folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Madaniyat
Mashhur hind filmlaridagi kayfiyatni ko‘taruvchi yoqimli qo‘shiqlar (video)
Hind kinosanoati vakillari tomonidan suratga olingan filmlar rang-barang raqslar va musiqiy chiqishlarga boy ekani bilan boshqalardan ajralib turadi. Band turmush tarzidan charchagan va biroz chalg‘ishni istaganlar uchun Bollivud filmlaridagi kliplar ayni muddao. “Pakana oshiq” filmidan Shohrux Xonning filmografiyasidagi eng muvaffaqiyatsiz, Bollivudning eng yomon filmlaridan biri ekaniga qaramay, kartinadagi musiqa va qo‘shiqlar kishining kayfiyati ko‘tarilishiga hissa qo‘shadi. “Hiqichoq” filmidan Sujetga ko‘ra Turetta sindromidan aziyat chekadigan Nayna Matur ismli qiz muallim bo‘lishni istaydi. Muvaffaqiyatga erishishiga hech kim ishonmagan bir vaqtda qizga Avliyo Notker maktabidan ish taklif qilinadi. Yaqinlari, maktab rahbari va o‘quvchilarning masxara hamda pichinglariga qaramay Neyra yuklatilgan vazifaning uddasidan chiqadi. “Nuqson” filmidan 2019-yilda suratga olingan mazkur filmda Aliya Bhatt va Varun Dhavan suratga tushgan. Musiqalar Pritam Chakraborti va Ankit Bahlara tomonidan yozilgan. “Yashirin yulduz” Otasi qattiqqo‘l bo‘lgan Insu ismli qiz mashhur xonanda bo‘lishni istaydi. Uning iste’dodidan faqat buvisi, onasi va ukasining xabari bo‘ladi. Yaqinlarining ko‘magi bilan qiz qo‘shiq kuylab YouTube’ga qo‘yadi. Minglab muxlislar yuzini yashirib qo‘shiq kuylagan, iste’dodli qizning kim ekanligini bilishni va uni sahnada ko‘rishni istaydi. “Pikey” filmidan Amir Xon mazkur filmda Yerda qurilmasini yo‘qotib qo‘ygan va uyga qaytishni istaydigan o‘zga sayyoralik (bosh qahramon) rolini ijro qilgan. Unga bu borada jurnalist qiz yordam beradi. Pikey esa o‘z navbatida qizga yoqtirgan yigitini qaytarishga ko‘maklashadi. Qurilmasini topmagunicha odamlar orasida qolishga majbur bo‘lgan qahramonning beradigan savollari hayotga boshqacha nazar bilan qarashga undaydi.
75
1,806
Madaniyat
Devid Bekhem Instagram’dagi akkauntini Xarkovdagi tug‘uruqxona shifokoriga foydalanishga berdi
Britaniyalik sobiq sportchi Devid Bekhem Instagram’dagi akkauntini Xarkovdagi tug‘uruqxona shifokoriga berdi, deb yozadi Harper’s Bazaar. Sobiq sportchi Devid Bekhem o‘zining sahifasini ukrainalik shifokorga foydalanishga berdi. Kun davomida Bekhemning sahifasini bolalar anesteziologi va Xarkovdagi mintaqaviy perinatal markaz rahbari Irina Kondratova boshqardi. U britaniyalik futbolchining 71 million kuzatuvchisiga ushbu qiyin davrda tibbiy markaz qanday ishlayotganini ko‘rsatdi. Irina tug‘uruqxonaning hozirgi ishi, homilador va farzandli bo‘lgan ayollar yerto‘lada qanday yashiringanligi haqida bir nechta stories’lar joylashtirdi. Shu tariqa Bekhem jahon hamjamiyatining e’tiborini sodir bo‘layotgan voqealarga qaratmoqchi bo‘ldi va BMT Bolalar jamg‘armasiga xayriya qilishga chaqirdi. Bekhem ushbu qarorini 2022-yil 20-mart kuni o‘zining so‘nggi postida e’lon qildi. “Irina va unga o‘xshagan boshqa shifokorlar Ukrainada insonlar hayotini saqlab qolish uchun qilayotgan ajoyib ishlari haqida ko‘proq bilish uchun mening stories’larimni ko‘ring. Iltimos, UNICEF’ga yordam ko‘rsating”, — deya futbolchi obunachilarga murojaat qildi.
94
1,140
Madaniyat
Moskvada Dmitriy Maryanov bilan vidolashuv marosimi bo‘lib o‘tmoqda
Aktyor Dmitriy Maryanov bilan vidolashuv marosimi Rossiya kinematografchilar markaziy uyida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda. “Vidolashuv Kino uyining katta zali foyesida 18-oktabr, chorshanba soat 11:00 dan 13:00 gacha bo‘lib o‘tadi. Dmitriy Ximki qabristonida dafn etiladi”, — ma’lum qildi aktyorning agenti Alevtina Kungurova. Dmitriy Maryanovning o‘limi sababi sifatida tomirda ivib qolgan qonning uzilishi ko‘rsatilmoqda. Rossiya Tergov qo‘mitasi aktyorga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatilmagani holati bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘adi. Bunga Moskva viloyatidagi Lobna shahri mediklari Maryanovga tezkor tibbiy yordam ko‘rsatmagani va u tanishlari avtomobilida kasalxonaga borishga majbur bo‘lgani haqidagi maqolalar sabab bo‘ldi.
67
741
Madaniyat
Netflix tomoshabinlarga filmlar va seriallar syujetiga ta’sir qilishga imkon beradi
Netflix kompaniyasi tomoshabinlarga o‘z xohishlariga ko‘ra filmlar yoki seriallardagi syujet burilishlarini o‘zlari tanlashga imkon berishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Bloomberg agentligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi. Xabar berilishicha, kompaniya bu yo‘nalishdagi birinchi loyihani joriy yilning oxirigacha ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, tomoshabinlar o‘z xohishiga ko‘ra, “Qora ko‘zgu” serialining yangi mavsumida taqdim etilgan syujet yo‘nalishlaridan birini tanlashi mumkin bo‘ladi. Serialning taqdimot sanasi dekabr oyiga belgilangan bo‘lib, u bu turdagi birinchi tajriba hisoblanadi. Kompaniya bir nechta loyiha bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
83
698
Madaniyat
Shohrux Xonning qizidan Sanni Deolning o‘g‘ligacha: Bollivud yulduzlarining kinoga kirib kelayotgan farzand va nevaralari (foto)
Sara Ali Xon, Ananya Pandey va Janvi Kapur muvaffaqiyatga erishganidan so‘ng, kino ixlosmandlar yana yangi bo‘lajak yulduzlarning debyutlarini intiqlik bilan kutmoqda. Bollywoodtime nashri yaqin orada bir qancha mashhurlarning farzandlari filmlarda suratga tushishini ma’lum qildi. Suhana Xon — Shohrux Xonning qizi Suhana Xon Bollivud qiroli Shohrux Xonning qizi. U tez orada namoyish etilishi kutilayotgan Bollivudning mashhur rejissorlaridan biri Zoya Axtarning “Archi” nomli loyihasida debyut rolini ijro etdi. Yosh aktrisa o‘ziga xos liboslari va suratlarini millionlab kuzatuvchilari bilan bo‘lishib, allaqachon ijtimoiy tarmoqlarda mashhurlikka erishgan. Suhana Xon avvalroq Teodor Gimenoning “Kulrang — ko‘kning bir qismi” nomli qisqa metrajli filmda ham ishtirok etgan. Kxushi Kapur — Shridevining qizi Bollivud olamida yuksak cho‘qqilarni zabt etgan marhum aktrisa Shridevi va prodyuser Boni Kapurning kenja qizi Kxushi Kapur Shohrux Xonning qizi Suhana bilan birga bir filmda ishtirok etmoqda. Uning opasi Janvi esa hozirda Bollivudning mashhur aktrisalaridan biriga aylanib ulgurgan. Tobora mashhur bo‘lib borayotgan opa-singillar tez orada katta ekranlarda ijod qilishni boshlaydi. Agstya Nanda — Amitabh Bachchanning nabirasi Bollivudning afsonaviy aktyorlaridan biri Amitabh Bachchan va Raj Kapurning nabirasi Agastya Nanda ham “Archi” serialida rol o‘ynamoqda. Rejissor Zoya Axtar bir vaqtning o‘zida uchta mashhurning farzandlarini katta ekranlarga olib chiqishni rejalashtirgan. Rajvir Deol — Sanni Deolning o‘g‘li Sanni Deolning kenja o‘g‘li va Dharmendraning nabirasi Rajvir Deol taniqli rejissor Suraj Barjatiyaning o‘g‘li Avnish Barjatiya boshchiligidagi Rajshri Productions tomonidan taqdim etilishi kutilayotgan filmda ishtirok etadi. Paloma Takeriya — Punam Dillonning qizi Rajvir bilan birgalikda aktrisa Punam Dillonning qizi Paloma Takeriya birinchi marta katta ekranga chiqadi. Filmning suratga olish ishlari 2022-yilning iyul oyida Mumbay shahrida boshlanadi. Anjini Dhavan — Varun Dhavanning jiyani Bollivudning yana bir muvaffaqqiyatga erishgan aktrisalaridan biri Varun Dhavanning jiyani Anjini Dhavanini Karan Johar shogirdlikka olgan. U bundan 10 yil oldin Varun Dhavanni aktyor sifatida “Yil talabasi” filmi orqali muxlislarga tanishtirgan. Aktrisa hozirda raqsga tushish, akrobatika va aktyorlik mahoratida saboq olmoqda. Unga shu vaqtga qadar bir nechta loyihalardan takliflar berilgan, biroq aktrisaga ssenariy ma’qul kelmagani uchun ularni rad etgan. Hozirda esa uning ishtirokidagi Karan Joharning yangi loyihasi namoyish etilishi kutilmoqda. Alize Agnixotri — Salmon Xonning jiyani Bollivud yulduzi Salmon Xonning jiyani ham tez orada kinodagi faoliyatini boshlaydi. Bu xabarni Salmon Xon ham tasdiqlagan. Alize aktyor va prodyuser Atul Agnitxori va Salmon Xonning singlisi Alvira Xonning qizi. Alize amakisi Saroj Xon bilan birgalikda raqs tushishni o‘rgangan va uning prodyuserligi ostidagi filmda suratga tushishi kutilmoqda. Shaniya Kapur — Sanjay Kapurning qizi Aktyor Sanjay Kapurning qizi ham Karan Johar prodyuserligidagi filmda ishtirok etishi kutilmoqda. Karan Johar Bollivudning mashhur yulduzlarining farzandlarini filmlarda birga ishtirok etishini ta’minlashi bilan ham shuhrat qozongan. Shaniya avvalroq Javhi Kapur ishtirokidagi 2020-yilda suratga olingan “Uchuvchi Gunjan Saksena” biografik filmida ish olib bordi. Ya’ni u rejissor yordamchisi sifatida ishladi. Endi esa “Badrinath kelini” va “Yurak urishi” filmlari bilan tanilgan rejissor Shashank Xaytanning “Dovyuraklik” nomli romantika yo‘nalishidagi melodramada suratga tushmoqda. Ko‘plab reklama roliklarida suratga tushgan aktrisaning muxlislari uning kinodagi debyutiga katta qiziqish bildiryapti. Namashi Chakraborti — Mitxun Chakrabortining o‘g‘li Mitxun Chakrabortining kenja o‘g‘li Namashi Chakraborti Bollivuddagi ilk debyutini Rajkumar Santoshining “Yomon yigit” filmi bilan boshlamoqda. Aktyor filmda prodyuser Sajid Kureshining qizi Amrin bilan birga rol ijro etadi. Amrin — Sajid Kureshining qizi Romantik komediya 2020-yilda katta ekranlarga chiqishi kerak edi, biroq pandemiya tufayli uni keyinga qoldirishga to‘g‘ri keldi. Aktrisa yaqinda Instagram’dagi jonli efirida film 2022-yil iyul oyida chiqishi rejalashtirilayotganini ma’lum qildi. Bobil Xon — Irfon Xonning o‘g‘li Marhum aktyor Irfon Xonning o‘g‘li Bobil Xon ham Bollivuddagi filmlarda debyutini boshlamoqda. Aktrisa Tripti Dimri ham ishtirok etayotgan filmga Anushka Sharmaning ukasi Karnesh Sharma prodyuserlik qilgan. Loyiha “Qal’a” deb ataladi. Karnesh intervyusida Bobilni maqtab, uning aktyorlik uslubi va kamera qarshisida o‘zini erkin tutishi xuddi otasiga o‘xshab ketishini aytgan. Palak Tivari — Shveta Tivarining qizi Palak — taniqli aktrisa Shveta Tivarining qizi. 2021-yil u panjoblik qo‘shiqchi Xardi Sandxuning klipida suratga tushgan va bu tomoshabinlar tomonidan juda yaxshi qabul qilingan. Palak Bollivuddagi debyutini “Vishal Ranjan Mishra” filmi rejissori Rozi bilan boshlagan. Film 2021-yilning oktabr oyida chiqishi kerak edi, ammo noma’lum sabablarga ko‘ra kechiktirildi.  Bollivud yulduzlari Amitabh Bachchanning nevarasi, Shohrux Xon va Shridevining qizlari bir filmda debyut rolini ijro etmoqda (video)
128
5,229
Madaniyat
O‘zbekistonlik xonandalar o‘zlari uchun bayram e’lon qildi
“Darakchi” gazetasining yozishicha, internetda o‘zbekistonlik qo‘shiqchilar 5-iyunni xonandalar kuni deb e’lon qilgani haqida fotoxabarlar tarqalgan. Xususan, “Nihol” mukofoti sovrindori Mashhurbek O‘zbekiston xalq artistlari Ozodbek Nazarbekov va Gulsanam Mamazoitova, shuningdek, xonandalar Umida Mirhamidova, Dilso‘z, Sayyorai Jahon, Shirin Mamatova kabilar bilan birga qo‘lda besh raqamini ko‘rsatib, selfiga tushgan. “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi matbuot kotibi Muzaffar Sayfullayevning “Darakchi”ga ma’lum qilishicha, bunday bayram haqida uning xabari yo‘q. “Shuning uchun bir gap ayta olmayman. Balki xonandalarning o‘zi kelishgan holda biror loyiha o‘ylayotgandir. Ammo bu hali rasmiy emas”, — dedi “O‘zbeknavo” vakili. Mazkur yangilik yuzasidan “Darakchi” gazetasi shov-shuvga sabab bo‘lgan selfi muallifi — Mashhurbekka murojaat qilgan. “O‘ylab qarasak, xonandalarning bayrami yo‘q ekan. Hammaning yaxshi kun, bayram tadbirlarida ishtirok etib, o‘zimizga kelganda nega bayram qilmasligimiz kerak? Shuning uchun, hozircha xonandalar bilan kelishgan holda, 5-iyunni o‘zimizning bayram deb e’lon qilmoqchimiz”, — dedi Mashhurbek. “Bu sana bilan bog‘liq rejalashtirgan shou-dasturimiz ham bor. Faqat to‘liq ma’lumotni bayram kuni yaqinlashganda e’lon qilsak, yaxshi bo‘lardi. Aslida bayram — bir bahona, diydor g‘animat”, — deya qo‘shimcha qildi xonanda.
58
1,364
Madaniyat
“O‘lish uchun yaxshi kun” filmiga taqriz
Filmning original nomi: A Good Day to Die Hard Rejissor: Jon Mur Rollarda: Bryus Uillis, Jey Kortni, Sebastian Kox, Yuliya Snigir, Sergey Kolesnikov va boshqalar Janr: Jangari, kriminal, triller AQSh, 2013-yil. Film rasmiy posteri Rossiya. Bir tomonda noqonuniy ishlarga boy o‘tmishidan qo‘rqqan yirik siyosatchi Viktor Chagarin (Sergey Kolesnikov). Ikkinchi tomonda bulardan xabardor sobiq milliarder mahbus Yuriy Komarov (Sebastian Kox). Komarovni Chagarinning kutilayotgan hujumidan saqlash maqsadida yollangan maxsus agent Jek (Jey Kortni) esa uchinchi tomonda. Xo‘sh, Jon Makkleynning (Bryus Uillis) bularga qanaqa aloqasi bor ekan deysizmi? O‘sha maxsus agent qahramonimizning o‘g‘li bo‘lib chiqadi! Xullas, topshiriq yuzasidan jo‘rttaga qamoqqa tushgan Jek haqida otasi matbuot orqali xabar topadi va Rossiyaga uchib keladi. Makkleynning Rossiyadagi sarguzashtlari qo‘shiq shinavandasi bo‘lgan taksi haydovchisi bilan do‘stona suhbatdan boshlanadi. Sud binosidagi portlashdan so‘ng Jek Komarovni olib, belgilangan manzilga yetkazish yo‘lida otasi avval unga xalaqit bermoqchi bo‘ladi, uning maxsus agent ekanligi haqida bilgach esa, yordam berishga kirishadi. Taksi haydovchisi bilan suhbat Filmning keyingi qismi o‘ta tezkor va kutilmagan voqealarga boy. Komarovning qizi Irinaning (Yuliya Snigir) o‘zigina voqealar rivojining keskin burilishlaridan bir nechtasiga sabab bo‘ladi. Uning goh yaxshi tomonda bo‘lishi, goh “dushman” tomonga o‘tib olishi kishini ba’zan chalkashtirib yuboradi. Irina (Yuliya Snigir) Filmning eng qizigan va “ekshn”ga boy sahnalarida ota-bola o‘z munosabatlarini hal qilishlariga avval tushunmayroq turgan edim, keyin filmning jangari janrda ekanligi yodimga tushdi. Jon (Uillis) va Jek (Kortni) Makkleynlar Die Hard filmlari ketma-ketligida navbatdagi rejissor bo‘lgan Jon Mur filmda bir qancha yangiliklar qilishga harakat qilgan. Shulardan eng ko‘rinarlilari bu — Jon Makleynning qahramonliklarni o‘g‘li bilan birgalikda amalga oshirishi va film voqealarining Rossiyada bo‘lib o‘tishidir. Film voqealari tez rivojlangan, hatto ba’zi joylari haddan tashqari tez. Shu sababli tomoshabin  Jek haqida yetarlicha tafsilotlarni bilishga ulgurmay qoladi. Bundan tashqari, filmning markazida yotgan ota-bola munosabatlari ham to‘liq ochilmay qolgan. Ota-bola Makkleynlar Komarov (Kox) bilan Aktyorlar ijrosiga kelganda, ularga tan bermasdan iloj yo‘q. Xususan, asli Rossiyalik bo‘lmagan aktyorlar Jey Kortni va Sebastian Koxlar rus xarakterini ko‘rsatib bera olganlar. Yuliya Snigir esa ustomonlik bilan va ishonarli tarzda o‘z qahramonini turli yo‘nalishlarga sola olgan. Filmda ishonish qiyin bo‘lgan ba’zi voqeliklar ham bor. Bular Die Hard filmlariga xos bo‘lgan otishmalar sahnasidan tortib, qahramonlarning manzilga vertolyotdan oldin yetib borishlarigachadir. Qahramonlar Xulosa: Film syujet jihatidan oldingi qismlariga qaraganda kuchsizroq. Lekin bir marta maza qilib ko‘rsa bo‘ladi. Baho: 8 ball (10 ballik tizimda). Siz bu filmga qanday baho bergan bo‘lardingiz?
40
3,015
Madaniyat
Ekspert: hozir o‘zbek naqshlari urfda, Sovet davrida ular ekzotika edi
Estoniyalik yozuvchi va Sovet davridagi “Siluet” moda jurnalining sobiq xodimi Maymu Berg o‘zbek matolari nashr dizaynerlariga ajoyib liboslar yaratishga yordam bergani haqida hikoya qildi, deb yozmoqda Sputnik. Bergning aytishicha, Sovet davrida nashr rassomlari juda chiroyli, yorqin milliy matolar uchun O‘zbekistonga borgan va ana shu bezaklar bilan matolardan chiroyli va zamonaviy liboslar yaratgan. Hozirgi kunda bu suratlar modada, biroq o‘sha vaqtda bu ekzotika bo‘lgan.
70
480
Madaniyat
Sevara Nazarxon o‘zbekistonlik hamkasblari, kinoda rol ijro etishi va onalik baxti haqida
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sevara Nazarxon “Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida o‘zbekistonlik hamkasblari, kinoda rol ijro etishi va onalik baxti haqida so‘zlab berdi, deb yozadi “Darakchi.uz”.  — Bilishimcha, siz ayni kunlarda yangi albom ustida ish olib boryapsiz... — Gapingiz to‘g‘ri, biz ijodkorlar muxlislarimizga qo‘shiqlarimizning sarasini ilinamiz. Yangi albomga kelsak, u deyarli tayyor. Ammo taqdim etish sanasi hozircha noaniq. Bu borada hali bir to‘xtamga kelmadik. Yangi musiqiy to‘plamdan o‘rin olgan barcha qo‘shiqlarimning musiqasini o‘zim yozdim. Bu haqdagi batafsil ma’lumotlarni muntazam ravishda ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifam orqali berib boryapman. — O‘zbek ijodkorlaridan kimlarinng qo‘shiqlarini eshitasiz? — Milliy qo‘shiqlarimizning o‘ziga xos, hech qayerda uchramaydigan ohangini sog‘inaman. Bunday paytlarda odatda Tavakkal Qodirovning ijodiga murojaat etaman. Shou biznesimizdagi xonandalarning ijodini kamdan kam eshitaman. Oxirgi marta xonanda Shahriyorning albomini tingladim. To‘plam hali oxirigacha tugallanmagan bo‘lsa-da, ko‘p tomonlama menga ma’qul bo‘ldi. Shahriyorning yoshi ulg‘aygani qo‘shiqlaridan sezilib turibdi. — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rashid Holiqov, “Setora” guruhining birinchi tarkibi bilan kuylagan duetlaringiz juda mashhur bo‘lgandi. Yana kimlar bilan hamkorlik qilishni istardingiz? — Agar bir tinglashning o‘zida qo‘shiqni “sevib” qolsam va duetdoshim haqqoniy kuylay oladigan ijodkor bo‘lsa, takliflarni qabul qilaman. — Masalan, Jahogir Otajonov? — Nega endi yo‘q?! Bo‘lishi mumkin. — Aktrisa Asal Shodiyeva sizning ijodingizni kuzatib turishini ijtimoiy tarmoqlardagi suratlaridan bildirib turadi. Siz ham uning ijrosidagi filmlarni tomosha qilasizmi? — Asal juda yoqimtoy aktrisa. Samimiyatini va ochiqko‘ngilligini hurmat qilaman. U bilan suhbatlashish yoqadi. Ammo filmlari haqida hech narsa deyolmayman. — Rossiya telekanallarining birida “Toch-v-toch” loyihasida ishtirok etdingiz. Ushbu loyihadan aktyorlik mahoratingiz kuchli ekanligini sezdik. Kino san’atida ham o‘zingizni sinab ko‘rish niyatingiz bormi? — Ba’zida ijodiy rejalarimni xayolan ko‘z o‘ngimdan o‘tkazaman (o‘ylanib). Lekin sira kinoda o‘zimni tasavvur etolmayman. Chunki aktyorlik mahoratimni unchalik yuqori baholamayman. Ammo mahoratli rejissyor va yaxshi ssenariyli filmga taklif etishsa, bir martagina o‘zimni sinab ko‘rishim mumkin. Ammo aytib qo‘yay, yaxshi aktrisa emasman deb avvaldan ogohlantirdim. Shu sabab bir kun kelib meni kinoda ko‘rganingizda, “shu rolni o‘ynamagani yaxshi edi”, demaysiz (kuladi). — Aytishlaricha fe’l- atvoringiz biroz og‘ir ekan... — Men birovlar bilan o‘zim haqimda gaplashmayman. Balki atrofimdagilarning o‘zi og‘ir fe’lli bo‘lishgani uchun menga shunday ta’rif berishgandir… — Hayotiy prinsiplaringiz haqida gapirib bersangiz. — Bu haqida gapirsam, suhbatimiz ancha vaqtga cho‘zilib ketishi aniq. Chunki bu uzoq gapiriladigan mavzu. Mayli, shunday bo‘lsa-da, prinsiplarimni qisqaroq tushuntirib berishga harakat qilaman. Hayotda mayda-chuyda, e’tibor talab qilmaydigan narsalarga ahamiyat bermaslikka harakat qilaman. Ular hayotni qiyinlashtiradi. Inson doim sevimli kasbi yoki mashg‘ulotlari bilan band bo‘lib, o‘zini baxtli his etib, yashashi kerak deb hisoblayman. — O‘zingizni tushunmaydigan paytlaringiz ham bo‘ladimi? — Albatta! Ayniqsa Xitoy tilida gaplashsam o‘zimni-o‘zim sira tushunmayman (kuladi). — Yaqinda yana bir bor onalik baxtiga erishdingiz. Qizingiz Imon Anvardan keyin hayotingizda qanday o‘zgarishlar bo‘ldi? — Farzandli bo‘lish baxti va quvonchini oddiy so‘zlar bilan ta’riflash, izohlab berish mushkul. Qizim tug‘ilgach, baxtimiz ikki karra oshdi deya olaman. Bunday baxt hammaga nasib etsin deb tilab qolaman. — Imon Anvar dadangizning xotirasiga qo‘yilgan ismligi rostmi? — Bu ism otamning biz farzandlarga bergan mehri, hayotda doim yaxshi ota bo‘lishga intilishidan xotira. — O‘zga davlat safarlarda bo‘lganingizda, Vatan sog‘inchini qanday yengasiz? — Vatan mening qalbimda! Sog‘inganimda esa qalbimga quloq tutaman va u albatta meni eshitadi. — Ashaddiy muxlislaringiz xorijdagi konsert dasturlaringizni internet tarmoqlari orqali kuzatib borishadi. Ammo hammani qiziqtirgan savol bor, ya’ni Sevara Nazarxon qachon O‘zbekistonda yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi? — Tashkiliy ishlarni hal qilsak, tez orada yakkaxon konsert berish niyatidamiz.
89
4,391
Madaniyat
“Yulduzlar jangi” rekord tezlikda 1 mlrd dollar yig‘di
“Yulduzlar jangi: Kuchning uyg‘onishi” filmi tushumlarni yig‘ish tezligi bo‘yicha rekord o‘rnatdi. Bu haqda Associated Press bergan ma’lumotlarga asosan “Gazeta.ru” xabar qilmoqda. Saganing yangi epizodi AQShda namoyish etila boshlangandan buyon to‘qqiz kun ichida bir milliard dollar yig‘di. Ma’lum qilinishicha, “Yulduzlar jangi” 1,090 milliard dollar daromad topib, shundan 544 million dollarni AQShda  va 546 million dollar miqdoridagi tushumni xorijda yig‘di. Box Office Mojo portalining reytingida “Kuchning uyg‘onishi” kartinasi tarixdagi eng tijoratbop filmlar ro‘yxatida 15-o‘ringa chiqib bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, “Yulduzlar jangi: Kuchning uyg‘onishi” filmi prokatning birinchi uik-endidagi yig‘imlar bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatgan edi.
54
751
Madaniyat
O`zbek rejissyori 11 sentyabr voqealari asosida film suratga olmoqda
«O`zbekkino» Milliy agentligi Badiiy kengashining 19 yanvar kuni bo`lib o`tgan navbatdagi yig`ilishida «101-reys» badiiy film loyihasining taqdimoti Kengash a`zolari tomonidan bir ovozdan ma`qullandi. Bu haqda agentlik saytida xabar berilgan. Yig`ilishda 2ta badiiy va 1 ta hujjatli film loyihasi muhokama etilgan, jumladan rejissyor Akrom Shohnazarov hamda Erkin A`zam badiiy rahbarligida tayyorlangan «101-reys» filmi shular sirasidan. Film real voqeaga asoslangan bo`lib, unda 2001 yil AQShning Nyu-York shahrida sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida Shimoliy Amerika havo hududida qiyin vaziyatda qolgan – bortida 180 nafar yo`lovchi bo`lgan «O`zbekiston havo yo`llari» aviakompaniyasiga qarashli Boing-767 samolyotining 101-reys ekipaji ko`rsatgan jasorat haqida hikoya qilinadi. Terrorchilik xuruji sabab, AQSh havo hududiga kirish taqiqlab qo`yiladi, shu vaqtda Nyu-Yorkning Jon Kennedi nomli aeroportiga yaqinlashib kelayotgan 101- reys ekipaji esa bundan bexabar edi. Havo kemasini qo`ndirishga hozirlik ko`ra boshlagan ekipaj a`zolari aeroport dispetcherlaridan rad javobini olgach, samolyot shahar osmonini yana bir necha marta aylanib, Kanada xalqaro aeroportiga yo`l olishga majbur bo`ladi. Biroq shu kuni yo`nalishini o`zgartirgan samolyotlarning aksariyati aynan Kanada aeroportiga qo`nishga majbur bo`lgani sababli, dispetcher 101-reysga faqatgina 3 soatdan keyin qo`nishga ruxsat bera olishini ma`lum qiladi. Baxtga qarshi samolyotning bitta dvigateli ham ishdan chiqadi va bu kema yo`lovchilari orasida vahima ko`tarilishiga olib keladi. Yoqilg`i qolmaganligi sabab eng yaqin aeroportga ham etib bora olmasligi oydinlashib qolgan 101-reys ekipaji o`ta qiyin bir vaziyatda qolgan edi. Shunda, kema kapitani Zarxo`ja Saidazimov barcha mas`uliyatni zimmasiga olib, o`ta xavfli bo`lsada tavakkal qilishga qaror qiladi...
68
1,842
Madaniyat
Eshton Katcher Apple asoschisi Stiv Jobs roli sababli shifoxonaga tushdi
27 yanvar kuni AQSHdagi “Sandens” festivalida “Jobs” filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi. Bu filmda bosh rolni taniqli aktyor Eshton Katcher ijro etgan. foto: nnm.ru Aktyorning aytishiga qaraganda, uni oshqozon muammoosi qiynagan. Sababi u ham Apple asoschisi kabi mevali diyeta qilgandi. Suratga olish ishlarining ikkinchi kuniyoq aktyor gospitalga yotqizildi. “Faqat meva yeyish inson o‘limiga sabab bo‘lishi mumkin. Men og‘riqdan o‘rnimdan turolmay qoldim. Shifokorlar aytishdiki, agar yana shunday davom etsa... Bu chindan ham qo‘rqinchli edi” dedi aktyorning o‘zi USA Today gazetasiga bergan intervyusida.
72
610
Madaniyat
“Taxtlar o‘yini” seriali oltinchi mavsumining tizeri chiqdi (video)
Internetda “Taxtlar o‘yini” seriali oltinchi mavsumining yangi tizeri paydo bo‘ldi. Videoda Oq-Qora uy — serialdagi o‘lim xudosi Ko‘pyuzlining ibodatxonasi aks etgan. U yerda serialning vafot etgan va tirik bo‘lgan, shuningdek, taqdiri hali noma’lum bo‘lgan (masalan, Jon Snou) qahramonlari yuzlarini ko‘rish mumkin. Oltinchi mavsumning birinchi seriyasi 2016-yil 24-aprelda namoyish etiladi.
67
392
Madaniyat
Nilufar Usmonovaning “Kuyla” qo‘shig‘iga klip suratga olindi (foto)
Nilufar Usmonovaning “Kuyla” deb nomlangan yangi taronasiga videoklip suratga olindi. Klip rejissori Yodgor Nosirovdir. Videoklipda xonanda turli xil qiyofada namoyon bo‘lgan. Nilufarning soch turmagi hamda pardozini imijmeyker Artyom Drobishev yaratgan. Raqslar xoreograf Natalya Kruglova tomonidan amalga oshirilgan. Eslatib o‘tamiz, “Kuyla” taronasi matni Shuhrat Nuraliyev tomonidan yozilgan, musiqasini esa Jasur Abdurahmonov bastalagan.
