folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Foto
Shaffof Pepsi’dan Apple o‘yin pristavkasigacha: mashhur brendlarning muvaffaqiyatsiz loyihalari (foto)
CB Insights tahlil kompaniyasi yirik kompaniyalarning eng muvaffaqiyatsiz mahsulot yechimlari bo‘yicha namunalarni e’lon qildi, deb yozadi “Vc.ru”. 101 ta banddan iborat ro‘yxatga Apple, Pepsi, Facebook va boshqa brendlar loyihalari kirdi. Maqolada ularning eng diqqatga sazovorlarini keltirib o‘tamiz. 80-yillar o‘rtalarida gazli ichimlik ishlab chiqaruvchi boshqa kompaniyalar tomonidan jiddiy raqobatga duch kelgach, Coca-Cola o‘z ichimligining klassik formulasini o‘zgartirib, original “kola”dan biroz shiraliroq bo‘lgan yangi — New Coke brendini yo‘lga qo‘yishga qaror qildi. Sinovlar muvaffaqiyatli kechganiga qaramay, kompaniya iste’molchilarning ayblovlari ostida qoldi, ular Coca-Cola ularga tanlash imkoniyatini taqdim etmaganini ta’kidladi. Oxir-oqibat, Coca-Cola klassik formulaga qaytdi. 2013-yilda Facebook Android operatsion tizimi boshqaruvidagi smartfonlar uchun o‘z interfeysini taqdim etdi, u Facebook Home deb nom oldi. Ushbu interfeysga ega birinchi telefon HTC First bo‘ldi, uni Facebook Phone deb atashdi. Bosh ekranda do‘stlar yuborgan xabarnomalar hamda bildirishnomalar aks etardi. Talab kamligi tufayli, qurilmani sotish bilan shug‘ullangan AT&T kompaniyasi ularning narxini keskin tarzda 99 dollardan 99 sentgacha pasaytirdi. 2016-yilda loyiha yopildi. Peek kompaniyasi 2009-yilda Twitter Peek qurilmasini chiqardi, uning yordamida Twitter foydalanuvchilari yangiliklar tasmasini tekshirib, tvitlar jo‘natishi mumkin edi. Ammo qurilma faqat so‘nggi 20 ta xabarni ko‘rsatardi, xolos, foydalanuvchilar uni behuda deb topdi. 90-yillarda PepsiCo kofeinsiz Pepsi — Pepsi Crystal ichimligini chiqardi. Kompaniya bu bilan odamlarning sog‘lom ovqatlanishga qiziqishini mustahkamlamoqchi bo‘ldi. Biroq klassik Pepsi’ga o‘rgangan iste’molchilarda sitrus mevalar ta’miga ega shaffof ichimlik yaxshi taassurot qoldirmadi. Ko‘zoynak va aksessuarlar ishlab chiqaruvchi Oakley 2005-yilda mp3-pleyerli Oakley Thump ko‘zoynaklarini chiqardi. CB Insights tahlilchilari yozishicha, ko‘zoynak juda qimmat (495 dollar) bo‘lib, so‘nggi urfga mos bo‘lmagan, pleyerdagi tovush esa juda past bo‘lgan. 2006-yilda Microsoft Zune mp3-pleyerini chiqardi, u iPod’ga raqobatchi bo‘lishi kerak edi. Foydalanuvchilar qurilma haqida ijobiy fikrlar bildirdi, xususan, ularni boshqa Zune foydalanuvchilari bilan musiqa ayirboshlash imkoniyati o‘ziga jalb qildi. Ammo bu ommaboplikda Apple pleyeridan o‘zib ketish uchun yetarli bo‘lmadi. 2011-yilda Microsoft Zune ishlab chiqarishni to‘xtatganini e’lon qildi. 90-yillar o‘rtalarida Apple o‘yin pristavkasini yaratish bo‘yicha yagona urinishini amalga oshirdi. 1995-yilda kompaniya ham o‘yin, ham internetga ulanish uchun mo‘ljallangan konsolni taqdim etdi. Apple qurilma litsenziyasini begona kompaniyalarga sotish niyatida edi. Pippin’ni chiqarish bilan shug‘ullangan yagona firma Yaponiyaning Bandai kompaniyasi bo‘ldi. Jami 42 mingdan 100 mingtagacha qurilma chiqarildi.
102
2,921
Foto
Test: Yegulik nomini uning bo‘lagiga qarab toping
Yegulik bo‘laklarining quyidagi ajoyib suratlari fotosuratchi Lerner va Sander tomonidan olingan, Eshli Stivens esa bu suratlar yordamida qiziqarli test tayyorladi. Birovning yordamisiz har bir bo‘lak qaysi yegulikka tegishli ekanini aniq ayta olasizmi? E’tibor bering — test natijalari foizlarda ko‘rsatiladi va har bir noto‘g‘ri javob foiz hisobidagi ko‘rsatkichingiz pasayishiga sabab bo‘ladi. Testning yuklanishini biroz kuting. Error while processing playbuzz: 0
49
467
Foto
Fotogalereya: Bu 10 mamlakatdagi hayot Amerikadagidan yaxshi bo‘lsa yaxshiki, aslo yomon emas
Amerika har doim eng dadil va aqlbovar qilmas rejalarni amalga oshirish mumkin bo‘lgan makon, deb hisoblab kelingan. Shuningdek, eng zo‘r chizburgerlar va dunyoni qutqarib qolishga bag‘ishlangan eng shov-shuvli filmlar ham aynan shu yerda tayyorlanadi, deb yozadi TravelAsk. Biroq bunday ajoyib mamlakatlar Yer yuzida oz emas — bu mamlakatlarda shunchaki yashash va ishlash uchun kelgan kishilarni do‘stona kutib olishadi, rejalarni amalga oshirish, orzularni ro‘yobga chiqarish uchun imkoniyat va sharoitlar taqdim etishadi. Expat Explorer’ning so‘nggi hisoboti va jahon bo‘ylab 21 950 nafar ekspat (chet eldan taklif qilingan xodim) o‘rtasida hayot sifati, lavozim o‘sishi uchun eng yaxshi sharoitlar va xavfsiz yashash ko‘rsatkichlari bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra, dastlabki ikki o‘rinni Singapur va Yangi Zelandiya qo‘lga kiritdi. Singapur xavfsizlik va moliyaviy ishlarni yuritish masalasida maqtovlar ostida qolgan bo‘lsa, Yangi Zelandiya ishbilarmonlar uchun eng yaxshi mamlakat hamda sog‘liqni saqlash va integratsiya masalasida yetakchi sifatida tan olindi. Ish va turmushning eng maqbul muvozanatini o‘rnatishga muvaffaq bo‘lgan Shvetsiya esa uchinchi bo‘ldi. Yashash uchun eng maqbul mamlakatlarning to‘liq ro‘yxati esa quyidagicha:
93
1,264
Foto
Antarktidaga sayohat: Muzlar ostidagi go‘zallik
Kimdir muzli qit’a ostidagi hayotga ko‘z tashlash baxtiga sazovor bo‘lsa, unga nafaqat pingvinlar va tyulenlar, balki boshqa, yanada ekzotik hayvonlar yashovchi yorqin va maftunkor dunyo ochiladi. National Geographic Loran Ballestaning Antarktida haqidagi taassurotlari va takrorlanmas suratlarini taqdim etadi. Sharqiy Antarktidada joylashgan Dyumon-d’Yurvil fransuz ilmiy stansiyasidan yo‘lga chiqib tongda belgilangan joyga yetib kelganimizdan so‘ng kuni kecha o‘yilgan muzdagi teshik ustida hosil bo‘lgan muz qatlamini sindirishimizga to‘g‘ri keldi. O‘yiq uch metrlik muzda hosil qilingan. Avval bu kabi kichik teshikdan o‘tib, sho‘ng‘ishimizga to‘g‘ri kelmagan. Men birinchi sho‘ng‘idim. Kaft, tizza va lastlar bilan italirib, bu tunneldan o‘tishga erishdim, va nihoyat, suvga sho‘ng‘idim, yuqoriga qarab — o‘zimni yomon his qildim: muzdagi o‘yiqni yana muz qoplay boshlagan edi. Muzliklarning quyi qatlami — muz kristallarining zich aralashmasi bo‘lib, suvga sho‘ng‘ishim ularni harakatga keltirdi. Ular xuddi girdobga tortilgandek o‘yiqqa oqib kela boshladi. Yuqoriga ko‘tarilish vaqti kelganda, muz bo‘tqasi o‘yiqni deyarli bir metrga to‘ldirib qo‘ygan edi. Sug‘urta arqonidan tutgan holda santimetr-santimetrlab yuqoriga ko‘tarilaman, shunda yelkalarim tiqilib qoladi. Kutilmaganda boshimga zarba berilganini his qilaman — do‘stim Sedrik Jantil meni qazib olishga urinib, tasodifan kurak bilan boshimni tepa qismiga urib yuborgan edi. Nihoyat qo‘llarimdan tutib, yuqoriga olib chiqishadi. Bugungi sho‘ng‘ish o‘z yakuniga yetdi — biroq yana 31 ta urinish hali oldinda. Biz Vinsent Myunye bilan, u ham fotograf, bu yerga kinorejissor Lyuk Jakening taklifi bilan keldik. U 2015-yilgi muvaffaqiyatli loyihasi — “Pingvinlar marshi” ustida ishlamoqda. Jake imperator pingvinlarini videokameraga tasvirga, Myunye esa ularni suratga olgunga qadar mening jamoam muz ostida yashovchi mavjudotlarni suratga oladi. Braynikli — muz stalaktitlar — Dyumon-d’Yurvil stansiyasi yaqinidagi muzliklarda o‘sadi. Promachocrinus kerguelensis Muz ostidagi 30 metr chuqurlikda dengiz liliyasi ozuqa parchalarini tutish uchun qo‘llarini yoyib yuborgan. U o‘simlik emas, hayvon; dengiz yulduzining yaqin qarindoshi hisoblanadi va suzishni biladi. Periphylla periphylla Yorug‘lik tarqatuvchi koronomeduza, diametri 36 santimetrga yaqin bo‘lib, 40 metrlik chuqurlikda suzadi. Leptonychotes weddellii Ueddell tyuleni urg‘ochisi bolasi bilan muz ostida suzmoqda. U katta bo‘lganda onasining o‘lchamlariga: uzunligi uch metr, og‘irligi yarim tonnaga yetadi. Edwardsiella andrillae Dengiz biologi Merimegan Deyli bu aktiniyaning muzda yashashga qodir yagona turi ekanligini ta’kidlaydi. Olimlar u qanday muz ichiga kirib, unda yashashini tushuntirib bera olmaydi. Kiyimlarni kiygunga qadar bir soat vaqt sarflanadi. Va nihoyat, suvga sho‘ng‘iganimizda har birimizda 90 kilogrammlik aslaha-anjom bo‘ladi. Uyda, Fransiyada, tayyorgarlik uchun ikki yil sarflaganmiz. Klassik modellar zaif jihatini aniqlash uchun gidrokostyum ishlab chiqaruvchilar bilan ish olib bordik. Suv harorati minus 1,8 daraja bo‘lishi kerak edi. Agar kostyumlarimiz suv o‘tkazmaydigan bo‘lmasa, biz o‘n daqiqadan keyin halok bo‘lishimiz mumkin edi, mukammallashtirilgan qurilmalar tufayli suv ostida besh soatgacha qolishimiz mumkin. Yo‘qolib qolish va suv ostida bir umr qolib ketishdan eng ko‘p qo‘rqamiz. Shuning uchun ortga qaytishimiz uchun sariq lyuminessent trosni o‘zimiz bilan birga olamiz. Tug‘ilganligiga bor-yo‘g‘i bir necha hafta bo‘lgan Ueddell tyulenining qiziquvchan bolasi kameraga juda yaqin keldi. Sovuq yuzimizdagi bir necha santimetr ochiq joyni tezda sezgidan mahrum qiladi, suvga sho‘ng‘ish davomida kostyum va qo‘lqoplarimiz ostiga kiradi. Organizmim Yevropaga qaytganimdan so‘ng yetti oydan keyingina o‘ziga keladi. Sharqiy Antarktidada tyulen, pingvin va boshqa qushlarning bir necha xil turlari yashaydi, yerda yashaydigan sutemizuvchilar esa umuman yo‘q. Bundan suv osti ham turli-tumanligi bilan xursand qilmasligini taxmin qilish mumkin edi. Aslida esa u yer boy tarixga ega hashamatli bog‘ ekanligi aniq bo‘ldi. Antarktida dengiz hayvonot va o‘simlik dunyosi qit’a boshqalaridan ajralib, muzlab qolgandan keyin sayyoraning qolgan qismidan millionlab yilga ajralib qoldi. 9—15 metr chuqurlikda uch metrlik qo‘ng‘ir suvo‘tlarini ko‘ramiz. Yanada chuqurroqda diametri 38 santimetrgacha yetuvchi dengiz yulduzlariga duch kelamiz. Shundan so‘ng gigant dengiz o‘rgimchaklari paydo bo‘ladi: bo‘g‘imoyoqlilar ularning yerdagi turdoshlari kabi barcha dengiz va okeanlarda uchraydi. Shunchaki, issiq suvlarda bu o‘rgimchaklar kichkina, Arktika suvlarida esa ular 30 santimetrdan oshishi mumkin. 50 metrgacha tushganimizda yorug‘lik xiralashadi, qo‘ng‘ir va boshqa suvo‘tlari ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi. Bunday chuqurlikda dengiz liliyalari va gigant baravaroyoqli qisqichbaqalari uchray boshlaydi. Gigant baravaroyoqli qisqichbaqasi eshakqurtga o‘xshaydi — u ham xavf-xatarni sezganda kulcha bo‘lib oladi. Faqat uning uzunligi 12 santimetrgacha yetadi. Biz sho‘ng‘ishimiz mumkin bo‘lgan eng uzoq chuqurlik — 70 metrda turlarning xilma-xilligi eng ko‘p. Ko‘z o‘ngimizda shoxli marjonlar, mollyuskalar, yumshoq marjonlar va ranglari turli-tumanligi bilan kishini hayratga soluvchi kichkina baliqlar namoyon bo‘ladi. Bu baliqlarning qonida sovuqqa chidamli oqsillar mavjud bo‘lib, ular minus 1,8 daraja sovuqqa chidashga yordam beradi. Glyptonotus antarcticus Adamussium colbecki Colossendeis megalonyx Macroptychaster sp. (dengiz yulduzi)
47
5,513
Foto
Fotogalereya: Dunyoning turli burchaklaridagi odamlar o‘zlarining bobo va buvilarining suratlarini namoyish etdi
AdMe dunyoning turli burchaklarida istiqomat qiluvchi odamlar o‘zlarining bobo va buvilarining namoyish etgan suratlarini to‘plab taqdim etdi. “Buvim (chapdagi) forslik yahudiy bo‘lgan. Bu yerda u qarindoshlari bilan yasanib olib, suratga tushish uchun fotostudiyaga kelgan”. “Mening bobom va buvim bolalari bilan suratga chiroyli tushishga harakat qilmoqda, Tokio, 1967-yil”. “Mening buvim (chapdagi) uning katta akasi, opasi, onasi hamda buvisi 1920-yilda Italiyani tark etishdan oldin”. “Eski suratni topib oldim. Eng yuqorida turgan ayol — buvimning onasi”. “Tassavur qiliyapsizmi, maori-buvim onamni shunday ko‘tarib yurgan”. “Indoneziyada an’anaviy to‘y liboslari xuddi shu ko‘rinishda bo‘lgan, 1942-yil”. “Buvimning onasi (chapdagi) — arman genotsididan omon qolgan”. “Buvim musulmon oilasiga mansub bo‘lgan, bobom esa — xristian”. “Birinchi Jahon urushi vaqtida kilt kiygan bobom” “Meksika inqilobi davrida bobom, buvim va uning akasi”. “Noyob oilaviy surat. Buvim harbiy hamshira, bobom esa tankchi edi”. “Jiddiy bobom va buvim koreyslarning an’anaviy to‘y libosida, 50-yillar”. “Aqlsiz Ayiq — assiniboiyalar qabilasi sardori va mening bobomning bobosi”.
