folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Madaniyat
Instagram: Mohim turmushga chiqdi, Shahzoda Matchonova turmush o‘rtog‘ini tabrikladi, Munisa Rizayeva onasini hayron qoldirdi
4-oktabr kuni jahon va o‘zbek san’ati yulduzlarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. Sevara Nazarxon va “Million”chi Alisher Botirov kulgili duet ijro etdi. View this post on Instagram DJ Piligrimning onasi 71 yoshni qarshi oldi. View this post on Instagram Sitora Alimjonova folloverlariga hozirning o‘zida baxtni his etib yashashni maslahat berdi. View this post on Instagram Yulduz Usmonova “Qo‘l uchida” deb nomlangan qo‘shiq kuyladi. View this post on Instagram Munisa Rizayeva onasining tug‘ilgan kuniga ajoyib syurpriz tayyorladi. View this post on Instagram Zarina Nizomiddinova farzandlarining videosi bilan bo‘lishdi. View this post on Instagram Hosila Rahimova oqqo‘rg‘onlik 85 yoshli muxlisining yubileyida ishtirok etdi. View this post on Instagram “Sensiz”, “Yor bo‘layin” kabi xit qo‘shiqlar ijrochisi, xonanda Mohim turmushga chiqdi. View this post on Instagram Xonanda Lola qizi Aisha bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi. View this post on Instagram Xonanda Nilufar Usmonova o‘g‘li Sulaymonxonning tug‘ilgan kunini nishonladi. View this post on Instagram Shahzoda Matchonova turmush o‘rtog‘ini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi. View this post on Instagram
125
1,411
Madaniyat
Bleyk Layvli va Rayan Reynoldsning sevgi hikoyasi
2022-yilda turmush qurganining 10 yilligini nishonlaydigan mashhurlar — Rayan Reynolds va Bleyk Layvlining sevgi hikoyasi haqida ma’lumot berib o‘tamiz. Munosabatlarga “yashil chiroq” Rayan va Bleyk 2010-yil har “Yashil fonar” filmining suratga olish maydonchasida tanishgan. Bosh qahramon rolini gavdalantirgan qahramonning har ikkisi ham bu vaqtda munosabatda bo‘lgan. Reynolds Skarlett Yoxanssonga uylangan, Layvli esa Leonardo Di Kaprio bilan uchrashgan. Bleyk va Layvli uzoq vaqt davomida munosabatlarini tan olmagan, ammo ularning o‘rtasida nimadir borligini bilish uchun yulduzlarning tasdig‘iga hojat bo‘lmagan, chunki hammasi shundoq ham ma’lum bo‘lgan. Bir-biriga bo‘lgan qarashlari, gap-so‘zlari hammasini sotib qo‘ygan. Mustahkamlangan rishtalar Uchrashishni boshlaganidan bir necha oy o‘tishi bilan juftlik birgalikda uy sotib olgan. 2012-yilning sentabrida esa Janubiy Karolinadagi go‘zal maskan Boone Hall Plantation’da munosabatlarini nikoh bilan mustahkamlagan. Bleyk etaklari keng, pushti oltin ipi bilan tikilgan Marсhesa brendidan ko‘ylak kiygan. Aynan mazkur ko‘ylak bilan ularning baxtli kunida esda qoladigan hodisa sodir bo‘lgan. Marosimda britaniyalik Florens Uelsning qo‘shig‘ini berilib tinglayotgan Layvli ko‘ylagini bengal olovida kuydirib olgani va hatto teshik paydo bo‘lganiga ahamiyat bermagan. Xabar topganidan keyin dahshatga tushgan aktrisaga turmush o‘rtog‘i taskin bergan. Rayan bu bilan Florens qo‘shiq kuylagani va bengal olovi bir umrlik esdalik bo‘lib qolishini aytib, rafiqasining kayfiyatini ko‘tarishga uringan. Shundan keyin o‘sha teshik Bleyk uchun libosning eng sevimli qismiga aylangan. To‘ydan keyin ular dastlab Afrika, keyin esa Kanadaga sayohat qilgan. 30 daraja issiq va 40 daraja sovuq mamlakatlarda bo‘lgan juftlik olam-olam xotiralar bilan qaytgan. Yulduzlar munosabatlarini ko‘z-ko‘z qilmaslikni afzal bilgan. “Men atayin shaxsiy hayotimni yashirmayman. Shunchaki mendan munosabatlarimga izoh berishni so‘rasangiz, so‘zlar mening haqiqiy tuyg‘ularimni ifodalab bera olmasligi mumkin”, — degan Rayan. Ilk bor mashhurlar rasman juftlik sifatida 2012-yil Londonda Sound of Change Live tadbirida ko‘rinish bergan. Farzandli bo‘lish baxti 2014-yil 16-dekabrda Jeyms ismli qiz farzand dunyoga kelgan. Ilk bora ota bo‘lish baxtiga muyassar bo‘lgan Rayan bu haqida shunday degan: “Bola ajib tuyg‘ularni his qilishingizga sabab bo‘ladi. O‘lgudek charchoq va baxtni bir vaqtning o‘zida his qilasiz”. 2016-yil 28-sentabrda ikkinchi qizi Ines, 2019-yilda uchinchi qiz Betti dunyoga kelgan. Yulduzlar kelajakda jami olti nafar farzandi bo‘lishini orzu qiladi. Sevgi va hazil Kulgi va hazillashgan holda munosabatda bo‘lish juftlikka begona emas. Buni ularning intervyularidan va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmlari hamda unga yozilgan izohlardan ham bilsa bo‘ladi. Hazillashishni yaxshi ko‘rishdan tashqari, Bleyk va Rayanning bir-birini qadrlashiga ham havas qilsa arziydi. Layvli Reynolds uchun ham rafiqa, eng yaxshi do‘st, shuningdek, shaxsiy stilist hamdir. “Rafiqamning ruxsatisiz men uydan chiqmayman. Rasmiy tadbirlarga bormoqchi bo‘lganimda esa u meni kostyumlarimni nazorat qiladi — masalan, yaqinda uning ruxsatiga binoan film premyerasiga olovrang bo‘yinbog‘ taqdim. Yo‘qsa, bunga qaror qilmagan bo‘lardim”. “U mening bir qismim, chunki bu hayotdagi hamma narsani biz birgalikda bajaramiz. Agar film ustida ishlaydigan bo‘lsam, u menga yordam beradi, unga esa men. Ish stolidan tortib tushlik uchun ovqatigacha bo‘lgan narsalarni ham birga tanlaymiz. Qolaversa, u juda yaxshi yozuvchi: u biz uchun ko‘p narsalarni yozgan. U barometr singari meni juda yaxshi biladi va nimani yaxshi, nimani esa yaxshiroq bajarishim mumkinligini aytib turadi”, — degan Bleyk. 10 yildan buyon birga yashab kelayotgan juftlik bir-biridan bir haftadan uzoq vaqtga ajralmaslikni afzal biladi. Bleyk ongli ravishda vaqtining asosiy qismini oilasiga bag‘ishlagan. Shunga qaramay ba’zida filmlarda ham suratga tushib turadi va turmush o‘rtog‘i bunda uni butkul qo‘llab-quvvatlaydi. Kinomukofotlardan birini qo‘lga kiritganida aktrisa Rayansiz buning uddasidan chiqa olmagan bo‘lishini ta’kidlagan. “Ovoz bergan hamma va turmush o‘rtog‘imga rahmat. U mening borlig‘im”, — degan u.
49
4,212
Madaniyat
Gollivud kino tarixidagi eng mashhur salbiy qahramonlarni e’lon qildi
The Hollywood Reporter jurnali butun kino va multfilmlar tarixidagi eng mashhur 25 ta antogonistning (asosiy qahramonning dushmani) ro‘yxatini taqdim etdi, deb yozmoqda “Korrespondent.net”. Reytingda birinchi o‘rinni “Yulduzlar jangi” filmidagi Dart Veyder egalladi. Uni eng mashhur salbiy qahramon sifatida Gollivuddagi turli yosh va kasb guruhlari e’tirof etgan. Ikkinchi o‘rinni Entoni Xopkins tomonidan ijro etilgan Gannibal Lekter egallagan. Uchinchi qatordan 1939-yilda “Mamlakatlar sehrgari” filmida Margaret Xemilton tomonidan ijro etilgan G‘arbning yomon alvastisi joy olgan. So‘nggi o‘rinni “Matritsa” trilogiyasidagi agent Smit egallagan. So‘rovda Gollivud kinosanoatining 1000 nafar vakili ishtirok etgan.
69
718
Madaniyat
Fotoreportaj: Cuvtushar sharsharasi haqida eshitganmisiz?
Qashqadaryoda betakror iqlimi va manzarali tabiati bilan barchani o`ziga maftun eta oladigan so`lim go`shalar bisyor. Bugungi fotosayohat Shahrisabz tumanidagi Hisorak suv ombori, Hisor davlat qo`riqxonasining noyob tabiati, mashhur Suvtushar sharsharasi tomon. Hisor davlat qo`riqxonasida jonivorlarning 14 turi uchraydi. Qo`ng`ir ayiq, silovsin, qor qoploni va qizil sug`ur singari “Qizil kitob”ga kiritilgan hayvonlar ham bor. Bundan tashqari, tog` burguti, qor g`ajiri, boltayutar, kaklik, hilol kabi qushlarni uchratish mumkin. Bu erlarda dug`boy, kiyik o`ti, kovrak, zirk, na`matak kabi 10 dan ortiq dorivor giyohlar ham o`sadi. Qo`riqxonaning Miroqi bo`limi tasarrufidagi tabiat burchagida yana bir mo``jiza – mashhur Suvtushar sharsharasi bor. U mamlakatimizdagi eng uzun va sersuv sharshara hisoblanadi. 84 metr balandlikka ega sharsharadan yilning may-iyul oylarida har soniyada 5-6 kub metr suv otilib tushadi. Shu jarayonda hosil bo`lgan zarrachalar 250-300 metr, kuchli shamol esib turgan paytlarda 500-600 metrgacha sachrab tarqaladi va ajoyib mikroiqlim hosil qiladi. Natijada bu erda yozning jaziramasida ham havo salqin va mo``tadil bo`ladi.
57
1,158
Madaniyat
Gulsanam Mamazoitova taniqli xitoylik xonanda bilan duet kuyladi
O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova muxlislari e’tiboriga yangi qo‘shiqni taqdim etish arafasida turibdi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar berdi. “Sevgilim” deb nomlangan tarona taniqli uyg‘ur qo‘shiqchisi Mo‘minjon Ablikim bilan birga ijro etilgan. Rejissor Sanjar Matkarimov yangi duet qo‘shiqqa syujet yo‘nalishida klip suratga oldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, duet kuylash taklifini Mo‘minjon Ablikim bildirgan. Yangi tarona va klip tez kunlarda taqdim etiladi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
64
541
Madaniyat
Zulfiqor Musoqovning “Berlin-Oqqo`rg`on” filmi taqdimoti bo`lib o`tadi
Kinorejissyor Zulfiqor Musoqov "O`zbekkino" Milliy agentligi, "O`zbekfilm" DUK buyurtmasiga asosan "Berlin-Oqqo`rg`on" nomli to`liq metrajli badiiy filmni suratga oldi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi. Qayd qilinishicha, mazkur filmda 1941-1945 yillarda kechgan Ikkinchi jahon urushida o`zbek millatining jasur va mard o`g`lonlari, shuningdek, front ortidagi O`zbekiston xalqining ko`rsatgan beminnat mehnatlari hamda insoniylik munosabatlari aks ettirilgan. Joriy yilning 14 dekabr kuni soat 15.00 da Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda "Berlin-Oqqo`rg`on" nomli badiiy filmning faqat ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun taqdimoti va namoyishidan so`ng matbuot anjumani o`tkazilishi rejalashtirilgan.
71
722
Madaniyat
“Oltin globus—2016”ning barcha g‘oliblari ma’lum bo‘ldi (foto)
Los-Anjelesda kino va televideniye sohasidagi “Oltin globus” mukofotining 73-taqdirlash marosimi o‘z yakuniga yetdi. Unda o‘tgan yil yakunlariga ko‘ra jami 25 yo‘nalish (14 ta kino va 11 ta televideniye sohasida) bo‘yicha mukofotlar o‘z egalariga topshirildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda. Quyida asosiy nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritganlar bilan tanishishingiz mumkin: “Eng yaxshi dramatik film aktyori”: Leonardo Di Kaprio (“O‘limdan qaytgan”). “Eng yaxshi dramatik film aktrisasi”: Bri Larson (“Xona”). “Eng yaxshi dramatik film”: “O‘limdan qaytgan”. “Eng yaxshi komediya (myuzikl) aktyori”: Mett Deymon (“Marslik”). “Eng yaxshi komediya (myuzikl) aktrisasi”: Jennifer Lourens (“Joy”). “Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor”: Silvestr Stallone (“Krid: Rokkining merosi”). “Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa”: Keyt Uinslet (“Stiv Jobs”). “Mini-serialning eng yaxshi aktrisasi”: Ledi Gaga ( “Amerikanining dahshatlar tarixi”). “Eng yaxshi rejissor”: Alexandro Gonsales Inyarritu (“O‘limdan qaytgan”). “Eng yaxshi ssenariynavis”: Aaron Sorkin ( “Stiv Jobs”). “Eng yaxshi bastakor”: Ennio Morrikone (“Jirkanch sakkizlik”). “Eng yaxshi dramatik serial”: “Janob robot”. “Eng yaxshi komediya seriali”: “Changalzordagi Motsart”. “Eng yaxshi komediya” (myuzikl): “Marslik”. “Eng yaxshi animatsion film”: “Boshqotirma” (Pixar studiyasi). “Eng yaxshi xorijiy film”: “Saulning o‘g‘li” (Laslo Nemesh, Vengriya).
62
1,429
Madaniyat
“Sen hatto o‘qqa arzimaysan”: Aktrisa Uma Turman tegajog‘liqda ayblangan prodyuser Xarvi Vaynshteynga munosabat bildirdi
Gollivud aktrisasi Uma Turman Instagram’dagi sahifasida prodyuser Xarvi Vaynshteyn haqida izoh qoldirdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda. Post minnatdorlik kuniga bag‘ishlangan edi, ammo unga aktrisa #metoo heshtegini qo‘shdi. Vaynshteynning tegajog‘liq qilganidan shikoyat qilgan ayollar aynan shu heshtegdan foydalanadi. View this post on Instagram “Hammaga xayrli minnatdorlik kuni tilayman! (Xarvi, sendan va she riklaringdan. Ish sekin ketayotganidan xursandman — sen hatto o‘qqa arzimaysan. Aloqada qoling!” — deyiladi xabarnomada. Xarvi Vaynshteyn ko‘plab aktrisalar tomonidan tegajog‘liqda va jinsiy zo‘ravonlikda ayblandi. Uning ishini prokuratura o‘rganmoqda.
120
685
Madaniyat
Rayhon: Farhod aka bilan birga keksalik gashtini surishni istayman
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyevaning uch farzandning otasi bo‘lgan Farhod Alimov bilan hayot yo‘lini bog‘lashi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ayrimlar Farhod Alimovning oilasi buzilishida Rayhonni aybladi, deb yozadi “Darakchi.uz”. Xonanda “Sayyod.com” nashriga bergan intervyusida chindan ham mana shunday ayblovlar ko‘p bo‘lganini aytdi va ularga quyidagicha munosabat bildirdi: “Farhod aka bilan bir-birimizni 20 yildan beri bilamiz. Lekin munosabatlarimiz yaqin bo‘lmagan. Salomlashishdan nariga o‘tmaganmiz. Menga unga turmushga chiqishni taklif qilishganida u ikki yildan beri rafiqasi bilan birga yashamasdi. Ya’ni u o‘sha paytda bo‘ydoq edi. Uning ajrashishiga, oilasi buzilishiga mening umuman aloqam yo‘q. Shuningdek, Yigitali va mening munosabatlarimiz buzilishiga Farhod akaning umuman aloqasi yo‘q. Umuman olganda, men bu haqda gapirishni umuman istamagandim. Biroq, ijtimoiy tarmoqlarda menga nisbatan ko‘p ayblovlar bo‘ldi. Hatto haqoratomuz ma’nodagi shaxsiy xabar yo‘llaganlar ham bo‘ldi. Bunday xulosaga kelishlariga nima sabab bo‘lganiga tushunmayman. U menga turmushga chiqish taklifini bildirganda biz ikkimiz ham oilamizdan ajrashgan edik. Shuning uchun biz turmush qurdik. Biz ikkalamizning ham Yaratgan oldida vijdonimiz pok. Odamlarning gapiga kelsak, umid qilamanki intervyudan keyin ular bu boradagi fikrlarini o‘zgartirishadi”. “Ikki san’atkorning birdaniga bir-biriga ko‘ngil qo‘yib, to‘ylari bo‘lib ketishi qanday kechdi?”, degan savolga Rayhon quyidagicha javob berdi: “O‘ylashimcha, hamma nikohlar samoda yaratiladi. Bizning turmush qurishimizda Farhod akaning yaqin do‘sti Rashid Xoliqovning o‘rni katta. Yaratgan bizni bekorga birlashtirmaganiga juda katta umid qilaman va o‘ylaymanki bu butun umrga. Men bu inson bilan birga keksalik gashtini surishni istayman”. Rayhonning aytishicha, Farhod Alimov va uning o‘rtasida to‘ydan oldin romantik uchrashuvlar bo‘lmagan. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
66
2,120
Madaniyat
62 yoshli aktyor Jeff Goldblyum ilk bor ota bo‘ldi
O‘zining “Chivin” va “Yura davri bog‘i” filmlaridagi rollari bilan mashhur bo‘lgan amerikalik aktyor Jeff Goldblyum va uning rafiqasi Emili Livingstonlarning 4-iyul kuni birinchi farzandi tug‘ildi. Ular o‘g‘liga Charli Oushen ismini qo‘ydi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”. 62 yoshli aktyor ilk bor ota bo‘ldi. U Emiliga qadar ikki marta oila qurgan, biroq farzandli bo‘lmagan. Jeff Goldblyum va undan 30 yosh kichik sportchi Emili Livingston 2011-yilda uchrasha boshlagan. 2014-yilning 8-iyul kuni aktyor sevgilisiga turmush qurishni taklif qilgan va shu yilning 8-noyabrida ular nikohdan o‘tishgan edi.
50
610
Madaniyat
Jaloliddin Ahmadaliyev mualliflik huquqini buzganlikda ayblanib, “Ayyor do‘stlarim” qo‘shig‘i she’ri muallifiga 26 mln so‘m jarima to‘ladi
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Behzod Fazliddin Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilgan, deb yozadi “Hudud 24”. Xonanda Jaloliddin Ahmadaliyev hech qanday ruxsat olmasdan shoirga tegishli “Kutmagan kunlarim, kutgan kunlarim” to‘plamidagi “Balosiz – go‘yoki g‘amimni yeysiz” deb boshlanuvchi “Ayyor do‘stlarim” she’ridan foydalanib qo‘shiq ijro qilgan. Va bu ijod namunasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, to‘ylarda faol ijro qilingan. Shoir Behzod Fazliddin Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasidan buzilgan mualliflik huquqlarini tiklab berishni, xonandaga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan. Murojaat tegishli tartibda o‘rganildi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchko‘prik tuman sudining qaroriga asosan, xonanda mualliflik huquqbuzarligi sodir etilganlik fakti tasdiqlandi. Unga nisbatan ma’muriy jarima jazosi tayinlandi. Shundan so‘ng shoir Behzod Fazliddin foydasiga Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘qon tumanlararo sudining hal qiluv qarori e’lon qilindi. Unga ko‘ra, bazaviy hisoblash miqdorining 80 barobari, ya’ni 24 million so‘m tovon puli, 2 million so‘m ma’naviy zarar, jami 26 million so‘m undirib berildi. Xonanda Jaloliddin Ahmadaliyev tomonidan ijro etilgan “Ayyor do‘stlarim” nomli qo‘shiqni ijtimoiy tarmoqlardan olib tashlash majburiyati yuklatildi.  SanJay mualliflik huquqini buzgani uchun shoir Usmon Azimga salkam 100 mln so‘m to‘lab beradi
138
1,403
Madaniyat
Kinotanqidchi Rojer Ebert vafot etdi
AQShlik taniqli kinotanqidchi Rojer Ebert 71 yoshida vafot etdi. Bu haqda Chicago Sun Times gazetasiga tayanib kun.uz sayti xabar tarqatdi. foto: ria.ru Ebert unda 2002-yilda aniqlangan qalqonsimon bez saratoniga qarshi ko‘p yillik kurashdan so‘ng vafot etdi. Kasallikka qarshi bir necha bor operatsiya qilingan Ebert pastki jag‘i va tomog‘ining bir qismidan ayrilgan edi. Shunga qaramay, umrining so‘nggi yillarida ham u kinotaqrizlar yozishda davom etdi. O‘limidan ikki kun avval, 2-aprel kuni, Ebert o‘zida yana o‘simta topilgani va endi u yana kimyoterapiya kursini o‘tashi kerakligini ma’lum qilgan edi. 2005-yili Ebert Gollivuddagi Shuhrat alleyasidagi yulduzga ega bo‘lgandi. 2007-yili esa Forbes nashri Ebertni “AQShning eng nufuzli kinotanqidchisi” deya e’tirof etgandi.
36
782
Madaniyat
“Oskar” taqdirlash marosimi koronavirus sabab 2021-yilning fevralida emas, aprelida o‘tkaziladigan bo‘ldi
2021-yilning 28-fevralida “Oskar” kinomukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tmaydi. Ushbu tantanali marosim 25-aprel sanasiga ko‘chirildi, deb xabar beradi Amerika kinoakademiyasi. Ma’lum qilinishicha, “Oskar”ga nomzodlar ro‘yxati 2021-yilning 15-martida e’lon qilinadi. Ta’kidlanishicha, mukofotni topshirish marosimini ikki oyga kechiktirish to‘g‘risidagi qaror koronavirus pandemiyasi sabab qabul qilingan. Avvalroq Amerika kinoakademiyasi “Oskar” mukofotining asosiy yo‘nalishiga nomzodlar sonini cheklab qo‘ygani, 94-marosimidan boshlab ularning soni 10 tani tashkil etishi to‘g‘risida xabar berilgandi.
105
611
Madaniyat
Amerikalik mashhur reper Kanye Uest ismini o‘zgartirdi
AQSh sudi taniqli reper Kanye Uestning o‘z ismini o‘zgartirish borasidagi so‘rovini qanoatlantirdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”. “U ancha yillardan buyon Ye taxallusida ijod qilib keladi… Ammo endi ismining qisqartirilgan versiyasi uning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasiga kiritildi”, — deyiladi xabarda. Shunday qilib, to‘liq ismi Kanye Omari Uest bo‘lgan 44 yoshli reper endilikda 2018-yilda taqdim etilgan albomining nomi kabi shunchaki Yega aylandi. Kanyening o‘zi ushbu so‘z “Injil”da ko‘p takrorlangani va u “sen” deya tarjima qilinishini ta’kidlagan. Sud qo‘shiqchining ismini o‘zgartirish borasidagi da’vosini qariy ikki oy ko‘rib chiqqan. Reper bu kabi xatti-harakatini “shaxsiy sabablarim” deya izohlagan. Avvalroq Netflix Kanye Uest haqidagi hujjatli filmni namoyish etish huquqini 30 million dollarga sotib olgani, film 21 yil davomida yaratilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
54
905
Madaniyat
Chingiz Aytmatov haqida ikkita yangi kitob nashr etildi
Chingiz Aytmatov haqida ikkita yangi kitob nashr etildi, deb yozadi O‘zA. Taniqli publitsist-adib, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti dotsenti Ahmadjon Meliboyev adib tavalludining 90 yilligi arafasida o‘zining “Chingiz Aytmatov: Davr, Inson, Haqiqat” va “Chingiz Aytmatov va O‘zbekiston” nomli kitoblarini nashr ettirdi. “Chingiz Aytmatov: Davr, Inson, Haqiqat” kitobida yozuvchi qalamiga mansub hikoya, roman va qissalar, chuqur mushohadali badiiy, ijtimoiy publitsistik maqolalar, nufuzli anjumanlardagi mag‘zi to‘q, ma’naviy yuki salmoqli ma’ruzalari Ahmadjon Meliboyevning uzoq yillik izlanishlari asosida juda chuqur tahlil qilingan. Shuningdek, Ahmadjon Meliboyev to‘plab, nashrga tayyorlagan “Chingiz Aytmatov va O‘zbekiston” nomli xotira kitobi o‘quvchida ulug‘ ijodkorning butun hayotiga turli nuqtalardan berilgan baho, g‘oyatda qadrli samimiy, jindak tahliliy qarashlarni o‘z ichiga qamragan chizginomalardan iboratdir.
