folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Madaniyat
Prezident Shavkat Mirziyoev «Markaziy Osiyo – jahon sivilizasiyalari chorrahasida» xalqaro forumi ishtirokchilariga murojaat yo`lladi
Avval xabar qilganimizdek, joriy yilning 13–21 sentyabr kunlari Toshkent, Xiva va Nukus shaharlarida an`anaviy  Madaniy meros haftaligi doirasida  bir qator  tadbirlar o`tkaziladi. Jumladan,  ayni paytda  Xiva shahrida  “Markaziy Osiyo dunyo sivilizasiyalari chorrahasida” nomli xalqaro madaniy forum bo`lib o`tmoqda.  O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev mazkur xalqaro madaniy Forum ishtirokchilariga murojaat yo`lladi. "Avvalo, O`zbekistonning boy tarixi va madaniyatini o`rganish, xalqimizning ma`naviy-moddiy merosini ommalashtirishga qaratilgan sa`y-harakatlarga munosib hissa qo`shib kelayotganingiz uchun samimiy minnatdorlik bildiraman. Dunyo olimlarining tinimsiz va mashaqqatli mehnati tufayli inson tafakkuri va moziy xazinalari qayta jonlanib, zamonaviy madaniyatni o`tgan asrlar tajribasi bilan boyitmoqda. Markaziy Osiyo mintaqasi o`ziga xos yagona tarixiy-madaniy makon sifatida jahon sivilizasiyasi rivojiga ulkan ta`sir ko`rsatgani barchamizga yaxshi ma`lum. Xususan, “Islom madaniyatining oltin asri” deb e`tirof etiladigan IX–XII asrlarda yurtimiz hududida birinchi Renessans yuz berib, zaminimizdan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Burhoniddin Marg`inoniy, Abul Mu`in Nasafiy kabi ulug` ulamolar etishib chiqdi va butun musulmon olamining faxru iftixoriga aylandi. Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg`oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Zamahshariy singari o`nlab buyuk allomalarimizning jahonshumul ilmiy-ijodiy kashfiyotlari umumbashariy taraqqiyotga beqiyos ta`sir ko`rsatdi. XV asrda Sohibqiron Amir Temur bobomiz asos solgan va uning munosib avlodlari davom ettirgan muhtasham saltanat mintaqada ikkinchi Uyg`onish, ya`ni ikkinchi Renessans davrini boshlab berdi. Bu davrda Mirzo Ulug`bek, Qozizoda Rumiy, G`iyosiddin Koshiy, Ali Qushchi singari benazir olimlar, Lutfiy, Atoiy, Sakkokiy, Hofiz Xorazmiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Bobur Mirzo kabi mumtoz shoir va mutafakkirlar maydonga chiqdi. Sharafiddin Ali Yazdiy, Mirxond, Xondamir kabi tarixchilar, Mahmud Muzahhib, Kamoliddin Behzod singari musavvirlar, ko`plab xattot va sozandalar, musiqashunos va me`morlarning shuhrati dunyoga yoyildi.   Donishmand elimiz har ikki Renessans davrida jahonning eng ilg`or, eng mutaraqqiy xalqlari qatorida bo`lgani barchamizga cheksiz g`urur va iftixor bag`ishlaydi. Bugun Yangi O`zbekistonda ilm-fan va madaniyat sohasida amalga oshirilayotgan keng ko`lamli va tub islohotlar orqali yangi bir uyg`onish – Uchinchi Renessans davriga poydevor yaratishga bel bog`laganmiz. Shu o`rinda Xorazm vohasining ko`hna va boy madaniy merosi global ahamiyatga egaligini ham alohida ta`kidlab o`tmoqchiman. Shaxsan o`zim qachonki bu zamin tuprog`iga qadam qo`ysam, ko`hna tarix sirlaridan ogoh bo`lgandek, ko`p hayotiy hikmatlarning mag`zini chaqqandek bo`laman.  Xorazm haqida so`z yuritganda mashhur shoirimiz Omon Matjonning mustaqilligimizdan oldin yozgan bir she`ri yodimga tushadi. U kishi “Nega Xorazmda tog`lar yo`q?” degan savolni qo`yib, “Xorazmning buyuk tog`lari –Muhammad Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Pahlavon Mahmud, Ogahiy, Feruzlardir”, deb javob beradi. Bugun biz cheksiz g`urur va iftixor bilan bu ro`yxatga Mahmud Zamaxshariy, Najmiddin Kubro, Jaloliddin Manguberdi, Hofiz Xorazmiy, Sulaymon Boqirg`oniy singari ulug` ajdodlarimizning qutlug` nomlarini ham qo`shib aytishga to`la haqlimiz. Biz ana shunday ulug` ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish, ularning ilmiy, madaniy merosini o`rganish va targ`ib etish bo`yicha boshlagan ishlarimizni izchil davom ettirmoqdamiz.  Xabaringiz bo`lsa, Islom hamkorlik tashkilotining Ostona shahrida bo`lib o`tgan sammitida Al-Xorazmiy nomida yosh matematiklarning xalqaro olimpiadasini tashkil etish va uni O`zbekistonda o`tkazish tashabbusi bilan chiqdik.  O`ylaymanki, ushbu olimpiadani aynan algoritm vatani bo`lmish Xorazmda, Xorazm Ma`mun akademiyasida o`tkazish har jihatdan to`g`ri bo`ladi.  Xorazm qadim-qadimdan o`ziga xos jozibador san`ati bilan ham mashhur. Bugun xorijiy davlatlar vakillari lazgi milliy raqsini o`rganishga qiziqish bildirmoqda. Shundan kelib chiqib viloyatda lazgi akademiyasini tashkil etish mo`ljallangan. Qolaversa, san`atimizni tarannum etish, xorijliklarni yurtimizga jalb qilish maqsadida Xorazmda lazgi bo`yicha xalqaro festival o`tkazyapmiz. Kezi kelganda Jahon nomoddiy madaniy merosi ro`yxatidan «Shashmaqom» va «Boysun tumanining madaniy makoni» (2008), «Katta ashula» (2009), «Askiya» (2014), «Palov madaniyati va urf-odatlari» hamda «Navro`z» (2016) joy olganini eslab o`tgan holda, shu kunlarda esa baxshichilik san`ati hamda etnik sport turlarining ham umumbashariy miqyosda e`tirof etilishiga erishish bo`yicha sa`y-harakatlar olib borilayotganini ta`kidlashni istardim. Hurmatli mehmonlar! Bugungi Xalqaro forum ishtirokchilari orasida O`zbekistonning madaniy merosini o`rganish, saqlash va ommalashtirish bo`yicha butunjahon jamiyatining ko`zga ko`ringan tadqiqotchi-a`zolari borligi, ayniqsa, menga ulkan mamnuniyat bag`ishlaydi. Barchangizni shu kunlarda o`zining besh yilligini nishonlayotgan loyiha birlashtirib turibdi.  O`tgan davr mobaynida siz yurtimiz merosi, o`rta asr allomalarining bir qancha buyuk ishlari faksimillari haqida 50 ta kitob-albom chop etib, «O`zbekistonning me`moriy epigrafikasi» degan noyob loyihani davom ettirdingiz. Buni mamlakatimizdagi gumanitar fanlar uchun qo`shilgan muhim va salmoqli hissa deb bilamiz. O`zbekistonning sivilizasiyalar chorrahasida, Buyuk Ipak yo`lining markazida joylashgani – Yaratganning inoyati, ulkan imkoniyat hisoblanadi. Ming yillar mobaynida turli millat va elat vakillari, til va e`tiqod egalari birga yashagan, do`st-birodar tutingan, quda-anda bo`lgan, oldi-sotdi munosabatlarini yo`lga qo`ygan. Shular orqali mintaqa rang-barang madaniyatlar o`chog`iga aylangan.  Vatanimiz qadim zamonlardan muhim savdo va migrasiya yo`llarining tutashuv nuqtasi bo`lgan. Bu erda madaniyatlar va dinlar o`zaro uyg`unlashib, ko`pgina millat va elatlar uchun o`ziga xos, takrorlanmas yashash muhitini shakllantirgan. Yuksak rivojlangan shahar va ko`chmanchi sivilizasiyalarning bir-biriga o`zaro ta`siri madaniyatimizga dunyoning boshqa hududlaridan ajratib turuvchi betakrorlik baxsh etgan. Qadrli do`stlar! Markaziy Osiyo mintaqasini o`rganish jahon taraqqiyotining ko`plab qirralarini anglashning asosiy omiliga aylanib bormoqda.  Jumladan, “Markaziy Osiyo – jahon sivilizasiyalari chorrahasida” xalqaro madaniyat forumi doirasida Xiva shahrida YuNESKO bilan hamkorlikda Madaniy meros masalalari bo`yicha xalqaro maslahat qo`mitasi kengashining yig`ilishi, Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti (TURKSOY) madaniyat vazirlarining navbatdagi majlisi, Nukus shahrida “Arxelogiya va turizm: salohiyatni belgilash va merosni boshqarish” xalqaro arxeologiya anjumani hamda II Xalqaro baxshichilik san`ati festivali, Toshkent shahrida O`zbekiston madaniy merosini asrash, o`rganish va targ`ib qilish bo`yicha butunjahon jamiyatining V xalqaro kongressi o`tkazilmoqda. Mazkur nufuzli forum, unda taqdim qilingan yangi kashfiyotlar, taqdimotlar, ma`ruzalar, shubhasiz, O`zbekiston tarixi va madaniyatining o`ziga xosligini namoyish etadi, mamlakatimiz va butun Markaziy Osiyo mintaqasining jahon tarixidagi o`rni va ahamiyatini ochib beradi. Ana shu chinakam bebaho bilimni kelajak avlodlarga bezavol etkazish bizning bosh maqsadimiz va muqaddas burchimizdir. Yaqinda, xabaringiz bor, qutlug` sana – Mustaqilligimizning 30 yilligini keng nishonladik. Istiqlol yillarida o`zlikni anglash, tarixiy xotirani tiklash yo`nalishida juda ko`p ishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, keyingi besh yilda ilmiy ishlanmalar va g`oyalar, tashabbuslar almashinuvi uchun yangi festivallar hamda platformalar yaratishga alohida e`tibor qaratdik. Madaniy merosni ommalashtirishga qaratilgan bir necha forumlar, jumladan, Termizda Xalqaro baxshichilik san`ati festivali, Shahrisabzda Xalqaro maqom san`ati anjumani, Qo`qonda Xalqaro hunarmandchilik festivalini muntazam o`tkazib borish yo`lga qo`yildi. Islom ta`limoti g`oyalarini yoyish va buyuk ilohiyotchilar asarlarini o`rganish maqsadida Samarqandda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ochildi va Toshkentda Islom sivilizasiyasi markazi tashkil etilmoqda. Biz buyuk ajdodlarimiz nomlarini abadiylashtirish, ularning boy ma`naviy boyligini asrab-avaylash va keng targ`ib qilish, qo`hna zaminimiz madaniy qadriyatlarini tiklash hamda rivojlantirish orqali renessanslar an`anasini davom ettirishni niyat qilganmiz. Yurtimiz hududida shu paytgacha ikkita buyuk Renessans ro`y berganini ushbu forumda ishtirok etayotgan barcha juda yaxshi biladi. Shu buyuk tarixiy voqealarga munosib ravishda Yangi O`zbekistonda Uchinchi Renessansni barpo etishga kirishdik. To`g`ri, pandemiya ba`zi rejalarimizga o`zgartirishlar kiritayotgani ham rost, ammo biz kelajakda tanlangan yo`limizdan aslo to`xtamaymiz. Shu bo`yicha belgilab olgan maqsadlarimizga qat`iy rioya qilishda davom etamiz. Ayniqsa, mamlakatimiz madaniy merosini o`rganish va asrab-avaylashda olimlarga har tomonlama yordam ko`rsatishga tayyormiz. O`ylaymanki, forum ishi doirasida tashkil etilayotgan tadbirlarda sivilizasiyalar tarixi, baxshichilik, arxeologiya bo`yicha qimmatli taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.  Forumning asosiy tadbirlaridan biri bo`lgan – Turkiy tilli davlatlar maslahat uchrashuviga ham muvaffaqiyat tilayman. Muhtaram do`stlar! O`zbekistonning kelajagini belgilab beradigan madaniyat va ma`rifat sohasida keng ko`lamli loyihalarni amalga oshirish davlat siyosatining asosiy yo`nalishi bo`lib qoladi. Zero, bizni tinchlik va yaratuvchanlikka, xalqlar farovonligiga etaklovchi ham aynan ilm-ma`rifatdir. Bu maqsadlarga sa`y-harakatlarimizni birlashtiribgina erisha olamiz. Butun insoniyat mulki hisoblangan O`zbekiston madaniy merosini saqlash, o`rganish va ommalashtirishga qo`shgan bebaho hissangiz uchun Sizga yana bir bor o`z minnatdorligimni bildiraman.  Ushbu nufuzli forumni o`z shafeligida o`tkazayotgani uchun YuNESKO tashkiloti rahbariyatiga ham tashakkur aytamiz", - deyiladi Prezident murojaatida.
133
10,029
Madaniyat
“Muhtasham yuz yil” seriali aktyori Ozan Gyuven sevgilisini kaltaklagani uchun 13 yilga qamalishi mumkin
Turkiyaning Istanbul shahri prokuraturasida sevgilisi Deniz Bulusuzni kaltaklagan turk aktyori Ozan Gyuvenning ishi ko‘rib chiqilmoqda, deb yozadi “Rusturkey.com”. Gyuvenga qarshi ochilgan oiladagi zo‘ravonlik bo‘yicha ishda Gyuvenning haqorat qilganlik, qasddan badanga jarohat yetkazganlik, birovning ozodligini cheklaganlikda ayblanayotgani aytiladi. Agar sudda Gyuvenning aybi tasdiqlansa, u 13,5 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Ozan Gyuvenning o‘zi esa unga qo‘yilayotgan ayblovlarni inkor qilmoqda. Ma’lumot uchun, Ozan Gyuven 1975-yilda Germaniyaning Berlin shahrida tug‘ilgan. U Istanbuldagi Milliy konservatoriya universitetining zamonaviy raqslar fakultetini tugatgan. O‘zbek tomoshabinlariga Ozan Gyuven “Muhtasham yuz yil” serialidagi Rustam poshsha obrazi orqali yaxshi tanish.
104
803
Madaniyat
​“DARYoGA IKKI MARTA KIRISh” KO`RGAZMASINI OZODBEK NAZARBEKOV OChIB BERDI
Rossiya rassomlar uyushmasining a`zosi A. Esionovning ijodiy ishlari O`zbekiston Davlat san`at muzeyida 2017 yilning 14 oktyabr kunidan boshlab namoyish etilmoqda. Ko`rgazmani Madaniyat vazirining birinchi o`rinbosari O.Nazarbekov ochib berdi hamda A. Esionovga diplom va esdalik sovg`alarini topshirdi. Andrey Esionov Toshkent shahrida tug`ilib, shu shaharda ta`lim oldi. Toshkentda hozirgi K. Behzod nomidagi rassomlik va dizayn institutida oliy ma`lumotga ega bo`ldi. Shu vaqtlardan rassomlik ijodi yuqoriga ko`tarila borib, o`zining uslubini yaratishga harakat qila bordi. A. Esionov yaratgan asarlar Rossiyaning turli muzeylarida ekspozisiyalaridan o`rin olib, taniqli rassom bo`lib etishdi. Ko`rgazmada A. Esionovning eng sara asarlari namoyish etilib, rassomning ishlari konseptual jihatdan puxta va muayyan maqsadga yo`naltirilganligi bilan alohida e`tiborni o`ziga tortadi. Ushbu asarlarda hozirgi zamon tasviriy san`atining shiddati, go`zalligi va nafosati barq urib turadi. Jumladan, akvarel janriga xos kichik hayotiy sahnalari, portret va tipajlarga boy asarlarida naturaga oid voqea-hodisalarning tasvirida vaqtning to`xtovsiz shiddati o`tib borayotganligi mahorat bilan ifodalanadi. A. Esionov akvarelchi musavvir sifatida o`zi shohidi bo`lgan manzara va hodisalardan olgan chuqur ta`surotlarini asarga mahorat bilan singdira olish qobiliyatiga ega. Ularning barchasida rassomning va u tanlagan qahramonlarning shaxsiyati, yoshi va hayotiy tajribasi, milliy- etnik qadriyatlari aks etadi. Aytaylik, tasvirlardagi nuroniy cholning, sayohatchining yoki shunchaki darbadar darveshning ham charchog`ini, shodligu quvonchlarini, o`y-xayollarini his etish mumkindek tuyuladi. Ko`rgazmada turli mehmonlar, taniqli rassomlar, san`atshunoslar, yosh mutaxassislar, professor-o`qituvchilar, talabalar va keng tomoshabinlar ishtirok etishdi.
73
1,846
Madaniyat
Xurshid Davron: Anvarjon Navoiy merosining benazir bilimdoni edi (audio)
O‘zbekiston xalq shoiri Xurshid Davron Facebook’dagi safhifasida Anvar qori Tursunovni o‘tgan asrning 70-yillaridan boshlab taniganini eslab o‘tdi. “O‘sha olis yillarda, hali Qur’oni Karim o‘zbek tiliga tarjima bo‘lmagan yillarda ustozi Alouddin Mansur bilan men qatori bir necha shoiru yozuvchiga Qur’oni Karimdan saboq bergan, men va o‘g‘limga eski alifboni o‘rgatgan Muallim edi. U qayerda va qaysi mansabda ishlamasin, men uchun Anvarjon bo‘lib qoldi. Anvarjon Islom madaniyati va mumtoz o‘zbek adabiyotining, hazrat Mir Alisher Navoiy merosining benazir bilimdoni edi. Bunday tushunchali insonlar bizning kunlarimizda barmoq bilan sanarlidir. Qachon va qayerda ko‘rib qolmasin ‘Xurshid aka, sizga bir kitob olib qo‘yganman!’ der edi. Anvarjonning o‘zi muhtasham kitob edi”, — deya xotirlaydi shoir. https://youtu.be/eNR28cnQorc
72
833
Madaniyat
Instagram: Zarina Nizomiddinovaga atalgan “millionta atirgul”, davolanayotgan Sherali Jo‘rayev, o‘zbek xonandasi bilan duet kuylagan Nikolay Baskov
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. Shahzoda folloverlariga bugungi kun bilan yashash haqida post yozib qoldirdi. Ijtimoiy tarmoqlarda to‘ylardan birida Sevara Nazarxon Luiza Rasulova bilan birga “Ulug‘imsan, Vatanim” qo‘shig‘ini birga kuylayotgani aks etgan video tarqalmoqda. Aktrisa Bahora Arslonova varrak uchirish uchun Chimyonga bordi. Shahzoda Muhammedova turmush o‘rtog‘i bilan tushgan surati izohiga omad haqida mushohada yuritdi. 29-mart kuni ayni paytda oilasi bilan Rossiyada yashayotgan aktrisa Zarina Nizomiddinova tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. Aktrisaga turmush o‘rtog‘i yuzlab atirgullardan iborat ulkan guldasta sovg‘a qildi. Aktrisa ushbu guldastaning unga yetkazilish jarayoni videosini sahifasiga joyladi. Zarinaning folloverlari guldastaning mashhur qo‘shiqdagi “millionta atirgullar” ekanligini yozib qoldirmoqda. Turk aktyori Burak O‘zchivit folloverlariga yangi suratini taqdim etdi. Ayshvariya Ray va Abhishek Bachchan juftligi Holi bayramini nishonlamoqda. Shohjahon Jo‘rayevning muxlislaridan biri uning sahifasida otasining ahvoli haqida so‘radi. Xonandaning yordamchisi sahifani Shohjahonning o‘zi yuritmasligi hamda Sherali Jo‘rayev ayni damda davolanishda ekanligini ma’lum qildi. Ma’lumot uchun, biroz avval Sherali Jo‘rayevning og‘ir betob ekanligi, uning Turkiyada davolanayotgani haqida mish-mishlar tarqalgan, biroq hofizning o‘g‘li Zohirshoh bu gap-so‘zlarni rad etib, otasining ahvoli yaxshi ekanligini aytgan edi. “Rossiyaning oltin ovozi” — Nikolay Baskov Humo Arena’da bo‘lib o‘tgan konsertida Milena Madmusayeva bilan duet ijro etdi. Ijtimoiy tarmoqlarda Munisa Rizayevaning dubaylik muxlisi unga sevgi izhor etgani aks etgan video tarqalmoqda.
147
1,800
Madaniyat
Janet Jekson farzandli bo‘lganidan uch oy o‘tib millioner eridan ajrashdi
Amerikalik mashhur xonanda Janet Jekson birinchi farzandi dunyoga kelganidan so‘ng uch oy o‘tib eridan ajrashdi. Bu haqda TMZ nashriga tayanib, “TASS” xabar berdi. Xabar qilinishicha, qo‘shiqchi va uning eri — qatarlik millioner Vissam al-Mana ularning nikohi ko‘ngildagidek bo‘lmadi, degan xulosaga kelgan. Shuning uchun ular ajrashishga qaror qilgan. 50 yoshli Janet Jekson o‘g‘lini 3-yanvarda dunyoga keltirgan. Xonanda qatarlik tadbirkorga 2012-yilda turmushga chiqqan. Bolakay ularning to‘ng‘ich farzandi bo‘lgan. Avvalroq Janet ikki marta turmush qurgan. Birinchi nikoh bir yil davom etgan va 1985-yilda bekor qilingan. Ikkinchisi esa to‘qqiz yil davom etgan va 2000-yilda ajrim bilan o‘z nihoyasiga yetgan. Janet Jekson 2009-yilda vafot etgan Maykl Jeksonning singlisi hisoblanadi. U 1986-yil fevral oyida chiqqan Control nomli uchinchi albomidan so‘ng mashhurlikka erishgan. Xonanda 1990-yillarda mashhurlik cho‘qqisini zabt etgan. Uning albomlari 140 million nusxada sotilgan, shuning uchun Janet Jekson zamonaviy musiqa tarixidagi eng mashhur ijrochilar qatoriga kiradi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
73
1,155
Madaniyat
O‘zbekiston xalq artisti Yayra Abdullayeva 89 yoshida vafot etdi
Taniqli teatr va kino aktrisasi, O‘zbekiston xalq artisti Yayra Abdullayeva 89 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda telejurnalist Shohira Hamro Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi. Ma’lumot uchun, Yayra Abdullayeva 1930-yili Toshkentda tug‘ilgan. 1950-yildan hozirgi O‘zbek Milliy akademik drama teatrida ish boshlagan. 1964-yili O‘zbekiston xalq artisti unvoni bilan taqdirlangan. 1998-yili “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan.
64
428
Madaniyat
Avstraliyalik rassom ijtimoiy masofalanish muhimligini ko‘rsatish uchun film va seriallar posteridan qahramonlarni olib tashladi
Koronavirus tarqalishini nazorat qilishning muhim jihatlaridan biri — ijtimoiy masofa saqlash, bunda insonlar iloji boricha bir-biridan uzoqroq masofada bo‘lishi kerak. BossLogic nomi bilan tanilgan avstraliyalik ijodkor bu kabi vaziyatda mashhur film va seriallarning posterlari qanday bo‘lishi mumkinligini tasavvur qilib, plakatlardan qahramonlarni olib tashladi, deb xabar beradi “Kinopoisk”. “Mandaloriyalik” “Juda g‘alati ish” “Breaking bad” “Tirik murdalar” “Amerikacha oila” “Tinglash” “Qasoskorlar: Abadiyat jangi” “Parazitlar” “Forsaj 9” “O‘lish vaqti emas” “Yulduzlar jangi: Skayuokerning uyg‘onishi” “Akvamen” “Shubhali yuz” “Joker” BossLogic muntazam ravishda pop-madaniyat, film va seriallarga bog‘liq illyustratsiyalarni chiqarib keladi. Avvalroq u DC kino olami qahramonlarini 1980-yillar uslubida taqdim etgan, DC va Marvel aktyorlarning joyini o‘zgartirib qo‘ygandi.
128
903
Madaniyat
Madonna Billboard jurnalidan “Yil ayoli” mukofotini qo‘lga kiritdi
Qo‘shiqchi Madonna Billboard jurnali talqini bo‘yicha “Yil ayoli” mukofotini qo‘lga kiritdi, deb yozadi “TASS”. Billboard Women in Music marosimi 9-dekabr, juma kuni kechqurun Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tdi. 58 yoshli qo‘shiqchi mukofotni olar ekan, o‘z muxlislariga minnatdorlik bildirdi va aynan ular tufayli 30 yildan ortiq sahnada ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Madonna (haqiqiy ismi Madonna Luiza Chikkone) shuningdek, inson huquqlari, ayniqsa ayollar huquqini quvvatlash va himoya qilishni davom ettirishini qo‘shimcha qildi. Shuningdek, taqdirlash marosimida musiqaga qo‘shgan hissasi uchun kanadalik kantri qo‘shiqchi Shanayya Tveyn, uning vatandoshi Alessiya Kara, amerikalik qo‘shiqchi Megan Treynor ham mukofotlarni qo‘lga kiritdi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
66
890
Madaniyat
Qo‘qon xoni Umarxon va shoira Nodirabegim haqida “Qo‘qon shamoli” nomli film olinadi
“O‘zbekkino” buyurtmasiga asosan prodyuser Mahmud Erkaboyev va rejissor Dilmurod Masaidov “Qo‘qon shamoli” nomli tarixiy filmni suratga olish ishlariga tayyorgarlik boshladi. Bu haqda film prodyuseri jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi. Bir yil ichida “Dilshoh media” kinostudiyasi “O‘zbekkino” bir necha bor turli janrdagi ssenariylarni taqdim etdi. Va nihoyat, biz taqdim etgan Zebo Qobilovaning “Aybsiz aybdor” deb nomlangan ssenariysi “O‘zbekkino” badiiy kengashi tomonidan ma’qullandi va suratga olishga ruxsat berildi. Ssenariy Qo‘qon xonligining XVIII asr oxiri — XIX asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy hamda adabiy muhiti, o‘sha davr chigalliklari haqida bo‘lib, asosan Qo‘qon xoni Umarxon hamda shoira Nodirabegim hayotidan hikoya qiladi. Badiiy kengash ushbu filmni “Qo‘qon shamoli” deya qayta nomlashni tavsiya qildi. “Qo‘qon shamoli” degan nom ssenariy muallifi, film rejissori Dilmurod Masaidov hamda ijodiy jamoamizga ham ma’qul bo‘lgani bois, shu nomga to‘xtaldik. Bizga bildirilgan ishonchni to‘la oqlash uchun qo‘limizdan kelgan barcha chora-tadbirlarni ko‘rishga harakat qilamiz. O‘sha davrni to‘la ochib beradigan, keng qamrovli tarixiy film suratga olish uchun tayyorgarlik jarayonlarini boshlab yubordik. Mahmud Erkabayev, “Dilshoh media” kinostudiyasi rahbari, prodyuser
84
1,296
Madaniyat
“Doktor Strenj 2” dastlabki haftada 450 mln dollar to‘pladi
“Doktor Strenj: telbalik multidunyosida” filmi jahon prokatining birinchi haftasida 450 million dollar to‘pladi, deb xabar beradi “Film.ru”. To‘plangan mablag‘larning 185 million dollari AQSH hisobiga to‘g‘ri keladi — bu pandemiya davridagi “O‘rgimchak odam: Uyga yo‘l yo‘q” filmidan (260 million dollar) keyin erishilgan eng yuqori ikkinchi natijadir. Marvel’ning Benedikt Kamberbetch va Elizabet Olsen bilan hamkorlikdagi kartinasi xalqaro maydonda 265 million dollar to‘plagan. Bu dastlabki uik-endda 325,5 million dollar to‘plagan birinchi “Strenj”dan ko‘p demak (jami 677 million dollar). Filmga Sem Reymi rejissorlik qilgan (“O‘rgimchak odam”ning original trilogiyasi rejissori). Shuningdek, lentada Sochil Gomes, Chivetel Ejiofor va Patrik Styuart suratga tushgan. Lenta budjetining marketing hisobi 200 million dollarni tashkil etgan. Avvalroq “Avatar: Suv yo‘li-2” filmining rasmiy treyleri namoyish etilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.  “Tor: Sevgi va yashin” filmining birinchi tizeri namoyish etildi
59
1,014
Madaniyat
Ozarbayjonda Alisher Navoiy haqida kitob chop etildi
O`zbekiston elchixonasi ko`magida Ozarbayjon Milliy Fanlar akademiyasining (OMFA) Nizomiy Ganjaviy nomidagi Adabiyot instituti bo`limi mudiri Almaz Ulvi Binnatovaning ozar tilidagi «Alisher Navoiyning asri va nasri» kitobining takdimoti o`tkazildi, deya xabar qildi «Dunyo» AA. Taqdimot marosimini OMFA vise-prezidenti, Adabiyot institutining direktori, akademik Isa Xabibbeyli kirish so`zi bilan ochib, institut O`zbekiston bilan adabiy aloqalar, xususan, Alisher Navoiy hayoti va ijodi bo`yicha O`zbekistonning Ozarbayjondagi elchixonasi bilan hamkorlikda qator tadbirlarni amalga oshirib kelayotganini ta`kidladi. Akademik institutning Ozarbayjon-Turkmaniston-O`zbekiston adabiy aloqalari bo`limi mudiri Almaz Ulvi Binnatova tomonidan yaratilgan «Alisher Navoiyning asri va nasri» kitobi Ozarbayjon – O`zbekiston o`rtasidagi adabiy aloqalarning mustahkamlanishiga munosib hissa qo`shishini qayd etdi. Elchi Bahrom Ashrafxonov buyuk shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy ijodini qardosh Ozarbayjon xalqi ham katta qiziqish bilan o`rganib kelayotgani, OMFAning Adabiyot instituti qoshida Alisher Navoiy markazi faoliyat yuritayotgani o`zbek xalqiga bo`lgan hurmat va ehtirom belgisi ekanini ta`kidlab, Ozarbayjon olimlariga minnatdorlik bildirdi. Taqdimotda ozarbayjonlik adabiyotshunoslar «Alisher Navoiy asri va nasri» kitobi haqida o`zlarining fikr-mulohazalari bilan o`rtoqlashdi. 570 sahifadan iborat ushbu kitobda Navoiy hayoti va ijodiga oid ko`plab yangi tadqiqotlar aks etgani aytib o`tildi. Afg`onistonning Ozarbayjondagi elchisi Amanulla Jeyxun mazkur kitobning chop etilishi davlatlararo adabiy aloqalarning yanada mustahkamlanishiga yo`l ochib berishini qayd etdi. Kitob taqdimotidan so`ng mehmonlar elchixona tomonidan tashkil etilgan o`zbek xalq amaliy san`ati buyumlari va kitob ko`rgazmasiga taklif etildi.
