folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Madaniyat
“Katta Langar” Qur`oni
Qur`oni Karimning Er yuzidagi eng mo``tabar nusxalardan biri “Katta Langar Qur`oni” nomi bilan ataladigan, bugungi kunda sahifalari Sankt-Peterburg, Toshkent va Buxoro shaharlarida, shuningdek Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida saqlanayotgan qo`lyozmadir. Qo`lyozmaning bizgacha etib kelgan eng katta qismi – 81 sahifasi bugungi kunda Rossiya Fanlar akademiyasining Sankt-Peterburgdagi Sharq qo`lyozmalari institutida saqlanadi. Ushbu kitobni chuqur tadqiq etgan rossiyalik olim, tarix fanlari doktori, professorEfim Anatolevich Rezvanning yozilishicha, ushbu qo`lyozmaning yaratilishiVIII asrning oxirgi choragida, arab grammatikasi qoidalari shakllangan davrga to`g`ri keladi[1]. Mashhur sharqshunos, akademik I.Yu.Krachkovskiy o`zining “Arab qo`lyozmalari ustida” kitobida yozishicha, bu qo`lyozma 1936 yilda insttutut tomonidan notanish keksa ayoldan sotib olingan. Mazkur qo`lyozma matni sayqallangan hayvon terisi – pergamentga bitilgan. Sahifalarning o`rtacha hajmi 52,5x34,0 sm.ni tashkil etgan. Matnlar arab alifbosining eng qadimiy turlaridan bo`lganko`fiy-hijoziy xatida bitilgan.Sahifalarning ayrimlari juda yaxshi saqlangan, ba`zilariga, ayniqsa sahifalarning burchaklarigajiddiy zarar etgan. Qo`lyozmaning charm muqovasi XIV asrga tegishli. XVII asr o`rtalarida uqaytata`mirlangan. Muqova hamda sahifalarni bir-biriga mustahkam biriktirish maqsadida arab tilidagi matnlar bitilgan qog`ozlar yopishtirilgan. Ushbu matnlarning asosiy qismini biroz dag`alroq shaklda, nasx va nasta`liq xatida bitilgan Qur`on oyatlari tashkil etadi[2]. Qo`lyozmaning Sankt-Peterburgda saqlanayotgan qismida Qur`oni Karimning 44 ta surasi oyatlari (shundan 22 tasi to`liq) o`rin olgan. Dastxatdagi farqlarga qaraganda,bu qo`lyozma ikkita kotib tomonidan ko`chirilgan.Kitob hajmining kattaligini hisobga olsak, uni teng ikkiga bo`lgan holda ko`chirishgan deb taxmin qilish mumkin. Keyinchalik matnga qizil siyoh bilan tuzatishlar kiritilgan, o`chib ketgan so`zlar ham xuddi shu rangdagi bo`yoq bilan qayta tiklangan. Albatta, bu nodir qo`lyozma ancha payt mutaxassislar diqqat markazida bo`lib keldi. Ammo hech uning bag`rida yashiringan sinoatlar ochishga jur`at etolmadi. 1998 yilda professor E.A.Rezvan Sharq qo`lyozmalari institutida E 20 inventar raqami ostida saqlanayotgan mazkur qo`lyozma haqida xorij matbuotida ingliz tilida “The Qur’an and its World” maqolasini e`lon qildi. Oradan bir necha oy o`tib, fransuz sharqshunosi Fransua Derosh Sankt-Peterburgga xat yo`llab,u bilan birga O`zbekistondagi Katta Langar qishlog`idan topilgan Qur`on sahifalari fotonusxalarini ham yuboradi. Bu nusxalardagi yozuv turi va uslubi instututda E 20 raqami ostida saqlanayotgan qo`lyozmaniki bilan bilan aynan bir xil edi. Keyinchalik E.Rezvan ushbu qo`lyozmaning ayrim sahifalari Katta Langar qishlog`ida, shuningdek Toshkent va Buxoroda ham saqlanishi haqida xabar topadi. O`zbekistonda mazkur qo`lyozmaning jami 16 sahifasi mavjud bo`lib, shundan bittasi Abu Rayhon Beruniy nomidagiSharq qo`lyozmalari markazida, bittasi O`zbekiston Musulmonlari idorasida, ikkitasi Buxoro viloyat kutubxonasida, 12 varag`iKatta Langar qishlog`ida saqlanadi. Sharqshunoslik institutida 11604 raqami ostida saqlanayotgan sahifada “Baqara” surasining 26-61oyatlari ko`chirilgan. Tarixiy ma`lumotlarga ko`ra, qora saxtiyon jild bilan muqovalangan bu muborak sahifa Buxoro amirligining so`nggi qozikaloni Muhammad Sharifjon Maxdum Sadri Ziyoning (1862-1932) shaxsiy kutubxonasidan keltirilgan. Mazkur institutda 2460 raqami ostida saqlanayotgan Sadri Ziyo kutubxonasining katalogida mazkur sahifa haqida ma`lumot berilgan bo`lib, unda sahifaning Uchinchi Xalifa Usmon ibn Affon (r.a.) zamonasida ko`chirilgan kitobga tegishli ekanini aytiladi. Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro viloyat kutubxonasida saqlanayotgan yana ikkita sahifada “Qasas” surasining 35-81 oyatlari bitilgan bo`lib,dastlabBuxoroda 1860-1885yillarda hukmronlik qilgan Amir Muzaffarning o`g`li,Hashmat taxallusi bilan she`rlar yozgan Muhammad Siddiq (1857-1927)ning kutubxonasida saqlangan. Qamashi tumanidagi Katta Langar qishlog`ida saqlanayotgan sahifalarning charm muqovasida muqovasozning ismi (Muhammad Nosir) hamda 1255 (1839-1840) sanasi yozilgan. Ushbu sahifalarda “Niso” va “An`om” suralarining parchalari o`rin olgan. Ma`lumotlarga qaraganda, sahifalar uzoq vaqt davomida “Katta Langar shayxlari” deb nom olgan Ishqiya tariqati namoyandalari tomonidan asrab kelingan. O`tgan asrning saksoninchi yillari boshida O`zbekistonda diniy va milliy qadriyatlarga qarshi kurash boshlangach, ushbu qo`lyozaning ham katta qismi atayin yo`q qilingan yoki yashirilgan. Tegishli idoralarining ko`rsatmasiga binoan Katta Langar ziyoratgohidagi tarixiy buyumlar, qadimiy qo`lyozmalar ham musodara qilindi. Shunda qishloq oqsoqollaridan biri, marhum To`xta bobo Rajabov qo`lyozmaning 12 sahifasini asrab qolishga muvaffaq bo`ladi. Oradan o`n yil o`tib, mustaqillik yillarida ushbu muborak sahifalar yana Katta Langar ziyoratgohiga qaytarildi. Qo`lyozmaning yana bir sahifasi O`zbekiston musulmonlar idorasining kutubxonasida saqlanmoqda. Unda “Baqara” surasining 126-144 oyatlari yozilgan. Ayni paytda beshjoyda saqlanayotgan ushbusahifalardaoyatlar bir-birini takrorlamasligi, dastxat, xomashyo, xat turi va matnga kiritilgan tuzatishlarning bir xilligi ularning bir paytlarbitta qo`lyozma tarkibiy qismlari bo`lganidanyorqin dalolat beradi. Taxminlarga ko`ra, qo`lyozmaning umumiy hajmi 206 sahifani tashkil etgan. Bugungi kungacha ularning 97 sahifasi yoxud 47 foizigina etib kelgan. 2000 yilning may oyida rossiyalik va gollandiyalik olimlarning izlanishlari natijasida, Groningen (Gollandiya) universiteti Izotop tadqiqotlari markazida mazkur qo`lyozma pergamentiningnamunalari zamonaviy texnikalar yordamida radiokarbon tahlilidan o`tkazildi. Tekshiruv natijalariga ko`ra, ushbu qo`lyozma milodiy 775-995 yillar oralig`ida ko`chirilgan bo`lishi mumkinligi haqida xulosa berildi. Olimlar ushbu xulosaga tayanib, qo`lyozma VIII asrning so`nggi choragiga tegishli, degan to`xtamga kelishgan. Bu xulosani fransuz sharqshunosi F.Derosh ham tasdiqlaydi[3]. Katta Langardagi Qur`oni karim qo`lyozmasi bu erga qanday kelib qolgani haqida turli taxminlar ilgshari uriladi. Shunisi aniqki, muddat ushbu ziyoratgohda saqlanib kelgan. XIX asr oxirlarida qo`lyozmaning bir qismi noma`lum sabablarga ko`ra, mamlakatdan olib chiqib ketilgan va yuqorida ta`kidlanganidek, 1936 yilda I. Yu.Krachkovskiyning qo`liga etib borgan. Qo`lyozmaning boshqa sahifalari har xil odamlar tomonidan olib ketilgan. Xullas bugungi kunda bu nodir kitob sahifalarining yarmidan ko`prog`i qaerda, kimlarning qo`lida ekani hamon sirligicha qolayotir.
22
6,670
Madaniyat
“Forsaj 9” filmining jahon ekranlariga chiqishi bir yilga qoldirildi
2019-yilda jahon ekranlariga chiqarilishi rejalashtirilayotgan “Forsaj 9” filmining premyerasi 2020-yilning 10-aprel sanasiga qoldirildi. Bu haqda Universal Pictures kinokompaniyasi ma’lumotlariga asoslanib AP ma’lum qildi, deb xabar berdi “TASS”. Kinokompaniya filmning ekranlarga chiqish vaqti nima sababdan surilganiga izoh bermadi. Biroq joriy yilning bahorida ekran yuzini ko‘rgan “Forsaj 8” prokatlarda 1,2 milliard dollar to‘plaganini ma’lum qildi. “Forsaj 8” filmining premyerasi AQShda aprel oyining o‘rtalarida bo‘lgan edi. Film budjeti 290 million dollarni tashkil etgan (“Forsaj 7” budjeti 190 million dollar edi). “Forsaj”ning birinchi qismi 2001-yilda ishlangan va avvaliga uni davom ettirish rejasi bo‘lmagan. Biroq 2003-yilda uning navbatdagi qismi ekranlarga chiqarilgan. Franshizaning jahon prokatida to‘plagan mablag‘i 5 milliard dollardan ortib ketgan. Universal Pictures’ning xabar berishicha, rejissor Feliks Geri Greyning ushbu lentasi Star Wars: The Force Awakens (2015-yil) kartinasi tomonidan o‘rnatilgan rekordni yangilagan.
68
1,052
Madaniyat
Gadjet, sovg‘a va kosmetika — mashhurlar farzandlariga taqiqlaydigan narsalar
Hamma singari mashhurlar ham farzandini har tomonlama ta’minlagan holda katta qilishni afzal biladi. Lekin ularning orasida ham tarbiya borasida o‘z qarashlariga ega va qattiqqo‘l yulduzlar ham yo‘q emas. Kristen Bell qizi uxlashi uchun xonani qulflab qo‘yadi 2017-yilda aktrisa qiziga nisbatan shunday choralarni qo‘llashini ta’kidlagan. U vaqtda qizi Linkoln 4, Delta esa 3 yoshda bo‘lgan va u uxlashni istamay opasiga xalal bergan. Shundan keyin qizini qulflanadigan boshqa xonaga o‘tkazgan. Aktrisa bu qanchalik g‘alati tuyulmasin eshikni qulflab, ortidan 10 daqiqa kutib uxlaganiga amin bo‘lganidan keyin borib uxlashini, uyquga yotishdan avval esa eshikni ochib qo‘yishini ta’kidlagan. Madonna qizini bir hafta bitta kiyimda yurishga majbur qilgan Onasi bilan birgalikda kolleksiya taqdim qilgan Lurdes Leonning bir vaqtlar bir kiyimda yurganiga ishonish qiyin. Ammo 2005-yilda Madonna qiziga kiyimlari xonasida yoyilib yotadigan bo‘lsa va yuvishga tashlamasa, yangisini olmasligini aytgan va Lurdes xulosa chiqarmaguniga qadar bir hafta davomida maktabga bitta kiyimda borgan. Kim Kardashyan bolalarini o‘ziga qarashli brenddan kiyintiradi Model qizini o‘z brendidan kiyintirishni afzal biladi. Videolardan biri bizning model qayerda, deb savol beradi bunga Nort bu yerdaman, deb javob beradi. Shundan keyin Kardashyan qizining nima kiygani haqida aytib bergan. U qiziga allambalo kiyimlarni kiyintiradi masalan, bir marotaba korsetli top kiydirgan va keyinroq u kiyimda hech qanday korset bo‘lmaganini aytib, o‘zini oqlagan. Bryus Jenner Kayliga bo‘yanishni taqiqlagan Bunga ishonish qiyin, ammo Kardashyanlar ishtirokidagi shouda bunga guvoh bo‘lish mumkin. U vaqtda Kayli 11 yoshda bo‘lgan va restorandagi kechki ovqatga ko‘z va lablarini bo‘yab kelgan. Shundan keyin onasi unga bu yoshda bo‘yanish kerak emasligini tushuntirgan. Jennifer Lopesning farzandlari gadjetlardan faqat yakshanba kuni foydalanadi Jennifer Lopes bu borada qattiqqo‘l. U Instagram’ga egizak farzandlarining noutbuk va planshet bilan tushgan fotosiga: “Bu yakshanbadagi vaqtichog‘lik”, — deb yozgan. Shuningdek, u tongda erta uyg‘onishga shoshmasliklari va nonushtani kech tanovul qilishlarini aytib, farzandlari maktab vaqti bo‘lgani uchun hafta davomida gadjetlardan foydalanmasligi, yakshanbada vaqtichog‘lik bo‘lishi uchun esa yaxshi o‘qishlari kerakligini yozib qoldirgan. Mila Kunis va Eshton Kutcher, Rojdestvoda farzandlariga sovg‘a bermaydi Yulduzli juftlik Rojdestvoni o‘zlarining an’analaridan kelib chiqib nishonlaydi. Ular farzandiga sovg‘a bermaydi, ular buvi va buvasidan sovg‘a olishi mumkin, lekin shunda ham bir quti, o‘n quti emas. Sovg‘a o‘rniga biz barchadan xayriya tashkilotlariga xayriya qilishlarini so‘raymiz”, — deydi Kunis. Dryu Berrimor qizlariga aktrisa bo‘lishni taqiqlagan Prodyuserlik kompaniyasi borligi hisobiga Dryu qizlarini yulduz qilishi mumkin edi, ammo u buni istamagan. “Ular katta bo‘lganida istaganini tanlashi mumkin, lekin bolaligida men ularni suratga tushishini taqiqlayman”, — degan u. Jennifer Garner bir yilda bir marta ha, deb javob beradi Aktrisa o‘zini qattiqqo‘l ona deb biladi, ammo bir yilda bir kun farzandlariga hamma narsaga ruxsat beradi. “Bu avvaliga qiyin bo‘lmaydi. Muzqaymoq bilan nonushta qilamiz, lotereya chiptasini xarid qilamiz, ammo bu yildagi eng uzun kun bo‘ladi”, — deydi u.
77
3,340
Madaniyat
Xarrison Ford samolyoti golf maydoniga qulashi natijasida jarohat oldi
Gollivud aktyori Xarrison Ford 5-mart, payshanba kuni aviahalokatga uchradi, deya xabar bermoqda “TASS”. Uning samolyoti Los-Anjeles tashqarisidagi golf maydoniga quladi. AQSh OAVlari yozishicha, aktyor tirik, biroq ko‘p joyidan lat yegan, jumladan boshidan jarohat olgan. Bu ma’lumotni Los-Anjeles politsiyasi tasdiqladi, biroq uchuvchining ism-sharifini oshkor etmadi. “65—70 yoshlardagi erkak o‘tirgan samolyot halokatga uchraganini tasdiqlaymiz. U barqaror holatda yaqin oradagi kasalxonaga yetkazildi”, — deya aniqlik kiritdi huquq-tartibot organlari vakili. Uning aytishicha, halokatga texnik nosozlik sabab bo‘lgan.
70
623
Madaniyat
Toshkentda Parij xalqaro moda akademiyasi filiali ochiladi
Yaqin kunlarda Toshkentda Parij xalqaro moda akademiyasi filiali ochilishi rejalashtirilyapti. Bu haqda O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida ta’lim va madaniyat sohalarida hamkorlik qilish masalalariga bag‘ishlab Parij shahrida o‘tkazilgan uchrashuv yakunlarida ma’lum qilindi. Bu haqda “Xalq so‘zi Online” xabar berdi. Muloqotda Fransiyaning Yevropa va Tashqi ishlar vazirligi, Oliy ta’lim vazirligi, Xalq ta’lim vazirligi, Parij Akademiyasi, Sharq tillari va sivilizatsiyalari milliy instituti (INALCO), Parij xalqaro moda akademiyasi, shuningdek, Fransuz Alyansi kabi sohaga mas’ul asosiy tuzilmalari rahbarlari ishtirok etdi. Parij xalqaro moda akademiyasi prezidenti Jan-Filipp Voklerning aytishicha, Akademiya delegatsiyasi joriy yilning sentabr oyida O‘zbekistonga tashrif buyurgan va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi mutasaddilari bilan mazkur oliy o‘quv yurti filialini Toshkentda tashkil etish bo‘yicha batafsil muhokamalar o‘tkazilgan. Tegishli hujjat yaqin kunlarda imzolanadi.
58
1,033
Madaniyat
Bollivud aktrisasi Anushka Sharma ilk marta ona bo‘ldi
2021-yilning 11-yanvar kuni Bollivud yulduzi Anushka Sharma farzandli bo‘ldi. 32 yashar aktrisa Mumbay shifoxonalaridan birida ko‘zi yorigan. Bu haqida uning turmush  o‘rtog‘i Virat Kohli Instagram sahifasida ma’lum qilgan. Qiz farzand dunyoga kelganini yozgan Virat, muxlislarining sevgisi, duolari va tilaklari uchun minnatdorchilik bildirgan. Shuningdek, rafiqasi va chaqaloqning ahvoli yaxshi ekanini aytib hayotining yangi bobini boshlayotganlaridan xursand ekanliklarini qo‘shimcha qilgan Virat, bu vaqtda muxlislaridan shaxsiy hayotlarini hurmat qilishlarini umid qilishini bildirgan. Aktrisaning o‘zi sal avvalroq Bollywood Times nashriga bergan intervyusida fursati bo‘lishi bilan ijodga qaytishini ma’lum qilgan. “Men farzand dunyoga keltirganim va uyda ish, oila va farzand tarbiyasini balansda bo‘ladigan qilib muhit yaratganimdan keyingina suratga olish maydonchasiga qaytaman. Men tirik ekanman ishlashda davom etmoqchiman, chunki bu meni darhaqiqat baxtli qiladi”, — degan. Ma’lumot uchun, Anushka 2017-yilning dekabr oyida hindistonlik mashhur kriketchi Virat Kohli bilan turmush qurgan edi. Ularning to‘ylari katta dabdaba bilan nishonlangan.
54
1,160
Madaniyat
Shahzoda Muhammedova “Asal oyi” tufayli ushalgan orzusi va seriallarga bo‘layotgan takliflarni rad qilayotganiga oydinlik kiritdi (video)
Rejissor Jahongir Ahmedovning “Asal oyi” filmining premyerasi 17-fevral kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Jurnalist Feruz Muhammad filmning so‘nggi fotossesiya jarayonida ishtirok etdi. Aktrisa Shahzoda Muhammedova film haqida, “Asal oyi” tufayli ushalgan orzusi hamda seriallarga bo‘layotgan takliflarni nima sababdan rad qilayotgani haqida jurnalist Feruz Muhammadga gapirib berdi. “Asal oyi” filmning fotosessiya jarayonlariga yetib kelishimiz juda ham qiyin bo‘ldi. Har doim film uchun fotosessiya jarayonlari boshlansa, bilamanki, filmning premyerasiga oz vaqt qolgan bo‘ladi. Bu film juda ham esda qolarli va har bayram vaqtlarida sevib tomosha qilinadigan film bo‘lgan deb o‘ylayman. Ushbu film boshqa har qanday filmlardan kastumlari hamda Misrda bo‘lib o‘tgan, nihoyatda qiziqarli suratga olish jarayoni bilan ajralib turdi deb o‘ylayman. Misrga borish orzuim edi, nimagadir bu orzuim ushalmasa kerak deb o‘ylardim, mana “Asal oyi” filmi orqali ushbu orzuim ham ushaldi. Oxirgi vaqtlarda ko‘plab seriallardan takliflar tushmoqda. Ammo ularni rad qilishga majbur bo‘lyapman. Seriallarning ssenariysini o‘qib chiqishning o‘zi qancha vaqtni oladi, unda suratga tushish undan ham ko‘proq vaqt, imkoniyat talab qiladi. Aktrisalik, dizaynerlik hamda teleboshlovchilik faoliyatimni birdan olib borganim uchun, seriallarda suratga tushishga vaqt topa olmayapman. Partnyor bu aktrisaga dalda bo‘ladigan inson. Men partnyorim bilan nima bo‘lganda ham xushmuomila bo‘lishga va yaxshi rol ijro etishga harakat qilaman. Shahzoda Muhammedova, aktrisa
137
1,551
Madaniyat
Shahzoda Muhammedova farg‘onalik kulol xonadonida kulolchilik san’ati sirlari bilan tanishdi (foto)
Aktrisa va dizayner Shahzoda Muhammedova Farg‘ona viloyati Rishton tumanidagi Said kulol xonadonida kulolchilik san’ati sirlari bilan tanishdi. Bu haqda My Day Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilib, jarayondan olingan suratlar bilan bo‘lishdi.
99
243
Madaniyat
Sogdiana: “Vatanimda ijod qilish baridan muhim!”
Sogdiana sahnaga qaytib, O‘zbekistonda ijod qilish baridan muhim ekanligini aytib o‘tdi. Bu haqda Darakchi.uz xabar bermoqda. Sogdiana katta ijodiy tanaffus qilishining boisi farzandlari tarbiyasi bo‘lganini aytib, kuz oylarida yangi ijod namunalarini muxlislarga havola etishini ma’lum qildi. Xonanda hozir xit-paradlarda ketma-ket birinchi o‘rinni egallab kelayotgan Timur Yolqin va Aleksandr Kovalyov qalamiga mansub yangi “Molniya” nomli taronasiga Irina Mironova rejissorligi ostida klip suratga olinganini qayd etdi. Klip trek yo‘nalishida bo‘lib, liboslar va pardozga alohida e’tibor qaratilgan. “Hamkorligimiz natijasi kutganimdan ham a’lo darajada bo‘ldi”, — deydi qo‘shiqchi. Sogdiana muxlislarini kuttirmay, tez orada yakkaxon konsert dasturi va yangi albomini taqdim etishini ma’lum qildi. Ayni damda mazkur albom ustida ish olib borilayotgan bo‘lib, undan “Tolko ne molchi”, “Molniya”, Rayhon bilan kuylangan duet kabilar joy olishi kutilmoqda. “Na rasstoyanii ruki” va “Lyubit tebya” nomli yangi qo‘shiqlar ham muxlislar etiboriga havola etiladi. Albomdan joy olgan taronalarda nafaqat qarshi jins vakillari o‘rtasidagi sevgi, balki ota-ona, farzandga bo‘lgan muhabbat haqida ham kuylanadi. Ijodini O‘zbekistonda davom ettirishga ahd qilgan xonanda “Ijod, san’at chegara bilmaydi, u odamlarni bir-biriga yaqinlashtiradi. Har bir muxlis men uchun qadrli. Lekin Vatanim — baridan muhim!” — deb ta’kidladi. Farzandlari haqida berilgan savolga Sogdiana ikkala o‘g‘lining ingliz maktabida o‘qiyotganini aytdi. U “Katta o‘g‘lim Arjun matematik bo‘lsa kerak, fenomenal xotirasi kuchli. Hamma narsa yodida turadi. Mikail esa, raqs tushishni, sportni yaxshi ko‘radi. Bog‘chada qizlarni shu qadar hurmat qiladiki, qizchalar ham uni juda yaxshi ko‘rishadi”, — deb so‘zini yakunladi.
48
1,786
Madaniyat
“Bunday bo‘lishini hech kim kutmagandi: “Muhtasham yuz yil” seriali prodyuseri Maryam Uzerli jamoani noqulay vaziyatda qoldirgani haqida so‘zlab berdi
Maryam Uzerli “Muhtasham yuz yil” serialining kastingiga shoshilinch ravishda kelgan. Bu vaqtda u Germaniyada ijod qilardi, to‘satdan do‘stining qo‘ng‘iroq qilishi Maryamga ajoyib imkoniyat yaratdi. Aktrisa darhol Turkiyaga yetib kelib, sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi, hatto turk tilini bilmasligi ham unga xalaqit bermadi. Uzerli ekranda o‘z qahramoni Xurram – Sulaymon  Sultonning kanizagini ajoyib tarzda gavdalantirdi. Maryam serialning 99-qismida ishtirok etdi va u nafaqat Turkiyada, balki butun dunyo bo‘ylab tomoshabinlar mehrini qozondi. So‘ngra u kutilmaganda loyihani tark etib, Germaniyaga qaytib ketdi. Aktrisa buni kasbiy jihatdan charchagani, o‘ta band kun tartibi bilan izohladi. Maryam uchinchi mavsum oldidan serialni tark etdi. U suratga olish guruhi va hamkasblari bilan aloqani to‘xtatdi va shu bilan butun loyiha jamoasini noqulay ahvolda qoldirdi. Prodyuser Timur Savji Simge Fıstiko‘g‘lu YouTube kanalida aktrisaning bu harakati ijodiy guruhga qanday ta’sir qilgani haqida gapirib berdi. “U butun jamoani noqulay ahvolga solib ketdi, barcha ishlarni buzdi. Bunday bo‘lishini hech kim kutmagan edi. Bu vaziyat meni qattiq xafa qildi. Keyinchalik Maryamning akasi men bilan aloqaga chiqdi, u tushuntirishga harakat qildi. Maryam qaytishga tayyor edi, lekin men “Yo‘q, hammasi tugadi, qaytishning keragi yo‘q”, deb javob berdim. Uzerlining qilgan ishi tufayli u birdaniga boshqa turk aktrisasi  – Vahide Perchin bilan almashtirilishi kerak edi. Serial muxlislari esa Vahideni qabul qilmadi. Natijada “Muhtasham yuz yil” serialining reytingi keskin tushib ketdi. Aktrisa Maryam Uzerli turk filmlari va seriallarida suratga tushishda davom etmoqda. Ammo aktrisaning ko‘plab muxlislari Sulton Sulaymon haqidagi serialda uning naqadar betakror bo‘lganini unuta olmaydi.
150
1,789
Madaniyat
“Oydin hayot” jonli efirda namoyish etilayotganida zilzila yuz berdi. Ko‘rsatuv boshlovchisi o‘zini yo‘qotmay, gapirishda davom etdi (video)
“O‘zbekiston” telekanalining “Oydin hayot” tok-shousi jonli efirda namoyish etilayotgan vaqtda O‘zbekiston hududida zilzila sodir bo‘ldi. Ijtimoy tarmoqlarda zilzila paytida jonli efirdagi ko‘rsatuv boshlovchilari o‘zlarini qanday tutgani aks etgan video tarqaldi. Videoda tok-shou boshlovchisi Gulruh Toshmatova matn o‘qiyotgan paytda studiya qattiq siltanib ketadi. Shunga qaramay boshlovchi qo‘rquvini yengib, matnni o‘qishda davom etadi. Ko‘rsatuvning studiyada o‘tirgan mehmoni tinmay “Subhanolloh” deb qaytaradi. Gulruh Toshmatova o‘z matnini o‘qib bo‘lganidan keyin ikkinchi boshlovchi Shuhrat Rahmatjonov biroz tutilib, qisqa tanaffus e’lon qilgan. Eslatib o‘tamiz, 26-mart kuni Toshkent vaqti bilan 09:44 da O‘zbekiston—Tojikiston chegarasida zilzila sodir bo‘ldi. Toshkent shahrida uning kuchi 4 ballga teng bo‘ldi. Bir necha yil oldin “O‘zbekiston” telekanalining “Axborot” informatsion dasturi yozib olinayotgan vaqtda yerosti silkinishlari sodir bo‘lgan, boshlovchi esa studiyani vahima bilan tark etgan video tarqalgandi.
140
1,035
Madaniyat
Firdavs Abduxoliqov: "O`z boyliklarimizdan etarlicha foydalana olmayapmiz!"
Kecha «Rossiya-Kultura» telekanalida I.V. Saviskiy nomidagi Davlat san`at muzeyi to`plamlarida saqlanayotgan avangard rasmlarning noyob kolleksiyasiga bag`ishlangan «Nukus. Noma`lum kolleksiya» filmining premerasi muvaffaqiyat bilan namoyish etildi. Bugun biz filmning O`zbekistondan bo`lgan prodyuseri, «Dunyo to`plamlaridagi O`zbekiston madaniy merosi» loyihasining muallifi va rahbari, ko`plab filmlar, jumladan, “O`zbekiston. Kashf etilgan ochiqlamalar”, “Qoraqalpog`iston. Sahro orasidagi vaqt” filmining prodyuseri va boshqa asarlar muallifi bilan suhbat quramiz. - Firdavs Fridunovich, I. V. Saviskiy nomidagi muzey haqidagi film “Dunyo to`plamlaridagi O`zbekiston madaniy merosi” loyihasining bir qismi hisoblanadimi? - «Dunyo to`plamlaridagi O`zbekiston madaniy merosi» loyihasi –bu nafaqat albom-kitoblarni nashr etish yoki bosish, balki hujjatli filmlarni ham yaratish demakdir. Biz shu paytgacha 20 ta filmni ishlab bo`ldik. Ular ustida taniqli jurnalist Shaxnoza G`anieva rahbarligidagi tasvirga olish guruhi ish olib bormoqda. Xorijiy telekompaniya bilan hamkorlikda ishlangan “Nukus. Noma`lum kolleksiya” filmiga keladigan bo`lsak, u mazkur yo`nalishdagi navbatdagi qadamdir. Biz Rossiya telekompaniyalari bilan birgalikda «O`zbekiston. Sahro marvaridi», «O`zbekiston. Kashf etilgan ochiqlamalar», «Qoraqalpog`iston. Sahro orasidagi vaqtlar» filmlarini oldin ham olganmiz.Bugun esa to`la ishonch bilan ayta olamanki, Igor Saviskiy muzeyining noyob kolleksiyasi haqidagi mazkur film “Dunyo to`plamlaridagi O`zbekiston madaniy merosi” nomli loyihamizning amalga oshirilishidagi yangi yorqin sahifalarni ochmoqda. Shu munosabat bilan Turizmni rivojlantirish Davlat qo`mitasiga, Madaniyat vazirligiga, I.V. Saviskiy nomidagi Davlat san`at muzeyiga, shuningdek, ushbu filmni yaratishda bizga ko`mak bergan barchaga o`z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. - Agar «birinchi marta» iborasini asos qilib olsak, filmda oldin jamoatchilikka ma`lum bo`lmagan narsalar bormi? - «Birinchi marta» iborasini oladigan bo`lsak, albatta, bu holatda Saviskiy nomidagi muzey fondining yopiq omborxonasida tasvirga olish imkoniyatining yaratilgani barchamiz uchun noyob hisoblanadi. Ijodiyguruhlar bir yoki ikki soatdan ishlashdi desam yanglishgan bo`laman, ular Nukusga ikki martalab uchishdi va tasvirga olish ishlari besh kunlab davom etdi. Biz shuningdek, birinchi marta Igor Saviskiy bilan ishlagan odamlarning ochiqlamalarini eshitishga muvaffaq bo`ldik, aynan ular, bu hikoyalar tomoshabinlar va barchamizga nafaqat muzey asoschisi Igor Saviskiyni, balki o`sha vaqtning u muloqotda bo`lgan rassomlari shaxsiyatini ham chuqur tushunish imkonini beradi. Mazkur filmda ilk bor Igor Vitalevichning o`sha vaqtning ko`plab san`atshunoslari bilan yozishmalari keltiriladi. - Siz, I.V. Saviskiy nomidagi muzey omborxonasida bo`lishga muvaffaq bo`lganlardan birisiz. U erda sizni nima hayratga soldi? -Meni shu narsa hayratga soldiki, shunday boylikka ega bo`la turib, biz hali undan to`liq darajada foydalanishni bilmaymiz. Jahon OAV, hujjatshunoslar, olimlar va tadqiqotchilar, kolleksionerlar biz bilan ishlash uchun mamlakatimizga kelishga va ishlashga tayyor. Ammo ko`plari bizning fondlarimizga kirish qiyinligini aytadi. I.V. Saviskiy nomidagi muzey yorqin misol bo`la oladi. Muzey fondlari haqida film olish uchun O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalarini qo`llab-quvvatlash milliy assosiasiyasi hamda«Rossiya - Kultura» telekanaliga ko`plab instansiyalardan o`tishiga to`g`ri keldi.Garchi biz O`zbekiston Madaniyat vazirligining qo`lloviga ega bo`lsakda, juda katta sondagi kelishuv jarayonlaridan o`tdik. Bizning muzeychilarimiz psixologiyasida o`rnashib qolgan ko`rsatmalar “kim va qanday chiqishidan” qat`iy nazar, ular faoliyatida ustunlik qilmoqda. Nahotki, O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning I.V. Saviskiy nomidagi muzey kolleksiyasining misli ko`rilmagan muvaffaqiyatli tarzda o`tgan ko`chma ko`rgazmasini Moskvada tashkil etish borasidagi tashabbusi bizning barcha muzey va kutubxonalar uchun signal vazifasini o`tamagan bo`lsa? Bizdagi Toshkent davlat sharqshunoslik instituti huzuridagi sharq qo`lyozmalari markaziga kirib ko`rishga va media loyiha yoki jiddiy tadqiqot qilishga bir urinib ko`ring.O`sha erda ham maxsus ruxsatnomalar kerak, ularni olish qanchalar murakkab-a! «O`zbekiston madaniy merosi» loyihasi doirasida mana bir yildirki O`zbekiston davlat san`at muzeyi bilan ishlayapmiz. Moskvadan fotosuratchi taklif etdik. Nima bo`ldi dersiz? Bizga muzeyning o`zida ochiq tarzda namoyish etilayotgan tarixiy buyumlarnigina suratga olishga ruxsat berishdi. Axir bunday albomning jamoatchilikka qizig`i bormi? Fondlarimizni nega matbuot uchun ochishmaydi? Axir, bu nafaqat mamlakat uchun piar hisoblanadi, balki butun bir daromad turi-ku! - Loyihangiz doirasida o`nta albom chiqarildi va nashrga yana shunchasi tayyorlanmoqda. Aytingchi, mazkur masalada xorijiy muzeylar bilan olib borilayotgan ishlar qanday? - Xorijiy muzey va kutubxonalar nafaqat hamkorlikka ochiq, balki o`z kolleksiya to`plamlaridagi yoki bizning madaniy merosimizga oid alohida buyumlar bilan faxrlanishadi va qadrlashadi. Masalan, shu yilning iyunida Sankt-Peterburgda bo`lib o`tgan “O`zbekiston madaniy merosi xalqlar va mamlakatlar o`rtasidagi ko`prik” deb nomlangan kongress kunlarida 200 kishidan iborat ulkan delegasiyani Rossiya milliy kutubxonasi, Sharq qo`lyozmalari instituti, Rossiya etnografik muzeyi, Din muzeyiga qo`yishdi.Mazkur muzeylar fondlarida bo`lgan bizning madaniy merosimizga tegishli buyumlardan iborat maxsus ko`rgazmalar ham uyushtirildi. Bunga ishonish qiyin, ammo hatto Ermitaj ham o`z omborxonasini ochdi! Bu, albatta, tekinga ochilgani yo`q –qoidalar shunday.Oddiy so`z bilan gapirganda, jahon muzey va kutubxonalari o`z kolleksiyalari orqali mana shunday yo`l bilan pul qilmoqda, bu ular uchun nafaqat daromad manbai, balki chinakam piar hamdir. Nima uchundir bizning muzey va kutubxonalar piar qilish, o`z fond va kolleksiyalarini ommalashtirish xoxishi bilan yonmayapti. Mana masalan, agar ertaga I.V. Saviskiy nomidagi muzey yoki boshqa yirik muzeylar butun dunyoga o`z fondlari tadqiqotchilar uchun ochiqligini e`lon qilsa, ishonavering, bizlarga katta miqdordagi olimlar, tadqiqotchilar, san`atshunoslar, jurnalistlar,mediachilar keladi. Bu madaniy va ilmiy almashinuvning qudratli oqimi bo`ladi, bundan eng avvalo, mamlakatimiz, muzey va arxivlarning o`zi yutadi. Faqat bizning tariximiz va madaniyatimiz xazinasini o`rganish va yoritish uchun kirish imkoniyatini engillashtirish kerak xolos. - Nima deb o`ylaysiz, bunday hamkorlikdan muzeylar daromad topishi mumkinmi? - Shubhasiz. Biz, masalan, «Eriell» neftservis kompaniyasining homiylik ko`magi evaziga jahon muzeylaridagi eksponatlarga kirib borish uchun pul to`laymiz.Bu jahon ilmiy tajribasi. Bizning sharq qo`lyozmalari markazi, I.V. Saviskiy nomidagi muzey yoki boshqa muzeylar buni bepul amalga oshirish kerak deb aytmayapti hech kim.Aksincha, shu yo`l bilan muzey yoki arxiv ehtiyoji uchun mablag` ishlab olish kerak. Olinadigan katta daromad orqali binoni kengaytirish, saqlash sharoitlarini yaxshilash va maxsus anjomlarni sotib olish mumkin. Nega bizning muzeylar moliyaviy mablag`ni faqat davlatdan kutadi? Davlat ajratishi kerak degan qotma fikr miyamizda o`rnashib qolgan… O`zimizning keng imkoniyatlarimizni o`z muzeylarimiz moliyaviy ahvolini yaxshilashga sarflasak bo`lmaydimi?Bu iste`molchilik munosabati va undan qutulishimiz kerak, chunki vaqt keldi, bir chekkada qo`l qovushtirib o`tirish yaramaydi. Yaxshi yangiliklar bor –Nukus muzeyi haqidagi film taqdimotida O`zbekiston Boshvaziri o`rinbosari Aziz Abduhakimovning chiqishi bizni quvontirdi, unda muzeylarga nafaqat matbuot bilan, balki xalqaro standartlarga muvofiqishlash uchun yangi imkoniyatlar va moliyaviy mexanizmlarni taqdim etadigan hukumatning maxsus qarori tayyorlanayotgani aytildi.AzizAbduxakimov taqdimotda ishtirok etgan barchani mazkur yo`nalishda hamkorlikka qilishga chaqirdi. Hukumatning ushbu muhim hujjatli chiqishi bilan bizning muzeylarimiz faoliyati va kolleksiyalari to`g`risida xabardor qilish borasidagi vaziyat o`zgarishi kerak, bu esa mamlakatimizning butun dunyoga ochiqligi yo`lidagi salmoqli qadamdir.
