folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Madaniyat | Ozodbek Nazarbekov “Mendirman Jaloliddin” serialining birorta sahnasi O‘zbekistonda suratga olinmaganiga izoh berdi | Toshkent shahridagi Hilton mehmonxonasida 8-mart, dushanba kuni “Mendirman Jaloliddin” seriali ijodkorlari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi. Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan o‘tkazilgan uchrashuvda madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov serialda nima uchun Xorazmdagi tayyor dekoratsiyalardan foydalanilmaganiga munosabat bildirdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov.
“Serial boshida, ya’ni birinchi tizerda turk do‘stlarimiz ijodlari jo‘shib ketib, O‘zbekistonning bugungi arxitekturasini ham ko‘rsatib ketaylik, degan ma’noda Xivadagi Xo‘ja minordan grafikada foydalanishgan. Biz shunday o‘yladikki, ertaga turistlar kelganida o‘sha minorani ko‘radi. Vaholanki, u minora yaqinda qurilgan, u XIII asr minorasi emas.
Biz tizerni ommaga havola etganimizda bu qo‘lida ‘cho‘pi’ borlarga (ijtimoiy tarmoqlarda tanqidiy fikrlar bildiruvchilar – tahr.) juda qo‘l keldiki, internet o‘sha kuni portlay boshladi. ‘Senlar ahmoqmisanlar, aqllaring shunchalik ishlamaydimi, bugungi arxitekturani nega bu yerga qo‘yishyapsan?!’, degan ma’noda e’tirozlar bo‘ldi. Shundan so‘ng biz Turkiyada yangi dekoratsiya qilingani to‘g‘ri bo‘lganligiga yana bir karra ishonch hosil qildik. Yaxshi ham, hozirgi bor arxitekturadan foydalanmagan ekanmiz, degan fikrga keldik.
Lekin Xo‘ja minor grafikada yomon ma’noda qo‘yilmagan edi. Xorazmshohlar qal’asining umumiy ko‘rinishida shu minorani uzoqroqdan ko‘rsatsak ham, ertaga turistlar kelib, serialda tomosha qilgan minora oldida rasmga tushsin, bu ularda qiziqish uyg‘otsin, degan maqsadda bundan foydalanilgan edi”, — dedi Nazarbekov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, “Mendirman Jaloliddin”ning biror sahnasi ham O‘zbekistonda suratga olinmaganiga asosiy sabab budjet masalasi bo‘lgan.
“Gap e’tirozlarda ham emas. Undan avval serial budjeti nuqtayi nazaridan O‘zbekistonda shuncha ish qilinishi uchun biz xohlaymizmi yoki xohlamaymizmi, butun boshli kinoindustriyani yurtimizga olib kelish masalasi turgandi. Minglab odamlarni bu yerda oylab ta’minlash masalasi va yashashi, texnikalarni ijaraga olib kelib, ularning bir necha oy bu yerda turishi, yo‘l xarajatlarini hisob-kitob qilganimizda mavjud budjetimizdan ancha-muncha oshib ketib qoldi. Bu ham sabab bo‘ldi.
Mehmed Bo‘zdag‘ boshchiligida Turkiyada juda qulay sharoit yaratilgan. Butun boshli kinoshaharcha barpo etilgan, u yerda hamma imkoniyatlar mavjud. Xuddi shu imkoniyatlarni o‘zimizda yaratish uchun, tabiiyki, serial budjeti hozirgidan yana bir necha marta qimmat bo‘lib ketardi. Hisob-kitoblarimizdan so‘ng Turkiyada suratga olishga qaror qildik.
Lekin, qaniydi, o‘sha pavilyon O‘zbekistonda qurilganida, bu qaysidir ma’noda xalqimizga xizmat qiladigan muzey bo‘lib qolishi ham mumkin edi. Hali bunga ham kelamiz. Bu birinchi qadamlarimiz.
O‘zi bizning hamkorlikdagi maqsadimiz ham O‘zbekistondagi kinoindustriyani oyoqqa turg‘azish va uning sifatini yanada oshirish. Bu ishlar xohlaymizmi yoki yo‘qmi, hamkorlik orqali yuzaga keladi. O‘zimiz bularni hech kimning yordamisiz uddalaymiz, deb ayta olmaymiz. Chunki tajribasi biznikidan yuqoriroq bo‘lgan insonlarning, qaysidir ma’noda, ko‘magiga doimo muhtojmiz. Biz hozir qaysi sohani olishimizdan qat’i nazar, boshqa sohalarda ham hamkorlik orqasidan yutuqlarni qo‘lga kirityapmiz. O‘ylaymanki, kelgusida, albatta, O‘zbekistonda ham eng yuqori darajada kino mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lamiz, men bunga ishonaman”, — dedi madaniyat vaziri. | 115 | 3,440 |
Madaniyat | “Ko‘p pul topish yoki xaridlarni kamaytirish kerak. Men hozircha ikkinchisini tanlaganman”. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Nodira Mahmudova bilan suhbat | “Zumrad va Qimmat”, “Begunoh” filmlari, “Mehmonjonlardan aylanay”, “Qadam” serialidagi va teatrdagi bir qancha ijrolari bilan tomoshabinlar e’tiboriga tushgan O‘zbek milliy akademik drama teatri aktrisasi Nodira Mahmudova “Shok.uz” YouTube-kanaliga bergan intervyusida bir filmda xonanda Shahzodani urgani va haqoratlagani, teatrda, institutda qancha oylik olishi, to‘rtta oilasi borligi haqida tarqalgan mish-mishlarga javobi, “Spitamen” teatrida rol o‘ynayotgan vaqtda qo‘lini qilich kesib ketgani, “konfetkalar” bilan ishlashda qiynalishi va hayotida nima armon bo‘lib qolgani haqida gapirdi.
“Raqsga tushishning uyatli joyi yo‘q”
Men disko-klubga tez-tez borib turardim bir paytlar. Hozir oxirgi marta qachon borganimni eslay olmayman. Raqsga tushishni yaxshi ko‘raman. Hozir talabalarim yig‘ilishsa, birga boraman. Uni disko-klub deb ayta olmayman, kafe yoki restoran bo‘ladi. Umuman, ovqatlanishga borganda ham stol atrofida o‘tirib, to‘yib ovqat yeb, qaytib kelish xohlamayman. Ovqat yegandan keyin qimirlash kerak, raqsga tushishning uyatli joyi yo‘q.
Nodira Mahmudova bir filmda roli sabab Shahzodani urgani va haqoratlagani haqida
Shahzoda hayotda juda ham aqlli, madaniyatli, odobli va ajoyib qiz. Unga qo‘l ko‘tarish u yoqda tursin, qattiq gapirgingiz ham kelmaydi. Biroq kinoda men aktrisaman, kimningdir topshirig‘ini bajaraman, rejissor shunaqa topshiriq bergan, shu yerda urasiz degan, urganman. Bu topshiriq, biz shuni bajarganmiz, xolos. Zilolaga shu yerda yig‘laysan degan, yig‘lagan. U yerda o‘zingiz xohlaganingizdek qila olmaysiz, film ancha yil oldin olingan. U paytda ssenariydan chiqib ketilmas edi, u bizdan oldin aqlli insonlarning tasdig‘idan o‘tar edi.
Har bitta so‘zlariga e’tibor berishardi, ortiqcha, senzurali so‘zlarni olib tashlashar edi. Qolganini, nima yozilgan bo‘lsa, shuni gapirganman. Men qaysidir aktyorni partnyori kutilmaganda improvizatsiya qilib urishini aktyorlik etikasidan juda uzoqda deb bilaman. Bu noto‘g‘ri, kutilmaganda kimnidir urish xato, bu holat unga yoqmasligi, joni og‘rishi mumkin. Sahnada urishish, boshqa narsalarning hammasi ayagan holda qilinadi. Itarib yuborilsa ham, sekin itariladi, o‘zi shunaqa qattiq itargandek yiqilib tushishi mumkin.
Kinoda unaqa emas, hamma narsa tabiiy bo‘lishi kerak. Hayotda unaqa emasman, o‘sha paytda shunaqa topshiriq bo‘lgan. Kinodagi obrazim bir umr baxtini topmagan, alamzada, o‘lib ketgan xotinini yaxshi ko‘rgan inson bilan birga yashagan, ayol sifatida uning bolasiga qarash, ishlarini qilib, yig‘ilib qolgan ayolning alami haqida. Menga shunaqa taklif bo‘lgan, qabul qilganman. Suratga olish jarayonlaridan keyin Shahzodadan uzr so‘raganman, u hechqisi yo‘q deb aytgan. Bu uning birinchi marta kinoga tushishi emas edi.
“To‘yimizga 35 yil bo‘ldi”
Menda hamma narsa bittadan. Butun umrim davomida bitta ishxonam, bitta turmush o‘rtog‘im, 26-sentabrda ular bilan to‘yimizga 35 yil bo‘ldi, bitta o‘g‘lim, bitta kelinim, bitta nevaram bor. Yaxshi narsa ko‘p bo‘lmaydi deb, hammasini bitta-bittadan qilaman.
Nodira Mahmudova institut va teatrdan qancha oylik olishi haqida
Institutda men shartnoma bo‘yicha, yarim stavkada ishlayman. Hozircha katta o‘qituvchiman, yangi o‘quv yilidan dotsentlikka o‘tyapman. Shu paytgacha ikki million oylik olaman, teatrda esa besh million oylik olaman. Bitta aqlli inson aytgan ekan, yoki ko‘p topishing kerak, yoki xaridlaringni kamaytirishing kerak deb. Men ikkinchi yo‘lni tanlaganman.
“Yana bitta qadam qo‘ysam, pastga tushib ketardim”
“Qirol Lir” spektaklida sahna ochilib, polning tagidan chiqadigan joy bor. Shunaqa sahna bor edi, polning tagidan chiqar edik. Sahnada ko‘zga chiroq tushgan vaqtda hech narsa ko‘rinmaydi, men ham gapirib yurib kelayotgan edim. “Yama” ochiq turgani esimda yo‘q, uni ko‘rganim ham yo‘q. Keyin zal xavotirli, shubhali jimjitlik bo‘lib qoldi. Nimaga bunaqa jim bo‘lib qolishdi, deb o‘yladim. Lekin gapirayotgan paytimda unaqa jim bo‘lib qolish kerak emasdi. Keyin ko‘zimning qiri bilan pastga qarasam, “yama”ning chetida turgan ekanman.
Pastga tushib ketmaganman, “yama”ning chetida turibman. Yana bitta qadam qo‘ysam, pastga tushib ketardim. Odamlarning jim bo‘lib qolgani shubhali bo‘ldi, oyog‘im tagiga qarasam, hattoki tuflimning uchi havoda turibdi. Yana yurishim kerak edi, zaldagi holatdan sezib qolganman. Aktyor ko‘p sahnaga chiqsa, sahnani yaxshi bilib qoladi.
“Qilich qo‘limni tirs-tirs qilib yirtib ketdi”
Uchqun Tillayev bilan “Spitamen” spektaklida rol o‘ynayotgan vaqtimda qo‘limni qilich kesib ketgan. Qilich aluminiydan qilingan edi, baribir bir-biriga urilgan, metalldan qilingan. Keyin bir-biriga urilgandan u arraga o‘xshab qolgan, shunaqa joyi bor edi, men qilichni tig‘i tomondan ushlab berardim, Uchqun hech qachon qo‘limdan tortib olmagan edi, o‘shanda nimadir bo‘ldi-yu, qo‘limni ochishga ulgurmasimdan tortib oldi. Keyin qo‘limni tirs-tirs qilib yirtib ketdi. Qo‘limda har doim qizil sharf yurar edi, sharfni u qo‘limdan bu qo‘limga oldim.
Keyin sahnadan chiqish payti bor edi, sezyapman, shifonli sharf suv olmaydi, ho‘l bo‘la boshladi. Qon chiqayotganini, hali ham to‘xtamaganini sezdim va gapirib-gapirib chiqib ketdim. Keyin kostyumchilarning oldiga bordim, kiyim almashtirish kerak edi, sharfni oldim. Egnimda oq ko‘ylak bor edi, yaxshi ham sharf qizil edi. Kostyumerimiz qonmi, deb qo‘rqib ketgan. Chandiq bo‘lib tuzalgan. Uchqunning o‘zi ham buni sezmagan, unga aytsam, o‘zi ham hayron qolgan. Bunaqa vaziyatlar bo‘lib turadi.
“Hozir rejissorlar professionallarni yig‘ishga harakat qiladi”
“Konfetka”lar bilan ishlashda qiynalganman. Rol shunaqa narsa, hamma narsa bitta insonga bog‘liq emas. Biz institutda o‘qigan vaqtimizda partnyorga ishlashni o‘rgatishgan. Bu obrazga bog‘lab aytganda, tennis o‘ynagandek gap. Partnyorga to‘pni otsa, u o‘shani qaytarib berishi kerak. Bir inson to‘pni otsa-da, narigisi o‘ynay olmasa, o‘yin buziladi. Nima bo‘layotganini inson tushunmay qoladi. Kinoda ham bir aktyor holatni beradi, boshqasi uni ortiqchasi bilan qaytaradi.
Bersa-yu, qaytmasa, bu professional aktyor uchun juda qiyin holat, yoki ko‘ziga qarab gapirganda ko‘zi o‘lik bo‘ladi. Bir paytlar bu narsa juda ko‘p edi, hozir sal bo‘lsa ham, kamaydi. Ijtimoiy tarmoqlarda aktyorlar aktyorligini qilsin, boshqa odamlar o‘ynamasin, deb ko‘p gapirishyapti. Hozir rejissorlar aksincha, professionallarni yig‘ishga harakat qiladi.
Nodira Mahmudova hayotidagi armoni haqida
Dadam infarkt bo‘ldi, uch martadan keyin yurak bardosh bermaydi. Menga og‘irlashib qoldi, deb qo‘ng‘iroq qilishdi. O‘sha paytda ham institutda darsda o‘tirgan edim, jadvalga qarasam, ertasi kuni spektaklim bor ekan, dublyorim yo‘q edi. Keyin qo‘ng‘iroq qilib, o‘zgartirsa bo‘ladimi, men darhol ketishim kerak, deb so‘radim.
O‘sha kuni esa biz chet elliklarga o‘ynashimiz kerak ekan, uni o‘zgartirib bo‘lmaydi, o‘zgartirish muammo bo‘ladi. Ertasi kuni kechqurun qoldim, o‘ynamasdan keta olmas edim. Spektakldan keyin ertalab yo‘lga chiqib ketdim. Bordim, yotgan edilar, oldilarida o‘tirib qaytib keldim, chunki indinga yana spektaklim bor edi. O‘sha paytda spektakllar ko‘p bo‘lar edi. Yaxshi bo‘lib oyoqqa turib ketdilar, adashmasam, sentabr yoki oktabr oyi edi.
Qishda yo‘llar yopiq bo‘ladi, yurilmaydi. Bahor keldi, mart, aprel, telefonda gaplashib turgandim, ahvollari yaxshi edi. Mayga o‘tgandan keyin birdan ta’tilga boraman, ikki-uch kunga emas, ikki-uch hafta turib kelaman, dedim. 2013-yilning 9-mayida spektaklda rol o‘ynab turibman, singlim yig‘lab, dadam o‘tib qoldilar, deb telefon qildi.
Yana bitta sahnam bor edi, sahnaga chiqdim, spektakl tugagandan keyin dadam o‘tib qoldilar, men ketaman dedim. Lekin nimaga yo‘l ochilgandan keyin bormadim, deb o‘yladim. Mayli, martda sel kelib, yo‘llar yaxshi bo‘lmaydi, nimaga aprelda bormadim, dedim.
Bandman, imtihon yaqin, lekin fakt — men bora olmadim. Keyinchalik o‘zimni koyidim, bora olmadim deb. Oyoqqa turib ketdilar, hali yashaydilar, deb o‘yladim. O‘sha oxirgi gaplashganimizda men mashina haydashga o‘qiyotgan edim, ularga men hali sizni mashinamda aylantirib yuraman, deb gapirdim.
Keyin esa janozalariga mashinada bordim. Shu narsani amalga oshirolmadim. Buni xato deb inobatga oladigan bo‘lsak, men sharoitdan ustun kela olmadim. Ishga qo‘l siltab, uch kunga ham borsam bo‘lardi-ku, dedim. Afsuslandim, noto‘g‘ri deb hisobladim, qiynaldim. | 160 | 8,281 |
Madaniyat | Tojikistonda o`zbek kinosi kunlari davom etmoqda | Tojikiston Respublikasida 2021 yilning 19-22 may kunlari bo`lib o`tishi mo`ljallangan “O`zbek kinosi kunlari” davom etmoqda.
Guruh tarkibida Ӯzbekiston xalq artistlari Xayrulla Sa`diev, Tesha Mӯminov, Ӯzbekistonda xizmat kӯrsatgan artist Tohir Saidov, Ӯzbekistonda xizmat kӯrsatgan madaniyat xodimi Jahongir Ahmedov kabi taniqli kino arboblart bor..
O`zbekistonlik hay`at a`zolarini “Tojikfilm” davlat muassasasi direktori Mahmasaid Shohiyon boshchiligidagi tojik kinoijodkorlari kutib olishdi. Uchrashuv chog`ida har ikki mamlakat kinematografiyasining tarixi bir-biriga chambarchas bog`liqligi ta`kidlandi.
Tashrifning birinchi kuni delegasiya a`zolari dastlab Tojikiston Ommaviy axborot vositalari akademiyasida bo`lib, matbuot anjumanida ishtirok etishdi. O`Zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi bosh direktori F.Abduxoliqov hamda Tojikiston OAV akademiyasirahbari Sa`diy Mahdiy Ismatzoda ikki mamlakat o`rtasidagi madaniy hamkorlik, xususan milliy medi-makon va kinematogrifiyani rivojlantirish yuzasidan o`z fikrlarini bildirishdi.
Jumladan, F.Abduxoliqov Yangi O`zbekistonda jurnalistika va kinematografiya sohalarida yuz berayotgan o`zgarishlar, nodavlat telekanallar faoliyati, so`nggi yillarda o`zbek kinosida ko`zga tashlanayotgan yangilanishlar, bu borada kutilayotgan o`zgarishlar haqida so`z yuritdi. Har ikki mamlakatning kino va media sohasi vakillari malakasini oshirish, bu borada o`zaro hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari xususida so`z yuritdli.
Shundan so`ng o`zbekistonlik kinoijodkorlar Abu Abdulloh Ro`dakiy nomidagi milliy kutubxonaga tashrif buyurishdi. Mazkur kutubxonada uch yarim million nusxadan ortiq turli tillardagi kitoblar, gazeta va jurnallar saqlanmoqda.. Kutubxona rahbari Jumaxon Fayzalizoda mehmonlarga ushbu ziyo maskanning tarixi, undagi nodir qo`lyozmalar xususida so`zlab berdi. Kutubxonaga “O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida” turkumidan chop etilgan kitob-albomlar to`plami sovg`a qilindi.
Kutubxonaning nodir manbalar bo`limida Firdavsiy, Nizomiy Ganjaviy, Mirzo Bedil, Abdurrahmon Jomiy singari ulug` allomalarning qo`lyozmalari o`rin olgan. Ular orasida Alisher Navoiyning 1801 yilda Buxoro amirligida ko`chiriligan “Xamsa” qo`lyozmasi mehmonlarda alohida qiziqish uyg`otdi.
O`zbekistonlik mehmonlar shu kuni Dushanbe shahridagi Alisher Navoiy bog`iga tashrif buyurishdi. Tadbirda hazrat Navoiyning she`rlaridan namunalar o`qildi. Mazkur bog` 2018 yilda ochilgan, uning ochilishida ikki davlat rahbari Shavkat Mirziyoev va Emomali Rahmon ishtirok etishgan. Bog` to`rida Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy haykallari qad rostlagan. Mehmonlar ulug` mutafakkarlar poyiga gulchambarlar qo`yib, hurmat bajo keltirishdi.
Kechki payt Dushanbe shahridagi “Vatan” kinoteatrida “Tojikistonda o`zbek kinosi kunlari”ning tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Unda Firdavs Abduxoliqov va Mahmasaid Shohiyon mazkur anjumanning ikki mamlakat madaniy hayotida tutgan o`rni, o`zbek va tojik kinematografiyasini rivojlantirish bo`yicha ko`zda tutilayotgan loyihalar, , xususida so`z yuritishdi.
–Har ikki mamakat kinosi tarixida mushtarak taqdirlarni ko`rishimiz mumkin, - dedi O`zbekiston kinomatografiya agentligi rahbari F.Abduxoliqov. – Xususan o`zbek kinosi rijiga ulkan hissa qo`shgan mashhur kinorejissyor Komil Yormatov Tojikistonda, Konibodomda tug`ilib o`sgan bo`lsa, tojik kinosining mashhur namoyandasi Boris Kimyogarov, tojik kinosida yorqin iz qoldirgan Anvar Shukurov, Samariddin Sa`diev singari aktyorlari Samarqandda tug`ilgan. Tojik filmlarida ko`plab o`zbek san`atkorlarini ko`rishimiz mumkin. O`zbek filmlarida ham bir qator tojik akter va aktrisalari o`ziga xos obrazlar yaratishgan. Ana shu tarixiy an`analarni davom ettirishimiz kerak.
O`z navbatida “Tojikfilm” rahbari M.Shohiyon ham O`zbekistonni qator shaharlarila filmlar suratga olgani, kelgusida o`zbekistonlik kinoustalar bilan hamkorlikda yangi filmlar yaratish lozimligini qayd etdi.Taniqli tojik xonandalari ijrosida o`zbek va tojik tillaridagi kuy-qo`shiqlar ijro etildi.
Shundan so`ng tomoshabinlarga rejissyor Jahongir Ahmedov tomonidan 2020 yilda suritga olingan “Ilhaq” badiiy filmi namoyish qilindi. Tomoshabinlar filmni hayajon bilan qarshi olishdi.
–Men Sug`d viloyati Divashtichtumanidanman, - deydi Tojikiston Davlat madaniyat va san`at instituti talabasi Durdona Rasulova. – Bu filmni oldin ham onam bilan tomosha qilganmiz. Film nafaqat o`zbek, balki tojik xalqining ham urush yillaridagi taqdiri haqida desak xato bo`lmaydi. Chunki bizning mamlakatimizda ham xuddi ushbu film qahrmonlari singari matonatli insonlar ko`p bo`lgan. Shu bois tomoshaniblar ushbu filmni katta hayajon bilan tomosha qildi.
Tojikiston Respublikasida O`zbekiston kinosi kunlari davom etmoqda. Bugun 20 may kuni o`zbek kino ustalari Tojikistonning Hisor shahriga tashrif buyurishadi. | 48 | 4,840 |
Madaniyat | Reyting: 2016-yilning birinchi yarim yilligidagi eng talabgir aktyorlar | Toshkentdagi Alisher Navoiy nomli kinosaroyda 2016-yilning birinchi yarim yilligida 25 dan ortiq film premyerasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur kinonamoyishlarga asoslangan holda, jurnalist Feruz Muhammad yilning birinchi yarmida eng ko‘p rol ijro etgan aktyorlar ro‘yxatini tuzdi.
Ro‘yxatga kiritilgan aktyorlarning aksariyati asosan ikkitadan filmda rol ijro etgan. Sanjar Shodiyev va ortiq kinoda o‘ynamasligini e’lon qilgan xonanda Ali Otajonov uchtadan kinokartinada o‘ynagan bo‘lsa, Muhammadiso Abdulxairov premyerasi bo‘lib o‘tgan filmlarning qariyb uchdan birida suratga tushgan.
Muhammadiso Abdulxairov — “Majnun”, “Men yolg‘onchiman”, “Baron”, “Dadam bilmasin”, “Qaysarginam”, “Voy-dod”, “Kutilmaganda”
Ali Otajonov — “Demak sevasan”, “9-raqamli bemor”, “Meni kechir”
Sanjar Shodiyev — “Kutilmaganda”, “Biz sevgi yo‘lidamiz”, “Seni o‘zim boy qilaman”
Matyoqub Matchonov — “Majnun”, “Dadam bilmasin”
Ma’ruf Otajonov — “Qanot”, “Oyqiz ertagi”
Javohir Zokirov — “Baron”, “Seni o‘zim boy qilaman”
Asqar Hikmatov — “Dadam bilmasin”, “Majnun”
Hamid Toshpo‘latov — “Vahshiy”, “Salom, sevgi”
Javlon Shodmonov — “Kutilmaganda”, “Toshtabib”
Ulug‘bek Qodirov — “Baron”, “Majnun”
Yigitali Mamajonov — “Qaysarginam”, “Oyqiz ertagi”
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 71 | 1,386 |
Madaniyat | Billi Aylish o‘zining konsert-filmi treylerini e’lon qildi | Amerikalik qo‘shiqchi Billiy Aylish YouTube’dagi kanali orqali Happier Than Ever: A Love Latter to Los Angeles nomli konsert-filmining birinchi treylerini e’lon qildi. Unda Billi yangi albomidagi barcha qo‘shiqlarni ijro etgan.
Treylerda konsertdan parcha, shuningdek, qo‘shiqchining o‘zi tasvirlangan animatsion qahramon namoyish etilgan. Ularni “Oskar” mukofoti sovrindori Patrik Osborn yaratgan.
Suratga olish ishlarida Billidan tashqari uning ukasi va prodyuseri Finneas O’Konnell, Los-Anjeles filarmoniya orkestri va bolalar xori qatnashgan. Film rejissori Robert Rodriges.
“Los-Anjeles borasida aniq bir orzularim bor. Mening dunyom bilan chatishib ketgan mutlaqo boshqacha olam. Bu konsert-film, ammo shu bilan birga tarix hamdir”, — deydi Aylish treylerda.
Qo‘shiqchining filmi premyerasi Disney+ da 3-sentabrda bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq amerikalik taniqli qo‘shiqchi Billi Aylish “onasiniki kabi” soch turmagi bilan muxlislarini hayron qoldirgandi.
U butun umrga o‘zini ta’minlab qo‘ygan: Billi Aylish qancha pul topadi? | 58 | 1,030 |
Madaniyat | Seriallar “Oskar”i — “Emmi-2022” mukofotining g‘oliblari e’lon qilindi (foto) | Los-Anjelesda seriallarga beriladigan “Oskar”, ya’ni “Emmi-2022” mukofotining g‘oliblari e’lon qilindi. 74-taqdirlash marosimi 13-sentabr kuni bo‘lib o‘tdi.
“Eng yaxshi dramatik serial” — “Merosxo‘rlar” seriali (HBO)
“Eng yaxshi komedik serial” — “Ted Lasso” seriali (Apple TV+)
“Eng yaxshi mini-serial” — “Oq nilufar” seriali (HBO)
“Dramatik serialdagi eng yaxshi aktyor” — Li Jon Je (“Kalmar o‘yini” seriali)
“Dramatik serialdagi eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor” — Mettyu Makfediyen (“Merosxo‘rlar” seriali)
“Dramatik serialdagi eng yaxshi aktrisa” — Zendaya (“Eyforiya” seriali)
“Dramatik serialdagi eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa” — Juliya Garner (“Ozark” seriali)
“Komedik serialdagi eng yaxshi aktyor” — Jeyson Sudeykis (“Ted Lasso” seriali)
“Komedik serialdagi ikkinchi darajali eng yaxshi aktyor” — Brett Goldshteyn (“Ted Lasso” seriali)
“Komedik serialdagi eng yaxshi aktrisa” — Jin Smart (“Ayyorliklar” seriali)
“Komedik serialdagi ikkinchi darajali eng yaxshi aktrisa” — Sheril Li Ralf (“Ebbott boshlang‘ich maktabi”)
“Mini-serialdagi eng yaxshi aktyor” — Maykl Kiton (“Xuruj” seriali)
“Mini-serialdagi ikkinchi darajali eng yaxshi aktyor” — Myurrey Bartlett (“Oq nilufar” seriali)
“Mini-serialdagi eng yaxshi aktrisa” — Amanda Sayfred (“Tark etish” seriali)
“Mini-serialdagi ikkinchi darajali eng yaxshi aktrisa” — Jennifer Kulij (“Oq nilufar” seriali) | 77 | 1,393 |
Madaniyat | “MUSIQA TARIXI, AN`ANALARI ASRLARDAN ASRLARGA O`TIB, BUGUNGI KUNGAChA SAQLANIB KELINMOQDA” | “Zamonlar chorrahasi: o`tmishning buyuk merosi-ma`rifatli kelajak poydevori” xalqaro media-forumi doirasida “Yakkasaroy” restoranida to`kin dasturxon atrofida “Mumtoz musiqa kechasi” o`tkazildi. Unda qator san`at ustalari o`zbek folklori namunalaridan ijro etishadi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilari YuNESKOning og`zaki va nomoddiy madaniy merosi durdonalari ro`yxatiga kiritilgan milliy o`zbek mumtoz maqomlari namunalaridan ham bahramand bo`lishdi. Media-forum qatnashchilarining mazkur “Mumtoz musiqa kechasi” xususidagi fikrlari bilan qiziqdik...
