folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Foto
Fotogalereya: Jahonning eng g‘aroyib karst o‘ralari
Karst — toshtuz, ohaktosh, gips singari eruvchan jinslardan tuzilgan yerlarning notekis ko‘rinishi va xossalaridir. Karst o‘ralar esa eng g‘aroyib relef ko‘rinishlaridan biridir. TravelAsk’ning yozishicha, ular karst tog‘ jinslaridagi tuproqning yerosti suvlari ta’siridagi harakati sabab yuzaga keladi. Suv ta’sirida erigan qatlam cho‘kishni boshlaydi va oqibatda o‘ra yuzaga keladi. Bunday o‘ralarning chuqurligi atigi bir metrdan boshlanib, 100 metrdan ham oshib ketishi mumkin. Mazkur o‘raning chuqurligi 530 metrni tashkil etadi. U yerosti g‘orining qubbasi qulashi natijasida hosil bo‘lgan. Hozirda u sig‘imi 25—30 million kubometrlik go‘zal ko‘lga aylangan. Uncha katta bo‘lmagan mazkur quduqning chuqurligi 30 metrga teng. U sof shaffof suv bilan to‘lgan, ostida esa to‘g‘ri dengizga olib chiqadigan 500 metrlik tunnel bor, shu sababli ham bu yerda chuchuk va dengiz suvi aralashadi. Mazkur o‘raning boshqa bir nomi ham bor — “Jahannam darvozasi”. Uning diametri taxminan 60 metr, chuqurligi esa 30 metrga yaqin. Bu yerda yer ostidan tabiiy gaz otilib chiqadi, uni 1971 yili sovet geologlari bir necha kun yonib, so‘ng o‘chib qoladi, degan umid bilan yoqib yuborgan. Biroq bu yerda hali ham gaz yonyapti. Venesueladagi o‘raning chuqurligi 320 metrga yetadi. Uning devorlari amalda vertikal bo‘lgani sabab, karst tuzilma ichida o‘ziga xos ekotizim yuzaga kelgan. Bu yerda yashaydigan jonivorlar va o‘sadigan o‘simliklarni boshqa hech qayerda uchratmaysiz. Sayyohlar orasida haddan tashqari mashhur bo‘lgan Syaochjay Tyankenni “Osmon teshigi” deb ham atashadi. Bu Yer sayyorasidagi eng chuqur karst o‘ra — uning chuqurligi 660 metrni, eni esa 530 metrni tashkil etadi. Yomg‘irlar mavsumi boshlanishi bilan bu joy yanada maftunkor ko‘rinish oladi. O‘ra ko‘lamini yanada aniqroq his qilish uchun uni, masalan, Boeing 747 layneri bilan taqqoslab ko‘rish mumkin. Ideal darajadagi aylana ko‘rinishidagi mazkur karst o‘ra Jak-Iv Kusto tomonidan kashf etilgan va suvostida suzish uchun tavsiya etilgan eng yaxshi 10 makondan biri hisoblanadi.
51
2,047
Foto
Poygachi bolalar, Parijdagi dorboz, Venesiyadagi skripka qayiq — 19 sentyabr suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz. Buyuk Britaniyada tarixiy avtomobillar poygasi festivali davomida kichik mashinalarda poygada qatnashayotgan bolalar. Herigeas Hundas tirik tarix guruhi a‘zolari Buser antik fermasida tengkunlik paytida tantanali Viking qayigʻining yonishini tomosha qilmoqda. Fransiyalik dorboz Natan Paulin 38-Evropa merosi kunlari doirasida Parijdagi Eyfel minorasi va Shayot teatri oʻrtasida oʻrnatilgan 70 metr balandlikdagi, 670 metr uzunlikdagi dordan tayoqsiz yurib oʻtmoqda. Rossiyada Davlat Dumasiga navbatdagi saylovlar boʻlib oʻtdi. AQShda 2020 yil yanvar voqealari tarafdorlari namoyish oʻtkazdi. 58 yoshli Adelina Garsiya majburiy yoʻqolish qurbonlarining ismlari yozilgan xochlar va 100 dan ortiq odamni yoqish uchun xizmat qilgan ikkita sement pechining qoldiqlari topilgan La Hoyada shahri. Peru. Kobulda ayollar oʻz haq-huquqlari uchun norozilik namoyishiga chiqdi. Dunyodagi ilk suv osti oʻrmonida suzayotgan kiprlik suzuvchi. U yerda 130 turdan ortiq suv osti oʻsimliklari haykallari jamlangan. Bangkokda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari boʻlib oʻtmoqda. Venesiyalik haykaltarosh Livio De Marchining ulkan suzuvchi san‘at asari — Nuh skripkasi Venesiyadagi katta kanal boʻylab birinchi safarini amalga oshirmoqda. Ishlab chiqaruvchilarning aytishicha, bu san‘at, madaniyat va musiqa orqali Venesiyaning qayta tugʻilishini anglatadi.
86
1,403
Foto
Jahonning eng baland osmono‘par binolari (foto)
Saudiya Arabistoni “Qirollik minorasi” (Kingdom Tower)ning qurilishini moliyalashtiradigan bo‘ldi, deya xabar bermoqda The Telegraph. Qurilishi yakuniga yetganidan so‘ng, u balandligi bir kilometrdan ortiq bo‘lgan jahondagi eng baland binoga aylanadi, deb yozadi “RIA Novosti”. Jiddadan 32 kilometr shimolda bunyod etiladigan Kingdom Tower minorasi qurilishiga Saudiya Arabistoni hukumati 1,2 milliard dollar sarmoya kiritadi. Qurib bitkazilganidan so‘ng, u Dubaydagi “Burj Xalifa” minorasidan 200 metrga o‘zib, inson qo‘li bilan yaratilgan eng baland inshootga aylanadi. Dubaydagi balandligi 828 metr bo‘lgan “Burj Xalifa” (“Xalifa minorasi”) hozirgi kunda jahondagi eng osmono‘par bino hisoblanadi. Qurilish ishlari davomida uning balandligi muntazam sir tutilgan — boshqa birov bundan-da baland bino qurib qo‘ymasligi uchun. Balandligi bo‘yicha “Burj Xalifa”dan keyingi o‘rinni Shanxayning Lujiazui biznes-tumanida joylashgan Shanghai Tower osmono‘par binosi egallagan. 632 metrlik binoning tashqi tomoni bitgan, ichkarida esa qurilish ishlari davom etmoqda. Ochilishi 2015-yil oxiriga rejalashtirilgan. Abraj al-Bayt — Makkadagi baland binolar majmuasi. U og‘irligi bo‘yicha jahondagi eng katta bino, balandligi bo‘yicha esa “Burj Xalifa” va Shanxay minorasidan keyin uchinchi o‘rinda turadi. Abraj al-Baytning balandligi 601 metrga teng. Xitoyning Guandun viloyati, Shenchjen shahrida balandligi 600 metr, 115 qavatdan iborat inshootni ham o‘z ichiga olgan binolar majmuasi — Pinan xalqaro moliya markazi qurilmoqda. Jahon savdo markazi-1 yoki Ozodlik minorasi — quyi Manxettenda qurilayotgan yangi Jahon savdo markazi majmuasining markaziy inshooti hisoblanadi. U balandligi bo‘yicha G‘arbiy yarimshardagi eng baland, jahon bo‘yicha esa to‘rtinchi bino hisoblanadi. Qurilishi 2013-yil 10-may kuni yakuniga yetgan minoraning balandligi 541 metrga teng. Taybey 101 — Tayvan poytaxtida joylashgan, 101 qavatdan iborat, balandligi 509,2 metr bo‘lgan bu binoda jahondagi eng tez liftlar ishlaydi — beshinchi qavatdan tomosha maydonchasi joylashgan 89-qavatga atigi 39 soniyada chiqish mumkin. Gongkong shahrining Koulun tumani g‘arbiy qismida 2010-yili 118 qavatdan iborat, balandligi 484 metr bo‘lgan Xalqaro tijorat markazi qurilgan edi. Petronas minoralari — Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurdagi balandiligi 451,9 metr, 88 qavatdan iborat egizak osmono‘par binolardir.
47
2,380
Foto
Wildlife Photographer of the Year 2015 tanlovi g‘oliblari (foto)
Londondagi Milliy tabiatshunoslik muzeyi 51-marotaba tashkil etilgan xalqaro Wildlife Photographer of the Year fototanlovi g‘oliblari nomini e’lon qildi. Pixel xabariga ko‘ra, 2015-yilgi tanlovda kanadalik havaskor fotosuratchi Don Gutoski “Ikki tulki haqida qissa” fotosurati bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Bosh sovrin sohibi “Sut emizuvchilar” turkumi Fotosurat muallifi: Don Gutoski, Kanada. Malla tulkilar qutb tulkilariga qarshi faol ov qilmaydi, biroq yirtqichlarning yo‘llari kesishib qolsa, nizo chiqishi tayin. Yoritish sharoitlari xira edi, biroq vaziyatning ayanchli ekani oppoq qor fonida aniq ko‘rinib turibdi. Yovvoyi tabiatni suratga olish bo‘yicha 11—14 yoshli eng yaxshi fotosuratchi Fotosurat muallifi: Ondrey Pelanek, Chexiya Norvegiyaning Varanger yarimorolida yashovchi nar loyxo‘raklar oila qurish va avlod qoldirishga kim ko‘proq munosibligini aniqlash maqsadida jang qilmoqda. Yovvoyi tabiatni suratga olish bo‘yicha 15—17 yoshli eng yaxshi fotosuratchi Fotosurat muallifi: Jonatan Jagot, Fransiya Jagot Braziliya shimoli-sharqidagi Lensoysh daryosi qirg‘og‘i yaqinida qayiqda o‘tirarkan, qum va tropik moviy osmon fonida uchib ketayotgan alvon ibislarni suratga olgandi. “Qushlar” turkumi g‘olibi Fotosurat muallifi: Amir Ben-Dov, Isroil Ijtimoiylashgan bu qirg‘iylar to‘da bo‘lib Markaziy va Sharqiy Yevropadan janubiy va janubi-g‘arbiy Afrikaga ko‘chib yuradi. “Amfibiyalar va sudralib yuruvchilar” turkumi g‘olibi Fotosurat muallifi: Edvin Gisbers, Gollandiya Suv sathida qotib qolgan bukri triton. Og‘zi to‘la kit “Suvosti dunyosi” turkumi g‘olibi Fotosurat muallifi: Maykl Au, Avstraliya Brayd yo‘l-yo‘l kiti sardin baliqlarini to‘dasi bilan birga yutib yuboryapti. Suv o‘tlaridan hosil bo‘lgan san’at asari “Yuqoridan ko‘rinish” turkumi g‘olibi Fotosurat muallifi: Pere Soler, Ispaniya Har yili bahorda Andalusiya sohillaridagi Baiya-de-Kadis tabiat bog‘ida yuqoridan xuddi shunday manzaraga guvoh bo‘lish mumkin. “Shaharda” turkumi g‘olibi Fotosurat muallifi: Richard Piters, Buyuk Britaniya Shaharliklarning aksariyati ular bilan yonma-yon yashayotgan tulkini odatda mana shunday qiyofada ko‘radi. “Taassurotlar” turkumi g‘olibi Fotosurat muallifi: Xuan Tapia, Ispaniya Tapia mo‘yqalamda chizilgan rasmda qaldirg‘och sig‘adigan darajada teshik qoldirib, uni eski bir boloxona derazaga joylashtirib qo‘ydi. Fotosuratchi qush teshik orqali “rasm ichiga kirib kelgan” vaziyatni tasvirga muhrladi. “Yovvoyi tabiat fotojurnalisti — 2015” maxsus sovrini sohibi Fotosurat muallifi: Britta Yashchinski, Germaniya / Buyuk Britaniya Xitoyning Guylin shahridagi “Yetti yulduz” bog‘ida chiqish qilayotgan sherlar. Ularning tishlari va tirnoqlari sug‘urib olingan. Britta so‘nggi 20 yildan beri jahon bo‘ylab sayohat qiladi, biroq Xitoydagi kabi shafqatsizlikka hech qayerda duch kelmagandi.
64
2,825
Foto
Tarixiy shaxslarni filmlarda jonlantirgan aktyorlar (foto)
Filmda tarixiy shaxs obrazini ijro etish qiyin vazifa. Aktyor, birinchi navbatda, ekrandagi odam haqiqatan ham Merilin Monro, Freddi Merkyuri yoki Jeyms Din ekaniga bizni ishontirishi kerak. AdMe esa mana shunday iste’dodli aktyorlarning rasmini taqdim etdi. 2. Rami Malek Freddi Merkyuri rolida (“Bogem rapsodiyasi”) 3. Emma Stoun va Stiv Karell Billi Jin King va Bobbi Riggs rolida (“Jinslar jangi”) 4. Nikol Kidman Greys Kelli rolida (“Monako malikasi”) 6. Natali Portman Jaklin Kennedi rolida (“Jeki”) 7. Jeyms Franko Jeyms Din rolida (“Jeyms Din”) 8. Jeffri Rash Albert Eynshteyn rolida (“Daho”) 9. Mishel Uilyams Merilin Monro rolida (“Merilin bilan 7 tun va kun”) 10. Ben Kingsli Mahatma Gandi rolida (“Gandi”) 11. Margo Robbi Toni Xarding rolida (“Tonya barchaga qarshi”) 12. Rene Zellveger Judi Garlend rolida (“Judi”) 13. Penelopa Krus Donatelli Versachi rolida (“Amerika jinoyatlar tarixi”) 14. Sharliz Teron Eylin Ournos rolida (“Maxluq”) 15. Deniel Dey-Lyuis Linkoln rolida (“Linkoln”) 16. Sienna Miller Edi Sejvik rolida (“Endi Uorxol mening xushtorim”) 17. Devid Oyelouo Martin Lyuter King rolida (“Selma”) 18. Geri Oldmen Uinston Cherchill rolida (“Qora kunlar”) 19. Aleksandr Petrov Nikolay Gogol rolida (“Gogol” seriali) 20. Uillem Defo Vinsent Van Gog rolida (“Van Gog. Abadiyat ostonasida”)
58
1,328
Foto
Sayohat qilish istagini uyg‘otadigan bir-biridan go‘zal maskanlar surati
Sayohat turli hislarni tuyishga sabab bo‘ladi, bir umrlik xotira bo‘lib qoladigan emotsiyalar va ko‘p narsani o‘rgatadigan unutilmas tajriba. Purviqor tog‘lar, go‘zal manzara, quyosh botishi kishini qayta va qayta safarga chiqishga undayveradi. O‘ziga xosligi bilan kishini o‘ziga jalb qiladigan ana shunday suratlar ketma-ketligini e’tiboringizga havola qilamiz. “O‘z vaqti va joyida olingan surat”. Islandiyada yoz kunlari tungi soat 1 da ko‘rish mumkin bo‘lgan shafaq. Fransiya, Mon-Sel-Mishelda osmonga tikilib turgan it. Kaliforniyadagi Yosemiti milliy bog‘idan osmondagi bulutlar xuddi qo‘l cho‘zib tegish mumkindek ko‘rinadi. Arizonadagi vodiydan olingan go‘zal manzara surati. Islandiyaga tashrif buyurgan sayyohlar sohillarda qora qum borligi va ajoyib manzaraga guvoh bo‘lishi mumkin. Atrofida Italiyaning purviqor tog‘larini ko‘rish mumkin bo‘lgan hostel (arzon mehmonxonalar). Hindiston, Keralada orasida bir necha daqiqa farq bilan olingan surat. Transilvaniya (Ruminiya) orqali o‘tadigan yo‘lni qurish 1970-yillarda boshlangan va 4 yil ichida qurib bitirilgan. Yaman, Sokotra orolidagi ajdarho-daraxt. Qozog‘istondagi Qayindi ko‘li. Suvdan chiqib turgan “tayoqlar” — qoraqarag‘aylardir. Zilzila tufayli ularni suv bosgan va keyin shunday ko‘l paydo bo‘lgan. Yangi Zelandiyaning Maunt-Aspiring milliy bog‘idagi Bryuster kulbasining kechasi soat uchda olingan surati. “Ushbu kadrni suratga olish uchun 15 soniya va ’vspishka’ning bir nechta turi kerak bo‘ldi” (AQSh, Arizona). Daniyada dengiz sathidan 140 metr balandlikda olingan surat. “Bu yerda ‘Yulduzlar jangi’, shuningdek, ‘Mars tutquni’ va ‘Olovuddin’ suratga olingan, deb o‘yladim. Juda ham syurrealistik manzara” (Iordaniya Vadi-Ram sahrosi). Sitsiliyadagi Etna vulqoni. AQShning Yuta shtatining janubiy qismida joylashgan rang-barang tog‘lar. Niagara sharsharasi, kema va kamalakning kishini o‘ziga jalb etadigan surati.
72
1,910
Foto
Arnold Shvarsenegger nikohsiz tug‘ilgan farzandining bitiruv kechasiga tashrif buyurdi (foto)
Amerikalik taniqli aktyor, Kaliforniya shtatining sobiq gubernatori Arnold Shvarsenegger o‘zining Instagram’dagi sahifasiga Pepperdayn universitetini tamomlagan o‘g‘li bilan tushgan suratini joylashtirdi, deb xabar berdi Forum Daily. “Tabriklayman, Jozef! Pepperdayn universitetida to‘rt yil davomida biznes sohasini mashaqqat bilan o‘rganding, bugun sening kuning! Bugungi bayram seniki, men sen bilan faxrlanaman. Seni yaxshi ko‘raman!”, — deb yozadi aktyor. Jozefning o‘zi ham bitiruv kechasida tushgan suratini ijtimoiy tarmoqqa joylashtirib, ushbu kun naqadar muhim ekanligini yozib qoldirgan: “Suratdagi mazkur universitet va odamlar sababli men hayotimning eng yorqin yillarini shu yerda o‘tkazdim. Bu kabi nufuzli universitetning bitiruvchisi ekanligimdan faxrlanaman. Endilikda oldimda turgan ulkan yo‘lni o‘z bilimim bilan boshlayman. Ko‘ramiz, bu meni qayerga eltarkan!”. Eslatib o‘tamiz, Jozef Arnold Shvarsenegger va uning uyidagi oqsoch xizmatkoridan nikohsiz tug‘ilgan farzand hisoblanadi. Bu haqda 2011-yilda ma’lum bo‘lgandi.
93
1,046
Foto
Foto: Buyuk Britaniyada Rojdestvoga eng bayramona bezatilgan uylar
Buyuk Britaniya fuqarolarining aksariyati Rojdestvoda o‘z uylarini chiroqlar marjoni va illyuminatsiyalar bilan bezatadi, biroq bayramning ba’zi ixlosmandlari bu masala yechimiga o‘ziga xos zavq bilan yondashadi. The Guardian nashri mamlakatdagi eng bayramona bezatilgan uylar suratlarini to‘pladi, deb yozadi TJournal. Breyntridagi uyda minglab Rojdestvo chiroqlari Vestfild qishlog‘idagi uy. Oxirgi yillarda bu yerda Rojdestvo bezaklari ayniqsa ommalashgan. Vestfilddagi uy boshqa rakursdan Nyuportlik oilaning xonadoni bayram mavsumi davomida tashrif buyuruvchilar uchun ochiq Nyuportdagi uy yoritib turuvchi chiroq marjonlari bilan to‘liq o‘rab chiqilgan Bernem-on-Sidagi uyda Rojdestvo bezaklari Natxolldagi nur sochib turuvchi haykallar va chiroqlar marjoni Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
66
943
Foto
Kobulda yoqqan qor, Olmaotadagi to'qnashuvlar, Braziliyada suv toshqinlari — hafta suratlari
Haftaning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz. Olmaota shahrida norozilik namoyishlarini tarqatishga ketayotgan politsiya va harbiylar. Isroil askarlari tomonidan otib o'ldirilgan falastinlik Muhammad Hashashning oila a'zolari dafn marosimida. Eronlik ayollar ikki yil oldin AQSh razvedkasi tomonidan o'ldirilgan general Sulaymoniy portretini ko'tarib, uning vafotini xotirlamoqda. Braziliyaning ayrim joylarida kuchli yomg'ir yog'ishi natijasida suv toshqinlari yuz berdi. Olmaotada namoyishlar payti to'siq o'rnatayotgan politsiyachilar. Afg'oniston poytaxti Kobulda qor yog'di. “Tolibon” askarlari Qarg'a ko'li yonida. Osmonda shakl hosil qilib uchayotgan chug'urchuqlar. Venesuela qishloqlarida futbol o'ynayotgan bolalar. Qorli Kobul ko'chasida ketayotgan ayol. Palma orolida yuz bergan vulqon oqibatida uylar lava qurumlari ostida qolib ketdi.
