folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Foto | Fotogalereya: Shimoliy Koreyada moda jurnallari qanday? | KXDR oson hayot kechirmasligi hammaga ma’lum. Lekin shunday bo‘lsa ham, u yerda modaga joy topilgan. Travel Ask Shimoliy Koreya moda jurnalidan rasmlar taqdim etdi. | 55 | 164 |
Foto | Fotoreportaj: Humo Arena’da Navro‘z bayrami keng nishonlandi | O‘zA Humo Arena’dagi Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan tantananing suratlarini taqdim etdi. | 60 | 89 |
Foto | Fotogalereya: Iqtidori otasidan o‘tgan mashhur qizlar | “Olmaning tagiga olma tushadi” deganlaridek iqtidorli ota-onalarning farzandlarida ham o‘z iqtidorini namoyish qilish imkoniyati yuqori bo‘ladi. AdMe otasi kabi mashhur farzandlarning suratlarini to‘plab taqdim etdi.
Liv Randgren (aktrisa tug‘ulganida aynan shu familyani olgan) otasi kim ekanligini o‘smirlik paytidagina bilgan. U doim beixtiyor onasining do‘sti Stiven Taylerga talpingan. Musiqachining o‘zi ko‘pincha ularning uyiga tashrif buyurgan va qiz o‘ziga juda o‘xshashidan shubhaga borib yurgan.
Jon Voyt — to‘rt karra “Oskar” mukofoti nomzodi. Joli otasining oiladan ketishini kechira olmagan va uzoq vaqt Voyt bilan gaplashishdan bosh tortgan. Shunga qaramay ular birgalikda Lara Croft: Tomb Raider filmda suratga tushishgan, so‘nggi vaqtlarda ota va qiz o‘rtasidagi munosabat ancha yaxshilangan.
Pol Makkartnining besh nafar farzandi bo‘lishiga qaramay, uning Stella ismli qizigina haqiqiy mashhurlikka erishgan. Stella — mashhur model, British Fashion Awards mukofotining sovrindori.
Dakota Jonsonga mashhurlik Fifty Shades of Grey filmidan keyin keldi. Bu baribir qachondir sodir bo‘lishi kerak edi, axir uning ota-onasi Melani Griffit va Don Jonson, buvisi Tippi Xedren, o‘gay otasi — Antonio Banderes.
Kellining bolaligi otasining mashhurlik davriga to‘g‘ri kelib qolgan. Hatto ularning oilasi shu qadar mashhurlikka erishganki, televideniyeda ular ishtirokida “Osbornlar oilasi” shousi ham paydo bo‘lgan.
“Men otamning o‘g‘li edim”, — degan edi afsonaviy aktyor Genri Fondaning qizi Jeyn. Ota-onasining ajrashishi va onasining o‘z joniga qasd qilishi Jeynning tabiatiga va uning erkaklar bilan kelajakdagi munosabatlariga ta’sir ko‘rsatgan.
Sofiya o‘zini kinorejissorlikda sinab ko‘ra boshlaganida uning ishlarini otasining ijodi bilan solishtirishadi degan qo‘rquv bo‘lgan. Uning “Tarjimadagi qiyinchiliklar” filmi ikkita “Oskar” haykalchasini qo‘lga kiritgan.
Kurt Rassel Keytga va uning ukasi o‘gay ota bo‘lishiga qaramay, ular o‘zlarini tarbiya qilgan Kurtga doimo baxtli bolalik uchun minnatdorchilik bildiradi. | 53 | 2,043 |
Foto | O‘zbekistonning tashrif buyurish kerak bo‘lgan 10 ta ajoyib nuqtasi (fotogalereya) | “Kommersant.uz” O‘zbekiston haqidagi sharhlar va yo‘lko‘rsatkich kitoblarda tilga olinmaydigan arxeologik, tabiiy va me’moriy yodgorliklarni keltirib o‘tdi.
Surxondaryo viloyatidagi Boysuntov tizmasida joylashgan, 3720 metr balandlikka ega massiv yovvoyi tabiat oshyoni hisoblanadi. Unga Boysundan Olachopon, Qayroq va Dibolo qishloqlari orqali borish mumkin, ammo bu yo‘l massivning qiya nishabiga eltadi, u orqali cho‘qqiga ko‘tarilish uchun esa insondan katta mahorat va kuch-bardosh talab etiladi. Ikkinchi yo‘l Darbant darasidan o‘tib, Machay, Qizil Novur va Kentala qishloqlaridan chiqadi.
1970-yilda Shahrisabzdan 45 km janubroqda, Maydanak platosining g‘arbiy qismida qurilgan. Observatoriya Shimoliy yarim shardagi eng yaxshilaridan biri: bu yerda to‘rtta kometa, 80 dan ortiq asteroid, yangi “Samarqand” kichik sayyorasi kashf qilingan.
Mo‘ynoqqa Nukus orqali boriladi. Ikki shahar o‘rtasidagi yo‘l taxminan 220 km. Nukusdan Mo‘ynoqqa har kuni ertalab avtobus qatnaydi.
Rus avangardi kolleksiyasi bo‘yicha dunyodagi ikkinchi eng yirik muzey Nukusda joylashgan. 1966-yilda rassom va san’atshunos Igor Savitskiy shahar hukumatini muzey yaratish zarurligiga ishontira oldi. Ajratib berilgan binoni o‘z mablag‘lari hisobidan ta’mirladi va turli janrdagi asarlarni sotib olib, kolleksiya yaratishga kirishdi. Hozirda kolleksiya 90 mingta turli eksponatlardan iborat, ular orasida Luvrdagi eksponatlarning aynan nusxalari bor.
Derbent yoki Darband darasi Surxondaryo viloyati Boysun tumani atroflarida joylashgan. Daraga kirishda Zindonak g‘ori bo‘lib, u yerda mahbuslar saqlangan. Undan tor yo‘l orqali Xo‘jamoy ota ziyoratgohiga o‘tiladi.
Oqsaroy Amir Temurning ona shahri Shahrisabzdagi qarorgohi bo‘lib, 24 yil davomida qurilgan. Saroy bir nechta hovlilardan iborat bo‘lib, ular atrofida xonalar joylashgan. Oqsaroqning kirish peshtoqidagi arka O‘rta Osyodagi eng yirigi bo‘lgan, u 300 yil avval qulab tushgan. Ayni paytgacha saroydan faqat ikkita tarqoq minora qolgan, xolos.
Toshkent viloyati Qirg‘iziston va Namangan viloyati bilan tutashgan joyda 3000 metrdan yuqoriroq balandlikda Arashan ko‘llari joylashgan. Arashan radon konlaridan sal teparoqda so‘fiylar ziyoratgohi joylashgan. Rivoyatlarga ko‘ra, ulkan tosh va tog‘ echkisi shoxlari bilan bezatilgan qabr — muqaddas Arashan buvining qabri.
Eski Termiz qadimiy shahridan shimoli-g‘arbda 1963-yilda buddiylik ibodatxonalari majmuasi topilgan. Majmua maydoni 1,5 kvadrat kilometrni tashkil etib, ibodatxonalar va xo‘jalik inshootlaridan iborat, ular eramizdan avvalgi III—I asrlarga tegishli.
Ug‘om-Chotqol milliy bog‘ida, 1227 metr balandlikda joylashgan noyob tabiiy suv havzasi. Undagi suv nefrit tusida jilolanadi. “Urung‘och” uyg‘ur tilidan “yorqin nefrit” deb tarjima qilinadi.
Samarqanddan 40 km janubi-g‘arbda, Oqsoy qishlog‘i hududida joylashgan g‘orga yetib borish uchun 1303 ta zinadan chiqish va yana 200 ta zinadan tushish kerak. Bu yerda Dovudning qo‘l va oyoq kaftlari izini ko‘rish mumkin, ularga qo‘l tekkizish, rivoyatlarga ko‘ra, niyatlar ushalishiga olib keladi. | 82 | 3,058 |
Foto | Yaponiya—2077. Fotograf Takaaki Itodan Yaponiyaning fantastik suratlari (foto) | Yaponiya jadal sur’atlar bilan rivojlangan davlat ekani ko‘p bor ta’kidlangan. Yapon xalqi o‘z madaniy merosi va an’analariga ilg‘or texnologiyalarni rasolik bilan uyg‘unlashtirgan. Bundan tashqari, mamlakat ijod ahli uchun ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi. Ana shunday ijodkor fotograf va dizaynerlardan biri Takaaki Ito hisoblanib, u ko‘chalarning suratini, yorug‘lik va soyalar obrazini kadrga muhrlashni yoqtiradi. Travel Ask uning ijodidan lavhalar taqdim etdi. | 78 | 467 |
Foto | Fotogalereya: Tasodifiy kishilar sababli fotobombaga aylangan suratlar | Oldindan suratga tushishi rejalashtirilmagan kishining tasodifan yoki ataylab boshqalar tushayotgan suratda paydo bo‘lishi fotobomba deb ataladi. AdMe ana shunday fotobombalar jamlanmasini taqdim etdi. | 70 | 201 |
Foto | Foto: samolyot ichidagi restoran | Xitoylik tadbirkor 5 million dollar sarflab, Indoneziyaga tegishli hisobdan chiqarilgan Boeing 737 samolyotini restoranga aylantirdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Lily Airways restorani sentabr oyi boshida Xubey provinsiyasining Uxan shahrida ochildi. Unda 20 stol bo‘lib, kuni bo‘yi muassasaga 200 kishi tashrif buyurishi mumkin. Turli o‘rinlarning narxi 25–60 dollarni tashkil qiladi.
Restoran dizaynida aviasayohat ruhi saqlab qolinishiga e’tibor qaratilgan — salonda yuk qatorlari olib tashlanmagan, u yerga tashrifchilar o‘z yuklarini joylab qo‘yishi mumkin. Bundan tashqari, ofitsiantlar bort kuzatuvchilari formasida xizmat ko‘rsatadi.
Shu bilan birga, o‘rindiqlar haqiqiy samolyotdagidan ancha qulayroq qilib ishlangan.
Bortda ovqatlanish uchun tashrifchilar uchish talonini olib, maxsus zalda kutadi, so‘ng trap orqali samolyotga chiqadi.
Muassasa egasi samolyot xarid qilishni maqsad qilgan paytda uni hali nimaga aylantirish borasida aniq qarorga kelmagan edi. U Shvetsiyadagi loyihadan ilhomlanib, samolyot ichida mehmonxona ochishni ham o‘ylagandi.
U restoranga rafiqasi Lilining ismini berdi. | 32 | 1,117 |
Foto | Shavkat Mirziyoev Qozog'iston prezidenti bilan uchrashdi | Shavkat Mirziyoev 6 dekabr kuni Qozog'iston prezidenti Qosim-Jo'mart To'qaev bilan uchrashdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ma'lum bo'lishicha, Oq o'rda qarorgohida Shavkat Mirziyoevni rasmiy kutib olish marosimi o'tkazildi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. O'zbekiston va Qozog'iston davlat madhiyalari yangradi.
Prezidentlar faxriy qorovul oldidan o'tib, rasmiy delegatsiyalar a'zolarini bir-biriga tanishtirdi.
So'ng davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralari bo'lib o'tdi. Uchrashuvda yetakchilar ko'p qirrali O'zbekiston–Qozog'iston sherikligiga doir keng ko'lamli masalalarni, shu jumladan, siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni ko'rib chiqdi, xalqaro va mintaqa kun tartibi yuzasidan fikr almashdi. Qozog'iston prezidenti davlat rahbarini tashrifi bilan qutlab, Prezident saylovida ishonchli g'alaba qozongani bilan yana bir bor tabrikladi va kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi, ushbu uchrashuvning muhim ahamiyatini alohida qayd etdi.
“Siz Qozog'istonga davlat tashrifi bilan kelganingizdan juda mamnunmiz. Hamkorlikni yangi darajaga olib chiqishda ushbu voqea juda muhim. Bugun imzolanadigan hujjatlar to'plami sherikligimizga qo'shimcha sur'at bag'ishlaydi. Mamlakatlarimiz hukumatlariga barcha sa'y-harakatlarni qo'yilgan maqsadlarga erishishga qaratish topshirig'ini berishga kelishib oldik. O'ylaymizki, mamlakatlarimiz o'rtasidagi munosabatlar butun Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni ta'minlashning jiddiy omili bo'lib xizmat qiladi”, — deydi Qosim-Jo'mart To'qaev.
Prezident taklif uchun minnatdorlik bildirib, ushbu uchrashuv Qozog'iston mustaqilligining 30 yilligi arafasida o'tayotganini ta'kidladi hamda O'zbekiston xalqi nomidan birodar qozoq xalqini ushbu sana bilan tabriklab, tinchlik-osoyishtalik, ravnaq va yangi zafarlar tiladi.
Avvalroq Shavkat Mirziyoev Nur-Sultondagi “Vatan himoyachilari” monumentiga gul qo'ygani xabar qilingandi. | 56 | 1,967 |
Foto | Jazoir, Marokash va Saudiya Arabistonida qor yog‘di. Mahalliy sayyohlar qorli peyzajlardan bahra olmoqda (foto) | Jazoir va Marokashda qor shu qadar ko‘p yog‘ganidan bir qator kengliklar oq rangli baland qor uyumlari va porlayotgan muz ko‘llari makoniga aylanib qoldi. Bu haqda ikkala arab davlatining meteorologik xizmatiga tayanib, Esquire xabar berdi.
Sahroi Kabirning qum barxanlariga yog‘gan qor ajoyib naqshlarni hosil qilgan. Ko‘plab mahalliy aholi va suratkashlar ushbu barxanlarni tomosha qilish uchun otlangan. Qor hatto Jazoirdagi Ayn-Sefra aholi punktiga ham yog‘ib, transport muammolarini yuzaga keltirgan, havo harorati Selsiy bo‘yicha -3 darajaga tushib ketgan. The Daily Mail’ning yozishicha, mazkur hududlarga qor yarim asrdan buyon birinchi marotaba yog‘gan.
Past havo harorati va kuchli yog‘ingarchilik Saudiya Arabistonida ham qayd etilgan. Marokash shimolidagi Rif tog‘li tumanlarida, shuningdek, O‘rta va Yuqori Atlasda qor uyumlari yuzaga kelgan.
Afrikada qor yog‘di (foto+video) | 111 | 890 |
Foto | Fotogalereya: Toshlardan faqatgina muvozanat hisobiga yasalgan haykallar | AQShning Kolorado shtatidan bo‘lgan suratkash va haykaltarosh Maykl Greb toshlardan g‘aroyib shakllar hosil qilish qobiliyati bilan ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo‘lib ketdi, deb xabar beradi TJournal.
U oddiy toshlar va shag‘allardan iborat installyatsiyalarida toshlarni bir-biriga mustahkamlash o‘rniga faqatgina tortishish kuchidan foydalanmoqda.
Maykl Grebning so‘zlariga ko‘ra, har bir toshda ko‘plab yoriq, chuqur va qavariq joylar bo‘lib, toshlar shunday joylar hisobiga bir-biri bilan birlashadi.
Uning mazkur sevimli mashg‘uloti bolaligida paydo bo‘lgan. Keyinchalik sevimli mashg‘ulot Gravity glue loyihasiga aylandi.
Greb toshlardan yasalgan ishlarning suratini o‘z saytiga hamda ijtimoiy tarmoqlarga joylaydi. Instagram’dagi suratlarda esa toshli haykallardan tashqari, ularning muallifi hamda ish jarayonini ko‘rish mumkin. | 72 | 843 |
Foto | Fotogalereya: Avstraliya tabiati o‘rmon yong‘inlaridan keyin yana “tirila boshladi” | Yashil qit’a qayta tiklanib, “tirilmoqda” — yongan daraxtlar yana barg yozmoqda, bu yashash uchun kurashda g‘alabaga erishgan g‘oliblarning tantanasi. Hayot go‘zalligining vayronkorlik ustidan g‘alabasini namoyish qiluvchi suratlarni e’tiboringizga havola qilamiz.
Avstraliya aholisi yongan yaydoq yerda daraxtlar va o‘tloqlarda maysa-yu kurtaklar chiqa boshlagani haqidagi suratlarni bir-birlariga yuborishni boshlagan.
Ona tabiatning irodasiga qoyil qolish kerak. U barcha qiyinchiliklarga qaramay yana oyoqqa turmoqda”, — deya suratlar ostiga izoh qoldirgan internetdagi foydalanuvchilar.
O‘rmon yong‘inlari Avstraliyani avgust oyida qoplab olgan va Yangi yil arafasida avjiga chiqqandi.
Ular tarixdagi eng ko‘p talafot keltirgan yong‘inlardan biriga aylandi.
Olov 20 million gektarga yaqin maydonni vayron qildi.
O‘rmon yong‘inlari oqibatida 25 nafar odam va milliarddan ko‘p jonivorlar halok bo‘ldi.
Ekspertlar hisob-kitobiga ko‘ra, qit’aning o‘rmon yong‘inlaridan avvalgi holatini tiklashiga 100 yil vaqt talab qilinadi.
Yanvar o‘rtalarida yong‘inlar ortidan mamlakatda kuchli yomg‘ir va suv toshqinlari kuzatilgan. | 83 | 1,128 |
Foto | Qo‘rqinchli darajada mukammal narsalar (fotogalereya) | AdMe mukammal olam mavjudligi va u bizning yonginamizda ekanligini ko‘rsatib beruvchi suratlar bilan bo‘lishdi. | 53 | 111 |
Foto | Ijod qilayotgan robot rassom, sut ichayotgan ayiq bolasi, do'konlari buzilayotgan hind musulmonlari — 20 aprel suratlari | Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz.
Rio-de-Janeyro shahridagi Portugaliya qirollik kutubxonasi.
xitoyda qutqaruvchilar qirg'oqqa chiqib qolgan ulkan kitga yordam ko'rsatishga harakat qilmoqda.
Manhetten osmonidagi qora bulutlar.
Hindiston politsiyasi do'konlari buzilishiga qarshilik qilayotgan hind musulmonlarni hibsga olmoqda. Hindistonda musulmon dinidagilarga nisbatan zo'ravonlik holatlari tez-tez uchrab turadi.