52
1,824
Madaniyat
Mashhur kumiriga o‘xshash uchun minglab dollar sarflagan muxlislar (foto)
Jahon yulduzlarining millionlab muxlislari bo‘lishi tabiiy. Ularning orasida shu qadar ashaddiylari borki, ular faqat muxlislik qilibgina qolmay, o‘zi ham yulduzlarga o‘xshashga harakat qiladi. Buning uchun amalga oshirilishi kerak bo‘lgan jarrohlik amaliyotiga ming dollarlab pul sarflaydi. Lekin natija kutilganidekmi yoki yo‘qligiga o‘zingiz guvohi bo‘ling. Nadya Sulaymon va Anjelina Joli Nadya Suleyman Anjelina Jolining eng mashhur muxlislaridan biri. Amerikalik muxlisa nafaqat yulduzning ko‘rinishiga, balki uning hayotiga taqlid qilishni xohlaydi. Plastik jarrohlik Nadya uchun yetarli bo‘lmadi. U ham aktrisaga o‘xshab ko‘p farzandli ona bo‘lishga qaror qildi. Farqi aktrisa bolalarni asrab olgan bo‘lsa, Nadya ularni o‘zi dunyoga keltirdi! Nadyaning 14 nafar farzandi bor va ulardan 8 tasi egizak. Miranda Kerr va Xong Yux Ryum Yana shunday holatlardan biri koreyalik Xong Yux Ryum bilan sodir bo‘lgan. “Miranda Kerr bo‘lib uyg‘onishni istayman”, – bu so‘zlar bilan qiz plastik jarrohlikni o‘tkazishga qaror qildi. Mirandaga o‘xshash uchun Xong yuzi, burun shakli, ko‘zlari va lablarini tubdan o‘zgartirdi, sochini ham xuddi aktrisaniki kabi turmaklashni o‘rgandi. Kler Lison va Kim Kardashyan Kler Lison Kim Kardashyanning eng sodiq muxlisidir. Maktabda u o‘zining g‘ayritabiiy ko‘rinishini tanqid qilgan sinfdoshlarining masxaralashlaridan azob chekdi. Keyin Kler barchasini tugatishga qaror qildi: u 50 000 dollar pulni plastik va kosmetik muolajalarga sarfladi va kumiriga o‘xshashga harakat qildi.  Mila Sinanaj va Kim Kardashyan Mila ham Kardashyanning navbatdagi ashaddiy muxlisasi. U Kimga o‘xshashi uchun 30 000 dollar mablag‘ sarflagan. Mila hamon shou-biznes malikasiga taqdid qilishda davom etmoqda. Shuningdek, u Kimning sobiq turmush o‘rtog‘i Kris Xemfris bilan ham uchrashgan. Ledi Gaga va Donna Mariya Trego Britaniyalik Donna Mariya Trego Lady Gaga bilan tashqi o‘xshashlikka erishish uchun 100 000 dollardan ko‘proq mablag‘ sarfladi. Donna Mariya hamon plastik jarrohlik amaliyotini davom ettirmoqda va eksantrik yulduzning egizagi bo‘lishni orzu qiladi. Kerolin Anderson va Pamela Anderson Kerolin ham Pamelaning ashaddiy muxlisasi. U aktrisaga o‘xshash uchun 30 000 dollar sarfladi. U qomatini plastik operatsiya qildirish bilan birga, makiyajda ham aktrisaga taqlid qiladi, hattoki Pamelaga o‘xshab gapirishga ham harakat qilmoqda. Eshli Xorn va Lindsi Loxan Ha, Lindsi Loxan kabi bo‘lishni istaganlar ham bor! Lekin bunisi boshqalarnikiga o‘xshamaydi. Birinchidan, Eshli Xorn Lindsining singlisi hisoblanadi. Eshli o‘zini Lindsiga qaraganda ancha chiroyli va jozibali deb biladi. U holda nima uchun Eshli plastika va muolajalarga 30 000 dollar sarfladi? Ma’lumotlarga ko‘ra, Eshli otasining e’tiborini jalb qilish uchun “harakat qilmoqda”. Mikki Jey va Maykl Jekson Mikki Jey uch farzandning namunali onasi, lekin u Maykl Jeksonning egizagi sifatida ishlaydi. Mikki pop qiroliga o‘xshash uchun 15 000 dollar sarflagan va bu o‘xshashlik unga yiliga 250 000 dollar keltiradi. Debora Devenport va Keyt Uinslet Amerikalik Debora Devenport “Titanik” filmi bosh qahramoni Keyt Uinsletga o‘xshash uchun 15 000 dollar sarfladi. U yelka, bo‘yin, ko‘zi va peshonasida jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi. Plastik jarrohlikdan so‘ng Debora natijadan mamnun.
73
3,283
Madaniyat
​TOShKENTDA RETRO KINOZAL OChILADI
Ilk marta poytaxtimizda tajriba sifatida “O`zbek kinosi durdonalari” rukni ostida retro kinozali ishga tushiriladi. Alisher Navoiy nomli kinosaroyda tashkil qilinayotgan ushbu kinozalning ochilish marosimi 2017 yil 23 oktyabr soat 17:00da bo`lib o`tadi. “O`zbek kinosi durdonalari” retro kinozalining yaqin bir oylik repertuari bilan tanishing: Dushanba – “Abu Rayhon Beruniy” (muallif – P.Bulgakov, rejissyor – Sh.Abbosov) badiiy filmi, 1974 yil, “O`zbekfilm” kinostudiyasi; Seshanba – “Integral” (ssenariy muallif va postanovkachi rejissyor – X.Axmar) badiiy filmi, 1970 yil, “O`zbekfilm” kinostudiyasi; Chorshanba – “Sinchalak” (ssenariy muallifi – A.Qahhor,postanovkachi rejissyor – L.Fayziev) badiiy filmi 1961 yil, “O`zbekfilm” kinostudiyasi; Payshanba – “Atrof oppoq qorga burkangan” (ssenariy mualliflari - Q.Kamalova, A.Abbasova, postanovkachi rejissyor – Q.Kamalova) badiiy filmi, 1996 yil, “Shod” ijodiy uyushmasi; Juma kunlari – “Dilbarim” (ssenariy muallifi – O.Yoqubov, postanovkachi rejissyor – Yu.Stepchuk) badiiy filmi, 1967 yil, “O`zbekfilm” kinostudiyasi mahsuloti; Shanba – “Abu Ali ibn Sino” (ssenariy mualliflari – V.Vitkovich, S.Ulug`zoda, postanovkachi rejissyor – K.Yormatov) badiiy filmi, 1956 yil, Toshkent kinostudiyasi; Yakshanba – “Yolg`iz yodgorim” (ssenariy muallifi – X.Sulton, postanovkachi rejissyor – S.Nazarmuhamedov) badiiy filmi, 1998 yil, “O`zbekfilm” kinostudiyasi.
34
1,406
Madaniyat
Adel, Ember Xyord: ajrashgandan so‘ng sezilarli darajada qashshoqlashgan mashhurlar (foto)
Mashhurlar uchun ajrashish jarayoni shunchaki osonlik bilan kechmaydi — o‘rtada mol-mulk, aksiya, hashamatli uylar va katta miqdordagi pul uchun sudlashiladi. Ember Xyord So‘nggi paytlardagi eng shov-shuvli ishlardan biri Ember Xyordning sobiq eri — Jonni Depp foydasiga yakunlandi. Sud qaroriga ko‘ra, aktrisa unga 15 million dollar tovon puli to‘lashi kerak. Hali Emberning advokatlar xizmati va boshqa xarajatlari qanchaga tushgani noma’lum. U buncha pulni topa olmasligini tan oldi va yaqinda hukm ustidan apellyatsiya shikoyati berdi. Buning ajablanarli joyi yo‘q, suddan so‘ng uni chegirmali kiyim do‘konida ko‘rishgan. Shahzoda Charlz Ajrashganidan so‘ng Britaniya taxti vorisi uning sobiq moliyaviy maslahatchisi Jefri Bignel ta’riflaganidek, halokat yoqasiga kelib qolgandi. “Malika Diana so‘nggi tiyingacha tortib oldi”, deb tan olgan u. Ajralishdan so‘ng Bignel Uels shahzodasining moliyaviy maslahatchisi bo‘lishni to‘xtatdi, chunki “uning moliyaviy mablag‘i qolmagandi”. Yaxshiyamki, qirolicha onasi shahzoda Charlzga uni qashshoqlikdan qutulish uchun qarzga pul beradi. Jeff Bezos Jurnalist Loren Sanches bilan ishqiy munosabatlari tufayli 25 yillik turmushidan so‘ng rafiqasi Makkenzi bilan ajrashish milliarder uchun oson bo‘lmadi. Sudda sobiq xotin eridan mol-mulkning yarmini olishi, uni dunyodagi eng boy odam unvonidan mahrum qilishi mumkin edi. Ammo Makkenzi bunday qilmadi — shunda ham Bezos mulkining taxminan 25 foiziga ega chiqdi. Sobiq rafiqasi 39 milliard dollarga baholangan Amazon aksiyalarining bir qismi uchun sudlashdi va dunyoning eng badavlat uchinchi ayoliga aylandi. Adel Saymon Konekki bilan 8 yillik munosabatlar halokatli natijaga olib keldi. Eri bilan ajrashish Adelga juda qimmatga tushdi: u Konekkiga boyligining katta qismini — 190 million dollardan 140 million dollar berishga majbur bo‘ldi. Kaliforniya qonunlari birgalikda sotib olingan mulklar er-xotin o‘rtasida taqsimlashni nazarda tutadi. Adel nikoh shartnomasini tuzmagan, shuning uchun qonunga bo‘ysunishi va hammasini to‘lashi kerak edi. Mel Gibson Deyarli 31 yillik nikoh va farzandlar aktyorning rus go‘zali bilan munosabatda bo‘lishiga, keyin esa ajrashish uchun ariza berishga to‘sqinlik qilmadi. To‘g‘ri, buning uchun katta summa to‘ladi. Aktyor ajrashish jarayonida xotiniga 850 million dollarga baholangan mulkning yarmini berishga majbur bo‘ldi. Ammo bu hali hammasi emas: sud Gibsonni Murga filmlardan olgan gonorarlarining yarmini ham berishga hukm chiqardi.
90
2,476
Madaniyat
Rayhon saratonga chalingan qizning so‘nggi istagini amalga oshirish uchun Shahzoda bilan duet kuylashga tayyor
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva va xonanda Shahzoda o‘rtasidagi munosabatlar ko‘pchilikni qiziqtiradi. O‘zbek estradasida har birining o‘z o‘rni va o‘z auditoriyasi bor. Ular bundan bir necha yil ilgari qalin dugona edi. Rayhon jurnalist Jasur Hamroyev bilan suhbatda ayni paytda hamkasbi Shahzoda bilan munosabatlari qay darajada ekanligiga aniqlik kiritdi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar bermoqda. “Shahzoda bilan munosabatlarimiz neytral. Men uni yaxshi san’atkor sifatida hurmat qilaman, yaxshi ko‘raman. Biz u bilan san’atga birga kirib kelganmiz. Hozirgi kunda uning ham, mening ham o‘z o‘rnimiz va muxlislarimiz bor. Men unga muxlislari bundan ham ko‘p bo‘lishini va ularning muhabbatini tilayman. Ijodi gurkirib-yashnashini istayman. Shahzodaga oilaviy xotirjamlik tilayman. Rayhon, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shuningdek, xonanda Shahzoda bilan duet kuylashi mumkinligini ham bildirdi. Instagram’da bir qiz menga murojaat qilib, u saraton bilan kasallanganini va uning so‘nggi istagi men va Shahzoda ijrosidagi duetni tinglash ekanligini ma’lum qildi. Agar bu ma’lumot rost bo‘lsa va haqiqatan ham saratonga chalingan shunday qiz bo‘lsa, men unga yordam berishga tayyorman va Shahzoda bilan duet ijro etish g‘oyasini ham qo‘llab-quvvatlayman. Rayhon, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
110
1,505
Madaniyat
Afsonaviy Backstreet Boys guruhi yangi klipini taqdim etdi (video)
Backstreet Boys pop guruhining “Chances” qo‘shig‘iga ishlangan klipi taqdim etildi. Video jamoa uchun besh yil ichidagi birinchi klip bo‘ldi. Klip Backstreet Boys guruhining joriy yilda nishonlanadigan 25 yillik yubileyi munosabati bilan chiqarilgan, deb yozmoqda “Korrespondent.net”. Rolik guruhning YouTube’dagi kanaliga joylashtirllgan. Bir kun ichida klip 1 million martadan ortiq tomosha qilingan. Guruh joriy yilning yozida Backstreet Boys: Large Than Life turiga otlandi va u noyabr oyigacha davom etdi.
66
511
Madaniyat
Jasur G‘oyipovning qo‘shiqlari Yevropa va Amerika kanallarida efirga uzatiladi
Yoshlarning sevimli xonandasiga aylanib ulgurgan Jasur G‘oyipovning qo‘shiqlari Yevropa va Amerika kanallarida efirga uzatiladi. Bu haqda klipmeyker Jamshid Hojiniyozovga asoslanib, Popcorn.uz xabar berdi. “Bir sirni oshkor qilmoqchiman, Amerikaning mashhur Island Def Jam Music Group kompaniyasi bilan shartnoma tuzildi. Kelgusi yil boshidan Jasur G‘oyipovning ingliz va o‘zbek tilida ijro etgan qo‘shiqlari va videokliplari Amerika hamda Yevropa davlatlari radio va telekanallarida ham namoyish etila boshlaydi”, − dedi Hojiniyozov. Avvalroq, Jasur G‘oyipov taniqli estrada yulduzi Shahzoda bilan birgalikda kuylagan “Super lady (Bari gal)” nomli qo‘shiq uchun suratga olinayotgan videoklip dekabr oyida taqdim etilishi xabar berilgan edi.
78
742
Madaniyat
Mustaqillik bayrami arafasida "O`zbekkino" 10 dan ortiq filmlarning telepremerasini taqdim etadi
O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan “O`zbekkino” Milliy agentligi yurtdoshlarimizga bayram tuhfasi sifatida 10 dan ortiq badiiy, hujjatli va animasion filmlarning milliy televizion namoyishini taqdim etadi.  Bu haqda "O`zbekkino" Milliy agentligi Axborot xizmati ma`lum qildi. Mustaqillik bayrami kunlari “Tengiz”, "Avloniy" badiiy filmlari, “Qo`qon shamoli” ko`p qismli filmi, “Xalq yuragi”, “Bastakor”, “Suzuk ota”, “San`atdagi San`at”, “Film chizayotgan musavvir”, “Gumbaz ostidagi mo``jizalar”, "Orol – dardim mening" hujjatli filmlari, “Avtosarguzashtlar”, “Samarqand noni”, “Zag`cha”, “Qaldirg`och bilan mayna”, “Charxpalak-3” va “Charxpalak-4” multfilmlarining milliy telepremerasi bo`lib o`tadi. Shuningdek, 9 may kuni telepremerasi bo`lib o`tgan “Ilxaq” badiiy filmi va iyun oyida premera qilingan “Sabru sadoqat” seriali ham yana bir bor televidenie orqali namoyish etiladi. Mansur Abduxoliqovning "Tengiz" badiiy filmi hozirda qoraqalpoq tiliga ham dublyaj qilinmoqda. Tez kunlarda ushbu filmning Qoraqalpog`istonda ham katta premerasi bo`lib o`tishi kutilmoqda.  Yana bir film Dilmurod Masaidovning "Qo`qon shamoli" kinoasari bo`lib, uning taqdimoti 2019 yilda bo`lib o`tgan edi. Endilikda "Qo`qon shamoli" filmi asosida  tomoshabinlar e`tiboriga 5 qismli serial taqdim etiladi. Katta namoyishi kutilayotgan filmlardan yana biri "Xalq yuragi" hujjatli filmi yosh rejissyor Shoxruh Rasulov tomonidan suratga olingan. Hujjatli filmda Toshkentdagi Adiblar xiyoboni va u erda haykallari o`rnatilgan shoir va yozuvchilar haqida hikoya qilinadi.  2019 yil premerasi o`tkazilgan "Avloniy" filmi ham yuqoridagi ro`yxatdan o`rin olgan. Film Tohir Malikning “Qaldirg`och” asari asosida suratga olingan. Ssenariy taniqli adib Tohir Malik va Muqaddas Usmonovalar qalamiga mansub. Film rejissyori Muzaffar Erkinov. Bayram tuhfasi sifatida taqdim etilayotgan filmlarning televizion premeralari 29 avgust – 5 sentyabr kunlari mamlakatimizning davlat va nodavlat telekanallarida bo`lib o`tishi rejalashtirilgan.
96
2,041
Madaniyat
Matyoqub Matchonov qamalishiga sabab bo‘lgan “nasha ishi” va “Toshturma”dagi kunlari haqida gapirib berdi (video)
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi raisi Matyoqub Matchonov “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi. Matyoqub Matchonov suhbat davomida tuhmat bilan qamalishiga sabab bo‘lgan voqea va “Toshturma”da o‘tkazgan kunlari haqida gapirib berdi. Tuhmat bilan qamalganman. Shuhrat G‘ulomov degan odam bo‘lar edi. O‘sha vaqtlarda MXXda Rustam Inoyatovdan keyingi odam edi. Shu odamning tashabbusi bilan to‘rt oy o‘tirib chiqdim. Nimaga degan savol tug‘iladi. Shuhrat G‘ulomov biznesdagi sherigimning o‘g‘li bilan nimagadir qasdlashib qolgan ekan. U bola shirkatimizning nomiga olingan mashinani haydab yurardi. Uni qamoqqa olish uchun o‘sha mashinaning ichiga 3,5 kilo nashani solib qo‘yishgan. O‘sha vaqtlarda Shuhrat G‘ulomov boshchiligidagi MXX xodimlari bunaqa ishlarga usta edi. Mana hozir o‘sha odam bir umrlik qamoq jazosiga hukm qilindi. Shu odamning tashabbusi bilan kirib ketganman. Shu voqeadan keyin o‘sha bolani, so‘ng uni dadasini tiqishdi. Meni ham bir-ikki marta tergovga chaqirishib, shirkat siznikimi, deyishdi, ha, meniki, dedim. Shundan so‘ng hech nima demasdan arafa kuni meni ham Gvardeyskiy degan joyga tiqib qo‘yishdi. Bir yarim oy Gvardeyskiyda o‘tirdim, ikki yarim oy “Toshturma”da o‘tirdim. Keyin umrlari uzoq bo‘lsin, Prezident kelganlaridan keyin bizni chiqarib yuborishdi. Meni qamatgan odam esa bir umrga qamalib ketdi. “Hey baraka topgur, meni aybim nima?”, deb so‘raganimda “Ha siz ‘neto’ odam bilan sherik bo‘lgansiz”, deyishardi. MXX yaxshi emas, buni hamma biladi, chunki odamni psixologik ezishar edi. Odam sifatida muomala qilinmas edi. U odamga umrbod qamoq jazosi nimaga berildi, bitta u emas, butun jamoasi qamalib ketdi. Jinoyatchini jinoyatchi yoki jinoyatchi emasligini sud hal qiladi, alohida bitta shaxs emas. Tergovda gumonlangan odam ushlab turiladi, gumonlanuvchi hali jinoyatchi degani emas. Lekin ular gumonlanuvchiga ham jinoyatchidek muomala qilishar edi. “Toshturma” butunlay boshqacha edi. Hatto militsiya xodimlari bilan do‘stlashib ham qoldik, ular menga juda ham achinishar va hamisha dalda berishar edi. U yerda hamma tuhmat bilan qamalganimni bilardi, chunki hech kimni aldab bo‘lmaydi. Hamma qanday modda bilan qamalganingni biladi, 243-modda bor — jinoiy yo‘l bilan topilgan mol-mulkni legallashtirish degan narsa edi. Hozir bu modda olib tashlandi, chunki bu Shuhrat G‘ulomovni tashabbusi bilan o‘ylab topilgan, ya’ni biznesmen va tijoratchilarni mol-mulkini musodara qilib, talon-toroj qilib olib qo‘yish uchun o‘ylangan modda edi. Hozir bu narsa olib tashlangan, deb eshitdim. Jinoiy yo‘l bilan topilgan mol-mulk? Men qanday jinoyat qildim? Biror davlat tashkilotida ishlamagan tadbirkor odam bo‘lsam, o‘zimning cho‘ntagimdagi pulni o‘zim o‘g‘irlamayman-ku. Hammasi o‘tgani rost bo‘lsin. Nasibamiz bor ekan-da o‘sha yerlarda ham. Matyoqub Matchonov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist
113
2,969
Madaniyat
Toshkentda 22–28-may kunlari Yevropa kinolari festivali o‘tkaziladi
Joriy yilning 22–28-may kunlari Toshkent shahrida “O‘zbekkino” Milliy agentligi va Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi hamkorligida V Yevropa kinolari festivali o‘tkaziladi. Bu haqda “O‘zbekkino” matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi. Mazkur festival O‘zbekistonda 2013-yildan buyon muntazam ravishda o‘tkazilib kelinayotgan bo‘lib, asosiy maqsad Yevropaning zamonaviy filmlari bilan o‘zbek jamoatchiligini tanishtirishdan iborat. Festival mobaynida Yevropaning 11 davlati kinoijodkorlari tomonidan yaratilgan 13 ta badiiy, hujjatli va multiplikatsion filmlar namoyish etilishi ko‘zda tutilgan. Mazkur tadbirga bag‘ishlangan matbuot anjumani 19-may kuni soat 12:00 da Respublika Kinochilar uyining matbuot anjumanlari zalida o‘tkaziladi. Unda “O‘zbekkino” Milliy agentligi rahbariyati va Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi rahbari Eduards Stiprays ishtirok etishi belgilangan. Shuningdek, festivalning rasmiy ochilish marosimi 22-may kuni soat 19:00 Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyida bo‘lib o‘tadi.
67
1,054
Madaniyat
Bill Geyts, Mark Sukerberg va pullarini farzandlariga qoldirishni xohlamaydigan boshqa mashhurlar (foto)
Avvalroq Kim Kardashyan farzandlari uchun 60 million dollarga o‘yin maydoni qurdirgani haqida xabar berilgandi. Modelga o‘xshab fikrlaydigan va shunday yo‘l tutadigan mashhurlar ko‘p, ammo bu shou-biznes, shuningdek, sayyoradagi badavlat kishilarning barcha vakillari shunday degan xulosa qilishga sabab bo‘lmaydi. Ularning orasida farzandi kelajakda hamma narsaga o‘z mehnati va intilishi ortidan erishib, muvaffaqiyat qozonishini istovchi kishilar ham yo‘q emas. Gordon Ramzi Mashhur oshpaz va rafiqasining 5 nafar farzandi bor. Juftlik ularga moliyaviy jihatdan qattiqqo‘l bo‘lishga harakat qiladi. Masalan, sayohat vaqtida o‘zlari birinchi toifada uchsa, farzandlari ulardan farqli ravishda ekonom toifada uchadi. Sting Stingning vafotidan keyin farzandlariga deyarli hech qanday meros qolmaydi. Xonanda jigarbandlarining o‘zi moliyaviy muvaffaqiyatga erishishi va oyoqqa turishini istaydi. Elton Jon Elton Jon bolalarini tayyorga ayyor bo‘lib o‘sishini istamaydi. U ularga ehtiyojlari va o‘qishi uchungina kerakli mablag‘ berishini bildirgan. Mila Kunis va Eshton Kutcher Yulduzli juftlik farzandlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlamoqchi emas. Vaqti kelganda ular borini xayriya jamg‘armasiga o‘tkazishni istaydi. Jorj Lukas Mashhur rejissor va 4 farzandning otasi 2012-yilda prodyuserlik kompaniyasi hamda “Yulduzlar jangi”ning barcha huquqlarini sotib, tushgan mablag‘ning deyarli hammasini xayriya qilib yuborgan. Mark Sukerberg Facebook asoschisi farzandli bo‘lganidan keyin moliyaviy ahvolining 99 foizini xayriyaga sarflab yuborishini bildirgan. Bill Geyts Sayyoraning eng badavlat kishilaridan biri bo‘lgan Bill Geyts ham bor-yo‘g‘ini farzandlariga qoldirmoqchi emas. U pullarini xayriya loyihalari uchun sarflaydi.
104
1,732
Madaniyat
Xonanda Sardor Mamadaliyev Aqto‘beda halok bo‘lganlar xotirasiga atab qo‘shiq kuyladi
Xonanda Sardor Mamadaliyev 18-yanvar kuni Qozog‘istonning Aqto‘be viloyati Irgiz tumanida avtobus yonib ketishi oqibatida halok bo‘lgan 52 nafar o‘zbekistonlik xotirasiga atab qo‘shiq kuyladi, deb xabar beradi “Darakchi.uz”. “52 vatandosh xotirasiga” deb nomlangan qo‘shiq 20-yanvar kuni internet saytlarida taqdim etildi.
85
322
Madaniyat
“Endi u bechorani ham so‘kinglar”. Jahongir Otajonov “Arazlamang” qo‘shig‘ini kuylagan San Jayga munosabat bildirdi
Checheniston xalq artisti San Jay xonanda Jahongir Otajonovning “Arazlamang” deb nomlangan qo‘shig‘ini kuyladi. San Jay o‘zining Instagram sahifasida, ushbu qo‘shiqni kuylagani uchun Jahongir Otajonov qanday munosabat bildirgani haqida video post joyladi. Jahongir Otajonov ushbu holatga quyidagicha munosabat bildirgan. Do‘stimiz San Jay ‘Arazlamang’ deb nomlangan ashulamni yozibdi. Mening ashulamni desam notog‘ri bo‘ladi, men foydalangan so‘zdan, ya’ni ‘Arazlamang’ she’ridan foydalanib o‘zining qo‘shig‘ini yozibdi. U bunga haqli, chunki she’r bizniki emas. Endi u bechorani ham ‘Sanjay Jahongir Otajonovning qo‘shig‘ini buzibdi’, deb, ‘so‘kinglar, haqorot qilinglar’. Hech qachon unaqa deyilmaydi. Sababi, har bir so‘zdan boshqa ijodkorning foydalanishga haqqi bor. San Jay ijodga omad do‘stim. Jahongir Otajonov, xonanda
115
828
Madaniyat
O‘tgan yillarning husnga ta’siri: Avvalgi go‘zalligidan asar ham qolmagan Bollivud aktrisalari
Bir vaqtlar muxlislar tomonidan go‘zalligi e’tirof etilgan aktrisalarning vaqtlar o‘tib butkul o‘zgarib ketishi haqida kim ham o‘ylabdi deysiz. Maxima Chaudxari “Yurak urishi”, “Menga faqat sevgi kerak” filmlaridagi roli bilan yaxshi tanish bo‘lgan aktrisa karyerasining boshida fe’l-atvori og‘irligi haqida mish-mishlar bo‘lgan va rejissorlar u bilan ishlashdan charchagan. Aktrisa 2006-yilda Kalkuttalik arxitektor Bobbi Mukherji bilan turmush qurgan, ammo farzandli bo‘lganidan keyin ajrashib ketgan. Turmushi o‘xshamagan aktrisaning nomi tashqi ko‘rinishidagi o‘zgarishlar sabab OAVdan tushmagan. Har safar yuzidagi turli o‘zgarishlar ko‘zga tashlana boshlagan. 2020-yilda Maxima bu o‘zgarishlarga bundan 21 yil avval avtohalokatga uchragani sabab bo‘lganini aytgan. Ma’lum bo‘lishicha, aktrisa suratga olish maydonchasiga ketayotgan vaqtida yuk mashinasi urib ketgan. Jarrohlar uning yuzidan 67 ta shisha bo‘lagini olgan. U avtohalokat bilan bog‘liq voqeani boshqalar bilishini istamagan. Bunga u vaqtda odamlar uni qo‘llab-quvvatlamagani, prodyuserlar u bilan ishlashdan bosh tortishidan cho‘chishi sabab bo‘lgan. Tanushri Datta 2004-yilda Hindiston go‘zali deb topilgan model va aktrisaning Bollivuddagi debyuti 2005-yilda bo‘lgan. Oradan 3 yil o‘tib esa aktrisa karyerasini davom ettirishni istamagan. Bunga aktyor Nan Patekarning suratga olish maydonchasida xiralik qilgani sabab bo‘lgan. Ushbu voqea sabab unda ruhiy tushkunlik kuzatilgan. Kinosanoatni tark qilishga qaror qilgan aktrisa Ashram va Ladakxda yashagan va meditatsiya bilan shug‘ullangan. Oradan vaqtlar o‘tib ortga qaytganida “Hindiston go‘zali”dan asar ham qolmagan. Mamta Kulkarni 90-yillarda mashhur bo‘lgan aktrisa karyerasining boshida eng yaxshi debyut yo‘nalishi bo‘yicha Filmfare mukofotini qo‘lga kiritgan. Suratga tushgan “Karan va Arjun” blokbasteri esa mashhurlikka erishgan. Ammo 1998-yilda “Qasos va qonun 2” filmining suratga olish jarayonidan keyin hammasi o‘zgargan. Keyinchalik kinodan chetlatilgan aktrisaning qaytishiga mafiozlarning aralashgani sabab bo‘lgan, degan mish-mishlar tarqagan. Keyin narkobaron Viki Gosvamiga turmushga chiqqan. Hayotidagi muammolar esa uning tashqi ko‘rinishiga ham ta’sir qilmay qolmagan. Tina Munim (Ambani) Zamonasining eng go‘zal va chiroyli aktrisasi 1970-yillarning so‘ngida suratga tusha boshlagan va tez orada mashhurlikka erishgan. U 4 yil davomida Sanjay Datt bilan uchrashgan. Rajesh Kxanna bilan 8 yil birga yashagan. 1991-yilda biznesmen Anil Ambaniga turmushga chiqqanidan keyin aktrisa kinematografiyani tark etgan. Bir vaqtlar huriliqo bo‘lgan aktrisa yillar o‘tgani sayin chiroyini yo‘qotgan. Kosmetik muolajalarni kanda qilmasligiga qaramay, uni avvalgi holi bilan solishtirib bo‘lmaydi. Rati Agnixotri 10 yoshidan modellik faoliyatini boshlagan Rati keyinchalik aktrisa sifatida suratga tusha boshlagan va muxlislar qalbidan joy olgan. 1985-yilda arxitektor Anil Virvani bilan turmush qurganidan keyin esa kinoni tark etgan. 30 yillik turmushi davomida turmush o‘rtog‘i tomonidan xo‘rlangani va azoblangani uning nafaqat ruhiyati, balki tashqi ko‘rinishiga ham ta’sir etgan. Muxlislari uning so‘lg‘in ko‘rinib qolgani, ko‘zlari avvalgidek chaqnamasligini ta’kidlagan. Bir vaqtlar ekranlarni zabt etgan Ratidan asar ham qolmagan, 2015-yilda eri bilan ajrashganidan keyin esa o‘ziga kela boshlagan.
94
3,346
Madaniyat
“Yulduzlar jangi” 11-sentabr terakti tashkilotchilarini ilhomlantirgani ma’lum qilindi
Kanadalik yozuvchi Margaret Etvud Nyu-Yorkda 2001-yil 11-sentabrda yuz bergan terakt tashkilotchilari “Yulduzlar jangi” filmidan ilhomlanganini ma’lum qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi. Ma’lumki, 2000-yilda Daniyada antiutopiya romaniga asoslangan “Xizmatchi hikoyasi” operasi sahnalashtirilgan. Opera tomoshabinlarga turli obyektlarning portlash kadrlarini namoyish etishdan boshlangan, ularning orasida Nyu-Yorkdagi Butunjahon savdo markazi ham bo‘lgan. U vaqtda esa binolar hali portlatilmagan edi. Yozuvchining qo‘shimcha qilishicha, terrorchilar operadan emas, balki Yulduzlar jangi fantastik afsonasidan ilhomlangan. “Birinchi filmda ikki yigit samolyotda nimaningdir ichiga uchib kiradi va uni yorib o‘tadi”, — deb ta’kidlagan ayol. Yozuvchining so‘zlariga ko‘ra, real terakt va film voqealari o‘rtasidagi farq shundaki, film qahramonlari omon qolishga muvaffaq bo‘lgan. 2001-yil 11-sentabrda ikkita samolyot AQShning Nyu-York shahridagi Butunjahon savdo markazi binolariga urilgan, uchinchisi esa Pentagon binosi ustiga qulagan. Terakt uchun javobgarlikni “al-Qoida” tashkiloti o‘z bo‘yniga olgan.
