folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Madaniyat
"O`zbekkino" MA Butunrossiya davlat kinomatografiya instituti (VGIK)ga o`zbekistonlik abiturientlar uchun tanlov asosida qabul e`lon qildi
“O`zbekkino” MA  tomonidan Butunrossiya davlat kinomatografiya instituti (VGIK) bilan hamkorlikda kinomutaxassislar tayyorlash, shuningdek, master-klasslar o`tkazish uchun institut professor-o`qituvchilarini jalb qilish bo`yicha kelishuvga erishilgan edi. Unga ko`ra, Butunrossiya davlat kinomatografiya institutiga kino sohasiga qiziquvchi, ushbu yo`nalishda tahsil olishni istagan  o`zbekistonlik abiturientlar uchun tanlov asosida onlayn qabul o`tkaziladi. O`qishga kirish VGIKning quyidagi fakultetlari bo`yicha amalga oshiriladi: •Kino va televizion rejissyorlik yo`nalishi: -Badiiy film va telefilm rejissyorligi -Nobadiiy film va telefilm rejissyorligi  -Televizion ko`rsatuvlar rejissyorligi -Animasiya va kompyuter grafikasi bo`yicha -Multimedia rejissyorligi •  Dramaturgiya •  Kinooperatorlik •  Prodyuserlik Hujjat topshirish istagida bo`lgan abiturientlar uchun rus tilini bilish muhim hisoblanadi. Kerakli hujjatlar hamda ijodiy ishlar quyidagi elektron manzil orqali 15.07.2020 gacha qabul qilinadi: [email protected]  Qabul qilingan arizalar bo`yicha to`liq ma`lumotlarni quyidagi manzildan olish mumkin:  https://vgik.info/abiturient/higher/index.php?SECTION_ID=65 Ma`lumot uchun:  +99897 700 49 54, Sayyora Xudoyberdieva
139
1,243
Madaniyat
Epizod rollari bilan e’tibor qozongan yosh aktyor Mirafzal Shofayziyev hozir qayerda? (foto)
Rejissor Rustam Sa’diyevning “Yig‘lamagin” filmi 2009-yilning eng omadli kartinalaridan biri bo‘lgan. Ota-onasidan erta yetim qolgan Bibisora va Botirning ayanchli taqdiri haqidagi film bolalar nigohi orqali jamiyatdagi katta kamchiliklarni ko‘rsatadi. Filmda Botir yerto‘lalarning birida yashovchi tengdoshi Murod bilan tanishib qoladi. Aslida bolalar uyining tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Murod Bibisora va Botirga “hayot ilmidan” saboq berishga urinadi. Jurnalist Nargiza Murodova filmning asosiy qahramonlaridan biri Murod rolini ijro etgan Mirafzal Shofayziyev bilan rolining yaralishi qanday kechganligi bilan qiziqdi. Kinoga qadamim “Kelgindi kuyov”dan boshlangan Oilamda san’atkorlar yo‘q, ammo uyimiz sobiq “Kinochilar uyi”ga yaqin bo‘lgani uchun kastinglarda ishtirok etishga qiziqardim. 2004-yili “Kelgindi kuyov” filmi uchun o‘tkazilgan kastingda ishtirok etganman. Bir necha oydan so‘ng “Kinochilar uyi” hovlisida tasodifan Rustam Sa’diyev bilan uchrashib qoldim. “Seni izladim, qoldirgan telefon raqaming ishlamas ekan”, dedi. Shundan keyin filmning so‘nggi sahnalarida kichik rolni ijro etdim. Oradan to‘rt yil o‘tib esa “Yig‘lamagin” filmiga taklif etishdi. “Yig‘lamagin”da rol ijro etishga qiynalmaganman Rejissor bolalar psixologiyasini yaxshi tushungani uchun suratga olish jarayonida qiynalmaganmiz, aksincha maroq bilan ishlaganmiz. Ammo o‘sha yili Toshkentda umuman qor yog‘magan. Shu bois, qor sahnalari Angrenning tog‘li hududda suratga olinishiga to‘g‘ri kelgan. “Film ekran yuzini ko‘rgach, tomoshabinlardan biri meni asrab olmoqchi bo‘lgan” Film katta ekranlarga chiqqach, mashhur ko‘rsatuvlardan biri ijodiy guruhni intervyuga chaqirgan. Shunda Rustam Sa’diyev “Yig‘lab bergin”, degandi. Nazarimda, bu topshiriq aktyorlik mahoratimni ko‘rsatish uchun berilgandi. Ko‘rsatuv efirga ketgach, Andijonda bir kishi kelib meni 22-sonli mehribonlik uyidan izlagan. Hatto “Murodni asrab olmoqchiman”, degan ekan. Rahbariyat rejissor bilan bog‘langan. Xullas, u insonga ota-onam borligi va faqatgina filmda yetim bola rolini ijro etganimni aytishgan. U inson “Filmni ko‘rgandan keyin bu bola hayolimdan ketmadi, farzandimdek katta qilaman”, deb niyat qilgandim, degan ekan. “Oyog‘im sinib, bir yil to‘shakka mixlanib qolganman” Film namoyishidan so‘ng bir yil to‘shakka mixlanib qoldim. Aynan tug‘ilgan kunimda yiqilib, oyog‘im sindi. Afsuski, uning bitishi nihoyatda qiyin kechdi. Oyoqqa turganimda esa anchagina to‘lishganimni sezdim. “Yig‘lamagin”dan so‘ng “E’tiqod” va “Osiy banda” filmi va bir qator kliplarda suratga tushdim. Keyinchalik o‘zimni aktyorlik sohasida emas, rejissorlikda ko‘roldim. Shu bois hozirgi kunda kliplar suratga olish bilan bandman. Ma’lumot uchun, Mirafzal Shofayziyev 1996-yili Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent davlat madaniyat kollejining “Televideniye rejissorligi” bo‘limida tahsil olgan.
92
2,845
Madaniyat
“Muloqot” manzilidagi diydorlashuvdan reportaj
Poytaxtimizning qoq markazida joylashgan, san’atkorlar bilan muxlislarning quvnoq uchrashuvi manzili “Muloqot” kafesi yana bir shunday diydorlashuvga mezbonlik qildi. Kuni kecha bu yerda o‘zbek estradasida o‘z uslubiga ega Sarvar va Komil dueti (“Benom” guruhi) ijodiga befarq bo‘lmagan yigit-qizlar to‘plandi.   Men ham “bir o‘q bilan ikki quyonni urgan”dek, ham fanklubga a’zo bo‘ldim, ham uchrashuv haqida qisqa reportaj tayyorladim. Fanklub a’zolari sevimli guruh vakillarini uzoq kutmadi, belgilangan vaqtda eshikdan kirib kelgan Komil muxlislari bilan iliq salomlashdi-da, darrov hamrohi Sarvarning kela olmagani uchun uzr so‘radi. Uning aytishicha, ular shu kuni Farg‘ona safaridan qaytgan ekan. (P.S. Komilning ko‘zlaridan charchoq alomatlarini sezish qiyin emas edi.)   Komilni ko‘p bezovta qilmadim va ushbu uchrashuv tashkilotchisi, fanklub administratori Aziza Mirzaxanovani suhbatga tortdim: Bugun yig‘ilishimizdan maqsad yangi a’zolarni chaqirib, ro‘yxatga olish, safimizga qo‘shishdan iborat. Hamda guruh vakillari bilan hamkorlikda ishlaydigan boshqa ijodkorlarni ham taklif etganmiz. Ular orasida yosh xonanda Sardor Isroilov hamda guruhning kliplarida suratga tushgan aktyorlar bor. Fanklub tuzilganiga endi bir yil bo‘lgani bois, hozirda yangi a’zolarni jalb etish bilan mashg‘ulmiz. Shu vaqt davomida bir necha marta uchrashuvlar o‘tkazdik. Butun respublikamiz bo‘ylab 2 mingdan ortiq a’zolarimiz bor. Birin-ketin suratga tushishdan bo‘shamayotgan muxlislardan ham so‘z olishga urindim. Sayyora, fanklub a’zosi: Bu guruh ijodini anchadan buyon kuzatib kelaman va Fanklub tashkil topgandan so‘ng, birinchilar qatorida a’zo bo‘ldim. “Benom” guruhi vakillarini o‘z o‘rnida iqtidorli ijodkorlar deb bilaman. Bugungi uchrashuvda avvalo kelajakdagi ijodiy rejalari haqida hamda ismim Sayyora bo‘lgani uchun, qachon Sayyora ismiga qo‘shiq aytishi haqida so‘ramoqchiman. Ziyoda, fanklub a’zosi: Fanklubga 1 oy avval a’zo bo‘ldim. Guruh qo‘shiqlarini sevib tinglayman. Shaxsan o‘zim Sarvar va Komil duetiga taklif bilan murojaat qilmoqchiman. San’atga va sportga qiziqaman. Ularga sportchi qizlarni aks ettiruvchi klip ishlash haqida taklifim bor. Unda o‘zim ishtirok etish niyatim ham yo‘q emas. Xullas, qisqa reportajni ko‘pga cho‘zilmagan uchrashuv singari yakunlayman. Uchrashuv davomida savol-javoblar, ijodiy yangiliklar, kelgusidagi rejalar – hammasi tilga olindi. Asosiysi, fanklub a’zolari qayd etganidek, diydorlashish, esdalikka suratga tushish, yangiliklardan boxabar bo‘lish edi.
46
2,509
Madaniyat
Namanganda “kitob qahvaxonlari” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
Namangandagi “Yoshlar markazi”da “Ma’rifat kitob olami” xayriya jamoat fondining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda. Viloyat ziyolilari, talabalar, OAV vakillari ishtirok etgan marosimda so‘zga chiqqan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Namangan viloyat bo‘limi rahbari Muhammadali Ubaydullayev mazkur fond bugungi kun uchun eng muhim bo‘lgan vazifa — ma’naviyat va ma’rifatni targ‘ib etish, bunga bel bog‘lagan insonlarni qo‘llab-quvvatlashni maqsad qilganini ta’kidladi. — Chindan ham rejalarimiz shunday, — deydi fond vasiylik kengashi raisi, Namangan shahar kengashi deputati Ma’rufxon Mo‘minov. — Mazkur jamg‘arma orqali kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, kam ta’minlangan oilalarni badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash, maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari, litsey, kollejlar, mahallalarda kitob aksiyalarini o‘tkazib borish, mehribonlik uylari, nogironlar, qariyalar uylarida kutubxonalar tashkil etishni mo‘ljallaganmiz. Bunga hissa qo‘shishni istagan barcha insonlarga eshiklarimiz ochiq. Tadbirda fond mutasaddilari viloyat ijodkorlarining kitoblarini nashr etishga ko‘maklashish, sharoiti mushkul oilalarning farzandlarining oliy o‘quv yurtlarida tahsil olishlari uchun grantlar jalb etish, aholining kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini orttirish maqsadida book café — “kitob qahvaxonlari” va busbook — “kitob avtobuslari” faoliyatini yo‘lga qo‘yish kabi ko‘plab rejalari bilan o‘rtoqlashdi.
58
1,456
Madaniyat
Instagram’da kecha va bugun: Mashhur ayollarning tashqi ko‘rinishi qay darajada o‘zgardi?
Kosmetologiya va jarrohlik amaliyotining gullab-yashnashi davrida istagan ko‘rinishni paydo qilish qiyin emas. Bu tajribani eng ko‘p o‘zida sinab ko‘rgan Gollivud yulduzlarining avval, hozir va Instagram sahifalarida joylashtirgan suratlar orasida qay darajada tafovut mavjudligining guvohi bo‘lasiz. Madonna Oxirgi 20 yil ichida Madonnaning ko‘rinishida katta o‘zgarishlar yuz berdi, albatta, bu jarrohlik amaliyoti yordamisiz sodir bo‘lmas edi. Shundan so‘ng ba’zi muxlislar yulduzdagi sobiq Madonnani tanib olishni to‘xtatdi. Qo‘shiqchining Instagram sahifasiga joylagan suratlar esa darhol e’tiborga tushdi. Selena Gomez Selena Instagram sahifasiga joylashtirgan suratini shu darajada tahrir qiladiki, u yulduzning yoshligiga o‘xshab ketadi. Chunki uning avval va Instagram’dagi suratlari orasida deyarli farq yo‘q. Lekin qo‘shiqchi tashqi ko‘rinishi ustida jarrohlik amaliyotini o‘tkazganligi tufayli ancha o‘zgargan. Aslida esa yulduz effektlarsiz ham go‘zal ko‘rinishda ekanligini bilmaydi. Kayli Jenner Kayli Jenner ham xuddi Madonnadek ko‘plab operatsiyalar orqali o‘zini tanib bo‘lmaydigan darajada o‘zgartirdi. Kaylining hozirgi ko‘rinishida uning avvalgi holatidan asar ham qolmagan. Bundan tashqari Instagram sahifasida o‘z fotosuratlarini misli ko‘rilmagan darajada bezatishda davom etmoqda. Nikol Kidman Sariq soch go‘zal yulduz jarrohlik amaliyoti bilan tanishdi va o‘zini to‘xtatolmadi. Hattoki yulduz tabassumini to‘g‘irlash uchun ham noyob operatsiyani boshdan kechirdi. Garchi aktrisa turli xil ukol va operatsiyalarni amalga oshirsa-da, u hali ham mimik ajinlarga ega. Yulduz Nikol Instagram sahifasiga joylayotgan suratlarda ajin va nuqsonlarni osongina o‘chirish mumkin bo‘lgan foto muharrir yordamida xalos qiladi. Britni Spirs Yulduz rinoplastikani sinab ko‘rdi va shu zahoti to‘xtatishga qaroq qildi. Gollivud yulduzlari kamdan kam holatlarda bunday qiladi. Shuningdek, unga 2008-yildan beri uning homiysi bo‘lgan va o‘z hayotini boshqarishga imkon bermaydigan otasi bilan bog‘liq vaziyat ta’sir o‘tkazgan. Britni suratda achinarli va hatto qo‘rqib ketgandek ko‘rinadi. U Instagram sahifasida suratlarni bezaklar yordamida tuzatishga harakat qiladi. Aytgancha, u fotosuratlarni juda mohirlik bilan ishlaydi. Jennifer Lopez “Go‘zallik ukollari”ning o‘rniga oddiy kosmetik muolajalar va to‘g‘ri ovqatlanishni tanlagan Gollivud go‘zali. U sog‘lom turmush tarzi tufayli 90-yillarning oxiridan beri, umuman, o‘zgarmagan va hali ham jozibador ko‘rinishga ega. Ammo yulduzning Instagram’dagi fotosurati bundan mustasno. U odamdan ko‘ra ko‘proq qo‘g‘irchoqqa o‘xshaydi. Instagram’dagi surat ustida juda ko‘p ishlanganlik tufayli ularning barchasi juda g‘alati va hatto qo‘rqinchli ham. Xloi Kardashyan Xloi operatsiya orqali yosh ko‘rinishda singlisi Kaylidan qolishmaydi. U o‘zida jarrohlik amaliyoti – yuz chegarasini tuzatish va lablarni kattalashtirish operatsiyalarni o‘tkazdi. Ammo shuncha ishlardan so‘ng ham yulduzning ko‘rinishida katta o‘zgarish kuzatilmagan. Shunday bo‘lsa ham, uning Instagram sahifasidagi fotosuratlar bilan vaziyat boshqacha. Yulduz suratlarni joylashda yuzini kichraytiradi va burnini yanada ingichkalashtiradi. Instagram’ga joylashtirilgan bunday chiroyli fotosuratlardan so‘ng yulduzni hayotda tanib olish juda qiyin.
89
3,276
Madaniyat
“Men tirik ekanman, 'Million' sahnaga chiqmaydi”, deganlar bo‘lgan. Davron Kabulov tahdidlar haqida gapirib berdi (video)
“Million” jamoasi sardori  Davron Qobulov “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad uyushtirdi. Suhbat davomida Davron Qobulov tahdidlarga uchragani haqida gapirib berdi. Maishiy, juda oddiy hazillar bilan umrimizning oxirigacha jamoa bo‘lib ishlay olmaymiz. Chexovning juda chiroyli gapi bor: ‘Eng oson va arzon kulgi bu—yalong‘och kulgi!’. Biz jamoaning eski va yangi tarkibi bilan ham behayo hazillar mavzusiga ozmi-ko‘pmi murojaat qilganmiz. Lekin Mirkomil akam ham, o‘zim ham bunaqa hazillar bo‘lmasligiga harakat qilamiz. Bo‘lgan taqdirda ham iloji boricha ‘qog‘ozga o‘rab’ qo‘yishga harakat qilamiz. Xudoga shukr, jamoaga bosim yo‘q, lekin vaqtida yetarlicha bosim ko‘rdik. 2,5 yil taqiqda ham o‘tirdik. ‘Seni o‘ldirib ketamiz’ ham deyishgan. ‘Men tirik ekanman, bu jamoa sahnaga chiqmaydi’ deydiganlar ham bo‘lgan. Bir banda ikkinchisiga Xudo izn berganchalik yomonlik qila oladi. ‘Shu jamoaning orqasida kimdir bor’, degan gaplarni ko‘p eshitaman. Xudoga shukr, bunday emas. Ishonganimiz faqat Yaratgan. ‘O‘zbekkonsert’ davlat muassasasi odamlarni qiynayotgan masalalarni olib chiqinglar deb, o‘zlari bizga murojaat qilgan. Bunaqa ruhlantirib turishgandan keyin, tabiiyki, hech narsani o‘ylamasdan faoliyatimizni davom ettiraveramiz. Davron Qobulov, “Million” jamoasi sardori
131
1,337
Madaniyat
Rashid Malikovning “Sabot” filmi Moskva xalqaro kinofestivalida namoyish etildi
O‘zbekistonda suratga olingan “Sabot” nomli yangi kinofilm Moskva xalqaro kinofestivalida tomoshabinlarning katta qiziqishini uyg‘otdi, deb yozadi “Sputnik O‘zbekiston”. Film namoyishida “Oktabr” kinoteatrining eng katta zallaridan biri 70 foizga tomoshabinlarga to‘ldi. Festival uchun bu juda yaxshi ko‘rsatgich. O‘zbekiston kinosiga Moskvada qiziqish katta. O‘tgan asrning 40-yillaridan 1991-yilga qadar o‘zbek kino maktabi SSSRda eng kuchli maktablardan biri hisoblanar edi. Keyin ancha vaqt davomida o‘zbek kinosi haqida hech narsa eshitilmagan edi. Shu sababdan ham O‘zbekiston kinosining Moskvaga kelishining o‘zi katta voqeaga aylandi. Kino namoyishi ancha asabiy muhitda o‘tdi. Filmning 40-daqiqasida ruscha tarjima yo‘qolib qoldi. Film qahramonlari o‘zbekcha, ba’zan qoraqalpoqcha gapirar edi. Film ostida esa inglizcha titrlar ko‘rsatilib turdi. Kino to‘xtatilib, texnik nosozlikni tuzatishga 20 daqiqalar ketdi. Ushbu vaqt davomida kinozalda film qizg‘in muhokama qilindi. “Sabot” filmi yakuniga yetgach, moskvalik jurnalistlar, kino mutaxassislari va tanqidchilari film yaratuvchilarini guldiros qarsaklar bilan olqishladi. Xo‘sh, film o‘zi nima haqida? Filmda 1989-yil Qoraqalpog‘istonning chekka bir qishlog‘i tasvirlangan. U yerda bir sobiq harbiy, kamsuqum va qattiqqo‘l kishi yashaydi. Uning atrofidagi bor mebel faqat stol, karavot va televizor. Uning turmush o‘rtog‘i olamdan o‘tgan, o‘g‘li esa u bilan urushib qolgan va nabirasi bilan uchrashishga ruxsat bermaydi. Sobiq harbiy maktabda jismoniy tarbiya o‘qituvchisi bo‘lib ishlaydi va kunlarning birida u saraton kasaliga chalingani ma’lum bo‘ladi. Vafot etayotgan sobiq harbiyning bu dunyoda amalga oshirishi kerak bo‘lgan uchta ishi qoladi: nabirasini ko‘rish, maktabga suv olib kelish va bir ablahdan qasos olish.
79
1,788
Madaniyat
Taniqli turk aktyori Murat Yildirim ilk marta ota bo‘ladi
Turkiyalik taniqli aktyor Murat Yildirim ilk marta ota bo‘ladi. Muratning rafiqasi Iman Elbani homiladorlikning ikkinchi oyini boshidan kechirmoqda, deb yozadi “Rusturkey.com”. Aktyorning so‘zlariga ko‘ra, tug‘ilajak farzandining jinsi u uchun muhim emas. “Asosiysi — bolaning sog‘lom tug‘ilishi. Qiz yoki o‘g‘il bo‘lishi men uchun muhim emas. Umid qilamanki, yaxshi ota bo‘laman, farzandlarim men bilan faxrlanib yurishiga harakat qilaman”, — deydi Murat. Aktyorning rafiqasi marokashlik bo‘lgani tufayli ular farzandlarini ikki davlat an’analariga ko‘ra o‘stirishni rejalashtirmoqda.
57
586
Madaniyat
“Tuzalmaysiz, deyishgandi”. O’zbek san’atkorlarining dard bilan kurashda taslim bo’lmaslikka undovchi hikoyalari
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra’no Shodiyeva Instagram’dagi sahifasi orqali muxlislari bilan muloqot qilib, ilk marta jigar saratoniga chalingani hamda Turkiyada davolanishi uchun Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev unga moddiy yordam bergani haqida so‘zlab berdi. Quyida Ra’no Shodiyevadan avval og‘ir kasalliklarni boshdan kechirgan o‘zbekistonlik mashhurlarni bir sahifaga jamlaymiz. Saida Rametova O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Saida Rametovada 2020-yili 2-darajali ko‘krak saratoni aniqlandi. “Ayni pandemiya avjiga chiqqan paytda bir guruh ijodkorlar bilan Turkiyada “Jaloliddin Manguberdi” serialida suratga tushayotgandik. Uydagilar qo‘ng‘iroq qilib ketma-ket qaynsinglim va tug‘ishgan opamdan ayrilganimni aytishdi. Yaqinlarimni so‘nggi manzilga kuzatolmadim, deb rosa yig‘ladim. Oradan hech qancha vaqt o‘tmay chap ko‘kragimda og‘riq paydo bo‘ldi, shamol tegdi, deb taxmin qildim. Ammo og‘riq zo‘rayib boraverdi. Hamkasbim Tohir Saidov shifokorga ketayotgan ekan, men ham ko‘rikdan o‘taman, deb unga ergashdim. Tohirni besh daqiqada ko‘rikdan o‘tkazishdi, meni esa ancha vaqt tekshirishdi. Keyin professor menda 2-darajali ko‘krak saratoni xastaligi aniqlanganini ma’lum qildi. Bir necha kundan keyin charter reys bilan Toshkentga qaytdik. Men tabiatan ta’sirchanman, hamma narsani yuragimga olaman. Boshida men ham biroz qo‘rqdim, o‘z nomi bilan judayam xunuk bu kasal. Lekin umid qilsangiz, hali men muxlislarimga kerakman, hali ijod qilaman, hali sahnaga chiqaman, bolalarimga kerakman, onamga, ukamga, opa-singillarimga kerakman, desangiz va katta-katta maqsadlar bilan yashasangiz, Allohning o‘zi umr ham berar ekan. O‘zbekistonga qaytib ximyalarni oldik, operatsiyalardan yaxshi o‘tdik. Albatta, san’atni tark etmayman, Xudo xohlasa, oxirgi nafasimgacha Allohdan 90-100 ga kiray, deb niyat qilaman. O‘shangacha sahnani tark etish yo‘q”, — deydi ustoz san’atkor. Asilbek Ne’matov “Boylama” qo‘shig‘i orqali mashhurlikka erishgan xonanda Asilbek Ne’matov bir necha yil oldin og‘ir dardga chalinib, ijodiy faoliyatida tanaffus qilishga majbur bo‘lgan. “Kasallik 2007-yil avgustda boshlangan edi. 2-3 yil vaqtimni oldi bu dard. Rus tilida “Panicheskiy nevroz” (xavotir nevrozi) deyiladi. Bu kasallikda odamga hech narsa yoqmaydi, odamlarning ichiga kirgingiz kelmay qoladi. Faqat yomon xayollar miyangizga keladi. Endi bu holatni menga ko‘pchilik “o‘qitvorishgan, ichingga jin kirgizvorishgan”, deb izohladi. 3-4 yil atrofingizdagi odamlar senga shunday qilishgan, deyaverishsa, bunga o‘zingiz ham ishonib ketar ekansiz. Vaholanki, meni shifokorlar tuzatdi. Bir tabib bor ekan, juda qimmatga dorilar qilib bergan. Uni zarar bo‘lgan demayman, organizm tozalangan bo‘lishi mumkin. Lekin ko‘proq asab tizimi bilan bog‘liq ekan. Juda quvvatim yo‘q bo‘lib ketgandi. Har kecha “ertaga uyg‘onarmikanman?” deb uxlardim. To‘rt yil bunday azobdan keyin chiqib intervyu qilib o‘tirish ham menimcha, mo‘jiza”,— degandi xonanda. Parizoda Bo‘rixo‘jayeva “Tohir va Zuhra” filmining yangi talqinidagi variantida Zuhra rolini o‘ynagan aktrisa Parizoda Bo‘rixo‘jayeva shifokorlarning qo‘rqinchli tashxisiga qaramay, og‘ir kasallikni yengib o‘tgan. “Qiyinchiliklar hammada bo‘ladi. Taxminan 25 yoshimda, turmushga chiqqanimdan bir necha yildan so‘ng sog‘lig‘im bilan muammolar bo‘lgan. Bu sinov hayotimni juda qattiq o‘zgartirgan. O‘sha vaqtda shifokorlar “Yo‘q, siz tuzalib ketmaysiz, bu narsa tuzalmaydigan kasal”, deyishgandi. Bu muammo nafaqat men uchun, balki tepadan butun oilam uchun berilgan. Kasallik tufayli kim qanaqaligini, menga qanaqa munosabatdaligini bildim. O‘sha paytda turmush o‘rtog‘im va yaqinlarim meni qanday e’zozlashini ko‘rdim. Otamning bir gaplari bor: “Sinov ham odamning kuchiga qarab beriladi. Kuchli odamga kuchli sinov beriladi. Zaifroq insonga yengilrog‘i beriladi”. Men tabiatan qo‘rqoq odamman, balandlik va tezlikdan qo‘rqaman. Lekin o‘sha paytda ichimdan “hali tuzalib ketaman, hammasi yaxshi bo‘ladi”, degan katta kuch topganman. Sinovdan turmush o‘rtog‘im bilan birga o‘tganmiz. U kunlarni eslasam, ko‘zimga yosh keladi”, — deydi Parizoda Bo‘rixo‘jayeva. Sherali Jo‘rayev 2021-yilning mart oyida ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayevning og‘ir ahvolda ekani yoki vafot etgani to‘g‘risida turli mish-mishlar tarqaldi. Ozib ketgan san’atkorning choy ichayotgani aks etgan video uning og‘ir kasal ekani haqidagi mish-mishlarga sabab bo‘ldi. Ma’lum vaqt o‘tib, Sherali Jo‘rayevning kenja o‘g‘li Zohirshoh Jo‘rayev otasi bilan bog‘liq gap-so‘zlarga oydinlik kiritgan. “Dadam olti oycha muqaddam ko‘richak kasali bilan og‘rib qolgandilar. Hozir tarqalayotgan videolavhalar o‘sha vaqtda suratga olingan. Hozir dadamning ahvollari juda yaxshi. Ortiqcha vahima va xavotirlarga o‘rin yo‘q. Dadam hozir O‘zbekistondalar, ularning chet elda davolanayotganlari haqidagi ma’lumotlar ham asossiz. Ayni vaqtda davlat tadbiriga tayyorgarlik ko‘rmoqdalar”, — degan edi Zohirshoh Jo‘rayev. Mahmud Ismoilov O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shohida Ismoilova bir intervyusida turmush o‘rtog‘i Mahmud Ismoilov og‘ir kasallikni boshidan o‘tkazgani haqida shunday degandi: “Mahmud aka bir nechta operatsiyalarni boshlaridan o‘tkazdilar. Lekin hech kim qarab turmadi. Ayniqsa, teatrimizning bugungi kundagi rahbari Yodgor akaga, rahmat, degan bo‘lardim. Chunki mablag‘ borasida ancha yordam berdilar, sharoit yaratib berdilar. Kimgadir kerak bo‘lib yashash — bu baxt bo‘lsa kerak. Ustoz san’atkorlarimizning ko‘pchiligi qo‘llab-quvvatlashdi. Ayniqsa, qiyin paytlarimiz kasalxonada necha oylab yotdik. Sabr qilsak, hamma narsa bo‘lar ekan. Baribir ishonch va umid insonning qaddini tik tutishiga yordam berar ekan. Noumid shayton deyishadi-ku. Hozirda Mahmud akam uyda o‘tirib qola olmaydilar, agar uyda kasalman, deb o‘tirib qolsa, hech qachon o‘rinlaridan turmaydilar, deb o‘ylayman. Hozir ham teatrga repetitsiyalarga borib turibdilar. Men har doim ularga kuch bag‘ishlab turaman, o‘zimning so‘zim bilan “siz kuchlisiz, inson kuchli bo‘lishi kerak”, deb aytaman. Oilada bir-birini tushungan insonlar baxtli bo‘ladi. Hayot faqat yaxshi kunlardan iborat emas. Uning hayotida o‘nqir-cho‘nqir kunlar bo‘ladi. Inson ana shunday kunlardan mardonavor o‘tishi ham mardlik hisoblanadi. Mahmud aka bilan turmush qurganimizga 40 yil bo‘ldi. Ular kasal bo‘lganlarida Mahmud akani yo‘qotib qo‘yishdan qo‘rqdim. Gohida kasalxonalarda birga yotdik. Kasalxonada pandemiya vaqtida joy yetmay qolgani uchun yerda yotgan odamlarni ham ko‘rdim. Namozlarimda xudodan faqat ularning sog‘ayib ketishlarini so‘radim. Ularsiz men nima qilaman, degan fikr qo‘rqitdi. Nega men umidsiz bo‘lishim kerak, umidli dunyo-ku, bu dunyo, men tushkunlikka tushsam, Mahmud akani qanday oyoqqa qo‘yaman, deb o‘ylardim. Operatsiyalarga kirganlarida o‘tirib yig‘lab-yig‘lab olardim. Shunday kunlarimda, ayniqsa, qizlarim menga dalda berishdi. Uchta qizning orqasidan o‘g‘il topganman. Kuyovlarimni tarbiyalagan ota-onalariga ming rahmat deyman. Men bilan almashib shifoxonada navbatchi bo‘lib turishdi. Yelishdi, yugurishdi. Uch martalab Hindistonga borib kelishdi. Ularga, katta rahmat, aytaman”, — deydi Shohida Ismoilova. Muqaddas Xoliqova O‘zbekiston xalq artisti Muqaddas Xoliqova ikki marotaba yurak xurujini yengib o‘tgan. U mazkur xastalikni ilk bor 2013-yilda boshdan o‘tkazgan bo‘lsa, 2017-yilning boshida ham shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga joylashtirilgan. “O‘zimni asrab-avaylay olmaganim uchun yuragim ham erkalik qildi. Avvalgidek, kuch-quvvatga to‘laman, deb o‘ylab adashibman. Kuchli va tetik ko‘ringanimiz bilan yurakning holatini tashqaridan turib bilib bo‘lmaydi. Ammo endi bu borada o‘zim, umr yo‘ldoshim, farzandlarim ham ko‘proq diqqatli bo‘lyapmiz. Ayol kishi har doim, ishda ham, shaxsiy hayotda ham o‘zini biroz ayashi, sog‘lig‘iga e’tiborli bo‘lishi shart ekan. Ikkinchi bor xastalikka uchraganimdan so‘ng har bir daqiqa, soat, kun, umuman yashashning qadrini seza boshladim. Shifoxonadaligimda hamkasblarim, tanish-bilishlar hatto yaqinlarim ham “Bo‘ldi, ishingni yig‘ishtir, sog‘liq kerak” degan gaplarni aytishdi. To‘g‘ri, ular menga bo‘lgan mehribonchilik tufayli shunday deyishgan. Biroq buning iloji yo‘q-da. Men yashayapmanmi, demak, undan to‘g‘ri foydalanishim va ish bilan band bo‘lib, san’atimni ko‘rsatishim kerak. Bugun men har doimgidan-da ko‘proq ishlab, ijodda bo‘lishga harakat qilyapman. Teatrsiz o‘zimni hayotda tasavvur etolmadim”, — degan edi u bir intervyusida. Oyxon Eshonxonova Xonanda Oyxon Eshonxonova ham og‘ir xastalikni boshdan o‘tkazgan. U ovqatdan zaharlanish oqibatida uzoq vaqt tanasidagi toksinlar bilan “kurashgan”. Hatto bir necha bor murakkab jarrohlik amaliyotini ham boshdan kechirgan. “Immunitetim nihoyatda past. Shu bois farzandlarim sog‘lig‘imga jiddiy e’tibor berishadi. Kundalik ovqatlanish ratsionim ham hamisha e’tiborda. Sport bilan muntazam shug‘ullanaman va tabiiy usullarda immunitetimni ko‘tarishga harakat qilaman. Chunki dori-darmondan charchaganman”, — deydi qo‘shiqchi. Rashid Xoliqov O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rashid Xoliqov to‘qqiz yil oldin artroz kasalligiga chalinib, hatto shifokorlardan yaqin vaqt ichida vafot etishi haqida gaplar ham eshitgan. “2013-yili ko‘plab oilaviy do‘stlar bilan Bali oroliga dam olishga borganmiz. O‘sha yerda qandaydir hashorat chaqib olgan. Infeksiya sabab o‘ng oyog‘imda og‘riq paydo bo‘lgan. Toshkentda bir shifokorlarga uchraganman, u “bu shamollagan”, deb oyog‘imni qizdirgan. Natijada infeksiya battar ko‘paygan, og‘riq tizzaga tushgan va shu bilan muammo boshlanib ketgan. Qisqasi, O‘zbekistonda bunga to‘g‘ri tashxis qo‘ya olishmagan. “Shuncha yashaganing yetadi, tayyorgarligingni ko‘raver”, —degan gaplar ham aytilgan. Sakkiz oy bir joyga mixlanib qolganman. Bizni shifokorlar kichkina kasalligimni katta qilib yuborishgan. Shundan keyin internet orqali Germaniyaning Gamburg shahridagi mashhur bir endoklinikani qidirib topganman va bog‘langanman. Ularga barcha vaziyatni aytganimdan keyin “Senda artroz kasalligi bor, Germaniyaga kelib, davolanishing kerak”, — deyishgan. Gamburgga borib, vrachlarga uchraganman. Infeksiya sabab o‘ng oyog‘imdagi bo‘g‘imlarning qurib borishi tezlashgan ekan. Nemis shifokorlarning o‘zbek hamkasblari qo‘ygan qo‘pol va noto‘g‘ri tashxisdan juda jahli chiqqan. Chet el vrachlar sabab shifo topganman. Xudoga shukr hammasi ortda qolib ketdi”, — deydi xonanda. Xosiyat Husanova Taniqli kino va teatr aktrisasi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Xosiyat Husanova 14 yil avval mudhish avtohalokatga uchrab, omon qolganini quyidagicha xotirlaydi: “2008-yilning may oyida avtohalokatga uchradim. O‘shanda juda qattiq avariya bo‘lib, o‘zimning ko‘z oldimda o‘zim o‘ldim. Damas avtomashinasi Nexia’ga urilib, undan qochib, daraxtzorga kirib ketdik va katta chinor daraxtiga aynan men o‘tirgan joy tegganidan so‘ng Damas yig‘ilib qolgan. Men o‘sha paytda yo‘lidan to‘xtab, bizga yordam bergan haydovchilarni haligacha duo qilaman. Avariya oqibatida tos suyaklar umuman maydalanib ketgan, son ikkiga bo‘linib, yuzimning yarmi yo‘q bo‘lgan. Yuzim bu holatga qaytadi, deb o‘ylamagandim. O‘shanda “Oyoqqa turmaydi, bir umr kolyaskada o‘tiradi, ko‘rpaga mixlanib qoladi”, degan gaplarni ham eshitganman. Bu gaplarni eshitganingda tugarkansan odam. Undan ko‘ra o‘lgan yaxshi-da. “Nega meni qutqarishdi, nimaga men o‘sha joyda o‘lib keta qolmadim?”, degan fikrlar hayolimdan kechgan. Bir yil bir joyda yotgan bo‘lsam, ich-etimni kemirib, adoyi tamom bo‘lganman. Choyshabimni almashtirish uchun to‘rt nafar odam kerak bo‘lardi. Ichimda temir, tashqarimda temir... hozir ham qolib ketgan temirlar bor. To‘rt nafar odam stoldek to‘g‘ri, tekis ko‘targan paytda choyshabimni almashtirib olishardi. Yotgan joyimda sochiqda yuvintirishardi. Ustozim Yoqub Axmedovga, hamkasblarimga katta rahmat. Tanigan, tanimaganlar ham ko‘rgani borishgan. Oylik maoshimni vaqtida uyimga yetkazib turishgan. “Otasiz qolgan farzandimni kim boqadi, men oyoqqa turishim kerak”, degan qattiq maqsadni oldimga qo‘yganman. Bir yildan so‘ng o‘rnimdan turishni o‘rgatishdi, qo‘ltiqtayoqda yurishni o‘rgandim. Bir yilda qo‘ltiqtayoqni ham tashladim. Dardini bergan Allohim shifosini ham berarkan. Qizimning baxtiga omon qoldim. Bu Allohning menga bergan mo‘jizasi-da. Mazkur voqeadan keyin, ya’ni 2015-yilda 47 yoshimda o‘g‘il farzandli bo‘ldim. Bu ham bir baxtim”, — deydi Xosiyat Husanova.