75
8,211
Madaniyat
Foto: Aktrisa Asal Shodiyevaning qiyofadoshi
“Shok.uz” sayti aktrisa Asal Shodiyevaga o‘xshash qizni qidirib topdi. Xabarda ma’lum qilinishicha, Asal Shodiyeva qiyofadoshining ismi Kamola. U aktrisaning ashaddiy muxlisasi. “Soch rangini va turmaklarini Asaldek qilib yurgan Kamola kinoda aktrisa bilan opa-singil rolini ijro etish taklifi bo‘lsa, bajonidil rozi bo‘lishini bildirdi. Yuzidagi xoli haqida so‘raganimizda u tabiiyligini, hech kanday yasama xol emasligini aytdi”, – deyiladi xabarda.
44
452
Madaniyat
Kibernetik organizmli ayol haqidagi filmning treyleri taqdim etildi (video)
Robert Rodrigesning jangovar farishta haqidagi “Alita” nomli fantastik filmining treyleri internetda paydo bo‘ldi. Rolik 20th Century Fox studiyasining YouTube’dagi kanaliga joylandi, deb yozmoqda “Korrespondent.net”. Film yapon rassomi Yukito Kisironing Battle Angel nomli asarining kino talqini hisoblanadi. Film prodyuseri Titanic’ni tasvirga olgan Jeyms Kemeron hisoblanadi. Film syujetiga ko‘ra, kiber-shifokor chiqindixonada kiber organizmli ayolning qismlarini topib oladi va uni qayta tiklaydi. Biroq o‘ziga kelgan ayol jang usullaridan boshqa hech narsani eslay olmaydi. Filmda rollarni Eysa Gonsales, Jennifer Konnelli va Mishel Rodriges ijro etgan.
75
660
Madaniyat
“Prezidentimizni o‘pib, rahmat aytaman, degandim”. Obid Asomovning qizi hazil tariqasida aytgan gapi haqiqatga aylangani haqida (video)
Marhum so‘z ustasi Obid Asomovning qizi Nargiza Ergasheva otasi “zapret”dan chiqqan kuni Prezidentga shaxsan minnatdorchilik bildirishni niyat qilgani, otasining vafotidan so‘nggina ushbu niyati amalga oshgani haqida so‘zlab berdi. “O‘shanda adam telefon qilib, ‘Tez yetib kel bolam, bolalaringni men bog‘chadan olib kelib qo‘ydim, sen kelsang bo‘ldi,’ dedilar. ‘Tinchlikmi, nimaga?’ desam, oyim ham ‘kelgin’, dedilar. Opamni ham shunaqa qilib chaqirishgan. Amerikada yashaydigan singlimga telefonda xabar berishgan. Hammamiz yig‘ilganimizdan so‘ng uydan bir varaq qog‘ozni olib chiqdilar, ‘Shaxsan Shavkat Miromonivich Mirziyoyev o‘zlari menga ruxsat beribdilar chiqishimga’ dedilar. Shunda hammamiz xursandchiligimizdan yig‘lab yubordik. Bir-birimizni quchoqlab, tabrikladik. Ishonasizmi, Alloh guvoh, o‘shanda ‘Ada, Prezidentimizni o‘pib, rahmat deb qo‘yaman’, deganman. Adam kulib, ‘Bo‘ldi, qizim’, deganlar. Bu gapimga opam Dilorom bilan ukam Odilxon rosa kulishgan. ‘Ana tashqariga chiqqinda, rahmat deb baqirsang, eshitadilar’, deyishgan. Mana yil aylanib, Prezidentimizning oldilariga qanday borib qolganimni o‘zim bilmayman. Ular bilan ko‘rishishdan avval minbarga chiqib, rahmat aytaman, deb niyat qildim. Ko‘rishganimda esa hayajondan gaplarim ham esimdan chiqib ketdi”, — deydi Nargiza Ergasheva. Shuningdek, Nargiza Ergasheva otasini “zapret”dan chiqishidan avval “Milliy” telekanaliga ishga olgani uchun Komil Allamjonovga ham minnatdorchilik bildirib o‘tdi: “Avvalambor Prezidentimizga katta rahmat aytaman, shuningdek, adamga ‘Siz uddalaysiz, qo‘lingizdan keladi’, deb motivatsiya bergan, ‘Milliy’ telekanaliga ishga olgan Komil Allamjonovga ham minnatdorchilik bildiraman”.  Obid Asomovning rafiqasi ilk marta turmush o‘rtog‘ining ikkinchi ayoli bo‘lgani hamda undan o‘g‘il farzand ko‘rgani haqida gapirdi (video)
135
1,830
Madaniyat
Sankt-Peterburgda Navoiy tavalludining 580 yilligi nishonlanmoqda
Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag`ishlangan tadbirlarda ishtirok etish uchun Rossiya  Federasiyasining Sankt-Peterburg shahriga O`zbekistondan bir gurux olimlar va san`atkorlardan iborat delegasiya bordi. Ma`lumki, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 oktyabrdagi “Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash to`g`risida”gi qaroriga asosan, O`zbekistonda va xorijda bir qator tadbirlar, ilmiy anjumanlar o`tkazilmoqda. Buyuk mutafakkir ijodi asrlar davomida butun insoniyatni ezgulikka, tinchlik va do`stlikka da`vat etib kelgan. Shu bois, hatto eng og`ir damlarda Alisher Navoiy merosi insonlar qalbida yorug` kunlarga umid uyg`otgan.  Qayd etilishicha, O`zbekiston madaniy merosini asrash, o`rganish va ommalashtirish bo`yicha Butujaxon jamiyati tashabbusi bilan Rossiya Davlat Ermitaji rahbariyatiga  hazrat Navoiyning 580 yilligi hamda qamal davrida o`tkazilgan adabiy anjumanga 80 yil to`lishi munosabati bilan ushbu nufuzli madaniyat maskanida ilmiy-badiiy kecha o`tkazish rejalashtirilgan. Tadbirda O`zbekistonlik va rossiyalik olimlar buyuk mutafakkir hayoti va ijodi yuzasidan yangi tadqiqotlari bo`yicha ilmiy munozaralar qiladilar. Shoir g`azallariga  bag`ishlangan qo`shiqlar ijro etiladi. O`zbekiston delegasiyasi tarkibidan O`zbekiston Qahramonlari Ibrohim G`afurov, Munojot Yo`lchieva, navoiyshunos olimlardan Shuhrat Sirojiddinov, Aftondil Erkinov, Sultonmurod Olim, Olimjon Davlat, Burobiya Rajabova va boshqalar o`rin olgan. Eslatib o`tamiz, tadbirlar 10-11 dekabr kunlari bo`lib o`tishi kutilmoqda.
65
1,603
Madaniyat
Bugun 68-Kann kinofestivali ochiladi
Bugun 68-Kann kinofestivali Fransiyada o‘z ishini boshlaydi, deya xabar bermoqda “TASS”. Ochilish uchun bu yil Emmanuel Berkoning “Boshni tik ko‘tarib” filmi tanlandi, bu 1987-yildan buyon birinchi marta ochilishda namoyish etiladigan ayol kishi tomonidan olingan kartinadir. Festivalning bosh tanlovida asosan erkak rejissorlar ishlari taqdim etilgan. Aktyorlik mukofotlariga da’vogarlar orasida esa Mettyu Makkonaxi, Maykl Fassbender va Jerar Depardye bor.
36
459
Madaniyat
Ichki ishlar faoliyatiga bag`ishlangan «Ofiser 55» seriali suratga olinmoqda
“O`zbekkino” Milliy agentligi va Toshkent shahar IIBB hamkorligida ichki ishlar faoliyatiga taalluqli «Ofiser 55» kinoseriali ishga tushirildi. Serial triller, kriminal janrda bo`lib, unda Toshkent shahar IIBB jinoyat qidiruv boshqarmasi o`ta muhim ishlar bo`yicha tezkor xodimi haqida hikoya qilinadi. Bu haqda "O`zbekkino" Milliy agentligi Axborot xizmati xabar berdi. Film voqealarida bosh qahramonning kuchli irodasi, o`z prinsiplariga egaligi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi maxsus taktikasi, shuningdek qat`iyati va jinoyat qidiruv sohasining  qanchalik mas`uliyatli xizmat ekanligi ifodalangan. Yangi kino serialda har qanday jinoyatchiga jinoyat uchun jazo muqarrar ekanligi tasvirlanadi. Bosh qahramon o`zining haqligini isbotlash uchun jinoyatchilar to`dasiga kirishga majbur bo`ladi va alaloqibat, barcha dalillar unga qarshi ishlay boshlaydi. Serial voqealari o`ta shiddatli hamda og`ir kechishi bilan tomoshabinni qiziqtirib qo`yishi, shubhasiz.   Postanovkachi rejissyor Rustam  Meliev, postanovkachi operator Diyor Adashev, postanovkachi rassom Rustam Mirzaev. Loyihaning asosiy rahbarlari Firdavs Abduxoliqov hamda Aziz Toshpo`latov, Bosh koordinator va maslahatchi Ravshan Sultonxodjaev, badiiy rahbar Irina Sayfutdinova. Aytish joizki, “O`zbekkino” Milliy agentligi va Toshkent shahar IIBB ilk bor hamkorlik kinomahsulotini tayyorlamoqda va bu loyiha tomoshabinlarga aynan shunisi bilan ham manzur bo`lishi kutilmoqda.
76
1,451
Madaniyat
Erkin Vohidov hayoti va ijodiga bag`ishlangan “Tirik sayyora” hujjatli filmining suratga olish ishlari boshlandi
“Tirik sayyora” hujjatli filmi Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK tomonidan tasvirga olinmoqda. Poytaxtimizda qad ko`targan Adiblar xiyobonida haykallari o`rnatilgan shoir va yozuvchilar haqidagi "Xalq yuragi" turkum hujjatli filmlardan biri.  Bu haqda agentlik Axborot xizmati xabar berdi O`zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov hayoti va ijodiga bag`ishlangan “Tirik sayyora” hujjatli filmida adib yashagan Farg`ona viloyati Oltiariq tumanidagi xonadonida, Marg`ilon shahridagi Erkin Vohidov nomidagi istirohat bog`ida, shoir nomidagi ijod maktabida, muzeylarda s`yomkalar bo`lib o`tadi, xronikal tasvirlar ko`rsatiladi, muallifning lirik she`rlaridan parchalar o`qiladi, oila a`zolari, shogirdlari, adabiyotshunos olimlar va boshqa mutaxassislar intervyularidan foydalaniladi.   Ma`lumot o`rnida, ssenariy muallifi Xurshid Do`stmuhammad, rejissyor Abduhalil Mignarov, operator Aziz Arziqulov, kartina direktori Ahmadjon Unarboev.
112
990
Madaniyat
“Tangem” 3 mln dollarlik serialni O`zbekiston xalqiga hadya etdi
O`zbekistonning Koreya Respublikasidagi turistik brend elchisi, mashhur “Saroy javohiri” teleserialidagi Tangem roli ijrochisi Li Yon E o`zi ishtirokidagi yangi serialni O`zbekistonga hadya qildi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi xabar bermoqda. Bosh vazir o`rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi raisi Aziz Abduhakimovning ma`lum qilishicha, mamlakatimizning Janubiy Koreyadagi elchixonasida O`zbekistonning Koreyadagi turistik brend elchisi, taniqli aktrisa Li Yon E hamda “GroupEight” kompaniyasi raisi Byong Jun Song bilan uchrashuv bo`lib o`tgan.  Uchrashuvda aktrisa butun dunyodagi koronavirus bilan bog`liq pandemiya sabab aprel oyida O`zbekistonga kela olmasligini afsus bilan qayd etib, COVID-19 bilan bog`liq vaziyat normallashganidan so`ng prodyuser Byong Jun Song bilan albatta mamlakatimizga tashrif buyurishini ma`lum qilgan.  Aktrisa O`zbekistonning boy madaniy merosi va diqqatga sazovor maskanlari bilan yaqindan tanishishni maqsad qilgani, shuningdek mamlakatimiz turistik brendini targ`ib qilishda davom etishini alohida ta`kidlagan.  Uchrashuv davomida Li Yon E O`zbekiston xalqiga o`zi bosh rolni ijro etgan “Saimdan, rang-barang xotiralar” nomli teleserialini beminnat asosda hadya qilgan. Aktrisa ushbu serial ayni damda aksariyat vaqtini  uyda o`tkazayotgan O`zbekiston aholisiga vaqtni mazmunli o`tkazishiga yordam beradi deya umid bildirgan.    “Davlat rahbari tashabbusi bilan xorijiy mamlakatlarda O`zbekistonning turizm elchisi lavozimiga chet ellik mashhur siyosiy, madaniy, sport va ishbilarmon doiralari vakillari tayinlanib kelinmoqda. Bunday shaxslarning turizm targ`ibotiga jalb qilinishi yurtimizga keladigan xorijiy sayyohlar oqimini oshirish yo`lida xizmat qiladi. Xorijiy mamlakatlardagi turistik brend elchilarining hozirgi pandemiya sharoitida O`zbekiston va uning xalqiga bunday e`tiborni namoyon etishi, albatta, tahsinga sazovordir”, - deydi Aziz Abduhakimov.  Ta`kidlash joizki, hozirda O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgarlikda filmni tarjima va dublyaj qilishga doir ishlar olib borilmoqda.  Ushbu jarayonlar o`z yakuniga etganidan so`ng serial tomoshabinlar e`tiboriga havola etiladi.    Ma`lumot uchun: “Saimdan, rang-barang xotiralar”  Janubiy Koreyaning 30 seriyali dramasi bo`lib, koreyalik mashhur musavvir, xattot va shoira Shin Saimdan (1504-1551) hayoti va faoliyati haqida hikoya qiladi. Koreya Respublikasining 50 000 von nominalli eng yirik banknotasida uning tasviri aks ettirilgan. Mazkur serial 2017 yilda Janubiy Koreyaning “SBS” telekanalida efirga uzatilgan. Shundan so`ng Xitoy, Yaponiya, Singapur, Malayziya, Tailand va boshqa mamlakatlar telekompaniyalari uni (o`rtacha 3 mln AQSh dollari evaziga) translyasiya qilish huquqini qo`lga kiritgan.
64
2,759
Madaniyat
"Rangsiz tushlar" filmi ikki xalqaro kinofestivalda ishtirok etadi
"O`zbekkino" milliy agentligi buyurtmasiga binoan iste`dodli rejissyor Ayub Shahobiddinov tomonidan suratga olingan "Rangsiz tushlar" dramasi “XVI Qozon musulmon kinofilmlari xalqaro festivali” va Erevanning "Fresco" ma`naviy-axloqiy filmlar xalqaro kinofestivalining asosiy tanlov dasturlariga kiritildi. O`tgan hafta Media klubda yopiq namoyishi o`tkazilgan mazkur film jurnalist va blogerlar tomonidan iliq qabul qilingan edi.   "2013 yilda "Parizod" filmim ham Qozon musulmon kinofilmlari xalqaro festivalining asosiy tanlovida ishtirok etgan edi. Ushbu kinofestival menda yaxshi taassurotlarni qoldirgan, chunki tanlovda qatnashayotgan filmlarning saviyasi yuksak darajada edi. Endi esa yangi "Rangsiz tushlar" filmi bilan qatnashib, Eron, Turkiya, Rossiya, Xitoy, Kanada va boshqa mamlakatlarning eng yaxshi filmlari bilan raqobatlashish imkoni berilganidan xursandman”.   "Fresco" kinofestivali esa men uchun yangi tajriba. Pandemiya tufayli ko`plab kinofestivallar bekor qilindi, ammo Erevan kinofestivali to`liq tashkil etilayotgan bo`lib, tomoshabinlar yozgi kinoteatrlar ekranlarida filmlarni tomosha qilish imkoniyatiga ega bo`ladilar”, – dedi rejissyor Ayub Shahobiddinov.   Qozon musulmon kinofilmlari xalqaro festivali Tatariston poytaxtida 2005 yildan buyon o`tkazib kelinmoqda. Festivalning ta`sischilari – Tatariston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Qozon shahri ma`muriyati, Rossiya Muftiylar kengashidir. Festival Tatariston Respublikasi Prezidenti homiyligida o`tkaziladi. Tanlov komissiyasi va hay`ati tarkibiga dunyoning atoqli san`at namoyondalari – kinorejissyorlar, operatorlar va kinoshunoslari kiradi.   "Fresco" – bu Erevanda har yili o`tkaziladigan kinofestivaldir. Uning asosiy maqsadi madaniy muloqot orqali insonparvarlik qadriyatlari, muhabbat va bag`rikenglik fazilatlarini yanada mustahkamlashdan iborat. Ma`naviy yoki insoniy asosga ega bo`lgan filmlar namoyishi bilan bir qatorda, festival tashkilotchilari filmlarda ko`tarilgan masalalar va muammolar bo`yicha ommaviy munozaralar uyushtiradi.   "Rangsiz tushlar" filmida inson o`z "Men"ini har qanday sharoitda: qamoqxona devorlarida, jamiyatda yoki oilada o`zgartirishining bir necha muhim jihatlari ilgari surilgan. Ko`p yillik qamoqdan so`ng o`z qadrdon go`shasiga qaytgan film bosh qahramoni Kashmira asta-sekin oilasida, jamiyatda o`z o`rnini topish huquqiga ega ekanligini isbotlashi kerak edi. Bunda u faqat qat`iyat va iroda tufayli kuchli shaxsga aylanishi mumkinligi anglab etadi. Filmda jamiyatda jazo muddatini o`tab kelgan shaxslarga nisbatan noo`rin munosabatning shakllanishi, "odamlar nima deydi" kabi qarashlar ortidan paydo bo`ladigan ijtimoiy muammolar ko`tarilgan.   Filmda bosh qahramon rolini Feruza Saidova ijro etgan. Shuningdek, kinoasarda Karim Mirhodiev, Shohida Ismoilova, Bekzod Abdumuhitov va Anvar Nazarovlar suratga tushgan.
69
2,846
Madaniyat
Milena Madmusayeva maktabda eng bezori qiz bo‘lganini, karateni mahalladagi bolalar bilan mushtlashgach tashlaganini aytdi
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Milena Madmusayeva “Darakchi” nashrining “Qisqa va lo‘nda” loyihasida mehmon bo‘lib, o‘zi haqida so‘zlab berdi. “Jahlim chiqqanida tinmay kuladigan odatim bor. Asabiylashmaslik uchun shunday qilsam kerak. Bir marta sabrimni sinayvergan odamga qo‘l ko‘targanman”, — deb aytib o‘tgan Milena. Ayni vaqtda fitnes bilan shug‘ullanib turadigan Madmusayeva besh yoshidan boshlab gimnastikaga qatnagani haqida so‘zlab bergan: “Gimnastika bilan professional shug‘ullanganman. Keyinchalik karate bilan jiddiy qiziqdim va sariq, yashil, ko‘k belbog‘lar oldim. Juda sho‘x bo‘lib, mahalladagi bolalar bilan mushtlasha boshlaganimdan so‘ng ota-onam qiziqishimni o‘zgartirishga qaror qilgan”. “Ishonsangiz, sinfdoshlarim mendan qo‘rqardi. Maktabda eng bezori qiz bo‘lganman. Yoshim ulg‘aygach, tosh ko‘tarish bilan shug‘ullanganman”, — deb fikrida davom etdi Milena. Qo‘shiqchi, shuningdek, bolaligida baland joydan yiqilib tushganini tan olib, miyasi chayqalganidan keyin balandlikdan qo‘rqib qolgani haqida aytgan. U istirohat bog‘larida karusellarga chiqmaydi. Madmusayeva tug‘ilgan yilini xato yozmasliklarini so‘rab, uni aniq qilib aytib berdi — 1988-yil, 26-sentabr. Milena keng uslubda kiyinishni yoqtirishi haqida so‘zlab, Shahzoda va Lola Yo‘ldoshevaning uslubi unga yoqishini bildirgan. Qo‘shimchasiga Lolaning biroz ochiqroq kiyinishini ham aytgan. Qo‘shiqchining turmush o‘rtog‘i ahd-paymon qilinganiga 1 yil to‘lganidan keyin Milenaning qo‘lini so‘ragan. Klipining tasvirga olish ishlari davom etayotganida qo‘lida gul va uzuk bilan unga turmushga chiqishni so‘ragan turmush o‘rtog‘iga Madmusayeva ikkilanmasdan ijobiy javob qaytargan. Loyiha qahramoni uning san’atini tushunadigan qaynona va qaynotasidan, shuningdek, prodyusseri bo‘lgan turmush o‘rtog‘idan minnatdorligini aytib o‘tgan.
122
1,827
Madaniyat
Surxondaryoda hunarmandchilik galareyasi ochildi
Termiz shahrida hunarmandchilik galareyasi foydalanishga topshirildi. “Navro`z” umumxalq bayrami arafasida ishga tushirilgan majmuada usto-hunarmandlarning o`z mahsulotlarini keng namoyish etishi va shu erning o`zida sotishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Bu O`zbekiston Milliy axborot agentligi xabar berdi.  Surxondaryo viloyat hunarmand boshqarmasi tomonidan ishga tushirilgan galareyada sohaga qiziqishi bor yoshlarga kasb sirlarini chuqur o`rgatish uchun kashtachilik, gilamchilik kabi o`quv kurslari ham tashkil etilib, ustoz-shogird an`anasi yo`lga qo`yilmoqda. Mamlakatimizda so`nggi yillarda sohani qo`llab-quvvatlashga qaratilayotgan e`tibor milliy hunarmandchiligimizni yanada rivojlantirib, yangi ish o`rinlari barpo etish va noyob qadriyatlarimizni dunyoga keng tarannum etishda muhim omil bo`lmoqda. Jumladan, bundan to`rt yil muqaddam vohada 320 nafar hunarmand davlat ruyxatidan o`tib, faoliyat yuritgan bo`lsa, joriy yilda ularning safi 4 ming 800 nafarga etdi. Ular tomonidan yigirmaga yaqin noyob mahsulotlar tayyorlanmoqda. Yangi tashkil etilgan ko`rgazmada rang-barang kashtachilik, gilamdo`zlik, mato, yog`och o`ymakorligi, musiqa asboblari, milliy o`yinchoq kabi yuzga yaqin hunarmandchilik buyumlari o`rin olgan. Kelgusida ko`rgazmani yanada boyitish va o`quv kurslari sonini ko`paytirish mo`ljallanmoqda.
48
1,331
Madaniyat
Kim Kardashyan, Benedikt Kamberbetch hamda o‘g‘ri va bezorilardan aziyat chekkan boshqa yulduzlar (foto)
Boy va har qanday taniqli odamlar eng so‘nggi xavfsizlik tizimlari hamda shaxsiy qo‘riqchilarni foydalanishi mumkin, ammo ular ham baxtsiz hodisalardan butkul himoyalanmagan. Quyida shov-shuvli jinoyatlarning qurboni bo‘lgan yulduzlar bilan tanishish mumkin. Axir, bu holatlar yana bir bor mashhurlarga insoniyat bilan bog‘liq narsalar begona emasligini isbotlaydi: ular ham yig‘laydi, muammoga duch keladi va jinoyatchilardan azob chekadi. Juliana Mur Mashhur Gollivud aktrisasi va o‘g‘rilik bilan bog‘liq mashmashalar 2012-yilning may oyida avj oldi. Ma’lum bo‘lishicha, o‘g‘rilar uning Nyu-Yorkdagi uyidan juda ko‘p miqdordagi taqinchoqlarni olib chiqib ketgan. Xabarga ko‘ra, aktrisaning umumiy qiymati 127 ming dollar bo‘lgan marjonlari, bilaguzuklari va qimmatbaho soatlarini o‘g‘rilar tomonidan olib ketilgan. Benedikt Kamberbetch 2005-yilda Benedikt Janubiy Afrikadagi loyihani suratga olishda ishtirok etdi. Suratga tushishdan bo‘sh kunlarning birida aktyor do‘sti bilan birga suzish uchun qirg‘oqqa bordi. Ammo yo‘lda ularning mashinasiga qurollangan qaroqchilar hujum qilgan, ular sayyohlarni o‘g‘irlab, bog‘lab, mashina yukxonasiga solib qo‘ygan. Yaxshiyamki, hikoya baxtli yakun bilan tugadi. Ammo o‘lim yoqasida bo‘lgan yulduz o‘zboshimchalik bilan qabul qilingan qarorlar nimaga olib kelishini umrining oxirigacha eslab qoladi. Kim Kardashyan 2016-yilda mashhur teleyulduzi Kim Kardashyan Parijdagi mehmonxonada qolgan vaqtda talonchilar qurboni bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, politsiya kiyimidagi erkaklar uning xonasiga bostirib kirib, uni to‘pponcha bilan qo‘rqitib, garovga olgan. O‘sha oqshom qaroqchilar Kimdan taxminan 11 million dollarlik barcha zargarlik buyumlarini, shu jumladan, Kanye Uest sovg‘a qilgan 20 karatli to‘rtburchak olmosli uzukni olishga muvaffaq bo‘lgan. Modelning o‘zi jismoniy zarar ko‘rmagan bo‘ls-da, lekin qimmatbaho buyumlarni ko‘z-ko‘z qilmaslik kerakligini bilib oldi. Jon Lennon Qo‘shiqlarida bir necha avlod o‘sgan Jon Lennon, uning musiqasi kimningdir, ayniqsa o‘zining o‘limiga sabab bo‘lishini qaydan ham bilsin. 1980-yil 8-dekabrda mashhur britaniyalik musiqachi orqa qismidan 4 ta o‘q jarohatini oldi va bir necha daqiqadan so‘ng operatsiya stolida qon yo‘qotishdan vafot etdi. Ijrochi o‘zining qotili va yarim kunlik muxlisi Mark Devid Chepmen bilan o‘limidan bir necha soat oldin uchrashgan va hatto unga dasxat ham yozib bergan. Sheron Teyt Sheron Teytning taqdiri Gollivud dahshatli ertagi tarzida yakunlandi. 1969-yil 8-avgustda Charlz Menson guruhining to‘rt nafar a’zosi Roman Polanski va uning homilador rafiqasi, aktrisa Sheron Teytning uyiga bostirib kirishdi va uydagilarning barchasini shafqatsizlarcha o‘ldirishdi. Darvoqe, qotillar umrbod qamoq jazosiga mahkum qilingan.
104
2,743
Madaniyat
“O‘rgimchak odam” va “Eyforiya” MTV Awards’da eng ko‘p mukofotga da’vogarlik qilmoqda
MTV Movie & TV Awards—2022 mukofotiga nomzodlar nomi ma’lum bo‘ldi. Ular orasida “O‘rgimchak odam: uyga yo‘l yo‘q”, “Eyforiya” va “Betmen” eng ko‘p tilga olingan, deb xabar beradi “Film.ru”. Yilning eng yaxshi filmi nomi uchun “O‘rgimchak odam” va “Betmen”dan tashqari, “Dyuna”, “Chinqiriq”ning beshinchi qismi, “Shan-Chi va o‘n halqa afsonasi” hamda “‘Adam’ loyihasi” kurashadi. “Eyforiya” bilan birga eng yaxshi serial nomiga “Kalmar o‘yini”, “Annani kashf etib”, “Yelloustoun”, “Loki” va “Ted Lasso” da’vogarlik qilmoqda. MTV Awards’da genred bo‘yicha ajratishlar yo‘q, shu sababli eng yaxshi erkak va ayol aktyorlar yo‘nalishi “eng yaxshi rol”ga birlashtirilgan. Nomzodlar — Sandra Bullok (“Yo‘qolgan shahar”), Ledi Gaga (“Guchchi uyi”), Timoti Shalame (“Dyuna”), Tom Xolland (“Uyga yo‘l yo‘q”) va Simu Lyu (“Chan-Chi”). Taqdirlash marosimi 5-iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Nomzodlar ro‘yxati quyidagicha: Eng yaxshi film Eng yaxshi serial: “Kinodagi eng yaxshi rol”: Serialdagi eng yaxshi rol: Eng yaxshi qahramon: Eng yaxshi yovuz qahramon: Eng yaxshi komediyaviy rol: Yil yangiligi: Eng yaxshi jang sahnasi:
85
1,109
Madaniyat
Gollivudning eng kassabop yulduzi Jennifer Lourens bo‘ldi
“Ochlik o‘yinlari” filmlari orqali tanilgan aktrisa Jennifer Lourens Forbes jurnali tomonidan e’lon qilingan yilning eng kassabop Gollivud aktyorlari reytingida yetakchilik qildi. 2014-yilda 24 yoshli aktrisa ishtirokidagi kartinalar jami 1,4 milliard dollar to‘plagan. Reytingning ikkinchi pog‘onasini 35 yoshli aktyor Kris Pratt egalladi, u 2014-yilda “Galaktika posbonlari” filmida rol o‘ynadi, shuningdek “Lego. Film” filmida bosh qahramonga ovoz berdi. Kris ishtirokidagi kartinalar 2014-yilda jami 1,2 milliard dollar ishladi. Eng kassabop aktyorlar uchligini 30 yoshli Skarlett Yoxansson yakunladi. U rol ijro etgan “Birinchi qasoskor: Yana bir urush” filmining o‘zigina kinoprokatda 1,18 milliard dollar to‘pladi. Bundan tashqari ro‘yxatning birinchi o‘ntaligidan Mark Uolberg (1 milliard dollar), Kris Evans (801 million dollar), Emma Stoun (764 million dollar), Anjelina Joli (758 million dollar), Jeyms Makevoy (747 million dollar), Maykl Fassbender va Xyu Jekman (746 million dollardan) joy oldi.