Kanstantin Kravsov, Davlat Ermitaji sektori mudiri: — Ushbu “Mumtoz musiqa kechasi” hamma mehmonlar qatori meni ham lol qoldirdi, ochig`i, ta`rifga so`z topolmayman. O`zbek xalqining milliy madaniyati namoyishidan shuni anglash mumkinki, musiqa tarixi, an`analari asrlardan asrlarga o`tib, bugungi kungacha saqlanib kelinmoqda.
Ushbu tadbirdagi alohida bir jihatga to`xtalmayman, boisi “Mumtoz musiqa kechasi”dagi har bir chiqish, mehmondorchilikning bari manzur keldi. Yana qaytaraman, milliy liboslar, milliy sozlar, milliy taomlarning bari betakror edi.
Sadoqat ALLABERGANOVA. Fotomuxbir: Omil HAKIMOV | 90 | 1,165 |
Madaniyat | Dmitriy Nagiyev eng ko‘p maosh oladigan rossiyalik aktyorlar ro‘yxatida yetakchilik qildi | Dmitriy Nagiyev Forbes jurnalining rus tilidagi versiyasi bo‘yicha eng ko‘p haq to‘lanadigan rossiyalik aktyorlar ro‘yxatida birinchi bo‘ldi. Tegishli ro‘yxat 22-iyul, juma kuni jurnal saytida chop etildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Forbes’ning ma’lum qilishicha, 49 yoshli aktyor va teleboshlovchining yillik daromadi 3,2 million dollarni tashkil etdi. Ro‘yxatning ikkinchi o‘rnidan yillik daromadi 1,3 million dollarni tashkil etgan aktyor va rejissor Fyodor Bondarchuk joy oldi.
Uchinchi o‘rinni esa Chexov nomidagi Moskva rassomchilik teatrining badiiy rahbari Oleg Tabakov egalladi (1,1 million dollar).
To‘rtinchi o‘rinni 1 million dollar yillik daromad bilan aktyorlar Svetlana Xodchenkova va Vladimir Mashkov bo‘lishib oldi. Reytingga, shuningdek, Danila Kozlovskiy, Konstantin Xabenskiy, Sergey Bezrukov va Nikita Mixalkov ham kiritildi. | 89 | 848 |
Madaniyat | Tarixdagi eng uzun seriallardan biri — “Santa-Barbara” aktyorlari 36 yildan so‘ng (foto) | 9 fasl, 2137 qismdan iborat “Santa-Barbara” seriali 1984-yildan Amerikada suratga olina boshlagan. Yillar davomida namoyish etilgan eng uzun serial Maykl Glion, Rik Bennevits hamda Norman Xoll kabi rejissorlarning ijodiy mahsuli hisoblanadi.
Serial voqealari Kaliforniyaning Santa-Barbara shahrida yashovchi turli qatlamdagi to‘rtta oila atrofida bo‘lib o‘tadi. Kartina suratga olingandan buyon oradan 36 yil o‘tdi, xo‘sh, unda ishtirok etgan aktyorlar qay darajada o‘zgardi, ularning hayoti qanday davom etdi? Bugun ushbu savollarga javob izlaymiz.
Kelli Kepvell — Robin Rayt
Serial namoyishidan so‘ng muvaffaqiyatli karyeraga ega bo‘lgan hamda AQShdan tashqarida ham mashhurlikka erishgan aktrisa “Kartalar uyi” serialidagi roli uchun “Oltin globus” mukofotiga sazovor bo‘ldi. 2017-yil “Mo‘jiza ayol” nomli filmda Antiopa rolini ijro etdi va shundan buyon Marvel filmlarida rol ijro etmoqda.
Shuningdek, Robin 14 yil mobaynida Shon Penn bilan bir oila bo‘lib yashadi. 2018-yilga kelib “Saint Laurent” kompaniyasi menejeri Kliment Jiroga turmushga chiqdi.
Iden Kepvell-Kastiliyo— Marsi Uoker
Ishonish qiyin, ammo aktrisa 2006-yil nafaqaga chiqqan va Amerikaning Oklaxoma shtatidagi kichik bir shaharchaning nasroniy ruhoniysiga aylangan. Aktrisaning ijodi uchta – “Barchasi mening bolalarim”, “Santa-Barbara” va “Yo‘l ko‘rsatuvchi nur” kabi uzundan uzun seriallardagi hamda bir nechta filmdagi rollaridan iborat.
Aytgancha, aktrisa 30 yoshiga qadar to‘rt marotaba oila qurib, ajrashishga ham ulgurgan. U 20 yildan buyon beshinchi turmush o‘rtog‘i bilan yashamoqda.
Kruz Kastiliyo — Adolfo Larrue Martines
Aktyorning tarjimayi holi ham xuddi o‘zi ijro etgan serialdagi qahramoni kabi qiziqarli voqealarga boy. Aktyor maktabda o‘qib yurgan vaqtlarida rok-guruhda qo‘shiq kuylagan, 11 yoshida filmlarda suratga tushgan. “Santa-Barbara” seriali suratga olinayotganda Adolfo anchagina tajribali aktyorga aylangan edi, shuningdek, Kruz Kastiliyo obrazi uchun “Emmi” mukofoti bilan taqdirlangan.
Meysen Kepvell—Leyn Devis
Aktyor serialdagi rolini 1989-yil tark etdi, musiqiy albomlar chiqardi va bor e’tiborini teatrga qaratdi. Devis hozirda sahnada rol ijro etadi, shu bilan birga, o‘zi ham Shekspirning asarlarini sahnalashtiradi. Ba’zida kinolar ham suratga olib turadi.
Sofiya Kepvell—Judit Makkonnell
77 yoshli aktrisa hanuzgacha teleshoularda ishtirok etib kelmoqda. Shuningdek, u katta loyihalarda ham ishtirok etgan. Masalan, “Oshiqlar”, “Yirtqichlar makoni”, “Amerikadagi jinoyatchilik tarixi” kabi seriallarda turli xarakterdagi obrazlarda namoyon bo‘lgan.
SiSi Kepvell—Jed Alan
“Santa-Barbara” yakunidan so‘ng aktyor faqat seriallarda ijodini davom ettirdi. 2019-yil 9-mart kuni Jed yurak yetishmovchiligi kasalligidan 84 yoshida vafot etdi.
Layonell Lokrij—Nikolas Koster
Serial namoyishidan ancha vaqt o‘tib, 2010-yil Nikolas Koster Facebook sahifasi orqali moskvalik Yelena Borodulina ismli ayoldan xabar oldi. Unga ko‘ra, sadoqatli muhlisa aktyorning serialdagi epizodlarini jamlagan rolikni yuborgan. Shu tariqa aktyor va ayol o‘rtasida yozishmalar davom etdi. Oradan bir yil o‘tib, Nikolas Sankt-Peterburgga keldi va ilk bora ular uchrashishga muvaffaq bo‘ldi. Keyin moskvalik muhlisa Amerikaga, Kosterning yoniga uchdi. Shundan so‘ng ularning munosabati turmush qurish bilan yakunlandi. Aytgancha, Koster so‘nggi paytlarda hech qanday filmda suratga tushmadi.
Ted Kepvell— Todd MakKi
56 yoshga kirgan aktyor shu vaqtgacha oila qurmadi. Bu esa uning atrofida bo‘ladigan mish-mishlarni kuchaytirgan. Aktyor allaqachon suratga tushish ishlarini to‘xtatgan va investitsiya bankida moliyaviy maslahatchi vazifasida ishlaydi.
Juliya Ueynrayt-Kepvell—Nensi Li Gran
Bundan 16 yil avval aktrisa o‘zini teleboshlovchi sifatida ham sinab ko‘rdi, ammo keyinchalik xayriya ishlariga sho‘ng‘ib ketdi. Afsuski, 2007-yil aktrisaga o‘pka saratoni tashxisi qo‘yilgandi. So‘ng maxsus terapiya muolajasini olib, sog‘ayishga erishdi. Hozirda u spirtli ichimlikka mukkasidan ketgan insonlarga yordam beradi. | 88 | 4,031 |
Madaniyat | Javohir Zokirov konsertda fonogramma orqali qo‘shiq quylagani uchun vijdoni qiynalganini aytdi | Aktyor va xonanda Javohir Zokirov “Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida hozirgi kundagi konsertlarga deyarli bormasligini ma’lum qildi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar bermoqda.
Intervyu davomida Jahohir Zokirov konsert bergan vaqtida fonogramma orqali qo‘shiq quylagani uchun vijdoni qiynalganini ham aytdi.
2001-yil “Istiqlol” san’at saroyida yakkaxon konsert dasturimni taqdim etganman. O‘shanda fonogramma orqali kuylagandim. Konsert yakuniga yetguncha o‘zim ham tamom bo‘lay degandim. Sahnaga chiqib yolg‘ondan o‘zimni xuddi qo‘shiq kuylayotgandek tutganimni hazm qilolmay, vijdonim qiynalgan. Chunki aslida, fonogrammani jinim suymaydi. Shu sabab ham bugungi konsertlarga bormayman.
Mayli, mini-diskni qo‘yib, kuylashsin, kimdir buni o‘ziga ep ko‘rar, lekin shunga yarasha chiptalar narxini 5–6 barobarga arzonlashtirsin. Axir, fonogramma tomoshasi uchun yuz ming so‘mlab pul to‘lash noto‘g‘riku? Bunday xonandalarga faqat insof so‘rayman.
Javohir Zokirov, xonanda va aktyor
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 94 | 1,056 |
Madaniyat | “O‘zbeknavo”ning mas’ul xodimi xonandaning litsenziyasini uzaytirish uchun 200 dollar pora so‘radi | Qo‘shiqchilar o‘z faoliyatini maxsus litsenziyalar asosida olib borayotganliklari ularga yanada samarali ijod qilish mas’uliyatini yuklamoqda. Shunday bo‘lsa-da, xonandalarning faoliyatini litsenziyalashda “O‘zbeknavo” estrada birlashmasining hududlardagi ayrim bo‘limlarida tamagirlik holatlari ham uchrab turibdi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
Xonandalik faoliyatini olib borish uchun olgan dastlabki litsenziyasining muddati tugagan ayol xonanda “O‘zbeknavo” estrada birlashmasining o‘zi ijod qilayotgan hududidagi bo‘limiga murojaat qilib, litsenziyasining muddatini uzaytirib berishlarini so‘raydi. Bundan birlashmaning bo‘lim boshlig‘i o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanib qolmoqchi bo‘ladi. U xonandaga 200 AQSh dollari bersa, yangi litsenziya rasmiylashtirib berishini aytadi.
Bo‘lim boshlig‘ining talabi qonunga zid bo‘lib, jinoyat ekanligini tushungan xonanda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ariza bilan murojaat qildi. Nafsining yo‘rig‘iga yurib, mansabidan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanmoqchi bo‘lgan bo‘lim boshlig‘i o‘z xizmat xonasida 200 AQSh dollari olayotgan paytda SVOJJDLQK departamentining Shayxontohur tuman bo‘limi xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi unga nisbatan qilmishiga yarasha jazo tayinlab, hukm chiqardi. | 98 | 1,287 |
Madaniyat | “Qora niyat” seriali yulduzi Eda Eje koronavirusni yuqtirib oldi | “Qora niyat” serialida suratga tushayotgan aktrisa Eda Ejeda COVID-19 aniqlandi. Bu haqda Posta nashri xabar berdi, deb yozadi Rus.Turkey.com.
Ma’lum qilinishicha, kasalligini tasdiqlagan aktrisa uyida davolanmoqda. Ayni vaqtda ahvoli ancha yaxshi bo‘lgan Eda imkon qadar tezroq ishiga qaytish niyatida. Bunga qadar suratga olish jamoasining boshqa uch a’zosida koronavirus aniqlangan. OAV 2020-yilning oktabrida Eda Ejening koronavirusga topshirgan test natijasi salbiy chiqqani haqida ma’lum qilgandi.
Eslatib otamiz, aktrisa “Qora niyat”da Yildiz Yilmaz qahramonini gavdalantirgan.
Avvalroq serial yulduzi Talat Bulutning koronavirusga qarshi emlanayotgan vaqti kuylab yuborgani haqida xabar berilgandi. | 64 | 708 |
Madaniyat | Jasur Umirov Rayhonga o‘xshagan qiz izlayotgani, radarga 4 ming dollar to‘lagani, O‘zbekistonning mashinalari “bir tiyinga qimmatligi” haqida gapirdi (video) | Xonanda Jasur Umirov MY5 telekanalining “Omon-omon” ko‘rsatuvida mehmon bo‘ldi. Suhbat davomida u anchadan buyon uylanish uchun munosib qiz izlayotganini aytib o‘tdi.
“Har kuni ko‘chaga chiqib ketib, qiz izlayman. Men uylanmoqchi bo‘lgan qiz tashqi ko‘rinishi bilan Rayhonga o‘xshashi kerak”, — deydi Jasur Umirov.
Xonanda shu paytgacha bir necha qiz bilan gaplashib yurgani, biroq ularning hech biri uni bo‘ydoqlik bilan xayrlashishga majbur qila olmaganini aytib o‘tdi.
Ko‘rsatuv boshlovchilari Jasur Umirovdan “Uyingizda YPX xizmatidan ‘baxt maktublari’ kelib turadimi?” deb savol berdi.
“Bizda kameralar o‘rnatilganidan beri svetoforning qizil chirog‘iga umuman to‘xtamaganman. Bunga sabab bor edi. Bitta Ergash degan ‘GAI’ akamiz ‘yuraver, o‘chirtirib beraman’, deganiga ishonib, qizildan o‘tib, radarlar oldidan ham katta tezlikda yuraverganman. Sakkiz oy deganda uyimga hamma jarimalar to‘planib keldi. Hammasi bo‘lib 200 dollar kam 4000 dollar pul to‘ladim”, — deydi xonanda.
Jasur Umirov O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar haqidagi fikrini ham aytib o‘tdi.
“O‘zbekistonda oxirgi yillarda chiqqan avtomobillar rostan ham yaxshi chiqdi. Lekin Captiva’gacha bo‘lgani men uchun bir tiyinga qimmat, deb bilaman. Xorijiy avtomobillarni haydaganingizdan keyin ularga o‘tirgingiz ham kelmay qoladi, to‘g‘risi”, — deydi xonanda. | 157 | 1,340 |
Madaniyat | Samarqandda Shavkat Mirziyoyev kitobini o‘rganishga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda | Samarqand viloyatidagi ta’lim muassasalari, mahallalarda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” nomli kitobini o‘rganishga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda, deb xabar beradi O‘zA.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus, Xalq ta’limi vazirliklari, Yozuvchilar uyushmasi, Ma’naviyat targ‘ibot markazi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilayotgan tadbirlarda kitobda ilgari surilgan g‘oyalar, davlat va jamiyat hayotini yangilash bilan bog‘liq vazifalar haqida hayotiy misollar asosida so‘z yuritilmoqda.
Narpay tumanidagi Oqtosh tadbirkorlik va servis kasb-hunar kollejida tashkil etilgan uchrashuvda hududdagi mahallalar vakillari, o‘qituvchi va o‘quvchilar qatnashdi.
“Taniqli adiblar, madaniyat va san’at namoyandalari, professor-o‘qituvchilardan iborat targ‘ibot guruhi a’zolari yurtimizda inson manfaatlari yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar samaralari, shahar va qishloqlarimizdagi bunyodkorlik jarayonlari, yoshlar, xotin-qizlar manfaatlarini himoya qilish borasida olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi. Bu borada davlatimiz rahbari kitobida belgilab berilgan ustuvor vazifalar yuzasidan mulohazalar bildirildi”, — deyiladi O‘zA xabarida. | 100 | 1,289 |
Madaniyat | Hilol Nasimovning “Meros” filmi Hindiston xalqaro kinofestivalida “Yilning eng yaxshi xorijiy filmi” deya e’tirof etildi | “O‘zbekkino” milliy agentligi buyurtmasiga ko‘ra 2021-yili rejissor Hilol Nasimov tomonidan suratga olingan “Meros” filmi aprel oyida Hindistonning Kalkutta shahrida o‘tkazilgan xalqaro kinofestivalda “Yilning eng yaxshi xorijiy filmi” nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Rejissor Hilol Nasimov xalqaro kinofestivalning sertifikati va statuetkasini qo‘lga kiritdi. Bu haqda kinorejissor “Daryo” muxbiri bilan suhbatda ma’lum qildi.
Mazkur festivalda eng yaxshi deb topilgan filmlar Golden Fox Award nufuzli xalqaro mukofotini qo‘lga kiritadi. Festivalning yakuniy taqdirlash marosimi 2023-yilning yanvar oyida Hindistonning Kalkutta shahrida bo‘lib o‘tadi.
“Meros” filmi yana ikkita xalqaro kinofestivalda ishtirok etayapti. Uning nomzodi 12—15-may kunlari Limada (Peru) bo‘lib o‘tayotgan Inca Imperal International Film Festival xalqaro festivaliga qo‘yilgan. Bundan tashqari, mazkur film Rossiya xalq artisti Nikolay Burlyayev raisligida o‘tkazilayotgan “Zolotoy Vityaz” xalqaro kinofestivaliga ham nomzodligi kiritilgan.
Eslatib o‘tamiz, mazkur filmning suratga olish ishlari 2020-yili boshlangan. Undagi voqealar O‘zbekiston, Qozog‘iston va Belarus davlatlarida suratga olingan.
Filmda o‘zbek va qozoq xalqlarining qadimiy do‘stligi, urf-odat va an’analarining uyg‘unligi badiiy ifoda etilgan. Bundan tashqari, filmda alloma, ulug‘ mutafakkir Ahmad Yassaviy hayoti va ijodi haqida tarixiy ma’lumotlar ham film g‘oyasiga singdirilgan.
Mazkur kartina rejissori va ssenariy muallifi Hilol Nasimov, tasvirchi Xusan Alijonov, rassom Fazliddin Turdiyev, bastakor Dmitriy Yanov-Yanovskiy. Unda Rustam Karimov, Munavvara Abdullayeva, G‘ayrat Husayinov, Bobur Aytbagambetov, Fotih Nasimov, Oysanam Yusupova kabi aktyorlar suratga tushgan.
Mavzuda doir: | 120 | 1,761 |
Madaniyat | “Xasis baqqol” multfilmi xorijlik mutaxassislar bilan hamkorlikda ishlanmoqda | “O`zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan "Astir animation studio" MChJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan “Xasis baqqol” animasion filmi ustida xorijlik mutaxassislar ham ish olib bormoqda. Bu haqda “O`zbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati ma`lum qildi.
Bu haqda postanovkachi rejissyor Abdulatif Haydarov shunday deydi: “Buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiy asari asosida yaratilayotgan “Xasis baqqol” animasion filmi ustida ish jarayonlari davom etmoqda. Ushbu multfilmning tayyorlanishiga o`zbek animatorlari bilan birga 25 nafar xorijlik mutaxassislar ham jalb qilingan. Mazkur tashabbus professional darajada ishlash, tajriba almashish, chet ellik mutaxassislar bilan hamkorlikni yo`lga qo`yish uchun katta zamin yaratmoqda. Animasion film 1 iyun Xalqaro bolalar kuni munosabati bilan jajji tomoshabinlarga bayram sovg`asi sifatida premera qilinadi!” | 77 | 872 |
Madaniyat | Istanbulda “O‘zbek madaniyati kuni” doirasida Rayhon va Jahongir Otajonovning konserti bo‘lib o‘tdi | 17-may kuni Turkiyaning Istanbul shahrida “O‘zbek madaniyati kuni” munosabati bilan Proart Center of Performing Arts kompaniyasi hamda uning Istanbul shahridagi vakolatxonasi Proarts Istanbul va “O‘zbegim” milliy taomlari restorani hamkorligida katta konsert dasturi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Popcorn.uz”.
Bu uchrashuv ulkan kemada to‘rt soat mobaynida davom etib, unda o‘zbek estradasining yorqin yulduzi Rayhon hamda jonli ijrodagi xonishlari bilan qalblarni larzaga keltiruvchi xonanda Jahongir Otajonov o‘zlarining diltortar va raqsga chorlovchi taronalari ila turkiyalik muxlislarini xushnud etdi.
Konsert dastur rejasiga ko‘ra, o‘zbek milliy sadolari ostida boshlandi. Xonanda Jahongir Otajonovning xit taronalari tomoshabinlarni o‘ziga jalb etib, xorazmcha kuy qo‘shiqlarga raqsga tushdi. Ayniqsa, “Oq bulutlar” taronasini muxlislar jo‘rlikda ijro etishgani xonandani yanada ruhlantirdi.
Oradagi tanaffuslarda iste’dodli va mahoratli dizaynerlar Dildora Qosimova, Bekzod Saidov hamda Iroda Rizayevalar o‘z liboslari namoyishini taqdim etdi. Zamonaviy bichimdagi milliylik bilan uyg‘unlashtirilgan, atlas va adras matolaridan tikilgan bejirim liboslar barchani hayratlantirdi.
Estradamizning yorqin yulduzi Rayhon kuylaganida esa mehmonlarning quvonchi ichiga sig‘may deyarli barcha qo‘shiqlarini birgalikda jo‘r bo‘lib kuylab olqishladi. Betakror ovoz sohibasi Rayhon kutilmaganda turk tilida qo‘shiq ijro etgani tomoshabinlarga yanada xush yoqdi.
Konsert dasturlarini boshlovchilar Nilufar Sotiboldiyeva hamda Dog‘ukan Erdem Kutlu ochib berdi. Mazkur konsert dasturida O‘zbekistondan bir qator san’at fidoiylari, shuningdek, “O‘zbeknavo” Estrada birlashmasidan Odil Abdug‘aniyevich ham dastur mehmoni bo‘ldi. Qolaversa, tadbir so‘ngida Dj Akrom o‘zining Eastern disco deb nomlangan kichik dasturini ham taqdim etdi.
Bir so‘z bilan aytganda, mazkur do‘stona uchrashuv ulkan kemada, o‘zbek estradasining yorqin ijodkorlari, dizaynerlari, milliy taomlari tortilgan dasturxon hamda moviy osmon-u, dengiz bilan uyg‘unlashib, ko‘pchilikning xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladigan bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. | 99 | 2,136 |
Madaniyat | Xonanda Feruza Jumaniyozova aprelda olgan litsenziyasidan mahrum etildi | Xonanda Feruza Jumaniyozovaning litsenziyasi yana olib qo‘yildi, deb xabar bermoqda “Sayyod” “O‘zbeknavo” estrada birlashmasining rasmiy ma’lumotiga tayanib.
“Xonanda Feruza Jumaniyozova tomonidan litsenziya bitimida nazarda tutilgan talab va shartlar muntazam ravishda buzib kelinganligi sababli, birlashmaning 2013-yil 13-avgustdagi MR-15-son buyrug‘i asosida berilgan AJ-3937-raqamli litsenziyaning amal qilishi 2014-yil 3-iyundan tugatildi”, — deyiladi “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi rasmiy bildirishida.
“Sayyod”ning ma’lum qilishicha, Feruza Jumaniyozovaning litsenziyadan mahrum qilinishiga “O‘zbeknavo” tomonidan tashkil qilingan tadbirlarda ishtirok etmasligi va o‘rnatilgan tartib-qoidalarga rioya qilmasligi sabab bo‘lgan.
“Joriy yilning aprel oyida amallab litsenziyaga erishgan Jumaniyozova yana tartibni buzib endigina unutilayotgan va kechirilayotgan xatolarini yangiladi”, — deyiladi xabarda. | 71 | 911 |
Madaniyat | Rossiyalik reper Morgenshtern buxorolik Azim Abdullayevga Mercedes’ini topshirish uchun O‘zbekistonga keldi (video) | Rossiyalik reper Morgenshtern buxorolik Azim Abdullayevga Mercedes avtomobilini topshirish uchun Toshkentga keldi. Bu haqda xonanda Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Reper Hilton mehmonxonasi oldida qisqa video suratga olib, afsonaviy “Merin”ni tanlov g‘olibiga topshirish uchun kelganini aytadi.
9-dekabr kuni Azim Abdullayev Instagram’dagi sahifasi orqali Morgenshtern tez kunda O‘zbekistonga kelib, unga Mercedes’ni topshirishini ma’lum qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, rossiyalik taniqli reper va bastakor Alisher Valiyev (taxallusi Morgenshtern) 18-oktabr kuni Instagram’da Mercedes-Benz E200 mashinasi uchun tanlov o‘tkazgan va unda Buxoroda yashovchi @aza_1002 akkaunti egasi Azim Abdullayev g‘alaba qozongan edi.
Morgenshtern o‘shanda g‘olib bilan bog‘langan va avtomobilni shaxsan o‘zi O‘zbekistonga olib kelishini ma’lum qilgan. Keyinroq musiqachi O‘zbekistonda xorijda ishlab chiqarilgan mashina uchun belgilangan bojxona to‘lovlari miqdoridan xabar topgach o‘z stories’ida videoxabar qoldirgan.
“O‘zbekistonda mashina uchun bojxona to‘lovi qancha ekanini bilasizmi? Uning narxi mashina narxiga teng ekan”, — degan Morgenshtern. Reper chegaralar yopiqligi va mashinani mamlakatga olib kirish qimmatligi sababli uni yetkazib berishda hukumatdan yordam so‘ragan.
Musiqachi bloger Yuriy Dudga bergan intervyusida Mercedes-Benz’ni tanlov g‘olibiga yetkazib berish uchun yana 2 million rubl to‘lashi kerakligini aytgan.
Mercedes-Benz’ning yana bir xalqona nomi “Merin”, qo‘shiqchi o‘z kompozitsiyalaridan birini ushbu mashinaga bag‘ishlagan (unda haqoratli so‘zlardan ko‘p foydalanilgan), qo‘shiq Youtube’da 85 million martadan ko‘proq ko‘rilgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, Morgenshtern mashina uchun 4 million rubl (taxminan 51 ming AQSh dollari) sarflagan.
Davlat bojxona qo‘mitasining hisob-kitoblariga ko‘ra, reperning mashinasini O‘zbekistonga olib kelish uchun to‘lanishi kerak bo‘lgan boj to‘lovi 353 801 986,83 so‘mni tashkil etgan.
Alisher Valiyev (Morgenshtern taxallusi nemis tilidan tarjima qilinganda “tonggi yulduz”) rep aytishni 12 yoshida boshlagan, yuqori sinfda o‘qib yurgan vaqtlarida “qora alkogolizm” yillarini o‘tkazib, mashhur bo‘lgan, dunyo tan olgan rep-yulduzlarining hayoti haqida replar aytgan. Ufada yashovchi 22 yoshli musiqachi Z avlodi havas qiladigan xonandaga aylangan va Instagram’dagi to‘g‘ridan to‘g‘ri efirda oddiy, sodda treklarini ijro etib, millionlab daromad qilmoqda, deyiladi Forbes ma’lumotida.
Morgenshtern boshqalar ijro etgan qo‘shiqlar bilan tanilgan: 2018-yilda u “IziRep” turkumidagi videolarni tayyorladi va ularda taniqli ijrochilarning ommalashgan qo‘shiqlarini jamladi (Eljey, Kizaru va Face), shuningdek, ushbu sodda replarni boshqa har qanday odam ijro qilishi mumkinligini tushuntirdi.
Jurnalist Nikolay Redkinning Meduza e’lon qilgan maqolasida Alisherning boshqalar tomonidan o‘ziga yo‘llagan salbiy fikrlardan ustalik bilan foydalanishi va YouTube’da reaksiyalar yaxshi baholanishini anglagan holda to‘g‘ri harakatlar qilganini e’tirof qilgan. 2018-yilda reper o‘zining birinchi albomini taqdim qildi, Rossiya bo‘ylab turga chiqdi va 100 ming rubllik kamerani yoqib yubordi. Keyinroq ushbu harakatiga izoh berib, bu odamlar diqqatini tortishni tezkor va yengil usuli ekanini qayd etdi: ommalashgan blogerning ishlab topayotgan pullari, muhokama qilinayotganidek, u qadar ko‘p emas.
