folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Madaniyat
Lolaning konserti yozilgan disk sotuvga chiqdi. Yangi klip suratga olindi
Xonanda Lola Yo‘ldosheva o‘zining ashaddiy muxlislariga ajoyib sovg‘a tayyorladi. Lolaning yangi konsert dasturi yozilgan DVD diskda barcha qo‘shiqlarining matni va musiqasi mavjud. Bundan tashqari, mazkur diskda xonandaning muxlislarga atalgan sirli sovg‘asi ham bor. Bu haqda darakchi.uz sayti xabar bermoqda. foto: uzcinema.com Hafta davomida Lola poytaxtimizning turli joylari hamda tog‘ yonbag‘irlarida yangi “Qaytmaydi” nomli qo‘shig‘iga klip suratga oldirdi. Klipni taniqli klipmeyker Yodgor Nosirov hamda Muhammadali Iskandarovlar hamkorlikda suratga olishdi. Yana bir ma’lumot: shu kunlarda xonandaga ikkita yangi filmda suratga tushish yuzasidan takliflar bildirilgan. Ammo hozircha Lola ularning hech biriga rozilik bergani yo‘q.
73
742
Madaniyat
Leonardo Di Kaprio o‘zini 24 kishi deb o‘ylaydigan odam rolini o‘ynaydi
Gollivudning “To‘lib ketgan xona” filmida real hayotda mavjud bo‘lgan o‘zini 24 kishi deb o‘ylovchi Uilyam Milligan ismli shaxs rolini Leonardo Di Kaprio o‘ynaydigan bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Rossiyskaya gazeta”. Milliganning taqdiri haqida film olishga dastlab uringan Toni Graff 1997-yilda Denni de Vito yordamida ssenariyning ilk variantini yozib, rejissyorlikka Jeyms Kemeronni, bosh rolga esa Jonni Depp, Bred Pitt, Shon Penn va Kolin Farrel singari aktyorlardan birini taklif qilish rejalashtirilgan edi. Biroq bu amalga oshmay qolgan. Ssenariyning yangi versiyasi ustida Jeyson Slimovich va Tedd Kattsberg ishlaydi. Leonardo Di Kaprio esa bosh rolni o‘ynash bilan birga film prodyuserlaridan biri ham bo‘ladi. Qayd etilishicha, Milligan AQShning Ogayo shtatida bir necha talonchilik va zo‘rlash jinoaytlari uchun sudlangan. Biroq advokatlar bu ishlarni uning o‘zi emas, balki ichidagi “muqobil shaxslari” qilganini isbotlagan. U sudda oqlanib, 10 yilga ruhiy kasallar shifoxonasiga jo‘natilgan. Milligan 1988-yilda shifoxonadan chiqqan va o‘tgan yilning dekabr oyida 59 yoshida vafot etgan.
71
1,100
Madaniyat
Hojiboy Tojiboyevning qizi dadasining “shogird”lari haqidagi intervyusidan so‘ng tazyiqqa uchraganini ma’lum qildi (video)
Tashkent City’da O‘zbekiston va Tojikistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hojiboy Tojiboyevning haykali ochildi. Ushbu marosimda Hojiboy Tojiboyevning qizi Intizor Tojiboyeva “Daryo” muxbiri Feruz Muhammadga qisqa intervyu berdi. Intizor Tojiboyeva suhbat davomida 2016-yilda “Daryo”ga bergan “Faqat “Shogirdiman!”, deb gapirishni bilishadi, ammo uyimizni qayerdaligini ham bilishmaydi. Dadamning qo‘shtirnoq ichidagi shogirdlari yordam berish uyoqda tursin, oilamiz haqida ma’lumotga ham ega emas”, mazmunidagi intervyusidan so‘ng unga tazyiqlar bo‘lgani haqida gapirib berdi. Avvalgi intervyulardan keyin tazyiqlar bo‘ldi. O‘sha payt sizga intervyu bergandim. Men u yerda aniq bir odamni gapirmaganman, umumiy gap bo‘lgan. Siz ‘shogirdlar’ deganingizga men shogirdlari deganman. Hech kimni yomonlamaganman, har doim haqiqatni aytaman, xarakterim shunaqa. Keldimi keldi, kelmadimi kelmadi... U gapdan keyin majbur bo‘lib kelishdi. Ushbu marosim har tomonlama ko‘ngildagidek o‘tayotgani uchun Valijon Shamsiyevga kattakon rahmat aytaman, ular bo‘lmaganlarida, ochilish marosimi bu darajada bo‘lmas edi. Aka bo‘lib, shogirdlari bo‘lmasa ham, xayolan shogird bo‘lib hammamizning yonimizda turib berdilar. To‘g‘risini aytsam, Valijon aka oilamizning qadrdonlari. Mirzabek akaga ham rahmat deyman. Mana shu yerga kelgan insonlar, bizning oilamizning yaqinlari. Bundan oldin ham ko‘rsatuvga kelganlar ham yaqinlari. Kelmaganlar esa yaqin inson emas. Shundan ham xalqimiz bizning oilamizga kim yaqin-u, kim yaqin emas, bilib olishsa bo‘ladi. Intizor Tojiboyeva, Hojiboy Tojiboyevning qizi, aktrisa
122
1,589
Madaniyat
Turklar bilan hamkorlikda olinayotgan “Güneşim benim” seriali uchun yetarli mablag‘ topa olmagan o‘zbek kino ijodkorlari “Yuraklar jangi” serialini boshladi
Prodyuser Ruslan Mirzayev jamoasi turk kinoijodkorlari bilan hamkorlikda “Yuraklar jangi” nomli dramatik serialni suratga olish ishlariga tayyorgarlik jarayonlarini boshladi. Bu haqda prodyuser Ruslan Mirzayev jurnalist Feruz Muhammadga bergan qisqa intervyusida ma’lum qildi. “Yuraklar jangi” serialini suratga olish g‘oyasi “Güneşim benim” O‘zbekiston va Turkiya kinoijodkorlari hamkorligida suratga olinadigan birinchi katta budjetli va keng qamrovli serialga tayyorgarlik jarayonlarida tug‘ilgan edi. Hozircha “Güneşim benim” seriali uchun yetarli mablag‘ topa olmadik. Telekanallarimiz katta mablag‘ berib, o‘zlarining muallifligida seriallar suratga olishdan ko‘ra, chet el ijodkorlari tomonidan suratga olingan seriallarni arzonroqqa sotib olishni ma’qul ko‘rishmoqda. Katta mablag‘ sarflanadigan “Güneşim benim” serialining suratga olish ishlarini boshlashdan avval, vaqt va mablag‘ nisbatan kamroq sarflanadigan “Yuraklar jangi” serialini boshlashga qaror qildik. Serial voqealari Turkiya va O‘zbekistonning bir necha tarixiy shaharlarida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan bo‘lib, ayni vaqtlarda film uchun maxsus obyektlar hozirlash ishlari boshlandi. Serialda bosh rollarni turk va o‘zbek aktyor va aktrisalari ijro etadi. Aktyorlar tanlovi foto hamda video sinov natijasida amalga oshiriladi. Ruslan Mirzayev, “Yuraklar jangi” seriali prodyuseri
156
1,356
Madaniyat
Billi Aylishning akasi yangi klip chiqardi (video)
2020-yilda iste’dodli qo‘shiqchi Billi Aylish va uning akasi samarali ijod qilib, barcha rekordlarni zabt etmoqda. Finneas va Billi umumiy hisobda 10 ta “Gremmi” mukofotini qo‘lga kiritish bilan birga premyerasi 2020-yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tishi kutilayotgan Jeyms Bond haqidagi filmga saundtrek kuylashga muvaffaq bo‘lgan.   Billi Aylish Jeyms Bond haqidagi yangi filmning asosiy qo‘shig‘ini ijro etadi Jeyms Bond haqidagi yangi film treyleri chiqdi (video) Ma’lumot uchun, Finneas nafaqat Billining qo‘shiqlari matni muallifi, prodyusseri, balki qo‘shiqchi ham. U tomonidan ijro qilingan Let’s Fall in Love for the Night qo‘shig‘iga ishlangan klip qisqa fursat ichida YouTube’da 700 ming martadan ortiq ko‘rildi.
50
722
Madaniyat
“Ijodda vijdonimdan boshqaning oldida hisobdor emasman”. Ijod va ilhom kunida o‘zbekistonlik yosh ijodkorlar bilan suhbat
Ijodkorlar go‘zallik va jafo, odamlarga muhabbat-u ijodga bo‘lgan ehtiros, yolg‘izlikdan azoblanish-u ommadan g‘ijinish, isyon va rizo o‘rtasidagi o‘zaro qarama-qarshiliklar qurshovida yashaydi. Ular tomonidan yaratilgan ijod mahsullari insonga estetik zavq, ko‘ngilga orom berish bilan birga, bir lahza bo‘lsa ham ichki haqiqatlar bilan yuzma-yuz kelish, maishiylikdan chekinishga undaydi. Jamoatchilikka ijodning shunchaki ishtiyoq emasligi, bir san’at asari qanchadan-qancha odamlarning nolasi, ovozi bo‘lishi mumkinligini anglatish maqsadida 17-yanvar kuni, dunyoning turli mamlakatlarida “Ijod va ilhomlanish” kuni nishonlanadi. “Daryo” sana munosabati bilan she’riyat, tasviriy san’at va musiqa olami yosh vakillarining ijod va ilhom borasidagi fikrlari bilan qiziqdi. Jurnalist va shoira Kumush Abdusalomova (25 yosh) Uyimizda kitoblar ko‘p bo‘lardi, uyum-uyum kitob o‘qiganman, deb uydirma to‘qish niyatim yo‘q. Bolaligimda faqat darsliklarim, onam boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi bo‘lgani uchun ba’zi bolalar jurnallari bo‘lardi. Asosan maktab kutubxonasidan foydalanganman. Ilk mashqimni 7-sinf adabiyot darsligidagi she’rlarga havas qilib yozganim esimda. Litsey vaqtlari Farhod bozori yonidagi kutubxona sevimli joyimga aylandi. U yerdan ham yangi nashr etilgan, ham eski ammo salobatli kitoblarni topish mumkin edi. Haftalik berilgan pulning hammasiga kitob sotib olib, pulsiz qolgan kunlarim bo‘lgan. Ana o‘sha o‘qiganlarim yozganlarimga ozgina bo‘lsa-da mazmun bergan chog‘i, litseyda o‘qib yurganimda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi tomonidan “Kuylamasam bo‘lmaydi” nomli kitobim 20 ming nusxada chop etilgan. Ijod – men uchun ozodlik demakdir. Chunki biz yashab turgan jamiyatda ayol istaklarini chegaralash ko‘p. Ijod olami esa chegarasiz. Hadsiz…hududsiz. Men istalgan mavzuda, istalgan ko‘rinishda o‘z fikrimni bayon eta olishim mumkin. Bunga hech kim to‘sqinlik qilolmaydi. Hayotda juda ko‘p odamlarga hisob berishimga to‘g‘ri keladi. Hatto o‘zim istamasam ham. Ammo ijodda vijdonimdan boshqaning oldida hisobdor emasman. Yana bir ahamiyatli jihati ijod, ya’ni adabiyot vatanni to‘liq anglash, yetti yot begona odamlarni ham eng yaqin do‘stimga aylantirgani bilan qadrli. Bir she’rning tug‘ilishi uchun sarflanadigan vaqtni o‘lchash qiyin. Besh yil oldin ro‘y bergan holat, vaziyat yillar o‘tib she’r bo‘lib o‘sib chiqishi mumkin. Ba’zida lahzada she’r quyilib keladi-yu uni qog‘ozga ko‘chirish qoladi, xolos. Ijod qilish uchun nimadan ilhomlanasiz, degan savolga tugal, mukammal javob berilgan nazarimda: Ilhomning vaqti yo‘q, selday keladi! Bir paytlar yozishim uchun albatta tun bo‘lishi, yolg‘iz bo‘lishim shart edi. Ammo hozir yo‘ldami, ko‘chadami, shovqinga parvo qilmay yozaverishga moslashdim (ko‘nikdim). “Telefonda yozilgan ertaklar” degan narsalar bir paytlar odamlarga qiziqarli tuyilgan. Men esa qulay bo‘lgani uchun deyarli hamma she’rlarimni telefonda yozaman. Uzoq muddat she’r yozmay ketsam, juda yomon ahvolga tushib qolaman. Bu hayotda nima uchun yashayapman? Nega bu hayotga kelganman? Taqdir oldindan bitib qo‘yilgan, odamning hayot yo‘li aniq belgilangan bo‘lsa, bu rolni ijro etishdan maqsad ne? Nahot, hech narsani o‘zgartirib bo‘lmasa? Shu kabi savollar tinimsiz ta’qib qiladi. Uxlash, uyg‘onish, kun davomida uch marta ovqatlanish, shularning hammasi yana qaytadan takrorlanishi juda zerikarli, mazmunsizday tuyiladi. Chidab bo‘lmas darajaga yetganda she’r bostirib keladi. Ana shundagina bu savollardan qutilish mumkin. Menga mana shu jarayon muhim. Men mana shu jarayonda borman, tirikman. Ammo o‘quvchimga jarayon emas natija – she’r kerak. Har bir ijodkorning o‘z olami bor. Ammo bu olamni faqat meniki deb osmonga ko‘tarib yuborish yaramaydi. Chunki ijodkor yaratgan olamida faqat o‘zi yashamaydi. Yozgan narsamni o‘qigan har bir odam ana shu olamga kiradi. Men faqat o‘zim uchun yozaman. Menga birovlarning fikri qiziqmas, deguvchilar ham bor. Ammo azaldan she’r (haqiqiy she’r), shoirning tug‘ilishi ijtimoiy hodisa bo‘lib kelgan. San’atga, qo‘shiq kuylashga qiziqishim bolalikdan paydo bo‘lgan. Ayni vaqtda tanlagan yo‘nalishim bo‘yicha Konservatoriyada magistratura, 2-bosqich talabasiman. 2019-yil yanvar oyidan buyon bo‘lsa O‘zbekiston davlat Musiqali komediya (operetta) teatrida faoliyat yuritaman. Shuningdek, aktrisa sifatida telenovella va seriallarda ham o‘zimni sinab ko‘rdim. Ijodkorlarning ishi to‘xtab qolishiga turli sabab bo‘lishi va shuni deb ijod mahsulining yaralishiga uzoq vaqt ketishi mumkin. Aynan o‘zimdan kelib chiqsam, betoblikdan boshqa hech narsa ijod jarayonimning surilishiga sabab bo‘lolmaydi. Kasallik sabab xonanda kuylay olmasligi mumkin, aynash shuning uchun ham bizning sohada ovozning ahamiyati katta. Iste’dod insonga Yaratgan tomonidan berilgan ulug‘ ne’mat. Aynan shu sabab ham bunday kishilarning o‘z olami, fikrlari bo‘ladi. Hafsalaning pir bo‘lishi va qo‘l siltash esa ijod mahsulining yaralishiga ham ta’sir qilmay qolmaydi. Ijodda chegara yo‘qmi, demak ijodkor insonni cheklashda ham mantiq yo‘q. Ijodiy tafakkur sohiblari erkin faoliyat yuritishi kerak. Ana shundagina, o‘ziga xos ijod mahsuli yaraladi. U bilan bog‘liq natija esa sizni qanday jarayonlardan o‘tganingizni ko‘rsatib beradi. Bolaligimdan tasvirlar, ranglar umumlashmasi, umuman rassomlik san’atiga shaydo bo‘lganman. Tasviriy san’atga kundan-kunga mehrim oshib, hayotimni usiz tasavvur qilolmay qolganman. Ayni vaqtda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining magistratura 2- bosqichi, multfilm va kompyuter multiplikatsiyasi yo‘nalishi talabasiman. “Baletga tayyorgarlik” Ruhan tetik bo‘lishim, kayfiyatim ko‘tarilishi va eng muhimi o‘zligimni anglashga yordam bergani sabab ham ijodni hayotimning muhim bir bo‘lagi deb bilaman. U menga hislarimni ifodalashga yordam beradi, ruhiyatimdagi o‘zgarishlarni chizgan rasmlarim orqali anglatishga urinaman. Har bir ijod mahsuli ijodkorning hayot yo‘llarini o‘zida mujassam qilgan ko‘zgu, shuning singari mening asarlarimda ham ichki kechinmalarim, his tuyg‘ularim aks etadi. Bir san’at asarining dunyoga kelishi uchun muayyan vaqt ketadi deb aytish noto‘g‘ri, fikrimcha. Negaki, ba’zan bir asar uchun bir oydan kam vaqt kerak bo‘lsa, ba’zida yillab ham tugata olmaslik mumkin. Asosiysi esa ijodkorning o‘zi tugatganini ich-ichidan his qilishi kerak. Uni tomosha qilganlar nima demoqchi ekaningni anglasa, undagi kechinmalarni qalban his qilolsa bu sening katta yutug‘ing. “Sirdaryo manzarasi” Ijod uchun ilhomni ustozlarimning erishgan yutuqlari, mashhur rassomlarning ijod mahsulini tomosha qilish yana onam menga aytib beradigan hikoyalardan olaman. Insonning eng katta dushmani bu uning dangasaligi. Ba’zan hayot tashvishlari bois surat chizishga qo‘lim bormay qoladi, lekin iloji boricha o‘zimni qo‘lga olib ijod taxtacham bilan yuzlanishga intilaman. Keyin o‘zim bilmagan holda tasviriy san’at olamiga sho‘ng‘ib ketaman va vaqt qanday o‘tganini bilmay qolaman. Rasm chizishda kayfiyatim ko‘tariladi, jarayon bilan chambarchas bog‘liq bo‘laman, natija esa uni tomosha qiladiganlarniki. Unga bahoni tomoshabin beradi. Bolaligimdan multfilmlardagi gitara chalinadigan sahnalar meni hamisha o‘ziga maftun qilgan. Shu turtki bo‘lib Qarshi san’at kollejini tamomlagach,Toshkentga kelib Konservatoriyada musiqaning sir-asrorlarini o‘rgandim. View this post on Instagram Musiqani yoqtirmaydigan odamning o‘zi bo‘lmaydi. Men uchun u bir bo‘lak, qismim desa ham mubolag‘a bo‘lmaydi. Ijod mahsuli tug‘ilishi uchun ba’zida bir soat, ba’zida esa bir umr ketishi mumkin, anig‘ini odamning o‘zi bilmaydi. Ilhom yomg‘ir yog‘ganda, bolalar, daraxtlar va odamlarning yuz ifodasini kuzatganda dabdurustdan kelishi mumkin. Menda esa, asosan, bu g‘oyalar o‘zim bilan o‘zim yolg‘iz qolganda keladi. Ro‘zg‘or tashvishlari, hayotdagi muammolar uzilishlarga sabab bo‘lishi mumkin. Shaxsan o‘zim tirikchilik va boshqa sabablar tufayli san’atni tashlab qo‘ygan, unga ijoddan ham ko‘ra daromad keltiradigan manba sifatida qaraydiganlarning ko‘pini taniyman. San’atkor qachon erkin, xotirjam va muammolardan yiroq bo‘lsa, ana shunda samarali ijod qiladi. Musiqachi tayyor musiqani chalishi mumkin, lekin ijodkor o‘zi biron yangilik yaratishga harakat qiladi. Asosiysi, o‘sha yaraladigan narsa boshqalarnikiga o‘xshab qolmasligi, ajralib, alohida bo‘lib turishi kerak. Chunki hammadagi taassurot va tasavvurlar turli bo‘ladi, bu esa ijod mahsulida o‘z aksini topadi. Hammaning fikri farqlimi, demak ular yaratgan namunalar ham shunga yarasha bo‘lishi joiz. Ijod va ilhom — ushbu ikki tushunchani bir-biridan ayro tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ilhom kelmasa ijodkorning qo‘li ishga bormaydi. Aynan shu sabab ham tarixdagi mashhur yozuvchi, rassom, kompozitorlar ijodi sermahsul bo‘lishi uchun turli usullardan foydalangan. Mashhur kompozitor Chaykovskiy masalan, yolg‘izlikda musiqa bastalagan. Balzak esa qora qahva ichmasa, ijod qila olmagan. Ayrimlar butun umr ijod qilib ham, ilhom manbaini topa olmagan. Biz bilan suhbatlashgan ijodkorlarning ham shuning singari o‘z ishtiyoqlari, ilhomlari bor. Ularning har biri boshqa ijodkorlar singari o‘z olamida bir-biridan farqli yashaydi. Ijod, ilhom, jarayon va natija haqidagi tushunchalari o‘xshash bo‘lmagani bilan o‘rtalarida bir umumiylik bor. Ular ijodning erkin bo‘lishi kerakligiga ishonadi.  “Sendagi ustun jihatdan manfaati yo‘lida foydalanish do‘stlik emas, shunchaki hamkorlikdir”. Xalqaro do‘stlar kunida do‘stlik haqida suhbatlashamiz
121
9,429
Madaniyat
Karyerasining barbod bo‘lishiga o‘zi sababchi bo‘lgan jahonga mashhur kishilar (foto)
Aksariyat mashhur insonlarning qayg‘uli tajribasi nimani anglatadi? Na talabgirlik, na millionlab muxlislar salbiy xarakter va asossiz xatti-harakatlarga chegirma bermaydi. Bir kechada hammasini yo‘qotish hech gap emas: shou-biznesdagi nufuzli odamlarning hamdardligi, yangi takliflar va hatto muxlislarning muhabbati ham. Harper’s Bazaar nashri karyerasini barbod bo‘lishiga o‘zi sababchi bo‘lgan jahonga mashhur kishilar haqidagi maqolani taqdim etdi. Ketrin Xeygl Maftunkor sariq sochli xonimga buyuk kelajak va yangi “Juliya Roberts” mavqeyi va’da qilingan. O‘z vaqtida uning go‘zalligi bilan hatto Skarlet Yoxansson va Anjelina Joli ham Ketrin bilan raqobatlasha olmadi. Keyinroq u hayotda ham, suratga olish maydonchasida ham jahldor, injiq qo‘pol ayol ekani ma’lum bo‘ldi. Bundan tashqari, u juda xasis. U Gollivuddagi eng ko‘p maosh oladigan aktrisalar qatorida bo‘lganida ham ishtahasini jilovlashni istamadi. U “Qotillar” komediyasida ishtirok etish uchun “Ehtiros anatomiyasi” filmida rol o‘ynashdan bosh tortdi. Kino ijodkorlari esa unga 12 million dollar va’da qilgandi. Ammo u yerda ham hech kimga tinchlik bermadi. Ayniqsa, uning partnyori Eshton Katcher ko‘proq qiynaldi. Natijada hamma Ketrin Xayglning cheksiz talablari va jirkanch xatti-harakatlaridan charchadi. Aktrisa Gollivudning qora ro‘yxatiga kirdi. Afsuski, bu har qanday yulduzlik karyerasining tugaganini anglatadi. Mel Gibson Ajoyib aktyor, rejissor va millionlab muxlislar ko‘nglidan joy olgan Mel Gibson bir necha yillar avval juda mashhur edi. Melning qahramonlari har doim jasur va kelishgan bo‘lgan: “Sheryurak”, “Telba Maks”, “Vatanparvar” va boshqa ko‘plab sevimli filmlardagi kabi. Mel Gibson ikki karra “Oskar” sovrindori va Avstraliya ordenining faxriy ofitseri unvoniga sazovar bo‘lgan. Albatta, tashqaridan qaraganda bunday kuchli mavqe va obro‘ni yo‘qotish mumkin emasdek tuyiladi. Biroq irqchilik va bir qator ehtiyotsizliklar ko‘plab muxlislarni aktyordan uzoqlashtirdi. Shu bilan birga, Mel vaqti-vaqti bilan shov-shuvli voqealarning qahramoniga aylandi: mast holatda mashina boshqarish, rafiqasi Olga Grigoreva bilan suddagi jarayonlar — bularning barchasi Gibsonning do‘stlari va muxlislari orasida obro‘siga putur yetkazdi, kompaniyalar u bilan shartnomalarni bekor qildi va uning shon-shuhratidan asar ham qolmadi. Megan Foks Juda tez mashhurlikka erishish va bir zumda unutilish. “Transformerlar”ning premyerasidan so‘ng aktrisa barchaning e’tiboriga tushdi. Muvaffaqiyatli jangovar filmning ikkinchi qismida Megan o‘zidan yomon taassurot qoldirdi. Shuningdek, uning xarakteri suratga olish guruhining ishini murakkablashtirdi. Agar u o‘tkir tilini qanday tiyishni bilsa, uni kechirish mumkin edi. Mish-mishlarga ko‘ra, rejissor Maykl Bayga qilingan keskin hujumlar uning karyerasini barbod qilgan. Shundan so‘ng franshizaning uchinchi qismida Rozi Xantington-Uaytli rol o‘ynadi. Megan Foks esa boshqa loyihalarda yangi rollarga munosib ko‘rilmadi. Tara Rid Yorqin tabassumli go‘zal qiz “Katta Lebovski” va “Shafqatsiz o‘yinlar” filmlarida suratga tushish bilan karerasini boshladi. “Amerikancha pirog” Tara uchun haqiqiy g‘alaba edi. U deyarli barcha moda jurnallarining muqovalarida suratga tushdi. Ammo o‘zidan norozilik yoki haddan tashqari ambitsiya Tarani xavfli tajribalarga undadi. Plastik jarrohlik, parhezlar va sport zalidagi mashg‘ulotlarning ortishi — bularning barchasi aktrisaning tashqi ko‘rinishiga salbiy ta’sir o‘tkazdi. Bu esa muxlislarning hafsalasini pir qildi. Ko‘p o‘tmay u “Oltin malina”ga loyiq ko‘rildi va mashhurlik cho‘qqisidan qiyalab pastga tushdi. Muvaffaqiyatsiz rollar, shaxsiy hayotdagi muammolar uning karyerasiga putur yetkazdi. Josh Xartnett Tashqi tomondan vazmin, hatto kamtar yigitga o‘xshaydi. Istarasi issiq — iste’dodiga esa gap bo‘lishi mumkin emas. Dastlab suratga olish maydonchasi va omma oldida u o‘zini munosib tutdi. “Perl Xarbor”, “Qora qirg‘iy” va “Slevinning omadli raqami”  filmlaridan keyin ko‘pchilik istiqbolli yosh aktyor bilan ishlashni xohladi. Lekin u birin-ketin takliflarni rad etdi. Josh Brayan Singerning Supermeni yoki Kristofer Nolanning Betmen bo‘lishi mumkin edi. Ammo bu takliflar uni fikridan qaytara olmadi. “Men superqahramon rolida qolib ketishdan qo‘rqaman”, — deb izohladi Xartnett. Natijada yaxshi takliflar kamayib bordi va so‘nggi yillarda Josh birorta esda qolarli yorqin rolni ijro etmadi.
85
4,377
Madaniyat
Mashhur multfilmlarni sahnalashtirishda turli qiyinchiliklarni keltirib chiqargan animatsion sahnalar (video)
Kinoteatrda o‘tirib, yangi animatsion hikoyadan zavqlanish juda oson, ammo ijodkorlar ko‘plab sahnalarni mukammal qilish uchun qanday qiyinchiliklarni boshdan kechirgani esa noma’lumligicha qoladi. Bugun animatsiya olamiga biroz chuqurroq sho‘ng‘ish vaqti keldi. Quyida rassom, ssenariynavis va rejissorlar sahnalashtirishda turli qiyinchiliklarga duch kelgan 7 ta holat haqida so‘z boradi. “O‘yinchoqlar tarixi 4”  Eng qiyin joyi – Vudi arkasi Franshiza nuqtayi  nazaridan qaralganda, davomiy filmlar oddiy mahsulot kabi ko‘rinadi. Tomoshabinlarni bosh qahramonlar bilan qayta tanishtirishning hojati yo‘q, faqat davom etish kerak. “O‘yinchoqlar hikoyasi”ning yakuniy qismini yaratishda yangi voqealardan foydalanishga harakat qilish, shu bilan birga boshqa animatorlar va yozuvchilar o‘n yillab davomida qurib kelgan hamma narsani yo‘q qilmaslik muhim edi. “Sizda uchta hayotni yashab o‘tgan tajribaga ega bo‘lgan personaj bor. Bundan tashqari, biz ijodkorlar qilgan ishimiz bunga arzishiga ishonch hosil qilish uchun o‘zimizga bosim o‘tkazamiz”, – deydi Disney yozuvchisi Valerie LaPoint. “Etik kiygan mushuk” Eng qiyin joyi – kanyonda quvish Muammo yorug‘lik bilan bog‘liq bo‘lgan. Quyosh yuqoridan porlaydi, qimmatbaho uchqunlar kerak bo‘lganda, qahramonlar odatda jangni davom ettirib, yo‘lning qorong‘i qismiga o‘tadi. O‘ylashingiz mumkin, nimasi bunchalik murakkab? Agar qahramonlar doimiy harakatda bo‘lmasa, shunga o‘xshash vaziyatdagi statik kadrlar ishni bajaradi va tayyor sahnani ancha osonlashtiradi. Lekin unday emas. Erik Rot, DreamWorks Animation kompaniyasining yoritish dizayneri va bastakori: “Shuni bilib olish kerakki, hamma narsani ko‘p vaqt sarflamasdan qurish samaralidir. Mana shu yerda eng og‘riqli daqiqalar keladi. Kadrga tayyorgarlik ko‘rayotganda bu haqida, albatta, yaxshilab o‘ylash kerak”. “O‘rgimchak odam: Yondosh olamlar” Eng qiyin joyi – komiks dunyoni uzatish Biz komikslarni 2D formatida tomosha qilamiz, multfilmda atrofdagi landshaftlarni deyarli his qilish mumkin degan tuyg‘uni yaratish kerak. Shu bilan birga, ular qahramonlar uchun sahna sifatida harakat qilishlarini unutmaslik lozim. “Men kamera linzalari fokusini, harakatni xiralashtirishni va maydon chuqurligini almashtirish uchun ofset bosib chiqarish usulini topmoqchi edim. Diqqatga sazovor joylar, ko‘zga ko‘ringan yorug‘lik va soyalarni aks ettirish uchun turli xil komikslarni belgilashni xohlagandim”, – deydi Justin K. Tompson, Sony Pictures Animation produseri. “N.I.M.H.ning siri” Eng qiyin joyi – Jastin va Jinjerning jangi Ssenarist-rejissor Jon Blut dinamika tufayli sahnani yaratishda juda katta stressni boshdan kechirgan. Jang oddiy emas, qilich bilan, shuningdek, kalamushlar tomonidan bajariladi. Animator sifatida u janglar haqida hech narsa bilmasligini tan oldi va u janglar namoyish etilgan filmlarni tomosha qilishga majbur bo‘ldi – bularning barchasi mahoratni oshirish uchun. Qo‘shimcha muammo qahramonlarning motivatsiyasi edi. Ular nima uchun jang qilishdi? Jon aytganidek: “Ular o‘z falsafasi uchun kurashdi”. “Tengi yo‘q janob Foks” Eng qiyin joyi – shishkobol o‘yini Bu sahnani yaratish qismlari tom ma’noda ish paytida, albatta, bir joyda parchalanish deb nomlangan. Ammo shishkobol xayoliy o‘yini muammoga sabab bo‘ldi. Qahramonlarning ikki dyuymli nusxalari bilan sahnani yaratish uchun deyarli olti oy kerak edi. Bred Shiff, Laika kompaniyasining stopmotion bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i, bunday o‘lchamdagi haykalchalarning noqulayligi haqida shunday deydi: “Men bu sahnani jonlantirish uchun bir oy davomida har kuni aqldan ozganman”. “Qanday qilib ajdahoni qo‘lga o‘rgatish kerak 3” Eng qiyin joyi – Oq Furiyaning yaratilishi Tishsizning ayol versiyasi unga 90 foiz o‘xshashi va 10 foiz farqli bo‘lishi, tashqi ko‘rinish orqali ayol tabiatini ifodalashi kerak. Oq furiyaning terisi kamalakni eslatuvchi boshqacha yaltiraydi, Tishsizning terisi esa quyosh ta’sirida qoplonga o‘xshaydi. Terining o‘sha jilosiga erishish eng qiyin narsa edi, bunday detal ustida ishlash uchun ikki oy kerak bo‘ldi. “Fotoshopda 2D versiyasini chizganda, u suratga o‘xshaydi. Lekin uni 3D formatga joylashtirmaguncha, chiroqlarni yoqmaguncha va u qanday reaksiyaga kirishishini ko‘rmaguncha, uning ko‘rinishi va hissiyotini topa olmaysiz”, – deydi Paolo de Guzman, DreamWorks Animation Studio rahbari. “Antiqa oila” Eng qiyin joyi – Violettaning sochlari Pixar’da ishlashning sevimli qismi bu sochlarni harakatga keltirishdir. Multfilmdagi qahramonlarning ko‘pchiligi, agar diqqat bilan qaralsa, qisqa sochlar. Violetta, har doim uyatchan, sochlari orqasiga yashiringan, afsuski, uning sochlarini o‘zgartirishning iloji yo‘q edi.