55
953
Madaniyat
Sami Naseri “Taksi 5”ni tanqid qildi
“Taksi” filmlari seriyasi bilan mashhur fransuz aktyori Sami Naseri xalqaro prokatga aprel oyida chiqqan franshizaning beshinchi qismini tanqid qildi. Artist bilan intervyu Super nashrining YouTube kanaliga joylangan. “Ular sketch qilgan. Unda sujet ham, voqea ham yo‘q, odatiy hazillar. Lyuk Besson bunga qanday yo‘l qo‘ydi?!” — deya achchiqlanadi Naseri. Uning fikricha, “Taksi 5” va uning avvalgi qismlariga prodyuserlik qilgan Besson mazkur franshizani mutlaqo noprofessionallarga sotgan. Jangari komediya 7-aprel kuni xalqaro prokatga chiqdi.
36
548
Madaniyat
Samarqandda oradan 30 yil o‘tib bir yo‘la ikki o‘zbek-tojik filmi suratga olinadi
Samarqandda oradan 30 yildan oshiqroq vaqt o‘tib bir yo‘la ikki o‘zbek-tojik filmi suratga olinadi. Bu haqda “Pravda Vostoka” muxbiri Anastasiya Pavlenko xabar bermoqda. Sobir Sobirov. Samarqanddagi ko‘plab loyihalar tashabbuskori, Vendo kompaniyalar guruhi direktori Xayrullo Mamasoliyev tojikistonlik rejissyor Sobir Sobirovning qirq qiz afsonasi bo‘yicha film olish g‘oyasi bilan qiziqib qoldi va unga hamkorlikni taklif etdi. —Birinchi film “Gavhar” deb nomlanadi va Afrosiyobni dushmanlardan himoya qilgan So‘g‘diyonaning afsonaviy amazonkalari haqida hikoya qiladi. Filmda tryuklar ko‘p bo‘ladi, shu sababli yil davomida faqat tayyorgarlik bilan shug‘ullanamiz. Hozir qizlar tanlovi ketmoqda, keyinchalik ularni otda chopish, qilich o‘ynatishga o‘rgatamiz. Bunga parallel ravishda samarqandlik to‘rt do‘st haqida komediyani suratga olamiz. Ulardan biri tojikistonlik qizni sevib qoladi va unga uylanishni istaydi. Bundan oxir-oqibat nima chiqishini tomoshabin filmni ko‘rgach bilib oladi, — deydi Sobir Sobirov. Filmlar O‘zbekiston va Tojikistonda suratga olinadi. Ma’lumot uchun, Sobir Sobirov tojikistonlik taniqli rejissyor, aktyor va ssenariynavis Tohir Sobirovning o‘g‘li bo‘lib, Samarqandda tug‘ilib-o‘sgan. Tohir Sobirovning 1987-yilda Samarqand va Buxoroda tasvirga olingan “Shahrizodaning so‘nggi kechasi” filmida o‘zbek aktyorlari ham suratga tushgandi.
81
1,371
Madaniyat
Stiven Spilberg va Jek Ma kino sohasida hamkorlik qiladi
Amerikalik rejissor Stiven Spilberg va xitoylik milliarder Jek Ma Xitoy va jahon auditoriyasi uchun kino ishlab chiqarish sohasida hamkorlikni boshlaydi. Bu haqdagi kelishuv 9-oktabr kuni Pekinda imzolanadi, deb xabar beradi TJournal. Spilbergning Amblin studiyasi xitoylik milliarderning Alibaba Pictures kompaniyasi bilan kinematograf sohasidagi strategik hamkorlik borasida kelishuvga erishdi. Shartnomaga ko‘ra, yangi superstudiya Amblin filmlarini Xitoyda ommalashtirib boradi. Shuningdek, Je Maning kompaniyasi Spilbergning filmlarini moliyalashtiradi. Kelishuv doirasida Alibaba Pictures Amblin aksiyalarining minoritar paketini qo‘lga kiritadi va direktorlar kengashiga o‘z nomzodini ko‘rsatadi. Hamkorlik Spilbergning 14-oktabr kuni katta ekranlarga chiqadigan “Katta va mehribon barzangi” filmini Xitoyda ommalashtirishdan boshlanadi, deb ma’lum qiladi The Hollywood Reporter.
56
887
Madaniyat
Instagram: Yangi uy va yangi mashinali bo‘lgan Kaniza, Sardor Mamadaliyev va Yusufxon Nurmatov janjali, operatsiya qilingan Ruhshona
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz. Turk aktrisasi Neslihan Atagul folloverlariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi. AQShda yashovchi o‘zbek aktrisasi Gulchehra Eshonqulova o‘g‘li Amirbekning beshta tilni o‘zlashtirgani haqida video tayyorladi. San’atni tark etgan aktrisa va xonanda Feruza Karimova turmush qurganining 5 yilligini nishonlamoqda. Xonanda Ruhshona tug‘uruqdan keyingi qorin osilish holatini plastik operatsiya yordamida bartaraf etishga qaror qildi. Koronavirusga chalingan xonanda Lola muxlislariga qo‘llab-quvvatlayotganlari uchun minnatdorlik bildirdi. Maryam Tillayeva oradan salkam 10 yil o‘tib xolavachchasi Imon bilan ko‘rishganidan mamnun ekanligi haqida so‘zlab, ularga gaplashishni onalari taqiqlaganini ham aytib o‘tdi. “Onalarimiz gaplashmay qo‘yganida, ular bizga ham gaplashishni taqiqlashgan. Menga buning sababini tushuntirishmagan”, — deydi Maryam. Xonanda Kaniza uchun 2022-yil omadli boshlandi. U yangi yilning ilk oyidayoq yangi uy va yangi mashina sotib olishga ulgurdi. “Yangi, 2022-yilning birinchi oyini yangi uy va yangi mashina bilan boshladim, Alhamdulillah. Har gal onam yo akam yordam qilardilar, bu galgisi peshona terim, o‘z mehnatim natijasi”, — deb yozadi xonanda.  Nilufar Usmonova yangi surati izohida ayol Yaratgan tomonidan nozik xilqat qilib yaratilgani haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Aktyor Azamat Ahrorov otasining tug‘ilgan kuniga Gentra avtomobilini sovg‘a qildi. Aktyor Aziz Umrzoqov bir lagan osh suratini sahifasiga joylashtirib, hammaga yoqimli ishtaha tiladi. Instagram’da Yusufxon Nurmatovning Sardor Mamadaliyev haqida bildirgan keskin fikrlari aks etgan video tarqalmoqda. Yusufxon Nurmatov bir yarim yil oldin “The Cover Up kids” loyihasida ishtirokchilardan biriga Sardor Mamadaliyevdan million barobar zo‘r odamlar borligini, qo‘shiq kuylashni biladigan bolaga ushbu xonandaning kumiri bo‘lish uyatligini ta’kidlagan. Shundan so‘ng Sardor Madamadaliyev Yusufxon Nurmatovning otasi Musaxon Nurmatov bilan ancha yildan beri birga ijod qilishini aytdi. Ular birga ijodni boshlagan payti Yusufxon hali yosh bola bo‘lganini ta’kidladi. Xonandaning so‘zlariga ko‘ra, Musaxon Nurmatov ijod bilan bo‘lib, farzand tarbiyasiga vaqt ajrata olmagan. “Men haqimda fikr bildirgan bolacha ustoz san’atkorimiz Musaxon Nurmatovning farzandi. Musaxon aka bilan ishlab, ijod qilib yurganimizda bu bola pempers kiyib yurardi, mana bugun katta bola bo‘lib o‘z fikrini bildiryapti. Menimcha, ustozimiz ijod bilan bo‘lib farzand tarbiyasiga vaqt ajratmagan, shekilli. Mayli, shu fikrlar uchun ham Alloh rozi bo‘lsin. Man bu ukaxonimizga faqat omad tilayman! Obbo, tinib-tinchimagan odamlar-ey”, — deydi xonanda. 17-yanvar sanasida aktrisa va dizayner Shahzoda Muhammedovaning turmush o‘rtog‘i Marat Hamdamov tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. Aktrisa turmush o‘rtog‘iga romantik sovg‘a tayyorladi. Yulduz Usmonova xususiy klinikasida bo‘lib, u yerda yaratilgan sharoitlar bilan muxlislarini tanishtirdi. Klinika tez kunda ish boshlashi aytilmoqda.
132
3,109
Madaniyat
Do‘stligi vaqt sinovidan o‘tgan mashhurlar (foto)
Erkak va ayollar o‘rtasida do‘stlik bo‘lishi mumkin emas, deb o‘ylaydiganlar qattiq yanglishadi. Shou-biznes vakillari o‘rtasidagi munosabatlar esa bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Keyt Uinslet va Leonardo Dikaprio 1997-yil “Titanik”ni suratga olish jarayonida tanishgan juftlik 20 yildan uzoq vaqtdan buyon do‘st hisoblanadi. Munosabatlari shunchalik iliqligidan muxlislar orasida ular bir-biriga befarq emas, degan tushuncha shakllangan. Aslida esa ular o‘rtasidagi munosabat qoyil qolsa arziydigan darajadagi do‘stlik hisoblanadi. Yulduzlar bir-birini hamisha qo‘llab-quvvatlaydi. Leonardo “Oskar”ga sazovor bo‘lganida Keytning qanchalik quvongani buning yaqqol isboti. Enn Xeteuey va Xyu Jekman Muxlislar Xyu rafiqasi Deborra-Li Fernessga sodiqligini bilgani uchun hech kim uni Enn o‘rtasida bir gap bor deya shubhalanmaydi. Enn va Xyuni darhaqiqat do‘stona munosabatlar bog‘lab turadi. Ular “Xo‘rlanganlar” filmini suratga olish maydonchasida tanishgan. Enn hatto, Time jurnaliga Xyu haqida ocherk yozib, uning naqadar yaxshi inson ekanini ta’kidlagan. Yeva Longoriya va Mario Lopes O‘rtasidagi munosabatlar shunchalik qalinligidan Mario Lopes Yeva Longoriyaning farzandiga cho‘qintirgan ona bo‘lgan. Tashqi tomondan qaraganda sevishgandek ko‘ringani bilan, ularning o‘rtasida do‘stlikdan boshqa narsa yo‘q. Juliya Roberts va Jorj Kluni Juliya va Jorj “Oushenning 11 do‘sti” filmini suratga olish jarayonida tanishgan. Filmda sevishganlar rolini jonlantirgan aktyorlar festival va tadbirlarga birga tashrif buyurishiga qaramay, juftlik o‘rtasida do‘stlikdan boshqa narsa haqida gap bo‘lishi mumkin emas. Roberts Klunining umr yo‘ldoshi Amal bilan ham iliq munosabatda va ularning uyida tez-tez mehmon bo‘lib turadi. Keti Perri va Robert Pattinson Xonanda va aktyor do‘st ekanliklarini tasdiqlashiga qaramay, matbuotda ular o‘rtasida sevgi borligi haqida materiallar chop etilaveradi. Orlando Blum bilan munosabatlari, homiladorligi ma’lum bo‘lganidan keyin muxlislar Ketining Robert bilan shunchaki do‘st ekaniga yana bir marta amin bo‘ldi. Siyenna Miller va Chenning Tatum Miller va Tatum ancha yillardan beri do‘st hisoblanadi. Ular turli shaharlarda istiqomat qilishiga qaramay, hamisha bir-birini qo‘llab-quvvatlaydi hamda erkak va ayol o‘rtasida do‘stlik bo‘lishi mumkinligini tasdiqlaydi. Sandra Bullok va Rayan Reynolds “Taklif ” filmida sevishganlar rolini shu qadar ishontirib o‘ynagan yulduzlar filmda aks etgan munosabatlar hayotdagisi bilan farq qilishi mumkinligini qalin do‘stligi bilan isbotlagan. Ular bir-birining hayotidagi qiyin davrlarda hamisha birga bo‘lgan. Teylor Svift va Ed Shiran Teylor va Ed o‘rtasida hamkorlikdagi loyihadan boshlangan munosabatlar hali hamon davom etmoqda. Ijodiy g‘oyalar ustida suhbatlashish va birgalikda sayr qilishni xush ko‘radigan mashhur juftlik nima uchun boshqalar ularning do‘stligiga ishonmasligiga hayron qolishini bildiradi. Bredli Kuper va Jennifer Lourens Bredli va Jennifer birgalikda bir qancha filmlarda rol ijro qilgan va shundan keyin ular o‘rtasidagi munosabatlar haqida mish-mishlar tarqalgan. Lekin Lourens mish-mishlar asossizligi va ular do‘st ekanini ta’kidlagan. Aktrisa so‘zlarida jon bor ekanini bir vaqtlar Kuperga shaxsiy hayotini qurishga bergan ko‘magidan ham bilish mumkin.
49
3,268
Madaniyat
Qatardagi ud festivali Forobiyga bag`ishlandi
2018 yilning 5 aprel kuni Qatardagi opera teatrida boshlangan ud festivalida jahonning 16 mamlakatida 80 nafardan ortiq musiqachilar ishtirok etadi. Festival to`rt kun davom etishi ma`lum qilingan, deb yozadi O`MI Matbuot xizmati. Ushbu festival xalqaro miqyosda ikkinchi marta o`tkazilayotgani va unda Qatar, Quvayt, Ispaniya, Turkiya, Ozarbayjon, Eron, Armaniston, Indoneziya, Malayziya, Iroq, Yaponiya, Gresiya, Ummon, Marokash, Suriya va Tunisdan yakkaxon musiqachilar va musiqa guruhlari ishtirok etishi qayd etilgan. Festival doirasidagi barcha tadbirlar "Forobiy - ikkinchi muallim" shiori ostida o`tkazilishi aytilgan. Bundan tashqari, Abu Nasr al-Forobiyning xotirasiga bag`ishlangan film namoyishi festival ochilish marosimida namoyish etilgan. Festival doirasida udni yasash sirlari haqida maruzalar tashkil etilishi ko`zda tutilgan.
45
847
Madaniyat
Doston Ubaydullayev: “Tangalik bolalar” — oilamiz uchun tragediya!
Xonanda Doston Ubaydullayev o‘zi suratga tushgan “Tangalik bolalar” filmini ko‘rganda, qalbidan qanday o‘ylar o‘tishini ma’lum qildi. Bu haqda “7x7” gazetasi xabar bermoqda. “Har safar filmni ko‘rganimda, yangi-yangi ma’no topaman. Oilamizga tragediya sifatida ta’sir qiladigan bo‘lib qolgan”, — dedi xonanda. “Ko‘pchilik muxlislarga ma’lum, onam yoshligimda vafot etgan. Kadrlarda onamning o‘zi chiqqan joylari bor. Avtobus orqasidan yugurgan joyi o‘tdi deguncha, xolam, tog‘am, kelinoyilarim: ‘Bolam, o‘z onangni qidirgandek bo‘lding’, deb telefon qila boshlashadi”, — dedi Doston Ubaydullayev. “Konstitutsiya kuni arafasida ham ertalabdan ‘O‘zbekiston’ telekanalida ‘Tangalik bolalar’ filmi namoyish etildi, oilaviy tomosha qildik. To‘g‘risini aytsam, maxsus o‘tirib, diskini qo‘yib hech qachon ko‘rmaymiz”, — deya qo‘shimcha qildi xonanda.
66
844
Madaniyat
Bollivudning bir-biriga raqib aktrisalari (foto)
Bollivudda raqobat yangi hodisa emas. Aslida raqobat har doim kino sanoatining bir qismi bo‘lgan. Va bu aktrisalarga kelganda yaqqol namoyon bo‘ladi. Chunki aktrisa hech qachon aktrisaga do‘st bo‘la olmaydi, deyishadi. E’tiboringizga Bollivudning asosiy raqobatchilari ro‘yxatini taqdim etamiz. Shridevi va Madhuri Dikshit Bu ikki aktrisaning raqobati shunchalik kuchli ediki, mish-mishlar ko‘p yillar o‘tib ham davom etdi. Madhuri yulduzlik unvoniga qadam qo‘yishni boshlaganda, Shridevi mashhurlik cho‘qqisida edi. Ma’lumki, har ikkala aktrisa ham o‘sha vaqtning eng yaxshi aktyori Anil Kapur bilan birgalikda eng yaxshi filmlarni taqdim etgan. Bu esa Madhuri va Shridevi o‘rtasidagi raqobatni yanada kuchayishiga sabab bo‘lgan. Bipasha Basu va Karina Kapur Ehtimol, bu ikki xonimda ochiqchasiga raqobat bor, chunki ular hech qachon bir-birlariga yoqmasliklarini yashirishmagan va ommaviy axborot vositalarida bunga tayyor bo‘lgan. Karina Kapur ayniqsa ajralib turardi, har fursatda u Bipashani urishni unutmaydi. “Karan bilan qahva” ko‘rsatuvida Karina hech qachon Jon Abraham bilan ishlashni xohlamasligini aytgan. O‘sha paytda u Bipashaning yigiti bo‘lgan. Xuddi shu ko‘rsatuvda Bipasha ham shunday javob bergan: “Karina Kapurning yuzida juda ko‘p noaniqliklar bor”. Ayshvariya Ray va Rani Mukerji Ayshvariya Ray va Rani Mukerji omma oldida opa-singilga o‘xshaydi. Ular bir-biri bilan suhbatlashadi va hazil qiladi, raqobat uchun hech qanday sabab yo‘q edi. Biroq “Yo‘l-yo‘lakay” filmida Ayshvariyani Rani bilan almashtirishga qaror qilinganda, ularning do‘stligi so‘ndi va oxir-oqibat ular o‘rtasida cheksiz raqobat paydo bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, o‘sha vaqtdan buyon aktrisalar bir-biridan o‘zishga harakat qiladi. Natijada hamon bir-birlaridan qochadi va hatto ismlarini tilga olmaydi. Sonam Kapur va Dipika Padukone Sonam va Dipika o‘rtasidagi raqobat ular Bollivudda debyut qilgan paytidan boshlandi. Ularning birinchi filmlari aynan bir kunda 2007-yil 7-noyabrda chiqarilgan. Jurnalistlar darhol ikki aktrisani solishtirishni boshladi. Ular o‘rtasidagi raqobatning yana bir sababi Ranbir Kapur edi. Karina Kapur va Priyanka Chopra Bu raqobat Bollivudning eng qizg‘in mavzularidan biri bo‘lib qolmoqda. Karina va Priyanka birinchi marta “Qarama-qarshilik” filmida birga ishlagan. Ular bir zumda eng yaxshi dugonalarga aylandi, bir-biriga bo‘lgan muhabbatni yashirmasdan har safar maqtovga sazovor bo‘ldi. Ammo keyinchalik ularning har biri o‘z faoliyatini boshladi. Birinchi o‘rin uchun kurashda professional raqobat do‘stlik ustidan g‘alaba qozondi. Karina “Karan bilan qahva” shousida Priyanka Shaxid Kapurni o‘zidan keyin Priyankaga qoldirganini ta’kidladi. Shuningdek, Priyanka ham Karina Saifning birinchi turmushi emasligini qo‘shib o‘tdi. Karina va Shahid ajrashganidan so‘ng Shahid Priyankadan bilan tasalli topdi. Biroq ular munosabatlarini yashirdi. Ayni paytda ikkalasi ham nikohidan baxtli.
48
2,919
Madaniyat
“Se*Tanho” guruhi tiklanmoqda
15-dekabr kuni Toshkent restoranlaridan birida Kamila va Leyli “Se*Tanho” guruhi sifatida bir qo‘shiqni jonli premyerasini o‘tkazadi. Afsonaviy “Setora” guruhi qizlari asta tiklanishga qaror qilgan ko‘rinadi, deb yozadi “Sayyod.com”. Guruh a’zolaridan biri Feruza AQShga ko‘chib ketib, o‘sha yerda turmush qurib farzand ko‘rgach, vaqti-vaqti bilan o‘sha yerdan yangi qo‘shiqlarini taqdim etib kelayotgan edi. Toshkentga kelganida esa uchala qiz muxlislar uchun nostalgik onlarni hadya etib bir restoranda jonli konsert ham taqdim etdi. Hozirda guruh tarkibidagi Kamila yakkaxon xonanda sifatida ijod qilayotgan Leyli bilan “Se*Tanho” guruhini qisman bo‘lsa-da, tiklashni rejalashtirgan ko‘rinadi. “Sayyod.com”ning qayd etishicha, “Setora” guruhi o‘z vaqtida o‘zbek estradasida misli ko‘rilmagan mashhurlikka erishgan va hali hanuz birorta guruh shu qadar mashhurlikka erishmagan.
29
880
Madaniyat
Aktyor Shuhrat Nuraliyevning vafot etgani haqidagi xabarlar tasdiqlanmadi. U chuqur koma holatida
Davomi: Aktyor Shuhrat Nuraliyev vafot etdi Aktyor Shuhrat Nuraliyev chuqur koma holatida, uning vafot etgani haqidagi xabarlar asossiz. Bu haqda aktyorning ukasi Davron Nuraliyev jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi. Davron Nuraliyevning so‘zlariga ko‘ra, qandli diabet kasalligidan aziyat chekib kelgan akasi Shuhrat Nuraliyev ayni vaqtda Endokrinologiya institutida chuqur koma holatida yotibdi. “Akamning vafot etgani haqida tarqalgan xabarlar asossiz”, — deydi Davron Nuraliyev. Avvalroq bir qator internet-nashrlarda 37 yoshli aktyor Shuhrat Nuraliyevning vafot etgani haqida xabar berilgan edi. Ma’lumot uchun, Shuhrat Nuraliyev O‘zbek milliy drama teatri va kinodagi qator rollari bilan tanilgan. Xususan, “Osmondagi bolalar”, “Devona”, “Ulfatlar-2”, “Yangi boy”, “Sevginator-2”, “Zarb” filmlaridagi rollari uni ayniqsa mashhur qilgan. Shuhrat Nuraliyev kinorejissor sifatida bir qancha filmlarni suratga olgan, so‘nggi vaqtlarda esa xususiy teatrda bosh rejissor sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.