Rossiya raketalaridan uyi vayron bo'lgan ukrainalik ayol.
xitoyning Shanxay shahrida karantin hamon davom etmoqda.
Londonda qochqinlarning mamlakatdan chiqarib yuborilishi haqidagi qonun loyihasiga qarshi norozilik aktsiyasi bo'lib o'tdi.
Venetsiya biennalida qatnashayotgan rassom robot Ayda.
Gongkongda massaj saloni ochilishdan oldin dezinfektsiya qilib chiqilmoqda.
Turkiyaning Van shahrida sut ichayotgan Hakvan ismli ayiq bolasi. | 120 | 879 |
Foto | Namanganda qorilar musobaqasi yakunlandi (fotoreportaj) | Namanganda qorilar musobaqasi yakunlandi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi. Musobaqada g‘olib bo‘lgan qori yigitlarga qori buvalar sovg‘alar topshirdi. Idora matbuot xizmati musobaqa yakunlari aks etgan fotosuratlar bilan bo‘lishdi. | 55 | 252 |
Foto | Fotogalereya: Badavlat ota-onalar hashamatli hayot tarzi bilan Instagram’da maqtanmoqda | Dunyoning turli burchaklaridagi boylarning farzandlari Instagram ijtimoiy tarmog‘ida alohida guruh ochib olib, u yerda o‘zlarining hashamatli hayoti: qimmatbaho taqinchoqlari, avtomobillari, hordiq chiqarayotgan maskanlari bilan maqtanishadi.
Ota-onalar ham o‘z farzandlaridan ortda qolmaslik maqsadida Rich Parents of Instagram fotoportalida guruh ochib, u yerga o‘zlarining sport mashinalarini, alkogol ichimliklarini va qimmatli hordiqlari tasvirlangan suratlarini joylab bormoqda.
Forum Daily nashri ushbu guruhdagi eng yorqin suratlarni to‘plab taqdim etdi.
Skrinshot: Instagram / @richparentsofinsta
Skrinshot: Instagram / @richparentsofinsta
Skrinshot: Instagram / @richparentsofinsta
Skrinshot: Instagram / @richparentsofinsta
Skrinshot: Instagram / @richparentsofinsta
Skrinshot: Instagram / @richparentsofinsta
Skrinshot: Instagram / @richparentsofinsta
Skrinshot: Instagram / @richparentsofinsta
Skrinshot: Instagram / @richparentsofinsta
Skrinshot: Instagram / @richparentsofinsta
Skrinshot: Instagram / @richparentsofinsta
Skrinshot: Instagram / @richparentsofinsta
Skrinshot: Instagram / @richparentsofinsta
Skrinshot: Instagram / @richparentsofinsta
Skrinshot: Instagram / @richparentsofinsta | 87 | 1,237 |
Foto | Ishi ko‘p bo‘lishiga qaramay, farzandlari uchun vaqt ajrata olgan Gollivudning mashhur otalari (foto) | Kunning birinchi yarmida millionlar uchun kumir, kechqurun esa yaxshi ota bo‘lish oson ish emas. Mashhurlarning ba’zilari ish va oila o‘rtasidagi oltin muvozanatni topa olgan. Ishi ko‘p bo‘lishiga qaramay, mazkur otalar vaqtlarining ko‘p qismini farzandlari bilan o‘tkazishga harakat qilishadi.
Dueyn Jonson
Professional resler va aktyorning qizlari — Simona, Jasmin Li va Tiana otasini juda yaxshi ko‘rishadi, shuning uchun Jonsonni ko‘pincha qizlari bilan ko‘rish mumkin. Hozirda Jonsonning to‘ng‘ich qizi uning izidan borib, resling bilan shug‘ullanmoqda. Otasi esa uni doim qo‘llab-quvvatlaydi.
Jeyson Momoa
“Akvamen” qahramoni — Nakoa Vulf Manakuapo Namakeaha Momoa ismli o‘g‘il va Lola Iolani Momoa ismli qizning otasi, shuningdek, uni Zoye Kravits ismli o‘gay qizi ham bor. Jeyson juda band bo‘lishiga qaramay, bolalari bilan shug‘ullanishga doim vaqt topadi; ular bilan birga skeytbord uchadi, devorlarga chiqadi, kamondan o‘q uzadi. U doimo farzandlari uchun eng yaxshi ota bo‘lishga harakat qiladi
Jeff Goldblyum
Jeff Goldblyum ota bo‘lishga biroz kechikkan bo‘lsa-da, ammo u bolalarini soat 19 dayoq uxlatishni yaxshi uddalaydi. Jefning 2 o‘g‘li bor: Charli Oushen va River Jo.
Jo Lejend
Amerikalik qo‘shiqchi va filantrop ikki farzandning otasi — qizi Luna va o‘g‘li Maylz. U nafaqat doimiy ravishda bolalar bilan o‘ynagan fotosuratlarni baham ko‘radi, balki ularni ish joyiga o‘zi bilan olib borib ham turadi.
Riki Martin
Lotin Amerikasi pop qiroli — Riki Martinning 4 farzandi bor: 1 nafar qizi va 3 o‘g‘li. Uning ta’kidlashicha, bolalari uning eng sevimli tanqidchilari va otalik uning uchun hamma narsadan ustun.
Jared Padaleki
Padaleki va uning rafiqasi 3 farzandning ota-onasidir: o‘g‘illari Tomas (8 yosh), Ostin (7 yosh) va qizi Odetta 3 yoshda. 15 yildan beri Supernatural loyihasi bilan band bo‘lganiga va yaqinda yangi loyiha boshlaganiga qaramay, Jared har doim bolalariga vaqt ajratadi, hatto bu ko‘p vaqtini olsa ham.
Rayan Filipp
Rayan Fillipp va Riz Uizerspun allaqachon ajrashgan bo‘lishsa-da, u hali ham qizlari Ava va o‘g‘li Dikonni juda yaxshi ko‘radi. Sobiq juftlik bolalariga birgalikda g‘amxo‘rlik qilish bilan bir qatorda, ba’zida bayramlarni nishonlash uchun bir oila bo‘lib yig‘ilishadi.
Uill Smit
Smitning otasining izidan borib, qo‘shiqchi bo‘lgan farzandlari — Trey, Jeyden va Uillou allaqachon o‘z muxlislariga ega. Uill farzandlarining karyerasini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi, shuningdek, maktabdagi yaxshi baho hayotdagi eng muhim narsa emas deb hisoblaydi.
Jensen Ekls
42 yoshli aktyorning 3 nafar farzandi bor: Jastis Jey, Zeppelin Bram va Arrou Rods. Jensen bollalari uchun yaxshi ustoz bo‘lish uchun vaqt topadi, ular bilan uy ishlarini bajaradi va albatta, har qanday yaxshi ota singari farzandlari bilan o‘ynaydi va birgalikda qo‘shiq kuylashadi. | 101 | 2,805 |
Foto | Fotogalereya: Sayyoramizning qush parvozi balandligidan olingan ajoyib suratlari | Ruminiyalik 46 yoshli Ovi Pop yigirma yildan buyon fotograflik bilan shug‘ullanadi. U, asosan, ajoyib portretlar va ko‘chalarni suratga oladi. Bir necha yil oldin Pop Ruminiya fotograflar assotsiatsiyasiga a’zo bo‘lgan va o‘zining bir nechta ko‘rgazmalarini o‘tkazgan.
2016-yilda u tug‘ilgan shaharchasida birinchi bo‘lib mualliflik maktabini ochgan. Ovi Popning rasmlarida estetika va did uyg‘unligini ko‘rish mumkin. Uning ana shunday sayyoramizning qush parvozi balandligidan olingan ajoyib suratlarini TravelAsk jamlab taqdim etdi. | 80 | 535 |
Foto | Fotogalereya: Ishonish qiyin bo‘lgan kamyob tarixiy suratlar | Dunyo g‘aroyib narsalar va g‘aroyib odamlar bilan mo‘jizalarga boy. Bu mo‘jizalar hayotni yanada qiziqroq qiladi. AdMe g‘aroyib narsalar aks etgan kamyob tarixiy suratlar jamlanmasini taqdim etdi. | 60 | 196 |
Foto | Dunyo tashvishlaridan charchaganda qarash tavsiya etiladigan suratlar | Ranglarning mukammal uyg‘unlashuvi, tasvirlarning bir-biriga mosligini ko‘rish uchun muzeyga borish shart emas. Sababi bunday mukammalik oddiy suratlarda ham aks etadi. Ularni tomosha qilish asablarni tinchlantiradi, fikrni jamlashga yordam beradi va oddiygina suratlarda chinakam mo‘jizalarni namoyon qiladi.
Barcha pankeyklar ham bir xil o‘lchamda bo‘lavermaydi.
Yangi sotib olingan paypoq gilam bilan juda o‘xshash ekan.
Kungaboqar mukammal simmetriyaga ega yuzlab mayda gullardan iborat ekanligini bilasizmi?
Qovoqli chizkeyk.
Yotoqxona shunday saranjom bo‘lishi kerak.
Mukammal ko‘rinish.
Mashina kapoti uzra shudringlar.
Pol isitish moslamasi.
Yeyishga ham ko‘z qiymaydi.
Balkon yomg‘irdan keyingi ko‘rinishda.
Yangi gilam uyga juda mos tushdi.
Kruassan bo‘lagi.
Hosil yig‘im-terimi.
Ilk bora pishloqli chizkeyk
Do‘stimning tortmasidagi holat.
Ajoyib chechak.
Koka-kolaning mukammal ko‘rinishi. | 69 | 916 |
Foto | Nevada mo‘jizasi: geyzerga aylanib ketgan quduq (foto) | AQShning Nevada shtatida joylashgan geyzer manzarasi shunchalik noodatiyki, hatto dunyo ko‘rgan sayyohlarda ham hayrat uyg‘ota oladi, deb yozadi Travel Ask.
Flay geyzeri shakllanishining boshlang‘ich bosqichida uning paydo bo‘lishiga odamlar aloqador bo‘lgan. 1916-yilda quduq kovlash vaqtida ishchilar yer osti geotermal suvlar plastiga tegib ketgan. 1960-yillarga kelibgina, qaynab turgan mineral suv yuzaga chiqadi va noodatiy landshaftni hosil qiladi.
Qaynayotgan suvda erigan tuzlar (asosan kalsiy karbonati) yuzaga chiqib, turli g‘aroyib shakllarni hosil qilgan holda qotib qoladi. Uchta konussimon shakllar shu tariqa paydo bo‘lgan, ularning uchlaridan doimiy ravishda qaynoq suv favvorasi va bug‘ otilib chiqadi. Ushbu haykalga juda mayda tirik organizmlar o‘ziga xos rang beradi.
Ilmiy nuqtai nazardan Flay geyzeri aslida geyzer emas. Gap shundaki, vaqti-vaqti bilan qaynoq suv va bug‘ chiqarib turadigan issiq buloqlar geyzerlar deb ataladi. Ammo Flay buni vaqti-vaqti bilan emas, doimiy tarzda amalga oshiradi, shu tufayli uni geotermal buloqlarga kiritish mumkin. | 54 | 1,078 |
Foto | Foto: Blair House — AQSh prezidentining rasmiy mehmonlarni kutish uyi | AQSH prezidentining rasmiy qarorgohi ikkita. Birinchisi, Vashington (Kolumbiya okrugi)da joylashgan bo‘lib, 1800-yilda qurilgan Oq uy hisoblanadi. Pensilvaniya-avenyu 1600 dagi Oq uyning Oval xonasi AQSh prezidentining rasmiy ish joyi sanaladi. O‘zA Business Insider nashri tomonidan dunyoning eng ahamiyatli binosi haqida e’lon qilingan qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etdi.
Vashingtondan yuz kilometr shimoliy-g‘arbda – Merilend shtatining tog‘lari orasida AQSh prezidentining shahar tashqarisidagi qarorgohi ham bor. Bu qarorgoh Kemp-Devid, deb nomlanadi.
AQSh prezidentining yana bir qarorgohi ham bo‘lib, Pensilvaniya-avenyu 1651 da joylashgan Blair House’dir. AQSh tarixi va diplomatiyasida muhim rol o‘ynovchi bu qarorgohda AQSh prezidentlarining mehmonlari joylashadi.
Bir so‘z bilan aytganda, Oq uy hovlisidan bir necha qadam narida joylashgan Blair House prezidentning rasmiy mehmonxonasi sanaladi.
Ikkinchi jahon urushi davridan mazkur bino davlat rahbarlari, qirollar va AQShning saylangan prezidentlarini qabul qilgani bois ham “jahondagi eng taniqli mehmonxona” sifatida tan olinadi.
Blair House—prezidentning rasmiy mehmonlarini kutish uyi. Bino Oq uy qarshisida joylashgan. Bino qurilishi 1820-yilda boshlangan. Avvaliga Blair House Qo‘shma Shtatlar armiyasining jarrohi Jozef Lovellning xususiy uyi bo‘lgan. 1836-yilda bino 6500 dollarga prezident Endryu Jeksonning do‘sti va tarafdori Frencis Blair tomonidan sotib olindi.
1942-yilda AQSh prezidenti Franklin Ruzvelt davrida, mamlakat hukumati binoni sotib olgan. Shundan beri bino Vashingtonga tashrif buyurgan davlat rahbarlari va xorijiy delegatsiyalarning qarorgohi sifatida xizmat qiladi. Oq uy ta’mirlanayotgani bois prezident Garri Trumen to‘rt yil Blair House’da istiqomat qilgan.
Bugungi kunda 6500 kvadrat metrni tashkil qiluvchi Blair House 110 ta xonasi bo‘lmish “to‘rtta uydan” iborat majmua hisoblanadi. Bu Oq uydan ham katta ekanligidan dalolat beradi.
Mehmonxonada konferens-zallar, kutubxona va dam olish joylari bor. Blair House’ga faqat va faqat AQSh prezidenti rasman taklif qilgan mehmonlargina joylashtiriladi.
Shuningdek, mansabiga kirishmoqchi bo‘lgan AQSh prezidentlari ham bu binoda vaqtincha yashashlari uchun ruxsat beriladi.
Qarorgoh rasman AQSh Davlat departamenti va Protokol boshqarmasi boshlig‘i tasarrufida. Blair House’ga bir yilda o‘rtacha 30 tacha davlatning rahbari keladi, shuningdek, turli tadbirlar o‘tkaziladi. Bularning hammasi mazkur binoning noyob diplomatik ahamiyatga ega ekanligini namoyon qiladi.
1980-yillarda kapital ta’mirlanishdan so‘ng Blair House ikki tomonlama muzokaralar va oliy darajali uchrashuvlar joyiga aylandi. Xorijiy davlat rahbarlari joylashgani uchun qarorgohda o‘sha davlat bayrog‘i ko‘tariladi. Bu binoda AQSh rasmiylari muntazam tushlik qilishadi va oqshom tadbirlarini o‘tkazadilar.
“Blair House mehmonxona emas, mehmonlar o‘zlarini xususiy qarorgohda yashayotgandek his qilishlari kerak”, — deyiladi AQSh davlat departamenti jurnalida chop etilgan maqolada. | 69 | 3,002 |
Foto | Aziz Rametovning 200 ga yaqin san’atkorlarni jamlagan, uzoq kutilgan dabdabali to‘yidan reportaj (foto, video) | 3-mart kuni poytaxtdagi muhtasham restoranlarning birida aktyor va rejissor Aziz Rametovning nikoh oqshomi bo‘lib o‘tdi. Bu yil 34 yoshni qarshilagan aktyor Shahloxon Umarova ismli qizga uylandi. Aktyor taklifiga ko‘ra “Daryo” internet nashri jamoasi to‘yga tashrif buyurdi va qiziqarli yulduzli to‘ydan reportaj tayyorladi.
Boshqa to‘ylardan farqli ravishda bu kecha hamkorlar ko‘magida o‘tkazildi. Hatto to‘y bilan bog‘liq ko‘rsatuv ham suratga olindi.
To‘yda o‘zbek teatrining mashhur aktrisalari bilan bir qatorda, kinoijodkorlar va qo‘shiqchilar ham ishtirok etishdi. Nazarimizda, bu to‘yda qaysi san’atkorlarning ishtirok etganidan ko‘ra, kimlar ishtirok etmaganini aytish osonroq bo‘lsa kerak. Chunki to‘y haqiqiy shou-dasturiga aylandi.
— Bu to‘yni Saida opa bilan uzoq vaqt kutdik. Saida Rametova qanchadan qancha to‘ylarni a’lo darajada o‘tkazgan, shu bois bugungi kecha ham fayzli o‘tmoqda. Toshkentda to‘rtta katta teatr bo‘lsa, barcha aktyorlar bugungi to‘yda jamuljam bo‘lishdi, — deydi aktrisa Xosiyat Husanova.
To‘yni O‘zbekiston xalq artisti Farruh Zokirov ochib berdi. Undan keyin Shohruxxon, Mavluda Asalxo‘jayeva, Hosila Rahimova, Farhod Saidov, Shohrux reper va Muzaffar Abduazimov kabi san’atkorlar o‘z qo‘shiqlari bilan to‘yga yanada fayz bag‘ishlashdi.
— Aziz 34 yoshni qarshilab, biroz “o‘tirib” qolgandi. Xayriyatki, baxti ochilib, kuyovlik darajasiga erishdi. O‘z oilam nomidan Rametovlarni muborakbod etaman. Azizbek va kelinimizga baxt tilayman. Ilohim, beshik to‘ylarida ham ishtirok etish nasib etsin, — deydi qiziqchi Shukurullo Isroilov.
— Ustozimiz Saida opaning quvonchli kunlarida ishtirok etayotganimdan juda xursandman. To‘y haqiqatan ham fayzli o‘tdi. Saida opam qatori bu to‘yni butun O‘zbek milliy akademik drama teatri aktyorlari kutishdi. Azizbekka chin dildan baxt tilayman, — deydi aktrisa Dilnoza Kubayeva.
Odatda kelin-kuyovlar valsga tushishadi. Aziz Rametovning nikoh to‘yi ham kreativ yangiliklarga boy tarzda o‘tdi. Kelin-kuyovlar boshqalardek valsga yoki sokin musiqaga raqs tushishmadi. Balki Shohrux reperning qo‘shiqlariga hamohang tarzda harakatlanishdi.