2019-yil oxirida u to‘g‘ridan to‘g‘ri efirda qo‘shiqlar albomini yozishini e’lon qildi va har bir studiya sessiyasini jonli tarzda ijtimoiy tarmoqqa joylashtirib bordi. Yakunda hosil bo‘lgan relizga “Afsonaviy chang” deb nom berdi (2020-yil yanvarida sotuvga chiqqan) uni barcha striming servislarida 500 million martadan ko‘p eshitishgan (ushbu raqam sentabr oyi holatiga olingan), albomning har bir treki “platinali” disk darajasiga chiqdi. Morgenshtern qo‘shiqlarida haqoratli so‘zlar, so‘kinishlar ko‘p uchraydi. | 115 | 3,864 |
Madaniyat | Rossiya telekanali Imom al-Buxoriyning hayotiga bag`ishlangan hujjatli filmni namoyish etadi | Islom tarixi va madaniyatidagi buyuk shaxs Imom al-Buxoriyning hayoti va faoliyatiga bag`ishlangan hujjatli film «Rossiya-Kultura» telekanalida namoyish etiladi.
Film 17 fevral kuni, Moskva vaqti bilan soat 13:20 da efirga uzatiladi. Mazkur film – Imom al Buxoriy hayoti va faoliyatiga bag`ishlangan.
Imom al Buxoriy Qur`oni Karimdan so`ng islom ta`limotidagi ikkinchi kitob – «Al Jome` as-sahih» («Ishonchli to`plam») asarining muallifi hisoblanadi.
Filmda O`zbekistonning mashhur olimlari, xorijiy ekspertlar va diniy ulamolar ishtirok etishgan. | 92 | 550 |
Madaniyat | Instagram: Ziyoda qo‘rquvga tushdi, Umidaxon tanqidga uchradi, Kaniza esa otlar bilan band | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining yaqin soatlarda Instagram sahifalariga joylagan foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz.
Xonanda Dilso‘z Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan o‘tkazilgan konsertda ishtirok etdi.
Aktrisa Gulchehra Eshonqulova farzandlarini ilk bor tish shifokori ko‘rigiga olib borganini ma’lum qildi.
Malika Egamberdiyeva turmush o‘rtog‘i va farzandi bilan tushgan suratini folloverlari bilan bo‘lishdi.
Zulayho Boyhonova oqshomni “sehrli” arg‘imchoq og‘ushida kutib oldi.
Sardor Rahimxon “Yurak amri” jamoasi bilan Jizzaxga yo‘l olganini ma’lum qildi.
Kaniza ot sport maydonida vaqtini chog‘ o‘tkazdi. U sevimli jonivori bilan tushgan bir nechta suratlarini kuzatuvchilari bilan bo‘lishdi.
Lola folloverlariga bolaligidagi eng baxtli onlar aks etgan oilaviy suratini namoyish etdi.
Yulduz Turdiyeva muxlislarining yangi yildagi rejalari bilan qiziqdi.
Dubayda oilaviy hordiq chiqarayotgan Shahzoda Muhammedova muxlislari bilan hayvonot bog‘ida tushgan ajoyib suratlarini bo‘lishdi.
Ozoda Nursaidova tojikistonlik xonanda Zulayho bilan duet ijro etdi. Taronaga ishlangan klip 14-yanvar kuni premyera qilinadi.
Madaniyat vakili hisoblangan xonandalar o‘zini bunday tutganidan keyin oddiy odamlardan nima kutish mumkin?
Shukurullo Isroilovda yangisidan bor!
Turkiyalik oshpaz Burak O‘zdemir Ziyodani qo‘rqitib yubordi | 90 | 1,369 |
Madaniyat | Martin Skorseze Joker haqidagi yangi filmga prodyuserlik qiladi | Warner Bros kinostudiyasi Joker haqidagi yangi filmni suratga olishga kirishdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Kadr: YouTube
Filmga Martin Skorseze prodyuserlik qiladi. Todd Filipps (“Vegasda yigitlar yig‘ini”, “Qurollangan yigitlar”) ssenariynavislik va rejissorlikni zimmasiga oldi.
Kartina voqealari Gotemda, o‘tgan asrning 80-yillarida yuz beradi va muhiti jihatidan Skorsezening “Taksi haydovchisi” hamda “Quturgan buqa” filmlarini eslatadi.
“O‘z joniga qasd etuvchilar otryadi” filmida Jokerni o‘ynagan Jared Leto bu gal uni ijro etmasligi bildirilmoqda. | 63 | 576 |
Madaniyat | Qayta-qayta ko‘rgan bo‘lsangiz ham sevimli filmlardagi siz payqamagan detallar (foto) | Kinoijodkorlar o‘z filmlarida kichik detallarni qo‘shib tomoshabinlarga kichik ishoralar qoldirishni yaxshi ko‘radilar. Ular butun hikoyani umumiy fonda yashirishi yoki qahramonning so‘zlarini boshqa ma’noda ham berishi mumkin.
“Garri Potter va chala zot shahzoda” (2009)
“Garri Potter va chala zot shahzoda” filmida gazetadan Ameliya Bons ismli jodugar o‘z uyida jonsiz holda topilganini o‘qish mumkin. Aynan u “Garri Potter va Feniks ordeni”dagi qismda Potterni himoya qilgan jodugar edi.
“Chip va Deyl” (2022)
“Chip va Deyl”da uy elfi Dobbi “Garri Potter” franshizasi tugaganidan keyin Gucci uchun namuna bo‘lganini ko‘rishingiz mumkin.
“Qizarib ketyapman” (2022)
“Qizarib ketyapman” multfilmida bu ikki qizning qo‘llarida plastirni ko‘rish mumkin. Bu 1-toifa diabet bilan og‘rigan bemorlarga insulin yuborish uchun infuzion tizimdir. Gap shundaki, filmning texnik nazoratchisi Syuzan Fongga bolaligida 1-toifa qandli diabet tashxisi qo‘yilgan.
“Yuqoriga qarama” (2021)
“Yuqoriga qarama” filmida Keyt yigitiga “Dinozavrlarni yo‘q qilgandan ham katta kometa Yer tomon uchib kelyapti”, deb aytadi va ayni damda fonda dinozavr libosidagi yigit ko‘rinadi.
“Gerkules” (1997)
“Gerkules”da Gades shunday deydi: “Bolalar, dam olinglar. Endigina vaqtning yarmi o‘tdi” — bu multfilmning 46-daqiqasida sodir bo‘ladi. Multfilm esa 92 daqiqa davom etadi.
“Uyda yolg‘iz” (1990)
“Uyda yolg‘iz” filmida kattalar aeroportga borishdan oldin oila a’zolarini sanayotganda, jami 17 kishi borligini ta’kidlaydilar. Bu bitta mikroavtobusda 8 ta, qolganida esa 9 ta yo‘lovchi bo‘lishi kerak degan ma’noni anglatadi. Kevin yo‘qligi sababli ikkala furgonda ham 8 kishi bo‘lgan va har biridagi yo‘lovchilar boshqa furgonda 9 kishi bo‘lishi kerak deb o‘ylashgan.
“Pichoqni olish” (2019)
Filmda Rensom yoqasi yirtilgan va bir necha joyidan teshilgan sviter kiyadi. Liboslar dizayneri Rensomning o‘ziga befarqligi va oilasiga nisbatan hurmatsizligini ko‘rsatish uchun ushbu detalni qo‘shadi.
“Garri Potter va Azkaban asiri” (2004)
“Garri Potter va Azkaban asiri” filmida sehrgar Stiven Xokingning “Vaqtning qisqacha tarixi” asarini o‘qiyotganini ko‘rishingiz mumkin.
“Sening isming” (2016)
“Sening isming” animesida Mitsuha va Teshi daraxtdan vaqtinchalik kafe uchun foydalanadi, shuning uchun keyinchalik shahardagi daraxtlardan biri yo‘qolganini ko‘rish mumkin. | 85 | 2,345 |
Madaniyat | “O‘zbekkino” rahbari “Islomxo‘ja” filmining telekanallardagi namoyishi hamda Youtube’ga qachon joylanishini ma’lum qildi | “O‘zbekkino” MA da o‘zbek kinoijodkorlarining AQSHga safari taassurotlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Matbuot anjumanida agentlik rahbariyati, rejissorlar hamda OAV xodimlari qatori “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad ham ishtirok etdi.
Matbuot anjumanida “O‘zbekkino” MA rahbari Furqat Zokirov rejissor Jahongir Ahmedovning “Islomxo‘ja” deb nomlangan tarixiy, badiiy-publisistik filmining telekanallardagi namoyishi qachon bo‘lib o‘tishi hamda Youtube ijtimoiy tarmog‘iga qachon joylanishi haqidagi savolga quyidagicha javob berdi.
Video qaroqchilar o‘zbek kinolarini ijtimoiy tarmoqlarda o‘g‘rinchi joylashtirib yurgan ekan. Respublika kinoprokat markazini ochganimizdan so‘ng O‘zbekistondagi Youtube bo‘yicha ishlaydigan yetakchi kompaniya bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yganmiz. Ayni vaqtda Youtube’da tarqalib yotgan, hattoki 1—2 mln marotaba tomosha qilingan filmlarni o‘chirib, uning o‘rniga sifatli kinolarni joylab bormoqdamiz.
“Islomxo‘ja” filmining yurtimiz kinoteatrlardagi namoyishi davom etmoqda. Bundan tashqari “Islomxo‘ja” filmini Qirg‘iziston, Qozog‘iston, hamda Tojikiston davlatlarida ham namoyishi bo‘yicha muzokoralar olib borilmoqda. “Islomxo‘ja” filmining yurtimizdagi hamda xorijdagi prokati yakunlangach telekanallarda hamda Youtube tarmog‘ida premyera qilishni rejalashtirganmiz.
Furqat Zokirov, “O‘zbekkino” milliy agentligi bosh direktori | 120 | 1,379 |
Madaniyat | Terminator va gubernator. Arnold Shvarsenegger 70 yoshga to‘ldi | 30-iyul kuni amerikalik mashhur kino yulduzi, sportchi, biznesmen va siyosatchi Arnold Shvarsenegger 70 yoshini qarshiladi. Bu insonni tanishtirib o‘tirish ortiqcha bo‘lsa kerak. Bodibildingda, kinoda va siyosatda ulkan yutuqlarga erishgan Shvarsenegger o‘z davrida o‘smirlar o‘rnak oladigan insonga, millionlab insonlar taniydigan yulduzga aylangan edi. “Shvarsenegger” so‘zining o‘zi ham ramziy ma’no kasb etib ulgurgan hatto.
Kinoda va sportda shuhratga erishgan, Shvarsenegger o‘zini siyosatga urdi va Kaliforniya shtatining gubernatori sifatida faoliyat yuritdi. Gubernatorlik muddati tugagach, u yana kinoga qaytdi, lekin siyosiy faoliyatini davom ettirish ustida o‘ylashni ham to‘xtatgani yo‘q. Kelib chiqishi bois AQSh prezidentligiga da’vogarlik qila olmaydigan aktyor Kongressga nomzodini ko‘rsatishni rejalashtirmoqda. Bu uning, yoshiga qaramay, hali kuchga to‘laligini namoyish etadi.
Millionlab insonlarning sevimli aktyoriga aylanib qolgan Arniga barcha sohalarda muvaffaqiyat tilab qolamiz hamda quyida “Gazeta.ru”ning sana munosabati bilan tayyorlagan fotojamlanmasini taqdim etamiz. | 63 | 1,099 |
Madaniyat | “Epidemiya” filmi rejissori Stiven Soderberg AQSh kinosanoatini qayta tiklashga kirishadi | Koronavirus pandemiyasi tufayli kinosanoat jiddiy zarar ko‘rdi: butun dunyoda kinoteatrlar yopildi, filmlar taqdimoti qoldirildi, suratga olinishi davom etayotgan filmlar ham to‘xtab qoldi.
Esquire’ning yozishicha, AQSh rejissorlar gildiyasi pandemiyadan so‘ng filmlar suratga olishni qayta tiklashga yordam beruvchi va ishga qanday qilib xavfsiz qaytish mumkinligini tushuntiruvchi qo‘mitani tuzdi. Qo‘mita rahbari etib Stiven Soderberg tayinlandi.
Gildiya a’zolarini qachon xavfsiz tarzda ishga qaytishi mumkinligi qiziqtirmoqda.
“Hozirda kino suratga olish jarayonlari qachon tiklanishini aniq ayta olmasak-da, ammo xavfsizlikni ta’minlab, ishni qayta tiklash uchun barcha choralarni ko‘rmoqdamiz”, — deyiladi gildiya xabarida.
Yangi qo‘mita yetakchi epidemiologlar bilan maslahatlashmoqda hamda barcha uchun xavfsiz sharoit yaratish uchun boshqa Gollivud birlashmalari bilan hamkorlik qilmoqda.
Stiven Soderberg 2011-yilda o‘ta xavfli Xitoy virusi haqidagi “Epidemiya” filmini suratga olgan. 2020-yilning mart oyi oxirida ushbu film butun dunyodagi barcha platformalarda eng ko‘p tomosha qilingan film bo‘ldi. | 89 | 1,114 |
Madaniyat | Jasur Umirov konsertining birinchi kuni “Darakchi” tanqidiga uchradi | 14-noyabr kuni “Istiqlol” san’at saroyida xonanda Jasur Umirovning yakkaxon konserti start oldi, deb yozgan “Darakchi”, keyinroq dasturga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.
Nashrga ko‘ra, muxlislar Jasur Umirovni qanchalik sevishini zaldagi muhitdan anglash qiyin emas. Biroq konsertga jurnalist sifatida tashrif buyurilgani uchun ayrim e’tirozlar paydo bo‘lgan.
“Bir kunda 12 ta qo‘shiq yozgan san’atkorni eshitganmisizlar”, — deb maqtangan Jasur Umirov. Bu xonandaning mas’uliyatsizligimi, deb fikr bildirgan nashr. Ancha oldin e’lon qilingan konsert dasturi uchun nahotki bir kunda qo‘shiqlar yozib tashlangan bo‘lsa?
“Umirov dasturi davomida muxlislar bilan muloqotga kirishga, ularning ko‘nglidan yanada chuqur joy olishga urunar ekan, o‘zi bilmagan holda ko‘plab xatolar qildi. Bunga yaxshilab tayyorgarlik ko‘rmaganligi sababli jumlalari bir-biriga qovushmadi. Ehtimol, bu xonandaning harakteriga xos bo‘lgan holatdir, biroq sahnada ko‘cha tilida so‘zlashish, gaplarni uzuq-yuluq gapirish san’atkorning madaniyatiga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi, degan fikrdamiz”.
“Ikkinchidan, xonanda zaldagi tartibni saqlab turgan qo‘riqchilarga muxlislar erkinligini chegaramaslikni va saroy sahnasining bir qavati ular uchun mo‘ljallaganini ma’lum qildi. Bundan foydalangan tomoshabinlarning bir to‘dasi sahnani butunlay egallab oldi. Natijada o‘rindiqlarida o‘tirgan tomoshabinlarga sahna deyarli ko‘rinmay qoldi”, — deyilgan fikrda.
Ma’lumot uchun, Jasur Umirov 15 va 16-noyabr kunlari ham konsert beradi. | 68 | 1,497 |
Madaniyat | Samarqanddagi Kofirqal`adan topilgan, VIII asrga oid noyob o`ymakor pannoni tarkibiy restavrasiya qilish ishlari yakunlandi | Samarqanddagi Kofirqal`adan topilgan, VIII asrga oid noyob o`ymakor pannoni tarkibiy restavrasiya qilish ishlari yakunlandi. Bu haqda Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi o`rinbosari Saida Mirziyoeva xabar bermoqda.
Kamida 1300 yillik tarixga ega ushbu bebaho artefakt Samarqand yaqinida olib borilgan qazilma ishlari vaqtida topilgan. U Luvr muzeyida o`tkaziladigan ko`rgazmada eksponatlar safidan joy olishi ta`kidlanmoqda.
Qal`ani o`rganish paytida yog`och panellar bilan bezatilgan va taxt zali deya taxmin qilinayotgan xona topilgan. Tadqiqotchilarning fikricha, xona yong`indan jiddiy zarar ko`rgan.
" – Eng hayratlanarlisi, aynan yong`in tasvirlarning saqlanib qolishiga sabab bӯlgan: yog`och shu kungacha chirib ketgan bӯlardi, ammo uning kuygan qismlarida tasvir saqlanib qolgan.
Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san`atni rivojlantirish jamg`armasi va Luvr muzeyi mutaxassislari hamkorligida pannoni qayta tiklash ustida jiddiy ish olib borildi. Endilikda qadimgi ustalarning nozik o`ymakorlik ishlaridan bahramand bo`lish imkoniyati tug`ildi" – deb yozmoqda S.Mirziyoeva. | 123 | 1,099 |
Madaniyat | Habibulla Nizomov AQShga borgani va qaytolmagani sababini ma’lum qildi (video) | Karantin tufayli AQShda qolib ketgan sport ustasi va aktyor Habibulla Nizomov “Daryo” internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Onlayn bo‘lib o‘tgan ushbu intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi.
Suhbat davomida Habibulla Nizomov AQShga nima uchun borgani va nega qaytmayotganiga oydinlik kiritdi.
Men o‘zi bu yerga Arnold Classic musobaqasiga kelgandim. Aslida bolalar bilan birga kelmoqchi edik. Jamoamiz 21 kishi edi — 21 kishidan 4 kishigagina viza berildi. Qolganlar kelolmaydigan bo‘ldi. 4 kishidan ikkitasi “o‘zimning hisobimdan bo‘lsa, bormayman”, dedi. Bir kishi rossiyalik sportchilar bilan boraman, dedi. Men bir o‘zim keldim, bitta mastresting degan musobaqa bor: tayoq tortish, xalq o‘yinlaridan kelib chiqqan. O‘sha sport turida birinchi marta qatnashdim. 19 kunda qaytishim kerak edi, qaytaman deganimda 16-kuni yo‘l yopildi. Nasibamiz shu yerda ekan, shu yerlarda yuribmiz.
Ketmayotganimning sababi O‘zbekistondagi hozirgi holat. O‘zingizga ma’lum, chetdan boramiz, shunga kasallik tashuvchi bo‘lib qolmay dedim. Shu balo-qazolar tezroq yo‘qolsin, keyin bemalol, hech qanaqa qonunni buzmasdan boraman. (Kulib) Hali vizam ham tugamagan, bemalol yurib olay, yana qachon kelaman.
Habibulla Nizomov, sport ustasi, aktyor | 78 | 1,257 |
Madaniyat | “Viloyatlik ekanimni yuzimga solishardi”. Mashhura Zulfiqorova ikki farzandi bilan turmushi buzilgani haqida gapirdi (video) | Aktrisa Mashhura Zulfiqorova ikki farzandi bilan turmushidan ajralishiga nima sabab bo‘lgani haqida so‘zlab berdi.
“Xo‘jayinim bilan bir-birimizni sevib turmush qurganmiz. Lekin men buxorolik bo‘lganim uchun uyidagilari norozi bo‘lgan.
Nima uchun, men rahmatli otamning qayerlik ekanligidan uyalishim kerak? Ular ‘Bo‘lmaydi, bu, kelgindilar’, degan.
2003-yilda to‘yimiz bo‘ldi, 2004-yilda qizim tug‘ildi. Lekin ular meni qabul qila olmadi. ‘Bizga o‘xshamaydi’, deyishdi. Men chidadim, hech kimga ko‘z yoshimni ko‘rsatmadim. Qizim uch yosh bo‘lganida esa, ‘Kerakmassan’, deb ko‘chaga haydashdi. Onamga ‘Qizing o‘g‘il tug‘a olmaydi. O‘g‘limga onasi o‘pmaganidan olib beramiz, u o‘g‘il tug‘ib beradi’, deyishgan. Shundan keyin, Allohdan o‘g‘il farzand berishini so‘raganman. O‘g‘illi bo‘lganimdan keyin, endi tinch yashab ketsam kerak, deb umid qildim. Lekin adashgan ekanman. Ta’na-dashnomlar davom etdi, oxiri bo‘lmadi”, — deydi aktrisa.
Aktrisa farzandli bilan
Ma’lumot uchun, Mashhura Zulfiqorova “Komila”, “Xon”, “Muhabbat va nafrat” kabi filmlar, “Qora atirgul”, “Zaharli tomchilar”, “Fitna” hamda “Daydi qizning daftari” kabi seriallarda suratga tushgan. Tomoshabinlar uni salbiy obrazlarning mahoratli ijrochisi sifatida yaxshi taniydi. | 124 | 1,243 |
Madaniyat | “Ayoz bobo” ertak-filmidagi Nastenka — aktrisa Natalya Sedixning taqdiri qanday kechgan? | Go‘zal, nozik va juda nazokatli Nastenka hammadan ko‘proq baxtli bo‘lishi va sevilishi kerakdek tuyiladi. Ammo hayot Natalya Sedixga ko‘p sinovlarni tayyorlab qo‘ygandi. Garchi u mashhur aktrisaga aylangan bo‘lsa ham hayoti o‘lim yoqasida qoldi, shafqatsiz xiyonatga chidadi va kinodagi karyerasini tark etishiga to‘g‘ri keldi. “Noviy ochag” nashri aktrisaning muvaffaqiyatga boy ko‘rinsa-da, ammo boshqalarnikidan tamoman farq qiladigan taqdiri haqida so‘z yuritdi.
4 yoshidan boshlab figurali uchishni o‘rgandi
Natasha o‘z yo‘lini 4 yoshidayoq tanlagan: o‘shanda u birinchi marta televizorda figurali uchish musobaqalarini ko‘rgandi. Tomosha qizni shunchalik hayratda qoldirdiki, u, albatta, figurali uchuvchi bo‘lishga qaror qildi. Uning ota-onasi ham uni bu qarorda qo‘llab-quvvatladi. Faqat Natashani figurali uchish bo‘limiga darhol qabul qilishmadi: u juda kichkina edi. Ammo u o‘zini yo‘qotmadi, jasorat bilan zalning o‘rtasiga chiqdi va murabbiy Tatyana Granatkina uchun haqiqiy namoyishni uyushtirdi. Qizaloq maydonni aylanib chiqdi va televizor ekranida ko‘rgan narsasini takrorlashga urinib, oyoqlari bilan piruet yasadi. Murabbiy bunday qat’iyatdan hayratda qoldi va ta’sirlandi, natijada Natashani qabul qilishdi.
Balet tanlovi
Granatkina Natashaning raqs harakatlarini ko‘rib, figurali uchishda muvaffaqiyat qozonishini tushunib yetdi va unga “Bolshoy teatr”ning balet maktabiga kirishga harakat qilishni maslahat berdi. Katta raqobatga qaramay, Natasha maktabga qabul qilindi. Unga hamma joy yoqdi, lekin bir kuni uning ham tanlov qilishiga to‘g‘ri keldi: u bir vaqtning o‘zida balet bilan shug‘ullanib, Olimpiya o‘yinlarida qatnasha olmasdi. O‘ylanib ko‘rib, baletni to‘xtatishga qaror qildi, chunki ko‘proq raqsga tushishni yaxshi ko‘rardi. Natalyaning ajoyib qobiliyati mutaxassislar tomonidan yuqori baholandi: “Maktab yillarida klassik raqsda men faqat 5 baho olardim. O‘qishni tugatgandan so‘ng ular meni ‘Bolshoy teatr’ga olib ketishdi. Agar ishga qabul qilinmaganimda buni aniq bilaman, kasbimni o‘zgartirgan bo‘lardim. Men boshqa teatrda raqsga tushmasdim”, — deydi u.
Nadejda Rumyanseva Nastenkaga aylanishi mumkin edi
“Ayoz bobo”da Sedixning paydo bo‘lishiga bilvosita sabab bo‘lgan narsa — bu balet: rejissor Aleksandr Rou uning “O‘layotgan oqqush” spektaklini ko‘rdi va 15 yoshli balerinani o‘zining ertagiga taklif qildi, chunki unda haqiqiy Nastenkani ko‘rgandi. To‘g‘ri, Nadejda Rumyanseva ham kastingga taklif qilingandi, ammo Rou Natashani tanladi. Shuningdek, balet maktabida u juda ko‘p yoqimsiz narsalarni tinglashi kerak bo‘ldi: rahbariyat talabaning suratga tushishda ishtirok etishiga keskin qarshi edi, chunki bu uni asosiy darslardan chalg‘itardi. Iqtidorli qiz uchun uning ustozi Sulamif Messerer ruxsat so‘radi. Va Natasha suratga olish guruhi bilan Kola yarim oroliga suratga tushish uchun ketdi. Suratga olish paytida u o‘zining birinchi muhabbatini uchratdi: Nastenkani o‘ziga rom qilgan yigit Ivanushka rolini o‘ynagan Eduard Izotov edi. “Ayoz bobo”ning muvaffaqiyati kutilganidan ham ortib ketdi, Natalya Sedix yulduzga aylandi. Keyin yana bir nechta filmda rollari paydo bo‘ldi va agar uni “Bolshoy teatr”ga qabul qilishmasa, u VGIKga kirib, aktrisa bo‘lishga qaror qildi. Ammo u ilk urinishdayoq qabul qilindi va taqdiri o‘sha yerda belgilandi. U endi suratga tushishga harakat qilmas, bor vaqti va butun kuchini sevimli baletga bag‘ishlardi.
Rashkchi “Otello” uni bo‘g‘ib o‘ldirishiga bir baxya qoldi
Balerina shaxsiy hayoti uchun ham vaqt ajratib turdi. Uning bir nechta o‘tkinchi munosabatlari bo‘lsa-da, turmushga chiqishga shoshilmadi: u baletga sodiq qolishni xohladi. Afsuski, keyin balerina uchun deyarli fojiali yakunlangan voqea yuz berdi. Leningradda gastrol safarida “Samoviy qaldirg‘ochlar” filmi uchun musiqa yozgan bastakor Viktor Lebedev Natalyani sevib qoldi. Tanishuvning birinchi oqshomida Lebedev Natashaga bosim o‘tkazdi: uning maqsadga erishish niyatida o‘zini qo‘pol tutishi Natashani hayratda qoldi. Ertasi kuni aybini yashirish uchun o‘zini butunlay boshqa odam sifatida ko‘rsatdi. Natasha u bilan uchrashishga rozi bo‘ldi, munosabatlar rivojlandi, u Lebedevni qanday sevib qolganini sezmadi.
Ammo keyin balerinaning yangi ishqiy munosabatidan xabar topgan “sobiq” oshiqlardan biri Leningradga qarab yugurdi. Tashlab ketilgan janob balerinaga yashirincha hujum qilib, uni bo‘g‘ib o‘ldirmoqchi bo‘ldi. Natasha juda qo‘rqib ketdi: u bo‘g‘ilayotganini his qildi. Uni faqat rashkchi Otelloning xotini bo‘lish va’dasi qutqardi. Natasha Otelloning qo‘lidan chiqqach, muhlatdan foydalanib, Lebedevning oldiga qochib ketdi.
“Mehmon nikoh”
Bu voqealarning barchasi Natalyaning Lebedevga turmushga chiqishga rozi bo‘lishiga olib keldi. Ikki yil o‘tib, ular turmush qurdi, ammo bastakor birinchi xotini bilan ajrashishi kerak edi. Ularning birgalikda yashashi g‘alati tuyildi. Natalya esa o‘z hayotini teatrsiz tasavvur qila olmadi, shuning uchun u Moskvada qoldi. Viktor Lebedev Leningrad Badiiy akademiyasida dars bergani uchun shaharni tark eta olmadi. Uchrashuvlar kamdan-kam, ammo sog‘inchga boy bo‘ldi. Faqat juftlikning o‘g‘li Alyosha tug‘ilgandan so‘ng Sedix bir muncha vaqt hech qayerga ketmadi, eri bilan Leningradda qoldi. Ammo tez orada faqat ona, xotin va uy bekasi bo‘lish uning taqdiri emasligini his qildi, u chindan ham raqsga tushishi kerak edi. U yana teatrga qaytib, chaqalog‘ini onasi va yollangan enagaga ishonib topshirdi. Ba’zan u Leningradga kelar, ba’zida Viktor uning oilasiga tashrif buyurardi. Va bir kuni Natasha sevgilisi uchun kutilmagan sovg‘a tayyorlab, oldindan xabar bermasdan uning yoniga uchishga qaror qildi. Ammo balerinani ham kutilmagan voqea kutardi: u turmush o‘rtog‘ini xiyonat ustida ushladi. “Men o‘sha paytda 35 yoshda edim, nafaqaga bir necha oy qolgandi. Men nihoyat Sankt-Peterburgga ko‘chib o‘tishimni o‘ylab, sevinardim. Lebedev biroz sabr qilishi kerak edi. Qizig‘i shundaki, uning hisobi bo‘yicha sodir bo‘lgan hamma narsadan keyin go‘yoki men uni tashlab ketganman”, — deydi aktrisa bu haqda.