57
1,009
Madaniyat
Foto: Yulduz Usmonova yangi tug‘ilgan qiz nabirasi bilan suratga tushdi
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova qizi Nilufar va dunyoga kelgan chaqaloqni ko‘rish uchun Toshkent pediatriya tibbiyot instituti tug‘ruqxonasiga bordi. Bu haqda Yulduz Usmonovaning Instagram’dagi rasmiy sahifasiga tayanib, “Darakchi.uz” xabar berdi. “Ona qizim”, — deya izohladi Yulduz Usmonova chaqaloqni ko‘tarib tushgan suratini. Xonanda Nilufar Usmonova 7-mart, seshanba kuni uch o‘g‘ildan so‘ng qiz farzandni dunyoga keltirgan edi. Nilufarning Saida’zamxon, Ibrohimxon va Sulaymonxon ismli o‘g‘illari bor. Xonanda qiz farzandiga ismni turmush o‘rtog‘i qo‘yishini ma’lum qilgan.
71
590
Madaniyat
O`zbekistonda suratga olingan film "Berlinale-2019"da namoyish etiladi (video)
Shu yilning 9-14 fevral kunlari Berlinda o`tkaziladigan xalqaro kinofestivalda yaponiyalik kinorejisser Kiyosi Kurosavaning O`zbekistonda suratga olingan “Dunyoning narigi cheti” nomli filmi ham namoyish etiladi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi bosh vaziri o`rinbosari Aziz Abduhakimov Facebook‘dagi sahifasida ma`lum qildi. Rejissyor Buyuk ipak yo`li yuragi hisoblangan yurtimizda yaratilgan mazkur filmni u yaratgan filmlardan har jihatdan ajralib turishini ta`kidlagan. Film O`zbekiston hamda Yaponiya mamlakatlari hamkorligining 25 yilligiga bag`ishlab yaratilgan.
79
573
Madaniyat
Yosh kinoijodkorlar aktyorlik mahorati bo‘yicha Karim Mirhodiyevdan saboq oladi
Kinematografiyani rivojlantirish markazida Yosh kinoijodkorlar kengashi tomonidan amalga oshirilayotgan Art House loyihasining navbatdagi badiiy rahbari, taniqli rejissor Jahongir Qosimov kursi uchun tanlov bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda. Tanlovga 100 dan ortiq ariza kelib tushgan. Ularning eng iqtidorlilari saralanib, loyihada ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi. Yosh kinoijodkorlar dramaturgiya va rejissura yo‘nalishida Jahongir Qosimovdan, aktyorlik mahorati bo‘yicha Karim Mirhodiyevdan, operatorlik ishida esa Muzaffar Yunusovdan saboq oladi. Art House kengashning uzluksiz loyihasi hisoblanib, uning birinchi faslida yoshlar Yolqin To‘ychiyev, Jahongir Qosimov, Rashid Malikov, Ayub Shahobiddinov hamda Rustam Sa’diyev badiiy rahbarligida kursning nazariy mashg‘ulotlarini yakunlab, ijodiy mahoratlarini oshirmoqda. Yil oxirida yosh kinoijodkorlar tomonidan yaratilgan qisqa metrajli filmlar turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlanadi.
79
965
Madaniyat
"Qodirxon" serialining namoyishlari yakuniga etdi
Kinematografiya agentligi, O`zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligi, O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi, “Mening yurtim” telekanali hamda “Fan entertainment” kinostudiyasi bilan hamkorlikda suratga olingan “Qodirxon” milliy serialining namoyishlari nihoyasiga etdi. Mazkur serial 120 qismdan iborat bo`lib, melodrama janrida suratga olingan. Postanovkachi rejissyor Nusrat Abdurasulov, ssenariy muallifi va ikkinchi rejissyor Muslim Ali, prodyuser Baxtiyor Fattohov, operator Tohir Abdullaev, badiiy rahbar Musaxon Nurmatov, montaj rejissyori Hojiakbar Nurmuhammedov. Barcha qismlar “Mening yurtim” telekanalida efirga uzatildi. Ushbu loyiha agentlikning xususiy telekanallar bilan hamkorlikdagi ilk loyihasi bo`ldi. Hozirda yana hamkorlikda “Orzular palatasi”, “Tuzoq”, “Ona zamin” kabi milliy seriallar suratga olinmoqda.
49
888
Madaniyat
Instagram: YPX xodimlari tabriklagan san’atkorlar, Shahzod Sultonov bilan munosabatlariga izoh bergan Feruza Normatova, Rashid Xoliqovning garajida nechta avtomobil bor?
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz. Nigora turmush o‘rtog‘i bilan tushgan surati izohi sifatida sevgi haqidagi fikrlarini yozib qoldirdi. Shohruxxon yangi klipida “akrobat kelin” obrazi bilan tanilgan bloger Asal Saparbayeva bilan juftlik obrazini yaratadi. Shahlo Zoirovaga katta guldasta sovg‘a qilishdi. Xonanda Nigora Ruxshonaning buzilgan oilasi haqida bildirgan fikri uchun uning sobiq turmush o‘rtog‘i Sanjar Matkarimovdan kechirim so‘radi. “Butun umrga esdan chiqmaydigan so‘zlar sizga iliqlik baxsh etsin”, demoqda Shahzoda. Hosila Rahimova mukammal qomatga erishish uchun plastik jarrohlikka murojaat qildi. Nilufar Usmonova sozandalari unga guldasta sovg‘a qildi. Ulug‘bek Rahmatullayevning “Sevmaganimda” qo‘shig‘iga ishlangan klip taqdim etildi. Klipda bosh rollarni Yulduz va Adiz Rajabovlar hamda Umid Iskandarov ijro etgan. Ruxshona sharlar bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi. Shuningdek, xonanda Ruxshonani yo‘lda ketayotganida YPX xodimlari to‘xtatib, unga gul sovg‘a qildi. “Dunyodagi eng katta baxt — bu bizni sevishlariga amin bo‘lishlikdir”, deb yozdi Shahz0da Muhammedova. O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova ham YPX xodimlaridan gul oldi. Avvalroq Feruza Normatova sahifasiga Shahzod Sultonovning unga uzuk tutayotgani aks etgan suratni joylagan edi. Aktrisa ushbu surat giv-konkurs uchun tayyorlangani hamda ular do‘stona munosabatlarni saqlab qolishqa qaror qilgani haqida so‘zlab berdi. Rashid Xoliqov “Milliy” telekanalining “Nishonda” ko‘rsatuvida qimmatbaho avtomobillardan iborat garajini namoyish etdi.
169
1,658
Madaniyat
Britaniyalik xonanda Adel 58 million dollarlik uyini muxlislariga ko‘rsatdi (foto)
Dunyo bo‘ylab millionlab muxlislarga ega britaniyalik xonanda Adel “Adele One Night Only” uchun “Emmi” mukofotini qo‘lga kiritdi. Shu munosabat bilan u Instagram sahifasiga saroyi ko‘ringan bir nechta kadrlarni joylashtirdi. Suratlarda jigarrang divanlar bor bo‘lgan xona va spiral ferforje zinapoyali koridorning bir qismi ko‘ringan. Shuningdek, xonanda suratda yil boshida Gollivud kino yulduzi Silvestr Stallonedan sotib olgan, Beverli-Xillzda joylashgan, qiymati 58 million dollarga teng hashamatli uyining ichki qismini va yorqin haykalchasini namoyish qilgan. Rokki yulduzi Silvestr Stallone uyning asl narxini deyarli ikki baravar pasaytirgan. Ma’lum bo‘lishicha, uy ikki qavatli bo‘lib, yuqori qavatida katta dumaloq balkon va pastda dekorativ ustunlar, qandillar bilan bezatilgan yopiq terastasi bor. Umuman olganda, mulk uch yarim gektar maydonni egallaydi. Uyda sakkizta yotoq xonasi va 12 ta hammom mavjud. Asosiy yotoqxonada sauna mavjud. Uyda bug‘ hammomi, ofis, kinoteatr, katta basseyn, kurort, yashil maydon, badiiy studiya va sakkizta avtomobil garaji mavjud. “Men juda xursandman. Bugun menga sovg‘a topshirganingiz uchun tashakkur. Bu men uchun katta baxt. Barcha ishtirokchilarga katta rahmat”, — deb yozdi xonanda. Shunisi e’tiborga loyiqki, Adelning shousi bir nechta: estrada seriyali yoki maxsus nashrda ovozni aralashtirish, turli nashrlarda yoritish dizayni/yorug‘ligi, shuningdek, texnik yo‘nalish va kinematografiya nominatsiyalarida e’tirof etilgan. Bundan tashqari, taqdirlash marosimida loyiha direktori Pol Dugdeyl alohida mukofot olgan.
82
1,572
Madaniyat
Nukuslik talaba Rossiyada o‘tkazilgan “Vostochnaya skazka” XIV xalqaro musiqa festivalida 1-o‘rinni egalladi
29—31-mart kunlari Rossiyaning Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan “Vostochnaya skazka” XIV xalqaro musiqiy  festivalida ishtirok etgan Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining 3-kurs talabasi Zinatdin Nuratdinov tanlov g‘olibi bo‘ldi va gran-pri sohibiga aylandi. Bu haqda “Daryo” manbasi xabar bermoqda. Zinatdin Nuratdinov 2017-yil 29—31-oktabr kunlari Qozog‘iston Respublikasining Olmaota shahrida bo‘lib o‘tgan “Bravissimo” Xalqaro milliy soz asboblari festivalida ham g‘olib bo‘lgan. Bundan tashqari, 2017-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘tkazilgan “Yagonasan, muqaddas Vatan” ko‘rik-tanlovida 3-o‘rinni egallagan.
108
677
Madaniyat
Arab madaniyatini tushunishga yordam beruvchi o‘n bir so‘z
Qahvani qanday qilib to‘g‘ri ichish kerak, nimalar haqida indamagan ma’qul, nima bilan maqtansa bo‘laveradi, ichiga jin kirib olgan odam qanday ataladi? “Daryo” Arzamas saytida e’lon qilingan arab dunyoqarashini aks ettiradigan tushunchalar haqidagi maqolani tarjima tariqasida taqdim etadi.  Koreya madaniyatini tushunishga yordam beradigan o‘n ikki so‘z Arab dunyosi 13 million kvadrat kilometrdan ziyod hududni egallaydi va yuzlab lahjalarda gaplashadigan 23 mamlakatni o‘z ichiga oladi. Ularning har birining o‘z tarixi, an’analari, turmush tarzi mavjud. Quyida arab yerlarida yashovchi odamlarning ko‘pchiligi uchun umumiy bo‘lgan, aholi madaniyatini tushunishga yordam beruvchi 11 so‘z bilan tanishasiz. 1. Inshaalloh! Xudo xohlasa! “Inshaalloh” so‘zma-so‘z o‘girilganda, “agar Xudo istasa” degan ma’noni beradi. Bu so‘z Qur’onda bir necha o‘rinda uchraydi, zamonaviy arab tilida esa uni shunchalik ko‘p qo‘llaydilarki, u amalda hamma gap ichida, albatta, uchraydi. Arablar aksariyat voqea-hodisalarni odam o‘zi emas, balki Xudo iroda qiladi deb ishonishadi va shu sababli ham kelasi zamonda gapirganda deyarli har doim “inshaalloh”, deb qo‘shib qo‘yishadi. Yevropalik odam manavi avtobus o‘sha yoqqa ketyaptimi, yo‘qmi, bu haqda so‘rasa va unga javoban tasdiq ma’nosida ushbu so‘zni eshitsa, albatta, hayron qoladi. Sahrodagi ibodat. Giza piramidalari tumanidagi bir guruh arablar, 1911-yil. Boshqa tarafdan esa “inshaalloh” deyish bu — ayyorlik bilan rad javobini berish usuldir. Gap shundaki, arab madaniyatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri “yo‘q” deyish urf emas. Uning o‘rniga “inshaalloh” deb qo‘yilsa, unda odamni ranjitmay, unga “yo‘q” degandek ham bo‘ladi. Bunday hollarda arablar in šāʾ aḷḷāh bukra– “Xudo xohlasa, ertaga” deyishadi. Bu “ertaga o‘rik pishganda” degan ma’noni beruvchi bukra fi l-mišmiš iborasi bilan teng ma’noga ega. “Inshaalloh” formulasi arab bo‘lmagan boshqa musulmon xalqlar tillariga ham o‘zlashtirilgan bo‘lib, Rossiya musulmonlari nutqida ham tez-tez qo‘llanib turadi. 2. Al-fus’ha Adabiy arab tili Adabiy arab tilini diniy va dunyoviy maktablarda o‘rganishadi, rasmiy nutqlar, diniy ma’vizalar va yangiliklar dasturini ham shu tilda o‘qishadi, yozuvlarni ham adabiy tilda yozishadi, lekin amalda hech kim bu tilda gaplashmaydi. Arab mamlakatlarida Islom paydo bo‘lganidan buyon o‘tgan o‘n to‘rt asr mobaynida har qanday boshqa til singari kuchli o‘zgarishlarga yuz tutgan qadimgi arab tilining avlodlari bo‘lmish ko‘p sonli lahjalarda gaplashiladi. Sodda tushunchalarga ko‘ra, lahjalarni arablar eski grammatikadan chetga chiqib ketgan, “toza emas” til deb hisoblaydi, adabiy tilni esa – to‘g‘ri va “toza” til deb biladi. Arab tilida “til” ma’nosini bildiradigan muannas shaklli al-luġa so‘ziga sifat tarzida bog‘lanadigan al-fuṣḥā so‘zi “eng aniq, sof, nutq san’ati” degan ma’noni anglatadi. Arab maktabi. Qohira, 1900-yil. Zamonaviy Misrda eng mashhur film qahramonlaridan sanaladigan oddiy fuqaro al-Limbi “Al-Limbi islomdan avvalgi zamonda” deb nomlanuvchi filmda VI asrdagi Arabistonga tushib qoladi va u yerda al-fus’hada gapiradigan odamlar orasida qolib ketadi, u bu tilda deyarli hech narsa tushunmaydi va gapira olmaydi. Kulgili holatlar Misr lahjasida va adabiy arab tilida bir xil yangraydigan yoki o‘xshash bo‘lgan, lekin ma’nosi mutlaqo boshqa-boshqa narsalarni anglatadigan so‘z va iboralar atrofida yuzaga keladi. Kinotaqrizchilar “sizga ikki soat uzluksiz kulgi va’da qilamiz”, deb ta’kidlaydi. 3. Qahva Kofe Arab oshxonasi haqida umumiy gap aytish qiyin, chunki turli mintaqalarda turli xil taomlar tayyorlanadi. Lekin qahva hamma joyda ichiladi. Avvaliga qahwa so‘zi sharob yoki qatiqni anglatgan va har ikkala holatda ham “ishtahani o‘ldiruvchi ichimlik” degan ma’noni bildirgan. Turli arab lahjalarida “qahva” so‘zini “kahva”, “ahve”, “ghava” yoki “gahava” tarzida ham aytiladi. Talaffuzdagi bunday tafovutlar shu qadar yaqqolki, undan lingvistlar butun boshli fonetik o‘zgarishlar kompleksini ifodalash uchun foydalanishadi. Masalan, badaviy lahjalari haqida gapirganda “gaxava sindromi” deb eslanadi. Etimologik lug‘atlarga qaraganda, ushbu so‘zning adabiy arab tiliga eng yaqin talqini bo‘lgan “qahva” tarzidagi talaffuzi turk tili orqali Yevropa tillariga, shu jumladan, rus tiliga o‘tgan. Dalladagi arab qahvasi va xurmo, 2014-yil. Yamandagi qahva plantatsiyalarida odatda qora qahva ichishning imkoni yo‘q: odatda, u eksportga jo‘natiladi va yamanliklarning o‘zi esa ta’mi va rangi ko‘proq ko‘k choyni eslatadigan ichimlikni – qahva kepagi damlamasini ichadi. Saudiya Arabistonida qahvani dalla – uchli jo‘mragi pastga keskin qayrilgan metall ko‘zaga o‘xshash idishda damlanadi. Qora qahva ham va “malla” qahva ham shu idishda tayyorlanadi. Qovurilmagan qahva donlariga turli ziravorlar aralashtirilgan tarzda damlanadigan “malla” qahva nisbatan an’anaviy qahva ichimligi sanaladi. Dalla idishining hajmi katta bo‘lishi mumkin: arablar mehmon o‘z finjonini to‘ntarib qo‘ymagunicha unga yana va yana qahva quyib beradi. Arab madaniyatida odatda bo‘ladiganidek, bu holatda ham yozilmagan qoidalar amal qiladi: uch finjondan ko‘p ichilmaydi; undan kam ichish – mehmondo‘st mezbonni xafa qiladi, undan ko‘p ichish esa ochko‘zlikni bildiradi. Ushbu an’ana “Birinchi finjon – chanqoqni bosish uchun, ikkinchisi – mehmondorchilik uchun, uchinchisi – kayf uchun, to‘rtinchisi esa qilich uchun”, degan iborada o‘z aksini topgan. Zamonaviy arab she’riyatida qahva tez-tez tilga olinadi. XX asr Suriya shoiri Nizar Qabboniyning eng mashhur qasidalaridan biri bo‘lmish “Folbin” nomli qasidasi qahva quyqasiga qarab fol ochish haqida so‘z boradi va ushbu she’rni misrlik mashhur qo‘shiqchi, “arab dunyosining Elvis Preslisi” deb ataladigan Abdul Halim Hofiz tomonidan kuyga solib ijro etilgan. Bu qo‘shiqning turli xil talqindagi ijrosi (orkestr ijrosi, takrorlar va improvizatsiyalar bilan) bir yarim soatgacha cho‘zilishi mumkin. 4. Sum’a Odam haqida boshqalar nima deyayotgani, uning obro‘si Sum’a so‘zining o‘zagi sami’a (“eshitmoq”) fe’li bilan bir. Ya’ni bu biror odam haqida boshqalardan eshitish mumkin bo‘lgan gaplarni anglatadi va u kishining nufuzini, obro‘sini belgilaydi. Arab maqolida “yaxshi obro‘ chiroyli kiyimdan afzal”, deyiladi. Ayniqsa, bu iboraning mazmuni an’anaviy jamiyatda hali turmushga chiqmagan qiz haqida so‘z borganda kuchliroq ko‘zga tashlanadi: sovchilikka borishdan avval odamlarning u haqidagi nima deyishi so‘rab-surishtiriladi. Boshqa vaziyatlarda ham arablarga o‘zi haqida boshqalar – hamkasblari, qo‘shnilar, qarindoshlar nima deyayotgani juda muhim. Arab tilanchisi. Luiji Fiorillo olgan surat, 1865–1895-yillar. Yapon madaniyati tadqiqotchisi Rut Benedikt ayb madaniyati va uyat madaniyati tushunchalarini kiritgan. Ayb madaniyatida kishining o‘z ayblarini Xudo qarshisida va o‘z vijdoni oldida ongli tan olishi asosiga quriladi; uyat madaniyatida esa eng muhim narsa – boshqalarning sen haqingda nima deyishi hisoblanadi, arab madaniyati ham shu turkumga mansubdir. Bunday dunyoqarash arab jamiyatidagi odamlarning xatti-harakatini belgilaydi. Arab o‘zi qilgan xayrli ishlar va erishgan yutuqlari haqida gapirib o‘tirishi mumkin va bu maqtanchoqlikka kirmaydi. Lekin o‘zining ochligini yoki nimadandir xafaligini boshqalarga oshkor qilishi uyat sanaladi, puli yoki vaqti yo‘qligini ham aytmaydi. Bunday noqulayliklarni munosib yengib o‘tish kerak. Bundan tashqari, boshqalarga marhamatli bo‘lish, saxiy bo‘lish va keksalarni e’zozlash shart. Arablar o‘zlari uchun nuqson deb bilgan narsasini yashirishga juda ham katta e’tibor beradi, masalan, bilmagan narsasini tan olishga uyaladi. Agar obro‘ga putur yetkazilgan bo‘lsa, unda sharmandalikdan qutulish uchun o‘zi yoki oilasi uchun o‘ch olish mumkin. 5. Jinni Jin, arvoh Bizga “Ming bir kecha” ertaklar qahramoni sifatida tanish bo‘lgan jin, aslida, musulmon dini va arab xalq madaniyatining bir bo‘lagidir. Islomga ko‘ra, Xudo uch xil mavjudotni – odamlarni, jinlarni va farishtalarni yaratgan deyiladi. Jinlar – odamga ko‘rinmaydigan maxluqlar bo‘lib, ular turli shakllarga kira oladi, ular orasida ham ayol va erkak jinslilari bo‘ladi (ayol jinsli jinlarni “jinniya” deyiladi). Jinlar ham oila quradi va avlod qoldiradi. Qur’onda jinlar haqidagi butun boshli alohida sura mavjud va unga ko‘ra, Payg‘ambar odamlar bilan birga jinlarga ham yuborilgan deyiladi. Jin. “Kitob al-bulhan” (“Mo‘jizalar kitobi”) nomli qo‘lyozmaning eskizi, XIV asrning ikkinchi yarmi. Jinlar arablarning irimlarida, rivoyat va filmlarida faol ishtirokka ega bo‘lgan timsol sifatida qolmoqda. Ular xarakteri va turmush tarziga ko‘ra har xil bo‘ladi, ular orasida ham yaxshi jinlar va yovuz jinlar bo‘ladi, shuningdek, iymonli va iymonsizlari ham bo‘ladi. Ayrim jinlar odamlar bilan birga yashashi va ularning aqlini egallab olishi mumkin: jin ta’siriga tushib qolgan odamni “majnun”, ya’ni “aqldan ozgan”, “jinni” deyishadi, bu so‘zning ma’nosi “jin egallab olgan”, degan mazmunga to‘g‘ri keladi. Arab folklorida sevgi tufayli aqldan ozgan qahramon – Majnun obrazi ham keng tarqalgan. 6. Diyyafa (ziyofat) Mehmondorchilik Arab mehmondorchiligi an’analarining ildizi arablar ko‘chmanchi hayot tarzi bilan yashagan zamonlarga borib taqaladi. Sahroda ketayotgan yo‘lovchiga badaviylarning chodiridan boshqa boshpana topishning imkoni bo‘lmagan va arablarni faqat shunday o‘zaro mehmonnavozlikkina, qovjiragan o‘t-o‘lan va qumlardan iborat cho‘l-biyobonda o‘lib ketishdan qutqarib qolgan. Mezbonning mehmonga iltifotli bo‘lishi eng oliy qadriyatlar darajasiga ko‘tarilgan va bu haqida Qur’on va hadislarda ham alohida qayd etib o‘tilgan. Mehmon kutish fazilati haqida maqol va she’rlarda madh qilingan. Badaviylarning chodiri, 1900-yil. Mehmonni uyga qabul qilish, uch kun davomida yedirib-ichirish va shundan keyingina uning qayerga yo‘l olganini so‘rash mumkin bo‘lgan. Mezbonning iqtisodiy ahvoli qandayligidan qat’i nazar, mehmonni saxiylik bilan qabul qilish kerak bo‘lgan. Arab maqolida mehmon kelgan kuni kambag‘alligingni unutib tur, deyiladi. Mashhur imom Hatim al-Asam shunday degan: “Shoshqaloqlik – shaytondandir, faqat besh holatda — mehmonni taomlantirish, mayyitni qabrga qo‘yish, bo‘yi yetgan qizni turmushga uzatish, qarzni qaytarish va gunohlardan tavba qilishda shoshilish bundan mustasno”. Arab xonadoni uchun ushbu so‘zlar hozirda ham o‘z dolzarbligini saqlab qolgan: turistik yo‘nalishdan adashib qolgan istalgan odamga arablar uyining to‘ridan joy beradi va saxiylik bilan taom keltiradi. 7. Jamal Tuya Arab xalqlari tarixida tuyalar juda muhim ahamiyatga ega. Tuyada Arabiston yarimorolining ulkan sahrolari bo‘ylab ko‘chib yurish mumkin, unda yuk va mol tashisa bo‘ladi. Tuya qadimgi arab shoirlarining doimiy hamrohi, she’rlarining qahramoni va turli metaforalar vositasi bo‘lgan. Masalan, VII asrda yashagan shoir al-Asha o‘z sevgilisini shunday ta’riflagan: U shunday yaxshiki, tishlari marvaridday, Oppoq yonoqlarini tim qora qalin sochlari to‘sib turibdi, Xuddi yo‘l yuraverib tuyoqlari yedirilib ketgan tuya singari Tuproqda oyoqlariga gard yuqtirmay shoshmasdan ketib boryapti. Abu Zayad hiylagar tuyaga minib ketmoqda. Muhammad al-Xaririning “Maquamat” kitobidan miniatyura, XII asr. Mumtoz arab tili lug‘atida tuyalarning turli zoti va turlarini, tuyaning holatini, tashqi ko‘rinishini, yoshi, qiliqlari hamda odamning tuyaga munosabatini ifodalovchi minglab so‘zlarni uchratish mumkin. Masalan, rāša – quloqlari yungdor urg‘ochi tuyani bildiradi; šursūf – tizzasi singan tuya, habhabiyy – tuyalarni to‘g‘ri yo‘naltira oladigan yaxshi podachi, bazama – urg‘ochi tuyani ikki barmoqda sog‘ish va hokazo. Tuyaning arab tilida eng ko‘p qo‘llangan va umumiy nomi – jamal bo‘lib, yunon va lotin tiliga (ehtimol, Yaqin Sharqdagi boshqa tillar orqali) o‘zlashgan va bular vositasida hozirgi Yevropa tillariga, masalan, ingliz tiliga camel tarzida kirib kelgan. Badaviylarning rivoyatlariga ko‘ra, Muhammad Payg‘ambar Ollohning 99 ismini ovoz chiqarib aytgan va yuzinchisini esa tuyaning qulog‘iga shipshigan ekan. Shu sababli ham tuya doim kalondimog‘ tarzda turar ekan. Arablar “tuya o‘z o‘rkachini ko‘rmaydi, u faqat sherigining o‘rkachini ko‘radi” deganda, o‘z aybini bilmaydigan, lekin boshqalarning aybini nog‘ora qilib chaladigan odamlarni aytadi. Hozirda tuyalar arablar hayotida deyarli ishtirok etmayapti, lekin Arabiston yarimorolida hozirgacha tuya poygalari juda ommalashgan. Ot bilan taqqoslaganda tuya juda sekin yuguradi. Chavandoz qanchalik yengil bo‘lsa, tuya shunchalik tez yuguradi va shu sababli, odatda, tuya poygasida chavandoz sifatida bolalar va o‘smirlar qatnashadi. Lekin oxirgi paytlarda ayrim mamlakatlarda voyaga yetmaganlarning musobaqalarda qatnashishi taqiqlanmoqda va buning o‘rniga radioboshqaruvli robotlar qo‘yilyapti. 8. Harom Taqiqlangan, shunchalik muqaddaski, teginish mumkin emas Boshqa tillarda bo‘lgani kabi arab tilida ham bir vaqtning o‘zida biror muqaddas narsani ham, la’natlangan narsani ham, diniy tus berilgan narsani ham va taqiqlangan narsani ham ifodalash uchun qo‘llanadigan yagona so‘z mavjud. Bu haruma so‘zidir. Birlik shakldagi ḥarā́m so‘zi odatiy diniy tushunchalardagi “gunoh”, “taqiqlangan narsa”, degan ma’noni beradi. Islom huquqshunosligida taqiqlangan narsalarning uzun ro‘yxati mavjud va ularni buzganlik uchun bu dunyoning o‘zida yoki vafotidan keyin jazo muqarrardir. “Bayad va Riyoz tarixi” hikoyasidan kichik rasm, XII asr oxiri. Cho‘chqa go‘shtini yeyish va aroq ichish taqiqlangan, qimor o‘yinlari o‘ynash, o‘limtik yeyish, yetimlarning haqqiga xiyonat qilish mumkin emas. Bundan tashqari, sudxo‘rlik ham taqiqlangan. Shu sababli ham islom banklari mutlaqo boshqa tamoyillar asosida ishlaydi. Bundan tashqari, urg‘u birinchi bo‘g‘inga tushadigan ḥáram so‘zi ham mavjud. Bu “muqaddas joy” ma’nosini anglatadi. Saudiya Arabistoni qirolining rasmiy unvoni ṣāḥibu l-ḥaramayni deyiladi va u “ikki muqaddas masjid xizmatchisi”, deya tushuniladi. Bu o‘rinda ḥáram so‘zi ikkilik sanoq ma’nosida qo‘llanadi va u Makka va Madinaga taalluqli bo‘ladi. Uchinchi muqaddas joy – Quddus hisoblanadi. O‘zagi aynan shu bilan bir xil bo‘lgan yana bir ḥarī́m esa uyning ayollar yashaydigan qismini – haramni anglatadi. Bu tushuncha allaqachon tarixiy terminlar qatoriga kirgan, chunki zamonaviy dunyoda sultonlarning xotinlari, kanizaklari va bichilgan qullari (haram og‘asi) yashaydigan haramlarini uchratmaysiz. Uyning ayol yashaydigan an’anaviy qismi endilikda oilaning umumiy hududiga aylangan: mehmonlar faqat mehmonxonadan kuzatib qo‘yiladi va ular hovli bo‘ylab yurmaydi. Aksar uylarda oila a’zolari uchun alohida va mehmonlar uchun alohida kirish-chiqish eshiklari belgilangan, kvartiralarda esa mehmonxona sifatida eshikka eng yaqin xona ajratiladi. Bunday tizim ayollarga uyda boshyalang yurish imkonini beradi. Lekin to‘rttagacha uylanish mumkin degan an’ana hozirgacha saqlanib qolgan va bu, ayniqsa, har bir xotiniga alohida uy qilib berish imkoniga ega badavlat arablar orasida uchrab turadi. Biroq erining boshqa bir ayolga uylanishi ayol kishi uchun tragediyaga aylanishi mumkin va arab filmlarida  ushbu mavzuga juda ko‘p sujetlar bag‘ishlangan. 9. Majlis Salon, klub, yig‘in Majlis – mehmonlar uchun ajratilgan katta xona bo‘lib, uni shuningdek, dīwāníyya (devoniya) yoki maḍā́fa deb nomlashlari ham mumkin. Bu xona perimetrlari bo‘ylab divanlar joylashtirilgan bo‘ladi, polda esa gilam solingan. Majlis, odatda, do‘stlar yig‘iladigan oddiy mehmonxona bo‘lishi ham mumkin yoki intellektual salon yoxud hashamatli klub ham bo‘lishi mumkin: bularning hammasi egasining qanchalik badavlat ekaniga bog‘liq. Muhammad al-Xaririyning asaridan olingan eskiz, 1222-1223-yillar. Bunday joylarda issiq ovqat tortilmaydi, lekin choy yoki qahva ichish mumkin, xurmo yeyish yoki pista-bodom chaqsa bo‘ladi va xushbo‘yliklar tutatiladi. Katta majlislarda qasidalar o‘qiladi, konsert va bayramlar uyushtiriladi. Biznesmenlar va siyosatchilar rasmiy muzokaralarni ofisda o‘tkazishsa ham, lekin haqiqiy eng muhim masalalarni majlisda hal qilishadi. Suhbat va yig‘inlar o‘tkaziladigan joy sifatida 2016-yilda majlis ham arabcha usulda qahva damlash bilan bir qatorda YuNESKOning nomoddiy madaniy meros obyektlari qatoriga kiritilgan. 10. Qasida An’anaviy arab she’riyati Arab adabiyotida islomdan avvalgi zamonlarda shakllangan alohida, o‘ziga xos she’riyat yo‘nalishi mavjud. Hozirda qasida deb nisbatan zamonaviy she’riy yo‘nalishlari, masalan, oq she’r ham aytiladi. She’riyat tili sifatida, asosan, shevalar namoyon bo‘lmoqda. Muhiddin al-Amasi tomonidan qayta yozilgan “Qasida al-Burda”, XV-XVI asrlar. Ba’zan majlislarda va teleko‘rsatuvlarda she’rxonlikning ajoyib an’analarini kuzatish mumkin: shoir yoki suxandon bir yoki bir necha misrani yorqin emotsiyalar va ifodalar bilan o‘qiydi va atrofdagilar uning mahoratini olqishlash yoki aytilgan narsani ma’qullash ma’nosida satrdagi oxirgi so‘zni ovoz chiqarib takrorlab o‘tiradi va bu orqali go‘yoki uning mag‘zini chaqadi. Misralarni juda ham muvaffaqiyatli o‘qilsa, o‘qigan odamni olqishlaydi va shundan keyingina shoir yoki suxandon she’rning davomini o‘qiydi. Yana boshqa an’ana ham bor: qiroat bilan o‘qish. Odatda, Qur’on qiroat bilan o‘qiladi. Qasidalarni original ritm va qofiyasini saqlagan holda tarjima qilish juda qiyin. 11. Zag‘ruda Quvnoq qichqiriqlar, to‘y yallalari Bunday qichqirishlarni arab dunyosining barcha mamlakatlaridagi to‘ylarda, unashtirish marosimlarida, diniy bayramlarda, o‘yin-kulgi bo‘layotganda va musiqa sadolari yangraganda, chaqaloq tug‘ilganda va boshqa xursandchilik chog‘larida eshitish mumkin. Bu an’ananing ildizi islomdan ham avvalgi ma’jusiylik hukm surgan zamonlardagi udumlarga borib taqaladi, deb hisoblanadi. Odatda, og‘zini qo‘li bilan to‘sib turgan holda ayollar qichqiradi. Qichqiriqning originalligi tilni o‘ngdan chapga tez qimirlatish va oxirida atayin xitob qilish orqali ta’minlanadi. Arab ayollari to‘yga tayyorlanmoqda. Bog‘dod, 1918-yil. Suriya-Livan hududlarida maxsus to‘y qo‘shiqlari “zagruda” deyiladi va ularni ijro qilish uchun professional ijrochilar taklif qilinishi mumkin. Bunday qo‘shiqlarda kuyov va kelin madh qilinadi, ularning oilalarining nufuzi maqtaladi, yoshlar nikoh bilan tabriklanadi. Orada to‘xtalib-to‘xtalib, chug‘urlagan “zagruda” tovushlari bilan almashinib turiladi. Ba’zan “zagruda” qayg‘uli marosimlarga ham taklif qilinadi: shahid bo‘lgan qahramonning jasadi olib kelinayotganda ham shunday peshvoz chiqishlari mumkin.
