folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Madaniyat
Shahzoda 6 yil “zapret”da bo‘lishiga aslida otasi sabab bo‘lgani haqida so‘zlab berdi
Xonanda Shahzoda “Milliy TV” telekanalining “Nishonda” ko‘rsatuviga bergan intervyusida ilk marta 6 yillik “zapret” sabablari haqida gapirdi. Ko‘rsatuv boshlovchisining “ ‘Zapret’ga tushishingizga otangiz sababchi bo‘lganmi?” degan savoliga Shahzoda “ha” deb javob bergan. “Bu aslida siyosiy taqiq edi. Biz undan munosib tarzda o‘tib oldik. Taqiq 6 yil davom etdi. Bu paytda men Rossiya shou-biznesida faol ishladim. Ko‘pchilik Rossiyaga ketganimdan keyin menga taqiq qo‘yilgan deb o‘ylaydi, yo‘q bunday emas. Shunchaki, menga O‘zbekistonda taqiq qo‘yilganidan keyin, Rossiyadan juda ko‘p takliflar kela boshladi va men bundan unumli foydalandim. Umuman olganda, bugun o‘sha kunlar haqida shunday deyman: Olloh bitta kichkina narsani bizdan olsa, o‘rniga katta narsani beradi. Bizning hayotimizga nisbatan uning o‘z rejalari bor. Mehnat, sabr va oldinga qo‘yilgan maqsad bir kuni samarasini beradi”, — deydi Shahzoda. Xonanda, shuningdek, oilasi haqida ham ma’lumot berdi: “Ota-onam ajrashib ketishgan. Otam falsafa fanlari doktori, ular butun umr partiyada ishlagan. U dastlab nomzodlik dissertatsiyasini, keyin doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. Biz muntazam ravishda ko‘chib yurardik. Men Moskvada o‘qiganman, shuning uchun rus tilida gapirish menga qulayroq. Onam rus tili va adabiyoti o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan. Hozir onam men bilan yashaydi, otam alohida o‘zi yashaydi. Yana akam bor, u ham oilali”, — deydi xonanda. Avvalroq Munisa Rizayeva Gulnora Karimovaning “zapret”idan so‘ng o‘zini osib o‘ldirmoqchi bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
85
1,555
Madaniyat
Lola Ahmedova: Singlim “shokdaman” deydi, menga esa “nahotki siz bunga yo‘l qo‘ydingiz” deyishmoqda (video)
“O‘zbekkonsert” xonanda Shahlo Ahmedovaning “Letniye dojdi” deb nomlangan video klipida “Milliy ma’naviyatimizga yot bo‘lgan, tomoshabinlarning e’tiborini jalb etish uchun xalqimiz mentalitetiga zid, sharqona odob-axloq me’yorlariga to‘g‘ri kelmaydigan harakatlardan ham tap tortmay, yigit va qizning ishqiy kechinmalarini ochiq-oshkora ifoda etib, buni andishasizlarcha tasvirga olib keng ommaga namoyish etgan”i uchun litsenziyasini bekor qilgan edi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Lola Ahmedova jurnalist Feruz Muhammadga bergan intervyusida singlisi Shahlo Ahmedova klipni o‘zbek telekanallarida efirga berish niyati bo‘lmagani va o‘ziga ham muxlislar tomonidan tana toshlari otilayotgani haqida gapirib berdi. Shahlo ‘men bunday bo‘lishini kutmagan edim’, deydi. Bilasizmi, Shahlo har bir narsani juda ham to‘g‘ri tushungani, fikrlagani uchun ‘men bu narsani kutmagan edim, haqiqatan men shokdaman, nimaga bunaqa bo‘ldi ekan’, deydi. Vaholanki men bu klipni suratga olganim bilan, klipni o‘zbek telekanallarida efirga berish niyatim yo‘q edi. Shunchaki o‘zimni Youtube’dagi kanalimda namoyish qildim, xolos, demoqda. Hayron qoldim, nega buncha tanqidlar, yomon ko‘rishlar bo‘lmoqda. Hattoki menga ham shuni orqasidan tana toshlari otilmoqda, ‘nahotki Lolaxon sizning xabaringiz yo‘q, nahotki siz bunga yo‘l qo‘ydingiz’, degan tana toshlari menga ham otildi. Lola Ahmedova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist
107
1,426
Madaniyat
Putin haqidagi yangi klip internetda ommalashib ketdi (video)
Rossiyalik qo‘shiqchi Mashani Vladimir Putin haqidagi “Mening Putinim (Rossiya−Ukraina” deb nomlangan yangi klipini taqdim etdi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”. Klipda qiz ikki xil ko‘rinishda chiqib, Rossiya va Ukrainani tasvirlaydi. “Rossiya-qiz” dalada erkin sayr qilib, Putin haqida quvonch bilan kuylaydi. “Ukraina-qiz” esa yerto‘lani eslatuvchi joyda yordamga chaqirayotgandek qayg‘uda o‘tiradi. Klip bir sutkadan kamroq vaqt ichida YouTube’da 700 ming martadan ko‘p ko‘rilgan. Xizmat foydalanuvchilari klip ostiga 6 mingdan ortiq izoh qoldirgan.
61
561
Madaniyat
BMT korrupsiya bo‘yicha ayblovlarga qaramasdan Di Kaprio bilan hamkorlikni to‘xtatmaydi
BMT kotibiyati korrupsiyaga aloqadorlik bo‘yicha ayblov e’lon qilingan amerikalik aktyor Leonardo Di Kaprio bilan hamkorlikni to‘xtatishni rejalashtirmayapti. Bu haqda BMT bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik jurnalistlarga ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”. U tashkilot Gollivud aktyorining iqlim o‘zgarishlari oqibatlari bilan kurashish bo‘yicha harakatlarini olqishlashini bildirdi. “Jamoatchilik axborotlari departamentidagi hamkasblarning ma’lum qilishicha, Di Kaprioning jamg‘armasi AQShning tegishli organlari bilan hamkorlik qiladi va biz uning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha kurashdagi xizmatlarini olqishlashda davom etamiz”, — dedi Dyujarrik. Eslatib o‘tamiz, BMTning iqlim bo‘yicha elchisi Di Kaprio 1MDB Malayziya davlat jamg‘armasining qalloblik ishlariga aloqadorlikda gumon qilinmoqda.
87
805
Madaniyat
Venetsiya kinofestivalida Mel Gibsonning yangi filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi
Tanlovdan tashqari dasturning asosiy premyerasi, taniqli amerikalik aktyor Mel Gibsonning yangi rejissorlik ishi — “Vijdon amri bilan” (Hachsaw Ridge) filmi 73-Venetsiya kinofestivalida 4-sentabr, yakshanba kuni namoyish etildi, deb yozadi “TASS”. Gibsonning so‘nggi filmi — “Apokalipsis” (Apocalypto) chiqqanidan buyon roppa-rosa o‘n yil o‘tdi. Bu vaqt davomida Gibson faol tarzda suratga tushishda davom etdi. “Vijdon amri bilan” — uning “Iso ehtiroslari” (The Passion of the Christ, 2004), “Sheryurak” (Braveheart, 1995), “Yuzsiz odam” (Man Without a Face, 1993) va “Apokalipsis”dan keyingi beshinchi rejissorlik ishi. Film urush qahramoni, Hurmat Medali sohibi, real personaj Desmond Doss haqida hikoya qiladi. U ma’naviy mulohazalarga ko‘ra, shu jumladan, diniy e’tiqodi yuzasidan, qo‘liga qurol olishdan bosh tortadi va dala shifokoriga aylanib, o‘nlab kishilar hayotini asrab qoladi. Kartina markazidan Ikkinchi Jahon urushining Okinava uchun kurash epizodi o‘rin olgan. Eslatib o‘tamiz, Venetsiya kinofestivalida uning tarixida ilk marotaba serial namoyish etishdi, u rejissor Paolo Sorrentinoning “Yosh papa” seriali bo‘ldi.
76
1,134
Madaniyat
Hindistonda Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashuvdan keyingi tiqilinchda muxlislardan biri halok bo‘ldi
Hindistonda “Bollivud qiroli” nomiga savozor bo‘lgan Shohrux Xon bilan uchrashuvdan so‘ng yuzaga kelgan tiqilinchda bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda 24-yanvar, seshanba kuni The Indian Express ma’lum qildi. Aktyor bosh rolni ijro etgan “Boy” filmi reklama turi doirasida Gujorat shtatining Vadodara shahriga tashrif buyurdi. Muxlislar bilan uchrashuv vokzalda bo‘lib o‘tdi. Shohrux Xon poyezdda keldi va undan tushmasdan, vagon eshiklaridan dastxatlar tarqatdi. Aktyor poyezdda jo‘nab ketgandan keyin uning muxlislaridan iborat olomon chiqish tomonga qarab harakatlandi. Oqibatda yuzaga kelgan tiqilinchda bir kishi — Farid Xon Patxan nafasi qaytib halok bo‘ldi. U vokzalga rafiqasi va qizi bilan kelgan edi. Nashrning ma’lum qilishicha, u “Bollivud qiroli”ning ashaddiy muxlisi bo‘lgan. Aktyor halok bo‘lgan erkakning oilasiga hamdardlik bildirdi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
110
1,022
Madaniyat
“Joker” filmi yulduzi ilk marta ota bo‘ladi
Taniqli aktyorlar Xoakin Feniks va Runi Mara ilk marta ota-ona bo‘ladi, deb yozadi “Korrespondent.net”. Qayd etilishicha, Mara hozirda homiladorlikning oltinchi oyida. Los-Anjelesda yashovchi juftlik bu holga izoh bermagan. Aktyorlar uch yillik munosabatlardan so‘ng 2019-yilda turmush qurgan edi. 45 yoshli aktyor Xoakin Feniks “Gladiator”, “Joker”, “U”, “Ruanda mehmonxonasi” va boshqa filmlarda suratga tushgan. 35 yoshli Runi Mara esa “Iztiroblar girdobida”, “Kerol”, “Ajdarho tatuirovkali qiz” , “U”, “Sharpa tarixi” kabi filmlarda turli obrazlarni yaratgan.
43
564
Madaniyat
Xonanda Alisher Fayz istalgan qo‘shig‘ini qiziqchi Zokir Ochildiyevga berishga tayyorligini ma’lum qildi
Xonanda Alisher Fayzning fikricha, qiziqchi Zokir Ochildiyev nima ish bilan shug‘ullansa ham, mashhur bo‘lib ketadi. Bu haqda u “Bekajon” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi. Gazeta jurnalistining: “Zokir Ochildiyevga qaysi qo‘shig‘ingizni bera olasiz?”, —qabilidagi savoliga, xonanda shunday javob berdi: “Istaganlarini so‘rasinlar, marhamat”. “Men Zokir akani aynan og‘ir botmaydigan gaplarni ayta oladigan qiziqchi sifatida hurmat qilaman. Ba’zi birovlarga o‘xshab oilaga, shaxsiyatga tegmaydi. Shu paytgacha biror hajviyasi dilimni og‘ritmagan, bundan keyin ham og‘ritmasa kerak”, — dedi xonanda.
104
608
Madaniyat
Akmal Saidov: "Kongress O`zbekiston madaniy merosiga befarq bo`lmagan insonlarni birlashtirdi"
O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, asrash va targ`ib etish bo`yicha Butunjahon jamiyatining III xalqaro Kongressi faoliyatining ikkinchi kunida madaniy merosni o`rganish, saqlash va ommalashtirish rejalariga bag`ishlangan Prezidium yig`ilishi bo`lib o`tdi. Uni "O`zbekiston madaniy merosi jahon to`plamlarida" loyihasining tahrir kengashi raisi Akmal Saidov ochib berdi va :
94
379
Madaniyat
“O`zbekiston madaniy merosi – yangi renessans asosi” V xalqaro kongressi ishtirokchilari Shavkat Mirziyoevga murojaat yo`lladi
"Biz, “O`zbekiston madaniy merosi – yangi Renessans poydevori” V Xalqaro kongressi ishtirokchilari, O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, saqlash va ommalashtirish Butunjahon jamiyati a`zolari – madaniyat arboblari, fan va maorif xodimlari, jurnalistlar, kinematografchilar, turli mamlakatlar va tashkilotlarning vakillarimiz, lekin barchamizni Siz rahbarlik qilayotgan mamlakat – O`zbekiston Respublikasi madaniy merosi va tarixiga  umumiy qiziqish va muhabbat birlashtirib turibdi",–deyiladi “O`zbekiston madaniy merosi – yangi renessans asosi” V xalqaro kongressi ishtirokchilarining O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevga yo`llagan murojaatida. Bu yil O`zbekiston salmoqli sana – mustaqilligining 30 yilligini nishonladi. Yubiley o`ziga xos natijalarni sarhisob qilish va kelajakdagi ustuvor vazifalarni  belgilab olish uchun sabab bo`ldi. Mamlakatda, shu jumladan, fan va madaniyat sohasida amalga oshirgan keng ko`lamli va tub islohotlar borasida tutgan yo`lingizni to`liq qo`llab-quvvatlaymiz. O`zbekistonda uchinchi Renessans uchun sharoit yaratishga qaratilgan milliy g`oya, avvalo puxta o`ylangan madaniy siyosatga asoslangani chuqur hurmatga loyiq. Aynan madaniyat mamlakatning tiklanishiga, jamiyat ma`naviyatining yuksalishiga, odamlarning, ayniqsa, yosh avlodning vatanparvarligini tarbiyalashga asos bo`ladi. O`zbekistonda milliy madaniyat sohasidagi tizimli islohotlar tufayli qadimiy yodgorliklarni keng miqyosda tiklash va o`rganish ishlari olib borilmoqda, ilmiy va ma`rifiy ishlar yangi turtki olmoqda, xalq ijodiyoti hamda nomoddiy merosni asrab-avaylash davlat darajasida qo`llab-quvvatlanmoqda. Mamlakatning bu merosni asrab-avaylashga qaratilgan siyosati chindan ham tahsinga sazovor. So`nggi yillarda u keskin o`zgarishlarga duch keldi. Bu Sizdan beqiyos  ulkan kuch talab qilgani rost. Sizning ajdodlar yutuqlariga, ularning tajribasini saqlab qolish va takomillashtirishga bo`lgan shaxsiy e`tiboringiz va hurmatingiz hammamiz uchun namunadir. Siz har yili ilmiy kuchlarni birlashtirishga qaratilgan noyob tashabbuslar bilan chiqasiz. Bu yil mazkur tashabbus Toshkent, Xiva va Nukusda Butunjahon jamiyatining «O`zbekiston madaniy merosi – yangi Renessans poydevori» V Xalqaro kongressi hamda «Markaziy Osiyo jahon sivilizasiyalari chorrahasida» Xalqaro anjumanini birlashtirgan Madaniy meros haftaligini o`tkazish bilan bog`liq. Ushbu Haftalik davomida, Sizning tashabbuslaringiz tufayli, biz amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qildik va istiqboldagi rejalarni kelishib oldik.  Biz, dunyoning turli mamlakatlari – Evropa, Osiyo va Amerikadan kelgan mutaxassislar, Sizning bu sohadagi noyob tashabbuslaringizni har tomonlama qo`llab-quvvatlashga tayyormiz. O`zbekistonning madaniy merosini o`rganish sohasida ish olib borar ekanmiz, har birimiz O`zbekiston hududida bronza davridan boshlab, qadim zamonlardan buyon rivojlanib kelgan eng boy madaniyatning qadr-qimmatiga ishonamiz. Bu mamlakatning eng boy ma`naviy va moddiy merosi jahon sivilizasiyasi uchun abadiy qadriyatdir. Anjuman biz uchun merosni o`rganish va asrab-avaylash jarayonini yangi zamonaviy bosqichga olib chiqadigan yangi g`oyalar va maqsadlarga turtki bo`ldi. Butunjahon jamiyati Sizning tashabbuslaringizni qo`llab-quvvatlashga astoydil intiladi. So`nggi yillarda bizning Jamiyat yuzlab nashriyot, tadqiqot, ommaviy axborot vositalari va ilmiy-ma`rifiy loyihalarni, jumladan, «O`zbekiston madaniy merosi» turkumidagi ellik jildli rasmli kitob-albomlarninashr etish bo`yicha keng ko`lamli loyihani amalga oshirdi. Davlat ko`magi tufayli bu jildlar har biri o`n ming nusxada nashr etiladi hamda O`zbekistonning ilmiy va o`quv muassasalariga, shu jumladan umumta`lim maktablariga tekin tarqatiladi. Dunyo muzeylaridagi O`zbekistonning madaniy merosi haqida hikoya qiluvchi ushbu turkum ustidagi ishlar, hujjatli va badiiy filmlar yaratish, ilmiy anjumanlar o`tkazish, meros yodgorliklarini o`rganish bilan bog`liq boshqa sohalardagi loyihalarni amalga oshirish davom etmoqda. Sizni ishontirib aytamizki, biz avvalgidek mamlakatingiz merosini asrab-avaylashga o`z hissamizni qo`shishga tayyormiz. Umid qilamizki, bizning tajribamiz, kuchimiz, O`zbekistonning madaniy tiklanishiga  yordam berishga ishtiyoqimiz Siz olib borayotgan islohotlarga, yangi Renessans davriga, O`zbekiston xalqlarining baxti va farovonligiga hissa qo`shadi!  Sizga, muhtaram Shavkat Miromonovich, ko`p qirrali faoliyatingizda, mamlakatni isloh qilish, Yangi O`zbekistonni yaratish borasidagi ulkan va muhim ishingizda yangidan yangi yutuqlar tilab qolamiz!  O`zbekiston Respublikasi xalqlariga farovonlik va tinchlik tilaymiz!  O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, saqlash va ommalashtirish Butunjahon jamiyati a`zolari, «O`zbekiston madaniy merosi – yangi Renessans poydevori» V Xalqaro kongressi ishtirokchilari 2021 yil, 14 sentyabr, Toshkent shahri.
126
4,843
Madaniyat
“101 vatandosh izidan” ekspedisiyasi davom etmoqda
“101 vatandosh izidan” loyihasi ishchi guruhining O`zbekiston — Germaniya — Niderlandiya — Polsha — Belarus — Rossiya —O`zbekiston yo`nalishi bo`yicha ekspedisiya davom etmoqda. Ekspedisiya a`zolari Berlin, Shtukenbrok (Germaniya), Amsterdam, Amersfort (Niderlandiya) shaharlarida bo`lishib, Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g`alabaga o`z hissasini qo`shgan o`zbek o`g`lonlari shaxsini aniqlashga qaratilgan o`rganishlar olib borishmoqda. Xususan, Germaniyadagi Shtukenbrok qabristonida dafn etilgan 3 nafar vatandoshimiz shaxsi aniqlandi. Ular: 1. (Saodarov Nurali) Safarov Nurali Safarovich 2. (Avizub Bagron) Avezov Bahron 3. (Ruzmet Atrachman) Ruzmetov Abdurahmon 2020 yilning 11 fevral kuni ekspedisiya a`zolari Amersfort shahri yaqinida dafn etilgan 101 noma`lum askar qabrlarini ziyorat qildilar. U erda kam sonli shaxsi aniqlangan urush qurboni — navoiylik askar Saidqul Qahhorov qabriga uning Nurota tumanidagi hovlisidan keltirilgan turpoq qo`yildi. Shuningdek, Toshkent shahridagi Xotira bog`iga qo`yish uchun o`zbeklar dafn etilgan ushbu qabristondan ramziy tuproq ham olib ketildi.
50
1,112
Madaniyat
Umid Shahobov ijodidagi tanaffus, shou-biznesdan zerikkani va noma’lum kasallikdan qiynalgani haqida gapirib berdi (video)
“Farishtam endi yo‘q”, “Faryod”, “Olib ketaman” kabi xit qo‘shiqlari bilan mashhurlikka erishgan, so‘nggi yillarda shou-biznes olamida ko‘rinmay qolgan xonanda Umid Shahobov “Daryo” internet-nashriga intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi. Umid Shahobov suhbat davomida ijodidagi tanaffus, shou-biznesdan zerikkani va noma’lum kasallikdan qiynalgani haqida gapirib berdi. Bir ish bilan ko‘p shug‘ullanib yuborsam, zerikib qolaman. Ochig‘ini aytaman, aldab nima qilaman, san’atdan sal zerikdim. Bir xil odamlar “san’atdan ham zerikadimi odam, demak ichingdagi o‘zing xohlagan kasbing boshqa ekanda”,  deyishadi. Bilmadim. Bu sohaga qiziqishim to‘qqiz yoshimda boshlangan. Juda qiziqqanman. O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga o‘qishga ham kirganman. Mustaqil ijodimni 1999-yilda boshlagan. “Balki 9 yoshimdan buyon san’atda bo‘lganim uchun zerikkandurman. Xalqimizda ham san’atga nisbatan avvalgidek qiziqish yo‘q. Bo‘lar-bo‘lmas qo‘shiqlar ham ko‘paydi. Vatanga, oilaga muhabbat haqida, jiddiy mavzularda ijodlar kamayib ketdi. Tarbiyaviy qo‘shiqlar kamayib ketdi. Sayozlashib ketdi. Balki shundan so‘ng hafsalam pir bo‘lib, ijod qilgim kelmay qolgandir. Bundan tashqari oilaviy muammolar ham bo‘ldi. Har bitta oilada o‘ziga yarasha muammolar bo‘ladi. Bu dunyo mashaqqatdan iborat bo‘lgani uchun, hech bir narsa tekis ketmaydi. Depressiyaga tushgan vaqtlarim ham bo‘ldi. Sog‘lig‘imda muammolar bo‘ldi. 3-4 yil yuragim bog‘zimga tiqilib yurgandek, nafasim tiqilib, yurak notekis urayotgandek bo‘lib yurdi. Buni aytmoqchi emasdim, lekin shunaqa holatlar bo‘ldi. Bu holat 2015-yillarga to‘g‘ri keladi. To‘ylarga borganimda ovoz kuchaytirgichning ovozidan yuragim teskari urayotganga o‘xshab, nafasim tiqilib qolardi. Qo‘shiqlarning avjida boshlarim aylanib ketib, yiqilmaslik uchun, musiqa asboblarini ushlab olardim. O‘zimcha bu holatni o‘tish davrida bo‘ladigan vaziyat deb o‘yladim. Yoshi ulug‘ insonlar ham “o‘ttizning oxiri, qirq yoshning boshlarida insonda o‘tish davri bo‘ladi”, deyishardi. Shifokorlarga qon bosimimni o‘lchatib, yuragimni tekshirtiraman, ularning hammasi “yaxshisan”, deyishardi. “Hozir o‘lib qolaman”, degan vahimalar ham bo‘lgan. Buni tibbiyot tilida fobiya deb atashar ekan. Ibodatda bo‘ldim, hech qanday dori-darmonsiz bu davrni o‘tkazib oldim. Hozir Allohga shukr, sog‘ligim joyida. Umid Shahobov, xonanda Ma’lumot uchun, Umid Shahobov 1976-yil, 7-noyabr kuni Toshkent shahrida dunyoga kelgan. O‘zbekiston davlat konservatoriyasining “An’anaviy xonandalik va ijrochilik” yo‘nalishini tugatgan. “Shuhrat” medali sohibi. 300 ortiq mualliflik qo‘shiqlari bor. Oilali, uch farzandning otasi.
122
2,653
Madaniyat
Nazarboyev xonanda Batirxan Shukenov vafoti munosabati bilan uning oilasiga ta’ziya bildirdi
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev taniqli musiqachi, estrada xonandasi va bastakor Batirxan Shukenovning vafoti munosabati bilan uning qarindoshlari va yaqinlariga hamdardlik telegrammasini jo‘natdi, deya xabar bermoqda “Nur.kz”. Telegrammada ta’kidlanishicha, Shukenov har tomonlama iqtidorliligi, yuqori ijrochilik mahorati va shaxsiy xislatlari tufayli millionlab tinglovchilar mehriga sazovor bo‘lgan. “Bunday odamning tasodifiy vafoti barchada chuqur o‘kinch hissini uyg‘otadi. Uning yorqin ismi uning ijrosidagi qo‘shiqlar kabi xalqimiz xotirasida mangu yashaydi”, — deyiladi telegrammada. Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonlik taniqli xonanda, “A-Studio” guruhining sobiq solisti Batirxan Shukenov 52 yoshida vafot etdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, xonanda infarktdan vafot etgan. Fojianing boshqa tafsilotlari ma’lum emas.
92
838
Madaniyat
Qizil salla muammosi. “Qo‘qon shamoli” tarixiy filmi rejissori Xurshid Davronning “chala mulla” degan e’tiroziga munosabat bildirdi
O‘zbekiston xalq shoiri Xurshid Davron o‘zining Facebook’dagi sahifasida rejissor Dilmurod Masaidov tomonidan suratga olingan “Qo‘qon shamoli” tarixiy filmi haqida post qoldirgan. “Qo‘qon shamoli” tarixiy filmi posteri. Ushbu post orqali Xurshid Davron “Amir Umarxon qizil bosh, shia bo‘lganmi, shia emas, sunniy bo‘lsa nega uning sallasi qizil?” mazmunidagi savollarni o‘rtaga tashlab, film ijodkorlarini “chala mulla”likda ayblagan. “Qo‘qon shamoli” tarixiy filmining rejissori Dilmurod Masaidov jurnalist Feruz Muhammadga bergan intervyusida ushbu e’tirozlarga quyidagicha munosabat bildirdi. Bir rang bilan odamning iymoni o‘zgarib qolmaydi. Ustoz Xurshid Davron avval filmni ko‘rsinlar, agar shunda ham fikrlarini o‘zgartirmasalar, unda mayli. Rangdan tashqari shakl-shamoyil degan gap bor, shialarning bosh kiyimi qanday kiyiladi degan savollar bor. Avvalo mana shu savollarni ham odam o‘zi uchun bo‘lsa-da yechib olishi kerak. ‘Qo‘qon shamoli’ filmidagi sallani o‘ralishiga e’tibor qilgan bo‘lsangiz, bu umuman shialarnikiga mos emas, to‘g‘ri ham kelmaydi. Xurshid Davron ‘qizil bosh’ degan gapni ishlatibdilar, u ham noto‘g‘ri deb o‘ylayman. Chunki ‘qizil bosh’ deb aytiladigan narsa umuman boshqa narsa. Ya’ni bu yaxshigina taqriztalab mavzu. Agar kimda shu gaplardan keyin ham savol tug‘ilib qolsa, internetga kirib ‘Eron sultonlarining sallasi’ deb qidirsalar, shia xonlari bosh kiyimini qanday o‘rashi ko‘rsatib qo‘yilgan. So‘z so‘ngida shuni ayta olamanki, men ham o‘z fikrimda qolaman. ‘Qo‘qon shamoli’ filmida umuman mazhablar to‘qnashuvi, yana ham to‘g‘riroq aytsam, shialik umuman yo‘q. Dilmurod Masaidov, “Qo‘qon shamoli” tarixiy-detektiv filmi rejissori
131
1,674
Madaniyat
Farrux Komilov: “Taram-taram”
“Aylandi” taronasidan keyin boshqa xit ashula yaratmagan xonanda Farrux Komilov o‘zining antiqa klipini taqdim etdi. Bu haqda SB.uz sayti xabar bermoqda. foto: shou-biznes.uz Aytish joiz, Farrux klipini yuqorida nomi keltirilgan portalda premyera qilish uchun shaxsan o‘zi taqdim etdi. Aytishlariga qaraganda, “Taram-taram” deb nomlangan yangi taronaga “o‘zbekcha gangnam style” deya ta’rif berish ham mumkin ekan. Mazkur klipning suratga olish jarayonidan taqdim etilgan videoda klip rejissori Sanjar Matkarimov Farruxga raqs o‘rgatayotgan lavhasi ham bor edi. Klip davopmida qo‘g‘irchoqqa aylangan Farrux qizlarning qo‘lida haqiqiy o‘yinchoqqa aylanadi. Yuqori mahorat bilan ishlangan mazkur klipda operatorlik vazifasi ham a’lo darajada bajarilgan. Albatta, Nurimon Sultonxo‘jayevdek mahoratli operatordan bundan boshqacha natija ham kutish mumkin emas, aslida. Klipni yuqorida nomi keltirilgan saytda tomosha qilishingiz mumkin.