97
1,019
Madaniyat
Otabek Muhammadzohid: Yarim-yalang‘och raqqosalar bor to‘ydan “Bunaqa to‘yda qo‘shiq aytmayman!” deb chiqib ketdim
Xonanda Otabek Muhammadzohid to‘ylarda yarim-yalang‘och kiyinib raqsga tushayotgan raqqosalarni qattiq tanqid qildi. Xonanda bu masalaga jurnalist Feruz Muhammadga bergan intervyusi davomida to‘xtalib o‘tdi. Xonandaning so‘zlariga ko‘ra, Farg‘ona vodiysidagi ikkita to‘yda u ayniqsa ko‘p asabiylashgan, raqqosa qizlar sabab to‘yda xizmat qilishdan ham bosh tortgan. Farg‘onada ikkita to‘yda juda qattiq asabim buzildi. Farg‘onada to‘yga borsak, xonanda aka-ukalarimiz, kuttirmasdan darrov navbat berishadi. Bir to‘yda 5—10 daqiqa choy ichib o‘tirgim keldi. Shu joyda bir raqs guruhiga navbat berishdi. Haligilar arabcha, yarim-yalang‘och kiyimlarni kiyib, “Lazgi”ga raqsga tushib ketdi. Raqs tugashi bilan, hech kim e’lon qilishini ham kutmay, mikrofonni shartta oldimda: “Kim chaqirdi bularni, qani bu guruhning rahbari?”, dedim. Guruh rahbari yoshgina bir qiz ekan. O‘tirganlarga qarab: “Sizlarga ham hayronman, kim sizlarni o‘zbek deydi? Hozir shu yarim-yalang‘ochlarga qarsak chaldilaring-a? Bularni nimasiga qarsak chaldingiz?! Yarim-yalang‘och kiyimda ‘Lazgi’ga raqsga tushishga kim ruxsat bergan?!”, — deya, gapiradigan gapimni gapirib, “Bunaqa to‘yda qo‘shiq aytmayman”, deb chiqib ketdim. Yana bir to‘yda xuddi shuning davomi bo‘ldi. Ko‘plab ayollar, hoji-onalar o‘tirgan to‘yda qo‘shiq aytayotsam, yarim-yalang’och to‘rt qiz “Tezroq tugating, biz raqsga tushimiz kerak”, degan ma’noda oldimga turib oldi. “O‘tir!”, — dedim haligilarga. Kayfiyatim tushib ketib, “Bularni kim chaqirgan? Men erkak bo‘lib bularga qarashga uyalyapman. Kimga kerak shunaqa narsalar? Bu hayosizlik o‘zbekchiligimizga yarashadimi?”, — deya o‘sha davradan ham chiqib ketdim. Otabek Muhammadzohid, xonanda Xonandaning ta’kidlashicha, u raqsni, “o‘zini saqlab” yurgan taniqli raqqosalarni hurmat qiladi, lekin to‘ylardagi yarim-yalang‘och chiqishlardan norozi. Bo‘layotgan ishlarni kimdir baribir gapirishi kerak-da, bularga barchamiz ko‘z yumib ketaversak, ahvol qachon yaxshilanadi?! Shaharlardagi to‘ylarga raqqosa qizlar chaqirilmoqda, ular arabcha kiyimlarda, qo‘pol qilib aytganda — yarim yalong‘och, ochiq kiyimlarda raqsga tushmoqda. To‘ydagi ayollar, erkaklar esa befarq — ularga qarsak chalib, bu holni oddiy qabul qilyapti. Taniqli raqqosa qizlarimizni yaxshi bilaman. O‘tirib gaplashsangiz, ularning fiklarlari nihoyatda go‘zal, o‘zini saqlab, nari borsa konsertlarda, kliplarda raqs tushib, shu bilan kifoyalanib yuribdi. O‘sha raqqosalarni hurmat qilamiz. Qiz bola misoli gul, nihol bo‘lsa, o‘zlarini qadriga yetmaydigan joylarga borib, raqsga tushish nima uchun kerak? Mayli, raqsga tushganda ham o‘zbekcha raqslarga, yopiq kiyimlar bilan tushsa bo‘lmaydimi? Otabek Muhammadzohid, xonanda
114
2,687
Madaniyat
Shohruhxon, “Bojalar” va “Bravo” Nyu-Yorkda konsert berdi (foto)
AQShning Nyu-York shahrida yashovchi o‘zbekistonliklar uchun Shohruhxon, “Bojalar” va “Bravo” guruhlari ishtirokida konsert bo‘lib o‘tdi. Bu haqda MyDay xabar berdi. Toshkentda bo‘lib o‘tgan olti kunlik yakkaxon konserti tugashi bilan Shohruhxon Nyu-Yorkka uchib ketgan. AQShda xonanda “Bojalar” va “Bravo” guruhlari bilan hamkorlikda “50% Kulgu/50% Qo‘shiq” deb nomlangan konsert dasturini taqdim etgan.
64
405
Madaniyat
Lola muxlislarini shukronalik hissi bilan yashashga chaqirdi
Xonanda Lola Instagram’dagi sahifasida yangi post qoldirdi. Ushbu postda u muxlislarini shukronalik hissi bilan yashashga chorladi. “Kundalik tashvishlar sizni yeb bitirmasidan avval, to‘xtang va shunchaki hozir nimaga ega bo‘lsangiz qadrlang va hammasi uchun shukrona ayting! Farzandlaringizni bag‘ringizga bosayotganingiz, o‘g‘lingizni ko‘tarib, xona o‘rtasida raqsga tushayotganingiz, ko‘rayotganingiz, eshitayotganingiz, sayr qilayotganingiz, kichkinaligingizda onangiz bilan pishirgan shirinligingizni pishirayotganingiz, tong otishi va kech tushishiga guvoh bo‘layotganingiz, dam olish kunlari divanda sevimli turmush o‘rtog‘ingiz bilan yonboshlab sevimli seriallaringizni ko‘rayotganingiz, kulayotganingiz, g‘amgin bo‘layotganingiz, sevib-sevilganingiz uchun shukr qiling, To‘xtang va hammasi uchun shukrona ayting! Kimga, deysizmi? O‘zingiz ishongan hammaga: Xudoga, taqdirga, koinotga! Hoziroq shu ishni qiling!” — deb yozadi Lola Yo‘ldosheva. View this post on Instagram
60
989
Madaniyat
Yana bir o`zbek filmi xalqaro kinofestivalda qatnashadi
Kinematografiya agentligi “Yoshlik" kinostudiyasi tomonidan «Debyut-2020» yoshlar kinoalmanaxida suratga olingan «Tandir» qisqa metrajli filmi “Lobo fest” (International film festival) xalqaro kinofestivalida qatnashadi. Mazkur kinofestival joriy yilning 23-27 noyabr kunlari Braziliyada o`tkaziladi.  Bu haqda Agentlik Axborot xizmati xabar bermoqda.  Postanovkachi rejissyor Azizbek Qurbonov, ssenariy muallifi Xurshid Serobov, postanovkachi operator Muzaffar Kenjaboev, postanovkachi rassom Oxunjon Sharipov, operator Odiljon Qosimov, kartina direktori Sharif Qosimboev.
55
573
Madaniyat
O‘zbekistonda ilk bor ayollar hajviy shou dasturi o‘tkaziladi
Instagram ijtimoiy tarmog‘ida “Ladies show” “Eng go‘zal tabassum sohibalari uchun!” shiori ostida shou biznes vakillarining suratlari paydo bo‘ldi, deb yozadi “Popcorn.uz”. Albatta, navbatdagi fotosuratlar barchani qiziqtirib, estradamizning yorqin namoyondalari yana nimani boshlashdi ekan degan savollar tug‘ila boshladi. Bugun esa bularning barchasini ayon qilish vaqti yetdi. ART centre tomonidan UZTE Bosh homiyligida O‘zbekistonda ilk bor ayollar hajviy shou dasturini o‘tkazish maqsadida el ardog‘idagi sevimli kinoaktrisalar saralab olindi va ular ishtirokida kutilmagan haqiqiy ma’nodagi Shou dastur tayyorlandi. Loyihada Shahzoda Matchonova, Nargiza Abdullayeva, Sevara Soliyeva, Munojot Alimbayeva, Nargiza Salmonova kabi 15 nafar taniqli aktrisalar shuningdek estradamiz yulduzlari ishtirok etishadi. Mazkur loyihaning mualliflari Abdumalik Yunusov, Zamira Beshimova, Hikmatilla Pirjonovlar. Ilk dastur 21-fevral kuni 19:00 da “Zarafshon” konsert zalida bo‘lib o‘tadi va muntazam ravishda har oyda o‘tkaziladi. Ilk efir vaqti 8-mart kuni MY 5 kanali orqali go‘zal ayollarga tuhfa qilinadi.
61
1,102
Madaniyat
Ozodbek Nazarbekov: “Pulim haddan ziyod ko‘p bo‘lishini xohlamayman”
O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov moliyaviy erkinlik haqida fikr bildirdi, deb xabar beradi “Darakchi” nashri. Ijodkor moliyaviy erkinlikning insonni o‘zgartira olish xususiyatiga to‘xtalar ekan, uning yaxshi tomonidan yomoni ko‘proq ekanligini qayd etdi: “Pul har qanday odamni o‘zgartirishga qodir, faqat aqlli insonlargina pulni to‘g‘ri sarflashi mumkin. Pul qancha ko‘paygani sari, muammo va tashvishlar ham shuncha kattalashadi. Men pulim haddan ziyod ko‘p bo‘lishini xohlamayman. Oilamga yetadigan daromadim bo‘lsa, yetarli, undan oshig‘i oshiq”. Ozodbek Nazarbekov, shuningdek, odamzod yo‘qchilikdan ham, to‘qchilikdan ham, shon-shuhratdan ham – hamma-hammasidan zerikishi mumkinligini aytdi: “Shunday paytda musiqa ham eshitmayman. Hech kim bilan gaplashmayman”.
68
801
Madaniyat
Kim Kardashyan Kanye Uestning shousida to‘y libosida paydo bo‘ldi (video)
Amerikalik reper Kanye Uest yangi Donda nomli albomining sharafiga uchinchi shousini taqdim etdi. So‘nggi tadbir Chikagodagi Soldier Field stadionida bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”. Kadr: YouTube Keng ko‘lamli dekoratsiya va maxsus effektlardan tashqari, tomoshabinlar No Child Left Behind qo‘shig‘i ijro etilayotgan vaqtda sahnaga Kanyening sobiq turmush o‘rtog‘i Kim Kardashyan chiqib kelganidan hayratga tushdi. Ijtimoiy tarmoqlar yulduzi Balanciaga Couture to‘y libosi va oq fatada ko‘rinish bergan. U astalik bilan qo‘liga Injilni ushlagan holda tabassum qilib turgan Kanye tomon yurgan. Mazkur holat sabab ularning muxlislari ikki yulduz yana qayta topishganini taxmin qilmoqda, ammo TMZ’ning insayderlari ushbu ma’lumotlarni rad etgan. Ularning ma’lum qilishicha, shu orqali Kim sobiq turmush o‘rtog‘ini qo‘llab-quvvatlashini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan.  “O‘zimni omadsiz insondek his qilyapman”: Kim Kardashyan Kanye Uest bilan ajrashishi haqida so‘zlab berdi Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning yanvarida Amerika realiti-shoulari yulduzi Kim Kardashyan 6 yillik turmushdan so‘ng reper Kanye Uest bilan ajrashayotgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgandi. Realiti-shoular yulduzi va reper 6 yillik turmushdan so‘ng ajrashishga qaror qilgan, juftlikning to‘rt nafar farzandi bor. Katta qizi Nort hozirda 7 yoshda, o‘g‘li Seynt — 5 yosh, Chikago ismli qizi keyingi hafta 3 yoshga to‘ladi, kenjasi Saam esa endigina 9 oylik bo‘ldi. Ma’lumot uchun, Kanye Uest Kardashyanning uchinchi turmush o‘rtog‘i hisoblanadi. Birinchi turmush o‘rtog‘i, musiqa prodyusseri Deymon Tomas bilan u 2004-yilda ajrashgan bo‘lsa, basketbolchi Kris Xamfris bilan qurgan ikkinchi turmushi esa 72 kun davom etgan.
73
1,702
Madaniyat
OAVda Joli va Pittning ko‘chmas mulklari sanab o‘tildi
Mansion Global nashri Gollivud aktyorlari Anjelina Joli va Bred Pittning birgalikdagi ko‘chmas mulklarini ko‘rsatdi, ularni juftlik ajrashayotgani tufayli bo‘lib olishi taxmin qilinmoqda, deb yozadi “Korrespondent.net”. Ro‘yxatga Kaliforniya shtati Los-Felis shahrida joylashgan, Pitt 1994-yilda 1,7 million dollarga sotib olgan uy ham kiritildi. Mish-mishlarga ko‘ra, u er-xotinning asosiy qarorgohi bo‘lgan. Nashr, shuningdek, Santa-Barbarada sohil bo‘yida joylashgan 4 millionlik uy haqida ham gapirib berdi, uni aktyorlar 2000-yilda xarid qilgan. Bundan tashqari, ro‘yxatdan Joli va Pittning Fransiyadagi 2008-yilda 60 million dollarga sotib olingan shato Miraval qo‘rg‘oni o‘rin oldi. Majmuaga uzumzor, ko‘l, basseynlar va favvoralar kiradi, qo‘rg‘onning o‘zida 35 ta yotoqxona, basseyn, bilyard xonasi, sport zallari, sauna va banket zali bor. Shu bilan birga, 2007-yilda Pitt Yangi Orleanda 3,5 million dollarga uy sotib olgan edi, ammo uni 2015-yilda sotuvga qo‘yishgan. Shuningdek, Malibudagi 8 million dollarlik uy haqida ham xabar qilinmoqda, uni Pitt 2005-yilda Jennifer Eniston bilan ajrashishdan sal avvalroq xarid qilgan. O‘tgan yili ushbu uy ham sotuvga qo‘yilgan, ammo sotilgan-sotilmagani noma’lum. Avvalroq Anjelina Jolining advokati u Bred Pitt bilan ajrashmoqchi ekanligini tasdiqlagan edi. 2004-yildan buyon uchrashib yurgan Joli va Pitt 2014-yilda nikohdan o‘tgan edi. Juftlik uch farzand ko‘rgan, shuningdek, uch bolani asrab olgan.
54
1,460
Madaniyat
Belarus 20 yil ichida birinchi marta “Oskar” uchun film nomzodini ilgari surdi
Belarus 20 yil ichida birinchi marta “Oskar” mukofotiga film nomzodini ilgari surish uchun ariza jo‘natdi. Respublika mahalliy rejissor Darya Jukning “Xrustal” filmi nomzodini ilgari surgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi. Film nomzodini ilgari surish uchun mamlakatda “Oskar” qo‘mitasining ishi qayta yo;lga qo‘yilgan. Ta’kidlanishicha, film Amerika kinematografiya san’atlari va fanlari kinoakademiyasining talablariga mos keladi. Ariza prokat guvohnomasi bilan birga jo‘natilgan.
78
487
Madaniyat
Rayhon va Farhod Alimov hordiq uchun Yevropaga jo‘nab ketdi
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva turmush o‘rtog‘i Farhod Alimov bilan hordiq chiqarish maqsadida Yevropa mamlakatlariga yo‘l oldi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar bermoqda. Sayohatda ularga yaqin qo‘shnisi, Rashid Xoliqov ham rafiqasi bilan birgalikda hamrohlik qilmoqda. Avvalroq yulduzli juftliklar Turkiyada birgalikda dam olib, qaytgan edi.
59
366
Madaniyat
O‘zbek shou-biznesi vakillari Instagram’da ommalashgan chellenjni milliylashtirdi (video)
Instagram ijtimoiy tarmog‘ida yostiqdan kiyim sifatida obraz yaratish targ‘ib etilgan chellenj ommalashdi. O‘zbekistonlik bir necha xonandalar ushbu chellenjni “o‘zbekchalashtirdi”. Chellenjda Madina Mumtoz, Dilso‘z, Ruxshona, Ziyoda, Nigora, Muqaddas Sa’dullayeva hamda “Bravo” kulgi jamoasi a’zosi Shahlo Zoitova ishtirok etgan. Videoda ular bir-biriga yostiq uzatib, milliy obrazda namoyon bo‘ladi.
89
401
Madaniyat
Instagram: 13 yoshli muxlisining orzusini ro‘yobga chiqargan Ulug‘bek Rahmatullayev, yo‘l harakati qoidalariga amal qilmaydigan Mirolim Qilichev, tug‘ilgan kunini nishonlayotgan Emre Kiviljim
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. Xonanda Hilola Hamidova yangi suratini muxlislariga namoyish qildi. Aktrisa Asal Shodiyeva sahifasiga turmush o‘rtog‘i, xonanda Shohruxxonning “Salom sevgi” taronasini eshitib ketayotgani aks etgan videoni joyladi. Ziyoda Turkiyada oilaviy tushgan suratini e’lon qildi. O‘zini xonandalikda sinab ko‘rayotgan aktrisa Durdona Qurbonova tez kunlarda yangi taronasini muxlislariga taqdim etishini ma’lum qildi. Bollivudning latofatli aktrisalaridan biri Priti Zinta yangi suratini obunachilariga ko‘rsatdi. Aktrisa Yulduz Rajabova turkiyalik aktyor, sevgilisi Emre Kiviljim bilan birga tushgan yangi videosini e’lon qildi. Bundan tashqari mahoratli aktrisa Ra’no Shodiyeva “Mendirman Jaloliddin” serialida bosh rolni ijro etgan turkiyalik aktyor Emre Kiviljimni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi. U sahifasiga aktyor bilan tushgan suratini joylab “Tug‘ilgan kuning bilan, o‘g‘lim”, — deb izoh qoldirgan. Xonanda Jahongir Otajonov muxlislari qurshovida tushgan videosini namoyish qildi. Xonanda Sevara Nazarxon O‘zbekiston xalqini Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi. Aktrisa Zarina Nizomiddinova sahifasidagi obunachilariga bolalikdagi arxiv suratini ko‘rsatdi. Shuningdek, u suratning ostiga “Mening qanday inson ekanligimni bilishni xohlasangiz, bolalikdagi suratlarimga boqing”, — deb izoh qoldirdi. Bir qancha xit taronalar ijrochisi Dilso‘z yangi surati bilan ko‘rinish berdi. Aktyor Mirolim Qilichev buvisi va turmush o‘rtog‘i bilan birga tushgan yangi videosini namoyish qildi. Videoda uning avtomobil boshqarayotganda telefondan foydalanganini ham ko‘rish mumkin. Gollivudning dunyoga mashhur aktrisalaridan biri, xonanda Jennifer Lopes sahifasiga yangi suratini joyladi. Nargiza Salmonova turmush o‘rtog‘i bilan Antaliyaning qadimiy Side shaharchasini, dengiz bo‘ylarini aylangani aks etgan videoni obunachilariga ko‘rsatdi. Instabloger Maryam Tillayeva O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov va uning rafiqasi Tatyana Karimova bilan tushgan arxiv suratini e’lon qildi. Aktrisa Shaxlo Zoirova yangi suratini obunachilariga namoyish qildi. Instabloger, aktrisa Feruza Normatova muxlislari unga katta guldasta sovg‘a qilganini ma’lum qildi. Xonanda Nilufar Usmonova yangi surati bilan ko‘rinish berdi. Shuningdek, u muxlislaridan ovqat va sevgidan qaysi birini tanlashi haqida so‘radi. Bundan tashqari Nilufar Usmonova xizmatlarga yo‘l olishdan avval farzandlari bilan samokat uchishi aks etgan videoni ko‘rsatdi. Bollivud aktrisasi Karishma Kapur arxiv suratlaridan birini namoyish qildi. Xonanda Ulug‘bek Rahmatullayev 13 yoshli muxlisiga o‘z avtomobili rulida o‘tirib ko‘rishga ruxsat bergani aks etgan videoni muxlislariga ko‘rsatdi. Shu bilan birga xonanda bu bola bilan ilk bor sakkiz yoshda bo‘lganida ko‘rishganini, bolalar nimanidir so‘rasa rad etmaslik kerakligini aytgan. Aktrisa Mashhura Zulfiqorova yangi suratini sahifasiga joyladi va muxlislariga inson o‘zini yaxshi ko‘rishi kerakligi haqida gapirdi. Lola qachonlardir Moskva xalqaro universiteti talabasi bo‘lganini aytdi va onasi uning talabalik guvohnomasini saqlab qo‘yganini muxlislariga ko‘rsatdi. Aktrisa Sitora Alimjonova opalari bilan tushgan videosini e’lon qildi va ularga shu natijalarga yetishishida sababchi bo‘lgani uchun minnatdorchilik bildirdi.
191
3,407
Madaniyat
Rayhonning ikkinchi nikoh to‘yi tor doirada, ehtimol, chet elda o‘tkaziladi. Nima uchun?
Xonanda Rayhon ikkinchi marta oila qurayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lganida, uning boshlovchi Farhod Alimov bilan to‘yi 29-oktabrda, chet elda bo‘lib o‘tishi mumkinligi aytilgan edi. Biroq keyinroq Farhod Alimov to‘yning boshqa sanada bo‘lishini ma’lum qildi, qayerda bo‘lishi hali noma’lum ekanini aytdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Farhod Alimov va Rayhonning to‘yi noyabr yoki dekabr oyida bo‘lib o‘tishi mumkin. “Qalampir.uz”ning yozishicha, Rayhonning xavfsizligini ta’minlash maqsadida, marosimni tor doirada o‘tkazish rejalashtirilmoqda. “To‘y haqida eshitgan do‘stlarim, tanish-bilishlar mendan ‘To‘yga aytmabsan’, deb xafa bo‘lishyapti. Ochig‘i, odamlarga ‘Rayhon bilan to‘yimiz 29-oktabr kuni bo‘layotgani yo‘q’, deb charchadim”, — deydi Farhod Alimov. “Rayhonning birinchi nikoh to‘yida muxlislari restorandagi chiroqlarni sindirgan, Rayhonni ko‘raman deb uning ko‘ylagiga zarar yetkazgan. Shunday ko‘ngilsizliklarning oldini olish uchun ham to‘y haqida hech kimga ma’lumot berishni istamadim”, — deydi boshlovchi. “Tadbir yaqinlar, do‘stlar davrasida o‘tkazilsa, menimcha, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Hozircha to‘y qay tarzda, qayerda o‘tishi haqida biror nima deyishim qiyin. Balki chet davlatda, kichik ko‘rinishda, do‘stlar davrasida o‘tkazarmiz”, — deydi Farhod Alimov. Oktabr oyi oxirida Rayhon ikkinchi marta oila qurishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. U 29-oktabr kuni chet elda bo‘lishi aytilgan to‘y marosimida taniqli boshlovchi Farhod Alimovga turmushga chiqishi aytildi. Biroq keyinroq to‘y sanasi va joyi haqidagi xabarlar Farhod Alimovning o‘zi tomonidan rad etildi. Ma’lumot uchun, Yigitali va Rayhonning to‘yi 2012-yil noyabrida bo‘lib o‘tgan. 2014-yil may oyida ular egizak farzandli bo‘lgan. 2015-yil 9-yanvarida Rayhon ajrashish uchun ariza bergani, 2016-yil may oyida esa ularning nikohi rasman bekor bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
88
2,023
Madaniyat
Shimoliy Koreyada ilk bor G‘arb rok-guruhining konserti bo‘lib o‘tadi
Sloveniyaning Laibach guruhi Shimoliy Koreyaga mamlakat yapon istilosidan ozod etilganligining 70 yilligi munosabati bilan gastrol safariga borishini e’lon qildi. Bu haqda guruh saytida xabar berilgan. Musiqachilar 19—20-avgust kunlari Pxenyandagi Kim Von Gyun nomli konservatoriyada konsert beradi. Guruh press-relizida yozilishicha, safardan ko‘zlangan asosiy maqsad — KXDR fuqarolarini Laibach ijodi bilan tanishtirish. Shuningdek, konsertga “xalqlar o‘rtasida birodarlik va o‘zaro ishonchni mustahkamlash niyatida” chet elliklarni taklif etish ham ko‘zda tutilgan. Shimoliy Koreyaning Koryo Tours sayyohlik kompaniyasi xorijliklarga konsert kunlari uchun yo‘llanma sotishni boshlab yubordi. Besh kunlik safar 1550, o‘n kunlik esa 2390 yevroga tushadi.
69
756
Madaniyat
Stiven Spilberg “Yulduzlar jangi” sagasining yangi qismidan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi
Rejissor va ssenariychi Stiven Spilberg “Yulduzlar jangi: kuchning uyg‘onishi” sagasining premyerada namoyish qilinadigan variantini tomosha qilganligini va film unga ma’qul tushganini ma’lum qildi. Bu haqda RTL xabar bermoqda. Spilberg ushbu kosmik epopeyaning birorta epizodini suratga ololmaganligidan afsus qilib, har bir filmni qayta-qayta tomosha qilishini bildirdi. Uning fikricha, “Kuchning uyg‘onishi” davrlar osha eng yaxshi film bo‘lib qolishi ehtimoli katta. Spilberg Jey Jey Abramsning mazkur filmini uch marotaba qayta tomosha qilganligini ma’lum qildi. “Yulduzlar jangi” filmi yettinchi epizodining kinoteatrladagi namoyishi 2015-yil 17—18-dekabr kunlari boshlanadi.
