folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Foto | Foto: Daraxt butoqlaridan yasalgan odam haykallari | Yaponiyalik haykaltarosh Nagato Ivasaki o‘ziga xos uslubda ijod qiladi. U daraxtdan mukammal san’at namunalari yaratadi. Billionnews nashri tomonidan taqdim etilgan suratlardagi haykallar bir vaqtda ham hayratga soladi, ham qo‘rqitadi. Haykallarni yasash uchun daraxtning butoq va ildizlaridan foydalanilgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 50 | 389 |
Foto | Fotogalereya: Tabiat fotoshopdan ham mohirroq ekanini isbotlovchi 17 surat | Suratlarni tahrir qiluvchi dasturlar ijod uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Buning uchun fanzatiyani ishlatish kifoya. Ammo tabiat fototahrirchi rolini ijro etsa, haqiqiy san’at asarlari paydo bo‘ladi. AdMe fotoshopdan ham mohirroq ekanini isbotlovchi 17 suratni taqdim qildi.
Muzlagan daryodan o‘tuvchi ko‘prik
Bulutlar ustidan quyosh botishi mana shunday ko‘rinishga ega. Avstraliya osmonida olingan surat
Qishda Baykal ko‘lining qalinligi 1 metrgacha yetadi
Evkalipt po‘stlog‘i, Gavayi
Shox ustida o‘tirgan qush ko‘rinishidagi chaqmoq
Tog‘teraklarga diqqat bilan qarang. Ular ham sizga qaramoqda
Dunyodagi eng uzun to‘lqinlar. Puerto Chikama, Peru
Kamchatkaning tabiiy yodgorligi
To‘lin oy. Oltoy va Mo‘g‘uliston chegarasi
Yoqutning kesimi okeanga o‘xshaydi
Malika Leya
Rossiyadagi qishloqlardan biri
Everestda quyosh shu’lasi
Etna vulqonining uyg‘onishi
Qishning hazili
Lofoten orollaridagi Shimol yog‘dusi, Norvegiya
Havo ajoyib bo‘lishini va’da qilganida
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 74 | 1,150 |
Foto | Fotogalereya: Parhez nimaligini unutgan yulduzlar | AdMe o‘zining vaznidan qoniqish hosil qilgan va jamoatchilik fikri uchun ozishni istamagan yulduzlarning suratlarni to‘plab taqdim etdi.
Vin Dizel
Kristian Beyl
Rianna
Nelli Furtado
Kesha
Jennifer Lav Xyuitt
Stiven Sigal
Jessika Simpson
Brendan Freyzer
Kelli Klarkson | 49 | 276 |
Foto | Janubiy Koreya har bir sayyohni hayratlantira oladigan mamlakat ekanligini isbotlovchi suratlar | 1998-yilda Osiyoning ko‘plab mamlakatlarida dahshatli inqiroz kuzatilgan. Janubiy Koreya aholisi esa bu inqirozdan qutulishiga yordam bergan. Fuqarolar mamlakatining Xalqaro valyuta fondi oldidagi qarzini hech bo‘lmaganda bir qismi qoplash uchun o‘z oltinlaridan voz kechgan. Aksiyada 3,5 million koreys ishtirok etgan va atigi 2 oyda o‘z xohishi bilan topshirilgan qimmatbaho metallar 227 tonnani tashkil qilgan. Bu voqea koreys xalqining hatto kundalik hayotda ham naqadar yakdil ekaniga yaqqol isbot bo‘la oladi. O‘ziga xos tartib va qoidalarga ega mamlakat bilan bog‘liq tushunchaga ega bo‘lishga yordam beradigan suratlarni e’tiboringizga havola qilamiz.
Tish yuvish cho‘tkasi uchun mukammal porsiya chiqarib beradigan dozatorli tish yuvish pastasi.
Aviachiptaning orqa tomonida uchish yo‘lagiga qanday yetib borish mumkinligini ko‘rsatuvchi aeroport xaritasi bor.
Itlar uchun ko‘rsatuv.
Lapsha sotiladigan avtomatlar.
Hovlida bo‘yash ishlari bo‘layotgani uchun plyonka yopilgan avtomobillar.
Janubiy Koreyadagi poyezdlarda yangi tug‘ilgan itlar haqida ko‘rsatuv namoyish qilinadi.
Kiyimga oqmasligi uchun tagligi bor muzqaymoq.
Tortlar plastik pichoq, sham va gugurt bilan bilan birga sotiladi.
Ansan shahrida har 500 metrda yo‘lovchilar va yomg‘irdan panaga o‘tish uchun maxsus dam olish zonalari o‘rnatilgan.
Seul supermarketlaridan biridagi hojatxona qog‘ozi assortimenti.
Telefonidan boshini ko‘tara olmaydiganlar uchun qurilgan yo‘lka.
Mahalliy Starbucks’da qahva quyqalari bog‘bonlar foydalanishi uchun to‘planadi.
Janubiy Koreyada tug‘ilish ko‘p emasligi hisobiga maktab o‘quvchilari soni juda ham kam. Shu sabab ham o‘qishni bilmaydigan buvilar uchun maktab eshiklari hamisha ochiq.
Tumanda mushuk borligi va ehtiyot bo‘lish kerakligidan darak beruvchi belgi.
O‘z-o‘zini tozalovchi yo‘llar.
Karantindagi odamlarga hukumat tomonidan topshirilgan paket.
Telefonning simsiz quvvatlab olish imkoni beruvchi quyosh batareyali o‘rindiq.
Metro vagonidagi kutubxona. | 95 | 1,990 |
Foto | Fotogalereya: Bir finjon qahva dunyoning turli mamlakatlarida | Qahva turli mamlakatlarda sevimli ichimlik sifatida iste’mol qilinadi. Uni tayyorlash va iste’mol qilishning ham o‘ziga xos usullari bor. AdMe nashri turli mamlakatlarda tayyorlanadigan bir finjon qahva aks etgan jamlanmani taqdim etdi.
Retsept tuxum sarig‘i, quyultirilgan sut, shakar va qaynoq qahvadan iborat.
Chashkaga avval laplandiya pishlog‘i, keyin qahva quyiladi.
Espressoni tayyorlashda limon suvi siqib qahvaga solinadi.
Sut ko‘pigiga bir necha tomchi achchiq qahva qo‘shiladi. Sodda qilib aytganda, bu qahvali sut hisoblanadi.
Bu quyiltirilgan sutli qahva. Yarim hissa quyultirilgan sutga teng miqdorda qahva qo‘shiladi.
Kunjut, qora murch donalari va muskat yong‘og‘i qahva donalari bilan aralashtiriladi va o‘tkir ichimlik hosil bo‘ladi.
Qora choy, murch, quyultirilgan sut va qahva aralashmasidan iborat ichimlik birinchi ho‘plamdayoq ajib taassurot uyg‘otadi.
Ichimlik qahva, muzqaymoq, sut va muzli suvdan iborat bo‘ladi.
Germaniyada yaratilgan ichimlik oilaviy tantanalarda alkogolli ichimliklar borligini yashirishga xizmat qilgan. Ko‘p miqdordagi quritilgan sut ostida qahva bilan birga rom yashirinadi.
Qahvani qovurish vaqtida gvineya qalampiri qo‘shiladi. Ichimlik tozalangan qahva kabi damlanadi.
Turkiyada ommabop sanaladigan ichimlik “Keksa mavr retsepti” deb ham ataladi.
An’anaviy yamayka qahvasi rom qo‘shib tayyorlanadi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 61 | 1,436 |
Foto | Fotogalereya: Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarning “avatarka”lariga ishonib bo‘lmasligini isbotlovchi suratlar | AdMe ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining profilidagi rasmlarga (“avatarka”larga) doim ham ishonib bo‘lmasligini isbotlovchi suratlarni to‘plab taqdim etdi. | 110 | 157 |
Foto | Fotogalereya: Hayotda ko‘p narsani ko‘rgan bolakaylar | Bolalar quvonch va kulgining doimiy manbasi. Ba’zan bu kulgi ko‘z yoshlar ortida bo‘lsa ham.
AdMe bu tinib-tinchimas bolakaylar bilan zerikib qolmasligingizni isbotlovchi suratlarni to‘pladi.
Hozir hammasini tushuntirib beraman…
Ko‘rinmas odam — ikkinchi ismim
Olifta yigitlar faqat shunday o‘tiradi
Bugun boshlig‘im o‘g‘lini ishxonaga olib kelgan
Qora rang meni ozg‘in ko‘rsatadi
Qizimga keyingi 10 yil deyarli har kuni maktabga borishiga to‘g‘ri kelishini tushuntirganimda
Nega oyim bo‘yanishga shuncha ko‘p vaqt sarflaydi?
Bu qanday bo‘lishi mumkin?
Asosiysi qimirlamaslik
Gadjetlar narxiga nisbatan munosabat
VLC.exe javob bermayapti
Qizimga Dart Veyder yomonligini aytib berganimda
Ko‘ngling ikki yosh emas yigirmada bo‘lganda
Shahar yigitining yozi
Vannaxona. Keyingi bekat — mavhumlik
O‘smirning odatiy kuni
Boshlig‘ingga qarshi kurashga tayyorlana turib
Tuproq yeyman | 53 | 892 |
Foto | Foto: Soch kesilishi inson qiyofasini o‘zgartirishini isbotlovchi 17 surat | O‘z imijini yoki soch turmagini o‘zgartirishga qaror qilgan insonlarning qiyofasi butunlay o‘zgarib, ularni yanada ko‘rkam qilishi mumkin. Bu faqatgina ayollarga taalluqli emas. AdMe yaxshi soch kesilishi oddiy yigitni shahzodaga aylantiruvchi 17 suratni taqdim qildi. | 74 | 268 |
Foto | Fotogalereya: Tabiiy o‘lchamdagi qandolat haykallari | Janubiy Afrikaning Vellington shahrida yashovchi Doroti Klerk ismli ayol hayvonlarning tabiiy o‘lchamdagi haykallarini qandolat mahsulotlari sifatida tayyorlaydi. TravelAsk ayolning ijod namunalarini taqdim etdi. | 52 | 212 |
Foto | Fotogalereya: Dunyodagi betakror o‘quv yurtlari | Ta’lim olishda o‘quv binosining ko‘rinishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. O‘quv binosi ta’lim oluvchini ilhomlantirishi va o‘qishga intilishini oshirishi turgan gap. TravelAsk nashri dunyodagi betakror ta’lim muassasalari binolarining fotojamlanmasini taqdim etdi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 47 | 347 |
Foto | Fotogalereya: Ferrilend aysberglar xiyoboni | Nyufaundlend sohilida qisqa muddatga yuzlab aysberglar to‘plandi, deb ma’lum qiladi TJournal.
Har bahor Kanadaning Nyufaundlend va Labrador provinsiyasi bo‘ylab aysberglar suzib o‘tadi. O‘nlab muz qoyalar arktik suvlardan chiqib kelib, ba’zan Ferrilend shahri yaqinidagi sayozlikda qolib ketadi.
Xalq orasida ushbu manzara “aysberglar xiyoboni” deb ataladi. Ferrilendga ko‘plab turist va fotograflar tashrif buyurib, ushbu noyob tabiat hodisasini kuzatadi.
Bu yil ham ijtimoiy tarmoqlarda aysberglar xiyoboni aks etgan ko‘plab fotosuratlar paydo bo‘ldi.
@icebergquest | 43 | 577 |
Foto | Fotogalereya: Xellouin liboslarini yangi darajaga olib chiqqan odamlar | TravelAsk nashri Xellouin o‘tib ketganiga qaramay, unga bog‘liq noodatiy liboslarni yaratgan insonlarning suratlarini to‘plab taqdim etdi. | 70 | 138 |
Foto | Karantin yumshatilgan dunyo mamlakatlaridagi bugungi hayot — suratlarda | Tobora ko‘plab dunyo mamlakatlarida karantin qoidalari yumshatilib, cheklovlar bekor qilinmoqda. Reuters karantindan so‘ng yangi hayot tarziga o‘rganayotgan dunyo aholisi aks etgan suratlar bilan bo‘lishdi.
Bangladeshdagi sartaroshlar himoya kostyumi va niqoblarda mijozlarga xizmat ko‘rsatmoqda.
Filippinning Manila shahrida restoranlar qayta ish boshladi. Mijozlar plastik to‘siqlar orqali bir-biridan to‘sib qo‘yilgan.
Indoneziyaning Jakarta shahrida yuziga himoya niqobi taqilgan sabzavot sotuvchisi.
Nyu-York shahrida qayta ish boshlagan bar oldida to‘plangan odamlar.
Turkiyaning Istanbul shahridagi tarixiy hammomning erkaklar bo‘limida yuziga niqob taqqan holda yotgan Mustafo Keskin ismli erkak.
Britaniyaning London shahrida qayta ochilgan Nike do‘koniga kirishga shoshilayotgan mijozlar.
Indoneziyaning Jakarta shahridagi savdo markazi eskalatorida yuziga niqob taqqan holda turgan ayol. Eskalatorda ijtimoiy masofa saqlashga undovchi belgilar chizib qo‘yilgan.
Hindistonning Kalkutta shahridagi mehmonxona. Himoya kiyimidagi erkak nomerni dezinfeksiya qilmoqda.
Londondagi hayvonot bog‘i karantindan so‘ng qayta ochildi. Yosh bola suzayotgan pingvinlarga qarab turibdi.
Meksikaning Mexiko shahrida jamoat transporti faoliyati qayta tiklandi. Metro stansiyasi ichida himoya niqoblarini taqib harakatlanayotgan odamlar.
Britaniyaning Chester shahrida ham hayvonot bog‘i karantindan so‘ng qayta ochildi.
Londondagi Oksford strit ko‘chasida qayta ochilgan Primark do‘koni. Sotuvchi kiyimlarni tomosha qilmoqda.
Ispaniyaning Madrid shahrida kinoteatrlar qayta ochildi. Tomoshabinlar ijtimoiy masofa saqlab, tibbiy niqob taqqan holda kino tomosha qilmoqda.
Londondagi Angliya merosi muzeyidagi jangchining qurolini dezinfeksiya qilayotgan xodim.
Iordaniyaning Ummon shahrida hukumat qarori bilan qayta ochilgan bog‘chada tibbiy niqobdagi tarbiyachi bola bilan dars qilmoqda.
Yaponiyaning Tokio shahrida Joypolis ko‘ngilochar bog‘ida o‘qotar o‘yinlarni o‘ynayotgan tashrif buyuruvchilar.
Koronavirusning yangi o‘chog‘i aniqlangan Pekindagi vaziyat — suratlarda | 71 | 2,100 |
Foto | Fotogalereya: Bahaybat to‘lqinlarni zabt etgan syorferlarning suratlari | Dryu Doggett — atrof-olamni suratga oluvchi professional fotograf. U o‘z ishida tabiatning shakli, teksturasi va mayda elementlarini yoritib berishni muhim deb biladi. U yangi loyihasida ulkan va kolossal to‘lqinlarni zabt etgan syorferlarni suratga oldi. Travel Ask ularni taqdim etdi. | 71 | 286 |
Foto | O‘g‘il 72 yoshli onasiga suratga olishni o‘rgatdi. Yil oxirida uning shaxsiy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi | Yaponiyalik Kimiko Nisimoto 72 yoshida suratkashlik kurslariga qatnagan, uni o‘quv kurslariga o‘g‘li olib borgan. Hozirda u 89 yoshni qarshi olgan. Raqamli qayta ishlashning asosiy bilimlarini o‘zlashtirgan va fotosan’at tarixining qisqa kurslarini tinglagan Nisimoto avvaliga o‘zini suratga ola boshlagan, deb xabar berdi Afisha Daily.
Nisimoto (hozirda uning yoshi 89 da) yaratgan suratlarning ba’zilari Xayyo Miyadzakining ta’sirli qahramonlarini yodga solsa, yana bir qismini Reddit tarmog‘idagi eng yaxshi suratlar qatorida uchratish mumkin. Joriy yilning oxirida Tokiodagi Epson galereyasida Nisimotoning “Asobokane” (“Kel, o‘ynaymiz”) nomli ko‘rgazmasining ochilishi bo‘lib o‘tadi. | 102 | 689 |
Foto | Toshkentdagi “Motamsaro ona” haykali poyiga gul qo‘yish marosimidan fotoreportaj | Shavkat Mirziyoyev 9-may kuni poytaxtdagi Xotira maydoniga tashrif buyurib, “Motamsaro ona” haykali poyiga gul qo‘ydi.
Shundan so‘ng, davlat va nodavlat tashkilot hamda vazirliklarning vakillari ham haykal poyiga gul qo‘yish uchun kelishni boshladi. “Daryo” muxbiri marosimda ishtirok etib, fotoreportaj tayyorladi.
Eslatib o‘tamiz, ayni damda bayram sayllari quyidagi hududlarda tashkil etilgan:
Avvalroq Qashqadaryo viloyatida “Motamsaro ona” haykalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tgani haqida xabar berilgan edi. | 80 | 541 |
Foto | Amir Temur qurdirgan maqbara, uchar kinoteatr, muzeyga aylantirilgan shahar. Turkiston shahridan fotoreportaj | 17—18-iyun kunlari Qozog‘istonning Turkiston shahriga jurnalist va blogerlar uchun Turizm vazirligi tomonidan infotur tashkil etildi. “Daryo” muxbiri Turkiston viloyatida bo‘lib, shaharning diqqatga sazovor joylaridan fotoreportaj tayyorladi.
Turistik shaharchaga aylantirilgan Karvon saroy majmuasi obyektlari 20 gektardan oshiq bo‘lib, tarix va zamonaviylikni mujassamlashtira olgan. Shuningdek, bu yerga kelgan odamning e’tiborini suv havzasi tortishi tabiiy. Bir qarashda Italiyaning Venetsiya shahriga ham o‘xshab ketadi.
Karvonsaroy shaharchasining kunduzgi ko‘rinishi.
Turkiston shahrida joylashgan Xo‘ja Ahmad Yassaviy me’moriy majmuasi. Yodgorlik Amir Temur buyrug‘iga asosan 1385–1405-yillarda qurilgan bo‘lib, bu yerga hozirda ziyorat uchun yiliga 1 milliondan ortiq xorijdan turistlar va mahalliy aholi tashrif buyuradi.
Xo‘ja Ahmad Yassaviy tarixiy yodgorligining kirish qismida qozoq milliy kiyimlarini kiyib, burgut bilan suratga tushayotgan erkak.
Turkistondan 50 km naridagi Sauran shaharchasi. Tarixda Oq O‘rdaning poytaxti bo‘lgan. XIII-XV asrlarda shahar rivojlanib, odamlar faol hayot kechirgan. Hozir esa obyekt davlat himoyasiga olingan va muzeyga aylantirilgan.
Shaharga kirish darvozasi.
Keyingi manzil “Oltin Semurg‘” uchar kinoteatri va “Uli Dala Eli” muzeyi. Kinoteatrda qozoq madaniyatining kelib chiqishi haqidagi filmni zamonaviy 8D formatda tomosha qilish mumkin. Muzeyda esa Qozog‘iston tarixiga oid eksponatlar saqlanadi. Ushbu eksponatlar ilmiy asoslangan materiallar, haqiqiy arxeologik topilmalar asosida qayta tiklangan.
“Oltin Semurg‘” uchar kinoteatri.
Muzey ichidagi Boyterak daraxti.
Miloddan avvalgi VI-III asr, Sharqiy Qozog‘iston, Berel oti.
Tilla yigit, miloddan avvalgi IV-III asr.
