folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Madaniyat
HBO “Donald Trampning Hillari Klinton ustidan erishgan aqlbovar qilmas g‘alabasi” haqida serial oladi
Amerikaning HBO kabel tarmog‘i 2016-yilgi AQSh prezidenti saylovi haqida miniserial suratga oladi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda. Teletarmoq matbuot xizmati tomonidan tarqatilgan xabarnomada qayd etilishicha, serial “Donald Trampning Hillari Klinton ustidan erishgan dramatik va aqlbovar qilmas g‘alabasi”ga bag‘ishlanadi. Serial jurnalistlar Mark Xelperin va Jon Xeylimanning hali chop etilmagan kitoblari asosida suratga olinadi. Bu jurnalistlar 2008 va 2012-yilgi saylovlar haqida ham kitob yozgan. 2008-yilgi saylovga bag‘ishlangan kitob asosida HBO tarmog‘i “O‘yin o‘zgardi” (“Game Change”) filmini suratga olgan bo‘lib, unda aktrisa Juliana Mur prezidentlikka nomzod Sara Peylin rolini o‘ynagan. Film beshta “Emmi” mukofotini qo‘lga kiritgan. Serialning premyera sanasi, nomi va unda qaysi aktyorlar suratga tushishi haqidagi hozircha aniq ma’lumotlar yo‘q. Serialga Jey Rouch rejissorlik qiladi, Tom Xenks va Gari Gotsman prodyuser sifatida qatnashadi. Ularning bari “O‘yin o‘zgardi” filmi ustida birgalikda ishlagan. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
101
1,100
Madaniyat
«Matizning sarguzashtlari» - yangi animasion film ustida ish boshlandi
Hozirda multfilmning dastlabki 6 ta qismi bo`yicha ishlar boshlab yuboridi. Yil so`ngiga qadar ushbu yangi multfilmni bolajonlar e`tiboriga taqdim etish rejalashtirilgan.
70
170
Madaniyat
Tom Xenks koronavirusga qarshi vaksina uchun qon berdi
Gollivud aktyori Tom Xenks va uning rafiqasi Rita Uilson koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqishga donor bo‘ldi, deb yozadi Independent. Mart oyida koronavirusni boshdan kechirgan juftlikning qonidagi virusga qarshi antitana olimlarga vaksina yaratishga yordam berishi mumkin. “Javobni kutyapmiz”,  — deydi aktyor. Rita Uilson intervyulardan birida kasallik vaqtida qanday simptomlarni boshdan kechirgani haqida so‘zlab berdi. Ayolning so‘zlariga ko‘ra, unda kuchli holsizlik, yuqori tana harorati kuzatilgan, unda ta’m va hid bilish qobiliyati yo‘qolgan. Tom Xenksda esa tana harorati me’yorida bo‘lgan, hid va ta’m bilish qobiliyati ham yo‘qolmagan.
54
656
Madaniyat
“Sahnadagi tank, Makgregorga aylangan Alisher”. “Million” jamoasining o‘n bir kunlik konsert dasturidan fotoreportaj
“Million” jamoasining Xalqlar do‘stligi san’at saroyidagi o‘n bir kunlik konsert dasturi nihoyasiga yetdi. Dasturning eng qiziq jarayonlardan iborat fotojamlanmani e’tiboringizga havola etamiz. “Million” jamoasi o‘zining yangi dasturida jamiyatdagi muammolarga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlarini ham taqdim etdi. Ikkinchi jahon urushi davri haqidagi chiqishda esa, sahnada o‘sha davr muhitini beradigan dekoratsiyalar paydo bo‘lishini va tank kirib kelishini hech kim kutmagan edi. Jamoa vakili Ma’ruf Nosirov parashutchi bo‘lib osmondan tushib kelishi ham kutilmagan chiqish bo‘ldi. Habib Nurmagomedov hamda Konor Makgregor jangi ham “Million” jamoasi tomonidan qayta sahnalashtirildi. Hattoki Habib Nurmagomedov hamda Konor Makgregor jangidan keyingi jang ham sahnalashtirildi. “Million” jamoasining bu galgi konsert dasturida aktyor va rejissor Javohir Zokirov ham chiqish qildi.
116
887
Madaniyat
Toshkentda “San’at g‘unchalari” XIX respublika tanlovi o‘tkazilmoqda
2017-yil 27—29-aprel kunlari Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa va san’at akademik litseyida damli va zarbli cholg‘u ijrochilarining “San’at g‘unchalari” XIX respublika tanlovi o‘tkazilmoqda. Bu haqda Bahodir Qurbonov “Daryo”ga ma’lum qildi. Mazkur tanlovda an’anaviy tarzda bolalar musiqa va san’at maktablari o‘quvchilari hamda Madaniyat vazirligi tasarrufidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa va san’at akademik litseylarning 5—9-sinf o‘quvchilari ishtirok etmoqda. Ushbu tanlov yosh ijrochilarning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ijrochilik ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish, jahon mumtoz bastakorlarning asarlari, o‘zbek va boshqa xalqlar bastakorlari kuylaridan bahramand bo‘lishi uchun qulay sharoitlar yaratish, shuningdek, o‘zbek musiqa madaniyatini yuksak darajaga ko‘tarish hamda o‘zbek milliy san’atini dunyo sahnalariga olib chiqish va iqtidorli yoshlar ijodini targ‘ib etish maqsadida o‘tkazilmoqda. Tanlovning hududiy saralash bosqichlari joriy yilning 18—19-aprel kunlari respublikaning barcha hududlarida yuqori saviyada o‘tkazilib, unda jami 360 nafar yosh ise’dod sohibi ishtirok etdi. Ishtirokchilarning 137 nafari Respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. “San’at g‘unchalari” XIX respublika tanlovida ishtirok etayotgan ijodkorlar yoshga ko‘ra kichik (11—13 yosh) va katta (14—15 yosh) guruhlarga bo‘linadi hamda qo‘yidagi nominatsiyalar bo‘yicha ishtirok etadi. Kichik guruhda o‘nta: fleyta, gaboy, klarnet, saksafon (alt), fagot, truba, valtorna, tenor-bariton, tuba, zarbli cholg‘u. Katta guruhda 11 ta: fleyta, gaboy, klarnet, fagot, saksafon (alt), saksafon (tenor), truba, valtorna, trombon, tuba, zarbli cholg‘u. Tanlovning tantanali ochilish marosimi 2017-yil 27-aprel kuni soat 10:00 da bo‘lib o‘tdi. Yopilishi va gala konsert 29-aprel kuni soat 10:00 da O‘zbekiston davlat konservatoriyasining katta zalida bo‘lib o‘tadi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
68
1,956
Madaniyat
Makoley Kalkin va Barbara Brilska: Yangi yilda hamma sevib tomosha qiladigan filmlar qahramonlari hozir qanday ko‘rinishda? (foto)
Yangi yil filmlari bayram oldidan shovqin-suronda yetishmayotgan o‘sha sehrli kayfiyatni yaratadi. Har yili sevib tomosha qilinadigan kartinalardan ba’zilari 18 yoshdan oshgan. Bolaligida suratga tushgan aktyorlar ulg‘aygan, kattalar esa tanib bo‘lmas darajada o‘zgargan yoki kasbini o‘zgartirgan. Yangi yil filmlarining yulduzlari qanday ko‘rinishda va ular hozir nima bilan shug‘ullanayotgani haqida quyidagi maqolada tanishib chiqing. Makoley Kalkin Albatta, hamma Makoley Kalkinni “Uyda yolg‘iz” filmi qahramoni sifatida eslaydi. Ushbu kartina 1990-yilda suratga olingan va hanuzgacha har yili qishki ta’til paytida namoyish etiladigan klassik film hisoblanadi. Komediya Kalkinning hayotini butunlay o‘zgartirdi: u chinakamiga mashhurlikka erishdi, istiqbolli yosh aktyor sifatida nufuzli kinomukofotlarga sazovor bo‘ldi va “Eng yaxshi bosh rol” nominatsiyasida “Oltin globus” mukofotiga nomzodligi qo‘yildi. O‘sib-ulg‘aygach, Makoley suratga tushishni xohlamasligini tushundi. U The Pizza Underground kaver-guruhiga asos soldi, uch yildan so‘ng guruh tarqalib ketdi va shundan so‘ng dijeylik faoliyatini boshladi. Aytgancha, Makoley Kalkinning giyohvandlikka moyilligi haqida ham mish-mishlar tarqaldi, ammo u bu muammoni yengishga muvaffaq bo‘ldi. Jo Peshi Kalkinning “Uyda yolg‘iz” filmida salbiy qahramonlardan birini o‘ynagan Jo Peshini tanimaydigan odamni topish qiyin. Ilgari Peshi jangovar filmlar va dramalarda o‘ynagan, shuning uchun “Uyda yolg‘iz” oilaviy komediyasi uning uchun yangi tajriba bo‘ldi. Aytishlaricha, bu rol aktyor uchun oson bo‘lmagan: u doimo kichkina Makoleyni tuta olmaganda haqoratli so‘zlarni aytib yuborgan. Shundan so‘ng film rejissori Kris Kolumb Peshidan tiliga ehtiyot bo‘lishini maslahat bergan. 76 yoshga kirgan Jo Peshi filmlarda rol o‘ynashda davom etmoqda, ammo u loyihalarni sinchkovlik bilan tanlab oladi. Aktyor suratga tushgan so‘nggi film “Irlandiyalik” bo‘lib, unda Robert De Niro va Al Pachino bilan birgalikda rol ijro etgan. Elison Porter Elison Porter 10 yoshida jingalak soch Syu rolini o‘ynadi. Film shu qadar mashhur bo‘ldiki, jingalak sochli barcha chaqaloqlar Syu deb atala boshlandi. Biroq suratga olish ishlari tugagandan so‘ng yosh aktrisa o‘z karyerasida tanaffus qildi, chunki u ta’lim olishi kerak edi. Maktabni bitirganidan so‘ng Elison kino emas, balki sahna uchun yaratilganligini tushundi. Keyinchalik u spirtli ichimliklar va giyohvand moddalar bilan bog‘liq muammolarga duch keldi, ammo Porter ular bilan muvaffaqiyatli kurashdi va 2016-yilda u Amerikaning “Golos” shousida ishtirok etdi. Kristina Agileraning jamoasiga qo‘shilganidan va shouning o‘ninchi mavsumida g‘alaba qozonganidan so‘ng, Amerikadagi eng mashhur vokalchilardan biriga aylandi. Elison hozir 37 yoshda, oila qurib, ikki farzandini tarbiyalab kelmoqda. Natalya Sedix Rejissor Aleksandr Rou tomonidan suratga olingan “Ayozbobo” ertak-filmi Sovet Ittifoqi yosh tomoshabinlari va ularning ota-onalari uchun eng sevimli Yangi yil filmlaridan biridir. Ushbu loyihada ishtirok etgandan so‘ng Natalya Sedix boshqa filmlarda rol o‘ynash uchun ko‘plab takliflarni oldi, ammo ularni rad etdi, chunki o‘qishi uning uchun birinchi o‘rinda edi. Boshni aylantiradigan darajadagi muvaffaqiyatga qaramay, aktrisa mashhurlik haqida o‘ylamadi. Uning xayoli faqat balet bilan band edi, o‘sha paytda u teatrda ishlar edi. Keyinchalik qiz kinodagi karyerasini yakunlashga qaror qildi va aktyorlar bazasidan olib tashlanishini so‘radi. Oradan biroz vaqt o‘tib, aktrisa epizod rollarni ijro etdi. 2007-yilda rejissor Svetlana Proskurina “Yilning eng yaxshi vaqti” dramasiga teatr sahnasini allaqachon tark etgan Sedixni bosh rolga taklif qildi. Sevgi uchburchagi haqidagi mazkur film Andrey Tarkovskiy nomidagi “Ko‘zgu” kinofestivalining tanlov dasturida ishtirok etdi. Endilikda Natalya filmlarda rol o‘ynamadi, ijtimoiy tadbirlarda ham ko‘rinmadi. Xyu Grant Yangi yil melodramasi sanalgan “Haqiqiy muhabbat” 2003-yilda chiqarilgan. Xyu Grant filmda o‘z kotibiga oshiq bo‘lgan bosh vazir rolini o‘ynadi. Shundan so‘ng uning faoliyatida tanaffus bo‘ldi. Uning ishtirokidagi o‘sha davr loyihalari orasida muvaffaqiyatli bo‘lmagan “Brijit Jonsning kundaligi” va “Musiqa va so‘z” (Music and Lyrics) romantik komediyasida Dryu Berrimor bilan birga rol ijro etdi. Hozir aktyor 59 yoshda, u teleko‘rsatuv va filmlarda 174 ga yaqin rol o‘ynagan. Uning so‘nggi ishi “Paddingtonning sarguzashtlari 2” filmidagi ishtiroki bo‘ldi. Endilikda Grant ko‘p vaqtini oilasiga bag‘ishlaydi. Barbara Brilska Barbara Brilska 1976-yilda “Taqdir hazili yoki qushdek yengil bo‘ling” deb nomlangan komediya orqali tanildi. Andrey Myagkov va Yuriy Yakovlev bilan birgalikda aktrisa ajoyib uchlikni tashkil etdi. Hozir ham oradan 40 yil o‘tib, film bayramona kayfiyat bag‘ishlamoqda. 78 yoshli Barbara Brilska nabiralari Shimon va Yakub bilan vaqt o‘tkazishni yaxshi ko‘radi va vaqti-vaqti bilan ekranlarda ko‘rinish beradi. Tim Allen 1994-yilda Tim Allen “Santa Klaus” filmida Skott Kelvin rolini o‘ynadi. Aktyor 2002- va 2006-yillarda ushbu oilaviy komediya dramasining davomida ham ishtirok etgan. So‘nggi yillarda Allen filmlarda kamroq ko‘rinish bermoqda. Besh yil oldin u “O‘yinchoqlar tarixi” filmining dublyaj jarayonida ishtirok etgan. 2016-yilda u yana “So‘nggi haqiqiy odam” teleserialidagi Mayk Bakster qahramoni rolini ijro etdi. Aktyor oilaviy hayotida baxtli: uning ikki nafar – Ketrin va Elizabet ismli farzandi bor.
130
5,431
Madaniyat
Bollivudning super yulduziga aylangan raqqosa va raqqoslari (foto)
Bollivudda qo‘shiq va raqs azaldan bir-biriga chambarchas bog‘liq. Shuning uchun ham ayrim kino yulduzlari ilk faoliyatini raqqoslikdan boshlagan. Yulduzlar mashhurlikka erishgandan so‘ng endi orqa fonda emas, balki bosh qahramon obrazida namoyon bo‘lmoqda. Ranvir Singx “Gohi shodlik, gohi g‘am” filmida to‘y sahnasida mashhur aktyorlarning ortida raqs ijro etgan Ranvir Singx hozirda Bollivudning eng iste’dodli va ko‘p qirrali aktyorlaridan biri sanaladi. Shuningdek, aktyor bu darajaga erishishda bir qancha qiyinchiliklarni bosib o‘tdi. Karyerasini raqqoslikdan boshlagan aktyor “Biz yolg‘iz emasmiz” filmidagi taronalarda ham ko‘rish mumkin. Diya Mirza 2000-yil “Osiyo go‘zali” va modelga aylangan Diya Mirza Janubiy Hindiston filmlarida yordamchi raqqosa sifatida ish boshlagan. Uni “Hayotimning nafasi” filimga ishlangan klipda ko‘rish mumkin. Shahid Kapur Hindistonlik mashhur aktyor Bollivuddagi faoliyatini 1990-yillarning oxirida musiqiy kliplarda va reklama roliklarida raqqoslikdan boshlagan. U “Sevgi ritmlari” va “Telba yurak” filmidagi qo‘shiqlarda raqs tushgan. Deyzi Shax “Yashasin, g‘alaba!” filmida Salmon Xon bilan rol ijro etgan aktrisa barchaga tanish bo‘lsa kerak. Aktrisa professional raqqosa sifatida bir necha qo‘shiqlarda raqs ijro etgan. Sushant Singx Rajput Sushant aktyor bo‘lishdan avval filmlarda orqa fonda raqsga tushgan. U taniqli xoreograf Shiamak Davarning raqs guruhida ishlagan. Uni Ritik Roshan, Ayshvariya Ray va Priti Zintalar ijro etgan film kliplarida ko‘rish mumkin. Keyinchalik u kino va televizion aktyor sifatida katta shuhratga erishdi. Afsuski, bugun mahoratli aktyor oramizda yo‘q. Saroj Xon Saroj Xon Bollivuddagi taniqli raqs xoreograflaridan biri. U 2000 dan ortiq qo‘shiqlarni sahnalashtirgan. Ammo u xoreografik karyerasidan avval ko‘plab filmlarda fon raqqosi bo‘lgan. Arshad Varsi Arshad Varsi Bollivudga raqqos sifatida kirib keldi va keyinchalik kino sanoatining eng yaxshi aktyorlaridan biriga aylandi. Aktyorning ijrosini “Olov bilan o‘yin” filmi qo‘shiqlarida ko‘rish mumkin. Fara Xon Fara Xon ko‘plab Bollivud filmlarida xoreografik faoliyati bilan tanilgan. U hind filmlarida 100 dan ortiq raqslarni sahnalashtirgan. Bundan tashqari, u raqqosa sifatida ham ishlagan. Masalan, uni Govinda bilan 1986-yil namoyish etilgan “Baxtli bo‘l” melodramasiga ishlangan klipda ko‘rish mumkin.
66
2,356
Madaniyat
Gollivud yulduzlari o‘z karyerasining boshida qanday ko‘rinishda bo‘lgan? (foto)
Siz-u biz tashqi ko‘rinishiga havas bilan qaraydigan mashhurlar tashqi ko‘rinishi karyerasining boshida hozirgidek mukammal bo‘lmagan. Bunga quyidagi suratlar misol bo‘la oladi. Jennifer Eniston Bugungi kunda Gollivudning eng chiroyli aktrisalardan biri hisoblangan Jennifer Enistonning tashqi ko‘rinishi karyerasining boshida tamoman boshqacha bo‘lgan. Soch turmagi, makiyaj va kiyinish borasidagi tafovutni suratlardan payqash qiyin emas. Anjelina Joli Karyerasining boshida aksari Gollivud aktrisalari tashqi ko‘rinishi jihatidan kulgili va g‘alatiroq ko‘ringan bo‘lishi mumkin, lekin bu ta’rif Joliga begona. G‘aroyib soch turmagi va liboslarga qaramay, Joli avval ham hozirgidek go‘zal va latofatli bo‘lgan. Skarlett Yoxansson Gollivudning eng iste’dodli mallasoch xonimlaridan biri, go‘zal qiyofasi va qomati bilan kishilarni maftun etuvchi Skarlettning 2000-yillarda​gi tashqi ko‘rinishi, hozirgidan farq qilgan. Britni Spirs Britnining tashqi ko‘rinishiga nazar tashlab, uning avvalgi makiyaji va uslubi hozirgidan ko‘ra ko‘proq yarashganini bilish mumkin. Keti Perri Ketining hozirgi va avvalgi suratlari solishtirilsa, boshqa-boshqa odamdek tasavvur paydo bo‘ladi. U karyerasining boshida hozirgidek yorqin bo‘lmagan makiyaj, qaralmagan soch va didsiz liboslar bilan namoyon bo‘lgan. Nikol Kidman Nikol faoliyatining ilk chog‘larida deyarli makiyajsiz, tartibsiz qo‘ng‘iroq sochlar bilan ko‘rinish bergan. Aktrisa o‘zini u vaqtlarda “irkit o‘rdakcha” deb hisoblaganini tan oladi. Uning tashqi qiyofasi, Tom Kruz bilan birgalikdagi chiqishlardan keyin o‘zgargan. Jennifer Lopes Jennifer Lopes karyerasining ilk yillari, jingalak kokillar, qayirma qoshlar va 90-yillarda urf bo‘lgan jigarrang pomadaga bo‘yalgan lablar bilan esda qolgan. Qizig‘i shundaki, Lopesning eski suratlariga nazar tashlab, hozir avvalgidan ham yoshroq ko‘rinishini bilish mumkin.
80
1,870
Madaniyat
“Toshkent” telekanalida “Tugun” nomli yangi milliy detektiv serial namoyish etiladi (foto)
“Toshkent” telekanali ijodiy jamoasi detektiv janridagi “Tugun” nomli yangi milliy serialni tomoshabinlar e’tiboriga havola etishga hozirlik ko‘rmoqda. Bu haqda “Daryo”ga kanal mutasaddilari ma’lum qildi.  O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan hamkorlikda tasvirga olingan ushbu serialning hozirda oxirgi montaj ishlari olib borilmoqda.  24 qismli ushbu serialdan 5 ta alohida film o‘rin olgan. Har bir filmning o‘z tuguni, yechimi bor. Voqealar sodir bo‘lgan real fakt va dalillar asosida yoritilgan. Jinoyatga jazo muqarrarligi sud va tergov materiallariga tayangan holda ko‘rsatib berilgan.  Serialda Erkin Komilov, Gavhar Zokirova, Muqaddas Xoliqova, Muhammadali Abduqunduzov, Ubaydulla Omon kabi taniqli san’atkorlar va yosh aktyorlar ishtirok etgan. Umumiy hisobda 200 ga yaqin aktyor qatnashgan “Tugun” milliy seriali noyabr oyida “Toshkent” telekanalida namoyish etiladi.
90
895
Madaniyat
“Golos” ishtirokchisi yo‘lovchilarni tinchlantirish uchun samolyot bortida qo‘shiq kuyladi
Rossiya Birinchi kanalining “Golos” shousi ishtirokchisi Vladi Blayberg Moskva — Batumi reysi yo‘lovchilarni tinchlantirish uchun kuylab berishiga to‘g‘ri keldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.  Vladi Blayberg. Havo kemasi ekipaji laynerni “Mineralniye Vodi” aeroportida shoshilinch qo‘ndirishiga to‘g‘ri keldi: uchuvchilar bort tizimlari ishida nosozliklarni qayd etgandi.  Blayberg sarosimaga yo‘l qo‘ymaslik uchun qo‘shiq kuylab berishga ijozat so‘radi. Kema komandiri bort aloqasi orqali buni amalga oshirishga ruxsat berdi. Xonanda Yuriy Antonovning “Men eslayman” qo‘shig‘ini ijro etgani bildirilmoqda.
90
616
Madaniyat
Ozod Shukrulloyevning “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida o‘tkazgan ilk stand up konsertidan reportaj (foto, video)
Ijtimoiy tarmoqlardagi hajviy roliklari bilan xalqimizga yaxshi tanish bo‘lgan Ozod Shukrulloyev “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida “Stand up shou” nomli konsert dasturini taqdim etdi. E’tiborlisi shundaki, mazkur dastur katta saroyda namoyish etilgan ilk o‘zbek stand up’i hisoblanadi. Ijodkorning taklifiga ko‘ra, “Daryo” muxbirlari konsertga borib, foto va videoreportaj tayyorladi. — Hayajon bor, ammo bu birinchi kulgidan keyin yo‘qoladi. Bu yilgi konsertda odamlar kutgan kuy-qo‘shiq va oilaviy chiqish ham bor. Ya’ni partnyorim Maftuna va Indira bilan birga ajoyib nomer tayyorlaganmiz, — deydi Ozod Shukrulloyev. Ijodkorni qo‘llab-quvvatlash uchun qiziqchi Zokir Ochildiyev va Elmurod Haqnazarovlar tashrif buyurib, unga omad tilashdi. “Dizayn” jamoasining a’zosi Elmurod Haqnazarov  hamkasbiga omad tilab, uning hazillarini oilaviy tomosha qilish mumkinligini alohida ta’kidladi. Ozod Shukrulloyevning do‘sti va doimiy hamkori Islom Karimov dasturga boshlovchilik qildi. U do‘sti konsert uchun bir yilga yaqin tayyorgarlik ko‘rgani va keyingi konsert bundan-da katta saroyda bo‘lishini tiladi. Indira Miftaxova esa Ozod Shukrulloyev bilan ko‘rsatuv sabab tanishgani, u nafaqat yaxshi plastik jarroh va qalamkash ekanligini ham ta’kidlab o‘tdi. — Ozod Shukrulloyev yaxshi inson va mehnatkash ijodkor. U bir necha yil avval “Uchinchi konsertim ‘Xalqlar do‘stligi’ san’at saroyida bo‘ladi”, deganda hayron bo‘lgandik. Haqiqatan ham shunday bo‘ldi. Undan avvalga ikkita konserti ham “bomba” bo‘lgandi. Quvonarlisi, konsertga nafaqat yoshlar, balki ko‘pni ko‘rgan nuroniy insonlar ham tashrif buyurishgan, — deydi Indira Miftaxova. Ozod Shukrulloyev avvalgi dasturlaridan farqli ravishda bu gal qo‘shiqlar ham ijro etdi. Uning bu galgi konserti “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida o‘tkazilgan ilk stand up bo‘lishiga qaramay, zal tomoshabinlar bilan to‘ldi. Ijodkorning navbatdagi hazillari ham Buxoroda o‘tgan bolaligi, ota-onasi va Toshkentga kelgan kunlari bilan bog‘liq bo‘ldi. Gap-so‘zlari xalqona bo‘lgani uchun tomoshabinlarga yuqori kayfiyat ulasha oldi. Ozod Shukrulloyev partnyori Maftuna Shokirova bilan katta sahnada oilaviy komediyani namoyish etishdi. Ya’ni internetga mukkasidan ketgan er va undan e’tibor kutayotgan ayol. Indira Miftaxova Maftuna Shokirova bilan serial syomkasida tanishib qolgani va shevada yaxshi gaplasholgani uchun uni hamkorlikka taklif etganini ta’kidlab o‘tdi. — Menga pitssa olib berganidan keyin ekrandagi baxti ochilib, omadi yurishib ketdi. Bo‘lmasa, bu rolga boshqa aktrisani olishim ham mumkin edi, — deb kuldi Indira Miftaxova. Konsert avvalidagi chiqishlarda Ozod Shukrulloyevning qattiq hayajonda ekanligini sezish qiyin emasdi. Shu boisdanmi, bu chiqishlar unchalik qiziqarli emasdek tuyuldi. Ammo teatrlashgan tomoshadan keyin Ozod Shukrulloyevning hazillari barchaga manzur bo‘ldi. Haqiqatan uning chiqishlarini bemalol oilaviy tomosha qilish mumkin. Videoni to‘liq holda “Daryo”ning YouTube’dagi kanalida tomosha qilishingiz mumkin. Nargiza Salmonova erining roziligi bilan “Bravo” a’zosi bo‘lgani, afsuslangan roli va Turkiya kinosidagi puxtalik haqida (video) Gul o’rniga pitssa olgan hamda sahnada ustidan suv quyilgan Yorqinxo’ja Umarovning konsertidan reportaj (foto, video) “Qizil olma”dan “Sanamgina”gacha: Yulduz Usmonovaning “80—90-yil хitlari” konsert dasturidan reportaj (foto va video) Musiqiy bilimga ega bo‘lmagan, kliplari hech qachon telekanallarda ko‘rsatilmagan yulduz. Jaloliddin Ahmadaliyevning ilk yakkaxon konsertidan reportaj (foto, video) Sahnani qo‘riqlayotgan Halima va Mansur Agaliyevning ko‘z yoshlari. Yulduz Usmonovaning konsertidan reportaj (video)
115
3,652
Madaniyat
Birinchi sevgisi bilan turmush qurib, baxtli hayot kechirayotgan yulduzlar (foto)
Mashhurlarning ajrashishi va ayrilishi yangilik bo‘lmay qolgani shou-biznesning hamma vakillari ham shunday degan xulosa qilishga sabab bo‘lmasligi kerak. Snoop Dogg va Shante Teylor Asl ismi Kelvin Kordozar Broadus bo‘lgan reper 1997-yilda maktabdoshi Shante Teylorga uylangan, 2021-yilda esa juftlikning turmush qurganiga 24 yil bo‘ladi. Hali oila urib ulgurmasidan 1994-yilda farzandli bo‘lgan. 1996-yil MTV taqdirlash marosimida reper qo‘riqchisi Li Mak-Kinliga o‘q uzgan jinoyatchi Filip Voldemariumni o‘ldirishda ayblanib qamoqqa olingan. 1997-yilda oila qurgan juftlik 2004-yilda ajrashmoqchi bo‘lgan. Shante shunda turmush o‘rtog‘i nimani xohlashini o‘zi ham bilmasligini ta’kidlagan. 4 yildan keyin topishib olgan juftlik boshqa hech qachon ayrilmagan. Mark Sukerberg va Prissilla Chan Filantrop va pediatr Prissilla bo‘lajak turmush o‘rtog‘i bilan Garvard universitetida tanishgan. 2003-yil ziyofatlardan birida tanishgan vaqti ularning har ikkisi ham 18 yoshda bo‘lgan. 2007-yilda Prissilla biologiya bo‘yicha bakalavr diplomini qo‘lga kiritgan. Prissilla sayt pranki sabab Mark universitetdan haydaladi deb hisoblagan. O‘zi ham shunday fikrda bo‘lgan Mark bo‘lajak rafiqasiga shu sabab ham darhol uchrashishlari kerakligini aytgan. Hozirgi kunda ikki farzandi bor Mark rafiqasini hayotidagi eng asosiy ayol deb hisoblaydi. Stiven va Tabita King 50 yildan buyon birga yashayotgan juftlik 20 yoshli Tabita kollejda o‘qiyotganida piknikda tanishgan. Ular ikki yil o‘tib turmush qurgan. Tabita o‘qishni tugatib, Dunkin Donuts’ga ishga kirgan va shu yili birinchi farzand dunyoga kelgan. Stiven esa avvaliga kirxona, keyin esa o‘qituvchi bo‘lib ishlashiga to‘g‘ri kelgan, ammo bu vaqt davomida yozishdan to‘xtamagan. 1972-yilda ikkinchi farzandi dunyoga kelgan vaqti oiladagi moliyaviy ahvol havas qilgulik bo‘lmagan. Ammo King bir nechta hikoyasini nashr qilib ulgurgan. Turmush o‘rtog‘ini hamisha qo‘llab-quvvatlagan Tabita uning chiqindi qutisiga tashlangan romanlaridan birining qo‘l yozmasini olib qolgan, keyinchalik ushbu roman chop etilib, bestsellerga aylangan. Bir necha yil o‘tib u birinchi romanning yangi versiyasi — Kerri ismli qiz haqidagi fojiali hikoyaning kirish qismini yozgan. 1981-yilda Tabitaning qalamiga mansub “Mo‘jaz olam” nomli kitob nashr qilingan. Turmushi davomida Tabita va King uch marotaba farzandli bo‘lgan. Jon Bon Jovi va Doroteya Xyorli Jon Doroteyaga 1989-yilda uylangan. Maktab davri tanishgan vaqti qiz Jonining yaqin do‘stining qaylig‘i bo‘lgan. Xonandaning xizmat safari davomida Las-Vegasda turmush qurgan juftlikning to‘rt nafar — Stefani, Jessi, Jeykob va Romeo ismli farzandlari bor.