29
934
Madaniyat
“Eng yaxshi xorijiy film” yo‘nalishida “Oskar”ga da’vogarlar yakuniy ro‘yxati e’lon qilindi
“Eng yaxshi xorijiy film” yo‘nalishida “Oskar”ga da’vogar filmlarning yakuniy ro‘yxati e’lon qilindi, deb yozadi Meduza. Ushbu yo‘nalishda “Tanna” (Avstraliya), “Bu shunchaki oxir zamon” (Kanada—Fransiya), “Mening yerim” (Daniya—Germaniya), “Toni Erdmann” (Germaniya), “Kommivoyajyor” (Eron), “Qirolning tanlovi” (Norvegiya), “Jannat” (Rossiya) va “Uvening ikkinchi hayoti” (Shvetsiya) va “Qovoqcha hayoti” (Shveysariya) filmlari g‘oliblikka da’vogarlik qilmoqda. 2016-yilda Kinoakademiyaning chet tilidagi eng yaxshi film mukofotiga talabgor 85 ta film ilgari surilgan edi. “Oskar” mukofoti nomzodlari 2017-yilning 24-yanvarida e’lon qilinadi. Mukofotlarni topshirish marosimi 26-fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
91
881
Madaniyat
Kann xalqaro kinofestivalida birinchi marta O‘zbekiston pavilyoni tashkil etiladi
71-Kann xalqaro kinofestivalida ilk marta “Uzbekistan” pavilyoni tashkil etiladi, deya xabar bermoqda O‘zA. Joriy yilning 8—19-may kunlari Fransiyaning mashhur Kruazet sohili bo‘yidagi Festivallar va kongresslar saroyida birinchi marotaba taqdim etiladigan O‘zbekiston pavilyoni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Kinematografiyani rivojlantirish markazi, “O‘zbekkino” milliy agentligi hamda Yosh kinoijodkorlar kengashi tomonidan tashkil etilmoqda. Kinematografiyani rivojlantirish markazi dunyoning birinchi raqamli xalqaro kinofestivali Kann kino bozori direksiyasi bilan shartnoma imzolagan. Har yili tashkil etiladigan kino bozori dunyo kinosi sanoatidagi asosiy madaniy voqealardan biri hisoblanadi. O‘tgan yilning o‘zida mazkur tadbirda jahonning 118 mamlakatidan 12 mingdan ortiq kishi ishtirok etgan va bu ko‘rsatkich yil sayin ortib bormoqda. Pavilyon qatnashchilari kino bozorida turli mamlakatlardan tashrif buyurgan mehmonlarga O‘zbekiston kinoijodkorlarining filmlari hamda mamlakatning boy kino lokatsiyasi haqida ma’lumotlarni taqdim etib, respublikaning madaniy va ma’naviy qadriyatlari bilan ularni yaqindan tanishtiradi. Shuningdek, pavilyonda 2018-yilning oktabr oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan, shu yildan boshlab xalqaro kinofestival maqomini olgan “PROlogue”, yaqinda respublikada tashkil etilgan O‘zbekiston kinokomissiyasi hamda Respublika kinoprokat markazi taqdimoti ham o‘tkaziladi. O‘zbekiston paviloni xalqaro maydonda mamlakat imijini oshirish, kelajakda respublikaning iste’dodli kinoijodkorlarini dunyo miqyosida tanitish, O‘zbekiston kino san’atiga xalqaro hamjamiyat e’tiborini qaratish, shu bilan birga “PROlogue – 2018” kinofestivalida ko‘plab xorijiy mutaxassis va kinoijodkorlarining ishtirokini ta’minlashda katta ahamiyat kasb etadi. Kinematografiyani rivojlantirish markazida tashkil etilgan matbuot anjumanida “O‘zbekkino” milliy agentligi bosh direktori F.Zokirov, Yosh kinoijodkorlar kengashi raisi O.Abdushukurov, Respublika kinoprokat markazi direktori M.Muxtorov mamlakatda san’atning barcha turlari qatori kinematografiyani ham rivojlantirish, soha uchun yangi imkoniyatlar yaratish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.
81
2,203
Madaniyat
Instagram: Otasiga mashina sovg‘a qilgan xonanda, serial uchun sochini kestirgan aktrisa, Ozodbek Nazarbekov bisotidagi eng qadrli narsa nima?
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz. Aktrisa Nigina Anorboyeva “55 ofitser” deb nomlangan serialda organ xodimi rolini ijro etmoqda. Nigina ushbu rol uchun rejissorning talabi bilan imijini o‘zgartirgan hamda uzun sochlarini kaltalatgan. Hosila Rahimova kuzatuvchilariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi. Raqqosa Parizoda oilasi bilan tog‘da dam olayotgani aks etgan videoni sahifasiga joyladi. Shahzoda Muhammedova qaynonasi va qizalog‘i bilan Abu-Dabi shahridagi Shayx Zayd masjidini ziyorat qildi. Taniqli turk oshpazi Burak O‘zdemir o‘zbek milliy pishiriqlaridan tatib ko‘rdi. Bahora Arslonova folloverlariga yaxshi ko‘rgan insonlari bilan ko‘proq vaqt o‘tkazishni maslahat bermoqda. “Mening yurtim” telekanalining taniqli boshlovchi Anvar Azimov onasining yubiley yoshini katta tantana bilan nishonladi. Tug‘ilgan kunda o‘zbek shou-biznesining ko‘plab vakillari mehmon bo‘ldi. Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov bisotidagi eng suyukli, qadrli narsa onasining xotirasi hamda suratlari ekanligini ma’lum qildi. Shahlo Zoirova Andijonda o‘zining kelin liboslari saloni filialini ochdi. Turk kinosining eng yorqin juftliklaridan biri Kadir Dogulu va Neslihan Atagul birga tushgan suratini sahifasiga joyladi. Xonanda Nodir Zoitov 2-fevral kuni “Otam” deb nomlangan qo‘shig‘ini muxlislari e’tiboriga havola etdi. Shuningdek, u o‘sha kuni otasiga Gentra avtomobilini sovg‘a qildi. Ziyoda turmush o‘rtog‘i bilan tushgan arxiv suratini folloverlari bilan bo‘lishdi. O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova “Sevgi” deb nomlangan qo‘shig‘iga ishlangan klipni taqdim etdi. Munisa Rizayeva sozandalari tarkibini yangilaganini ma’lum qildi.
142
1,746
Madaniyat
Arnold Shvarseneggerning o‘g‘li televideniyeda debyut qiladi
Gollivud aktyori Arnold Shvarseneggerning o‘g‘li Patrik televideniyeda debyut qiladi. “TASS” xabariga ko‘ra, unga “Qichqiriq qirolichalari” (“Scream Queens”) serialidan rol tekkan. “Serialning birinchi fasli joriy yilning 22-sentabrdan FOX telekanali orqali namoyish etila boshlaydi”, — deb yozadi ABC telekanali. 21 yoshli Patrik bilan birga mazkur serialda aktrisalar Emma Roberts, Ariana Grande, Jeymi Li Kyortis va aktyor Nik Jonas ham suratga tushgan. “Qichqiriq qirolichalari” seriali qo‘rqinchli filmlar janridagi komediya bo‘lib, mazkur kartinada Patrik Shvarseneggerga aynan qaysi rol tekkanini serial ijodkorlari hozircha sir tutmoqda. Patrik seriallarda ilk bor suratga tushayotganiga qaramay, katta kinoda bir necha rol o‘ynashga ulgurgan. Xususan, 2015-yil oxirigacha uning ishtirokidagi ikki film — AQSh prezidenti Franklin Delano Ruzveltning turmush o‘rtog‘i haqidagi “Qadrli Eleonora” va qo‘rqinchli filmlar janridagi “Skautning zombi-qiyomat yuz bergan vaqtdagi qo‘llanmasi” kartinasi ekranlarga chiqadi. Bundan tashqari, yaqin vaqt ichida Patrik Shvarsenegger yaponiyalik rejissyor Norixido Koizumi tomonidan 2006-yilda suratga olingan “Tun yarmidagi quyosh” romantik melodramasining remeykida ham bosh rolni ijro etadi.
60
1,239
Madaniyat
Navoiyning “Farhod” madaniyat saroyi Toshkentda konsertlar beradi
Navoiy kon-metallurgiya kombinati tasarrufidagi “Farhod” madaniyat saroyi badiiy jamoalari 8-may kuni Toshkentda konsert berdi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda. “Qizilqum javohirlari” deb nomlangan to‘rtta ikki soatlik konsert dasturlari Xotira va qadrlash kuni hamda fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaning 70 yilligiga bag‘ishlangan. Navbatdagi konsert dasturlari 10-may kuni “Turkiston” saroyida bo‘lib o‘tadi. Har bir konsertda 20ga yaqin ijodiy jamoalar 30 sahna ko‘rinishini namoyish etadi. O‘zbekiston poytaxtiga “Farhod” MSning turli ansambllari, guruhlari, raqs va boshqa jamoalaridan 440ga yaqin ishtirokchi kelgan. Toshkentda “Ivushka” xor ansambli, “Nihol” milliy musiqa asboblari orkestri, “Sardoba” va “Shirin” folklor-etnografik jamoalari, “Skaz” rus milliy musiqa asboblari orkestri, “Sado” ansambli, “Sonata” estrada raqs ansambli, “Flesh Dens” zamonaviy raqs ansambli, Xalq akademik kapellasi, “Marvarid” xoreografiya ansambli va boshqa jamoalar o‘z iqtidorini namoyish etadi. Urush va mehnat fronti faxriylari, keksa fuqarolar konsertning asosiy mehmonlaridir. Shuningdek, “Farhod” MSning konsertlariga mehribonlik uylari va turli ijodiy muassasalarning tarbiyalanuvchilari muntazam ravishda tashrif buyurishadi. “Turkiston” san’at saroyi foyesida esa “Farhod” MS ijodiy jamoalari, xususan, Bolalar ijodiyoti markazi qatnashchilarining ishlaridan tashkil topgan tasviriy san’at ko‘rgazmasi bilan tanishish mumkin. Ma’lumot uchun, “Farhod” madaniyat saroyida 75ta ijodiy jamoa faoliyat olib borayotgan bo‘lib, ularga 1,5 ming bolalar va kattalar qatnaydi.
65
1,577
Madaniyat
Gollivud aktrisasi Lili Kollinz “Emili Parijda” serialini suratga olish jarayonida salomatligida muammolar yuzaga kelganini bildirdi
Netflix’ning mashhur “Emili Parijda” serialining bosh qahramoni suratga tushish jarayonida jiddiy muammolarga duch keldi. Sujetga ko‘ra, Emili rolini ijro etgan Lili Kollinz o‘zining yorqin va juda ajoyib liboslari bilan mashhur, bundan tashqari, u qanday mavsum bo‘lmasin, faqat baland poshnali oyoq kiyimlarda yuradi. Ba’zilar uchun, albatta, bu odatiy hol, lekin hatto bitta sahnani suratga olish juda ko‘p vaqt talab qilishi mumkin. Shuning uchun Lili aynan baland poshnali poyabzal tufayli muammolarga uchradi. Aktrisa Jimmi Fellonga bergan intervyusida hatto maxsus ortopedik tagliklar ham ushbu muammolaridan qochishga yordam bermaganini aytib o‘tdi. U suratga tushish paytida og‘riqqa chidashga va keyin shifokor-podiatr — oyoq kasalliklari bilan shug‘ullanadigan tibbiy mutaxassisga murojaat qilishiga to‘g‘ri keldi. “Har hafta suratga tushish paytida og‘riqni biroz yengillashtirish uchun podiatrga tashrif buyurdim. Chunki doim baland poshnada bo‘lishim kerak edi”, — dedi Lili Kollinz.
132
1,000
Madaniyat
Video: O‘zbek shou-biznesi yulduzlari Instagram’da #SafeHands chellenjini boshlab yubordi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adan Gebreyesus koronavirus pandemiyasi paytida qo‘llarni qanday yuvish kerakligi tasvirlangan videoni e’lon qildi. JSST direktori o‘z kuzatuvchilaridan ham qo‘llarini qanday yuvayotgani aks etgan videoni e’lon qilib, #SafeHands chellenjida ishtirok etishni so‘radi. Shundan so‘ng jahon yulduzlari ham o‘z folloverlariga qo‘lni qanday to‘g‘ri yuvish kerakligini o‘rgata boshladi. O‘zbek shou-biznesi vakillari ham o‘z Instagram sahifalari orqali mazkur chellenjni qo‘llab-quvvatlamoqda. View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram
89
850
Madaniyat
Leonardo Di Kaprioning 19 mln dollarlik uyiga fotoekskursiya uyushtiramiz (foto)
Bugun taniqli Gollivud aktyori Leonardo Di Kaprioning sohil bo‘yida joylashgan shohona uylaridan biriga virtual ravishda sayohat qilishingiz mumkin. “Milliarder” nashri yozishicha, ushbu uyning narxi 19 million dollarga teng.
80
225
Madaniyat
Instagram: “Mendirman” klipidagi aktyor yosh aktrisaga uylandi, Jahongir Otajonovning muhokamaga sabab bo‘lgan surati
23-oktabr kuni jahon va o‘zbek san’ati yulduzlarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. Munisa Rizayeva hayotidagi eng yaxshi tug‘ilgan kunini nishonlaganini ma’lum qildi. View this post on Instagram Shahlo Ahmedova folloverlariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi. View this post on Instagram Xonanda Malika Ravshanova onasi bilan. View this post on Instagram Nilufar Usmonova buvisining suratini sahifasiga joyladi. View this post on Instagram Asal Shodiyeva o‘g‘li Muhammad Yusufning yuzi ko‘rinmagan videosi bilan bo‘lishdi. View this post on Instagram Yulduz Rajabova Istanbul shahridan muxlislariga ko‘rinish berdi. View this post on Instagram Ozodbek Nazarbekovning “Mendirman” qo‘shig‘i klipida Jaloliddin Manguberdi obrazini gavdalantirgan aktyor Mirkamol Qoraboyev yosh aktrisa Yulduz Payziyevaga uylandi. View this post on Instagram Ozoda Nursaidova va “Bravo”chi Shahlo Qashqadaryoda to‘yda xizmatda uchrashib qoldi. View this post on Instagram Jahongir Otajonov yuzi yashirilgan qiz bilan tushgan surati muhokamalarga sabab bo‘ldi. Xonandaning muxlislari undan qizning kimligini so‘ragan, biroq u javob bermagan. View this post on Instagram
117
1,353
Madaniyat
O‘zbekiston “Design Miami/Basel” xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda
Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi 14-19-iyun kunlari Shveysariyaning Bazel shahrida o‘tkazilayotgan o‘n oltinchi “Design Miami/Basel” ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda. Bu haqda jamg‘arma axborot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ko‘rgazmada Toshkent shahridagi Zamonaviy san’at markazini renovatsiya qilish bo‘yicha yangi konsepsiya bilan qatnashmoqda. Mazkur konsepsiya “Studio K.O.” fransuz arxitektura byurosi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Ushbu arxitektura byurosining shtab-kvartirasi Parij va Marokashda joylashgan. Jamg‘arma maxsus loyihalar doirasida tashrif buyuruvchilarga g‘ishtdan qurilgan va dizel elektr stansiyasi sifatida ishlatilib, Toshkentdagi ilk tramvay liniyasini elektr toki bilan ta’minlagan 1912-yilgi binoning “Studio K.O.” tomonidan ishlab chiqilgan me’moriy konsepsiyasini namoyish etadi. Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyevaning ta’kidlashicha, zamonaviy san’at markazi O‘zbekiston madaniy infratuzilmasining asosiy elementlaridan biridir. “Ko‘plab xalqaro loyihalar va milliy merosga hurmat bilan yondashgan holda qiziqarli konsepsiyalar ishlab chiqish tajribasiga ega yetakchi arxitektura studiyasi bilan hamkorlik qilishdan mamnunmiz. Birgalikda madaniyat muhiti, Toshkentning ijodkor hamjamiyatini gullab-yashnash imkonini beruvchi ko‘plab tashabbuslarimizni amalga oshirish uchun makon yaratamiz. Zamonaviy san’at markazi dunyoning madaniy xaritasidagi eng muhim nuqta, butun dunyodan ishtirokchilar va mehmonlar uchun ochiq bo‘lgan xalqaro hamkorlik platformasi bo‘ladi”, — deydi Saida Mirziyoyeva. Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ijrochi direktori Gayane Umerovaning qayd etishicha, zamonaviy san’at markazi jamg‘arma tashabbusi bilan tashkil etilgan. “Markaz ilk bor 2019-yilda ochilgan va Toshkent madaniy hayotining diqqatga sazovor markaziga aylandi. Bu yerda poytaxtning madaniy hayotini shakllantiradigan ko‘rgazmalar, ma’ruzalar, ochiq suhbatlar va taklif etilgan rassomlar bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi. Markazda bo‘lib o‘tgan tadbirlarda Fransiya, Italiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Norvegiya, Singapur, AQSH, Rossiya va O‘zbekistondan rejissyorlar, rassomlar, kuratorlar, muzey xodimlari, me’morlar, madaniyat muassasalari rahbarlari faol qatnashgan. Shuningdek, markaz Moskvadagi “Garaj” zamonaviy san’at muzeyi, “Aga Khan Trust for Culture” va “Aga Khan Music Initiative” madaniyat jamg‘armasi, Parijdagi “Pompidu” san’at va madaniyat markazi, Singapurdagi zamonaviy san’at markazi va Britaniyaning “Tate Modern” galereyasi bilan uzoq muddatli hamkorlik loyihalarini amalga oshiradi. Jamg‘arma tomonidan Toshkent shahrining bir qancha mahallalarida ham san’at maskanlari, ya’ni art-rezidensiyalar barpo etish rejalashtirilgan. Rassomlik, haykaltaroshlik, kulolchilik, to‘qimachilik, kino, 3D kabi turli fan va yo‘nalishlar bilan ishlash bo‘yicha seminarlar tashkil etiladi. Ta’lim dasturi doirasida markazning asosiy binosida ijodkorlarning malakasini oshirish bo‘yicha maxsus dasturlar ishga tushiriladi. Markaz O‘zbekistonda ekologik va innovatsion madaniy muhitni yaratishga yordam beradi”, — deydi Gayane Umerova. Ma’lum qilinishicha, “Design Miami/Basel”– 30 dan ziyod xalqaro galereyalar va dizaynerlarni birlashtirgan yetakchi dizayn ko‘rgazmasi hisoblanadi. U odamlarni g‘ayrioddiy kolleksiya dizaynlari, arxitektura loyihalari va ommaviy muhokamalar orqali birlashtiradi.
71
3,493
Madaniyat
Muvaffaqiyat uchun “hamma narsasi bor” Abxishek Bachchan. Ayshvariyaning turmush o‘rtog‘i 43 yoshga to‘ldi
Bugun, 5-fevralda muxlislarga “Tezlik ”, “Hech qachon alvido demang” va boshqa ko‘plab filmlardagi roli bilan taniqli, hind aktyori Abxishek Bachchan tavallud topgan. Bollivud kinoindustriyasida o‘ziga yarasha o‘rni bo‘lgan Abxishek 43 yoshga to‘ldi. Quyida filmografiyasidan ko‘ra Amitabx Bachchanning o‘g‘li va Ayshvariya Rayning turmush o‘rtog‘i ekaniga ko‘proq urg‘u beriladigan aktyorning biografiyasiga nazar tashlaymiz. U 1976-yil Mumbayda yulduzli oilada dunyoga kelgan. Shveysariyadagi maktabni tamomlagach, Boston universitetining iqtisodiyot va biznes fakultetida o‘qigan. Ta’lim olayotgan sohasiga qiziqish bo‘lmay, yoshligidan o‘sib-ulg‘aygan muhit — san’atni tanlagan. Universitetning ikkinchi kursida o‘qishni tashlab, kelajakda ota-onasi kabi aktyor bo‘lishga qaror qilgan. Ota-onasi avvaliga uning bu yo‘lni tanlashini yoqlamagan, keyinchalik bo‘lsa farzandlari tanlovini hurmat qilgan holda o‘z taqdirini mustaqil hal qilishiga qarshilik ko‘rsatmagan. 2000-yilda suratga olingan “Qochoq” filmidagi rol kichik Bachchanning debyuti bo‘lgan. Shundan keyin boshqa rejissorlardan keyingi filmlar uchun taklif kuta boshlagan. Biroq keyingi filmlar unchalik mashhur bo‘lmagan. Oradan 3 yil o‘tib suratga olingan “Banti va Babli” esa uning darhaqiqat, iste’dodli ekaniga isbot bo‘lgan hamda kinotanqidchilarning ijobiy baholariga sababchi bo‘lgan. Kinotanqidchi Taran Adarshning aytishicha, Abxishekda aktyorga kerak bo‘lgan hamma jihat bor. U iste’dodni, tashqi ko‘rinishni yoki otasining obro‘sini nazarda tutadimi, bu bizga qorong‘u. Aktyorning “Tezlik” va “Hech qachon alvido demang” filmlardagi ijrosini, hech ikkilanmay, karyerasidagi eng muvaffaqiyatli rollardan, undan keyingilarini esa u qadar omadli emas, desa ham bo‘ladi. Abxishekning jurnalistlarga bergan intervyusiga ko‘ra, u eng muvaffaqiyatli rollarni kelajakda ijro qilishiga ishonadi. Abxishek, Raj Kapurning nabirasi, aktrisa Karishma Kapurning qo‘lini so‘raganiga qaramay, munosabatlar to‘ygacha yetib bormagan, unashtiruvning o‘zi bilan cheklangan. Bu esa, o‘z navbatida, oilalar o‘rtasidagi do‘stlik aloqasining yomonlashishiga sabab bo‘lgan. Karishmaning singlisi Karina Kapur bu voqealardan keyin Abxishek bilan bir filmda suratga tushishni istamagan. Ayshvariya Rayga nisbatan iliqlikning paydo bo‘lishi esa aksari shou-biznes vakillari bilan yuz beradigan klassika, ya’ni suratga olish maydonchasida boshlangan. Tabiiyki, unga qadar ham juftlik o‘zaro tanish bo‘lgan, lekin u paytlarda ikkovining ham hayotida boshqa-boshqa odamlar bo‘lgan. Boshlangan munosabatlar turmush qurish bilan yanada mustahkamlandi. Juftlikning nikoh to‘yi 2007-yil 20-aprelda Mumbayda bo‘lib o‘tgan. Ular 2011-yil 16-noyabrda farzandli bo‘lgan va unga Aaradxiya deb ism qo‘ygan. Abxishek Bachchanning filmografiyasida bugungi kunda ellikdan ortiq turli janrdagi filmlar bor. Shuningdek, u Filmfare Award mukofotining 3 karra sovrindori hisoblanadi.
106
2,921
Madaniyat
Rayhonning turmush o‘rtog‘i Farhod Alimov nikoh marosimi imi-jimida o‘tishiga umid qilgandi
“Darakchi.uz” xonanda Rayhon bilan oila qurgan boshlovchi Farhod Alimovning “19.09” ko‘rsatuviga bergan intervyusini chop etdi. Unda Alimov o‘zi haqidagi gap-so‘zlardan charchagani haqida aytgan. Ko‘rsatuv avvalida esa boshlovchidan shaxsiy hayotiga oid savollar bermaslikni so‘ragan. “To‘g‘risini aytsam, ijtimoiy tarmoqlardagi mantiqsiz muhokamalardan charchadim. Eng asosiysi — biz baxtlimiz. Boshqa narsani muhokama qilishni istamayman. Sevishni biladigan har bir inson baxtli bo‘lsin”, — dedi Alimov. “Rayhonga yanada mashhurroq bo‘lish uchun uylandi, deyishdi. Aslida men 2008-yildan buyon kliplarda suratga tushaman. Shuning uchun shaxsiy hayotim bilan o‘zimga piar qilishni istamayman, men shunchaki baxtli bo‘lishni istayman. Baxtli bo‘lishga esa hammaning haqqi bor!” “Ochig‘ini aytsam, nikoh marosimi imi-jimida o‘tadi, deb o‘ylagandim. Biroq, bunday bo‘lmadi, u haqda hamma gapirdi. Biz uni hammaga e’lon qilmadik. Nikoh oshiga yaqin do‘stlarimizni taklif etdik. Ular bizga baxt tiladi. Ba’zida esa ijtimoiy tarmoqlar orqali qo‘shtirnoq ichida ‘baxt’ tilaganlar ham bo‘ldi”. Ma’lum bo‘lishicha, Farhod Alimov avvaliga iqtisodchi bo‘lgan, keyin esa o‘z kasbini almashtirgan. “Men 1998 yilda Toshkent davlat agrar universitetining iqtisodiyot fakultetini tamomlaganman. O‘z sohamda bankning kredit bo‘limida roppa-rosa bir yil ishladim. Shundan so‘ng bu soha men uchun emasligini anglab yetdim va kasbimni o‘zgartirdim. Raqamlarni yoqtirmayman, menga musiqa, shou-biznes olami yoqadi”. Suhbat davomida o‘zining birinchi turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgan Farhod Alimov ikki inson o‘rtasida muhabbat bo‘lishi kerakligi haqida aytdi: “Oila mustahkam bo‘lishi to‘yning qanday o‘tishiga bog‘liqmas. Dabdabali to‘y baxt garovi emas. Turmush qurishdan avval siz bir-biringizni sevishingizni aniqlab olishingiz kerak. Shundan so‘nggina to‘yga taraddud ko‘rish mumkin. Ba’zan hayotda shunday bo‘ladiki, shoshilinchda turmush qurishadi, to‘y qilishadi. Oradan bir yil o‘tgach esa, bir-biriga to‘g‘ri kelmasligini tushunib yetadi. Shuncha tayyorgarlik, tashvishlar nimaga kerak edi? Shuning uchun hammasi ikki insonning o‘ziga bog‘liq. Men ikki inson o‘rtasida muhabbat bo‘lishi kerak, deb hisoblayman”.