92
863
Foto
Fotogalereya: Hayotda ekrandagidan farq qiluvchi mashhurlar
Odatda foto, videokameralar haqiqiy tasvirni boricha ko‘rsatmaydi. Shu sababli ham ba’zan mashhurlarning hayotda ekrandagidan qanchalik farq qilishini tasavvur qilib bo‘lmaydi. AdMe taqdim etgan suratlarda mashhurlarning bo‘yi qanchalar baland ekanligiga guvoh bo‘lish mumkin. Bill Kaulits va Jeyson Momoa: 193 sm Elizabet Debiki va Kris Xemsvort: 190 sm Karli Kloss va Uill Smitt: 188 sm Melaniya Tramp va Bred Pit: 180 sm Irina Sheyk va Norman Ridus: 178 sm Sofi Teyner va Rami Malek: 175 sm Aleksandra Daddario va  Zak Efron: 173 sm Zoi Saldanan va Devid Franko: 170 sm Jennifer Lopes va Daniel Redkliff: 165 sm
59
632
Foto
Dubaydagi dunyodagi eng katta Mikki Maus o‘rnatildi (foto)
Disney multfilmi qahramoni Mikki Mausning dunyodagi eng baland gulli shakli Dubayda o‘rnatildi, deb yozmoqda “RIA Novosti”. Shakl Dubai Miracle Garden gullar bog‘ida mazkur qahramon yaratilganining 90 yilligi munosabati bilan paydo bo‘ldi. Mikki Mausning balandligi 18 metrni tashkil qiladi, shakl 100 mingta gul va o‘simlikdan yaratilgan bo‘lib, uning vazni 35 tonnaga teng. Qayd etilishicha, shakl Ginnesning rekordlar kitobiga kiradi. Uni yaratish uchun 100 nafar dizayner va muhandis 45 kun mehnat qilgan.
58
510
Foto
Vaqt juda tez o’tayotganini o’zida mujassam etuvchi suratlar
Turli yillarda olingan suratlar yosh o‘tishi, yuzga ajinlar tushgani bilan kishining ko‘zlari yonib turishi, samimiy tabassumi o‘zgarmasligini yana bir bor tushunib yetishga imkon beradi. Quyidagi suratlar esa buning isboti. “Men va mushugimning 12 yil farq bilan tushgan suratimiz”. “O‘g‘lim bilan birga avval va hozirgi suratimiz”. Ikkinchi kadr birinchisidan 10 yil o‘tib suratga olingan. “Ota-onamning 1981-yil va 2021-yildagi surati”. “Otamning 60 yoshga to‘lishi munosabati bilan avvalgidek suratga tushdik”. Juftlikning 32 yil farq bilan olingan fotosi. “Mushugimning men bilan birinchi va oxirga surati”. Suratdagilardan faqat bittasi boshqalarga qaraganda ko‘proq o‘zgargan. “22 yil o‘tgan bo‘lishiga qaramay, hali ham bolaligimdagi singari tabassum qilaman”. “13 yil o‘tgan bo‘lsa ham biz hali hamon qalin do‘stmiz”. “O‘g‘lim bilan 1987-yil va 2017-yildagi suratimiz”. Birinchi surat 1988-yilda ikkinchisi esa 2019-yilda olingan. “Opalarim bilan 1985-yilda tushgan suratimizni takrorlashga qaror qildik”. “Hujjatlardagi 16 yoshdan 23 yoshgacha bo‘lgan vaqtdagi suratlarim”. “Birinchi fotoda bobomning yoshi sakson, ikkinchisida esa yigirmada”.
60
1,168
Foto
Iste’dodli sartaroshning ajoyib o‘rimlar tufayli yaratgan soch turmaklari (foto)
Hozirda soch o‘rimlari butun dunyoda mashhur bo‘lib, ko‘plab sartaroshlar an’anaviy to‘qish usullarini zamonaviylashtirmoqda. Alexandro Lopes ham ana shunday g‘ayrioddiy soch turmagi yaratuvchilaridan biridir, deb yozadi “24 life”. Lopesning soch o‘rashga muhabbati videodarslik ko‘rganidan so‘ng boshlangan. Keyinchalik kosmetologiya maktabida o‘qiyotganida bu ish uning sevimli mashg‘ulotiga aylandi. 19 yoshiga to‘lganida esa u onasidan ziyofat uchun parik so‘ragan edi. Oradan ikki yil o‘tgach buning samarasi ko‘rina boshlagan. Uning Instagram sahifasi murakkab soch turmagidan tortib, ajoyib soch o‘rimlari aks etgan suratlar bilan to‘lib toshgan. “Men har qanday go‘zallikdan ilhom olaman. Tabiat, me’moriy obidalar, matolarga berilgan bezaklardan ham”, — deydi sartarosh. Uning har bir modeli rangli sochlarga ega bo‘lib, u ijodi mobaynida munchoq, bezaklar va ingichka to‘rli matolarni ham foydalanadi.
80
914
Foto
Usmonovning Dilbar’i, Abramovichning Eclipse’i, Dubay amirining Dubai’i va boshqalar: Dunyoning eng katta yaxtalari (fotogalereya)
Boat International nashri dunyoning 200 ta eng uzun yaxtalaridan iborat reytingni e’lon qildi. “Vedomosti” reytingning birinchi o‘nta pog‘onasidan o‘rin olgan yaxtalar bilan tanishtirdi. BAA amirlik oilalaridan biriga tegishli 141 metrli Yas o‘ninchi o‘rinni egalladi. 1978-yilda qurilgan yaxta 60 yo‘lovchi va 56 ekipaj a’zosini sig‘dira oladi. To‘qqizinchi o‘rinda — “Yevroxim” direktorlar kengashi raisi (Rossiya) Andrey Melnichenkoning buyurtmasi bilan yasalgan Sailing Yacht A yelkanli yaxtasi. Uning uzunligi — 143 metr. 1865-yilda suvga tushirilgan 145 metrli El Mahroussa sakkizinchi pog‘onada joylashdi. Hozirda u Misr harbiy-dengiz floti tasarrufida bo‘lib, prezident yaxtasi sifatida xizmat qiladi. 147 metrli Prince Abdulaziz yaxtasi Saudiya Arabistoni qiroli Abdulla buyurtmasi bilan 1984-yilda qurilgan. Uni yasash 184 million dollarga tushgan. Interyerning o‘ziga xos jihatlaridan biri — bosh palubadagi katta lobbi “Titanik” interyerini takrorlaydi. Oltinchi o‘rindagi Topaz yaxtasi Prince Abdulaziz’dan 25 santimetrga uzunroq. U 2012-yilda mashhur arxitektor Tim Xeyvud dizayni bo‘yicha qurilgan. Ummon sultoni Qobus bin Saidga tegishli 155 metrli Al Saïd yaxtasi — beshinchi o‘rinda. U vertolyot maydoni, kinoteatr va konsert zaliga ega. To‘rtincha o‘rinni, OAV ma’lumotlariga ko‘ra, USM Holdings egalaridan biri Alisher Usmonovga tegishli 157 metrli Dilbar yaxtasi egalladi. U 40 nafar mehmon va 80 nafar ekipaj a’zosi uchun mo‘ljallangan. OAV uni taxminan 600 million dollarga baholamoqda. Kattaligi bo‘yicha dunyoda uchinchi — Dubay amiri va BAA bosh vaziri Muhammad ibn Rashid al-Maqtumga tegishli 162 metrli Dubai yaxtasi. Ikkinchi o‘rinda — Roman Abramovichning buyurtmasi bilan 2010-yilda qurilgan 162,5 metrli Eclipse yaxtasi. So‘nggi besh yillikning mutlaq rekordchisi esa 180 metrli Azzam yaxtasi bo‘ldi. Taxminlarga ko‘ra, u BAA qirollik oilasi a’zosi buyurtmasi bilan qurilgan.
130
1,917
Foto
Fotogalereya: Yaponiyaning unutilmas kinematografik ko‘chalari
Jek Ranguni — Yangi Zelandiyaning Oklend shahridan chiqqan iqtidorli fotograf. U ko‘chalarni juda ham chiroyli qilib suratga oladi. Mutaxassisligi bo‘yicha dengiz biologi, ammo fotograflikka bo‘lgan havasi uni ijodga chorlagan. Yaqinda u Yaponiyaga borib, haqiqiy kinematografik suratlar oldi. Travel Ask ularni taqdim etdi.
62
324
Foto
Fotogalereya: Grenlandiya muzliklarining erishi
Aerofotograf Tom Xegen Grenlandiya muzligining erishiga bag‘ishlangan “Selsiy bo‘yicha 2 daraja” nomli fotoloyihani amalga oshirdi. Aerofotosyomka yordamida olingan suratlarda muzlik qatlamining erish jarayoni aks etgan. TravelAsk ana shu suratlarni taqdim etdi.
47
262
Foto
Tomosha qilganda qalblarga iliqlik baxsh etuvchi suratlar
Dunyo go‘zalligini o‘zida aks ettiradigan lahzalar mavjud. Ba’zida odamlar bunday daqiqalarni suratga olishga muvaffaq bo‘ladi va ular melodramadan ko‘proq ta’sir kuchiga ega. “Londonda ikkita tibbiyot xodimi erta tongda bog‘da tanaffus qilmoqda”. “Har safar sayr paytida itim shu joyda to‘xtaydi va o‘tgan yili vafot etgan labrador do‘stining darvozadan yugurib chiqishini kutadi”. “Bog‘imdagi tipratikan bolaladi. Bugun biz ularni birinchi marta ko‘rdik”. “To‘pig‘im singanidan xafa bo‘ldim. Keyin onam kayfiyatimni ko‘tarish uchun bandajni bo‘yab qo‘ydi. Men 33 yoshdaman, lekin bundan bolalardek xursand bo‘ldim”. “Uch xonali raqamdan iborat yoshingiz muborak bo‘lsin, bobo!” “10 yildan ortiq vaqt davomida men nemis ovcharkasiga ega bo‘lishni orzu qilardim. Bugun men ushbu mittivoyni uyga olib keldim”. “Rafiqam o‘z o‘quvchilarini qiziqtirishi va maktabga borishdan zavq olishi uchun qo‘lidan kelganicha harakat qiladi”. “Buvim o‘zining birinchi tatuirovkasini 76 yoshida chizdirdi”. “Ular birgalikda katta bo‘ldi. Ikkovlon ham deyarli 100 yoshda”. “Dadam kasal edi va uning orzusi men kollejni tugatib, hamshira bo‘lgan kunimni ko‘rish uchun yashash edi”. “Do‘stim qara, tushib ketadi, deb baqirdi. Men chap tomonga burildim va bu kichkina polaponni ushlab olishga muvaffaq bo‘ldim. U o‘z uyasiga qaytdi”. “To‘yimiz kuni yomg‘ir yog‘di va erim kiyimim loy bo‘lmasligi uchun meni ko‘tarib o‘tdi. Endi esa men doktorlik unvonini olishim uchun u hayotdagi barcha qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda”. “Bunday yoqimli holatni bo‘lishmay bo‘lmaydi”. “Dadam operatsiya qilindi va bir necha oy fermada bo‘lmadi. Bu ularning uzoq ayriliqdan keyingi uchrashuvi. Otam uyga qaytganidan hammamiz xursandmiz”. “Qutqarilgan jonivor har kuni ertalab qutqaruvchisini ko‘rish uchun keladi”. “U quyoshli kundan zavqlanmoqda”. “Men uni yo‘qotishdan qo‘rqqan edim, lekin bugun uning tuzalib ketganligini aytishdi”. “Homilador itim ikkita mushukchani asrab oldi va ularni o‘zi boqmoqda”.
57
1,991
Foto
Fotogalereya: Tim Flech tomonidan suratga olingan qirilib ketish arafasidagi hayvonlar
Suratkash Tim Flech o‘zining “Yo‘qolib ketish arafasida” nomli yangi kitobini taqdim etdi va bu orqali o‘quvchilarga iqlimning odam ta’siri oqibatida o‘zgarishi ko‘plab hayvonlarning butunlay qirilib ketishiga olib kelayotganini ajoyib tarzda tushuntirib berdi. TravelAsk ushbu kitobdan o‘rin olgan eng esda qolarli suratlar bilan bo‘lishdi. Pangolinlar, asosan yоvvoyi hayvonlarning noqonuniy savdosi qurboniga aylanadi Begemotlarni uning go‘shti va tishi uchun ovlashayotgani sabab, u yo‘qolib ketish arafasida Sariq ko‘zli o‘rmon baqalari iqlim o‘zgarishidan aziyat chekmoqda, ularga o‘rmonlarda keng tarqalgan qo‘ziqorin xavf tug‘diradi Angonoki — dunyodagi eng noyob toshbaqalar Yunnan provinsiyasining noyob maymunlari Yaltiroq qo‘ng‘izlarga o‘rmonlarning kesilib ketishi va havoning ifloslanishi tahdid solmoqda Filippinning noyob burgutlari brakonyerlar sababli kamayib ketgan O‘laksaxo‘rlar infeksiyalarning tarqalishini oldini oladi. Ular ham muntazam brakonyerlar ta’qibiga uchramoqda Qor barslari tarqalgan Himolay tog‘larida ham iqlim o‘zgargani sabab, ular istiqomat qiladigan hududlar qisqarmoqda Sudan — sayyoradagi so‘nggi shimoliy oq erkak karkidon
86
1,175
Foto
Amerikalik erkak 130 yoshli ulkan osyetr balig‘ini ovladi (foto)
Amerikalik Jon Eyden va uning otasi Viskonsin shtatida baliq ovi paytida ulkan osyetr balig‘ini ovlangan, deya xabar beradi “Tengrinews”. Baliqning uzunligi 217 santimetr, vazni — 77,5 kilogramm. Uyga qaytgach, baliqchi ushbu baliq haqida ma’lumot qidira boshlagan, ammo bu og‘irlik eng yuqori ko‘rsatkich emasligini tan olishga majbur bo‘lgan. AQSh atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi katta baliqlarni kuzatib boradi va 2012-yilda 222 santimetrdan ortiq baliq va deyarli 109 kilogramm bo‘lgan baliq topilgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, u 125 yoshda bo‘lgan, ya’ni 1887-yilda tug‘ilgan. U ro‘yxatga olingan va ozod etilgan. Shunga qaramay Jonning tutgan osyotri uzunligi bo‘yicha rekordni uradi: avvalgi osyetr 214 santimetr bo‘lgan. Bu baliqni ilgari ko‘rgan biolog Jonga murojaat qilgan. Bir necha yil ilgari baliq oshqozoniga kuzatuvchi qurilma joylashtirilgan. Hozirda qurilma olimlarga topshirilgan va ular taxminan 130 yil yashagan ushbu suv jonzotining hayoti va oziqlanishi haqida ko‘proq bilib olishi mumkin. Ayni paytda Eyden oilasi baliqni bo‘lish bilan shug‘ullanmoqda: undan to‘qqiz kilogramm qora ikra olingan, go‘shtni esa dudlash rejalashtirilmoqda.
64
1,167
Foto
Foto: Qirolicha Yelizaveta II qarorgohi — Bukingem saroyiga sayohat
Dastlab taunxaus sifatida o‘ylangan, Londonning eng asosiy ramzlaridan biri bo‘lgan Bukingem saroyi, 1703-yilda Bukingem gersogi uchun qurilgan. Oradan 58-yil o‘tgach esa qirol Jorj (George) III saroyni rafiqasi qirolicha Sharlotta uchun sotib olgan. XIX asrlarga kelib arxitektorlar Jon Nesh va Edvard Blor tomonidan markaziy korpus atrofiga uchta “qanot” qurilib bino maydoni kengaytirilgan. 1837-yilga kelib qirollik qarorgohi nomini olgan bino Bukingem saroyi deb atala boshlagan. Dunyoning eng hashamatli qarorgohlardan biri deb e’tirof etiladigan saroyda 775 ta xona mavjud bo‘lib, ulardan 19 tasi davlatga qarashli, 52 tasi qirolicha, uning oilasi va mehmonlar uchun qolgan 188 tasi xodimlar uchun mo‘ljallangan. Qolaversa, 92 ta ish xonasi va 78 ta vannani o‘z ichiga olgan saroyda basseyn, kinoteatr va Londondagi eng katta bog‘ mavjud. Shaxsiy qabul va uncha katta bo‘lmagan yig‘ilishlar saroydagi Oq mehmonxonada bo‘lib o‘tadi. Shohona qandil va mebellar bilan bezalgan mazkur xonaning yana bir o‘ziga xosligi oyna va shkaf ortida yashirin eshik borligida. Ma’lumotlarga qaraganda, qirolicha aynan shu eshik orqali mehmonlar bilan ko‘rishish uchun mehmonxonaga kiradi. Bundan tashqari, qirollik oila a’zolarini suratga olish va qirolichaning rojdestvo tabrigi uchun ham aynan shu mehmonxonadan foydalaniladi. Tillarang va qizil ranglarni o‘zida mujassam qilgan taxt o‘rnatilgan xona esa asosan ballar uchun mo‘ljallangan. Yashil mehmonxona va unga tutash xonalarda esa kechki ovqatdan avval ichimliklar ulashiladi. Havorang mehmonxonadan qabullar uchun foydalaniladi. Saroyda, shuningdek, Rembrand, Rubens va boshqa buyuk ustalarning ishlari kolleksiyalaridan iborat san’at asarlari, qolaversa, fransuz va ingliz mebellari ham saqlanadi. Har yili avgust va sentabrda qirolicha Bukingem saroyini tark etadi va bu vaqtda qarorgoh eshiklari tashrif buyuruvchilar uchun ochiq bo‘ladi.
67
1,899
Foto
Foto: Chiqindixonada dam olayotgan ayiqning ommalashib ketgan surati
Chiqindixonada dam olayotgan ayiqning surati ijtimoiy tarmoqlarda virus tezligida tarqaldi. Surat muallifi chiqindixona yaqinidagi aholi punktida hamshira bo‘lib ishlovchi Mendi Stentik ismli ayol hisoblanadi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi. “Ayiqlar odatda chiqindixonalarda o‘zini juda faol tutadi. Biroq bu ayiq dam olish kayfiyatida bo‘lgan va divanga o‘tirib olgan”, — deb izoh bergan surat muallifi. Xabarga ko‘ra, surat joriy yilning bahorida olingan, biroq endigina internetga joylangan.
68
506
Foto
Tozalanayotgan Olmaota shahri, Vatan himoyachilari kuni tadbirida qatnashgan Otabek Umarov, yonib ketgan 100 ta uy — hafta suratlari
Haftaning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz. Qurolli to'qnashuvlardan so'ng tozalanayotgan Olmaota shahri. Bu esa shahardagi boshqacha “tozalash”. Isroil askarlari o'z yerlarida daraxt ekilishiga qarshi chiqqan badaviylarni hibsga olmoqda. Suv toshqini sabab o'z uyini tark etayotgan ayol qayiqdan uyi tomon mahzun boqmoqda. Hindistonda Respublika kuni munosabati bilan harbiy parad o'tkazildi. Efiopiyalik ortodoks xristianlar o'z Rojdestvolarini nishonlamoqda. Chilidagi qishloqlarning birida kuchli yong'in chiqdi. Oqibatda 100 ga yaqin uy yonib ketgan. Qishloqda, asosan, muhojirlar istiqomad qilayotgan bo'lgan. Angliyadagi poni otlari yomg'ir ostida o'tlamoqda. Ugandada ikki yillik tanaffusdan so'ng qayta ochilgan maktabga kelgan yagona o'quvchi. 14 yanvar kuni O'zbekistonda Vatan himoyachilari kuni keng nishonlandi. Davlat bojxona qo'mitasi raisi Akmalxo'ja Mavlonov, Prezident xavfsizlik xizmati boshlig'ining o'rinbosari Otabek Umarov tadbirda ishtirok etdi.