86
1,120
Madaniyat
Tupak Shakurning onasi uning shaxsiy buyumlarini qaytarib olish uchun auksionni sudga berdi
1996-yilda otib o‘ldirilgan amerikalik reper Tupak Shakurning onasi o‘g‘lining shaxsiy buyumlarini qaytarib olishga qaror qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda. Afeni Shakur. Ular orasida qo‘shiqlar matni, kundaliklar, pasport, haydovchilik guvohnomasi, kiyim va zargarlik buyumlari bor. Shu maqsadda Afeni Shakur sudlarda bir necha da’volar qo‘zg‘adi. TMZ saytiga ko‘ra, da’volar Moments in Time auksion do‘koni, shuningdek, yana ikki shaxsga qaratilgan. Afeni Shakur ular o‘g‘lining shaxsiy buyumlarini noqonuniy ravishda, vositachilar orqali sotib olgan kishilardan xarid qilgan, deb hisoblamoqda. Tupak Shakurning shaxsiy buyumlari auksionlarda yuqori baholanadi, chunki uni o‘limidan so‘ng Klivlenddagi rok-n-roll shon-shuhrati zaliga kiritishga qaror qilindi. Marosim joriy yil aprel oyida bo‘lib o‘tadi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
91
886
Madaniyat
Toshkentlik qo‘shiqchi Sardor Milano “Glavnaya ssena” loyihasining ikkinchi yarim finalida sahnaga chiqadi
Toshkentlik qo‘shiqchi Sardor Milano (Sardor Eshmuhammedov) “Rossiya-1” kanali tashkil etgan “Glavnaya ssena” (“Asosiy sahna”) loyihasining ikkinchi yarim finalida yana sahnaga chiqadi. Bu haqda qo‘shiqchi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi. Sardor barcha muxlislarini ko‘rsatuvni tomosha qilishga va sahnadagi hissiyotlarni birgalikda boshdan kechirishga chaqirdi. “Glavnaya ssena”ning bugungi soni “Rossiya-1” telekanalida 21:00 da boshlanadi. Ta’kidlash joiz, loyihada Sardorga rossiyalik taniqli musiqiy prodyuser Konstantin Meladze ustozlik qilmoqda. Sardor Milanoning ijod yo‘li Toshkentdagi “Olovuddin” bolalar studiyasidan boshlangan. Shundan so‘ng u klassik fortepiano sinfi bo‘yicha teatr kollejida, 2010-yildan boshlab esa Moskva musiqiy bilim yurtida o‘qidi. Sardor bungacha ham ko‘plab xalqaro tanlovlarda ishtirok etgan. Xususan, “Novaya volna — 2011” saralash bosqichida yarim finalchi, “Yevrovideniye — 2012” tanlovi saralash bosqichida esa finalchi bo‘lgan.
106
984
Madaniyat
Obid Asomov: Avaz Oxunnikidan ko‘ra Ozodbek Nazarbekovning hazillariga ko‘proq kuldim
Taniqli so‘z ustasi Obid Asomov O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning konsertida mehmon bo‘lib, o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Obid Asomov o‘z fikrlarini Instagram’dagi sahifasida yozib qoldirdi. Skrinshot: Instagram / @asomov_obid “Ozodbek Nazarbekov konsertiga taklif kilgan edi, bordim. Rosti, konsertga tushishni uncha yoqtirmayman. Futbolda zaxiradagi o‘yinchi maydonga tusha olmay, xunob bo‘lib o‘tirganini ko‘rganmisiz? Menda ham [boshqa birovning konserti vaqtida] ana shu holat bo‘ladi”, — deb yozadi Obid Asomov. “Lekin Ozodbekning konsertida yurakdan dam olib, barcha g‘uborlarim chiqib ketdi. Kim nima desa desin, lekin u san’at osmonining eng yuqori qavatiga chiqqani tasodif emasligini yana bir karra isbot qildi. Eng muhimi, konsertda soxtalik yo‘q: hammasi yurakdan!”, — dedi taniqli so‘z ustasi. “Davrani [Ozodbekning] o‘zi boshqardi. Avaz [Oxun] ukamiz xafa bo‘lmasin: konsertga qiziqchining keragi ham yo‘q ekan — men Ozodbekning hazillariga ko‘proq kuldim”, — deya qo‘shimcha qilgan Obid Asomov, Ozodbek Nazarbekovga omad tiladi.
85
1,068
Madaniyat
Qo‘rqinchli filmlar rejissorining boshi qabristondan o‘g‘irlab ketildi
Berlin yaqinida joylashgan qabristondagi oilaviy mozordan rejissor Fridrix Vilgelm Murnauning boshi o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda Der Spiegel nashri xabar qilmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa o‘tgan dam olish kunlari ro‘y bergan. Murnauning aka-ukalari dafn etilgan ikkita qo‘shni qabrlarga tegilmagan. Politsiyachilar mozor yonidan mum izlarini topgan, shu bois bu yerda qandaydir marosim o‘tkazilganligi ham ehtimoldan xoli emas. Fridrix Vilgelm Murnau qo‘rqinchli filmlar janriga asos solgan rejissorlardan biri hisoblanadi. Jumladan, u 1922-yilda Brem Stokerning “Drakula” romani asosida “Nosferatu. Qo‘rquv simfoniyasi” filmini suratga olgan.
70
657
Madaniyat
Instagram: “Kalinka”ga raqsga tushgan “Gitler”, Dubayda tobi qochgan Munisa Rizayeva, tuyaga kola ichirgan Yulduz Rajabova
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. Umid Iskandarov va Ulug‘bek Qodirov iftorlikni birgalikda qildi. Sharm ash-Shayxda dam olayotgan Yulduz Rajabova folloverlari bilan qiziqarli ma’lumotni bo‘lishdi: Tuyalar kola ichar ekan. Karina Kapur ilk marta chaqalog‘i suratini sahifasiga joyladi. Suratda chaqaloqni aktrisaning katta o‘g‘li Taymur ko‘tarib turgani aks etgan. Gulsanam Mamazoitova bolaligini eslab, sharlar bilan suratga tushdi. Qiziqchi G‘ayrat Ahmedov 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan pozitiv video tayyorladi. Unda “Kalinka” qo‘shig‘iga raqsga tushayotgan Gitlerni ko‘rish mumkin. Shahzoda Muhammedova turmush o‘rtog‘ining mashinasi ustida, uning rangiga hamohang kiyimda suratga tushdi. Yulduz Usmonova xonadonida do‘stlar va yaqinlar qurshovida o‘tkazilgan yana bir iftorlikning videosi ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilindi. Turk aktrisasi Nurgul Yeshilchay barcha onalarni Turkiyada nishonlanayotgan Onalar kuni bilan tabrikladi. Asal Shodiyeva Sharm ash-Shayxda pushti kiyimda pushti avtomobil ustida ko‘rinish berdi. Dubayda hordiq chiqarayotgan Munisa Rizayevaning biroz tobi qochgani tufayli unga Toshkentdan dori yetkazib berildi.
122
1,273
Madaniyat
Tom Kruz ishtirokidagi filmni suratga olish vaqtida samolyot qulashi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi
Mashhur aktyor Tom Kruz ishtirokidagi filmni Kolumbiyada suratga olish ishlarida foydalanilayotgan kichik samolyot 11-sentabr, juma kuni halokatga uchradi. “Korrespondent.net” xabariga ko‘ra, hodisa natijasida ikki uchuvchi halok bo‘lgan. Medelindan Santa-Fega uchib ketayotgan Piper PA-60 samolyoti Antiokiya departamentida qulagan. Kruzning o‘zi samolyotda bo‘lmagan, biroq bortda uch kishidan ikkisi halok bo‘lgan, yana bir kishi tan jarohati olgan. Hozircha halokat sabablari ma’lum emas. Tom Kruz ayni vaqtda premyerasi 2017-yil boshida bo‘ladigan filmda suratga tushmoqda. Kinolenta mashhur Medelin karteli uchun ishlagan va ayni vaqtda AQShning giyohvand moddalarga qarshi kurash boshqarmasiga axborot yetkazib turgan uchuvchi hayoti haqida hikoya qiladi.
102
763
Madaniyat
“Bir kunlik to`y” komediyasining maxsus namoyishi bo`lib o`tdi
Kecha Yoshlar ijod saroyida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga asosan Spectre studiyasi tomonidan suratga olingan “Bir kunlik to`y" kinokomediyasining OAV vakillari, mutaxassislar va yoshlar uchun maxsus namoyishi bo`lib o`tdi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar berdi. Film ssenariy muallifi va postanovkachi rejissër Shohrux Rasulov, postanovkachi operator Izzatilla Lutfullaev, postanovkachi rassom Akmal Saidov, bosh prodyuser Firdavs Abduxoliqov, ijrochi prodyuser Davronxo`ja Abdug`aniev, muharrir Furqat Usmonov. Film namoyishidan so`ng, Kinomediaklub a`zolari va boshqa OAV vakillari ishtirokida muhokama bo`lib o`tdi. Ijodkorlar kinokartinaning suratga olish jarayonlari bilan bog`liq savollarga javob berishdi.
62
746
Madaniyat
“Qattiqqo‘l xonim” filmi qahramonlari 16 yildan keyin: mashhur kartina yulduzlari qanchalik o‘zgargan?
Lisa.ru Gollivudning mashhur filmida rol ijro etgan aktyor va aktrisalarining hayoti haqida hikoya qiladi. Meril Strip — Miranda Pristli Ko‘plab nufuzli mukofotlarga sazovor bo‘lgan Gollivudning mashhur aktrisalaridan biri filmda qat'iy va talabchan rahbar — moda jurnalining bosh muharriri Miranda Pristli rolini o‘ynagan. Ma'lum bo‘lishicha, Meril bu rolga qiyinchilik bilan moslashgan, chunki hayotda u butunlay boshqacha. Qarindoshlari va hamkasblari uni mehribon va hamdard inson sifatida bilishadi. Miranda obrazi mashhur amerikalik Vogue muharriri Anna Vintur tufayli yaratilgan. Meril, ko‘plab aktyorlar singari, rolga yaxshi moslashishi uchun o‘z qahramonining prototipi bilan muloqot qilmaydi. Hozirda 73 yoshdagi Strip hali ham filmlarda rol o‘ynaydi. Shuningdek, “Oskar” mukofoti sovrindori aktrisa Don Gummer bilan qariyb 45 yil baxtli turmush qurgan, u bilan to‘rt farzandni tarbiyalagan. Enn Xeteuey – Andrea “Malikaning kundaligi” filmidagi muvaffaqiyatdan so‘ng Anna Gollivuddagi eng talabgir aktrisalardan biriga aylandi. 2006-yilda unga “Qattiqqo‘l xonim” filmida bosh rolni taklif qilishdi. Xeteuey yosh jurnalist sifatida qayta tug‘ildi, u talabchan Miranda Pristlining yordamchisiga aylandi. Moda haqida hech narsa bilmaydigan qiz o‘z ishida qolishi uchun vazifasini tezda o‘rganishi kerak edi. Yillar davomida Enn ko‘plab muvaffaqiyatli filmlarda suratga tushdi va bugungi kunda ham o‘z faoliyatida davom etmoqda. Aktrisaning shaxsiy hayotida hammasi joyida: u aktyor va zargar Adam Shulmanga turmushga chiqqan, hozirda ikki o‘g‘li bor. Emili Blant – Emili Ushbu loyihada ishtirok etish Emiliga mashhurlik keltirdi - film chiqqandan so‘ng unga bosh rollarni taklif qilish ko‘paydi. “Qattiqqo‘l xonim” filmida u Miranda Pristlining katta yordamchisi Emili rolini o‘ynadi. Andreadan farqli o‘laroq, qahramon moda olamini zabt etishni va Mirandaning o‘ng qo‘li bo‘lishni orzu qilgan. Filmda Emili Andreaga unchalik yaxshi munosabatda bo‘lmasa-da, hayotda ushbu film tufayli ular yaqin do‘stlarga aylanishdi. Blant turmushga chiqqan Jon Krasinskini u bilan Enn tanishtirib qo‘ygan. Bugungi kunda er-xotinning ikki o‘g‘li bor. Stenli Tuchchi – Nayjel Stenlining obrazi garchi ikkinchi darajali bo‘lsa-da, lekin filmdagi muhim rollardan biri. U jurnalning ijodiy direktori sifatida, tajribasiz va didsiz Andreani boricha qabul qilgan yagona odam edi. Qizning o‘zgarishiga va o‘ziga ishonishiga yordam bergan Nayjel edi. Tuchchi Felisiti Blant bilan turmush qurgan va er-xotinning ikki farzandi ham bor. Saymon Beyker – Kristian Aktyorning filmdagi qahramoni Kristian yozuvchi bo‘lib, u Andreaga Garri Potterning hali nashr etilmagan yangi kitobini topishga yordam bergan. Bu kitob Mirandaning egizak qizlari yaxshi ko‘rgan asar edi. Kristian ham Andreani maftun etgan va yigiti bilan munosabatlari yomonlashishiga sababchi bo‘ladi. Biroq u qizga kerak bo‘lgan odam emasdi. Beykerning ushbu loyihadagi roli uning butun ijodiy tarjimai holidagi eng muhimlaridan biridir. Aktyor 2020-yilda rafiqasi avstraliyalik aktrisa Rebekka Rigg bilan ajrashgan, u bilan deyarli 25 yil birga yashab, uch farzandni voyaga yetkazgandi.
102
3,140
Madaniyat
“Baron” filmi ijodiy guruhi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari bilan mahorat darsi o‘tkazdi
Toshkent axborot texnologiyalari universitetining “Televizion texnologiyalar” fakulteti “Telestudiya tizimlari va ilovalari” kafedrasi tomonidan talabalar uchun “Baron” badiiy filmi ijodkorlaridan mahorat darsi tashkil etildi, deb xabar beradi “InfoCom.uz”. Unda filmning postanovkachi rejissori Rustam Sa’diyev, taniqli aktyor Javohir Zokirov, Toshkent bodibilding federatsiyasi prezidenti, aktyor Habibullo Nizomov va boshqalar ishtirok etdi. “Televizion texnologiyalar” (“Audiovizual texnologiyalar”, “Telestudiya tizimlari va ilovalari”), “Kinoteleoperatorlik”, “Audio-videotexnologiyalar” hamda “Kompyuter grafikasi va dizayn” yo‘nalishlarida ta’lim olayotgan talabalar uchrashuvda ishtirok etib, film ijodkorlaridan qimmatli tavsiya va maslahatlar oldi.
113
760
Madaniyat
Shohrux reper: 2,5 yil avval sha’riy va qonuniy nikohdan o‘tganman, sharoit bo‘lmagani uchun to‘y o‘tkazmagan edim
Shohrux reper 12-may, payshanba kuni turmush o‘rtog‘i Zlata bilan to‘y marosimini o‘tkazdi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar bermoqda. Toshkentdagi “Yakkasaroy” to‘yxonasida bo‘lib o‘tgan marosimdan o‘zbek shou-biznesi vakillari ijtimoiy tarmoqlarda reportajlar uyushtirgan. Avvalroq Shohrux reper bir necha yil avval — ijodiy tanaffus vaqtida oila qurgani, Islom ismli ikki yoshli farzandi ham borligi haqida xabarlar berilgan edi. 13-may, juma kuni reper ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali shunday izoh berdi: “2,5 yil avval sha’riy va qonuniy nikohdan o‘tib, kichkina bayram qilib, oila qurganman. Shu yillar sharoit bo‘lmagani uchun to‘y marosimi o‘tkazmadim. Kecha yaqinlar uchun to‘y o‘tkazdik, ortiqcha gap-so‘zlarga hojat yo‘q”.
114
739
Madaniyat
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida jurnalist Muhammadjon Obidovning kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Taniqli jurnalist Muhammadjon Obidovning ketma-ket ikki kitobi chop etildi va o‘quvchilar orasida tez tarqaldi. Bu haqda “Daryo”ga jurnalist Sharofiddin To‘laganov ma’lum qildi. Ular “Men ko‘rgan dunyo” publitsistik maqolalar to‘plami va tahliliy ocherklarni jamlagan “Buyuk ipak yo‘lidagi Shinjon” kitoblaridir. Shu munosabat bilan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida ularning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi Ibrohim G‘ofurov, taniqli yozuvchi, filologiya fanlari doktori, professor Xurshid Do‘stmuhammedov, O‘zbekiston Milliy universiteti dotsenti Ahmadjon Meliboyev, “Xalq so‘zi” gazetasi bosh muharriri o‘rinbosari Shuhrat Jabborov, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti dotsenti Nazira Toshpo‘latova va boshqalar so‘zga chiqib, kitoblar haqida, muallifning ijodiy faoliyati va kasbiy mahorati haqida so‘zladi. “Buyuk ipak yo‘lidagi Shinjon” kitobidan Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni shaharlari, so‘lim manzarasi, infratuzilmasi, ishlab chiqarish hududlari, zamonaviy ko‘rinishi, tarixiy obidalari, taniqli insonlari, madaniy hayoti haqida maqolalar va kundalik turmushi aks etgan ko‘pgina rang-barang va yorqin suratlar o‘rin olgan. U tarixchi, adabiyotshunos, tilshunos, dinshunos olimlar, ilmiy tadqiqotchilar, turizm sohasi vakillari va keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan bo‘lib, Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonining boy ma’naviy va madaniy merosini targ‘ib etishga ko‘maklashadi. – Mazkur kitobda mo‘’jizalar diyori bo‘lmish Xitoyning Buyuk Ipak yo‘lida joylashgan Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni haqida, bu hududning tarixi, o‘ziga xos xususiyatlari, siyosati, geografik joylashuvi, madaniyati va iqtisodiyoti, taraqqiyot bosqichlari, bu yerda istiqomat qilayotgan turli millat vakillarining turmush tarzi va boshqa jihatlar xususida qiziqarli ma’lumotlar berilgan. Shuningdek, O‘zbekiston-Xitoy hamkorligining istiqbolli yo‘nalishlari borasidagi tahliliy fikrlar bayon etilgan, — dedi Xurshid Do‘stmuhammedov. – Muhammadjon Obidovning ushbu risolasida Shinjon madaniyati, xalqining turmush tarzi haqida ma’lumot berilgan. Kitobda bu o‘lkaga islom dinining kirib kelishi va turkiy xoqonlarning harbiy yurishlari natijasida ikki mintaqaning bir-biriga yaqinlantirgan rishtalari haqidagi tarixiy manbalar yoritilgan, — qayd etdi Ibrohim G‘ofurov. Taqdimot ishtirokchilari “Men ko‘rgan dunyo” kitobiga kiritilgan publitsistik maqolalar tahliliy jurnalistikaning yorqin namunasi bo‘lia oladi va u talabalar uchun amaliy qo‘llanma sifatida xizmat qiladi, deb ta’kidladi. —Muhammadjon Obidovning “Men ko‘rgan dunyo” kitobi matbaachilikda ham yangi sahifa ochdi, — dedi “XXI asr” gazetasi bosh muharriri Norqobil Jalil. — Unda televideniye orqali berilgan dolzarb mavzularga bag‘ishlangan videofilm, reportajlar ssenariysidan tashqari maxsus DVD diskda to‘rt soatli ularning videotasvirdagi talqini ham ilova qilingan. Bu kitob orqali o‘quvchi endi tomoshabinga ham aylanadi.
98
2,944
Madaniyat
O‘zbekistondagi eng “qimmat” aktyorlar: ularning bir kunlik gonorari qancha?
Har bir ijodkor kino san’atidagi reytingi va mehnatiga yarasha haq oladi. Bundan tashqari, gonorar miqdorini belgilashda, rolning katta-kichikligi va murakkablik darajasiga ham alohida e’tibor beriladi. Xo‘sh, o‘zbek aktyorlari orasida kimlar ko‘p gonorarga loyiq ko‘riladi? Kino yo‘q, serialchilarning esa oshig‘i olchi Bir necha yil avval kinochilarining davri kelgandi. Kinoijodkorlarning topishi ham u qadar yomon emasdi. Afsuski, keyingi yillarda xususiy kinolarga bo‘lgan talab anchayin sustlashdi, kinoteatrlardagi namoyishlar ham kamaydi. Ayrimlar bu holatga uzoq davom etgan pandemiya davri sabab bo‘ldi, deyishadi. Boshqalar esa internet tarmog‘ining jadal sur’atda rivojlanishi kino va teatr san’ati faoliyatiga sezilardi darajada ta’sir etganini vaj qilib ko‘rsatishadi. — Ilgari kinoaktyorlarining davri kelgandi. Seriallarda suratga tushadigan ijodkorlarga past nazar bilan qarashlariga ham guvoh bo‘lganman. Hozir esa aksincha, serialchilarning oshig‘i olchi. Shu bois ba’zan aktyorlar o‘ziga yoqmasa-da, serialda rol ijro etishga majbur bo‘lyapti. Chunki O‘zbekistonda davlat filmidan tashqari, kino olinayotgani yo‘q, — deydi aktrisa Bahora Arslonova. Javohir Zokirov Hozirgi kunda o‘zbek kinosidagi eng qimmat aktyor Javohir Zokirov hisoblanadi. Uning bir ijodiy kuni 500 AQSh dollariga baholanadi. Ammo aktyorni rolga ko‘ndirish, u bilan hamkorlik qilish oson emas. Ijodkorning o‘ziga xos fe’l-atvori va prinsiplari bor. Bobur Yo‘ldoshev Keyingi o‘rinni Bobur Yo‘ldoshev band etgan. Uning kunlik gonorar miqdori 400-500 AQSh dollarini tashkil etadi. U bilan ishlash u qadar qiyin emas. U suflyorga zarurat tug‘ilmasligi uchun ssenariyni yod oladi va suratga olish maydonchasiga o‘z vaqtida keladi. Yigitali Mamajonov Yigitali Mamajonovni odatda jang sahnalari bor filmlarga taklif etishadi. Chunki u yaxshi aktyor bo‘lishi bilan birga, kaskadyorlik vazifasini ham bajara oladi. Shu bois uning gonorari u qadar kam emas: kuniga 300-400 AQSh dollarini tashkil etadi. Muhammadiso Abdulhairov Komik aktyor Muhammadiso Abdulhairov suratga tushgan filmlar o‘z tomoshabinini topadi. Shu bois ijodkor mehnatiga yarasha haq berishlarini so‘rab, kunlik gonorarini 300 AQSh dollari etib belgilagan. Chegirmalar deyarli yo‘q! Adiz Rajabov O‘zbek kinolarida ancha kamnamo bo‘lib qolgan aktyor Adiz Rajabov qirg‘iz va yapon kinoijodkorlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Bundan tashqari, ayni kunlarda “Qora quti” nomli serialda ham suratga tushmoqda. Uning kunlik gonorari 200-300 AQSh dollarini tashkil etadi. Azamat Ahrorov Aktyor Azamat Ahrorov o‘zga rejissorlar bilan hamkorlik qilishni istamaydi. Shu bois rejissor sifatida film va seriallar yaratib, bosh rolni o‘zi ijro etadi. Ssenariy ma’qul bo‘lgan filmlarga esa 200 AQSh dollaridan kamiga rol o‘ynamaydi. Umid Iskandarov Aktyor Umid Iskandarovning kunlik gonorari 200 AQSh dollarni tashkil etadi. Bu narx kliplarga biroz qimmatlashishi mumkin. Shohruh Hamdamov Keyingi paytlarda film, serial va kliplarda yetakchilikni qo‘lga olgan aktyor Shohruh Hamdamovning gonorari ham havas qilgudek. Uning ijodiy kuni 100-150 AQSh dollariga baholanadi. Shahzod Sultonov O‘zi film va seriallar suratga oladigan aktyor Shahzod Sultonovning kunlik gonorari 100 AQSh dollarini tashkil etadi. Ammo u kamdan kam hollarda boshqa ijodkorlar bilan hamkorlik qiladi. U ijrochi ijodkor bo‘lishdan ko‘ra, ularni boshqarishni ma’qul ko‘radi. Alixon Sportchi aktyor Alixon ham filmlarda ancha faol. Uni, asosan, salbiy rollarga taklif etishadi, o‘ziga xos ko‘rinishi sabab uning gonorari ham qat’iy belgilangan. U 100 AQSh dollardan kamiga suratga tushmaydi. Bu ro‘yxatga Ulug‘bek Qodirov va Alisher Uzoqov ham kiritilishi kerak edi. Chunki ular bir necha yillardan buyon eng “qimmat” o‘zbek aktyorlari safida peshqadam bo‘lishgan. Afsuski, Ulug‘bek Qodirovning AQShga ko‘chib ketgani va Alisher Uzoqovning filmlarda suratga tushmayotgani sabab bugungi ro‘yxatga kiritolmadik. Gonorar borasida aktyorlarning fikrini bilishga harakat qildik. Afsuski ular berilayotgan gonorarlardan qoniqmasliklarini yashirishmadi. Javohir Zokirov: “Bu borada gaplashishni istamayman!” — Xafa bo‘lmang-u, o‘zbek xalqi o‘z aktyorlarini “ko‘tarish”ni yomon ko‘rishadi. Agar aktyor juda katta pul oladigan bo‘lsa, yana narxini oshiraveradi, deb hisoblashsa kerak. Menimcha, aktyorlarga nisbatan bunday munosabat faqat bizda bo‘lsa kerak. Chunki boshqa mamlakatlarda aktyorning ishiga qarab, pul to‘lashadi. Rossiyada shartnomalar bilan shug‘ullanadigan agentim bor, u hammasini o‘zi hal qiladi. O‘zbekistonda ham agent yollamoqchi bo‘ldim. Ammo o‘ylab qarasam, oladigan pulim agent yollashga arzimaydi. Gonorarlar juda kam, bizda o‘z aktyorlariga emas, boshqalarga ishonch bildirishni yaxshi ko‘rishadi, — deydi aktyor Javohir Zokirov. Bobur Yo‘ldoshev: “Rossiyadagi gonorarim ancha baland” — Gonorar nisbiy tushuncha, shu bois hech qachon uni qat’iy belgilamayman. Davlat filmlarida saviya ancha yuqori, ularda miriqib ijod qilish mumkin. Shu bois davlat filmlarida gonorarga talashib-tortishmayman. Ammo xususiy film yoki seriallarga taklif etishsa, o‘z talabimni qo‘yaman. Chunki men ishimga mas’uliyat bilan yondashadigan, rol uchun tayyorgarlik ko‘radigan ijodkorman. “Suflyor aytib tursin, so‘zimni yodlamaganman”, deyishga uyalaman. Rol uchun tayyorgarlik ko‘rgandan keyin shunga yarasha haq ham olishimiz kerak. Ishonchim komilki, O‘zbekistonda aktyorlarga beriladigan gonorar miqdori ancha kam. Masalan, rossiyalik agentim bir kunlik syomka uchun 1 500-1 700 AQSh dollariga shartnoma qiladi. Chunki agentlar qancha ko‘p pulga shartnoma qilishsa, o‘zi ko‘proq manfaat topadi. Bizda esa bu tizim hali yo‘lga qo‘yilmagan. Sho‘rlik aktyorlar rol o‘ynash bilan birga, moliyaviy masalalarni ham hal qiladi, — deydi Bobur Yo‘ldoshev. Yigitali Mamajonov film olayotganlarning “o‘yini”ni biladi — Beriladigan gonorar kimni ham qoniqtiradi?! Ammo qo‘limizdan nima ham keladi, deb qanoat qilyapmiz. Bu aktyor qimmat, deb gap tarqatadiganlarning o‘zida ayb. Chunki ular harakat qilib, yaxshi film olishsa, aktyorga to‘lanadigan puldan 100 barobar ko‘proq daromad olishlari mumkin. 2011-yili “Yozsiz yil” filmida “eshakdek” sovuqda ishlab 870 ming so‘m gonorar olganman. Hozir esa avvalgidan gonorarim ancha baland. Ammo hali ham bitta filmda ishlab 400 AQSh dollari topadigan aktyorlar ham yo‘q emas. O‘z qadrini bilgan va film olayotganlarning “o‘yini”ni bilgan aktyor o‘z gonorarini belgilab qo‘yadi. Chunki aktyorlik ba’zilar o‘ylagandek, oson ish emas.