112
12,362
Madaniyat
Reyting: 2018-yilda eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmlari (foto)
O‘zbekistondagi barcha filmlarning asosiy taqdimoti Toshkentdagi Alisher Navoiy nomli kinosaroyda bo‘lib o‘tadi. Jurnalist Feruz Muhammad, Alisher Navoiy nomli kino saroyi matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida, 2018-yilning eng ko‘p tomoshabin to‘plagan milliy filmlar o‘nligini tayyorladi. Eng kassabop filmlarning aksariyati 2018-yilning ikkinchi yarim yilligida premyera qilingan. 10-o‘rin. “Vasiyat” (drama) Rejissor — Said Muxtorov. Namoyishi 22-noyabrda boshlangan. Rejissor — Nodir Mo‘minov. Namoyishi 24-avgustda boshlangan. Rejissor — Laziz Ashuraliyev. Namoyishi 19-iyunda boshlangan. Rejissor — Otabek Mirzaxolov. Namoyishi 15-sentabrda boshlangan. Rejissor — Rustam Meliyev. Namoyishi 15-sentabrda boshlangan. Rejissor — Azamat Ahrorov. Namoyishi 9-iyunda boshlangan. Rejissor — Murod Inog‘omov. Namoyishi 24-mayda boshlangan. Rejissor — Alisher Uzoqov. Namoyishi 15-martda boshlangan. Rejissor — Jahongir Ahmedov. Namoyishi 18-fevralda boshlangan. Rejissor — Muxlisa Azizova. Namoyishi 1-dekabrda boshlangan.
72
1,054
Madaniyat
O‘zbek filmlarining kinoteatrlardagi namoyishi uchun kvotalash tizimi joriy etiladi
2019-yilning 1-yanvaridan boshlab “O‘zbekkino” Milliy agentligi Badiiy kengashi tomonidan davlat buyurtmasi asosida suratga olinadigan kinomahsulotlarning yillik tematik rejasi yuzaga kelayotgan vaziyat, amalga oshirilayotgan yangilanishlar, shuningdek, aholining mazmunli kinofilmlarga bo‘lgan real ehtiyojidan kelib chiqib shakllantiriladi. Bu O‘zbekiston Prezidentining “Milliy kinoindustriyani rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan. Qarorga muvofiq, ishlab chiqariladigan badiiy filmlarni davlat buyurtmasi bo‘yicha ishlab chiqariladigan badiiy filmlarning yillik hajmiga nisbatan foizda janrlar bo‘yicha kvotalash tizimi joriy etiladi. 2019-yil 1-yanvardan boshlab, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, mamlakatdagi barcha kinoteatrlarda namoyish etiladigan mahalliy badiiy filmlar namoyishi hajmlarini sutkada ikkitadan kam bo‘lmagan shu kabi to‘liq metrajli filmlar bilan, 2021-yil 1-yanvardan esa oylik ekran vaqtining 25 foizidan kam bo‘lmagan, bayram kunlari 40 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda kvotalash tizimi joriy etiladi. Davlat buyurtmasi bo‘yicha ishlab chiqariladigan badiiy filmlarning smeta xarajatlarida ko‘rsatilgan mablag‘ning 10 foizi faqat ularning reklamasi va televideniye, radio va Internet tarmoqlaridagi piar-kompaniyasiga, shuningdek, tashqi reklamasini joylashtirish uchun foydalaniladi. Davlat buyurtmasi bo‘yicha kino mahsulotlarini O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi teleradiokanallarda reklama qilish, milliy teleradiokompaniya telekanallarida namoyish qilishda “O‘zbekkino” MAning shaxsiy kino mahsulotlari uchun mualliflik va mulkiy huquqlariga rioya qilgan holda, imtiyozli shartlarda amalga oshiriladi. Kinokompaniyalarning, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, davlat buyurtmasi bo‘yicha kino mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi ishtiroki faqat “O‘zbekkino” MA tomonidan qonun hujjatlariga asosan tashkil etiladigan tanlov asosida amalga oshiriladi. “O‘zbekkino” MA Badiiy kengashi tarkibi prodyuserlar, adiblar, tarixchilar, kinooperatorlar, rejissyorlar, kinoprokatchilar, kinotanqidchilar, psixologlar, kinematografiya sohasidagi nodavlat tashkilotlar vakillari va boshqa mutaxassislardan shakllantiriladi va Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda “O‘zbekkino” MA tomonidan tasdiqlanadi. Badiiy kengashi tarkibiga, Kengash tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga bevosita yoki bilvosita manfaatdor bo‘lgan shaxslarning kirishiga va ularning tanlovda ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi. “O‘zbekkino” Milliy agentligiga Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Moliya, Adliya vazirliklari va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2018-yil 1-oktyabrga qadar muddatda davlat buyurtmasi bo‘yicha ishlab chiqariladigan kino mahsulotlari uchun konkurs tashkil etish va uni o‘tkazish tartibi, shu jumladan, konkursda qatnashadigan kinokompaniyalar uchun talablarni nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirildi.
83
2,975
Madaniyat
Riz Uizerspun o‘qituvchilarga ko‘ylak sovg‘a qildi. Bundan norozi ayrim pedagoglar aktrisani sudga berdi
Amerikalik aktrisa Riz Uizerspun koronavirus pandemiyasi davrida o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlamoqchi bo‘lgani uchun noqulay vaziyatga tushib qoldi, deb yozadi Daily Mail. Uch nafar pedagog va’da qilingan sovg‘ani ololmagani uchun aktrisani sudga bergan. Ikki oy oldin 44 yoshli Uizerspun pandemiya davrida ham ishlashda davom etayotgan o‘qituvchilarga o‘z brendi Draper James’ga oid ko‘ylaklarni sovg‘a qilishga qaror qilgandi. Brendga oid ko‘ylakni olish uchun o‘qituvchilar maxsus anketani to‘ldirishi kerak edi. Aksiya 7-aprel kuni o‘tkazildi, 250 kishi ko‘ylakni oldi. Boshqa ishtirokchilarga brend tomonidan ishlab chiqarilgan istalgan mahsulotga 25 foizlik chegirma taqdim etildi. Aksiya natijalari uch nafar o‘qituvchiga ma’qul kelmagan. Ular aktrisa va uning brendini sudga bergan. Pedagoglarning aytishicha, dastlab tanlov shartlarida buning kiyim tarqatish aksiyasi emas, balki yutuqli o‘yin ekanligi aytilmagan. Xafa bo‘lgan ayollarning aytishicha, aktrisa TV orqali o‘zi va brendini reklama qilib olgan, va’da qilingan kiyimlarni esa bermagan. “Biz juda tez bu aksiyani tashkillashtirdik, shuncha ko‘p inson unda ishtirok etish istagini bildiradi, deb o‘ylamagandik. Kompaniyamiz hech qachon bunchalik ko‘p mijoz bilan ishlamagan”, — deydi aktrisaning Draper James brendi vakillari. Ular sudga murojaat qilgan ayollar bilan bog‘lanib, bu kiyim tarqatish aksiyasi emasligini tushuntirib, mahsulotlariga 30 foizlik chegirmani taklif etgan. O‘qituvchilar esa bundan battar darg‘azab bo‘lgan.  Asl ismidan foydalanmaydigan jahon yulduzlari
104
1,551
Madaniyat
Kuvaytda O‘zbekiston madaniyati kunlari o‘tkaziladi
15—22-dekabr kunlari Kuvayt poytaxti Al-Kuvayt shahrida O‘zbekiston madaniyati kunlarini o‘tkaziladi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda. Kuvaytda O‘zbekiston madaniyati kunlarining tantanali ochilish marosimi konsert dasturi bilan boshlanadi. Shu bilan birga, O‘zbekiston amaliy san’ati va fotoko‘rgazmalar taqdimoti, O‘zbekiston turistik salohiyati va madaniy obidalari taqdimoti, “O‘zbekiston — bag‘rikeng diyor” nomli davra suhbati, xattotlik bo‘yicha mahorat darslari o‘tkaziladi.
51
511
Madaniyat
Anjelina Joli bundan bir necha yil avval Bred Pittni zo‘ravonlikda ayblagani ma’lum bo‘ldi
Anjelina Jolining sobiq turmush o‘rtog‘i — Bred Pittga qarshi da’vosi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi. 2016-yilda aktrisa FQB agentiga Pittning unga nisbatan zo‘ravonlik holatlarini batafsil bayon qilgan, deb yozadi “Film.ru”. O‘zini himoya qilish uchun Joli anonim ravishda sudga murojaat qilishiga to‘g‘ri kelgan. Hujjatlardan ma’lum bo‘lishicha, Pitt o‘z farzandlari bilan shaxsiy samolyotda bo‘lganida Joliga nisbatan zo‘ravonlik ishlatgan, uni haqorat qilgan. Aktyor Jolini yelkasidan silkitib, ustidan pivo quygan va “Sen bu oilani buzyapsan” deb baqirgan. Jolining badanida jarohat izlari ham qolgan. Joliga aloqaga chiqqan FQB maxsus agenti AQSH bosh prokurori yordamchisi bilan uchrashdi. Ular natijada Pittga qarshi ayblov qo‘ymaslikka va ishni to‘xtatishga qaror qildi. Biroq xuddi shu, 2016-yilda FQB va Los-Anjeles oilaviy idorasi Gollivud juftligi orasida sodir bo‘lgan bolalarga nisbatan haqorat qilish holatlarini tekshirishni boshladi. Aytilishicha, Pitt 15 yoshli o‘g‘li Meddoksni ota-onasi o‘rtasidagi janjallashuv vaqtida aralashishga uringanida urib yuborgan. Ushbu hodisa ham xuddi shu shaxsiy samolyotda sodir bo‘lgan. Voqea sodir bo‘lgandan so‘ng Joli darhol ajrashish uchun ariza bergan. Pitt esa go‘yoki shundan so‘ng spirtli ichimliklarni ichishni to‘xtatgan va unga rasman ayblov qo‘yilmagan.
90
1,316
Madaniyat
Yulduzlar filmdagi yig‘lash talab etiladigan sahnalarda qanday usullardan foydalanadi?
Aktyor va aktrisalik kayfiyat yo‘q bo‘lganda qah-qah otib kulishni, xursandchilik vaqti esa ko‘z yosh to‘kishni talab qilishi mumkin. Bunday vaziyatda kinosanoat vakillarining turli va bir-biridan farqli usullardan foydalanishiga to‘g‘ri keladi. Meril Strip Gollivudning eng iste’dodli aktrisalaridan biri hisoblangan Merilga ko‘p yillik tajribasidan kelib chiqib yig‘lab berish qiyinchilik tug‘dirmaydi. Buni ishining bir qismi deb hisoblagan Stripga kamera qarshisida ko‘z yosh to‘kish cho‘t emas. “Eng qiyini bu — qilging kelmagan ishni bajarishga majbur bo‘lish. Sen haqiqiy hayotda nima bo‘layotgani haqida o‘ylay boshlaysan. Keyin esa umuman xursandchilik hissini tuymaganingda quvnoq bo‘lib berishingga to‘g‘ri keladi. Hayotingdagi eng yaxshi kunda esa yig‘lab berishing kerak. Reallikdan uzoq bo‘lgan narsani tasvirlash g‘alati va qiyin. Ammo bizga aktyorlar kerak. Ular bizga o‘z emotsiyalarimizni anglashga yordam beradi. Ular bizni yupatadi. Aynan ular sabab biz o‘zimizni yolg‘iz his qilmaymiz”, — degan aktrisa. Jennifer Lourens Jennifer hayotida uni yig‘lashga majbur qiladigan vaziyat bo‘lmaganini ta’kidlaydi. Aynan shu sabab ham aktrisa alohida usuldan foydalanadi: ko‘zlarini katta ochib bir nuqtaga tikilib turadi. “Hayot mamot o‘yinlari” kartinasida qahramonining qo‘lida qizaloq o‘layotgan sahnada Lourens yaqin odamini yo‘qotgan odam nimani his qilishi mumkinligini tasavvur qilib ko‘rgan. Qolaversa, u motamdagi odamning harakatlarni ham takrorlab ko‘rgan. Deniel Redkliff Deniel suratga olish maydonchasida yig‘lash u uchun oson emasligini yashirmaydi. Hamkasbi Ger Oldmen bir sir bilan bo‘lishmaguniga qadar, g‘am-g‘ussa va qandaydir tuyg‘ularni aks ettirishga urinishlar ko‘pincha samarasiz hamda natijasiz bo‘lgan. U Redkliffga boshidan o‘tkazgan qiyinchiliklar, tashvish va qayg‘ularini esga olishni tavsiya qilgan. Aynan ushbu usul unga “O‘z yaqinlarini o‘ldirish” filmining suratga olish jarayonida asqatgan. “Keyin uchta nazorat qilib bo‘lmaydigan, yurakni parchalaydigan sahna…U yerdagi ko‘z yoshlari haqiqiy bo‘lgan. Bu sen bilan odamlar to‘la suratga olish maydonchasidan birinchi marta yuz berayotganida, hamma narsani qahramoning uchun bajarayotgan bo‘lishingdan qat’i nazar, o‘sha daqiqada faqat o‘zing bo‘lasan”, — degan aktyor. Ammo u vaqtda nimalar xayoliga kelgani haqida ma’lumot bermagan. Uill Smitt Uill bugungi kunda ssenariy talab qilsa, istalgan qahramon roliga kirishishi va yig‘lashi mumkin. Ammo karyerasining boshida hammasi boshqacharoq bo‘lgan. Endi faoliyatini boshlagan aktyorga “Beverli-Hillzlik shahzoda” filmidagi hamkasbi Jeyms Eyvrining tavsiyasi yordam bergan. Smitning iste’dodli ekanini ta’kidlagan Jeyms undan har safar rolini yaxshiroq ijro qilishi kerakligini aytgan. Talab qilingan sahnada aktyor tajribali hamkasbining undan umidi katta ekanligini eslab, yosh to‘kkan. “Sening o‘z pozitsiyang bor, qayerda ekaning va iqtidoring borligini unutma. Kechirasan-u sendan butkul benuqsonlikdan boshqa narsa kutmayman”, — degan Eyvri. Vaynona Rayder Vaynona istagan rol va vazifani uddasidan chiqa oladigan professional aktrisa. Ammo shunga qaramay, “Drakula” filmining suratga olish jarayonida rejissorga uning emotsiyalari yoqmagan. Frensisga yig‘lash kerak bo‘lgan sahnalarda Rayder haddan ortiq sokin tuyulgan. Shunda u rejissorlarga yaxshi tanish bo‘lgan usuldan foydalangan. Aktrisaga qilgan qo‘pol va keskin muomalasi o‘z natijasini bergan — Vaynona ko‘z yoshlarini tiya olmagan. Anna Feris Anna kino tugul, hatto hayotda ham yig‘lashga qiynalishini tan oladi. Bunga bolaligidan kuchli bo‘lish va arzimagan narsaga ko‘z yosh to‘kmaslik kerakligiga o‘rgatilganini sabab qilib ko‘rsatadi. “Aslida bu biroz g‘alati. Onam meni shunday tarbiyalagan”, — degan aktrisa. Ammo u tanlagan kasb ba’zida ko‘z yosh to‘kishni talab qiladi. Bunday vaziyatlarda u mentol kristalli, ko‘zlarni yoshlatadigan maxsus vositadan foydalanadi.
86
3,893
Madaniyat
Xonanda Beyonse o‘ninchi marta Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi
Amerikaning R&B qo‘shiqchisi Beyonse birinchi marta 2010-yilda turmush o‘rtog‘i reper Jay-Z bilan birga Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan. Xonanda oradan ko‘p o‘tmay, 2022-yil o‘ninchi marta Ginnesning rekordlar kitobiga kirishga muvaffaq bo‘ldi, deb yozadi “Korrespondent.net”. Beyonsening so‘nggi olti yil ichida uzoq kutilgan yettinchi “Renaissance” yakkaxon albomining chiqishi bir vaqtning o‘zida bir nechta muhim rekordlarni yangiladi. Xususan, xonanda 2022-yil o‘z faoliyatidagi eng katta mablag‘ni ishlab topdi va oldingi oltita albomi mashhur “Gremmi” mukofotiga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, xonandalardan Billi Aylish ham Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan. U ikkita yangi nominatsiya bo‘yicha rekord natijani qayd etdi. Shu bilan birga, xonanda “No Time to Die” taronasi uchun “Oskar”, “Oltin globus” va “Gremmi” mukofotlarini oldi.  Xonanda Beyonse olti yil deganda ilk bor yangi musiqiy albomini taqdim etadi
70
934
Madaniyat
Sardor Milano “Golos-5” loyihasining chorak finaliga chiqdi
Asli o‘zbekistonlik xonanda Sardor Milano Rossiya televideniyesining mashhur “Golos-5” loyihasi chorak finaliga chiqdi. Milano chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun Lucho Dallaning “Karuzoning xotirasi” qo‘shig‘ini kuyladi. Sardor Milanoning aytishicha, u “mazkur qo‘shiqqa o‘zining barcha kechinmalarini qo‘shib kuylagan”. Bo‘lajak bosqich haqida fikr bildirarkan, Sardor Milano tomoshabinlarni “yaxshi ma’noda hayron qoldirish niyatida” ekanligini ma’lum qildi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
59
632
Madaniyat
Meril Stripning tug‘ilgan kuni munosabati bilan Manxettendagi metro stansiyasi nomi vaqtincha o‘zgartirildi
Nyu-Yorkda ikki nafar rassom Gollivud yulduzi Meril Stripni 72 yoshi bilan tabriklash maqsadida Manxettendagi metro stansiyasining tablichkasi o‘zgartirib qo‘ydi, deb xabar berdi Esquire. Gap Brodvey va Yettinchi avenyu liniyasidagi “72-ko‘cha” stansiyasi haqida ketmoqda. Adrian Uilson va Mett Dunkan ismli rassomlar maxsus yorliqlar yordamida tablichkadagi yozuvni “72 Streep”ga o‘zgartirgan. View this post on Instagram “U millat boyligi, shu sababli barchaga yoqishi kerak… bu Nyu-Yorkdan eng sevimli insonlaridan biriga sovg‘a”, — deydi Uilson. U aktrisaga bu kabi sovg‘a yoqishiga umid qilmoqda. Ma’lumot uchun, Meril Strip 1949-yilning 22-iyunida Nyu-Jersida tug‘ilgan. Teatr, kino, televideniye akrtisasi va dublaj ustasi, kinoprodyuser. Kinotanqidchilar tomonidan zamonasining eng buyuk atrisalaridan biri sifatida tan olingan. Strip uch marta “Oskar” mukofotini (kinomatografiya tarixida 21 marotaba nominatsiyaga qo‘yilgan yagona aktrisa), shuningdek, “Emmi”, “Sputnik”, ikki marta BAFTA, AQSh kinoaktyorlar Gildiyasi, to‘qqiz karra “Oltin globus” mukofotlarini qo‘lga kiritgan. 2014-yilda aktrisa Meril Strip AQShning eng oliy mukofoti bilan taqdirlangandi.  Aktrisa Meril Strip “Qattiqqo‘l xonim” filmini suratga olish jarayonida tushkunlikka tushib qolgani haqida so‘zlab berdi
107
1,310
Madaniyat
Zebo Navro‘zova: Shohruxxon va Asal Shodiyevaning birga bo‘lish-bo‘lmasligini hayot ko‘rsatadi
Xonanda Shohruxxonning onasi, rejissor va aktrisa Zebo Navro‘zova nima uchun o‘g‘li aktrisa Asal Shodiyeva bilan oila qurmagani haqidagi savolga javob berdi. Bu haqda “Bekajon” gazetasi xabar bermoqda. — Shohruxxon doimo: “Onam tanlagan qizga uylanaman”, deydi. Aktrisa Asal Shodiyevani bo‘lg‘usi kelinlikka o‘zingiz tanlagandingiz. Lekin nimagadir ikki yoshning munosabati uzoqqa cho‘zilmadi. Nima uchun ularning munosabatlari to‘y bilan yakun topmadi? — Haqiqatan ham Asal Shodiyevani o‘zim tanlaganman. O‘zini, oilasini hurmat qilaman. San’atkor bo‘lsa ham hayoli, to‘g‘riso‘z, har xil ortiqcha mashg‘ulotlarga ishqiboz emas, suratga olish ishlaridan bo‘shadimi, uyiga boradi, bemavrid ko‘chaga chiqmaydigan qiz. San’atkorlar orasida bundaylar juda kam, sababi, san’at ahlining yurishi, ko‘chada yumushi ko‘p bo‘ladi. Shohruxxon ham uni hurmat qiladi, ular do‘st. Savolingizga aniq javob berishim qiyin. Ular birga bo‘ladimi yoki yo‘q, buni hayot ko‘rsatadi.
94
962
Madaniyat
Taniqli kompozitor, san`at arbobi Anvar Ergashev olamdan o`tdi
Taniqli kompozitor va dirijyor, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan san`at arbobi, “O`zbekkino” milliy agentligi Badiiy kengashi a`zosi Anvar Ergashev vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati xabar berdi.  Anvar Ergashev Milliy simfonik orkestri bosh dirijyori va Alisher Navoiy nomidagi Davlat Akademik teatri badiiy rahbari lavozimlarida faoliyat yuritgan.   50 dan ortiq  badiiy va musiqiy filmlar, spektakllar bastakori, ko`plab qo`shiq hamda musiqalar muallifi. Uning kinodagi ishlari sirasiga “Bomba”, “Sharif va Ma`rif”, “Osmondagi bolalar”, “Alanga ichidagi farishta”, “Oq bino oqshomlari”, “Uch qirol jangi”, “Oyi” filmlari kiradi. Etuk kompozitorning so`nggi ishi bir necha oy oldin premerasi bo`lib o`tgan “101” kinoasari edi.
62
749
Madaniyat
Toshkentda 18–20-noyabrda Slovakiya kinosi kunlari bo‘lib o‘tadi
18–20-noyabr kunlari Toshkentda Slovakiya kinosi kunlari bo‘lib o‘tadi. Tadbirni Slovakiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi hamda “O‘zbekkino” milliy agentligi tashkil etmoqda, deb xabar beradi “Gazeta.uz”. Namoyishlar Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida bo‘lib o‘tadi. Kirish bepul. 18-noyabr soat 18:30 da rejissor Dushan Xanakning “Men sevaman, sen sevasan” filmi (1980) namoyish etiladi. Ushbu film 1989-yilda Berlin Xalqaro festivalida eng yaxshi rejissura uchun “Kumush ayiq” mukofotini qo‘lga kiritgan. 19-noyabr soat 17:00 da rejissor Peter Solanning “Bokschi va o‘lim” filmi (1962) namoyish etiladi. Film fashizm yillarida konslagerlar hayoti qanday kechganidan hikoya qiladi. Nihoyat, 20-noyabr soat 17:00 da “Dunay so‘qmog‘i” filmi (1989) namoyishi bo‘lib o‘tadi. Rejissor — Miloslav Luter. Film urushdan keyingi yillarda yashagan ikki do‘stning hayotidan hikoya qiladi.