112
1,176
Foto
Mayoq yonida o'tirgan odam, diktator bevasining o'limini nishonlayotgan ayol, kamondan o'q uzayotgan erkak — 17 dekabr suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz. Buyuk Britaniyaning shimoli-sharqiy qirg'oqlarida quyosh chiqmoqda. Panamada Ajdodlar mahalliy xalq o'yinlari o'tkazilmoqda. AQShning Kentukki shtatida tornado tufayli yuzlab uylar vayron bo'ldi. Filippinda yuz bergan tayfun daraxtlarni ildizi bilan qo'porib tashladi. Ukrainaning Lvov shahrida joylashgan cherkov tuman bilan qoplandi. Chilida diktator Pinochetning bevasi Lutsia Hiriartning vafotini eshitgan ayol bayram qilmoqda. Chili poytaxti Santyagoda prezidentlik saylovida nomzod Gabriel Boris tarafdorlari saylov kampaniyasida ishtirok etmoqda. Italiyaning chegara hududida joylashgan cherkov eshigi oldida turgan efiopiyalik muhojirlar. Karib dengizi qirg'oqlaridagi mayoq oldida dam olib turgan odam. G'azodagi ot poygachilari. Milandagi San-Paolo gospitalida super qahramonlar libosidagi akrobatlar bemor bolalarga quvonch ulashmoqda.
128
907
Foto
Fotogalereya: Dunyo 2016-yilni qanday kutib oldi?
Associated Press agentligi jahonning turli burchaklarida Yangi yil qanday kutib olingani aks etgan fotosuratlar jamlanmasini taqdim etdi. Mazkur suratlarga boqib, bu safargi Yangi yil tantanalari Yevropadan ko‘ra Osiyo mamlakatlarida quvnoqroq va tantanaliroq o‘tganiga guvoh bo‘lish mumkin.
49
291
Foto
Xipchabel ko‘rinish maqsadida optik illyuziyali libos kiyishni afzal bilgan mashhurlar (foto)
Optik illyuziya deganda ko‘pchilikning ko‘z oldiga ijtimoiy tarmoqlarda virus singari tarqalgan suratlar keladi. Ammo shou-biznes vakillari orasida ham bundan foydalanib, boshqalardan ajralib turishni istagan va qomatidagi kamchiliklarni berkitib, afzalliklarga urg‘u berishga uringanlar ham yo‘q emas. Kira Naytli, 2014 Yeva Longoriya, 2013 Ispaniya qirolichasi Letisiya, 2019 Keyt Uinslet, 2008 Keyt Uinslet, 2011 Keyt Uinslet, 2011 Gvinet Peltrou, 2013 Tia Mauri- Xardrikt, 2013 Oliviya Uayld, 2013 Judi Grir, 2012 Kelli Klarkson, 2018 Kara Delevin, 2019 Jeyn Fonda, 2012 Joui King, 2020 Kim Kardashyan, 2012 Emiliya Klark, 2016
93
646
Foto
Fotogalereya: Marina Kano tomonidan “yaratilgan” hayvon juflarining ta’sirli suratlari
Marina Kano — eng kerakli lahzalarni mahorat bilan suratga olishni uddalaydigan ispaniyalik ajoyib ayol. Marina juda ko‘p sayohat qiladi va har safar hayvonlar xuddi odamlar kabi xursand yoki xafa bo‘lgani, sevgan yoki nafratlangani tasvirlangan o‘zining sehrli suratlarini taqdim etadi. TravelAsk Marina Kano tomonidan “yaratilgan” yovvoyi tabiatning ajoyib suratlarini to‘plab taqdim etdi.
86
391
Foto
Tarixga muhrlangan kadrlar: Qirolicha Yelizaveta II yoshligidagi kamyob suratlari
Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta taxtga o‘tirganida 27 yosh bo‘lgan va ko‘pchilik ushbu yosh va nozik qiz mamlakatni boshqara olishiga shubha qilgan. Ammo u keyinchalik berilgan baholarning noto‘g‘ri ekanini isbotlagan. Yelizaveta yoshligida qanday ko‘rinishga ega bo‘lgan va nimalar bilan shug‘ullanganini quyidagi fotolardan bilish mumkin. 1936-yil, malika Yelizaveta va Margaret onasi Yelizaveta bilan. Bir necha yillardan keyin qirolicha korgi zotli itni tanlagan. Yosh malikalar Londonning Waterloo metro bekatida. Urush vaqtida ular Shotlandiyadagi Balmoral qal’asida keyinroq Norfolkdagi Sandringem saroyida yashagan. 1947-yilda opa-singillar Royal Windsor Horse Show’ni diqqat bilan kuzatmoqda. Aynan shu yili Yelizaveta va shahzoda Filipp unashtirilgan. 1948-yilda malikalar Franklin Ruzveltga atab o‘rnatilgan yodgorlikning ochilish marosimida ishtirok etgan. Oradan bir necha oy o‘tib, Yelizaveta birinchi farzandi shahzoda Charlzni dunyoga keltirgan. 1950-yilda bo‘lajak qirolicha Annani dunyoga keltirgan. Yelizaveta sayr vaqtida qizining og‘zini artayotgani kadrga muhrlangan foto. Yelizaveta va Filipp AQSh prezidenti Garri Trumanning chiqishini tabassum bilan tinglamoqda. 1951-yil bo‘lajak qirolicha turmush o‘rtog‘i bilan birgalikda Ottavadagi davlat arxivini tomosha qilmoqda. 1951-yil Yelizaveta va Filipp Monrealdagi xokkey o‘yinini tomosha qilmoqda. 1951-yil bo‘lajak qirolicha Galifaksdagi universitetga tashrif buyurgan. 1951-yil malika Yelizaveta Uinston Cherchill bilan birga. Toj kiydirish marosimidan keyin Yelizaveta va Filipp 13 mamlakat bo‘ylab sayohat qilgan. Suratda Yelizaveta II 1953-yil Melburnda. U Avstraliyaga tashrif buyurgan tarixdagi ilk qirolicha bo‘lgan. Qirolicha Tasmaniyadagi Avstraliya qo‘shinlari bilan salomlashmoqda. 1953-yil, Janubiy Avstraliya bosh vaziri Tomas Pleyford rafiqasi bilan birgalikda qirolichani kutib olmoqda. 1954-yil, Qirolicha kemadan endigina tushganida olingan foto. 1954-yil, Yelizaveta II aktrisa Kler Blum va prodyusser Aleksandr Kord bilan tanishmoqda. Qirolicha va malika Margaret 1955-yilgi ot poygalarida. 1956-yil, Yelizaveta II Nigeriyada. Qirolicha Uimbldon turniri kubogini qora tanlilar orasida tarixda ilk bor g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Altee Gibsonga topshirmoqda. 1964-yil, Qirolicha shahzoda Edvard va Endryu bilan birga mashinada ketayotgani aks etgan surat.
81
2,376
Foto
Odamlari go‘yoki 2050-yilda yashayotgandek taassurot uyg‘otuvchi shaharlar suratlari
O‘ylab ko‘rilsa, dunyoning turli burchaklaridagi odamlar turli vaqtlarda yashayotganga o‘xshaydi: ba’zilari o‘tmishda, ba’zilari esa uzoq kelajakda. Internet foydalanuvchilari shaharlarda ko‘rgan yangilik va mo‘jizalar bilan o‘rtoqlashdi. Ularning ko‘pchiligi aksariyat mamlakatga hali yetib kelmagan. “Oshxona xodimlari yomg‘irda mijozlardan buyurtmalarni shunday qabul qiladi: ular shunchaki yomg‘irdan yashiringan”. “Orlando aeroportidagi Lego savdo avtomati”. “Bizning shaharda chiqindi qutilari mavjud bo‘lib, bo‘sh idishlarni chiqindiga chiqarmay, shu yerga qo‘yadi. Ular kimgadir kerak bo‘lishi mumkin”. Hindistonda to‘xtash chizig‘i. “Bu yaqinlashib kelayotgan sovuq va muzlashdan xabar beruvchi belgi”. “Nyu-Jersidagi ko‘chalarning birida faqat pitssa qutilari uchun alohida chiqindi chelagi mavjud”. “Yig‘i xonasi”ga ota-onalar yig‘layotgan bolasi bilan boshqalarni bezovta qilmaslik uchun kirishlari mumkin. “Ma’lum bo‘lishicha, Mikki shaklida ko‘pik quyadigan sovun idishlari mavjud”. “To‘qish uchun hamma narsani sotib olish mumkin bo‘lgan savdo avtomati”. Bu chiqindi qutisida quyosh batareyasi bor. “Aeroportlarning birida shunday hojatxona bor. Undagi maxsus chiroqlar qaysi kabinalar band yoki bo‘sh ekanini aytib beradi”. “Kinoteatrdagi o‘rindig‘imda isitish moslamasi bor ekan”. “Bu kabi belgini Avstraliyada uchratish mumkin. Bu koala mening hovlimda yashaydi va u yo‘lni xavfsiz kesib o‘tishi uchun yo‘lga maxsus belgi o‘rnatdim”. “Shanhay vokzalida hojatxonaga borishdan oldin qaysi kabinalar bandligini ko‘rish mumkin”. Kopengagendagi ba’zi chiqindi qutilari shunday o‘rnatilgan. Bu velosipedchilar harakatlanish vaqtida chiqindi tashlashi qulay bo‘lishi uchun maxsus qilingan.
84
1,714
Foto
Fotogalereya: Nature Photographer of the Year tanlovining eng yaxshi suratlari
AdMe National Geographic’ning Nature Photographer of the Year tanlovida qatnashgan eng yaxshi suratlarni to‘plab taqdim etdi. Orangutan timsohlarga to‘la Borneo daryosini kesib o‘tish vaqtida daraxt orqasiga bekinmoqda Dushanszi kanyonida quyosh, Xitoy Pushtirang Karib flamingolari o‘z bolasini oziqlantirmoqda Farer orollarida quyoshning botishi Kuydel ko‘lida tonggi tuman, Ruminiya Oq dumli suvburguti ikki ko‘k qo‘tonning jangini kuzatmoqda Kilauea vulqonining lavasi okean tomon oqmoqda, Gavayi Nyu-Gempshir maydonlarida ov qilayotgan katta kulrang boyo‘g‘li Takashimadagi qorga belangan daraxtlar, Yaponiya Yettita mitti lochin: ota-ona va besh nafar bola Hayot — bu kurash Bug‘ular jangi. Vayoming, AQSh Duel Shou vaqti Yosh dengiz sheri dengiz yulduzi bilan o‘ynamoqda
78
791
Foto
Fotogalereya: Kaliforniyada eng xunuk it tanlovi bo‘lib o‘tdi
AQShning Kalifoniya shtatida World's Ugliest Dog Contest (Dunyodagi eng xunuk it tanlovi) tanlovi 29-marta bo‘lib o‘tdi. Tanlovda Marta laqabli neapoliten iti g‘olib chiqdi. The Guardian tanlovdan fotosuratlar taqdim etdi. Nomiga qaramasdan, bu maqom nufuzli hisoblanadi. Itning egasi Shirli Zindler tanlov sovrinini va mukofot tariqasida 1,5 ming dollarni qo‘lga kiritdi hamda Nyu-Yorkdagi teleshouda ishtirok etish uchun yo‘llanma oldi.
61
439
Foto
Har bir inson telefoni yordamida san’at asari yarata olishi mumkinligini isbotlovchi suratlar
San’at uzoq vaqtdan buyon muzey va galereyalar doirasidan chetga chiqdi. Odamlar endi uni kundalik ishlarda, atrof-muhit va hatto tasodifan telefonda olingan suratlardan ham topadi. Go‘zallik — ko‘rganning ko‘zida, deb aytishlari bejizga emas. Uyg‘onish davri rasmlariga o‘xshash kadrlar ham bu haqiqatni tasdiqlaydi. Chiroyli surat uchun nima kerak? Chiroq yorug‘ida uxlayotgan bitta qo‘zichoq kifoya. Yorug‘likka yo‘l. Omadli kadr — qarshimizda go‘yoki mohir rassomning ijodi borga o‘xshaydi. Qalay ustasi Uyg‘onish davridagi surat kabi ko‘rinadi. “Do‘stim XV asrdagi insonga osongina aylanishini angladim”. Muallif sehrli kadrni — tabiat hamda odamlarning tinchligi va osoyishtaligini suratga olishga muvaffaq bo‘ldi. “Do‘stim borligimni sezgach, chalg‘idi va men tomon asta boqdi”. Fil va odamning do‘stligi tasvirlangan surat hamma narsada go‘zal. Bunday quyosh botishini uzoq tomosha qilish mumkin. “Rafiqam shamollab qolishni ham haddan tashqari bo‘rttirib yuboradi”. Barbekyuda ajoyib yorug‘lik. Keksa odam shunchaki qo‘ng‘iroq qilmoqda, lekin u ko‘rgazmadagi rasmga o‘xshaydi. San’at asarini yaratish jarayoni natijaning o‘zidan kam emas. Tasodifiy yo‘lovchi, tasodifiy kadr va “tasodifiy Renessans”. Qanday qilib nonni san’at asariga aylantirish mumkin? Shunchaki novvoyni suratga oling. San’at asari bitta chiroq va to‘g‘ri rakurs bilan yaratilishi mumkin. Kinoning sehri hatto kadr ortida ham yo‘qolmaydi.
93
1,433
Foto
Shvetsiyadagi hayot va rivojlanish darajasi haqida xulosa qilish imkonini beruvchi suratlar
Shvetsiya deganda Karlson, IKEA, xavfsiz Volvo mashinasi hamda qahva va bulochka bilan tamaddi qilib olish keladi kishining ko‘z o‘ngiga. Tarixan boy bo‘lgan ushbu mamlakatda tartib va intizom hukm suradi. Hamma ikir-chikirlar inobatga olingani hisobiga odamlar qulay hayot kechiradi. Tabiat va hayvonlarga alohida e’tibor beriladi. Buni quyida havola etilgan fotolardan ham bilsa bo‘ladi. Metro devorida rassom, assistent va kafelni tergan inson kim ekani ko‘rsatilgan. Stokgolmdagi haydovchilarni telefoniga anqayib kelayotgan yo‘lovchi bilan to‘qnashishdan ogohlantiruvchi yo‘l belgisi. Bolalar hojatxonaga kirishi uchun alohida eshigi bor mebel do‘koni. Yo‘l qurishda daraxtni olib tashlashdan ko‘ra, yo‘lovchilarning aylanib o‘tishi afzal bilingan. Stokgolmdagi uy ustidagi uylar. Lundadagi sichqonlar uchun musiqa do‘koni. Shvetsiya vokzalidagi hojatxonaning lampali tutqichlari ichkarida odam bor yoki yo‘qligiga qarab rangini o‘zgartiradi. Shvetsiyaning ovloq joyida joylashgan muzeyda telefonni simsiz quvvatlash mumkin bo‘lgan va Wi-Fi tarqatadigan o‘rindiq bor. Fermalar o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatadigan do‘konlar singari faoliyat yuritadi. Restoran hojatxonasidagi assortiment. Daraxtlarga suv kerak bo‘lsa, namlik sensori orqali xabar keladi. Eskalatordan tushib ketmasligi uchun xarid aravachasining g‘ildiraklariga magnit o‘rnatilgan. 500 yillik tarixga ega bo‘lgan qasr oldidagi chiqindi konteynerlari ko‘zga tashlanmaydigan qilib bo‘yalgan. Stokgolm ko‘prigining ostidan ko‘rinishi. Velosipedchilar va yo‘lovchilar harakatlanishi uchun mo‘ljallangan Brunkenberg tunneli. Uning uzunligi 231 metrni tashkil qiladi. Lososlarni tabiiy yo‘l bilan o‘tkazishga mo‘ljallangan infratuzilma. Mamlakat aholisiga xos madaniyat va tartib bir suratda. Stokgolmdagi jamoat hojatxonasi.