76
6,491
Madaniyat
Ikkinchi darajali rollari bilan tomoshabinlar mehrini qozongan aktyor va aktrisalar (foto)
Aktyorlarning aksariyati bosh rollarni ijro etgandan so‘ng mashhurlikka erishadi. Lekin umri davomida faqat ikkinchi darajali rollarni maromiga yetkazib ijro etayotgan ijodkorlar ham talaygina. Shuningdek, ular ikkinchi darajali rollari bilan ham muxlislar ko‘nglidan joy olib ulgurgan. Rossi de Palma Taniqli ispan aktrisasi Rossi de Palma aktyorlik faoliyatini 80-yillarning oxirida boshlagan. “Meni bog‘la” filmidagi jinoyatchining rolini ham aynan shu davrda ijro etgan. “Madam”dagi ishtiroki Rossining zamonaviy filmografiyasining bir qismidir. Baxtli chiptani tasodifan tortib olgan xizmatkorning roli tomoshabinlar yodida qoldi. Shuningdek, uning “Sent-Trope siri” komediyasidagi ajoyib kinoyulduz obrazini e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi. Billi Zeyn “Titanik”dagi Rouzning qonuniy kuyovi rolini ijro etgan Billi Zeynni muxlislar qabul qilmadi. Ammo rol salbiy, ikkinchi darajali bo‘lsa ham, aktyor o‘z mahoratini ko‘rsatgan. Keyinchalik Billi “Chayonlar qiroli - 3: O‘liklar kitobi” filmida paydo bo‘ldi, u yerda qirol Talus rolini o‘ynadi. Aktyorning oxirgi ishlaridan biri “Mehmon uyi” filmi edi. Umid qilamizki, rejissorlar yana uning iste’dodini ko‘radi va aktyorni asosiy rollarga taklif qiladi. Jennifer Kulij Ko‘p yillar davomida aktrisa jozibali sarg‘ish qiyofasini o‘zgartirmadi va taniqli obrazlarni ijro etdi, lekin hozircha, afsuski, unga asosiy rollar berilmagan. Dominik Monagan Dominik Monagan “Uzuklar hukmdori” film trilogiyasida Meriadok Brandibak rolini o‘ynaganidan keyin katta e’tibor qozondi. Buning ortidan Dominik sobiq rok yulduzi Charli Peys rolini o‘ynagan “Yo‘qolganlar” serialida ko‘p yillar suratga tushdi. Bu ishi uchun Dominik “Eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor” nominatsiyasi bo‘yicha “Saturn” mukofotiga nomzod bo‘lgan. Julyett Lyuis Julyett Lyuis aktyorlik karyerasining boshida eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa uchun Oskar mukofotiga nomzod bo‘lgan. Buning ortidan Julyettning “Gilbert Greypni nima qiynaydi?”, “Avgust” va yana bir qator ajoyib filmlari paydo bo‘ldi J.K.Simmons JK Simmons “O‘rgimchak odam” filmlar seriyasida o‘ynagan Jey Jon Jeymson ismli shaxs bilan chambarchas bog‘liq. Shubhasiz, super qahramon mavzusi Simmonsning professional hayotida katta ahamiyatga ega, shuning uchun uning “Zak Snayderning adolat ligasi” filmidagi ishtiroki kutilmoqda. Jo Peshi Jo Peshi “Yaxshi insonlar” filmidagi yordamchi roli uchun “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘ldi. Shunday qilib, bu aktyor “Uyda yolg‘iz” va “Uyda yolg‘iz - 2” filmlaridagi tilla tishi porlab turgan Kevinning raqibini ijro etdi. Peshi hali ham kichik rollarda namoyon bo‘ladi. Xarvi Keytel  Xarvi Keytelning filmografiyasi o‘nlab nomlarga ega. Xarvi yordamchi rolda paydo bo‘lgan “Telma va Luiza” Oskar mukofotining 5 ta nominatsiyasiga nomzod bo‘ldi. “Shomdan to tonggacha” filmidagi roli uchun Xarvi “Eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor” nominatsiyasi bo‘yicha “Saturn” mukofotiga sazovor bo‘ldi. Keti Beyts Aktrisa Keti Beyts hatto eng kichik rolda ham, filmga o‘ziga xos qulaylik va muhitni olib keladi. Bu, masalan, “Asosiy ranglar” kartinasi bilan sodir bo‘lgan, chunki Beyts “Oskar”ga nomzod bo‘lgan. Keyinchalik Keti “O‘zgarish yo‘li” filmida paydo bo‘ldi, unda u juda kichik rolni oldi. Ammo uning “Richard Juellning ishi” biografik dramasidagi roli aktrisaga yana “Oskar” nominatsiyasini olib keldi. Kristofer Uoken “Kiyik ovchisi” filmidagi roli uchun Kristofer Uoken “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘ldi. Yaqinda o‘tkazilgan “Qattiq xulq-atvorli bobo” filmi tijoratda muvaffaqiyat qozonmadi, lekin baribir ulg‘aygan Uokenning ijrosini ko‘rish imkoniyatini berdi. Liv Tayler Liv Tayler o‘smirligida o‘zini aktyorlik kasbiga bag‘ishlashga qaror qildi. “Ebbotlarning xayoliy hayoti” melodramasida suratga tushgan aktrisa tanqidga uchragan, ammo “Uzuklar hukmdori” trilogiyasida Arven Undomielning roli qizga jahon shuhratini olib kelgan. Shuningdek, Liv teleseriallarda faol ishtirok etmoqda.
90
3,926
Madaniyat
Alisher Navoiy kino saroyida bolalar uchun bayram tashkil etildi (foto)
2014-yil 2-iyun kuni Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlab, “Har bir bolaga mehr, e’tibor!” shiori ostida tadbir tashkil etildi. Bu haqda Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi sayti xabar berdi. “O‘zbekkino” milliy agentligi bosh direktori Jahongir Qosimov bolajonlarni bayram bilan qutladi va Toshkent shahridagi mehribonlik uylariga agentlik buyurtmasiga ko‘ra tayyorlangan multfilmlar va ertaklar audio to‘plami hamda “Zumrasha” hajviy kinojurnali to‘plamini taqdim qildi. “Kamolot” Yoshlar ijtimoiy harakati ham mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilariga sovg‘alar ulashdi. Kino saroyining bayramona bezatilgan foyesida bolajonlarni o‘zbek xalq ertaklari va multfilmlari qahramonlari libosidagi aktyorlar kutib oldi. Ular bolalar bilan raqs va suratga tushdi, turli xil o‘yin va viktorinalar tashkil etib, musobaqa g‘oliblariga taniqli teatr va kino aktyorlari sovg‘alar ulashdi. Shuningdek, bolalarga mo‘ljallangan kitoblar va yosh rassomlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Respublika qo‘g‘irchoq teatri aktyorlari spektakllardan parchalar namoyish etdi. Kino saroyining katta zalida taniqli estrada xonandalari Shahzoda, Ziyoda, Alisher Fayz va Jahongir Foziljonov hamda so‘z ustasi Valijon Shamshiyev bolajonlarni jozibador qo‘shiqlari va qiziqarli hangomalari bilan tabrikladi. Turli bolalar ansambllari o‘z chiqishlari bilan ishtirok etdi.
71
1,493
Madaniyat
O`zbek ayoli yaratgan san`at asari Istanbulda turistlar sonini ko`paytirdi
O`zbekistonlik rassom ayol Mahsuma Toshovaning aql bovar qilmas mahorati Istanbulning eng chekka go`shalaridan birining qiyofasini butunlay o`zgartirib yubordi.   Mahalliy aholining aytishicha, avvallari bu hududda o`g`rilik, talonchilik kabi holatlar ko`p bo`lgan.  Qizig`i shundaki, o`zbek rassomining bu ishidan so`ng Kadirga mahallasiga keladigan turistlar soni ortgan. Jinoyatchilik ham sezilarli darajada kamaygan.
74
420
Madaniyat
Ozoda Nursaidovaning vafot etgani haqida yolg‘on ma’lumot tarqaldi. Uning ahvoli ancha yaxshi
Xonanda Ozoda Nursaidova yurak xastaligi bilan shifoxonaga yotqizilgan edi. 10-fevral kuni Ozoda Nursaidova vafot etgani haqida yolg‘on ma’lumotlar ham tarqaldi. Ayni vaqtda Ozoda Nursaidovaning ahvoli yaxshilangan. Bu haqda xonandaning singlisi Nilufar Nursaidova jurnalist Feruz Muhammadga bergan qisqa intervyusida ma’lum qildi. “Ayni vaqtda opam shifoxonada davolanmoqdalar. Ahvollari ancha yaxshi. Shifoxonadan chiqqanlaridan so‘ng batafsil intervyu berib, barchasiga oydinlik kiritadilar”, — deydi Nilufar Nursaidova.
93
524
Madaniyat
BAFTA-2022 mukofoti g‘oliblari aniqlandi (video)
BAFTA (EE British Academy Film Awards) taqdirlash marosimi an’anaga ko‘ra Londonda bo‘lib o‘tdi. Ushbu tantanali marosimda asosiy mukofotlarni qo‘lga kiritgan g‘oliblarni e’tiboringizga havola etamiz. Eng yaxshi film – “It qudrati” Eng yaxshi britancha film – “Belfast” Eng yaxshi aktrisa – Joanna Skanlan “Muhabbatdan keyin” Eng yaxshi aktyor – Uill Smit “Qirol Richard” Eng yaxshi rejissor – Jeyn Kempion “It qudrati” Ikkinchi darajali eng yaxshi aktrisa – Ariana Debos “Vestsayd hikoyasi” Ikkinchi darajali eng yaxshi aktyor – “CODA: kar ota-onaning farzandi” Eng yaxshi ssenariy – Pol Tomas Anderson “Qizilmiyali pitssa” Chet tilidagi eng yaxshi film – “Mashinamning ruliga o‘tir” Eng yaxshi animatsion film – “Enkanto” Eng yaxshi vizual effekt – “Dyuna”  BAFTA-2022: Taqdirlash marosimida barchaning e’tiborini tortgan obrazlar (foto)
48
850
Madaniyat
O‘zbekistonlik san’atkorlar 7 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘ni jamoat fondiga yo‘naltirgani ma’lum bo‘ldi
AOKAdagi shtabda 27-aprel kuni o‘tkazilgan brifingda madaniyat vazirligi axborot xizmati rahbari Mavluda Asqarxo‘jayeva ijtimoiy tarmoqlarda tez-tez muhokama qilinayotgan mavzu, ya’ni o‘zbek san’atkorlarining karantin davrida aholiga qay darajada moddiy yordam ko‘rsatayotganiga to‘xtalib o‘tdi. “Respublikada koronavirus pandemiyasi tarqalishining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan muhim amaliy chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida vazirlik va uning tasarrufidagi hududiy boshqarmalar hamda respublika tashkilotlarida mehnat qilayotgan xodimlar, davlat teatri aktyorlari, san’atkorlar ham imkon qadar ko‘maklashmoqda. Shu paytga qadar ular tomonidan 7 milliard 112 million so‘m mablag‘ O‘zbekiston “Mehr-shafqat va salomatlik” fondiga yo‘naltirildi. Shuningdek, “Pharm plast holding” MChJ bilan hamkorlikda 2 milliard so‘m miqdordagi dori-darmon mahsulotlari ham xalqimizga yetkazib berish uchun O‘zbekiston “Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga yordam sifatida taqdim etildi”, — deydi Mavluda Asqarxo‘jayeva. Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonlik san’atkorlar koronavirusga qarshi kurashishga 1,7 milliard so‘m o‘tkazgani haqida xabar berilgandi.
101
1,178
Madaniyat
Kluni erkak yulduzlar orasida eng chiroyli yuz sohibi deb topildi
Amerikalik aktyor Jorj Kluni erkak yulduzlar orasida eng chiroyli yuz sohibi deb tan olindi. Bu haqda Daily Mail reytingiga iqtibos keltirgan holda “Korrespondent.net” xabar bermoqda. Nashrga ko‘ra, yulduz barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha 91,86 ball ishladi. Kuchli uchlikka, shuningdek, Bredli Kuper (91,80) va Bred Pitt (90,51) kirdi. Birinchi o‘nlikdan o‘rin olgan yulduzlar qatorida, shuningdek, xonanda Garri Stayls (89,63), futbolchi Devid Bekxem (88,96), aktyorlar Uill Smit (88,88), Idris Elba (87,93) va Rayan Gosling (87,48) bor. Ro‘yxatga One Direction guruhining sobiq a’zosi Zeyn Malik (86,5) va aktyor Jeymi Foks (85,46) yakun yasadi.
65
647
Madaniyat
Varaxsha arxeologiya ob`ektidan 100 dan ortiq metall buyumlar topildi
Varaxsha arxeologiya ob`ektidan topilgan 100 dan ortiq metall buyumlar madaniy meros laboratoriyasida konservasiya qilinmoqda, deyiladi Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi ma`lumotida.  Hozirgi kunda, vohaning Varaxsha massivi, qadimda Zarafshon suvlari bilan mo`l o`zlashtirilgan, lekin keyinchalik qumlar bosib, cho`l zonasiga aylangan yodgorliklarida asosan qo`shma O`zbekiston-Amerika (Nyu-York Univesiteti) bilan hamkorlikda arxeologik izlanishlar olib borilmoqda.  Natijada, ko`plab yangi topilmalar qo`lga kiritilgan va ta`mirlashga muxtoj. Bular ichida XI-XII asrlarga oid mis, bronza, kumush va qo`rg`oshindan yasalgan 100 dan ortiq metall topilmalar jamlanmasi Buxoro viloyati Madaniy meros Departamenti mutaxassislari hamkorligida Boshqarmaning ta`mirlash laboratoriyasida zamonaviy uskunalar yordamida zang(korroziya) qatlamlaridan tozalanmokda. Bu topilmalar Buxoroning tarixiga oid bo`lgan va bir necha turga bo`lingan metall eksponatlarni tozalash, ta`mirlash va konservasiya qilish ishlari tashkil qilinib, o`rganish ishlari boshlandi. Topilmalarni tozalash jarayonida yana bir bor, o`tmishda ota-bobolarimiz boy ilmu tafakurga, hunarmandchilikning ko`plab yo`nalishlarida yuksak yutuqlarga erishganliklarining guvohi bo`lmoqdamiz. Metallarning bir biriga o`zaro birikishiga, yasalgan buyumlarning bejirimligiga, metallar va qimmatbaho toshlarning o`zaro uyg`unlashishi va ularning sifatiga katta e`tibor qaratishgan. Masalan, zargarlik, kandakorlik, qo`yinki metallga ishlov berish san`atini yuksak cho`qqiga olib chiqqanlar.
69
1,548
Madaniyat
Xayao Miyazaki to‘liq metrajli yangi multfilm ustida ish olib bormoqda
Yaponiyalik multiplikator Xayao Miyazaki to‘liq metrajli yangi animatsion film ustida ish olib bormoqda. Bu haqda Ghibli studiyasi prodyuseri Tosio Suzuki ma’lum qildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”. “U ayni damda Tokioda ish olib bormoqda”, — dedi prodyuser. Uning so‘zlariga ko‘ra, Miyazaki prodyuserga yangi ish bo‘yicha qoralamalarini ko‘rsatgan. Avvalroq Miyazaki katta animatsiya olamiga qaytishiga ishora bergani xabar qilingan edi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
70
513
Madaniyat
Ellik yoshida mashhur bo‘lgan kichkina odam — katta aktyor Lui de Fyunes haqida qiziqarli faktlar
Taniqli fransuz aktyori Lui de Fyunes 50 yoshga kirganida tomoshabinlar e’tiboriga tushgan. U “Agar hammasi ortga qaytganida yana xuddi shunday yashashni istar edim” deya ta’kidlagan. Buyuk iste’dod sohibining hayot yo‘liga nazar tashlaymiz. Ota-onasi tomonidan Fyufyu deb nom berilgan aktyor dunyoga kelganiga uch kun bo‘lganida Birinchi jahon urushi boshlandi. Otasi olmos kesuvchi, onasi uy bekasi bo‘lsa-da, uning istaklarini qo‘llab-quvvatlagan. Luining o‘qishi yaxshi bo‘lmagan, shuning uchun ham ota-onasi muntazam ravishda maktabga chaqirtirilgan. U kollejni ham tamomlashni istamay, Kurbevua shahridan Parijga ko‘chib ketadi. Yoshligidanoq o‘nlab kasblarni o‘zida sinab ko‘rgan aktyor sutchi, pochtachi, rom ta’mirlovchi va poyabzal ustasi bo‘lishga ham ulgurgan. Lui yoshligidan musiqaga mehr qo‘ygandi. Bu borada ish faoliyatini kafe-barlarda pianino chalishdan boshlaydi. Uning muxlislari nafaqat musiqa tinglashga, balki qiziqarli imo-ishoralarini tomosha qilish uchun ham kelardi. Ikkinchi jahon urushi davrida harbiyga chaqirilgan Lui oradan bor oy o‘tib, ortga qaytarib yuborilgan. Nimjonligi va doimiy yo‘tali tufayli shifokorlar unga sil kasalligi tashxisini qo‘yadi. Aslida esa u ko‘p chekardi. Yo‘taldan aziyat chekkan aktyorning bo‘yi 164 santimetr, vazni esa 50 kilogrammdan biroz oshardi. Aktyorlik faoliyatini 1945-yilda boshlagan Lui 10 yil davomida faqatgina ikkinchi darajali hamda epizodik rollarni ijro etgan. Luining aytishicha, bu aktyorlik mahoratini boyitishda bosib o‘tilishi kerak bo‘lgan yo‘l edi. Past bo‘yli va ko‘rimsiz Lui barcha fransuz erkaklari kabi go‘zal ayollarga oshiq bo‘lgan. Shunga qaramay, u umri davomida ikki marta oila qurdi. Dastlab 22 yoshida uylangan aktyor ayoli bilan 6 yil davomida birga yashadi. So‘ngra 1943-yilda mashhur yozuvchi Gi de Mopassanning jiyani Janna Avgustinaga uylanadi va u bilan umrining oxirigacha birga yashadi. Aktyorning 130 dan ortiq komik rollari mavjud. Unga “Fantomas” va jandarmlarning  sarguzashti haqidagi bir necha film mashhurlik olib keldi. Lui har bir filmning premyerasi kuni kinoteatrlarga tashrif buyurardi, chiptachi va navbatda turgan odamlarning suhbatini tinglashni, chiptalar yaxshi sotilayotganini bilishni xohlardi. Komik aktyor hayotda ham quvnoq va xushmuomala inson edi. Lekin g‘azablangan paytida uni hech kim tanimay qolgan. Aslida bunday voqea umri davomida ikki marotaba ro‘y bergan. Birinchisi, teatr rejissori uning xotini haqida noto‘g‘ri fikr bildirgani uchun tuzilgan shartnomani bekor qilgan. Ikkinchisida, o‘g‘li kaskadyorsiz tryuk bajargani uchun kinostudiyada yaxshigina janjal ko‘targan. Luining uchta o‘g‘li bor, birinchi turmushidan Daniel ismli farzandi bo‘lib, afsuski, ular unchalik yaqin bo‘lmagan. Patrik va Olivye esa ota mehriga to‘yib ulg‘aydi. Patrik shifokor, Olivye esa dastlab aktyorlik sohasida faoliyat yuritdi. Hatto, otasi bilan birgalikda 6 ta filmda rol ijro etdi. So‘ngra uchuvchi bo‘lishni istagan Olivye aktyorlik faoliyatiga nuqta qo‘ydi. Aktyor 1983-yil 27-yanvarda 68 yoshida yurak xurujidan vafot etdi. Uning ayoli Luining o‘limidan so‘ng yana 32 yil yashadi. Janna farzandlar va nabiralari ardog‘ida 101 yil umr ko‘rdi. Mashhur filmda Fantomas obrazini gavdalantirgan aktyor hayotda qanday ko‘rinishga ega bo‘lgan?
97
3,273
Madaniyat
O‘z o‘limini sahnalashtirganlikda gumon qilingan mashhurlar
Quyidagi mashhurlarning muxlislari hali-hamon ularning hayotdan ko‘z yumganiga ishonolmaydi. Maykl Jekson Pop qiroli Maykl Jekson 2009-yilda uyqu dori vositalarini miqdoridan ko‘p qabul qilgani sabab vafot etgan. Qo‘shiqchining to‘satdan vafot etishi muxlislar va shou-biznes uchun katta yo‘qotish bo‘lgan. Jekson 1993—2003-yillar orasida norasida bolalar bilan bog‘liq jinoyatda ayblangan, qarzga botgan, kredit to‘lay olmagan. Bu kabi voqealardan kelib chiqib, xonanda muxlislari uni so‘nggi vaqtdagi doimiy tahqirlashlar va tushkunlikdan charchagan hamda yangi hayot boshlashga qaror qilgan degan fikrda. Elvis Presli Elvis 1977-yilda medikamentlarni miqdoridan ortiq qabul qilgani sabab hayotdan ko‘z yumgan. Qo‘shiqchi muxlislarining ta’kidlashiga qaraganda Elvis, shou-biznesni butkul tark etishni istagani sabab o‘zini o‘lganga chiqargan. Elvisning o‘limi sababini aniqlash uchun tergovning maxfiy o‘tkazilgani va ijodkor tanasi surati yo‘q ekani kabi faktlar esa yuqoridagi fikrning rost deb o‘ylashga asos bo‘ladi. Qolaversa, yillar o‘tganidan keyin Amerikada Preslining sirli farzand va nabiralari paydo bo‘lishi va ularning xonanda o‘limi e’lon qilingandan keyin ham tirik bo‘lganini ma’lum qilgani esa yanada ajablanarli. Malika Diana Qalblar malikasi deb e’tirof etiladigan Diana, 1997-yilda avtohalokat oqibatida vafot etgan. Shundan keyin ayrim muxlislar malikaning o‘limida qirolicha Yelizavettaning qo‘li bor deb o‘ylasa, boshqalar Diana jiddiy jarohat olishiga qaramay tirik qolgan deb hisoblagan. Taxminlarga ko‘ra malika, oddiy ayol kabi hayot kechirish hamda sobiq turmush o‘rtog‘i hayotiga soya solmaslik uchun qirollik oilasi bilan kelishuvga asosan go‘yo o‘lgandek bo‘lgan. Ushbu qarashning to‘g‘ri ekanini, Diana yopiq tobutda dafn qilingani va o‘limidan keyingi suratlar yo‘q ekani bildiradi. Merilin Monro 1962-yilda Gollivud yulduzi barbituratlarni ortiqcha miqdorda qabul qilgani oqibatida vafot etgan. Tergov natijasiga ko‘ra, esa uning o‘limini baxtsiz hodisa emas, o‘z joniga qasd qilish deb topilgan. O‘limidan avval aktrisa, psixologik tushkunlikdan aziyat chekkan va doimiy ravishda dori qabul qilgan. Ammo muxlislar bunga ishonmagan va uning o‘limi bilan bog‘liq ikki xil qarash vujudga kelgan. Birinchisi — u munosabatda bo‘lgan prezident Kennedi haqida ko‘p narsa bilgan va shu sabab mafiya tomonidan o‘g‘rilab ketilgan, ikkinchisi — Merilin o‘limi prezidentning o‘zi tomonidan sahnalashtirilgan, aktrisa bo‘lsa, Shveysariyadagi nervo-psixologik klinikaga joylashtirilgan. Tupak Shakur Rep ijrochisi 1996-yilda reanimatsiyada ko‘p qon yo‘qotishdan vafot etgan. Tupakning, tez yordam mashinasi hamda shifoxonada olingan suratlari borligiga qaramay, muxlislari uning tirik va sog‘lom ekaniga ishonadi. Shakurning sobiq soqchisi ham ushbu versiyani tasdiqlagan va reperni Kubada yashayotganini bildirgan. Bundan tashqari, qamoqqa olinish arafasida bo‘lgan qo‘shiqchining yo‘q bo‘lib qolishi unga qo‘l kelgan bo‘lishi mumkin degan qarashlar ham yo‘q emas.
59
2,994
Madaniyat
Sandra Bullok, Keyt Blanshett, Enn Xeteuey va Rianna! “Oushenning sakkiz dugonasi” filmi birinchi treyleri chiqdi
Warner Bros. studiyasi “Oushenning 11 do‘sti” filmi spin-offi — “Oushenning sakkiz dugonasi” filmining birinchi treylerini taqdim etdi, deya xabar bemoqda Meduza. Unda bosh rollarni aktrisalar Sandra Bullok, Keyt Blanshett, Enn Xeteuey, Mindi Keyling, Sara Polson, Akvafina, Rianna va Helena Bonem Karter ijro etgan. Film syujetiga ko‘ra, Debbi Oushen (Sandra Bullok) Dafni Klyuger (Enn Xeteuey)ning juda qimmatbaho taqinchog‘ini o‘g‘irlash uchun o‘ziga sherik to‘playdi. O‘g‘rilik Libos institutining Met Gala bal oqshomi vaqtida amalga oshirilishi kerak. Treylerning ruscha tarjimasi: “Oushenning sakkiz dugonasi” rejissor Geri Ross tomonidan suratga olingan. Film 2018-yil iyunida prokatga chiqadi.
113
703
Madaniyat
Di Kaprio, Tom Kruz va Silvester Stallone: Jarohatlanganiga qaramay rol ijro qilishdan to‘xtamagan aktyorlar (foto)
Film va seriallarda urush hamda jang sahnalarini dublyorlar ijro qiladi va qon hamda jarohatlarning hammasi pardoz bo‘ladi, deb o‘ylaganlar fikri quyidagi ma’lumotlardan keyin o‘zgarishi aniq. Tom Kruz 2018-yilda taqdimoti bo‘lib o‘tgan “Uddalab bo‘lmas topshiriq” filmining oltinchi qismida aktyor tomdan boshqa bir tomga sakrayotganida oyog‘i bilan devorning tepa qismiga urilgan. Og‘riq kuchli bo‘lishiga qaramay, mahoratli Tom rol ijro qilishda davom etgan. Leonardo Di Kaprio “Ozod Jango” (2012) filmining suratga olish jarayonida aktyor mushti bilan stol ustiga urgan. Shundan keyin ssenariyga kiritilmagan holat yuz bergan: musht zarbidan stakan singan va uning parchasi Leoning qo‘lini kesib yuborgan. Di Kaprio ham Tom Kruz singari og‘riqqa qaramay, ushbu sahnani oxirigacha o‘ynagan. Ammo aynan shu sahna filmni yanada yaxshi chiqishiga sabab bo‘lgan. Viggo Mortensen “Uzuklar hukmdori” (2001) filmining birinchi qismida Aragorn,  Legolas va Gimlining boshqa qahramonlarni o‘ldi deb o‘ylaydigan epizod bor. Sujetga ko‘ra, Mortensenning qahramoni Aragorn g‘azablanganidan shlemini yerga tashlaydi. Ushbu sahna bir necha marta suratga olingan, ammo rejissorning ko‘ngli to‘lmagan. So‘nggi urinishda Viggo shlemini kuch bilan tashlaganidan oyog‘ini ikki barmog‘ini shikastlab olgan. Ushbu haqiqiy emotsiyalar esa filmdan o‘rin olgan. Xarrison Ford Aktyor “Qochoq” (1993) filmida sujetga ko‘ra o‘rmon orqali qochishiga to‘g‘ri kelgan va aynan shu vaqtda oyog‘ini qayirib olib, payi uzilib ketgan. Shunga qaramasdan, shifoxonaga borish o‘rniga u rolini oxirigacha ijro qilgan. Diana Kruger “Sharafsiz vahshiylar” (2009) filmida Kristofer Valts ijro qilgan ofitser, Diana Kruger gavdalantirgan qahramon Brijitni qarshi tomonga ishlashini bilib qolganidan keyin uni bo‘g‘ishi aks etgan sahna bor. Aslida esa ishonarli chiqishi uchun aktrisani film rejissori Kventin Tarantinoning o‘zi bo‘g‘gan. Shu sabab ham Diananing emotsiyalari haqiqiy chiqqan. Silvester Stallone “Rokki-4” (1985) filmida Silvester, Dolf Lundgrendan uni ringda kuchliroq urishini so‘ragan. Dolf rozi bo‘lgan va uch marta qattiq urgan. Shundan keyin Stallonening nafasi qisib, ko‘krak sohasida og‘riq paydo bo‘lgan. U sahnani ijro qilib bo‘lganidan keyingina shifoxonaga borgan. Lundgren shunchalik zarb bilan urganidan uning yuragi jarohatlangan bo‘lgan. Martin Shin “Apokalipsis bugun” (1979) filmida mast holdagi qahramonning mehmonxona ichidagi sahnasi bor. Suratga olish jarayonida Martin rolga berilib ketganidan oynani urib, qo‘lini kesib olgan. Keyin esa xona bo‘ylab, hamma yerni qon qilib yugurib yurgan. Ushbu sahna filmdan ham o‘rin olgan.
115
2,631
Madaniyat
Sevara Nazarxon “Rossiya 1” kanalining “Yulduzlar bilan raqs” loyihasida chiqish qildi (video)
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sevara Nazarxon “Rossiya 1” telekanalining “Yulduzlar bilan raqs” (“Tansi so zvyozdami”) loyihasida chiqish qildi, deb yozadi “12news.uz”. 14-fevral kuni Sevara Aleksandr Nabiullin bilan birgalikda Billi Joelning Honesty qo‘shig‘i ostida nafis va yengil raqs ijro etdi. Eslatib o‘tamiz, Sevaraning raqs bo‘yicha sherigi sport bal raqslari bo‘yicha besh karra Portugaliya chempioni, uch karra Portugaliya kubogi sohibi, dunyo va Yevropa kubogi yarim finalchisi Aleksandr Nabiullindir.
94
523
Madaniyat
Disney premyeralar jadvalini yangiladi. “Qora beva” noyabrda, “Mulan” iyulda namoyish etiladi
Disney studiyasi koronavirus pandemiyasi sabab o‘zining premyeralar jadvalini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi. “Qora beva” 2020-yilning 6-noyabr kuni namoyish etiladi. “Mulan” esa 9-mart o‘rniga 24-iyul kuni katta ekranlarga chiqadi, deb xabar berdi “KinoPoisk”. Ko‘plab ko‘chirishlar sabab studiyaning premyeralar jadvali o‘zgarib ketdi. Endilikda uning ko‘rinishi quyidagicha: Bundan tashqari, Disney “Artemis Faul” fentezisini kinoteatrlarda namoyish etmaslikka qaror qilgan. Kennet Brananing kartinasi to‘g‘ridan to‘g‘ri Disney+ orqali namoyish etilgan ilk blokbasterga aylanadi.   “Yangi mutantlar”, “Oynadagi ayol”, “Bug‘u shoxi” va “Devid Kopperfild tarixi” filmlarining premyerasi o‘zgarishsiz qolgan.
93
707
Madaniyat
Aktyor Javohir Zokirov marhum Radius 21’ning bokschi Ruslan Chagayevga bag‘ishlangan qo‘shig‘ini “Zarb, O‘zbekiston” deb qayta kuyladi
Xonandalik faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yayotgan taniqli aktyor Javohir Zokirov Radius 21 taxallusi ostida ijod qilgan marhum xonanda Shahzod G‘ulomovning “Chagayev” nomli qo‘shig‘ini Z-BEK guruhi bilan hamkorlikda qayta kuyladi. “Zarb, O‘zbekiston” deb qayta nomlangan qo‘shiqqa ishlangan klip videosi Javohir Zokirovning Facebook’dagi sahifasida e’lon qilingan. Radius 21 bokschi “Chagayev” nomli qo‘shig‘ini Ruslan Chagayevning 2007-yili rossiyalik charm qo‘lqop ustasi Nikolay Valuyev ustidan erishgan tarixiy va mashhur g‘alabasidan so‘ng kuylagan edi. Yangidan kuylangan qo‘shiqda naqoratdagi “Chagayev”, “Ruslan” so‘zlari “O‘zbekiston” so‘zi bilan almashtirilgan. “Zarb, O‘zbekiston” qo‘shig‘i klipida asosan sport musobaqalari lavhalaridan foydalanilgan, shuningdek, unda o‘tmishning taniqli futbolchilaridan biri Azamat Abduraimov ham suratga tushgan. So‘nggi yillarda “O‘zbekkino” milliy agentligi buyurtmasiga asosan suratga olingan “Sotqin”, “Baron” filmlaridagi ishtiroki bilan qaytadan kashf etilgan aktyor Javohir Zokirov so‘nggi intervyularida xonandalik faoliyatini ham qayta yo‘lga qo‘ymoqchi ekani, bir qator qo‘shiqlariga kliplar tayyorlaganini aytib o‘tgan edi. Ma’lumot uchun, Javohir Zokirov va Radius 21 o‘z vaqtida ijodiy hamkorlik qilgan. Xususan, bosh rolida Javohir Zokirov o‘ynagan “To‘ylar muborak 2” filmi uchun saundtrekni Radius 21 guruhi Javohir Zokirov bilan birga kuylagan edi.
134
1,412
Madaniyat
Alla Pugachyovaning 4 yoshli qizi aktrisalik mahorati bilan tomoshabinlar qalbini zabt etdi
Shu kunlarda  Moskva shahrida Yudashkin kids bolalar uchun mo‘ljallangan kiyimlar namoyishi o‘tkazildi, deb xabar beradi Photoshedevr. Mazkur to‘plam namoyishida rossiyalik taniqli san’atkorlarning farzandlari model vazifasini bajardi. Ular podiumga bolalar oqshom liboslarini kiyib chiqdi. Alla Pugachyova, Tatyana Navka va Jasmin kechaning haqiqiy yulduziga aylandi. Biroq, kichkina Liza barchaning qalbini zabt etdi. Yangi bolalar kiyimlari to‘plamlari muallifi Galina Yudashkina hisoblanadi. Biroq dizaynerning o‘zi namoyishda ishtirok eta olmadi. Sababi, Galina ikkinchi marta ona bo‘lishga tayyorlanmoqda va hozir Amerikada. Namoyishda shuningdek, Filipp Kirkorovning farzandlari Alla-Viktoriya va Martin, Tatyana Navkaning qizi Nadejda va Jasminning qizi Margarita ham ishtirok etdi. Alla Pugachyovaning muxlislari 4 yoshli Lizaning sahnada o‘zini tutish madaniyati, aktrisalik mahoratiga yuqori baho bergan.