67
447
Madaniyat
Jastin bilan darz ketgan munosabatlar, ortiqcha vazn va depressiya — Selena Gomes boshdan kechirgan qiyinchiliklar
Disney yulduzi Selena Gomes musiqa va kino olamida yetarlicha muvaffaqiyatga erishgan. Kuylagan qo‘shiqlari orqali boshdan kechirganlarini ifodalaydigan xonanda so‘nggi yillarda duch kelgan muammolar haqida ma’lumot berib o‘tamiz. Muxlislar Selenaning kanadalik xonanda Jastin Biber bilan munosabatlarini yaxshi eslaydi. 2010-yilda tanishgan juftlik 7 yil davomida bir necha marta ayrilgan va yarashib olgan. So‘nggi marta 2018-yilda munosabatlarini qayta tiklashga urinish baxtli yakun topmagan. Tashqaridan hammasi yaxshidek ko‘ringani bilan, Selena bu munosabatlarni “zaharli” deb atagan va Jastinni uning fe’l-atvori yaxshiligidan foydalanishda ayblagan. “Men haqiqatan ham emotsional zo‘ravonlikning qurboni bo‘lganman. Buni ulg‘ayganimdan keyin tushunib yetganman. Qolgan umrimni bu haqda gapirib o‘tkazishni xohlamagan bo‘lardim, lekin men har qachongidan ham kuchliroq ekanligim va bu vaziyatdan munosib chiqib ketish yo‘lini topganimdan faxrlanaman”, — degan Gomes. Salomatlik bilan muammo 2014-yilda mashhurlikning cho‘qqisida bo‘lgan xonanda birdaniga ko‘rinmay qoldi. U bir yil o‘tib bunga aniqlik kiritgan. Ma’lum bo‘lishicha, 2013-yilda unga kam uchraydigan autoimmun kasallik — qizil volchanka tashxisi qo‘yilgan. Ahvoli yomonlashgan Selenaning ikki marta kimyoterapiya muolajalarini olishiga to‘g‘ri kelgan. 2017-yilda kasallik asoratlari bezovta qilgani sababli buyrak ko‘chirib o‘tkazilishiga to‘g‘ri kelgan. Unga dugonasi Fransiya Raysa donorlik qilgan. Psixiatriya shifoxonasida davolanish Sahnani vaqtinchalik tark etganidan keyin Gomesda ruhiy muammolar kuzatilgan. Depressiyaga tushib qolgani uchun o‘zini aqldan ozgan deb hisoblagan hatto. 2020-yilda Amerikadagi ruhiy kasalliklar shifoxonasiga murojaat qilgan Selenaga bipolyar parokandalik (kayfiyatning keskin o‘zgarishi bilan bog‘liq ruhiy xastalik) tashxisi qo‘yilgan. Maxsus davolanishda davom etayotgan xonanda kayfiyati bilan bog‘liq muammolardan avvalgidan kamroq shikoyat qiladi. Do‘st va yaqinlari bilan muloqot o‘zini yaxshi his qilishiga hissa qo‘shishini ta’kidlaydigan qo‘shiqchi toza havoda sayr qilish ham tinchlantirishini qo‘shimcha qiladi. Vazn bilan bog‘liq muammo Uzoq muddat davomida gormonli muolajalar bilan davolanish Selenaning qomatiga ta’sir etmay qolmagan. Keskin vazn to‘plaganiga paparatssiyachilar turli rakursdan olingan suratlarni sariq matbuotda e’lon qilmagunicha unchalik e’tibor bermagan. Suratlarni ko‘rgan muxlislari kumirini o‘zini tashlab qo‘yganlikda ayblagan. “Odamlar vaznim ortgani sabab menga e’tiroz bildirishni boshlagan. Mening yashagim kelmay qolgan”, — deb tan oladi xonanda. O‘zini qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lganidan keyin esa xonanda to‘g‘ri ovqatlanish va muntazam ravishda sport bilan shug‘ullanishga harakat qilgan. U to‘liq ijodga qaytgan va imiji borasida ham bir necha marta o‘zgarishlar qilib ko‘rgan.
114
2,844
Madaniyat
Yulduzlar ozishdan oldin va keyin
Dunyo shou-biznesi vakillari hayoti va faoliyatida tashqi qiyofaga katta ahamiyat beriladi. Kimningdir semirib yoki ozib ketganligi xalqaro OAVda doimo katta shov-shuvga sabab bo‘ladi. Quyida biz qisqa vaqt ichida keskin ravishda ozishga muvaffaq bo‘lgan ba'zi yulduzlar haqida hikoya qilamiz. Keyt Uinslet “Titanik” filmi orqali jahonga tanilgan ingliz aktrisasi Keyt Uinslet ikki farzandli bo‘lganidan keyin ancha semirib ketgan edi. Ammo u 2011-yili Roman Polanskining “Qirg‘in” (Carnage) filmi premyerasida yangicha qiyofada namoyon bo‘lib, hammani hayratga soldi. Keyt parhez va fitnes mashg‘ulotlari sharofati bilan 25 kilogrammlik ortiqcha vazndan qutulishga muvaffaq bo‘lgan. Kelli Ozborn Taniqli musiqachi Ozzi Ozbornning qizi bo‘lmish Kelli Ozborn 3 yil avval 20 kilogrammga ozib, muxlislarini hayron qoldirdi. Ma’lum bo‘lishicha, xonanda hamda aktrisa bo‘lgan Kelli har kuni kamida yarim soat yugurish bilan shug‘ullanadi va faqat yengil taomlar tanovvul qiladi. Jessika Simpson Amerikalik qo‘shiqchi va aktrisa Jessika Simpson 27 kilogramm vazn tashlagan. Hozirda u sport zalida muntazam ravishda shug‘ullanadi. Ani Lorak Taniqli Ukraina qo‘shiqchisi Ani Lorak ham homiladorlik tufayli ancha semirib ketgan bo‘lishiga qaramay, tez orada 15 kilogrammga ozib, yana avvalgi qomatiga qaytdi. Uning aytishicha, ortiqcha vazn bilan kurashishda eng samarali usul bu — kechki oltidan keyin ovqat yemaslik va sport bilan shug‘ullanishdir. Hillari Daf Amerikalik aktrisa va qo‘shiqchi Hillari Daf ham homiladorlik tufayli ortiqcha vazn qo‘ygan edi. Lekin pilates va boks mashg‘ulotlari natijasi o‘laroq avvalgidan-da xushbichim gavdaga ega bo‘ldi. Jennifer Hadson Amerika shou-biznesining yana bir vakili Jennifer Hadson eng hayratlanarli darajada o‘zgargan yulduz bo‘ldi. U asosan parhez tutish va sport mashg‘ulotlari yordamida 40 kilogrammga yaqin ortiqcha vazndan xalos bo‘ldi. O‘zbek estradasi va kino olamida ham shu tarzda tashqi qiyofasini o‘zgartirishga muvaffaq bo‘lgan san’atkorlar bormi?
33
2,013
Madaniyat
The Beatles barabanchisi Ringo Starrga ritsar unvoni berildi
Britaniyalik musiqachi, The Beatles guruhi barabanchisi Ringo Starr ritsar unvonini oldi. Bu haqda Buyuk Britaniya hukumati rasmiy byulleteni The London Gazette xabar berdi, deb yozadi Meduza. Ringo Starr musiqadagi xizmatlari uchun ritsar unvoniga loyiq deb topildi. U unvonni haqiqiy ismi — Richard Starki bilan oldi. Ritsar maqomi uning ismiga “ser” qo‘shimchasini qo‘shish imkonini beradi. Shuningdek, Bee Gees guruhi asoschilaridan biri Barri Gibb ham ritsar unvoniga loyiq deb topildi. U unvonni musiqadagi yutuqlari va xayriya ishlariga qo‘shgan hissasi uchun oldi. 77 yoshli Ringo Starr 1962-yildan 1970-yilga qadar The Beatles kvarteti tarkibida musiqa chalgan. Ringo Starrdan tashqari The Beatles sobiq qatnashchilaridan biri Pol Makkartni ham ritsar unvoniga ega.
60
775
Madaniyat
Shahzodaning bu yilgi konsert dasturi qanday o‘tdi? (foto)
MyDay xonanda Shazodaning “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida bo‘lib o‘tgan konsert dasturidan fotoreportaj tayyorladi. Quyida ushbu fotoreportaj e’tiboringizga havola etiladi. Xonanda sahna bezatishda odatdagidek oddiylikka katta ahamiyat bergan. Sahna uchta katta led-panellar va markazda o‘zgaruvchan ko‘chma devor bilan bezatilgan. Monitorlarda qo‘shiqlarga hamohang tarzda video tasvirlar almashib turdi. Konsert dasturi uchta blokdan iborat bo‘lib, 19 ta tarona jarang sochdi. Ular orasidan yangi qo‘shiqlar bilan bir qatorda xit bo‘lishga ulgurgan ijod namunalari, shuningdek, duetlar o‘rin olgan edi. Konsertga tashrif buyurgan muxlislar xonandaning “Qo‘llar tepaga”, “Chikko”, “Billioner” kabi taronalarini birgalikda ijro etdilar desak ham bo‘ladi. Maftunkor Shahzoda konsert davomida to‘rt marta duet kuyladi. Xonandaning ilk duetdoshi Yorqinxo‘ja Umarov bo‘lib, ular birgalikda Shaxzodaning eng mashhur taronalaridan biri bo‘lmish “Qo‘llar tepaga”ni ijro etdi. Ikkinchi blokda xonanda taniqli “Benom” guruhi vakillar Sarvar va Komil bilan tojikcha qo‘shiq kuyladilar. Shahzodaning navbatdagi duetdoshi uning qadrdon dugonasi va hamkasbi Nilufar Usmonova bo‘ldi. Mashhur “Chikko” taronasini esa xonanda to‘ng‘ich o‘g‘li Solih bilan birgalikda kuyladi. Konsert dasturi davomida tomoshabinlar zamonaviy raqs va balet ko‘rinishlaridan bahramand bo‘ldi. Shahzodaning ichki kechinmalari va dunyosini O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Nodira Hamroyeva yetkazib berishga harakat qildi. Xonandaning “Jajji qizaloq” taronasi jarang sochganda “Tantana” guruhining jajji qizaloqlari raqsga tushdi. Xonandaning konsert dasturi uchun dizayner Zulfiya Sulton tomonidan uch xil obraz yaratilgan bo‘lib, ularning har biri nozik did va katta mehr bilan yaratilgani yaqqol namoyon bo‘ldi. Har bir obraz Shahzodaning nozik qalbi va maftunkorligiga urg‘u berib turdi. Raqqoslarning obrazlari ustida ham alohida ishlangan bo‘lib, deyarli har bir tarona uchun ularning liboslaridagi detallar o‘zgarib turdi.
58
2,010
Madaniyat
Model Krissi Teygen Twitter’dagi sahifasini o‘chirib, 14 million obunachisi bilan xayrlashdi
Krissi Teygenning Twitter’dagi akkaunti “qorong‘i tomon”ga o‘tdi. Mashhur top-model Twitter’dan rasman chiqib ketmoqda. 14 millionlik obunachilarga yuborilgan bir necha tvitlarda u nega qaytarib bo‘lmaydigan tarzda sevimli akkaunti bilan xayrlashayotganini ma’lum qilgan. Bunga asosiy sabab – akkaunt hayotda ijobiydan ko‘ra ko‘proq salbiy rol o‘ynay boshlagan va aynan buni to‘xtatish vaqti kelgan. Shuningdek, Krissi muxlislari qo‘llab-quvvatlagani uchun ularga minnatdorlik bildirishni ham unutmagan: “10 yildan ortiq vaqt davomida siz mening olamimga aylandingiz. To‘g‘risini aytsam, bu yerda tashkil etilgan narsalar uchun juda ko‘p narsaga qarzdorman. Chindan ham ko‘pchiligingizni haqiqiy do‘stlarim deb bilaman. Ammo xayrlashish vaqti keldi”. Krissi so‘zida davom etar ekan, u internetdan “og‘ir jarohat” olganini va “negativlarni bloklash”ni o‘rganmaganligini aytgan. Ammo Krissi 34 million folloveri bo‘lgan Instagram’ni hali tark etish niyati yo‘qligini ta’kidlab o‘tgan.
92
984
Madaniyat
3-mayda Alisher Fayz saundtrek kuylagan “Onam bilmasin” filmi ekranlarga chiqadi
Jahongir Axmedovning “Onam bilmasin” deb nomlangan yangi komedik filmi 3-maydan kinoteatrlarda namoyish etila boshlaydi. Bu haqda Popcorn.uz xabar berdi. Bosh rollarni Matyoqub Matjonov, Saida Rametova, Nargiza Solmonova, Sherzod Saidaliyev (Sherzod Bin), Shahzoda Muhammedova hamda Asqar Hikmatov ijro etgan. “Onam bilmasin” filmi saundtrekini O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Alisher Fayz ijro etgan.
80
414
Madaniyat
Sun’iy soch, kontakt linzalar, rinoplastika — Gollivud yulduzi Merilin Monroning hammadan yashirgan 10 ta siri (foto)
Oddiy fabrika ishchisi Norma Jin Beyker — bo‘lajak aktrisa Merilin Monro mubolag‘asiz ekran yulduzi, go‘zallik va uslub ma’budasi edi. Biroq yoqimli tabassum ortida o‘ziga nisbatan ishonchsizlik, komplekslar, tashqi ko‘rinish, xulq-atvor, ovoz va sog‘liq muammolari yashiringandi. AdMe nashri Gollivud yulduzining maftunkor ko‘rinishi ortida qanday sirlar yashiringani haqida ma’lumot beradi. Merilin Monroning sochlari umrining oxiriga kelib bo‘yash va kimyoviy jingalak qilishdan to‘kila boshlagan Merilin Monro sochlarini bo‘yashdan oldin Merilin Monroning mashhur soch turmagi unga juda qimmatga tushgan. Aktrisa sochlarining o‘sish yo‘nalishini o‘zgartirish uchun elektroliz protsedurasidan foydalanadi — peshonasidagi tepadan pastga qarab uchburchak shaklida o‘sgan sochlardan xalos bo‘lishga harakat qiladi. Uzoq vaqt davomida Monro o‘zining tabiiy kulrang sochini sariqqa bo‘yab yurgan. Dastlab aktrisaning sochlari qizg‘ish rang qilib, yengilroq bo‘yaladi. Biroq Merilin sochlari sarg‘ish bo‘lishni xohlaydi. Shuning uchun u har safar sochlarini bo‘yaganda yanada och rangga almashtira boshladi. Natijada qiz platina sarg‘ish rangga erishdi. Ammo bu protseduralar sochlarining to‘kilishiga olib keldi. O‘sha paytda sochlarni och rangga bo‘yash uchun katta miqdorda sulfat kislota va vodorod periks kerak bo‘lib, u soch va bosh terisini kuydirardi. Monro shuningdek, sochlarini kuchli quvur tozalagich bilan jingalak qiladi. Aktrisa kimyoviy muolajadan haftasiga 2-3 marta soch ildizlarini ochartirish va sarg‘ishlikni mustahkamlash uchun foydalangan. Asta-sekin kino yulduzining sochlari zaif, jilosiz va mo‘rt bo‘lib qoladi va umrining oxirida u butunlay to‘kila boshlaydi. Shu sababli Merilin Monro parik kiygan. Masalan, 1961-yilda suratga olingan “Sargardon” filmida (yuqoridagi rasm) aktrisaning sochlari sun’iy. Merilin Monro bilaklaridan uyalgan Merilin Monro ko‘pincha qomatini nomukammal, bilaklarini esa beso‘naqay deb hisoblagan. Shu sababli suratga tushayotganda aktrisa qo‘llarini bukishga yoki kameraga yarim burilishga harakat qilgan. U qo‘lning bu qismi haqiqiy hayotdan ko‘ra fotosuratlarda nozik ko‘rinishini xohlagan. Aktrisa quloqlarini juda katta deb hisoblagani uchun ularni yashirib yurgan Gollivud yulduzini baland soch turmagida ko‘rish deyarli imkonsiz edi. Chunki hamma gap quloqlarida edi: aktrisa ularni juda katta deb, buni kamchilik deb hisoblagan. U deyarli har doim quloqlarini yopadigan soch turmagida yurgan. Merilin Monro iyagini operatsiya qildirgan 1948-yilda aktrisa Karyerasining boshida u bir kasting direktori unga “iyaksiz mo‘jiza” deb ataganini eshitgan degan versiya mavjud. Shunchaki, aktrisa yuzining pastki qismida silliq, yumshoq chiziq bor edi. Gollivudning mashhur plastik jarrohi Maykl Gurdin o‘z eslatmalarida Monro operatsiya qilisha qaror qilganini yozgan. Tibbiy ma’lumotlarga ko‘ra, 1950-yilda uning iyagini yanada nozik qilish uchun tog‘ay qo‘yilgan. Ammo ko‘p narsa aktrisaning kamera oldiga qanchalik mohirona suratga tushganiga qarab hal qilingan (yuqoridagi kollajda). Vaqt o‘tishi bilan Gurdinning so‘zlariga ko‘ra, implant eriy boshlaydi. Xullas, aktrisaning 1962-yilda suratga olingan so‘nggi “Nimadir yuz berishi kerak” (yuqoridagi rasm) filmida Monroning mimikalari yanada jonliroq ko‘rinadi — kulayotganda hammaniki kabi uning qo‘sh iyagini ko‘rishingiz mumkin. Gollivud yulduzi duduqlanmaslik uchun to‘xtab-to‘xtab gapirgan Aktrisa bolalik paytidayoq duduqlanishdan aziyat chekardi. Logoped unga duduqlanishni to‘xtatish uchun maxsus tomoq texnikasini o‘rgatadi. Keyinchalik tomoqli talaffuz uslubi Monroning “tashrif qog‘ozi”ga aylandi. Biroq Merilin so‘nggi filmi “Nimadir yuz berishi kerak” (yuqoridagi rasm)da suratga tushayotganda duduqlanishi qaytalanadi, shu sababli ham replikani o‘zlashtirishi qiyinlashgan. Merilin Monro rangli kontakt linzalardan foydalangan Tim qora ko‘zli Monro Merilin Monroning turli yillarda olingan suratlarini yoki turli filmlardan olingan kadrlarni solishtirsangiz, uning ko‘z rangi ba’zi joylarda har xil ekanligini sezasiz. Aktrisaning suratlarini tekshirgan shifokorlar Monro rangli linzalar taqib yurgan va miopiyadan aziyat chekkan bo‘lishi mumkin degan xulosaga kelishdi. Aytishlaricha, Merilin Monroning oyoqlari nomutanosib ravishda qisqa bo‘lgan Aktrisa qomatining nisbati o‘sha paytdagi go‘zallik me’yorlariga javob bermasdi. Masalan, uning boshini katta, tanasiga nisbatan oyoqlarini kalta deb hisoblashgan. Ehtimol, shuning uchun ko‘pchilik uchun Merilin o‘zidan pastroq bo‘lib tuyulgan. Monro kiyimlar yordamida o‘z qad-qomatini qanday ta’kidlashni bilardi — u beliga kamar taqishni yaxshi ko‘rgan. Ushbu uslub oyoqlarni vizual ravishda uzun, bo‘yini esa balandroq ko‘rsatishga yordam bergan. Aktrisa uzoq vaqt tabassumi ustida ishlagan 1945-yilda Merilin Monro birinchi ish joyi — modellik agentligiga kelganida, unga tabassum noto‘g‘ri ekanligini aytishadi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, qiz juda keng tabassum qilardi, shuning uchun burni atrofidagi chuqur ajinlar ko‘rinib, burni esa katta bo‘lib tuyulardi. Merilinga mayin tabassum qilishni o‘rgatishgan, shunda aktrisaning yuzi quvonchni ifodalaganda lablari titragan. Merilin Monro burnidan ko‘ngli to‘lmagan Aktrisa burnini katta deb hisoblagan va uni doimo niqoblashga harakat qilgan. Bir muddat o‘tgach uning burni boshqacha ko‘rina boshlaydi. Plastik jarrohlarning ta'kidlashicha, Monro kichik rinoplastika qildirgan. Biroq mumkin bo‘lgan tibbiy aralashuvdan keyin ham Merilin burnidan ko‘ngli to‘lmaydi. Shuning uchun pardozda konturdan foydalanadi. Shunday qilib, aktrisa burnini vizual ravishda ingichkalashtiradi. Gollivud yulduzi asabiy va ta’sirchan bo‘lgan O‘smirlik davridagi aktrisa Merilinning bolaligi qiyin kechadi. U otasini tanimasdi, tez-tez mehribonlik uylarida yashagan, yoshligidan erkaklar tomonidan qo‘pol hujumlarga duch kelgan. Bularning barchasi qizning asab tizimiga ta’sir qilmasligi mumkin emasdi. Ba’zida Monro o‘zining yulduzligini yomon ko‘rardi. U oshkoralikdan qochadi, ba’zida taxalluslar ostida yashirinadi, yashirin do‘stlar va yashirin kvartiralar orttiradi. Ikki tomonlama hayot aktrisaning psixologik holatiga ta’sir qiladi. Monro ruhiy travmadan aziyat chekadi, shuning uchun u tez-tez dorilar va psixologlar yordamiga murojaat qiladi. Hatto bir marta psixiatriya shifoxonasida  ham davolanib chiqadi.
117
6,347
Madaniyat
BPI YouTube’ni talonchilikda aybladi
Buyuk Britaniyaning rekord-leyblar assotsiatsiyasi (BPI) 2015-yil uchun hisobotni chop etdi. Bu haqda Apparat ma’lum qilmoqda. Hisobotda bildirilishicha, o‘tgan yili YouTube’da britaniyalik ijrochilar videolari ko‘rilishi 88 foizga oshgan. Ularning bundan ko‘radigan daromadi esa atigi 4 foizga o‘sgan. Hammasi bo‘lib britaniyalik ijrochilar videoda 24,4 million yevro ishlab topgan. Ularning oddiy vinil savdosidan olgan umumiy daromadi esa 25 million yevrodan oshgan. BPI buni “YouTube tomonidan talonchilik” deb atamoqda va Buyuk Britaniya hamda Yevroittifoq rasmiylarini servisga bosim o‘tkazishga chaqirmoqda.
36
615
Madaniyat
Har bir muvaffaqiyatli erkak ortida buyuk ayol turadi: Daholarni voyaga yetkazgan onalar
Har bir ulug‘ insonning ortida buyuk ayol turadi. Qanday onalar o‘g‘illarini daho qilib tarbiyalaydi? Balki ular biror sirni bilar? Siyosatchilar, olimlar, aktyorlar, yozuvchilar, biznesmenlar va musiqachilar ham bir vaqtlar bola bo‘lgan. Ammo kim bilsin, agar ularning atrofida eng yaqin, aziz va mehribon odami — onasi bo‘lmasa, ular shunchalik muvaffaqiyatga erisha olarmidi? Lekin onalarning mehnatlari odatda soyada qoladi, shuning uchun adolat bilan yondashgan holda taniqli shaxslarning onalari haqidagi maqolani e’tiboringizga havola etamiz. Stiv Jobs – Apple korporatsiyasi va Pixar kinostudiyasi asoschisining onasi Klara Jobs, hisobchi, amerikalik arman Stiv asrab olingan bola. Ota-onasi – Klara va Pol Jobsning o‘z farzandi bo‘lmagani uchun ham uni juda kichikligidan boqib olishdi. Stiven 6 yoshga to‘lganida o‘zining kelib chiqishi haqidagi haqiqatni bilib qoladi, uni asrandi o‘g‘il deb atashganda doimo g‘azablanardi. Ammo ota-onasini dunyodagi eng aziz insonlari deb bilgan. Biologik onasi va singlisi bilan ilk bora 31 yoshida uchrashgan. Butun bo‘sh vaqtini bolaga bag‘ishlagan va har doim uni barcha harakatlarida qo‘llab-quvvatlagan onasini Stiv juda yaxshi ko‘rardi. Onasi har doim uning “o‘ziga xos, noyob va yagona ekanini, uni har qanday vaqtda sevishini va qo‘llab-quvvatlashini” takrorlardi. Stiv Apple I ustida ish boshlaganida, ota-onasining garajida birinchi ofisini tashkil etgan. Ish bo‘yicha qo‘ng‘iroqlariga baland ovozda javob berib, mijozga go‘yoki jiddiy kompaniyaga qo‘ng‘iroq qilgandek ko‘rsatishda uning onasi yordam bergan. Klara Jobs keyinchalik Silikon vodiysining bir qismiga aylangan birinchi yuqori texnologiyali kompaniyalardan birida hisobchi bo‘lib ishlagan. Stiven Spilberg – kinorejissor, prodyuser, ssenariy muallifining onasi Lea Pozner pianinochi, Ukrainadan kelgan yahudiy muhojirlar oilasidan  Stivenning onasi Lea to‘rt farzandni tarbiyalagan, shuning uchun u professional pianinochi sifatidagi faoliyatini erta tark etishga majbur bo‘lgan. Ular Ogayo shtatida yashagan, lekin negadir Spilberglar oilasini ko‘pchilik yoqtirmagan. Stiven ko‘zga tashlanmaydigan, ozg‘in, noodatiy, yahudiy bo‘lgani uchun bir marta kaltaklangan va sinfdoshlariga ko‘rinmaslikka harakat qilib, maktabdan uyga shoshiladigan bola bo‘lgan. Uning xonasida har doim tartibsizlik va axlat uyumi bo‘lsa-da, onasining qalbida muhabbat dengizi bor edi. Ota-onasi, ayniqsa, onasi unga deyarli hamma narsaga ruxsat bergan va uni qayta tarbiyalashga harakat qilmagan. Bo‘lajak rejissorning otasi bir kuni o‘g‘liga kamera sovg‘a qiladi, onasi esa hamma narsa, albatta, amalga oshishiga ishontiradi. Uning onasi hattoki o‘g‘lining havaskor filmlarining birida aktrisaga ham aylandi va butun ijodiy guruhni bepul ovqatlantirdi. Lea hatto bu borada shunday hazillashgan: “Agar men tarbiya haqida ozgina bilganimda, o‘g‘limni psixoanalitikga olib borgan bo‘lardim, lekin uning filmlari paydo bo‘lmasdi. Qanday bo‘lmasin, u har doim xohlagan narsasiga erishadi”. Nikola Tesla – olim-ixtirochining onasi Georgina Tesla, serb ruhoniysining qizi Buyuk ixtirochining onasi Georgina besh farzandni dunyoga keltirgan, u ruhoniyning qizi edi va ruhoniyga turmushga chiqib, Xorvatiyada Smilyan oilasida yashagan. U qo‘l mehnati va to‘qish bo‘yicha usta bo‘lgan, o‘zi uy jihozlarini ixtiro qilgan va hatto to‘quv dastgohini yig‘gan. Nikolay ixtiro g‘oyasini onasidan olgan. U ota-onasini juda qadrlagan va hurmat qilgan, onasi har doim o‘ziga xos yaqin odami bo‘lib, unga barcha sirlari va fikrlari bilan murojaat qilishi mumkin edi. Ammo Tesla otasi va bobosi izidan borishni istamadi. Uni ruhoniy bo‘lish kerak, degan fikr ko‘p o‘ylantirar edi. Tesla otasiga bo‘ysunmaslikka va onasini xafa qilishga jur’at eta olmadi, ruhiy fanlar bilan shug‘ullanishga qaror qildi, lekin vabo bilan kasallandi va tirik qolishiga umidi qolmadi. Keyin otasi unga agar tuzalib ketsa, muhandislik fakultetigda o‘qishga ruxsat berishini tantanali ravishda va’da qildi, asosiysi, uning tuzalib ketishi edi. Nikola to‘liq sog‘aygach, Gratsdagi oliy texnika maktabga o‘qishga kirdi. Stiven King – “Dahshatlar qiroli” nomi bilan mashhur yozuvchining onasi Nelli Rut Pillsber, ingliz  Stiven tug‘ilganda Nelli Rut Pillsberi 33 yoshda edi. Aslida Nelli uzoq vaqt davomida shaxsiy hayotini tartibga sola olmagan, keyin dengiz savdogarining kapitani Donald Edvard Kingga turmushga chiqdi, ammo ularning farzandi bo‘lmadi. 1945-yilda er-xotin o‘g‘il asrab olishga qaror qildi. Bir muncha vaqt o‘tgach, shifokorlarning bashoratidan farqli o‘laroq, Stiven dunyoga keldi. Ammo endi juftlikning munosabatlari kundan kunga yomonlashib borardi. Bir kuni kechqurun turmush o‘rtog‘i sigaret chekishga chiqdi va qaytib kelmadi. Rut esa bolasiga otasini marsliklar olib ketganini aytdi. Darhaqiqat, u erining qandaydir ofitsiant bilan uchrashayotganini anchadan beri bilar edi. Nelli oilasini boqishi uchun ko‘p ishlashi kerak edi, natijada bolasi uchun deyarli vaqt ajrata olmasdi. U pianinochi ma’lumotiga qaramay, novvoyxonada xizmatkor, sotuvchi bo‘lib ishlagan. Onasi qattiqqo‘l, asabiy, ziqna ayol bo‘lsa-da, Stiven uni sevar va hamma narsa uchun minnatdor edi. Ehtimol, onasining sharofati bilan u buyuk yozuvchiga aylandi. Birinchi sinfga borishdan avval Stiven juda ko‘p kasal bo‘lar va zerikish ortidan o‘qishni o‘rgandi, komikslar to‘plamini o‘qidi va ularning biri asosida hikoya yozdi. Rut Stiven Kingning ijodi bilan birinchi bo‘lib tanishdi, u hamma narsani diqqat bilan o‘qib chiqdi va unga boshqa odamlarning hikoyalarini takrorlamaslikni, balki o‘zidan nimadir yozishni maslahat berdi. Bola buni qabul qildi, u bolalarga yordamga keladigan o‘rmon hayvonlari haqida yozdi va onasi buni ma’qulladi, u hatto Stivenga hayotidagi birinchi gonorarini ham berdi. Natijada o‘g‘il shu qadar ilhomlandiki, u dunyodagi eng mashhur yozuvchilardan biriga aylandi. Albert Eynshteyn – fizik, 300 dan ortiq ilmiy ishlar va nisbiylik nazariyasi muallifining onasi Paulina Eynshteyn (Kox), makkajo‘xori sotuvchisining qizi Paulina bo‘lajak daho Albert tug‘ilgan joy – Ulmda (Bavariya) yashagan. U boy makkajo‘xori sotuvchisining qizi va matras va to‘shak uchun yung ishlab chiqaradigan kichik tadbirkor Hermann Eynshteynning rafiqasi edi. Hamma biladiki, maktabda Eynshteyn ajoyib qobiliyatlarga ega emas edi va hatto maktab diplomini ham ololmagan. Ular oddiy oilaviy hayot kechirgan va Paulinaning o‘zi qattiqqo‘l va qat’iy xarakteri bilan ajralib turardi. Albert o‘qishga qiynalar, lekin Paulina o‘g‘liga uning juda iste’dodli ekanligini takrorlashdan charchamasdi. U o‘g‘liga skripka chalishni o‘rganishga ishontirdi. Eynshteyn ko‘pincha skripka chalganda savollariga javob topdi va butun umri davomida musiqaga bo‘lgan ishtiyoqini saqlab qoldi. Ilon Mask – milliarder, SpaceX va Tesla kompaniyasi asoschisining onasi Mey Mask, Kanada-Janubiy Afrika modeli Mey hozir 73 yoshda va u hali ham millionlab muxlislarini hayratga soladigan mashhur model. U uchta farzandni tarbiyalagan, Meyning katta o‘g‘li Ilon raketalar uchiradi, qizi filmlar suratga oladi, kenja o‘g‘li esa muvaffaqiyatli restorator. Mey Janubiy Afrikadagi eng go‘zal qizlardan biri edi, u Errol Maskga turmushga chiqqanidan keyin Ilon, Kibmal va bir necha yildan so‘ng Toska tug‘ildi. U uchta farzandni katta qildi, model bo‘lib ishladi va o‘qidi. 1979-yilda Mey turmush o‘rtog‘i bilan ajrashdi va uch farzandi bilan Torontoga ko‘chib o‘tdi. Puli deyarli bo‘lmagan onaga oilani boqish oson kechmagan. Meyning farzandlari mustaqil ulg‘aygan, u bolalariga ortiqcha g‘amxo‘rlik qilmagan, ular uchun reja tuzmagan, uy vazifalarini tekshirmagan, lekin har doim “ideal ona” talabiga javob bergan. Ona va to‘ng‘ich o‘g‘ilning munosabatlari juda yaxshi, u bilan faxrlanadi, o‘g‘il esa onasiga Tesla avtomobillarini sovg‘a qiladi.