64
883
Madaniyat
“Salom, rashk” filmi noyabr oyining birinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi
Rejissor Begzod Joniyevning “Salom, rashk” filmi noyabr oyining birinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi. Bu haqda, Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslanib, jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi. Noyabr oyining birinchi haftasi kinoreytingida “Salom, rashk” filmidan keyingi o‘rinlarni Rustam Meliyevning “Maqsad”, Otabek Mirzaxolovning “Millioner kelin”,  Murod Inog‘omovning “Jonimga tegding jonim”, Laziz Ashuraliyevning “Nayrang” filmlari band etgan. Shuningdek, hozirda Alisher Navoiy nomli kino saroyida “Temur”, “Haloskor”, “Amiran”, “Jekpot” kabi filmlar namoyishi davom etmoqda. 1-o‘rin. “Salom, rashk” (komediya) Rejissor — Begzod Joniyev 2-o‘rin. “Maqsad” (detektiv-triller) Rejissor — Rustam Meliyev 3-o‘rin. “Millioner kelin” (komediya) Rejissor — Otabek Mirzaxolov 4-o‘rin. “Jonimga tegding jonim” (komediya) Rejissor — Murod Inog‘omov 5-o‘rin. “Nayrang” (komediya) Rejissor — Laziz Ashuraliyev
104
982
Madaniyat
Taniqli bastakor va xonanda Rustam Mahmudov hozir qayerda?
1990-yillarda o‘zbek pop musiqasining eng taniqli vakillaridan biri bo‘lgan bastakor va xonanda Rustam Mahmudov bir necha yillardan buyon ko‘rinmay qoldi. Uning “Bir qiz bor”, “Yolg‘izman” va “Sog‘inib” kabi taronalari o‘z vaqtida ancha ommalashgan edi. Jurnalist Nargiza Murodova Rustam Mahmudov bilan bog‘lanib, uning hozir qayerda hamda nima ish bilan mashg‘ul ekanligiga qiziqdi. Ma’lum bo‘lishicha, Rustam Mahmudov 13 yildan buyon Turkiyada yashab, ijod qilib kelmoqda. — Nega O‘zbekistonda ketishga qaror qildingiz? — O‘zbekistondagi ijodimni tugatishimning o‘z sabablari bor. 2007-yilda ijodim arosatda qolganini tushundim. San’atda professional va havaskor ijodkor o‘rtasida farq bo‘lishini va xonanda to‘yma-to‘y yurish uchun ijod qilmasligini istardim. Bundan tashqari, mualliflik huquqlariga e’tibor berilmasligi va bu masala hech kimni qiziqtirmasligiga guvoh bo‘ldim. Bu holatlar san’atning inqirozi edi. Ko‘plab savollarimga javob topolmagach, ijodimni Turkiyada davom ettirishga qaror qildim. — O‘zbek san’atini kuzatib borasizmi va yosh ijrochilardan kimlarni e’tirof eta olasiz? — Umuman kuzatmayman. Tan olish kerak, professional san’at mutaxassislarining ko‘pchiligi xorijda ijod qilishyapti. Yaxshi o‘zgarishlar ham ko‘p, ammo umumiy hisobda bilishimiz kerak bo‘lgan saviyadan ancha pastroqdamiz. Saviya faqat xonandaga bog‘liq emas. Masalan, O‘zbekistonda bitta qo‘shiqni 5-6 kishi bilan yaratsa bo‘ladi. Turkiyada esa bitta qo‘shiq ustida kamida 25 ta mutaxassis ishlaydi. Shunga yarasha ijodkorlar yaxshigina haq olishadi, bitta qo‘shiq yillar davomida ularni “boqadi”. Rustam Mahmudov taniqli turkiyalik xonanda Serdar O‘rtach bilan — O‘zbekistonga qaytasizmi? — Men O‘zbekistonni butunlay tark etmaganman, bunday niyatim ham yo‘q. Yaqinlarimni sog‘inganda u yerga borib, xabar olaman. Turkiya menga malaka oshirish va o‘z ustimda ishlash uchun qulay, bu yerdaligimni ijodiy safar deb aytsa ham bo‘ladi.
58
1,931
Madaniyat
Xonanda Adelning yangi albomi AQShda yilning eng ko‘p sotilayotgan plastinkasiga aylandi
Xonanda Adelning olti yillik sukuti, albatta, bunga arziydi! Uning yangi “30” deb nomlangan albomi sotuvga chiqarilganidan 5 kun o‘tib, barcha rekordlarni yangiladi. Billboard ma’lumotlariga ko‘ra, bu vaqt ichida albom 500 000 dan ortiq nusxada sotilgan va Teylor Sviftning rekordini ortda qoldirgan. Endi “30” 2021-yilda eng ko‘p sotilgan albom hisoblanadi. Uning yangi kompozitsiyalari chiqishini butun dunyo kutgandi — 10 million tomoshabin ikki soatlik maxsus “Adele One Night Only” nashrining onlayn translyatsiyasini tomosha qildi, unda Adel o‘zining eng yaxshi qo‘shiqlarini ijro etdi va Opra Uinfriga intervyu berdi. Xonandaning aytishicha, “30” albomi turmush o‘rtog‘i bilan ajrashishi va o‘g‘liga bag‘ishlangan. “Albom o‘g‘lim Anjeloga bag‘ishlangan. Men hamma narsani qo‘shiqlar orqali aytib berishim kerakligini angladim. U aslida nima bo‘layotganini aniq tushundi. Har holda, o‘zimni hammasi yaxshi ketayotgandek ko‘rsatsam ham”, — deydi Adel.
88
958
Madaniyat
Aktrisa Gavhar Sharipova olamdan o‘tdi
Davomi: “Aktrisaga shilqimlik qilingan, u esa yurib ketayotgan yuk mashinasidan o‘zini tashlagan”. Gavhar Sharipovaning o‘limi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi “Opa-singillar” serialida Nafisa rolini ijro etgan aktrisa Gavhar Sharipova olamdan o‘tdi. Bu haqda serial rejissori Zamira Begimqulova jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi. Gavhar Sharipova juda ham yaxshi aktrisa edi. Uni institutda to‘rtinchi kursda o‘qib yurgan vaqtlaridan bilaman. O‘zgacha, boshqalarga o‘xshamagan, chiroyli tabassumi uchun uni yoqtirib qolganman. “Opa-singillar” serialida qaynonasining zug‘umidan eziladigan katta opa, ya’ni Nafisa rolini mahorat bilan ijro etgan edi. Bu rolga uning mehribon, ochiqko‘ngil, sodda, kerak bo‘lganda sharttaki xarakteri uchun tanlab olgan edik. Oila a’zolariga, yaqinlariga hamdardlik bildiraman. Alloh rahmatiga olgan bo‘lsin, ilohim. Zamira Begimqulova, rejissor Ma’lumot uchun, aktrisa Gavhar Sharipova 1980-yilda Navoiy shahrida tug‘ilgan bo‘lib, “Aldangan ayol”, “Go‘zallik siri”, “Alpomish”, “Gulxan atrofidagilar”, “Sarvinoz” kabi filmlarda ham turli darajadagi rollarni ijro etgan.
38
1,113
Madaniyat
Moskvada yashayotgan Lola yana ijodga qaytadimi? Karantindan charchagan Umidaxon imijini “o‘zgartirdi”. Instagram yangiliklari
30-iyul kuni jahon va O‘zbekiston san’ati yulduzlarining Instagram’dagi sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. Sevara Nazarxon barcha muxlislarini arafa kuni bilan tabrikladi. View this post on Instagram Dildora Niyozova oilaviy suratini sahifasiga joylab, folloverlarini arafa kuni bilan tabrikladi. View this post on Instagram Lola qachon ijodga qaytishi hamda ayol kishining hayoti mazmuni haqida mulohaza yuritdi. View this post on Instagram Aktrisa Sevara Soliyeva Hayit hamda dam olish kunlarini oilasi bilan dala hovlida o‘tkazishga qaror qildi. View this post on Instagram Taniqli amerikalik xonanda Jennifer Lopes turmush o‘rtog‘i hamda farzandlari bilan ajoyib raqs ijro etdi hamda muxlislari bilan bo‘lishdi. View this post on Instagram Umidaxon karantindan charchagan muxlislariga ko‘tarinki kayfiyat ulashish maqsadida maxsus video tayyorladi. View this post on Instagram Turkiyalik aktrisa Fahriye Evjen yangi surat bilan muxlislariga ko‘rinish berdi. View this post on Instagram
126
1,146
Madaniyat
Rustam Sa’dullayev “Listopad” XXV xalqaro kinofestivalida Belarus prezidentining maxsus unvoni bilan taqdirlandi
Belarus poytaxti Minsk shahrida an’anaviy “Listopad” XXV xalqaro kinofestivali ish boshladi. Unda o‘zbekistonlik aktyor Rustam Sa’dullayev Belarus prezidentining maxsus “Kino san’atida milliy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishdagi xizmatlari uchun” unvoni bilan taqdirlandi. Bu haqda Turon24 xabar bermoqda. Rustam Sa’dullayev va Rossiya xalq artisti Svetlana Nemolyayeva festivalning faxriy mehmonlari sifatida ishtirok etdi. Chorak asrdan buyon o‘tkazib kelinayotgan “Listopad” kinofestivalida bu yil 50 ta mamlakatdan 170 ta kinokartina taqdim etildi. Ular orasida Yevropa davlatlaridan tashqari Janubiy Afrika va Keniya filmlari ham qatnashmoqda. Festivalga jahon premyeralari, hujjatli filmlar, havaskor filmlar taqdim etildi. Festival ochilishi marosimi Minskdagi eng muhtasham “Moskva” kinoteatrida o‘tkazildi. Festivalda, shuningdek, modalar namoyishi ham taqdim etildi. Filmlar taqdimotini polshalik rejissor Pavel Pavlikovskiyning “Sovuq urush” kartinasi ochib berdi. Faxriy mehmonlar qatorida ishtirok etgan, “Ishdagi ishq” filmi bosh qahramoni aktrisa Svetlana Nemolayeva festival tashkilotchilariga minnatdorlik bildirdi. “Meni “Listopad” bilan aynan “Ish bilan bog‘liq ishq” bog‘lab kelmoqda”, — dedi u. “G‘oliblarni aniqlash uchun ancha mehnat qilishimizga to‘g‘ri keladi. Chunki bu yerda ko‘plab xalqaro kinofestivallar ishtirokchilarining filmlari ham taqdim etilmoqda. Shuning uchun men “Listopad”ni festivallar festivali deb hisoblayman”, — deya qayd etgan havaskor filmlar hay’ati raisi Yusuf Roziqov. Ma’lumot uchun: Festival marhum rejissor Kira Muratova xotirasiga bag‘ishlab “Oq dunyoni anglay borib” shiori ostida tashkillashtirildi. Eslatib o‘tamiz, “Listopad” Gran-prisi sohibi nomi kelayotgan haftada e’lon qilinadi.
112
1,750
Madaniyat
Abdulla Qurbonov nima sababdan qamalgani haqida gapirib berdi
Qo‘shiqchi Abdulla Qurbonov “Shok.uz” nashriga bergan intervyusida qamalgani sababiga oydinlik kiritdi. San’atkorning so‘zlariga ko‘ra, yaqin tanishlaridan biri uni to‘yga chaqirish bahonasida uyiga mehmonga kelganida, qo‘shiqchining rad etishiga qaramay, unga giyohvand moddani “hadya tariqasida” bergan. Abdulla Qurbonov avvallari “bu narsa”ni to‘ylarda, ulfatlar bilan o‘tirishlarda qabul qilganini tan oldi, lekin o‘sha paytda tashlaganini, sog‘lig‘i ham ko‘tarmasligini ta’kidlab o‘tdi. Oradan 5—10 daqiqa o‘tgach, xodimlar kirib keldi… Tan olishim kerak, oldinlari chekkan bo‘lsam, chekkanman. Lekin men ularga buni olib kelinglar demaganman, buni zalda ham (sud zalida) aytganman. Ammo qonun hamma uchun bir xil ekan. Abdulla Qurbonov, xonanda “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
61
825
Madaniyat
Uitni Xyuston hayoti haqida film suratga olinadi
Amerikalik marhum xonanda va aktrisa Uitni Xyuston hayoti haqida film suratga olinadi, deb xabar berdi Reuters. Kartina xonandaning eng xit qo‘shiqlaridan birining nomi bilan “I wanna dance with somebody” (Kim bilandir raqsga tushmoqchiman) deb ataladi. Uitni Xyustonning prodyuseri va ustozi Klayv Devis film suratga olish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlagan. Film ijodkorlarining aytishicha, yaratilayotgan asarda Uitni Xyuston hayotidagi va faoliyatidagi yutuqlar, yo‘qotishlar haqida hikoya qilinadi. Qo‘shimcha qilinishicha, filmda superyulduz muvaffaqiyatga erishishi uchun to‘lashi kerak bo‘lgan qiymat haqida ochiq oshkora ma’lumot beriladi. Film ssenariysi “Bohemian Rhapsody” muallifi Entoni MakKarten tomonidan yoziladi. U bilan muzokaralar olib borilmoqda. Hozircha aktyorlar tarkibi ham, premyera sanasi ham aniqlanmagan. Olti marta Gremmi mukofotini qo‘lga kiritgan Uitni Xyuston 2012-yilgi Gremmi taqdimotidan bir kun avval 48 yoshida taqiqlangan modda qabul qilganidan so‘ng Beverli-Xillzdagi mehmonxonasining vannaxonasidan o‘lik holda topilgan. U uzoq yillar mobaynida narkoqaramlik bilan kurashgan.  Internetda Leonardo da Vinchi haqidagi mini-serialning ilk kadrlari paydo bo‘ldi (video)
48
1,203
Madaniyat
“Ilhaq”ni Istanbulda tomosha qilgan Tohir Saidov, onalarni ranjitmaslikni so‘ragan Ozoda, tomda fotosessiya o‘tkazgan Luiza. Mashhurlar karantinda (foto+video)
O‘zbek san’atkorlari karantin vaqtida muxlislarini zeriktirmaslikka harakat qilmoqda. 10-may kuni ham ular o‘zlarining Instagram’dagi sahifalariga turli xil qiziq video va fotopostlar joyladi. 10-may kuni bir necha mamlakatlarda xalqaro onalar kuni nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan ko‘plab san’atkorlar onalarini bayram bilan tabriklamoqda. Turkiyalik taniqli aktrisa Fahriya Evjen ham onalar kunini nishonlamoqda. U o‘g‘li Karan bilan tushgan suratlari bilan bo‘lishdi. View this post on Instagram Hosila Rahimova ham onasiga atalgan iliq so‘zlarini yozib qoldirdi. View this post on Instagram 9-may kuni O‘zbekistondagi 10 ta telekanalda “Ilhaq” badiiy filmining premyerasi o‘tkazildi. Filmda bosh rollardan birini ijro etgan Tohir Saidov kartinani Istanbuldagi mehmonxonada tomosha qildi. View this post on Instagram Filmdagi esda qolarli obrazlardan biri — Zulayho rolini yosh aktrisa Rayhon Asadova gavdalantirgan. U Zulfiya ayaning kenja o‘g‘li Yusuf Xolmatov nomidan yozilgan she’rni taqdim etdi. View this post on Instagram Alisher Uzoqov Ko‘ndir Jaroqiy taxallusi ostida yozgan she’rini muxlislariga ulashdi. View this post on Instagram Xonanda Sevinchga rang-barang atirgullar sovg‘a qilishdi. View this post on Instagram Shahzoda Muhammedova ham ana shunday guldasta olganlardan. View this post on Instagram Bollivud aktrisasi Karina Kapur o‘g‘li Taymur bilan tushgan quvnoq suratini sahifasiga joylashtirdi va barcha onalarni bugungi kun bilan tabrikladi. View this post on Instagram “Sevgi iztirobi” seriali yulduzi Melisa Pamuk ham onasini tabrikladi. View this post on Instagram “Sahar” guruhi yakkaxoni Anvar Jo‘rayev o‘g‘lining surati bilan bo‘lishdi. View this post on Instagram Yaqin kunlarda “Milliy” telekanali orqali taniqli o‘zbek aktyorlari ishtirokidagi “Qochoq” seriali namoyishi boshlanadi. View this post on Instagram Ozoda Nursaidova folloverlaridan onalarini ranjitmaslikni so‘radi. View this post on Instagram Rossiyalik taniqli xonanda Polina Gagarina kamalakni ko‘rib, bolalarcha xursand bo‘lib ketdi. View this post on Instagram Aktrisa Durdona Qurbonova purma’no hadisni ulashdi. View this post on Instagram Aktrisa Luiza Rasulova uyi tomida fotosessiya o‘tkazib, yomg‘irli kunlarga hamohang suratlarini taqdim etdi. View this post on Instagram Yulduzlar avvalgi kunlarda karantinda nimalar bilan band bo‘lgani bilan quyida tanishishingiz mumkin:
159
2,624
Madaniyat
“O‘lish vaqti emas”, “Kalmar o‘yini”, “Vorislar”. Amerika Aktyorlar gildiyasi mukofotining g‘oliblari aniqlandi (foto)
Santa-Monikada bo‘lib o‘tgan Amerika Aktyorlar gildiyasining (SAG Awards) taqdirlash marosimi – “Oskar”ning repetitsiyasi deb ham ataladi. Chunki kinoakademiya aktyorlarining aksariyati Gildiyada ham bor. 2022-yil asosiy nominatsiyalarni kimlar egallagani bilan quyida tanishib chiqish mumkin. Dramatik serialdagi eng yaxshi aktyorlar tarkibi: “Vorislar” Filmdagi eng yaxshi aktyorlar tarkibi: “CODA: kar ota-onaning farzandi” Filmdagi eng yaxshi aktrisa: Jessika Chesteyn “Temmi Feyning ko‘zlari” Dramatik serialdagi eng yaxshi aktrisa: Chon Xo Yon “Kalmar o‘yini” Filmdagi eng yaxshi aktyor: Uill Smit “Qirol Richard” Dramatik serialdagi eng yaxshi aktyor: Li Jon Je “Kalmar o‘yini” Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa: Ariana DeBos “Vestsayd hikoyasi” Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor: Troy Kotsur “CODA: kar ota-onaning farzandi”  2022-yilgi “Oskar” mukofoti uchun nomzodlar ro‘yxati — kutilgan va kutilmagan natijalar
118
935
Madaniyat
Gavhar Matyoqubovaga «O`zbekiston Xoreografiya Akademiyasining faxriy professori» unvoni topshirildi.
Kecha, 27 aprel kuni «Xorazm lazgi raqsi: Milliy raqslarning rivojlanishi va ularning hozirgi davrdagi ahamiyati» mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo`lib o`tdi. Konferensiyada «Lazgi» xalqaro festivali doirasida bo`lib o`tayotgan ushbu ilmiy konferensiyada Xorazm lazgisining eng fidoyi targ`ibotchilaridan biri – Gavhar Matyoqubovaga «O`zbekiston Xoreografiya Akademiyasining faxriy professori» unvoni berildi. Bu haqda Darakchi.uz jurnalisti Karim Zaripov xabar berdi. Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning qayd etishicha, «Xorazm lazgi raqsi»ni YuNESKOning Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi ro`yxatiga kiritilishida Gavhar Matyoqubovaning ham xizmatlari bor. «Aslida, Gavhar Matyoqubovaning raqqosalar faoliyatiga jiddiy to`siqlar, salbiy qarashlar mavjud bo`lgan bir davrda «Lazgi»ning, shu orqali o`zbek raqsining asl mohiyatini saqlab qolinishiga qo`shgan hissasini chinakam qahramonlik, deb baholasak aslo mubolag`a bo`lmaydi. Zero, har bir sohada shijoat bilan mehnat qilgan va bugun safimizda bo`lgan Gavhar Matyoqubova singari jasoratli ayollarimizning barchasi bu kabi yuksak e`tiroflarga munosibdir», dedi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov
101
1,162
Madaniyat
Mashhur hind aktyori Amir Xon Turkiyada film suratga oladi
Taniqli hind aktyori Amir Xon “Forrest Gamp” filmi remeykini Turkiyada suratga oladi, deb xabar beradi “RusTurkeycom”. 55 yoshli aktyorning so‘zlariga ko‘ra, u so‘nggi tashrifida Turkiyaning kino sanoatidagi texnik infratuzilmasi, rivojlangan kinematografiya imkoniyatlari bilan tanishdi hamda aynan ushbu mamlakatda film suratga olishga qaror qildi. Ma’lum bo‘lishicha, aktyor shu oyda Turkiya Madaniyat vazirligi bilan muzokara olib borish uchun mamlakatga boradi. Filmni suratga olish ishlari shu yilning oktabr oyida boshlanishi kutilmoqda. Amir Xonning “Sirli super yulduz” filmi turk tomoshabinlari orasida katta muvaffaqiyat qozongan va shuningdek, aktyor mamlakat madaniyat vazirligi taklifiga ko‘ra respublikada tez-tez mehmon bo‘lgan.
58
745
Madaniyat
Aktrisa Shahzoda Matchonova qalbidagi milliylikni hammaga ham ko‘rsatavermasligini ma’lum qildi
Aktrisa Shahzoda Matchonova o‘zbek tilida bemalol gaplasha olishini aytib o‘tdi. Bu haqda u “7x7” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi. “Ba’zilar: ‘Milliylikka e’tibor bermaysiz’, deb qolishadi. Aslida milliylik yuragimda va uni hammaga ham ko‘rsatavermayman”, — dedi aktrisa. “O‘zbek tiliga kelsak, bemalol gaplashaman. Milliy liboslarni ham yaxshi ko‘raman, faqat kamroq kiyaman”, — deya qo‘shimcha qildi Shahzoda Matchonova.
95
434
Madaniyat
Yulduz Usmonova Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan konsertda qo‘shiq kuylashi ma’lum qilindi
Yulduz Usmonova 7-dekabr kuni Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan gala-konsertda qo‘shiq kuylaydi, deb yozadi “Sayyod.com”. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24 yilligiga bag‘ishlangan gala-konsertni ertaga, 7-dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:40 da (8-dekabr kuni esa takroran ertalab soat 10:00 da) “O‘zbekiston” telekanalida tomosha qilish mumkin. Avvalroq Shavkat Mirziyoyevning saylovdagi g‘alabasiga bag‘ishlangan tadbirda Yulduz Usmonova sahnada madhiya kuylaganligi haqida xabar berilgan edi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
92
675
Madaniyat
Toshkentda dunyoga kelgan rus aktrisasi Ravshana Kurkova qanday filmlarda rol o‘ynagan?
22-avgust kuni aktrisa Ravshana Kurkova 40 yoshni qarshiladi. Arsenalida 60 dan ortiq turli janrlardagi filmlar bo‘lgan mahoratli aktrisa qanday film va seriallarda suratga tushgani bilan bo‘lishamiz. Aktrisa 1980-yil Toshkentda aktyorlar oilasida dunyoga kelgan. Bolaligidan aktrisa bo‘lishni istagan Ravshana 12 yoshida “Qirqquloqlar siri” filmida debyut rolini ijro qilgan. 90-yillarning so‘ngida Kurkova Moskvaga ko‘chib ketgan va Moskva pedagogika universitetining filologiya universitetiga qabul qilingan. Talabalik davrida rejissorlik kurslariga qatnab, aktyorlik mahoratini o‘rgangan. Bir muddat Ravshana televideniyeda pardozchi assistenti, rejissor yordamchisi va tok-shou muharriri sifatida faoliyat olib borgan. Shundan keyin unga turli filmlarda epizod rol ijro qilish uchun takliflar kela boshlagan. Ilk ko‘zga ko‘rinarli roli 2007-yilda suratga olingan “O‘lik qizlar” filmidagi ijrosi bo‘lgan. Keyinchalik u “Barvixa”, “Keraksiz odamlar oroli” seriallari, “Chil-parchin”, “Onalar”, “Noreal sevgi” va boshqa bir qancha filmlarda suratga tushgan. 2015-yilning o‘zida aktrisa 23 ta loyihada ishtirok etishga muvaffaq bo‘lgan. “Ijaraga bolalar” oilaviy komediyasi, Reyf Faynsning “Nureyev. Oq qarg‘a” biografik dramasi va “Bolqon chegarasi” shular jumlasidan. Yaqin orada tomoshabinlar Ravshanani Danila Kozlovskiyning “Chernobil” filmi va Anna Melikyanning “Noziklik” serialida ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.
87
1,421
Madaniyat
“Paxmoq kelin”da boshqa chiqmaydigan Feruza Normatova, koronavirusdan tuzalgan aktyor, g‘iybatchilarni yoqtiradigan Luiza. Instagram yangiliklari
2-avgust kuni jahon va O‘zbekiston san’ati yulduzlarining Instagram’dagi sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. “Dizayn” kulgi jamosi a’zosi Sa’dulla Fatxullayev to‘ydan avvalgi va keyingi sevgi qanday bo‘lishi haqida hazil tayyorladi. View this post on Instagram Ona bo‘lish arafasidagi aktrisa Asal Shodiyeva sahifasiga yangi surat joyladi. View this post on Instagram Bollivud qiroli Shohrux Xon kichik o‘g‘li Abrahamning duoga qo‘l ochib turgani aks etgan suratni sahifasiga joylab, muxlislarini Qurbon hayiti bilan tabrikladi. View this post on Instagram Turkiyaning eng mashhur juftligi — Halit Ergench va Berguzar Korel dengizda hordiq chiqarmoqda. View this post on Instagram Serialda suratga tushish bilan band bo‘lgan aktyor Javohir Zokirov ham oilasi bilan Bosforda dam olmoqda. View this post on Instagram Nilufar Usmonova qizi Safiyaning tug‘ilgan kunini nishonladi. View this post on Instagram Shohjahon Jo‘rayev ukasi Zohirshohni tavallud ayyomi bilan o‘ziga xos tarzda tabrikladi. View this post on Instagram Feruza Normatova “Paxmoq kelin” serialining navbatdagi mavsumida suratga tushmaganini ma’lum qildi. View this post on Instagram Nargiza Salmonova turmush o‘rtog‘ini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi. View this post on Instagram Munisa Rizayeva Ruslan Sharipovning vafot etganiga haligacha ishona olmayotganini bildirdi. View this post on Instagram Yulduz Rajabova Dariya Stavrovichning “Krugi na vode” qo‘shig‘i so‘zlaridan parcha keltirdi va folloverlariga sabr tiladi. View this post on Instagram Taniqli hind aktyori Amitabh Bachchan koronavirusdan tuzaldi. View this post on Instagram Luiza Rasulova o‘zini muhokama qilishlarini yoqtirishini aytdi. View this post on Instagram O‘zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayeva yangi kliplarini YouTube kanali orqali taqdim etdi. View this post on Instagram
145
2,092
Madaniyat
Maykl Jekson eng boy marhum “yulduz”lar reytingida yetakchilik qildi
Forbes jurnali hayotdan ko‘z yumganidan keyin ham daromad olishda davom etayotgan taniqli shaxslar ichida 2013-yilda eng ko‘p “pul ishlagan” “yulduz”lar ro‘yxatini e’lon qildi. Unda Maykl Jekson birinchi pog‘onani egalladi. Maykl Jekson. Foto © fanpop.com Nashrning hisob-kitobiga ko‘ra, “pop-musiqa qiroli” 2012-yil oktabridan 2013-yil oktabrigacha 160 million dollar daromad olgan. Ta’kidlash joiz, 2009-yilda vafot etgan Jekson bundan avval ushbu ro‘yxatda ikki marta yetakchilik qilgan. Faqat 2012-yildagina o‘z o‘rnini aktrisa Elizabet Teylorga bo‘shatib bergan edi. Elvis Presli. Foto © fanpop.com Ushbu reytingning ikkinchi o‘rnini amerikalik “rok-n-roll” xonandasi Elvis Presli band qildi. Uning joriy yildagi daromadi Forbes tomonidan 55 million deb baholandi. Charlz Monro Shults. Foto © peanuts.wikia.com Keyingi o‘rinni 37 million dollarlik daromad bilan Charlz Monro Shults egalladi. U Snupi (Snoopy) ismli multfilm qahramonining muallifidir. Marhum aktrisa Elizabet Teylor (25 million dollar) to‘rtinchi, musiqachi Bob Marli (18 million dollar) beshinchi o‘rinni band etdi. Eng badavlat marhum taniqli shaxslar reytingiga, shuningdek, amerikalik aktrisa Merilin Monro (15 million dollar bilan 6-o‘rin), taniqli ingliz musiqiy guruhi Beatles’ning sobiq a’zosi Jon Lennon ($12 million, 7-o‘rin), Albert Eynshteyn ($10 million, 8-o‘rin), Bryus Li ($7 million, 12-o‘rin) va boshqalar kiritildi.
68
1,410
Madaniyat
Amerikalik aktyor qo‘shnisini qilich bilan o‘ldirganlikda ayblanmoqda
“Qudratli Reynjerlar”, “C.S.I.: Mayami” va “Tez Yordam” kinoseriallarida rol o‘ynagan amerikalik aktyor kichik Rikardo Medine qotillikda ayblanmoqda. Bu haqda Entertainment Weekly xabar qilmoqda. Tergovning ma’lum qilishicha, 2015-yil 31-yanvar kuni u Los-Anjelesdagi uyida o‘zining yon qo‘shnisini qilich bilan o‘ldirgan. Hodisa aktyorning dugonasiga tegishli bahsdan keyin yuz bergan. Noxush hodisadan keyin Rikardo shaxsan politsiya va tez tibbiy yordamga xabar bergan, lekin voqea joyiga yetib kelgan shifokorlar Josh Statterning o‘lganini qayd etgan. Medina hibsga olingan bo‘lsa-da, 2015-yil 3-fevral kuni unga ayblov qo‘yish uchun dalillarning yetarli bo‘lmaganligi sababli ozodlikka qo‘yib yuborilgan. Hodisani sharhlar ekan, aktyor “Bo‘lib o‘tgan voqeadan juda ham afsusdaman. Men ozodlikka chiqqanimdan xursandman va mening qalbim Statter oilasi bilan ekanligini ma’lum qilaman”, ― dedi. Rikardo Medinaning ishi bo‘yicha sud 2016-yil 19-yanvar kuni boshlanadi. Kafolat sifatida undan bir million dollar so‘ralmoqda. Advokatning ta’kidlashicha, Medina o‘zini himoya qilish maqsadida qilichdan foydalangan.