91
1,804
Foto
Fotogalereya: Qish faslining ajoyibligini isbotlovchi suratlar
AdMe uzoq va sovuq qish u qadar zerikarli emasligini isbotlovchi suratlarni to‘plab taqdim etdi. “Qizim birinchi bor qor tepaligida uchmoqda” “Bugun oyim muzda sirpanib ketgan bug‘uni suratga olibdi” “Qayoqdagi qor tufayli o‘yinni bekor qilib bo‘lmaydi, albatta” “Erimni ko‘chaga shu kiyimda chiqishga ko‘ndirdim. Qo‘shnilarimiz hazilga tushunmadi” Qorbobodan “makiyaj” “Bugun tramvay kelmasa kerak. Yaxshisi ishga konkida bora qolaman” Ko‘chadagi fonus muzlab qolgan bo‘lsa-da, hamon yoritishni davom etmoqda “Do‘stimning mushugi bugun birinchi bor qorni ko‘rdi” “Kimdir sayr qilishga otlanib, tezda fikridan qaytgan ko‘rinadi” Kutilmaganda kirib kelgan qishdan mushuk hayratga tushdi “Kislorod tanqis bo‘lganida: muz tuynukni ochib, 15 daqiqadan keyin qaytib kelsam…” “Nima angrayib qolding, ey odam? Yordam bermaysanmi!” “Turmush o‘rtog‘imni bola bilan sayrga yuborgan edim” “O‘ng tarafda mening garajim joylashgan” “Oynani yopishni unutibman” “Mashinamni kovlab oldim” “Tabiat qaysidir gunohim uchun qasos olmoqchi, shekilli”
62
1,045
Foto
Fotogalereya: O‘z qo‘shnilarini dahshatga solgan jangovar xalqlar
Urush o‘tmish odamlari uchun hayotning bir qismiga aylangan odat bo‘lgan. Hudud, tabiiy boylikar, shon-sharaf urush boshlanishi uchun asosiy sabablardan bo‘lgan. Ba’zi xalqlarda urushda istirok etish muqaddas burch, urushda halok bo‘lish esa eng yaxshi mukofot sanalgan. TravelAsk tarixdagi eng jangovar xalqlarga e’tibor qaratdi. Yangi Zelandiyaga kelib joylashmoqchi bo‘lganlar, shubhasiz, maorilar bilan to‘qnashgan. Ular uchun jang kayfiyatni ko‘tarish va nufuzga ega bo‘lish usuli hisoblangan. Qabilalarga kannibalizm mavjud bo‘lgan. Ular o‘z dushmanlarining kuchiga ega bo‘lish uchun ularni yegan. XIX asrda Buyuk Britaniya armiyasiga nepalliklar qabul qilina boshlangan, ular gurkxilar deb atalgan. Gurkxilar o‘z g‘azabi va tashqi ko‘rinishi bilan tanilgan. Ularning bo‘yi past bo‘lsa ham, yuqori tazovuzkorlik va og‘riqlarga chidamlilik xususiyatiga ega bo‘lgan. Qo‘rqmas gurkxilar jangga birinchi bo‘lib kirgan va ularning asosiy quroli kukri jang pichog‘i bo‘lgan. Aynan ularning jangchilari Angliyaning Osiya va Afrikadagi koloniyalariga yuz bergan qo‘zg‘olonlarni bostirgan va Birinchi jahon urushida ishtirok etgan. Kalimantan orolida hanuzgacha o‘z an’analari asosida yashayotgan qabilada o‘smir haqiqiy erkak deb tan olinishi uchun o‘z dushmanining boshini issiq qoni bilan birga olib kelishi kerak. Agar u bu ishni bajara olmasa, bola bo‘lib qoladi va hech qanday huquqqa ega bo‘lmaydi. Dayakilar bugungi kunda ham o‘qotar qurollarni tan olmaydi, ular metall uchli nayzalar yordamida ov qiladi. Qalmiqlar Rossiyaning eng urushqoq xalqlaridan biri bo‘lgan. Hatto Chingizxon ham ularni yenga olmagan. Apachilar — Shimoliy Amerikaning eng jangovar qabilalaridan biri. Ular ko‘p asrlar davomida qo‘shni hindu qabilalari bilan, keyin esa oq tanli koloniyachilar bilan kurashgan. Qurollari yog‘och va suyakdan yasalgan bo‘lsa ham, ular uzoq vaqt davomida shtatlarning janubi-g‘arbini dahshatga solgan. Ninzalar tarixi X asrda boshlangan. Biroq ular Yaponiyada qabilalararo kurashlar boshlangan XV asrga kelib o‘zining qudratli cho‘qqisiga chiqqan. Ninza bo‘lish oson bo‘lmagan, buning uchun maxsus tayyorgarlikdan o‘tish kerak bo‘lgan. Uning ichiga nafaqat jang san’atlari, balki eshitish, ko‘rish xotirasi, shuningdek, tibbiyot, igna sanchish, zaharni davolash ham kirgan. Bu tayyorgarliklar natijasida ninzalar har qanday buyumdan qurol sifatida foydalana olish darajasiga yetgan. Skandinaviyaliklar zamonaviy Daniya, Islandiya va Norvegiya o‘rnidagi sovuq hududlarda yashagan. Tuproq unumsiz bo‘lgani sababli ularning yashash uchun yagona imkoniyati yaxshi yerlarni bosib olish bo‘lgan. Qadimgi Yevropaning ko‘plab mamlakatlari vikinglar bosqinlaridan aziyat chekkan.
65
2,687
Foto
Yosh Putin va tishsiz Obama: siyosatchilarning yoshlikdagi suratlari (foto)
Big Pikcha dunyoning turli mamlakatlarida hokimiyat tepasida bo‘lgan (yoki qachonlardir turgan) taniqli odamlarning yoshlikdagi suratlari bilan bo‘lishdi. Yosh Yushchenko yoki armiyada xizmatda bo‘lgan kichik Jorj Bush, tishsiz Barak Obama va sohibjamol Valentina Matviyenko — bu suratlarning barchasi ular butun dunyoda mashhur bo‘lib ketguniga qadar olingan.
75
360
Foto
Shu qadar mukammalligidan fotoshop emasligiga shubha uyg‘otadigan suratlar
Nega inson hamma narsani uyg‘un va chiroyli bo‘lishini yaxshi ko‘radi? Buning sababi tafakkurning xususiyatlarida. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, odamlarda estetikaga nisbatan talab kuchli bo‘lganligi tufayli juda tez rivojlangan. “Men quyoshni suratga olayotganimda, tasodifan kadrga samolyot ham kirib keldi. O‘sha vaqtdagi parvozni aniqladim va uchuvchi bilan bog‘landim. U juda xursand bo‘ldi”. “Oddiygina meva solingan idish ham san’at asariga aylanishi mumkin”. “Bir dona jenga ustiga 65 tasini joylashtirdim”. “Uyim yonidagi do‘konda ichimliklar rastasi”. “Odam shu tartibda kitoblarini joylashtirishi kerak”. “Toshlardagi chiziqlardan naqsh chiqarishga harakat qildim”. “Birinchi qurgan javonim chindan ham bu yerga mos keldi”. “Bu ajoyib, shunday emasmi?” “Yaproqdagi chiziqlar qo‘l tomirlariga juda mos keldi”. “Bizning qishloq va yo‘lak bir-biriga juda mos”. “Tongda tugmani to‘satdan adashib bosib yubordim, lekin hammasi yaxshi chiqdi”. “Qadoqdagi chiziqlarning bir-biriga mukammal tarzda mos kelishi”. “Soatim vaqt, sana va haroratni bir xilda ko‘rsatmoqda”. “Uyimning kirish qismiga mos tarzda yog‘gan qor”. Shirinlikdagi mukammallik. Bu kabi tasvir uchun chuqurroq sho‘ng‘ish kerak. “Men buni uddalaganimdan mamnunman”. “Detallar bir-biriga mos keladi”. “Tuzning kichik zarrasi, ajoyib mo‘jiza!” “Go‘yoki jannatning o‘zginasi”.
74
1,364
Foto
Fotogalereya: Avokadoga g‘aroyib shakllar bergan italiyalik ijodkor
Italiyalik ijodkor Daniel Barrezi 7 yoshidan beri sabzavot va mevalarga shakl berish bilan shug‘ullanadi. Hozirda uning yoshi 26 da, shu kunga qadar Barrezi ushbu yo‘nalish bo‘yicha ikki karra jahon chempioni bo‘lgan. Meduza Danielning avokado mevasiga ishlov bergan suratlarini to‘plab taqdim etdi.
67
299
Foto
Fotogalereya: Mashhur filmlardagi aktyorlar yana bir bor uchrashganida
AdMe dunyoga mashhur filmlarda rol ijro etib, oradan bir necha yil vaqt o‘tgach qayta uchrashgan aktyorlarning suratlarini to‘plab taqdim etdi.
70
143
Foto
Fotogalereya: Qishning sokin manzaralari
Shvetsiyalik fotograf oq-qora ranglarda qishning sokin manzaralari aks etgan suratlarni yaratadi. TravelAsk uning ijod namunalarini taqdim etdi.
40
144
Foto
Holat aslida qanday yuz berganini anglash istagini uyg‘otuvchi g‘ayrioddiy suratlar
Ba’zi kadrlar shunchalar g‘alatiki, unda nima aks etganini darhol anglab bo‘lmaydi. Suratni anglab yetish uchun o‘ta sinchikovlik talab etiladi. “Hamkasbim printerdan tiqilib qolgan varaqni olib tashlamoqchi edi. Natijada bu uning barmog‘ida paydo bo‘ldi”. Opa-singilning shimi shunday ko‘rinishda. Qushlar to‘dasi otga o‘xshaydi, yerda esa haqiqiy otlar chopmoqda. “Devorda erigan qor qatlami”. 6 eshikli Toyota Prius. Mushuk shunchaki maketning ustida uxlayapti. View this post on Instagram “Konseptli futbolka akamdan olgan eng sevimli sovg‘am”. Bu Marvel hamkorligimi? Sherning nechta oyog‘i bor? “Mening o‘g‘lim boshdan oyoq soch bilan qoplangan”. “Bu yerda nima bo‘layotganini bilmayman”. “Kimdir menga bu yerda nima bo‘layotganini tushuntira oladimi? 1918-yilgi motam liboslarini kim sotib oladi?” “Akamga Rimda shunaqa pitssa olib kelishibdi” “Bu yerda hech qanday to‘xtash joyi yo‘qligiga ishonchim komil”. “Ertalab yugurish paytida pianinoga ko‘zim tushdi. So‘nggi paytlarda yomg‘ir ko‘p bo‘lmadi, lekin ikki kundan beri bu yerda pianino turibdi”. “Kimdir chodirni elektr simlarida quritishga qaror qilgan ko‘rinadi”. “Xellouin uchun uyni shu tarzda bezatishga kirishdim”. “Men marhum buvimning suratlari orasidan buni topdim”.
83
1,269
Foto
Stounxenjda quyosh tutilishi, Sochidagi to'fonli ob-havo, Frankfurt-Maynda tong otishi — 22 dekabr suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz. Stounxenjda quyosh tutilishi. Frankfurt-Maynda tong otishi. Sochidagi to'fonli ob-havo. Gollandiyaning Frizland provintsiyasi aholisi birinchi muzni sinovdan o'tkazdi. Qashqadaryo viloyati Yakkabog' tumanida bodom gulladi. Isroilda Rim va Mamluk davriga oid arxeologik topilmalar topildi. Melburn ratushasi yonida COVID-19’ga test uchun navbat. Rossiyaning Ivanova shahridagi qor. “Rojdestvo muborak” — AGUTTES Parij auktsionida sotilgan ilk SMS. Prishtina qo'riqxonasidagi qo'ng'ir ayiqlar.
108
552
Foto
Fotogalereya: Kosmetika imperiyasini barpo qilgan millioner ayollar
Inson o‘zi orzu qilgan mahsulotni ishlatishning eng yaxshi yo‘li — bu o‘sha mahsulotni o‘zi yaratishidir. Ehtimol shu tamoyilga kosmetika imperiyasini yaratgan ayollar ham amal qilgan bo‘lishi mumkin. AdMe o‘z orzusini o‘zi yaratgan millioner ayollar rasmini to‘pladi. Mariya-Adelaida Nyeli (Nina Ricci) Jin va Jeyn Ford (Benefit) View this post on Instagram Meri Ketlin Vagner (Mary Kay) View this post on Instagram Bobbi Braun (Bobbi Brown) View this post on Instagram Jozefina Ester Mentser (Estée Lauder) View this post on Instagram
67
596
Foto
Fotogalereya: Ko‘pchilik bilmaydigan ajabtovur hayvonlar
O‘rdakburun va pangolin, albatta, noodatiy hayvon. Lekin ular ko‘pchilikka tanish. Ayni paytda esa tabiatda yana shunday jonzotlar borki, odamlarni lol qoldiradi. Masalan, so‘yloqtishlari bor vovillaydigan kichik bug‘u,  nozik soqolli to‘ng‘iz, katta quloqli tulki — bular quyidagi maqolada beriladigan ajoyibotlarning bir qismi xolos. Va oxirida siz yuz minglab yillar keyin “qayta tirilgan” qushni ko‘rasiz, deya yozadi AdMe. Yerbo‘ri Yer bo‘risi sirtlonlar oilasining eng yoqimtoy vakili. Bu hayvon o‘laksa bilan emas, qirchumolilar bilan oziqlanadi. Boshqa hayvonlar tashlab ketgan inlarda yashaydi. Shuningdek, yerbo‘ri umri davomida bitta juft tanlaydi va unga sodiq qoladi. Xarza Xarza — suvsarlarning eng yirik va yorqin vakili. Bu hayovnlar uzoq umr ko‘radi, chunki ularning dushmani yo‘q: yirtqichlar ular badbo‘y hid chiqargani uchun qiziqmaydi, odamlar esa chiroyli bo‘lsa ham yoqimsiz va dag‘al teridan qochadi. Ularga faqat o‘rmonlarni qisqartirilishi oqibatida yashash joyidan mahrum bo‘lish xavf solishi mumkin. Yosh xarzalar odamga tez o‘rganadi va shirinliklarni yaxshi ko‘radi: nok, quruq mevalar, asal. Peters uzundum kuchukchasi Peters uzundum kuchukchasi sakrog‘ich bo‘ladi va kuchukchaga umuman o‘xshamaydi. Ismi bilan uyg‘un yagona narsa — bu uning itlarga o‘xshab daraxtga chiqolmasligidir. Bu hayvon yerda in qurib yashaydi va bir umr bitta hududda umr kechiradi. Uni qo‘lga o‘rgatib bo‘lmaydi. Katta quloqli tulki Katta quloqli tulkining 48 ta tishi bo‘ladi, lekin u tishlar juda mayda, tishlashi esa jonsiz. Bunga hayvonning evolyutsiyasi va ratsionini o‘zgaritirish xohishi sabab bo‘lgan. Boshqa tulkilardan farqi shundaki, u hasharotlar go‘shtini va mevalarni ma’qul ko‘radi. Shuning uchun uzoq yillar davom etgan bunday ovqatlanish odati ularning tishlarini mayda va nimjon qilib qo‘ygan. Soqolli to‘ng‘iz Soqolli to‘ng‘iz tana tuzilishining o‘suvchanligi va nozikligi bilan boshqalardan farqlanadi. Bu hayvon kunduz kuni faol. Soqolli to‘ng‘izlar guruh bo‘lib yashaydi. O‘ziga xos jihatlaridan biri — bu ularning ko‘chib yurishidir. Yuzga yaqin to‘ng‘iz yig‘iladi-da, ovqat izlab uzoqqa ketadi. Ular deyarli hamma narsani yeydi, jumladan, ildiz, hasharotlar, o‘laksalar. Shuningdek, ular maymunlar yerga uloqtirgan mevalarni tutib olish maqsadida ularni kuzatib turadi. Afrika sivetasi Afrika sivetasi mayda hayvonlar, o‘laksalar, ilonlar va o‘simliklar bilan oziqlanadigan yirtqich hayvon. Xavf paytida yunglarini ko‘tarib, hajmini kattalashtiradi. Agar bolalaigidan tarbiyalasa, uni qo‘lga o‘rgatsa bo‘ladi. Qizil bo‘ri Qizil bo‘ri dengiz sathidan 4 000 metr balandlikka ko‘tarila oladigan noyob tog‘ jonivori. Yirtqich yovoyyi qo‘shtuyoqlilar bilan oziqlanadi, ammo uy hayvonlariga tegmaydi. Bu hayvon “kuylovchi tog‘ bo‘risi” nomi bilan ham mashhur. Chunki o‘ziga xos tarzda ovoz chiqaradi, bu uvillashdanam ko‘ra ko′roq kuylashga o‘xshaydi. Qizil bo‘ri odamlardan qochadi va qo‘lga o‘rganmaydi. Hind muntjaki Hind muntjaki qalban it bo‘lgan, hamma narsani yeyaveradigan bug‘u. Yirtqich hayvonlarni ko‘rganda vovillashi va tishlab olishi mumkin. Erkak muntjakning so‘yloqtishlari va kichkina shoxi bo‘ladi. Bu shoxlardan ular urg‘ochi uchun va hudud uchun bo‘ladigan jangda foydalanadi. Bu bug‘ularni juftiga sodiq deb bo‘lmaydi, ular xaramlarni ma’qul ko‘radi. Pudu Dunyodagi eng kichik bug‘ular Chilida yashaydi. Lekin, afsuski, kichik gavdasi tufayli pudu kopincha yirtqichlar va brakonyerlarning oson erishiladigan o‘ljasiga aylanadi. Bug‘u o‘simliklar bilan oziqlanadi, lekin uning sevimli yeguligi dengiz o‘tlari hisoblanadi. Uni yeyish uchun pudu tog‘dan pastga tushib, ovchilarga nishon bo‘lish ehtimoli kuchli. Amerika jayrasi Novdaga qulay joylashib olgan amerika jayrasiga qarab, to‘liq ishonch bilan “Bahor! Vanihoyat jayralar uchib keldi” deyish mumkin. Bu hayvonlar haqiqatan ham daraxtlarda yashaydi. Pastga faqat suv ichish uchun tushadi. Oddiy jayralardan kichik hajmi va kaltaroq ignalari bilan ajralib turadi. Kakomisla Kakomislalar AQSh, Meksika va Markaziy Amerikada yashaydi. Lekin tungi hayot tarsi va favqulodda ehtiyotkorligi sabab bu yirtqich yaxshi o‘rganilmagan. Mushuklarga xos odatiga qaramay, kakomislalar yenotlarga qarindosh hisoblanadi. Bu hayvonlarga qarash yoqimli, ammo ularni tinglash haqida bunday deb bo‘lmaydi: ular chiqaradigan tovushdan soch oqarishi mumkin. Kyuvyer cho‘poni Kyuvyer cho‘poni yuz ming yil oldin tur sifatida yo‘qolib ketgan edi. Lekin iterative evolutsiya sabab bu qush qayta “tirildi” — ya’ni rivojlanish davrida bu turga juda o‘xshash qush paydo bo‘ldi.