88
7,771
Madaniyat
“Yulduzlar jangi” ishqibozlari “malika Leya” Kerri Fisher bilan yorug‘lik qilichlari ko‘tarib vidolashdi (foto)
“Yulduzlar jangi” kinoepopeyasi ishqibozlari Kaliforniyada malika Leya roli bilan tanilgan va 27-dekabr kuni vafot etgan aktrisa Kerri Fisherning xotirasini yodga oldi. TJournal’ning yozishicha, kinosaga ishqibozlari aktrisa bilan o‘ziga xos sahnalashtirilgan vidolashuv uyushtirgan. Kerri Fisherning xotirasiga bag‘ishlangan tadbir taklifnomasi 28-dekabr kuni Facebook’da paydo bo‘lgan. Tadbir sahifasida ko‘rsatilishicha, mingdan ortiq odam unda qatnashish istagini bildirgan. Amerikalik aktrisa Kerri Fisher yurak xurujidan so‘ng 60 yoshida vafot etgan edi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
111
742
Madaniyat
O‘zbekistonda kafe, restoran va to‘yxonalardan tushadigan mablag‘lardan xonandalarga gonorar to‘lash taklifi ilgari surildi
Madaniyat va sport ishlari vaziri Bahodir Ahmedov 11-yanvar kuni bir necha fuqaroni qabul qildi, deb yozadi “Darakchi.uz”. Uchrashuv chog‘ida fuqaro Ilya Lein sohadagi ijodiy faoliyatni takomillashtirish, professional san’atni to‘g‘ri yo‘naltirish, teatrlar faoliyatidagi kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha o‘z takliflarini izhor etdi. Uning taklif va tavsiyalari inobatga olinib, tizimdagi shu soha mutaxassislariga ko‘rsatmalar berildi. Fuqaro Mirshod Mardonov ma’lum bir tashkilot qoshida bolalar teatri tashkil etish taklifini ilgari surdi. Vazir tomonidan unga javob sifatida “Bolalar teatr studiyasi” tashkil etish bo‘yicha konsepsiya ishlab chiqish, “Tomosha” bolalar teatr studiyasi hujjatlaridan andoza sifatida foydalanish, mazkur studiya rahbari Nodira Qurbonova bilan maslahatlashish tavsiya etilib, bu masalaga yana qaytilishi ta’kidlandi. Fuqaro Mashhurbek Sattorov xonandalarning mualliflik huquqlarini talab qilib, ularning ko‘ngilochar (kafe, restoran, to‘yxona) maskanlardan tushadigan mablag‘lardan gonorar to‘lash tizimini tashkil qilish taklifi bilan chiqdi. B.Ahmedov taklifga javoban Sattorovning “O‘zbekteatr” IIChB qoshidagi “Ark madad” maxsus jamg‘arma mutaxassislaridan maslahat olishi, hujjatlar bilan tanishishini tavsiya etgan holda unga tizimdagi shu soha mutaxassisini biriktirdi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
123
1,490
Madaniyat
Armanistondagi MDH go‘zallari tanlovida o‘zbekistonlik uch qiz ishtirok etadi
Armaniston poytaxti Yerevanda 25-oktabr kuni “Top model MDH—2018” go‘zallik tanlovi boshlanadi. “Sputnik”ning xabar berishicha, unda sobiq Ittifoqning 16 mamlakatidan 30 nafar qiz ishtirok etadi. Xabar berishlaricha, tanlovda O‘zbekiston nomidan Nigina Faxriddinova, Parizoda Quvondiqova va Indira Aliyeva qatnashadi. “Tanlovdan ko‘zlangan maqsad — jahon moda va kino sanoatida MDH mamlakatlarini munosib va yuqori darajada namoyon eta oladigan qizlarni aniqlashdir. Tanlov g‘olibi taniqli moda uylari va prodyuserlik markazlaridan taklif oladi”, — deya ma’lum qildi tashkilotchilar. Tanlov finali 4-noyabr kuni Armaniston poytaxtidagi Demirchyan nomidani Sport-konsert majmuasida bo‘lib o‘tadi. G‘oliblar nafaqat reklama agentliklari, moda uylari va prodyuserlik markazlaridan taklif oladi, balki pul mukofotini ham qo‘lga kiritadi.
77
834
Madaniyat
Moskva metrosida kitob almashish uchun mo‘ljallangan birinchi tokcha paydo bo‘ldi
Moskva metropolitenining “Pushkinskaya” bekatida birinchi bukkrossing – kitob almashish uchun mo‘ljallangan tokcha paydo bo‘ldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda. Kitob almashish tokchasini “Jonli muloqot” ustunchasida topish mumkin. Yo‘lovchilarga o‘ziga yoqqan kitoblarni tanlab olish va o‘qib bo‘lingan kitoblarni shu yerda qoldirish imkoniyati beriladi. Bukkrossing – kitoblarni almashish uchun mo‘ljallangan ijtimoiy harakat. O‘qib bo‘lingan kitob boshqalar o‘qishi mumkinligi uchun jamoat joyida qoldirilishi kerak. Moskva shahrida kutubxona va madaniyat markazlaridan tashqari bukkrossing zonalari bir nechta aeroport va temiryo‘l vokzallari hududida mavjud. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
81
743
Madaniyat
“Yil ayoli”ga nomzod Xande Erchel, bahorda ekranlarga qaytishga va’da bergan Demet O‘zdemir. Turk kinosi yangiliklari
Turk kinosi olamida ro‘y berayotgan eng so‘nggi yangiliklarni e’tiboringizga havola etamiz. Turk teleserialining eng yaxshi dramatik aktrisasi aniqlandi: tomoshabinlar ovoz berish orqali “Shisha ortidagi qiz” serialida o‘ynagan Burji Birijikni tanladi. Demet O‘zdemir karyerasini yakunlagani haqidagi mish-mishlarni rad etdi va bahorda ekranlarga qaytishini ma’lum qildi. “Istanbullik kelin” yulduzi Asli Enver yana yolg‘iz: bir necha yillik sevgilisi Sarp Batur u bilan turmush qurishni istamadi va juftlik ajrashdi. Alp Navruz Aychey Ayshe Turan bilan aloqalariga oydinlik kiritdi. Aktyorning so‘zlariga ko‘ra, ular shunchaki do‘st, ishqiy munosabat haqidagi xabarlar esa haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Aktrisa Xande Erchel “Elle Russia” so‘rovnomasi bo‘yicha “Yil ayoli” mukofotiga nomzod bo‘ldi. Kerem Byursin “Rangli maktablar” loyihasida ishtirok etib, bolalar bilan birga devorlarni bo‘yadi. Mashhur turk qo‘shiqchisi, ko‘pincha rossiyalik primadonna Alla Pugachyova bilan qiyoslanadigan 75 yoshli Ajda Pekkan yangi kutilmagan loyihani rejalashtirdi. Mashhur xonanda yo‘nalishini biroz o‘zgartirib, serialda suratga tushishga hozirlik ko‘rmoqda. Serial avtobiografik bo‘lib, unda Pekkanning hayoti haqida hikoya qilinadi. Italiyaning SuperEva nashri taniqli turk aktyori Jan Yaman va mashhur teleboshlovchi Diletta Leottaning ajrashishi sabablari haqida xabar berdi. Unga ko‘ra, Diletta Leotta Jan Yamanni turmush tarzi tufayli tark etgan. Jurnalist Diletta Janning turmush tarzida aynan nimani yoqtirmasligini ma’lum qilmagan. 2021-yilning yozida kamida bir necha yil jiddiy munosabatlarga kirishmaslikka va’da bergan “Muhtasham yuz yil” yulduzi Merve Bolug‘ur fikrini o‘zgartirdi. Aktrisa taniqli tadbirkor Erjan Shen bilan uchrashishni boshladi.
117
1,761
Madaniyat
Anqara va Istanbul shaharlarida o`zbek san`atkorlari ishtirokida konsert o`tkaziladi
Joriy yilning 12-18 dekabr kunlari Anqara va Istanbul shaharlarida O`zbekiston madaniyat kunlari o`kaziladi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar bermoqda. Madaniyat vazirligi hamda Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur tadbirda o`zbek san`atkorlari ishtirokida konsert hamda "O`zbekiston - Buyuk ipak yo`lida" nomli fotoko`rgazma tashkil etiladi. Ushbu tadbirlarni tashkil etishdan maqsad har ikki davlatda o`zbek va turk xalqlari san`ati hamda madaniyatini targ`ib etish, dunyo hamjamiyatiga namoyish etishdan iborat.
84
571
Madaniyat
Ozodbek Nazarbekov Tojikistonda konsert bermoqda
O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov Tojikistonning uchta katta shahrida konsert dasturlari bilan mehmon bo‘lmoqda. Bu haqda MyDay sayti xabar berdi. Konsert dasturining nomi — “Payomi do‘sti” (“Do‘stlik nomasi”). 5–6-iyul kunlari o‘zbekistonlik san’atkorlar Dushanbe shahrining Amfiteatrida konset bergan edi.
48
338
Madaniyat
Qirol va qirolichalar avlodi: Kelib chiqishi qirollik oilalariga borib taqaladigan Bollivud yulduzlari
Siz-u bizga aktyor va aktrisa sifatida ma’lum bo‘lgan hind kinosanoati yulduzlaridan kimlar qirollik oilasining davomchilari ekani haqida ma’lumot berib o‘tamiz. Aditi Rao Xaydari Muhammad Solih va Akbar Xaydari oilasining merosxo‘ri hisoblangan aktrisaning kelib chiqishi qirollik oilasiga borib taqaladi. Shuningdek, Aditi Amir Xonning rafiqasi Kiran Rao bilan qarindosh hamdir. Saif Ali Xon Saifning otasi Mansur Ali Xon Pataudining 9-navabi (navab — Sharqiy Hindistondagi hukmdorlarning unvoni) hamda Hindistonning kriket jamoasi kapitani bo‘lgan. 1971-yilda hukumat unvondan voz kechgan. Shundan keyin navablik Saifga meros bo‘lib o‘tgan. Aktyorning oilasi — onasi Sharmila Tagor, rafiqasi Karina Kapur, ikkita singlisi va uch nafar farzandi (birinchi turmushidan Ibrohim va ikkinchi turmushidan ikkita)dan tashkil topgan. Rayma va Riya Sen Rayma va Riya Sen ota tomonidan qirollik oilasiga borib taqaladigan aktrisa Mun-Mun-Senning qizlari sanaladi. Ularning buvisi Ila Devi malika va Janpur maharajisi Gayatri Devining opasi bo‘lgan. Katta buvisi esa maharaji Sayajiraao Gaekvada III yagona qizi bo‘lgan. Bxagyashri Salmon Xon bilan “Seni sevdim” filmida birga suratga tushgan aktrisaning kelib chiqishi Maharashtra shtatidagi qirollik oilasiga borib taqaladi. Asl ismi Shriman Rajkumari Bxagyashri Raj Patvardxan bo‘lgan aktrisa, Sangli shahri hukmdori Vijay Singxrao Madxavrao Patvardxanning qizi.
102
1,410
Madaniyat
Bollivud yulduzlarining otasining kasbini tanlagan o‘g‘illari (foto)
Kasb va karyera borasida otasining izidan ketishni ma’qul bilgan hind aktyorlarining o‘g‘illari haqida ma’lumot berib o‘tamiz. Namashi Chakraborti Namashi afsonaviy Mithun Chakraborti va uning rafiqasi Yogita Balining farzandi. Otasining izidan ketishga qaror qilgan yigit “Yomon yigit” filmida suratga tushgan. Film premyerasi kinoteatrlarning yopilishi munosabati bilan kechga qoldirilgan. U bergan intervyularidan birida aktyorlikdan boshqa kasb haqida o‘ylamagani haqida ta’kidlagan. Tayger Shroff Tayger mashhur aktyor Jek Shroff va prodyuser Ayeshi Dattning o‘g‘li. U ilk bor 2014-yilda “Sevgi huquqi” filmida suratga tushgan. Shundan keyin “Isyonchi” franshizasi va “Urush” filmidagi ijrolari bilan muxlislarni lol qoldirgan. Axan Shetti Axan Bollivudning mashhur yulduzi Sunil Shetti va uning rafiqasi Mana Shettining o‘g‘li. AQShda aktyorlik mahorati va kino ishlab chiqarish bo‘yicha tahsil olgan Axan, ayni vaqtda hind kinosanoatidagi debyut roliga tayyorgarlik ko‘rmoqda. U “Qayg‘u” nomli filmda Tara Sutariya bilan suratga tushadi. Aryan Xon Bollivud qiroli va uning rafiqasi Gauri Xonning to‘ng‘ich o‘g‘li. Otasi singari kelishgan Aryanni Instagram’da bir yarim million obunachi kuzatadi. Ibrohim Ali Xon Ibrohim Ali Xon aktyor Saif Ali Xon va uning birinchi rafiqasi Amrita Singxning farzandi. 2008-yilda otasining “Uslub” nomli filmida debyut rol ijro qilgan Ibrohim yaqinda bergan intervyulardan birida mashhur aktyor bo‘lishni istashini ta’kidlagan. Xarshvardan Kapur Bollivud yulduzi Anil Kapur va uning rafiqasi Sunitaning farzandi bo‘lgan Xarshvardan karyerasini Karan Joharning “Bombey baxmali” filmida yordamchi bo‘lishdan boshlagan. 2016-yilda esa “Mirza” nomli romantik sagada debyut rol ijro qilgan. Ushbu ijrosi sabab Star Screen Awards va Stardust Award kinomukofotlarini qo‘lga kiritgan. Bugungi kunda u o‘q otish sporti bo‘yicha Olimpiya chempioni Abxinav Bindra haqidagi biografik filmda suratga tushish uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda.
68
1,970
Madaniyat
Britaniyalik musiqachi Kit Emerson o‘z joniga qasd qildi
Britaniyalik musiqachi va bastakor Kit Emerson 10-mart, payshanba kuni o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lumotiga tayanib, “RBK” xabar beradi. Emersonning jasadi 11-mart, juma kuni tongda uning uyidan topilgan. U boshiga bitta o‘q uzgan. Politsiya uni o‘z joniga qasd qilgan degan xulosaga keldi. Uning o‘limi haqida Emerson, Lake & Palmer guruhi ma’lum qilgan. Emerson ushbu guruh asoschilaridan biri edi. Xabarda ma’lum qilinishicha, u AQShning Santa-Monika shahridagi uyida vafot etgan. Emerson 1944-yilda Angliyada dunyoga kelgan. U 1967-yilning mayida The Nice guruhiga asos solgan edi. 1970-yilda esa Karl Palmer va Greg Leyk bilan hamkorlikda Emerson, Lake & Palmer (ELP) guruhini tuzgan.
56
715
Madaniyat
Nargiz Zokirova tadbirda qiyofadoshi sahnaga chiqib kuylaganidan g‘azablandi
Xonanda Nargiz Zokirova janjal markazida qoldi, deb xabar bermoqda “Darakchi.uz” “Cosmo.ru” nashriga tayanib. Rossiyaning Chita shahrida yangi savdo markazlaridan birining ochilish marosimida mashhur artistlarning qiyofadoshlari ishtirokida konsert bo‘lib o‘tdi. Ammo konsert tomoshabinlari bu haqda ogohlantirilmaganligi sababli ular sahnada haqiqiy yulduzlar kuyladi, deb o‘yladi. Ijtimoiy tarmoqlarda Nargiz Zokirovaning kuylayotgani aks etgan videorolik paydo bo‘lib, xonandaning muxlislari uni haqiqiy Nargiz Zokirova, deb qabul qilishdi. Videoni tomosha qilgan Nargiz qiyofadoshining chiqishidan dahshatga tushdi. Xonanda g‘azabnok post yozib, shou tashkilotchilarini yolg‘onchilikda aybladi. “Bu nima ahmoqgarchilik? Erkak kishi mashhur ayolning qiyofasiga kirib, o‘tkaziladigan shoulardan xabarim bor. Ammo videorolikka yozilgan izohdan dahshatga tushdim. Mazkur postni qo‘ygan qiz qiyofadoshlar shousi o‘tkazilgani haqida bir og‘iz yozmagan. U “Nargiz Chitaning savdo markazlaridan birining ochilish marosimida”, — deb rasmiy sahifamni qayd qilgan. Men zudlik bilan shou tashkilotchilaridan mazkur holatni izohlashni talab qilaman! Muxlislarimga esa hech qanday qiyofadoshim mamlakat bo‘ylab o‘tkazilayotgan turda ishtirok etmayotganligini, o‘zim esa faqat Maksim Fadeyev bilan hamkorlik qilishimni rasman e’lon qilaman!”, — deb yozdi Nargiz Zokirova.
76
1,361
Madaniyat
Ofitsiant qizlar bilan hayot yo‘lini bog‘lagan mashhurlar (foto)
Shou-biznes vakillarining hammasi ham turmush o‘rtoq borasida hamkasblarini tanlayvermaydi. Ularning orasida kasbidan ko‘ra qanday inson ekani va qarashlari mos kelishi muhim bo‘lgan mashhurlar ham yo‘q emas. Mett Deymon va Luchiana Barroza Gollivud yulduzi bo‘lajak turmush o‘rtog‘i bilan 2003-yilda, u ofitsiant bo‘lib ishlaydigan barda tanishgan. U bir ko‘rishda Luchianani yoqtirib qolgan va oradan ikki yil o‘tib juftlik turmush qurgan. Rafiqasining birinchi turmushidan qiz farzandi bo‘lgan va Mett unga otalik qilishga rozi bo‘lgan. Hozirda ularning uch nafar farzandi bor. Nikolas Keyj va Elis Kim Yulduzlar olami vakillari bilan qurgan avvalgi ikki turmushi ham o‘xshamaganidan keyin Elis rafiqa sifatida oddiy qizni tanlashga qaror qilgan. U Elis bilan 2004-yilda Los-Anjelesdagi restoranlardan birida tanishgan va bir necha oy o‘tib uning qo‘lini so‘ragan. Ular 12 yil birga yashagan, keyin esa ajrashgan. Devid Shvimmer va Zoui Bakman “Do‘stlar” seriali yulduzi Devid ofitsiant Zoi Bakmanni Londonda uchratgan. Bu vaqtda aktyor suratga tushish uchun Britaniyaga kelgan edi. Qizni yoqtirib qolganidan unga o‘zi bilan AQShga ketishni taklif qilgan. Qiz rozi bo‘lgan va ko‘p o‘tmay juftlik turmush qurgan. Qiz farzandli bo‘lgan Shvimmerlar oilasi 7 yildan uzoq birga yashamagan. 2017-yilda ularning ajrashishi haqidagi ma’lumot e’lon qilingan. Kris Not va Tara Uilson 2004-yilda Kris o‘ziga qarashli barda ishlaydigan Tara bilan tanishgan. Bir-biriga ko‘ngil qo‘ygan juftlik bir necha yildan keyin o‘g‘il farzandli bo‘lgan. Juftlik Tara 30 yoshni qarshilaganida – 2012-yil turmush qurishga qaror qilgan. Shundan keyin bir vaqtlar ofitsiant bo‘lib ishlagan Uilson restoran biznesi rahbariga aylangan. Norvegiya shahzodasi Xokon va Mette-Marit Xeybi Norvegiya shahzodasining ofitsiant qiz bilan unashtirilgani haqida ma’lumot e’lon qilingani turli shov-shuv va bahslarga sabab bo‘lgan. Gap-so‘zlar qizning faqatgina kelib chiqishi emas, uning o‘tmishi va farzandli ekani bilan ham bog‘liq bo‘lgan. Ammo hech narsa Xokonni fikridan qaytarolmagan va juftlik turmush qurgan.
64
2,083
Madaniyat
2022-yilda farzandli bo‘lishi kutilayotgan jahon yulduzlari (foto)
2021-yil aksariyat mashhur insonlar oilasiga yangi jajji mehmon tashrif buyurib, ularni xursand qildi. 2022-yil ham ushbu xursandchilik davom etishi shubhasiz va ota-ona bo‘lishni intiqlik bilan kutayotgan yulduzlar talaygina. Rouzi Xantington-Uaytli va Jeyson Stetham Victoria’s Secret modellaridan biri Rouzi aktyor Jeyson Stethem bilan uzoq yillar davomida baxtli yashab kelmoqda. 4 yoshli o‘g‘li Jekni tarbiyalayotgan juftlik yaqinda ikkinchi farzandini kutayotganini ma’lum qildi. Aytgancha, yulduzlar ikkinchi marta ota-ona bo‘lishlariga qaramay, 54 yoshli Jeyson 34 yoshli Rouziga turmush qurish taklifini bildirishga shoshilmayapti. Vlad Sokolovskiy 30 yoshli qo‘shiqchi ikki yildan beri 22 yoshli Anjelina Surkova bilan baxtli hayot kechrmoqda. Yaqinda Sokolovskiy o‘zining sevgilisining prodyuseri bo‘lishga qaror qilganini ma’lum qildi, shuningdek, juftlik boshqa yangilik bilan ham o‘rtoqlashdi: ular tez orada ota-ona bo‘ladi. Sokolovskiy uchun bu bola ikkinchisi, qo‘shiqchining Rita Dakota bilan turmushidan to‘rt yoshli Mia ismli qizchasi bor. Eshli Grem Mashhur amerikalik model ham farzand ko‘rishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. U turmush o‘rtog‘i Jastin Ervin bilan birga kelgusi yilda egizak farzandlarning ota-onasiga aylanadi. Aytgancha, 2020-yilda Eshli o‘g‘il farzand ko‘rgan va uning ismini Ayzek qo‘ygan. 34 yoshli Grem Instagram’da ultratovush tekshiruvi jarayoni videosini joylab, yana farzand kutayotganini ma’lum qilgan. Kristina Richchi 41 yoshli aktrisa ikkinchi marta ona bo‘lish arafasida. 2021-yilning avgust oyida Kristina muxlislariga homiladorligini e’lon qilgan va oktyabr oyida u farzandining otasi, sartarosh Mark Xemptonga turmushga chiqdi. Eslatib o‘tamiz, aktrisa birinchi turmushidan 7 yoshli o‘g‘li Freddini ham tarbiyalamoqda. Jennifer Lourens “Oskar” mukofoti sovrindori, 31 yoshli aktrisa ham ona bo‘lishga hozirlik ko‘rmoqda. Jennifer va uning turmush o‘rtog‘i, san’at galereyasi direktori, 36 yoshli Kuk Maroni uchun bu birinchi farzand. Eslatib o‘tamiz, juftlik uch yil oldin turmush qurgan va to‘y marosimi faqat yaqinlar davrasida o‘tkazilgan. Hozirda aktrisa homiladorligini berkitsa-da, paparatssilardan buni yashirib bo‘lmaydi. Kayli Jenner va Trevis Skott 24 yoshli Kayli Jenner biznesda opasi Kim Kardashyanning izidan bormoqda. Kayli 29 yoshli reper Travis Skott bilan ajrashishga qaror qilgan edi, lekin ikkinchi farzandini dunyoga keltirishga tayyorgarlik ko‘rayotgan yulduz sobiq sevgilisiga yana bir imkoniyat berishga qaror qildi. 2022-yilda juftlikning 3 yoshli qizi Stormi Uebsterning singlisi tug‘iladi. Krishtianu Ronaldu va Jorjina Rodriges Dunyoning eng boy futbolchisi va hozirda ko‘p bolali otaga aylangan Krishtianu beshinchi marta ota bo‘lishga tayyorlanmoqda. 36 yoshli Krishtianu va uning 26 yoshli sevgilisi Jorjina Rodriges oilasiga yangi mehmon kelishini kutmoqda. Juftlik uchun bu ikkinchi farzand bo‘lib, ularning 4 yoshli Alana ismli qizi bor. Bundan tashqari, Krishtianu 11 yoshli kichik Krishtianu o‘g‘li hamda surrogat onalardan tug‘ilgan 4 yoshli egizaklar – Yeva va Mateoni tarbiyalamoqda. Aytgancha, yaqinda Ronalduning onasi Jorjinaga faqat pul kerakligidan xavotirda ekani va Krishtianuga unga uylanishda shoshmasligini maslahat berdi. Jorj va Amal Kluni Gollivudning eng chiroyli va kuchli juftliklaridan biri ikkinchi marta ota-ona bo‘lishga tayyorlanmoqda. Hozircha 60 yoshli Jorj va 43 yoshli Amal farzandli bo‘lishini tasdiqlamadi, ammo yulduzlar orasida juftlik yana egizak farzand kutayotgani haqida mish-mishlar bor. Eslatib o‘tamiz, ularning birinchi egizaklari Ella va Aleksandr 2017-yilda tug‘ilgan.
66
3,604
Madaniyat
20-21 SENTYaBR KUNLARI UChUN POYTAXTIMIZ TEATRLARINING AFIShASI
Bugundan boshlab saytimizda poytaxtimiz teatrlarida namoyish etiladigan spektakllar, tomoshalar afishasini berib borishni niyat qildik. Marhamat tanishing va maroqli dam oling! O`zbek Milliy akademik drama teatri 20 sentyabr 18:00 «Zamindan olis ketma». 21 sentyabr 18:00 «Omonat dunyo». Chiptalar narxi: 12 000, 15 000, 20 000 so`m. Muqimiy nomidagi o`zbek davlat musiqiy teatri 20 aprel 18:00 «Sovchiga er topildi». 21 aprel 18:00 «Qaychi qudalar». Chiptalar narxi: 20 000 so`m. Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston davlat akademik Katta teatri 20 sentyabr 18:00 «Don Kixot», balet. 21 sentyabr 18:00 «Sadoєat», balet. Chipta narxi: 10 000, 20 000, 30 000 so`m.
63
665
Madaniyat
“Po‘lat odam” Shimoliy Amerika kinoprokati yetakchisiga aylandi
Supermen haqidagi yangi kartina bo‘lmish “Po‘lat odam” (Man of Steel) AQSh va Kanadadagi 14-16-iyun dam olish kunlari natijalari bo‘yicha eng ko‘p pul yig‘gan film bo‘ldi. Boxoffice.com saytining xabar berishicha, ushbu film birinchi haftadayoq 113 million dollar to‘plagan. “Po‘lat odam” rasmiy posteri “Po‘lat odam”ga Zak Snayder rejissorlik qilgan. Filmning xalqaro premyerasi 14-iyun kuni bo‘lib o‘tgan. Bosh qahramon – Supermen Klark Kent rolini aktyor Genri Kevill ijro etgan. U bizga “Tyudorlar sulolasi” (The Tudors) seriali va “Yulduz zarralari” (Stardust) filmi orqali tanish. “Qiyomat qoyim” Ikkinchi o‘rinni katta farq bilan haftaning yana bir premyerasi – “Qiyomat qoyim” (This Is the End) egalladi. Komik aktyor Set Rogenning ilk rejissorlik ishi 12-iyun kuni katta ekranlarga chiqqan. Birinchi haftada 20,5 million dollar ishlagan. Afsungarlar iskanjasida Uchinchi o‘rinni “Afsungarlar iskanjasida” (Now You See Me) kartinasi 10,3 million dollar bilan band etdi. U bosqinchi fokuschilar haqidagi kriminal janridagi filmdir. May oyining dastlabki ikki haftasi davomida prokatda yetakchilik qilgan “Tez va shiddatlilar 6” (Fast & Furious 6) filmi ikkinchi o‘rindan to‘rtinchi o‘ringa tushib qolgan. U dam olish kunlari bor-yo‘g‘i 9,4 million dollar to‘plashga muvaffaq bo‘lgan. Yuqori beshtalikning so‘nggi pog‘onasini “Qiyomat kechasi” (The Purge) kartinasi band qilgan. Aktyor Itan Xouk ishtirokidagi ushbu triller 8,2 million yig‘gan.