“Men faqat o‘zimga ishonishga o‘rgandim”
Natalya Sedixning hayotida yana bir qancha tanlovlar bo‘ldi. Ammo u boshqa turmushga chiqmadi. Uning e’tirofiga ko‘ra, u yolg‘izlikda o‘zini juda yaxshi his qiladi: u erkin va hech kimga hisob bermasdan xohlagan narsasini qila oladi. Katta teatrdagi karyerasi tugagandan so‘ng (balerinalar erta nafaqaga chiqadi), Mark Rozovskiy Natalyani “Nikitskiy darvozalarida” teatriga taklif qildi va keyin u o‘zining aktyorlik salohiyatini anglab, yana bir nechta filmlarda rol o‘ynadi. Ehtimol, uning taqdiri kimgadir achinarli tuyilishi mumkin: aslida Sedix balet uchun hamma narsasi — kinodagi karyerasi, shaxsiy hayotini qurbon qildi. Lekin u o‘zini baxtli deb biladi, umrining “Bolshoy teatr”ga bag‘ishlagan yillaridan hech qachon afsuslanmaydi. “Men faqat o‘zimga ishonishga odatlanganman, hech kim menga xiyonat qila olmaydi, zarar yetkaza olmaydi”, — deydi nazokatli Nastenka. | 88 | 6,935 |
Madaniyat | “Nega qiziqchilarga birorta mukofot yo‘q?”. Shukrullo Isroilov o‘zbek qiziqchilariga e’tibor yo‘qligi haqida gapirdi (video) | “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida “Mavsum xitlari—2019” taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
“Mavsum xitlari—2019” taqdirlash marosimida mehmon bo‘lgan qiziqchi Shukrullo Isroilov “Daryo” muxbiri Feruz Muhammadga bergan intervyusida qiziqchilarga e’tibor yo‘qligi, ular uchun birorta mukofot yoki taqdirlash marosimi tashkil qilinmaganligi haqida gapirdi.
Qiziqchi mukofot olmaydi-ku, qiziqchiga mukofot — xalqning olqishi. Eng keragi xalqning nazaridan qo‘ymasin. Bilmadim nega mukofot yo‘q, hozir shu gapni sahnada gapirdim. Sardor Tairovga mukofotni topshirdik. Nega endi xonanda, raqqosalarga mukofot bor-u, qiziqchilarga yo‘q. Hech bo‘lmasa diplom ham yo‘qda, e’tibor yo‘q. Yoki bular qiziqchini qo‘pol qilib aytganda mensishmaydimi? Lekin, bundoq o‘ylab qarasangiz ijtimoiy tarmoqlarda eng ko‘p ko‘riladigani qiziqchilar bo‘ladi. Mana masalan birorta san’atkorning konsertida qiziqchilik qilishga chiqsam, ana o‘sha videolar YouTube’da million martalab ko‘riladi. So‘z ustasi, qiziqchilik ham bir san’at. Bu juda qiyin san’at.
Mana Hojiboy Tojiboyevga haykal qo‘yildi. Syomkada edim, afsus ushbu marosimga borolmadim. Shu insonni Alloh rahmat qilsin. Shaxsan o‘zim Hojiboy akani juda hurmat qilar edim. Sababi, uning har bitta konsertidagi samimiy so‘zlariga mazza qilib kulamiz. To‘g‘ri, qiziqchilar ko‘p, lekin hammasining o‘z yo‘li bor. Masalan men Hojiboy aka yo‘nalishida qiziqchilik qilolmayman, qila olaman, lekin uning darajasidek emas. Uning yo‘nalishida mana Avaz Oxun ijod qilmoqda.
Har bitta qiziqchining o‘z muxlisi, o‘z yo‘nalishi bor. Mana biz ham har yili konsert beramiz. Ikki yilda bir marta bo‘lsa ham konsert qilamiz. Men 3—4 yildan beri ‘Shukur shou’ qilaman. Konsertlarimning ko‘ruvchilar soni ko‘p bo‘ladi. Lekin shu yil yakunida nimadir bo‘lish kerak-da baribir. San’atkorlarga ‘Mavsum xitlari’ bo‘lsa, qiziqchilarga ‘Mavsum eng chiroyli so‘zlari’ yoki shunga o‘xshash biror narsa o‘ylab topish kerak yoki shu konsertda birorta qiziqchi chiqib, muammolarni gapirsa, oxirida diplom yoki shunga o‘xshash mukofot berilsa yaxshi bo‘lardi.
Bu ham bir kichik e’tibor hisoblanadi. Mana hozir bu yerda hamma chiqib fonogramma qilyapti, lekin biz jonlida gapiryapmiz. Buning ham farqi bor. O‘zi hozirda qiziqchilar juda kam.
Shukrullo Isroilov, qiziqchi | 124 | 2,274 |
Madaniyat | Surxondaryoda bayram shukuhi kezmoqda (foto) | Bugun qadimiy va navqiron Termiz shahrida Xalqaro baxshichilik san`ati festivali boshlanadi. Ayni paytda so`nggi tayyorgarlik ishlari ketmoqda.
Behzod Abdujabborov tasvirga oldi | 44 | 181 |
Madaniyat | Ashxobodda O‘zbekiston madaniyati kunlari bo‘lib o‘tmoqda (foto) | Turkmanistonning Ashxobod shahrida O‘zbekiston madaniyat kunlari bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar beradi Madaniyat vazirligi axborot xizmati.
Madaniyat kunlari davomida qator tadbirlar o‘tkazilmoqda. Xususan, Turkmaniston davlat kutubxonasida ikki davlat ziyolilari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda ziyolilar tomonidan bugungi kunda adabiy, madaniy tadbirlarga imkon yaratib berganligi uchun ikki davlat rahbarlariga chuqur minnatdorchilik bildirildi. Shuningdek, xalqlarni yaqinlashtirishda adabiyotning o‘rni alohida ekanligi ta’kidlandi, ikki mamlakat ijodkorlari faol bo‘lishi zarurligi e’tirof etildi.
O‘zbekistonda nashr qilinadigan “Jahon adabiyoti” jurnali va “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi Turkmanistonda nashr qilinadigan “Dunyo adabiyoti” jurnali, “Turkmaniston madaniyati” gazetasi bilan hamkorlik qilish taklifini berdi.
Shuningdek, “Vatan” kinokonsert saroyida o‘zbekistonlik san’atkorlar ishtirokida konsert dasturi taqdim etildi. | 64 | 956 |
Madaniyat | “‘O‘zbekfilm’ kinostudiyasi namoyish etadi...”. Komil Yormatovni eslaymiz | O‘zbek kino san’atida ham ijtimoiy realizm janri old qatorlarda bo‘lgan davrlar kechgan. Filmlarda o‘tkir ijtimoiy muammolar, inson hayotining ulug‘vorligi yoritilgan. “Daryo” ana shunday davr asoschilaridan biri, o‘zbek kino san’atining yorqin namoyandasi Komil Yormatov haqidagi xotiralarni yodga oladi.
Bolaligimizda ajoyib filmlar boshlanayotganda “Komil Yormatov nomidagi ‘O‘zbekfilm’ kinostudiyasida dublyaj qilingan” degan jumlani eshitishimiz bilan hozir juda zo‘r film ko‘raman deb o‘tirar edik. Ushbu ism va jumla sifatli filmning yoki ajoyib dublyajning garovi edi go‘yo. Xo‘sh, o‘shanda Komil Yormatov aslida kimligiga qiziqib ko‘rganmizmi? Menimcha yo‘q, bugun ushbu buyuk rejissor hayoti bilan tanishamiz.
Komil Yormatov 1903-yil 2-mayda Konibodomda (hozirgi Tojikistonning So‘g‘d viloyatida) tojik oilasida dunyoga keldi. Avval milliy, keyin esa yangi ochilgan rus-tuzem maktablarida o‘qidi. 1918—1924-yillarda Konibodom tuman hokimiyatida kotib, Qizil Armiya safida, otliq polk eskadroni qo‘mondoni Hamdam hoji Qalandarov boshchiligidagi partizan otryadining jangchisi bo‘lgan.
Mashhur kinoshunos Mastura Is’hoqova Komil Yormatovning bolaligi haqida shunday deydi:
“Komilning bolaligi juda beg‘ubor o‘tdi. Otasi Yormuhammad mingboshi 1918-yilgacha podsho armiyasining polkovnigi, yigirma besh yil Konibodomda okrug rahbari bo‘lib ishladi. Mahalliy aholi uni juda hurmat qilardi, chunki u adolatli va bilimli odam edi. O‘sha yillarda u vatandoshlari orasida birinchilardan bo‘lib, ta’lim masalasiga jasorat bilan yondashdi — ikki o‘g‘lini yangi ochilgan rus-tuzem maktabiga topshirdi.
Yormuhammadning katta kutubxonasi bor edi, o‘zi uch tilda — rus, fors va o‘zbek tillarida gaplasha oladigan ziyoli inson edi. 1925-yilda Yormuhammad jiddiy kasal bo‘lib qoldi. U sanoqli kunlari qolayotganini tushunardi. Bir kuni kechqurun ota o‘z o‘g‘lini to‘shagiga chaqirib, ohista dedi: ‘O‘g‘lim, menda senga meros qilib qoldiradigan hech narsa yo‘q. Men hayotim davomida boylik to‘plash ilinjida yashamadim, ammo men senga yaxshi nomimni qoldiraman. Eng muhimi, kim bo‘lishingdan qat’i nazar, qayerda bo‘lsang ham o‘z xalqingga sidqidildan xizmat qilgin...’ 20 yoshli Komil otasining so‘nggi vasiyatiga butun umr amal qilib yashadi”.
1923-yilning kuzida Konibodomga Hamza Hakimzoda Niyoziy boshchiligidagi teatr truppasi tashrif buyuradi, Komil Hamza bilan uchrashadi va u bilan bo‘lgan qiziq suhbatlar asnosida teatr sohasiga qiziqib qoladi. 1924—1926-yillarda u Moskva texnologiya institutida va shu bilan birga Moskvadagi B.V. Chaykovskiy nomidagi kino aktyorlari uchun o‘quv kurslarida tahsil oldi. 1930-yildan Moskvadagi davlat kinematografiya instituti (hozirgi VGIK)da o‘qidi.
1931-yildan “Tojikkino” kinostudiyasining birinchi toifali rejissori bo‘lib faoliyatini boshlagan Komil Yormatov o‘zining ilk ishi bo‘lgan “Uzoq chegarada” nomli filmini suratga oldi. Komil Yormatov o‘zbek, nemis, rus, fors va ozarbayjon tillarida bemalol gaplashar edi.
1941-yildan Toshkent kinostudiyasi (hozirgi “O‘zbekfilm”)ning yuqori toifali rejissori va badiiy rahbari etib tayinlandi. Ushbu faoliyati davomida Komil Yormatov “Uyqusiz yo‘llar”, “Alisher Navoiy”, “Ibn Sino”, “Opa-singil Rahmonovalar”, “Osiyo uzra bo‘ron”, “Inqilob chavandozlari” kabi sahnalashtirilgan filmlarni suratga olib, o‘zbek milliy kinosining rivojlanishida muhim hissa qo‘shdi.
U 1977-yil “Xalqlar do‘stligi” jurnalining 11 va 12-sonlarida nashr etilgan “Vaqt tasmasi” memuarlarining muallifi, shuningdek, tojik va o‘zbek kino tarixi haqidagi “Qaytish” deb nomlangan kitobning ham muallifidir. Komil Yormatov 1978-yil 17-noyabrda Toshkentda vafot etdi. Chig‘atoy qabristoniga dafn qilindi.
San’atshunos Jo‘ra Teshaboyev u haqida shunday deydi:
“U badiiy ijodda kashfiyotchi edi. O‘zbek kinosiga birinchilardan bo‘lib kelib, uning poydevorini qo‘ydi, so‘ngra milliy ekranga shon-sharaf va obro‘-e’tibor keltirgan asarlar yaratdi”.
Komil Yormatovning “Alisher Navoiy” kartinasi kinochilar tomonidan chinakam mahorat sifatida baholandi. Uning bu asaridan keyin o‘zbek milliy kinoijodkorligida yangi davr boshlandi. Oradan ko‘p yillar o‘tgan bo‘lsa-da, o‘zbek kinosida “Alisher Navoiy” filmi bilan uslub sofligi, rejissorlik, ijrochilik va vizual madaniyat darajasida raqobatlasha oladigan filmni topish qiyin.
Komil Yormatovning o‘zi kino olamiga ilk qadam qo‘ygan kezlarida san’at haqida shunday degan edi:
“Bu yosh san’atda meni ulkan imkoniyatlar va istiqbollar hayratga soldi. U savodsiz mamlakatdagi madaniy jarayonlarda inqilob qilish uchun maxsus mo‘ljallanganday edi go‘yo. Shuning uchun men o‘zimni ushbu san’atga xizmat qilishga bag‘ishlashga qaror qildim”.
Haqiqiy ijodkorning iste’dodi ma’naviy madaniyatining barcha boyliklarini o‘zlashtirgan holda shakllanadi. Yosh aktyor va rejissor Komil Yormatov kinematografiya kasbining asoslarini sinchkovlik bilan o‘rganganidan ko‘p yillar o‘tdi, o‘z asarining Vatan hayoti va uning tarixiy taqdiri bilan rang-barang bog‘liqligini anglab yetdi. U yana bir yirik rejissor Nabi G‘aniyev bilan birgalikda o‘zbek kinosining estetik asosini yaratdi. Bunda insonning ichki dunyosiga qiziqish, epik mavzular, katta hissiy va ijtimoiy intensivlik alohida ta’kidlangan.
Kim ham o‘ylabdi deysiz, shunday buyuk rejissorlar yetishib chiqqan va faoliyat ko‘rsatgan yurtda bugungi kunga kelib kino san’ati juda katta degradatsiyani boshidan kechirishini. Albatta, o‘sha davrlarda kino sanoatida ijtimoiy realizm janri old qatorlarda bo‘lgan. Filmda o‘tkir ijtimoiy muammolar, inson hayotining ulug‘vorligi yoritilgan. Bugungi ayrim bachkana “qand-qog‘oz” filmlarni ko‘rib, yana ilojsizlikdan o‘tmishdagi buyuklarni eslaysan kishi. Beg‘ubor bolalik davrlaring va qora ekranda chizilib ketgan kadrlarda “Komil Yormatov nomidagi ‘O‘zbekfilm’ kinostudiyasi namoyish etadi” deyishlarini sog‘inasan...
Nurbek Alimov tayyorladi. | 73 | 5,834 |
Madaniyat | “Yulduzlar jangi” foyda ko‘rayotganligiga qaramasdan Disney aksiyalari pasayib ketmoqda | “Yulduzlar jangi” filmining yettinchi epizodi namoyishi oldidan AQSh va Kanadada chipta sotishdan rekord darajada foyda ko‘rgan bo‘lsada, Disney kompaniyasining aksiyalari pasayib ketmoqda. Bu haqda Deadline bergan ma’lumotlarga asosan “Gazeta.ru” xabar qilmoqda.
“Yulduzlar jangi: Kuchning o‘yg‘onishi” filmining ilk namoyishi 57 million dollar miqdorida daromad keltirdi.
Aksiyalar esa savdo davomida to‘rt foizga pasayib ketib, bitta aksiyaning qiymati 107,37 dollarga arzonlashdi.
Shu bilan birga, BTIG tijorat kompaniyasi Disney aksiyalari hali hamon yuqori narxda savdo qilinayotganligini ma’lum qildi. | 87 | 609 |
Madaniyat | Obid Asomov: O‘ylab qarasam, hozirgilardan ancha yaxshi hofiz ekanman | Taniqli so‘z ustasi Obid Asomov Instagram’ning faol foydalanuvchilaridan. U yaqinlari, hamkasblari bilan birga tushgan, chet el sayohatlari vaqtida olingan suratlarini, shuningdek, o‘z arxividagi foto va videolarni muntazam e’lon qilib boradi.
24-fevral kuni Obid Asomov Instagram’dagi sahifasida o‘zining tor chalib, hirgoyi qilayotgani aks etgan qisqa videoni e’lon qildi. Video ostida u shunday izoh qoldirgan: “O‘ylab qarasam, tuppa-tuzuk hofiz ekanman. Hozirgilardan ancha yaxshi! ‘Zato jivoy’”.
Уйлаб карасам туппа тузук хофиз эканман! Хозиргилардан анча яхши! Зато живой!!!!!
A video posted by @asomov_obid on Feb 23, 2016 at 9:25pm PST | 69 | 643 |
Madaniyat | Instagram’da eng ko‘p pul topadigan yulduzlar reytingi e’lon qilindi | Hopper HQ kompaniyasi Instagram’da reklama qilish orqali eng ko‘p pul topadigan yulduzlar ro‘yxatini tuzib chiqdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
2021-yilda reytingga futbolchi Krishtianu Ronaldu yetakchilik qilgan. Uning ijtimoiy tarmoqdagi bitta posti 1,6 million dollarni tashkil etadi. Ma’lumki, u so‘nggi bir necha yildan buyon ushbu ro‘yxatning dastlabki uchtaligidan o‘rin olib kelmoqda. Instagram’da Ronalduning obunachilari soni 295 millionni tashkil etadi.
Ikkinchi o‘rinni 2020-yilda reytingning yuqori pog‘onasini band etgan aktyor Dueyn Jonson egallagan. Uning obunachilari soni 242 millionga yetadi va ijtimoiy tarmoqdagi bitta reklamasi narxi 1,5 million dollarga teng.
Uchinchi pog‘ona esa qo‘shiqchi Ariana Grandega nasib etgan. Obunachilari soni 240 millionni tashkil etadigan qo‘shiqchining sahifasidagi bitta reklama narxi 1,5 million dollar.
Instagram’dagi eng boy yulduzlar ro‘yxati:
Avvalroq amerikalik qo‘shiqchi Rianna sayyoradagi eng boy musiqachi ayol deya tan olingani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Boyligi 6,6 milliard dollarga baholanayotgan Kanye Uest yangi albom uchun qayerda ishlayotgani ma’lum bo‘ldi (foto) | 68 | 1,151 |
Madaniyat | San Jay Alisher Usmonovga bag‘ishlab qo‘shiq kuyladi (video) | Reper San Jay taniqli biznesmen Alisher Usmonovga atab qo‘shiq yozdi. Xonanda qo‘shiqda Usmonovni buyuk inson deb hisoblashini ma’lum qildi.
Qo‘shiqchi shuningdek, ushbu qo‘shiq bilan Usmonovni tug‘ilgan kuni bilan tabriklashini yozgan. 9-sentabr kuni Alisher Usmonov 66 yoshini nishonlaydi.
View this post on Instagram
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin San Jay ijodida Ramzan Qodirov va Ahmad Hoji Qodirovga bag‘ishlangan qo‘shiqlar mavjud edi.
https://www.youtube.com/watch?v=j48av_rZNck | 60 | 502 |
Madaniyat | Instagram: Gulchehra Eshonqulovaning AQSHda yashamoqchi bo‘lganlarga maslahatlari, Shahzod Sultonovdan kechirim so‘ragan Feruza Normatova, Bunyodbek Saidovning onasiga kutilmagan sovg‘asi | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz.
Bollivudning yulduzli juftligi Katrina Kaif va Vikki Kaushal kuzatuvchilariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi.
Bunyodbek Saidov onasining tug‘ilgan kuni munosabati bilan Xorazmdagi hovlisida katta tantana tashkillashtirdi.
Xonanda Lola butun dunyo aholisiga tinchlik tiladi.
Feruza Normatova Instagram’dagi sahifasi orqali aktyor Shahzod Sultonovdan kechirim so‘radi.
“Shahzod Sultonov bilan ko‘p birga ishlayotgan edik, oramizda ko‘p xafagarchiliklar bo‘ldi. Shu paytgacha ko‘p narsada o‘zimni haq deb hisobladim. Buni tagiga yetganimdan so‘ng, uyalib qoldim. Ancha-muncha xatoliklar qilib qo‘ydim. Shu sababli hammaning oldida Shahzod Sultonovdan kechirim so‘rayman”, — deydi aktrisa.
Turkiyalik taniqli aktrisa Fahriye Evjen tabiat qo‘ynida yangi fotosessiya uyushtirdi.
Aktrisa Diana Yagofarova “Chorsu” bozorida rossiyalik teleboshlovchi Yelena Malishovani uchratib qoldi hamda bu vaziyatdan hayratlangani haqida so‘zlab berdi.
Nigora yangi fotosessiya uchun imijini o‘zgartirdi.
Rayhon egizaklari Islom va Imronning tug‘ilgan kunini “Garri Potter” filmi mavzusida nishonlab, ularning do‘stlari uchun bayram uyushtirdi.
Sitora Alimjonova muxlislariga o‘zini kamtar tutishni maslahat berdi.
Bir necha yildan beri oilasi bilan AQShda yashayotgan aktrisa Gulchehra Eshonqulova mamlakatdagi hayot tarzi haqidagi ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan ma’lumotlarni so‘zlab berdi.
Ikkinchi bor ona bo‘lishga tayyorgarlik ko‘rayotgan Bahora Arslonova Samarqand shahridan ko‘rinish berdi.
Rejissor Rustam Sa’diyev va rossiyalik xonanda Nargiza Zokirova ijodiy hamkorlik qilmoqda.
Hamdam Sobirov yangi klipi uchun retro obraz yaratdi.
Hosila Rahimova Istanbul shahridagi shoping jarayoni aks etgan videoni sahifasiga joylashtirdi. | 187 | 1,869 |
Madaniyat | Paramount Pictures “Ninzya-toshbaqalar – 2” treylerini taqdim etdi | Paramount Pictures Maykl Bey prodyuserlik qilgan “Ninzya-toshbaqalar – 2” treylerini taqdim etdi, deb xabar beradi “Afisha-Vozdux”.
Filmda mutantlar yana shaharni o‘lim xavfidan qutqaradi va ilk bor Shredderning yordamchilari to‘ng‘iz Bibop va karkidon Rokstedi bilan uchrashadi.
Rejissor Deyv Grin tomonidan suratga olingan blokbasterning premyerasi 2016-yilning 2-iyun kuniga rejalashtirilgan.
Dastlab “Ninzya-toshbaqalar ” Jonatan Libesman tomonidan suratga olingan bo‘lib, 2014-yilda prokatga chiqqan edi. Film dunyo prokatida 493 million dollar to‘plagan. | 66 | 561 |
Madaniyat | Megan Markl va shahzoda Garri karantinda qiynalgan oilalarga oziq-ovqat yetkazib berdi | Megan Markl va shahzoda Garri karantin vaqtida oziq-ovqatdan qiynalayotgan oilalarga yordam ko‘rsatdi. Ushbu aksiyadagi ishtiroki haqida e’lon qilishni istamagan, Keyt va Garri videokameralar e’tiboridan chetda qolmagan.
Harper’s Bazaar nashrining yozishicha, juftlik Project Angel Food notijoriy tashkilotining xayriya ishlarida ko‘ngilli sifatida ishtirok etgan. Ularning shaxsan o‘zi oziq-ovqatdan qiyinchilik ko‘rgan oilalarga kerakli mahsulotlar tarqatgan. Videokameradan olingan suratdan juftlikning kejual uslubida: futbolka, jinsi kiygani va himoya niqobi taqqanini ko‘rish mumkin.
Odamlarning hech biri shaxsan Britaniya qirolichasining nabirasi va uning rafiqasi qo‘lidan yeguliklar qabul qilib olishni kutmagan edi, deyiladi xabarda. “Paket”lar odamlar qo‘liga berilguniga qadar ularning qo‘riqchilari ko‘chada kutib turgan.
53 yashar Den Turrel mahsulotlarni kim olib kelganini shu zaxotiyoq tushunmagan. Undan oldin xayriya fondidan o‘zini Megan deb tanishtirib, telefon qilgan ayolning Megan Marklligi hayoliga ham kelmagan. Pastga tushganida mallasoch yigitni ko‘ribgina qarshisida kim ekanini anglagan.
“Kimnidir yordam ko‘rsatishi yoqimli, chunki bu orqali biz haqimizda kimdir qayg‘urayotganini his qilamiz. Lekin bu yordamni Megan va Garri ko‘rsatsa, bu juda hayratlanarli”, — deydi Den. | 86 | 1,313 |
Madaniyat | Ozodbek Nazarbekov “Yoshlar” teleradiokanalidagi faoliyatini davom ettiradi, ammo boshlovchilik qilmaydi | Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Ozodbek Nazarbekov “Yoshlar” teleradiokanalidagi faoliyatini davom ettiradi, ammo boshlovchilik qilmaydi. Bu haqda u jurnalist Feruz Muhammadga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
‘Yoshlar’ teleradiokanali prodyuseri sifatida hali hamon ish olib bormoqdaman. “Yoshlar qabulxonasi” teleko‘rsatuvi davom etadi, ammo boshlovchilikni davom ettira olmayman, lekin ko‘rsatuvga buning ta’siri bo‘lmaydi, boshlovchi o‘zgaradi, xolos.
Ozodbek Nazarbekov, Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari | 104 | 527 |
Madaniyat | Zulfiqor Musoqov suratga olayotgan so`nggi filmi haqida | "Xalq so`zi" gazetasi ijodkorlari rejissyor Zulfiqor Musoqovning “o`z faoliyatimdagi eng so`nggi filmim” deya e`lon qilgan va shu kunlarda suratga olish jarayonlari qizg`in ketayotgan “Berlin-Oqqo`rg`on” kartinasi haqidagi eng so`nggi ma`lumotlarni o`z ichiga olgan ekslyuziv suhbat hamda fotosuratlarni chop etdi. Suhbatni e`tiboringizga havola etmoqdamiz.
— Agar sir bo`lmasa mazkur filmingiz syujeti haqida bir-ikki og`iz gapirib bersangiz...
— Xudo xohlasa, syujetini tayyor filmda ko`rarsiz...
— Ssenariy o`zingizdan bo`lsa kerak?..
— Ha, albatta. Ikki yil mobaynida yozganman.
— Film qaerlarda suratga olinayapti?
— O`zimizning o`lkamizda,qisman Germaniya va Rossiyada olinadi.
— Unda rol o`ynayotgan aktyorlar kimlar?
— Bosh rolda “FOCUS” san`at maktabining aktyorlik bo`limi talabasi Hasan Shuhratov. Bu katta ish — uning ilk roli. Ko`plab nomzodlar ichidan shu yigitni tanladik. Umuman filmda debyutantlar juda ko`p...
— Bu filmni olish ishtiyoqi sizda qachon paydo bo`ldi. Bunga biror narsani turtki yoki sabab qilib ko`rsata olasizmi? Va umuman, shu film orqali aytmoqchi bo`layotgan gapingiz jamiyatda, muxlislaringiz orasida yangi tendensiyalarning shakllanishiga sabab bo`la oladimi?
— Aynan unda ko`tarilgan mavzu tufayli, ya`ni bobolarimizning Ikkinchi jahon urushidagi G`alabasi sharofati bilan hammamiz shu erda o`tiribmiz, ular ota-onalarimizning hayotini saqlab qolishgan. Gapning ochig`i, shaxsan meni inson,fuqaro va ijodkor sifatida ba`zi odamlarning ehtiyotkor,konfet qog`oziga o`rab “bu mavzu hozir kerakmi?” degan savolining o`zi juda qattiq ranjitadi. Har galgiday, aytayotgan gaplarim havoga gapirganday bo`lib qolishi ma`lum.
Lekin baribir gapirishim kerak. Bu ssenariyga qarshi bo`lgan odamning umuman san`atga aloqasi yo`q. Pozisiyasi temir-betonday qotib qolgan. Nimalarga aloqasi borligi - alohida mavzu. Kerak bo`lsa, boshqa vaqt men bu haqda bafurja gapirib berishim mumkin. Shaxsan menda bitta insoniy va ijodiy pozisiya bor. Rahmatli Malik Qayumov aytgandilar, “Sen tajriba orttirib, o`nta filmdan keyin, albatta, o`zbeklarning urushdagi jasoratini ko`rsatgin” degan edilar...Balkim shuning uchun “Vatan” va “Qo`rg`oshin” filmlari tug`ilgandir. Har bir millat, har bir xalqning tarixida eng ko`p qurbon bo`lgan zamonlar bo`lgan. Vatanimizda na Iskandar Zulqarnayn,na Chingizxon paytida, na “inqilob” zamonlarida qurbon bo`lganlar sonini Ikkinchi jahon urushida qirilib ketganlarga na nisbiy,na foizli va na umumiy jihatdan tenglashtirib bo`lmaydi: 475 ming 18 yoshdan 45 yoshgacha bo`lgan erkaklar va shular sonidan 2 foizga teng xotin-qizlar nobud bo`ldi. Mening enam Mayram buvining 24 sinfdoshidan birortasi qaytib kelmagan, 4,5 million aholidan 1,5 million odam majruh—ko`r,oyog`i yoki qo`li yo`q nogiron bulib qaytishdi...