81
2,641
Madaniyat
Muqaddas Sa’dullayeva birinchi turmushi buzilgani, Yigitali bilan qanday tanishgani va Rayhonning egizaklari haqida gapirdi
Aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva Instagram’dagi stories’i orqali folloverlarini qiziqtirgan savollarga javob berdi. Quyida aktrisaga berilgan savollar va ularga qaytarilgan javoblarni taqdim etamiz. — Hijobga kirish niyatingiz bormi? — Inshalloh, oz qoldi. — Turmush o‘rtog‘ingiz bilan nima masalada tortishib qolasizlar? — Bir-birimizni rashk qilib, o‘rinsiz rashkligini tushunib, yana tez yarashib olamiz. — Rayhon o‘g‘illarining rasmini qo‘yganidan beri chidolmayapsizmi? — Bolalarimning akalari, nimaga chiday olmasligim kerak? Allohning buyurgan taqdiri. Odamlar nega bunaqa gaplarni yozisharkan, hayronman? — Sa’diyani umuman ajratmaydimi turmush o‘rtog‘ingiz? — Ota o‘z farzandlarini bir-biridan ajratishi mumkinmi? Ota ham ona ham barcha farzandlariga mehrni baravar berishni istaydi. — Birinchi turmushingiz nega buzilgan? — Bu haqda gapirishni xohlamayman, sababi, alhamdulillah, baxtliman. Faqat bitta narsani aytishim mumkin, mendan keyin yana ikki qizning turmushi xuddi mendek buzilgan, bir xil ssenariy asosida. Ishqilib, to‘rtinchisi kelsa, baxtli bo‘lsin, toshdek qotib. Hammaning o‘ziga insof bersin! — Yigitali bilan qanday tanishgansizlar? — Ko‘rsatuv “syomka”sida tanishib, do‘stlashganmiz. Do‘stlik muhabbatga aylangan. — Oila qurishda oliy ma’lumot shart deb o‘ylaysizmi? — Diplom hech narsani hal qilmaydi. Allohdan baxt, chiroyli taqdir, chiroyli turmush so‘rang. Alloh baxtli qilaman, desa bitta diplom, ikkinchi diplom esa tugallanmasdan chala qolib, turmush o‘rtog‘ingizning xohishi bilan menga o‘xshab, baxtli bo‘lib, uyda o‘tirasiz. — Mening ham birinchi turmushim bo‘lmadi. Bir qizim bor. Qanday motivatsiya bera olasiz? — Birinchi o‘rinda qizingiz uchun o‘zingizni qo‘lga oling. Allohdan qizingizning taqdiri go‘zal bo‘lishini so‘rang. Ibodat qiling, Alloh bandasini duoga ochgan qo‘llarini quruq qaytarmaydi. O‘zingizni sevgan kasbingiz bilan chalg‘iting! Inshalloh, kutilmaganda Alloh sizning baxtingizni kutganingizdan go‘zalroq qilib beradi.
123
1,978
Madaniyat
Mo`ynoqdagi kemalar qabristonida “Stixiya” festivali o`tkaziladi
2022-yil 6-8 may kunlari Mo`ynoqdagi kemalar qabristonida “Stixiya” elektron musiqa, san`at va fan festivali bo`lib o`tadi. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi xabar berdi.  Loyiha 2017-yilda Mo`ynoq shahrida Orol dengizining ekologik halokatidan xabardorlikni oshirish va mintaqaning barqaror rivojlanishiga ko`maklashish, shuningdek, O`zbekistonda yashovchi xalqlarni butun dunyoga tanitish maqsadida ishlab chiqilgan. Bugungi kunda Orol fojeasi butun Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng keskin ekologik muammo bo`lib qolmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoev BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqida jahon hamjamiyatini ushbu tabiiy ofatga e`tibor qaratishga va bu borada sa`y-harakatlarni birlashtirishga chaqirgan edi. Bugungi kunda “Stixiya” butun dunyodan musiqachilar, “DJ”lar, prodyuserlar, rassomlar va olimlar ishtirokidagi bir nechta loyihalarning aralashmasiga aylandi. Ularning barchasini er yuzidagi o`ziga xos maskanda diqqatga sazovor joy yaratish maqsadi birlashtiradi. Bu yilgi festival uchun uchta alohida-alohida sahna yaratiladi: elektron, progressiv va etnik. Unda O`zbekiston, Turkiya, Rossiya, Germaniya, Gruziya, Hindiston, Eron, Qozog`iston, Qirg`iziston, Niderlandiya, Ukraina, Fransiya, Shvesiya va Yaponiyadan 30 ga yaqin mashhur “DJ”lar ishtirok etishi kutilmoqda. Festival o`zida “Stixiya Gen loyihalari”, “Forum StixiyaN+11”, “6 milliard daraxt” va turli ijtimoiy tashabbuslarni qamrab oladi.
64
1,435
Madaniyat
Instagram: Kaniza sport zalida janjal ko‘tardi, Aziza Yoqubova “GAI”ga tushdi, Kamila Gimandinovaning eng yaxshi kuni
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. Bollivud aktrisasi Juhi Chavla 19-oktabr — tug‘ilgan kunini nishonlayotgan aktyor Sanni Deolni tabrikladi. Rejissor Zulfiqor Musoqovning ikki kinoqahramoni hayotda uchrashdi. Alisher Uzoqov tomchi ukol olayotgan “Dizayn” kulgi jamoasi vakili Abdurahmon Mavlonovga yana bir ukol qo‘ymoqchi bo‘ldi va uni qo‘rqitib yubordi. Dilso‘zning to‘ng‘ich qizi 6 yoshga to‘ldi. Kamila Gimandinova balandlikdan sakragani aks etgan videoni sahifasiga joylab, uni “hayotimdagi eng yaxshi kun”, deb nomladi. Bahora Arslonova turmush o‘rtog‘i bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi. Aktrisa Aziza Yoqubova rulda telefonda gaplashib, bundan tashqari xavfsizlik kamarini taqmay ketayotganida YPX xodimi to‘xtatgani, ammo qo‘yib yuborgani haqida so‘zlab berdi. Gulchehra Eshonqulova qachonlardir qizli bo‘lishni orzu qilgani va ushbu orzusi ushalganidan baxtiyor ekanligini yozib qoldirdi. Botir Qodirov san’atdagi tanish-bilishchilik haqida fikr bildirdi. Saida Saidbekova yangi serialda suratga tushmoqda. Kaniza sport zaliga borib, shug‘ullanayotganida o‘zini videoga olgan ayolning xatti-harakatlaridan norozi bo‘lib, janjal ko‘tardi. Umidaxonning “Yomg‘ir” qo‘shig‘iga ishlangan klip taqdim etildi. Taniqli aktyor Rustam Sa’dullayev Munisa Rizayeva oilasining yaqin do‘sti hisoblanadi. Aktyor xonandaning kuzatuvchilariga u haqdagi fikrlarini so‘zlab berdi.
117
1,492
Madaniyat
Poytaxt markazida yana bir zamonaviy kinoteatr ochiladi
Toshkent shahrida yana bir kinoteatr - "Cinema compass" kino ixlosmandlari uchun foydalanishga tayyor. Kinoteatr "Kino olami" MChJga qarashli "Compass" savdo-ko`ngilochar markazida joylashgan bo`lib, 6 ta zaldan iborat. Kinoteatr xalqaro standartlarga javob beruvchi ovoz etkazish uskunalari, Christie modelidagi proektorlar, "Harkness Screens" kompaniyasiga tegishli dunyoning eng ilg`or kinoekranlari hamda Xitoyda ishlab chiqarilgan qulay va o`ziga xos uslubdagi kreslolar bilan jihozlangan.   "Cinema compass" kinoteatrida yana, tashrif buyuruvchilar uchun maxsus kutish zallari, 70 o`rinli kinobar, taqdimotlar   hamda jonli ijroda kichik konsertlar o`tkazish uchun alohida joy ajratilgan. Bundan tashqari, kinoteatrda kiyim saqlash uchun maxsus xona ham mavjud. Kinoteatr old qismida avtoturargohning tashkil etilgani esa tashrif buyuruvchilarga yanada qulaylik yaratadi. Takrorlanmas dizaynga ega "Cinema compass" kinoteatri repertuaridan bolalar va kattalar uchun turli janrdagi milliy va xorij filmlari, multfilmlar o`rin olgan. Kinoteatrda yaratilgan sharoit kattayu kichik tomoshabinda iliq taassurot qoldirishi tabiiy. Zero, zavqli tomosha uchun fayzli kinoteatr bo`lgani ma`qul!
55
1,191
Madaniyat
“Yangi O`zbekiston kinosolnomasi” nomli oylik kinojurnal yaratildi
Kinematografiya agentligi "Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi" tomonidan “Yangi O`zbekiston kinosolnomasi” deb nomlangan hujjatli xronikal filmlardan iborat oylik kinojurnal yaratilmoqda. Bu haqda Kinematografiya agentligining Axborot xizmati ma`lum qildi. Xabarga ko`ra, mazkur kinojurnal hujjatli filmlar ishlab chiqarish industriyasini takomillashtirish maqsadida 13 daqiqadan iborat bo`lib, har oyda tayyorlanadi. Kuni kecha, 21 fevral kuni “Xronika” maxsus guruhi tomonidan Samarqand shahridagi Xalqaro turistik markazda jurnalning birinchi sonini suratga olish ishlari bo`lib o`tdi.
66
596
Madaniyat
Turli xil smuzilar, qovurilgan jo‘ja, olxo‘rili puding — Keyt Middltonning sarvqomat bo‘lishini ta’minlovchi menyu
Kembrij gersoginyasi sog‘lom turmush tarzi va sportni yaxshi ko‘rishi bilan mashhur. Uning diyetasi muvozanatli va xilma-xil yeguliklarga asoslangan, ammo u shirinlik va juda yuqori kaloriyali ovqatlarni ham istisno qilmaydi. Shahzoda Uilyam rafiqasining menyusiga nimalar kiritilgani haqida quyida to‘xtalamiz. Nonushta Keyt turli xil smuzilarning ashaddiy muxlisi bo‘lib, ularni ko‘proq nonushtada iste’mol qilishni afzal ko‘radi. Mail online internet nashriga ko‘ra, Keyt smuzilarni quyidagi retsept bo‘yicha tayyorlaydi: u keyl, spirulina, matcha, salat bargi, ismaloq, kashnich va chernikani blenderda aralashtiradi. Shahzoda Uilyamning rafiqasi ba’zida nonushtaga suli yormasini ham iste’mol qilishi mumkin. Tushlik Keyt Middlton vegetarian emas, lekin go‘shtni kamdan kam iste’mol qiladi. Uilyam bilan Hindistonga qilgan qirollik safari chog‘ida juftlik uchun qirollik tomonidan tayinlangan oshpaz Ragu Deora tushlik uchun ularga sabzavotli kabob va yasmiqli karri pishirganini aytdi. “Hammasi vegetariancha ovqatlar edi, chunki menga ular shu kabi taomni yaxshi ko‘rishlarini aytishdi”, — deydi u. Keyt va Uilyam sushini juda yaxshi ko‘rishlari ham ma’lum. Gersoginyaning boshqa sevimli taomlari ham bor — tarvuz, avakado, piyoz, bodring va feta pishlog‘i, tabule, seviche va gaspacho qo‘shib tayyorlanadigan salat. Kechki ovqat Qirollik vakilasining kechki taomi unchalik kamtarona emas. Kechki ovqat uchun u pasta, karri yoki qovurilgan jo‘ja yeyishi mumkin. Oxirgi taom odatda qirollik oilasida juda mashhur. Qirollik eksperti Keti Nikolning Vanity Fair jurnaliga aytishicha, Keyt ba’zan kechqurunlari turmush o‘rtog‘ini uning sevimli taomi — qovurilgan jo‘ja pishirib xushnud qilib turadi. Qirollik oilasida pasta ham juda mashhur. Uilyam va Keytning farzandlari ham uni sevib iste’mol qiladi. Jorj, Sharlotta va Luiga pastani tayyorlash jarayoni ko‘proq yoqadi, shuning uchun ular ba’zida onasiga oshxonada yordam berishadi. Gazaklar Kembrij gersoginyasi sog‘lom ovqatlanishni afzal ko‘radi. Agar u ovqatlanish oralig‘ida ochlikni his qilsa, doimo qo‘lida yangi meva, sabzavotlar yoki goji mevalari bo‘ladi. Biroq ba’zida u boshqa narsalarga ham ruxsat beradi. Nyu-Yorkdagi basketbol o‘yinida Keyt Middlton va shahzodaning popkorn yeyayotganini ko‘rishgan. Desert Keyt o‘zini shirinliklar bilan siylab turadi. Uning sevimli shirinliklaridan biri — Buyuk Britaniyada mashhur bo‘lgan olxo‘rili yopishqoq toffi-pudingdir. Umuman olganda, Keyt Middlton taomlanishda o‘zini cheklamaydi. U yangi taomlarni sinab ko‘rishni yaxshi ko‘radi va turli mamlakatlarga sayohatlar paytida ularning milliy taomlarini tatib ko‘rishdan bosh tortmaydi. Asosiysi, hamma narsaning me’yorini bilish, shundagina sevimli pudingingiz qomatingizga ta’sir qilishidan tashvishlanmasangiz ham bo‘ladi.
114
2,789
Madaniyat
Kinochilar uyida “Qo‘rg‘on” filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi
Toshkentdagi Kinochilar uyi va Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida “O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga asosan “Qoraqalpoqfilm” kinostudiyasida suratga olingan “Qo‘rg‘on” badiiy filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqida O‘zA xabar berdi. “Qo‘rg‘on” badiiy filmi Vatan himoyachilari haqida hikoya qiladi. Filmda O‘zbekiston tinchligi va xalqimiz osoyishtaligini ko‘z qorachig‘idek asrayotgan mard o‘g‘lonlar hayoti orqali vatanparvarlik, yurtga sadoqat g‘oyalari, Vatan va oilani muqaddas bilgan xalqimizning olijanob fazilatlari aks etgan. Ushbu film qoraqalpoq yozuvchisi M. Nizanov va Sh. G‘iyosova ssenariysi asosida rejissor A. G‘aniyev va tasvirchi A. Orziqulov tomonidan suratga olingan. Filmning qiziqarli syujeti, aktyorlarning mohirona ijrosi va rang-barang tasvirlar premyera ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.
57
841
Madaniyat
“Narniya saltanati” filmidagi Lyusi: kichkina qizaloq qanchalik o‘zgargan va nimalar bilan band? (foto)
Klayv Lyuisning sehrli Narniya o‘lkasi haqidagi asari asosida suratga olingan film bir necha yillardan buyon o‘z muxlislariga ega. Tomoshabinlar hozirgacha filmning “Arslon, jodugar va javon”, “Shahzoda Kaspian” va “Tong yulduzining sayohati” qismlaridagi Lyusi Pevensi rolini ijro etgan kichkintoy qizaloqni eslashadi. Kastingda bu rolga deyarli ikki mingga yaqin boshqa da’vogarlarni chetlab o‘tgan 10 yoshli britaniyalik Jorji Xenli filmning birinchi qismida Lyusi rolini o‘ynadi va birdaniga ikkita: Phoenix Film Critics Society va Young Artist mukofotlarini qo‘lga kiritdi. Biroq u mashhur filmdagi qizaloq obrazi bilan to‘xtalib qolmadi: aktrisa 2014-yilda, bir vaqtning o‘zida ikkita loyihada — “Tunning opa-singilligi” va “Maktab loyihasi”da rol ijro etdi, bu unga turli xil obrazlarda o‘zini sinab ko‘rib qobiliyatini namoyish etishga imkoniyat berdi. Jorji Xenli filmlarda suratga tushayotgan paytda Kembrijda ingliz tili va adabiyotini ham o‘rgandi. Filmlarda suratga tushishdan tashqari Jorji o‘zini teatr sahnasida sinab ko‘rdi va “Penelopiada” va “A Clockwork Orange” spektakllarida ham rol o‘ynadi. Aktrisa 2019-yilda “Ispan malikasi” deb nomlangan tarixiy serialning aktyorlar tarkibiga qo‘shildi va Margarita Tyudor obrazini gavdalantirdi. Hozirda 27 yoshli aktrisa adabiyotda va hatto rejissorlikda ham o‘zini sinab ko‘rmoqda.  “Narniya saltanati” filmining yosh qahramonlari 15 yildan so‘ng (foto).
103
1,419
Madaniyat
“PROlogue -2018” xalqaro kinofestivalining asosiy dasturiga kiritilgan filmlar ro`yxati ma`lum bo`ldi
PROlogue IV xalqaro kinofestivalining saralash komissiya 280 ta filmlar orasidan 31 ta filmni tanlab oldi. Festivalning asosiy bosqichi 27 - 30 noyabr kunlari Toshkentda bo`lib o`tadi.Unda festival hakamlar xay`ati, ishtirokchilari bilan bir qatorda barcha xohlovchilar ham turli davlatlarning 8 ta to`liq metrajli hamda 14 ta qisqa metrajli filmlarini tomosha qilishlari mumkin bo`ladi. Festivalda AQSh, Turkiya, Rossiya, Janubiy Koreya, Polsha, Shvesiya, Falastin, Eron, Armaniston, Qirg`iziston, Qozog`iston, Tojikiston, Bosniya va Gersegovina, Peru, Fransiya va boshqa mamlakatlarning kartinalari ishtirok etadi. Bundan tashqari, o`zbekistonlik yosh kinoijodkorlarning 9 ta qisqa metrajli filmlari ham namoyish etiladi. Tanlovning asosiy dasturiga kiritilgan kartinalar ro`yxati: To`liq metrajli badiiy filmlar xalqaro tanlovi 1.Meni yolg`iz qoldirma (Bosniya va Gersegovina, Turkiya, 2017, rej. Ayda Begich). 2.Mangulik (Peru, 2017, rej. Oskar Katakora). 3.Tungi avariya (Qirg`iziston, 2017, rej. Temirbek Birnazarov). 4.Golnesa (Eron, 2018, rej. Sattar Chamani Gol). 5.Sarvqomat dilbarim (O`zbekiston, Qirg`iziston, 2018, rej. Sarvar Karimov). 6.Arvoh (Qozog`iston, 2018, rej. Xuat Axmetov). 7.Mulla (Rossiya, 2018, rej. Amir Galiaskarov, Ramil Fazliev). 8.Kichkina fermer (Fransiya, 2017, rej. Xyubert Charuel). Qisqa metrajli badiiy filmlar xalqaro tanlovi 1.Bonbon (Falastin, Livan, 2017, rej. Rakan Mayasi) 2.Ayirbosh (Turkiya, 2018, rej. Halil Ibrahim, Mexmet Kanadli) 3.Sodda g`oya (Eron, 2018, rej. Muhammadrizo Tehroniy) 4.Mening yangi yilim (Armaniston, 2018, rej. Arusyak Simonyan) 5.Toshko`mir (Qirg`iziston, 2017, rej. Evgeniy Chistyakov) 6.Asan (Qozog`iston, 2017, rej. Berik Jaxanov) 7.Maktab hovlilaridagi g`am (Shvesiya, 2017, rej. Mariya Erikson) 8.Zimistonga sho`ng`ib (AQSh, 2018, rej. Oliver Grano) 9.Mening ismim (Janubiy Koreya, 2018, rej. Chong-gil Xan) 10.Qulun (O`zbekiston, 2018, rej. Dilshoda Abduraximova) 11.Tanbur yig`isi (Tojikiston, 2018, rej. Anisa Sabiri) 12.Odamlarning gapi (Polsha, 2018, rej. Gjegoj Papjiski) 13.Instruksiya (Rossiya, 2017, rej. Violetta Moshkova) 14.Tolgau (Qozog`iston, 2018, rej. Ayan Nayzabekov) Qisqa metrajli milliy badiiy filmlar tanlovi 1.Musavvir/ Xudojnik / The Artist (rej. Fotih Nasimov, 2018) 2.Choy / Chay / Tea (rej. Shokir Xoliqov, 2018) 3.Afsungarlar tuhfasi / Dar Volxvov / The Gift of The Magi (rej. Xusan Otaboev, 2017) 4.Jarohat / Rana / The Pain (rej. Aziz Mardonov, 2018) 5.Gunohkor / Greshnik / Sinful Soul (rej. Timur Suslin, 2018) 6.Ustoz / Uchitel / Teacher (rej. Mars Ornbasarov, 2018) 7.Favvora / Fontan / The Fountain (rej. Gulnora Ivanova, 2018) 8.Qush / Ptisa / The bird (rej. Maxliyo Askaralieva, 2018) 9.Yo`l / Put / The Road (rej. Jasur Rustamov, 2018)
101
2,749
Madaniyat
“Titanik” filmi mushuklar ijrosida qayta suratga olindi (video)
Pasdidee YouTube-kanalida “Titanik” filmidagi syujetlarni mushuklar ijro etayotgani tasvirlangan rolik paydo bo‘ldi, deya xabar bermoqda Mashable. Video mualliflari uni “Ticatnic” deb atadi (cat — mushuk). Skrinshot: Mashable Video “Titanik”ning ikki yo‘lovchisi — Jek va Keytning ishqiy munosabatlariga asoslanadi. Ularni filmning asl versiyasida Leonardo Di Kaprio va Keyt Uinslet gavdalantirgan.
63
400
Madaniyat
Sevgi uchburchagi mavzusidagi eng yaxshi hind filmlaridan biri — “Sangam” qanday suratga olingan?
“Sangam” Raj Kapurning eng yaxshi filmlaridan biri sanaladi. Bu nafaqat uning ilk rangli, balki muxlislarni Shveysariya va Fransiya singari xorijiy mamlakatlar bilan tanishtirgan birinchi hind filmi bo‘lgan. “Sevgi uchburchagi” haqida hikoya qiladigan eng yaxshi filmlardan biri sanalgan “Sangam” bilan bog‘liq qiziqarli faktlarni e’tiboringizga havola qilamiz. Rajning eng yaqin do‘sti hisoblangan Rajendra Kumar filmda jiddiy va vazmin yosh yigit — Gopal rolini ijro qilgan. Uning do‘sti Sunder Kxannaning rolini esa Rajning o‘zi o‘ynagan. Sevgi, ayriliq haqida hikoya qiladigan “Sangam” nafaqat aktyorlarning mahoratli ijrosi, balki o‘ziga xos musiqalar bilan ham tomoshabinlar qalbidan joy olgan. Film tufayli Raj Kapur eng yaxshi rejissorlik ishi va eng yaxshi montaj ishi uchun Filmfare mukofotini qo‘lga kiritgan. Raj Kapur “Sangam”ni 1940-yillarda “Garonda” nomi bilan suratga olishni, unda Dilip Kumar, Nargis bosh qahramonlar rolini gavdalantirishini rejalashtirgan. Inder Raj Anand ssenariy yozishni boshlab yuborgan, ammo Kapur o‘z rejalarini chetga surib, boshqa bir loyiha ustida ish boshlab yuborgan. “Sangam”ga u oradan 15 yil o‘tib, taxminan 1962-yillarda qaytgan. Bu vaqtga kelib Sunil Datt bilan oila qurgan Nargis kinosanoatdagi faoliyatini to‘xtatgan edi. Raj Dilip Kumarga Gopal qahramonini gavdalantirishni taklif qilgan. Aktyor agar filmning yakuniy versiyasini tahrir qilish huquqi taqdim qilinsagina, suratga tushishini aytgan, Raj esa bunga rozi bo‘lmagan. Shundan keyin Dev Anandga murojaat qilgan, undan ham rad javobini olgan. Alal-oqibat rol Rajindraga nasib qilgan. Kapur har ehtimolga qarshi Ferozga Rajendra roldan voz kechsa, uni chaqirishini aytib qo‘ygan. “Sangam”ni shon-shuhratga erishish uchun “omadli chipta” deb bilgan Feroz Rajendra rozilik berganidan keyin shunday loyihani qo‘ldan boy berganini hazm qila olmagan. Asosiy rol uchun Kapur Vijayantimalani taklif qilgan. Vijayantimala va Dilip zamonaning eng mashhur juftliklaridan biri bo‘lgan. Ushbu film Raj Kapurning nafaqat faoliyati, balki shaxsiy hayotida ham ahamiyatga ega edi. Gap shundaki, bu Rajning muhabbati va uning ilhom parisi bo‘lgan aktrisa Nargisning to‘yidan keyingi ilk rejissorlik ishi edi. Kapurni 15 yil ortga surib yurgan loyihani suratga olishga Nargis ilhomlantirgan. Vijayantimala gavdalantirgan qahramon bilan Nargisning o‘rtasida o‘xshashlik borligini tomoshabinlar ham sezmay qolmagan. Masalan, “Sangam”dagi Vijayantimala ijro qilgan Radxa ham oila qurganidan keyin Nargis singari ortga nazar tashlamaslikka qaror qiladi. Hindistonda Ganga, Yamuna va Sarasvati daryolari tutashadigan joy “Sangam” deb ataladi. “Mahobhorat”da Ganga va Yamun daryolari Sarasvati quriganidan keyingina qo‘shilgani yozilgan. Filmning eng qiziq nuqtasi (kulminatsiyasi) esga olinsa, nima uchun Raj Kapurga daho deb ta’rif berilishini anglash mumkin. Undagi musiqalar filmning ajralmas qismi sanaladi. Dramalardan tin olish maqsadida foydalaniladigan aksariyat loyihalardan farqli ravishda, “Sangam”da musiqalar sujetni jadallashtiradigan dialog sifatida ishlatilgan. Shankar va Jaykishan tomonidan bitilgan, Mukesh Maxendra Kapur hamda Lata Mangeshkar ijro qilgan kompozitsiyalar vaqt sinovidan o‘tib, hali hamon mashhurligini yo‘qotmagan. Oradan 50 yil o‘tganiga qaramay, o‘ziga xos ssenariy va musiqaga ega bo‘lgan blokbasterni muxlislar hali ham qiziqish bilan tomosha qiladi. 1964-yil Sovet ittifoqida namoyish qilingan film 1968-yil Turkiya, Bolgariya, Gretsiya va Vengriyada ham ekran yuzini ko‘rgan. 10 yillikning eng kassabop filmi hisoblangan “Sangam”, Boxofficeindia talqiniga ko‘ra, so‘nggi 50 yillikdagi eng yaxshi 50 filmdan biri deb hisoblangan. Bollivudning eng mashhur rejissorlaridan biri hisoblangan Karan Johar avvalroq “Sangam”ni qayta suratga olishni istashini bildirgan.
97
3,801
Madaniyat
Amerikalik xonanda Kardi Bi koronavirusdan jabrlangan ming nafar muxlisiga 1000 dollardan tarqatadi
Amerikalik xonanda Kardi Bi Instagram’dagi sahifasi orqali Fashion Nova moda brendi bilan hamkorlikda koronavirusdan aziyat chekayotgan muxlislariga yordam berishini ma’lum qildi. Xonanda 20-mayga qadar umumiy summa million dollarga yetmaguncha har soatda kimgadir ming dollar o‘tkazib beradi. “Kardi Bidan ming dollar” aksiyasiga Fashion Nova brendi sayti orqali ariza berish mumkin. Shuningdek, xayriya aksiyasida ishtirok etishning shartlari bor: ariza beruvchining Instagram akkaunti ochiq bo‘lishi kerak, chunki Kardi Bining shaxsan o‘zi arizalarni ko‘rib chiqadi. “Men ushbu pullar sizga haqiqatdan ham kerakligini tekshiraman. Shuning uchun meni aldashga urinmang”, — dedi xonanda muxlislariga murojaatida. Bu Kardi Bining ikkinchi xayriya loyihasi. Avvalroq xonanda Coronavirus qo‘shig‘idan tushgan barcha mablag‘ni pandemiyadan aziyat chekayotganlarga berishini aytgan edi.
99
883
Madaniyat
O‘ziga haddan ziyod bino qo‘ygan mashhur shaxslar (foto)
Mashhurlik insonni butunlay o‘zgartirib yuborishi mumkin. Ammo dunyoda qanchadan qancha shuhratga erishgan insonlar o‘zining xulq-atvori bilan ham muxlislar ko‘nglidan joy olib kelmoqda. Lekin ba’zilar tom ma’noda o‘zgarib, o‘zlarining xatti-harakati bilan atrofdagilarning kulgisiga sabab bo‘ladi, xolos. Kanye Uest Kanyening g‘arblik muxlislari xonandani shu darajada ko‘kka ko‘tardiki, buning ortidan bir qancha ahmoqona hazillarni o‘ylab topdi. Kanye ham ularning hazilini jiddiy qabul qilib, o‘zini go‘yoki Xudoga qiyosladi. O‘g‘li dunyoga kelgach, unga Saint, ya’ni Avliyo deb ism qo‘ydi. Kanye avvallari juda yuqori hurmatga ega edi. Bundan tashqari, 2013-yilda Kanye “I Am God” nomli albomini ham taqdim etgan. Shuningdek, u o‘zi haqida: “Hayotimdagi eng katta fojia shundaki, men o‘z ijromni tashqaridan kuzata olmayman”, deydi. Beyonse  Beyonseni kimdir to‘xtatib qolmasa, u ham haddan oshish borasida Kanyega yetib oladi. U garchi farzandiga Saint deb ism qo‘ymagan bo‘lsa-da, o‘zini Bibi Maryam kabi tutadi. Diniy libos, ko‘rinish bilan unga taqlid qiladi. 2017-yil “Gremmi” taqdirlash marosimida yulduz tillarang libos hamda toj bilan ko‘rinish bergan. Shuningdek, egizak farzandlarini ko‘rsatishga qaror qilganda ham xuddi shu uslubdan foydalandi va suratlarini Instagram sahifasiga joylashtirgan. Jey Zi Beyonsening turmush o‘rtog‘i ham bu borada ortda qolmaydi. U tez-tez kuchli do‘stlari, katta daromadi va o‘zining iste’dodi bilan maqtanib turadi. “Bu go‘yoki iddaoga o‘xshaydi, ammo hamma joyda bo‘lishim – bu mukofot”,– deydi musiqachi o‘zi haqida. Rianna Riannaning qo‘lida doim bir qadah sharbat, ko‘zlarida esa nafratni ko‘rish mumkin. Xonanda muxlislari bilan qo‘pol ravishda muomala qiladi. Odatda konsert dasturlariga kechikadi, unga biror narsa yoqmasa, darrov uni ifoda etishda ikkilanmaydi. Unga yuqori haq to‘lanadigan davralarda esa o‘zining tashrif buyurgani uchun har bir kishi taqdiridan minnatdor bo‘lishi kerakdek tutadi. Shuningdek, Rianna birovning yutuqlaridan quvonishni bilmaydi. Hattoki 2017-yil “Gremmi” mukofotini topshirish marosimida u maxsus spirtli ichimlik solingan idish bilan tashrif buyurgan. Har yili uning g‘olibligi e’lon qilinganida xonanda shunday bo‘lishi kerakligini butun qiyofasi orqali namoyon etib, qadah ko‘tarar edi. Ammo o‘sha yili u uyga quruq qo‘l bilan qaytishiga to‘g‘ri kelgan. Jennifer Lopes Jennifer eng injiq va talabchan yulduz deb topilgan. Jey Loning kiyinish xonasi va u yerdagi barcha narsa oppoq rangda bo‘lishi kerak: devordan tortib atirgullargacha. Ammo boshqa ko‘plab mashhurlardan farqli o‘laroq Jenni nafaqat o‘zi, balki jamoasi haqida ham qayg‘uradi. Uning ijodiy guruhi konsertdan konsertga shaxsiy samolyotda sayohat qiladi, shuningdek, eng yaxshi mehmonxonalarda yashaydi. Shuning uchun ham ular yulduzning injiqliklarini unutib yuboradi. Lindsi Loxan  2017-yil Lindsi spirtli ichimlik va giyohvandlik tufayli karyerasini yakunlagan. Ammo oradan yillar o‘tsa ham, u yulduzlik davri ortda qolganini tan olishni istamaydi. U doimgidek o‘zini mashhur inson sifatida tutadi. Shuning uchun ham u loyihalardan chetlashtiriladi, keyinchalik yangilariga taklif ham qilinmaydi. Moliyaviy ahvol esa undan ham yomon. Ammo aktrisa hanuzgacha o‘ziga bino qo‘yishda davom etmoqda. Natijada har qanday taklif egasi tomonidan unga vaqt o‘tib, rad javob beriladi. Merayya Keri O‘n yil avval Merayyadan Jennifer bilan munosabati qanday ekanligi haqida so‘raldi. “Uning kimligini bilmayman”, deya javob qaytargan edi Merayya. O‘zini zamonning yagona yulduzi deb biladigan Merayyaning bu ishi bema’nilikdan boshqasi emas. Bir yil avval aynan shu savol takrorlanganda u: “Mening xotiram juda yomon. Aftidan, biz bir necha bor uchrashganmiz, ammo men uni tanimayman”, – dedi Merayya. Shuningdek, Merayyaning hamisha o‘zi va kuchugi uchun ma’danli suv bilan to‘ldirilgan vanna, pollarga sochilgan atirgul barglari va sahnaga chiqishidan avval unga saqich beradigan maxsus yordamchisi ham bor.