69
1,115
Madaniyat
Kaniza koronavirusga chalinganini bildirib, sog‘liqni saqlash tizimini tanqid qildi (video)
Xonanda Kaniza Instagram’dagi stories orqali folloverlariga videomurojaat yo‘llab, koronavirusga chalinganini bildirdi. U, shuningdek, kechasi ahvoli og‘irlashgani, shu sababli tez yordamga qo‘ng‘iroq qilgani, biroq tez yordam kelmaganini ham aytib, sog‘liqni saqlash tizimini tanqid ostiga oldi. Kanizaning aytishicha, u 8-iyuldan beri kasal. Koronavirusga test topshirgan, biroq test unda virus yo‘qligini ko‘rsatgan. Shunda ham xonanda o‘zini koronavirusga chalingan, deb hisoblamoqda. “Yonimda administratorim bor, u ham kasallangan uyda o‘zimiz vrachlarning ko‘rsatmalari bilan davolanishga harakat qilyapmiz. Kecha yarim tunda ahvolim yomonlashdi, tinmasdan tez yordamga qo‘ng‘iroq qildik — hech kim javob bermadi. Oxiri kechasi bezovta qilsam ham tanish vrachlarimni chaqirtirdim. Men-ku ilojini qilaman. Avvalo Ollohning yordami, keyin tanish-bilishlarimni, imkoniyatimni ishga solaman. Lekin oddiy xalqning ichida hatto test topshirishga imkoniyati yo‘qlar bor, og‘ir holatda qayoqqa borishini, nima qilishini bilmasdan yurganlar bor. Men bu videoni o‘shalarga ozgina yordam bo‘lsin, hech bo‘lmasa tez yordam joniga oro kirsin degan maqsadda qo‘ydim”, — deydi Kaniza. Avvalroq xonanda Munisa Rizayeva ham tana harorati ko‘tarilgani tufayli koronavirusga test topshirgan, biroq natija salbiy chiqqanini ma’lum qilgan edi.  “Benom” guruhi xonandasi Komil koronavirus yuqtirib oldi
91
1,388
Madaniyat
O‘zbekistonda kollej-litseylarning majlislar zallaridan kinoteatr sifatida foydalanilishi mumkin
Milliy matbuot markazida 25-mart kuni “O‘zbekkino” Milliy agentligi faoliyatiga bag‘ishlab tashkil etilgan matbuot anjumanida taniqli rejissor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Hilol Nasimov agentlik bosh direktori Otabek Musayevga kinoteatrlar masalasida murojaat qildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi. “‘O‘zbek kino kunlari’, ‘Biz buyuk yurt farzandlarimiz’ shiori ostida o‘tkazilgan tadbirlar bilan O‘zbekistonning ko‘plab viloyatlarida bo‘ldik. Kinoteatrlarning xususiy tadbirkorlarning qo‘liga o‘tib ketgani bizni ancha o‘ylantirib qo‘ydi. Davlat tasarrufidagi kinoteatrlar qachon quriladi, bu borada rejalar bormi?”, — deb savol berdi Hilol Nasimov. Otabek Musayevning ma’lum qilishicha, hozirgi vaqtda “O‘zbekkino” tasarrufida oltita kinoteatr mavjud. Uning qo‘shimcha qilishicha, hozirda joylardagi kollej-litseylarning majlislar zallaridan kinoteatr sifatida foydalanish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. “Hozirgi vaqtda ‘O‘zbekkino’ Milliy agenligi, Savdo-sanoat palatasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligi tomonidan, kollej-litseylarning 200, 300, 400 kishilik zallaridan, darsdan bo‘sh vaqtda kinoteatr sifatida foydalanishni nazarda tutuvchi qo‘shma qaror tayyorlanmoqda”, — dedi Otabek Musayev. “Bu, dars tugadi, eshik ochildi, kirlaring, kino ko‘rlaring, degani emas. Yo‘q, to‘laqonli kinoteatr bo‘lishi, tomoshabin haqiqiy kinomuhitga kirishi kerak. Mazkur loyiha dastlab sinov tartibida Navoiy va Sirdaryo viloyatlaridagi kollej-litseylarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan”, — dedi “O‘zbekkino” rahbari. “Hali juda ko‘p tashkiliy masalalar bor. Misol uchun, chipta narxlari qanday bo‘ladi, tartib uchun kim mas’ul bo‘ladi — shu kabi masalalarni ishlab chiqish jarayonidamiz. Ushbu ishni amalga tatbiq qilsak, ancha kamchiliklar barham topardi”, — deya qo‘shimcha qildi “O‘zbekkino” Milliy agentligi bosh direktori Otabek Musayev.
96
1,901
Madaniyat
“Jonim yig‘loqi” filmi aprel oyining ikkinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi
Rejissor Otabek Mirzaxolovning “Jonim yig‘loqi” filmi aprel oyining ikkinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi. Bu haqda, Alisher Navoiy nomidagi kinosaroy tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslanib, jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi. Aprel oyining ikkinchi haftasi kinoreytingida “Jonim yig‘loqi” dan keyingi o‘rinlarni Rustam Sa’diyevning “Er bermoq, jon bermoq 2”, Iqbol Meliqo‘ziyevning “Ketaman dedimmi, ketaman”, Ulug‘bek Yunusovning “Ayg‘oqchi kampir 007”, Nozim To’laxo’jayevning “Oh, Salima, Salima” filmlari band etgan. Ma’lumot uchun, hozirda Alisher Navoiy nomli kinosaroyda “Hamroh”, “Isnod”, “Bebahoginam”, “Yettinchi qavat” “Seni sevdim” kabi filmlar namoyishi davom etmoqda. Filmlar namoyishlari jadvali bilan “Daryo.Afisha”da tanishish mumkin. 1-o‘rin. “Jonim yig‘loqi” (komediya) Rejissor – Otabek Mirzaxolov 2-o‘rin. “Er bermoq, jon bermoq 2” (komediyali melodrama) Rejissor — Rustam Sa’diyev 3-o‘rin. “Ketaman dedimmi, ketaman” (komediya) Rejissor — Iqbol Meliqo‘ziyev 4-o‘rin. “Ayg‘oqchi kampir 007” (komediya) Rejissor — Ulug‘bek Yunusov 5-o‘rin. “Oh, Salima, Salima” (komediya) Rejissor — Nozim To‘laxo‘jayev “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
105
1,242
Madaniyat
Ruxshona jiddiy mavzuda yangi tarona tayyorladi
O‘zbek estradasi vakili Ruxshona o‘z muxlislari uchun yangi tarona tayyorladi. Bu gal Ruxshona yangi ijod namunasiga o‘zgacha yondoshib, jiddiy mavzuga murojaat etishga qaror qildi, deb yozadi Popcorn.uz. “Hayot” nomini olgan tarona kelasi haftada, ya’ni 10-iyun soat 18:20 da “O‘zbegim taronasi” radiosi orqali taqdim etiladi. Xabarda qayd etilishicha, xonanda Ruxshona yana bir qator yangi qo‘shiqlar va videokliplar tayyorlashga kirishgan.
47
443
Madaniyat
Ledi Gaga Maykl Jeksonga tegishli ranchoni sotib olmoqchi
Ledi Gaga Kaliforniyada joylashgan Neverland ranchosining Maykl Jeksonga tegishli qismini sotib olmoqchi. The Sun nashrining xabar berishicha, xonanda bu ishi bilan ko‘chmas mulk savdosi bilan shug‘ullanmoqchi emas. Shunchaki pop qirolining farzandlari uchun otalarining nomini tiklab bermoqchi. foto: nydailynews.com OAV da tarqalgan ma’lumotlarga qaraganda, Ledi Gaga Maykl Jeksonning ashaddiy muxlislaridan biri hisoblanadi. Uning bu ishini siz qanday baholaysiz?
57
468
Madaniyat
Qilich ko‘targan politsiya formasidagi Uill Smit: “Yorqinlik”ning birinchi treyleri chiqdi
“Oskar” mukofoti taqdimoti marosimida bosh rolini Uill Smit ijro etgan “Yorqinlik” (“Bright”) fantastik filmining birinchi treyleri ko‘rsatildi, deya xabar bermoqda Meduza. Fantasy has become reality. Will Smith and Joel Edgerton star in Bright, only on @netflix. pic.twitter.com/FJueEhMFCO — Bright Film (@BrightNetflix) February 27, 2017 Uill Smit “Yorqinlik”da politsiyachi rolini ijro etgan (u kadrda qo‘lida qilich ko‘targan holda namoyon bo‘ladi). Film voqealari odamlar orklar bilan yonma-yon yashaydigan xayoliy olamda yuz beradi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
90
612
Madaniyat
Yangi “O‘rgimchak odam” filmining birinchi treyleri YouTube’ga joylashtirildi (video)
Sony Pictures kinostudiyasi YouTube’dagi sahifasida yangi “O‘rgimchak odam” filmining birinchi treylerini joylashtirdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda. Bosh rolni Tom Xolland o‘ynagan “O‘rgimchak odam: uyga qaytish” kartinasi 2017-yil, 6-iyulda ekranlarga chiqadi. Asosiy antiqahramon — Quzg‘un rolini “Byordmen” filmidagi ishtiroki bilan tanilgan Maykl Kiton ijro etgani bildirilmoqda. Filmni rejissor Jon Uotts suratga oldi. Kartinada kichik Robert Dauni, Zendaya va Marisa Tomey ham qatnashgan. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
85
669
Madaniyat
50 yoshli xonanda Janet Jekson farzand kutmoqda
Pop-musiqa qiroli Maykl Jeksonning singlisi, amerikalik xonanda Janet Jekson birinchi farzandini kutmoqda. Bu haqda The New York Post nashriga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda. 16-may kuni Janet Jekson 50 yoshga to‘ladi. Xonandaning o‘zi bu borada biror rasmiy bayonot bilan chiqmadi, ammo insayderlar turli dalillarga asoslangan holda bu axborotni tasdiqlamoqda. Jumladan, 41 yoshli qatarlik milliarder Vissam al-Manning rafiqasi bo‘lgan Jekson aprel oyida kutilmaganda barcha gastrol safarlarini bekor qilgan edi.
47
523
Madaniyat
“Avatar 4” filmining suratga olish ishlari boshlandi
Dunyoga mashhur rejissor Jeyms Kemeron “Avatar” filmi to‘rtinchi qismining suratga olish ishlari boshlanganini ma’lum qildi. Kinokartina anonsi o‘tgan hafta oxirida D23 Expo konvensiyasida bo‘lib o‘tdi. Kemeron tadbirda ishtirok etmadi, u videoaloqa orqali film muxlislariga murojaat qildi. Shuningdek, rejissor “Avatar” filmining ikkinchi va uchinchi qismlarida suratga olish ishlari parallel ravishda olib borilganini, shu sababli vizual jihatdan eng murakkab sahnalar oldindan suratga olinganini ta’kidladi. “Avatar 4” filmi 2026-yilda katta ekranlarga chiqishi kutilmoqda. Kinokartinaning beshta qismi suratga olinishi rejalashtirilgan, ularning oxirgisi 2028-yilda namoyish etiladi. “Avatar: Suv yo‘li” filmining premyerasi 2022-yilning 16-dekabrda bo‘lib o‘tadi.
52
769
Madaniyat
DXXning 30 yilligiga bag`ishlab telekanallarda yangi film namoyish etiladi
Avvalroq bugun DXX xodimlarining 30 yillik tantanasi ekani haqida xabar bergan edik.  Kinomotografiya agentligining qayd etishicha, sana munosabati bilan yangi "Mustahkam" filmi ishlab chiqilgan.  Ma`lumotga ko`ra, mazkur film Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan Davlat xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda “Spectre” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan. Unda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlarining mashaqqatli mehnati, kasbiy faoliyati yoritilgan.  Ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor Furqat Usmonov, postanovkachi operator Jahongir Ibragimov, ikkinchi rejissyor Muattar Mirredjabova, ijrochi prodyuser Davronxo`ja Abdug`aniev.  "Bugun, 26 sentyabr - Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari kuni munosabati bilan yurtimiz telekanallarida filmning ilk namoyishlari bo`lib o`tadi",- deyiladi agentlik xabarida.  Eslatib o`tamiz, film premerasi quyidagi vaqtlarda efirga uzatiladi:
74
898
Madaniyat
“Niqob” emas, “Kabelchi”: Gollivudning mashhur aktyor va aktrisalari qaysi rollari bilan faxrlanadi? (foto)
AdMe Gollivudning mashhur aktyorlari qaysi rollari bilan faxrlanishlarini va ular qanday filmlarni o‘zgacha iliqlik bilan yodga olishlarini aniqladi. Leonardo Di Kaprio — “Aviator” (2004) Di Kaprio turli darajadagi muvaffaqiyatli rollarning butun arsenaliga ega. Garchi uning “Muqaddima” filmi eng yuqori reytingga ega bo‘lsa-da, aktyorning o‘zi “Aviator” biografik dramasidagi ijrosi bilan faxrlanadi. Leo rolini ijro etgan milliarder uchuvchi Xovard Xyuz obsesiv-kompulsiv kasallikdan aziyat chekadi, bu esa aktyorga bolaligida boshdan kechirgan shu kabi muammolarni eslatib yuboradi. Jim Kerri – “Kabelchi” (1996) Jim Kerridan yaxshi ko‘rgan filmingizdagi rol qaysi deb so‘rashganda, u “Kabelchi” deb javob bergan. Ushbu filmdagi roli uchun aktyor 1990-yillarda rekord darajadagi 20 million dollar olgan. Qiziqarli tomoni shundaki, film kinoprokatda muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Sharliz Teron — “Maxluq” (2003) “Tentak Maks: G‘azab yo‘li” filmi IMDB reytingida 8,1, “Maxluq” esa atigi 7,3 ballga ega. Biroq Sharliz aynan mana shu “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan roli bilan faxrlanadi va buni o‘z karyerasidagi burilish nuqtasi deb biladi. Jennifer Eniston — “Tort” (2014) Ko‘pchilik teletomoshabinlar Jenniferni “Do‘stlar” komedik serialidagi Reychel Grin sifatida bilishadi. Biroq aktrisa dramatik rollarni ham qoyilmaqom ijro etishini isbotladi. Ulardan biri surunkali og‘riqdan aziyat chekadigan qiz Kler Bennetdir. U aynan “Tort” dramasidagi ijrosi bilan faxrlanadi va bu haqda “orzulardan tashqari rol” deb gapiradi. Jon Travolta — “Fanat” (2019) “Jinoiy asar” filmidagi roli Travoltani Gollivuddagi eng talabgir aktyorlardan biriga aylantirdi. Biroq Jon mazkur filmdagi Vinsent Vegani emas, balki 2019-yilgi “Fanat” filmidagi Los laqabli aqldan ozgan muxlisni o‘zining sevimli qahramoni deb biladi. Riz Uizerspun – “Qonundagi mallasoch” (2001) “Qonundagi mallasoch” Rizning filmografiyasida eng yuqori reytingga ega bo‘lmasa-da, lekin tomoshabinlar uning shu rolini ko‘proq yaxshi ko‘radi. Riz Uizerspunning o‘zi ham ushbu komediya qahramoni Elle Vudsni o‘zining sevimli qahramoni deb atagan. Aktrisa uning kuchi va qat’iyatiga qoyil qoladi. Bundan tashqari, El butun dunyodagi qizlar uchun haqiqiy motivator hisoblanadi. Skarlett Yoxansson — Marvel filmlari Skarlettning so‘zlariga ko‘ra, uning eng sevimli roli yuqori baholangan “Obro‘” filmidagi Oliviya emas, balki “Qora beva”dagi superqahramon roli. Marvel filmlarida suratga tushish aktrisa uchun haqiqiy tajriba bo‘ldi va butun filmlar seriyasi davomida qahramonning rivojlanishi Yoxanssonning shaxsiy o‘sishiga yordam berdi. Aktrisa Natasha Romanoff roliga juda mas’uliyat bilan yondashdi, hatto o‘zi ham mototsiklda bir nechta tryuklarni bajardi. Bred Pitt — “Jessi Jeymsning qo‘rqoq Robert Ford tomonidan o‘ldirilishi” (2007) Aktyorlarning sevimli kartinalari ichida tijoriy muvaffaqiyatiga erisha olmagan film ham bor. Bred Pitt o‘zining Jessi Jeyms roli bilan faxrlanadi. Odatda Bred ishtirokidagi film bir zumda mashhur bo‘lib ketadi, ammo mazkur film bundan mustasno — aktyorning eng yomon ishlaridan biri hisoblanadi. Eng yuqori reyting “Jang klubi” filmiga berilgan. Rayan Reynolds — “Bosh qahramon” (2021) “Dedpul” Rayan Reynoldsning filmlari orasida eng yuqori reytingga ega, ammo aktyorning o‘zi “Bosh qahramon”dagi roli bilan faxrlanadi. Komediya bank xodimi haqida hikoya qiladi, u kutilmaganda atrofidagilar va o‘zi videoo‘yin ekanini bilib qoladi.
107
3,443
Madaniyat
Namangandagi mahalla guzarida xalq kutubxonasi ochildi. Kitobni shu yerda o‘qiganlarga muzqaymoq bepul beriladi
Yangiqo‘rg‘on tumanidagi “Rovut” mahallasi guzarida joylashgan “Mubina” qahvaxonasi qoshida “Mahmudjon hoji” nomli xalq kutubxonasi ochildi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi. Kutubxona uchun tadbirkor Ma’rufjon Inomov tomonidan 1000 dona kitob xarid qilindi. Ular orasida diniy-ma’rifiy, badiiy, ijtimoiy-siyosiy va bolalar uchun mo‘ljallangan adabiyotlar bor. Aksariyati baland narxdagi kitoblar. “Kartoteka yuritishni boshladik — pasport nusxasi va surat olib kelib, kutubxonamizga a’zo bo‘lish mumkin. Bir oygacha muddatga 2 donadan kitob beriladi. Aytgancha, shu yerda kitob mutolaa qilgan mijozlar uchun muzqaymoq bepul”, — deydi tadbirkorning o‘g‘li Murodilla Inomov.
111
695
Madaniyat
“Qora niyat”dagi Shahika — Nesrin Javadzade haqida qiziqarli faktlar
2016-yil Show TV kanalida efirga uzatilgan Kış Güneşi (“Qish quyoshi”) filmidagi Efruz roli bilan takror ekranga qaytgan Nesrin Javadzade bugun nafaqat Turkiyada, balki turk seriallarining butun dunyodagi ishqibozlariga ham yaxshi tanish. O‘zbekistonlik tomoshabinlar Nesrinni “Qora niyat” serialidagi Shahika obrazi orqali yaxshi biladi. Quyida Nesrin Javadzade haqidagi ma’lumotlarni taqdim etamiz. View this post on Instagram Nesrin Javadzade 1982-yil 30-iyulda Ozarbayjonda tug‘ilgan. U asli bokulik bo‘lishiga qaramay, hozirgi paytda Turkiyaning mashhur aktrisalaridan biri. Bolaligida ota-onasi bilan Istanbulga ko‘chib kelgan Nesrin o‘rta ma’lumotni poytaxtda oladi. Keyin Marmara universitetining Televideniye va kino fakultetiga o‘qishga kirdi. Darslar davomida o‘qituvchilari Nesrinning iste’dodi va shijoatini payqadi va uning aktyorlik sohasini tanlaganini juda to‘g‘ri deb baholashdi. Bo‘lajak aktrisa turli kastinglarda qatnasha boshladi. Nesrinning ilk debyuti 2004-yilda suratga olingan “Suv ustida sayr” filmi edi. Uch yildan so‘ng aktrisa ko‘p qismli “Uysiz” serialida paydo bo‘ldi. Jemal Shan rejissorligidagi “Dilbarning sakkiz kuni” filmi Nesringa katta muvaffaqiyat olib keldi. Aktrisa aynan ushbu roli uchun Antaliya kinofestivalining “Oltin apelsin” mukofotini qo‘lga kiritdi. “Xavfli sevgi” teleserialida ijro etgan obrazi Javadzadeni nafaqat Turkiya, balki boshqa mamlakat kino muxlislariga ham yaqindan tanitdi. View this post on Instagram Nesrin Javadzadening filmografiyasida 8 ta serial, 11 ta to‘liq metrajli film bor. Aktrisa 2008-yilda Bursa shahrida o‘tkazilgan “Ipak yo‘li” festivalida “Eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasini hamda “Dadas” mukofotini olgan. Aktrisa Nesrin rejissor Erol Mintashning birinchi to‘liq metrajli “Onamning qo‘shig‘i” va urush haqida hikoya qiluvchi “So‘nggi maktub” filmidagi rollari bilan 51- “Oltin apelsin” kinofestivalida “Eng yaxshi ayol aktrisa” nominatsiyasi g‘olibi bo‘lgan. Javadzadening shaxsiy hayoti haqida ma’lumotlar kam. Yaqinda fotomuxbirlar Istanbuldagi savdo markazida aktrisani sevgilisi bilan birga suratga olgan. Ammo ular turli tomonga ketib, bir-birini tanimasliklarini ta’kidlagan. Nesrin “Qora niyat”dagi “ashaddiy dushmanlari” — Yildiz va Ender bilan hayotda yaqin dugonalar. Aktrisa Instagram’dagi sahifasiga ular bilan tushgan suratlarini tez-tez joylab turadi. View this post on Instagram Nesrin Javadzade haqida qiziqarli faktlar:  “Elchining qizi” serialidagi hamkasbiga oshiq bo‘lgan Engin Akyurek haqida faktlar
68
2,555
Madaniyat
Kianu Rivz “Matritsa” filmidan olgan gonorarining 70 foizini nimaga sarflagani haqida so‘zlab berdi
Kianu Rivz “Matritsa”ning original, birinchi qismidan tushgan daromadlarining katta miqdorini saraton kasalligini o‘rganish uchun xayriya qilgan. Bu ma’lumot oradan 20 yil o‘tib ma’lum bo‘ldi. Ta’kidlanishicha, aktyorga ilmiy-fantastik filmda suratga tushgani uchun bo‘nak (avans) sifatida 10 million dollar to‘langan kartina muvaffaqiyatga erishganidan keyin esa u yana 35 million dollar ishlab topgan. Lad Bible’ning ma’lumotlariga qaraganda aktyor daromadining 70 foizini, ya’ni 31,5 million dollarni leykemiyani tadqiqot qilib o‘rganishga sarflagan. O‘sha vaqt singlisi Kim 8 yildan buyon ushbu dahshatli kasallik bilan kurashib kelgani sabab ham Rivz bunday qarorga kelgan. Kimga 1991-yilda qon saratoni tashxisi qo‘yilgan va u 2001-yil kasallik alomatlari vaqtincha zaiflashgunicha saraton bilan kurashgan. Kianu Kim tuzalganidan keyingi bir necha yil davomida ham pul ajratishda davom etgan, shuningdek, u saratonga qarshi kurashish va bolalar shifoxonalariga yordam berishni maqsad qilgan fondga yashirincha asos ham solgan. 2020-yilda Rivz o‘zi bilan 15 daqiqalik ko‘rishishni auksionga qo‘ygan va tushgan mablag‘ni Camp Rainbow — Aydaho shtatidagi saraton kasalligiga chalingan bolalar uchun yozgi dastur Gold’ga sarflashini ta’kidlagan. Auksionda g‘olib 19 ming dollardan ko‘p mablag‘ to‘lagan.
99
1,306
Madaniyat
Bitiruvchilar madhiyasi — “Xayr maktabim” 22 yoshda: Qo‘shiq qanday yaratilgani hamda unga nima sababdan kamxarj klip olingani haqida (video)
“Setora” guruhi va Ravshan Sobirov tomonidan ijro etilgan “Xayr maktabim” qo‘shig‘i o‘zbek maktab bitiruvchilarining madhiyasiga aylangan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu yil mazkur qo‘shiqning ijro etilganiga 22 yil bo‘ladi. O‘tgan vaqt mobaynida bu qo‘shiqni tinglab, ijro etib qanchadan-qancha o‘quvchilar maktabni tamomladi. “Daryo” muxbiri Nargizaxon Murodova qo‘shiq bilan bog‘liq qiziqarli ma’lumotlarni olish maqsadida uning ijodkorlari bilan suhbatlashdi. Qo‘shiq g‘oyasi kimga tegishli? 2000-yili “Tarona Records” studiyasining asoschisi Ravshan Yo‘ldoshev bastakor Husan Sodiqovga maktab bitiruvchilariga bag‘ishlab qo‘shiq yaratish taklifini beradi. Xonanda Ravshan Sobirovning amakisi Husan Sodiqov o‘sha paytda jiyani bilan birga respublika bo‘ylab o‘tkazilayotgan gastrol safarlari bilan band edi. U ijodiy safar chog‘ida qo‘shiqning ilk variantini yaratadi. Uni yaratishda Ravshan Sobirovning safardagi sozandasi Odiljon Mahmudov sintezatorda dastlabki musiqiy bezakni chalib bergan. Husan Sodiqov musiqa professional bo‘lishi uchun uni “Bolalar” guruhi musiqiy bezakchisi Vagif Zokirovga yuborgan. U qisqa vaqtda gitara solasini qo‘shib, Husan Sodiqovga tayyor musiqani ko‘rsatgan. Klipni Bahodir Yo‘ldoshev suratga olgan Hozirda Rossiyada yashaydigan hamda rus estradasida yaxshi klipmeyker sifatida tanilgan Bahodir Yo‘ldoshev ilgari “Tarona Records”ning doimiy hamkorlaridan biri bo‘lgan. Ravshan Yo‘ldoshev “Xayr maktabim” klipini suratga olishni unga topshiradi. Klip poytaxtdagi 145-maktabda ikki kun davomida suratga olingan. Qo‘shiq ijrochilarining ta’kidlashicha, ular klip ssenariysini yozishga ham ulgurishmagan. “Setora” guruhi qizlarining maktab liboslarini Ravshan Yo‘ldoshevning ayoli (xonanda Lolaning onasi) Gulnora Yo‘ldosheva topishga ko‘maklashgan. Qo‘shiq va klip ilk marta 2000-yilning 25-may kuni omma e’tiboriga havola etilgan. “Setora” guruhining vakili Kamila Xo‘jayeva “Xayr, maktabim” qo‘shig‘ining yaratilishini quyidagicha eslaydi. —Biz “Tarona Records”ning topshirig‘iga ko‘ra “Xayr, maktabim” qo‘shig‘ini ijro etganmiz. Rosti, u paytda qo‘shiq bu qadar ommalashib ketishini kutmagandik. Chunki klip uchun deyarli mablag‘ sarflanmagan, qo‘shiq ham shoshilinchda yozilgan. Klip olinadigan kuni sujet qanday bo‘lishini ham bilmasdik. Faqat bizda “Hammasi tabiiy bo‘lsin, uni ko‘rganlar maktab xotiralarini eslashsin”, degan niyat bo‘lgan xolos, — deydi Kamila Xo‘jayeva. — 2000-yili Ravshan Sobirov ketma-ket xit qo‘shiqlarni ijro etib, xalq og‘ziga tushayotgan ijodkor edi. Uning qo‘shiqlarini men yozib berardim. “Tarona Records” asoschisi Ravshan Yo‘ldoshev hamkorlikda ishlashni taklif etdi. “Setora” guruhi uning ilk prodyuserlik loyihasi edi. Bir kuni Ravshan aka bitiruvchilarga bag‘ishlab qo‘shiq yozishimni so‘radi. Musiqasini yozgach, shoir Bobur Bobomurod bilan bog‘landim. Ko‘p o‘tmay u she’r yozib jo‘natdi. She’r yaxshi edi, ammo to‘liq adabiy qoidalar asosida yozilgani uchun so‘zlar musiqa bilan uyg‘unlashmadi. Musiqa bor she’r yo‘q, deb o‘tirganimda xayolimga “25-may bahorning so‘nggi kuni bo‘ladi va shu kun bolalik ham tugaydi”, degan fikr keldi. Bahorning so‘nggi kunlari Tugar bolalik chog‘lari Jaranglaydi so‘nggi qo‘ng‘iroq Xayr maktabim, xayr do‘stlarim, sho‘xligim. Mana shu misralarni yozgach, qolganini ham musiqaga moslab o‘zim yozishim kerak, degan qarorga keldim. Ravshan Sobirov va “Setora” guruhining duet kuylashi shunchaki tasodif bo‘lmagan. Bunga guruh prodyuseri Ravshan Yo‘ldoshev bilan kelishuvimiz sabab bo‘lgan. U paytlarda radiolar uncha ko‘p bo‘lmasdi. Klip ham birgina “30 kanal”da premyera qilingan. Ammo tezda odamlarning og‘ziga tushib, bitiruvchilar madhiyasiga aylangan, — deydi Husan Sodiqov. Xonanda Ravshan Sobirov “Xayr, maktabim” qo‘shig‘i bitiruvchilar uchun o‘tkaziladigan konsert oldidan shoshilinchda yozilganini quyidagicha eslaydi. — Ravshan Yo‘ldoshev “Turkiston” san’at saroyida “Setora” guruhi bilan konsert berishimizni so‘ragandi. Faqat konsert oldi shu mavzuda biror qo‘shiq yaratishni taklif qildi. “Qo‘shiq sizlardan, klip xarajati esa mendan”, dedi. 24—25-may kunlari konsert, ammo gastrol konsertlaridan bo‘shamay yurgan kezlarimiz edi. Samarqanddagi konsertdan charchab qaytgach Odil akaning uyida qo‘shiq g‘oyasi paydo bo‘lgan. Ba’zilar qo‘shiq sho‘x, yoshlarbop bo‘lishi kerakligini aytganida Husan Sodiqov “Bitiruvchilar bu quvonchli kunda yig‘lashadi, demak musiqa ham shunga hamohang bo‘lishi kerak”, degandi.  “Turkiston”dagi konsert kutilganidan ham a’lo o‘tdi, qo‘l telefonlar yo‘q bo‘lsa-da, tinglovchilar radiolarga qo‘ng‘iroq qilib qayta-qayta shu qo‘shiqni so‘rashardi, — deydi xonanda Ravshan Sobirov. 2015-yili guruh vakili Leyla Ravshan Sobirov bilan “Xayr, maktabim” qo‘shig‘ini qaytadan ijro etdi. Yangi ijroni guruhning boshqa vakillari qanday qabul qilishdi? Bu savolga xonanda Kamila Xo‘jayeva quyidagicha javob berdi. — 2015-yili Shveysariyada edim, guruhdan faqat Leyla Toshkentda edi. Shu bois u Ravshan Sobirovning taklifini rad etmadi. Feruza ham qo‘shiq qaytadan kuylanishiga qarshi bo‘lmadi. Qo‘shiq bitiruvchilar madhiyasi u qayta va qayta yangi versiyada ijro etilaveradi. Bundan faqat xursand bo‘lamiz, — deydi xonanda Kamila Xo‘jayeva. Maktab va so‘nggi qo‘ng‘iroq mavzusidagi boshqa qo‘shiqlar “Xayr, maktabim” qo‘shig‘ini bitiruvchilar madhiyasi deb hisoblasak ham undan avval ijro etilgan “Ey sinfdosh” taronasi ham mashhurlikda undan qolishmaydi. Mazkur taronani 31 yil avval andijonlik bitiruvchi yigit ustozlari va sinfdosh do‘stlariga bag‘ishlab ijro etgan. Qo‘shiqning so‘zi va musiqasi ham ijrochining o‘ziga tegishli. Keyinchalik u Janob Mirzo taxallusi bilan ijod qilgan. Ammo “Ey sinfdosh” qo‘shig‘ini Janob Mirzodan so‘ng ko‘plab ijodkorlar ham qayta kuylagan. Janob Mirzo “Ey sinfdosh”  Sirdaryolik xonanda Asatillo Xoliqov 1998-yili “So‘nggi qo‘ng‘iroq” nomli qo‘shiqni ijro etgan. U paytlarda ijtimoiy tarmoqlar rivojlanmagan bo‘lsa-da, qo‘shiq qisqa vaqtda omma e’tiboriga tushgan. Xonanda mazkur qo‘shiqning she’rini navoiylik shoir Murod Mengliboyevning kitobidan olgan. So‘ng bastakor Alisher Ikromovga musiqa bastalatgan. Qo‘shiq o‘sha yili o‘tkazilgan “O‘zbekiston — vatanim mani”  qo‘shiqlar tanlovida g‘olib bo‘lgan. Asatillo Xoliqov — “So‘nggi qo‘ng‘iroq”  Quyida san’at ixlosmandlari tomonidan yaxshi qarshi olingan maktab va sinfdoshlar mavzusidagi boshqa qo‘shiqlar ham keltiriladi. Xurshid Rasulov “Sinfdosh”  Lola — “Maktab”  Shuhrat Daryo — “Sinfdosh qiz”  Jahongir Otajonov — “Sinfdosh qiz”  Hamdam Sobirov —  “Maktabimda” Otabek Mutalxo‘jayev — “Xayr, maktabim” Nilufar Usmonova —  “Maktab” Sharof Muqimov — “Xayr, maktabim”
141
6,623
Madaniyat
Amerikalik aktrisa Niki Minaj talabalarning o‘qish pulini to‘lab berishga va’da berdi
7-may kuni amerikalik aktrisa va xonanda Niki Minaj Twitter’dagi sahifasida yangi Regret In Your Tears nomli taronasi uchun tanlov e’lon qildi va bu tanlov xayriya aksiyasiga aylanib ketdi, deb xabar bermoqda TJournal. Tanlov shartlariga muvofiq, muxlislar yangi tarona uchun raqsli kreativ video suratga olishi lozim edi. G‘oliblar aktrisa bilan studiyada ko‘rishish yoki Billboard Music Awards mukofotini topshirish marosimiga birga tashrif buyurishi mumkin edi. Kutilmaganda tanlov xayriya aksiyasiga aylanib ketdi. Bunga Minaj muxlislaridan birining aktrisaga Twitter’da yozgan savoli sabab bo‘ldi. Muxlis aktrisadan “Mening o‘qish pulimni to‘laysizmi?”, — deb so‘radi. Aktrisa bunga darrov “Baholaringiz hammasi besh ekanligini ko‘rsating va buni o‘qish joyingiz tasdiqlasa, to‘layman. Yana kim ushbu tanlovda ishtirok etmoqchi? Men jiddiy gapiryapman. Boshlaymizmi?” — deb javob qaytardi. Qisqa muddat ichida aktrisaga baholar, moliyaviy ahvol haqidagi yuzlab hujjatlar, ta’lim olgach, erishilmoqchi bo‘lgan global maqsadlar yoritilgan matnlar kelib tushdi. Minaj talabalarga to‘liq javob berdi, aniqlashtirish uchun savollar berdi va qarzni to‘lashga va’da berdi. Agar to‘lov katta mablag‘ talab qilsa, ularning bir qismi uchun pul ajratishini ma’lum qildi. Muxlislari bilan bir soat davom etgan suhbat so‘ngida Minaj 8-may kuni o‘nlab talabaning o‘qish pulini to‘lab berishini aytdi.