91
917
Madaniyat
Jeyson Momoa “Akvamen”ning saratonga chalingan yosh muxlisi bilan videoqo‘ng‘iroq orqali bog‘lanib, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini ta’sirlantirdi (video)
O‘tgan hafta “Akvamen” yulduzi Jeyson Momoa o‘zini haqiqiy qahramonlardek tutdi. Aktyor kam uchraydigan miya saratonidan aziyat chekuvchi Denni Shien ismli yosh muxlisi bilan videoaloqa orqali bog‘langan, deb xabar beradi “Film.ru”. Bunga qadar Shien ishtirokidagi video internetda virus kabi tarqalgan edi. Unda bolakay sovg‘a qutisini ochib, ichidan “Akvamen” o‘yinchog‘ini topib oladi va xursandligidan “Ey, Xudo, u mening sevimli qahramonim — Akvamen!” deya baqiradi. Rolikdan xabar topgan Momoa FaceTime orqali Shien bilan bog‘lanishga qaror qilgan. Aktyor bolakay bilan delfinlarni yaxshi ko‘rishi haqida gaplashgan. U hech qachon tirik delfinlarni ko‘rmaganini aytgach, Momoa buni hal etishga va’da bergan. Shuningdek, Denni Momoaga o‘zining “Akvamen” o‘yinchog‘ini ko‘rsatgan, aktyor esa keyingi missiyasi Shienga qahramonning haqiqiy uch shoxli nayzasini sovg‘a qilish bo‘lishini ma’lum qilgan. Jeyson Momoa ushbu suhbat videosini o‘zining Instagram’dagi sahifasiga joylashtirgan. Aktyorning folloverlari ushbu holatdan ta’sirlanib, unga maqtovlar yog‘dirgan. Avvalroq Kianu Rivz bilan 15 daqiqalik uchrashuv auksionda sotilayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Aktyor uchrashuvdan tushgan pullarni saratonga chalingan bolalar va ularning oilalariga topshiradi.  Futbolchi Xalk saraton xastaligiga chalingan bola uchun ko‘chada qo‘shiq kuyladi
158
1,355
Madaniyat
Sevara Nazarxon “Nayti i poteryat” qo‘shig‘iga ishlangan klipini taqdim etdi (video)
Avval va’da berilganidek, 15-sentabr kuni Sevara Nazarxon o‘zining “Maktublar” (“Pisma”) albomiga kiruvchi “Topmoq va yo‘qotmoq” (“Nayti i poteryat”) qo‘shig‘iga ishlangan klipini taqdim etdi. Bu haqda qo‘shiqchining rasmiy sayti xabar bermoqda. Klip premyerasi Sevaraning Youtube’dagi rasmiy kanalida bo‘lib o‘tdi. “Topmoq va yo‘qotmoq” klipi syomkasi Rossiyaning Kalujskaya viloyatidagi Nikola-Lenivets qishlog‘ida bo‘lib o‘tdi. Rejissor fikricha, klip yorug‘ va iliq xususiyat kasb etdi. “Sevara unda qahramonlar orasidan o‘tib ketadigan his-tuyg‘ular va lahzalar rolini ijro etdi. Klip kundalik hayotda biz qo‘ldan chiqarib yuboradigan, biz uchun ahamiyatsiz bo‘lgan onlarning qadr-qimmati haqida so‘zlaydi”, — dedi klip rejissori. Xabarda eslatilishicha, 24-oktabr kuni Moskvadagi Crocus City Hall konsert zalida qo‘shiqchining yakkaxon konsert dasturi bo‘lib o‘tadi.
84
873
Madaniyat
Vanessa Mey Toshkentda Yoshlar simfonik orkestri bilan birga xayriya konserti berdi (foto)
“O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida Yoshlar simfonik orkestri hamda Buyuk britaniyalik skripkachi va kompozitor Vanessa Meyning xayriya konserti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi. Dastur yoshlar, san’at, madaniyat namoyandalari, mamlakatda faoliyat ko‘rsatayotgan diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar, turli vazirlik, idoralar, jamoatchilik vakillari e’tiboriga havola etildi. — Bu konsert yoshlarimiz uchun o‘ziga xos tuhfadir, – deydi Yoshlar simfonik orkestri dirijyori Kamoliddin O‘rinboyev. – O‘zbekiston va jahon kompozitorlari asarlaridan iborat ushbu dastur tomoshabinlarga manzur bo‘ldi, deb o‘ylayman. Mazkur ijodiy jamoaning jahonga mashhur dirijyorlar, musiqachilar, opera xonandalari bilan birgalikda taqdim etgan konsertlarini san’at ixlosmandlari yaxshi biladi. Bu galgi konsert Buyuk britaniyalik musiqachi Vanessa Mey ishtirokida tashkil etilgani O‘zbekiston madaniy hayotida o‘ziga xos voqelik bo‘ldi. Musiqiy kechada jahon va o‘zbek kompozitorlari asarlaridan namunalar O‘zbekiston yoshlar simfonik orkestri hamda britaniyalik musiqachi ijrosida yangradi. Muxlislarning davomli olqishi konsertga berilgan eng xolis baho bo‘ldi.
90
1,166
Madaniyat
Xip-xop dunyo bo‘yicha eng ommabop musiqiy janr ekanligi aniqlandi
Dunyo bo‘yicha eng ommabop musiqiy janr xip-xop ekanligi aniqlandi, deb xabar beradi “Korrespondent.net” Spotify musiqiy xizmati ma’lumotlariga tayanib. Spotify musiqiy xizmati o‘zining foydalanuvchilari tanlovini tahlil qilib chiqib, dunyoning interaktiv musiqiy xaritasini chop etdi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, xip-xop qo‘shiqlari, geografik joylashuvdan qat’iy nazar, pleylistlarda boshqa musiqiy janrlarga qaraganda ko‘proq uchraydi. Spotify musiqiy xizmati 2008-yilning oktabr oyidan ishga tushgan. Uning ma’lumotlar bazasi 20 milliarddan ortiq treklardan iborat bo‘lib, ular har oyda ikki marta yangilab turiladi. Spotify obunachilari soni 20 million kishini tashkil etadi.
66
682
Madaniyat
Instagram: Ronalduning rafiqasi bilan sayr qilgan Asal Shodiyeva, Shahzodaning turmush o‘rtog‘idan uzr so‘ragan Timati
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining yaqin soatlarda Instagram sahifalariga joylagan foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz. Aktyor Azamat Ahrorov “Mening sevgilim” nomli filmda Sug‘diyona Azimova bilan partnyor bo‘lganligini ma’lum qildi. Yodingizda bo‘lsa ular “Qaysarginam” filmida ham birga suratga tushishgandi. Sobiq “Setora” guruhining a’zosi Laylo seriallardan birida suratga tushayotganini ma’lum qildi. Xonanda Nigora barchaga xayrli kun hamda boshlangan hafta barokatli kelishini tilagan. Kuzatuvchilariga hamisha pozitiv kayfiyatda bo‘lish lozimligini ta’kidlagan. Aktrisa Sevara Soliyeva sahifasiga diniy libosda tushgan suratini joyladi. Muxlislaridan birining “San’atni tark etdingizmi?” degan savoliga “Yo‘q, islomiy qo‘shiqlar, salovatlar kuylamoqchiman. Borimcha rolga taklif etishsa, albatta, ijro etaman” deb javob qaytargan. Madina Mumtoz otasi vafot etgan sana munosabati bilan folloverlaridan marhumning haqqiga duo qilishni so‘radi. Yangi albom uchun fotosessiya o‘tkazgan Munisa Rizayeva suratlardan birini sahifasiga joylab, mazmunli post  qoldirdi. Nilufar Usmonova sahifasiga yangi suratini joyladi. Kuzatuvchilarining ko‘pchiligi xonandaning go‘zal qomati siri nimada ekanligiga qiziqdi. Yaqinda turmushga chiqqan Ganya Usmonova turmush o‘rtog‘i bilan O‘zbekiston tog‘lari bo‘ylab  sayohat qilmoqda. Aktrisa va boshlovchi Rayhon Ulasenova “Zirapcha” ko‘rsatuvining to‘rtinchi mavsumiga start berilganligini ma’lum qildi. Rejissor Jahongir Ahmedov yangi film hamkorligi uchun Minsk shahriga yo‘l oldi. Dubayda Asal Shodiyeva mashhur futbolchi Krishtianu Ronalduning rafiqasi Jorjina Rodriges bilan hayvonot bog‘ida sayr qilganligi haqida strois’da aytib o‘tdi. Aktrisa Shahzoda Muhammedovaning turmush o‘rtog‘i Marat Xayrullayevich Dubayda mashhur reper Timati tufayli tug‘ilgan kunida kayfiyati buzilgani haqida so‘zlab berdi. Ushbu postdan so‘ng Timati Marat bilan bog‘lanib, undan kechirim so‘ragan. Yulduz Usmonova dam olish uchun Dabayga yo‘l oldi. Unga turmush o‘rtog‘i va qiziqchi Halima Ibragimova hamrohlik qilmoqda.
118
2,081
Madaniyat
“Ayoz bobo”, “Qor malikasi” kabi mashhur filmlardagi aktyor bolalarning hozirgi ko‘rinishi (foto)
Biz uchun sevimli bo‘lgan bola qahramonlar rolini ishtirok etgan aktyor va aktrisalar allaqachon katta bo‘lgan va ayrimlari boshqa kasbni tanlagan. Natalya Sedix Mashhur roli: “Ayoz bobo”(1964) filmidagi Nastenka Ayni vaqtda: 71 yosh, aktrisa Bolaligida aktrisa bo‘lishni istamagan Natalya, muz ustida konki uchish sporti bo‘yicha shug‘ullangan va televizor orqali chiqishidan keyin rejissor Aleksandr Rouning e’tiborini tortgan. Shundan keyin rejissor uni “Ayoz bobo” filmida suratga tushishga taklif qilgan. Oradan 4 yil o‘tib, uning yana bir “Olov, suv va … mis trubalar” filmida suratga tushgan. Aktrisa 1969-yilda xoreografiya bilim yurtini bitirib, “Katta teatr”ning balet guruhi a’zosiga aylanadi. So‘nggi marta 2010-yilda suratga tushgan aktrisa teleshoularda ishtirok etib turadi. Yelena Proklova Mashhur roli: “Qor malikasi” (1966) filmidagi Gerda roli Ayni vaqtda: 66 yoshda, teatr va kinoda suratga tushadi hamda teleboshlovchilik qiladi Yelena bolaligida aktrisa bo‘lishni emas, gimnastika bilan shug‘ullanishni istagan. 11 yoshida sport ustasi bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan Yelena, 12 yoshida ilk bor “Qo‘ng‘iroq chalinmoqda, eshikni oching” filmida suratga tushgan. Oradan bir yil o‘tib “Qor malikasi” filmida bosh qahramon rolini ijro qilgan. Shundan keyin u ko‘plab film va seriallarda suratga tushgan. 2006-yilda teleboshlovchilik faoliyatini boshlagan Proklova ayni vaqtda “Andreyevskiy bayrog‘i” filmida suratga tushmoqda. Anna Ashimova Mashhur roli: “Afsungarlar” (1982) filmida Nina Puxova Ayni vaqtda: 46 yoshda, uy bekasi Anna, Pionerlar saroyida raqs va qo‘shiq aytish bilan mashg‘ul bo‘lgan bir vaqtda, rejissor asistenti mitti Nina roli uchun ijrochi izlab kelgan. U kastingdan o‘tib filmga tasdiqlangan. Ammo ushbu rol uning aktrisalik faoliyatidagi birinchi va oxirgi roli bo‘lgan. U iqtisodiy informatika fakultetini bitirib biroz vaqt jurnalda ishlagan. Shundan keyin turmushga chiqib farzandli bo‘lgan va o‘zini oilasiga bag‘ishlagan. Makoley Kalkin Mashhur roli: “Uyda yolg‘iz (1990) filmidagi Kevin Makkalister Ayni vaqtda: 40 yoshda, Bunny Ears saytiga egalik qiladi Muxlislarga Kevin sifatida yaxshi tanish bo‘lgan Makoley, 90-yillarda mashhurlik cho‘qqisida bo‘lgan. U “ Mening qizim”, “Yaxshi o‘g‘il”, “Boyvachcha Richi” va boshqa filmlarda ham suratga tushgan. 1995-yil Makoley Kalkin tarixda brinchi bo‘lib eng ko‘p maosh oladigan bolalar aktyoriga aylandi, u “Uyda yolg‘iz” filmi uchun 4,5 million dollar olgan. 2012-yilda u tomonidan asos solingan The Pizza Underground rok-gruppasi 4 yildan keyin faoliyatini to‘xtatgan. Makoley ayni vaqtda Parijda yashaydi. O‘zining Bunny Ears saytida esa turli mavzu va podkastlar berib boradi. Ross Melinjer Mashhur roli: “Sietllik bedorlar (1993) filmidagi Jon Bolduin Ayni vaqtda: 35 yosh, menejer Mazkur rolidan keyin Ross yana 30 ga yaqin filmda suratga tushgan, ammo 2006-yilda aktyorlik faoliyatiga nuqta qo‘ygan. Ayni vaqtda Automotive Legends kompaniyasida menejer. Erik Lloyd Mashhur roli: “Santa-Klaus” (1994) filmida Charli Kelvin Ayni vaqtda: 33 yoshda, LP Studios ovoz yozish studiyasi asoschisi 1,5 yoshida reklamaga suratga tushgan Erik keyinchalik Gollivud ijodkorlari e’tiboridan chetda qolmagan. “Santa-Klaus”da suratga tushganida 8 yoshda bo‘lgan aktyor mashhurlikka erisha boshlagan. Shundan keyin u “Santa-Klaus 2” (2002), “Santa-Klaus 3” (2006) filmlarida suratga tushgan. Ayni vaqtda u LP Studios ovoz yozish studiyasi asoschisi hisoblanadi. Sara Rouzen Frutman Mashhur roli: “Ijaraga oila” filmidagi Zoi roli Ayni vaqtda: 30 yoshda, antropolog “Tungi kelgindilar” filmi 5 yashar Sara uchun debyut bo‘lgan. “Ijaraga oila” filmidagi roli esa unga mashhurlik olib kelgan. So‘nggi marta “Omelaning o‘g‘illari” filmida suratga tushgan. Sara universitetda antropologiya yo‘nalishida ta’lim olgan, ammo ayni vaqtda nima bilan shug‘ullanishi ma’lum emas. Tomas Brodi-Sangster Mashhur roli: “Haqiqiy sevgi” (2003) filmidagi Denielning o‘gay o‘g‘li Ayni vaqtda: 29 yoshda, aktyor va musiqachi Yulduzlar oilasida dunyoga kelgan Tomas, 12 yoshida debyut rolini ijro qilgan. “Kafil”dagi rolidan keyin esa mini-serialdagi eng yaxshi aktyor deb topilgan. “Haqiqiy sevgi” filmida Sem rolini ijro qilgan aktyor, “Tristan va Izolda”, “Mening qattiqqo‘l enagam” filmlari va “Taxtlar o‘yini” serialida suratga tushgan. U ayni vaqtda aktyorlik faoliyatini davom ettirib kelmoqda. Alina Bulinko Mashhur roli: “Archalar” (2010) filmining birinchi qismida Varya Ayni vaqtda: 22 yoshda, aktrisa Bolaligidan balet bilan shug‘ullangan Alina, yetti yoshida Chaykovskiy hayoti haqidagi filmda suratga tushgan. Maxsus ingliz maktabida ta’lim olgan Bulinko, 2007-yilda “Baribir ham sevaman” teleserialida suratga tushgan. “Archalar” filmidagi roli unga mashhurlik olib kelgan. Shundan keyin aktrisa suratga tushishda davom etgan. U Rossiya davlat gumanitar universitetining psixologiya fakultetini tamomlagan.
97
4,888
Madaniyat
O‘zbekistonlik dasturchi yosh kitobxonlar uchun mukofot jamg‘armasi 15 mln so‘m bo‘lgan tanlov e’lon qiladi
O‘zbekistonlik dasturchi Alisher Tojiyev yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib etuvchi tanlovni e’lon qilish arafasida ekanligini ma’lum qildi. Tanlovda ishtirok etuvchi 14—17 yoshli o‘smirlarning 3 nafari 5 million so‘mdan jami 15 million so‘m miqdoridagi pul mukofotiga sazovor bo‘ladi. Hozirda tanlov shartlari qay tartibda bo‘lishini aniqlash va uning qoidalarini ishlab chiqish uchun internet tarmog‘ida so‘rovnoma joylashtirilgan. Bu bilan ishtirokchilarni moddiy qo‘llab-quvvatlamoqchi emasman. Ular orzularidagi biror bir buyumni olishlari uchun kitob o‘qishlarini istayman. Kelajakda kitob o‘qishni davom ettirsalar, orzulariga yetishishlari uchun mening tanlovim yoki 5 million kerak bo‘lmaydi. Bundan tashqari, tahsil olgan maktabim kutubxonasiga 5 million so‘m miqdoridagi kitoblarni sovg‘a qilishni rejalashtirganman. O‘zim kitoblarni ulashish uchun taqdimotda qatnashib, eng sevimli asarlarimga izoh berib o‘tmoqchiman. Bu bilan yurtimizda faoliyat yuritayotgan boshqa tadbirkorlarni ham savob ishga chorlab qolaman. Alisher Tojiyev, dasturchi Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 12-yanvar kuni “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishni imzoladi. Shundan so‘ng mamlakatda kitobxonlikni targ‘ib qiluvchi tadbirlar yanada ko‘paydi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
107
1,523
Madaniyat
“Bajarib bo‘lmaydigan topshiriq 5” dam olish kunlarining o‘zida 56 million dollar to‘pladi
Maxsus agent Itan Xantning sarguzashtlari to‘g‘risida hikoya qiluvchi “Bajarib bo‘lmaydigan topshiriq 5: qochqinlar qabilasi” filmi ilk dam olish kunlaridayoq 56 million dollar to‘plab, Amerikadagi eng daromadgir filmlar ro‘yxatini boshqardi. Bu haqda The Hollywood Reporter nashriga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda. Dastlabki namoyishi Vena operasida o‘tkazilgan film AQSh kinoteatrlarida 31-iyul, juma kunidan boshlab qo‘yilmoqda. “Ta’til” (14,9 million dollar), “Chumoli-odam” filmlari (12,6 million) hamda “Minonlar” multfilmi ham (12,2 million) eng kassabop kartinalar qatorida qayd etilgan.
90
601
Madaniyat
Qamoq, giyohvand modda va baxtsiz hodisalar: Mashhurlar farzandlarining fojiali qismati
Mashhurlikka erishgan hammaning ham shaxsiy hayoti muxlislar o‘ylaganidek mukammal emas. Ular karyera borasida omad bilan siylangan bo‘lishi mumkin, lekin taqdir borasida hech narsa kafolatlanmagan. Kameron Duglas Aktyor Maykl Duglasning birinchi turmushidan dunyoga kelgan o‘g‘li Kameron giyohvand moddalar bilan bog‘liq muammo sabab 13 yil qamoqda o‘tirgan. Kichik Duglas “Oilaviy qadriyatlar” filmida otasi bilan birga suratga tushgan. Bu uning birinchi va oxirgi filmi bo‘lgan. 2010-yilda u giyohvand moddalarni saqlash va tarqatishda ayblanib, 5 yil qamoq jazosini o‘tashga hukm qilingan. Bir yil o‘tib qamoqda giyohvand modda iste’mol qilgani sabab yana qo‘shimcha yillar berilgan. Giyom Depardye Jerard Depardyening o‘g‘li spirtli ichimliklarga qaramlikdan aziyat chekkan va 37 yoshida vafot etgan. Giyom va aktyor o‘rtasidagi munosabatlar iliq bo‘lmasligiga qaramay, o‘g‘lining hayoti otasinikiga o‘xshab ketgan — bir necha marta qamoqda o‘tirib chiqqan va spirtli ichimliklardan voz kecha olmagan. Qandli diabeti bor bo‘lgan Giyom virus yuqtirib olganidan keyin vafot etgan. Seyj Stallone Silvester Stallonening o‘g‘li 36 yoshda vafot etgan. 2012-yil 13-iyunda aktyor o‘g‘lining tanasi o‘lik holda Los-Anjelesdagi uyidan topilgan. OAV Seyjning giyohvand moddalarni ko‘p miqdorda iste’mol qilishda hayotdan ko‘z yumganini bildirgan. Uning do‘stlari ushbu ma’lumotni inkor qilib, uning o‘limiga yurak xuruji sabab bo‘lganini bildirgan. Jett Travolta Aktyorning o‘g‘lida epileptik tutqanoq takrorlanib turgan. 2011-yilda navbatdagi tutqanoq vaqtida boshi bilan vannaga yiqilgan. Shunda aktyor o‘g‘liga Kiyasaki sindromi tashxisi qo‘yilgani va u ikki yoshligida o‘limdan saqlab qolinganini bildirgan. Yillar o‘tib Silvester yurakni chil-parchin qiladigan ochiq maktub bilan bo‘lishgan. “Aytishlariga qaraganda, ota-onani yo‘qotishdan og‘irrog‘i bo‘lmaydi. Eng qiyini bu o‘stirgan, har kuni sevgingni berib, kuzatgan farzandning o‘limi”, — deb yozadi aktyor. U o‘g‘li uning bor-u yo‘g‘i bo‘lganini aytib, hayot qisqaligi sabab ota-onalarni farzandi bilan, farzandlarni esa ota-onasi bilan birga vaqt o‘tkazishga chaqiradi. “Kunlardan bir kuni telefondan bosh ko‘tarib qaraganda ular yoningizda bo‘lmasligi mumkin”, — deydi.
87
2,231
Madaniyat
Instagram: Otabek Mirzaxolov yangi mashina xarid qildi, Sitora Farmonova qanday insonga turmushga chiqadi? Nuriddin Hamroqulov xonadonida to‘y
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. “Xursandchiligingizni undan xursand bo‘ladiganlar bilan bo‘lishing”, demoqda Shahzoda. El suygan san’atkor Nuriddin Hamroqulov nevarasini uylantirdi. Javohir Zokirov onasi Gavhar Zokirovani tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi hamda bolalikdagi arxiv surati bilan bo‘lishdi. Ra’no Shodiyeva kelini Anastasiyaning tug‘ilgan kuni munosabati bilan oilasida tashkillashtirilgan bayramni videoga muhrladi. Munisa Rizayeva go‘zallik oddiylikda ekanligi haqida mulohaza yuritdi. Sitora Farmonova qachon va qanday insonga turmushga chiqishi haqidagi savolga javob berdi. Shahzoda Muhammedova turmush o‘rtog‘i bilan tanishish tarixini so‘zlab berdi. “Bravo” kulgi jamosi vakili Otabek Mirzaxolov sariq rangdagi avtomobil xarid qildi hamda Ahad Qayumdan sochi rangini o‘zgartirishini so‘radi. Kanizaning “Bir bora” deb nomlangan klipi 10 million marta tomosha qilindi. Malika Ravshanovaning “Layli” deb nomlangan qo‘shig‘iga ishlangan klip taqdim etildi. Muqaddas Sa’dullayeva qizi Sa’diyaning tug‘ilgan kunini nishonladi. 20 yil avval “Muhabbat sinovlari” filmida suratga tushgan qiz Sarvinoz turmushga chiqdi. To‘yda Manzura xizmatda bo‘lib, filmdagi mashhur qo‘shiqni kuylab berdi. Rixsitilla Abdullayev qaynatasi Yoqub Ahmedovdan eshitgan tanbehlari haqida gapirdi.
142
1,400
Madaniyat
“Sevgi iztirobi” aktyorlari hozir qaysi film va seriallarda suratga tushmoqda?
Turk kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan “Sevgi iztirobi” seriali qiziqarli sujeti, mahoratli aktyorlar jamoasi tufayli ko‘plab xalqaro mukofotlarga sazovor bo‘ldi. Unda bosh rollarni ijro etgan Burak O‘zchivit, Neslihan Atagul, Kaan Urganjio‘g‘lu, Melisa Asli Pamuk kabi aktrisalar nafaqat turkiy tilli mamlakatlar, balki Yevropa davlatlarida ham mashhurlikka erishdi. Quyida serial aktyorlari hozir qanday filmlarda suratga tushayotgani haqida ma’lumotlar keltiriladi. Burak O‘zchivit (Kamol) View this post on Instagram Turkiyaning eng ko‘rkam aktyori Burak O‘zchivit “Sevgi iztirobi”dan keyin bir necha filmlarda qatnashdi. U “Qurilish: Usmon” tarixiy dramasida bosh rolni ijro etdi. Hozirda bu serial bir necha mamlakatlarda namoyish etilmoqda. Burak O‘zchivit “Muhtasham yuz yil” tarixiy serialida ishtirok etib, katta tajriba orttirgan. Shu sababdan ham u jangovar hukmdor obrazlarini muvaffaqiyatli ijro eta oladi. Neslihan Atagul (Nihon) Mahoratli aktrisa Neslihan Atagul “Sevgi iztirobi”dan keyin qisqa tanaffus oldi. OAV aktrisani hatto birinchi farzandiga tayyorgarlik ko‘rayotganlikda gumon qildi. Ammo 2018-yili “Tub” qisqa serialida aktyor Ilker Kaleli bilan birgalikda rol ijro etdi. Hozir Neslihan “Elchining qizi” dramasida ishtirok etyapti. Serial allaqachon yuqori reyting olib, ko‘plab muxlislar e’tiboriga tushdi. Aktyor Engin Akyurek Neslihanning partnyoriga aylandi. Kaan Urganjio‘g‘li (Amir) Xarizmatik aktyor Kaan Urganjio‘g‘li “Sevgi iztirobi”dagi Amir rolidan  keyin “Sevgi 101” yoshlar dramasida Kamol ijobiy obrazini gavdalantirdi. Ma’lum bo‘lishicha, serial ikkinchi mavsumga ham uzaytiriladi.  Xazal Feliz (Zaynab) “Sevgi iztirobi”dan keyin Xazal Felizga filmlarda bosh rollar uchun takliflar tusha boshladi. 2017-yilda aktrisa “Uyqu” serialida rol ijro etdi. Yaqinda “Qahraton” dramasida suratga tushish ishlarini yakunladi Melisa Asli Pamuk (Asu) Aktrisa Melisa Pamuk Asu rolidan keyin “To‘qnashuv” serialidagi obrazi bilan ham muvaffaqiyat qozondi. Hozirda aktrisa “Yangi hayot” serialida suratga tushishni boshladi. Zerrin Tekindor (Laylo) “Sevgi iztirobi”da tomoshabinlarning sevimli obrazlaridan biri Laylo – aktrisa Zerrin Tekindorni “Sovuq” dramasida ham ko‘rish mumkin. Aktrisa bundan oldin “Lochin adiri” serialida suratga tushgan. Chagla Demir (Bonu) “Sevgi iztirobi”dagi yana bir go‘zal obraz Bonu aktrisa Chagla Demir tomonidan ijro etilgan. Yaqinda aktrisa “Qo‘limni qo‘yib yuborma” serialida suratga tushishni yakunladi.
78
2,495
Madaniyat
Ibodatxona bo`lgan buyuk inshootlar tarixini bilasizmi?