Ko‘plab yoshlarning to‘yida “kelinsalom” aytib, muxlislar olqishini olgan aktrisa bugun qaynonalik maqomida bo‘lishiga qaramay, o‘z keliniga “kelinsalom” aytdi. Yulduzli kecha shu kabi kutilmagan voqealarga boy bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, aktyor Shahlo Umarova bilan oila qurdi. U 1993-yil tavallud topgan va Nastarin collection brendiga asos solgan. Hunarmand qiz shu kungacha Ozoda Nursaidova, Zarina Nizomiddinova, Kaniza kabi shou-biznes vakillarining libos bezaklari bo‘yicha hamkorlik qilgan. | 110 | 2,615 |
Foto | Qulay fursatda olinib, shoh asarga aylangan suratlar (fotogalereya) | AdMe omadli lahzada kadrga muhrlangan suratlarni taqdim etdi. | 67 | 61 |
Foto | Fotogalereya: AQShning 1950—60-yillardagi treyler bog‘lari vintaj suratlari | Insoniyat mobil uylarning dastlabki namunlari paydo bo‘lishiga ko‘chmanchi lo‘lilardan minnatdor bo‘lishi lozim. Ular 16-asrdayoq o‘zlarining otlar qo‘shilgan g‘ildirakli uylarida dunyo bo‘ylab sayohat qilgan.
Keyinchalik bunday harakatlanish vositalari Amerikada ham paydo bo‘lgan. Bu yerda ular 1870-yillarda mashhur bo‘lishni boshlagan. Zamonaviy ko‘rnishdagi g‘ildirakli uylar esa 1926-yilda paydo bo‘lgan. Ular “treylerlar” deb nomlangan va pritseplar qo‘shilgan mashinalardan iborat bo‘lgan.
Keyinchalik treylerlar to‘laqonli mobil uylarga aylangan va Ikkinchi Jahon urushidan so‘ng urf bo‘lgan. Bunday mobil uylar ko‘pincha ijaraga olingan yerlarda o‘rnatilgan. Bunday joylar treyler bog‘lari deb atalgan.
Hozirda AQShda treylerlar uchun minglab bog‘lar mavjud. Quyida bunday bog‘lar bir necha o‘n yillar oldin qanda ko‘rinishda bo‘lganini ko‘rish mumkin bo‘lgan TravelAsk tomonidan jamlangan suratlar taqdim etildi. | 75 | 924 |
Foto | Nogiron yigit do‘stlarining ryukzagida Yevropani aylanib chiqdi (foto) | AdMe Kevan va uning do‘stlari haqida hikoya qiladi. Ehtimol, Kevanning tarixi kimlarnidir yangi hayot boshlashga ilhomlantirar.
Amerikalik Kevan Chandler 32 yoshda. U nogironlar aravachasida harakatlanadi, oyoq va qo‘llari deyarli ishlamaydi. Shu holida u mahalliy supermarketdan boshqa joyga borishni orzu qilishi mumkin edimi? Ammo u butun Yevropani aylanib chiqqan.
Kevan – tug‘ma nogiron. Unga bel mushaklari atrofiyasi tashxisi qo‘yilgan. Kasallik mushaklar zaiflashishini keltirib chiqaradi va odam harakatlanishga qiynaladi. Kevanning so‘zlariga qaraganda, u butun umri davomida o‘z orzulari va imkoniyatlarining bir-biriga mos kelmasligidan qiynalgan. Biroq u hech qachon orzu qilishdan to‘xtamagan. Uning eng katta orzularidan biri sayohat qilish edi. Unga doim kitoblar va singlisi Konni ilhom bergan. Konni ham mushaklar atrofiyasi bilan tug‘ilgan, biroq hech qachon tushkunlikka berilmagan va akasi bilan birgalikda yangidan-yangi g‘oyalarga qo‘l urishdan charchamagan.
Kevanning do‘stlar borasida omadi chopgan. Uning 3 ta sodiq do‘sti bor. Kunlardan bir kuni Kevanning do‘stlari uning azaliy orzusini ro‘yobga chiqarishga qaror qilgan. Ular Kevanni xorijga 3 haftalik sayohatga olib borishga ahd qilgan. Biroq bu oson ish emas edi, negaki Kevan faqatgina nogironlar aravachasida harakatlanar, qolaversa, sayohat uchun yetarli puli ham yo‘q edi.
Kevanning do‘stlari “Biz Kevanni olib boramiz” (We Сarry Kevan) nomli kraudfanding (internetda xayriya mablag‘lari yig‘ish) loyihasini ishga tushirdi. Ular hali dunyo eshitmagan hikoyani so‘zlab berishni va’da qilgan. Kevanning do‘stlari Yevropani aylanib chiqish, sayohatlari haqida film suratga olish va kitob yozishga ahd qilgan.
Natijada Kevanga juda ko‘p xatlar kelgan. Kevanning xuddi o‘zi singari nogironlar unga “Siz meni hayotga boshqacha qarashga majbur qildingiz” deb yozgan.
Do‘stlari Kevanni yo‘l ryukzagiga solib yurishgan. Bu juda qulay va xavfsiz yechim edi. “Bizning sayohatimizda men ryukzak edim”, — deya Kevanning o‘zi hazil qiladi. Birgalikda do‘stlar Angliya, Irlandiya, Fransiyani aylanib chiqqan. Sayohat davomida do‘stlar tog‘larga chiqqan, tabiat manzaralaridan bahra olgan va, albatta, juda ko‘p suratlarga tushgan. Jumladan, Kevan va uning hamrohlari Eyfel minorasi oldida ham suratga tushib, nogiron yigit uchun ilojsiz bo‘lib tuyilgan ishni amalga oshirgan. Vaqti vaqti bilan ko‘ngillilar sayohatchilarga qo‘shilgan va Kevanning harakatlanishiga yordam bergan.
Hozirda Kevan va uning hamrohlari Xitoyga sayohat qilishni rejalashtirmoqda. Ayni paytda sayohat uchun zarur bo‘ladigan 25 ming dollarning 20 mingi yig‘ilgan. Bu shunchaki sayohat bo‘lmaydi: do‘stlar tarixiy yodgorliklardan tashqari nogiron va yetim bolalarga yordam berish markazlariga tashrif buyurib, sovg‘alar ulashadi. Kevanning aytishicha, “Agar sen nimanidir qilishni chin ildan istasang, albatta, yo‘lini topasan”. | 70 | 2,873 |
Foto | Sitsiliyadagi vulqon otilishi, Venetsiyadagi karnaval, Vladivostokdagi muzosti o'yinlari — 22 fevral suratlari | Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz.
Belgiyalik rassom Filipp Gelyukaning “Musshuk kezib yuradi” nomli haykali ko'rgazmasi Jenevada ochildi.
Sitsiliyaning Etna tog'ida yana vulqon otilishi boshlandi.
Afg'onistonning Kobul shahrida kam ta'minlangan bolalar uchun o'tilayotgan bepul darslar.
Kolumbiyaning konstitutsiyaviy sudi homiladorlikning 24-haftasidan oldingi abortlarni jinoyat deb hisoblaydi.
“Franklin” bo'roni Belgiyaning Nieuport shahriga kuchli shamol olib keldi.
Venetsiyada an'anaviy karnaval davom etmoqda.
Gonkong hukumati infektsiyalar soni ortishi sababli barcha aholiga koronavirusga test topshirishni buyurdi.
Vladivostokda xalqaro muzosti o'yinlari bo'lib o'tdi.
Germaniyaning Magdeburg hayvonot bog'idagi qor qoploni.
Pekindagi kunlik hayot. | 110 | 787 |
Foto | Foto: Toshkentning “ramzi”ga aylangan piyola aylantiruvchi bobo | Facebook foydalanuvchilaridan biri “Molodaya fotografiya Uzbekistana” sahifasiga ko‘chada cho‘pda piyola aylantirib o‘tirib, o‘tkinchilarning ko‘nglini chog‘ qiladigan toshkentlik boboning suratlarini joyladi.
“Ko‘pchilik toshkentliklar bu mehribon boboni yaxshi biladi. U avvallari 13-tramvayda yurib, bir vaqtning o‘zida 2—3 tadan piyolani aylantirardi… Yaqinda esa parovozlar muzeyiga ketayotib, yo‘lda uni uchratib qoldim va suratga tushirdim. Unga atrofdagilarga ulashayotgan mehri va tabassumi uchun rahmat!” — deb yozdi post muallifi.
Unga izoh qoldirganlardan biri boboni “Toshkentning o‘ziga xos ramzi” deb atadi. Boboga sog‘lik va uzoq umr tilab qolishdi. | 63 | 668 |
Foto | 2021-yilda farzandli bo‘lgan o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto) | Yakunlanayotgan yil ko‘plab oilalarga farzand quvonchini olib kirdi. Shu jumladan, ko‘plab san’at va madaniyat vakillari ham ota-onalik martabasiga erishdi.
Raqqosa Parizoda 8-yanvar kuni uchinchi farzandini dunyoga keltirdi. U ikki qizidan keyin dunyoga kelgan o‘g‘il farzandiga Muhammadqodir deb ism qo‘ydi.
Aktrisa Shahzoda Matchonova 6-aprel kuni ilk marta ona bo‘ldi. Ammo u qizi Raniya bilan bog‘liq ma’lumotlarni omma bilan bo‘lishishni istamaydi.
Aktrisa Aziza Yoqubova 14-aprel kuni ikkinchi bor onalik baxtiga erishib, o‘g‘il farzandli bo‘ldi. Homila 7 oylik tug‘ilgani bois ona-bola sinovli kunlarni boshidan o‘tkazdi. Hozirda Muhammadamirning sog‘lig‘i joyida.
Oybek va Nigora juftligi 18-iyun kuni qiz farzandli bo‘ldi. Ularning Imron va Usmon ismli o‘g‘illari bor edi. Xonanda qiziga Samiya deb ism qo‘ydi.
“Via Sharq” guruhi a’zosi Tatyana 15-iyul sanasida o‘g‘il farzandli bo‘ldi. U o‘g‘liga Matin deb ism qo‘ydi.
Farhod va Shirin juftligidagi — Shirin 16-iyul kuni qiz farzandli bo‘ldi. U qizalog‘iga Yasmina deb ism qo‘ydi.
Xuddi shu kuni yana bir yulduzli juftlik Feruza Meliboyeva va Samiddin Lutfillayev yana bir bor ota-onalik martabasiga erishdi. Ular 17-iyul kuni o‘g‘il farzandli bo‘ldi.
“Qadam” serialidagi roli bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan aktrisa Kamila Gimandinova 17-iyul kuni ilk farzandini dunyoga keltirdi. U qiziga Aylin deb ism qo‘ydi.
Aktrisa Shahlo Temirova 7-oktabr kuni ikkinchi bor ona bo‘ldi. U qizalog‘iga Osiyo deb ism qo‘ydi.
Instabloger Ganya Usmonova 20-oktabr kuni qiz farzandli bo‘ldi. U qizalog‘iga Mehrinur deb ism qo‘ydi.
Aktyorlar juftligi Mirkamol Qoraboyev va Yulduz Fayziyeva 29-oktabr kuni qiz farzandli bo‘ldi. Ular qizaloqlariga Rohatxon deb ism qo‘yishdi.
Xorazmlik xushovoz xonanda Dilafro‘z Bekmatova 25-noyabr kuni o‘g‘il farzandli bo‘ldi. U o‘g‘liga Muhammadjon deb ism qo‘ydi.
Yosh aktrisa Kumush O‘ktamova 9-dekabr kuni qiz farzandli bo‘ldi. U qizalog‘iga Maryam deb ism qo‘ydi.
Xonanda Sharof Muqimov 19-dekabr kuni ikkinchi bor otalik baxtiga muyassar bo‘ldi. Navbatdagi farzand o‘g‘il bo‘lib, unga Tohir deb ism qo‘yishdi.
Aktrisa Sevara Soliyeva 23-dekabr kuni uchinchi bir onalik baxtiga muyassar bo‘ldi. Uning Sultonbek va Umarbek ismli o‘g‘illari bor edi. | 65 | 2,258 |
Foto | Foto: Dunyodagi eng badavlat inson — Jeff Bezosning Manhettendagi koshonasiga sayohat | Forbes talqini bo‘yicha daromadi 138 milliard dollarni tashkil etadigan inson ko‘ngli tusagan ishni qila oladi, masalan, hashamatli uy xarid qiladi, deb yozadi Hello.
Dunyoning eng badavlat kishisi Jeff Bezos o‘tgan yilning iyun oyida Nyu-Yorkdagi beshinchi avenyudan premium-klassdagi turar joyning uch qavatini sotib olgan edi. Ushbu xarid Amazon asoschisi Jeff Bezosga 80 million dollarga tushgan. Uchta xonadonning umumiy maydoni 1580 kvadrat metrni tashkil etadi.
Yaqinda Bezos 16 million dollarga yana bir nechta xonadonni sotib oldi. Xonadonlar ketma-ket qavatlarda joylashgan va binoning eng ustki to‘rt qavatini tashkil etadi.
O‘tgan yili sotib olgan uyida 12 ta yotoqxona bor edi. Yangi xonadon esa biroz kamtarona: unda maydoni 286 kvadrat metrni tashkil etgan uchta yotoqxona, 3,5 kvadrat metr bo‘lgan vannaxona va oshxonasi alohida mehmonxona bor. Bundan tashqari, uyning tomidagi Medison-skver ko‘rinib turadigan ayvon ham Bezosga tegishli.
Turar joy majmuasida bu yerda yashovchilar uchun fitness markazi, golf-simulyator, SPA, kinoteatr, launj-zona va kafe xizmat ko‘rsatadi. | 85 | 1,092 |
Foto | Instagram’dan jahonning eng go‘zal fotosuratlari terib olindi | Business Insider nashri Instagram fotoservisida tarqalgan tabiat go‘zalliklarini namoyish etuvchi eng yaxshi fotosuratlarni chop etdi. Bu suratlar foydalanuvchilar tomonidan #BIBeautifulPlanet heshtegi bilan chop etilgan edi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Jamlanma 22 fotosuratdan iborat bo‘lib, ular dunyoning turli burchaklarida tushirilgan. Nashr mutaxassislari eng chiroyli fotosuratlarni ajratib oldi. | 61 | 415 |
Foto | Fotogalereya: Keyingi yil savdoga chiquvchi uchar avtomobillar | Jeyms Bond agar Liberty Pioneer kabi uchar avtomobilga ega bo‘lganida yana ham ajoyib tryuklar qilgan bo‘lar edi. Yaqin kunlarda Niderlandiya kompaniyasi keyingi yil savdoga chiqadigan Liberty Pioneer mashina seriyasini taqdim etmoqchi. TravelAsk ularni taqdim etdi. | 62 | 266 |
Foto | Fotogalereya: Sifatsiz kameralarda olingan yilning eng yaxshi suratlari | Nyu-Yorkdagi Soho Photo Gallery galereyasida arzon fotoapparatlarda olingan suratlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rgazma Krappy Кamera deb nomlanib, tashkilotchilarning so‘zlariga ko‘ra, ko‘rgazmaning asosiy maqsadi qimmatli va iqtidorli kadrlarni yaratishda qimmat qurilmalarni ishlatish asosiy omil emasligini ko‘rsatish. TJournal ko‘rgazmada g‘olib chiqqan mualliflarning fotosuratlari jamlanmasini taqdim etdi.
1-o‘rin.
2-o‘rin.
3-o‘rin.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 71 | 526 |
Foto | Karantinda qolgan avstraliyaliklar qiziqarli “axlat fleshmob”ni boshlab yubordi (foto) | Koronavirus pandemiyasi sabab karantinda qolayotgan Avstraliya fuqarolari qiziqarli fleshmob uyushtirdi. Tayyor bo‘lgan suratlar bilan ular Facebook’dagi Bin isolation outing hamjamiyati orqali ulashmoqda, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Mamlakatda mart oyining oxirida karantin e’lon qilingan. Belgilangan tartib-qoidani buzganlar 1000 Avstraliya dollarigacha jarimaga tortiladi.
Biroq avstraliyaliklar o‘zlarini xursand qilishning original usulini topib, fleshmob boshlab yubordi. Uning ishtirokchisi o‘ziga xos kostyum kiyib olib, axlatni chiqindi idishga tashlayotganida suratga tushishi kerak. | 86 | 605 |
Foto | Fotogalereya: Yapon qum san’atining aql bovar qilmas haykallari | Yaponiyalik usta Toshixiko Xosaka qumdan haykallar yasashni 20 yil oldin, san’at maktabida o‘qib yurgan kezlarida boshlagan. Toshixikoning ishlari ko‘pchilik o‘rgangan qum haykallaridan sezilarli darajada farq qiladi. Usta qumdan shu qadar mahorat bilan foydalanib, murakkab shakllar yaratadiki, odamda bu yog‘och yoki plastik jismdan yaratilgandek tasavvur uyg‘otadi.
Toshixiko ishida mutlaqo toza qumdan foydalanadi. Bunda Xosaka yelim, tayyor shakllar yoki armatura tayanchlarni ishlatmaydi. Ish jarayonida foydalanadigan yagona elementi bu qotiruvchi sprey bo‘lib, u ham eng oxirida, hammasi tayyor bo‘lganida ishlatiladi.
2017-yilning may oyida Toshixiko Xalaqaro qum san’ati festivalida ishtirok etib birinchi o‘rinni qo‘lgan kiritdi. Shuningdek, u qum san’atiga doir o‘z ustachiligining sirlari bilan bo‘lishish maqsadida guruhlarga dars o‘tib ham turadi. “Fotoshedevri” nashri uning eng yaxshi qum haykallari suratlarini to‘plab taqdim etdi. | 63 | 951 |
Foto | AQShdagi osmono‘par binoda shisha attraksion ochildi (foto va video) | AQShning Kalifoniya shtatidagi eng baland bino — AQSh Banki minorasida “Osmondagi tepalik” attraksioni ochildi, deb yozadi AdMe.
Unda asablari mustahkam bo‘lgan har qanday kishi uchib ko‘rishi mumkin.