Turkiy dunyo zalida 2 000 kvadrat metr maydonga ega ko‘p funksiyali ekran mavjud va unda turkiy xalqalar tarixi hamda ularning insoniyat sivilizatsiyasi taraqqiyotidagi o‘rni haqidagi film namoyish etiladi.
Abay Qo‘nonboyev. Qozoq yozma adabiyotining asoschisi, ma’rifatparvar shoir.
Muxtor Avezov. Qozoq yozuvchisi, dramaturg va olim.
Suv ustida tungi Karvon saroy majmuasi bo‘ylab qayiqlarda sayr qilish imkoniyati mavjud. Bundan tashqari, musiqali favvoralar shousi hamda tarixiy qahramonlar obrazidagi teatrlashtirilgan paradlar ham bo‘lib o‘tadi.
Musiqali favvoralar shousini tomosha qilayotgan odamlar.
Qayiqda sayr qilish uchun turniketdan o‘tiladi. | 109 | 2,412 |
Foto | IShID xudkushlarining mashinalari (fotogalereya) | Iroq politsiyasi Mosulga hujum chog‘ida qo‘lga olingan IShID terrorchilari avtomobillarining suratlarini e’lon qildi, deb yozadi Meduza.
Bunday mashinalarga jangarilar teraktlar uyushtirish uchun bombalarni joylaydi. Nishongacha yetib borish yo‘lida xudkushni o‘q yomg‘iridan himoya qilish uchun avtomobilni qalin metall listlar bilan qoplashadi, tashqarini ko‘rib turish uchun kichik tuynuklar qoldirishadi, xolos. Maskirovka uchun mashinani ola-bula rangga yoki Iroq politsiyasi avtomobillari kabi havorangga bo‘yashadi. | 48 | 522 |
Foto | Fotogalereya: Katta pul evaziga ham turistlarning kirishiga ruxsat berilmaydigan maskanlar | AdMe oddiy odamlarning tashrif buyurishiga yo‘l qo‘yilmaydigan maskanlar haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi.
Orol Sibir kuydirgisi sporalari bilan ifloslangani uchun turistlar uchun yopiq hisoblanadi. Britaniya hukumati Ikkinchi jahon urushi vaqtida Sibir kuydurgisini biologik qurol sifatida Gryuinard orolida sinab ko‘rgan. 1986-yilda uning sporalarni o‘ldirish uchun 280 tonna formaldegid sepilgan, biroq orol hamon xavfli.
Fort-Noks — AQSh oltin zaxiralari saqlanadigan joy bo‘lib, bino ostidagi bunker ko‘rinishida qurilgan. Ombor devorlari granitdan ishlangan, eshigining og‘irligi esa 22 tonnani tashkil etadi, uni portlatib ham ochib bo‘lmaydi. Fort-Noks atrofiga uni qo‘riqlash uchun harbiy bazalar joylashtirilgan.
Mashhur qoyaning yoshi taxminan 680 millionga teng bo‘lib, uning asosida qadimiy suratlar chizilgan ko‘plab g‘orlar mavjud. Qoya atrofida tub aholi istiqomat qiladi; ular o‘zining muqaddas joyini muhofaza qilish maqsadida bu yerni yopish talabi bilan chiqqan. Afsonalardan biriga ko‘ra, aborigenlar o‘rtasida kechgan qonli to‘qnashuvdan keyin yer qayg‘u belgisi sifatida havoga ko‘tarilib, qizil tog‘ga aylangan. Tog‘ga ko‘tarilish 2019-yildan boshlab yopiladi.
Favqulodda operatsiyalar markazi Maunt Ueter — eng qattiq qo‘riqlanadigan obyektlardan biri hisoblanadi. Milliy fojia sodir bo‘lgudek bo‘lsa, u yerga fuqarolar va mansabdor harbiy xizmatchilar ko‘chirib o‘tkaziladi. Markazga sovuq urush davrida asos solingan bo‘lib, u Vashington yaqinida joylashgan.
Afg‘oniston sharqida joylashgan g‘or kompleksi “Tolibon” va “al-Qoida” terrorchilarning lageri sifatida mashhur. 1980-yildan buyon KGBga qarashli kuchlar qo‘rg‘onni qo‘lga kiritish borasida bir nechta muvaffaqiyatli operatsiyalarni amalga oshirgan. Turistlar uchun eng xavfli maskanlardan biri hisoblanadi.
Yaponiyadagi sintoistlarning asosiy muqaddas maskani. Bu yerga faqatgina imperator oilasi vakillari hamda oliy martabali rohiblar kirishi mumkin. Hudud panjaralar bilan o‘ralgan va turistlar binoning birgina tomini ko‘ra oladi. Ibodatxona ikkita kompleksdan iborat bo‘lib, ulardan biri — imperator oilasining ajdodi, ma’buda Amaterasu, ikkinchisi — yegulik ma’budasi Toyouke sharafiga bunyod etilgan.
Shuningdek, ibodatxona ichida muqaddas otlar ham istiqomat qiladi. Bu turdagi otlar uchta bo‘lib, ulardan biri ibodatxona ichida, ikkitasi tashqarisida yashaydi.
Tailand hukumati Similan milliy bog‘i tarkibiga kiruvchi Tachay oroliga turistlarning tashrif buyurishini taqiqlovchi qaror qabul qilgan. Bunga sabab — turistlarning ushbu hudud ekologiyasiga ko‘rsatayotgan zararli ta’siri. | 90 | 2,590 |
Foto | Foto: Xitoydagi jamoat velosipedlari uyumlari | Xitoyda velosipedlarni ijaraga berish servislari foydalanuvchilarning mas’uliyatsizligi muammosi bilan to‘qnash keldi, deb yozadi TJournal.
Xitoydagi velosipedni ijaraga berish servislari shunday ishlaydiki, transport vositasini topshirish shart emas, shunchaki, dastur orqali to‘langan vaqt tugaganda uni yo‘l chetida qoldirish kifoya. Ammo ba’zi odamlar o‘z velosipedlarini pala-partish tashlab ketmoqda.
Yirik shaharlarda, hatto shu tarzda tashlab ketilgan velosipedlardan uyumlar hosil bo‘lmoqda. Ularni piyodalarga xalal bermasligi uchun, kommunal xizmatlar xodimlari va politsiyachilar yig‘ib olmoqda.
Yirik prokat servislari o‘z velosipedlarini GPS-belgilar bilan jihozlasa-da, ularni tez-tez o‘g‘irlashadi va ba’zan Taobao orqali sotishga urinishadi. Ijtimoiy tarmoqlarda guvohlar daryoga tashlab yuborilgan yoki daraxt tepasiga uloqtirilgan velosipedlar suratlarini e’lon qildi. | 45 | 890 |
Foto | Avstraliyada suv toshqini oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi (foto) | Avstraliyada yirik suv toshqini oqibatida Kvinslend shtatini suv bosdi. Ikki kishi halok bo‘lgan, mingga yaqin kishi uylarini tashlab ketgan. Tabiiy ofat Kvinslend, Yangi Janubiy Uels va Viktoriya shtatlarida vayronagarchilikka sabab bo‘lgan, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Yangi Janubiy Uelsda favqulodda xizmatlarga bir sutkada 129 ta yordamga chaqiruv qo‘ng‘irogi kelib tushgan. 300 dan ortiq ko‘ngillilar suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish, odamlarni qutqarish va zarur vositalarni yetkazib berishda ishtirok etmoqda.
Kvinslend shtatida joylashgan Tuvumba shahri shimolidagi Okey Krik aholi punktida 1-dekabr kuni 73 yoshli erkak suvga cho‘kib ketgan. Markaziy Kvinslenddagi Rokxempton shahrining g‘arbiy qismida suv bosgan uydan yana bir erkakning jasadi topilgan.
Noyabr boshida ham Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘ishi ortidan yirik suv toshqinlari yuzaga kelgandi. Toshqinda daraxtga ilinib qolgan erkak 6 soat ichida xavfsiz joyga olib o‘tilgani xabar qilingan.
Noyabr oxirida esa Ispaniyadagi bir qator shaharlarda kuchli qor yog‘ishi tufayli suv toshqini yuz bergandi. Bilbao shahrida elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolar boshlangan. Ko‘chalarda to‘xtab qolgan mashinalar butunlay suvga botgan.
Avvalroq Xitoy shimolidagi Shansi provinsiyasida bir hafta tinmagan kuchli yomg‘ir keng ko‘lamli suv toshqinlarini keltirib chiqargandi. Oqibatda mintaqadagi 1 million 760 ming kishini evakuatsiya qilishga to‘g‘ri kelgan. Shuningdek, Londonda kuchli yomg‘ir yog‘ib, oqibatda suv toshqini yuz bergani va bir nechta metro liniyalari yopilgani haqida xabar berilgandi. | 63 | 1,589 |
Foto | Foto: Fors ko‘rfazining marvaridi — Dubayga sayohat | Dubayga borganda borish va ko‘rish tavsiya qilinadigan maskanlar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Arabian tea house
Dubay tumanining Al-Fahidi ko‘chasida joylashgan choy uyiga tashrif buyurgan sayyohlar sut va ziravorlar qo‘shilgan mahalliy karak choyni ichib ko‘rishi mumkin. Daraxtlar soyasida bir piyola choydan bahramand bo‘lish uchun ostona hatlab o‘tganingizdan keyin, arabcha milliy koloritni his qilishingiz mumkin.
Brunch &Cake
All-day’ning tamoyili asosida ishlaydigan Barselona restorani menyusidagi taomlarning xilma-xilligi bilan mashhur sanaladi. Oshpazlar nafaqat eng sara, balki foydali bo‘lgan taom va yeguliklarni ham taqdim qiladi.
Fnajeen
Iroqning Samad restorani filialida arab va boshqa davlatlar oshxonalariga xos taomlarni uchratish mumkin. Ulardan eng mashhuri an’anaviy retseptga asosan tayyorlanadigan baliq maskuf hisoblanadi.
Mondoux
Fransuz taomlarini o‘zida mujassam qilgan kafe gurmanlar e’tiboridan chetda qolmasligi aniq. Muassasa konsepsiyasi sog‘lom, foydali va sifatli tayyorlangan ovqat hamda ichimliklarni mijozlar e’tiboriga havola etishga asoslangan.
Kelajak muzeyi
Dubai Future Foundation jamg‘armasi tomonidan tashkil qilingan muzey o‘zida dunyodagi eng innovatsion ixtiro va loyihalarni o‘z ichiga oladi. Unda so‘nggi texnologiyalar haqida turli kurs, seminar va leksiyalar o‘tkazish rejalashtirilgan.
Qahva museyi
Al-Fahidi shahrining tarixiy kvartalida joylashgan muzey tashrif buyuruvchilarga turli mamlakatlardagi qahva bilan bog‘liq an’analar haqida hikoya qiladi.
Hatta Damani Lodges va Hatta Sedr Trailers
Hatta Damani Lodges va Hatta Sedr Trailers ekoturizmni sevuvchilar uchun ayni muddao. Mehmonlar jihozlangan chodirlardan tortib, maxsus terassasi bor treylerlarni xohishlariga qarab turli xil variantlarini tanlashlari mumkin.
Hatta Wadi Hub
Ekstrimni sevuvchilar va yovvoyi tabiatda dam olishni yoqtiradiganlar uchun tog‘li hududda joylashgan maskan eng yaxshi tanlov. Bu yerda go‘zal manzarani tomosha qilish bilan birga kamondan o‘q otish, kanatda uchish va shu kabi boshqa mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanish mumkin. Shuningdek, tashrif buyuruvchilar tog‘ velosipedlarida uchishi, Osiyodagi eng birinchi suvga sakrash Hatta Drop-in bog‘iga borishi ham mumkin.
Hatta heritage village
2001-yil obdon rekonstruksiya qilinganidan keyin ochilishi bo‘lgan tarixiy qishloqda o‘ziga xos qadimiy atmosferani his qilish, mahalliy urf-odatlarga guvoh bo‘lish mumkin.
Arabian Adventures
Tepaliklarni zabt etish va an’anaviy arabcha kechki ovqatdan bahra olish bilan birga mehmonlar ohular bilan selfi tushishi mumkin.
Gold Souq
Tilla bozorida nafaqat turli-tuman taqinchoqlar, balki BAAning bozorlariga xos asl muhitni ham his qilish mumkin. Mijozlar e’tiboriga klassik zargarlik buyumlaridan tortib shayxlarga xos taqinchoqlar ham taqdim qilinadi.
Spice Souq
Ziravorlar bozori o‘ziga xos ko‘rinish va xushbo‘y iforlarni birlashtirgan maskan, eng mashhur suratbop joylardan biri sanaladi.
La Mer
Mazkur zamonaviy tumanda kezgan sayyohlar devorlardagi rang-barang graffitilar fonida suratga tushishi mumkin.
Dubai Frame
Dubay romi o‘tmishni hozirgi zamon bilan birlashtirgan eng o‘ziga xos loyihalardan biri sanaladi. Uning bir tomonidan turib futuristik ko‘rinishdagi shahar, ikkinchi tomonidan esa eski shaharga xos muhitni mujassam qilgan tumanlarni tomosha qilsa bo‘ladi. | 51 | 3,332 |
Foto | Misrda Art D'Égypte lend art ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda (foto) | Misrning Giza piramidalari majmuasi yonida “Abadiyat – bugun” nomli birinchi lend art ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
YuNESKO va Misr qadimiy obidalar vazirligi bilan muzokaralar olib borish uchun tashkilotchilarga uch yil kerak bo‘ldi.
Joao Trevisan, Body That Rises
Ko‘rgazmada dunyoning turli mamlakatlaridan 10 nafar rassom – Joau Trevisan, Stiven Koks, Sherin Girgi, italiyalik haykaltarosh va kino aktyori Lorenso Kuinn, Moataz Nasr, rossiyalik sayohatchi Aleksandr Ponomarev, Sulton bin Fahad, amerikalik rassom Gizela Kolon, fransuz graffitchisi va rassomi JR hamda Shuster + Moseley art-studiyasi ishtirok etdi.
Sherin Girgis, Here I Have Returned
“To‘rt yillik orzu, ikki yillik ijod, nihoyat vaqti keldi. Dunyoning 10 ta mashhur zamonaviy rassomi dunyoning eng go‘zal joyi – Buyuk Giza piramidalarida aqlbovar qilmaydigan inshootlarni namoyish etadi”, – deb yozadi tashkilotchilar. Ko‘rgazma 2021-yilning 7-noyabriga qadar davom etadi.
Lorenzso Kuinn, Together
Ishtirokchilar orasida rossiyalik rassom Aleksandr Ponomarev “Uroboros” instalyatsiyasi bilan ishtirok etdi. Dinamik qurilmaning dizayni qayiqni eslatadi.
Aleksandr Ponomarev, “Uroboros”
Stiven Koks, Interior space Khafre
Shuster + Moseley, (Plan of the Path of Light) In the House of Hidden
Places
Moataz Nasr, “Barzax” | 63 | 1,306 |
Foto | Har qanday mamlakatni travel-shoulardan ko‘ra yaxshi ochib beradigan shohona taomlar (foto) | Har bir mamlakatning o‘ziga xos milliy taomlari mavjud. Shuningdek, ular ko‘pincha har bir davlatning mahalliy aholisigagina ma’lum. Bu kabi taom retseptlari necha yillardan buyon avloddan-avlodga o‘tib kelmoqda.
Janubiy Afrika “malva” pudingi. Taom go‘yoki og‘ir damlarda doim yordam beruvchi mehribon onaning quchog‘iga o‘xshaydi.
Germaniyaning “kezeshpetsle” taomi. Ushbu taom chindan ham mazali. Tuxum va pishloqli lapsha hamda qovurilgan piyoz taomga ajoyib ta’m bag‘ishlaydi.
Indoneziyaning “tempe” taomi. Ushbu tofu boshqacha pishiriladi. Taomning ikki xili mavjud, shirin va qovurilgan ta’mligi.
Shri-Lanka – “kiribat”. Kokos sutida pishirilgan guruch, chili va ziravorlar.
Braziliya – “bayau de dois”. Guruch, loviya ba’zan go‘sht aralashmasi.
Irlandiyaning kartoshkali noni. Sariyog‘ yoki asal bilan iste’mol qilish mumkin.
Turkiyaning Iskandar kabobi. Lavash, go‘sht va sous uyg‘unligidagi xushta’m taom.
Shotlandiyaning makaronli pirogi. Shotlandiyalik va u yerga tashrif buyurganlarning sevimli yeguligi.
Vyetnam – “txit xo tau”. Ushbu taomni Vyetnamning har qanday oshxonasidan topib bo‘lmaydi.
Slovakiyaning makli yeguligi. Ular xuddi chuchvaraga o‘xshaydi, ammo mazasi shirin.
Eron – “morasa polo”. Asosiy masalliqlar: tovuq, guruch, za’faron, pista, bodom va mayiz.
Tailand – mangoli guruch. Yangi mango mevasi, kokos siropi hamda mazali guruch uyg‘unligi.
Fransiya – “kroze”. Ushbu to‘rtburchak shakldagi makaronli taom mamlakat tashqarisida unchalik ham mashhur emas.
Isroil – “bissli”. Tashqi ko‘rinishidan kuchuklarning taomiga o‘xshaydi. Ammo qovurilgan makaronlar juda mazali.
Kanada muzqaymog‘i. Banan va uzum ta’mli shirinlik. Muzqaymoqning yana boshqa rangdagilari ham mavjud.
Portugaliya – “baba de kamelo”. Ustiga bodom sepilgan karamelli mussni, albatta, tatib ko‘rish tavsiya etiladi.
Puerto-Riko – “pionono”. Ichi go‘sht bilan to‘ldirilgan pishirilgan banan.
Niderlandiya – “gyutspot”. Tarkibida kartoshka, sabzi va piyoz pyuresi bo‘lgan mashhur mahalliy taom”.
Shvetsiya – “isterband”. Guruch, kolbasa va boshqa vitaminga boy mahsulotlardan tayyorlanadi.
Fiji – “kokoda”. Limon yoki laym sharbatida pishirilgan baliq, piyoz, chili, pomidor va kokos yong‘og‘i.
Shveysariya – “ryoshti”. Kartoshkani yoqtirmaydiganlar ham ushbu taomni yaxshi ko‘rib yeyishi aniq.
Ruminiya – “sarmale”. Go‘sht va karam taomga o‘zgacha ta’m bag‘ishlaydi.
Norvegiya – “pinnekyott”. Ushbu taomni tayyorlash uchun bir kundan ko‘proq vaqt sarflash kerak. Ammo mazasi ham shunga yarasha. | 91 | 2,515 |
Foto | Fotogalereya: Quvnoq va shodon rossiyalik milliarderlar | Forbes nashri 1-aprel — kulgi kuni munosabati bilan rossiyalik milliarderlar ro‘yxati ishtirokchilarining quvnoq va og‘zi qulog‘ida bo‘lib tushgan suratlarini taqdim etdi.
“Interros” xoldingi prezidenti, “Norilsk nikeli” TMK bosh direktori Vladimir Potanin
“Alfa-bank” banklar guruhi direktorlar kengashi raisi Pyotr Aven
Biznesmen Arkadiy Rotenberg
“Severstal” OAJ direktorlar kengashi raisi Aleksey Mordashov
“Yandeks kompaniyasi bosh direktori Arkadiy Voloj
“Tinkoff Bank” direktorlar kengashi raisi Oleg Tinkov
“Renova” kompaniyalar guruhi direktorlar kengashi raisi Viktor Vekselberg (chapda)
“Sistema” AMK direktorlar kengashi raisi Vladimir Yevtushenkov (o‘ngda)
UC Rusal prezidenti Oleg Deripaska
“Novatek” va “Sibur” direktorlar kengashi a’zosi Gennadiy Timchenko | 55 | 779 |
Foto | Qochqinlar lagerida yigʻlayotgan bola, Yoqutistondagi oʻrmon yongʻinlari, lampa ostida suratga tushayotganlar — 10 avgust suratlari | Bugunning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz.