132
987
Foto
Shinamlik uchun hashamatli ko‘shk zarur emasligini isbotlovchi g‘ildirakli uy (foto)
Oilaviy sayohat — doim xotirangizda uzoq vaqtga muhrlanib qoladigan yangi taassurotlar manbai. Ammo hamma ham uyga xos shinamlik va qulaylikdan voz kecha olmaydi. Rustic River studiyasi xodimlari esa ushbu muammoni yechishga intilib, istagan joyingizga olib bora oladigan uyni qurdi, deb yozadi AdMe. Bu chodirga o‘xshagan kichik uy emas, balki besh kishilik oila bemalol yashashi mumkin bo‘lgan butun bir uydir. Yog‘ochdan yasalgan devor va javonlar, qayerga bormang, sizga shinamlik va qulaylik hissini beradi. Uyning ko‘p qismi yog‘ochdan qilinganiga qaramay, u ishonchli temir konstruksiyaga ham ega, u tashishlar vaqtida himoyani ta’minlaydi. Bu shuni bildiradiki, sayohat qilayotgan vaqtingizda sevimli piyolangiz javondan tushib ketmaydi. Eng kichik modelning uzunligi 15 metr, kengligi 4 metrni tashkil qiladi, u ikki qavatli bo‘lib, bir nechta xonadan iborat, narxi esa — 30 ming dollar.
84
901
Foto
Fotogalereya: Dubay – kelajak shahri
Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahri dunyoning eng yirik megapolislaridan biri hisoblanadi. Shahar cho‘lning o‘rtasida 20 yil avval qad rostlagan hamda qurilish va arxitekturada o‘ziga xos rekordlarni o‘rnatib, eng chiroyli va jozibador shaharga aylangan.
36
263
Foto
Suv ostidagi velosiped, bosh barmoq. Dunyodagi bir-birdan ajoyib haykaltaroshlik namunalari (foto)
Dunyoning turli burchaklarida kishini hayratga soladigan san’at namunalarini uchratish mumkin. Ularni tomosha qilgan har bir inson zavqlanish bilan birga o‘z nazdida xulosa qilishga muvaffaq bo‘ladi. Amsterdam Amsterdamdagi mazkur skulptura o‘zing qulay o‘rnashgan shoxni kesishga urinish ahmoqlik ekanining yaqqol isboti. Yakutsk Rossiyada ham Amsterdamdan ilhomlanilgan chog‘i. O‘zi o‘tirgan shoxni arralayotgan kishi skulpturasini Yakutskda ko‘rish mumkin. Bryussel Bryusselda esa har bir chaqasini hisoblayotgan buvi haykaliga duch kelish mumkin. Melburn Bir qarashda teskari bo‘lib qolgandek ko‘rinadigan haykal ingliz yozuvchisi va alpinist Charlz La Trobega qo‘yilgan. Dengiz tubidagi haykal Karib dengizining suvosti muzeyida sog‘lom turmush tarziga rioya qiladigan velosipedchini ko‘rish mumkin. Parij Fransiyaning poytaxti Parijga borgan sayohatchi bosh barmoqqa haykal o‘rnatilganiga guvoh bo‘ladi. Krasnodar Rossiyaliklar nima uchundir hamyonga haykal qo‘yishni ma’qul bilgan. Nakavik Mamlakatdagi yog‘och tayyorlash bilan bog‘liq muvaffaqiyatlar ramzi sifatida Kanadada boltaga haykal qo‘yilgan. Springfild AQShda esa bahaybat sanchqini ko‘rishingiz mumkin. Berlin Kitobsevarlar esa Germaniyadagi taxlangan kitoblar haykalini ko‘rib quvonishi aniq.
98
1,271
Foto
Yoqib yuborilgan shayton, Turinda yoqqan birinchi qor, lavozimidan ketgan Merkel — 8 dekabr suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz. Ispaniyada politsiyachilar muzlab qolgan suv omboriga tushib ketgan itni qutqarib qoldi. Floridada Kongressdagi ilk qora tanli huquqshunoslardan bo'lgan Kerri Mikning dafn marosimi o'tkazildi. Mik 95 yoshida olamdan o'tgan. Gvatemalada an'anaviy “Shaytonni yoqish” marosimi bo'lib o'tdi. Unda shayton suratida yasalgan haykal yoqib yuborilgan. Italiyaning Turin shahrida ilk qor yog'di. Gvatemalada o'tgan Shayton yoqish marosimi uchun tayyorlab qo'yilgan haykallar yonidan o'tib ketayotgan ayol. Gambiyadagi konchilar kondan tuproqlarni yuk mashinasiga yuklamoqda. Germaniyaning vakolati tugayotgan kantsleri Angela Merkel hamda uning o'rinbosari, yangi kantsler Olaf Sholts. Bugun Angela Merkel rasman kantsler lavozimini tark etdi hamda Sholts vazifasiga kirishdi. Polshada vaktsina olmagan fuqarolar koronavirus yuqtirib, shifoxonalarga yotqizilmoqda. Ispaniyada Bibi Maryamga bag'ishlangan festival qatnashchilari. Indoneziyadagi vulqon oqibatlarini bartafar etish ishlari davom etmoqda.
101
1,053
Foto
Er yutgan mashinalar, oyogʻidan ayrilgan “Tolibon” askari, jahli chiqqan motosiklchi — 13 oktyabr suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz. Buyuk Britaniyada jahli chiqqan motosiklchi namoyish paytida yoʻllarni toʻsib qoʻygan namoyishchilarning bannerlarini tortib olmoqda. Rossiyaning Novosibirsk shahrida yer oʻpirilishi oqibatida ikki mashina chuqurga tushib qoldi. Shri Lankada Hindiston mudofaa vazirini kutib olish uchun harbiylar saf tortdi. Hindistonda Durga Puja sharafiga oʻtkaziladigan bayramda qizlar ma‘buda Durga qiyofasida bezandi. AQShda kuz ranglari. Yaman poytaxti Sana shahridagi Sabin shifoxonasida toʻyib ovqatlanmaslik sababidan yotqizilgan chaqaloq. Falastinlik ayol Iordan daryosining gʻarbiy sohilida zaytun yigʻish uchun Isroil nazorat punktidan oʻtishni kutib turibdi. Tailandda qamoqxona eshigi oldida siyosiy mahbuslarga dastak oʻlaroq namoyish oʻtkazayotgan ayol badanini qizil rangga boʻyadi. Kobuldagi Xalqaro Qizil xoch jamiyati tomonidan tashkil etilgan reabilitasiya markazida «Tolibon» hamda sobiq hukumat kuchlari yonma-yon davolanmoqda. Braziliyaning San-Paulu shahridagi bolalar shifoxonasi oynasini tozalaydigan xodimlar Bolalar kunida super qahramonlar libosida oʻz vazifasini bajarmoqda.
107
1,150
Foto
Amerikalik kelin-kuyov jarlik ustida nikohdan o‘tdi (foto)
Amerikalik Rayan Jenks va Kimberli Veglin jarlik ustida, 120 metr balandlikda nikohdan o‘tdi, deb yozadi Travel Ask. Gap shundaki, aynan Yuta shtatidagi Moab kanyoni yaqinida Rayan va Kimberli birinchi marta uchrashgan. Keyinroq turmushga chiqish taklifi ham aynan shu yerda jaranglagan. Ular jarlik ustida, ikkita qoya orasiga tortilgan ip to‘rga chiqib, nikohdan o‘tdi.
58
372
Foto
Fotogalereya: O‘z qismatini kech topgan, biroq shunga qaramay muvaffaqiyatga erishgan mashhurlar
AdMe o‘z baxti uchun kurashishdan to‘xtamagan odamlar haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi. Terri Kryus, aktyor Taniqli aktyor amerikacha futbolning professional o‘yinchisi bo‘lgan. 29 yoshida sportdan ketib aktyorlik faoliyatini boshlagan. Haqiqiy mashhurlik unga 37 yoshida, “Krisni barcha yomon ko‘radi” serialida rol ijro etgani sabab kelgan. Ronald Reygan, AQShning 40-prezidenti Reygen uzoq vaqt aktyor va radioda suxandon bo‘lib ishlagan, siyosatga esa kechroq qiziqa boshlagan. 56 yoshida Kaliforniya gubernatori etib saylangan bo‘lsa, 69 yoshida AQSh prezidentiga aylangan. Jon Xemm, aktyor Jon Xemm film va seriallarda 30 yoshidan boshlab rol ijro etgan. Unga qadar aktyorlik mahoratidan dars bergan va ofitsiant bo‘lib ishlagan. “Aqldan ozganlar” serialidagi Don Dreyper roli unga 36 yoshida mashhurlik olib kelgan. Shundan so‘ng Xemm bir necha bor “Oltin globus” va “Emmi” mukofotlarini qo‘lga kiritdi. Brayan Krenston, aktyor, ssenariynavis, rejissor Krenston yoshligida yuk tashuvchi bo‘lib ishlagan. 44 yoshida u “Malkolm diqqat markazida” serialidagi asosiy rollardan birini o‘ynagan, unga qadar esa epizod rollar va reklamalarda suratga tushib yurgan. Riki Jerveys, qiziqchi, aktyor, rejissor, prodyuser 40 yoshida Britaniyaning mashhur “Ofis” serialini yaratgan va undagi asosiy rollardan birini o‘zi ijro etgan. Bunga qadar u Seona Dancing musiqiy guruhida qo‘shiq kuylagan. Eng Li, rejissor Hozirda Eng Lining hisobida 3 ta “Oskar” mavjud. Rejissor ularni “Pi hayoti”, “Bukri tog‘” hamda Crouching Tiger, Hidden Dragon filmlari uchun qo‘lga kiritgan. Uning talabalik davrlarida yaratgan ishlari omadli chiqqan, biroq 36 yoshigacha u ishsiz yurgan. Amansio Ortega, tadbirkor, Inditex kompaniyasi asoschisi Ortega yoshligida kiyim-kechak do‘konida ishlagan. 37 yoshida unchalik katta bo‘lmagan trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan, biroq biznes muvaffaqiyatsizlikka erishgan. 39 yoshida Ortega o‘zining birinchi Zara do‘konini ochgan, hozirda Inditex kompaniyasi va dunyoning 88 ta davlatidagi minglab do‘konlar unga tegishli. Jek Ma, Alibaba Group kompaniyasi asoschisi Jek Ma Alibaba Group’ga 35 yoshida asos solgan. Ushbu kompaniya xitoylik biznesmenni dunyoning eng boy odamlaridan biriga aylantirdi. Ma institutni yakunlagach ingliz tili o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan va oyiga 15 dollar topgan. 30 yoshiga qadar ish qidirgan, biroq unga hamma joyda rad javobini berishgan. Piter Til, PayPal kompaniyasi asoschisi Asli nemis bo‘lgan amerikalik biznesmen uzoq vaqt huquqiy sohada ishlagan. 31 yoshida hozirda eng yirik elektron to‘lov tizimi bo‘lgan PayPal kompaniyasiga asos solgan. Shuningdek, Til o‘zining daromadlarini boshqa yirik kompaniyalarga, masalan Facebook’ka sarmoya kiritishga sarflamoqda.
96
2,752
Foto
Foto: Avstraliyadagi plyajni yuzlab meduzalar egalladi
Avstraliyaning Kvinslend shtatida yashovchi ayol Facebook’dagi sahifasida mahalliy plyajni meduzalar bosib ketgani haqida hikoya qildi. Avvaliga u suv g‘ayrioddiy tus olgan deb o‘yladi, biroq yaqinroq kelgach, yuzlab dengiz jonivorlari qirg‘oqqa chiqib qolgani guvohi bo‘ldi, deya xabar beradi TJournal. Dengiz biologi Layza-Enn Gershvinga ko‘ra, bunday hodisa ozuqa serobligi, me’yordan oshiq iliq suv va tabiiy raqiblar yo‘qligi sababli meduzalar haddan ziyod ko‘payib ketganligi tufayli sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Mahalliy qutqaruvchilarning ma’lum qilishicha, 1 dan 31-yanvargacha 22 ming nafar serfer va bir necha it okeanda meduzalar ko‘pligi tufayli kuyish jarohatlari oldi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
54
861
Foto
Fotogalereya: Dunyoning turli burchaklaridagi an’anaviy to‘y liboslari
TravelAsk dunyoning turli davlatlarida kelin-kuyovlarning an’anaviy liboslari qanday bo‘lishi lozimligi haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi. Radop tog‘lari. Kelin an’anaviy libosda. Ribnovo. Bu yerdagi an’anaga ko‘ra, kelinning yuzi oq bo‘yoq bilan bo‘yaladi, shundan so‘ng uning yuzi kumushrang tolalar bilan berkitib qo‘yiladi. Bu yerda kelinlar ipakdan to‘qilgan sari kiyishadi. Biroq Shri-Lankada g‘arb an’analari ham mashhur — barcha kelinlar fatadan foydalanadi. Isroilda “qancha kamtar bo‘lsa, shuncha yaxshi” tamoyiliga amal qilinadi. Shuning uchun kelin ko‘ylagining eng yaxshisi — bu faqatgina kelinning qo‘llari ko‘rinib turadigani. Bu yerda kelinga yorqin va og‘ir taqinchoqlar taqish odati mavjud. Hindistonda kelinlar milliy kiyim — lexenga-cholini kiyishadi. Bu yerda eng yaxshi rang — qizil. Nubiyalik kelinlar nafaqat yorqin tabassumi bilan, balki rang-barang liboslari va oq fatasi bilan ham go‘zal. Ushbu davlatda kuyov va kelinlarining an’anaviy libosi qora matodan tikiladi. Boshlariga esa to‘qima toj taqishadi. An’anaga ko‘ra, kuyov kelinga turli qimmatbaho taqinchoqlar bilan birga ipakdan qo‘lda to‘qilgan mato ham sovg‘a qiladi. Bu yerda qizil va qora ranglar an’anaviy hisoblanadi. Milliy to‘y libosi — xanbok. U ipakdan to‘qilgan bo‘lib, ikki qismdan — bluzka va yubkadan iborat. Bu yerda ham barchasi an’anaviy — oq kimono va ipakdan to‘qilgan bosh kiyim. Bu yerda kelin kamalakning barcha ranglaridan to‘qilgan kiyimlarini navbat bilan kiyib chiqadi. G‘arblik kelinlar ko‘pincha yashil rangli libos kiyishni ma’qul ko‘rishadi. Bu mo‘l-ko‘lchilik ramzi hisoblanadi.
70
1,607
Foto
Adolat istayotgan restoran ishchilari, elektr energiyasi narxi oshishiga qarshi namoyishlar, NATO harbiy mashg'ulotlari — 9 fevral suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz. Restoran sohasi ishchilari Kapitoliy qarshisida demokratik partiya a'zolari bilan birgalikda ish haqining adolatli bo'lishini talab qilib, namoyish o'tkazmoqda. Madridda parlament s'ezdi oldidan pensionerlarning oylik namoyishi bo'lib o'tmoqda. G'azoda quyosh botishi. Trinidad va Tobago harbiylarining muhojirlar kemasiga o'q uzishiga qarshi Venesuela poytaxti Karakas shahridagi elchixona oldida norozilik namoyishida gul ko'tarib olgan ayol. Markaziy Kolumbiyada tog' ko'chkisi oqibatida olti kishi halok bo'ldi. Filippinda prezidentlikka nomzod Leni Robredo saylovoldi kampaniyasini boshladi. Kanada poytaxti Ottavada yuk mashinasi haydovchilari majburiy emlash haqidagi qarorga qarshi ish tashlashni davom ettirmoqda. Lasnadagi harbiy mashg'ulotlar maydonida estoniyalik askarlar NATO harbiylari bilan qo'shma mashg'ulotda ishtirok etdi. xonanda Adel Londonda “The BRIT Awards-2022” taqdirlash marosimida qo'shiq kuylamoqda. Donetskdagi bunkerda ovqat pishirayotgan Ukraina armiyasi askari. Anqarada odamlar elektr energiyasi narxi oshgani sabab elektr hisob daftarchasini yoqib yuborib, o'z noroziligini bildirmoqda.
140
1,183
Foto
Turli mamlakatlarda sayyohlarning e’tiborini darhol tortadigan g‘ayrioddiy narsalar (foto)
Har bir sayohat bizni o‘rab turgan dunyo haqidagi tasavvurimizni yanada oshiradi. Ammo ba’zida dunyoqarashni kengaytirish uchun Internet foydalanuvchilari noodatiy topilmalarni baham ko‘radi. Hatto kichik narsalar ham hayratga sabab bo‘lishi mumkin, garchi ular boshqa mamlakatlarda odatdagi narsaga aylangan bo‘lsa ham. AdMe nashri sayyohlarning hayratiga sabab bo‘lgan eng g‘ayrioddiy narsalarning bir qanchasini taqdim etdi. Angliyada nam soyabonlarni qadoqlash moslamasi mavjud. Irlandiyada yomg‘irli kunda shunday holatlar kuzatiladi. Yangi Zelandiyaning Kraystcherch shahrida tramvay savdo markazi ichidan o‘tadi. “Portugaliyada tunash uchun kvartira ijaraga oldim. Ichkarida XII asrning saqlanib qolgan devori va yotoqxonaga o‘rnatilgan zinapoya bor edi”. Italiya maktabidagi tushlik. Bu odam Gvatemaladagi Pakaya vulqonining vulqon teshiklaridan foydalanib pitssa tayyorlaydi. “Gavaida ofisga shunday kiyinish mumkin. Bu turmush o‘rtog‘imning kolleksiyasining faqat bir qismi!” Yaponiya poyezdlarida faqat ayollar uchun vagonlar mavjud. “Shvetsiyadagi ushbu oziq-ovqat do‘konida tartibga keltiruvchi daholar ishlaydi”. Norvegiyada shisha va yelim qutilar ko‘pincha kambag‘al odamlar tomonidan yig‘iladi, shuning uchun ko‘plab chiqindi qutilari maxsus ushlagichlar bilan jihozlangan. “Braziliyada uyning balkonlarida yog‘och yoki ko‘mir barbekyulari bor”. Perudagi qora makkajo‘xori. Misrdagi soqchi panjalarini issiq asfaltdan himoya qilish uchun itga paypoqlar kiydirishga qaror qildi. “Mening orzularimdan biri bu Ispaniyaning ajoyib shahriga tashrif buyurish edi, u yerda uylar tosh ostida joylashgan!” Misrdagi mushuklar uchun alohida qulayliklar mavjud. Nihoyatda go‘zal janubi-g‘arbiy Xitoy.
90
1,720
Foto
Fotogalereya: Eng uzoq umr ko‘ruvchi 10 organizm
Odamlar, agarda o‘z sog‘liqlari haqida jiddiy qayg‘ursalar, 150 yoshga kirishlari mumkinligi ba’zi manbalarda aytiladi. Lekin Yer yuzida shunday organizmlar ham borki, uzoq umr ko‘rish bo‘yicha inson hech qachon ularga yeta olmaydi, deb yozadi TravelAsk. Sudraluvchilar orasida eng uzoq umr ko‘radigani shu’lali toshbaqalar hisoblanadi. Ulardan biri Tonga rahbariga tegishli edi. Tui Malila laqabli bu jonivor 188 yil yashadi. Toshbaqalarning bu turi yo‘qolish xavfi ostida bo‘lib, hozirda faqat Madagaskarda uchraydi. Sut emizuvchilar orasidagi rekordchi esa Grenlandiya kitidir – u 200 dan oshishi mumkin. Ilgari olimlar bu jonivorlar 70 yilcha umr ko‘radi deb hisoblardi. Lekin ayrim kitlarning tanasida XIX asr garpunlari topilganidan so‘ng bu boradagi qarashlar o‘zgardi. Arctica Islandica mollyuskalari koloniyalar hosil qilmay, yolg‘iz yashaydigan jonzotlar orasida eng uzoq umr ko‘radiganlardan. Fanga ma’lum bo‘lgan Min laqabli eng keksa mollyuska 507 yoshda halok bo‘lgan. Armillaria Solidipes to‘nka zamburug‘i fanda rostakam shov-shuv keltirib chiqardi. Bir necha yil muqaddam olimlar yer ostidan qo‘ziqorinlar koloniyasini topib oldi. 5 kvadrat kilometr hududni egallagan koloniyadagi ayrim zamburug‘larning yoshi 2 400 da ekanligi ma’lum bo‘ldi. Qiltiqli tog‘ qarag‘ayi ko‘hna sivilizatsiyalar bilan tengdoshdir. Bu ignabargli daraxt biror o‘ziga xos funksiyaga ega emas, shunga qaramay, ming yillar davomida yashay oladi. Bu turdagi eng qadimiy daraxt Mafusail deb nomlangan bo‘lib, u 5062 yoshda. Uch tishli larreya butasi esa qarag‘aydan ham o‘zadi. 1970-yilda Frenk Vasek tomonidan Moxave cho‘lida ildiz tizimi deyarli abadiy bo‘lgan buta topildi. Uning shoxlari bir—ikki yuz yilda nobud bo‘lishiga qaramay, organizmning o‘zi 11 000 yil yashay oladi. Bakteriyalar shtammi, ilmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mana shuncha yashaydi. Ammo 90-yillar o‘rtasida bir guruh olimlar 40 million yil avvalgi asalari qahrabosidan topilgan bakteriyalarni tiriltirishga muvaffaq bo‘lganini xabar qildi. 2000-yillarda esa 250 million yillik tuz kristallaridan topilgan bakteriyalar tiriltirildi. Pando teraklar koloniyasi 80 000 yildan beri mavjud. Bu organizmlar o‘zini klonlashtirishga qodir. O‘rtayer dengizi tubida koloniya bo‘lib o‘sadigan Posidoniya o‘ti 200 000 yil yashay oladi. Ammo uning adadi global iqlim muammolari hamda qirg‘oqlarning o‘zlashtirilishi oqibatida kamayib bormoqda. Olimlar Turritopsis Dohrnii meduzalarini hech qachon o‘lmaydigan jonivor, deya taxmin qiladi. O‘lim soya solganida, bu tur meduza o‘z rivojlanishining dastlabki bosqichi — poliplar shakliga qaytib, o‘zidan klon chiqaradi. Bu jarayon cheksiz miqdorda takrorlanishi mumkin.