56
4,563
Foto
AQShda Niagara sharsharasi sovuq sababli muzlab qoldi (foto)
AQShning shimoli-sharqidagi kuchli sovuq Niagara sharsharasining qisman muzlab qolishiga olib keldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi. Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, muzlashga shu hududga yopirilgan qor bo‘roni sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. 22-yanvar kuni u yerda havo harorati Selsiy shkalasi bo‘yicha minus 20 darajagacha pasaygan. Sovuq shamol hududda yana ikki hafta davomida saqlanib turadi. Sharsharani tomosha qilish uchun kelgan sayyohlar muz bilan qoplangan suvni suratga olmoqda. Ta’kidlanishicha, hozirgi manzara “Muz yurak” filmidagi Elza saroyini eslatmoqda.
60
576
Foto
Foto: Ishton kiygan kaptar
San-Fransiskodagi Palomacy xayriya tashkiloti mustaqil ravishda yashab keta olmaydigan qo‘lga o‘rgatilgan kabutarlarni qutqarish bilan shug‘ullanadi. Shunday qushlardan biri — Miu laqabli kabutar nomidan Instagram’da sahifa ham yuritiladi. Bu suratlarga qarab, kabutar xuddi, masalan, it kabi uy hayvoni bo‘la olishiga amin bo‘lasan kishi. Miu nomidan tarmoqda e’lon qilingan xabarlarga ko‘ra, bu kabutar yomg‘irni tomosha qilishni, noutbuk klaviaturasida o‘tirishni, quchoqlashishni yaxshi ko‘radi va safarlarda qiynalmaydi. Qushning ajabtovur ishtoni esa gigiyena nuqtai nazaridan kiydirilgan. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
26
676
Foto
Junebug Weddings tanlovida ishtirok etgan eng zo‘r to‘ylarda olingan suratlar (fotogalereya)
AQShning Juneberg Weddings to‘y va boshqa tantanali tadbirlar tashkilotchiligi agentligi har yili o‘tkaziladigan The Best of the Best Wedding Photo Contest 2019 eng yaxshi to‘y fotosuratlari tanlovining g‘oliblarini e’lon qildi. Eng yaxshi ishlar original syujet hamda kadrning uyg‘unligi mezoniga qarab baholandi. Juneberg Wedding tanlovida butun dunyodagi fotograflarning qariyb 6000 mingta suratlari ishtirok etdi. Fotolarda to‘y, unashtiruv, asal oyi va love story tadbirlarida olingan qiziqarli lavhalar aks etgan, ular orasidan 50 ta eng yaxshi surat tanlab olingan. Biz ularning muayyan qismini e’tiboringizga havola qilamiz. Kaliforniya Niderlandiya Kanada Shotlandiya Gvatemala Kanada Islandiya Dengiz Oq xona Buyuk Britaniya Kanada AQSh Ispaniya Fransiya Litva AQSh Germaniya
92
802
Foto
Qo‘li nafaqat gul, balki oltinga teng bo‘lgan insonlar ijodi (foto)
Ma’lum bo‘lishicha, dunyoda 90 ga yaqin hunarmandlik turlari mavjud. Ularning har biri insonga ijodkorlik uchun katta imkoniyat beradi. To‘g‘ri, ajoyib va noyob narsalarni yaratish juda qiyin va uzoq vaqt talab qilishi mumkin. Ammo ilhom paydo bo‘lganda, hech qanday qiyinchilik ularni to‘xtata olmaydi. “Eskizimni sumkada aks ettirdim”. “Endigina yakunlangan mehnat. Ushbu makon sizni mutolaa dunyosiga chorlaydi”. “Mening ob-havo ma’lumotini beruvchi qurilmam. Shuningdek, uni tomosha qilish ham insonni tinchlantiradi”. “Bu olma daraxtini kesish kerak edi, ammo men uni mushuk uchun yasadim”. “Singlim 13 yoshda, u yasagan tasvirni ko‘ring. Men u bilan faxrlanaman”. “Jiyanimning xonasini asalari tasvirlari bilan boyitishdi. Shuning uchun men ham buni to‘qib berdim”. “Uzuklar hukmdori” ramzlari tushirilgan sumka tikdim”. “Mening soatim − ‘Feruza okeani’ ”. “O‘zim uchun bir juft poyabzalni qo‘l bilan tikdim”. “Tungi chirog‘im − ‘Lola’ ”. “Mana mening taxtadan yasagan ijodiy ishim”. “Jiyanim uchun tug‘ilgan kunga “Suv parisi” tortini tayyorladim. Men uni juda ham yaxshi ko‘raman”. “Odatda kundalik sharoitga mos uslubda kiyinaman. Lekin bu libosni ziyofat uchun o‘zim tikdim”. “Ushbu noyob idishni shirinliklarni solish uchun yasadim”. “Singlimga Garri Potterning kitoblari to‘plami solingan sandiqchani sovg‘a qildim”. “Ushbu arzon jinsi ko‘ylagimni kamalak naqshi bilan bezadim”. “Ushbu loyihani hech qachon tugata olmasak kerak deb o‘ylagandim. Mozaika va tasvir mening ijod mahsulim, Rang berishni turmush o‘rtog‘im bajardi”. “Buning uchun ikki kun mehnat qilishimga to‘g‘ri keldi. Va men buni uddaladim”.
67
1,635
Foto
Samarqandning Amir Temur va Shohrux ko‘chalarida joylashgan OTMlarning tungi ko‘rinishidan lavhalar (foto)
Samarqand shahrining Amir Temur va Shohrux ko‘chalarida joylashgan oliy ta’lim muassasalari binolarining tungi ko‘rinishi aks etgan suratlarni Zarnews havola qildi. Amir Temur va Shohrux ko‘chalarining kesishmasida joylashgan SamISI binosi. Xuddi shu ko‘chalarda joylashgan SamDTI binosi. Amir Temur ko‘chasidagi qarama-qarshi joylashgan institutlar binosining tungi ko‘rinishi.
106
381
Foto
Nigerda tashlandiq masjid kutubxonaga aylantirildi (fotojamlanma)
Masomi arxitektura atelyesi Nigerdagi qadimgi Dandaji qishlog‘idagi tashlandiq masjid binosini nurab tushishidan saqlab qolish maqsadida uni kutubxona va ijtimoiy maydonga aylantirdi. Bu haqda TJournal xabar berdi. Atelye asoschisining aytishicha, masjid qimmatli ahamiyatga ega bino ekanligini bilgan, qolaversa, loyiha muallifi bunday binoni qurgani uchun nufuzli professional mukofot olgan. Masjidda ta’mirlash ishlari boshlanguncha u 20 yildan beri foydalanilmagan va bino nurashni boshlagan. Uni ta’mirlash ishlarida binoni qurgan arxitektor ham jalb etilgan. Rekonstruksiyada binoni qurishda foydalanilgan presslangan gruntdan tayyorlangan mahalliy g‘isht ishlatilgan. U ham arzon, ham mahalliy iqlimga moslashgan. Masjid derazlarida oynalar yo‘q, barcha yoritish elementlari esa arzon va tezroq almashtirish maqsadida mahalliy bozorlardan sotib olingan. Masjidning ichki qismi esa kitob javonlari yordamida tashkil etilgan. Javonlar o‘quv xonalari va kattalar uchun savodxonlik darslari o‘tiladigan xonalarni ajratib turadi.
65
1,033
Foto
Indoneziyalik oilaning uyida 200 kilogrammli bahaybat timsoh yashaydi (foto)
20 yil avval indoneziyalik Muhammad Ayvan plyajda mitti taroqsimon timsohni tutib olgan baliqchini uchratib qoldi, deb yozadi Travel Ask. Muhammad uzunligi 25 sm bo‘lgan sudralib yuruvchini 2 dollarga sotib olib, uyiga keltirdi va unga Kojek deb nom berdi. Bugun esa timsohning uzunligi 3 metr, og‘irligi 200 kilogrammga yetadi. Muhammad hovlisida timsoh uchun maxsus basseyn qurdirgan, uni yangi tutilgan baliq bilan boqadi. Ayvanning uch farzandi timsoh bilan ahil-inoq yashaydi, oqko‘ngil sudraluvchini tomosha qilish uchun Indoneziyaning barcha burchaklaridan odamlar keladi.
76
581
Foto
Fotogalereya: Yulduzlarning ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan tug‘ishgan qarindoshlari
AdMe dunyoga mashhur yulduzlarning ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan aka-ukayu, opa-singillarining suratlarini to‘plab taqdim etdi.
82
127
Foto
Foto: Dunyoning eng qo‘rqinchli temir yo‘llari
3000 metr balandlikdagi ingichka poyezd yo‘li. Dunyoning eng xavfli, uncha-muncha yo‘lovchi deraza oldida o‘tirib yo‘lni kuzatib keta olmaydigan poyezd yo‘nalishlari haqida hikoya qilamiz. Tren a las Nubes, Argentina 1932-yilda qurilgan ushbu temir yo‘lning nomi “Bulutlar tomon olib boruvchi poyezd” ma’nosini beradi. Bunday nom berilishi bejiz emas. Poyezd haftada bir marta Argentinaning Salta shahridan yo‘lga chiqadi. Yo‘lovchilar 424 kilometr masofani 16 soatda bosib o‘tadi. Temir yo‘l iqtisodiy sabablarga ko‘ra barpo etilgan, lekin bugungi kunda faqat sayyohlar uchun xizmat ko‘rsatmoqda. Yo‘l-yo‘lakay tamaki maydonlari va tekislikdagi rancholarni tomosha qilish mumkin. Shuningdek, poyezdda 29 ta ko‘prik va 21 tunneldan o‘tiladi. Ulkan temir ulov La Polvorilla tog‘ tizmasida 4200 metr balandlikda harakatlanadi. Tren a las Nubes dunyoda balandligi bo‘yicha uchinchi o‘rinda turuvchi poyezd yo‘li hisoblanadi. Oq dovon, Kanada va AQShni bog‘lovchi Yukon yo‘nalishi Uzunligi 108 kilometrni tashkil qiluvchi yo‘nalish Skaguey deb nomlanuvchi ulkan sayohat kemalari Alyaska porti hamda Karkrossni, shuningdek, Yukon viloyatining markazi Uaytxorsni bog‘lab turadi. Ushbu ingichka temir yo‘lning qurilishi Oltin vasvasasi davri oxirlari ya’ni 1900-yilda yakuniga yetgan. Ushbu g‘ayrioddiy yo‘l antiqa balandlik-u pastliklari, o‘nlab ko‘priklar va qoyalar yoqasidagi xavfli burilishlari bilan mashhur. Poyezdga o‘tirgan odam muzliklar, tog‘lar va sharsharalarni tomosha qilib tabiatdan zavq oladi. Nariz del Dyavolo, Ekvador “Nos Dyavolo” yo‘li And tog‘larida Riobamba shahri va Palmirani o‘zaro bog‘lab turadi. Temir yo‘lning uzunligi 80 kilometrga yetadi. Bu yerlarda poyezd juda sekin yuradi va turistlar “Vulqonlar manzarasi”ni miriqib tomosha qilishi mumkin. Avval yo‘lovchilarning poyezd tomiga chiqishiga ruxsat etilardi, biroq endi ushbu xizmat bekor qilingan. Iblis burni ma’nosini beruvchi poyezd yo‘li Guyakil va Kitoni bog‘laydigan uzun yo‘lning muayyan qismi hisoblanadi. Jorjtaundagi halqasimon temir yo‘l, AQSh Jorjtaun halqa temir yo‘lining uzunligi 5 kilometrni tashkil etadi. Ochilganiga bir asrdan ortiq vaqt bo‘lgan yo‘l hududning eng diqqatga sazovor maskanlaridan biri deya e’tirof qilinadi. Poyezdda Kolorado shtatidagi Jorjtaundan qo‘shni Silver-Plum shahriga yetib olish mumkin. Ushbu qisqa masofani bosib o‘tishda poyezd 195 metr balandlikka ko‘tarilib, yo‘lovchilarni qisqa fursat bo‘lsa ham tog‘lar manzarasidan bahramand bo‘lishiga sharoit yaratadi. Yo‘l may oyidan dekabrga qadar ochiq bo‘ladi. Flamsbana Norvegiyadagi 20 kilometr uzunlikdagi temir yo‘lda Mirdaladan 860 metr pastga Flem portiga tushiladi. Relslar shu qadar o‘zgaruvchanki, lokomotivlar ularda yurganda besh xil tormoz tizimidan foydalanishiga to‘g‘ri keladi. Yo‘nalish davomida poyezd 20 ta tunneldan o‘tadi, yo‘laklarning bittasi spiral shaklida. Flamsbana 1 ga 18 egiluvchanlikka ega dunyodagi eng keskin temir yo‘llardan biri hisoblanadi. Ba’zan mayda toshlar va suv changi poyezd ichigacha kiradi. O‘lim yo‘li, Tailand Bangkok va Myanmani bog‘laydigan ushbu 400 kilometr uzunlikdagi yo‘l qurilishida 90 000 ming nafardan ko‘proq ishchi va 16 000 ming nafar harbiy halok bo‘lgan. Tarixiy qurilish haqida “Kvay daryosining ko‘prigi” va bosh rolni Kolin Fert ijro etgan “Qasos” filmlari yaratilgan. Hozir Kanchanaburiga borgan sayyohlar ushbu poyezd yo‘nalishida sayr qilishni xush ko‘radi. Poyezd tik jarliklar atrofini aylanib, taxtadan qurilgan tor yo‘lli ko‘priklardan o‘tadi. Kambers va Toltek, AQSh Ushbu yo‘nalishda qatnovni amlaga oshiradigan poyezdlar AQShdagi eng baland dovon hisoblanuvchi 3000 metr balandlikdagi Kabresda Chama shahridan Nyu-Meksikoga yo‘lovchi tashiydi. Poyezd ko‘plab halqalar, estakada va tunnellardan o‘tadi, so‘ngra Toltek darasiga kirib yakunda Kolorado shtatidagi Antonito vokzaliga keladi. “Bernina Ekspress” Alp tog‘laridan o‘tuvchi eng baland temir yo‘l. Mahalliy injenerlarning mehnati samara berib, “Bernina Ekspress” UNECO’ning Butunjahon madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kirgan. Sayohatchilar Shveysariyada Kur va Tirano bo‘ylab ajoyib sarguzashtlarni boshdan kechiradi. Yo‘lovchilar yozda ochiq vagondan turib atrof-muhitni miriqib tomosha qiladi. Tunellar, chuqur daralar va jarliklar juda ko‘p. Kuranda, Avstraliya Ushbu yo‘lning qurilishi 1891-yilda yakuniga yetkazilgan. Temir yo‘l Kernsdan boshlanib Kuranda shahrigacha boradi. Poyezd 1 soat-u 45 daqiqa harakatlanadi va unda ketayotgan odam Berron sharsharasi, Korall dengizi va boshqa tabiat mo‘jizalarini tomosha qiladi. Yo‘l “Barron-Gorj” milliy bog‘i hududidan o‘tadi, sharsharalar atrofi tropik o‘rmonlar bilan qoplangan, yo‘ldagi tunnellar soni 15 tani tashkil qiladi. Pamban ko‘prigi, Hindiston Pamban orolidagi Rameshvaram shahridagi temir yo‘l Hindistonning qit’ada joylashgan hududini orol bilan birlashtirib turadi. 2 kilometr uzunlikdagi 143 ta iskalaga ega ko‘prik 1914-yilda ochilgan. Bu yerda ham odamlar ajib manzaraning guvohi bo‘ladi. Rameshvaram hind ziyoratchilari uchun muqaddas shahar hisoblanadi. Uzoq shimol Shotlandiya ichkarisidagi ushbu temir yo‘l ham katta mashaqqatlar bilan qurilgan. Qurilish jarayoni botqoqlik hududida kechgani tufayli vertolyotlar yordamida materiallar tashilgan. Yo‘l Yevropadagi eng katta tekis botqoqlikdan va Britaniya sahrolari yonidan o‘tadi. Yovvoyi tabiatda bug‘ular, dunlinlar va boshqa hayvonlarni kuzatish mumkin. Hindiston tog‘laridagi temir yo‘llar Darjiling – Himolay temir yo‘li, Kalka-Shimla va Nilgiri yo‘llari Hindiston Britaniya koloniyasi bo‘lgan davrda qurilgan va muhandislikning san’at darajasidagi namunalari hisoblanadi. Har bir yo‘nalishda relslar tog‘ yanbag‘irlariga yotqizilgan, baland tog‘lar manzarasi esa kishiga zavq bag‘ishlaydi. Ushbu yo‘llardan qatnaydigan poyezdlarda qulayliklar deyarli yo‘q, ular sekin harakatlanadi, lekin atrofning betakrorligi ushbu nuqsonlarni yuvib ketadi. Bambuk poyezdlari, Kamboja Kamboja hukumati nihoyatda sodda va ishonchsiz temir yo‘llar haqidagi gap-so‘zlarga barham berish maqsadida bambuk va eski detallardan qurilgan o‘ziga xos poyezdlar tarmog‘iga asos solgan. Ushbu antiqa poyezdlar soatiga 40 kilometr tezlikdan harakatlanadi va bir qatnovda o‘nlab yo‘lovchilarning uzog‘ini yaqin qiladi. Yostiqli aravachalar Battambangdan bir soatlik yo‘l hisoblangan qishloqqa qatnaydi. Antiqa transportning birgina noqulayligi, ikkita ulkan arava o‘zaro ro‘baro‘ kelganda yo‘lovchisi kamroq bo‘lgani odami ko‘proq poyezdga yo‘l berishi uchun relsdan odamlarning kuchi bilan olinadi. Funikulerlar Ham simli ham relsda harakatlanuvchi transportga chiqish uchun ham jasorat bo‘lishi zarur. Bu kabi yo‘llar Shveysariya, Avstriya, Germaniya, Angliya va Yaponiyada mavjud. Suratdagi funikuler Chilining Valparaiso shaharchasida joylashgan.