63
1,456
Madaniyat
“Adabiyot mening ma’shuqam, tabobat esa rafiqamdir”. Asarlari singari qisqa, ammo mazmunli umr kechirgan rus adibi Anton Chexov saboqlari
“Hayot san’atkori” deya ulug‘langan mashhur rus adibi Anton Pavlovich Chexov 25 yillik ijodi davomida yuzdan ortiq turli-tuman asarlar (qisqa yumoristik hikoyalar, jiddiy qissalar, pyesalar) yaratdi. Asarlari qator tillarga tarjima qilinib, pyesalari bir asrdan oshibdiki, dunyo teatrlari sahnasidan tushmaydi. “Daryo” yozuvchining hayot va ijodi yo‘liga nazar tashlaydi. 1860-yili Rossiyaning Taganrog shahrida, savdogarlar oilasida tug‘ilgan Chexov muddaosi qorin to‘ydirish, shunchaki kun kechirish va buguni bilangina yashaydigan kimsalar orasida ulg‘ayadi. Yosh Anton ro‘zg‘or tebratish asosiy dardi bo‘lgan otasi, 6 nafar farzand tarbiyasi bilan ovora onasiga ko‘maklashish uchun boshqa aka-ukalaridek sahar beshda turib, savdo va uy yumushlarida dastyor bo‘ladi. Zaiflarni qo‘llab-quvvatlash, atrofdagilarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, farosat va odob inson ziynati ekanini oddiy uy bekasi, qishloqning sodda ayoli — onasidan o‘rganadi. “Bolalik nima ekanini bilmaganman”, deb bot-bot ta’kidlagan Chexovning hayotiga kitob va teatrgina rang beradi. Mutolaa va sahna asarlarini muntazam ko‘rish orqali dunyoqarashi, fikrlashi o‘zgarib, keyinchalik o‘zi ham qo‘liga qalam olib, nimadirlar qoralay boshlaydi. Ilk hikoya va povestlarini gimnaziyada o‘qiyotgan yillari yozadi. Kunlarning birida o‘quvchisining adabiyotga ishqi balandligidan boxabar ustozi Fyoder Pokrovskiy unga “Chexonte” nomli taxallusni asarlari yakuniga bitishini maslahat beradi. Shu zayl “Hikoyalarimni turli jurnallarda bosishar”, deya paydar-pay tahririyatlarga yuborsa-da, noshirlar uni chop etishga hadeganda oshiqavermaydi. Taqdirning achchiq hazili ortidan otasi ishlari kasodga uchragach, kreditorlarning ta’qibidan qochib, barcha mol-mulki, xususan, uyini ham sotib, Moskvadan qo‘nim topadi. Ona shahrida sariq chaqasiz, yolg‘iz qolgan Anton esa qo‘l qovushtirib o‘tirish kerakmasligini tushunib, repetitorlik qila boshlaydi. Chexovning biografiyasi bilan tanishgan o‘quvchi uning qisqa, ammo mazmunli umrini ijod bezaganini darrov payqaydi. Qiyinchiliklarga yo‘liqqanida, moliyaviy muammolar girdobida qolganida, hatto boshqa kasbni tanlashni afzal bilganida ham adabiyot unga tasalli bergan. 1879-yili Chexov hayotida muhim voqea ro‘y beradi. Moskva universitetining tibbiyot fakultetiga qabul qilinadi. Ammo ko‘z yoshlarga ishonmaydigan shaharda non topish u o‘ylaganidan ko‘ra qiyinroq edi. Buni tushunib yetgan yozuvchi joniga qoralamalari evaziga berilgan qalam haqlari oro kiradi. “Bemori yo‘q shifokor”, “Akamning ukasi”, “Shiller Shekspirovich Gyote”, “Bir kimsa” kabi 50 ga yaqin taxallus bilan yozishdan charchamaydi. “Antosha Chexonta” va boshqa shunga o‘xshash ko‘plab taxalluslar bilan yoza boshlagan kichik-kichik yumoristik hikoyalari asta-sekin mashhurlikka erishadi. Moskvadagi “Budilnik”, “Tomoshabin” jurnallarida chop etilgan ijod namunalari, “Peterburg gazetasi” bilan hamkorlik Chexovga 1885-yili kutilmagan mashhurlikni keltiradi – uni kichik hikoyalar muallifi sifatida xalqqa tanitadi. Yozuvchi Dmitriy Grigoryevichning iste’dodni isrof qilmay, salohiyatingni toshi og‘ir ijod namunalariga sarfla, degan maslahatidan keyin astoydil ishga kirishadi. “Yangi vaqt” jurnali noshiri, tanqidchi Aleksey Suvorin bergan tuzukkina gonorar sabab ro‘zg‘orni o‘ylamay, “Dushmanlar”, “Agafya” va “Dahshat” nomli hikoyalarini yozadi. Universitetning uchinchi bosqichidayoq shifoxonalarda assistentlik qila boshlagan yosh Anton diplomini olgach, uy eshigining oldiga “Shifokor A.P. Chexov” degan yozuvni osib qo‘yadi. Keyinroq turli qishloqlardagi shifoxonalarda ham bemorlarga shifo ulashadi. Ko‘p kasallik ruhiy holat bilan bog‘liq ekanini yaxshi bilgan Chexov xastalarni faqatgina dori-darmon bilan davolabgina qolmay, ularning ko‘nglini ko‘tarish, hayotga bo‘lgan ishtiyoqini oshirishga urinadi. Salomatligida muammosi ko‘p, ammo ahvoli tang kasallardan pul olishni o‘ziga ep ko‘rmaydi. Imperator akademiyasining og‘zaki va yozma nafis adabiyot bo‘yicha faxriy akademigi bo‘lgan Anton Chexov haqida gap ketganda ko‘pchilik, tibbiyot uning adiblik faoliyatiga xalal berganini ta’kidlaydi. Lekin tibbiyot unga begona bo‘lganida, ehtimol, adib dard neligini yaxshi his etmasligi, qahramonlarining ruhiyatini ochib berolmasligi va alal-oqibat, asarlari ham bu kungacha “tirik” bo‘lmasligi mumkin edi. Bora-bora o‘zidan qoniqmagan ayrim yozuvchilardek Chexovning ko‘ngli ham sayohat tusaydi. Sibir orqali o‘tib, Saxalin orolida to‘xtagan adib ushbu safari muvaffaqiyatli chiqishi-yu, bunga salomatligi bilan tovon to‘lashini xayoliga ham keltirmasdi. 82 kunini yo‘lda o‘tkazgan Anton manziliga yetguncha 9 ta ocherk yozib tugatadi. Nihoyat orolga yetib borgach, mahalliy aholi bilan tezda tanishib, ularning hayot hikoyalarini tinglashga kirishadi va shu asnoda materiallari uchun qimmatli ma’lumotlar to‘playdi. Orol ma’muriyati unga mahkumlar bilan muloqot qilishni man etadi, ilhom va taassurot ilinjida sovug‘-u qiyinchiliklarga qaramay yo‘l bosib kelgan yozuvchi esa bilganidan qolmaydi. Uch oy-u ikki kun davomida fuqarolar haqidagi deyarli 10 ming statistik kartochkalarni to‘plashga muvaffaq bo‘ladi. Mahalliy amaldorlardan tortib, qamoqxona mahkumlari bilan ham yuzma-yuz gaplashib chiqadi, shifoxonalar ahvolidan tashqari mehnat va jazo turlari qanday kechishini ham ko‘zdan qochirmaydi. Urinishlari besamar ketmagan yozuvchi go‘yoki ayrim siyosiy mahkumlar o‘z joniga qasd qilgani haqidagi ma’lumotlar haqiqatdan farqlanishini payqaydi. Holatni zimdan kuzatib, ko‘rganlarini qayd etgan Chexov Saxalindan keyin Gonkong, Singapur, Seylon oroli va Odessaga ham boradi. Yaqinlari bilan esa 1890-yili Tulada ko‘rishadi. Anton Chexov Lidiya Mizinova bilan Chexovning hayot yo‘lida xotin-qizlar ko‘p uchragan. Singlisining dugonasi Lidiya Mizinova bilan qariyb 10 yil uchrashib, sevishib yurganiga qaramay, turmush qurish haqida gap ochilishi bilan o‘zini olib qochaveradi. “Chayka”dagi Nina obrazi uchun Mizinovaning taqdiri prototip qilib olinadi. “Kuchuk yetaklagan ayol” hikoyasidagi ayol obrazi uchun keyinroq uchrashib yurgan ma’shuqasi Yelena Shavrovadan ilhomlanadi. “Chayka” pyesasining tayyorgarlik jarayonida tanishgan maftunkor va kibor aktrisa Olga Knipper esa boshqa ayollardan farqli o‘laroq uni oila qurishga ko‘ndira oladi. 1901-yilda turmush qurganiga qaramay, juftlik farzand ko‘rolmaydi. Anton Chexov Olga Knipper bilan Antonda sil kasalligining belgilari ilk bor 24 yoshida namoyon bo‘la boshlaydi. Aytishlaricha, mazkur kasallik unda bolaligidayoq aniqlangan. Boshqa taxminlarda esa qishloqlarda shifokor bo‘lib ishlaganida qabuliga kelgan bemorlardan silni yuqtirib olgani, Saxalinda esa dardi zo‘rayib ketgani aytiladi. Ularning qay biri to‘g‘ri bo‘lishidan qat’i nazar, bir narsa aniq: yozuvchi sog‘lig‘iga beparvo bo‘lib, oiladagilari ortiqcha xavotirlanmasligi uchun kasallik bilan bog‘liq salbiy o‘zgarishlarni yaqinlaridan yashirib keladi. Keyinroq ahvoli yomonlashib shifoxonada davolanishga majbur bo‘ladi. Tuzukroq oyoqqa turmay, ijod qilish dardida shifokorlardan uyga javob berishlarini so‘raydi. Kamiga qon aralash yo‘talayotganini ham yashiradi. Chexov hayotining ajralmas qismiga aylangan dard va og‘riqli hislar asarlariga ham ko‘chadi. Bu, ayniqsa, “Noma’lum odam haqidagi hikoya”da yaqqol bilinadi. Adib 1904-yil Badenvaylerda sil kasalligi sabab hayotdan ko‘z yumadi. Asli mutaxassisligi shifokor bo‘lgan adib, kasbi bilan odamlar jismiga, asarlari bilan esa qalblarga shifo ulashadi. U o‘zidan avvalgi adiblar va zamondoshlari singari roman yozmagandir, ammo o‘zi afzal bilgan qisqalik bilan so‘zlarning ohorini to‘kmay jamiyatdagi muammolar, davr odamlarining maishiylikka sho‘ng‘iyotganini qahramonlari hayoti misolida ochib beradi. Yozuvchi butun ijodi davomida atrofidagilarni ruhiy karaxtlikdan uyg‘otishga urinadi. Odamlar odam bo‘lsagina, hayot yaxshilanishiga butun vujudi bilan ishonadi. Gumanizm kuychisi sifatida e’tirof etiladigan yozuvchining “Amaldorning o‘limi”, “Buqalamun”, “Semiz va oriq”, “Qayliq” hikoyalaridagi voqealar bir-biridan farq qiladi, lekin ularda hamma muammolar negizi borib odamga taqalishini anglash qiyin emas. “Olchazor”, “Vanya tog‘a”, “Chayka” va “Uch opa-singil” nomli asarlari haligacha sahnalardan tushmay, repertuarlarni to‘ldirib, tomoshabinlarni qayta-qayta teatrlarga chaqirmoqda. “Chexovshunoslik”, “Chexov hikoyalari maktabi”, “Chexov dramaturgiyasi” kabi mahorat yo‘nalishlari paydo bo‘lgani ham bekorga emas, aslida.
137
8,419
Madaniyat
Ovqat tayyorlashni umuman bilmaydigan mashhur ayollar (foto)
Yulduzlar ovqat tayyorlashni bilishi kerakmi? Bir tomondan, ular har doim yordamchilarni yollashlari mumkin, ikkinchidan, bu ko‘nikma, masalan, karantin sharoitida asqatishi mumkin. Biroq barcha mashhurlar ham oshpazlik iste’dodi bilan maqtana olmaydi. Jennifer Lourens Aktrisa intervyularining birida “Ko‘pgina narsalar qo‘limdan kelmaydi: mazali ovqat tayyorlashni, uy tozalash va tikishni bilmayman”, — deb tan olgan. Tayra Benks Model farzandli bo‘lishdan oldin ovqat pishirishni bilmagan: u odatda restoranlarda ovqatlangan yoki uyda tayyor ovqatga buyurtma bergan. Ammo u ona bo‘lganida, oshpazlik kursiga borishga qaror qilgan. Sofiya Vergara “Amerikacha oila” seriali yulduzi ABC kanaliga bergan intervyusida shunday degan: “Men ovqat pishirishni bilmaganman va bilmayman ham. Muzlatgichimda har doim tayyor arepas (“nachunka”li kolumbiya noni) bo‘ladi. Och qolsam, ulardan birini olaman-da, yeb ketaveraman”. Penelopa Kruz Aktrisa filmlarida uning oshpazlik mahorati haqiqatga qaraganda ancha yaxshi namoyish etilganini tan oladi. Buning uchun u kurslarga ham borgan. Ammo u yerda, asosan, sabzavotlarni tez va chiroyli qilib kesishni o‘rgangan. Eva Mendes Eva ham ovqat qilishni bilmasligini va haftada 3-4 marta tayyor ovqatga buyurtma berishni tan oladi: “Men o‘rganishni istardim, chunki bu foydali mahorat... Biz tez-tez restoranlarga boramiz... Kechki bazmlarda do‘stlarim ovqat pishiradi, menga esa u yerning atmosferasi yoqadi”. Beyonse Xonandaning aytishicha, ovqat tayyorlashga umuman uquvi yo‘q. Uning Nyu-York Times’ga bergan intervyusida “Men ovqat pishirishni umuman bilmayman, lekin taomni tatib ko‘rishga ustaman”, — degan. Onasi Tina Noulz ham ovqat tayyorlash qizi bilmaydigan yagona narsa ekanini ta’kidlaydi. Kira Naytli Aktrisa o‘zini oshxonadagi falokat deb ataydi: “Men dunyodagi eng yaxshi oshpaz emasman. Men urunib ko‘rganman, lekin bundan hech narsa chiqmagan”. Priyanka Chopra Hindistonlik aktrisa, musiqachi Nik Jonasning rafiqasi soxta kamtarliksiz shunday deydi: “Men ovqat pishirolmayman. Ammo yeyishim mumkin” Polina Gagarina Mashhur xonanda oshxona bilan ishi yo‘qligini tan oladi. Shu bilan birga, u buterbrod yoki go‘shtni yaxshi tayyorlay olishini aytadi. Ammo qiyin va uzoq vaqt oladigan taomlarni tayyorlashni odatda uning eri — fotograf Dmitriy Isxakov o‘z zimmasiga oladi.
60
2,331
Madaniyat
“Ular uchun bitta hayot kamlik qilar, ehtimol”. “Sug‘ur kuni” filmi bilan bog‘liq 10 fakt
21-sentabr kuni aktyor Bill Myurrey 71 yoshini nishonladi. Bir necha filmlarda muvaffaqiyatli rollarni ijro qilganiga qaramay, aktyor tomoshabinlarga aynan “Sug‘ur kuni”dagi ijrosi bilan yaxshi tanish. Shuni inobatga olgan holda mazkur film bilan bog‘liq qiziqarli ma’lumotlarni e’tiboringizga havola qilamiz. Ssenariy Film ssenariy muallifi Denni Rubinning kartina g‘oyasi ustida ishlashida ikkita boshlang‘ich nuqta bor edi. Birinchisi sal avvalroq vampirlar haqida o‘qigan kitobi bo‘lgan. Yozuvchi mangu yashash, uning odamga qanday ta’sir qilishi mumkinligi haqida o‘yga tolgan. Robin vaziyat ta’siri ostida o‘sishga tayyor bo‘lmagan odamni: ulg‘aymagan ma’lum bir shaxsni tasavvur qilgani haqida yozgan. “Balki, bunday bolalarning vaqti ko‘proq bo‘lsa, ular alal-oqibat ulg‘ayar. Ularga bir hayotning o‘zi kamlik qilar, ehtimol”. Ikkinchi boshlang‘ich nuqta esa German Gessening “Siddxartxa” kitobi bo‘lgan. Va nihoyat Rubin o‘zining hamisha bir kuni takrorlanadigan qahramon haqidagi g‘oyasini yodga olgan. Filmning falsafasi aynan shunga asoslangan. Bosh qahramonni Tom Xenks gavdalantirishi mumkin edi Rejissor Garold Ramis va Bill Myurreyni bir necha yillik hamkorlik va do‘stlik bog‘lab turardi. 90-yillar boshida ular “Arvohlarni ovlab” sikvelida birgalikda suratga tushgan. Bu Ramisga dastlab bosh qahramonni gavdalantiruvchi aktyorni tanlashi uchun shubhalanishiga to‘sqinlik qilmagan. Ssenariyning birinchi variantiga ko‘ra Fil 20 yashar yosh yigitcha bo‘lgan. Ammo suratga olish ishlari boshlanishi bilan rejissor qahramon yoshini 40 ga o‘zgartirgan. Aynan shu sabab ham bu bosqichda Garold Tom Xenksning eng yaxshi nomzod deb bilgan. Navbatdagi loyihalar bilan band ekani sabab Tom mazkur rolni o‘ynashdan voz kechgan. Shundan keyin ijro bir vaqtning o‘zida yoqimtoy va razil bo‘lib ko‘rinishni uddasidan chiqadigan Bil Myurreyga nasib qilgan. Film sabab do‘stlar orasidan qora mushuk o‘tgan Hamkorlikda ishlangan “Sug‘ur kuni” ancha yillik do‘stlarni urishtirib qo‘ygan. Billning doimiy maslahatlari, injiqliklari va hamisha yomon kayfiyatda ekani Garoldning joniga teggan va oqibatda u bilan gaplashmay qo‘ygan. Do‘stlar oradan 20 yil o‘tibgina yarashib olgan. O‘tkir tishli sug‘ur Filmda bir nechta sug‘ur suratga olingan. Ular Panksatoni shahridagi hayvonot bog‘idan topilgan. Tasvirga tushishni qotiradigan eng yirik sug‘ur sakrab yo‘qolish dubllaridan birida Myurreyni tishlab olgan. Aktyor bu haqida shunday eslaydi: “Sug‘ur menga birinchi kundanoq tish qayrashni boshlagan”. Sun’iy qor Film Vudstokda suratga olingan, sujetga ko‘ra voqealar fevral oyining boshida sodir bo‘lgan. Tasvirga olish jarayoni 1992-yil 18-martda boshlangan va iyunga qadar davom etgan. Shu sabab ham aksariyat hollarda sun’iy qordan foydalanilgan. Buning uchun zambarakdan yoki suratga olish maydonchasi o‘t o‘chirishda ishlatiladigan ko‘pikdan foydalanilgan. Ssenariyga kiritilgan o‘zgartirish Dastlab ssenariyga ko‘ra, Myurreyning qahramoni vaqt tuzog‘ida 10 ming yil vaqt kechirishi kerak edi. Ammo keyin ssenariy qayta ishlangan va muddat 10 yilgacha qisqartirilgan. Bu vaqt ichida Fil fransuz tilini, pianinoda chalishni o‘rganib olgan, tibbiy bilimlarga ega bo‘lgan hamda muz haykaltaroshligi bo‘yicha mohir usta bo‘lgan. Ekranda sug‘ur kunining 42 marta takrorlanishigina ko‘rsatilgan. Sinmas soat Rejissor va ssenariy muallif g‘oyasiga binoan epizodlardan birida Bill Myurrey budilnikni urib chilparchin qilishi kerak bo‘lgan. Ammo soat ular o‘ylaganidan ham mustahkamroq bo‘lib chiqqan. Aktyor butun kuchi bilan otganida unda shunchaki tirnalishlar hosil bo‘lgan, xolos. Shundan keyin bolg‘adan foydalanilgan. Eng qizig‘i, shundan keyin ham undan ovoz yangrashi to‘xtamagan. Shundan keyin o‘sha lahzani qoldirishga qaror qilingan. “Bill Myurrey bu yerga qadam bosgan”  Film ekran yuzini ko‘rgandan keyin Vudstok hukumati sujetga ko‘ra Fil Konnors har 2-fevralda tushib ketadigan ko‘lmakni mahalliy diqqatga sazovor joyga aylantirgan. Endilikda u yerda: “Bill Myurrey bu yerga qadam bosgan” degan yozuv borligini ko‘rish mumkin. San’at asari “Sug‘ur kuni” 1993-yil 12-fevral kuni ekran yuzini ko‘rgan. Muxlislar tomonidan iliq qabul qilingan kartina AQSh va Kanadaning o‘zida 71 million dollar to‘plagan. 2007-yilda Premiere jurnali mazkur filmni hamma vaqtning eng yaxshi 50 komediyasi ro‘yxatiga kiritgan. Shundan keyin Amerika kinosan’at instituti “Sug‘ur kuni”ni fentezi janridagi eng yaxshi 10 film ro‘yxatida sakkizinchi deb topgan. Muxlislardan maktub Film ekran yuzini ko‘rgandan keyin ssenariy muallifi Denni Rubinga muxlislardan maktublar yog‘ila boshlagan. Turli din vakillari xat yoza boshlagan hamda ularning hammasi “Sug‘ur kuni”ni aynan ularning e’tiqodiga mos illyustratsiya ekanini yozib qoldirgan. Filmda ma’nan o‘smaydigan odam halqa ichidagi olmaxon singari aylanib yurishi ko‘rsatib berilgan. Amerika Qo‘shma Shtatlarida esa har fevral oyining ikkinchi sanasi “Sug‘ur kuni” sifatida nishonlanadi.
89
4,932
Madaniyat
Yigitali Mamajonov va Muqaddas Sa’dullayeva yangi oilaviy suratlarini taqdim etdi (foto)
Aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva turmush o‘rtog‘i Yigitali Mamajonov, qaynonasi va farzandlari bilan tushgan suratlarini Instagram’dagi sahifasiga joylashtirdi. Juftlik 23-dekabr kuni o‘g‘il farzandli bo‘lgan va chaqaloqqa Abubakr deb ism qo‘ygan edi. “Allohimga hamd-u sanolar bo‘lsin manashu chiroyli baxtimizga baxt qo‘shgan kun ham keldi. Xonadonimizga salkam 1 yillik shirin turmushimiz, muhabbatimizning mevasi Abubakr Siddiq kuni kecha ilk bor yangi mehmon bo‘lib keldilar! Baxtni ko‘z-ko‘z qilish yaxshilikka olib kelmasligining hayotiy tajribamda, yaqinlarimda ko‘p guvohi bo‘lganman. Shuning uchun ham chiroyli turmushimiz hech kimning nazarida bo‘lishni istamadik. Shu kungacha tinch-totuv yashab kelayapmiz, lekin qarasam oxirgi kunlar haqiqat astalik bilan ochilib, g‘alamis qalbi qora insonlarning quroliga aylanib har xil tuhmat, bo‘htonlar bilan oilamiz sha’niga xunuk gaplar gullay boshladi. Shuning uchun bugun oxiri baxtimni faqatgina yaxshilar, qalbi toza insonlar bilan bo‘lishishni istadim. Men baxtliman, qaynonam—oyijonimdek, turmush o‘rtog‘imdek qalbi toza, mehribon, insofli diyonatli insonlar hozirda juda kam. Oilada baxtning kalitini esa iymonli turmush o‘rtog‘iga, har qanday vaziyatda ham itoatli bo‘lishda deb bilaman! Aytib o‘tishim lozimki, biz hech kimning oilasini buzib, turmush qurganimiz yo‘q, baxtini ham tortib olganimiz yo‘q. Biz faqatgina Alloh buyurgan yo‘lda , dunyo qarashlarimiz tog‘ri kelib, qalblarimizni hamda hayotimizni tutashtirdik, xolos! Barcha yaxshilarga faqatgina baxtni va yaxshiliklarni tilab qolaman! Azizlar insonlarga qo‘lingizdan kelsa, yaxshilik qiling, yaxshilik qilish kelmasa, yomonlik ham qilmang. Yaxshilik qilolmagan insoningizga hech bo‘lmasa, yomonlik qilmaslik imkoniyatingiz bor. Insondan faqatgina dunyoda yaxshilik qoladi!”, — deb yozadi Muqaddas Sa’dullayeva. Ma’lumot uchun, aktyor Yigitali Mamajonovning xonanda Rayhon bilan nikohidan Islom va Imron ismli egizak o‘g‘illari, chimkentlik Nigina ismli qiz bilan turmushidan qizi bor. Muqaddas Sa’dullayeva bilan nikohidan dunyoga kelgan chaqaloq aktyorning to‘rtinchi farzandi. Aktrisa Muqaddas Sa’dullayevaning birinchi turmushidan Sa’diya ismli qiz farzandi bor.
88
2,194
Madaniyat
“O‘zbekkonsert” Sardor Rahimxon, Feruza Jumaniyozova, Asilbek Nig‘matov hamda Tohir Usmonovlarning litsenziyasini olib qo‘ydi
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasida “Milliy estrada san’atining yoshlar ma’naviy, axloqiy tarbiyasidagi o‘rni va san’atkor odobi” mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda muassasa rahbariyati, san’atkorlar, OAV xodimlari qatori “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad ham ishtirok etdi. Yig‘ilishda bir necha marta ogohlantirishlarga qaramasdan, yig‘ilishga sababsiz kelmagan bir guruh xonandalarning litsenziyasi to‘xtatib qo‘yildi. “Milliy estrada san’atining yoshlar ma’naviy, axloqiy tarbiyasidagi o‘rni va san’atkor odobi” mavzusida yig‘ilishda bir necha marotaba ogohlantirishlarga qaramasdan, sababsiz kelmagani uchun O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sanjar Rahimov (Sardor Rahimxon), “Nihol” mukofoti sovrindori Feruza Jumaniyozova, estarada xonandalari Asilbek Nig‘matov hamda Tohir Usmonovlarga berilgan litsenziyalar joriy yilning 31-may kunidan to‘xtatilsin. Odilxo‘ja Abduqahhorov, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori
125
941
Madaniyat
Ekranlarda ko‘rinmay qolgan Gollivud yulduzlari (foto)
Putur yetgan mavqe, muvaffaqiyatsiz loyiha, oilaviy muammolar va shunchaki charchoq ... Kemeron Diaz, Jo Peshi va boshqa bir necha Gollivud yulduzlari nima uchun filmlarda suratga tushmay qo‘ydi, degan savolga quyida javob beramiz. Jo Peshi 1990-yilda Peshi “Ajoyib bolalar” (“Goodfellas”) filmidagi Tommi De Vito roli uchun “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritdi va undan oldin “G‘azablangan buqa” (“Raging Bull”) va “Bir paytlar Amerikada” (“Once Upon a Time in America”)  dramalarida o‘ynadi. “Uyda yolg‘iz” komediyasidagi o‘g‘ri roli Jo Peshi uchun chinakamiga yangi obraz edi, chunki u bundan oldin jiddiy mafiya sardori rolini ijro etgan. Keyin u Martin Skorsezening “Kazino” filmida va 2006-yilda Robert De Nironing “Yolg‘on vasvasa” rejissorlik loyihasida ishtirok etdi. Oxirgi 10 yil ichida 75 yoshli Peshi atigi ikkita filmda suratga tushdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor musiqa bilan shug‘ullanadi. Ammo uning intervyularidan xulosa qilish mumkinki, aktyor Gollivuddan shunchaki zerikkan. Meg Rayan 2000-yilda Meg “Hayot isboti” filmidagi partnyori Rassell Krouni sevib qoldi. Uning uchun u eri Dennis Kueydni tark etdi, og‘ir operatsiyani boshdan o‘tkazdi va sevgilisi bilan vatani Avstraliyaga ketdi. Afsuski, Megning rejasi barbod bo‘ldi. U Krou bilan til topisha olmadi va sobiq turmush o‘rtog‘i yoniga qaytib keldi, lekin singan shishani qayta tiklab bo‘lmaganidek er-xotin ajrashdi. Bu esa Megning karyerasiga ta’sir qilmay qolmadi. Ushbu mojarolardan so‘ng rejissorlar aktrisani romantik komediyalarning qahramoni sifatida ko‘rishmadi. Meg 2001-yilda “Keyt va Leo” filmida ishtirok etdi. O‘shandan beri Meg vaqti-vaqti bilan teleseriallarning epizodik rollariga ovoz berib kelmoqda. Kemeron Diaz 2015-yilda aktrisa “Good Charlotte” guruhi gitarachisi Benji Maddenga turmushga chiqdi. So‘ngra suratga tushish ishlarini butunlay tashlab, homiladorlikni rejalashtirishni boshladi. Hozirgacha juftlikning oilasida biror yangilik bo‘lmadi.
54
1,955
Madaniyat
Yaqin kunlarda bolalar uchun yangi animatsion film namoyish etiladi
Kinematografiya agentligi buyurtmasiga bilan “Whiteline” studiyasi tomonidan   “Kichik bilagʻonlar” animatsion filmi ishlab chiqilmoqda. Ushbu multfilmda bosh qahramon Olimjon va uning doʻstlari Bahodir, Farhod, Muxlisa va Madinalarning boshidan kechirgan sarguzashtlari  aks ettiriladi. Multi kartinani yaratishda bolalarning kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishlarini orttirishga katta ahamiyat qaratilayotgani   haqida  aytilmoqda. Shuningdek mazkur  animatsion film ssenariy  va rassom Shuhrat Asayev muallifligi  hamda bir qancha ijodkorlar hamkorligi asosida tayyorlanmoqda .
67
576
Madaniyat
O‘zbekiston televideniyesida namoyishi oxiriga yetmay to‘xtatilgan seriallar
So‘nggi haftalarda ijtimoiy tarmoqlar va turli saytlarda Zo‘r TV xususiy kanalida namoyish etilayotgan turklarning “Sevgi iztirobi” (Kara Sevda) seriali atrofidagi ko‘plab muhokamalar ortidan serial namoyishi to‘xtatildi. “Sevgi iztirobi” serialidan kadr. Kara Sevda seriali Turkiyada 2015-yildan 2017-yil yozigacha namoyish etilgan bo‘lib, 2 mavsum va 74 qismdan iborat. Uning har bir qismi 120—150 daqiqadan iborat. Serial har bir epizodi turli davlatlarda jumladan, O‘zbekistonda ham bir necha qismlarga bo‘lib uzatildi. Serial 2017-yilda “Yilning eng yaxshi telenovellasi” nominatsiyasida “Emmi” mukofotini qo‘lga kiritdi. Dunyoning 20 dan ortiq davlatida, xususan, BAA, Iroq, Afg‘oniston Islom Respublikalarida ham namoyish etildi. Qarorgohi Istanbulda joylashgan GEM Group telekanalining forscha subtitrlari bilan serialni Eron Islom Respublikasida ham ko‘rishdi. “Sevgi iztiroblari” ijodkorlari “Emmi” mukofoti bilan. O‘zbekistondagi Zo‘r TV xususiy kanali orqali ushbu serial 2017-yil sentabridan boshlab namoyish etila boshlandi. Ushbu serial O‘zbekistonda tezda ommalashdi, hatto choyxonalarda ham serialni katta qiziqish bilan tomosha qilishdi. Uning reklama bannerlarini poytaxt ko‘chalarida ham ko‘rish mumkin edi. O‘zbekistonliklar Google’da 2017-yilda eng ko‘p qidirgan so‘rovlar orasida 2-o‘rinni egalladi. O‘tgan hafta “Azon.uz” saytida “Millat xoinlarini tanib oling” nomi ostida maqola chop etildi. Hozirgi vaqtda o‘chirib tashlangan maqolada Ziyovuddin Rahim Kara Sevda’ni shahvatparastlikka moyil qiluvchi, oilalar tinchligini buzadigan, imonga, odob-axloqqa raxna soladigan bunday chiqindi serialni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi. Shuningdek, bu kabi serialni dublyaj qilganlar millat xoinlariga tenglashtirildi. 14-fevral kuni xotin-qizlar masalasida o‘tkazilgan majlisda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov televideniyeda namoyish etilayotgan seriallarni tanqid qildi. “Kun.uz”ning yozishicha, Aripov “Sevgi iztirobi” serialiga ham to‘xtalib, oilalardagi ma’naviy muhit buzilayotgan, ajrashishlar ko‘payayotgan bir paytda bu kabi saviyasi past seriallarni namoyish etishni qattiq tanqid qilgan. 16-fevral, juma kuni esa “Sevgi iztirobi” seriali namoyishi Zo‘r TV’da to‘xtatildi. Serialning endigina ikkinchi fasli namoyishi boshlangandi. O‘zbekiston televideniyesida seriallar namoyishi oxiriga yetmasdan to‘xtatilishi birinchi marta emas. “Kelin” serialidan kadr. 2012-yil fevralida o‘zbek telekanallarida namoyish etilayotgan barcha turk seriallari baravar to‘xtatilgandi. O‘shanda “Yoshlar” kanalida “Kelin”, NTT kanalida “Muhabbat simfoniyasi”, “TV Markaz”da “Ajralsak-da birgamiz” seriallari namoyish etilayotgandi. Bundan tashqari, “TV Markaz” “Muhtasham yuz yil” seriali tez orada namoyish etilishi haqida anonslar berilayotgandi. Seriallar to‘xtab qolishi texnik nosozliklar bilan izohlangan bo‘lsa-da, turk seriallari namoyishi 2017-yilgacha tiklanmadi. Bungacha NTT va “TV Markaz” kanallarining o‘zi ham yopilib ketdi. 2015-yil aprelidan “Yoshlar” telekanalida hindistonlik kinoijodkorlar tomonidan suratga olingan “Senga oshiqman” seriali namoyishi boshlandi. O‘zbekistonda ko‘proq serialning bosh qahramoni Ishani nomi bilan mashhur bu serial ijtimoiy tarmoqlarda va turli bloglarda keskin tanqidga uchradi. Tanqidchilar bu film o‘zbek mentalitetiga mutlaqo to‘g‘ri kelmasligini yozdi. Shunga qaramay, O‘zbekistonda ushbu serialning muxlislari juda ko‘p edi, hatto qashqadaryolik ota-ona tug‘ilgan qiziga Ishani deb ism qo‘ydi. Xonanda Sharof Muqimov Ishani obrazini yaratgan Radhika Madanni klipiga ham chaqirmoqchi bo‘ldi. “Senga oshiqman” serialidan kadr. Kadr: YouTube 2015-yil sentabrda Ommaviy axborot vositalari monitoringi markazi bu serial o‘zbek mentalitetiga zidligi haqida xulosa berdi: “Xulosa qilib aytganda, mazkur serial g‘oyasi xalqimiz mentalitetiga, milliy an’analar va oilaviy qadriyatlarga zid bo‘lib, uning mazmuni yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’sir etadi. Mazkur serial mazmuni O‘zbekiston Respublikasi “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunnning 14-moddasining 3-xatboshisi (qonunga xilof ravishda ijtimoiy ongga axborot vositasida ruhiy ta’sir ko‘rsatishga, uni chalg‘itishga yo‘l qo‘ymaslik), “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasi, 5-xatboshisi (yoshlar orasida odob-axlohni buzishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlar man etiladi) hamda “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni 16-moddasining 3-xatboshisi (...bolalarga zararli ta’sir ko‘rsatuvchi... filmlarni namoyish etish taqiqlanadi) talablariga ziddir”. 2015-yil sentabr oyi oxirida serialning birinchi fasli tugaganidan so‘ng, “Yoshlar” kanali uning davomi namoyish etmadi. Bir yildan so‘ng “Madaniyat va ma’rifat” telekanalida hindlarning 2013-yilda suratga olingan “Mahobhorat” seriali efirga berilishni boshladi. Qadimiy hind eposi asosida suratga olingan bu serialda taxt uchun kurash tasvirlangandi. Besh aka-uka shahzoda bir malikaga uylangani o‘zbek tomoshabinlarida keskin tanqidlarga sabab bo‘ldi. Vaholanki, 90-yillarning oxirida ham bu serialning eski talqini o‘zbek tomoshabinlariga taqdim qilingandi. 1970-yilda esa “Janglar qissasi. Mahabharata yoki Bharata avlodlari jangnomasi” nomi bilan hindlarning bu eposi oʻzbek tilida chop etilgandi. “Mahobhorat” seriali posteri. “Islom.uz” sayti orqali “Mahobhorat” serialini tomosha qilish shariatga to‘g‘ri kelishi yoki yo‘qligi borasida savol bilan murojaat ham qilindi. Bu savolga javob quyidagicha bo‘ldi: “Kufrga rozi bo‘lish, kufr hisoblanadi. Shu filmni ko‘rgan ko‘p odamlarning og‘izlaridan: ‘Janobi Ramga sharaflar bo‘lsin’ deyayotganlarini o‘zimiz ham eshitdik. Qanday qilib bu so‘zni kufr deb bo‘lmaydi?” Tinimsiz tanqidlar oqibatida “Mahobhorat” namoyishi ham to‘xtatildi. Televideniyeda namoyishi to‘xtatilgani bilan yuqorida nomlari keltirilgan seriallarni tomoshabinlar diskini sotib olib, ko‘rishda davom etaverdi. Tomoshabinlar seriallarni ruscha dublyajda, dublyaj qilinmaganlarini esa turk va hind tilida ham tomosha qilaverdi. “Senga oshiqman” serialining ruscha dublyajdagi diski. Qizig‘i, namoyishi oxiriga yetmay qolgan bu seriallarning bari O‘zbekiston kabi Sharqning bir bo‘lagi hisoblangan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan. Ayni vaqtda, “ma’naviyat himoyachilari” tomonidan “ommaviy madaniyat”ning manbasi sifatida nuqul olabo‘ji qilib ko‘rsatiladigan G‘arb mamlakatlarida (Lotin Amerikasi davlatlarini ham shu turkumga kiritish mumkin) suratga olingan qator seriallarning o‘zbek telekanallari orqali efirga uzatilgan, efirga uzatilmoqda. Biroq ularning namoyishini to‘xtatish uchun jamoatchilik yo ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining bunchalik jonbozlik ko‘rsatganini eslash qiyin. Kim bilsin, balki buning sababi ularning “Sevgi iztirobi” yoki “Mahobhorat” kabi ommalashib ketmaganidadir? 2017-yilning ikkinchi yarmidan “Kinoteatr” kanali o‘z vaqtida “Yoshlar” kanalida to‘xtatilgan “Kelin” va “Senga oshiqman” seriallarini qayta namoyish etishni boshladi. Ayni vaqtda “Kelin” seriali oxiriga yetgan bo‘lsa, 2015-yilda qonunchilikka zidligi aytilgan “Senga oshiqman” seriali hali ham davom etmoqda.