Kuvaytlik ayol samo uzra porlayotgan Somon yoʻlini kuzatmoqda.
«Barselona»ni tark etishi ortidan argentinalik futbolchi Lionel Messining surati «Kamp Nou»dan olib tashlandi.
Bangladeshning Faridpur shahrida aholi noyob daryo timsohini ushladi. Ular yirtqichni ushlash uchun ikki hafta harakat qilgan.
Zambiya prezidenti Edgar Lungu Kennet Kaunda xalqaro aeroportning yangi terminali ochilishida oʻz tarafdorlariga qoʻl silkimoqda.
Pokiston poytaxti Islomobod shahrida mamlakat mustaqilligining 75 yilligiga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda. Bayram tantanalari 14 avgust kuni boʻlib oʻtadi.
Afgʻoniston shimolida davom etayotgan janglar oqibatida uylarini tashlab qochgan aholi Kobuldagi istirohat bogʻlarida boshpana topmoqda. «Tolibon» shimoldagi bir qator hududlarni egallab olgan. Hozirgacha harakat yettita viloyat markazini egallaganini ma‘lum qilgan.
Kobuldagi qochqinlar lagerida yashayotgan bolalar.
Gresiyadagi oʻrmon yongʻinlariga qarshi kurashda maxsus xizmat xodimlariga aholi ham yordam bermoqda.
Gonkongdagi Viktoriya buxtasida oʻrnatilgan ulkan stol lampasi ostida suratga tushayotgan ayollar.
Gvatemaladagi qishloqlarning birida boʻyi oʻlchanayotgan bola. Bolalar oyda ikki marta tibbiyot xodimlari tomonidan koʻrikdan oʻtkaziladi.
Yoqutistonda oʻrmon yongʻinlari davom etmoqda. Hozirgacha 67 ta oʻrmon yongʻini kuzatilgan. Suratda yongʻinlar bilan kurashayotgan maxsus xizmat xodimlari.
Yoqutistondagi oʻrmon yongʻinlarida olovni kuzatayotgan oʻt oʻchiruvchi. | 131 | 1,539 |
Foto | Sudlangan sportchilar (fotogalereya) | 5-iyul kuni Lionel Messi va uning otasi Xorxe moliyaviy firibgarliklar uchun 21 oylik qamoq jazosiga hukm qilindi. Messining oilasi 2007–2009-yillarda 4,1 million yevro miqdoridagi soliqni to‘lashdan bo‘yin tovlagan. Shu munosabat bilan Forbes sudlanib chiqqan boshqa sportchilarni ham esga oldi.
Janubiy Afrika Respublikasidan paralimpiyachi poygachi 2014-yilda o‘z ma’shuqasi Riva Stenkampni o‘ldirishda aybdor deb topilgan edi. Qizning jasadi sportchining uyidan topilgan. Dastlab Pistorius besh yilga qamaldi. Shuningdek, o‘qotar qurolni noqonuniy tarzda saqlagani uchun uch yillik shartli qamoqqa mahkum etildi. Oxir-oqibat, JAR Oliy sudi uni jami olti yilga ozodlikdan mahrum etdi.
1992-yilda Amerika futbolida shuhrat qozongan sportchi o‘z rafiqasi Nikol Braun-Simpsonga nisbatan zo‘ravonlik qilganlikda ayblandi. Ikki yildan so‘ng esa u Amerika tarixidagi eng shov-shuvli — Nikol Braun-Simpson va yosh ofitsiant Ronald Goldman qotilligi haqidagi ish figurantiga aylandi. U oqlangan bo‘lsa-da, 2008-yilda qurolli bosqinchilik va odamlarni o‘g‘irlashda aybdor deb topildi.
Argentinalik futbolchi 1991-yilda kokain qabul qilgani uchun 15 oyga diskvalifikatsiya qilindi. 1994-yilda uning qonida beshta taqiqlangan modda topildi. 1998-yilda esa jurnalistlarni pnevmatik miltiq bilan o‘qqa tutgani uchun 2 yil-u 10 oyga shartli ravishda qamaldi.
2001-yilda sportchi Italiyaning “Napoli” klubida o‘ynagan davrida 40 million yevro soliq to‘lamaganlikda ayblandi. 2006-yilda Polineziya go‘zallik qirolichasining boshini yordi.
2006-yilda Maradona avtomobili bilan telefon budkasiga borib urilib, er-xotinga jarohat yetkazdi. Bu ish bo‘yicha haligacha hukm chiqarilmagan.
“Los-Anjeles Kingz” klubida o‘ynaydigan rossiyalik xokkeychi 2014-yilda Kaliforniyaning Redondo-Bich shahrida o‘z rafiqasini kasalxonaga ko‘kargan va lat yegan holda olib kelgach, hibsga olindi. U 90 kunlik qamoqqa va 3 yillik sinov muddatiga hukm qilindi.
O‘ta og‘ir vaznda mutlaq jahon chempioni 12 yoshidayoq kisavurlik uchun qamalgan. 1992-yilda esa jinsiy zo‘ravonlik uchun olti yilga ozodlikdan mahrum qilingan.
1997-yilda Evander Xolifild bilan jangda Tayson raqibi qulog‘ining bir parchasini tishlab uzib oldi, natijada u bokschilik litsenziyasidan mahrum qilindi va 3 million dollarlik jarimaga tortildi.
1999-yilda Tayson yo‘ldagi janjalda ikki kishini do‘pposlagani uchun uch yarim oyga qamaldi. 2006-yilda kokain iste’mol qilib qo‘lga tushgan bo‘lsa, 2008-yilda mast holda mashina boshqargani uchun bir sutka qamoqda o‘tirib chiqdi.
2012-yilda u samolyot bortida sarxush holda janjal ko‘tarib, natijada mayda bezorilikda aybdor deb topildi va 800 rubllik jarimaga tortildi.
Bir yildan so‘ng Yemilyanenko Moskvadagi qahvaxonalardan birida mojaro chiqardi, mushtlashuvda bir kishi jabrlandi, ammo ish sudgacha bormadi.
2015-yilda sportchi o‘z uy xizmatchisini zo‘rlagani uchun 4,5 yillik qamoq va 50 000 rubl jarimaga tortildi.
2001-yilda basketbolchi jinsiy zo‘ravonlikda ayblandi, biroq oqlanib chiqdi. Bunday ayblov unga avvalroq ham qo‘yilgan edi.
2012-yilda Rodman aliment to‘lamagani uchun 104 soatlik axloq tuzatish ishlari va uch yillik sinov muddatiga mahkum qilindi. | 36 | 3,163 |
Foto | Fotogalereya: Fotograf to‘lqinlar uzra suzayotgan akulalarni rasmga oldi | Avtraliyalik fotograf Shon Skott 20 yildan beri plyajlar, dengiz hayoti va nodir peyzajlarni suratga olib keladi. Yaqinda oilaviy Red Blaff plyajiga sayrga chiqqan fotograf okeanni suratga olish paytida, 10 ta oq akulani ko‘rgan. Keyin ularni dron yordamida turli rakurslardan suratga olgan. Travel Ask ana shu rasmlarni taqdim etdi. | 72 | 334 |
Foto | Oʻzbekistonda saylov, Sudanda davlat toʻntarishi, Ekvadorda esa norozilik namoyishlari — hafta suratlari | Haftaning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz.
Meksikada AQShga qarab ketayotgan muhojirlar karvonidagi ota yelkasiga qizini koʻtarib olgan.
Sudanda amalga oshirilgan davlat toʻntarishi ortidan harbiylarga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi.
Ekvadorda gaz narxining oshgani munosabati bilan norozilik namoyishlari boʻldi. Polisiya namoyishchilarni tarqatib yuborishga harakat qilmoqda.
Afgʻonistonlik 23 yoshli yigitga unashtirilgan yosh qiz. U Qal‘ai Navdagi ichki muhojirlar uchun ajratilgan qochqinlar lagerida yashamoqda. Mamlakatda yosh qizlar nikohi koʻp uchraydigan holat hisoblanadi.
AQShda koronavirusga qarshi majburiy emlashga qarshi boʻlganlar norozilik namoyishi oʻtkazmoqda.
Pekin 2022 yilgi qishki Olimpiada oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrmoqda.
Suriyalik muhojirlar Polsha oʻrmonlarida xalqaro insonparvarlik yordami tashkilotlari xodimlari tomonidan qutqarib qolindi.
24 oktyabr kuni oʻzbekistonliklar mamlakatda navbatdagi Prezident saylovida ovoz berdi. Amaldagi Prezident Shavkat Mirziyoyev ikkinchi muddatga qayta saylandi. U jami saylovchilarning 80,12 foiz ovoziga ega boʻldi.
Germaniyada Hellouin bayramiga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda.
Xitoyda xurmolarni quritish ishlari davom etmoqda.
Ruminiya poytaxti Buxarest shahrida mamlakat armiyasi kuni nishonlandi. | 104 | 1,306 |
Foto | Toshkentda bo‘lib o‘tgan harbiy festivaldan “Daryo” fotoreportaji | 12-yanvar kuni O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Toshkentning “Navro‘z” bog‘ida “Armiya va yoshlar” mavzusida harbiy-vatanparvarlik festivalini tashkillashtirdi. “Daryo” muxbiri ushbu tadbirda bo‘lib, fotoreportaj tayyorladi.
Bog‘ga tashrif buyurganlar avtonamoyishni, harbiy texnika va qurollanish namoyishini, ko‘chadan tantanali marsh o‘tishini, harbiy xizmatchilarning ko‘rgazmali chiqishlarini tomosha qildi.
Mamlakatning barcha kuch tuzilmalari harbiy orkestrlari, Qurolli Kuchlar markaziy qo‘shiq va raqs ansambli, shuningdek, IIV va Chegara qo‘shinlari ansambllari chiqish qildi.
Festivaldagi dala oshxonasi yig‘ilganlar uchun kutilmagan yangilik boʻldi, deyish mumkin.
Tadbir O‘zbekiston Qurolli Kuchlari va Vatan himoyachilari bayramining 26 yilligi munosabati bilan o‘tkazildi. | 65 | 788 |
Foto | Foto: Moviy ko‘zli ayolga aylangan masjid | BAAning Sharja amirligida an’anaviy Sharjah Light Festival 2016 — yoritish san’ati festivali ochildi, deya xabar bermoqda Islam Today.
Amirlikning 23 osori-atiqasi bir necha kun davomida amirlik fuqarolari va mehmonlari qarshisida turli ranglarda jilolanadi. | 41 | 259 |
Foto | Fotogalereya: Kerakli vaqtda kerakli joyda bo‘lgan kishilarning fotoshedevrlari | Suratga olishda asosiysi hal qiluvchi lahzani qo‘ldan chiqarmaslik hisoblanadi. AdMe ana shu lahzadan foydalanib, olingan suratlarni taqdim etdi. | 79 | 145 |
Foto | Go‘zallik bir standart asosida bo‘lmasligini isbotlaydigan turli ko‘rinishga ega ayollar (foto) | Go‘zallik abstrakt tushuncha va har bir xalq u haqida o‘ziga xos tasavvurga ega. Siz-u bizga noodatiy ko‘ringan tashqi ko‘rinishdagi ayrim jihatlar mahalliy aholi uchun go‘zallik sanalishi mumkin. Quyidagi turli millatga mansub ayol va qizlar suratlariga qarab go‘zallikning standarti va qolipi yo‘q ekaniga amin bo‘lish mumkin.
Ximba ayollari
Namibiyada yashaydigan Ximba ayollarining soch turmagi, teri rangi va taqinchoqlari an’anaga ko‘ra muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Suv yetishmasligi sabab qiz va ayollar gigiyenik muolaja sifatida tutunli vannadan, maftunkorlik uchun esa teri va soch uchun maxsus niqobdan foydalanadi. Taqinchoq sifatida ayollar qo‘liga va oyog‘iga braslet, bo‘yniga esa choker taqadi.
Maxarashtra shtati ayollari (Hindiston)
Hind millati vakilini minglab ayollar orasidan tanib olish mumkin. Hindlar nigohlari yanada chiroyli ko‘rinishi uchun tabiiy surmadan foydalanadi. Ularning yana bir o‘ziga xosligi burniga taqinchoq “natx” taqadi va bu madaniyatning bir bo‘lagi hisoblanadi. Odatga ko‘ra qiz jismoniy voyaga yetganidan keyingina burniga “natx” taqishi mumkin bo‘ladi va bu uning turmushga chiqishi mumkinligini bildiradi.
Uganda ayollari
Ugandada ham boshqa Afrika mamlakatlaridagidek to‘ladan kelgan ayollar go‘zal hisoblanadi. 2019-yilda to‘la ayollar o‘rtasida go‘zallik tanlovi ham o‘tkazilgan. Mahalliy ayollar qavat-qavat marjon, yog‘ochdan ishlangan braslet va metall zirak taqishni xush ko‘radi.
Bali ayollari
Bali orollarida yashaydigan ayollarga kelishgan sarv qomat xos hisoblanadi. Bunday natijaga ular kundalik jismoniy faoliyatni amalga oshirish orqali erishgan. Ayollar og‘irroq buyumni boshiga qo‘yib qo‘llari bilan ushlaydi va mushaklar muntazam tonusda bo‘ladi. Orol ayollari past bo‘y, qora soch va yoqimli tabassum egasi hisoblanadi.
Masai ayollari
Keniyada va Tanzaniyada yashaydigan ayollar dunyoga kelishi bilan quloqlari teshiladi va turli taqinchoq va bezaklar (hayvon shoxlari) taqiladi. Shuningdek, latofatliroq ko‘rinish uchun sochlari kaltalanadi yoki olib tashlanadi.
Yamanlik ayollar
Yamanda ayollar kamdan-kam hollarda yuzini ochib yuradi va ko‘pincha faqatgina ko‘zlarini ko‘rish mumkin bo‘ladi. Shu sabab ham ularga o‘tli nigoh xos sanaladi. Yashash joyiga qarab ayollar ko‘rinishi farq qilishi mumkin. Masalan, mamlakat shimolidagi ayollar teri va ko‘zlari rangi ochroq janubdagilarda esa teri va ko‘z rangi to‘qroq bo‘ladi.
Afar ayollari
Afar ayollari ham an’analarini saqlab qolishga harakat qiladi. Ayollar sochini mayda qilib o‘rab, biser yoki munchoqlardan taqinchoq yoki aksessuarlar taqadi. Ulardan ayrimlarining yuzida kelib chiqishi va ijtimoiy statusni bildiradigan taturiovkani ko‘rish mumkin.
Nepallik ayollar
Hindiston bilan qo‘shni ekaniga qaramay Nepallik ayollarning ko‘rinishi hindlarnikidan farq qiladi. Ularning teri rangi ochroq va ko‘zlari boshqacharoq bo‘ladi. An’anaga ko‘ra Nepalda ham to‘ladan kelgan ayollar qadrlanadi. Yoshroq avlodlar mazkur standartni inkor qilishiga qaramay, katta yoshdagilar o‘z qarashlariga sodiq hisoblanadi.
Tibetlik ayollari
Tibetlik ayollar nafaqat go‘zalligi balki salomatligi bilan ham boshqalardan farq qiladi. Butun dunyoga mashhur bo‘lgan Tibet tibbiyoti mahalliy qiz va ayollarning tishlari oq, sochlari sog‘lom va terisi tiniq bo‘lishiga yordam beradi. Ayollar tomonidan tilla, kumush va toshlardan yasalgan taqinchoq taqiladi.
Boliviya ayollari
Boliviya ayollari jozibali tabassumi va o‘ziga xos liboslari bilan mashhur. Hatto kundalik turmushda ham mahalliy ayollar milliy liboslar — shlyapa, qavat-qavat yupka, va manta deb nomlangan yopqich kiyishni afzal biladi. Ayollar sochini qalin qilib o‘rashi unga mex va munchoqli taqinchoq taqishiga guvoh bo‘lish mumkin. | 95 | 3,711 |
Foto | Foto: Besh ming yil avval chizilgan eng qadimiy tatuirovka | Buyuk Britaniya muzeyi olimlar tomonidan eng qadimiy tatuirovka topilganini ma’lum qildi. Tatuirovka mumiyolangan erkak va ayolning tanasiga tushirilgan. Ularning yoshi taxminan besh ming yil bo‘lib, ular Misrda miloddan avvalgi 3351 va 3017-yillar orasida yashagan. Bu haqda Meduza xabar berdi.
Olimlar erkakning tanasidan yovvoyi buqa va yoldor qo‘yning tasvirini topgan. Ayolning qo‘lida ham ikkita tatuirovka bo‘lgan: “S” shaklidagi naqsh va qurolni aks ettiruvchi chiziqlar. Olimlarning fikricha, tatuirovka uning egalarining maqomi yoki yutug‘ini ko‘rsatgan. | 58 | 565 |
Foto | Fotogalereya: Taom asosiy o‘rinda turmaydigan restoranlar | Bugungi kunda restoran biznesi ovqatlanish muassasasi chegarasidan chiqib ketgan. Mehmonlar restoranlarga nafaqat ovqatlanish, balki go‘zal manzaralardan bahra olish uchun ham boradi. AdMe ana shunday go‘zal manzaralarni taklif etuvchi restoranlar suratlarini taqdim etdi. | 57 | 272 |
Foto | Fotogalereya: Osiyo, Afrika va Janubiy Amerika xalqlarining o‘ziga xos taraflari | Buyuk Britaniyalik fotograf Jimmi Nelson Osiyo, Afrika va Janubiy Amerika xalqlari madaniyati bilan doim qiziqib kelgan. U doim mahalliy aholining an’analari va turmush tarziga alohida e’tibor bilan qaragan. Travel Ask uning fotoloyihalaridan namunalar taqdim etdi. | 80 | 265 |
Foto | Sayohatga otlanayotganlar uchun 11 ta foydali maslahat (foto) | AdMe sayohat vaqtida qo‘l keladigan va sizni ortiqcha tashvishlardan xalos etadigan ba’zi tavsiyalar bilan bo‘lishdi.
Mavrak yaproqlarini gulxanga tashlasangiz kifoya — chivinlar sizni uzoq vaqtga unutadi.
U gugurt qutisidek joyni egallaydi va ochilib ketmaydi.
Yo‘lda ko‘nglingiz behuzur bo‘lsa, lavr yaprog‘ini tilingiz tagiga tashlang.
Bolalar kremini oddiy vanilin bilan aralashtirsangiz, vosita tayyor!
…ularni taxlash o‘rniga, rulon qilin o‘rang va oddiy rezinka bilan mahkamlang.
Ovqat pishiradigan idishga zarqog‘oz (folga) to‘shang, shunda toza idishga ega bo‘lasiz.
Agar piyoda sayohat qilishga qaror qilgan bo‘lsangiz, o‘zingizni maksimal darajada himoyalashga urining. Masalan, begona odamning mashinasiga o‘tirsangiz, u bilan tanishib, selfi oling, suratni esa ijtimoiy tarmoqqa joylang.