56
3,966
Madaniyat
Vatikandagi Sikstin kapellasida to‘p o‘ynagan Jastin Biber italiyaliklarning g‘azabiga uchradi
Turli mojarolarga sabab bo‘lgan qiliqlari bilan tanilgan yosh qo‘shiqchi Jastin Biber bu safar Vatikandagi Sikstin kapellasida to‘p o‘ynadi, deb xabar bermoqda “Segodnya”. Otasi bilan Rimda dam olayotgan Biber Sikstin kapellasida yolg‘iz o‘zi aylanishi uchun 20 ming yevro to‘lagan. Vatikan tarixiy obidalarini tomosha qilib yurgan qo‘shiqchining qo‘lida doim futbol to‘pi bo‘lgan. U hatto Instagram’ga Sikstin kapellasi oldida to‘p bilan tushgan suratini ham joylashtirgan. Sikstin kapellasi ichiga kirgach, Jastin o‘zini tutib turolmay, to‘pni bino dahlizlari bo‘ylab o‘ynay boshlagan. Bundan dahshatga tushgan va g‘azablangan italiyaliklar Instagram’da qo‘shiqchiga ularning mamlakatiga boshqa hech qachon kelmasligi kerakligini aytgan. Biber esa har doimgidek o‘zini go‘yoki hech narsa bo‘lmaganidek tutgan va hattoki uzr ham so‘ramagan.
94
843
Madaniyat
Kayli Jenner — 25 yoshda: chandig‘i bilan faxrlanadigan, fermer bo‘lishni orzu qiladigan sayyoradagi eng yosh milliarder qiz haqida qiziqarli ma’lumotlar
Mashhur Kardashyan-Jenner oilasining bu vakili haqida juda ko‘p narsa ma’lum. Biroq “Lisa.ru” nashri dunyoga mashhur qizning tarjimayi holiga doir yangi faktlarni to‘pladi. Olimpiya chempionining qizi Kayli Jenner 1997-yil 10-avgust kuni Kris va Bryus Jenner oilasida tug‘ilgan. Uning otasi yoshligida omadli sportchi edi: 1976-yilda u Monreal Olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgan va o‘z rekordini o‘rnatgan. Bolalikdagi qiyinchiliklar Kayli o‘n yoshga to‘lganda, uning oilasi Amerikada juda mashhur bo‘lgan “Kardashyanlar oilasi” shousini tashkil qilishadi. Qiz uchun televizor kameralari va ko‘pchilikning e’tiborida bo‘lish qiyin bo‘lmagan, ammo u tanqid va salbiy munosabatlarga toqat qilolmasdi. “Taxminan 9 yoshimda, shouni suratga olishni boshlaganimizda odamlar ustimdan kulib, masxara qilishardi. Deyarli har kuni o‘zim haqimda yomon gap eshitardim. Va bu meni o‘zgartirdi. Menimcha, ahmoq odamlarning fikrlarini tinglaganim uchun o‘zimning ko‘plab yaxshi fazilatlarimni unutmaganman”, — deydi yulduz. Uydagi ta’lim Jenner nufuzli maktabda tahsil olgan, ammo hamma oilaviy realiti-shou haqida gapira boshlagach, uning sinfdoshlari bilan o‘qishni davom ettirishi qiyin bo‘ldi. Tez-tez tanqid qilishlari va ustidan kulishlari unga yomon ta’sir qilardi. Shuning uchun ota-onasi uni uyda ta’lim olishiga qaror qilishdi. Kosmetik brend yaratish 2015-yilda Kayli o‘zining “Kylie Cosmetics” kosmetika tarmog‘ini ishga tushirdi va mashhur bo‘lib ketdi. Keyinchalik qiz buni o‘zida mavjud bo‘lgan komplekslar tufayli yaratganini aytadi. U kosmetika u va boshqa ayollarga o‘zlariga ishonish hamda tashqi ko‘rinishdagi kamchiliklarga e’tibor bermaslikka yordam berishiga ishonadi. Orzu qilgan kasbi Kayli bejizga kosmetika ishlab chiqarishni boshlamadi. Gap shundaki, u doimo do‘stlari va yaqinlariga pardoz qilishni yaxshi ko‘rardi. Jennerning aytishicha, u bir vaqtlar vizajist bo‘lishni orzu qilgan. Makiyajni yoqtirmaydi Ammo Kayli o‘zi kosmetik vositalardan foydalanishni yoqtirmaydi. Bundan tashqari, kundalik hayotda pardoz qilmaslikni afzal ko‘radi, lekin omma oldida u makiyajsiz ko‘rinish bermaydi. “O‘'zimni har kuni pardozda yurish uchun hali yoshlik qilaman, deb hisoblayman. Axir, bu teri uchun zararli. Lekin tez-tez turli tadbirlarga, shoularga borib turaman. Va, albatta, men u yerda chiroyli ko‘rinishni xohlayman”, — deb tushuntiradi milliarder. Yosh milliarder Kayli dunyodagi eng boy qizlardan biri hisoblanadi. Bir necha yil oldin uning boyligi bir milliard dollardan ko‘proq edi. Qizig‘i shundaki, u bu borada hattoki o‘zi ishlab topgan puli bo‘yicha mashhur opasi Kim Kardashyandan ham o‘zib ketgandi. Reklama narxi Jenner nafaqat kosmetika, balki reklama orqali ham pul topadi. Uning ijtimoiy tarmoqlaridagi posti 1 million dollarga teng. Kumiri Ma’lum bo‘lishicha, Kayli Ledi Gagani juda yaxshi ko‘radi va ko‘pincha uning suratlaridan ilhomlanadi. “Men Ledi Gaga bilan Aleksandr Vangning moda ko‘rgazmasida tanishgandim. Rostini aytsam, uni juda yaxshi ko‘raman. O‘shanda u mening oldimga kelib: “Menimcha, sen ajoyibsan. Nima qilsang ham, odamlar seni yaxshi ko‘radi”, degan. Ya’ni u menga birovlar uchun o‘zgarmasligim kerakligini aytgan. O‘shandan beri aslimdek bo‘lishga harakat qilaman”, — deydi milliarder. Sevimli kamchilik Jenner fotosuratlarini fotoshop qilishni yaxshi ko‘radi, lekin shu bilan birga, u oyog‘idagi katta chandiqni yashirishga urinmaydi. Kayli besh yoshligida opasi bilan bekinmachoq o‘ynab, oyog‘ini temirga urib olishi oqibatida chandiq qolgan. Orzu Kaylining eng katta orzusi fermer bo‘lish deb kim o‘ylabdi deysiz — faqat yulduz ijtimoiy hayotni tark etishga va tinch joyga borishga tayyor bo‘lgunga qadar. “Ba’zida 30 yoshga to‘lganimda oilam bilan Malibudagi fermada yashashimni tasavvur qilaman. U yerda tovuq boqamiz. Oldimga qo‘ygan navbatdagi vazifa — bog‘dorchilikni o‘rganish”, — deydi Jenner.
153
3,867
Madaniyat
“D’Artanyan va uch mushketyor” filmi rejissori Georgiy Yungvald-Xilkevich vafot etdi
“D’Artanyan va uch mushketyor” filmi orqali tanilgan rejissor Georgiy Yungvald-Xilkevich 82 yoshida vafot etdi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”. Yungvald-Xilkevich 3-noyabr kuni Botkin kasalxonasining jarrohlik bo‘limi jonlantirish xonasiga shoshilinch ravishda yotqizilgan edi. Avvalroq uning ahvoli o‘ta og‘ir ekanligi va dori-darmonlar bilan uxlatib qo‘yilgani xabar berilgan edi. Georgiy Yungvald-Xilkevich tomoshabinlar mehrini o‘zi 1978-yilda suratga olgan “D’Artanyan va uch mushketyor” kinoepopeyasi orqali qozongan.
84
525
Madaniyat
Munisa Rizayeva Qozog‘istondagi mashhur prodyuserlik markazlari bilan ijod qilishi mumkin
O‘zbek estradasining eng yorqin va bugungi kunda shou-biznesda o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘lgan xonandasi Munisa Rizayeva Spirit of tengri nomli festivalga mehmon sifatida taklif etildi. Bu haqda Qozog‘istonning Olma-ota shahridan yetib kelgan maxsus xabarga tayanib, “Popcorn.uz” xabar bermoqda. Ma’lum qilinishicha, Munisa mazkur festival ishtrokchisi bo‘lmasa-da, uning tashrifi mezbonlar uchun alohida ahamiyatga ega. Buning isboti sifatida Qozog‘istonning eng mashhur radiostansiyasi “Yulduz FM” da Munisa Rizayeva bilan uyushtirilgan intervyuni aytib o‘tish lozim. Shuningdek, nashrda qayd etilishicha, Qozog‘istonning eng nomdor va ko‘zga ko‘ringan prodyuserlik markazlari tomonidan Munisaga hamkorlikda ishlash taklifi bildirilmoqda. Ayni damda bu takliflar yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda.
89
809
Madaniyat
Taniqli pianinochi qadrdon liseyning 80 yilligiga bag`ishlab konsert o`tkazdi (foto)
Mohir pianinochilaridan biri, yurtdoshimiz Behzod Abduraimov o`zi tahsil olgan V.Uspenskiy nomidagi musiqa akademik liseyining 80 yilligiga bag`ishlab xayriya konsertini taqdim etdi. Tadbir O`zbekiston Prezidenti tomonidan ilgari surilgan Beshta tashabbus tarkibiga kiruvchi tavsiyalar doirasida o`tkazildi. Konsertda Saida Mirziyoeva turmush o‘rtog‘i Oybek Tursunov bilan ishtirok etdi. U o‘z so‘zida litsey jamoasini qutlug‘ sana munosabati bilan muborakbod etdi, nafis san'at sohasida iqtidorli yoshlarni tarbiyalashga qaratilgan mas'uliyatli ishlarida muvaffaqiyat tiladi. Yosh musiqachilarni Behzoddek Vatan faxri bo`lishga, el-yurtga beminnat xizmat qilishga chaqirdi.
84
674
Madaniyat
Xurram sulton obrazi tufayli ruhiy charchoqqa giriftor bo‘lgan Maryam Uzerlining karyerasi va shaxsiy hayoti haqida nimalarni bilamiz?
Mashhur turk aktrisasi Maryam Uzerli shaxsiy hayoti haqida gapirishni yoqtirmaydi, shuning uchun ham u haqidagi yangiliklarning ko‘pi mish-mish, xolos. Aktrisa Maryam Uzerlining tarjimayi holi: Maryam Uzerli — nemismi yoki turk? Bo‘lajak yulduz Maryam Uzerli ko‘p millatli katta oilada tug‘ilgan: uning onasi nemis va otasi turk millatiga mansub bo‘lib, ular ikki qiz va ikki o‘g‘ilning ota-onasi bo‘lgan. Maryam intervyularining birida xushmanzara bog‘li uyda kechgan bolaligi haqida gapirib beradi. Qizchaning bolaligi erkin va baxtli o‘tgan: ahil oila, quvnoq va mehribon ota-ona, uy hayvonlari ... Albatta, Maryam Uzerlining ota-onasi ham hamma kabi ba’zida janjallashardi, onasi hamisha avtoritar xarakterga ega edi. Maryamning eslashicha, bunday holatlarda otasi odatiy sharq erkaklariga o‘xshab yo‘l tutmasdi: u o‘z vaqtida qanday yon berishni bilardi, shu bois ham janjal avj olishiga ulgurmasdan tugardi. Kamsuqumgina odamovi qiz Bolaligidan Maryam tabiatan kamgapligi, hatto odamoviligi bilan ajralib turardi. Qiz uzoq vaqt yolg‘iz qolishi mumkin edi: unga o‘zi bilan o‘zi qolish yoqardi. Uning xarakteri kirishimlilikni talab qilsa-da, yosh Maryam aktrisalikni orzu qila boshladi. Bu borada ota-onasi uni qo‘llab-quvvatladi va maktabni tugatgach, qiz drama kurslariga qatnay boshladi. Oila Gamburgda yashagani uchun ham Maryam o‘zini turk emas, nemis deb hisoblagan, lekin uylarida doimo ikki tilda gaplashishgan. Qizig‘i shundaki, o‘shanda ham uning yorqin go‘zalligi hammaning e’tiborini tortar, garchi u barcha kastinglarda qunt bilan qatnashsa ham, lekin negadir nemis rejissorlari qizga ahamiyat berishmasdi. Teatrda Uzerliga qandaydir rollar berilardi, ba’zida omadi chopib, qisqa metrajli filmlarda suratga tushardi, lekin Maryam orzu qilgan narsa bu emas edi. Germaniyada e’tibor berilmagan aktrisaning Turkiyada omadi chopdi Aktrisa Maryam Uzerlining karyerasidagi tub burilish 28 yoshida, 2011-yilda sodir bo‘ldi. Turkiyada katta miqyosdagi loyihaga tayyorgarlik ketayotgandi: “Muhtasham yuz yil” filmini suratga olish ishlari boshlanish arafasida, lekin bosh qahramon hali ham yo‘q edi. Prodyuserlar umidlarini uzay deb qolgandi: ular butun Turkiyani ag‘dar-to‘ntar qilib ham hech qayerdan Roksolana roliga mos qiz topisholmadi! Yaxshiyamki, o‘sha paytda Maryam faqat Germaniyadagi kastinglar bilan cheklanmay, Turkiyada ham omadini sinab ko‘rgani kelgandi. Kinosinovda irodaliligi yuzidan ko‘rinib turgan go‘zal qizni ko‘rib, film ijodkorlari hayratda qoldi: mana, o‘sha Roksolana! Maryam Uzerli ishtirokidagi “Muhtasham yuz yil” — davrni o‘zgartira olgan serial Serialda inqilob qilgan Maryam Uzerli ishtirokidagi “Muhtasham yuz yil” davri shunday boshlandi. Va bu balandparvoz so‘zlar emasdi. Avvalo, “Muhtasham yuz yil” turk seriallariga katta qiziqish uyg‘otgan bo‘lsa, hozirda bu janrda haqiqiy rivojlanishni kuzatish mumkin. Ikkinchidan, ushbu keng ko‘lamli loyihada ishtirok etgan barcha aktyorlar superyulduzga aylanishdi. Birinchi navbatda, bu, albatta, aktrisa Maryam Uzerliga tegishli. U o‘z qahramonining fe’l-atvori va his-tuyg‘ularini aniq yetkaza oldi — kuchli va mag‘rur Roksolana turk sultonining haramida bo‘lib, hukmdorning qalbini zabt etishga muvaffaq bo‘ldi. Ayol sultonni va uning qo‘l ostidagilarini mohirlik bilan boshqardi, uning qo‘lida yuzlab iplar bo‘lib, kerakli vaqtda tortishni bilardi. Serial ekranlarga chiqqandan so‘ng Maryam Uzerli hammaning sevimli aktrisasi va go‘zallik mezoniga aylanganidan ajablanmasa ham bo‘ladi. To‘g‘ri, turk musulmonlari qizni haddan tashqari erkin xatti-harakati uchun qoraladi. Ammo uning tomirlarida nemis qoni ham bor, shu bois bunday e’tirozlar o‘rinsiz edi. Qanday qilib “Muhtasham yuz yil” Maryam Uzerlini asabiy tushkunlikka olib keldi? “Muhtasham yuz yil” filmida rol o‘ynashga rozi bo‘lgan Maryam Uzerli qanday mashaqqatli mehnat girdobiga tushib qolishini o‘ylab ham ko‘rmagandi. Albatta, bu ish unga katta zavq bag‘ishladi, lekin suratga olish jarayoni shunchalik uzoq davom etdiki, shunchalik ko‘p vaqt va kuch sarflandiki, bir muncha vaqt o‘tgach, turk aktrisasi o‘zini suvi siqilgan limondek his qila boshladi. Keyinchalik Maryam bu haqda shunday deydi: tig‘iz kun tartibi va yuqori talablar uni hissiy charchoqqa va asabiy tushkunlikka olib keldi. Natijada u uyiga Germaniyaga qochib ketdi. Vatan sog‘inchiga chidab bo‘lmasdi. Uyida u qo‘llab-quvvatlash va yordamlardan so‘ng hayot zavqini yana his qilib, o‘zini tutib olishga muvaffaq bo‘ldi. Maryam Uzerli “Muhtasham yuz yil” seriali sabab yulduzlik kasaliga chalindimi? Turkiyada esa bosh qahramonning ketib qolishi g‘azab bo‘ronini keltirib chiqardi. Prodyuserlar hatto tahdid ham qilishdi: endi Maryam Uzerli ishsiz qoladi! Uni tushunishni istamay yulduzlik kasaliga chalinganlikda ayblashdi: aktrisa shunchaki holdan toygan edi. Biroq serial ijodkorlarining suratga olish ishlarini usiz yakunlashdan boshqa iloji qolmadi. Do‘q-po‘pisalarga qaramay, Maryamni serialga taklif qilish to‘xtamadi. Aktrisa Maryam Uzerli haqidagi soxta sevgi qissasi Maryam Uzerli hech qachon shaxsiy hayoti haqida gapirmagan. Biroq muxlislarida har doim u haqda gapirish uchun mavzu yetarlicha bo‘lgan. “Muhtasham yuz yil”da ikki aktyor — Uzerli va Halit Ergenchning iste’dodli ijrosi barchani ular o‘rtasidagi romantika haqida mish-mish tarqalishiga sabab bo‘ldi. Agar chindan ham sevmasa, ko‘zlar ehtirosdan bunchalik yonmaydi-ku! Ammo bu gap yolg‘on bo‘lib chiqdi. Halit Ergenchning so‘zlariga ko‘ra, har doim faqat xotinini sevgan va u hech qachon rafiqasiga xiyonat qilmagan. O‘zan Guven — noz-karashmami yoki jiddiy munosabatlar? Suratga olish jarayonida esa betakror go‘zalning qalbini boshqa bir odam — O‘zan Guven band qildi. Turk aktrisasi tan olganidek, u faqat shu aktyor bilan bo‘lgan sevgi sahnalaridagina mutlaqo erkinlikni his qilgan. Ularning munosabatlari suratga olish ishlari tugaganidan keyin ham davom etganmi? Bu haqda hech narsa ma’lum emas. Jan Atesh — Maryam Uzerli qizining otasi Keyin Maryamning hayotida Jan Atesh ismli tadbirkor paydo bo‘ldi. Bu ajoyib juftlik hamma joyda birgalikda ko‘rinish bera boshladi, yaqin orada to‘y bo‘lishi haqida mish-mishlar tarqaldi. Biroq oralarida bo‘lib o‘tgan jiddiy janjaldan keyin sevishganlar ajralishdi. Aynan o‘sha paytda Maryam hamma narsani tashlab, vataniga, Germaniyaga ketdi. Bir necha oy o‘tgachgina uning homiladorligi ma’lum bo‘ldi. Aktrisa dunyoga kelgan qiziga Lara deb ism qo‘ydi. Bu yil qizcha 7 yoshga to‘ldi, u Germaniyada yashaydi. Uning otasi, Maryam Uzerlining sobiq eri Jan Atesh qizining oldiga kelib turadi, lekin aktrisa xohlaganidek ko‘p vaqt ajrata olmaydi. Alp O‘zjan — birgalikdagi ta’til Lara tug‘ilganidan beri Maryam uning yuragi band emasligini takrorlashdan hech qachon takrorlashdan charchamaydi. Ammo Uzerlining shaxsiy hayoti tafsilotlarini muxlislar va jurnalistlardan yashirish qiyin. 2016-yilda Maryamning Alp O‘zjan ismli turk tadbirkori bilan ishqiy munosabatlari haqida mish-mishlar tarqaldi. Ular kichkina Larani o‘zlari bilan olib, ta’tilni birgalikda o‘tkazish uchun Fransiyaga jo‘nab ketishdi, go‘yo ularning munosabatlari jiddiy edi. Biroq bu munosabatlar ham uzoqqa bormadi. Cha‘glar Ertug‘rul Maryamni deb qaylig‘ini tashlab ketgan Keyinchalik Maryam Uzerli turkiyalik aktyor Chag‘lar Ertug‘rul bilan uchrasha boshladi. Ular Xorvatiyada suratga olish paytida tanishib qolishgan, mish-mishlarga ko‘ra, yosh aktyor Maryamning jozibasiga shunchalik maftun bo‘lganki, hatto qaylig‘idan voz kechishgacha borgan. Ammo bu haqda ham ko‘p narsa ma’lum emas. Ikkinchi qizi va Maryam Uzerlining amerikalik sevgilisi 2020-yil kuzda Maryam homiladorlikning to‘rtinchi oyida ekanligini e’lon qildi. Turk aktrisasi hanuzgacha shaxsiy hayotini ommadan yashiradi, ammo muxlislari uning sevgilisi — amerikalik biznesmen ekanidan xabar topishdi. U xizmat safarlari tufayli Berlinga tez-tez kelib turgan va aktrisa bilan shu yerda tanishgan. 2021-yil yanvar oyida juftlikning Lili Koi ismli qizi dunyoga keldi. Mish-mishlarga ko‘ra, juftlik allaqachon to‘y haqida kelishib olgan, faqat koronavirus cheklovlari tugashini kutishmoqda.
134
8,070
Madaniyat
Sankt-Peterburgdagi ko`rgazmada Buxoro amiri Abdulahadxonning to`ni eng qimmat eksponat sifatida e`tirof etildi
Bugun Sankt-Peterburgdagi Dinlar tarixi muzeyida O`zbekiston madaniy merosiga bag`ishlangan ko`rgazma faoliyatini boshladi. Unda 100 dan ortiq arxeologik topilmalar namoyish etilyapti. Jumladan, Surxondaryodagi Qoratepa hududida va Afrosiyob xarobalarida topilgan tarixiy ashyolar – sopol idishlar, ma`budlar haykalchalari, o`ymakor naqshlar namunalari ko`rgazmaga qo`yilgan. Ekspozisiyaning yana bir bo`limi Buxoro yahudiylari tarixiga bag`ishlandi. XIX asrning oxiri – XX asrning boshida tikilgan Buxoro amiri Abdulahadxonning to`ni ko`rgazmaning eng qimmat eksponati sifatida e`tirof etilmoqda. Bundan tashqari, Rossiyaning muzeyida haykallar, fotosuratlar va qadimiy qo`lyozmalar ommaning e`tiboriga havola etilyapti.
111
721
Madaniyat
Sevimli filmlarimiz chet el aktyorlari ishtirokida
Barchamizga tanish va sevimli kinofilmlarimizning qayta suratga olish jarayonlarida chet ellik aktyorlar jamoasi ishtirok etmoqda. Ma‘lumotlarga ko‘ ra, Gaydayning mashhur filmlariga chet ellik — Xyu Lori, Robert Shon Leonard, Liza Edelshteyn va Omar Epps kabi aktyorlar taklif  qilingan. “Doktor Xaus” filmi aktyorlari “Kavkaz asirasi” filmida Aktyor Xyu Lori "Brlliant qo‘l" filmida “Doktor Xaus” filmi aktyorlari “Kavkaz asirasi” filmida Aktyor Omar Epps “Shurikning sarguzashtlari” filmida Aktyor Xyu Lori “Shurikning sarguzashtlari” filmida “Doktor Xaus” filmi aktyorlari “Kavkaz asirasi” filmida Aktyor Xyu Lori “Sherlok Xolms” filmida “Sevgi va kaptarlar” filmida “Doktor Xaus” seriali aktyorlari Albatta, bularning hammasi hazil! :)
50
756
Madaniyat
Misrdagi konsertida yarim yalang‘och kiyingan Jennifer Lopes musulmonlarning g‘azabini keltirdi (foto)
Misrda amerikalik xonanda Jennifer Lopes konsert berdi. Xonandaning konsertda o‘zini tutishi, kiygan kiyimlari ushbu mamlakatda ko‘plab aholining g‘azabini keltirdi, deb xabar berdi Sputnik. Pop-yulduz Qohirada G‘arb mamlakatlarida bergan konsertlarda kiygan liboslarda sahnaga chiqdi. Qayd etilishicha, misrlik advokat Samir Sabri bu masala yuzasidan shikoyat yozgan. Advokat ta’kidlashicha, aholisi ko‘pchiligi islom diniga e’tiqod qiladigan mamlakatda xonanda yarim yalang‘och holda o‘zini namoyish qilishi mutlaqo mumkin emas. Bundan tashqari, qo‘shiqchi bunday “namoyish”ni zulhijja oyining so‘nggi 10 kunida, butun dunyodan musulmonlar Makkaga hajga kelgan vaqtda amalga oshirdi.
102
687
Madaniyat
Los-Anjelesda “Oskar” kinomukofotini topshirish marosimi boshlandi
Los-Anjelesdagi Dolby Theatre teatrida AQSh kinoakademiyasi mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi. Mukofot nominatsiyalarining ilk g‘oliblari nomi ham ma’lum bo‘ldi. Meksikalik rejissyor Alfons Kuaronning “Roma” filmi “Eng yaxshi xorijiy film” nominatsiyasida “Oskar”ga munosib ko‘rildi. “O‘rgimchak-odam: koinotlar aro” eng yaxshi to‘liq metrajli animatsion film deb topildi. Ma’lumot uchun, AQSh kinoakademiyasi mukofotlari 91-marotaba topshirilmoqda. Marosim uzoq yillardan beri ilk bor boshlovchisiz o‘tmoqda.
66
560
Madaniyat
Xonanda Lola va Tamila litsenziyasiz qoldirilganliklari bilan bog‘liq onlayn-muhokamaga qo‘shildi
Xonanda Lola va Tamila Facebook’dagi “Jamoatchilik nazorati” guruhidagi “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi milliy qadriyatlarga amal qilmagan xonandalarning litsenziyasini qaytarmasligi haqidagi xabar muhokamasiga qo‘shildi. Bu haqda “UZ24” xabar bermoqda. Muhokamada Tamila uning “Zolim” qo‘shig‘iga ishlangan klip tufayli litsenziyasi olib qo‘yilganigidan shikoyat qilgan. Lola esa uni qo‘llab-quvvatlaganlarga minnatdorchilik bildirib, muxlislarining daldasidan yanada ilhomlanishini ma’lum qilgan. Skrinshot: Facebook Eslatib o‘tamiz, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi 2015-yilning iyul oyi boshida Tamilaning, oy o‘rtasida esa Lolaning litsenziyasini bekor qilgan edi. Skrinshot: Facebook Birlashma vakili Odiljon Abduqahhorovning so‘zlariga ko‘ra, litsenziyalarning bekor qilinishiga Lolaning “milliy mentalitetimizga haddan tashqari to‘g‘ri kelmaydigan kiyimlarni kiyib, bu holatni ijtimoiy tarmoqlar orqali yoshlarga targ‘ib qilayotgani” va Tamilaning “bemaza kliplari” sabab bo‘lgan.
97
994
Madaniyat
OAV: Pop-xonanda Merayya Keri milliarder Jeyms Paker bilan unashtirildi
Amerikalik mashhur xonanda Merayya Keri avstraliyalik milliarder Jeyms Paker bilan Nyu-Yorkda unashtirildi. Bu haqda TMZ bergan ma’lumotlarga asosan “TASS” xabar qilmoqda. Nikoh to‘yining qachon bo‘lib o‘tishi hozircha belgilanmagan. Ma’lum qilinishicha, 48 yoshli Paker 45 yoshli xonandani uchrashuvga taklif qilgan va yashirincha uning eng yaqin do‘stlarini ham chaqirgan. Ular ishtirokida milliarder tiz cho‘kib, Merayyadan unga turmushga chiqishni so‘ragan. Juftlik 2015-yilning iyun oyidan buyon uchrashib keladi. Ular Keri ikki nafar farzand ko‘rgan ikkinchi turmush o‘rtog‘i bilan ajrashganidan ikki oy o‘tgach tanishgan. Xonandaning birinchi turmush o‘rtog‘i esa bir nechta ovoz yozish kompaniyalarining egasi Tommi Mottola bo‘lgan. U bilan Keri 1998-yilning mart oyida ajrashgan. Oldingi ikki nikohidan uch nafar farzandi bor Paker, eng badavlat avstraliyaliklar ro‘yxatida to‘rtinchi o‘rinni egallaydi. U ko‘chmas mulk, shou-biznes va qimor o‘yinlari sohasida ish yuritib sarmoyasini ko‘paytirgan. Forbes jurnali Pakerning mol-mulkini 4,5 milliard dollarga baholagan.
71
1,078
Madaniyat
Litsenziyasining olib qo‘yilishi xonanda Lolaga “o‘zligini topish”ga yordam berdi
Xonanda Lola (Yo‘ldosheva) litsenziyasi “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi tomonidan olib qo‘yilgan davr o‘zi uchun “misoli maktab” bo‘lganini ta’kidladi. U bu haqda “Bekajon” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi. “Litsenziyamdan mahrum qilinganlik haqidagi rasmiy qog‘oz, obrazli qilib aytganda, qanotimni qayira olmadi, ijod qilishdan to‘xtatolmadi. Yaratish uchun qog‘ozdagi ruxsat bo‘lishi shart emas”, — dedi xonanda. “Litsenziyamning vaqtincha to‘xtatilishi meni efirga chiqish, konsertlar qo‘yish imkoniyatidan mahrum etgan bo‘lsa-da, o‘zligimni topishga yordam berdi”, — dedi Lola.