76
7,139
Madaniyat
Nargiz Zokirova “Glavnaya ssena” loyihasini tark etishini e’lon qildi
Nargiz Zokirova “Rossiya 1” telekanali orqali namoyish etilayotgan “Glavnaya ssena” (“Bosh sahna”) loyihasidagi ishtirokini to‘xtatishga qaror qildi. Musiqiy shouning efirga uzatilgan to‘rtta dasturidan so‘ng xonanda boshlovchilikni davom ettirishdan bosh tortgan. Bu haqda “Super” xabar bermoqda. “Ekranda ko‘rganim va suratga olish jarayonida guvoh bo‘lganim bu ko‘rsatuv haqidagi tasavvurlarimga mutlaqo to‘g‘ri kelmadi, — deya ta’kidlagan Nargiz Zokirova. —Ushbu shou mualliflari va ishtirokchilariga hurmatim baland, ammo boshlovchi emas, qo‘shiqchi ekanligim baribir o‘zini bildiryapti. Qachondir yana boshlovchilikka qo‘l urgan taqdirimda ham, boshqa musiqali shouni tanlasam kerak”. Eslatib o‘tamiz, oldinroq xonanda boshlovchi rolida o‘zini noqulay sezayotgani, bu uning uchun qiyin sinov bo‘layotgani haqida aytib o‘tgan edi.
69
836
Madaniyat
Twitter’da #NavoiyDay heshtegi dunyo trendiga olib chiqildi
O‘tgan yili #Navoiy575 va #BoburDay heshteglarini dunyo trendiga olib chiqqan “E-yoshlar” guruhi bu yil ham bu ishni takrorladi. Alisher Navoiy tavalludining 576 yilligiga bag‘ishlangan ushbu aksiyaga qo‘shilgan Twitter foydalanuvchilari soat 9:00 dan boshlab #NavoiyDay heshtegi bilan tvitlar yoza boshladi. Aksiyada, shuningdek, Facebook va Instagram foydalanuvchilari ham o‘z postlarida ushbu heshteglarni ishlatgan holda qatnashdi. Aksiya tashabbuskorlari heshteg trendga olib chiqilganini isbotlovchi skrinshotlarni keltirgan. “E-yoshlar” guruhi 14-fevral kuni #BoburDay‬‬ heshtegini trendga olib chiqishni maqsad qilgan. Shu kuni 14:00 dan boshlab ijtimoiy tarmoqda mazkur heshteg bilan post qoldirish boshlanadi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
59
894
Madaniyat
Ulug`bek Qodirov kinoga qaytayotganini ma`lum qildi
Uzoq muddatli tanaffusdan so`ng Ulug`bek Qodirov kinoga qaytdi. Bu haqda u o`zining Instagram'dagi sahifasida ma`lum qildi. "Uzoq muddatli tanaffusdan so`ng yangi serial ustida ish boshladik. Umid qilaman bu sizga manzur bo`ladi", -deydi Qodirov. Shuningdek, u barchani kirib kelgan Ramazon oyi bilan ham tabrikladi.
51
316
Madaniyat
Munosabatlarini ko‘z-ko‘z qilmagani uchun ham tinch va baxtli yashaydigan Enrike Iglesias va Anna Kurnikovaning muhabbat siri nimada?
AdMe nashri ko‘p yillar davomida shou-biznes olamidagi eng kuchli va yopiq juftliklardan biri hisoblangan Iglesias va Kurnikova o‘rtasidagi munosabatlar tarixi haqida ko‘proq ma’lumot olishga qaror qildi. Lotin amerikalik mashhur qo‘shiqchi bilan tanishishidan oldin Anna Kurnikova allaqachon mashhur va juda muvaffaqiyatli tennischi edi. Misol uchun, 2000-yilda sportchi WTA reytingida 8-o‘rinni egallaydi. Anna juftlik bahslarida dunyoning 1-raqamli o‘yinchisiga aylanadi. Biroq u yakkalik bahslarida hech qachon chempion bo‘lmagan. Mashhurligining shon-shuhrat cho‘qqisida uning ismi Google’dagi eng ko‘p qidirilgan nomlardan biri bo‘lgan 2000-yillarning boshlarida Enrike o‘z vatanida ham, Ispaniyada ham, xorijda ham juda mashhur xonanda edi. U bir nechta albom chiqaradi, bir necha marta jahon bo‘ylab konsert gastrollari uyushtiradi. Va o‘sha paytdagi eng mashhur singllaridan biri “Bailamos” — Uill Smit ijrosidagi “Yovvoyi, yovvoyi G‘arb” filmining saundtreki edi. Kinofilm muvaffaqiyatli bo‘lmaydi, lekin qo‘shiq Qo‘shma Shtatlarda 1-raqamli xitga aylanadi. 2001-yilda Iglesias o‘zining ingliz tilidagi ikkinchi “Escape” albomini chiqaradi. To‘plamdan shu nomdagi qo‘shiqqa klip suratga olishga qaror qilinadi. Rejissor Deyv Meyers Anna Kurnikovani klipda suratga tushishga taklif qiladi. “Escape” klipida Enrike va Anna o‘rtasidagi bir nechta bo‘sa olish sahnalari mavjud. Shuning uchun klip ekranlarga chiqqandan so‘ng, ommaviy axborot vositalari darhol yulduzlarni sevishganlarga chiqarishadi. Aytgancha, suratga olish paytida qo‘shiqchi Annani o‘pishdan bosh tortgani haqida mish-mishlar tarqaladi. Ammo Enrikening o‘zi bu gaplarni rad etadi: Ular Annani o‘pishni xohlamaganimni yozishibdi, go‘yo u gerpes bilan kasallanganmish, ammo bunday emas. Annani o‘pmaganimda ahmoq bo‘lardim. U ajoyib va ​​juda yoqimtoy qiz. Ushbu videoklip chiqqandan so‘ng jurnalistlar doimiy ravishda yulduzlarni birga suratga olib, juftlikni qo‘lga tushirishga harakat qilishadi. Ammo qo‘shiqchi va tennischi ular o‘rtasida sevgi borligini tasdiqlamaydi, hech qanday izoh bermaydi va birgalikda jamoatchilikka ko‘rinishmaydi. Faqat 2002-yilda Enrike va Anna MTV Awards taqdirlash marosimida paydo munosabatlariga oydinlik kiritadi. Sevishganlar sifatida qizil gilamda birinchi marta suratga tushganlarida ular jilmayib, qo‘l ushlashadi. Ko‘p vaqt o‘tmay ular Iglesiasning ko‘chmas mulki bo‘lgan Mayamida birga yashay boshlaydilar. Shu tarzda ular yashirin hayot tarzini davom ettiradilar. Mazkur yillar davomida Anna va Enrike munosabatlarini qonuniylashtirganmi, to‘y o‘tkazganmi yoki yo‘qmi, bu haqda rasmiy ma’lumot yo‘q. 2011-yilda Anna “Ayollar salomatligi” jurnaliga bergan intervyusida shunday degan edi: Nikoh men uchun muhim emas. Men baxtliman – muhimi shu. Men samimiy bo‘lishga, bir-birimizga ishonishga va bir-birimizni to‘liq hurmat qilishga ishonaman. O‘sha yili Enrike ham intervyusida shunday deydi: Men shaxsiy hayotim iloji boricha maxfiy bo‘lishini xohlayman. Ayniqsa, o‘zing kabi mashhur va e’tibor markazida bo‘lgan odam bilan yashasang. Keyinchalik Iglesias va Kurnikovaning ajralishi haqida mish-mishlar tarqaldi, ammo bu ma’lumot tasdiqlanmadi. Ammo 17 yillik munosabatlardan so‘ng, qo‘shiqchi hamma narsani tashlab, Anna bilan ajrashishni xohlagan davrlari ham bo‘lganini tan oladi. Ammo sevgilisini qaytarish va mojaroni yumshatish uchun Enrike “Enamorado Por Primera Vez” qo‘shig‘ini yozadi. Men bu qo‘shiqni kechirim so‘rash uchun yozganman. Yozish — bu mening terapiyam, deydi ispaniyalik macho. Bu harakat ish berdi va ular birgalikda baxtli yashashda davom etishdi. Enrike va Anna birinchi marta 2017-yilning dekabrida farzandli bo‘lishdi — egizaklar Nikolay va Lyusi dunyoga keldi. Qizig‘i shundaki, sportchining homiladorligini ko‘pchilik bilmay qolgan va xonanda Budapeshtdagi konserti chog‘ida bolalari tug‘ilishi haqida ma’lum qilgan. Muxlislar bu xabardan hayratda qolishadi. Farzandli bo‘lgandan so‘ng, er-xotin ijtimoiy tarmoqlarda yoqimli oilaviy fotosuratlarni baham ko‘rishni boshladilar. 2020-yilning yanvarida Anna 3-farzandi — qizi Merini dunyoga keltirdi. Kurnikova o‘zining Instagram’ida eri va bolalari bilan tushgan fotosuratlar va videolarni bo‘lishishiga qaramay, er-xotin shaxsiy hayotlarining tafsilotlarini jurnalistlar bilan muhokama qilishga shoshilmayapti. Enrikening fikricha, baxtli oilaviy munosabatlar siri oilangiz bilan imkon qadar ko‘proq vaqt o‘tkazishdir. Hozir men karyeramning o‘z ish jadvalimni xohshimga qarab tanlashim mumkin bo‘lgan bosqichidaman. Ketma-ket 2 haftadan ko‘proq vaqt davomida uydan chiqmasligim ham mumkin, deydi qo‘shiqchi. U farzandlari dadasining qo‘shiqlarini eshitganda qanday munosabatda bo‘lishlari bilan o‘rtoqlashdi: Ular har safar qo‘shiqlarimni eshitganlarida ovozimni taniydilar — bu juda zo‘r. Ammo ular “Escape” klipini tomosha qilishganda hech narsani tushunmaganga o‘xshaydi — “Oyim dadamning yonida nima qilyapti? Bu qachon bo‘lgan?” Rostini aytsam, ularning yuzidagi ifodalarni ko‘rish juda maroqli. Kurnikovaning karyerasiga kelsak, Anna belidagi jiddiy muammolar tufayli 2003-yilda professional tennisdan ketgan. Ungacha vaqti-vaqti bilan u ko‘rgazmalarda va juftlik bahslarida o‘ynab turgandi. Bir muncha vaqt tennischi televideniyeda ham ishlagan. Anna hozir 41 yoshda. 47 yoshli Enrike Iglesias esa hali ham yangi qo‘shiqlarni taqdim etishdan charchamaydi, konsertlar beradi. Ayni paytda u Lotin Amerikasi musiqasining eng ko‘p albomi sotilgan san’atkorlaridan biri — albomining butun dunyo bo‘ylab sotuvi 70 million nusxadan oshadi. Aytgancha, 2003-yilda Iglesias o‘ng yonog‘idagi xolni olib tashlash uchun operatsiya qildirganini ko‘pchilik bilmaydi. Qo‘shiqchi shifokorlarning vaqt o‘tishi bilan xol saraton kasalligiga aylanishi mumkinligi haqidagi tashxisidan so‘ng shu qarorga kelgan.
133
5,807
Madaniyat
Yaponiyada Godzilla rolini o‘ynagan aktyor 88 yoshida vafot etdi
Kino tarixidagi eng ommabop mahluqlardan biri — Godzilla roli bilan tanilgan yaponiyalik aktyor Xaruo Nakadzima 88 yoshida o‘pka shamollashidan vafot etdi, deb yozadi “TASS”. Nakadzima 1929-yilda Yamagata prefekturasida tug‘ilgan. O‘tgan asrning 50-yillari o‘rtalaridan 1972-yilgacha u Yaponiyaning Toho studiyasi bilan shartnoma doirasida ulkan kaltakesak haqidagi o‘ndan ortiq kartinalarda suratga tushdi, buning uchun uni hazil tariqasida “Mister Godzilla” laqabi bilan atay boshlashdi. Godzilla haqidagi yapon filmlarining asosiy o‘ziga xos jihati shundaki, mahluq kompyuter grafikasi yordamisiz yaratilgan — uni maxsus libos kiygan haqiqiy aktyor o‘ynagan. 2010-yilda Nakadzima “Mahluq terisi ostidagi hayotim” nomli memuar yozib, unda suratga olish chog‘ida qanday qiyinchiliklarga uchragani haqida batafsil gapirib berdi. Libosning o‘zi salkam 40 kg og‘irlikda bo‘lib, har bitta yangi kinolentani yaratish jarayoni aktyor uchun ko‘p sonli shikastlanishlar bilan tugagan.
64
978
Madaniyat
Janubiy Afrikada sher “Taxtlar o‘yini” serialining grafik dizaynerini g‘ajib tashladi
Janubiy Afrikadagi sherlarning safari-parkida yirtqich jonivor 29 yoshli Ketrin Cheppellni g‘ajib tashladi. Bu haqda ABC xabar bermoqda. Xabar berishlaricha, Cheppell Janubiy Afrikaga xayriya maqsadida – jonivorlarni brakonyerlardan himoya qilish bo‘yicha fondni tashkil qilish uchun mablag‘ to‘plash uchun kelgandi. Parkka kelgan vaqtida ayol xavfsizlik qoidalarini buzgan va yirik mushuksimonlarni suratga olish uchun derazani ochgan, shu vaqt unga urg‘ochi sher tashlangan. Qayd etishlaricha, bu qilmishi uchun jonivor o‘ldirilmagan: u bir necha sher bolalarining onasi hisoblanadi. Ketrin Cheppell maxsus effektlar muharriri sifatida ishlardi. Xususan, u “Taxtlar o‘yini” fantastik seriali, “Divergent” va “Birinchi qasoskor: Boshqa urush” filmlari grafik effektlari ustida ishlagan.
85
788
Madaniyat
Disney kompaniyasi yangi “Suv parisi” filmi uchun qora tanli opa-singillarni izlashni boshladi
Disney kompaniyasi “Suv parisi” filmining yangicha talqinida (remeyk) bosh qahramonning opa-singillari uchun qora tanli aktrisalar izlashni boshladi, deb yozmoqda The DisInsider. Xolli Beyli Xabarda studiyaning qaysi aktrisalarni ushbu rollar uchun sinovdan o‘tkazayotganiga aniqlik kiritilmagan. Material muallifi filmda Zendaya, Keke Palmer va Xloya Beyli ishtirok etishi mumkinligi haqida yozgan. Gugu Embata-Roning Arielning onasi roliga tasdiqlanishi kutilmoqda. Zendaya Keke Palmer Gugu Embata-Ro O‘tgan yilning yozida taniqli aktrisa Holli Beylining “Suv parisi” filmining remeykida Ariel rolini ijro etishi ma’lum bo‘lgan. Uning nomzodi tanlanishi ayrim tomoshabinlarning keskin tanqidiga uchragan. Ular oq tanli personajni qora tanlisiga almashtirish “blackwashing” (“whitewashing” atamasining antonimi, ya’ni oq tanli aktyorlarning kinoda etnik kamchilikni tashkil qiluvchi guruhlar vakili rolini ijro qilishi) holati ekanini ta’kidlagan. Disney kompaniyasi ishlarining boshqa muxlislari mifologik personaj uchun teri rangi shunchaki san’atdagi shartlilik ekanini qayd etgan. Beylining o‘zi loyihada ishtirok etayotganidan xursand. Aktrisa bunda hech qanday salbiy jihatni ko‘rmayotganligini bildirgan.
94
1,220
Madaniyat
“Qizaloq va Maymoq” multserialining 17-qismi YouTube’da ikki milliard martadan ko‘proq tomosha qilindi (video)
“Qizaloq va Maymoq” multfilmining “Qizaloq va bo‘tqa” nomli 17-qismi YouTube tarixidagi ikki milliard martadan ko‘p tomosha qilingan beshinchi video bo‘ldi. Bu haqda Meduza xabar berdi. Kadr: YouTube “Qizaloq va bo‘tqa” YouTube’dagi Get Movies kanaliga 2012-yil 31-yanvarda joylangan. 2017-yil 15-martga kelib multfilm 2 milliard 609 ming 325 marta tomosha qilindi. Birinchi o‘rinda turadigan «Gangnam Style» 2012-yil iyul oyidan boshlab qariyb 2 milliard 788 million marta tomosha qilingan. Multfilm YouTube’dagi eng ko‘p tomosha qilingan 10 ta video ichida musiqiy klip hisoblanmaydigan yagona video hisoblanadi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
110
691
Madaniyat
Sardor Rahimxon o‘z konsertiga chiptalar qolmaganligini rad etdi
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxon 6-7-fevral kunlari “Istiqlol” san’at saroyida konsert berishni rejalashtirgan. “Sayyod” xabariga ko‘ra, hozir xonandaning yakkaxon dasturiga tayyorgarlik ishlari qizg‘in pallada. Saytda ma’lum qilinishicha, san’atkor konsertda oddiylikdan va ishlatilgan uslublardan, odatiy duetlardan chetlangan. Ammo, Sayyod.uz xabariga ko‘ra, konsertdan avvalroq uning dilini og‘ritishmoqda. Kimdir chiptaxona oldida turib, “Sardor Rahimxonning konsertiga bilet qolmadi”, deb, kelganlarni qaytarib yuborayotgan emish. Bu haqda xonandaning o‘ziga murojaat etib, chipta so‘raganlar ham bo‘lgan. Aslida esa, chiptaxonada chiptalar bor va joyiga qarab, 8000 so‘mdan 70000 so‘mgacha narxda sotilmoqda. Muxlislar bemalol chiptaxonaga o‘zlari murojaat qilib, chipta olishlari mumkin. Shuningdek, dasturda estradamizdagi xonanda qizlar bilan bog‘liq qiziq sahna ko‘rinishi ham bor, deyiladi xabarda. Aytgancha, Sardor Rahimxonga o‘z savollaringizni yo‘llang va zo‘r sovg‘alar yutib oling! ;)
64
1,025
Madaniyat
Sobiq “Setora” guruhi xonandalari Ravshan Yo‘ldoshev haqida: Sizni quchoqlab, hammasi uchun rahmat aytishga ulgurmadik
Sobiq “Setora” guruhi xonandalari Feruza, Komila va Laylo “Tarona rekords” kompaniyasi asoschisi, marhum Ravshan Yo‘ldoshevni xotirlab, Instagram’dagi sahifalarida arxiv suratlari bilan bo‘lishdi. “Katta yo‘qotish. Bizga ishongan, bir necha yorqin loyihalarni yaratgan, O‘zbekiston shou-biznesi nufuzini dunyoga tanitgan inson hayotdan ko‘z yumdi. Yoningizga borib, sizni quchoqlab, bizga ijodiy loyiha sifatida qilgan mehnatlaringiz uchun, bizning iste’dodimizga ishonganingiz uchun shaxsan minnatdorchilik bildira olmaganimdan afsusdaman. Biz har doim hamma intervyularda siz haqingizga gapirib, qadringizga yetardik, doim eslardik. Har doim bizni eshitishingiz va to‘g‘ri tushunishingizga ishonardik. Lolaning oilasiga hamdardlik bildiraman. Bilaman, otangiz siz uchun, onangiz uchun hech narsaga qaramay doimo qadrli, hurmatli inson bo‘lgan. Oxiratlari obod bo‘lsin, siz doimo bizning ustozimiz bo‘lib qolaverasiz”, — deb yozdi sobiq “Setora” guruhi a’zosi Komila Xo‘jayeva. Ushbu postni guruhning boshqa a’zolari Laylo va Feruza ham o‘z sahifalariga joylashtirgan. Ma’lumot uchun, “Tarona rekords” kompaniyasi loyihasi —“Setora” 1990-yillar oxirlari va 2000-yillar boshlarida o‘zbek estradasining eng mashhur guruhlaridan biri bo‘lgan. Guruhning “Yonma”, “Sog‘inaman”, “Xayr, maktabim”, “Vafodoring”, “Ey qahri qattiq”, “Ajdodlar ruhi”, “Sen borsan” va boshqa ko‘plab qo‘shiqlari haligacha sevib tinglanadi. Guruh nafaqat O‘zbekistonda, balki Qozog‘iston, Rossiya, Britaniya va boshqa xorij mamlakatlarda konsertlar bergan. Keyinchalik “Setora” guruhi va “Tarona rekords” o‘rtasidagi kelishmovchiliklar tufayli guruh tarqalib ketgan. “Tarona rekords” guruhdan “Setora” nomini olib qo‘yib, boshqa tarkibda guruh tuzdi. Ammo ikkinchi tarkibning muvaffaqiyati birinchisinikidek bo‘lmadi. “Tarona rekords” kompaniyasi asoschisi, Shahzodaning sobiq turmush o‘rtog‘i, Lolaning otasi Ravshan Yo‘ldoshev 30-mart kuni yurak xuruji oqibatida olamdan o‘tdi. Marhum hayotining so‘nggi daqiqalarida uning yonida sobiq rafiqasi, xonanda Shahzoda bo‘lgan.
118
2,047
Madaniyat
90-yillarning mashhur hind aktrisalari hozir qanday ko‘rinishda? (foto)
90-yillar filmlaridagi esda qolarli rollari bilan muxlislar qalbidan joy olgan Bollivud yulduzlari hozir qanday ko‘rinishda? Quyidagi suratlar orqali ushbu savolga javob beramiz. Madxuri Dikshit 90-yillarning eng mashhur aktrisalaridan biri Madxuri Dikshitning 1984-yilda suratga olingan “Abodh” filmida debyut rol ijro qilganiga qaramay, unga haqiqiy muvaffaqiyatni 1998-yilda Anil Kapur bilan birga suratga tushgan “Tezaab” filmi olib kelgan. Shundan keyin u ishtirokidagi “Dil”, “Sen uchun kimman?” va “Telba yurak” filmlari muxlislar qalbidan joy olgan. Dikshit xonim hozir 52 yoshda va yoshiga nisbatan juda ham go‘zal ko‘rinishga ega. Ravina Tandon Ravina Tandon ham 90-yillarda o‘ziga yarasha yaxshi ma’lum bo‘lgan yulduzlardan sanaladi. Ravina, yilning eng yaxshi debyuti nominatsiyasi bo‘yicha FilmFare Awards mukofotini qo‘lga kiritgan. Tandon faoliyati davomida, turli janrlarda, turli qahramonlarni gavdalantira olishini isbotlagan aktrisa hisoblanadi. “Vaxshiy”, “Mustafo” va “Kuyov Radja” filmlaridagi muvaffaqiyatli rol ijro qilgan aktrisa hozir 45 yoshda. Juhi Chavla 90-yillarning yana bir taniqli aktrisalaridan biri bo‘lgan Juhi Chavla, Bollivudga 1986-yildagi “Saltanat” filmidagi roli bilan kirib kelgandi. Karyerada muvaffaqiyatning boshlanishiga sababchi deb esa Amir Xon bilan birgalikda suratga tushgan “Hukm” filmi olib keldi deb aytish mumkin. “Qo‘rquv”, “Xo‘p bo‘ladi, xo‘jayin” filmlaridagi rollari bilan muxlislar mehrini qozongan aktrisa hozir 52 yoshda. Kajol Eng iste’dodli va mahoratli aktrisalaridan hisoblangan Kajolsiz Bollivud kino sanoatini tasavvur qilib bo‘lmaydi. “Baazigar”, “O‘g‘irlanmagan kelin” , “Hayotda hamma narsa bo‘ladi” va boshqalarni uning karyerasidagi eng omadli filmlar deb atash mumkin. Tabassumi va samimiyligi bilan boshqalardan ajralib turadigan aktrisa hozir 45 yoshda. Sonali Bendre Nafaqat mashhur aktrisa, balki fotomodel sifatida ham yaxshi ma’lum bo‘lgan, “Qiyofadosh”, “Janob mayor” va boshqa bir qancha filmlarda ishtirok etgan aktrisa hozir 45 yoshda. Tabu “Qora ko‘zoynakli yigit” filmidagi ijrosi bilan taniqli aktrisa Tabassum Hashmi aka Tabu hozir 49 yoshda. Shilpa Shetti 1993-yilda suratga olingan “Baazigar” filmida muvaffaqiyatli debyut o‘ynagan, 90-yillarda yuqoridagi aktrisalardan kam mashhur bo‘lmagan Shilpa Shetti hozir 45 yoshda.
71
2,321
Madaniyat
“Muhtasham yuz yil” yulduzlari yangi tarixiy serialda birga suratga tushadi
Muxlislar “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlari — Selim Bayraktar va Filiz Ahmetni yangi loyihada birgalikda ko‘rishi mumkin bo‘ladi. Turkiya kino ijodkorlari tomonidan har yili ko‘plab bir-biridan qiziq sujetga ega seriallar taqdim qilinishiga qaramay, hech qaysi loyiha tarixiy kartina “Muhtasham yuz yil”ning muvaffaqiyatini takrorlamagan. “Afsona” nomli yangi serialda esa ushbu imkon bo‘lishi mumkin. “Muhtasham yuz yil” yulduzlarining unda suratga tushayotgani bu ehtimolni haqiqatga aylanishiga hissa qo‘shadi. Ijodkorlar, “Muhtasham yuz yil”da Sumbul og‘a roli bilan ma’lum bo‘lgan Selim Bayraktar, Nigor xalfa qahramonini gavdalantirgan Filiz Ahmetning yangi loyihada ko‘rinish berishini tasdiqlagan. Qolaversa, “Beqaror” serialidagi roli bilan tomoshabinlar qalbidan joy olgan Ebru Shahin loyihada bosh qahramon rolini ijro qiladi. Serial IX asrdagi voqealar haqida so‘zlaydi. Sujetga ko‘ra, qudratli xonning o‘g‘li nochor oilaning qiziga oshiq bo‘ladi. Birga bo‘lolmasligiga qaramay, ularning tuyg‘ulari har qanday sinfiylikka asoslangan xurofotlardan kuchliroq bo‘ladi. Yangi kartina ustida Turkiyaning eng yaxshi mutaxassislari ishlamoqda. “Ertug‘rul: Tirilish”ni muxlislarga taqdim qilgan Mehmet Bozdag‘ prodyuser, “Elchining qizi” ustida birgalikda ishlagan Ayshe Yerilmaz va Sedaf Nehir Erdem esa ssenariy muallifi sifatida faoliyat olib boradi. Turkiyaning ATV telekanali orqali efirga uzatiladigan serialning uch fasl davom etishi rejalashtirilgan. Tarixiy turk seriallari hamisha mashhurlikka erishgani sabab ijodkorlar yuqori reytinglardan o‘rin olishga umid bog‘lagan. “Afsona” Selim Bayraktar va Filiz Ahmet karyerasidagi eng yaxshi seriallaridan biri bo‘lishi kutilmoqda.
75
1,697
Madaniyat
Rossiya estradasi primadonnasi Alla Pugachyovaning tug‘ilgan kunida uning 8 yoshli qizi “Millionta qizil atirgul” qo‘shig‘ini fransuz tilida kuyladi (video)
2021-yil 15-aprel kuni Rossiya estradasi primadonnasi Alla Pugachyova 72 yoshga to‘ldi. Primadonna tug‘ilgan kunini Gryaz qishlog‘idagi qasrida faqat oila a’zolari va do‘stlari bilan o‘tkazishga qaror qilgan. Ma’lum bo‘lishicha, xonandaning qizi Liza tomonidan mehmonlar oldida kichik konsert dasturi tashkil etilgan. U otasi Maksim Galkin bilan birgalikda onasining eng mashhur “Millionta qizil atirgul” qo‘shig‘ini fransuz tilida ijro etgan. Tug‘ilgan kun egasi esa pianino hamrohligida ularga jo‘r bo‘lgan. Shuningdek, Alla Pugachyova ham mehmonlarni o‘zining kulgili sovg‘alari bilan hayratda qoldirdi. Primadonna ularga “Alla Borisovnani eshitish kerak edi” yozuvi tushirilgan futbolkalar taqdim etdi. View this post on Instagram Tug‘ilgan kunga Kristina Obrakayte turmush o‘rtog‘i Mixail Zemsov, qizi Klavdiya va o‘g‘li Deni bilan tashrif buyurdi. Shuningdek, ziyofatda Nikita Presnyakov rafiqasi Alyona bilan ishtirok etdi. Xonandaning farzandlari Liza va Garri otasi bilan birgalikda erta tongda uni tabriklagan. Maksim Galkin esa egizaklari onasi uchun qanday qilib tabriknomalar tayyorlagani, shuningdek, she’r o‘qigani aks etgan video rolik bilan ham bo‘lishgan. Bundan tashqari, ular xonandaga u uzoq vaqt davomida erisha olmagan kutilmagan sovg‘a tayyorlagan.
