kiritildi
101
1,771
Madaniyat
Islom dinini qabul qilgan jahon yulduzlari (foto)
Shou-biznes vakillari va mashhurlar orasida ham dini va e’tiqodini o‘zgartirgan bu orqali hayotning ma’nosini topishga uringan va ko‘p boradagi qarashlari o‘zgarganlar ham yo‘q emas. Janet Jekson 2017-yilning yanvarida farzandli bo‘lgan xonanda 2012-yilda 42 yashar qatarlik milliarder Vissam Al-Mana bilan turmush qurgan. Dunyoga kelgan farzandini juftlik Iso deb atagan. Ular turmush qurganidan buyon Vissam, Janetni islom dinini qabul qilishga undagan. Ijodkor rasman islom diniga o‘tishdan oldin, avvalgidan siporoq kiyingan. Ammo Janet Jekson farzandli bo‘lganidan uch oy o‘tib millioner eridan ajrashgan. Mayk Tayson 1991-yilda bokschi, “Amerikaning qora tanli go‘zali” maqomiga loyiq deb topilgan 18 yashar Dezira Vashingtonga tegajog‘lik qilishda ayblangan. Jeyms Duglas bilan jangda mag‘lubiyati sabab o‘zining professional omadsizligidan shundoq ham depressiyada bo‘lgan sportchi, qiz bilan bog‘liq sud jarayonlaridan keyin yana ham tushkunlikka tushgan. 6 yilga ozodlikdan mahkum qilingan Tayson, 3 yil o‘tirib chiqqanidan keyin islom dinini qabul qilgan. “Qamoqdan chiqqanimda men vanna qabul qilishdan boshqa narsani xohlamaganman. Barcha jirkanchlikni yuvib yuborishni istaganman”, — degan Mayk. Mariya Alalikina Rossiyaning “Fabrika” guruhi a’zosi Mariya, 2003-yilda o‘zini oilasiga bag‘ishlash uchun xonandalikni tashlagan. U yurist Aleksey Zuenko bilan turmush qurganidan keyin islom dinini qabul qilgan va hijob o‘ragan. Ammo farzandli bo‘lgani Alekseyning xiyonat qilmasligiga sabab bo‘lolmagan va Mariya farzandini yolg‘iz tarbiyalashiga to‘g‘ri kelgan. Kendra Spirs Model Kendra va shahzoda Rahim Aga Xonning turmush qurishiga ularning dini va madaniyati o‘rtasidagi tafovut qarshilik qila olmagan. 2013-yilda tanishganidan keyin ularning har ikkisi bir-biriga bog‘lanib qolgan. Turmush qurganidan keyin Kendra islomni qabul qilgan va malika Salva deb atala boshlagan. Ammo bu uning karyerasini to‘xtashiga sabab bo‘la olmagan va o‘g‘li shahzoda Irfanga homilador bo‘lgunicha avvalgidek fotosessiyalarda ishtirok etgan. Basta Rayms Mashhur xonanda va prodyuserning islom dinini qabul qilganiga ancha bo‘lgan. Aslida xonanda o‘zining e’tiqodini ommaga e’lon qilmagan va intervyulardan birida islomga o‘tgani haqida bergan ma’lumoti muxlislar uchun kutilmagan yangilik bo‘lgan. Tadbirlardan birida muxbirlarning savoliga Basta, islom dini uning ruhiy kamolotga erishishiga yordam berishini ta’kidlagan.
49
2,427
Madaniyat
Paxta yig‘im-terimida konsert tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi
12-oktabr kuni “O‘zbekkonsert” davlat muassasasida O‘zbekiston xalq artistlari klubining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda muassasa rasmiy saytida xabar berildi. O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov raisligidagi ushbu yig‘ilishda Klubning asosiy vazifalari, chora-tadbirlari keng muhokama qilindi. Bunda iste’dodli yosh xonandalarning kasbiy va ma’naviy kamol topishiga imkon yaratish, ularning malaka oshirishi, tarbiyalash, shoir-bastakor-ijrochi uchligini doimiy hamkorlikda ish olib borishlariga ko‘maklashish, o‘z iqtidorini namoyon etishi uchun zarur tashkiliy masalalarni hal etish, bozor munosabatlari sharoitida yakkaxon ijrochilar va ijodiy jamoalar faoliyatiga ko‘maklashishga doir vazifalar haqida fikr yuritildi. Klubning har bir a’zosiga Klub nizomi tarqatma material sifatida tarqatildi. Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yilligini keng nishonlashga bag‘ishlangan tadbirlar doirasida O‘zbekiston xalq artistlari ishtirokida gala-konsert tashkil etish taklifi bir ovozdan ma’qullandi. Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “paxta yig‘im-terimida qatnashayotgan hasharchilarga madaniy xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida”gi bayoni ijrosini ta’minlash yuzasidan  konsert tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Yig‘ilishda Klub a’zolari bilan birgalikda tajribali O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar, “Nihol” mukofotining sovrindorlari, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
86
1,553
Madaniyat
“Ishbilarmon kishilar”ning ta’zirini bergan to‘polonchi bolakay — aktyor Sergey Tixonovning taqdiri qanday kechdi?
Rus kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan “Ishbilarmon kishilar” taqdim etilganiga 58 yil bo‘lganiga qaramay, haligacha u tomoshabinlarning sevimli filmi hisoblanadi. Filmda bola o‘g‘irlab, uning otasidan pul talab qilgan ikki firibgarning “dodi”ni bergan shumtakani gavdalantirgan aktyor Sergey Tixonovning taqdiri qanday kechgani ko‘pchilikka qiziq. Sergey Tixonov Leonid Gaydayning “Ishbilarmon kishilar” film-trilogiyasidagi “Hindular sarkardasi” qissasida Jonni Dorset roli bilan mashhurlikka erishdi. Yosh aktyor Sergey rejissor Yevgeniy Sherstobitov tomonidan bezori bola roliga taklif qilingan. Yevgeniyning o‘zi esa u haqida: “Bu bolaning noyob aktyorlik iste’dodini ko‘rish uchun, albatta, rejissor bo‘lish shart emas”, — deb aytgan. 1967-yil Sergey yana bir mashhur “Dubrovkada” kartinasida suratga tushdi. Shuning bilan aktyorning kino sohasidagi faoliyati yakun topadi. Tixonov “Dubrovkada” filmida ijro etgan Vovki Utyug rolidan keyin Kinematografiya instituti (VGIK)ga o‘qishga topshiradi, afsuski, u o‘qishga qabul qilinmaydi. Shundan so‘ng u sovet armiyasiga xizmatga yuboriladi. Harbiydan qaytgan Sergeyning hayoti haqida esa boshqa narsa ma’lum emas. 1972-yil 21-aprelda aktyor tramvay urib yuborishi oqibatida vafot etgan. “Ishbilarmon kishilar” filmi hanuzgacha sevib tomosha qilinadi. Filmga ko‘ra, Sem (Georgiy Vitsin) va Bill (Aleksey Smirnov) firibgarlik ishini amalga oshirishi uchun 2 ming dollar mablag‘ yetmas edi. Ular shahar aholisining taniqli kishilaridan biri Ebenezer Dorsetning kichik o‘g‘lini o‘g‘irlab, evaziga o‘zlariga kerakli miqdordagi pulni talab etmoqchi bo‘ladi. Reja bajariladi, bolani o‘g‘irlab, o‘rmondagi g‘orga yashirinadi va shumtaka bolakayning otasi Dorsetga o‘g‘rilik va to‘lov haqida maktub yoziladi. Ammo to‘polonchi bolakay shu darajada bezoriliklar qiladiki, qaroqchilar nafaqat to‘lovni rad etishga, balki “asir”dan qutulish uchun o‘zlarining bor pulini berishga ham majbur bo‘ladi. So‘ngra uddaburon otadan farzandini atigi 10 daqiqa ushlab tura olishi xabarini eshitib, “Biz ungacha Kanada chegarasiga yetib olamiz”, deya ikkovlon juftakni rostlaydi.
114
2,119
Madaniyat
Alisher Usmonov Toshkentda Xulio Iglesiasning bepul konsertini tashkil qildi
Ispaniyalik taniqli qo‘shiqchi Xulio Iglesias o‘zining yubiley turini Toshkentda konsert berish bilan boshladi, deb yozadi UzNews. Ijodining 50 yilligi sharofati bilan tashkil qilingan gastrol safari doirasida Xulio Iglesias 10-sentabr kuni Xalqlar do‘stligi saroyi sahnasida kuyladi. Konsert taniqli metsenat Alisher Usmonov ko‘magida bo‘lib o‘tdi, chiptalar bepul tarqatildi. Ta’kidlanishicha, bu ispan qo‘shiqchisining o‘zbek muxlislari bilan ikkinchi uchrashuvi bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, 2017-yil 28-dekabr kuni Xulio Iglesiasning o‘g‘li — Enrike Iglesias ilk marta O‘zbekistonga tashrif buyurib, “Istiqlol” san’at saroyida konsert dasturini taqdim etgan edi.
76
663
Madaniyat
Farhod Alimov millionlab insonlar sevgi izhor qiladigan Rayhonga hech qanday cheklov qo‘ymaydi
“19:09” ko‘rsatuvida mehmon bo‘lgan boshlovchi Farhod Alimov yangi turmush o‘rtog‘i Rayhonga cheklovlar qo‘ymaydi, deb yozdi “Darakchi.uz”. Bunda nashr, tabiiyki, Farhod Alimovning so‘zlaridan iqtibos keltirgan. “Bizda mutlaqo cheklovlar bo‘lmaydi. Oila o‘z o‘rnida, ishning ham o‘z o‘rni bor”, — degan Farhod Alimov. “Men turmush o‘rtog‘imga Instagram’dagi kuzatuvchilarining savollariga javob berishni taqiqlamayman. Ijtimoiy tarmoqlar orqali unga millionlab insonlar sevgi izhor qiladi. Men uy bekasiga emas, xizmat ko‘rsatgan artistga, mashhur insonga uylanganimni tushunaman. Shuning uchun bizda cheklov yo‘q. Bir-birimiz bilan ochiqchasiga gaplashamiz. Bizga nima yoqishi yoki yoqmasligini ham ochiqchasiga muhokama qilamiz”, — deb aytib o‘tgan oila boshlig‘i. Ma’lumot uchun, Rayhon G‘aniyeva hamda Farhod Alimov nikohi munosabati bilan 5-noyabr kuni “Atlant” restoranida osh berilgandi.