OK Maps funksiyasi Google Maps xaritalari tasvirini saqlab qo‘yadi va siz internet bo‘lmagan joyda ham uni ko‘ra olasiz. Buning uchun qidiruv satriga OK Maps deb yozing, qolganini Google’ning o‘zi bajaradi.
Shunda u kamroq joy egallaydi va yostiq vazifasini ham bajara oladi.
Aeroport xodimlari bunday yozuvli jomadonlarni tashishda haqiqatan ham ehtiyotkor bo‘ladi. Uni ro‘yxatga olish peshtaxtasidan topish mumkin. | 61 | 1,227 |
Foto | “Kuyovning ko‘z yoshlari”, “Kelin tomon yo‘l”, “Tana haroratini o‘lchash” — pandemiya davrida olingan eng yaxshi to‘y suratlari | COVID-19 butun dunyo bo‘ylab ko‘plab mehmonlar tashrif buyuradigan dabdabali to‘ylarni bekor qildi. Biroq ushbu pandemiya kelin-kuyovlarning hayotidagi eng baxtli daqiqalarini suratga olishda fotograflar uchun misli ko‘rilmagan ijodkorlikni namoyish etish uchun yangi imkoniyatlarni yaratdi. Tengrimix sayti hayotda nima bo‘lgan taqdirda ham olg‘a intilishni isbotlaydigan suratlar bilan bo‘lishdi.
The International Wedding Photographer of the Year tanlovida dunyoning 6o ta mamlakatidan professional va havaskor suratkashlar ishtirok etdi. Tanlovda avstraliyalik Jeyms Simmons “In va Yan” surati bilan mutlaq g‘olib deb topildi va oliy sovringa ega bo‘ldi. Shuningdek, tanlovning boshqa ishtirokchilari ham mukofotlandi.
“In va Yan”
“Muhim yangiliklar”
“Kuyovning ko‘z yoshlari”
“Kelin tomon yo‘l”
“Qo‘llab-quvvatlash”
“Baxt qushi”
“Aero suratga olish”
“Bizdan yuqoridagi NUJ”
“Tabiatda”
“Xobbi”
“Muz va tuyg‘ular hissi”
“Tuynuk yorug‘ligi”
“Samolyot qanotlarida”
“To‘satdan”
“Tana haroratini tekshirish”
“Orzu”
“Yulduz yo‘li” | 127 | 1,045 |
Foto | Fotogalereya: Muzlab qolgan Baykalning ko‘zni qamashtiruvchi go‘zalligi | Baykal har birimizni hayratda qoldirishga qodir. U sayyoraning eng chuqur va sof ko‘lidir. Suratlar ko‘l go‘zalligining juda oz qismini aks ettira oladi. Baykalning ulug‘vorligi va sehrli ko‘rkini faqat ko‘z bilan ko‘rib anglash mumkin. Shunga qaramasdan, TravelAsk ko‘l maftunkorligini bir oz bo‘lsa-da, yoritishga qaror qildi.
Ko‘l uzunligi 600 kilometr, muz qalinligi esa 1,5—2 metrga yetadi. Bunday muz og‘irligi 15 tonnagacha bo‘lgan transport vositasini ko‘tara oladi. Ko‘lning turli qismlarida muz bir-biriga o‘xshamagan turli-tuman naqshlarni hosil qiladi. Bunga Baykal suvining qavat-qavat bo‘lib muzlashi sabab bo‘ladi.
Qolaversa, ko‘lning muzi dunyodagi eng shaffof muz bo‘lib, uning suvosti dunyosini 40 metr chuqurlikkacha tomosha qilish mumkin. Bu esa unutib bo‘lmas taassurot uyg‘otadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 71 | 980 |
Foto | Ispaniyada kuchli yog‘ingarchilik sabab bir qancha shaharlarni suv bosdi (foto va video) | Ispaniyada Kantabriya va Kastiliya hududlarida kuchli qor yog‘ishi tufayli suv toshqini yuz berdi. Bu haqda mahalliy Deia nashri xabar berdi.
Ispaniya shimolidagi Bilbao shahrida elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolar boshlandi. Ko‘chalarda to‘xtab qolgan mashinalar butunlay suvga botgan.
“Men itimni sayr qildirgani chiqqanimda mashinamni suv ostida ko‘rdim”, — deydi mahalliy aholi vakillaridan biri.
Qayd etilishicha, Ispaniyaning yomon ob-havodan zarar ko‘rgan hududlarida temiryo‘l aloqalari ham to‘xtatilgan.
Avvalroq Xitoy shimolidagi Shansi provinsiyasida bir hafta tinmagan kuchli yomg‘ir keng ko‘lamli suv toshqinlarini keltirib chiqargandi. Oqibatda mintaqadagi 1 million 760 ming kishini evakuatsiya qilishga to‘g‘ri kelgan. Shuningdek, Londonda kuchli yomg‘ir yog‘ib, oqibatda suv toshqini yuz bergani va bir nechta metro liniyalari yopilgani haqida xabar berilgandi.
Eslatib o‘tamiz, iqlimni o‘rganuvchi Climate Central tashkiloti 2030-yilga kelib suv ostida qolishi mumkin bo‘lgan shaharlar ro‘yxatini e’lon qilgan. | 88 | 1,038 |
Foto | Fotogalereya: Oilalardagi turli muhitlar | Oilaviy munosabatlar xilma-xilligi va o‘ziga xosligi bilan bir-biridan ajralib turadi. AdMe turli oilaviy muhitlar aks etgan suratlarni taqdim etdi. | 40 | 148 |
Foto | Avstraliyaga borish uchun 21 sabab (foto) | Butun boshli qit’adan iborat mamlakat — Avstraliya sayyohlarning esida bir umrga qoladi. Uning plyajlari, kengliklari, qadimiy qoyalari, sharsharalari, sirli o‘rmonlari va ulkan megapolislari hech kimni befarq qoldirmaydi. Avstraliyaning yovvoyi tabiati esa boyligi va noyobligi bilan ajralib turadi.
AdMe o‘quvchilarni mamlakatning eng diqqatga sazovor jihatlari bilan tanishtiradi.
Sidneydagi opera teatri bugunning eng mashhur binolaridan hisoblanadi. Uning “yelkan”lari qit’ani tanitadigan ramzlardan biriga aylanib qolgan.
Sidneyning eng katta ko‘prigi, dunyodagi eng yirik po‘lat arkali ko‘priklardan biri. Ko‘prikning minoralaridan birida muzey va Pylon Lookout kuzatish maydoni joylashgan bo‘lib, u yerdan turib shahar markazi va bandargoh manzaralaridan bahramand bo‘lish mumkin.
“Port-Kempbell” milliy bog‘idagi qoyalar guruhi. Buyuk okean yo‘li yaqinida joylashgan, Viktoriya shtati.
Avstraliyaning ko‘plab sharsharalari orasida go‘zalligi bilan Rassel, ko‘p miqyosliligi bilan Mitchell mashhur. Lekin qit’aga xos yana bir tabiiy fenomen bor — gorizontal sharsharalar. Buni Telbot ko‘rfazida kuzatish mumkin — bir-biridan 300 metr masofada joylashgan ikki tog‘ tizmasining darasidan suv ko‘tarilgan paytlarda ulkan tezlikda sharshara oqib o‘tadi.
Qo‘riqxona va milliy bog‘lar orol hududining uchdan birini egallaydi. Ulkan qoyalar va yashil dalalarda echkemar, koala, o‘rdakburun, pastak pingvin, boyqush va kengurularni uchratish mumkin. Okeanda esa delfin va tyulenlar o‘ynab yuradi.
Ushbu hudud inson va tabiat uyg‘unligi bilan mashhur: sayyohlarning chodirlari yaqinida vallabilar sakrab yuradi, osmonda uchar tulkilar parvoz qiladi, uzoqroqda dingolar uvillaydi.
Markaziy Avstraliyadagi ushbu qoya 680 million yoshda. Uning uzunligi — 3,6 kilometr, kengligi — 3 kilometr, balandligi — 348 metr.
Makkenzi dunyodagi eng toza ko‘llardan biridir. Xiller ko‘li esa pushti rangdaligi bilan mashhur. Yaqinda Extreme Microbiome Project loyihasi doirasida ko‘lga bunday tusni sho‘r suv dunaliyellasi nomli dengiz o‘ti berib turishi aniqlandi.
Janubiy Avstraliya yorqin manzaralar va uzumzorlari bilan shuhrat qozongan. Mintaqaning eng yirik shahri — Adelaida. Glenelg quyoshli plyaji, dengiz mahsulotlaridan tayyorlangan taomlar mintaqaning o‘ziga xosliklaridir.
Mamlakatda 250 til guruhi va 700 dan ortiq dialektlar mavjud. Bu tillarda gaplashuvchi tub aholi vakillari bilan tanishish, ularning afsona va rivoyatlarini tinglash, marosimlarida qatnashish mumkin.
Bu akvariumni ko‘zdan kechirishga 3–4 soat ketadi. Sydney Aquarium “Shimoliy daryolar”, “Janubiy daryolar”, “Katta to‘siqli rif” va “Janubiy okeanlar” nomli mavzuviy zonalarga ajratilgan. Bu yerda uchta suzib yuruvchi okeanarium, 27 yirik hovuz va 23 akvarium yaratilgan. Tashrifchilar 150 metr uzunlikdagi tunneldan o‘tib, akvariumlardagi jonzotlarni tomosha qiladi.
400 yillik daraxtlar ustidan sayohat qilmoqchi bo‘lganlar milliy bog‘dagi 40 metr balandlikda joylashgan Tree Top Walk titanli so‘qmoq yo‘lini tanlaydi.
Cho‘l “Nambang” milliy bog‘ining eng diqqatga sazovor hududidir. U o‘zining sirli o‘tkir uchli qoyalari bilan mashhur.
Tinch okeani chizig‘i bo‘yicha yotqizilgan avtomobil yo‘li. Viktoriya shtatida joylashgan. Uzunligi — 243 kilometr.
Trassada ruxsat etilgan maksimal tezlik — 80 kilometr/soat.
Sidneyning eng qadimgi hayvonot bog‘i — Tarongada 340 turdagi jonivorlar yashaydi. Lekin mamlakatda boshqa ko‘plab hayvonot bog‘lari ham bor: Perth Zoo, Melbourne Zoo, Healesville Sanctuary, Adelaide Zoo va h.k.
Ushbu tadbir qishning boshida o‘tkaziladi (Avstraliyada qish iyunda boshlanadi). Keng ko‘lamli festival shaharning barcha asosiy obidalarini qamrab oladi. Sidney operasi, Muqaddas Bibi Maryam sobori, Sidney universiteti, Qirollik botanika bog‘i binolarida chiroqlar shousi namoyish etiladi. Festival uchun har yili har xil mavzu tanlanadi. Joriy yildagi leytmotiv — tub aholi madaniyati.
Hind okeani yaqinidagi Brum shahrining marvarid plyajlarida tuyalar ustida yurib sayr qilish tashkil etilgan. Bundan tashqari, sayyohlar Argayldagi olmos koniga borishi, vertolyot kabinasidan turib King Jorj sharsharasi va Mitchell platosini tomosha qilishi mumkin.
Great Barrier Reef 2900 alohida korall riflari hamda Korall orolidagi 900 oroldan iborat. Katta to‘siqli rif Avstraliyaning shimoli-sharqiy sohilida 2500 kilometrga cho‘zilib ketgan. Bu tirik organizmlardan hosil bo‘lgan Yer sayyorasidagi eng yirik tabiiy obyektdir.
Qit’a tabiati betakror va nihoyatda rang-barangdir. Avstraliyada 200 mingdan ortiq turdagi jonivorlar istiqomat qiladi. Qit’a sut emizuvchilarining katta qismi qopchiqlidir — onalar bolalarining qornidagi xaltachada ko‘tarib yuradi. Barcha ma’lum va mashhur jonivorlar — koala va kenguru. | 41 | 4,726 |
Foto | Fotogalereya: Yangilikka qo‘l urgan haqiqiy dangasalar | AdMe dangasalar tomonidan o‘ylab topilgan “ixtiro”larning suratlarini to‘plab taqdim etdi.
Shundoq ham ko‘rinib turganidan keyin, butun boshli mashinani tozalashning nima keragi bor?
Ko‘zlarni chizishga kelganda dangasalik qilgan ko‘rinadi
“Anchadan buyon kartoshka tayyorlashni rejalashtiryapman, ammo dangasalik…”
Dangasalar o‘z kuchuklarini sayrga olib chiqdi
Yilda bir marta soatni o‘zgartirishga eringan ko‘rinadi
Dangasa daho
Devorni bo‘yayotganida televizorni olib tursa bo‘larmidi?
Stomatologlarning o‘rindig‘i o‘z o‘rnini topgan ko‘rinadi
Ortiqcha urinishga na hojat?
Chiroqni krovatdan turib o‘chirishning yangicha usuli | 54 | 639 |
Foto | Fotogalereya: Ulkan irland bo‘ribosarlari | Irlandiya bo‘ribosarlari tashqi ko‘rinishi sababli emas, aynan bo‘rilarni ov qilgani uchun shu nomga munosib topilgan. TravelAsk ana shu zot vakillarining suratlarini taqdim etdi. | 41 | 179 |
Foto | Styuardessalarning aviatsiya tarixidagi eng chiroyli liboslari (fotogalereya) | Travel Ask aviakompaniyalar yuzi bo‘lmish bort kuzatuvchilarining eng bashang, qiziqarli va nozik didli liboslarini namoyish etdi. | 77 | 130 |
Foto | Fotogalereya: Odamda ijobiy kayfiyat uyg‘otuvchi suratlar | “Fotoshedevri” nashri insonning yuzida tabassum uyg‘otib, biroz bo‘lsada kayfiyatini ko‘tarishga xizmat qiluvchi suratlarni to‘plab taqdim etdi. | 57 | 144 |
Foto | Fotoreportaj: “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” | O‘zA “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” mavzusidagi fotoreportajni taqdim etdi. Undan mamlakatning turli hududlarida olingan rang-barang suratlar joy oldi. | 48 | 155 |
Foto | Katerga favqulodda yaqin kelgan ulkan akulani kadrga muhrlashdi (foto) | Fotosuratchi Tom Kennon sayyohlar o‘tirgan katerning juda yaqinigacha suzib kelgan ulkan kit akulani kadrga muhrladi. Akula shunchalik katta ediki, katerni ustidagi yo‘lovchilari bilan birga bemalol yutib yubora olardi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Fotosuratchi qayd etishicha, akula juda qiziquvchan bo‘lgan va 50 daqiqa davomida katerga hamrohlik qilgan. Bunday hayvonlarning odamlarga yaqin kelishi juda noyob hodisa hisoblanadi. Odatda ular katta chuqurliklarda bekinib yotadi.
Suratlar qirg‘oqdan taxminan olti metr masofada tushirilgan. | 70 | 548 |
Foto | Yulduzlik kasaliga chalingan mashhurlar (foto) | Film va seriallardagi ijrosidan keyin muvaffaqiyatga erishib, o‘zini yo‘qotib qo‘ygan yulduzlar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Deniel Redkliff
Foto Grazia
Deniel “Garri Potter”da suratga tushish vaqtida spirtli ichimliklarga mukkasidan ketgan. Uning o‘zi keyinroq erta yulduzlikka erishgani sabab o‘zini yo‘qotib qo‘yganini ma’lum qilgan. 17 yoshida mashhurlikdan zavqlanish kerakligini tushunib yetib ijodiy tanaffus qilgan. Barcha muxlislar qalbini zabt etib bo‘ldim, deb o‘ylagan aktyor vaqtini barda o‘tkaza boshlagan. Mast holda suratga tushish maydonchasida namoyon bo‘la boshlagani sabab hamkasblari uni davolanishga ko‘ndirgan.
Demi Lovato
Foto Grazia
10 yoshidan suratga tushishni boshlagan Demi 16 yoshida “Camp Rock: Musiqiy ta’til” filmidagi ijrosi unga mashhurlik olib kelgan. Demi ham erta yulduzga aylanganini ko‘tara olmagan, taqiqlangan moddalarga o‘ralashib qolgan. 2018-yilda dozani oshirib yuborgani sabab bir o‘limdan qolgan. Ana shunda muammo jiddiyligini tushunib yetgan va davolanishga qaror qilgan.
Nikol Richi
Foto Grazia
Ziyofatma-ziyofat yurishni Nikol Peris Xiltondan o‘rgangan. Ko‘ngilxushlikka mukkasidan ketgan yulduzlar bilan bog‘liq hodisalar aksariyat holda salbiy yakun topgan. Bir qarasa taqiqlangan moddalarni qabul qilgan, bir qarasa hushini yo‘qotgunicha ichgan. Shundan keyin bir necha marta davolanish kurslarini olgan, hatto qamalib ham chiqqan. Qora o‘tmishiga bo‘lajak turmush o‘rtog‘i bilan tanishganidan keyin nuqta qo‘ygan.
Makoley Kalkin
Foto Grazia
“Uyda yolg‘iz” filmidagi ijrosidan keyin Makoley Kalkin AQShdagi eng mashhur bolaga aylangan. Kinosanoatning ko‘zga ko‘ringan vakillari u bilan hamkorlik qilishni orzu qilgan bir paytda otasi o‘g‘lining ijrosi evaziga haddan ortiq katta mablag‘ talab qila boshlagan. Makoleyning keyingi loyihalari esa avvalgidek muvaffaqiyatli chiqmagan. Takliflar kamaygani uni depressiyaga tushishiga sababchi bo‘lgan.
Dryu Berrimor
Foto Grazia
Ilk roli omadli chiqqan Dryu 11 yoshidan chekishni, 12 yoshdan ichishni boshlagan va 1 yil o‘tib taqiqlangan moddalarga ilakishib qolgan. Shundan keyin onasi uni davolanish uchun shifoxonaga yuborgan. Shundan keyingina Berrimor yangi hayot boshlagan. | 46 | 2,190 |
Foto | Optik illyuziya sabab bir qarashda mohiyatini tushunish qiyin bo‘lgan suratlar | Suratlarning o‘ziga xos yoki noodatiy chiqishi uchun rakurs muhim rol o‘ynaydi. Optik illyuziya sabab ayrim fotolarga nazar tashlagan odam ko‘zlariga ishonmaydi.
Muxlislar bilan to‘ladek ko‘ringan konsert zali aslida kechki paxta terimi ekani kimni ham xayoliga kelibdi deysiz.
Koinotdan go‘yo Yer yuzasidek ko‘ringan surat aslida mashina ustidagi qirov.
Mashinasini qidirayotgandek ko‘rinib qolgan ikki kabutar. Nima deb o‘ylaysiz ular qayerda turibdi?
Rakurs sabab bahaybat ko‘rinib qolgan odam.
Biri eshik ortidan turgani uchun ikki boshlidek ko‘rinib qolgan itlar.
Rakurs sabab go‘yo muzli tornado singari eriyotgan sumalak.
Fotoshopdek ko‘ringan suratning bunday ko‘rinishiga shortining rangi va yana rakurs sabab bo‘lgan.
Bardagi stolda nimadir yotibdi deb o‘ylaganlar yanglishadi. Yaxshilab qaralsa, espresso martini kokteyli solingan idishni ko‘rish mumkin.
Suratdagi odamning beliga bog‘lagan kiyimi sabab karuseldagi surat qiziqarli ko‘ringan.
O‘rmon bo‘ylab uchayotgandek ko‘ringan likopcha shunchaki mashina eshigining yuvilmagan tutqichi.
Kelinning ko‘ylagi shunchalik keng ekanligidan kuyovning oyoqlari g‘aroyib ko‘rinib qolgan.