156
1,289
Madaniyat
Mufasa va Skar aka-uka bo‘lmagan — “Qirol sher” mualliflari 23 yildan so‘ng buni ma’lum qildi
“Qirol sher” multfilmining rejissori Rob Minkoff va prodyuseri Don Xan Hello Giggles saytiga bergan intervyuda kartina qahramonlarining kelib chiqishi haqidagi sirni ochdi, deb yozmoqda TJournal. Ularning ma’lum qilishicha, asosiy qahramonning otasi Mufasa va yovuz Skar hech qachon genetik aka-uka bo‘lmagan. Mufasa va Skar uzoq vaqt bitta to‘dada yashagan ikkita sher bo‘lib, ularning munosabati tarang bo‘lgan. Yovvoyi tabiatda to‘daboshi qariydi va to‘dada begona paydo bo‘lib, uni o‘ldiradi. Keyin urg‘ochi sherlar undan sherbachchalarni dunyoga keltiradi. Amaldagi boshliqni o‘ldiradigan yosh sher to‘dada rahbarlikni qo‘lga oladi. Rob Minkoff va Don Xan, “Qirol sher” multfilmining rejissori va prodyuseri Mualliflarning qo‘shimcha qilishcha, ikkita o‘zaro noteng sherni qarama-qarshi qo‘yish orqali dramatik chiziq hosil qilingan: biri tan olingan to‘daboshi, ikkinchisi har doim soyda qolib ketgan. Ularning qayd etishicha, Skarning kelib chiqishi turlicha bo‘lgan sherlarga ishora qiluvchi gapi ham bo‘lgan. Ikki aka-ukaning Simbaning qirol bo‘lishi haqidagi suhbati aks etgan sahnada Skar Mufasaga orqa qiladi, Mufasa bunga salbiy munosabat bildiradi va undan bu chorlovmi yoki yo‘qligini so‘raydi. Skar unga “aql bobida menga parvardigor benazir ulush nasib etgan, ammo tabiat meni ilohiy kuchdan ancha siqib qo‘ygan”, deydi, Bu sahna ko‘p bor muhokama qilingan, ammo mualliflar bunga hech qanday aniq tushuntirish bermagan. Multfilm ishqibozlari Mufasa va Skar qarindosh ekanligiga ishongan, chunki ular bir-birini bir necha marta “inim” deb chaqirgan. Skar Mufasani pastga otib yuborayotgan sahnada original ssenariy bo‘yicha, u “Xayrli tun, sevimli shahzoda” deyishi kerak bo‘lgan, biroq mualliflar uni “Yashasin qirol” bilan almashtirishga qaror qilgan. 29-avgustda Disney “Qirol sher”ning qo‘shimcha material bilan birga yangi talqinini taqdim etadi. Unda multfilmga ovoz berish jarayoni, mualliflarning izoh va intervyulari bo‘ladi.
93
1,953
Madaniyat
O‘zbekiston xalq artisti Hamza Umarov tavalludining 90 yilligi munosabati bilan xotira kechasi bo‘lib o‘tdi
2015-yil 17-dekabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston xalq artisti, teatr va kino aktyori Hamza Umarov tavalludining 90 yilligi munosabati bilan “Tug‘ma iste’dod sohibi edi...” mavzusida xotira kechasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qiladi O‘zbekiston Milliy Kutubxonasi matbuot xizmati. Tadbirda Muqimiy nomidagi o‘zbek respublika musiqali teatri aktyorlari N.Po‘latova, D.Safayeva, T.Beknazarov, teatrning adabiy emakdoshi T.Mirzo, dramaturg X.Rasulov, taniqli rejissor X.Qahramonov, teatr san’ati ixlosmandlari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar teatr sahnasida Hamza Umarov bilan birgalikda o‘ynagan spektakllari va ijodiy hamkorlik jarayonida olgan o‘gitlari haqida so‘zlab berdi. Shuningdek, O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Sahnada yashagan inson” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi. Unda aktyor hayoti va ijodini yorituvchi kitoblar, maqolalar va rasmlar o‘rin oldi.
107
925
Madaniyat
Sohib Abbosxon Gollivudda yuk mashina haydovchi o‘zbek yigiti rolini ijro qiladi (video)
Aktyor va rejissor Sohib Abbosxon “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad hamda aktyor va prodyuser Habibulla Nizomov tashkillashtirdi. Sohib Abbosxon suhbat davomida Gollivuddan taklif tushgani haqida gapirib berdi. Menga Gollivuddan taklif tushdi. AQShda ishlab yuradigan bir tanish akamizning prodyuser do‘stlari bor ekan. Ular bilan tanishib, gaplashganimda menga shunday taklif berishdi. Ya’ni AQShda yashaydigan musofir o‘zbek yigiti haqida ssenariy yozilgan ekan. Buning ustiga ular qayerda ishlaysan deganida, men katta yuk mashina haydashimni ularga aytgan edim, u ssenariydagi qahramon ham katta yuk mashina haydovchisi bo‘lib chiqdi. Podadan oldin chang chiqarmoqchi emas edim, birdan qizishib, aytib yubordim. Agar nasib qilgan bo‘lsa, shu filmda rol ijro qilaman. Sohib Abbosxon, aktyor va rejissor Ma’lumot uchun, Sohib Abbosxon o‘zbek kino muxlislari orasida “Zanjir”, “Nahotki sen”, “Ajal so‘qmog‘i” kabi bir qancha film va seriallardagi bosh rollari bilan mashhurlikka erishgan.
88
1,055
Madaniyat
Kino tarixidagi eng yaxshi kadrlar aniqlandi
Kino tarixidagi kattalashtiruvchi linzalar yordamida olingan eng yaxshi kadrlar Mashable tomonidan e’lon qilindi. Ro‘yxatga to‘rtta filmdan olingan kadrlar kirgan. Birinchi kadr sifatida 1962-yilda suratga olingan “Lourens Araviyskiy” filmidagi cho‘lda olingan epizod qayd etilgan. Unda bosh qahramon ufqdan yaqinlashayotgan otliqni ko‘radi. Sahna teleobyektivda olingan. Rolikka 1995-yilda olingan “Obro‘siz farishtalar” filmining kadrlari ham kiritilgan. Uchinchi o‘rin uchun 1975-yilda olingan “Barri Lindon” filmidagi kadrlar mos ko‘rilgan.
44
545
Madaniyat
Sardor Milano “Glavnaya ssena” tanlovi finaliga chiqdi (video)
“Rossiya-1” telekanalidagi “Glavnaya ssena” (“Bosh sahna”) vokal shousi yarim finalida o‘zbekistonlik qo‘shiqchi Sardor Milano Konstantin Meladze jamoasidan finalchilar uchligiga kirdi. Sardor “Gladiator” filmidan saundtrek ijro etdi. “Bu haqiqiy mo‘jiza! Qanday qilib odam, erkak bunday kuylay olishiga aqlim yetmayapti”, — dedi Uolter Afanasyev. Sardor Milanoning ijod yo‘li Toshkentdagi “Olovuddin” bolalar studiyasidan boshlangan. Shundan so‘ng u klassik fortepiano sinfi bo‘yicha teatr kollejida, 2010-yildan boshlab esa Moskva musiqiy bilim yurtida o‘qidi. Sardor bungacha ham ko‘plab xalqaro tanlovlarda ishtirok etgan. Xususan, “Novaya volna — 2011” saralash bosqichida yarim finalchi, “Yevrovideniye — 2012” tanlovi saralash bosqichida esa finalchi bo‘lgan.
62
767
Madaniyat
Vaynshteyn bir umrga Amerika prodyuserlar gildiyasidan chetlatildi
Amerikalik prodyuser Xarvi Vaynshteyn bir umrga Amerika prodyuserlar gildiyasidan chetlatildi. Bunga sabab yaqinda uning atrofida yuz bergan jinsiy tegajoqlik bilan bog‘liq janjallar bo‘lgan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi. Gildiyaning boshqaruv kengashi Xarvi Vaynshteynni chetlatish jarayonini boshlash uchun ovoz berdi. Shuningdek, unga appelyatsiya uchun 15 kun berilgan. Gildiya prodyuser uchun umrbod taqiq kiritishga qaror qilganidan so‘ng uning o‘zi tashkilotni tark etgan. Mazkur masala yuzasidan qaror bir ovozdan qabul qilingan. Gildiya vakillari bu qarorni “beqiyos” deb atamoqda va Vaynshteyn atrofida yuz bergan janjallardan so‘ng mazkur masalaning jiddiyligini ta’kidlamoqda.
66
701
Madaniyat
Terri Gilliam Variety’da o‘zi haqida berilgan ta’ziyanomani izohladi
Rejissor Terri Gilliam Facebook’dagi sahifasida Variety internet-jurnalida adashib joylashtirilgan ta’ziyanomaga izoh berdi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”. “O‘limim yuzasidan uzr so‘rayman, ayniqsa, men bilan uchrashish uchun chipta sotib olganlardan. Afsuski, Variety mening ketishim haqida e’lon qildi. Ularning uzr so‘raganiga ishonmang!” — deb yozdi 74 yoshli rejissor. Nashr muharrirlari ta’ziyanoma chop etilgandan faqat bir necha soat o‘tib, xatolikni payqadi va uni to‘g‘riladi. Keyinroq nashr Twitter orqali xatoga yo‘l qo‘yganligini va buning uchun uzr so‘rashini ma’lum qildi.
68
587
Madaniyat
Dunyo yulduzlari supermarketdan qaysi mahsulotlarni shaxsan o‘zi sotib oladi? (foto)
Mashhurlarning barchasi ham mahsulotlarni xarid qilish uchun xizmatchisini do‘konga yuboravermaydi. Ular orasida shaxsan o‘zi tanlab, sotib olishni ma’qul biladiganlari ham yo‘q emas. Paparatssilar tomonidan olingan suratlarga nazar tashlab, shou-biznes vakillarining sevimli mahsulotlari qaysi ekani haqida ma’lumotga ega bo‘lish mumkin. Masalan, aktrisa Kemeron Dias brokkolini yaxshi ko‘rishini bilish qiyin emas. Pomidorlar aktrisa Elizabet Benksning jon-u dili, hamkasbi Elizabet Olsin esa qo‘ziqorinlarni yaxshi ko‘radi. Har safar do‘konga borishi bilanoq ular xarid savatchasiga sevimli mahsulotlarining bir nechta o‘ramini solishni afzal biladi. Dunyo moda olamining eng ko‘zga ko‘ringan vakillarining ham tabiiyki sevimli mahsulotlari yo‘q emas. Masalan, Kendall Jenner shakarning organik bo‘lgani bilan kaloriyasi serobligini rad etib bo‘lmaydigan katta hajmdagisini oladi. Elza Xoskning yonida esa hamisha maxsus paketlardagi zararli yeguliklar borligini ko‘rish mumkin. Xeyli Bolduin esa turmush o‘rtog‘i Jastin Biber bilan kartoshka, chips, gazlangan ichimliklarni xarid qiladi. Kayli Jenner esa xarid qilgan mahsulotlari surati bilan Instagram sahifasida bo‘lishgan. Unga nazar tashlab chips, bezeli shirinlik, keks va pechenyelar modelning sevimli mahsuloti ekanini bilish mumkin. Yeva Longoriya esa savatchaga solishdan avval sabzavotlarni diqqat bilan ko‘zdan kechiradi. Xillari Daff bo‘lsa, eng sifatli va barra mahsulotni olish uchun do‘kondagi eng yuqori peshtaxtaga osilishga ham rozi. Aslida Xilari haq, negaki eskiroq mahsulotlar birinchi ketishi uchun yangilari yuqori peshtaxtalarga teriladi. Runi Mara, Goldi Xoun va Alessanda Ambrosioning savatida, albatta, barra ko‘katlar bo‘ladi. Sarvqomat bo‘lish uchun bunday yulduzlar zararli mahsulotlardan tiyilishni afzal biladi. Ember Xerdni esa Briston Farms’da yangi pishgan non va qandolat mahsuloti xarid qilayotganini ko‘rish mumkin. Rozario Douson grillda pishirilgan jo‘ja, Rebel Uilson esa kola sotib olishi mumkin. Vanessa Paradi esa ko‘pincha yormalar va dukkakli mahsulotlarni sotib oladi. Jessika Alba choy sotib olishni yaxshi ko‘radi. Mashhur ekaniga qaramay, yulduzlar do‘kondagi xarid davomida oddiy odamlardek ko‘rinadi. Makiyaj, hashamatli liboslardan asar ham bo‘lmaydi. Bunday vaqtda ular qulay kiyim va yig‘ilgan soch turmagini afzal biladi.
84
2,344
Madaniyat
Xalqaro baxshichilik festivali g‘olibiga 7 000 dollar beriladi
Surxondaryo viloyati, Termiz shahrida 5—10-aprel kunlari Xalqaro baxshichilik festivali bo‘lib o‘tadi. Madaniyat vazirligi matbuot xizmati jurnalist Feruz Muhammadga bergan ma’lumotlariga qaraganda festival gran-pri g‘olibiga 7 000 dollar beriladi. Tanlov g‘oliblari tashkiliy qo‘mita tomonidan diplom, haykalcha va pul mukofoti— gran-pri 7 000, 1-o‘ringa (har bir yo‘nalish bo‘yicha: yakkaxon va jamoaga) 5 000, 2-o‘ringa (har bir yo‘nalish bo‘yicha: yakkaxon va jamoaga) 3 500, 3-o‘ringa (har bir yo‘nalish bo‘yicha: yakkaxon va jamoaga) 2 500 dollar miqdorida pul mukofoti beriladi. Ijrochilar ‘Eng yosh baxshichilik san’ati ishtirokchisi’, ‘Muxlislar e’tirofiga sazovor bo‘lgan eng yaxshi ishtirokchisi’, ‘Eng yaxshi cholg‘u ijrochisi’ kabi nominatsiyalar bo‘yicha ham pul mukofotlari va maxsus diplomlar bilan taqdirlanadilar. Madaniyat vazirligi matbuot xizmati
62
868
Madaniyat
“O‘zbekkino” Zulfiqor Musoqovning yangi filmini moliyalashtirish nima sababdan to‘xtatib qo‘yilganiga izoh berdi
Rejissor Zulfiqor Musoqovning “Berlin—Oqqo‘rg‘on” deb nomlangan filmining suratga olish ishlari moliyaviy muammolar sabab vaqtincha to‘xtatib qo‘yildi. Bu haqda film ijodiy guruhi nomidan tayyorlangan bayonotni rejissor Zulfiqor Musoqov o‘zining Facebook’dagi sahifasiga joyladi. Ushbu e’lon bilan shuni xabar bermoqchi edikki, 14-sentabr kuni “O‘zbekkino” Milliy agentligidan “O‘zbekfilm” kinostudiyasiga shu yil ishga tushirilgan bir nechta badiiy filmlarni 2018-yilning yanvar oyigacha vaqtincha to‘xtatib turish tavsiya etilgan. Sababi: ma’lum moliyaviy muammolar. Bu sababni “O‘zbekkino” rahbarlari shaxsan menga va kinostudiya direktoriga ma’lum qilishdi. Afsuski, vaqtincha to‘xtatilgan filmlar orasida bizning “Berlin—Oqqo‘rg‘on” filmimiz ham bor. Shu kunlargacha ijodiy guruh tayyorgarlik ishlarini juda katta foizini amalga oshirgan edi. Baribir, oyliksiz bo‘lsa ham biz ishlayapmiz. Niyatimiz xolis, xudo xohlasa 2018-yilda film ustida ishlar boshlanib, kuzda tomoshabinlarga taqdim etamiz. Hurmat bilan ijodiy guruh Mazkur fikrlarga oydinlik kiritish, vaziyatga aniq baho berish maqsadida jurnalist Feruz Muhammad “O‘zbekkino” milliy agentligi bosh direktori Furqat Zokirov bilan bog‘lanib quyidagi ma’lumotlarni oldi. “O‘zbekkino” milliy agentligi tomonidan beshta film suratga olish boshlangan, ammo hisobimizda faqatgina bitta film uchun yetarli mablag‘ qolgan. Shuning uchun mazkur filmlarni vaqtincha to‘xtatib turdik. Yillik davlat hisobidan ajratilgan budjet suratga olish uchun mo‘ljallangan barcha filmlarni qoplamas edi. Lekin mazkur filmlar jamoasining ishlagan davri, tayyorgarlik davri, rejissorning mehnatini inobatga olgan holda ularning pulini to‘lab beramiz. To‘xtatib qo‘yilgan filmlar endi suratga olinmaydi degan fikrga borish noto‘g‘ri. Yangi badiiy kengash ssenariylarni ko‘rib chiqib ijobiy baho bersa, filmlarning suratga olish ishlari davom etadi. Ularning suratga olish ishlari qay biri yil boshida, qaysi biri sal keyinroq suratga olinishi yangi badiiy kengashning javobiga bog‘liq bo‘ladi... Hozirgi kunda har xil janrdagi, tarixiy, harbiy-vatanparvarlik ruhidagi filmlarni suratga olishimizni zamonning o‘zi taqazo qilmoqda. Ayni vaqtda asosiy e’tiborimiz shunga qaratilgan. Furqat Zokirov, “O‘zbekkino” milliy agentligi bosh direktori
112
2,277
Madaniyat
100 mln funtdan ortiq boylikka ega Deniel Kreyg farzandlarini merossiz qoldirishga qaror qildi
Jeyms Bond roli bilan mashhurlikka erishgan Gollivud aktyori Deniel Kreyg 2018-yilda Sunday Times versiyasi bo‘yicha ilk bor dunyoning eng boy insonlari qatoridan o‘rin olgan. O‘sha vaqtda Kreyg 125 million funt sterling jamg‘arishga ulgurgan. Ammo bu pullarning bir senti ham uning farzandlariga nasib etmaydi, deb xabar beradi Hellomagazine. “Keyingi avlod vakillariga katta mablag‘ qoldirishni istamayman. Meros — u qadar yoqimli narsa emas. Shu sababli bu boradagi falsafam: vafot etgunimga qadar barcha pullarni ishlatib yoki shunchaki tarqatib yuborish. Buning ustiga ‘Boy holda o‘lsangiz, omadsizlikka yuz tutasiz’, deb bekorga aytishmaydiku”, — deydi aktyor. Eslatib o‘tamiz, Deniel Kreyg — ikki qizning otasi. 28 yoshli Ella ismli qizi sobiq turmush o‘rtog‘i Fiona Laudondan. Ikkinchi qizini Reychel Vays dunyoga keltirgan bo‘lib, 2018-yilda tug‘ilgan, biroq haligacha uning ismini sir saqlab kelishadi. Ta’kidlash kerakki, Deniel Kreyg o‘z farzandlarini merosdan mahrum qilgan yagona mashhur emas. Masalan, Microsoft asoschisi Bill Geyts ham milliardlab dollarini xayriyaga sarflamoqda. Shuningdek, Nyu-York sobiq meri Maykl Blumberg hamda eBay asoschisi Pyer Omidyar ham xuddi shunday yo‘l tutgan. “Yulduzlar jangi” rejissori va Pixar kinostudiyasi asoschisi Jorj Lukas o‘z boyligini (5 milliard dollarga yaqin) ta’limni yaxshilashga yo‘naltirishini va’da qilgan.
94
1,375
Madaniyat
Saida Rametova qanday kasallikka chalingani haqida so‘zlab berdi (video)
Ijtimoiy tarmoqlarda Turkiyaga Jaloliddin Manguberdi haqidagi tarixiy serialda suratga tushish uchun borgan aktrisa Saida Rametova jiddiy kasallikka chalinganidan xabar topgani haqida ma’lumotlar tarqaldi. Ushbu xabarlarga oydinlik kiritish maqsadida “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad hamda jurnalist va teleboshlovchi Shohira Hamro O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Saida Rametovaning xonadonida bo‘lib, aktrisa bilan suhbatlashdi. Aktrisa Saida Rametova suhbat davomida og‘ir kasallikka chalingani, dastlab bu kasallikni Turkiyada davolatmoqchi bo‘lgani, ammo qaytishiga sabab bo‘lgan voqealar haqida gapirib berdi. Bu hodisa kutilmaganda bo‘ldi. Turkiyadagi syomkamiz juda ham yaxshi ketayotgan edi. Bizga hamma sharoitlar yaratilgan, u jarayonda san’atkor, aktyor, aktrisa ekanligingizni his qilasiz. Bu uchun Ozodbek Nazarbekov boshchiligidagi Madaniyat vazirligiga, Turkiyadagi prodyuserimiz Mehmed Bozdag‘ga minnatdorchiligimni bildiraman. Menda ozgina og‘riq bo‘ldi, shamolladim deb o‘yladim. Aktyor Tohir Saidov ham ‘qo‘lim og‘riyapti’, degani uchun ikkalamizni hurmat, izzat bilan shifoxonaga olib borishdi. Tohirda haqiqatdan ham shamollash chiqdi, menga kelganda esa shifokorlar bir-biriga qarab, g‘alati bo‘lib qolishdi. Bular nega o‘zgardi deya xavotir ola boshladim. Tarjimonimiz ‘Saidaxon, o‘zingiz bilarmidingiz?’, dedilar. Nimani deganimda, ‘sizning kasalingiz — jiddiy kasal’, deb boshqa narsa aytmayaptilar. ‘Aytavering, men kuchli ayolman, hammasiga roziman, ayting’, dedim. Shunda, ‘sizda ikkinchi darajali ko‘krak saratoni boshlanibdi’, dedilar. Hech kutmagan edim, shu oltmish uch yil davomida hech qachon jiddiy kasal bo‘lmaganman. ‘Balki adashishgandir, yana bir tekshirishsin’, dedim. Turkiya meditsinasi juda kuchli, butun dunyodan kelib, to‘rt oylab navbat kutishadi, bizni hurmatimiz uchun navbatsiz olib kirishdi. Boshqa shifoxonalarning turli xil apparatlarida tekshirtirganimizda ham bir xil kasallik chiqdi. Avvaliga ‘Alloh shu dardni beribdi-da, tuzalib ketarman’, deb uncha e’tibor bermadim. Turkiyada operatsiya qiladigan bo‘ldik, o‘zimiznikilar, u yerdagilar juda katta mehr ko‘rsatishdi, Ozodbek Nazarbekov doim telefon qilib, xabar olib turdi. Ozgina vaqt o‘tgandan keyin vahima boshlandi. ‘E Saida, sen juda o‘zingga ishonyapsan, sen ham bir Allohning bandasisan, balkim sen o‘ylagan narsa teskari bo‘lib qolsa-chi? Bu bir bahona bo‘lib, hayotingga nuqta qo‘yilsa-chi, agar bu yerda jonim uzilsa, o‘zimni kechira olmayman’, degan xayollar tinchlik bermay boshladi. Har kuni ibodatimda ‘Alloh menga yo‘l ko‘rsat, nima qilay deya yolvordim. Yurtimga ketaymi yoki shu yerda operatsiya va kimyo muolajalarini boshlaymi?’, deya juda ikkilanib qolib, Allohdan yolvorib, nima qilishim haqida so‘radim. O‘sha kuni tuni bilan duo qilib, namoz o‘qib chiqdim. Tongga yaqin uxlab qolibman, oz muddatga ko‘zim ilinganida, tushimda, ket-ket, degan ovozni eshitdim. Shu voqeadan keyin og‘ir bo‘lib turgan yuragim yengil tortib, demak, ketishim kerak ekan, oilam, yaqinlarim, do‘stlarim yonida bo‘lishim kerak ekan dedim. Shu kasallikni haqqoniy ichimda his qilganimda hayot qanchalik shirin ekanligini sezdim. Ba’zan bir-birimizning dilimizni og‘ritamiz, rol talashamiz, pulni orqasidan yugurib, o‘zimizga dam bermaymiz, hayotda hamma narsa bo‘ladi. Lekin sog‘liqqa hech nima yetmas ekan. Saida Rametova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist
72
3,373
Madaniyat
Qozog‘istonlik qo‘shiqchi Dimash “O‘zbekiston” xalqaro forumlar saroyida qo‘shiq kuyladi (video)
Qo‘shiqchi Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning davlat tashrifi doirasida Toshkentdagi “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida chiqish qildi, deb xabar berdi Sputnik. Yosh xonanda tadbirni yakunlab, fransuz tilidagi “SOS d‘un terrien en detresse” qo‘shig‘ini ijro etgan. View this post on Instagram Eslatib o‘tamiz,  qozog‘istonlik qo‘shiqchi Dimash Kudaybergen 14-aprel kuni Toshkentga kelgan edi. Uni ko‘p sonli muxlislari qichqiriqlar, chapaklar va doira sadolari ostida non, gullar va sharlar bilan qarshi olgan.
96
548
Madaniyat
Rossiyalik aktyor Aleksandr Oleshko Toshkentdagi to‘ylardan birida boshlovchilik qildi
27-aprel kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan to‘ylardan birida Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist, taniqli aktyor va shoumen Aleksandr Oleshko boshlovchilik qildi. Bu haqda boshlovchi Nilufar Sotiboldiyeva o‘zining Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi, deb xabar beradi “Darakchi.uz”. Sotiboldiyevaning o‘zi ham mazkur to‘yda boshlovchi sifatida ishtirok etgan. “Men o‘z ishimni sevaman. Ishim menga ajoyib, iste’doli insonlar bilan tanishish va ular bilan malaka almashish imkonini beradi. Bugungi to‘yni biz Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist Aleksandr Oleshko bilan birga olib boryapmiz. U ekranda ko‘ringanidek quvnoq va samimiy inson ekan”, — deb yozadi Nilufar Sotiboldiyeva. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
86
760
Madaniyat
“U chiqib kelib bo‘ynimdan bo‘g‘adigandek edi”. Nargiz Zokirova sobiq erining tobutiga yaqinlashishga qo‘rqqani haqida gapirib berdi
Ayni paytda Rossiyada yashab ijod qiluvchi, kelib chiqishi o‘zbekistonlik xonanda Nargiz Zokirova teleboshlovchi Kseniya Sobchakka intervyu berdi. Intervyu Sobchakning YouTube kanaliga joylashtirildi. Nargiz Zokirova ushbu intervyuda sobiq turmush o‘rtog‘i tomonidan kaltaklangani, buning ortidan tushkunlikka tushib qolgani hamda antidepressentlarga o‘rganib qolgani haqida gapirib berdi. Kseniya Sobchak xonandadan “Ikkinchi turmush o‘rtog‘ingiz, ya’ni Yernur Kanaybekov tomonidan muntazam zo‘ravonlik ishlatilgani, kaltaklanganingiz haqida gapirgan edingiz. U avtohalokatda halok bo‘lganidan xabar topganingizda qanday hislarni boshdan kechirdingiz?” degan savoliga Zokirova quyidagicha javob berdi: “Menda qayg‘u tuyg‘usi bo‘lmagan. Men uning halok bo‘lganidan g‘am chekmadim. Men faqatgina u bilan o‘rtamizda bo‘lib o‘tgan voqealarga qaramay, o‘g‘limiz uchun eng yaxshi ota bo‘lgani uchun yig‘ladim. O‘g‘lim uni jonidan ortiq ko‘rardi. Men endi o‘g‘lim sevimli otasini boshqa hech qachon ko‘rolmasligini o‘ylab yig‘ladim. Keyin… Bunaqa holatda hayotimda birinchi marta bo‘ldi…Uning tobutiga yaqinlashishga qo‘rqdim. U chiqib kelib bo‘ynimdan bo‘g‘adigandek edi”. Xonandaning aytishicha, u sobiq turmush o‘rtog‘ining o‘limidan keyin psixoterapevtga qatnagan, antidepressant vositalar qabul qilgan.
132
1,302
Madaniyat
“Terrorchilar yo‘lovchilarni o‘ldirib, samolyotdan uloqtirganda ham u taslim bo‘lmadi”. 22 yoshida fojiali o‘lim topgan styuardessa Nirja Bxanotning hayot hikoyasi
Bollywoodtime nashri 22 yoshida dunyodan ko‘z yumgan Nirja Bxanotning hayoti, baxtsiz turmushi va jasorati haqidagi hikoya bilan bo‘lishdi. Rajesh Xannaning ashaddiy muxlisi styuardessa Nirja Bxanot tez-tez o‘zi bosh rolni o‘ynashi mumkin bo‘lgan ssenariylarni o‘ylab topardi. Onasining eslashicha, bir kuni qizi yangi voqea haqda o‘ylay turib, undan so‘radi: “Ona, agar bizning samolyotimiz qo‘lga olingan bo‘lsa-chi?" Men javob berdim: “Agar shunga o‘xshash narsa yuz bersa, unda bitta chiqish yo‘li bor — qochish!” Nija menga qaradi va dedi: “Agar barcha onalar siz kabi fikr yuritsa, mamlakatning ahvoli nima bo‘ladi? Men qochishdan ko‘ra o‘limni afzal ko‘raman”. Uning so‘zlari 1986-yil 5-sentyabrda, Nirja Karachida to‘xtash vaqtida o‘g‘irlab ketilgan Pan Am 73 reysi yo‘lovchilarini qutqarish paytida vafot etganida haqiqatga aylandi. Uning 23 yoshga to‘lishiga bor-yo‘g‘i ikki kun qolgandi. Nirja Bxanot 1963-yil 7-sentyabrda Chandigarxda tug‘ilgan. U oilaning erkatoyi bo‘lib, uning yana ikki akasi bor edi. Nirja maktabda o‘qiyotgan davrdayoq model bo‘lishni taklif qilishdi, shundan so‘ng u 18 yoshida Mumbayga ko‘chib o‘tdi va mashhur brendlarni reklama qila boshladi. Bir kuni uning otasi gazeta varaqlar ekan, dengiz muhandisining oilasi tomonidan joylashtirilgan nikoh haqidagi e’longa qiziqib qoldi. Uchrashuv bir necha kundan keyin bo‘lib o‘tdi. Bo‘lajak kuyov va uning singlisi otada ajoyib taassurot qoldirdi. Ular oliy ma’lumotli insonlar edi. Nirjaning oilasi boy emasdi va qalin puliga qarshi ekanliklarini aytdi. Yigitning qarindoshlari rozi bo‘ldi, lekin bir shart qo‘ydi — to‘y besh yulduzli mehmonxonada va keng miqyosda o‘tishi kerak edi. Nirjaning dugonalari uning turmush qurishga roziligidan hayratga tushdi. Dugonasi aytganidek: “U maktabni tugatishga zo‘rg‘a vaqt topdi. Oldindan istiqbolli kasb egasi bo‘lgan bunday aqlli qiz qanday qilib erta turmush qurishga rozi bo‘lganini tushunolmadim. Bu men bilgan Nirjaga umuman o‘xshamasdi. Ammo u juda itoatkor edi va otasi uchun rozi bo‘ldi”. Nirja 1985-yil mart oyida turmushga chiqdi va Sharjaga (Birlashgan Arab Amirliklari) ko‘chib o‘tdi. U yerda kuyov darhol yosh rafiqasini masxara qila boshladi. Xo‘rlagan, tahdid qilgan, och qoldirgan va hatto unga qo‘l ko‘targan. Ota-onasiga qo‘ng‘iroq qilish uchun ham eridan qarz olishga majbur bo‘lgan. Ikki oy ham yashay olmagan Nirja Hindistonga qaytib keldi va styuardessa bo‘lishga qaror qildi. Ota-onasi uning ajrashishini va aviakompaniyada o‘qishini qo‘llab-quvvatladi. O‘sha dahshatli sentyabr kuni Bxanot Mumbaydan Amerika Qo‘shma Shtatlariga Pan Am 73 reysiga bosh styuardessa etib tayinlandi. Karachida to‘xtash chog‘ida qurollangan to‘rt nafar falastinlik 380 ga yaqin yo‘lovchi va 13 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan samolyotni qo‘lga oldi. Nirja tezda ekipajni ogohlantirdi va amerikalik uchuvchilar samolyotni havoga ko‘tarmasdan qochib ketdi. G‘azablangan terrorchilar unga yo‘lovchilarning pasportlarini olishni buyurdi. Qiz bosqinchilarning asosiy maqsadi amerikaliklar ekanini tushundi. Nirja va uning jamoasi pasportlarini o‘rindiqlar ostiga va chiqindi qutisiga yashirdi. Tirik qolgan yo‘lovchilarning aytishicha, uning tinchlantiruvchi so‘zlari garovga olinganlarni aqldan ozishdan saqlagan. U sendvich va ichimliklar berib odamlarga umid baxsh etgan va hatto terrorchilar yo‘lovchilarni o‘ldirib, samolyotdan uloqtirganda ham ularning ruhiyatini tushirmaslikka harakat qilgan. Terrorchilar yo‘lovchilarni 17 soat davomida garovda ushlab turgan, shundan so‘ng ularga qarata o‘t ochgan. Nirja o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib, odamlarni favqulodda chiqish yo‘li orqali evakuatsiya qildi, biroq uch bolani qutqarish vaqtida otib o‘ldirildi. Bortdagi 44 nafar amerikalikdan 42 nafari 22 yoshli styuardessaning topqirligi va jasorati tufayli tirik qoldi. U vafotidan keyin ko‘plab mukofotlarga sazovor bo‘ldi, jumladan, Hindistonning — Ashoka Chakra eng yuqori mukofotiga ham. U ushbu mukofotning birinchi ayol va eng yosh laureati edi. Pokiston hukumati unga “Eng yaxshi muvaffaqiyat” mukofotini topshirdi va 2004-yilda Hindiston pochta xizmati uning xotirasiga muhr chiqardi. 2016-yilda rejissor Ram Madxvani Sonam Kapur ijro etgan “Nirja” biografik filmini suratga oldi. Bu Nirjaning shaxsiy hayoti, ayniqsa onasi bilan bo‘lgan munosabatlari (Shabana Azmi tomonidan ijro etilgan) aks etgan trillerdir. Film, shuningdek, hind tilidagi eng yaxshi badiiy film uchun Milliy mukofot kabi qator sovrinlarga sazovor bo‘ldi. Uning otasi Xarish Bxanot The Hindustan Times gazetasida 30 yildan ortiq jurnalist bo‘lib ishlagan va 2008-yil Yangi yil kuni Chandigarxda 86 yoshida vafot etgan. Onasi 2015-yil 5-dekabrda vafot etdi. Akalari Axil va Anish singlisining xotirasini hurmat qilishda davom etib, uning sharafiga tashkil etilgan, ijtimoiy adolatsizlik va zo‘ravonlikni boshidan kechirgan ayollarga yordam berish jamg‘armasini qo‘llab-quvvatlamoqda.