91
2,202
Madaniyat
Turkiyalik teleprodyuser O`zbekiston ziyorat turizmi targ`ibotiga bag`ishlangan ko`rsatuv suratga olmoqda
Turkiyaning TRT telekanali prodyuseri, ziyorat turizmi bo`yicha mashhur bloger Serdar Tunjer boshchiligidagi targ`ibot guruhi tomonidan “Oltin silsila halqasi bo`ylab" ko`rsatuvi suratga olinmoqda. Bu haqda Turizm va sport vazirligi Matbuot xizmati xabar qildi.  Bu borada Turizm va sport vazirligi ziyorat turizmi departamenti, Turizm va sport yo`nalishi mutasaddilari hamda soha mutaxassislari ishtirokida O`zbekistonga tashrif buyurgan mazkur guruh bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda prodyuser Serdar Tunjer o`zining 10 kunlik dasturini Surxondaryo viloyatidagi Alauddin Attor ziyoratgohidan boshlab, keyinchalik Samarqand viloyatida Imom al-Buxoriy, Imom al-Moturidiy, Xo`ja Ahrori Valiy, Buxorodagi Said Amir Kulol, Bahouddin Naqshband majmualaridan onlayn translyasiyalarni shaxsiy YouTube kanali orqali davom ettirayotganligi haqida ma`lum qildi. "Ushbu loyihamizni o`tgan yilning oxirida Tojikistondagi Yoqub Charxiy ziyoratgohidan boshlab, bugunga qadar mamlakatingizning ko`plab ziyorat maskanlarida bo`ldik. O`zbekiston haqida gapirar ekanman, bu erda ham sayohat ham ziyorat qilish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Dunyoning eng go`zal maskanlarida joningiz rohatlanishi mumkin, biroq ruhingiz orom olishi uchun birgina Buxoroga tashrif buyursangiz bo`lgani",-dedi Serdar Tunjer o`z intervyusida. Bundan asosiy maqsad “Oltin silsila halqasi”dagi muborak zotlar ziyoratgohlarining turistik salohiyati, ularning ilmiy merosi, jahon tamaddunida tutgan beqiyos o`rni to`g`risida Turkiya telekanallarida targ`ib qilishdan iborat. Xususan, bu borada xorijiy mamlakatlardan ziyoratchilarni jalb etish va mazkur yo`nalish rivojlantirish doirasida o`zaro hamkorlikni yanada kengaytirish zarurligini alohida ta`kidlandi. Shuningdek, O`zbekiston vakillari tomonidan ham qator loyihalar, xususan, turkiyalik imomlarni Buxoroga taklif qilish orqali ziyorat turizmi targ`ibotini kuchaytirish, Samarqand haqida video materiallar tayyorlash hamda Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlari va Toshkent shahri haqidagi qiziqarli videomateriallar orqali ziyoratchi sayyohlar oqimini ko`paytirish kabi masalalar muhokama qilindi. Yaqin kunlarda Turkiyalik teleprodyuser tomonidan tayyorlangan mazkur yirik shaharlardagi ziyoratgohlar haqidagi turkum ko`rsatuvlar ramazon oyida Turkiyaning  TRT telekanali orqali dunyoning 128 davlatiga namoyish etilishi rejalashtirilgan. Eslatib o`tamiz, avvlroq,  O`zbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirish borasida samarali hamkorlik qilib kelayotgan Serdar Tunjer Buxoro viloyatining Turkiyadagi “Turizm elchisi” etib tayinlangani xabar qilingan.
105
2,581
Madaniyat
Foto: O‘zbek shou-biznesi vakillarining avvalgi va hozirgi ko‘rinishi (foto)
Yillar har qanday odamning tashqi qiyofasini o‘zgartiradi. Ayniqsa, inson mashhurlikka erishgach tashqi ko‘rinishiga jiddiy e’tibor bera boshlaydi. Qo‘li gul stilist va plastik jarrohlar ushalmasdek ko‘ringan qiyofalarni ham yaratishga ko‘maklashadi. Nilufar Usmonova Kollaj: “Daryo” 15 yil avval ilk mustaqil qo‘shig‘i va klipini muxlislarga taqdim etgan xonandaning tashqi ko‘rinishi ancha o‘zgardi. Bu uning burni, ko‘z tuzilishi va qoshlarida yaqqol seziladi. Zohirshoh va Shohjahon Jo‘rayevlar Kollaj: “Daryo” Xonanda sahnadagi imiji uchun jingalak sochlaridan voz kechgan. Ziyoda Kollaj: “Daryo” Ilk bor Ukrain qo‘shiqchisi Ruslananing “Wild dances” qo‘shig‘ini o‘zbekcha talqinda (“Sevmaganman”) kuylab chiqqan Ziyodaning tashqi ko‘rinishi ham ancha o‘zgargan. O‘tgan 16 yil uni yanada go‘zallashtirgan deyish mumkin. Sharof Muqimov Kollaj: “Daryo” Asli aktyor bo‘lgan Sharof Muqimov ijodini 2003-yilda “Balog‘at bekati” videofilmida suratga tushishdan boshlagan. Jingalak sochlari bilan tomoshabinlar e’tiborini tortgan ijodkorning sochlari aslida bu ko‘rinishda bo‘lmagan. Feruza Jumaniyozova Kollaj: “Daryo” Xonandaning qomati bilan bog‘liq jiddiy o‘zgarishni hisobga olmaganda, deyarli yuzi va soch imiji o‘zgarmagan. U to‘lishishini birinchi homilasining nobud bo‘lishidan so‘ng olgan garmonlari va ruhiy tushkunligi bilan bog‘laydi. Rayhon Kollaj: “Daryo” Tim qora va jingalak sochli Rayhonning avvalgi ko‘rinishidan asar ham qolmagan. Muxlislar fikricha, u sochidan tashqari, qosh shakli va lablarini ham o‘zgartirgan. Manzura Kollaj: “Daryo” Xonandaning tashqi ko‘rinishi mo‘jizaviy tarzda o‘zgargan. Uning sochi, ko‘z qovoqlari, burni va lablarining o‘zgarganligi yangi imijning yaralishiga sabab bo‘lgan. Munisa Rizayeva Kollaj: “Daryo” Xonanda burun shaklini o‘zgartirgani va bugungi ko‘rinishidan ko‘ngli to‘lishini ko‘pgina intervyularida aytib o‘tgan. Muxlislari esa yonoqlari va labi ishirilganini ham taxmin qilishadi. Shu bilan birga, qomatida ham o‘z ishining ustasi bo‘lgan mutaxassislarning xizmatlari seziladi. Asal Shodiyeva Kollaj: “Daryo” Yodingizda bo‘lsa, 2008-yilda kino olamiga kirib kelgan aktrisa yuzidagi holi bilan boshqalardan ajralib turardi. Ammo keyingi paytlarda u avvalgidek holiga alohida urg‘u bermayapti. Ulug‘bek Rahmatullayev Kollaj: “Daryo” Xonandaning tashqi qiyofasi ham birmuncha o‘zgargan. U jingalak sochlaridan voz kechgan. Qomatining biroz to‘lishishi esa  uni yanada ko‘rkam ko‘rsatadi. Zarina Nizomiddinova Kollaj: “Daryo” 16 yoshida aktrisalik faoliyatini boshlagan Zarina Nizomiddinovaning ham tashqi ko‘rinishi ancha o‘zgargan. Bu o‘zgarishlar qoshlarining qalinlashishi, lablarining kattalashishi va qomat o‘zgarishlarida yaqqol seziladi. Dilnoza Kubayeva Kollaj: “Daryo” 2005-yilda “Taqdir charxpalagi” filmidagi roli bilan kino olamiga kirib kelgan aktrisaning tashqi qiyofasida sun’iy o‘zgarishlar sezilmaydi. Albatta, ko‘z osti ajinlari va qomatning biroz to‘lishishini inobatga olmaganda. Shahzoda Muhammedova Kollaj: “Daryo” 19 yoshida “Tundan tonggacha” filmidagi roli orqali muxlislar nazariga tushgan aktrisa Shahzoda Muhammedovaning tashqi ko‘rinishi u qadar o‘zgarmagan. Faqatgina u ingichka kamon qoshlaridan voz kechgan, xolos. Soch rangi borasida esa rang-baranglikni yoqtiradi. Gulsanam Mamazoitova Kollaj: “Daryo” Xonandaga yillar aks ta’sir etayotganga o‘xshaydi. Boisi u avvalgidan ancha go‘zallashgan. Shohruhxon Kollaj: “Daryo” Uni “imijiga sodiq ijodkor” deya ta’riflash mumkin. U 2006-yildan buyon soqoli va soch turmagini o‘zgartirmaydi. Shahzoda Matchonova Kollaj: “Daryo” Tabiiylikni xush ko‘ruvchi aktrisa sun’iy go‘zallikka qarshi. Shu bois uning qiyofasida katta o‘zgarishlar sezilmaydi. Lola Kollaj: “Daryo” Xonanda Lola yillar davomida deyarli o‘zgarmagan. Biroz vazn tashlagan, xolos. Shahzoda Kollaj: “Daryo” Shahzoda intervyularda plastik jarrohlikka qarshi hamda tabiiy go‘zallik tarafdori ekanligini aytib keladi.
76
3,948
Madaniyat
Kinematografiya agentligi “Yoshlik” kinostudiyasi to`liq metrajli badiiy filmlar uchun ssenariylar tanlovini e`lon qiladi
2022 yil “Inson qadrini ulug`lash va faol mahalla yili”da yosh kinoijodkorlarni har tomonlama qo`llab-quvvatlash chora-tadbirlar dasturi ijrosini ta`minlash maqsadida O`zbekiston Kinematografiya agentligi “Yoshlik” kinostudiyasi” DUK  35 yoshgacha bo`lgan yosh kinoijodkorlarni ruhlantirish maqsadida, “Yangi O`zbekistonda inson qadrini ulug`lash!” shiori ostida 10 ta to`liq metrajli badiiy filmlar uchun ssenariylar tanlovini e`lon qiladi. Ssenariylar avtobiografik, drama, melodrama, komediya, sarguzasht, triller, mistika, bolalar kinosi, sport janrlariga xos bo`lib, ularda yangi O`zbekistonda yuz berayotgan o`zgarishlar, istiqbolli g`oyalar va yosh avlodni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda o`zini o`zi boshqarish organi-mahallaning roli, tadbirkor va ishbilarmonlarning  jamiyatdagi o`rni, mashaqqatli mehnati, yosh shifokorlarning koronavirusga qarshi kurashi bilan bir vaqtda oilaviy hayot, bolalarning beg`ubor olami, ishq-muhabbat, favqulodda hodisalar va albatta yumorga boy kulguli voqealar aks etgan bo`lishi kerak. Tanlov xalqaro tajribada muvaffaqiyatli amalga oshirilgan “Pitching” taqdimotlari orqali o`tkaziladi. Tanlov uchun Ssenariylar 2022 yil 1 fevraldan - 28 fevralga qadar taqdim etilishi lozim. Taqdim etilgan ssenariylar xalqaro standartlarga mos formatda, o`zbek tili imlo qoidalariga rioya qilingan holda yozilgan bo`lishi kerak. Pitchingda quyidagilar tanishtiriladi:   1.Loyiha nomi 2.Loyihaga jalb qilingan jamoa - prodyuser, ssenarist, rejissyor, aktyorlar, qahramonlar. 3.Film treylerini namoyish qilish (30-60 sekund, mavjud bo`lsa). 4. Personajlar, syujet, asosiy voqelar. 5. Loyiha haqida qo`shimcha ma`lumotlar (1-5 daqiqa) 6. Xronometraj 7.Film byudjeti (ishlab chiqarish bo`yicha xarajatlar)         8. Loyihaning amalga oshirilish muddati         9. Lokasiyalar         10.Qo`shimcha ma`lumotlar.   Tanlovga kelib tushgan murojaatlardan kelib chiqqan holda pitching va taqdimot kunlari e`lon qilinadi. Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor ko`chasi 1-a uy. Indeks: 100115.  Elektron pochta manzili: [email protected]  Ma`lumot uchun tel:  94.936-12-21.   97 705 37 23.
121
2,115
Madaniyat
Jeyms Kemeron o‘zining “Titanik” kartinasidagi xatolar haqida hujjatli film suratga oladi
Amerikalik taniqli rejissor Jeyms Kemeron o‘zining “Titanik” kartinasidagi xatolar haqida hujjatli film suratga oladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda. Kemeronning eng mashhur filmi 1997-yili katta ekranlarga chiqqan edi. Ammo u bugungi kunga qadar bahslarga sabab bo‘lib kelmoqda. Kemeron National Geographic bilan kelishgan holda bir soatlik hujjatli film tayyorlamoqda. Unda rejissor o‘z kartinasining tarixiy haqiqatga qay darajada mosligini tekshirib ko‘radi. Kemeronning so‘zlariga qaraganda, “Titanik” ustida ishlaganida u har bir detalni imkon qadar asliga yaqinlashtirishga uringan: “Men tirik tarixni yaratatyogan edim. Men ko‘plab halok bo‘lganlarga hurmat yuzasidan barchasini to‘g‘ri ko‘rsata olishim kerak edi. Ammo buning uddasidan chiqa olganmanmi? Buni National Geographic bilan, tadqiqotchilar, fan va texnologiyalar yordamida tekshiramiz va qayta baholaymiz”. “Titanik: 20 yillik” filmi premyerasi 2017-yil dekabrida bo‘lib o‘tadi.
89
955
Madaniyat
Uzoq vaqt baxtli hayot kechirib, so‘ng ajrashib ketgan yulduzli juftliklar (foto)
Yulduzlar to‘yidan bir yil, 6 oy, hattoki 72 kun o‘tib ajrashib ketishsa, buning hayratlanarli joyi yo‘q. Sababi ijodkorlar o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ammo o‘n yillab birga yashagan juftliklar ajrashishga qaror qilsa, bu har qanday insonning muhabbatga bo‘lgan ishonchini kamaytiradi. Demi Mur va Bryus Uills 1987—2000-yillar, 3 farzand Demi va Bryus uch nafar farzandi – Rumer, Skaut va La Runi birgalikda tarbiyaladi. Ammo 13 yillik turmush ham juftlikning nikohi tugatilishiga to‘sqinlik qila olmadi. Muxlislar esa ularning munosabati qayta tiklanishiga umid qilib, ajrimga ishonmadi. Ammo oradan 5 yil o‘tib, 43 yoshli Demi 27 yashar Eshton Katcherga turmushga chiqdi. Afsuski, ushbu nikoh ham muvaffaqiyatsiz yakun topdi. Juftlik Gollivudning kelishgan aktyori xiyonati tufayli ajrashdi. Mel Gibson va Robin Mur 1980—2009-yillar, 7 farzand Mel Gibson 1980-yil oila qurgan va oradan bir yil o‘tib, Xanna ismli qiz farzand ko‘rgan. Oradan uch yil o‘tib egizaklari Edvard va Kristian, 6 yildan so‘ng o‘g‘li Villi dunyoga kelgan. Undan so‘ng yana ikki farzand – Maylo va Tommi ham birin-ketin tug‘ilgan. Iste’dodli aktyor, rejissor, mehribon turmush o‘rtoq, g‘amxo‘r ota kutilmaganda 2009-yil taniqli rus pianinochisi Oksana Grigoriyeva bilan munosabatlarini e’lon qilib, oilasini tark etgan. Shuningdek, u Oksana bilan hayoti davomida rafiqasini aldaydigan, unga qo‘l ko‘taradigan, janjalkash boshqa Gibsonga aylanib qolgan. Yangi rafiqa nafaqat aktyorning obro‘siga, balki mol-mulkiga ham zarar yetkazgan. U 2006-yilda 850 million dollarga baholangan boyligining yarmini sobiq turmush o‘rtog‘iga berishi kerak bo‘lgan. Shuningdek, Oksana dunyoga keltirgan Lyusiya ismli qizi uchun ham har oyda 20 ming dollar ajratishiga to‘g‘ri kelgan. Jonni Depp va Vanessa Paradi 1998—2012-yillar, 2 farzand Vanessa Jonni ko‘ngil qo‘ygan go‘zal xonimlar Jennifer Grey, Vaynona Rayder va Keyt Mossdan keyingisi edi. Ammo u aktyorning qizi hamda o‘g‘lining onasiga ham aylangan. Vanessa va Jonning o‘rtasidagi munosabatlar 1998-yil, Jonni uni restoranda ilk marotaba ko‘rib qolganida boshlangan. Ammo juftlik rasmiy ravishda oila qurmagan. Shuningdek, hech kim ularning bir kuni ajrashib ketadi, deb ham o‘ylamagan. Ammo 2012-yilda ularning ajrimiga “Rim kundaligi” filmida aktyor bilan birgalikda rol ijro etgan Ember Xerd sabab bo‘lgan. Ularning ishqiy munosabati 2015-yil fevral oyida nikoh bilan mustahkamlandi, deb o‘ylash mumkin. Afsuski, oradan bir necha yil o‘tib, juftlik katta janjallar bilan ajrashishga qaror qilgan. Hanuzgacha ular sud orqali bir-birni talon-toroj qilish bilan band. Monika Beluchchi va Vensan Kassel 1999—2013-yillar, 2 farzand Sobiq juftlik 1996-yil “Xonadon” filmining suratga olish maydonchasida tanishgan. Uch yildan so‘ng to‘y, keyin ikki qiz farzand, bir necha filmlarda hamkorlik, shu jumladan, janjallar ham ro‘y bergan. 2013-yilgacha ularning ajrimini hech kim taxmin ham qilmagan. Ammo ular kutilmaganda o‘z qarorini e’lon qilgan. Monikaning so‘zlariga ko‘ra, ular oila, kino va muhabbatni birlashtirishga harakat qilgan, ammo natija bo‘lmagan. Antonio Banderas va Melani Griffit 1996—2014-yillar, 1 farzand Aktrisa Melani Griffit uch marotaba turmush qurgan bo‘lsa, ularning ichida eng sevimlisi o‘zidan uch yosh kichik Antonio Banderas edi. Aynan uning uchun Melani aktyor Don Jonsonni ham tark etgan. 1996-yil juftlikning oilasida Stella del Karmen ismli qizaloq dunyoga kelgan. 18 yillik nikohdan so‘ng, 2014-yil 56 yoshli Melani hamda 53 yashar Antonio “murosasiz kelishmovchiliklar” sababli ajrashishga qaror qildi. Ayrim mish-mishlarga ko‘ra, Melanining rashki tufayli yulduzlarning ajrashishiga to‘g‘ri kelgan. Shunga qaramay, ular do‘stona munosabatni saqlab qolgan. Gvinet Peltrou va Kris Martin 2003—2015 yillar, 2 farzand “Xafagarchilik to‘la qalb bilan biz ajrashishga qaror qilganimizni ma’lum qilamiz, deya yozgan edi 11 yillik turmushidan keyin aktrisa o‘zining saytida. – Deyarli bir yil davomida biz hammasi iziga tushishi uchun harakat qildik, alohida yashadik va o‘rtamizda keyinchalik nima bo‘lishi haqida o‘ylab ko‘rdik. Ammo bir-birimizni juda yaxshi ko‘rsak-da, ajrashishga qaror qildik”. Gvinet yolg‘on gapirmagan edi. U oiladagi eng iliq munosabatlarni saqlab qoldi. Ajrimni e’lon qilishdan bir kun avval u turmush o‘rtog‘i va farzandlari bilan Bagamada dam olish uchun uchib ketdi. Keyinchalik sobiq erining yangi rafiqasi — aktrisa Jennifer Lourens bilan ham uchrashgan.
81
4,427
Madaniyat
Xonanda va aktrisa sifatida tanilgan Indi hozir qayerda? (foto)
Filmlardagi turli obrazlari hamda qo‘shiqlari bilan tanilgan Indi (Indira Bilolova) ayni paytda Italiyada yashamoqda. U italiyalik erkakka turmushga chiqqan. Xonandaning sevgilisi unga uylanish uchun islom dinini qabul qilgan. Juftlikning to‘yi Qozon shahrida, 2017-yilda bo‘lib o‘tgan. View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram Indi hozirda Matteo ismli o‘g‘il farzandini tarbiyalab kelmoqda. View this post on Instagram Xonandaning aytishicha, turmush o‘rtog‘i italyan bo‘lsa-da, o‘zbekona mentalitetga ega. Uning Instagram’dagi sahifasida turmush o‘rtog‘i bilan O‘zbekistondagi tarixiy shaharlar, xususan Samarqand va Toshkentda tushgan suratlarini ko‘rish mumkin. View this post on Instagram View this post on Instagram O‘tgan vaqt ichida Indi Rim universitetida rejissura yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olgan. Indi ko‘p sonli muxlislarining savollariga javob berar ekan Toshkentga, albatta, qaytishini ma’lum qilgan. View this post on Instagram Ma’lumot uchun, Indi “Romeo va Julyetta”, “Telba” va “Feride” kabi filmlarda suratga tushgan. “Feride” filmida Farruh Soipov bilan birga suratga tushgan Uning “Sevgi”, “Sevadi”, “Dunyo”, “Aytolmayman” hamda Abduvali Rajabov bilan kuylagan “Muhabbat qissasi” dueti xit bo‘lgan.  90-yillardagi mashhur aktrisa Kamola Umarxo‘jayeva hozir qayerda va nimalar bilan band?
63
1,469
Madaniyat
“Brigada”dagi Kosmos — Dmitriy Dyujev o‘zbekistonlik talaba qizning filmida suratga tushdi (foto va video)
Rossiyalik taniqli kino va teatr aktyori, rejissor, “Brigada”, “Jmurki”, “Ostrov” kabi serial va filmlarda bosh qahramon obrazini yaratgan Dmitriy Dyujev Toshkentga kelgani haqida avval ham xabar bergan edik. Dmitriy Dyujev o‘zbekistonlik san’atkorlar — Ra’no Shodiyeva va Karim Mirhodiyev bilan birga O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining birinchi bosqich talabasi Muxlisa Azizovaning ishchi nomi “U” (“Ona”) bo‘lgan filmida suratga tushdi. HD CINEMA kinokompaniyasi yangi filmni suratga olish uchun O‘zbekiston ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasi pavilyonida maxsus dekoratsiya hozirladi. 54 kishidan iborat katta jamoa ikki kun mobaynida filmni suratga olib bo‘ldi. Filmning loyiha va g‘oya muallifi — Abdujamil Sodiqov, ssenariy mualliflari — Dilmurod Masaidov, Mansur Vasati, operator — Dilmurod Turdiboyev, prodyuser — Oybek Abdushukurov. Ovozlashtirish va montaj ishlari Moskvada amalga oshirilishi kutilmoqda. Dmitriy Dyujev film ssenariysi, mavzusidan tortib, ijodiy jamoaning faolligi, yuqori darajadagi tashkilotchilik ishlarigacha barini alohida e’tirof etdi. “U” haqida ma’lumot olish maqsadida jurnalist Feruz Muhammad film rejissori Muxlisa Azizova bilan qisqa suhbat uyushtirdi. Qayd etish joiz, Muxlisa Azizova “Geolog: O‘limdan kuchli” filmida loyiha muallifi, “Tinchlik sohili” nomli qisqa metrajli filmda esa postanovkachi rejissor sifatida qatnashgan. — “U” qisqa metrajli filmida aynan Dmitriy Dyujev, Ra’no Shodiyeva hamda Karim Mirhodiyevdan iborat aktyorlar jamoasidan foydalanish sabab ne? — Film ssenariysiga ko‘ra, bosh qahramon erkak 40—42 yosh, ayol esa 35—38 yosh oralig‘ida bo‘lishi kerak. Tasavvurimizda gavdalangan personajlarga shu san’atkorlar mos tushgani bois ularni tanladik. Film ssenariysi ularga ma’qul bo‘ldi va ular filmda rol ijro qilishga rozilik bildirdi. — Film qachon muxlislar e’tiboriga havola qilinadi? — Chamasi bir oylarda filmni tayyorlab bo‘lamiz. Ijodimiz mahsulini dastlab xalqaro kinofestivallar ko‘rigiga topshiramiz, keyinroq esa milliy telekanallarimiz orqali namoyishga qo‘yishni rejalashtirganmiz. — Bu film bilan qaysi kinofestivallarda qatnashmoqchisiz? — Biz bu filmni, avvalo, xalqaro kinofestivallar uchun mo‘ljallab suratga olyapmiz, bu tanlovlarning talabiga ko‘ra, qisqa metrajli filmning davomiyligi 14 daqiqa va 49 soniyadan oshmasligi kerak. Asosiy maqsad — Kann kinofestivalida qatnashish. Bu — jahon bo‘yicha mingdan ortiq qisqa metrajli filmlar qatnashadigan, raqobat juda katta bo‘lgan tanlovdir. Filmimiz shu festivalga qabul qilinsa, mendan baxtli inson bo‘lmas edi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
106
2,753
Madaniyat
Samarqand viloyati musiqali drama teatri Turkiya sahnasida (foto)
Turkiyaning Konya shahrida bo`lib o`tayotgan “Ming nafas, bir ovoz” Halqaro teatrlar festivaliga Samarqand viloyati musiqali drama teatri jamoasi ishtirok etadi. Mazkur festivalda ishtirok etish uchun bugun 10 dan ortiq davlatlardan teatr jamoalari Konya shahriga tashrif buyurishgan. Shu jumladan, Ozorbayjon, Qozog`iston, Kosova, Serbiya, Italiya, Istanbul, Anqara davlat teatrlari artistlari ham Konyaga kelishdi. Festivalning birinchi kunida ishtirokchilar Turkiya davlatining asoschisi Kamol Otaturk haykali poyiga gulchambarlar qo`yish marosimida ishtirok etdilar. Delegasiyamiz a`zolari Jaloliddin Rumiy hazratlari maqbaralarini ziyorat qilishdi. Shundan so`ng Konya shahri teatrida ijodiy jamoalar o`zaro fikr almashib, ijodiy hamkorlikka kelishildi. Turkiya televideniesi, radio va jurnallarida O`zbekistonlik san`atkorlarning tashrifi haqida keng ma`lumotlar berib borilmoqda. Xususan, Samarqand viloyati musiqali drama teatrining ishtiroki haqidagi maqolalar bir qator jurnallarda nashr etilib, unda o`zbek madaniyati va san`ati haqida ham ma`lumotlar chop etilgan. Turkiyada ushbu festival o`n birinchi marotaba o`tkazilayotgan bo`lsada, O`zbekiston vakillari unda ilk marta ishtirok etyapti. Bugun, 20 aprel kuni “Ming nafas, bir ovoz” 11–Halqaro teatrlar festivalining rasmiy tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tadi.
65
1,335
Madaniyat
“Bravo” kulgi jamoasi litsenziyasidan ayrilishi mumkin (video)
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligida “Milliy estrada san’atining ahvoli, ayniqsa, yoshlar ma’naviyatining yuksaltirishdagi o‘rni va ahamiyati” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Tadbirda “O‘zbekkonsert” rahbariyati, soha vakillari, OAV xodimlari qatori “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad ham ishtirok etdi. Matbuot anjumanida “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori Odiljon Abduqahhorov jamoatchilik tomonidan keskin tanqidlarga uchrayotgan kulgi jamoalari haqida gapirdi. Bugungi kunda ‘Bravo’ jamoasini ko‘pchilik tanqid qilmoqda. Yana bir tarafini ham aytishimiz kerakki, bugungi kunda mana-man degan estrada xonandasi, xalq artistlari konsert beradigan bo‘lsa, biletlarini tashkilotlarga iltimos qilib, olib borishga majbur bo‘ladi. Lekin ‘Bravo’, ‘Million’ yoki “Dizayn” jamoalari 10 kun konsert bersa ham, 10 kun ham bo‘sh joy qolmaydi. Biz bulardan yaxshi maqsadda foydalanishimiz ham mumkin. Ular ssenariydan chiqib ketgani uchun chora ko‘ramiz.  Bular, Xudoga shukr eksterimizmni targ‘ib qilmayapti yoki yomon illatlarni targ‘ib qilmayapti. Bularga yoshlar ergashayotgan bo‘lsa, ulardan sotsial masalalarimizni, muammolarimizni ko‘tarib chiqishda foydalansak bo‘ladi. ‘Bravo’ jamoasining oxirgi konsert dasturida haqiqatdan ham oila davrasida ko‘rib bo‘lmaydigan darajada qo‘pol hazillar bor. Ular bizga konsert dasturining ssenariysini topshirganlarida, aynan konsertda qo‘yilgan ba’zi hazillar yo‘q edi. Biz hattoki Ma’naviyat markazi bilan hamkorlida kengash faoliyati ham yo‘lga qo‘yganmiz. Vakillarimiz  tomonidan e’tiroz bildirilib, ssenariydan olib tashlanganda ham konsertning birinchi kunida ular aynan o‘sha olib tashlash tayinlangan hazillardan foydalanishgan. O‘sha vaqtda jamoa a’zolari  ‘O‘zbekkonsert’ xodimlari tomonidan chaqirilib, rasman ogohlantirildi. O‘sha hazillar konsertning qolgan kunlarida ishlatilmagan bo‘lsa ham, diskda aynan birinchi kunidagi ma’n qilingan hazillar chiqib ketdi. Bugungi kunda ‘O‘zbekkonsert’ tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. O‘rganish qaysi ma’nodaki, komissiya  tomonidan ‘Bravo’ jamoasining konsert dasturida qaysi holatlarda ssenariy buzish holatlari aniqlangan. To‘g‘risini aytish kerak, ssenariy haqiqatdan ham buzilgan. Navbatdagi kengash yig‘ilishida ‘Bravo’ jamoasining litsenziyasi faoliyatini tugatish yoki davom ettirish masalasini ko‘rmoqchimiz. Aniqrog‘i, fevral oyining oxirida bo‘lib o‘tadigan kengash yig‘ilishida, kengash tomonidan asosan ‘Bravo’ jamoasining litsenziya faoliyatini to‘xtatish yoki davom ettirish masalasi ko‘rib chiqiladi. Odiljon Abduqahhorov, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori
62
2,605
Madaniyat
Dunyoning eng ko‘p tinglanayotgan qo‘shiqchisi aniqlandi
Amerika kantri-pop qo‘shiqchisi Teylor Svift eng ko‘p tinglanadigan qo‘shiqchi ayollardan biriga aylandi. Yulduz Uitni Xyustonning nufuzli Billboard 200 xit-paradidagi muvaffaqiyatini takrorladi. Xonandaning “Folklore” albomi olti haftadan buyon birinchi o‘rinni egallab kelmoqda, deb yozadi “Korrespondent.net”. 30 yoshli Svift avval boshqa taronalari bilan 46 hafta davomida Billboard 200 xit-paradining eng yuqori pog‘onalarida bo‘lgan. Xuddi shunday natijaga Uitni Xyuston erishgan edi. Ikkinchi o‘rinni esa Britaniya qo‘shiqchisi Adel egallab turibdi. Uning albomi Billborad 200’dagi o‘z o‘rnini 34 haftadan beri band qilmoqda.