46
6,767
Foto
Charchoq, qo‘rquv va umid: koronavirus frontidagi yuzlarda aks etgan hissiyotlar — suratlarda
Reuters nashri dunyo mamlakatlari shifoxonalarida koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlar yuzida aks etgan hissiyotlar haqida fotomaqola tayyorladi. Janubiy Afrika. Keyptaun yaqinidagi dala gospitalida dam olayotgan shifokor. Keniyaning Nayrobi shahrida koronavirusdan vafot etgan professor Charlz Kariukining jasadini krematsiya qilgan shifokorlar bir-biriga himoya kiyimlarini yechishga yordam bermoqda. Fransiyaning Kambra shahrida himoya kiyimi va niqobidagi shifokor koronavirus testi uchun surtma olmoqda. Keniyaning Machakosa shahridagi stadionda qurilgan dala gospitalida ishlayotgan hamshira. Tibbiy xodimlar Xyustondagi Texas tibbiyot markazida smena almashish vaqtida. Fransiyaning Mayen shahridagi tekshiruv poligonida tanaffus vaqtida dam olayotgan tibbiy xodim. Boliviyalik hamshira Meri Tikona ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan suhbatlashmoqda. Hindistonning Nyu-Dehli shahrida koronavirusga test topshirmoqchi bo‘lgan fuqarolarni kutayotgan shifokor. Meksikadagi ijtimoiy ta’minot instituti shifoxonasi hamshiralari. Pokistonning Karachi shahridagi kasalxonada bemorlardan koronavirusga test olish uchun himoya kiyimlarini kiyayotgan feldsher. Britaniyaning Grimsbi shahridagi kasalxonada ishga kirishayotgan shifokor Natali Dyuks. Iroqning Basra shahridagi laboratoriya shifokori Ali Salam Abdulla. Hindistonning Ahmadobod shahri aholisidan koronavirusga surtma olganidan so‘ng peshonasidagi terni artayotgan tibbiy xodim. AQShning Texas shtati Xyuston shahridagi kasalxonada ish vaqtidagi tanaffus vaqtida dam olayotgan tibbiy xodim. Iroqning Najaf shahridagi kasalxonada koronavirusga chalingan bemorlarni tekshirgan shifokor Haydar Ali Muso al-Xasani dezinfeksiya qilinmoqda. Kubalik shifokorlar koronavirusga qarshi kurashishga yordam berish uchun Quvaytga yuborilmoqda. Hindistonning Mumbay shahridagi xarobalar aholisini tekshirayotgan paytda boshi aylanib ketgan hamkasbiga shamol qilayotgan shifokor.  Fotojamlanma: Dunyo mamlakatlarida koronavirus qurbonlari qanday dafn etilmoqda?
93
2,058
Foto
Enrike Iglesias va Anna Kurnikova egiz farzandlarining suratini Instagram’ga joylashtirdi (foto)
Rossiyalik sobiq tennischi Anna Kurnikova va ispaniyalik qo‘shiqchi Enrike Iglesias o‘z farzandlarining suratlarini Instagram’dagi sahifalariga joylashtirdi. 36 yoshli sportchi va 42 yoshli qo‘shiqchi suratlarga bir xil — “Mening quyoshim” deya izoh qoldirgan. Kurnikova egiz farzandni dunyoga keltirgani haqida 2017-yilning dekabrida ma’lum bo‘lgandi. Qo‘shiqchi va sobiq tennischi 2001-yilda beri birga bo‘lsada, egizaklar ularning birinchi farzandlari hisoblanadi. 36 yoshli Kurnikova 2003-yilda jarohati sabab tennisdagi faoliyatini yakunlagan edi.
96
554
Foto
Fotogalereya: Haykaltarosh butun dunyo bo‘ylab jamoat joylariga gravitatsiya qonunlariga qarshi harakatlangan haykallarni joylashtirdi
Yeji Kendzyora — tortishish qonuni bilan qanday kurashishni biladigan polshalik haykaltarosh. U o‘zining havoda muallaq turuvchi san’at asarlarini Krakovdan Mayami va Abu-Dabigacha bo‘lgan yerlarga joyladi. U yaratgan atletikachilarning tanasi havoda muallaq turib, fizika qonunlarini butunlay rad etadi. Bu haykallar klassik haykaltaroshlik va kinetik san’at birlashuvining yorqin natijasidir. Travel Ask uning rasmlarini taqdim etdi.
134
435
Foto
Oyog‘i osmondan bo‘lgan tog‘: Yosemit milliy bog‘ining g‘aroyib fotosurati
National Geographic namoyish qilgan suratda tog‘lar uzra tungi osmon va charaqlab turgan yulduzlarni ko‘rish mumkin. Bir qarashda bu oddiy suratga o‘xshaydi, ammo aslida unday emas. San-fransiskolik kinorejissor va operator Kevin Vulf Yosemit milliy bog‘idagi tog‘ni kunduzgi vaqtda suratga tushirdi. Tog‘ga tutash suvda tog‘ va daraxtlar aks etdi; yaltirab turgan shag‘al va qum esa porlab turgan yulduzlarni eslatdi. Shu tufayli, Kevin fotosuratni teskarisiga ag‘dardi (suvdagi tog‘ aksini yuqoriga qilib), natijada kun tunga aylanib qoldi.
74
543
Foto
Foto: Xitoy televideniyesidagi ob-havo ma’lumotlarining qarimaydigan boshlovchisi
Xitoy Markaziy televideniyesi 8-martda 20 yildan ortiq vaqt davomida faqat bir ayol — Yang Den tomonidan olib borilgan ob-havo ma’lumotlari to‘plamini Weibo ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qildi. Bu haqda TJournal xabar berdi. Ko‘plab foydalanuvchilarning qayd etishicha, karyerasini 1996-yilda (o‘shanda 23 yoshda bo‘lgan) boshlagan teleboshlovchi 2018-yilga kelib deyarli o‘zgarmagan. Ba’zilar uni “qarimaydigan ma’buda” deb atagan bo‘lsa, boshqalar so‘nggi 20 yildagi ob-havo ma’lumotlari bir kunda tasvirga olingan, deb taxmin qilgan.
81
533
Foto
Fotosurat: 2016-yilning eng yaxshi kupyurasi
Xalqaro banknota hamjamiyati 2016-yilning eng yaxshi kupyurasini aniqladi. Shveysariya Markaziy banki tomonidan so‘nggi 20 yil davomida chiqarilgan ilk banknota — 50 Shveysariya franki yilning eng yaxshi kupyurasi deb tan olindi. G‘olib banknotani tanlashda uning qanchalik yuqori darajada himoyalanganligi va badiiy qiymatiga baho beriladi, deb yozadi Meduza. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
44
435
Foto
Fotogalereya: Go‘zal manzaralar fonidagi ayollar
Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi “Interesnaya planeta” sahifasida go‘zal manzaralar fonidagi ayollar aks etgan suratlar taqdim etildi.
48
132
Foto
Uy yig‘ishtirishda asqotadigan 10 ta maslahat (foto)
AdMe uy yig‘ishtirish bo‘yicha foydali maslahatlar bilan bo‘lishdi. Yarim stakan sirkani shuncha zaytun yog‘i bilan aralashtiring, unga botirilgan latta bilan yog‘och stolni ishqalab arting. Tirnalgan izlar butunlay yo‘qoladi va jihoz yangi ko‘rinishga ega bo‘ladi. Bir stakan kir yuvish kukuni, 1 stakan idish yuvish mashinasi uchun mo‘ljallangan vosita (maydalangan), 1 stakan oqartiradigan vosita, yarim stakan burani aralashtirib, qaynoq suv qo‘shing. Bir qoshiq o‘simlik yog‘ini ikki qoshiq osh sodasi bilan aralashtiring va cho‘tka yoki mato yordamida shkafni tozalang. Ohak zangidan xalos bo‘lishda sirka yordam beradi. Odatda 20 daqiqa kifoya bo‘ladi. Agar shunda ham zang ketmasa, nasadkani sirkali paket bilan o‘rab, yana bir soatga qoldiring. Dazmol taxtaga qog‘oz to‘shab, unga biroz tuz seping. Dazmolni maksimal darajada qizdiring (dazmolda bug‘ funksiyasi o‘chirilgan bo‘lishi, dazmolda suv bo‘lmasligi kerak). Qizib turgan dazmolni tuz ustida yurgizing. Paxtadan sharchalar yasang, ularni oqartiruvchi vosita bilan namlang, mog‘or ustiga qo‘ying va kechasi bilan qoldiring. Ertalab mog‘or qoldiqlarini tish cho‘tkasi bilan ishqalab tashlang. Panjaradagi yog‘larni nashatir spirti orqali yo‘qotish mumkin. Buning uchun panjarani plastik xaltaga joylab, u yerga 2—3 osh qoshiq nashatir spirti soling. 12 soatdan so‘ng yuvib tashlang. Ularni qaynoq suv, alyuminiy folga va tuz yordamida tozalash mumkin. Bularning barchasini idishga solib, 30 daqiqaga qoldirish kifoya.
52
1,490
Foto
Fotogalereya: Birinchi kosmonavt Gagarinning ona shahri Gagarin
Kosmonavtlar kuni munosabati bilan TJournal Instagram ijtimoiy tarmog‘i yordamida tarixdagi birinchi kosmonavt yashagan shaharga nazar tashlashga qaror qildi. Smolensk viloyatidagi Gjatsk shahri birinchi kosmonavt Yuriy Gagarin nomi bilan uzviy bog‘liq. Uning oilasi Gjatskning Klushino qishlog‘ida yashagan. Kosmonavt vafotidan bir oy o‘tib, shahar uning nomi bilan qayta nomlandi. Yarim asr o‘tganiga qaramay, shaharda hamon ko‘p narsalar Gagaringa bag‘ishlangan. Yu.A.Gagarinning ota-onasi yashagan uy Birinchi kosmonavtning onasi Anna Timofeevna Gjatsk shahar qabristoniga dafn etilgan Yuriy Alekseevich Gagarinning “Volga”si Birinchi parvoz muzeyi Kosmonavtning ish stoli SKB-48 surdobarokamerasi — unda parvoz sinovlari o‘tkazilgan Birinchi kosmonavt tomonidan o‘tqazilgan siren
63
796
Foto
Fotogalereya: Norvegiyadagi “Troll tili” qoyasida olingan ekstremal suratlar
Norvegiyadagi “Troll tili” qoyasida ajoyib suratga tushishni istovchi sayyohlar juda ko‘p. TravelAsk 700 metr balandlikdagi ana shu qoyada olingan suratlarni taqdim etdi.
76
170
Foto
Fotogalereya: Faqat Osiyoda ko‘rish mumkin bo‘lgan narsalar
Osiyo — dunyoning noodatiy atmosfera hukm suradigan qismi. AdMe ana shu noodatiylik aks etgan suratlarni taqdim etdi.
59
117
Foto
Turli mamlakatlardagi AQSh elchixonalari (foto)
AQSh Davlat departamenti tarkibiga 275 ta elchixona kiradi, ular 180 ta mamlakatda 3500 ta ko‘chmas mulk obyektlariga egalik qiladi. Forum Daily ushbu binolarning ba’zilari suratlarini taqdim etdi.