“Tepalik” to‘liq shaffof bo‘lib, binoning 70- va 69-qavatlari tashqarisidan o‘tadi.
U orqali sirpanganda shahar uzra balandlikdan bo‘shliqqa qulayotgandek hissiyot paydo bo‘ladi. | 68 | 383 |
Foto | Foto: Diana Kryuger va Norman Ridusning Los-Anjelesdagi 8,5 mln dollarlik koshonasi bo‘ylab ekskursiya | Amerikalik taniqli aktyor Norman Ridus hamda uning tumush o‘rtog‘i Diana Kryuger Los-Anjelesdagi Chateau Marmont mehmonxonasi yaqinidan 8,5 million dollarga koshona sotib oldi. Hello nashri ushbu juftlikka tegishli uy bo‘ylab ekskursiya uyushtirdi.
Ta’kidlanishicha, koshonaning egalari avvaliga uni 13 million dollarga sotmoqchi bo‘lgan.
1920-yillarda qurilgan uy to‘rt qavatli bo‘lib, tashqi ko‘rinishidan o‘rta asrlarga oid qasrlarni yodga soladi. Umumiy maydoni 718 metr kvadrat bo‘lgan uyda 4 ta yotoqxona, 5 ta yuvinish xonasi va yana ikkita qo‘shimcha sanuzel mavjud. Qavatlar soni ko‘pligi sabab arxitektorlar ikki darajali oshxona va mehmonxonani yaratishga muvaffaq bo‘lgan. Yuqoriga ko‘tarilib, sportzalga, uy kinoteatri, shaxsiy ovoz yozish studiyasi hamda kutubxonaga duch kelish mumkin.
Hovlining o‘rtasida ovalsimon basseyn, o‘rindiqlar, daraxtlar ostida belanchaklar, barbekyu uchun alohida zona joylashgan. Uyning tashqi tomonida joylashgan balkonlar tabiat go‘zalligidan bahramand bo‘lish imkonini beradi.
Eslatib o‘tamiz, 43 yoshli Kryuger hamda 51 yoshli Ridus qiz farzandini dunyoga keltirishidan yarim yil oldin Nyu-York markazidan kvartira sotib olishgan edi.
Diana Kryuger 2018-yilning 2-noyabrida birinchi bor ona bo‘lgan. Ota-ona hamon qizning ismini sir tutib kelishmoqda. 2019-yilning yanvarida Diana va Norman paparatsiyaga murojaat qilib, o‘zlarining shaxsiy hayotlarini hurmat qilishlari va qizini suratga olmasliklarini so‘ragan. Shunga qaramay muxbirlar ularning ortidan “quvish”ni davom etmoqda. Barchasidan bezor bo‘lgan ona aprel oyida birinchi bor qizini dunyoga ko‘rsatgan edi. Oradan biroz vaqt o‘tib, Diana shaxsiy hayoti haqida intervyu ham bergan. | 102 | 1,694 |
Foto | Fotogalereya: Faqatgina tasavvuri boy odamlar o‘ylab topishi mumkin bo‘lgan kospleylar | AdMe mashhur qahramonlar libosini kiyib olib, ularga “ikki tomchi suvdek” o‘xshab qolgan odamlarning suratlarini to‘plab taqdim etdi.
“Onam Xellouinda menga o‘xshab kiyinib oldi”
“Eslab qoling, biz ho‘l o‘g‘rilarmiz. Ho‘l!”
“Ukam do‘stlari bilan kostyumlar tanlovida g‘alaba qozondi”
“Qish yaqin!”
Joffrini kim o‘ldirdi?
Mad Max
Yesa bo‘ladigan Kraken
Hojatxona Jini barcha tilaklaringizni ro‘yobga chiqaradi
Ushbu yigit spirtli ichimlik sotib olish uchun onasi kabi kiyinib oldi
Ajdarlar onasi
“Menga pishloqli pitssa”
“Menga yoqib qolgan qanotlaring qani?”
Mulan. Qayta tirilish | 86 | 592 |
Foto | Tantanali kutib olingan olimpiyachilar, otilgan vulqon, uyiga qaytayotgan fillar — 9 avgust suratlari | 9 avgustning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz.
Tokio-2020 Olimpiadasida ishtirok etgan Oʻzbekiston Olimpiya delegasiyasi a‘zolari 9 avgust kuni Toshkentga qaytib keldi. Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportdagi tantanali kutib olishdan soʻng sportchilar ikki qavatli avtobusda Toshkent boʻylab sayrga chiqdi. Birozdan soʻng saytimiz orqali kutib olish jarayonidan tayyorlangan maxsus fotogalereyani tomosha qilishingiz mumkin boʻladi.
Suriyaning Fuah shahridagi 12 ta qochqinlar lageridagi yigitlar oʻzining «Olimpiya oʻyinlari»ni tashkil qildi. Idlib viloyatida 3 millionga yaqin aholi istiqomat qiladi, ularning uchdan ikki qismi 10 yildan beri davom etayotgan mojaro paytida mamlakatning boshqa joylaridan koʻchirilgan.
Yovvoyi fillar Xitoyning Puer shahri boʻylab oʻz uylariga qaytmoqda.
Meksika poytaxti Mexiko shahrida yangi turdagi jamoat transporti ishga tushdi.
Xitoyning Hunan provinsiyasida joylashgan Jangjiajie shahrida mahalliy aholi koronavirus xavfi tufayli karantinga olingan hududda qolib ketgan qarindoshiga kundalik zaruratlarini olib kelib bermoqda.
Nil deltasi vodiysining yam-yashil dalalarida dehqonlar qadimgi fironlik an‘analarini saqlaydi, ular papirus qogʻozini yasaydi.
Polisiya xodimlari Kongress partiyasi rahbari Rahul Gandi zoʻrlangan va oʻldirilgani aytilgan Dalit qizining oilasi bilan uchrashgan fotosuratini Twitter’ga joylagandan soʻng tarmoqqa qarshi noroziliklar uyushtirgan Yoshlar Kongressi partiyasi faolini hibsga oldi.
Gresiyaning Pefki qishlogʻidagi oʻrmon yongʻinlari fonida it quchoqlab turgan ayol.
AQShning Kaliforniya shtatidagi oʻrmon yongʻinlari oqibati.
Fotograf Sitsiliyadagi Etna vulqoning otilishini kadrga muhrlamoqda.
Yovvoyi yongʻinda vayron boʻlgan Rossiyaning Byas-Kyuyol qishlogʻida buzoq sayr qilmoqda.
Rossiyaning Sverlosk sharida joylashgan Kashino qishlogʻidagi yirtqich qushlarni reabilitasiya qilish markazidagi kalxat. | 101 | 1,907 |
Foto | Tabiatning o‘zi ajoyib rassom ekanligini tasdiqlovchi suratlar | Har bir rassom ijodida doimo o‘zida mavjud bo‘lgan his-tuyg‘ular namoyon etadi. U, albatta, yaxshi kayfiyat va quvonchli daqiqalarni manzara, haykaltaroshlik yoki quyosh nuri, sevgi va g‘ayrioddiy yorqin ranglar bilan to‘ldirilgan boshqa bir asarga aylantiradi. Odamlardan farqli o‘laroq, tabiat o‘z ranglarini kayfiyatdan qat’i nazar yaratadi. Bundan tashqari, uning soyalari va shakllari har doim chiroyli bo‘lib, ularning xilma-xilligi ko‘pincha hayratga soladi.
Oddiy issiqxonada g‘ayrioddiy pomidorlar jamlanmasi.
Qo‘ziqorinlarni yig‘ib, barcha bilan baham ko‘rilgan surat.
Bo‘g‘imoyoqlilar yirtqichi – orideya beshiktebratari.
Botanika dunyosida tabiatning g‘oyalari kam emas.
Mukammal geometrik shaklga ega bo‘lgan kameliya gullari.
Hatto oddiy toshlar ham ba’zan buyuk rassomlarning rasmlariga o‘xshaydi.
Drakula orxidey kurtaklari maymunlarning kulgili yuzlariga o‘xshaydi.
Janubiy Afrikada qazib olingan rodoxrozit qotib qolgan olov kristallariga o‘xshaydi
Noodatiy tonglarning birida tabiat kamalak bilan insonni xursand qildi.
Suv va tashqi dunyo chegarasining noyob surati.
Ko‘p sonli oppoq lolalar orasida bitta qizil barg bor.
Izolyatsiya qilingan Sokotra oroli o‘zining landshaftlarida noma’lum sayyoraga o‘xshaydi.
Madagaskarda geometrik tabiiy dizayni bilan turmalin toshi topildi.
Chigirtkaning bunday ranglanishi gen mutatsiyasi bilan bog‘liq. | 62 | 1,377 |
Foto | 5 yillik ta’mirlash ishlaridan so‘ng dunyodagi eng katta oranjereya yana foydalanishga topshirildi (foto) | Buyuk Britaniyaning muhim tarixiy obidalaridan biri hisoblanuvchi Tempereyt-xaus 5 yillik ta’mirlash ishlaridan so‘ng, yana o‘z faoliyatini boshladi, deb xabar beradi National Geographic.
Kyuda qirollik botanika bog‘iga salkam 260 yil oldin asos solingan. Bugungi kunda 132 gektar maydonni egallagan bog‘da ko‘plab oranjereya va paviliyonlar joylashgan. Bog‘ hududi YuNESKO’ning butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
Tempereyt-xausni qurish ishlari 1859-yilda boshlangan. Oranjereyalar esa oradan 4 yil o‘tgach qurila boshlangan va oradan 40 yil o‘tgachgina yakuniga yetkazilgan. Bino uch elementdan iborat: to‘g‘ri burchakli markaziy seksiya, ikkita sakkiz burchakli va ikkita yon qanot. Issiqxona uzunligi 188 metrni tashkil etadi, maydoni esa 4880 kvadrat metrga teng, balandligi 18 metr.
Bog‘ hududidagi oranjereyani ta’mirlash ishlari 5 yil oldin boshlangan edi. Ushbu vaqt davomida ishchilar 5280 litr bo‘yoq ishlatdi va 15 000 ga yaqin oynalarni almashtirdi. Barcha ishlar uchun 41 million funt sterling sarflangan. | 105 | 1,028 |
Foto | Yangi fotoaksiya: “Rossiya bitta suratda” | Twitter’ning rossiyalik foydalanuvchilaridan bir Sergey D. “Rossiya bitta suratda” hazilini qayta jonlantirishga qaror qildi. Shu maqsadda joylashtirilgan fotosurat ko‘pchilikka ma’qul kelib, bu butun boshli aksiyaga aylanib ketdi. Foydalanuvchilar hazil tariqasida Rossiyaning kundalik turmushidagi qiziqarli jihatlarni aks ettiruvchi suratlarni joylashtirib, ularning ostiga shu so‘zlarni joylashtira boshladi.
TJournal ayrim qiziq tvitlardan misollar keltirdi. | 41 | 464 |
Foto | Fotogalereya: Yumorga boy ajoyib reklama kolleksiyalari | La Gazette bosma nashri 1631-yilda Parijda paydo bo‘lgan birinchi zamonaviy gazeta edi. Uning asoschisi Teofrast Renodo gazetada birinchi marta pulli reklama e’lonlarini joylashtirishni boshlagan. O‘tgan 400 yil davomida reklama qilish usullari va sifati o‘zgarib bormoqda.
Bugungi kunda zamonaviy kompaniyalar o‘z mahsulotlarini iloji boricha yorqin va noodatiy tarzda taqdim etishga intilmoqda. AdMe yumorga boy, muvaffaqiyatli reklamalarning kolleksiyasini tuzib taqdim etdi. | 55 | 479 |
Foto | Tailand go‘zalligini butun dunyoga namoyish qilayotgan fotografning ajoyib kadrlari | Sutipond Somnam — muvaffaqiyatli fotograf va Depositphotos kontent platformasi muallifi. U Tailandda yashaydi va deyarli butun vaqtini sayohatga, portret va landshaft fotosuratlariga bag‘ishlaydi.
Dastlab Sutipond o‘zini videoreportyor sifatida sinab ko‘rdi, lekin keyinchalik fotografiyaga qiziqib qoldi. Endi uning asosiy ishi kamera yordamida mahalliy aholi hayotini, shuningdek, tabiat go‘zalligini ko‘rsatishdir.
Sutipond Somnam Tailand shimoli-sharqidagi Sakonnaxon viloyatida yashaydi. Uning sevimli mashg‘uloti — qishloq xo‘jaligi. Dastlab suratga olish uning uchun shunchaki hobbi edi, lekin tez orada u asosiy daromad manbayiga aylandi. Sutipond platformalar va mijozlari uchun rasmlar olish orqali o‘z oilasini moddiy jihatdan ta’minlaydi.
Sutipond kollejda o‘qib yurgandayoq suratkashlik tajribasini o‘zlashtira boshladi. U boshqa fotograflar ishlarini kuzatib, o‘ziga kerakli ma’lumotlarni YouTube’dan qidirib bilib oldi. Sutipondning birinchi kamerasi — 18—55 mm linzali Canon EOS 700D edi.
Sutipondning aytishicha, u ajoyib joylarga tashrif buyurish va suratga olish imkoniyati bo‘lgani uchun ham sayohat fotosuratlarini yaxshi ko‘radi.
Shu bilan birga, fotografiya yordamida Sutipond Tailand hayoti haqida ma’lumot beradi. Buning uchun u kamerasi bilan o‘zi va qo‘shni hududlarni aylanib chiqadi, suratga oladi va keyin ijtimoiy tarmoqlar va Depositphotos’da fotosuratlari bilan bo‘lishadi. Suratlarini platformalarda sotish unga kelgusi foto-sayohatlari uchun mablag‘ to‘plashiga yordam beradi.
Sutipond 2016-yilda birinchi fototurga yo‘l oldi. Bu Myanmadagi qadimiy shahar va YuNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kirgan go‘zal Baganga bir haftalik sayohat edi.
“Ertalabki Pagan meni hayratda qoldirdi. Men quyosh chiqishini tomosha qildim va o‘nlab sharlar uchib ketayotganini ko‘rdim”, — deydi fotosuratchi.
Sutipond Somnam boshqa fotosuratchilar bilan ham sayohat qiladi, ular hali ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan hududlarni o‘rganishni xohlashadi. Suratkashlar yiliga kamida bir marta yangi joylarga tashrif buyuradi.
“Vyetnam shimolidagi Mu Kan Chaya shahri juda qiziqarli bo‘lib chiqdi. Baland tog‘ yonbag‘ridagi guruch maydonlari ajoyib ko‘rinishda bo‘lib, ob-havo ham suratga olish uchun juda zo‘r edi”, — deydi Sutipond.
Sutipondning fikricha, sayohatchilar tashrif buyurmoqchi bo‘lgan joydagi ob-havo va iqlim haqida iloji boricha ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lishi kerak. Shu bilan birga, ko‘p kiyim olmaslik lozim, chunki kerak bo‘ladigan hamma narsani mahalliy bozordan xarid qilish mumkin.
“Men sayohat qilganimda, o‘zim bilan birga ikki yoki undan ko‘p kamera olaman, linzalari 16—35 mm, 24—70 mm va 70—200 millimetrlik. Bundan tashqari, tripod, kamera batareyasi va poverbank olishni maslahat beraman”.
Mu Kang Chayaning bu hududi go‘zal guruch maydonlari bilan ko‘plab sayohatchilar va fotosuratchilarni o‘ziga jalb qiladi. Sutipond va uning do‘sti sayohatlari davomida bu joyning noyob tasvirlarini olishga muvaffaq bo‘ldi.
“Mu Kang Chayaga mototsiklda borish uchun yarim kun kerak bo‘ldi. Do‘stim bilan men 1000 metr balandlikdagi tog‘ning eng yuqori cho‘qqisiga chiqdik. Kuzatuv maydonchasiga kelganimda ko‘rganlarim ajoyib edi. Bunday manzara mashaqqatli tog‘ga chiqqanimiz uchun mukofot bo‘ldi”.
Bu surat Tailandning Surin shahrida mahalliy filbonlar bilan xayriya fotosessiyasi paytida olingan.
Sutipondning navbatdagi surati Nong Xay provinsiyasida olingan: “Biz qishloq bolalarining kichik daryoda futbol o‘ynayotganini ko‘rdik. Darvoza yo‘q edi, shuning uchun ularga bambukdan darvoza yasab berdik va quyosh botishidan oldin futbol o‘ynayotgan bolalarni suratga oldik”.
Bu rasm Udon Tani provinsiyasida fotograf tomonidan olingan. Unda asosiy narsa — rang.
“Men baliqchining orqa tomondan quyosh chiqishi fonida tasvirga oldim. Ushbu kadrda kompozitsiyani yaratgan soyalarga e’tibor bering. Bu oltin daqiqa edi, quyosh ko‘tarilib, nilufar gullari endigina ochila boshlagandi”.
Sutipondning maqsadi — Tailand go‘zalligini bu yerda hech qachon bo‘lmagan odamlarga ko‘rsatishdir. U Vat Phrakeu yoki Zumrad budda ibodatxonalarini shu joyning o‘zida ko‘rish kerak, deb hisoblaydi.
Sutipond Somnam kamerasi bilan sayyoramizning sirli burchaklarini o‘rganishni orzu qiladi. Bu g‘oyani amalga oshirish uchun u Depositphotos’dagi portfoliosini faol yuritadi, mijozlar va kompaniyalar bilan ishlaydi. Fotosurat portfeli muallifga o‘z ijodkorligini namoyish etish va kelajakdagi sayohatlar uchun hamfikrlarni topish imkonini beradi. | 83 | 4,476 |
Foto | Daraxtlarda qurilgan g‘aroyib 16 uy | Har birimiz bolalagimizda hammadan yashirinib olsa va o‘z sirlarimizni berkitib qo‘ysa bo‘ladigan joyimiz, biror chaylamiz bo‘lishini istaganmiz, deb yozadi TravelAsk.
Ba’zilar katta bo‘lganidan keyin ham shunday joylarda istiqomat qilishni xohlaydi. Quyida daraxtlarga uy qurishning 16 ajoyib namunasini tomosha qilishingiz mumkin.