94
895
Madaniyat
“Zolushka uchun uch yong‘oq” filmi yulduzi Libushe Shafrankova vafot etdi
Onkologik kasallikdan aziyat chekib kelgan aktrisa Libushe Shafrankova 68 yoshida Chexiyada vafot etdi, deb xabar beradi Cosmopolitan. Kadr: YouTube 1973-yilda efir yuzini ko‘rgan “Zolushka uchun uch yong‘oq” filmida bosh rolni ijro etgan aktrisaning vafotini uning o‘g‘li Yozef Abrgam CNN Prime News kanali bilan suhbatda tasdiqlagan. Shafrankovaning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolari 2009-yilda boshlangan. Buning oqibatida aktrisa o‘zi ishtirok etayotgan bir nechta loyihani to‘xtatib qo‘ygan. Biroq kinoyulduz kasallikni yengib, ishga qaytishga kuch topgan. “Ishonch, oila, ish — hayotimning asosiy mazmuni”, — degan edi aktrisa. 2014-yilda shifokorlar Libushega o‘pka saratoni tashxisini qo‘ygan. U muvaffaqiyatli operatsiya qilingan, bir yildan so‘ng Chexiya prezidenti aktrisani san’at sohasidagi davlat mukofoti bilan taqdirlagan. Libushe Chexoslovakiyaning Brno shahrida tug‘ilgan, bolaligidan teatrga qiziqqan. Birinchi bor mashhurlikni unga Bojena Nemsovaning “Buvijon” qissasi asosida ekranlashtirilgan filmdagi roli olib kelgan. Aktrisa ekranda yozuvchining yoshligini gavdalantirgan. Libushe Brnodagi teatr maktabini tamomlagach, “Dramatik klub” teatrida rol ijro eta boshlagan va u yerda Yozef Abrgam bilan tanishgan. Aktyor keyinchalik kinoyulduzning turmush o‘rtog‘iga aylangan. Tomoshabinlar Shafrankovani asosan “Zolushga uchun uch yong‘oq” filmi orqali eslab qolgan. 19 yoshli qiz tezda xalqning sevimli aktrisasiga aylangan. Bundan tashqari, Libushe “Shahzoda va tungi yulduz”, “Uchinchi shahzoda”, “Qor parchalari bayrami”, “Kolya” kabi filmlarda, “Uch homilador”, “Vanya amaki”, “Baliqchi qush” nomli spektakllarda rol ijro etgan. Shafrankovaning filmografiyasida jami 50 dan ortiq kartina mavjud. Avvalroq “Buratinoning sarguzashtlari” filmidagi Malvina roli orqali tanilgan aktrisa Tatyana Protsenko 53 yoshida vafot etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.  Bolalikning sevimli ertagi — “Zolushka uchun uch yong‘oq” filmi aktyorlari 47 yildan so‘ng (foto)
73
1,980
Madaniyat
Instagram: Murodbek Qilichevning 122 ming dollarlik xaridi, ota-onasiga mashina sovg‘a qilgan Elyor Meliboyev, Shirin qizalog’ini muxlislariga ko’rsatdi
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz. Aktrisa Zarina Nizomiddinova yangi suratini sahifasiga joyladi. Obunachilariga esa dam olish kunini yaxshi o‘tkazishini va a’lo kayfiyat hamroh bo‘lishini aytdi. El ardog‘idagi aktrisa Ra’no Yarasheva oilasining Antaliya ta’tili nihoyasiga yetganini ma’lum qildi. Aktyor, teleboshlovchi Rixsitilla Abdullayev Turkiyaning Kemer shahrida o‘g‘li bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi va umr ko‘zgusi farzandlar katta bo‘layotganini aksida ko‘rsatishi haqida gapirdi. O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning qizi, xonanda Nilufar Usmonova erta tongda Samarqanddagi uyiga yetib bordi. “Bravo” jamoasining a’zosi, aktrisa Shahlo Zoirovaning turmush o‘rtog‘i Haj ziyoratidan qaytdi. U turmush o‘rtog‘i bilan tushgan suratini e’lon qildi va Haj safarini ado etgani bilan tabrikladi. Xonanda Shoira Otabekova sahifasiga yangi suratini joyladi. Ko‘plab xit taronalar ijrochisi Munisa Rizayeva ikkinchi dahanni yo‘qotish bo‘yicha layfxak ko‘rsatdi. Bollivudning yosh, latofatli aktrisalaridan biri Katrina Kaif tug‘ilgan kunida tushgan suratini sahifasiga joyladi. Hozirda Turkiyada saraton kasalligidan davolanayotgan aktrisa Ra’no Shodiyeva Istanbulda qanday vaqt o‘tkazayotganini muxlislariga ko‘rsatdi. Xonanda Bunyodbek Saidov Isroilda dengiz bo‘ylarida dam olayotgani aks etgan suratni sahifasiga joyladi. Xonanda Murodbek Qilichev 122 ming dollarlik Toyota Land Cruiser 300 yo‘ltanlamasini xarid qildi. Qiziqchi Avaz Oxun Rossiyaning Moskva shahrida tushgan suratini muxlislariga ko‘rsatdi. Instabloger, vayner, aktrisa Feruza Normatova singlisining to‘yida oilasi bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi — 3 nafar singlisi va 1 ta ukasi borligini ma’lum qildi. Bundan tashqari, aktrisa talabalik damlarini eslab, yoshlarga motivatsiya berdi. U chin dildan niyat qilinsa, barcha orzular amalga oshishini aytgan. Aktrisa, teleboshlovchi Sitora Farmonova ayolning baxti nimada ekanligi haqida fikrini bildirdi. Yosh xonanda Elyorbek Meliboyev ota-onasiga Spark avtomobilini sovg‘a qildi. Uning onasi xursandligidan ko‘z yoshlarini tiyib tura olmadi. Farhod va Shirin dueti xonandasi Shirin birinchi marta qizining tug‘ilgan kuni munosabati bilan yuzini yashirmagan holda tushgan suratini sahifasiga joyladi. Shirin 1 yoshli qizalog‘iga eng yaxshi, eng aqlli qizlardan bo‘lishini tiladi. Aktrisa Jamila G‘ofurova oila a’zolari bilan kechki ovqatda bo‘lgan videosini muxlislari bilan bo‘lishdi.
152
2,549
Madaniyat
Davron Kabulov ikkinchi marta ota bo‘ldi
“Million” jamoasi sardori, boshlovchi Davron Kabulov ikkinchi marta ota bo‘ldi. Bu haqda u Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi. “Bayramga bundan yaxshiroq sovg‘a bo‘lishi mumkin emas edi”, — deb yozadi Kabulov qizli bo‘lganini bildirib. Davron Kabulovning dunyoga kelgan chaqaloqdan tashqari ikki yarim yoshli qizi bor.
40
323
Madaniyat
O‘zbekistonlik san’atkorlar dasturxon atrofida (foto)
Bugungi fotojamlanmada o‘zbek shou-biznesi vakillari shunchaki “fon” vazifasini bajaradi, birinchi darajaga esa ular uchun tuzalgan dasturxon chiqadi :)
53
152
Madaniyat
Aktrisa Gavhar Sharipova harakatlanib ketayotgan avtobusdan tushishga harakat qilgani oqibatida vafot etgani aytilmoqda
Davomi: “Aktrisaga shilqimlik qilingan, u esa yurib ketayotgan yuk mashinasidan o‘zini tashlagan”. Gavhar Sharipovaning o‘limi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi Aktrisa Gavhar Sharipova Qashqadaryodagi YTHda vafot etgani xabar qilingan edi. Qashqadaryo viloyat YHXB axborot xizmatining “Daryo”ga xabar berishicha, aktrisa yurib ketayotgan avtobusdan tushishga harakat qilgan va ko‘ngilsiz hodisa sabab voqea joyida vafot etgan. Qashqadaryo viloyat YHXB axborot xizmatining ma’lumot berishicha, voqea 18-noyabrdan 19-noyabrga o‘tar kechasi soat 01:00 da sodir bo‘lgan. G‘uzor tumanining Yorg‘unchi qishlog‘ida harakatlanib ketayotgan avtobusda yo‘lovchi sifatida Surxondaryo viloyatidan Samarqand viloyatiga ketayotgan aktrisa haydovchiga avtobusni to‘xtatishini, tushib qolishini aytgan. Biroq haydovchining ogohlantirishi va avtobus tez harakatlanayotgani haqida ogohlantirishiga qaramasdan avtobus eshigini ochuvchi tugmani bosib, yurib ketayotgan avtobusdan tushishga uringan. Va baxtsiz hodisa sabab voqea joyida vafot etgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov-surishtiruv jarayonlari boshlangan.  Aktrisa Gavhar Sharipova olamdan o‘tdi
119
1,147
Madaniyat
Foto: Made in Uzbekistan yozuvi tushirilgan ko‘ylakdagi Gollivud aktrisasi Gvinet Peltrou
Taniqli amerikalik fotojurnalist Elder Ordonez Made in Uzbekistan yozuvi tushirilgan ko‘ylakda Nyu-York ko‘chalarida sayr qilayotgan Gollivud aktrisasi Gvinet Peltrouni suratga olib, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joylashtirdi. Suratda Gvinetning adras nusxali harir libosda harakatlanayotgani aks etgan. “Kecha bir tadbirni yoritayotganimda dugonasi bilan tushlik qilish uchun ketayotgan aktrisa Gvinet Peltrouni uchratib qoldim. Biz aktrisa bilan ispan tilida suhbatlashdik. Unga o‘sha yerda tadbirni suratga olayotganim haqida gapirib berdim. Aytgancha, u ispan tilida yaxshi gaplashar ekan”, — deydi asli kelib chiqishi ispaniyalik bo‘lgan fotograf Elder Ordonez. Ma’lumot uchun, aktrisa 1972-yilning 27-sentabrida AQSHning Kaliforniya shtatida tug‘ilgan. Gvinet Peltrou o‘zini ko‘plab sohalarda sinab ko‘rgan. Uning ko‘plab muxlislari biznesda muvaffaqqiyat qozongan ayol, xonanda, yozuvchi sifatida e’tirof etadi. Aktrisaning kinodagi ilk debyuti “Qichqiriq” kinokartinasidagi roli, keyinroq esa Stiven Spilbergning “Kapitan Huk” filmidagi kichik epizodi bo‘lgan. Aktrisa “Oshiq Shekspir” filmidagi roli uchun “Oskar” mukofotining “Eng yaxshi ayol roli” yo‘nalishida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. U dunyoga mashhur “Temir odam”, “O‘rgimchak odam: Uyga qaytish”, “Yetti”, “Emma”, “Qasoskorlar” kabi filmlarida rol ijro etgan.
89
1,335
Madaniyat
Tamila yangi imij va yo‘nalishda ijodini davom ettirishi ma’lum qilindi
Ijodidan tashqari hayoti ko‘p shovshuvlarga sabab bo‘lgani bois san’atni tark etib, so‘ng yana to‘ylarga chiqa boshlagan xonanda Tamilaning yangi taronalari tez kunda taqdim etiladi, deb xabar bermoqda “Shok.uz”. Prodyuserining ta’kidlashicha, Tamila tubdan o‘zgarib, yangi imij va yangi yo‘nalish bilan ijodga qaytdi. U reper bilan duet kuylashni ham rejalashtirgani ma’lum qilinmoqda, lekin duetning ikkinchi ishtirokchisi sir saqlanmoqda.