109
4,651
Madaniyat
Shayx Moza: Arab ayollari haqidagi barcha stereotiplarni o’zgartirib yuborgan ayol haqida nimalarni bilamiz? (foto)
Yaqinda Arab dunyosida “kuchli va mustaqil” ayollar uchun moda paydo bo‘ldi. Unga ko‘ra, yosh xonimlar paranjisini yechib, zamonaviy kiyinib, boshqaruvni o‘z qo‘llariga olmoqda. Bunday qat’iy va jasur ayollarning biri — siyosiy va jamoat arbobi Shayx Mozadir, deb yozadi Wday. Uning hayoti haqidagi hikoya yaxshi serial sujeti bilan taqqoslanadi. Qatarning uchinchi amiri Shayx Hamad Ben Xalifa Al-Taniyning uch xotinidan ikkinchisi, yetti farzandning namunali onasi va shu bilan birga nafaqat arab ayollari, balki butun sayyora uchun uslub timsoli hisoblanadi. O‘qish — birinchi masala, so‘ngra turmush Qizning hayotidagi hamma narsa xuddi Zolushkanikidek boshlandi. 18 yoshida u bo‘lajak Shahzoda bilan uchrashdi. Ammo u turmushga chiqishga shoshilmadi. U birinchi bo‘lib Qatar universitetida psixologiya fakultetini tamomlagan, so‘ngra Amerikaning nufuzli universitetlarida bir qator amaliyot o‘tagan. Moza har jihatdan kuchli ma’lumotga ega bo‘lgandan keyingina, endi turmush qurish mumkin deb o‘yladi. Bo‘rondan oldin oilaviy tinchlik Shayx Moza turmush qurgandan keyin dastlab yaxshi tarbiyalangan arab ayollariga xos tarzda uyda o‘tirdi, kuni tom tayyorlash va bolalarni tarbiyalash bilan o‘tdi. Ammo 1995-yilda uning eri mamlakatda hokimiyatni zo‘rlik bilan egallab, otasini taxtdan ag‘darganidan so‘ng Moza uchun vaziyat tubdan o‘zgardi. To‘ntarishdan keyin anglo-sakson dunyosining poydevorlari ostin-ustun bo‘lib ketdi, ular neft va gaz tufayli Qatar haqida gapira boshladi. Ayni paytda, tashabbuskor er endi o‘qimishli va dunyoqarashi keng ikkinchi rafiqasini dunyo jamoatchiligiga namoyish etish mumkin degan qarorga keldi. Moza davri Shu paytdan boshlab Moza hech narsadan bosh tortmadi, u ijtimoiy va siyosiy faoliyat bilan faol shug‘ullanib, mardonavor loyihalarni amalga oshirdi va garderobini muntazam ravishda so‘nggi dizayndagi yangiliklari bilan to‘ldirdi. Arablardan faqat tyurban Musulmonlarning qat’iy taqiqlari va arab ayolining ma’lum bir tarzda kiyinishi kerakligi haqidagi buyruqlariga (qora libos, yuz niqobi) qaramay, Moza o‘zini kiyimlariga cheklov o‘rnatmadi. Majburiy buyruqlardan — faqat tyurban kiyadi, qolgan har bir obrazi qat’iy ravishda o‘ziga xosdir. Ehtimol, Shayx Moza dunyodagi barcha ayollar orasida eng katta tyurban to‘plamiga ega xonim bo‘lishi mumkin. Siyosatda Moza uslub bilan bir xil yondashuvga amal qiladi — innovatsion va biroz agressiv. Buning uchun ko‘pchilik, yumshoq qilib aytganda, uni yoqtirmaydi, lekin bu, albatta, uzoqni ko‘ra oladigan va diplomatik Arab ayolini to‘xtata olmaydi. To‘siqlarga qaramay, nafaqat o‘zining, balki boshqa sohada ham ayol ulkan yutuqlarga erishdi. Moda olamiga qo‘shgan hissasi ma’lum. Siyosiy hayotda ham Moza gaz bozorining rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Vaqti-vaqti bilan Qatar global gaz bozorining muhim qismini egallab olishga urinishda ayblanmoqda. Ijtimoiy faoliyatga kelsak, Moza Qatarning ta’lim, fan va jamiyatni rivojlantirish jamg‘armasini boshqaradi va bundan tashqari, oila masalalari bo‘yicha oliy kengash prezidenti, ta’lim bo‘yicha oliy kengash vitse-prezidenti va YUNESKOning maxsus posboni hisoblanadi. Ammo bu faol Shayx uchun yetarli bo‘lmadi, u o‘zining arab demokratik jamg‘armasini yaratdi. Uning asosiy vazifasi erkin ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining rivojlanishiga ko‘maklashishdir. Shayx Moza muhim ahamiyatga ega ishlaridan ortib, 7  farzandi uchun ham vaqt topadi. Barchasiga qanday ulgurish esa uning sharq ayollarga xos siridir.
115
3,491
Madaniyat
Bobur Bobomurod sudga bergan Farhod va Shirin mualliflik huquqini buzgani uchun jarimaga tortildi
Shoir Bobur Bobomurod mualliflik huquqlarini buzgani uchun Farhod va Shirinni sudga bergan. Bu haqda Toshkent shahar sudlari xabar qildi. Qayd etilishicha, 28-yanvar kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudining ish yurituviga arizachi Bobur Bomuradovning huquqbuzarlar Farhod Sulaymanov va Shirin Zoitovaga nisbatan o‘zganing tovar belgisidan, xizmat ko‘rsatish belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanayotgani yoxud o‘zganing firma nomidan qonunga xilof ravishda foydalanayotgani, asarlardan yoki turdosh huquqlar obyektlaridan qonunga xilof ravishda foydalanayotgani to‘g‘risidagi arizasi kelib tushgan. Unda aytilishicha, Intellektual mulk agentligiga 2021-yil 16-dekabr kuni arizachi B.Bomuradovdan unga tegishli bo‘lgan “Farhod va Shirin” tovar belgisidan Farhod Sulaymanov va Shirin Zoitova huquqiy egasining roziligisiz foydalanayotgani yuzasidan tegishli chora ko‘rish to‘g‘risidagi murojaat tushgan. Unga asosan, 13-dekabr kuni B. Bomuradovga “Farhod va Shirin” so‘z ko‘rinishidagi tovar belgisi uchun guvohnoma berilgani aniqlangan. Guvohnomaning muddati 2031-yil 15-noyabrga qadar amal qilishi belgilangan. F.Sulaymanov va Sh.Zoitova tomonidan agentlikka “Farhod va Shirin” so‘zli yoki shu so‘zlar ishtirokidagi tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma topshirilmagan. Ular tomonidan o‘z xonandalik faoliyatida foydalanilayotgan “Farhod va Shirin” so‘zi arizachi B. Bomuradovga tegishli bo‘lgan “Farhod va Shirin” tovar belgisi bilan ham fonetik, ham semantik jihatdan o‘xshashligi aniqlangan. Bundan tashqari, xonandalar tomonidan 2021-yil 16-dekabr kuni “Turkiston” san’at saroyida bo‘lib o‘tgan konsertda arizachi B. Bomuradovga tegishli “Qalbim bahori” va “Hayot” nomli she’riy asarlar muallif bilan tegishli yozma shartnoma tuzmasdan, huquqiy egasining ruxsatisiz barchaning e’tiboriga yetkazilgani va omma oldida ijro etilgani aniqlangan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudining 2022-yil 14-fevraldagi qaroriga ko‘ra, F. Sulaymanov va Sh. Zoitovaga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177-moddasi (o‘zganing tovar belgisidan, xizmat ko‘rsatish belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanish yoxud o‘zganing firma nomidan qonunga xilof ravishda foydalanish) 1-qismi, 177-1-moddasi (mualliflik huquqini va turdosh huquqlarni buzish) 1-qismi bilan ushbu kodeksning 34-moddasi tartibida bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida, ya’ni 1 million 350 ming so‘m jarima jazosi tayinlangan.
97
2,451
Madaniyat
“Garri Potter” filmi yulduzlari real hayotda kimga ko‘ngil qo‘ygan? (foto)
Sehrgar bolakayning sarguzashtlari haqida hikoya qiladigan filmdagi bolalar allaqachon ulg‘aygan. Shu sabab ham muxlislarga nafaqat sevimli qahramonlari, balki ularni gavdalantirgan aktyor va aktrisalarning shaxsiy hayotidagi ma’lumotlar ham qiziq ekaniga shubha yo‘q. Deniel Redkliff Amerikalik aktrisa Erin Dark, qaylig‘i Denieldan nafaqat bo‘y jihatidan, balki yosh jihatidan (5 yoshga) ham katta. 2013-yil suratga olish maydonchasida tanishgan juftlikning munosabatlariga na bo‘yi, na yoshidagi tafovut g‘ov bo‘lolgan. 2014-yilda ularning unashtiruvi haqida mish-mish tarqalgan, ammo Erinning otasi dekabr oyida bu ma’lumotni inkor qilgan. Shunga qaramay mashhurlar haligacha birga va baxtli. Aktyor 2020-yilda bergan intervyuda avvallari o‘zini zerikarli deb hisoblagani, ammo Dark bilan boricha ekani va qiz uni muhokama qilmasligini ta’kidlagan. Emma Uotson Emmaning ilk sevgilisi regbi sporti bilan shug‘ullanadigan Tom Daker bo‘lgan. 17 yoshdan boshlab u bilan uchrashgan aktrisa keyinchalik munosabatlariga nuqta qo‘ygan. 2009-yildan boshlab esa bank xodimi Jem Berrimor, 2011-yilda musiqachi Uill Adamovich bilan uchrashgan. Keyin yana regbi sportchisi Mettyu Jenni bilan munosabatda bo‘lgan. Keyinroq bir qarasa shahzoda Garri bilan o‘rtalarida bir gap borligi haqida ham mish-mish tarqagan. So‘ngra o‘zidan 10 yosh katta Uilyam Nayt bilan 2017-yilgacha birga bo‘lgan. 2018-yilda amerikalik Kord Overstrit, sal o‘tib Brendan Irib, 2020-yildan boshlab esa kaliforniyalik tadbirkor Leo Robinton bilan uchrasha boshlagan. Haligacha birga bo‘lgan juftlik munosabatlarini ovoza qilishni istamaydi. Tom Felton Emma Uotson bilan uchrashib yurgani aytilgan Tom Felton keyinroq rossiyalik model Olga Yuryevich hamda model va aktrisa Jeyd Oliviya Gordon bilan munosabatda bo‘lgan. Tom Jeyd bilan “Garri Potter va tilsim-shahzodasi”ning suratga olish maydonchasida tanishgan. Oliviya aktyor sabab “Garri Potter va ajal tuhfasi: 2-qism”da Drako Malfoyning rafiqasini ijro qilgan. 7 yil bir-biri bilan uchrashib yurgan juftlik 2018-yilda hammasiga nuqta qo‘ygan. Bunga Jeydning xiyonati sabab bo‘lgani aytilgan. Ayni vaqtda aktyorning “yuragi bo‘sh”. Rupert Grint Rupert Grint o‘zi gavdalantirgan qahramoni Ron Uizli singari o‘z sevgisini erta uchratgan. 2011-yildan buyon Jorjiya Grum bilan munosabatda bo‘lgan aktyor 2020-yilda farzandli bo‘lgan. Rupert va Jorjiya qiziga Uensdey deb ism qo‘ygan. Bonni Rayt 2012-yilda “Sumerki” yulduzi Jeymi Kempbell bilan unashtirilgan Bonni keyinroq u bilan xayrlashgan. Shundan keyin Uizli oilasidagi kenja qiz qahramonni gavdalantirgan aktrisa, 2015-yilgacha o‘zidan 13 yosh katta Saymon Xammershtern bilan ko‘rishib yurgan. Ayni vaqtda Bonni hech kim bilan jiddiy munosabatda emas.
74
2,727
Madaniyat
BDKI rektoriga minnatdorlik yorlig`i topshirildi
Joriy yilning 11noyabr kuni Moskvada O`zbekiston Respublikasi hukumati nomidan Butunrossiya Davlat Kinematografiya Instituti (BDKI) rektori Vladimir Malishevni  70 yoshga to`lishi munosabati bilan taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi. V.Malishevga mukofotni "O`zbekkino" milliy agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov va O`zbekiston Respublikasining Rossiya Federasiyasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Botirjon Asadov topshirdi. Taqdirlash marosimida O`zbekiston BDKI rektorining xalqaro kino san`ati rivojidagi xizmatlarini, O`zbekiston va Rossiya kinoijodkorlari o`rtasida do`stona munosabatlarni shakllantirishdagi sa`y-harakatlarini yuksak qadrlashi ta`kidlandi. "Vladimir Sergeevich rahbarligida.BDKI nafaqat o`zining eng yaxshi an`analarini saqlab qoldi, balki kino sanoatidagi so`nggi tendensiyalarga asosan jadal rivojlandi, – dedi taqdirlash marosimida "O`zbekkino" ning bosh direktori F. Abduxalikov. - Shuni ta`kidlash kerakki, uzoq yillar davomida birinchi marta O`zbekiston davlat san`at va madaniyat instituti talabalari BDKI tashabbusi bilan o`tkailgan 37-xalqaro talabalar festivalida ishtirok etdi, ulardan biri Shokir Xoliqov maxsus diplom bilan taqdirlandi. Yaqin orada o`zbekistonlik 15 talaba ushbu nufuzli ta`lim dargohining kinematografiya kurslarida o`qishni boshlaydi”. O`z navbati Vladimir Malishev ko`rsatilgan yuksak e`tibor uchun minnatdorchilik izhor etdi: "Yangi O`zbekistonda kino sohasini rivojlantirish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, jahon darajasida yuqori sifatli kino mahsulotlarini yaratish va malakali mutaxassislar tayyorlash bo`yicha islohotlar olib borilmoqda. Biz kino sohasida ikki tomonlama hamkorlikni o`rnatishda, turli yo`nalishlar bo`yicha o`zbekistonlik mutaxassislarni tayyorlashda, qator kino loyihaarni amalga oshirishda hamkorlik qilishga har doim tayyormiz” – dedi BDKI rektori. Ayni paytga qadar ushbu yirik san`at dargohida Malik Qayumov, Rustam Hamdamov, Ali Hamroev, Shuxrat Abbosov, Elyor Ishmuxamedov, Shavkat Abdusalomov, Odelsha Agishev, Rustam Sa`dullaev, Yusuf Roziqov, Janik Fayziev singari o`zbek kinsining taniqli vakillari tahsil olishgan.
49
2,125
Madaniyat
O‘zbekiston san’atkorlarining do‘kon va korxonalari faoliyatini to‘xtatdi
O‘tgan yili xonanda Manzura ayollar va erkaklar liboslari do‘koni ochgandi. Ko‘p o‘tmay, aktrisa Zarina Nizomiddinova ham ayni shu yo‘lni tutdi, deb xabar beradi “Darakchi” gazetasi. Xonanda Lola Yo‘ldosheva 2014-yil ayollar va bolalar liboslarini ishlab chiqaruvchi korxonaga asos soldi. Ammo boshida dong‘i chiqqanlarning “changi” ham ko‘rinmay qoldi, deyiladi nashrda. Manzuraning do‘koni faoliyati ayni damda to‘xtagan. Lola ham internet orqali o‘z korxonasi haqida gapirmay qo‘ygan. Zarina Nizomiddinovaning do‘koni esa hozircha ishlab turibdi.
73
550
Madaniyat
OAV oilaviy muammolar girdobida qolgan Anjelina Joli 34 kilogrammga ozganini ma’lum qildi
Oxirgi oylarda turmush o‘rtog‘i Bred Pitt bilan ajrashish muammolarini boshdan kechirayotgan Gollivud aktrisasi Anjelina Joli 34 kilogrammga ozib ketdi. Bu haqda Radar Online nashri xabar berdi. Nashrning manbalari aktrisa oilaviy muammolardan azob chekayotgani va shu bois o‘ziga qaramay qo‘yganini aytmoqda. Jumladan, ta’kidlanishicha, Pittning 15 yoshli o‘g‘li Meddoksga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lishi yuzasidan Federal qidiruv byurosi tomonidan olib borilayotgan surishtiruv to‘xtatilgani aktrisani ranjitgan.
89
524
Madaniyat
2021-yilda ijtimoiy tarmoqlardagi eng ko‘p muhokama qilingan turk aktrisasining nomi ma’lum qilindi (foto)
Adba Analytics agentligi 2021-yilda ijtimoiy tarmoqlardagi eng mashhur turk aktrisasining nomini e’lon qildi, deb yozadi “RusTurkey.com”. Xande Erchel Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2021-yilda Xande Erchel ijtimoiy tarmoqlarda eng ko‘p muhokama qilingan aktrisaga aylandi. Su Burju Joshkun Agentlikning xabariga ko‘ra, ikkinchi o‘rinni Su Burju Joshkun, uchinchi o‘rinni Aycha Ayshin Turan egalladi. Aycha Ayshin Turan To‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarga esa Demet O‘zdemir va Ebru Shahin loyiq deb topilgan. Demet O‘zdemir Ebru Shahin Oltinchi o‘rinni Tuba Buyukustun, yettinchi va sakkizinchi o‘rinlarni Sila Turko‘g‘lu va Jemre Baysel egalladi. Tuba Buyukustun Sila Turko‘g‘lu Jemre Baysel Ammo ko‘pgina turk tomoshabinlari reytingni haqqoniy bo‘lmagan degan fikrda, chunki unda Fahriye Evjen ismi yo‘q edi. Aksariyat foydalanuvchilarning fikricha, Burak O‘zchivitning rafiqasi birinchi o‘rinni egallashi kerak. Fahriye Evjan O‘z navbatida, tahlilchilar reytingni faqat ijtimoiy tarmoqlardagi aktrisalar haqidagi nashrlar sonini aks ettiruvchi raqamlar asosida tuzganliklarini ta’kidlab o‘tgan.
106
1,119
Madaniyat
Rossiyalik qo‘shiqchi Nyusha o‘zbekistonlik taniqli rejissordan zarar ko‘rdimi?
Shu yil boshida rossiyalik taniqli qo‘shiqchi Nyusha yangi “Tebya lyubit” qo‘shig‘iga klip olayotgani va tez orada uni premyera qilishini e’lon qilgan edi, hattoki OAVlarda suratga olish jarayonlari aks etgan suratlar paydo bo‘lgan edi. Xonandaning o‘zi esa klip rejissori — o‘zbekistonlik Bahodir Yo‘ldoshevga qaratilgan maqtov so‘zlarini izhor etgan edi, deb yozadi “24post.uz”. Ammo Nyusha va’da qilgan premyera o‘z vaqtida amalga oshmadi: keng reklama qilingan klip tomoshabinlar e’tiboriga havola etilmadi. Qo‘shiqchining rasmiy saytida bunga rejissorning “noprofessionalligi va nohallolligi” sabab qilib keltirildi. “U o‘zi uchun yaratilgan barcha sharoitlarga qaramay, chiroyli va sifatli klip ishlab bera olmadi — klip avvaldan kelishilgan konsepsiyaga muvofiq tushmadi”, — deyiladi unda. Nashr ta’kidlashicha, o‘zbekistonlik rejissor Nyushaning ko‘plab kliplarini suratga olgan, ular anchagina mashhurlikka erishgan. Bundan tashqari, Bahodir Yo‘ldoshev Leonid Agutin, MakSim, Sogdiana, “A-studio” va boshqa rossiyalik yulduzlarning ko‘plab kliplari muallifi hamdir. Nashr eslatishicha, bir necha yil avval Nyushaning rejissor ijodiga mansub “Ne perebivay menya” qo‘shig‘i klipini hatto turkiyalik xonanda o‘z qo‘shig‘i uchun ko‘chirib olgan. O‘shanda Nyushaning otasi Bahodir Yo‘ldoshevni turkiyalik qo‘shiqchining klipini ko‘chirib olishda asossiz ayblagan, ammo sudda o‘zbekistonlik rejissor aslida turkiyalik hamkasbi ko‘chirmachi ekanligini isbotlab berishga muvaffaq bo‘lgan. “‘Tebya lyubit’ klipi borasida u haqiqatan ham bizga pand berdi. Deyarli butun klip pavilyonda yashil fonda suratga olindi… Bahodir uning o‘rniga kompyuter grafikasini joylashtirishi kerak edi, bunga juda ko‘p pul sarflandi, ammo grafika mutlaqo sifatsiz bo‘lib chiqdi. Uni qayta bajarish juda ko‘p vaqt va pul talab qilardi. Shuning uchun biz bu klipdan voz kechib, boshqasini suratga olishga qaror qildik”, — dedi Nyushaning PR-menejeri Denis Vorobyov.
79
1,945
Madaniyat
O`zbekiston milliy paviloni dunyo kinosanoatiga nimalarni taklif qilmoqda?
Sir emaski, nufuzli Kann festivali butun dunyo kinematografiyasida o`z o`rni va yuksak mavqeiga ega. Ikki yil oldin ham festivalda O`zbekiston milliy pavilonining bo`lishi faqat orzu havasday tuyular edi. Bu yil 72-marta o`tkazilayotgan Kann festivali har qachongidan ham gavjum, har doimgidan-da, shukuhli. 71 (!) yil deganda Kruazet sohilida O`zbekiston bayrog`i hilpiradi. O`zbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan o`tgan yili birinchi marta, bu yil esa ikkinchi marta Kann festivalida rasman, dunyo kinosining gigantmamlakatlari bilan bir safda O`zbekiston milliy paviloni eshiklari keng ochildi. Kann festivali doirasidagi Marche du Film kinobozorida O`zbekiston kinoindustriyasi namoyish etilishi uchun tashkil qilingan O`zbekiston milliy paviloni butun dunyoga O`zbekistonni qo`shma kinoasarlar yaratish uchun hamkor va jahon filmlari olish uchun lokasiya sifatida taqdim etish imkonini beradi. Sodda tilda aytganda, milliy pavilonning missiyasi bebaho tarix va boy madaniy merosga ega Vatanimiz imkoniyatlari haqida dunyo kinosanoati vakillariga tanishtirishdan iborat. Ko`hna Registon, go`zal vodiy va voha tabiati, zamonaviy shaharlarimizning xorijiy prodyuserlar e`tiborini qozonib ulgurgan Tayland yoki Hindiston, Shveysariya va Alp tog`laridan kam joyi yo`q.Bizda ham Gollivud filmlarini hech ikkilanmasdan suratga olsa bo`ladi. Tan olish kerak, O`zbekiston Kann festivalining uzoq yillik ishtirokchilariga nisbatan ancha yosh va notanish. Biroq milliy pavilonga kirib kelgan yirik kinokompaniyalar vakillari, dunyoga mashhur prodyuser va rejissyorlar, aktyorlar e`tiborini o`ziga qarata olmoqda. O`tgan yili pavilonda mehmon bo`lganlar o`zlarining ijobiy taassurotlari bilan o`rtoqlashmoqda. Bu nimadan dalolat? O`zbekiston yoshlar ittifoqining xalqaro maydondagi sa`y-harakati bejiz ketmayapti. Vatanimizning xalqaro maydondagi imidjini yaxshilash bilan bir qatorda, kelajagi bor yirik loyihalar va eng asosiysi, yosh kinoijodkorlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochishga xizmat qilmoqda. Ma`lumot uchun: 2019 yil fevralida yosh kinoijodkorlar tomonidanO`zbekiston milliy paviloni Berlinale festivali doirasidagi Evropa kinobozorida ham ochildi. Bu yilgi Kann kinomarketi muzokaralari natijasi o`laroq Santa Monika (AQSh), Toronto (Kanada), Pusan (Janubiy Koreya) hamda London (Buyuk Britaniya) kinobozorlarida ham O`zbekiston manfaatli loyihalarni amalga oshirish uchun qatnashishi mumkin bo`lmoqda.
74
2,426
Madaniyat
Dilnoza Kubayeva: Abdumo‘min O‘tbosarovning yaxshi hislatlarini sanab adog‘iga yetolmaysan kishi
O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti “GDC — Girls development club”qizlar klubi tomonidan tashkil etilgan seminar-treningda qatnashgan aktrisa Dilnoza Kubayeva marhum suxandon, O‘zbekiston xalq artisti Abdumo‘min O‘tbosarovni yodga oldi. Bu haqda “Qalampir” xabar bermoqda. “Yangi yilning birinchi kunida ustozimiz Abdumo‘min O‘tbosarovni yo‘qotdik. Uning yaxshi hislatlarini sanab adog‘iga yetolmaysan kishi. Abdumo‘min akaga o‘xshagan insonlar ichki va tashqi olami haqiqatan-da go‘zal kishilardir”, — dedi taniqli aktrisa. Eslatib o‘tamiz, taniqli suxandon, O‘zbekiston xalq artisti Abdumo‘min O‘tbosarovning vafot etgani 1-yanvar kuni ma’lum bo‘ldi. Qayd etish joiz, 2013-yili tuzilgan to‘ylardagi eng qimmat boshlovchilar reytingida Abdumo‘min O‘tbosarov ham, Dilnoza Kubayeva ham kuchli beshlikdan o‘rin olgandi.
96
828
Madaniyat
Oxirgi ko‘rgan qaysi film sizga yoqmadi?
400 dan ortiq 17-23 yosh atrofidagi tomoshabinlarning fikriga tayangan holda “So‘nggi paytdagi eng yoqimsiz o‘zbek filmlari” ro‘yxati e’lon qilindi. Bu so‘rovnoma darakchi.uz sayti tomonidan tashkil etildi. Eng so‘nggi 10-o‘rindan boshlaymiz. 10. Mirmaqsud Oxunovning “Sen ketma” filmi. 16 % ovoz to‘plagan 9. Shahlo Karimovaning “Sensiz” filmi, 22 % ovoz 8. Durdona To‘laganovaning “Koreyalik kelin” filmi, 28% ovoz 7. Otabek Mirzaxolovning “Zamonaviy sovchilar - 2” filmi, 31% ovoz to‘plagan 6. Jahongir Ahmedovning “Tilim qursin” komedik filmi, 35% ovoz 5. Dilmurod Mirsaidovning “Kutilmagan qo‘ng‘iroq” filmi, 44 % ovoz 4. Dilshod Jabborovning “Iltimos, menga qarang” filmi, 48% ovoz 3. Otabek Mirzaxolovning “Shu yetmay turuvdi...” filmi, 62% ovoz 2. Dilmurod Qosimovning “Dadamning sovg‘asi, sovg‘aning dodasi” filmi, 85% ovoz bilan ikkinchi o‘rinda 1. Bahrom Yoqubovning “Men yulduzman” kartinasi. 90% muxlis bu filmni eng yoqimsiz deb hisoblagan Bu boradagi sizning fikringiz qanday?
40
1,011
Madaniyat
Rayhon yangi fotojamlanmasini taqdim etdi (foto)
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva joriy yilning 23, 24, 25 va 26-fevral kunlari konsert dasturini o‘tkazadi, deb xabar beradi “Uz24.uz”. Xonanda hozirda ushbu konsert dasturiga katta tayyorgarlik ishlarini olib bormoqda. Konsert oldidan Rayhon yangi fotojamlanmasini havola etdi.
48
303
Madaniyat
Malika Diananing mashinasi auksionda 650 ming funt sterlingga sotildi
Malika Diananing mashinasi Silverstone auksionida 650 ming funt sterling (760 828 dollar) ga sotildi, deb yozadi People Talk. Qora Ford Escort RS Turbo 1985-yildan 1988-yilgacha Ledi Diga tegishli bo‘lgan. Tender tashkilotchisining so‘zlariga ko‘ra, u o‘z mashinasini hech kimga boshqarishga ruxsat bermagan, shu bois qo‘riqchilar doim yo‘lovchi o‘rindiqlariga o‘tirishga majbur bo‘lgan. Ford’ni himoya qilish uchun Diana xonim “bardachok”ka politsiya ratsiyasi va qo‘riqchi ofitser uchun qo‘shimcha orqa ko‘zgu o‘rnatgan. Bu Britaniya qirollik oilasi a’zolari uchun juda kamtarona tanlovdir va ko‘pchilik Diana shu tarzda o‘zining xalqqa yaqinligini ko‘rsatdi, deb taxmin qilmoqda. Aytgancha, mashina nafaqat egasi tufayli, balki qora rangli Ford RS Turbo Series 1 modelining o‘zi ham noyobdir. 1988-yilda malika Diana o‘z mashinasini Ford Motor Company menejerining rafiqasiga 2638 funt sterling (3087 dollar) ga sotgan.  Fojia joyida: malika Diananing o‘limidan avval aytgan oxirgi so‘zlari qanday bo‘lgan?