Biz 1999 yilda Berlinda Xojiakbar Nurmatov bilan “II jahon urushi” muzeyida bo`ldik. Gid bizga sarg`ayib ketgan katta “Barbarossa rejasi”ning 2-kismini ko`rsatdi. O`sha hujjatda SSSR tarkibidagi respublikalarda yashovchi barcha millatlar nemis aniqligi bilan qachon va qay tarzda yuq qilinishi rejasini o`z ko`zimiz bilan ko`rdik. Birinchi o`rinda-yahudiylar, ruslar, beloruslar, ukrainlar, 5-o`rinda o`zbeklar va boshqa 126 millat 1950-yilgacha “chala odamlar” sifatida 100 foiz yo`q qilinishi kerak edi. Bu xunrezlikni amalga oshirish reyxsfyurer Genrix Gimmlerga yuklangan edi...
— Mazkur film oldingi asarlaringizdan nimasi bilan farqlanadi?
— G`alati savol-ku... Ko`rarsiz...
— Yana bir gap. Bu film o`zbek kinosi taqdiriga qay darajada ta`sir qila oladi deb o`ylaysiz?
— Shaxsan bu haqda o`ylamaganman. Umuman,bo`lajak asar qanaqa bo`lishini qaerdan bilaman? Umuman bu savolingizga men tomonimdan javob berish o`ta beandishalik va nokamtarlik bo`lardi.
— Nima uchun uning nomi “Berlin-Oqqo`rg`on”?
— Chunki ota-onamning tug`ilib o`sgan joylari Toshkentdan 55 chaqirim narida Oqqo`rg`onda, u erda bobom,enam va otamning qabrlari bor.
— Bu rostdan ham so`nggi filmingiz bo`lib qoladimi yoki?...
— Bu gapni birinchi bor “Achchiq choy” ko`rsatuvida aytuvdim... Har bir ijodkorning o`z yo`li bor. Juda katta jismoniy va asabiy kuch talab qiladigan amaliy rejissuradan sportchilarga o`xshab o`z vaqtida, obro`si bor vaqtda ketish kerak... Bu tabiiy jarayon. Qarigan chog`ida muxlislar oldida sharmanda bo`lish kerakmi? Xudoga shukr, ozmi-ko`pmi, suratga olgan bir nechta filmlarim odamlarning yuragidan joy olibdi. Bu baxt emasmi? Ssenariylar yozaman. Bunday to`xtamga kelishimning ikkinchi sababi – aynan kino sohasidagi bugungi noprofessional muhitni men o`zimga hech singdira olmayapman... | 55 | 4,562 |
Madaniyat | Jonli ovozdagi konsertiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Shuhrat Qayumov shifoxonaga yotqizildi | 22—23-mart kunlari jonli ovozdagi konsertini o‘tkazishni rejalashtirayotgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shuhrat Qayumov kasalxonaga tushib qoldi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar bermoqda.
“Shifokorlar ‘kuchli shamollash’ deb aytishmoqda, ammo hali aniq tashhis qo‘yilmagan”, — deya ma’lum qilgan xonandaning o‘zi.
Shuhrat Qayumov har gal konsert oldidan qandaydir dardga chalinishini aytmoqda. “Konsertga tayyorlanishi kerak bo‘lgan bir vaqtda dard bilan kurashish juda qiyin”, — deydi u.
Ayni damda xonanda davolanish bilan birgalikda konsert dasturida ijro etadigan qo‘shiqlar matnini yod olmoqda. | 89 | 608 |
Madaniyat | “O‘rtog‘im oldiga ish bilan kelgandim, qarasam, homilador ekan”. Aktrisa Shahzoda Muhamedova hamkasbi Muqaddas Sa’dullayeva haqida | Aktrisa Shahzoda Muhamedova Instagram’dagi sahifasida dugonasi va hamkasbi Muqaddas Sa’dullayeva bilan tushgan suratini e’lon qildi.
“Asal o‘rtog‘imning oldiga ish masalasida kelgandim, qarasam, homilador ekan”, — deb yozgan Shahzoda Muhamedova, dugonasi tasvirga olish ishlari sabab “homilador” bo‘lganiga aniqlik kiritgan.
“Bugun Ra’no Yarasheva xonadonlarida syomka. Mumusha (Muqaddas Sa’dullayeva), kiyimlaring yarashibdi, o‘rtoqjon!”, — deya qo‘shimcha qilgan aktrisa.
Aktrisa Ra’no Yarashevaning xonandaning aynan nimaning tasvirga olish ishlari olib borilayotgani, Muqaddas Sa’dullayeva nimada suratga tushayotganiga aniqlik kiritilmagan.
Ma’lumot uchun, Muqaddas Sa’dullayevaning bir qizi bor. Avvalroq u bir Instagram-akkaunt uning oilaviy hayotiga putur yetkazganini ma’lum qilgan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 130 | 953 |
Madaniyat | “Men kuyib bo‘ldim”. Gollivud aktrisasi Sandra Bullok karyerasida tanaffus qilmoqchi ekanini ma’lum qildi | Mashhur Gollivud aktrisasi Sandra Bullok 2022-yil mart oyida Entertainment Tonight nashriga bergan intervyusida faoliyatida tanaffus qilmoqchi ekanini ma’lum qilgandi. The Hollywood Reporter bilan suhbatda aktrisa nima uchun tanaffus qilishga qaror qilgani haqda so‘zlab berdi, deb yozadi Grazia.
Bullok kelajakda yengilroq ish kuniga rioya qilishiga umid bildirmoqda. Shuningdek, aktrisa o‘z tempida yashashni sabrsizlik bilan kutayotganini ham ta’kidlagan. “Men o‘zimdan boshqa hech kimning ish jadvaliga qaram bo‘lishni xohlamayman”, — deydi Bullok.
U suhbatda so‘nggi yillarda boshdan kechirgan kuchli charchoq haqida ham aytib o‘tdi. “Men kuyib bo‘ldim. Juda charchadim, hattoki sog‘lom, oqilona qarorlar ham qabul qila olmayman va buni bilaman”, — deydi aktrisa o‘z holati haqida. Sandraning qo‘shimcha qilishicha, u erishgan muvaffaqiyat uchun kasbidan minnatdor bo‘lsa-da, buning shaxsiy hayotiga ta’siri uni yanada xavotirga solmoqda.
“Ish men uchun doimo uzluksiz faoliyat bo‘lib kelgan va menga chindan ham omad kulib boqdi. Men tushundimki, bu mening asosiy tayanchimga aylanib bormoqda. Bu muzlatkichni ochib, doimo ichida bo‘lmagan narsani qidirishga o‘xshaydi. Men o‘zimga o‘zim shunday dedim: Uni bu yerdan qidirishni to‘xtat, chunki u yo‘q. Sizda esa bor, o‘rnating, toping va hamma narsa yaxshi bo‘ladi — mehnatsiz o‘zingizni mustahkamlay olmaysiz”, — deya xulosa qildi aktrisa.
Aktrisadan qachon kinoga qaytishini so‘rashganida, u hali buni o‘zi ham bilmasligini aytdi. Ammo yaqinda Sandra Bullokni ekranda “O‘qdan tez” filmida ko‘rish mumkin. Jahon premyerasi 2022-yil 14-iyulga belgilangan.
Gollivud yulduzi Sandra Bullok haqida 14 ta qiziqarli fakt (foto) | 105 | 1,679 |
Madaniyat | O‘zbek filmlarini xalqaro kinofestivallarga yuborish uchun saralash tartibi tasdiqlandi | Kinematografiya sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida hukumat qarori qabul qilindi.
Qaror bilan Davlat buyurtmasi bo‘yicha ishlab chiqarilgan va xorijdan olib kiriladigan filmlar distributsiyasini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Unga ko‘ra Respublika kinoprokat markazi distribyuterlik faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilot hisoblanadi.
Markazning asosiy majburiyatlaridan biri zo‘ravonlik, pornografiyani targ‘ib qiluvchi, O‘zbekiston haqida noto‘g‘ri axborot tarqatish, uning tarixiy, madaniy va ma’naviy qadriyatlarini buzib ko‘rsatuvchi filmlar tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslikdan iborat.
Endilikda kinoteatrlarda filmlar Markaz huzuridagi metodik kengashning tavsiyasi bo‘yicha shakllantiriladigan repertuar reja asosida namoyish etiladi.
Qaror bilan shuningdek, quyidagi nizomlar tasdiqlandi:
Davlat buyurmasi asosida ishlab chiqariladigan kino mahsulotlari uchun tanlov tashkil etish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi;
Xalqaro kinofestivallar va kinobozorlarga yuborish uchun eng yaxshi milliy va hamkorlikdagi filmlarni saralash tartibi to‘g‘risidagi. | 87 | 1,119 |
Madaniyat | “Markaziy studiya” ko‘rsatuvi boshlovchilari “Oltin kabutar—2019” mukofotini o‘z ixtiyori bilan “Yo‘lovchi” ko‘rsatuviga taqdim qildi (video) | “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida televideniye, kino, san’at va madaniyat sohasi vakillari uchun “Yoshlar” va “Mening yurtim” telekanallari tomonidan tashkil etilgan “Oltin kabutar—2019” taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Taqdimotda “Eng yaxshi ko‘rsatuv” nominatsiyasida “Markaziy studiya” ko‘rsatuvi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Sahnada tashkilotchilarning kamchiliklari haqida gapirgan Sarvar Bahodirovning gap-so‘zlari katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan edi.
Ko‘rsatuv boshlovchilari Amirxon Umarov hamda Sarvar Bahodirov mukofotni Azon TV’ning “Yo‘lovchi” ko‘rsatuviga taqdim qildi. Bu haqda “Markaziy studiya” ko‘rsatuvi boshlovchilari “Daryo” muxbiri Feruz Muhammadga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Zaldagi fikrimni eshitgan bo‘lsangiz kerak. Agar mukofotni ‘Yo‘lovchi’ ko‘rsatuvi olganida ham biz xafa bo‘lmas edik. Chunki din targ‘iboti yo‘lida qilinayotgan har qanday harakatni biz ma’qullaganmiz, olqishlaganmiz. Bu yo‘lda hattoki biz ham harakat qilishimiz kerak.
Mana sahnada aytilgan gap, hayotga ko‘chdi, bizga ‘Do‘stona tashakkurnoma’ berishdi. Biz mukofotni oldik, din targ‘iboti yo‘lida xizmat qilayotgani uchun bu mukofotni ‘Yo‘lovchi’ ko‘rsatuviga olib borib topshirib qaytdik. Bu tashabbus rahbarimiz va o‘zimizdan chiqdi.
Bunga ijtimoiy tarmoqlardagi muhokama sabab emas. Agar shu sabab deyishsa, sahnadagi gapimni eslashsin. Sahnada ‘Yo‘lovchi’ olsa ham xafa bo‘lmaymiz degan fikrni bildirganman.
Sarvar Bahodirov, “Markaziy studiya” ko‘rsatuvi bosh muharriri va boshlovchisi | 141 | 1,493 |
Madaniyat | O`zbek shou-biznesi vakillarining Instagram’dan qancha pul topishi ma`lum bo`ldi | Instagram ijtimoiy tarmog`i bugungi kunda mashhurlarga yaxshigina daromad manbayiga aylangan. Taniqli shaxslarning obunachisi qanchalik ko`p bo`lsa, uning sahifasida reklama joylashtirish narxi ham shunchalik yuqori bo`ladi. Jurnalist Nargiza Murodova o`zbek shou-biznesi vakillari Instagram’dagi reklamadan qancha pul topishi haqida surishtiruv o`tkazdi. Bu haqda Daryo yozdi.
Ma`lumotlarga ko`ra, mashhurlarning sahifasidagi eng arzon reklama 200 dollar, eng qimmati esa 2 000 dollarni tashkil etadi. Bundan tashqari, kunlik reklama uchun ham 30 dollardan 200 dollargacha narx belgilangan. Ammo ularning ko`pchiligi bizneslari haqida ochiqchasiga gapirishni istamadi.
Shahlo Zoirova
2,4 million obunachiga ega «Bravo» kulgi jamoasi a`zosi Shahlo Zoirovaning Instagram sahifasidagi stories’ga reklama joylash narxi 300 dollar, akkauntiga reklama joylashtirish esa 500 dollarni tashkil etadi.
Rayhon G`anieva
3,6 million obunachiga ega O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Rayhon G`anieva esa eng qimmat reklamalarni joylashtiruvchi akkaunt egasi. O`zi ishtirok etmagan reklamani xonandaning sahifasiga joylash 1 500 dollarni tashkil etadi. Agar mahsulot yoki xizmat turini o`zi reklama qilib bersa, bu narx yana 500 dollarga oshib 2 000 dollarni tashkil etadi.
Munisa Rizaeva
Xonanda Munisa Rizaeva o`zbek ijodkorlari ichida eng ko`p folloverlarga ega ijodkor hisoblanadi. Instagram tarmog`ida uning 4,4 million kuzatuvchisi bor. Ammo u reklamaga mukkasidan ketmagan. Shu kungacha sanoqli reklamalarni qabul qilgan xolos. Uning stories’ga bir martalik reklama joylash 1 500 dollarni, lentaga esa 2 500 dollarni tashkil etadi. Munisa Rizaevaning shaxsan o`zi ishtirok etgan reklama roliklari esa bundan ancha qimmat turadi.
Muqaddas Sa`dullaeva
2,7 million obunachiga ega aktrisa Muqaddas Sa`dullaeva bitta reklama posti uning sahifasidan joy olishi uchun qancha pul to`lash kerakligini oshkor etishni istamadi.
«Turmush o`rtog`im buni sir tushishimni qa`tiy talab qiladi (kulib). Ammo Instagram orqali yaxshigina mablag` topish mumkinligini ochiq aytolaman. Garchi bizda bu reklama tizimi hali u qadar rivojlanmagan bo`lsa-da, bir oylik daromadimiz yomon emas. Sahifamda 2 million 600 mingdan ziyod obunachi bor. Aslida buncha kuzatuvchi uchun yaxshigina haq to`lanishi kerak. Agar hamma sahifachi reklama narxini arzonga sotmasa, kuzatuvchilar orasida reklama narxi ham oshgan bo`lardi. Shaxsan men faqatgina berilgan mahsulot uchun reklama qilmayman», — deydi aktrisa.
Nargiza Abdullaeva
Aktrisa Nargiza Abdullaeva esa reklama katta-kichikligiga qarab bitta post uchun 200-400 dollar oladi.
«Eplaganlar qandini uryapti, ammo men menejerlikni eplolmadim (kuladi). Ko`nglim bo`shligi shu erda ham pand berdi. Masalan, oyiga 10 ta reklamani sahifamga joylasam, undan 5 tasi bepul bo`ladi. ‘Yangi biznes boshlaganman, qo`llab yuboring’, deydiganlarga buncha bering, deyolmayman. Doimiy hamkorlarim esa reklamaning murakkabligiga qarab 200-400 AQSh dollari miqdorida pul to`lashadi. Shu bilan birga reklama joylayotganda uning ishonchli mahsulot ekanligiga ham jiddiy e`tibor beraman. Pul deb odamlarga aziyat beradigan mahsulotlarni reklama qilishdan qo`rqaman», — deydi aktrisa.
Aziza Yoqubova
468 ming obunachiga ega aktrisa Aziza Yakubova sahifasidagi reklama orqali oyiga 2000 dollargacha ishlashini ma`lum qildi.
«Instagram orqali yaxshigina pul topish mumkin, ammo reklamaga berilib ketish ham yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi. Kuzatuvchilar orasida mavqe tushishi va ularni yo`qotish ham hech gap emas. Bir necha oy oldin oyiga 2000 dollarlik reklamalarni oldim. Hozir esa har oyda 200 yoki 500 dollarlik reklamalarni qabul qilyapman xolos. Shaxsan men o`zimni qimmat reklama qo`yadigan sahifa egasi deb bilmayman. Hatto meni avrab, uch-to`rtta kosmetika evaziga ham reklama qo`ydirish mumkin. ‘Bravo’ jamoasidagi Shahlo va Munisa Rizaevaning Instagram reklamasi juda qimmatligi haqida eshitgandim. Reklama beruvchi ham ahmoq emas. Agar e`londan naf bo`lmasa, katta mablag` evaziga reklama joylashtirmaydi», — deydi Aziza Yoqubova. | 80 | 4,052 |
Madaniyat | Aktyor Javohir Zokirov: Men dadamdek hammani seva olmayman | Aktyor Javohir Zokirov “Hordiq” gazetasiga bergan intervyusida otasi — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Jamshid Zokirovni xotirladi.
“Dadam juda olijanob, barchaga yordam beradigan inson bo‘lgan. Men dadamdek hammani seva olmayman. Qolaversa, otamningsabr-matonati ham havas qilgudek darajada edi. O‘ylab qarasam, dadamning ko‘p jihatlari menga o‘tmagan, aniqrog‘i, o‘zim olmaganman”, — dedi Javohir Zokirov.
“Dadamning mazali palovini hamon sog‘inaman. Qolaversa, teatrda yangi sahnalashtirilayotgan obrazlaridan parchalar qo‘yib, mendan fikr so‘rardi. Shunchalik mahoratli aktyor bo‘lib, menda doim o‘zgacha va yoqimli taassurot qoldirardi. Dadajonimning oxirati obod bo‘lsin”, — deya qo‘shimcha qildi Javohir Zokirov. | 58 | 727 |
Madaniyat | “KULTURA” TELEKANALIDA “O`ZBEKISTON: KAShF ETILGAN SINOATLAR” HUJJATLI FILMI BO`LIB O`TDI (VIDEO) | 2017 yilning 29 oktyabr kuni Rossiya Federasiyasining “Kultura” telekanali orqali O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi hamda “Karavan TV” telekanali bilan hamkorlikda tayyorlangan “O`zbekiston: kashf etilgan sinoatlar” nomli hujjatli film namoyish etildi.
Bir soatlik filmda zamonaviylik ko`p asrlik donishmandlik va an`analar bilan qay tarzda yonma-yon yashab kelayotgani haqida hikoya qilinadi. Hujjatli film mamlakatning qadimiy yodgorliklaridagi noyob bitiklar, boy tarixiy-madaniy merosiga bag`ishlangan bo`lib, shuningdek, unda o`zbekistonlik olimlarning uzoq o`tmishdan bizgacha etib kelgan ana shu maktublarni o`qish va o`rganish bo`yicha uzoq hamda mashaqqatli mehnati haqida ham so`z yuritiladi. Ushbu filmning bosh maqsadi taraqqiyparvar va ma`rifiy islomning tinchlik, hamjihatlik, ilmu irfon dini sifatidagi mazmun-mohiyatini roosiiyalik teletomoshabinlarga etkazishdan iborat. O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev yaqinda BMT Bosh Assambleyasi 72 sesiyasida so`zlagan nutqida ham bu masalaga alohida to`xtalib, jahon jamoatchiligiga islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini etkazish eng muhim vazifa ekanini ta`kidlagan edi.
Har bir epigrafik bitikning mazmun va mohiyati hozirgi kunda ham dolzarb. Ko`p asrlar oldin yaratilgan bitiklar hamjihatlik va barqarorlikka undaydi, mutasssiblik va nafratdan ogoh etadi, O`zbekiston tarixining eng yorqin sahifalari haqida hikoya qiladi.
“O`zbekiston madaniy merosi” loyihasi rahbari, film prodyuseri Firdavs Abduxoliqov ushbu bitiklarni o`qish va o`rganishning ahamiyatini alohida qayd etib, quyidagilarga e`tibor qaratdi: “Agar ma`rifatli islom haqida bilishni istashsa, birinchi navbatda, ajdodlarimiz tomonidan O`zbekistonning qadimiy me`morchilik yodgorliklarida qoldirilgan dono pand-nasihatlar, bitiklar bilan tanishishlari zarur”. Film ijodkorlari “O`zbekiston obidalaridagi bitiklar” loyihasi to`g`risida ham batafsil ma`lumot berishdi.
Ko`pchilik qadimiy obidalardagi sirli bitiklarni shunchaki naqsh deb o`ylashadi, aslida unday emas. Bitiklar haligacha to`liq o`rganilmagan. Aytish mumkinki, yodgorliklarimiz sukut saqlashmoqda. Kitob-albomlar ustida ish olib borgan sharqshunos, xattot, tarxichi olimlar guruhi sabab O`zbekiston me`morchilik obidalaridagi saqlanib qolgan bitiklarni o`qishga musharraf bo`lindi.
200 yil ilgari toshlardagi yozuvlarni o`qishga mo`ljallangan maxsus epigrafika fani yuzaga kelgandi. Tadqiqotning zamonaviy usullari, albatta, olimlar mehnatini ancha osonlashtiradi. Shunday bo`lsa-da, filmda ta`kidlab o`tilganidek, bu uzoq va mashaqqatli mehnat talab qiladi. O`zbekiston hududida yozuv eramizdan oldingi IV asrda paydo bo`lgan. Matnlar toshlarga o`yib yozilgan. Aynan shuning uchun ham ularning ko`pchiligi bugungi kungacha saqlanib qolgan. Olimlar nafaqat turli davrlarda, balki turli til va harflarda bitilgan bitiklarni o`rganishlariga to`g`ri keldi. Masalan, X asrda “guldor kufiy” deb nomlangan arab harflari mashhur bo`lgan. Uning har bir harfi gul bilan bezatilgan: eng kichkina nuqtasidan tortib, har bir shoxigacha ma`no-mazmun kasb etadi.
“Turli xil mazmunga ega bitiklar o`zlarida juda muhim tarixiy ma`lumotlarni mujassam etgan. Bu ma`lumotlar hech qaysi yozma manbalarda yo`q. Ular faqatgina maishiy hayotning turli jihatlari, deylik, avliyolar yoki shayxlar haqida ma`lumotlarga ega ekanligi uchun emas, balki oddiy xalqning hayoti haqida muayyan tasavvurlari berishi bilan ham qadrlidir. Ularda biz yozma manbalarda uchratmaydigan nodir atamalar uchraydi”, – deydi akademik Edvard Rtveladze.
Filmni tomosha qilgan teletomoshabin hozirgacha dunyoda muqobili yo`q noyob loyiha – “O`zbekiston madaniy merosi” loyihasi haqida to`la bilib olishlari mumkin. Tomoshabinlar dunyodagi qiyosi bo`lmagan “O`zbekiston madaniy merosi” nomli noyob loyiha haqida ham ma`lumotga ega bo`ladilar. Loyihaning maqsadi taqdir taqozosi bilan dunyoning turli nuqtalariga borib qolganO`zbekiston madaniy merosi durdonalari haqida axborotlarnito`plab va udarni keng ommaga namoyish qilishdan iborat. Shuningdek, film ijodkorlari “Tarixiy obidalardagi bitiklar” loyihasi haqida atroflicha ma`lumot berishgan.
Mazkur film undan avvalroq dunyo yuzini ko`rgan “O`zbekiston qumlar javohiri”, “Vaqt zarralari oralab” singari hujjatli filmlar singari O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan jurnalist Firdavs Abduxoliqov prodyuserligida suratga olingan.
Hujjatli filmni suratga olish ishlari Xiva, Samarqand Buxoro singari tarixiy obidalari va durdona bitiklari bilan dovrug` taratgan shaharlarda bo`lib o`tdi. Undan taniqli arxitektor, sharqshunos, tarixchi va xattotlarning, ulamolarning, mamlakatning turli hududlarida yashovchi aholi vakillarining intervyulari, nodir kino va fotohujjatlar, arxiv kadrlari, shaxsiy arxiv materiallari, muzeylarda saqlanayotgan osori atiqlar bilan tanishish mumkin. | 98 | 4,838 |
Madaniyat | Kashf etilishiga savdo markazlari sababchi bo‘lgan yulduzlar (foto) | Mashhurlikka erishishi kutilmagan tarzda yuz bergan va bunga xarid uchun do‘konga borgani sabab bo‘lgan yulduzlar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Karli Kross
Karli bergan intervyulardan birida modellik karyerasi iste’dodlilarni qidiruvchi kishi uni Sent-Luisdagi savdo markazida ko‘rib qolganidan keyin boshlanganini ma’lum qilgan. Bu vaqt Karli 13 yoshda bo‘lgan.
Adriana Lima
Adriana ham 13 yoshida savdo markazida e’tibor jalb qilgan. Oradan ikki yil o‘tib u Braziliya supermodeli tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.
Charli Hannem
Aktyor karyerasi shoping bilan boshlanganini tan olgan. Angliyadagi savdo markazlaridan birida poyabzal xarid qilayotgan vaqti televizion shou menejeri ham aylanib yurgan bo‘lgan. Ayol uning oldiga kelib aktyorlik qilishni istaysanmi, deb savol bergan. Shu yo‘sinda kinoga qadam qo‘ygan aktyor bir qancha esda qolarli filmlarda, xususan, “Qirol Arturning qilichi” filmida ham suratga tushgan.
Heyli Joel Osment
Kaliforniyaning Berbank shahridagi IKEA do‘konidagi kasting vaqtida kirib qolgan Heyli jamoa e’tiborini tortgan. Shundan ikki hafta o‘tib Pizza Hut’ning reklamasida suratga tushgan. Bora-bora tijoriy roliklardan tashqari yirik Gollivud loyihalarida ham ishtirok eta boshlagan.
Jordan Dann
16 yashar Jordan Londondagi Primark supermarketida moda agentlaridan birining nazariga tushgan. Shundan keyin Calvin Klein, YSL, Burberry, Victoria’s Secret va boshqa ko‘plab brendlar bilan hamkorlikda faoliyat yuritgan. | 67 | 1,461 |
Madaniyat | Foto: Alla Pugachyova arzon supermarketda xarid qilmoqda | Rossiyalik afsonaviy qo‘shiqchi Alla Pugachyova o‘g‘li Garri bilan aholining unchalik boy bo‘lmagan qatlami uchun mo‘ljallangan supermarketlardan birida xarid qilib yurganini muxlislari kadrga muhrladi, deb yozadi “MK.ru”.
Suratni xonandaning turmush o‘rtog‘i Maksim Galkin o‘z Instagram’ida tarqatdi. “Kecha Alla Garik bilan do‘konga borganida kimdir suratga olibdi. Allaning muxlislari o‘z akkauntlariga joylabdi. Rafiqam qayerga bormasin, kimdir suratga tushiradi. Bexabar qolmayman”, — deb yozdi u. | 56 | 503 |
Madaniyat | Javohir Zokirov: “Mehmonxona” serialining davomi men uchun yozilgan ssenariy asosida suratga olinmoqda | Aktyor Javohir Zokirov “Mehmonxona” serialining yangi faslida suratga tushmoqda. Aktyorning serialdagi ishtiroki haqida batafsil ma’lumot olish maqsadida jurnalist Feruz Muhammad Javohir Zokirov bilan suhbat uyushtirdi.
— Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaringizda “Mehmonxona” serialining davomini suratga olish ishlaridan fotolavhalar e’lon qilgan ekansiz. Serialda qaysi rolni ijro etayapsiz?
— “Mehmonxona” serialining davomi aynan men uchun yozilgan ssenariy asosida suratga olinmoqda. Ssenariy Nurilla Abbosxon va Akram Isoqov tomonidan yozilgan. Serial juda ham ko‘p jangari sahnalardan iborat bo‘lib, ekshn janrida suratga olinmoqda. Bugungi kunda Gollivudda faoliyat yuritayotgan Ahmad Bek (Ahmad Berdimurodov) ham serialda suratga tushyapti. Suratga olish ishlari O‘zbekistondan tashqari Dubayda ham bo‘lib o‘tadi. Jamoamiz o‘z ishining ustalaridan tashkil topgan, serial tayyor bo‘lgandan so‘ng muxlislarimizning o‘zi ham bunga amin bo‘ladi.
— Rossiya televideniyesi uchun suratga olinayotgan “Oltin O‘rda” tarixiy serialida Munajjim rolini ijro etayotganingiz haqida ma’lumot bergan edingiz. Bu serial qachon ekran yuzini ko‘radi?