48
2,669
Foto
Foto va video: Dmitriy Medvedev va Donald Tramp Maniladagi sammitda
AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Filippinning Manila shahrida Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari Assotsiatsiyasi sammitida ishtirok etdi. Sammitning ochilishida uning ishtirokchilaridan o‘ng va chap tomonda turgan qo‘shnilarining qo‘lini siqqan holda suratga tushish so‘raldi. Meduza mazkur suratni taqdim etdi. Marosim boshlovchisi suratga tushishda qo‘llarni chalishtirish kerakligini tushuntirgan. Suratdan va holat aks etgan videodan ko‘rinadiki, Donald Tramp tartibni to‘g‘ri tushunmagan. Dmitriy Medvedev esa hammasini butunlay noto‘g‘ri bajargan. Dmitriy Medvedev uchun bu birinchi holat emas. Medvedev 2010-yilning oktabr oyida bo‘lib o‘tgan ASEAN — Russia sammitida ham xuddi shu holatda suratga tushgan.
67
748
Foto
Fotogalereya: O‘zbekistonning 14 hududida ayollarning milliy liboslari bir-biridan qanchalik farqlanadi?
Toshkentdagi The Beauty Bar O‘zbekistonning 14 mintaqasida istiqomat qiluvchi ayollarning milliy liboslarini ko‘rsatib beruvchi o‘ziga xos loyihani taqdim etdi. Loyiha Nodira Arapova va Bekzod Arapov tomonidan tayyorlangan. The Beauty Bar’ning Facebook’dagi sahifasida yozilishicha, video ilk bor Toshkentda bo‘lib o‘tgan Fashion Week 2016 da namoyish etilgan edi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
104
539
Foto
Buxoroda Qandim gazni qayta ishlash majmuasi qurilishi boshlandi (fotogalereya)
Buxoro viloyatida Rossiyaning “Lukoyl” kompaniyasi bilan hamkorlikda bunyod etilayotgan Qandim gazni qayta ishlash majmuasining qurilish jarayonidan tayyorlangan fotolavhani “Jahon” axborot agentligi havola etdi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qandim gazni qayta ishlash majmuasiga tamal toshini qo‘yishga bag‘ishlangan tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan edi.
79
362
Foto
Vashingtonda yoqqan qalin qor, yozuv yozgan dengiz mushugi, ko'mir tashiyotgan ishchilar — 3 yanvar suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz. Saudiya Arabistonida davom etayotgan Dakar rallisida qatnashayotgan frantsiyalik Sebasten Lyob. Bangladeshda ishchilar yuk kemasidan ko'mirlarni tashimoqda. Filadelfiyada an'anaviy Mummerlar paradi folklor festivali o'tkazildi. Myanmadagi rohinja baliqchilari to'rlarini ovga tayyorlamoqda. Indoneziyada daryo suvlarining toshishi oqibatida suv toshqinlari yuz berdi. Seuldan 300 kilometr janubi-sharqda joylashgan Songahe Park istirohat bog'idagi muz devor yonidan o'tib ketayotgan odam. Kashmirning Gulmarg chang'i kompleksida chang'i uchishga tayyorgarlik ko'rayotgan o'quvchi qizlar. AQSh poytaxti Vashingtonda qalin qor yog'di. xitoydagi pushti tuzli ko'lning osmondan ko'rinishi. Yaponiyada dengiz mushugi Yo'lbars yili munosabati bilan xitoy ierogliflarida “yo'lbars” so'zini yozdi.
109
850
Foto
Turkiyada muqaddas Ramazonning birinchi kuni qanday o‘tdi (foto)
Ramazon oyida musulmonlar ro‘za tutib, kun davomida ovqatdan, ichimlikdan, nomaqbul ishlardan o‘zini tiyadi. Namoz o‘qiydi, diniy ishlar bilan mashg‘ul bo‘ladi, sadaqa beradi. Turkiya ahli ham boshqa musulmonlar kabi Ramazonni intiqlik bilan kutgan. 6-may tunida  Turkiyadagi musulmonlar ilk saharlikka uyg‘ondi. Ko‘pgina turklar an’anaga ko‘ra, birinchi iftorlikni masjid yaqinidagi maydonlarda va masjidlarda jamoa bo‘lib qarshilaydi. Turkiyada quyosh botib, og‘iz ochar mahalda ro‘zadorlar uchun tayyorlangan maxsus taomlar, shirinliklar, musiqiy festivallar va konsertlar boshlanib, shahardagilarga kayfiyat bag‘ishlaydi.
64
626
Foto
Foto: Kuchukni bola sifatida asrab olgan maymun
Hindistonda bir maymun, kuchukni asrab olib, uni daydi itlar tajovuzidan qutqarib qoldi. “Gazeta.ru”ning yozishicha, maymun it bolasini ovqatlantiryapti va u haqda qayg‘uryapti.
47
177
Foto
Ijodning chegarasi yo‘qligini isbotlaydigan dizaynerlik ishlari (foto)
Ba’zan ijodkorlar odamlarga ajoyib ko‘rinadigan nostandart narsalarni yaratadi. Ularga duch kelganda esa har qanday inson o‘zgacha taassurot oladi. San’at va ijodkorlik turli shakllarni qabul qilishi mumkin. Bu esa odamlarni faqat xursand qiladi.  “Men buni Germaniyada muzeyga kirish eshigi oldida ko‘rganman”. Romantik choy juftligi. Tortmalarga o‘xshaydigan ulkan bino. Bouling uchun poshnali tufli. “Onam buni 9 dollarga sotib oldi. Oyog‘ini pat bilan qitiqlayotgan qo‘l haykali”. “Buni sotilayotgan qo‘shni uyda ko‘rganman”. “Second hand’dan olingan poyabzalim”. “O‘tgan hafta hotdog ko‘rinishidagi sham sotib olgandim. Endi esa to‘plam to‘liq bo‘ldi”. “Ishda menga atalgan kursi”. Ovqatlanadigan yig‘ma stol. Bronzadan yasalgan tovuq qanoti. Ertalab soat 8:00 da ofisda va 18:00 da basseynda bo‘lish kerak bo‘lganda. Chumolilar bilan qoplangan plastikka o‘xshash sopol idish. Paypoqdan iborat sharf. “Boshlig‘im ishxonamga qo‘ygan uch oyoqli stol”. Kroksi-roliklar.
70
986
Foto
“Oskar” taqdirlash marosimining sahna ortida nimalar yuz berishi aks etgan suratlar
Har yili o‘tkaziladigan “Oskar” marosimi eng ko‘p muhokama qilinadigan voqealardan biri hisoblanadi. Tomoshabinlar har safar sevimli filmlarini izlaydi va yulduzlarning qizil gilamdagi liboslarini muhokama qiladi. Ammo bu keng ko‘lamli tadbirga tayyorgarlik qanday olib borilayotgani va parda ortida nimalar bo‘layotganini ko‘pchilik bilmaydi. Dizayner Dana D’Anjelo “Oskar” haykallarini bo‘yamoqda Salma Xayek sahnaga chiqishga tayyorlanmoqda Bred Pitt sahna ortida. Hayajondan tomog‘i quriganga o‘xshaydi. 2017-yilda festival mehmonlariga “Oskar”ga nomzod filmlar nomi yozilgan xotdoglar tortilgandi. Marosim oldidan haykallar ehtiyotkorlik yuzasidan plyonka bilan o‘rab qo‘yilgan. Rassomlar “Oskar” haykallariga jilo berishmoqda. Jurnalistlar rasmiy suratga olishadi va bu shaxsiy arxiv uchun smartfondagi surat. Xohlovchilar uchun “Oskar” esdalik suvenirlari. Ishchilar mashhur qizil gilamni to‘shamoqda. Qandolatchi oshpaz “Oskar” bilan bezatilgan tortni olib ketyapti. Marosimga tayyorgarlik. Yuqoridan ko‘rinishi. Qizil gilamda zamonaviy kiyinib olgan itni ham uchratish mumkin. Riz Uizerspun muxlislari bilan. Bu esa mukofotlar topshiriladigan teatrning foyesi. Ledi Gaga 88-“Oskar” mukofotini topshirish marosimidagi chiqishini yakunlab, sahnadan chiqib kelmoqda.
83
1,286
Foto
Jahonning eng ma’yus yodgorliklari
Yodgorliklar insonlarga unutilib borayotgan o‘tmish voqea-hodisalarini, tarixning yaxshi yoki yomon jihatlarini eslatib turish vazifasini ado etadi. Ayrim haykallar va kompozitsiyalar buyuk qahramonlarni, fidoyi insonlarni yod etishga mo‘ljallansa, boshqa ba’zi birovlari, aksincha, tarixning qayg‘uli sahifalarini esga solib turadi. Ammo har ikki turdagi yodgorliklarning mohiyati odamlarga ibrat bo‘lishdir. WowFacts o‘tmishning va bugunning qayg‘uli qirralariga bag‘ishlangan eng ma’yus yodgorliklardan iborat fotojamlanmani taqdim etdi. 1. Budapesht sohilidagi oyoq kiyimlari Memorial Ikkinchi jahon urushi yillarida shu sohilda otib tashlangan yahudiylar xotirasiga 2005-yilda ochilgan. Fashistlar odamlarning poyabzalini yechtirib, ularni bir-biriga bog‘lar, so‘ng bittasini otib tashlardi: o‘lgan odam suvga qulab, o‘zi bilan tirik sherigini ham tortib ketardi. Bu bilan fashistlar ham patronlarni tejar, ham bepul oyoq kiyimiga ega bo‘lardi. Sohilga 60 juft poyabzal qo‘yilgan, lekin qurbonlarning soni bundan ancha ko‘p edi. 2. Xatiko Shu nomli mashhur filmni ko‘rgan hamma Xatiko laqabli itning tarixini juda yaxshi biladi. U har kuni xo‘jayinini temir yo‘l stansiyada kutib olardi. Ammo bir kuni xo‘jayini yurak xurujidan qazo qildi va shu bilan stansiyaga boshqa kelmadi, it esa uni 10 yil davomida kutdi. Ikkinchi jahon urushi yillarida vayron bo‘lgan monument 1948-yilda qayta tiklandi. 3. Ilma-teshik soyabon tutgan qiz 1999-yilning 30-may kuni Minskda so‘nggi qo‘ng‘iroq nishonlanayotgan edi. Yoshlar shahar kezib yurganida yomg‘ir boshlandi. Odamlar yer osti o‘tish yo‘lida yomg‘irdan saqlanishga urindi, ammo bu yerda tiqilinchlik kelib chiqdi. O‘tish yo‘lida 53 kishi halok bo‘ldi. Ularning uch nafarigina 30 dan oshgan edi. 4. Xatin majmuasi Majmua fashistlar tomonidan yo‘q qilingan belarus qishlog‘ining o‘rnida joylashgan. Bu yerda tiriklay yoqib yuborilgan 149 kishining 75 nafari bolalar edi. 5. Sankt-Peterburgdagi stela 157-sonli qarorning mudhish oqibatlariga bag‘ishlangan yodgorlik toshi. 1942-yil martida qabul qilingan bu maxfiy hujjatda murdalarni 1-g‘isht va jilvirtosh zavodida yoqib yuborish ko‘rsatilgan edi. 6. Rigadagi tug‘ilmagan bolalar memoriali Ular bugun bizning oramizda bo‘lishi mumkin edi, lekin turli sabablarga ko‘ra dunyoga keltirilmadi. 7. Tug‘ilmagan bolalarga bag‘ishlangan yana ikki yodgorlik Bir xil shakldagi bu ikki kompozitsiya Slovakiyada va Rossiyaning Surgut shahrida joylashgan. “Onajon, yig‘lamang, men baribir sizni yaxshi ko‘raman” deb nom olgan yodgorlikning bir qismi billurdan yasalgan. 8. Yoqib yuborilgan kitoblarga bag‘ishlangan yodgorlik Yodgorlik Germaniya poytaxti Berlinda 1995-yilda o‘rnatilgan. U bo‘sh kitob javoni shaklida bo‘lib, to‘shama yo‘lning pastki sathida, shisha ostida joylashgan. Yodgorlikka shunday so‘zlar bitilgan: “Bu maydonda 1933-yilning 10-mayida natsist talabalar kitoblarni yoqib yuborgan edi”. So‘ng Genrix Geynening so‘zlari keltirilgan: “Bu boshlanishi edi, kitob yoqilgan yerda oxir-oqibat insonlar ham yoqiladi”. 9. Pavlov itining haykali Sankt-Peterburgning Aptekarskiy orolidagi Eksperimental tibbiyot instituti bog‘ida o‘rnatilgan yodgorlik ilmiy eksperimentlar va tajriba jonivorlari xotirasiga bag‘ishlangan. 10. Mamayev kurgan Stalingrad qamalining eng fojiali lahzalari kechgan Mamayev kurgan tepaligi 1942–1943-yillarda fashistlarga qarshilik ko‘rsatishning asosiy nuqtalaridan biriga aylandi. Tepalikdagi birodarlik qabrlarida 35 ming kishi dafn etilgan.
34
3,478
Foto
Fotogalereya: Farzandli bo‘lganidan keyin butunlay o‘zgargan yulduzlar
Mashhurlarning ideal hayot tarzi ularning kiyinishi, soch turmaklari, shuningdek, chiroyli qomatiga ko‘p jihatdan bog‘liq. AdMe farzandli bo‘lganidan so‘ng qomati va tashqi ko‘rinishi o‘zgargan mashhurlarning suratlarini taqdim etdi.
70
233
Foto
Rossiya biznesmenlari bolalarining xorijda o‘tgan nikoh to‘ylari (foto)
Forbes’ning rossiyalik a’zolari hali-hamon nikoh to‘ylarini xorijda o‘tkazishni ma’qul ko‘rmoqda. O‘tgan haftada rossiyalik ikki yirik biznesmen o‘z bolalarning nikoh to‘yini xorijda o‘tkazdi. Albert Avdolyanning o‘g‘li Gaspar Avdolyan Los-Anjelesdagi “Oskar” mukofoti topshiriladigan Dolby Theatre’ni tanlagan bo‘lsa, German Xanning qizi Yeva Xan Buyuk Britaniyaning Bedforshir grafligidagi Luton Hoo Hotel Golf & Spa’ni ma’qul ko‘rdi. Forbes yaqin vaqt ichida bo‘lib o‘tgan shu kabi nikoh to‘ylari jamlanmasini taqdim etdi. “Skartel” kompaniyasi asoschisi Albert Avdolyanning o‘g‘li va “Mejregionsoyuzenergo” xoldingi egasining qizi Dolby Theatre, Los-Anjeles, AQSh LetterOne egasi German Xanning qizi va Skadden firmasi yuristi Aleks van der San Luton Hoo Hotel Golf & Spa, Bedforshir, Buyuk Britaniya “Domodedovo”ning egalaridan biri Valeriy Koganning nevarasi va Deniel Kenvey The Landmark London mehmonxonasi, London, Buyuk Britaniya “Gruppa Alyans”ning prezidenti Musa Bajayevning kichkina qizi Elina Bajayeva va chechenistonlik biznesmen Alixon Mamakayevning o‘g‘li Le Louis XV restorani, Monte-Karlo, Monako “BIN” guruhi egasi Mixail Gutseriyevning o‘g‘li va Moskva tibbiy-stomatologiya universiteti talabasi To‘y avval Moskvada, keyin Gutseriyevlarning Londondagi hashamatli uyida bo‘lib o‘tgan “RESO” guruhi direktorlar kengashi raisi Sergey Sarkisovning qizi va Mixail Maxaradze Tbilisi, Gruziya
71
1,412
Foto
Asrning eng kuchli zilzilalari (fotogalereya)
“Kommersant” asrning eng ko‘p sonli qurbonlarni keltirib chiqargan kuchli zilzilalarini fotogalereya ko‘rinishida taqdim etdi.
45
126
Foto
Fotogalereya: Oltoy tog‘lari manzaralari
TravelAsk Rossiyaning Oltoy tog‘ tizmasida joylashgan tog‘lardan birining yonbag‘ri aks etgan suratlarni taqdim etdi.
40
117
Foto
Nemis vrachining jarrohlik xonasidagi buyumlariga 30 yildan buyon hech kim qo‘l urmadi (foto)
Nemis urologi Klaus Kraft vafot etganidan buyon deyarli 30 yil o‘tdi. Uning shimoliy Gessendagi Bad Vildungen shahrida joylashgan jarrohlik xonasi o‘zgarishsiz qolmoqda. Buyraklarning chang bosgan namunalari, zanglagan asboblar, spirt va operatsiya o‘tkazish uchun boshqa suyuqliklar 30 yildan buyon o‘z hayoti bilan “yashamoqda”. Tadqiqotchi Sasha Yung tomonidan olingan suratlarni TJournal taqdim etdi. Deraza tokchasida qoldirilgan ayol surati Davolash kursisini allaqachon mog‘or bosgan Operatsiya xonasidagi stul Bino ichkarisidagi zina Royal, rangi o‘chib ketgan notalari bilan Spirt va boshqa tibbiy suyuqliklar Odam buyraklari namunalari Vaqt o‘tishi bilan zanglab ketgan asboblar Tulki tulumi Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
93
883
Foto
Kun fotosi: O‘zbekiston Prezidenti va birinchi xonim Tojmahalda
Shavkat Mirziyoyev va rafiqasi Ziroatxon Hoshimova 30-sentabr kuni Agradagi Tojmahal majmuasiga tashrif buyurdi. Maqbara ziyorati chog‘ida Qur’on tilovat qilindi.
63
162
Foto
Fotogalereya: Jajji bolakaylar va ularning bahaybat itlari
Peterburglik fotograf Andrey Seliverstovning maftunkor fotoloyihasi “Jajji bolakaylar va ularning bahaybat itlari” deb nomlanadi. Unda kichkina bolalar o‘zlarining katta zotli itlari bilan ishtirok etgan. AdMe kichkintoylar oldidagi ulkan momiq do‘stlarini birgalikda tomosha qilishga taklif qiladi.
58
299
Foto
Dezinfeksiya qilinayotgan poytaxt, vaksina olayotgan oʻsmirlar, Braziliyadagi boshsiz haykal — 26 oktyabr suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz. Palma orolida vulqon konusi undan otilib chiqqan lava sababli qisman vayron boʻldi. Shimoliy Kaliforniya qirgʻoqlariga kuchli boʻron yopirildi. Madridda BMTning iqlim oʻzgarishlariga bagʻishlangan konferensiyasi oldidan Extinction Rebellion ekologik harakati vakillari namoyish oʻtkazdi. Buyuk Britaniyada Hellouin bayramiga tayyorgarlik koʻrilmoqda. Rossiya poytaxti Moskvada shahar koʻchalari koronavirus bilan bogʻliq holatlar fonida dezinfeksiya qilinmoqda. Rossiyaning Vladivostok shahridagi yopiq bozorda kuchli yongʻin sodir boʻldi. Seuldagi Olimpiya bogʻidagi gullar. Malayziya mamlakatda 12–17 yoshli bolalar oʻrtasidagi vaksinasiyani 60 foizga yetkazdi. Gaiti poytaxti Port-o-Prens shahridagi Jalyuzi tumanidagi uylar. Koronavirus pandemiyasi sababli Rio de Janeyro shahridagi an‘anaviy karnaval bekor qilindi. Mazkur haykal karnaval uchun tayyorlangan. Aftidan, haykalning kallasi gʻoyib boʻlgan.