98
682
Madaniyat
Buxoro viloyati hokimligi XVI asrga oid yodgorlikni ruxsatsiz ta`mirlayotgani aniqlandi
Hozirgi kunda XVI asrga mansub yodgorlik - Xo`ja Kalon masjidi va minorasi oldida joylashgan xovuzni ta`mirlash ishlari Buxoro viloyati xokimligi tomonidan amalga oshirilmoqda. Ammo tartibga ko`ra, O`zbekiston hududida joylashgan barcha moddiy madaniy meros ob`ektlari Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamentining maxsus ruxsatnomasi bilan amalga oshirilishi zarur. Shu sababdan Departament ushbu holatga aniqlik kiritdi. Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 14 aprel kuni Buxoro viloyati madaniy meros inspeksiyasi tomonidan Buxoro shahar xokimligiga Xo`ja Kalon masjidi oldida ta`mirlash ishlari to`xtatilishi to`g`risida xat kiritilgan. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 martdagi “ O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti faoliyatini tashkil etish hamda moddiy madaniy meros ob`ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to`g`risida”gi 265-son qaroriga muvofiq alohida muhofaza qilinadigan tarixiy hududlar, tarixiy-madaniy qimmatiga ko`ra, YuNESKOning Umumjahon meros ro`yxatiga kiritilgan hududlarda ta`mirlash tiklash ishlarini olib borish uchun Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamentidan maxsus ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi. Madaniy meros departamentining Ilmiy-ekspert Kengashiga o`rnatilgan tartibda hujjatlar taqdim etilgan holda, Kengashning xulosasiga ko`ra tiklash ishlarini olib borish mumkin. oqea yuzasidan Madaniy meros departamenti o`rnatilgan tartibda hujjatlarni O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga taqdim etadi. Ma`lumot uchun, Buxoro shahridagi Xo`ja Kalon masjidi va minorasi 1573-1579 yillarda qo`rilgan bo`lib, madaniy meros ro`yxatiga kiritilgan ob`ektdir.
87
1,760
Madaniyat
Yuqori did bilan kiyinadigan turk aktrisalari reytingida Fahriye Evjen birinchilikni qo‘lga kiritdi
Turkiyada ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari mashhur ayollarning eng zamonaviy obrazlariga ko‘ra top-3 g‘olibini aniqlashga harakat qildi. Bu haqda “Ikkinchi sahifa” teleko‘rsatuvi jurnalistlari ma’lum qildi, deb yozadi “RusTurkey.com”. Fahriye Evjen Tarqalgan xabarga ko‘ra, foydalanuvchilar ovoz berish yo‘li bilan diqqatga sazovor uchta obrazni tanladi. Ular Fahriye Evjen, Demet O‘zdemir va qo‘shiqchi Hadise bo‘ldi. Demet O‘zdemir “Ikkinchi sahifa” ko‘rsatuvining ko‘plab obunachi va tomoshabinlari g‘oliblar uchligini tanlab olish ular uchun qiyin ekanini va har bir obraz o‘ziga xos tarzda go‘zal ekanini aytib o‘tgan. Hadise Aytish joizki, Beren Saat, Hande Erchel, Burju O‘zberk va Nebahat Chehre ham eng ajoyib obraz egalari o‘nligidan joy oldi. Nebahat Chehre Fahriye Evjen va Demet O‘zdemir haqli ravishda go‘zallar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lsa-da, ammo Hadise hammani hayratda qoldirdi. Sababi xonandaning ko‘plab liboslari juda ochiq deb hisoblangan va unga nisbatan ko‘pincha tanqidiy fikrlar bildirilar edi. Xande Erchel Beren Saat
99
1,058
Madaniyat
Bollivudning taniqli aktyori Rishi Kapur 67 yoshda hayotdan ko‘z yumdi
Afsonaviy hind aktyori va rejissori Raj Kapurning o‘g‘illaridan biri, Bollivud aktyori va prodyuseri Rishi Kapur 67 yoshda vafot etdi, deb xabar berdi “TASS”. Rishi Kapur saratonga chalingan bo‘lib, 2019-yilning sentabrida davo muolajalarini olganidan so‘ng AQShdan Hindistonga qaytgan edi. Fevral oyida aktyorning sog‘lig‘i yomonlashib, ikki marta kasalxonaga tushgan. Rishi Kapur 1952-yilning 4-sentabrida Mumbay shahrida tug‘ilgan. U kinodagi ilk rolini 1970-yilda, otasining “Mening ismim masxaraboz” filmida ijro etgan. 1973-yilda suratga olingan “Bobbi” filmi unga shuhrat olib kelgan. Rishi Kapur “Qasoskor”, “Amar, Akbar, Antoni”, “Chandni” hamda “Jonim fido” filmlarida takrorlanmas obrazlarni yaratgan. 29-aprel kuni Bollivud va Gollivudning taniqli aktyori Irfon Xon saratondan vafot etgan edi.
70
806
Madaniyat
Uch metrlik raqqosa va 10 dan ortiq san’atkorlar: Toshkentda o‘tkazilgan dabdabali to‘y shou-biznes yulduzlarini bir joyga jamladi (video)
3-iyun kuni Toshkentdagi “Yakkasaroy” restoranida yana bir dabdabali to‘y bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rashid Xoliqov, qiziqchi Shukurullo Isroilov, boshlovchi Farhod Alimovlarning do‘sti qizini uzatdi. To‘y videolari ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Nikoh oqshomi mahorat bilan sahnalashtirilgan raqslar, mashhur xonandalarning chiqishlariga boy bo‘ldi. Ayniqsa, bo‘yi taxminan uch metrga uzaytirilgan raqqosaning chiqishi mehmonlarda o‘zgacha taassurot qoldirdi. To‘yni taniqli boshlovchilar Farhod Alimov va Nilufar Sotiboldiyevalar olib bordi.  Toshkentda o‘tgan dabdabali to‘yda Rossiya va O‘zbekistonning eng taniqli xonandalari qo‘shiq kuyladi (video)
138
696
Madaniyat
Ivan Urgant Podmoskovyedan 7 mln dollarga dang‘illama hovli sotib oldi
Teleboshlovchi, kinoaktyor va shoumen Ivan Urgant Podmoskovyedan yangi hovli-joy sotib oldi, uning narxi 7 million dollardan oshadi, deb yozadi Tengrinews. Urgantning yangi ko‘chmas mulki 50 sotixlik yer maydonida joylashgan. Uch qavatli uyda qishki bog‘, mehmonxona bloki, kaminxona, ochiq verandali yemakxona, keng bilyardxona bor. Barcha shartnomalar imzolanib bo‘lgach, shoumenning oilasi u yerga darhol ko‘chib o‘tgan. Urgantning Moskva markazida uch va to‘rt xonali xonadonlari, “Moskva-Siti” ishbilarmonlik markazidagi 77 qavatli osmono‘par binoda shohona apartamentlari bor. Bundan tashqari, yangi uyi yaqinida uning oilaviy qo‘rg‘oni ham bor.
70
652
Madaniyat
Xalqaro baxshichilik festivalida 5 yoshli G‘olibjon baxshi g‘olib bo‘ldi (foto)
Termizda xalqaro baxshichilik festivali davom etmoqda. Unda eng yosh ishtirokchi — 5 yoshli G‘olibjon baxshi ham qatnashayotgani, u bilan bo‘lgan suhbatni ma’lum qilgan edik. Jurnalist Feruz Muhammadning ma’lumotiga qaraganda, G‘olibjon Oripov Xalqaro baxshichilik san’ati festivali doirasida o‘tkazilgan Respublika ko‘rik tanlovining “Eng yosh baxshichilik san’ati ishtirokchisi” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi.
79
411
Madaniyat
Toshkentda “Sarvqomat dilbarim” filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi
Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida Sarvar Karimovning “Sarvqomat dilbarim” filmining premyerasi o‘tkazildi. Bu haqda “Turon 24” xabar bermoqda. “Filmning suratga olinishi o‘zbek-qirg‘iz aloqalari, hamkorlik ishlarining boshlanishi deya aytishimiz mumkin. Filmni suratga olish jarayoni biz uchun u qadar qiyinchilik tug‘dirmadi. Boisi, hamma ijodkorlar o‘z rolini chin yurakdan his qilgan holda ijro etdi. Bularning asosiy sababi esa Chingiz Aytmatovdir. Biz sevgan adib, biz sevgan asar, endi esa biz sevib ijro etgan rol hamda film dunyoga keldi. Buning o‘zi bir katta voqea. Qolganini esa film namoyishidan keyin bilib olamiz”, — dedi bosh rol (Ilyos) ijrochisi Adiz Rajabov. Premyerada O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan xalqaro tashkilotlar va elchixonalar vakillari, Qirg‘izistondan kelgan kinoijodkorlar ishtirok etdi. Premyera avvalida Qirg‘iziston madaniyat vazirining tabrigi o‘qib eshittirildi. So‘zga chiqqan qirg‘izistonlik kinoijodkorlar filmning namoyishi qirg‘iz xalqi uchun katta bayram ekanini ta’kidladi. Film “O‘zbekkino” milliy agentligi, “Respublika kinoprokat markazi” hamda O‘zbekiston-Qirg‘iziston kinoijodkorlarining qo‘shma loyihasi asosida suratga olingan.
65
1,204
Madaniyat
Instagram: To‘yi bo‘lmaydigan Munisa Rizayeva, biznesi “gullayotgan” Jahongir Otajonov
Jahon  va o‘zbek shou-biznesi vakillarining yaqin soatlarda Instagram sahifalariga joylagan foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz. Durdona Qurbonova Alisher Uzoqov bilan tushgan suratini “Uch yildan so‘ng Nihon Amir bilan” deya izohladi. Xonanda Shahzoda kenja o‘g‘li Xolid bilan tushgan suratini folloverlari bilan bo‘lishdi. Aktrisa Aziza Halilova tug‘ilgan kunini Dubayda nishonladi. Aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva O‘zbek milliy kino haftaligida ishtirok etdi va ona-bola Shodiyevalar bilan suratga tushdi. Xonanda Rayhon G‘aniyeva turmush o‘rtog‘i bilan birgalikda sport bilan shug‘ullanayotganligini ma’lum qildi. Aktrisa Sitora Alimjonova “Men terrorchi emasman” filmining taqdimotiga tashrif buyurdi. Ayni kunlarda oilasi bilan Dubay shahrida hordiq chiqarayotgan Hulkar Abdullayeva farzandlari bilan hayvonot bog‘iga bordi. Malika Ravshanova turmush o‘rtog‘i bilan tog‘da dam olyapti. Mashhur hind aktrisasi Priyanka Chopra ajoyib suratini folloverlari bilan bo‘lishdi. Aktrisa Feruza Normatova Instagram sahifasida: “Ko‘zingizga qarab yolg‘on gapirishga aqllari yetadi-yu, siz bu haqda bilib turgan bo‘lishingiz mumkinligiga aqllari yetmaydi”, deb post qoldirdi. Munisa Rizayeva biroz avval aytgan to‘yi bo‘layotgani haqidagi gaplari jiddiy emasligini bildirdi. San’atni tark etganini aytgan Jahongir Otajonovning Turkiyadagi biznesi gullab-yashnamoqda. U erkaklar ich kiyimini ishlab chiqarib bilan shug‘ullanyapti. Aktrisa Zarina Nizomiddinova o‘g‘illarining suratini sahifasiga joylab, ona bo‘lish oliy baxt ekanligini yozib qoldirdi. Shahzoda Muhammedova turmush o‘rtog‘i bilan Dubay oqshomida tushgan go‘zal suratini Instagram kuzatuvchilari bilan bo‘lishdi. Xonanda Lola sahifasiga turmush o‘rtog‘i bilan tushgan yangi suratini joyladi.
86
1,773
Madaniyat
Toshkent xalqaro kinofestivalida turkiyalik mashhur aktrisa ishtirok etishi kutilmoqda
XIII  Toshkent xalqaro kinofestivaliga tashrif buyuradigan mehmonlar nomi sekin-asta ochiqlanmoqda.  Ma`lum bo`lishicha, ko`plab mehmonlar orasida  mashhur turk aktrisasi Melisa Asla Pamuk ham bor.  Bu haqda O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi xabar bermoqda. Ma`lumot uchun,  turkiyalik aktrisa Melisa Asla Pamuk xalqimizga "Kara Sevda" ("Sevgi iztirobi") serialidagi Asu obrazi bilan tanilgan.
86
428
Madaniyat
Neslihan Atagul ortidan “Elchining qizi”ni Gediz — Uraz Kaygilarog‘lu ham tark etadi
“Elchining qizi” serialida Gediz obrazini ijro etgan aktyor Uraz Kaygilarog‘lu loyihani tark etadi. Bu haqda sharhlovchi Birshen Altuntash prodyuserlar guruhi bilan suhbatdan so‘ng aytib o‘tdi, deb yozadi “RusTurkey.com”. Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra, aktyorning loyihadan ketishi 2021-yilning aprel oyiga rejalashtirilgan edi. Ammo Neslihan Atagulning to‘satdan serialni tark etishi natijasida ssenariyga o‘zgartirishlar kiritilgan. Shu tufayli Uraz 2-3 qismdan so‘ng loyihani tark etadi. “Ssenariy tubdan o‘zgartirildi. Jamoa reytingda ko‘tarilishni kutmoqda. Chunki Engin Akyurek va Tuba Buyukustun juftligi turk tomoshabinlari orasida misli ko‘rilmagan shov-shuvga sabab bo‘lgan”, − deya qo‘shimcha qildi Altuntash. Ma’lum bo‘lishicha, “Elchining qizi” serialida Neslihan Atagul ijro qilgan Nare rolini bundan buyog‘iga Tuba Buyukustun gavdalantiradi. Avvalroq salomatligi yomonlashgani sabab Neslihan Atagul Instagram sahifasida ushbu serialda boshqa suratga tushmasligi va biroz muddat dam olishga ehtiyoji borligi haqida xabar berilgandi. Serialda Gediz rolini ijro etgan Uraz Kaygilarog‘lu loyihani tark etishi haqidagi ma’lumotni tasdiqlagan va hamkasblariga birgalikdagi ijodiy jarayon uchun minnatdorchilik bildirgan. Shuningdek, biroz avval serialda Menekshe rolini ijro qilgan aktrisa – Tulin Yazkan hamda Sahra obrazida namoyon bo‘lgan Deniz Ishin ham loyihani tark etgan.
84
1,398
Madaniyat
Aktrisa Yulduz Rajabova: Uch yildan beri davolanaman, hozir ahvolim yaxshi
Aktrisa Yulduz Rajabova “Sug‘diyona” gazetasiga bergan intervyusida boshidan o‘tkazgan xastalik haqida aytib o‘tdi. “San’at qurbonlikni talab qiladi, deganlari rost ekan. Uchinchi kursda o‘qiyotganimda og‘ir xastalandim. Har bir rolga chuqur yondashganim, asabiylik, ruhiyatimga ta’sirimi, xullas, sog‘ligim yomonlashdi”, — dedi aktrisa. “Meni sog‘ligimdagi muammolar qandaydir mish-mishlar, bo‘htonlarga bog‘liq bo‘lmasa-da, yillar davomida yig‘ilib borgan asabiylik va yana boshqa holatlar boshimda xastalik kelib chiqishiga sabab bo‘ldi. Uch yildan beri davolanaman, hozir ahvolim juda yaxshi”, — deya qo‘shimcha qildi Yulduz Rajabova.
74
639
Madaniyat
Kino tarixidagi eng muvaffaqiyatli aktyor kim ekanligi ma’lum bo‘ldi
Agar tarixdagi eng muvaffaqiyatli aktyor Leonardo Di Kaprio yoki Bred Pitt deb o‘ylasangiz, adashasiz. Deadline ma’lumotlariga ko‘ra, eng “kassabop” deb tan olingan aktyor — bu Silvestr Stallone, deb xabar bernoqda PeopleTalk nashri. Chunki u 60 yil davomida eng muvaffaqiyatli prokat filmlarda o‘ynagan. Silvestr yetakchilik mavqeyini “Xudkushlar guruhi: butun missiya” filmi bilan mustahkamlab oldi, unda aktyor filmning asosiy qahramonlaridan biri — Akula qiroli rolini ijro etgan. Mazkur film namoyishning birinchi haftasidayoq 70 million dollar keltirgan. Tan olish kerakki, aktyor ishtirok etgan barcha loyihalar muvaffaqiyat qozongan. Masalan, 1970—1980-yillarda “Rokki” va “Rembo” franshizalari tomoshabinlar e’tirofiga sazovor bo‘lgan, 1990-yillarda Stallone “Qoyaga chiquvchi” va “Buzg‘unchi” kabi filmlar bilan mashhur bo‘lgan. Keyinchalik aktyor ishtirokida “Shiddatli” va “Qochish rejasi” loyihalari ham muvaffaqiyat qozondi. Silvestr Stallone ijro etgan ajoyib rollarning ro‘yxatini hali uzundan uzun davom ettirish mumkin.
68
1,039
Madaniyat
Abdulaziz Komilov: "Biz ikki yilda Toshkentdan Doxagacha bo`lgan 40 yillik urush mobaynida ham bosilmagan katta yo`lni bosib o`tdik"
– AQSh va Afg`oniston “Tolibon” harakati o`rtasida muhim hujjat – tinchlik shartnomasi imzolandi. Ikki tomon o`rtasida o`rnatilgan kelishuvlarning asosiy sharti o`q otish, zo`ravonlikni to`xtatish va Afg`onistonda tinch muzokaralarni boshlashga qaratilgan. Ushbu yo`l 40 yil deganda ilk bora ochib berildi. Va aytish lozimki, keyingi ikki yilda, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan o`tkazilayotgan Toshkent konferensiyasi boshlanganidan buyon juda ko`p ishlar qilindi. Shu bilan birga bu ishlar birinchidan, hali yirik davlatlar tomonidan O`zbekistonning bunday muammolarni hal qilishiga to`liq ishonch bildirilmagan murakkab sharoitlarda amalga oshirildi. Ikkinchidan, baxs va munozaralar ham juda ko`p bo`lgan. Biroq shunday bo`lsa ham Prezidentimizning qat`iyatliligi, mulohazakorligi, real holatni to`g`ri baholay bilgani sababli biz katta muvaffaqiyatga erishdik. Va keyingi ikki yilda Toshkentdan Doxagacha bo`lgan, 40 yillik Afg`on urushi mobaynida bosib o`tilmagan katta yo`lni bosib o`tdik.   Buning natijasida, birinchidan, O`zbekiston atrofida xavfsizlik va farovonlik kamari shakllanmoqda. Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan Afg`oniston yo`nalishida amalga oshirilgan sa`y-harakatlarning aniq samarasi respublikamiz xavfsizligining mustahkamlanishidir. Men bitta misol keltirmoqchiman: Doxada bizning “Tolibon” harakati rahbariyati bilan uchrashuvimiz. Bu harakatning vakillari bizga ular tomonidan hech qachon Afg`on tuprog`ida respublikamizga qarshi xavf tug`ilmasligiga va`da berishdi. Men buni nima uchun aytyapman. Chunki hozirda “ertaga “Tolibon” harakati Markaziy Osiyoga, shu jumladan O`zbekistonga ham yurish boshlaydi” degan ayrim taxmin hamda “izoh”lar tarqalmoqda.   O`ylaymanki,  bu xildagi izohlarni beruvchilar  asosli hulosaga kelishlari kerak. Ikkinchidan, bu bilan bizning oldimizda savdo-sotiq qilishga, mahsulotlarimiz eksportiga, janubiy qo`shnilarimiz bilan kommmunikasiya aloqalarni rivojlantirishga ulkan imkoniyatlar ochilmoqda. Bu Pokiston, Eron, Hindiston va aynan Afg`oniston bozoriga yo`l demakdir.
132
2,090
Madaniyat
“Qora niyat” yulduzi Shevval Sam konsert berib tomoshabinlar soni bo‘yicha rekordni yangilamoqchi
O‘zbek muxlislariga “Qora niyat” serialidagi Ender Argun roli bilan ma’lum bo‘lgan turk aktrisasi Shevval Sam muxlislarni hayratda qoldiradigan yozgi rejalari bilan bo‘lishdi. Ma’lum bo‘lishicha, aktrisa aktrisalikning o‘zi bilan cheklanmaydi. U mazkur yoz faslida musiqa bilan shug‘ullanishga vaqt ajratmoqchi. “‘Qora niyat’ serialidagi roldan keyin ko‘pchilik meni xonanda ekanimni unutib, ismimni aktrisalik bilan bog‘laydigan bo‘lib qoldi. Mazkur yozda Harbiye (Istanbuldagi ochiq konsert maydoni)da konsert bermoqchiman va bu vaqtda koronavirus bilan bog‘liq cheklovlar bo‘lmasa, tomoshabinlar soni bo‘yicha rekordni yangilashni rejalashtirganman”, — degan u. Shuningdek, Shevval musiqa uning hayotida juda muhim ekanini qo‘shimcha qilgan. Ma’lumot uchun, 1973-yili 11-noyabrda Istanbulda dunyoga kelgan Shevval Sam ilk marta “Super ota” (1993–1998-yillar) serialida ko‘rinish bergan. Xonanda sifatida esa 2006-yilda faoliyat boshlagan va “Sek” nomli albom taqdim qilgan. Avvalroq “Qora niyat” seriali aktyorlari charchagani tufayli loyiha ma’lum muddatga to‘xtatilgani haqida xabar berilgandi.
97
1,100
Madaniyat
“Qaytar dunyo”dagi Oyjamol — Gulnora Qosimova nima sababdan AQShga ketgan?