69
1,011
Madaniyat
Jennifer Lopes mobil aloqa vositalari savdosi bilan shug‘ullanadi
Amerikalik mashhur xonanda va aktrisa Jennifer Lopes yaqin kunlarda o‘zining mobil aloqa vositalari do‘konlari ishga tushirilishi haqida e’lon qildi. Uning ta’kidlashicha, telefon va xizmatlar ispan tilida so‘zlashuvchi lotinamerikaliklar uchun maxsus yaratilmoqda. Associated Press agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, yangi do‘konlarda AQShdagi eng katta mobil aloqa operatorligi – Verizon kompaniyasining qo‘l telefonlari va xizmatlari taqdim etiladi. Mahsulotlar Viva Mobil savdo belgisi ostida ishlab chiqariladi. Birinchi do‘konning ochilishi marosimi  14-iyun bo‘lib o‘tadi. Shu kuni Viva Mobil sayti ham ishga tushiriladi. Jennifer Lopes do‘konlardagi ishchilar ispan tilini bilishlari va xaridorlarga yuqori darajada xizmat ko‘rsatishlarini qayd etib o‘tgan.
65
768
Madaniyat
“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzi second hand’dan kiyinishi hamda go‘sht yemasligi haqida so‘zlab berdi
“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzi Selma Ergech nafaqat Turkiyada, balki dunyoning boshqa mamlakatlarida ham taniqli aktrisa hisoblanadi. O‘ziga xos iste’dodga ega Selma Re Touch Magazine jurnaliga bergan intervyusida bir qancha qiziqarli ma’lumotlar bilan bo‘lishdi. “Tor kiyim kiyishni yoqtirmayman, ko‘proq qulay kiyinishni yaxshi ko‘raman. Tez-tez second hand (ishlatilgan, ikkinchi qo‘l) kiyimlarini kiyaman, eski bo‘lsa ham juda yaxshi. Men kiyimga xizmat qilmayman, aksincha ular menga xizmat qilsin. Qisqasi, qulaylik tarafdoriman”, – deydi aktrisa. “Nimani xohlayman bilasizmi? Kuni bo‘yi baland poshnada yurishni. Buni juda ajoyib va chiroyli deb bilaman, o‘zim esa poshnali tuflida atigi 10 daqiqagina tura olaman, xolos”. “Go‘sht iste’mol qilmayman. Iloji boricha tabiatga g‘amxo‘rlik qilishga harakat qilaman. Men hech qachon plastik paketlar ishlatmaganman. Esimni taniganimdan buyon yonimda xarid qilish uchun sumka olib yuraman”. “Tibbiyot yaxshi ko‘rib tanlagan kasbim edi, lekin hayot tasodiflari meni suratga olish maydonchasiga olib keldi. Vaqti-vaqti bilan suratga tushsam-da, doimo tibbiyotga qaytishni, bu sohada faoliyat olib borishni o‘ylayman. Albatta, aktyorlik kafolatlanmagan kasb, shuning uchun oilam bu g‘oyani qabul qildi. O‘z ishimni ham juda yaxshi ko‘raman, ammo tibbiyot sohasida ishlay olmayotganligim hamon yuragimda toshdek qolmoqda”. Selma – taniqli model va aktrisa. Uning ishtirokidagi “Muhtasham yuz yil” va “Osiyo” filmlari jahon miqyosida e’tirofga sazovor bo‘lgan. Aktrisa 2015-yilda tadbirkor Jan Oz bilan turmush qurgan va ularning Yasmin ismli qizi bor.
105
1,607
Madaniyat
Jastin Biber Argentinada qamalishi mumkin
Taniqli kanadalik pop-qo‘shiqchi Jastin Biber 60 kun ichida Argentinaga tergov uchun tashrif buyurmasa, u fotosuratchini kaltaklaganlikda aybdor deb topilib, ushbu mamlakatda qamoq jazosiga mahkum qilinishi mumkin, deb xabar bermoqda “Segodnya”. Argentina sudi Interpolni 2013-yil noyabr oyida fotosuratchini kaltaklaganlikda ayblanayotgan Jastin Biberni tergovga olib kelish uchun barcha zarur choralarni ko‘rishga chaqirgan. Aks holda, sud uni qo‘lga olish uchun xalqaro order berishi va bir yilgacha ozodlikdan mahrum etishi mumkin. Hodisa 2013-yil 9-noyabrda Jastin Biberning Buenos-Ayresdagi Ink nomli tungi klubdagi chiqishi vaqtida sodir bo‘lgan. Qo‘shiqchini suratga olishga uringan fotograf Diego Pesoani Biberning tansoqchilari kaltaklagan.
41
751
Madaniyat
Instagram: Toshkentni “portlatgan” Burak O‘zchivitning raqiblari, Lola qalbining uyi, Ko‘ndir Jaroqiydan yangi fikrlar
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. Jahongir Otajonov Turkiyadan ko‘rinish berdi. Alisher Uzoqov Ko‘ndir Jaroqiyning yangi ijod namunasini sahifasiga joyladi. Ozarbayjonlik xonanda Nahide Babashli folloverlariga yangi suratini taqdim etdi. Lola 1,5 yildan so‘ng vatanga qaytgani, uning qalb uyi shu yerda ekanligi haqida yozib qoldirdi. SanJay ham sahifasiga yangi surat joyladi. Yosh aktrisa Rayhon Asadova folloverlariga xayrli kun tiladi. Shahzoda sahifasiga kichik o‘g‘li Halidning suratini joyladi. Turk aktrisasi Fahriye Evjen folloverlariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi. 27-fevral kuni Toshkentda Rossiyaning Raava Music leybli xonandlari — Joni, Elman, Andro va Gafurning konserti bo‘lib o‘tdi. Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari ushbu konsertdan so‘ng uni ko‘rsa, o‘zbek qizlari ortidan yuguradigan turk aktyori Burak O‘zchivitga raqiblar topildi, degan xulosaga keldi. Tarqalayotgan videolarda yosh qizlar Elman, Joni va Gafurga sevgi izhor qilayotgani hamda ular o‘tirgan avtomobilning harakatlanishiga to‘sqinlik qilayotganini ko‘rish mumkin. Raava Music leybli xonandasi Gafur asli o‘zbekistonlik Abdulg‘ofur Isaxonov ekanligi haqida ma’lumot bergan edik. Gafur “Lollipop” taronasi bilan xit-paradlarda yuqori o‘rinlarni zabt etgan. U sahifasidagi yangi post orqali muxlislarini orzulariga doimo ishonishga chorladi. “Orzularga ishonishdan hech qachon to‘xtamang, ularni amalga oshirish imkonsizligini aytishsa ham”, — deydi Gafur taxallusi bilan tanilgan Abdug‘ofur Isaxonov. U 2019-yilda Rossiyaga ketayotganida “Inshaalloh, konsert bilan qaytaman”, deb niyat qilgan edi va ikki yildan so‘ng minglab muxlislari uchun konsert dasturi bilan vatanga qaytdi.
118
1,789
Madaniyat
Aktyor Bill Myurrey 94 yoshli notanish ayolning tug‘ilgan kunida qo‘shiq kuylab berdi (video)
Aktyor Bill Myurrey 94 yoshli notanish ayolning tug‘ilgan kunida Happy Birthday to You qo‘shig‘ini kuyladi, deb yozadi TJournal. U pensioner ayol Meriellen Xuk Uiblni 3-dekabr kungi basketbol musobaqasidan so‘ng tabrikladi. 3-dekabr, shanba kuni basketbol matchi bo‘lib o‘tdi, u tugagach, keksa ayolning nevarasi Noy Uibl tomoshabinlar orasida Myurreyni ko‘rib qoldi. U aktyordan buvisini 94 yoshi bilan tabriklashni iltimos qildi. Noyning so‘zlariga ko‘ra, Bill juda charchagan holatda bo‘lgan, ammo shunga qaramay, rozi bo‘ldi va o‘zini juda xushmuomala tutdi. Uiblning qo‘shimcha qilishicha, bu ular uchun o‘ziga xos hodisa bo‘lgan, chunki aktyor bilan suratga tushish va undan dastxat olish istagidagi kishilar uzundan-uzoq navbatda turgan.
93
745
Madaniyat
O‘zbekistonlik dijey Toshkent teleminorasida o‘z musiqiy to‘plamini taqdim etdi (video)
Roger Gunn taxallusi ostida ijod qilayotgan Sarvar Po‘latov o‘zining YouTube’dagi kanaliga Toshkent teleminorasida ijro etgan mualliflik hamda xorijiy musiqalarni joyladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Sarvar Po‘latov Milliy TV ko‘ngilochar telekanalining musiqiy prodyuseri hisoblanadi. Ajablanarlisi shundaki, u ilgari professional tennischi bo‘lgan. Roger Gunn’ning trek hamda remikslari Revealed va Enormous Tunes kabi xalqaro leybllardan o‘rin olgan. Ular dunyodagi eng mashhur dijeylar – Benny Benassi, Don Diablo, Afrojack, Blasterjaxx, Hardwell, Mr. White, Thomas Gold va boshqalar tomonidan ijro etiladi. Uning bundan avvalgi videosi orqali muxlislar nafaqat musiqadan, balki Chimyon tog‘larining go‘zalligidan ham bahramand bo‘lgan edi. Ma’lumot uchun, Roger Gunn – o‘zbek musiqachisi, dijey va prodyuser. U musiqaning ma’lum bir  uslubidagina emas, turli janrlarda ijod qiladi.
87
882
Madaniyat
Deniel Kreyg Gollivudning Shon-shuhrat xiyobonida o‘z yulduziga ega bo‘ladi
Gollivudning Shon-shuhrat xiyobonida 6-oktabr kuni aktyor Deniel Kreygga atab yulduz o‘rnatiladi, deb xabar beradi “Film.ru”. Marosim 8-oktabr kuni AQShda katta ekranlarga chiqadigan “O‘lish vaqti emas” filmiga bag‘ishlangan. Tantanali marosimda Kreygning ushbu kartina bo‘yicha hamkasbi Rami Malek va Jeyms Bond haqidagi filmlar prodyuserlari Barbara Brokkoli hamda Maykl J.Uilson so‘zga chiqadi. Kreyg “Josus 007” haqidagi filmlarda ijro etgan roli uchun “yulduz”ga ega bo‘lgan to‘rtinchi aktyorga aylanadi. Bunga qadar ushbu sharafga Devid Niven, Rojer Mur va Pirs Brosnan loyiq ko‘rilgan. Kreygning yulduzi 7007 Hollywood Boulevard manzilida, Murning yulduzi yoniga joylashtiriladi. Avvalroq Jeyms Bondni gavdalantirgan aktyorlar reytingi e’lon qilingandi. Unda birinchi o‘rinni Shon Konneri egallagan. Shuningdek, Deniel Kreyg Jeyms Bond kabi Britaniya harbiy dengiz flotining faxriy ofitseriga aylangan.
75
910
Madaniyat
TV5 Monde telekanali Samarqand va Buxoroda suratga olish ishlarini olib boradi
Fransiyaning TV5 Monde telekanali tasvirga olish guruhi 7-avgustda O‘zbekistonga yetib keldi. Guruh 14-avgustgacha Samarqand va Buxoro shaharlarida tasvirga olish ishlarini amalga oshiradi. Go‘ri Amir maqbarasi, Samarqand nonlari, Siyob bozori, shuningdek, Registon maydonidagi 3D mapping tasvirga olinadi. Bu haqda O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi. Joriy yilning iyul oyida Brusselda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston — Yevropa Ittifoqi hamkorlik Kengashining yig‘ilishida Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi va Belgiyaning Bandua Communications Unipressoal LDA kompaniyasi o‘rtasida O‘zbekistonning milliy sayyohlik mahsulotlarini TV5 Monde telekanalida namoyish etish borasida kelishuv imzolangan. Belgiyalik va fransiyalik tomoshabinlar oddiy o‘zbek oilasida palov tayyorlash tartibini tomosha qilish, buxorolik temirchilar va zargarlarning sirlarini kashf etish imkoniga ega bo‘ladi. TV5 Monde — fransuz tilida dunyo bo‘ylab efirga uzatiladigan ko‘ngilochar televizion tarmoq bo‘lib, uning kunlik auditoriyasi 55 million kishini tashkil qiladi.
78
1,087
Madaniyat
Bollivud yulduzlarining bolaligiga quyib qo‘ygandek o‘xshaydigan farzandlari (foto)
Hind aktyor va aktrisalaridan ayrimlarining bolalidagi suratlari bilan farzandining ko‘rinishi taqqoslansa, ularning bir odam emasligiga shubha qilish mumkin. Ayshvariya Ray va Aradya Bachchan Nafaqat Bollivud, balki dunyoning ham eng go‘zal aktrisalaridan biri hisoblangan Ayshvariya 2011-yilda ilk marta ona bo‘ldi. Otasiga o‘xshagan Aradya va Ayshvariya o‘rtasida yillar o‘tishi bilan o‘xshashliklar tobora ko‘payib bormoqda. Karina Kapur va Taymur Ali Xon Taymur dunyoga kelganida Saif Ali Xonga quyib qo‘ygandek o‘xshagan, ammo katta bo‘lgani sari onasi Karinaga o‘xshab bormoqda. Ularning bolalikdagi suratini solishtirib, bunga amin bo‘lish mumkin. Shohrux Xon va Abram Bollivud qiroli va Gaurining barcha farzandlari ko‘proq otasiga o‘xshaydi. Aryanga nazar tashlab, aktyorning bolaligini ko‘rish mumkin. Amir Xon va Azad Aktyorning o‘g‘li o‘ziga ikki tomchi suvdek o‘xshashini bilish mushkul emas. Akshay Kumar va Nitara Akshayning bolaligidagi suratlariga nazar tashlab, Nitarani aniq otasining qizi deb atash mumkin. Kajol va Yug Devgan Kajolning bolaligidagi va uning o‘g‘li Yug Devganning suratlarini ko‘rib ularning o‘xshashligidan ajablanish mumkin. Shohrux Xon va Aryan Xon Hozir boshqacha ko‘ringani bilan Aryan Xon bolaligida otasiga juda ham o‘xshash ko‘rinishga ega bo‘lgan. Saif Ali Xon va Ibrohim Saifning katta o‘g‘li xuddi o‘zining kichik versiyasiga o‘xshaydi. Saif Ali Xon va Taymur Kichik o‘g‘li Ibrohimchalik otasiga o‘xshamagani bilan Taymur va Saif ko‘rinishida umumiyliklar yo‘q deb bo‘lmaydi.
83
1,533
Madaniyat
Ruslan Sharipov: Ijodkor inson ketma-ket omadsizliklarni ko‘tara olmas ekan
Bundan bir muddat avval ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ruslan Sharipovning ayanchli ahvoldagi suratlari tarqaldi. Bu suratlar anchadan beri ko‘rinmay qolgan xonandaning muxlislari o‘rtasida keng muhokamalarga sabab bo‘lgandi. Ruslan Sharipov “Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida ko‘pchilikni qiziqtirgan savollarga javob berdi. Bizni oldinda nimalar kutayotganini hech qachon bilmaymiz. Bo‘lib o‘tganlarning hammasi men uchun sinov bo‘ldi, deb qabul qilyapman. Faol ijodiy faoliyat yuritayotgan vaqtimda kutilmagan zarbalarni ola boshladim. Bulardan birinchisi, xorijiy telekanallarga noto‘g‘ri ma’lumotlar aytib, intervyu berganlikda ayblandim va televideniye efirlaridan olib tashlandim. Keyinchalik surishtirish ishlarida ma’lum bo‘ldiki, aslida intervyu bergan inson men bilan ism-familiyasi bir xil jurnalist yigit ekan. Keyingi mish-mishga ko‘ra, men giyohvand moddalar savdosi uchun qamalgan ekanman. Bu tuhmatlarga oydinlik kiritilgunga qadar yana ekranga chiqmadim. Birovlar o‘ylab topgan yolg‘on gaplar qurboniga aylanganim menga qattiq ta’sir qildi. Ustiga-ustak “Xo‘ja” guruhi bilan birgalikda boshlagan ishlarimiz ham ortga keta boshladi. Qo‘shiq yozib, ijod qilamiz degan orzu-havasda ochgan ovoz yozish studiyasining ishi o‘xshamadi. Xullas, tadbirkorligimiz ayrim sabablarga ko‘ra kasodga uchradi. Ijodkor inson bu kabi ketma-ket omadsizliklarni ko‘tara olmas ekan. Tushkunlikka tushib, ichkilikka bog‘lanib qoldim. Irodamning biroz bo‘shligi sabab qaddimni tik tutolmadim. Ruslan Sharipov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ruslan Sharipov: Hammasiga o‘zim aybdorman “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
75
1,697
Madaniyat
Jahongir Otajonov va klipmeyker Habibullo Nabiyev “janjali”ga nuqta qo‘yildi (video)
Xonanda Jahongir Otajonov “O‘ynasin” klipini suratga olgan rejissor Habibullo Nabiyevni klipning ayrim sahnalari ukrainalik xonanda Maks Barskixning “Sohillar” (“Berega”) klipidan ko‘chirilgan deya ko‘chirmakashlikda ayblagan edi. Klipmeyker Habibullo Nabiyev ham ushbu holatga oydinlik kiritish maqsadida Jahongir Otajonovga video murojaat yo‘lladi. Murojaatda klipmeyker Maks Barskixning “Sohillar” (“Berega”) klipidan ilhomlanganini yashirmadi. Xonanda Jahongir Otajonov va klipmeyker Habibullo Nabiyev Instagram’ning jonli efirida bu mavzuga nuqta qo‘yishib, bir-biridan kechirim so‘rashdi. Biz bu klipni suratga olish uchun mehnat qilganmiz. Siz bergan pulingizga rozi bo‘lishingiz uchun, odamlar klipni ko‘rib mazza qilishi uchun ter to‘kkanmiz. Bu ikki karra ikki to‘rt emas. Biz bilan ishlaydigan barcha odamlar biladi. Tushunmovchilik bo‘libdi, agar bizdan, ijodiy jamoamizdan, shaxsan o‘zimdan ayb o‘tgan bo‘lsa, kichik boshim bilan sizdan uzr so‘rayman aka. Aka, men sizga shaxsan telefon qildim. “Nima bo‘lyapti? Qanaqa? Menga tushuntirib bering” deb aytdim, mana hozir  ham jonli efirda shu gaplarni gapirib turibman. Bo‘ldi shu, boshqa narsa yo‘q. Aka, mening fikrimcha, klipni qaytadan qo‘yish kerak. Keyin odamlarning o‘zi ko‘rib baho bersin. Kimga yoqsa, o‘sha odamlar ko‘rsin, klip yoqmasa ko‘rish kerakmas. Rossiya shou-biznesida ham tan olib aytishyapti, to‘g‘ridan to‘g‘riga, birga bir kadrlar olinganligini. Bu narsa ularda challenge bo‘lib ketgan. Bitta narsa zo‘r yesa, challenge qiladi. Habibullo Nabiyev, klipmeyker Xonanda Jahongir Otajonov ham pulda muammo bo‘lmasligi, borganida hisoblashib olishini ma’lum qildi. Men bergan pulimga roziman. Pulda muammo yo‘q, Xudoga shukr. Bu narsani bo‘lishi, shu yerda xarajat qilinishi bizga qismat qilingan ekanki, u hech narsa emas, Xudo o‘zi beradi. Astag‘firulloh. Uzr shartmas ukam. Yo‘q, sen mendan uzr so‘rama, balki men ham sababchidirman. Seni qizishib ketganingga men ham chiroyli gap qilmaganim sabab bo‘lgandir. Sen ham mendan xafa bo‘lma. Mendan rozi bo‘lgin. Qars ikki qo‘ldan chiqadi. Bu narsalarga ikkalamiz sababchimiz, zotan qismat shu ekan. Kelajakda nima bo‘lishidan qatiy nazar sen mendan ranjima. Men ham sendan ranjimayman. Ko‘nglingni og‘ritgan joylari uchun Alloh uchun mendan rozi bo‘l. Lekin shunchalik harakatni axlatga chiqib ketishi menga alam qilyapti. Senga ham rahmat. Rozi bo‘l. Agar uyingdagilar mendan ranjigan bo‘lsa, ota-onangdan meni nomimdan uzr so‘rab qo‘y. Mendan norozi bo‘lishmasin, zotan asossiz gapirganim yo‘q edi. Baribir biz noprofessional fikr yuritdik, ko‘nglingni og‘ritgan bo‘lsam uzr. Sog‘ bo‘l. Hisob-kitobni borganda gaplashib olamiz. Jahongir Otajonov, xonanda Ma’lumot uchun, Jahongir Otajonovning O‘ynasin video klipi klipmeyker bilan janjalidan so‘ng o‘chirib tashlangan edi.
84
2,803
Madaniyat
Yerga asteroid kelib uriladi. Tarmoqlarda “Grenlandiya” filmining treyleri paydo bo‘ldi
STX Entertainment Rik Roman Voning “Grenlandiya” filmining ilk treylerini taqdim etdi. Kadr: YouTube Film sujetiga ko‘ra, Yerga ulkan asteroid kelib uriladi. Hodisadan eng katta jabr ko‘rgan AQSh aholisi esa jon saqlashga urinadi. Film voqelari markazidan Jerard Batler va Morena Bakkarin ijrosidagi Jon va Ellison Garritlar juftligi o‘rin olgan. Ular o‘zini va o‘g‘lini asteroidlardan qutqarib qolishi kerak. Oila xavfsiz joy qidirish maqsadida xavfli sayohatga otlanadi. Bu yo‘lda ular tartibsizlikka, vahima va qonunlarning ishlamayotganiga duch keladi. Qaysidir onda qahramonlar bir-birini yo‘qotib ham qo‘yadi, biroq ular yana birlashib, yaqinlashib kelayotgan falokatga qarshi boshpana topishlari lozim bo‘ladi. “Grenlandiya” filmining premyerasi 25-iyunga mo‘ljallangan. Koronavirus pandemiyasi vaqtida omon qolishga yordam beradigan filmlar
87
852
Madaniyat
Dushmanlari tomonidan zaharlangan, Ginnesning rekordlar kitobiga kirgan Hindiston bulbuli — Lata Mangeshkarning zahmatli hayot yo‘li
1929-yil 28-sentabrda hind kinosining afsonasi va bulbuli Lata Mangeshkar dunyoga keldi. Lata qiyinchilik va kurashga to‘la bolalikni boshdan kechirdi. U maktabga boradigan yillarda, 1942-yilda otasi Pandit Dinanatx Mangeshkar vafot etdi. Shundan so‘ng yosh qiz hind va maratxi filmlarida pul ishlashga majbur bo‘ldi. Otasi Dinanatx teatr truppasiga ega bo‘lib, taniqli klassik qo‘shiqchi edi. Taxminan besh yoshidan boshlab otasi unga qo‘shiq saboqlarini berdi. Lata oiladagi besh farzandning eng kattasi bo‘lib, otasidan ayrilganidan keyin singillari va ukasi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oldi: Mina, Asha, Ushu va Xridaynatx uchun xoh kichik rollar, xoh qo‘shiq kuylash bo‘lsin 13 yoshida ishlashni boshladi. Dastlabki bosqichda rejissor Vinayak uning oilasiga katta yordam berdi va yetim bolalarni iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash uchun Latani hind va maratxi tillarida 8 ta filmda suratga oldi. Ajablanarlisi shundaki, “Shahid” (1948) filmining prodyuseri S.Mukerji Lataning ovozi juda zaif ekanligidan shikoyat qilib, uni rad etdi. Shundan so‘ng bastakor G‘ulom Haydar Mangeshkarni qo‘shiqchi sifatida qabul qilishni istamagan prodyuserga: “Bir kun kelib bu zaif ovozli qizning oyog‘iga dunyo qulaydi!”, – degan. U haq bo‘lib chiqdi. Lata 20 yoshida ijro etgan Raj Kapurning “Yomg‘irli mavsum” filmi (1949) qo‘shiqlari muvaffaqiyat qozondi va u bir kechada yulduzga aylandi. Keyinchalik Lata Mangeshkar hamma narsaga erishdi, lekin uning hayotdagi yagona armoni maktabga bora olmagani edi! Asli Xema deb chaqiriladigan Lata va uning barcha singillari qo‘shiqchi, ukasi esa musiqachi bo‘ldi. Ulardan eng mashhurlari Lata va Asha edi. Qizig‘i shundaki, Lata o‘zining Bollivud hitlarining ko‘p qismini bastakorlar Lakshmikant va Pyarelal bilan birga kuylagan, ular 700 dan ortiq qo‘shiqlarni ijro etgan. Lataning karyerasi 70 yildan ortiq davom etdi va uning jozibali ovozi 36 ta mintaqaviy hind tillarida, shu jumladan, xorijiy tillarda ham yangradi. 1950-yilga kelib Lata Bollivud kino sanoatidagi musiqaning qiyofasini o‘zgartirdi. Uning baland ovozda kuylashi o‘sha davrdagi og‘ir ovozlarni chiqarib yubordi. Mangeshkarning mashhurlik hujumidan faqat Gita Datt va ma’lum darajada Shamshod Begum omon qoldi. Uning singlisi Asha Bxosle ham 1950-yillarning oxirida mashhur bo‘ldi va o‘shandan beri ikkala opa-singil 1990-yillargacha Hindiston musiqiy Olimpining malikalariga aylandi. Dilip Kumarning uning talaffuzi haqidagi kichik izohi repetitor yollash orqali urdu tilini mukammallashtirishga imkon berdi. Keyinchalik uning tili mutlaqo nuqsonlardan xalos bo‘ldi. Lata kuylagan har bir tilda, xoh u bengal, xoh tamil bo‘lsin, tinglovchilar uning mukammal talaffuziga kafolat berardi. Ginnesning rekordlar kitobiga ko‘ra, u 1948-yildan 1987-yilgacha 30 000 dan ortiq qo‘shiq yozgan. 1962-yilda Lata Mangeshkar to‘satdan og‘ir kasal bo‘lib qoldi. Shifokorning tekshiruvi natijasida unga sekin ta’sir qiluvchi zahar berilgani aniqlandi. Unga zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatildi, ammo allaqachon zarar yetkazilgan edi. Sog‘ayib ketganidan keyin ham Lata turolmadi va kuylamadi, bir necha hafta davomida yotoqda yotdi. Uning oshpazi kasalxonaga yotqizilganidan keyin sirli ravishda uyidan qochib ketgan va maoshini olish uchun qaytib kelmagan. Shundan so‘ng xonandaning salomatligi qattiq nazoratga olindi. O‘shandan beri Lataning uyida birinchi bo‘lib taomni tatib ko‘radigan, keyin esa ovqatlanishga ruxsat beradigan odam paydo bo‘ldi. Lata turli avlod qahramonlari uchun qo‘shiq kuyladi – Madxubaladan tortib Kajolgacha. Aktrisalar shartnomada ularning qo‘shiqlarini Lata ijro etishini to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsatishgan. Hind kinosiga qo‘shgan hissasi uchun Dadasaxeb Falke mukofoti sohibasi Lata Hindistonning eng oliy fuqarolik mukofoti – Bharat Ratnani ham oldi. Bundan tashqari, u Padma Bhushan (1969), Padma Vibhushan (1999), 3 ta Milliy kino mukofoti va 12 ta Bengal kinojurnalistlari uyushmasi mukofotlari sovrindori hisoblanadi. U, shuningdek, eng yaxshi ayol vokali uchun to‘rtta Filmfare mukofotini qo‘lga kiritgan. 1969-yilda u yangi iste’dodlarga yo‘l berish uchun Filmfare mukofotini rad etdi. Keyinchalik 1993-yilda Lata Filmfare Lifetime Achievement mukofotiga sazovor bo‘ldi. Uning hatto eng yaxshi bastakor uchun mukofoti ham bor. U haqiqatan ham Hindistonning eng qimmatbaho marvarididir! Bir paytlar Amitabh Bachchan aytganidek, u hind kinosi tarixida shon-shuhratning yomon tomonini ko‘rmagan yagona aktrisadir. Hind kinosining mashhur xonandasi, bastakor, aktrisa Lata Mangeshkar 2022-yilning 6-fevral kuni ertalab 92 yoshida vafot etdi.
132
4,584
Madaniyat
O‘zbek qizlaridan iborat ilk rok-guruh klip suratga oldi
“O‘tov”, “Qor qo‘ynida lola”, “Odnoklassniki.ru” filmlari orqali tanilgan aktrisa Zamira Beshimova o‘zini xonanda sifatida ham sinay boshlagan. Popcorn.uz’ning xabar berishicha, shu kunga qadar rok yo‘nalishida bir necha yangi taronalarni kuylab, muxlislari e’tiboriga havola etgan. Xabarda ta’kidlanishicha, shou-biznes olamida shu kunga qadar rok yo‘nalishida ijod qiluvchi ayol xonanda yo‘q edi. Zamira Beshimova esa mazkur yo‘nalishda ilk bora dadil qadam qo‘ydi. Hozirda u faqat jonli ijroda kuylaydigan qizlardan iborat “To‘maris” guruhini tuzishga muvaffaq bo‘ldi. Zamira Beshimovaning ma’lum qilishicha, guruhdagi uch qiz rok yo‘nalishida ijod qiladi. Guruh yangi — “Gunoh qilma” taronasiga ilk klipini suratga oldi. Toshkentning Azia Trans Terminal qo‘shma korxonasida tasvirga olish ishlari bo‘lib o‘tgan klipni rejissor Ikrom Ali suratga olgan. Tasvirga olish ishlarida 100 nafarga yaqin raqqos yigit-qiz ishtirok etgan.
56
935
Madaniyat
Chjou Yang Ming: O`zbek baxshichiligi haqida xitoyliklar bahramand bo`lishadi
- Men O`zbekistonda birinchi marta bo`lib turibman. O`zbek xalqining boy madaniyati haqida, ochig`i, juda kam ma`lumotga ega edim. Bu festival menga xalqingizning madaniy merosi bilan yaqindan tanishish imkonini berdi. Aslida Xitoyda ham xalq og`zaki ijodi bir necha ming yillik tarixga ega. Azaldan xalqimizda turli ertak, afsona, ibratli voqealarni ta`sirli qilib aytib beruvchilar bo`lgan. Bu qaysidir ma`noda sizning baxshichilik san`atingizga ham o`xshab ketadi. Men, albatta, bu haqda batafsil yozaman va xitoylik muxlislarimizni O`zbekistonning baxshichilik san`ati haqidagi bilimlarini boyitishga o`z hissamni qo`shaman. Rustam Jabborov yozib oldi.
77
657
Madaniyat
"Sulton Sulaymon" Turkiyani tark etmoqchi, sababi...
Turkiyalik taniqli aktyor Xalit Ergench rafiqasi Bergyuzar Korel va farzandlari bilan birga Turkiyani tark etishga qaror qildi, deya yozmoqda "Zamon" nashri Xalit Ergech “Bobil” serialining suratga olish ishlari yakunlangach, taklif etilgan barcha yangi loyihalarni rad etgan. Aktyor bo`sh vaqtini oilasiga bag`ishlashini ma`lum qilgan. Ijodkorlar juftligi yaqin kunlarda mamlakatni tark etadi. Turkiyalik kino tanqidchilari Xalit Ergenchning bu qarori qat`iy bo`lishi Turkiya kinosi uchun katta yo`qotish bo`lishini ta`kidlamoqda. Xalit Ergench ko`chish sababini ochiqlamagan. Ammo u Londonda yashashi haqidagi ma`lumotni tasdiqlagan.