115
968
Foto
Fotogalereya: Siena International Photo Awards 2018 tanlovi g‘oliblari
Oq-qora suratlar har doim fototanlovlarda hakamlar va tomoshabinlarning alohida e’tiborini jalb qilgan. Ular yordamida tomoshabinni ranglarga chalg‘itmasdan, hodisaning mohiyatini aks ettirishga muvaffaq bo‘linadi. TravelAsk ana shunday suratlar ishtirok etadigan nufuzli Siena International Photography Awards 2018 tanlovida g‘olib bo‘lgan suratlarni taqdim etdi.
70
364
Foto
Fotogalereya: Filmlarda yovuz rollarni ijro etgan yoqimtoy aktyorlar
Pardoz ustalarining samarali mehnati sabab bir insonni butunlay boshqa bir insonga aylantirish mumkin. Yana ham qizig‘i, aktyor o‘ziga berilgan salbiy rolni maromiga yetkazib ijro etsa-yu, hayotda aslida ko‘ngli ochiq inson bo‘lsa. AdMe film va seriallardagi antagonistlarning rolini ijro etgan yoqimtoy aktyorlar suratini taqdim etdi.
68
335
Foto
Fotogalereya: His-hayajonga to‘la rasmlar
Hayotda ba’zan his-hayajonlarni yashirishni iloji bo‘lmaydi. AdMe ana shunday rasmlarni taqdim etdi.
41
100
Foto
Fotogalereya: Ko‘plab bolalar qalbidan joy olgan yulduzlarning hozirdagi suratlari
AdMe o‘zining yoshlikdagi rollari bilan ko‘plab tomoshabinlar ko‘nglidan joy olgan yulduzlarning avvalgi va hozirga suratlarini to‘plab taqdim etdi. “Qizil Qalpoqcha haqida” filmidagi Qizil Qalpoqcha (1977-yil) “Mening oilam” sharbati reklamasidagi qizaloq (2003-yil) “Garri Potter va hikmatlar toshi” filmidagi Germiona (2001-yil) “Elektronikaning sarguzashtlari” (1979-yil) “Adamslar oilasi” filmida Uenzdey Addams (1991-yil) “Buratinoning sarguzashti”, Malvina (1975-yil) “Buratinoning sarguzashti”, Buratino (1975-yil) “Qo‘ng‘iroqsoch Syu”, Syuzen Denser (1991-yil) “Josus bolalar”, Juni Kortes (2001-yil) “Styuart Littl”, Jorj Littl (1999-yil) “Kelajakdan mehmon”, Alisa Seleznyova (1984-yil)
82
708
Foto
Rossiyalik kosmonavt Makkani fazodan suratga oldi (foto)
Rossiyalik kosmonavt Sergey Ryazanskiy Instagram’da Yerning Xalqaro kosmik stansiya bortidan olingan ajoyib suratlari bilan bo‘lishib boradi, deb yozadi “Islam-today.ru”. Uning postlaridan biri Saudiya Arabistoni, aniqrog‘i, Makka shahriga bag‘ishlandi.
56
253
Foto
Instagram’da 2020-yilda eng mashhur bo‘lgan suratlar reytingi e’lon qilindi
Harper’s Bazaar nashri 2020-yilda Instagram ijtimoiy tarmog‘ida eng mashhur bo‘lgan suratlarning reytingini tuzib chiqdi. Ekspertlar qaysi suratlar eng ko‘p layk to‘plaganini sanab chiqqan. Kayli Jenner eng ko‘p layk yiqqan Top-10 talik ro‘yxatning birdaniga to‘rtta o‘rnini egallagan. Birinchi o‘rin Krishtianu Ronalduga nasib etdi. Futbolchi yaqinda hayotdan ko‘z yumgan Diyego Maradona bilan tushgan suratini tarmoqqa joylagan. 19 milliondan ortiq odam ushbu arxiv suratiga layk bosgan.  “Sukut, ko‘z yosh, og‘riq”. Sport olamidagi mashhurlar Diyego Maradonaning o‘limi haqida Ikkinchi o‘rin esa Chedvik Bouzmanning Instagram sahifasidagi so‘nggi kadriga nasib etdi. “Qora pantera” filmining aktyori va yulduzi saratan kasalligidan vafot etgan edi, suratni esa fojiadan so‘ng uning yaqinlari Instagram’ga joylagan. Kadr 19 milliondan ortiq layk to‘plagan.  Erta so‘ngan yorqin yulduz: Chedvik Bouzmanning hayot va ijod yo‘li Kuchli uchlikka Lionel Messi va Diyego Maradonaning birgalikda tushgan rasmi yakun yasaydi. Sportchi futbol afsonasining vafotiga o‘z hamdardligini bildirgan bo‘lib, uni 16 milliondan ortiq odam qo‘llab-quvvatlagan. Reytingning to‘rtinchi pog‘onasida joylashgan Kayli Jennerning suratida hatto uning o‘zi tasvirlanmagan ham. Kadrda Trevis Skott qizi Stormi bilan — 16 millionga yaqin layk. Beshinchi pog‘ona esa basketbolchining o‘limidan so‘ng tarmoqqa joylangan LeBron Jeyms va Kobi Brayantning birgalikdagi suratiga nasib etdi — tarixga aylangan kadrga 15 million kishi layk bosgan.  NBA afsonasi, mehribon ota va “Oskar” mukofoti sohibi Kobi Brayant haqida
75
1,592
Foto
Fotogalereya: Yerdagi o‘zga sayyoralarni eslatuvchi joylar
Yer sayyorasi — haqiqiy mo‘jizalar makoni. Unda turli joylar borki, u yerga tushgan odam o‘zini o‘zga sayyoraga tushib qolgandek his qilishi mumkin. AdMe ana shunday o‘zga sayyoralarni eslatuvchi joylar fotojamlanmasini taqdim etdi.
58
232
Foto
Fotogalereya: Hajmi noodatiy bo‘lgan hayvonlar
Hayvonlar ham ulkan, ham mitti bo‘lishi mumkin. Lekin ba’zida ularning hajmi shunchalik noodatiy bo‘ladiki, odam o‘z ko‘zlariga shubha qilishi mumkin. AdMe ulkan quyon yoki mitti ot kabi hayvonlarning rasmini taqdim etdi.
46
221
Foto
Fotogalereya: Dunyodagi eng xavfli 15 ta yo‘l
Avtomobil boshqarayotgan haydovchining o‘z manziliga eson-omon yetib olishiga yo‘lning holati ham bevosita bog‘liq. Dunyoning turli nuqtalarida mashinani boshqarish uchun haydovchidan katta mahorat talab qiladigan yo‘llar mavjud. AdMe nashri dunyodagi eng xavfli yo‘llarning fotojamlanmasini taqdim etdi. To‘qqiz kilometrga cho‘zilgan yo‘l Ladakx va Kashmir aholi yashash punktlarini bog‘lab turadi. Qoyalar yonbag‘rida joylashgan yo‘l juda tor bo‘lib, mashinalar va uy hayvonlarining tez-tez qarama-qarshi kelishi kuzatiladi. Karpat tog‘larining Fegerash massivi orqali o‘tuvchi shosse eng baland nuqtasida 2034 metrga yetadi. Shosse Ruminiyadagi eng baland yo‘l bo‘lib, o‘zining go‘zal manzaralari bilan qadrlanadi va juda xavfli hisoblanadi. Trassa “dunyodan ajralib qolgan”. Umumiy uzunligi 666 kilometr bo‘lib, butun yo‘l davomida atigi uchta kichkina qishloq uchraydi. Bundan tashqari, trassa dunyodagi eng qorli yo‘l maqomiga ega. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘l 5802 metr balandlikda joylashgan. Yo‘l Ginnesning rekordlari kitobi va National Geographic jurnali tomonidan dunyodagi eng baland avtomobil dovoni sifatida tan olingan. Bu magistral dunyodagi eng xavfli yo‘llardan biri bo‘lib, yiliga 200 – 300 kishining umriga zomin bo‘ladi. Yo‘lning bir tomonida tik qoyalar ikkinchi tomonida esa chuqurligi 600 metr bo‘lgan jar joylashgan. Bu yo‘lda mashina boshqarish haqida o‘ylashning o‘zi qo‘rqinchli. Norvegiyada joylashgan Atlantika yo‘li qirg‘oq bo‘yida joylashgan kichik aholi punktlarini bog‘lab turadi. Trassa sayyohlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, atrofdagi manzaralar hayratlanarli. Guolyan tog‘ massivi orqali o‘tgan yo‘l mahalliy aholi tomonidan qurilgan. Qoyalar bag‘rida joylashgan yo‘l 1972-yilgacha mahalliy qishloqlar va tashqi dunyoni bog‘lab turuvchi yagona yo‘l bo‘lgan. Keyinroq hukumat 1200 metrli tunnel qurgan va uni avtotransport vositalari harakati uchun ochgan. Ishonish qiyin, ammo yo‘lda kunning bir necha soati davomidagina harakatlanish mumkin. Boshqa vaqtda esa yo‘l suv ostida qoladi. 4,5 kilometrli trassa bo‘ylab harakatlanishdan avval suv ko‘tarilish va tushishi jadvalini diqqat bilan o‘rganish kerak. Yo‘lning uzunligi 10 kilometrni tashkil qiladi. Yo‘lda 99 ta xavfli burilish bo‘lib, uning boshlanish va tugash qismlari orasidagi balandlik 1000 metrni tashkil qiladi. Yo‘lning uzunligi 112 kilometr bo‘lib, Gavayining Maui orolidagi Kaxului shahrini Xana shahriga bog‘lab turadi. Tor shosse 59 ta ko‘prik orqali o‘tib, ulardan 46 tasida yo‘lning qatnov qismi bitta qatorga ega. Ko‘chkilar tufayli yo‘l tez-tez yopiladi. Yo‘lning dastlabki 90 kilometri 1932-yilda foydalanishga topshirilgan. Yo‘lning to‘liq qurilishi 1953-yilda tugatilgan. 20-yil davomida yo‘l mahbuslar tomonidan qurilgan. Bu xavfli dovon fransuz Alplarining Italiya chegarasiga yaqin joyida, 2000 metr balandlikda joylashgan. Yo‘l xavfli va kutilmagan burilishlarga to‘la. Alp tog‘larida joylashgan eng baland dovonlardan biri. Yo‘lning uzunligi 64 kilometr bo‘lib, go‘zal tabiat manzaralari bilan o‘ziga tortadi. Sochidan Kavkaz tog‘laridagi Ritsa ko‘liga olib boruvchi tor yo‘l bir vaqtning o‘zida ham hayratlantiradi, ham qo‘rqitadi. Bu ko‘prik xavfliligi jihatdan yuqori darajali yo‘llardan qolishmaydi. Ko‘prik Sakaiminato va Matsue shaharlarini bog‘lab turadi. Uzunligi 1,7 kilometrni, kengligi 11,3 metrni tashkil qiladi. Uzoqdan qaralganda, ko‘prik bo‘ylab yurish telbalikdek ko‘rinadi. Bunday balandlik ko‘prik ostidan kemalar o‘ta olishi uchungina kerak. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
45
3,570
Foto
Singapur bosh vazirining rafiqasi nima uchun 15 dollarlik sumkacha tutadi? (foto)
Singapur bosh vazirining rafiqasi Xo Ching Oq uyga tashrifi chog‘ida o‘zi bilan 15 dollarlik sumkachani olib yurdi, deb yozadi AdMe. U dinozavr shakllari tushirilgan jinsi matodan tikilgan edi. Tez orada sumkacha ommalashib, do‘konlarda talash bo‘lib ketdi. Ammo u oddiy bo‘lib chiqmadi. Gap shundaki, sumkachani Singapurdagi maktab o‘quvchilaridan biri autist bolalar uchun yaratgan, bolaligidan dinozavrlarga mehr qo‘ygan 19 yoshli Sito Shen Li ismli yigitcha aksessuar uchun aynan shunday dizaynni o‘ylab topdi. O‘quvchilar yaratgan buyum riteyler orqali sotiladi, foizi esa muallifga beriladi. XO Ching esa ushbu loyihani qo‘llab-quvvatlashga qaror qildi, ustiga-ustak, u Singapurdagi Autizm markazi maslahatchisi hamdir.
81
727
Foto
Bolalar va hayvonlarning haqiqiy do‘st bo‘la olishini isbotlovchi suratlar
Uy hayvonlari bilan odatda birinchi bo‘lib bolalar do‘stlashadi. Ular kuchuk yoki mushukmi, qush yoki hasharot bo‘lsa ham o‘zidagi bor mehrini sof tabiat egasi bo‘lgan bolalar bilan baham ko‘rishga tayyor. “U go‘yoki bu ajoyib do‘stlikning boshlanishi ekanligini aytmoqchi bo‘lgandek”. “Zola − qizimiz uchun eng yaxshi yopinchiq”. “Jiyanim va quyoni kompyuter qarshisida”. “Qutqarib olingan mushukdan kutilmaganda ajoyib do‘st chiqdi”. “U oilamizni to‘ldirishga qaror qildi”. “Qizim va uning qushchasi yo‘l davomida to‘yib uxladi”. “Qizalog‘im va qo‘shnining iti eng yaqin do‘st”. “U doim itlarni ko‘rganda...”. “Mushuk jarohat olgan edi, o‘g‘lim esa uni yolg‘iz qo‘yishni xohlamadi”. “Biz kichkina cho‘chqa olgan edik, o‘g‘lim juda yaxshi ko‘radi”. “Uyga isitish uchun olib kirilgan yangi buzoq bolasini o‘g‘lim quchoqlamoqda”. “Mushukcha olib kelgan edik, qizim uni o‘zining bolasi deb o‘ylamoqda”. “Otday kiyinib, ot ustida o‘tirgan mening o‘g‘lim. U otlarni juda yaxshi ko‘radi, negaligini bilmayman”. “O‘g‘lim ilonni qo‘lga olgan zahoti yanada baxtli ko‘rinib ketadi”. “Mushuk uchun qo‘g‘irchoq tomoshasini namoyish etayotgan bolalarni tomosha qilish maroqli”. “Tarantulalar − qizimning eng yaxshi ko‘rgan hasharoti”. “To‘rt yildan buyon davom etayotgan eng yaxshi do‘stlik”. “Qizim o‘rdak bolalarini sayr qildirish uchun shuni o‘ylab topdi”. “Quyonim va do‘stimning bolalari birgalikda televizor tomosha qiladi”. “Kecha qizimning xonasiga kirdim va shuni ko‘rdim”.
74
1,489
Foto
Maxluq-baliqlar mumiyosi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini qo‘rqitib yubordi (foto)
Instagram’dagi Monster_fish_taxidermy akkaunti muallifi internetdagi ko‘plab foydalanuvchilarning qo‘rquviga sabab bo‘lgan suratlar bilan bo‘lishdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru. Ma’lum qilinishicha, akkaunt egasi bolaligidan maxluqlar, mumiyolar va baliqlarga bo‘lgan “muhabbati” bilan ko‘pchilikni hayron qoldirib kelgan. 20 yoshga to‘lganida u yuqoridagilarning uchalasini birlashtirib, mumiyolangan maxluq-baliqni yaratishga qaror qilgan. Biroq jarayon bitta baliq bilan to‘xtab qolmagan, butun boshli kolleksiyaga yuzaga kelgan. 25 yildan ortiq vaqt davomida sevimli mashg‘ulot kasbga aylanib ketgan. Akkaunt egasi taksidermist bo‘lib ishlaydi, ya’ni tulumlar yasaydi va butun dunyo bo‘ylab muzeylar hamda xususiy kolleksionerlar uchun mumiyolangan eksponatlar yaratadi.  To‘rt oyoqda harakatlanayotgan kenguru videosi internet foydalanuvchilarining qo‘rquviga sabab bo‘ldi
85
886
Foto
Rimliklar daryoga sakraydi, Gretsiyada tangali pirog pishiriladi: Dunyoning turli mamlakatlarida Yangi yil qanday kutib olinadi? (foto)
Har bir mamlakatning Yangi yil bilan bog‘liq turli qarashlari, odatlari va nishonlash usuli bor. Shunga qaramasdan hammani bir narsa: kelayotgan yilni omadli bo‘lishini istash, rejalar tuzish va mo‘jizaga ishonish birlashtirib turadi. Turli mamlakatlarning bir-biriga o‘xshamagan Yangi yil suratlari va ularning bayram bilan bog‘liq g‘aroyib odatlarini e’tiboringizga havola qilamiz. Xitoyliklar Yangi yilni fevral oyida nishonlaydi Xitoyda Yangi yil bahor bayrami hisoblanadi. Uning boshlanishi oy fazalari bilan belgilanadi va har yil 12 hayvondan birining nomi bilan ataladi. Xitoyliklar shu kunda qizil rangli libos kiyadi, ko‘cha va uylarni bezatadi. Mushakbozlik va turli paqildoqlarning ovozi yovuz ruhlarni qo‘rqitishi, omad keltirishiga ishoniladi. Uylar tozalanib, baxt kelishi uchun joy ochiladi. Oila a’zolari esa xizmat safari, o‘qish yoki boshqa ish bilan boshqa mamlakatda bo‘lishiga qaramay, kechki ovqatga bir dasturxon atrofida to‘planadi. Yaponiyada Yangi yil deyarli 1 oy davomida nishonlanadi Yaponiyada Yangi yil Grigoryan kalendari asosida nishonlanadi, 25-dekabrda boshlanadi va deyarli 1 oy davom etadi. Yaponlar uylarini to‘kin-sochinlik, xotirjamlik va sevgi ramzi bo‘lgan bambuk, olxo‘ri daraxti shoxlari bilan bezatadi. Yangi yil arafasida yaponlar ibodatxonaga tashrif buyurib, Tangridan salomatlik va baxt so‘raydi. Yangi yil oqshomi esa odamlar omad keltiradi, deb hisoblangan oq va pushti rangli, guruchdan tayyorlangan kulchalar bilan bo‘lishadi. Tailandda Yangi yil 13-aprel kuni nishonlanadi. Songkran deb nomlanadigan ushbu bayram qadimgi hind kalendariga ko‘ra yil almashinuvi va yomg‘ir mavsumi boshlanishini bildiradi. Bu kunda aholi rohiblarga bayramona taom ulashadi. G‘uborlardan tozalanish, negativlardan qutulish uchun odamlar bir-biriga suv sepadi. Birma aholisi ham Yangi yilni aprelda nishonlaydi, bayram sanasi esa hukumat tomonidan belgilab beriladi Taxminan, 12 apreldan 17-aprelgacha bo‘lgan kunlarda nishonlanadigan bayram Tinjaan deb ataladi. Ushbu kun qancha quvonch va shovqinga boy bo‘lsa, shuncha yaxshi. Bu bilan yog‘ingarchilik mo‘l bo‘lishiga ishoniladi. Hindistonda bir yilda bir necha marta Yangi yil nishonlanadi An’anaviy Gudi-padva bayrami mart oyida nishonlanadi. Ko‘plab shtatlarda Yangi yil u yerda yashaydigan xalqlarning an’anaviy kalendariga binoan bo‘ladi. Ulardan eng mashhuri Bengal Yangi yili — Xoli hisoblanadi. Qish ustidan bahorning g‘alabasi sifatida oy to‘lganidan keyin ikki yoki uch kun mobaynida nishonlanadigan ushbu bayramni hindlar ezgulikning yovuzlik ustidan g‘alabasi ekaniga ishonadi. An’anaga ko‘ra, bu kunda ommaviy sayl o‘tkaziladi va hamma bir-biriga bo‘yoqli suv hamda kukun sepadi, bu harakat bahor kelgani bilan bir-birini qutlash, baxt-omad tilash hisoblanadi. Efiopiyada Yangi yil 11-sentabrda nishonlanadi Efiopiyada Yangi yil — Enkutatash bayrami nishonlanadi. Aholi ushbu kuni ekvalipt va qoraqarag‘aydan ulkan gulxan yoqadi. Addis-Abeba maydoniga yig‘ilgan xaloyiq kulga aylangan daraxtning qaysi tomonga qulashini kuzatadi va aynan o‘sha tarafda hosil mo‘l bo‘lishiga ishoniladi. Isroilda Yangi yil kuzda nishonlanadi Rosh xa-Shana deb nomlanadigan bayram sentabr yoki oktabrda nishonlanadi. Bu vaqtda kelasi yil “shirin” bo‘lishi uchun olma va asal yeyiladi. Italiyada eski buyumlar tashlab yuboriladi Italiyaliklar qancha ko‘p eski narsalar tashlab yuborilsa, kelasi yil shunchalik baxtiyor bo‘lishiga ishonadi. 1-yanvar kuni transportlar harakatlanishdan to‘xtaydi, ko‘chalar yorqin chiroq va boshqa dekoratsiyalar bilan bezatiladi, mushakbozlik bo‘lib o‘tadi. Rimda bayram oqshomi baxt keltirishiga ishonilgani sabab ko‘prikdan Tibr daryosiga sakrash an’anasi bor. Gretsiyada Avliyo kuni nishonlanadi 1-yanvar kuni Gretsiyada nafaqat Yangi yil, balki avliyo Vasiliy kuni ham nishonlanadi. Vasilopita nomli yong‘oq va mevali pirog pishiriladi va uni tayyorlash jarayonida ichiga tanga solinadi. Yeyish davomida kimning pirog bo‘lagidan tanga chiqadigan bo‘lsa, kelayotgan yilda o‘sha inson eng baxtli bo‘ladi. Shotlandiyada 31-oktabrdan 1-noyabrga o‘tar kechasi Yangi yilning boshlanishi hisoblanadi Olov, sham va gulxan Samayan deb nomlangan bayramning ramzi hisoblanadi. Odamlar olov ustidan sakraydi hamda olovning yomonlik va yovuzliklardan tozalashiga ishoniladi. Buyuk Britaniyada eski Yangi yilni nishonlaydiganlar ham bor Britaniyada Yangi yil Grigoryan kalendari bo‘yicha nishonlanadi, ammo Gvaun vodiysidagi kichik qishloq aholisi Yangi yilni 1752-yilga qadar bo‘lgani singari nishonlaydi. Ushbu vodiyda 13-yanvar kuni Yangi yil kirib keladi. Bu kunda bolalar eski qo‘shiqlarni aytib, shirinlik va sovg‘a so‘rab qo‘shnilarinikiga chiqadi.