Yaxshilab e’tibor berib qaralsa, kelinni kuyovning yelkasiga chiqib olmaganini bilish mumkin.
Qora shim kiygan ayol ortida turgan it. | 78 | 1,290 |
Foto | Zarina Nizomiddinovaning xolavachchasi, Davron Kabulovning bojasi: Qarindosh ekanini ko‘pchilik bilmaydigan o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto) | O‘zbek shou-biznesida bir-biri bilan qarindoshlik rishtalarini bog‘lagan ijodkorlar ko‘plab topiladi. Quyida bir-biriga qarindosh ekanini ko‘pchilik bilmaydigan mashhurlar haqida so‘z yuritamiz.
Xosiyat Husanova va Jahongir Teshaboyev
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Xosiyat Husanova yolg‘iz qizini yosh aktyor Jahongir Teshaboyevga turmushga bergan. Bu aktyor tomoshabinlarga “Qadam” serialidagi salbiy roli bilan yaxshi tanish. Hozirda juftlikning bir yoshli o‘g‘illari bor.
Zuhra Ashurova va Madina Muxtorova
O‘zbekiston xalq artisti Zuhra Ashurova hamkasbi Madina Muxtorovaga kelinoyi hisoblanadi. Ya’ni Zuhra Ashurovaning turmush o‘rtog‘i Qahramon Ashurov Madina Muxtorovaning akasidir.
Aziza Begmatova va Izzat Shukurov
Xonanda Izzat Shukurovning otasi bir paytlar mashhur “Toj” guruhining solisti bo‘lgan Tojiboy Shukurov ekani barchaga ma’lum. Ammo Izzat Shukurovning ona tomondan buvisi O‘zbekiston xalq artisti ekanini ko‘pchilik bilmasligi aniq. U o‘zbekning chechasi bo‘lgan aktrisa Aziza Begmatovaning suyukli nabiralaridan biri hisoblanadi.
Kamola Oripova va Zarina Nizomiddinova
Instagram’da millionlab kuzatuvchilariga ega bloger Kamola Oripova aktrisa Zarina Nizomiddinova bilan xolavachcha hisoblanadi.
Oybek Sultonov va Shahzod Sultonov
Yoshlarning sevimli aktyori bo‘lgan Shahzod Sultonov bir paytlar “Zilola” qo‘shig‘i bilan tanilgan xonanda Oybek Sultonovning o‘g‘li.
Ismoilovalar oilasi va Baxtiyor Yusupov
Mahmud va Shohida Ismoilovalarning uch nafar qizlari bor. Ularning kuyovlaridan biri O‘zbek Milliy akademik drama teatrining aktyori Baxtiyor Yusupovdir.
Javlon Shodmonov va Rashid
“Via Marokand” guruhi xonandasi Rashid prodyuseri Javlon Shodmonovning qaynukasi bo‘ladi. Garchi Rashid ishda qarindosh-urug‘chilikka yo‘l qo‘yilmasligini ta’kidlasa-da, uning guruhga qabul qilinishi shunchaki tasodif emas.
Doniyor Hafizov va Asal Zokirova
“Via Marokand”ning yakkaxoni Asal Zokirova esa aktyor va rejissor Doniyor Hafizovning singlisi bo‘ladi. Yodingizda bo‘lsa, bir necha yillar avval Doniyor Hafizov “Navo” guruhiga asos solgandi. Ammo guruh faoliyati uzoqqa cho‘zilmagan.
Davron Kabulov va Jamshid Umarov
Davron Kabulov “Afro‘z” guruhi xonandasi Jamshid Umarovning bojasi bo‘ladi. Jamshid oilaning to‘ng‘ich qiziga, Davron Kabulov esa kenja qiz E’zozaxonga uylangan.
Asliddin va Xonzoda Do‘stova
“Aktyor shou” loyihasida muvaffaqiyatli ishtirok etgan aktrisa va model Xonzoda Do‘stova ham san’atkorning farzandi. Uning otasi xonanda Asliddin Do‘stov hisoblanadi. Ammo yosh aktrisa negadir buni sir tutadi.
Munavvara Abdullayeva va Dildora Umarova
“Alpomish” filmidagi Oybarchin roli bilan tomoshabinlarga tanish bo‘lgan aktrisa Dildora Umarova O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi Munavvara Abdullayevaning qizi hisoblanadi. U aktrisalik faoliyatidan tashqari, onasi singari yosh iste’dod egalariga saboq beradi.
Diyor Bekjonov va Jahongir Xo‘jayev
“Aristokratlar shou”si bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan Diyor Bekjonov do‘sti Jahongir Xo‘jayev bilan munosabatlarini yanada mustahkamlash maqsadida uning xolavachchasi bilan oila qurgan. Bundan ayonki, Bekjonovlar va Asalxo‘jayevalar oilasi qudalar hisoblanadi.
Samandar va Sevara Hamroqulova
Samandar va Iskandar Hamroqulovlarning yolg‘iz singlisi Sevara ham san’at sohasida faoliyat yuritadi. U ayni kunda O‘zbekiston davlat satira teatrida faoliyat yuritadi. Film va seriallarda ham katta-kichik rollarni ijro etadi. | 144 | 3,446 |
Foto | Adolat tantanasi, koʻzni quvnatuvchi lolazorlar, Malayziyada Ramazon — 21 aprel suratlari | 2020 yilning 25 may kuni AQShning Minneapolis shahrida afroamerikalik Jorj Floydni tizzasi bilan boʻgʻib oʻldirgan polisiyachi Derek Shovin ustidan sud jarayoni davom etmoqda. Bugun boʻlib oʻtgan sudda u aybdor deb topildi va endi unga qanday jazo berilishi masalasi qoldi. Sud qarorini amerikaliklar xursandchilik va koʻzda quvonch yoshlari bilan qabul qildi.
Mana, ikkinchi yildirki, musulmonlar uchun muborak Ramazon oyi koronavirus pandemiyasi sharoitida oʻtmoqda. Bu oʻziga xos davr barcha uchun sinov boʻlmoqda. Ba'zi davlatlarda masjidlarda namozlar ham oʻqilmayapti. Malayziyalik musulmonlar shunday sharoitda ochiq maydonlarda iftorlik qilishni ma'qul koʻrmoqda. Insonlar bir-birining ruhini koʻtarish maqsadida yoʻl boʻylarida iftorliklar tashkil qilmoqda.
Bir necha kundan buyon Hindistonda koronavirus bilan bogʻliq holatlar keskin oshmoqda. Kunlik koʻrsatkichlar 250 mingdan ortiqni tashkil etmoqda. Oʻlikxonalarda joy yetishmasligi bilan bir qatorda, shifoxonalar kislorod ballonlari tanqisligi muammosiga duch kelmoqda. Shunday sharoitda sanoatda ishlatiladigan kislorod ballonlaridan foydalanishga toʻgʻri kelmoqda.
Bugungi suratlarimizni Germaniya lolazorlari bilan nihoyalaymiz. Shunchaki tomosha qiling va zavq oling deb qolamiz. | 89 | 1,248 |
Foto | Sizni qiziqtirishi aniq bo‘lgan 18 ta selfi (fotogalereya) | Agar telefonda o‘z-o‘zini suratga olish zerikarli, deb hisoblasangiz, ushbu fotogalereyani tomosha qilishni tavsiya etamiz, undan yorqin va haqiqatda ijodkorona selfilar o‘rin olgan.
O‘spirin mashhur qo‘shiqchi Pol Makkartni va milliarder Uorren Baffet fonida suratga tushdi | 58 | 285 |
Foto | Poshna o‘rniga havo shari: Ispaniyada noodatiy dizaynga ega tufli namoyish etildi (foto) | Teridan ishlanadigan mahsulotlar, kiyim-kechak, aksessuarlar va parfyumeriya ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Ispaniyaning Loewe moda uyi qora rangdagi, shakli qayiqni eslatuvchi tuflilarni ishlab chiqardi, deb xabar berdi “Korrespondent.net” nashri.
Unda poshna o‘rniga yorqin qizil rangdagi havo shari o‘rnatilgan.
Poshna o‘rniga pufak qo‘yilgan oyoq kiyimining vazni bir kilogrammdan oshadi. Moda uyining rasmiy saytida bir juft poyabzal narxi 1100 dollarni tashkil qiladi.
Qayd etilishicha, “poshna”ning rangi amerikalik fantastik yo‘nalishda ijod qiluvchi yozuvchi Stiven Kingning romanidagi yovuz masxaraboz Pennivayzning to‘p rangini takrorlaydi.
Tufli sigir terisining yumshoq qismidan tikilgan va to‘qqiz santimetrlik poshnaga ega. Oyoq kiyimining og‘irligi 1,06 kilogrammni tashkil qiladi. | 88 | 801 |
Foto | Uch metrlik qandil va ferma uslubi: Eshton Kutcher va Mila Kunisning uyi qanday ko‘rinishga ega? (foto) | Mila Kunis va Eshton Kutcher Architectural Digest jurnali xodimlariga qanday uyda yashashini ko‘rsatdi. Juftlik maydoni 24 ming kvadrat metrni tashkil qiladigan zamonaviylik hamda an’anaviylik umumlashtirilgan, ferma uslubida qurilgan uyda istiqomat qiladi. Yulduzlarning doimiy mehmoni bo‘lganlar ularning Beverli-Hillzda joylashgan uyidagi naqd uch metrlik qandil endilikda yangi saroyga o‘xshash uydan o‘rin olganiga e’tibor berishi mumkin.
Kuku Farms’da yam-yashil o‘simliklar bilan o‘ralgan, daraxtdan ishlangan veranda mavjud. Ichkarida pollari emaldan, devorlari betondan ishlangan ochiq mehmonxona va oshxona borligiga guvoh bo‘lish mumkin. Bir tomonda ish stoli, royal va eski gilam ustida 10 kishi uchun mo‘ljallangan stol, ikkinchi tomonda esa yashil Montauk divanlari va kamin borligini ko‘rish mumkin.
Qandil o‘rnatilgan mehmon kutish uchun mo‘ljallangan uy ikkita yotoqxona va poldan shiftgacha kattalikdagi 6 metrlik oynani o‘z ichiga oladi. Mazkur uy yonida toshdan ishlangan va tomi yopiq basseyn va barbekyu uchun pavilyon borligini ko‘rish mumkin.
Ma’lumot uchun, Beverli-Hillzdagi 14 million dollarlik turar joydan tashqari yulduzlarning Karpinteriyada ham 10 million dollarga baholanadigan uyi bor. | 103 | 1,229 |
Foto | Fotogalereya: 74 yil oldin butun dunyo g‘alabani qanday nishonlagan? | 1945-yil 8-may Moskva vaqti bilan soat 02:10 da boshlovchi Yuriy Borisovich Levitan fashistlar Germaniyasining shartsiz ravishda taslim bo‘lishi, shuningdk, SSSR Oliy Soveti Rayosatining “9-mayni G‘alaba kuni deb e’lon qilish to‘g‘risida”gi Farmonini o‘qidi. Shu kundan boshlab, har bahor urush qahramonlariga hurmat bajo keltiriladi.
AdMe 74 yil avval g‘alabani butun dunyo qanday nishonlagani aks etgan suratlarni yig‘di. | 68 | 423 |
Foto | Kanadalik kishining dalasida noma’lum uy paydo bo‘ldi (foto) | Kanadaning Paylot Byutt shahrida yashovchi Patrik Meyz ertalab ishga ketayotgan vaqtda o‘z dalasida kimningdir uyi turganini payqab qolgan. Ertasi kuni ertalab u uyning hali ham turganini ko‘rgan. Uyning ichida hech kim bo‘lmagan, binoning qayerdan kelib qolgani tushunarsiz edi, deb yozmoqda Meduza.
Shundan so‘ng Meyz o‘zini tutib tura olmagan va Facebook’da post yozgan. “Hech qachon bunday vaziyatga duch kelmaganman, biroq bu kabi vaziyatga mening do‘stlarim duch kelgan bo‘lishi va menga maslahat berishi mumkin. Kimdir qachondir uy topib olganmi?”, — deya yozilgan Meyzning postida.
U tashlab yuborilgan uyni asosga qo‘yish orqali uni o‘zlashtirib olish haqida o‘ylab qolgan. Shu bilan birga, u binoni yo‘qotib qo‘ygan odamni aloqaga chiqishga chaqirgan.
Uyning egasi qo‘shni shaharda yashovchi ayol Chaplin Brenda Robertson bo‘lib chiqdi. Uning aytishicha, tayyor uyni Vinnipegdan buyurtma qilgan, biroq uy yetkazib berilganidan so‘ng binoda SaskPower energetika kompaniyasining ruxsati yo‘qligi ma’lum bo‘lgan. Uyni yetkazib bergan kompaniya uni Vinnipegga qaytarib olib ketishga va’da berdi, biroq nima uchundir uni yarim yo‘lda — Patrik Meyzning dalasida qoldirib ketgan.
Robertson yetkazib berish xizmati bilan bog‘lanib, uyni Meyzning dalasidan olib ketishni buyurishga va’da qilgan. | 60 | 1,299 |
Foto | Dunyo taqdirini hal qiluvchi siyosatchilarning yoshlikdagi suratlari (fotogalereya) | “Fotoshedevri” nashri hozirda barchaga tanish bo‘lgan mashhur prezidentlar, siyosatchilar, davlat arboblarining yoshlikdagi suratlarini to‘plab taqdim etdi. | 83 | 156 |
Foto | Hind kinosining durdona asari — “O‘yna, o‘yna” filmi haqida qiziqarli faktlar | Muxlislar qalbidan joy olgan “O‘yna, o‘yna” filmi “Janob Hindiston” filmi bilan bir vaqtda, 1987-yilda ekran yuzini ko‘rgan. Raqobatga qaramay, prokatda muvaffaqiyatga erishgan va musiqiy xit sifatida e’tirof etilgan.
Mithun Chakrabortining yosh onasi va filmning boshida “Zobby Zobby” qo‘shig‘ini kuylagan Smita Patil
qahramonini Sanjay Dattning birinchi rafiqasi, aktrisa Richa Sharma o‘ynashi kerak bo‘lgan. Ammo qahramonni gavdalantirish Sarla Yolekarga nasib qilgan. Aslida, Smita birvarakayiga ikkita qahramon: — Mithunning singlisi va ularning onasi rolini ijro qilishi kerak bo‘lgan. Ammo aktrisa homiladorligi sabab avvaliga qiz bilan bog‘liq sahnalar, tug‘ruqdan keyin esa onaning sahnalari suratga olinishi rejalashtirilgan.
Smitaning qahramoni Radha filmda vafot etishi kerak bo‘lmagan. Aktrisa o‘g‘li Pratikni dunyoga keltirganidan keyin hayotdan ko‘z yumgani ssenariyga o‘zgartirish kiritishga sabab bo‘lgan. Shundan keyin uning rolini aktrisa va raqqosa Sarla Yolekar ijro qilgan.
Rejissor Babbar Subxash “Zobby Zooby” qo‘shig‘idan keyin — “Ssenariy muallifi va rejissor — Babbar Subhash” degan yozuv chiqqanda shou boshlovchisi sifatida ko‘rinish beradi.
Filmining muvaffaqiyatli chiqqanidan boshi ko‘kka yetgan rejissor keyingi “Kommandos” filmida ham deyarli xuddi shu aktyorlar bilan birga ishlagan. | 77 | 1,324 |
Foto | Xitoyliklarning aqlbovar qilmas labirinti Ginnesning rekordlar kitobidan joy oldi (foto+video) | Yancheng Dafeng Dream Maze labirinti Xitoyning Szyansu provinsiyasida joylashgan. Uning maydoni 35 ming kvadrat metrni, balandligi esa 2 metr atrofida, deb yozadi NationalGeographic.
Labirint sujetining bosh qahramoni David kiyiklari hisoblanadi. Uning suratlari labirint uchun ramz vazifasini bajaradi. Bu turdagi kiyiklar yer yuzida sanoqli qolgan. David kiyiklari populyatsiyasi juda sekinlik bilan rivojlanadi.
Labirint go‘zalligiga faqat qush parvozi balandligidan turibgina baho berish maqsadga muvofiq. Bu yerga 100 mingdan ortiq Xitoy qora archasi daraxti o‘tqazilgan.
Uni barpo qilish ishlari 2017-yil aprelida boshlangan. Sentabr oyida esa u ilk mehmonlarni qabul qilgan. Labirint go‘zalligi va ko‘lami sabab yaqindagina Ginnesning rekordlar kitobidan joy oldi. Yancheng Dafeng Dream Maze dunyodagi tabiiy bo‘lgan eng katta labirintdir. | 94 | 848 |
Foto | Fotogalereya: Gravitatsiya har doim ham “ishlamasligini” ko‘rsatuvchi suratlar | Gravitatsiya qonunini, ya’ni jismlarning har doim og‘irlik kuchi ta’sirida pastga intilishini tushunish uchun alohida bilim talab qilinmaydi. TravelAsk taqdim etgan suratlarda ana shu qonunning ba’zi holatlarda “ishlamasligini” ko‘rish mumkin. | 78 | 243 |
Foto | Qozog'istonning Turkiston viloyati — suratlarda | O'zbekiston Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Qozog'istonning Turkiston viloyati hokimligi tomonidan 17–18 iyun kunlari jurnalist va blogerlar uchun info-tur tashkil qilindi. Turning ikkinchi kuni doirasida “Bugun.uz” muxbiri turistik zonalardan fotoreportaj tayyorladi.
Info-turning ikkinchi kunida OAV vakillari tarixiy Sauran qal'asida bo'ldi. Ma'lum qilinishicha, ushbu shaharcha XII–XVI asrlarda bunyod etilgan. Ayni paytda hududda qo'rg'on qoldiqlari saqlanib qolgan.
Sauran qal'asi kiraverishida maxsus o'tov tashkil etilib, tur ishtirokchilari qimron va boshqa mahalliy taomlar bilan mehmon qilindi.
Shundan so'ng Qarnoq qishlog'i chekkasidagi qabriston hamda muqaddas “Imom Balxiy” maskaniga borildi. Mahalliy aholi u yerdagi qadimiy tutni “Majratut” deb ataydi. Daraxt taxminan 1000 yoshda.
Shu bilan birga, xalfa qabristoni ziyorat qilinib, u yerda yangi qurilgan masjid va madrasa faoliyati bilan tanishildi.
Press-tur qatnashchilari, shuningdek, Kentau shaharchasidagi Yoshlar bog'ida bo'ldi. U yerda qozoq milliy kuylari ijro etilib, yosh gimnastikachi qizlarning chiqishlari namoyish qilindi.
Ma'lumot uchun, O'zbekiston–Qozog'iston chegarasidan Turkiston viloyatigacha masofa 250 kilometr atrofida bo'lib, mini avtobusda 3,5–4 soatlik yo'l bosiladi. | 47 | 1,271 |
Foto | Faqat qish faslidagina uchratish mumkin bo‘lgan ajoyib hodisalar (foto) | Har birimiz qishni sovuq, qor va issiq kiyimlar bilan tasavvur qilamiz. Ayozli kunlar, muzlagan qo‘llar, yoqimsiz sovuq — bular ham qishni yodga soluvchi sifatlardir. AdMe nashri har qanday voqea va kutilmagan hodisalarga qaramay, qish yilning sehrli va unutilmas vaqti ekanini quyidagi suratlar bilan isbotlaydi.