52
635
Madaniyat
Suv muolajalari, mazali taom va SPA. Jahonga mashhur ayollar o‘zlarini baxtli qilishi mumkin bo‘lgan kichik xursandchiliklari haqida
Karyerasi va ijtimoiy faoliyatida sezilarli cho‘qqilarni zabt etgan mashhur xonimlar muvaffaqiyat cho‘qqisiga erishishning siri haqida gapira turib, hayotdan zavq olishga yordam bera oladigan kichik xursandchiliklar borligini ham ta’kidlab o‘tishdi. Emiliya Klark — suv muolajalari Ma’lum bo‘lishicha, aktrisa vannada cho‘milishni yaxshi ko‘radi va ko‘pincha suratga olishning og‘ir kunlaridan keyin shunday qiladi. “Men uchun bu haqiqiy marosimdir, — deb tushuntiradi aktrisa bir intervyusida. — O‘zimga kerakli haroratni tanlayman, shifobaxsh tuzlarni qo‘shaman. Kamida bir soat suvda yota olaman, agar vaqtim bo‘lsa, uch soat davomida zavq bilan dam olishim mumkin”. Beyonsening yakshanba kungi eng sevimli taomi Qo‘shiqchi diyetologlar taqiqlagan hamma narsadan zavq olish uchun haftada bir kun ajratadi. Odatda bu yakshanba kuni bo‘ladi — aynan dam olish kuni Beyonse o‘zi uchun kichik bayram uyushtiradi. “Shu kuni men xohlagan narsamni yeyman. Odatda, bu pitssa  bo‘ladi”, — deb izoh beradi xonanda. Opra Uinfri — yana suv muolajasi Mashhur teleboshlovchi ham Emiliya Klark singari suv protseduralarini yaxshi ko‘radi va hatto ularni xobbi deb ataydi. Shubhasiz, bu dam olish usuli yulduzlar orasida eng mashhurlaridan biridir. “Men barcha turdagi tuzlarni, vanna moylarini va umuman ular uchun mo‘ljallangan hamma narsani yaxshi ko‘raman”, — deb tan oladi Opra. Gersoginya Megan — vino va fransuzcha kartoshka Sasseks gersoginyasi ajoyib qomati bilan faxrlanadi, uning tan olishicha, fransuz kartoshkasi va qizil sharob uning eng zaif tomoni. Nikol Kidman — o‘ziga g‘amxo‘rlik va ozgina fitnes “Men manikyur qilishni, o‘zimni ozoda va tartibli saqlashni yaxshi ko‘raman. Kundalik bu ishlar menga cheksiz zavq bag‘ishlaydi. Misol uchun, men yugurishdan keyin issiq dush qabul qilganimda o‘zimni juda yaxshi his qilaman. Shundan so‘ng tanaga kosmetika kerak emas — u sog‘lom va yangi ko‘rinadi”, — deydi avstraliyalik aktrisa. Merayya Keri — sutli vanna Amerikalik xonanda, bir nechta qo‘shiqlar muallifi va xayriyachi Merayya hech qachon bir joyda turmaydi va doimo zamon bilan hamnafas bo‘ladi. O‘tgan yili Keri o‘zining g‘ayrioddiy go‘zallik muolajalaridan birini aytgandi. “Men tez-tez sutli vanna qabul qilaman. Ha, ba’zida sutni go‘zallik mahsuloti sifatida ishlataman. Biroq bu hali hammasi emas, barcha kartalarimni oshkor qilmayman” Xloe Kim — yotoqda yeb yotish Amerikalik sportchi va olimpiyadachi ertalabdan kechgacha mashq qiladi, shuning uchun uning sevimli dam olish usuli — kun bo‘yi yotoqda cho‘zilib yotish, tushlikni pijamasida yeyish va internetda kezish. “Men karavotda yotishni, hech narsa qilmaslikni va sevimli taomimdan zavqlanishni yaxshi ko‘raman. Bunday paytda oldimda kompyuter, gazak va qulay pijama bo‘ladi”, — deb tan oladi sportchi. Marta Styuart — yeryong‘oq moyi Ishbilarmon ayol va uy xo‘jaligiga oid kitoblar muallifi oddiy ayol baxtining sirlarini yaxshi biladi va o‘ziniki bilan o‘rtoqlashadi. “Mening mashg‘ulotlarim unchalik qiziq emas, lekin foydali. Bu — uyda tayyorlangan bir bo‘lak pishloq bilan bir qoshiq tabiiy yeryong‘oq moyi. Ajoyib gazak! Bundan tashqari uxlashdan oldin tuzlangan seld balig‘i bilan o‘zimni xursand qilib turaman. Bu juda to‘yimli va foydali mahsulot”.
132
3,234
Madaniyat
“Transformerlar” filmi yulduzi ichkilikbozlikdan davolanishga majbur qilindi
“Transformerlar” filmidagi bosh rol ijrochisi Shayya Labaf ichkilikbozlikdan majburiy ravishda davolanmoqda, deb xabar berdi “Vesti.ru”. 28 yoshli aktyor 2014-yil yozida “Kabare” myuziklida tartibsizlik uyushtirgani uchun qo‘lga olinib, majburiy davolanishga jo‘natilgan. 25-noyabr kuni u davolanayotganini ko‘rsatish uchun Nyu-York sudiga keldi. Soch-soqoli to‘liq qirilgan aktyor harbiy mashg‘ulot kiyimida bo‘lgan. Qayd etilishicha, sudya Labafning tartibli tashqi ko‘rinishidan hayratga tushgan. U rasmiylarga davolanish kursini o‘tayotgani haqidagi hujjatlarni taqdim etgan. Hozirda Labaf 2015-yilda ekranlarga chiqishi kutilayotgan Man Down filmida suratga tushmoqda.
76
674
Madaniyat
Lola Yo‘ldosheva zararli odatlari haqida gapirib berdi
O‘zbek xonandasi Lola Yo‘ldosheva Instagram’dagi sahifasida o‘zining zararli odatlari haqida gapirib berdi, deb yozadi Sputnik. U muxlislariga atalgan postida punktuallik (o‘z vaqtida ulgurish) borasida ajralib turmasligi va ko‘pincha hamma joyga kechikib yurishiga iqror bo‘ldi, buni esa ishlarni doim keyinga qoldirishi bilan izohladi. Bundan tashqari, qo‘shiqchi o‘zini qahvada cheklamasligini, bir kunda bu ichimlikdan ikki finjon ham ichishi mumkinligini qayd etdi. Shuningdek, Lola kir yuvish mashinasidan yuvib bo‘lingan kiyimlarni chiqarib yoyib qo‘yishni unutishi, ancha vaqtdan keyin esa ularni qaytadan yuvishi haqida yozdi. View this post on Instagram
54
672
Madaniyat
Barcha davrlarning eng sevimli komediyasi — “Jazda faqat qizlar” filmining kadr orti sirlari
Hech qachon dolzarbligini yo‘qotmaydigan filmlar mavjud – ulardan biri “Jazda faqat qizlar” komediyasi. Kartina 1959-yil amerikalik mahoratli rejissor Billi Uaylder tomonidan suratga olingan. Film 1951-yilgi “Sevgi fanfari” va 1931-yilgi Amerikaning “Jamoatchilik dushmani” kinolari sujeti bilan yaqin. “Jazda faqat qizlar” – bosqinchilar tortishuviga guvoh bo‘lgan ikki musiqachi Toni Kyortis va Jek Lemmon haqida hikoya qiladi. Ta’qibchilardan yashirinishga urinib, ayollar ansambliga qo‘shiladi va ular kabi ko‘rinishga harakat qiladi. Biroq tez orada ulardan biri o‘z hamkasbiga oshiq bo‘ladi, ikkinchisi esa keksa millionerning muhabbatiga sazovor bo‘ladi. Ushbu komediya ko‘p jihatdan kino san’atida katta o‘zgarish yasadi. Birinchidan, 50-yillarda gangsterlarni komediya mavzusi sifatida ko‘rish odati bo‘lmagan. Ikkinchidan, ssenariyda yozilgan ochiq hazillar o‘sha paytdagi kino tomoshabinlari tomonidan qabul qilinishi mumkin emas edi. Uchinchidan, yaqin munosabatlar mavzusi Gollivud filmalarining diqqat markazida bo‘lmagan. Betakror Merilin Monro juda iqtidorli bo‘lmasa-da, injiq aktrisa edi – rejissor uning so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz etishi uchun 30 dan ortiq dublda suratga olgan. Shunda ham, u so‘zlarni o‘qib berish bilan bunga erishgan. Shuningdek, u ko‘pincha suratga olish maydonchasiga kechikib kelar va pardoz xonasidan chiqishni rad etardi. Hatto filmni suratga olish uchun San Diyegodagi Del Kolorado mehmonxonasi Merilin Monroga qulaylik yaratish maqsadida tanlangan. Bularning sababi aktrisa suratga olish jarayonida homilador bo‘lgan. Shunindek, uni odatdagidek biroz to‘lacharoq ko‘rinishi tufayli ikkita dublyordan foydalanilgan, keyinchalik ularga Monroning boshi montaj qilingan. Hattoki aktrisa dialoglarni matnga qarab o‘qib berganini filmda uning ko‘zlari qatorlar bo‘ylab harakatlanayotganidan ham sezish mumkin. Kartina ustida ishlash mobaynida Merilin Monro psixologik inqirozni boshdan kechiradi. Shuning uchun ham film ustida olib borilgan ishlar cho‘zilib ketadi. Film prodyuseri deyarli 1 million dollar ortiqcha mablag‘ sarflashiga to‘g‘ri keladi. Biroq Monro tomonidan kuylangan “Men seni sevishni xohlayman” qo‘shig‘i kino tarixidagi eng yaxshi film musiqasidan biriga aylandi va sarflangan xarajat bir necha bora o‘zini qopladi. Aktrisa dastlab unga berilgan rolga istar-istamas rozi bo‘lgan va oldindan filmdagi ijroning 10 foiz miqdorida to‘lov olgandan keyingina suratga tushishga kirishgan. O‘z navbatida Toni Kyortis va Jek Lemmon mahoratli aktyor bo‘lganligi uchun ham ularga ayol obrazida namoyon bo‘lish qiyin bo‘lmagan. Shuningdek, ular qiyofasidagi ko‘plab topilmalarni o‘zlari kiritgan. Toni Kyortis milliarderni tasvirlaydigan epizodda u rejissorning g‘oyasiga ko‘ra, mashhur akytor – Keri Grantga taqlid qilgan. Aytgancha, “Jazda faqat qizlar” filmi ham rang-barang bo‘lishi mumkin edi, ammo bosh qahramonlarning pardoz-andozi tufayli uni oq-qora tarzda suratga olishga qaror qilingan. Film dunyodagi eng buyuk kino asarlari ro‘yxatiga kiritilgan va eng yaxshi Amerika komediyasi deb tan olingan. Shuningdek, ushbu filmdagi ko‘plab iboralar ommaviy madaniyatning bir qismiga aylanib ketgan.
92
3,158
Madaniyat
Munisa Rizayeva 31-oktabr kuni turmushga chiqadi. Bundan xonandaning o‘zi xabardormi?
Ijtimoiy tarmoqlar, xususan Instagram’da 31-oktabr kuni xonanda Munisa Rizayevaning nikoh oqshomiga taklifnomalar suratlari tarqaldi, deb xabar beradi MyDay. Taklifnomalarda Munisaning Valijon ismli yigit bilan turmush qurayotgani yozilgan. Xonanda Instagram’dagi sahifasi mazkur gap-so‘zlar asossiz ekanligini ma’lum qilib, mish-mish tarqatayotganlarga insof so‘radi.
85
370
Madaniyat
Skripka qirolichasi: Vanessa Mey 40 yoshda
Butun dunyoga mashhur skripkachi Vanessa Mey 40 yil avval — 1978-yilning 27-oktabrida Singapurda dunyoga kelgan, deb yozadi “Gazeta.ru”. Bo‘lajak yulduzning ota-onasi u beshga ham to‘lmagan paytda ajrashgan, shundan so‘ng ular Buyuk Britaniyaga ko‘chib o‘tgan va u yerda Vanessaning onasi yana turmushga chiqqan. Mey juda kichik yoshidan musiqa bilan shug‘ullana boshlagan, biroq dastlab fortepiano bilan ko‘proq mashg‘ul bo‘lgan. Vanessa to‘qqiz yoshidayoq Qirollik musiqa kollejining eng yosh o‘quvchisiga aylandi, bir yil o‘tib, filarmonik orkestrda chiqish qila boshladi, 1990-yilda esa uning ilk albomi chiqdi. Elektroskripkani o‘zlashtirgan Mey 90-yillarning o‘rtalarida o‘zining ilk pop-plastinkasini chiqardi. Plastinka ko‘plab mamlakatlarda bir necha hafta davomida chartlarga yetakchilik qildi va Meyning dunyoga mashhurligini mustahkamladi. Vanessaning musiqadan tashqari boshqa eng katta qiziqishi tog‘ chang‘isidir. Uning bu xobbisi 2014-yilda skripkachini Olimpiadagacha olib keldi: Sochidagi o‘yinlarda Mey 67-o‘rinni egalladi.
42
1,046
Madaniyat
Marvel’ning yana bir qahramoni haqida film suratga olinadi
20th Century Fox kompaniyasi Marvel komikslarining navbatdagi qahramoni — Kumush Syorfer haqida film suratga olmoqchi ekanligini ma’lum qildi, deb yozmoqda “Korrespondent.net”. Bu qahramon avval “Fantastik to‘rtlik. Kumush Syorfer hujumi” filmida paydo bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur film kinostudiyaning mazkur yo‘nalishdagi loyihalaridan biri hisoblanadi. Bo‘lajak filmning ssenariy muallifi yozuvchi Brayan K. Von bo‘ladi.
58
432
Madaniyat
Rustam Sa’diyevning “Baron” filmi premyerasi 16-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi
“O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga asosan rejissor Rustam Sa’diyev tomonidan suratga olingan “Baron” filmi premyerasi 16-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Agentlik matbuot xizmati xabar bermoqda. Xabar berishlaricha, 15-yanvar, juma kuni soat 14:00 da Alisher Navoiy nomli kinosaroyining kichik zalida filmning premyeraoldi namoyishi, 16-yanvar, shanba kuni soat 18:00 da kinosaroyning katta zalida keng jamoatchilik uchun taqdimoti o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Filmda Javohir Zokirov, Muhammadiso Abdulxairov, Ulug‘bek Qodirov, Dilorom Egamberdiyeva, Ra’no Shodiyeva, Dilnoza Kubayeva, Shahzoda Matchonova, Jamila G‘ofurova kabi o‘zbekistonlik aktyorlar, shuningdek, bir qator rossiyalik va boshqa chet ellik san’atkorlar suratga tushgan. “O‘zbekkino” matbuot xizmatining qayd etishicha, hozirgi vaqtda agentlik buyurtmasiga asosan “Oyqiz ertagi” (Akbar Bekturdiyev), “So‘nggi pushaymon” (Nozim Jumayev), “Zurriyod” (Abduxalil Mignorov), “Ma’suma” (Yolqin To‘ychiyev), “Kuzning bir kuni” (Zulfiqor Musoqov), “Toliqqan ko‘ngillar oyga talpinar” (Sobir Nazarmuhamedov) kabi filmlarni suratga olish ishlari davom etmoqda.
73
1,132
Madaniyat
155 mln dollarga ekranlashtiriladigan “Mahobhorat” Hindiston tarixidagi eng qimmat filmga aylanadi
Hindiston o‘z tarixidagi eng qimmat filmni suratga olishga qaror qildi. Bu “Mahobhorat” eposi bo‘ladi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”. “Mahobhorat” qadimiy eposining ekranlashtirilishi 155 million dollar deb baholanmoqda. Gollivud standardlari bo‘yicha bu katta mablag‘ emas, biroq Hindistonda shu kungacha qimmat filmlar kam hollarda 25 million dollardan oshar edi. Film Bavagutu Raguram Shetti ismli BAAdan bo‘lgan tadbirkor tomonidan moliyalashtiriladi. U “Mahobhorat”ni barcha eposlarning eposi deb hisoblashini qayd etdi. Film “Mahobhorat”ning Vasudevan Nayarning “Ikkinchi burilish” kitobida hikoya qilinadigan talqini asosida yaratiladi. Ushbu yozuvchi loyihada ssenariy muallifi sifatida qatnashadi. Suratga olish ishlari 2018-yil sentabr oyida boshlanishi kutilmoqda. Rejalarga ko‘ra, kinolenta ikki qismdan iborat bo‘ladi. Film premyerasi 2020-yilga mo‘ljallangan. Aktyorlar tarkibi hozircha e’lon qilinmadi. Ta’kidlanishicha, kinokartinada Bollivudning eng iste’dodli ijodkorlari hamda Gollivudning “yirik nomlari” ishtirok etadi. Eslatib o‘tamiz, 2016-yilning yozida O‘zMTRKning “Madaniyat va ma’rifat” telekanalida “Mahobhorat” serialining namoyishi to‘xtatib qo‘yilgandi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
98
1,258
Madaniyat
Aziz Abduhakimov: "O`zbekistonning madaniy merosi jahon to`plamlarida" loyihasi noyob tashabbusdir
Poytaxtimizda “O`zbekistonning madaniy merosi jahon to`plamlarida” loyihasining 2018 yil yakunlari va 2019 yil yo`l xaritasini ishlab chiqishga bag`ishlangan xalqaro multimedia forumi o`z ishini davom ettirmoqda. O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari Aziz Abduhakimov madaniy merosni asrab-avaylash va o`rganishning muhimligi haqida gapirib berdi:
98
359
Madaniyat
Engin Akyurek mashhurlik bobida Bred Pittdan o‘zib ketdi
O‘zbek muxlislariga “Elchining qizi” serialidagi Sanjar roli bilan yaxshi tanish bo‘lgan turk aktyori Engin Akyurek, Lotin Amerikasida mashhurlik borasida Bred Pitni ortda qoldirib ketdi. Bu haqda Sabah nashri xabar berdi, deb yozadi “Rus.Turkey.com”. Lotin Amerikasida tashabbuschilar tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomada, muxlislardan ikki aktyorni taqqoslash so‘ralgan. Braziliya, Argentina, Meksika va boshqa Lotin Amerikasi mamlakatlari reytingida Bred Pitt so‘nggi pozitsiyada bo‘lgan bir vaqtda turk aktyori nafaqat eng iste’dodli, balki eng did bilan kiyinadigan aktyor sifatida ham yetakchilik qilgan. Qayd qilinishicha, mamlakatdagi sartaroshlar Bred Pitt surati tushirilgan “viveska”larni Akyurekniki bilan o‘zgartirgan. Akyurekning o‘zi Lotin Amerikasida mashhurlikka erishganiga hayron qolganini bildirgan. “Men rollarim ko‘proq Yaqin Sharqdagi tomoshabinlarga yoqadi, deb o‘ylagandim”, – degan aktyor.
56
914
Madaniyat
Muhammadali Abduqunduzov: Boburni hayotimda o`zim uchun o`rnak deb bilganman
Bobur Mirzo haqida gap ketganda O`zbekiston va Qoraqalpog`iston xalq artisti, Xalqaro Bobur mukofoti sovrindori Muhammadali Abduqunduzov­ning «Bobur» videofilmida yaratgan siymosi ko`z o`ngimizda gavdalanadi. 14 fevral — Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun munosabati bilan shoh va shoir timsolini yorqin va ishonchli talqin qila olgan aktyor­ning qalb kechinmalari, videofilm xususidagi fikrlari. Choyxonada tug`ilgan orzu Farg`ona viloyati O`zbekiston tuma­nining Yaypan qishlog`ida tug`ilgan­man. Bobom choyxonachi edi. Men ham 6 yoshimdan choyxona ishlariga jalb qilindim. San`atga muhabbatim shu erda paydo bo`ldi. Chunki choyxonada mutolaalar, muhokamalar bo`lardi, mashhur hofiz va askiyachilarning chiqishlari namoyish etilardi. Bino devorlarida esa Alisher Navoiy, Zahi­riddin Muhammad Bobur, Ogahiy kabi buyuk mutafakkir ajdodlarimiz port­retlari osig`liq turardi. Meni o`sha paytlardayoq Bobur surati o`ziga rom etdi. Suratga uzoq termilib qolardim. Ana shu suratdagi insondek kiyinish, shunday bo`lishni orzu qilardim. Endi o`ylab qarasam, oradan o`ttiz yil o`tib, shu buyuk siymo, shoh va shoir obrazini yaratishimni bola qalbim sezgan ekan. San`at institutini ta­momlaganimdan so`ng Sur­xondaryo viloyati Termiz shahridagi musiqali drama teatrida ijodni boshla­dim. Yoz oylari edi. Hakim at-Termiziy ziyoratgohi­da bir hamkasbim bilan Pirimqul Qodirovning «Yulduzli tunlar» asari asosidagi videofilm uchun aktyorlar sinovdan o`tayotgani haqida gapla­shib qoldik. Do`stim Bo­bur roliga mos ekanimni aytib, «Avliyo inson ziyoratgohida turibmiz. Alloh barcha orzula­ringizni amalga oshirsin!», deya duo qildi. Biroq o`sha kunlarda bu obraz uchun aktyor tasdiqlab bo`lingan, ba`zi sabablarga ko`ragina, video­filmning tasvirga olish ishlari to`xtab turgandi. 1987 yili O`zbek milliy akademik drama teatrida ishlayotgan paytlarim. «Bobur» videofilmi uchun qaytadan sinov boshlandi. O`shanda Izzat Sul­tonning «Kunduzsiz kechalar» spektak­lida ikki shaxs — Abdulla Qodiriy hamda Otabek obrazini talqin qi­layotgan edim. Rejissyorning tavsiyasi bilan videofilmda suratga tushish uchun sinovga bordim. Buni qarangki, Badiiy kengash mening nomzodimni tasdiqladi. To`g`risi, avvaliga bunday mas`uliyatdan qattiq qo`rqqanman. Chunki asarni xalqimiz o`qib chiqqan va ularning tasavvurida qahramon gavda­lanib bo`lgan edi. Men esa o`sha obrazni qayta jonlantirishim kerak. Shukrki, yuzim yorug` bo`ldi. O`shanda o`zimdagi bor mahoratni ishga solganman. Hayotim davomidagi amalga oshgan eng ezgu ishim, davlati­miz, xalqimiz tomonidan ardoqlan­ganim, Xalq artisti unvoniga loyiq ko`rilganim — barchasi Boburdek bir zotning obrazini yaratganim bilan bog`liq. Mana, yigirma to`qqiz yildan buyon Zahiriddin Muhammad Boburning eng yaxshi fazilatlarini hayotda o`zim uchun o`rnak deb bilaman. Qolaversa, farzandlarimning komil inson bo`lib shakllanishida bergan otalik tarbiyam­da ham Bobur siymosidagi mardlik, bir so`zlik, atrofidagi insonlar fikrini hurmat qilish, sabrli va kechirimli, el-yurtiga sodiq va mehri­bon inson bo`lish kabi xislatlarini qo`llayman. Nafaqat aktyor, balki har bir inson buyuk ajdodlarimiz ma`na­viy merosini chuqur o`rganishi ularga munosib voris bo`lishi lozim deb o`ylayman. Boburdan o`rnak olib yashashga intilaman «Bobur» videofilmida suratga tushgan ijodkorlarning hammasi bu­gun xalqimiz va davlatimiz e`zozida. Bunda ham o`ziga xos ma`no bor. Video­film ekran yuzini ko`rgach, xalq uni yaxshi qabul qildi. Ko`plab xatlar — minglab dil izhorlari, ayniqsa, shu filmdan keyin chaqaloqlarga tarixiy ismlar qo`yilishi ko`paydi. Zahirid­din, Bobur, Humoyun, Oysha Sulton Begim, Gulbadanbegim kabi deyarli unutilayozgan go`zal ismlar yana qaytdi. Bu esa filmning xalq yuragiga kirib bora olganidan dalolat. Men umr bo`yi Boburdan o`rnak olib yashashga, unga munosib bo`lishga intilaman. Zero, xalqimiz mening timsolimda Mirzo Boburni ko`rishga o`rgangan. Bobur esa bag`rikeng, mehri­bon, mulohazali va bir so`zli inson. U boshqacha bo`lishi mumkin emas. Ammo Mirzoga munosib bo`lishdek og`ir mas`­uliyatni ko`tarib yurish ham oson emas. Agarda biror-bir qiyinchilikka duch kelsam, Bobur hazratlari bundan ham og`ir vaziyatlar, turli ziddiyat va to`s­qinliklarga qaramasdan bardoshli bo`l­ganini o`ylab, u kishi chekkan zahmatlar oldida meniki hech narsa emasligini his qilaman. Charxning men ko`rmagan jabru jafosi qoldimu?! Xasta ko`nglim chekmagan dardu balosi qoldimu?! ...Ey ko`ngul, gar Bobur ul olamni istar, qilma ayb, Tengri uchun de, bu olamning safosi qoldimu?! «Bobur» filmi tugaganida yig`laganman... «Bobur» filmini su­ratga olish ishlari o`n to`rt oy davom etgan. Sah­nalar qadimiy shaharla­rimizda, bundan tashqari, Qirg`izistonning O`shida, Tojikiston, Qozog`iston, Hindiston davlatlarida olindi. Biroq hindlar suratga olish ishlari uchun juda katta pul talab qi­lishdi... Aktyor biror-bir shaxs­ning obrazini yaratish uchun ko`p qiyinchilikni boshidan kechiradi. Biroq u olamga kirganidan so`ng obrazdan chiqib ketishi qiyin ke­chadi. Menda ham shunday bo`lgan. O`shanda filmni yillab olish mumkin edi. Chunki barchamiz obrazga kirib olgan edik. Biroq mab­lag` va ssenariy atigi o`nta seriyaga mo`ljallangandi. Haligacha eslayman. So`nggi qismni chorbog`dagi sharshara oldida suratga olganmiz. O`sha erda Bobur lashkariga mardlik va jaso­ratli bo`lishga da`vat qilib, qo`li­dagi qadahni sindiradi. Xullas, shu bilan film tugaydi. Suratga olish ishlari nihoyasiga etgach, ko`zlarimga yosh kelgan. «Nahotki, hammasi tugagan bo`lsa?! Endi bu liboslaru sallani qaytib kiymayman», deganman. Ochig`i, alam qilgandi. Chunki o`n to`rt oy da­vomida o`sha odam siymosida yashagan­man. «Bobur» filmi suratga olinga­niga 29 yil to`lgan bo`lsa, haligacha u zot ruhi bilan yashayman. Yana bir gap. Agar sen buyuk shaxsning siymosini gavdalantirgan bo`lsang, o`sha inson­ga loyiq bo`lishing kerak. Bu degani mas`uliyatli bo`lishga chorlaydi. Chun­ki qaerga bormay shu film haqida so`z ketadi yoki Boburning monologi­dan o`qishimni aytishadi. Ko`cha-ko`yda yursang ham odamlar senga ana shu obraz tomonidan qaraydi. Shu bois nomunosib xatti-harakat qilishga haqqing yo`q. Ba`zan davralarda «siz salbiy rol o`ynamang. Sizni Bobur obrazida saqlab qolishni istaymiz», deyishadi. Duo ijobat bo`lgan ekan... Samarqandga kelib, suratga oli­nadigan birinchi kun hammamiz Go`ri Amirga kirib fotiha o`qidik. Ke­yin men o`zim yolg`iz qolib, alohida Qur`on tilovat qildim. Sohibqiron qabri oldida Xudoga iltijo qildim. «Mana bu erda abadiy qaror topgan ulug` bir bandang — Amir Temurning avlodlaridan birining hayotini elga ko`rsatib berishga kirishganman. O`zing qo`lla va mendan marhamating­ni ayama», deya O`zidan so`radim. Ish boshlanib ketdi. Ko`pincha filmga olish ishlarida, albatta, nimadir bahona bilan suratga olish jarayon­lari to`xtab qolishi mumkin. Lekin ishonsangiz, Samarqandda yuzdan or­tiq epizodlar, shuningdek, o`n to`rt oy davomida suratga olish ishlari davom etgan bo`lsa-da, biron marta tasvirga olish to`xtab qolmadi, aksincha, ish jarayonlari o`z-o`zidan yurishib ketar­di. Hattoki, Buxoro shahrida otlar bilan bog`liq jang sahnasini tasvir­ga olish ishlarida mening va Mahmud Ismoilovning otlari to`qnashib ketdi va bizni Alloh o`z panohida asradi. Barcha suratga olish jarayonlari omad­li kechdi. Shohrux Mirzodek zotning oldida san`atimiz qarzdor Aktyor sifatida qalbimda bir kemtik bor. Bilasiz, ko`plab ajdod­larimizning obrazlarini gavdalan­tirishga harakat qilib kelmoqdamiz. Ba`zan maqsadga etyapmiz, ba`zan esa yo`q. Biroq Shohruh Mirzodek zotning oldida san`atimiz qarzdor. Chunki uning timsoli film yoki spektaklda gavdalantirilmayapti. Holbuki, u ham xalqning tinch-totuv yashashi uchun ko`p harakat qilgan. Qachonlardir shu shaxs­ning obrazini yaratishni o`z oldimga maqsad qilib qo`yganman. «Mahalla» gazetasidan olindi
76
7,783
Madaniyat
Instagram: O‘z to‘yida qo‘shiq kuylagan aktyor, elektromobil sotib olgan Halima Ibragimova, Malika Ravshanovaga atalgan syurpriz
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz. Xonanda Lola “Guchchi uyi” filmini tomosha qildi hamda o‘z taassurotlarini folloverlari bilan bo‘lishdi. O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan bayram dasturida ishtirok etdi. U prezident va uning oila a’zolarini duo qildi. Dilso‘z Dubayda hordiq chiqarmoqda. 5-dekabr kuni yosh xonanda va aktyor Ibrat Azamatov uylandi. U to‘yida rafiqasiga atab bir nechta qo‘shig‘ini ijro etdi. Turk aktrisasi Selma Ergech muxlislariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi. Ruxshona turmush o‘rtog‘i farzandlariga kam aliment to‘lash uchun qanday yo‘l tutgani haqida Instagram sahifasiga post joyladi. Rayhon Qozog‘istonda o‘tayotgan “O‘zbek kinosi kunlari”da ishtirok etmoqda. Aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva 6-dekabr kuni 31 yoshni qarshi oldi. Uning tug‘ilgan kuniga o‘zbek shou-biznesining ko‘plab vakillari tashrif buyurdi. Nahide Babashli Pantene’ning “Oltin kapalak” taqdirlash marosimida ishtirok etdi. 6-dekabr kuni xonanda Malika Ravshanova tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. Unga yaqinlari va do‘stlari kutilmagan sovg‘a tayyorladi. Malika Ravshanova do‘stlari uchun poytaxtdagi restoranlardan birida ziyofat uyushtirdi. Shahzoda Matchonovaga yurak shaklidagi katta guldastani hadya qilishdi. Halima Ibragimova yangi elektromobil sotib oldi. Hosila Rahimova kuyovi, xonanda Bahriddin Zuhriddinovni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi. Turkiyalik taniqli xonanda Mustafa Sandal Toshkentdagi Humo Arena muz saroyida konsert berdi.