135
4,667
Foto
Fotogalereya: Yangi yil uchun bayramona kayfiyat ulashuvchi suratlar
Yer yuzida millionlab odamlar Yangi yil bayramlarining boshlanishini intiq bo‘lib kutmoqda. Odamlar ushbu bayramni oila va do‘stlar davrasida nishonlaydi, miriqib hordiq olib, bir-birlariga sovg‘a ulashadi. Lekin hamma ham bayramni odatdagidek o‘tkazmaydi. AdMe o‘ziga xos va hissiyotlarga boy tarzda nishonlangan Yangi yil bayramlari haqida hikoya qiluvchi fotosuratlarni taqdim etdi. 1. Bayram sovg‘asi olish hammaga yoqadi 2. Ayrimlar oilaviy an’analarga sodiq qolgan holda uyni va archani bezatadi, hatto ulg‘aygan vaqtida ham ushbu odatni kanda qilmaydi 3. Necha yoshda bo‘lishdan qat’i nazar bayramga bo‘lgan mehr kamaymaydi 4. Sababi hammamiz qalban bolalik bilan vidolashmaymiz Qorbobo o‘zgarmaydi, bolalar esa ulg‘ayaveradi 5. Kimlardir Yangi yilda hayot haqida mushohada yuritadi 6. Yoki o‘zini Qorbobo bag‘riga otadi 7. Yangi yil uzoq yil davomida ko‘rishmagan do‘stlar diydori uchun yaxshi bahona 8. Uchrashuvda g‘am-tashvishlarni unutib, miriqib dam olish mumkin 9. Kimlardir Yangi yilda yanada baquvvatlashishga intiladi 10. Yevropada itlar ham bayramona orzu bilan yashaydi 11. Hayotga yorqin ko‘z bilan qarab, ish vaqti bayramga to‘g‘ri kelsa ham tushkunlikka tushmaslik kerak 12. Atrofdagilarning kayfiyatini ko‘tarish uchun turli chiroqlardan foydalaning 13. Yil oxirida kuch qolmagan bo‘lsa ham archa o‘rnatadiganlar topiladi Hatto juda kichik archani ham 14. Bu ishga original tarzda yondashadiganlar ham bor 15. Ko‘makchilar ham tezda topiladi 16. Hammaga sovg‘alar tayyorlang yoki o‘zingiz sovg‘aga aylaning 17. Yangi yil uchun qahramonlar libosini tanlang 18. Ta’tildan qaytgan Qorbobo 19. U ta’til haqida boshqa hamkasblari bilan suhbatlashmoqda 20. Bu esa Qorbobolarning qo‘shini 21. Orzular ushaladi!
68
1,747
Foto
Kun kayfiyati: Bir-birini sidqidildan yaxshi ko‘radigan sertabassum it va xo‘mraygan mushuk (foto)
Bir-biriga aka-ukadek o‘xshaydigan, birdek oppoq, yoqimtoy mushuk va it Instagram’da mashhurlikka erishgan. Suratga tushishni yoqtiradigan yoqimtoy hayvonlar nomidan ochilgan Instagram sahifasida 41 mingdan ortiq obunachi bor. Kasper laqabli kuchuk mushukdan ko‘ra quvnoqroq va kulishni yaxshi ko‘radi. Shunga qaramasdan ular bir-biridan deyarli ayrilmaydi. Romeo va Kasper birgalikda sayr qiladi, o‘ynaydi va egasi bilan birga sayohat qiladi. Bir-biri bilan yaxshi chiqishishiga qaramay, ular o‘rtasida ham kelishmovchiliklar bo‘lib turadi. Masalan, Kasperning o‘yinchoqlarni olib qo‘yishiga Romeo toqat qilolmaydi. Hayvonlarning egasi Rinsa hamisha mushuk boqishni istagan, ammo iti Kasper bunga qanday munosabatda bo‘lishini bilmagan. Ayol itning reaksiyasini bilish uchun uni mushugi bor dugonasinikiga olib borgan. Kasperning mushuklarni yaxshi ko‘rishini tushunib yetganidan keyin esa orzusidagi mushukni qidirishga kirishgan. Mushuk va it tanishganidan keyin bir hafta davomida bir-biridan alohida yashagan. “Romeo, Kasperning o‘zidan katta ekani sabab avvaliga asabiylashgan, ammo itning do‘stona munosabatda ekanini tushunib yetganidan keyin u bilan chiqishib ketgan”, — deydi Rinsa.
98
1,198
Foto
Fotogalereya: Google Street View tomonidan olingan suratlar
Eng yaxshi surat — poza holati mavjud bo‘lmagan surat. Dunyo ko‘chalari bo‘ylab virtual sayr qilishga imkon beruvchi Google Street View dasturida ana shunday suratlarni uchratish mumkin. AdMe dastur tomonidan olingan g‘aroyib suratlarni taqdim etdi.
59
249
Foto
Atrofimizdagi olam haqida hikoya qiluvchi 19 surat
Olam xilma-xil ajoyibotlarga to‘la va shu xilma-xilligi bilan go‘zal! “Kulturologiya” tomonidan tayyorlangan fotojamlanma siz va biz yashayotgan sayyora haqida hikoya qiladi, eng muhimi, ularga yaxshilab nazar solmoq kerak. Dan Brist balandligi 45 metr, yuzasining hajmi esa 63 metrga 23 metr. Quyosh tizimidagi fazoviy jismlarning hajmi. Sibirdagi arxeologik qazishmalar vaqtida topilgan mamont tishi. Suv toshqini vaqtida bezarar qolgan hovuz. Sun’iy yo‘ldoshdan olingan fotosurat. Jahondagi eng katta akvariumlardan biri 2002-yili Yaponiyaning Okinava orolida ochilgan. Tabiat o‘z bo‘yoqlarini qizg‘anmagan joy. Boshqa kemalarni tashuvchi kema. Mazkur fotosurat Mikroneziyada, suv sathidan 25 metr chuqurlikda olingan. Yangi tug‘ilgan pandaning og‘irligi 100—150 gramm bo‘ladi. Bu tuxumda 20 000 dan ortiq teshik bor. Xitoydagi The Castle Hotel qasr-mehmonxonasi. Barcha jonivorlar ham hayot uchun xavfli bo‘lavermaydi. Tun pardasi tushishi bilan, biolyuminestsent fitoplankton yorug‘lik taratishni boshlaydi va sohilbo‘yini fantastik ko‘rinishga keltiradi. Argentinadagi Urugvay daryosi va uning irmog‘i qo‘shiladigan joy. Jahondagi eng kichik shaharlardan biri. Gobi cho‘lidagi Yarimoy ko‘li — cho‘ldagi haqiqiy mo‘jizaning o‘zginasi! Muqaddas Xenshan tog‘ida go‘zallik borasida tengi yo‘q inshoot, haqiqiy me’moriy mo‘jiza — Syuankun-si ibodatxona majmuasi joylashgan. Suv va muz oqimlari yeb bitirayotgan tog‘ jinslari.
50
1,445
Foto
Fotogalereya: Tasodiflar loyihasigraf mahorati
Oxirgi olti yil ichida rassom Denis Cherim tasodiflar dunyosini kadrga muhrlash bilan band bo‘ldi. Ideal darajadagi tekis daraxt, quyosh nuri, o‘yga toldiruvchi soyalar, duallik — bular Denis tomonidan suratga olingan lavhalardan bir nechtasi, xolos. Travel Ask fotograf Denis Cherim ijodidan namunalar taqdim etdi.
46
315
Foto
Fotogalereya: Jahon shaharlaridagi eng ajoyib archalar
Archa yer yuzidagi deyarli barcha mamlakatlarda Yangi yil timsoli sanaladi. Bayramning asosiy qahramoni ko‘chalarda bezatilganida Yangi yil muhiti paydo bo‘ladi. AdMe dunyo bo‘ylab turli mamlakatlarda yasatilgan eng ajoyib archalarning fotogalereyasini taqdim qildi. Shaharning asosiy maydonida archani eslatuvchi antiqa installyatsiya o‘rnatildi. Konstruksiya oyna romlaridan yasalgan. Braziliyadagi asosiy archa – dunyodagi suzadigan eng uzun archa sanaladi. Uning balandligi 85 metrni tashkil etadi. Har kuni kechasi archada 3 millionga yaqin chiroylar yoqiladi. Rosiu maydoni “Lissabon yuragi” deb ataladi. Avvallari bu yerda ippodrom bo‘lgan va korridalar o‘tkazilgan. Hozir esa bu yerda yarim shaffof archa o‘rnatilgan. “Lafayet galereyasi” – fransiyaliklarning shoping makoni. Har yili Rojdestvo va Yangi yilda binoning markaziga 21 metrli archa o‘rnatiladi. Archaning bezaklari har yili o‘zgartiriladi va hech qachon takrorlanmaydi. Konus shaklidagi antiqa archa Simon Bolivar markaziy parkida o‘rnatilgan. Ispaniya poytaxtidagi shovqinli va quvnov Puerta-del-Sol maydonida 35 metrli archa qad rostlagan. Mamlakatning asosiy archasi Kafedral maydonida o‘rnatilgan. U oyna va chiroqli shinamgina uychaga o‘xshaydi. Tbilisidagi Ozodlik maydonida Avliyo Georgiy haykalida dunyodagi eng original archalardan birini ko‘rish mumkin. Shimoliy Amerikada 1976-yildan buyon Yangi yilni alkogolsiz nishonlash an’anaga aylangan. Xitoy madaniyatida Avliyo Valentin va Xullouin kunlari Rojdestvo bilan birgalikda yanada mashhur sanaladi. Singapurdagi Orxideyalar hiyobonida 28 ming Swarovski kristallaridan yasalgan 20 metrli konussimon archa qad rostlaydi. Ushbu archaning ichiga kirsa bo‘ladi. Krakovda an’anaviy Rojdestvo archasi Ko‘rgazma maydoniga o‘rnatiladi. 36 metrli oynasimon archa Taybey munitsipaliteti binosi yaqinida o‘rnatilgan. Har kuni kechki payt archa sirtida 3D shoular o‘tkaziladi, yosh bolalar uchun multfimlar namoyish etiladi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
54
2,130
Foto
O‘zbekistonning eng chiroyli ko‘lidan fotoreportaj
Yaqinda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan OAV vakillari va turistik agentliklar uchun  Navoiy va Buxoro viloyatlariga infotur tashkil etildi. Unda “Daryo” muxbiri Xonzodabegim A’zamova qatnashdi. U Navoiydagi Aydarko‘lda bo‘lib, o‘ziga xos maskan haqida reportaj tayyorladi.  Navoiyning Shveysariyasi. Sintob qishlog‘idan fotoreportaj Infoturdagi ikkinchi manzil O‘zbekistonning eng katta sun’iy ko‘llaridan biri — Aydarko‘l bo‘ldi. Ma’lumotlarga qaraganda, 1968—1969-yillarning bahorida havoning keskin ilib ketishi va yog‘ingarchiliklarning ko‘p bo‘lishi oqibatida Sirdaryoda qurilgan Chordara suv ombori toshib ketgan. Katta xavfning oldini olish uchun ortiqcha suv Arnasoy, Tuzkon va Aydarko‘l botiqlariga oqizilgan. Shunday qilib, Nurotada yangi Aydarko‘l paydo bo‘lgan. Yana bir qiziq ma’lumot: mahalliy aholi haybatli bo‘lgani uchun uni Haydarko‘l deb ham atarkan. Yana uning Feruzako‘l degan nomi ham bor ekan. Balki chiroyli bo‘lgani uchun shunday deyishar? Yana bilmadim... Nima bo‘lganda ham, bu yer menda katta taassurot qoldirdi. Suvni yaxshi ko‘rgan odamlar uchun ayni muddao joy. Bu yerda baliq ovlash, cho‘milish yoki va shunchaki milliy ruhda bezatilgan o‘tovlarda dam olib, tabiatdan zavqlanish mumkin.
50
1,240
Foto
“Zakovat”da qatnashgan Prezident, Ispaniyada otilgan vulqon, Marokashdagi poygachi — hafta suratlari
Haftaning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz. Chexiyaning Trebon shahridagi baliqchilar Polshaning Prjemisl shahridagi sovuq tong Germaniyaning Shtukenbrok shahridagi safari bog'idagi jirafa bolasi Marokashdagi xalqaro poyga ishtirokchisi Nepalning Sanxa shahridagi Dashain festivalida arg'imchoq uchayotgan qiz Prezident Shavkat Mirziyoev Buxoro viloyatiga safari chog'ida “Zakovat” o'yinlariga tashrif buyurdi. Londonning janubi-g'arbiy qismidagi Richmond Parkdagi bug'u Boltiq dengizining Germaniya sohillari Ispaniyaning Palma orolida Kumbre Vexa vulqoni otilishi “Novaya gazeta” bosh muharriri Dmitriy Muratovning Nobel mukofotiga loyiq ko'rilganidan so'ng Moskvada kutib olinishi
100
700
Foto
Fotogalereya: O‘z vaqtida kadrga kirib qolgan hayvonlar
Ba’zan suratga tushish chog‘ida kimdir yoki nimadir tasodifan kadrga tushib qoladi. Facebook’dagi “Interesnaya planeta” sahifasi ana shu holatga tushgan hayvonlar suratlarini taqdim etdi.
55
187
Foto
Foto: Gollivud aktrisalarining o‘zlarining yoshligiga quyib qo‘ygandek o‘xshaydigan qizlari
Shou-biznes vakillarining farzandi mashhur onalariga qanchalik o‘xshashini bilish uchun ularning suratlariga nazar tashlash kifoya. Mila Yovovich va Ever Gabo Anderson Mila Instagram sahifasiga 12 yashar qizining suratini joylashni boshlaganidan keyin muxlislari uni onasiga quyib qo‘ygandek o‘xshashiga amin bo‘lgan. Uning ko‘zlari, tabassumi rostan ham onasi bilan bir xil. Qolaversa, Ever ham onasi 90-yillarda onasi tushgani singari Jalouse jurnali muqovasiga suratga tushgan. Ever filmlarda suratga tushishni ham boshlagan u “Qora beva”, “Piter Pen” singari filmlarda rol ijro qilgan. Monika Beluchchi va Deva Kassel Monika va Vensan Kasselning qizi endigina 15 yosh bo‘lishiga qaramay, allaqachon mashhurlikka erishgan. Deva rostan ham onasining yoshligiga ikki tomchi suvdek o‘xshaydi. U ham onasi singari Dolce & Gabbana brendi bilan shartnoma imzolagan. Sindi Krouford va Kaya Gerber Sindi Krouford va Rendi Gerberning qizi 10 yoshidan model sifatida suratga tusha boshlagan. Shundan buyon uni onasi bilan taqqoslanib kelinadi. 18 yoshida u onasining obrazini takrorlagan va shundan keyin uni Kroufordga o‘xshatish kuchaygan. Yosh model allaqachon Calvin Klein, Prada, Chanel va Fendi brendlari bilan hamkorlik qilishga ulgurgan, Instagram sahifasida esa 5,5 milliondan ortiq kuzatuvchisi bor. Riz Uizerspun va Ava Filipp 20 yashar Ava Filipp Rizning xuddi o‘zi. Ko‘rinish borasida o‘xshagani bilan uning qarashlari va tanlovi onasinikidan farq qiladi. U onasidan farqli ravishda badiiy maktabda o‘qiydi va kelajakda o‘zini dizayner va model sifatida ko‘radi. Vanessa Paradi va Lili Rouz Depp Vanessa Paradi va Jonni Deppning muxlislari qizi kimga ko‘proq o‘xshashi borasida ko‘p bahslashadi. Ammo uning suratlariga nazar tashlansa, ko‘proq onasiga o‘xshashini bilish mumkin. Lili ham tez-tez Vanenessaning obrazlarini takrorlab turadi. 21 yoshli Lili kinoda suratga tushgan, Karl Lagerfeld bilan ishlagan, shuningdek, Chanel bilan ham hamkorlik qilgan. Meril Strip va Memi Gammer Meril Strip va Don Gammerning katta qizi tashqi ko‘rinishiga nazar tashlab onasiga o‘xshaganini bilish qiyin emas. Meril ham yoshligida shunday ko‘rinishga ega bo‘lgan. Shunga qaramay “Oskar” mukofoti sovrindorining 37 yashar qizi onasichalik mashhur emas.
91
2,252
Foto
Mashhur aktyorlar va xonandalarning asl ismi qanday?
Aksariyat mashhurlarni faqat sahnadagi nomlari va taxalluslari orqali bilamiz, haqiqiy ismlari esa “kadr ortida” qolib ketadi. “Segodnya.ua” nashri mashhur aktyorlar va xonandalarning asl ismlarini to‘plab chiqdi, “Daryo” esa uni qisman to‘ldirdi.
52
247
Foto
Qozoqcha kelin ko‘ylak dunyodagi eng chiroyli liboslar reytingida 5-o‘rinni egalladi (foto)
Qozoq kelinining to‘y libosi dunyodagi eng chiroyli kiyimlar reytingida beshinchi o‘rinni egalladi, deya xabar bermoqda “Matritsa.kz”. To‘rtinchi o‘rinni Ganaga xos to‘y libosi egalladi. Uchinchi pog‘onani Ukraina, ikkinchi o‘rinni esa Nigeriya qo‘lga kiritdi. Jahondagi eng ko‘rkam to‘y libosi esa Hindistonniki bo‘ldi.