58
18,379
Madaniyat
Sitora Farmonova: “Qachon turmushga chiqasiz?” degan savol bermang
O‘zbek aktrisasi Sitora Farmonova Instagram’dagi muxlislaridan shaxsiy hayotiga doir savollar bermasliklarini so‘radi. Bu haqda Sputnik xabar berdi. View this post on Instagram “Bu o‘z nomi bilan shaxsiy hayot! Kerak narsani sahifamga joylayman! ‘Eringiz bormi? Turmushga chiqqanmisiz? Qachon turmushga chiqqasiz?’ kabi savollar kerak emas”, — deya yozadi aktrisa o‘z sahifasida. Shuningdek, Sitora muxlislari uni to‘g‘ri tushunishiga umid qilishini ham alohida ta’kidlagan.
66
491
Madaniyat
1–2-aprel kunlari O‘zbekiston Davlat konservatoriyasida organchi Olivye Latrining konserti bo‘lib o‘tadi
Fransiya elchixonasi tomonidan CNSMDP va O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi hamkorligi doirasida taklif qilingan Olivye Latri 1—2-aprel kunlari Toshkentda konsert beradi. Bu haqda Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati xabar beradi. Parij Musiqa va raqs milliy konservatoriyasida (CNSMDP) organ bo‘yicha dars beradigan Olivye Latri bir paytning o‘zida Parijdagi Bibi Maryam ibodatxonasining titulli organchisi hisoblanadi. Ko‘plab xalqaro mukofotlar sovrindori bo‘lmish Latri hozirgacha dunyoning 50 dan ortiq mamlakatida yakkaxon va orkestr jo‘rligida konsertlar bergan. 1-aprel kuni soat 18:30 da bo‘ladigan konsertga taklifnomalar elchixona tomonidan tarqatiladi, 2-aprel kungi konsert esa O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi tomonidan tashkil etiladi. Konsertlar dasturi bir-biridan farqlanib, unda Sharl Turnemir, Sezar Frank, Olivye Messiaen, Moris Durufle, Luis Viyern, Tyerri Eskesh kabi bastakorlarning asarlari, shuningdek, Olivye Latri improvizatsiyalari ijro etiladi.
104
999
Madaniyat
Kventin Tarantinoning muxlisasi undan oyog‘iga dastxat qo‘yib berishni so‘radi. Rejissor o‘ylanib o‘tirmasdan, buni amalga oshirgan
Rejissor Kventin Tarantino muxlislaridan birining oyog‘i ust qismiga dastxat qo‘yib berdi, deb yozadi Meduza. Kadr: TikTok Kaliforniyada Sher Arar ismli qiz Kventin Tarantinoni uchratib qolib, undan dastxat so‘ragan. Mashhur rejissor o‘z filmlarida ayollarning oyoqlari tasvirlangan kadrlarni namoyish etish bilan tanilgan. Shu sababli Arar oyog‘iga dastxat qo‘yib berishni so‘ragan. Tarantino bunga kulib, “Ha, albatta, klass” — deya javob qaytargan va hech ikkilanmasdan iltimosni bajargan. Rejissor o‘z muxlisasining oyog‘iga baho berishni xohlamagan, biroq Sher Ararning oyog‘i shaxsiy ro‘yxatining yuqori o‘rinlaridan o‘rin olishini aytgan. Arar esa bunga javoban biror gap aytishga qodir emasligini bildirgan. U dastxat tushirilgan oyog‘i suratini abstrakt kartinaga aylantirgan va eBay orqali sotuvga qo‘ygan.  Kventin Tarantino so‘nggi o‘n yillikning eng yaxshi filmi nomini ma’lum qildi
131
898
Madaniyat
“Er bermoq, jon bermoq” filmining davomi suratga olinadi
Rejissor Rustam Sa’diyev komediyali melodrama janrida yangi film suratga olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda u “Bekajon” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi. “Ayni kunlarda komediyali melodrama janrida bir film ishlashni o‘ylab yuribman. ‘Er bermoq, jon bermoq’ komediyasini suratga olgan edim. Shu kartinaning ikkinchi qismini suratga olmoqchiman”, — dedi rejissor. Ma’lumot uchun, Rustam Sa’diyev so‘nggi ikki yilda O‘zbekistonda katta shov-shuv ko‘targan “Sotqin” va “Baron” filmlari rejissori hisoblanadi.
56
516
Madaniyat
Yigitali Mamajonov Muqaddas Sa’dullayevaga uylanganini Yodgor Sa’diyevning qistovi bilan oshkor qilganmi? (video)
Aktyor Yigitali Mamajonov “Daryo” internet nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi. Yigitali Mamajonov suhbat davomida Muqaddas Sa’dullayeva bilan oila qurganini muxlislardan yashirmoqchi bo‘lgani, biroq “Yodgor Sa’diyev qistovi bilan bu ma’lumot barchaga aytilgan”, degan gap-so‘zlarga oydinlik kiritdi. Muqaddas bilan dardimiz bir bo‘lgan. Bir-birimizni to‘g‘ri tushunganmiz. Ko‘nglimdan o‘tganlarni unga gapirib berganimdan so‘ng hayotida o‘zgarishlar bo‘lgan. Shundan so‘ng bir-birimizga ko‘ngil qo‘yib, mehrimiz tushib, oila qurishga ahd qilganmiz. Oila qurganimizni hech kimga aytmaganmiz. Irimlarga ishonmayman, hammasi Allohdan, lekin oilani hammaga ma’lum qilish ham ajrashishlarimga sababmikan, deb o‘ylaganman. Birmuncha oila qurganimizni hech kim bilmadi. Keyinchalik esa bu oshkor bo‘lishi tabiiy edi. Ikkovimiz ham san’atning odami bo‘lganimiz uchun odamlar baribir bilishardi. Butun umr bu narsani sir saqlab bo‘lmasdi. Yodgor Sa’diyev bizning qarindoshimiz, to‘g‘ri. Aniqrog‘i, mening qarindoshim emas, ayolimning qarindoshi, ammo u insonning bizning hayotimizga, oilamizga hech qanday aloqasi yo‘q. Bu uydirma gaplar. Menimcha, bu gaplar u odamga laganbardorlik qilish uchun, uning bizning oilamizda muhim o‘ringa egaligini ko‘rsatish maqsadida to‘qilgan uydirma. Lekin u insonni bizning hayotimizga, bizning oilamizning shaxsiy ishlariga aralashishga aloqasi yo‘q, bundan keyin ham, Xudo xohlasa, bo‘lmaydi. Yigitali Mamajonov, aktyor, kaskadyor Ma’lumot uchun, Yigitali Mamajonov 1990-yil 16-iyun kuni Moskva shahrida dunyoga kelgan. 2012-yilda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutini tamomlagan. 20 dan ortiq film va seriallarda bosh rollarni ijro etgan. 40 dan ortiq videokliplarda rol ijro etgan.
113
1,790
Madaniyat
“Sardor” serialidagi janjalkash kursant Jamshid Arslonov syomka vaqtida o‘g‘lidan ayrilgani haqida gapirib berdi (video)
“Sardor” serialidagi kursant Botir Roziqov roli bilan mashhurlikka erishgan aktyor va tadbirkor Jamshid Arslonov “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi. Jamshid Arslonov  “Sardor” serialidan keyin suratga tushmagani, gonorarini aktyor Karim Mirhodiyevnikidan ham qimmat qilib qo‘yishiga sabab bo‘lgan ko‘ngilsizlik haqida gapirib berdi. “Sardor” serialini suratga olish vaqtlarida endi uylangan edim. Syomka jarayonlarida ayolim homilador edi. Bir kuni suratga olish ishlari ertalab soat 8 dan boshlandi. Suratga olish boshlanishi bilan tindirmasdan soat 13:00 gacha suratga olishdi. Oldinlari suratga olish ishlari bu qadar jiddiy bo‘lmasdi. “Kechagi ‘syomka’da nimadir yoqmaydigan ish qilib qo‘ydimmi”, deb ham o‘yladim. Rejissor ‘syomka’ tugadi, deganida “hamma tabriklaymiz, o‘g‘illi bo‘lding”, deyishdi. Bir tomondan xursandman, bir tomondan hali vaqtli-ku, 1-iyun kuniga kutayotgandik-ku, deyman. Syomkada “tez uyingga bor”, deyishdi. Uyga kelganimdan so‘ng bilsam, ayolimning mazasi bo‘lmasdan, qon yo‘qotishi natijasida muddatidan avval operatsiya bilan tug‘ruqni amalga oshirishgan, farzandim erta tug‘ilgan chaqaloqlar vakuumida ekan. Bolamni ko‘rdim, ayolim shoshilinch bo‘limda bo‘lgani uchun oldiga kirishga qo‘yishmadi. “Kechki payt kelsangiz, ko‘rasiz”, deyishdi. U vaqtda 21 yosh bo‘lganman, baribir yosh bo‘lganmiz-da. Kechki payt kelganimda ayolimni ko‘ribman, ammo “bolam yaxshimi”, deb so‘ramabman. Ayolimga dori deyishdi, u deyishdi, olib kelib berdim. Ertasi kuni ertalab ‘syomka’da o‘g‘lim borligi esimga tushibdi. Keyin so‘rasam, “sen kelib, chiqib ketishing bilan o‘g‘lingning joni uzilgan”, deyishdi. U vaqtda yoshmiz, Allohni hozirgidek tanimaganmiz. Hozirgi kunda nima bo‘lsa, yaxshilik ham, yomonlik ham Allohdan deymiz. U vaqtda esa agar uyda bo‘lganimda, ayolimni vaqtida shifoxonaga olib borganimda, balki farzandimni saqlab qolarmidim, balki bunaqa bo‘lmasmidi, balki, balki, balki…Vaholanki Allohning irodasi bilan unday bo‘lishi kerak emas, chunki birinchi farzandimga umr berilmagan. “Sardor” serialidan keyin filmlarga ko‘p taklif bo‘ldi. Ammo ‘syomka’lardan juda ko‘nglim qolgandi. “Men Chirchiqda ‘syomka’da bo‘lmaganimda farzandim shunday bo‘lmasdi”, deb o‘ylab, kelgan takliflarga o‘sha vaqtlarda eng gonorari katta aktyor Karim Mirhodiyev bo‘lsa, men ulardan ko‘ra kattaroq pullarni aytganman. Aslida “kinoga chaqirmasin”, deb qilganman bu ishni, ammo ko‘plar “Jamshid yulduz bo‘lib ketib, yulduzlik kasaliga chalingan”ga yo‘yishdi. Lekin men xohlaganimga erishib, shundan so‘ng ancha yillar ‘syomka’larga chiqmadim. Jamshid Arslonov, aktyor Ma’lumot uchun, Jamshid Arslonov 1978-yil 13-may kuni Toshkent shahrida dunyoga kelgan. “Zanjir”, “Sardor”, “Chempionlik orzusi” seriallari hamda “Otamdan qolgan dalalar” filmida bosh va turli darajadagi rollarni ijro etgan. Jamshid Arslonov “Sardor” serialida kursant Botir Roziqov roli bilan mashhurlikka erishgan. “Sardor” seriali 1999—2000-yillarda suratga olingan.  “Ulardan nafratlanaman”. Hoshim Arslonovning o‘g‘li Jamshid Arslonov dadasiga tuhmat qilganlar haqida gapirdi (video)
120
3,151
Madaniyat
Plastik jarrohlik aktrisa Kim Beysingerni xunuk qilib qo‘ydi
61 yoshli kino yulduzi Kim Beysinger plastik jarrohlik qurboni bo‘ldi. Operatsiya natijasida uning yuzi tanib bo‘lmas darajada o‘zgarib ketdi, deb xabar qiladi “Nur.kz”. Doimiy yoshlik va go‘zallik ortidan quvib, Gollivud yulduzlari ba’zan eng oxirgi choralarni ham qo‘llaydi. Lekin bu ba’zida salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. “To‘qqiz yarim hafta” filmi orqali mashhurlikka erishgan aktrisa kinodagi partnyori Mikki Rurk ortidan plastik operatsiyaga murojaat qildi. Kim Beysinger o‘zining yangilangan ko‘rinishi bilan “Santa-Monika”da o‘tkazilgan “O‘n bir soat” filmi premyerasiga tashrif buyurdi. Ammo mehmonlar va jurnalistlar mashhur aktrisani darhol tanimadi.
60
673
Madaniyat
“Salom, sevgi” filmini suratga olish vaqtida aktrisa Sitora Alimjonova hushidan ketdi
Aktrisa Sitora Alimjonova rejissor Ulug‘bek Abzalovning “Salom, sevgi” filmini suratga olish vaqtida hushidan ketdi. Bu haqda “Darakchi” gazetasi xabar bermoqda. Sitora Alimjonova. “Sitora Alimjonova qahramonining dardli sahnasi 20 ta dubl qilingani aktrisaning yuragiga og‘irlik qilgan, shekilli, u hushidan ketib qoldi. Ijodiy jamoa o‘z vaqtida tez yordam ko‘rsatishga ulgurgan”, — deyiladi gazeta xabarida. Bundan tashqari, Toshkent viloyati hududida joylashgan Nanay tog‘laridagi suratga olish ishlari vaqtida aktrisa baland poshnali oyoq kiyimida tepalikka chiqishga urinib, ehtiyotsizlik oqibatida jarga qulashiga bir bahya qolgan.
85
639
Madaniyat
Hayotda ham to‘yidan qochib ketgan, singlisining o‘limiga sabab bo‘lgan kinoyulduz — Juliya Roberts 53 yoshda (foto)
Gollivudning eng mahoratli aktrisalaridan biri Juliya Roberts 2021-yil 28-oktabr kuni 53 yoshni qarshi oldi. Juliya Roberts hozir dunyodagi eng mashhur va badavlat aktrisalardan biri hisoblanadi. Ko‘plab kino mukofotlar va sovrinlarga erishgan aktrisa o‘z muxlislarini yangi kartinalardagi ijrosi bilan xursand qilishda davom etmoqda. Quyida aktrisaning hayoti va ijodi haqidagi eng qiziqarli ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etamiz. Bolalik Juliya Roberts 1967-yil AQShning janubi-sharqida joylashgan Smirna nomli kichik shaharchada tug‘ilgan. Uning oilasi ijodkorlardan iborat bo‘lib, onasi va otasi teatrda tanishgan. Keyinchalik, er-xotin yosh iste’dodlar uchun aktyorlik maktabini tashkil etgan. Bundan tashqari, oilada yana ikki farzand bo‘lib, Juliyaning opasi va akasi bor edi. Ularning tomirlarida Irlandiya, Shotlandiya, Germaniya, Shvetsiya, Angliya va Uelsdan kelgan muhojirlarning qoni oqadi. Oilaviy muammolar Bo‘lajak aktrisaning oilasida moliyaviy ahvol achinarli darajada edi. Shu sababli ro‘y beradigan doimiy janjallar ajrimga olib keldi, munosabatlar 1971-yilda tamoman yakun topdi. Tez orada Julining onasi yana turmushga chiqdi, uning yangi turmush o‘rtog‘i Maykl Mouts ismli odam edi. Bir muncha vaqt o‘tgach, bo‘lajak yulduzning Nensi ismli singlisi dunyoga keldi. U 2014-yilda giyohvand moddalarni haddan tashqari oshirib qabul qilishdan vafot etgan. O‘gay ota zolim bo‘lib, ko‘pincha bolalari va xotinini kaltakladi. Uyda jismoniy zo‘ravonlik muhiti hukm surdi. Julining onasi ikkinchi nikohi katta xato ekanligini tushundi. Aktrisaning o‘zi esa bu mavzu haqida gapirishni xohlamaydi. Bo‘lajak yulduz otasining taqdiri fojiali tarzda yakun topdi. U yana boshqa ayolga uylandi, ammo jiddiy kasallik oqibatida to‘satdan vafot etdi. Faollik davri Juliya bir nechta mashhur ta’lim muassasalari – Griffin o‘rta maktabi va Kempbell kollejida o‘qigan. Garchi u o‘n uch yoshidan boshlab ta’limni kichik pitssa markazidagi ish bilan olib borishga majbur bo‘lgan bo‘lsa-da, u juda yaxshi baholarga o‘qigan. Eng qizig‘i, Juli biologiya fanini yaxshi ko‘rardi, u hatto shu sohada o‘qishni va veterinar bo‘lishni xohlagan. Uning sevimli mashg‘uloti klarnet chalish bo‘lgan, shuningdek, aktrisa turli tanlovlarda va kichik havaskor teatr tomoshalarida qatnashgan. Yangi hayotning boshlanishi Juli o‘qishni tugatgandan so‘ng ishsiz yurishni xohlamadi. Omadini izlab, opasi yashayotgan Nyu-Yorkka ko‘chib o‘tdi. Roberts mashhur aktrisa bo‘lishga va orzusini ro‘yobga chiqarishga qaror qildi. Nyu-Yorkda Click modellik agentligi vakillari undagi iste’dodni payqab qoldi. Shundan so‘ng Juliya turli reklama kompaniyalarida faol ishtirok eta boshladi va aktyorlik mahoratini oshirish uchun kurslarda qatnashdi. Filmga tayyorgarlik Nyu-Yorkda Roberts o‘z mahoratini oshirish uchun qo‘lidan kelganicha harakat qildi. U janubiyliklarga xos nutqini tuzatishga harakat qilib, talaffuzi ustida qattiq ishladi. Shuningdek, hech qachon ixtisoslashtirilgan kurslarni tugatmagan, chunki ularni samarasiz deb hisoblagan. Aktrisa birinchi rolini ijro etgach, ota-onasi qo‘ygan Juli ismini o‘zgartirmoqchi bo‘ldi. U buni AQSh Aktyorlar gildiyasining a’zosi bo‘lgan paytda amalga oshirdi. Juli shunday qadam tashlashi kerak bo‘lgan, chunki uning ismi allaqachon uyushmada ro‘yxatga olingandi. Karyera Qiz birinchi marta 1988-yilda “Mamnuniyat” nomli musiqiy filmda ishtirok etib, aktrisa sifatida keng omma oldida paydo bo‘ldi. U kichik rok guruhi a’zosi — yosh gitarachi rolini juda yaxshi o‘ynadi. “Mamnuniyat” filmidan Uning birinchi ijrosi “Qon kabi qizil” kartinasi ekanligi ko‘pchilikka noma’lum. Ushbu filmda Juliyani bir necha soniyagina ko‘rish mumkin. Faqat mazkur kartina “Mamnuniyat”dan keyin omma e’tiboriga havola etilgan. “Mistik pitssa” Roberts uchun uch bosh qahramondan birini ijro etgan “Mistik pitssa” tragikomediyasi biroz qiyinchiliklar tug‘dirdi. U hatto sochlarini qizil rangga bo‘yashga majbur bo‘ldi! Aktrisaning film uchun gonorari 50 ming dollarni tashkil qilgan. Bundan tashqari, film mashhur Mett Deymon uchun ham debyut edi. Muvaffaqiyat sari Juliyaning karyerasiga uning kasalligi katta ta’sir ko‘rsatdi. Meningit tufayli u yashash joyini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi. Kasallik uni iliq ob-havoli Los-Anjelesga, ya’ni Santa-Monikaga olib bordi. G‘arbiy sohilda u kastinglarda faol ishtirok eta boshladi va tez orada “Temir gullar” loyihasining bir qismi bo‘lishga taklif qilindi. Film kassada yaxshi foyda ko‘rdi,  xarajatlar ortig‘i bilan qoplandi. Kartinada Roberts qandli diabet bilan kasallangan qiz rolini ijro etdi. Aynan shu rol uchun u birinchi marta “Oskar”ni ham olishi mumkin edi, lekin “Oltin globus”ni qo‘lga kiritdi. “Chiroyli ayol” “Chiroyli ayol” filmi “Chiroyli ayol” – Pretty Woman 1990-yilda ommaga namoyish etilgan ajoyib komediya. Filmning yetakchi qahramonlari Roberts va Richard Gir juftligi edi. Budjetiga 14 million sarflangan kartina kassada 463 million dollardan ortiq daromad keltirdi. Keyinchalik u “Oskar”, “Oltin globus” va “Ekran aktyorlari gildiyasi” mukofotlarini olishga muvaffaq bo‘ldi. Shaxsiy hayot Juliya Roberts va Layl Lovett Juliyaning taniqli musiqachisi Layl Lovett bilan birinchi nikohi muvaffaqiyatli bo‘lmadi, juftlik ikki yildan keyin ajrashdi. Aktrisa 2002-yilda operator Deniyel Moderga turmushga chiqdi. So‘ngra ular qiz va o‘g‘il egizak farzand ko‘rdi, oradan vaqt o‘tib, oilada uchinchi farzand dunyoga keldi. Ayni paytda aktrisa farzandlari bilan Nyu-Yorkning Malibu shahrida yashaydi. Juliya Roberts va Deniyel Moder Singlisining fojiali o‘limi Juliya Roberts va singlisi Nensi Juliyaning singlisi Nensi o‘ttiz yetti yoshida giyohvand moddalar qabul qilishdan vafot etdi. Ushbu voqea janjalsiz o‘tmadi. Marhumaning yonidan o‘z joniga qasd qilish haqidagi xat topilgan. Xatda qiz taniqli opasi bilan munosabatlarini batafsil tasvirlab bergan va o‘z joniga qasd qilishiga aynan opasi sababchi ekanligini yozib qoldirgan. Ushbu ayblov asosli edi: Juliya bolaligida ortiqcha vazni uchun singlisini kamsitardi. Xayriya Aktrisa bir necha bor xayriya tashkilotlariga pullarini o‘tkazgan. Masalan, u Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasiga alohida mablag‘ ajratgan. 90-yillarda u ko‘p vaqtini Port-o-Prens – Gaiti poytaxtida o‘tkazdi va u yerda mahalliy aholi o‘rtasidagi qashshoqlik muammosiga qarshi kurashish uchun bor kuchini sarfladi. Bundan tashqari, ayol Rett sindromi – neyrorivojlanish buzilishi haqidagi hujjatli filmda rol o‘ynadi. Ijtimoiy tarmoqlar Julining Instagram’dagi rasmiy @juliaroberts akkaunti 10 millionga yaqin obunachiga ega. U shaxsiy hayotidagi suratlarni joylashtirishni yaxshi ko‘radi, shuningdek, folloverlarni kino afishalari va suratga olish maydonchasidagi kadrlar bilan xursand qiladi. Qizil yo‘lakchadagi janjal Amerikalik aktrisa Kann kinofestivalining qizil yo‘lagida yalang oyoq yurishga qarorga qildi. U Jorj Kluni bilan marosimda paydo bo‘ldi va zinapoyaga ko‘tarila boshlagan bir paytda tuflisini yechdi. Aktrisa bu kutilmagan harakatni tushuntirmadi. Ommaviy axborot vositalari vakillari bu faktni o‘ziga xos norozilik bilan bog‘lay boshladi, chunki o‘tgan yilgi kinofestivalda tashkilotchilar poshnasiz tufli kiygan ayollarni ichkariga kiritishni istamagan edi. Aktrisa haqida qiziqarli qisqa faktlar Juliya va jiyani Emma Roberts Juliya Roberts va Kifer Sazerdend
116
7,327
Madaniyat
Yana 3 nafar ayol Dastin Xoffmanni tegajoqlikda aybladi
Navbatdagi uch nafar ayol ularga nisbatan aktyor Dastin Xoffman tomonidan jinsiy tegajoqlik qilinganini ma’lum qildi. Ayollarning so‘zlariga ko‘ra, hodisa 1980-yillarda yuz bergan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi. Ayollardan biri o‘z ismining sir saqlanishini talab qilgan, qolganlari esa ismlarini oshkor qilgan. Ayollardan biri Melissa Kester aktyor unga nisbatan filmga ovoz yozish jarayonida tegajoqlik qilganini aytgan. Ikkinchi ayol Kori Tomasning so‘zlariga ko‘ra, aktyor uning oldida yalang‘och holda paydo bo‘lib, undan oyog‘ini massaj qilishini so‘ragan. O‘sha vaqtda ayol 16 yoshda bo‘lgan. Xoffmanning advokati Mark Noybauer bu ma’lumotlarni yolg‘on deb atagan. Shu bilan birga, aktyorni jinsiy tegajoqlikda ayblagan ayollar soni olti nafarga yetgan.
55
772
Madaniyat
Lola Ahmedova singlisi Shahlo Ahmedovani litsenziyasiz qoldirgan klipiga munosabat bildirdi (video)
“O‘zbekkonsert” xonanda Shahlo Ahmedovaning “Letniye dojdi” deb nomlangan video klipida “Milliy ma’naviyatimizga yot bo‘lgan, tomoshabinlarning e’tiborini jalb etish uchun xalqimiz mentalitetiga zid, sharqona odob-axloq me’yorlariga to‘g‘ri kelmaydigan harakatlardan ham tap tortmay, yigit va qizning ishqiy kechinmalarini ochiq-oshkora ifoda etib, buni andishasizlarcha tasvirga olib keng ommaga namoyish etgan”i uchun litsenziyasini bekor qilgan edi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Lola Ahmedova jurnalist Feruz Muhammadga bergan intervyusida singlisi Shahlo Ahmedovani litsenziyasiz qoldirgan klipiga munosabat bildirdi. Shahloning bu klipi o‘zbek televideniyеsi uchun ishlangan klip emas edi. Xabaringiz bor, biror marotaba o‘zbek telekanallarida bu klip efirga uzatilmadi, faqatgina ijtimoiy tarmoqlarga joylandi va namoyish qilindi. Uni san’atkor sifatida, avvalo opasi sifatida litsenziyasidan mahrum bo‘lishini xohlamayman, har bitta yutug‘ida mening ham mehnatim bor, doim qo‘llab-quvvatlashga harakat qilaman. Shahloning yo‘nalishi mening yo‘nalishimdan tubdan farq qiladi. Format degan gap bor, negadir odamlar format degan so‘zni boshqacha tushunishadi. U o‘zining yo‘nalishida, formatida ijod qiladi, men o‘zimning yo‘nalishimda ijod qilaman. U o‘sha formatga mos ravishda ijod qilishga harakat qilib ko‘rdi, lekin biz bunaqa bo‘ladi, deb kutmagan edik. Qo‘shiqni eshitganimda, bu qo‘shiq menga juda ham yoqqan edi. Qo‘shiq rus tilida bo‘lganligi uchun, o‘zgacha klip olish kerakligini Shahloga ham aytib o‘tgan edim. Lekin klipning syomka jarayonida qatnashmaganman. Klip tayyor bo‘lgach, ‘Opajon, faqat qattiq tanqid qilmaysiz’, deb boshladi, ‘Nimaga bizga to‘g‘ri kelmaydimi’ desam, ‘yo‘q, hech qanaqa qo‘rqinchli joyi yo‘q, faqat Moskvaning formatida suratga oldik’, deya klipni ko‘rsatdi. Tanqidlar ham qildim, urushgan joylarim ham bo‘ldi. ‘Endi opajon sizning yo‘nalishingiz boshqa, meniki boshqa, bu yerda faqat aktrisa sifatida rol ijro etganman, nima yomon joyini ko‘ryapsiz’, dedi. ‘Yomon joyi bu klip bizning o‘zbek mentalitetga to‘g‘ri kelmasligida’, dedim. Shahloning Moskvada vokal yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishidan xabaringiz bo‘lsa kerak. U yerda Shahloning o‘sha klip bilan bog‘liq, o‘sha klipni boshida turgan rejissorlar bilan shartnomasi bor. Bilasiz, bizning kliplarimiz u tomonga, ularning qarashlari, formati esa bizga to‘g‘ri kelmaydi. Video klip o‘zbek mentalitetiga to‘g‘ri kelmasligini hisobga olmaganda, ushbu klipning yomon tomonini ko‘rmadim. Lola Ahmedova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist
99
2,547
Madaniyat
Rayhon va Farhod Alimovning to‘yi xorijda bo‘lishi haqidagi gap-so‘zlar rad etildi
Xonanda Rayhon va boshlovchi Farhod Alimovning nikoh to‘yi qayerda bo‘lishi hozircha noma’lum. Bu haqda Farhod Alimov “Qalampir.uz” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi. Farhod Alimov. “To‘yning Toshkentda emas, chet davlatda bo‘lishi haqidagi ma’lumotlar noto‘g‘ri. Hozircha bu haqda biror nima deyishim qiyin”, — dedi Farhod Alimov. Avvalroq to‘yning 29-oktabrda bo‘lib o‘tishi ham rad etilgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, shu kuni Farhod Alimov Toshkentdagi “Yakkasaroy” to‘yxonasida boshlovchilik qiladi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
82
667
Madaniyat
“Sensiz” qo‘shig‘iga ishlangan Yigitali va Munisa Rizayeva ishtirokidagi klip tayyor bo‘ldi
Xonanda Ruhshonaning turmush o‘rtog‘i Sanjar Matkarimov Munisa Rizayevaning “Sensiz” qo‘shig‘i uchun olayotgan klipi ishlarini yakunladi. Bu haqda “Sayyod.com” xabar berdi. “Sensiz” klipining premyerasi 13-dekabr kuni “Mening yurtim” telekanalida bo‘lib o‘tgan. Ma’lumot uchun, Yigitali Mamajonov bunga qadar boshqa xonandalarning ham kliplarida suratga tushgan. Masalan Error while processing playbuzz: 0
91
409
Madaniyat
Nufuzli universitetlarni tamomlagan Gollivud yulduzlari
Yulduzlar shunchaki omadi chopganidan mashhurlikka erishgan deb o‘ylovchilar fikri, “Yandeks Dzen” platformasida havola qilingan ma’lumotlardan keyin o‘zgarishi aniq. Emma Uotson Germiona obrazi bilan yaxshi tanish Emma, “Garri Potter” filmini suratga olish ishlari davom etayotgan bir vaqtda, AQSh eng yaxshi universitetlaridan biri bo‘lgan Braunning talabasi bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan. Aktrisa darslarda muntazam ishtirok etgan, kutubxonada shug‘ullangan va namunali talabalardan biri bo‘lgan. 2014-yilda Emma, san’at va adabiyot sohasida bakalavr darajasini qo‘lga kiritgan. Natali Portman Natali o‘qish va aktrisalik faoliyatini bir vaqtda olib borgan yana bir san’at vakillaridan biri hisoblanadi. U Garvard universitetining psixologiya fakultetini tamomlagan. Aktrisa rolga kirishishida u olgan bilimlarning ahamiyati katta ekanini bir necha marta takrorlaydi. U ijrosidagi rollar esa darhaqiqat professionalligi bilan ajralib turadi. Buni “Qora oqqush” filmidagi ijrosi va u uchun berilgan Oskar mukofotidan ham bilish mumkin. Bruk Shilds Bruk karyerasining eng gullab-yashnagan vaqtida, Prinston universitetiga qabul qilingan. U yerda model, fransuz adabiyotini o‘rgangan. O‘qishga kirishib ketgan Shilds faoliyatida biroz muddat tanaffus kuzatilgan bo‘lsa-da, bu uning karyerasiga xalaqit qilmagan. Meril Strip Merilning fikricha, avvaliga universitetni tamomlash keyin esa Gollivudni zabt etish kerak. Merilning o‘zi ham aynan shu formulaga amal qilgan: birinchi AQSh Yel universitetini tamomlab, keyin karyerasini boshlagan. Ayni damda aktrisa san’at sohasida fan doktori hisoblanadi. Jeyms Franko Jeyms nafaqat mahoratli aktyor, balki gumanitar fanlar bo‘yicha bir necha diplom sohibi hamdir. U eng nufuzli — Kaliforniya, Kolumbiya va Nyu-York universitetlarini tamomlagan. Ayni vaqtda Franko,​ talabalarga kino haqida ma’ruza o‘qiydi.