47
197
Foto
Foto: Xavf bilan birga zavqni tuyish imkonini beruvchi temiryo‘l yo‘nalishlari
Poyezdlar bir necha asr davomida savdo-sotiqni rivojlanishida muhim rol o‘ynagan, sayyoh va yo‘lovchilar hayotining bir qismiga aylanib ulgurgan. Qanday maqsadda qurilishidan qat’i nazar, shahar va qishloqlarni bir-biri bilan bog‘lab turuvchi, masofalarni yaqin qiluvchi hamda yo‘nalish davomida tabiatning go‘zalligi bilan birga xavfni his qilishga sabab bo‘luvchi temiryo‘llar qayerda joylashgani haqida ma’lumot berib o‘tamiz. Aso — Minami, Yaponiya O‘rmon va tepaliklari o‘rtasidan o‘tgan temiryo‘l yo‘nalishi, g‘ayrioddiy ravishda faol bo‘lgan vulqon bilan ham kesishadi. Atrofdagi manzara go‘zalligi bilan kishini o‘ziga rom etadi. Ammo geologlar vulqon otilishini oldindan aytishi, haydovchilar marshrutni qanchalik sinchkovlik bilan rejalashtirishiga qaramay, vulqondan otilib chiqadigan suyuq chog‘ bosishi xavfi hamisha mavjud. Chennay — Rameshvaram, Hindiston Hindlar uchun muqaddas hisoblangan Rameshvaram orolidagi bir qancha ibodatxonalar nafaqat mahalliy dindorlarni, balki arxitekturani shaydosi bo‘lgan sayyohlarni ham o‘ziga maftun qiladi. Orolga borishning eng oson va arzon varianti poyezddan foydalanish ekaniga qaramay, aksariyat holda odamlar undan ranglari oqargan, qo‘rquv aks etgan yuz ifodasi bilan tushib keladi. Yo‘lning bir qismini Hind okeani ustidan o‘tgan va 1910-yillarda qurib bitirilgan Pamban ko‘prigi tashkil qiladi. Bor-yo‘g‘i 2 kilometrligi arzimasdek tuyilishi mumkin, lekin gap boshqa yoqda. Poyezd ko‘prikka yetib kelganda juda ham sekin — soatiga 20 kilometr tezlikda harakatlanadi. Bunda yo‘l xuddi oxiri yo‘qdek, uzoq tuyiladi. Okeandagi suv tinch bo‘lsa odamlar unchalik xavotirga tushmasligi mumkin, lekin havo o‘zgarib, to‘lqinlar poyezd oynalariga kelib urilsa, yo‘lovchilar qo‘rquv bilan manzilga yetib oladi. Jorjtaundagi halqa yo‘li, AQSh Kolorado shtatidagi qoyali tog‘larda joylashgan temiryo‘ldan qachonlardir konchilar kumush konlariga yetib borish uchun foydalangan. Konlar bundan bir necha o‘n yil avval yopilganiga qaramay, temiryo‘l bugungi kunda sayyohlar uchun ko‘ngil ochadigan joylardan biriga aylangan. Ammo poyezdning “Iblis darvozasi” — qulab tushish xavfi yuqori bo‘lgan, baland qoziqoyoqlarga o‘rnatilgan ko‘prik bo‘ylab harakatlanishini ko‘ngilxushlikka tenglashtirib bo‘lmaydi. Kaayman temiryo‘l ko‘prigi, JAR Bu JARda qurilgan ilk qayrilma ko‘prik hisoblanadi. 36 metr balandlikda joylashgan ko‘prik Kaayman daryosini kesib o‘tadi. Suv toshgan vaqtida to‘lqin deyarli temiryo‘l balandligigacha yetib boradi. Ko‘prikning bunyod qilinganiga 100 yildan ko‘proq vaqt bo‘lgan va so‘nggi marta 2006-yilda kuchli bo‘rondan keyin ta’mirlangan. Aynan shu sabab ham to‘lqinlarining bu kabi harakatlanishidan kishi asosli xavotirga tushadi. “O‘lim yo‘li”, Tailand Yam-yashil o‘rmonlar orqali Tailand va Myanmani birlashtirib turadigan temiryo‘l — o‘lim yo‘li deb ataladi va bu bejizga emas. Ushbu yo‘l Ikkinchi jahon urushi vaqtida amerikalik va britaniyalik harbiy asirlar tomonidan qurilgan. Tinimsiz mehnat, kasallik va jarohatlar sabab yuzlab odamlar halok bo‘lgan. Bu yo‘lning qurilishi, unda ishtirok etganlarning boshdan kechirganlari haqida tushunchaga ega bo‘lishni istaganlarga 1957-yilda suratga olingan “Kvay daryosidagi ko‘prik” nomli filmni tomosha qilish tavsiya qilinadi. Salta — Antofagasta, Argentina va Chili Lotin Amerikasining ikki mamlakatini birlashtirib turadigan marshrut tog‘lar orasidan o‘tgan bo‘lib, uni qurish uchun deyarli 30 yil vaqt ketgan. Poyezd ko‘prik ustida harakatlanganda kishi go‘zal manzaradan bahra olish, bulutlar orasida suzib yurgandek hisni tuyish bilan birga, balandlikdan qo‘rqishi mumkin. Argentinadan Chiliga samolyotda bir necha soatda yetib borish imkoni borligiga qaramay, sayyohlarning aksariyati poyezddan foydalanishni afzal biladi. Chikubang ko‘prigi, Indoneziya Mamlakatdagi eng uzun hisoblangan mazkur ko‘prik Jakartani Bandung shahri bilan bog‘lab turadi. 11 ta po‘lat tayanch asosida qurilgan ko‘prikning balandligi 80 metrni tashkil qiladi. Vodiydagi kuchli shamoldan biroz chayqalishi mumkinligi, uning mashhurligi va yo‘lovchilarning soniga ta’sir qilmaydi. “Iblis burni”, Ekvador Ushbu temiryo‘lni bunyod qilish uchun 4000 ishchi kerak bo‘lgan, ularning deyarli yarmi qurilish davomida hayotdan ko‘z yumgan. “Iblis burni”da harakatlangan poyezddagi yo‘lovchilar tog‘larning bir qismi yoki tosh o‘pirilishi mumkinligi sabab manzilga yetguncha yuragini hovuchlab o‘tiradi. Oq dovon va Yukon marshruti, Alyaska, AQSh Mazkur temiryo‘l Alyaskadagi oltin qazib oluvchi va konchilar tomonidan qurilgan. Baland tog‘ va yam-yashil o‘rmonlarni kesib o‘tadigan yo‘l hali-hamon sayyohlar e’tiborini o‘ziga jalb qiladi. Pilatus, Shveysariya Dunyodagi eng o‘ziga xos temiryo‘llardan biri hisoblangan Pilatus 1889-yilda foydalanishga topshirilgan. 1-2 vagondan iborat poyezd taxminan yarim soatda yo‘lovchilarni tog‘ etagidan eng yuqori cho‘qqigacha olib chiqadi va bu masofa 2100 metrni tashkil qiladi. Odamlar o‘zini “amerikancha tepalik” attraksionidagidek his qilishi uchun vagondagi o‘rindiqlar xuddi teatrdagi singari turli balandlikka joylashtirilgan. Kuranda-Stsenik, Avstraliya “Barron darasi” milliy bog‘i, zich o‘rmon va sharsharalar orasidan o‘tadigan marshrut dunyodagi eng xavfli yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Linton va Linmut Kliff, Buyuk Britaniya Eniga haddan tashqari tor bo‘lgan mazkur yo‘l temiryo‘ldan ham ko‘ra ko‘proq ko‘ngilochar bog‘lardagi attraksionni esga soladi. XX asrda atigi 3 yil davomida qurib bitirilgan yo‘l Linton va Linmut shaharlarini bog‘lab turadi. Unda har biri 40 nafar yo‘lovchi uchun mo‘ljallangan ikkita funikulyor harakatlanadi. Poyezd juda ham sekin yurishiga qaramay, nafaqat mahalliy aholi, balki sayyohlar ham undan foydalanishni yaxshi ko‘radi.
78
5,725
Foto
Fotogalereya: Tabassum qilishga undovchi filchalar
Filchalar o‘zgacha zavq va go‘zallikka ega. “Intresnaya planeta” taqdim etgan suratlarda ana shunday zavqni topish mumkin.
50
122
Foto
Eron ayollari 1979-yildagi Islomiy inqilobdan oldin qanday ko‘rinishda bo‘lgan (foto)
Bundan yarim asr ilgari Eron dunyoviy davlat bo‘lgan, deb yozadi “Adme”. Ayollar kalta yubkalar kiyib, erkaklar bilan erkin muloqot qila olgan, ta’lim olgan. Ammo 1979-yilda mamlakatda Islom inqilobi ro‘y bergan va hamma narsa o‘zgargan. Quyida qachonlardir mamlakatda bo‘lgan erkinlik darajasini baholashni taklif qilamiz. View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram
85
844
Foto
Fotogalereya: Dunyoning turli mamlakatlarida nishonlangan Yangi yil
TJournal va “TASS” 31-dekabrdan 1-yanvarga o‘tar kechasi dunyoning turli mamlakatlarida Yangi yil qanday nishonlangani aks etgan suratlarni taqdim etdi.
67
152
Foto
Fotogalereya: Maktabga olib boruvchi xatarli va mashaqqatli yo‘l
Bolalar ko‘pincha maktabga borishni xohlamasligi hech kimga sir emas. Lekin dunyoning ba’zi joylarida ilm olish uchun bolalar katta qiyinchilikni yengib o‘tadi. Ba’zan hayotiga xavf ham tug‘ilishi mumkin. AdMe ana shunday holatlarga e’tibor qaratdi. Suv toshqini paytida daryoning ko‘prigi vayron bo‘lganidan so‘ng, Chilangkap qishlog‘idan maktab o‘quvchilari o‘zlari bambukdan yasagan sol yordamida maktabga qatnay boshladi (Indoneziya) Misr o‘quvchilari maktabdan shunday qaytadi Erkak 6 nafar bolasini maktabdan uyga olib kelmoqda (Hindiston, Uttar-Pradesh shtati) Manila yaqinidagi bir qishloqda o‘quvchilar maktabga Subik ko‘rfazidagi tosh qirg‘oq bo‘ylab boradi (Filippin) 11 yoshli bola uyidan chiqib, maktabga ketyapti (Turkiya). Jizra shahri Suriya bilan chegaradosh bo‘lgani sabab, ancha aziyat chekkan Falastinda o‘quvchilar maktabga badaviy Xan al-Axmar qishlog‘idan piyoda yurib boradi Shrinagardagi bu yo‘lovchilar ko‘prigi qachonlardir vayron bo‘lgan, o‘quvchilar esa uning qoldiqlariga tirmashib, maktabga yetib oladi (Kashmir) Xitoyning Ganlo uyezdida o‘quvchilar bir kunda ikki marta qiyin va xavfli yo‘lni bosib o‘tadi: ularning maktabi 2 300 metr balandlikdagi tog‘da joylashgan Jakarta ko‘chalarida ko‘pincha kuchli yomg‘ir yog‘adi, shuning uchun o‘quvchilar maktabga yetib olgunicha formalari jiqqa ho‘l bo‘lib ketadi (Indoneziya) Aholisi bir necha million bo‘lgan Ahmadobodda o‘quvchilar maktabga rikshalarda boradi Indoneziyaning Yava orolida bolalar har kuni maktabga yog‘ochdan ishlangan osma ko‘prik orqali boradi Xitoyning Sichuan provinsiyasida bir qishloq o‘quvchilari 1400 metrlik tik qoyaga ko‘tariladi Bali orollaridagi bolalar maktabgacha yuk mashinasida tik turib ketadi (Indoneziya) Kashmirda o‘quvchilar maktabga Dal ko‘lidan qayiqda suzib boradi
64
1,796
Foto
“Titanik”, “Olimpik” va “Britanik” kemalari halokatidan omon chiqqan ayol (foto)
Vayolett Konstans Jessol ismli ayol uchta eng mashhur okean laynerlari — “Olimpik”, “Titanik” va “Britanik”da ishlashga muvaffaq bo‘lgan, deb yozadi “Pomada”. Ularning barchasi halokatga uchragan, biroq Vayolett omon qolgan. Bolalagida sil kasalini boshidan kechirgan, yoshgina chog‘ida otasidan ajralgan, onasi esta xasta bo‘lib qolgan Vayolett maktabni bitirishga ulgurmay, ish qidirishga majbur bo‘ladi. U onasi kabi styuardessa bo‘lishga qaror qiladi va White Star Line kompaniyasi kemalarida ishlay boshlaydi. 1910-yilda 23 yoshli Vayolett ulkan “Olimpik” layneriga ishga kiradi, bir yil o‘tar-o‘tmas, u “Xouk” kreyseri bilan to‘qnashib ketadi. Halokat natijasida qurbonlar bo‘lmadi, biroq layner jiddiy zarar ko‘radi. Ta’mir ishlaridan so‘ng qiz “Olimpik”da faoliyatini davom ettiradi. Bu vaqtda yangi layner ham qurib bitkaziladi va Vayolettga unga ishga o‘tishni taklif qilishadi. Shunday qilib, qiz “Titanik”ning birinchi va so‘nggi reysida jo‘naydi. 1912-yil 14-apreldan 15-aprelga o‘tar kechasi layner aysberg bilan to‘qnashib ketadi, kemadagi 2224 kishidan 711 nafarinigina qutqarishga muvaffaq bo‘lishadi, ular orasida Vayolett ham bor edi. Halokatdan so‘ng u “Karpatiya” kemasi orqali quruqlikka yetkaziladi. Birinchi jahon urushi chog‘ida Vayolett Britaniyaning Qizil Xoch tashkilotida hamshira bo‘lib ishlaydi. Hamshira sifatida u “Britanik” gospital kemasida safarga otlanadi. 1916-yil noyabrida kema mina portlashi natijasida halokatga uchraydi, evakuatsiya chog‘ida qayiqlardan ikkitasini cho‘kayotgan kemaning vintlari tortib ketadi, ulardan birida Vayolett ham bor edi, biroq u mo‘jiza tufayli omon qoladi. Vayolett uzoq umr kechirdi va 83 yoshida yurak kasalligidan vafot etdi. 42 yil davomida u yo‘lovchi laynerlarida ishladi, ikki marta dunyo bo‘ylab sayohat qildi.
80
1,794
Foto
Fotogalereya: Mashhurlarning imzolari
Har bir imzoda o‘ziga xos shaxsiyat mavjud. AdMe bir qator mashhurlarning imzolariga e’tibor qaratdi.
37
101
Foto
Fotogalereya: Kishini hayratga soluvchi g‘alati faktlar
Dunyoda kishini hayratga soluvchi g‘alati faktlar mavjud. AdMe ana shu faktlarga e’tibor qaratdi. Dunyoda yagona jigarrang panda bor Suratkash rasmga olishdan avval Cherchellning sigaretasini olib qo‘ygani uchun u 5 funtlik kupyurada xo‘mraygan qiyofada aks ettirilgan Qarg‘alar boshqa hayvonlarning dumidan tortishni yaxshi ko‘radi Qizil bananlar mavjud Mona Lizaning surati qachonlardir boshqacha ko‘ringan Yuzning chap tomoni o‘ng tomoniga nisbatan jozibadorroq bo‘ladi Kosmonavt Sergey Krikalyov 1991-yilda kosmosga SSSR fuqarosi sifatida uchib, Yerga Rossiya fuqarosi sifatida qaytgan.
55
596
Foto
Tabiatning betakror mo‘jizalarini kadrlarga muhrlagan insonlar ijodi (foto)
Tabiat mohir rassomdir. Derazagi ortidagi zerikarli manzara ham birdan rangli suratga aylanishi mumkin. Asosiysi, koinotning ijodkorligini o‘z vaqtida ko‘ra bilishdir. AdMe nashri tabiatning betakror mo‘jizalarini soniyalar ichida kadrga muhrlangan insonlar ijodini taqdim etdi. “Menimcha, kamalak tugaydigan joyni topdim”. Yomg‘ir yog‘ayotgan joy xuddi dushga o‘xshaydi “Mening gulim quyoshga shunday intiladi”. Noyob hodisa — ajoyib tasvirga boy bulutlar. “Bugun kattaligi golf to‘pidek keladigan do‘l yog‘di”. Osmon binafsharangga kirdi. Shamol stol ustidagi qorli dasturxonlarni siljitdi. “Bulut orasidan binoni chaqmoq urgan paytni muhrladim”. “Uyim oldidagi manzara”. “Men ayiq ko‘rinishidagi bulutni ko‘rdim”. “Fotoshopsiz surat. “Qizil yomg‘ir” deb nomlangan noyob hodisani suratga oldim”. Daraxt ichida go‘yoki odam yuzi borga o‘xshaydi. Chaqmoq xuddi odamga o‘xshaydi. Igna bargda muzlab qolgan yomg‘ir suvi billurga o‘xshaydi. Tog‘lar ustidagi bulutlar kamalak ranglariga bo‘yalgan. “Men bir vaqtning o‘zida kamalak va chaqmoqni suratga olishga muvaffaq bo‘ldim”. Tabiat g‘ildirakni egallab oldi. “Men quyosh botishini suratga oldim”.