Britaniya Kolumbiyasidagi baland daraxtda bir emas, birdaniga uchta uy qurilgan. Bu uylarni Revelstok shahri yaqinidan topasiz.
Qariyb ko‘rinmaydigan va yashirin joy vazifasini ajoyib tarzda o‘taydigan Ko‘zgu-uy — Tree Hotel mehmonxonasining Shvetsiya shimolidagi loyihasidir. Loyiha Tham & Videgard kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan.
Bu uy ham Tree Hotel loyihasining bir qismi. Tashqi tomondan katta qushning iniga o‘xshasa, ichi odatiy mehmonxona xonasining o‘zi.
26 yoshida nafaqaga chiqqanidan so‘ng, Joel Allen duradgorlik bilan shug‘ullandi va o‘z orzusiga yetdi — u qurgan uy xalqaro dizayn jurnalida ham e’tirof etilgan.
Lukash Kos tomonidan ishlab chiqilgan uy yapon fonarini yodga soladi.
Bu daraxtlarda qurilgan eng katta uydir. Vazir Goratsiy Berjess uy qurishni 1993-yilda boshlagan bo‘lib, hali ham tugatmagan.
Bu restoran sizga ajoyib tushlik taklif qiladi va bir vaqtning o‘zida 18 mehmonni qabul qilishga qodir.
Sietldagi ertaknamo uylardan biri. Bu yerda sehrli muhitga tushish istagida bo‘lganlar uchun olti xona bor.
Arxitektor Takashi Kobayashining daraxtdagi uyi (Yaponiya)
Belgiyadagi bu uy TRACK: A Contemporary City Conversion badiiy festivali uchun qurilgan. U orqa fonda turgan uyning kichiklashtirilgan ko‘rinishidir.
Nendo kompaniyasi tomonidan qurilgan uyning bir qismida odamlar, ikkinchisida esa qushlar yashaydi.
Bu Kosta-Rikadagi daraxtlarga qurilgan ekologik toza qishloqlarning bir qismi. U 600 akr maydonni egallaydi.
Bu Boeing 727 samolyoti Joan Asseri tomonidan 2 million dollar evaziga daraxtda prezident lyuks xonasini qurish maqsadida sotib olingan.
Bu uy yaponiyalik arxitektor Terunobu Fuximori tomonidan qurilgan.
Shvetsiyaning Tree Hotel mehmonxonasi otellar qurishda yangi yo‘ldan yurishga qaror qildi. In-uy va Ko‘zgu-uydan so‘ng ular o‘zga sayyoraliklar kemasini bunyod etishdi. | 35 | 2,181 |
Foto | Haftaning qiziqarli suratlari | “Interfaks” haftaning qiziqarli va ajoyib suratlarini to‘plab, bir sahifaga jamladi. | 29 | 84 |
Foto | Fotogalereya: Mirzacho‘lning bugungi ko‘rinishi | 30-yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Mirzacho‘l tumanida “Obod qishloq” dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
“O‘zA” Mirzacho‘lning bugungi qiyofasi jam bo‘lgan suratlarni taqdim qildi. | 47 | 218 |
Foto | Fotogalereya: Suv ostidagi kemalar | Germaniyalik fotograf Tobias Fridrix dunyo bo‘ylab kezib, halokatga uchragan kemalarning suv ostidagi suratlari turkumini yaratdi. Samolyotlar, tanklar, aviatashuvchilar va ulkan yuk kemalari necha yillardan beri Papua — Yangi Gvineya, Malta, Korsika, Misr, Iordaniya va Bahraynda suv ostida qolib ketmoqda. “Gazeta.ru” ularning fotojamlanmasini taqdim etdi. | 34 | 358 |
Foto | Fotogalereya: Tungi Andijon | O‘zA tungi Andijon ko‘chalaridan fotoreportaj tayyorladi. Suratlarda shahar ko‘chalarining tungi tarovati aks etgan. | 27 | 116 |
Foto | Irfon Xon hayoti — suratlarda | 29-aprel kuni Hindistonning Mumbay shahridagi kasalxonalardan birida taniqli aktyor Irfon Xon 53 yoshida olamdan o‘tdi. Aktyorga bir necha yil avval saraton tashxisi qo‘yilgan edi. The Guardian aktyor ijrosidagi eng yorqin obrazlar aks etgan fotojamlanmani taqdim etdi.
Irfon Xonning ilk marta 1988-yilda Mira Nairning “Salom, Bombey” filmidagi ijro etgan roli.
Xon 2001-yilda Azif Kapadianing debyut filmi “Jangchi”da suratga tushgan.
Shekspirning “Makbet” asarining Bollivudda suratga olingan talqini, kriminal triller — “Maqbul”.
2006-yilda suratga olingan “Adash” filmida Tabu bilan.
2008-yilda suratga olingan “Xarobadan chiqqan millioner” filmida politsiyachi rolini ijro etgan Irfon Xon Dev Patel bilan.
“Pi hayoti”, 2012-yil.
“Yangi o‘rgimchak odam”, 2012-yil.
“Tushlik idishi” filmi, 2013-yil.
Irfon Xon 2013-yilda suratga olingan “D kuni” filmida pokistonlik agent rolini ijro etgan.
Aktyor Shekspir “Gamlet”ining Bollivudcha talqini “Haydar” filmidagi obrazida, 2014-yil.
Irfon Xon 2015-yilda suratga olingan “Qissa” filmida qizini o‘g‘ildek tarbiyalagan sikh obrazida.
2016-yilda suratga olingan “Da Vinchi kodi: Inferno davomi” filmida Irfon Xon Garri Sims konsorsiumi rahbari obrazini yaratgan.
“Chayonlar qo‘shig‘ida” filmi, 2016-yil.
2018-yilda suratga olingan “Boshqotirma” filmida Irfon Xon Kelli Makdonald bilan rol ijro etgan.
Hindistonning Noida shahri, 2017-yil. Bolalar qurshovidagi Xon.
Sundance kinofestivalida ko‘rinish bergan Irfon Xon. 2018-yil.
Irfon Xon bilan vidolashayotgan Bollivud, Sami Yusufni tinglaydigan Rayhon, odamlardan ranjigan yana bir Rayhon. Mashhurlar karantinda (foto+video) | 29 | 1,654 |
Foto | Fotogalereya: Yaqin kelajakda ishini robotlarga topshiradigan kasb egalari | Taraqqiyot robotlarning zimmasiga qator vazifalarni yuklab, odamlarga ko‘makchi qilish ilinjida. Biroq, bugun robotlar bizga yordamchi bo‘lsa, ertaga ishimizni tortib olishi ham mumkin. Quyida yaqin kelajakda faoliyatini robotlarga bo‘shatib beradigan kasblar ro‘yxatini taqdim qilamiz:
Dubay metrosi haydovchisiz boshqariladi. Taxminlarga ko‘ra, yaqin 10 yil ichida rivojlangan mamlakatlar ko‘chalarida haydovchisiz avtobuslar paydo bo‘ladi.
Skrin: YouTube
Dronlar hajmi katta bo‘lmagan posilkalarni yetkazib berishni “o‘rgandi”. Bundan tashqari, haydovchisiz avtomobillar ham mahsulotlarni manzilga yetkazib berishni boshladi.
Hisobotlar qilish hamda xarajatlar jadvalini tuzish juda muhim. Bu vazifalarni robotlar bajarishiga o‘rgatish qiyin ish emas. Biroq, nizoli vaziyatlar bo‘lishi va ularni hal qilish uchun mashinalardan ko‘ra, buxgalter yoki tajribali yurist xizmati kerak bo‘lishi mumkin. Katta ehtimol bilan, ushbu kasb egalari vazifasi boshqacharoq bo‘ladi.
Robotlarning qo‘lidan hujjatlarni saralash ham keladi.
Bir turga malakasi kam oshpazlar kiradi. Masalan, kotlet qovuruvchi, burger tayyorlovchilar va boshqalar. Yoshlar orasida mashhur hisoblangan kasb ham tarixda qoladi.
AQShda MacDonald’s kassirlarni sensor orqali buyurtma berish, karta orqali to‘lovni amalga oshirish mumkin bo‘lgan avtomatlarga almashtirgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, bu xodimlarga to‘lanishi kerak bo‘lgan mablag‘larning tejalishiga, ular bilan tortishuvlarga nuqta qo‘yilishiga sabab bo‘lgan.
Ertami-kechmi mobil banking va naqd pulsiz to‘lovlarga o‘tamiz. Hozirda deyarli hamma joyda karta orqali to‘lov amalga oshirish mumkin. Rasmiy ish beruvchilar ish haqini naqd pulda to‘lamaydigan bo‘lgan. Tailandda ba’zi frilanserlar ish haqini faqat elektron ko‘rinishda hisoblashga o‘rgangan. | 74 | 1,787 |
Foto | Maktab, saroy va yerosti hammomi: 2020-yilning arxitekturaga oid eng yaxshi suratlari | “Viki yodgorliklarni yaxshi ko‘radi” (Wiki loves monuments) fototanlovi tashkilotchilari 2020-yil g‘oliblari nomini e’lon qildi. Ushbu tanlov ilk marta 2010-yil Niderlandiyada bo‘lib o‘tgan bo‘lib, unda ishtirokchilarning tarixiy bino va obidalar aks etgan suratlari joylangan. Keyinchalik ushbu g‘oya boshqa Yevropa mamlakatlari va undan tashqarida ham takrorlangan. Ginnesning rekordlari kitobidan eng ko‘p ishtirokchi qatnashgani bilan o‘rin olgan fototanlovning 2020-yil uchun eng yaxshi deb topilganlarini e’tiboringizga havola etamiz.
Rossiyadan qatnashgan ishtirokchilar orasida Aleksandr Baydukov “Tumandagi Solovetsk ibodatxonasi ansambli” nomli ishi bilan g‘olib deb topilgan.
Aleksandrisa Aleksisaning “Meteoradagi Rusana ibodatxonasi” surati gretsiyalik ishtirokchilar ishi orasida eng yaxshisi deb topilgan.
Ondare Lagunakuning quyidagi surati esa ispaniyalik ishtirokchilar orasida eng yaxshisi deb topilishiga sabab bo‘lgan.
Iordaniyalik g‘olib deb topilgan ishtirokchining surati.
Parijning 14-okrugida olingan surat fransiyalik ishtirokchilarning ishlari orasidan saralab olingan.
G‘oliblar qatoridan eronlik Farzin IzadDustDara ham bo‘lgan.
Bangladeshliklardan Azim Xon Ronning surati e’tirofga sazovor bo‘lgan.
Ruminiyalik ishtirokchilar orasida g‘oliblik Adrian Arzuga nasib qilgan.
Tayvanliklar orasida Ellen Changning ishi tanlab olingan.
Frayburgdagi Kolombishlessle muzeyi ichidan olingan surat esa germaniyalik ishtirokchilarning suratlari orasida eng yaxshisi deb topilgan. Surat muallifi Martin Kraft.
Polshalik Marian Navorski “Bratoshevitsedagi saroy” surati bilan g‘olib deb topilgan.
Vahag851 nomli suratchining “Vaganavank” surati tanlovdagi armanistonlik ishtirokchilar ishi orasida saralab olingan.
Lasha Gening “Shatili minorasi” gruziyalik ishtirokchilar orasida eng yaxshisi deb topilishiga sabab bo‘lgan.
Braziliyaliklar orasidan esa Fwsbsb tomonidan olingan surat eng yaxshisi deb topilgan.
Avstriyalik ishtirokchining g‘olib bo‘lishiga sababchi bo‘lgan surat.
Stiv Ferroning Kanzasdagi bir xonali maktabni muhrlagan kadri esa amerikalik ishtirokchilarning ishi orasida eng yaxshisi deb topilgan.
Ozarbayjonlik suratchining yerosti hammomini olgan surati.
Athichitra’ning “Wat Klang Bang Kaew” nomli eski ibodatxonani olgan surati uni tailandlik ishtirokchilar orasida eng yaxshisi deb topilishiga sabab bo‘lgan. | 85 | 2,369 |
Foto | Karantin qiyin o‘tyaptimi? Ushbu suratlar mualliflari sizda hammasi yomon emasligini isbotlaydi (foto) | Koronavirus pandemiyasi odamlarni uyga “qamab qo‘ydi”. Karantin cho‘zilgani sari odamlar zerikishni boshladi. Biroq ayrimlarga taqdir qo‘shimcha sinovlar yuboradi, ularning ahvoliga havas qilib bo‘lmaydi, deb yozadi Esquire.
“Karantinning birinchi kuni mening vannaxonam bo‘laklarga bo‘linishga qaror qildi”.
“Nonushtamni rasvo qilganing uchun rahmat”.
“Salom, hayotimda qilgan eng ahmoqona ishim”.
“Meva-chevaga chiqib qaytib kelsam uyimda bu ahvol”.
“Koronavirus va ishimizni yo‘qotganimiz hammasi emas. Hozirgina biz qulagan daraxtlar tufayli ikkita mashinamizdan ayrildik”.
“Mahalliy restorandan kechki ovqat buyurtma qilgandim. Paket yirtilib ketib, ovqat garaj poli bilan salomlashdi”.
“Printer portlashga qaror qildi”.
“Qulupnay sotib olgandim, ilon sovg‘a shekilli?”.
“Bu hazilmas. Soch oladigan mashinam buzilib qoldi”.
“Bugun Belgradda ikkita mashina to‘qnashdi”
“Mening jamlanmamda ikkita bir xil bo‘lak bor ekan. Menga keraklisi esa yo‘q ekan”.
“Sevimli jemperimni yuvgandim”.
“Mamlakatda karantin joriy etilib, onlayn ishlashga o‘tganimizning birinchi kuni yagona noutbukim buzilib qoldi. Kafolat o‘tgan oyda tugagan”.
“Koronavirus tufayli to‘yni bekor qilgandik. Men 7 soatdan beri turoperatorga qo‘ng‘iroq qilyapman. Asal oyiga bron qilingan mehmonxonani bekor qilmoqchiman”.
“Mushugimga eshikcha qilib bermoqchi edim”.
“Mo‘ljalni noto‘g‘ri olib qo‘yibman”. | 102 | 1,404 |
Foto | Dunyoning turli millatlariga mansub qizlar to‘yi kuni qanday libos kiyadi? (foto) | Nikoh to‘yida kelinlarning qanday libos kiyishi haqida maxsus qoida yo‘q. Har bir qiz o‘z xohishiga ko‘ra libos tanlaydi. Quyida dunyoning turli burchaklaridagi millat va urf-odatga ko‘ra tanlangan kelinlik liboslari bilan tanishasiz.
Livan
Livanlik kelinlar shleyfi uzun va og‘irligi bo‘yicha rekordni yangilaydigan liboslarni tanlashni xush ko‘rsa kerak. Libos qimmatbaho toshlar, yubka qismi keng hajmda, qo‘l mehnati bilan naqshlangan korset, marvarid va olmos taqinchoqlar bilan boyitiladi. Bu livanlik kelinlarni boshqalardan ajratib turadigan asosiy belgilardir.
Turkiya
Turkiyalik kelinlar ham livanliklardan qolishmaydi. Ushbu mamlakatda ham to‘ylar keng miqyosda nishonlanadi. Qizlar to‘y uchun malikalar libosini tanlaydi. Shuningdek, turk kelinlari chiroyli soch turmagi, zargarlik buyumlari, alohida urg‘u beradigan pardozga ahamiyat qaratadi. Ularning aksariyati bunday baxtli kunini qizil rangli libosda ham kutib olishni yaxshi ko‘radi.
Hindiston
Hindistonning to‘ylari haqiqiy bayramga aylanib ketadi. Oltin ip, kashta, qimmatbaho toshlar, marvarid, kelinlarning yorqin rangli sarisi. Bundan tashqari, kelinlarning xinalari ham boshqa davlat kelinlarida uchramaydi. Taqinchoqlar burundan tortib oyoqqacha taqiladi. Hindistonlik kelinlar boshqalardan ajralib turishi uchun juda ko‘p harakat qilishi kerak. Shuningdek, hind kuyovlari ham bu borada kelinlardan qolishmaydi.
Shvetsiya
Shvetsiyalik kelinlar dabdabaga intilmaydi. Ularga oddiy, ko‘zga tashlanmaydigan va qulay oppoq libos bo‘lsa bas. Kelinlar shu libosida ham ko‘chada bemalol yurib ketaveradi. Shvetsiya to‘ylari juda kichik va kamtarona tarzda nishonlanadi. To‘yga tashrif buyurganlar sovg‘a ulashmaydi, shunchaki kelin va kuyovga yaxshi tilaklar bildiradi.
Yaponiya
Yaponiyalik kelinlar to‘y davomida uch marotaba kelinlik libosini o‘zgartiradi. Birinchisi, gullar, marvarid va tilla kashtalar bilan bezatilgan oq kimono. Ikkinchisi, har xil rangli kimono, uchinchisi esa Yevropa uslubidagi to‘y libosi.
Nigeriya
Nigeriyada kelin va kuyov bir xil rangda libos kiyadi. Albatta, shunda ham kelinning libosi murakkab dizaynga ega. Kelin to‘y kuni kamida ikki marotaba libosini o‘zgartirishi kerak. Agar uning liboslari chiroyli va hammani hayratda qoldirgudek bo‘lsa, to‘y shuncha muvaffaqiyatli hisoblanadi.
Fransiya
Fransuz ayollari kelinlik libosining nafisini afzal deb biladi. Ular juda ham murakkab bo‘lmagan ko‘rinishdagi libosni tanlaydi. Shuningdek, hashamdor soch turmagidan ham qochadi. Pardozni ham ortiqcha bo‘rttirishlarsiz amalga oshiradi. | 81 | 2,557 |
Foto | Tramp o‘z ta’tilini Nyu-Jersidagi golf-klubida o‘tkazmoqda (foto) | AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining 17 kunlik “ish ta’tili”ni Nyu-Jersi shtati Bedminster shaharchasidagi Trump National Golf Club golf-klubida o‘tkazmoqda, deb xabar beradi Forum Daily.
Tramp bu yerni 2002-yilda avtomobil kompaniyalaridan biriga egalik qiluvchi Jon Delorendan 35 million dollarga sotib olgan.