55
1,853
Madaniyat
Kutubxonachi haqidagi “To‘xtaxon”, Shahzoda Muhamedova bilan duet. Xonanda Qilichbek Madaliyevning konsertidan fotoreportaj
Xonanda Qilichbek Madaliyev 1—2-dekabr kunlari Toshkentdagi “Istiqlol” san’at saroyida “Oshiqligimni ayting” deb nomlangan konsert dasturini taqdim etdi. Dasturning birinchi kunida mehmon bo‘lgan jurnalist Feruz Muhammad konsert taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Konsert berish borasida uch yil tanaffus qilgan xonanda dasturni “O‘zbekiston — o‘z yo‘lidan qaytmas Vatan” deb nomlangan taronasi bilan boshladi. Dasturni mashhur radioboshlovchi Akmal Mirzo olib bordi. Uch bo‘limga bo‘lingan dasturning birinchi bo‘limida yettita tarona kuylandi. Dasturning ilk bo‘limida shoir Iqbol Mirzo qalamiga mansub, dasturga nomi berilgan “Oshiqligimni ayting” taronasi hamda ketma-ket “Oyni ololmay”, ”Do‘stim”, “Tassavvur qil”, “Habibim” hamda “Dadamning muxlislari” kabi qo‘shiqlar kuylandi. Mazkur taronalarning har biri muxlislar tomonidan gulduros va davomli qarsaklar bilan kutib olindi. Ushbu bo‘limda xonandaning dadasi va ustozi Ohunjon Madaliyevning arxiv videosi katta monitordan ko‘rsatildi. Unda xonanda Ohunjon Madaliyev: “Siz, aziz muxlislarimizga, boshimiz yerga tekkuncha ta’zimdamiz! O‘tgan yili konsert beramiz deb, konsert bera olmadik. Oylar, yillar o‘taverar ekan, siz bilan diydor ko‘rishmaganimizga ham ancha vaqt bo‘libdi”, mazmunidagi gaplarni aytgan edi. Bu videolavha muxlislarning ko‘zlarini yoshlatdi. Xonanda ham ko‘zida yosh bilan, muxlislarga qarab: “Qarang, biz ham siz aziz muxlislarimiz bilan ancha vaqt diydor ko‘rishmapmiz. Dadamning so‘zlari bugungi dasturimda qalbimdagi so‘zlarga ulanib ketdi”, deya, uni tanitgan “Dadadmning muxlislari” qo‘shig‘ini jonli ijroda kuyladi. Qo‘shiq naqoratiga muxlislar ham jo‘r bo‘ldi. “Dadamning muxlislari” qo‘shig‘idan so‘ng, “Bir umr kuylayman yetkuncha kuchim, Dadamni sog‘ingan muxlislar uchun” so‘zlari qatnashgan yangi xotira-qo‘shiq ham muxlislar tomonidan juda yaxshi kutib olindi. Birinchi va ikkinchi bo‘lim o‘rtasida Ohunjon Madaliyevning jiyani Nodir Xolboyev chiqish qildi. Xonanda Nodir Xolboyev Ohunjon Madaliyevning “Seni hech kim sevolmaydi meningdek” qo‘shig‘ini va o‘zining yangi taronasini muxlislar e’tiboriga havola qildi. Dasturning ikkinchi bo‘limi muxlislarning yodidan uzoq vaqt chiqmasligi aniq. Chunki ushbu bo‘limda esda qolarli voqealar, qo‘shiqlar juda ham ko‘p bo‘ldi. Bo‘limdagi “Chin sevgi”, “Shahnozaxon keldilar” kabi dilrabo taronalardan so‘ng kuylangan “To‘xtaxon” qo‘shig‘i dasturga o‘zgacha fayz berdi. Bizningcha, shu vaqtgacha hech bir xonanda kutubxonachi opasiga bag‘ishlab qo‘shiq kuylamagan bo‘lsa kerak. Taxminimizcha, “To‘xtaxon” bu borada birinchi bo‘ldi. Xonanda bir voqeani aytib berdi: “Bir kuni kutubxonaga kirsam, kutubxonachi opa: ‘Qilichbek, men otangizning ijodini juda hurmat qilaman, ularning qo‘shiqlarini sevib tinglayman. Sizning ijodingizni ham juda hurmat qilaman. Shu vaqtgacha deyarli barcha qizlarning ismiga qo‘shiq kuylangan, ammo mening ismimga atab umuman qo‘shiq aytilmagan’, deb qoldi. Ularning gapi xayolimdan chiqmadi va aynan ularning ismlariga atab qo‘shiq yozishga qaror qildim”. Muxlislar orasida Qilichbekning kutubxonachi opasi ham bor ekan — kutilmagan qo‘shiqdan hayratda qolgan kutubxonachi Qilichbekka bir dasta gul sovg‘a qildi. San’at yo‘nalishida tahsil olayotgan xonandaning kursdoshlari ushbu qo‘shiqqa jamoa bo‘lib raqsga tushdi. “Ona” deb nomlangan ajoyib taronani kuylagandan so‘ng xonanda o‘zi tayyorlagan guldastani onasiga sovg‘a qildi. Xonandaning ta’kidlashicha, aynan onasiga gul sovg‘a qilish uchun gul yasatishni va gulchilikni o‘rganibdi. Dasturda kuylangan “Yo‘l bo‘lsin”, “Kuldi bahor” hamda “Nilufar” kabi qo‘shiqlar ham yaxshi kutib olindi. Bu qo‘shiqlarga muxlislar zal yo‘laklarini to‘ldirib raqsga tushdi. Xonanda Qilichbek Madaliyev aktrisa Shaxzoda Muhammedova bilan birgalikda kuylagan qo‘shig‘i esa konsertning eng kutilmagan jihatlaridan bo‘ldi. Shu vaqtgacha duet kuylamagan xonanda nega aynan aktrisa Shahzoda Muhamedova bilan birga qo‘shiq kuylagani sababi noma’lum, biroq ular kuylagan tarona muxlislarga ma’qul kelganini ularning qarsaklaridan anglab olish mumkin edi. Dasturga rejissorlik qilgan qiziqchi va boshlovchi Abror Baxtiyorovich dasturda o‘zi ham chiqish qildi. Uning Olim Aka bilan tayyorlagan hazillari muxlislarga xushkayfiyat ulashdi. Oilaviy hazillar va chiqishlar davomli qarsaklar bilan taqdirlandi. Dasturning so‘nggi bo‘limi Ohunjon Madaliyevning “Seni bugun ko‘rmasam bo‘lmas” deb nomlangan qo‘shig‘i bilan boshlandi. “Firoqingda”, “Aldadimi”, “Ko‘nglimda bir yor”, “Shahzodaningni kut”, “Mohichehra”, “Yigitlarni e’zozlang”, “Vatan” kabi qo‘shiqlar so‘nggi bo‘limga alohida zeb berdi. Dasturning biroz kech boshlanganini hisobga olmaganda, Qilichbek Madaliyevning konsert dasturi juda ham fayzli o‘tdi. “Vatan” deb nomlangan dilrabo tarona Qilichbek Madaliyevning uch yillik tanaffusdan keyingi ikkinchi yakkaxon konsertiga yakun yasadi.
123
4,856
Madaniyat
Aktyor Yigitali Mamajonov Bollivud yulduzi Shohruhxonga taqlid qilishini rad etdi
“Darakchi” gazetasi mushtariysi Gulnora Abdiyeva yosh aktyor Yigitali Mamajonovning qiyofasi, o‘zini tutishi, imidji va mimikasi ko‘proq hind kino san’ati qiroli Shohruhxonni eslatib yuborishini yozgan. Mushtariy gazeta orqali Yigitali aslida ham Shohruhxonga taqlid qilish-qilmasligi haqida savol bergan. Ushbu savolga javob bergan Yigitali hech kimga taqlid qilmasligini aytib o‘tdi. “Ochig‘i men hech kimga taqlid qilmaganman. Hind filmlarini esa umuman tomosha qilmayman. Faqat Gollivud filmlarini ko‘raman”, — dedi Yigitali Mamajonov. Aktyor hozirgi vaqtda qanday ishlar bilan mashg‘ul ekanligiga ham to‘xtalib o‘tdi. “Rejissyorlardan Ayub Shahobiddinov bilan yangi bir film ustida ish boshlayapmiz. Film nomi hozircha sir. Qolaversa, hozirgi paytda yana bir necha rejissyorlardan takliflar bo‘lyapti, ular orasidan ma’qulini tanlab suratga tushishni rejalashtiryapman”.
81
876
Madaniyat
“Jumanji” filmidagi bolalar 25 yil ichida qanchalik o‘zgardi? (foto)
1995-yilda efir yuzini ko‘rgan “Jumanji” filmining suratga olish jarayonida texnik imkoniyatlardan foydalanilgani o‘sha vaqt uchun yangicha yondashuv bo‘lgan. O‘ziga xos sujet hamda Robin Uilyamsning ijrosi sabab mazkur filmga sarflangan puldan 4 baravar ko‘p daromadga ko‘rilgan. Muxlislar uchun sevimli filmlardan biriga aylangan kinoda bola rolini ijro qilgan aktyorlar haqida ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etamiz. Judi Sheperd — Kirsten Danst Suratga olish jarayonida Kristen 13 yoshda bo‘lgan va “Jumanji” u rol ijro qilgan birinchi film bo‘lmagan, u 1994-yilda “Vampir bilan intervyu” filmida Bred Pitt va Tom Kruz bilan birga suratga tushgan. Maktabni tamomlaganidan so‘ng aktrisa sifatida faoliyatini davom ettirgan. 2000-yillardan keyin uning karyerasida yangi bosqich kuzatiladi va bir qancha film — “Qarg‘a”, “O‘rgimchak odam”, “Uimboldon”da suratga tushadi va mashhurlikka erishadi. Kirsten bugungi kunda xayriya ishlari bilan faol shug‘ullanib keladi. Ayni vaqtda 38 yoshda bo‘lgan aktrisa, oila qurgan va o‘g‘il farzandi bor. Piter Sheperd — Bredli Pirs Bredli bog‘cha vaqtidanoq karyerasini boshlagan, reklama roliklarida suratga tushgan, multfilm qahramonlariga ovoz bergan. Aktyor sifatida turli seriallar va televizion loyihalarda epizodik rollar ijro qilgan. “Jumanji” filmidagi roli esa ilk ko‘zga ko‘rinadigan rollardan biri bo‘lgan. Shundan keyin unga turli filmlarga rol ijro qilish uchun takliflar kelib tusha boshlagan. Ammo o‘smirlik davrida unda surunkali depressiya kasalligi kuzatilgani sabab keyinchalik u filmlarda kamnamo bo‘lib qolgan va faoliyatini dublyajda davom ettirgan. “Piter Pen”, “Sohibjamol va maxluq” “Suv parisi” multfilmlari shular jumlasidan. U turli teleshoularni sahnalashtirish va qisqa metrajli filmlarni suratga olishda o‘zini sinab ko‘rgan. 37 yoshda bo‘lgan Pirsning uch nafar farzandi bor va u bugungi kunda biznes bilan ham shug‘ullanadi.
68
1,910
Madaniyat
“Kalmar o‘yini” Netflix’ga 900 mln dollarga yaqin foyda keltirishi ma’lum bo‘ldi
Janubiy Koreyaning butun dunyo bo‘ylab mashhurlikka erishgan “Kalmar o‘yini” seriali Netflix platformasiga 891,1 million dollar foyda keltirishi ma’lum bo‘ldi, deb xabar beradi PeopleTalk. Serialni suratga olishga 21,4 million dollar, ya’ni har bir epizodga 2,4 million dollardan sarflangan. Bloomberg’ning Netflix hujjatlariga tayanib yozishicha, serialni tomosha qilish uchun butun dunyo bo‘ylab odamlar jami 1,4 milliard soatdan ortiq vaqt sarflagan. Platformaning o‘zi manba tomonidan taqdim etilgan materiallardan hayratda emas. “Netflix kompaniya tashqarisida ushbu ko‘rsatkichlarni muhokama qilmaydi va ularning oshkor etilishini himoya qilish borasida zarur choralarni ko‘radi”, — deydi platforma advokati. Avvalroq Netflix “Kalmar o‘yini” serialida ko‘rsatilgan telefon raqamni o‘zgartirishi, uning haqiqiy egasiga har kuni minglab qo‘ng‘iroqlar bo‘layotgani, Janubiy Koreya provayderi “Kalmar o‘yini” sabab tomoshabinlar oqimi ortgani uchun Netflix’ni sudga bergani to‘g‘risida xabar berilgandi.
80
1,006
Madaniyat
Tom Kruz Britaniyadagi kafelardan biriga tushlik qilish uchun shaxsiy vertolyotida keldi (foto)
Amerikalik taniqli aktyor Tom Kruz Britaniyaning Richmond shahridagi golf-klubda tushlik qilish uchun shaxsiy vertolyotida uchib keldi. Kruz hozirda “Uddalab bo‘lmas topshiriq” franshizasining 7-qismida suratga tushmoqda va u shu orqali vaqtini tejashga qaror qilgan ko‘rinadi, deb xabar beradi The Sun. 58 yoshli Kruzning vertolyoti golf maydonining o‘ziga qo‘ngan. Gollivud yulduzi ko‘zga tashlanmaslikka uringan. U qora sviter, jinsi, beysbolka, qora ko‘zoynakda, yuzida esa himoya niqobi bo‘lgan. Biroq mahalliy golf-klubi tashrif buyuruvchilari aktyorni baribir tanib qolgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, mahalliy aholi bu kabi tashrifdan hayratga tushgan. Ular vertolyotni suratga olishga va selfiga tushishga kirishib ketgan.  Tom Kruz filmdagi sahna uchun bir necha marotaba ekstremal tarzda parashyutdan sakradi
95
824
Madaniyat
Instagram: Bo‘lg‘usi rafiqasi bilan ko‘rinish bergan Aziz Rametov, tug‘uruqxonadan chiqqan Asal Shodiyeva, koronavirusga chalingan Lola
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz. “Har narsani yuragingizga olavermang”, — demoqda aktrisa Sitora Farmonova. Bloger Ozod Xurramov o‘zi bilan yuz bergan ko‘ngilsiz voqea haqida so‘zlab berdi. Mirzabek Xolmedov shogirdi Shukurullo Isroilovni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi. Nilufar Usmonova Mansur Agaliyevning Yulduz Usmonovaga jemperini kiydirib qo‘yayotgani aks etgan suratni sahifasiga joyladi. “Yuragimni eritvorishdi”, deb izohladi xonanda suratni. O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova “Sevgi” qo‘shig‘iga klip suratga oldirmoqda. Asal Shodiyeva va Shohruhxon Turkiyaning Istanbul shahridagi klinikadan chaqalog‘ini olib chiqdi. Xonanda Ulug‘bek Rahmatullayev AQShning Mayami shtatida hordiq chiqardi. 14-yanvar kuni Muqaddas Xoliqovaning aktrisa qizi Zebuniso Xoliqova tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. Yosh aktrisaning turmush o‘rtog‘i uni romantik tarzda tabrikladi. Lola yangi yilning dastlabki oyida koronavirusga chalinganini ma’lum qildi. Munisa Rizayeva o‘z sahifasi orqali jonli efir tashkillashtirib, muxlislarining savollariga javob berdi. Xususan, u nima sababdan Erali bilan ko‘pincha birga yurishi, uyida nechta xona borligi haqida gapirdi. Xonanda Rayhonga tezlikni oshirgani uchun jarima xatini oldi hamda haydovchilardan yo‘lda tartib bilan harakatlanishni so‘radi. Parizoda ansamblidagi uch nafar raqqos yigitlarga 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan iPhone 12 sovg‘a qildi. O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova Dubayda hordiq chiqarmoqda. Aktyor va xonanda Aziz Rametov bo‘lajak turmush o‘rtog‘i bilan FHDYo bo‘limiga ariza topshirgani aks etgan videoni sahifasiga joyladi. Ayni paytda Istanbulda bo‘lib turgan Afruzaga turkiyalik san’atkorlar qo‘shiq bag‘ishladi.
135
1,832
Madaniyat
Afsuski, keyingi paytlarda ayrim obidalarimizga zarar yetkazish holatlari uchramoqda — Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekistonning boy tarixi durdonasi bo‘lgan 7 mingdan ziyod madaniy meros obyektini asrab-avaylab, kelajak avlodlar uchun bezavol yetkazish zarur, dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-dekabr kuni Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida. “Afsuski, keyingi paytlarda bebaho madaniy merosimiz bo‘lgan ayrim obidalarimizga zarar yetkazish holatlari uchrayotgani bu borada e’tibor susayganidan dalolat beradi. Bu ish nafaqat Madaniyat vazirligi, balki mahalliy hokimliklar, mahalla, OAV va keng jamoatchilikning ham diqqat markazida bo‘lishi kerak”, — dedi davlat rahbari. Shu munosabat bilan Shavkat Mirziyoyev hukumatga bir oy muddatda madaniy meros obyektlarining hisobini yuritish, saqlash va himoyasini ta’minlash bo‘yicha alohida dastur qabul qilish bo‘yicha topshiriq berdi.
105
779
Madaniyat
Rejissyor Ayub Shahobiddinovning «Rangsiz tushlar» filmi yana ikkita xalqaro kinofestivalda ishtirok etadi
Ayub Shahobiddinovning «Rangsiz tushlar» (https://telegra.ph/Rangsiz-tushlar-11-04) filmi  joriy yil Hirotda bo`lib o`tadigan 6-xalqaro xotin-qizlar kinofestivali hamda Indoneziyada o`tkaziladigan XV Jogja-NETPAC Asian Film Festival ( JAFF )da ishtirok etadi. Bu haqda «O`zbekkino»  Milliy agentligi Axborot xizmati ma`lum qildi. 6-Xalqaro xotin-qizlar festivali tashkilotchilarining ma`lumotlariga ko`ra, tanlovda ishtirok etish uchun 123 dan ortiq mamlakatdan qariyb 3500 ariza kelib tushgan bo`lib, Ayub Shaxobiddinovning «Rangsiz tushlar» filmi   maxsus namoyish  uchun tanlab olingan. – Kinofestivalda ishtirok etish uchun berilgan arizalarning ko`pligi  tanlash jarayonini qiyinlashtirib yubordi. Butun dunyo kinematografistlari  tomonidan har yili  sinchiklab tanlanadigan nufuzli filmlar ro`yxatiga «Rangsiz tushlar» filmini kiritish  biz uchun katta  sharaf,  – deydi festival direktori Roya Sadat. Rejissyorning ushbu filmi 25-29 noyabr kunlari Indoneziyada o`tkaziladigan  (Jogja-NETPAC Asian Film Festival) XV Osiyo filmlari kinofestivalida ham qatnashishi haqida aytib o`tildi. "Rangsiz tushlar" filmi ushbu  nufuzli festivalning "Osiyo istiqbollari" dasturiga kiritilgan. "Rangsiz tushlar" filmi bugungacha  Anapa shahridagi "Kinoshok", Qozon shahridagi "Musulmon filmlari festivali",  "Fresko" (Armaniston) va "Lukaniya" (Italiya) kinofestivallarining asosiy dasturida qatnashgan.
107
1,395
Madaniyat
Qo‘qonlik yosh doirachi Parijdagi festivalda birinchi o‘rinni egalladi
Fransiya poytaxti Parijda “Iste’dodlar salyuti” loyihasi doirasida “Parij, men seni sevaman!” shiori ostida XXIV halqaro bolalar va o‘smirlar ijodi festivali bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Farg‘ona haqiqati” gazetasi. Logo: “Saluttalantov.ru” Xabar berishlaricha, 20 ga yaqin mamlakatning 150 nafar vakillari qatnashgan tadbirning “Cholg‘u san’ati” yo‘nalishida Qo‘qondagi 7-bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchisi Sherzodbek Yo‘ldoshev birinchi bo‘ldi. Bastakor Muxtor Ashrafiyning “So‘zsiz qo‘shiq” asarini doirada ijro etgan yosh sozanda hakamlar hay’ati tomonidan yuqori baholandi. Dang‘ara tumanidagi 13-maktabining 9-sinf ta’lim oluvchi Sherzodbek Yo‘ldoshev musiqa va san’at maktabidagi ustozlari ko‘magida 2016-yili Sankt-Peterburgda bo‘ladigan “Iste’dodlar salyuti” loyihasining superfinaliga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
70
835
Madaniyat
Ledi Gaga qallig‘i unga turmush qurish taklifini qanday bildirgani haqida gapirib berdi
14-fevral kuni qo‘shiqchi Ledi Gaga aktyor Teylor Kinni bilan unashtirilgani haqida xabar bergan edik. “Segodnya.ua” yozishicha, xonanda qallig‘i unga turmush qurish taklifini qanday bildirgani haqida gapirib berdi. Aktyor bu masalaga ijodiy yondashib, Ledi Gagani chuv tushirish imkoniyatini qo‘ldan chiqarib yubormagan: yigit unga dastlab brilliant o‘rniga konfet qadalgan o‘yinchoq uzukni taqdim qilgan. “Men his-hayajondan yig‘lab ham yubordim va ‘Ha!’ deb javob berdim, shundan keyingina u brilliant ko‘zli uzukni chiqardi. Lekin men konfetlisiga ham rozi edim”, — dedi Ledi Gaga. Shuningdek, xonanda unashtiruv uning hayotini yaxshi tomonga burib yuborganini ta’kidladi: “Sevsang va bunga javoban sevilsang, barchasi yaxshilanib ketadi”.
87
744
Madaniyat
Anjelina Joli ko‘krak bezini oldirib tashladi
Amerikalik taniqli aktrisa Anjelina Joli ko‘krak bezi saratoni xavfidan halos bo‘lish uchun ikki tomonlama mastektomiya (sut bezini jarrohlik yo‘li bilan olib tashlash) ni boshidan o‘tkazdi. Bu haqda Anjelina Jolining o‘zi “Nyu York Tayms” gazetasida yozgan maqolasida xabar berdi. Operatsiya davomida Bred Pitt Jolini har tomonlama qo‘llab-quvvatlagan va uning sog‘ayib ketishi uchun qo‘ldan kelgancha yordam bergan. Shifokorlar operatsiyadan so‘ng  aktrisadagi  ko‘krak bezi saratonining  ehtimoli 87 foizdan 5 foizga tushganini aytib o‘tishdi. Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, operatisya uch oy davom etgan va 27-aprel kuni o‘z nihoyasiga yetgan. Uning ta’kidlashicha, saraton kasalligi unga nasldan o‘tgan bo‘lishi mumkin. Chunki Anjelinaning onasi 56 yoshida shu hastalik tufayli vafot etgan. “Oskar”, “Oltin Globus” mukofotlarining sohibasi, olti nafar farzandning onasi Anjelina Joliga tezroq sog‘ayishini tilab qolamiz.
45
926
Madaniyat
Imom Iso at-Termiziy haqidagi film uchun kasting boshlandi
“O‘zbekkino” milliy agentligi buyurtmasiga asosan Imom Iso at-Termiziy haqida hikoya qiluvchi filmni suratga olishga hozirlik ko‘rilmoqda. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi. Rejissor Abduxalil Mingnorov tomonidan aktyor va aktrisalar guruhi sinovdan o‘tkazilmoqda. Csenariy muhaddis olim — Abu Iso at-Termiziyning hayoti, faoliyati bilan bog‘liq voqealar, uning ustozi — Imom Buxoriy bilan o‘tkazgan mashg‘ulotlari haqidagi hikoyalar asosida yozilgan. Xabar berishlaricha, loyihani amalga oshirishda shayx Abdulaziz Mansur ham o‘zining maslahatlari va ko‘rsatmalari bilan ishtirok etmoqda.
58
604
Madaniyat
Rossiyada aktyor Vladimir Etushdan pul o‘g‘irlash holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Rossiya tergov qo‘mitasi Rossiya xalq artisti Vladimir Etushdan pul o‘g‘irlash holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini tasdiqladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda. “Etushga tegishli bo‘lgan yirik miqdordagi pul mablag‘larini o‘g‘irlash yuzasidan 59 yoshli erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. U Rossiya Jinoyat Kodeksining 159-moddasi 4-qismi (firibgarlik)da qayd etilgan jinoyatni sodir etganlikda gumonlanmoqda”, — deyiladi xabarda. Vladimir Etush 2013-yilda firibgarlik qurboni bo‘lgan edi. Firibgar aktyordan Shveysariya bankiga qo‘yib berishni va’da qilib 28 million rubl olgan va g‘oyib bo‘lgan.
92
616
Madaniyat
Farhod Saidov hamda Sitora Farmonova saviyasi past qo‘shig‘i uchun O‘zbekkonsert badiiy kengashi tomonidan tanqid qilindi
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi qoshida qo‘shiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasini baholash Badiiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “O‘zbekkonsert” davlat muasassasi matbuot xizmati ma’lum qildi. Saviyasiz, qo‘shiq matnida ma’no-mazmun bo‘lmagan, videokliplari milliylikka zid bo‘lgan qo‘shiqlarni nazoratga olish maqsadida “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi qoshida qo‘shiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasini baholash Badiiy kengashi o‘z ish faoliyatini olib bormoqda. 20-aprel kuni Badiiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Kengashda beshta xonandaning qo‘shiqlariga tasvirga olgan videokliplari ko‘rib chiqildi. Ulardan Elmurod Sobirjonov “Sevdim”, Bexruz Toxirov “Keling, dema”, Sardor Bekmurodov “Bolaga kitob bering” deb nomlangan xonandalar qo‘shiqlarga tasvirga olingan videokliplarni OAV orqali efirga uzatishga tavsiya berildi. Farhod Saidovning “Jimir-jimir” hamda Sitora Farmonovaning “Chamanda gul” deb nomlangan qo‘shiqlarining matni saviyasi past bo‘lganligi bois, rad etildi. Ushbu xonandalarga qo‘shiqlar va ularga ishlangan videokliplardagi qo‘shiq matnini shoirlarga ko‘rsatib qayta to‘g‘rilash, videoklip dasturi (ssenariysi)ning g‘oyaviy-badiiy darajasiga alohida e’tibor qaratishi lozimligi ta’kidlanib, ushbu videokliplarni Badiiy Kengashga qayta topshirilishi borasida tavsiya etildi.
121
1,373
Madaniyat
Tog`ay Murod haqiqiy baxtni nimadan topgan edi?
O`zbek xalqi azal-azaldan haqiqat uchun kurashib, o`z qadr qimmati uchun keng maydonlarda goh ma`naviy usulda, goh jismoniy shaklda jang qilib kelgan. Ana shunday yuksak jarayonni boricha qog`ozga tushirish baxti asl ijodkorgagina nasib etadi. Biz “baxt” so`zini bejizga ishlatmadik, chunki voqelikni boricha qog`ozga tushirish, adolat, haqiqat uchun badiiy adabiyot bo`stonida kurashish hammaga ham nasib etavermaydi. Buning uchun haqiqat istovchi yurak va adolatga tik boquvchi oqil yuz kerak. O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasida 22 iyun kuni O`zbekiston xalq yozuvchisi Tog`ay Murodning tanlangan asarlari taqdimotida ham baxtli adibning ana shunday xislatlarga ega bo`lganligi haqida so`z yuritildi. Tadbirda adibning zahmatkash shogirdlari, u kishi bilan bir davrada suhbatdosh bo`lish baxtiga muyassar bo`lgan kishilar, taniqli shoir, yozuvchi va adabiyotshunos olimlar, yosh tadqiqotchi hamda havaskor ijodkorlar ishtirok etishdi. Taniqli adabiyotshunos olim Bahodir Karimov “O`ziga xos xarakterga ega bo`lmagan kishi, haqiqiy ijodkor bo`la olmaydi”, dedi. Ha, albatta, Tog`ay Murod o`ziga xos xarakterga ega inson bo`lgan. Mansabga, shuhratga va molu dunyoga o`ch bo`lmagan. U haqiqiy baxtni adolatdan topgan adib. So`zga juda xasis va hassos bo`lgan. Shuning uchun u yozgan asarlarda boy badiiy salohiyat sezilib turadi. Shuningdek, adabiyotshunos Rahmon Qo`chqorning Tog`ay Murod haqida bildirgan so`zlari yig`ilganlarga juda manzur bo`ldi. Shoir Shodmonqul Salomning adib hayotiga bag`ishlangan she`ri yig`ilganlarda katta taassurot qoldirdi. Taniqli shoir va tarjimon Vafo Fayzulloh esa adib ijodining barhayotligini “e`tiqod va iste`dodni birga olib borganligida” deb baholadi. Adabiyotshunos Rahmon Qo`chqor “Tog`ay Murod asarlarida millat huquqi himoyasi bosh g`oya qilib ko`tarilgan. Shuning uchun uni barcha o`qishi shart bo`lgan adabiyotlar ro`yxatiga kiritmoq kerak”, degan taklifni bildirgan bo`lsa, Musulmon Namoz adibning “Yulduzlar mangu yonadi” asari yuzasidan badiiy film tayyorlanishi kerak ekanligini va ayni damda bunga ehtiyoj borligini takidladi. – Tog`ay Murod tavalludining 70 yilligi munosabati bilan ko`plab tadbirlar o`tkazdik. Ammo ushbu to`plam barcha tadbirlar qatorida savobli ish bo`ldi, – deydi yosh tadqiqotchi jurnalist Farrux Jabborov. – Tadbir jarayonida keltirilgan takliflar, ustozlarning barcha fikrlari bugun Tog`ay Murod xotirasi va uning ijodi borasida yig`ilganlarda iliq taassurot qoldirgan bo`lsa, biz oldimizga qo`ygan maqsadga erishgan bo`lamiz. “Sharq” nashriyotida chop etilgan ushbu kitobda adibning to`rt qissa va ikki romani bir jildda jamlangan. O`ylaymizki, ushbu kitob o`zbek xalqi tarixi va o`z xalqining boy ma`naviy merosiga e`tiborsiz bo`lmagan insonlar hamda adabiyot ixlosmandlariga manzur bo`ladi. Dilobar Mamatova, O`zA
47
2,797
Madaniyat
Burak O‘zchivit va O‘zge Torer: Ularning munosabati ishdagi ishqmi yoki mish-mish?
“Qurilish: Usmon” serialini tomosha qilayotgan turk kinosi muxlislari bosh qahramon rolini ijro qilayotgan aktrisa O‘zge Torer Burak O‘zchivitni sevib qolgan va tuyg‘ularini yashirishni uddasidan chiqa olmayapti, degan fikrda. “Rus.Turkey.com”ning yozishicha tomoshabinlar aktyorlar o‘rtasida munosabatlar borligi haqida gumon qilmoqda. Avvaliga bu kabi shubhalar O‘zgening Instagram sahifasiga yozib qoldirilgan, aktrisa esa bunga javoban izoh qoldirgan foydalanuvchilarni qora ro‘yxatga kiritgan. Keyinroq tomoshabinlar turli forum va Facebook’da Torerning  aktyorni yoqtirib qolganini muhokama qila boshlagan. Shamol bo‘lmasa, daraxtning uchi qimirlamaydi, deb o‘ylagan tomoshabinlar bunday mish-mishlarga aktrisaning suratga olish maydonchasida Burak bilan birga tushgan suratlarini, ayniqsa, sevishganlar rolini gavdalantirayotgan payti aks etgan kadrlarni ko‘p joylashi sabab deb hisoblagan. “Uning aktyorga muhabbat ko‘zi bilan qarashi o‘yin bo‘lishi mumkin emas”, − deb yozib qoldirgan muxlislardan biri O‘zgening ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga. Uning hamkasblari esa mazkur mavzuga izoh bermaslikka harakat qilgan, berganda ham hazil aralash O‘zchivitni sevib qolmaslik mumkin emasligini ta’kidlagan. Shuningdek, tinib-tinchimagan muxlislar ijtimoiy tarmoqda Fahriye va  O‘zgeni taqqoslab ular o‘rtasida umumiylik ko‘pligi sabab Torerni Burakka yoqadigan toifadagi qiz, degan xulosaga kelgan. Bunday mish-mishlarga jim qarab turolmagan O‘zge tarqalgan gap-so‘zlarga munosabat bildirgan. U bunday taxminlarni o‘qish kulgili, shu bilan birga, quvonarli ekanini aytgan. “Demak, men yaxshi aktrisaman, sevib qolgan inson rolini yaxshi o‘xshata olayotganimdan xursandman. Burak juda ham yaxshi inson va aktyor. Biz juda ham yaxshi munosabatdamiz. Ammo mening tuyg‘ularim haqidagi mish-mishlar, shunchaki mish-mish”, − degan aktrisa bularning barini roliga berilgan yuqori baho deb hisoblashini qo‘shimcha qilgan.