91
321
Foto
Qodirovning Instagram’da eng ommabop bo‘lgan va biz endi qaytib ko‘rmaydigan suratlari (foto)
Rossiyalik Instagram foydalanuvchilari Ramzan Qodirovning akkaunti kutilmaganda bloklab qo‘yilganidan xafa bo‘ldi, deb yozadi “MK.ru”. Axir Checheniston rahbari ijtimoiy tarmoqqa uning jonivorlarga bo‘lgan mehrini, yumor hissini ko‘rsatib beruvchi fotosuratlarni tez-tez joylab turardi, shuningdek, Instagram orqali o‘zining eng shov-shuvli bayonotlarini berardi. Nashr Qodirovning Instagram’da eng ko‘p “layk” to‘plagan va biz endi qaytib ko‘rmaydigan suratlari bilan bo‘lishdi. Eslatib o‘tamiz, 20-dekabr, chorshanba kuni AQSh rasmiylari inson huquqlari poymol etilishiga aloqador shaxslar o‘rin oladigan “Magnitskiy ro‘yxati”ga Checheniston rahbari Ramzan Qodirovni kiritgach, 23-dekabrga o‘tar kechasi uning Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi ishlashdan to‘xtadi. Instagram’dagi akkaunti o‘chirib tashlangach, Checheniston rahbari Ramzan Qodirov boshqa ijtimoiy tarmoq — Mylistory’ga o‘tganini e’lon qildi.
93
921
Foto
Kun fotosi: Afrikada o‘lat
Madagaskarda avgust oyining boshidan beri o‘lat oqibatida 24 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Hind okeanida joylashgan qo‘shni orollar xavf ostida, deb xabar berdi TravelAsk. Madagaskar 1980-yildan boshlab har yili o‘lat mavsumini boshdan kechiradi. Xastalikni o‘rmon yong‘inlaridan qochib aholi zich yashaydigan hududlarga keladigan sichqonlar keltirib chiqaradi.
26
359
Foto
Parij va Londonni unuting: Yevropaning eng qiziqarli 10 ta maskani (foto)
Lonely Planet nashriyoti dunyoning turli nuqtalariga sayr qilish mumkin bo‘lgan Yevropaning nostandart joylarini e’lon qildi. Ro‘yxatdan Parij, London yoki Barselona kabi shaharlar joy olmagan, deb xabar berdi Insider Pro. Qo‘llanmada yozilishicha, “Gavraning yoshiga qaramay bu yerda zamonaviy arxitektura namunalarini ko‘rish, Ogyust Perre, Otello Zavaroni va Oskar Nimeyer kabi ijodkorlarning loyihalarini uchratish mumkin”. Kiprning birinchi antik poytaxti 2017-yilda Yevropa ma’daniyat poytaxti deya topildi. Moldova poytaxti Kishinyovda ham ko‘rishga arzigulik joylar bisyor. Masalan, dunyogi eng ulkan vinolar kolleksiyasi yig‘ilgan Mileștii Mici’da vinolarni tatib ko‘rish mumkin. Dnestrning sharqiy qirg‘og‘ida sovet o‘tmishiga tegishli qo‘riqxona, tan olinmagan Pridnestrov respublikasi joylashgan. Bu maskan cheksiz osmon, tegilmagan qirg‘oqlar, mavj urayotgan plyajlar va mayda orollardan iborat. O‘rta asrlarga tegishli Lyubek va Bremendan poyezdga o‘tirib Lyutershtadt—Vittenberg va Eyzenga borish mumkin, u yerda 500 yil oldin Reformatsiya boshlangan. Ushbu qirg‘oqbo‘yi hududiga Lissabon orqali kelish oson bo‘lsada, turistlar orasida juda mashhur. Bu yerda YuNESKO xalqaro merosiga kiruvchi bir qator obyektlar mavjud. Britaniyaning qoq yuragida joylashgan ushbu shahar craft pivosini xush ko‘ruvchilar uchun albatta yoqadi. Ushbu yilda Lidsda 50-an’anaviy mahalliy karnaval bo‘lib o‘tadi. Bolqonning janubi-g‘arbiy hududida sayyohlar oqimini uchratmaysiz. Biroq mamlakatning uzoq burchaklarini tadqiq qilish imkonini beruvchi yaxshi yo‘llar mavjud. Tarixga qiziquvchilarni bu yerda Ostrog qoyalariga yoki Morache vodiylariga yashiringan cherkovlar o‘ziga rom etmasdan qolmaydi. Aynan shu yerda Santyago-de-Kompostela shahri joylashgan, qaysiki mashhur Kamino-de-Santyago ziyorat yo‘li yakunlanadigan joy. Bu yer haqida ko‘pchilik eshitmagan. Boltiq dengizidagi qadimiy orol — mamlakatning eng quyoshli va eng tarixiy ahamiyatga ega maskani. Bu shahar bir vaqtning o‘zida ham kosmopolitik, ham zamonaviy. Zagrebda aeroport ochilgani sabab bu yerda kelish osonlashdi va unchalik qimmat emas.
74
2,117
Foto
“Bir milliard imkoniyatga ega uchish-qo‘nish yo‘lagi”: Hindistonda “Aero India 2021” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi (foto)
Hindistonda Osiyodagi eng yirik aviakosmik ko‘rgazmalardan biri bo‘lib o‘tdi. Unda 78 dan ortiq mamlakat vakillari ishtirok etib, qurolsozlar Bangalorga eng so‘nggi harbiy mahsulotlarning yuzlab namunalarini olib keldi. Tashkilotchilar “Aero India 2021” xalqaro ko‘rgazmasini kamtarona tarzda koronavirus davridagi birinchi global aviashou deb atashmoqda. Pandemiya davrida Parij va Avstraliyada bo‘lib o‘tadigan havo shoulari qoldirilgani tufayli Hindiston ko‘rgazmasi ishtirokchilari soni qariyb bir yarim baravarga ko‘paygan. Hindiston mudofaa vaziri Rajnat Singx yanvar oyi oxirida “Aero India”ni e’lon qilib, ko‘rgazmani “Bir milliard imkoniyatga ega uchish-qo‘nish yo‘li” deb atadi. “Aero India” parvoz dasturida 41 ta samolyot ishtirok etdi. Ishtirokchilardan biri − yaqinda Hindiston havo kuchlari tarkibiga kirgan Tejas yengil ko‘p qirrali qiruvchisi. Hindiston havo kuchlari aerobatika guruhi Surya Kiran “Aero India 2021” ko‘rgazmasida. An’anaviy tarzda ko‘rgazmada qatnashadigan Rossiya bu yil “Aero India”ning eng yirik ishtirokchilaridan biriga aylandi. Rossiya ekspozitsiyasi “Rosoboroneksport” tomonidan namoyish etildi. Rossiya“Aero India” ko‘rgazmasiga beshinchi avlod Cu-57E qiruvchi samolyot va harbiy samolyot Cu-35 va MiG-35D, harbiy transport Il-76MD-90A(E) va Il-78MK-90A tanker samolyotlari modelini olib keldi. Shuningdek, Ka-226T vertolyotining modellari va Pansir-C1 zenit-raketa va zambaraklar tizimi namoyish etilgan. AQSh ham o‘z ekspozitsiyasini namoyish etdi. Ko‘rgazmada asosan Hindiston havo kuchlari foydalanadigan texnikalar ishtirok etdi. Hindiston havo kuchlari “Aero India 2021”da. “Aero India 2021” Bangalorda 2021-yilning 3–5-fevral kunlari bo‘lib o‘tdi. Rossiya Hindiston bilan yuzdan ortiq yo‘nalishlarda, shu jumladan, aviatsiya sohasida qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirdi. Hindiston armiyasi 70 foiz Rossiyada ishlab chiqarilgan qurol-yarog‘ bilan ta’minlangan. Kuzatuvchilar ko‘rgazmada yengil ko‘p qirrali Tejas qiruvchisining parvozini tomosha qilmoqda.
116
2,023
Foto
Fotogalereya: Dunyoning eng antiqa archalari
“Tengrinews.kz” nashri Yangi yil bayrami arafasida ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgan eng antiqa archalarning suratlarini jamladi. Archalar mualliflari Yangi yil archasini tayyorlashda o‘zlarining g‘oya va fantaziyasini ishga solgan. Kitoblardan yasalgan antiqa archa Qozog‘istonning Ostona shahridagi Milliy akademik kutubxonasiga o‘rnatildi. Amerikalik Molli Munyan havo sharlaridan o‘ziga archa-ko‘ylak yasadi. 2,5 metrli san’at asarini yaratish uchun 590 dona shar kerak bo‘ldi. Shinalardan yasalgan erkaklar archasi. Savdo markazlaridan birida kino ixlosmandlari uchun o‘nlab televizor monitorlaridan archa yasaldi. Yoqutistonlik erkak tomonidan tezakdan yasalgan archani ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari yuqori baholadi. Kartoshka qoplaridan yasalgan noodatiy archa quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi. Dizaynerlar tomonidan yasalgan antiqa ko‘ylak-archalar. Bunday san’at asari nafaqat ayolni, balki xonaning interyerini bezaydi. Savdo markazlaridan birida o‘yinchoqlardan archa yasalgan. Chips idishlari yordamida yaratilgan antiqa archa. Shisha butilkalardan yasalgan archalar. Alyumin bankalardan yasalgan archa va suv idishidan yasalgan yulduzcha. Britaniyalik novvoy non va parrak kesilib, qovurilgan kartoshkadan archa yasadi. Archa bezaklaridan yasalgan archa. Shiftga o‘rnatilgan noodatiy archa. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
44
1,477
Foto
Qorli Toshkent, Germaniyada muzli suvda suzish marosimi, Harbindagi muz shahar — 26 dekabr suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz. Bugun qorli Toshkent turli rakurslarda. Harbindagi muz shahar. 2004 yil Pattinakamda bo'lgan tsunami qurbonlariga bag'ishlab o'tkazilayotgan sut to'kish marosimi. Sovuq havoga issiq suv sepilishi va uning yerga tushish vaqtida muzga aylanishi (Germaniya, Berlin). Kobulning tirband ko'chasida shar sotayotgan bola. Tanzaniyaning Dor-us-Salom shahrida Rojdestvo ta'tilida hordiq chiqarayotganlar. Makedoniyaning Skope shahrida an'anaviy Santa poygasi davomida o'tkaziladigan raqs musobaqasi. Polshaning Lyublin shahrida “Motoristlar kechasi” davomida avtomobil ixlosmandlari uchrashuvi. Rossiya FA tasarrufidagi Tsisin tabiat qo'riqxonasidagi chetan daraxti. Germaniyada Rojdestvo oldi an'anaviy muzli suvda suzish marosimi.
100
784
Foto
Fotogalereya: Bering dengizi mo‘jizasi va dahshatlari
Kori Arnold quyoshli Kaliforniyada tug‘ilgan va bolaligidan otasi bilan baliq oviga borishni sevgan. Ulg‘aygach, Arizona universitetiga o‘qishga kirib, san’at sohasida ta’lim olgan. Lekin mutaxassisligi bo‘yicha ishlamagan. Uning o‘rniga Alyaskaga ketib, u yerda baliqchilik kemasiga ishga kirgan. Shunday qilib bolalikdagi sevimli mashg‘ulot u uchun kasbga aylangan. Bundan tashqari Korining yana boshqa hobbisi ham bor. U ham bo‘lsa fotograflik. U Shimoliy Amerikani kezib chiqqan va uning kamerasi doim yonida bo‘lgan. Endi esa baliqchi dunyo bo‘ylab kezib o‘z ko‘rgazmalarini o‘tkazadi. Suratlarida u dengiz mahsulotlari bizning dasturxonimizga qanday kelishini tasvirlaydi. Travel Ask uning suratlarini taqdim etdi.
53
720
Foto
Fotogalereya: Nyu-York metrosining o‘tmishi
Bugun hamma orzu qiladigan Nyu-Yorkda 35 yil avval butunlay boshqacha muhit bo‘lgan. Fotograf Jamel Shabazz Nyu-York metrosining oldingi hayotini suratlarda aks ettirdi. Travel Ask bu suratlarni tadqim etdi. Ispan Harlemi, 1980-yil Egizaklar, 1980-yil Tirband vaqt, 1988-yil Cherkov xonimlari, 1997-yil Trio, 1980-yil
43
322
Foto
Asr muammosiga aylangan Oroldagi «Kemalar qabristoni» — suratlarda
Dunyodagi eng yirik ekologik fojialardan biri sifatida nafaqat Oʻzbekiston, balki mintaqadagi barcha davlatlar uchun qator ekologik va boshqa muammolarni keltirib chiqarayotgan Orol dengizida sayyohlar oqimi arimaydi. «Bugun.uz» fotomuxbiri Qoraqalpogʻistonning Moʻynoq tumanida joylashgan ushbu dengiz va undagi «Kemalar qabristoni»dan maxsus reportaj tayyorladi. Orol dengizi — Oʻrta Osiyodagi eng katta berk shoʻr koʻl hisoblanib, ma'muriy jihatdan dengizning yarmidan koʻproq qismi Oʻzbekiston (Qoraqalpogʻiston) hududida joylashgan. Oʻtgan asrning 60 yillarigacha Orol dengizi maydoni orollari bilan oʻrtacha 68 ming kilometr kvadratni tashkil etgan. Kattaligi jihatdan dunyoda toʻrtinchi (Kaspiy dengizi, Amerikadagi Yuqori koʻl va Afrikadagi Viktoriya koʻlidan keyin), Yevroosiyo materigida (Kaspiydan keyin) ikkinchi oʻrinda boʻlgan dengiz havzasining maydoni 690 ming kilometr kvadrat, suvining hajmi 1000 kilometr kub boʻlgan. Shuning uchun ham u dengiz deb atalgan. Dengiz choʻl zonasida joylashganidan uning yuzasidan har yili 1 metr qalinlikdagi suv bugʻlanadi. Bu esa keyingi davrda dengizga daryolar olib kelgan suv, yogʻin va yerosti suvlaridan ortikdir. Shuning uchun iklimiy oʻzgarishlar natijasida Orol dengizi suvining sathi yillar davomida oʻzgarib turgan. Keyingi bir yarim asr mobaynida dengiz suvi sathi ancha oʻzgargan. Oʻtmishda uning portlari, baliqlari, oʻsimliklari va kemalari boʻlgan. Xususan, XX asrning 80 yillariga qadar u yerda baliqning 34 turi boʻlgan. Oʻz tarixi davomida Orol dengizi bir necha bor qisqarib ketgan. Uni oʻrganish boʻyicha turli ekspedisiyalar oʻtkazilgan. Olimlarning fikriga koʻra, Senozoy erasi oʻrtalarida (21 million yil oldin) Orol dengizi Kaspiy dengizi bilan tutashgan, ammo keyinchalik daryolar qurib, ikkita dengizga ajralib qolgan. Dengizdagi mutlaq suv sathi 2000 yillarning boshlarida 31 metrga tushgan, bu esa 1950 yillarning oxirlarida qayd etilgan dastlabki darajadan 22 metr past edi. 2001 yilda Janubiy (Katta) Orol dengizi gʻarbiy va sharqiy qismlarga boʻlingan hamda 2003 yilda Orol dengizining yuzasi asl nusxaning toʻrtdan bir qismini, dengiz suvining hajmi esa taxminan 10 foizini tashkil etgan. Bugungi kunda avvalgi chuqur dengiz oʻrnida umumiy maydoni 38 000 kilometr kvadrat boʻlgan yangi qum va shoʻrlangan Orolqum choʻllari mavjud. Orol dengizining qurib borishi natijasida bir qator salbiy holatlar yuzaga kelgan. Orol hududida paydo boʻlgan zaharli tuz uyumlarining zarralari Pomir togʻlari, Antarktida sohillari, Grenlandiya muzliklari, Norvegiya oʻrmonlarigacha yetib bormoqda. Yovvoyi oʻsimliklar va hayvonot dunyosi qirilib ketmoqda. Orolboʻyi hududida lokal iqlim keskin oʻzgarishlarga uchragan. Ichimlik suvi tanqisligi, xavfli kasalliklar tarqalishi, yashash sharoitlari ogʻirlashuvi natijasida Orolboʻyi hududidan aholi migrasiyasi koʻpaygan. Orol dengizi oʻrnida Qizilqum va Qoraqum sahrolari oʻrtasida yuzaga kelgan, maydoni 5,5 million gektarga teng boʻlgan yangi Orolqum sahrosi Orol dengizi fojiasi hisoblanib, dunyodagi eng yirik ekologik fojialardan biri sifatida nafaqat Oʻzbekiston, balki mintaqadagi barcha davlatlar uchun qator ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy, tibbiy va gumanitar muammolarni keltirib chiqargan. Ma'lumot oʻrnida, Shavkat Mirziyoyev 2020 yil 23 sentyabrda BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqida Orol dengizi qurishining halokatli oqibatlariga haqida soʻz yuritgan. Xususan, mavjud ahvolni yaxshilash uchun bu yerda ikki million gektar yangi oʻsimlik maydonlari va daraxtzorlar yaratish, tuproq qatlamini shakllantirish boʻyicha ishlar amalga oshiralyotganligi qayd etib oʻtgan. «Biz Orolboʻyi mintaqasini ekologik innovasiya va texnologiyalar hududi, deb e'lon qilish haqida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasining maxsus rezolyusiyasini qabul qilishni taklif etamiz. Ushbu muhim hujjat tasdiqlangan sanani esa Xalqaro ekologik tizimlarni himoya qilish va tiklash kuni sifatida nishonlash maqsadga muvofiq boʻlardi», — degan edi davlat rahbari.
66
3,988
Foto
Tishlar odamni qanchalik o‘zgartirishi mumkinligi mashhur shaxslar misolida (foto)
Kishining tabassumi va yuz ifodasida tishlarning ham o‘rni bor. Tabiat kimnidir tekis va tabiiy oppoq tishlar bilan siylasa, kimlardir ushbu natijaga tishning tashqi qoplami o‘rnini bosuvchi yupqa plastinka bilan qoplangan vinirlar yordamida erishadi. Tish shakli va rangining o‘zgarishi kishini qanchalik o‘zgartirib yuborishini mashhurlar suratidan ham bilsa bo‘ladi. Kendis Sveynpol Avvallari Kendis mukammal tishlari va “gollivudcha tabassumi” bilan maqtana olmasdi. Vinirlar esa unga ishonch baxsh etgan. Suratlariga nazar tashlansa, tabassum qilganida milklari avvalgidek ko‘zga tashlanmasligini bilish mumkin. Viktoriya Bekhem Viktoriya uchun vinirlar chiroyli ko‘rinishdan ham ko‘ra davolash maqsadida ishlatilgan. Shu orqali dizaynerning tish shakli o‘zgartirilgan. Endilikda Bekhem xonim avvalgidan tartibli va sipo ko‘rinadi. Billi Aylish Billi Aylish ham vinirlardan foydalanmagani, tishlarini “breket” yordamida tekislatganiga ishongisi keladi kishini. Lekin bunga shubha bor, chunki vinir tez va samarali natija ko‘rsatadi. Milli Bobbi Braun Millining tishlariga qarab kishining havasi keladi, lekin 16 yosh vinir qo‘ydirish uchun ancha erta. Megan Markl Megan ham vinirlar yordamida tish shaklini o‘zgartirgan, lekin shundan keyin o‘ziga xosligi o‘zgarib, uning tishlari notabiiy oq rang bo‘lib qolgan. Krishtianu Ronaldu Futbolchi tekis bo‘lmagan tishlar bilan ham o‘ziga yarasha kelishgan bo‘lgan. Tishini rangi va shaklining o‘zgarishi bilan esa qiyofasida ham o‘zgarish kuzatilgan. Zak Efron Zakning yoshligida tishining orasi Vanessa Paradniki singari ochiq bo‘lgan. Ammo keyinchalik uni o‘zgartirgan. Demi Mur Demi Murga ushbu amaliyotning foydasi bo‘lgan. Tishlari oq va tekis bo‘lmagan aktrisa vinirlardan keyin go‘zal tabassumga ega bo‘lgan. Keti Xolms Ketining ham tabiiy tishlaridan ko‘ra, vinirdan keyingisi chiroyliroq ko‘rinadi. Biroq oqartirish borasida me’yordan oshib ketilgan.
82
1,918
Foto
Qozog‘istonlik stilist zamonaviy kiyim va o‘ziga xos uslublari bilan barchani lol qoldirmoqda (foto)
Madi Bekdair — Qozog‘iston moda sanoati dunyosida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan stilist. U ayollar uchun yangi obrazlarni yaratib, barchani mamnun qilmoqda. Bundan tashqari, Madi – “Kardinal transformatsiya.kz” loyihasining asoschisi va bosh stilisti. Suratlarni tomosha qilib, Madining mahoratiga baho bering.