San’at vakillari ichida shaxsiy hayoti va ijodi sabab xorijda yashayotganlar juda ko‘p. Masalan, yosh aktrisa Gulnora Qosimova. “Iblis devori”, “Mening akam bo‘ydoq”, “Arzanda” va “Uqubat” filmlari bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan aktrisa nima sababdan AQShga ko‘chib ketdi? Jurnalist Nargiza Murodova aktrisa bilan onlayn muloqotga kirishib, qator savollarga javob oldi. — Gulnora, nima uchun AQShga ko‘chib ketganligingiz ko‘pchilik uchun qiziq? — Karyera o‘z yo‘liga. Inson, albatta, oila qurishi, yaxshi farzandlarni tarbiyalab, porloq kelajagini yaratishga urinishi kerak. Amerikaga ilk bor kelganimda menda juda iliq taassurot uyg‘otgan. Boisi barcha migrantlar singari men ham bu yerga ishlash va o‘qish uchun kelgandim. Taqdir ekan, oila qurib, shu yerda farzandli bo‘ldim. — Xorijga ko‘nikib ketishingiz qiyin kechmadimi? — Hayotda tavakkal qilishdan qo‘rqmayman. Ba’zi hollarda pand berganini hisobga olmasa, juda ko‘p hollarda menga omad olib keladi. Qayerda bo‘lsangiz ham atrofingizda iymonli, insofli insonlar bo‘lsa hech qanday qiyinchilik sezmaysiz. Shukrki, menda ham shunday bo‘ldi. Shu bois qiyinchiliklarni yengishim u qadar qiyin kechmadi. —San’atni tark etganingiz rostmi? — San’atdan ketmadim, ammo uzoq tanaffus qilishimga to‘g‘ri kelyapti. Kun kelib yana ijodimni davom ettirish niyatim bor. — Amerikada ham ijod qilishga urinib ko‘rmadingizmi? Ijodiy jarayonlarni sog‘ingandirsiz? — Juda sog‘indim. Axir bu eng yoqimli va murakkab jarayon-ku. Bu yerga kelgach, o‘zimni modellik sohasida sinab ko‘rdim. Qaysi kasbda ishlashingizdan qat’i nazar halol pul topsangiz, buning hech qanday aybi yo‘q. Undan keyin AQShdagi o‘zbek to‘ylarida boshlovchilik qilishni yo‘lga qo‘ydim. Farzandli bo‘lgach, barcha ishlarni bir chetga surib, ularning parvarishi va tarbiyasi bilan shug‘ullanishni boshladim. — Bugungi o‘zbek san’atini kuzatib borasizmi? Har holda kimlar ijod qilayotgani sizni qiziqtirsa kerak? — Agar oila a’zolarim ko‘rishayotgan bo‘lsagina, ularga sherik bo‘lishim mumkin. Atayin biror o‘zbek filmini izlab ko‘rmayman. Chunki oldi-qochdi mavzularda filmlarimiz juda ko‘p. Rosti, ilgari ustozlar shunday deyishsa, biroz ranjirdim. Yoshim ulg‘ayib, dunyoqarashim kengaygach, bu gaplarning nechog‘lik to‘g‘ri ekanligini tushunyapman. Bir martalik filmlar ko‘payib ketganidan san’at chiqindilar bilan to‘lib ketgan. Vatanimni va mehribon xalqimni sog‘inganim uchun tez-tez O‘zbekiston ko‘chalari va tabiat manzaralari aks etgan videolarni tomosha qilaman. —AQShdagi onalardan farzand tarbiyasi va parvarishi borasida nimalarni o‘rganishimiz kerak va aksincha ular bizdan nimalarni o‘rganishlari kerak? — Tarbiya borasida o‘zbek millatiga teng keladigani yo‘q. Ammo farzand parvarishi va unga bo‘lgan e’tibor birmuncha sust. Masalan, o‘zbekistonlik ayollar ro‘zg‘or sabab farzandini ko‘chaga olib chiqib sayr qildirolmaydi. Bu yerda esa yosh onaning barcha e’tibori farzandiga qaratilgan bo‘ladi. Atrofdagilar ham bu ijobiy qabul qilishadi. O‘g‘illarim bilan har kuni tabiat qo‘yniga chiqamiz, velosiped uchamiz va piknik qilamiz. Vaqti-vaqti bilan dengizga cho‘milgani olib boraman. Muhimi, bolalarim har bir kunini zavqli voqealar sabab xotirasiga muhrlab qo‘yishi kerak. — Musofirchilikda nimalarni his qilasiz? — Musofir bo‘lmaguncha musulmon bo‘lmaysan, degan gaplar nechog‘lik haqiqat ekanligini angladim. Musofirchilikda yashash juda qiyin. Kimgadir omad kulib boqadi, kimgadir yo‘q. Minglab chaqirim uzoqda bo‘lsam-da, O‘zbekistonimni sog‘inaman. Chunki inson hayotida ona ham, Vatan ham bitta bo‘ladi. — O‘zbek oilasiga kelin bo‘lganmisiz yoki… —Amerikadagi katta o‘zbek oilasiga kelin bo‘lganman. Qaynonam va ovsinim bilan ahil oila bo‘lib yashayapmiz. Turmush o‘rtog‘im bilan 2013-yilda tanishib, ikki yildan so‘ng oila qurganmiz. U inson Amerikada mashina biznesi bilan shug‘ullanadi. —AQShda yashab nimalarni o‘rgandingiz. Aynan amarikaliklardan nimalarni o‘rgansak bo‘ladi? — Oddiylik va samimiyat borasida bularga teng keladigan yo‘q. Katta mansabdor ham yoki millioner ham hamma qatori oddiy inson. Bu yerdagi odamlarning o‘zini tutishi va kiyinishiga qarab kim ekanligini farqlash juda qiyin. Bizda esa buning aksi. Ko‘p hollarda mansab bitib qolsa, hech kimni mensimay qolishadi. — Qaysi filmning suratga olinish jarayonlarini xotirlab turasiz? — Suratga olish jarayonlarida qiziq voqealar juda ko‘p bo‘ladi. Ammo eng qizig‘i “Iblis devori” filmining suratga olish jarayonida bo‘lgan. Ish tezroq yakunlanishi uchun ijodiy jamoa bo‘lib devor buzish ishlarini amalga oshirganmiz. — Qachon O‘zbekistonga qaytish niyatidasiz? —Aslida bu yil yozgi ta’tilda borishni rejalashtirgan edik. Karantin sabab bu rejamiz amalga oshmadi. Nasib qilsa, karantin yumshagach, albatta, O‘zbekistonni sayohat qilish niyatimiz bor.
74
4,769
Madaniyat
Disney “Avatar”ga bag‘ishlangan bog‘ni namoyish etdi (foto va video)
Disney kompaniyasi Disney’s Animal Kingdom bog‘idagi “Avatar” fantastik filmiga bag‘ishlangan hudud haqida hikoya qiluvchi promorolikni YouTube’da namoyish qildi. Klipda kartina rejissori Jeyms Kemeron va Neytiri personajini ko‘rish mumkin. 2009-yilning dekabrida ilk bor namoyish etilgan “Avatar” prokatda 2,7 milliard dollar daromad keltirdi. Kemeron “Avatar”ning yana to‘rtta filmini chiqarishni rejalashtirmoqda. Birinchi lenta 2018-yilda, keyingilari 2020, 2022 va 2023-yillarda chiqadi. Walt Disney kompaniyasining Disney’s Animal Kingdom istirohat bog‘i Amerikaning Orlando shahrida (Florida shtati) joylashgan. “Avatar”ga bag‘ishlangan tematik hudud 2017-yilning yozida ochiladi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
68
865
Madaniyat
Instagram: Uchinchi marta ona bo‘ladigan Sevara Soliyeva, Yulduz Rajabovaning hamkasblariga murojaati, ichki ishlar xodimlariga musiqiy sovg‘a
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. Shou-biznes vakillari saylov natijalariga bag‘ishlangan konsertda chiqish qildi. Anvar Jo‘rayev, Shirin Abdullayeva va Ulug‘bek Rahmatullayev ichki ishlar organlari xodimlari kuniga bag‘ishlab, “Yo‘l qahramonlari” deb nomlangan qo‘shiq kuylab, klip suratga oldirdi. Nahide Babashli sahifasiga yangi suratini joyladi. Munisa Rizayeva qisqa fursat ichida qanday ozgani haqida so‘zlab berdi. Turk aktrisasi Fahriye Evjen yangi obrazda muxlislariga ko‘rinish berdi. Sevinch Moskva shahrida konsert berdi. Ulug‘bek Rahmatullayev muxlislariga uzumdek shirin tushlar tiladi. Feruza Normatova kasbdan xayr topa bilish san’at ekanligi haqida mulohaza yuritdi. Aktrisa Sevara Soliyeva uchinchi bor ona bo‘ladi. Aktrisa Yulduz Rajabova “Mendirman Jaloliddin” serialini tanqid qilayotgan hamkasblariga murojaat qildi. “Ba’zi hamkasblarimizning ‘Serial unaqa bo‘libdi, bunaqa bo‘libdi’ , ‘O‘xshamapti’ deganlarini ko‘rib ham kulgim, ham yig‘lagim keldi! Ajabo, bizda qachon bunaqa masshtabda proyekt bo‘lgan edi, deb o‘ylanib qoldim. Bunaqa kichik fikrlagandan ko‘ra, proyekt ichiga bir nazar soling. Bir kunlik syomka uchun 250—300 dan ortiq odam jalb qilingan. Eng so‘nggi texnika va chiroq uskunalari, kostyumlar, makonlar tayyorlangan edi. Bunday katta jamoa bilan bir yoqadan bosh chiqarib ishlashga bizni bir narsa undadi, u ham bo‘lsa, bizning ajdodimiz, bizning tariximiz… Xalqaro kinofestivalda qardosh mamlakatdan kelgan san’atkorlar uchun mehr va hurmatingizni negadir ayamadingiz, o‘zbek kinosiga hech qanday hissasi bo‘lmagan insonlarni ko‘klarga ko‘tardingiz (gap egasini topadi). Lekin bizning tarixni jonlantirishga harakat qilganlarni eslamadingiz ham”, — deb yozadi aktrisa.
142
1,825
Madaniyat
Yulduz Lordi otasi bilan uchrashadi: ikkinchi “Galaktika qo‘riqchilari”ning yangi treyleri chiqdi (video)
Jimmi Kimmel shousida “Galaktika qo‘riqchilari. 2-qism” filmining yangi treyleri namoyish etildi. Filmda bosh rolni Kris Pratt ijro etgan. Meduza’ning yozishicha, rolik ancha qiziqarli chiqqan (unda film bosh qahramonlari ko‘p tortishadi va parvoz qiladi), oxirida esa tomoshabinlarni — va Yulduz Lordini — kutilmagan uchrashuv kutadi. U o‘z otasi bilan uchrashadi (ota rolini Kurt Rassel ijro etgan). Yangi “Galaktika qo‘riqchilari”ning premyerasi 2017-yil may oyida bo‘lib o‘tadi. Film Jeyms Gann tomonidan suratga olingan, u kinokartinaning birinchi qismiga ham rejissorlik qilgan edi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
105
663
Madaniyat
Shahzodaning sobiq turmush o‘rtog‘i, Lolaning otasi Ravshan Yo‘ldoshev vafot etdi
Davomi: Shahzoda sobiq turmush o‘rtog‘i Ravshan Yo‘ldoshev hayotining so‘nggi damlarida uning yonida bo‘ldi Shahzodaning sobiq turmush o‘rtog‘i, xonanda Lolaning otasi, “Tarona Rekords” kompaniyasi asoschisi Ravshan Yo‘ldoshev vafot etdi. Bu haqda “Qalampir.uz” hamda jurnalist Jasur Hamroyev xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Ravshan Yo‘ldoshev 30-mart kuni yurak xurujidan vafot etgan. Ravshan Yo‘ldoshev 1961-yili 2-aprel kuni tug‘ilgan. Uning birinchi turmushidan to‘rt nafar — uch qiz va bir o‘g‘il farzandi, Shahzoda bilan turmushidan bir o‘g‘li bor edi. Ravshan Yo‘ldoshevning to‘ng‘ich qizi, xonanda Lola ayni vaqtda Rossiyada yashaydi.
81
645
Madaniyat
“Menga juda og‘ir bo‘lgan”. Otabek Mirzaxolov konsertga bir kun qolganida otasi olamdan o‘tgani haqida gapirdi (video)
“Bravo” jamoasi a’zosi Otabek Mirzaxolov “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalsit Feruz Muhammad tashkillashtirdi. Otabek Mirzaxolov suhbat davomida “Bravo” jamoasining ilk konsert dasturi arafasida, konsertga bir kun qolganida otasi olamdan o‘tgani, konsertga bormayman deb o‘ylagani haqida gapirib berdi. O‘ylaymanki, o‘tgan yilgi konsert dasturidan oldin hayotimdagi eng katta va qayg‘uli imtihondan o‘tdim, desam adashmagan bo‘laman. 11-sentabrdan boshlab ‘Xalqlar do‘stligi’ san’at saroyida konsertimiz bo‘lgan bo‘lsa, 10-sentabr kuni joylari jannatda bo‘lsin, dadajonimni so‘nggi manzilga kuzatib, yerga qo‘ydik. O‘zim borib, o‘z qo‘llarim bilan qo‘ydim. Lekin, kasbimiz shunday ekan, yonimdagi ustozlarim, do‘stlarim albatta onam, ukam, singillarim dalda bo‘lishdi. San’atkor ekanmiz, san’at va xalqni oldidagi burchimizni bajarishimiz kerakligini aytib, ustozim Jahongir Poziljonov Toshkentga olib keldi. 11-sentabr kuni ertalab Toshkentga kelganmiz, keyin tayyorgarlik qilib, jamaodagilarga shaxsan o‘zim , ‘To‘g‘ri, og‘ir ahvoldaman, lekin, hech kim hech narsani o‘ylamasin’, — deganman. Menga judayam og‘ir bo‘lgan. Lekin, ustozlarimiz, Shukurillo Isroilov o‘zlarini boshida ham shunaqa holat bo‘lganligini aytib, dalda berib turishdi. Hozir ismlarini birma-bir sanab berolmasligim mumkin, lekin juda ko‘p san’atkor ustozlarimiz va albatta yaqin qarindoshlarim dalda berib turishgan. Bu narsani so‘z bilan gapirib berib bo‘lmaydi. Konsert bo‘lardi-yu, lekin men borolmasam kerak degan o‘y o‘tgan. Konsertga bormayman degan fikrlar kelgan. Ustozimiz Jahongir Poziljonov onamlar bilan birga o‘rtaga olib, shaxsiy masalada suhbat bo‘lgan. Shundan keyin ustozimni o‘zlari Toshkentga olib kelganlar. Keyin, kelib xalqni oldidagi burchimizni bajarib, konsert dasturiga chiqqanman. Hech kimni boshiga bunaqa kun solmasin. Otabek Mirzaxolov, “Bravo” jamoasining a’zosi
118
1,910
Madaniyat
Bushra Nabbas: "Iordaniyada, birinchi bozor Buxoro ismli odam tomonidan 1940 yillarning boshlarida ochilgan"
Madaniy meros haftaligining ikkinchi kuni boshlangani haqida xabar bergan edik. Kongress doirasida ko`plab mutaxassislar o`z ma`ruzalari bilan masofadan turib ham ishtirok etmoqdalar. Jumladan, Iordaniyalik doktor Bushra Nabbas ham o`z fikrlarini bildirib o`tdi. Bushra Nabbas: Iordaniya Antik manbalar departamentidagi Butunjahon merosi bo`limi boshlig`i: "O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida" loyihasi – bu butun dunyoda yodgorliklari saqlanib kelinayotgan, O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, saqlash va ommalashtirishga bag`ishlangan haqiqatan ham noyob madaniy tashabbusdir. Bu loyihadan kutilayotgan ulkan maqsad – O`zbekiston xalqining, ayniqsa, yosh avlod ma`rifatini yuksaltirish, ularga madaniy merosning kengligi va chuqurligini etkazishdir. "Madaniy meros" loyihasi allaqachon O`zbekiston madaniyati boyligini global auditoriyaga etkazish uchun juda samarali vosita ekanligini isbotladi. Bu O`zbekistonning dunyoga o`rgatadigan narsalari borligini namoyish etadi. O`zbekiston madaniyati haqiqatan ham umumbashariydir. Bilasizmi, Iordaniyada, birinchi bozor Buxoro ismli odam tomonidan 1940 yillarning boshlarida ochilgan. Ushbu bozor Iordaniya poytaxti Ammandagi eng muhim diqqatga sazovor joylardan biri hisoblanadi va mamlakatimizda o`zbek madaniyati ildizlari mavjudligining muhim dalili ekanligini isbotlaydi.
108
1,340
Madaniyat
Jon Lennon Pol Makkartniga yo‘llagan maktub kimoshdi savdosida 30 ming dollarga sotildi
Jon Lennon tomonidan The Beatles guruhi tarqalib ketganidan so‘ng Pol Makkartniga yo‘llangan g‘azabli ruhdagi maktub kimoshdi savdosida 30 ming dollarga sotildi. Uni dallaslik nomi oshkor etilmagan kolleksiyachi xarid qildi, deb xabar bermoqda “RBK”. Maktub yozuv mashinkasida yozilgan va muallif tomonidan qo‘lda o‘zgartirish kiritilgan ikki varaq matndan iborat. Unda Lennon Makkartnilar juftligi, shuningdek, boshqa “mehribon va xudbin bo‘lmagan do‘stlarning” u va xotini Yoko Onoga munosabatidan norozilik bildirgan. Lennon ushbu xatni 1971-yilda, xonanda guruhdan ketishini oshkora e’lon qilmaganidan achchiqlangan Pol Makkartnining turmush o‘rtog‘i Linda bitgan maktubga javoban yozgani taxmin qilinadi.
87
710
Madaniyat
Maykl Jeksonning “Neverlend” qo‘rg‘oni 22 mln dollarga sotildi. Bu boshlang‘ich narxdan qariyb 80 mln dollarga arzon
Dunyoga mashhur pop-qo‘shiqchi Maykl Jeksonning “Neverlend” qo‘rg‘oni 22 million dollarga sotildi, deb xabar beradi The Wall Street Jounal. Ma’lumotlarga ko‘ra, Yucaipa Companies investitsiya firmasi borasida Jeksonning moliyaviy masalalar bo‘yicha sherigi va ta’sischilaridan biri bo‘lgan milliarder Ron Berkli “Neverlend”ning yangi egasiga aylangan. Jekson ushbu ranchoni 1987-yilda 19,5 million dollarga sotib olgan, biroq 2008-yilda moliyaviy qiyinchiliklar sabab qo‘shiqchi kredit bo‘yicha majburiyatlarini bajara olmagan va mulkning ulushi Colony Capital investitsiya kompaniyasiga o‘tib ketgan. 2015-yilda qo‘rg‘on 100 million dollar qiymatida sotuga qo‘yilgan bo‘lib, shundan buyon bir necha bor uning narxi pasaygan. “Neverlend” Kaliforniyada, Santa-Barbaradan taxminan 65 kilometr uzoqlikda joylashgan. Jekson u yerda 1987-yildan 2009-yilga qadar yashagan. Jekson qo‘rg‘on hududiga temir yo‘l yotqizgan va uy oldida gullar bilan “Neverlend” degan yozuv tushirilgan. Rancho “Piter Pen” fantastik olami sharafiga nomlangan. Qo‘shiqchining o‘limidan so‘ng, 2009-yilda ko‘chmas mulkning nomi o‘zgartirilgan. Qo‘rqon 1000 gektardan ortiq maydonga ega. Hozirda uning hududida 22 ta turli binolar joylashgan bo‘lib, ular orasida normand uslubidagi qasrlar, bir nechta mehmonxona, basseyn, basketbol maydoni, tennis korti va 50 kishiga mo‘ljallangan kinoteatr joylashgan. Eslatib o‘tamiz, Maykl Jekson 2009-yili 50 yoshida vafot etgan. Uning o‘limiga shaxsiy shifokori Konrad Myurrey tomonidan tayyorlangan anestetika inyeksiyasi sabab bo‘lgan. Avvalroq Maykl Jeksonning oilasi HBO’ga qarshi sudda g‘olib chiqib, kompensatsiya sifatida 100 million dollar olishi ma’lum bo‘lgandi.
116
1,684
Madaniyat
Milliy universitetda “Amir Temur saltanati” va “Shimol shamoli shashti” asarlari tarjimasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida jahon adabiyoti namunalarining o‘zbek tiliga, milliy adabiyot asarlarining chet tillarga o‘girilgan tarjimalari taqdimotiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, bir qator oliy o‘quv yurtlarida olimlar, adabiyotshunoslar, tarjimonlar tomonidan o‘zbek adabiyotining eng yaxshi namunalari chet tillarga hamda jahon adabiyotining sara asarlarini o‘zbek tiliga o‘girish yuzasidan izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Bu jihatlar O‘zbekiston Milliy universiteti xorijiy filologiya fakulteti o‘qituvchi, yosh olim va talabalari izlanishlarida ham o‘z ifodasini topmoqda. — Amir Temurning hayoti, jahon tarixida tutgan o‘rniga oid xorijlik ijodkorlarning ko‘plab asarlari bor. Ular orasida Lyusen Kerenning “Amir Temur saltanati” nomli asari xolis va haqqoniyligi bilan ahamiyatlidir. Ushbu asarni tarjima qilish jarayonida muallifning obyektiv nigohi, sohibqironga bo‘lgan ehtiromini o‘quvchilarga yetkazishga intildik. Bahodir Ermatov, O‘zbekiston Milliy universitetining fransuz filologiyasi fakulteti dotsenti Tadbirda tarjima san’atining o‘ziga xos jihatlari, tarjimonning ijodiy mahorati, adabiy mutarjimlik sohasini yanada rivojlantirish istiqbollari xususida atroflicha fikr yuritildi. Anjumanda fransuz muarrixi Lyusen Kerenning “Amir Temur saltanati” nomli hamda nemis adibi Daniel Glattauerning “Shimol shamoli shashti” asarlari tarjimasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
117
1,662
Madaniyat
Buyuk Britaniyada “Taxtlar o‘yini” bo‘yicha dunyodagi birinchi ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tadi
“Taxtlar o‘yini” filmi bo‘yicha dunyodagi birinchi xalqaro ilmiy konferensiya Buyuk Britaniyada bo‘lib o‘tadi. Konferensiya Hardfordshir universitetida 6—7-sentabr kunlari tashkillashtiriladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi. Taxminan 20 ta materialni taqdim etish rejalashtirilmoqda. Ishtirokchilar Jorj Martinning “Muz va olov qo‘shig‘i”dagi hokimiyat va siyosat, “Taxtlar o‘yini”ni so‘nggi o‘rta asrlar davri hayotining zamonaviy talqini sifatida qabul qilinishi, shuningdek, jon Snouning o‘limi va qayta tirilishi haqidagi fanatik nazariyalar yuzasidan muhokamalar o‘tkazadi. Konferensiyada qariyb 30 nafar, shu jumladan, Braziliya va Yangi Zelandiyadan ekspertlar ishtirok etadi. Tadbirda oddiy omma ham ishtirok etishi mumkin.
95
734
Madaniyat
AQShda yashayotgan yana bir aktyor Sherzod Bin O‘zbekistondan ketgani haqida: Menda halovat yo‘q edi
Taniqli aktyor va parodist Sherzod Bin (Saydialiyev) hozirgi kunda AQShning Pensilvaniya shtati Holland shahrida yashamoqda. Jurnalist Jasur Hamroyev Sherzod bilan uchrashib, suhbatlashdi. Sherzod Bin suhbat davomida nima sababdan O‘zbekistondan AQShga ko‘chib ketgani haqida ham gapirib o‘tdi. “Menda shunaqa muammolar boshlandiki, ularni kasbimning orqasidan hal qila olmadim. O‘sha vaziyatda menga faqat Olloh yordam berdi. O‘zbekistondan ketganimga keladigan bo‘lsak, menda xotirjamlik yo‘q edi, halovat yo‘q edi. Ollohga shukur, hozir oilam bilan yaxshi yashayapman. Nimaga xotirjamlik yo‘q edi, degan masalaga kelsak, odam ba’zan hech kim sizni tanimaydigan joyga ketgingiz, yolg‘iz qolgingiz kelarkan. ‘Keling, siz bilan bir rasmga tushaylik’, — deydigan odamlardan qochgingiz kelarkan. Lekin san’at sohasida faoliyat yuritganimga shukur qilaman. Agar shu sohada bo‘lmaganimda Farruh Soipov, Ulug‘bek Rahmatullayev, Sardor Rahimxon kabi do‘stlarim bo‘lmasdi. Ular Olloh yo‘lida yaxshi ishlar qilgan insonlar”, — deydi Sherzod. Shuningdek, Sherzod Bin o‘zbekistonlik shou-biznes vakillaridan biridan qattiq xafa bo‘lgani, ayni damda uni kechirgani haqida ham gapirib o‘tdi hamda o‘zi bilib-bilmay xafa qilgan insonlardan ham kechirim so‘radi. “Jahongir Otajonov mendan xafa ekanlar. Kechirim so‘rayman. Yana kimlarnidir bilib-bilmay xafa qilgan, ko‘ngliga ozor bergan bo‘lsam, meni Olloh yo‘lida kechirishinglarni so‘rayman”, — deydi u. Suhbatdan ma’lum bo‘lishicha, Sherzod Bin san’at sohasidan uzoqlashgan, u Holland shahrida Basil deb nomlangan o‘zbek taomlari tamaddixonasini ochgan. Ma’lumot uchun, Sherzod Bin nafaqat aktyor va parodist, balki rejissor sifatida ham faoliyat yuritgan. U 2016-yilda “Qaysar oshiqlar” deb nomlangan filmni suratga olgan edi.  Sobirjon Mo‘minov AQShga ko‘chib ketishi sababi va u yerda nima ish bilan shug‘ullanayotgani haqida so‘zlab berdi
100
1,883
Madaniyat
OAV: Prins o‘limidan bir necha kun avval giyohvandlik vositalarini ortiqcha dozada qabul qilganlik uchun davolangan
Ko‘proq Prins nomi bilan mashhur musiqachi Rojers Nelson o‘limidan olti kun avval giyohvandlik vositalarini ortiqcha dozada qabul qilganlik uchun davolangan. Bu haqda, TMZ nashri ma’umotiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar beradi. Nashrning ma’lum qilishicha, 15-aprel kuni Prinsning samolyoti Illinoys shtatidagi Molin shahrida shoshilinch qo‘nishga majbur bo‘lgan. Bir muddat shifoxonada yotib chiqqan qo‘shiqchi ertasi kuniyoq konsertda chiqish qilgan. O‘shanda uning vakili artist grippga qarshi davolanayotganligini ma’lum qilgan. Biroq TMZ nashri manbalarining ta’kidlashicha, uning shifoxonaga yotqizilishining asl sababi giyohvandlik vositalarini ortiqcha dozada qabul qilish bo‘lgan. Minnesota shtati hukumati qo‘shiqchi o‘limining asl sababini aniqlash uchun Molindan kasalxona qaydlarini olishga harakat qilayotganligi ta’kidlanmoqda. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rojers Nelson 57 yoshida olamdan o‘tganligi haqida ma’lum qilingan edi.