163
4,896
Madaniyat
“Muhtasham yuz yil” yulduzi Selim Bayraktar noprofessionallikda ayblangan hamkasbi, Mayram Uzerlining yonini oldi
“Muhtasham yuz yil” serialidagi Sumbul og‘a roli bilan ma’lum bo‘lgan aktyor Selim Bayraktar Maryam Uzerlining serialni tark etishiga munosabat bildirdi. Gap shundaki, 2021-yilning noyabrida teleserial prodyuseri Timur Savji suratga olish ishlari yakuniga yetmasdan avval Istanbuldan Germaniyaga jo‘nab ketgan Xurram sulton qahramonini gavdalantirgan Maryamni mas’uliyatsizlikda ayblagan edi. Uzerli esa bunga ruhiy ahvoli bilan bog‘liq muammo sabab bo‘lganini ta’kidlagan edi. “Maryamning boshidan nimalar o‘tgani, nima uni bunday qilishga majbur qilganini bilmaymiz. Bilmasdan turib, muhokama qilish kerakmas. Ammo oqibatda biz do‘st bo‘lib qoldik. Bu Maryam singari hamma bilan sodir bo‘lishi mumkin. Har bir inson muhim qaror qabul qilishi kerak bo‘lgan og‘ir davrlarni boshdan kechirishi mumkin”, — degan Selim Bayraktar. Shunga qaramay, aktrisaning serialdagi boshqa hamkasblari bunday xatti-harakatlar noprofessionallik ekanini aytib, prodyuserni qo‘llab-quvvatlagan. “U butun jamoani noqulay ahvolga solib ketdi, barcha ishlarni buzdi. Bunday bo‘lishini hech kim kutmagan edi. Bu vaziyat meni qattiq xafa qildi. Keyinchalik Maryamning akasi men bilan aloqaga chiqdi, u tushuntirishga harakat qildi. Maryam qaytishga tayyor edi, lekin men yo‘q, hammasi tugadi, qaytishning keragi yo‘q, deb javob berdim”, — degan Timur. Ma’lumot uchun, Maryam Uzerli serialni tark etganidan keyin Xurram sulton rolini Vahide Perchin ijro qilgan.
113
1,438
Madaniyat
100 yil oldin yo`qolgan film qayta namoyish etildi
1921-yilda suratga olingan “Fuqarolar urushi tarixi” filmi ekranlarga qaytdi. Bu haqda O`zEOAVMA xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, namoyish etilishi bilan yo`qolgan ovozsiz shakldagi film bir necha yil oldin topildi va kino tarixchi Nikolay Izvolov yozuvlar yordamida asarga qayta jon baxsh etdi. Deyarli, butun film tiklangan bo`lsa-da, Stalin bilan bog`liq ayrim sahnalar, ma`lum sabablarga ko`ra topilmagan. Bahorda “Fuqarolar urushi tarixi” filmi Moskvada targ`ib etiladi, keyinroq Venesiya kinofestivaliga taqdim etiladi.
50
529
Madaniyat
Aktyor Yigitali Rayhon bilan ajrashganidan so‘ng nima uchun Rossiyaga ketib qolgani haqida gapirdi
Aktyor Yigitali Mamajonov “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad uyushtirdi. Suhbat davomida Yigitali xonanda Rayhon bilan ajrashishi haqidagi gap-so‘zlar nima sababdan o‘zi orqali ma’lum qilinmagani hamda ajrashganidan so‘ng Rossiyaga ketib qolgani haqida so‘zlab berdi. Bizning tarbiyamiz shunaqa bo‘lsa kerak-da — oilaviy, shaxsiy narsalarni tashqariga chiqarmaslik va ularning qanaqadir fikri uchun o‘zimiz bilgan narsani oshkor etib, qanaqadir maslahat olish erkak kishiga to‘g‘ri kelmaydi. Shuning uchun ajrashuv haqidagi gap mendan chiqmagani yaxshiroqmi, deb o‘yladim. Chunki bu maqtanadigan ish emas. Ajrashish juda ham yomon narsa, buni odamlar bilmagani ham yaxshiroq edi. “Biz ajrashdik!”, deb barchaga ovoza qilishni o‘zimga ravo ko‘rganim yo‘q. Oilamni yo‘qotish men uchun oson bo‘lgani yo‘q. Shuning uchun chetga chiqib, havo almashtirib, ularning menaliteti bilan tanishib, ehtimol ulardan qandaydir javob olarman, deb o‘ylagandi, ma’lum bir javob ham oldim. Kuzatuvchanman, ko‘p insonlarni, ko‘p oilalarni ko‘rdim va o‘zimga kerakli xulosalarni chiqarib oldim. Ajrashish to‘ydek hammaga e’lon qilinadigan narsa emas. Yigitali Mamajonov, aktyor
98
1,214
Madaniyat
Donald Sazerlend kinodagi xizmatlari uchun “Oskar”ga loyiq ko‘rildi
Amerika kinoakademiyasi faxrli “Oskar” mukofoti laureatlarini e’lon qildi. Bu haqda The Hollywood Reporter xabar bermoqda.  82-yoshli aktyor Donald Sazerlend laureatlardan biriga aylandi. U o‘z faoliyati davomida 140 dan ortiq filmda suratga tushgan, biroq hech qachon “Oskar”ga nomzodi ko‘rsatilmagandi.  Shuningdek, rejissyor va ssenariynavis Charlz Bernett, rejissor Anes Varda, operator Ouen Royzman ham “Oskar”ga loyiq ko‘rildi.  Mukofotlar 11-noyabrda o‘z egalariga topshiriladi.
67
486
Madaniyat
“O‘zbekkino” PROlogue yosh kinoijodkorlar II Respublika festivalini e’lon qildi
”O‘zbekiston Respublikasida 2016-yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi” ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zbekkino” Milliy agentligi hamda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati hamkorlikda PROlogue yosh kinoijodkorlar tomonidan suratga olingan qisqa metrajli filmlar II Respublika festivali boshlanganligini e’lon qiladi. Bu haqda “Daryo”ga “O‘zbekkino” Milliy agentligi matbuot xizmati xabar berdi. Festivalda 35 yoshgacha bo‘lgan professional va havaskor kinoijodkorlar — O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari qisqa metrajli badiiy va badiiy shakldagi hujjatli filmlari bilan ishtirok etishi mumkin. Unda qatnashish bepul. Festival talabiga muvofiq, taqdim etilgan qisqa metrajli badiiy filmning umumiy vaqti 30 daqiqadan oshmasligi kerak. Shu bilan birga, film so‘nggi ikki yil mobaynida suratga olingan hamda mazkur festivalda avval ishtirok etmagan bo‘lishi lozim. Festivalda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar  “O‘zbekkino”ga topshiriladi: - ariza; - asar(lar) DVD yoki AVI formatda; - saralashdan so‘ng: pasport nusxasi (yashash manzili bilan), asar muallifi haqida ma’lumotnoma (2-ilovaga asosan), ikki dona fotosurat, muallif lozim topgan reklama materiallari va boshqa ma’lumotlar; - yuridik shaxslar uchun: korxona guvohnomasi. Taqdim etilgan asarlarning yangiligi, g‘oyaning ijtimoiy muhimligi, ijodiy yondashuvning originalligi, badiiy ta’sirchanligi, vizual qatlam va qahramonlar konsepsiyasining o‘ziga xosligi, rejissor va operator mahorati, aktyorlar ijrosi, shuningdek, davlat tilida bo‘lishi yoki davlat tili subtitrlarda berilishi festivalda qatnashish huquqini ta’minlash mezoni hisoblanadi. Festivalda ishtirok etish uchun arizalar 1-oktabrga qadar taqdim etilishi shart. Arizalar o‘rganilib, 20-oktabrgacha saralanadi hamda ko‘rik dasturiga kiritilgan qisqa metrajli filmlar 16–20-noyabr kunlari namoyish etiladi. - G‘oliblar aniqlangach, 21-noyabrda ularni tantanali taqdirlash marosimi o‘tkaziladi. Ular maxsus sovrinlar va diplomlar bilan taqdirlanadi. Asosiy sovrinlar quyidagilardir: - “Eng yaxshi qisqa metrajli badiiy film” uchun bosh sovrin; - “Eng yaxshi ssenariy”; - “Eng yaxshi rejissorlik ishi”; - “Eng yaxshi operatorlik ishi”. Festival doirasidagi namoyishlarga kirish bepuldir.
79
2,282
Madaniyat
OAV: Kris Kelmi va Alla Pugachyova o‘rtasida nizo bo‘lgan
Jurnalist Mixail Sadchikov bir necha kun avval vafot etgan Kris Kelmi haqida ayrim bilganlarini so‘zlab berdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kelmiga rossiyalik qo‘shiqchi Alla Pugachyova xayrixohlik ko‘rsatgan. “Gap-so‘zlarga ko‘ra, Pugachyova… “Nochnoye randevu”ni Kris ijro etmagani va qo‘shiq muallifi ham u emasligini bilmaguniga qadar uni har tomonlama qo‘llab-quvvatlagan”, — deydi Sadchikov. Uning aytishicha, ushbu haqiqat Pugachyovaning Kelmiga nisbatan munosabatlarining so‘nishiga olib kelgan.
57
533
Madaniyat
Adiz Rajabovning syomka maydonidan reportaji: Mirmaqsud Oxunov “Rishta” nomli film suratga olmoqda
Aktyor Adiz Rajabov Instagram’dagi sahifasida “Rishta” filmini suratga olish jarayonidan o‘zi tayyorlagan kichik reportajni e’lon qildi. Unda aktyor o‘z o‘quvchilarini yangi film ijodkorlari bilan birma-bir tanishtirib o‘tgan. #узфильм #съемочный_процесс #ришта @mirmaksud @yolqin2ychiev A video posted by Адиз Раджабов ® (@adiz_radjabov) on Nov 8, 2016 at 12:08am PST Adiz Rajabov bundan avval ham “Rishta” filmi haqida ma’lumot bergan edi. Xususan, 30-oktabr kuni Oqtoshdagi tasvirga olish jarayonlaridan fotosurat e’lon qilgan edi. Rejissor Mirmaqsud Oxunov “Rishta” filmini “O‘zbekkino” milliy agentligi buyurtmasiga asosan “O‘zbekfilm” kinostudiyasida suratga olmoqda. Film ssenariysi Yolqin To‘ychiyev tomonidan yozilgan. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
98
884
Madaniyat
Moskva shahrida “Do‘ppi” Sharq bozori ko‘rgazmasi ish boshladi
15-yanvar kuni Moskva shahridagi Tishinka savdo-ko‘rgazma markazida “Do‘ppi” Sharq bozori ko‘rgazmasi ish boshladi. Bu haqda “Kultura.uz” xabar bermoqda. Ko‘rgazmada O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan kompaniya va hunarmandlar ham ishtirok etmoqda. “Do‘ppi” moskvaliklar va ushbu shahar mehmonlarini MDH mamlakatlari va Rossiyaning madaniy-badiiy, tarixiy merosi, shuningdek Rossiya bozoriga chiqmoqchi bo‘lgan korxonalar bilan tanishtiradi. Mazkur tadbir muntazam ravishda ko‘rgazma sifatida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Shuningdek, ko‘rgazmada har yili O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistondan tobora ko‘proq korxonalar mahsulotlari namoyish etilishi ko‘zda tutilgan.
62
704
Madaniyat
Chortoqlik ikki o`quvchi Ispaniyada o`tkazilgan onlayn musiqiy tanlovda g`olib chiqdi
Chortoqlik ikki nafar o`quvchi qiz Ispaniyada o`tkazilgan onlayn tanlovda pianino yo`nalishida xalqaro toifadagi g`oliblik diplomi bilan taqdirlandi. Bu haqda Chortoq tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi. Chortoq tumanidagi 14-sonli musiqa va san`at maktabi tarbiyalanuvchilari – Dilnoza Davlatalieva 9-maktabning 5-sinfini, Dilrabo Abdulhamidova 47-maktabning 4-sinfini tamomladi. San`atga mehri baland bo`lgan bu iqtidorli qizlar dunyoning 100 dan ortiq  davlati o`rtasida “World Art Games” shiori ostida o`tkazilgan xalqaro tanlovda 10-12 yosh toifasida pianino yo`nalishida faxrli 2-o`rinni qo`lga kiritib, xalqaro toifadagi diplom bilan taqdirlandilar.
86
664
Madaniyat
Turk seriallaridagi eng chiroyli 10 ta juftlik
Turk filmlari nafaqat o‘ziga xos sujeti, balki qahramonlarni jonlantiruvchi aktyor va aktrisalarning tashqi qiyofasi, mahoratli ijrosi bilan ham yodda qoladi. E’tiboringizga seriallardagi eng esda qolarli va bir-biriga mos juftliklarning o‘ntalik ro‘yxati taqdim qilinadi. 10. “To‘lin oy” Mazkur serialdagi Nozli (Ozge Gyurel) va Ferit (Jan Yaman) juftligi bir-biriga mos ekani bilan esda qolgan. Nozli endi oshpazlikni boshlagan, Ferit bo‘lsa biznesmen bo‘ladi. Jan Yaman obraz jonlantirgan bosh qahramon o‘ta talabchan va tartib-qoidalarga amal qiladigan, qiz bo‘lsa buning aksi bo‘ladi. Voqealar rivoji qizning bola uyiga oshpaz bo‘lib ishga kirganidan keyin boshlanadi. 9. “Sevgi va Jazo” Yasmin (Nurgul Yashilchoy) reklama agentligi xodimi, Savash (Murat Yildirim) bo‘lsa yirik tashkilot rahbari bo‘ladi. Yigitda qizga nisbatan muhabbat birinchi uchrashuvdayoq paydo bo‘ladi. Yoshlarning munosabatlariga Savashning oilasidagi eski urf-odatlar to‘sqinlik qiladi. 8.“Tong qushi” Jan (Jan Yaman) reklama agentligining rahbari, Sanam (Demet O‘zdemir) agentlik xodimi bo‘ladi. Ular ilk bor qorong‘uda uchrashadi, shundan keyin hammasi boshlanadi. 7. “Jasur va go‘zal” Jasur (Kivanch Tatlitug) oilasining dushmanidan qasos olish maqsadida u yashaydigan qishloqqa boradi va uning qizi Suxanni(Tuba Buyukustun) sevib qoladi. Serial asosida qasos va muhabbat o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar aks etgan. 6. “​Tun qirolichasi”​ Kartal (Murat Yildirim) va Selin (Maryam Uzerli) ushbu filmda juftlik rolini jonlantirgan. Yigit turk biznesmeni, qiz bo‘lsa Fransiyadagi atir do‘konida sotuvchi sifatida ishlaydi. Kartalning Fransiyaga ish safari davomida ular bir-biri bilan tanishadi va o‘sha zahotiyoq o‘rtalarida muhabbat paydo bo‘la boshlaydi. Ammo Kartal Turkiyaga, rafiqasi yoniga qaytishi kerak bo‘ladi va shu tarzda serial kutilmagan voqealar bilan davom etadi. 5. “Choliqushi” Ushbu film Burak O‘zchivit va Faxriya Evjenning shaxsiy hayotida ham karyerasida muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki aynan ushbu filmni suratga olish jarayonida boshlangan munosabatlar keyinchalik juftlikni oila qurishiga sababchi bo‘ladi. Filmda Kamron (Burak) shifokor, uning xolavachchasi Feride (Faxriya) esa maktab o‘quvchisi bo‘ladi. Voqealar rivoji oilaviy muammolar, tushunmovchiliklar hamda mag‘rurlik nimalarga olib kelishi mumkinligiga asoslanadi. 4.“Qulupnay ifori” Asli (Demet O‘zdemir) va Burak (Yusuf Chim) juftligi ham eng esda qolarli qahramonlardan hisoblanadi. Taniqli qandolatchi bo‘lishni istaydigan qiz va badavlat yigit kulgili vaziyatlardan birida tanishadi. 3.“Beqaror” Ko‘pchilikka tanish mazkur filmda, Akin Akinozu qiziqqon Miran obrazini, Ebru Shahin bo‘lsa sodda qishloq qizi Reyyan obrazini gavdalantirgan. Ota-onasi uchun qasos olishda Reyyandan foydalangan Miran, o‘zi bilmagan holda qizga oshiq bo‘ladi va sevgi​, qasos olovini so‘nishga majbur qiladi. 2.“Sevgi iztirobi” Ushbu film ham o‘zbek tomoshabinlari uchun yaxshi tanish. Undagi Nihon (Neslixon Atagul) va Kamol (Burak O‘zchivit) juftligi muxlislar qalbidan joy olganiga shubha yo‘q. Avtobusda ilk bor uchrashgan, keyinchalik o‘rtasida sevgi paydo bo‘lgan qahramonlar bir qancha qiyinchiliklarni bosib o‘tishiga to‘g‘ri keladi.   1.“Elchining qizi ” Efir yuzini ko‘​rganiga ko‘p bo‘lmaganiga qaramay, ushbu serial qahramonlari muxlislar tomonidan iliq qabul qilindi. Sanjar (Engin Akyurek) va Nare (Neslixon Atagul) yoshligidan biri-biriga ko‘ngil qo‘yadi. Juftlik hayoti kunlardan bir kun ostun-ustun bo‘lib ketadi. Oradan ancha yillar, turli hodisalar o‘tishiga qaramay sevgi alangasi aslo so‘nmaydi.  Turkiyaning 30 yoshdan oshgan eng go‘zal 4 aktrisasi (foto)
46
3,638
Madaniyat
Qozonda “O`zbek kinosi kunlari” o`tkazilmoqda
Avval xabar berganimizdek, 1-5 oktyabr kunlari Rossiyaning Moskva va Qozon shaharlarida “O`zbek kinosi kunlari” bo`lib o`tmoqda. Tadbir doirasida Qozonning «Mir» kinoteatrida o`zbek rejissyorlari tomonidan ishlangan eng sara filmlar namoyish etilmoqda. Qozondagi filmlar namoyishida o`zbek teatr va kinosi darg`alari Rajab Adashev va Feruza Saidovalar mehmon bo`lishdi. Qozonda o`zbek kinosi kunlarining ochilishida O`zbekistonning ushbu shahardagi bosh konsuli F.Nasriev ishtirok etdi. Tatariston poytaxtida kino ixlosmandlari uchun hujjatli, badiiy, tarixiy, ijtimoiy-maishiy va bolalarga mo`ljallangan 8 ta film namoyishi tashkil etildi. Kino kunlarini Umida Hamdamovaning «Issiq non» hamda Hilol Nasimovning «Hayot» badiiy filmi boshlab berdi. O`zbekiston kino kunlari doirasida barcha filmlar namoyishi bepul amalga oshirilmoqqda.
45
835
Madaniyat
Yosh kinoijodkorlarga filmlar yaratish uchun grantlar taqdim etildi
O`zbekiston Respublikasi Bosh vazir o`rinbosari, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov va Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov yosh iste`dodli kinoijodkorlarga grantlar topshirdi. Tantanali marosim 3-7 may kunlari bo`lib o`tayotgan “Yangi O`zbekiston. Yangi nigoh” media-haftaligi doirasida o`tkazildi. Grantlar pitching jarayonida tanlab olingan yosh kinoijodkorlarga filmlar yaratish uchun taqdim etildi. “Bugungi kunda davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan qabul qilingan “Yoshlarni qo`llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” davlat dasturi doirasida keng qamrovli ishlar qilinmoqda, xususan yosh avlodning bilim va ko`nikmalarini oshirishga qaratilgan yangi loyihalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, yaqinda Prezidentimiz tomonidan imzolangan farmon va qarorlarda milliy kinematgrafiyani rivojlantirish, sohaga kirib kelayotgan yoshlarga har taraflama e`tibor qaratish yuzasidan qator maqsad va vazifalar belgilab berilgan.  Xususan, kino san`ati va sanoati vakillarining mualliflik huquqlarini jamoaviy asosda boshqaradigan O`zbekiston kino sanoati vakillari uyushmasini tashkil etish, oliy ta`lim muassasalarining kinematografiya yo`nalishida ta`lim olayotgan talabalarini qo`llab-quvvatlash uchun Xudoybergan Devonov nomidagi davlat stipendiyasini ta`sis etish, “Oltin Xumo” milliy kino mukofoti taqdimotini har yili an`anaviy ravishda o`tkazib borish, Agentlik va O`zbekiston kino sanoati vakillari uyushmasi muassisligida Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazini tuzish shular jumlasidandir. Bularning barchasi eng avvalo yoshlarimizning media va kinematografiyaga qiziqish va intilishlarlarini qo`llab-quvvatlashga qaratilgan.  Ushbu tadbirlarda faol ishtirok etayotgan yigit-qizlar orasidan mamlakatimizdagi jarayonlarni xolis va va haqqoniy yoritishga qodir jurnalistlar, iqtidorli rejissyorlar, operatorlar, ssenaristlar etishib chiqishi kerak”, - dedi Aziz Abduhakimov. Shu o`rinda O`zbekiston kinematografiya agentligi bosh direktori Firdas Abduxoliqov ham sohaga bo`lgan yuksak e`tiborni alohida e`tirof etib o`tdi: “O`tgan yilning dekabr oyida ushbu loyiha haqida e`lon qilgan edik. Alohida komissiya tuzilib, eng yaxshilari saralanib, mana bugun ular taqdirlanmoqda. Bugun yutqazganlar yo`q, zero Prezidentimiz va hukumat tomonidan kinematografiya sohasiga bo`lgan e`tibor hamda bu yo`nalishda imzolanayotgan hujjatlar barcha kinoijodkorlarni qo`llab-quvvatlashga yo`naltirilgan”. Tadbirda shuningdek O`zbekiston xalq artisti Xayrulla Sa`diev ham ishtirok etib, yosh kinoijodkorlar faoliyatiga oq yo`l tiladi. “Mediahaftalik doirasida bo`layotgan tadbirlar hamda yoshlarga bo`lgan e`tiborni ko`rib, ich-ichimdan sizlarga havasim kelyapti. Prezidentimiz bugun barcha sohalarda yoshlar uchun hamma eshiklarni, imkoniyatlarni ochib qo`ydilar - yoshlarimiz mehnat qilib elning nazariga tushsin, yurtining sevimli farzandi bo`lsin deb, buning uchun ularga katta rahmat deb qolamiz. Kino sohasini rivojlantirish bo`yicha imzolangan farmon va qarorlari ham yosh kinoijodkorlarga qanchadan-qancha imkoniyatlarni bermoqda. Shunday ekan, ishonamizki, sizlarni orangizdan O`zbekistonda kino sohasini yuksaltiruvchi insonlar etishib chiqadi va o`zbek kinosi albatta o`z o`rnini mustahkamlaydi”, - dedi u. Bundan tashqari, tadbir doirasida yosh kinorejissyor Mahliyo Asqaralievaning “Galdir” (“Lola, quyosh va men”) qisqa metrajli filmi premera qilinadi. Film agentlik buyurtmasiga binoan “Yoshlar ijodiy-tajriba studiyasi” DUK tomonidan suratga olingan. Kinokartina psixologik drama janrida olingan bo`lib, Oftob ismli dizayner qizning hayotida yuz bergan qiziqarli voqealar haqida hikoya qiladi. Premerada film ijodkorlari ham ishtirok etishdi. Premeradan so`ng taniqli estrada va kino yulduzlari ishtirokida shou-konsert dasturi o`tkazildi. Ta`kidlash joizki, mediahaftalik doirasida xorijiy mehmonlar ishtirokida ham qator tadbirlar o`tkazilmoqda, bu esa O`zbekistonda kinoturizmni rivojlantirishda ham muhim o`rin tutadi.
67
3,985
Madaniyat
Kseniya Sobchak O‘zbekiston haqida: Bu ajoyib madaniyat, bu yerda senga “yo‘q” deya olishmaydi
Rossiyalik taniqli teleboshlovchi Kseniya Sobchak O‘zbekistonga safari taassurotlari bilan bo‘lishishda davom etmoqda. “O‘zbekiston — ajoyib madaniyat. Birinchidan, bu yerda Yaponiyada bo‘lgani kabi senga ‘yo‘q’ deya olishmaydi. Ikkinchidan, bu yerda o‘zingizni haqiqiy sharqona ertakka tushib qolgandek his etasiz. Uchinchidan, agar siz menga o‘xshab keramika va qo‘lda bezak berilgan matolarni yaxshi ko‘rsangiz, siz bu yerga kelishingiz kerak. Iliq qabul va iltifot uchun rahmat!”, — deb yozadi Kseniya Sobchak.  O‘zbekistonda mehmon bo‘lib turgan rossiyalik teleboshlovchi Kseniya Sobchak yangi dugonalarni topdi
94
617
Madaniyat
Foto: Alla Pugachyova, Nikol Kidman va farzandlarini surrogat ona dunyoga keltirgan boshqa yulduzlar
Farzand dunyoga kelishi barcha uchun quvonchli voqea. Mashhurlar orasida ushbu baxtni his qilish va oila a’zolari soni ko‘payishi uchun surrogat ona yordamidan foydalanganlar ham yo‘q emas. Nikol Kidman Kit Urban bilan turmush qurganidan keyin aktrisa 2006-yilda ona bo‘lgan. 2010-yilda esa surrogat ona tomonidan ikkinchi qizi dunyoga kelgan. Nikol qizini surrogat onasi bilan 2017-yilda tanishtirgan. Elizabet Benks Elizabet va turmush o‘rtog‘i Maksning har ikki o‘g‘lini ham surrogat ona dunyoga keltirgan va u ayol oilaning a’zosiga aylanib qolgan. Aktrisa bir-biridan yoqimtoy farzandlarining dunyoga kelishiga sababchi bo‘lgan surrogat onadan minnatdor ekanini, shuningdek, bir necha yil davomida homilador bo‘lishga uringani, ammo buning uddasidan chiqa olmaganini yashirmaydi. Lyusi Lyu Lyusi uzoq vaqt ona bo‘lishni istagan. 2017-yilda 46 yashar Lyusi farzandli bo‘lgan va bunda unga surrogat ona yordam bergan. Aktrisa o‘g‘liga Rokvell deb ism qo‘ygan. Alla Pugachyova 2013-yilda 64 yoshli xonandaning ona bo‘lgani barcha uchun yangilik bo‘lgan. Uning egizak farzandlarini surrogat ona dunyoga keltirgan. Dima Bilan, Igor Nikolayev va xonandaning sobiq turmush o‘rtog‘i Filipp Kirkorov Maksim Galkin va Allani farzandli bo‘lgani bilan tabriklagan. Sara Jessika Parker Sara ilk bor 2002-yilda ona bo‘lgan va shundan keyin qayta farzandli bo‘lishga ko‘p bor uringan. Shundan keyin surrogat ona yordamidan foydalangan. 2009-yilda Mettyu va Sara ikkinchi marta ota-ona bo‘lgan. Zoi Saldana Zoi 2013-yilda italiyalik rassom Marko Perego bilan turmush qurgan va bir yarim yildan keyin egizak farzand dunyoga keltirgan. Yana bir marta onalik baxtini his qilishi uchun esa unga surrogat ona yordam bergan. Tayra Benks Tayra ham ikki yil davomida farzandli bo‘la olmagan. U yoshligida karyeraga e’tibor berib, bolali bo‘lish haqida o‘ylamaganini tan olgan. 2016-yilda esa surrogat ona yordamida o‘g‘il farzandning onasi bo‘lgan. Tayra uzoq kutgan mo‘jiza yuz bergani, farzandi o‘zi va turmush o‘rtog‘iga quyib qo‘ygandek o‘xshashini aytib, ularga yordam bergan ayoldan minnatdorligini bildirgan.
100
2,103
Madaniyat
Shou-biznesni tark etgan “Ummon”chi Shohrux shou-biznesdan ketganlar va Jahongir Otajonov haqida gapirayotganlarga munosabat bildirdi (video)
“Ummon” guruhining sobiq a’zosi Shohrux Isamuhammedov “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi. Suhbat davomida Shohrux Isamuhammedov sobiq shou-biznes vakillari, ularning qaysi biriga havas qilishi va Jahongir Otajonovga salbiy fikr bildirayotgan odamlar haqida gapirdi. Shou-biznesdan birinchi ketgan insonlardan Doniyor Toshmuhammedov ismli xonanda bo‘lar edi. Ular ham ayni cho‘qqiga chiqqan vaqtlarida ketganlar. Hozir ular qori bo‘lganlar. Juda havas qilaman. Bu haqiqiy Alloh buyurgan yaxshi yo‘l, Alloh bergan iste’dodni to‘g‘ri yo‘lda ishlatyaptilar. Farruh Soipovga ham havas qilaman. Ular ijtimoiy tarmoqlarda ham yo‘qlar. Sardor Rahimxon o‘zimning qadrdon akam. Qilayotgan ishlari juda ham chiroyli ishlar deb o‘ylayman. Bu ishlar ham san’atning bir bo‘lagi, bu ham bir ijod deb bilaman. Mana hozir odamlar uchun Bo‘ka tumanida uy qurulishiga bosh bo‘lmoqdalar. Alloh xayrli qilsin, ilohim. To‘g‘risi Jahongir Otajonovga tushunmadim. Aka bilan hayotda gaplashgan bo‘lsangiz, ular yaxshi odamlar. Gap-so‘zlari joyida. Ko‘pchilik Jahongir Otajonovni menga gapirdi, ular haqida munosabatimni so‘rashdi. Men u odam bilan gaplashmasdan, ular haqida fikr bildira olmayman, chunki ertaga undan yomoni menga kelib qolishi mumkin. Hadisda “bir odamni ustidan kulsangiz, undan yomon holatga tushmaguningizcha o‘lmaysiz”, deyilgan. Shu sababli biror odamni yomonlashdan avval u inson bilan gaplashib, keyin biror fikr bildirsam to‘g‘ri bo‘ladi. Hammamizni to‘g‘ri yo‘ldan adashtirmasin, ilohim. Shohrux Isamuhammedov, tadbirkor, “Ummon” guruhining sobiq a’zosi Ma’lumot uchun, Shohrux Isamuhammedov 1990-yil, 1-aprel kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2018-yildan “Ummon” guruhining yakkaxoni sifatida faoliyatini boshlab, 2020-yilda shou-biznesni tark etdi.