81
594
Madaniyat
Munisa Rizayeva sirli oshig‘i haqida ma’lumot berdi
Xonanda Munisa Rizayeva “Hordiq” gazetasiga bergan intervyusida sirli oshig‘i va o‘zi haqidagi turli mish-mishlarga oydinlik kiritdi, shuningdek, unga otilgan tuhmat toshlariga ham to‘xtalib o‘tdi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar berdi. Qo‘shiqchining so‘zlariga ko‘ra, unga har kuni gul jo‘natadigan sirli oshig‘i bu yerlik emas. “U menga uylanish harakatida yuribdi. Men kuzda o‘ttiz yoshga kiraman va bu yoshgacha juda ko‘p xatolar qildim. Endi yana shu xatolarni takrorlamoqchi emasman. Aytishadi-ku, og‘zi kuygan qatiqni ham puflab ichadi, deb. Ming marta o‘ylab, keyin javobimni aytmoqchiman. Tennischi yigit bilan bo‘ladigan nikoh to‘yimni intizorlik bilan kutgandim, ammo uning xiyonat qilganidan xabar topdim. Bu xiyonatni kechirish menga juda og‘ir bo‘ldi. Bizning bugun birga emasligimizning boshqa sabablari ham mavjud”, — dedi xonanda. Munisa Rizaveya aynan shu borada turli tuhmatlar qurboniga aylanganini ta’kidladi. “Tuhmatlardan, hayotim haqida to‘qilgan ertaklardan juda charchadim. O‘zim haqimda salbiy fikrlarni eshitaverib, tanqidni ko‘tara olmaydigan bo‘lib qoldim... Men turmushga chiqmoqchi bo‘lgan yigit boshqasiga uylangani uchun Qirg‘izistonga borib, janjal qilib kelganmishman. Aslida, voqea butunlay boshqacha bo‘lgandi. Oilamiz do‘stining o‘g‘li menga uylanish harakatida edi. Bir muddat gaplashganimizdan keyin bir-birimizga mos emasligimizni tushundik va yaxshilikcha xayrlashdik. Uning otasi kasallikdan vafot etgani tufayli ta’ziya bildirish uchun oilamiz bilan Qirg‘izistonga borgandik. Menga uylanmoqchi bo‘lgan yigitning rafiqasi bilan ham yaxshi tanishman, ular juda baxtli hayot kechirishmoqda. Do‘stona aloqalar saqlanib qolgan bo‘lishiga qaramasdan, muxlislar meni oilasi bilan urishib kelganlikda ayblashibdi”, — deya so‘zlab berdi. Xonanda u haqida “juda yevropalashgan”, “dinini ham bilmaydigan” qiz deb o‘ylaydiganlar yanglishishini aytdi. “Aslida, men o‘zbekligimni hech qachon unutmayman! Nohaq ayblovlardan ko‘nglim qolib ketdi, ba’zan tushkunlikka tushib, ijod qilgim kelmay qoladi. Men shunaqa odammanki, oqni oq deyman, qorani qora! Qaysi san’atkor qiz yigiti borligini oshkor qilgandi? Men hech kimdan hech narsa berkitmadim-ku! Vaja bilan ajrashdim, men o‘zimdan farishta yasamayman. Bu menga kerakmas. Muxlislarim meni borimcha qabul qilishlarini istayman. Ism ham inson taqdirini belgilar ekan. Ismim tarjima qilinganda ‘ishonchli do‘st’ degan ma’noni anglatadi. Men insonlarga haqiqiy do‘stman!” — dedi Munisa Rizayeva.
51
2,473
Madaniyat
“O`zbekiston: Yangilanayotgan tarix” hujjatli filmining suratga olish ishlari boshlandi
Kinematografiya agentligi hamda Rossiyaning “Masterskaya” kinokompaniyasi bilan hamkorlikda “O`zbekiston: Yangilanayotgan tarix” hujjatli filmining Qoraqalpog`iston Respublikasi Mo`ynoq, Qo`ng`irot tumanlarida suratga olish ishlari amalda boshlandi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar berdi. Ijodiy guruh Mo`ynoq tumanida, Orol dengizining sathida o`rmon barpo etish, tarixiy obidalar, hayotiy lavhalar hamda sobiq “Jaslq” qamoqxonasi va Ustyurt gaz-kimyo zavodi hududlari tasvirga olinadi. Hujjatli film yurtimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar haqida yaratiladi. “O`zbekiston: Yangilanayotgan tarix” hujjatli filmining s`yomka jarayonlarida “Qoraqalpoqkino” agentligi direktori Bektileo` Nizamatdinov va “Qoraqalpoqfilm” kinostudiyasi direktori Baxtiyar Madiyarov ham ishtirok etib, hududlar bo`yicha amaliy yordam ko`rsatadi.
87
875
Madaniyat
Ertaga “Lolagulim” kinokartinasining ilk katta premresi bo`lib o`tadi
Kinematografiya agentligi tashabbusi bilan “Milliy kinematografiya – Yangi O`zbekiston timsoli” kino oyligi davom etmoqda.   Ertaga 22 dekabr soat 17:00 da Kinochilar uyida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan Panda Production films studiyasi tomonidan suratga olingan “Lolagulim” badiiy filmining ilk katta premerasi bo`lib o`tadi.   Ssenariy mualliflari Azamat Ahrorov, Shuhrat Shon, postanovkachi rejissyor Azamat Ahrorov, operator Rustam Yo`ldoshev. Filmda aktyorlardan Tesha Mo`minov, Said Muxtorov, Ra`no Zokirova, Muyassar Berdiqulova, Mirolim Qilichev, Anvar Azimov, Shavkat Komilov va boshqalar rollar ijro qilishgan. Kinopremeraga film ijodkorlari ham tashrif buyuradi. Premeraga OAV vakillari, mutaxassislar, ijodkorlar, blogerlar va yoshlarni taklif etamiz. Kino oyligi davomida "Baron 2", "Qurbon pochcha", "Avf", "101-reys" kabi kinokartinalarning katta premeralari bo`lib o`tadi.
69
903
Madaniyat
2022 yilda O`zbekistonda o`tkaziladigan hunarmandchilik festivallari haqida ma`lumot berildi
AOKAda bo`lib o`tgan brifingda "Hunarmand" uyushmasi axborot xizmat rahbari Nilufar Hotamova bu haqda batafsil ma`lumot berdi. Qo`qon shahrida II Xalqaro Hunarmandchilik festivali. Ushbu festivalga iqtidorli hunarmand va iste`dodli yoshlarni tanlab olish maqsadida ikki bosqichdan iborat “Men Qo`qonga boraman” shiori ostida ko`rgazma va ko`rik-tanlov tashkil etiladi;
92
368
Madaniyat
Fransuz aktyori Jan-Pol Belmondo 89 yoshida vafot etdi
Fransuz aktyori Jan-Pol Belmondo 89 yoshida vafot etdi, deb xabar bermoqda France24. Aktyor advokatining ma’lum qilishicha, Jan-Pol 6-sentabr kuni vafot etgan. Jan-Pol Belmondo kinodagi debyutini 1957 yilda boshlagan, 1960-yilda ekran yuzini ko‘rgan Jan-Lyuk Godardning “So‘nggi nafasgacha” filmidagi rolidan so‘ng dunyo miqyosida mashhurlikka erishgan. U “Chochara”, “Ayol – bu ayol”, “Staviskiy”, “Professional”, “Tentak Pero”, “Chaqimchi”, “Borsalino”, “Missisipi sirenasi” filmlaridagi yorqin rollari bilan tomoshabinlar qalbini zabt etgan. 2001 yilda Jan-Pol Belmondo insultga chalindi, lekin 2008-yilda davolanishdan so‘ng kinodagi faoliyatini davom ettirdi. 2015-yilda esa u aktyorlik faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi, ammo keyinroq film suratga olish bo‘yicha takliflar bo‘lsa, ko‘rib chiqishga va’da berdi. Aktyor 2016-yilda kinoga qo‘shgan hissasi uchun “Oltin arslon” mukofoti bilan taqdirlangan. Avvalroq rossiyalik aktyor va rejissor Vladimir Menshov koronavirus asoratlari oqibatida vafot etgani haqida xabar berilgan edi.
54
1,044
Madaniyat
Zalni “jonlantirgan” Sevinch Mo‘minova, salomatligi og‘irlashgan xonanda va sahnaga chaqirilmagan Muhabbat Qurbonova — Vohidjon Isoqovning ilk konsertidan reportaj (foto va video)
Bu yil ilk yakkaxon konsert dasturini o‘tkazishga ahd qilgan xonandalar ko‘p bo‘ldi. Ular orasida Vohidjon Isoqov ham bor. U 14—15-iyun kunlari “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida “O‘zimning sevgilim” nomli dasturini taqdim etdi. “Daryo” muxbirlari konsertga tashrif buyurib, foto va videoreportaj tayyorladi. Vohidjon Isoqov 1988-yili san’atkorlar oilasida dunyoga kelgan. U 2011-yildan buyon san’at maydonida o‘z o‘rnini topishga intilyapti. “Borolmadim”, “Eslagin”, “Salom, sevgim” qo‘shiqlari bilan xalq e’tiborini tortgan. Ilk yakkaxon konsertida xonanda hayajonlanishi, kamchilik va xatolarga yo‘l qo‘yishi tabiiy hol. Vohidjon Isoqovning konserti ham kamchiliklardan xoli o‘tmadi. Olaylik, ko‘pchilik tomoshabinlarga konsert repertuari biroz tartibsiz joylangandek tuyuldi. Qo‘shiqlarni bir-biriga bog‘laydigan uyg‘unlik bo‘lmagani uchun dasturning birinchi bloki zerikarli o‘tdi. Xonanda ham hayajonda ekanligini ko‘p bor takrorladi. Bunday holatda keyingi qo‘shiq nomini ham esdan chiqarib qo‘yganini to‘g‘ri tushunish mumkin. O‘zbek konsertlaridagi an’anaga muvofiq xonanda konsertiga qiziqchi Zokir Ochildiyevni taklif etdi. U 10 daqiqalik tanaffus vaqtida tomoshabinlarni zeriktirmasligi kerak edi. Yosh qiziqchilarning beldan past hazillaridan noliymiz-u, ammo ustoz darajasiga yetganlar ham shunday hazillar qilishsa, dardimizni kimga aytamiz?! Konsertda raqsbop qo‘shiqlar juda ko‘p bo‘ldi. Ayniqsa, Vohidjon Isoqovning Sevinch Mo‘minova bilan kuylagan dueti sahnaga o‘zgacha kayfiyat olib kirdi. Xonandani qo‘llab-quvvatlash uchun ko‘plab san’at vakillari ham tashrif buyurishdi. Mahmud Namozov, Davron Ergashev, Ahad Qayum, Sevinch Mo‘minova shular jumlasidandir. Xonanda ustoz san’atkor Ravshan Namozovning qo‘shig‘ini kuylashdan avval xalqdan u kishining haqqiga duo qilishlarini, u ayni kunlarda og‘ir xastalik bilan kurashayotganini aytib o‘tdi. Onasining vafotidan so‘ng sahnadan biroz yiroqlashgan opa-singil Muhabbat va Malika Qurbonovalar bu xonandaning konsertida ko‘rinishi berishdi. Faqat bu safar raqqosa sifatida emas, balki yangi tashkil etilgan “Muhabbat” ansamblining rahbari va xoreografi sifatida ishtirok etishdi. Malika Qurbonova shogirdlariga o‘rnak bo‘lish uchun sahnada o‘zbekona raqslardan birini ijro etdi. Dasturni qiziqchi Ma’mur Xolmedov va aktrisa Shahzoda Muhammedovalar olib borishdi. Shahzodani qo‘llab-quvvatlash uchun turmush o‘rtog‘i Marat Xayrullayevich ham konsertga tashrif buyurdi. Bundan tashqari, konsert davomida muxlislar bilan sovrinli o‘yinlar tanlovi ham o‘tkazildi. Konsert ham bir imtihondek gap. Vohidjon Isoqov bu sinovdan o‘tishga jiddiy tayyorgarlik ko‘rganini payqash qiyin emas. Faqat u ko‘proq e’tiborini rang-barang kostyumlari-yu va muxlislarni jalb qilish usullariga qaratgan ko‘rinadi. Albatta, bu qaysidir tomoshabinlarga yoqar. Ammo konsert saroyiga borgan tomoshabin ko‘proq jonli ijroda qo‘shiq tinglashni istaydi, xonanda kelgusi dasturlarida bunga alohida e’tibor berishi kerak.
179
2,970
Madaniyat
“O‘zbekkonsert”ga yangi direktor tayinlandi
Davron Sheraliyev “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda “O‘zbekkonsert” matbuot xizmati xabar berdi. Bugunga qadar muassasa direktori vazifasida faoliyat olib borgan Jamoliddin Uzoqov lavozimidan ozod etilgan. U 2021-yilning mayidan buyon ushbu lavozimda edi. Davron Sheraliyev tayinlovga qadar O‘zbekiston davlat filarmoniyasi bosh direktori o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan. Ma’lumot uchun, Ozodbek Nazarbekov 2020-yilning yanvaridan buyon madaniyat vaziri lavozimida ishlab kelmoqda. Undan avval vazirlikka 2017-yildan buyon Baxtiyor Sayfullayev rahbarlik qilib kelgan.  “Madaniyat vazirligi qoniqarsiz ishlamoqda”. Senat qo‘mitasida Ozodbek Nazarbekov rahbarlik qilayotgan vazirlik tanqid qilindi
43
753
Madaniyat
Farhod va Shirin dueti keyingi konsertida “hech bo‘lmasa 50—60 foiz” qo‘shiqlarni jonli ijroda kuylashga harakat qiladi
2015-yilda o‘zining dastlabki konsert dasturini taqdim etgan Farhod va Shirin musiqiy dueti keyingi konsertlarda jonli ijroda chiqish qilish niyatida. Bu haqda ular “Bekajon” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi. “Jonli ijroda konsert berish niyatimiz yo‘q emas. Faqat buning uchun juda katta mas’uliyat, katta ijodiy jamoa kerak. Buning ustida ishlayapmiz”, — dedi guruh a’zosi Farhod. “Keyingi dasturlarimizni jonli berishga harakat qilamiz. Hech bo‘lmasa, 50—60 foiz qo‘shiqlarimizni jonli ijroda muxlislar e’tiboriga havola etamiz”, — dedi xonanda.
119
559
Madaniyat
“Qodirxon” seriali aktyori Davron Asqarov san’atkorning qiziga uylanayotgani, bo‘lajak rafiqasi hamda partnyorlari bilan mish-mishlar haqida (video)
“Qodirxon” serialidagi roli bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan Davron Asqarov “Daryo” internet nashrining YouTebe’dagi kanaliga intervyu berdi. U suhbat davomida yaqin kunlarda oila qurayotgani, uning seriallardagi partnyorlari bilan bog‘liq mish-mishlar va o‘ziga bo‘lgan nomaqbul takliflar haqida so‘zlab berdi. — Nasib qilsa, 20-sentabr kuni Qo‘qonda osh beriladi. Nikoh marosimi esa 26-sentabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Ayolim juda yosh, beg‘ubor, hayotda hali qiyinchilik ko‘rmagani bilinadi. Oilaning kenja farzandi bo‘lgani uchun erkatoyligi bilinib turadi. U bilan shu yilning 14-fevral kuni ko‘rishib qolganmiz. Avvaliga u bilan salom-alik qilib yurdik, oradan 6 oy o‘tib uydagilarni sovchilikka yubordim, — deydi aktyor. Tomoshabinlar orasida “Davron Asqarov aktrisa bilan oila quradi”, degan mish-mishlar tarqagandi. Aktyor nega ijod vakillari bilan oila qurishni istamaganligi haqidagi savolga quyidagicha javob berdi. — So‘nggi uch yil davomida bunday mish-mishlar juda ko‘p bo‘ldi. Ba’zi bir nuqtalarda hayotimga jiddiy ta’sir ham qildi. Marjona bilan har xil gaplar tarqalganidan keyin tushkunlikka tushib qoldim. Odamlar munosabatimizni boshqacha tushunishlarini anglab, keyingi partnyorlarim bilan ijtimoiy tarmoqlarda birga ko‘rinish bermaslikka harakat qilyapman. Xalqimiz juda ishonuvchan. Ba’zan Instagram’imga “Hamma aktrisa bilan sevishib yuraverarkansiz”, deb shunday qo‘pol gaplar yozishadi. Aslida unday emas, o‘rtamizda portnyorlikdan boshqa munosabat yo‘q, — deydi Davron Asqarov. Aktyor turmush o‘rtog‘ining otasi ham san’atkor ekanligi bois, rozilik olish u qadar qiyin bo‘lmagani haqida to‘xtalib o‘tdi. — Hayotda ko‘p narsa niyatga bog‘liq ekan. Odamlar hayron bo‘lishmasin, ayolim bilan nikohdan o‘tib bo‘lganmiz, shunga uni turmush o‘rtog‘im deyapman. Meni tushunadigan oila bo‘lsin, deb niyat qilgandim. Baxtimga turmush o‘rtog‘imning dadasi ham san’atkor. Ammo kim ekanligini hozircha oshkor etmayman. Bu sohani bilgani uchun o‘rtamizda hech qanday tushunmovchilik bo‘lmadi. Kuni kecha to‘y harakatlari bilan Qo‘qonga borganimda “Xonanda Ruxshona bilan to‘yingiz bo‘lyaptimi?” deb so‘rashyapti. Ba’zan ishonuvchan odamlar shunga o‘xshash ma’lumotlarga ham ishonib ketaverishadi. Ayollarning o‘rtasida bunga o‘xshash gap-so‘zlar juda ko‘p bo‘ladi. Bir ayolga hazillashib gapirib qo‘ygan gapingiz ham boshqa odamlarga butunlay o‘zgacha yetkazilishi mumkin. Shuning uchun ayollardan ehtiyot bo‘lish kerak. Men bilganim taniqli insonlarni axloqi buzuq insonlar yaxshi ko‘rib, yo‘ldan og‘dirmoqchi bo‘lishadi. Buni ayollar yaxshi tushunmasligi mumkin, ammo erkaklar bu holatni yaxshi bilishadi. Shunday vaziyatda erkak iymon bilan sinaladi. Menga ham bunday ayollardan juda ko‘p takliflar bo‘lgan. Kino olamiga kirib kelayotgan aka-ukalarimizga ham shundan ehtiyot bo‘lishlarini ko‘p bora ta’kidlayman, — deydi aktyor Davron Asqarov. Aktyor bilan to‘liq intervyuni quyida tomosha qilishingiz mumkin.
148
2,947
Madaniyat
Asal Shodiyeva so‘nggi paytlarda kinolarda kam ko‘rinayotgani sababini aytdi
Taniqli kinoaktrisa Asal Shodiyeva “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov bilan suhbatda oxirgi yillarda nega filmlarda kam ko‘rinayotganiga oid savolga javob berdi. “Inson turmush qurganidan keyin u albatta, bor kuchi va vaqtini oilasiga sarflashga harakat qiladi. Oila mustahkam bo‘lib, bitta butun bo‘lmagunicha, karyeraga qo‘l urolmas ekansiz. Shu bois kinolarda biroz tanaffus qilib, takliflarni rad etishimga to‘g‘ri keldi. Mana, farzandim ham katta bo‘lib qoldi, endi kinolarda rol o‘ynashga ko‘proq vaqtim bor. Yaqinda “Qodirxon” nomli serial va bir qancha kliplarda suratga tushdim. Bundan buyon ssenariysi menga ma’qul kelgan loyihalarda qatnashishda davom etaman”, — dedi aktrisa. Ma’lumot uchun, Shohruhxon va Asal Shodiyeva 2020-yilning 3-sentabr kuni o‘g‘il farzandli bo‘lgan hamda unga Muhammad Yusuf deb ism qo‘ygan edi.
76
831
Madaniyat
O‘zbekistonda Oskar mukofotiga arizalar qabul qilish boshlandi
Joriy yil may oyida Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan AQSh kinoakademiyasi ro‘yxatidan o‘tkazilgan O‘zbekiston Oskar qo‘mitasi 16-sentabr kuni Oskar mukofotining “Eng yaxshi xalqaro badiiy film” nominatsiyasiga O‘zbekiston nomidan ilgari suriladigan film nomini e’lon qiladi. Bu haqda “Daryo”ga Yoshlar media markazi ma’lum qildi. O‘zbekiston Oskar qo‘mitasi ushbu nominatsiyaga mahalliy kinoijodkorlardan arizalar qabul qilishni boshladi. Arizalar joriy yil 27-avgustidan 12-sentabriga qo‘mitaning koordinatsion markazi hisoblangan O‘zbekiston milliy kinokomissiyasida qabul qilinadi. Kelib tushgan murojaatlar 13—14-sentabr kunlari qo‘mita tomonidan ko‘rib chiqiladi. 16-sentyabr kuni AQSh kinoakademiyasi mukofoti uchun O‘zbekiston nomidan ilgari suriladigan film nomi rasman e’lon qilinadi. Tanlovda davomiyligi 40 daqiqadan kam va asosiy tili ingliz tili bo‘lmagan badiiy to‘liq metrajli filmlar ishtirok etishi mumkin. Film kinoteatrlarda prokatga chiqishidan oldin, uni televideniyada yoki internetda namoyish qilish va DVD formatlarida tarqatish taqiqlanadi, lekin kinofestivallarda qatnashishga ruxsat beriladi. Bundan tashqari, nomzod film 2018-yilning 1-oktabridan 2019-yil 30-sentabriga qadar kamida 7 kun davomida  kinoteatrlarda namoyish qilingan bo‘lishi lozim. Ma’lumot uchun, 92-Oskar mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimi 2020-yil 9-fevralda Los-Anjelesdagi Dolbi teatrida bo‘lib o‘tadi.
62
1,413
Madaniyat
Alisher Navoiy nomidagi Katta teatrda "Lazgi - Muhabbat va qalb raqsi" baletining premerasi bo`ldi (Video)
Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi o`rinbosari Saida Mirziyoeva premera haqidagi tassurotlari bilan bo`lishdi.  " – Bu juda jozibador va mo``jizaviy tomosha edi. Mashhur Xorazm raqsining barcha turlaridan eng qadimgisi — inson jismiga sig`may ozodlikka talpinayotgan Ruh voqeasi sahnada namoyish etildi. Harakat va tuyg`ular ifodasida qadimiy afsona jonlandi. Aksariyat tomoshabinlarning ko`zi yoshlandi. Bu xalqaro jamoa tomonidan amalga oshirilgan juda murakkab va qiziqarli loyiha bo`ldi. Uning maqsadi ezgu - balet san`ati vositasida jahon hamjamiyatiga qadimiy raqsimiz, xalqimizning sof qadriyatlari haqida aytib berish", - deydi S.Mirziyoeva.    U ushbu spektaklni sahnalashtirishga hissa qo`shgan barchaga cheksiz minnatdorchiligini va balet O`zbekiston va boshqa mamlakatlar tomoshabinlarining sevimli spektakliga aylanishiga umid bildirdi.
107
855
Madaniyat
Instagram: Jahongir Otajonovning qaroriga munosabat bildirgan Rasul Kusherboyev, Alisher Uzoqov kinolarda nega ko‘rinmay qoldi? Istanbulda Zohirshohning tobi qochdi
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. Aktrisa Zarina Nizomiddinova folloverlariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi. Opera xonandasi Shirin Mamatova Dubayda hordiq chiqarmoqda. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev Jahongir Otajonovning prezident bo‘lish orzusi haqida aytganini olib borilayotgan islohotlar samarasi deb atadi. “Hech kim siyosatchi bo‘lib tug‘ilmaydi, siyosatchilarni tayyorlaydigan maktab ham yo‘q. Dunyo tajribasiga qarasak, prezidentlar turli kasb egasi bo‘lishi mumkin. Jahongir Otajonov prezidentlikka nomzodimni qo‘ymoqchiman, degani fojia emas. Men bundan xursand bo‘ldim”, — deydi deputat. Ayni paytda Istanbul shahrida bo‘lib turgan xonanda Zohirshoh Jo‘rayevning tobi qochdi. U sahifasiga tomchi ukol olayotgani aks etgan suratni joylab, uni “gunohlarimning kafforati” deb atadi. Ozoda Nursaidova yangi suratlarini folloverlari bilan bo‘lishdi. Madina Mumtoz kuzatuvchilariga o‘zi haqida so‘zlab berdi. Sitora Alimjonova chaqaloqlarni sayrga olib chiqish yuzasidan yosh onalarga savol bilan murojaat qildi. Xonanda Nodir Zoitov singlisini turmushga berdi. Alisher Uzoqov kinolarda ko‘rinmay qolgani sababini aytdi. Yulduz Usmonova dam olish kunini turmush o‘rtog‘i, qizi va nabiralari qurshovida o‘tkazmoqda.
164
1,367
Madaniyat
“Kalmar o‘yini” rejissori serialning yana ikki mavsumini suratga olmoqchi — u Netflix bilan kelishuvlar olib bormoqda
“Kalmar o‘yini”ning bir mavsumi yetarli emas, deb o‘ylaydiganlar uchun ajoyib yangilik. Serial rejissori Xvang Don Xyok hozirda Netflix bilan loyihaning ikkinchi va uchinchi fasllarini chiqarish imkoniyatlarini muhokama qilish uchun muzokara olib bormoqda. 50 yoshar shouraner bu haqda KBS telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi. Shuningdek, u striming xizmati vakillari bilan yaqin vaqt ichida yakuniy qarorga kelishlarini va natija haqida, albatta, omma oldida ma’lum qilishini qo‘shimcha qilgan. Xvang avvalroq birinchi mavsum finali kartina uchun yaxshi yakun bo‘lishi mumkinligini aytgan edi, ammo ba’zi sujetlar noaniqligicha qolgan. “Serialda oshkor etilmagan yana bir qancha voqealar bor. Misol uchun, politsiyachi va uning akasining hikoyasi, — deydi u The Hollywood Reporter nashriga. — Agar ikkinchi mavsumda ishni tugatsam, ushbu hikoya chizig‘ini o‘rganmoqchiman, bu ikki aka-uka o‘rtasida nima bo‘ladi? Keyin Ki Xunga birinchi epizodda kartani bergan kostyum yollovchining hikoyasini ko‘rib chiqishim mumkin”. Eslatib o‘tamiz, “Kalmar o‘yini” seriali 2021-yilning sentabr oyida namoyish etildi. Sujet quyidagicha: 456 nafar moliyaviy muammoga duch kelganlar ko‘p millionli sovrin yutib olish umidida sirli o‘yinda ishtirok etadi. Ammo bolalar o‘yiniga o‘xshab ko‘ringan sinovlar halokatli bo‘lib chiqadi: har kuni eng kuchsiz o‘yinchilar tashkilotchilar tomonidan ayovsiz tarzda o‘ldiriladi. Ushbu drama bir zumda tomoshabinlar va tanqidchilarning minglab hayratlanarli izohlariga sabab bo‘ldi va Netflix’da eng ko‘p tomosha qilingan serial sifatida “Brijertonlar” rekordini yangiladi.
117
1,609
Madaniyat
Shahzoda Muhammedovaning onasi “Tundan tonggacha” filmida bosh rolga Sevinch Mo‘minova ham da’vogarlik qilgani haqida so‘zlab berdi (video)
Aktrisa va dizayner Shahzoda Muhammedovaning onasi Gulmira Muhammedova “O‘zim” loyihasiga bergan intervyusida qizining san’at olamiga kirib kelishi hamda uni mashhur qilgan “Tundan tonggacha” filmi kastingidan qanday o‘tgani haqida so‘zlab berdi. Kollaj: “Daryo” “Birinchi bo‘lib kinostudiyaga 16 yoshida o‘g‘limni olib bordim. O‘g‘limning Murod Rajabovdek aktyor bo‘lishini istadim. Qizimni kinostudiyada dizayner bo‘lishini niyat qildim. Lekin har doim ham o‘ylagan narsang bo‘lavermas ekan. O‘g‘lim qolib, rejissor qizimni tanladi. Men yakka-yu yagona kelinman, qizim oilamizda yakka-yu yagona qiz nevara. Men orqamda turgan qaynota-qaynonamdan qanday dakki eshitishimni bilsam-da, qizimning kinoda rol o‘ynashiga jur’at qildim. ‘Omad’ filmidan taklif bo‘lganida o‘ylab ham o‘tirmasdan rozilik bildirdim, chunki ssenariyda qizimning fe’l-atvori yozilgan edi. Kichik rollardan boshlab, qanday qilib kino sohasiga kirib ketganimizni bilmay qoldik”, — deydi Gulmira Muhammedova. Gulmira Muhammedovaning aytishicha, Shahzodani elga tanitgan “Tundan tonggacha” filmi kastingi ham osonlikcha o‘tmagan. “Jahongir Ahmedov yana bitta ssenariy yozdim, deb bosh qahramon roliga taklif qilyaptilar bir payt qarasam. Qanaqa rol u, desam u rol homilador kelinchak roli ekan. ‘Yo‘q, men bu rolga rozi bo‘la olmayman’, deb qarshi bo‘ldim. Qaynota-qaynonam bu narsadan judayam ranjishidan qattiq qo‘rqdim. Qizim bu yoqda kasal edi, isitmalab yotgandi. Bu qo‘ng‘iroqni eshitganidan so‘ng esa bir pasda tirilib, bir pasda jonlanib qoldi. Ssenariyni borib o‘qib ko‘rsak, mengayam, qizimgayam yoqib qoldi. Doskada rasmlari ilingan aktyorlar jamoasini ko‘rib, yanayam qiziqish uyg‘ondi. Kasting ketayotgan edi. Kastingda 15 ta qiz ko‘rilayotgan ekan. Oxiri 8 kishi qolibdi. U sakkiz nafar qiz ichidan kuchli aktrisalar videosinov topshirayotgan ekan. Birozdan so‘ng ikki nafar qiz qolganini aytishdi. Ikkala qizdan biri Sevinch Mo‘minova, biri esa Shahzoda ekan. ‘Shahzoda, aniq aytaman Sevinch Mo‘minova yutadi’, dedim. Chunki uning qo‘shiqlari bor, qo‘shiqlaridan soundtrek sifatida foydalanishadi, dedim. Shahzodaning erkalanib o‘ynab beradigan joyi yoqib qoldi, shekilli, uni tanlashdi. Kutilmaganda filmga Shahzoda tasdiqlandi”, — deydi Gulmira Muhammedova.  Shahzoda Muhammedovaning turmush o‘rtog‘i uning tug‘ilgan kuniga yangi avtomobil sovg‘a qildi (video)
139
2,348
Madaniyat
AQShdagi universitetlardan birida “Taxtlar o‘yini” tillari bo‘yicha kurs ochildi
Berklidagi (AQSh) Kaliforniya universitetida “Taxtlar o‘yini” seriali tillari bo‘yicha kurs ochildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda. Mazkur kursni shu yozda o‘tish mumkin. U olti hafta davom etadi. Kurs “‘Taxtlar o‘yini’ lingvistikasi va til o‘ylab topish san’ati” deb ataladi. Kurs ma’ruzachisi lingvist Devid J. Piterson bo‘ladi. U serialda qo‘llanilgan dotraki va valiriy tillarini yaratgan. Shuningdek, u boshqa seriallar uchun ham sun’iy tillar yaratib bergan.