100
304
Foto
Fotogalereya: O‘zgartirilgan tishlar va chiroyli tabassum
Hammaga ham chiroyli tabassum egasi bo‘lish nasib etmaydi. Ba’zan bunga noto‘g‘ri o‘sgan tishlar xalaqit beradi. Mashhurlar ham bundan mustasno emas. Mashhurlar, odatda, davolanish va turli zamonaviy vositalar yordamida chiroyli tabassumga sohibiga aylanadi. AdMe ana shunday nuqsonli tishlarni chiroyli tishlarga aylantirgan shaxslar fotojamlanmasini taqdim etdi.
57
364
Foto
Iqtisodiy samaradorligi yuqori bo‘lgan mamlakatlar (foto)
Ishlab chiqarish unumdorligi — iqtisodiy rivojlanishning asosiy omillaridan hisoblanadi. Mamlakat aholisi qanchalik samarador bo‘lsa, ish beruvchilarga, o‘z navbatida mamlakat iqtisodiga ko‘proq daromad keltirishi mumkin. Expert Market o‘zining yangi tadqiqotlarida dunyodagi eng samarali ishchilar qaysi mamlakatda yashashini aniqladi. Ular taqqoslashda jon boshiga to‘g‘ri keladigan YIMini bir nafar insonning ishlagan soatlari miqdoriga bo‘lib yubordi, deb xabar berdi Insider Pro. Shvetsiya mamakatda jinoyat ko‘rsatkichining pastligi hamda aholi baxtlilik darajasining yuqorililigi bilan Skandinaviya davlatlari orasida mashhur hisoblanadi. Ko‘pchilik gollandlarni sabrsiz hisoblaydi. Biroq Niderlandiya ishlab chiqarish bo‘yicha Yevropa mamlakatlari orasida yettinchi o‘rindaligini hisobga olsak, yuqoridagi gap noto‘g‘ri bo‘lib chiqadi. Brexit’dan so‘ng Buyuk Britaniyani tark etayotgan kompaniyalar Irlandiyaga o‘rnashishni rejalashtirmoqda. Bu yerda YIM kishi boshiga 47 805 funt sterlingni tashkil etadi. Bu yerda mahalliy ishchilar haftasiga 817,61 funtlik mahsulot ishlab chiqaradi. AQShda YIM kishi boshiga 45 898 funtni tashkil etadi. Ishchilar esa o‘z vazifasini bajarishi uchun yiliga 1783 soat ishlashadi. Mamlakatda 300 minggina aholi istiqomat qiladi, uning iqtisodiyoti esa asosan baliq sanoati hamda alyuminiy qazib olishga ixtisoslashgan. Daniya samaradorlik reytingida qo‘shnisi Shvetsiyadan oldinga o‘tib ketdi, biroq Norvegiyadan ortda qolmoqda. Shveysariya o‘zining samaradorligi hamda poyezdlarining aniq jadvali bilan mashhur. Ushbu mamlakatda mahalliy aholi yiligi o‘rtacha 1590 soat mehnat qiladi. Norvegiyalik ishchilar pul samaradorligi bo‘yicha Isroil, Yaponiya hamda Buyuk Britaniyalik hamkasblaridan ikki barobar oldinda. Dunyodagi eng samarali mamlakat. Markaziy Yevropadagi ushbu kichik mamlakat Yevrokomissiya prezidenti Jan Klod Yunkerning vatani hisoblanadi.
57
1,908
Foto
Fotogalereya: Mehmonxonaga aylantirilgan qamoqxonalar
Turli mamlakatlarda tashlandiq va eski qamoqxonalar jamoat joylariga va mehmonxonalarga aylantiriladi. Ularning ba’zilari tubdan qayta qurilgan bo‘lsa, ba’zilarida asl estetika saqlab qolingan. TJournal ana shunday mehmonxonalar jamlanmasini taqdim etdi. Boston qamoqxonasi qimmat mehmonxonaga aylantirilishidan oldin 140 yil davomida mahbuslarni saqlagan. Binoning tashqi ko‘rinishi deyarli o‘zgarishsiz qolgan, ichki qismi esa to‘liq qayta jihozlangan. Mehmonxona binosida qamoqxona 1867-yildan 2002-yilgacha faoliyat ko‘rsatgan. Keyinchalik u ta’mirlangan va hozirgi paytda 56 ta nomerdan iborat mehmonxona hisoblanadi. Xelsinkidagi sobiq qamoqxona binosida mahbuslar sudni kutgan. Hozirgi vaqtda mehmonxonada asl g‘ishtin devorlar saqlab qolingan, ularda eski yozuvlar mavjud. Mehmonxona shahar markazida, diqqatga sazovor joylar yaqinida joylashgan. Undagi qamoqxona XX asr boshlarida faoliyat ko‘rsatgan. Qamoqxonadan eski yog‘och eshiklar, mahbuslarning ismlari yozilgan marmar ustun saqlanib qolgan. Niderlandlarning o‘ta qattiq tartibli qamoqxona tizimlaridan biri 1862-yilda ochilgan. Ancha vaqtdan keyin uning 105 ta kamerasi 40 ta katta xonaga aylantirilgan. O‘zining 10 yillik faoliyati davomida (1962 —1972-yillar) Ottavadagi qamoqxona mahbuslarga nisbatan noinsoniy munosabatlar sababli shuhrat qozongan. Undagi kameralarda isitish va kanalizatsiya tizimi mavjud bo‘lmagan. Binoning bir qismi dastlabki holatida saqlab qolingan. Ba’zi tashrif buyuruvchilar esa kameralarda yashaganlarning arvohlarini uchratganini tasdiqlaydi. Sobiq harbiy qamoqxona rassomlar va arxitektorlar tomonidan o‘zgartirilgan, biroq asl deraza va eshiklar tufayli avvalgi muhitni saqlab qolgan. Sobiq shahar qamoqxonasi ta’mirdan so‘ng 23 ta shinam xona, bog‘ va hovuzga ega bo‘lgan. mehmonxona hududida hali ham bir nechta qorovul minoralarini ko‘rish mumkin. 1862-yilda qurilgan bino 1998-yilgacha qamoqxona sifatida faoliyat olib borgan. Sayohatchi haqiqiy qamoqxona kameralaridan birida tunashi mumkin. Mehmonxona kutubxonasida bir vaqtlar mahbuslar o‘qigan kitoblar saqlanadi. Latviyadagi mehmonxona qamoqxonaning katta qismini saqlab qolgan. Shu jumladan mebellar, idish-tovoqlar. Bu joyda 1649-yilda qurilgan qarorgoh 1724-yilda davlat tomonidan sotib olingan va keyingi 250 yil davomida ayollar qamoqxonasi sifatida xizmat qilgan va doimiy kengayib borgan. 1975-yilda qamoqxona yopilgan. Hozirgi kunda bino talabalar uyi sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda. Binoda bu joy tarixi haqida ma’lumot beruvchi muzey ishlamoqda. Qariyb ming yillik tarixga ega bino qal’a va qamoqxona bo‘lgan. Hozirgi vaqtda unda butik-mehmonxona joylashgan. Lloyd Hotel binosi o‘zining uzoq tarixi davomida millatchilik rejimi vaqtida muhojirlar, qochoqlar va yahudiylar uchun joy, Ikkinchi jahon urushi boshidan 1963-yilgacha qamoqxona, va nihoyat, voyaga yetmaganlarni qamoqda ushlab turish joyi sifatida xizmat qilgan. Hozirgi vaqtda mehmonxonada 117 ta nomer bor . Ayni paytda mehmonxona joylashgan bino 1866—1995-yillarda qamoqxona sifatida xizmat qilgan. Kompleksning bir qismi yopilgan, biroq sayyohlar qamoqxona oshxonasida ovqatlanishi va oddiy xonalada tunni o‘tkazishi mumkin. Chex davlat arbobi Vatslav Gavel saqlangan qamoqxona 1989-yilda yopilgan. Hozirgi paytda bu mehmonxona nomerlari kameralarda joylashgan. 1867-yilda qurilgan sobiq qamoqxona kameralari 85 ta zamonaviy xonalarga aylantirilgan.
53
3,398
Foto
Ortiqcha vazn yo‘qotilganida inson yuzi qanday o‘zgaradi? (foto)
Insonlar o‘zining tanasi uchungina ortiqcha vazndan xalos bo‘ladi. Natijada vazn kamayishiga erishibgina qolmay, balki salomatlik bilan bog‘liq muammolar yechimi, yaxshi kayfiyat va butunlay boshqa ko‘rinishga ham ega bo‘ladi. Agar muntazam ravishda mashq qilish uchun motivatsiya yetishmayotgan bo‘lsa, shunchaki ushbu rasmlarni tomosha qilish kerak. Suratdagi erkak va ayollar o‘z maqsadiga yetishish bilan birga tamoman boshqa insonga aylangan.
64
450
Foto
Fotogalereya: Snoudoniya tog‘ining ertaknamo manzaralari
Tog‘ manzaralarini yaxshi ko‘radigan har qanday inson albatta Snoudoniyaga borishi kerak. U Uelsning shimolida joylashgan.  U yerda tog‘larning haqiqiy go‘zalligini ko‘rish mumkin. Travel Ask esa fotopeyzajist Nik Livsi tomonidan olingan uning ajoyib suratlarini taqdim etdi.
56
275
Foto
Hamma ham dizayner bo‘la olmasligini isbotlovchi kulgili suratlar
Hamma sohada bo‘lgani kabi dizaynerlar faoliyatida ham kulgili va tushunarsiz ijod namunalari uchrab turadi. Ba’zida nafaqat havaskorlar, balki professionallar ishiga qarab ham kishi o‘zini kulgidan tiya olmasligi mumkin. Bu kir emas, dizayn shunaqa. Soat nechaligini qanday bilsa bo‘ladi? Mexli keda degani mana bunaqa bo‘ladi. Mashina eshigiga yopishtirilgan reklama. Ayolning oyog‘iga nazar soling. Itlarning nima aybi bor? Dobbining paypoq olmaganidagi ko‘rinishi. (“Garri Potter” filmi qahramoni) Kartoshka artgandan keyin tirnoqlar xuddi shunday manikyurga o‘xshab qoladi. Ha, spagettilar xuddi shunday ko‘rinishda. Kutilmagan transport fiziologiyasi. “Bu umrim davomida ko‘rgan eng qo‘rqinchli narsa”. Go‘zallikning aqlga sig‘maydigan standartlari. Reklama o‘z “joyini” topolmagan. Manekenlar xuddi joningizni sug‘urib olishga shaydek ko‘rinishda. Bundan yaxshiroq dizayn o‘ylab topilmagan ko‘rinadi. Pushti orzular. Mog‘orga o‘xshagan dizayn. Mazkur shkafning metall tutqichlari tizza balandligida joylashgan. “Maktabdagi gilam mox bosganga o‘xshaydi”. “Marj Simpsonning og‘zi ikkita”. “Ushbu qadoqda pishloq mog‘orlagandek ko‘rinadi”. “Ularni qanday rangda bo‘yash mumkin?”. “Nimadir boshqacha, men buni his qilyapman”. “Mening tumanimda joylashgan pochta qutisi”. Mushuk ko‘rinishidagi sous idishi. “Qiziq, qiz nimadan bunchalik hayratlandi ekan?”.
65
1,383
Foto
Shayx va qirollar rafiqalari qanday soch turmaklarini ma’qul ko‘radi? (foto)
Sharqning go‘zal xonimlari nafaqat chiroyi, kiyinish uslubi, balki soch turmagi bilan ham hamisha e’tiborga sazovor bo‘lib kelgan. Cosmopolitan nashri taqdim qilgan suratlardan qirol va shayxlar rafiqasining soch turmaklari qanday ekanini bilib olishingiz mumkin. Raniya al-Abdulla Iordaniya qirolichasi sharqning eng go‘zal xonimlaridan biri hisoblanadi. Uning kiyinish borasidagi didi, obrazning mukammalligiga alohida e’tibor berishi hamisha e’tirof etib kelinadi. Raniya sochini kamdan kam hollarda murakkab usulda turmaklaydi, asosan, oddiy va sipo turmaklarni xush ko‘radi. Uning qiyofasi va turmagidan bu yil 50 yoshga kirishiga ishonish qiyin. Hayya bint al-Husayn Iordaniya qirolichasining singlisi, BAA bosh vazirining sobiq rafiqasi Hayya bint al-Husayn qalin va o‘ziga xos rangli soch sohibasi. U ham sochini, asosan, to‘lqin yoki jingalak qilib turmaklaydi. Amira at-Tavil “Olovuddin” ertagidagi malika Yasminga tenglashtiriladigan ushbu go‘zal xonim Saudiya shahzodasi al-Valid ibn Talalning sobiq turmush o‘rtog‘i bo‘lgan. U turli turmaklarni xush ko‘radi. Uzun va qalin sochlari esa qanday turmaklanmasin uning husniga yanada ko‘rk qo‘shadi. Dina Abdulaziz al-Saud Saudiya shahzodasining rafiqasi, o‘ziga xos uslubi bilan ajralib turuvchi sharq go‘zali Dina Abdulaziz al-Saud sochi ustida tajribalar o‘tkazishdan qo‘rqmaydi. Uning turmagi va uslubida sharq va g‘arbning uyg‘unligini ko‘rish mumkin. Ayniqsa, kalta soch turmagi uni yanada zamonaviy qilib ko‘rsatgan va bu turmak o‘ziga juda ham yarashgan. Lalla Salma Mallasoch, jozibador ushbu xonimning jingalak sochlariga ko‘pchilik havas bilan qaraydi. Qirollik oilasi vakili bo‘lgan Lalla tadbirlarda kamdan kam namoyon bo‘lsa-da, uning tabiiy turmakni yoqtirishini bilish qiyin emas. Dana al-Xalifa Bahrayn malikasining go‘zalligi tillarda doston. Ushbu xonim Instagram sahifasida @theoverdressed blogini yuritadi. Uning soch turmagiga nazar tashlansa, ortiqcha bachkanaliklarni yoqtirmasligini, tanlov borasida yoyilgan sochni ma’qul ko‘rishini bilish mumkin. Kiyinish borasidagi uslubi bilan esa malika yanada zamonaviy, latofatli ko‘rinadi.
76
2,120
Foto
Samarqandlik aktyorlar AQSh arxivlarida (foto)
AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi o‘zining Facebook’dagi sahifasiga XX asr boshlarida Samarqandda olingan suratni joylashtirdi. Vashingtondagi Kongress kutubxonasida saqlanayotgan 1895—1907-yillarga oid suratda Samarqand ko‘chalarida tomosha ko‘rsatayotgan aktyorlar aks etgan.
46
281
Foto
Uylarni yashil rangga burkayotgan Yangi yil bezaklari (foto)
Dekabr oyi kelishi bilan har bir uyda bayramona muhitni yaratish jarayoni o‘z-o‘zidan boshlanib ketadi. Quyidagi suratlar uyini qanday bezatishda bosh qotirayotganlar uchun shpargalka bo‘lishi shubhasiz. Yaroqsiz holga kelgan archa daraxtini tashlashga shoshilmang. Uni bo‘laklarga ajratib, eshik va oynalar uchun ajoyib gulchambarlar yashash mumkin. Qo‘l mehnati yordamida yasalgan kalendar. Devorni ham bezaydi, foydasi ham tegadi. Uy hayvonlari bezatilgan archa daraxtini o‘z holiga qo‘ymaganda… Yorqinlikni sevuvchilar uchun. Archa uchun joy qolmaganda, shiftga osish g‘oyasi keldi. Ofisda archa daraxtini bezash bo‘yicha tanlov boshlangandi, men uni loy va qog‘ozdan yasadim. Bezatish haqida ko‘p narsalarni bilish juda foydali. Agar bolajonlar ham yangi yil muhitini yaratishda qatnashmoqchi bo‘lsa, yaxshi g‘oyalar mavjud. Bog‘cha va maktabda Yangi yil bayrami uchun tayyorgarlik ko‘rish boshlangan. Fantaziyalarga ko‘ra, bolalar bog‘chasi uchun shunday yangi yil oynasini yasadik. Men yasagan eng yaxshi Rojdestvo daraxti. Ishlatilgan chiroqlar bo‘yalib, ularning yordamida ajoyib kompozitsiya tashkil topdi. Ajoyib gulchambar devorlarni bezatib turadi. Muzlatkich uchun oddiy va bayramona bezak. Ko‘proq mehnat talab etadigan bayram archasi. Ignalilarga allergiyasi borlar uchun yangicha archa.
60
1,317
Foto
Obamaning oilasi hashamatli xonadon sotib olishni rejalashtirmoqda (foto)
Business Insider nashri AQSh sobiq prezidenti Barak Obamaning oilasi sotib olishni rejalashtirayotgan hashamatli xonadon suratlarini namoyish etdi, deb xabar berdi “Korrespondent.net”. Xabarlarga ko‘ra, Obamani Karl Shers bog‘i ro‘parasida joylashgan Greysi Skverdagi uyning 15-qavatida payqab qolishgan. Bino 1930-yilda qurilgan bo‘lib, hozirga qadar Nyu-Yorkdagi eng obro‘li va hashamatli binolardan biri sanaladi. Uy yaqinida Markaziy bog‘ hamda Ist-River suv havzasi joylashgan. AQSh sobiq prezidenti sotib olmoqchi bo‘lgan xonadon ikki darajali bo‘lib, uning narxi 10 million dollarga teng. Kvartirada beshta yotoqxona va to‘rtta vanna mavjud.
73
651
Foto
Fotogalereya: Gollivudning qo‘rqinchli obrazlari bilan tanilgan yoqimtoy aktyorlari
Ba’zi aktyorlar rolini shunaqangi qoyilmaqom qilib ijro etadiki, keyinchalik muxlislar ushbu aktyor xarakterini u yaratgan qahramonlari bilan belgilaydi.  AdMe filmlarda vahshiy ko‘rinuvchi hayotda esa uning aksi bo‘lgan aktyorlar suratini taqdim etdi. Denni Trexo Kristofer Xivyu Tom Xardi Ron Perlman Bryus Uillis Jeyson Momoa Josh Brolin Arnold Shvartsenegger Vin Dizel
83
380
Foto
Mamlakatlarning xos taomidan tayyorlangan 18 davlat bayrog‘i
Sidneydagi Xalqaro taom festivali tashkilotchilari bir necha yil avval noodatiy reklama kampaniyasini uyushtirdi. TravelAsk xabariga ko‘ra, tashviqot ishlari doirasida bir qator davlatlarning bayroqlari ushbu mamlakatlarda eng ko‘p iste’mol qilinadigan taomlardan tayyorlandi. Reklamachilar mehnati mahsuli haqiqatan fantastik va kreativ ko‘rinish oldi. Bundan tashqari, mazkur ajoyib bayroqlarga nazar solib, kelasi safar ovqat masalasida qaysi mamlakatga tashrif buyurishni rejalashtirish ham mumkin. Ketchup va gorchitsali xot-doglar. Moviy pishloq, bri pishlog‘i va uzum. Rayhon, spagetti va pomidorlar. Karri tovug‘i, guruch, cheera thoran va non. Karambola, lichi, rambutan. Banan yaprog‘idagi marakuyya, ananas va laym. Feta (an’anaviy yunoncha pishloq) va zaytun donachalari. Guruchli xom tunets. Pomidor va petrushkali pita. Sousli pibimpap. Go‘shtli pirog. Pitayyadagi karambola. Kokosdagi ko‘k qisqichbaqa mazali chili sousi bilan. O‘tkir ta’mli karri va guruch. Sharqona shirinliklar. Go‘sht bo‘laklari ustidagi Shveysariya pishlog‘i. Guruchdagi chorizo kolbasachalari. Qaymoq va murabbo bilan bezatilgan skon (britancha non).
60
1,156
Foto
AQShda to‘liq quyosh tutilishi kuzatildi (foto)
21-avgust, dushanba kuni AQShda to‘liq quyosh tutilishi kuzatildi: Oy soyasi mamlakat hududi bo‘ylab g‘arbdan sharqqa qarab harakatlandi. Bu kabi kamyob hodisaga barcha faol tayyorgarlik ko‘rdi: oddiy amerikaliklar maxsus himoya ko‘zoynaklarini sotib olishdi, NASA esa Oy soyasining ketidan qiruvchi samolyotlarni uchirdi. Meduza AQShda quyosh tutilishi vaqtida olingan suratlarni to‘plab taqdim etdi.
47
401