Bedminster — 9 mingga yaqin odam istiqomat qiladigan kichik shaharcha. Bu yerda tartibni saqlash uchun 16 nafar politsiya ofitseri xizmat qiladi.
Tramp 216 gektar maydonni egallagan ushbu golf-klubni 2004-yilda ochgan.
Klubga a’zo bo‘lishning yillik badali 350 ming dollar bo‘lib, u AQShdagi eng yaxshi klublardan biri hisoblanadi.
2017-yil ushbu klubda ayollar o‘rtasidagi US Open chempionati o‘tkazilgan bo‘lib, tadbirda shaxsan Trampning o‘zi ham qatnashgan. | 65 | 779 |
Foto | Yovvoyi echkilar Uelsdagi bo‘shab qolgan shaharni “bosib oldi” (foto) | Koronavirus pandemiyasi sabab bo‘shab qolgan Llandidno (Uels, Buyuk Britaniya) shahri ko‘chalarini echkilar bosib ketdi, deb yozadi The Sun gazetasi.
27-mart kuni mahalliy aholi vakillaridan biri Endryu Styuart qovoqxona oynasidan qarovsiz echkilar yurganini payqab qolib, politsiyaga qo‘ng‘iroq qiladi. Voqea joyiga yetib kelgan patrullar ularni Buyuk Orm burniga quvib yuborgan.
Styuartning so‘zlariga ko‘ra, politsiyaning sa’y-harakatlariga qaramay, echkilar shaharni tark etishni xohlamagan. Ertasi kuni hayvonlar yana Llandidno ko‘chalarida paydo bo‘lgan.
Karantin sabab dunyoning bo‘shab qolgan shaharlarida hayvonlar sayr qilmoqda | 69 | 639 |
Foto | Longyir — Norvegiyaning o‘lish taqiqlangan shahri (foto) | Norvegiyaning Longyir shahrida vafot etish rasman taqiqlangan, deb yozadi Travel Ask.
Gap shundaki, bu shaharcha dunyodagi eng shimoliy aholi punktlaridan biri hisoblanadi. U Norvegiyaning qit’a qismi va Shimoliy qutb o‘rtasidagi Shpitsbergen arxipelagida, abadiy muzloq yerlarda joylashgan. Qutb kechasi bu yerda bir necha oylar davom etadi, va odamlar uzoq vaqt davomida quyoshni ko‘rmaydi.
O‘lish uchun taqiqni 1950-yillarda joriy etishgan. O‘shanda mutaxassislar qabristondan 1918-yilda gripp pandemiyasidan vafot etgan odamlarning jasadlarini kavlab olib tekshirgan. Ular umuman parchalanmagan bo‘lib chiqqan. Tabiiyki, viruslar ham o‘lmagan. Bundan tashqari, jasadlar yirtqichlarni, ayniqsa, oq ayiqlarni o‘ziga tortadi. Shunday ekan, bu aholini xavfsizlantirish usuli hamdir.
Shu sababli, agar odam bir umr Longyirda yashab kelgan bo‘lsa-da, o‘limidan oldin Norvegiyaning boshqa qismiga ko‘chib o‘tishi shart. Qoida o‘limga olib keluvchi kasallikka chalingan yoki yarador odamlar uchun ham amal qiladi: bemorlar hayotining so‘nggi kunlarini yashash uchun boshqa joyga yuboriladi. | 56 | 1,089 |
Foto | Turmush qurganidan so‘ng kiyinish uslubini o‘zgartirishga qaror qilgan malikalar (foto) | To‘ydan keyin nafaqat oddiy qizlar, balki malikalar hayotiga ham shahzoda bilan birgalikda yangi o‘zgarishlar kirib keladi. Garchi odatdagi turmush tarzi farq qilmasa-da, kiyinish uslubida o‘zgarishlar, albatta, kuzatiladi.
Sharlen, Monako malikasi
Malika Yevgeniya, Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning nabirasi.
Sonya, Norvegiya malikasi.
Sharlotta Kaziragi, Monako shahzodasining jiyani.
Malika Beatris, Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning nabirasi
Viktoriya, Shvetsiya malikasi.
Beatris Borromeo, Monako shahzodasi Renye III ning nabira kelini.
Kamilla, Kornuoll gersoginyasi.
Madlen, Shvetsiya malikasi.
Ledi Kiti Spenser, malika Diananing jiyani, Uels malikasi.
Marta Luiza, Norvegiya malikasi.
Letisiya, Ispaniya malikasi.
Zara Fillips, Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning nabirasi.
Stefaniya, Monako malikasi.
Kotilda Kuro, Venetsiya va Pyemont malikasi.
Greys Kelli, Monako malikasi.
Mette-Marit, Norvegiya malikasi.
Ketrin, Kembrij gersoginyasi. | 87 | 1,005 |
Foto | Noodatiy sochlar isroillik qizchaga mashhurlik keltirdi (foto) | Isroilning Tel-Aviv shahrida yashovchi besh yoshli Mia Aflalo ismli qizcha o‘z yoshi uchun o‘ta qalin bo‘lgan noodatiy sochlari bilan ijtimoiy tarmoqda mashhurlikka erishdi. Bu haqda The Sun xabar berdi.
Aflalo allaqachon Buyuk Britaniyaning Vogue moda jurnali uchun suratga tushgan, shundan so‘ng u Instagram’da alohida mashhurlikka erishdi. Ayni paytda mazkur ijtimoiy tarmoqda qizchaning taxminan 50 mingta obunachisi bor. | 62 | 426 |
Foto | Fotogalereya: Osmoni tutunga aylangan Dehli | Hindistonning poytaxti Dehli shahri osmoni butunlay tutun bilan qoplangan bo‘lib, ifloslanish darajasi me’yordagidan o‘n marta yuqori. Buning asosiy sababchilari qo‘shni hududlardagi ekindan bo‘shagan yer maydonlarini yoqib yuborgan fermerlar hisoblanadi. Shaharda ro‘yxatdan o‘tgan uch milliondan ortiq mashina va olti millionta motosikl va moped vaziyatni yanada og‘irlashtirmoqda. Bundan tashqari Nyu-Dehlida shamolsiz ob-havo hukm surmoqda. Shahardagi maktablarda mashg‘ulotlar to‘xtatilgan, mashinalardan foydalanishga cheklovlar joriy qilingan. “Kommersant” Dehlidagi vaziyat aks etgan fotojamlanmani taqdim etdi. | 43 | 619 |
Foto | The Guardian 2016-yilda olingan eng yaxshi yovvoyi tabiat suratlarini e’lon qildi | Britaniyaning The Guardian nashri 2016-yilda olingan eng yaxshi yovvoyi tabiat suratlarini e’lon qildi. Galereyaga tegishli milliy va xalqaro tanlovlar g‘oliblarining ishlari kirdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”. | 81 | 219 |
Foto | Eski xonadon 4 oy ichida haqiqiy koshonaga aylantirildi (foto) | Infinity Fun nashri agar inson istasa va harakat qilsa har qanday kulbani ham haqiqiy koshonaga aylantirish mumkinligini isbotlovchi suratlarni taqdim etdi.
Arzon narxga sotib olingan ushbu xonadon bir kishiga mo‘ljallangan. Shuning uchun uning loyihasi uy egasining odatlari, hayot tarzi va dididan kelib chiqib loyihalangan. To‘rt oy davom etgan ta’mirlash ishlaridan so‘ng eski xonadon haqiqiy koshonaga aylandi. | 62 | 415 |
Foto | Fotolavha: Marg‘ilonda “Atlas bayrami” festivali bo‘lib o‘tmoqda | 15-sentabr kuni Marg‘ilon shahrida “Atlas bayrami” festivali ochildi. Festival doirasida O‘zbekiston hunarmandlari namoyish etayotgan mahsulotlar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirmoqda, deb xabar berdi O‘zA.
Festival YuNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi, Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiya, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “Hunarmand” uyushmasi, YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi va Farg‘ona viloyati hokimligi tomonidan tashkil etildi. | 64 | 496 |
Foto | Fotogalereya: XX asr mashhur shaxslarining avlodlari | XX asrda o‘zining beqiyos o‘rniga ega bo‘lgan mashhur shaxslarning avlodlari qanday qiyofada ekanligi ko‘pchilikni qiziqtiradi. AdMe nashri ana shu mashhurlar va ularning nevaralari ishtirokidagi fotojamlanmani taqdim etdi. | 52 | 223 |
Foto | AQShdan viza soʻrayotgan fuqarolar, Papani qoʻllayotgan rohibalar, Edirnadagi yogʻli kurash — 11 iyul suratlari | E‘tiboringizga 11 iyulning eng sara suratlarini taqdim etamiz.
Turkiyaning Edirna shahrida 1362 yildan buyon oʻtkazib kelinayotgan yogʻli kurash musobaqasida bellashayotgan kurashchilar.
Londonda futbol boʻyicha Yevropa chempionati finali oldidan angliyalik muxlislar koʻchalarda bayram qilmoqda. Final 11 iyul kuni boʻlib oʻtadi. Unda Angliya hamda Italiya terma jamoalari gʻoliblik uchun bahs yuritadi.
Nyu-Yorkdagi Central Park'da Gladiatorlar klubi a‘zolari sovutlarda jang qilmoqda.
Shimoliy Irlandiyada 12 iyul kuni tantanalari munosabati bilan mushakbozliklar davom etmoqda.
Italiyaning Venesiya shahrida G20 davlatlari moliya vazilari uchrashuviga qarshi norozilik namoyishlari boʻlib oʻtdi. Polisiya namoyishchilarni tarqatib yuborishga harakat qilmoqda.
Indoneziya sohillarida tuproq yemirilishining oldini olish maqsadida mangrova daraxtlari ekilmoqda.
Rim Papasi Fransisk davolanayotgan shifoxona balkonidan turib aholiga murojaat qildi. Uni qutlash uchun rohibalar va koʻplab aholi vakillari shifoxona yaqiniga yetib keldi.
Myanmada koronavirusdan vafot etgan inson tanasini olib ketayotgan koʻngillilar guruhi.
Mamlakat prezidenti oʻldirilgani ortidan koʻpchilik gaitiliklar mamlakatni tark etish niyatida. Shunday kishilardan bir guruhi AQSh elchixonasi oldida toʻplanib, viza berishni soʻramoqda.
May oyida Isroil havo hujumlari oqibatida vayron boʻlgan uylar tomida yurgan falastinlik kishi. | 111 | 1,408 |
Foto | To‘yi kuni malikaga aylanish uchun katta mablag‘ sarflash shart emasligini isbotlagan kelinlar (foto) | Takrorlanmas obraz va ajoyib to‘y libosida tantanali marosimning qirolichasiga aylanish barcha qizlarning orzusidir. Shuningdek, qanday ko‘rinishdagi oq libos bo‘lmasin, bo‘lajak kelin to‘yi kuni har doimgidan ham ko‘ra go‘zal ko‘rinadi. Chunki baxt va quvonch insonning ana shunday tabiiy ravishda chiroyli ko‘rinishiga sabab bo‘ladi.
Men o‘zimga 20 dollar evaziga ipdan to‘y libosini to‘qidim.
To‘y libosim o‘z vaqtida tayyor bo‘lmadi. Shuning uchun onamning 1960-yildagi kelin ko‘ylagini kiyib oldim. U menga juda mos keldi.
Men Kavkaz milliy libosida turmushga chiqdim.
O‘zim uchun to‘y libosini tikdim, albatta, bu oson bo‘lmadi. Ammo natijadan mamnunman, buning uchun jami 165 soat vaqt ketdi.
1960-yilning oxiri yoki 1970-yilning boshlarida tikilgan ajoyib to‘y libosini topdim. Bu men uchun eng yaxshi sovg‘a!
Ushbu ko‘ylakni ko‘rgach, men uchun tikilganini angladim va 17 dollarga sotib oldim.
To‘y libosi oq bo‘lishi kerak, deb kim aytgan?
Chindan ham bu men izlagan ko‘ylak. Avvaliga sinab ko‘rdim va darhol unga oshiq bo‘laman deb o‘ylamagandim.
Hech qachon bu kabi libosni kiyaman deb o‘ylamagandim. Ammo u shunchalar ajoyibligidan egnimda qolishini xohlayapman.
Mening to‘yim uchun onamning yangilangan 80-yillardagi libosi.
To‘yim biroz kechiktirilgan bo‘lsa-da, libosimni barchaga ko‘rsatishni xohladim.
Hozirgina to‘y libosimni to‘qib tugatdim. Buning uchun 5 kun vaqt ketdi va men bundan mamnunman.
To‘yim sanasi ham, to‘y libosim ham o‘zgardi.
Ushbu libosning o‘ziga xos uslubini yaxshi ko‘raman.
Va nihoyat, bogem uslubidagi to‘y libosi topildi.
Onam meni to‘y libosida aylanayotganimda suratga tushishimni so‘ragan edi. Men buni amalga oshirdim.
O‘zimni haqiqiy kelindek his qilyapman. Bundan juda ham xursandman!
To‘y libosini tanlashga yolg‘iz bordim va birinchi kiygan ko‘ylakni sotib olishga qaror qildim.
Bu men tasavvur qilgan eng mukammal libos.
Ko‘ylakning ajoyib shleyfini ko‘rsatish uchun ushbu burchakdan suratga tushdim.
Dizayner to‘ygacha libosimni tikishga ulgurmadi va men buni internet do‘kondan 50 dollarga sotib oldim.
Ushbu libosda men o‘zimni ertakda yashayotgandek his qilyapman. | 101 | 2,143 |
Foto | Fotogalereya: Boshni aylantirib yuborishga qodir suratlar | AdMe har qanday odamning ham yuragida biroz bo‘lsada vahima uyg‘otishga qodir ajoyib suratlarni to‘plab taqdim etdi.
Gonkongning odamni gipnoz qiluvchi ko‘rinishi
Norvegiya — bu alohida ajoyib dunyo
Ukrainaning tunggi manzarasi
Ko‘tarma kranning ustida
Skaydayving, Gavayi
Ispaniya uzra
Xabart cho‘qqisiga ko‘tarilish, Avstraliya
Nyu-York qush parvozi balandligidan qaralganida
Ekvador bo‘ylab sayr
Nankin shahrining ajoyib ko‘rinishi, Xitoy | 57 | 450 |
Foto | Buchadagi qirg'in, Ramazondagi ilk juma namozi, Toshkentda yurgan “Saddam Husayn” va “Amir Temur” — hafta suratlari | Haftaning ham qayg'uli, ham umidli, ham xursandchilik ulashadigan suratlarini e'tiboringizga havola etamiz.
Argentinadagi MotoGP — motottsikllar bo'yicha jahon chempionati.
Peru poytaxti Limada norozilik namoyishlari bo'lib o'tdi.
O'tgan hafta Evropaning bir qator davlatlarida qorli va sovuq ob-havo hukm surdi. Suratda Germaniya janubidagi sigirlar.
Indoneziya poytaxti Jakartadagi Istiqlol masjidida Ramazonning ilk kechasidagi namoz.
Frantsiyalik fermerlar uzumzorlarini sovuqdan asrash uchun olov yoqmoqda.
Braziliya poytaxtida mamlakatning tub aholisi vakillari norozilik aktsiyasida ishtirok etdi.
8 aprel kuni Ramazon oyidagi ilk juma namozi ado etildi. Suratda Andijon shahridagi G'ishtli jome masjidi.
O'tgan hafta butun dunyo nigohi Ukrainaning Bucha shahriga qaratildi. Rus askarlaridan qaytarib olingan shaharda yuzlab odamlarning jasadlari topildi. Ular Rossiya harbiylari tomonidan otib o'ldirilgani aytilmoqda.
xarkovda vayron bo'lgan uylar yonidan o'tib ketayotgan mashina.
9 aprel Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan sana. Shu munosabat bilan bugun Toshkentda tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbirda aktyorlar Amir Temur qiyofasida namoyon bo'ldi. Bu holat esa fotojurnalistlar nigohidan chetda qolmadi. Eng qizig'i “Temur”ni yetaklab yurgan kishi Iroqning marhum prezidenti Saddam Husaynni eslatib yuboradi. | 115 | 1,326 |
Foto | Fotogalereya: Odamlarga o‘xshovchi itlar | Odamning do‘sti bo‘lgan itlar ba’zan insoniy qiyofaga ega bo‘ladi. AdMe yuz tuzilishi odamlarnikiga o‘xshab ketadigan itlarning suratlarini taqdim etdi. | 40 | 152 |
Foto | Foto: Toshkent tongi | Tonggi Toshkent qanchalik go‘zal? Bu savolga Facebook’dagi My Little Tashkent sahifasida e’lon qilingan suratni tomosha qilib, javob topish mumkin.
2-iyun kuni tong soat 4:30—5:00 oralig‘ida olingan fotosuratda Yunusobod markazini Oloy bozori bilan bog‘lovchi Amir Temur ko‘chasi, ko‘cha bo‘yidagi muhtasham binolar aks etgan. | 20 | 327 |
Foto | Foto: To‘kilgan barglardan tuzilgan naqshlar | Rassom va fotograf Joanna Xedrik Kaliforniyaning Sakramento universiteti xiyobonidagi to‘kilgan barglardan maysazorda naqshlar yasashda foydalanadi. U mazkur universitetda o‘qigan va shu yerda ishlaydi. TJournal ana shu naqshlarning suratlarini taqdim etdi.
2013-yildan boshlab har kuzda daraxtlarning barglari to‘kila boshlaganda, rassom har kuni ish qurollari yordamida maysazorlarni bezaydi. | 44 | 395 |
Foto | Singapurda Kim Chen In joylashgani taxmin etilayotgan mehmonxona (fotogalereya) | 10-iyun kuni KXDR delegatsiyasi mamlakat yetakchisi Kim Chen In rahbarligida Singapurga yetib keldi, bu yerda 12-iyun kuni AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuv bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Singapurda delegatsiya St. Regis mehmonxonasiga joylashdi, deb yozadi TJournal. Xavfsizlikni ta’minlash uchun 23 mingdan ortiq huquq-tartibot xodimlari jalb qilindi.
St. Regis mehmonxonasida bir kun yashash kamida 350 dollarga tushadi, prezident xonasida tunash uchun esa 8 ming dollar to‘lash kerak.