56
633
Madaniyat
Di Kaprio Martin Skorsezening filmida prezident Ruzvelt rolini ijro etadi
Taniqli aktyor Leonardo Di Kaprio rejissor Martin Skorseze tomonidan AQShning 26-prezidenti Teodor Ruzveltga bag‘ishlab suratga olinadigan kinodramada bosh rolni ijro etadi. Bu haqda Deadline Hollywood’ga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi. Nashrning ma’lumotlariga ko‘ra, kartinaga Skorseze, Di Kaprioning o‘zi, shuningdek, Gollivud aktyori va prodyuseri Chak Pacheko birgalikda prodyuserlik qilishadi. Film ssenariysini Skott Blum yozib beradi. Filmning suratga olish ishlari qachon boshlanishi hamda u qachon katta ekranlarga chiqishi aniq emas. Bunga qadar Di Kaprio Skorsezening bir nechta filmlarida, jumladan, Gangs of New York, The Aviator, Shutter Island, The Departed, The Wolf of Wall Street filmlarida bosh rollarni ijro etgan. Ayni vaqtda Di Kaprio va Skorseze birgalikda The Devil in the White City hamda Killers of the Flower Moon kitoblarini ekranlashtirish loyihasi ustida ishlamoqda.
73
902
Madaniyat
Stallone film tushumlaridan foiz to‘lamagani uchun Warner Bros. kompaniyasini sudga berdi
Gollivud aktyori Silvestr Stallone Warner Bros. Entertainment kompaniyasini sudga berib, uni “Vayron qiluvchi” (Demolition Man, 1993-yil) filmining kassa tushumlaridan uning ulushini to‘lamaganlikda aybladi, deb yozadi “TASS”. Los-Anjeles sudiga berilgan da’voda aytilishicha, shartnomaga ko‘ra, film tushumlari 125 million dollardan oshgan taqdirda, uning 15 foizi aktyorga berilishi kerak. “Vayron qiluvchi” jangari filmi dunyo prokatida 159 million dollar ishlab olgan. Ammo Warner Bros. avvalroq 57 million dollarlik film o‘z-o‘zini qoplamaganini aytgan. Aktyor vaziyatga oydinlik kiritilishini talab qilgach, kinostudiya hech qanday izohlarsiz Stallonega 2,8 million dollar uchun chek yuborgan. O‘ziga qonuniy tarzda tegishli bo‘lgan mablag‘dan tashqari, Stallone tovon puliga ham umid qilmoqda.
89
801
Madaniyat
Ziyorat turizmi: O‘zbekistonda «Naqsybandi Tourism Festival 2019» xalqaro tadbiri bo‘lib o‘tadi
«Umumjahon So‘fiylar tashkiloti» tashabbusi bilan 31 oktyabr -7 noyabr kunlari O‘zbekistonda ziyorat turizmi yo‘nalishida «Naqsybandi Tourism Festival 2019» nomli xalqaro tadbiri o‘tkazilishi kutilmoqda. Mazkur tadbir «Hilal Travel» sayyohlik tashkiloti hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ko‘magida, shuningdek Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Tashqi ishlar vazirligi, «O‘zbekiston havo yo‘llari» va «O‘zbekiston temir yo‘llari» hamkorligida tashkil qilinmoqda. «Naqsybandi Tourism Festival 2019» xalqaro festivali doirasida 18 davlat, jumladan, Malayziya, Indoneziya, Turkiya, Hindiston, Xitoy, Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiya, Avstraliya, Braziliya va AQSh davlatlaridan 200 ga yaqin mehmonlarning tashrif buyurishi ko‘zda tutilgan. Quvonarlisi shuki, ularning orasida ko‘pgina jahonga mashhur olimlar, fan va jamoat arboblari, turistik tashkilotlar vakillari bor. Qayd etish joizki, bugungi kunda dunyo hamjamiyatining O‘zbekistondagi ziyorat turizmi, xususan, ko‘hna shaharlarimiz, yurtimizdan yetishib chiqqan fozilu ulamolar, donishmandlar, mashoyixlarning hayoti, asarlari va ilmiy merosini o‘rganishga va o‘z ko‘zi bilan ko‘rishga qiziqishi nihoyatda baland. Ziyorat dasturi doirasida mehmonlar Toshkent shahrida kutib olinib, so‘ngra Buxoro shahri tomon yo‘l olishadi. U yerda «Yetti pir» nomi bilan mashhur bo‘lgan hazrat Abduxoliq G‘ijduvoniy, Xo‘ja Orif Revgariy, Xo‘ja Mahmud Anjir Fag‘naviy, Muhammad Bahouddin Naqshbandiy, Xo‘ja Boboi Samosiy, Xo‘ja Ali Romitaniy, Abul Hafs Kabir hamda Sayyid Amir Kulol kabi ulug‘ zotlarning ziyoratgohlarini ziyorat qilishadi. Bundan tashqari, festival dasturiga ko‘ra, mehmonlarning Mir Arab Oliy madrasasiga tashrifi hamda uning faoliyati bilan yaqindan tanishishi rejalashtirilgan. Shundan so‘ng xalqaro tadbir mehmonlari Samarqand shahriga yo‘l olishadi. Temuriylar poytaxtida ziyoratchilar hazrati Imom Buxoriy majmuasi, hazrat Xo‘ja Ubaydulloh Ahror xamda Shohi Zinda majmualarini ziyorat qilishadi. Mehmonlar shuningdek Qarshi va Termiz shaharlariga ham tashrif buyurishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, u yerlarda Abul Muin Nasafiy, imom At-Termiziy, Hakim Termiziy kabi islom olamining mashhur allomalari mangu qo‘nim topgan muborak maskanlarni ziyorat qilishadi. Ushbu ziyoratlardan so‘ng mehmonlar Toshkentga yo‘l olib, poytaxtda Hazrati Imom kompleksi va O‘zbekiston musulmonlar idorasiga tashrif buyurishadi. Shu bilan birga, O‘zbekistonda ilk bor mushafi sharif chop etilayotgan «Hilol-nashr» matbaa-nashriyoti faoliyati bilan tanishish hamda O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan bunyod etilgan shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomidagi masjid majmuasiga tashrif buyurish rejalashtirilgan. Ta’kidlash lozimki, «Hilal Travel» sayyohlik tashkiloti tomonidan tashkillashtirilayotgan ziyorat turizmi yo‘nalishidagi ushbu xalqaro tadbir O‘zbekistonda ziyorat turizmining rivoji va yurtimizga xalqaro ziyoratchilar oqimining yanada ko‘proq jalb qilinishi yo‘lida xizmat qiladi", - deya yozadi Uzbektourism.uz
95
2,975
Madaniyat
Mayk Tayson marhum qo‘shiqchi Prins uchun hazilomuz kollaj yordamida aza tutdi
Amerikalik bokschi Mayk Tayson Twitter’dagi sahifasiga marhum qo‘shiqchi Prins qiyofasidagi fotokollajini joyladi, deb yozadi “Korrespondent.net”. Fotokollaj uchun musiqachining “Prince” deb nomlangan ikkinchi albomi muqovasi asos bo‘lib xizmat qildi. Kollajda Prinsning gavdasiga sportchining boshi “o‘rnatilgan”, plastinkaning nomi esa “Printhe” deb o‘zgartirilgan (bokschining nutqidagi nuqsonga ishora qilinmoqda). “Men butun dunyo kabi motam tutmoqdaman, ammo ruhingni o‘z musiqang bilan nishonlamoqdaman”, — deb yozdi Tayson rasm tagiga. Avvalroq Ko‘proq Prins nomi bilan mashhur musiqachi Rojers Nelson o‘limidan olti kun avval giyohvandlik vositalarini ortiqcha dozada qabul qilganlik uchun davolangani ma’lum bo‘lgan edi. Prinsning jasadi 21-aprel kuni Minneapolisdagi uyidan topildi. Uning o‘limiga nima sabab bo‘lgani hozircha aniqlanmadi.
78
851
Madaniyat
“Ikki kunda bir nonga chiqyapmiz”. Zulfiqor Musoqov karantinni qanday o‘tkazayotgani haqida so‘zlab berdi
O‘zbekiston san’at arbobi, rejissor Zulfiqor Musoqov “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov bilan suhbatda karantinni qanday o‘tkazayotganini so‘zlab berdi. “Butun oilam, nabiralarim bilan karantinni vahimaga berilmasdan o‘tkazyapmiz. Ikki kunda bir do‘konga nonga chiqib kelyapmiz, xolos. Kun davomida kitob o‘qishga, televizor ko‘rishga va internetga kirishga ham ulguryapman. Ovqat tayyorlashni yaxshi ko‘rganim bois uydagilarga turli taomlar pishirib bermoqdaman. Yangi bir filmga qo‘l urgan edik. Afsuski, koronavirus tufayli ijodiy ishlarimiz vaqtincha to‘xtab turibdi. Internet saytlari orqali karantindan qochib ketgan fuqarolar haqida o‘qib, ularning bu xatti-harakatini sira tushunmayapman. Qochgan taqdirda ham baribir qidirib, topishyapti-ku. O‘zidan tashqari qarindoshlari va muloqotda bo‘lgan insonlar ham jabrlanib, karantinga olinmoqda. Ko‘chada tibbiy niqobsiz yurganlarni ham ushlab, jarimaga tortishyapti. Mana shu kabi yurtdoshlarimiz egoizmga berilmasliklarini so‘rardim. Faqat o‘zini o‘ylashi oxir-oqibat boshini yeyapti. To‘g‘ri, 99 foiz odamlar talablarga amal qilyapti, ko‘chalarda yurmay, uyida o‘tirishibdi. Lekin, afsuski, bilimi kam va madaniyatsiz insonlar ham yo‘q emas oramizda. Buni ochiq-oydin aytish lozim. Butun dunyo aholisining boshiga tushgan sinovdan biz ham o‘tishimiz kerak. Bu balo yurtimizdan tezroq chiqib ketsin, ilohim!”, — deydi rejissor.
105
1,381
Madaniyat
Turli vaziyatlar sabab aka-uka yoki opa-singillar bitta rolni o‘ynagan filmlar (foto)
Aktyor yoki aktrisalarning o‘zlariga o‘xshash aka-opalari bo‘lishining yaxshi tomonlari ko‘p: aktyor kasal bo‘lib qolishi mumkin, keyin uni almashtirish talab qilinadi yoki ssenariyga ko‘ra, qahramon va uning nusxasi bir kadrda paydo bo‘lishi kerak. Bunday paytda kompyuter grafikasi yordam berishi mumkin, lekin ba’zida yulduzlarning aka-uka yoki opa-singillari bo‘lsa, yechim ancha oson bo‘ladi. Penelopa Kruzning singlisi Monika “Karib dengizi qaroqchilari: g‘alati qirg‘oqlarda” filmida opasining dublyori bo‘lgan. Penelopa Kruz “Karib dengizi qaroqchilari” franshizasining 4-qismini suratga olish vaqtida homilador bo‘lgan. Uni boshqa aktrisa bilan almashtirmaslik uchun rejissor ajoyib g‘oya o‘ylab topadi: mushtlashuv sahnalarida yordamchi sifatida Penelopaning singlisi Monika Kruz taklif qilinadi. Ular shunchalik o‘xshashki, tomoshabinlar buni sezishmagan ham. “Men Semman” filmida Elle Fenning opasi Dakotaning yoshligini o‘ynagan. Dakota Fenning singlisi Elledan 4 yosh katta. 2001-yilda aktrisa “Men Semman” filmida bosh rolni o‘ynaydi. Singlisi Elle esa uning 2 yoshligidagi obrazini yaratadi. Kris Xemsvort Tor rolini ijro etgan yagona Xemsvort emas Xemsvortlar oilasida 3 nafar aka-uka bor: Lyuk, Kris va Liam. Ularning barchasi aktyor. Uchalasi ham Krisni mashhur qilgan Tor personajiga aloqador. Liam dastlab bu rol uchun kinosinovdan o‘tgan, biroq Lyuk uni o‘ynashga muvaffaq bo‘lgan. Ammo “Tor: Ragnaryok” filmi sahnalarining birida akasi o‘rniga Tor rolida namoyon bo‘ladi. Nikolas Brendonning egizak akasi “Baffi — vampirlar kushandasi”ning 3-mavsumida Xander rolini o‘ynagan. Mashhur “Baffi — vampirlar kushandasi” teleserialining 5-mavsumida aktyor Kelli Donovanning egizak ukasi bosh qahramon Xander rolini ijro etgan. Rami Malikning egizagi Sami akasi bilan birga “Bastersning yomon yuragi” filmida rol o‘ynagan. Egizaklar Rami va Sami Malik uchun bir odamdan boshqa odamga aylanish qiyin emas. Rami hatto intervyularining birida “u akasidan 4 daqiqa katta bo‘lishiga qaramay, ular bolaligida nihoyatda o‘xshash bo‘lgan”ini aytib hazillashgan. Sami Malik “Bastersning yomon yuragi” filmining birinchi sahnasida akasining egizagi sifatida rol o‘ynagan. Jill Hennessi juda band bo‘lganida singlisi “Qonun va tartib” teleserialida uning o‘rnida o‘ynab turgan. Jill Hennessi “Qonun va tartib” filmining 4 va 6-mavsumida tuman prokurori yordamchisi Kler Kinkayd rolini o‘ynaydi. Aktrisa boshqa ishlar bilan juda band bo‘lgani uchun bir kuni u epizodlardan birini suratga olish ishlariga kela olmaydi. Shunda Jaklin Hennessi o‘zining egizak singlisi uchun uning o‘rniga Kler rolini o‘ynab beradi. Hadicha va Malika Haq o‘zlarining debyut filmi “Aerobatika”da bitta obrazni o‘ynagan. 2005-yilda Disney’ning “Aerobatika” filmida Penni rolini egizaklar — Hadicha va Malika Haq o‘ynagan. Qizlarning eslashicha, rejissor aynan egizaklarni qidirmagan, chunki kastingdan oldin ular kutish zalida boshqa aktyorlarni ham ko‘rishgan. Lekin mazkur rolni egizaklarga berib adashishmagan.
85
3,002
Madaniyat
Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida “Rojdestvo muborak” badiiy filmi namoyish etildi
15-yanvar kuni Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida “O‘zbekkino” Milliy agentligi Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonalari bilan hamkorlikda Birinchi jahon urushining yuz yilligiga bag‘ishlab, “Rojdestvo muborak” badiiy filmini namoyish etdi. Bu haqda Alisher Navoiy nomidagi kino saroyining rasmiy saytida xabar berildi. Toshkentdagi Buyuk Britaniya elchixonasining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilinishicha, film 1914-yil dekabridagi Rojdestvo sulhi nomi bilan kirgan Birinchi jahon urushi voqealari haqida hikoya qiladi. Uning namoyishi o‘tgan yili G‘arbiy Yevropada keng nishonlangan Birinchi jahon urushi boshlanishining yuz yilligiga bag‘ishlandi. Filmni 2005-yil bir qancha Yevropa mamlakatlari va Yaponiya kino ustalari tasvirga olgan. Shuni qayd etish lozimki, ushbu badiiy film ingliz, fransuz va nemis tillarida ruscha subtitrlar bilan namoyish etildi.
86
900
Madaniyat
Rayhon Mothercare do‘koni reklamasida suratga tushdi
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva taniqli ingliz brendi — Mothercare reklamasida paydo bo‘ldi. Onalar va bolalarga mo‘ljallangan mahsulotlar brendining O‘zbekistondagi filiali yaqinda ona bo‘lgan Rayhonni o‘z reklama kampaniyasida ishtirok etishga taklif qildi. Unda xonanda g‘amxo‘r va mehribon ona obrazida namoyon bo‘ldi. San’atkor Krasota.uz nashriga Mothercare reklamasidagi ishtiroki haqida izoh berar ekan, o‘zi ham yaqindan boshlab ushbu firma do‘koniga tez-tez tashrif buyuradigan bo‘lganini ta’kidladi. Eslatib o‘tamiz, shu yilning 5-may kuni Rayhon egizak o‘g‘il farzandli bo‘ldi. Xonanda turmush o‘rtog‘i Yigitali Mamajonov bilan birga bolalariga Imron va Islom deb ism qo‘ydi.
52
714
Madaniyat
Dahshatli falokat haqida hikoya qiluvchi “Chernobil” seriali 14 ta nominatsiya bo‘yicha BAFTA mukofotiga tavsiya etildi
Britaniya kino va televizion san’at akademiyasining a’zolari BAFTA TV Awards mukofotiga nomzodlarni e’lon qildi. HBO tomonidan yaratilgan “Chernobil” seriali 14 yo‘nalish bo‘yicha mukofotlarga da’vogarlik qilmoqda. Loyiha nominatsiyalar soni bo‘yicha yetakchiga aylangan, deb xabar beradi Harper’s Bazaar. Kadr: “Chernobil” “Chernobil” seriali mazkur mukofot tarixida eng ko‘p nominatsiyalarga da’vogarlik qilgan loyihalardan biriga aylandi. U “Eng yaxshi mini-serial” nomiga, aktyorlar Jared Xarris va Stellan Skarsgard esa “Eng yaxshi aktyor” va “Eng yaxshi ikkinchi plan aktyori” nomzodlariga aylangan. Netflix’ning “Toj” nomli tarixiy seriali esa yettita yo‘nalish bo‘yicha mukofotni qo‘lga kiritishi mumkin. BAFTA mufokotiga nomzodlar ro‘yxati mart oyida e’lon qilinishi, taqdirlash marosimining o‘zi esa — aprel va may oylarida o‘tkazilishi kerak edi. Biroq koronavirus pandemiyasi sabab butun dunyoda bir qator marosimlar va tadbirlar qoldirilgan. Shu sababli BAFTA TV Awards mukofotini topshirish marosimi 31-iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Suratga olish ishlari yopiq studiyalarda amalga oshiriladi, nomzodlarga esa o‘z mukofotlari virtual ravishda topshiriladi. Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida “Chernobil” “Eng yaxshi serial” nominatsiyasida “Oltin globus”ni qo‘lga kiritgan edi.
119
1,282
Madaniyat
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Tursunxon Ja’farova tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi
2015-yil 15-avgust kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston xalq artisti Tursunxon Ja’farova tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan “Iste’dodli teatr va kino aktrisasi” mavzusida adabiyotlarning ochiq ko‘rgazmasi ochildi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi rasmiy sayti xabar bermoqda. Tursunxon Ja’farova 1915-yilda Namanganda tavallud topgan. 1931—1940-yillarda u Namangan viloyat musiqali drama va komediya teatrida, 1941-yildan esa Muqimiy teatrida ishlagan. Uning ijodida kuchli dramatizm, aniq sahna harakatlari, qahramonlarining hissiyotlarini yorqin talqin eta olish qobiliyati ifodalangan. Undagi ayollik nazokati-yu, fikr-mulohazasining teranligi unga tomoshabinlar yodida uzoq saqlanib qoladigan rollar ijro etishiga ko‘maklashadi. Teatrda “Halima” spektaklidagi Halima, “Layli va Majnun” spektaklidagi Layli, “Gulsara” spektaklidagi Gulsara, “Toshbolta oshiq” spektaklidagi Risolat, “Nodira” spektaklidagi Nodira rollari kabi Tursunxon Ja’farova kinoda ham tomoshabinlarga manzur ko‘plab obrazlarni gavdalantirgan. Bu “O‘n uch terak ko‘chasi” filmidagi ona, “Shashmaqom” va “Buvimni qaytaring” filmlaridagi buvi, “Kelinlar qo‘zg‘oloni” filmidagi Farmonbibi va boshqalardir. Ko‘rgazmada iqtidorli aktrisa ijod yo‘li haqida hikoya qiluvchi, teatrshunoslar, aktrisaning zamondoshlari va shogirdlari xotiralari jamlangan “Sahnam va sahnadoshlarim”, “Teatr sahnasidagi o‘zbek dramaturgiyasi”, “Sahna va zamon” kitoblari, O‘zbekiston xalq artisti Tursunxon Ja’farova san’at yo‘li haqidagi maqolalar chop etilgan “Teatr” jurnali sonlari hamda aktrisaning hayoti va mahorati aks ettirilgan fotosuratlar taqdim etilgan.
112
1,640
Madaniyat
Oybek va Nigora farzand kutmoqda, Iroda Nosirova koronavirusdan tuzaldi, Kaniza va Otabek Mutalxo‘jayev o‘rtasida nima bor? Instagram yangiliklari
17-avgust kuni jahon va o‘zbek san’ati yulduzlarining Instagram’dagi sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. AQShda yashayotgan xonanda Otabek Madrahimov oilaviy suratini sahifasiga joyladi. View this post on Instagram Yosh aktrisa Durdona Qurbonova o‘zi haqidagi boshqalar fikri uni umuman qiziqtirmasligi haqida post qoldirdi. View this post on Instagram Jamila G‘ofurova ro‘mol o‘ragan holda folloverlariga ko‘rinish berdi. View this post on Instagram Xonanda Nigora yaxshi sabab tufayli biroz to‘lishib qolgani aks etgan suratlar bilan bo‘lishdi. U farzand kutmoqda. View this post on Instagram Oybekning sahifasiga joylangan videoda ham xonandaning keng kiyimda ekanligini ko‘rish mumkin. View this post on Instagram Kaniza YouTube’dagi kanali orqali Otabek Mutalxo‘jayev bilan o‘rtalarida nima borligi haqidagi savolga javob berishini bildirdi. View this post on Instagram Taniqli teleboshlovchi Iroda Nosirova bir necha kun avval koronavirusga chalinganini ma’lum qilgan edi. U sahifasiga 17-avgust kuni yangi surat joylab, kasallikdan tuzalganini yozdi. View this post on Instagram Xonanda Hilola Hamidova jiyanini uzatdi. View this post on Instagram Ra’no Shodiyeva sabr ortida xursandchilik borligini yozib qoldirdi. View this post on Instagram Zarina Nizomiddinova yangi surat bilan muxlislariga ko‘rinish berdi. View this post on Instagram Shahzoda Matchonova boshqa hech qachon yoz bunday bo‘lmasligini xohlamoqda. View this post on Instagram Xonanda Shahzoda kichik o‘g‘li Xalid bilan. View this post on Instagram To‘y xizmatlarini boshlab yuborgan “Bravo” kulgi jamosi a’zosi Shahlo Zoirova muxlisalaridan biri bilan valsga tushdi. View this post on Instagram
146
1,922
Madaniyat
Jorj Kluni suratga olish ishlari uchun keskin ozgani sabab kasalxonaga tushib qoldi
Gollivud aktyori Jorj Kluni suratga olish ishlari uchun keskin ravishda 13 kilogrammga ozdi va shifoxonaga tushib qoldi, deb xabar beradi Mirror gazetasi. Ma’lumotlarga ko‘ra, “Yarim tundagi osmon” filmi ustida ishlar boshlanishiga to‘rt kun qolganda 59 yoshli Kluni qorindagi qattiq og‘riq bilan shifoxonaga joylashtirilgan. Aktyorda pankreatit aniqlangan va u bir necha kun kasalxonada qolishga majbur bo‘lgan. “O‘ylashimcha, men o‘zish uchun qattiq harakat qilib yubordim va ehtimol, o‘zimga yaxshi e’tibor qaratmadim”, — deydi Kluni. Aktyor global halokatdan keyin omon qolgan saratonga chalingan astronom roli uchun tayyorgalik ko‘rgan. Kluni mazkur filmning rejissori ham hisoblanadi, uning ta’kidlashicha, film — hozirgi kundagi eng katta loyiha. Yulduzning kasallikdan sog‘ayishi uchun bir necha hafta kerak bo‘lgan. Aktyor suratga olish ishlari uchun ozishdan tashqari, soqol ham olmay qo‘ygan, bu esa uning xotini Amalga yoqmagan. “Men uzun, xunuk soqol o‘stirdim, bu og‘limga yoqdi, chunki u soqol ichiga turli narsalarni yashirib qo‘yardi… Ammo xotinim va qizim soqolim olinganidan keyin xursand edi”, — deydi Kluni. Avvalroq Gollivud aktyori Kristian Beyl karyerasi davomida 274 kiloga semirib, ozgani to‘g‘risida xabar berilgandi.  Jorj Kluni do‘stlariga minnatdorchilik sifatida 14 million dollar tarqatdi
83
1,321
Madaniyat
Pandemiya tufayli 2021-yilgi “Oskar” mukofotining taqdirlash marosimida faqat boshlovchi va nomzodlargina ishtirok etadi
2021-yilning 25-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan “Oskar” mukofotining 93-taqdirlash marosimi bir vaqtning o‘zida ikki joyda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Amerika kinoakademiyasi rahbari Devid Rubin ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Glamour nashri. Kinoakademiya rahbarining ma’lum qilishicha, taqdirlash marosimi — mashhur Dolby teatri va Los-Anjelesdagi Union Station’da bo‘lib o‘tadi. Bundan tashqari, marosimda faqat boshlovchi va nomzodlar ishtirok etadi. “Pandemiya aprel oyigacha tugaydi, deb umid qilgan edik, — deydi Devid Rubin. — Boshlovchilar hamda nomzodlarining sog‘lig‘i va xavfsizligi biz uchun muhim, shu sababli bir qator choralar ko‘rishga majbur bo‘ldik”. Xabarda aytilishicha, tadbir bir vaqtning o‘zida ikkita joyda o‘tkazilishini inobatga olgan holda, marosim ishtirokchilari ijtimoiy masofani ta’minlash uchun ikkiga bo‘linadi. Shuningdek, bu yil nomzodlar uchun tashkil etiladigan an’anaviy nonushta va gubernatorlik bali ham bekor qilingan. Avvalroq 2020-yilning bahorida Amerika kinematografiya akademiyasi “Oskar” taqdirlash marosimi qoidalari 2021-yilda o‘zgarishini e’lon qilgan edi. Shunday qilib birinchi marta film va premyeralar kinoteatrda emas, balki platformalarda namoyish etiladi. Avvalroq koronavirus pandemiyasi tufayli 2020-yilning iyun oyida tashkilotchilar tomonidan “Oskar—2021” taqdimoti 28-fevraldan 25-aprel sanasiga ko‘chirilgan.