71
442
Madaniyat
Joan Rouling “Garri Potter” haqida yana to‘rtta kitobni taqdim etadi
Britaniyalik yozuvchi Joan Rouling Garri Potter olami haqida yana to‘rtta kitob chiqarish niyatida ekanligini ma’lum qildi, deb xabar beradi Mirror. Yangi kitoblar o‘quvchini Xogvarts sehrli olami bilan yanada yaqinroq tanishtiradi, sehrgarlar maktabida o‘tiladigan darslar haqida batafsil ma’lumotlar beradi. Qismlar elektron kitob shaklida Garri Potterning rasmiy saytida e’lon qilib borilishi kutilmoqda. Iyun oyining oxirida “Qora kuchlardan himoyalanish va sehrlar olamiga sayohat”, “Damlamalar va gerbologiyaga kirish” qismlarini e’lon qilish rejalashtirilgan. “Bashoratchilik va astronomiyaga sayohat” hamda “Fantastik hayvonlarni boqish haqida” nomli qismlari esa qachon ommaga taqdim etilishi hozircha noma’lum. Kitoblarga illyustratsiya chizish bilan rassom Roxan Deniel Ison shug‘ullanadi.
68
801
Madaniyat
Jan Reno “Xo`ja Nasriddin” filmida suratga tushadi
Fransiyalik super yulduz Jan Reno “Xo`ja Nasriddin” filmida suratga tushadi, deb xabar qilmoqda “Xalq So`zi” nashri. Ushbu haqidagi kelishuvga Kann festivali doirasda erishilgan. Butun dunyo kinematograflarini bir erga to`plagan Kann xalqaro kinofestivalida O`zbekiston delegasiyasi Rossiyaning “Renovasio” kinokompaniyasi bilan hamkorlik memorandumi imzolagan. Ushbu memorandumga muvofiq 2018 yilda rossiyalik kinoijodkorlar o`zbek hamkasblari bilan birga O`zbekistonda “Xo`ja Nasriddin” filmining suratga olish ishlari boshlanadi. “Renovasio” kinokompaniyasi prodyuseri Georgiy Malkovning ta`kidlashicha, rossiyalik kinoijodkorlar tomonidan mazkur filmda rol ijro etish uchun super yulduz Jan Reno ham taklif etilgan. Jan Reno tomonidan mazkur taklif ijobiy qabul qilingan”, — deyilgan xabarda. Xabarda aytilishiga ko`ra, “Xo`ja Nasriddin” loyihasida ijodiy va texnik guruhning yarmini o`zbekistonlik mutaxassislar tashkil etadi. Ushbu loyiha orali o`zbekistonlik mutaxassislar ish bilan ta`minlanishi, o`zaro tajriba almashishi, hamda xorijiy investisiyalarni jalb qilish kutilmoqda.
50
1,086
Madaniyat
Toshkentda ilk marta italyan operasi ijrochilari xalqaro musobaqasi o‘tkaziladi
2014-yil 24-noyabrdan 29-noyabrgacha Toshkentda ilk marotaba 14-xalqaro italyan operasi ijrochilari musobaqasi − “Competizione dell opera” o‘tkaziladi, deb xabar bermoqda Uz24. Ushbu mashhur opera tanlovining eng muhim va ajralib turadigan jihati nafaqat ko‘plab yuqori darajali xorijlik iste’dodlarning ishtiroki, balki yosh artistlarni imtihondan o‘tkazadigan maxsus tanlangan hakamlar hay’ati hamdir. Tanlov yarim finali 24-noyabr kuni Toshkent Davlat Konservatoriyasida ro‘yxatdan o‘tish bilan boshlanib, 25—26-noyabr kunlari “Turkiston” san’at saroyida o‘tkaziladi. Final bosqichi 27-noyabr kuni soat 19:00da “Turkiston” saroyida bo‘lib o‘tadi. 29-noyabr kuni soat 19:00da esa “O‘zbekiston” xalqaro forumlar saroyida gala-konsert tashkillashtiriladi.
79
756
Madaniyat
“Ipak yo`lida” qisqa metrajli filmi yana ikkita kinofestivalda g`olib bo`ldi
Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan “Ipak yo`lida” qisqa metrajli filmi ikkita xalqaro kinofestivalda g`olib bo`ldi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar qildi.  Jumladan, Angliyaning London shahrida o`tkazilgan “Eurasian film festival”da “Eng yaxshi Evrosiyo qisqa metrajli filmi” nominasiyasida hamda Rossiyaning Kavkaz shahrida o`tkazilgan “Kinokavkaz” kinofestivalida “Hay`atning maxsus sovrini” bilan taqdirlandi. Filmning ssenariy muallifi Shohjahon Subhonov, postanovkachi rejissyor Sherzod Nazarov, postanovkachi operator, Diyor Ismatov, rassom Erkin Hushmatov, badiiy rahbar Ali Hamroev. Shu bilan birga, “Ipak yo`lida” filmi Qirg`izistonda o`tkaziladigan “UMUT” hamda Italiyadagi "LIFE AFTER OIL International Film Festival"da ishtirok etadi.
76
832
Madaniyat
Gollivud yulduzi Keyt Uinslet 47 yoshda: aktrisa haqidagi qiziqarli faktlar
Gollivudning millionlab muxlislarga ega aktrisasi Keyt Uinslet 5-oktabr kuni 47 yoshni qarshi oldi. “Noviy ochag” nashri shu munosabat bilan aktrisaning hayoti va kino olamdagi faoliyati haqidagi eng qiziqarli faktlarni taqdim etdi. Tashqi ko‘rinish aktrisa hayotidagi muhim narsa emas “Titanik” filmi yulduzi Keyt Uinslet anchadan beri tashqi ko‘rinishi haqida bosh qotirmaydi. Aktrisa o‘smirlik vaqtida yoki yigirma yoshdan keyin tashqi ko‘rinishga ko‘p e‘tibor qaratish kerak emas deb hisoblaydi. U o‘zining ajinlarini ham yoqtiradi, hatto ular bilan faxrlanadi. Aktrisa yaqinda karantin paytida semirib ketgani uchun bironta shimi sig‘may qolganini aytgan. Shu bilan birga, aktrisa grimlar bilan suratga tushish jarayonlaridan voz kechganini ham aytgan. Sevimli roli Keyt Uinsletning sevimli roli “Titanik” filmidagi Rouz emas. U 2017-yilda Nyu-York kinofestivalida 2004-yil suratga olingan filmidagi qizil sochli qahramoni Klementina bilan faxrlanishini aytgan. “Men bu rolni yana o‘ynardim, bu juda qiziqarli edi”. Buning ajablanarli joyi yo‘q, chunki Uinsletning filmdagi partnyori Jim Kerri bo‘lgan. Ikkala film ham jahon kinosi tarixiga kirdi. G‘amxo‘r ona va yaxshi do‘st Keytning uch turmushidan bo‘lgan uch nafar farzandi bor, aktrisa ham uch marotaba turmush qurgan. Uning rejissor Jeyms Tripleton bilan turmushidan bo‘lgan farzandi Mia Xanni Triplton onasi kabi aktrisa bo‘lishni xohlaydi. Sem Mendes bilan turmushidan bo‘lgan farzandi Jo Alfi dekabr oyida 17 yoshga to‘ladi, uchinchi turmush o‘rtog‘i Ned Roknrollning farzandi Bear Bleyz esa sakkiz yoshga to‘ladi. Aktrisa farzandlarining ismlarini ular tug‘ilganidan so‘ng o‘zi o‘ylab topganini aytadi. Muxlislarning taxminlariga va muntazam davom etgan mish-mishlarga qaramay, Keyt Uinslet hech qachon Leonardo Di Kaprioning sevgilisi bo‘lmagan. Ular “Titanik” filmning suratga olish jarayonlaridan biroz oldin uchrashishgan, aktyor va aktrisa har doim bir-birini qo‘llab-quvvatlagan, hatto 2008-yilda “Inqilobiy yo‘l” filmida birga rol o‘ynagan, biroq ularning o‘rtasida ishqiy munosabat paydo bo‘lmagan. Rouz va Jek ekranda sevishganlar rolini ishochli ijro etgan bo‘lsa ham, ularning ishqiy munosabatlari kinodan real hayotga ko‘chmagan. Hozirgi faoliyati haqida Keyt kino olamidagi faoliyatini qizg‘in davom ettirmoqda. Aktrisa ishtirokidagi “Ammonit” filmining premyerasi 2021-yilning oxirida bo‘lib o‘tdi, unda Uinslet paleontologiya professori rolini ijro etgan. Bundan tashqari, aktrisani 2022-yilda premyerasi rejalashtirilgan “Avatar” filmining davomida ko‘rish mumkin.
75
2,551
Madaniyat
“Bravo” kulgi jamosi vakili Ahmad Temurovning nikoh to‘yi gala-konsertga aylanib ketdi (video)
9-sentabr kuni “Bravo” kulgi jamoasi vakili Ahmad Temurov uylandi. To‘yga o‘zbek shou-biznesining ko‘plab vakillari tashrif buyurdi. Ijtimoiy tarmoqlar gala-konsertga aylanib ketgan ushbu to‘y videolari bilan to‘lib-toshdi. Ahmadning to‘yida Rayhon, Munisa Rizayeva, Alisher Fayz, Nilufar Usmonova, Ziyoda, Jahongir Poziljonov, Bahrom Nazarov qo‘shiq kuylagan, ko‘plab taniqli aktyorlar mehmon bo‘lgan.
94
403
Madaniyat
Stiven Spilberg va Tom Xenks 1971-yilda Pentagon maxfiy hujjatlarining fosh bo‘lganligi haqida film suratga oladi
Rejissor Stiven Spilberg va aktyor Tom Xenks 1971-yilda Pentagon sirlarining oshkor bo‘lishi haqidagi filmni suratga olishga tayyorgarlik doirasida 25-may, payshanba kuni The Washington Post gazetasi redaksiyasida bo‘ldi. Gollivud yulduzlarining redaksiyadagi suratini nashr muxbiri Devid Nakamura Twitter’dagi sahifasiga joylashtirdi, deb yozadi “TASS”. “Tom Xenks va Spilberg Pentagon hujjatlarining chop etilishi haqidagi filmni suratga olishga tayyorgarlik doirasida The Washington Post redaksiyasiga tashrif buyurdi”, — deb yozdi u. Spilbergning The Post deb nomlangan yangi filmi 1971-yilda AQShdagi yirik siyosiy mojaro — Pentagonning Vyetnamdagi urush haqidagi maxfiy hujjatlarining chop etilishida gazetaning roli haqida hikoya qiladi. Filmda Tom Xenks The Washington Post redaktori Bill Bredli, aktrisa Meril Strip esa gazeta noshiri Ketrin Grem rolini ijro etadi.