115
938
Madaniyat
To‘yi buzilgan Munisa Rizayeva va Jasur G‘oyipov yuzlashtirildi (foto)
Xonanda Munisa Rizayeva hamda Jasur G‘oyipovning to‘yi bekor qilingandan so‘ng turli xil gaplar ko‘payib ketdi. Bu gap-so‘zlarga oydinlik kiritish maqsadida “Sayyod” sayti xodimlari ularni yuzlashtirdi va ushbu suhbatdan rasmlar taqdim etdi. “Sayyod” sayti vakillari xonandalarni alohida suhbatga deb taklif qilgan. Ular yuzlashtirilganda tarqalgan gaplarning barchasi yolg‘onligi fosh bo‘lgan. Suhbat davomida ikki tomon o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelib, bunga san’atkorlarning vakillari ham aralashgan. Munisa Rizayevaning ta’kidlashicha, u to‘y to‘xtatilgandan so‘ng onasi bilan sobiq qallig‘ining uyiga borganida Jasur G‘oyipov u bilan gaplashishni istamagan va ketib qolgan. Munisa Jasurning ushbu harakatlarini reklama uchun qilingan, deb baholamoqda. Buni Jasur G‘oyipov rad etmoqda. Xabarda to‘yning to‘xtalishiga asl sabab oshkor etilmagan. “Sayyod”ning ta’kidlashicha, sabablar ushbu suhbat suratga olingan video e’lon qilinganida ma’lum bo‘ladi.
70
971
Madaniyat
Dilnoza Kubayeva kalta yubka kiygan qizlarni ko‘rganida uyalib ketadi
O‘zbekiston Davlat jahon tillari universitetining “Talabalar ittifoqi” (Students’ Union) tarkibidagi “GDC — Girls development club” qizlar klubining navbatdagi seminar-treningida taniqli aktrisa Dilnoza Kubayeva ishtirok etdi, deya xabar bermoqda universitetning Facebook’dagi sahifasi. “Qalampir.uz”ning yozishicha, Dilnoza Kubayeva trening davomida go‘zallik, maftunkorlik va betakror ayol bo‘lish sirlari haqida ham so‘z ochdi. “Ko‘chada akam yoki ukam olib yuradi. Ba’zan kalta yubka, ochiq-sochiq kiyingan qizlarni ko‘rib uyalib ketaman”, — dedi Dilnoza Kubayeva. “Teatrimizda bir aktrisamiz bor, sochlari to‘zib yuradi, hamma erkaklardan dashnom eshitadi. Gap-so‘zlar ta’sir qilib, qani endi o‘zgarsa...”, — dedi aktrisa.
69
728
Madaniyat
Hans Zimmer va Radiohead “Yer sayyorasi” serialining davomi uchun birgalikda qo‘shiq yozdi
Germaniyalik bastakor Hans Zimmer Buyuk britaniyalik Radiohead guruhi bilan birgalikda dengiz jonzotlarining hayoti haqida hikoya qiluvchi “Yer sayyorasi: Moviy sayyora 2” nomli hujjatli serialning ikkinchi qismiga saundtrek yozdi. Bu haqda TJournal xabar berdi. “Ocean (Bloom)” nomli kompozitsiya Radiohead’ning 2011-yilda chiqarilgan “The King Of Limbs” albomiga kiritilgan “Bloom” qo‘shig‘ining yangi talqini hisoblanadi. Uni yozish uchun instrumental orkestr taklif qilingan, guruh yetakchisi Tom York vokal qismini qaytadan yozgan. “Moviy sayyora 2”ning birinchi qismi 2018-yilning boshida chiqadi. Serial yetti qismdan iborat bo‘ladi.
90
641
Madaniyat
Enrike Iglesiasning Toshkentdagi konsertiga chipta sotilmaydi
Toshkentdagi “Istiqlol” san’at saroyida ispaniyalik mashhur qo‘shiqchi Enrike Iglesias 28-dekabr kuni konsert dasturini taqdim qiladi. “Istiqlol” san’at saroyining direktori Isroil G‘ulomovning jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qilishicha, Enrike Iglesiasning konsert dasturiga biletlar sotuvga chiqmaydi. Enrike Iglesias 28-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan konsert dasturining biletlari sotuvga chiqmaydi. Barcha tomoshabinlar taklifnoma asosida konsertda mehmon bo‘lishadi. Dastur taklifnomalari haqidagi batafsil ma’lumotni yaqin soatlarda ma’lum qilamiz. Isroil G‘ulomov, “Istiqlol” san’at saroyi direktori Ma’lumot uchun, “Istiqlol” san’at saroyi 3932 nafar tomoshabinga mo‘ljallangan. Eslatib o’tamiz, Enrike Iglesiasning 28-dekabrda “Istiqlol” san’at saroyida konsert berishi munosabati bilan Obid Asomovning uch kunlik “Sizlarni sog‘indim” nomli konsertining bir kuni 2018-yilga ko‘chirilgan edi.
61
901
Madaniyat
Instagram: Farzand kutayotgan Kaniza, otasiga mashina olib bergan Sardor Mamadaliyev, ikkinchi bor ota bo’lgan Mitti vayn
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz. Xonanda Munisa Rizayeva tez kunda “O‘g‘ri” nomli taronasiga ishlangan videoklipni taqdim qilishini aytdi. Ko‘plab xit taronalar ijrochisi Munisa Rizayeva otasi bilan birga vaqt o‘tkazgani aks etgan videoni sahifasiga joylashtirdi. Marhum xonanda Oxunjon Madaliyevning o‘g‘li Qilichbek Madaliyev oddiy fikrlash, oddiy qabul qilish va oddiy yashash kerakligi haqida fikr bildirgan. Instabloger, aktrisa, vayner Feruza Normatova singlisini turmushga berdi. To‘yda xonanda Kaniza ham qo‘shiq kuyladi. Ushbu videoda Kanizaning keng ko‘ylak kiygani uning kuzatuvchilari e’tiborini tortdi. Xonandaning muxlislari uning homilador ekanligini taxmin qilmoqda. Aktrisa Durdona Qurbonova opasining qizi bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi. Xonanda Lola Ahmedovaning singlisi Shahlo Ahmedova ham yangi suratini muxlislariga ko‘rsatdi. Aktyor Yigitali Mamajonov suratga olish ishlari Minskda bo‘lib o‘tayotgan tarixiy filmda suratga tushmoqda. Bollivudning mashhur aktyorlaridan biri Ritik Roshan sahifasiga yangi surat joyladi. Xonanda Bunyodbek Saidov obunachilariga yangi suratini namoyish qildi va muvaffaqiyati Alloh tomonidan berilayotganini ta’kidladi. Aktrisa, teleboshlovchi, dizayner Shahzoda Muhammedova qizalog‘i Milanani oyiga 800 dollar to‘lanadigan Cambridge bog‘chasiga bermoqchiligini aytdi. Xonanda Asilbek Amanulloh mashhur hind filmi “Firibgar”da yangragan “Baazigar” qo‘shig‘iga cover kuyladi. Ko‘plab tomoshabinlar qalbidan joy olgan aktyor Javohir Zokirov sahifasiga rafiqasining suratini joyladi. Xonanda Manzura dugonasi Dildora Niyozovanikida mehmon bo‘ldi. Sevara Nazarxon bundan 16 yil avval, to‘yi kuni kiygan libosini muxlislariga ko‘rsatdi. U ko‘ylakning matosi Belgiyadan keltirilganini aytgan. Instabloger, vayner Mitti.me— Ulug‘bek ikkinchi marta ota bo‘ldi. U qizalog‘ini uyiga olib kelish jarayoni aks etgan videoni muxlislariga ko‘rsatdi. Vaynerning hamkasblari uni ikkinchi marta ota bo‘lgani bilan tabriklagan. Xonanda Nigora bundan bir necha yillar oldin ikkita o‘g‘li va bir qizi bo‘lishini, turmush o‘rtog‘i Oybek uni so‘zsiz tushunishini orzu qilgani haqida aytdi. U chin dildan istalgan orzular amalga oshishini, xayollar realizatsiya bo‘lishini ta’kidlagan. O‘zgacha ovoz sohibi, xonanda Sardor Mamadaliyev otasiga elektromobil sovg‘a qildi.
121
2,430
Madaniyat
“Munisa! Munisa!”. Prezident archasiga borgan bolalar Munisa Rizayevani qanday kutib olganini tomosha qiling
Xonanda Munisa Rizayeva Instagram’dagi sahifasida bir guruh bolalar uni xursandchilik bilan chaqirayotgani aks etgan videolavhani e’lon qildi. Video Toshkentdagi “Turkiston” saroyida, katta ehtimol bilan, Prezident archasi vaqtida olingan. Unda bir guruh bolalar xursandchilik bilan: “Munisa! Munisa!”, deb baqirayotganini ko‘rish mumkin. Bolalarni juda-juda yaxshi ko‘raman! Ular qarab turib, ko‘ngil yayraydi! Jahondagi barcha bolalar sog‘-salomat bo‘lsin! Yangi yil bilan! Ura! Munisa Rizayeva, xonanda View this post on Instagram Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
108
722
Madaniyat
“Bu hayotimdagi eng muhim davrlar edi”. Sevara Nazarxon “Ippodrom”da choy sotib, pul topgani haqida gapirdi
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sevara Nazarxon MyDay stories dasturiga intervyu berdi. Xonanda ushbu suhbat davomida bir necha yil avval pul topish uchun “Ippodrom” (Chilonzor buyum bozori, sobiq Otchopar)  bozorida choy sotgani haqida gapirdi. Instagram / @sevara_nazarkhan “Ba’zan mendan so‘rashadi, ‘Sizning auditoriyangiz, muxlislaringiz boshqalarnikidan farq qiladi. Bu natijaga qanday erishgansiz, ularni qanday topasiz’ deb. Shu payt men ikki yil “Ippodrom”da choy sotgan davrlarimni eslayman. Bu hayotimdagi eng muhim va qo‘rqinchli damlar edi. Onam ikkalamiz idishlarni yaxshilab yuvib, yoniga muz qo‘yib, choy sotardik. Bu bilan nima demoqchiman, men har doim oddiy odamlar qatorida bo‘lganman. Hozir ham shundayman, boshqalardan kuchli darajada farq qilaman, deb o‘ylamayman. Ko‘chada tanib qolishsa, ha, bu yoqimli holat, xursand bo‘laman. Lekin men ham boshqalar singari oddiy odamman”, — deydi xonanda. Sevara Nazarxonning aytishicha, u konsertlariga chipta narxini belgilashda ham odamlarning sotib olish imkoniyati bilan hisoblashadi. “Imkon qadar odamlarimizga og‘ir bo‘lmaydigan qilib, chiptalarga narx qo‘yamiz. Toki hamma konsertga kirish imkoniyatiga ega bo‘lsin”, — deya so‘zlarini davom ettiradi Sevara Nazarxon. Avvalroq Munisa Rizayeva Sevara Nazarxon bilan birga “Golos” loyihasida ishtirok etgani, Gulnora Karimovaga yaqin odamlarning tahdidi tufayli ushbu loyihadagi ishtirokidan voz kechgani haqida gapirib bergandi.
107
1,455
Madaniyat
Ulug‘bek Rahmatullayev klipi uchun ijaraga olingan har biri 1 mln so‘mlik kabutarlar uchib ketdi
Yodgor Nosirov hamda Jamshid Xojiniyozov g‘oyasi asosida Ulug‘bek Rahmatullayevning “Kabutarlar” taronasiga klip suratga olish jarayonida ijaraga olingan qushlar uchib ketgan. “Shou-biznes”ning xabar berishicha, har bir kabutar narxi bir million so‘mni tashkil etadi. Xabarda ta’kidlanishicha, klipda 1985—1988-yillar aks ettirilgan bo‘lib, tasvirga olish vaqtida kabutarlar qanotlariga bog‘langan iplar yechilgan va qushlar uchib ketgan. Uzoq vaqt kabutarlarning qaytishini poylagan ijodiy guruh hafsalasi pir bo‘lgan — qushlar qaytib kelmagan. Klipni suratga olish ishlari yakunlanmagani tufayli, uchib ketgan kabutarlar o‘rniga xuddi ularga o‘xshash boshqa qushlar topilib, dublyor sifatida suratga olish ishlari davom ettirilgan.
96
735
Madaniyat
Aktrisa Shahzoda Muhamedova: Haqiqiy mard erkak uchrasa, albatta turmush quraman
Aktrisa Shahzoda Muhamedova qanday insonga turmushga chiqishi haqidagi savolga javob berdi. Bu haqda u Instagram’dagi sahifasida yozib qoldirgan. Aktrisa “o‘z orzusidagi erkak” qanday fazilatlarga ega bo‘lishi kerakligini birma-bir sanab chiqqan. Hamma “To‘yingiz qachon?”, deydi. Ko‘plab savollarga javoban: nasib etsa, orzuimdagi vafodor, sadoqatli, ayolni qadriga yetadigan, madaniyatli, mehrli, lafzli, or-nomusli, qalbi, amali va vijdoni pok, haqiqiy mard erkak uchrasa, albatta turmush quraman. Shahzoda Muhamedova, aktrisa Bir muddat avval aktrisa Shahzoda Muhamedova rejissor Azamat Ahrorovga turmushga chiqishi haqida xabar berilgan edi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
80
820
Madaniyat
O‘zbekistondagi ilk “film-katastrofa” deb baholanayotgan “101-reys” filmining premyera kuni ma’lum qilindi (foto)
“O‘zbekkino” MA buyurtmasi bilan rejissor Akrom Shaxnazarov hamda prodyuser Ravshan Norbayev tomonidan suratga olinayotgan “101-reys” filmining suratga olish ishlari davom etmoqda. Ayni kunlarda 101-reys jamoasi filmning eng murakkab epizodlari suratga olish ishlariga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Film prodyuseri Ravshan Norbayev “101-reys” filmining kechikayotgan premyerasi, film ayni vaqtda qanday jarayonda ekanligi haqida jurnalist Feruz Muhammadga bergan intervyusida gapirib berdi. Filmni intizorlik bilan kutayotgan tamoshabin uchun kutilganidan ham yaxshi film taqdim qilish maqsadida ishlamoqdamiz. Bizda suratga olish ishlari va montaj jarayonlari bir vaqtda boshlangan edi. 2020-yilda bizni filmning murakkab suratga olish va montaj ishlari kutmoqda. Yangi Zelandiyalik rejissor Piter Jekson ‘Hobbit’ filmini premyerasidan bir kun oldin ham suratga olish maydonida filmni suratga olib, uning montaj ishlari bilan band bo‘lgan. Bu degani u rejissor muddatga ulgurmagan degani emas, balki tomoshabin xohishini qondirish maqsadida o‘zidan ko‘ngli to‘lmay premyeraga qadar ijod bilan band bo‘lgan. Ba’zi bir internet nashrlarida filmning suratga olish ishlari yakunlandi degan asossiz ma’lumotlar e’lon qilingan. Suratga olish ishlarining asosiy qismi yakunlangani bilan murakkab epizodlarni endi suratga olamiz. Ravshan Norbayev, “101-reys” filmining prodyuseri Bir muddat avval “101-reys” filmining prodyuseri Ravshan Norbayev film rejissori Akrom Shaxnazarov bilan kelishmasdan, loyihani boshqa bir rejissor davom ettirishi mumkinligi haqidagi gap-so‘zlar tarqalgan edi. Film prodyuseri Ravshan Norbayev ushbu gaplarga quyidagicha munosabat bildirdi: Bu mish-mishlarni biz ham eshitdik. Mevali daraxtga tosh otiladi deyishadi-ku, ammo bu shunchaki bo‘lmagan, asossiz mish-mishlar xolos. Boringni ko‘ra olmaydigan, yo‘q bo‘lsa bera olmaydiganlar, o‘z tashvishi turganda o‘zgani xato qilishini kutib turganlar, afsuski, hamma joyda uchrab turadi. Rejissor Akrom Shaxnazarov bilan “Hamroh” filmining suratga olish jarayonlaridan buyon birgalikda ishlab kelamiz. Xudo xohlasa “101-reys” filmidan so‘ng ham hamkorligimiz davom etadi. Kim bunaqa gaplarni tarqatganini bilolmadik, lekin bu bizga juda qiziq bo‘ldi. Ravshan Norbayev, “101-reys” filmining prodyuseri Prodyuser Ravshan Norbayev “101-reys” filmining premyerasi haqida quyidagi ma’lumotlarni taqdim etdi. Filmning grafika ishlari hamda musiqasi chet elda yozilishi, bu orqali tomoshabinga kartinani yanada ta’sirchanroq qilib taqdim qilishni maqsad qilganmiz. Shu sababli chet eldan filmga hamkorlar qidirmoqdamiz. Film premyerasi 2020-yilning kuz faslida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari filmning chet elda ham namoyishlarini o‘tkazish uchun hamkorlar qidirilmoqda. Ravshan Norbayev, “101-reys” filmining prodyuseri Ma’lumot uchun, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Erkin A’zam badiiy rahbarligida suratga olinayotgan “101-reys” filmi O‘zbekistondagi ilk film-katastrofa deb baholanmoqda. Film-katastrofa ekstremal hodisa fonida yuz beradigan voqea aks etgan film hisoblanadi. “101-reys” badiiy filmi real voqeaga asoslangan bo‘lib, unda 2001-yil AQShning Nyu-York shahrida sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida Shimoliy Amerika havo hududida qiyin vaziyatda qolgan – bortida 180 nafar yo‘lovchi bo‘lgan “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasiga qarashli Boeing-757 samolyotining 101-reys ekipaji ko‘rsatgan jasorat haqida hikoya qilinadi. Mazkur film “Ravshan Norbayev pictures” studiyasi tomonidan suratga olinmoqda.
113
3,508
Madaniyat
Karim Mirhodiyev nomzodi APSA “Oskar”iga tavsiya etilmoqda
Avstraliyaning Brisben shahrida Osiyo-Tinch okeani “Oskar” kinomukofoti (APSA) ga o‘zbekistonlik aktyor Karim Mirhodiyev nomzodi ham tavsiya etildi, deb xabar berdi Turon 24. “Osiyo Oskari” deb ham ataladigan mazkur mukofot taqdimotida O‘zbekiston kinematograflari ilk bor ishtirok etmoqda. Karim Mirhodiyev Rashid Malikov tomonidan suratga olingan “Sabot” filmidagi roli uchun mukofotning “Eng yaxshi aktyor” nominatsiyasiga tavsiya qilingan. Aktyor 29-noyabr kuni Avstraliyada o‘tkaziladigan taqdimot marosimiga taklif etilgan. Ayni paytda 64 yoshni qarshilagan Karim Mirhodiyev qator rollari bilan nafaqat o‘zbek, balki ko‘plab xorij kinosevarlari orasida ham taniqli. U 2001-yilda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoniga sazovor bo‘lgan. Bu yil Ostona shahrida o‘tkazilgan “Yevraziya” XIV Xalqaro kinofestivalida “Eng yaxshi erkak roli” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi. Ma’lumot uchun: Osiyo-Tinch okeani (APSA) mukofotiga 2007-yilda asos solingan. Unda mazkur hudud kinochilari tomonidan ishlab chiqarilgan eng yaxshi filmlar taqdirlanadi. Geografik jihatdan bu mukofot Misrdan tortib Rossiya shimoliy qismlari, Yangi Zelandiya va barcha janubiy hududlarni qamrab olgan. Mazkur kinoforumda 70 ta mamlakatdan kinematograflar ishtirok etadi.
58
1,250
Madaniyat
“Sevgi iztirobi” seriali yulduzi Hazal Filiz aktrisalikdan tashqari qanday biznes bilan shug‘ullanishini ma’lum qildi
“Sevgi iztirobi” serialida ijro qilgan roli bilan yaxshi ma’lum bo‘lgan aktrisa Hazal Filiz Kuchukkose muxbirlar tomonidan berilgan savollarga javob berdi. Istanbul sohilida iti bilan sayr qilayotgan aktrisa savollarga javob berish davomida u Yavuz sulton haqidagi tarixiy filmda rol ijro qilishi kerak bo‘lgani, ammo pandemiya sabab suratga olish ishlari biroz muddatga ortga surilganini ma’lum qilgan. Aktrisalikdan boshqa nimaga qiziqasiz, degan savolga Hazal iqtisodga deb javob bergan. U o‘zining birja makleri ekani hamda jamg‘armasini fond bozorida ishlatishini ma’lum qilgan. “Aslida men mazkur yo‘nalishda ta’lim olish haqida o‘ylayapman”, — degan u. Muxbirlarning kriptovalyutaga qiziqasizmi, degan savoliga: “Men buni sotib olish va sotish deb bilaman, ammo asosan fond bozorida savdo qilaman”, — deb javob bergan.
117
827
Madaniyat
Xonanda Mohira Asadova Shuhrat Qayumovning qanday kasallikdan vafot etganini ma’lum qildi
Xonanda Mohira Asadova O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Shuhrat Qayumovning vafotiga qanday kasallik sabab bo‘lgani haqida Facebook’dagi sahifasida yozib qoldirdi. Bundan ikki yilcha avval Shuhrat Qayumov bilan bir syomka davomida ancha suhbatlashib qolganimizda u kishi ko‘p vaqtdan beri betobligi va bu betobligining sababi esa viloyatlarning birida o‘tkazgan to‘y marosimida ochiq va sershamol bo‘lgan yerda terlab turib, qo‘shiq aytgani va shu tadbirdan so‘ng ikki tomonlama pnevmoniya bo‘lgani, bu kasallikning davomi esa saraton kasalligiga ulanib ketgani va bu kasallikka davo izlab Moskva shahriga borib kelgani haqida tushkun bir kayfiyatda so‘zlab berib, meni g‘amgin qilgan edi. Ming afsuski, bu bedavo dard bugun safimizdan yana bir do‘stimizni olib ketdi... Yaxshi suxandon, xonanda, samimiy va kamtarin inson Shuhrat Qayumov o‘z muxlislari qalbida abadiy yashaydi. Ruhingiz shod, oxiratingiz obod bo‘lsin, do‘stim, diydor qiyomatga qoldi. Mohira Asadova, xonanda Ma’lumot uchun, taniqli suxandon va xonanda Shuhrat Qayumov 22-sentabr kuni vafot etdi.