128
1,599
Madaniyat
Ulama kipriklar nigohlarni qanday o‘zgartirishi mashhur ayollar misolida (foto)
Qalin va uzun ulama kipriklar anchadan buyon yulduzlar go‘zalligining ajralmas qismiga aylangan. Ayrim taniqli ayollar vaqti-vaqti bilan ulama kipriklarsiz ham ko‘rinish beradi. Lekin ba’zilari esa xuddi qo‘g‘irchoqdek ko‘rinishga odatlanib, o‘zlarining kipriklari qandayligini ham unutib yuborgan bo‘lishi mumkin. Jennifer Lopes Ember Xerd Masalan, Jennifer Lopes va Ember Xerd ulama kiprikdan foydalanish bilan birga, tabiiy ko‘rinishga ham intilmoqda. Ular vaqt-vaqti bilan tushdan foydalanadi. Faqatgina suratga tushish jarayonlari yoki qandaydir taqdirlash marosimlari uchun sun’iy kiprik bilan ko‘rinish berishi mumkin. Ammo boshqa yulduzlar sun’iy kipriklarsiz o‘zini tasavvur ham qilolmasa kerak. Shuningdek, ularni tanib olish ham qiyinchilik tug‘diradi. Xaydi Klum Kayli Jenner Mutaxassislar bu haqda ko‘p ogohlantiradi. Sun’iy kiprik ulanayotganda tabiiy kiprik va to‘qimalar shikastlanadi. Keyinchalik kipriklar zaiflashib, ayniqsa, sun’iylari olib tashlanganda katta zarar yetkazadi. Aniqlanishicha, Kim Kardashyan bu hodisani allaqachon boshdan kechirgan. U qanchalik go‘zallikka intilmasin, o‘zining tabiiy kiprigidan asar ham qolmagan. Kim Kardashyan Jessika Simpson Xeyli Bolduin
79
1,202
Madaniyat
Simara Imanova: O`zbekiston tufayli dunyoga tanildim
Maqom ijrochisi, xushovoz xonanda Simara Imanova bilan Ozarbayjon madaniyat va san`at universitetida uchrashdik. U bizning O`zbekistondan ekanligimizni eshitgach, hayajon va samimiyat bilan shunday dedi: “Yurtingiz men uchun o`z Vatanimdek aziz. Zero, Samarqandda o`tkaziladigan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali sabab dunyoga tanildim. 1997 yilda, 19 yoshimda ushbu san`at anjumanida qatnashib, Gran-pri olganimni hech qachon unutmayman”. Ozarlar har ikki gapining birida “Jonim sizga qurbon bo`lsin” deya lutf etishadi. Qaysi soha vakili bo`lishidan qat`iy nazar, Nizomiydan, Fuzuliydan, Voqifdan baytlar aytishadi. San`atimiz, madaniyatimiz, adabiyotimiz bir ekanligini e`tirof etishib, Alisher Navoiy, Bobur, Mashrab, Furqat kabi bobokalonlarimiz misralarini yoddan o`qishadiki, bunday holatlarga ko`p guvoh bo`lib, hayratlangandan hayratlandik. Xalqimizga bo`lgan ehtiromni o`zida mujassam etgan bu singari munosabatlardan xursand bo`ldik. Simara esa barmoqlari bilan oldidagi stolni chertgancha Navoiy g`azaliga bastalangan “Qaro ko`zim” ashulasini shunchalik berilib ijro etdiki, biz, mehmonlarga qo`shilib mezbonlar ham “Tasanno, ofarin” deya xonandani olqishladi. — “Sharq taronalari” birinchi xalqaro musiqa festivaliga taklif etilganimda, juda hayajonlangan edim, — deydi u. — Negaki, yosh va tajribasiz edim. Qolaversa, bunday nufuzli anjumanda o`sha yili 40 ga yaqin mamlakatdan mana-man degan san`atkorlar qatnashish istagini bildirgan. Oradan 21 yil o`tgan bo`lsa ham o`sha lahzalarni xuddi hozirgidek eslayman. Chiqish navbati menga etgach, suxandon: “Simara Imanova, Ozarbayjon Respublikasi” deb e`lon qildi. Afsonaviy Registon maydoniga yig`ilganlar gulduros olqishlar bilan meni kutib olishdi. Bu ilk dalda bo`ldi. Tezda hayajonimni bosib, qo`shiqni boshladim. Bilasizmi, meni yana nima hayajonlantirdi? Registonda har bir ohang, ovoz o`zgacha jaranglar ekan, bundan qattiq ta`sirlandim, ilhom oldim. Qo`shiqni aytib bo`lganimdan so`ng tinglovchilar rosa qarsak chalishdi. O`zbekiston Respublikasi xalq artisti Munojat Yo`lchieva va boshqalar ijrom haqida samimiy fikrlarni bildirdi. Ochig`i, men o`zbeklarning bunchalik san`atni sevishi, qadrlashi, qo`shiqni berilib tinglashini ko`rib, lol qoldim. Bugun esa O`zbekistonda san`at va madaniyat sohasini rivojlantirishga bo`lgan e`tibor yanada yuksalganidan havasdaman. Ayniqsa, Prezident Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan 2018 yilda O`zbekistonda “Maqom” san`ati bo`yicha xalqaro musiqa festival o`tkazilishini eshitib xursand bo`ldim. Bilasiz, Ozarbayjonda ham bunday festival bor. O`ylaymanki, har ikki mamlakatda uyushtiriladigan san`at anjumanlari o`nlab, yuzlab iste`dod egalarini kashf etish, ikki tomonlama o`rnatilgan do`stona munosabatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Ozarbayjon xalq artisti Simara Imanova ayni paytda universitet dosenti. U yoshlarga musiqa va an`anaviy ijrochilik yo`nalishida saboq beradi. San`atning beqiyos kuchi hamda inson ongiga ta`siri haqida fikr bildirar ekan, jumladan, shunday dedi: — Musiqa san`ati insonni hamisha ezgulikka chorlaydigan, har qaysi odamning qalbidagi eng nozik, eng go`zal tuyg`ularni uyg`otadigan buyuk ilohiy kuch. Turli millat, til va e`tiqodga mansub odamlarni, elu elatlarni hech qanday tarjimonsiz bir-biriga bog`laydigan, mushtarak maqsadlar yo`lida birlashtiradigan musiqa san`ati kabi qudratli vositani topishning o`zi qiyin. Buning isboti 2015 yilda — “Sharq taronalari” o`ninchi xalqaro musiqa festivaliga mehmon sifatida taklif etilganimda ham yaqqol ko`zga tashlandi. Zero, festival davomida xorijlik san`atkorlar nafaqat Samarqand shahrida, shu bilan birga, Tayloq, Jomboy, Oqdaryo tumanlarida ham o`z chiqishlarini namoyish etishdi. Ularning kuy-qo`shiqlariga mahalliy aholi vakillarining jo`r bo`lishi mehmonlarga yanada ilhom bag`ishladi. Jumladan, ana shunday uchrashuvlarning birida Filippin hamda Janubiy afrikalik sozanda va xonandalarning badiiy dasturlari mezbonlarga qanchalik zavq ulashgan bo`lsa, mahalliy xonandalarning qo`shiqlari Er yuzining olis nuqtalaridan kelgan mehmonlar havasini uyg`otdi. Chunki kuy-qo`shiq, taronalar tili, millati boshqa-boshqa bo`lgan davlat vakillarini yagona maqsad — Tinchlikni madh etishga undagan edi. O`zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoevning bugungi shiddatli davrda jahonda tinchlik va osoyishtalikni saqlash, go`zal hayotni qadrlash, olis va yaqin mamlakatlar bilan o`zaro munosabatlarni mustahkamlab, turli xalqlarning madaniy boyliklaridan bir-birini ko`proq bahramand etishga oid tashabbuslari beqiyos ahamiyatga ega. Shu bois bu insonga bo`lgan hurmatimni namoyish etishdan charchamayman. Tilagim, Prezidentingiz sog`-omon bo`lsin. Qilayotgan xayrli ishlarini davom ettirishida Alloh kuch-quvvat ato etsin. Simara Imanova bilan xayrlashar chog`imizda, u jahonning ko`plab mamlakatlarida konsert dasturi namoyish etganini aytgach, baribir eng katta orzusi ushalmaganini ham bildirdi. Qanday orzu ekan, deya qiziqqan edik, javob shunday bo`ldi: “O`zbekistonda, Registon maydonida yakkaxon chiqishim bilan yurtingizdagi san`at muxlislarini xushnud qilsam, armonim qolmaydi!”Mashhur ozar xonandasiga “Niyatingizga eting” dedik. Maqsud JONIXONOV,“Xalq so`zi” maxsus muxbiri.Boku, Ozarbayjon Respublikasi.
52
5,217
Madaniyat
Belarus fuqaroligini olish Jerar Depardyening rejalariga kirmaydi
Belarus fuqaroligini olish fransuz aktyori Jerar Depardyening rejalariga kirmaydi, deb xabar beradi “TASS” uning vakili Arno Frille ma’lumotiga tayanib. “U Rossiya va Fransiya davlatlari fuqaroligiga ega. Belarus – boshqa mamlakat, bu yerga u ish bo‘yicha kelgan. Bu yerda ko‘plab loyihalar amalga oshirilmoqda, jumladan, hozir biz katta teleserialni suratga olmoqdamiz. Keyin esa Rossiyada kino suratga olamiz”, — deydi Frille. Eslatib o‘tamiz, jurnalistlarning qayerda yashashni mo‘ljallayotgani haqidagi savoliga Depardye ayni paytda Italiyada istiqomat qilayotgani, biroq keyinchalik Belаrusda, “oddiy dehqonlar orasida” yashashni ko‘zlayotgani haqida ma’lum qilgan edi.
65
675
Madaniyat
Yulduz Usmonovaning “Yoningdaman” nomli yangi klipi taqdim etildi
Yozning jazirama kunlarida Yulduz Usmonovaning oxirgi albomidan joy olgan — “Yoningdaman” qo‘shig‘iga olingan klip taqdim etildi. Qo‘shiq musiqasi Yulduz Usmonovaga tegishli bo‘lib, uning matnini Amir Xudoyberdiyev yozgan. Aranjirovka esa Xayrulla G‘ofurov tomonidan yaratilgan. Klip shahar tashqarisida “9999” studiyasi tomonidan tasvirga tushirilgan. Sayyod.uz’ning yozishicha, klipda bosh qahramon rolini Yulduz Usmonovaning o‘zi va turmush o‘rtog‘i Mansur Agaliyev ijro etgan.
65
483
Madaniyat
Eurovision tashkilotchilari Makedoniya va Chernogoriyaning ovozlarini hisobdan chiqarishdi
Eurovision xalqaro musiqiy tanlovi ikki mamlakat – Chernogoriya va Makedoniyaning ovozlarini bekor qildi. Bu haqda Mirror xabar bermoqda. Shou tashkilotchilaring so‘zlariga ko‘ra, ular ovozlarni hisoblash qoidalarini buzishgan: har ikkala mamlakat faqat mamlakat aholisi bergan ovozlar natijasini taqdim etgan, vaholanki, ushbu natijalarning mazkur mamlakatlardan taklif qilingan hakamlar baholariga nisbati 1/1 ni tashkil etishi kerak edi. Ovozlarni qayta hisoblanishi shvetsiyalik xonanda Mons Selmerlyovning g‘alabasiga ta’sir qilmadi. Tanlovda ikkinchi bo‘lgan rossiyalik Polina Gagarina ham o‘z o‘rnida qoldi.
90
615
Madaniyat
“Qartadan qurilgan uy”ning beshinchi fasli rasmiy treyleri e’lon qilindi (video)
Internetda “Qartadan qurilgan uy” (“House of Cards”) seriali beshinchi faslining rasmiy treyleri paydo bo‘ldi. Serialning yangi fasli 30-maydan efirga uzatilishi kutilmoqda, deya xabar bermoqda TJournal. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
80
278
Madaniyat
Mirkomil Musayev: Tanlov qilishim juda og‘ir bo‘lgan. Yakunda baribir “Million” jamoasida qoldim (video)
“Million” jamoasining a’zosi Mirkomil Musayev “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkilladi. Suhbat davomida Mirkomil Musayev “Million” bo‘lingan vaqtda nima uchun “Bravo” jamoasiga o‘tib ketmagani haqida gapirib berdi. Ushbu jamoaning paydo bo‘lishiga ustozimiz Jahongir Poziljonov sababchi, turtki bo‘lgan. 2007-yil Jahongir aka menga taklif bilan chiqib, “eng zo‘r bolalarni yig‘ib, 20 daqiqalik chiqish qilaylik,” degan. Jamoani asosan “Shovvozlar” tashkil qilardi. O‘sha paytlar kliplar kolleksiyasidan iborat eng yaxshi “nomerlarni” qo‘yganmiz. Bu ijobiy natija bergan va keyingi yil yana talab qilishgan. 2009-yil QVZ terma jamoasi yanayam kengaydi. Jamoada “Dizayn” jamoasining yigitlari ham bor edi. O‘sha yili QVZ terma jamoasi o‘zining ilk konsertini o‘tkazdi. 2010-yil ikkinchi konsertdan keyin “Dizayn” jamoasi alohida faoliyat yuritishni boshladi. Biz alohida ishlashni boshladik. Shundan keyin bizga yangi-yangi odamlar qo‘shildi. “Million” jamoasi esa 2013-yildan o‘z faoliyatini boshlagan. Tashabbus Davron Kabulovdan chiqqan. Ustozlarimizning duolarini olib ishni boshlaganmiz. Shuncha yil “Million”da faoliyat yuritdik, shu jamoada ish boshlaganmiz,  bo‘lsa faqat “Million” bo‘lardi yoki men faoliyatimni tugatar edim. Tanlov qilishim juda og‘ir bo‘lgan. Yakunda baribir “Million” jamoasida qoldim. Mirkomil Musayev, “Million” jamoasining a’zosi
104
1,425
Madaniyat
Timati Silvestr Stallone bilan mushaklar bo‘yicha bellashdi
Rossiyalik xonanda Timati o‘z mushaklarini Gollivudning taniqli aktyori Silvestr Stalloneniki bilan taqqosladi. Bu haqda “Segodnya.ua” xabar bermoqda. Timati Stallone bilan Sen-Tropeda uchrashdi. Yulduzlar tungi klubda o‘zaro to‘qnash kelib qolgan. Timati Gollivud yulduzi bilan esdalik uchun suratga tushish imkoniyatini qo‘ldan chiqarmaslikka qaror qildi. Fotosuratda xonanda va aktyor o‘zaro mushak taqqoslayotganini ko‘rish mumkin. “Mushaklar ustida ishlash kerak”, — deya qayd etdi Timati Instagram’dagi sahifasida.
59
521
Madaniyat
Baxt – oddiylikda. “Garri Potter” turkum asarlari muallifi Joan Roulingning muvaffaqiyat sirlari
Taqdir ushbu soddagina ayolga hamma narsani tasodifan berdi: yo‘qchilik yoqasidagi qashshoqlik va haqiqiy boylik, o‘z joniga qasd qilish yoqasida tushkunlik va baxt, kamdan kam uchraydigan yovuz odam – birinchi turmush o‘rtoq va chiroyli shahzoda – ikkinchi oila. Joanning hayotida hamma narsa uzoq vaqt davomida yomon edi, lekin u taslim bo‘lmadi va hatto chidab bo‘lmas darajada bo‘lsa ham o‘zi uchun kurashdi. Endi Joan oilasi bilan ko‘proq vaqt o‘tkazishni, xayriya ishlari va ijod qilishni xohlaydi. Endi u baxtli va albatta, u bunga loyiq. Ko‘zoynak taqqan qiz Bolaligida Joan o‘zini unchalik ham yoqtirmasdi, sababi juda oddiy, kichkina, dumaloq, sepkilli qiz katta ko‘zoynak taqar edi. Hayoti juda oddiy, inglizlarning odatiy shahri Chipping Sodberida yashardi. Ota-onasi ham oddiygina, otasi Rolls-Royce zavodida ishchi bo‘lgan. Hamma iste’dodli bolalar singari, Joan ham bu odatiylikdan orzularining himoyalangan olamiga qochdi: u hikoyalar to‘qir va ularni qalin daftarga yozardi. U bu haqida singlisidan boshqa hech kimga bildirmagan. Joan voyaga yetganida, uning oddiy hayoti qo‘rqinchli va yolg‘izlikka aylandi. Qiz 15 yoshga to‘lganda, onasi og‘ir kasallikka chalindi. Shifokorlar skleroz tashxisini qo‘ydi. Bu vaqtda uning ota-onasi Joanni alohida hayotni boshlashga, uyidan universitetga ketishga majbur qildi. U universitetni tugatib, Londonga ko‘chib o‘tdi. Londonda ham hammasi odatdagidek: ish, sayr, qayg‘u. Ammo mo‘jiza uning oddiy hayotiga taklifsiz kirdi. Go‘yo kimdir unga hayotidagi eng hayajonli voqeani aytib berayotgandek, u esa birorta so‘zni o‘tkazib yubormaslik uchun yozishga shoshar edi. Shuning uchun u hamma joyda yozgan: uyda, ishda, hatto kafeda ... Joan “Garri Potter”ni yozgan yili, o‘n yildan buyon skleroz bilan kurashayotgan onasi vafot etdi. Shunday qilib, Joan yetim Garri o‘zini qanchalik yomon his qilganini juda yaxshi tasvirlab berdi – u bu tuyg‘uni yaxshi bilardi. Birinchi oila Kunlardan bir kun barda Joan bir yigit bilan tanishib qoldi. Albatta, bu odatiy hol: ular bir-birini yoqtirdi, suhbatlashdi, qo‘ng‘iroqlashdi va yana uchrashdi ... Uning ismi Jorj Arantes edi. Joan keyinchalik tushundiki, uning hayotida Jorjga umuman o‘rin bo‘lmagan, lekin doimiy “lekin”lar ajoyib ayollarni arzimas va nomunosib erkaklar bilan uchrashtiradi ... Ularning doimo janjallashgani yetmaganidek, Joan tez-tez Jorjni boshqa ayollar bilan ko‘rar edi. Jorj esa o‘zini har doim ish qidirayotgan odamdek tutar yoki rejalar tuzganday ko‘rsatardi, afsuski, u pul ishlab topmas edi. Ammo Joan ayol bo‘lishiga qaramay, o‘zi va Jorj uchun hech bo‘lmaganda biror narsa topishga harakat qilardi. Oradan biroz vaqt o‘tib Joanning homiladorligi ma’lum bo‘ldi. Jorj o‘sha vaqtda onasi bilan yashashni taklif qildi, ammo Joan bolasini yo‘qotgandi. Bu dahshatdan so‘ng Joan qattiq tushkunlikka tushdi va unga butun dunyo unga qarshi-yu, faqat bitta odam unga yaqin deb o‘ylay boshladi. Shundan so‘ng Jorjga turmushga chiqishga qaror qildi. Buning oxiri yaxshilik bilan tugamasligi boshidanoq aniq edi. Qo‘pol va telbavor Jorj har doim Joanga hasad qilar, haqorat qilar, hatto unga qo‘l ko‘tarardi. Kamiga ular faqat Joan ishlab kelgan pulga yashardi. Oilaning yagona boquvchisiga aylangan Joan keyingi homiladorligida hattoki tug‘ruq kunigacha ishladi. Achinarlisi, pul eng sifatsiz yeguliklar uchun yetarli bo‘lgan. Joan esa bu vaqtda hatto kosmetikani ham unutishga majbur bo‘lgan. Joan va Jorjning farzandi Jessika Izabel Joan 1993-yil iyulda dunyoga keldi. Afsuski, bu yangilik er-xotin munosabatlarida hech narsani o‘zgartira olmadi, kundan-kunga hammasi jar yoqasi tomon boraverdi. Gap shundaki, uning eri Joanni uydan haydab yuborib, qizini ham olib qo‘ygan. Joan qizini olib ketish uchun politsiyaga murojaat qilishiga to‘g‘ri kelgan. O‘sha vaqtda Joan o‘zini dahshatli tush ko‘rayotgandek his qilgani rost. Lekin Jorj qachonlardir qo‘l ko‘targan ayol Joan Rouling buyuk yozuvchiga aylandi. O‘zlikka qaytish Ajrimdan so‘ng, Joan singlisi bilan yashash uchun Edinburgga ko‘chib o‘tdi. U xavotirda edi, chunki Jorjning giyohvandlikka moyilligini va uni hamma joydan qidirayotganini bilardi. Joan qizi va o‘zini boqish uchun ishlashga kirishdi. U har qanday ishni bajarardi. Shuningdek, Jorjning unga va bolaga yaqinlashishini taqiqlagan sud qaroriga erishdi va Garri haqidagi sehrli hikoyasini yozishni davom ettirdi. “Men Garri haqidagi birinchi romanimni yozganimda, juda yomon holatda edim. Tan olishim kerakki men o‘zimga kelishim kerak edi, aks holda aqldan ozgan bo‘lardim”. Do‘stlarim bu bema’nilikdan voz kech, bolalar adabiyoti hech narsaga yaramaydi, shunchaki vaqtni behuda sarflamoqdasiz. Bu hech narsa keltirmaydi, na pul, na shon-sharaf, deya e’tiroz bildirdi. Birinchi roman “Garri Potter va sehrgarning toshi” kulgili nashrda chiqdi – ming nusxada. Va to‘satdan bu kitob Buyuk Britaniyada yilning eng yaxshi kitobi deb tan olindi! Yozuvchidan go‘yoki qanotlar o‘sib chiqqanga o‘xshardi, u kuniga 10 soat, yiliga bitta kitob yozgan. Filmni suratga olish bo‘yicha birinchi shartnomani imzolagach, u nihoyat o‘zini erkin qo‘ydi. Dastlabki uch yil ichida birinchi uchta kitob 35 milliondan ortiq nusxada sotilgan bo‘lib, ular 35 tilga tarjima qilingan. O‘sha vaqtda Joan endigina 33 yoshda edi. U endilikda boy, mashhur, yosh ayolga aylangandi. Hattoki besh yil ichida multimillioner hayotiga o‘tishi mumkin edi. Butun dunyo uning oyoqlari ostida yotardi. Unda hamma narsa bisyor, faqatgina sevgigina kamlik qilardi. Ammo u ham uzoq kuttirmadi. U Garriga juda o‘xshaydi! Joan ziyofatga borganida u yerda Garri Potterga ikki tomchi suvdek o‘xshaydigan yigitni ko‘rdi: dumaloq ko‘zoynak, aqlli ko‘rinish. Ma’lum bo‘lishicha, u 28 yoshli Nil Myurrey anesteziolog edi. Va bu odam bilan u nihoyat o‘zini baxtli his qildi. 2001-yilda ular turmush qurdi, 2003-yil mart oyida ular Devid ismli o‘g‘li, ikki yildan so‘ng Makkenzi ismli qizi dunyoga keldi. “Men hech qachon bunchalik baxtli bo‘lmaganman. Bu mening hayotimda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan eng katta mo‘jizadir ”, – deydi Joan. Forbes 2004-yilda J.K.Roulingni kitob yozish orqali milliarder bo‘lgan birinchi odam deb atagan. J.K.Rouling qanchalar yaxshi inson: 2012-yilda Forbes uni eng boy odamlar ro‘yxatiga kiritmagan edi, chunki u xayriyaga 160 million dollardan ortiq ajratgan mablag‘i tufayli milliarder maqomidan ayrilgan. Joan, asosan, global muammolar bilan kurashayotganlarga yordam beradi: u yolg‘iz onalar va skleroz bemorlar fondiga ko‘p xayriya qiladi. Va uning Lumos jamg‘armasi Yevropa mamlakatlaridagi qashshoq yetim bolalarga yordam beradi. J.K.Roulingning maqsadi – barcha yetim bolalarni muassasalardan qutqarish va ular uchun mehribon oilalarni topish.
96
6,674
Madaniyat
Kit Xarington “Taxtlar o‘yini”ning yangi mavsumi haqida gapirib berdi
“Taxtlar o‘yini” serialidagi Jon Snou roli bilan tanilgan britaniyalik aktyor Kit Xarington fentezi janridagi saganing bo‘lg‘usi yettinchi mavsumi haqida gapirib berdi, deb yozadi “Korrespondent.net”. U bo‘lajak mavsum avvalgilari orasida eng katta ko‘lamlisi bo‘lishini va barcha kutishlar oqlanishini ta’kidladi. “Bu mavsumda epizodlar kamroq, shuning uchun yaratuvchilar har bitta seriyaga ko‘proq mablag‘ sarflagan. Shu tufayli ularning sifati oshdi”, — dedi Xarington. Bundan tashqari, u serialning yakuni yanada ta’sirli bo‘lishiga ishora qildi. Eslatib o‘tamiz, “Taxtlar o‘yini” teleserialining Twitter’dagi rasmiy sahifasida uning 7-fasli premyerasi 2017-yil 16-iyulga belgilanganligi ma’lum qilingan edi.
69
714
Madaniyat
Forbes nashri Habib Nurmagomedovni 40 yoshdan kichik rossiyalik eng mashhur inson deb topdi
Forbes jurnalining versiyasiga ko‘ra, dog‘istonlik MMA jangchisi Habib Nurmagomedov 40 yoshdan kichik bo‘lgan rossiyalik eng yosh va eng mashhur inson ekanligi ma’lum bo‘ldi. Forbes jurnali shou-biznes va sport sohasida 40 yoshdan kichik bo‘lgan insonlarning OAVdagi mashhurligi va boyligini hisoblab chiqdi. Reytingga aralash janglar bo‘yicha dog‘istonlik chempion Habib Nurmagomedov yetakchilik qildi. Uning boyligi 11,5 million dollarga baholangan. Bir yil davomida matbuotda Habib haqida 75 ming marotaba yozilgan. Ikkinchi o‘rinni pop-qo‘shiqchi va teleboshlovchi Olga Buzova egalladi. U yil davomida 4,4 million dollar daromad ko‘rgan va 73 ming marotaba OAVda eslab o‘tilgan. Uchinchi o‘rinni esa xokkey yulduzi Aleksandr Ovechkin 14,5 million dollar bilan band etdi. Ovechkinning ismi OAVda 59 ming marotaba “tilga olingan”.
91
833
Madaniyat
“O`ZBEKISTON MADANIY MEROSI” ROSSIYa 1 TELEKANALI NIGOHIDA (video)
28 -29 noyabr kunlari poytaxtimizda “Zamonlar chorrahasi: o`tmishning buyuk merosi – ma`rifatli kelajak poydevori” mavzuidagi xalqaro media-forumda vazirlik va idoralar rahbarlari, dunyodagi etakchi muzey, kutubxona, ilmiy institutlar, xalqaro tashkilotlar vakillari, olimlar va ekspertlar bilan bir qatorda xorijiy OAV vakillari ham ishtirok etishgandi. Quyida Rossiya 1 telekanali yurtimizda bo`lib o`tgan tadbirdan tayyorlagan lavhani tomosha qilishingiz mumkin.
67
467
Madaniyat
Instagram: Sherali Jo‘rayev qizini uzatdi, Rayhonning o‘g‘li qo‘lini sindirib oldi, Namanganda olomon ichida qolgan Shohruhxon
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. Munisa Rizayeva otasining tug‘ilgan kunida kasal bo‘lib qolgani uchun tez yordam chaqirishga majbur bo‘ldi. 22-may kuni O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev qizini uzatdi. Bu haqda jurnalist Jasur Hamroyev xabar berdi. Yigitali Mamajonov turmush o‘rtog‘i Muqaddas Sa’dullayeva bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi. Islom Karimovning nevarasi Maryam Tillayeva folloverlariga uyini ko‘rsatdi. Rayhonning egizaklaridan biri u Andijonda konsert berayotganida qo‘lini sindirib oldi. Xonandaning turmush o‘rtog‘i Farhod Alimov darhol bolani shifoxonaga olib borgan. Xonanda Shahzoda uzoq tanaffusdan so‘ng ilk marta folloverlariga ko‘rinish berdi. Bahora Arslonova folloverlarining kayfiyatini ko‘tarish maqsadida ular uchun maxsus rolik tayyorladi. Muqimiy teatrida Mirza Azizov xotirasiga ehson dasturxoni yozilib, osh berildi. Ijtimoiy tarmoqlarda taniqli dublyaj aktrisasi Mukambar Rahimova ovozi bilan yashayotgan kino qahramonlari aks etgan videorolik ommalashmoqda. Gulsanam Mamazoitova andijonlik muxlislari bilan diydorlashdi. Ravshan Komilov va Umidaxon “Baxtlimiz” loyihasi ishtirokchilari uchun kuyovjo‘ra va kelin dugona bo‘lib berdi. Yulduz Rajabova yangi suratini “Sog‘inmoq — bu yashamoq deganidir” deb nomladi. Shohruhxon Namanganning Chust tumanida uni ko‘rish va suratga tushish istagida bo‘lgan olomon ichida qolib ketdi. Bir necha ichki ishlar xodimi xonandani olomon ichidan olib chiqib, mashinasiga kuzatib qo‘ygan.