113
875
Madaniyat
Sherzod Bin: “Vir va Zara”ni qayta suratga olgan bo‘lardim
Hozirda turli kinostudiyalarda ba’zi filmlar qayta suratga olinmoqda. Taqlidchi hamda komik aktyor Sherzod Bin o‘ziga imkoniyat tug‘ilganda, qaysi filmni qayta suratga olishni istashi borasida berilgan savolga javob berdi, deb xabar beradi “Bekajon” gazetasi. “‘Vir va Zara’ni, – deb gap boshladi – Sherzod Bin. Men romantik odamman. Melodrama janrida suratga olingan filmlarni yaxshi ko‘raman. Birinchi rejissyorlik ishimni ham melodrama janridan boshladim. Ammo bizda ‘Vir va Zara’ olingani kabi texnik imkoniyatlar yo‘q. Ammo kelajakka umid bilan qaraymiz. Chunki bugungi erishgan yutuqlarimiz, texnik imkoniyatlarimiz, kompyuter grafikasi degan narsalar bundan 10 yillar oldin faqat orzu edi, xolos. Biz bularning bariga erishdik. Demak hali bari oldinda!”
58
761
Madaniyat
Shahzoda Matchonova kuzga hamohang fotosessiyani taqdim etdi (foto)
Aktrisa Shahzoda Matchonova kuz fasliga uyg‘un yangi fotosessiyada suratga tushdi, deb xabar beradi MyDay. Fotosuratlar muallifi fotograf Ulug‘bek Iskandarov.
67
158
Madaniyat
Masrur va Rasul Usmonovlar: 4 yasharligidan to‘yga chiqqan xonanda, “Mehribonlik uyi”dan bo‘lgan qo‘ng‘iroq va filmga ko‘chgan dard
“So‘g‘diyona” gazetasi aka-uka xonandalar Masrur va Rasul Usmonovlar bilan suhbat uyushtirdi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar berdi. — Masrur aka, sizni iqtisodiyot sohasida tahsil olgan, deb eshitgandim. San’at olamiga qanday kelib qoldingiz? Masrur Usmonov: — Bolalagim Toshkentning Birlik mahallasida o‘tgan. Ertalablari issiq non va qaymoq olib kelish uchun otam bilan Ko‘kcha bozoriga borardik. O‘sha paytlari xonanda Doniyor Toshmuhammedovning ashaddiy muxlisi edim. Buni qarangki, sevimli san’atkorim ham aynan biz qaymoq oladigan joyga borardi. Har safar u kishini uchratib qolganimda, qattiq hayajonga tushardim. Bir safar azonlab qaymoqqa deb chiqib ketganman-da, Doniyor akani uchratib qolib, izidan qolmay yuraverganman. Shu tariqa soat kechki yetti bo‘lib qolganini ham sezmaganman. Uyga kelganimda esa yaxshilab qulog‘imdan cho‘zib qo‘yishgan. Bu san’atkor konsert bersa 51-52-o‘rindiqlar hamisha men va do‘stimniki bo‘lardi. Hozir shularni eslasam, san’atga qiziqishim bolaligimdan paydo bo‘lganini ko‘raman. Maktab tadbirlarida har doim faol qatnashardim. Ulg‘ayib, Sharqshunoslik instituti talabasiga aylanganimdan keyin ijodga bo‘lgan ishtiyoqim yanada oshdi. Men kabi san’atsevar yigit-qizlardan iborat guruhimiz bo‘lardi. Institutda biror tadbir bo‘ladimi yoki badiiy kechami, albatta, ishtirok etardik. Sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar tayyorlardik. Quvnoqlar va zukkolar tanlovida “Qaysarlar” nomli jamoamiz bilan qatnashardik. — Xo‘sh, o‘qishni tamomlagach, nahot mutaxassisligingiz bo‘yicha faoliyat yuritish haqida o‘ylamadingiz? Bilishimcha, magistraturada ham tahsil olgansiz? Masrur: — Ha, magistratura bosqichini ham tamomladim, ma’lum muddat nufuzli tashkilotlardan birida ham ishladim. Ammo yurak qurmag‘ur ijod zavqida yondirib tinchlik bermasdi. Ertalab soat 08:00 dan kechki soat 18:00 gacha bir xonada o‘tirib ishlash meniki emasligini tushundim. Ishdan bo‘shash haqida ariza bilan rahbarimning oldiga kirganimda, sababini so‘ragan, “Kuylamoqchiman”. — deganimda esa avvaliga hayron bo‘lgan, so‘ng “Omadingni bersin!” — deya tilak bildirgandi. — Qaroringizdan afsuslanmadingizmi keyin? Masrur: – Bilasizmi, rahbarim ham shunday degandi. “Bu kunni eslab qol...” deya. Ishim haqiqatan ham yaxshi edi, hatto ko‘pchilik orzu qiladigan soha desam ham bo‘ladi. Lekin meniki emasdi-da bu, qandoq qilay?! Bir marta yashaydigan hayotda sevgan kasbing bilan shug‘ullanmasang, boshqa bunday imkoniyating bo‘lmaydi-ku?! — Demak, tavakkal qilgansiz? Masrur: — Balkim... Lekin tavakkal qilayotganimni o‘zim anglab yetmaganman. Falonchiga o‘xshagan qo‘shiqchi bo‘lsam, sarmoya topsam, degan xayollar umuman bo‘lmagan, faqat kuylagim kelardi. Ana shu ishtiyoq bilan yonardim. Bilmadim, buni so‘z bilan qanday ifodalash mumkin. “Go‘dak nolasi” nomli qo‘shig‘im havola etilganidan so‘ng bo‘lib o‘tgan voqealar tanlagan yo‘lim xatomasligiga ishonchimni oshirdi. — Aynan qaysi voqealarni nazarda tutayapsiz? Masrur: — Qo‘shiqqa ishlangan klip muxlislar e’tiboriga havola etilgach, “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchisi bo‘lgan bolalardan biri qo‘ng‘iroq qilib “Oyim meni olib ketayapti, amaki”, — degan. Bir oila tomonidan farzandlikka olingan qizcha ham sim qoqqan, yangi oilasi haqida so‘zlab bergandi... (ko‘zlari yoshlandi). O‘sha qizaloqning so‘zlari hamon qulog‘imda ostida jaranglab turadi. — Sizlar haqingizda surishtirganimda “Aka-ukalarning ahilligiga havasingiz keladi”, deyishdi. Adashmasam, oilada besh o‘g‘il va bir qiz farzandsizlar?.. Masrur: — Ha! Aka-ukalar o‘zaro ahil-inoqligimiz ota-onamizning tarbiyasi mahsuli. Men oilada ikkinchi o‘g‘ilman. Agar dunyoda ikkita yaxshi aka bo‘lsa, shulardan bittasi mening akam! Har qanday vaziyatda u kishiga suyanib kelganman. Mehri, e’tiborini sira ayamaydi. Kichikligimizdan “Akaga qattiq gapirilmaydi, hurmat qilish kerak, uka xato qilsa, kechirish, yo‘lga solish lozim”, — deb uqtirishgan. — Rasul oilada nechanchi farzand? Masrur: — Rasul, to‘rtinchi farzand. Undan keyin singlim va kenjatoy ukamiz bor. Aslida xonandalik faoliyatini mendan avval ukam boshlagan. O‘zing ayt, Rasul. Rasul Usmonov: — To‘rt yasharligimdan to‘ylarda ashula aytardim. Qarindoshlar, qo‘ni-qo‘shnilarnikida to‘y-hasham bo‘lsa, olib chiqib ketishardi-da, stulning ustiga chiqarib qo‘yib mikrafonni tutqazishardi. O‘rta maktabni tugatganimdan so‘ng musiqa kollejining maqom yo‘nalishida o‘qidim. Qariyib ikki yildan buyon ijod qilib kelayapman. Masrur: — Ilk bor 2014-yil bo‘lib o‘tgan yakkaxon konsert dasturimda birgalikda duet kuylaganmiz va ukam ustoz san’atkorlarning qo‘shiqlaridan tuzilgan terma taronani ijro qilgandi. Nasib qilsa, kelasi yil Rasul uchun ijodiy parvozlarga boy bo‘lishini niyat qilyapmiz. — Akangizga qanday ta’rif berasiz, Rasul? Rasul: — Rostini aytsam, uch akam ichida ko‘proq Masrur akamdan hayiqib turaman. Ko‘z qarashlarining o‘zidanoq vahimaga tushib qolaman. Bordi-yu biror ishim bilan ranjitib qo‘ysam, kechirmaydi. Shuni bilganim uchun ham qo‘rqib turaman. Katta akam esa ko‘ngilchan inson, xato qilsam ham, kechirishlarini bilaman. Masrur: — Qo‘rqaman deb, meni johil odamga chiqarib qo‘yding-ku (kulgi ko‘tarildi). Rasul: — Yaxshi bo‘lgin, deb tergaysiz, aka, bilaman. Masrur: — Ha, yasha! Sohamizning past-balandliklari o‘zingizga ayon. Kimdir ko‘rinmas ip bilan boshqarib turmasa, bo‘lmaydi. Ukamga yaxshi bo‘lsin, xato qilmasin, qoqilmasin, to‘g‘ri yo‘ldan adashmasin, deb tergab turaman. Kimningdir nazorati, diqqatida ekanligingizni bilsangiz, o‘zingiz ham xato qilishdan tiyilasiz. Rasul: — Akam hamisha “Qanday kasbda bo‘lmasin, o‘z ustingda ishlasang, izlansang, muhimi, maqsading aniq bo‘lsa, moddiy tarafdan qiynalmaysan”, deb aytadi. Masrur: — Asosiysi, maqsad bo‘lishi kerak. Oilamiz azaldan tadbirkorlik bilan shug‘ullanib keladi. O‘zim ham kichik tabdirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yganman. Agar ishimni kengaytiraman desam, mutaxassisligimdan kelib chiqib, amalga oshiradigan loyihalarim bor. Ammo maqsadim