“Shahar tashqarisidagi dachadamiz, kanalizatsiya yo‘q. Hozir ko‘chada -25 daraja sovuq, hovlidagi hojatxonaning ko‘rinishi”
“Qor mushugi yasadim”
“Biz ochildik”
“Ob-havo haqida qisqacha: biz atigi 5 daqiqagina sayr qildik”
“Qor tozalovchi mashina haydovchi kayfiyatimni biroz buzishga qaror qilibdi”
“Oyi, men bugun maktabga bormayman!”
Muzlagan oynadagi sirli naqshlar
Havo, taxminan, -30 daraja sovuq
-35 darajali sovuqda muzlab qolgan lapsha
“Do‘stimning Jeep’i qish kelganidan xursand emas ...”
Qishki geometriya: bargning cho‘pi qorga yopishib qolgan. Shamol natijasida mukammal doira hosil bo‘lgan.
Metall dastak Kanada qishida bo‘ladigan haroratni ko‘rsatyapti
“-10 daraja sovuqda qanday yuribdi ekan...” | 71 | 1,037 |
Foto | Yeguliklar orqali Disney va Pixar’ning multfilm qahramonlarini tasvirlaydigan ayolning ijod namunalari (foto) | Lala ismli uy bekasi 2015-yil mitti farzandiga manzur bo‘lishi uchun quymoqdan sher bolasi ko‘rinishidagi yegulik tayyorlagan. Ushbu tajribadan ko‘ngli to‘lgach, keyinchalik oddiy taomlarni ham san’at asari darajasiga keltira boshlagan.
Uning quyidagi ijod mahsullari bunga misol bo‘la oladi.
View this post on Instagram
Deyzi Dak — tuxum, zanjabil va sabzi qo‘shib tayyorlanadigan sho‘rva.
View this post on Instagram
“Boshqotirma” multfilmidagi lapsha, tuxum, non va sabzavotlardan yasalgan Bingo-Bongo.
View this post on Instagram
“Maxluqlar korporatsiyasi”dagi Salli ham lapsha, tuxum, shuningdek, banan va karamdan yasalgan.
View this post on Instagram
Sallining do‘sti Mark.
View this post on Instagram
Pasta, pishloq, limon va karamdan tayyorlangan “Gerkules”dagi Aid.
View this post on Instagram
“Luka”dagi Massimo va Makiavelli go‘sht, kartoshka pyure, pasta va nondan tayyorlangan.
View this post on Instagram
Shu multfilmdagi Lukaning o‘zi.
View this post on Instagram
Kartoshka pyuresi, tuxum, chia urug‘i, non va bulg‘ori qalampiridan tayyorlangan Ursula.
View this post on Instagram
Vafli, o‘rik va olmadan hozir bo‘lgan “Sohibjamol va maxluq”dagi Lyumer.
View this post on Instagram
“Tepaga” multfilmi qahramonlarini tayyorlash uchun tovuq go‘shti, non, salat bargi va lapshadan foydalanildi.
View this post on Instagram
“Qalb” qahramoni uchun esa kartoshka pyuresi, guruch, tuxum, chia urug‘i, limon va nondan foydalanildi. | 109 | 1,616 |
Foto | Fotogalereya: Parijning maftunkor peyzajlari fotograf Tatyana Lichchia nigohida | Parij shunchalar maftunkorki, xatto havaskorning telefonida olingan suratda ham chiroyli ko‘rinadi. Uni shunday rasmga olish kerakki, ko‘rgan odam darrov jomadonini yig‘ib, sayohatga otlansin.
Tatyana Lichchia — rassom va yosh fotograf. U o‘z obyektivida Parijni aslidan ham go‘zal shaharga aylantirdi. Kompozitsiya, yorug‘lik va Luchchianing mualliflik ishi sabab, suratlar sehrli ko‘rinishga ega bo‘ldi. Travel Ask u olgan suratlarni taqdim etdi. | 79 | 448 |
Foto | Foto: Ritik Roshanning Arabiston dengizi sohilidagi o‘ziga xos dizaynga ega uyi | Bollivud aktyori Ritik Roshanning uyi Mumbay shahridagi eng nufuzli tumanlardan biri Juxuda joylashgan. Uy derazalaridan Arabiston dengizining ajoyib manzarasi ko‘rinib turadi.
Ritikning uyi ikki qavatdan iborat. Uning yon qo‘shnisi taniqli aktyor Akshay Kumar.
“Ushbu uyning qurilishi o‘zimdagi yashirin qirralarni kashf etish bilan kechdi. Qurilish jarayoni o‘ylaganlarimni hayotga tatbiq etish qanday natijaga ega bo‘lishini tekshirib ko‘rmoqchi bo‘ldim”, — deydi Ritik.
Uydagi mehmonlar uchun mo‘ljallangan katta xonada stol futboli, bilyard stoli va hatto shokolad tarqatadigan avtomat ham bor.
Ritikning uyda ham mo‘jaz ofisi bo‘lib, bu yerdagi stol ustida aktyor taklif etilgan filmlar ssenariylari turadi.
Uydagi devorlarda turli ma’noli iboralar yozilgan. Masalan, bilyard stoli yaqinidagi devorda “Har bir tarixning ikki tomoni bor” deb yozilgan.
Shunday iboralarni hamma xonalarda uchratish mumkin. Ularni Ritikning shaxsan o‘zi yozgan.
Hozirda Ritikning sobiq rafiqasi Syuzanna ham karantinni uning uyida o‘tkazmoqda. Roshanlar oilasida bir qoida bor: oilada kechki ovqatlar bitta joyda yeyilmaydi.
Ular kechki ovqatni mehmonxonada, yo‘lakda, balkonda yoki yotoqxonada ham yeyishi mumkin.
“Bu orqali men bolalarimga cheksiz imkoniyatlardan foydalanish kerakligini hamda standartlardan boshqacha fikrlashni o‘rgataman”, — deydi. | 79 | 1,340 |
Foto | Fotogalereya: Hayratlanarli sochlarga ega bo‘lgan kishilar | Soch inson go‘zalligini ta’minlovchi qismlardan biri. Ba’zilarning sochlari esa ko‘pchilikni hayratda qoldiradi. AdMe ana shunday sochlarga e’tibor qaratdi. | 58 | 156 |
Foto | Fotogalereya: Haligacha o‘z yechimini topmagan Yer sayyorasidagi jumboqlar | AdMe Yer sayyorasidagi hatto olimlar ham haligacha yechimini topmagan sirli va g‘ayrioddiy maskalar haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi.
Ushbu toshlarning o‘ziga xos jihati ularning g‘ayrioddiy o‘lchami va yumaloq shakli. Bu kabi shakldagi toshlar qayerdan paydo bo‘lgani hozirga qadar noma’lum.
Hayvonlar migratsiyasi — bu yilning ma’lum bir vaqtida hayvonlarning bir joydan boshqa joyga ko‘chishi. Biroq olimlar hozirga qadar qushlar, baliqlar, hasharotlar va sut emizuvchilarning genlari bu turdagi murakkab ko‘chishlarni qanday qilib amalga oshirishini aniqlay olmagan.
Bostonlik geolog Robert Shox “Misrdagi Sfinks haykalining boshi avvaliga sher ko‘rinishida bo‘lgan”, degan taxminini ilgari surgan. Fir’avnlardan biri esa, ustalarga haykalning ko‘rinishini o‘zining yuz tuzilishiga o‘xshatishlarini buyruq bergan… Ammo bu faraz hamon o‘z tasdig‘ini topmagan.
Ushbu tosh 1872-yilda Nyu-Gempshirdagi (AQSh) Meredit shaharchasida olib borilgan qazilma ishlari vaqtida topilgan. Meredit toshi — bu ishlov berilgan kvarsit bo‘lagi. Ushbu toshning yaratilgan vaqti va uning vazifasi nimadan iborat ekanligi aniqlanmagan.
Taos shahri aholisi (Nyu-Meksika, AQSh) ko‘p yillardan beri sahrodan qandaydir past chastotali ovozni eshitishadi. Shovqin og‘ir texnikaning magistral yo‘ldagi harakatini eslatadi, biroq yaqin atrofda hech qanday katta yo‘l mavjud emas.
Katta Quyon oroli hududida ko‘plab tosh bo‘laklari spiral shaklda joylashtirib chiqilgan. Ammo nima maqsadda bunday qilingani noma’lum. Qandaydir diniy marosimlar uchun mo‘ljallangan bo‘lishi ham mumkin, degan taxminlar mavjud.
1986-yilda bir guruh shovvozlar Yonaguni oroli yaqinidagi dengizdan arxitektura namunalarini yodga soluvchi inshootlarni topishga muvaffaq bo‘lgan.
Ushbu g‘ayrioddiy qizil yog‘dular Rossiyaning Kamchatka yarimorolida Y.van Xeyst tomonidan aniqlangan. U Boeing 747-8 samolyotini Gonkongdan Alyaskaga boshqarib ketayotganida buni payqab qolgan. Buning siri hamon aniqlanmagan. Olimlar qizil yog‘du okean ostidagi vulqon otilishining aksi bo‘lishi mumkin, degan farazni ilgari surishgan.
Dunyoning turli joylarida bu kabi shaklga ega toshlar qayerdan paydo bo‘lib qolgani haligacha olimlarni o‘ylantirib keladi. Shu jumladan Bosniyadagi ushbu ulkan toshning ham qayerdan paydo bo‘lgani noma’lum. | 74 | 2,288 |
Foto | Chivita-di-Banoredjo — o‘layotgan shahar (foto) | Italiyada joylashgan Chivita shahri uzoqdan osmonda osilib turgan ertaklardagi saroyga o‘xshaydi. Bugungi kunda Chivitada atigi 10 kishi yashaydi, shahar meri esa barcha xohlovchilarga uyini ijaraga beradi. National Geographic shu shaharga e’tibor qaratdi.
XX asrning boshida yozuvchi Bonaventura Tekki Chivitani “o‘layotgan shahar” deb nomlagan edi. Shundan buyon bu nom shaharning nomi sifatida muhrlarnib qolgan. Barchasiga tabiiy jarayonlar sababchi bo‘lgan. Qadimiy Chivita mo‘rt tog‘ jinsidan iborat qoya ustida joylashgan. Qoya ostida esa qum qatlami joylashgan.
Shamol va yomg‘irlar yillar davomida mustahkam bo‘lmagan grunt qatlamini yemirib, eroziyani yuzaga keltirgan. XIX asr o‘rtasidan boshlab shahar 25 metrga pasaygan va bu jarayon davom etmoqda. Odamlar XVI asrdan boshlab Chivitani tark eta boshlagan. O‘shanda dastlabki ko‘chkilar qoya chetidagi uylarni vayron qilgan. Hozirgi vaqtda shaharda atigi 10 kishi qolgan. Eroziyani to‘xtatish maqsadida qoyalar ichida 16 metr chuqurlikda yettita tunnel qazilgan va ular mustahkam kanat arqonlari yordamida birlashtirilgan.
Chivita mer o‘z uyini Airbnb xizmati orqali ijaraga beradigan yagoba shahar hisoblanadi. | 47 | 1,174 |
Foto | Fotogalereya: “Qirol sher” bilan bir paytda dunyoga kelgan mashhurlar | Iyul oyida namoyish etilgan mashhur multfilm “Qirol Sher”ning kinoversiyasi muxlislar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Barcha uchun sevimli bo‘lgan multfilmning ilk bor katta ekranlarga chiqqaniga ham 25 yil bo‘ldi. Bu vaqt ichida ko‘p narsa o‘zgardi, yangi ovozlar, yulduzlar paydo bo‘ldi. AdMe ana shunday “Qirol sher” bilan bir paytda dunyoga kelgan mashhurlarning suratlarini taqdim etdi.
Youtube yulduzi — Maluma
Aktyor Charli Hiton
Kanadalik tennischi Ejeni Bushar
Qo‘shiqchi Jastin Biber
“Oskor” va “Oltin globus” mukofotining bir necha bor sovrindori aktrisa Sirsha Ronan
Aktrisa Aglaya Tarasa
Qo‘shiqchi Egor Krid
Aktrisa Zoi Doych
Va nihoyat Simba | 69 | 682 |
Foto | Fotogalereya: Insoniylik xususiyatlari aks etgan suratlar | Notanish kishiga o‘zi so‘ramasa ham, yordam berish, odamlarning shunchaki kayfiyatini ko‘tarish insoniylik xususiyatlaridan hisoblanadi. AdMe ana shunday xususiyatlarni aks ettirgan suratlarni taqdim etdi. | 57 | 205 |
Foto | Fotogalereya: Arab shayxlarining yopiq superkarlar klubi qanday ko‘rinadi? | Forbes Life muxbiri Milandan Marbelyagacha Supercars Club Arabia avtopoygasida ishtirok etdi. Bu haqda Forbes xabar berdi.
Avtopoygada o‘z turkumida yagona bo‘lgan Lamborghini, Ferrari va Porsche kabi avtomobillar ishtirok etdi.
Bahraynlik Salmon ibn Iso Al Halifa 2014-yilda avtoishqibozlarning yopiq klubiga asos solib, unga birgalikda sayohat amalga oshirish uchun do‘stlarini taklif qila boshlagan. Bir necha yil ichida klub azolari — hozirda ularning soni 120 kishidan ortiq — uchta qit’ani va o‘nlab Yevropa va Yaqin Sharq mamlakatlar yo‘lini bosib o‘tdi.
Bu yilgi yo‘nalishda poygachilar Lago-Major ko‘li orqali Alp va Monakoning qorli dovonlari va Andorrani bosib o‘tdi, kolonna Marbelyada to‘xtadi. Kechib o‘tilgan masofa 10 kunda to‘rt ming kilometrni tashkil qildi. | 74 | 777 |
Foto | Boyqush o‘z qutqaruvchisidan minnatdorligini antiqa usulda ko‘rsatdi | Jiji laqabli yapaloqqush mashina ostida qolib ketib, boshidan jiddiy jarohat olganida, uni Wild at Heart Rescue jonivorlarni qutqarish xizmati asrab olib, davoladi, parvarishladi. Qush esa ularga o‘ziga xos tarzda minnatdorchilik bildirdi. Bu haqda AdMe hikoya qilib berdi.
Xizmat xodimi, yovvoyi qushlar bo‘yicha mutaxassis Duglas Jijiga alohida e’tibor qaratib, uning tez orada oyoqqa turib ketishiga ko‘maklashdi. U bir necha kunlar mobaynida boyqushni parvarishladi, so‘ng o‘z ishlari bilan bir yerga ketdi. Duglas qaytib kelganida esa qush his-tuyg‘ularini insonlardan o‘tkazib namoyish etdi — u qutqaruvchisining atrofida raqs tushdi, so‘ng uni quchoqladi va hatto yelkasiga bosh qo‘ydi.
Xizmat xodimlari bunday mehribonlikni ko‘pdan beri ko‘rmaganliklarini tan oldi. | 68 | 773 |
Foto | Fotogalereya: Dunyodagi eng qadimiy inshootlar | Qadimiy binolar har doim sayyohlarning diqqat markazida bo‘ladi. Ular o‘z tarixi, sirlari va betakrorligi bilan odamlarni o‘ziga tortadi. TravelAsk Yer sayyorasidagi eng qadimiy binolarga e’tibor qaratdi. | 46 | 204 |
Foto | Fotoreportaj: Mixail Zadornov Yurmalada dafn etildi | Mixail Zadornov Yurmaladagi Yaundubulti qabristonida, otasining yonida yerga qo‘yildi. Diniy marosim Rigadagi Aleksandr Nevskiy cherkovida bo‘lib o‘tdi, yozuvchi bilan vidolashish uchun 400 dan ortiq odam yig‘ildi. “Gazeta.ru” Mixail Zadornovni so‘nggi manzilga kuzatish marosimidan fotoreportaj tayyorlab taqdim etdi.
Avvalroq, 10-noyabr kuni rossiyalik yozuvchi va kulgi ustasi 69 yoshida vafot etgani haqida xabar berilgandi.
Mixail Zadornov bilan Rigadagi Aleksandr Nevskiy cherkovida vidolashish marosimi, 2017-yil 15-noyabr
Birinchi xotini Velta Zadornova (chapdagi), qizi Yelena (chapdan ikkinchi), ikkinchi xotini Yelena Bombina (o‘ng tarafdan birinchi)
Riga meri Nil Ushakov (orqa planda) o‘zining rafiqasi bilan | 51 | 724 |
Foto | Qishki Moskvani Ostankino teleminorasidan turib suratga olishdi. Bu — juda chiroyli! | Moskvani juda past bulutlar qoplab olganida, rossiyalik fotosuratchi Dmitriy Chistoprudov shaharni suratga oldi. Meduza’ning yozishicha, bunday iqlim sharoiti yilda bir necha bor kuzatiladi, xolos.
Chistoprudov Ostankino teleminorasining tomosha maydonchasidan shaharni va alohida osori-atiqalarni, jumladan, Moskva-Siti ishbilarmonlik markazi va Moskva davlat universitetining bosh binosini suratga oldi.
Chistoprudovning shu seriya bo‘yicha boshqa ko‘plab suratlarini uning blogida tomosha qilish mumkin.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 84 | 681 |
Foto | Salkam 10 kilolik baxt: dunyodagi eng katta vazn bilan tug‘ilgan chaqaloqlar (foto) | Odatda yangi tug‘ilgan chaqaloqlar vazni ko‘pi bilan 4 kilogrammgacha yetishi mumkin. Ammo ba’zida katta vaznga ega go‘daklar dunyoga keladiki, har qanday odam hayratlanishi aniq.
Anna Beytsning o‘g‘li (Go‘dak) —9,98 kilogramm
Yangi tug‘ilgan chaqaloqning vazni 10 kilo bo‘lishi uchun grammlar yetmay qolgan xolos. Bolaning onasi Anna Beyts 1846-yilda tug‘ilgan bo‘lib, bo‘yi 241 santimetr, 1879-yil yanvarda tug‘ilgan bolasi esa 71,12 santimetr edi. Chaqaloqqa ism qo‘yilmagan bo‘lsa-da, hamma uni Go‘dak (Baby) deb atashgan. Afsuski, bola 11 soatdan keyin vafot etgan.
Bolaning otasi Martin van Byoren Beyts shunday deb yozgan edi: “Uning bo‘yi 71 santimetr, vazni 9,98 kilogramm bo‘lib, har tomonlama sog‘lom edi. Tug‘ilganda u olti oylik bolaga o‘xshardi”.
Martinning o‘zi ham turmush o‘rtog‘i singari yirik edi: bo‘yi — 236 santimetr bo‘lib, xotinidan bir oz pastroq bo‘lgan. Ularning ikkalasi ham sirk truppasida ishlagan, ikki yillik munosabatlardan so‘ng turmush qurishgan. Juftlikning 13 nafar farzandi bo‘lgan, ammo ularning ba’zilari tug‘ilgandan ko‘p o‘tmay vafot etgan.
Akbar Hasanuddin — 8,7 kilogramm
2009-yilda 40 daqiqalik kesarcha kesish amaliyotidan so‘ng, 41 yoshli Ani Hasanuddin polvondek o‘g‘ilni dunyoga keltirdi. Ayoldagi glyukoza miqdorining yuqoriligi va chaqaloqning aqlbovar qilmaydigan kattaligiga qaramay, ona-bolaning ham sog‘lig‘i yaxshi edi. Chaqaloqning otasi Muhammad “bolani boqa olishlariga umid qilishini, chunki bunday pahlavon boshqa bolalarga qaraganda ko‘proq sut ichishini” aytgan.