82
1,919
Madaniyat
“Sotqin”da Chandiq, “Baron”da Sulaymoniyning yordamchisi: filmlarga probasiz olinadigan Alixan
“Sotqin”dani Chandiq, “Baron”dagi Sulaymoniyning yordamchisi kabi rollari e’tiborga tushgan Alixan (Nurmuhammadxon Husniddinov) yaqin vaqt ichida premerasi o‘tkazilishi kutilayotgan “Oyqiz ertagi” ertak-filmida ham bosh rollardan birini ijro etgan. Film premerasi arafasida jurnalist Feruz Muhammad bilan suhbatlashgan Alixan o‘z taxallusi, kinoga kirib kelishi, Gollivuddagi faoliyati, o‘ynagan filmlari, prodyuserlik faoliyati haqida so‘zlab berdi. “Oyqiz ertagi” filmida lavha — Rejissor Bahodir Yo‘ldoshevning “Mirzo Ulug‘bek” nomli tarixiy filmi va undagi rolingiz haqida gapirib bersangiz. — “Mirzo Ulug‘bek”dan avval Bahodir Yo‘ldoshevning “Jannatdagi bo‘ri” va “O‘lim farishtasi” nomli filmlarida o‘ynaganman. Birinchisida ikkinchi darajali rolni ijro etgan bo‘lsam, ikkinchisida bosh qahramon sifatida gavdalanganman. “Mirzo Ulug‘bek” filmida esa Mirzo Ulug‘bekning eng sodiq shogirdi obrazida namoyon bo‘laman. Filmda Gollivud aktyorlari ham suratga tushmoqda, masalan, Armand Assante. — Nega Alixan taxallusini tanlagansiz? — Asl ismim Nurmuhammadxon Husniddinov. AQShdagi o‘qishimni tugatgach, Gollivudga borganman va kinodagi faoliyatimni shu yerda boshlaganman. Gollivud suratga olingan 20—25 filmning ommaviy sahnalarida meksikalik, mo‘g‘ul, finlyandiyalik, kambojalik kabilarning rollarini o‘ynaganman. Chet ellik ustozlarim aktyorning ismi qisqa, chiroyli, esda qolarli bo‘lishi kerak, derdi. Asl ismimdan juda faxrlanaman, biroq amerikaliklarning qo‘liga pasportimni bersam ham, ismimni ayta olmas edi. Shu sabab AQShda o‘zimni Alixan deb tanishtirar edim, shundan so‘ng meni Ali deb chaqira boshlashgan. Umuman san’at olamida asl ismi emas, taxallusi bilan ijod qiladiganlar talaygina. — “Baron” filmidagi rolingiz, kichik bo‘lsa-da, ko‘pchilikka manzur bo‘ldi. “Baron-2”da ham rol o‘ynasangiz kerak. Sizda “Baron-2” haqida biror tasavvur bormi? — Rolning katta-kichigi bo‘lmaydi. Misol uchun, bosh rolda o‘ynab, hech kimning esida qolmaslik mumkin, ammo kichik rolni maromiga yetkazib ijro qilish orqali ko‘pchilikning yodida qolish mumkin. Boshida “Baron”dan tushgan taklifni rad qilmoqchi ham bo‘lganman, ammo s’yomka jarayonida filmni rad qilmaganimdan juda xursand bo‘ldim. “Baron-2” filmida katta rol beramiz, deyishgan. Hozir rejissor Rustam Sa’diyev ssenariy ustida ishlamoqda. Ssenariy tayyor bo‘lmagunicha, film haqida hech narsa deya olmayman. — “Oyqiz ertagi” nomli ertak-film ko‘pchilik tomonidan kutilmoqda. Bu filmda qanday rol ijro etgansiz? — “Oyqiz ertagi”ning premerasini o‘zim ham kutyapman. Ko‘pincha salbiy qahramonni gavdalantiraman. To‘g‘risi, yomonlarning rolini o‘ynash o‘zimga ham yoqadi. Ammo “Oyqiz ertagi”da ijobiy qahramon rolini o‘ynaganman. Film haqiqatan ham yuqori saviyada, katta ishtiyoq bilan suratga olindi. Filmda qahramonimning yoshlik, o‘rta yoshdagi va keksaygan davrini ko‘rsatib berganman. Filmning qisqa lavhalarini ko‘rib, o‘zim ham hayratlandim. Filmga, ijodiy jamoaga gap bo‘lishi mumkin emas. “Oyqiz ertagi” filmida lavha — Rustam Sa’diyev, Bahodir Yo‘ldoshev, Akbar Bekturdiyev — uchalasi ham tan olingan rejissorlardan. Ularning har biri bir vaqtda film olsa va Sizga rol taklif qilsa, birinchi qay birining taklifini qabul qilgan bo‘lardingiz? — Qiziq savol bo‘ldi. Aynan bu rejissorning filmiga borardim, deb ayta olmayman, ammo uchalasining ham taklifini rad qilmasdim. S’yomka shunday jarayonki, kelishib ishlasa bo‘ladi. Rejissor aktyorlarni tushunadi, tushuna oladi. Hech bir rejissor: “Dushanba kelsang kelding, bo‘lmasa seni filmimda suratga tushirmayman”, demaydi. Ijodkor odam har qanday vaziyatda ham boshqa bir ijodkorni tushunadi. — “Baron” filmining byudjeti 1,5 milliard so‘mni, “Oyqiz ertagi”niki esa 1,6 mlrd so‘m tashkil qiladi. Mazkur filmlardagi ishtirokingiz uchun qancha gonorar olgansiz? — Bu savolga aniq javob bera olmayman. Bir narsani aytishim mumkin — davlat buyurtmasiga asosan suratga olinayotgan filmlarda aktyorlarga to‘lanadigan mablag‘ oldindan belgilab qo‘yilgan bo‘ladi. Xohlang Ulug‘bek Qodirov bo‘ling, xohlang Farruh Soipov, farqi yo‘q — narxni tortisha olmaysiz. O‘ynamayman, deb rad qilishingiz mumkin, hech kim Sizni majburlay olmaydi. Ammo har bir aktyor san’atni sevadi, oladigan daromadi u qadar ko‘p bo‘lmasa ham, avvalo Vatani uchun, muxlislari uchun filmda rol ijro etadi. Xususiy studiyalarning filmlari bo‘lsa, “Menga faloncha pul berasan”, deb bemalol ma’lum bir narxni aytishingiz mumkin. Shunday aktyorlar borki, pul bo‘lsa bo‘ldi — ssenariy, saviya, ijodiy jamoaning umuman ahamiyati yo‘q. Bunday aktyorlarni hurmat qilmayman. “Oyqiz ertagi” filmida lavha — Prodyuserlik faoliyatingiz haqida ham to‘xtalsangiz. — Hozir bir film ustida ishlayapman, bu film Vatan haqida, odam savdosi, bugungi kunda odamlar aziyat chekayotgan, aldanib qolayotgan mavzularni qamrab oladi. Bu prodyuserlik faoliyatimdagi birinchi film bo‘ladi. Bahodir Yo‘ldoshevning “O‘lim farishtasi” filmida ham prodyuserlik ishim bor, ammo film tayyor bo‘lmagani uchun bu filmda unday qildim, bunday qildim deb oldindan ayta olmayman. “Timur” degan filmni boshlayapman, ushbu filmda ham bosh qahramonni ham prodyuserlikni o‘z bo‘ynimga olganman. Menimcha mazkur filmni Ayyub Shahobiddinov suratga olsalar kerak. Ular bilan ko‘rishib gaplashmadik, ammo film rejasiga ko‘ra ular suratga olsalar maqsadga muvofiq bo‘lar edi. — Qaysi aktyorlarni o‘zingizga raqobatchi deb bilasiz? Siz o‘ynay olmaydigan rol yoki janr bormi? — Hech bir aktyorni o‘zimga raqobatchi deb bilmayman. Salbiy odamlarni gavdalantirish bo‘yicha ham hech kimni raqobatchi deya olmayman. Komedik rollarni o‘ynay olmasam kerak. Aktyor har qanday rolni o‘ynay olishi kerak, deyishadi. Bu gapda qaysidir ma’noda jon bor. Ammo ba’zi bir aktyorlarning xarakteri mutlaqo boshqacha bo‘ladi, buni ham hisobga olish kerak. Negadir bachkana, komedik rollarda o‘ynamaganman, o‘zimni sinab ko‘rmaganman ham. “Baron” filmidan lavha — Rustam Sa’diyevning “Baron”, Akbar Bekturdiyevning “Oyqiz ertagi”, Bahodir Yo‘ldoshevning “Mirzo Ulug‘bek” filmlaridan qay biriga kasting bilan, qay biriga kastingiz tasdiqlandingiz? Umuman rolga tasdiqlanish uchun rejissorlarning sinovidan ko‘p marta o‘tishingizga to‘g‘ri keladimi? — To‘g‘risini aytsam, bu maqtanish emas — hali hech qaysi filmga kasting qilib yoki kinoproba bilan qabul qilinmaganman. Telefon qilib: “Biz seni shu filmda shu rolda ko‘rayapmiz, nima deysan?”, deyishadi. Ko‘p filmlarda kasting, kinoprobalar bo‘ladi, ya’ni, aktyor rolga moslasha oladimi, kadrda qanday ko‘rinadi, deya sinovdan o‘tkazib olishadi. Hali hech qachon birorta aktyor bilan raqobatlashib, sinovdan o‘tib ko‘rmaganman. Shu yilning o‘zida yettita filmda rol ijro etgan bo‘lsam, birortasiga ham kasting topshirmaganman. — Kino siz uchun nima? Sportdan qanday natijalarga erishgansiz? — Kino — men uchun hamma narsa. Aslida iqtisodiyot yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasasini tugatganman, bakalavr diplomim bor. Amerikada ham universitetni tugatganman, ingliz tilini mukammal darajada bilaman. Xohlasam, chet elga chiqib, biznes yoki boshqa bir ish qilishim mumkin. Ammo men kinoni tanladim. Shu nuqtai nazardan kino men uchun hamma narsa. Dadam yoshligimdan suzishga olib borardi, keyin uch yil boksga borganman. Hozir esa karate, boks bilan shug‘ullanish uchun vaqt yo‘q. Vaqt bo‘lganida ham, bu sport turlari odamni ozdirib yuboradi, biz esa jismoniy holatimizni, qomatni bir maromda saqlab turishimiz kerak — bizning yo‘nalishda bu juda muhim. Shuning uchun deyarli har kuni tosh ko‘tarishga borib, zalda kamida 2 soat mashq qilaman.
94
7,519
Madaniyat
Nargiz Zokirovaning “Ya ne tvoya” qo‘shig‘iga olingan klip taqdim etildi
Rossiyaning “Golos” teleshousidagi ishtiroki orqali mashhurlikka erishgan asli o‘zbekistonlik qo‘shiqchi Nargiz Zokirova o‘zining  “Ya ne tvoya” ( “Men seniki emasman”) nomli qo‘shig‘iga ishlangan klipini taqdim etdi, deb xabar bermoqda Myday.uz. Klip qo‘shiqchi bilan bir necha oydan buyon birga faoliyat olib borayotgan prodyuser Maksim Fadeyev jamoasining ishi ekanligi aytilmoqda.
72
385
Madaniyat
Britaniya qirollik oilasidagi eng chiroyli ayol nomi ma’lum bo‘ldi. Ammo u Keyt Middlton ham, Megan Markl ham emas
Ko‘pchilik Britaniya qirollik oilasi deganda birinchi galda Megan Markl va Keyt Middltonni esga oladi va ular doimo bir-biri bilan taqqoslanadi. Biroq ularning hech biriga Buyuk Britaniyaning hukmron oilasi a’zolari orasida eng go‘zal ayol unvoni berilmagan, garchi ko‘pchilik har ikkala gersoginyani tashqi ko‘rinish jihatdan chiroyli deb hisoblasa ham. Yelizaveta II ning jiyani va aka-uka Garri va Uilyamning amakivachchasi 26 yoshli Ameliya Vindzor qirollik oilasidagi eng go‘zal ayol deb topildi. Qiz taxtga merosxo‘rlik qilishi bo‘yicha 42-o‘rinda. Biroq unga bunday mashhurlikni nafaqat qirollik oilasiga mansubligi, balki uning modellik karyerasi ham olib keldi. Tatler jurnali Megan Markl va Keyt Middltonlarning mashhur bo‘lishiga qaramay ulardan yoqimtoyroq bo‘lib chiqqan Ameliyani gersoginya va malikalar orasida “Go‘zallik qirolichasi” unvoniga munosib ko‘rdi. Ammo Ameliya xonim Garri va Uilyamning rafiqalari kabi muxlislar armiyasiga ega bo‘lmasa-da, bir qancha mashhur jurnallar qizni ko‘p yillar davomida qirollik oilasining asosiy uslub belgisi deb atashgan. Bu borada ular haq: Ameliya Vindzor — dunyodagi ko‘plab podiumlarni zabt etgan professional model. Qirolichaning jiyani Keyt Moss, Kara Delevin, Sindi Krouford va boshqalar ishlaydigan taniqli modellik agentliklari bilan shartnoma imzolagan. Ameliya — Dolce & Gabbana modalar uyi ko‘rgazmalarining sevimli modeli, shuning uchun u tez-tez mazkur moda brendining hashamatli liboslarida namoyon bo‘ladi. Ammo 26 yoshli Vindzor xonimning muvaffaqiyati shu bilan tugamaydi. Qiz, shuningdek, yirik jurnallardan birida shtatdan tashqari muharrir bo‘lib ishlaydi, chunki Ameliya bolaligidanoq hayotini jurnalistika bilan bog‘lashni orzu qilgan.
114
1,718
Madaniyat
AQShdan aloqaga chiqqan Gulchehra Eshonqulova, negativ izohlardan dili og‘rigan Rayhon, Ozodbek Nazarbekovdan minnatdorchilik. Mashhurlar karantinda (foto+video)
O‘zbek san’atkorlari karantin vaqtida muxlislarini zeriktirmaslikka harakat qilmoqda. 6-may kuni ham ular o‘zlarining Instagram’dagi sahifalariga turli xil qiziq video va fotopostlar joyladi. Instagram’da kamnamo bo‘lgan xonanda Feruza Jumaniyozova muxlislariga ko‘rinish berdi. View this post on Instagram Turkiyalik oshpaz-mem Burak O‘zdemir katta hajmdagi shirinlik tayyorlash jarayoni aks etgan video bilan bo‘lishdi. View this post on Instagram Ozoda Nursaidova Ramazon oyiga bag‘ishlangan qo‘shiq kuyladi. View this post on Instagram Turkiyada karantinni o‘tkazayotgan aktyor Alisher Uzoqov futbol o‘ynab yurgan damlarini esladi. View this post on Instagram Munisa Rizayeva erkak va ayol o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash borasidagi fikrlarini yozib qoldirdi. View this post on Instagram Bollivud aktrisasi Kajol karantinda o‘tirganda hafta kunlari ham o‘z ahamiyatini yo‘qotishi, har kuni bir xil o‘tishi haqida post joyladi. View this post on Instagram O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva ayrim muxlislaridan xafa bo‘ldi. View this post on Instagram Hozirda AQShda istiqomat qilayotgan taniqli aktrisa Gulchehra Eshonqulova turmush o‘rtog‘i Sharof Sharapovning Instagram sahifasidan muxlislariga murojaat qildi. View this post on Instagram Karantinni Turkiyada o‘tkazayotgan yana bir aktyor Javohir Zokirov bolaligida spektaklda ijro etgan obrazlaridan biri Boburning bolaligi ekanligini aytib o‘tdi. View this post on Instagram Hulkar Abdullayeva “Paqa paq” qo‘shig‘ini turkiy tilli millatlar vakillari bo‘lgan san’atkorlar bilan birgalikda ijro etdi. View this post on Instagram Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov toshqindan aziyat chekkan sardobaliklarga xayriya loyihasiga hissa qo‘shgan barcha fuqarolarga minnatdorchilik bildirdi. View this post on Instagram So‘nggi kunlarda eng ko‘p muhokama qilinayotgan xonanda Yulduz Usmonova komik aktrisa Halima Ibragimova orqali barchaga salom yo‘lladi. View this post on Instagram  Oliy sud: Yulduz Usmonovaning ishi yuzasidan materiallar sudga kelib tushmagan Aktrisa Sevara Soliyeva ro‘zadorlarga sabr tiladi. View this post on Instagram Yulduzlar avvalgi kunlarda karantinda nimalar bilan band bo‘lgani bilan quyida tanishishingiz mumkin:
161
2,433
Madaniyat
Van Damm avstraliyalik jurnalistlarning 25 yildan buyon takrorlanayotgan savollaridan g‘azablandi (video)
Aktyor Jan-Klod Van Damm avstraliyalik jurnalistlardan g‘azablanib, intervyu davomida Sunrise teleshousi studiyasini tark etdi. Mojaroga 25 yil davomida takrorlanayotgan savollar, jumladan, Van Damm va qo‘shiqchi Kayli Minoug o‘rtasidagi munosabatlar haqidagi savollar sabab bo‘ldi. Bu haqda Mashable ma’lumotiga tayanib, TJournal xabar berdi. Avstraliyalik qo‘shiqchi Kayli Minoug bilan munosabatlari haqidagi savollar Van Dammning jahlini chiqardi. U qo‘shiqchi bilan 1994-yilda “Ko‘cha jangchisi” filmini suratga olish jarayonida uchrashib yurgan. “Men 55 yoshdaman. Men 35 yoshda ham, 25 yoshda ham emasman. Men hozir hayotga boshqacha qarayman va biz bu haqda Avstraliyada suhbatlashmoqdamiz. Bu savollar — zerikarli. Men bunday savollarga javob berishga qiynalaman, terlashni boshlayman. Qiziqarliroq savollar bormi?” — dedi aktyor va mikrofonini yechib qo‘ydi. Shundan so‘ng aktyor so‘kinib, studiyani tark etgan. Intervyu to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatilayotgan edi.
105
975
Madaniyat
Xiyonatdan keyin oilasini saqlab qola olgan yulduzli juftliklar
Ushbu ayollarning qarori har qanday narsa kechirilishi kerakligini emas, balki ular juftidan farqli o‘laroq oila oldida mas’uliyatli va oqila ekanini bildiradi. Nikol Kidman va Kit Urban Hello Magazine 2015-yil sariq matbuotda musiqachi Kit Urbanning xiyonati haqidagi xabar muxlislarni larzaga soldi. Unga ko‘ra, Kit xonanda Kelsi Ballerini bilan munosabatda bo‘lgani ma’lum bo‘lgan. Bu vaqtda Nikol farzandlari bilan birga Londonda bo‘lgan. Shundan keyin turli noxushliklar, kelishmovchiliklar yuz bergan, ammo juftlik nima bo‘lgan taqdirda ham oilani saqlab qolishga muvaffaq bo‘lgan. Sara Jessika Parker va Mettyu Broderik Sara Jessika Parker ijro mahorati bilan muxlislar qalbidan joy olgan aktrisa hisoblanadi. Saraga havas bilan qaralgani bilan uning hayotida ham o‘ziga yarasha past-balandliklar bor. Bir vaqtlar turmush o‘rtog‘i Mettyu Broderik unga xiyonat qilgan. U ofitsant qiz bilan SMS xabar orqali gaplashib yurib, keyin uchrashishni boshlagan. Shundan keyin juftlik o‘rtasida qanday noxushliklar bo‘lgan ularning o‘ziga ayon, asosiysi esa munosabatlarga nuqta qo‘yilmagan. Beyonse va Jay-Z Mashhur juftlikning ajrashib ketishiga sal qolgan. Bunga Jay-Z’ning noto‘g‘ri qadam bosgani sabab bo‘lgan. Musiqachi Rita Ora, Reychel Royga ilakishib qolgan. Beyonse ajrashish fikridan qaytishi oson bo‘lmagan, lekin oilasi buzilib ketishiga yo‘l qo‘ymagan. Viktoriya va Devid Bekhem Viktoriyaning irodasiga qoyil qolsa arziydi. 2004-yilda futbolchi Bekhem hamda uning yordamchisi Rebekka Lus o‘rtasida munosabat borligini ommaga ma’lum bo‘lgan. Viktoriya bunga jim qarab turmagani aniq, lekin oila muqaddasligi sabab u ajrashmoqchi emasligini bildirib, turmush o‘rtog‘idan ko‘ra oila va farzandlari oldida mas’uliyatli ekanini isbotlagan.
63
1,750
Madaniyat
“Muhtasham yuz yil” seriali rejissorlari yangi loyihaga qo‘l urdi. Unda bosh rollardan birini Chag‘atoy Ulusoy ijro etadi
“Muhtasham yuz yil” seriali rejissorlari aka-uka Yag‘mur va Durul Taylanlar yirik loyihaga qo‘l urdi, deb xabar beradi “Rusturkey.com”. Yangi serialda bosh rollardan birini Turkiyaning eng ko‘p haq to‘lanuvchi aktyorlaridan biri Chag‘atoy Ulusoy ijro etadi. “Barbarossa” deb nomlangan ushbu serialda Ulusoy Oruch Reys obrazini gavdalantiradi. Serial taniqli turk dengiz floti qo‘mondoni Xayriddin Poshsho Barbarossa hayoti haqida hikoya qiladi. Suratga olish jarayonlari bilan ES Film kompaniyasi shug‘ullanadi. Uch mavsumdan iborat bo‘ladigan serial Turkiyaning TRT1 telekanalida efirga uzatiladi. Ma’lumot uchun, Chag‘atoy Ulusoy Turkiyaning taniqli aktyori va modeli. 2019-yilda u seriallardan eng ko‘p daromad olgan aktyorlar reytingiga yetakchilik qilgan. O‘zbek tomoshabinlariga Chag‘atoy “Ichkarida” seriali bilan yaxshi tanish.  Millionlab qalblarni zabt etgan turk aktyorlarining umr yo‘ldoshlari (foto)
121
913
Madaniyat
“Sharq taronalari” XI xalqaro musiqa festivalining bosh sovrini – Gran-pri Ozarbayjon vakiliga berildi
Samarqand shahrida “Sharq taronalari” XI xalqaro musiqa festivali yakunlandi, deya xabar bermoqda O‘zA. Bu yil jahonning 58 davlati san’at ustalari “Sharq taronalari”da o‘z musiqa va qo‘shiqchilik an’analari, madaniyatini namoyish etdi. Festivalda bir necha nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari faxriy mehmon sifatida qatnashdi. Ular mazkur san’at bayramining turli millat va elatlar o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini mustahkamlash, tinchlik va bag‘rikenglikni targ‘ib etishdagi roli va ahamiyatini, O‘zbekistonda ushbu xalqaro forumga har safar katta tayyorgarlik ko‘rilishi va tadbirlarning yuksak saviyada o‘tkazilishini alohida ta’kidladi. 30-avgust kuni Registon maydonidagi amfiteatrda festival ishtirokchilari va mehmonlar, yurtimiz madaniyat va san’at namoyandalari, jamoatchilik vakillari xalqaro musiqa anjumanining tantanali yopilish marosimiga jam bo‘ldi. 25-30-avgust kunlari dunyo san’at ahlining bosh sahnasiga aylangan Registondagi amfiteatrda “Sharq taronalari” XI xalqaro musiqa festivali g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Dastlab, faol jamoalar qator nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandi. YuNESKO, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali direksiyasi, Samarqand viloyati va shahar hokimligi hamda boshqa tashkilotlarning maxsus mukofotlari topshirildi. Sahnaga Eron, Indoneziya va Turkiyadan kelgan jamoalar taklif etildi. Ularga festivalning uchinchi darajali diplomlari topshirildi. Ikkinchi o‘ringa Qirg‘iziston va Litvadan kelgan san’atkorlar sazovor bo‘ldi. Janubiy Koreyaning Geosong xalq qo‘shiqlarini saqlash fondi jamoasi hamda O‘zbekiston vakili Mohichehra Shomurodova birinchi o‘ringa munosib, deb topildi. Hakamlar hay’ati xulosasiga ko‘ra, “Sharq taronalari” XI xalqaro musiqa festivalining bosh sovrini – Gran-pri Ozarbayjon vakiliga berilgani ma’lum qilindi.
102
1,871
Madaniyat
Qimorga tikilgan, oyog‘i sindirilgan va qornidagi bolasi tushirilgan: Turmush o‘rtog‘ining ruhiy va jismoniy zo‘ravonligiga uchragan o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto)
Xonanda Ruxshonaga turmush o‘rtog‘i Sanjar Matkarimov tomonidan yengil tan-jarohati yetkazilgani va jabrlanuvchining shaxsiy sirini uning roziligisiz qonunga xilof ravishda tarqatib, shaxsiy hayot daxlsizligini qasddan buzgani uchun unga 2022-yilning 27-may kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudi tomonidan hukm o‘qildi. Sanjar Matkarimovga ikki yil-u, bir oyga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlandi. Afsuski, jamiyatda ayolni tahqirlash, unga ruhiy va jismoniy zo‘ravonlik ko‘rsatish holatlari ko‘p uchraydi. Hatto, san’at vakillari orasida ham bunday zo‘ravonliklarga duch kelganlar ko‘plab topiladi. Milena Madmusayeva: “Ota-onangdan voz kechasan, deyishgandi” — Turmush o‘rtog‘im aytgan ishni qilardim. Hatto san’atdan ketasan, desa ham rozi bo‘lgandim. Uydan chiqishimga ruxsat bermaguniga qadar ostona hatlab ko‘chaga chiqmasdim. Davlat tadbirlarida ishtirok etishim u insonga unchalik yoqmasdi. Birdan davlat tadbirlariga ham chaqirmay qo‘ydi. Keyinchalik bilsam birga yashagan paytimizda turmush o‘rtog‘imga qo‘ng‘iroq qilishsa “Milena kasal borolmaydi, yurolmayapti”, degan gaplarni aytgan ekan. Ammo men homilador ahvolimda to‘ylarga borardim. Yangi kelin bo‘lib tushganimda qaynonam telefonimni olib qo‘yib, “Ota-onangizni unutasiz”, degan. Faqatgina haftada bir marotaba, juma kuni turmush o‘rtog‘imning telefonida oila a’zolarim bilan gaplashishimga ruxsat berishgan. Faqatgina 2 daqiqa gaplashishim mumkin edi. Qaynonamning ko‘ziga hech qachon tik qaramaganman. Uni onamdek yaxshi ko‘rishga harakat qilganman. Ammo men kelin sifatida u uyda begona edim. U uyda xuddi o‘zimni bo‘rilar orasiga tushib qolgandek his qilganman. 10 oy turmushim buzilmasligi uchun chidadim va bu haqida ota-onamga aytmadim. Olti oylik homiladorlik paytimda kechasi ota-onamni sog‘inib, tongda ularga qo‘ng‘iroq qilishimga ruxsat berishini so‘raganman. “Ota-onang haqida gapirma va men gapirayotganda tik turib eshit”, degan. Shunda havo yetmay tashqariga chiqqanman. Havo sovuq, qor yog‘ayotgan payt edi. Uch soat tashqarida yurib uyga kirdim. Yuzimni yuvsam sovuqdan bir tomonga qiyshayib qolganini payqadim. Tong otishi bilan mashinamga o‘tirib, ota uyimga ketdim. Turmush o‘rtog‘im ota-onamdan kechrim so‘radi, bir muddat yaxshi yashadim. Ammo baribir qaynonamning ota-onamga nisbatan adovati saqlanib qolgandi. Sababini bilolmasdim. Farzandli bo‘lganimdan keyin ham vaziyat o‘zgarmadi. Bu oilada nafaqat turmush o‘rtog‘imga, balki uning yaqinlariga ham kerak emasligimni angladim. Bu yerda qolsam hayotim fojiali yakun topishidan qo‘rqib, ota uyimga ketdim. Bir oydan so‘ng turmush o‘rtog‘imga qo‘ng‘iroq qilib, “Qizimiz sizning ham farzandingiz, uni istagan paytda ko‘rishingiz mumkin”, dedim. U esa “Ota uyingda yashasa qizim emas”, dedi. Mana qizim to‘rt yoshdan oshdiki, haligacha otasi kimligini bilmaydi, — deydi xonanda Milena Madmusayeva. Zamira Beshimova: “ ‘Men ayoliman’ deganim uchun rosa kaltak yeganman” — Aslida birinchi turmush o‘rtog‘im bilan oila qurishni istamaganman. “Biz bir-birimizga mos emasmiz”, deb rad javobini bergandim. Ammo taqdir ekan, baribir o‘sha inson bilan oila qurdim. U insonni tushunib bo‘lmasdi. Chunki to‘ydan keyin meni umuman tashqariga chiqarmay qo‘ygan. Hatto, chiqindi tashlashga ham, dom tagidagi do‘konga chiqishimga ham ruxsat bermasdi. Onam bilan esa umuman gaplashishimni istamasdi. O‘g‘lim olti oylik bo‘lganida onamning tug‘ilgan kuniga borganman. O‘shanda jahli chiqib, urib oyog‘imni sindirgandi. Eng yomoni do‘stlari uyimizga kelsa bozorlik qilardi. Qolgan payt esa “bori shu” derdi. Hech bo‘lmasa bola uchun bozorlik qiling deganimda “U ko‘krak emsa, senga shart emas”, degandi. Keyin birdan u o‘zgardi. “Dugonalaringni uyga chaqir, gaplashib o‘tirasizlar”, dedi. Men sodda uning gaplariga ishonib, uchta aktrisa dugonamni uyga chaqiribman. Keyin bilsam turmush o‘rtog‘im ular bilan tanishish uchun shunday degan ekan. Dugonalarim bilan yaqindan tanishib, menga berilmagan pullarni ularga hadya qilibdi. Dugonalarimdan ham qattiq ranjidim, bolamni ushlagan qo‘li bilan shunday qabih ish qilganini kechirolmadim. Ammo bu hammasi emas. Bir kuni telefoni jiringladi. Go‘shakni ko‘tarsam yosh qiz “Sen kimsan?” dedi. Orada u bilan biroz kelishmovchilikka bordim. Turmush o‘rtog‘im uyg‘onib, telefonini olganim uchun urushdi. Hatto, qizga “Men ayoliman”, deganim uchun rosa kaltak yeganman. Sobiq turmush o‘rtog‘imdan ro‘shnolik ko‘rmagan bo‘lsam ham qaynonam yaxshi inson edi. “Chidang, sabr qiling, hamma ayollarning ahvoli shu”, derdi. Keyinchalik bilsam u kelinlik bo‘lgan paytida ham qaynotamdan kaltak yer ekan. O‘g‘illari ham onam demay gap qaytarishardi. Bunday oilada o‘zim va farzandimning kelajagini tasavvur qilolmaganim uchun u yerdan ketganman, — deydi aktrisa Zamira Beshimova. Sultonali Rahmatov: “Erkak kishi o‘z-o‘zidan urmaydi” Xonanda Nilufar Saidova birinchi turmush o‘rtog‘i, bastakor Sultonali Rahmatovdan ruhiy hamda jismoniy tazyiqqa uchragan. Kollaj: “Daryo” Sultonali Rahmatov intervyularidan birida Nilufar Saidovani urganligidan afsusda ekanini bildirgandi. — Sobiq turmush o‘rtog‘im Nilufar yaxshi ayol. U bolalarimning onasi shu bois uni yomon deyolmayman. Nilufar bilan ajrashish sababini aytolmayman. Ammo ajrashishimizga qisman obro‘ talashish ham sabab bo‘lgan. U yillarda men sahna ortida bo‘lganman va kiyimmasam ham u kiyinsin deganman. 1998-yili san’at institutiga borib, Nilufarni 50 ta qiz orasidan tanlab olganman. Aslida u ikkinchi plandagi xonanda edi. Gulchehra degan qizni olishim kerak edi, ammo ba’zi sabablarga ko‘ra bir oydan keyin Nilufar bilan ishlashga qaror qilganman. Nilufarning birinchi aytgan qo‘shiqlari bor, u paytlarda ovozi u qadar kuchli emasdi. Mehnatlarimiz samarasi bilan 3 yilda mukofot olish darajasiga yetdi. Nilufarni so‘kkanim va urganimni ham tan olaman. Buning uchun Nilufardan uzr so‘rayman. Ammo besabab urmaganman. U odamlarning orasida menga baland ovozda gapirgan. Agar o‘sha paytda indamay ketsam, odamlarning oldida kim degan odam bo‘laman. Xo‘p, xotin aka, deb indamay ketishim kerakmi? Erkak kishi o‘z-o‘zidan urmaydi, — deydi bastakor Sultonali Rahmatov. Yulduz Abdullayeva: “Qornimga urgach homilamdan ayrilganman” — Men hech qachon turmush o‘rtog‘imga ajrashish haqida og‘iz ochmaganman. Doim sabr qilib, chidab yurganman, yaxshi tomonga o‘zgarishiga umid qilgandim. Bir kun kelib sabr kosam to‘lgan va bir kunning ichida ajrashaman deb, chiqib ketganman. Turmush o‘rtog‘im meni juda ko‘p rashk qilganlar, bilmadim juda chiroyli bo‘lgan bo‘lsam kerak. Ortiqcha rashk ham odamni charchatar ekan. Turmush o‘rtog‘im “Qayerga borsang ham, mikrofonni ushlaganingda qo‘lingdagi nikoh uzuging ko‘rinib tursin”, deb tayinlagandi. Bir kuni shoshganimdan nikoh uzugini taqish esimdan chiqib qolibdi. To‘ydan qaytsam “Qani men aytgan taqinchoqni taqqaning?”, dedi. O‘shanda homiladorligimga ham qaramay, kaltaklagandi. Natijada homilam “tushib” qolgan. Bunaqa darajada rashk qilaverish ham bo‘lmaydi. Xonandaning qizi va kuyovi “Menga ishonmaysizmi?”, desam, “Yo‘q, senga ishonaman, ko‘chadagilarga ishonmayman”, degandi. Qarasam, u odam juda ham qiynalib ketyapti. U odam bilan yashashning ilojisi bo‘lmayapti. Bir kuni ajrashish haqida aytganman, ungacha bu haqda umuman og‘iz ochmaganman. Turmush o‘rtog‘im bilan 7-8 yil birga yashaganmiz. Qizimni onam 2,5 yoshgacha katta qilib berganlar. Keyin o‘zim katta qilganman. Karantin boshlanishidan avval qizimni uzatdim. Qizim ham, turmush o‘rtog‘i ham Inha universitetini bitirgan. Hozir moliya yo‘nalishida o‘qishni davom ettirmoqda, — deydi xonanda Yulduz Abdullayeva. Lola: “O‘qishimni davom ettirishga ham ruxsat berishmagan” — Biz sobiq turmush o‘rtog‘im bilan tanishganimizda 18 yoshda edim. U meni turmushga chiqishga ko‘ndirish uchun bir yil “mehnat qildi”, bizning to‘yimizga tish-tirnog‘i bilan qarshi bo‘lgan ota-onamni ko‘ndirish uchun esa yana bir yil sarfladi. U hammamizni ko‘ndirish uchun barcha mahoratini ishga soldi. Shu tarzda oradan 2 yil o‘tib biz unga taslim bo‘ldik. Otam sobiq turmush o‘rtog‘imdan to‘ydan keyin o‘qishimni davom ettirishim hamda o‘tgan yillar mobaynida erishgan karyeramni davom ettirish va’dasini oldi. Erkaklar qo‘l tashlashdi, non sindirildi, to‘yimiz bo‘ldi. To‘ydan keyingi 5 yil davomida men faqat uy ishlari bilan shug‘ullanib uyda o‘tirdim. Biz shahardan 30 kilometr uzoqlikda yashardik, men deyarli uydan ko‘chaga chiqmasdim. Menga o‘qishimni davom ettirishga ham ruxsat berishmadi. Chunki bu yangi kelinchakka uydagi majburiyatlarini bajarashiga xalaqit berardi. Shu tarzda Vestministerni tamomlay olmadim. O‘qishimni yuridik universitetning sirtqi bo‘limiga ko‘chirishdi. Ishlashimni hamda kasbim bilan bog‘liq tadbirlarda ishtirok etishimni taqiqlashdi. Barcha dugonalarim bilan aloqam uzildi, ular bilan uchrashuvlarga, tug‘ilgan kun va to‘ylarga yuborishmasdi. Ota-onamnikiga bir haftada bir marta bir necha soatga borardim, yotib qolishga hech qachon ruxsat berishmasdi. Shunday qilib oradan yillar o‘tdi. Ikki farzandli bo‘ldim. Har kuni ertalab soat 06:00 da turardim, yarim kechasi uxlashga yotardim. Boshqalarning manfaatlari bilan yashardim, chunki o‘zimda hech qanday manfaat yo‘q edi. Hayotimdagi asosiy maqsad oila a’zolariga xizmat qilish, ularga yaxshi ko‘rinish edi. Har kecha uxlashdan oldin o‘zimni sahnada his etar, ko‘zlarim yonib tabassum qilayotganimni tasavvur qilardim. Faqat tushimda o‘zimni baxtli va erkin his etardim. Kunlardan bir kun men 40 kunlik o‘g‘limni va ikki yoshli qizimni olib u uydan ketdim va u yerga boshqa hech qachon qaytmadim, — degandi Lola Yo‘ldosheva. Nargiza Abdullayeva: “Qo‘l ko‘tarardi, bo‘g‘ib jismoniy tan-jarohat yetkazardi” — Sobiq turmush o‘rtog‘im meni ko‘rib yoqtirib qolgan. Keyin kattalar otamning ishxonasiga borib, og‘iz solgan. Otam ham rad javobini bergan. Ammo ular sovchi bo‘lib kelavergan. Gap odam tanlashda emas, ammo avvaldan u inson bilan oila qurishni istamagandim. “Hozir oila qurishning vaqti emas, karyera qilishim kerak”, deb hisoblardim. Ammo taqdir ekan, bir oyda to‘yimiz bo‘lib ketdi. Keyin bilsam u inson aktrisa bo‘lganim uchun men bilan oila qurgan ekan. Yashirmayman, o‘rtahol oilaning farzandiman. Ular esa to‘ydan avval oilamizni boshqacha tasavvur qilgan ekan. Ota-onam ham borini qilgan, qiz uzatdim deb birovdan qarz olmaydi-ku. U paytda uzatilgan qiz tomonga 40 ta tog‘ara qilmasa uyat edi. To‘ydan keyingi ilk kundan boshlab, har xil gaplar qilishdi. Negadir “Artistsan-da” degan gap ko‘nglimga og‘ir botardi. Ulardan ko‘p marta hatto, “xo‘p bo‘ladi” degan so‘zim uchun ham shu gapni eshitgandim. O‘shanda “xo‘p bo‘ladi” degan so‘z ayrimlarga yoqmasligini tushunganman. Kamsitishlardan so‘ng u oila bilan kelajagimni tasavvur qilolmaganman. Chunki sobiq turmush o‘rtog‘im qo‘l ko‘tarardi, bo‘g‘ib jismoniy tan-jarohat yetkazardi. Hatto, majburan yashatish uchun uydan mashinasigacha sudrab chiqqan kunlari ham bo‘lgan. Erkak kishi ayoliga bir marta qo‘l ko‘tardimi, uning ojizligini bilib qayta va qayta bu ishni qilaveradi, — deydi aktrisa Nargiza Abdullayeva. Ra’no Yarasheva: “Boshimga qattiq jism bilan urgach, ota uyimga ketdim” — O‘n yetti yoshimda oila qurganman. Turmush o‘rtog‘im yomon inson emasdi, ammo dunyoqarashimiz bir-biriga mos kelmasdi. Men yosh, she’riyatga qiziqadigan inson edim. Ammo qiziqishlarim turmush o‘rtog‘imga yoqmasdi. U insonning fikricha, kelinning kitob o‘qishi, she’r yozishi ma’qul ish emasdi. Keyin turmush o‘rtog‘im spirtli ichimlik iste’mol qilardi. Bir kuni kelib, boshimga qattiq jism bilan urdi. Boshimdan qon oqayotganini ko‘rib, jahl bilan ota uyimga ketdim. Otam ahvolimni ko‘rib, nima bo‘lganini so‘radi. Keyin turmush o‘rtog‘imning yoniga kelib, “Qizimning aybi nima? Nega urding”, deb so‘radi. Turmush o‘rtog‘im kulib, bunday hol hamma oilada bo‘lib turishini aytdi. Otam jahl bilan turmush o‘rtog‘imni urganida xonaning u boshiga uchib tushgandi. Undan keyin “Ichmayman, yana shunday qilsam bolamning o‘ligini ustida o‘tiray”, deb qasam ichdi. Afsuski, qasamining ustidan chiqmaganidan keyin 4 yoshlik qizim olamdan o‘tdi. Bu voqeadan keyin u oilada qololmadim, — deydi aktrisa Ra’no Yarasheva. Zarnigor G‘aniyeva: “ ‘Eringdan arazlab qayerga ham ketarding? Boradigan joying yo‘q’, deyishardi” — Onam erta vafot etganidan so‘ng o‘gay otam erta turmushga bergan. Kelinlik davrim juda qiyin o‘tgan. Chunki erta uyg‘onishni, hatto qaynonaga qanday qilib choy uzatishni ham bilmasdim. Ammo qiyinchiliklarim faqat bu emasdi. Turmush o‘rtog‘im bilan ham munosabatlarimiz u qadar yaxshi emasdi. Uning xatti-harakatlari o‘zgarayotganini yaqinlariga aytsam gapimga ishonishmasdi. “Eringdan arazlab qayerga ham ketarding? Boradigan joying yo‘q”, deb kulishardi. Aslida ham vaziyatim shunday edi. Eng alam qilgani er-xotin tortishib qolsak qaynonam aralashib “Sen ham onangga o‘xshab birovga ikkinchi xotin bo‘lmoqchimisan? Ming qilsa ham onangga o‘xshaysan-da”, derdi. Onam yomon ayol emasligini, faqat taqdir sabab ikki marta oila qurganini aytolmasdim. Ammo oilam buzilishiga bular sabab bo‘lmadi. Biz turmush o‘rtog‘im bilan ijara uyda yashardik. O‘g‘lim hali chaqaloq edi. Uyimizga tez-tez turmush o‘rtog‘imning do‘stlari kelib, xona eshigini yopib nimalardir qilishardi. Keyin bilsam ular qimor o‘ynashar ekan. O‘yinning birida turmush o‘rtog‘im meni va farzandimni qimorda yutqazib qo‘yibdi. Buni ijara uy egasi kelib aytganida shokka tushganman. “Uydagilaringni chaqir”, dedi. Ortimdan keladigan odam yo‘q, deganimdan keyin uy egasi ichki ishlar xodimlarini chaqirgan. Shundan keyin bolamni olib, o‘gay otamning uyiga qaytganman, — deydi Zarnigor G‘aniyeva. Zuhra Soliyeva: “Mana senga bola, deb ichimga tepardi” — Juda kech oila qurganman. O‘g‘il bolaga oson, istalgan qizga sovchi qo‘yadi. Ko‘ndirsa, uylanib ketaveradi. Qiz bolaning ishi qiyin ekan. Taqdir bo‘lmay, yoshim katta bo‘lganda oila qurdim. Turmush o‘rtog‘im o‘zimdan 7 yosh kichik edi. Oilani mustahkamlovchi kuch bu farzand. O‘rtada negadir hech farzand bo‘lmadi. Munosabatlar ham avvalgidek emasligi meni hamisha tashvishlantirardi. Ayol kishi turmush o‘rtog‘idan mehr ko‘rsa, har qanday muammoni yengib o‘ta oladi. Mehrsiz munosabat esa katta muvaffaqiyatlarni ham tariqcha qadrsiz qilib qo‘yishi mumkin. Hayot insonga bir bor beriladi. Shunday ekan, har kim o‘z baxtini topib, baxtli ekanini his qilib yashashi kerak. To‘ylarga chiqaman, lekin Toshkentdan kvartira sotib oladigan darajada pul topmayman, bu birinchidan. Ikkinchidan, erga tegdim. Erga tegib, uy-joy qilaman, desam, u er shunaqa tushdi, bor-yo‘g‘imni sovurdi. Ana shunda olardim. Erim ham pulimni sovurdi, ham dilimni og‘ritdi. Men nega chidardim, bitta bola bo‘lsa buyam bosiladi, o‘zgaradi, derdim. Bizda shunaqa gap bor-ku. Bitta bola bo‘lsa, erim bosiladi, deganlarga aytmoqchi bo‘lgan gapim: bosilmaydi! Bo‘lmagani boshidan bilinadi! GAIga tushgan jarimasini ham men to‘lardim, kiyim-kechak olib berardim, mashinani bo‘lib to‘lashga olganman, har oy 400 dollar to‘lardim. O‘sha pullarni hisoblasam, erimni ketidan ikkita uyning puli ketdi. Nafaqat erim, balki qaynonam ham ikkiyuzlamachilik qildi. Menga yaxshi gapirib, telefonda o‘g‘liga “ur”, derdi. “Bir marta qachon bola qilamiz, bola xohlayapman”, deganimda “Mana senga bola!”, deb bachadonimga tepgan, — deydi Zuhra Soliyeva.