120
1,366
Madaniyat
Timati do‘ppi va chopon kiyib do‘mbira chaldi
Rossiyalik reper Timati do‘ppi va chopon kiyib do‘mbira chaldi, deb xabar bermoqda “Nur.kz”. Instagram’ga qo‘yilgan videoda geolokatsiya sifatida Qozog‘istonning Olma-Ota shahri ko‘rsatilgan. Rolikda Timati do‘mbira chalishdan oldin qozoq tilida “Qora yulduz uyga qaytib keldi”, degan. Videoda reperning orqasida Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning surati ko‘rinib turadi. https://www.youtube.com/watch?v=C56i6x-qIbk Timati o‘zining qisqa chiqishini “Rahmet” deb tugatgan.
45
485
Madaniyat
Beyonce va Jay Z $95 million mablag‘i bilan eng badavlat juftlik deb e’lon qilindi
“Forbes” jurnali tomonidan har yili tuziladigan eng badavlat taniqli juftliklar reytingida xonanda Beyonse Noulz va uning turmush o‘rtog‘i, repper ustasi Jay Z (haqiqiy ismi – Shon Kori Karter) birinchi pog‘onani egalladi. Beyonse va Jay Z Nashrning hisobi bo‘yicha, yil davomida  bu ikki yulduz birgalikda 95 million dollar atrofida daromad ko‘rgan. Oilaviy budjetning ortishiga Beyonsening gastrol safarlari va Jay Z albomining omadli sotuvi sabab bo‘ldi. Juftlik faqat shou-biznes bilan shug‘ullanibgina qolmay, shaxsiy qiziqishlariga ham vaqt ajratadi. Latofatli xonanda Beyonse o‘zining kiyim-kechak va parfyumeriyalarini yaratgan bo‘lsa, Jay Z sport agentligini ishga tushirdi. Reytingning ikkinchi pog‘onasini go‘zal model Jizel Bundxen va Amerika futboli o‘yinchisi Tom Bredi 80 million dollarlik mablag‘ bilan egallab turibdi. Bu juftlikning umumiy daromadida Tom Brediga nisbatan rafiqasining hissasi katta. Uning daromadi futbolchinikiga nisbatan to‘rt million dollarga ortiq. Jizel Bundxen va Tom Bredi Uchinchi o‘ringa 50 million dollar mablag‘ bilan Gollivudning kelishgan juftligi Bred Pitt hamda Anjelina Joli munosib ko‘rildi. “Forbes” qayd etishicha, taniqli aktyorlar asosiy daromadini film gonorarlari tashkil etadi. Bred Pitt “Chanel No. 5” atiri reklamasida suratga tushib, 7 million dollar olgani oila budjetiga ancha foyda keltirdi. Bred Pitt hamda Anjelina Joli Shuningdek, eng boy mashhur juftliklar beshtaligiga aktyor Eshton Katcher va Mila Kunis (35 million dollar daromad bilan), repper Kanye Uest va Kim Kardashyan (30 million dollar daromad bilan) ham kiritilgan.
82
1,601
Madaniyat
“I operatsiyasi va Shurikning boshqa sarguzashtlari” filmi haqidagi qiziqarli faktlar
1965-yilda muxlislar qalbidan joy olgan “I operatsiyasi va Shurikning boshqa sarguzashtlari” filmi ekran yuzini ko‘rgan. Uch qismdan iborat kartina sujetida umumiylik bo‘lmagan, lekin ularni bir asosiy qahramon — ko‘zoynakli talaba Shurik birlashtirib turgan. Quyida film bilan bog‘liq ma’lumotlar bilan bo‘lishamiz. “Jiddiy bo‘lmagan hikoyalar” 1964-yilda ssenariy mualliflari Moris va Yakov Kostyukovskiylar rejissor Leonid Gaydayga “Jiddiy bo‘lmagan hikoyalar” ssenariysini olib keladi. Bosh qahramon Vladik Aryev ismli talaba turli qiziqarli voqea hodisalarga duch kelishi ssenariyni asosini tashkil qilgan. Charli Chaplinni esga soladigan ushbu qahramon o‘sha davr talabasi haqida to‘liq tasavvur bera olgan. Gaydayga ssenariy yoqqan, lekin o‘z odatiga sodiq qolgan holda qayta yozishga kirishgan. Natijada esa “Jiddiy bo‘lmagan hikoyalar”dan uchta novella: talaba, tekinxo‘rni qayta tarbiyalagan “Sherik”, ko‘zoynakli talaba va noyob konspekt haqidagi “Shayton vasvasasi” va jinoyatchilarni fosh qilgan talaba, Nikulin, Vitsin va Morgunov suratga tushgan “I operatsiyasi” yuzaga kelgan. Rol uchun sinov Komediyada suratga tushish uchun aktyorlarni tanlash va saralash ishlari 1964-yilning yozida boshlangan. Asosiy muammo Vladik qahramoni uchun munosib aktyor tanlashda bo‘lgan. Oleg Vidov, Yevgeniy Petrosyan, Ivan Bortnik va boshqalar ushbu rol uchun sinab ko‘rilgan, ammo talabani gavdalantirish Aleksandr Demyanenkoga nasib qilgan. Aslida suratga olish jamoasi Valeriya Nosik nomzodida to‘xtagan bo‘lgan. Lekin aktyor qo‘polroq bo‘lgan, Gayday esa bosh qahramonini odobli, tartibli va ta’sirchan bo‘lishini istagan. Hamkasblaridan biri leningradlik aktyor Aleksandrni eslatib, suratini ko‘rsatganidan keyin esa u o‘sha zahoti Leningradga jo‘nab ketgan. Demyanenko bosh qahramon roliga tasdiqlangan, uning ismi esa Vladikdan Shurikka o‘zgartirilgan. Demyanenko ssenariy bilan tanishganidan keyin film muvaffaqiyatga erishishi va u vaqtdagi kino olamida bunaqasi hali bo‘lmaganiga amin bo‘lgan. Aktyor haq bo‘lib chiqdi, film darhaqiqat kutilganidan-da omadli bo‘ldi, lekin aynan shu ijrosi sabab uning karyerasida boshqa omad kulib boqmagan. Bunga aktyor Shurik rolini qoyilmaqom qilib ijro qilganidan muxlis va tomoshabinlar uni boshqa qahramon sifatida qabul qila olmagani, uning timsolida faqat Shurikni ko‘rgani sabab bo‘lgan. Gayday Leningradga borganida Verzila roli uchun yana bir aktyor Aleksey Smirnovni ham o‘zi bilan birga olib kelgan. Aslida bu rolni filmda ish boshqaruvchini jonlantirgan Mixail Pugovkin ijro qilishi kerak bo‘lgan, lekin ijodiy rahbar Ivan Piryev Pugovkinning ko‘rinishi to‘g‘ri kelmaydi deb hisoblagani uchun nomzod o‘zgartirilgan. “Shayton vasvasasi” kartinasidagi qo‘lidan konspekt daftari tushmaydigan qiz roliga sinab ko‘rilgan Natalya Seleznyova nima uchundir boshqalardan farqli ravishda rolga tasdiqlanishga ishonchi komil bo‘lmagan. Lekin rejissorga aktrisaning tashqi ko‘rinishi va shaddodligi yoqqan, shundan keyin u asosiy qahramon qiz roliga tasdiqlangan. Murakkab kechgan suratga olish jarayoni Aktyorlar tanlanib, suratga olish ishlari boshlanganidan keyin Moskvada havo yomonlashgan. Shundan keyin quyoshli yoz aks etishini istagan jamoa Bokuga jo‘nab ketgan. Ozarbayjonda ham yomg‘ir yog‘a boshlagan va jamoa Odessaga borishiga to‘g‘ri kelgan. Shu bilan suratga olish ishlari kuzga borib qolgan, ushbu faslda esa Odessa ob-havosi hamisha ham quyoshli bo‘lavermaydi. Demyanenko aksiga olib kasal bo‘lib qolgan, u o‘zini yomon his qilgani uchun suratga olish ishlari bir necha kunga to‘xtatilgan. Shunga qaramay Odessadagi quyoshli kunlarda suratga olishga muvaffaq bo‘lingan. “Shayton vasvasasi”dagi Lidaning xonadonidagi voqealar esa Moskvada suratga olingan. Omadli raqamlar
85
3,738
Madaniyat
Samarqandda “Sarvqomat dilbarim” badiiy filmining taqdimoti o‘tkazildi
Samarqand shahridagi “Sharq yulduzi” kinoteatrida buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligi munosabati bilan suratga olingan “Sarvqomat dilbarim” badiiy filmining taqdimoti o‘tkazildi, deb yozadi O‘zA. “Bu film o‘zbek va qirg‘iz kinoijodkorlari hamkorligi mahsuli bo‘ldi, — deydi ‘Respublika kinoprokat markazi’ davlat unitar korxonasi viloyat filiali rahbari F.Roziqov. — ‘O‘zbekkino’ milliy agentligi buyurtmasi asosida ‘Yoshlar ijodiy tajriba studiyasi’ tomonidan ishlangan film Toshkent va Namangan viloyatlarida, shuningdek, Qirg‘iziston Respublikasi hududida tasvirga olingan. Rollar o‘zbek va qirg‘iz kinoaktyorlari tomonidan talqin etildi. Filmning Toshkentdagi premyerasi kino sohasi mutaxassislari va tomoshabinlar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Samarqandliklarga ham u manzur bo‘lishi shubhasiz”. Taqdimotda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, teatr va kino san’ati namoyandalari Chingiz Aytmatovning o‘zbek va qirg‘iz xalqlari do‘stligini mustahkamlash, adabiy hamkorligini kengaytirish borasidagi xizmatlari haqida so‘z yuritdi. Adib asarlari asosida yaratilgan film va spektakllar o‘zining yuksak insonparvarlik g‘oyalari bilan tomoshabinlar qalbidan chuqur joy olgan. “Sarvqomat dilbarim” badiiy filmi ham ana shunday noyob durdonalardan biri bo‘lib qolishi shubhasiz.
70
1,334
Madaniyat
“Kinoda pul yo‘q”. Durdona Qurbonova mashinasi va qimmat buyumlarini qaysi puliga olgani haqida so‘zlab berdi (video)
Aktrisa Durdona Qurbonova “Daryo” internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi. Aktrisa Durdona Qurbonova bugungi kunda kino olamidagi pulsizlik muammosi, bir kiyimni bir qancha syomkalarda kiyishga majbur bo‘layotgan holatlari haqida gapirib berdi. Aktrisalarda umuman pul yo‘q-ku, buni hamma biladi. Balki xonandalar to‘yga chiqqanligi uchun ularda pul bordir, ammo aktrisalarda, kinoda umuman pul yo‘q. Shou-biznesga, kinoga pul tikayotgan odamlar bu sohalarga past nazar bilan qarab, iloji boricha kam pul sarflab, katta pulni olish harakatida bo‘lishadi. Serial uchun telekanallar arzimagan pul berishadi, juda ham arzimagan pul. Ochiq aytadigan bo‘lsam, u pul rejissorning mehnatiga ham arzimaydi. Har doim biz haqimizda “san’at o‘ldi, kinolar yomon, o‘qiganlar ham, o‘qimaganlar ham rol o‘ynab yotibdi”, degan fikrlar yuradi, bu fikrlarning hammasiga tepadagi insonlar aybdor. Chunki ular kam pul tikadi, kam pul ajratishadi, ular ajratgan pulga bitta professional aktrisani o‘ynatgandan ko‘ra, pul bermasdan, tekinga butun boshli filmda suratga tushishga rozi bo‘ladigan jamoani o‘ynatgani yaxshi. O‘zini hurmat qilgan odam arzimagan pulga rol o‘ynamaydi. Ertalabdan kechgacha siz o‘sha rol bilan ovora bo‘lasiz. Ovqatlanasiz, mashinangizga benzin quyishingiz kerak, kiyinishingiz kerak, xullas, xarajatlari juda ko‘p. Hozir bitta klipda kiygan kiyimingizni boshqa klipda ham kiysangiz, odamlar darrov gap qilishadi. Arzimagan pul berishgandan keyin bitta kiyimni hamma syomkada kiyishga majbur bo‘lasiz-da. Xullas, bu holatlarni Matiz’ga pul to‘lab, Malibu kutish bilan qiyoslash mumkin. San’atdan ko‘nglim qolishiga sabab bo‘layotgan jihatlaridan yana biri — syomkalarda uchta odam o‘tirsa, shu davrada bo‘lmagan inson haqida g‘iybat boshlanadi. Agar siz o‘sha davradan tursangiz, siz haqingizda ham gapirib boshlashadi. Kim bilan yurayotgan ekan, mashinasini kim olib beribdi, degan gaplar bolalab ketadi. Shunday uydirma gaplardan kimga nima naf, deb qolaman ba’zida. Har bitta narsamni, qo‘limdagi telefonimgacha peshona terimga, o‘zimning pulimga sotib olganman. To‘rt yildan buyon qancha klip, serial, kinoda rol ijro etdim. Necha martalab Instagram’da o‘yinlar qildim. Imkonim boricha uyga pul olib kirishga ham harakat qilaman. Yana bu ishlarni o‘zimning kundalik xarajatlarimdan orttirib bajarganman. Kundalik xarajatlarim uchun ham juda ko‘p pul sarflayman. Yoki kim bilandir yurganimni, kimdandir qimmat sovg‘a olganimni eshitmagansizlar-ku. Har bir qimmat buyumimni o‘z pulimga olganimni biladigan guvohlarim ham bor. Durdona Qurbonova, aktrisa, bloger Ma’lumot uchun, Durdona Qurbonova 1998-yil 2-iyun kuni Toshkent shahrida dunyoga kelgan. San’at kollejida hamda O‘zbekiston san’at va madaniyat institutining Dramatik teatr va kino aktyorligi fakultetida tahsil olgan. 50 ga yaqin film, seriallarda, 100 dan ortiq kliplarda bosh rollarni ijro etgan. Durdona Qurbonova bugungi kunda aktrisalikdan tashqari, xonandalik faoliyati bilan ham shug‘ullanib kelmoqda.
117
3,043
Madaniyat
Bollivud aktrisasi Priyanka Chopra turmushga chiqmoqda
36 yoshli hind aktrisasi va model Priyanka Chopra sevgilisi bilan munosabatlarini rasmiylashtirishga qaror qildi, deb yozadi MyDay. Mashhur aktrisaning bo‘lajak turmush o‘rtog‘i xonanda Nik Jonas bo‘lib, u aktrisadan 10 yosh kichik, lekin ularni yaqindan taniganlar yoshdagi farqqa qaramay juftlik juda baxtli ekanini ta’kidlamoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, Nik Priyankaning tug‘ilgan kunida Tiffany&Co brendiga tegishli uzuk tuhfa qilib, unga turmushga chiqishini so‘ragan. Priyanka Chopra Shahzoda Garrining rafiqasi Megan Marklning yaqin dugonasi bo‘lib, u bo‘lajak turmush o‘rtog‘i bilan qirollik oilasi vakillarini tanishtirgani haqida ham ma’lumotlar bor.
54
663
Madaniyat
Xonanda Shahzodaning konsertidan fotoreportaj
“Istiqlol” san’at saroyida 1-may kuni xonanda Shahzodaning yakkaxon konsert dasturiga start berildi. Quyida konsertning birinchi kunidan tayyorlangan fotoreportaj bilan tanishishingiz mumkin. Ma’lumot uchun, Shahzodaning 2016-yilgi konsert dasturi 7-may kuniga qadar davom etadi.
45
279
Madaniyat
Shakira Pike bilan ikkinchi farzandlarini kutayotganini tasdiqladi
Kolumbiyalik qo‘shiqchi Shakira so‘nggi paytlarda OAVlarda tarqalgan homiladorligi to‘g‘risidagi xabarni tasdiqladi. Pop-yulduz Meksikaning Cosmopolitan jurnaliga bergan intervyusida ispaniyalik futbolchi Jerar Pike bilan ikkinchi farzandlarini kutayotganini aytgan. Qo‘shiqchining homiladorligi to‘g‘risida dastlab futbol bo‘yicha jahon chempionati chog‘ida taxminlar paydo bo‘lgan edi. Shakira sport tadbirida sipo va keng kiyimda qatnashgan edi. Biroq qo‘shiqchi ham, futbolchi ham bu taxminga hech qanday izoh bildirmagan edi. 37 yoshli qo‘shiqchi va 27 yoshli futbolchining birinchi farzandi — Milan Muborak Pike 2013-yil yanvarida tug‘ilgan. Juftlik rasman turmush qurmagan.
66
681
Madaniyat
Xonanda Anvar Sobirov Instagram sahifasiga akasi Og‘abekning turmushga chiqqan qizi uchun sovg‘asini joyladi (video)
Akasi Og‘abek Sobirovning to‘ng‘ich qizi Gulruhxon turmush qurayotgani haqida Instagram sahifasi orqali ma’lumot bergan xonanda Anvar Sobirov, keyinroq otaning o‘z qiziga nikoh sovg‘asini ham namoyish etdi. “Tort emas, san’at asari ekan bu. Og‘abek akaning qizlariga qilgan syurprizlaridan biri”, — deb izoh qoldirgan Anvar Sobirov. Ma’lumot uchun, Og‘abek Sobirovning 3 o‘g‘il va 3 qiz farzandi bor. TORT emas sanat asari ekan bu,Ogabek akani qizlariga qilgan syurprizlaridan biri... Видео опубликовано Anvar Sobirov (@anvarsobirov) Ноя 9 2016 в 7:00 PST
116
556
Madaniyat
Jeki Chan Xitoy va Hindiston hamkorligidagi ilk filmda bosh rolni o‘ynaydi
Yakkakurash ustasi, mashhur aktyor Jeki Chan Xitoy va Hindistonning birinchi hamkorlikdagi filmida suratga tushadi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda. Ekshn-komediya janridagi ushbu filmning ishchi nomi “Kung-fu yoga”dir. Hindiston gazetalari yozishicha, sentabr oyida Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpinning Nyu-Deliga tashrifi chog‘ida ushbu filmni suratga olish ishlarini boshlashni nazarda tutuvchi hujjat imzolangan. Filmda Jeki Chan bilan birga yana kimlar suratga tushishi noma’lum.
74
492
Madaniyat
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYaT VAZIRI TATARISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI BILAN UChRAShDI
Joriy yilning 24 sentyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston davlat akademik katta teatrida Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixanov hamda O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullaev o`rtasida rasmiy uchrashuv bo`lib o`tdi. Madaniyat vazirligining xabar berishicha, uchrashuv doirasida Rossiya Federasiyasining O`zbekistondagi elchisi Vlalimir Tyurdenev, Butunjahon tatar kongressi ijroiya raisi Rinat Zakirov hamda tatar jamoatchilik tashkilotlari vakillari ham ishtirok etdilar. Uchrashuvning ochilish qismida kirish so`zi bilan boshlagan Toshkentdagi tatar madaniy-ma`rifiy jamoatchilik markazi direktori Rishat Nabiullin O`zbekistonda tatar madaniyatini rivojlanishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilganligi, hozirgi vaqtda O`zbekiston poytaxtida 100 mingdan ortiq hamda, Respublika miqyosida bu ko`rsatkich 280 mingdan ortiq tatarlar istiqomat qilishini aytib o`tdi. Uchrashuvda Tatariston Respublikasi kunlarini har yili o`tkazish taklifi berildi. Bugungi kunda respublikamizda 137 ta madaniy markazlar va 7 ta hamdo`stlik uylari faoliyat yuuritayotganligini ma`lum qildi. Tatariston Prezidenti tomonidan fan, ta`lim, ishlab chiqarish, madaniyat va san`at sohasida hamkorlikni kuchaytirish bo`yicha takliflar ilgari surildi. Rasmiy uchrashuvda ikkala tomon madaniyat va san`at sohasini rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar. Tatariston Prezidenti O`zbekiston hukumatiga respublikamizda yashab kelayotgan tatarlarning hamma taraflama qo`llab quvvatlanishida hukumat rahbariga o`z minnatdorchiligini bildirdi. Baxtiyor Sayfullaev ochilish marosimida so`zlagan nutqida hammani muborakbod etib, bu kabi do`stona aloqalar bardavom bo`lishini tiladi.
92
1,703
Madaniyat
Tashqi qiyofasi mahorat bilan o‘zgartirilgani uchun biz mashhur filmlarda tanimagan “buqalamun” aktyorlar (foto)
Sifatli grim va soch turmagi ham eng taniqli aktyorni umuman tanib bo‘lmas darajada o‘zgartirishi mumkin. Bunga ishonish qiyin, albatta. Ammo quyida ularning guvohi bo‘lish mumkin. Li Peys − “Xobbit”, “Galaktika posbonlari”, “Sumerki”. Qudratli Tranduil, shafqatsiz Ronan va vampir Garret obrazlarini aslida bir odam ijro etganini faqatgina chinakam muxlislar bilishi mumkin. Tilda Suinton − “Narniya saltanati”, “Qor orqali”.  Tilda Suinton ham tashqi ko‘rinishning keskin o‘zgarishi borasida boshqa aktyorlardan qolishmaydi. Genri Kavill − “Jodugar” va “Yulduzlar alangasi” Buyuk britaniyalik aktyor Supermen va Jodugar rollari bilan tanilgan. Albatta, ularni turli xil obrazlarda tanib olish qiyin. Aron Teylor-Jonson − “Anna Karenina” va “Qasoskorlar”. Britaniyalik aktyorning ham rollari turli filmlarga moslashuvchan bo‘lib, har birida u o‘z mahoratini namoyon etgan. Lina Xidi − “Taxtlar o‘yini”, “Aka-uka Grimmlar”.  Aktrisaning Anjelika roli darhol mashhurlik keltirmagan bo‘lsa-da, uni Xit Lejer va Mett Deymon bilan tanishtirdi. 10 yil ichida esa u chinakam shon-shuhrat cho‘qqisiga erishdi. Robbi Koltreyn − “Garri Potter” va “Oltin ko‘z”.  Ushbu filmdagi obrazlar turli xil bo‘lsa-da, ularni bir inson ijro etganiga ishonish qiyin. Ien Xolm − “Uzuklar hukmdori” va “Beshinchi unsur”. “Beshinchi unsur”da aktyor Korneliusni ijro etgan. Ammo muxlislar uni ko‘proq “Uzuklar hukmdori”dagi Bilbo Beggins qiyofasida yaxshi ko‘rib qolgan. Maykl Fassbender − “300 spartalik” va “ 12 yillik qul”.  Edvin Epps hamda Stelios obrazlari aynan Maykl uchun mo‘ljallangandek. Aktyorning o‘zi ham bu kabi mahorat talab etadigan rollarni sevib ijro etadi. Judi Devis − “Ketcher” va “Tikuvchi” Judi 2015-yilda “Tikuvchi” filmida Keyt Uinsletning onasi rolini ijro etgan. 2020-yilda esa zamonaviy hamshira obrazida namoyon bo‘lib, muxlislarni quvontirdi. Imelda Stonton − “Garri Potter” va “Mening qo‘rqinchli enagam” Obrazlar o‘rtasidagi qarama-qarshilik qanchalar yuqori bo‘lmasin, u aktrisaga juda mos tushgan. Pol Bettani − “Birinchi qasoskor: yuzma-yuz” va “Da Vinchi kodi” Aktyor boshqa obrazlariga qaraganda Marvel filmlaridan so‘ng mashhurlikka erishgan. Miranda Otto − “Uzuklar hukmdori” va “Sabrinaning sarguzashti” Qirol Teodenning jasur jiyanini ijro etgan Mirandani sehrgar Zelda sifatida tanib olish oson emas. Bett Midler − “Fokus-pokus” va “Siyosatchi”. Hiyla-nayrangchi jodugar obrazida namoyon bo‘lgan Bett 2020-yilda “Siyosatchi” filmida jiddiy qahramon sifatida namoyon bo‘ldi. Nataliya Tena − “Garri Potter” va “Taxtlar o‘yini”  Kino sanoatida aktrisa eng yaxshi sehrgar − Nimfadora Tonks va yovvoyi Oshi obrazlari bilan tanilgan. Endi Serkis − “Uzuklar hukmdori” va “Qora pantera”.  Serkisning yuqoridagi ikki filmi emas, balki boshqa kartinalardagi ijrosi ham turfa xil. Albatta, ularni tomosha qilib chiqish kerak. Brays Dallas Xovard − “Yura davriga sayohat” va “O‘rgimchak-odam 3”. Birgina soch rangi bilan aktrisa tamoman boshqa odamga aylanganini ko‘rish mumkin.
112
2,999
Madaniyat
Shahzoda Muhamedova sudga bermoqchi bo‘lgan sayt aktrisani tuhmatchilikda aybladi
Aktrisa Shahzoda Muhamedova uni “o‘ynash”ga chiqargan shok.uz saytini sudga bermoqchi ekanligini ma’lum qilgandi. Ammo sayt tahririyati “Aktrisani ajrashgan eriga, bankir bilan yurgan boshqa aktrisa o‘ynash bo‘lib oldi” nomi ostida chop qilingan maqola Shahzoda Muhamedova haqida emasligini isbotlovchi dalillari borligini bayon qilgan. “Hozirgi kunda san’at vakillaridan faqat ugina emas, ko‘pchilik yana bir qator boshqa sohalarda ham faoliyat olib bormoqda. Shuningdek, “Loyihalariga bora olmaganim uchun mana shunday bo‘htonlarni yozishgan”, debdi. Shahzoda Muhamedovani ‘Kelin-kuyov shok’ loyihamizga taklif qilganimizda kuyov obrazi uchun aytilgan aktyor va stilist Sharof Sharopov uylanyapman deb kelmagani uchun aktyorning aybi bilan loyiha qoldirilgan edi. Boshqa erkak san’atkorlar aktrisa bilan bu loyihada ishtirok etishdan bosh tortdi. Shuningdek, maqolada “Zarina Nizomiddinovaning sobiq turmush o‘rtog‘iga turmushga chiqyapti”, deb yozilgan jumlaning o‘zi yo‘q. Bu gaplarni Shahzoda Muhamedova radio orqali aytib o‘tdi va “Ularni sudga beraymi desam, ularga zarar yetadi”, deb aytdi, ammo gazetalarda va Instagram ijtimoiy tarmog’i orqali shok.uz saytini sudga berdim deb maqtandi. Hamma yerda har xil gap, qaysi biri rost?”, — deb yozadi shok.uz sayti. Saytda yozilgan xabarda aktrisa turli OAVlarga har xil intervyu berib, saytga tuhmat va bo‘htonlar yog‘dirayotgani yozilgan. Bundan tashqari, Shahzoda Muhamedova sayt xodimlariga shantajli SMS’lar yozayotgani ta’kidlab o‘tilgan. Shok.uz kerak bo‘lsa qonun oldida ham o‘z huquqlarini himoya qilib, mavjud dalillar orqali o‘zini oqlab olishga tayyor ekanligini qayd etgan.