80
471
Madaniyat
Aktrisa Gvinet Peltrou va musiqachi Kris Martin ajrashish uchun ariza berdi
Aktrisa Gvinet Peltrou va musiqachi Kris Martin rasman ajrashish haqida yakuniy qaror qabul qildi, deya xabar bermoqda “TASS”. 2014-yil martidan buyon birga yashamayotgan er-xotinlar 20-aprel, dushanba kuni ajrashish uchun ariza berdi. Ular o‘z nikohlariga janjal va shov-shuvli sud protsesslarisiz yakun yasamoqchi. 42 yoshli aktrisa va 38 yoshli Coldplay guruhi yakkaxoni 2003-yil dekabrida turmush qurgan bo‘lib, 10 yoshli qizi va 9 yoshli o‘g‘illari bor. Ajrashish uchun berilgan hujjatlarda ta’kidlanishicha, er-xotin orasida “bartaraf qilib bo‘lmaydigan kelishmovchiliklar mavjud”. Advokatlar “er-xotinlik aloqalarining uzilishi do‘stona ravishda va tezda rasmiylashtirilishi”ni ma’lum qilmoqda.
75
702
Madaniyat
Munisa Rizayeva hamda Jasur G‘oyipovning to‘yi bekor qilindi
Munisa Rizayeva hamda Jasur G‘oyipovning to‘yi haqidagi xabar va unashtiruv marosimidagi suratlar Instagram’dan yo‘qolib qoldi, deb ma’lum qildi “Sayyod”. Xabarda ta’kidlanishicha, “Sayyod” nashri tashkil etgan “Varrak-shou”da Munisa Rizayeva unashtiruv marosimidagi videolavhani ko‘rsatgan va to‘y bo‘lishini tasdiqlagan. Ayni vaqtda xonandalarning ikkalasi ham Instagram’dagi unashtiruv marosimida olingan suratlarni o‘chirgan. San’at olamida esa to‘yning to‘xtatilishi bilan bog‘liq turli mish-mishlar tarqalgan. Munisa Rizayeva yaqin kunlarda “Sayyod”ga intervyu berib, barchasiga oydinlik kiritishga va’da bergan.
60
619
Madaniyat
Zuleyha to‘yga tayyorgarlik ko‘rmoqda, Kivanch Tatlitug‘ o‘g‘li bilan vaqt o‘tkazmoqda. Turk kinosi yulduzlarining shaxsiy hayotidagi yangiliklar (foto)
Turk kino olamida o‘z o‘rniga ega aktyor va aktrisalarning hayoti turfa voqealarga boy. Qaysidir aktyor to‘satdan turmush qurishini e’lon qilsa, qaysidir aktrisa yillab sinalgan munosabatlarini yakunlaydi, yana kimdir ota bo‘lganini ma’lum qiladi. Quyida ayrim turk aktyori va aktrisalarining shaxsiy hayoti haqida ma’lumot beriladi. Ilhan Shen va Burju O‘zberk Hozir “Sevgi vaqti” serialida suratga tushayotgan Ilhan Shen O‘zjan Denizning konsertiga tashrif buyuradi va u yerda sevgilisi Pinar Gulpakan (Pinar televideniyadagi faoliyati bilan tanilgan aktrisa) bilan birga qatnashadi. Aktrisa “Oyna ortidagi qiz”, “Mening sobiq sevgim” seriallarida suratga tushgan. Ularning surati aktyorning “Sevgi. Mantiq. Qasos” serialidagi sherigi bilan ishqiy munosabatda bo‘lganiga ishongan muxlislarning salbiy izohlariga sabab bo‘ldi. Tomoshabinlarning bunday munosabati bo‘lishi tabiiy, ko‘p hollarda bir loyihada ishtirok etgan juftliklar haqiqatan ham bir-birini yoqtirib qolganini ma’lum qiladi. Ilhan serialdagi partnyori bilan ishqiy munosabatlari haqidagi mish-mishlarni rad etdi. U Burju bilan ajoyib hamkorlik bo‘lganini, a’lo darajada ish olib borganini, aktrisa bilan uchrashishda davom etishini, ular o‘rtasida faqat do‘stona munosabatlar mavjudligini aytdi. Burju O‘zberk aktyorning gaplarini qo‘llab-quvvatladi. Esra Bilginch va Go‘kxan Tore Ommaviy axborot vositalarida Esra Bilginchning Turkiyadagi YouTube kanalida obunachilar soni bo‘yicha 8-o‘rinda turadigan, videobloger sifatida tanilgan reper Reymen bilan uchrashgani haqida xabarlar tarqaldi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay ularning ajralgani aytildi. Ushbu yangilikning asosi Reymen va Esraning Instagram’da bir-biriga obuna bo‘lishlari edi. Bir necha kundan keyin ular bir-birlarini kuzatishni bekor qildi. Turkiya matbuoti ular asossiz mish-mish tarqatmasligi uchun obunani bekor qilgani haqida yozgan. Vaqt o‘tib Esra Bilginch Germaniyaning Kyoln shahri terma jamoasi va klubida o‘ynayotgan asli turkiyalik bo‘lgan futbolchi Go‘khan Torega turmushga chiqdi. Ular 2017-yilda turmush qurdi, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on va uning rafiqasi to‘y marosimida ishtirok etdi. Juftlik 2019-yilda ajrashganini e’lon qildi, bunga Go‘khanning xiyonati bo‘lgan va aktrisa uni kechira olmagan. Ajralish jarayoni 10 daqiqa davom etdi, chunki ular mulk mavzusidagi da’vo arizasidan voz kechdi (turk qonunlariga ko‘ra, turmush o‘rtog‘i xotinini qayta turmush qurmaguncha qo‘llab-quvvatlashi kerak). Bilgich va Torening farzandi yo‘q. Selin Ishik va Riza Kodjao‘g‘lu So‘nggi paytlarda turk matbuoti Selin Ishik va Riza Kodjao‘g‘lining uchrashayotgani haqida yozdi. Juftlik munosabatlarini yashirmaydi. Yaqinda dam olishdan oldin Riza aktrisa bilan onasini tanishtirdi. Turkiyada yaxshi ko‘rgan insonini ota-onasi bilan tanishtirish katta ahamiyatga ega ishlardan biri hisoblanadi. Jurnalistlar Rizadan aktrisa bilan turmush qurishi haqidagi haqiqatlarni so‘raganida, u bu ishning bo‘lishi mumkinligini aytgan. Hazal Kaya karyerasining boshlanishi Aktrisa Hazal Kaya “Uni Fariha deb qo‘ydim” va “Taqiqlangan sevgi” kabi mashhur seriallarida suratga tushgan. U amerikalik kinoijodkorlar tomonidan suratga olingan “Soprano” nomli serialning dublyajida ishtirok etgan. Uni suratga olish maydonchasiga taniqli prodyuser va ssenariy muallifi, shuningdek, onasining eng yaqin dugonasi bo‘lgan Nurjon Go‘zel olib kirgan. U Hazalga o‘zini aktyorlikda sinab ko‘rishni maslahat bergan. Salaxattin Pashali  Yaqinda Netflix seriallarida suratga tushayotgan aktyor Salahattin Pashali ota bo‘ldi. U rafiqasi bilan shu yilning aprel oyida turmush qurdi. Juftlik farzandining Leyla Pera 2022-yilning 1-iyunida dunyoga kelgan. Aktyor ijtimoiy tarmoqlarda qizi dunyoga kelgani haqidagi quvonchni o‘rtoqlashdi va “Oilangizga xush kelibsiz, Peram. Biz sizni yaxshi ko‘ramiz!” deb izoh qoldirdi. Kivanch Tatlitug‘ Kivanch Tatlitug‘ esa allaqachon otalik ilmini o‘rganmoqda va bo‘sh vaqtida o‘g‘li bilan suratga olish va fotosessiyalarda ishtirok etadi. Hilal Altinbilek va Metin Xara “Zuleyha” serialida bosh rolni ijro etgan Hilal Altinbilek to‘yiga hozirlik ko‘rmoqda. U Turkiyaning mashhur yozuvchilaridan biri Metin Xara bilan turmush qurmoqda. Juftlik 2021-yilning iyul oyida uchrasha boshlagan va bundan oldin ham ular yaqin munosabatda bo‘lgan.
152
4,293
Madaniyat
Koreya to`plamlarida saqlanayotgan O`zbekistonning nodir buyumlariga bag`ishlangan nashr ustida ish boshlanadi
"O`zbekistonning madaniy merosi dunyo to`plamlarida" loyihasining ishchi guruhi O`zbekiston madaniy merosini saqlash, o`rganish va ommalashtirish bo`yicha Butunjahon jamiyati boshqaruv a`zosi, Mixo muzeyining maxsus ilmiy xodimi S.V. Laptev rahbarligida Koreyalik muzey xodimlari va olimlarning ko`magi va ishtirokida Koreyada topilgan Markaziy Osiyo bilan bog`liq barcha buyumlarni tizimlashtirish va sharhlash bo`yicha ishlarni boshlamoqda. Moddiy madaniyat obektlarining dastlabki katalogini tayyorlash bo`yicha ishlar yakunlangan. Markaziy Osiyo bilan bog`liq durdonalarining tasvirlari va annotasiyalari Koreya muzeylarining olimlari tomonidan taqdim etilgan. Tayyorlanayotgan kitob-albom to`plamiga zargarlik buyumlari, qurol-aslaha, turli xil metall buyumlar, shisha idishlar, toshdan yasalgan haykalchalar, shuningdek Kushon va So`g`d davriga oid boshqa noyob buyumlar kiritiladi. Ayni vaqtda kitob matni ustida ish olib borilmoqda. Kitobda koreyslarning Markaziy Osiyodagi tarixiy aloqalari haqida so`z boradi. Shuningdek, Buyuk Ipak yo`lidagi aloqalarni rivojlantirishga katta hissa qo`shgan, ko`p millatli O`zbekiston xalqlarining madaniy qayta tiklanishi uchun xizmat qilayotgan ushbu ajoyib mamlakatning madaniyati, san`ati, adabiyoti va tarixi haqida hikoya qilinadi. "Koreya va Markaziy Osiyo Buyuk Ipak yo`lida" kitob-albomining taqdimoti 2021 yil oxirigacha bo`lib o`tadi. "O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida" loyihasining tadqiqot tashabbuslari O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, saqlash va ommalashtirishga qaratilgan. "Eriell Group" xalqaro neft xizmati kompaniyasi loyihalarni amalga oshirishda har tomonlama yordam berib kelmoqda.
110
1,669
Madaniyat
Rustam Sa’diyev: Uyga kirib borganida “Onang qani?” deb so‘ramagan erkak zoti bormikan?
Rejissyor Rustam Sa’diyev Xalqaro xotin-qizlar kuni haqida fikr bildirdi, deb xabar beradi “Bekajon” gazetasi. “Bayram kunlari gul ko‘tarib ketayotgan erkaklarimizni kuzatganmisiz? Ularning ko‘zlarida bilinar-bilinmas quvonch uchqunlari porlab turishiga nazar tashlaganmisiz? – dedi ijodkor. – Demak, uni intizorlik bilan kutayotgan yorinimi, onasinimi, qizlarinimi qutlamoqqa oshiqyapti. Uyga kirib borganida “Onang qani?” deb so‘ramagan erkak zoti bormikan? Bir zum ko‘zimizga ko‘rinmasa, yuragimizga g‘ulg‘ula tushadi. Nafaqat bayram kunlari, boshqa kunlar ham yaxshi tilaklaringizni aytishga shoshiling, agar ayta olmasangiz ham u mehringizni ko‘zlaringizdan sezib turadi. Bolalarimizning onasi har qanday mehrga, har qanday e’zozga loyiqdir!”
87
748
Madaniyat
Kuchli ayol qanday bo‘lishi kerak? Nurgul Yeshilchay karyerasi, hayotga qarashlari va boshqa mavzudagi savollarga javob berdi
O‘zbek teletomoshabinlariga “Ishkomli uy” serialidagi Bahor roli bilan tanish bo‘lgan, ayni vaqtda Turkiyaning Fox kanalida efirga ketayotgan “Gunohni yuvish” filmida suratga tushayotgan aktrisa Nurgul Yeshilchayning MAG jurnaliga bergan intervyusini o‘zbek tilida e’tiboringizga havola etamiz. — Aktyorlik mahorati siz uchun nimani anglatadi? O‘z ishingizni yaxshi bajarishga yordam beradigan detallar haqida aytib o‘tsangiz? — Aktyorlik mahoratining 80 foizi zakovatdan iborat deb hisoblayman. Qahramonni gavdalantirishda mantiq va tasavvurning aniq bo‘lishi juda ham muhim. Atrofda nima bo‘layotgani haqida bilish, ko‘rish va yangi tendensiyalarni o‘rganish kerak. — “Gunohni yuvish” serialida hech qachon o‘z e’tiqodidan voz kechmaydigan ona Zeynep rolini o‘ynayapsiz. Zeynepga qanday baho bergan bo‘lardingiz? — Menga ko‘proq Zeynepning boshidagi ahvoli yoqadi. Uning o‘z kasbi bo‘lgan. U quvnoq, jahli chiqqanida esa qoplon singari bo‘lgan. Ammo endi u bosiq, yuvvosh. Siz qahramonni aktyor sifatida dastlabki holatini gavdalantirasiz, keyin esa siz tushunmaydigan televizion personaj paydo bo‘ladi. Begonalashgani uchun rol o‘ynash qiyinlashadi. — Sizga farzandlari uchun tavakkal qilishdan qo‘rqmaydigan, shuningdek, sevgisini ham yo‘qotmaslikka urinadigan kuchli ayol rolini ijro qilish yarashadi. Nima deb o‘ylaysiz sevgining vaqti yoki shartlari bo‘ladimi? — Ayol kishi avvalo o‘ziga vaqt topishi va nimani xohlashini bilishi kerak. Bolalarim nimani xohlaydi? Erim nimani istaydi emas, avvalo o‘zidan nima istayotganini so‘rashi kerak. Ayol hech kim uchun o‘zidan voz kechmasligi va polyuvgichga aylanmasligi kerak. Aynan shu sabab ham Zeynepni o‘ta kuchli deb hisoblamayman. Chunki u o‘zi uchun hech nima qilmayapti. Muratxon Munganning “Kiyiklar va la’natlar” spektakli bor. Unda kiyikni sevib qolgan erkak sehrgarga murojaat qiladi va kiyik ayolga aylanadi. Turmush qurib baxtli hayot kechirgan juftlikning farzandi bo‘lmaydi. Erkak bolali bo‘lishni istaydi, erkakning bu ahvolidan xafa bo‘lgan ayol sehrgarga takror murojaat qilib vaziyatni anglatadi. Afsungar ayolga agar uning ko‘zlari o‘yib olinsa, farzandli bo‘lishi mumkinligini aytadi. U ko‘zlarini o‘yib olganidan keyin bo‘lsa, eri uni ko‘zlari uchun yaxshi ko‘rganini ta’kidlaydi. Demoqchi bo‘lganim, hayotdagi istalgan munosabatlarning qadr-qimmati bo‘lmasligi mumkin. Agar o‘zingiz uchun yashasangiz, farzandlaringiz ham baxtli, sevgining ham eng yaxshisi bo‘ladi. Sevgi yosh tanlamaydi. — Siz uchun sevgi nima? O‘zingizni sevib qolgan kishi sifatida qanday tasvirlab bera olasiz? — Insoniyat tarix davomida topilmagan savolga javob berishimni so‘rayapsiz. Men sevib qolsam, o‘ta quvnoq bo‘laman, ko‘p kulaman. Menda yuqoriga liftda emas, zinapoyadan ko‘tarilishga tayyor bo‘ladigan darajada energiya paydo bo‘ladi. — 2020-yildagi foto ko‘rgazmada ayollarning kuchiga urg‘u bergan edingiz. Sizningcha jamiyatda kuchli ayol fenomeni paydo bo‘lishi uchun nima qilish kerak? — Har qanday davrda turli ayollar ideallashtirishga harakat qilinadi. Bizga ideal emas, erkin yashaydigan ayollar kerak. Ayolning qanchalik kuchli ekanini ochib beradigan, larzaga keltiradigan va hatto dunyoni o‘rab turadigan qarashning kelib chiqishi shu zamin bilan bog‘liq. Anadoluda matriarxat 16 ming yildan buyon mavjud. Bu ming yillik tarix davomida hamisha qudratli ayollarning uyi bo‘lgan makon. Bu zamin kuchli ayollar, Kibele (barokat tangrisi), Afrodita (sevgi tangrisi) va Amazonka (yunon afsonalarida jangovar ayollar) avlodlarining yeri. Bizning genlar o‘ta kuchli. — “Ishkomli uy” barchamiz uchun esda qolarli serial bo‘lgan. O‘sha yillarni yodga olganda nima haqida o‘ylaysiz? “Ishkomli uy” vaqtida barchamiz juda ham yosh bo‘lganmiz. Bu Changin Irmakning birinchi ishi, kordinator esa Timur Savji bo‘lgan. Shundan keyin u o‘zining shaxsiy prodyuserlik markaziga asos solgan. O‘zjan Deniz singari men uchun ham birinchi loyiha bo‘lgan. Bu yoshlikning olovli loyihasi. Shu sabab ham men uchun barchasi juda qiziqarli kechgan. — Qanday seriallarni tomosha qilasiz? Men barcha fasllarini boshidan oxirigacha tomosha qilgan serialning o‘zi yo‘q. House Of Cards, Crown, Breaking Bad, The Handmaid’s Tale, Mad Man seriallari menga juda ham yoqadi. — Yangi avlod yulduzlaridan kimlarni yoqtirasiz? Jiyanim Buse Chelik, Neslihan Atagul, Hazal Kaya, Merve Dizdar, Jem Yigit Uzumo‘g‘lu va Burak Deniz yoqadi. — Ko‘p yillardan buyon ekranda doimgidek go‘zal ko‘rinishingiz siri nimada? Tongda yuzimni muz bo‘lagi bilan artaman. Gala konsertlardan avval tuxum oqidan niqob qilganimdan keyingina makiyaj qilaman. Kartoshka ko‘z ostidagi halqalarni yaxshi bartaraf qiladi. — O‘ziga xos bo‘lishingizning sababi nimada? — Uzoqni o‘ylab ish qilaman, emotsionalman, ammo hamma narsani nazorat qila olaman, sinchkovman va lanjlikka chiday olmayman. — Odamlar sizni quvnoq va samimiy deb hisoblaydi. Suratga olish maydonchasida sahnalaringiz suratga olingunicha kimlar bilan va nima haqida gaplashasiz? — Suratga olish maydonchasida bolalar bilan vaqt kechirishni yaxshi ko‘raman. Ular zerikarli ish haqida gapirmaydi, menga raqamli olamni o‘rgatadi, men ularning hayoti haqida tinglayman. Bolalardan tashqari menga hammadan ko‘p, so‘nggi vaqtlarda safarga chiqishni rejalashtirish yoqadi. Bu meni baxtiyor etadi. — Muvaffaqiyatli aktrisa, go‘zal ona va o‘ziga xos ayol ekanligingizning siri nimada? — To‘liq hayot kechirish siri: o‘zlikni anglash, mukammal bo‘lishga urinmaslik va boshqalarga taqlid qilmaslikda. — Ijtimoiy tarmoqlardan faol foydalanuvchi sifatida uning ta’siriga qanday baho berasiz? — Fikrimcha, ijtimoiy tarmoqlar istalgan narsa haqida birinchi bo‘lib, shaxsan o‘zi ma’lumot berish imkonini beradi. Vositachilar yo‘qligi uchun esa iliq muloqot qilish, dunyoda nima yuz berayotgani haqida oson tushunish mumkin. — So‘nggi yillarda raqamli platformalarga bo‘lgan qiziqish tobora ortib bormoqda. Ayniqsa, pandemiya davrida yanada jadal tarqalayotgan raqamli odatlar auditoriya va kinosanoatga nima olib keladi, deb o‘ylaysiz? — Inson dilkash mavjudot va aynan shu sabab ham teatr, kinoteatr va konsertlar hamisha mavjud bo‘ladi. Kinoteatrda film tomosha qilish jarayonida barcha barobar yig‘laydi va kuladi. Jamoaviy reaksiya bag‘oyat go‘zal, shunday emasmi? Raqamli olamda esa his-tuyg‘ular individual his qilinadi. Ammo men tuyg‘ularni birgalikda boshdan kechirish muhim, deb o‘ylayman. Raqamli koinot qonimizga singib bo‘ldi. Aynan shu sabab ham qaram bo‘lib qoladigandek tuyuladi. Filmlar ham turli. Kinoteatrda ko‘rish istalgan va raqamli platformada tomosha qilish xohlanadigan filmlar boshqa-boshqa. Hozir hammasi tartibsiz ko‘rinishga ega, ammo ajratilsa yanada ravon ko‘rinadi. Shunda mening fikrimcha, tashvishlanishga hojat qolmaydi.
125
6,710
Madaniyat
Internetda “Intervyu” filmidagi Kim Chen Inning qatl etilish sahnasi paydo bo‘ldi
Internetda “Intervyu” filmidagi Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning qatl etilish sahnasi paydo bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”. Rolikda Rendall Park tomonidan o‘ynalgan Kim Chen In o‘tirgan vertolyot urib tushiriladi, natijada u halok bo‘ladi. Lavhani Defamer saytida ko‘rish mumkin. Avvalroq Sony Pictures kinostudiyasiga hujum uyushtirib, prodyuserlar va mediakorporatsiya sheriklari o‘rtasidagi yozishmalarni oshkor qilishda davom etayotgan xakerlar Kim Chen In haqidagi filmni namoyish etishdan voz kechishga chaqirgan edi.
81
543
Madaniyat
Jorj Kluni va Amal Alamuddin Buyuk Britaniyada qaytadan to‘y qildi
Aktyor Jorj Kluni va advokat Amal Kluni (qizlik familiyasi Alamuddin) o‘tgan dam olish kunlari Britaniyada qaytadan to‘y qildi, deya xabar bermoqda Hello!. Bakingemshir grafligining janubida bo‘lib o‘tgan marosimda yaqin do‘st va qarindoshlar qatnashdi. Tadbir Amalning bolaligi o‘tgan Jerards Kross qishlog‘i yaqinidagi Danesfield House Hotel and Spa besh yulduzli mehmonxonasida o‘tkazildi. Marosimni uning ota-onasi tashkil qilgani xabar berilmoqda. Eslatib o‘tamiz, 36 yoshli Amal Alamuddin va 53 yoshli Jorj Kluni sentabr oxirida Venetsiyada turmush qurdi. Amal Oksford universiteti va Nyu-Yorkdagi huquqshunoslik maktabini tugatgan. 2011-yilda u WikiLeaks asoschisi Julian Assanjga advokatlik qilib, omma e’tiboriga tushdi.
66
730
Madaniyat
Shohruxxon va Asal Shodiyevaning muhabbat tarixini Narimon Sultonxo‘jayev suratga olmoqda
Klipmeyker Narimon Sultonxo‘jayev xonanda Shohruxxon va aktrisa Asal Shodiyevaning nikoh to‘yi uchun ularning muhabbat tarixi (love story)ni suratga olmoqda. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar berdi. Xabar berishlaricha, Shohruhxon va Asal Shodiyevaning nikoh to‘yi 5-iyun, yakshanba kuni Toshkentdagi “Versal” restoranida bo‘lib o‘tadi.
89
332
Madaniyat
Gollivudda “Uzuklar hukmdori” trilogiyasi asosida serial suratga olish muhokama qilinmoqda
Warner Bros. kompaniyasi va Jon Ronald Ruel Tolkinning merosxo‘rlari Amazon Studios bilan birgalikda “Uzuklar hukmdori” trilogiyasi asosida serial suratga olish loyihasini muhokama qilmoqda. Bu haqda Meduza xabar bermoqda. Variety nashrining vaziyatdan boxabar manbalarga asoslanib xabar berishicha, muzokaralarning dastlabki bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Xabar berishlaricha, Warner Bros. va Tolkinning merosxo‘rlari bu g‘oyani bozorning turli ishtirokchilariga taklif qilgan, ular orasida Amazon Studios’ning imkoniyatlari nisbatan yuqori baholanmoqda. Muzokaralarda Amazon rahbari Jeff Bezos ham qatnashmoqda. Variety’ning qayd etishicha, bu biroz noodatiy vaziyat bo‘lib, ushbu holat Amazon Studios rahbari Roy Praysning tegajoqliklarda ayblanib, ishdan haydalgani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Jon Ronald Ruel Tolkinning “Uzuklar hukmdori” va “Xobbit” kitoblari asosida shu nomlar ostida ikkita filmlar trilogiyasi chiqarilgan (ular mos ravishda 2001—2003-yillarda va 2012—2014-yillarda ekranlarga chiqqan). Barcha filmlar yangi zelandiyalik rejissor Piter Jekson tomonidan suratga olingan.
90
1,093
Madaniyat
Zuhra Ashurova: “Jahlim chiqqanida hurmat darajasini yo‘qotib qo‘yaman”
“Darakchi.uz” O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Zuhra Ashurova bilan uyushtirilgan suhbatni chop etdi. Quyida undan olingan eng qiziqarli savol-javoblarni keltiramiz. — Sizni sahnani qadrlaydigan aktrisa, deya ta’riflashadi. — Aktrisa bo‘lish orzusiga erishishim oson kechmagan. Onam rahmatli “Artist bo‘lsang, seni kim kelin qiladi?” — deya xavotir aralash qarshilik ko‘rsatganlar. Otam ko‘nglimga qaraganlar, u kishi bizga doim “siz”lab murojaat qilardilar. To‘g‘ri, padarim ko‘proq suxandon bo‘lishimni orzulaganlar. Qo‘ni-qo‘shni o‘rtasida har xil mish-mish gaplar ham tarqalgan. Sahnada kimlar bilandir er-xotin bo‘lib chiqsam, “Voy, Jo‘ra akaning qizi falonchining xotini bo‘lib chiqibdi”, — deyishgan. Uyga yig‘lab kelgan kezlarim ham bo‘lgan. “Hali shunday aktrisa bo‘layki, gap-so‘z qilganlar uyalib qolsin. Onam esa quvonib yursinlar”, — derdim. Oradan yillar o‘tgach, volidam mendan, kasbimdan rozi bo‘ldi. “Men Zuhra Ashurovaning onasiman”, — deya faxr bilan so‘zlaganlarida ko‘zim yoshlanardi. Qismatni qarangki, avvallari artistning qizini hamma kelinlikka olmagan bo‘lsa, bugungi kunda buning aksi bo‘lib chiqyapti. San’atkorga qiz bersam, artistdan kuyovim bo‘lsa, qaniydi, deguvchi insonlar oramizda anchagina topiladi. San’atkorga qiz bermayman, degan kishilarning nabiralari bugungi kunda san’atkor bo‘lish uchun harakat qilishayapti. San’atkorlik ancha mashaqqat talab etilishini, afsuski, hamma ham his etavermaydi. San’atni egallash uchun Zuhra Ashurova tirnoqlari bilan tirmashganini bilishmaydi. Shunga qaramasdan tirishib, orzumga, oldimga qo‘ygan maqsadimga erishganman. Mana shunaqa qiyinchiliklardan o‘tganim uchun ham sahnaning qadriga yetaman. — Kino, seriallarda ham suratga tushasiz. San’atning bu yo‘nalishidagi ijrongizdan qoniqasizmi? — Rosti, o‘zimni kinodan omadi kelgan aktrisa, deb sanamayman. To‘g‘ri, rollarim bor, biroq o‘zim istagan va qoniqtiradigan to‘laqonli obrazni yaratganim yo‘q. Masalan, tomoshbainlar “Kelinlar qo‘zg‘oloni” desa Dilbar Ikromovani, “O‘tkan kunlar” haqida so‘z ketsa, Gulchehra Jamilovani, “Sevginator” deganda esa Muqaddas Holiqovani ko‘z oldiga keltirishadi. Menda mana shunday rollar yo‘q. Viloyatlarga borganimda ko‘proq telepostanovkalardagi Xonzodabegim, Layli obrazlarimni eslashadi. Yana “Otalar so‘zi — aqlning ko‘zi” ko‘rsatuvi orqali eslab qolishgan. Buning uchun Mirabbos Mirzaahmedovga rahmat aytaman. — Rejissorlarimiz qiyofangizni qanday rollarga mos deyishadi? — Rejissyor Maqsud Yunusovdan “Nima uchun Zuhra Ashurova ijobiy, lirik rollarni gavdalantiradi? Nega Xonzodabegim, Laylilarni bergansiz?” deb so‘rashgan ekan. O‘sha kezlarda rejissorimiz “Bibixonim” filmi ustida ishlayotgandi. Men Bibixonim roliga tayyorgarlik ko‘rayotgandim. “Zuhrada haqiqiy o‘zbekona yuz, o‘zbekona muomala bor”, — deya javob qaytargan. Yaqinda bir rejissor yordamchisi bilan suhbatlashib qoldim. “Sizning ko‘zlaringiz ma’yus, ularga qahr begona bo‘lgani uchun mana bu filmga ololmadik”, — dedi. Buni o‘zim ham tan olaman. Serqirra aktrisa bo‘lishni orzu qilaman, lekin tashqi ko‘rinishim faqat ijobiy rollarga mos tushadi. Salbiy rollar ijro etishni istayman-u, tomoshabinni aldab bo‘lmaydi, ko‘zingiz sotib qo‘yadi. — Yanglishmasam, qizingizni turmushga uzatgansiz. Quda-andachilikda nimalarga ko‘proq rioya etgansiz? — Ochig‘i, avvalo qizimizning bu boradagi tanloviga qarshilik bildirgandik. Uzoq joyga uzatishni istamadik. Chunki kuyovimiz Namanganlik. Qizim bilan kuyovim Jahon tillari universitetining jurnalistika fakultetida birga o‘qib, bir-birlariga ko‘ngil qo‘yishgan. Bilasiz, ko‘ngilga buyruq berib bo‘lmaydi. Mening ota-onam ham ko‘nglimga qarab ish tutishgan. Shularni o‘ylab, qizimning ko‘ngliga qarshi bormaslikka qaror qildik. Kuyovim Bahodirjonni o‘z farzandimdek ko‘raman. Qizim ayni kunda Toshkent telekanalida “Kitobxon shou” ko‘rsatuvi boshlovchisi va muharriri. Ular ikki farzandning ota-onasi. — Chetdan qaraganda yumshoq tabiatli ayolga, suhbatlashganda esa shaddodga o‘xshaysiz. Aslida, tabiatan qandaysiz? — Sahna boshqa, hayot boshqa. Samimiylikka intilaman. Biroq men ham ko‘plar qatori bandaman. Ko‘ngilni ranjitadigan gaplar eshitsam, farzandlarimni, o‘zimni izzat-nafsimni toptaydigan so‘zlar bo‘lsa, to‘nimni teskari kiyib olaman. Ideal inson bo‘lmaydi, o‘ta madaniyatli odamda ham, sabr-toqat chegarasi bo‘ladi. — Qiyinchiliklarni qanday yenggansiz? — O‘z shiorim bor. “Bundan ham yomon bo‘lishi mumkin edi-ku!” — deya o‘zimni tinchlantirganman. — Tuzatib bo‘lmas kamchiligingiz? — “Zuhraning jahli chiqmasin. Jahli chiqsa hech kimni tanimaydi”, — deyishadi dugonalarim. Jahlim chiqqanda hurmat darajasini yo‘qotib qo‘yaman. Katta-kichikning farqiga bormay qolaman.