bu emas-da, shunga ham sarmoya orttirishga mukkasidan ketmaganman. — O‘zingizdan qolar gap yo‘q, shou-biznesning ayrim yozilmagan qonunlari, g‘irromliklari bor. Ukangizni fikridan qaytarish niyati bo‘lmadimi? Masrur: — Qarshingizdan chiqadigan to‘siqlardan qo‘rqsangiz, manzilinngizga yetolmaysiz, tubi ko‘rinmasdek tuyulgan “dengiz”lardan cho‘chisangiz, qirg‘oqqa oyoq qo‘yishingiz hamon g‘arq bo‘lasiz. Muammo faqat shou-biznesda bor, deysizmi? To‘g‘ri, bizni kasbda nisbatan ko‘proqdir, lekin qiyinchilikdan xavfsiragan odam hech qachon niyatiga erishmaydi. G‘irromlikka kelsak, hammaning o‘ziga insof bersin. Ukamni fikridan qaytarmaganman, iste’dodi borligini bilganim uchun ishonch bildirganman. Gapiradigan odam uchun bahona topilaveradi. Shaxsan o‘zimda bunday voqealar ko‘p bo‘ladi. — Gapiruvchilarga javob berasizmi, yoki? Masrur: — Albatta, imkon qadar fikrimni to‘g‘ri yetkazishga harakat qilaman. Shunchaki o‘tib ketmayman. Bir safar “Nega kliplaringizda faqat ukangiz chiqadi?” deyishdi. Rasul san’at sohasida o‘qigan, buning ustiga, qiyofasi kadrga mos, aktyorlik mahorati bor, shunday ekan nega uni taklif qilmasligim kerak? “Yodingdami” qo‘shig‘i uchun klipni suratga olish uchun tayyorgarlik ko‘rayotganimizda naq uch kun aktyor izlaganmiz. Ssenariyga mos keladigani chiqmayotganidan xomush tortib, telefonimni titkilab o‘tirganimda Durdona To‘laganova Rasulning rasmini ko‘rib qolib, “Kim bu yigit?” degan. “Ukam” desam, “Shuni olamiz”, deb aytgan. O‘zining ukasini olib chiqmoqchi deyishlaridan cho‘chib, iymanib turgandim o‘shanda. Durdona opaning taklifi bilan Rasul rol ijro etgan. — Bu Rasulning ilk debyut roli shundaymi? Rasul: — Ha, ilk bor suratga tushishim edi. O‘shanda endigina harbiy xizmatdan qaytgandim. Akam “Klipda suratga tushasan” deganida, avvaliga hayajon bosdi, “Bunday ko‘rinish menga yarasharmikan”, deb o‘yladim, qolaversa, akamning qo‘shig‘i. Boshqa san’atkor bo‘lganida-yu balkim cho‘chimasdim, ammo Masrur akamning o‘zi kuzatib turganigami, yelkamdagi mas’uliyat katta edi. — Keyingilarida hayajonni yenga oldingizmi? Rasul: — “Yodingdami” qo‘shig‘ining davomi sifatida “Birinchi muhabbatim” taronasiga klip ishlandi. Unda ham suratga tushdim. So‘ng akamning yana bir nechta qo‘shiqlariga ishlangan videoasarlarda rol o‘ynadim. Ammo aktyor bo‘lish fikridan yiroqman. Filmlarga taklif qilishgandi, rad etdim. Mendan professional aktyor chiqmaydi, chunki xonandalikni tanlaganman. Masrur: — Bolaligida Rasul alla tinglashni yaxshi ko‘rardi. Esingdami, onamdan “Yana aytib bering”, deb so‘rayverarding? Rasul: — Ha, to‘rt yoshlarimgacha alla tinglamasdan uxlay olmasdim. — Masrur aka, “O‘pasim galdi” qo‘shig‘ining yaratilishi haqida bir gapni eshitgandim. So‘zlarni shevada talaffuz qilishni o‘rganishingizga xorazmlik bir qiz yordam bergan ekan?.. Masrur: — Qayerdan bildingiz? — Uzumini yeng-u, bog‘ini so‘ramang deyisharmidi?.. Masrur: — Xorazm shevasida qo‘shiq kuylash uchun xorazmliklarga xos iboralar, talaffuz bilan tanishmasam, bo‘lmasdi. Shuning uchun xorazmlik bir singlimizdan shevada so‘zlashishni o‘rganganman. Ammo rostini aytaman, “O‘pasim galdi” deb kuylashdan uyalgandim. Har xil qarash bo‘ladi, odamlar nima deydi, deya hadiksiraganman, qo‘rqqanman desam ham bo‘ladi. Ammo xorazmliklar bilan gaplashganimda “Agar qo‘shiqda biror bir qochirim bo‘lmasa, xorazmcha ashula bo‘lmaydi”, — deyishgach, kuylashga rozi bo‘ldim. Bu so‘zni ishlatish uchun bir yarim yil o‘ylandim. Oxiri “Shu so‘zni ishlatmasang, yaxshisi, xorazmcha kuylama”, — deyishgach, tavakkal qildim. — Shu qo‘shiqdan so‘ng san’atkorlar orasida xorazmcha taronalar urf bo‘ldi. Go‘yo buni bila turib boshlab bergandeksiz?.. Masrur: — O‘n yillik ijodim davomida “O‘pasim galdi” yagona xorazmcha qo‘shiq. Repertuarimda aynan shunday tarona yo‘qligi uchun ham xorazmcha kuylashni maqsad qilgandim. Haqiqatan ham bu qo‘shiqdan so‘ng xorazmcha ashulalar ko‘payib ketdi. Buni o‘zimga ham aytishdi. — Akangizning ijodini yaxshi bilasiz. Sizning-cha, yuragiga yaqin bo‘lgan taronasi qaysi, Rasul? Rasul: — “Azizam” va “Yodingdami” qo‘shiqlari bo‘lsa kerak. Akam repertuaridagi ashulalarning salkam to‘qson foizini o‘zi yozgan. Ko‘cha-ko‘yda yursak, qaysidir insonni ko‘rib ta’sirlanadi-yu, shu zahoti xayoliga kelganini qog‘ozga tushiradi. Masrur akamning ana shu odatiga tan beraman. — Siz-chi, Masrur aka ijrosidagi qaysi qo‘shiqqa ko‘ngil bergansiz? Rasul: — “Yodingdami” taronasi, garchi ashuladagi kabi voqealar hayotimda ro‘y bermagan bo‘lsa-da, qattiq ta’sirlantirgan. — Bir necha oylar ilgari “Labzi halollar” nomli qo‘shig‘ingizni eshitib qoldim. Dolzarb mavzuni ko‘taribsiz?.. Masrur: — Hech qaysi mavzu shunchaki qo‘shiqqa aylanmaydi. Taronani yozishdan avval bir qancha voqealarni eshitdim, guvohi bo‘ldim. Kimdir do‘stining va’dasida turmaganidan, boshqasi moddiy tomondan ziyon yetkazib qo‘yganidan, aldanib qolgani-yu oqibat yo‘qolib borayotganidan achchiqlanib, ozorlanib gapirdi. Men labzsiz degan nomdan juda qo‘rqaman, chunki bilib-bilmay xo‘lu quruq baravar yonib ketishi mumkin. Ko‘rgan-bilganlarim, qolaversa, o‘zimning boshimdan kechirganlarimdan kelib chiqib, “Labzi halollar” ashulasi yaratildi. — Yaqinlaridan pand yegan insonning kimgadir yana ishonch bildirishi qiyin ish... Masrur: — To‘g‘ri, shu qo‘shig‘im chiqqanidan so‘ng “Mening dardimni kuylabsiz”, deganlar bo‘ldi. Kimdir taronaning naqoratini “kesib” olib, falon do‘stimning telefoniga o‘tkazib berdim, eshit deb, dedi. Yana kimlardir telegramdan yubordim do‘stimga, zora tushunsa ham deyishdi. So‘zidan tonib yurganlarning ayrimlariga qo‘shiq ta’sir qildi, balkim o‘zi uchun xulosa chiqarib ham olgandir. — “Labzi halollar” nomli film ham suratga olindi. Bir yil yil avval siz bilan uchrashganimizda “Men faqat prodyuserlik ishlariga bosh-qoshman, rol o‘ynamayman”, degandingiz. Masrur: — Vaholanki, bosh rolni o‘zingiz ijro etdingiz demoqchisiz-da? — O‘shanda fikringiz o‘zgarar balkim deganimda, “Yo‘q” deya javob bergandingiz, mana aytganimdek bo‘libdi-ku?.. Masrur: — Film rejissyori Shuhrat Nuraliyev bilan maslahatlashib, bir qancha aktyorlarni jalb qildik. Kartina syujeti uchun boshimdan kechirganlarim, qolaversa, guvohi bo‘lgan voqealarni so‘zlab berganimda rejissyorimiz «Bosh rolni o‘zingiz o‘ynaysiz, chunki butun borlig‘ingiz bilan shu dardda yonayapsiz», dedi. “Odamlar gapirsa-chi, birkami endi rol o‘ynashi qolgandi”, deb cho‘chidim avvaliga, lekin Shuhrat fikrimni o‘zgartirdi “Gap-so‘zlarni o‘ylamang, mahoratingizni ko‘rsating tamom”, deya. Shundan so‘ng rozi bo‘ldim. Ham film prodyusseri, ham bosh rol ijrochisi sifatida ishladim. — Tanangizni yondirgan, qalbingiz halovatini o‘g‘irlagan dardni chiqarib yuboroldingizmi rolingiz orqali? Masrur: — (o‘ylanib) Yo‘q... Men gina-kudurat saqlamayman, ammo siz aytayotgan dard qo‘yib yuborganicha yo‘q. Bilasizmi, premera kuni chiroq o‘chganidan so‘ng sekin tomoshabinlar orasiga kirib o‘tirdim. Yonimda o‘tirganlardan kimdir yig‘layotgandi. Qahramonimni do‘stlari tashlab ketadi, qiyin vaziyatda ko‘ngil qo‘ygani yuz o‘giradi, bular mening hayotim emas, ammo qaysidir lavhalari qisman men bilan bog‘liq. — Suhbat yakunida qalbingiz hech qachon ozor chekmasligini tilab qolaman. Ijodingizning rivojini bersin! Masrur: Rahmat! Dildora Yusufbekova suhbatlashdi.