81
1,640
Madaniyat
Xonanda Abdujalil Qo‘qonov o‘ziga tegishli bo‘lgan to‘yxonani MIB tortib olganini ma’lum qildi (video)
Xonanda Abdujalil Qo‘qonov “Daryo” internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi. Abdujalil Qo‘qonov suhbat davomida o‘ziga tegishli bo‘lgan to‘yxona nima sababdan MIB tomonidan tortib olinganiga oydinlik kiritdi. Birovga yaxshilik qilamiz deb to‘yxonamizni oldirib qo‘yganmiz. Tanishlarimiz “To‘yxonangizni garovga qo‘yib, bankdan pul olmoqchimiz, bir yilga bormasdan pulni yopamiz”, deyishdi. Bankdan 105 million so‘m pul olishgan, ishlatishgan, ammo ishlari o‘xshamagan. Bank ham to‘yxona mening nomimda bo‘lgani uchun muddatni cho‘zib yuravergan. “Menga gap tegmasin, qishloq guzarini olganman. Shu to‘yxonani ham sotibdi-da, degan gap-so‘zlarga qolmay”, dedim. Prokurorlar oldida ham shu gaplarni gaplashganmiz, “Hech qanday ortiqcha gap qilmasdan to‘laymiz”, deyishdi. Yilning oxirida bank xodimlari oldimga kelib, “Ular pulni to‘lashmayapti, o‘rniga siz to‘lab qo‘ying”, deyishdi. Ular menga “Bir dona shashlik yoki bitta mineral suv ham olib bermagan bo‘lishsa, ularga yaxshilik qilaman, deb, men kuyib ketaveramanmi?”, dedim. Ular san’atkorligim — Abdujalil Qo‘qonovligimni hurmatini qilsa kerak desam, to‘yxonaga katta qilib sotiladi, deb yozib qo‘yishibdi. Sotiladi degan yozuvni o‘chirtirsam, yana yozishibdi. Bu holatdan qishloqning kattalari ham hayron bo‘lib “Nega sotyapsiz?”, deb so‘rab boshlashdi. Ularga vaziyatni tushuntirdim. Xullas oxiri pulni to‘lashi kerak bo‘lgan odamlar pulni to‘lamaganligi uchun to‘yxona bank ixtiyoriga o‘tib ketdi. Hozir o‘zim qurgan, aslida o‘zimga tegishli bo‘lgan to‘yxonani o‘zim sotib olish harakatida yuribman. Chunki avvalo bu to‘yxona qishloqdoshlarimiz uchun qurilgan, sotib olib qishloqqa topshirib qo‘ymoqchiman. U to‘yxonani hozirgi hisob bilan 100 ming dollarga qurganman. U yigitlarning lafziga ishonib, ularga yaxshilik qilish uchun to‘yxonamdan ayrilib qoldim. Kim ko‘rsa, kim bilsa “Nima uchun to‘yxonani sotdingiz?”, deb so‘raydigan bo‘lib qoldi. Abdujalil Qo‘qonov, xonanda Ma‘lumot uchun, Abdujalil Qo‘qonov 1965-yil Farg‘ona viloyati, Oltiariq tumanida dunyoga kelgan. “Kechikkan sevgi”, “Go‘zalim”, “Berkinmachoq”, “Azob” kabi qo‘shiqlari muxlislar orasida mashhurlikka erishgan. Xonandaning 300 ga yaqin mualliflik qo‘shiqlari bor.
102
2,261
Madaniyat
“Se*Tanho” (“Setora”) guruhi 16 yoshini nishonladi
2014-yilning 1-martida hozirgi “Se*Tanho” guruhining fan-klubi a’zolari va Leylining art-direktori Samir tomonidan Laylo hamda Kamila uchun tavvalud kun uyushtirildi. Chunki ushbu sanada afsonaviy “Setora” guruhi 16 yoshga to‘ldi. Bu haqda “Shou-biznes” nashri xabar bermoqda. Guruh 1998-yilning 1-mart kuni Laylo, Kamila va Feruza tomonidan tashkil qilingan edi. Ayni paytda guruh a’zolarining uchinchisi — Feruza AQShda istiqomat qilib, ijodini o‘sha yerda davom ettirmoqda. Shu sababli tadbirda faqat Laylo va Kamila guruh vakillari sifatida qatnashdi. Ma’lum bo‘lishicha, shahrimizning Sirg’ali tumanida joylashgan “Lord” restoranida uyushtirilgan ziyofatga Ravshan Sobirov, Shoira Otabekova, Kaniza kabi estradamizning ko‘zga ko‘ringan vakillari tashrif buyurishdi. Tadbirni Samir hamda maftunkor aktrisa Shahzoda Muhammedova birgalikda olib bordilar. Tadbirga tashrif buyurgan fan-klub a’zolari o‘z sevimli yulduzlari bilan birgalikda esdalik uchun fotosuratlarga tushish bilan bir qatorda, birga raqsga tushish hamda ularning taronalaridan tinglab hordiq chiqarishga ham musharraf bo‘ldilar, deyiladi xabarda.
50
1,118
Madaniyat
Model Naomi Kempbell nogironlar aravachasida harakatlanmoqda
45 yoshli taniqli model Naomi Kempbellning Braziliyadagi aeroportda nogironlar aravachasida harakatlangani aks etgan fotosuratlari tarqaldi, deya xabar bermoqda “Segodnya.ua”. U aravachadan turganida esa hassa va menejeri unga tayanch vazifasini o‘tadi. Nashr aniqlik kiritishicha, model bundan besh yil avval podiumda oyoq bo‘g‘imidan lat yegan. O‘shanda uning oyog‘ini davolash bilan shifokorlarning butun bir guruhi shug‘ullangan. Endi esa uning kasalligi yangi bosqichga chiqdi, natijada Kempbell mustaqil yura olmay qoldi.
60
528
Madaniyat
Ledi Gagaga itlari qaytarib berildi. Qo‘shiqchi o‘g‘irlab ketilgan jonivorlar uchun 500 ming dollar va’da qilgandi
Qo‘shiqchi va aktrisa Ledi Gaganing o‘g‘irlangan fransuz buldoglari — Koji va Gustav qaytarib berildi. Bu haqda Los-Anjeles politsiyasi o‘z Twitter sahifasida ma’lum qilgan. Avval xabar qilinganidek, o‘g‘rilik 24-fevral kuni sodir bo‘lgan: uning yordamchisi Rayan Fisher xonandaning uchta itini sayrga olib chiqqanida qurollangan kishilar hujumiga uchragan. O‘g‘rilar Fisherni yarador qilib, ikkita buldogni olib ketgan, Miss Asia ismli uchinchi it esa qochishga muvaffaq bo‘lgan va keyinchalik uni politsiya topgan. Associated Press’ning xabar berishicha, itlarga zarar yetmagan, bir nechta o‘qdan yarador bo‘lgan yordamchining ahvoli ham barqaror. Ma’lum bo‘lishicha, olib borilayotgan tergov munosabati bilan xavfsizlik nuqtayi nazaridan ismi oshkor qilinmagan ayol itlarni olib kelgan. Los-Anjeles politsiyasi 26-fevral kuni ayol itlarni “topib olganini va ularni qaytarish uchun Ledi Gaga vakillariga murojaat qilganini” aytgan. Politsiya kapitani Jonatan Tippettning aytishicha, jonivorlarning o‘g‘irlanishida ayolning aloqasi yo‘q. U Ledi Gaga itlarini qaytarib berish uchun va’da qilgan 500 ming dollar mukofot pulini oladimi yoki yo‘qmi, bu ham noma’lum.
114
1,166
Madaniyat
“Zuleyha” serialida Umit ismli qahramon paydo bo‘ladi
“Zuleyha” serialining suratga olish jamoasiga yangi aktrisa Xande Soral kelib qo‘shiladi. U Umit ismli bosh qahramonlardan birini ijro qiladi, deb yozadi “Kinoteka.com”. 77-qismda Yilmaz rolini gavdalantirgan Ugur Gunesh serialni tark etadi. Birsen Altuntashning ma’lum qilishicha, bunga aktyorning  Kerem Alishik bilan kelisha olmagani sabab bo‘lgan va shu bois yangi shartnoma imzolashni istamagan. U Vahidedan so‘ng loyihadan chiqib ketadi. Syujetga ko‘ra, Yilmaz avtohalokatda vafot etadi. Xandening loyihaga kelib qo‘shilishi bilan voqealar rivoji yanada qiziq avj oladi. U ijro qiladigan Umit ismli qahramon Demirga yordam beradi. Adanaga yetib borgan aktrisa suratga olish jamoasi bilan tanishgan. U Adanada ishlashdan baxtiyor ekani hamda ancha vaqtdan buyon birga ishlayotgan jamoa a’zosiga aylanganidan xursandligini ta’kidlagan.
53
840
Madaniyat
Andijonlik 13 yoshli qiz xalqaro musiqiy festival sovrindori bo‘ldi
10–15-oktabr kunlari Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida o‘tkazilgan an’anaviy “Mug‘om” xalqaro festivalida Andijon viloyati Jalaquduq tumanidagi 18-bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchisi Maftuna Abdumuxtorova 3-o‘rinni egalladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi. Dunyoning ko‘plab davlatlaridan iste’dodli yoshlar ishtirok etgan festivalda Maftuna ijrosidagi milliy maqom qo‘shiqlari muxlislar va mutaxassislar tomonidan yuqori baholandi. “‘Mug‘om’ xalqaro festivalida O‘zbekiston yoshlari hech kimdan kam emasliklarini yana bir bor namoyish etganimizdan xursandmiz, — dedi Maftuna. — Ayniqsa Uvaysiy g‘azali bilan aytiladigan ‘Tokay’ qo‘shig‘i barchaning olqishiga sazovor bo‘ldi”. Endi 13 yoshni qarshilagan Maftuna bunga qadar ham qator tanlov va festivallarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan.
67
792
Madaniyat
Kinotavsiya: dam olish kunlari tomosha qilish uchun eng yaxshi turk miniseriallari
Dam olish kunlarida ham turk teleko‘rsatuvlari muxlislari ko‘plab yangi ijobiy his-tuyg‘ularni olishga yordam beradigan bir nechta qiziqarli loyihalarni tomosha qilishlari mumkin. Har doim vaqt yetishmaydiganlar uchun hafta oxirida bemalol tomosha qilish mumkin bo‘lgan 6 ta eng yaxshi qisqa seriallar bilan tanishing. “Ayoz” (2020) Firuze qiyin ahvolga tushib qoladi — sevikli odami uni tashlab ketadi va otasi o‘zi boshqargan qurilish maydonchasida odamlarni o‘ldirishda ayblanadi. Endi qiz otasini firib bergan odamning kompaniyasiga ishga kirishga majbur. Shundagina u otasining aybsizligini isbotlay oladi. Vaziyatni Firuzening Ayoz bilan yana uchrashishi — birinchi muhabbati murakkablashtiradi. Bu erkak allaqachon oila qurganini va otasiga qo‘yilgan ayblovlarga aynan u bevosita aloqador ekanligini bilib oladi. Endi ular uchun nima muhimroq ekanini hal qilish kerak — munosabatlariga aniqlik kiritish yoki begunoh odamni qutqarish. Qismlar soni: 10. Bosh rollarda: Aycha Ayshin Turan va Alperen Duymaz. “Bir onaning gunohi” (2020) Suna qizi va ikki o‘g‘li bilan odatdagidek tinch hayot kechirardi. Ularning xotirjam yashashlari uchun do‘kondagi ishidan topgan puli yetardi. Ammo bosh qahramonning o‘g‘li Yusuf og‘ir kasal bo‘lib qolganidan keyin hammasi o‘zgaradi. Bolani qutqarish uchun ayol katta miqdorda pul topishi kerak va buning uchun u hamma narsaga tayyor. Suna o‘limi uchun katta pul to‘langan odamni o‘ldiradi — vafotidan keyin uning oilasi yaxshigina sug‘urta puli olishlari kerak edi. Ayol o‘z qilmishini kechira olmaydi va yillar davomida nima bo‘lganini unutishga harakat qiladi. Ammo o‘g‘li o‘zi o‘ldirgan odamning qiz bilan uchrashishni boshlaganidan keyin hammasi ostin-ustin bo‘lib ketadi. Qismlar soni: 5. Bosh rollarda: O‘zge Ozberk va Mehmet Aslantug‘ “O‘qituvchi” (2020) Akif universitet diplomini olib, maktabga ishga keladi. Hozir u boshlang‘ich sinf rahbari. Ishi unga zavq bag‘ishlaydi va bolalar orasida ham, hamkasblari orasida ham tezda obro‘-e’tibor qozonadi. Akif sevgilisi Zeynepga turmush qurishni taklif qiladi va unashtirilgandan keyin qiz ham maktabda ishlay boshladi. Bir yil o‘tgach, maktabda fojiali voqea yuz beradi — eng namunali o‘quvchilaridan biri o‘z joniga qasd qiladi. O‘qituvchi esa haqiqatning tagiga yetish uchun hamma narsaga tayyor. Ko‘p o‘tmay, maktabda kuchli portlash bo‘lib, Akif o‘zining jajji shogirdlarini garovga olgani ma’lum bo‘ladi. Qismlar soni: 9. Bosh rollarda: Ilker Kaleli va Akif Afra Sarachog‘lu. “Boylar va kambag‘allar” (2019) Amakivachchalar Meral va Berrin kambag‘al oilalarda tug‘ilgan. Ammo qizlar o‘z ahvolini yaxshilash uchun tinimsiz ishlashga tayyor. Bir xil urinishlarga qaramay, ulardan biri istagan maqsadiga erisha oladi. Meral osonroq yo‘lni afzal ko‘radi — u o‘z shahridagi eng nufuzli oilaning o‘g‘liga turmushga chiqadi. Qiz endi uning hayoti ertak kabi bo‘lishiga ishonadi. Ammo u juda katta xato qiladi. Eri qo‘llariga erk beradigan zolim bo‘lib chiqadi. Ammo Meral undan ketolmaydi. Berrin qanday qilib bo‘lsa ham singlisini qutqarib, uyiga olib kelishga qaror qiladi. Endi qahramon muvaffaqiyatli va mustaqil ayolga aylanadi, u shahardagi eng kuchli oilaga qarshi chiqmoqchi. Meralning qaytishi uchun qiz hamma narsaga tayyor. Qismlar soni: 20. Bosh rollarda: Gokhan Alkan va Damla Jo‘lbay “Sevimli o‘tmish/hurmatli o‘tmish” (2019) Serialdagi voqealar uch nafar muvaffaqiyatli va juda badavlat ayollarning hayotini ko‘rsatadi. Ular bir-birlari bilan tanish emas, ammo taqdirlari biroz o‘xshash. Kunlarning birida ularning har biri opa-singil ekanligi haqida xat oladi. Qizlar tanishish maqsadida ulardan birining to‘yiga kelishadi. Ammo ajoyib voqea tunda sodir bo‘lgan dahshatli fojia bilan yakunlanadi. Endi faqat opa-singillargina haqiqatning tagiga yetishlari mumkin. Qismlar soni: 8. Bosh rollarda: Emre Kunay va Eje Uslu. “Dog‘” (2019) Yasmin va Murat oilalaridagi dahshatli fojiadan so‘ng yetimxonaga tushib qolishadi. Ular doimo bir-birlariga yordam berishadi va qo‘llab-quvvatlashadi. Qiz 18 yoshga to‘lganda mustaqil hayotini boshlaydi. Biroq Yasmin o‘zidan 9 yosh kichik ukasini tashlab keta olmaydi. Muratga vasiylik qilish maqsadida qiz advokat bo‘lish uchun o‘qishga kiradi, chunki u o‘z huquqlarini sudda himoya qilishning yagona yo‘lini shu deb biladi. Bu yo‘lda u omon qolish uchun ko‘p mehnat qilishi kerak. Ammo yosh va badavlat yigit bilan tasodifan uchrashib qolishi uning hayotini tubdan o‘zgartiradi. Qismlar soni: 9. Bosh rollarda: Melis Sezen va Burak Sevinch.
82
4,493
Madaniyat
O`zbek kino olamining eng mashhurlari jamlangan «Vasiyat» filmining premera kuni ma`lum bo`ldi
Rejissyor Said Muhtorov tomonidan suratga olingan «Vasiyat» filmining premera kuni ma`lum bo`ldi. Filmning keng jamoatchilik uchun mo`ljallangan premerasi 22 noyabr kuni Alisher Navoiy nomli kino saroyida bo`lib o`tadi. Mazkur filmda o`zbek kino olamining eng reytingi baland aktyor-aktrisalar jamoasi jamlangan. Filmda O`zbekiston xalq artisti Ubaydulla Omon, Javohir Zokirov, Dilnoza Kubaeva, Ulug`bek Qodirov, Zarina Nizomiddinova, Sitora Farmonova, Said Muhtorov, Luiza Rasulova singari aktyor va aktrisalarni ko`rishingiz mumkin. Real voqealarga asoslangan filmning suratga olish ishlariga tayyorgarlik jarayonlari 2017 yildan boshlangan bo`lib, filmning montaj jarayonlari 2018 yilning noyabr oyida nihoyasiga etdi. Filmning 22-noyabr kuni Alisher Navoiy nomli kino saroyida bo`lib o`tadigan premerasiga katta tayyorgarlik ko`rilmoqda.
94
841
Madaniyat
Sevara Nazarxon “Toch v toch” ko‘rsatuvida Linda qiyofasida sahnaga chiqdi
2014-yil 23-mart kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sevara Nazarxon Rossiya Birinchi kanalidagi “Toch v toch” (“Xuddi o‘zginasi”) shousining to‘rtinchi turida rossiyalik xonanda Linda qiyofasida sahnaga chiqdi. Bu haqda “12news.uz” xabar bermoqda. Lindaning “Vorona” (“Qarg‘a”) qo‘shig‘ini ijro etgan Sevaraga to‘rt nafar hakamlar hay’ati a’zosi maksimal besh balldan 20 ball qo‘ydi. Biroq betaraf hakam Mixail Boyarskiy o‘zbek xonandasining chiqishini to‘rt ballga baholadi. Shunday qilib, Sevara jami Dmitriy Koldun va Irina Dubsova bilan bir xil — 24 ball yig‘di. Eslatib o‘tamiz, Sevara Nazarxon mazkur shouning birinchi raundida 23 ochko bilan beshinchi o‘rinni, ikkinchi bosqichida 21 ochko bilan to‘qqizinchi o‘rinni, uchinchi turida esa 25 ball to‘plab, to‘rtinchi o‘rinni egallagan edi.
74
806
Madaniyat
Munisa Rizaevani tovlamachilikda ayblashdi
Munisa Rizaeva o`z instagramdagi sahifasida videomurojaat joylashtirdi. Unda xonanda muxlislari uni tovlamachilikda ayblashayotganligini aytmoqda. Bu haqda honandaning intagram sahifasiga ilova qilib Aniq.uz xabar berdi. Xonanda va uning adminstratori tayyorlagan murojaatda aytilishicha, joriy yilning 8 mart sanasida Moskva shahrida Munisaning yakkaxon konsert dasturi bo`lib o`tishi kerak edi. Ammo texnik sabablarga ko`ra, konsert keyingi kunlarga qoldirildi. Aynan shu holat muxlislar bilan xonanda o`rtasida tushunmovchilik kelib chiqishiga sabab bo`lgan. Xonanda adminstratori konsert kuni ma`lum bo`lgach, bu haqda reklama qilinganligi, ammo konsert bo`lib o`tishi uchun hech kimdan hech qanday pul mablag`ini olmaganliklari, xonandani nohaq ayblayotganliklari, konsert uchun pul to`lagan har bir muxlisga 12 mart kunidan boshlab pullari qaytarilishini ma`lum qilgan.  Munisa o`zi ham konsert tashkilotchilari oldida jabrlanuvchi bo`lib qolayotgani, uni tovlamachilikda asossiz ayblashayotganini aytmoqda.
42
1,013
Madaniyat
O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilayotgan “Lazgi” xalqaro raqs festivalining ochilish marosimidan fotoreportaj
2022-yilning 25-30-aprel kunlari Xiva shahri mezbonlik qilayotgan “Lazgi” xalqaro raqs festivaliga 26-aprel kuni start berildi. “Daryo” muxbirining ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilayotgan mazkur yirik tadbirning ochilishi marosimi “Ichan qal’a”ning ko‘hna Ark maydonida bo‘lib o‘tgan. Festival avvalida ishtirokchilarga Prezident Shavkat Mirziyoyevning tabrigi o‘qib eshittirilgan. Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning OAV vakillariga qayd etishicha, festivalda dunyoning 30 ta davlatidan 175 nafardan ziyod raqs san’ati ustalari, professional raqs jamoalari, san’atshunos olimlar, madaniyat sohasining taniqli namoyandalari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari tashrif buyurgan. Festival doirasida o‘tkaziladigan tanlovda 18 davlatdan 160 ishtirokchi qatnashishi rejalashtirilgan. Tanlovni oltita turli davlatdan 6 nafar tajribali, professional hakam baholab boradi. “Ayni damda ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etish uchun 11 davlatdan 13 nafar san’atshunos olimlar Xiva shahriga yetib kelgan”, — deydi Nazarbekov. Ochilish marosimining badiiy qismida turli millat va xalqlarning o‘ziga xos kuy-qo‘shiqlari yangradi, jozibador raqslari ijro etildi. O‘zbekistonlik taniqli san’atkorlar tomonidan kuylangan taronalar esa qatnashchilarni raqsga chorladi. Eslatib o‘tamiz, 2020-yil 29-sentabrda 2022-yildan boshlab har ikki yilda bir marotaba“Lazgi” xalqaro raqs festivalini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida prezident qarori e’lon qilingandi. Qarorga bilan festivalni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ham tasdiqlangan bo‘lib, unga ko‘ra, “Lazgi” raqs tanlovi 3 ta nominatsiya (“Eng yaxshi yakkaxon raqs ijrochisi”, “Eng yaxshi raqs jamoasi” va “Eng yaxshi sahnalashtirilgan raqs”) bo‘yicha baholanadi. Tanlov g‘oliblari quyidagi miqdorda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi: Har bir nominatsiya bo‘yicha: “Lazgi” Xorazm raqsi O‘zbekiston madaniy merosining elementi sifatida Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro‘yxatiga kiritilgan. Bu haqdagi qaror 2019-yil 12-dekabr kuni YUNESKO ning Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha hukumatlararo qo‘mitasining 14-sessiyasida qabul qilingan.
106
2,163
Madaniyat
So‘nggi dubl: Sovet Ittifoqi va Gollivuddagi jajji aktyor va aktrisalarning karyerasi qanday yakunlandi? (foto)
Hanuzgacha ular ishtirokidagi filmlar maroq bilan tomosha qilinadi. Faqat kartina qahramonlari allaqachon o‘sib ulg‘aygan. Ular ulg‘ayish bilan birga, kinodagi faoliyatini ham to‘xtatgan. Elison Porter – “Jingalaksoch Syu” 1991-yilda 10 yoshli Elison “Jingalaksoch Syu” filmida rol o‘ynagan. Jajji aktrisaga keyinchalik boshqa taklif bo‘lmadi va kamera qarshisidan ko‘ra teatr sahnasida rol o‘ynashga qaror qildi. Elisonning yana bir kamchiligi spirtli ichimliklar va giyohvand moddalari edi. U 25 yoshdan keyin giyohvandlikdan qutulishga muvaffaq bo‘ldi, ammo uning kinokaryerasi natija bermadi. U 10 yil avval epizodda o‘ynagan “Tanishing: Deyv” hozirgi kunga qadar so‘nggi film bo‘lib qolmoqda. 2018-yil Elison sobiq aktyor Brayan Otenritga turmushga chiqdi va juftlikning o‘g‘il hamda qiz farzandi bor. Jimmi Uorkmen – “Addams oilasi” “Addams oilasi” filmidagi rol yosh aktyor uchun debyutga aylandi va bu tasodifan ro‘y berdi. Prodyuserlar bolani uning singlisi Shanel Uenzday rolini o‘qiyotganda ko‘rib qoldi. Kasting direktorlari yigitdan ham Pagsli rolidan parcha o‘qishni so‘radi va Jimmi bu rolga tasdiqlandi. Afsuski, Uorkmenning keyingi rollari mashhurlik keltirmadi. Bir necha filmlardan so‘ng, 2011-yilda Jimmi “Manipulyatsiya nazorati” filmida rol o‘ynadi, shundan keyin u katta ekranda qayta ko‘rinmadi. Ammo Uorkmen kino va televideniyeda suratga olish guruhining a’zosi sifatida ishlashda davom etmoqda. Natalya Guseva – “Kelajakdan mehmon” Natalya Guseva Sovet kinosining eng sevimli aktrisalaridan biri edi. Uning besh qismli “Kelajakdan mehmon” filmidagi Alisa Seleznevaning mashhur roli butun Sovet Ittifoqida yosh qizga shuhrat keltirdi. Ammo Natalyaning o‘zi bunday e’tibordan mamnun emasdi, chunki bolaligidan u biolog bo‘lishni orzu qilgan. Uning ishtirokidagi filmlar muvaffaqiyatidan so‘ng Natalyaga ko‘p rollar taklif qilindi. Ammo aktrisa ikkita sababga ko‘ra barcha takliflarni rad etdi: u Alisaning yorqin qiyofasini buzishni istamadi va Moskva institutining biotexnologiya bo‘limiga o‘qishga kirishga harakat qildi. 1984-yilda Guseva o‘qishni tugatdi va hozirda yuqumli kasalliklarni tashxislash uchun ferment bilan bog‘liq immunosorbent tahlil tizimlarini ishlab chiqadigan kompaniyani boshqaradi. Maykl Oliver – “Injiq bola” Mayklning onasi o‘g‘lining yorqin kelajagiga shunchalik ishongandiki, “Injiq bola”ning ikkinchi qismini suratga olish paytida u o‘g‘lining gonorarini 5 baravar oshirishni talab qildi. Yo bu kabi janjallar Mayklni Gollivuddan chetlashtirdi yoki uning onasi shunchaki o‘g‘lining imkoniyatlarida xatoga yo‘l qo‘ydi. Natijada “Injiq bola 2”dan keyin Oliverning kinodagi karyerasi tugadi. Tatyana Protsenko – “Buratinoning sarguzashtlari” Malvina roli Tatyana Protsenko uchun yagona edi. Ssenariy muallifi Inna Vetkina uni aynan kichkintoy Tanya uchun yozgan. Ammo jarohati tufayli qizga suratga tushishda qatnashish taqiqlangan va unga kasbini o‘zgartirish tavsiya etilgan. Shunday qilib, maktabni tugatgandan so‘ng Tatyana VGIKning kinoshunoslik bo‘limiga o‘qishga kirdi. Turmush o‘rtog‘i  Aleksey Voytyuk bilan Tatyananing ikki farzandi bor. U 2021-yil 19-mayda vafot etgan. Dmitriy Iosifov – “Buratinoning sarguzashtlari” 10 yoshli Dima yog‘och bolani ijro etib, haqiqiy yulduzga aylandi. Buratino rolidan keyin Iosifovning karyerasi to‘xtamadi, u deyarli har yili o‘qishni tugatgunga qadar suratga tushdi. VGIKga kirgandan so‘ng Iosifov epizod rollarni olishni davom ettirdi, ammo 90-yillarning o‘rtalarida u tamoman aktyorlikni to‘xtatdi. Sobiq aktyor keyinchalik rejissorlik fakultetini tamomlab, reklama, klip va seriallar suratga ola boshladi. Dmitriy Iosifov Anton Artyom va Andrey ismli farzandlarini dunyoga keltirgan liboslar dizayneri Natalyaga uylangan. Natalya Vavilova –“Moskva ko‘z yoshlarga ishonmaydi” “Moskva ko‘z yoshlarga ishonmaydi” filmida suratga tushgandan so‘ng yulduzga aylangan aktrisa 15 yoshli Dmitriy Xaratyan bilan maktab dramasida ishlashni boshlagan, keyinchalik u katta kinoda debyut qilgan. Natalyaning ota-onasi uning filmda rol o‘ynashiga qarshi edi va qizini diplomatik sulolaning davomchisi sifatida ko‘rdi, ammo rejissor Vladimir Menshov Vavilovani “Moskva ...” dramasidagi Aleksandra Tixomirova rolida ko‘rdi. Qiz o‘z qahramonining rolini ota-onasidan yashirincha o‘rgandi va yolg‘on fosh bo‘lgach, otasi Vavilovani MGIMOga qabul qilishga tayyorgarlik ko‘rish uchun uy qamog‘iga oldi. Hatto Menshov ham qattiqqo‘l ota-onani ishontira olmadi. Oilaning g‘azabini faqat aktyor Aleksey Batalov yumshata oldi, chunki Natalyaning onasi aktyorning ashaddiy muxlisi edi. Batalovning ta’sir kuchi Vavilovlarni nafaqat qizini “Moskva ...” ga qo‘yishga, balki VGIKga kirishiga ham ko‘ndirdi. Sasha Tixomirova roli Vavilovaga mashhurlik keltirdi, film premyerasida u bo‘lajak turmush o‘rtog‘i rejissor Samvel Gasparov bilan uchrashdi. Ular turmush qurib, baxtli hayot kechirib kelmoqda. Vavilova uzoq vaqtdan beri kinoni tark etgan va o‘zini uy hamda bog‘ga g‘amxo‘rlik qilishga, shuningdek, xayriya ishlariga bag‘ishlagan. Jorjio Kantarini – “Hayot go‘zal” Roberto Beninining Italiyadagi kontsentratsion lager mahbuslari haqidagi dramasini yig‘lamasdan tomosha qilishning iloji yo‘q. Filmda bosh rolni ijro etgan Jorjio endigina 5 yoshda bo‘lgan. Shundan so‘ng u yana bir muvaffaqiyatli film – “Gladiator”da o‘ynadi. Hammasi bo‘lib Kantarini 5 ta film va “Yulduzlar bilan raqs” filmining italyancha versiyasida ishtirok etdi. Oliviya Olson – “Haqiqiy sevgi” Oliviyaning ovozi uni “Haqiqiy sevgi” Yangi yil tragikomediyasining yulduziga aylantirdi. Ko‘pgina tomoshabinlar 10 yoshli aktrisaning qo‘shig‘ini professional qo‘shiqchi tomonidan aytilgan, deb o‘ylagan, ammo filmda qizning o‘zi kuylagan. Afsuski, Oliviya na aktrisalik, na musiqiy karyerasi bilan muvaffaqiyat qozona oldi. 2010-yildan beri Olson “Sarguzashtlar vaqti” multserialida vampir qirolichasi Marselinga ovoz berib keladi, kinolarda esa rol o‘ynamaydi.