Dunyoda mavjud xalqlar, davlatlarning barchasi tarixda e`tiqod yo`lida qurilgan buyuk inshootlari bilan tanilgan. Zero, e`tiqod odamzotning eng teran va go`zal ma`naviy-ma`rifiy ehtiyoji. U turli xalqlarni bir g`oya atrofida birlashtirgan.  Alabatta, ko`pgina tarixiy ibodatxonalar yovuz urushlar, bosqinlar davrida yakson etilgan, barbod bo`lgan. Ammo o`z davri odamlarining qalbidagi diniy ishonch qadar mustahkam qurilgan, yoki insoniyat tomonidan saqlab, asrab-avaylab kelinayotgan, necha yuz yillar o`tgan bo`lishiga qaramay o`z mahobati va ulug`vorligi bilan odamzotni hayratga solib kelayotgan mashhur inshootlar borki, ular bizga ota-bobolarimizning imon-e`tiqodi haqida so`ylaydi. Keling, bugungi maqolamizda ana shunday mahobatli va buyukdiniy ibodatxona bo`lgan inshootlardanayrimlarining  tarixi  bilan tanishamiz.   Baxtiyor Namozov, Samarqand viloyati Bulung`ur tumanidagi 5-umumta`lim maktabning tarix fani o`qituvchisi: –Eng tarixiy ibodotxona deya ta`riflanuvchi inshoot bu qadimgi Yunonistonda joylashgan Poseydon ibodatxonasidir.U milloddan avvalgi 440 yilda qurilgan va to`rt asr davomida qadimigi dinning so`nggi tanazzuligacha, miloddan avvalgi I asrga qadar dengizlar Xudosi – Poseydonni ulug`lagan. Bino yarim gektar maydonda joylashgan bo`lib, tantanali ustunlar bilan o`ralgan. Asosiy bino markazda va ikkala tomonidan uzun yopiq galareyalar bo`lgan. Ma`bad qadimgi Yunonistonda diniy binolar uchun klassik uslub hisoblangan peripter shaklida qurilgan.Arxitektor Poseydon ziyoratgohi ko`rinishini Agrilese marmarlari,  ulug`vor haykallari, ko`plab ustunlari, afsonaviy janglar sahnalari tasvirlangan frizlar va uning markazida ulkan Xudo haykali bilan ifodalagan. Ma`badning asosini tashkil etgan 16 ta ustunidan 9 tasi bizning davrimizgacha saqlanib qolgan. Shuningdek, ichki makonni bezatgan Parian marmaridan yasalgan bir nechta kichik haykallar arxaik xarobalarning ko`lami va tantanaliligilandshaftlar fonida yana-da betakror taassurot qolidiradi. Poseydon ibodatxonasi Egey dengizining feruza suvlariga qaraydigan qoya cho`qqisida qurilgan. Bu maskan manzaralari bilan insonni hayratga solibgina qolmay, afsonalari va tarixi bilan qadrlidir. Ulardan biri bizgacha etib kelgan. Afsonada aytilishicha, Qirol Egey o`g`li Teseyni Gresiyani ulkan halokatdan qutqarish uchun Krit orolidagimonistr Minotavrni yo`q qilish uchun yuboradi. Unga Afinaning eng go`zal o`g`il qizlari qurbon qilinadi. Krit oroliga ulkan kemada suzib ketishdan oldin Egey o`g`liga agar g`alaba qozonsa oq elkanlar ko`tarishini, mag`lubiyatga uchrab yordam kerak bo`lsa qora elkan ko`tarishini tayinlaydi. Tesey jangda g`alaba qozonadi. Ammo g`alaba nashidasini surish bilan band bo`lib, oq elkanlarni ko`tarishni unutgancha yurtiga qaytadi.  Uzoqdan qora elkanlar ko`tarilganini ko`rgan Egey suyukli o`g`lini vafot etgan deb o`ylab, Poseydon ibodatxonasi joylashgan joydagi eng baland qoyadan o`zini dengiz tubiga tashlaydi. O`shandan beri dengiz baxtsiz podshoh sharafiga Egey deb ataladi. O`sha davrlarda, ya`ni miloddan avvalgi I asrlarda birortabaliqchi yoki savdo kemasi qurbonliklarsiz va uzoq ibodatlarsiz dengizga chiqmagan. Aks holda,“G`azablangan Xudo katta qayg`u keltiradi. Kema cho`kib ketadi. Baliqlar to`rga ilinmaydi va g`azablangan kuchlar hosilni nobud qiladi”, degan qarash bo`lgan. Poseydonga sig`inish Yunonistonning barcha mintaqalarida rivojlangan, ammo eng ulug`vor ziyoratgohlar qirg`oq bo`yidagi shaharlar va orollarni qamrab olgan. Hozirgi paytda Sonion yarim orolida joylashgan Poseydon ibodatxonasini ziyorat qilish qiyin kechmaydi. U erga muntazam avtobus qatnovi yo`lga qo`yilgan bo`lib, ibodatxona Afinadan 70 km. uzoqlikda joylashgan. Avtomobilda taxminan 2 soatlik yo`l. Bugungi kunda Afinaga kelgan minglab turistlar dengiz bo`yida joylashgan qadimiy Poseydon ibodatxonasi bo`lgan maskanga kelib, hayratlar olamiga cho`mishadi.     Zebo Turobova, Moskva shahrida oilasi bilan yashayotgan o`zbekistonlik  pedagog: –“Vasiliy sobori” nomi bilan mashhur bo`lgan muqaddas ibodatxona Rossiya poytaxti Moskva shahrida joylashgan bo`lib, pravoslav bosh cherkovi, muzey, Qizil maydonning asosiy diqqatga sazovor maskanlaridan biridir. Shu bilan birga,cherkov Rossiyaning taniqli ramzi ham hisoblanadi. Turli bukletlarda, xorij televideniesida Rossiya haqida ko`rsatuvlar efirga uzatilganida qurilish jihatdan noyob arxitektura yodgorligi hisoblangan ushbu muqaddas cherkov  tasviridan  albatta foydalaniladi. Tarixiy ibodotxona YuNESKO tomonidan qo`riqlanadigan meros ob`ektlari ro`yxatiga kiritilgan bo`lib, hozirgi kunda Moskvaga kelgan sayyohlar albatta ushbu muzey – qadimiy ibodatxonani tomosha qilishga oshiqishadi.  Inshoot  1555-1561 yillarda Ivan GrozniyninngQozon xonligi ustidan qozonilgan g`alabasi sharafiga qurilgan bo`lib, 460 yillik davrni bosib o`tgan bo`lishiga qaramay, hamon vaqtning shiddati va qurilish texnikasi silsilalariga dosh berib kelmoqda. Qurilish inshooti o`zining mahobatini saqlab kelmoqda. Uning me`mori sifatidaPostnik Yakovlev nomi rasman tilga olinadi. Soborning ko`rinishi XVIIasrga kelib sezilarli darajada o`zgargan: ichidagi qabr kengaytirilib, chodirli ayvonlar jihozlangan va badiiy bezaklar qo`shilgan. XVIIIasrning dastlabki 30 yilligigaoidtarixiy dalillarga ko`ra, sobor 18 ta taxtdan iborat bo`lgan.Ayrim manbaalarda esa ular 11 ta bo`lganiligi aytiladi. Ularning har biri Qozon uchun hal qiluvchi janglar bo`lib o`tgan cherkov bayramlari sharafiga bag`ishlangan. Taxtlar erto`lalarda joylashgan, balandligi deyarli 6,5 metr bo`lgan xonalarga bo`lingan.  Cherkovda ayrim yillarda sodir bo`lgan yong`inlarda unga yaxshigina zarar etgan. Shunga qaramasdan, u erda ta`mirlash ishlari olib borilgan va binoni aslicha tiklashga harakat qilingan. Eng  katta hajmdagi restavrasiya 1737 yilda – poytaxt tarixiga "Uchlik" nomi bilan kirgan yirik yong`indan keyin amalga oshirilgan. Qayta tiklash ishlariga I. Michurin rahbarlik qilgan. Ma`bad oldida Minin va Pojarskiylarning haykali o`rnatilgan.Shafoat soborining yorqin, "zanjabilli" gumbazlari birinchi navbatda e`tiborni tortadi. Biroq, nazariy jihatdan mavjud bo`lishi kerak bo`lgan bu rangning ramziy ma`nosi haligacha sir bo`lib qolmoqda. G`ishtdan qurilgan ibodatxonada 11 gumbaz bor. Soborning shimoli-sharqidagi Muqaddas Vasiliy cherkovi 1588 yilda qurilgan, u dastlab alohida bino bo`lgan. XVI asrning oxirida, Fedor Ioannovich davrida ma`badning figurali bo`yalgan bo`limlari bezatilgan.Va bu bino ham cherkovning ajralmas komponenti tarkibiga kirgan.  Sovet Ittifoqining dastlabki yillarida Qizil maydondagi qadimiy Shafoat sobori birinchilardan bo`lib davlat tomonidan muhofaza qilinadigan yodgorliklar ro`yxatiga kiritilgan.1923 yilda allaqachon tarixiy-arxitektura muzeyi tashkil etilgan. 1929 yilda qo`ng`iroqlar binodan olib tashlandi, muzey ekspozisiyasi doimiy ravishda mavjud edi. Bino faqat Ikkinchi Jahon urushi paytida yopilishga majbur bo`lgan. Sobor majmuasi 1991 yildan beri muzey sifatida cherkovning boshqaruvi ostida ishlaydi.   Nargiza Jovmirzaeva, jurnalist: –Men yurtimizda masjidlarga kam kirganman. Ammo O`tgan yili Turkiya safarida bo`lganimda Ayo Sofiya masjidida ham bo`ldim va u erda shu paytgacha his qilmagan hayratni his etdim. Bino shu qadar ulug`vor va viqorliki, albatta odam masjidni diqqat-e`tibor bilan kuzatadi. Bizga hamrohlik qilgan gitning tushuntirishicha,Vizantiya imperatori Konstantin tomonidan 360 yilda ochilgan cherkovning   yog`och tomi 404 yilga kelib yonib ketadi. O`sha paytda cherkov Vizantiya imperatori Yustinian I buyrug`i bilan birinchi marta 532-537 yillarda kapital ta`mirlanadi va katta qurilish ishlaridan keyin hozirgi hashamatli ko`rinishiga ega bo`ladi. Episkoplikning markazi bo`lgan va Vizantiya imperiyasi uchun muhim ahamiyatga ega bo`lgan cherkovning qurilishi uchun Vizantiya muhandisi Miletus Isidor va matematik Tralles Anthemiya javobgar edi. Manbaalarda qurilishda 10 mingdan ortiq ishchilar ishtirok etganligi qayd etiladi.  Ma`lumotlarda yozilishicha, cherkov qurilishi 5 yilu 10 oy davom etgan va o`sha davrdagi Vizantiya tarixchilari uning dunyodagi eng katta bino ekanligi haqida yozib oldirishgan. Cherkov ichidagi mozaikalar ishi esa 565-578 yillar orasida yakunlangan.Ayo Sofiya 1204 yilgacha bir necha zilzilalar va yong`inlardan omon qolgan va ko`p bor qaytadan tiklangan. 1204 yilda Sharqqa yurish qilgan salibchilar qo`liga o`tgan cherkov 1261 yilgacha Rim-katolik cherkoviga aylantirilgan. Ammo keyinchalik Ayo Sofiyadan masjid sifatida foydalanilgan. Buning o`ziga xos tarixi quydagicha: 1261 yilda vizantiyaliklar Konstantinopol hukmronligini qayta qo`lga kiritgach, Ayo Sofiyadan yana pravoslav cherkovi sifatida foydalanila boshlangan.1453 yil 29 mayda Usmonlilar imperiyasi sultoni Fotih Sulton Mahmud Istanbulni egallab olgan payt Ayo Sofiya yaralangan Vizantiya askarlari, ayollar va bolalar uchun boshpana vazifasini o`tagan.Istanbul Usmonlilar qo`liga o`tgandan keyingi bir necha kun davomida pravoslav cherkovi a`zolari Ayo Sofiyada ibodat qilishni davom ettirdilar.Birinchi juma namozini 1453 yil 1 iyunda Istanbulda o`qigan Fotih Sulton Mahmud Ayo Sofiya Usmonlilar hukmronligi ostidagi masjid ekanini e`lon qiladi. Mehrob va minbar quriladi, qo`ng`iroq va xoch olib tashlanadi, mozaikalarning usti yopiladi. 1481 yilda birinchi minora barpo etilgan. Fotih Sulton Mehmetdan keyin taxtga o`tirgan Sulton Boyazid II davrida yana bir minora quriladi.1509 yildagi Istanbul zilzilasi natijasida birinchi minora qulab tushadi va uning o`rniga g`ishtli minora tiklanadi .Sulton Salim II hukmronligi davrida Me`mor Sinan tomonidan olib borilgan rekonstruksiya ishlari davomida yana ikkita minora qurilgan. Shuning uchun ham Ayo  Sofiyaningturli  vaqtlarda  qurilgan 4 minorasi bir-biridan farq qiladi. Salim II qabri Ayo Sofiya ichidagi ilk sulton qabridir. Ayo  Sofiyada sultonlar, ularning rafiqalari va  shahzodalarning 43ta qabri  mavjud.  1739 yilda masjidga madrasa, kutubxona va oshxona qo`shimcha qilingan. Ayo Sofiya 1847-1849 yillar ta`mirlash uchun yopilgan. Masjid sifatida esa eng oxirgi marta 1849 yilda ochilgan.1923 yilda respublika e`lon qilinganidan keyin masjid sifatida foydalanilgan Ayo Sofiya 1931 yilda yopilgan.O`sha yili Amerikadagi Vizantiya instituti asoschisi, arxeolog Tomas Uittemor Ayo Sofiyada mozaikalarning qayta tiklanishi uchun Turkiyaning yangi hukumatidan ruxsat so`raydi. Prezident Mustafo Kamol Otaturkning ruxsati bilan boshlangan  ishlar 15 yildavom  etib, 1947 yilda  yakunlangan. Ta`mirlash ishlari boshlanganidan so`ng bir muncha vaqt o`tgach yopilgan Ayo Sofiyani 1934 yil 24 noyabrda Vazirlar Kengashi qarori bilan muzey sifatida ochishga qaror qilishgan. Ayo Sofiya muzeyi 1935 yil 1 fevralda tashrif buyuruvchilar uchun ochiladi. 1996 yilda esa Jahon yodgorliklarini tomosha qilish ro`yxatiga kiritilgan. Obidaning gumbazi va minoralari Jahon yodgorliklari jamg`armasi ko`magi bilan 1997-2002 yillarda rekonstrusiya qilingan.Muzey UNESCO jahon merosi ro`yxatiga ham kiritilgan. Vaqti-vaqti bilan turli bo`limlarda boshlangan tiklash ishlari bugungi kunda ham davom etmoqda. Har yili ko`plab sayyohlar tomonidan ziyorat qilinadigan mazkur tarixiy bino 2015 yilda 3 million 425 ming ziyoratchini jalb qilishi ortidan Turkiyaning eng ko`p tashrif buyuriladigan muzeyi bo`ldi. 2017 yilda bu raqam 1 million 892 mingga tushdi. “Masjidul-haram” – dunyodagi eng katta  masjid Tolibjon Nizomov, jurnalist, islomshunos olim: –Hijoz o`lkasi (hozirga Saudiya Arabistoni)ning Makka shahrida joylashgan muqaddas va yirik masjid bo`lib, unda qon to`kish va boshqa barcha katta-kichik gunoh ishlarniqilish qat`iyan taqiqlanadi. Shu bois masjid shu nomni olgan – Masjid ul-harom. Masjid ul-haromning shu nom bilan atalishiga uning  markazida Ka`baning bo`lishi ham sabab bo`lgan. Masjidbir million bir yuz yigirma ming namozxonni sig`dira oladi. Ka`ba eshigi 280 kg sof oltindan yasalgan. Masjid ul-haromning to`qqizta minorasi (har birining balandligi 95 metr), to`rtta asosiy darvozasi, qirq bitta eshigi bor. O`n bitta yurarzinalar orqali masjidning ikkinchi va uchinchi qavatlariga chiqiladi. Masjidga 8 ming dona shamol-parrak, 55 ming dona turli chiroq o`rnatilgan. Masjid hududi Baytulloh (Ka`ba) Zam-zam bulog`i,Safo va Marva tepaliklarini o`z ichiga oladi. Ilk bor ikkinchi xalifa Umar ibn Xattot Ka`batulloh atrofidagi uylarni sotib olib, buzdirib, masjidni kengaytirgan. Ka`baga sahn qoldirib, atrofidan devor oldirgan. Shundan keyin u turli davrlarda bir necha bor ta`mirlanib, kengaytirildi. Masjidul-harom o`rtasida joylashgan 12x19x12 metrli kub shaklidagi qoramtir tosh bino “Ka`ba” deb ataladi. Qur`oni karim xabariga ko`ra, uni ilk bor Ibrohim Alayhissalom  o`g`li Ismoil alayhissalom bilan tiklagan.So`ng payg`ambar “Hajarul-asvad” (qora tosh)o`rnidan boshlab Ka`bani etti bor aylanib tavof qilgan. Keyin etti martadan Safo va Marva tog`iga chiqqan, Arafot vodiysiga borgan.Bu birinchi haj ziyorati edi va u hozirgacha shu tartibda ado etilayapti. Ayrim manbaalarda yozilishicha esa Ka`ba Ibrohim alayhissalomdan ham avval bo`lgan. Uni farishtalar barpo etishgan. Nuh alayhissalom davrida to`fon bo`lishidan oldin Ka`bani farishtalar osmonga olib chiqib, to`fondan keyin yana qayta Er yuziga tushirilgan. Ka`ba burchagida Hajar ul-asvad – qora tosh bor. Qora tosh dastlab oppoq bo`lgan. Bu haqda Payg`ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam: “Hajarul asvad jannatdan keltirilgan. U qordan ham oq bo`lgan. Uning qorayishiga shirk ahlining amallari sabab bo`lgan”. Ka`ba bunyod etilganidan buyon tabiiy ofat va turli to`qnashuvlar sababli ko`p marta vayron bo`lib, qayta tiklangan.  Hijriy 72 yilda  podshohHajjoj ibn Yusuf poydevoriga qadar eng so`nggi jiddiy ta`mirlashni o`tkazgan. Ka`baning hozirgi binosi Hajjoj barpo ettirgan o`sha binodir.U XX asr o`rtalarida Saudiya Arabistoni podshohi tomonidan qayta ta`mirlandi.  Ka`ba ustiga yopiladigan qora qalin mato “ka`bapo`sh” deyilib, avvallari ustiga qizil, qibotiy, oq ipakdan po`sh yopilgan. Hijriy oltinchi asrda abbosiy xalifa Nosir Lidinilloh qora po`sh yopishni joriy qilgan. Ka`bapo`sh 658 kvadrat metrli bir-biriga ulangan qirq sakkiz bo`lak matodan iborat. Bu mato qora rangli 450 kg. Sof ipakdan tayyorlanadi. Islomda birinchi bo`lib Rusululloh sollallohu alayhi vasallam, so`ngra xalifalar o`z zamonlarida mato yopishgan.1924 milodiy yildan keyin bu mas`uliyatli ishni podshoh Abdulaziz oli Saud o`z zimmasiga olib, Makkai Mukarramada mato chiqarish uchun inshoot qurishga amr qildi. Birinchi mato 1346 hijriy yili to`qib chiqarildi. Hozir Makkai Mukarramada yangi mato  fabrikasi ishlaydi.  “Hajarul-asvad”, ya`ni “Qora tosh” Ka`ba eshigining chap tomonidagi burchakka elka barobarida joylashtirilgan. Hojilar uni tabarrukona o`padilar, chunki uning jannatdan chiqqani to`g`risida rivoyat bor. Ka`bani tavof qilish “Hajarul-asvad” joylashgan burchakdan boshlanadi. Zebo NAMOZOVA tayyorladi
55
14,830
Madaniyat
Jim Kerri sobiq dugonasining o‘limiga aloqadorligi haqidagi gaplarga javob berdi
Amerikalik aktyor Jim Kerri sobiq dugonasi Katriona Uaytning o‘limiga aloqador emasligi haqida rasmiy bayonot bilan chiqdi. Bu haqda, People nashriga asoslanib, “Vesti.ru” xabar bermoqda. 19-sentabr kuni marhum Uaytning turmush o‘rtog‘i Kerrini sudga berib, u olib kelgan dorilar rafiqasining o‘limiga sabab bo‘lganini iddao qildi. Bundan tashqari, u Kerri Uayt xonimni turli yo‘llar bilan ta’qib qilganini aytdi. Bunga javoban e’lon qilingan bayonotida aktyor o‘z ismidan bunday maqsadlarda foydalanilishiga yo‘l qo‘ymasligini ta’kidladi. Kerri odamlar fojiadan manfaat qidirishni bas qilishlari va Uaytning ruhini tinch qo‘yishlariga umid bildirdi. Kerri 2015-yilda Katriona Uayt bilan aloqalarini uzgan edi. Oradan bir hafta o‘tib, qiz dori vositalari yordamida o‘z joniga qasd qildi.
80
788
Madaniyat
Filipp Kirkorov Toshkentdagi konsertida o‘zbekcha gapirdi
2014-yil 20-noyabr kuni rossiyalik taniqli xonanda Filipp Kirkorov Toshkentdagi “Istiqlol” san’at saroyida o‘zining murakkab tayyorlangan shou ko‘rinishidagi konsert dasturini taqdim etdi, deb xabar bermoqda “Kultura.uz”. Xabarda aytilishicha, murakkab maxsus effektlarga boy bo‘lgan konsert taqdimoti Kirkorovning “DruGoy” deb nomlangan to‘rtinchi albomi chiqarilishiga bag‘ishlangan. Ushbu albom retro, etno-pop, zamonaviylik va video-konsert singari to‘rtta teng qismga bo‘lingani aytilgan. Qayd etilishicha, dastlabki qo‘shiqlarni ijro etib bo‘lgach Kirkorov o‘zbek tilida gapirgan va tomoshabinlar bunga olqishlar bilan javob qaytargan. Mashhur qo‘shiqlarni tomoshabinlar xonanda bilan qo‘shilib kuylagani ham ta’kidlangan.
57
730
Madaniyat
HammAli & Navai Toshkentdagi konserti uchun rekord darajada gonorar olganini aytdi (video)
Rossiyalik musiqachilar HammAli & Navai Toshkentdagi so‘nggi konsert dasturi uchun 35 ming AQSh dollari miqdorida gonorar oldi. Bu haqda ijrochilar aprel oyining boshida YouTube’da e’lon qilingan AgentShow dasturida, bloger Nastya Ivleyevaga bergan intervyusida ma’lum qilgan. Ular o‘z musiqiy chiqishining 20 daqiqagina davom etganini ta’kidladi. Bu haqda Repost yozadi. Eslatib o‘tamiz, 18-fevral kuni Toshkentdagi “Xalqlar do‘stligi” saroyida HammAli va Navai (Aleksandr Aliyev va Navai Bakirov) musiqachilarining konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
90
547
Madaniyat
Lola, Munisa Rizayeva hamda mukammal tashqi ko‘rinishga erishish uchun plastik jarrohlik amaliyotidan foydalangan boshqa mashhurlar (foto)
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda plastik jarrohlik tobora rivojlanmoqda. Kimdir plastik operatsiyadan keyingi yoki turli jarohatlar oqibatidagi chandiqlarni bartaraf etish uchun foydalansa, boshqalar burni, ko‘zi hamda boshqa a’zolarining shaklini o‘zgartirish maqsadida foydalanadi. O‘zbek shou-biznesi vakillari orasida ham chiroyli tashqi ko‘rinishga ega bo‘lish uchun plastik operatsiya qildirganlar kam emas. Lola Yo‘ldosheva Lola Yo‘ldoshevaning tashqi ko‘rinishiga qarab hech kim 37 yoshni qarshilagani va uch farzandni dunyoga keltirganiga ishonmaydi. Ayni damda oilasi bilan Moskva shahrida istiqomat qilayotgan Lola Yo‘ldosheva mart oyida plastik jarrohlik amaliyotini boshidan o‘tkazdi. U go‘zal bo‘lish uchun asli o‘zbekistonlik, ammo Moskvada faoliyat yuritayotgan mashhur plastik jarroh Timur Hidirovga murojaat qildi. Xonanda Instagram sahifasiga shifokor bilan tushgan suratini joyladi va uchinchi tug‘uruqdan keyin mammoplastika qildirishga qaror qilganini aytib o‘tdi. Ruxshona Mart oyida 28 yoshni qarshilagan xonanda Ruxshona tug‘uruqdan keyingi osilgan qorinni plastik jarrohlik yo‘li bilan oldirdi. Ammo u boshqa ijodkorlar singari jarrohlik uchun xorijdagi mashhur klinikalarni tanlamadi. U Buxoroga borib, jarrohlik amaliyotini boshdan o‘tkazdi. — Buni anchadan buyon reja qilgandim. Chunki osilgan qorin terisini hech qanday muolaja bilan yo‘qotib bo‘lmaydi. Natijadan ko‘nglim to‘q, jarrohlik amaliyoti to‘rt soat davom etgan bo‘lsa-da, og‘riq sezmadim, — deydi xonanda Ruxshona. Xonanda shu yilning 13-aprel kuni yana jarrohlik amaliyotini boshidan o‘tkazdi. Bu safar liposaksiya va mammoplastika amaliyotlarini qildirdi. Munisa Rizayeva Xonanda Munisa Rizayeva shu kungacha faqatgina 2 marta jarrohlik amaliyotini boshidan o‘tkazganini ma’lum qilgan. Avvaliga ingichka labining shaklini, undan so‘ng rinoplastika bilan bog‘liq murakkab jarrohlik amaliyotini qildirishga qaror qilgan. U intervyularida avvalgi “sobiq” burni kadrda xunuk ko‘ringani va unga noqulaylik tug‘dirganini yashirmaydi. Dilfuza Ismoilova — Go‘zallik uchun qovoqlarimni oldirmaganman. O‘shanda qovog‘imga yara chiqib, qattiq og‘riq qolgandi. U bir necha kunda kattalashib, ko‘zimni ocholmay qolgandim. Shundan so‘ng shifokorlar qovoqlarimni oldirishni maslahat berishdi. Jarrohlikdan so‘ng ko‘z shaklim ham o‘zgargan. Ammo bu o‘zgarish menga juda yarashgan, — deydi xonanda Dilfuza Ismoilova. Hosila Rahimova O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hosila Rahimova intervyularining birida 2012-yilda qovoq bilan bog‘liq plastik jarrohlik amaliyotini Turkiyada amalga oshirgan. Bu faqat go‘zallik uchun emas, sog‘ligi uchun ham zarur bo‘lganini aytadi. Manzura Xonanda Manzura ham ikki marta plastik jarrohlik amaliyotini qo‘llab ko‘rgan. U ilk marta qovoqlarini oldirgan. Undan so‘ng esa labining shaklini ham o‘zgartirgan. Shou-biznes vakillari xonanda qomatiga ham jiddiy o‘zgartirish kiritganini taxmin qilishadi. Ammo xonanda bu haqda biror marta ma’lumot bermagan.
138
2,972
Madaniyat
Alisher Uzoqov: Kino borasida O‘zbekistonda hamma narsa haqiqatan ham zo‘r ekan!
O‘zbekistonlik bir guruh rejissorlar — Sarvar Komilov, Umid Hamdamov va Alisher Uzoqov Moskvada tashkil etilgan Milliy kino forumida ishtirok etib qaytdi. “Sayyod.com”ning yozishicha, yosh kinoijodkorlar mazkur anjuman doirasida tajriba almashgan, malaka oshirgan. Yosh rejissorlar forum doirasida tashkil etilgan ma’ruzalar, seminarlar va mahorat mashg‘ulotlarida qatnashgan. Mashg‘ulotlar Rossiya davlat kinematografiya instutiti o‘qituvchilari, mualliflik filmlari bilan xalqaro kinofestivallarda qatnashgan rejissorlar tomonidan o‘tkazilgan. Ko‘proq aktyor sifatida tanilgan, ayni vaqtda, rejissor sifatida “Mening akam bo‘ydoq”, “Kuzda gullagan daraxt” kabi filmlarni suratga olgan Alisher Uzoqov safar taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. “MDH mamlakatlaridan kelgan yoshlar bilan fikr almashib, bir narsaga amin bo‘ldim — O‘zbekistonda haqiqatan ham hamma narsa zo‘r ekan. Estoniya, Moldova, Latviya, Litva, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikistondagi kino ahvolini eshitsangiz, o‘zbek kinosiga ko‘rsatilayotgan e’tibor va undagi imkoniyatlar ancha yaxshi ekaniga amin bo‘lasiz”, — deydi Alisher Uzoqov. “Ularning ko‘pchiligi bizga rosa havas qilmoqda. Agar o‘zimizdagi imkoniyatlardan foydalana olsak, kamida Rossiya darajasiga chiqib olishimiz mumkin, chunki bu yerda ham kino sohasida ahvol hozir havas qilgulik emas”, — deb qo‘shimcha qildi aktyor va rejissor Alisher Uzoqov. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
80
1,555
Madaniyat
Uzoq tanaffusdan so‘ng Obid Asomov “Istiqlol” san’at saroyida chiqish qiladi
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Obid Asomov turk estrada yulduzi Serdar O‘rtachning “Istiqlol” san’at saroyida 25-26- sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan konsert dasturida chiqish qiladi. Bu haqda konsert rejissori va prodyuseri Sa’dulla Abdullayev jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi. Serdar O‘rtachning konsert dasturida o‘zbek xonandalaridan Farruh Zokirov, Munisa Rizayeva hamda Yulduz Usmonovalar taklif qilingan. Bundan tashqari uzoq tanaffusdan so‘ng Obid Asomov ham konsertda chiqish qiladi. Obid Asomov ayni vaqtda Rossiya Federatsiyasida ekanlar, ular bilan ham repetitsiya qilayapmiz. Sa’dulla Abdullayev, konsert rejissori va prodyuseri
76
657
Madaniyat
“Ummon” qachon fonogrammada kuylashdan voz kechishini ma’lum qildi
“Ummon” guruhi yigitlari har yangi konsert dasturida jonli ijrodagi qo‘shiqlari sonini ko‘paytirishni niyat qilgan. Bu haqda guruh vakillari “Bekajon” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi. — “Ummon” guruhi yigitlari qachon fonogrammadan voz kechadi? Guruh a’zosi Zohid: — Qachon hamma xonandalar voz kechishsa, o‘shanda (kuladi). Vaqti keladi, biz ham jonli ijrodagi konsertlar taqdim etamiz. Har yangi konsert dasturimizda jonli ijrodagi qo‘shiqlarimiz sonini ko‘paytirishni niyat qilganmiz.
66
499
Madaniyat
Instagram: Toshkentda osh damlagan mashhur turk oshpazi, yangi uy sotib olgan Munisa Rizayeva, Lola hayotidagi eng yomon kun
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz. “Ertaga nima bo‘lishini bilmaymiz, asosiysi u kelsin hamda unda barcha yaqinlarimiz bo‘lsin”, — deya izohladi Shahzoda o‘g‘li Xalid bilan tushgan suratini. Ko‘chmas mulk oldi-sotdisi bilan ham shug‘ullanadigan xonanda Munisa Rizayeva poytaxtdan yana bir uy xarid qilganini ma’lum qildi. Nilufar Usmonova Dubaydan Toshkentga qaytdi hamda qizg‘in ijodni boshladi. Xonanda Shahnoza Otaboyeva ortiqcha vazndan xalos bo‘lish uchun jarrohlik amaliyotiga murojaat qildi. U operatsiyadan so‘ng o‘zini yaxshi his etayotganini bildirdi. Umid Iskandarov va Mashhura Zulfiqorova Lola Ahmedovaning yangi klipida juftlik obrazini yaratmoqda. O‘zbekiston xalq artisti To‘ti Yusupova bir necha oylik tanaffusdan so‘ng Milliy teatr sahnasida ko‘rinish berdi. Bahora Arslonova har qanday muvaffaqiyatli erkak ortida kuchli ayol turishi haqida post yozdi. Durdona Qurbonova ikkinchi marta iPhone 13 Pro Max telefonini sindirib qo‘ydi. “Ming bir kecha” deb nomlangan yangi serialda bosh rollarni Barchin G‘ofurova va Sitora Alimjonova ijro etmoqda. Aktrisa Zebuniso Xoliqova turmush o‘rtog‘ining tug‘ilgan kuniga romantik sovg‘a tayyorladi hamda sovg‘a turmush o‘rtog‘i tomonidan qanday kutib olingani aks etgan videoni sahifasiga joyladi. Lola otasi Ravshan Yo‘ldoshev vafot etgan sana uning hayotidagi eng yomon kun ekanligini ma’lum qildi. Turkiyalik dunyoga mashhur oshpaz-mem Burak O‘zdemir bir necha kun Toshkentda bo‘ldi. U tadbirkor Botir Rahimov hamda uning rafiqasi Diyora Usmonova bilan tanishdi. Shuningdek, oshpaz Toshkentda ilk marta o‘zbek oshini pishirib, tandirda somsa ham tayyorlab ko‘rdi.