131
13,141
Madaniyat
Gollivud yulduzi Jeyson Stetxem 55 yoshda: Aktyor haqida 15 ta qiziqarli fakt (foto)
Gollivudning mashhur aktyorlaridan biri, “Forsaj” kinokartinasining yulduzi Jeyson Stetxem 55 yoshni qarshi oldi. “Lisa.ru” nashri aktyorning oilasi, ijodi haqida qiziqarli faktlar keltirdi. Ijodkorlar oilasi Jeysonning otasi barlarda ijod qiluvchi xonanda, onasi esa raqqosa bo‘lgan. Uning otasi Barri Kanar orollariga borgan va u yerda vaqti-vaqti bilan konsert bergan. Sportga mehr qo‘ygan oila Bo‘lajak aktyorning otasi va akasi boksni yaxshi ko‘rgan. Jeyson bu xususiyatni katta akasidan olgan va u bilan mashq qilgan. Stetxem ham ushbu sport turiga qiziqqan va ba’zida futbol bilan ham shug‘ullangan. Yulduzlar bilan tanishish Bo‘lajak aktyor yoshligida futbolga kirishiga sababchi bo‘lgan futbolchi Vinni bilan uchrashdi. Stetxem futbolchini hayratda qoldiradi, ya’ni u besh yil davomida maktab futbol jamoasida o‘ynadi. Keyinchalik Vinni mashhur futbolchiga aylandi va filmlarda ham rol o‘ynay boshladi. Professional suzuvchi Jeyson suzishni yaxshi ko‘rgan, bundan tashqari u suzish sport turiga ixtisoslashgan Buyuk Britaniya terma jamoasining a’zosi bo‘lgan. Ota-onasiga yordam bergan farzand Stetxem bo‘sh vaqtlarida ko‘chada atir va zargarlik buyumlarini sotgan. Aktyorning puli o‘ziga zo‘rg‘a yetgan, biroq u doim ota-onasiga yordam bergan. Modellik karyerasi Kelishgan sportchi Tommy Hilfiger brendi reklama agentining e’tiboriga tushadi. U o‘z kompaniyasiga yangi model topish uchun sportchi mashg‘ulot o‘tkazayotgan suv havzasiga keladi. Dastlab Jeyson jinsi shimlarni reklama qildi, keyin uning fotosuratlari boshqa mashhur nashrlar sahifalarida paydo bo‘la boshladi. Muvaffaqiyatli debyut Stetxem kino olamga u bilan hamkorlik qilgan moda brendi rahbariyati tufayli kirib keladi. U 1998-yilda kompaniya direktori Gay Ritchining “Qarta, pullar, ikki qurol” nomli yangi filmini suratga olishga qaror qiladi. Ssenariyni o‘qib chiqqach, u rejissorga o‘z taklifini beradi. Gayga Jeysonga tashqi tomonidan o‘xshagan qahramon yoqardi. Bundan tashqari Gay sobiq sportchi ko‘chada savdo bilan shug‘ullangan paytda uning narsasini sotib olgan.  “U menga aktyorlikda tahsil olgan yigitni qabul qila olmasligini, nimani o‘rganishim kerakligini aytdi. Bu haqda darsliklarda yozilmaydi” , — deb eslaydi aktyor. Richi unga vazifani ishonib topshirgan: u insonlarga arzon zargarlik buyumlarini oltin deb sotish kerak edi. Stetxem bu vazifaning uddasidan chiqadi va filmdagi asosiy rollardan birini oladi. Shu tariqa uning aktyorlik karyerasi boshlandi. Gollivud sari Ko‘plab muxlislar aktyorni britaniyalik rejissor tufayli butun dunyoga mashhur bo‘lgan deb o‘ylaydi, chunki 1990-yillarning oxiri va 2000-yillarning boshida u Gayning filmlarida rol o‘ynagan. Keyinchalik ham aktyor Richi tufayli yulduzga aylangani haqida mish-mishlar tarqalgan. Shundan keyin Jeyson Gollivud sari qadam tashlaydi va yanada muvaffaqiyatli, izlanuvchan aktyorga aylanadi. Moskvaga tashrif Aktyor 2013-yilda Gollivud yulduzi Jennifer Lopes bilan birga “Parker” filmida suratga tushdi. Kinokartina Jeyson faoliyatidagi eng yaxshi filmlardan biri bo‘lmasa ham aktyor shu kinokartina tufayli Moskvaga tashrif buyurgan. U yangi film premyerasida qatnashishdan tashqari “Tungi Urgant” shousining suratga olish jarayoniga ham tashrif buyurishga muvaffaq bo‘ldi. Qo‘rquvni yengish Aktyor kaskadyorlarning yordamidan voz kechib barcha tryuklarni o‘zi bajarishga harakat qiladi. Jeyson hech narsadan qo‘rqmaydi, lekin unda avval akrofobiya (balandlikdan qo‘rqish hissi) bor edi. U 2016-yilda “Mexanik: Tirilish” filmida rol o‘ynadi va shu kinokartina tufayli qo‘rquvini yengdi. Keyinroq aktyor sahnalardan birida qo‘llari terlaganidan juda xavotirga tushganini aytdi. Jinoyatchilar bilan uchrashuv Jeyson “O‘lim poygasi” filmida suratga tushayotgan vaqtda, rolga yaxshiroq kirishish uchun qattiq rejimdagi xavfsizlik koloniyasiga borgan. U ko‘plab jinoyatchilar va qotillar bilan muloqot qilgan. Zabt etilmagan yurak Kelishgan aktyorning ko‘plab muxlislari unga ko‘ngil qo‘ygan. Stetxem ko‘plab mashhur ayollar bilan uchrashgan. Ammo ularning hech biri uning qalbini zabt eta olmadi. Rouzi bilan tanishuv Jeyson 2010-yilda, ijtimoiy tadbirlardan birida model Rozi Xantington-Uaytli bilan uchrashadi va u aktyorni hayratda qoldiradi. Aktyor bir necha bor unga o‘xshagan ayollarni hech qachon uchratmaganini aytgan. Juftlikning orasidagi 20 yillik farqqa qaramay, Rozi ham Jeysonni sevib qoldi va u bilan munosabatlarini boshladi. Dastlab, hech kim bu sevgiga ishonmadi, muxlislar bu aktyorning yosh va go‘zal qiz bilan uzoqqa bormaydigan munosabati deb o‘yladi. Bir umrlik sevgi Juftlikning hayoti havas qiladigan darajada bo‘lmasa ham ular qiyinchiliklarni yengib o‘tishga harakat qildi. Jeyson va Rouzi 2016-yilda unashtirilganini e’lon qildi va bir yildan so‘ng ularning birinchi farzandi — o‘g‘li Jek tug‘ildi. Rouzi va Jeysonning muxlislari ular qachon to‘yini o‘tkazishini kutmoqda, biroq ular bu masalada shoshilmayapti. Juftlikning ikkinchi farzandi — qizi Izabella 2022-yilning fevral oyida dunyoga keldi. Tadbirdagi kelishmovchilik Aktyor 2008-yilda Playboy tomonidan tashkil etilgan, Xyu Xefner saroyida bo‘lib o‘tgan tadbirdan chiqarib yuborilgan. Bunga Jeysonning fotosessiyada qatnashishdan va jurnalistlar bilan muloqot qilishdan bosh tortgani sabab bo‘lgan.
84
5,260
Madaniyat
Marg`ilonda navbatdagi “Atlas bayrami“ festivali o`tkaziladi
Joriy yilning 11-15 sentyabr kunlari Marg`ilon shahrida “Atlas bayrami“ to`rtinchi festivali bo`lib o`tadi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda. Tadbir YuNESKO ishlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi, Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi, “Hunarmand“ uyushmasi, YuNESKOning mamlakatimizdagi vakolatxonasi va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda. “Atlas bayrami“ festivali milliy hunarmandchilikni rivojlantirish, uni xalqaro miqyosda ham keng targ`ib qilish, usta hunarmandlar bilan tajriba almashish, mamlakatda turizmni rivojlantirish, aholi, ayniqsa, xotin-qizlar bandligini ta`minlashga xizmat qilmoqda. Unda Rossiya, Xitoy, Ispaniya, Fransiya, Mongoliya, Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston va boshqa mamlakatlarning ustalari, rassomlari, soha mutaxassislari ishtirok etadi. Festival doirasida Buyuk ipak yo`li an`anaviy to`qimachiligi mavzusida ekspertlar kengashi, “Buyuk ipak yo`lidagi Sharq va G`arb ta`siri: Xanchjou, Marg`ilon, Valensiya“ mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya o`tkaziladi. Yosh hunarmandlar uchun mahorat saboqlari, to`qimachilik ko`rgazmalari tashkil etiladi. Shuningdek, “Hunarmandlar shaharchasi“ deb nomlangan amaliy san`at buyumlari yarmarkasi, O`zbekiston modelerlari shou-defilesi, konsertlar, kurash musobaqasi, dorbozlar tomoshasi, qo`g`irchoq teatrlari chiqishlari ham bo`lib o`tadi.
60
1,382
Madaniyat
Gresiyada joylashgan "Sarsetakisning O`zbekiston galereyasi"ga bag`ishlangan kitob-albom nashr etish bo`yicha muzokaralar olib borilmoqda
2018 yildan beri Gresiyada "Sarsetakisning O`zbekiston galereyasi" nomli doimiy ekspozisiyasi faoliyat olib bormoqda, unda 300 dan ortiq eksponatlar namoyish etilgan — shu paytgacha Elladaning hech qanday muzeyida O`zbekiston san`ati bu qadar to`liq namoyish etilmagan. Hozirda O`zbekistonning noyob madaniy merosi to`plami ellin tomoshabinlari e`tiboriga taqdim etilgan. Galereyada Buxoro, Samarqand, Farg`ona va boshqa shaharlarda ishlab chiqarilgan 19-asrga oid rang -barang so`zana kashtalari, gilamlar, zargarlik buyumlarini uchratishingiz mumkin. Bundan tashqari, to`plamda qo`ng`irot va laqay kabi o`zbek qabilalarining gilam mahsulotlari, qoraqalpoqlarning urf -odatlariga mansub to`quvchilik san`atining nodir asarlari ham namoyish etilgan. 2020 yil dekabr oyida bo`lib o`tgan "O`zbekiston madaniy me`rosi - yangi Renessansning poydevori" IV  Xalqaro Kongressida muzey to`plamlarining bo`lim mudiri va Elladadagi Korfu Osiyo san`ati muzeyi direktorining o`rinbosari Kassiani Kagouridi Kofru muzeyida saqlanayotgan O`zbekiston madaniy merosi namunalari haqida ma`lumot bergan. V Yubiley kongressi arafasida Butunjahon jamiyati, Eriell Group xalqaro neft servis kompaniyasi yordamida Gresiyadagi "Sarsetakisning O`zbekiston galereyasi" ga bag`ishlangan kitob-albom nashr etish bo`yicha muzey vakillari bilan muzokaralar olib bormoqda.