85
1,392
Madaniyat
​O`ZBEKISTON DAVLAT YoShLAR TEATRI 90 MAVSUMINI BOShLADI
Ushbu mavsumni bolalarning sevimli ertagiga aylangan "Ming bir kecha" turkumidan "Alovuddinning sehrli chirog`i" tomoshasi ochib berdi. Do`stlik, ezgulik, mo`jizalarni o`zida mujassam etgan spektakl yorqin chiqishlar, chiroyli sahna bezaklari, aktyorlarning mahoratli ijrolari bilan o`ziga xos tarzda namoyish etildi. Toshkent yosh tomoshabinlar teatri 1928 yil 30 aprelda tashkil topgan. Ikki tashabbuskor - shifokor S.Eten va rassom S.Malt teatrni "Tom amakining xarobasi" spektakli bilan ochib berdilar. Yangi teatr jamoasi o`zining sharafli tarjimai holini shaxsiy imoratisiz, dekorasiya va kostyumlarsiz, ammo ulkan, bolalarga quvonch hadya etish niyati bilan boshladi. 1991 yilda N.Abdurahmonov Yosh tomoshabinlar teatri boshqaruvini qabul qilib oldi va 1988 yilda u tomonidan tashkil qilingan "Dard" teatr-studiyasi ijodiy guruhi Yosh tomoshabinlar teatri jamoasi bilan tabiiy ravishda qo`shilib ketdi. N.Abdurahmonov teatrga kelishi bilan Yosh tomoshabinlar teatri rivojlanishning yangi bosqichiga ko`tarildi. U nafaqat teatrning butun tuzilish tizimini o`zgartirgan badiiy rahbar, balki yangidan-yangi g`oyalar beruvchi ijodkor bo`lib, o`zining bo`lajak aktyorlarni tayyorlash tizimiga ega edi. 1991 yilda teatr qoshida aktyorlik mahorati va boshqa yo`nalishlar bo`yicha saboq beradiga maktab-studiya tashkil qilinadi. Mazkur maktabning eng sara bitiruvchilari teatr jamoasiga qabul qilinadi. Ichki hayotdagi va tashqi siyosatdagi o`zgarishlar 1998 yilda teatrning O`zbekiston yoshlar teatri deb qayta nomlanishiga olib keldi. Qisqa muddat ichida Nabi Abdurahmonov Yoshlar teatrini mamlakatning eng etakchi jamoalari safiga olib chiqdi. Mazkur teatrni nafaqat yurtimizda, balki chet ellarda ham juda sevishadi va bajonidil gastrol safarlari va xalqaro festivallarga taklif qilishadi. 1997 yildan teatr Bolalar va yoshlar teatrlari xalqaro Assosiasiyasi a`zosi hisoblanadi. Nabi Abdurahmonov esa uning O`zbekistondagi Markazi prezidenti etib saylangan. Bugungi kunda teatr juda ko`p chet davlatlarda ham o`z muxlislariga ega hamda bir qator davlatlar elchixonalari va badiiy yuksak san`at bilan qiziqqan bir qancha tashkilotlar bilan aloqa o`rnatgan.
56
2,163
Madaniyat
​Birinchi rejissyor ayol – 80 yoshda!
U o`zbek kinosini butun jahonga tanitgan birinchi rejissyor ayol. O`zbek kinosining faxri – Qamara Kamolova 9 dekabr sanasida 80 yoshga to`ldi. San`at ustasini qutlug` yoshi bilan muborakbod etish maqsadida uchrashdik. — Qamara opa, qutlug` 80 yoshingiz muborak bo`lsin! — Tashakkur! — 27-30 noyabr kunlari poytaxtimizda «PROLogue» IV xalqaro kinofestivali bo`lib o`tdi. Tadbir haqidagi taassurotlaringiz qiziq. — Odatda, bu kabi festivallarda tashabbuskor, haqiqiy kino jonkuyarlari ishlashadi. Festival yosh kinoijodkorlarni yanada ruhlantiradi, izlanishda davom etishlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Festival bugungi kun kinosining qanday holatda ekanini ko`rsatadi. «PROLogue»IV xalqaro kinofestivalida bir-biridan yaxshi filmlar namoyish etildi. Tadbirda biz – kinochilar qadrdon do`stlarimiz bilan uchrashdik. Marosim tashkilotchilaridan minnatdorman! — Siz suratga olgan «G`alati sarguzasht», «Rahim va qo`ng`iz», «Іakalak», «Qizcha va yulduzcha», «Velosiped qochib ketdi» nomli multfilmlarni hozir ham bolalar sevib tomosha qilishadi. Nima sabab bo`lib katta kinoga o`tib ketgansiz? — 1964 yili «O`zbekfilm»ga ishga kelganimdayiliga 3-4 ta film suratga olinardi. Rejissyorlar ko`p edi. Shu kezlar multiplikasiya sexi ish boshlagan,«Multiplikasiyada bo`lsa ham rejissyor bo`lib ishlashim mumkin», deb o`ylaganman. O`n yil davomida o`nta multfilm ishladim. Ammo «Nima qilsam badiiy film suratga olaman», deb o`ylayverardim. Bu mening eng katta orzum edi. Dastlab «Achchiq danak» (“Gorkaya yagoda”) to`liq metrajli filmi ssenariysini yozdim. Biroq mutasaddilar ssenariyni boshqa tajribali ssenariynavis yozishi kerak, degan fikrni bildirishdi. So`ng Moskvadan boshqa bir ssenariynavisni chaqirtirishdi. Men uchun titrda kimning ismi turishi muhim emasdi. Filmni esa o`zim o`ylagandek, istaganimdek suratga olganman. Shu tariqa rejissyorlikda ish boshlaganimga o`n yil to`lganida kinoga kirib keldim. — Nima uchun ko`p film suratga olmaysiz? — Chunki yuragim buyurganini suratga olaman. — O`zbek kinosining ko`pgina aktyor – aktrisalari sizning filmlaringizda kashf qilingan. Ulardan biri Ra`no Shodieva. Ra`noxonni ko`chada, tasodifan ko`rib qolib, kinoga taklif qilganingiz rostmi? — Ha, haqiqatan ham shunday bo`lgan. Menga yuzidagi sepkillari yoqib qolgandi. U «Atrof oppoq qorga burkandi» filmida suratga tushgan. — Bugun ko`pchilik rejissyorlar o`z jamoasi bilan ishlayapti. Kelgusidagi filmlaringiz uchun aktyorlar ansamblini jamlamoqchi bo`lsangiz, kimlarni taklif etasiz? — Suratga olish maydonchasida begonalardan ko`ra, o`zing bilgan kishilar bilan erkin ishlash zavq bag`ishlaydi. Yangi film uchun Seydulla Moldaxanov, Behzod Hamroev, Ra`no Shodieva, Zarina Nizomiddinovalarni taklif etsam kerak. — Filmlaringizda o`zingiz rol ijro etganmisiz? — Yo`q. — Nima uchun? — Negadir kameradan cho`chiyman. Ko`rsatuvlarga taklif etishsa ham ko`pincha, rad etaman. Kamera qarshisida so`zimni unutib qo`yayotgandek bo`laveraman. — Televidenie orqali namoyish etilayotgan seriallar kinokartinalar bilan raqobatlasha olyapti, desak bo`ladimi? — Yo`q, bu fikrga qo`shilmayman. Nazarimda, kinoteatrga tashrif buyuruvchilar soni kamaygandek. Lekin odamlar yoppasiga kinozallarga borib, film tomosha qiladigan paytlar ham keladi. Yaxshi film uchun seriallar hech qachon raqobatchi bo`lolmaydi. Bundan tashqari, seriallar televizion filmlardir, ularningo`ziga xos spesifikasi bor. Filmlar esa badiiy hisoblanadi. Ikkalasining bir-biridan farqli tomonlari ko`p. — Hamkasblaringizning yangi filmlari taqdimotiga borib turasizmi? — Albatta, borishga harakat qilaman. Chingiz Aytmatovning «Sarvqomat dilbarim» asari asosida suratga olingan film yoqdi. Aktyorlar rollarini yaxshi o`ynashgan. Rejissyor ham ishiga sidqidildan yondashgan. — Ayol rejissyor uchun eng muhim fazilatlar nima? — Eng avvalo, irodasi kuchli, bir ishga shaylandimi, uddalamog`i, atrofiga o`ziga kerakli odamlarni to`plashga erishmog`i kerak. Agar rejissyor yumshoqtabiat bo`lsa, ko`p narsaga erisha olmaydi. Dastlab meni ham kichik jussali, ko`ngilchan deb o`ylashgan. Lekin zarurat tug`ilsa, vaziyatni o`zim istagandek boshqara olardim. Suratga olish maydonchasida juda ko`p savollar tug`iladi, juda ko`p odamlar to`planadi. Ular sizdan nimadir istashadi va fikringizni o`zlari bilmagan holda bo`lishga harakat qilishadi. Agar rejissyor diqqat-e`tiborini bir joyga jamlamasa, qiyin daqiqalarda o`zini qo`lga ololmasa, hech kim uni eshitmaydi. Rejissyorda ichki prinsiplar mustahkam bo`lishi, har qanday holatda o`z «meni»ni ko`rsata olishi lozim. Ana shunda uning hurmati baland bo`ladi. — Bo`lg`usi kinorejissyorlarga aytar so`zlaringiz bormi? — Yosh kinorejissyorlar kasbni puxta o`rganishlari kerak. Kino qonunlari, dramaturgiya bilan yaqindan tanishib, asta-sekin mahoratlarini oshirib borishlari zarur. Iqtidor hammaga ham berilavermaydi. Ular o`zlaridagi iqtidordan to`g`ri foydalana olsalar yaxshi film yaratishga muvaffaq bo`lishadi. Buning uchun hayotni juda ziyraklik bilan kuzatish va o`rganish lozim. Hali yoshman, o`rganishga ulguraman deb xato o`ylashmasin. Imkoniyat borida faqat olg`a intilish kerak. Ilk mukofotimni «Achchiq danak» filmi uchun Moskva festivalida qo`lga kiritgan edim. Faoliyatim davomida Parij, Rim, Florensiya, Qohira, Berlin, Tunis, Karlova Vari kabi ko`plab shaharlarda o`tkazilgan xalqaro kinotanlovlarda hakamlar hay`ati a`zosi, faxriy mehmon sifatida, shuningdek, o`z filmlarim bilan qatnashganman. Eng birinchi aktrisam Dilnoza Rasulova ismli qizaloq bo`lgan. O`shanda u 4 yosh edi. Shu qizcha «Ertaga chiqasanmi?» nomli filmimda suratga tushgan. Mendan keyin u juda ko`p filmlarda o`ynadi, Moskvada institutda o`qidi. Ra`noni 13 yoshida ko`chada uchratib qolganman. O`shanda yonida dugonalari bor edi. Ular «Kinoga shu qizni oling, juda yaxshi qiz», deyishgan. Shundan keyin filmda suratga tushish uchun uni Buxoroga olib ketdik. Ra`no bilan ishlash qiyin bo`lmagan. Ishchan, aqlli, ziyrak qiz edi. Meni «Birinchi ustozim, kinodagi onam», deb e`zozlaydi. MA`LUMOT MOІINUR suhbatlashdi.
37
6,014
Madaniyat
“Yura davri olami” filmi jahon prokatidagi birinchi haftada 511 million dollar ishladi
“Yura davri olami” (“Jurassic World”) filmi to‘liqsiz bir haftadagi kassabopligi bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi. “TASS” xabariga ko‘ra, dastlabki namoyishi o‘tgan chorshanba kuni boshlangan film 15-iyun, dushanba kuniga qadar jahon prokatida 511,8 million dollar to‘plashga muvaffaq bo‘lgan. Shunday qilib, film kinematografiya tarixida birinchi haftaning o‘zida yarim milliard dollar to‘plagan ilk kartinaga aylandi. Bungacha bu boradagi rekord 2011-yilda ekranlarga chiqqan “Garri Potter va O‘lim tuhfalari. 2-qism” filmiga tegishli edi – o‘shanda bu film bir haftada 483,2 million dollar to‘plagandi. Amerikalik rejissyor Kolin Trevorrou tomonidan suratga olingan “Yura davri olami” filmi namoyishi bir qator davlatlarda chorshanba kuni, AQSHda esa payshanba oqshomida boshlangandi va hozirgi vaqtda 68 mamlakat kinoteatrlarida namoyish etilmoqda. 15-iyun, dushanba kuniga kelib film AQSHda 204,8 million, Xitoyda 100 million, Buyuk Britaniyada 29,6 million, Meksikada 16,2 million, Janubiy Koreyada 14,4 million, Fransiyada 12,5 million, Avstraliyada 12,1 million, Germaniyada 11 million dollar to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. Filmni suratga olish uchun 150 million dollar sarflangan. Bu “Yura davri xiyoboni” serialining to‘rtinchi qismi hisoblanadi. Serialning dastlabki filmi 1993-yili mashhur rejissyor Stiven Spilberg tomonidan suratga olingan. Hozirgi kunga qadar “Yura davri xiyoboni” seriali umumiy 2 milliard dollardan ortiq pul ishlagan.
86
1,451
Madaniyat
Yashil va siyohrang tenni umumlashtirib, o‘ziga xos makiyaj qilish mumkinligi Lili Kollinz misolida
Gollivud yulduzi Lili Kollinz “Oltin globus — 2021” taqdirlash marosimi uchun Instagram’da @fionastiles nomli sahifaga ega bo‘lgan vizajist Fiona Staylzga murojaat qildi. Aktrisaning go‘zalligiga urg‘u berish uchun Lancome brendining kosmetik vositalaridan foydalangan Fiona ko‘z qovoqlariga ikki xil rangdagi ten surtish va lablarni nyud uslubida bo‘yash orqali esda qolarli obraz yaratishga muvaffaq bo‘lgan. Mutaxassis ulama kipriklardek, ammo shu bilan birga tabiiy ko‘rinishi uchun Lilining kipriklariga bir necha qatlam tush surtgan. Siyohrang tenni tepa qovoqqa surtishni ma’qul bilgan mutaxassis pastki qovoq uchun yashil rangdan foydalangan. Bir-biriga zid ekaniga qaramay, mazkur ranglar obrazda uyg‘un ko‘rinibgina qolmay, aktrisaning yashil rangdagi ko‘zlariga yanada urg‘u bergan. Buning hisobiga Kollinzning nigohlari shahlo va makiyaji o‘ziga xos bo‘lgan. Qolaversa, ushbu makiyaj aktrisaning libosiga to‘liq mos tushgan. Sochlarini bir tarafga jingalak qilib tashlagani hamda tilla rang ziragi bilan Lili boshqalardan ajralib turgan.
99
1,051
Madaniyat
Mashhur fransuz qo‘shiqchisi Sharl Aznavur vafot etdi
Mashhur fransuz qo‘shiqchisi, shansonyesi va bastakori Sharl Aznavur vafot etdi. Bu haqda AFP agentligi ma’lum qildi. Sharl Aznavur 94 yoshda edi. Kelib chiqishi armani bo‘lgan Sharl Aznavur fransuz shansonining eng ko‘zga ko‘ringan namoyandalaridan biri edi. Bundan tashqari, u bastalagan qo‘shiqlar Selin Dion, Bob Dilan, Xulio Iglesias hamda jahon musiqasining boshqa klassiklari tomonidan kuylangan.
53
404
Madaniyat
Jim Kerri 60 yoshda: Kambag‘al oiladan chiqqan yigit qanday qilib Gollivud yulduziga aylandi? (foto)
Gollivudning mahoratli aktyori Jim Kerri 2022-yi 17-yanvar kuni 60 yoshga kirdi. Jim Kerri yubileyi sharafiga uning yulduzli sayohati qanday boshlangani va Amerikadagi eng ko‘p gonorar oluvchi aktyorlardan biriga aylangani haqidagi maqolani e’tiboringizga havola etamiz. Katta va kambag‘al oila Jim Kerri Kanadada ko‘p bolali oilada tug‘ilgan — u to‘rtinchi farzand. Bo‘lajak aktyorning onasi iste’dodli qo‘shiqchi edi, lekin bolalari tug‘ilganidan keyin u karyerasini tugatishga qaror qildi. Keyinchalik ayol ruhiy kasallikka chalinib, bor kuchi bilan xotini va bolalarini boqishga uringan oila boshlig‘ini yanada ko‘proq tashvishga soldi. Biroq kunlarning birida ota ham hisobchi lavozimidan ayrilib, oilasi bilan sarson-sargardon yurishga majbur bo‘ldi. Keyin Kerri furgonda yashadi va har qanday ishda ishladi. “16 yoshimda oilam jamiyatning eng tubiga tushib ketdi. Biz bolalar ishlashimizga to‘g‘ri keldi. Biz hojatxona o‘rindiqlarigacha tozalaydigan oilaviy ishchi guruhiga aylangandik. Men butun dunyodan nafratlanardim — hayot otamga shunday munosabatda bo‘lganidan juda xafa bo‘lgadim ”, — deydi Jim. Ta’lim o‘riniga ish Oiladagi qiyinchiliklar tufayli Kerri maktabni tark etishga majbur bo‘ldi. Dars o‘rniga u ishga ketdi: yigit shveysar, qo‘riqchi va farrosh edi. Bular bo‘lajak aktyorga hech qachon tugamaydigandek tuyulardi. Kamtar yigit Jim bir paytlar uyatchan odam bo‘lganiga hozir ishonish qiyin. Ammo bolaligida u turli xil qahramonlarga aylanishni va tanishlarni parodiya qilishni yaxshi ko‘rardi. “Siz bunga ishonmasligingiz mumkin, lekin men bolaligimda juda uyatchan edim. Menga o‘xshagan zerikarli inson Yer yuzida boshqa tug‘ilmagan bo‘lsa kerak. Men bilan hech kim, jiddiy aytaman, hech kim gaplashmasdi. Kim u Jim? U aqldan ozgan, tushundingizmi? U bilan muloqot qilish kimga ham kerak!”, — deb eslaydi aktyor. Birinchi muvaffaqiyatsiz chiqish O‘g‘lining iqtidorini payqagan ota uni mahalliy klubga sahna ko‘rinishlarini ijro etishga taklif qiladi. Janob Kerri o‘z merosxo‘ri barchani xursand qilishi va hayratda qoldirishi mumkinligiga umid qilgan, lekin buning o‘rniga yigit hayajonlangan, shuning uchun u boshqa sahnaga qaytmaslikka qaror qilgan. “Bu dahshatli edi. Tomoshabinlar kiyim-boshi chiroyli bo‘lmagan har bir kishini masxara qildi. Ular bir og‘iz so‘z aytishga imkon ham bermadi: hushtak chalishdi, qichqirishdi, hayqirishdi. Kim biladi, agar men qochib ketmaganimda ular bundan battarini ham qilishi mumkin edi”, — deydi Jim. Ikkinchi imkoniyat Po‘lat zavodida ishlayotgan Kerri biroz bo‘shashib, yana ijod bilan shug‘ullandi. 1979-yilda u Spoons musiqiy guruhini yaratdi, u bilan birga gastrollarda bo‘ldi va keyin parodiyaga qaytishga qaror qildi. U bir paytlar odamlar ustidan kulgan klubga qaytdi. O‘ziga ishongan yigit bu gal jamoatchilik ishonchini qozonib, ko‘nglini ko‘tarishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqiqiy muvaffaqiyat edi! “Faoliyatim boshlanishidan oldin men o‘n besh yil davomida komediya to‘garaklarida ishlaganman. Kechasi bilan odamlarning psixologiyasi haqida o‘yladim, odamlarga nima kerakligini tushunishga harakat qildim. Va men odamlarni ikki soat davomida hamma narsani unutishga va zavqlanishga qanday majburlashni bilib oldim ”, — deydi aktyor. Eng yaxshi ijrolardan biri uchun “Oltin malina” Jimning karyerasi o‘tgan asrlarning 90-yillarida boshlangan. Aktyorning birinchi va eng yaxshi asarlaridan biri “Eys Ventura: Uy hayvonlarini qidirish” komediyasi edi. Dastlab bosh rolga boshqa mashhur komediyachilar taklif qilingan, ammo oxirida Kerri loyihada ishtirok etgan. To‘g‘ri, u ssenariyga biroz yangilik kiritib, xarakterini o‘zgartirmoqchi edi. Uning harakatlariga qaramay, Kerri “Oltin malina” mukofotiga ko‘ra yilning eng yomon aktyori bo‘ldi. Ammo tomoshabinlar uning ishi bilan xursand bo‘lishdi va aktyorning o‘zi buni faoliyatidagi diqqatga sazovor joylardan biri deb biladi. Rol uchun singan tish 1994-yilda Jim ishtirokida yangi “Ahmoq va tentak” komediyasi chiqdi. Suratga olish boshlanishidan oldin aktyor agar old qismdagi tishlaridan biri yarmigacha singan bo‘lsa, qahramon yanada ahmoqroq ko‘rinishga ega bo‘lishiga qaror qilgan. Aytgancha, Kerri hech qanday alohida kuch sarflashi shart emas edi, chunki yoshligida, jang paytida u haqiqatan ham tishining bir qismini yo‘qotgan. Ammo keyin u nuqsonni maxsus vositalar yordamida bartaraf etdi. Komediyada suratga tushish uchun u shunchaki vositani yechib tashladi. Qizig‘i shundaki, oradan 20 yil o‘tib, filmning ikkinchi qismi suratga olinayotgan paytda tarix takrorlandi. Kino tarixidagi eng katta gonorardan biri Jim mashhur aktyor bo‘lganidan so‘ng o‘z ishi uchun ko‘proq pul talab qila boshladi. Shunday qilib, “Har doim ha deb ayt” filmida suratga tushishdan oldin u 35 million dollar so‘radi. Kartina prodyuserlarining rozi bo‘lishdan va unga shunday katta haq to‘lashdan boshqa iloji qolmagan. “Oskar”i yo‘q aktyor Barcha yutuqlari va ajoyib loyihalariga qaramay, Jim o‘zining professional faoliyatida hech qachon asosiy “Oskar” mukofotini olmagan. Bundan tashqari, u hech qachon nomzod ham bo‘lmagan. Kim biladi, balki oldinda hali ko‘p narsalar bordir. Shaxsiy hayotdagi muvaffaqiyatsizliklar Jim Kerri va Melissa Uomer Jim uch marta turmush qurgan va ko‘plab hamkasblari bilan uchrashgan. Birinchi xotini, aktrisa Melissa Uomerdan uning yagona qizi Jeyn Erin tug‘ildi. Jim Kerri va Loren Xolli “Ahmoq va tentak” filmida suratga tushgandan so‘ng u hamkasbi Loren Xolliga uylandi, ammo bu nikoh ham uzoqqa cho‘zilmadi, sakkiz oy yashagach, ular ajrashishdi. 2012-yilda Kerri Katriona Uayt bilan uchrashishni boshladi, biroq uch yildan so‘ng er-xotin munosabatlariga chek qo‘ydi. Jim Kerri va Katriona Uayt Ularning munosabatlarini baxtli deb bo‘lmasdi, chunki sevishganlar doimo janjallashadi va bir-birini xafa qiladi. Yakuniy ajrimdan bir hafta o‘tgach, Katriona o‘z joniga qasd qildi va u ajrimga ko‘nika olmasligini izohlagan maktub qoldirdi. Fojiadan so‘ng Jim g‘amga botdi, nafaqat omma oldiga chiqishni, balki filmlarda rol o‘ynashni ham to‘xtatdi. Faqat bir necha yil o‘tgach, asta-sekin avvalgi hayotiga qayta boshladi. Foto Pinterest
100
6,098
Madaniyat
“O‘zbeknavo” Sarvar va Komil hamda Sitora Farmonovaning litsenziyasi nima sababdan tugatilganini ma’lum qildi
“O‘zbeknavo” estrada birlashmasi maxsus ruxsatnoma (litsenziya) beruvchi tashkiliy boshqarma boshlig‘i Odiljon Abduqahhorov xonandalar Sarvar va Komil, shuningdek, aktrisa va xonanda Sitora Farmonovaning litsenziyalari tugatilishi sabablarini ma’lum qildi. Bu haqda jurnalist Feruz Muhammad xabar berdi. Odil Abduqahhorov. “Birinchidan, hech bir xonandaning litsenziyasi bekordan bekorga tugatilmaydi. Mazkur xonandalar xorijga chiqib, ogohlantirmasdan dam olishi mayli, belgilangan tartib-qoidalarni buzib, konsert berish darajasiga ham yetmoqda. O‘zbek san’atkorlarining chet elda konsert berishi yaxshi, ammo uning ham o‘ziga yarasha tartib-qoidalari bor. San’atkorlarimiz qayerda konsert berayotganini biz bilishimiz kerak”, — dedi “O‘zbeknavo” vakili. “Ikkinchidan, san’atkorlarimiz chet elga borib, u yerda 200—250 kishilik zallarni ham to‘ldira olmasligi uyatli holat — ertaga kimdir ushbu holatni ham yozib chiqishi mumkin. Asosiy maqsadimiz — o‘zbek estrada san’atini ko‘tarish, dunyoga tanitish. Lekin san’atkorlarimiz chet elga beruxsat borib, 200 kishilik zalni ham to‘ldira olmay, tekinga konsert berib, sharmanda bo‘lib qaytib kelishlarini xohlamaymiz”, — dedi Odiljon Abduqahhorov. “Bunday holatlar Sarvar va Komil hamda Sitora Farmonova tomonidan bir necha bor takrorlanmoqda. Ular ‘O‘zbeknavo’ estrada birlashmasini ogohlantirmasdan chet elga chiqmoqda. Litsenziya bitimlarida san’atkorlarning ogohlantirmasdan xorijga chiqishi mumkin emasligi ko‘rsatib o‘tilgan. Xorijga chiqish tartib-qoidalarini buzganliklari uchun ularga nisbatan ushbu tartib qo‘llanildi”, — deya qo‘shimcha qildi “O‘zbeknavo” boshqarma boshlig‘i Odiljon Abduqahhorov. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
109
1,816
Madaniyat
Bahora Arslonova Rossiyaga ketish fikridan voz kechgani hamda 30 kiloga semirganidan afsuslanmasligi haqida so‘zlab berdi
Jurnalist Nargiza Murodova yaqin kunlarda ona bo‘lish arafasida turgan aktrisa Bahora Arslonova bilan suhbatlashdi. Intervyu davomida aktrisa qomat muammosidan qayg‘urmayotgani va Rossiyaga ketish fikridan qaytgani haqida gapirdi. — Inson hayoti ish yoki ijoddan iborat emas. O‘z vaqtida oilaga ham e’tibor qaratish lozim. Shu bois, homilador bo‘lgach, barcha ishlarni bir chetga surib faqat o‘zim va farzandim haqida qayg‘urishga qaror qildim, — deydi aktrisa. — Homiladorlikning to‘qqizinchi oyiga qadar deyarli ko‘chaga chiqqanim yo‘q. Homilador bo‘lishdan avval bir nechta prodyuserlar bilan shartnoma imzolagandik. Baxtga qarshi barchasini rad etishimga to‘g‘ri keldi. Ammo bundan afsuslanmayman. — Homiladorlik paytim ajoyib o‘tmoqda. Vaznim naqd 55 kilodan 85 kiloga ortdi. Ammo bu meni havotirga solayotgani yo‘q. Muhimi, farzandim sog‘lom tug‘ilsa bas. — 2020-yilning mart oyida turmush o‘rtog‘im bilan Rossiyaga ketish va rejissorlik sohasida tahsil olishni niyat qilgandim. Karantin cheklovlari sabab niyatim amalga oshmadi. “Har narsa yaxshilikka” deyishganidek, Ramazon oyida homilador ekanim ma’lum bo‘ldi. Rosti, bu mening ikki yillik orzum edi. Shu bois barcha yumushlarni, hatto o‘qish haqidagi qarorimni ham bir chetga surib, bor e’tiborimni sog‘ligimga qaratdim. Eslatib o‘tamiz, aktrisa 2018-yilda asli samarqandlik, ammo uzoq yillardan buyon Rossiyada yashaydigan Sherali Boboqulov bilan oila qurgan. O‘ttiz yoshdagi aktrisa shu kungacha “Tinchlik ortida”, “Komila”, Ona qizim”, “Isnod” va “Zurriyod” kabi qator film va serillarda suratga tushgan.