126
1,589
Madaniyat
Shahzoda Muhammedovaning turmush o‘rtog‘i uning tug‘ilgan kuniga yangi avtomobil sovg‘a qildi (video)
Aktrisa, dizayner va boshlovchi Shahzoda Muhammedova 15-aprel kuni tug‘ilgan kunini nishonladi. Uning tug‘ilgan kuni syuprizlarga boy tarzda o‘tdi. Muhammedova turmush o‘rtog‘i uning uchun qanday romantik sovg‘alar tayyorlaganini folloverlariga ko‘rsatdi. Ko‘plab guldastalar, meva va shirinliklar bilan bezatilgan xona aktrisaning kayfiyatini ko‘tardi. U turmush o‘rtog‘iga kutilmagan sovg‘a uchun minnatdorchilik bildirdi. Lekin bu aktrisaga atalgan sovg‘alarning hammasi emas edi. Shahzoda ertalab ishga ketish uchun ko‘chaga chiqqanida uni qizil lentalar bilan bezatilgan qizil rangli Tracker avtomobili kutib turardi. “Xayr Equinox, salom Tracker”, — deb yozdi xursandchiligini yashira olmagan Shahzoda. Shahzoda avtomobilda ishga ketayotganida odamlar signal berib, “buyursin” deb tabriklagani haqida ham yozdi, shuningdek, u yangi mashinada ishga borib, hamkasblari va shogirdlari reaksiyasini ham videoga oldi. Ma’lumot uchun, 2020-yilning 5-aprel kuni Shahzoda Muhammedovaga turmush o‘rtog‘i Equinox avtomobilini sovg‘a qilgan edi.  Xonanda Madina Mumtozga Malibu avtomobilini sovg‘a qilishdi (video)
101
1,109
Madaniyat
Muhojirlikdan mashhurlikka: 11 yoshida model, 16 yoshida aktrisa bo‘lishga erishgan, uch qizning onasi Milla Yovovich 46 yoshda (foto)
Aktrisa va model Milla Yovovich 2021-yil 17-dekabr kuni 46 yoshni qarshi oldi. Milla Yovovichning biografiyasi Slavyan millatiga mansub amerikalik aktrisa ota-onasi bilan bolaligida Sovet Ittifoqidan AQShga ko‘chib borgan. U juda yoshligidan tanila boshladi va “Beshinchi unsur”, “Apokalipsis”, “Ultrabinafsha” va “Resident Evil” filmlarida suratga tushgach, butun dunyo bo‘ylab shuhrat qozondi. Yovovich aktyorlik sohasida, shuningdek, model va qo‘shiqchi sifatida ham o‘zini ko‘rsata oldi. U faol hayot tarzini olib boradi va Gollivuddagi eng talabgir aktrisalardan biri. Erta bolalik Milla Yovovich, haqiqiy ismi – Militsa Bogdanovna Yovovich 1975-yilda Sovet Ittifoqida, Ukrainaning poytaxti Kiyevda tug‘ilgan. Uning otasi Bogdan Yovovichning kelib chiqishi serb bo‘lib, SSSR oliy o‘quv yurtlarida xorijiy talabalarni o‘qitish dasturi bo‘yicha shifokor sifatida o‘qigan bir paytda onasi bilan uchrashgan. Onasi Galina Loginova VGIKni tugatib, Dovjenko nomidagi kinostudiyada ishlagan. Talabalik chog‘ida u Anatoliy Ivanovning Sovet davridagi mashhur asari — “Tushda soyalar so‘nadi” filmining televizion versiyasida rol o‘ynagan. Milla Yovovich bolaligida oilaviy hayoti yaxshi emasdi, chunki otasi ruxsatnoma ololmagani uchun mamlakatni tark etishga majbur bo‘lgan. O‘sha davrda chet el fuqarosi bilan turmush qurish ko‘plab muammolarga olib kelgan. Millaning onasi KGB nazorati ostida bo‘lib, uni hech kim suratga tushishga taklif qilmadi. Yaxshi ish topa olmagan va birgalikda yashamagan ota-ona shundan so‘ng ko‘chib ketishga qaror qilgan. Birinchi sinov Milla 5 yoshga to‘lganda uning oilasi avval Londonga, keyin esa Amerikaga ko‘chib ketdi. Ular Los-Anjelesga joylashdi, ammo muvaffaqiyatga erishish haqidagi yorqin orzulari tezda barbod bo‘ldi. Otasi shifokorlik guvohnomasini ololmadi, onasi esa talaffuzi va katta raqobat tufayli filmlarda rol o‘ynay olmadi. Bogdan Yovovich soxta tibbiy sug‘urta qilgani uchun uzoq muddatga qamalgach, vaziyat yanada og‘irlashdi. Millaning maktabda o‘qigan yillari ham yaxshi emasdi: sinfdoshlari uni qabul qilmadi, ko‘pchilik SSSRdan kelgan muhojirlarga dushmanlik ko‘zi bilan qarar edi. Milla Yovovich va uning ota-onasi Ulg‘ayish Noto‘kis oila va maktabdagi noqulay muhitda bo‘lgan Milla o‘zini zaif, ba’zan esa yolg‘iz his qilardi. Yolg‘iz qolib, orzulariga faqat mehnat bilan erishish mumkinligini anglagan Millaning onasi musiqa, balet va aktyorlik saboqlariga qatnay boshlagan qizining o‘sishiga bor vaqtini va pulini sarfladi. Galina qizi uchun fotosessiya tashkil qilishni boshladi. Buning uchun ular suratlarini olish, suratkashlar bilan uchrashish va kelishuv uchun turli shaharlar bo‘ylab ko‘p vaqtlarini mashinada o‘tkazishlari kerak edi. Milla va uning omasi Galina Loginova Mashinada o‘smir qiz uy vazifasini bajarishi, uxlashi va makiyajni amalga oshirishi kerak edi. Milla Yovovich va uning onasi Galina tinmay qizi uchun yangi imkoniyatlar va shartnomalarni izladi, shu bilan birga, ona prodyuser, o‘qituvchi va ijodiy rahbar rolini bajardi. U qizining ismini o‘zgartirdi, ism ingliz tilida yanada uyg‘unroq bo‘lishi uchun ikkinchi “l” harfini qo‘shdi. Milla o‘zining yarim rossiyalik ekanini ta’kidlab, jurnalistlarga o‘z onasidan iroda va qat’iyatni olganini, va shu bilan birga, o‘zini nazorat qila olmasligi xarakterining eng yomon qismi ekanligini aytib o‘tgan. Ish va o‘qish bilan mashg‘ul bo‘lish, murakkab xarakter va o‘smirlik davri yosh Yovovichning qiyin vaziyatlarini o‘z ichiga olgan. Pul topishni va moliyaviy jihatdan mustaqil bo‘lishni boshlagan Milla 16 yoshida uyni tark etdi, spirtli ichimliklar va marixuanani qabul qila boshladi. Fotomodellik karyerasi Millaning birinchi surati Italiyaning Lei moda jurnalida paydo bo‘ldi. Muharrirlar uning atigi 11 yoshda ekanligini bilib, dastlab rasmni chop etishdan bosh tortishdi, ammo suratkash Richard Avedon ularga ultimatum qo‘ydi. Millaning go‘zalligi unga tez-tez suratga tushishiga yordam berdi. Bo‘lajak model bilan birinchi shartnoma uning 12 yoshida imzolangan va u Revlon, Hugo Boss va Calvin Klein’ning reklama roliklarida suratga tushishdan kuniga 3 ming dollar ishlab topishni boshlagan. Yovovichning suratlari Cosmopolitan, The Face, Vogue kabi yuzdan ortiq mashhur moda jurnallarida chop etilgan. Yillar davomida u moda va parfyumeriya brendlari mahsulotlarini namoyish etdi va L’Oreal uchun eksklyuziv model bo‘lishda davom etmoqda. Aktrisalik karyerasi Moda olamidagi muvaffaqiyatlar ortidan Yovovich “Katmanduga tungi poyezd” (1988) filmida debyut qildi va filmning davomi bo‘lgan “Havorang lagunaga qaytish”dan so‘ng mashhurlikka erishdi. Richard Linkleyter Millaning “Huzur va sarosimada” (Dazed and confused) (1993) filmidagi ishtiroki bilan bog‘liq deyarli barcha sahnalarni kesib tashlagach, u filmlarda ishlashdan tanaffus olishga qaror qildi va Lyuk Bessonning “Beshinchi unsur” yangi fantastik blokbasterida suratga tushish taklifidan so‘ng qaytib keldi. “Beshinchi unsur” filmidagi o‘zga sayyoralik Lilu roli Yovovichning karyerasida alohida o‘rin egalladi va uni Gollivud yulduzlarining eng yuqori toifasiga ko‘tardi. Ikki yil o‘tgach, u o‘sha paytdagi turmush o‘rtog‘i Bessonning jangovar filmidagi jangchi Joan d’Ark obrazining yangi talqinini taqdim etdi. Berlin kinofestivalining hakamlar hay’ati tomonidan taqdirlangan Vim Vendersning “Million dollarlik mehmonxona” (2000) filmida Milla Mel Gibson bilan birgalikda rol ijro etdi. Keyinchalik u Ben Stiller, Adrian Brody, Robert De Niro va Edvard Norton kabi aktyorlar bilan turli filmlarda suratga tushdi. Milla Yovovich Pol U. Anderson – uning hozirgi turmush o‘rtog‘ining “Resident Evil” va uning beshta davomiy filmida suratga tushish orqali o‘zining navbatdagi omadli chiptasini qo‘lga kiritdi. Jangchi va jasur qiz Yovovichning aktyorlik karyerasidagi asosiy obrazlardan biriga aylandi. Milla Yovovichning shaxsiy hayoti Milla Yovovich va Shon Endryus Yovovich 16 yoshida o‘zining “Huzur va sarosimada” (Dazed and confused) filmidagi hamkasbi 21 yoshli Shon Endryusni sevib qoldi va bir necha kundan so‘ng onasining roziligisiz unga turmushga chiqdi. Onaning sa’y-harakatlari va Millaning o‘zini anglashi tufayli ularning nikohi tezda bekor qilindi. Milla Yovovich va Lyuk Besson U 1997-yilda mashhur fransuz rejissori Lyuk Besson bilan turmush qurdi, ammo 1999-yilda er-xotin ajrashish uchun ariza berdi. Milla Yovovich va Pol Anderson So‘ngra Milla rejissor Pol Anderson bilan oila qurdi. 2002-yilda “Resident Evil” filmini suratga olish maydonchasida tanishib, 7 yildan keyin turmush qurdi. Ikki farzanddan keyin 2020-yil fevral oyida Milla uchinchi marta ona bo‘ldi. View this post on Instagram U uchinchi qizining ismini Oshin Lark Elliot Yovovich-Anderson deb qo‘ydi, Oshin uelsliklar orasida erkaklarning ismidir. Milla barcha bo‘sh vaqtini oilasi bilan o‘tkazadi, bolalarni tarbiyalashni ota-onalarning asosiy vazifasi deb biladi, ko‘p o‘qiydi va sport bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, aktrisa bolalariga rus tilini o‘rgatish bilan birga, rus madaniyati bilan ham tanishtiradi. Milla Yovovich 2020-yil boshidagi yoqimli muammolarning yangi to‘lqini tufayli yangi kuch bilan ishga qaytish uchun qisqa ta’til oldi.
134
7,171
Madaniyat
Otabek Mutalxo‘jayev klip suratga olish jarayonida yong‘in ichida qoldi
Shu kunlarda deyarli barcha radiolar orqali jarang sochayotgan “Aks sado” taronasi ijrochisi xonanda Otabek Mutalxo‘jayev aynan ushbu qo‘shig‘iga klip suratga oldi. Ikki kun davom etgan suratga olish ishlarining birinchi kunida syujet qismi suratga olingan bo‘lsa, ikkinchi kunida trek qismi suratga olindi. Aynan shu kuni favqulodda holat ro‘y berdi. Bu haqda Popcorn.uz xabar qildi. Shuhrat Mavlonov suratga olgan videoklipda “Aks sado” jumlasi olovli tarzda namoyon bo‘lishi rejalashtirilgandi. Buning uchun taxtadan yasalgan dekoratsiya ham tayyorlanib, u esa olov bilan qoplanishi kerak edi. Biroq shu vaqtda olov yoqayotgan Otabek Mutalxo‘jayev alanga ichida qolib ketdi. Suratga olish ishida qatnashgan guruh a’zolari darhol xonandani olov ichidan olib chiqishdi. Suratga olish rejasiga esa shu tariqa o‘zgartirish kiritildi. Sababi ana shu sahna tasviri olib tashlandi. Klip tez kunlarda tayyor bo‘ladi.
71
913
Madaniyat
Xonanda Jasur Umirov o‘z to‘yida, “qancha puli ketsa ham”, butun to‘yxonani gul bilan bezatadi
Xonanda Jasur Umirov “Sug‘diyona” gazetasiga bergan intervyusida sevgan insonini hayratda qoldirish uchun nima qilishini aytib o‘tdi. “To‘y oqshomida butun to‘yxonaning tashqi va ichki devorlarini gul bilan bezataman. Qancha pulim ketsa ham, shunday qilaman”, — dedi xonanda.
94
276
Madaniyat
Jahon mega xitlarini torda ijro etayotgan o‘zbekistonlik xonanda internetda ommalashmoqda (video)
O‘zbekistonlik xonanda Sherzod Ergashev jahon estradasining eng xit taronalari musiqasini milliy cholg‘u asboblarida ijro etib, ijtimoiy tarmoqlarda ommalashmoqda. Xonanda shu paytgacha Astronomia’ning “Coffin Dance”, Maykl Jeksonning “They Don’t Care About Us”, Tones and I’ning “Dance Monkey” hamda Arsen Shaxunsning “Devochka, stop” taronalari musiqalarining cover talqinlarini ijro etgan. “Maqsadimiz shu kichkina san’atimiz orqali O‘zbekiston nomini butun jahonga tanitish” , — deb yozadi xonanda. Tones and I— “Dance Monkey” View this post on Instagram Maykl Jekson — “They Don’t Care About Us” View this post on Instagram Astronomia — “Coffin Dance” View this post on Instagram Arsen Shaxuns — “Devochka, stop” View this post on Instagram  “Abbos Kozimov koronavirusdan keyin chiqib, undan tezroq tarqaldi”. Bir qo‘shiqni 500 dan ortiq qizning ismiga moslab kuylagan yosh xonanda haqida
97
957
Madaniyat
Ozodbek Nazarbekov fonogrammadan foydalanmaslikka bel bog‘laganini ma’lum qildi
So‘nggi yillarda O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning yakkaxon konsert dasturlari jonli ijroda o‘tmasligi jurnalistlar orasida qattiq tanqid ostiga olindi. “Shov-shuv” nashri yozishicha, xonanda eng katta kamchiligini bartaraf etib, to‘liq jonli kuylashga o‘tgan. “Har qanday el xizmatida, konsertlarda mini-diskdan voz kechdim. Har bir musiqiy ohang jonli chalinadi, men esa fonogrammadan bir foiz ham foydalanmaslikka qaror qildim. Endi yakkaxon konsertlarim faqat jonli ijroda o‘tadi”, — deydi Ozodbek Nazarbekov nashrga bergan intervyusida. Shuningdek, “Shov-shuv”, Ozodbek Nazarbekovni el xizmatiga eng ko‘p taklif etiladigan, eng ko‘p konsert berish bobida rekord qo‘yishga erishgan xonanda, deb yozadi. Xonandaning rasmiy saytida berilgan ma’lumotga ko‘ra, qo‘shiqchi 2005-yildan buyon har yili “Istiqlol” san’at saroyida uzluksiz yakkaxon konsert dasturini o‘tkazib kelmoqda.
79
895
Madaniyat
Xonanda Manzuraning onasi vafot etdi
“Nihol” mukofoti sovrindori xonanda Manzura Yo‘ldoshevaning oilasi yana bir og‘ir judolikka uchradi, deb xabar berdi “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi matbuot xizmati. Xonandaning onasi Muqita Musayeva bugun 15-noyabr kuni 73 yoshida olamdan o‘tdi. “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi marhumaning oila a’zolari va yaqinlariga, xususan Manzura Yo‘ldoshevaga chuqur ta’ziya izhor qildi. Ma’lumot uchun, 2018-yil 8-iyul kuni xonandaning otasi Muborak Yo‘ldoshev ham 85 yoshda vafot etgan edi.
36
488
Madaniyat
“Qat`iyatli Islom” hujjatli filmi suratga olinmoqda
Kinematografiya agentligi, Butunrossiya davlat kinematografiya instituti (VGIK)ning Toshkent filiali hamda “Hujjatli va xronikal filmlar studiyasi” DUK bilan hamkorlikda “Matonat maktabi” loyihasi bo`yicha filmlarni suratga olish ishlari davom etmoqda. Bugun "Qat`iyatli Islom" hujjatli filmining tasvirga olish ishlari bo`lib o`tdi. Ssenariy mualliflari Jamshid To`laganov, Umidjon Ro`ziboev, rejissyor Jamshid To`laganov, prodyuser Darya Zavorotnyova, badiiy rahbar Zulfiqor Musoqov.
51
485
Madaniyat
Farzandlariga og‘ir kasallik tashxisi qo‘yilgan mashhur ota-onalar (foto)
Bolalarni tarbiyalash oson ish emas. Ayniqsa, farzandlariga og‘ir kasallik tashxisi qo‘yilgan mashhur insonlardan katta jasorat talab etiladi. Kolin Farrell Mashhur aktyorning to‘ng‘ich o‘g‘li 18 yoshda. Jeyms “baxtli qo‘g‘irchoq sindromi” yoki Angelman deb ataladigan kasallikdan aziyat chekadi. Bunday tashxis bilan og‘rigan bemorlarda tez-tez tomir tortishishi va asossiz baland kulish holatlari kuzatiladi. Jeyms ilk qadamlarini 4 yoshida tashlagan, 7 yoshida gapirgan, 13 yoshida esa birinchi marta mustaqil ravishda ovqatlangan. Kolin bolaning onasi bilan uzoq yillar avval ajrashgan, ammo o‘g‘lining holidan hamisha xabar olib turadi. Toni Brekston  Xonandaning kenja o‘g‘li Dizelga autizm tashxisi qo‘yilganida, bola uch yoshda edi. Hozirda u 18 yoshda va onasi uning butunlay sog‘lom ekanligiga ishontirmoqda. Toni og‘ir kasallik tashxisini bilgach, o‘zini ayblagan va buni avval qildirgan aborti uchun jazo deb bilgan. Shuningdek, u shifokorlarni hamma narsada aybladi, go‘yo ular boladagi kasallikni darhol anglamagan. Biroq xonanda o‘g‘li uchun o‘zini tutib, kuchli bo‘lishga harakat qildi va Dizelni eng yaxshi mutaxassislarga ko‘rsatdi, natijaga ko‘ra uning harakatlari behuda ketmadi. Silvestr Stallone Aktyorning kichik o‘g‘li Serjio 1979-yilda tug‘ilgan. Ota-ona kasalxonaga keng qamrovli tekshiruvdan o‘tish uchun u bilan birga borganida, bola uch yoshda edi. Bu murojaatga bolaning o‘zini boshqacha tutishi sabab bo‘lgan. Tashxis natijasi salbiy edi: Serjioda og‘ir tug‘ma autizm darajasi aniqlangan. Shifokorlar bolani ixtisoslashtirilgan muassasaga yuborishni taklif qilgan, ammo ota-ona bu haqda o‘ylashni ham xohlamadi. Silvestr yanada qattiqroq ishlay boshladi va gonorarini bolaning davolanishiga sarfladi. Ajrimdan keyin ham aktyor o‘g‘lini tashlab qo‘ymadi, u o‘g‘lining maxsus ehtiyojlariga to‘liq mos ravishda uy jihozladi. Biroq Serjioning o‘z dunyosi bor va unga hatto otasi bilan ham muloqot qilish qiyinchilik tug‘diradi. Jon Travolta 2009-yilda Jon Travolta oilasida achinarli voqea sodir bo‘ldi: uning 16 yoshli o‘g‘li Jett epilepsiya tufayli vafot etdi. Faqat fojiadan so‘ng Jon o‘g‘li o‘ziga xos bola ekanligini tan oldi – unga autizm, epilepsiya va astma tashxisi qo‘yilgan. Travolta o‘g‘lining o‘limini hayotidagi eng dahshatli sinov deb biladi. Kris Prett  Kris Prett va Anna Ferisning o‘g‘li muddatidan ikki oy oldin tug‘ilgan. Jek muddatidan oldin tug‘ilganligi sababli uning sog‘lig‘ida jiddiy muammolar paydo bo‘ldi. Bola bir necha marta jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi va shifokorlar miyadan kuchli qon ketishi tufayli u hech qachon kasalxonadan chiqmasligi mumkinligini aytishdi. Yaxshiyamki, ayanchli bashoratlar amalga oshmadi. Hozir to‘qqiz yoshga to‘lgan Jekning ko‘rishida, shuningdek, oyoq mushaklari bilan bog‘liq muammolari bor – lekin u boshqa bolalar kabi yashaydi.
73
2,834
Madaniyat
“Sharqdan shamol”: Xiva xonlari Ukrainaga qanday borib qolgan?
Kiyevda asli ozarbayjonlik bo‘lgan ukrain yozuvchisi Grigoriy Xuseynovning “Sharqdan shamol” nomli kitobi nashrga tayyorlanmoqda. Kitob Xiva xonining oilasi qanday qilib Ukrainaga borib qolgani haqidagi ilgari noma’lum bo‘lgan faktlarni taqdim etadi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” xabar berdi. 1980-yillarning boshlarida Grigoriy Jamalovich mashhur sulola vakillari bilan uchrashgan. Keyin ularning Ukrainaga kelishi bilan bog‘liq turli ma’lumotlarni yig‘gan. Endi esa to‘plangan ma’lumotlarni kitob holida nashr etish vaqti keldi, deydi yozuvchi. Grigoriy Xuseynov - taniqli ukrainalik yozuvchi, jurnalist, Ukraina Milliy Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, mamlakatning eng nufuzli adabiy jurnali “Krivbass kuryeri”ning bosh muharriri. 40 dan ortiq kitob muallifi. Taxminan yigirmaga yaqin adabiy mukofot, shu jumladan, xalqaro mukofotlar g‘olibi. Ukraina Prezidentining qo‘lidan madaniyat, adabiyot va san’at sohasida Ukrainadagi oliy mukofot — Taras Shevchenko nomidagi Milliy mukofotni olgan yagona ozarbayjon. Bugungi kunda Grigoriy Jamalovich Shevchenko qo‘mitasining a’zosi. 1980-yillarning boshlarida Grigoriy Jamalovich shaxsan Xivaning so‘nggi xoni Said Abdullaning jiyani Madiyarov Abdurasul Muxammadyorovich bilan uchrashgan. Abdurasul o‘sha paytda Ukrainaning Krivoy Rog shahrida yashayotgan edi. Xiva xonlari sulolasining noyob va ayni paytda fojiali tarixini o‘rganib chiqqan Grigoriy Jamalovich darhol Moskvada chop etiladigan “Komsomolskaya pravda” gazetasiga maqola yozgan. Muharrirlar maqolani chop etishgach, undan batafsilroq ma’lumot tayyorlashni so‘rashgan. Shunday qilib, Grigoriy Jamalovich ham O‘zbekiston, ham butun dunyo uchun qiziq bo‘lgan Xiva xonlari taqdirini yozgan. Grigoriy Xuseynovning maqolasi chop etilgandan so‘ng Toshkent va Xivaning yuqori lavozimda ishlaydigan amaldorlari va rassomlari Krivoy Rogga tashrif buyurgan. Tez orada ular Madiyarovning ona shahri Xivaga kelishini tashkil qilishgan. Said Abdulla “Men Xivaning so‘nggi xoni Said Abdulla va uning yaqin qarindoshlari taqdiriga bag‘ishlangan ‘Sharqdan shamol’ nomli kitobni tugatganimdan xursandman. Ular 1920-yilda dastlab Moskvaga olib ketilgan, bir muncha vaqt o‘tib Ukrainaga jo‘natilgan. Ukrainada Verxovtsevo stantsiyasining yaqinidagi qishloqqa joylashgan. U yerda shahar militsiyasining otlarini parvarish qilgan. Bir necha oydan so‘ng ular Krivoy Rogdagi ‘Bolshevik’ koniga ko‘chirilgan va kazarmaga joylangan. Xon konning tungi qorovuli bo‘lib ishga kirgan. Xivadan kelgan 17-18 yoshlardagi yosh avlod kondagi yer osti ishlariga jalb qilingan. Yillar o‘tib oila qurgan, farzand ko‘rgan... Xonning jiyani Abdurasul Madiyarovning to‘rtta qizi ham Krivoy Rogda tug‘ilgan. Uning o‘zi ot xo‘jaligida ishlagan. O‘z kuchi bilan kichik uy qurgan. Urush paytida uni to‘ng‘ich qizi bilan birga Germaniyaga ishga olib ketishgan. Qaytib kelgach, Abdurasul konda ishlashni davom ettirgan. Uning bir jiyani universitetni bitirgach, Pedagogika institutida dars bergan. 1931-yili Xivaning so‘nggi xoni Said Abdulla Krivoy Rogda vafot etgan. U pravoslav qabristoniga dafn etilgan, afsuski, qabr saqlanib qolmagan. 1930-yillarning o‘rtalarida xonning oilasi  asta-sekin O‘rta Osiyoga qayta boshlagan. Ularning aksariyati qarindoshlarini Toshkentdan qidirgan, chunki ularga Xivaga kirish uchun ruxsat berilmagan. Men Xiva xonlari haqidagi ilk maqolamni chop ettirganimdan keyin O‘zbekistondan Krivoy Rogga katta amaldorlar, muzey xodimlari, tarixchilar, rassomlar kela boshladi... Abdurasul Madiyarovni Xivaga borishga ko‘ndirishdi. U rozi bo‘ldi. Qaytib kelgach, menga o‘z taassurotlari haqida aytib berdi,”— deydi Grigoriy Xuseynov. —“Xivadan qaytgach, Abdurasul Xuseynov betob bo‘lib qoldi. Meni kasalxonaga chaqirdi. U yerga har kuni daftar bilan borib, uning hikoyalarini yoza boshladim. Keyin ularni kitobga joyladim”. “‘Sharqdan shamol’ kitobi juda katta ahamiyatga ega. Ukraina va O‘zbekiston bir-biriga birodar davlatlardir. Xalqlarimiz eng og‘ir davrlarda ham bir-birlarini qo‘llab-quvvatlagan. Xiva xoni oilasining hikoyasi oddiy odamlarning bir-biriga bo‘lgan munosabati haqida hikoya qiladi. Ukrainlar xivaliklarning o‘lishiga yo‘l qo‘ymagan. Garchi Ukrainaning o‘zida ocharchilik bo‘lgan paytlarda ham,” — deydi yozuvchi.
62
4,228
Madaniyat
Sevara Nazarxonning Bokudagi ilk konserti olqishlarga sazovor bo‘ldi (foto)
Boku shahridagi xalqaro mug‘om (maqom) markazida taniqli o‘zbek xonandasi Sevara Nazarxonning “Yangi ipak yo‘li” deb nomlangan ilk solo-konserti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Trend internet nashri xabariga tayanib “Turkiston press” ma’lum qildi. “Caspian” jurnali homiyligida tashkil qilingan ushbu konsertga juda ko‘p haqiqiy maqom muxlislari to‘plandi. Unda o‘zbek milliy ashulalari ijrochisi Sevara Nazarxon o‘zbek va rus tillaridagi qo‘shiqlari bilan tomoshabinlarga xush kayfiyat ulashdi. Ayniqsa, uning etno-kompozitsiyalar vositasida havola etgan chiqishlari muxlislar olqishiga sazovor bo‘ldi. Ta’kidlash joiz, konsert yakunida Sevara Nazarxon tomoshabinlarga ozarbayjonlik san’atkorlar: Ravshan Gurbanov va Elnur Zeynalov jo‘rligida ijro etgan ikkita yangi qo‘shiqni hadya etdi. Bu qo‘shiqlar Ozarbayjon mug‘omi sifatida tanilgan “Bayoti-Sheroz” hamda o‘zbek milliy kuylari uyg‘unligida yaratilgan. Xonandaning vokal ijrochilik mahoratini ham muxlislar olqishlar bilan kutib oldi. O‘zbek milliy kuylari va ashulalaridan tashkil topgan bu konsert bokulik musiqa shaydolari qalbida o‘chmas iz qoldirdi, — deya ta’kidlaydi Trend internet nashri.
75
1,147
Madaniyat
Gollivudning eng boy aktyorlari kimlar?
Gollivud dunyosi aktyor va ijodkorlarning  yuksak iqtidori, mehnati va faolligini ochib beruvchi maydon sanaladi. Yulduzlar orasida yaxshi rollarni ijro etish uchun raqobat katta.  Ko‘pchilik aktyorlarning daromadi haqida bilishni istaydi. Hozir 2012-yilgi sarhisob bo‘yicha Gollivudning eng “qimmat” aktyorlari ro‘yxatini taqdim etamiz. 50 yoshni qarshilagan amerikalik aktyor Tom Kruz  “Oltin Globus” (Golden Globe) mukofoti bilan taqdirlangan. Ayni damda u Gollivudning eng omadli yulduzlaridan hisoblanadi. 2012-yil yakuniga ko‘ra u 75 million AQSh dollari ishlab topgan. Rollari: “Yomg‘ir odam” (Rain man), “Vanilli osmon” (Vanilla Sky), Jek Richer (Jack Reacher), “So‘nggi samuray” (The last samurai) va h.k. Gollivudning eng mashhur aktyori 1974-yil 11-noyabrda tug‘ilgan.  U bir necha marotaba nufuzli mukofotlarning sohibidir. 2004-yilda “Aviator” filmidagi ijrosi uchun “Eng yaxshi aktyor” nominatsiyasi bo‘yicha “Oltin Globus” mukofotiga sazovor bo‘lgan. Ayni damda u eng qimmat aktyorlar sirasiga kiradi. U 2012-yilda 37 million dollar gonorar olgan. Rollari: “Titanik”, “Temir niqobdagi odam” (The man in the Iron Mask), “Qonli olmos” (Blood Diamond), “La’natlangan orol” (Shutter island) va h.k. Aktyor, ssenariylar muallifi, musiqachi va prodyuser Adam Sendler 1966-yilda Nyu-Yorkda tavallud topgan. U asosan komik rollar ijro etadi. Ayni vaqtda Adam Sendler o‘tgan yili 37 million AQSh dollari miqdorida daromad olgan. Dueyn Jonson 2012-yil olgan 36 million AQSh dollarlik maoshi bilan Gollivudning eng yuqori daromad oluvchi aktyorlar qatoriga kiradi.  Rollari: “Janub ertagi” (Southland tale), “Chayonlar qiroli” (The Scorpion King), “Sirli orol” (The mysterious island) va h.k. Ben Stiller aktyorlar oilasida dunyoga kelgan. Uning ijrosidagi komik rollar kinoixlosmandlar tomonidan sevib tomosha qilinadi. Shuningdek, Ben mashhur multfilm qahramonlariga ham ovoz beradi.  U 33 million AQSh dollari hajmida gonorar olgan. Rollari: “Muzeydagi kecha” (Night at the museum), “Dupleks”,  “Oq va qora” (Black and white), “Madagaskar” (Alex) va h.k. Jonni Depp (John Christopher Depp II) 49 yoshni qarshilashiga qaramay, Gollivud olamining eng zabardast va taniqli yulduzlaridan biri sanaladi. Aktyor bir qancha mukofotlar sovrindori. U 2012-yil taxminan 30 million AQSh dollar atrofida ishlab topgan.  Rollari: “Charli va shokolad fabrikasi” (Charlie and the Chocolate factory), “Karib dengizi qaroqchilari” (Pirates of The Carribean), “Alisa mo‘jizalar mamlakatida” (Alice in Wonderland), “Qora soyalar” (Dark Shadows) va h.k. Uill Smit  o‘zining fantastik janrdagi rollari bilan Gollivudning eng taniqli aktyorlari qatoriga kiradi. Daromadi 30 million AQSh dollarini tashkil etadi. Rollari: “Xenkok” (Hancock), “Men — afsonaman” (I am legend), “Qora libosdagi odamlar” (Men in Black), “Hitch uslibi” va h.k. Jeykob Blek roli bilan barchaga tanish bo‘lgan Teylor Lotner yosh yulduzlar ichida eng talabgirlardan sanaladi.  Bu kelishgan aktyorni hech kim 21 yosh deb o‘ylamaydi. Yosh bo‘lishiga qaramasdan, Teylor 2012-yilda 26,5 million AQSh dollari mablag‘i bilan eng ko‘p daromad ko‘rgan  aktyorlar o‘ntaligiga kirdi. Shu kungacha u mahoratli rollari uchun 12 xil sovrinlarni sohibiga aylandi. Rollari:  “Zulmat ostidagi muhabbat” (“Twilight”), “Qotil soyasi” (“Shadow Fury”), “Sevishganlar kuni” (“Valentine’s day”), “Zulmat ostidagi muhabbat. Yangi oy” (“The Twilight. Saga: New moon”) va h.k. Qiziq, o‘zbek aktyorlari bir yilda necha pul ishlab topishar ekan... Maqolani tayyorlashda toptenofcity.com sayti materiallaridan foydalanildi
39
3,561
Madaniyat
Tashkent City’da Hojiboy Tojiboyev haykalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi (foto+video)
O‘zbekiston va Tojikistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hojiboy Tojiboyevning Tashkent City majmuasidagi istirohat bog‘i tarkibida o‘rnatilgan haykalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad xabar bermoqda. Marosimda jurnalist, boshlovchi Muhabbat Hamroyeva boshlovchilik qildi. Hojiboy Tojiboyevning haykali ochilish marosimida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Ashurali Jo‘rayev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mirzabek Xolmedov, Madina Muhtorova, Hojiakbar Komilov, kulgu ustasi Valijon Shamsiyev, Hojiboy Tojiboyevning rafiqasi Shahlo Tojiboyeva, qizlari Intizor, Ruhangiz va Madinabonu Tojiboyevalar hamda Hojiboy Tojiboyevning yaqinlari, shogird va muxlislari ishtirok etdi. Marosimga yig‘ilgan so‘z va kulgu ustalari, Hojiboy Tojiboyevning shogirdlari Hojiboy Tojiboyevni xotirladi, uning o‘zbek qiziqchilik san’atida tutgan o‘rni, kundan kunga uning san’ati ommalashib borayotgani haqida so‘zladi. Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Tojikistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hojiboy Tojiboyev 1955-yil 25-avgust kuni tug‘ilgan. “Buxoro-o-o!”, “Kalla qo‘ygan Zidan”, “Borma, kuyasan! Ana kuyding!”, “Hozir borib sev!”, “Yangi boylar va traktorchilar haqida” kabi ko‘plab iboralari va hazillari bilan o‘zbek tomoshabinlariga yaxshi tanish. Hojiboy Tojiboyev 2008-yili 53 yoshda vafot etgan.