71
4,671
Madaniyat
“Tutqunlik” filmining maxsus namoyishi bo`lib o`tadi
Bugun soat 18:00 da Yoshlar ijod saroyida  Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan «Tutqunlik» badiiy filmining OAV vakillari, ijodkorlar va yoshlar uchun maxsus namoyishi bo`lib o`tadi.   Film Prezidentimiz tashabbusi bilan 2019-2020 yillarda o`tkazilgan «Mehr» operasiyasiga bag`ishlangan. Ssenariy mualliflari Azamat Qorjovov va Rashid Malikov, postanovkachi rejissyor Rashid Malikov, postanovkachi operator Aleksey Venzos, kompozitor Dmitriy Yanov-Yanovskiy, rassom Doniyor Abdurahmanov. Ma`lumot uchun, Prezident tashabbusi bilan qayta tiklangan va Kinematografiya tomonidan o`tkazilgan “Ipak yo`li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivalida “Tutqunlik” badiiy filmining katta premerasi bo`lib o`tgan.
52
729
Madaniyat
Skarlett Yoxansson ajrashish uchun ariza berdi
Aktrisa Skarlett Yoxansson ajrashishga ariza berdi. Bu haqda The New York Post xabar bermoqda. Yoxansson eri Romen Doriak bilan orani ochiq qilgani haqida ikki oy avval ma’lum bo‘lgan edi. Biroq endi aktrisa rasman ajrashmoqchi va shu maqsadda Manxetten Oliy sudiga ariza bilan murojaat qilgan. Yoxanssonning so‘zlariga ko‘ra, uning Doriak bilan nikohi “tiklab bo‘lmas darajada buzilgan”. Yoxansson sudyadan uch yoshli qizi Rouz Doroti Doriak uchun o‘zini asosiy vasiy etib tayinlashni so‘ramoqchi. Aktrisaning eri esa Skarlettning bu qarori ustidan shikoyat qilib, qizni o‘zi bilan birga vatani — Fransiyaga olib ketmoqchi. “Bu juda qiziqarli sud jarayoni bo‘ladi”, — dedi Romen Doriakning advokati The New York Post’ga bergan intervyusida. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
46
816
Madaniyat
“O‘zbekkino” Shiroq afsonasi haqida serial hamda Behbudiyning hayot yo‘li to‘g‘risida film suratga olinishini ma’lum qildi
“O‘zbekkino” milliy agentligi matbuot xizmati agentlik va Samarqand viloyati hokimligi tomonidan o‘zbek xalqining buyuk siymolariga bag‘ishlangan filmlarni suratga olish bo‘yicha kelishuvga erishilganini xabar qildi. Filmlardan biri — sahroda shoh Doro boshchiligidagi fors bosqinchilarining katta qismini donoligi va jasorati bilan yenggan sak qabilasiga mansub cho‘pon Shiroq afsonasi asosida suratga olinadigan serialdir. Ikkinchi tarixiy mavzudagi loyiha — taniqli ma’rifatparvar, jadidlar harakatining taniqli namoyandalaridan biri, atoqli yozuvchi va dramaturg Mahmudxo‘ja Behbudiy haqida badiiy film bo‘ladi.  Qizil salla muammosi. “Qo‘qon shamoli” tarixiy filmi rejissori Xurshid Davronning “chala mulla” degan e’tiroziga munosabat bildirdi 2020-yil O‘zbekistonda Mahmudxo‘ja Behbudiyning 145 yilligi keng nishonlanadi. Filmni shu yilning oxirigacha Samarqand viloyatida tasvirga tushirish rejalashtirilgan. Shiroq haqidagi teleserialni suratga olishda maslahatchi sifatida chet ellik rejissorlar ham ishtirok etadi. Serial voqealari Samarqand va qisman Navoiy viloyatida suratga olinadi. Jumladan, film ijodkorlari tomonidan Shiroqning dushmanlarni adashtirishiga oid sahnalari uchun Navoiy viloyati hududidagi sahrolar tanlab olingan.   Tarixiy teleserial ssenariysi yozuvchi va kinodramaturg Nazar Eshonqul tomonidan yozilgan. Filmlar rejissorlari tender asosida tanlab olinishi rejalashtirilgan.
122
1,408
Madaniyat
Madaniy meros – O`zbekiston va Fransiya o`rtasidagi muloqot ko`prigi
Prezident Shavkat Mirziyoevning Fransiyaga davlat tashrifi arafasida Parij shahrida “Madaniy meros – O`zbekiston va Fransiya o`rtasidagi muloqot ko`prigi” media-iventi bo`lib o`tdi. O`zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi, YuNESKO, mamlakatimizning Fransiyadagi elchixonasi hamkorligida tashkil etilgan media-iventda O`zbekistonning madaniy meroslari haqida ma`lumot berildi. O`zbekiston Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o`rinbosari S.Safoev, mamlakatimizning Fransiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi S.Rustamboev, YuNESKO Bosh direktori o`rinbosari Ernesto Renato Ottone Ramires, O`zbekistonning YuNESKOdagi doimiy vakili U. Shodiev va boshqalar O`zbekiston-Fransiya o`rtasidagi aloqalar yangi bosqichda rivojlanayotgani, bunda madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalar muhim o`rin tutishini qayd etdi. Tadbirda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan O`zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlar, jumladan, madaniy-ma`rifiy sohalarda samarali xalqaro hamkorlik qilish uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar haqida hujjatli film namoyish etildi. O`zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasining “O`zbekiston madaniy merosi mamlakatlar va xalqlar o`rtasidagi muloqotga yo`l” loyihasi doirasida chop etilgan turkum kitoblar namoyish qilindi. Tadbir doirasida mamlakatimizning Fransiyadagi elchixonasida rasmiy qabul marosimi bo`lib o`tdi. Unda o`zaro madaniy-ma`rifiy aloqalarni rivojlantirish istiqbollari haqida so`z borar ekan, ikki davlat rasmiy va akademik doiralari vakillari O`zbekiston va Fransiyaga tegishli noyob hujjatlarni birgalikda tadqiq qilish va natijalarini keng jamoatchilikka etkazish masalalariga e`tibor qaratdi. “Madaniy meros – O`zbekiston va Fransiya o`rtasidagi muloqot ko`prigi” mavzusidagi ilmiy seminarda ikki mamlakat taniqli olimlari o`zaro hamkorlikni yanada mazmunan boyitish, yangi loyihalar ustida ishlash, ilmiy-ma`rifiy almashinuvni faollashtirish istiqbollarini muhokama qildi. Tadbir doirasida YuNESKOga “O`zbekiston madaniy merosi mamlakatlar va xalqlar o`rtasidagi muloqotga yo`l” loyihasi doirasida nashr etilgan turkum kitoblardan namunalar topshirildi.
68
2,176
Madaniyat
Di Kaprio, Krishtianu Ronaldu, Bred Pitt: Muvaffaqiyatlari sabab onasidan minnatdor mashhurlar (foto)
Millionlab qiz va ayollar qalbini zabt etgan mashhurlar erishgan muvaffaqiyat va yutuqlarida onasining xizmati cheksiz ekanini ta’kidlashdan charchamaydi. Leonardo Di Kaprio (onasi Irmelin Indenbirken) Gollivud yulduzi deyarli barcha taqdirlash marosimlariga onasi Irmelin bilan birga tashrif buyuradi. Aktyor onasi u uchun juda ham muhim ekani va hayotida aynan unga o‘xshagan ayolni qidirishini ta’kidlaydi. U oilasini qashshoqlik holatidan olib chiqish uchun qo‘lidan kelgan hamma narsani bajargani uchun onasidan minnatdor. “Biz xuddi “Taksist” filmidagi singari hayot kechirganmiz, ko‘chamizda jinoyat va zo‘ravonliklar yuz berardi”, — deydi Leo. Irmelin bunday ahvoldan qutilish hamda boshqa tumanga ko‘chib o‘tish uchun bir nechta ishda ishlagan va aynan u Leoning karyerasini qo‘llab-quvvatlagan. O‘g‘lining kasb borasidagi tanlovini hurmat qilgan, iste’dodiga aslo shubha qilmagan. Gollivudda yetarlicha mashhur aktyor agar onasi bo‘lmaganida hech nimaga erisha olmagan bo‘lishini ta’kidlaydi. Krishtianu Ronaldu (onasi Mariya Doloresh dush Santush Aveyru) Sportchining ham bolaligi oson kechmagan. Moliyaviy ahvoli tang bo‘lgan oilada kichik Krishtianu, uning ikki opasi va akasini boqishning o‘zi bo‘lmagan. O‘ynashga faqatgina to‘pi bo‘lgan Krishtianuning onasi erta-yu kech ishlashiga to‘g‘ri kelgan. Krishtianu har gal professional mag‘lubiyatidan keyin onasi unga chekinish kerakmasligini aytib, qo‘llab-quvvatlaganini ta’kidlaydi. Bredli Kuper (onasi Gloriya Kampano) Bredli onasi va u bilan munosabatlari haqida gapirishdan charchamaydi. U karyerasidagi muvaffaqiyatlari va Oskar olish bilan bog‘liq ma’lumotlar haqida ortiqcha gapirishni yoqtirmasligini aytib, u uchun munosabatlar va aloqalar ahamiyatli ekanini bildiradi. 2011-yil otasidan ayrilgan aktyor onasi o‘zini yolg‘iz his qilmasligi uchun u bilan birga yashay boshladi. U model va aktrisalar haqida unutib, vaqtini onasiga g‘amxo‘rlik qilishga sarflagan. Marosim va tadbirlarga Bredli bilan birgalikda tashrif buyuradigan Glorya, o‘g‘lining taniqli va mashhur ekanidan faxrlanadi. Bred Pitt (onasi Jeyn Pitt) Jeyn hamma vaqt o‘g‘lining qarorlari va tanlovini hurmat qilgan holda qo‘llab-quvvatlagan. Bredning juft sifatida tanlagan ayollarini yoqtirmasligiga qaramay, unga qarshi chiqmagan. Iloji boricha yaqin bo‘lishga urinadigan Jeyn uchun o‘g‘lining Anjelina Joli bilan ajrashganidan keyingi qiynalish va ruhiy tushkunligini shunchaki kuzatib turish oson bo‘lmagan. Devid Bekhem (onasi Sandra Jorjina Uest) Nafaqat sportchi, balki oilaparvar inson sifatida ham hurmat qilishga arziydigan Devid ijtimoiy tarmoqlarda onasi bilan birga tushgan suratlarini bo‘lishishni xush ko‘radi. U Sandra bilan birga musobaqalar hamda ziyofatlarga tashrif buyuradi. Bekhem grafigi bandligiga qaramay, bo‘sh vaqt topishi bilan onasining yoniga shoshadi. “Men ko‘p narsa uchun onamga minnatdorchilik bildirishim kerak. Usiz hech nimaga erisha olmagan bo‘lardim”, — deydi sportchi. Jared Leto (onasi Konstans Leto) “30 Seconds to Mars” rok guruhi ishtirokchilarining onasi farzandlarining qiziqishi va xohishlarini qo‘llab-quvvatlagan. U boshqa oila a’zolarining Jaredni majburan harbiy maktabga yuborishiga qarshilik qilgan va uning san’atga qadam qo‘yishiga imkon bergan. Jared hammasi uchun akasi va Shennondan minnatdorligini ta’kidlaydi. Mettyu Makkonaxi (onasi Meri Ketlin Makkonaxi) Gollivudning eng kelishgan aktyorlaridan birining hayotida ayollar ko‘p bo‘lishiga qaramay, onasi uning qalbining qirolichasi bo‘lib qoladi. Aktyorga samimiy va hazilkashlik onasidan o‘tgan. Rayan Gosling (onasi Donna Gosling) Bolaligida onasining eng yaxshi filmlarni qo‘yib berishi Rayanda kinoga bo‘lgan qiziqishga sabab bo‘lgan. U ishni tashlab o‘zini farzand tarbiyasiga bag‘ishlagani sabab onasidan minnatdorligini yashirmaydi. Jastin Timberleyk (Linn Xarless) Xonanda onasining hayotidagi eng asosiy ayol bo‘lib qolishini bir necha marta ta’kidlagan. Jastin bolaligida uni Disney’ning yosh iste’dodlar klubi keyin esa Star Search’ga yetaklab kelgani uchun onasidan minnatdor. U onasini ifodalash mumkin bo‘lgandan ham ko‘proq yaxshi ko‘rishi, hozirgacha erishganlarining barchasida onasining hissasi ko‘p ekanini ta’kidlaydi.
101
4,195
Madaniyat
Rayhonning qizi bormi?
Rayhonning “Oyijon” nomli qo‘shig‘iga ishlangan klip qo‘shiqchining qizi borligi haqidagi mish-mishlarga sabab bo‘ldi. Chunki klipda chiqqan qizaloq Rayhon va Yigitalining to‘yidagi suratlarda ham ikki yoshning o‘rtasida o‘tirib suratga tushgan. “Ochig‘i, shunday shirin qizalog‘im bo‘lsa, yo‘q demasdim. Bu qiz dugonamning farzandi. Uning ismi ham Rayhon. To‘g‘risini aytsam, bu yil farzandli bo‘lish niyatimiz yo‘q emas”, - dedi Rayhon “Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida. Rayhon va Yigitalining shov-shuvli to‘yi 2012-yilning 16-noyabrida bo‘lgandi. Ularning farzandli bo‘lishi ham to‘ydan kam bo‘lmagan shov-shuvga sabab bo‘lsa ajabmas.
22
647
Madaniyat
Ayshvariya Ray o‘rniga Karina Kapur, Shohrux Xon o‘rniga Salmon Xon: “Devdas” filmi haqida ko‘pchilikka noma’lum bo‘lgan qiziqarli ma’lumotlar (foto)
Hind kinematografiyasida alohida o‘ringa ega bo‘lgan “Devdas” filmi hanuzgacha sevib tomosha qilinadi. Ammo kadr orti jarayonlariga tegishli bo‘lgan qiziqarli ma’lumotlar bilan esa ko‘pchilik tanish emas. Kartinada Shohrux Xonning do‘sti Chunnilala obraziga Saif Ali Xon, Manoju Bajpai va Govindalar taklif etilgan. Ammo ularning barchasi bu rolni rad etgan. Natijada ushbu qahramonni Jeki Shroff ijro etgan. Eng qizig‘i, Devdas roli dastlab Salmon Xonga taklif qilingan bo‘lib, aktyorning rad javobi tufayli Shohrux Xonga nasib etgan. Madhuri Dikshit esa suratga tushish jarayonida birinchi farzandiga homilador edi. Karina Kapur Sanjayning dastlabki ikki taklifini rad etgan bo‘lsa-da, o‘zini Paru sifatida sinab ko‘rgan. Filmdan o‘rin olgan “Kahed Chedd Mohe” taronasida Madhurining libosi 30 kilogramm og‘irlikda bo‘lgan. Shu tufayli ham raqs jarayonida ko‘plab muammolar paydo bo‘lgan. Ammo katxak ustasi Berxu Maxaraj aktrisaga yengillik yaratish uchun oson harakatlarni o‘ylab topgan. Bhansalining so‘zlariga ko‘ra, Paruning bejirim uyining rangi oynalari  noyabrdan iyun oyigacha, musson shamoli bo‘lmagan vaqtda qurilgan. Ammo qurilish jarayonida 4 marotaba yog‘gan yomg‘ir tufayli oyna rangi xiralashib qolgan. Shuning uchun ularni doimo bo‘yashga to‘g‘ri kelgan. Bastakor Ismoil Darbar ikki yarim yil davomida film uchun musiqa yaratgan. Ammo ularni yozib olish uchun atigi o‘n kun vaqt ketgan. Ayshvariya Ray o‘zi suratga tushgan filmlar ichida eng sevimlisini “Devdas” deb biladi. Aynan ushbu loyiha uni 2002-yilda “Kann” festivalidagi qizil gilamchaga olib chiqqan edi. 2017-yil L’Oreal Paris ochiq osmon ostidagi kinoteatrda namoyish etilgan filmda aktrisa o‘z rolini qoyilmaqom tarzda ijro etgan. Bundan tashqari “Devdas” filmi “Time” jurnali talqiniga ko‘ra, ming yillik dunyo filmlarining kuchli o‘ntaligidan o‘rin olgan.
149
1,847
Madaniyat
Shahzoda Garri va Megan Markl haqida film olinadi
Britaniya shahzodasi Garri va amerikalik aktrisa Megan Marklning sevgi tarixi yangi filmga asos bo‘ladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda. “Garri va Megan. Qirollik sevgisi tarixi” nomli film ijodkorlari kartinada juftlikning ilk uchrashuvdan boshlab munosabatlari rivojlanib borganini bosqichma-bosqich aks ettirish niyatida. Hozirda kasting jarayoni davom etmoqda. Lifetime tarmog‘i namoyish etishi mo‘ljallangan film premerasi qachon bo‘lib o‘tishi hozircha ma’lum emas.
49
485
Madaniyat
Matyoqub Matchonov teatrda bir necha spektakllarni sahnalashtirmoqda
“Darakchi.uz” nashri aktyor Matyoqub Matchonov hozirda qanday ijodiy ishlar bilan bandligi, nimalarni rejalashtirayotganligi bilan qiziqdi. “Jahongir Ahmedov bilan hamkorlikda suratga olinayotgan filmni yakunlashimiz kerak. Tez kunlarda tasvirga olish jarayonini davom etiramiz. Premyeradan so‘ng baho berasiz. Bundan tashqari teatrda bir nechta spektakllarni sahnalashtirishni rejalashtirganmiz. Bulardan biri, ‘Farishta’ asarini yigirma daqiqalik spektakl ko‘rinishida sahnaga olib chiqdik. Rejissor sifatida, ushbu asar orqali tomoshabinlarga tarbiyaviy ahamiyatga ega voqeani ko‘rsatib bermoqchiman. Ya’ni, mol-dunyo topaman deb yaqinlaridan judo bo‘lgan bosh qahramon voqeasi ko‘pchilikka o‘rnak bo‘ladi deb o‘ylayman”, — deydi aktyor. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
68
898
Madaniyat
Disney kompaniyasi 7 yoshga kirmaganlarga “irqchilik”ka oid sahnalar mavjudligi sababli ba’zi multfilmlarni ko‘rishni cheklab qo‘ydi
Disney+ striming xizmati yetti yoshgacha bo‘lgan bolalar auditoriyasi uchun mo‘ljallangan ba’zi multfilmlarni ko‘rishni “irqiy stereotiplar” sababli cheklab qo‘ydi, deb xabar berdi Daily Mail. “Piter Pen” multfilmidan lavha. Taqiqlangan multfilmlar ro‘yxatidan “Piter Pen”, “Aristokrat mushuklar” va “Shveysariyalik Robinzon oilasi” badiiy filmlari joy olgan. Kompaniya vakillari aniqlashicha, “Piter Pen”da (1953) mahalliy amerikaliklarning irqchilik qiyofasini ko‘rish mumkin, “Aristokrat mushuklar”da (1970) esa kelib chiqishi osiyolik bo‘lgan personaj mavjud. 1941-yilda ishlangan “Dambo” multfilmidagi Jim ismli qarg‘a afro-amerikaliklarning karikaturasi hisoblangani uchun, “Shveysariyalik Robinzon oilasi” (1960) esa sariq va qora yuzli qaroqchi personajlari sababli tanqidga uchradi. Bolalar uchun mo‘jallangan filmlarni taqiqlash to‘g‘risidagi qarorni bir guruh tashqi ekspertlar qabul qildi. Ushbu cheklovlar kattalarga taalluqli emas. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning oktabr oyida Disney + tomoshabinlarni ba’zi multfilmlarda irqchilikni aks ettiruvchi g‘oyalar mavjudligi haqida ogohlantira boshlagan edi.
132
1,119
Madaniyat
Xonanda Manzura: Hayot restoranlardagi bazmlar, internetdagi suratlar va bejirim liboslardan iborat emas
“Shuhrat” medali sohibasi, xonanda Manzura Yo‘ldoshevaning “Tingla faryodim” va “Mening qalbim” qo‘shiqlari hamda ularga ishlangan videokliplar bilan birgalikda “Tingla faryodim” nomli yangi musiqiy abomining taqdimoti o‘tkazildi, deb xabar beradi “Qalampir.uz”. Xonandaning yangi musiqiy albomidan 14 ta qo‘shiq o‘rin olgan bo‘lib, ular orasida “Tingla faryodim” kompozitsiyasi alohida ahamiyatga ega. Manzura bu qo‘shiqni yaratish jarayoni uchun uzoq vaqt talab etilgani va bu qo‘shiqni kuylashiga bir nechta sabablar borligini aytib, qo‘shiq real hayotdan olinganini ta’kidladi. Hayotda turli to‘siqlarga duch kelganimizda, boshimiz devorga urilganida, ko‘p narsalarni tushunib yetamiz. Men san’atkor sifatida bugungi yoshlarga ilm olish, kasb egallash, o‘tkinchi havaslarga berilmaslik zarurligini tashuntirishga harakat qildim. Boisi, biz juda buyuk ajdodlarning avlodlarimiz. Ular yozib qoldirgan asarlar, ma’naviy merosni hech narsa bilan tenglashtirib bo‘lmaydi. “Tingla faryodim” qo‘shig‘ida odamlarga aytmoqchi bo‘lgan gaplarim o‘z ifodasini topgan. Haqiqiy hayot bashanglik, restoranlardagi bazmlar, internetdagi chiroyli suratlar va bejirim liboslardan iborat emas. Uni go‘zal qilish ilm orqali. Manzura Yo‘ldosheva, “Shuhrat” medali sohibasi, xonanda Xonanda Manzura shou-biznesga Allohdan insof so‘radi Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
104
1,491
Madaniyat
Shavkat Mirziyoyev Shuhrat Abbosovning yaqinlariga ta’ziya izhor etdi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalq artisti, taniqli kinorejissor Shuhrat Abbosovning vafoti munosabati bilan marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya izhor etdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi. Taniqli rejissor 25-aprel kuni olamdan o‘tdi. Shuhrat Abbosov 1931-yilning 16-yanvarida Qo‘qonda tavallud topgan. 1949-yilda Toshkent tibbiyot texnikumini, 1954-yilda Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomchilik institutining rejissorlik fakultetini tamomlagan. Shuhrat Abbosov o‘zbek kinosida o‘zgacha yangilik qilgan, o‘z yo‘nalishi bo‘yicha alohida o‘rin egallagan rejissor edi. Uning “Mahallada duv-duv gap” (1960), “Sen yetim emassan” (1962), “Toshkent – non shahri” (1967), “Abu Rayhon Beruniy” (1974), “Olovli yo‘llar” (1977—1985), “Otamdan qolgan dalalar” (1997), “Dilor, Dilor, dil va or” (2015) kabi filmlarini o‘zbek xalqi haligacha sevib tomosh qiladi.
69
891
Madaniyat
Manzura bolaligida xato qilganida och qoldirilgan, Shohruxxon esa kaltaklangan
“7x7” gazetasi o‘zbek estradasi yulduzlari bolalikda xato qilganlarida qanday jazo olganini chop etdi. Manzuraga nisbatan uydagilari “Och qolsang, boshqa xato qilmaysan” deb, unga ovqat bermay qo‘ygan ekan. Ham xonanda, ham rejissyor va aktyor bo‘lgan Jahongir Poziljonov esa xato qilgan vaqtlari burchakda stul ko‘tarib turgan. Shirali ovoz sohibasi Ziyoda esa yuqoridagi holatlarda hammomga qamalgan. Ravshan Sobirov qilgan xatosi uchun ko‘chaga chiqarilmasdan, “uy qamog‘iga mahkum etilgan”. Shohruxxon esa maktabda o‘qigan kezlari qandaydir katta xatosi uchun qattiq kaltaklangan.
78
585
Madaniyat
O‘zbek telekanallariga chiqa olmayotgan Checheniston xalq artisti San Jay Rossiyaga qaytib ketishini ma’lum qildi (video)
Checheniston xalq artisti SanJay “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad uyushtirdi. Suhbat davomida Sanjay Rossiyaga ketayotgani, ijodini tanitish uchun to‘sqinliklar bo‘lgani haqida gapirdi.
121
246
Madaniyat
O‘zbekistonlik san’atkorlar rulda (foto)
Zamonaviy smartfonlarda cheksiz rasm olish va ularni shu zahotiyoq internetga joylash imkoniyati sharofati bilan biz mashhur kishilarning har bir qadamidan boxabarmiz. Yulduzlar esa suratga tushish uchun yangi-yangi joylarni qidirib topadi. Bunday joylarning eng qiziqarli va shu bilan birga, eng xavflilaridan biri — avtomobil ruli qarshisida. Nima ham derdik, biz ularga “mashina hayday turib, selfiga tusha ko‘rmang”, — deya tanbeh bera olmaymiz, biroq ulardan ehtiyot bo‘lishni so‘rab qolamiz.
40
497
Madaniyat
Amerikalik qo‘shiqchi Prinsning o‘limi joyidan olingan video e’lon qilindi
AQShning Minnesota shtatidagi Karver okrugi politsiyasi qo‘shiqchi Prinsning o‘limi tergovi bilan bog‘liq hujjatlarni e’lon qildi. Hujjatlar orasida san’atkorning tanasi topilgan uyning videosi ham bor. Politsiyaning ma’lum qilishicha, tergov tugagan va hech kimga ayblov e’lon qilinmaydi. Prins 2016-yilning 21-aprelida o‘lik holda topilgan. Qo‘shiqchi 57 yoshda bo‘lgan. Mart oyida oshkor bo‘lgan ekspertiza ma’lumotlariga ko‘ra, musiqachinng qonida juda ko‘p miqdorda fentanil aniqlangan.
74
492
Madaniyat
PREZIDENT IBROHIM G`AFUROVNI 80 YoShI BILAN QUTLADI
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev O`zbekiston Respublikasi san`at arbobi Ibrohim G`afurovni 80 yoshi bilan tabrikladi.
51
138
Madaniyat
YaNGI TA`SIS ETILGAN "EHTIROM" MUKOFOTI BILAN 34 IJODKOR TAQDIRLANDI
Poytaxtimizda O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining madaniyat va san`at sohalaridagi "Ehtirom" mukofoti sohiblarini taqdirlashga bag`ishlangan tadbir bo`lib o`tdi, deb yozadi O`zA. Yurtimizda faol va samarali ijod qilayotgan san`at va madaniyat vakillari hamda o`z ijodiy tajribasi bilan yoshlarga ibrat bo`layotgan ustoz san`atkorlarni qo`llab-quvvatlash hamda rag`batlantirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan "Ehtirom" mukofoti ta`sis etildi. O`zbekiston xalq artistlari Farrux Zokirov hamda Yulduz Usmonova "Yil estrada xonandasi" nominasiyasi g`olibi deb topilgan bo`lsa, O`zbekiston xalq artisti Munojot Yo`lchieva "Yil an`anaviy qo`shiq ijrochisi" nominasiyasi sovrindori bo`ldi. O`zbekiston xalq artisti, aktrisa Yayra Abdullaeva "Sahnamiz farishtasi", O`zbekiston xalq artisti, rejissyor Bahodir Yo`ldoshev "Yil rejissyori" nominasiyalari g`olibi bo`ldi. "Yil dramaturgi" deb O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan jurnalist, yozuvchi Qo`chqor Norqobil e`tirof etilgan bo`lsa, "Kreativ loyihalar muallifi" sifatida esa O`zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi direktori Firdavs Abduxoliqov ko`rsatildi. Mukofot "Yil spektakli", "Yil aktrisasi", "Yil aktyori", "Yil rejissyori", "Yil teatr rassomi", "Yil dramaturgi", "Yil teatrshunosi", "Yil an`anaviy qo`shiq ijrochisi", "Yil estrada xonandasi", "Yil klipmaykeri", "Yil orkestri", "Yil musiqa sayqalchisi", "Yil sozandasi", "Yil baletmeysteri", "Yil balet artisti", "Yil raqqosasi", "Yil folklor jamoasi", "Tasviriy san`at jonkuyari", "Madaniyat sohasining faol ommaviy axborot xodimi", "Yil teleradiojurnalisti", "Yil ijtimoiy tarmog`i", "Sahnamiz farishtasi", "Ko`p yillik samarali mehnatlari uchun", "Tashabbuskor hududiy boshqarma boshlig`i", "Kreativ loyihalar muallifi", "Yil madaniyat jonkuyari", "Yil muzey xodimi", "Eng namunali madaniyat va aholi dam olish markazi", "Yil fidoyi madaniyat xodimi", "Yil madaniy meros ob`ekti xodimi", "Yil madaniyat sohasining tashabbuskor hokimi", "Yilning faol suxandoni" nominasiyalari bo`yicha san`at va madaniyat sohasida samarali va fidokorona mehnat qilayotgan 34 ijodkorga topshirildi. Yangi ta`sis etilgan "Ehtirom" mukofotining o`ziga xosligi shundan iboratki, u yil davomida san`at va madaniyatimizning turli yo`nalishlarida samarali mehnat qilgan ijodkorlarni xalqimizga tanitadi, ularga rag`bat va ehtirom ko`rsatadi. – Bunday mukofotga munosib topilganim muzeyimiz jamoasining mehnatlari samarasidir, – deydi O`zbekiston davlat san`at muzeyi direktori Vasila Fayzieva. – Yil davomida badiiy, amaliy san`atga oid milliy merosimizni namoyish etuvchi ko`rgazmalar, anjumanlar muzeyda ko`plab o`tkazildi. Ular ulg`ayib kelayotgan avlod ma`naviyatini boyitishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Tadbirda san`at va madaniyat sohasida samarali va fidokorona mehnat qilayotgan ijodkorlar "Ehtirom" mukofotining diplom va esdalik sovg`alari bilan taqdirlandi.