— Menimcha, “Oltin O‘rda” 2017-yilda ekranlarga chiqsa kerak.
— Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” asari asosida sahnalashtirilgan spektaklda rol ijro etayotganingiz haqida ham aytgandingiz, lekin spektakl taqdimotida sizni ko‘rmadik.
— “Yulduzli tunlar” spektakliga juda qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilgan edi. Chet eldagi syomkalarim tufayli spektakldagi rolimni o‘ynay olmadim.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 102 | 1,682 |
Madaniyat | “Arslon izidan” filmi avgust oyining ikkinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi | Rejissor Aziz Rametovning “Arslon izidan” filmi avgust oyining ikkinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi. Bu haqda, Alisher Navoiy nomidagi kinosaroy tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslanib, jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi.
Avgust oyining ikkinchi haftasi kinoreytingida “Arslon izidan” filmidan keyingi o‘rinlarni Azamat Ahrorovning “Qaysarginam 2”, Jur’at Sotiboldiyev, Saidpo‘lat Hakimovlarning “Ahmadboy va Rahmatboy”, Otabek Mirzaxolovning “Jonim yig‘loqi”, Ozod Shamsning “Bebahoginam” filmlari band etgan.
Filmlar namoyishlari jadvali bilan “Daryo.Afisha”da tanishish mumkin.
1-o‘rin. “Arslon izidan” (jangari, drama)
Rejissor – Aziz Rametov
2-o‘rin. “Qaysarginam 2” (komediya)
Rejissor – Azamat Axrorov
3-o‘rin. “Ahmadboy va Rahmatboy” (komediya)
Rejissor – Jur’at Sotiboldiyev, Saidpo‘lat Hakimov
4-o‘rin. “Jonim yig‘loqi” (komediya)
Rejissor – Otabek Mirzaxolov
5-o‘rin. “Onam bilmasin” (komediya)
Rejissor — Jahongir Ahmedov | 105 | 978 |
Madaniyat | “Venom” filmining so‘nggi treyleri e’lon qilindi (video) | Tom Xardi ishtirokidagi “Venom” fantastik jangari filmining so‘nggi treyleri e’lon qilindi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Filmda odamlarda tajribalar o‘tkazadigan Life Foundation kompaniyasi faoliyatini o‘rganuvchi jurnalist Eddi Broke haqida hikoya qilinadi. Firma rahbariyatiga qarshi dalillar yig‘ish chog‘ida jurnalist noodatiy o‘zga sayyora virusi bilan zararlanadi va super kuchga ega antiqahramonga aylanadi.
Filmda Tom Xardi bilan birga, Mishel Uilyams, Jenni Sleyt, Tom Xolland, Vudi Xarrelson va boshqalar suratga tushgan. | 56 | 545 |
Madaniyat | Shorti kiygan Obid Asomov: O‘g‘limning Obid Asomovdek otasi bor, men esa yetimman | So‘z ustasi Obid Asomov ayni paytda Tailandning Pxuket orolida hordiq chiqarayotganini ma’lum qildi, deb yozadi “Darakchi.uz”.
Yangi yilda qorni kutaverib charchadik! “Achchiqni achchiq kesadi” degan maqolga amal qilib, 30 daraja issiq mamlakatga kevoldik! Tailand, Pxuket! Ajoyib mamlakat! Xalqi juda muloyim, so‘ksangiz ham kulib turaveradi! Uchadigan narsalardan samolyotni, yuradigan narsalardan poyezdni yeyishmaydi! Tirik jonzot borki nishxurtga chiqarilmaydi! Men ilgari Tailandda mendan baland inson yo‘q derdim, endi ko‘rib turganingizdek adashgan ekanman! O‘g‘il o‘tib ketdi! “Nega o‘g‘lingiz shimdayu, siz shortidasiz?” degan savolga darhol javob beraman! O‘g‘limni Amerikalardan falon pulga jinsi shimlar olib keladigan Obid Asomovdek otasi bor! Men esa yetimman! Qisqasi, yaxshi dam mehnatga hamdam.
Obid Asomov
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, ajoyib so‘z ustasi Obid Asomov bir necha kun oldin saytini qaytadan ishga tushirdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 81 | 1,152 |
Madaniyat | “O`ZBEKISTON BO`YLAB SAYoHAT QILING” IChKI TURIZMNI RIVOJLANTIRISh DASTURI: TOShKENTLIK YoSh SARDORLARNING BUXOROGA SAYoHATI MAROQLI O`TDI (FOTO) | “O`zbekiston bo`ylab sayohat qiling” shiori ostida yoshlarning ichki turizmga qiziqishini oshirish, ularning boy tarix, qadimiy obidalar va madaniy-meros ob`ektlariga sayohatlarini tashkil etish maqsadida 2018 yilning 6 yanvar kuni Toshkent shahridagi umumta`lim maktablarining 50 nafar “Kamalak” va “Yoshlar Ittifoqi” sardorlaridan iborat yoshlar jamoasi Buxoro viloyatiga tashrif buyurishdi.
Yoshlarning mazkur sayohatini amalga oshirish jarayonida “O`zbekiston bo`ylab sayohat qiling” dasturi doirasida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar asosida “Afrosiyob” poezdining chiptalarini xarid qilinishida 50 foizli chegirmalardan foydalanildi.
O`zbekiston yoshlar ittifoqi markazi kengashi tashabbusi asosida Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi va Buxoro viloyat hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu sayohat davomida toshkentlik yosh mehmonlar Buxoro shahridagi “Ark” qo`rg`oni, “Poyi Kalon” majmuasi, “Toqi zargaron” va “Toqi telpakfurushon” savdo markazlari, Ulug`bek va Abdulazizxon madrasalari, Abdullaxon hunarmandlar rastasi, “Labi hovuz” ansambli, “Moxi xossa” saroyi va Bahovuddin Nashqband ziyoratgohlariga sayohat qilishdi.
Sayohat yakunida o`quvchi yoshlar Buxoro shahrida qayta rekonstruksiya qilingan “Yoshlar markazi” binosi, undagi tashkil etilgan to`garaklar hamda yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi.
Yoshlarimiz sayohati qiziqarli va taassurotlarga boy bo`ldi. | 146 | 1,417 |
Madaniyat | Instagram: Sevinch turmushga chiqdimi? Munisa Rizayevaning singlisiga gap otgan Jasur Umirov, AQShdagi biznesini sotayotgan Sherzod Bin | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Yosh xonanda Afruza ko‘zida yosh aks etgan surati bilan bo‘lishdi, biroq u bu holatga izoh bermagan.
O‘zbekiston xalq artisti Saida Rametova ham biznesga qo‘l urib, sharf va ro‘mollar savdosini yo‘lga qo‘ydi.
Sitora Alimjonova qora libosda folloverlariga ko‘rinish berdi.
Parizoda kuzatuvchilarini kulishga chaqirdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan videodan ma’lum bo‘lishicha, voyaga yetmagan qizning nomusiga tegishda aybdor deb topilib, 5 yilga qamalgan xonanda Jasur Umirov bir vaqtlar Munisa Rizayevaning singlisiga ham gap otgan va buning uchun Munisadan tanbeh eshitgan.
Zarina Nizomiddinova ham muxlislariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi.
Ozarbayjonlik xonanda Nahide Babashli O‘zbekistonda tushgan suratlarini sahifasiga joyladi.
Intervyularidan birida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan har kuni ko‘rishishini aytgan Ahad Qayum bu gapi uchun tushuntirish xati yozgani hamda uzr so‘raganini ma’lum qildi.
Gulchehra Eshonqulova hijobga kirishi sababi haqida post yozdi.
AQShda yashayotgan komik aktyor Sherzod Bin o‘zi yuritayotgan kafeni sotuvga qo‘ydi.
O‘zbek shou-biznesi vakillari 12-mart kuni vafot etgan rejissor Bahrom Yoqubovni xotirlamoqda.
Shahzoda Matchonova sahifasiga yangi surat joyladi.
Xonanda Sevinch jonli efir orqali muxlislarining shaxsiy hayotiga oid savollariga javob berdi.
Xonanda Munisa Rizayevaning muxlisi boshiga uning rasmini chizdirdi. | 135 | 1,543 |
Madaniyat | Leonardo Di Kaprio va Keyt Uinslet “Titanik” kemasi halokatining so‘nggi guvohiga yordam bermoqda | Mashhur aktyorlar “Titanik” kemasi halokatidan qutilib, hozirda tirik bo‘lgan yagona guvoh Millvina Dinni davolash uchun yordam bera boshladi. Bu haqda “Segodnya” xabar bermoqda.
Millvina Din afsonaviy “Titanik” halokatga uchraganida ikki oylik chaqaloq bo‘lgan. 1912-yil sodir bo‘lgan voqeaning so‘nggi guvohi bundan uch yil avval belini sindirib olgan edi. Shundan beri, Din Angliyadagi Sautgempton nomli shaharchada joylashgan qariyalar uyida istiqomat qilib kelmoqda.
Millvina qarigan chog‘ida muolajalar uchun pul to‘lash muammosiga yo‘liqdi. Shu bois u “Titanik”dan xotira bo‘lib qolgan suvenirlarni sotishga majbur bo‘ldi.
Mazkur afsonaviy kema haqida suratga olingan filmda bosh rollarni ijro etgan Leonardo Di Kaprio va Keyt Uinslet Millvinaning ahvoli haqida xabar topgach, ayolga yordam berish maqsadida The Millvina Fund xayriya jamg‘armasini tashkil etdi. Aktyorlarning aytishicha, ayol o‘zining kelajagi ta’minlanganini bilsa, tezroq sog‘ayadi va bemalol dam oladi. | 97 | 980 |
Madaniyat | Foto: “Vasabi” filmi aktyorlari 19 yil ichida qanday o‘zgardi? | Rejissor Lyuk Bessonning 2001-yilda suratga olingan “Vasabi” filmi eng yaxshi filmlar ro‘yxatidan joy olgan. Ushbu film qahramonlari 19 yildan so‘ng qanday ko‘rinishga ega ekanligi ko‘pchilikni qiziqtirishi tabiiy.
“Taksi-2” filmining muvaffaqiyatdan ilhomlangan Lyuk Besson yangi komediya uchun ssenariy yozadi. Bu kartinada fransuz politsiyasiga duch keladigan yapon mafiyasi emas, aksincha fransuz politsiyasining Yaponiyaga do‘stona tashrifi haqida hikoya qiladi.
Bosh rolga Bessonning sevimli aktyorlaridan biri Jan Reno taklif qilindi. O‘sha paytda u 52 yoshda, mukammal jismoniy ko‘rinish va mashhurlik cho‘qqisida edi. Xushyor va adolatsizlikka chidolmaydigan komissar Yuber Forentin roli aynan u uchun yozilgan.
Hozir aktyor 72 yoshda, u filmni haliyam eslaydi va yaxshi ko‘radi. U endilikda filmlarda kam suratga tushyapti.
Yuberning to‘satdan paydo bo‘lgan qizi Yumi rolini aktrisa Rioko Xirosyue o‘ynagan. U 19 yoshda aktrisalik karyerasini boshlagan edi.
Hozir Rioko 39 yoshda. O‘tgan yillarda u turmushga chiqdi va ajrashdi. Ikki farzandini yolg‘iz o‘zi tarbiyaladi. U haliyam filmlarda suratga tushyapti. Hozirda u qo‘shiqchi sifatida albomlar chiqargan va vatanida juda mashhur.
Yuber Forentinning do‘sti Momo rolini aktyor Mishel Myuller ijro etgan. U asli avstraliyalik va professional aktyor ham emas. Ma’lumoti bo‘yicha matematika o‘qituvchisi. U maktabga Qorbobo kiyimida kelib, noo‘rin xatti-harakati uchun ishdan bo‘shatilgan. Keyin u pyesalar yoza boshlagan va ularni kichik xususiy teatrlarda sahnalashtirgan. Uni ko‘rganlar kinoga taklif etgan. Shunday qilib, Mishel birinchi Bessonning “Taksi-2”, keyin “Vasabi” filmlarida rol o‘ynadi.
Hozir aktyor 53 yoshda. Uning ishtirokidagi oxirgi film 2017-yilda namoyish etilgan.
Filmda Yuber bilan munosabatlarini o‘rnatmoqchi bo‘lgan ayol rolini Karol Buke ijro etgan. O‘shanda aktrisa 42 yoshda va Jerar Deparde bilan ishqiy munosabatda bo‘lgan, ammo ular 2005-yilda ajrashgan.
Aktrisa, asosan, epizodik rollarni o‘ynagani uchun uning aktrisalik karyerasini muvaffaqiyatli deb bo‘lmaydi. Uning ishtirokidagi oxirgi film 2017-yilda namoyish etilgan.
Yovuz jinoyatchi rolini yapon aktyori Yosi Oida ijro etgan. U o‘shanda 68 yoshda — filmdagi eng keksa aktyor edi.
Hozir u 87 yoshda. Tokioda yashaydi. Uning ijrosidagi oxirgi film 2017-yilda taqdim etilgan.
Notariusning rolini yaponiyalik aktyor Xirata Xaruxiko o‘ynagan. “Taksi-2” va “Vasabi” kartinasidan so‘ng u filmlarda juda kam suratga tushdi.
Hozirda u 73 yoshda. Tokioda yashaydi. | 62 | 2,514 |
Madaniyat | Mashhur «Karib dengizi qaroqchilari» filmining ssenariy muallifi Jey Volpert vafot etdi | Amerikalik ssenariynavis va prodyuser Jey Volpert Los-Anjelesda 79 yoshida vafot etdi. Bu haqda Deadline internet nashrida ma`lum qilingan, deya xabar qilmoqda O`zbekiston Kinematografiya agentligi Matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, ssenarist Altsgeymer kasalligidan vafot etgan.
Jey Volpert 1942 yilda Nyu-Yorkda tug`ilgan. Uning eng mashhur asari «Karib dengizi qaroqchilari» franshizasidir. Shuningdek, u Kevin Reynolds tomonidan suratga olingan, aktyorlar Jeyms Kavizel va Gay Pirs bosh rollarni ijro etgan «Graf Monte-Kristo» filmi ssenariysining muallifi hamdir. | 87 | 571 |
Madaniyat | Nasiba Abdullayeva: Bitta to‘yda faqat bir xonanda qatnashsin degan talab qo‘yilsa, san’atkorlar ishsiz qolib ketadi (video) | “O‘zbekkonsert” davlat muassasasida san’atkorlarning to‘y-marosimlarda ishtirok etishi masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Yoshlar” telekanalining “Davr” informatsion dasturi xabar bermoqda.
Yig‘ilishda dabdabali to‘y-marosimlarni cheklash ishlari doirasida bitta to‘yda nechta xonanda qatnashishi mumkinligi masalasi ham muhokama qilingan. “Bitta to‘yda bitta san’atkor bo‘lishi kerak” ko‘rinishidagi taklif xalq artistlari tomonidan ham ko‘p ma’qullanmagan.
Xususan, O‘zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayeva bu taklif 1 million aholi tomonidan ma’qullangani bilan, buni qolgan 30 million kishi ham shu fikrda deb aytish qiyin, deya fikr bildirgan.
To‘ylarda bitta san’atkor bo‘lishi kerak degan taklifni bir million kishi ma’qullab chiqqan bo‘lsa ham, buni 30 million odamning fikri deb bo‘lmaydi.
Hozir haqiqatan ham qonun chiqadigan bo‘lsa-yu, bitta to‘yda faqat bitta san’atkor xizmat qiladi, degan talab qo‘yiladigan bo‘lsa, san’atkor nomini ko‘tarib yurganlarning bari ishsiz qolib ketadi.
Nasiba Abdullayeva, O‘zbekiston xalq artisti | 124 | 1,070 |
Madaniyat | Hindiston ko‘chalarida sari kiyib yurgan Rayhon filga murojaat qildi va kulguga sababchi bo‘ldi | Xonanda Rayhon “Namaste” qo‘shig‘iga klip olish uchun Hindistonga jo‘nab ketdi, deb yozdi “Darakchi.uz”.
Rayhonning qizil sarida tushgan va Hindistondagi sayohati aks etayotgan fotolar ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rinish berdi.
#namaste
Фото опубликовано Райхон Ганиева (@rayhonganieva) Дек 6 2016 в 10:09 PST
Qo‘shiqchi Instagram sahifasiga joylagan video ko‘pchilikning diqqat-e’tiborini tortdi. Mashinada ketayotgan Rayhon yo‘lni kesib o‘tayotgan filni ko‘rib qoldi va unga oshiqdi. “Fil, to‘xta” deya qilingan murojaatdan keyin esa Rayhonning hamrohlari kulib yubordi.
Стой,слон,стой?? #namaste To'xta, fil, to'xta! ?
Видео опубликовано Райхон Ганиева (@rayhonganieva) Дек 5 2016 в 8:46 PST
Keyinroq Rayhon filga yetib olganini ma’lum qilib, rasm joyladi. Unda fil egasi Farhod Alimovning turmush o‘rtog‘iga havas ila qarab turganini ko‘rish mumkin.
Догнала? #namaste Yetib oldim!
Фото опубликовано Райхон Ганиева (@rayhonganieva) Дек 5 2016 в 8:53 PST
Qayd etilishicha, “Namaste” klipi 19-dekabr kuni Toshkent shahri restoranlaridan birida ilk bor namoyish qilinadi.
Фото опубликовано Райхон Ганиева (@rayhonganieva) Дек 6 2016 в 8:42 PST | 95 | 1,138 |
Madaniyat | Maykl Jeksonning qizi otasining izidan ketib, qo‘shiqchi bo‘lishga qaror qildi | Maykl Jeksonning qizi Peris ham otasi singari xonanda bo‘lishga qaror qildi. Harper’s Bazaar’ning xabar berishicha, u Jimmi Kimmelning noyabrdagi shousida Wilted nomli albomidan o‘rin olgan qo‘shig‘i bilan televideniyeda debyut chiqish qilgan.
Hozirda 22 yashar Peris, sobiq yigiti bilan birgalikda asos solgan The Soundflowers guruhining a’zosi.
https://www.youtube.com/watch?v=11wA52DLxp8
U shouda oktabr oyida taqdim qilgan Let Down qo‘shig‘ini ijro qilgan. Jeksonning ilk albomi Wilted’ning taqdimoti 13-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan. Debyut chiqishidan keyin u Instagram sahifasiga shouda kuylagan chiqishi muhrlangan videoni joylagan va boshlovchi hamda tomoshabinlarga minnatdorchilik bildirgan.
U birinchi plastinka ustida ishlash jarayoni haqidagi bergan intervyusida, ko‘plab emotsiyalarni his qilayotgani, hayajonlangani, asabiylashgani, ammo ko‘proq minnatdor va baxtli ekanini bildirgan. | 78 | 898 |
Madaniyat | Davlat raqobat qo‘mitasi restoranlardagi konsertlarning internet-reklamasida fonogramma haqida eslatilmayotganini aniqladi | O‘zbekiston Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi umumiy ovqatlanish muassasalariga iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun javobgarlik nazarda tutilganini eslatdi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
Qo‘mitaning “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun talablariga asoslanib qayd etishicha, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) iste’molchiga o‘zi realizatsiya qilayotgan tovar (ish, xizmat)lar haqida o‘z vaqtida zarur, to‘g‘ri va tushunarli ma’lumot berishi shart.
Qo‘mita iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish sohasidagi qonunchilik talablari bajarilishini o‘rganish davomida OAV, internet, xususan, ijtimoiy tarmoqlarda turli umumiy ovqatlanish korxonalari (restoranlar, kafelar, barlar va boshqalar)dagi (estrada yulduzlari ishtirokidagi) konsert tadbirlari haqida berilayotgan reklama ma’lumotlari fonogrammadan foydalanilishi haqidagi axborotsiz taqdim etilayotganini aniqlandi.
Ta’kidlashlaricha, Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 9-dekabrdagi 354-son qaroriga muvofiq, konsert-tomosha faoliyatini tashkil etish uchun tegishli litsenziya bo‘lishi va konsert-tomosha tadbiri uchun bir martalik ruxsatnoma bo‘lishi shart. | 122 | 1,275 |
Madaniyat | Rossiyadagi sement zavodida “Taxtlar o‘yini” serialidagi Vinterfell qasri quriladi | Rossiyaning Yekaterinburg shahridagi sement zavodi hududida “Taxtlar o‘yini” serialidagi Vinterfell qasrini qurishadi, deya xabar bermoqda “360” telekanali. Uni uch metrli 3D-printer yordamida yaratishadi va sentabr oxirigacha qurib bitkazishadi.
“Vinterfell juda chiroyli va salobatli bo‘lgani uchun biz uni tanladik, ammo unda oddiy usulda qurib bo‘lmaydigan elementlar ko‘p”, — dedi zavod bosh direktori Rinat Brilin.
Vinterfellni uch kishi barpo etadi, ular 3D-printer ishini nazorat qiladi. So‘ng qasr qorovulxona sifatida foydalaniladi.
Qasr qurilishi zavodga taxminan 46 ming dollarga tushadi, biroq baribir bu oddiy qurilishdan arzonroq.
Vinterfell — Starklar uyining avloddan-avlodga o‘tib kelgan qasri bo‘lib, “Taxtlar o‘yini” mifologiyasiga ko‘ra, sakkiz ming yil avval qurilgan.
Avvalroq “Taxtlar o‘yini” serialining oxiridan oldingi — yettinchi mavsumini suratga olish ishlari rasman boshlangani xabar berilgan edi. | 82 | 929 |
Madaniyat | Mavluda Asalxo‘jayeva qo‘shiqlarni takror va takror o‘g‘irlashda ayblandi | Bir telekanal orqali 80—90-yillarda mashhur bo‘lgan xorij guruhining o‘sha paytda o‘tkazgan konsert dasturi namoyish etildi. Birgalikda tomosha qilayotgan kattalar yoshligini esladi, ushbu qo‘shiqlar bilan bog‘liq qiziqarli voqealarni so‘zlay boshladi. Garchi bu “eski” qo‘shiqni birinchi marta tinglayotgan bo‘lsam-da, musiqasi qulog‘imga juda tanish tuyuldi. Keyin bilsam, bu qo‘shiq yaqinda bir xonandamiz tomonidan ham kuylangan ekan...
Foto © readwrite.com
Bu kabi holatlarga bugun kunda-kunora duch kelish mumkin. Bir kun oldin premyera qilingan qo‘shiqning ertasiga radio va boshqa manbalarda xorijiy tilda kuylangan talqinini eshitib qolasiz. Hatto, “Voy, biznikilardan o‘girlashibdimi?” deb ham qo‘yasiz (qaniydi shunday bo‘lsa).
Aynan shu mavzuga “Darakchi” nashri “O‘g‘rini qaroqchi urdi yoki biznikilardan qachon o‘g‘irlashadi?” nomli maqolada to‘xtalib o‘tgan. Unda xorijda mashhur bo‘lgan ayrim qo‘shiqlar bizning bir emas, ikki xonandalarimiz tomonidan kuylab chiqilayotgani haqida yozilgan.
“Bugungi kunda shou-biznesimizni plagiatlik tushunchasidan ayro tarzda tasavvur qilish qiyin. Shou-biznesimizda xorijga nisbatan taqlid tobora avj olib boryapti... Butun boshli qo‘shiqlar o‘g‘irlanib, uyalmay-netmay ularga klip ham ishlanyapti”, deb yozadi “Darakchi”. Nashr xorijdagi xit bo‘lgan qaysi qo‘shiqlar bizning qaysi xonandalarimiz tomonidan o‘g‘irlanib, kuylanganiga misollar keltiradi.
Jumladan, bundan bir yil avval Farrux Komilov taqdim etgan “Kel-kel” nomli qo‘shiq, oradan ko‘p o‘tmay Ruhshona va Sirojiddin tomonidan “Seni deya” nomi ostida kuylangani, qo‘shiqning esa keyinchalik aslida ruminiyalik xonandaga tegishli ekani ma’lum bo‘lgan.
“Darakchi” yozishicha, plagiatlik haqida so‘z ochilganda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mavluda Asalxo‘jayevani takror va takror eslab o‘tmaslikning imkoni yo‘q. Uning “Mo‘jiza”, “Qastim olaman” (asli turkcha “Bastim bekerim”) nomli qo‘shiqlari xorijdan o‘g‘irlanganlanligini muxlislar hali bilmasa kerak... Shuningdek, “O‘x-o‘x” deb kuylagan qo‘shig‘i aslida turk xonandasi Gulshenning “Of-of” nomli qo‘shig‘ining o‘zbekcha talqinidir. Ustiga-ustak ko‘p o‘tmay bu qo‘shiqni Hosila Rahimova ham turk tilida kuylagan.
Maqolada o‘g‘irlangan qo‘shiqlardan yana biri sifatida ozarbayjonlik taniqli xonanda Uzeyirning “Mana gal” qo‘shig‘i misol keltiriladi. Qo‘shiqni birinchilar qatorida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Avaz Olimov qanday bo‘lsa, shu holicha kuylagan-u, klip suratga oldirmagan. Umida Mirhamidova, Yulduz Turdiyeva kabi xonandalar o‘zbekcha talqinini kuylab, klip ham tayyorlab, efirga uzatgan.
Maqola so‘ngida Darakchi nashri 2006-yildan buyon “Mualliflar va ijrochilar gildiyasi” faoliyat yuritib kelishini, yuqoridagi plagiatliklarni tashkilot xodimlari payqamayotganligini taajjub bilan ta’kidlab o‘tgan.
Ko‘pchilik xonandalardan “Nega shu kasbni tanladingiz”, deb so‘ralsa, “O‘z ijodim bilan o‘zbek musiqa san’atini dunyoga olib chiqmoqchiman”, degan javobni eshitamiz. Savol tug‘iladi: qanday qilib? | 73 | 3,004 |
Madaniyat | Oxirgi mukofotlash marosimidagi mojarodan so‘ng “Oskar” mukofotini topshirish tartibi o‘zgaradi | Amerika kinematografiya san’ati akademiyasi oxirgi mukofotlash marosimidagi xatolik uchun aybni zimmasiga olgan PricewaterhouseCoopers (PWC) auditorlik kompaniyasi xizmatlaridan voz kechmaslikka qaror qildi, biroq ularning ish tartibi keyingi yildan o‘zgaradi. Bu haqda The New York Times xabar bermoqda, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Eslatib o‘tamiz, “Oskar” mukofotini topshirishning oxirgi marosimida sahnadan “Eng yaxshi film” nominatsiyasida “La-La Lend” g‘olib bo‘lgani haqida e’lon qilingach, kartina prodyuseri mikrofon qarshisiga kelib, xatolik yuz berganini aytgandi. Ma’lum bo‘lishicha, tashkilotchilar konvertlarni chalkashtirib yuborgan, va aslida esa eng yaxshi kartina deb “Oy shu’lasi” e’tirof etilgan.
Ovozlarni hisoblash va konvertlarni tarqatish uchun endilikda ikki kishi emas, uch kishi javob berishi ta’kidlanmoqda. Bunda ulardan biri g‘olibni avvaldan biladi va agar biror narsa xato ketsa, marosim boshlovchisini ogohlantirishi mumkin bo‘ladi.
Bundan tashqari, sahna ortida har qanday gadjetlardan foydalanish taqiqlanadi. | 95 | 1,049 |
Madaniyat | Nargiz Zokirova “Golos” loyihasining keyingi bosqichiga yo‘llanma oldi | Rossiyaning Birinchi kanali orqali namoyish etilayotgan “Golos” ko‘rsatuvida hamyurtimiz Nargiz Zokirova ham qatnashib, hozircha uning ishtiroki muvaffaqiyatli davom etayotganidan xabaringiz bor.
Nargiz Zokirova Alla Pugachyovaning “Kuylayotgan ayol” qo‘shig‘ini ijro etmoqda. Foto © Mezon
Ikki kun avval ushbu loyihaning “Nokautlar” bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda Nargiz Zokirova o‘z chiqishi bilan barchani hayratga soldi va keyingi bosqichga yo‘llanma oldi. Bu haqda “Podrobno” nashri xabar bermoqda.
Shou qoidalariga ko‘ra, “Nokautlar”da har bir murabbiy jamoasidan uch kishi o‘zaro bahslashdi. Leonid Agutinning shogirdlari: Yekaterina Kuzina, Yelena Maksimova va Nargiz Zokirova eng taniqli va dramatik qo‘shiqlarni ijro etdi. Alla Pugachyovaning “Kuylayotgan ayol” (“Женщина, которая поёт”) ashulasini maromiga yetkazib aytgan Nargiz Zokirova Uitni Hyustonning “I will always love you” va Selin Dionning “My heart will go on” qo‘shiqlarini kuylagan qolgan ishtirokchilarni ortda qoldirdi. Murabbiyning tanlovi bilan, loyihada Nargiz va Yelena qoldi.