137
1,341
Madaniyat
Tarvuzmen — o‘zbekistonlik superqahramon! U Alisher Navoiy teatrida bolalarni Yangi yil bilan qutlamoqda (foto)
Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri jamoasi Yangi yil arafasida bolalar va ularning ota-onalarini “Katta teatrda superqahramonlar” nomli musiqiy ertak bilan xursand qilmoqda. Mazkur sahnalashtirilgan Yangi yil tomoshasi 11-yanvarga qadar namoyish etiladi, deb yozadi “Darakchi.uz”. Jajji tomoshabinlar tomosha avvalidayoq katta archa ostida joylashgan va meva, sabzavotlarning bahaybat tasviri aks etgan noodatiy dekoratsiya bilan bezatilgan “Archa-siti”ning sehrli atmosferasiga g‘arq bo‘ladi. Tomoshaning asosiy qahramoni Tarvuzmen hisoblanadi. U quvnoq, jasur va kuchli. Tarvuzmen katta archa ostidagi shaharni yovuz qahramonlar Baqlajon va Robot o‘tinchilardan himoya qiladi. Shuningdek, bolajonlar Tandir-botir va albatta Qorboboni ham ko‘radi. “Musiqiy ertakni sahnalashtirishdan maqsad do‘stlarsiz muammolarni hal qilib bo‘lmasligi va hatto maxsus kostyumlar kiymasdan ham qahramon bo‘lish mumkin, degan g‘oyani ilgari surish edi. Mening ertagim bolalarga shuni o‘rgatadi. Spektaklda rol ijro etgan har bir aktyor o‘z vazifasini a’lo darajada uddaladi”, — deydi spektakl muallifi va rejissori Ruslan Sherezdanov. “O‘zbekistonda komikslar mavzusi unchalik ommabop emas, biroq Betmen, Supermen, O‘rgimchak odam, Xalk kabi superqahramonlar haqida hamma biladi. Men ham boshqalarga o‘xshamaydigan, o‘zimizning superqahramonimizni yaratishga qaror qildim. Tarvuzmen g‘oyasi shu tarzda tug‘ildi”, — dedi spektakl rejissori. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
111
1,618
Madaniyat
Bollivud yulduzlari Ayshvariya Ray va Abhishek Bachchan to‘yining 14 yilligini nishonladi
2021-yilning 20-aprel kuni Bollivudning eng taniqli juftliklaridan biri – Abhishek Bachchan va Ayshvariya Ray to‘yining 14 yilligini nishonladi. O‘tgan yillar mobaynida juftlik to‘g‘risida omaviy axborot vositalari tomonida turli xil mish-mishlar tarqatildi. Ulardan eng qiziqlarini e’tiboringizga havola etamiz. Sobiq do‘stlar soyasi Juftlikning nikoh marosimida paydo bo‘lgan model Jaxanvi Kapur – Abhishekning sobiq sevgilisi ajoyib tomosha ko‘rsatgan. Qizning so‘zlariga ko‘ra, Abhishek faqat unga tegishli bo‘lishi kerakligi, aks holda ularning ko‘z o‘ngida tomirini kesishi bilan tahdid solgan. Shuningdek, juftlikning nikoh to‘yi Ayshvariyaning sobiq do‘stida stressni keltirib chiqargan. Shri-Lanka fuqarosi Niroshan Devapriya Ray bilan yaqin munosabatda bo‘lganligi va uning ruhiyatiga ta’sir o‘tkazgani uchun aktrisani sudga berishini ma’lum qilgan. Qaynona va kelin munosabati Ma’lum bo‘lishicha, Ayshvariya alohida uyda yashashni va turmush o‘rtog‘ini uning ota-onasidan uzoqlashtirishni orzu qilgani haqidagi mish-mishlar ommaviy axborot vositalari tomonidan tarqalmoqda. Unga ko‘ra, aktrisa oilasining jilovini ushlab turadigan qaynonasi – Jaya Bachchan tufayli aziyat chekkan. “Dhoom 2” kartinasidagi ochiq sahnalar Ayshvariyaning mahoratli akrisa ekanligi hech kimga sir emas, ammo u oilali bo‘lganidan so‘ng bir qancha mezonlar o‘zgargan. Aktrisaning oila a’zolar “Dhoom 2” kartinasida Ritik Roshan bilan birgalikdagi ochiq sahnalarni tanqid qilgan, natijada ularni kesib tashlashga to‘g‘ri kelgan. Asal oyi Juftlikning Florensiyadagi asal oyi bir umrga yodda qolarli bo‘lishi mumkin edi. Ammo rejissor Mani Ratnamaning “Guru” filmi reklama kompaniyasi tomonida to‘liq rad etilishi ularni ham bezovta qilgan. Shuningdek, Rani Mukerji tufayli “Qurbon bo‘lgan farishta” filmining suratga olish jadvaliga ham o‘zgartirish kiritilgan. Abhishek va Ayshvariya eng yaxshi munosabatlar do‘stlikdan boshlanishining isbotidir. “Sevgi haqida bir nechta so‘z”, “Qalbdagi muz” filmlarining suratga olinish jarayonidagi iliq munosabatlariga qaramay, ular darhol ishq dardiga mubtalo bo‘lmadi. Faqatgina “Guru” filmi bunga yo‘l ochdi. Muhabbat ramzi o‘laroq Abhishek Ayshvariyaga qimmatbaho olmos uzuk sovg‘a qilmagan. Buning o‘rniga u “Guru” filmida foydalanilgan uzukni hadya etgan. Oilaning kamtarona to‘y o‘tkazishga urinishiga qaramay, juda ko‘p pul sarflangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, 20 million rupiya, ya’ni 266 ming dollar ishlatilgan. Shu kungacha ommaviy axborot vositalari Ayshvariya hamda Abhishekni necha marta “ajratgan” bo‘lsa-da, ular hanuz baxtli hayot kechirmoqda.
89
2,590
Madaniyat
Birinchi xonimlar: prezident va qirollarning mashhurlikda ulardan qolishmaydigan rafiqalari (foto)
Bu ayollar siyosatda ham umr yo‘ldoshidan kam rol o‘ynamaydi. Ular nafaqat turmush o‘rtog‘ining mavqeyini ta’kidlabgina qolmay, balki butun mamlakat uchun namuna bo‘lishga intiladilar. Jill Bayden, AQSH prezidenti Jo Baydenning rafiqasi 1977-yil 17-iyunda juftlik turmush qurdi. Joning birinchi xotini kichik qizi bilan birga avtohalokatda vafot etgandi. O‘sha paytda Jill ingliz tilida bakalavr darajasini olgan, universitetda dars berardi. Uning karyerasi Bayden bilan baxtli turmush qurish va uning birinchi turmushidan bo‘lgan ikki o‘g‘li Bo va Hanterga g‘amxo‘rlik qilishga xalaqit bermadi. Jill doim erini qo‘llab-quvvatlaydi va ijtimoiy faoliyatda faol. 2020-yildagi prezidentlik saylovida Baydenning asosiy tayanchiga aylandi. Birinchi xonim sifatida saylov kampaniyasida Jill kollejlarni yaxshilashga va harbiy oilalarga yordam berishga va’da bergan.  70 yashar bo‘lsa ham, tetik ko‘rinishga ega Jill Baydenning ovqatlanish qoidalari Qirolicha Letisiya, Ispaniya qiroli Filipp VI ning rafiqasi Letisiya — Ispaniya qirolichasi, kuchli xarakterga ega ayol. Filipp VI bir vaqtlar ota-onasi tomonidan taklif qilingan Shvetsiya valiahd malikasi Viktoriya nomzodini rad etib, Letisiyaga ko‘ngil qo‘ydi. Maftunkor jurnalist bilan birinchi uchrashuv ispaniyalik yosh qirolning yuragini zabt etdi. Letisiya bir necha bor Filipp VI ning uchrashishga bo‘lgan urinishlarini rad etgan. Ammo suv toshni yemirganidek, oxir-oqibat ispan qirolining qat’iyati va muhabbati mag‘rur qizni ham sevgi oldida taslim qildi.  Bahorgi garderobni yangilaymiz: Qirolicha Letitsiyaning klassik uslubdagi kiyimlarda ham jozibali ko‘rinishi sirlari (foto) Mehribon Aliyeva, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning rafiqasi Ozarbayjonning birinchi xonimi 56 yoshda bo‘lsa ham ancha yosh ko‘rinadi. Aslida u shifokorlikka o‘qigan, ammo keyinchalik hayotini siyosat bilan bog‘lagan. Mehribon Ozarbayjon Gimnastika federatsiyasiga rahbarlik qiladi, bir qancha jamoat tashkilotlari a’zosi va eng muhimi, 2017-yildan buyon Ozarbayjonning birinchi vitse-prezidenti lavozimida ishlab kelmoqda. 1983-yildan beri turmush qurgan juftlikning bir o‘g‘il va ikki qiz bor.  Kiyinish borasida o‘ziga xos didga ega bo‘lgan birinchi xonimlar. Ularning siri nimada? (foto) Asma Asad, Suriya prezidenti Bashar al-Assadning rafiqasi Suriyaning 45 yoshli birinchi xonimi dunyodagi eng jozibali ayollardan biri hisoblanadi. Asma bolaligini Buyuk Britaniyada o‘tkazgan, bu yerda o‘qigan va keyin vataniga qaytib kelgan. Arab, ingliz, ispan va fransuz tillarida bemalol gapira oladi. 2000-yilda turmush qurgan juftlikning u Hofiz, Zayn va Karim ismli o‘g‘illari bor.  Fotogalereya: Dunyoning go‘zal va mashhur birinchi xonimlari Brijit Makron, Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning rafiqasi Brijit shokolad va qandolatchilik do‘konlari tarmog‘iga egalik qiluvchi biznesmen oilasida tug‘ilgan, ammo bu uning figurasiga hech qanday ta’sir qilmadi. U turmush o‘rtog‘idan deyarli 25 yosh katta. Kasbi — o‘rta maktabda fransuz va lotin tillari o‘qituvchisi. 2007-yilda Emmanuel Makron bilan turmush qurgan.  Ayol kishi turmush o‘rtog‘idan bir necha yoshga katta bo‘lgan yulduzli juftliklar (foto) Raniya al-Abdulloh, Iordaniya qiroli Abdulla II ning rafiqasi Ma’lumki, qirol Abdulla II shaxsiy hayotida yevropacha qarashlarga amal qiladi: Iordaniyada ko‘p xotinlikka ruxsat berilgan, biroq qirol chorak asrdan beri Raniya bilan baxtli turmush kechiradi. Birinchi marta uchrashganlarida Raniya 22 yoshda, Abdulloh undan 8 yosh katta bo‘lgan, ular 1993-yilda turmush qurishadi. Hozirda ular to‘rt farzandni tarbiyalashmoqda.
98
3,583
Madaniyat
Forbes dunyoning eng ko‘p haq to‘lanadigan ayol xonandalari reytingini e’lon qildi
Forbes jurnali e’lon qilgan dunyoning eng ko‘p haq to‘lanadigan ayol xonandalar reytingida Keti Perri birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda. Amerikalik xonanda jahon turnesi doirasida 80 ta konsert o‘tkazdi va 83 million dollar ishlab topdi. Ikkinchi o‘rinni 80 million dollar bilan Teylor Svift egalladi. U 2018-yilda bir haftaning o‘zida 2 million nusxada chiqarilgan Reputation albomini chiqardi. Reytingning uchinchi qatorini o‘tgan yili peshqadamlik qilgan Beyonse band qildi. Xonanda eri Jay-Z bilan qo‘shma albom chiqardi va 60 million dollarga ega bo‘ldi. Birinchi beshlikka, shuningdek, Pink (52 million dollar) va Ledi Gaga (50 million dollar) ham kirdi.