124
1,736
Madaniyat
Kseronusxa: Nemischa pechenye reklamasidan “ilhom olgan” Shahzoda va Shohruxxon
“Daryo” internet-nashri “Kseronusxa” loyihasi doirasida 23-dekabr kuni Maroon 5 ning “Sugar” qo‘shig‘iga ishlangan klip bilan Ilhom Farmonovning “Yashang” kompozitsiyasi videosini taqqoslagan edi. Taqqos yakunida amerikalik xonandaning butun boshli ajoyib tarixga ega klipi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistning jamoasi tomonidan qariyb nuqta-verguligacha ko‘chirilgani, afsuski, o‘z isbotini topgan edi.  Kseronusxa: Maroon 5’dan “ilhom olgan” Ilhom Farmonov Tan olish kerak — chet ellik ustalarning qiziqarli videolarini “nuqta-verguli”gacha mahalliylashtirish borasida Ilhom Farmonov yagona ham, birinchi ham emas (baxtga qarshi, oxirgisi ham bo‘lib qolmaydi). E’tiboringizga Germaniyada mashhur hisoblangan “Leybnits” pechenyesining 125 yilligiga bag‘ishlab suratga olingan reklama roligini havola qilamiz. Rolik 2016-yil 10-aprelida YouTube’ga qo‘yilgan bo‘lib, hozirga qadar 4,2 milliondan ortiq marta ko‘rilgan: Endi o‘zbekistonlik xonandalar — Shahzoda va Shohruxxon tomonidan kuylangan “Allo” qo‘shig‘iga ishlangan klipni tomosha qiling. Bu klip “Leybnits”ning reklamasi chiqqanidan qariyb olti yarim oy o‘tib — 2016-yil 24-oktabrida YouTube’da e’lon qilingan, lekin unga juda ham o‘xshash: Uch daqiqadan ko‘proq davom etadigan “Allo”dagi bosh qahramon xuddi “Leybnits”ning 96 soniyali reklamasidagi bolakay singari qo‘lida qo‘g‘irchoq ko‘tarib olgan: Germaniya roligida ham, O‘zbekiston klipida ham bola uni bekatda kalaka qilgan boshqa tengdoshlari bilan urushadi va yuzi tirnaladi. Bir xil nuqtada qariyb bir xil chandiq: Bolakay oyog‘idan jarohatlangan dugonasining oldiga yo‘l olgan bo‘ladi. Original video va uning o‘zbekcha muqobilida qizaloqlar boshqa-boshqa tomonga qarab yotibdi, lekin, qizig‘i, ikkisining ham o‘ng oyog‘i gipslangan: Bolakay dugonasiga balerina haykalchasini sovg‘a qiladi. Har ikkala klipda: Oyog‘i gipslangan qizcha sovg‘ani xursandchilik bilan qabul qiladi (nemis qizalog‘i, tabiiyki, bu vaqtda pechenye yeyayotgan bo‘ladi, lekin o‘zbek klipidagi “pechenye” sal keyinroq ko‘rinish beradi): Germaniya va O‘zbekistonning o‘xshash kliplarida hatto balerinalar bir xilda raqsga tushadi: Mana, o‘zbek klipidagi “pechenye” — xonanda Shahzoda “bolalik” vaqtida olgan sovg‘asini qo‘lga olib, ajib xotiralarga berilmoqda (nemischa klipda ham shunday manzara aks etgan, faqat u yerda Shahzoda yo‘q): Albatta, bu xamir uchidan patir — bunda nafaqat “Allo”dagi o‘xshash kadrlar, balki xorijiy videokliplarning o‘zbekistonlik ijodkorlar tomonidan ko‘chirilishi ham nazarda tutilmoqda. “Kseronusxa”ning keyingi chiqishlarida nafaqat xonandalar, balki O‘zbekistondagi korxonalar ham o‘z targ‘ibot videolarini tayyorlashda xorijiy ustalardan “nuqta-verguligacha ilhom olishi” ko‘rsatiladi. Agar “kseronusxa” qilingan kliplar, filmlar, qo‘shiqlar va boshqa ijodiy mahsulotlar haqida ma’lumotga ega bo‘lsangiz, Telegram’dagi “Toshqin ‘Daryo’” kanali adminlariga: “Men ‘kseronusxachilar’ni bilaman!”, — deb murojaat qilishingizni so‘raymiz. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
79
3,148
Madaniyat
Olmaotalik karatechilar o‘z zarbalarini Jan-Klod Van Dammda sinab ko‘rdi
Taniqli Gollivud aktyori va sportchi Jan-Klod Van Damm Qozog‘istonning Olmaota shahrida yosh karatechilar uchun mahorat darsini o‘tdi, deb xabar qiladi Tengrinews. Kadr: YouTube Bir yarim soat davomida Van Damm hamda yosh sportchilar birgalikda shug‘ullandi va sparring tushdi. Aktyor yosh raqiblari unga bor kuchi bilan zarba berishiga qo‘yib berdi. Nashr qayd etishicha, Van Damm Olmaotaga muvaffaqiyatli kishilarga bag‘ishlangan biznes-forumda ishtirok etish uchun kelgan.
72
477
Madaniyat
“Tashkilotlardan uzoq vaqt ruxsat kutishga to‘g‘ri keldi”. “101-reys” filmining suratga olish ishlari nima uchun to‘xtab qolgan edi
“O‘zbekkino” MA buyurtmasi bilan rejissor Akrom Shaxnazarov hamda prodyusser Ravshan Norbayev tomonidan suratga olinayotgan “101-reys” filmining suratga olish ishlari davom etmoqda. Film prodyusseri Ravshan Norbayev “101-reys” filmining suratga olish ishlari bir muddat to‘xtab turgani sababiga oydinlik kiritdi. Bu haqda Ravshan Norbayev jurnalist Feruz Muhammadga bergan qisqa intervyusida gapirib berdi. “101-reys” filmi prodyusseri Ravshan Norbayev. ‘101-reys’ filmining suratga olish ishlari to‘xtagani yo‘q. Shunchaki filmda strategik obyektlarning ko‘pligi uchun tashkilotlardan uzoq vaqt ruxsat kutishga to‘g‘ri keldi. Filmda tabiiylikka e’tibor qaratganmiz. Misol uchun qurol-yarog‘lardan tortib, vertolyot va zirhli mashinalargacha tabiiy bo‘lishini boshidan rejalashtirganmiz. Ayni kunlarda filmning eng murakkab epizodlarini suratga olishga tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz. Ravshan Norbayev, “101-reys” filmi prodyusseri Ma’lumot uchun, “101-reys” badiiy filmi real voqeaga asoslangan bo‘lib, unda 2001-yil AQShning Nyu-York shahrida sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida Shimoliy Amerika havo hududida qiyin vaziyatda qolgan – bortida 180 nafar yo‘lovchi bo‘lgan “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasiga qarashli Boeing-757 samolyotining 101-reys ekipaji ko‘rsatgan jasorat haqida hikoya qilinadi. Film postanovkachi rejissor — Akrom Shaxnazarov, bosh prodyusser — Ravshan Norbayev hamda Erkin A’zam badiiy rahbarligida suratga olinmoqda.
131
1,460
Madaniyat
Ijobiy qahramonlari bilan tanilgan Bollivud yulduzlarining salbiy obrazlari (foto)
Shohrux Xon, Amir Xon, Kajol yoki Priyanka Chopra ijrosidagi salbiy rollarni tomoshabinlar yaxshi ko‘radi. Agar ilgari Bollivud yulduzlari salbiy rollarni ijro etishga rozi bo‘lmagan bo‘lsa, bugungi kunda buni zavq bilan amalga oshiradi. Quyida oxirgi vaqtlarda salbiy rollar bilan aktyorlar mahoratini ochib bergan va aynan shu kabi rollari bilan ustunlik qilayotgan aktyorlar bilan tanishib chiqish mumkin. Sanjay Datt Sanjay Datt “Olovli yo‘l” filmidagi singari “Kalorning oltin konlari: 2-bob” kartinasida ham salbiy xarakterdagi obrazda namoyon bo‘ladi. Film namoyish etilganidan keyin aktyorning muxlislari undan mamnunligini bildirgan. Avvalroq ham Sanjay “Panipat jangi” va “Yovuz” filmida ham bu kabi rollarni juda yaxshi ijro etgan. Saif Ali Xon 2006-yilda “Omkare”dagi Langda Tyagi obrazi bilan jamoatchilik va tanqidchilarning mehrini qozongan. Tez orada Om Rautning “Adipurush” nomli filmida Prabxas salbiy qahramonini ijro etadi. Sayf loyihani ajoyib deb ta’riflab, film davomida qudratli Prabxaslar bilan qilichli to‘qnashuvni kutayotganini ma’lum qilgan. Viki Kaushal “Yolg‘iz uch”, “Sanju”, “Uri: bazaga hujum” filmlaridagi chiqishi bilan tomoshabinlarni ko‘nglidan joy olgan. Keyinchalik Karan Joxarning “Taxt” loyihasida Avrangzeb rolini o‘ynadi. Tarixiy darmada Mo‘g‘il imperatori Avrangzeb va uning ukasi Dara Shiko va ularning taxt uchun kurashlari haqida hikoya qiladi. Jon Abraham Tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, Jon yaqinda “Salaar” filmida salbiy rolni ijro etmoqda. Garchi aktyorning o‘zi bu haqda xabar bermagan bo‘lsa-da, muxlislar uni avvalgi salbiy rollarini juda yaxshi eslaydi va aktyor buni uddalashiga ishonadi. Kunal Kxemu U o‘z karyerasini bolaligidan boshlagan va keyinchalik bir qancha salbiy rollari bilan mashhurlikka erishgan. Kunal 2019-yilda “Darbadar”da juda yomon xarakterda namoyon bo‘lgan. Rejissor Moxit Suri uni yaxshi inson ko‘rinishidagi zo‘ravon psixopat-politsiya xodimi sifatida ko‘rsatgan. Akshay Kumar 2001-yilda aktyor “Begona makkor” trilleridagi Vikram salbiy rolni ijro etgan. 2018-yilda u “Robot-2” filmida yana salbiy xarakterdagi obrazni ijro etdi. So‘nggi paytlarda Akshay asosan vatanparvarlik mavzusidagi filmlarda yoki ijtimoiy mavzudagi kartinalarda suratga tushmoqda. Ranvir Singx Ranvir romantik, jasur politsiyachi va tarixiy jangchi rollarini ijro etgan. Shuningdek, tomoshabinlar uning Sanjay Lila Bxansalining 2018-yilgi “Padmavati” filmidagi Alauddin Xilji obrazini yaxshi ko‘radi. Ko‘plab tanqidlarga qaramay, Ranvir obrazini qoyilmaqom tarzda ijro etgani uchun ham juda ko‘p maqtovlarga sazovor bo‘lgan.
82
2,589
Madaniyat
Ummon sultonligida bo‘lib o‘tayotgan “Masqad” festivali da O‘zbekistondan “Surxon” guruhi qatnashmoqda
Ayni damda Ummon sultonligi Al-Amirat shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Masqad festivali”ning 25 yillik yubiley tadbirida O‘zbekistondan bir guruh delegatsiya qatnashmoqda. Folklor yo‘nalishda ijod qiluvchi “Surxon” guruhi ayni damda festival ishtrokchilaridan biridir, deb xabar bermoqda “Uz24.uz”. Festivalda turli davlatlardan kelgan ishtrokchilar o‘z milliy urf-odatlari, milliy hunarmandlik mahsulotlari, qolaversa, milliy qo‘shiqlarini butun dunyodan tashrif buyurgan mehmonlarga taqdim etishadi. Mazkur katta festivalga 11 mamlakatdan, ya’ni O‘zbekiston, Ummon, Tayland, Fransiya, Misr, Hindiston, Tanzaniya, Eron, Marokko, Turkiya va Xitoydan vakillar kelishgan. Undagi har bir davlat uchun maxsus ajratilgan joyda o‘sha yurtning milliy madaniyati va o‘ziga xos maqbaralarini aks ettiruvchi eksponatlar, kichik shaharcha ko‘rinishidagi dekoratsiyalar qurilgan. Ma’lum bo‘lishicha, ularni har bir davlatdan yuborilgan fotosuratlar bo‘yicha quruvchilar bunyod etishgan. Bundan tashqari, o‘ndan ortiq sahnalar qurilgan bo‘lib, turli millat san’atkorlari uchun 30−45 daqiqadan vaqt ajratilgan. Bizning hamyurtlarimiz 21-yanvar Toshkent vaqti bilan 21:00 da sahnaga chiqdi va o‘zbek milliy ashulalarini ijro etishdi. Bir oy davomida bo‘lib o‘tadigan mazkur festivalni tomosha qilishga kelgan chet ellik mehmonlar va barcha qatnashchilar olam-olam ta’assurotlar olishadi, o‘zga millatlar san’ati bilan yaqindan tanishishadi.
102
1,421
Madaniyat
Sardor Milano o‘zini “Moskvadanman” deb tanishtirgani o‘zbekistonlik blogerlarning e’tiroziga sabab bo‘ldi
O‘zbekistonlik yosh xonanda, Rossiyaning “Glavnaya ssena” musiqiy loyihasi g‘olibi Sardor Milano “Golos” shousidagi chiqishida o‘zini “Moskvadan” deb tanishtirgani o‘zbekistonlik ayrim blogerlarning noroziligiga sabab bo‘ldi. “Sayyod.com” saytida ushbu mavzuga bag‘ishlangan “Milano sotqin yoki yulduzlik kasali?” nomli maqola chop etildi. So‘zining boshida Milanoning iste’dodini maqtagan maqola muallifi yutuqlar yosh iste’dod sohibining boshini aylantirib qo‘ygan, degan xulosaga keladi. “Balki yulduzlik onlaridan taltaygan Sardor Milano asli qayerdan ekanini unutdimi, xullas, ‘Moskvadanman’ deya o‘zini tanishtirdi. Oxirigacha na O‘zbekiston va na Toshkent haqida lom-mim demagan bu yigitdan ochig‘i shu sabab umuman ko‘ngil qoldi”, — deyiladi maqolada. “Ertaga Amerikaga borib, Moskvaniyam unutib yuborsa ajab emas”, — deb xulosa qildi muallif.
106
853
Madaniyat
Qo‘shiqchi Peris Hilton 40 yoshida turmushga chiqdi
40 yashar xonanda Peris Hilton ikki yildan buyon uchrashib yurgan qaylig‘i, tadbirkor Karter Reumga turmushga chiqdi. Bu haqida qo‘shiqchining o‘zi Instagram sahifasida ma’lum qilgan. Ta’kidlanishicha to‘y marosimi Perisning bobosiga tegishli Bel-Eyr mehmonxonasida bo‘lib o‘tgan. View this post on Instagram Jiddiy tayyorgarlik ko‘rilganiga qaramay, xonanda Oscar de la Renta’ning kelinlik libosini kechqurun, to‘y arafasida tanlagan. View this post on Instagram To‘yga tashrif buyurganlar orasida Pol Abdul, Emma Roberts, Eshli Benson va xonanda Beba Rexa ham bo‘lgan. Ma’lumot uchun, Peris Karter bilan unashtirilganini 2021-yil fevralda, 40 yoshga to‘lgan kuni e’lon qilgandi.
51
713
Madaniyat
Xonanda Munisa Rizayeva burnining shaklini plastik jarrohlik yo‘li bilan o‘zgartirganini ma’lum qildi
Xonanda Munisa Rizayeva plastik operatsiyani boshdan o‘tkazganini, tashqi ko‘rinishini bir maromda saqlab turish uchun kosmetik vositalardan foydalanib turishini ma’lum qildi. Bu haqda “Darakchi” gazetasi xabar bermoqda. “Plastik jarrohlik yo‘li bilan burnimning shaklini o‘zgartirdim. Chunki ish jarayonida ancha noqulayliklar keltirib chiqarardi. Masalan, tasvirga olish jarayonida kerakli rakursni topishga qiynalishardi”, — dedi xonanda. “Lablarim shaklini o‘zgartirishda botoksdan foydalanishimni ham yashirmayman. Lekin sun’iy go‘zallikka haddan tashqari berilib ketish sog‘liqqa zararligini bilaman”, — deya qo‘shimcha qildi Munisa Rizayeva.
101
649
Madaniyat
Muqaddas Xoliqovaning qizi aktrisaning koronavirusdan vafot etgani haqida yolg‘on xabar tarqatayotganlar ustidan shikoyat qilishini bildirdi
O‘zbek milliy akademik drama teatri aktrisasi, O‘zbekiston xalq artisti Muqaddas Xoliqova hamda uning oila a’zolari koronavirusga chalingani haqida xabar berilgan edi. 19-iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda Muqaddas Xoliqovaning vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Aktrisaning qizi Zebiniso Xoliqova bunday asossiz xabarlar tarqatayotgan Telegram kanallari ustidan huquq-tartibot organlariga murojaat qilishini bildirdi. “Yolg‘on xabar tarqatayotgan aziz blogerlar, insonning hayoti siz uchun o‘yinchoqmi? Kimningdir hayotini o‘yin qilib kanalingiz rivoji uchun insonlar sog‘ligi — salomatligi haqida yolg‘on xabar tarqatmang! Onam betoblar! Xudo xohlasa tuzalib ko‘rmagandek bo‘lib ketadilar! Lekin yolg‘on xabar tarqatmanglar. Qarindosh-urug‘larimiz va yaqinlarimiz sog‘ligi sizga o‘yin emas!”, — deb yozadi Zebiniso Xoliqova.
140
829
Madaniyat
“Zolim Istanbul” turk seriali yulduzlari 2022-yilda qanday loyihalarda suratga tushmoqda? (foto)
2019-yilning eng mashhur turk seriallaridan biri bo‘lgan “Zolim Istanbul” keyinchalik boshqa mamlakatlarda ham namoyish etildi. Badavlat insonlar va faqir odamlar haqida hikoya qiluvchi melodrama millionlab tomoshabinlarga manzur keldi. Serialda endigina aktyorlik karyerasini qurishni boshlagan Berker Guven, Bahar Shahin va Sera Kutlubey o‘z rolini mahorat bilan ijro etdi. Xo‘sh, “Zolim Istanbul” serialining yulduzlari hozir qayerda va nimalar bilan band? Ushbu savolga javobni quyida topish mumkin, deb yozadi “Yandeks Dzen”. Berker Guven “Uch opa-singillar” seriali “Zolim Istanbul”da Nedim rolini ijro etgan Berker Guven hozirda ham seriallarda faol ishtirok etib kelyapti. Ayni paytda u “Uch opa-singillar” melodramasida suratga tushmoqda. Aytish joizki, Ijlal Aydinning shu nomli romani asosida suratga olingan serial hozirda mashhurlik cho‘qqisiga chiqqan. Tomoshabinlar Berker Gyuvenning ijrolarini kuzatib, uning aktyorlik mahoratini yuqori baholadi. Turk aktyori endigina 27 yoshga kirgan bo‘lsa-da, mashhurligi kun sayin ortib bormoqda. O‘zan Dolunay “Merve Kult” seriali “Zolim Istanbul” serialida Jenk Karachay rolini O‘zan Dolunay gavdalantirdi. 2021-yil oxirida u “Mehmon” serialida suratga tushishni boshladi, ammo reyting pastligi tufayli loyiha yopildi. So‘ngra aktyor ijodida qisqa tanaffus qilishga qaror qildi. Biroz vaqt o‘tib, “Merve Kult” serialida suratga tushish taklifini qabul qildi. Kartinada aktrisalardan biri Axsen Erog‘lu suratga olish maydonchasida uning partnyoriga aylandi. Sera Kutlubey “Yaxshilik” seriali “Zolim Istanbul” serialidagi Jemre rolidan keyin betakror aktrisa Sera Kutlubey tomoshabinlar muhabbati va mehriga sazovor bo‘ldi. “Beqaror” serialidagi kichik roldan so‘ng Sera deyarli 2 yil davomida ekranlarda ko‘rinmay qolgandi. Ammo ko‘p o‘tmay u butunlay boshqa qiyofada suratga olish maydonchalariga qaytdi va “Yaxshilik” melodramasida bosh rollardan birini o‘ynadi. Bahar Shahin “Taqdirga tabassum qil” seriali Mehnatsevar Bahar Shahinning ijodiga havas qilmaslikning iloji yo‘q. 2022-yil boshida u “Duran” serialida suratga tushdi, kartinada Oktay Chubuk partnyoriga aylandi. 2022-yil aprel oyida esa Baaor Shahin “Taqdirga tabassum qil” melodramasi suratga olish maydonida paydo bo‘ldi. U Sude Zulial Guler bilan birga rol ijro etmoqda. Mine Tugay “Taqdirga tabassum qil” seriali Mine Tugay ham “Taqdirga tabassum qil” serialining navbatdagi yulduzi. Demak, u Bahor Shahin bilan yana bir serialda uchrashadi. Simay Barlas “Aziz” seriali “Zolim Istanbul” serialidagi Damla tomoshabinlar xotirasida qimmatbaho liboslar kiygan, telefonni qo‘lidan qo‘ymaydigan yengiltak qiz sifatida qoldi. Yangi rol uchun esa Simay Barlas butunlay o‘zgarishi kerak edi. U voqealar o‘tgan asrning 30-yillarida Antakyada sodir bo‘lgan “Aziz” melodramasida qishloq qizi Efnan rolini o‘ynadi.
96
2,837
Madaniyat
“O‘shanda yonimda hech kim qolmadi”. Alisher Uzoqov “zapret”ga tushgan yillari haqida gapirdi (video)
Aktyor, rejissor, boshlovchi Alisher Uzoqov “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad uyushtirdi. Suhbat davomida Alisher Uzoqov sababini aniq bilmasdan 3,5 yillik “zapret”da yurgani haqida gapirdi. Depressiya bo‘ladi, shuncha qiyinchilikni depressiyasiz o‘tkazish uchun odam bez bo‘lishi, yuzi va yuragi eshshakning terisidan bo‘lishi kerak. Taqiqdan keyin ancha ko‘zim ochildi, ishimga bo‘lgan munosabatim o‘zgardi. Men avvalgi Alisher emasman. Butunlay o‘zgardim. Boshimdan o‘tganlarini dushmanimga ham ravo ko‘rmasdim. Chunki faqat kino sohasida ijod qilayotgan ijodkor uchun shunchaki 3,5 yil uyda o‘tirish juda qiyin. ‘Zapret’ sababini bilmayman. Hech kim buning sababini, nimagaligini aytmagan. O‘sha paytlar yonimda hech kim qolmadi, eshigimni birov taqillatib kelmadi. Shuning uchun ham hozir kimdir kelib yaxshi gapirsa, uni nima uchun bunaqa gapirayotganini yaxshi bilaman. O‘shandan so‘ng ishimga, sohaga bo‘lgan munosabatim o‘zgardi. Alisher Uzoqov, aktyor, rejissor, prodyusser
101
1,044
Madaniyat
Javohir Zokirov qaysi filmda aktyordan ko‘ra eshakka ko‘proq haq to‘langaniga oydinlik kiritdi (video)
Aktyor va rejissor Javohir Zokirov “Daryo” internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi. Aktyor bir necha kun oldin Instagram’dagi sahifasida tog‘da syomkada bo‘lgani, u yerda ma’lum bo‘lishicha, o‘zbek aktyorining bir kunlik o‘rtacha gonorari 160 ming so‘m, syomkada foydalanilgan Malibu avtomobilining 20 daqiqalik ijara haqi 400 ming so‘m, eshakning ijarasi esa 180 ming so‘m ekanligi haqida video post joylagan edi. Aktyor suhbat davomida ushbu post haqidagi savollarga quyidagicha javob berdi. — “O‘zbek aktyorining xizmat haqidan ko‘ra kinoga tushayotgan eshakning ijara narxi qimmatroq”, mazmunidagi postni joylashingizga nima sabab bo‘ldi? — Bu xarakterdan kelib chiqadigan narsa, meni xarakterim shunaqa, o‘zimni ushlab tura olmayman, bor gapni shartta-shartta aytib tashlayman.  Shuning uchun suratga olish maydonida bo‘lgan voqeadan kelib chiqib Instagram’ga post joyladim, shu xolos. — Qaysi filmning suratga olish jarayoni edi? — Bu film davlat buyurtmasi bilan suratga olinayotgan “Parvoz” deb nomlangan film edi. O‘sha filmda kichikroq rolni ijro etdim. — Siz bir necha yillardan buyon davlat buyurtmasi bilan suratga olinayotgan filmlarda suratga tushib kelasiz, avvallari gonorar masalasida vaziyat qanday edi? — Bilasizmi, u vaqtda ya’ni 2-3 yil oldin bundan ham kam gonorar to‘lanar edi. Hozir  yangi imkoniyatlar yaratilgani uchun bu gonorarning oshgani. — Xususiy kinostudiyalarda bu borada ahvol qanday? — Xususiy kinostudiyalarga tashakkurlar bildiramiz. Chunki xususiy filmlarda gonorarlarimiz kattaroq. — Saytimizga bergan intervyularingizdan birida ilk o‘ynagan filmlaringizdan biri “Bo Ba Bu”da “1000 dollarga yaqin gonorar olganman”, degan edingiz. U filmning suratga olinganiga ham yigirma yilcha bo‘lib qoldi. Bu vaqt mobaynida gonoraringiz oshdimi yoki hali ham o‘shanday turibdimi? — Hozir xususiy kinostudiyalarda o‘sha gonorardan 10 barabor ko‘proq gonorar olaman. Aslida davlat buyurtmasi bilan suratga olinayotgan filmlarda bundan ham ko‘proq bo‘lishi kerak deb o‘ylayman.
102
2,062
Madaniyat
To‘yida otasi bilan raqsga tushgan kelin. Oybek va Nigoraning to‘yidan fotoreportaj
Toshkent shahridagi “Versal” to‘yxonasida 21-noyabr, shanba kuni o‘zbek shou-biznesida eng uzoq kutilgan to‘y — xonandalar Oybek va Nigoraning nikoh kechasi bo‘lib o‘tdi. Shanba va yakshanba kunlari Instagram’da faol shou-biznes vakillarining sahifalari to‘ydan olingan fotosuratlarga to‘ldi, Telegram’da kuyov-navkardan tortib, “Kelibdi”gacha reportajlar uyushtirildi. Nigora to‘yda otasi bilan raqsga tushdi. Maxsus instogramdigilaga kelin otasi bn A video posted by Administrator (+99890)9435005 (@umidaxonxojieva) on Nov 21, 2015 at 10:06am PST Albatta, Oybek bilan ham valsga tushdi. Urreee yowla bahtli boliwsin ortolaaa A video posted by Administrator (+99890)9435005 (@umidaxonxojieva) on Nov 21, 2015 at 10:06am PST Oybek xursand. Nigora esa baxtli. Avvalroq, Oybek nima uchun shu vaqtgacha ikki xonanda o‘rtasidagi muhabbat sir saqlab kelingani sabablarini ma’lum qilgandi.
83
889
Madaniyat
Instagram: Tug‘uruqxonadan chiqqan Bahora Arslonova, Maryam Tillayevaning eri haqidagi yangi bayonoti, Kann kinofestivalida qatnashayotgan o‘zbekistonlik mashhurlar
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz. Shahzoda Muhammedova qizi Milananing tili inglizcha chiqayotgani haqida kuzatuvchilariga so‘zlab berdi. Hosila Rahimova farzandlari bilan Zominda hordiq chiqarmoqda. Botir Qodirov shou-biznesdagi yaqinlari uchun o‘z qo‘llari bilan osh damlab berdi. Alixan Istanbulda “Mendirman Jaloliddin” syomka jarayonidan foto bilan bo‘lishdi. Ozoda Nursaidova konsertiga tashrif buyurgan imkoniyati cheklangan muxlisasi bilan suhbati aks etgan videoni sahifasiga joyladi. Turkiyalik taniqli aktrisa Maryam Uzerli Kann kinofestivalida ishtirok etmoqda. O‘zbekistonlik taniqli Insta-blogerlar Ozod Xurramov, Xusnora Shodiyeva hamda Ruxsora ham Kann kinofestivalida ishtirok etish uchun Fransiyaga jo‘nab ketdi. Bollivud yulduzi Katrina Kaif turmush o‘rtog‘i Vikki Kaushalning tug‘ilgan kunini qanday nishonlaganini muxlislariga ko‘rsatdi. Sevara Nazarxon Toshkentdagi xonadonida o‘tkazgan yangi fotosessiyasi bilan bo‘lishdi. Yulduz Usmonova AQSHda konsert o‘tkazib, Toshkentga qaytib keldi. Hind aktrisasi Priyanka Chopra syomka jarayonidagi, grimdagi ko‘rinishi aks etgan suratni sahifasiga joyladi. Ikkinchi marta onalik baxtiga sazovor bo‘lgan aktrisa Bahora Arslonova chaqalog‘i bilan tug‘uruqxonadan chiqdi. U o‘g‘liga Xalid deb ism qo‘ygan. “Bravo” kulgi jamoasi a’zosiga aylangan Nargiza Salmonova Qirg‘izistonning O‘sh shahridan ko‘rinish berdi. Maryam Tillayeva turmush o‘rtog‘i Amiran Sardarov bilan Moskvada yana uchrashdi hamda oralaridagi tushunmovchiliklar haqida kuzatuvchilariga so‘zlab berdi. Maryamning aytishicha, ziragini aynan Amiran o‘g‘irlagani haqida yetarlicha dalilga ega emasligi uchun, uni o‘zi yo‘qotgan bo‘lishi mumkin. Alisher Uzoqov Fransiyadan to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga chiqib, O‘zbekistondan butunlay ketmagani haqida so‘zlab berdi.
164
1,902
Madaniyat
Toshkentda Janubiy Koreya kinolari festivali boshlandi
Alisher Navoiy nomidagi Kino saroyida Janubiy Koreya kinolari festivali ochildi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” xabar bermoqda. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligi hamda O‘zbekistonda koreys millatiga mansub fuqarolarning yashay boshlaganining 80 yilligiga bag‘ishlab “O‘zbekkino” Milliy agentligi va Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi hamkorligida tashkil etildi. Marosimda ijodiy tashkilotlar, diplomatik korpus vakillari, kinorejissorlar va san’atsevar yoshlar ishtirok etdi. Madaniy anjuman Li Xvan Gyon tomonidan suratga olingan “Yettinchi kameradagi mo‘jiza” filmi bilan boshlandi. Unda oilaviy munosabatlar, yoshlar hayoti, sadoqat va inson irodasi haqida hikoya qilinadi. Tadbir kunlari Janubiy koreyalik kinoijodkorlarning “Qirol tikuvchisi”, “Abadiy” va “Mojaro sababchilari” filmlari namoyish etiladi.
54
906
Madaniyat
“Istanbullik kelin” seriali yulduzi Asli Enver yangi loyihada ishtirok etadi
Iste’dodli aktrisa, nafaqat Turkiya, balki boshqa mamlakatlarda ham mashhurlikka erishib ulgurgan Asli Enver ekranlarga qaytmoqda. “Bobil” serialidan keyin ijodiy tanaffus qilgan aktrisa takror ishga kirishishga qaror qilgan. So‘nggi hafta davomida u turli prodyuserlik kompaniyalaridan kelib tushgan takliflarni ko‘rib chiqqan. Loyihalar orasida Amerikaning “Yaxshi rafiqa” (The good wife) serialining turkcha adaptatsiyasi “Mojaro” (Scandal) ham bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha serialning turkcha variantini suratga olish huquqini Turkiyaning Limon film kompaniyasi qo‘lga kiritgan. Asli bilan hali shartnoma imzolanmagan, ammo TV Haber nashrining ma’lumotiga ko‘ra, aktrisaning bildirilgan taklifga ijobiy javob berishi kutilmoqda. Ma’lumot uchun, “Yaxshi ayol” seriali 2009-2016-yillarda Amerikaning CBS kanalida efirga uzatilgan. Sujetga ko‘ra, Alisiya Florikning baxtli turmushi internetda ko‘rgan suratidan keyin dahshatga aylanadi. Chikagoning Kuk okrugi prokurori sifatida faoliyat yuritadigan turmush o‘rtog‘i esa ozodlikdan mahkum qilinadi. Shundan keyin ayol eski kasbiga qaytib talabalik yillarida sevgan insonining firmasida yurist sifatida ishlay boshlaydi. 6 karra mukofot berilgan va 40 martdan ko‘proq turli taqdirlash marosimlarida nomzod bo‘lgan serial efirga uzatilgan vaqtda ko‘plab muxlislarning qiziqishiga sabab bo‘lgan. Ma’lumot uchun, o‘zbek teletomoshabinlariga “Istanbullik kelin”dagi roli bilan yaxshi tanish bo‘lgan aktrisa, shuningdek, “Qish quyoshi”, “G‘oyib”, “Baxtli bo‘lsang kifoya” singari seriallarda ham suratga tushgan.