89
1,081
Madaniyat
“Ummon” guruhi qoraqalpoq tilida qo‘shiq kuylaydi
Nukus shahridagi “Turon” stadionida bo‘lib o‘tgan sport festivalida “Ummon” guruhi qo‘shiq kuyladi. “KRuz.uz” sayti muxbiri guruh xonandalari bilan suhbatlashdi. —Avvalambor bugungi festivalda ishtirok etib turganimizdan juda ham manunmiz. Barcha qoraqalpoq xalqini, jajji ukajonlarimiz va singillarimizni bayram bilan tabriklaymiz. Nukus shahridagi stadionda katta sport festivali bo‘lib o‘tmoqda. Bu yerdagi harorat judayam ko‘tarinki ruhda. Hammaning yuzida tabassum. Jajji ukalarimiz esa maydonda futbol o‘ynashmoqda. Ukalarimizga omad tilaymiz. Kelajakda yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘tarib yurishlariga tilakdoshmiz. — “Ummon” guruhidan qoraqalpoqcha qo‘shiq kutsak bo‘ladimi yaqin orada? Chunki har yili festivalga kelasizlar Qoraqalpog‘istonga. —Xudo xohlasa albatta. To‘g‘risini aytsak, bunday savol va taklif ilk marotaba bo‘lmoqda. Bu taklifni o‘ylab ko‘ramiz. —Balki kelasi safar tashrif buyurganlaringizda qoraqalpoqcha qo‘shiq eshitarmiz sizlardan? —Xudo xohlasa. Qo‘ldan kelgancha harakat qilamiz.
49
1,013
Madaniyat
O‘zbekistonlik xonanda Aziza Nizomova Qozog‘istondagi I’m Singer shousida ishtirok etadi
Xonanda Aziza Nizomova Qozog‘istonda o‘tkaziladigan I’m Singer Kazakhstan talant-shousida ishtirok etadi. Bu haqda MyDay xabar bermoqda. Shouda O‘zbekiston, Tatarston, Xitoy, Rossiya, Ukraina, Qirg‘iziston va boshqa davlatlardan tanlab olingan 14 nomzod ishtirok etadi. Shouga 24-sentabr kuni start beriladi. Talant-shou har yakshanba kunlari “Navo” telekanalida soat 21:00 da namoyish etiladi. Aziza Nizomova Tatariston Respublikasi poytaxti Qozon shahrida 2014-yilda bo‘lib shtgan Turkvizyon–2014 tanlovidagi ishtirok etgan va yarim finalga chiqqan.
88
553
Madaniyat
Feruza Normatova: Oilam tinchligi uchun san’atdan voz kechishga tayyorman
MyDay aktrisa Feruza Normatova bilan intervyu uyushtirdi. Quyida aktrisaning san’at va san’atkorlar haqidagi fikrlari, tanqidga munosabati bilan tanishishingiz mumkin. —Ko‘proq teatrda faoliyat olib borasiz. Siz uchun spektaklda rol ijro etish qiyinroqmi yoki kinodami?  — Albatta spektaklda. Chunki tomoshabin ko‘z oldida jonli ijro. Hozir “Diydor” teatr-studiyasida rejissorimiz Bahodir Yo‘ldoshev boshchiligida “Arshin mol olon” spektaklini sahnalashtirdik. Unda ashula va raqslar jonli. Bundan tashqari, sahnamiz tomoshabinga juda yaqin. Kinoda to‘xtash mumkin, qayta dubl bor. Lekin sahnada buning imkoni yo‘q. Shunaqa paytlar bo‘ladi, hayajonlanganimizdan gapimiz yodimizdan ko‘tariladi. Bahodir Yo‘ldoshevni uslublari o‘zgacha. Avvalo har bir rolni o‘zimiz chin dildan his etib, mazza qilishimizni istaydilar, uqtiradilar. — Diydor teatr-studiyasidagi faoliyatingiz haqida biroz gapirib bersangiz. — O‘zbek Davlat drama teatrida ishlaganimda, 7 oy malaka oshirish maqsadida “Diydor”ga qatnaganmiz. O‘sha paytlardan shu yerga mehrim tushgan, ishlagim kelardi. Muddatimiz tugab, u yerdan kettik. Hech qancha o‘tmay, ish joyimdan bo‘shadim va shu vaqtda menga Akbarxo‘ja Rasulov telefon qilib, “Yulduzli tunlar” spektaklida rol ijro etishga taklif qildi. Juda xursand bo‘ldim. 3 oy davomida spektaklning tayyorgarlik jarayonlariga qatnashib yurdim. Suratga olish ishlari bilan ko‘p band bo‘lar edim. Bir kuni rejissorimiz meni chaqirib, menga teatr muhimroqmi yoki syomkalarmi, o‘ylab ko‘rishimni maslahat berdilar. O‘ylab ko‘rdim va shu yerda ishlashga qaror qildim. Bilasizmi, kinoda ko‘plab rol ijro qilgan bo‘lsam ham, lekin birgina “Yulduzli tunlar”da his qilganlarimni ularda tuymaganman. Bu yerga kelgan insonning umuman ketgisi kelmaydi. — Siz uchun dramatik rollarni ijro etish qiyinroqmi yoki komedikmi? — To‘g‘risi komediya qiyinroq. Dramada ko‘zyosh deymiz, lekin bu uncha muhimmas. Har bir insonda dard-tashvish bor. Rol ijro etayotganingizda ham o‘zingizdagi muammolarni eslaysiz, o‘shanga berilib ketasizda. Komediyada tomoshabinni holati bilan qiziqib turasiz, kulmasa o‘ylanasiz. — Siz rol tanlashda birinchi navbatda nimaga e’tibor berasiz? Ijodiy jamoagami, ssenariygami yoki gonorarga?  — Hozirda birinchi navbatda ssenariyga, keyin ijodiy jamoa va so‘ngida gonorarga ahamiyat beraman. Avvallari farqi yo‘q edi. Yaqinda suratga tushgan “O‘gay ona”, “Fitna” seriallarining ssenariysi boshqalarnikiga qaraganda yaxshi bo‘lgani uchun rozilik bildirdim. Keyin aktyorlar jamoasi ham yaxshi tanlangan. — Intervyularingizda har kim o‘z ishini qilsin deb ko‘p gapirasiz. Lekin o‘zingiz boshlovchilik qilasiz.  — Xalqimizda bir yigitga qirq hunar oz, degan naql bor. Bu hammaga tegishli. Aytmoqchi bo‘lganim, qaysi ishga bosh qo‘shmang, albatta mas’uliyatni his eting. Sohani hurmat qilish kerak. Suxandonlikni boshlaganimdan beri izlanaman. Tajribali suxandonlar bilan sherik bo‘lganimda, albatta, ulardan o‘rganishga harakat qilaman. Yuqoridagi aytganlarim esa o‘zi boshqa soha egasi bo‘lib, san’atga ham kirib, lekin sohani hurmat qilmaydiganlar haqida. — Bunda aniq shaxslarni nazarda tutganmisiz?  — Albatta. Ko‘rganman, bilaman shunaqa aktrisalarni. Bir davrada o‘tirib qolganimizda, o‘zini juda zo‘r aktrisa hisoblab, dimog‘lanib ketganlarini kuzataman-da. Vaholanki, bizda qanday professional aktyor va aktrisalar bor. Bir narsani xohlayman, shu kasb orqali non yeyishyaptimi, uni hurmat qilishlari kerak. San’atni oson deb, ijroni kamsitishlarini istamayman. —“9-raqamli bemor” filmining ssenariysini dadangiz bilan birga yozgansizlar. Shu film yaralishiga nima turtki bo‘lgan?  — Atrofda ko‘rgan-bilganlarim bunga turtki bo‘lgan. Bemorlar uchun dalda sifatida yaralishini istaganman bu kartinani. Men aytib berganlarimni, dadam qog‘ozga tushirgan. Kartina komediyaga o‘xshash janrda bo‘lib qolgan. Lekin maqsadimiz umuman boshqa edi. — Asl maqsaddan chalg‘ishga nima sabab bo‘ldi? — Shoshildim, shekilli. Puxta qilishim kerakmidi? To‘g‘ri, Durdona To‘laganova harakat qildilar. Ammo men ko‘rganim boshqa edi, u kinoda asl holicha chiqmadi, komediyaga tortib ketdi. Aktrisalar ham ijrolarida ko‘p improvizatsiya qilishdi. Lekin, ular ruhiy xasta bemorlarni aslida qanday ekanini ko‘rmagan-ku. Ular tasavvurlarida bu holat juda kulgili edi. Ularning dunyosi, yaqinlarining his-tuyg‘ulari umuman boshqa. — Nimaga ijrolardan ko‘nglingiz to‘lmaganda, shartta to‘xtatib, aktrisalarga muhitni o‘z ko‘zlari bilan borib ko‘rishni taklif qilmadingiz? — Men qilgan harakatlarimni tasavvur qilolmaysiz . Tunlarni yig‘lab o‘tkazgan vaqtlarim bo‘lgan. Jamoani bir joyga to‘plab tushuntirdim ham. Ammo, u yerda rejissor, operatorlar va aktrisalar komediya janrini tanlashganini aytib, oyoq tirab olishdi. Shu tomoshabinga qiziq ekanini aytishdi. Ko‘proq moliyaviy tomonini o‘ylashdi. Shunda dadamga telefon qilib yig‘lardim. Yupatdilar, mayli keyin boshqa ssenariy yozib, kino olamiz, dedilar. Kartinani tomoshabinlar yaxshi qabul qildi, ammo ichimdagi bo‘shliq to‘lmadi. Nasib etsa, hali bundan-da zo‘r kartinalar yaratarmiz. — Nima deb o‘ylaysiz, turmush qurganingizdan so‘ng, ijodda qilayotgan ulkan orzularingizga birmuncha bo‘lsa-da to‘siq paydo bo‘lmaydimi? — Albatta, paydo bo‘ladi. Har doim bir narsani xohlayman, turmush o‘rtog‘im meni kasbimni tushunsin. Lekin taqdir bu. Oldindan bir narsa deb bo‘lmaydi. Agar ishimning qaysidir tomonlaridan voz kechish kerak bo‘lsa, oilam tinchligi uchun ikkilanmasdan voz kechaman. Baribir oila muqaddas. Mana 28 ga ham kirdim. Inson yoshi ulg‘aygan sari oila, turmush haqidagi qarashlari ham o‘zgarib borarkan. Kech turmush qurganimga yarasha oilam tinch, xavas qilarli bo‘lishini istayman. Balki san’atni tashlaysan, deb shart qo‘yilar, unda ham voz kechishim mumkin ishimdan. Ammo bu men uchun katta yo‘qotish bo‘ladi, balki armon bo‘lib qolar. Lekin meni, kasbimni tushungan inson bo‘lishini juda istardim. — Mashhurlik siz uchun muhimmi? — Bilasizmi, men istaymanki odamlar bizni ko‘cha-kuyda ko‘rganda hayratlanmasa. Raqs ansamblim bor. Liboslariga matolarni doim o‘zim tanlayman. Shu paytlari bozor-o’charlarga tushganda o‘zimni bemalol his qilmayman. To‘g‘ri, hali mashhurlikka erishganim yo‘q. Lekin shunday bo‘lsa-da, o‘zimni avvalgidek xotirjam his qilib, ko‘chada yurolmayman. Tadbirlar, premyeralarga tashrif buyurganizda odamlarning sizga aktrisa sifatida qarashi yoqimli, ammo ko‘cha-ko‘yda emas. Sodda, samimiy ustoz san’atkorlarga o‘xshagim keladi. Mashhurlikka o‘ch emasman. Tomoshabin meni oddiyligimcha qabul qilishini istayman. To‘g‘ri, avval biz ham tanilishni istagandirmiz. —Ijtimoiy tarmoqlarning hayotingizdagi roli? — Bular hayotimning 10 foizinigina aks ettirishi yoki egallashi mumkin. Ammo qolgan qismi umuman boshqa. Ko‘pchilik ijtimoiy tarmoqlarni asl hayot deb o‘ylaydi. Lekin men uchun unday emas. — Bir umr qulog‘ingiz ostida jarang sochadigan nasihat? — Dadamning gaplari. Biror ish qilishingdan avval, meni ko‘z oldingga keltir va menga o‘sha ish yoqsa, keyin qil, deydilar. Shu gapni o‘zi yetadi menga. — Tanqidga munosabatingiz qanday? — Tarozi burjida bo‘lganim uchunmi, o‘zgarib turaman. Bugun bir tanqidni yaxshi qabul qilsam, ertaga ko‘tara olmasligim mumkin. Tanqid bizning sohada ko‘p uchraydi, bo‘lishi ham kerak. Chunki tanqid qilinyapsizmi, demak siz e’tibordasiz. Ba’zi tanqidlar bor juda oshirib yuborilgan bo‘ladi.
73
7,326
Madaniyat
Samarqandda Yevropa kinosi kunlari boshlandi
4-iyun kuni Samarqand shahridagi “Sharq Yulduzi” kinoteatrida Yevropa kino festivalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi O‘zbekkino milliy agentligi. Samarqandda ilk marta o‘tkazilayotgan festivalga tashrif buyurgan keng jamoatchilik, talaba yoshlar va bir qancha milliy madaniy markazlar faollarini Ruminiyaning O‘zbekistondagi elchisi Romeo Stanchu va Samarqand shahri o‘rinbosari Jamshed O‘roqov qutladi. Yevropa kino festivali taniqli rumin kinorejssyori Naye Karanfilning “Bundan bu yog‘i sukunat” filmi bilan ochildi. Eslatib o‘tamiz, 8-iyun kuni nihoyasiga yetadigan ushbu festival yana ikki shahar: Toshkent va Buxoroda ham bo‘lib o‘tmoqda.
44
665
Madaniyat
Bill Geyts Bodrumda: Milliarder tushlik uchun qancha pul sarflamoqda?
Bill Geyts Turkiyada do‘stlari bilan birga dam olmoqda. Bu haqda “Rus.Turkey.com” xabar beradi. O‘z sohasining eng oldi vakillari har yili dam olish uchun Turkiyaning kurort shahri sifatida ma’lum bo‘lgan Bodrumga uchib keladi. Ushbu shahar ayniqsa, o‘z yaxtasida sayohat qilishni sevuvchilar orasida juda ham mashhur sanaladi. Microsoft asoschisi Bill Geyts ham bu bundan mustasno emas. Bill Geytsning Egey dengizidagi hashamatli yaxtasida olti nafar do‘sti bilan hordiq chiqarayotgani haqida “Sonhaberler” nashri ma’lum qilingan. Milliarderlar Bodrumdagi restoranlardan birida tushlik qilishni afzal bilgan. Matbuot vakillari bilan muloqot qilishdan qochgan janob Bill, ovqatlanish uchun unchalik mashhur bo‘lmagan restoranni tanlagan. Shunga qaramay, jurnalistlar Geytsning tashrifi bilan bog‘liq tafsilotlar va hatto tushlik uchun qancha pul to‘langanini bilishga ham muvaffaq bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, Billning yaxtasi Suvaysh kanalidan uzoq bo‘lmagan joyda to‘xtagan. Shov-shuvlardan qochish maqsadida milliarder do‘stlari bilan sohilga kater (maxsus kichik kema) orqali yetib olgan. Qayd qilinishicha, ular 80 ming lira (9300 dollar)ga ovqatlangan. Avvalroq Bill Geyts bilan ajrashishi haqida ma’lum bo‘lgach, uning rafiqasi Melinda 3 mlrd dollarlik aksiyalarga ega bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
69
1,308
Madaniyat
Lukashenko Depardye ishtirokidagi filmga 2 mln dollar ajratdi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Jerar Depardye ishtirokidagi “Normandiya — Neman” filmini suratga olish ishlariga 2 million dollar ajratdi, deya xabar bermoqda “Izvestiya” “Gosfilmofond” bosh direktoriga tayanib. Loyiha Fransiya, Rossiya va Belarus tarixidagi eng yirik kinomahsulotlardan biriga aylanadi. Ayni paytda prodyuserlar tashkiliy masalalarni hal qilmoqda. Depardyega ikkinchi darajali rol berilgan, u mexanik rolini o‘ynashi kutilmoqda. “Normandiya — Neman” Fransiya qiruvchi aviatsiya polki bo‘lib, u 1942-yilda Sharl de Goll tashabbusi bilan tuzilgan.
61
573
Madaniyat
Rossiyalik mashhurlar qaysi avtomobillarni afzal bilgan? (foto)
“Bigpikcha.ru” rossiyalik mashhurlar qaysi avtomobillarni afzal ko‘rishini aniqladi. Alla Pugachova Alla Pugachovaning avtomobillari bir nechta. Ulardan biri — Rolls-Royce Phantom. Avtomobilni Pugachovaga uning do‘stlari sovg‘a qilgan. Rolls-Royce Phantom  bor-yo‘g‘i 5-7 soniya ichida 100 kilometr-soat tezlikka erisha oladi. Kseniya Sobchak View this post on Instagram Jurnalist, boshlovchi va siyosatchi Kseniya Sobchak 2008-yili chiqqan Bentley Continental GT Speed avtomobilini yoqtiradi. Mashina 625 ot kuchiga ega. Shuningdek, Kseniyaning Audi A8 mashinasi ham bor. Kseniya Instagram’da mashinasi unga dugonaday bo‘lib qolganini aytgan. Timati Qo‘shiqchining mashinalari bir nechta: Lamborghini Aventador, Ferrari 458 Italia, Audi R8, Mercedes G63 AMG, Porsche Cayenne Turbo va Rolls-Royce Phantom. Iyun oyining boshida Timati va Yegor Krid muxlislari uchun Hummer’ning tomida turib konsert bergan. Ivan Urgant View this post on Instagram Boshlovchining so‘zlariga qaraganda, uning oilasi katta, shuning uchun mashinalari ham bir nechta. Ivan nemis ishlab chiqaruvchilarining mashinalarini afzal ko‘radi. Masalan, uning Audi Q7 avtomobili bor. Yaqinda esa Urgant 340 ot kuchiga ega Audi A8’ni xarid qilgan. Olga Buzova View this post on Instagram Buzovaga oq rangli Mercedes GLE mashinasini uning sobiq turmush o‘rtog‘i Dmitriy Tarasov sovg‘a qilgan. Biroq ajrimdan keyin Tarasov sovg‘asini qaytarib olgan. Biroz vaqt o‘tgach xuddi shunday mashinani Buzovaga uning muxlisi sovg‘a qilgan. Pavel Volya View this post on Instagram Boshlovchi Pavel Volya qimmatbaho mashinalarni yoqtiradi. Avvalroq uning avtoparki 3 ta mashinadan iborat edi: Porsche Cayenne, Hummer H3 va Bentley Continental. Yaqinda esa Volya oq rangli Porshe Panamera’ni ham sotib oldi. “Men mashinalarni sevaman”, – deydi Pavel.
63
1,868
Madaniyat
Instagram: Halimani ozishga majburlayotgan Yulduz, Alisher Usmonovning O‘zbekistonda sayt ochayotgan jiyani, Sharm-ash-Shayxda dam olayotgan Shahlo
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining yaqin soatlarda Instagram sahifalariga joylagan foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz. Gulsanam Mamazoitova uch tilda kuygangan yangi qo‘shig‘iga klip suratga oldi. Xonanda yangi posti orqali qo‘shiq o‘zbek, turk va tojik tillarida kuylanganini ma’lum qildi. Xonanda Umidaxon yangi posti orqali Tashkent City’da sayr qilganini va gashtak bahona dugonalari bilan diydor ko‘rishganini ma’lum qildi. “Setora” guruhining vakili Feruza Latipova o‘g‘lini 19 yoshga to‘lgani bilan tabrikladi. Yaqinda onasidan ayrilgan Sardor Mamadaliyev sahifasiga ota-onasi bilan tushgan suratini joyladi va ta’sirli she’rni folloverlari bilan bo‘lishdi Munisa Rizayeva tez kunda yangi qo‘shig‘ini muxlislari e’tiboriga havola etadi. Zarina Nizomiddinova yosh bolali onalar uchun juda qulay bo‘lgan soch turmagini namoyish etdi. Gulchehra Eshonqulova navbatdagi postida “Bolalarini tomosha qilish film ko‘rishdan ko‘ra yaxshiroq” ekanligini ma’lum qildi. Aktrisa Durdona Qurbonova navbatdagi suratida Qizil qalpoqcha imijida namoyon bo‘ldi. Dubayda hordiq chiqarayotgan Asal Shodiyeva izohsiz post qoldirdi. Alisher Usmonovning jiyani Ganya Usmonova kuzatuvchilari orasidagi bloger va jurnalistlarni hamkorlikka chorladi. U O‘zbekistonda yangi sayt faoliyatini yo‘lga qo‘yish niyatida. Dubay sayohatidagi Halima Ibragimova va  Yulduz Usmonova piyoda yurib ancha kaloriya yo‘qotayotganini ma’lum qildi. Barcha shou-biznes vakillari Dubay sari otlanayotgan chog‘da “Bravo” jamoasi vakili Shahlo Zoirova sayohat uchun Misrni tanladi. U Sharm-ash-Shayxda hordiq chiqaryapti.
147
1,612
Madaniyat
Farg‘onalik 121 yoshli momo aktyor Alisher Uzoqov sabab internet qahramoniga aylandi
Farg‘onalik 121 yoshli Huvaydo Umarovaning qo‘shiq kuylayotgani aks etgan video Telegram messenjerida ommalashib ketdi, deya xabar bermoqda “Qalampir.uz” internet-nashri. Bir necha kun avval aktyor Alisher Uzoqov va xonanda Mashhurbek Raimjonov 121 yoshli momoning mehmoni bo‘lib, uning holidan xabar olgan. Uchrashuv davomida Alisher Uzoqov qo‘shiq kuylayotgan momoni videoga olib, uni Instagram’dagi sahifasida e’lon qilgan. 121 ешга тулган она ноласи. 121 йил умр куриб ота онам борми дея куйладила. Юртимизни файзи булмиш еши улуглар бахтимизга сог булишсин. Отам борми онам борми Мени йуклар кишим борми? Мени йуклар кишим булса Еруг дуне билан ишим борми? У куринган тогмикин? Тоглар ораси богмикин? Ота онамни ахтарсам Шу богларда бормикин? A video posted by Алишер Узаков (@alisheruzakov_official) on May 17, 2016 at 1:15pm PDT “121 yoshga to‘lgan ona nolasi... 121 yil umr ko‘rib, ‘Ota-onam bormi?’, deb kuyladilar. Yurtimizning fayzi bo‘lmish yoshi ulug‘lar baxtimizga sog‘ bo‘lishsin”, — deya izoh qoldirgan Alisher Uzoqov o‘zi e’lon qilgan videoxabarda.
84
1,073
Madaniyat
Jamila G‘ofurova gonorariga bitta Spark’ning puli va Nexia olgani haqida gapirib berdi
Aktrisa  Jamila G‘ofurova “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad uyushtirdi. Suhbat davomida aktrisa filmlarda qanchaga suratga tushishi, hattoki gonorarining puliga Spark avtomoshinasi berganligi, unga film prodyuseri Nexia avtomashinasini sovg‘a qilganligi haqida to‘xtalib o‘tdi. Avvallari eng ko‘p gonorar oladigan aktrisa men bo‘laman. Filmlarda rol ijro qilishim uchun bitta mashinaning pulini olganman, bugungi kunga hisoblaydigan bo‘lsak, o‘sha pulga bitta Spark avtomashinasini sotib olish mumkin edi. U filmning nomini ham aytishim mumkin, film “Uzuk” deb nomlangan edi. “Faryod” filmidan juda katta gonorar olganman. “Faryod” filmi yaxshi chiqqani uchun film prodyuserlari, oilaviy kelishgan holda menga Nexia mashinasini sovg‘a qilgan edi. O‘sha Nexia mening birinchi mashinam bo‘lgan edi. Jamila G‘ofurova, aktrisa Jamila G‘ofurova bilan eksklyuziv intervyuning to‘lig‘ini quyida tomosha qilishingiz mumkin. Aktrisa  suhbat davomida bolaligi, oilasi, Shakiraga qilgan taqlidi va allambalo raqsi, “E’tirof” mukofoti, umuman aktyor va aktrisalarning mukofotlanish tartibi haqida e’tirozlari, ochiq kiyinishiga bo‘lgan e’tirozlar, Sevinch Mo‘minova raqobatchi bo‘lgan filmda kastingdan o‘ta olmagani haqidagi barcha savollarga ochiq-oydin javob berdi.