90
1,344
Madaniyat
Nyushaning Toshkentdagi konsertiga chipta narxlari e’lon qilindi
Avval xabar berganimizdek, Rossiyalik xonanda Nyushaning 3-fevral kuni poytaxtimizdagi “Istiqlol” san’at saroyida konsert berishi rejalashtirilgan. Ayni vaqtda konsert dasturiga chipta narxlari e’lon qilindi. Preyskurantga ko‘ra, konsertga chiptalar narxi 50mingdan 400ming so‘mgacha baholandi. Chiptalarni  plastik kartalar hamda naqd pulga sotib olish mumkin. Afishaga ko‘ra, “Obyedineniye” gastrol safari doirasida o‘tkazilayotgan konsert 3-fevral soat 18:00da boshlanadi. Tadbir davomida qo‘shiqlar jonli ijro etiladi. Aytish joizki, konsert afishasida bir necha imloviy xatolar bor. Masalan, “fevral” so‘zi “fevravl” tarzida yozilgan.
64
641
Madaniyat
“Turmushga chiqishni istamaydigan o‘zbek qizi” videoroligi yulduzi — 7 yoshli qizcha Maksim Galkinning “Luchshe vsex” shousiga taklif qilindi
Instagram’da “o‘zi uchun yashashni istagani sabab turmushga chiqishni istamaydigan o‘zbek qizcha” sifatida yaxshi ma’lum bo‘lgan qozog‘istonlik instabloger Ramina Almas Maksim Galkinning “Luchshe vsex” shousiga taklif qilindi. Tengrinews’ning muxbiri telefondan foydalanmaydigan, singlisini xafa qilmoqchi bo‘lganlardan himoya qiladigan va kichkina ukasiga bajonidil g‘amxo‘rlik qiladigan Almasning qanday hayot kechirishini o‘rganishga muvaffaq bo‘lgan. Olmaotada istiqomat qiladigan 7 yashar Raminaning onasi uning ishtirokidagi videoni bundan 4 yil avval ijtimoiy tarmoqqa joylagan. Ammo qiz aynan turmush qurish haqidagi videodan keyin mashhurlikka erishgan. View this post on Instagram “Vaqti-soati kelib baribir turmushga chiqasan, turmush o‘rtog‘ingga choy quyasan”, — deydi onasi qiziga. “Qanaqa choy? Menga kim quyib beradi?”, — deb zarda qiladi qizaloq. “Ortidan u yoqdan bu yoqqa chop, yana u uchun ozish. Uyimda, ota-onamning oldida shundoq ham xohlagan narsamni qilishim mumkin! Menga shu kerakmi? Men o‘zimning shaxsiy hayotim bo‘lishini istayman”, — degan Ramina videoda. Ramina oilada 3 farzandning kattasi. 2020-yilda birinchi sinfga borgan qizaloq vokal hamda raqs bilan shug‘ullanadi. Onasining aytishicha, u bir yoshidan gapirishni, so‘zlarni bir-biriga ulashni boshlagan. Uch yarim yoshida qo‘g‘irchoqlar bilan gaplashgani aks etgan video onasi tomonidan Instagram sahifasiga joylanganidan keyin uning muxlislari ko‘paya boshlagan va kuzatuvchilar u uchun alohida sahifa ochishni so‘ragan. Taxminan o‘sha vaqtlarda Raminada xamir tayyorlashga qiziqish paydo bo‘lgan. Onasi uning taom tayyorlash jarayonida ishtirok etishni istashini payqagan. “Hammasini sekin-asta o‘rganganmiz. Masalan, tuxum chaqish: 10 ta tuxum chaqamiz, ulardan beshtasi butun qoladi. Muvaffaqiyatli jarayonni videoga olganmiz. Keyinroq men ushbu roliklarni montaj qilishga urinib ko‘rdim. Muxlislar tobora orta boshladi va 4 yilda obunachilarimiz 50 mingtaga ko‘paydi”, — deydi Alina. View this post on Instagram Foydalanuvchilardan biri turmushga chiqish haqidagi videoni olib tarqatganidan keyin Direct’da yozilgan xabarlar to‘lib-toshgan. Yaqinlari unga qo‘ng‘iroq qilib, Raminaning videosi WhatsApp’da aylanayotganini ma’lum qilgan. “Men shokka tushdim. Ruslar, turk va o‘zbeklar menga ushbu video yuzasidan yoza boshladi. Ularning bari hayratlanganini ma’lum qildi”, — deydi qizning onasi. View this post on Instagram Rolik hech qanday tayyorgarlik hamda ssenariysiz olingan — qizlar shunchaki o‘z ishlari bilan shug‘ullangan va o‘zaro hazillashgan. Bolalarning onasi Ramina gapirayotganda kamerani yoqish refleksi unda yaqindagina paydo bo‘lganini bildirgan. “Umuman olganda, men hamisha qizlar bilan istalgan mavzuda suhbatlashaman. Bu juda ham muhim”. Foydalanuvchilarning Ramina nima sabab turmush qurishdan qat’iyan bosh tortishi haqidagi savollari videoning davomini suratga olishga turtki bo‘lgan. Hozirda qizaloqning Instagrami’da 350 ming kuzatuvchi bor. View this post on Instagram Alina birinchi navbatda ushbu sahifani xotiralarni saqlash uchun ochganini, bularning barini muhrlash uchun telefon xotirasi yetmasligini ma’lum qilgan. Raminaning o‘zi roliklar internetda tarqalganidan xabari yo‘q, ammo onasi unga endi uning ko‘plab do‘stlari paydo bo‘lgani haqida xabar bergan. Ota-onasi o‘qishdan chalg‘imasligi uchun internetdan foydalanish taqiqlangan qizaloq hayotda juda ham quvnoq va hamisha boshqalarga yordam berishga shay. U onasiga uy ishlarida yordam berish bilan birga, vaqti kelsa, uka va singlisiga ham qarab turadi. U o‘zini ham, singlisini ham xafa qildirib qo‘ymaydi. Kunlardan bir kuni singlisi Amina unga mashg‘ulot davomida uni bir bola xafa qilganini aytib bergan. Qizlar bu haqida onasiga churq etmagan, ammo ertasi kuni Ramina onasidan mashg‘ulotga ular bilan birga borishni so‘ragan. Borganidan keyin o‘sha bolani topib, agar yana bir marta singlisiga tegadigan bo‘lsa, ta’zirini berishini ta’kidlagan. View this post on Instagram Yosh ekaniga qaramay, Alla Pugachyovaning ijodini yaxshi ko‘radigan Ramina hamisha Maksim Galkin bilan tanishishni istagan. Orzusini amalga oshirish imkoniyati unda bir yil avval paydo bo‘ldi, ammo karantin sabab biroz kutishiga to‘g‘ri keldi. Endi esa uning ishtirokini shouning apreldagi sonida ko‘rish mumkin bo‘ladi. View this post on Instagram Galkinning faqatgina asosiy chiqishda ishtirok etishidan bexabar Ramina repetitsiya vaqtida uning qayerdaligini so‘ragan. Jamoa a’zolari uning dam olish kuni ekanligini ma’lum qilgan. Bunga javoban qiz: “Men suratga olish uchun samolyotda uchib kelaman, menda dam yo‘q, ammo unda bor ekan”, — deb javob bergan. Bu gaplarni eshitgan shou rejissori Alinaga qarab: “Bizga bu qiz kerak”, — degan.
141
4,805
Madaniyat
Jahongir Poziljonovning onasi vafot etgani munosabati bilan ta’ziya bildirildi
“O‘zbeknavo” estrada birlashmasi “Bojalar” guruhi vakili, xonanda va aktyor Jahongir Poziljonovning onasi vafot etgani munosabati bilan ta’ziya bildirdi. “Daryo” nashri tahririyati Mapuraxon ayaning vafoti munosabati bilan Jahongir Poziljonov va uning yaqinlariga hamdardlik bildiradi.
78
286
Madaniyat
Bollivud va Gollivud aktyori Irfon Xon 53 yoshda vafot etdi
Hindistonlik taniqli aktyor Irfon Xon 53 yoshida vafot etdi. Bu haqda Gulf News xabar berdi. Qayd etilishicha, bir necha yil avval unga neyroendokrin o‘simtasi tashxisi qo‘yilgan. Kasallik tufayli aktyor filmlardagi suratga olish jarayonini bekor qilgan. Nashrning qayd etishicha, aktyorning o‘limiga to‘g‘ri ichak infeksiyasi sabab bo‘lgan. Irfon Xon nafaqat Bollivud, balki Gollivudda ham tanilgan edi. U “Xarobadan chiqqan millioner”, “Billu sartarosh”, “Yura davri olami”, “Pi hayoti”, “Yangi o‘rgimchak odam” va “Inferno” kabi filmlarda rol ijro etgan.
59
558
Madaniyat
“Sinfdosh qiz”: Jahongir Otajonov bahorda ikkinchi marta konsert beradi
Xonanda Jahongir Otajonov bahor faslida ikkinchi yakkaxon konsert dasturini taqdim qiladi. Bu haqda xonanda Instagram’dagi sahifasida xabar qoldirgan. “Sinfdosh qiz” deb nomlangan konsert 24—25-may kunlari “Turkiston” san’at saroyida bo‘lib o‘tadi. Bu xonandaning 2017-yil bahoridagi ikkinchi, oxirgi 12 oydagi to‘rtinchi konsert dasturidir. Jahongir Otajonov 11—13-aprel kunlari “Turkiston” san’at saroyida “Lola” deb nomlangan konsert dasturini taqdim etgan edi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
71
539
Madaniyat
Aktrisa bo‘lishni istamagan, baxtini ikkinchi turmushidan topgan, mashhur xonandaning nevarasi Shahzoda Matchonova 35 yoshda (foto, video)
“O‘zimdan o‘zimgacha”, “Baron”, “Novda” fimlaridagi roli orqali tanilgan aktrisa Shahzoda Matchonova 8-avgust kuni 35 yoshni qarshi oldi. Shu munosabat bilan “Daryo” nashri aktrisaning hayot va ijod yo‘li haqida ma’lumot beradi.  San’atkor oilasida voyaga yetgan, hech qachon aktrisa bo‘lishni orzu qilmagan yulduz Mahoratli aktrisa Shahzoda Matchonova 1987-yilning 8-avgust sanasida Qoraqalpog‘istonnning Nukus shahrida tug‘ilgan. U oilada uch nafar farzandning o‘rtanchasi bo‘lgan, ya’ni uning akasi va ukasi bor. Aktrisa san’atkorlar oilasida voyaga yetgan, uning bobosi O‘zbekiston, Qoraqalpog‘iston va Boshqirdiston xalq artisti Bayram Matchonov hisoblanadi. Bo‘lajak aktrisa o‘rta maktabni tugatganidan so‘ng Toshkentdagi Jahon iqtisodiyoti va Diplomatiya universitetiga o‘qishga kirgan. U aktrisa bo‘lish haqida umuman o‘ylamagan. Kastingdan boshlangan muvaffaqqiyat yo‘li Oradan vaqt o‘tib Shahzoda Matchonova “O‘zbekfilm” direktori nazariga tushadi va shundan keyin u aktirsaga bir filmda suratga tushish uchun sinovdan o‘tishi haqida gapiradi. Aktrisa bunga rozi bo‘ladi va borib sinovdan o‘tishga harakat qiladi, biroq undan o‘ta olmagan aktrisa universitetdagi o‘qishini dvom ettiradi. Ko‘p o‘tmay mashhur rejissor Zebo Navro‘zova uning suratlarining ko‘rib kastingga taklif qiladi. Shundan so‘ng u kastingdan o‘tadi va 2007-yilda mashhhur xonanda Shohruxxon ishtirokidagi “Aprel-may” filmida ilk rolini ijro etadi. Ijod dengiziga g‘arq bo‘lgan aktrisa  Ilk filmdagi rolidan keyin tomoshabinlarning e’tiboriga tushgan aktrisaga ko‘plab rejissorlar tomonidan taklif berila boshlaydi. Shundan keyin bir qator filmlarda suratga tushadi. Shahzoda 2009-yilda Farruh Soipov hamda Timur Primqulov rejissorligida suratga olingan “Qalbim o‘g‘risi” filmida bosh rolni ijro etgan. Uning qahramoni badavlat oila farzandi bo‘lib, uyiga o‘g‘rilikka tushgan yigit (Farruh Soipov)ga ko‘ngil qo‘yadi. Bundan tashqari aktrisa ishtirokidagi “Osiy banda”, “To‘qlikka sho‘xlik”, “Baron”, “Novda” filmlari muxlislarning qalbidan joy olgan. Shahzoda Matchonova san’at olamidagi faoliyati davomida ko‘plab xonandalarning klipida suratga tushgan. Botir Qodirovning “Yurak”, Sanjar Holiqovning “Lolalar”, Jasur Mavlonovning “Dunyo ekan”, “Ummon” guruhining “Sen meniki emassan” kliplari shunga misoldir. “Markaziy Osiyoning eng yaxshi aktrisasi”ga aylangan Shahzoda Matchonova Aktrisa Shahzoda Matchonova Qirg‘izistonda “Markaziy Osiyoning eng yaxshi aktrisasi” yo‘nalishida “Ak Ilbirs—2018” milliy mukofotini qo‘lga kiritgan. Mazkur mukofot 2012-yilda ta’sis etilgan bo‘lib, 2017-yildan boshlab Markaziy Osiyodagi eng yaxshi aktyor va aktrisalar ham taqdirlanishni boshladi. Muxlislarini kitob o‘qishga chorlovchi aktrisa  Shahzoda Matchonova Instagram’dagi sahifasi orqali muntazam ravishda folloverlariga o‘qigan kitoblari haqida ma’lumot berib keladi. U muxlislariga Viktor Gyugoning “Kulayotgan odam”, Antuan de Sent-Ekzyuperining “Kichkina Shahzoda”, Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar”, Tohir Malikning “Iblis devori” asarlarini o‘qishni maslahat bergan. Ijtimoiy tarmoqlarda faol aktrisa  Aktrisa Shahzoda Matchonova ijtimoiy tarmoqlarda ancha faol. Uning Instagram sahifasida ikki yarim milliondan ortiq obunachi bor. Shahzoda Matchonova sahifasiga o‘zining turli xil suratlarini va gohida muxlislarini kayfiyatini ko‘taruvchi post ham joylab turadi. Masalan, aktrisa Gollivud yulduzi Leonardo Di Kaprioning muxlisi ekanini, u uylanayotgan paytda sahifasiga bu holatdan kayfiyati yo‘qligini hazil tariqasida ma’lum qilgan. “Kayfiyatim yo‘q. Aytishlaricha, Leo Di Kaprio uylanayotgan ekan. Mayli, nima ham qilardim. Baxtli bo‘lsin!”, — deb yozadi Shahzoda. Pufaklar bilan xayolan parvoz Shahzoda Matchonova Instagram'dagi sahifasida pufaklarni yaxshi ko‘rishi haqida bir necha bor ta’kidlagan. Aktrisa muxlislariga koronavirus karantiniga qadar unga sovg‘a qilingan 8 mingta pufak bilan tushgan suratlarini ko‘rsatgan. Aktrisaning Instagram sahifasida uning minglab pufaklar bilan tushgan rasmlarini ko‘rish mumkin. Ko‘plab tillarni biluvchi poliglot aktrisa Kitobxon aktrisa sifatida ko‘pchilikka tanish Shahzoda Matchonova rus, ingliz va turk tillarini biladi. Qayd etish kerakki, u Instagram sahifasidagi postlarining aksariyatini rus tilida yozadi. Shahzoda Matchonova nima sababdan shaxsiy hayotini sir tutadi? “Shaxsiy hayot shaxsiy masala hisoblanadi. San’atkor inson shaxsiy hayotini sir saqlashga haqqi bor. Men ham shunday fikrdaman. Saxsiy hayotimni odamlarga ko‘rsatishni noto‘g‘ri deb bilaman, chunki har xil odam bor. Kimdir ko‘ra olmaydi, kimdir yomon ko‘z bilan qarashi mumkin. Men bularga juda e’tibor beraman. Shuning uchun ham shaxsiy hayotimni, oilamni, turmush o‘rtogimni, ota-onamni hech qachon ijtimoiyy tarmoqlarga namoyish qilmayman. Oilani ‘yopiq mavzu’ deb bilaman”, — deydi aktrisa. Aktrisa nima sababdan ko‘p hollarda qora rangdagi liboslar kiyadi? “Stilistlar bu rangni maslahat bermaydi va men ulardan maslahat olmayman. Menga nima yoqsa va yarashsa shuni kiyaveraman. Qora kiyimlarni juda yaxshi ko‘raman. Menimcha, qora kiyimlar ayol kishiga boshqacha hissiyot beradi. Biroq qora kiyimlardan ko‘proq oq kiyimlarni kiyaman deb o‘ylayman”, — deydi Shahzoda Matchonova. Shahzoda Matchonovaning san’at olamidagi sanoqli yaqinlari bormi? “Odamlar bilan gaplashishni juda yoqtiraman, muxlislarim bilan ham ko‘p gaplashib turaman. Ijtimoiy tarmoqlar orqali juda yaxshi narsalarni o‘rganish mumkin. Masalan, men ko‘pincha Instagram, Facebook'dan foydalanaman. Har xil psixologik mavzulardagi videolarni ko‘raman. Hayotda yaxshi insonlar juda ko‘p. Sevgi, do‘stlikka ishonaman. San’at olamida ham yaqinlarim bor, chunki bizning ishda ichki dunyoqarashlarimiz bir xil. Biroq ishdagi ham, ko‘chadagi ham, sohamizdagi insonlarning hammasini hurmat qilaman”, — deydi aktisa. Aktrisa qanday insonlardan qo‘rqadi? “Va’dasida turmaydigan erkaklarni hurmat qilmayman, chunki men uchun erkak kishini juda mard, so‘zida turadigan, bir gap aytsa bajaradigan bo‘lishi kerak deb bilaman. Shuning uchun va’dasida turmaydigan erkaklar men uchun juda qo‘rqinchli”, — deydi Shahzoda Matchonova. Shahzoda Matchonova qaysi partnyori bilan oson ishlay olishi haqida “Har bir partnyorim bilan til topishib, oson rol o‘ynayman. Odamlar bilan til topishish men uchun juda oson kechadi. Qanday inson bo‘lishidan qat’i nazar men insonlarni yaxshi ko‘raman. Shuning uchun ijodimda hech qaysi partnyorim bilan qiyinchilik bo‘lmagan”, — deydi aktrisa. Aktrisa qanday rollarni sog‘ingan? “Unday rollar yo‘q. Hozircha unaqa tushuncha yo‘q. Lekin juda ham suratga olish jarayonlarida ishtirok etishni sog‘indim. Bari bir aktyorlar qancha vaqt o‘tsa ham bu jarayonni sog‘inarkan. Bir xil rol o‘ynashni yoqtirmayman”, — deydi Shahzoda Matchonova. Ikkinchi turmushdan topilgan baxt Shahzoda Matchonova ilk marta 2016-yilda turmush qurgan, biroq aktrisa oradan ko‘p vaqt o‘tmay ajrashganini ma’lum qilgan. Aktrisa Instagram’dagi sahifasida mehribonlik uyidan bola asrab olish niyati borligi haqida ham gapirgan. Ikkinchi turmushidan baxtini topgan aktrisani hozirda qizi Raniyani tarbiya qilmoqda. Shahzoda Matchonova turmush o‘rtog‘i unga hech qachon qo‘l ko‘tarmasligini ta’kidlagan.
138
7,187
Madaniyat
“Turkiyaning Bred Pitti” — Kivanch Tatlitug‘ birinchi marta ota bo‘ladi: Uning 44 yashar rafiqasi farzand kutmoqda
O‘zbek muxlislariga “Kumush”, “Jasur va go‘zal” seriallaridagi rollari bilan tanish bo‘lgan turk aktyorining ilk marta ota bo‘lishi ma’lum bo‘ldi. Uning 44 yashar rafiqasi Bashak Dizerning homilador bo‘lganiga 3 oy bo‘ldi. Turmush o‘rtog‘ini uyda yolg‘iz qoldirishni istamagan Kivanch uni o‘zi bilan yangi serial suratga olinayotgan joyga — Mardinga olib kelgan. Aktyor va uning rafiqasi bir necha yillar davomida farzandli bo‘lishni orzu qilgan. Juftlik tug‘ilajak chaqaloqning qiz yoki o‘g‘il bo‘lishini hali ommaga ma’lum qilmagan. Hamkasb va muxlislari ijtimoiy tarmoqda aktyorni ushbu yangilik bilan tabriklagan. Avvalroq Kivanch Tatlitug‘ning yangi serialda suratga tushishi haqida xabar berilgandi.
114
706
Madaniyat
Toshkent xalqaro kinofestivalida "Disko raqqosi" filmi qahramoni — Mithun Chakraborti ishtirok etishi kutilmoqda
28 sentyabrdan boshlanayotgan Toshkent xalqaro kinofestivaliga "Disko raqqosi" filmidagi Jimmi roli bilan tanilgan afsonaviy hind aktyori Mithun Chakraborti ham tashrif buyuradi, deya xabar bermoqda Kinomotografiya agentligiga tayanib Zamon.uz nashri. Kinofestival ochilish marosimida ishtirok etishi kutilayotgan taniqli mehmon o`z davrida  "Disko raqqosi", "O`yna, o`yna" va "Qirollik ovi" kabi  kinokartinalar orqali muxlislar qalbidan joy olgan. Eslatib o`tamiz, Toshkent xalqaro kinofestivali "Kino 5 kunda", "Jahon mamlakatlari kinosi kunlari", Butunrossiya davlat kinematografiya instituti Toshkent filiali va viloyatlarda yangi kino manzillarning ochilishi kabi katta dasturni o`z ichiga olgan. "Shuningdek, kinofestival doirasida 14 ta xorij davlatlarining kino kunlari bo`lib o`tadi. Hindistonning 24 kishidan iborat delegasiyasi ham o`zining filmlari va maxsus dasturi bilan ishtirok etadi",– deyiladi xabarda.
112
921
Madaniyat
“Yulduzlar jangi” filmi qahramonlaridan biri - Obi-Van Kenobi haqida alohida film suratga olinadi
Lucasfilm va Disney “Yulduzlar jangi” filmining asosiy qahramonlaridan biri — jeday Obi-Van Kenobi haqidagi filmni suratga olish ishlariga tayyorgarlikni boshladi. Bu haqda Meduza xabar berdi. Xabar berilishicha, film rejissori sifatida uch karra “Oskar” sohibi Stiven Doldri ko‘rilmoqda. Doldri bilan muzokaralar endi boshlangan. Agar tomonlar kelisha olsa, Doldri nafaqat rejissorlik qiladi, balki ssenariy ustida ham ishlaydi.
97
430
Madaniyat
Stalonne “Tutqich bermas 3”ga Bill Klintonni taklif qilishga tayyor
Silvestr Stalonne “Tutqich bermas 3” filmida suratga tushish uchun mashhur shaxslar, masalan AQSH sobiq prezidentlaridan birini taklif etishga tayyor. Bu haqda aktyor MTV’ga bergan intervyusida gapirib o‘tgan. foto: 1tv.ru “Balki prezident Klinton rol o‘ynashga rozi bo‘lar” degan Stalonne jurnalist kulganini bee’tibor qoldirmay “Nima, siz meni hazillashyapti deb o‘ylayapsizmi?” deya qo‘shimcha qilgan. foto: movies.ru Eslatib o‘tamiz, filmning uchinchi qismi 2014 yilda katta ekranlarga chiqishi kerak. Jeyson Stetxem, Nikolas Keyj, Jet Li, Jeki Chan va yana bir qator mashhur aktyorlar kinokartinada suratga tushishga rozi bo‘lishgan. Nima deb o‘ylaysiz, Klinton rozi bo‘ladimi?
67
686
Madaniyat
Xotin-qizlar qo‘mitasi ba’zi xonandalarimizning kiyimi va kliplarini “nishon”ga oldi
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi Yoshlar ijod saroyida “Ma’naviyatimizni asrab qolaylik!” deb nomlangan tadbir o‘tkazdi, deb xabar qiladi “Uz24.uz”. Xabarlarga ko‘ra, mutasaddi tashkilotlar, san’atkorlar, jamoatchilik faollari ishtirok etgan tadbirda o‘zbek xonandalarining kiyinish, o‘zini tutish madaniyati, ayrim kliplarning yoshlar ma’naviyatiga salbiy ta’siri va boshqalar haqida so‘z yuritilgan. Muhokamalar chog‘ida xonanda Lola hamkasbi Rayhonning konsert dasturida kiygan, dizayner Zulfiya Sulton tomonidan yaratilgan libos bizning mentalitetimizga umuman to‘g‘ri kelmasligi qat’iy aytib o‘tilgan. Ma’lum bo‘lishicha, dizayner Zulfiya Sulton libos haqidagi e’tirozlarga “Bu sahna libosi, agar hammaning fikri inobatga olinsa, san’atimiz rivojlanmay qoladi-ku”, — deb javob bergan. Shuningdek, Lola va Rayhonning “Ko‘nikmadim” qo‘shig‘iga suratga olingan klip ham qattiq tanqid ostiga olingan. “Hech qanday ma’no-mazmun kasb etmaydi deb topilgan mazkur klip, yoshlar tafakkurida aksincha salbiy fikrlar, o‘ylar paydo bo‘lishiga sabab bo‘layotgani ta’kidlab o‘tildi”, deyiladi manbada. Monitorda “Bojalar” guruhi, Nilufar, Kaniza, Yagona, Jasur G‘oipov, Tamila va yana bir qancha ijodkorlarning kliplari ham birma-bir namoyish qilinib, saviyasi yo‘q kliplar deb aytib o‘tilgan. Kliplar borasida so‘z ketar ekan, televideniye hamda “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi kliplar yuzasidan hech qanday javobgarlik ularning zimmasida emasligini aytib o‘tgan. Xonandalar faqatgina to‘ylar uchun ijod qilmasdan, ma’naviyatimizni asrab qolishlari uchun ham ijod qilishlari ta’kidlab o‘tilgan va agarda yuqoridagi holatlar davom etaversa, keyingi tadbirlarda ijodkorlar birma-bir sahnaga chiqarilib, ularning nomunosib ishlari ochiq-oydin muhokama qilinishi aytilgan.
84
1,764
Madaniyat
O`zbekistonda Rossiya Federasiyasining madaniyat kunlari boshlandi
Joriy yilning 3-7 dekabr kunlari O`zbekistonda Rossiya Federasiyasining madaniyat kunlari bo`lib o`tadi. Madaniyat kunlari doirasida V.D.Polenov nomidagi Rossiya davlat xalq ijodiyoti uyi tomonidan “Loskutnaya mozaika Rossii” deb nomlangan zamonaviy ustalarning to`qimachilik mahsulotlari ko`rgazmasi tashkil etiladi. Ushbu ko`rgazma ekspozisiyasidan Rossiyaning turli hududlariga mansub mashhur hunarmand-ustalarning ishlari o`rin olgan. Har bir asardagi rang, shakl, gullar va mato uyg`unligi tashrif buyurganlarni o`ziga rom etadi. Shuningdek, Dog`istonda xizmat ko`rsatgan “Lezginka” akademik raqs ansamblining konsert dasturi o`tkaziladi. Mazkur ansamblga 1958 yil SSSR Xalq artisti Tanxo Izrailov tomonidan asos solingan. Dunyoning 65 mamlakatiga gastrol uyushtirgan ansambl professional raqs jamoalari o`rtasida o`tkaziladigan tanlov va festivallarda 48 marotaba g`olib bo`lgan. Ansambl tomonidan shu kunga qadar Rossiya, Dog`iston va Kavkaz xalqlarining 100 dan ortiq raqslari sahnalashtirilgan. Konsert dasturi yuksak badiiy did bilan tashkillashtirilgan bo`lib, unda raqslarning xilma-xilligi, folklorning ajoyib namunalari, yuqori ijro mahorati tomoshabinlarda unutilmas taassurot qoldirishi shubhasiz.