121
1,572
Madaniyat
Reklama roligi, filmdagi ishtiroki va qo‘shig‘i orqali tanilgan bolalar. Ular hozir qanday ko‘rinishda? (foto)
Uch yoshli bolaning katta sahnaga chiqishini yoki besh yoshida filmda asosiy rolni ijro etishini tasavvur etish qiyin. Ammo ba’zi bolalar bu ishni uddalashadi. “Daryo” muxbiri Nargizaxon Murodova bolaligidan san’atga talpingan va xalq mehrini qozongan bolakaylarning ayni kunlarda nimalar bilan band ekanligiga qiziqdi. Shokolad pastasi reklamasidagi bolakay Temur Murodullayev 5 yoshida shokolad pastasining reklamasida suratga tushib, tomoshabinlar e’tiborini tortgandi. Undan keyin “Dada”, “Insho” va “Sensiz” kabi filmlarda katta-kichik rollarni ijro etdi. O‘n olti yoshni qarshilagan Temur ayni kunlarda ingliz tili va matematikadan qo‘shimcha darslarga bormoqda. Bundan tashqari, u bir necha yildan buyon boks bilan ham shug‘ullanadi. — Besh yoshimda kutilmaganda omad kulib reklama roligida suratga tushganman. Undan keyin filmlarga taklif qilishdi. San’atni yoqtiraman, ammo kelajagimni u bilan bog‘lash niyatim yo‘q. IT bo‘yicha mutaxassis bo‘lishni va bir nechta tillarni o‘rganishni istayman. Men suratga tushgan reklama roligini haligacha namoyish etishadi. Ba’zan uyalaman, o‘sha paytdagi xatti-harakatlarim g‘alati tuyuladi, — deydi Temur Murodullayev. Dilnoza Kubayevaning o‘g‘lini gavdalantirgan bola Kamron Saidmurodov 7 yoshidan san’atga qadam qo‘ygan. U “Tantana” guruhida qo‘shiq kuylab, ko‘plab bayram tomoshalarida ishtirok etgan. Ilk rolini esa 2014-yili suratga olingan “Farzandim-2” filmida ijro etgan. U Dilnoza Kubayeva, Adiz Rajabov, Muyassar Berdiqulova, Saida Saidbekova kabi mahoratli ijodkorlar bilan rol ijro etgan. — Hozir Rossiya kinematografiya institutida tahsil olyapman. Prezidentimizning qarorlariga ko‘ra, yurtimizdagi 15 ta eng iqtidorli yoshlar Rossiyaga o‘qishga yuborildi. Bizga O‘zbekiston tomonidan davlat stipendiyasi ajratilgan. Bundan tashqari, institut tomonidan ham stipendiya beriladi. Aktyorlik bo‘yicha o‘qib, O‘zbekistonga qaytaman, — deydi Kamron Saidmurodov. “Chol va nabira”dagi yigit tadbirkor bo‘lmoqchi Ma’ruf Sharipov “Chol va nabira” filmidagi G‘anisher roli bilan tomoshabinlarga yaxshi ma’lum. Bolalikdan qo‘shiq aytishga qiziqqan Ma’ruf bobosi sabab “Tomosha” guruhiga qatnaydi. Bir kuni mashg‘ulotga “O‘zbekkino”dan bir guruh ijodkorlar kelib, 5-6 yoshdagi bolalar bilan suhbatda bo‘lishadi. Chunki dramaturg Rixsivoy Muhammadjonov ilk rejissorlik ishi — “Chol va nabira” filmini suratga olish niyatida edi. Ma’ruf Sharipov kastingdan o‘tib, 6 yoshida Po‘lat Saidqosimov bilan suratga tushadi. Undan so‘ng “Enagalar”, “Umid” va “Tubanlik” kabi filmlarda kichik rollarni ijro etdi. — Yigirma yoshga to‘lganman. Ayni damda tadbirkorlik sirlarini o‘rganyapman. Iqtisod va xorij tillariga qiziqaman. San’atga ishtiyoqim bor, ammo faqat aktyor bo‘lib qolish niyatim yo‘q, — deydi Ma’ruf Sharipov. Tili chiqmay qo‘shiq aytgan Abdulhakim Abdulhakim Toshtemirov 3 yoshida san’at olamiga kirib kelgan. U “Tomosha” bolalar jamoasiga qatnab, konsertlarda ishtirok etgan. Ilk rolini besh yoshida “O‘gay ona” filmida ijro etgan. Filmda otasi rolini Alisher Uzoqov ijro etgandi. Undan keyin “Uy bekasi”, “Sevgi bu jannat” filmlarining ikki qismida suratga tushgan. — Bu yil 16 yoshga to‘ldim. Ayni damda Vestminster universiteti qoshidagi akademik litseyda tahsil olaman. San’atkor bo‘lish niyatim yo‘q. Ingliz tili va matematikani o‘rganib, xalqaro toifadagi tadbirkor bo‘lmoqchiman, — deydi Abdulhakim Toshtemirov. To‘rt yoshida internet yulduziga aylangan Jo‘rabek Jo‘rabek Jo‘rayev ilk qo‘shig‘ini to‘rt yoshida ijro etgan. “Chaki-chaki” qo‘shig‘i shu kungacha YouTube tarmog‘ida 6 milliondan ortiq marta tomosha qilingan. Undan keyingi “Arab tangosi” qo‘shig‘i ham tinglovchilar e’tiboriga tushgan. Jo‘rabek Jo‘rayev 6 yoshida Andrey Malaxov shousida o‘zbekistonlik internet yulduzi sifatida ishtirok etgan. Hozirda 14 yoshni qarshi olgan Jo‘rabek professional san’atkor bo‘lishni niyat qilgan. — Hozirgi kunda tahsil olish bilan bandman. Ustozim rejissor Sa’dulla Abdullayevning konsert dasturlarida ishtirok etaman. To‘y tantanalarga ham taklif etishadi. Kelajakda xalqning sevimli xonandasi bo‘lishni orzu qilaman, — deydi Jo‘rabek Jo‘rayev. Xadicha aktrisalik emas, opera xonandaligini tanladi Xadicha Imomnazarova xususiy filmlardagi katta-kichik rollari bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish. U ilk rolini 2007-yil suratga olingan “Zumrad va Qimmat” filmida ijro etgan. Undan so‘ng “Nortoy”, “Oshiqlar” va “Men yulduzman” kabi filmlarda suratga tushgan. Ammo u aktrisa bo‘lishni istamadi va akademik xonandalik yo‘nalishini tanladi. U bir necha yildan buyon opera ijrochiligi bilan shug‘ullanadi. 2019-yilda “Nihol” nomidagi davlat mukofotini ham qo‘lga kiritgan. “Yig‘lamagin”dagi Murod rejissor bo‘ldi Rejissor Rustam Sa’diyevning “Yig‘lamagin” filmi 2009-yilning eng omadli kartinalaridan biri bo‘lgan. Mirafzal Shofayziyev “Yig‘lamagin”, “E’tiqod” va “Osiy banda” kabi filmlarda va bir qator kliplarda suratga tushdi. Mirafzal Shofayziyev shu kungacha qator rejissorlarning yordamchisi bo‘lib ishlagan. Hozirgi kunda rejissor sifatida reklama roliklari va kliplarni suratga oladi. — Ilk rolimni o‘n ikki yoshimda ijro etganman. Undan avval Rustam Sa’diyevning “Kelgindi kelin” filmining kastingida ishtirok etgandim. Afsuski, unda omad kulib boqmagan. O‘shanda Rustam aka keyingi filmidan rol berishni ko‘zlab qo‘ygan ekan. To‘rt yildan so‘ng “Yig‘lamagin” filmiga taklif etgandi, — deydi Mirafzal Shofayziyev.
110
5,391
Madaniyat
Kuz mavsumida urfga kiradigan soch turmaklari yulduzlar misolida (foto)
Har bir mavsumda moda olamida yangiliklar bo‘lgani kabi soch turmagida ham o‘zgarishlar bo‘lib turadi. Issiq yoz faslida soch turmagiga unchalik ahamiyat berilmagan bo‘lsa-da, salqin kunlar boshlanishi bilan unga e’tibor qaratila boshlaydi. Quyida kuz mavsumida urfga kiradigan chiroyli ham qulay soch turmaklarini e'tiboringizga havola etamiz. Uzun sochlar Uzun sochlar hech qachon urfdan qolmaydi, lekin oxirgi o‘n yillikda ayollarning soch turmagida jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi. Biroq o‘tgan yilgi karantin o‘z vazifasini bajardi: go‘zallik salonlari faoliyat yuritmaganligi sababli ko‘pchilik sochlarni o‘stirishga qaror qildi. Natijada ikki yildan buyon uzun va silliq sochlar tendensiyaga aylangan. Shuningdek, uzun sochlarni parvarishlash ham ancha qiyin. Bu muntazam ravishda parvarish, niqoblar, oziqlantiruvchi yog‘lar va, albatta, e’tiborni talab etadi. Garson Bu tub o‘zgarishlarga tayyor bo‘lganlar uchun variant. Shuningdek, ushbu soch turmagi ham hech qachon o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Bunday soch turmagi bo‘yinning nafisligini ta’kidlab, yuz xususiyatlarini yanada ifodali qiladi. Yulduzlardan Viktoriya Bekxem, Keyt Moss va Linda Evangelista bir vaqtning o‘zida bunday keskin o‘zgarishlarga qaror qilgan. Lesenka O‘zgarishni xohlaganlar, lekin ko‘p yillar davomida sochlarni o‘stirgan bo‘lsa, garson yaxshi tanlov emas. Chunki qish mavsumi yaqinligini ham inobatga olish zarur. Ketma-ket uzunlikdagi turmak sochning uzunligini saqlab qolgan holda yangi ko‘rinish beradi. Uzaytirilgan bobkare Bob soch turmagi bir necha yillardan buyon asosiy tendensiyalar ro‘yxatida bo‘lib kelmoqda va, ehtimol, o‘z pozitsiyalaridan voz kechmoqchi emas. Kuzda ushbu soch turmagining uzaytirilgan versiyasiga e’tibor qaratish lozim. Turmakning afzalligi shundaki, u ham tekis, ham jingalak sochlarga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, yuzning ovalini to‘g‘rilaydi, teri kamchiliklarini yashirishga yordam beradi va dumaloq yuzni vizual ravishda cho‘zadi. Chyolka To‘g‘ri, chyolka har qanday yuz shakliga ham to‘g‘ri kelavermaydi, moda olamida ham chyolka bilan yaratilgan obraz unchalik ham ko‘p emas. Biroq so‘nggi ikki mavsumda chyolka asosiy tendensiyalar poydevorini ishonchli ushlab turibdi. Soch turmagi obrazni buzilmasligi uchun uni yuzning shakliga qarab tanlash juda muhim.
71
2,286
Madaniyat
"Uning qaerda yashashini hech kim bilmasdi". Aktyorlar Dilbar Ikromovaning qarigan chog`ida ko`rgan azoblari haqida gapirishdi
«Milliy» telekanalining «M-kokteyl» loyihasining maxsus soni 25 avgust kuni koronavirus oqibatida vafot etgan O`zbekiston xalq artisti Dilbar Ikromovaga bag`ishlandi. Ko`rsatuvda aktrisaning hamkasblari, taniqli aktyorlar uni yodga oldi. «Dilbarni eshitib, tamom bo`ldim. Nega dunyo bunaqa? Mayli, bandalik — o`lim haq, degani. Lekin inson yoshini yashab, qilgan mehnatlarining rohatini ko`rsa bo`lmasmidi? Nimaga telba-teskari, berohat bo`lib ketdi bu ayol?, degan narsa har bir insonning dilini xufton qilyapti hozir», — deydi O`zbekiston xalq artisti Erkin Komilov. «Dilbardaka aktrisa boshqa teatrga kelmaydi. Hali juda uzoq, 70, 80 yil bordir, lekin Dilbardaka yurakli aktrisa yo`q. Bu gaplarni men bir aktyor sifatida aytaman. Dilbar indamay turganda ham sahnada yashardi. U juda katta yurakli aktrisa edi. ‘O`zbekcha raqs’ spektaklidagi uning rolini endi hech kim o`ynay olmasa kerak. Dilbar bu obrazni o`zi bilan olib ketdi. ‘Qirmizi olma’, ‘Chimildiq’dagi obrazini ham olib ketdi», — deya so`zlarini davom ettiradi Erkin Komilov. Hayotda kamtarin, hokisor bo`lgan aktrisa hayotining so`nggi yillarini g`am-qayg`uda, katta qiyinchiliklar bilan o`tkazdi. «Dilbar bilan dardkash edik. Biz u bilan institut yillaridan tanish edik. Oxirgi marta yarim oycha avval gaplashgandik. O`shanda ham dardini aytgandi. Keyin biroz mazam bo`lmadi, issig`im chiqdi, Xudoga shukur, hozir tuzalib qoldim’ degandi», — deydi taniqli aktrisa Muhabbat Abdullaeva. Ko`rsatuvda qayd etilishicha, millionlab muxlislar qalbidan joy egallagan «O`zbekning Sottisi» keksaygan chog`ida oilaviy kelishmovchiliklar tufayli ijarada yashagan. «Uning qaerda yashashini hech kim bilmasdi. Masalan, janozaga borish uchun hammamiz bir-birimizdan so`radik. Chunki ko`chib-ko`chib, u yoqda bu yoqda, singlisinikida, ijarada yashadi. Bir-ikki marta s`yomkaga singlisinikidan olib ketdik. O`shanda biz bir-ikki marta dardlashdik, Xudo rahmat qilgur, armonda ketdi-da. Shu bolasini baxtli qilaman, deb butun umr bolasi uchun yashadi», — deydi Muhabbat Abdullaeva. «Bilamiz, nima uchun shunaqa bo`lganini ham. O`sha ayol kimligini ham bilamiz. Xudoga soldik, Alloh bor. O`sha insonlarning agar vijdoni bo`lsa, mayli o`zlari ko`rsin. Dilbar birovga yomonlik qiladigan ayol emasdi. Biz u bilan 35-40 yil birga ishlaganmiz. Hech qachon birovga yomonlik qilgan emas. Nima sababdan bunday ro`shnolik ko`rmadi dargohidan?»,— deydi Erkin Komilov.
126
2,403
Madaniyat
Gollivud aktrisasi Jennifer Lourens suratlarda uning yuzini berkitgan Kris Prattdan alamini oldi (foto va video)
Gollivud aktrisasi Jennifer Lourens suratlarda uning yuzini berkitgan hamkasbi Kris Prattdan alamini oldi, deb xabar bermoqda Meduza. “Yo‘lovchilar” (original nomi — Passangers) filmining promo-kampaniyasi vaqtida kinokartinada bosh rolni ijro etgan Gollivud aktyori Kris Pratt suratga olish maydonchasidagi hamkasbi Jennifer Lourens ustidan hazil qilib yurdi. Aktyor ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida Lourens bilan tushgan suratlarini yukladi. Ammo ularning barchasida aktrisaning yuzi berkitilgan edi. Matbuot anjumanlaridan birida, Kris Pratt bu ishni Jennifer Lourensning muxlislari ko‘p bo‘la turib, uning ijtimoiy tarmoqlarda sahifalari yo‘qligi uchun atayin qilganini ma’lum qildi. 26 yoshli aktrisa Jimmi Kimmelning shou dasturida Kris Pratt olgan suratlarni ko‘rib, undan alamini olishga qaror qildi. Lourens va Kimmel “Yo‘lovchilar” filmining posteri tushirilgan avtobusdagi Prattning suratini bo‘yab tashladi. Ma’lumot uchun, Jennifer Lourens 2013-yili “Mening yigitim telba” komedik kinokartinasidagi roli uchun “Eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasida “Oskar” mukofotiga loyiq ko‘rildi. 2016-yilning avgust holatiga ko‘ra, Jennifer Lourens Forbes talqini bo‘yicha eng ko‘p haq to‘lanadigan aktrisa deb topilgandi. Kris Pratt esa 2016-yilning eng ko‘p daromad keltirgan aktyorlari ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni egallagan. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
112
1,492
Madaniyat
Joli va Pitt ajrashish jarayonini maxfiy tarzda olib borishga kelishib oldi
Amerikalik aktyorlar Anjelina Joli va Bred Pitt bundan keyin ajrashish jarayonini butunlay maxfiy tarzda olib boradi. Hujjatlarni ko‘rib chiqish sudyaga topshirildi, deb yozadi “TASS” Associated Press’ga tayanib. “Tomonlar va ularning maslahatchilari bolalar va butun oilaning shaxsiy hayoti huquqiga rioya qilinishini ta’minlashga qaratilgan kelishuvni imzoladi. Bu barcha sud hujjatlari maxfiyligini ta’minlash orqali hamda sudya yordamida amalga oshiriladi, u zarur bo‘lganda kerakli huquqiy qarorlarni qabul qilishi va hal etilmagan muammolarni tartibga solishni yengillashtirishi kerak bo‘ladi”, — deyiladi Joli va Pittning bayonotida. Shuningdek, ikkala tomon ham “qayta tiklanish va qayta birlashish haqi birgalikda harakat qilish” majburiyatini oldi.
75
759
Madaniyat
Kanizaning YPX xodimi bilan janjali PRmidi? Jasur Umirov yangi klipida chiqadigan kampirlar, unashtirilgan xonanda. Instagram yangiliklari
20-sentabr kuni jahon va o‘zbek san’ati yulduzlarining Instagram’dagi sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. Munisa Rizayeva folloverlarini yashayotgan hayotini sevishga undadi. View this post on Instagram Tohir Saidov “Mendirman Jaloliddin” seriali suratga olish ishlari yakunlanayotganiga ishora qildi. View this post on Instagram Yosh xonanda Sevaraning fotiha to‘yi bo‘lib o‘tdi. View this post on Instagram Jasur Umirov “Ey, qizi” qo‘shig‘i klipiga kampirlarni olib chiqmoqda. View this post on Instagram 21-sentabr kuni tug‘ilgan kunini nishonlaydigan hind aktrisasi Karina Kapur 40 yosh ostonasidagi o‘ylari bilan o‘rtoqlashdi. “40 yoshga kirganimda kulishni, sevishni hamda meni men qilgan qiyinchiliklar uchun shukr qilishni istayman”, — deydi aktrisa. View this post on Instagram DJ Piligrim sportchilar bilan muammolarni hal qiluvchi guruh “tuzdi”. View this post on Instagram Asal Shodiyeva yangi surat bilan folloverlariga ko‘rinish berdi. View this post on Instagram Sevara Nazarxon o‘ziga “chyolka” kesib oldi. View this post on Instagram Raqqosa Parizoda 19-sentabr kuni qo‘shaloq bayram — tug‘ilgan kuni va turmush qurgan kunini nishonladi. View this post on Instagram Xonanda Kaniza YPX xodimi bilan yuz bergan tortishuv holati haqida qo‘shimcha ma’lumot berdi.
138
1,472
Madaniyat
O‘zbekiston jamoasi harbiy QVZ–2017 finaliga chiqdi
O‘zbekiston mudofaa vazirligi MDH davlatlari harbiy-o‘quv muassasalari terma jamoalari o‘rtasidagi “Quvnoqlar va zukkolar” klubi festivali finalida ishtirok etadi. Final 23-may kuni Rossiya armiyasi markaziy akademik teatrida bo‘lib o‘tadi, deb xabar beradi “Jahon” agentligi. Har yili o‘tkaziladigan tanlov harbiy ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan yoshlarning ijodiy salohiyatini oshirishga qaratilgan. 2017-yili o‘yinlar ikki bosqichda o‘tmoqda: saralash bahslari va sakkiz jamoa ishtirokidagi final sinovi. Joriy yilgi yarim finallarda rekord miqdordagi — 32 ta jamoa ishtirok etdi.
51
585
Madaniyat
Bond haqidagi yangi filmni suratga olishda qiymati umumiy 35 million dollar bo‘lgan yettita Aston Martin ishdan chiqdi
Jeyms Bond haqidagi yangi — “007: Spektr” (Spectre) filmini tasvirga olish jamoasi Rimdagi poyga sahnalarini suratga olish vaqtida o‘z ixtiyoridagi 10 ta Aston Martin DB10 avtomobillaridan umumiy qiymati 35 million dollarga teng yettitasini ishdan chiqardi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda. “Biz “Spektr” filmini suratga olish jarayonida avtomobillarni ishdan chiqarish bo‘yicha rekord o‘rnatdik”, — deydi tryuklarning bosh postanovkachisi Geri Pauell. Uning so‘zlariga ko‘ra, tasvirga olish jamoasi butun tun davomida filmning to‘rt soniyalik lavhasi ustida ishlagan. Xabar berishlaricha, Rimda Aston Martin DB10 rulidagi Jeyms Bondni filmning yovuz qahramonlaridan biri Jaguar C-X75 avtomobili yordamida ta’qib etishi tasvirlangan. Britaniyalik agent Jeyms Bond haqidagi 24-film jahon prokatiga 2015-yil 6-noyabr kuni chiqarilishi kutilmoqda. Unda bosh rolni to‘rtinchi marta Deniyel Kreyg ijro etgan.
118
908
Madaniyat
Alla Pugachyovaning nabirasi uylandi
Taniqli rossiyalik xonanda Alla Pugachyovaning nabirasi, xonandalar Kristina Orbakayte va Vladimir Presnyakovlarning farzandi Nikita Presnyakov uylandi. Tantanalarda olingan suratlarni u Instagram’dagi sahifasiga joyladi, deb xabar beradi “RIA Novosti”. Yosh ijodkor dala hovlisiga qo‘shni bo‘lgan 20 yoshli qiz, Rossiya xalq xo‘jaligi va davlat xizmat akademiyasi talabasi Alyona Krasnova bilan oila qurdi. Bunga qadar ular bir necha yil uchrashgan. View this post on Instagram View this post on Instagram
36
531
Madaniyat
Xonanda Dilso‘z: Biz ijod uchun mablag‘ni qayerdan topamiz? Faqat to‘y orqali (video)
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasida san’atkorlarning to‘y-marosimlarda ishtirok etishi masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. “Yoshlar” telekanalining “Davr” informatsion dasturi xabariga ko‘ra, tadbirda dabdabali to‘y-marosimlarni cheklash ishlari doirasida bitta to‘yda nechta xonanda qatnashishi mumkinligi masalasi ham muhokama qilingan. Yig‘ilishdan so‘ng “Davr”ga intervyu bergan xonanda Dilso‘z (Go‘zal Jumaniyozova) ijod uchun juda katta mablag‘ sarflanishini aytib, daromad manbasi faqat to‘y ekanini tan olgan. Biz yosh san’atkorlar ijod qilishimiz uchun, qo‘shiqni yozdirish, klip oldirish, rotatsiya qilish uchun, kiyimimizdan tortib soch turmagimizgacha juda katta mablag‘ sarflanadi. Biz san’atkorlar bu maqsadlar uchun mablag‘ni qayerdan topamiz? Albatta, faqat to‘y orqali topiladi. Dilso‘z, xonanda Qayd etish joiz, yig‘ilishda O‘zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayeva “bitta to‘yda faqat bir san’atkor qatnashsin” degan qoida amalga kiradigan bo‘lsa, san’atkorlar ishsiz qolishidan ogohlantirgan. O‘zbekiston madaniyat vaziri birinchi o‘rinbosari Ozodbek Nazarbekov esa san’atkorlarning to‘ylardagi ishtiroki qisqartiriladigan bo‘lsa, ularning mualliflik huquqi ortidan daromad olish imkoniyatlarini oshirish kerakligi haqida gapirgan. Shoir Bobur Bobomurod: Bir to‘y uchun bitta san’atkor, menimcha, juda kam
85
1,344
Madaniyat
“Sado” guruhi yakkaxoni Akbar Atamuhammedov Davlat xavfsizlik xizmati xodimlariga atab qo‘shiq kuyladi (video)
“Sado” guruhi yakkaxoni Akbar Atamuhammedov 5-aprel — Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari kuni munosabati bilan, ularga atab qo‘shiq kuylab, unga klip suratga oldirdi. Qo‘shiqchi sahifasida yangi ijod namunasini, mamlakatda tinchlikni ta’minlash yo‘lida o‘zini qurbon qilishga tayyor, kunni kun, tunni tun demay xizmat qilayotgan O‘zbekiston Respublikasining Davlat xavfsizlik xizmati xodimlariga bag‘ishlaganini ta’kidlagan. Otabek Umarov ham mazkur videoni o‘z sahifasida ulashgan. Uni hozirgacha 1 272 574 ta foydalanuvchi tomosha qilgan. “Bizning tinchligimiz va chegaralarimiz daxlsizligini qo‘riqlaydigan insonlar 5-aprel kuni o‘zlarining kasb bayramlarini nishonlaydi. Bugun ham sizlarning zich ish jadvalingizda biror narsa o‘zgarmasligi ehtimoldan yiroq emas, chunki xizmat sizni dam olish kunlari yoki tanaffuslar bilan siylamaydi. Ammo biz – sizning fidoyiligingiz tufayli tinchlik va osoyishtalikda yashaydiganlar sizni doimo esda tutamiz, siz uchun duo qilamiz va mashaqqatli ishlaringizda omad tilaymiz. Do‘stlar va hamkasblar, Davlat xavfsizlik xizmati kuni muborak”, — deb yozib yozib qoldirgan Otabek Umarov.  2020-yilda DXX idoralari sa’y-harakati bilan to‘rtta teraktning oldi olindi
110
1,203
Madaniyat
Odil Ahmedovning oilasi bilan xitoycha uslubda tushgan fotosessiyasi
O`zbekistonning mashhur futbolchisi Odil Ahmedov turmush o`rtog`i Zamira Ahmedova va farzandlari bilan xitoycha uslubdagi fotosessiyasini Telegram kanaliga joylashtirdi. E`tiboringizga ushbu suratlarni havola etamiz. Futbolchining uch nafar farzandi bo`lib, qizining ismi Shirin. O`g`illari Behruzbek va Shohruzbeklar ham futbol bilan shug`ullanadilar.