76
1,556
Madaniyat
Kurort, villa va qasr: Jahon yulduzlarining hashamatli uylari (foto)
Tasavvur qiling-a, quyosh botayotganda, bog‘ga olib boradigan marmar zinapoyalardan pastga tushasiz, qulay kresloda o‘tirib, xushbo‘y atirgullar manzarasiga qoyil qolasiz... Yoqimli, shunday emasmi? Ko‘pgina Gollivud yulduzlari uchun bu holat tanish. Zero, ularning mahobatli maskanlari har soniyada har bir detalda baxt, osoyishtalik va hashamatni his etish uchun aynan shunday yaratilgan. Quyida ajoyib interyeri va landshaftlarga ega mashhurlarning eng qimmat koshonalarini e’tiboringizga havola etamiz. Kayli Jennerning Los-Anjelesdagi kurort uyi Teleyulduz Kaylining qarorgohi bugungi kunda 37 million dollarga baholanmoqda. Hashamatli uyning 7 ta yotoq xonasi, 14 ta hammom, 20 ta mashinalar uchun joy, uy kinoteatri va shunchaki ulkan suzish havzasiga ega. Ellen Dejeneres tomonidan XVII asr villasi Ellen keyinchalik qayta sotish maqsadida qimmat villalar kapitalini ko‘paytirishni afzal ko‘radi. Shuningdek, foydalanish uchun ushbu italyan hududini toskana uslubida qoldirishga qaror qildi. Ushbu tepalikdagi hashamatli uy teleboshlovchiga 45 000 000 dollar olib kelishi mumkin. Tommi Xilfiger qasri O‘zining ajoyib ko‘rinishiga qaramay, u atigi 6 ta yotoq xonasi, 7 ta to‘liq va 3 ta yarim hammom va 6 ta kamindan iborat. Tashqi tarafda bog‘da haykaltaroshlik to‘siqlari, favvoralar va tennis maydoni mavjud. Tom Kruzning shahar chetidagi uyi Tom Kruz Gollivud shovqinidan charchaganida, u vaqtincha Telluriayd chekkasidagi qorli yonbag‘irlarga qaragan uyiga ko‘chib o‘tadi. Yulduzning “kulba”si aktyorga ish haqidagi fikrlardan butunlay qochishga va masalan, sport bilan shug‘ullanishga imkon beradi. Saroy hududida hokkey, tennis, basketbol maydonchalari va hatto xususiy motokross yo‘li mavjud. Jey Z va Beyonsening saroyi Mashhurlarning eng qimmat qasrlarini ushbu juftlikning ultrazamonaviy mulki bilan taqqoslab bo‘lmaydi. 88 million dollarlik mulk 8 ta yotoq xonasi, 11 ta hammom, 15 ta mashinaga mo‘ljallangan garaj, to‘rtta basseyn va basketbol maydonini o‘z ichiga oladi. Bu hashamatning barchasi o‘q o‘tkazmaydigan oynalar va ulkan darvozalar orqasida yashiringan. Jorj Klunining italyancha orzusi Jorj Klunining Komo ko‘lidagi villasi qandaydir maxfiy obyekt emas. Aksincha, aktyor suratga olish uchun hashamatli joy kerak bo‘lganda o‘z uyini rejissorlar va reklama beruvchilarga taqdim etishdan katta zavq oladi. Oleandra villasida jami 25 ta xona, jumladan, sport zali, ochiq osmon ostidagi kinoteatr va albatta, “pitssa xonasi” mavjud. Axir, bu Italiya-ku!
68
2,492
Madaniyat
“Ezel” seriali yulduzi Kenan Imirzalio‘g‘li farzandli bo‘lganidan keyin butkul o‘zgargani haqida so‘zlab berdi
Turk aktyori Kenan Imirzalio‘g‘li uzoq vaqt kutgan ota bo‘lish haqidagi fikrlari haqida so‘zlab berdi. Bu haqda “Oqshom” nashri xabar bergan, deb yozadi “RusTurkey.com”. Aktyor hayajonlari va his qilgan tuyg‘ulari haqida yashirmagan va qizi dunyoga kelgan onda o‘zini dunyodagi eng baxtli inson deb his qilganini aytib bergan. “Bu bizning uzoq kutilgan farzandimiz. Lalin dunyoga kelganida his qilgan tuyg‘ularimni tasvirlab berishga so‘z ojiz”, — degan aktyor. Shuningdek, u hayoti butunlay o‘zgargani hamda u endi avvalgi hamma bilgan Kenan emasligini qo‘shimcha qilgan. Eslatib o‘tamiz, aktyorning rafiqasi Istanbuldagi xususiy shifoxonalardan birida ko‘zi yorigan va juftlik qiziga Lalin deb ism qo‘ygan. Ma’lumot uchun, o‘zbek muxlislariga “Ezel” serialidagi roli bilan yaxshi ma’lum bo‘lgan Kenan Imirzalio‘g‘li aktyorlikdan tashqari, model sifatida ham faoliyat olib borgan va milliy va xalqaro tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.  Taniqli turk aktyori ilk marta ota bo‘ldi, Shevval Sam “Qora niyat”dan ketayotgan aktyorlar haqida gapirdi. Turk kinosi yangiliklari
110
1,077
Madaniyat
“Istanbullik milliarder” filmi noyabr oyining uchinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi
Rejissor Ozod Shamsning “Istanbullik milliarder” filmi noyabr oyining uchinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi. Bu haqda, Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi matbuot xizmati jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi. Noyabr oyining uchinchi haftasi kinoreytingida “Istanbullik milliarder” filmidan keyingi o‘rinlarni Begzod Joniyevning “Salom, rashk”, Rustam Meliyevning “Maqsad”, Otabek Mirzaxolovning “Millioner kelin”, Murod Inog‘omovning “Jonimga tegding jonim” filmlari band etgan. Shuningdek, hozirda Alisher Navoiy nomli kino saroyida “Sarvqomat dilbarim”, “Temir musht”, “Nayrang”, “Temur” kabi filmlar namoyishi davom etmoqda. 12-noyabr — 18-noyabr oralig‘ida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmlari 1-o‘rin. “Istanbullik milliarder” (komediya) Rejissor — Ozod Shams 2-o‘rin. “Salom, rashk” (komediya) Rejissor — Begzod Joniyev 3-o‘rin. “Maqsad” (detektiv-triller) Rejissor — Rustam Meliyev 4-o‘rin. “Millioner kelin” (komediya) Rejissor — Otabek Mirzaxolov 5-o‘rin. “Jonimga tegding jonim” (komediya) Rejissor — Murod Inog‘omov
114
1,070
Madaniyat
Instagram: Yulduz Usmonovani sudga berishdi, mashhur aktrisa farzand kutmoqda, bir o‘limdan qolgan Sitora Farmonova
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova Toshkentga kelgan turkiyalik hamkasbi Serdar O‘rtachni mehmon qildi. Yigitali Mamajonov va Muqaddas Sa’dullayeva folloverlariga Sharm ash-Shayxni ko‘rsatishda davom etmoqda. O‘zbekiston xalq artisti Munojot Yo‘lchiyeva “O‘zim” loyihasiga intervyu berdi. Intervyu chog‘ida xonanda erining kasbiga bo‘lgan munosabati haqida so‘zlab berdi. Taniqli aktrisa Lola Eltoyeva folloverlarini hayotga jiddiy qaramaslikka chaqirmoqda. Munisa Rizayeva esa birovlarning fikriga qarab ish tutmaslik kerakligini uqtirmoqda. Rejissor Zebo Navro‘zova o‘g‘li Shohruxxonning “Bo‘rilar” filmi muvaffaqiyatidan keyin yulduzlik kasaliga chalingani haqida so‘zlab berdi. Durdona Qurbonova “Pahmoq kelin” serialining navbatdagi faslida suratga tusha boshladi. Aziza Yoqubova turmush o‘rtog‘ining xiyonati aks etgan videoni internetda tarqatganidan afsuslanmasligini bildirdi. “Mendirman Jaloliddin” serialida bosh rolni ijro etgan turk aktyori Emre Kiviljim muxlislariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi. Sitora Farmonovaning onasi Zamira Farmonova qizining “Baykonur” filmida suratga tushayotganida yiqilib, og‘ir jarohat olgani hamda bir o‘limdan qolgani haqida so‘zlab berdi. Aktrisa Shahlo Temirova yangi suratlari orqali farzand kutayotgani haqida xabar berdi. Qoraqalpog‘istonlik jurnalistlar Yulduz Usmonovani sudga bergani aytilmoqda. Bunga O‘zbekiston xalq artistining “Qoraqalpog‘iston O‘zbekistonning choponi ichidagi mamlakat” degan gapi sabab bo‘lgan.
115
1,628
Madaniyat
Instagram: Zulayho Boyxonova o‘g‘lining yulduzlarni jamlagan to‘yi, Feruza Normatovani yig‘latgan syurpriz, Istanbulda “ximiya” olayotgan Ra’no Shodiyeva
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz. Aktrisa Durdona Qurbonova 2-iyun kuni 24 yoshni qarshi oldi. Aktrisa yo‘lbars muchalida tug‘ilgani uchun yo‘lbarsga “aylandi”. Xonanda Shahzoda kenjatoyi Xalid bilan tushgan suratini kuzatuvchilari bilan bo‘lishdi. Shahzoda Muhammedova kuzatuvchilariga Maldiv orollaridan ko‘rinish berdi. Aktrisa Maldivdan qaytib, oilasi bilan hordiq chiqarish uchun Dubayga ketdi. Aktrisa Sitora Farmonova Malibu’siga qanday raqam taqqanini muxlislariga ko‘rsatdi. Bloger va aktrisa Xonzoda qizalog‘i bilan fotosessiya tashkillashtirdi. Munisa Rizayeva marhum xonanda Layloning “Jonginam” qo‘shig‘ini kuyladi. Munisa bolaligida Layloning muxlisasi bo‘lganini ham yozib qoldirdi. Sevara Nazarxon onasi va qizalog‘i Imon Anvarning suratini sahifasiga joyladi. Rossiyalik xonanda Maksim “Bilasanmi?” (“Znayesh li ti?”) qo‘shig‘ini futbol bo‘yicha Rossiya kubogida ijro etdi. “Spartak” futbol jamoasining 50 ming muxlisi xonandaga jo‘r bo‘ldi. Dilnoza Kubayeva kuzatuvchilariga o‘g‘li Muhammad Amin bilan tushgan surati bilan ko‘rinish berdi. Feruza Normatovaning Instagram’dagi kuzatuvchilari soni 1 millionga yetdi. Shu munosabat bilan aktrisaning dugonalari uning kayfiyatini ko‘tarish maqsadida uyi oldida syurpriz tayyorladi. Feruza Normatova ushbu kutilmagan sovg‘adan yig‘lab yubordi. Hulkar Abdullayeva 1-iyun kuni tug‘ilgan kunini nishonladi. Xonanda tug‘ilgan kunini shou-biznesdagi yaqinlari davrasida nishonladi. Jigar saratoniga chalingan aktrisa Ra’no Shodiyeva Turkiyaning Istanbul shahrida kimyoviy terapiya muolajalarini olmoqda. Aktrisa o‘ziga o‘xshab og‘ir kasalliklar bilan kurashayotgan bemorlarga ruhiy dalda berish maqsadida video tayyorladi. Unda muolaja olayotgan Ra’no Shodiyeva sevimli qo‘shig‘iga raqsga tushayotganini ko‘rish mumkin. Xonanda Sevinch sahifasiga yangi suratini joyladi. O‘zbekiston xalq artisti Zulayho Boyxonova o‘g‘lini uylantirdi. Xonandaning quvonchli kunida o‘zbek shou-biznesining eng taniqli vakillari mehmon bo‘ldi.
153
2,098
Madaniyat
Telekanallarda nega milliy multfilmlar namoyish etilmayapti?
28 oktyabr -  Xalqaro animasiya kuni". Ayni paytda "O`zbekkino" Milliy agentligi tomonidan milliy multiplikasiyani rivojlantirish yuzasidan qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 2019 yilning o`tgan davri mobaynida  “O`zbekkino” Milliy agentligi tomonidan  6 ta multfilm yaratish bo`yicha ishlar olib borilmoqda. Ayni paytda 3 ta syujetdan ("Sovg`a", "Kamalak", "Aypad") iborat "Charxpalak" animasion filmi tayyor bo`ldi. Shuningdek, "Qo`zichoq, nay va qaroqchi bo`rilar", "Sehrli tanbur", "Par yostiq", "Zag`cha", "Qaldirg`och bilan mayna", "Samarqand noni" kabi animasion filmlar ishlanmoqda.  Milliy multfilmlarning televideniyada namoyishi bo`yicha ham amaliy ishlar olib borilmoqda. Milliy multfilmlarni davlat telekanallarida ko`proq namoyish etish yosh avlod onggida milliy o`zlik tushunchasini paydo qiladi va tariximizga bo`lgan qiziqishni oshiradi.   2017 yil 28 dekabrda O`zbekiston Vazirlar Mahkamasining “O`zbekkino” Milliy agentligi faoliyatini tashkil etish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Qaroriga asosan “Multiplikasion filmlar studiyasi” DUK tashkil etilgan va multfilmlar ishlab chiqarish sezilarli tarzda oshdi. “O‘zbekkino” Milliy agentligi tomonidan 2018 yili davlat buyurtmasi asosida 7 ta multiplikasion film hamda “Zumrasha” bolalar yumoristik kinojurnalining 3 ta to`plami  ishlab chiqarish jarayoniga tushirildi va yil oxiriga qadar “G`ildirakli uy”, “Uzviylik”, “Dovyurak oshpaz”, “Avto sarguzashtlar” (“Matizning sarguzashtlari”) nomli 4 ta (6 qismli) multiplikasion film va “Zumrasha” bolalar yumoristik kinojurnalining 2 ta to`plami tasvirga olindi.   Diqqat!  "28 oktyabr -  Xalqaro animasiya kuni" munosabati bilan 26-27 oktyabr kunlari hududlarda va Toshkent shahrining barcha kinoteatrlarida  milliy  multfilmlar namoyishi tashkil etiladi. 28 oktyabr kuni, soat 10:00da “O`zbekistonda animasiyaning rivojlanishiga to`siq bo`layotgan omillar va ularning echimlari” mavzusida konferensiya bo`lib o`tadi. Mazkur konferensiyada milliy multiplikasiyani rivojlantirish va milliy multimahsulotlarning televideniyada namoyishini ko`paytirish masalalari muhokama qilinadi.
60
2,121
Madaniyat
O`zbek va belaruslik ijodkorlar hamkorligida “O`zbek qizi” filmi suratga olinmoqda
“O`zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasi binoan “Sinema of Sentral Asia» studiyasi va Belarus Respublikasining "Parason Prodakshn" studiyasi ko`magida “Uzbechka” (“O`zbek qizi”) filmi suratga olinmoqda. Film postanovkachi rejissyori Akbar Bekturdiev kinokartina qanday jarayonlarda ekanligi haqida ma`lumotlar berdi: “Uzbechka” (“O`zbek qizi”) - murakkab postanovkali tarixiy-harbiiy badiiy film sanaladi. Hozirgi paytda filmni suratga olish uchun tayyorgarlik jarayonlarining birinchi etapi yakunlandi. Film ssenariysidagi urushgacha bo`lgan jarayon, ya`ni O`zbekiston hududidagi sahnalari kech kuz va yoz fasllari voqealari mavsumlarga qarab suratga olinadi. Shuningdek, jang bilan bog`liq urush sahnalari Belarus Respublikasining Minsk shahri hududida tasvirga olish rejalashtirilgan. Kinokartinadagi kech kuz epizodlari Jizzax viloyati qishloqlarida suratga olinadi” Kinokartina ijodiy guruhida belaruslik ijodkorlar ham ishlamoqda. Postanovkachi rejissyor Akbar Bekturdiev, operatorlar Husan Alijonov, Maksim Kurovskiy, postanovkachi rassomlar Akmal Saidov, Vitaliy Grigorevich, kostyumer Natalya Odinsova, grimyorlar Galina Ivanova, Nadejda Kolyosova, ekshn Roman Korolev, art prodyuserlar Fayzirahmon Usmonov, Yuriy Ivanov.   Rollarda Aysenem Yusupova, Zulxumor Mo`minova, Muhammadiso  Abdulxayirov, Farhod Xudoyberdiev va boshqalar.
82
1,340
Madaniyat
O‘zbekistonda “Kinematografiya to‘g‘risida”gi qonun: u nimaga kerak va qachon qabul qilinadi?
O‘zbekistonda “Kinematografiya to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda. Bu borada hozirgi qadar qanday ishlar amalga oshirilgani va, umuman, qonunning qabul qilinishidan ko‘zlangan maqsadlar haqida “O‘zbekkino” Milliy agentligi matbuot xizmati bilan hamkorlikda tayyorlangan material orqali axborot olishingiz mumkin. Yangicha iqtisodiy sharoitlarda kinematografiya sohasida davlat nazorati hamda audiovizual asarlarni yaratish (ishlab chiqarish), ko‘paytirish, foydalanish va ularni saqlash bilan bog‘liq jarayonlarni huquqiy jihatdan tartibga solish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Hozirgi kunda O‘zbekistonda audiovizual sohadagi munosabatlar turli huquq tarmoqlaridagi bir qator qonunlar va qonunosti hujjatlari bilan tartibga solinmoqda. Bevosita kinematografiyaga taalluqli huquqiy normalarning yagona tizimi mavjud emasligi, ayrim huquqiy munosabatlar qonun hujjatlari bilan tartibga solinmay qolayotganligi milliy kinematografiyani jahon standartlari darajasiga olib chiqish imkonini bermayapti. O‘zbekiston Prezidentining 2004-yil 16-martdagi “Kinematografiya sohasini boshqarishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-martdagi “‘O‘zbekkino’ Milliy agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori kinematografiya sohasini huquqiy tartibga solishda o‘z vaqtida qabul qilingan muhim hujjat bo‘ldi. Lekin o‘tgan 12 yil sohada hal etilishi lozim bo‘lgan qator muammo va kamchiliklar yig‘ilib qolganligini ko‘rsatmoqdaki, bu milliy kinematografiyani ham tubdan o‘zgartish uchun yangi qonun hujjatlarini qabul qilish zaruratini keltirib chiqarmoqda. Shulardan kelib chiqib, Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-fevralda qabul qilgan qarori bilan tasdiqlangan “2016-yil uchun qonunlar loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish Dasturi”ga “Kinematografiya to‘g‘risida”gi qonunni ishlab chiqish masalasi kiritilgan bo‘lib, u joriy yilning sentabr oyida Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilishi kerak. Qonun loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha hukumat tomonidan tasdiqlangan Reja-grafikda belgilangan tadbirlar ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zbekkino” Milliy agentligi mutaxassislari, turli vazirlik va idoralar vakillari va sohada faoliyat ko‘rsatayotgan kinodramaturglar, kinorejissyorlar va kinoshunoslardan iborat tarkibda Ishchi guruhi tuzilib, hozirda qonun loyihasini ishlab chiqish yuzasidan amaliy ishlarga kirishilgan. Ishlab chiqilayotgan qonun loyihasi qanday bo‘lishi kerak? Undagi normalar kinematografiya sohasidagi qaysi munosabatlarni huquqiy tartibga soladi? Bu haqda quyida batafsil to‘xtalib o‘tamiz. Tayyorlanayotgan qonun loyihasini ikki alohida — Umumiy va Maxsus qismlarga bo‘lish mumkin. 1. Ushbu qonun bilan tartibga solinadigan sohalar aniqlanadi. Kinematografiyaning asosiy tamoyillari hamda kinematografiya sohasida faoliyat ko‘rsatayogan fuqarolar va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklari o‘rnatilib, o‘zbek kino san’atining ustuvor yo‘nalishlari belgilanadi. 2. O‘zbekiston qonunchiligi tizimida yangi qonunning o‘rni, uning amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar bilan aloqadorligi belgilanib, kinematografiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining yagona majmuasi yaratiladi. 3. Bugungi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlardagi talablardan kelib chiqib, mazkur sohada davlat siyosatining asoslari belgilanadi. 4. Kinematografiya sohasidagi terminlar tushunchasi beriladi (hozirgi kunda keng tarqalgan, audiovizual sohadagi mavjud qonun hujjatlaridagi terminlarning tushunchasi notugalligi, ayrimlarining bir-biriga qarama-qarshiligi amaliyotda noaniqliklarga sabab bo‘lib, bu salbiy huquqiy va iqtisodiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Ishlab chiqiladigan qonunda milliy va chet el qonunchiligi amaliyoti asosida kinematografiyaga taalluqli yangi terminlar tizimi yaratiladi. Masalan, qonun loyihasida “milliy film”, “hamkorlikdagi film” va “xorijiy film” tushunchasini belgilash zarur bo‘lib, uning maqomini o‘zlashtirishda aniq mezonlarga asoslanish va uning huquqiy oqibatlari inobatga olinishi lozim (shu jumladan prodyuser, distribyutor, investor va boshqa terminlarda ham). 5. Milliy kinematografiyani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash shakllari va uni amalga oshirish tartibi va shartlari belgilanadi. Qayd etish kerakki, milliy kinematografiyani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashda Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-martdagi qarori qabul qilinganidan keyin kino ishlab chiqarish jarayonida ma’lum bir bosqichda ahamiyatli hujjat sifatida muhim rol o‘ynadi. Lekin hozirgi kunda ushbu hujjat har tomonlama qayta ko‘rib chiqishga muhtoj. Shunga ko‘ra, qonun loyihasiga: 6. Filmlarni doimiy saqlash tartibi belgilanadi (e’tiborlisi shundaki, filmlarni doimiy saqlash tartibini belgilovchi qonun hujjatlarining mavjud emasligi hozirgi kunda ularning yo‘q bo‘lib ketish xavfini yuzaga keltirgan. Binobarin, filmning nusxasi, alohida hollarda filmning birlamchi materiallari majburiy tartibda Arxiv fondiga topshirilishi va ular milliy boylik (mulk) sifatida saqlanishi zarur (shu jumladan, xususiy studiyalar tomonidan yaratilgan filmlar ham). Shu bilan birga, qonunda turi va janriga qarab turlicha toifada bo‘lgan filmlarning alohida jihatlari belgilanadi. Bundan tashqari, o‘quv filmlari (o‘quv yurtlari talabalarining bosqich (kurs) va diplom ishlari), shuningdek davlat buyurtmasi asosida tayyorlanadigan debyut-filmlarning maqomi belgilanishi mumkin. 7. O‘zbekistonda bozor munosabatlari rivojlanishi sharoitida milliy kinematografiya sahnasida paydo bo‘lgan prodyuserlar, distribyutorlar, investorlar va boshqa subyektlarning huquqiy maqomi belgilanadi (hozirgi kunda ushbu nomlar tez-tez uchrab tursada, ularning huquqlari, majburiyatlari va vazifalari huquqiy jihatdan belgilanmaganligi amaliyotda kinoasarlar yaratish jarayoni ishtirokchilari o‘rtasida nizoli vaziyatlarni yuzaga keltirib, filmlarni suratga olish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi). 8. Kinematografiya sohasidagi boshqaruv organlarining tarmoq sifatida tizimi belgilanadi, sohada faoliyat ko‘rsatuvchi jamoatchilik tashkilotlarini tashkil etish tartibi va ularning o‘rni aniqlanadi. 1. Kinoasarlarni yaratish (ishlab chiqarish) va ulardan foydalanish (prokat qilish, tarqatish, ko‘paytirish)ning turli bosqichlaridagi huquqiy munosabatlarning alohida jihatlari belgilanadi. 1.1. Filmlar ishlab chiqarish bosqichida: kinoasari yaratishdagi barcha ishtirokchilar o‘rtasida mualliflik-huquqiy, mehnat va xo‘jalik munosabatlari mustahkamlanadi, ularning film ishlab chiqarish jarayonidagi funksiyalari va o‘zaro huquq va majburiyatlari belgilanadi (kinematografiya sohasidagi mualliflik-huquqiy munosabatlarni amaldagi qonunchilik, birinchi navbatda, “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi qonun bilan to‘liq tartibga solish imkoni yo‘q, bu esa amaliyotda, ayniqsa ijodkorlarga mualliflik haqini mutanosib ravishda to‘lashda ularning huquqlari buzilishiga olib keladi. Xodimlarga bog‘liq bo‘lmagan holda oldindan rejalashtirilmagan ishlab chiqarishdagi to‘xtalishlar va ishsiz turib qolish kabi mehnat munosabatlaridagi o‘ziga xos xususiyatlar qonunda o‘z aksini topishi zarur, shuningdek kinematografiya sohasida ixtiyoriy va majburiy sug‘urtalash tizimini qonun hujjatlari bilan mustahkamlash zarurati amaliyotda ancha vaqt oldin yuzaga kelgan masaladir); milliy filmlar ishlab chiqarilishini davlat tomonidan moliyalashtirish va davlatning boshqa ko‘rinishdagi qo‘llab-quvvatlash shartlari belgilanib, qo‘llab-quvvatlashning aniq mezonlari va tartibi ko‘rsatilgan holda davlat ko‘magini oluvchi subyektlarning huquq va majburiyatlari doirasi aniqlanadi; davlat moliyaviy qo‘llab-quvvatlovchi sifatida hamprodyuser (soprodyuser) bo‘lishi, va bu kabi qo‘llab-quvvatlash orqali yaratilgan kinoasarlarga nisbatan mulkiy huquqining bir qismini egasi bo‘lishi mumkinligi belgilanadi. 1.2. Film ishlab chiqarishni yakunlash va uni foydalanishga tayyorlash bosqichida: filmni qabul qilish tartibi o‘rnatilib, film nusxalari va birlamchi materiallarni qabul qilib olishning texnik standartlari belgilanadi (ushbu bosqichda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish choralarini qonun hujjatlarida mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston hududida filmlardan foydalanish (prokat qilish, namoyish qilish, tarqatish, ko‘paytirish va hok.) uchun texnik va texnologik talablarni belgilashda filmlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish (registratsiya qilish) va prokat guvohnomasini berish mexanizmini ishlab chiqish zarur bo‘ladi); 1.3. Filmlardan foydalanish bosqichida: audiovizual asarlardan foydalanish bilan bog‘liq asosiy faoliyat turlarini litsenziyalash sharti belgilanadi (Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 15-martdagi 72-son qarorida audiovizual asarlardan foydalanish faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi belgilangan. Lekin, audiovizual asarlardan foydalanish faoliyat turlarini litsenziyalash ikkita alohida organ, ya’ni “O‘zbekkino” MA (ekranda namoyish etish faoliyat turi bo‘yicha) va Intellektual mulk agentligi tomonidan (filmlarni takrorlash, sotish, prokatga berish faoliyat turlari bo‘yicha) litsenziyalanishi audiovizual asarlardan foydalanishni amalga oshiruvchi subyektlar faoliyati ustidan tizimli nazorat o‘rnatish imkonini bermaydi). Shunday ekan, Qonun loyihasiga filmlardan foydalanish tamoyillari kiritilishi, shuningdek filmlarni prokat qilish va ommaviy namoyish etish, filmlarni tayyorlash, ko‘paytirish va tarqatishdagi umumiy talablar belgilanishi maqsadga muvofiq. Ushbu talablarning qonunda mustahkamlanishi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik faoliyati sohasida ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar ro‘yxati”ga kinematografiya sohasida ruxsat berish tartib-taomillari kiritilishiga asos bo‘lib, kelgusida har bir filmning qonunda belgilangan talab va shartlarga muvofiqligini ekspert baholash va ulardan foydalanishga ruxsat berish tartibini o‘rnatish imkonini yuzga keltiradi. kinoasarlardan foydalanishda televideniyening imkoniyatlarini hisobga olish zarur (buning uchun, filmlarning namoyishini tashkil qilishda ularning reklama bloklarini telekanallarda joylashtirish kabi qoidalarni amaldagi qonun hujjatlariga (masalan, “Reklama to‘g‘risida”gi qonunga) kiritish mumkin). milliy filmlarning mahalliy va xalqaro kinofestivallardagi ishtirokini tartibga solishga qaratilgan normalar kiritiladi (bunda milliy filmlarning mahalliy va xalqaro kinofestivallarda ishtirokini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash (moliyalashtirish)ning tamoyillari va tartibi nazarda tutiladi). 1.4. Filmlarni (nusxa va birlamchi materiallarini) saqlash bosqichida: filmlar materiallarini yig‘ish, saqlash, o‘rganish va tiklash faoliyatini amalga oshiruvchi arxivlar (kinofond) faoliyati huquqiy tartibga solinadi (bunda materiallarni qabul qilish tartibi, ularning texnik sifati ustidan nazorat qilish, saqlanayotgan materiallardan arxivlarning foydalanishi, shuningdek ularni huquq egalariga va foydalanuvchilarga taqdim etish tartibi nazarda tutiladi). 2. Kinematografiya sohasidagi tashkilotlarni soliqlar va bojxona yig‘imlaridan ozod qilish tartibi va shartlari belgilanadi. Xususan: 3. Kinematografiya sohasidagi xalqaro hamkorlikning asosiy tamoyillari belgilanadi. Xususan: 4. Kinematografiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik belgilanadi. Qonun loyihasini tayyorlash 2016-yilning iyun oyiga qadar yakuniga yetkazilib, jamoatchilik va mutaxassislar muhokamasiga qo‘yiladi. Muhokama jarayonida berilgan takliflar va mulohazalar Ishchi guruh tomonidan ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari, qonun loyihasi joriy yilning iyul oyida “O‘zbekkino” Milliy agentligi rasmiy veb-saytiga va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga joylashtiriladi.
93
11,703
Madaniyat
Farrux Zokirov: Opamni 80 yoshga to‘lishini unga bag‘ishlangan qo‘shiq bilan tabriklashni istardim
AQShda gastrol safari bilan bo‘lib turgan “Yalla” ansambli 6-yanvarda Nyu-Yorkdagi “Uzoq yillik” markazida o‘zining birinchi konsertini berdi. The Bukharian Times gazetasi jurnalisti Rafael Nektalov ansambl rahbari Farrux Zokirovdan intervyu oldi, deb yozmoqda “Kultura.uz”. Farrux Zokirov jurnalistning savollariga javob berar ekan, AQSh so‘nggi safari bundan 20 yil avval bo‘lgani va bu vaqt ichida nevarali bo‘lganini aytgan. O‘zining 70 yoshi munosabat bilan tabrikni qabul qilib olgan Farrux Zokirov 2021-yilda ansamblning 50 yoshga to‘lishini ta’kidlab o‘tgan. Shuningdek, u 7-yanvarda Nyu-Yorkda yashovchi yagona opasi Luizaning tug‘ilgan kuni ekanligini va uning 80 yoshga to‘lishini aytib o‘tgan. Men uni sahnadan turib, bir necha yil avval unga bag‘ishlab yozilgan hamda mamlakatimizda va xorijda ommabop bo‘lgan qo‘shiqni kuylab tabriklashni istardim. U har kuni bajon-u dil ijro etiladi: “Sen bo‘lmasang yonimda”. Farrux Zokirov, “Yalla” ansambli rahbari Jurnalistning nima uchun ansamblda solistlar faqat erkaklar bo‘lgani haqida bergan savoliga Farrux Zokirov bunga gastrollarning ko‘p bo‘lishi va bu ba’zan ayol kishi uchun noqulayliklar tug‘dirishi mumkinligini ko‘rsatib, javob bergan. Ansamblning AQShdagi konsertlarida “Uchquduq”, “Majnuntol”, “Choyxona” va boshqa qo‘shiqlar ijro etiladi.
98
1,309