66
1,213
Madaniyat
Bred Pitt: “Bolalarimiz ularning onasi bilan turmush qurganimizdan mamnun”
“G‘azab” (Fury) filmining Vashingtondagi premyerasida aktyor Bred Pitt jurnalistlarga farzandlarining rafiqasi bilan to‘yiga qanday munosabatda bo‘lganini aytib berdi, deb yozadi Segodnya.ua. Olti nafar farzandlari ota-onalarining o‘z munosabatlarini qonuniylashtirganiga qanday qaragani haqidagi savolga javob berar ekan, “Bu ularga ma’qul keldi. Ular bundan xursand”, — dedi aktyor. Eslatib o‘tamiz, Anjelina Joli va Bred Pitt 23-avgust kuni turmush qurdi. Tantanada kinoyulduzlarning farzandlari ham ishtirok etdi. Joli mehrob yoniga o‘z o‘g‘illari Meddoks va Paks hamrohligida borgan, Zaxara va Vivyen gul yaproqlarini sochgan, Shaylo va Noks esa uzuklarni keltirgan. To‘y Fransiyadagi Chateau Miraval qo‘rg‘onida 20 nafar eng yaqin qarindoshlar va do‘stlar davrasida bo‘lib o‘tgan. “G‘azab” filmi Ikkinchi jahon urushi haqida hikoya qiladi. Unda bir guruh amerikalik askarlar mardonavor harbiy operatsiya uyushtiradi.
74
923
Madaniyat
Kinematograflar Gollivudning eng omadsiz filmini ma’lum qildi
Disney studiyasining “Jon Karter” (2012-yil) sarguzasht jangari filmi zamonaviy kinematograf tarixidagi eng omadsiz film deb topildi, deb yozmoqda “RIA Novosti”. “Jon Karter” filmidan kadr. Endryu Stenton rejissorlik qilgan Mars xalqining ozodligi uchun kurashgan amerikalik harbiy Jon Karter haqidagi ilmiy-fantastik film ijodkorlari bu filmga marketingni qo‘shib hisoblaganda 363,7 million dollardan ortiq pul sarflagan. Ammo jahon prokatida atigi 284 million dollar to‘plagan. Film ijodkorlari ko‘rilgan zararni kamaytirishga harakat qilgan va turli ushlab qolishlar va hisobdan chiqarishlardan so‘ng moliyaviy yo‘qotishlar 136,6 million dollarni tashkil etgan. Shu sababli “Jon Karter” filmi butun kino tarixidagi eng omadsiz loyiha bo‘ldi. Bunga qadar 20 yildan ortiq vaqt davomida Renni Harlinning “Kallakesarlar oroli” (1995-yil) filmi shunday hisoblanar edi. Film budjeti 98 million dollarni tashkil etgan, jahon prokatida esa atigi 10 million dollar to‘plagandi.
61
973
Madaniyat
Ko‘p marta ko‘rgan bo‘lsangiz ham sevimli multfilmlaringizdagi siz payqamagan holatlar (foto)
AdMe nashri sevimli va qadrdon multfilmlarni yodga olib, ulardagi siz e’tibor bermagan holatlarni to‘pladi. Shrekning hojatxonasidagi yarim oy dastlab ayollar hojatxonasining ramzi bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Ilgari hojatxonalar hatto savodsiz aholi ham tushuna oladigan maxsus piktogramma bilan belgilangan, degan taxmin bor. Yarim oy ayollar hojatxonasida, quyosh esa erkaklarnikida ishlatilgan. Bunday belgilar bir sababga ko‘ra qabul qilingan: qadim zamonlardan beri oy ayollarning, quyosh esa erkaklarning ramziy belgisi hisoblanadi. Yana bir taxmin ham bor: hojatxona eshigidagi kesma shunchaki shamollatish va ayni paytda o‘ziga xos tutqichdir. Bu kesmaning shakli juda muhim emas edi: romb, V yoki yurak shaklidagi tirqishlar ham bo‘lgan. Ammo ommaviy madaniyatning tarqalishi bilan yarim oy kundalik hayotda qo‘llanila boshlandi. Olovuddinning bosh kiyimidagi pat qahramon yolg‘on gapirayotganidan darak beradi O‘zining ijobiy fazilatlari va qahramonligiga qaramay, Olovuddin ham firibgar bo‘lgan. Uning kamchiliklaridan biri — xayolparastlikka moyillik va natijada yolg‘on gapirishidir. Ayniqsa, Olovuddin shahzoda qiyofasida Sulton va Yasmin saroyiga kelganida ko‘p yolg‘on gapiradi. Uning kiyimidagi o‘ziga xos xususiyati — bu yolg‘on gapirayotganidan darak beruvchi sallasidagi katta binafsharang patdir. Olovuddin haqiqatni gapirsa, u o‘z holidek turadi. Ammo qahramon o‘zining uydirma boyliklari, xizmatkorlari va “saroy hayoti mashaqqatlari” haqida gapira boshlasa, pat pastga egilib qoladi, ba’zan esa to‘g‘ri yuziga tushadi. “Maxluqlar uyushmasi”dagi Bu “Sohibjamol va maxluq” multfilmidagi qo‘shiqni kuylaydi Salli Buni hojatxona eshigi yonida kutib turganda, qizcha g‘o‘ldirab, qo‘shiq kuylaydi. Ushbu qahramonga ovoz bergan aktrisa Meri Gibbs mualliflik huquqi bilan bog‘liq muammolar tufayli dublyaj paytida original qo‘shiqdan foydalana olmaganini tan oladi. Multfilm ijodkorlari Meri tomonidan ijro etilgan tasodifiy ohanglar to‘plamini yozib olishadi va eng yaxshi qismini tanlashadi. Agar multfilmning asl nusxasini tomosha qilsangiz, Bu qo‘shig‘ining bir qismi “Sohibjamol va maxluq” filmining asosiy saundtreki bo‘lmish Tale as Old as Time’ni eslatadi. “O‘yinchoqlar tarixi” multfilmidagi kovboy Vudi o‘rta yoshli erkak “O‘yinchoqlar tarixi-2”da Vudi o‘zining o‘tmishi – 1950-yillarda qo‘g‘irchoq multfilmlari seriyasida paydo bo‘lganligi haqida bilib qoladi. Taxminlarga ko‘ra, birinchi qismda voqealar 1995-yilda (multfilm chiqqan yili), uchinchi va to‘rtinchi qismlarda esa 20 yildan keyin sodir bo‘ladi. Bu shuni anglatadiki, Vudi 40 yoshdan oshgan. Multfilmlar seriyasining oxirida u 60 yosh atrofida bo‘lishi kerak. “Sohibjamol va maxluq” multfilmidagi Bellning kitobi qahramonning taqdiriga ishora qiladi Multfilm boshida Bell favvora yonida o‘tirib, qo‘shiq kuylaydi. Yangi kitobining sahifalardan birida qaysidir ma’noda kelajakdagi sujetni bashorat qiladigan rasmni ko‘rish mumkin. Rasmda qirol qal’asi oldida qora sochli qiz va yigit tasvirlangan. “Jirkanch men” multfilmidagi Gruning qizlari uning uchta asosiy minioniga o‘xshaydi Diqqat bilan qarasangiz, Gruning qizlari uning uchta asosiy minioni — Kevin, Styuart va Bobga o‘xshashligini ko‘rish mumkin. Qizlar ularga nafaqat hajmi va tashqi ko‘rinishi, balki xarakteri bilan ham mos keladi. Margot, Edit va Agnes Gruning asrab olingan qizlari ekanligini hisobga olsak, bu bosh qahramon ongsiz ravishda unga eng sevimli minionlarini eslatgan qizlarni asrab olishga qaror qilganidan dalolat beradi. Diego suvdan faqat “Muzlik davri”ning ikkinchi qismida qo‘rqadi “Muzlik davri - 2: Global isish” multfilmida tomoshabinlar sujetdagi xatolikni payqab qolishdi. Franshizaning bu qismida Diyego to‘satdan suvdan qo‘rqib qoladi. Ha, u hatto Sid masxara qiladigan ko‘lmakka tushishdan ham cho‘chiydi. Biroq birinchi qismda Diyego suvdan qo‘rqmaydi. U multfilm avvalida ona va qizni ta’qib qilganda daryo bo‘ylab xotirjam yuguradi. Umuman olganda, ikkinchi qismda ham suvdan qo‘rqish tushunchasi aslida noto‘g‘ri, chunki yo‘lbarslar tug‘ilgandayoq suza olishadi.
93
4,050
Madaniyat
Instagram: Mardon Mavlonov xonadonidagi dabdabali to‘y, singlisini uzatayotgan Feruza Normatova, yana ota bo‘ladigan SanJay
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. Shohjahon Jo‘rayev yana bir bora folloverlaridan otasi uchun duo so‘radi. Hind aktrisasi Dipika Padukone yorqin obrazdagi suratini sahifasiga joyladi. Samarqandlik taniqli xonanda Mardon Mavlonovning nevarasi sunnat to‘yi gala konsertga aylanib ketdi. Tantanada Gulsanam Mamazoitova, Hosila Rahimova, Farhod Saidov va Yulduz Turdiyeva kabi taniqli san’atkorlar ishtirok etdi. Turkiyalik aktyor Burak O‘zchivit Altin Yildiz brendi uchun fotosessiyada ishtirok etdi. Xonanda SanJayning rafiqasi Alisha farzand kutayotganiga ishora qildi. Bollivud aktyori Amitabh Bachchan koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi dozasini oldi. Aktrisa Feruza Normatova singlisini uzatayotganini ma’lum qildi. Aktrisa Zebiniso Xoliqova turmush o‘rtog‘i bilan to‘yi kuni tushgan suratini sahifasiga joyladi. Xonanda Afsona 1-aprel kuni tug‘ilgan kunini nishonladi. U 33 yoshni qarshi oldi. Lola 2-aprel kuni tug‘ilgan kunini nishonlayotgan onasi Gulnora Yo‘ldoshevani ta’sirli tarzda tabriklab, shaxsiy arxividan videoni ulashdi.
123
1,158
Madaniyat
Rossiyalik xonanda MakSim YTHda jarohatlandi
Marina Abrosimova, MakSim nomi bilan hammaga mashhur bo‘lgan xonanda YTHga uchradi. Bu haqda xonandaning menejeri Margarita Sokolova ma’lum qildi, deb yozadi Sputnik. Uning so‘zlariga ko‘ra, hodisa qo‘shiqchi aeroportga ketayotganda sodir bo‘lgan. Xonanda samolyot reysiga shoshayotgan bo‘lgan. Sokolova so‘zlariga ko‘ra, “eng yomoni” ortda qolgan. Xonada shifoxonada bir oyga yaqin vaqt bo‘ladi. Uning hayotiga hech narsa xavf solmayapti.
44
440
Madaniyat
Yuz o’girilganlar: boykot e’lon qilingan Gollivudning taniqli aktyor va aktrisalari
Kino sanoati ko‘pincha shafqatsizdir. Ijodkorlarning biror janjalga aralashishi yoki tanqidga duch kelishi bilan uzoq vaqt davomida ishini yo‘qotish xavfi mavjud. Grazia nashri ana shunday muammolar tufayli boykot e’lon qilingan Gollivudning mashhur aktyor va aktrisalarini sanab o‘tdi. Jonni Depp Mashhur Gollivud aktyori Jonni Deppning karyerasidagi muammolari uning Ember Xyord bilan shov-shuvli ajrashishi natijasida boshlandi. Aktrisa sobiq erini zo‘ravonlikda ayblab, sudga berdi. Depp sud jarayonida yutqazdi — sud uni xotinini kaltaklaganlikda aybdor deb topdi. Shundan so‘ng Deppga nisbatan rad javoblar berila boshladi. Mashhur studiya Warner Bros. shartnomasini bekor qildi va “Fantastik hayvonlar” franshizasida suratga tushish ishlari to‘xtatildi. Disney ham shunday ish tutdi. Depp ishtirokidagi “Buyuk” filmi uzoq vaqt davomida AQSHda MGM studiyasi tashabbusi bilan namoyish etilmadi, ular ham aktyorni boykot qilishga qaror qildi. Shov-shuvli sud jarayoni tufayli Depp aybdor bo‘lib chiqdi: uning nafaqat obro‘siga putur yetdi, balki moliyaviy tomondan ham jiddiy zarar ko‘rdi. Biroq aktyor taslim bo‘lmadi va sobiq rafiqasiga qarshi da’vo arizasi bilan chiqdi. Raqifasini tuhmatda ayblagan aktyor bu safar sudda yutib chiqdi. Yuqori darajadagi sud jarayonidan so‘ng, bir qancha yirik kompaniyalar Jonni bilan ish boshladi: endi u kino va reklamaga faol chaqirilmoqda. Lekin eng asosiysi, u o‘z obro‘sini tikladi. Ember Xyord Sobiq turmush o‘rtog‘ining mag‘lubiyati bilan bu tartibsizliklarni boshlagan Ember Xyord o‘zi o‘tirgan shoxni kesib tashladi. Bir necha yil oldin u o‘zining ajoyib g‘alabasini nishonlagandi. Sobiq eriga keyinchalik yutqazgan yulduz bankrotlik yoqasida qoldi. U endi nafaqat sobiq eriga katta miqdorda tovon to‘laydi, balki unga filmlardan ham taklif tushmay qo‘ydi. Qolaversa, “Akvamen 2” filmidan uning ishtirokidagi sahnalar allaqachon olib tashlandi. Armi Xammer Bir yarim yil oldin Armi Xammer katta janjalga aralashib qoldi — u kannibalizm va zo‘ravonlikda ayblandi. Shundan so‘ng u aktyorlik karyerasini unutishiga to‘g‘ri keldi. Xammer Kayman orollariga ko‘chib ketdi va u yerda sotuvchi sifatida ish boshladi. Aktyorning badavlat qarindoshlari ham undan yuz o‘girdi. Afsuski, bir vaqtlar mashhur bo‘lgan Xammer nafaqat obro‘sini tiklash va o‘z karyerasiga qaytish, balki qanday qilib pul topish haqida ham o‘ylashi kerak edi. Ammo dunyo yaxshi odamlardan holi emas. Xammerdan do‘sti va hamkasbi Robert Dauni yordamini ayamadi. To‘g‘ri, unga nisbatan boykotlar hali olingani yo‘q, lekin hech bo‘lmaganda uning yashash joyi bor. Kevin Speysi Bir necha yil oldin Kevin Speysi ustidan zo‘ravonligi to‘g‘risida ayblovlar e’lon qilindi. Natijada “Kartalar uyi” serialining ijodkorlari aktyor bilan ishlashdan bosh tortdi va uning qahramonini o‘ldirishdi. O‘sha paytda suratga olingan yangi film va teleseriallarda ishtirok etgan sahnalari faol ravishda kesila boshlandi. Aktyorning karyerasi barbod bo‘ldi — u uzoq vaqt ekranlarda ko‘rinmadi. Shunga qaramay, Speysi Gollivudda bo‘lmasa ham, kinoga qaytdi. Aktyor italiyalik rejissor Franko Neronning filmida bosh rolni ijro etdi. Biroq Speysi yana muammoga duch keldi, u yana zo‘ravonlikda ayblandi. Mel Gibson Mel Gibson 2006-yilda mast holda mashina haydagani uchun hibsga olingan.  Keyin aktyor va rejissor antisemitizmga qarshi kurashishga kirishdi, bu esa katta janjalga sabab bo‘ldi. Gollivudda unga nisbatan bir necha yil boykot e’lon qilindi. Shuning uchun ham to‘rt yil davomida aktyor filmda suratga tushmadi. Keyin u asta-sekin kinoga qaytishni boshladi, ammo yangi janjal paydo bo‘ldi. Internetda Gibson o‘zining sobiq sevgilisi, to‘qqiz farzandidan birining onasi — Oksana Grigorevaga qasos bilan tahdid qilgan va irqchilikka yo‘l qo‘ygan, degan xabarlar paydo bo‘ldi. Janjallarga qaramay, Gibson Gollivudga qaytdi. Ammo uning o‘tmishi mudom aktyorga eslatib turiladi.
83
3,880
Madaniyat
Selin Dionning akasi Daniel saraton xastaligidan vafot etdi
Kanadalik xonanda Selin Dionning akasi, taniqli musiqachi Daniel Dion 16-yanvar, shanba kuni 59 yoshida saraton xastaligidan vafot etdi. Bu haqda Le Journal De Montreal xabar bermoqda. Klodett, Daniel va Jislen Dion. Dionlar oilasidagi 14 nafar farzandning sakkizinchisi bo‘lgan Daniel yaqinlari, jumladan, 89 yoshli onasi Tereza Dion qurshovida olamdan o‘tdi. Uning ikki qizi qolgan. Eslatib o‘tamiz, bundan ikki kun avval, 14-yanvar kuni Selin Dionning turmush o‘rtog‘i Rene Anjelil ham 73 yoshida saraton kasalligi tufayli hayotdan ko‘z yumgandi.
59
551
Madaniyat
Instagram: “‘Zamministr’ning ikkinchi xotini”dan jarimaga sabab bo‘lgan video, Feruza Jumaniyozova ustidan pul sochishdi, Shahlo Zoirova qanday avtomobil boshqaradi?
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. Ozoda Nursaidova yaqin dugonasi bilan diydorlashdi. Munisa Rizayeva va Moon Band’ning “Qaytmaydi kech” duetiga klip suratga olinmoqda. Klipda murakkab tryuklarni Munisa Rizayevaning o‘zi bajarmoqda. Xonanda Lola “Istalgan ofatning davosi — vaqt va sukutdir” demoqda. “Bravo” kulgi jamoasi a’zosi Shahlo Zoirova davlat raqami 111 LA bo‘lgan oq Malibu avtomobilini boshqarishi ma’lum bo‘ldi. Javohir Zokirov hamkasblarini kino kuni bilan tabrikladi. Bahrom Nazarov “Mashalloh” deb nomlangan qo‘shig‘iga ishlangan klipni taqdim etdi. Klipda bosh rollarni Ali Otajonov, Feruza Normatova hamda raqqosa Parizodaning qizlari ijro etgan. Zarina Nizomiddinova yangi obrazdagi suratini sahifasiga joyladi. “Devochka, stop” xit qo‘shig‘i ijrochisi Arsen Shaxuns Toshkentga keldi. Sevara Nazarxon pandemiya haqida mulohaza yuritdi. “‘Zamministr’ning ikkinchi xotiniman” deya ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo‘lib ketgan aktrisa Madina Eshonqulovaning yangi murojaati paydo bo‘ldi. Unda aktrisa YPX xodimlariga qanday qilib “‘Zamministr’ning ikkinchi xotiniman” deb yuborganini o‘zi ham tushunmay qolgani haqida gapiradi. Shuningdek, u ushbu holat tufayli mashhur bo‘lib ketganidan xursand ekanligini ham yashirmaydi. Keyinroq ushbu video uchun Madina Eshonqulovaning avtomobili jarima maydonchasiga joylashtirildi. “Sarbon” guruhi yakkaxoni Farhod Saidov sobiq sozandasining o‘limi munosabati bilan ta’ziya bildirdi. Sariq bola taxallusi bilan mashhur bo‘lgan Jahongir Xo‘jayev san’atkor qizga uylanish niyati borligi haqida so‘zlab berdi. Shuningdek, u onasining qanchalik band bo‘lmasin, uydagi ishlarni o‘zi qilishi haqida ham so‘zlab berdi. Bemor yotgan Otabek Mahkamov ahvoli haqida ma’lumot berdi hamda og‘riqni qanday yengayotgani haqida so‘zlab berdi. “Bravo” a’zosi Tolibxo‘ja Hakimov to‘yida Abdulla Qurbonovning ona haqidagi ta’sirli qo‘shig‘i sadolari ostida volidasiga sovg‘a berdi. Kutilmagan holatdan hayajonlangan ona quvonch ko‘z yoshlarini to‘kdi. Ziyoda turmush o‘rtog‘i bilan Istanbulda dam olmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda Feruza Jumaniyozovaning ustidan pul sochilayotgani aks etgan to‘y videosi tarqalmoqda. Ra’no Shodiyevaning qizi Raxshonaning to‘yidan avval e’lon qilinmagan video paydo bo‘ldi. Unda aktrisaning turmush o‘rtog‘i va qizining Shohruxxonning qo‘shig‘iga vals tushayotganini ko‘rish mumkin. Turkiyaga kelin bo‘lgan aktrisa Nargiza Salmonova turmush o‘rtog‘i bilan sayohat qilmoqda.
165
2,552
Madaniyat
Instagram: Tug‘ilgan kunini nishonlagan Shahzoda Matchonova, yangi mashinali bo‘lgan Aziza Xalilova, farzandli bo‘lgan Yulduz Nizomova
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. Xonanda Yulduz Nizomova ilk bor ona bo‘ldi. Aktrisa Nargiza Salmonova yangi surati bilan ko‘rinish berdi va turmush o‘rtog‘i bilan Turkiyaning eng mashhur viloyatlariga sayohatga chiqqanini, qaynonasi sayohat davomida iste’mol qilishi uchun unga ko‘p shirinliklar tayyorlab berganini aytdi. Turk millatiga mansub insonga turmushga chiqqan aktrisa 8-avgustda turmush o‘rtog‘i bilan to‘yiga to‘rt yil bo‘lganini ma’lum qildi va u bilan tushgan arxiv suratini e’lon qildi. Aktrisa Aziza Xalilova Tesla avtomobilini sotib olganini ma’lum qildi. Xonanda Ulug‘bek Rahmatullayev sahifasiga yangi suratini joyladi va muxlislariga insondagi har bir qiyinchiliklar o‘zi bilmagan savoblar ekanini aytdi. Muqaddas Sa’dullayeva qaynsinglisining to‘yiga borgani aks etgan videoni muxlislariga ko‘rsatdi. Durdona Qurbonova suratga olish jarayonlariga borayotgani aks etgan videoni sahifasiga joyladi. Bollivudning dunyoga mashhur yosh aktrisalaridan biri Aliya Bhatt muxlislariga yangi suratini ko‘rsatdi. O‘zbekiston xalq artisti Teshavoy Mo‘minov nevarasini uylantirdi, aktyorning hamkasblari Ra’no Yarasheva va Muqaddas Xoliqova uning nevarasiga baxt tiladi. Xonanda Bunyodbek Saidov Sankt-Peterburg shahrida tushgan suratini sahifasiga joyladi va muxlislarining qayerlik ekani bilan qiziqdi. Aktrisa Barchin G‘ofurova “Baxt ovchisi” serialining ikkinchi mavsumida rol ijro etayotgani aks etgan videoni muxlislariga namoyish qildi. Yulduz Turdiyeva hordiq chiqarish maqsadida xorijiy mamlakatlardan biriga jo‘nab ketdi. Yulduz Usmonova Samarqanddagi to‘y xizmatlarining birida raqsga tushdi. Tomoshabinlarga “Sevgi iztirobi” serialidagi roli orqali tanish bo‘lgan turkiyalik aktrisa Neslihan Atagul yangi suratini obunachilariga namoyish qildi. Aktrisa Shahzoda Matchonova onasiga tug‘ilgan kunida minnatdorchilik tariqasida guldasta sovg‘a qildi. Bundan tashqari u tug‘ilgan kunini shou-biznes olamidagi yaqinlari bilan nishonlagani aks etgan videoni e’lon qildi. Aktrisaning tug‘ilgan kunida Nasiba Abdullayeva, Sevara Nazarxon, Afruza qo‘shiq kuylagan. Munisa Rizayeva o‘zi uchun yaratilgan yangi makiyajni namoyish qildi.
134
2,263
Madaniyat
Tort, kompyuter o‘yinlari va mashhur yulduzlar yaxshi ko‘radigan boshqa narsalar (foto)
Shou-biznes vakillarining ham kasbiy faoliyatidan tashqari, boshqa qiziqishlari bo‘lishi tabiiy. Kim Kardashyan Model fastfud va shirinliklarni yaxshi ko‘radi, deb kim ham o‘ylabdi deysiz? Kim Oreo shirinligini hamma narsadan ham ko‘proq yaxshi ko‘radi. Beyonse Konsert va qo‘shiq yozishdan bo‘sh vaqtlari xonanda onlayn o‘yinlar o‘ynashni yaxshi ko‘radi. Anonim o‘ynagani uchun hech kim bu Beyonse ekanligini xayoliga ham keltirmaydi. Poker uning eng yaxshi ko‘rgan o‘yinlaridan. Rianna Xonanda san’at asarlarini nafaqat tomosha qilish, balki kolleksiya qilish, shuningdek, tatuirovka qilishni ham yaxshi ko‘radi. Kameron Dias Dias golf o‘ynashni yaxshi ko‘radi. Buni unga sobiq qaylig‘i Jastin o‘rgatgan. Nikol Kidman Nikolning esa shirinliklarga suyagi yo‘q. U hafta davomida bir necha marotaba pirojniy yoki tort yeyishi mumkin. Robert Pattinson Aktyor shanba kunlari The Antiques Roadshow teleshousini tomosha qilishni, qolaversa, shakarsiz kola ichishni yaxshi ko‘radi. Emma Uotson Emmaning ajoyib qiziqishi bor. U bolaligidan o‘qish va o‘rganishni yaxshi ko‘radi. Ben Afflek Pokerning taniqli o‘yinchisi bo‘lgan aktyor ushbu o‘yindan 350 mingdan ortiq mablag‘ topgan.
87
1,182
Madaniyat
Yulduzlarga xos bo‘lmagan xislat: Oddiy hayot kechiruvchi mashhurlar
Barcha mashhurlar ham hashamatli hayot kechirmaydi. Mopster nashri shohona hayot kechirishga boyligi bo‘lsa-da, biroq oddiy hayotni ma’qul ko‘rgan yulduzlar haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi. Jennifer Lourens ayni vaqtda Gollivudning talabgor aktrisalaridan biri bo‘lishiga qaramay, u mashhurlikka berilib o‘zidan ketib qolmagan. U qimmat uy va avtomobillar sotib olishga berilib ketmagan. Ixtiyorida Los-Anjelesdagi oddiy kvartira va tejamkor Volkswagen hamda Chevrolet bor. Shuningdek, Jennifer boshqa “yulduzlar” kabi butiklarda yurishni emas, oddiy do‘konlarni ma’qul ko‘radi. “Shafqatsiz o‘yinlar” va “Skubi-Du” kabi filmlar orqali mashhurlikka erishgan aktrisaning ikki nafar farzandi bor. U turmush o‘rtog‘i kichik shahzoda Freddi bilan ommaga ko‘rinish beravermaydi. Ularning boyligi taxminan 15 million dollarga teng, biroq oila juda oddiy hayot kechirishadi. Sobiq model va “Amerikancha top-model” shousiga asos solgan Tayraning boyligi 75 million dollarga teng, biroq u pullarini bekordan-bekorga sarflashga shoshilmaydi. U biror nima sotib olishni rejalashtirayotganida “kerak” yoki “kerak emas” tomonlarini o‘zaro tarozida tortib ko‘radi. Gollivud aktyorining davlati 200 million dollarga baholangan, biroq u 2,4 million dollarga orol sotib olganini aytmasa aytarli pul sarflamagan. Uning ixtiyorida bitta avtomobil mavjud. Bundan tashqari u xayriya ishlari faol qatnashadi va atrof-muhit himoyachisi hisoblanadi. Shuningdek, Leo Afrikada ichimlik suvini tozalash bo‘yicha loyihada ishtirok etib, 500 ming odamni hayotini saqlab qolishga harakat qiladi. Yeva kambag‘al meksikaliklar oilasida tug‘ilgan va och qolgan vaqtlarini juda yaxshi eslaydi. Uning hisobida 35 million dollar atrofida mablag‘ bo‘lishiga qaramasdan Yeva pullarni ehtiyot qiladigan ayol hisoblanadi. “O‘rgimchak odam” filmi bilan mashhurlikka erishgan Tobi juda oddiy hayot kechiradi. Intervyulardan birida u barcha pullarni isrof qilib yuborib, keyin pul uchun kinoda suratga tushishni istamasligini ma’lum qilgan. Texaslik Renening so‘zlariga ko‘ra, ular yoshligida juda oddiy hayot kechirishgan va otasi doim unga tabiatni va resurslarni asrash kerakligini uqtirgan. Hozirda Renening kattagina boyligi bo‘lishiga qaramay, u hashamatda yashamaydi.
68
2,241
Madaniyat
​Buyuk Britaniyaning Bodlean kutubxonasidan Navoiyning beshta qo`lyozmasi topildi
10-11 dekabr kunlari O`zbekistonda “O`zbekiston madaniy merosi jahon to`plamlarida” loyihasining 2018 yil yakunlari va "Yo`l xaritasi-2019"ni ishlab chiqishga bag`ishlangan xalqaro multimedia forumi bo`lib o`tadi. O`zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari Milliy assosiasiyasi tashabbusi bilan o`tkazilayotgan ushbu nufuzli anjumanda mamlakatimizdan va dunyoning turli mamlakatlaridan300 dan ortiq olimlar, mutaxassislar, ekspertlar ishtirok etishi kutilmoqda. Anjumanda xorijiy mamlakatlarning kutubxonalari, muzeylari, ilmiy muassasalari, shaxsiy kolleksiyalaridan topilgan yangi osori atiqalar haqida batafsil ma`lumot beriladi. Ana shunday nodir topilmalardan biri mutafakkir Mir Alisher Navoiyning Buyuk Britaniyadan topilgan, uning tiriklik paytida ko`chirilgan noyob qo`lyozmalaridir. Bu haqda batafsilma`lumot olish uchun O`zEOAVMA raisi, “O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida” loyihasi rahbari Firdavs Abduxoliqovga murojaat qildik. — Mazkur qo`lyozmalar “Hamsa” beshligi tarkibiga kirgan, alohida muqovalangan dostonlar bo`lib, XV asr oxiri–XVI asr boshlaridan Hirotda, temuriy shahzoda, Husayn Boyqaroning katta o`g`li Badiuzzamon Mirzo topshirig`iga ko`ra Alisher Navoiyga tuhfa qilish uchun ko`chirilgan, - deydi Firdavs Abduxoliqov. — Bu qo`lyozmalar Buyuk Britaniyaning Oksford shahridagi Bodlean kutubxonasidasaqdanmoqda. Biz bu erda faqat to`rtta dostonni topa oldik. Demak, ulardan yana biri qaerdadir bo`lishi kerak. Kitoblar juda chiroyli bezatilgan, alohida did va mahorat bilan ko`chirilgan. Qo`lyozmalar Navoiy asarlarining asosiy kotibiSulton Ali Mashhadiy tomonidan ko`chirilgan, miniatyuralar Kamoliddin Behzod tomonidan ishlangan bo`lishi haqiqatga yaqin. Hali bu asarlar tegishli mutaxassislar tomonidan jiddiy o`rganilishi, tadqiq etilishi lozim. Chunki biz bu topilmalar haqida taniqli navoiyshunos olimlarimizga aytganimizda,ular hayratda qolishdi. Demak, shu paytgacha bu qo`lyozmalar adabiyotshunoslarimiz uchun sir bo`lib kelgan. Biz kelgusida albatta buyuk bobolarimizga tegishli bu javohirlarning asliyatdan qolishmaydigan faksimile nusxalarini tayyorlab, Vatanimizgatuhfa etamiz. Eslatib o`tamiz: 10-11 dekabr kunlari bo`lib o`tadigan xalqaro forum doirasida xorijiy mamlakatlardan saqlanayotgan “Katta Langar Qur`oni”, “Devoni Husayniy”, “Me`rojnoma”, “Zafarnoma”, “Temur tuzuklari”, “Ravzatus-safo” kitoblari namoyish etiladi.
81
2,384