68
354
Madaniyat
“Tabib” filmidagi Marisa — aktrisa Anna Dimnaning hayoti qanday kechdi? (foto)
Polshalik yozuvchi Tadeush Doleng-Mostovich asari asosida rejissor Yeji Gofman suratga olgan “Tabib” filmi 1982-yilda namoyish etildi. Og‘ir jarohat olish natijasida xotirasidan ayrilgan, oilasidan uzoqda yashashga majbur bo‘lgan varshavalik jarrohning taqdiri haqidagi fojiali voqea tomoshabinlarning ko‘nglida allanechuk tuyg‘ularni uyg‘otgan. Film chindan ham XX asrda suratga olingan kartinalar ichida eng yaxshisi, deb tan olingan. Chunki bu o‘sha og‘ir siyosiy davrda hukm surgan sinovlardan so‘ng yaxshi natija edi. Professor Vilchurdan tashqari, bosh rol uning qizini ijro etgan aktrisaga ham topshirildi. Yoqimtoy Marisa obrazida gavdalangan Anna Dimna film namoyishidan so‘ng minglab tomoshabinlar mehrini qozondi. Aktrisaning keyingi hayoti qanday kechgani esa uning muxlislari uchun hamon qiziq. Bolalik va teatrga yo‘l Bo‘lajak aktrisa 1951-yil Polshaning g‘arbidagi Legnitse shaharida tug‘ilgan. Onasi baletni juda yaxshi ko‘rgani uchun ham qizini juda yoshlik chog‘idan ushbu san’at bilan tanishtirishga harakat qildi. Ehtimol, u o‘zi erisha olmagan orzulariga Annani yetishtirishni o‘ylagandir. Shuning uchun ham ona va bolaning teatr tomoshalariga tashrifi tez-tez ro‘y berar edi. Chindan ham Anna asta-sekin san’atga mehr qo‘ya boshladi, lekin u onasining orzusidan biroz boshqacha, dramatik aktrisalikka qiziqishini bildirdi. Tabiiyki, onasi bundan biroz ranjidi ham. Biroq qizning kelajak uchun amalga oshirgan tanloviga hech kim to‘sqinlik qilmadi. U oliygohga o‘qishga kirib, a’lo baholarga tamomladi. Yosh, chiroyli hamda iqtidorli aktrisa darhol Krakov eski teatriga qabul qilindi. Aktrisa ushbu ish joyini keyinchalik ham o‘zgartirmadi va hanuzgacha u yerda faoliyat yuritadi. U o‘zining sevimli spektakllarida ishtirokini davom ettirib, ayni damda o‘z tajribasini yosh aktyorlar bilan bo‘lishmoqda, shuningdek, Krakov universtetida dars ham beradi. Aktrisaning spektakl va filmdagi rollari 250 dan ortiq. 1990-yil yozuvchi Mixail Bulgakovning “Usta va Margarita” asari asosida ekranlashtirilgan filmda ham rol ijro etdi. Aktrisaga mislsiz darajada shon-shuhrat keltirgan film bu – “Tabib” kartinasidagi Marisa obrazi bo‘ldi. Asar sujeti rejissor hamda mahoratli aktyorlar ijrosi tufayli badiiy jihatdan yuksak san’at asariga aylandi. Film o‘zining ajoyib voqeligi bilan muxlislar hamda tanqidiy baholaganlar xotirasida saqlanib qolgan. Shuningdek, ushbu kartina uchun aktrisalar ichida tanlab olingan Anna Dimnaning ijrosi ham muhim edi. Aktrisaning fojiasi Aktrisaning aytishiga qaraganda, uning birinchi turmush o‘rtog‘i Veslav Dimna uning karyerasini shakllantirishga katta ta’sir ko‘rsatgan. Polshaning taniqli aktyori va ssenariylar muallifi Veslav Dimna intiluvchan yosh aktrisa uchun juda katta ko‘mak bergan. “Tabib” filmi suratga olish ishlaridan avval Veslavning vafot etishi aktrisaning o‘z qahramoni Marisa taqdiriga hamdard bo‘lishiga turtki bo‘ldi. Veslav Dimna va Anna Anna oradagi 15 yosh farqqa e’tibor bermay, 1973-yil turmush qurgandan so‘ng aktrisa Dimna familiyasiga o‘tgan. Ular birgalikda uzoq yashamadi, oradan besh yil o‘tib, Veslav yurak xurujidan vafot etdi. Ammo u bo‘lajak aktrisaning ijodiga ijobiy ta’sir o‘tkazishga muvaffaq bo‘lgan edi. Insonlar uchun xolis xizmat Anna turmush o‘rtog‘ining fojiasidan so‘ng uzoq vaqt mobaynida yana sahnaga qaytish uchun o‘zida kuch topa olmadi. Aktrisaning ta’kidlashicha, o‘sha paytda boshqa rol o‘ynay olmaydigandek tuyilgan, lekin uning kasbi faqatgina barchasiga chidash kerakligini eslatgan. Ammo nogironlarga bag‘ishlangan xayriya tadbirlari davomida u san’at kasal insonlar hayotini yanada yorinroq va qiziqarli qilishiga ishonch hosil qildi. Shundan so‘ng u o‘z kasbidan insonlarga yordam berish sifatida foydalandi va xayriya ishlariga bor e’tiborini qaratdi. Oradan besh yil vaqt o‘tib aktrisa ikkinchi bora turmush qurishga qaror qildi. Uning Zbignev Shota bilan nikohidan o‘g‘li Mixail dunyoga keldi. Ammo juftlik orasidagi ko‘plab kelishmovchiliklar olti yillik nikohdan keyin ajralishga olib keldi. Uning uchinchi turmush o‘rtog‘i ko‘plab xayrli ishlariga sherik, aktyor va rejissor, Krakov teatri direktori − Kshishtof Orjexovskiy. Ular birgalikda turli xil xayriya tadbirlarida ishtirok etadi. Aktrisa Anna Dimna nafaqat mamlakatdagi ajoyib badiiy faoliyati bilan, balki aqliy nuqsonga ega bo‘lgan nogironlarga yordam berish uchun yaratilgan fond tufayli ko‘plab odamlarning hurmatiga sazovor bo‘lgan. U muntazam ravishda xayriya konsertlarini uyushtiradi va bu sababdan o‘zini baxtli aktrisa deb biladi.
78
4,527
Madaniyat
Hamid Toshpo‘latov: Yosh aktyor-aktrisalardan xafa bo‘lib ketaman
O‘zbek milliy akademik drama teatri aktyori Hamid Toshpo‘latov “Sug‘diyona” gazetasiga bergan intervyusida ba’zi yosh aktyor-aktrisalarni tanqid ostiga oldi. “Bugungi yosh aktyor-aktrisalarning ayrimlaridan xafa bo‘lib ketaman. Institutni tamomladi, diplom oldimi, tamom, o‘zini aktyor hisoblaydi. Yoki teatrga ishga olishdimi, havolanib ketadi. Sahnaga mehr qo‘yish degan tushunchalarni bilishmaydi”, — dedi taniqli aktyor. “Yayra Abdullayeva, Rixsi Ibrohimova kabi ustozlarimiz haligacha rolga tayyorgarlik ko‘radi. Spektakl soat 11:00 da bo‘lsa, ular soat 9:00 da kelib, obrazga kirishishadi. Buni ko‘p bor kuzatganman. Yoshlarimiz shunday qilishadimi? Yo‘q!”, — deya qo‘shimcha qildi Hamid Toshpo‘latov.
65
708
Madaniyat
Xitoyda xor sahna ostiga tushib ketdi (video)
Internetda Xitoydagi mahalliy xorlardan biri sahna bilan birga qulagani aks etgan video tarqaldi, deb xabar bermoqda “Segodnya.ua”. https://www.youtube.com/watch?v=aKbo45Ji6vg Hodisa Guychjou provinsiyasida joylashgan Bitszi shahridagi teatrlardan birida sodir bo‘lgan. Bosh repetitsiya chog‘ida ustida 80 kishilik xor bo‘lgan sahna sinib, qulab tushgan. Repetitsiyaga kech qolgan uch nafar vokal ijrochisi qo‘shilgach, sahna buncha miqdordagi odamni ko‘tara olmagan. Natijada sakkiz kishi jarohat olgan, konsert esa bekor qilingan.
45
532
Madaniyat
Robert de Niro seriallarning eng ko‘p haq oladigan aktyori bo‘ldi
Roberta De Niro 2017-yili seriallarda rol o‘ynagan aktyorlar ichida eng ko‘p haq olgani bo‘ldi. Bu haqda Variety xabar bermoqda. Artist Amazon studiyaning serialida suratga tushgan bo‘lib, har bir qism uchun 775 ming dollar olgan edi. Ikkinchi o‘rinda — Mark Xermon. U “Dengiz politsiyasi” serialining har bir qismi uchun 525 ming dollar olardi. Uchinchi o‘rinni “Taxtlar o‘yini” yulduzlari Emiliya Klark, Nikolay Koster-Valdau, Piter Dinkleyj, Kit Xarington va Lina Xidi, shuningdek, Kevin Kostner (“Yelloustoun”) va Kevin Speysi (“Qartali uy”). Tilga olingan artistlar har bir seriya uchun 500 ming dollar maosh oladi.
65
621
Madaniyat
Jorj Kluni ikkinchi marta egizak farzandlarning otasi bo‘ladi
Bundan to‘rt yil avval Ella va Aleksandr ismli egizaklarning ota-onasi bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan Jorj va Amal Klunining oilasida ikkinchi marta ham egizak farzandlar dunyoga keladi. Bundan bir necha yil avval yulduzli juftlikning jiddiy janjallashib qolgani va farzandlarini olib Sardinidagi uyiga ketgan Kluni xonim turmush o‘rtog‘i bilan aloqaga chiqishdan bosh tortgani haqida xabar tarqalgan. Ammo ushbu voqea to‘qima bo‘lib chiqqan: mashhurlarda hammasi joyida va ularning oilasida takror egizak farzandlar dunyoga keladi. “Ular yana egizakli bo‘ladi. Homiladorlikning birinchi uch oyida bo‘lgan Amal allaqachon ommaga ko‘rinish bera boshlagan, tez orada ko‘pchilik uning homiladorligidan xabar topadi. Jorjning hayajondan boshi aylangan, do‘stlariga yaqinda bolali bo‘lishlari haqida aytib berishni kutib turolmayapti. U juda ham faxrlangan, Amal esa xursandchilikdan porlamoqda”, — degan 60 yashar Klunining atrofidagilaridan biri. Ma’lum qilinishicha, bolalar 43 yoshli onasining homiladorligi haqida 2021-yil 6-iyunda — o‘zlarining tug‘ilgan kunida xabar topgan. “Ella singilli bo‘lishni istagan, shu sabab hamma jajji qizaloq tug‘ilishiga umid qilgan. Ammo ular o‘g‘il yoki qiz bo‘lishidan qat’i nazar, xursand bo‘ladi, asosiysi bolalar sog‘lom bo‘lsa bo‘lgani”, — degan yulduzli oilaga yaqin manbalardan biri. Aktyor tez orada farzandli bo‘lishi haqidagi yangilikni yaqin do‘stlari uchun tashkillashtirgan kechki ovqat vaqtida aytgan. Ushbu xabarga javoban barcha iliq tilaklar bildirgan. Amalni qayta homilador bo‘lishi mumkinligiga juftlikning ishonchi komil bo‘lmagan. “Buni Jorj va Amal haqiqatan ham xohlagan, ammo ularning yoshida hech qanday kafolat bo‘lmagan”, — degan insayder, shuningdek, ular xursandligidan yettinchi osmonda uchayotganini qo‘shimcha qilgan: “Bu juda ham maroqli. Jorj ko‘p bolali bo‘lishni istashi haqida ochiqchasiga ma’lum qilgandi. Bittada ikkita farzandning dunyoga kelishi g‘oyat zo‘r”.
61
1,935
Madaniyat
Mumford & Sons va Gotye “Gremmi”mukofoti sohibi bo‘ldi
Los-Anjelesda “Gremmi” mukofotining yangi sohiblari e’lon qilindi. Bu haqda mukofotning rasmiy saytida xabar berildi. Yilning eng yaxshi albomi sifatida Mumford & Sons guruhining “Babel” albomi e’tirof etildi. foto: Jason Merritt / Getty Images / AFP Yilning eng yaxshi yozilgan albomi deb Gotye’ning “Somebody That I Used To Know” albomi topildi. “Yil debyuti” nominatsiyasida fun. guruhi g‘olib bo‘ldi. “Yil qo‘shig‘i” sifati shu guruhning “We Are Young” taronasi tan olindi. “Gremmi” mukofoti CBS telekanali tomonidan o‘tkazib kelinadi. E’tiborli tomoni, ushbu tanlov bu yil 55-bor o‘tkazildi.
58
598
Madaniyat
“Tanish-bilishchilikka yo‘l qo‘yilmaydi”. Matyoqub Matchonov “Oltin humo” milliy kinotaqdimoti atrofidagi gap-so‘zlarga oydinlik kiritdi (video)
“O‘zbekkino” MAda O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi “Oltin humo” milliy kinotaqdimotini o‘tkazish yuzasidan matbuoat anjumani bo‘lib o‘tdi. Matbuot anjumanida O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi rahbariyati, rejissorlar hamda OAV xodimlari qatori “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad ham ishtirok etdi. Matbuot anjumanida O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi raisi “Oltin humo” milliy kinotaqdimoti atrofidagi gap-so‘zlarga oydinlik kiritdi. Butun ishchi guruhimiz va saralash komissiyasi nomidan shuni aytishim kerakki, bizning saralash komissiyamiz filmlarni o‘ta shaffoflik, o‘ta haqqoniylik bilan saralaydi. Tanish-bilish, oshna-og‘aynigarchilik yoki bo‘lmasa o‘zi o‘ynagan filmni oldinga surish kabi odatlar bo‘lmaydi. Matyoqub Matchonov saralash komissiyasi raisi bo‘lganidan so‘ng ‘Eng yaxshi film’ nominatsiyasini  o‘zi o‘ynagan filmga beradi, degan gap-so‘zlar ham yuribdi. Birinchidan, men yomon filmlarda rol o‘ynamayman, ikkinchidan agar mabodo men rol ijro etgan film saralash komissiyasiga topshiriladigan bo‘lsa, o‘z-o‘zidan komissiyamiz xulosasiga binoan komissiya ishiga aralashmasdan chiqib ketamiz. Shuning uchun men sizlarga 100% kafolat beramanki o‘ta shaffoflik va haqqoniylik bilan barcha filmlarni ko‘rib chiqamiz va saralab olamiz. Matyoqub Matchonov, O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi raisi
144
1,344
Madaniyat
Happy Birthday to you yuridik jihatdan insoniyat mulkiga aylandi
Millionlab insonlarning tug‘ilgan kunlarida yangraydigan qo‘shiq yuridik jihatdan insoniyat mulkiga aylandi, deb xabar bermoqda TJournal. Happy Birthday to you qo‘shig‘i 123 yil muqaddam yozilib, har qanday tadbirlarda erkin kuylab kelinganiga qaramay, undan tijoriy maqsadlarda foydalanish shu paytga qadar taqiqlangan edi. Shu bois ijodkorlar yoki unga o‘xshash ohanglardan foydalanar, yoki tovon puli to‘lar edi. Qo‘shiq 1893-yilda amerikalik ikki maktab o‘qituvchisi tomonidan yozilgan edi. Keyinchalik uning uchun mualliflik huquqiga Birch Tree kompaniyasi rahbari Kleyton Sammi ega bo‘ldi. Bir muddatdan so‘ng kompaniyani Warner/Chappell leybli xarid qildi. Good Morning to You Production kinokompaniyasi bundan norozi bo‘lib, 2013-yilda leyblni sudga berdi. Sud eshituvlari yakunlariga ko‘ra 28-iyun kuni Los-Anjeles federal sudyasi Jorj King bu qo‘shiq uchun litsenzion haq talab qilish noqonuniy bo‘lishini e’tirof etdi. Endi uni barcha kuylashi yoki undan pul ishlashi mumkin. Bundan tashqari, ovoz yozish firmasi shu paytgacha kimlardan pul undirgan bo‘lsa, o‘shalarga 14 million dollar to‘lashi lozim. Mualliflik huquqi 12-iyul kuni rasman insoniyatga taqdim etiladi. Unga qadar Warner/Chappell Music tovon pullarining miqdorini tasdiqlashi lozim. Shu kunga qadar Happy Birthday to you 150 dan ortiq filmda yangradi. Uni o‘z vaqtida Merilin Monro, Viktor Borge kuylagan edi. Hatto Curiosity marsoxodi har yili o‘z tug‘ilgan kunida shu qo‘shiqni kuylashga dasturlashtirilgan edi.
64
1,491
Madaniyat
Mansur Agaliyev, Halima Ibragimova, Muqaddas Sa’dullayeva va boshqa o‘zbek san’atkorlarining tomoshabin payqamagan rollari (foto, video)
Hech bir san’atkor bir urinishda mashhurlik cho‘qqisini zabt etmaydi. U birgina qo‘shig‘i xalq og‘ziga tushguniga qadar kamida 5-6 ta qo‘shiq ustida ishlagan yoki roli muvaffaqiyatli chiqishi uchun bir nechta filmlarda o‘zini sinab ko‘rgan bo‘ladi. Klip yoki filmda rol ijro etgan bo‘lsa-da, unda bor-yo‘qligi ham sezilmagan ijodkorlar talaygina. “Daryo” muxbiri Nargizaxon Murodova klip va filmlarda ko‘z ilg‘amas rollarni ijro etgan va bugungi kunda mashhurlik cho‘qqisini zabt etgan ijodkorlar haqida ma’lumot to‘pladi. Shahlo Zoirova Komik aktrisani “Million” jamoasidagi ishtirokidan so‘ng xalqqa tanilgan. Ammo u undan avval ko‘plab filmlarda va kliplarda epizod rollarni ijro etgan. Masalan, komik aktrisa Dilfuza Ismoilovaning “Oh, yurak” klipida raqqosa sifatida ishtirok etgan. Ammo bir guruh qizlar orasida uning bor-yo‘qligi ham sezilmagan. 2011-yili Javlon Shodmonov rejissorligida suratga olingan “O‘xshatmasdan uchratmas” filmidagi ham epizod rollardan birini ijro etgan. Ammo ijodkorning bu filmdagi rolini ham deyarli tomoshabinlar payqamagan. Hozirgi kunda esa aktrisaning klip yoki filmdagi kichik rollari ham katta shov-shuvlarga sabab bo‘ladi. Mehriddin Rahmatov O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mehriddin Rahmatovni mas’ul lavozimlarda ishlaydigan insonlar rolida ko‘rishga o‘rganib qolganmiz. U faoliyati davomida harbiy xizmatchilar rolini ham ko‘p marta ijro etgan. Ammo uning ilk rolida giyohvandlikka ruju qo‘ygan inson gavdalantirilgan. Uning ilk rolini “Shaytanat” serialida ijro etgan. Ammo uning ishtirokini tomoshabin payqamagan bo‘lishi tabiiy hol. Aktyorning aytishicha, u institutdagi kurs rahbatining tavsiyasiga ko‘ra serial syomkasida ishtirok etgan. Ammo suratga olish maydonchasiga borgunga qadar qanday rolni ijro etishini bilmagan. Jahongir Poziljonov Komik aktyor Jahongir Poziljonov ilk rolini qaysi filmda ijro etganligini bilasizmi? Ko‘pchilik uni “Sevinch” filmidagi roli orqali taniydi. Ammo u ilk rolini rejissor Rustam Sa’diyevning “Muhabbat sinovlari 2 “ filmida ijro etgan. Ammo ijodkorning mazkur filmdagi ishtiroki deyarli sezilmagan. Bu filmda qarzdor rolini ijro etgan Jahongir Poziljonovga ko‘proq komik rollar yarashadi. Uning 2004-yilda suratga olingan “Sevinch” filmidagi roli tomoshabinlar e’tiboriga tushgan. Muhammadiso Abdulxairov Hozirgi kunlarda film va seriallarda anchayin faol bo‘lgan aktyor Muhammadiso Abdulhayirov bir paytlar marhum xonanda Layloning “Senla birgamiz” klipida rol ijro etganini ko‘pchilik bilmasa kerak. Yulduz Rajabova Ayni kunlarda “Mendirman Jaloliddin” serialining yangi mavsumida suratga tushayotgan aktrisa Yulduz Rajabovani ko‘pchilik “Hazon” va “Turist” filmlaridan so‘ng tanigan. Ammo ungacha aktrisa ko‘plab kliplarda ham suratga tushgan. Masalan, u Mahmud Namzovning “Ko‘za afsonasi” qo‘shig‘iga ishlangan klipda sohibjamol va ilon rollarini ijro etgan. Ammo ko‘pchilik tomoshabinlar buni payqashmagan. Ushbu klipda Yulduz Rajabova tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish xususiyatiga ega mistik qahramon rolini ijro etgan. Alisher Uzoqov Aktyor ilk rolini go‘daklik chog‘ida “Kunda” videofilmida ijro etgan. Undan keyingi rolini esa “Ostona” filmida yaratgan. U paytda ancha yosh edi. Shu boisdanmi tomoshabinlar uning Alisher Uzoqov ekanini tanishmagan bo‘lsa ham kerak. Muqaddas Sa’dullayeva Aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva ham ilk rolini bolalik chog‘ida ijro etgan.U aktyor va rejissor Mashrab Kimsanov tomonidan suratga olingan “Besh qismat” filmida onasi Gulchehra Sa’dullayevaning kenja qizi rolini ijro etgan. Ammo ko‘pchilik tomshabinlar retro filmni ko‘rib, bu bolakay Muqaddas Sa’dullayeva ekaniga ishonishmasa kerak. Halima Ibrohimova Komik aktrisa ilk rolini 2006-yilda “Anora” filmida ijro etgan. Undan so‘ng Burhon Sharopovning “Niqob” filmida ham kichik epizod rolni ijro etgan. Aktrisa faoliyatini janjalkash ayollar rolidan boshlagani uchunmi unga birorta filmda og‘ir-bosiq ayol rolini berishmaydi. Ja’far Mo‘minov Ayni kunlarda oila bilan AQSHda yashab, ijod qilayotgan aktyor Ja’far Mo‘minov ilk rolini “Sug‘diyona” filmida ijro etgan. Tomoshabinlar uning rolini payqamagani aniq. Boisi u oddiy barmen yigit rolida suratga tushgan. Munisa Rizayeva U mashhurlikka erishmasidan avval bir nechta filmlarda suratga tushganidan xabaringiz bor. Uning yaratgan rollari ozmi-ko‘pmi mashhurlikka ham erishgan. Ammo “Hay-hay qizaloq” filmidagi roli tomoshabin e’tiboriga tushmagan deyish mumkin. U filmda yong‘in sabab yuzi kuygan Holida ismli qiz rolini ijro etgan. Mansur Agaliyev O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning turmush o‘rtog‘i va uning prodyusser Mansur Agaliyev ham bir paytlar filmlarda epizod rollarni ijro etgan. U ilk rolini Murod Rajabovning “Ulfatlar” filmida ijro etgan. Shahzoda Muhammedova Taniqli aktrisa, dizayner va boshlovchi Shahzoda Muhammedova “Omad” filmida Bobur Yo‘ldoshevning tili zahar kotibasi rolini ijro etgan. Asosiy rollarni Ubaydullo Omon, Bobur Yo‘ldoshev hamda Iroda Nosirova ijro etgani uchun Shahzoda unchalik ko‘zga tashlanmagan.
136
5,011
Madaniyat
Rejissor Martin Kempbell bosh rolni Jeki Chan o‘ynaydigan “Ajnabiy” filmini suratga oladi
Yangi zelandiyalik rejissor Martin Kempbell Jeki Chan bosh rolni ijro etadigan “Ajnabiy” (The Foreigner) filmini suratga oladi. Bu haqda Gollivud nashrlariga tayanib, “TASS” xabar bermoqda. Filmni suratga olish ishlari shu yil oktabridan boshlanadi. Britaniyalik yozuvchi Stiven Lezerning 1992-yilda chop etilgan “Xitoylik” (The Chinaman) romani film syujeti uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. U qizining o‘limida aybdor bo‘lgan irlandiyalik jangarilar iziga tushgan London Chayna-taunidagi restoran egasi haqida hikoya qiladi. Restoran sohibini esa, bilganingizdek, Jeki Chan o‘ynaydi. Eslatib o‘tamiz, rejissor Martin Kempbell hisobida mashhur izquvar Bond haqidagi ikki film — “Oltin ko‘z” (Golden Eye, 1995) va “‘Royal’ qimorxonasi” (Casino Royale, 2006) bor.
89
762
Madaniyat
Toshkent aholisi Ozodbek Nazarbekov, Munisa Rizayeva va Rayhonni “zo‘r” deb tan oldi
“Sayyod” sayti Toshkent shahrining 11 tumanida istiqomat qiluvchi aholi o‘rtasida so‘rov o‘tkazdi. So‘rov ishtirokchilari “San’at olamidan siz uchun kim zo‘r?” degan savolga javob berdi, deb xabar bermoqda “Sayyod”. So‘rov paytida. Kollaj: “Sayyod” So‘rovda poytaxtning Chilonzor, Shayxontohur, Hamza, Mirzo Ulug‘bek, Olmazor, Sirg‘ali, Yakkasaroy, Yunusobod, Mirobod, Bektemir, Uchtepa tumanlarida istiqomat qiluvchilar ishtirok etdi. So‘rov natijalariga ko‘ra, Ozodbek Nazarbekov, Munisa Rizayeva hamda Rayhon bir xil — 15 ovozdan yig‘gan. “Bu so‘rovni mashhurlarning reytingini aniqlash uchun emas, shunchaki Toshkentning 11 tumanidagi eng gavjum joylardagi turli yosh va soha egalaridan “San’at olamidan siz uchun kim zo‘r?” savoliga javob oldik xolos”, — deyiladi xabarda. Quyida so‘rov natijalari keltirilgan:
84
817
Madaniyat
"PROlogue – 2018" xalqaro kinofestivalidan fotoreportaj
Poytaxtimizdagi Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Davlat akademik katta teatrida "PROlogue – 2018" xalqaro kinofestivalining ochilish tadbiri bo`lib o`tdi. Tantanali tadbir yurtimiz va xorijlik kino ustalarining qizil yo`lakchadan o`tishidek hayajonli onlari bilan boshlandi.
55
277
Madaniyat
Bred Pitt ekranda tanovul qilgan taomlarning retseptlar kitobi chiqdi
Gollivud aktyori Bred Pitt suratga tushgan filmlarda tez-tez ovqat tanovul qiladi. Endilikda uning muxlislari Pitt ekranda iste’mol qilgan ovqatlarni o‘z uyida tayyorlash imkoniyatiga ega: Bred Pitt o‘ynagan qahramonlar tanovul qilgan taomlarning retseptlar kitobi chiqdi, deb xabar bermoqda “Daily Afisha”. Kadr: YouTube Kitob Long Prawn nashriyoti tomonidan chop etildi va Fat Brad (“Semiz Bred”) nomini oldi. Retseptlar orasida oshpazlar Ali Karri-Vumar va Myetto Koventrilarning taomlari ham mavjud. Kitob narxi 24,99 dollarga baholangan. Quyida Bred Pittning ekranda tanovul qilgan ovqatlar videolavhasi keltirilgan.
69
623
Madaniyat
O`zbekistonda “Yapon kinosi kunlari” o`tkaziladi
Bugungi kunda O`zbekiston va boshqa davlatlar o`rtasida ko`plab sohalar qatori an`anaviy madaniy hamkorlik hamfaol rivojlanib bormoqda, deb xabar berdi “O`zbekkino” milliy agentligi. O`zbekistondao`tkazib kelinayotgan ko`plab xorij davlatlari kinosi kunlari buning yorqin tasdig`i.Bu kabi tadbirlarning davomi sifatida“O`zbekkino” Milliy agentligi tomonidanYaponiyaning O`zbekistondagi elchixonasi, O`zbekiston Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda29-31 mart kunlariYoshlar ijod saroyida Yaponiya kino kunlari o`tkaziladi. 29 mart kuni soat 18:00 daYoshlar ijod saroyining katta zalida tadbirning tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tadi. Kino kunlarini rejissyor Xiroshi Sugavaraning “Fotokonkurs Kosien: Leto v polsekund” nomli badiiy filmi ochib beradi. Seanslar jadvali: 29 mart18:00 Ochilish marosimi “Fotokonkurs Kosien: Leto v polsekund” badiiy film 30 mart12:30 “Poppin-Kyu” animasion film100 daqiqa. 15:00 “Devochki-Kalligraf” 120 daqiqa. 17:30 “Tebe ot menya” 128 daqiqa. 31 mart12:30 “Lovs zabtx golosov” animasion film 116 daqiqa. 15:00 “Fotokonkurs Kosien: Leto v polsekund” 117 daqiqa. 17:30 “Elektrichka Xankyu: Chudo za pyatnadsat minut” 119 daq. Filmlar yapon tilida bo`lib, rus tilidagi subtitrlarda namoyish etiladi. Kirish barcha xohlovchilar uchun tekin.
48
1,275
Madaniyat
O`zbekiston xalq artisti To`ti Yusupova vafot etdi
El ardog`idagi aktrisa To`ti Yusupova 85 yoshida olamdan o`tdi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar bermoqda.  Aktrisa 1936 yil 10 mart kuni Samarqand viloyatida tug`ilgan. U ijodiy faoliyatini 1957 yildan boshlagan To`ti Yusupova kino va teatrda qator turli obrazlarni yaratdi. U "Abdullajon", "Ko`ngil ko`chalari", "Voiz", "Dilxiroj", "Kichkina odamlar", "Shabnam", "Jazo", "Ojiza", "Nazira", "Berlin-Oqqo`rg`on" kabi ko`plab filmlarda suratga tushgan. Aktrisani xalqqa tanitgan mashhur rollaridan biri "Kelinlar qo`zg`oloni" spektaklidagi Sotti obrazi. To`ti Yusupova kino va teatrdagi samarali mehnati uchun "El-yurt hurmati", "Fidokorona xizmatlari uchun", "Mehnat shuhrati" ordenlari bilan taqdirlangan.
50
730
Madaniyat
“Yandeks. Musiqa” 2017-yilning eng ommabop qo‘shiqlarini e’lon qildi
“Yandeks. Musiqa” foydalanuvchilari 2017-yilda ko‘proq xorij xonandalarini tinglagan, deb xabar beradi “Vedomosti”. Yilning eng ommabop qo‘shiqlari o‘ntaligiga rus tilidagi to‘rtta qo‘shiq ham kiritilgan. Reytingning birinchi pog‘onasidan britaniyalik xonanda Ed Shiran joy oldi. “Yandeks. Musiqa” ma’lumotlariga ko‘ra, foydalanuvchilar uning Shape Of You qo‘shig‘ini eng ko‘p tinglagan. Reytingning ikkinchi o‘rnini Luis Fonsi va Deddi Yankining Despacito qo‘shig‘i zabt etdi. Keyingi o‘rinlardan amerikalik qo‘shiqchi Charli Putning Attention va Portugal. The Man guruhining Feel It Still qo‘shiqlari o‘rin olgan. Amerikaning Imagine Dragons guruhining ikkita — Believer va Thunder qo‘shiqlari reytingga kiritildi. Rus tilida kuylovchi xonandalar orasida Burito guruhining “Po volnam” (“To‘lqinlar bo‘ylab”), Ukrainaning “Gribi” guruhining “Tayet lyod” (“Muz eriydi”), Artik&Asti guruhining “Nedelimi” (“Ajralmaslar”), Svetlana Lobodaning “Sluchaynaya” (“Tasodifiy”) qo‘shiqlari eng ko‘p tinglangan, deb topildi. Reytingni tuzishda 2017-yilda chiqqan qo‘shiqlar va albomlar haqidagi hamda yanvar oyidan noyabr oyigacha necha marta tinglanganligi haqidagi ma’lumotlar hisobga olingan. Bu vaqt oralig‘ida servisning oylik foydalanuvchilari soni 20 milliondan oshgan.