169
15,208
Madaniyat
Forbes 2018-yilning eng ko‘p haq to‘lanadigan yozuvchilari reytingini e’lon qildi.
Forbes jurnali 2018-yilning eng ko‘p haq to‘lanadigan yozuvchilari reytingini e’lon qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda. Jeyms Patterson. Mazkur mualliflar joriy yil mobaynida AQShda 24,5 million kitob sotish va 283 million dollar ishlab topishga muvaffaq bo‘lgan. Ro‘yxatda birinchi o‘rinni 86 million dollar bilan detektiv romanlar muallifi, amerikalik yozuvchi Jeyms Patterson egalladi. Ikkinchi o‘rinda 54 million dollar bilan Garri Potter haqidagi kitoblar muallifi Joan Rouling qayd etildi. Uchlikni “vahimali asarlar qiroli” Stiven King 21 million dollar bilan yakunlab bergan. Eng ko‘p haq to‘lanadigan yozuvchilar reytingiga Jon Grishem, Den Braun, Jeff Kinni, Maykl Vulf, Nora Roberts, Daniela Stil, Rik Riordan va Erika Leonard Jeyms ham kirgan.
82
773
Madaniyat
Obid Asomovning rafiqasi ilk marta turmush o‘rtog‘ining ikkinchi ayoli bo‘lgani hamda undan o‘g‘il farzand ko‘rgani haqida gapirdi (video)
Marhum so‘z ustasi Obid Asomovning rafiqasi Dilfuza Asomova Chotki TV YouTube kanaliga bergan intervyusida turmush o‘rtog‘ining ikkinchi ayolidan bo‘lgan o‘g‘il farzandi haqida gapirdi. “Obid akam kelin tushirishni orzu qilardilar. Yashirmayman, ikkinchi oilalari bo‘lgan, o‘g‘il farzandlari bo‘lgan. U o‘g‘il shu yerda katta bo‘lgan, Xudoga shukur. Shu o‘g‘ilni uylantirmoqchi bo‘lganlar. Bo‘lajak kelin yaxshi, insofli, diyonatli, iymonli, e’tiqodli, o‘ziga o‘xshagan jaydari bo‘lsin, derdilar. Lekin, Dilfuza, hech narsa olmaymiz, men qizlarga qilaverib charchadim. Kelindan bitta narsa olmayman, bitta jon olaman, mol olmayman. Molning keragi yo‘q, o‘g‘limning peshonasiga bersin, o‘zi mehnat qilib qadriga yetadi. Agar hamma narsani to‘la-to‘kis qilib bersam, unda qadriga yetmaydi, derdilar. Farzandlarimizning hammasini oliy ma’lumotli qilganlar. Katta qizim sharqshunoslik institutida, ikkinchi qizim farmatsevtikada o‘qidi, uchinchi qizim to‘qimachilikda dadasiga o‘xshab dizayner bo‘lmoqchi bo‘ldi”, — deydi Dilfuza Asomova. Obid Asomovning oilasi Shuningdek, Dilfuza Asomova turmush o‘rtog‘ining vafotidan so‘ng o‘g‘li Odilxonni uylantirib, uning vasiyatini ado etgani haqida gapirdi: “Obid akam topgan pullarini shu bugun uchun ishlatar edilar. Hech qachon yig‘ib qo‘ygan inson emasdilar. Boquvchilari, yetimlari ko‘p bo‘lgan. Lekin, to‘g‘risini aytaman, mashinamni sotib, o‘g‘illarini uylantirib qo‘ydim. Bolaning boshini ikkita qilib, otasining vasiyatini ado etdim”.  Marhum qiziqchi Obid Asomovning o‘g‘li Odilxon uylandi (foto) Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Obid Asomov 2018-yilda yurak xurujidan vafot etgan. Marhum so‘z ustasi 2021-yilning avgustida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi.
138
1,803
Madaniyat
Tashqi ko‘rinishini jarrohlik amaliyoti orqali o‘zgartirgan Bollivud aktrisalari (foto)
Tabiiy go‘zallik haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Endi uni kunduzi chiroq yoqib ham topish qiyin. Bugungi aktrisalar o‘zining muvaffaqiyat yo‘lini, albatta, jarrohlik amaliyoti va go‘zallik manipulyatsiyasiz tasavvur qila olmaydi. Disha Patani Garchi Disha bilan amalga oshayotgan loyihalar unchalik ko‘p bo‘lmasa-da, kundan kunga uning mashhurligi ortib bormoqda. Joriy yilning o‘zida faqatgina ikkita filmda suratga tushgan aktrisa o‘z faoliyatini modellikdan boshlagan. So‘ng mamalakat janubida ilk debyut rolini ijro etdi va shundan so‘ng Bollivudga ko‘chib keldi. Endi esa Disha o‘z go‘zalligi bilan muxlislarini hayratda qoldirmoqda, ular aktrisaga havas hamda taqlid qiladi. Lekin uning ilk fotosessiyasi internet olamida paydo bo‘lganida muxlislarning nafasi ichiga tushib ketdi. Betakror va ajoyib chiroy egasi bir vaqtlar oddiygina ko‘rimsiz ayol, hatto uni olomon orasidan ajratib olish qiyin bo‘lgan. Jarrohlik amaliyoti, qomatga ishlov berish, go‘zallik ukollari va muntazam mashg‘ulotlar Dishani yoshlarning kumiriga aylantirdi. Albatta, bu aktrisalarga xos ko‘rinish, u mutanosiblikni va me’yorni juda yaxshi biladi. Malakali jarrohga qoyil qolmay iloj yo‘q. Anushka Sharma Ammo Anushka Sharma bu borada biroz uquvsizroq. Aktrisaning ilk faoliyatida tashqi qiyofasi sababli Aditya Chopra “Tangri yaratgan juftlik” filmi uchun uni olishni xohlamasligini ochiq-oydin aytgan. Aktrisa esa ko‘p yillar davomida tashqi qiyofasi borasida mutaxassislar bilan maslahatlashmoqda. Aktrisa labi va iyagini chegaralash amaliyotini o‘tkazgan, shuning uchun ham ba’zida uning yuzi rezina niqobga o‘xshab ketadi. Shuningdek, aktrisa bir necha marotaba yuzini blefaroplastik qildirdi, balki shu tufayli uning ko‘rinishi o‘zgarib turadi. Anushka endigina 32 yoshga kirdi, ammo uning qiyofasi bundan kattaroq ko‘rinadi. 10-15 yildan keyin aktrisaning qanday holda bo‘lishini tasavvur qilish mumkin. Esha Gupta Aktrisa Esha Gupta hindistonlik Joli bo‘lish uchun barchasini sinab ko‘rdi va tan olish kerak, avvaliga uddaladi. Ammo eng muhimi nima? Vaqtida barchasini to‘xtatish, lekin aktrisa bunday qilmadi. U endi umuman boshqa ko‘rinishdagi ayolga aylanib qoldi.
87
2,166
Madaniyat
Ko‘plab mashhur filmlar musiqasini yaratgan italiyalik afsonaviy kompozitor Ennio Morrikone vafot etdi
Italiyalik taniqli kompozitor Ennio Morrikone 91 yoshida hayotdan ko‘z yumdi, deb xabar berdi TJournal. Kompozitor o‘limidan bir necha kun avval yiqilib tushgan, hamda tos suyagini sindirib olgan. Yiqilish asoratlari keksa san’atkorning o‘limiga sabab bo‘lgan. Morrikone ko‘plab Gollivud filmlariga musiqalar yozgani bilan mashhur. Uning musiqalaridan “Professional”, “Yaxshi, yomon, badjahl”, “Pianinochi haqida afsona”, “Ozod qilingan Jango”, “Jirkanch sakkizlik” kabi filmlarda foydalanilgan. “Jirkanch sakkizlik” filmi uchun yaratgan musiqasi 2016-yilda “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritgan. Morrikone 2007-yilda kinematografiya sohasidagi xizmatlari uchun mukofotlangan. Afsonaviy kompozitor 2011-yilda Toshkent shahrida ham konsert bergan. U o‘z jamoasi bilan “Mahallada duv-duv gap” filmi musiqasini ijro etgan.
102
817
Madaniyat
“Oskar”ning 2016-yildagi asosiy g‘oliblari. Bir rasmda
Toshkent vaqti bilan 29-fevral, dushanba kuni Los-Anjelesda “Oskar” mukofotining 88-taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
54
107
Madaniyat
Aktrisa Shahzoda Muhammedova rossiyalik mijozi uchun og‘irligi 24 kilogramm bo‘lgan nikoh ko‘ylagini yaratmoqda
Aktrisa va dizayner Shahzoda Muhammedovaga rossiyalik mijozidan kelinlik libosiga buyurtma berilgan, deb yozadi “Darakchi.uz”. Dizaynerning xabar berishicha, mazkur libos ustida 15 nafarga yaqin dizayner bir oydan buyon mehnat qilmoqda. Kelinlik libosini yaratishda asosan qo‘l ishidan foydalanilmoqda, ya’ni libosning har bir detaliga qo‘l bilan bezak berilmoqda. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
111
540
Madaniyat
“La-La Lend”ning muallifi AQSh rejissorlar gildiyasi bosh mukofotini qo‘lga kiritdi
“La-La Lend” myuziklini suratga olgan va shu film uchun ssenariy yozgan Demyen Shazell “badiiy filmdagi yuksak rejissorlik yutuqlari uchun” AQSh rejissorlar gildiyasi bosh mukofotini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda. Shazelldan tashqari, bu mukofotga Gart Devis (“Sher” filmi), Barri Jenkins (“Oy shu’lasi”), Kennet Lonergan (“Dengiz bo‘yidagi Manchester”) va Deni Vilnyov (“Tashrif”) ham da’vogarlik qilgan edi. Avvalroq “La-La Lend” Shazellga eng yaxshi rejissorlik ishi yo‘nalishi bo‘yicha “Oltin globus” mukofotini taqdim etgan edi. Myuzikl yettita “Oltin globus”ni qo‘lga kiritib, mukofot rekordini o‘rnatdi. Shuningdek, “La-La Lend” “Oskar”ga nomzod bo‘lish bo‘yicha rekord qo‘ygan — film 13 yo‘nalishda 14 marta g‘oliblikka da’vogar sifatida ko‘rsatilgan. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
83
950
Madaniyat
Forbes eng ko‘p pul ishlab topgan aktrisalar ro‘yxatini e’lon qildi. Sofiya Vergara reytingda birinchi deb topilgan
Forbes jurnali eng ko‘p haq to‘langan aktrisalarning navbatdagi reytingini e’lon qildi. 2019-yilda ikkinchi o‘rinni egallagan Sofiya Vergara bu yilgi ro‘yxatda yetakchilik qilgan, deb yozadi Esquire. Ma’lum qilinishicha, komediya janrida suratga olingan “Zamonaviy oila” serialida suratga tushgan aktrisaning daromadi 43 million dollarni tashkil qiladi. Wallmart kompaniyasi uchun jinsilar ishlab chiqarishni boshlagan Vergara Rooms To Go mebellar do‘koni bilan ham hamkorlik qiladi. Asosiy daromadini Marvel tomonidan suratga olingan “Qizil xabar” filmidagi roli sabab qo‘lga kiritgan Anjelina Joli esa 35,5 million dollar bilan ikkinchi o‘ringa loyiq deb topilgan. Daromadining katta qismini striming servis bilan hamkorlik asosida ishlab topgan “Mo‘jiza ayollar” yulduzi Gal Gadot esa 31,5 million dollar daromad bilan ro‘yxatda uchinchi bo‘lgan. Aktrisa Melissa Makkarti 25 million dollar bilan to‘rtinchi, Meril Strip esa undan bir million kam daromad bilan beshinchi bo‘lgan. 22,5 million dollarga ega bo‘lgan Emili Blant oltinchilikni, Nikol Kidman esa undan yarim million kam mablag‘ bilan yettinchilikni egallagan. Ellen Pompeo 19 million daromadi sabab sakkizinchi o‘ringa, Elizabet Moss esa 16 million dollar bilan to‘qqizinchi o‘ringa loyiq deb topilgan. 15,5 million dollar haq to‘langan Viola Devis ro‘yxat o‘ntaligiga yakun yasagan. Qayd qilinishicha, reytingdan o‘rin olgan barcha aktrisalar oldingi yildagi yetakchilardan 20 foizga kam — 254 million dollar ishlab topgan. Qolaversa, Anjelina Joli va Emili Blantdan boshqa aktrisalar daromadining katta qismini an’anaviy kinematografiyadan emas, striming servislari va televideniyedan qo‘lga kiritgan. So‘nggi yilda eng ko‘p haq olgan erkak aktyorlar o‘ntaligining umumiy daromadi 545,5 million dollarni tashkil qilgan va ushbu natija ayol hamkasblar tomonidan qayd qilingan ko‘rsatkichdan deyarli ikki baravar ko‘p, deyiladi xabarda. Eslatib o‘tamiz, Forbes’ning eng ko‘p haq to‘lanadigan aktyorlar ro‘yxatida Dueyn Jonson yetakchilik qilgan va uning 2020-yildagi daromadi 87,5 million dollar deb baholangandi.
115
2,080
Madaniyat
Hindlarning “Khuda Hafiz” romantik jangari filmi O`zbekistonda suratga olinmoqda
Hindistonning eng yirik kinokompaniyalaridan biri hisoblangan Panorama Studios O`zbekistonda “Khuda Hafiz” nomli romantik jangari filmini suratga olmoqda. Bu haqida "O`zbekkino" milliy agentligi axborot xizmati xabar bermoqda.  “Khuda Hafiz” filmini suratga olishda qatnashish uchun Hindistondan 130 kishi hamda AQSh, Rossiya va qator Evropa mamlakatlaridan 30 kishi O`zbekistonga kelgan. Filmni suratga olish ishlari 14 oktyabrda boshlangan.  Shu bilan birga ijodiy jarayonda O`zbekistondan ham aktyorlar, texnik xodimlar jalb qilingan. Jumladan loyihada Muqimiy teatrining mahoratli aktyori Otabek Haqberdiev ham suratga tushmoqda.  O`zbekistondagi suratga olish ishlari byudjeti bir million dollarga yaqinni tashkil qilishi kutilmoqda. S`yomka jarayonlari Toshkent va Xiva shaharlarida bo`lib o`tmoqda. Shundan so`ng ijodiy guruh o`z ishini Hindistonda davom ettiradi. “Khuda Hafiz” filmi romantik-ekshin janrda bo`lib, bosh rolni Vidyut Jamvall ijro etmoqda. Film syujetiga hayotiy voqealar asos qilib olingan. Kartina premerasi 2020 yilda bo`lishi rejalashtirilgan.
80
1,070
Madaniyat
Ziyoda, “ElDiDo” va “Odnoklassniki.ru” “E’tirof-2013” mukofoti sovrindorlari qatoridan joy oldi
Avval xabar berganimizdek, “Istiqlol” saroyida 20-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda qator hamkor tashkilot va idoralar bilan birgalikda madaniyat, san’at, badiiy ijod, jurnalistika va sport sohalarida salmoqli yutuqlarga erishgan eng faol ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, ularning faoliyatini keng ommalashtirish maqsadida tashkil etilgan “E’tirof” mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Foto © O‘zA “Mumtoz qo‘shiq, milliy estrada va opera san’ati”, “Milliy va zamonaviy raqs hamda balet”, “An’anaviy va akademik cholg‘uchilik”, “Rassomlik va dizayn”, “Kino, teatr va ommaviy tomoshalar”, “Badiiy ijod, jurnalistika va televideniye”, “Sport va jismoniy tarbiya” kabi yo‘nalishlar bo‘yicha yigirmadan ortiq nominatsiya g‘oliblari taqdirlandi. “Sayyod” nashrining xabar berishicha, tadbirda eng yaxshi teleloyiha sifatida Shuhrat Qayumovning “Tarannum” ko‘rsatuvi e’tirof etildi. Yilning eng yaxshi kinoaktyori Tolib Mo‘minov, kinoaktrisasi Ra’no Shodiyeva bo‘ldi. Eng yaxshi kinorejissor sharafiga esa Hilol Nasimov “Odnoklassniki.ru” filmi uchun sazovor bo‘ldi. Bundan tashqari, “ElDiDo” guruhi eng faol guruh, Xurshida Nazarova eng yaxshi bastakor deb tan olindi. Ziyodaga “Yilning eng faol xonandasi” nomi nasib etdi. Ziyodaga mukofot topshirilmoqda. Foto © Sayyod.com Nashrning ta’kidlashicha, tadbir yorqin lahzalarga boy bo‘ldi. Chunonchi, shou boshida Shahzoda Muhamedovaning Rayhon va Shahzodani parodiya qilgani butun zal olqishiga sazovor bo‘ldi. Bundan tashqari, “Ummon” guruhi “Yalla”ning mashhur “Shahrisabz” qo‘shig‘ini, Nasiba Abdullayeva o‘zining afsonaviy “Samarqand” qo‘shig‘ini kuylaganda tomoshabinlar junbushga keldi. “Ummon” “Shahrisabz”ni kuylamoqda. Foto © Sayyod.com Nasiba Abdullayeva “Samarqand” qo‘shig‘i bilan sahnada. Foto © Sayyod.com Shuningdek, konsertga tashrif buyurgan Sevara Nazarxonni muxlislar o‘rinlaridan turib, olqishlar bilan qarshi oldi. “Tomoshabinlar xuddi stadiondagi futbol ishqibozlari kabi jonlanib ketdi”, — deyiladi xabarda. Sahnada — Sevara Nazarxon. Foto © Sayyod.com Eslatib o‘tamiz, tanlovda 23 ta nominatsiya bo‘yicha 69 ta nomzod ishtirok etdi.
95
2,198
Madaniyat
“Ummon” guruhi xonandasi Jasurning nikoh to‘yi bo‘lib o‘tdi
“Ummon” guruhi xonandalaridan biri Jasur uylandi. “MyDay.uz”ning 7-sentabrdagi xabariga ko‘ra, kuni kecha Jasurning nikoh to‘yi bo‘lib o‘tgan. “Ikki yoshning hayotidagi eng baxtli kunda guruhning barcha yaqin do‘stlari, shou-biznes vakillari tashrif buyurdi. To‘y marosimini aktrisa Shahzoda Muhammedova va taniqli radioboshlovchi Akmal Mirzo olib bordi”, — deyiladi sayt xabarida.
59
382
Madaniyat
Reyting: 2017-yilning birinchi yarmida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmlari
Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda 2017-yil birinchi yarmida 40 dan ortiq premyera bo‘lib o‘tdi. Jurnalist Feruz Muhammad kinosaroy kassasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida, yarim yillikning eng ko‘p tomoshabin to‘plagan filmlari o‘nligini tayyorladi. 10-o‘rin. “Hamroh” (triller) Rejissor — Akrom Shoxnazarov. Namoyishi 10-apreldan boshlangan. 9-o‘rin. “O‘g‘irlanmagan kelin” (komediya) Rejissor — Murod Inog‘omov. Namoyishi 29-dekabrdan boshlangan. 8-o‘rin. “Qizlarning jahli chiqdi” (komediya) Rejissor — Ilhom Muhammadibrohimov. Namoyishi 28-dekabrdan boshlangan. 7-o‘rin. “Er bermoq, jon bermoq 2” (komediyali melodrama) Rejissor — Rustam Sa’diyev. Namoyishi 13-martdan boshlangan. 6-o‘rin. “Virus” (drama) Rejissor — Akbar Bekturdiyev. Namoyishi 2-dekabrdan boshlangan. 5-o‘rin. “Ayg‘oqchi kampir 007” ( komediya) Rejissor — Ulug‘bek Yunusov. Namoyishi 16-yanvardan boshlangan. 4-o‘rin. “Voy dod 2” (komediya) Rejissor — Ozod Shams. Namoyishi 19-dekabrdan boshlangan. 3-o‘rin. “Jonim yig‘loqi” (komediya) Rejissor — Otabek Mirzaxolov. Namoyishi 16-martdan boshlangan. 2-o‘rin. “Qaysarginam 2” (komediya) Rejissor — Azamat Axrorov. Namoyishi 11-maydan boshlangan. 1-o‘rin. “Arslon izidan” (drama) Rejissor — Aziz Rametov. Namoyishi 13-maydan boshlangan.
84
1,293
Madaniyat
Anjelina Jolini ko‘chada ozib-to‘zib ketgan holda ko‘rishdi
Yaqinda paparattsi Gollivud yulduzi Anjelina Jolini muxlislariga dastxat berayotgan vaqtda qo‘qqisdan “qo‘lga tushirdi”, deb yozadi 7MedNews. Insayderlar tomonidan chop etilgan suratlarda Anjelina Joli juda charchagan va ozib-to′zib ketgan holatda aks etgan. Los-Anjeles ko‘chalariga aktrisa qora ko‘ylakda chiqqan. Libosi did bilan tanlangan bo‘lsa-da, Anjelinaning o‘zi unchalik yaxshi ko‘rinishda emasdi. Shunga qaramay, u muxlislariga jon deb dastxat yozib berdi va ular bilan selfiga tushdi.
59
497
Madaniyat
Kino erkinlik bor joyda rivojlanadi – Franko Nero
Franko Nero, italiyalik aktyor: — Kino erkinlik bor joyda rivojlanadi. Bu sohani kuzatadigan bo`lsak, rivojlangan davlatlar har tomonlama ancha o`zib ketgan. Mazkur kinofestival ham o`ylaymanki, O`zbekiston uchun yaxshi va yangi marralarni olib keladi. Toshkent Xalqaro kinofestivalida qatnashayotganimdan xursandman.   O`ylab qarasak festivalni o`tqazishdan maqsad ham do`stona aloqalarni rivojlantirishdir. Festival davom etyapti. Kinoijodkorlarga omad tilayman! Eslatib o`tamiz, Toshkent xalqaro kinofestivali 3 oktyabrgacha davom etadi. Kinofestivalning bosh homiylari “Bosch” TM hamda “Easy Booking”.
49
605
Madaniyat
“Fonogramma aytadigan muttaham deganlar”. Sardor Mamadaliyev ustoz san’atkor uni to‘yda kamsitgani haqida gapirib berdi (video)
Xonanda Sardor Mamadaliyev “Daryo” internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi. Sardor Mamadaliyev suhbat davomida ustoz san’atkor uni to‘yda kamsitgani haqida gapirib berdi. Rahmatli Rahmatilla Mirzayev hayot edilar. To‘yda davrani ular olib borayotgandilar. Joylari jannatdan bo‘lsin, ilohim. Ular rostdan ham muxlisim bo‘lgan ekanlar. Mana erkakcha ovoz, bu xonandani radiolarda eshitib, kim ekan, deb yurardim, deb tantanali e’lon qilib, ko‘klarga olib chiqqan vaqtda bir ustoz san’atkorimiz kelib, olib chiqib tashlamaysizlarmi fonogramma aytadigan muttahamni, deganlar. Kimligini aytmayman, o‘shanda u san’atkor dilimni qattiq og‘ritgan, lekin u san’atkorning ijodi juda ham yaxshi. Har bitta dilda Alloh yashaydi, iloji boricha dilozorlik qilmaslikka harakat qilaman. Ichimda u san’atkorga javob ber, degan fikr ham o‘tdi, ammo endi chiqayotgan nihol edim, puf desa, uchib ketaman. Beodobdan odob o‘rgan deydi-ku, men u ustoz san’atkordan odobni o‘rganganman. Sardor Mamadaliyev, xonanda Ma’lumot uchun, Sardor Mamadaliyev 1985-yil 10-oktabr kuni Namangan viloyati, Chust tumanida dunyoga kelgan. “Xalqlar do‘stligi” saroyida to‘qqiz marotaba yakkaxon konsert dasturini taqdim etgan. Oilali, ikki farzandning otasi.
127
1,284
Madaniyat
Selena Gomes buyrak ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasini boshidan kechirdi
Amerikalik qo‘shiqchi Selena Gomes o‘z Instagram’ida yozda buyrakni ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasini boshdan kechirgani haqida gapirib berdi, deb yozadi Afisha Daily. Unga o‘z dugonasi donorlik qilgan. 25 yoshli xonanda teri silining bir turini boshidan o‘tkazgach, uning buyraklari ishlamay qolishni boshlagan. Qarindoshlarining buyraklari to‘g‘ri kelmasligi ma’lum bo‘lgach, Selena do‘stlari orasidan donor qidirgan. Oxir-oqibat, operatsiyaga uning eski do‘sti — aktrisa Fransia Raysa rozilik bildirgan. Qo‘shiqchi so‘nggi oylarda uni qo‘llab-quvvatlashgani uchun qarindoshlari va shifokorlarga minnatdorlik bildirdi. Ammo eng iliq so‘zlarni Selena o‘z “opasi” deb atagan Raysaga izhor qildi. Gomesning kasalligi haqida 2014-yildayoq ma’lum bo‘lgan edi. Keyingi yil u kimyoviy terapiya kursidan o‘tdi, ammo natija kutilgandek bo‘lib chiqmadi — teri sili rivojlanishda davom etdi. 2016-yilda Selena yana o‘z konsertlari va albomi ustida ishlashni to‘xtatib turishga majbur bo‘ldi.