Nadejda Xalina — 7,75 kilogramm
Tatyana Xalina qizi Nadejdani dunyoga keltirishi bilan aytgan birinchi gapi: “Bo‘ldi, boshqa tug‘mayman!”, bo‘ldi. Uni tushunish mumkin. Chunki Tatyananing birinchi farzandi 4,1 kilogramm vazn bilan tug‘ilgan, ammo keyingi har bir bola yanada og‘irroq vaznli bo‘lib dunyoga kelgan. Nadejda Tatyananing o‘n birinchi qizi bo‘ldi.
Xalinlar oilasi Oltoy o‘lkasining Aleysk shahrida yashaydi. Shifokorlarning ta’kidlashicha, bu kamdan kam uchraydigan holatdir, hech kim bunday “syurpriz”ni kutmagandi, chunki na Tatyana, na uning eri bo‘yi yoki vazn jihatidan boshqalardan farq qilmaydi.
Admilton dos Santos — 7,7 kilogramm
Admilton o‘rtacha tug‘ilgan chaqaloqning vaznidan ikki baravar katta bo‘lgan va Braziliyadagi eng og‘ir tug‘ilgan chaqaloq sifatida tanilgan. Admilton Francheska dos Santosning beshinchi farzandi bo‘lib, shifokorlar bolani kesarcha kesish yo‘li bilan dunyoga keltirgan. | 83 | 2,451 |
Foto | Butun dunyoni kezib chiqqan norvegiyalik tashrif buyurish uchun 12 ta mamlakatni tavsiya qildi (fotogalereya) | Norvegiyalik Gunnar Garfors 38 yoshida butun dunyoni kezib chiqqan eng yosh havaskor sayohatchi sifatida Ginnessning Rekordlar kitobiga kirdi, deb yozadi KNews. Gunnar sayohat qilishni 17 yoshidan boshlagan, ammo chet ellarga faol ravishda tashrif buyurishga u 2008-yilda kirishdi, o‘shanda u o‘z oldiga dunyoning har bitta mamlakatiga borish maqsadini qo‘ygan edi.
Gunnar o‘zida eng katta taassurot qoldirgan 12 ta mamlakat ro‘yxatini tuzdi.
Qasrlari, tog‘lari va albatta, Drakulasi bilan mashhur bo‘lgan Transilvaniya sizni hang-mang qilib qo‘yadi. Shuningdek, Buxarestdagi ziyofatlar haqida unutmang.
Madagaskar Fransiyaning mustamlakasi bo‘lganiga shubha yo‘q. Taomlar u yerda oliy darajada, sizni lol qoldiruvchi qirg‘oqlar, lemurlar va baobab daraxtlari bor.
Uni shamollar va to‘lqinlar millionlab yillar davomida ayamay kelgan bo‘lsa-da, u hamon o‘sha yerda turibdi. Issiq tabiiy buloqlar kishini tinchlantiradi.
Samimiyat nimaligini shu yerda tushunish mumkin. Bu mamlakatda siz yugur-yugur va stress nimaligini unutasiz.
Ajoyib tabiat, rang-barang bozorlar. Odamlari juda samimiy.
U yerda hashamat yo‘q, ammo bu joy haqiqatda jannatmonand. Mahalliy aholining mehmondo‘stligiga ishonch hosil qilishingiz va juda mazali dengiz mahsulotlarini tatib ko‘rishingiz mumkin.
Bu yerda oq, qora va tillarang plyajlardan bahramand bo‘lish va har qanday suv sporti bilan shug‘ullanish mumkin.
Bu yerda siz syorfing va dayving uchun ajoyib joylarni topishingiz va hayratlanarli tabiatdan zavqlanishingiz mumkin.
Bu yerda ajoyib plyajlar, osoyishta qishloqlar va tabassum qiluvchi odamlarni ko‘rasiz. Ammo rivojlangan infratuzilmani topa olmaysiz.
Vulqonlar, qaynab turgan ko‘llar, yopiq plyajlar va tropik o‘rmonlar bu orolga maftunkorlik bag‘ishlaydi.
Yovvoyi tog‘lar, hayratlanarli sharsharalar, ajoyib muzliklar, mitti qishloqlar va tungi quyosh sizni tang qoldiradi.
Osoyishta va xotirjam, ammo juda qiziquvchan kishilar uchun mos keluvchi mamlakat. | 109 | 1,962 |
Foto | Tabiat ajoyibotlari aks etgan suratlar (foto) | Olimlar Yerdan tashqari hayot borligini qidirib o‘zga sayyoralarga borayotgan bir paytda, bizning tabiat ajablanarli narsalar bilan hayron qoldirishda davom etmoqda.
AdMe mana shunday tabiat ajoyibotlarining bir nechta suratlarini taqdim etdi.
Hali patlarini butunlay almashtirishga ulgurmagan ko‘k soyka
Kichkina baliqning fuguga aylanishi
Foto AdMe
Homilador ilonning rentgen surati
Foto AdMe
Skatlar migratsiyasi
O‘z turida ikki milliondan bir uchraydigan havorang omar (dengiz qisqichbaqasi)
Ushbu zaytun daraxti ikki ming yoshda
Dog‘larsiz jirafa ko‘rganmisiz?
Janubiy Karolinadagi 500 yillik Angera chinori
Urug‘lar pomidorning o‘zidan unib chiqqan
Ilon xuddi o‘zini yutib yuborayotgandek po‘st tashlamoqda
Kesilgan tosh xuddi okeanga o‘xshaydi
Chig‘anoqlar bilan to‘la Sloveniya plyaji
Avakadoning unib chiqqan urug‘i o‘zga sayyoraliklarga o‘xshaydi
Noodatiy qo‘ziqorin
Yo‘qolib ketish arafasida bo‘lgan ajdarho daraxti
Amazonka daryosi Riu-Negru bilan tutashuvchi qism. Ular rangidagi farq tuproqlarining turlicha bo‘lishi bilan bog‘liq
Portlash to‘lqini
Suv ostidagi aysberg ko‘rinishi
Qachonlardir mavjud bo‘lgan Archelon ischyros nomli eng katta toshbaqa skeleti. 1902-yilgi surat | 45 | 1,211 |
Foto | 15-iyun kuni ochilishi bo‘lib o‘tadigan Toshkentdagi Central Park’dan fotoreportaj | “Daryo” fotomuxbiri ertaga, 15-iyun kuni ochilishi bo‘lib o‘tadigan Central Park nomini olgan sobiq “Mirzo Ulug‘bek istirohat bog‘i”dan fotoreportaj tayyorlab taqdim etdi.
Mazkur bog‘ o‘tgan yilning oktabr oyida bog‘ rekonstruksiya uchun yopilgan edi.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi istirohat bog‘i 1934-yilda barpo etilgan. Undagi ayrim bino va attraksionlar eskirgan va shaharsozlik normalariga to‘g‘ri kelmay qolgan edi. Shu sababli bog‘da keng ko‘lamli ta’mirlash ishlari olib borildi.
Qayd etilishicha, bog‘ hududida aholi sayr qilishi va suhbatlashishi uchun osoyishta hududlar bunyod etilgan, qulay o‘rindiqlar va yoritgichlar o‘rnatiladi. Shuningdek, 100 yoshdan oshgan keksa daraxtlar ham saqlab qolingan. | 82 | 708 |
Foto | Hamyoningizga zarar keltiradigan besh yomon g‘oya | InsiderPro sayti ba’zan xayolimizga kelib qoladigan, lekin yomon oqibatlarga olib ketadigan besh g‘oyani sanab o‘tdi.
Bu g‘oya juda chiroyli va mashhur, ammo bu ishni qilgan odam o‘zini katta xatar oldiga qo‘yadi. Orzu har doim ham yaxshi daromad keltirmasligi mumkin. Balki unga yaqinroq kelsangiz, orzuingiz siz o‘ylaganchalik chiroyli bo‘lib chiqmas. Hech bo‘lmaganda oldindan pul jamg‘arib, keyin harakat qilib ko‘rish mumkin, ana shunda tahdidlar bir qadar kamayadi.
Bitkoin va boshqa turdagi kriptovalyutalarga pul tikish jiddiy tahdidlarni keltirib chiqaradi. Katta daromadga ega bo‘lish ehtimoli ham mavjud, lekin bir narsani unutmaslik lozim: bu pullar havoga ham uchib ketishi mumkin.
Qimmatbaho kiyimlar ham, gadjetlar ham, kreditga olingan BMW ham aslingizni o‘zgartira olmaydi. Mark Sukerbergdan o‘rnak oling — u bir xil kulrang futbolka va arzon shippakda yuradi, lekin hech kim uning boyligiga shubha qilmaydi.
O‘ylamay xarajat qilish — moliyaviy muvaffaqiyatsizlik tomon birinchi qadam. Kredit yoki qarz olish oson, lekin bundan keyin daromadingiz investitsiya yoki mablag‘ to‘plashga emas, qarz to‘lashga ketadi.
Xayolingizga biror mahsulot g‘oyasi kelib, u sizga zo‘r tuyulishi mumkin, lekin bu muvaffaqiyat uchun yetarli emas. Agar ijodiy qidiruvlarga berilib ketib, aniq biznes-reja tuzmasangiz, startapingiz omadsiz yakun topishi tayin. | 49 | 1,365 |
Foto | Vyetnam mahalliy aholisining odatiy turmush tarzidan hikoya qiluvchi suratlar | Dmitriy Gilituxa — taniqli fotograf bo‘lib, ekzotik mamlakatlarga qilgan ekspeditsiyalaridagi fotosuratlari muallifni mashhur qilgan.
Dmitriy Osiyoda 210 kun, shu jumladan, Vyetnamda bir oy bo‘lgan. Ushbu safar davomida u diqqatga sazovor joylarni suratga olgan bo‘lib, shulardan bir nechtasini e’tiboringizga havola qilamiz.
Vyetnam Dmitriyning Osiyo bo‘ylab katta safari davomida tashrif buyurishni rejalashtirgan mamlakatlar ro‘yxatida edi. U mamlakatning janubidan shimolga sayohat qilib, kichik va rang-barang aholi punktlarida bo‘ldi. Fotosuratchi Xoshimin, Xanoy, Kan Txo kabi yirik shaharlarga ham tashrif buyurdi. Bularning barchasi uning suratlarida aks etgan.
Dmitriy o‘z sayohatini Mekong deltasi yaqinidagi suvda suzuvchi bozori bilan mashhur bo‘lgan Kay Rang qishlog‘idan boshladi. Keyin u shimolga, Xoy Anning shinam shaharchasiga bordi, u yerda mazali taomlar va yoqimli muhitdan bahramand bo‘lish uchun biroz to‘xtadi.
Dmitriyning sayohatidagi muhim nuqta — Halong ko‘rfazidagi Katba oroli edi. Ushbu hudud YuNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Ko‘rfaz baland manzarali toshlar bilan o‘ralgan, suvi esa kristalldek tiniq va toza.
Halong ko‘rfaziga butun dunyo bo‘ylab sayohatchilar ajoyib manzaralarni ko‘rish, qayiqda sayr qilish, plyajda dam olish va baliqdan tayyorlanadigan mahalliy taomlardan tatib ko‘rish uchun kelishadi.
Vyetnamda sayyohlar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Hatto puli kam bo‘lgan tajribasiz sayohatchida ham ushbu mamlakat madaniyati va tabiati bilan tanishish imkoniyati mavjud. Bu yerda tunash va ovqatlanish boshqa mamlakatlarga nisbatan ancha arzon.
Vyetnamda mustaqil holda sayohat qilish juda oson. Rivojlangan transport tizimi imkon qadar ko‘proq shaharlarni, aholi punktlarini va turistik joylarni ko‘rish imkoniyatini beradi. Masalan, uxlab ketish mumkin bo‘lgan avtobuslar mavjud bo‘lib, ularda mamlakat bo‘ylab sayohat qilish juda qulaydir.
Fotosuratchi sifatida u Vyetnamga iyun oyida, quyoshli kunlar ko‘p vaqtda va guruch dalalari nihoyatda chiroyli bo‘lganda borishni maslahat beradi. Sayohatchi sifatida esa u yerda yashaydigan ajoyib odamlar orqali ushbu mamlakat bilan tanishishni tavsiya qiladi. | 77 | 2,192 |
Foto | Fotojamlanma: Andijondagi “Bog‘i Bobur”ga sayohat | Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Andijon shahridagi diqqatga sazovor maskan — “Bog‘i Bobur”dan fotojamlanma tayyorladi.
“Bog‘i Bobur” — Andijon shahrining janubi-sharqida — Buyuk Ipak yo‘li yoqasi (Bog‘ishamol)dagi adirda joylashgan. Bog‘ Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 510 yilligi munosabati bilan 1993-yilda foydalanishga topshirilgan. 357 gektar maydonni egallagan bog‘ Kobul shahridagi “Bog‘i Bobur”ga qiyosan qurilgan.
Bog‘ga kirish uchun sharqona uslubda qurilgan marmar darvoza yo‘lakdan ko‘p pog‘onali zinalar orqali yuqoriga ko‘tariladi. Birinchi supachada Boburning haykali o‘rnatilgan.
Yuqoriroqda “Bobur va jahon madaniyati” muzeyi qad ko‘targan. Uning moviy gumbazi ichidagi va devoridagi bezak rasmlari “Boburnoma” asari mazmunida chizilgan.
Muzey ko‘rgazmalarida Bobur hayoti va merosini o‘rganishga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy ekspeditsiya tomonidan olib kelingan noyob qo‘lyozmalar, kitoblar va tarixiy ashyolar, Bobur asarlarining qo‘lyozma nusxalari, xususan, “Xatti Boburiy”da Bobur o‘z qo‘li bilan ko‘chirgan Qur’oni Karim nusxalari, Bobur davri qurol-aslahalari, saroy ahli kiyimlari, boburiy podshohlar zarb qildirgan tanga pullardan namunalar qo‘yilgan.
Muzeyning ikki yonidan o‘tgan marmar zinali yo‘l yana ham yuqoriga, so‘nggi supaga ko‘tariladi. Bu yerda Boburning ramziy qabr-sag‘anasi (Kobuldagi Bobur qabri tuprog‘idan olib kelib qo‘yilgan) joylashgan. Ramziy qabrdan yuqoriga ketgan yo‘l bolalar o‘yin maydonchalariga olib chiqadi. Istirohat bog‘ining yuqorisiga uzunligi 2 kilometr bo‘lgan osma yo‘l ham o‘rnatilgan. Bog‘da hunarmandchilik buyumlari do‘koni, shuningdek, choyxona, oshxona va boshqa dam olish maskanlari bor. Alohida dam olish joyida konsert sahnasi, kurash va boshqa musobaqalar o‘tkaziladigan maydon qurilgan. Bog‘da 20 xildan ortiq mevali, 10 dan ortiq manzarali daraxtlar ekilgan. | 49 | 1,855 |
Foto | Sayyohlarda sayohatning o‘zidan ham yorqinroq taassurot qoldirgan mehmonxona nomerlari (foto) | Mehmonxona uchun eng yaxshi reklama unga tashrif buyurgan kishilarning yaxshi taassurot bilan ortga qaytishi hisoblanadi. Buning uchun esa boshqalardan o‘ziga xosligi va noan’anaviyligi bilan ajralib turadigan jihatlar bo‘lishi kerak.
“Smorgon shahrida joylashgan mehmonxonada ehtiyojlar piramidasining yangi variatsiyasini ko‘rish mumkin”.
Ayollarga mo‘ljallangan mehmonxona.
“Otam mehmon kutadigan uyni Instagram’dagi suratlardagi singari tashqaridan go‘zal manzara ko‘rinib turishini istadi”.
Finlyandiyada mehmonxonasidagi kutib olish zali.
“Mehmonxona nomerimning yuvinish xonasidagi polkaga dushning ichidan ham tashqaridan ham narsa qo‘yish va olish mumkin”.
“Biz to‘xtagan kichik mehmonxonada yuz bergan holat”.
“Tog‘da joylashgan mehmonxonaning yuvinish xonasidagi plitalar ham tog‘ ko‘rinishida ishlangan”.
“Disneyni yaxshi ko‘rganim bilan biz to‘xtagan joy biroz g‘alati tuyuldi”.
“Nomerimning eshigi ochiq qolganda, mehmon kirib keldi”.
Kamin yoqish uchun noodatiy ko‘rinishda taxlangan o‘tinlar.
Dushga o‘rnatilgan qurilma suv haroratini aniq belgilash imkonini beradi.
“Nomerlari tovar vagoni ichida joylashgan mehmonxona”.
“Mehmonxona nomerimning to‘g‘risida o‘sgan gul”.
Mehmonxona xodimining sochiqdan yasagan san’at asari.
“Iordaniyaning Petra shahridagi mehmonxona nomerlarida kechasi osmondagi yulduzlarni tomosha qilish mumkin.
Berlindagi Radisson Blue mehmonxonasining markazida dunyodagi eng katta silindr akvarium joylashgan. | 93 | 1,465 |
Foto | Aqlbovar qilmas holatda olingan selfilar (fotogalereya) | AdMe nashri ekstremal selfi ishqibozlari tomonidan olingan aqlbovar qilmas suratlarni bir sahifaga to‘plab taqdim etdi. | 55 | 119 |
Foto | Fotoreportaj: Tungi Urganch | O‘zA tungi Urganch shahri aks etgan suratlar fotogalereyasini taqdim etdi. | 27 | 74 |
Foto | Dunyoning 8 nafar an’anaviy go‘zali (foto) | “Vokrug sveta” nashri dunyoning turli burchaklarida chiroyli deb hisoblanadigan sakkiz qizning suratini e’lon qildi.
Kambodjaning eng go‘zal qizlari — apsarlar, ya’ni shu nomli qadimiy raqs ustalari. Kambodjada raqqosa bo‘lish hozir ham nufuzli kasbdir. Raqs san’atini qizlar maxsus maktablarda o‘rganadi.
Laos qishloq va shaharlarida yilda bir marta yetti go‘zal — Kabinlafoma ruhi “qizlari” tanlanadi. Ularni shahar bo‘ylab aravada aylantirishadi. Qizlarning soch turmagi Budda boshidagi qavariq ramzini bildiradi.
Efiopiyaning bodilar qabilasi go‘zallari sochini tarashlab oladi, bunda boshda turli naqshlar yaratiladi. Biroq ularning asosiy bezagi — tanasidagi qavarib chiqqan chandiqlar. Ular terini tig‘ bilan kesib, hosil bo‘lgan yaraning ichiga kul va tuproq solish orqali yaratiladi.
Hind-ariy qabilalaridan kelib chiqqan drokpa xalqi ayollarining an’anaviy kiyimi — pashmina (yupqa charm) va echki terisi. Go‘zallarning g‘ururi esa avloddan avlodga o‘tadigan perak bosh kiyimidir.
Ximba xalqi ayollari soniga ip bog‘lab, butun badaniga qizil pasta surib yuradi. Bunday pastadan ular murakkab soch turmaklari yaratishda ham foydalanadi.
Deyarli har bir buryat qizda an’anaviy libos bor, uni bayram kunlari kiyishadi. Buryatlar nazdida soch odamning hayotiy energiyasi manbaidir. Uni yirik bezaklar taqqan holda himoya qilishadi.
Okinava ayollari an’anaviy nutibana raqsi tufayli jozibadorligini uzoq vaqt saqlab qoladi. Nutibana raqqosalarini noodatiy liboslari orqali tanib olish mumkin. Ular xanagasa deb ataladigan katta shlyapa kiyadi, u gibiskus guli shaklida yasalgan.