Nashr Instagram’dagi suratlardan foydalanib, mehmonxonaning ichki manzaralarini ko‘rsatib berdi.
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
Prezident lyuksi mehmonxonaning 20-qavatida joylashgan. Uning maydoni 335 kvadrat metrni tashkil qiladi. | 79 | 1,137 |
Foto | Fotojamlanma: Istanbuldagi masjidga aylantirilgan Avliyo Sofiya ibodatxonasi | 10-iyul kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Edo‘g‘on Avliyo Sofiyaning maqomini o‘zgartirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Qaror obyektni Turkiya diniy ishlar boshqarmasining tasarrufiga o‘tkazishni ko‘zda tutadi. Buning natijasida bino musulmonlarga ibodat qilish mumkin bo‘lgan masjid sifatida qayta ochiladi. Quyida Avliyo Sofiya ibodatxonasidan fotojamlanma e’tiboringizga havola etiladi.
Istanbulda Avliyo Sofiya ibodatxonasining masjidga aylantirilishi borasidagi bahs-munozaralar 29-may kuni Konstantinopolning qulashi munosabati bilan u yerda Qur’on xatm qilinganidan keyin boshlanib ketgan. Oradan bir hafta o‘tgach Erdo‘g‘on ibodatxonani masjidga aylantirish imkoniyatini ko‘rib chiqishni buyurgan. Keyinchalik adliya vaziri Abdulhamid Gul hamda tashqi ishlar vaziri Mevlyut Chavusho‘g‘lu ibodatxonaning yana masjidga aylantirilishi tarafdori ekanligini bildirgan.
Turkiyadagi arman patriarxi Saak II Avliyo Sofiyaning xristianlar uchun ham, musulmonlar uchun ham ibodat maskaniga aylanishini istashi haqida gapirgan. G‘arb davlatlarining yuqori martabali amaldorlari, diplomatlar, jumladan, AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo ibodatxonaning masjidga aylantirilishiga qarshi chiqqan.
Avliyo Sofiya ibodatxonasiga 1934-yilda Turkiya birinchi prezidenti Mustafo Kamol Otaturk qaroriga asosan muzey maqomi berilgan. 1985-yilda ibodatxona YuNESKOning butunjahon madaniy merosi obyektlari ro‘yxatiga kiritilgan.
Yevropa Ittifoqi Turkiyaning Avliyo Sofiya ibodatxonasini masjidga aylantirganidan afsusdaligini bildirdi | 76 | 1,533 |
Foto | Badavlat bo‘lishiga qaramay kamtarona yashayotgan yulduzlar (foto) | Mashhurlik va boylik inson hayotini tubdan o‘zgartirib yuborishi hech gap emas. Masalan, ko‘plab taniqli yulduzlar qimmatbaho mashinalar sotib oladi, hashamatli qasrlarga ko‘chib o‘tadi. Biroq ularning orasida ayrimlarining hisob raqamlarida millionlar daromadi bo‘lsa-da, kamtarona turmush tarzidan voz kechmaydi.
Kianu Rivz ko‘chada dam olmoqda
Gollivudning eng kamtar yulduzlaridan biri. Og‘ir kunlarni boshdan kechirganiga qaramay, aktyor rahmdilligi bilan barchani hayratga solishda davom etmoqda. U bolalar shifoxonalari va saraton kasalligi bo‘yicha tadqiqotlarni moliyalashtiradi. U odatda yo‘lakda sharbat ichib biroz dam olib, so‘ngra uyiga mototsiklda qaytishni yaxshi ko‘radi.
Anjelina Joli o‘g‘lining kursdoshi bilan suhbatlashmoqda
O‘g‘li maktabni yakunlab, universitetga kirgan har qanday ona xursand bo‘lishi tabiiy, shuningdek, Anjelina Joli ham. Joli va Pittning katta o‘g‘li Meddoks Janubiy Koreyadagi Yonse universitetida biokimyo bo‘yicha ta’lim oladi. Joli o‘qishning birinchi kunida o‘g‘lini qo‘llab-quvvatlash uchun kelgan va uning kursdoshlari bilan suhbat qurgan.
Hozirgina metrodan chiqqan Sara Jessika Parker
Sarani ko‘pincha metroda uchratish mumkin. Aktrisa uchun transportning arzonroq turida yurish sarguzashtga o‘xshaydi. U hattoki Nyu-Yorkning gavjum ko‘chalari aks etgan videoni o‘zining Instagram’dagi sahifasiga joylashtiradi.
Eshli Benson yoqilg‘i quyish shoxobchasida
“Hammaga salom. Hafta oxirida mashinamga yoqilg‘i quydirganimni ma’lum qilmoqchiman. Umid qilamanki, siz ham vaqtingizni yaxshi o‘tkazmoqdasiz. Iltimos, bugun kechki ovqat uchun kimda qanday taklif bor. Maslahatingiz kerak”, – deydi Eshli Instagram sahifasida. Eng taniqli yulduzlarning biri sifatida aktrisa ham boshqalar singari oddiy qiz ekanini ko‘rsatdi.
Riz Uizerspun bolalari bilan bog‘da
Aktrisaning muvaffaqiyatli karyerasi uning g‘amxo‘r ona bo‘lishiga to‘sqinlik qilmasligini ma’lum qilgan. U qizi hamda o‘g‘li bilan birgalikda bolalar maydonchasida vaqt o‘tkazadi. Keyin oilaviy piknik uyushtirib, pitssadan bahramand bo‘ladi.
Nayl Xoran metroda suratga tushmoqda
Mana yana bir qiziqarli xabar. “Metroda selfi” – deya izoh qoldirgan One Direction’ning sobiq qo‘shiqchisi Instagram’dagi sahifasida. Naylga jamoat transport vositasi shunchalar yoqadiki, shuning uchun ham selfiga tushishdan qaytmaydi.
Ketrin Zeta-Jons qizi bilan maktabga metroda boradi
Ketrin mashhur aktrisa bo‘lishiga qaramay, shaharda metrodan foydalanishdan uyalmaydi. Bundan tashqari, u qizini maktabga metroda olib borishni afzal ko‘radi. Aktrisa oddiy odamlardan farq qilmasligidan faxrlanadi.
Sandra Bullok va Rianna tanaffus vaqtida hot-dog tanovul qilmoqda
Hot-dog va kartoshka-fri kombinatsiyasi shu qadar mazaliki, Sandra va Bullok ham uni rad etmaydi. “Oushenning 8 do‘sti” filmining suratga olish jarayonidan keyin tanaffus vaqtida ular fastfud iste’mol qilish uchun oshxonaga kirgan. Ular hattoki birgina quloqchindan foydalangan holda nimadir tinglamoqda. | 66 | 2,965 |
Foto | Xitoylik erkak 10 yildan beri tashlandiq qishloqda yolg‘iz yashab kelmoqda | Xitoy aholisi 1,3 milliard kishidan oshadi. Statistik ma’lumotlarning dalolat berishicha, mamlakatda aholi zichligi 1 kvadrat kilometrga 139 kishini tashkil etadi.
Shunga qaramay, Xitoyda ham kimsasiz joylar bor ekan. Gansu provinsiyasida joylashgan tashlandiq Syuenshanshe arvoh-qishlog‘i mana shunday go‘shalardan biridir. U yerda bir kishi — Lyu Shengdzya ismli erkak istiqomat qiladi.
Uning barcha qishloqdoshlari yo vafot etgan, yo boshqa joylarga ko‘chib ketgandir. O‘n yildan buyon u bu yerda yolg‘izlikda yashab kelmoqda. Lyu qo‘y boqadi va odamlar gavjum bo‘lgan shaharlarga mutlaqo intilmaydi.
TravelAsk Lyuning turmush tarzi aks etgan fotosuratlarni taqdim etdi. | 74 | 674 |
Foto | Li Sol Ju – Shimoliy Koreyaning Keyt Middltonimi? KXDR rahbarining rafiqasi qanday uslubda kiyinadi? (foto) | Shimoliy koreyaliklarning ish haqidan 16 baravar ko‘p bo‘lgan sumkalar, ingliz gersoginyasi uslubidagi libos va kalta yubkalar – Kim Chen Inning rafiqasi qanday uslubda jamiyat oldida ko‘rinish beradi?
Shimoliy Koreya rahbarining turmush o‘rtog‘i haqidagi ma’lumotlar eng maxfiy ma’lumotlardan biridir. Albatta, ko‘pgina dalillarni tekshirish imkonsiz. Hatto uning necha yoshda ekanligi ham ma’lum emas. Ba’zi manbalarda u 1989-yilda tug‘ilgan va pxenyanlik o‘qituvchi hamda shifokor oilasidan chiqqan deyiladi. Va buni faqatgina ularning yaqinlarigina biladi.
Li Sol Ju Shimoliy Koreyada o‘rnatilgan siyosiy rejimning haqiqiy nuridir. G‘arb ommaviy axborot vositalari uning Kim Chen In bilan Xitoyga tashrifidan so‘ng shunday qarorga keldi. Birinchidan, bu Shimoliy Koreya rahbarining rafiqasining omma oldida birinchi ko‘rinishi – na mamlakatning amaldagi rahbarining otasi, na bobosi o‘z xotinlarini sayohatga olib borgan. Ikkinchidan, Koreya birinchi xonimining uslubi dunyodagi eng yopiq mamlakatda liberalizmni aks ettirdi.
Ko‘pchilik uning shahzoda Uilyamning rafiqasi Keyt Middlton bilan kiyinishdagi o‘xshashligini ta’kidladi. U bir xil rangdagi va shu kabi uslubdagi bitta rangli kostyumlarni tanlaydi. O‘z mafkurasiga ega davlat rahbarlaridan kutish mumkin bo‘lgan jiddiylikdan qochib, nafis ko‘rinishga harakat qiladi.
Shuningdek, Shimoliy Koreya birinchi xonimining Chanel va Dior brendidagi sumkalar bilan ham ko‘rishgan. Ularning narxi bir necha ming dollarga teng. Bu Shimoliy Koreyada yashovchi aholining o‘rtacha ish haqidan 16 baravar ko‘p.
Shimoliy Koreyada moda haqida gapirish qiyin. Mahalliy ishlab chiqarishga ega bo‘lgan yopiq mamlakat keng tanlov bilan maqtana olmaydi. Ularda ilhom oladigan joy ham yo‘q. Ammo bu ikkinchi muammo. Birinchisi – qashshoqlik va qiyin turmush sharoitlari, unda kiyim haqida o‘ylash qiyin. Biroq Li shunga qaramay, kiyinish borasida ba’zi erkinliklarni kiritdi. Endi ayollar poshnali va platformali tuflilar, shimlar va kalta yubkalar kiyishlari mumkin.
Li deyarli hech qanday zargarlik buyumlariga murojaat qilmaydi. Faqatgina uni qora bilaguzuk va to‘g‘nog‘ichda ko‘rish mumkin.
Shunga qaramay, Shimoliy Koreya rahbarining turmush o‘rtog‘ini Keyt Middlton va Megan Markl bilan qanchalik qiyoslab bo‘lmaydi.
Ularning millati turlicha bo‘lishi bilan birga, xonim o‘z fuqarolariga o‘rnak ko‘rsatib, mamlakatida ishlab chiqarilgan kiyimlarni kiyadi. | 107 | 2,410 |
Foto | Fotogalereya: Suratga olish jarayonidagi qiziq holatlar | Suratga olish jarayonida qiziqarli holatlar yuzaga keladi. AdMe ana shunday holatlarga e’tibor qaratdi. | 55 | 103 |
Foto | Fotogalereya: Mashhur qo‘shiqchilar o‘z karyerasining boshida va bugun | AdMe dunyodagi mashhur xonandalarning o‘z karyerasi boshidagi va bugungi suratlarini taqdim etdi. | 70 | 97 |
Foto | Rossiyalik politsiyachi qiz ijtimoiy tarmoqlar “yulduz”iga aylandi (foto) | Eng chiroyli politsiyachi qiz Rossiyada ishlaydi, deb yozadi “Sports.ru”.
Qayd etilishicha, Rossiyada boshlangan futbol bo‘yicha 2018-yilgi Jahon Chempionatiga kelgan xorijliklar ham bu politsiyachi qizni nazaridan chetda qoldirmagan. Qiz ijtimoiy tarmoqlar “yulduz”iga aylanib ketdi. | 73 | 285 |
Foto | Mashhur qahramonlarning bolaligini o‘ynagan 15 aktyor hozir qanday ko‘rinishda? (fotogalereya) | Qahramonlar turli yoshda ko‘rsatiladigan filmlarda kasting bo‘yicha mutaxassislar qahramonning bolaligi roli uchun maksimal darajada o‘xshash personajlarni tanlashga intiladi. AdMe katta yoshli personajlarning bolaligini o‘ynagan aktyorlar balog‘atga yetgach, ularga qanchalik o‘xshaganligini taqqoslashga qaror qildi. | 94 | 318 |
Foto | Foto: Dunyodagi eng ko‘p haq to‘lanuvchi model — Kendall Jennerning Gollivuddagi uyi | Daromadi 45 million dollar deb baholanadigan dunyoning eng ko‘p haq to‘lanadigan modeli 24 yoshli Kendall Jenner Gollivudda avval aktrisa Emili Blantga qarashli bo‘lgan hashamatli uyda istiqomat qiladi. Glamour nashri mazkur uy suratlari bilan bo‘lishdi.
Uyning har birida garderobi bor, bir emas to‘rtta yotoqxona, bir nechta vannaxona, dang‘illama mehmonxona, keng oshxona va massaj kabineti mavjud. Uy bog‘ida ochiq havoda barbekyu pishirish uchun launj-zona hamda hovuzni ko‘rish mumkin.
Uyning joylashuv rejasi uning o‘ziga xosligini ta’minlaydi. Tomda joylashgan terrasadan Los-Anjelosning go‘zal manzarasini kuzatish mumkin. Keng va katta derazalar bo‘lsa, xonaga yorug‘lik va toza havo kirishida ahamiyatli. | 84 | 717 |
Foto | Muzqaymoq yeyayotgan siyosatchilar (fotogalereya) | 18-iyulning eng shov-shuvli yangiliklaridan biri Putinning rossiyalik siyosatchilar bilan birga muzqaymoq yegani bo‘ldi. Siyosatchilar haqiqatan ham muzqaymoq yeydi, va nafaqat Rossiyada deb yozadi “Gazeta.ru”. Nashr o‘tmishdagi va hozirdagi dunyo siyosiy yetakchilarining ushbu shirinlik bilan munosabatlarini yodga oldi. | 49 | 322 |
Foto | Avval va keyin: tozalikning sehrli kuchini aks ettiruvchi suratlar | Albatta, uyda doim ham tartib va tozalikni saqlashning imkoni bo‘lmaydi. Ba’zan bu vaqt yetishmovchiligi tufayli sodir bo‘lsa-da, ba’zida bu psixologik muammolar bilan ham bog‘liq. Nima bo‘lishidan qat’i nazar, uydagi dahshatli tartibsizlikni bartaraf etishga erishgan dovyuraklar ham kam emas. Shundan so‘ng ularning hayoti 180 darajaga o‘zgaradi va haqiqat yorqin ranglarda porlaydi.
“Hech qachon hammomda turadigan idish tozalanmagan uyga ko‘chib keldim... Natijalardan mamnunman”.
“Kimdir Reddit’da idish yuvadigan mashinani tozalovchi vositani tavsiya qilgan edi. Birinchi urinishdayoq natijalar ajoyib”.
“Singlimning choynagiga toqat qila olmadim. Tozalash vositasi va uzoq mehnatdan keyingi natija bu”.
“Ikki yildan keyin vanihoyat mehmonxona paydo bo‘ldi”.
“Limonli tozalash vositasi, mato, qirg‘ich, chagyutgich, issiq suv va natija”.
“Tozalash vositasi hamda mashaqqatli mehnat”.
“Muzlatkich qutisidagi maxsus qismlarning oldingi va keyingi joylashuvi”.
“Kir yuvish xonasini tozalash”.
“Hafta oxiridagi tozalash ishlari”.
“Ishchi xonasidagi o‘zgarishlar”.
“Bahorga tayyorgarlik. Kuchli bosimga ega suv bilan yerdagi mog‘orlar ham tozalandi”.
“Protsessorni tozalash doim ham muhim”.
“Bu mening xonam, u bir necha kun davomida shunday ko‘rinishda edi. Bir yarim kunlik mehnatdan so‘nggi natija”.
“Men depressiyadan chiqib, oshxonani tozalashga kirishdim, vanihoyat”.
“Men o‘zimni bunga qanday majburlaganimga ishonmayman. O‘zimni juda yengil his qilyapman”.
“Men depressiv uyimni yangi yilda yaxshiroq va tozaroq bo‘lishi uchun tozalab chiqdim”. | 66 | 1,568 |
Foto | Fotogalereya: Mashhur arxitektura yodgorliklari ostidagi inshootlar | London, Parij, Neapol sayyohlar intiladigan asosiy shaharlardan bo‘lib, o‘z arxitektura yodgorliklari bilan ajralib turadi. Sayyohlar, odatda, ana shu shaharlardagi yodgorliklarni tomosha qilish vaqtida atrofga, yodgorliklarning ostida nima joylashganligiga unchalik e’tibor bermaydi. Big Picture esa ana shu yodgorliklar ostida joylashgan inshootlar suratlarini taqdim etdi. | 67 | 375 |
Foto | Foto: “Apelsinlar jangi” an’anaviy italyan bayrami | 2019-yil 3-mart kuni Italiyaning Ivrea shahrida an’anaviy “Apelsinlar jangi” bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TJournal xabar berdi.
U “Ivrea karnavali”dagi asosiy tadbir. Xabarda aytilishicha, jang uchun Sitsiliyadan 500 tonnaga yaqin apelsin keltirilgan.
Afsonalarga ko‘ra, Violetta ismli qiz turmushga chiqqanida, birinchi nikoh kechasini u bilan o‘tkazishni xohlagan mahalliy hokimni o‘ldirgan. Apelsinlar gersogning kesilgan boshining, olovrang esa qizni soqchilardan qutqargan isyonchilarning ramzi hisoblanadi.