75
1,162
Foto
Foto: Suriya parkurchilari vayronalarda sakrab, urush qo‘rquvini yengmoqda
Suriyaning urush davomida kuli ko‘kka sovurilgan Inxil shahrida o‘smirlar parkurga qiziqadi. Ular shaharning muxolifat nazorati ostidagi hududida mashqlar o‘tkazadi. “Bu urush haqida biroz unutishga yordam beradi”, — deydi 18 yoshli Qodiriy. “Kommersant.ru” vayronalar ichida parkur bilan shug‘ullanuvchi o‘smirlarga bag‘ishlangan fotogalereya taqdim etdi.
74
356
Foto
Foto: “Kalmar o‘yini” Gollivudda suratga olinganida bosh qahramonlarni kimlar ijro etgan bo‘lardi?
Janubiy Koreyaning “Kalmar o‘yini” dramasi haqida deyarli eshitmaganlar qolmadi. Serial Netflix striming xizmati rekordini yangilab, 90 dan ortiq mamlakatlarda platformaning eng ko‘p tomosha qilingan shoularidan biriga aylandi. Bosh qahramonlar bilan bog‘liq memlar tarmoq bo‘ylab virus kabi tarqalib ketdi va sujetning burilishlari hamma tomonidan har xil muhokama qilindi. Xo‘sh, ushbu mashhur serial Gollivudda surata olinganida, qaysi yulduzlar rol ijro etgan bo‘lar edi? Li Jon Je – Nikolas Keyj (Son Ki Xun) O Yon Su – Kristofer Lloyd (O Il Nam) Chon Xo Yon – Zendeya (Ka Se Byok) Xo Son Txe – Xavyer Bardem (Chan Dok Su) Anupam Tripati – Kel Penn (Ali Abdul) Li Yu Mi – Anya Teylor-Joy (Chi Yon) Yu Son Chu – Tom Xardi (Pyon Ki) Pak Xe Su – Mett Deymon (Chxo San Voo)  Pak Xyo Jin – Meggi Smit (San Vooning onasi) Vi Xa Jun – Mark Uolberg (Xvan Chun Xo) Li Byon Xon – Mads Mikkelsen (Xvan In Xo) Kon Yu – Leonardo Di Kaprio  Kim Chu Ryon – Jennifer Lourens
98
975
Foto
Ruxsatsiz kadrga kirib, uni shoh asarga aylantirgan 10 yulduz (fotogalereya)
AdMe yulduzlar tasodifiy “omadi yurishganlar” bilan bexosdan bir kadrga tushib qolgan “fotobomba”larni to‘pladi.
76
112
Foto
Mashhurlarning hali tanilmagan paytidagi rasmlari (foto)
Ba’zi yulduzlar bolaligida bir kun kelib butun dunyoga mashhur bo‘lib ketishini hayoliga ham keltirmagan. “Zakon.kz” ana shunday mashhurlarning yoshlikdagi va hozirgi rasmlarini taqdim etdi. Kit Harington — ingliz teatr va kino aktyori, “Taxtlar o‘yini” (Game of Thrones) mashhur fantaziya teleserialining yulduzi. U Jon Snou rolini o‘ynagan. 2. Enn Xeteuey Enn Xeteuey — Gollivud aktrisasi, “Oskar” mukofoti sovrindori. “Malikaning kundaliklari”, “Prada kiygan iblis” va “Sehrlangan Ella” filmlari bilan mashhur. 3. Dita fon Tiz Stili 20 yildan beri o‘zgarmagan bo‘lsa ham, u qimmat jurnal muqovasidagi qiz kabi ko‘rinadi. Bu yulduz stilist va vizajist xizmatlaridan foydalanmaydi. Har oqshom u ertasiga qanday soch turmak qilishni, pardozi qanday bo‘lishini va qanday uzunlikdagi ko‘ylak kiyishni biladi. Mashhur dizaynerlardan Kristian Lubuten, Jon Galyano va Jan-Pol Gotye uni o‘zlarining ilhom manbasi sifatida e’tirof etadi. 4. Jessika Bil 14 yoshida Jessika Bil mashhurlikka erishgan. Yosh aktrisa Aaron Spellingning “Yettinchi osmon” teleserialida Meri Kadmen rolini o‘ynagan. 2006-yil Jessika Nil Burgerning “Illyuzionist” filmida namoyon bo‘lgan. 2007-yilda Jessika va amerikalik mashhur qo‘shiqchi va aktyor Jastin Timberleykning ishqiy munosabatlari boshlangan. 5. Norman Ridus Norman Ridus amerikalik aktyor. U Prada, Alessandro Dell’Acqua, Durban, Levi’s va Lexus kabi mashhur brendlar bilan hamkorlikda ishlagan. Keyin Norman o‘zini aktyor sifatida ham sinab ko‘rgan va teatrlarda rol o‘ynagan. Ammo haqiqiy shuhratni unga “Yurayotgan o‘liklar” (“Xodyachie mertvetsi”) serialidagi roli keltirgan. 6. Amanda Seyfrid Amanda Seyfrid amerikalik kinoaktrisa va qo‘shiqchi. Katta ekranda debyut rolini 2004-yil “Yaramas qizlar” kinokomediyasida ijro etgan. Fransin Paskalning ishqiy romanlarining muqovalarida paydo bo‘lgach, uni Nyu-Yorkning “Vilgelmina” agentligi ishga taklif qilgan. U yerda Amanda 2002-yilgacha model bo‘lib ishlagan. “Qadrli Jon” va “Rad etilganlar” filmalari bilan mashhur. 7. Kayl Maklaxlen Millionlab muxlislar bu aktyorning nomini Devid Linchning “Twin Piks” serialidagi agent Deyl Kuper nomi bilan eslab qolgan. 8. Vaynona Rayder Vaynona Lora Rayder 80-yillarda mashhur bo‘lgan aktrisa. U Tim Barton bilan (“Bitljus”,  “Qo‘lqaychi Edvard”), Martin Skorseze bilan (“Begunohlik davri”), Jim Jarmush bilan (“Yerdagi tun”), Frensis Ford Koppola bilan (“Drakula”) ishlagan. “To‘xtatib qo‘yilgan hayot” psixologik dramasida bosh rolda o‘ynagan. Vaynon Ryader ishtirokidagi so‘nggi katta loyihalardan biri — “Ajabtovur ishlar” ilmiy fantastik serial. 9. Julyet Lyuis Julyet Lyuis Oliver Stounning “Tug‘ma qotillar” jinoiy melodramasidagi roli bilan mashhur bo‘lib ketgan. 10. Ozzi Osborn Qamoqdan chiqqan Ozzi Osborn musiqachi sifatida faoliyat yuritishga qaror qilgan. O‘sha payt “Music Machine” guruhi vokalist izlayotgan edi. Ozzi ularga qo‘shilgan. Keyinchalik yosh yigit o‘z guruhini tashkil etishga qaror qilgan va “Ozzi Zigga konsert kerak” yozuvi bilan musiqa do‘koniga e’lon bergan. Uch kundan keyin Black Sabbathga duch kelgan. Guruh hard-rock va hevi metal kabi musiqiy uslublarda ijod qiladi. Ozzi Osborn hevi metalning otasi sifatida e’tirof etilib, ingliz rok musiqasining shon-shuhrat zaliga kiritilgan. 11. Hilari Suonk Amerialik aktrisa Hilari Suonk ikki karra “Oskar” va “Oltin Globus” mukofoti sovrindori. “Yigitlar yig‘lamaydi” filmi unga shuhrat keltirgan. 12. Evan Piters Evan Tomas Piters “Amerika jinoyatlari tarixi” teleseriali, “X-odamlar: O‘tgan kelajak” va “X-odamlar: Apokalipsis” filmlari bilan mashhur. 13. Vanessa Hajens Yosh aktrisa “Klassniy Myuzikl” filmidagi mahorati va ovozi sabab mashhurlikka erishgan. 14. Rouzi Hantington-Uaytli Model 2003-yilda mashhur Elle Girl va Teen Vogue jurnallarining muqovasida paydo bo‘lgan. 2006-yilga kelib esa Victoria`s Secret bilan hamkorlik qila boshlagan. 2011-yil Maxim jurnali Rouzini Hot 100 ro‘yxatida 1-o‘ringa qo‘ygan. Britaniyalik fotograf Rankin Uoddelning fikriga ko‘ra, Rouzi nafaqat birinchi toifali model, balki qobiliyatli aktrisa hamdir. U “Transformerlar” va “Telba Maks: g‘azab yo‘li” filmlarida rol ijro etgan. 15. Iggi Pop Iggi Pop — amerikalik rok-vokalist, The Stooges guruhi a’zosi, pank-rok va granjning asoschisi va otasi hisoblanadi. 16. Konni Britton Amerikalik aktrisa “Spin-siti” sitkomidagi Nikki faber roli bilan mashhur. 17. Til Shvayger Nemis kinomatografiyasining fahri, ajoyib rejissyor, aktyor va prodyuser. Tomoshabinlarga “Qirol Artur” va “Lara Kroft” filmidagi rollari bilan mashhur. 18. Helli Berri Amerikalik aktrisa, “Oskar” mukofoti sovrindorlari orasidagi birinchi qora tanli ayol. “X-odamlar”, “Maxluqlar bali” kabi filmlardagi roli bilan mashhur. 19. Benedikt Kamberbetch Britaniyalik aktyor 2010-yil 10-iyulda Sherlok Holmsning yangi versiyasini yaratgan.
56
4,822
Foto
Yulduzlarning 10 ta eng dabdabali va qimmatbaho liboslari (fotogalereya)
AdMe taniqli shaxslarning eng hashamatli va qimmatbaho liboslari suratlarini bir joyga to‘pladi.
72
96
Foto
Fotogalereya: Muhabbatda muayyan qoliplar yo‘qligini isbotlagan mashhur juftliklar
Ayrim hollarda er-xotinlarning tashqi ko‘rinishi, yoshi va ijtimoiy kelib chiqishi haqida yillar davomida shakllanib kelgan stereotiplar hayotda eng muhim bo‘lgan narsa — oilaviy baxtga erishishga to‘sqinlik qiladi. AdMe o‘z hayoti bilan namuna bo‘lib, muhabbatda muayyan qoliplar yo‘qligini isbotlagan mashhurlarning suratlarini jamlab, taqdim etdi.  Pirs Brosnan va Kili Shay Smit 20 yildan beri birga. Ko‘p yillar davomida Kilining vazni o‘zgarib bordi, biroq mashhur “agent 007” har qanday sharoitda ham turmush o‘rtog‘ini sevadi va qadrlaydi Hyu Jekman va Deborra-Li Ferness 1996-yilda oila qurishgan. Aktyorning  muxlislari tomonidan ayol ko‘pincha eriga tashqi ko‘rinishi mos emas, deb tanqid qilinadi. Ammo uni muxlislarning fikri tashvishga solmaydi Sofi Terner va Jo Jonas shu yilning may oyida turmush qurishgan. Mashhur aktrisaning bo‘yi 175 sm, turmush o‘rtog‘ining bo‘yi esa 172 santimetrni tashkil etadi. Ammo Sofi baland poshnalaridan voz kechmaydi,chunki uning sevgilisi uchun bo‘yning ahamiyati yo‘q Nikolya Sarkozi va Karla Bruni 2008-yilda nikoh qurishgan. Birinchi xonimning bo‘yi turmush o‘rtog‘idan 10 sm baland bo‘lgani uchun model baland poshnalaridan voz kechgan  Bryus Uillis va Emma Xeming 10 yildan beri birga yashashadi. Ularning ikki nafar qizlari bor. Ular orasida 23 yosh farq bo‘lsa-da, bu farq ularni bezovta qilmaydi Harrison Ford va Kalista Flokhart 10 yildan buyon birga.  Juftlikning orasida 22 yosh farq ularning baxtli turmushiga xalal bermaydi Bill va Melinda Geyts 30 yildan oshiq vaqt mobaynida birga yashashadi. Oilasi juda oddiy hayot kechiradi, chunki Melinda ko‘proq muhim narsalarga e’tibor berishni afzal ko‘radi Josh Hollouey va Yessika Kumala 15 yildan buyon birga. Ular ham kamtarona hayotni afzal bilishadi Shvetsiya malikasi Viktoriya va Daniel Vestling 2010-yilda munosabatlarini qonuniylashtirgan. Deniel avval turmush o‘rtog‘ining shaxsiy fitness murabbiyi bo‘lgan va boshida ularning munosabatlari yashirin edi. Shvetsiya hukumati ruxsat berganidan so‘ng, nikoh qonuniylashtirilgan. Bo‘lmasa Viktoriya taxtdan voz kechishi mumkin edi  Albert II Sharlen Uittstokka 2011-yilda uylangan.  Monako shahzodasi 50 yoshigacha oila qurmagan va merosxo‘rlari ham bo‘lmagan toki Sharlenni uchratmaguncha. U professional suzuvchi va turmush o‘rtog‘idan 20 yosh katta, biroq bu tafovut sevishganlarning hayotlarini bog‘lashiga to‘sqinlik qilmadi Jeff Brijes va Syuzen Gestonning oila qurganiga 42 yil bo‘ldi. Ular tanishganlarida Jeff allaqachon mashhur va “Oskar” mukofoti sohibi edi. Syuzen esa oddiy ofitsant bo‘lsa ham aktyor Syuzenda o‘z baxtini ko‘ra oldi   Ann Xeteuey va Adam Shulman 2011-yilda tanishganlar. O‘sha paytda qiz allaqachon mashhur aktrisa edi va Adam ham kino sohasida karyera qilishga harakat qilardi. Biroq keyinchalik u o‘z ishidan voz kechib, zargarlik buyumlari biznesining asoschisiga aylandi Kristian Beyl va Sandra Blajich 20 yil oldin oila qurishgan. Dastlab qiz aktyorning muxlisi edi, keyinchalik u sevimli yulduzining rafiqasiga aylandi
82
3,029
Foto
Vyetnamda dunyodagi birinchi oltin bilan qoplangan mehmonxona ochildi (foto)
Vyetnam poytaxtida dunyodagi birinchi tashqi yuzasi va interyeri oltin bilan qoplangan, besh yulduzli Dolce Hanoi Golden Lake mehmonxonasi ochildi, deb xabar berdi “Korrespondent.net”. Dolce Hanoi Golden Lake Hanoy markazida joylashgan hamda 25 qavatdan iborat. Mehmonxonaning eshiklari, devorlari, tomi hamda boshqa interyer elementlari, shuningdek, 5 ming kvadrat metrga yaqin tashqi yuzasi 24 qirotli oltin bilan qoplangan. Mehmonxona qurilishiga o‘n yil sarflandi. Unda 342 ta nomer bo‘lib, ularning bir qismi oltin suvi yugurtirilgan mebel, vanna, unitaz va dekor bilan bezatilgan. Mehmonxonada bir kecha tunash narxi 250 dollardan boshlanadi. Boshqa qiziqarli fotojamlanmalar:
76
690
Foto
Fotogalereya: Bizdan 10 ming yil oldin yashagan insonlarning yuz qiyofasi tiklandi
Shved haykaltaroshi va arxeologi Oskar Nilsson yuzni qayta tiklash bilan shug‘ullanadi. Uning so‘nggi loyihasi hayratlanarli va ajoyib! Nilsson bizdan o‘n minglab yillar oldin yashagan bir necha odamlarning yuzlarini qo‘l bilan yasaydi. Ushbu noyob g‘oyani amalga oshirish uchun u muzeylar bilan hamkorlikda ishlagan. Muzeylar arxeologga turli hududlarni o‘rganish paytida topilgan qoldiqlarni taqdim etgan. Nilsson qazish paytida topilgan suyaklardan foydalanib, qadimgi dunyo aholisining yuzlarini qayta tiklashda foydalangan. TravelAsk Oskar Nilssonning mazkur kolleksiyasidan o‘rin olgan asarlar bilan bo‘lishdi.