68
2,937
Madaniyat
Omma e’tiborini tortish uchun o‘zini sevishgan juftliklardek ko‘rsatgan mashhurlar (foto)
Gollivud yulduzlari orasida oila qurgan juftliklar talaygina. Ammo muxlislar e’tiboridan chetda qolishni o‘ylab, o‘zlarini go‘yoki “baxtli juftlik” singari tutishni “rol o‘ynayotgan” yulduzlar darrov muxlislar tomonidan “qo‘lga tushadi”.  Uzog‘i bilan bir necha oylar davomida yaqin munosabatda bo‘lgan aktyor, aktrisa yoki xonandalar bu ishlari bilan omma oldidagi bor qadrini yo‘qotib qo‘yishi ham hech gap emas. Dreyk va Jennifer Lopes 2016-yilda Jey Lo hamda Dreyk o‘rtasidagi ishqiy munosabatlari ko‘plab shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Vaqti-vaqti bilan o‘zaro munosabatlarning bir-biriga zid bo‘lgan yangi tafsilotlari paydo bo‘ldi. Oxir-oqibat musiqachi yigit Rianna uchun Lopesdan voz kechdi va bularning hammasi hamkorlikda yaratilgan qo‘shiq uchun reklamadan boshqa narsa emasligi aniqlandi. Shunga qaramay, 2017-yil Jennifer “Gremmi” taqdirlash marosimida bergan intervyusida Dreykni qattiq sevishini aytib o‘tgan. Ehtimol, aktrisa bu bilan unga nisbatan do‘stona tuyg‘ularini anglatmoqchi bo‘lgandir. Zak Efron va Mishel Rodriges Ushbu yuluzlar o‘rtasida ishqiy munosabat shunchaki uydirma bo‘lishi mumkin. 2014-yil 26 yoshli Zak “Forsaj” filmi yulduzi 36 yoshli Mishel Rodriges bilan suratga tushgan. Munosabatlarning hammasi butunlay kurort muhabbatiga o‘xshaydi. Sababi aktyorlarning o‘zaro munosabatlari bor-yo‘g‘i bir oy davom etdi, keyin esa ayrilishga qaror qildi. Rodrigesning so‘zlariga ko‘ra, Zak munosabatlarning jiddiy bo‘lishini xohlagan, ammo aktrisa bu borada unga kafolat bera olmagan. Aslida esa nima bo‘lgani sir bo‘lib qolmoqda. Selena Gomes va DJ Zedd Aktrisa va xonanda Selena Gomes va DJ Zedd nomi bilan mashhur bo‘lgan dijey Saratov Anton Zaslavskiyning bir necha oy davom etgan ishqiy munosabatini ko‘pchilik unutgan bo‘lsa kerak. 2015-yilda juftlikning birgalikda tushgan suratlari vaqti-vaqti bilan ommaviy axborot vositalarida paydo bo‘la boshladi, ammo juftlikning o‘zi bunga izoh berishga shoshilmadi. Keyinchalik Anton va Selena shunchaki yangi qo‘shiq ustida birgalikda ishlagani va ularning munosabati bo‘shliqqa qurilgani ma’lum bo‘ldi. Sheylin Vudli va Teo Jeyms Sheylin Vudli hamda Teo Jeymsning filmda birgalikdagi ijrosidan so‘ng ularning orasidagi munosabatlar borasida mish-mishlar tarqaldi. Juftlikning tadbirlarda birga chiqishlari ularning o‘rtasida nimadir bor deb gumon qilgan muxlislarni quvontirdi. To‘g‘ri ularning ikkisi ham bu haqda ochiq biror ma’lumot bermagan, hattoki buni isbotlovchi surat ham mavjud emas. Oxir-oqibat bu ham ommaning e’tiboriga tushish uchun uyushtirilgan sevgi qissasi bo‘lib chiqdi. Teylor Svift va Tom Xiddlston Teylor Sviftning muhabbatga to‘la hayoti hamisha axborot vositalarida shov-shuvga sabab bo‘lgan. Ammo uning Marvel yulduzi Tom Xiddlston bilan munosabati sirligicha qolmoqda. Shunga qaramay juftlik ajrashganidan so‘ng Tom o‘zini go‘yoki parchalangan yurak egasi kabi tutmoqda. Lekin muxlislar ushbu muhabbatni soxta deb hisoblaydi. Hech kimga sir emaski, Tomning keyingi loyihalari katta e’tiborga sazovor bo‘ldi va u ba’zida uning futbolkasidagi I Heart T.S yozuvi barchani qiziqtiradi. Zak Efron va Vanessa Xajens Ro‘yxatda ikkinchi marotaba inobatga olinayotgan Zak Efron va Vanessa Xajens birgalikda filmga tushishi bilan ularning orasidagi munosabat shov-shuvga aylandi. Hamisha tadbirlarga birga kelgan juftlik jurnalistlar tomonidan o‘qqa tutilar edi. Ammo shubha uyg‘otgan asosiy narsa shundaki, ular suratga tushayotgan film yakunidan so‘ng darhol ajraldi. Bundan tashqari, ikkalasi ham o‘zi uchun yangi sherik topishda ikkilanmadi. Bu esa muxlislar orasida shunchaki ommaviy reklama sifatida o‘ylab topilgan soxta ishqiy munosabat deb topildi.
89
3,656
Madaniyat
Xonanda Jasur Umirov sevib qololmayotganidan nolidi
Xonanda Jasur Umirov sevib qololmayapti, shu sababli hali ham bo‘ydoq. U bu haqda “Sug‘diyona” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi. “Sevib qololmayapman. Haqiqiy sevgimni uchratmadim. Men sevsam, yurakdan sevaman. Sevib oila qurgim keladi. Bugun tanishib, ertaga ko‘rishib, indinga to‘y degan ‘qoida’ni yoqlamayman”, — dedi xonanda. Umirovning so‘zlariga ko‘ra, agar u ko‘ngil qo‘ygan inson ham uni sevsa, u bilan hayot yo‘llarini bog‘lashga tayyor bo‘lsa, u qiz uchun “oxirigacha kurashadi”.
51
500
Madaniyat
Instagram: Yigitalining uyidan ko‘chib ketgan Muqaddas Sa’dullayeva, tug’ilgan kunini Istanbulda nishonlagan Ra’no Shodiyeva, ilk marta ota bo’ladigan Aziz Rametov
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. Aktrisa Durdona Qurbonova Xitoyda ishlab chiqarilgan, narxi 32 ming dollarga teng bo‘lgan Aeolus a60 max avtomobilini sotib oldi. Shuningdek, u tez kunlarda yangi taronasini premyera qilishini ma’lum qildi. Aktrisa yangi mashinasi bilan tushgan suratini ham sahifasiga joyladi. Yulduz Rajabova Turkiyadagi kosmetologiya markazida tushgan suratini sahifasiga joyladi va u yerdagi kosmetolog bilan uchrashganidan mamnun bo‘lganini aytdi. Aziz Rametov sahifasiga turmush o‘rtog‘i bilan tushgan yangi videosini joyladi. Videoda aktyorning rafiqasi homilador ekanini ko‘rish mumkin. Bahora Arslonova sahifasiga Samarqandda to‘y xizmatlarining birida tushgan suratini joyladi. Turkiyada saraton kasalligidan davolanayotgan aktrisa Ra’no Shodiyeva 12-avgust kuni tug‘ilgan kunini nishonladi. U tug‘ilgan kunida yana bir bor nevarali bo‘lishini, ya’ni qizi Raxshona ham farzand kutayotganini ma’lum qildi. Tiktoker, instabloger hamda cover qo‘shiqlar ijrochisi Baby Mohi YouTube kanaliga maxsus kumush yorlig‘i berilganini ma’lum qildi. Baby Mohi muxlislariga uni qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, u tez orada YouTube’da obunachilari bir million bo‘lishiga umid bildirgan. Aktrisa, dizayner Shahzoda Muhammedova uning dizaynerlik akademiyasida o‘g‘il bolalar ham tahsil olishini muxlislariga ko‘rsatdi. Xonanda Zohirshoh Jo‘rayev sahifasiga tor bilan tushgan suratini joyladi. Turkiyaga kelin bo‘lgan aktrisa Nargiza Salmonova turmush o‘rtog‘i Emrah bilan Gaziantep shahrini sayr qilayotgani aks etgan videoni namoyish qildi. Turk aktrisasi Eda Eje sahifasiga sevgilisi bilan tushgan suratini joyladi va surat ostiga ularning munosabatlariga uch yil to‘lganini ma’lum qildi. Muqaddas Sa’dullayeva Yigitali bilan besh yil birga yashagan uydan ko‘chib ketganini ma’lum qildi. Aktrisa bu uy bilan bog‘liq xotiralari haqida muxlislariga aytgan. Xonanda Yorqinxo‘ja Umarov yangi surati bilan ko‘rinish berdi. Hosila Rahimova raqsga tushgani aks etgan videoni muxlislariga ko‘rsatdi. Aktrisa va so‘nggi vaqtlarda o‘zini xonandalikda sinab ko‘rayotgan Dilnoza Kubayeva sahifasiga yangi ko‘rinishdagi suratini joyladi. Xonanda Gulasal Abdullayeva Rossiyada ishlab qaytgan qaynonasining tug‘ilgan kunini nishonlayotgani aks etgan videoni muxlislariga namoyish qildi. Hindistonlik taniqli dizayner Gauri Xon aktrisa Katrina Kaif bilan tushgan suratini obunachilariga ko‘rsatdi. Instabloger Maryam Tillayeva dugonasi bilan Magic City’da sayr qildi. Aktrisa Zarina Nizomiddinova yangi imijda ko‘rinish berdi. Raqqosa Parizoda telefonini hali ham topmagani haqida muxlislariga aytdi.
163
2,741
Madaniyat
Yosh kinoijodkorlar “Mahorat saboqlari”ga taklif qilindi
Keyingi paytlarda kino san’atini rivojlantirishga jiddiy e’tibor qaratilib, sohaga iste’dodli yoshlar jalb etilmoqda. Yosh kinoijodkorlarning kasb malakasini oshirish maqsadida “O‘zbekkino” Milliy agentligi va O‘zbekiston Kinoarboblar birlashmasi tomonidan “Kinodramaturgiya asoslari” yo‘nalishi bo‘yicha 3 oylik bepul mahorat saboqlari tashkil etdi. “O‘zbekkino” bu haqda o‘z saytida ma’lumot berib,  saboqlarga tinglovchilarni taklif etdi. “Tinglovchilar ijodiy tanlov asosida saralab olinib, darslar o‘zbek va rus tillarida olib boriladi”, — dedi Kinoarboblar birlashmasi raisi o‘rinbosari Bahodir Odilov. Ta’kidlanishicha, mahorat saboqlarini o‘tkazishdan maqsad yosh kinematografchilarning kasb malakasini oshirish va ular tasvirga olayotgan filmlarning g‘oyaviy-badiiy saviyasini ko‘tarishga ko‘maklashishdir. Arizalar 2014-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi; ijodiy tanlov ishtirokchilari uchun ilk yig‘ilish 2014-yil 4-fevral kuni soat 11:00 da “O‘zbekkino” Milliy agentligining “Pushti” zalida bo‘lib o‘tadi. “O‘zbekkino” Milliy agentligi vebsaytining “Tadbirlar kalendari” ruknida e’lonning to‘liq matni joylashtirilgan.
56
1,130
Madaniyat
Xonanda Jasur Umirov 2016-yil oxirigacha uylanishi ma’lum qilindi
Xonanda Jasur Umirov 2016-yilda bo‘ydoqlar safini tark etishi haqida xabarlar tarqaldi, deya xabar bermoqda “Bekajon” gazetasi. “Nikoh to‘yi 2016-yilning dekabr oyiga mo‘ljallangan. Kelinning kimligi hozircha sir”, — deyiladi gazeta xabarida. Avvalroq, Jasur Umirov sevib qola olmayotganidan nolib, qancha pul ketsa ham, to‘yida butun to‘yxonani gul bilan bezatish niyatida ekanini aytib o‘tgan edi.
65
400
Madaniyat
Instagram: “Million” vakili Sarvar uylandi, Yulduz Usmonovadan yangi qo‘shiq, “Yor-yor” ko‘rsatuviga parodiya
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz Rayhon saylovda kimga ovoz berishini ma’lum qildi. Asal Shodiyeva Shahlo Zoirovani tug‘ilgan kuni bilan o‘ziga xos tarzda tabrikladi. Jahongir Poziljonovning muxlisi bilan muloqoti aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalmoqda. Ziyoda muxlislariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi. “Qalpoq” hajviy dasturida “Yor-yor” ko‘rsatuviga parodiya efirga uzatildi. Tohir Saidov marhum qiziqchi Obid Asomovni tug‘ilgan kuni munosabati bilan xotirladi. Yulduz Usmonova “Muhabbat” deb nomlangan yangi qo‘shig‘i taqdimotini o‘tkazdi. Kaniza yangicha obrazda muxlislariga ko‘rinish berdi. “Million” kulgi jamoasi aktyori Sarvar Fayziyev uylandi. Feruza Normatova sahifasiga yangi surat joyladi. Yosh xonanda Aziza Nizomova sevgan insoni tomonidan tayyorlangan syurprizni muxlislariga ko‘rsatdi.
109
931
Madaniyat
Aktrisa Zamira Beshimova og‘ir xastalikni boshdan kechirgani haqida so‘zlab berdi (video)
“O‘tov”, “To‘qlikka sho‘xlik-2” kabi filmlardagi roli orqali tanilgan aktrisa Zamira Beshimova yarim yil oldin insultni boshdan kechirgani, bu kasallik farzandlariga ta’sir qilgani va kasallikdan so‘ng  qo‘rquv paydo bo‘lgani haqida gapirdi. Aktrisa insultni boshdan kechirgani, ikki kun komada bo‘lgani va butun hayotini tahlil qilgani to‘g‘risida “O‘tgan yili insultni boshdan kechirdim. Bu narsani kasb kasalligi desam ham bo‘ladi, ko‘plab aktyorlarning qon bosimi yoki yuragi bilan bog‘liq muammosi bor. Balki shu sabab bo‘lgandir, ko‘pincha menga og‘ir sahnali rollarni berishar edi. Ko‘zimni ochsam, jonlantirish bo‘limida yotibman. Ikki kun komani boshdan kechiribman. Shu kasallikdan keyin ko‘p narsani tahlil qildim, hech qayerda ishlamadim. Insultdan keyin o‘zimni butunlay oilamga bag‘ishladim, shunaqa holat bo‘lar ekan, ko‘zingizni yumishga qo‘rqar ekansiz va butunlay hayot to‘xtab qolgandek tuyular ekan. O‘lim haq, u hammaning boshida bor. Biroq inson tayyor bo‘lmas ekan, ertaga o‘laman degan narsa bo‘lmas ekan. Butun hayotingiz ko‘zingiz oldidan o‘tar ekan, kichkina farzandlarim ko‘zimning oldidan o‘tdi. Ko‘p narsani, shu narsa haqiqatan ham menga kerakmi, bu yerga borishim, shu ishni qilishim shartmi, deb tahlil qilishni boshladim. Yo‘qotganlarim tobora kamayishiga harakat qilishni boshladim, hozirgi kunda men uchun eng qimmatli boyligim — farzandlarim. Ko‘pincha ota-onalar farzandi bilan aloqani yo‘qotib qo‘yadi. Farzand ko‘chaga chiqib ketadi, ota-ona karyera qilaman deb o‘rtadagi rishta uzilib qoladi. Shu narsani yo‘qotib qo‘ymaslikka harakat qilyapman”, — deydi Zamira Beshimova. Zamira Beshimova insult bo‘lgani farzandlariga yomon ta’sir qilgani va o‘sha paytda nimadan qo‘rqqani haqida Ko‘chada yurganimda, mashinalar ko‘p joydan o‘tayotgan vaqtim ko‘zimning oldiga ehtiyot bo‘l, seni uyda to‘rtta bolang kutyapti degan narsa keladi. Hozir o‘ylaydigan narsam shu bo‘lib qolgan. Menga nimadir bo‘lsa, bolalarimning ahvoli qanday kechadi deb o‘ylayman. Bilaman, baribir ko‘chada qolib ketishmaydi, qaraydigan, boqadigan odam bo‘ladi, biroq onaning o‘rnini hech kim bosolmaydi. Ertaga ularning boshiga tushadi, nima qiladi degan narsa odamni o‘ylantiradi. Bu tomondan odam o‘zi uchun qo‘rqmas ekan, ikki kun komada bo‘ldim, hech narsani eslay olmayman. Menga ukol qilishgan, kiyimlarimni almashtirishgan. Insonning hayoti o‘tib ketadi, xuddi televizorni o‘chirib qo‘ygandek gap ekan. Siz uchun hech narsa o‘zgarmaydi, orqangizdan qoladigan insonlarning hayotini o‘zgartirishi mumkin ekan. Insult bo‘lganimda kichkina farzandim ikki yoshga to‘lmagan edi, uning ko‘zlarini, bolalarimning atrofimda qanday girdikapalak bo‘lganini ko‘rdim va birinchi navbatda shularga kerak ekanman deb o‘yladim. Katta o‘g‘lim 12 yoshda, oradan yarim yil o‘tdi, hattoki hozirgacha oyi, mazangiz yaxshimi, oyi charchamadingizmi, deb so‘raydi yoki sal kayfiyatim o‘zgarsa ham, ko‘zimga tikilib turadi. Kasal bo‘lishim ularga yomon ta’sir qildi”, — deydi aktrisa.
89
2,977
Madaniyat
“O‘n sakkizga kirmagan kim bor...”. Erkin Vohidovning so‘zlari bilan shlyagerga aylangan qo‘shiqlar
O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov 79 yoshida vafot etdi. Uning betakror she’rlari esa xalqning ardoqli hofizlari ijrosida asrlar davomida yashashiga shubha yo‘q. Quyida Erkin Vohidovning she’rlariga ishlangan qo‘shiqlarning bir qismini tinglab-da, atoqli shoirning iqtidoriga yana bir bor tan berish mumkin.
99
335
Madaniyat
Faqat Emma Uotson, Deniel Redkliff yoki Rupert Grint emas: “Garri Potter”dagi aktyor bolalar qanchalik o‘zgargan?
Filmning asosiy qahramonlari Emma Uotson, Deniel Redkliff yoki Rupert Grint kabi mashhur aktyorlar haqida gapirmaymiz. Ular deyarli har doim omma e’tiborida va ko‘plab Potter muxlislari ularning hayoti haqida bilishadi. Maqolada “Garri Potter” filmlarida kichik, ammo juda muhim rollarni o‘ynagan aktyorlarning taqdiri haqida ma’lumot beramiz. Jeymi Ueylett Jeymi Ueylett filmda Drakoning do‘sti — Vinsent Krebb rolini o‘ynagan. Biroq u potterianning so‘nggi qismida rol o‘ynay olmadi, chunki Jeymi jamoat tartibini buzgani sababli qamalgandi. Hibsga olinayotganda Ueylettning uyidan taqiqlangan moddalar ham topilgan, shuning uchun aktyorga ikki yillik qamoq jazosi berildi. Evanna Linch 11 yoshida Evanna Joan Roulingga xat yozib, “Garri Potter”da rol o‘ynashni orzu qilishini aytadi va qizga omad kulib boqadi. U muallif bilan yozishmalar orqali bog‘lanadi. O‘sha paytda Linch anoreksiya bilan og‘rib, kasalxonada yotgandi. Qiz minglab raqobatchilarini mag‘lub etib, kastingdan o‘tadi. Linch Polumna Lavgud rolini ijro etgan. Shundan so‘ng uning karyerasi tez rivojlana boshladi. Evanna yana beshta filmda o‘ynaydi, “Yulduzlar bilan raqs” shousida qatnashadi. Hozirda aktrisa xayriya va jamoat ishlarida ham faol ishtirok etmoqda. Garri Melling Garri Mellingning bobosi aktyor, ammo uning filmdagi Dadli Dursli rolini o‘ynashiga buning hech qanday aloqasi bo‘lmagan. Mazkur rol bolakayning keyingi faoliyatini belgilab berdi. Melling drama maktabini hamda London musiqa va san’at akademiyasini tamomlagach, spektakl va filmlarda rol o‘ynay boshladi. Aytgancha, 18 yoshida aktyor shunchalik vazn yo‘qotdiki, ko‘plab muxlislar uni darhol taniy olmadilar. Bonni Rayt Bolaligida akasi Bonniga uning tashqi ko‘rinishi Jinni Uizliga juda o‘xshashligini aytib yurardi. Qizcha kastingda o‘z omadini sinab ko‘rishga qaror qiladi va sinovlardan o‘tadi. Shundan keyin Raytning karyerasi ildamlab ketdi. U filmlarda faol rol o‘ynay boshladi. Keyinchalik o‘zini rejissor, prodyuser va ssenariy muallifi sifatida ham sinab ko‘radi. Bundan tashqari, Bonni xayriya ishlarida faol ishtirok etadi va doimiy ravishda bunga mablag‘ ajratadi. Jeyms va Oliver Felps Egizaklar bolaligidan Garri Potter haqidagi kitoblarni zavq bilan o‘qishgan. Ular bungacha boshqa filmlarda rol o‘ynamagan. Lekin onasi kinoda rol o‘ynashni orzu qilgan bolalarini kastingga olib boradi. Natijada olti bosqichli kastingdan o‘tgandan so‘ng, egizaklar Fred va Jorj Uizli rolini o‘ynashdi. O‘shandan beri aka-ukalar birgalikda va alohida bo‘lib filmlarda rol o‘ynay boshladi. Shuningdek, ular golf o‘ynashni ham yaxshi ko‘radi va xayriya ishlari bilan shug‘ullanadi. Shon Biggerstaff Shon filmga Alan Rakman yordami bilan kelgan, u bolani Griffindorning kviddich jamoasi sardori Oliver Vuds roliga tavsiya qiladi. Bundan oldin Biggerstaff Rikmanning “Qishki mehmon” nomli filmida ham rol o‘ynagan edi. Potteriandan keyin Shon aktyorlik faoliyatini davom ettiradi va bir nechta filmlarda rol ijro etadi. Lyuk Yangblad Yigitcha filmda kviddich o‘yinlarini sharhlaydigan Li Jordan rolini o‘ynaydi. Lyuk o‘ttizdan ortiq film va teleseriallarda suratga tushgan. Bularning ichida “Xor”, “Meni alda” va “Galavant” filmlari uning uchun eng omadlisi bo‘lgan. Bundan tashqari, Yangblad teatrda ishlaydi va qo‘shiq aytadi. Metyu Lyuis Bola filmda rol o‘ynashni shunchalik xohlaydiki, onasini uni kastingga olib borishga ko‘ndiradi va olti soatdan ko‘proq navbatda turishadi. Biroq bu shunga arzirdi: natijada unga Nevill roli beriladi. Shundan so‘ng yigit tez-tez kinolarda o‘ynashni boshlaydi. Bundan tashqari, u juda o‘zgaradi — vazn yo‘qotadi, sport bilan shug‘ullanadi. Hozirda “Garri Potter”dagi kulgili va mehribon semiz bolani zo‘rg‘a tanish mumkin, u ko‘plab qizlar uchun haqiqiy kumirga aylangan.
113
3,762
Madaniyat
“Deyneris, dastxat berib yubor”. Hamkasblariga muxlislik qiladigan Gollivud yulduzlari (foto)
Millionlab tomoshabinlarga ega san’at vakillarini boshqa bir yulduzning ashaddiy muxlisi ekanini tasavvur qilish qiyin. Ammo o‘nlab kamera va jurnalistlar oldida o‘zini yo‘qotmagan ijodkorlar orasida, kumirini ko‘rganda o‘zini yo‘qotib qo‘yadigan va aytarga so‘z topa olmaydiganlari yo‘q emas. Kris Xemsvort va Bred Pitt Marvel filmlarida bosh qahramon rolini ijro qiladigan Kris Bredni ko‘rganda mashhurligini unutib, muxlisligi esiga tushadi. “Bir kuni Gollivudda” filmining premyerasida Pitt qo‘l berish uchun Xemsvortning oldiga kelganida u quchoqlab ko‘rishishni istagan. Bred buni tabiiy qabul qilgan va qo‘riqchilari Krisni bezovta qilmagan. Shundan keyin Xemsvort Bred o‘ylaganidek mehribon va ajoyib inson ekanligini bildirgan. Selena Gomes va Jennifer Eniston 2011-yillarda yosh Selena dastur qahramoni Jennifer bo‘lgan teleshouda ishtirok etgan. Gomes aktrisa ijrosidagi Reychel qahramoni u uchun sevimli bo‘lganini ta’kidlagan. Bunga tabassum bilan javob bergan Eniston birga suratga tushishni taklif qilgan. Jennifer Lourens va Bill Myurrey 2015-yildagi “Komik-kon” tadbirida “Oskar” mukofoti sovrindori kumiri Bill bilan uchrashish baxtiga muyassar bo‘lgan. “Hayot mamot o‘yinlari” filmining press-konferensiyasida Jennifer hamisha Myurreyning muxlisi bo‘lgani va u bilan tanishishni istaganini ma’lum qilgan. U o‘zining muxlisligi va u bilan gaplashishni istashi haqida aktyorga maktub yozgan hatto. Emma Stoun va Mell Bi Emma Spice Girls guruhining ashaddiy muxlislaridan. “O‘rgimchak odam-2” filmining premyerasida Emma Bining tashrif buyurmaganidan noligan. Keyin esa Mell Emmani xursand qilish uchun videomurojaat yozib qoldirgani ma’lum bo‘lgan. Mell aktrisa boshqa ijrochini ko‘proq yoqtirgani uchun unga jazo tarzida guruh repertuaridagi qo‘shiqlardan birini ijro qilishni so‘ragan. Shundan keyin Emma Wannabe qo‘shig‘ini kuylab berishiga to‘g‘ri kelgan. Enn Xeteuey va Merayya Keri 2015-yilda “Intern” filmining premyerasida intervyu berayotgan Enn Merayyani ko‘rib, xursandligidan ko‘zlariga ishonmasligini aytib baqirib yuborgan. O‘zini shunchalik baxtli his qilganidan keyin Enn savollarga ham pala-partish javob bergan. Borib kumiri bilan ko‘rishish tavsiya qilinganda Enn qulayroq vaqt topganda borishini ma’lum qilgan. Billi Aylish va Jastin Biber Billi uzoq yillardan buyon Jastinga muxlislik qilgan. Devorlariga kumirining  suratini osgan Aylishni ota-onasi uni shunchalik aqldan ozadigan darajadagi muxlisligi sabab shifokorga olib bormoqchi bo‘lgan hatto. 2019-yilda ularning ikkisi ham uchrashishga muvaffaq bo‘lgan. Jastinning menejeri, Billining sevimli xonandasi va uning rafiqasi Xeyli bilan birga raqsga tushayotgani aks etgan videosi bilan Twitter’da bo‘lishgan. Uchrashuvdan keyin do‘stlashgan Biber Billini kichik singlisi deb hisoblashini, unga biron nima kerak bo‘lsa, bir qo‘ng‘iroqning o‘zi kifoyaligini ta’kidlagan. Kamilla Kabello va Emiliya Klark Kamilla teleshoularidan birida Emiliya bilan birga ishtirok etgan. “Taxtlar o‘yini”ni sevib tomosha qilgan Kamilla kumirini ko‘rib mening qirolicham, deb yuborgan va ketidan uzr so‘rab, o‘zining serialning dunyodagi eng ashaddiy muxlisi ekanini qo‘shimcha qilgan. Dasturdan keyin Kabello  Klark bilan birga tushgan surati bilan Instagram’da bo‘lishgan. Qizig‘i shundaki, bundan bir necha yillar avval Emiliya Klarkning o‘zi aynan shu shouda “Do‘stlar” serialidagi Mett Leblan kumiri ekanini ma’lum qilgan.
93
3,408
Madaniyat
Arnold Shvarsenegger, Shakira, Keyt Uinslet va muvaffaqiyatga erishish uchun imkoniyati yo‘qligi aytilgan jahonga mashhur kishilar (foto)
Mashhurlarning hayot yo‘li bilan tanishib chiqish asnosida bir narsa ma’lum bo‘ldiki, aksariyat yulduzlarning imkoniyatini to‘g‘ri baholay olishmagan. Hattoki ulardan hech qachon aktyor, aktrisa yoki xonanda chiqmasligiga ishonch ham bildirishgan. Ammo mehnat, mashaqqat va qat’iyatni birlashtira olganlargina jahon tan olgan mashhur insonlarga aylanishga muvaffaq bo‘ldi. The Voice Mag nashri ularning ajoyib hikoyasi bilan bo‘lishdi. Keyt Uinslet 14 yashar bo‘lajak yulduzning murabbiyi unga eng yaxshi holatda ham faqatgina ortiqcha vaznli qizlar rolini o‘ynay olishini ma’lum qilgan. Spice Girls guruhi Prodyuser Saymon Kouell 90-yillarning boshlarida musiqa tarixidagi eng mashhur ingliz pop-guruhlaridan birining tinglovini rad etdi. Viktoriya Bekhem ularga qat’iy ravishda hech qachon chiqish qila olmasligini aytganini yaxshi eslaydi. Vaynona Rayder Birinchi kastinglardayoq rejissorlarning biri uni chetga olib, unga hech qachon aktrisa bo‘la olmasligini, chunki u go‘zal emasligini va kelgan joyiga qaytib ketishini tavsiya qilgan. Riz Uizerspun Riz toki mashhurlikka erishmaguncha, uning ko‘rimsizligi va bo‘yi baland bo‘lmagani uchun rollardan chetlatishgan. Elvis Presli Birinchi tinglovdan so‘ng menejer qo‘shiqchiga hech narsaga erisha olmasligini aytgan. Unga avvalgidek yuk mashinasini haydashni maslahat bergan. Arnold Shvarsenegger Bir yoki ikki odam emas, balki Gollivudda unga bodibildingdan aktyorlikka o‘ta olmasligini aytishgan, bu bilan juda muskulli gavdasi, dahshatli talaffuzi va aytish juda qiyin bo‘lgan familiyasiga ishora qilishgan. Jizel Bundxen Faoliyatining boshida unga juda katta burni va kichkina ko‘zlari tufayli hech qachon moda jurnalining muqovasida chiqmasligini aytishgan. Shakira Xonanda qo‘shiq kuylaganda uning ovozini echkinikiga o‘xshatishgan. Ammo uning ajoyib tembrini hech narsa bilan solishtirib bo‘lmaydi. Meril Strip Faoliyatining boshida aktrisa “King Kong” filmining kastingida ishtirok etish orzu qilgan va prodyuserning o‘g‘lidan buning uchun ruhsat so‘ragan. Uchrashuvda prodyuser Dino de Laurentis o‘g‘liga italyan tilida: “Nega bu qo‘rqinchli ayolni olib kelding?” deb so‘ragan. Strip italyanchalab: “King Kong uchun go‘zal emasligimdan afsusdaman”, — deb javob qaytargan. Jennifer Lourens  Aktrisaga Gollivud uchun juda to‘lishgan va uning qomati ayollarnikiga xos ekani aytilgan. U esa 20 yoshidayoq birinchi “Oskar” nominatsiyasini oldi. Klint Istvud 60-yillarda u kekirdagi chiqib turgani, nutqining seknligi va tish kasalliklari tufayli kastinglarda rad etilgan. Rolini yaxshi o‘ynay olmagani uchun suratga tusholmagan aktyor Bart Reynolds Klintga shunday degan: “Men o‘rganishim mumkin, lekin siz kekirdagingiz bilan hech narsa qila olmaysiz”. Jessika Chesteyn Kinodagi faoliyatining boshida u xunukiligi va qizg‘ish sochlarini boshqa rangga bo‘yashi kerakligi haqida ko‘p eshitgan. Kira Naytli Rol ijro etishidan oldin rejissor uni iste’dodli deb hisoblamasligini va unga hech qanday rol bermasligini aytgan. Ammo Kira uni oxirigacha tinglashga majbur qildi va rolni olishga muvaffaq bo‘ldi. Uolt Disney 22 yoshida karikaturachi Missuri shtatidagi gazetadan yetarlicha ijodkor bo‘lmagani uchun ishdan bo‘shatilgan.