111
5,920
Madaniyat
O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov muxlislarini “aldadi”
O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning “Ardog‘imdasiz” nomli konsert dasturi reklama va e’lonlarida katta qilib yozilgan “fonogramma orqali ijro etiladi”, degan yozuv ko‘pchilikning g‘ashiga tekkan edi, deb xabar beradi “Darakchi” nashri. Ko‘pchilikda “Nega, axir Ozodbek jonli ijro qila oladi-ku?! Hech bo‘lmasa, u jonli aytsin”, degan e’tirozlar paydo bo‘lgan edi. Bunday gaplarga konsertning birinchi kunidayoq chek qo‘yildi. Chunki shu kundan boshlab 24-aprelga qadar davom etadigan konsert dasturi 100 foiz jonli ijroda bo‘lishi aytildi. Shu tariqa, Ozodbek Nazarbekov ikkinchi bor fonogrammadan butunlay voz kechib, muxlislarini “aldadi”.
65
655
Madaniyat
Aktrisa va jurnalist Iroda Nosirova haligacha turmushga chiqmagani sababi haqida gapirdi (video)
Jurnalist, aktrisa va xonanda Iroda Nosirova “Daryo” internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi. Iroda Nosirova suhbat davomida haligacha turmushga chiqmagani, o‘zini kelin obrazida tasavvur qila olmasligi, turmush ham rizqligi haqida gapirdi. Menda yoshligimdan “Men kech turmushga chiqaman” degan fikr bo‘lgan, ochig‘i negaligini o‘zim ham bilmaganman. Shundan keyin biz voyaga yetib, dugonalarim turmushga chiqqandan keyin ularning hayotini, turmushini kuzatganimdan keyin turmushga chiqish fikri rejalarim so‘ngiga o‘tib qolgan. O‘sha paytda turmushga chiqishdan qo‘rqib qolganman. Sovchilar kelganda bilmadim, nimalardir deb qaytarib yuborardik. Nima desam ekan, menda turmushga chiqishga kuchli xohish bo‘lmagan. Masalan, qizlar turmushga chiqishni xohlaydi, kelin ko‘ylak kiyishni istashadi, lekin menda nimagadir shunday xohish-istaklar bo‘lmagan. Haligacha ham kelin obrazida o‘zimni tasavvur qilolmayman. Yoshligimdan ko‘proq o‘g‘il bolalar bilan o‘ynardim, o‘g‘il bolalar bilan to‘p surishardik, hattoki  “razborka”lar bo‘lib qolsa borardik, sochimni kalta kesib, sport kiyimlari kiyib yurardim. Biroz o‘g‘il bolalik, chapaniligim borligi uchunmi, bilmadim. Lekin bu narsaga jiddiyroq qarashni boshlaganimdan keyin ham atrofimdagilarni hayotini ko‘rib, turmushda aldanib qolayotgan ayrim odamlarni ko‘rib men bu narsaga tayyor emasligimni his qilganman. O‘zimda shunaqa holat ro‘y berishini xohlamaganman. Hamma narsa Allohdan. Men u sabab, bu sabab deyapman, balki shu sabablar bo‘lmasligi mumkin. Chunki peshonaga yozilganini faqat Alloh beradi. Nimaga bu rizq sizga berilmaganini Allohdan boshqa hech kim bilmas ekan. Kimgadir avvalroq beriladi, kimgadir keyinroq, kimgadir, umuman, berilmas. Shuning uchun Allohga behisob shukr qilaman. Hech ham xafa emasman. Nimadandir kamim bor deb his qilmayman. Chunki menda xohlagan paytim turmushga chiqib ketish imkoniyati bor. Bo‘lgan ham. Iroda Nosirova, jurnalist, aktrisa, xonanda Ma’lumot uchun, Iroda Nosirova faoliyatini “Davr” informatsion dasturida sport sharhlovchisi sifatida boshlagan. “Alvido”, “Omad”, “Janob hech kim” kabi filmlarda bosh rollarni ijro etgan. Xonanda sifatida “Kel” deb nomlangan qo‘shig‘i muxlislar orasida ommalashgan. Iroda Nosirova 18 yillik norasmiy taqiqlardan so‘ng 2020-yildan Zo‘r TV kanalida jurnalist, boshlovchi sifatida faoliyatini boshladi.
96
2,403
Madaniyat
Linkin Park yangi klipini marhum yakkaxoni xotirasiga bag‘ishladi
AQShning Linkin Park rok guruhi shu yilning iyul jonida o‘z joniga qasd qilgan frontmeni Chester Bennington xotirasiga bag‘ishlangan rolik chiqardi. Klip jamoaning One More Light kompozitsiyasiga ishlangan, deb xabar beradi “Korrespondent.net”. Video bir sutkada qariyb 2,5 million marta tomosha qilindi. Chester Bennington 20-iyul kuni o‘z uyida o‘lik holda topildi. Ekspertiza natijalari musiqachi o‘z joniga qasd qilganini tasdiqladi.
65
439
Madaniyat
Roli uchun tanib bo‘lmas darajada o‘zgargan aktyorlar (foto)
Gavdalantiradigan qahramoni uchun obrazini tamoman o‘zgartirishga qaror qilgan kinosanoat vakillari suratini e’tiboringizga havola qilamiz. Bill Skarsgard “U” filmi Kristian Beyl “Hokimiyat” filmi Emma Tompson “Mening qattiqqo‘l enagam” filmi Mettyu Makkonaxi “Dallas xaridorlar klubi” filmi Nikol Kidman “Soatlar” filmi Reyf Fayns “Garri Potter” filmi Stiv Karell “Tulki ovchisi” filmi Runi Mara “Ajdarho tatuirovkali qiz” filmi Tom Kruz “Omadsiz askarlar” filmi Bred Pitt “Benjamin Battonning sirli hikoyasi” filmi
60
525
Madaniyat
Bahoriy test: “Har bahorda shu bo‘lar takror...”. Qo‘shiqdagi jumlalarni davom ettiring
Qo‘shiq inson kayfiyatiga ta’sir qiluvchi omillardan biri hisoblanadi. Tushkun ahvolda bo‘lgan inson  sho‘x, raqsbop qo‘shiqni tinglasa, g‘am-tashvishni biroz unutib, kayfiyati ko‘tariladi. Sokin qo‘shiqni tinglaganda esa xayolini jamlab hayotini, turmushini tahlil qiladi. Fasllar bilan bog‘liq qo‘shiqlar ham inson ruhiyatiga ta’sir etmay qolmaydi. Kuz haqidagi sokin qo‘shiqni tinglaganda ko‘ngil orom, xotirjamlik istasa, bahoriy qo‘shiqlar tabiat go‘zalligidan bahra olish, hammasini yangi sahifadan boshlash haqida o‘ylashga chorlaydi. “Daryo” faslga xos xushkayfiyat ulashish maqsadida bahor va u bilan bog‘liq qo‘shiqlardan tuzilgan testni e’tiboringizga havola etadi. Unda berilgan qo‘shiqdagi jumlani davom ettirishingiz kerak bo‘ladi. Test yuklanishini biroz kuting. “Daryo”dagi boshqa testlarni ham yechib ko‘ring. Melomanlar uchun: Kinomanlar uchun: Siyosatga befarq bo‘lmaganlar uchun: Boshqa mavzudagi testlar:
87
925
Madaniyat
Maqom festivali Gran-prisini Tojikiston guruhi qo`lga kiritdi
Shahrisabz shahrida Xalqaro maqom san`ati anjumani yakunlandi, deb xabar qilmoqda UzA. Xalqaro anjumanning so`ngi kunida yopilish marosimi va turli nominasiyalar bo`yicha g`oliblarni taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi. Xalqaro hakamlar hay`ati “Eng yaxshi maqom ansambli”, “Eng yaxshi yakkaxon cholg`u ijrochisi” va “Eng yaxshi yakkaxon xonanda” nominasiyasi bo`yicha baholadi. Tunisning “Al Gharbi Twins”, Yaponiyaning “SPCP Japan” jamoalari va Turkmaniston vakili Suxonberdi Orazberdiev uchinchi o`ringa loyiq, deb topildi. Eronning “Nastar” ansambli va hindistonlik Ustad Iqbol Ahmat Xon ikkinchi o`ringa munosib ko`rildi. Ozarbayjonning “Hayrati” jamoasi solisti Nigor Shabanova va O`zbekistonning “Saqil” ansambli birinchi o`ringa sazovor bo`ldi. Nihoyat, hayajonli lahzalar. Hakamlar hay`ati xulosasiga ko`ra, Xalqaro maqom san`ati anjumanining bosh sovrini – Gran-pri Tojikiston maqom akademiyasiga berilgani e`lon qilindi. G`olib va sovrindorlarga pul mukofotlari, shuningdek, anjumanning maxsus diplomi va esdalik sovg`alari taqdim etildi. Bundan tashqari, anjumanda ishtirok etgan barcha xorijiy mehmonlarga suvenir va maxsus sertifikatlar topshirildi. Marosimda yurtimiz san`at ustalari va yosh ijrochilarning konsert dasturi hamda 3D proeksiya-musiqali yoritish tomoshasi namoyish etildi.
61
1,300
Madaniyat
“Taksi” muvaffaqiyatidan keyin film yulduzi Sami Naserining hayoti qanday kechdi?
Sami Naseri komediya, sarguzasht elementlarini o‘zida mujassam qilgan Fransiyaning “Taksi” filmidagi Daniel roli bilan yaxshi tanilgan. “Taksi”ning birinchi qismi 1998-yilda suratga olingan bo‘lib, u vaqtda aktyor 37 yoshda bo‘lgan. Quyida Samining hayoti bilan bog‘liq muhim ma’lumotlar haqida bo‘lishamiz. Bo‘lajak aktyor 16 yoshida maktabni tashlab, ishlashga kirishgan. Uzoq vaqt davomida sahnada o‘zini topishga harakat qilgan Sami ilk bor 1995-yilda rejissor Tom Jilning “Jannat” filmida rol ijro qiladi. Keyin esa Lyuk Bessonning mashhur “Leon” filmida shlem kiygan politsiyachilardan birining rolini gavdalantiradi. 2006-yilda suratga olingan “Patriotlar” filmidagi Yassir roli uchun “Eng yaxshi erkak aktyor” deb topiladi. 2000-yildan boshlab aktyor hayotida turli o‘zgarishlar yuz bera boshlaydi. 2003-yilda mast holda mashina haydagan Sami haydovchi bilan mushtlashgani sabab 6000 yevro jarima to‘lab, uch yilga haydovchilik guvohnomasidan ayriladi. 2005-yilda esa Von Dutch firmasi stilistini kaltaklagani sabab ikki oyga ozodlikdan mahrum qilinadi. 2008-yilda haydovchilik guvohnomasidan ayrilganiga qaramasdan mashina haydab, politsiya xodimini urib yuboradi va oqibatda 7500 yevro jarima to‘lab, olti oy ozodlikdan mahrum qilinadi va alkogoldan qutulish uchun davolovchi kurslarga yozilishga majbur bo‘ladi. Bundan tashqari, 2018-yilda Moskvadagi karaoke-barlardan birida Belarus fuqarolari bilan mushtlashib, yana bir marta politsiyaga tushadi. Bu kabi voqealar uning karyerasiga ham ta’sir o‘tkazmay qolmaydi.
81
1,530
Madaniyat
Mercedes’da bir odamni boshini yegan ablahga ming la’nat. Zulfiqor Musoqov Farangiz Rejametovaning YTHda halok bo‘lganiga munosabat bildirdi
“Oyijon” filmini tasvirga olgan rejissyor Zulfiqor Musoqov Facebook’dagi sahifasida Farangiz Rejametovaning YTHda halok bo‘lganiga  munosabat bildirdi. “Musibat va alam. Bir nechta filmlarda suratga tushgan aktrisa Fotima Rejametovani yoshgina qizi Farangiz (u “Oyijon” filmida esda qoldi) avtomashina g‘ildiraklari tagida halok bo‘ldi. Ota va onasiga sabr tilayman, bandalik... Alam? Ha, alam va g‘azab. O‘sha Mercedes’da tezlikni oshirib yurgan va bir odamni boshini yegan ablahga ming la’nat. Bunaqa jinoyatchilarni ayab, bitta odamni mashinasida o‘ldirgani uchun atigi 7 yil, ikki va undan ortiq odam o‘lsa atigi 10 yil qamoq jazosini o‘ylab topgan qonunchilarga uyat”, deb yozadi Musoqov. Zulfiqor Musoqov bunday mudhish yo‘l-transport hodisalari sodir etilishining oldini olish uchun mavjud qonun-qoidalarga o‘zgartirishlar kiritishni taklif etgan. “O‘lganga va uning yaqinlariga ularni jigari nimadan o‘lgani baribir: pichoqdanmi yoki g‘ildirakdanmi. Natija butun boshli bir inson yo‘q bo‘ldi. Agar haydovchi odam urib yuborsa, 25 yil hech qanaqa amnistiyasiz qamalishini bilsa, o‘shanda ming marotaba o‘ylab ko‘radi tezlikni oshirishni, og‘ziga spirt ichimlikni olishni ham o‘ylab ko‘radi. Lekin qonunchilar piyoda yurishmaydi, ular yozda konditsionersiz avtobusda ham yurishmaydi, ularni hovlisidagi chinorlarni ham kesishmaydi, pensiyasini ham bir-ikki parcha qog‘oz deb yillab mehnatini kesishmaydi”, deya kinoya qiladi rejissyor.
140
1,443
Madaniyat
O‘zbekistonlik san’atkorlarning kundalik kiyinish uslubi (foto)
San’atkorlar sahnadan yoki suratga olish maydonchasidan tashqarida qanday kiyinadi? Fotojamlanmamizni tomosha qilgach, bu savolga javob olasiz.
63
143
Madaniyat
“Alovuddinning sehrli chirog‘i”dagi go‘zal malika Budurni ijro etgan aktrisaning hayoti qanday kechdi? (foto)
Malika Budur nafis go‘zalligi bilan “Alovuddinning sehrli chirog‘i” filmi orqali barchaning yodida qolgan. Ammo rol ijrochisi kim, uning taqdiri va boshqa filmdagi ijrolari haqida jamoatchilikka hech narsa ma’lum emas. Buning ham sababi bor, chunki uning aktrisalik faoliyati bor-yo‘g‘i uchta roldan iborat. U so‘nggi rolini 30 yoshida ijro etdi va shu bilan ekranlarda boshqa ko‘rinish bermadi. Malika Budur – Dodo Chogovadzening otasi gruzin, onasi esa rus millatiga mansub bo‘lib, ikki millat go‘zalligi aks etgan aktrisa 1951-yil dunyoga keldi. Uning ilk roli “Kichkina ritsar” filmidagi bosh qahramon obrazi bo‘ldi. Keyinchalik aktrisa Lermontovning “Zamonamiz qahramoni” asari asosida suratga olinayotgan filmda bosh qahramon roliga taklif etildi, afsuski, obraz 13 yoshli Dodoning yoshiga mos kelmadi va uni rad etishga majbur bo‘ldi. Oradan bir yil o‘tib, Dodoni “Alovuddinning sehrli chirog‘i” filmiga taklif qilishdi, endigina 14 yoshga kirgan aktrisa haqiqiy yoshini yashirib, o‘zini bir yilga kattaroq ko‘rsatdi va kinoda suratga tusha boshladi. Yosh aktrisa filmdagi ayrim sahnalarni amalga oshirishga qiynalgani uchun uzoq vaqt rejissor Boris Ritsarevdan dars olar edi. Qiz uzoq vaqt sirini saqlay olmadi, aynan suratga olish jarayonida 15 yoshga to‘lgan qizning hamkasblari va ijodiy guruh Dodoni 16 yoshi bilan tabriklaydi. Lekin Dodoning vijdoni qiynalib, yig‘lab yubordi va qochib ketdi. So‘ngra suratga olish maydonchasiga qaytib, o‘zining yoshini qo‘shib aytganini tan oldi va suratga olish guruhining kulgisiga sabab bo‘ldi. “Men suratga olish davomida ko‘p yig‘laganman. Masalan, yiqilib tushganimda, rejissor sog‘ligimdan xavotir olib, dublyor tayinlagan, − deydi aktrisa. − Dastlab buning sababini tushunmaganman, keyinchalik o‘rnimga boshqa aktrisani qo‘ymoqchi bo‘lganini bilganman. Shuningdek, kulgili holatlar ham ko‘p bo‘lgan. Biz ustimizdagi liboslar va grimlarga suratga olish jarayoni tugamaguncha tegmas edik. Filmda qanday ko‘rinishda bo‘lsak, shunday holda Yalta ko‘chalarida yegulik yeb yurar edik”. Film aktrisaga katta shon-shuhrat keltirdi. Rejissor Boris Ritsarev yosh aktrisa bilan yana hamkorlikda ishlash niyatida “Suv parisi” va “Aelita” film ssenariylarini yozdirdi. Ammo ssenariy muallifi Aleksandr Chervinsko siyosiy masala bilan qamoqqa olindi va suratga olish ishlari ham to‘xtatildi. Dodo 23 yoshida musiqachi va xonanda David Shushaninga turmushga chiqdi va ularning bir qizi bor. Shundan so‘ng u 30 yoshida “Osmonda, tungi alvastilar” filmida suratga tushdi va shu bilan kinodagi faoliyatini yakunladi. 69 yoshga kirgan Dodo Chogovadze hozirda Tbilisida yashaydi, u Teatr universitetida sahna harakat kafedrasida murabbiy bo‘lib ishlaydi. Aktrisani katta film haqidagi orzulari hamon tark etmagan. U o‘ynagan rollarini mamnuniyat bilan yodga oladi, rejissorlar tomonidan esa uzoq vaqtdan beri taklif tushmagan.