86
1,318
Madaniyat
Fotogalereya: Aktyorlar va ularning ikki tomchi suvdek o‘xshash dublyorlari
Zamonaviy kino borgan sari tomoshabop bo‘lib ketmoqda. Bunda kaskadyorlar tomonidan ijro etiladigan maxsus effektlar beqiyos o‘ringa ega. Filmning muvaffaqiyatiga katta hissa qo‘shadigan bu dublyorlar ko‘pincha aktyorning soyasida qolib ketadi. AdMe bir-biriga juda o‘xshaydigan aktyorlar va ularning dublyorlariga e’tibor qaratdi.
75
331
Madaniyat
Xakerlar Bred Pittning vafoti haqidagi yolg‘on xabar ko‘rinishida virus yaratdi
Xakerlar keng jamoatchilikning Gollivud yulduzlari Bred Pitt va Anjelina Jolining ajrashish jarayoniga bo‘lgan qiziqishidan o‘z maqsadida foydalana boshladi, deb yozadi “TASS”. Internetda Pittning bevaqt o‘limi haqidagi yolg‘on xabar niqobi ostidagi zararli dastur paydo bo‘ldi. TMZ nashri ma’lumotlariga ko‘ra, gap go‘yoki Fox News telekanalining reportaji haqida bormoqda. Uni ochishga va o‘qishga uringanda shaxsiy kompyuter yoki smartfon virus bilan zararlanadi. Zararkunanda dastur mualliflarining vazifasi — parollarni o‘g‘irlab, akkauntlarni nazorat ostiga olish. Avvalroq Joli o‘z farzandlari xavfsizligini ko‘zlab, ajrashish uchun ariza bergani xabar qilingan edi. Rasman esa aktrisa Pitt bilan kuchli ziddiyatlar yuzaga kelganini pesh qildi va bolalarni o‘stirish huquqi to‘liq o‘ziga berilishini talab qilmoqda.
79
823
Madaniyat
Taniqli erkaklarning muvaffaqiyatga erishishida hissasi beqiyos bo‘lgan ayollar (foto)
Dunyodagi eng mashhur va muvaffaqiyatli kishilarning hayotida muhim rol o‘ynagan ayollar kim ekani haqida ma’lumot berib o‘tamiz. Ilon Mask va Mey Mask Mey bugungi kundagi eng muvaffaqiyatli va mashhur kishilardan biri bo‘lgan Ilonning onasi. O‘g‘lining 3 yoshligidayoq uning daho ekanini bilgan Meyni kichik Mask darhaqiqat mislsiz bo‘lgan narsani yaratish uchun iste’dodidan foydalana oladimi, degan savol bezovta qilgan. Bu haqda gap ketganda Mey “Mana, nega men unga boshidanoq sarmoya kiritdim”, — deydi. 31 yoshida uch nafar farzandi bilan yolg‘iz qolgan ayolning hayotdagi asosiy maqsadi farzandlariga porloq kelajak uchun imkon berish bo‘lgan. O‘z biznesini ochgan va 24 soat davomida tinimsiz ishlagan. Farzandlariga mustaqil, marhamatli, halol, e’tiborli va nazokatli bo‘lish bilan birga, ko‘p ishlashni, yaxshilik qilishni o‘rgatgan. Ularning javobgarligi deb bilgani uchun uy vazifalarini tekshirmagan. Mey hech qachon bolalariga nimani o‘rganishlarini aytmagan. “Odamlar mendan qanday qilib bunday muvaffaqiyatli farzandlarni katta qilganim haqida tez-tez so‘raydi. Bunga ularning o‘z qiziqishlari izidan ketishiga izn berganim sabab bo‘lgan”, — deydi u. Ayol farzandlarini hech qachon erkalatmagani sabab ular hashamatdan yiroq bo‘lgan. Mey bolalarini kamtar bo‘lib qolishini afzal bilgan. Stiv Jobs va Loren Pauell Jobs Stiv Jobs rafiqasi Loren Pauell Jobs bilan 1989-yilda Stenford biznes maktabida ma’ruza o‘qigan kuni tanishgan va raqam almashgan. Bu haqda gap ketganda Stiv: “Men mashinalar to‘xtash joyida avtomobilni qizdirishga urinar ekanman: agar bu mening Yer sayyorasidagi so‘nggi tunim bo‘lsa, uni ish bilan bog‘liq uchrashuvda o‘tkazishni istaymanmi yoki bu ayol bilanmi, deb o‘yladim. Uning oldiga yugurib bordim va men bilan kechki ovqat qilishni istaysanmi, deb so‘radim. Ha, deb javob berdi, biz shaharga ketdik va o‘shandan boshlab hamisha birga bo‘ldik”, — degan. Birinchi farzandlari dunyoga kelganidan keyin Stivning hayot tarzi avvalgidan o‘zgargan. Jobs Lorenning u uchun naqadar muhimligini anglatib sevgi maktubi yozgan: “20 yil avval bir-birimiz haqimizda ko‘p narsa bilmasdik. Biz o‘z ichki hislarimizga ishondik va men seni aqldan ozadigan darajada yaxshi ko‘rdim. Avanida turmush qurganimizda qor yog‘gandi. Yillar o‘tdi, farzandlarimiz dunyoga keldi, yaxshi va og‘ir vaqtlar bo‘ldi, ammo hech ham yomoni bo‘lmadi. Bizning sevgimiz va o‘zaro hurmatimiz hammasini yengib o‘tib, yanada ko‘paydi”. Mark Sukerberg va Karen Kempner Karen Facebook asoschisi bo‘lgan Markning onasi. Mutaxassisligi psixiatr bo‘lgan ayol o‘zini farzandlariga bag‘ishlash maqsadida amaliyotdan voz kechgan va turmush o‘rtog‘ining ofis-menejeri sifatida faoliyat olib borgan. Markning otasi Edvard Sukerberg bergan intervyularida “Mening rafiqam — super ayol. U bir vaqtning o‘zida ishlash va uyda bo‘lishning uddasidan chiqadi”, — degan. Mark esa muvaffaqiyatlarga erishishida onasining xizmati kattaligini ta’kidlashdan charchamaydi: “Men nima bo‘lishidan qat’i nazar, onam bilan faxrlanishimni dunyo bilishini istayman va bu haqda tomdan turib baqirishga tayyorman”, — deydi Mark. Krishtianu Ronaldu va Mariya Dolores Dush Santush Aveyru Nochor oilada dunyoga kelgan Krishtianuning onasi Mariya oshpaz bo‘lib ishlagan. Qiyinchiliklarga qaramay, hamisha o‘g‘lining yonida bo‘lgan ayol bugungi kunda ham uni qo‘llab-quvvatlashdan charchamaydi. Ronalduni mashhur futbolchi bo‘lishiga uning hissasi katta. Mariya o‘g‘lining 14 yoshida maktabni tark etib bor diqqatini futbolga qaratish qarorini qo‘llab-quvvatlagan. Aynan shu sabab ham bugungi kunda muvaffaqiyatli va mashhur futbolchining karyera bilan bog‘liq qarorlariga onasi hali hamon ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Arnold Shvarsenegger va Mariya Shrayver Arnold va Mariya ajrashganiga qaramay, ular hali hamon bir-biri bilan yaxshi munosabatda tug‘ilgan kunlarni ham birgalikda nishonlaydi hatto. Arnold 25 yil davomida birga hayot kechirgan rafiqasidan minnatdorligini yashirmaydi. “U hayratomuz va hamma narsani o‘z o‘rniga qo‘yadigan ayol. Mariya bag‘oyat ajoyib ona”, — deydi u. Shuningdek, aktyor Mariya uning butun umrlik sevgisi ekanini aytib, munosabatlarida muammo kuzatilishini istamaganlarga xato qilmaslikni tavsiya qiladi. Kianu Rivz va Patrisiya Teylor Kianu onasi bilan juda ham do‘stona munosabatda buni ularning 2020-yildagi qizil yo‘lakdagi suratlaridan ham bilsa bo‘ladi. Ommaga kamdan kam ko‘rinish beradigan Patrisiya aksariyat hollarda sahna ortida qoladi. Aktyor esa muvaffaqiyatli karyerasiga onasining hissasi katta ekanligini ta’kidlaydi. “Jon Uik” filmining taqdimotida aktyor onasiga bag‘ishlab nutq so‘zlagan. “15 yoshimda onamdan aktyor bo‘lsam bo‘ladimi, deb so‘raganimda: Nima xohlasang shuni qil, azizim, deb javob bergan. Hammasi shunday boshlangan”, — degan aktyor. Kichik Robert Dauni va Syuzan Dauni Baxtli juftlik ekaniga qaramay Robert va Syuzanning qiyinchilik va quvonchli lahzalarni o‘zida mujassam etgan o‘z hikoyasi bor. Avvaliga Syuzan Robertga qiziqmagan va uni g‘alati deb hisoblagan. U Robertning yomon odatlaridan qutulishiga yordam bergan, yomon qiliqlari ma’lum bo‘lganida uni tark etishni istagan, ammo tashlab ketolmagan. Robert tobora Syuzanga o‘xshab borgani va haligacha nima bo‘lganini tushunishga urinishini ta’kidlagan. Leonardo Di Kaprio va Irmelin Indenbirken Muvaffaqiyatli karyera uchun onasidan minnatdor bo‘lgan aktyor Irmelinni haqiqiy mo‘jiza deb biladi. “Men imtiyozli sharoitda katta bo‘lmadim. Sharqiy Los-Anjelesning jinoyatlarga boy tumanida o‘sib-ulg‘aydim. Onam meni boshqa maktabga olib borish va boshqa imkoniyatlar borligini ko‘rsatish uchun kuniga 3 soat sarflagan”, — deydi aktyor. Rossiyalik immigrantning qizi bo‘lgan Irmelin AQShga o‘smirlik vaqti kelib qolgan va farzandini yolg‘iz o‘zi katta qilgan. Leonardo onasining bolalikdagi suratlarini tomosha qilganda uning boshdan kechirganlarini o‘ylab, ko‘ziga yosh kelishini ta’kidlaydi. Jeff Bezos va Jaklin Bezos Onasi Jaklin Bezos bo‘lmaganida Jeff bugungi kunda Amazon’ga asos solmagan va dunyoning eng badavlat kishilari ro‘yxatidan o‘rin olmagan bo‘lardi. “Onam meni 17 yoshida dunyoga keltirgan. 1964-yil Albukerkida maktab o‘quvchisining homiladorligi yaxshi qabul qilinmagan. Unga oson bo‘lmagan”, — deydi Jeff. Ayol ishga bazo‘r joylashganidan keyin oyiga 190 dollar topa boshlagan. Jaklin turli qiyinchiliklarga qaramay, hayotda o‘z o‘rnini topgan o‘g‘il tarbiyalashga muvaffaq bo‘lgan. Benedikt Kamberbetch va Vanda Ventxam Benediktning kelajakda aktyorlik kasbini tanlashiga onasi Vanda sababchi bo‘lgan. Bolaligidan onasi bilan birga teatrga borgani va shunday muhitda katta bo‘lgani kichik Kamberbetchga ta’sir qilmay qolmagan. Onasi bilan birga tez-tez ko‘rinish beradigan aktyor orzularini amalga oshirish uchun hamisha qo‘llab-quvvatlagani uchun onasidan minnatdor.
86
6,792
Madaniyat
“KVN”chi Azamat Musagaliyev o‘yin kubogini qozoqlar qo‘lida ko‘rishni istashini aytdi
Rossiyaning “Kamizyaki” jamoasi yetakchisi Azamat Musagaliyev Ostonada bo‘lib o‘tgan “KVN” yozgi kubogida Qozog‘istonga munosabatiga oydinlik kiritib o‘tdi. Bu haqda “365info.kz” xabar bermoqda. Musagaliyev jamoadagi sheriklariga g‘alabani qozog‘istonliklarga berishni taklif qildi va buni o‘zi qozoq ekanligi, shu sababli “KVN” kubogini millatdoshlari qo‘lida ko‘rishni istayotgani bilan izohladi.  “O‘zim ham adashib ketdim. Rossiyadan Qozog‘istonga kelganimda bu yerdagilar uchun rusman. Rossiyada esa goh buryat, goh qalmiq yoki yoqut... Men qayerdadir qozoqmanmi o‘zi? Kelinglar, o‘yinni boy beraylik, o‘zimni jindek bo‘lsa ham haqiqiy qozoq sifatida his etay”, — dedi Musagaliyev.  Biroq jamoadoshlari Azamatdan Rossiya va Qozog‘istondan birini tanlashni “talab” qildi. Bunga javoban Musagaliyev bunday tanlov qarshisida qoldirish adolatsizlik ekanligini bildirdi. “Bolalikda har bir kishidan ‘Sen oyingni yaxshi ko‘rasanmi yoki otangni?’ deb so‘rashgan va bu uning uchun eng qiyin savol bo‘lgan. Sizlarga javobim shu: oyimni juda yaxshi ko‘raman, biroq tomirimda otamning qoni oqadi”, — ta’kidladi Musagaliyev. Eslatib o‘tamiz, oldinroq Azamat Musagaliyev Rossiyaning “TNT” telekanalidagi hazili tufayli qozog‘istonlik teletomoshabinlar g‘azabiga duch kelgan, oilasiga tahdidlar bo‘layotganini aytgandi.
85
1,311
Madaniyat
Turkiyalik rejissor Nuri Bilge Jeylan filmi 67-Kann kinofestivali g‘olibiga aylandi
67-Kann kinofestivalining “oltin palma novdasi” turkiyalik rejissor Nuri Bilge Jeylanga nasib qildi. Uning “Qishki uyqu” (Winter’s Sleep) filmi hakamlar tomonidan yuqori baholandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi. Uch soatdan oshiq davomiylikka ega filmda keksa aktyor, uning rafiqasi va eridan ajrashgan singlisi hayoti hikoya qilinadi. Festival gran-prisi esa italiyalik rejissor Aliche Rorvaxerga uning “Mo‘jiza” kartinasi uchun topshirildi. Rossiyalik rejissor Andrey Zvyagensevning “Leviafan” kartinasi eng yaxshi ssenariy uchun mukofot olgan bo‘lsa, “Tulki ovchisi” filmi uchun amerikalik Bennet Miller eng yaxshi rejissor deb e’tirof etildi. Julianna Mur (“Yulduzlar xaritasi”) va Timoti Spoll (“Mister Tyorner”) aktyorlar orasida eng yaxshilari deb tan olingan bo‘lsa, Party Girl filmi (Fransiya) tanlovdan tashqari dasturda “Oltin kamera” mukofotiga ega bo‘ldi.
83
874
Madaniyat
Dilnoza Kubayeva: Nega faqat bizni siquvga olaverishadi?
Aktrisa Dilnoza Kubayeva “Darakchi” gazetasi bilan suhbati davomida ba’zi narsalar uning hafsalasini pir qilayotgani haqida aytib o‘tdi. “O‘zbek kinosi juda qaltis vaziyatga tushib qolayapti. Bunga avvalo biz — ijodkorlar aybdormiz. Tomoshabinlarning ham ta’siri yo‘q deyolmayman. Dramaturgiyani tushungan-tushunmagan odam ham bizga tosh otishni kasb qilib oldi. Xohlagan kishi kinoni tanqid qila oladigan bo‘ldi. Lekin bu adolatdanmi?”, — deydi Kubayeva. “Nega aktyor-aktrisalar shifokorlar, o‘qituvchi-yu boshqa soha vakillarining ishiga aralashmaymiz-u, bizni siquvga olaverishadi? Gapirishsin, agar shunga asoslari bo‘lsa! Butun boshli ko‘rsatuvlar bugun yaratilayotgan filmlarni qoralashga bag‘ishlanayapti. Ayrim muxlislarimiz teatrga kelib, ‘Nega bu holatga indamayapsizlar? Mehnatingiz-ku axir’, deb gapirishdi ham. Hozir sizga so‘zlab berayapman, ammo yuragimdagi og‘riq o‘zimga ayon”. “Biz biror soha vakilini gapirsak, faqat kamchiligini aytmay, yutuqlarini ham tilga olamiz-ku. Nega ijodkorlarga kelganda faqat xatosini izlashadi? Maqtashga arzigulik filmlar yo‘q deysizmi? So‘nggi paytlarda o‘zbek kinosida qanday o‘zgarishlar bo‘layapti, bilishmaydi, lekin mavzu kerak bo‘lsa, kinoga yopishishadi. Axir bu nohaqlik-ku!” “Kinoga bag‘ishlangan ko‘rsatuvlardan birida fikrimni aytdim. Gap egasini topdi. Lekin o‘sha odam vaziyatni yanada qaltis tus olishiga sababchi bo‘ldi. Ehtimol, barcha ijodkorlar birlashsak, noo‘rin tanqidlarga chap bera olarmiz”, — deb aytib o‘tgan aktrisa o‘ziga tegishli gapni topib olgan odam kim ekaniga oydinlik kiritmagan. Jurnalist Dildora Yusufbekovaning sahnadagi mish-mishlar og‘irroq botadimi yoki hayotdagisi, deb bergan savoliga Dilnoza Kubayeva hayotdagisi deya javob berdi. “To‘g‘risi, oxirgi paytlarda charchab qoldim gap-so‘zlardan. Bir tarafdan assosiz-ku bular, nega siqilishim kerak, deyman. Hadeb kuyib-yonaversam, qiladigan ishlarim qolib ketadi-ku, deb o‘zimni yo‘lga solishga harakat qilaman”.
56
1,953
Madaniyat
Sevara Nazarxon o‘zining yangi klipida “ko‘rinmas” pardozda namoyon bo‘ldi
Sevara Nazarxon “Men u yerda yo‘qman” (“Там нет меня”) deb nomlangan qo‘shig‘iga ishlangan klipni taqdim etdi. “Montaj ishlari, va nihoyat tugadi”, — deb yozadi Sevara o‘zining Facebook’dagi sahifasida. Tarona musiqasi I. Nikolayevga tegishli, so‘zlarini P. Jagun-Linnik yozgan. Klip rejissori esa Bahodir Yo‘ldoshev. Kecha, 17-aprel kuni Youtube’ga joylangan videoklipni ayni paytgacha 7844 kishi tomosha qilgan. Klip tabiat qo‘ynida suratga olingan. Unda tog‘lar, o‘rmonlar va okean manzarasidan bahramand bo‘lish mumkin. Sevaraning o‘zi esa doimgidek oddiy ko‘rinishda namoyon bo‘lgan. U soddagina oq ko‘ylak va “ko‘rinmas” pardoz bilan “qurollangan”.
74
656
Madaniyat
Madaniyat vaziri investitsiya loyihalarni taklif qilish uchun quvaytlik fuqaro Amir Jafar bilan uchrashdi
15-yanvar kuni Madaniyat vaziri Quvayt davlatidan tashrif buyurgan Amir Jafarni qabul qildi, deb xabar berdi Madaniyat vazirligi matbuot xizmati. “Uchrashuvning asosiy maqsadi Quvaytdan investitsiya jalb etishdir. Amir Jafar O‘zbekistonga tez-tez tashrif buyuruvchi mehmonlarimizdan biridir, milliy musiqamiz shaydosi. Shuni ta’kidlash joizki, u har gal Toshkentga kelganida O‘zbekiston davlat konservatoriyasini ko‘zdan kechiradi, chunki konservatoriyada ta’lim berayotgan ustoz muallimlarning dars berish mahoratlarini kuzatishni yoqtiradi. U bir necha marta Yosh simfonik orkestrimizni Quvayt davlatiga gastrol safarini uyushtirgan”, — deyiladi xabarda. Madaniyat vazirining taklifiga ko‘ra, uning asosiy maqsadi Quvaytda va O‘zbekistonda o‘zbek-arab musiqa maktabini tashkil etishdir. Suhbat davomida, u doim o‘zbek mumtoz musiqasidan bahramand bo‘lishini, shuningdek, 14-yanvar kuni “Xalqlar do‘stligi” saroyida Milliy gvardiya orkestri tomonidan namoyish etilgan ijro uni xayratda qoldirganini e’tirof etdi. Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev Amir Jafarga bir nechta investitsiya loyhalarini taklif etdi, deyiladi xabarda.
105
1,133
Madaniyat
Jeyms Bondning kinodagi ma’shuqalaridan biri vafot etdi
Myunxenda aktrisa Karin Dor 79 yoshda vafot etdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda. Aktrisaning o‘g‘li 2016-yil yozida Dor xonim ko‘chada kolyaska sudrab ketayotgan boshqa bir ayol bilan to‘qnashib, yiqilganini aytdi. Dastlabki tekshiruv unda jiddiy jarohatlar qayd etmadi, ammo bahorda aktrisaning ahvoli yomonlashdi. Aktrisa Myunxendagi qariyalar uyida vafot etdi. Karin Dor, Bond girl in 'You Only Live Twice,' dies at 79 https://t.co/GBBOEeS7OU pic.twitter.com/1jGC9S4Efx — The Hollywood Reporter (@THR) November 8, 2017 Karin Dor Jeyms Bond haqidagi filmlarda afsonaviy agentning ma’shuqasi sifatida suratga tushgan yagona germaniyalik aktrisa bo‘lib qolmoqda. U 1967-yili “bondiana”ning “Faqat ikki marta yashaysan” nomli beshinchi filmida Shon Konneri bilan birga suratga tushgan. Jami u 50 dan ortiq rolni ijro etgan.
55
831
Madaniyat
Jeki Chan Ostonada lyuks avtomobil o‘rniga, shaharda do‘stlari bilan yurish uchun miniven so‘ragan
Bir hafta avval Ostonaga tashrif buyurgan mashhur aktyor Jeki Chan lyuks avtomobildan voz kechdi va hech qanday rayder (artist, musiqachi yoki ijodiy kollektiv tadbir tashkilotchilariga qo‘yadigan talablar va shartlar ro‘yxati)ni qo‘ymadi, deb yozadi Kazakhstan Today. “Shunisi hayratlanarliki, uning Ostonaga tashrifi bizga hech qanday xarajatlarni yuklamadi! U o‘z samolyotida do‘stlari bilan uchib keldi, hech kim unga gonorar to‘lamadi, u rayderlarni qo‘ymadi. Hatto lyuks avtomobilda kutib olishdan bosh tortdi va shunchaki do‘stlari bilan shahar bo‘ylab harakatlanish uchun oddiy miniven so‘radi. Ostonadagi mahalliy restoratorlar o‘z kumirini qabul qilishdan shunchalik xursand ediki, hatto kechki ovqat uchun biz hech narsa to‘lamadik”, — deb yozdi “Qozog‘iston” telekompaniyasi boshqaruv raisi Yerlan Karin. Uning so‘zlariga ko‘ra, taniqli aktyor Qozog‘istonda 1—2 kun mehmon bo‘lishi rejalashtirilgan, ammo tig‘iz grafik tufayli bor-yo‘g‘i yarim kun bo‘lgan. “Esdalik sovg‘alar va hadya tariqasida EKSPO uchun chiptalar biz tomonimizdan qilingan yagona xarajatlar bo‘ldi. Jeki ajoyib, juda kamtar, xushfe’l, samimiy va quvnoq odam. Birga suratga tushmoqchi bo‘lganlarning deyarli hech birini rad qilmadi, hazil-huzul qildi va kuldi”, — deb yozdi Karin. 7-iyun kuni Qozog‘iston media markazi konsert zalida Xitoy kinosi festivali ochilishi bo‘lib o‘tdi. Ochilish marosimida Jeki Chan “Kung-fu yoga” filmini taqdim etdi. Unda aktyor Jeki ismli xitoylik arxeolog rolini ijro etgan.
98
1,489