82
691
Madaniyat
Rossiyalik taniqli xonanda Yuliya Nachalova o‘pkani sun‘iy nafas oldiruvchi apparatga ulab qo‘yildi
Moskvadagi shifoxonalrdan birining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan rossiyalik taniqli xonanda Yuliya Nachalovaning ahvoli og‘irligicha qolmoqda, deb yozadi “Vesti.ru”. Ma’lum qilinishicha, xonanda o‘pkani sun‘iy nafas oldiruvchi apparatga ulab qo‘yilgan. Xonandaning menedjeri Vladimir Belov holatni izohlashdan bosh tortgan. “Uzr, hech qanday izoh bera olmayman. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring. Hozir sizga hech kim ma’lumot bera olmaydi. Bu — birinchidan, ikkinchidan hech narsa bo‘lgani yo‘q. Ushbu ma’lumotni qayerdan olganingizni bilmayman”, — deya javob bergan Belov. Qayd etilishicha, xonanda uzoq vaqtdan beri surunkali kasallik bilan kurashadi. Shu sababli uning qonida shakar miqdori keskin oshib ketgan.
99
741
Madaniyat
Daily Mail’da Yelizaveta II ning uzoq umr ko‘rish sirlari haqida maqola chop etildi
Qirolicha Yelizaveta II ning 96 yoshgacha jismonan va ruhiy jihatdan tetik bo‘lib yurishiga yordam bergan kundalik odatlari ro‘yxati tuzildi, deb xabar bermoqda Daily Mail. Qayd etilishicha, qirolicha har kuni o‘zining sevimli korgi itlari bilan ikki marta sayr qilgan, shifokorlarning taqiqlariga qaramay, u to‘qson yoshgacha ot minib, soatlab kitob o‘qigan. Bundan tashqari, qirolicha sevimli mashg‘ulotlaridan biri kiyik ovlash bilan ham shug‘ullangan. Qizig‘i shundaki, Yelizaveta II hech qachon ortiqcha vaznga ega bo‘lmagan. U har kuni bir xil narsani iste’mol qilgan. Qirolicha har bir kunini Erl Grey choyi va bir porsiya pechenye bilan boshlagan. Keyin esa Bukingem saroyidagi shaxsiy oshxonasida suli yormasi, yogurt, sendvich va marmelad bilan nonushta qilgan. Qirolicha ba’zan nonushta uchun dudlangan baliq iste’mol qilgan, ma’lum bo‘lishicha, urush yillarida baliq konservasini saqlab qolish oson bo‘lgan va dudlangan baliq uning sevimli mahsulotiga aylangan. Qirolicha odatlariga qat’iy amal qiladigan inson bo‘lgan. Qirolichaning 2020-yildagi kun tartibini yozgan Brayan Kozlovskiyning so‘zlariga ko‘ra, Yelizaveta II ning kuni shunday o‘tganini ma’lum qilgan: Ma’lum bo‘lishicha, Britaniya monarxining sog‘lig‘i 2021-yilgacha, ya’ni turmush o‘rtog‘i shahzoda Filippning vafotigacha yaxshi holatda bo‘lgan. Edinburg gersogi vafotidan keyin qirolichaning salomatligi tez-tez yomonlasha boshlagan.
83
1,412
Madaniyat
Namangan, Qo`qon va Farg`onada yangi “Yulduzcha”lar saralanmoqda
O`zbekiston Yoshlar ittifoqi, Yoshlar media markazi va “Mening yurtim” telekanallari tomonidan yosh iqtidor sohiblarini qo`llab-quvvatlash, ularning iste`dodlarini yuzaga chiqarish va mustaqil ijod yo`lini boshlashlariga ko`maklashish maqsadida 6 yoshdan 15 yoshgacha bo`lgan bolalar uchun “Yulduzcha” va 16 yoshdan 25 yoshgacha bo`lgan yoshlar uchun esa “Men yulduzman” musiqiy televizion vokal tanlovi o`tkazib kelinmoqda. Yoshlar intiqlik bilan kutgan mazkur televizion vokal shoularining yangi mavsumi uchun saralash bosqichlari boshlandi. Bu gal tanlovning hududiy bosqichlari har bir viloyatning o`zida bo`lib o`tyapti. Tanlov saralash bosqichlarining dastlabkisi Namangan viloyatidagi Yoshlar markazida bo`lib o`tdi.Jami 116 nafar iste`dodli yigit-qizlar 3 yo`nalishda, ya`ni an`anaviy ijro, akademik ijro va estrada yo`nalishlari bo`yicha o`z mahoratlarini namoyish etmoqda. Qo`qon shahridagiYoshlar markazida ham 40 nafarga yaqin musiqasevar yoshlar “Yulduzcha” va “Men yulduzman” musiqiy televizion vokal tanlovida jam bo`ldi. Bugun esa Farg`ona viloyatidagi Yoshlar markazida 100 nafardan ortiq havaskor yoshlar tanlovning respublika bosqichiga yo`llanmani qo`lga kiritishga bel bog`lagan.Hakamlar hay`atining qatnashchilar ijro mahoratiga talabchanlik bilan yondashgani ishtirokchilarga katta mas`uliyat yuklamoqda. Tanlov hududiy bosqichlarining oxirgisi 10 avgustda Toshkent shahridagi bahs bilan yakunlanadi. Tanlov natijalari 15 avgustda e`lon qilinib, g`oliblar keyingi bosqichga yo`llanmani qo`lga kiritadi. “Yulduzcha” va “Men yulduzman” musiqiy televizion vokal tanlovi Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning chinakam amaliy namunasiga aylandi. Bu orqali yoshlarning san`atga bo`lgan qiziqishlari ortib, yangi iste`dodlar kashf etilmoqda.
64
1,785
Madaniyat
Xonanda Jasur Umirov o‘zi yoqtirgan qizni unga erga berishmayotgani uchun o‘z tanishiga tahdid qildi va 15 sutkaga qamaldi
Jasur Umirov mast ahvolda 2018-yilning 18-noyabr kuni soat taxminan 3:00 da Captiva’sida tanishi H.Q.ning xonadoniga borib, uning darvozasiga bir necha marta mashinaning old qismi bilan urgan. “Kun.uz”ning yozishicha, qo‘shiqchi tanishining darvozasiga shikast yetkazgan, uni haqoratlab, qo‘lidagi pichoq bilan qo‘rqitgan. Jasur Umirovga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik, ya’ni jamoat joylarida uyatli so‘zlar bilan so‘kinish, fuqarolarga haqoratomuz shilqimlik qilish hamda jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi shu kabi boshqa xatti-harakatlarda ifodalangan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik) bilan ochilgan sud ishi 24-aprel kuni Toshkent shahar Olmazor tuman ma’muriy sudi tomonidan ko‘rib chiqilgan. Sudda xonanda aybiga to‘liq iqror bo‘lgan — rostdan ham yonida olib yuradigan pichog‘i bilan tanishini qo‘rqitib, haqoratlaganini tan olgan. Sabab sifatida o‘zi yoqtirgan Sh. ismli qizni unga turmushga berishmayotganini ko‘rsatgan. Lekin qilgan ishidan afsusdaligini bildirib, suddan yengillik so‘ragan. Sud Jasur Umirovni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi bo‘yicha aybdor deb topib, unga 15 sutkalik ma’muriy qamoq jazosini tayinlagan. 26-aprel kuni Toshkent shahar ma’muriy sudi xonandaning ishini ko‘rib chiqib, quyi instansiya sudining qarorini o‘zgarishsiz qoldirdi.
122
1,395
Madaniyat
O‘zbekistondagi kinoteatrlar faoliyati tanqid qilindi
“O‘zbekkino” Milliy agentligida o‘tkazilgan majlisda ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar studiyasi faoliyati qoniqarsiz, deb topildi. Studiya rahbariyati va ijodkorlari oxirgi yillarda hujjatli filmlarni professional, davr talabi va ruhiga mos ravishda ishlab chiqara olmayotgani va ular kinolarning mavzusini to‘laqonli ochib bera olmayotgani keskin tanqid qilindi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar berdi. Agentlik matbuot xizmatining xabar berishicha, O‘zbekiston mustaqilligining 22 yilligiga bag‘ishlab, hukumat topshirig‘i bilan yaratilgan hujjatli filmlarga buyurtmachilar e’tiroz bildirgan, agentlik qoshidagi badiiy kengash ularni bir necha marta qayta ishlab chiqarishga tavsiya qilganiga qaramasdan ahvol o‘nglanmagan. Viloyatlardagi kinoteatrlar faoliyati tahlil qilib chiqilganda mavjud 241 ta kinoteatrdan faqat 97 tasi belgilangan talab asosida faoliyat yuritayotgani, 144 tasi esa kinofilmlar namoyishi bilan umuman shug‘ullanmay, savdo majmuasi, restoran, ombor yoki ma’muriy binolarga aylantirilgani, ustav fondida davlat ulushi 25 foizdan 100 foizgacha bo‘lgan 33 ta kinoteatrdan faqat 13 tasi ishlab turgani qayd etildi. Viloyat kinoteatrlardagi qoniqarsiz ahvol Toshkent shahridagi kinoteatrlarda ham mavjud. 18-fevral kuni “O‘zbekkino” Milliy agentligi rahbariyatining Toshkent shahridagi kinoteatrlar boshliqlari bilan uchrashuvda, bosh direktor Jahongir Qosimov bugungi kunda poytaxtdagi aksariyat kinoteatrlar kinofilmlar namoyishi bilan shug‘ullanmayotgani, mavjud 15 ta kinoteatrdan (Kinochilar uyi bilan A. Navoiy nomidagi kino saroyini istisno qilganda) faqat 5 tasi litsenziya olib, kino namoyishi bilan shug‘ullanayotgani, qolganlari esa yo ishlamayotgani, yoki binosidan asosiy faoliyat turi qolib, (masalan, “Farangiz Yulduzi” MCHJga qarashli “Sharq kinoteatri”da o‘simliklardan dori tayyorlash sexi faoliyat ko‘rsatmoqda) boshqa maqsadlarda foydalanilayotganini e’tirof etdi. Yagona film namoyishi tizimi yo‘qligi sababli respublikada har yili ishlab chiqarilayotgan 70 ga yaqin kinofilmning namoyishini tashkil qilishda bir qancha muammolar mavjudligi bildirildi. Bugungi kunda ishlab turgan kinoteatrlar kinozallarining jami 4000 ta o‘rindig‘i bor. Toshkent shahrida 220 ming nafar maktab, 110 ming nafar kollej va litsey o‘quvchisi hamda 20 ming nafar oliy o‘quv yurti talabasi borligi hisobga olinsa, bu juda kam. “O‘zbekkino” Milliy agentligi viloyat bo‘limlari va kinoteatrlar rahbarlaridan ushbu kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha muayyan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish talab qilindi.
53
2,533