Instagram foydalanuvchilari bo‘lib o‘tgan tadbirdagi rasmlarni internetga joylagan. TJournal ularni taqdim etdi. | 50 | 620 |
Foto | Gresiyada kuchli yoqqan qor jamoat transporti harakatini butunlay toʻxtatdi – fotoreportaj | Qor va sovuq harorat nafaqat Moskva va Markaziy Yevropa shaharlarini, balki janubiy mamlakatlarni ham qamrab oldi.
Shu jumladan, Gresiyani ham.
Afina yaqinidagi Artemida (Lusa) kurorti
Mamlakat hukumati kutilmagan holat sababli favqulodda yigʻilish oʻtkazdi. Kuchli yogʻingarchilik poytaxt jamoat transporti harakatini butunlay toʻxtatib qoʻydi va togʻli hududlarda esa elektr energiyasining uzilishiga olib keldi.
Avvalroq Moskvada kuchli qor boʻroni sabab 10 balli tirbandlik yuzaga kelgani xabar berilgandi. | 91 | 511 |
Foto | Kommunistik partiyaning 100 yilligi, dunyo boʻylab anomal issiq, Boyqoʻngʻirdan uchgan raketa — 30 iyun suratlari | E'tiboringizga 30 iyunning eng sara suratlarini taqdim etamiz.
Bugun Xitoyda Kommunistik partiya tuzilganining 100 yillik yubileyi keng nishonlanmoqda.
Xitoy bayrogʻi ranglariga burkangan osmonoʻpar binolar uzra chaqmoq chaqishi kuzatildi va bu oʻzgacha goʻzallikni namoyish qildi.
Hindistonning Chennay shahrida koronavirus iblisining niqobini kiyib olgan koʻngilli shu tariqa odamlarni vaksina olishga targʻib qilmoqda.
Al Quds brigadasi bosh niqobini taqib olgan falastinlik yosh askar Falastin Islomiy Jihod harakati tomonidan tashkil etilgan yozgi lager mashgʻulotlarida qatnashmoqda.
Nigeriyalik yosh bokschilar mashgʻulotlar oraligʻida telefondan video tomosha qilmoqda.
Indoneziyada Qizil xoch jamiyati xodimlari koʻchalarda dezinfeksiya ishlarini amalga oshirmoqda. Mamlakatda koronavirus bilan bogʻliq holatlar oʻsayotgani kuzatilmoqda.
Qozogʻistonning Qiziloʻrda viloyatida joylashgan Boyqoʻngʻir kosmodromidan raketa uchirildi. Suratda raketaning ostki qismi.
Fransiyaning Nant shahrida joylashgan Avliyo Pyotr ibodatxonasida yongʻin sodir boʻlganidan bir yil oʻtib, u yerga jurnalistlar va tegishli tashkilot xodimlari tashrif buyurdi.
Shu kunlarda butun dunyoda anomal issiq havo kuzatilmoqda. Nyu-York shahrida bolalar fontanda choʻmilmoqda.
Iroqning Basra shahridan oqib oʻtuvchi Shatt ul-Arab daryosida issiq havoda choʻmilayotgan iroqliklar. | 113 | 1,359 |
Foto | Fotogalereya: Bir yevroga uy sotib olish mumkin bo‘lgan joylar | Ko‘chmas mulkning narxlari, odatda, xaridorlarni anchagina o‘ylantirib qo‘yadi. Biroq dunyoda shunday joylar borki, u yerda atigi bir yevroga uy sotib olish mumkin. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad bu joylarga odamlarni yashash uchun jalb qilish va aholining ko‘chib ketishini oldini olish hisoblanadi. Bunda uylarni bir yevroga sotib oluvchilarga bir qator shartlar ham qo‘yiladi: bir necha yil ichida o‘zining shaxsiy uyini qurish va shu yerda yashab qolish, uyni ta’mirlash ishlarini amalga oshirish va hokazo. AdMe ana shunday joylar jamlanmasini taqdim etdi. | 62 | 563 |
Foto | Fotogalereya: Yevropa shaharlarida nima uchun elektroshkaflar bo‘yaladi? | “Milan ko‘chalarini aylanarkansan, deyarli har bir chorrahada elektroshkaflarni uchratasan”, — deb yozadi bloger Ilya Varlamov. Qizig‘i, ularning bari bo‘yalgan.
Shunday bo‘yalgan elektroshkaflarni Yevropaning boshqa shaharlarida ham uchratish mumkin. Blogerning yozishicha, bu san’atga nisbatan haddan tashqari yuqori muhabbat mahsuli emas. Unda nima?
“Buning sababi — shahar ma’muriyatini graffiti ixlosmandlari egallab olgani bilan bog‘liq emas. Maqsad — shahar mulkini vandal (buzg‘unchi)lardan himoya qilish”, — deb yozadi bloger.
“Bunday elektroshkaflar turli xususiy e’lonlarni yopishtirib ketish yoki bo‘lmag‘ur yozuvlarni qoldirish uchun juda mos joy. Shu sababli ham ba’zi shaharlarda elektroshkaflarni rassomlarga taqsimlab berish bo‘yicha maxsus dasturlar bor”, — deb yozadi bloger. | 72 | 806 |
Foto | Fotogalereya: Shimoliy koreyaliklar tomonidan tanovul qilinadigan taomlar | Malayziyalik fotograf Ruben Teo bir necha marta Shimoliy Koreyada bo‘lgan va mazkur mamlakat oshxonasi aks etgan suratlarni taqdim etdi, deb yozmoqda TravelAsk. | 73 | 160 |
Foto | Jonivorlarning 2016-yildagi eng noodatiy fotosuratlari e’lon qilindi (fotogalereya) | Britaniyaning The Guardian nashri jonivorlarning so‘nggi bir yil ichida olingan eng yorqin suratlari jamlanmasini e’lon qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Fotosuratlarda o‘pishayotgan jirafalar, odamga suyanib o‘tirgan ayiq, gazetani olishga urinayotgan fil va boshqa hayvonlar aks etgan.
Suratlarning barchasida qahramonlar o‘z-o‘zicha noodatiy yoki ular noodatiy holatlarda ko‘rsatilgan. | 83 | 394 |
Foto | Dunyodagi eng chiroyli osmono‘par binolar nomi e’lon qilindi (foto) | Emporis Skyscraper Award tanlovi doirasida 2016-yilning eng chiroyli osmono‘par binolari nomi e’lon qilindi. G‘oliblar nomi loyihaning rasmiy saytiga joylashtirildi. Birinchi o‘rinni Nyu-Yorkdagi VIA 57 West binosi qo‘lga kiritdi, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.
Ushbu sohadagi mukofot har yili nafaqat o‘zining dizayni bilan ajralib turuvchi, balki noodatiy funksionalligi bilan ham farq qiladigan binolarga topshiriladi. Shu bilan birga binoning balandligi 100 metrdan oshishi kerak.
Finalga chiqqan binolar tanlov o‘tkaziladigan yildan bir yil oldin qurilgan bo‘lishi kerak, shu sababli ham — “2016-yilning eng chiroyli binolari”.
Nyu-Yorkdagi osmono‘pardan keyingi o‘rinni Meksikaning Torre Reforma binosi egallagan bo‘lsa, uchinchi pog‘onani Oasia Hotel Downtown band etdi.
Torre Reforma, Meksika
Oasia Hotel Downtown, Singapur
Maxa Nakxon, Tailand
Elb filarmoniyasi, Germaniya
Leonard Street, AQSh
CTF Finance Centre, Xitoy
The L Tower, Kanada
Veijing Greenland Dawangjing Tower, Xitoy
Sumitomo Fudosan Roppongi Grand Tower, Yaponiya | 67 | 1,053 |
Foto | Sketch formatidagi sayohat: Rassom o‘zi bo‘lgan har bir shahar suratini chizib, Yevropani aylanib chiqdi (foto) | London shahrida yashovchi avstraliyalik bezak ustasi Maksvel Tilz Instagram itimoiy tarmog‘idagi profilini o‘z ishlari va Yevropa bo‘ylab sayohatlari suratlariga bag‘ishlagan, deb xabar beradi TJournal.
Cheski-Krumlov, Chexiya
Rassom o‘zi tashrif buyurgan har bir shahardagi qiziqarli binolar, ko‘chalar va shahardagi diqqatga sazovor joylarning rasmlarini chizadi va ularni “sketch-taassurotlar” deb ataydi. Sketch — inglizcha so‘z bo‘lib, “eskiz”, “qoralama”, “xomaki” degan ma’nolarni bildiradi. Hozirda sketch yo‘nalishida surat chizish urfga kirib bormoqda.
Uning sketch-suratlari orasida Praga, Krakov, Budapesht, Vena, Kaliningrad va boshqa shaharlarni ko‘rish mumkin.
Vena, Avstriya
Budapesht, Vengriya
Gdansk, Polsha
Telch, Chexiya
Varshava, Polsha
Kaliningrad, Rossiya
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 111 | 958 |
Foto | Bepoyon go‘zallik: Niderlandiyaning gullarga burkangan Kekenxof bog‘iga sayohat (foto) | Lisse Niderlandiyaning dunyoga mashhur shaharlaridan biri hisoblanadi. Har yili bahor faslida sayohatchi va mehmonlar gullar maydonida kezish uchun mazkur shaharda joylashgan Kekenxof bog‘iga, tashrif buyuradi. Rang-barang gullarning kishini o‘ziga mahliyo etadigan suratlarini e’tiboringizga havola etamiz.
Odatda har yili mart oyida ochiladigan Kekenxof bog‘i iyun oyiga qadar ishlaydi.
Rangi va shakli turli bo‘lgan xilma-xil lolalarni uchratish imkoniyati bog‘ning o‘ziga xosligi sanaladi.
Kekenxofda nafaqat lolalar, balki atirgul, liliya (lolagullilarga mansub dekorativ o‘simlik), sunbul, nargis va gulsapsarlar singari gullar ham bor.
Maydoni 32 gektarni tashkil qoladigan bog‘ning tepadan qaragandagi go‘zalligini tasvirlashga til ojiz.
Koronavirus pandemiyasi sabab Kekenxof eshiklari ikki yil tashrif buyuruvchilar uchun yopiq bo‘ldi.
2021-yilning aprelida Niderlandiya hukumati pandemiya sharoitida ommaviy tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha loyihani boshladi.
Unga binoan sport, madaniyat markazlari va ko‘ngilochar maskanlardan tashqari, Kekenxof bog‘i ham ochildi.
“Kekenxof ayni vaqtda gullarga burkangan. Biz tashrif buyuruvchilar bilan gullarimizning go‘zalligini bo‘lishishni istaymiz”, — deyiladi bog‘ning matbuot xizmati xabarida.
Koronavirus test natijasi salbiy chiqqan tashrif buyuruvchilar bog‘ga kirishi mumkin.
Bog‘ maydonidagi rang-barang gullar. | 86 | 1,380 |
Foto | Fotogalereya: Shaharni butunlay boshqa tomondan ko‘rsatuvchi 20 installyatsiya | Ba’zan arzimas bir detal, devordagi o‘ziga xos yozuv yoki bordyurdagi mitti surat oddiy zerikarli ko‘chani haqiqiy san’at makoniga aylantirib yuboradi.
AdMe nashri jahonning turli shaharlaridagi mana shunday “bezoriliklar”ni bir sahifaga to‘plab, atrofimizdagi olamga boshqacharoq nazar tashlashga chorladi. | 78 | 307 |
Foto | Foto: Bulutlar ustidagi Dubay | BAAning Dubay shahri o‘z go‘zalligi va osmono‘par binolari bilan ko‘pchilikni maftun qiladi. Facebook’dagi “Interesnaya planeta” sahifasi ana shu osmono‘par binolarning bulutlar ustidagi qismi aks etgan suratni taqdim etdi. | 29 | 223 |
Foto | Rotterdamdagi suzuvchi o‘rmon: hayotga tatbiq etilgan fantastika | Gollandiyaning Rotterdam shahrida 16-mart kuni 20 daraxtdan iborat suzuvchi o‘rmon paydo bo‘ladi, deya xabar bermoqda TravelAsk.
Loyiha saytida yozilishicha, Bobbing Forest o‘rmoni uchun daraxtlar Bomendepot tashkiloti tomonidan xayriya tariqasida taqdim etiladi.
Qayd etishlaricha, har safar Rotterdamda qandaydir qurilish boshlanganida, bo‘lajak obyekt o‘rnidagi daraxtlar qo‘porib olinib, yo‘q qilinardi.
Biroq endi Jamoat ishlari bo‘yicha department qurilish joylaridan olingan daraxtlarni Bomendepot’ga yubormoqda, u esa, o‘z navbatida, suzuvchi o‘rmonni kengaytirishga hissa qo‘shmoqda. | 64 | 596 |
Foto | Fotogalereya: 12 ta eng hurmatli avtomobil ishlab chiqaruvchilar | Forbes nashri The Reputation Institute kompaniyasi bilan hamkorlikda jahondagi yuzta eng obro‘li avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning ro‘yxatini tuzdi. Reyting taqdim etilgan brendlar bilan tanish bo‘lgan 170 ming kishi ishtirokidagi so‘rovga asoslanib tuzildi. Umumiy ro‘yxatning birinchi qatoridan 80,38 ball bilan Rolex joy oldi. “Motor” nashri reytingga asoslanib, 12 ta eng hurmatli avtomobil ishlab chiqaruvchilar fotojamlanmasini taqdim etdi.
Umumiy reytingdagi o‘rni: 12
Ball: 76,93
Umumiy reytingdagi o‘rni: 27
Ball: 74,52
Umumiy reytingdagi o‘rni: 34
Ball: 73,98
Umumiy reytingdagi o‘rni: 48
Ball: 73,13
Umumiy reytingdagi o‘rni: 69
Ball: 71,42
Umumiy reytingdagi o‘rni: 80
Ball: 69,95
Umumiy reytingdagi o‘rni: 85
Ball: 69,15
Umumiy reytingdagi o‘rni: 87
Ball: 68,71
Umumiy reytingdagi o‘rni: 96
Ball: 67,28
Umumiy reytingdagi o‘rni: 98
Ball: 66,58
Umumiy reytingdagi o‘rni: 99
Ball: 66,12
Umumiy reytingdagi o‘rni: 100
Ball: 64,73
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 64 | 1,037 |
Foto | Atrofdagilar bilan bo‘lishish istagini uyg‘otuvchi ajabtovur suratlar | Internetda g‘alati, kulgili va qiziqarli suratlarni ko‘rgan inson darhol uni yaqinlari bilan bo‘lishishni istaydi. Bu esa ularni xursand qilish, kuldirish yoki ajablantirish uchun bir sabab, xolos.
Barg shaklidagi muz.
“Sevgilim chizgan so‘nggi surat”.
Begemot-kartoshka.
Ilgari emuning tuxumini ko‘rmaganlar uchun.
“Men jundan hayvonlar yasayman. Bu navbatdagilari”.
“Sindirilgan piksel”.
“Xayolan shahar hududini chizaman”.
“Disk uchun o‘rnatilgan uskunada makaronlarni saqlayman”.
“Mening so‘nggi ishim”.
Qo‘lga o‘xshaydigan kartoshka.
“Shamolda sovigan qahva”.
AQShning Pittsburg shahridagi so‘nggi yog‘och ko‘cha.
“Chiroqlarimni fazo ostida aylantiraman”.
Hatto og‘ir sharoitda ham omon qolish mumkin.
“Bu mening yangi ishim”
“Bu nimaning skeleti bo‘lishi mumkin?” | 69 | 784 |
Foto | Fotogalereya: LensCulture Street Photography Awards tanlovi bo‘yicha 2017-yilning eng yaxshi ko‘cha suratlari | AdMe LensCulture Street Photography Awards tanlovi finalchilari tomonidan taqdim etilgan suratlar bilan bo‘lishdi.
“Kichkina piyoz”. Artit Lerdrakmungol (Tailand)
Streetmax 21. Jim Kasper (Angliya)
“Yolg‘iz Gavana”/ Remi Subaner (Fransiya)
“Tanaffus”. Etin Byus (Belgiya)
“Horg‘in Nyu-York”. Sindi Goreskiy (AQSh)
“Geometriya va rang”. Jolanta Mazur (Malayziya)
“XVI asrning metro yo‘lovchilari”. Mett Krebtri (Angliya)
“Yorug‘lik fazasi”. Tan Kraipuk (Tailand)
“Vinsent tuyg‘usi”. Aleksandr Grand (Braziliya)
“Ko‘chadan tashqarida”. Svarat Gosh (Hindiston)
“Qizil lablar”. Rudi Boyer (Fransiya)
“Zarba” Irfan Lyuchino (Serbiya)
“Inson nigohi”. Moin Ahmad (Bangladesh) | 109 | 680 |
Foto | Xalqaro xotin-qizlar kuni, shov-shuvga aylangan Megan Markl, Livan va Myanmadagi norozilik namoyishlari — 8 mart suratlari | Quyida dunyo boʻylab turli vaziyatlarda olingan suratlarni e'tiboringizga havola etamiz. Unda Xotin-qizlar kunidan tortib, norozilik namoyishlari, koronavirus bilan bogʻliq holatlar ham tasvirlangan.
8 mart dunyoning koʻpgina mamlakatlarida Xalqaro xotin-qizlar bayrami kuni sifatida nishonlansa, ayrim joylarda ayollar huquqlarini kuni sifatida turli aksiyalar oʻtkaziladi.
Bir yildan buyon koronavirus pandemiyasi barchani sarosimaga solishga davom etmoqda. Bu kasallik hech kimni ayab oʻtirmayapti. Shu bilan birga, emlash jarayonlari ham davom etmoqda. Karantin sabab kiritilgan cheklovlar ham yumshatilmoqda.
Ikki oydan buyon pandemiya sababli yopib qoʻyilgan Buyuk Britaniya maktablari 8 martdan boshlab oʻz eshiklarini oʻquvchilar uchun yana ochdi.
Shuningdek, Livan hamda Myanma kabi davlatlarda norozilik namoyishlari ham boʻlib oʻtmoqda. Jarayondan fotolavhalarni namoyish etamiz. | 122 | 890 |