109
2,869
Madaniyat
“Birovni deb gap eshitishni xohlamayman”. Shohrux reper ijodidagi tanaffus sababi, shou-biznesning “buzilib ketgani” va duetdoshlari haqida
Rep yo‘nalishidagi qo‘shiqlari bilan tanilgan xonanda Shohrux so‘nggi bir yildan beri asosan duetlardagi ishtiroki bilan ijodga qaytayotganini bildirdi. Jurnalist Feruz Muhammad reper bilan uchrashib, uning ijodiy tanaffusi sabablari, rejalari va bugungi kundagi faoliyati haqida suhbat uyushtirdi. — Ijodiy tanaffusingizni har kim har xil baholadi. “Katta biznesi kasodga uchrab, kliplar oldira olmagani uchun ko‘rinmay ketdi, chunki har doim qimmat klip suratga oldirardi”, degan gaplar ham bo‘ldi. — O‘zim ham o‘zim haqimda turli gaplarni eshitdim. Musiqa men uchun hamisha xobbi bo‘lgan, buni hamma biladi. Xobbini chetga surib qo‘yishimning sababi, avval iqtisod, keyin huquqshunoslik yo‘nalishida o‘qish bilan band bo‘ldim. Keyin oilali bo‘ldim, ko‘p vaqtimni shaxsiy hayotga bag‘ishladim. Endi ijodga ko‘proq vaqt ajrata olsam kerak. — Ilk konsertingizni 20 yoshlik vaqtingizda, “Istiqlol” san’at saroyida to‘rt kun davomida taqdim etgansiz. “Istiqlol”da yana konsert berish rejangiz borligi haqida gap-so‘zlar eshitdik. Ijodiy tanaffusdan so‘ng birdan konsert berish katta tavakkal emasmi? Bugun ko‘plab san’atkorlar ikki kunlik konsert uchun ham zalni bazo‘r to‘ldirmoqda. — Sababi ko‘plab san’atkorlar bir-ikkita klip chiqarib, konsert beryapti. Mehnatdan, harakat va xarajatdan qochmoqda. Men 2006 va 2007-yillarda to‘rt kundan ikki marta konsert bergan vaqtim deyarli barcha qo‘shiqlarim xit darajasiga chiqqan edi. Tele- va radioefirda kliplarim, qo‘shiqlarim muntazam aylanardi. Yana konsert beradigan bo‘lsam, o‘sha davrdagi harakatimga qaytishim kerak bo‘ladi. Agar 2006—2007-yillardagi kabi harakat qilsam, bemalol konsert berishim mumkin. Takliflar juda ko‘p, ammo menga ma’qul taklif chiqmayapti. Ijodiy tanaffusda bo‘lgan vaqtim, 6—7 yil ichida shou-biznes ancha o‘zgaribdi. Agar bir qarorga kelsam, buni OAV orqali ma’lum qilaman. — Sizni “O‘zbek rep qiroli”, deyishadi. Ammo biz rep yo‘nalishida ijod qiladigan qo‘shiqchilar juda kam, taniydiganlarimiz ham barmoq bilan sanarli darajada. Raqobatchilaringiz ham Siz bor vaqtda bir ko‘rinib, ijodingiz sustlashganida yo‘q bo‘lib qoladi. Ijodiy turg‘unlikning sababi raqobatchilaringiz kamligi yoki deyarli yo‘qligidadir? — Men har doim o‘zim uchun musiqa yaratganman, raqobat haqida o‘ylamaganman. Menimcha, bu savolni: “Nega raqobat yarata olmayapsan?”, deb shu yo‘nalishda ijod qilib yurgan boshqa qo‘shiqchilarga berganingiz ma’qul. — Eng sevimli xonandalaringiz Sherali Jo‘rayev va Sevara Nazarxon ekan. — Bir vaqtlar haqiqatan ham bu san’atkorlarni ko‘p eshitardim. Hozir umuman qo‘shiq eshitmay qo‘yganman. Musiqa eshitgani vaqt ham bo‘lmayapti. — Ijodga qaytganingizdan so‘ng Shahzoda, Manzura, Daler bilan duet qo‘shiqlar kuyladingiz. Duet uchun takliflar kimdan chiqdi? — Men hech qachon hech kimga taklif bilan chiqmaganman. Men reyting haqida umuman o‘ylamayman. Menda: “Bu san’atkor bilan duet kuylasam, reytingim oshar edi”, degan o‘y-fikr yo‘q. Hech qachon birovning kuchiga ishonmayman. Shu kungacha kim bilan duet kuylagan bo‘lsam, barchasida taklif ulardan bo‘lgan va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi. O‘z navbatida, Shahzoda va Manzura qandaydir reytingni o‘ylab men bilan duet kuylagan, deb ham o‘ylamayman, chunki ular doimiy izlanishdagi ijodkor. Ular yangilik bo‘lsin deb, qo‘shiqlarida rep bo‘lishini xohlagan. Men bilan faqat reytingni o‘ylab duet aytgan san’atkorlar ham bor. — Shahzoda bilan birga kuylangan “Ket” nomli qo‘shiq klipi ajoyib chiqqan. Klipda bugungi kundagi eng qimmat aktyor deya e’tirof etilayotgan Ulug‘bek Qodirov ham suratga tushgan. Klip uchun ancha-muncha mablag‘ sarflangan bo‘lsa kerak. Xarajat kimning bo‘yniga tushdi? — Shahzoda men bilan ko‘rishib, “Ket” qo‘shig‘i mazmuni bilan o‘rtoqlashdi va uni birgalikda ijro etishni taklif qildi. Qo‘shiq yoqqani uchun rozi bo‘ldim. Ish boshlanishidan avval: “Studiyaga kelib, qo‘shiq aytib ketsangiz bo‘ldi, ortiqcha bezovta qilmaymiz”, deyishdi. Qo‘shiqning tugallangan variantini ham s’yomkaga borganimda eshitganman. Suratga olish ishlari yarim soat davom etgan — klip qanday bo‘ladi, ssenariysi qanaqa, unda kimlar rol o‘ynaydi — bulardan xabarim yo‘q edi, hatto Ulug‘bek Qodirov klipda o‘ynashini bilmaganman ham. Shahzoda o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondoshadi, har bir ishni yuqori saviyada tashkil etadi, shuning uchun ham unga ishonganman. — Ota-onangiz, ukalaringiz bilan birga yashaysizmi? — Men ulardan alohida yashayman — “Litsenziyamni olib qo‘yishmagan”, deya ijtimoiy tarmoqlarga joylagan suratlaringiz shov-shuv bo‘ldi. Shunday qilishingizga nima sabab bo‘ldi? — Ma’lum vaqt ijod qilmaganim, musiqaga kam vaqt ajratganim uchun odamlar orasida: “Litsenziyasi olib qo‘yilgan, shunga ko‘rinmayapti”, degan gaplar tarqalib ketdi. Jim tursam, bu gaplarning keti uzilmayapti. Men bilan “O‘zbeknavo” o‘rtasida hech qachon nizo chiqmagan, “O‘zbeknavo” bilan imzolangan shartnomani hech qachon buzmaganman. Bu haqda “O‘zbeknavo”dan ham so‘rashingiz mumkin. Bu gaplarga chek qo‘yish uchun litsenziyalarimning suratlarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirdim. Shundan so‘ng odamlarning gap-so‘zi ham tindi. — Daler bilan birga kuylangan “Eshit” nomli qo‘shig‘ingizda “shou-biznes bugun aniq buzilib ketdi”, degan jumlalarni qo‘llagansiz. Bu bilan nima demoqchi bo‘lgansiz? — Faqat to‘y uchun ijod qilish, ijoddan maqsad faqat pul ekanligi, konsertga odam yig‘a olmaslik kabi holatlarni nazarda tutganman. Bundan tashqari, internet rivojlanib ketganidan so‘ng ba’zi san’atkorlar o‘zining behayo, odobsiz xatti-harakatlarini video ko‘rinishida tarqatib yuborayotganini ham. Ularning bunday nomaqbul ishlari odamlar orasida: “Hamma san’atkorlar shunaqa ekan”, degan xato fikr uyg‘otishi mumkin. Bu qo‘shiqdan maqsad — ba’zilar o‘zi uchun xulosa chiqarsin, o‘zini tutib olsin. Shaxsan men birov sabab har xil yoqimsiz gap eshitishni xohlamayman. Nima bo‘lganda ham, san’atkorlar ehtiyot bo‘lishi kerak, deb hisoblayman. — Shu qo‘shiqda: “Instagram’siz hech kimning ishi yurmas, o‘quvchilarni sotib olmayman, kerakmas” degan misra ham bor. — O‘zini yaxshi ko‘radigan, kibri baland odamlar juda ko‘p. Ba’zi bir san’atkorlar boshqalardan baland turish uchun soxta Instagram foydalanuvchilarni sotib olishyapti. Bunday holat nafaqat shou-biznes, balki boshqa soha vakillarida ham ko‘p uchraydi. Lekin shou-biznes vakillarining 50 foizi o‘z o‘quvchilarini sotib olgan. Sotib olinganida, 100—200 ming o‘quvchi bir kunda paydo bo‘lib qoladi. Bunday soxta o‘quvchilarni sotib olish uchun odam kamida kasal bo‘lishi kerak. Gapimga ishonmasangiz, o‘sha sahifalarga kirib ko‘rib — o‘quvchilari orasida nafaqat o‘zbekistonlik o‘quvchilarni, balki chet elcha ismlar bilan ochilgan robotlar, ishlamaydigan soxta akkauntlarni ham topasiz. — Siz Instagram’da o‘qiydiganlar ro‘yxatida shou-biznesning deyarli barcha vakillari bor. Qancha vaqtingiz kuzatuvga ketadi? — Bir kunda yarim soatdan ortiq vaqt sarflamayman. Uyi, mashinasini reklama qilayotganlarga e’tibor ham bermayman. Tanovul qilayotgan taomining rasmini qo‘yganlarni o‘quvchilarim ro‘yxatidan o‘chirib tashlayman. Shou-biznes vakillari joylashtirgan yaxshi yangiliklarni kuzatib boraman. — Bir yoshlik o‘g‘lingiz Islomning ham Instagram’da o‘z sahifasi bor. O‘g‘lingizni suratlarini joylab, uni doimiy yuritasiz. Bu ish bir tomondan yaxshi — ertaga ulg‘ayganida bolalikdagi rasmlarini ko‘rib xursand bo‘ladi. Ammo, aksariyat odamlar “ko‘z tegadi”, deb bolasini omma e’tiboridan olib qochadi. — Bu zamon talabi, hozir butun dunyoda baby profile tushunchasi bor. Bizga ham bu narsa baribir kirib keladi. Bu ishda birinchi bo‘ldim, tez orada boshqalar ham shunday qiladi. Shaxsan o‘zimni bolalikdagi suratlarim deyarli yo‘q. Maqsadim — farzandimning elektron fotoalbomini yaratish. U yerda ko‘z tegishi mumkin bo‘lgan hech narsa yo‘q, oddiy suratlar jamlanmasi, xolos. Ko‘z tegishiga kelsak, bu narsa bor. Lekin hammasi Xudodan — ertaga nima bo‘lishini hech kim bilmaydi. Masalan, Instagram’ning o‘zi yo‘qolib ketishi mumkin. — “Behayot” deb nomlangan klip va qo‘shig‘ingizdagi “behayot” degan so‘zga yo men tushunmadim, yoki haqiqatan ham bundayso‘z yo‘q. Klipni ko‘rib tushunganim: behayot — “hayoti tugadi”, “o‘ldi” degani, shundaymi? — Qo‘shiqlarimdagi ko‘p so‘zlar haqiqatan ham lug‘atimizda mavjud emas. Sizga qanday tushuntirsam ekan? Misol uchun, Eminemni Amerikada yangi ingliz tilini o‘ylab topgan odam, deyishadi. Bizda ham shu yangilik, masalan, rep vositasida sinab ko‘riladi. — Bu tanqidlarga sabab bo‘lmaganmi? — Tanqid qilishga hech kimning haqqi yo‘q, chunki bu ijod. Qachonlardir Internet, Instagram so‘zlari ham muomalada bo‘lmagan-ku. Maqsad lug‘atga yangi so‘z kiritish emas, balki o‘zim uchun qo‘shiq yaratish. O‘zimcha so‘z o‘ylab topib, kimlargadir buni uqtirish emas, bu shunchaki tajriba, kim xohlasa bu so‘zdan foydalanadi, bo‘lmasa yo‘q. — Siz bilan suhbatlashishdan oldin siz haqingizda ko‘plardan fikr so‘radim, ular: “Shohrux kibrli, kekkaygan, jizzakiroq”, deya ta’rif bergan edi. Suhbatimiz so‘ngida ularning tarifi noto‘g‘ri ekan, degan xulosaga keldim. — U odamlar meni yaqindan bilmasa kerak. Bir insonni yaqindan bilmagunimgacha u bilan yaxshi aloqa o‘rnata olmayman. Chunki har xil odam bor, birov haqida tugal xulosa aytish uchun uni yaqindan bilish kerak, deb o‘ylayman. Birov haqida “u kibrli, o‘zini katta oladi, kekkaygan” deydiganlarning o‘zida ko‘pincha shunday salbiy taraflar bo‘ladi. Feruz Muhammad, “Daryo” uchun maxsus
139
9,385
Madaniyat
O`zbekistonda Ibn Sinoning Italiyada saqlanayotgan eng katta qo`lyozmasi faksimile nashr qilinadi va bu haqda film suratga olinadi
“O`zbekkino”, O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, asrash va ommalashtirish bo`yicha Butunjahon jamiyati Italiyaning O`zbekistondagi elchixonasi hamkorligida bir qator loyihalarni amalga oshirmoqda. Ular orasida Ibn Sinoninig Bolonya kutubxonasida saqlanayotgan eng yirik qo`lyozmasining faksimil nashri va u haqidagi filmi ham kiritilgan. “O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida” loyihasining binosida O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, asrash va ommalashtirish bo`yicha Butunjahon jamiyati raisi F.Abduxoliqov hamda Italiya Respublikasining O`zbekistondagi elchisi Andreo Bertossi o`rtasida uchrashuv bo`lib o`tdi. Uchrashuv chog`ida “O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida” turkumidan Italiyada saqlanayotgan madaniy merosimiz durdonalari haqida kitob-albom va film yaratish haqida ham so`z bordi. — Biz ana shu yirik loyihani amalga oshirish uchun yordam ko`rsatishga tayyormiz, — deydi Italiyaning O`zbekistondagi elchisi Andreo Bertossi. — Taniqli sharqshunos olimlar bilan aloqa o`rnatish uchun Italiya muzeylariga murojaat qilamiz. Xususan, Neopol sharqshunoslik universiteti (Università degli Studi di Napoli "L'Orientale") bilan mustahkam aloqa o`rnatganmiz. Rimdagi La Sapiensa universiteti olimlari Samarqandda tadqiqot olib borishmoqda. Ushbu olimlar bilan hamkorlikda kelgusida O`zbekistonning Italiyadagi madaniy merosi durdonalarini tadqiq etishda ham o`z samaralarini berishiga umid qilamiz. Janob elchining ta`kidlashicha, o`rta asrlarda Marko Poloning sayohatlari, Venesiya va Genuya savdogarlarining  Buyuk Ipak yo`lidagi savdo karvonlari G`arb va Sharq o`rtasida ko`prik vazifasini o`tagan. Shu bilan birga, Italiyada media-iventlar o`tkazish masalasi ham muhokama qilindi. — Joriy yilda loyiha doirasida buyuk bobolarimiz xususan, Abu Ali ibn Sino merosi haqida ham yangi filmlar suratga olish, shuningdek yangi kitob-albomlar chop etish ko`zda tutilgan, — dedi O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, asrash va ommalashtirish bo`yicha Butunjahon jamiyati raisi F.Abduxoliqov. — Jumladan, Britaniyaning Clan Production studiyasi bilan Bi-bi-Si telekanali uchun Ibn Sino haqida film suratga olish rejalashtirilgan. Shuningdek, ulug` allomaning jahondagi qator kutubxonalarda saqlanayotgan qo`lyozmalari haqida fotoalbom va film yaratishni ham ko`zda tutganmiz. Bu loyihalar Parijdagi“Avisenna-Fransiya” jamiyati va Eriell Group kompaniyasi ko`magida amalga oshiriladi. Bolonya universitetida saqlanayotgan mazkur qo`lyozmaning faksimilesi doimiy hamkorlarimizdan biri Avstriyaning Mueller&Schindler nashriyotida tayyorlanadi. Ibn Sinoning mashhur “Tib qonunlari” asari XV asrda lotin tiliga tarjima qilingan o`sha paytlardayoq Injildan so`ng Evropada eng ko`p bosilgan kitobga aylangan. Mazkur qo`lyozma esa asarning ivrit tilidagi nashri bo`lib, u allomaning eng qimmatli qo`lyozmalaridan biri sanaladi.
130
2,849
Madaniyat
Instagram: Ro‘za tutishni orzu qiladigan Munisa Rizayeva, farzandli bo‘lgan Aziza Yoqubova, muxlisining orzusini amalga oshirgan Ozoda
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. Yulduz Rajabova folloverlarini yangi surati bilan xushnud etdi. Shohjahon Jo‘rayev kasal bo‘lib qoldi. Durdona Qurbonova ham sahifasiga yangi surat joyladi. Rayhon G‘aniyeva DJ Piligrim bilan mojaroda uni qo‘llab-quvvatlayotgan muxlislariga minnatdorchilik bildirdi. Aktrisa Rayhon Asadova o‘z shaxsiy brendiga asos soldi. Turk kinosining yulduzli juftliklaridan biri Burak O‘zchivit va va Fahriye Evjen o‘g‘li Karanning 2 yoshga to‘lishi munosabati bilan bayram uyushtirdi. Ikkinchi turmush o‘rtog‘i bilan ham ajrashgan aktrisa Aziza Yoqubova o‘g‘il farzandli bo‘ldi. Ozoda Nursaidova konsertida imkoniyati cheklangan muxlisasining orzusini ro‘yobga chiqarib, u bilan qo‘shiq kuyladi. Munisa Rizayeva bu yil ro‘za tuta olmagani, lekin ro‘za tutishni orzu qilishini ma’lum qildi. Imron tojikistonlik xonanda Shabnam Surayyo bilan duet kuyladi.
134
991
Madaniyat
Nilufar Usmonovaning sobiq turmush o‘rtog‘i vafot etdi
Nilufar Usmonovaning sobiq turmush o‘rtog‘i, farzandi Said A’zamxonning otasi vafot etdi. Bu haqda xonanda o‘z Instagram’ida ma’lum qildi. Usmonova sobiq turmush o‘rtog‘idan unga qachonlardir “oz bo‘lsa-da baxt bera olgani uchun” minnatdor ekanligini ta’kidladi. U o‘z muxlislaridan “har xil gap-so‘zlarga berilmasdan dunyodan ko‘z yumgan odamning orqasidan g‘iybat” qilmaslikka, shunchaki, uning haqiga duo o‘qib qo‘yishga chaqirdi. Shuningdek, xonanda, hodisa yuzasidan o‘z farzandi Said A’zamxonga hamdardlik bildirib qoldi.
54
528
Madaniyat
​BRITANIYaLIK POP-XONANDA ROBBI UILYaMSNING TOShKENTDAGI KONSERTI UChUN ChIPTALAR SOTUVGA ChIQDI. NARXI...
Afisha.uz axborot kanalining ma`lum qilishicha, britaniyalik pop-xonanda Robbi Uilyamsning Toshkentdagi konserti uchun chiptalar sotuvga chiqdi. Narxi 1 200 000 so`m. Ma`lumotda keltirilishicha, Istiqlol san`at saroyining kassalari oldida tirband navbat kuzatilmoqda.
106
267
Madaniyat
​Toshkentda "O`zbekistonning madaniy merosi dunyo to`plamlarida" ko`rgazmasi ochiladi
Bugun, 10 dekabr kuni Toshkentdagi Temuriylar tarixi muzeyida “O`zbekistonning madaniy merosi dunyo to`plamlarida” loyihasi doimiy ko`rgazmasining tantanali ochilishi bo`lib o`tadi. Tadbir “O`zbekistonning madaniy merosi dunyo to`plamlarida” loyihasining 2018 yildagi faoliyati yakunlari hamda 2019 yilda yo`l xaritasini ishlab chiqishga bag`ishlangan xalqaro multimediyali forum doirasida o`tkaziladi. «O`zbekistonning madaniy merosi dunyo to`plamlarida» loyihasining doimiy ko`rgazmasi muzey zallarida loyiha tomonidan faoliyati davomida chop etilgan mahsulotlarni namoyish etishga bag`ishlangan. Uning ekspozisiyasidan “O`zbekistonning madaniy merosi dunyo to`plamlarida” turkumi albom-kitoblarining 20 tomi, “O`zbekistonning arxitektura epigrafikasi” turkumi 12 tomi, hozirgi paytda turli xorijiy mamlakatlar muzeylarida saqlanayotgannoyob o`rta asrlar qo`lyozmalari faksimilesi o`rin olgan. Jumladan,«Katta Langar Qur`oni», «Temur tuzuklari», «Zafarnoma», Husan Boyqaroning «Devoni», «Mirojnoma» kabi asarlar namoyish qilinadi. Ko`rgazmaga tashrif buyurganlar kitoblar bilan tanishib chiqishi mumkin. Kelgusida ekspozisiya yangi tomlar chop etilishi davomida boyitib boriladi. Shuni ta`kidlash kerakki, kitob-albomlarni yaratish uchun turli mamlakatlardan O`zbekiston madaniyati va tarixi bo`yicha tadqiqot va axborot maqolalarini chop etgan 100 dan ortiq olimlar jalb qilingan. Loyiha bir necha yo`nalishlarda amalga oshiriladi, ulardan eng muhimlari ikkita: dunyoning muzey va xususiy kolleksiyalarida saqlanayotgan O`zbekiston madaniy merosi durdonalari haqidagi kitob-albomlarni chop etish, shuningdek, ushbu to`plamlar asosida ma`lumotlarni boyituvchi hujjatli filmlarni yaratishdir. Ushbu filmlar uch tilda ovozlashtirilib, ular yozilgan disklar albomlarga ilova qilinadi.
85
1,789
Madaniyat
Ledi Gaga “Amerikaning qo‘rqinchli hikoyalari” dahshatli serialida suratga tushadi
Xonanda Ledi Gaga “Amerikaning qo‘rqinchli hikoyalari” serialining “Mehmonxona” deb nomlangan beshinchi faslida suratga tushadi, deb yozadi “Newsru.com”. Qo‘shiqchi qo‘rqinchli serialda ishtirok etishini o‘z Twitter’i orqali e’lon qildi. Ushbu rol xonanda uchun kinodagi eng yirigi va televideniyedagi eng birinchisi bo‘ladi. Bungacha u Robert Rodrigesning “Qotil machete” va “Gunohlar shahri 2” filmlarida kichik rollarni ijro etgan. Make your reservation now. #GagaAHSHotelhttps://t.co/o9ixi5TaFy — Lady Gaga (@ladygaga) February 25, 2015
82
541
Madaniyat
Tom Kruz va Jonni Depp yilning eng yomon aktyorlari sifatida “Oltin malina”ni olishi mumkin
Yilning eng yomon aktyor, aktrisa va rejissorlariga topshiriluvchi “Oltin malina” mukofoti tashkilotchilari an’anaviy ravishda xazilomuz tarzda ishlangan videorolikda nominantlar bilan tanishtirdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”. “Oltin malina” mukofoti 2018-yilning 3-martida topshiriladi. “Eng yomon aktyorlik ijrosi” nominatsiyasiga “Mumiya” filmidagi ijrosi uchun Tom Kruz, Jeymi Dornan (“50 tusga to‘qroq”), Mark Uolberg (“Transformerlar: so‘nggi ritsar” va “Salom, dada, Yangi yil 2”), Jonni Depp (“Karib dengizi qaroqchilari: Marhumlar ertak aytmaydi”) va Zak Efron (“Malibu qutqaruvchilari”) kabi aktyorlar qo‘yilgan. Dakota Jonson (“50 tusga to‘qroq”), Ketrin Xaygl (“Shayton vasvasasi”), Emma Uotson (“Sfera”, Jennifer Lourenslar esa (“Ona”) yilning eng yomon aktrisalari bo‘lishi mumkin. “Mumiya”, “Transformerlar”, “Malibu qutqaruvchilari”, “50 tusga to‘qroq” kabi filmlar “Yilning eng yomon filmlari” nominatsiyasiga kiritilgan. Mukofot tashkilotchilari yuqorida sanab o‘tilgan filmlarni ehtiyotsizlik oqibatida tomosha qilgan barchani “zudlik bilan shifokorga murojaat qilishga” chorlamoqda. Ma’lumot uchun, eng yomonlar uchun “Oltin malina” 1980-yilda amerikalik publicist Jon Uilson tomonidan ta’sis etilgan.
91
1,231
Madaniyat
“Bosh rolda — o‘zim, rejissor — o‘zim, prodyuser — o‘zim”. Alisher Uzoqov — “Muzlagan” filmi haqida
Aktyor, rejissor, prodyuser va sport sharhlovchisi Alisher Uzoqov ayni vaqtda “Muzlagan” nomli yangi filmni suratga olmoqda. Yangi kartina haqida ma’lumot olish maqsadida jurnalist Feruz Muhammad san’atkordan intervyu oldi. — Film haqida qisqacha ma’lumot bersangiz. — Film nomi “Muzalagan”, komediya janrida suratga olinmoqda. Filmda bosh rollarni Bobur Yo‘ldoshev, Umid Hamdamov, Rasul Karimov va (kulib) Alisher Uzoqov — shunaqa aktyor bor — ijro etmoqda. Ssenariy uzoq vaqt davomida yozildi, shu sababli tasvirga olish ishlarini boshlash qiyin bo‘ldi. Ancha tayyorgarlikdan so‘ng, mana, s’yomkani ham boshlab yubordik. — Tasvirga olish ishlari qancha vaqt davom etadi? — Reja bo‘yicha, syomka 20—25 kun davom etishi kerak. Filmning 90 foiz epizodlari Toshkent shahrida suratga olinadi. Bitta katta epizodimizning tasvirga olish ishlari esa Toshkent viloyatida bo‘lib o‘tadi. — Adashmasam, film uchun alohida kasting bo‘lmadi, shundaymi? — Ha, kasting bo‘lgani yo‘q. Filmda 20 ga yaqin aktyor-aktrisalar suratga tushmoqda. Masalan, filmimda qizlarning atigi ikkita roli bor, biroq shugina ikki rolga ham aktrisa topishga juda qiynaldim. Aktyorlarning to‘liq jamoasi bilan film ekranga chiqqanidan so‘ng tanishasiz. — Tadbirlar, “Diydor” teatr-studiyasidagi repititsiyalar va filmga rejissorlik qilish, rol ijro etish — bularning bari bir vaqtda sizni qiynab qo‘ymayaptimi? — Tasvirga olish ishlarini boshlaganim uchun teatrdan o‘zimga tanaffus e’lon qildim. Bu film uchun ko‘p harakat qilganman, shu sabab butun e’tiborimni suratga olish ishlariga qaratganman va boshqa ishlarni deyarli qilayotganim yo‘q. — Hali ham boshqa rejissorlarning filmlarida suratga tushmayapsiz. Nega? — Ha, boshqa rejissorlarning filmlarida suratga tushayotganim yo‘q. Takliflar bo‘ldi. Ba’zilari bilan kelisha olmadik, ba’zilarining esa ssenariysi yoqmadi. Sababi shu. Afsuski, bizga avvallari taklif qilingan ssenariylar darajasidagi ishlar hozir yo‘q. Shu sababli ham avvalgidek ko‘p rol o‘ynayotganim yo‘q. — “Muzlagan” filmi uchun siz yillar davomida kutgan, o‘zingiz rol ijro etishni orzu qilgan darajadagi ssenariy yozildimi? — Men bunday demagan bo‘lardim. Aytishim mumkin bo‘lgani — shaxsan men, ijodiy jamoamiz o‘zbek kinosida o‘z o‘rniga ega film yaratishga harakat qilyapmiz. Ijodiy guruhning har bir ijodkori o‘z ishining ustasi. Hozirda aksariyat filmlarimizni tomoshabin e’tiboriga havola qilishga yuzaki qaralmoqda, shu sabab tomoshabinning bu filmlarga e’tibori ham yuzaki. Yaxshi film olish niyatidamiz, shunga harakat qilyapmiz. — Film uchun mablag‘ tikkan prodyuserlar bormi yoki prodyuser ham o‘zingizmi? — Prodyuser ham o‘zim. — Lekin siz bilan ishlashga tayyor prodyuserlar ko‘p bo‘lsa kerak? — Bilmadim, bo‘lsa bordir. Ammo ular hali men bilan aloqaga chiqqani yo‘q. — Taqdimoti bo‘lib o‘tgan so‘nggi filmlar ichida sizga ma’qul kelgan biror film bo‘ldimi? — Men bu savolga javob bermayman. — Premyera qachonga rejalashtirilgan? — Filmning har bir soniyasini puxta ishlaganimdan keyin, ko‘nglim to‘lsa, tomoshabinlar e’tiboriga havola qilaman. Premyera taxminan avgustning oxiri — sentabr boshida bo‘lib o‘tishi mumkin.
99
3,127
Madaniyat
Shohjahon Jo‘rayev konsertiga kelolmay qolgan muxlisasini ko‘rish uchun Namanganga bordi
20, 21 va 22-oktabr kunlari o‘zining yakkaxon konsert dasturini taqdim etgan qo‘shiqchi Shohjahon Jo‘rayev, shu konsertiga kela olmagan muxlisasining uyiga tashrif buyurdi. Bu haqda Protoday xabar berdi. Tashrifdan maqsad yakkaxon konsert dasturiga ayrim sabablarga ko‘ra bora olmagan namanganlik muxlisasidan xabar olish edi, deb yozilgan xabarda. Qo‘shiqchi kelasi konsert dasturi uchun taklifnoma yuborishini ma’lum qilib, xonadon egalari bilan xayrlashgan. O‘z navbatida uy egalari qo‘shiqchini duo qilib qolgani aytilgan. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
88
685
Madaniyat
Maksim Galkin Alla Pugachyovani tug‘ilgan kuni bilan ta’sirli tarzda tabrikladi
Qiziqchi Maksim Galkin ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘z rafiqasi Alla Pugachyovani 67 yoshi bilan tabrikladi, deb yozadi “Domashniy ochag” nashri. U ijtimoiy tarmoqqa oilaviy fotosuratni joylab, ta’sirli she’rni ilova qildi. Suratda er-xotin o‘z farzandlari Garri va Liza bilan birga aks etgan. “Hayotingda eng samimiy, eng qadrli, eng mehribon, eng sodiq, eng zarur, eng ahil, ishonib bo‘lmaydigan, biroz imkonsiz, shunchaki quvonchli, sevimli, ammo albatta takrorlanmas narsalarni tilab qolaman”, — deb yozdi Galkin. Alla Pugachyova 15-aprel kuni 67 yoshini qarshi oldi. U tug‘ilgan kunini dabdabali ziyofat o‘rniga yaqinlari davrasida tinchgina nishonladi.
79
657
Madaniyat
Rossiyalik opera qo‘shiqchisi Dmitriy Xvorostovskiy vafot etdi
Rossiyalik opera qo‘shiqchisi Dmitriy Xvorostovskiy 55 yoshida vafot etdi, deya xabar bermoqda Meduza. “TASS” qo‘shiqchining agentiga tayanib ma’lum qilishicha, u Londonda hayotdan ko‘z yumgan. 2015-yilda Dmitriy Xvorostovskiyning bosh miyasida shish aniqlangan edi. Qo‘shiqchi davolanish uchun konsert faoliyatini bir necha oyga to‘xtatib turgan, ammo keyinroq sahnaga qaytgan edi. 1962-yilning 16-oktabrida Krasnoyarskda tug‘ilgan Dmitriy Xvorostovskiy Rossiyada va dunyoda eng taniqli opera qo‘shiqchilaridan biri edi. U, xususan, Nyu-Yorkning Metropoliten operasida, Londonning Kovent-Gardendagi Qirollik operasida, Milanning La-Skalasida, Vena va Berlin davlat operalarida, Sankt-Peterburgdagi Mariinskiy teatrida va boshqa nufuzli opera sahnalarida chiqish qilgan. Xvorostovskiy 40 dan ortiq disklar chiqargan.
62
817
Madaniyat
Har seshanba va juma kunlari davlat muzeylariga bepul kiritiladi
Qonunchilikka ko`ra, haftaning har seshanba va juma kunlari 18 yoshgacha bo`lgan bolalar va ularga hamrohlik qiluvchi ota-onalar (yoki ularning o`rnini bosuvchi shaxslar) Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini kirib ko`rish uchun davlat muzeylariga bepul kiritiladi.
64
309
Madaniyat
Aktyor Rasulxon Qodirxonov ukasi bilan bir kunda uylandi
O‘zbekiston televideniyesi orqali namoyish etilgan “Opa-singillar” seriali orqali tanilgan aktyor Rasulxon Qodirxonov uylandi. Bu haqda xonanda Mashhurbek Rayimjonov Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi. “Qadrdon do‘stimiz Rasulxon hamda ukasi Rashidxonlarni unutilmas oqshomlari bilan chin dildan tabriklayman. Baxtingiz ham to‘ylaringiz kabi qo‘shaloq bo‘lsin!”, — deb yozgan Mashhurbek Rayimjonov. “Yo‘qolgan odam” filmidagi ishtiroki bilan katta kinoda debyut qilgan aktyor Rasulxon Qodirov “Opa-singillar” serialidagi Ikrom obrazidan keyin katta mashhurlikka erishdi. Bundan tashqari, Rasulxon Qodirov “O‘zbekiston” telekanalida “Ko‘rganlarimiz haqida” ko‘rsatuviga boshlovchilik qilgan. Muxlislar uni “Bog‘chalarda” deb nomlangan qo‘shig‘i orqali xonanda sifatida ham bilishadi. Aktyor Rasulxon Qodirov O‘zbekiston Mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
56
1,063
Madaniyat
Instagram: Avariyaga uchragan aktrisa, yangi qo‘shiq kuylagan Zarina, Jahongir Xo‘jayev uy sotib oldi
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. Shahlo Zoirova Angren shahrida xizmatda bo‘ldi. O‘z shogirdi Asal Abdullayevaga uylanayotgan Jahongir Xo‘jayev (Sariq bola) Shahzoda Muhammedovaning turmush o‘rtog‘i Marat Hamdamov qurayotgan uylardan xonadon xarid qildi. Rayhon Ulasenova va Dilso‘z to‘yda ko‘rishib qoldi. Nilufar Usmonova stretching sporti bilan shug‘ullanmoqda. Zohirshoh Jo‘rayev Samarqandda to‘yda xizmatda bo‘ldi. O‘zbekiston qahramoni Munojat Yo‘lchiyeva, xonandalar Ozoda Nursaidova, Shirin Mamatova hamda yana bir guruh san’atkorlar To‘lqin Jabborovning Xivadagi xonadonida mehmonda bo‘ldi. Lola singlisi Asal bilan Hilton mehmonxonasida hordiq chiqarmoqda. Aktrisa va model Aziza Xalilova avariyaga uchragani haqida so‘zlab berdi. Uning aytishicha, Skoda avtomobilini biroz qirib ketgan hamda shuning uchun voqea joyiga YPX xodimi chaqirilgan. Azizaning mashinasi jarima maydoniga joylashtirilgan. Shahzoda Muhammedova o‘z nomi bilan ataluvchi modalar uyining 14 yilligini nishonlamoqda. Lola qizalog‘i Aishaning yurib ketgani aks etgan video bilan bo‘lishdi. Sitora Farmonova dengizni sog‘inmoqda. Zarina Nizomiddinova tez kunda o‘zining yangi qo‘shig‘ini muxlislariga taqdim etishini ma’lum qildi.
101
1,323