68
1,267
Madaniyat
Viktoriya Bekhem, Demi Mur va plastik operatsiyalar sabab ko‘rinishi sezilarli darajada o‘zgargan boshqa yulduzlar
Yoshligini saqlab qolish uchun jarrohlik operatsiyasi qildirishga qaror qilgan va buning oqibatida ko‘rinishi sezilarli darajada o‘zgargan yulduzlar haqida ma’lumot beramiz. Demi Mur Bryuss Uillisning sobiq rafiqasi plastik jarrohlikdan aziyat chekkanlardan. Demi Mur Fendi’ning moda chiqishida ishtirok etgan vaqti tomoshabinlar u kiygan kostyum emas, ko‘rinishiga e’tibor berib, muhokama qila boshlagan. Haddan ortiq tortilgani hisobiga yuzi sun’iydek ko‘rinib qolgan. Ikkinchi operatsiyasi ham birinchisidan kam omadsiz chiqmagan. Viktoriya Bekhem Viktoriya Bekhemning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratlari ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan. Unda labining pastki qismi sezilarli darajada kattalashgani, botoks oqibatida esa yuzi notabiiy ko‘rinib qolgan. Bundan ko‘ngli to‘lmagan muxlislar uni boshqa bunday qilmaslikka chaqirgan. Kemeron Dias 2021-yilda aktrisa Hart to Heart shousida ishtirok etib, operatsiyasi haqida gapirib bergan. Diasning aytishicha, rinoplastika qildirishiga syorfing bilan shug‘ullanish vaqtida burnini sindirib olgani sabab bo‘lgan. Operatsiya darhaqiqat omadli bo‘lgan, buni aktrisaning jarrohlikdan avvalgi va keyingi suratlaridan ham bilsa bo‘ladi. Ammo uning “go‘zallik ukollari”ga bo‘lgan sevgisi ko‘plab savollarni keltirib chiqargan. Gap shundaki, bir vaqtlar muxlislari uni kosmetik ukollarga mukkasidan ketishda ayblagan. 2018-yilda yuzi shunchalik sun’iy ko‘ringanidan aktrisa ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan. Bulardan to‘g‘ri xulosa chiqargan Dias bugungi kunda tabiiy qarishni afzal biladi. Xezer Loklir “Sulola”, “Melrouz Pleys” seriallaridagi ko‘rinishiga qarab Xezer 60 yoshiga nisbatan g‘alati ko‘rinadi. Uning avvalgi go‘zalligidan asar ham qolmagan. Spirtli ichimlik va narkotiklarga mukkasidan ketgani tashqi ko‘rinishda o‘z aksini topmay qolmagan. Ammo u bu muammoga jarrohlik amaliyoti bilan yechim topishga bir emas, bir necha marta uringan. Oqibatda narkotik moddalardan zaharlangan organizm shifokorlarning kosmetik muolaja va operatsiyalariga nisbatan salbiy ta’sir ko‘rsatgan.
114
2,045
Madaniyat
33 yoshni qarshi olgan Shahzoda Matchonova, to‘ylarda qo‘shiq kuylamaydigan Shahlo Ahmedova qanday pul topadi? Instagram’dan daraklar
8-avgust kuni jahon va o‘zbek san’ati yulduzlarining Instagram’dagi sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxon koronavirusni Allohning ne’mati ekanligini yozib qoldirdi. View this post on Instagram Turk aktyorlari Xalit Ergench va Bergyuzar Korelning turmush qurganiga 11 yil bo‘ldi. Aktrisa shu sana munosabati bilan turmush o‘rtog‘ini qutladi. View this post on Instagram 8-avgust kuni taniqli aktrisa Shahzoda Matchonova 33 yoshni qarshi oldi. Shou-biznes vakillari Shahzodani tug‘ilgan kuni bilan tabriklamoqda. View this post on Instagram View this post on Instagram Turkiyaning Bodrum shahrida dam olayotgan Zohirshoh Jo‘rayev. View this post on Instagram Rejissor Jahongir Ahmedov “Ilhaq” filmini suratga olish jarayoni suratlari bilan bo‘lishdi. View this post on Instagram “Dizayn” kulgi jamoasi YouTube kanali orqali “Farosat ko‘rsatuvi” hajviyasini namoyish etadi. View this post on Instagram “Bravo”chi Shahlo ham hordiq chiqarmoqda. View this post on Instagram Aktrisa Bahora Arslonova “Mudhish 2020-yil” chellenjida ishtirok etdi. Ushbu fleshmob dastlab Riz Uizerspun tomonidan Instagram sahifasiga joylangan. Aktrisa joylagan rasmda 2020-yilning har bir oyida ma’lum bir hissiyotlar tasvirlangan. Suratlarda uning dastlab kulgani, so‘ng yuzida jumboqli ifoda bilan aks etgan. Aprel oyida yulduzning yig‘lagan va keyinchalik  “hayratda qolgan va kutayotgan” holatlari tasvirlangan. Boshqa mashhur aktyor va aktrisalar ham Uizerspunning g‘oyasini ma’qullagan va ular ham suratlarida har bir oyni tasvirlagan kollajlar joylay boshladi. View this post on Instagram Hind kinoijodkorlarining “Biz yolg‘iz emasmiz” filmi suratga olinganiga 17 yil to‘ldi. Filmda bosh rolni ijro etgan Ritik Roshan otasiga hech kim muvaffaqiyatiga ishonmagan ushbu g‘oyani amalga oshirgani uchun minnatdorchilik bildirdi. U, shuningdek, filmning boshqa ijodkorlariga ham tashakkurini izhor etdi. “Seni sog‘inaman, Jadu” deb yozdi Ritik Roshan. View this post on Instagram To‘ylarda qo‘shiq kuylamaydigan hamda boshlovchilik qilmaydigan Shahlo Ahmedova qayerdan pul topadi? Xonanda ushbu savolga tez orada javob berishini ma’lum qildi. View this post on Instagram
133
2,421
Madaniyat
Havoga sovurilgan pullar: dabdabali to‘ydan so‘ng ko‘p o‘tmay ajrashgan yulduzlar (foto)
Albatta, barcha ham nikoh to‘yini bir umr yodda qolishini istaydi. Bu borada yulduzli juftliklar ham hech kimdan qolishmaydi. Ularning nikoh oqshomi butun dunyo bo‘ylab ovoza bo‘ladi. Gullar, qimmatbaho to‘y libosi − qisqasi sarflangan pullarning chegarasi yo‘q. Afsuski, oradan ko‘p o‘tmay juftliklarning ajrashib ketishi ularning to‘yidan ham ko‘ra ko‘proq shov-shuvga aylanadi. Kim Kardashyan va Kris Xamfris Kim va Kris 2011-yil 20-avgustda turmush qurgan. Ularning nikoh to‘yi oila a’zolari va do‘stlari bilan birgalikda dabdabali tarzda o‘tkazilgan. Kelin nikoh oqshomi kunida Vera Vangga tegishli oppoq libosda paydo bo‘lgan. Taqinchoqlardan 28 karatli olmos ziraklarni tanlab, 5 million dollar pul sarflagan. Mish-mishlarga ko‘ra, marosimni tashkillashtirish yulduzlarga 10 million dollarga tushgan. Ular to‘y kuni barchasi ko‘ngildagidek o‘tishi uchun harakat qilgan. Ammo shuncha dabdaba ham ularning oilasiga baxt berolmadi. To‘ydan 72 kun o‘tgach, yosh oila ajrashishini e’lon qilgan. Oradan 2 yil o‘tib, ular rasman ajrashgan. Jennifer Lopes va Kris Jadd Jen va Kris “Love Don’t Cost a Thing” qo‘shig‘iga klip suratga olinayotganda tanishgan. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay juftlik katta ziyofat uyushtirib, turmush qurgan. To‘yga sarflangan xarajat yangi oilaga bir necha million dollarga tushgan. Ularning ham nikohi uzoq davom etmadi, afsuski. Jadd o‘sha vaqtda har bir qadami jurnalistlar tomonidan muhokama etilishi xushlamagan, Jenining esa qisqa vaqt ichida turmush o‘rtog‘iga bo‘lgan fikri o‘zgargan. Alina Grossu va Aleksandr Komkov 2019-yilda Alina Grossu va Aleksandr Komkovning o‘tkazilgan nikoh to‘yi uzoq muhokamalarga sabab bo‘ldi. Yulduzlar Italiyada qadimiy joy bo‘lmish “Villa Arvedi”ni ijaraga olib, ziyofat uyushtirgan. Ikki kunlik ziyofatni tashkillashtirish ularga 100 ming yevrodan ko‘proqqa tushgan. Achinarlisi shundaki, to‘ydan bir yil ham o‘tmay yulduzlar ajrashish uchun ariza topshirgan. Alinaning so‘zlariga ko‘ra, ajrashish taklifi Aleksandrdan chiqqan va buning uchun Alina uni kechira olmagan. Madonna va Gay Richi Madonna va Gay 2000-yil turmush qurgan. Juftlik ushbu baxtli kunini keng miqyosda nishonlashga qaror qilgan. Tunda otilgan salyutlarning o‘zi uchun 300 ming dollardan ko‘proq pul sarflangan. Shuningdek, to‘rt baravar qimmatga tushgan ziyofat va kelinning Monako malikasi Greys Kelliga tegishli toji ham bunga qo‘shimcha bo‘lgan. Albatta, ular umrining oxirigacha birga bo‘lishga qaror qilgan edi. Ammo oradan 8 yil o‘tib, yulduzlar ajrim uchun ariza topshirgan. Oksana Voyevodina va Malayziya qiroli Tuanku Muhammad V Kelantan Sultan Oksana 2018-yil Malayziya qiroliga turmushga chiqqanida, ko‘pchilik unga havas qilgan edi. Badavlat, mehribon, kelishgan – buni dunyodagi ko‘plab qizlar orzu qiladi. Faqat ushbu hikoya uzoq davom etmagan. Nikohdan bir necha oy o‘tgach, qirol garchi rafiqasi homilador bo‘lsada, u bilan aloqalarni uzgan. Juftlikning ajrashish sabablari hanuzgacha aniq emas.
88
2,954
Madaniyat
Madonna, Silvestr Stallone va farzandlarini qattiqqo‘llik bilan tarbiya qilayotgan boshqa mashhurlar (foto)
Shunday ota-onalar borki, ular farzandiga sog‘lom tarbiya bera olgani uchun mukofot bilan taqdirlanishi kerak. Albatta, hamma ham farzandi uchun eng yaxshisini xohlaydi. Lekin amalda doim ham bunday bo‘lavermaydi. Shuningdek, mashhur insonlar orasida nima bo‘lmasin, tarbiya borasida o‘z tamoyilidan chetga chiqmaganlari ham mavjud. Sting 70 yashar qo‘shiqchi Stingning olti nafar farzandi bor: uch o‘g‘il va uch qiz. Rok musiqa olamidagi eng muvaffaqiyatli ijrochilardan biri o‘z boyligini farzandlariga qoldirmoqchi emas. Xonanda farzandlari ham bu qarorni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlab o‘tgan. Stingning fikricha, merosxo‘rlar ota-onalariga ishonib qolmasligi lozim, o‘zlarini ta’minlay olishi kerak. Xonandaning to‘ng‘ich qizi 45, kenja o‘g‘li esa 26 yoshda. Ularning barchasi o‘zi ishlab, pul topadi. Musiqachining aytishicha, ular boy merosxo‘r emas, balki ma’lum bir kasb egasiga aylangan. Bill Geyts 66 yoshli Bill Geyts ham hayotda Stingga o‘xshash nuqtayi nazarga ega. Microsoft asoschisi sobiq rafiqasi Melinda bilan uch nafar farzand ko‘rgan. 27 yildan beri birga bo‘lgan er-xotin 2021-yilning may oyida to‘satdan ajrashdi. Shu bilan birga, ular yaxshi munosabatlarni saqlab qoldi va hatto to‘ng‘ich qizi Jenniferning to‘yida birgalikda ko‘rinish berdi. Bill butun boyligini xayriya ishlariga sarflashga qaror qildi. Ishbilarmonning ishonchi komilki, ko‘p pulga ega bo‘lish bolalarning taqdirini buzadi, ularni mustaqil ravishda biror narsaga erishish istagidan qaytaradi. Silvestr Stallone 75 yoshli Silvestr Stallone ko‘p farzandli otalar safida. Birinchi turmushidan uning ikki o‘g‘li bor: ulardan biri vafot etgan, ikkinchisiga autizmning og‘ir shakli tashxisi qo‘yilgan. Aktyorning model Jennifer Flavin bilan turmushidan uch nafar qizi bor.  Mashhur ota ko‘pincha merosxo‘rlari bilan qizil yo‘lakda ko‘rinish beradi. Biroq Silvestr hali qizlarining kuyovlari bilan uchrashishga tayyor emas. U qizlariga hatto 40 yoshga to‘lgunga qadar yigitlar bilan uchrashishni man qilganini hazil qildi. Ammo har bir hazil tagida oz bo‘lsa-da haqiqat bor. Bir kuni bokschi rolini ijro etgan aktyor Rokki Balboa uning qizlaridan biriga qo‘ng‘iroq qilganida go‘shakni u ko‘tardi. Aktyor yigitga muvaffaqiyatsiz suhbatdoshi bir umrga Misrga jo‘nab ketganini aytdi. Madonna 63 yoshli Madonna ikki farzandni dunyoga keltirdi: amerikalik fitnes-murabbiy Karlos Leon biln ko‘rgan katta qizi Lurdes allaqachon 25, rejissor Gay Richidan ko‘rgan o‘g‘li Rokko 21 yoshda. Bundan tashqari, xonandaning to‘rt nafar asrab olingan farzandi bor: eng kattasi 16 yoshda, eng kenja egizaklari esa to‘qqiz yoshda. Xonanda merosxo‘rlarga televizor ko‘rishni, shuningdek, gazeta va jurnallar o‘qishni taqiqlagan. Madonna ulardan olishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni mutlaqo keraksiz deb hisoblaydi. Ko‘rinishidan, u gadjetlarga qarshi va bolalari hayoti ustidan to‘liq nazorat o‘rnatgan.
107
2,880
Madaniyat
Xonandalar Nodir Zoitov va Shirin juftligi farzandli bo‘ldi
Xonandalar Nodir Zoitov va Shirin ilk bor ota-onalik baxtiga sazovor bo‘ldi. Shirin 16-iyul kuni qiz farzandni dunyoga keltirgan. Bu haqda xonanda Malika Ravshanova ma’lum qildi. “Suyunchi! Jiyanli bo‘ldim. Qiz farzand muborak bo‘lsin! Alloh umrini, rizqini ziyoda qilsin”, — deb yozadi Malika Ravshanova. Ma’lumot uchun, Nodir Zoitov hamda Shirinning nikoh oqshomi 2019-yilning 11-noyabr kuni “Yakkasaroy” restoranida bo‘lib o‘tgan edi.
59
438
Madaniyat
Ko‘rishga ulgurmaganlar uchun 2016-yilning eng yaxshi filmlari
2017-yilda chiqishi rejalashtirilgan “Begona” va “Galaktika qo‘riqchilari” filmlarining davomini kutishda zerikib qolmasligingiz uchun sizga o‘tgan yilning eng yaxshi filmlaridan bir nechtasini tavsiya qilmoqchimiz. Rejissor Derek Siyenfrens tomonidan yaratilgan bu romantik dramada kichkina qizchani asrab olgan mayoq nazoratchisi va uning xotini to‘g‘risida hikoya qilinadi. Ilmiy fantastikaga asoslangan Amerika mistik teleserialida yetti yil ilgari sirli ravishda yo‘qolib qolgan qizning ota-onasi yoniga qaytib kelishi bilan bog‘liq voqealar tasvirlangan. Bu film rejissor Devid Yeyts tomonidan Joan Rouling asari asosida suratga olingan. Amerikalik kinorejissor Vudi Allen tomonidan uning o‘zi yozgan ssenariy asosida suratga olingan bu kulgili filmda 1930-yillarda AQShda aristokratlar hayotida yuz bergan voqealar tasvirlangan. Manba: “Kinopoisk.ru”
62
858
Madaniyat
Yevropaning eng badavlat malikalari (foto)
Malikalarning nafaqat hayoti, turmush tarzi, balki moliyaviy ahvoli ham muxlislar uchun qiziq bo‘lgan. Malika Beatris Beatris dunyoga kelganidan keyin shahzoda Endryu va gersoginya Sara qizining nomiga alohida hisob raqam ochib qo‘ygan. Malika Britaniya qirollik oilasining katta vakil emas, qirollik majburiyatlarini qisman amalga oshiradi va shu sabab ham o‘zining karyerasi bilan shug‘ullana oladi. Ayni vaqtda mustaqil biznes-maslahatchi sifatida faoliyat yuritadigan malika, shuningdek, Afiniti kompaniyasining vitse-prezidenti hisoblanadi. Ma’lumotlarga qaraganda, uning moliyaviy ahvoli taxminan 6,7 million dollarga baholanadi, boshqa manbalarda esa 10 million dollar deb keltirilgan ma’lumotlar ham yo‘q emas. Malika Yevgeniya Yevgeniyaning shaxsiy kapitali ham deyarli Beatris bilan bir xil. Yevgeniya ham mustaqil pul topadi va karyerasi ijod bilan bog‘liq. U badiiy galereyasining rahbar o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritadi. Bundan tashqari, mish-mishlarga qaraganda uning buvisi Yelizaveta II tomonidan ochib berilgan fondi ham bor. Malika Viktoriya Shvetsiya qiroli Karl Gustav XVI katta qizi Viktoriya bo‘lajak taxt vorisi hisoblanadi. Uning moliyaviy ahvoli 13,4 million dollarga baholanadi. Malika Madlen Viktoriyaning kichik singlisining moliyaviy ahvoli 14 million dollarga baholanadi. Uning turmush o‘rtog‘i Kris O‘Nil Wilton Payments Limited kompaniyasining boshqaruvchi rahbari hisoblanadi. Umumiy kapitali qo‘shilsa, ular Shvetsiyaning eng boy oilalaridan biri hisoblanadi. Kembrij gersoginyasi Keyt Middlton Zolushkaning hayotdagi prototipi, oddiy oiladan chiqib shahzoda qalbini zabt etgan Keyt Middltonning moliyaviy ahvoli turli manbalarda aytilishicha, 10-14 million dollarga baholanadi. Gersoginya Sofiya Shved oilasining yana bir vakili Sofiya sobiq model va shahzoda Karl Filippning rafiqasi hisoblanadi. Uning moliyaviy ahvoli ham 14 million dollar atrofida. Malika Anna Qirolicha Yelizavetaning yakka-yu yagona qizi Britaniya qirollik oilasining eng mehnatkash a’zolaridan. Maktabni bitirgach, u yiliga 200-300 tadbirga tashrif buyurgan. Uning moliyaviy ahvoli 40 million dollardan ortiq. Malika Karolina Monakoning sobiq knyazi Renye II va Gollivud yulduzi Greys Kellining katta qizi ommaga ko‘p ko‘rinish bermaydi. 63 yoshli malika uch marta turmush qurgan va to‘rt nafar farzandi bor. Karolinaning moliyaviy ahvoli esa 134 million dollar atrofida. Malika Stefaniya Karolinaning singlisi avvaliga modellik va xonandalik bilan shug‘ullangan. Uning ham moliyaviy ahvoli opasi bilan teng — 134 million dollar. Malika Sharlotta Sharlotta endigina 5 yosh bo‘lishiga qaramay, dunyodagi eng badavlat malika shahzoda Uilyam va Keytning qizi bo‘lgani uchun ular boyligining merosxo‘ri hisoblanadi. Otasi taxtga o‘tirsa moliyaviy ahvoli yanada ortishi ajab emas. Uning bo‘lajak kapitali bir necha yuz million, hatto milliardga ham baholanadi.
42
2,880
Madaniyat
Rianna, Kayli Jenner va Psy: jahon biznesiga ta’sir o‘tkazayotgan yulduzlar (foto)
Mashhurlar nafaqat reklamalarda ko‘rinish berishni, balki shunchaki aksiyalar qiymatini o‘zgartirishni ham biladi. Kendall Jenner Model Kendall irqiy qarama-qarshilikka bag‘ishlangan munozarali Pepsi reklama kampaniyasida ishtirok etdi. Afsuski, uning oxiri yaxshilik bilan tugamadi. Kompaniya aksiyalari 30 foizga tushib ketdi. Ilon Mask Milliarder bitkoin kursiga ta’sir ko‘rsatadigan super kuchi bilan tanilgan. U Tesla’ni kripto valyutada sotib olish mumkin emasligini e’lon qilishi bilanoq bitkoin narxi bir kunda 15 foizga tushib ketdi. Opra Uinfri 2015-yilda teleboshlovchi Weight Watchers kompaniyasining 10 foiz aksiyasini sotib olib, unga 43 million dollar sarmoya kiritgan. Deyarli bir zumda aksiyalar o‘sishni boshladi va 279 foizgacha ko‘tarildi. O‘shandan beri vazn yo‘qotish xizmati o‘nlab mamlakatlarda o‘z faoliyatini boshladi. Rianna Rianna mashhur ijtimoiy tarmoqlarni, jumladan, Snapchat’ni va oiladagi zo‘ravonlikni qo‘llab-quvvatladi. Shunda ushbu platforma darhol 800 million dollar yo‘qotdi. Kayli Jenner U Snapchat’ni tamoman yo‘qotgan odam sifatida tanilgan. Kayli o‘z tvitida endi mashhur platformaning videoqo‘ng‘irog‘idan foydalanmayotganini ma’lum qilgan. Kompaniya esa buning ortidan 1,5 milliard dollar yo‘qotgan. Psy Xonandaning Gangham Style qo‘shig‘i uning otasiga tegishli kompaniya aksiyalarining o‘sishiga kuchli ta’sir ko‘rsatganini kam odam biladi. Hozirga qadar ular 8 baravar o‘sdi. Mishel Obama Sayyoradagi eng zamonaviy ayollardan biri AQShdagi Yevropa brendlari savdosining o‘sishiga va shu sababli ushbu brendlarga egalik qiluvchi kompaniyalar aksiyalariga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.
82
1,639
Madaniyat
Hamza Umarov, Zaynab Sadriyeva va boshqa kino darg‘alarining ota-onasidek mashhur bo‘la olmagan san’atkor farzandlari (foto)
San’atda o‘z o‘rnini topish, zamon tanlamas ijod namunalarini yaratish, elga tanilish hammaga ham nasib etavermaydi. Hatto bunday baxt o‘sha muhitda tarbiyalangan farzandlarga ham nasib qilmasligi mumkin. Zaynab Sadriyeva nega qizining aktrisa bo‘lishini istamagandi? O‘zbekiston xalq artisti Zaynab Sadriyevaning qizi Dilbar Ismoilova bu yil 83 yoshni qarshiladi. U onasining kasbini tanlab, teatr va dublyaj sohalarida faoliyat yuritdi. Yodingizda bo‘lsa, u onasi Zaynab Sadriyeva bilan “Kelinlar qo‘zg‘oloni” va “Farmonbibi arazladi” spektakllarida Lutfi rolini ijro etgandi. Bundan tashqari, tomoshabinlar uni “Parvona” spektaklidagi prokuror ayol roli orqali  yaxshi tanishadi. Onasidek mehnatsevar ijodkor hamon O‘zbekiston davlat drama teatrida faoliyat yuritadi. “Bolaligim sobiq Hamza teatrida o‘tgan, desam bo‘ladi. Har kuni darsdan keyin teatrga borardim. Men uchun olam faqat san’atdan iborat edi. 1955-yili maktabni oltin medalga tamomladim. Xursand bo‘lib, onamga san’at institutiga hujjat topshiraman desam, yo‘q, men ko‘rgan qiyinchilikni ko‘rmagin, san’atdan ortib, opang ikkovingni tarbiyalashga vaqtim bo‘lmagan, degan javobni olgandim”, — deydi Dilbar Ismoilova. Dilbar Ismoilova filmlarda kam suratga tushdi. Uning faoliyati, asosan, teatr va dublyaj bilan bog‘liq. U “Ayajonlarim”, “Vafodor”, “Qutlug‘ qon”, “Diydor” va “Zaharli hayot” kabi ko‘plab spektakllarda rollar ijro etgan. Hamza Umarovning yolg‘iz o‘g‘li kinoni tanladi O‘zbekiston xalq artisti Hamza Umarovning ikki qiz va bir o‘g‘il farzandi bor. O‘g‘li Shuhrat Umarov hozirgi kunda kinoaktyor sifatida faoliyat yuritadi. “Bolaligimda aktyor bo‘lishni istamaganman. Menga ko‘proq sirk san’ati yoqardi. Maktabdan keyin sirk tomoshalariga borishni, artistlar hayotini o‘rganishni yoqtirardim. Ot sporti bilan bajariladigan tryuklar jon-u dilim edi. Maktabni tamomlagan yilim Moskva kinemotografiya institutidan bir guruh o‘qituvchilar kelib, uch bosqichli tanlov asosida O‘zbekistondan talabalar saralab oladigan bo‘lishdi. Otamning takliflari bilan tanlovda ishtirok etdim. Bu shunchaki otamni xursand qilish va istaklarini rad etmaslik edi, xolos. Birinchi bosqichda ishtirok etganimdan so‘ng, ikkinchi bosqichga taklif etishmadi. Qabul qilishmabdi deb yurganimda birdan o‘qishga qabul qilinganim va 15 ta talaba bilan o‘qishga jo‘nab ketishimni aytishdi. Bu xabardan dadam juda xursand bo‘ldi”, — degan edi Shuhrat Umarov otasining istagiga ko‘ra aktyor bo‘lgani haqida. Hamza Umarov bir vaqtning o‘zida teatr, kino va dublyaj sohalarida samarali ijod qilishni uddalay olgan. Uning ishtirokidagi “O‘tkan kunlar”, “Mahallada duv-duv gap”, “Chinor ostidagi duel” hamda “Alibobo va qirq qaroqchi” filmlari hamon tomoshabinlar e’tiborida. Shuhrat Umarov “Romeo va Julyetta”, “Advokatlar”, “Yangi boy”, “Tavba”, “Haqiqat kuni” va “Quduq” filmlarida suratga tushgan. Ayni kunlarda 63 yoshni qarshilagan aktyor hamon uni kashf etadigan rollarni kutib yashamoqda. Xumora Ixtiyorova qizaloqlarga dars beradi O‘zbekiston xalq artistlari Baxtiyor va Maryam Ixtiyorovalarning turmushidan uch nafar farzandlari bor edi. Afsuski, kenja o‘g‘li buyrak yetishmovchiligi xastaligidan vafot etgan. To‘ng‘ich o‘g‘li esa san’at sohasida faoliyat yuritmaydi. Faqatgina ijodkorlarning qizi — Xumora Ixtiyorova raqs san’atini tanlagan va bugungi kunda baletmeyster bo‘lib ishlaydi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Xumora Ixtiyorova uzoq yillar raqqosa bo‘lib ishlagan. 2007-yildan buyon “Sultona” qizlar raqs jamoasini tuzib, qizaloqlarga san’at sirlarini o‘rgatmoqda. U maktab qoshida tashkil etilgan kichik raqs jamoasiga rahbarlik qiladi. Razzoq Hamroyevning qizi — balet murabbiyi Alisher Navoiy obrazi bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan O‘zbekiston xalq artisti Razzoq Hamroyevning qizi Guli Hamroyeva Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrida balet murabbiyi sifatida faoliyat yuritadi. Ayni damda 75 yoshni qarshilagan ijodkor hamon teatrda faoliyat yuritadi. U faoliyatini 1966-yili balet raqqosasi sifatida boshlagan. Guli Hamroyeva 1968- yili Ali Hamroyev rejissorligidagi “Dilorom” filmida suratga tushgan. Ammo unga 1972-yili suratga olingan “Semurg‘” filmida malika Parizod roli katta omad olib kelgan. Ayni kunlarda uning faoliyatini qizi Nodira Hamroyeva davom ettirmoqda. Jamshid va Gavhar Zokirovaning qizi — qo‘shiqchi Marhum ijodkor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Jamshid Zokirovning o‘g‘li Javohir Zokirov aktyor ekanligini yaxshi bilamiz. Uning qizi Ohista Jamshid esa 2000-yildan buyon xonandalik bilan shug‘ullanadi. Aslida, uning familiyasi Zokirova, ammo u ajdodlarining ulug‘ nomiga dog‘ tushirishdan qo‘rqqan. “Ismim Ohista, ayrimlar o‘ylagandek bu taxallus emas. Turmush o‘rtog‘im bilan DalaHast guruhiga asos solganmiz. Yo‘nalishimiz boshqalarga o‘xshamaydi. O‘ziga xoslik bor”, — deydi Ohista Jamshid. Rimma Ahmedovaning qizini kutilmaganda kinoda suratga tushishga chaqirishdi Marhum aktrisa Rimma Ahmedova o‘zbek dublyaj san’atining yorqin vakillaridan biri hisoblanadi. U “Qirol Lir”, “Shoh Edip”, “Ufq”, “Kelinlar qo‘zg‘oloni”, “Parvona”, “Yulduzli tunlar” kabi spektakllarda, shuningdek, “Oy borib, omon qayt”, “Dallol”, “Yuzsiz”, “Sho‘rpeshonalar”, “Bomba” kabi badiiy filmlarda esda qolarli rollar yaratgan. Dublyaj sohasidagi 35 yillik faoliyati davomida ikki mingdan ortiq qahramonlarga ovoz bergan. Uning o‘g‘li Bobur Yo‘ldoshev zamonamizning mashhur aktyorlaridan biri. Qizi Lola Ahmedova esa endigina aktrisalik faoliyatini boshladi. U “Meni asra” serialida suratga tushib, o‘zini aktrisa sifatida namoyon qildi. U asli Sharqshunoslik institutining fors tili fakultetida tahsil olgan. Ammo oilaviy sharoiti sabab o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishlamagan. Bir nechta idoralarda tashkilotchi, ma’mur vazifalarini bajargan. “Serialda suratga tushishimga ukamning do‘sti Abror Yo‘ldoshev sabab bo‘ldi. U suratimni rejissor Baxtiyor Safarovga ko‘rsatgan. Unga ma’qul kelib, rolga taklif etishdi. Men aktrisa emasman, ammo qonimda san’atga qiziqish bor”, — deydi Lola Ahmedova. Lola Ahmedova ayni kunlarda aktyor Abror Yo‘ldoshev boshchiligida ochilgan Toshkent kino akademiyasi markazida ma’mur sifatida faoliyat yuritadi. Ushbu dargoh havaskor aktyorlarni o‘qitish bilan shug‘ullanadi.
124
6,233