141
1,835
Madaniyat
Aktrisa Jamila G‘ofurova: 2016-yilda shaxsiy hayotimda o‘zgarish bo‘lishini istayman
Aktrisa Jamila G‘ofurova 2015-yil yakunlari va 2016-yilgi umidlari borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Darakchi” gazetasi. “2015-yil men uchun yaxshi o‘tdi, lekin juda ham tez o‘tib ketgandek bo‘ldi. Balki ketma-ket filmlarda suratga tushganim uchundir, vaqtning qanday o‘tib ketgani menga sezilmadi”, — dedi aktrisa. “Nasib etsa, kelasi yilda qizim maktabga ilk qadamni qo‘yadi. Yangi 2016-yil kutilmagan mukofotlarga, mo‘jizalarga boy bo‘lishini, shaxsiy hayotimda ham o‘zgarish sodir bo‘lishini istayman”, — deya qo‘shimcha qildi Jamila G‘ofurova.
84
576
Madaniyat
Ota-onasining qarshiligiga qaramay aktrisalikka qadam qo‘ygan Bollivud yulduzlari (foto)
Aksariyat aktyor va aktrisalar farzandlari yoki oila a’zolarini kino san’atiga kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaydi. Balki ular boshidan o‘tkazgan qiyinchiliklar uchun qarshi chiqar yoki tanlagan kasbidan afsuslangani uchun shunday yo‘l tutar. Lekin kino san’atiga chinakam muhabbat qo‘yganlar har qanday to‘siqni yengib o‘tishda o‘zida kuch topadi, xuddi quyida keltirilgan qahramonlar kabi. Soxa Ali Xon Soxa Ali Xon – aktrisa Sharmila Tagor va kriketchi Mansur Ali Xonning qizi. U 25 yoshida aktrisa bo‘lishga qaror qilgan, ammo bunga ota-onasi qarshi chiqqan. Hattoki uning akasi aktyor Saif Ali Xon ham hayron bo‘lgan. London iqtisodiyot va siyosatshunoslik maktabining magistr darajasiga ega bo‘lgan Oksford universitetining bitiruvchisi Soxa bankda ishlagan, ammo 2004-yilga hammasidan voz kechib, kino san’atiga qadam qo‘ygan. “Men aktrisa bo‘laman, deb o‘ylamagandim. Ammo bankda ishlagandan so‘ng bu kasb meniki emasligini anglab yetdim. Avvaliga aktrisa bo‘lsam, barcha akam va onam bilan meni taqqoslaydi va oson yo‘lni tanlaganimni ta’kidlashadi, degan fikr bor edi. Ammo ortiq kuta olmasdim, teatr va rol ijro etishni yaxshi ko‘rardim”, − deydi ilk debyutini “Yurak ko‘prog‘ini so‘raydi” filmida Shaxid Kapur bilan ijro etgan Soxa. Bxumi Pednekar Konferensiyalarning birida nutq so‘zlagan Bxumi oilasiga aktyorlik haqida gapirish oson emasligini tan olgan, chunki uning oilasida kino sohasiga aloqador hech kim yo‘q edi. “Men ota-onamni aktrisa bo‘lishimga qanday ishontirish haqida o‘ylar edim. Bobom bir vaqtlar teatrda rol ijro etgan bo‘lsada, filmlarda qahramon bo‘lish oilamiz uchun taqiqlangan edi. Shuningdek, men yurist, muhandis va shifokorlar orasida ulg‘aydim. Ular mening qarorimni xuddi dushmanlardek qabul qildi va meni bu yo‘ldan qaytarishga urindi”, − deydi Bxumi. 16 yoshga to‘lgan Bxumi kino maktabiga borishga qaror qiladi va to‘lovni amalga oshirish uchun talabalik kreditidan foydalanadi. “Nima qilishni bilmas edim, ammo o‘jarligim ham qolmadi. Kino maktabiga o‘qishga kirgan bo‘lsamda, u yerdan chetlashtirildim. Bu rollarni yomon ijro etganimdan emas, balki intizom uchun edi. Bu esa hayotimdagi eng katta pushaymonlardan biri bo‘lib qoldi. Shundan so‘ng ota-onam umuman aktyorlik haqida o‘ylashimni taqiqladi va bir necha oy mobaynida o‘qishimga to‘langan kreditning qarzini to‘ladi”, − deydi Bxumi. Uning uchun hammasini qaytadan boshlash juda qiyin bo‘lgan. Ammo Bxumi Yash Raj Films kasting bo‘limidagi ishlab chiqarish uyiga ishga kiradi va u yerda 5 yil ishlaydi. 2015-yilga kelib, Ayushman Xurana bosh rolni ijro etgan “Quvvatingni ber/ Mening kelinim XXL” filmida rol ijro etgan. Kangana Ranaut Kangananing otasi tadbirkor Amardip va onasi maktab o‘qituvchisi Asha har doim qizining shifokor bo‘lishini orzu qilar edi. Maktabdan so‘ng Kangana Simladagi Ilmiy kollejga o‘qishga kigan, lekin u juda yaxshi o‘qishiga qaramay, bu kasbda ishlay olmasligini anglagan. “Men dastlab shifokor bo‘lishni istar edim. Ammo talabalar ilm olishning bir necha variantiga ega, men Dehliga ko‘chib o‘tdim va u yerda o‘zimni teatrda sinab ko‘rishga qaror qildim”, − deydi aktrisa. “Hali bir qarorga kelib ulgurmasimdanoq, suratlarimni reklama agentliklariga yuborganman. Hattoki fransuz tilini ham o‘rganishni yo‘lga qo‘ygan edim, chunki Parijda modellar uchun bir qancha imkoniyatlar mavjud edi. Keyinchalik maktabni tashlaganimni bilgan ota-onam meni uydan haydagan. Oramizdagi munosabatlar ham to‘xtagan. Keyinchalik Mumbayga ko‘chib ketdim, men uchun juda qiyin damlar edi. Ular meni qiyinchilikda qolganimni bilgach, pul yuborishgan, lekin men qabul qilmadim”, − deydi Kangana. U bir qancha qiyinchiliklarni yengib o‘tib, bugungi kunda Hindistonning eng taniqli aktrisasiga aylangan. Karishma Kapur Kapurlar sulolasida deyarli barcha erkaklar kino sohasiga aloqador, ammo ayollarga bu borada ruxsat berilmagan. Shuning uchun ham Karishma kino olamiga kirib kelganida, uning otasi Randxir qizining qarorini qabul qilmagan. U filmlarda rol ijro etadigan ayollarni yoqtirmas edi. Ammo Karishma va uning onasi Babita o‘z qarorida sodiq qoldi. 17 yoshida Karishma maktabni tashlab, “Sevgi garovlari” filmida bosh rolni ijro etdi. Janvi Kapur Ommaviy axborot vositalari ko‘pincha Shridevining qizlari – Janvi va Kushini Kardashyanning hindistonlik singillari deb ataydi. Yoshligidanoq ommaning e’tiborida bo‘lgan qizlar Bollivudda yulduzga aylanishi aniq edi. Ammo unday bo‘lmadi. “Janvi filmda suratga tushmoqchi ekanligini aytdi, ammo men bunga qarshi edim. Bollivud yomon joy emas, uni juda yaxshi bilaman. Lekin ona sifatida uning turmush qurganidan xursand bo‘lar edim”, − deya ta’kidlagan aktrisaning marhuma onasi Shridevi. Ehtimol, Shridevi o‘zi  ko‘rgan qiyinchiliklarni qiziga ravo ko‘rmaganligi uchun ham qarshi bo‘lgandir. Ammo Janvi o‘zining debyutini 2018-yil “Yurak urishi” filmi bilan boshladi va buni ko‘rish uning onasiga nasib etmadi. Sara Ali Xon Saif Ali Xon yagona qizi Sara ota-onasining izidan borib, aktrisa bo‘lishni xohlayotganini bilgach, uning qaroridan norozi bo‘lgan. Chunki ushbu sohada 25 yildan buyon ishlagan aktyor o‘z kasbini beqaror, deb biladi. Shuning uchun qizini Nyu-Yorkdagi Kolumbiya universitetiga tarix va siyosatshunoslikdan ta’lim olishi uchun yuborgan. O‘sha vaqtda uning qizi og‘ir vaznga ega bo‘lib, filmlarda rol ijro etishi haqida biror narsa deyish qiyin edi. “Dadam menga aktrisa bo‘lishimga imkon beradigan ikkita shartni qo‘ydi, birinchisi, oliy ma’lumotli bo‘lish. Ikkinchisi vazn yo‘qotish. U ikkinchi shartni amalga oshirolmaydi, deb o‘ylagandi”, − deydi Sara. “Saraning malakasini hisobga olsa, u Nyu-Yorkda bemalol ishlashi va yashashi mumkin. Aktrisalik unga nima uchun kerakligini tushunmayman”, − deydi Saif Ali Xon. Ammo Sara buni amalga oshirdi. U uch yilda o‘qishni tamomlab, bir yarim yil vazni ustida ishladi. U debyut rolini “Kedarnatx” filmida ijro etdi va aynan debyut roli uchun “Eng yaxshi aktrisa” mukofotiga sazovor bo‘ldi.
88
5,927
Madaniyat
Turli sabablarga ko‘ra kinoni tark etgan mahoratli Gollivud aktyorlari
E’tirof etilgan iste’dodi, qoyilmaqom ijrosi bilan muxlislar qalbidan joy olgan quyidagi aktyorlar turli sabablarga ko‘ra kinosanoatni tark etgan. Deniel Dey-Lyuis Oskar mukofotining uch karra laureati bo‘lgan Deniel, aktyorlar orasida rekordsmen hisoblanadi. Karyerasini endi boshlagan vaqtlaridayoq kinoni tark etishini bildirgan aktyor, birinchi Oskarni qo‘lga kiritganidan keyin fikridan qaytgandek tuyulgandi. U atrofdagilarda kinoni sevganidan emas, mukofotni qo‘lga kiritish uchungina aktyorlik faoliyatini davom ettirmoqda degan tasavvur uyg‘otgan. So‘nggi marta suratga tushgan “Xayoliy rishta” filmidan keyin esa Lyuis ushbu film, u uchun so‘nggisi ekanini aytib, Oskar uchun o‘zini reklama qildi, degan gap-so‘zlar ham bo‘lgan. Lekin aktyor gapida turgan va darhaqiqat kinosanoatni tark etgan. Shon Konneri Tengsiz aktyor deb e’tirof etiladigan shotlandiyalik Shon Konneri, 2003-yilda karyerasiga nuqta qo‘ygan. “Taniqli janoblar ligasi” filmi aktyor suratga tushgan so‘nggi film bo‘lgan. Shundan keyin dublyaj va prodyusser sifatida o‘zini sinab ko‘rgan Konneri, 2011-yilda omma e’tiborida bo‘lishdan charchagani va salomatligida muammolar borligini ma’lum qilgan. “Ser Billi” multfilmiga prodyuserlik qilgan aktyor, shundan so‘ng rafiqasi bilan Bagama orollariga jo‘nab ketgan. Jek Nikolson Avvaliga kinoni butunlay tark etganini tan olmagan Jek Nikolson, 2010-yildagi “Qanday bilish mumkin ?” filmidan keyin darhaqiqat boshqa suratga tushmagan. 2017-yilda bo‘lsa, hamkasbi va do‘sti Piter Fonda orqali aktyorlik faoliyatiga nuqta qo‘yganini ma’lum qilgan. Nikolson bu qarorga kelishidan avval, arziydigan rol ijro qilish uchun yaxshi ssenariy topishga harakat qilgan, ammo ko‘nglidagidek loyiha topa olmagan chog‘i, kinoni qat’iy tark etgan. Qoyilmaqom ijrosi bilan muxlislar xotirasida qolgan sobiq aktyor hozir 83 yoshda.  Gollivud filmlarida erkaklar rolini ijro etgan 5 mashhur aktrisa (foto)
71
1,913
Madaniyat
OAV: Aktyor Robert De Niro xotinining katta chiqimlari sabab kinoda suratga tushishga majbur bo‘lmoqda
Amerikalik aktyor Robert De Niro xotini Greys Xaytauer uning kinoda ishlab topgan pullarini sarflab yuborayotganidan jahli chiqmoqda. Xarajatlar 5 yil avval ochilgan va asta-sekin inqirozga uchrayotgan Grace Hightower & Coffees of Rwanda qahvaxona tarmoqlariga sarflanmoqda. Bu haqda New York Post gazetasiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda. Robert De Niro va Greys Xaytauer. Nashrning qayd etishicha, De Niro xotini bilan Nyu-York shahridagi barlardan birida o‘tirganida o‘z noroziligini bildirgan. Pullarimni behuda sarflamaganingda, men yoqimsiz filmlarda suratga tushishga majbur bo‘lmasdim. Robert De Niro, aktyor Grace Hightower & Coffees of Rwanda tarmog‘i Whole Foods oziq-ovqat do‘konlari bilan foydali shartnomani bekor qildi. E’tiborlisi, De Niro tomonidan tashkil etilgan “Traybeka” kinofestivalining bosh hamkori xotini egalik qiladigan qahvaxonalar tarmog‘i emas, kofe giganti Illy sanaladi. Gollivud faxriysi o‘zining avvalgi shedevrlariga taqqoslaganda ikkinchi darajali kinokartinalarda suratga tushayotgani uchun bir necha bor tanqid qilingan. De Niro suratga tushgan “Yengil tabiatli buva” (Dirty Grandpa) “Oltin malina” taqdimotining “Eng yomon film” va “Eng yomon aktyor” nominatsiyasida mukofot uchun da’vogarlik qilishi bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Robert De Niro 100 ga yaqin filmlarda suratga tushib, kino sohasidagi 130 dan ortiq turli nominatsiyalarga nomzodi qo‘yilgan. Aktyor ikki marta eng nufuzli – “Oskar” mukofoti bilan taqdirlangan. Birinchisi 1974-yili “Cho‘qintirgan ota–2” filmidagi “Eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor” nominatsiyasida, ikkinchisi 1980-yili “Quturgan buqa” (Raging Bull) kinokartinasidagi bosh roli uchun “Eng yaxshi aktyor” nominatsiyasida qo‘lga kiritilgan. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
102
1,794
Madaniyat
Gollivudda aktyorlarning gonorari aktrisalarga nisbatan o‘rtacha 20 foizga ko‘p ekani ma’lum bo‘ldi
Gollivudda erkak aktyorlarning maoshi ayol hamkasblariga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda. Xaddersfild, Viskonsin va Lankaster universitetlari tadqiqotchilari shunday xulosaga keldi, deya xabar beradi Meduza. Tadqiqotchilar 1980-yildan 2005-yilgacha bo‘lgan davrda 1343 filmda suratga tushgan aktyorlarning maoshini o‘rgandi. Ularga ko‘ra, vaqt o‘tishi bilan maoshlardagi farq deyarli o‘zgarmagan. O‘rganishlar filmlarda ishtirok etayotgan ayollarga erkaklarga nisbatan 56 foizga kam haq to‘lanishini ko‘rsatdi. Agar bunda aktyorlarning mashhurligi va maqomi, mukofotlarga egaligi, oldingi muvaffaqiyatli loyihalari kabi gonorarga ta’sir qiluvchi omillar hisobga olinsa, farq o‘rtacha 20 foizni tashkil etadi. Ayollar taniqlilik darajasi bir xil bo‘lgan erkaklarga nisbatan film uchun 1,1 million dollar kam haq oladi. Ma’lumot uchun, Forbes reytingida so‘nggi yillarda eng ko‘p haq to‘langan aktyor deb e’tirof etilgan Dueyn Jonson 89,4 million dollar ishlab topgan. Aktrisalar o‘rtasidagi shunday reytingni boshqargan Skarlett Yoxansson esa 56 million dollar bilan kifoyalandi. Bu yuqori haq to‘lanadigan aktyorlar beshligiga kirgan erkaklar topgan daromaddan past hisoblanadi.
99
1,179
Madaniyat
“Ipak yo`li durdonasi” xalqaro kinofestivali "hayotga qaytdi"
“Toshkent xalqaro kinofestivalini qayta tiklash va o`tkazish to`g`risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda "Huquqiy axborot" ma`lum qildi.  Qarorga ko`ra, 1968–1997 yillarda O`zbekistonda o`tkazib kelingan “Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarining Toshkent xalqaro kinofestivali” “Ipak yo`li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali nomi bilan qayta tiklanib, 2021 yildan har yili sentyabr–oktyabr oylarida Toshkent shahrida o`tkaziladi.  Shunga ko`ra, “Ipak yo`li durdonasi” XIII Toshkent xalqaro kinofestivali joriy yilda 28 sentyabr – 3 oktyabr kunlari “Tinchlik, taraqqiyot va ma`rifat” shiori ostida o`tkaziladi.  G`oyasi va mazmuni Kinofestival shioriga mos, jahon kinematografiyasi rivojida salmoqli o`ringa ega filmlarning ijodkorlari diplom, ramziy haykalcha va har biri 20 ming AQSh dollaridan iborat beshta pul mukofoti bilan taqdirlanadi.  Shuningdek, Osiyo qit`asi va qadimiy Ipak yo`li bo`ylab joylashgan mamlakatlar yosh kinoijodkorlarining qisqa metrajli filmlari festivali g`oliblari diplom va quyidagi miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi: 1-o`rin uchun – 15 ming AQSh dollari; 2-o`rin uchun – 10 ming AQSh dollari;  3-o`rin uchun – 7 ming AQSh dollari. Qaror bilan Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi boshqaruviga berilib, uning negizida “Kinochilar uyi” tashkil qilinadi.
61
1,368
Madaniyat
XVII asrga mansub surat sarg‘aygan lakdan tozalandi (video)
San’at asarlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi britaniyalik Filip Muld 1618-yilga mansub suratning restavratsiya jarayoni aks etgan videoni e’lon qildi, deb yozmoqda Meduza. Muldning so‘zlariga ko‘ra, asardan lakning bir nechta qatlami olib tashlangan. Lak qoplamasining yoshi 200 yildan ortiq bo‘lib, surat juda kuchli sarg‘aygan edi. Muldning hikoya qilishicha, suratda Angliyada qirol Yakov I davrida yashagan ayol tasvirlangan. Suratning chizilish vaqtida ayol 36 yoshda bo‘lgan. Moy bo‘yoqda chizilgan suratlar saqlash va tashqi ta’sirlardan himoya qilish maqsadida lak bilan qoplanadi. Biroq vaqt o‘tishi bilan qoplama sarg‘ayadi.
59
637
Madaniyat
Otajonovlar sulolasi aprel oyi oxirida oilaviy konsert beradi
O‘zbek san’atining buyuk sulolasi Otajonovlar “Keksalarni e’zozlash yili” munosabati bilan aprel oyi oxirida “Sulola solnomasi” nomli konsert dasturini taqdim etadi. Bu haqda “Darakchi” gazetasi xabar bermoqda. Konsertda O‘zbekiston xalq artisti Ortiq Otajonov, farzandlari Ulug‘bek Otajonov va Karomat Otajonova hamda sulola davomchisi Ali Otajonov ishtirok etadi. “Konsert xalq talabi va istaklariga binoan tashkillashtirilyapti, – dedi O‘zbekiston xalq artisti Ortiq Otajonov. Unda Ali Otajonovning onasi, qizim Karomat Otajonova ham ilk bor qo‘shiq kuylaydi”.
61
564
Madaniyat
“Jo‘ji qoro”, “Akaxonlarim”, “Eh, jo‘ralar”. Hayotdagidan ko‘ra YouTube’da mashhur bo‘lgan o‘zbekistonlik san’atkorlar (video)
Internet rivojlangach, mashhur bo‘lish u qadar qiyin bo‘lmay qoldi. Bunday imkoniyat shou-biznes vakillariga ham qo‘l kelmoqda. Avvalgidek televideniye formatiga qarab klip suratga olish shart emas. Klipini sarf-xarajatsiz internet tarmog‘iga joylab, yaxshi natijalarga erishganlar ham bisyor. Quyidagi qahramonlarimiz hayotdan ko‘ra, internetda ancha-muncha mashhurroq. Gulinur Egamberdiyeva Xonanda Gulinur Egamberdiyevaning “Jo‘ji qoro” klipi YouTube’da uch oy mobaynida 14 million marotaba tomosha qilingan. Xonandaning kliplari internetda ko‘p izlansa-da, hayotda uni ko‘pchilik tanimaydi. — San’at bo‘yicha hech qayerda tahsil olmaganman. Kompyuter texnologiyalari bo‘yicha o‘qishni tamomlab, to‘ylarga chiqishni boshlaganman. Bir nechta musiqiy asboblarni chalishni bilaman, ammo ularni ham mustaqil o‘rganganman. 2013-yildan mustaqil ijodni  boshlaganman. Ko‘pchilik yo‘nalishingizni Janob Rasulga o‘xshatamiz, deyishadi. Haqiqatan o‘xshashlik bor, chunki ikkimizning qo‘shiqlarimizni bastakor Jamshid Aimbetov yaratadi. Oddiylikni yaxshi ko‘raman, kundalik hayotda umuman pardoz qilmayman. Konsert dasturlarida ishtirok etmaganman, ammo Xorazm, Qoraqalpog‘iston va Turkmaniston to‘ylarida faolman. Eslatib o‘tamiz, xonanda Gulinur Egamberdiyeva 1994-yil Xorazm viloyatida dunyoga kelgan. Oilada ikki qiz. Shu kungacha “Jo‘ji qoro”, “Baliqcham”, “San o‘yna” va “Popurri” kabi kliplari YouTube’da bir necha million marta tomosha qilingan. “Jo‘ji qoro” qo‘shig‘i Xorazm shevasida “Ko‘zi qaro” degan ma’noni anglatadi. Janob Rasul Bu xonanda ijodini internet orqali izlovchilar nihoyatda ko‘p. Shu bois uning kliplari YouTube’da rekord natijalarni qayd etadi. Masalan, “90-60” – 59 mln, “Yomonsan” – 45 mln va “Super” kliplari 21 mln marta tomosha qilingan. — Ijodimni boshlaganimga 20 yildan oshdi. Faoliyatimni “Sevinch” guruhida boshlaganman. Keyin ustozim Ozodbek Bekjonovning oq fotihasini olib, yakkaxon ijodni boshladim. Ochig‘i, yakka ijod qilish juda qiyin, ayniqsa, moliyaviy muammolar imkoniyatlarni cheklaydi. Shuning uchun qo‘shiq aytish bilan birga boshqa xonandalarga musiqa yozib berish bilan ham shug‘ullanardim. 2012-yildan keyin to‘ylardan topgan daromadim sabab ijodim asta rivojlangan. Ba’zan qo‘shiqlarim bachkanaligi, sayozligi haqida ko‘p eshitaman. Avvaliga men ham ko‘plab ma’noli qo‘shiqlar yaratganman. Ammo natijasi kutilganidek bo‘lmagan. Ammo “Captiva” qo‘shig‘i sabab o‘n bir yil deganda qo‘shiqlarim odamlar og‘ziga tushgan, — deydi Janob Rasul. Eslatib o‘tamiz, xonanda 1987-yil 21-iyunda Qoraqalpog‘iston respublikasining Beruniy tumanida tug‘ilgan. Uning familiyasi Saitchanov, ilk klipida Raj Kapurning “Janob 420” filmiga taqlid qilgan. Shundan keyin muxlislar unga Janob Rasul taxallusini berishgan. Osman Navro‘zov Xonanda Osman Navro‘zov o‘zbek shou-biznesidagi klipi YouTube’da eng ko‘p tomosha qilingan xonanda hisoblanadi. Uning “Lyubimaya” klipi 90 mln, “Do‘stim” qo‘shig‘iga ishlangan klipi 20 mln marta tomosha qilingan. Xonanda o‘ziga internetda mashhurlik olib kelgan “Lyubimaya” qo‘shig‘i va klipini yaratishda katta moddiy qiyinchiliklarga uchraganini aytadi. — Ijodimni 2013-yilda boshlaganman. Ammo u vaqtlarda faqat turkman tilida qo‘shiq kuylardim. To‘ylar kam, topadigan daromadim ham haminqadar edi. 2018-yili Rossiyada ijod qiladigan do‘stim bir necha qo‘shiqlarning g‘oyasini yubordi. Ular ichida “Lyubimaya” qo‘shig‘i yoqqanligi uchun uni sotib olishga qaror qildim. Uni Jamshid Aimbetovga olib bordim. Ammo Jamshid akaning mehnat haqqi ancha qimmat edi. U Janob Rasulga ko‘p qo‘shiqlar yozgani uchun “Lyubimaya” ham omadli keladi, deb o‘ylagandirman-da. Qo‘shiq uchun borimni tikdim. Undan keyin klip oladigan bo‘ldik. Klip narxini kelishgach, pul yig‘ishni boshladim. Suratga olish ishlarining ilk kunida ishtirok etib, Qoraqalpog‘istonga xizmatga qaytdim. To‘yda qo‘shiq aytayotgan ma’mur akamiz qo‘ng‘iroq qilib: “Yana bir million so‘m yetmayapti, xarajatlar chiqib qoldi”, dedi. Asabim buzilib ketdi, chunki haqiqatan ham pulim yo‘q edi. O‘shanda “Klip kerak emas, olganlaringizni o‘chirib tashlanglar, bergan pulimga roziman”, degandim. Ammo klip o‘zbek san’atida menga omad olib keldi, — deydi Osman Navro‘zov. Muhammad Ziyo Muhammad Ziyoning ilk qo‘shig‘i internetda ommalashganida uni hech kim san’atkor deb o‘ylamagandi. Chunki xonandaning qo‘shiq aytish usuli odamlarda boshqacha taassurot qoldirgandi. — Ijodni 12 yoshimdan boshlab, to‘y-hashamlarda qo‘shiqlar aytib yurardim. Gliyer nomidagi musiqa maktabida tahsil olib, katta sahnaga intilganman. Ayrimlar o‘ylagandek, osonlikcha san’atkor bo‘lganim yo‘q. “Akaxonlarim”dan avval bir nechta qo‘shiqlarim omadsiz chiqqan, hatto menga yordam qilmoqchi bo‘lganlar ham shartnomani muddatidan avval yakunlashgach, qiyin vaziyatda qolgan kunlarim bo‘lgan. Ko‘nglim cho‘kib qolgan paytda otam qo‘llab Malibu avtomobilini olib bergandi. Shu bois ko‘pchilik meni boy deb o‘ylardi, ammo mashinadan ortiq qimmatbaho narsam yo‘q edi. “Akaxonlarim” sabab niyatlarim amalga oshdi. Albatta, qo‘shiqning ommalashishida ijtimoiy tarmoqlarning o‘rni bo‘lakcha. Men hayotdagidan ko‘ra, internetda mashhurroq edim. Hozir bu borada ikkisi teng. Eslatib o‘tamiz, xonanda 1993-yil Andijon viloyatining Marhamat tumanida dunyoga kelgan. Hozirgi kunda mart oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan konsert dasturiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Xonanda ijodidagi “Guljahon”, “Akaxonlarim” va “Sizda ham pul ko‘payib ketdi” qo‘shiqlari YouTube’da yaxshi natijalarni qayd etgan. Jaloliddin Ahmadaliyev Bu xonandani haqiqatan ham internet yulduzi deyish mumkin. Chunki u shu kungacha birorta qo‘shig‘ini televideniye orqali namoyish etmagan. Bir necha qo‘shiqlari klipsiz ham muxlislar qalbini zabt etgan. “Yor bizdan ketdi”, “Menda qolmadi dil” va “Eh, jo‘ralar” qo‘shig‘i YouTube’da bir necha million marta tomosha qilingan. — San’atga kirib kelganimga ko‘p bo‘lgani yo‘q. To‘g‘ri, bolalikdan qo‘shiq kuylaganman, ammo ijod qilishga sharoitim bo‘lmagan. Maktabni tamomlab, akalarim bilan Rossiyaga ishlashga ketganman. O‘shanda 18 yoshda edim. U yerda qurilish, mashina yuvish shoxobchasida ishladim. Undan keyin O‘zbekistonga qaytib yana shu ish bilan shug‘ullandim. Keyin dadamning talabi sabab kosibga shogirdlikka tushdim. Ikki yil kosibchilik qildim. Ammo zaharli yelim sabab oshqozonim qattiq og‘riydigan bo‘lib qoldi. Avvaldan xonandalarga qo‘shiqlar yozib berganman, hozir ham iltimos qilganlarga rad javobini berolmayman. Internetdagi mashhurlik — hammasi Allohdan. Bir paytlar orzu qilgan ijodkorlarim bilan bir sahnada ekanligimga va o‘z tinglovchilarim borligiga shukr qilaman, — deydi Jaloliddin Ahmadaliyev. Eslatib o‘tamiz, xonanda 1992-yilning 12-sentabr sanasida Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida tavallud topgan. Oilali, bir o‘g‘il farzandi bor.
126
6,768
Madaniyat
Instagram: Yoshlarga tanbeh bergan Munisa Rizayeva, qo‘shiq kuylashda davom etadigan Dildora Niyozova, Maryam Tillayevaga turmush o‘rtog‘ining syurprizi
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz. Aktrisa Feruza Sobitova “Parixona” serialining syomka jarayoni aks etgan suratni sahifasiga joyladi. Munisa Rizayeva “Artist” loyihasining “yulduzlik kasali”ga chalingan ishtirokchilariga tanbeh berdi. Xonandaning aytishicha, ushbu ishtirokchilar rejissorning qo‘ng‘iroqlari hamda SMS’lariga javob bermay, ularga nisbatan hurmatsizlik qilgan. Sevara Nazarxon imijini o‘zgartirib, uzun sochlarini kare uslubidag qirqtirdi. O‘zbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamovning qiyinchilik bilan harakatlanayotgani aks etgan video e’lon qilindi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra’no Yarasheva Instagram’da shaxsiy sahifasini ochdi. Zuhra Soliyeva oshqozon kichraytirish operatsiyasidan so‘ng qanchalik ozganini aks ettiruvchi viderolikni sahifasiga joyladi. Nilufar Usmonova onasi hamda uning turmush o‘rtog‘i Mansur Agaliyevning suratini sahifasiga joyladi. Shahzoda Muhammedova qizi Milana bilan birga Maldiv orollariga uchib ketdi. Ayni paytda AQSHda bo‘lib turgan Liil Xurramov kuzatuvchilarining “Endi Amerikada yashaysizmi?” degan savoliga javob berdi. Fransiyaning Kann shahridan qaytgan Maryam Tillayevaga uning turmush o‘rtog‘i, bloger Amiran Sardarov Moskva aeroportida syurpriz uyushtirdi. Amiran chopon kiyib, qo‘liga “Mening lavashlarim” deb yozilgan qog‘oz bilan, karnay-surnay sadolari ostida rafiqasini kutib oldi. Aktrisa Bahora Arslonova onasi hamda qaynonasi bilan birga tushgan surati bilan bo‘lishdi. Bir muddat avval san’atni tark etganini aytgan Dildora Niyozova kuzatuvchilari uchun jonli efir tashkillashtirib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berdi. Xususan, u qo‘shiq kuylashda davom etishi, biroq xizmatlarni kamaytirishi haqida gapirdi.
152
1,816