72
984
Madaniyat
Abadiyatga ko‘chgan afsonaviy ishq qissasi. 19-dekabr – “Titanik” filmi ilk bor namoyish etilgan kun
Dunyo kinosevarlari orasida “Titanik” filmini sevib tomosha qilmagani yo‘q bo‘lsa kerak. Film bugungi kungacha barcha davrlarning eng yaxshi filmi sifatida baholanib kelinadi. Ijodiy guruhning mehnati, xronologik aniqlik, muhabbatni yuksak darajada tasvirlangani va ijtimoiy tengsizlikni olib chiqishi katta natijalar olib keldi. Bundan 23 yil oldin, 1997-yil 19-dekabrda ushbu film ilk bor katta ekranlarga chiqqan edi. “Daryo” sana munosabati bilan barchaga sevimli bo‘lgan ushbu film haqida ma’lumot beradi. “Titanik” filmi Jeyms Kemeron tomonidan suratga olingan bo‘lib, undagi voqealar 1912-yil Atlantika okeani yo‘nalishidagi Titanik kemasining falokatiga asoslanadi. Filmning asosiy voqealari Titanik kemasi bilan bog‘liq bo‘lsa-da, kino o‘z e’tiborini odamlar taqdiriga qaratdi. Filmda kinorejissyor tarixiy katastrofani tragedik melodrama bilan muvaffaqiyatli qovushtira oldi va millionlab muxlislar ko‘nglini zabt etdi. Film jami uch soatdan oshiq davom etsa-da, tomoshabinlarga vaqtning og‘irligi tushmaydi. Bunga sabab – undagi har bir kichik detallar, elementlar, va kadrlar ideal tarzda olingani hisoblanadi. Film o‘zi bilan jamiyatdagi ko‘plab ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni ham olib chiqqan: erkaklar va ayollarga bo‘lgan huquqiy tengsizlik; boy va kambag‘al singari ijtimoiy sinflar o‘rtasidagi yirik tafovut va ularning hayotga nisbatan qarashlaridagi farq. Filmda bosh rollarni Leonardo Di Kaprio (Jek Douson), Keyt Uinslet (Rouz Byukeyter), Billi Zeyn (Kaledon Xokli), Keti Beyts (Molli Braun), Bernard Xill (Edvart Smit) va boshqalar ijro etdi. 1966-yil okean tubidan xazina izlovchi ilmiy guruh Titanik kemasining qoldiqlarini va undagi buyumlarni topib oldi. Ularning ichida eng ahamiyatli bo‘lib ko‘ringan “Okean yuragi” nomli ko‘k brilliant 1912-yilgi kema halokatidan tirik qolgan Rouz Byukayterga tegishli ekanini aniqladi. Rouz o‘zining brilliant tumorini ko‘rgach, Titanik kemasidagi xotiralarini eslashni boshladi. 1912-yil, 10-aprel. Titanik kemasi Sautgempton portidan Amerika tomon yo‘lga chiqdi. 17 yoshli Rouz o‘zining badavlat oila a’zolari bilan kemaning birinchi klassidan joy oldi. Bu vaqtda tayinli ishi bo‘lmagan, faqat buguni bilan yashovchi va kambag‘al hayot kechiruvchi Jek o‘z do‘stlari bilan kartadan yutib olgan chiptalari bilan kemaning pastki, uchinchi klassidan joy oldi. Kema yo‘lga chiqqanida, Rouzning onasi Ruf o‘z qizini juda ham boy bo‘lgan Kaledonga berishni istaydi. Rufning asosiy maqsadi: oilasining qarzlaridan qutulib, boy hayot kechirish edi. Erkin hayoti va tanlovi bo‘lmagandan ko‘ra o‘limni afzal ko‘rgan Rouz, kechqurun o‘zini suvga tashlab o‘ldirmoqchi bo‘ladi. Rouzni ko‘rib qolgan Jek uni bu ishdan to‘xtatadi va do‘stlashib oladi. Jek Rouzga o‘zi chizgan rasmlarni ko‘rsatadi va ovqatlanish uchun kemaning uchinchi klass qismiga taklif qiladi. U yerdagi hayot tarzi birinchi klassnikidan ko‘ra ancha qiziqarli, zavqli va ko‘ngliga yaqin tuyulgani uchun Rouz o‘zini baxtli his qilishni boshlaydi. Ruf va Keledon Rouz va Jekning munosabatlaridan xabar topgach, Rouzni o‘z xonasiga qamab, Jekni iloji boricha undan uzoqda saqlashga kirishadi. O‘rtadagi to‘siqlarga qaramay, Jek va Rouz bir-biriga intilishni boshlaydi. Bu aloqalar sevgigacha yetib boradi va Rouz o‘zining rasmini chizishni Jekdan so‘raydi. Rasmda Rouz o‘zining “Okean yuragi” tumori bilan tasvirlanadi, ushbu rasm va tumor esa ularning sevgi ramziga aylanadi. Bir kuni kema aysbergga uriladi. Yarim tunga yaqin sodir bo‘lgan ushbu to‘qnashuvdan faqat kemaning palubasida joylashganlar xabar topadi, ichki kayuta va salonda joylashgan yo‘lovchilar esa uzoq vaqt buni sezmaydi. Keledon seyfdan Rouzning brilliant tumor bilan tasvirlangan rasmini ko‘rib qolgach, odamlariga Jekni qamab qo‘yishni va Rouzni olib ketishni buyuradi. Jek palubada kishanlanganidan so‘ng, xona suvga to‘lishni boshlaydi. Rouz kema cho‘kayotganini ko‘rib, Jekni qutqarish uchun qaytadi. Yo‘lovchilar ichida vahima boshlanadi, kemaning yuqori qismida joylashgan boylar pastki qismdagi kambag‘allar yo‘lini to‘sib qo‘yadi. Bu vaqtda boylar qayiqlarga o‘tkazila boshlanadi. Oldiniga ayollar, keyin farzandi bor erkaklar ketishni boshlaydi. Kema ikkiga bo‘linib, tezlik bilan cho‘kayotganda, u yerda deyarli faqat kambag‘allar qoladi. Kema cho‘kkanidan so‘ng yo‘lovchilar tirik qolish uchun suv ustidagi narsalarga osilishni boshlaydi. Jek esa joy kichikligi uchun o‘zini qurbon qilgan holda Rouzni saqlab qoladi. Rouz ekspeditsiya va oila a’zolariga tirik qolgani haqidagi o‘z hikoyasini aytib bergach, uning xayollari Okean tubiga sho‘ng‘ib ketadi... Film asosan ikki qismga bo‘lingan: aysbergga urilguncha bo‘lgan, asosan sariq rang bilan boyitilgan sahnalar va undan keyingi tirik qolish uchun kurashilgan, ko‘k rang bilan tasvirlangan sahnalardan iborat. Filmning birinchi qismida qahramonlarning hayoti, yashash tarzi, qiziqishlari yuksak dramaturgiya bilan ochib berildi. Ikkinchi qismda esa voqealar markazida Titanik kemasi joy oldi. Kema cho‘kish davomida iloji boricha ko‘plab odamlarni ko‘rsatilgani – 1 500 dan ortiq odam halok bo‘lgan fojiani aniqroq ko‘rsatishga yordam berdi. Filmda Jek va Rouz kabi qahramonlar voqeani yanada dramatik ko‘rsatish uchun qo‘shilgan bo‘lsa-da, kema halokati bilan bo‘lgan vaqtlar tarixga xronologik tarzda to‘g‘ri keldi. “Cho‘kmas” deb ta’riflangan kema halokatidan atigi 706 nafar yo‘lovchi omon qoldi, jami yo‘lovchilar soni esa 2 208 nafarni tashkil qildi. Filmda kuchli emansipatsiya ham joy oldi. Bu bilan rejissyor ko‘plab ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni olib chiqdi, ayniqsa, boy va kambag‘al sinflar va ayol va erkak o‘rtasidagi tengsizliklar kuchli namoyon qilindi. Erkin hayotga intilayotgan Rouz esa XX asr ikkinchi yarmidan avj olayotgan zamonaviy feminizmni ko‘rsatib berdi. Rouz – ayollar uchun majburiyatlar qat’iy o‘rnatilgan mutlaq patriarxat jamiyatga qarshi chiquvchi progressiv qarashlarga ega qahramon qilib tasvirlandi. Shu yo‘l bilan u o‘z hayotida alternativ – mustaqil hayotni barpo etdi. Rouz o‘z sevgilisidan ayrilsa-da, yangi hayot boshlagani ko‘rsatildi. Filmdan olish kerak bo‘lgan dars esa hattoki eng sevimli odamlar vafot etsa ham umidsizlikka tushmaslik, yashashdan to‘xtamaslik va hayot uchun doimiy kurashish kerakligi bo‘ldi. Ijtimoiy sinflar holatida filmdagi qahramonlar uch guruhga bo‘lib ko‘rsatiladi: kemaning hashamatli joyidagi boylar, kema bortidagi kambag‘allar va kemani boshqarish xonasidagi dengizchilar jamoasi. Bu o‘ziga xos tarzda boy, kambag‘al, va o‘rta (ishchi) sinflarni anglatadi. Filmdagi musiqalar ham ijtimoiy tafovutni ko‘rsatib turadi: oddiy havaskorlar chalayotgan folk musiqa va professionallarning orkestrdagi ijrolari. Turli ijtimoiy-iqtisodiy sinfdagi yo‘lovchilarning kemadagi hayoti esa allegorik tarzda jamiyatga bog‘lanadi. Titanik kemasi bilan jamiyatdagi barcha odamlar bir kemada ekani, u cho‘kishni boshlasa hamma birdek jabr ko‘rishini, bundan zarar ko‘rmaydiganlar yo‘qligi ko‘rsatiladi. Kema cho‘kish davomidagi Kaledonning pullari ham uning hayotini saqlab qolishga yordam bera olmasligi jamiyat inqirozi vaqtida boylarning pullari katta ahamiyat kasb etmasligidan dalolat edi. Filmning markaziy e’tibori – Jek va Rouzning sevgi qissasiga qaratilgan bo‘lib, ularning taqdiri ayriliq bilan yakunlanishi filmga yanada tragedik tus berdi, o‘lmas sevgi tuyg‘ularini ko‘rsatdi. “Titanik” filmi Jeyms Kemeronning eng muvaffaqiyatli filmlaridan hisoblanadi. Rejissyor ungacha “Terminator” va “O‘zga sayyoralik” filmlari bilan ko‘pchilikka tanish edi. Ushbu filmlardagi vizual effektlar bilan bo‘lgan tajriba “Titanik” uchun poydevor vazifasini bajarib berdi. “Titanik” haqida Kemeron “bu shunchaki hikoya bo‘lishi kerak emas, film drama bilan cheklanmagan. Titanik haqida allaqachon hujjatli filmlar suratga olingan, bizni u filmlar oldida ham mas’uliyatimiz bor: tarixiy aniqlikni buzmagan holda, emotsional xabarlarni tomoshabinlarga yetkazib bera olishimiz shart” – deb aytadi. Filmdagi Rouzning brilliant taqinchoq bilan rasmini esa Kemeronning o‘zi chizgan edi. Ushbu filmni suratga olishni rejissyor 1987-yil National Geographic Channel tomonidan Titanik kemasi haqida suratga olingan hujjatli film sabab rejalashtirdi. Hali unchalik mashhurlikka erishmagan Di Kaprio va Uinslet juftligini Kemeron mukammal deb topdi, filmdan so‘ng esa bu juftlik ulkan mashhurliklarga erishdi. Filmni suratga olinishida vizual effektlar katta rol o‘ynaydi, kemaning tashqi tomoni tasvirlangan deyarli barcha sahnalar ushbu effektlar yordamida yaratildi. Filmning asosiy qismi basseynda olingan bo‘lsa-da, boshlanish sahnalardagi Atlantika okeaniga tushish haqiqiy okeanda olingan edi. Filmni suratga olish uchun jami 200 million dollar sarflandi. Taqqoslash uchun – Titanik kemasini qurishga o‘sha davrda 7,5 million dollar sarflangan yoki hozirgi davrdagi 400 million dollarga to‘g‘ri kelar edi. Filmning yuksak muvaffaqiyatga erishishiga, shubhasiz, Jek va Rouzning sevgi qissasi sabab bo‘ldi. Film katta ekranlarga chiqqanida bir milliard dollar – barcha davrlarning eng ko‘p daromad topgan filmiga aylandi. Bu rekordni esa 12 yil – 2009-yil Jeyms Kemeronning “Avatar” filmi chiqqunicha saqlab qoldi. “Titanik” filmi 2012-yil 3D ko‘rinishida katta ekranlarga qayta chiqarilganidan so‘ng, umumiy daromadi 2 ikki milliard dollardan oshib ketdi. 2020-yil yakuniga ko‘ra, “Qasoskorlar: Intiho” va “Avatar” filmlaridan so‘ng 3-o‘rinda barcha davrlarning eng ko‘p daromad topgan filmi bo‘lib turibdi. Ushbu daromadlari bilan birga, Oskar tarixidagi eng ko‘p haykalchalarni qo‘lga kiritgan filmlardan biri ham hisoblanadi. Jami 14 yo‘nalishda Oskarga nomzodini qo‘yib, yakunda 11 haykalchani qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari, film kino muxlislarining eng sevimli filmlari qatoridan ham joy oldi. 2017-yilga kelib, filmning 20 yilligiga “Titanik” AQSh milliy filmlar boyligi sifatida National Film Registry’dan joy oldi. “Titanik” filmi ko‘p sabablar bilan barcha davrlarning eng yaxshi filmlari qatoridan joy oldi. Kino ushbu tarixiy natijalarga ijodiy guruhning qattiq faoliyati, tarixga nisbatan xronologik aniqlik, sevgi rishtalarini yuksak darajada ko‘rsatgan dramaturgiya va ijtimoiy tengsizlikni olib chiqishi bilan erisha oldi. Film katta ekranlarga chiqqaniga 23 yil to‘lgan bo‘lsa-da, hanuzgacha ko‘plab muxlislar tomonidan qayta ko‘rib kelinadi. O‘z davrida esa deyarli barcha kinotanqidchilar tomonidan ijobiy baholanib, mutlaq rekordlar o‘rnatdi. Film ko‘p daromad topishi bilan birga, 125 ta xalqaro sovrinlarni qo‘lga kiritdi. Qisqa qilib esa “Titanik” filmini abadiyatga ko‘chgan afsonaviy ishq qissasi deb ayta olamiz. Farrux Adhamjonov tayyorladi.
100
10,578
Madaniyat
Instagram: Shuhrat Qayumovning qudasi koronavirusdan vafot etdi, videosi uchun tanqidga uchragan Nilufar Usmonova, xorijda dam olayotgan san’atkorlar
18-oktabr kuni jahon va o‘zbek san’ati yulduzlarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. Burak O‘zchivit yangi surat bilan muxlislariga ko‘rinish berdi. View this post on Instagram Rayhon farzandlari tug‘ilganidan so‘ng hayot mazmuni nimada ekanligini anglaganini ma’lum qildi. View this post on Instagram Shahzoda Matchonova yangi suratlarini sahifasiga joyladi. View this post on Instagram Marhum suxandon va xonanda Shuhrat Qayumovning qudasi, mohir hunarmand Shoolim Shomansur koronavirusdan vafot etdi. U 30-sentabr kuni Toshkent shahridagi xususiy klinikalardan biriga yotqizilgan edi. Jahongir Otajonov yangi klipida tillarang libosda namoyon bo‘ladi. View this post on Instagram Yigitali Mamajonov va Muqaddas Sa’dullayeva tez orada muxlislariga yangi ijod namunalarini taqdim etadi. View this post on Instagram Xonanda Lola Ahmedova Dubayda hordiq chiqarmoqda. View this post on Instagram Hosila Rahimova esa o‘g‘li bilan Istanbulni aylanib, Antalyaga yo‘l oldi. View this post on Instagram Aktrisa Bahora Arslonova va uning turmush o‘rtog‘i to‘ylarining ikki yilligini nishonlamoqda. View this post on Instagram Nilufar Usmonova Samarqand shahri kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayramda qo‘shiq kuylayotgani aks etgan video bilan bo‘lishdi. Ushbu videodagi bir-biriga juda yaqin turgan odamlar xonandaning folloverlarining tanqidiga sabab bo‘ldi. Internet foydalanuvchilari bayramda karantin qoidalariga rioya etilmaganini qoralamoqda. View this post on Instagram Asal Shodiyeva muxlislarining so‘roviga binoan qaynotasi ham aktyor ekanligini, uning juda yaxshi insonligini bildirdi.
149
1,807
Madaniyat
YouTube’da eng ko‘p tomosha qilingan 5 ta turk seriali
Turk seriallari dunyoning turli burchagidagi tomoshabinlar sevgisini ham qozonib kelmoqda. Sujetning o‘ziga xosligi, aktyor va aktrisalarning rolga kirishib ketib, ishonchli rol ijro qilganidan muxlislar ular o‘rtasida bir gap bor, degan xulosaga kelishi va ekran ortidagi qahramonlarni hayotda ham birga ko‘rishni istashi mumkin. Bu esa kinoijodkorlar ko‘zlangan maqsadga erishgani va tomoshabinlarni serialga bog‘lay olganini bildiradi. E’tiboringizga YouTube’da eng ko‘p tomosha qilingan mana shunday o‘ziga xos seriallar haqida ma’lumot havola etamiz. “Sadoqatsiz” Turkiyaning ATV kanalida efirga uzatilgan mazkur serial YouTube’da 29,2 million martadan ko‘proq tomosha qilingan. Janer Jindoruk va Jansu Dere  bosh qahramon rolini ijro qilgan serial sujeti baxtli va oilaviy munosabatlaridan ko‘ngli to‘q bo‘lgan shifokor ayolning erini xiyonat qilishi bilan bog‘liq. Erining sevgilisi uning oldiga homilador yoki yo‘qligini tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish uchun keladi. Shundan keyin ajrashishga qaror qilgan Asya sir boy bermasdan, turmush o‘rtog‘ini dodini berishni rejalashtiradi. “Qurilish: Usmon” YouTube’da 16,2 marta tomosha qilingan serialda Burak O‘zchivit, Tamer Yigit va Emre Basalak bosh qahramon rolini gavdalantiradi.Tarixiy seriallar hamisha yuqori reytingni qayd qilgan, tarixiy faktlar bilan sujetning to‘liq to‘g‘ri kelmasligiga qaramay, aktyorlar mahorati va o‘ziga xos kostyumlar muxlislarni ekran qarshisiga mixlab qo‘yadi. 2019-yilning noyabrida namoyishi boshlangan “Qurilish: Usmon” “Ertug‘rul” serialining mantiqiy davomi bo‘lib, unda Ertug‘rulning o‘g‘li, sarkarda Usmon G‘oziy haqida hikoya qilinadi. Ma’lumotlarga qaraganda ushbu serial muxlislari orasida Venesuela prezidenti Nikolas Maduro ham bor. U shunchalik qiziqqanidan sevimli serialining suratga olish maydonchasiga tashrif buyurgan. “Eshigimni qoq” Turkiyaning FOX TV kanalida efirga uzatilayotgan serial YouTube’da 15, 1 million marta tomosha qilingan. Kerem Bursin va Xande Erchel juftlik rolini ijro qilgan mazkur serial Turkiyaning o‘zida reytingda past ko‘rsatkichlarni qayd qilayotgan bo‘lsa ham boshqa mamlakatdagi muxlislar qalbidan joy olib ulgurdi. Mag‘rur va hissizdek ko‘ringan qahramon yigitning hayoti quvnoq va samimiy qizni uchratganidan keyin butkul o‘zgarib ketadi. O‘z prinsiplarini boshqa bir inson uchun o‘zgartiradigan sovuqqon Serkan va go‘zal  Eda o‘rtasidagi munosabatlar ba’zi vaqtda romantikani esga solsa, boshqa payt muammo va kulgili sahnalarning mujassamligi tomoshabinni zeriktirmaydi. “Ma’sumlar xonadoni” YouTube’da 14, 8 million marta ko‘rilgan serial Gulseren Budayjio‘g‘luning  mashhur asari asosida suratga olingan. Uning sujetini psixolog sifatida ishlaydigan opa-singillar va ularning oilasidagi munosabatlar hamda voqealar tashkil qiladi. Qizlarning akasi oilasi va otasiga yordam berishga hamisha shay bo‘ladi va shaxsiy munosabatlar haqida o‘ylashga vaqti ham bo‘lmaydi. Kunlardan bir kun u Inji ismli qiz bilan tanishadi va uni yoqtirib qoladi. Bir-biriga ko‘ngil qo‘ygan juftlik munosabatda bo‘lishiga turli to‘siqlar bo‘ladi. “G‘aroyib doktor” Daner Olmez va Onur Tuna bosh qahramon rolini ijro qilgan serial esa 14, 5 marta tomosha qilingan. Shifoxona va uning xodimlari bilan bog‘liq voqealar ustiga qurilgan serialda boladek beg‘ubor, ammo iste’dodli jarroh Ali haqida hikoya qilinadi. Istanbulga kelganidan keyin shifoxonaga ishga kirgan Alini hamma ham iliq qarshi olmaydi. Biroq uning kasbiga bo‘lgan muhabbati, mahorati, bemorlarga beradigan yordami e’tibordan chetda qolmaydi. Voqealar rivojining qiziqligi bilan birga aktyorlar rolini qoyilmaqom ijro qilgani ushbu serialni eng ko‘p ko‘riladigan kinoloyihalardan biri sifatida e’tirof etilishiga sabab bo‘lgan.
54
3,716
Madaniyat
“Sevgi iztirobi” serialidagi Amir roli bilan tanilgan Kaan Urganji o‘g‘li Toshkentga keldi (foto)
“Sevgi iztirobi” serialidagi Amir roli bilan tanilgan Kaan Urganji o‘g‘li  “Baron 2” filmining O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan suratga olish ishlari uchun Toshkentga keldi. Bu haqda film rejissori Rustam Sa’diyev jurnalist Feruz Muhammadga bergan qisqa intervyusida ma’lum qildi. Kaan Urganji o‘g‘li ‘Baron 2’ filmining O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan suratga olish ishlari uchun 21-mart kuni Toshkentga keldi. Filmdagi bosh rollardan birini ijro etayotgan Kaan Urganji o‘g‘li ‘Baron 2’ filmining o‘zi bilan bog‘liq epizodlari tugagunga qadar Toshkentda bo‘ladi. Rustam Sa’diyev, “Baron 2” filmining rejissori
97
608
Madaniyat
“Taxtlar o‘yini” seriali yulduzi Emiliya Klark miyasidan ikki marta operatsiya bo‘lgani haqida so‘zlab berdi
Britaniyalik aktrisa, “Taxtlar o‘yini” serialining yulduzi Emiliya Klark  uzoq vaqtdan keyin bundan o‘n yil avval, ya’ni 2011-2013 yillarda boshdan kechirgan miya anevrizmasi bilan bog‘liq ikkita operatsiya tafsilotlarini e’lon qildi. Klark bu kasallikdan omon qolishni omad bilan bog‘ladi. “Bu chidab bo‘lmas og‘riq edi. “Taxtlar o‘yini” serialida ishtirok etish men uchun juda ahamiyatli edi, bu esa menga iroda berdi. Miyamning katta qismi ishlamayapti, shunga qaramay gapira olishimdan va hatto artikulyar tarzda hayotimni mutlaqo normal, kasallikning oqibatlarisiz yashayotganimdan hayratlanaman. Men haqiqatan bu kasallikdan omon qolgan juda kam insonlarning biriman” , — deydi Klark BBC telekanalidagi suhbatda. Aktrisa birinchi marta 2019-yilda bu kasallik tufayli boshdan kechirgan ikkita miya operatsiyasi haqida gapirdi. Hozirda u Londonda suratga olinayotgan Anton Chexovning “Chaykalar” spektaklida bosh rolni ijro etmoqda. Emiliya 2023-yil Disney+'ning “Yashirin bosqin” serialida suratga tushadi. Klarkning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolari 2011-2013-yillarda Jorj Martinning asarlari asosida spektakl suratga olinayotgan paytda boshlangan. Keyinroq aktrisa ikkita murakkab miya operatsiyasini boshdan kechirgani ma’lum bo‘lgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, miyaning anevrizmalardan ta‘sirlangan qismi endi umuman ishlamaydi. Organizmdagi qon esa barcha zararlangan qismlarni chetlab o‘tadi.
108
1,407
Madaniyat
“O‘zbeknavo” xonandalarning 2016-yilgi faoliyati uchun tashakkurnoma tarqatdi (foto)
“O‘zbeknavo” estrada birlashmasi 2016-yil davomida davlat va jamoat tadbirlarida ishtirok etgan ijodkorlar va barcha xonandalarga tashakkurnomalar topshirdi. Bu haqda birlashma matbuot xizmati xabar bermoqda. Qayd etishlaricha, ijodkorlar va barcha xonandalar O‘zbekiston Mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan joylarda o‘tkazilgan “Biz buyuk yurt farzandlarimiz” hamda “Kim edigu kim bo‘ldik, ertaga qanday yuksak marralarni egallashimiz kerak?” mazmunidagi targ‘ibot tadbirlari, Mustaqillikning 25 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanalaridagi ishtiroki uchun taqdirlangan. Tashakkurnoma olganlar orasida Lola, Shahzoda, Manzura, Abdulla Qurbonov kabi xonandalarni ko‘rish mumkin. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
84
768
Madaniyat
Nukusda “Ustyurtga yo‘l” hujjatli filmi 19-yanvardan namoyish etila boshlaydi
“Ustyurtga yo‘l” hujjatli filmi 19-yanvardan boshlab Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat musiqali teatrida namoyish etila boshlaydi. Bu haqda teatning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qilindi, deb yozadi “Qoraqalpog‘iston yangiliklari” nashri. Filmda bosh rollarni mahoratli aktyorlar Minajiddin Uzakbayev, Akbarxo‘ja Rasulov, Adiz Rajabov, Nargiza Salmonova, Shahzoda Matchanova, Ko‘pjo‘rsin Allanazarov, Abduraim Abduvahobov hamda Vazira Yunusovalar ijro etgan.
77
478
Madaniyat
​2018 YILNING BAHOR OYLARIDA ILK O`ZBEK-YaPON BADIIY FILMI SURATGA OLINADI
Yaponiyalik taniqli rejissor Kiyoshi Kurasava boshchiligidagi “Loaded Films Co.Ltd” kompaniyasi vakillaridan iborat delegasiyaning yurtimizga tashrifi doirasida 5 oktyabr kuni “O`zbekkino” Milliy agentligida uchrashuv tashkil etildi. Bu yil O`zbekiston Respublikasi va Yaponiya o`rtasida diplomatik aloqalar o`rnatilganiga 25 yil hamda A.Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri binosi qurilganiga 70 yil to`ladi. Ma`lumki ushbu muhtasham bino qurilishida yaponiyalik harbiylar ishtirok etgan. Uchrashuvda o`zaro do`stlik va madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash borasida olib borilayotgan ishlarga yuqori baho berildi va yuqorida qayd etilgan sanalar munosabati bilan ikki xalq o`rtasidagi azaliy do`stlik rishtalaridan hikoya qiluvchi o`zbek-yapon badiiy filmini yaratish haqida fikr almashildi. Rejissor Kiyoshi Kurasava ushbu film O`zbekiston va Yaponiya do`stligining yorqin belgisi bo`lib qolishiga ishonch bildirdi. - Men bundan 30 yil avval Markaziy Osiyo tarixi, buyuk Amir Temur shahsi va uning qudratli imperiyasi haqida o`qib, bu zaminga bo`lgan qiziqishim nihoyatda oshgan. Bugun yapon yoshlari asosan Evropa mamlakatlari yoki Amerika bilan chegaralanib qolmoqda. Men ushbu film orqali dunyoda O`zbekistondek shonli tarixga ega bo`lgan buyuk mamlakatlar borligi haqida hikoya qilmoqchiman. O`ylaymanki ushbu zamonaviy film O`zbekiston nomini dunyoga yanada yaqinroq tanitishga xizmat qiladi, deydi Kurasava. Filmni suratga olish ishlari O`zbekistonda, 2018 yilning bahor oylarida bo`lib o`tishi rejalashtirilgan. Unda o`zbekistonlik va yaponiyalik aktyorlar rol ijro etadi. Buning uchun Yaponiyadan 40 kishilik guruh tashrif buyurishi kutilmoqda. “O`zbekkino” Millliy agentligi aktyorlar tanlovi, filmni suratga olish joylarini aniqlash va texnik ta`minot masalalarida yaqindan ko`mak berishi ko`zda tutilgan. Uchrashuvda tomonlar shuningdek, film ssenariysi, ayrim tashkiliy masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar. Delegasiya a`zolari samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, ushbu qo`shma loyiha har ikki tomon uchun birdek manfaatli bo`lishini qayd etdilar.
74
2,083
Madaniyat
Ovqatlanishga borgan Rianna restorandagi muxlisiga syurpriz uyushtirib, uni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi (video)
Nini ismli foydalanuvchi Rianna uning do‘sti Samira Yasmin Abdullani tug‘ilgan kunida qanday tabriklagani haqida aytib bergan video TikTok’da mashhurlikka erishdi. Foydalanuvchining aytishicha, do‘stlar tug‘ilgan kunni nishonlash uchun Nyu-Yorkdagi restoranga borgan. U yerda xonanda ham ovqatlanayotgan bo‘lgan. Qo‘shiqchining oldiga borgan Nini undan hamma bilan birga suratga tushishni va dugonasini tug‘ilgan kuni bilan tabriklashini so‘ragan. Rianna syurpriz qilish uchun Niniga tug‘ilgan kuni bo‘layotgan qizga suratga tushishdan bosh tortganini aytishini, keyinroq esa o‘zi borib tabriklashini aytgan. Ofitsiant tort olib kelishi bilanoq Rianna Abdullaning stoli yoniga kelib, u uchun “Happy birthday” qo‘shig‘ini kuylagan. Boshi osmonga yetgan mehmon va tashrif buyuruvchilarning kechasi yulduz bilan birga suratga tushish bilan yakunlangan.
115
850
Madaniyat
“Erni xotin boqmasin”, “Million”chining onasiga hazili va jonli ijrolar. Mashhurlar karantinda nimalar bilan band? (foto va video)
O‘zbek san’atkorlari karantin vaqtida muxlislarini zeriktirmaslikka harakat qilmoqda. 11-aprel kuni ham ular o‘zlarining Instagram’dagi sahifalarida turli xil qiziq video va foto postlar joyladi. “Setora” guruhining a’zosi Leyli mushuklardan koronavirus yuqmasligi haqida post bilan bo‘lishdi. View this post on Instagram DJ Piligrim bolasi bilan mart oyida tushgan suratni joyladi. View this post on Instagram O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova akasi Otabek Muhammadzohidning “Shoshilma qizgina, shoshilma” taronasini kuylab, unga video klip ham suratga olib sahifasiga joyladi. View this post on Instagram “Million” jamoasi a’zosi Umidjon Haydarov uyda qo‘rqinchli hazil qilib onasini qo‘rqitdi. View this post on Instagram Xonanda Ozoda Nursaidova singlisi Nilufar Nursaidova bilan yana bir qiziqarli video lavha tayyorlab, muxlislari bilan bo‘lishdi. View this post on Instagram Xonanda Zohirshoh Jo‘rayev uyda o‘tirib ijoddan to‘xtamaslikka harakat qilayotgani haqida yozib, jonli ijroda kuylangan video lavha joyladi. View this post on Instagram Xonanda Nargiz Zokirova qizil sochini butunlay olib tashladi.  “Ummon”chilar kal, Isoqovlar kal, Sharof Muqimov kal”. Karantinda kal bo‘lgan san’atkorlar va jurnalistlar (foto va video) View this post on Instagram Xonanda Feruza Karimova shifokorlar uchun qo‘shiq kuyladi. View this post on Instagram O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Yulduz Turdiyeva kecha Ozodbek Nazarbekov e’lon qilgan “Go‘zal hayot” chellenji uchun maxsus video lavha joyladi. View this post on Instagram Xonanda Ziyoda Ravshan Namozovning qo‘shig‘ini jonli kuyladi. View this post on Instagram “The cover up” loyihasi orqali mashhurlikka erishgan Mushtariy Muzaffarova ham jonli ijroda qo‘shiq kuylab joyladi. View this post on Instagram Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjonning oila a’zolariga hamdardlik bildirib post joyladi. View this post on Instagram O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Og‘abek Sobirov 1996-yildagi arxiv lavhani sahifasiga joylashtirdi. View this post on Instagram Xonanda Sardor Tairov “Hasrat” deb nomlangan video klipining suratga olish jarayonlarida bo‘lib o‘tgan qiziq holatlarni joyladi. View this post on Instagram Xonanda Xurshid Rasulov to‘ylarni sog‘ingan muxlislari uchun Chinozda bo‘lib o‘tgan to‘ydan lavha joyladi. Xonanda “Erni xotin boqmasin” deb kuylagan ekan. View this post on Instagram
130
2,642
Madaniyat
Xonanda Umidaxon Hojiyeva: Bu mish-mishchilar yaqinda meni bolali ham qilib qo‘yishadi
Xonanda Umidaxon Hojiyeva u haqda turli mish-mishlarni tarqatayotgan kishilardan nolidi. Xonanda bu haqda “Mening yurtim” telekanalining “Yo‘l-yo‘lakay” ko‘rsatuvidagi ishtiroki vaqtida aytib o‘tdi. U Instagram’dagi sahifasida ko‘rsatuvdan parcha e’lon qilgan. “To‘yingiz bo‘layotgan ekan, deyishdi. ‘Voy o‘lay, qachon, qaysi sanada, men ham bilay, boraman’, dedim”, — deydi Umidaxon. “Yaqinda bolali ham qilib qo‘yishadi”, — deya qo‘shimcha qildi o‘zi haqidagi mish-mishlarga izoh berarkan Umidaxon Hojiyeva. Shanba 19:30 @my5tv kanalida tamowa qilila juda qiziq bo'ladi ortola? @mamur_bayon @oybek_rixsibekov ?? A video posted by Administrator (+99890)9435005 (@umidaxonxojieva) on Nov 8, 2016 at 1:16am PST Xabar berishlaricha, “Yo‘l-yo‘lakay” ko‘rsatuvining Umidaxon ishtirokidagi soni 12-noyabr, shanba kuni 19:30 da namoyish etilishi kutilmoqda. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
86
1,008