137
3,197
Madaniyat
Rok-n-rol qiroli va uning malikasi: Elvis Presli va Prissilla Bolyening muhabbat qissasi (foto)
24-may kuni Elvis Preslining yuragini zabt etgan va uning yagona rafiqasi bo‘lgan ayol – Prissilla Bolye tavallud ayyomini nishonladi. Rok-n-roll qiroli qanday qilib 14 yoshli qizni sevib qolgani, uning ota-onasiga munosib kuyovligini yillar davomida isbotlaganligi va u bilan turmush qurish uchun uni 8 yil kutganini bilasizmi? Faqat olti yil turmush qurganiga qaramay, Elvis va Prissilla Gollivud tarixidagi eng yorqin va chiroyli juftliklardan biri unvoniga sazovor bo‘lgan. Ularning sevgi hikoyalari hayotda kamdan-kam uchraydigan ajoyib ertakka o‘xshar edi. Albatta, unda kutilmagan lahzalar ham bo‘lgan. Ammo bugungi kunda ham rok-n-roll qiroli vafotidan bir necha o‘n yillar o‘tgach, Prissilla Presli sevgilisini ajoyib iliqlik va mehr bilan eslaydi: “Men hali ham uning mavjudligini his qilaman, – degan edi u 2017-yilda. – Uyimizdagina u o‘zini xotirjam his qilar, o‘zligicha namoyon bo‘lar edi. Uning zinadan pastga tushishini hali ham tasavvur qilaman. Har kuni ertalab otxonaga borib, shunchaki suhbatlashar edik. Menimcha, bu mening sevimli xotiralarimdan birigina, xolos”. Elvis va Prissilla birinchi marta 1959-yilda Germaniyada uchrashgan. 24 yoshli musiqachi harbiy tayyorgarlikni tugatgandan so‘ng u G‘arbiy Germaniyada joylashgan bazaga yuborilgan. U yerdagi qismlarning birida u AQSh havo kuchlari zobitining Prissilla ismli 14 yashar qizi bilan uchrashadi. Hatto o‘sha paytda ham qiz ajoyib go‘zallik bilan ajralib turardi – quyuq qalin sochlar, toza ko‘k ko‘zlar va bejirim burun. U o‘shanda jozibador yozgi dengizchi libosini kiyib olgandi. Presli esa bir qarashda qizning asiri bo‘ldi-qoldi. Qiz darhol musiqachiga 9-sinfda o‘qiyotganini ma’lum qiladi, ammo bu unga xalaqit bermadi. “Men Elvisning e’tiborimni jalb qilmoqchi bo‘lganini ko‘rdim, – deb eslaydi Prissilla tabassum bilan. – Qanchalik kam qiziqish bildirgan bo‘lsam, u shunchalik qat’iyatli edi. U menga qo‘shiqlar kuylardi. Elvis Preslining meni yoqtirib qolishimni juda xohlaganiga hatto ishongim ham kelmasdi!” Shunga qaramay, ular yaqindan tanishib oladi.  Xayrlashish vaqtida Elvis Prissillaning telefon raqamini so‘raydi. Ammo qiz uning qo‘ng‘iroq qilmasligiga ko‘proq ishonar edi. Bir necha kundan keyin uning uyida qo‘ng‘iroq chalinadi. Go‘shakning ikkinchi tomonida rok-n-roll qirolining ovozi eshitilar edi. Prissilla doimiy ravishda musiqachi haqida o‘ylar, darslarga diqqatini jamlay olmas edi. Va shu bilan birga, bir muncha vaqt u hech kimga bunday taniqli odam unga mehr ko‘rsatayotganini ayta olmadi. Bunga tengdoshlari shunchaki ishonmas va uni masxara qilishi turgan gap edi. Biroq, tez orada Elvis Preslining – XX asrning eng kelishgan erkaklaridan biri, Gollivudning yulduzida jiddiy rejalar borligi aniq bo‘ladi. U doimiy ravishda chiroyli maktab o‘quvchisini uchrashuvlarga taklif qilar va unga plastinkalarini berardi. Ular Yevropa ko‘chalarida sayr qilar, suratga tushar va suhbat qurar edi. Elvis o‘zining Prissillasiga g‘amxo‘rlik qildi, doimo sevgisini tan oldi. Uning jiddiy niyatlarini tasdiqlash uchun hatto ota-onasi bilan uchrashishgacha borgan. Prissilla biroz qo‘rqdi ham, chunki u kichik qiz mashhur musiqachi bilan uchrashganiga ota-onasi qanday munosabatda bo‘lishini bilmas edi. Chindan ham ko‘p o‘tmay qizning qo‘rquvi o‘z tasdig‘ini topdi. “Otam, albatta, yo‘q, dedi onam esa, agar Elvis Presli ko‘chaning narigi tomonida bo‘lsa ham, rozi emasligini aytdi, – dedi Prissilla. – Men haqiqiy jangga duch kelayotganimizni bilardim”. Yaxshiyamki, bu jangda yosh sevishganlar g‘alaba qozondi: Elvis ota-onasi bilan uchrashuvga harbiy kiyimda keladi, albatta, Prissillaning otasi buni qadrladi va o‘zini juda bosiq, muloyim tutdi. Erkaklar uzoq vaqt davomida bu narsani muhokama qildi va qaytib kelgach, qizning otasi biroz yumshagan edi. Ona ham musiqachini hayratda qoldirdi. Shuning uchun, ota-onalar nihoyat bu munosabatlarga o‘zlarining roziligini bildirdi. Ammo ular Elvisga Prissilla maktabni tugatishi kerakligini eslatib o‘tgan edi. Qizning juda yoshligi u va Elvis birgalikda jamoat oldida ko‘rinmasliklarini anglatardi. Ammo ular uchun sirli sanalar yetarli edi. Xonanda hattoki sevgilisining juda yosh va tajribasizligini yoqtirardi. “U meni tarbiyalashi uchun yetarlicha yoshligimni aytdi, – dedi va katta bo‘lganida, albatta, mukammal ayolga aylanishiga ishonganini esladi Prissilla. – Menga u o‘zining xayolidagi ‘mukammal ayol’ obrazini tasvirlab berdi va bunga juda mos kelishimga ishontirdi”. U ko‘k ko‘zli kamtarin qoramag‘izlarni yoqtirardi. “Va, albatta, unga sadoqat juda muhim edi, ayniqsa, ayol tomonidan”, – deydi Prissilla. 1960-yilda Elvisning xizmati tugadi va u Amerikaga qaytishiga to‘g‘ri keldi. Prissilla uni aeroportga kuzatib qo‘ydi. O‘sha kuni paparatssilar xayrlashish paytida ularning bir nechta ta’sirchan rasmlarni olishga muvaffaq bo‘ldi, keyinchalik ular “Life” tomonidan nashr etildi. Masofa ularning munosabatlariga to‘sqinlik qilmadi: Elvis doimiy ravishda sevikli insoniga qo‘ng‘iroq qilib, iliq maktublar yubordi. Vataniga qaytganidan uch hafta o‘tgach, uning Nensi Sinatra bilan uchrashgani haqida mish-mishlar matbuotda tarqaldi. Prissilla xavotirdan o‘ziga joy topolmadi. Ammo tez orada u Elvisning o‘zidan uning hayotidagi yagona muhabbat ekanligiga ishonch hosil qilgan sokin ovozini eshitdi. Va qiz unga ishondi. Keyingi bir necha yil ichida u sevgilisining navbatdagi romantikasi haqida hayqirgan turli nashrlardagi maqolalarga dosh berishni o‘rganishi kerak edi. Elvis Presli kabi  katta hamda yulduz bilan aloqada bo‘lish oson bo‘lmagan. Ammo Prissilla ularning baxtli kelajagi uchun imkoniyat borligiga ishongan. Va musiqachi uning umidlarini puchga chiqarmagan. Elvis Prissillani 1962-yil mart oyida Los-Anjelesga taklif qiladi. Qiz baxt bilan yettinchi osmonda va allaqachon uzoq kutilgan uchrashuvgacha kunlarni sanashga kirishgan edi. Ammo ota-onalar sevimli qizlarini dunyoning narigi chetiga butunlay yolg‘iz qo‘yib yuborishga tayyor ekanliklariga shubha qila boshladi. Va keyin Elvis yana o‘zini haqiqiy janob kabi tutdi. U qizning ota-onasiga Prissillani himoya qilishini, uning birinchi darajali chiptalarini ikki yo‘nalishda sotib olishini va u hamma joyda soqchilar bilan birga bo‘lishiga amin bo‘lishini va’da qildi. Bundan tashqari, ular Prissilla har kuni ota-onasiga xat yozishini, ular u bilan hammasi yaxshi ekanligini bilishlarini kelishib oldi. Faqatgina shunday sharoitlarda qizning uchib ketishga ruxsat berilgan edi. Iyun oyida Prissilla “Farishtalar shahri”ga yetib keldi. Ertasi kuni Elvis kichik sayohatga borishni taklif qildi va shaharga tun tushganida, ular allaqachon hashamatli mashinada o‘tirgan edi, ularni chiroqlar va ko‘ngil ochar markazlar bilan to‘ldirilgan Las-Vegas tomon olib ketishdi. Musiqachi o‘zining “kichkina malika”sini qimmatbaho do‘konlarga olib kirdi. Qizning tashqi ko‘rinishidagi o‘zgarishlar nafaqat musiqachini, balki Prissillani ham mamnun qilgandi. U o‘zini nihoyat ota-ona qaramog‘idan xalos bo‘lgan katta yoshli qiz kabi his qildi. Prissillaning Amerikadagi ta’tili tugagach, u yana uyiga qaytdi. Ammo bu safar u tez orada Elvis bilan yana ko‘rishishga amin edi. Darhaqiqat, 1962-yil oktyabr oyida qiz Memfisga – musiqachining qarindoshlariga tegishli bo‘lgan uyga ko‘chib o‘tdi. Ayni paytda, Elvisning karyerasi yuqoriga ko‘tarildi, u doimiy suratga olish maydonida edi, shuning uchun Prissilla uni juda sog‘inardi. Bunga qo‘shimcha ravishda uning menejeri o‘zini yoqtirmasligini tushundi: U Elvisning sevgilisi borligini hamma bilishini istamasdi, chunki bu holda muxlislar undan yuz o‘girishi mumkin edi. Va bu, albatta, uning mashhurligi va daromadiga ta’sir qilardi. Ammo Prissilla shou-biznes olami naqadar shafqatsizligini allaqachon anglagan va menejerdan g‘azablanmadi ham. “U mehribon edi, – dedi u yumshoq ohangda. – U shunchaki muxlislar meni Elvis uchun yagona ekanligimni bilishlarini istamadi”. Ammo musiqachi uchun muhabbat baribir muhimroq edi. Va birinchi uchrashuvdan deyarli sakkiz yil o‘tgach, Elvis Prissillaga uch karatli olmos uzukni sovg‘a qildi. Albatta, qiz uning rafiqasi bo‘lishga rozi bo‘ldi. Ular 1967- yil 1-mayda Las-Vegasda turmush qurdi. Baxtli kuyov klassik ipak smokingda, kelin esa toshlar va marvaridlar bilan bejirim bezatilgan oppoq libosda paydo bo‘ldi. Rasmiy marosimdan so‘ng Aladdin mehmonxonasida 100 kishilik to‘y marosimi bo‘lib o‘tdi, natijada yangi turmush qurganlar Elvisning mashhur “Love me tender” qo‘shig‘iga raqsga tushdi. Ular asal oyini Kaliforniyada o‘tkazdi, shu vaqt ichida Las-Vegasdagi to‘y marosimiga bora olmagan do‘stlari va oila a’zolari uchun yana bir ziyofat uyushtirdi. Elvis va Prissilla to‘yidan to‘qqiz oy o‘tgach, ularning qizi tug‘ildi. Chaqaloqqa Liza-Mari ismini berishga qaror qilindi. Prissilla Elvis unga hech qachon farzand parvarishida yordam bermagan bo‘lsa ham, “ajoyib ota” ekanligini aytdi. Buning o‘rniga Elvis o‘zining ikkinchi “kichkina malikasi” hech narsaga muhtoj bo‘lmasligi uchun juda ko‘p harakatlarni amalga oshirgan. “U chindan ham chaqalog‘i uchun hech qachon pulini ayamagan, uni zargarlik buyumlari va sovg‘alarga ko‘mib tashlagan. Bir kuni Liza-Mari qorbo‘ron o‘ynashni xohladi, keyin esa Elvis uni qorli joyga olib boradigan shaxsiy samolyotiga mindirdi. Va uning tug‘ilgan kunlaridan birida u butun o‘yingohni ijaraga olgan”. Biroq Prissilla va Elvis o‘rtasidagi munosabatlarda kelishmovchiliklar paydo bo‘ldi, hattoki farzand ham ularni birlashtirishga yordam bera olmadi. “Elvis hayotini uydan tashqarida davom ettirardi”, – deydi Prissilla. U rafiqasiga qiziqishni yo‘qotishni boshladi, do‘stlari va yangi qiz do‘stlari bilan ko‘proq vaqt o‘tkazdi. Prissilla uzoq vaqt davomida erining sarguzashtlariga ko‘zlarini yumdi. “Men ba’zi fitnalar bo‘lishi mumkinligini bilardim, ammo ularning barchasi ahamiyatsiz edi”, – deb tan oldi u. Va shunga qaramay, 1972-yilga kelib uning sabr-toqati tugadi va u Elvisga ajrashish uchun ariza yozayotganini aytdi. “Mening hayotim butunlay unga tegishli edi, – deydi keyinchalik Prissilla. – Asosiysi, u baxtli bo‘lishi kerak. Mening muammolarim ikkinchi darajali edi. Ammo men o‘sishni xohlardim. Nimadir qilishim kerak edi”. Elvis o‘zini munosib tutdi va Prissilla bilan ajrashishga rozi bo‘ldi. Ularning ajrimi 1973-yil 9-oktyabrda yakunlandi. Ular birgalikda qo‘l ushlashgancha sud zalidan chiqib ketdi. Elvis va Prissilla do‘st bo‘lib qoldi. Musiqachi tez-tez u bilan shaxsiy narsalarni bo‘lishish yoki maslahat so‘rash uchun Prissillaga qo‘ng‘iroq qilar edi. Prissilla  har doim uning javob berardi – kunning qay vaqtidan qat’i nazar. Ammo ularning hayoti turli yo‘nalishlarda harakatlana boshladi: Prissilla yanada gullab-yashnagan va aktrisalik kasbidagi birinchi qadamlarini qo‘yganida, Elvis moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan edi. Prissilla unga g‘amxo‘rlik qildi, ammo baribir uni fojiali o‘limdan qutqara olmadi. 1977-yil 16-avgustda Prissillaga qo‘ng‘iroq qilinib, Elvisning o‘ligi topilganligi aytilganida, u juda xafa bo‘ldi. U shunchaki uning endi yo‘qligiga ishonmasdi. Prissilla bularning barchasini Elvisning jamoatchilik e’tiboridan, shon-shuhratdan yashirinishga urinishi yo‘lidagi hiylasi bo‘lib chiqishini juda xohlagan edi. Ammo, afsuski, tez orada haqiqat ayon bo‘ldi. Elvisning vafotidan so‘ng, Prissilla kino karyerasini, so‘ngra tadbirkorlikni boshladi. U boshqa turmushga chiqmadi.  Hozirga qadar Prissilla rok-n-roll qiroli ishlari bilan shug‘ullanadi: u o‘zining sobiq uyini Amerikadagi eng mashhur muzeylardan biriga aylantirgan va sobiq turmush o‘rtog‘iga bag‘ishlangan o‘nlab loyihalarni amalga oshirgan.  Uning yordami bilan Elvis Preslining ulkan musiqiy merosi saqlab qolindi.  Prissilla bugungi kunda ham unga o‘limi haqida o‘ylash qiyin ekanligini tan oldi. “U hayotimning juda muhim qismi edi, – deya afsus bilan eslaydi u. – U men uchun hamma narsa edi: ruhimga yaqinim, turmush o‘rtog‘im, va borlig‘im”.
95
11,836
Madaniyat
Bollivud yulduzi Katrina Kaif o‘zidan 5 yosh kichik aktyor Viki Kaushalga turmushga chiqmoqda
Hind aktrisasi Katrina Kaif kinosanoatning boshqa bir vakili Viki Kaushal bilan oila qurishga qaror qildi. “Toki hayot ekanman”, “Tezlik-3”, “Ko‘hinur olmosi izidan” singari filmlardagi roli bilan yaxshi tanish bo‘lgan aktrisa bir vaqtlar Salmon Xon, keyinroq esa Ranbir Kapur bilan uchrashgan. U bilan munosabatlariga nuqta qo‘ygandan keyin esa shaxsiy hayoti bilan bog‘liq ma’lumotlarni sir tutishga uringan. Sal avvalroq aktrisa “Masaan”, “Zubaan” filmlarida suratga tushgan Viki Kaushal bilan 2019-yildan buyon uchrashib yurgani va ularning turmush qurishga qaror qilgani haqida mish-mish tarqalgan. Mish-mishlar bejizga emasligi va juftlik munosabatlarini shu hafta nikoh rishtalari bilan mustahkamlashi ma’lum bo‘ldi. Aktrisaning barcha qarindoshlari allaqachon Hindistonga uchib kelgan. Bo‘lajak er-xotin marosimni o‘tkazish uchun Rajaston shtatiga jo‘nagan. Tashrif buyuruvchilar uchun mehmonxonadagi 42 ta nomer uch kunga band qilingan. Striming platformalaridan biri to‘y suratlari uchun Katrinaga 1 milliard rupiy (13 million dollar) taklif qilgan. G‘arbdagi yulduzlar orasida to‘ydagi foto va videolarni sotish keng tarqalgan, ammo Kaifning bunga rozi bo‘lish yoki bo‘lmasligi hozircha noma’lum. Ma’lumot uchun, Katrina Kaif 1983-yilda Gonkongda hindistonlik Muhammad Kaif va ingliz millatiga mansub Syuzanna Tyurkott oilasida tug‘ilgan. O‘z karyerasini 14 yoshida model sifatida boshlagan Kaif ilk bor 2003-yil “Bum” filmida suratga tushgan. Uning bo‘lajak turmush o‘rtog‘i Viki Kaushal esa 1988-yilda Mumbayda dunyoga kelgan. Rajiv Gandi nomli texnologiya institutini tamomlagan Viki aktyor sifatidagi faoliyatini 2012-yilda suratga olingan “Vasseypur to‘dalari” filmida rol ijro qilishdan boshlagan.
93
1,717
Madaniyat
“Qaynonam munosabatlarimizga qarshi edi”. Kaniza turmush o‘rtog‘ining yuzini nega ko‘rsatmasligi hamda farzand kutayotgani haqida (video)
Xonanda Kaniza Milliy telekanalining “M Kokteyl” ko‘rsatuviga bergan intervyusida to‘yida turmush o‘rtog‘ining yuzini ko‘rsatmaganining sababi, ikki marta turmush qurgani haqidagi mish-mishlarning qanchalik haqiqatga yaqin ekani, to‘ylarda yiqilib tushishi biroz bo‘rttirilishi haqida gapirdi. To‘yida turmush o‘rtog‘ining yuzini ko‘rsatmaganining sababi “Xalqqa eng keraklisini berdim. Bu shaxsiy hayot, shaxsiy bo‘lib qolgani yaxshi. Ko‘z tegadi, ayniqsa qizlar hattoki videolarimni ham ko‘ra olmaydi. Mayli, ular tinchroq yashasin”, — deydi xonanda. Turmush o‘rtog‘i bilan ikki marta turmush qurgani haqida “Biz urushib-talashib yurganmiz, turmush o‘rtog‘imning onasi qarshi bo‘lgan. Taqdir, bo‘lmaydi deb o‘ylagandim. Mana 7 yil davomida bir-birimizni sinadik, u o‘zini fe’l-atvorini ko‘rsatdi, men ham o‘z fe’l atvorimni ko‘rsatdim, lekin oxiri kelishib oldik. Hozir qaynonam bilan munosabatlarim yaxshi”, — deydi Kaniza. To‘ylarda yiqilib tushishi piar ekani haqida “To‘g‘ri yiqilib tushmayman, lekin yiqilib tushishimga sal qolgan bo‘ladi. Shunday yozilishini istayman. Har doim “qovun tushirmaslik”ka harakat qilaman, lekin bu holat kimda bo‘lmaydi. Umuman olganda, piarga muhtojligim yo‘q. Biror ish qilib qo‘ysangiz yetadi, insonlarning o‘zi oshirib piar qilib beradi”, — deydi xonanda.
137
1,298
Madaniyat
“I operatsiyasi”da Shurik ko‘tarib yurgan qizchaning taqdiri qanday kechdi?
1965-yilda suratga olingan “I operatsiyasi” komediyasida talaba Shurik va kichkina Lenochka ishtirok etgan sahna tomoshabinlarning yodida bo‘lsa kerak. Oradan 56 yil o‘tib, filmda rol o‘ynagan aktyorlar qanchalar o‘zgargani ko‘pchilikka ma’lum. Ammo kartinaning eng yosh aktrisasi nima uchun kino sohasini tanlamagani haqida quyida tanishib chiqing. Gayday norozi edi “I operatsiyasi” filmida kichkintoy Lena rolini Tanya Gradova ijro etgan. U o‘sha paytda 4 yoshda bo‘lib, bolaligidanoq ijodiy muhitda o‘sgan: otasi Pyotr Gradov Lyudmila Zikina, Jozef Kobzon, Lev Leshchenko ijro etgan qo‘shiqlarga she’rlar yozgan. Onasi Izida Maksimova-Koshinskaya esa teatr aktrisasi bo‘lgan. Ularning oilasi Leonid Gayday bilan bitta ko‘p qavatli uyda yashagan va rejissor bilan do‘st tutingan. Shuning uchun Gayday Tanyani yangi filmining bir qismida suratga olish uchun mamnuniyat bilan taklif etgan. Aytgancha, u o‘z pijamasida ekranda paydo bo‘lgan. Aytish kerakki, qizga filmda suratga tushish unchalik ham yoqmagandi. Chunki uning ko‘zi chiroqlarning yorqin nuridan og‘rib qolar, rejissor esa norozi bo‘lar va doimo buyruq berib turardi. Chunki Tanya Gayday talab qilganidek ijro eta olmasdi, buvisini bir ko‘zda kuzatishi kerak bo‘lgan, lekin uning ikkala ko‘z ham o‘z-o‘zidan ochilib ketavergan. Shundan so‘ng Tanya o‘zi qaror qildi: u aktrisa bo‘lmaydi! Ammo boshqa tomondan, u ota-onasi pul topib, sotib olgan sovg‘ani juda yaxshi ko‘rar edi: o‘sha paytda barcha sovet qizlari orzu qilgan hashamatli nemis qo‘g‘irchog‘i sanoqli odamlardagina bor edi. Tanya va Andrey onasini yo‘qotdi “I” operatsiyasi suratga olinganidan bir yil o‘tib, Tanyaning onasi Izida halokatga uchradi va shifokorlar uni qutqara olmadi. Besh yoshli Tanya va uning to‘qqiz yoshli akasi Andrey onasiz qoldi. Aytgancha, keyinchalik Andrey Gradov mashhur aktyorga aylandi. U “Uchrashuv joyini o‘zgartirib bo‘lmaydi”, “Ayollarga g‘amxo‘rlik qiling”, “Kelajak mehmoni” filmlarida rol ijro etgan. Aka-singil mo‘jizaviy tarzda bu baxtsiz hodisadan omon qoldi – ular ham mashinada bo‘lgan, lekin jiddiy jarohat olmagan. Bolalarni buvisi va bobosi ularni o‘zi bilan olib ketgan. Otasi esa uzoq vaqt kasallikdan aziyat chekdi. Agar Izidaning ota-onasining yordami bo‘lmaganida, u yosh bolalarga qanday munosabatda bo‘lishi ma’lum edi. Adabiyotshunos, muharrir, reklama beruvchi “I” operatsiyasi”dan 10 yil o‘tgach Gradova yana sherigi Aleksandr Demyanenko bilan uchrashdi. Albatta, Aleksandr uni tanimadi va qiz o‘zini eslatishi kerak edi. Aktyor juda xursand bo‘ldi: “Demak, men seni ko‘tarib yurganman?” Maktabdan so‘ng Tanya GITISga o‘qishga kirdi, lekin aktyorlik emas, balki teatr bo‘limiga, keyinchalik adabiyotshunos bo‘ldi. Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin u turli tadbirlar bilan shug‘ullangan, reklama shiorlarini yozgan, Yozuvchilar uyushmasida ishlagan ... Tatyana Gradova hamon Leonid Gayday bilan do‘st bo‘lgan ota-onasi yashagan o‘sha uyda yashaydi. Pul evaziga sotib olingan qo‘g‘irchoq tirik qolmadi ... Tatyana turmushga chiqqach o‘g‘il farzand ko‘rdi, lekin nikoh atigi bir necha yil davom etgan, xolos. Tatyana o‘g‘lini yolg‘iz o‘zi tarbiyaladi. Uning o‘g‘li 63 yoshda, umuman olganda, Tatyana taqdiridan mamnun. Uning qiziqishlari turlicha: u she’r yozadi, jurnal tahrir qiladi, uning uchun asosiy quvonch – u bilan ko‘p muloqot qiladigan nevarasi Veronika va uning nemis qo‘g‘irchog‘i, afsuski, u tirik qolmadi va Tatyana bundan juda afsuslanadi. Bu eski sovg‘a unga erta vafot etgan onasini eslatib turar edi. 2010-yilda “Sovet kino sirlari” hujjatli filmi namoyish etildi, unda Tatyana Gradova ham ishtirok etdi: u 4 yoshli qizni butun mamlakat bo‘ylab mashhur qilgan o‘sha kichik epizod haqidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashdi.
75
3,720
Madaniyat
Jarimachi Yigitali va Azamat, qoidabuzar Alisher va tartibli Muhammad Iso. Aktyorlar necha marotaba haydovchilik guvohnomasini oldirib qo‘ygan?
Jurnalist Feruz Muhammad kino olamidagi aktyorlarning necha marotaba haydovchilik guvohnomasini oldirib qo‘ygani, necha yildan buyon mashina boshqarayotgani va shu vaqtgacha necha so‘m jarima to‘lagani bilan qiziqdi. To‘g‘risini aytadigan bo‘lsam, qirq yoshni to‘ldirganda haydovchilik guvohnomasini olganman. Mashina boshqarayotganimga sakkiz yil bo‘ldi. Juda ham tartibli haydovchi bo‘lganim sababli biror marta ham haydovchilik guvohnomamni oldirganim yo‘q. Muhammad Iso Abdulxayirov, aktyor 2016-yil haydovchilik guvohnomasini olganman. Shu vaqtga qadar bir marotaba qoida buzib, jarima to‘laganman. Alisher Uzoqov, aktyor va rejissor Hozir aniq esimda yo‘q, ammo shu vaqtga qadar uch bora haydovchilik guvohnomamni oldirib qo‘yganman. Adashmasam 400 ming so‘mcha jarima ham to‘laganman. Yigitali Mamajonov, aktyor   18 yoshimda haydovchilik guvohnomasini olganman. Ochig‘i, juda ko‘p marotaba haydovchilik guvohnomamni oldirganim uchun to‘lagan jarimalarimning qiymati ham esimda qolmagan. Ko‘p hollarda YPX xodimlarining nohaqligiga uchrab turganim boisdan ham shunday bo‘lgan. Azamat Ahrorov, aktyor va rejissor
143
1,122
Madaniyat
Xitoy hukumati media yulduzlarining noma’qbul xatti-harakatlariga qarshi kurashni kuchaytirdi. Ularning ijtimoiy tarmoqlardagi postlari qat’iy nazorat qilinadi
Xitoyning Kibermakon masalalari bo‘yicha boshqarmasi (Cyberspace Administration of China) internet-regulyatori mashhur kishilarning internetda chop etiladigan yangiliklari, ma’lumotlari va ularning reklamalarini, shuningdek, yulduzlarning fan-klublaridagi kontentlarni tartibga soluvchi qoidalar ro‘yxatini e’lon qildi. Ulardan o‘z postlarida Xitoy jamiyatining “an’anaviy qadriyatlarini” targ‘ib qilish talab etiladi. Qoidalarga ko‘ra, fan-klublar va mashhur shaxslarga mish-mish tarqatish, yolg‘on yoki shaxsiy ma’lumotlarni joylashtirish, muxlislarni haqorat qilish, ularni “noqonuniy mablag‘ yig‘ish yoki bema’ni sarmoyalar” qilishga undash taqiqlanadi. Regulyator ijtimoiy tarmoqlardagi postlar soni va ularning joylanish chastotasini kuzatib boradi. Shuningdek, Xitoy rasmiylari taniqli huquqbuzarlarning doimiy yangilanib turadigan qora ro‘yxatini tuzadi. 23-noyabr kuni Butunxitoy adabiyot va san’at xodimlari uyushmasi 88 nafar taniqli shaxsga internetda jonli efir uyushtirishni taqiqladi. Ular orasida jinsiy zo‘ravonlikda ayblangan xitoy-kanadalik qo‘shiqchi Kris Vu ham bor. Yangi qoidalarga rioya etilishini ta’minlash uchun Xitoy ijtimoiy tarmoqlari “yulduzlarning noqonuniy va jinoiy harakatlari hamda muxlislar ishtirokidagi mojarolar”ni kuzatib boradi va bu haqda hukumatga xabar beradi. Platformalar, shuningdek, Xitoyning yirik shaharlarida tartibsizlik va bezovtaliklarga olib kelishi mumkin bo‘lgan kontentni moderatsiya qilishi kerak. 2021-yil avgust oyida XXR Kibermakon boshqarmasi internet ustidan hukumat nazoratini kuchaytirishga oid bir qator bayonotlar bilan chiqqandi. Yangi qoidalar qatorida Xitoy rasmiylari “muxlislik onlayn madaniyati”ga qarshi kurashni joriy qilgan, ayrim taniqli shaxslar esa tarmoqdan “tozalangan”. Noyabr oyida Xitoyning eng mashhur tennischilaridan biri Pen Shuay hukumatning yuqori martabali amaldorini majburiy jinsiy aloqada ochiqdan ochiq ayblaganidan so‘ng tarmoqlardan chiqarib tashlandi. Shundan so‘ng hukumat unga oid barcha havolalarni internetdan “o‘chirib tashladi”.
159
2,035