Ta’kidlash joiz, butun zal va qolgan murabbiylar — Pelageya, Bilan, Gradskiy hamyurtimizning ijrosidan ta’sirlangani va uning iste’dodiga tan berganini payqamay bo‘lmadi.
Ko‘rsatuvdan so‘ng, Nargiz Zokirova Rossiya jurnalistlariga intervyu berdi va ushbu bosqichda o‘zining eng sevimli qo‘shiqlaridan birini kuylaganini, aynan uni ijro etishga o‘zi qaror qilganini, shou boshlanishidan avval buning uchun Alla Pugachyovaning o‘zidan ruxsat olganini ham ta’kidladi. Primadonna esa unga javoban bu qo‘shiqning juda murakkab ekanini aytib, uni o‘ziga xos qilib kuylashni tayinlagan.
Eslatib o‘tamiz, “Golos” teleshousining ikkinchi mavsumida yurtdoshimiz Nargiz Zokirova ishtirok etmoqda. 1984-yil rejissor Ali Hamroyevning “Vodillik kelin” filmida yangragan “Sen ketarsan” nomli qo‘shiq orqali tanilgan Nargiz O‘zbekiston Xalq artisti Farruh Zokirovning jiyanidir.
Xonanda 1971-yil Toshkentda san’atkorlar oilasida tug‘ilgan. U taniqli opera qo‘shiqchisi, teatr va kino aktyori, O‘zbekiston xalq artisti Karim Zokirovning nabirasi. Nargiz 14 yoshida Yurmaladagi qo‘shiqlar tanlovida qatnashgan. 90-yillarda o‘zbek estradasida ijod qila boshlagan. 1995-yilda AQShga ko‘chib ketgan va oradan 20 yil o‘tib, 42 yoshida Rossiya sahnasida ko‘rinish berdi.
Nargiz Zokirovaga teletanlov sahnasiga chiqqan ilk daqiqalardan boshlab ko‘pchilik qiziqish bildirdi. Bunga sabab xonandaning tashqi ko‘rinishi, noodatiy imidji, deyish mumkin. U noan’anaviy soch turmagi, bosh va qo‘llarida tatuirovkalar, turli taqinchoqlar bilan mutlaqo “o‘zbekcha” bo‘lmagan ko‘rinishda sahnaga chiqdi. | 70 | 2,625 |
Madaniyat | Festivalga chaqirilmagan Alisher Uzoqov norasmiy taqiqqa uchragani asossiz gapligini ma’lum qildi (video) | Aktyor va rejissor Alisher Uzoqov Toshkent xalqaro kinofestivalining tantanali ochilish marosimiga taklif qilinmaganligi haqida videomurojaat qilgan edi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Alisher Uzoqovning festivalga taklif qilinmagani katta bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi.
Alisher Uzoqov “Daryo” muxbiri Feruz Muhammadga bergan qisqa intervyusida festivalning tantanali yopilish marosimiga Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov tomonidan taklif qilingan bo‘lsa-da, nima sababdan kelmagani haqida gapirib berdi.
Xalqaro kinofestivalning tantanali yopilish marosimiga taklif qilindim. Haqiqatan ham Firdavs akaning o‘zlari aloqaga chiqib, ochilish marosimidagi holatni aytib o‘tdilar va yopilish marosimiga taklif etdilar.
Yopilish marosimiga kelolmaganimning sababi esa safarda edim. Ochig‘i, ochilish marosimiga taklif qilishmadi, katta ehtimol bilan yopilish marosimiga ham chaqirishmasa kerak, deb o‘ylab Buxoro va Qashqadaryo viloyatlariga safarga chiqib ketgan edim.
Aynan marosim bo‘ladigan kecha safardan qaytib keldim, borishga esa ulgurmadim. Onam bordilar, onam bilan borishga ulgurmaganimni aytib qo‘ydim. Borish nasib qilmagan ekan.
Alisher Uzoqov Dubayda bergan intervyusidan so‘ng norasmiy taqiqqa uchragani haqida gap-so‘zlar tarqalgan edi. Aktyor ushbu ma’lumotga quyidagicha oydinlik kiritdi.
Bu haqda hozir sizdan eshityapman. Hech qanday tazyiq, taqiqlar bo‘lmadi. Vatanimiz rahbari, hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev olib borayotgan siyosatlarida san’atkorlarga nisbatan e’tibor juda ham kuchli, qolaversa, taqiq degan barcha cheklovlar butunlay olib tashlangan. Davlat siyosatiga qarshi chiqadigan birorta rahbar bo‘lmasa kerak. Bu shunchaki asossiz gap-so‘zlar. Allohga shukr, hammasi joyida, hech qanday cheklovlar yo‘q. Kamnamoligim o‘zimga bog‘liq, hozircha faqat rol, kino kutyapman.
Alisher Uzoqov, aktyor, rejissor
Ma’lumot uchun, “Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali 28-sentabr va 3-oktabr kunlari bo‘lib o‘tdi. Festivalning birinchi va so‘nggi kunlarida tantanali ochilish va yopilish marosimlari bo‘lib o‘tgan edi. | 105 | 2,084 |
Madaniyat | Amerikalik rejissor Kventin Tarantino uylanishga qaror qildi | Amerikalik taniqli rejissor Kventin Tarantino 30-iyun, juma kuni ma’shuqasi, isroillik xonanda Daniela Pikka turmushga chiqish taklifni qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Kventin Tarantino va Daniela Pik.
Yulduzli juftlik 2009-yilda tanishgandi. Keyinchalik ular bir-biridan yiroqlashdi, biroq o‘tgan yili yana hammasi qaytadan boshlandi.
Manbalar 54 yoshli rejissor 33 yoshli xonandaga turmushga chiqish taklifini uzuk taqdim etib izhor qilganini bildirmoqda. | 60 | 471 |
Madaniyat | Bollivudning mashhur aktrisalari bir filmda suratga tushish uchun qancha gonorar oladi? | Hind kinosi iste’dodlarga boy. Har yili yuzlab filmlar suratga olinadi, ularda o‘nlab eng mashhur aktyorlar ishtirok etsa, yana ayrimlariga tanilish uchun imkoniyat tug‘iladi. Bollivudning go‘zal yulduzlari filmlardagi roli uchun qancha gonorar oladi? Marhamat, ular bilan tanishib chiqing.
8-o‘rin: Sonam Kapur
Sonam Kapurning “Sevgi hikoyalarini yomon ko‘raman” filmidagi ishtiroki barchaga tanish. Aktrisa eng talabgor 8 ta aktrisaning oxirgi pog‘onasidan joy oldi, muhimi u ushbu ro‘yxatda mavjud. Sonam bitta film uchun 1 363 000 dollar daromad oladi.
7-o‘rin: Aliya Bxatt
Bollivudning eng yosh aktrisalaridan biri bo‘lishiga qaramay, uning natijasi bugungi kun uchun juda yaxshi. Aktrisa 7 yil davomida 12 ta filmda rol ijro etib, mashhurlikka erishdi. Mashhurlik cho‘qqisiga yo‘l olgan aktrisaning bir filmdagi ishtiroki uchun 1 432 000 dollar pul to‘lanadi.
6-o‘rin: Anushka Sharma
“Tangri yaratgan juftlik”, “Toki hayot ekanman”, “PK” kabi filmlardan so‘ng o‘zining iste’dodi tufayli eng mashhur aktrisalar qatoridan joy olgan Anushka Sharma hozircha 6 o‘rinni egallab turibdi. U o‘zining mahorati bilan, albatta, 1-o‘ringa erishishi shubhasiz. Ayni damda uning bitta filmdan oladigan gonorari 1 500 000 dollarni tashkil etadi.
5-o‘rin: Karina Kapur
San’atkorlar oilasining vakili Karina Kapur bir necha yillar davomida ko‘plab filmlarda ishtirok etib kelmoqda. Hatto u oilasi va farzandi bilan ham suratga olish ishlarini to‘xtatgani yo‘q. Aktrisaning muxlislari u ishtirok etgan filmlarni yillar o‘tsa-da tomosha qilishdan charchamaydi. Aktrisa bir necha yillik tajribasidan kelib chiqib, har bir filmdagi ijrosini 1 568 000 dollarga baholadi.
4-o‘rin: Katrina Kaif
Aksariyat tomoshabinlar Katrinaning aktrisalikdan ko‘ra raqqosalik qobiliyati kuchliroq deb biladi. Ammo uning filmdagi ijrosini yuqori baholaydigan muxlislari talaygina. Latofatli aktrisa gonorar bo‘yicha ro‘yxatning to‘rtinchi o‘rnini 1 637 000 dollar bilan egallab turibdi.
3-o‘rin: Ayshvariya Ray
“Dunyo go‘zali” Bollivudning eng ko‘p gonorar oladigan aktrisalar uchtaligiga kirdi. Aktrisaning birgina film uchun olayotgan gonorari 1773 000 dollarni tashkil etmoqda.
2-o‘rin: Priyanka Chopra
So‘nggi yillarda go‘zal aktrisa Gollivudda ham ko‘rinish bermoqda. Chindan ham u Bollivudda mashhurlikka erishib bo‘lgan. Garchi oxirgi damlarda filmlarda kamnamo bo‘lsa-da, aktrisaning daromadi yuqoriligicha saqlanib qoldi. Har bir kartinadagi daromadi 1 774 000 dollarga to‘g‘ri keladi.
1-o‘rin: Dipika Padukone
Aktrisa yosh bo‘lishiga qaramay turli xil filmlardagi ishtiroki tufayli ro‘yxatning birinchi o‘rnini egalladi. Chindan ham u o‘z o‘rniga munosib. Uning gonorari 1 909 000 dollarni tashkil etadi. | 87 | 2,689 |
Madaniyat | Xonanda Billi Aylishning yangi imiji aks etgan surati Instagram’da rekord darajada layk to‘pladi | Sochlari sariq rangga bo‘yalgan amerikalik qo‘shiqchi Billi Aylishning surati Instagram’da paydo bo‘lishi bilan 6 daqiqa ichida rekord darajada million layk yig‘di. U ijtimoiy tarmoqdagi eng mashhur to‘rtta postga kirdi, deb yozadi Esquire.
“Meni chimchilab qo‘ying”, — deb izoh yozgan Aylish yangi soch turmagida tushgan suratga. Keyinroq “sariq soch” va “xayr, yashil” deya izoh qoldirgan. Soch turmagi haqida joylashtirilgan yangi post 19,4 million layk to‘plagan va ularning soni o‘sishda davom etmoqda. Xonanda 2019-yil iyul oyida sochining ildizi yashil rangga bo‘yalgan birinchi surati bilan bo‘lishgan edi.
Instagram’dagi eng mashhur 5 ta post:
2020-yilning dekabr oyida Aylish o‘z muxlislaridan “sochining ustidan kulishni bas qilishini” iltimos qilgan. Shuningdek, “Biroz xiralashgan dunyo” hujjatli filmi taqdimotidan keyin sochini o‘zgartirishga va’da bergan.
“Hujjatli film namoyishidan keyin sochimning rangini bo‘yayman. Bu bir davrning yakuni bo‘ladi. Ammo yangisini beraman”, — degan edi xonanda. Ma’lum bo‘lishicha, xonanda 6 hafta mobaynida sochining rangini o‘zgartirgan. 2021-yil 14-mart kuni bo‘lib o‘tgan 63-“Gremmi” taqdirlash marosimida maxsus parik kiygan.
Eslatib o‘tamiz, “Yil taronasi” nominatsiyasida Billi Aylish “Everything I Wanted” taronasi bilan g‘olib bo‘ldi. Shuningdek, ijrochining Jeyms Bond haqidagi “O‘lishning vaqti emas” filmi uchun kuylagan “No Time to Die” ijrosi “Eng yaxshi saundtrek” nominatsiyasida mukofotga loyiq deb topildi. | 96 | 1,477 |
Madaniyat | Anvar Jo‘rayevning onasi “Yomg‘ir” taronasini yozdirish uchun o‘g‘liga yashirincha 500 dollar bergani, uning rok yo‘nalishida kuylashiga munosabati va “Sahar” guruhining Qozog‘istondagi qiyinchiliklari haqida (video) | “Sahar” guruhi asoschisi Anvar Jo‘rayevning onasi Dilbar Nabiyeva “Sevimli” telekanalining “Mashhurlar” ko‘rsatuviga bergan intervyusida o‘g‘lining prokuror bo‘lishini xohlagani, “Yomg‘ir” taronasini yozdirish uchun turmush o‘rtog‘idan yashirib, 500 dollar bergani, uning rok yo‘nalishda qo‘shiq kuylashiga munosabati, guruhning Qozog‘istonga borib ijod qilgan paytlaridagi qiyinchiliklari haqida gapirdi.
Anvar Jo‘rayevning onasi o‘g‘lining prokuror bo‘lishini xohlagani, “Yomg‘ir” taronasini yozdirish uchun turmush o‘rtog‘idan yashirib, 500 dollar bergani haqida
O‘g‘limga sen artist bo‘lolmaysan, bizning avlodimizda san’atkorlar yo‘q deb aytganman. Ko‘plab onalar qatori uning prokuror bo‘lishini istaganman. Keyin o‘g‘lim: men Toshkent shahri prokurori bo‘lsam ham stolni surib, gitaramni olib ashulamni aytaman, dedi.
O‘shanda biz Toshkentga ko‘chib kelgan edik, men Chinnibozorda ishlar edim, Anvar esa narsalarga qorovullik qilardi. Keyin u dadamga aytmasdan menga 500 dollar bering, bitta ashula yozdiray deb so‘ragan, shunda borib birinchi taronasi “Yomg‘ir”ni yozdirgan.
O‘shanda ashulani bitta kichkina kassetaga yozdirib olib kelgan, bozordagilar hammamiz o‘tirib shuni tingladik. Qo‘shiqni tinglab, hamma quvondi. Keyin men ham qiziqib qoldim, sababi radiolarda, taksiga o‘tirsak ham shuni eshitib qolar edik. Shu bilan ikkinchi, uchinchi, umuman olganda 13 ta ashulasiga men homiylik qilib yozdirganman.
Xonandaning onasi uning rok yo‘nalishda qo‘shiq kuylashiga qanday munosabat bildiradi?
Rostini aytsam haqiqatan bu yo‘nalishda qo‘shiq kuylashini qo‘llamadim. Unga qanaqa qo‘shiq aytyapsan, seni to‘ylarga chiqib, davrani qizdiradigan ashula aytasan deb o‘ylardim, dedim. Avvaliga tushunmadim, bu yo‘nalishning ham o‘zining muxlislari bor ekan, o‘zini auditoriyasi bo‘lar ekan. Keyin-keyin tushunib yetdim, — deydi Dilbar Nabiyeva.
Anvar Jo‘rayevning onasi “Sahar” guruhining Qozog‘istondagi qiyinchiliklari haqida
Haqiqatan ham uning rok yo‘nalishini bu yerda uncha tushunishmadi. Keyin u guruhi bilan Olmaotaga borib, bitta uyni ijaraga olib, simkaravotlarda yotib kun kechirgan, o‘sha paytlari ham orqasidan borib nazorat qilganman. Yomon yo‘llarga kirib ketmasin, deb Olmaota shahriga borganman va ertalabdan bitta kefir bilan bitta shirinlikni yeb o‘tirganining guvohi bo‘lganman.
O‘sha paytlari o‘zim ham mahsulot olib ketardim va bolamni ham ko‘rib kelar edim. Rosa qiynalgan, to‘rtta bola daraxtlarga e’lon yopishtirib kimga musiqachi kerak, tug‘ilgan kun, tadbirlarni o‘tkazamiz deb yurgan. Keyin Qozog‘istonda uni yaxshi tushunishdi va qabul qilishdi. Qozog‘istonda unga yaxshi haq to‘lashgan, shunda Anvar menga ham yordam bergan, — deydi xonandaning onasi. | 216 | 2,689 |
Madaniyat | Emma Stoun 2017-yilning eng ko‘p haq oladigan aktrisasi deb tan olindi | Forbes jurnali 2017-yilning eng ko‘p haq oladigan aktrisalari reytingini e’lon qildi.
Unda 28 yoshli Emma Stoun birinchi o‘rinni egalladi. Aktrisa o‘tgan 12 oy mobaynida 26 million dollar ishladi. Yanvarda “La-La Lend” filmi prokatga chiqdi. Ushbu filmdagi roli uchun aktrisa “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritdi.
Ikkinchi o‘rinda — Jennifer Eniston 25,5 million dollar ko‘rsatkich bilan. U daromadining katta qismini Emirates, Smartwater va Aveeno kompaniyalari bilan tuzgan reklama shartnomalari hisobiga olgan.
Uchlikka 24 million dollar natija bilan Jennifer Lourens egalladi. Ayni paytda u Dior brendi bilan hamkorlik qilmoqda.
Birinchi o‘nlikka, shuningdek, Melissa Makkarti, Mila Kunis, Emma Uotson, Sharliz Teron, Emi Adams, Keyt Blanshett va Juliya Roberts kirdi. Ularning umumiy daromadi bir yil ichida 172,5 million dollarni tashkil etdi. | 70 | 847 |
Madaniyat | Bred Pitt ishtirokidagi filmlar bo‘yicha test. Gollivud yulduziga qay darajada muxlissiz? | Bugun, 18-dekabr Gollivud yulduzi, mahoratli aktyor Bred Pittning tug‘ilgan kuni. Uilyam Bredli Pitt 1963-yil AQShning Oklahoma shtatida dunyoga kelgan. Otasi kompaniyada menejer, onasi mahalliy maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlagan Bredning oilasi u tug‘ilganidan keyin Missuri shtatiga ko‘chib o‘tadi. U maktab yillaridan sport va musiqa bilan shug‘ullangan, debat klublarida faol ishtirok etgan. Kolumbiya universitetining jurnalistika va reklama yo‘nalishida ta’lim olgan Pitt o‘qishni oxiriga yetkazmay Gollivudda aktyorlik karyerasini boshlashga qaror qilgan va u yerda birinchi bo‘lib ismini Bredlidan Bredga o‘zgartirgan.
U 1995-yildagi “12 maymun” filmi uchun “Oltin globus”, 2014-yil “Qullikning 12 yili” filmining prodyuserlaridan biri sifatida “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, “Emmi”, “Bafta” va boshqa bir qancha mukofotlar sovrindori. U rol o‘ynagan filmlar bugungacha kassabop hisoblanib, eng yaxshi film deb e’tirof etiladi. Bred ishtirokidagi “Benjamin Battonning sirli hikoyasi”, “Tanishing: Jo Blek”, “Sharafsiz vahshiylar”, “Jang klubi” singari o‘nlab shedevr filmlar ro‘yxatini davom ettirish mumkin.
Quyida e’tiboringizga Bred Pitt asosiy qahramon sifatida namoyon bo‘lgan eng sara filmlardan tuzilgan testni taqdim etamiz. Unda filmlardan berilgan savollarga javob berishingiz kerak bo‘ladi.
“Daryo”dagi boshqa testlarni ham yechib ko‘ring: | 89 | 1,377 |
Madaniyat | “Uyda yolg‘iz” filmlaridagi ota roli bilan tanilgan aktyor Jon Xyord vafot etdi | AQShda aktyor Jon Xyord vafot etdi. U 72 yoshda edi, deya xabar bermoqda Meduza.
Aktyorning jasadi u operatsiyadan so‘ng tiklanish maqsadida joylashgan Palo-Altodagi mehmonxona nomeridan topilgan. O‘lim sabablari haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
Jon Xyord avvalo “Uyda yolg‘iz” filmlaridagi ota roli bilan tanilgan. IMDb ma’lumotlariga ko‘ra, Xyord kinoda yuzga yaqin, televideniyeda esa o‘nlab rollarni ijro etgan edi. | 79 | 418 |
Madaniyat | Beyonse va Jey-Zi 2015-yili ta’til uchun 30 million dollar sarfladi | Amerikalik er-xotin qo‘shiqchilar Beyonse va Jey-Zi 2015-yili ta’tilni maroqli o‘tkazish uchun 30,7 million dollar atrofida pul sarflagan. Bu haqda juftlikka yaqin manbaga tayanib, The Financial Express ma’lum qildi.
Mol-mulki Forbes tomonidan 770 million dollardan ziyod baholanayotgan oila Florensiya va Parijda bo‘lishga, Gavayi hamda Tailandda dam olishga, Karib va O‘rtayer dengizini yaxtada kezishga ulgurgan.
Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, juftlik bir-biridan alohida sayohat etishni ham kanda qilmaydi. Bunday safarlarning har biri oilaga taxminan 1,5 million dollarga tushadi, chunki Beyonse va Jey-Zi xususiy samolyotlar hamda eng qimmat mehmonxonalarni (bir kecha uchun 7 mingdan 20 ming dollargacha) ma’qul ko‘radi.
Eslatib o‘tamiz, Beyonse va Jey-Zi 2008-yilda turmush qurgan, ularning Blyu Ayvi ismli uch yashar qizchasi bor. | 67 | 844 |
Madaniyat | Tramp va Abe musiqachi Pikotaro bilan birga tushlik qildi | AQSh prezidenti Donald Tramp va Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe rafiqalari Melaniya va Akie bilan birga 6-noyabr kuni amerikalik oliy martabali mehmonlar sharafiga uyushtirilgan banketda ishtirok etdi. Tadbir Tokidagi davlat qabullar uyida bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi “TASS”.
NHK telekanaliga ko‘ra, marosimda 70 ga yaqin odam ishtirok etdi. Ular orasida yaponiyalik musiqachi, PPAP (Pen-Pineapple-Apple-Pen) qo‘shig‘i orqali tanilgan Pikotaro bor edi.
Tushlik menyusi asosan yapon taomlaridan iborat bo‘ldi. Melaniya banketga qizil libos, Akie esa krem rangli kimonoda keldi.
Pikotaro’ning PPAP qo‘shig‘i YouTube’da 110 million marta ko‘rilgan va xonandagi xalqaro shuhrat keltirgan edi. AQSh prezidentining qizi Ivanka Tramp qizi Arabellaning ushbu qo‘shiqqa ijro etgan parodiyasini Instagram’ga joylashtirgan edi.
View this post on Instagram | 57 | 857 |
Madaniyat | Real voqealar asosida suratga olingan turk seriallari | Turk kinosanoati ijodkorlari tomonidan muxlislarga taqdim qilingan seriallarning barchasi ham to‘qima emas, ular orasida hayotiy voqelikka asoslanganlari ham bor. Quyida ular haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
“Jimjitlik” (2012)
Bosh rollarda: Murat Yildirim, Asli Erver va Berk Xakman
Bolaligi qiyinchilik bilan o‘tgan turk bolalari o‘ylamay bajarilgan ishlari oqibatida qamoqqa olinadi. Yillar o‘tib ozodlikka chiqqanidan keyin o‘tmishni unutishni istagan do‘stlar haqidagi film voqealari 1997-yilda Turkiyada yuz bergan. 2016-yilda esa amerikalik ijodkorlar ushbu filmdan ilhomlanib remeyk suratga olgan va u “Jimjitlik o‘yini” deb nomlangan.
“O‘q” (2019)
Bosh rollarda: Engin Altaye Duzyatan
Reytingda past natija qayd qilgani sabab 7-qismdan keyin suratga olish ishlari yakunlangan fim sujeti mafiya bilan kurashishdan tap tortmagan turk prokurorining biografiyasiga asoslangan. Filmda aks ettirilgan voqea XX asrning 70-yillarida yuz bergan.
“Eslab qol sevgilim” (2006)
Bosh rollarda: Jansel Elchin, Beren Saat va Okan Yalabik
Serial Turkiyadagi eng muhim tarixiy voqealar fonida sodir bo‘lgan sevgi qissasi haqida hikoya qiladi. Serial sujeti tomoshabinni XX asrning 50—70-yillariga yetaklaydi.
“Istanbullik kelin” (2017)
Bosh rollarda: O‘zjan Deniz va Asli Enver
Ushbu serial shifokor-psixolog Gyulseren Budayijio‘g‘luning “Hayotga qayt” kitobi asosida suratga olingan. Muallif kitobda o‘z bemorlaridan birining hayotidagi voqealarini yoritgan bo‘lib, shundan keyin uning asari asosida serial suratga olish taklifi kelib tushadi. Natijada Gyulseren film ssenariy mualliflaridan biriga aylanadi. Serial sujeti turli sotsial sinflardan bo‘lgan ayol va erkakning sevgi hikoyasiga asoslangan. | 53 | 1,696 |
Madaniyat | So‘nggi 25 yillikning 100 nafar eng yaxshi rejissorlari e’lon qilindi | Metacritic agregator sayti so‘nggi 25 yillikning 100 nafar eng yaxshi rejissorlari reytingini tuzdi, deb yozadi “Gazeta.ru”. Ro‘yxatni tuzishda minglab taqrizlar hisobga olindi.
Birinchi o‘rinni Richard Linkleyter (“O‘spirinlik”, “Tong yorishguncha”) egalladi. Ikkinchi o‘rinni Mayk Li, uchinchi o‘rinni esa Jafar Panaxi band etdi.
Birinchi o‘nlikka, shuningdek, Jan Pyer Dardenn, aka-uka Itan va Joel Koenlar, Xirokadzu Koreeda, Stiven Spilgerg, Martin Skorseze, Pedro Almodovar va Verner Xersog kirdi. Top-10 likda birorta ham ayol rejissor yo‘q.
Taqdim etilgan taqrizlarning ko‘pchiligi amerikalik tanqidchilar tomonidan asosan Amerika filmlari haqida yozilgan, shunga qaramay, AQShda prokatga chiqqan chet el kartinalari ham reytinglarni qo‘lga kiritdi. | 69 | 758 |
Madaniyat | "Yalla" ansambli ijro uslubidagi bolalar musiqa maktabi ochiladi | O`zbekiston madaniyat vazirligi “Yalla” estrada vokal – cholg`u ansambli ijro uslubini qo`llab-quvvatlash to`g`risida” hukumat qarori loyihasini muhokamaga qo`ydi. Unga ko`ra, “Yalla” ansambli ijro uslubidagi bolalar musiqa maktabi va studiyasi tashkil etiladi.
Qaror loyihaqida qayd etilishicha, ushbu maktabni tashkil etishdan maqsad “O`zbekiston milliy madaniyatining ajralmas qismi bo`lgan mumtoz va an`anaviy qo`shiqchilik, shuningdek, milliy estrada ijrochilik san`atini yanada rivojlantirish, bu borada mavjud maktablar ijodiy faoliyatini kuchaytirish va mahoratli ijrochilarni tayyorlashdir”.
Shuningdek,
iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularning iste`dodini rivojlantirish, ularga milliy estrada san`ati bo`yicha ta`lim berish hamda taalluqli o`quv-uslubiy ishlarni takomillashtirish;
o`quvchilarning tegishli sohada bilim olishlari va ijodiy salohiyatlarini oshirib borishlari uchun qulay sharoitlar yaratish;
milliy estrada san`atini o`zbek an`anaviy ijrochilik uslublari bilan hamohang tarzda, milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg`unlashgan holda rivojlantirish;
yoshlarni ona Vatanga muhabbat, milliy an`analarga sadoqat ruhida tarbiyalash, milliy estrada ijrochiligi bo`yicha iste`dodli yosh ijodkorlarning kasbiy va ma`naviy kamol topishi va o`z iqtidorlarini namoyon etishlari uchun shart-sharoit yaratish;
zamonaviy o`quv-pedagogik va axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan samarali foydalangan holda o`quv-tarbiya jarayonlarini yanada yaxshilash, ilg`or xorijiy tajribalarni qo`llagan holda yangi o`qitish uslublarini ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish.
"Yalla” ansambli ijro uslubidagi ushbu musiqa maktabi va studiyasi O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi maktabdan tashqari ta`lim muassasasi hisoblanishi belgilab qo`yilmoqda. | 64 | 1,784 |
Madaniyat | “Toshkentning sho‘x qizi” Istanbulda konsert beradi | Xonanda Dilfuza Ismoilova qo‘shiqchilik mahoratini Turkiyada ham sinab ko‘rishga bel bog‘ladi, deya xabar bermoqda “7x7” gazetasi.