Panamalik ayollar g‘ururi — polyera an’anaviy libosi. Uning narxi bugungi kunda bir necha ming dollargacha yetishi mumkin. Go‘zallar sochini esa paynetas-de-balkon —toshbaqa kosasidan tilla plastina qoplab yasalgan gulchambar bezab turadi. | 42 | 1,831 |
Foto | Fotogalereya: Kameraga muhrlangan noyob lahzalar | AdMe ayni vaqtida suratga olingan ajoyib suratlarni to‘plab taqdim etdi.
Haqiqiy olov-qush
“Men ushbu to‘lqinga bir umr qarab o‘tirishga tayyorman”
Qarmoqqa ilingan baliq erkakni bir lahzaga fil-odamga aylantirib qo‘ydi
“Suratda opam meni yerga yiqitayotganligi tasvirlangan”
Kuyov va uning ajoyib do‘stlari yordamida yaratilgan kadr
Momaqaymoqning botishi
Pashshani olib ketayotgan ari
Oq bo‘yo‘g‘li qo‘nish vaqtida
Haqiqatda hayratlangan it
Suvga qulashidan bir baxya oldin
Suv toshqini — bu yomon, mavzuga mos reklama esa — yaxshi
“Kuchuklar uchib keldi, endi dam olsak ham bo‘ladi”
Shlyapaga mos bosh | 48 | 616 |
Foto | Fotojamlanma: bu qanday yuz bergan bo‘lishi mumkin? | “Pomada” nashri eng g‘alati va tushunarsiz holatlar aks etgan suratlardan iborat fotojamlanmani taqdim etdi. | 51 | 108 |
Foto | xivada yoqqan qor, Kobul ko'chasida uxlayotgan bolalar, Hindistondagi uysiz kishi — 19 yanvar suratlari | Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz.
Seuldagi meksikalik qizlar tarixiy Gegbokgung saroyi oldida selfiga tushmoqda.
Temza daryosi uzra rangli bulutlar.
Hindistonning Laknav shahrida riksha haydovchisi yuk tashimoqda.
O'z uyidan ishga qarab ketayotgan Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson.
Sochidagi daryo qordan keyin.
Sovuq kunda Kobul ko'chalarida uxlayotgan bolalar va ularning onasi. “Tolibon” hukumatni qo'lga olishi ortidan mamlakatda chuqur inqiroz hukm surmoqda.
Hindiston poytaxti ko'chalaridan birida uysiz kishi uxlashga tayyorgarlik ko'rmoqda.
Yamanda urush sabab o'z uyidan ko'chib ketgan Ismoil Hasan chiqindilarni saralamoqda.
Ko'hna xiva shahrida 19 yanvar tunda qor yog'di. Pahlavon Mahmud maqbarasi va Islomxo'ja minorasi.
xivadagi Muhammad Aminxon minorasi va madrasasi oldida qor o'ynayotgan xivaliklar. | 103 | 851 |
Foto | Foto: “Hech qanday yangilik yo‘q” loyihasidagi bo‘m-bo‘sh gazetalar | Sideline birlashmasi ishtirokchilari dunyo mamlakatlarining mashhur gazetalari logotipini takrorlagan, ammo ichida hech qanday yangilik bo‘lmagan Nothing in the News (“Gazetalarda hech qanday yangilik yo‘q”) art-loyihasini taqdim qildi, deb xabar bermoqda TJournal.
Mualliflarning so‘zlariga ko‘ra, ular zamonaviy odamlarning hayot tarziga aylangan “axborot oqimidan biroz dam olish”ni taklif qilgan.
Mobil qurilmalarga qarab, ko‘p vaqtni o‘tkazib yuboramiz. Biz qayerda nima bo‘layotgani, qanday hodisalar ro‘y berayotganini bilishni istaymiz. Hayotimizning har bir lahzasini qandaydir narsalar bilan to‘ldirib qo‘yamiz va oddiylikni – o‘tirib o‘ylashni, zerikishni, orzu qilishni unutib qo‘yganmiz.
Nothing in the News mualliflari
Loyiha mualliflari o‘z ishlarida Le Monde, The New York Times, The Sun, “Argumenti i fakti” va boshqa nashrlarning nusxalaridan foydalangan. Har bir bo‘sh gazetani birlashma saytidan 15 funtga xarid qilish mumkin.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 67 | 1,026 |
Foto | Qozog'istondagi namoyishlar, KxDRdagi ayollar marshi, qurum bosgan Palma oroli — 6 yanvar suratlari | Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz.
Bangkokda turizm va mehmonxona xizmati xodimlari koronavirusga test topshirishga tayyorgarlik ko'rmoqda.
Yaponiya poytaxti Tokioda qor yog'di. Politsiya velosipedlardan foydalanib, patrul o'tkazmoqda.
Ispaniyaning Palma orolida yuzaga kelgan vulqon lavalari uylarni ko'mib yubordi.
KxDR poytaxti Pxenyanda ayollar marshi bo'lib o'tmoqda.
Kolumbiyada an'anaviy Qoralar va Oqlar karnavali bo'lib o'tmoqda. Yunesko tomonidan tan olingan marosim har yili bo'lib o'tadi.
Sidneydagi festivalda chiqish qilayotgan akrobatlar.
Qozog'istonning Olmaota shahrida hukumatga qarshi qaratilgan namoyishlar davom etmoqda.
Londondagi Bushy Park’dagi kiyiklar.
Kalkuttadagi temir yo'l vokzali.
Tennischi Novak Jokovichning vizasi bekor qilinishi ortidan uning muxlislari Melburndagi Park Hotel mehmonxonasi oldida namoyish qilmoqda. | 99 | 876 |
Foto | Biznesda ham muvaffaqiyatga erishgan Bollivudning go‘zal aktrisalari (foto) | Sahnada rol ijro etish bilan birga, biznesni ham birdek olib borgan Bollivud aktrisalari unchalik ko‘p emas. Ularning ayrimlarini tanishtirib o‘tamiz.
Shilpa Shetti
Shilpa Shetti Mumbaydagi Yevropa Uyg‘onish davri va hind qirollik uslubini o‘zida birlashtirgan Royalty Club egasi. Shuningdek, u turmush o‘rtog‘i bilan birga Hindiston kriket jamoasi Rajasthan Royals’ga egalik qiladi.
Aktrisa kinodagi karyerasidan voz kechgan bo‘lsa-da, ammo bir nechta muvaffaqiyatli teleshoularda qatnashmoqda. Bundan tashqari, aktrisa butun mamlakat bo‘ylab joylashgan Losis nomli spa-salonlar tarmog‘ining egasi hisoblanadi.
Sushmita Sen
Sushmita Sen 2006-yilda o‘zining Sensazione kompaniyasini yaratdi va u orqali mehmonxonalar, kafelar va kurortlar tarmog‘ini tashkil etdi. Shuningdek, u Tantra Entertainment prodyuserlik kompaniyasi va Dubaydagi Renee Jewelers zargarlik do‘koniga ham egalik qiladi.
Lara Datta
“Dunyo go‘zali” Lara Datta o‘zining prodyuserlik kompaniyasiga egalik qiladi. Shuningdek, U Chabra 555 dizayn uyi bilan birga yangi sarilar kolleksiyasi do‘konini ochgan.
Karishma Kapur
Karishma Kapurning o‘z internet do‘koni bor. U yerda yosh onalar va chaqaloqlarni parvarish qilish uchun mo‘ljallangan mahsulotlar sotiladi.
Aisha Takiya
Aisha Takiya — “Choy va qahva” deb nomlangan kafelar tarmog‘ining egasi hisoblanadi.
Nilam Kothari
O‘tgan yillarning sevimli aktrisasi Nilam Kothari esa zargarlik biznesi bilan shug‘ullanadi. | 75 | 1,444 |
Foto | Haftaning qiziqarli suratlari | “Interfaks” haftaning qiziqarli va ajoyib suratlarini to‘plab, bir sahifaga jamladi. | 29 | 84 |
Foto | Fotogalereya: Dunyoda kam uchraydigan ekzotik mevalar | Endilikda banan, apelsin va kivilar bilan hech kimni hayron qoldirib bo‘lmaydi. Chunki ularni butun yil davomida istalgan dasturxon ustida ko‘rish mumkin.
Biroq dunyoda ta’mi va hidi ajoyib bo‘lgan boshqa mevalar ham talaygina. AdMe ana shunday kamyob mevalar suratlari to‘plamini taqdim etdi.
Durianning asosiy xususiyati — dahshatli hidi bo‘lishiga qaramay, ajoyib ta’mga ega ekanligi. Hidi huddi chirigan piyoz, pishloq va skipidarning aralashmasini eslatadi. Shu sababli ushbu mevani jamoat transporti va mehmonxonalarga olib kirish taqiqlanadi.
Mevasining mazasi banan, mango, ananas, muzqaymoq va qulupnay aralashmasiniki kabi. Uning yana bir xususiyati — alkogol mahsulotlariga aralashtirib bo‘lmaydi. Qon bosimini oshirib yuboradi.
Ushbu mevaning ta’mi muzqaymoqni eslatadi. Shuningdek, ananas, mango, papaya, shaftoli va qulupnay ta’mini ham berishi mumkin. Meva og‘izda qaymoq yoki mayin krem kabi erib ketadi. U tana haroratini tushirish va dizenteriyani davolashi bilan mashhur. Yagona salbiy tomoni — urug‘lari zaharli.
Jekfrut daraxtining mevasi eng katta hisoblanib, og‘irligi 35 kilogramm, uzunligi esa 90 santimetrga yetadi. Hidi va ta’mi banan, ananas va mango aralashmasi yoki mevali saqichniki kabi. Jekfrut qovurilganda uning urug‘lari shokolad hidini beradi.
Jabotikaba uzum ta’mini beradi. Ushbu mevadan jele, marmelad, vino va likyor tayyorlanadi. Mevaning quritilgan po‘stlog‘i Braziliyada astmaga, diareyaga va dizenteriyaga qarshi qo‘llaniladi.
Tamarillo pomidor, baqlajon va Chili qalampirining yaqin qarindoshi bo‘lishiga qaramay meva hisoblanadi. Tamarillo’ning ta’mi pomirniki kabi nordon-shirin. Uni desert o‘rnida ham garnir o‘rnida ham ishlatsa bo‘ladi.
Ushbu mevaning asosiy xususiyati po‘stlog‘i binafsha kabi hid tarqatishida. Mevasini deyarli iste’mol qilib bo‘lmaydi. Ta’mi huddi limon po‘stlog‘iniki kabi. Mevaning sariq “barmoqlardan” baliqli taomlar va salatlar tayyorlashda foydalaniladi.
Uning po‘stlog‘i huddi ilon terisi kabi bo‘lgani uchun shunday nom berilgan. Mevaning hidi xushbo‘y bo‘libgina qolmay ta’mi ham o‘ziga xos. Mevani po‘stlog‘idan tozalashda juda ehtiyot bo‘linmasa, qo‘llarga tikoni kirishi mumkin.
Ko‘rinishidan baliq uvildirig‘ini eslatgani uchun uning ikkinchi nomi — laymli uvildiriq. Kichkina meva piyozlari ichida sharbat mavjud, uning ta’mi oddiy laymniki kabi.
Kakaoning yaqin qarindoshi. Ko‘pincha an’anaviy kakao o‘rnida ishlatilib turiladi. Shokoladning ajoyib muqobili bo‘lishiga qaramay, ta’mi murakkab.
Uni ko‘pincha lichi o‘simligining kichkina ukasi deya atashadi. Longan mazali, suvli va juda xushbo‘y. Mevasi tarkibida shakar, C vitamin, kalsiy, temir va fosfor, shuningdek, teriga foydali biokislotalari ko‘p uchraydi.
Akebiyaning mevalarini desert o‘rnida iste’mol qilishadi, po‘stlog‘ini esa go‘sht bilan birga qiymaga aralashtirishadi. Xushbo‘y hidga ega va ta’mi malinaniki kabi. O‘simlikka yaqinroq borilsa, shokoladning yengil hidini sezish mumkin. | 53 | 2,947 |
Foto | Bu olam haqidagi tasavvuringizni o‘zgartirib yuboruvchi 15 ta surat (fotogalereya) | AdMe eng kutilmagan rakursdan olingan va biz uchun noodatiy bo‘lgan suratlar bilan bo‘lishdi. | 82 | 93 |
Foto | Fotogalereya: Nostandart go‘zallik modellari | Fransiya ozg‘in modellardan voz kechdi. Endi modellik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan qizlar tana vazn indeksi me’yorda ekanligi haqida tibbiy ma’lumotnoma taqdim etishi kerak. “RIA Novosti” noodatiy uslubdagi modellar fotojamlanmasini taqdim etdi.
Jillian mushaklar atrofiyasidan aziyat chekadi. Qiz nogironlik aravasiga mixlangan. U Diesel kastingi uchun ortiqcha umid qilmasdan ariza jo‘natganidan keyin modelga aylandi. Brend jamiyatning turli madaniy qatlamlarini aks ettirish uchun yosh nostandart modellar izlagan. Natijada Merkado brend kolleksiyasining yuzi sifatida tanlangan.
MOffY’ning g‘ilaylik kasalligi uning modellik biznesida muvaffaqiyatga erishishiga yordam bergan. Qiz POP Magazine jurnali uchun suratga tushgan va noma’lum agentlik bilan shartnoma imzolagan.
Stiven Tompson hech qachon modellik karyerasi haqida orzu qilmagan, biroq taqdir yigitni uning suratlarini jurnalga jo‘natgan fotografga to‘g‘riladi. 2011-yilda Tompson Givenchy modalar uyining yuziga aylandi.
Vinni Xarlou kamyob vitiligo kasalligi bilan tug‘ilgan. Uning tanasi yirik oq dog‘lar bilan qoplangan. Bugungi kunda qiz Nike, Desigual, Ashish kabi firmalar bilan hamkorlik qiluvchi modelga aylangan.
Dafna Self 1950-yildan buyon model bo‘lib ishlaydi. 89 yoshli ayol Buyuk Britaniyaning Dolce & Gabbana, Tata-Naka va Michiko Koshino kabi brendlar namoyishida ishtirok etgan eng yoshi katta modeli hisoblanadi.
Jek Ayers Nyu-York moda haftaligida ishtirok etgan tarixdagi birinchi protez oyoqli model hisoblanadi.
Daun sindromiga yo‘liqqan yosh model butun umri davomida ortiqcha vazn bilan kurashadi. Madlen Manifesta va everMaya brendlarining yuziga aylangan va o‘z mashhurligidan Daun sindromi bilan tug‘ilgan kishilarga nisbatan jamiyatning munosabatini o‘zgartirish uchun foydalanmoqda. | 44 | 1,787 |
Foto | Dunyodagi eng lazzatli 15 xil ko‘cha ovqati | Melissa Xay dunyo kezishni va surat olishni juda yaxshi ko‘radi. Bir necha yil muqaddam u Yevropa bo‘ylab sayohat qilayotib, ko‘chalarda ko‘plab lazzatli taom va shirinliklarga duch keldi, ularning suratlarini esa ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirib bordi. Suratlar uning obunachilariga shu qadar ma’qul tushdiki, Xay Girl Eat World (“Qiz dunyoni yeydi”) nomli blog ochishga qaror qildi. Ushbu blog orqali u har bir shahardan aniqlagani lazzatli taomlar fotosuratlarini ulashib boradi.
AdMe blogda jam bo‘lgan fotosuratlarni saralab, eng lazzatli ko‘cha taomlaridan iborat fotojamlanmani taqdim etdi.
Hello Kitty teshik kulchasi, Tokio, Yaponiya
Shokoladli qulupnay, Bryussel, Belgiya
Havo rang kokosli muzqaymoq, Malta
Kunjutli simit, Afina, Gretsiya
Xanami Dango deserti, Kioto, Yaponiya
Shokoladli yurakcha, Sidney, Avstraliya
Klementin, Yangon, Myanma
Pishiriq odamcha, London, Buyuk Britaniya
Panda shaklidagi bulka, Kobe, Yaponiya
Muzlatilgan yogurt, Malta
Kruassan, Parij, Fransiya
Kabob, O‘lik dengiz, Turkiya
Mamul pishirig‘i, Iordaniya
Makaron, Syurix, Shveysariya
Gan Daay Jay deserti, Gonkong | 43 | 1,116 |
Foto | Foto: Bluzka va koftalarni qanday kiyish kerakligi borasida Selin Dionning obrazlaridan ilhomlanamiz | O‘ziga yarasha kiyinish uslubi va didi bilan boshqa shou-biznes vakillaridan ajralib turadigan xonanda Selin Dionning garderobidagi liboslar va kiyimlarni moslashiga e’tibor qaratamiz.
Jinsi bilan oddiy bichimli, shu bilan birga yorqin bo‘lgan kofta kiying. Aynan rang obrazingizdagi urg‘u bo‘lsa yana yaxshi. Yanada o‘ziga xoslik istasangiz, aksessuarlardan foydalanishingiz mumkin.
Shim va yubka bilan kiyilgan oq, uzun kofta yengil kardigan o‘rnini bosishi mumkin. Havo harorat to‘g‘ri kelsa va matosi yupqa bo‘lmasa, bemalol ko‘ylak sifatida kiysa ham bo‘ladi.
Qora kofta bilan yorqinroq yoki printli pidjak kiygan yaxshi. Agar shim yoki yubka noodatiyroq bo‘lsa, bluzka yoki ustki kiyim maksimal darajada odmi bo‘lsin. Yoki aksincha, kofta o‘ziga xos bo‘lsa, shim yoki yubkaning odmirog‘ini tanlaganingiz yaxshi.
Oddiy kofta bilan obraz zerikarli bo‘lishini istamasangiz uni yubka ichiga turli usullar bilan kirgizing.
Rangli kostyum-shim kiyganda koftaning shu rangdagisi, ammo biroz ochroq yoki to‘qrog‘ini tanlang. | 100 | 1,028 |
Foto | Tunnel boʻylab parvoz qilgan aeroplan, koronavirus qurbonlarining toshga yozilgan ismlari, Kobulda qayta ochilgan banklar — 5 sentyabr suratlari | Bugunning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz.
Parijda davom etayotgan koronavirusga qarshi emlash tartiblari va sanitar ruxsatnomaga qarshi norozilik namoyishlarida tartib saqlayotgan polisiyachi.
Qurgʻoqchilik paytida Kantareyra suv omborlari tizimiga kiruvchi Yaguari toʻgʻonidagi oʻrdaklar.
Argentinada prezident saroyi qarshisida hukumatning koronavirusga qarshi choralaridan norozi xalq kasallik qurbonlarining ismi yozilgan toshlarni olib keldi.
Episkop Joanikijening taxtga oʻtirishiga qarshi norozilik namoyishi paytida shinalardan yasalgan barrikada yonib ketdi.
Kobulda banklar oʻz faoliyatini qayta boshladi.
Odamlar «Las Fallas» bayramida Bokira Maryam haykalini gullar bilan bezatishmoqda.
Kam maosh oluvchi mehnat muhojirlari Bangladesh poytaxti Dakka shahridagi Keraniganj gʻisht zavodida gʻisht tashimoqda.
Tokiodagi Paralimpiya oʻyinlarida basketbol boʻyicha final bahsida AQSh hamda Yaponiya jamoalari gʻoliblik uchun kurashdi.
Bangkokda sogʻliqni saqlash xodimlari bozor tashqarisida ishchilarni koronavirusga qarshi testdan oʻtkazmoqda.
Italiyalik uchuvchi Dario Kosta Turkiyaning Katalka tunnelida 1610 metr masofaga parvoz qilib yangi rekord oʻrnatdi. | 144 | 1,188 |