Xabar berishlaricha, xonanda noyabr oyining so‘nggi kunlarida Istanbulda yakkaxon konsertini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
“Qiziq, “Toshkentning sho‘x qizi” kuylagan qo‘shiqlarni xorijlik tinglovchilar qanday kutib olarkin?”, — deyiladi gazeta xabarida. | 51 | 391 |
Madaniyat | Sevimli filmlar yulduzlari: kecha va bugun | 90-yillarda suratga olingan filmlar, garchi bugungilari singari qimmat va keng miqyosli bo‘lmasa-da, samimiyligi, qiziqarliligi va iste’dodli aktyorlari tufayli insonlar qalbidan joy olgan edi.
20 yillar muqaddam katta ekranlar orqali bizni hayratga solgan aktyorlar bugun ham ijod qilishda davom etmoqda. AdMe ularning yoshligini bugungi kundagi tashqi ko‘rinishiga qiyosladi.
Brendan Freyzer
Reychel Vays
Arnold Voslu
Richard Gir
Juliya Roberts
Mel Gibson
Sofi Marso
Tom Xenks
Robin Rayt
Jon Travolta
Nikolas Keyj
Tim Robbins
Morgan Friman
“Tig‘iz payt”, 1998
Jeki Chan
Kris Taker | 42 | 596 |
Madaniyat | Dunyoga mashhur ayollarning opa-singillari (foto) | Yulduzlarning go‘zallik va iste’dod borasida o‘zidan kam bo‘lmagan opa-singillari haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Viktoriya Bekxemning singlisi Luiza Adams
Viktoriyaning o‘zidan bir yosh kichkina singlisi ota-onasi bilan birga yashaydi. Uning ikkita turmushidan to‘rt nafar: Finli, Talluloy-mey, Liberti va Kuinsli ismli farzandlari bor. Dizayner xonim singlisini eng yaxshi dugona deb biladi. Opasi singari modaga qiziqadigan Luizaning Xartfordshir shahrida o‘z butiki bor. Moliyaviy ahvoli yomon emasligiga qaramay, Luizaning ikkinchi to‘y xarajatlarini Viktoriya to‘lagan.
Jennifer Lopesning singillari Linda va Lesli Lopeslar
Xonanda oilada ikkinchi farzand. Jenniferdan ikki yosh kichkina Linda 90-yildan buyon jurnalist sifatida faoliyat yuritadi. Katta opalari Lesli musiqa bilan shug‘ullanadi. Uning repertuarida klassik janrda ijro qilingan qo‘shiqlarni uchratish mumkin.
Nikol Kidmanning singlisi Antoniya Kidman
Aktrisaning singlisi Antoniyaning ikkita turmushidan olti nafar farzandi bor. Birinchisi bilan 2007-yilda ajrashgan kichik Kidman 2010-yildan buyon ikkinchi turmush o‘rtog‘i bilan ahil yashab keladi. Jurnalist sifatida faoliyat yuritadigan ayol ASTRA Awards mukofotiga ham sazovor bo‘lgan. Bir-biri bilan aloqalari yaxshi bo‘lgan opa-singillar har tug‘ilgan kunda bir-birini qanchalik yaxshi ko‘rishini ta’kidlashdan charchamaydi.
Penelopa Krusning singlisi Monika Krus
Orasida 3 yosh farq bo‘lgan opa-singillarni ko‘pchilik egizak deb o‘ylaydi. “Karib dengizi qaroqchilari” filmini suratga olish jarayonida Monika homilador Penelopaning o‘rniga ko‘rinish bergan. Professional raqs bilan shug‘ullanadigan Monika 2013-yilda farzandli bo‘lgan.
Kemeron Diazning opasi Shimer Diaz
Aktrisaning opasi o‘zidan ikki yosh katta. Oila qurgan Shimerning ikki nafar: Xloi va Chenning ismli qizlari bor. U terini parvarishlaydigan vositalar ishlab chiqariladigan kompaniyada ishlaydi. | 49 | 1,898 |
Madaniyat | Leonid Yakubovichning Birinchi kanaldagi “Mo‘jizalar maydoni” dasturining taqdiri oydinlashdi | Rossiyaning Birinchi kanalida efirga chiqadigan, Leonid Yakubovichning “Mo‘jizalar maydoni” (“Pole chudes”) dasturining taqdiri ma’lum bo‘ldi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Dasturni ishlab chiqaruvchi “VID” telekompaniyasi uni uzatuvchilar bilan shartnomani uzaytirdi.
Shu tariqa, “Mo‘jizalar maydoni” Birinchi kanalda uzatilishda davom etadi.
Nashr eslatishicha, avvalroq Birinchi kanal va “VID” o‘rtasida boshqa bir dastur — “Meni kut” (“Jdi menya”) borasidagi muzokaralarda qiyinchiliklar yuzaga kelgan edi. | 93 | 505 |
Madaniyat | Tojikistonlik taniqli xonanda tug‘ilgan kuniga hamkasblarini taklif qilgani uchun 529 dollar jarima to‘laydi | Tojikistonlik taniqli xonanda Feruza Hafizova tug‘ilgan kuniga bir nechta hamkasblarini taklif qilgani uchun sud tomonidan besh ming somoniy (529 dollar) jarimaga tortildi, deb xabar berdi “ASIA-Plus”.
Xonanda “Marosim, to‘y va tadbirlar o‘tkazishni tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunning 8-moddasini buzganlikda ayblangan.
Ushbu moddaga ko‘ra Tojikiston fuqarolari tug‘ilgan kunini faqat oila a’zolari davrasida, hamkasblari va xonandalarni taklif qilmasdan o‘tkazishi kerakligi belgilangan.
Xonandaning Instagram sahifasiga joylangan tug‘ilgan kun videosi sud tomonidan dalil sifatida foydalanilgan.
Tojikistonning “Marosim, to‘y va tadbirlar o‘tkazishni tartibga solish to‘g‘risida”gi qonuni 2007-yil 8-iyun kuni qabul qilingan, 2017-yilning avgust oyida esa u yanada qat’iylashtirilgan.
Tojikiston hukumati ushbu qonun bilan dabdali to‘ylar va dafn marosimlaridagi ortiqcha xarajatlarga barham bermoqchi edi. Qonun tug‘ilgan kunlarni faqat oila a’zolari davrasida nishonlashni ko‘zda tutadi.
2017-yilning avgustida Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon qonunni yanada qat’iylashtiradigan me’yorni kiritdi. Unga ko‘ra, qonun talablarini hukumat a’zolari va ularning farzandlari buzgan taqdirda mansabdorlar o‘z lavozimidan ozod etilishi belgilangan. | 108 | 1,254 |
Madaniyat | Toshkentda 15—20-noyabr kunlari “Dеbyut-2018” V respublika ko‘rik-festivali bo‘lib o‘tadi | Joriy yilning 15—20-noyabr kunlari “Debyut-2018” V respublika ko‘rik-festivali bo‘lib o‘tadi, deb xabar berdi Madaniyat vazirligi matbuot xizmati.
Unda poytaxt va respublikaning barcha hududlaridan kelgan debyutant rejissorlar (tanlov ishtirokchilari) tomonidan sahnalashtirilgan spektakllari namoyish etiladi. Festivalda namoyish etiladigan spektakllarni tomosha qilish bepul.
Yosh rejissorlarning “Debyut-2018” respublika ko‘rik-festivalini o‘tkazish bo‘yicha dastur:
15-noyabr
16-noyabr
9:00-10:30 Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri binosida:
11:00-13:00 O‘zbek milliy akademik drama teatri binosida:
15:00–16:00 O‘zbekiston davlat Yosh tomoshabinlar teatri binosida:
16:30-18:00 O‘zbekiston davlat drama teatri binosida:
17-noyabr
9:00-10:00 O‘zbekiston davlat musiqali komediya (Operetta) teatri binosida:
12:00-12:45 O‘zbekiston davlat teatri binosida:
14:30-15:15 O‘zbekiston davlat qo‘g‘irchoq teatri binosida:
16:00-17:30 O‘zbek milliy akademik drama teatri binosida:
18-noyabr
9:00-10:00 O‘zbek milliy akademik drama teatri binosida:
“Ax, vodevil, vodevil”, “Shiroq”, “Qizil qalpoqcha”, “Qondoshlar” spektakllari muhokamasi
10:00-11:30 Jizzax viloyati musiqali drama teatrining “Chingizxonning oq buluti” spektakli namoyishi
Festivalning to‘liq dasturi bilan Madaniyat vazirligi saytida tanishish mumkin. | 89 | 1,332 |
Madaniyat | Oila qurib, so‘ng ajrashgan o‘zbekistonlik mashhurlar (foto) | Jurnalist Nargiza Murodova o‘zbek ijodkorlari orasida oila qurib, ba’zi sabablarga ko‘ra ajralgan juftliklar haqida ma’lumot to‘pladi.
Maryam va Baxtiyor Ixtiyorovlar
O‘zbekiston xalq artisti Baxtiyor Ixtiyorov va Maryam Ixtiyorovalar oila qurgan. Ammo ularning oilaviy munosabatlari uzoqqa bormagan. Mazkur nikohdan Xumora ismli farzand dunyoga kelgan. Xumora Baxtiyorova bir necha yillardan buyon bolalar xoreografi bo‘lib faoliyat yuritadi.
Kollaj: “Daryo”
Yoqub Ahmedov va Klara Jalilova
O‘zbekiston xalq artisti Yoqub Ahmedov ilk bor O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Klara Jalilova bilan oila qurgan. Juftlik o‘g‘illari Furqat tug‘ilgach ixtiyoriy tarzda ajrashishga qaror qilgan. Taniqli aktyor bilan ajrashganidan besh yil o‘tib Klara Jalilova “Bahor” ansambli changchisi Rustam Negmatov bilan oila qurgan.
Kollaj: “Daryo”
Ruslan Sharipov va Nargiz Zokirova
Kollaj: “Daryo”
Mazkur yulduzli juftlik 1990-yil oila qurgan. U paytda Ruslan Sharipov 24 yoshda, Nargiz esa bor yo‘g‘i 18 yoshga to‘lgandi. Ijodkorlarning uzoq yil baxtli hayot kechirishlariga ko‘pchilik ishongan. Ammo unday bo‘lmadi, yulduzli juftlik xonadonida tug‘ilgan Sabina ismli qizaloq ham oilani ajrimdan asrab qololmagan.
Madina va Said Muxtorovlar
Kollaj: “Daryo”
Kamila va Dj. Piligrim
Sobiq “Setora” guruhi a’zosi Kamila Hadjayeva Dj. Piligrim bilan oila qurgan va ularning Isom ismli o‘g‘illari bor. Afsuski, ularning hayot yo‘llari ko‘p o‘tmay ajralgan.
Kollaj: “Daryo”
Sultonali Rahmatov va Nilufar Saidova
Kollaj: “Daryo”
Bastakor Sultonali Rahmatov yosh xonanda Nilufar Saidova bilan oila qurgan. Ungacha bastakorning avvalgi turmushidan uchta farzandi bor edi. Nilufar Saidova esa unga Farina va Safina ismli qizlarni tuhfa etdi. Afsuski, ularning turmushi uzoqqa cho‘zilmadi.
Sharof Muqimov va Sevinch
Sevinch va Sharof Muqimovning oila qurishi ko‘plab shov-shuvlarga sabab bo‘lgandi. Afsuski, mazkur juftlik uzoq vaqt birga bo‘lolmaydi. Ajrimdan bir necha yil o‘tib Sharof Muqimov uylandi. Sevinch esa Leyla ismli qizalog‘ini tarbiyalayapti.
Yigitali Mamajonov va Rayhon
Rayhon va aktyor Yigitali Mamajonov 2012-yilning 16-noyabr kuni dabdabali to‘y qilib turmush qurgan edi. Afsuski, san’atkorlarning turmushi uzoqqa cho‘zilmadi. Juftlik Islom va Imron ismli egizak farzand ko‘rganidan ko‘p o‘tmay ajrashganini ommaga ma’lum qildi. Yigitali Rayhondan so‘ng Nigina ismli qizga uylanib, qiz farzandli bo‘ldi va u bilan ham ajrashdi. U hozir aktrisa Muqaddas Sa’dullayevaga uylangan. Juftlik uch farzandni tarbiyalamoqda. Rayhon shoumen Farhod Alimovga turmushga chiqqan.
Renata va Umid Iskandarov
Aktyor Umid Iskandarov grim ustasi Renata bilan oila qurib, ajrashgan. Juftlik hozirga qadar o‘zaro do‘stona munosabatda. | 60 | 2,725 |
Madaniyat | O`zbekiston va Tojikiston san`at ustalari ishtirokida «Do`stlik oqshomi» nomli konsert boshlandi (onlayn) | Xabaringiz bor, mamlakatimizga davlat tashrifi bilan Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon kelgan.
Hozirda ikki davlat san`at ustalarining birgalikdagi konsert dasturi «O`zbekiston» Forumlar saroyida bo`lib o`tmoqda.
Tojikistonlik 170 nafar san`atkor «Do`stlik oqshomi» konsert dasturida ishtirok etish uchun O`zbekistonga keldi. Delegasiyaga Tojikiston madaniyat vaziri o`rinbosari Ibodullo Mashrab boshchilik qilmoqda.
Toshkentda tojik madaniyati va san`atini taniqli artistlar Davlatmand Xolov, Adham Xoliqov, Saidqul Bilolov, Taxmina Niyozova, Muhammadrafi Karomatullo hamda respublikaning turli viloyatlari raqs va estrada jamoalari namoyish etadi. | 105 | 665 |
Madaniyat | “Tayyor tur”: Mukofotsiz qolib ketgan bitta plandagi qisqa metrajli film (video) | Britaniyalik rejissor Sharlott Regan “Tayyor tur” (Standby) nomli qisqa metrajli film suratga oldi. Film ikki politsiyachi – tajribali Geri va uning yosh yordamchisi Jenni haqida, deb yozadi TJournal.
Kinokartinaning antiqaligi shundaki, kamera anjomlar paneliga o‘rnatilgan bo‘lib, film oxiriga qadar o‘z rakursini o‘zgartirmaydi.
Komediya janridagi film 6 daqiqadan biroz qisqaroq bo‘lishiga qaramay, bu kabi personajlar orasida yuzaga keladigan deyarli barcha munosabatlarni – tanishishdan mojaro keltirib chiqarishgacha, birgalikdagi quvonch va qayg‘ularni o‘z ichiga oladi.
“Tayyor tur” filmi birinchi marta Torontodagi xalqaro festivalda namoyish etildi. 2017-yilning yanvar oyida kinokartina Britaniya kino akademiyasi va televideniyesi (BAFTA) mukofotining da’vogarlari ro‘yxatiga kiritildi, ammo sovrinsiz qoldi.
Sharlott Regan Londondagi Reyvensborn kollejida tahsil olganida bitiruv ishi sifatida “Tayyor tur” filmini suratga olgan. Mazkur kinokartina rejissorlik faoliyatini boshlayotgan Reganning birinchi ishi bo‘ldi. Film ustida 10 kun, syomkalar ustidan esa 2 kuni davomida ish olib borilgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 80 | 1,183 |
Madaniyat | “Sharq taronalari” yopilish marosimida 3D-mapping shou namoyish etildi | “Sharq taronalari” musiqiy festivali yopilishi doirasida yog‘duli-musiqiy shou — 7 daqiqalik 3D-mapping namoyish etildi. Bu haqda O‘zEOAVMA vakili Sarvar Navro‘zov “Daryo”ga ma’lum qildi.
Yevropa va AQShning yirik shaharlarida namoyish qilinadigan ko‘ngilochar shoulardan farqli ravishda Registon maydonidagi tomosha aniq tarixiy dalillar va voqealarga asoslangan.
“Bu unutilmas shou bo‘ldi. Men ko‘p mamlakatlarda bo‘lganman, biroq tarixiy voqealarga nisbatan bunday e’tiborni hech qayerda his qilganim yo‘q. G‘aroyib siymolar, xuddi jonlidek, biz suygan Sharqning noyob estetikasini namoyish etdi”, — deya o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi fransiyalik Anora Gabriel.
“Bu shou O‘zbekistonga tashrif buyuradigan chet ellik turistlar uchun o‘ziga xos mayoq bo‘ladi. Bunday tomoshani hech qachon ko‘rmaganman. Buning ustiga asosiysi – u real tarixiy dalillarga asoslangani uchun originaldir”, — deydi Janubiy Koreya vakili Park Yuen Xiye.
“Bizning Yangi Zelandiyada bunday shoular juda ommaviylashgan. Biroq ular barcha ma’rifiy jihatlarini unutib, tomoshabop bo‘lishiga harakat qilishadi. O‘zbekiston boshqa yo‘ldan bordi — dunyoda birinchi marta tarixiy voqealar asosiga qurilgan, uydirmalarsiz, buyuk tarixiy shaxslar va ularning Sharq madaniyatiga qo‘shgan hissasi haqida ko‘p ma’lumot beruvchi asar yaratildi”, — deya qo‘shimcha qildi Nikola Paseni.
Shouning to‘liq 30 daqiqalik versiyasi joriy turistik mavsumda taqdim etiladi. Hozirda 100 dan ortiq mahalliy va chet ellik dizaynerlar, tarixchilar, 3D-mapping mutaxassislari, rejissorlar va operatorlar shou ustidagi ishlarni yakunlash arafasida turibdi. | 70 | 1,616 |
Madaniyat | "Sabot" badiiy filmi bosh sovringga ega bo`ldi | “O`zbekkino” milliy agentligi buyurtmasiga asosan rejissyor Rashid Malikov tomonidan suratga olingan “Sabot” badiiy filmi Rossiyada o`tgan “Volokolamsk chegarasi” (“Volokolamskiy rubej”) XV xalqaro harbiy-vatanparvarlik filmlari kinofestivalida bosh sovringa munosib topildi, deb xabar bermoqda O`zA.
Mazkur kartina bir qator xorijiy festivallarga taqdim etilgan bo`lib, shu yilning aprel oyida 40-Moskva xalqaro kinofestivalida ham muvaffaqiyat qozongan edi.
2017 yilning dekabr oyida Toshkentda ushbu filmning premerasi bo`lib o`tganidan kino muxlislari yaxshi xabardor. Filmda qoraqalpog`istonlik sobiq baynalmilal jangchining xotiralari, o`y-xayollari, kechinmalari haqida hikoya qilinadi. Insonning qat`iyati, metin irodasi haqida hikoya qiluvchi ushbu kartina xalqaro kinofestival hakamlari hay`ati, tomoshabinlarni befarq qoldirmadi.
Kartinaning ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyori Rashid Malikov. Sahnalashtiruvchi operator Bahodir Yo`ldoshev. sahnalashtiruvchi rassom Doniyor Abdurahmonov. Filmda bosh rollarni Karim Mirhodiev, Nigora Karimboeva, Saydulla Mo`ldaxonov, Bekzod Hamroev, Zulxumor Mo`minova kabi aktyorlar ijro etgan. | 46 | 1,150 |
Madaniyat | Aras Bulut ishtirokidagi “Yettinchi bo‘lmadagi mo‘jiza” turk filmi butun dunyoda mashhurlikka erishmoqda | Aras Bulut bosh qahramon rolini ijro qilgan “Yettinchi bo‘lmadagi mo‘jiza” (Yedinci Koğuştaki Mucize) filmi efirga uzatish uchun Meksika, Chili, Kolumbiya, Ekvador, Salvador, Gonduras, Isroil va Dominikan Respublikasi tomonidan sotib olindi. Bu haqda “KinoTeka” xabar beradi.
Avvalroq Turkiya Madaniyat vazirligi 2021-yil 23-aprelda Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan “Oskar” mukofotining 93-taqdirlash marosimiga Mehmet Ada O‘ztekin rejissorligidagi ushbu film nomzod sifatida tanlab olingani haqida xabar berilgandi. Netflix platformasida taqdim qilinganidan keyin yanada e’tibor oshgan ushbu filmga qiziqish tobora ortib borayotgan bo‘lib, tez orada u bilan bog‘liq bir qancha yangi kelishuvlar e’lon qilinadi.
Janubiy Koreyaning xuddi shu nomli filmining uchinchi remeyki bo‘lgan “Yettinchi bo‘lmadagi mo‘jiza”da hayotdagi nohaqlik va adolatsizliklar Memo ismli qahramon va uning qizi bilan bog‘liq voqea asosida hikoya qilinadi.
Sujetga ko‘ra, aqlan rivojlanmay qolgan, ammo birovga zarari tegmaydigan qahramon noto‘g‘ri vaqtda, to‘g‘ri bo‘lmagan joyda bo‘lib qolgani tufayli dahshatli jinoyatda ayblanadi va o‘lim jazosiga hukm qilinadi. Qamoqdagi beayb Memo va qizining kechinmalari, ota-bola o‘rtasidagi “telbalarcha” sevgi hamda voqealar rivoji muxlislarni ekran qarshisiga mixlab qo‘yadi.
Aras Bulut ijrosi muvaffaqiyatini ta’minlagan filmda, shuningdek, Ilker Aksum, Mesut Akusta va Deniz Baysal suratga tushgan. | 104 | 1,420 |
Madaniyat | Maykl Jeksonning pidjaki, brilliantlar bilan bezalgan barbi: Farzandidan qimmatbaho sovg‘alarni ayamaydigan yulduzlar | Shou-biznes vakillari ko‘p bora tanqidlarga uchraydi, ammo ayrim vaqtda bunga farzandidan pul va qimmatbaho sovg‘alarni ayamagani sabab bo‘ladi.
Kardi Bi va Offset
Amerikalik rep yo‘nalishida ijro qiladigan xonanda qizining birinchi tug‘ilgan kuniga Word Party multfilmi qahramonlari surati tushirilgan taqinchoq sovg‘a qilgan.
Brilliantlar, oq oltindan iborat taqinchoq narxi 100 ming dollarni tashkil etgan. Kalcherning ikkinchi tug‘ilgan kuniga esa otasi Hermès Birkin sumkasini taqdim qilgan. Instagram’da video e’lon qilinganidan keyin har bir moda ixlosmandi vakili orzu qiladigan sumkaning yosh bolaga sovg‘a qilinishi ko‘plab tanqidlarga sabab bo‘lgan.
Kim Kardashyan va Kanye Uest
O‘tgan yildagi Rojdestvo bayramida Kim va Kanye qiziga Maykl Jeksonga tegishli bo‘lgan, baxmal pidjakni sovg‘a qilgan. Nyu-Yorkda auksionga qo‘yilgan pidjak, Mayklning kichik muxlisi bo‘lgan Nort uchun 65625 dollarga sotib olingan. Ushbu kiyimda pop qiroli bir necha marta, xususan, yaqin do‘sti Elizabet Teylorning 65 yoshga to‘lishi munosabati bilan tashkil qilingan ziyofatda ham namoyon bo‘lgan.
Kichik xonimchaga ushbu kiyim to‘g‘ri kelishi uchun o‘ziga mos qilib berilgan, ammo Kim qizi katta bo‘lganida pidjakni o‘z o‘lchamiga qaytarishni rejalashtirishini ma’lum qilgan.
Kayli Jenner
Kayli ham qimmatbaho sovg‘a ulashishda opasidan qolishmaydi. O‘tgan yili u qizi Stormining archa tagidan o‘nlab o‘yinchoqlar orasidan brilliant uzuk topib olgani aks etgan video bilan bo‘lishgan. Ko‘plab tanqidlardan keyin Kayli, videoni o‘chirishiga to‘g‘ri kelgan.
Keyinroq esa poni (kichik ot) sovg‘a qilgani ham muxlislar tomonidan iliq munosabatlariga sabab bo‘lmagan va ushbu postni ham o‘chirib yuborgan.
Viktoriya va Devid Bekxem
Bekhemlar qizining birinchi tug‘ilgan kuni uchun taniqli rassom Demiyen Herst tomonidan chizilgan, narxi 600 ming funt sterling (819,789 dollar) bo‘lgan yurak suratini sovg‘a qilgan. “Otasining qizi” deb nomlangan pushti surat kapalaklar bilan bezatilgan.
Beyonse va Jey-Zi
Qizining birinchi tug‘ilgan kuni uchun mashhur juftlik 200 ming dollar evaziga bayram ziyofati uyushtirgan. Sovg‘a sifatida esa 80 ming dollarlik, 160 dona brilliant va oq tilla bilan bezatilgan bezatilgan Barbie’ni tanlangan.
Bu hali hammasi emas, ikkinchi tug‘ilgan kuniga Blyu Ayvi, ota-onasidan ikki kichik mashina pushti Cadillac va Ferrari qabul qilib olgan.
Sandra Bullok
Farzandida bolaligidan san’atga bo‘lgan muhabbat uyg‘otishni istagan aktrisa, o‘g‘lining ikki yoshida mashhur amerikalik rassom Endi Uorxol qalamiga mansub suratni sovg‘a qilgan. “Shaftolilar” deb nomlangan suratni Sandra auksionda 14 ming dollar evaziga sotib olgan. Auksiondan tushgan mablag‘lar xayriya maqsadida sarflangani tufayli muxlislar uning bu xarajatini u qadar tanqid qilmagan. | 117 | 2,773 |
Madaniyat | Instagram: Izzat Shukurov “asal oyi”da, Liil Xurramov do‘kon ochdi, Munisa Rizayeva yangi kvartirasini ko‘rsatdi, Rashid Xoliqov xonadonida bayram | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz.
Dildora Niyozova yangi “Xiyonat qilmang” deb nomlangan qo‘shig‘ini muxlislari e’tiboriga havola etdi.
Maryam Tillayeva onasi Lola Karimova—Tillayevani tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.
Xonanda Lola Ahmedova shou-biznesdagi yaqinlari davrasida tug‘ilgan kunini nishonladi. Kecha sho‘x raqslar hamda qo‘shiqlarga boy bo‘ldi.
Bir necha kun avval uylangan xonanda Izzat Shukurov rafiqasi bilan Misrda hordiq chiqarmoqda.
Munisa Rizayeva uy oldi-sotdisi bilan shug‘ullanishini uning muxlislari yaxshi biladi. Xonanda kuzatuvchilariga o‘zi ta’mirlagan yangi obyektini ko‘rsatdi.
Shahzoda Muhammedova kuzatuvchilariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi.
Vayner Liil Xurramov poytaxt markazida shaxsiy butigini ochdi. Do‘konning ochilish marosimida ko‘plab mashhurlar mehmon bo‘ldi.
Xonanda Surayyo Qosimova 3-iyul kuni tug‘ilgan kunini nishonladi. Tug‘ilgan kun taniqli san’atkorlar ishtirokida o‘tdi.
Rayhon vaqtning chegaralangani haqida fikr bildirdi. “Vaqtingiz chegaralangan, uni birovlarning hayotini yashab, sarflamang”, — deydi xonanda.
To‘yda qo‘shiq kuylab turgan Ulug‘bek Rahmatullayev u bilan suratga tushishni istagan muxlisi bilan hazillashgani aks etgan videoni sahifasiga joyladi.
Bollivud yulduzi Karina Kapur turmush o‘rtog‘i Saif Ali Xon bilan Angliyada dam olmoqda.
Internet platformasi uchun suratga olinayotgan “Mening to‘yim” filmida Munisa Rizayeva ham suratga tushmoqda.
Hulkar Abdullayeva muxlislariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rashid Xoliqov dala hovlisida nevarasi Otabekning tug‘ilgan kunini nishonladi. Kechaga o‘zbek estradasining taniqli vakillari tashrif buyurdi. | 146 | 1,783 |
Madaniyat | Oybek va Nigora to‘yidan bir hafta o‘tib to‘y xizmatlariga chiqa boshladi | Nikoh to‘yi 21-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan xonandalar Oybek va Nigora, to‘ydan bir hafta o‘tar-o‘tmas xizmatga chiqishni boshladi. Bu haqda “Darakchi” gazetasi xabar bermoqda.
“Yaxshi niyatlar bilan to‘y va tadbirlarga oldindan taklif qilganlar ko‘p. Bizni hurmat qilib chaqirishgan ekan, rad etishimiz noto‘g‘ri”, — dedi Oybek.
“Qolaversa, bayram oldi tadbirlar ko‘p. Lekin faqat shoshilinch va zarurlariga boryapmiz”, — deya qo‘shimcha qildi yosh kelin Nigora. | 73 | 461 |
Madaniyat | Munisa Rizayevaning konsert dasturidan fotoreportaj | 24—26-noyabr kunlari Toshkentdagi “Istiqlol” san’at saroyida xonanda Munisa Rizayevaning “Ijodiy kecha” deb nomlangan konsert dasturi bo‘lib o‘tmoqda. Dasturning ilk kunidan fotoreportajni hukmingizga havola qilamiz. | 51 | 216 |
Subsets and Splits
No community queries yet
The top public SQL queries from the community will appear here once available.