82
616
Foto
Bollivud yulduzi Madhuri Dikshit haqida ko‘pchilik bilmaydigan ma’lumotlar (foto)
Bollivud olamidagi faoliyatini 1986-yilda “Karma” filmida suratga tushishdan boshlagan va ijro mahorati hamda go‘zalligi bilan millionlab muxlislarga ega bo‘lgan aktrisa Madhuri Dikshit haqida ma’lumot berib o‘tamiz. Madhuri 1967-yilning 15-mayida Shankar va Snexlata Dikshitlar oilasida dunyoga kelgan. Muxlislaridan biri hukumatga aktrisaning tug‘ilgan kunini milliy bayram sifatida e’lon qilishni so‘rab murojaat qilgan. Bu ham yetmagandek o‘sha muxlis Madhurining tug‘ilgan kuni sanasi bilan boshlanadigan taqvim ham ishlab chiqqan. Kino olamida faoliyat yuritish haqida o‘ylab ham ko‘rmagan Madhuri mikrobiolog bo‘lish haqida orzu qilgan va shu soha bo‘yicha bakalavr diplomini qo‘lga kiritgan. Ammo taqdir taqozosi bilan kasbi tamoman o‘zgarib ketgan. Madhuri FilmFare mukofotining “Eng yaxshi aktrisa” yo‘nalishiga 14 marta nomzod bo‘lgan, to‘rt karra esa ushbu nominatsiya bo‘yicha va ikki marta boshqa yo‘nalish bo‘yicha mukofotni qo‘lga kiritgan. 2008-yilda esa Hindistonning eng nufuzli mukofotlaridan biri Padma Shriga sazovor bo‘lgan. “Devdas”, “Begona qalb”, “Dil” va boshqa bir qancha filmlardagi ijrolari bilan muxlislar qalbidan joy olgan aktrisa aktyor Sanjay Datt bilan ishqiy munosabatda bo‘lgan. Ammo Sanjayning noto‘g‘ri turmush tarzi sabab aloqalarga nuqta qo‘yilgan. Madhuri 1999-yil 17-oktabrda amerikalik shifokor Shrirama Madxava Nenega turmushga chiqqan va bir muddat ijodiy tanaffus qilishga qaror qilgan. AQShga ko‘chib ketgan aktrisa Erin hamda Rayan ismli o‘g‘il farzandlarini tarbiya qilib kelmoqda. Ayni vaqtda 53 yoshda bo‘lgan aktrisa hali hamon avvalgidek go‘zal va latofatli.
81
1,621
Foto
Fotogalereya: Eng ezgu va go‘zal ishlar muhabbat sabab bajariladi
Muhabbat insonlarni yaxshi tarafga o‘zgartiradi va romantik ishlar qilishga undaydi. AdMe mana shunday lavhalarga nazar soldi.
65
126
Foto
Fotogalereya: Osiyo supermarketlari plastik qadoq o‘rniga yana barglardan foydalana boshladi
Zamonaviy dunyoning muammolaridan bir — plastik chiqindilar ta’sirida tabiatga yetkazilayotgan zarar hisoblanadi. Buni hal qilish uchun chiqindini qayta ishlash usulidan foydalanildi, lekin samara sezilmayapti. Misol uchun, birgina 2013-yilning o‘zida AQShda 254 million tonna chiqindi hosil bo‘lgan, ammo ularning faqat 30 foizi qayta ishlangan. Qolgan qismi esa axlatga tashlangan, endi ular minglab yillar davomida o‘zidan zaharli gaz chiqaradi va okeanning qaysidir qismiga tushib qolsa, suv jonivorlarini nobud qiladi. Ammo yaqinda Osiyo supermarketlarida mahsulotlarni plastik xaltalar emas, balki tabiiy barglarga o‘rash tashabbusi bilan chiqdi, deya yozadi Travel Ask.
92
676
Foto
Fotogalereya: AQShning bahorda tashrif buyurish kerak bo‘lgan chiroyli joylari
Bahor har yerda go‘zal, ammo AQShning quyidagi joylarida butunlay boshqacha aks etadi, deya yozadi Forum Daily. Antilopa vodiysi, Kaliforniya shtati Keyp-Mey, Nyu-Jersi shtati Markaziy park, Nyu-York Charlston, Janubiy Karolina shtati Vashington, Kolumbiya okrugi Nort-Kaskeyds parki, Vashington shtati Ennis, Texas shtati Tutunli tog‘lar milliy parki, Shimoliy Karolina va Tennesi shtati Gollandiya, Michigan shtati Nyuport, Rod Aylend shtati Savanna, Jorjiya shtati Skagit vodiysi, Vashington shtati Berkshir, Massachusets shtati Katta Kanyon Uichito, Kanzas shtati
78
581
Foto
Fotogalereya: Turli holatlarni eslatuvchi narsalar
Ba’zan atrofdagi narsalarning holati turli qiziqarli ko‘rinishga ega bo‘ladi. AdMe ana shunday holatlar aks etgan suratlarni taqdim etdi.
50
137
Foto
Fotogalereya: Rangli tus olgan tarixiy suratlar
Rassom Marina Amaral tarixiy suratlarga rang berish bilan shug‘ullanadi. U bir qancha mashhur suratlarni rangli ko‘rinishga keltirgan. TravelAsk ana shu suratlardan namunalar taqdim etdi.
47
187
Foto
Ijtimoiy tarmoqlardan reportaj: Qor va muzlar domida qolgan AQSh (foto+video)
Dekabr oyining oxiri hamda yanvar oyining boshlari AQShning Atlantika sohilida joylashgan shtatlari uchun noodatiy sovuq va qorli keldi. Ayrim shtatlarda esa qor yog‘ishi hamon davom etmoqda, deb xabar berdi TJournal. Jon Kennedi nomidagi Nyu-York xalqaro aeroporti qor oqibatida ko‘rish qobiliyati yomonlashgani sababli yopildi, bundan oldin megapolisdagi maktablarda darslar bekor qilingandi. [twitter_video link="https://twitter.com/invisibleman_17/status/948554661136666625?ref_src=twsrc%5Etfw&ref_url=https%3A%2F%2Ftjournal.ru%2F64601-reportazh-iz-socsetey-zamorozki-i-snegopady-v-ssha"] 3-yanvar kuni so‘nggi 29 yil ichida birinchi bor Florida shtatining shimolidagi Tallaxassi shahriga qor yog‘di. Shtatning bir nechta maktab okruglari Rojdestvo ta’tillarini uzaytirishga qaror qildi, Orlandodagi suv attraksionlari vaqtincha yopildi. This morning was definitely a little bit unusual for Florida....#FLwx #TLHWinterStorm #SnowInFlorida #SnowInTheDeepSouth #Snowpocalypse2018 #Snowmageddon pic.twitter.com/46Siy27Bzf — CJ Moose ⚒??? ???? (@cjmoose) January 3, 2018 AQSh poytaxti Vashingtonda esa havo haroratining 0 dan tushib ketishi yanvar oyining o‘rtasiga qadar davom etadi. Luiziana, Janubiy Karolina va Jorjiyada favvoralar muzlab qolgan. Ijtimoiy tarmoqlar mahalliy aholi va turistlar tomonidan olingan qor va muzlarning suratlariga to‘lib ketdi.
77
1,360
Foto
Oq uy yaqinida Trampning soch turmagiga ega bo‘lgan shishiriladigan jo‘ja o‘rnatildi (foto)
Vashingtondagi Oq uy yaqinida katta shishirilgan jo‘ja paydo bo‘ldi. U AQSh prezidenti Donald Trampning soch turmagini eslatuvchi soch turmagiga ega. U davlat rahbarining qarorgohi tufayli ko‘zga tashlanib turgandek qilib o‘rnatilgan. Bu haqda Meduza xabar berdi. Jo‘jani norozilik belgisi sifatida rejissor Taram Singx Brar o‘rnatdi. U qo‘g‘irchoqni 1300 dollarga sotib olgan. Brar Tramp “kuchsiz va samarasiz yetakchi” ekanligni ko‘rsatmoqchi. “U o‘z soliq deklaratsiyalarni oshkor qilishdan, Vladimir Putindan qo‘rqadi va Shimoliy Koreyaga nisbatan o‘zini telbalarcha tutadi”, — dedi aksiya muallifi.
91
605
Foto
Aqli pastlikdan aziyat chekayotgan qariyaning o‘g‘li uning yordamida fotoloyihani amalga oshirdi (foto)
Kanadalik va italiyalik bo‘lgan fotograf Toni Luchianining onasi aqli pastlik kasaliga duchor bo‘lganidan keyin o‘g‘il unga g‘amxo‘rlik qilishni o‘z bo‘yniga oldi. 91 yoshli keksa ayol o‘zini muhim narsaning yaratilishida ishtirok etyayotganini his qilishi uchun o‘g‘il uni o‘z fotoloyihasining qahramoniga aylantirdi. Big Picture loyihadagi suratlarga e’tibor qaratdi.
103
369
Foto
Foto: Daniyadagi tomi suv o‘tlari bilan qoplangan uylar
Daniyaning Lesyo orolida qariyb ikki ming kishi yashaydi. Orolning o‘ziga xosligi unda joylashgan uylarning tomi suv o‘tlari bilan yopilgani hisoblanadi. TravelAsk ana shu uylarning suratlarini taqdim etdi.
55
206
Foto
Prezident maktabining ilk qaldirgʻochlari, qizgʻin tus olayotgan Yevro-2020, Jorj Floydga atalgan haykal — 19 iyun suratlari
Soʻnggi 24 soatning eng diqqatga sazovor suratlarini e'tiboringizga taqdim etamiz. AQShning Nyu-York shtatida qullik tizimi bekor boʻlganining 156 yilligi nishonlandi. An'anaviy tarzda nishonlanib kelinadigan ushbu bayram davomida polisiya tomonidan oʻldirilgan Jorj Floyd sharafiga oʻrnatilgan haykal namoyish etildi. Suratda Floyd akasining munosabati koʻrsatilgan. Bayramga yigʻilgan jamoat Jorj Floydga nisbatan oʻz hurmatini namoyish qilmoqda. Haykalning yon tomondan koʻrinishi. Mazkur installyasiya Nyu-Yorkning Bruklin shahrida joylashgan. Namangan viloyatida joylashgan Prezident maktabi ilk bitiruvchilari bilan xayrlashdi. Bitiruv kechasida Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov soʻzga chiqdi. Hokim bitiruvchilarning kelgusi faoliyatiga omad tilab, iliq tilaklarini bildirdi. Maktabning birinchi «qaldirgʻochlari» madhiya kuyladi. Ularning kelajakdagi faoliyatiga jamoamiz nomidan ham omad tilaymiz! Futbol boʻyicha Yevropa chempionati oʻz qizgʻin pallasiga kirib bormoqda. Garchi guruh bosqichi oʻyinlarida boʻlsa-da, ular ancha tomoshabop boʻlmoqda. Xususan, 19 iyun, shanba kuni Portugaliya terma jamoasi Germaniya milliy jamoasi bilan toʻqnash keldi. Unda nemislarning 4:2 hisobida qoʻli baland keldi. Ushbu suratda bugunning markaziy uchrashuvida gol urilgan vaziyat tasvirlangan. Nemis xalqi uchun xursandchilik, portugallar uchun qaygʻuli vaziyat. Bugun, shuningdek, Fransiya terma jamoasi Vengriya termasini qabul qildi. Unda tomonlar durangga imzo chekdi. Hisob — 1:1. 2021 yil 20 iyun, yakshanba kuni Yaponiyaning Tokio shahrida boʻlib oʻtadigan Tokio-2020 oʻyinlarining ochilish va yopilish marosimida transport operasiyalari simulyasiyasi paytida avtobuslar Olimpiya va Paralimpiya qishlogʻi yaqinida harakatlandi.
124
1,746
Foto
Kommunistik partiyaga atalgan gullar, Shovinning qamalishini qutlayotgan ayol, depoga qaytgan avtobuslar — 28 iyun suratlari
E'tiboringizga 28 iyunning eng sara suratlarini taqdim etamiz. Bangladesh poytaxti Dakka shahrida yangi lokdaun e'lon qilinishi ortidan jamoat transportidagi avtobuslar depolarga qaytarildi. Turkiyaning Van viloyatida tabiat qoʻynida olingan surat. Unda oʻrgimchak ninachini oʻz toʻrlariga tortmoqda. AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Vatikanda Sistin qasrini tomosha qilmoqda. Xitoydagi gulzorlardan birida mamlakat kommunistik partiyasining yuz yilligi munosabati bilan gullardan partiya bayrogʻi shakli hosil qilindi. Futbol boʻyicha Angliya terma jamoasi Yevropa chempionati doirasida Germaniyaga qarshi oʻyinga tayyorgarlik koʻrmoqda. Kanadaning Toronto shahrida koronavirusga qarshi ommaviy emlash jarayoni oʻtkazilmoqda. Lokdaun e'lon qilinishi ortidan odamlar Bangladesh poytaxti Dakka shahrini tark etmoqda. AQShlik ayol qora tanli Jorj Floydni oʻldirgan Derek Shovinga e'lon qilingan sud hukmidan xursandchiligini namoyon etmoqda. Shovin uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan. Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida maktabni tugatganlar sharafiga bayram tadbirlari boʻlib oʻtmoqda.
124
1,113
Foto
Fotojamlanma: Jahon yulduzlari hamda ularga tegishli xususiy orollar
Mashhurlarning haqiqatan boy ekanliklari ularning 100 ming dollarlik soat, Bentley yoki tennis kortini sotib olishida deb o‘ylaysizmi? Ulardan ayrimlarining puli shunchalik ko‘pki, hatto xususiy orol sotib olishga ham yetadi. Hech qachon tugamaydigan ta’til, faqatgina sizga tegishli bo‘lgan tropik orolni bir tasavvur qilib ko‘ring-a? Ko‘plab taniqli shaxslar bu orzuni allaqachon ro‘yobga chiqarishga ulgurgan. Nikolas Keyj Nikolas Keyj – isrofgarchiligi bilan tanilgan aktyor. U sakkizoyoq, timsohlardan tortib, dinozavrlarning bosh suyagigacha sotib oladi. 2006-yilda aktyor Bagam orollari arxipelagidagi Leaf Key nomli orolni 3 million dollarga sotib oldi. Ehtimol, aynan shu yerda u o‘zining hayratomuz kolleksiyasidan bahra olayotgandir. Eddi Merfi 2007-yilda dunyoning eng ko‘p haq to‘lanadigan aktyorlaridan biri deya tan olingan Eddi Merfi Bagamadagi Rooster Key orolini 15 million dollarga sotib olgan. Hozirda Merfining boyligi 85 million dollarga baholanmoqda. Feyt Hill va Tim MakGrou Musiqachilar Feyt Hill va Tim MakGrou nafaqat oilaviy hayotda, balki san’atda ham baxtga erishdi. Er-xotinning umumiy kapitali 165 million dollarga baholangan, shuning uchun ular 2006-yilda Bagam orollarida o‘z shaxsiy oroliga ega bo‘lishda qiyinchilikka uchramagan. Riki Martin Livin’La Vida Loca qo‘shig‘i bilan butun dunyoga tanilgan Riki 2008-yilda Braziliyaning Angra-dus-Reys kurorti yaqinidagi orolning egasi bo‘lgan. Orol 8 million dollarga sotilgan. Mel Gibson Mel Gibson Fiji arxipelagidagi Mango orolini Tokio korporatsiyasidan 9 million dollarga sotib olgan. Gibson kurortni rivojlantirish niyatida emas, aksincha orolning bor go‘zalligini saqlab qolmoqchi xolos. Selin Dion  Selin Dion tropik orolni o‘z mamlakatida topdi. Kvebekdagi Il Ganon orolini sotib olib, unda ajoyib qasr qurdi. Ammo bir muncha vaqt o‘tgach, uni 29,7 million dollarga sotdi. Shakira Eng muvaffaqiyatli bu qo‘shiqchi allaqachon 220 million dollar egasi bo‘lishga ulgurgan. Uning albomlari dunyo bo‘ylab mashhur. Shakira Bonds Key orolini 6 million dollarga sotib olgan. U negadir kurortni rivojlantirish rejasini hozirga qadar amalga oshirmadi. Stiven Spilberg  Stiven Spilberg muvaffaqiyatli kinorejissorlardan biri. “Musofir”, “Yo‘qolgan kema reydlari”, “Qo‘lingdan kelsa, meni tut” kabi filmlarni suratga olgan. Spilberg o‘zi va oilasi dam olishi uchun Portugaliyaning Madeyra arxipelagidagi orolni sotib olgan. Leonardo Di Kaprio “Titanik”, “Qonli olmos”, “Omon qolgan” kabi filmlar yulduzi Leonardo Blekadaro Key oroliga 2,4 million dollar to‘lagan. Kapitali 245 million dollarga teng bo‘lgan kishi uchun bu shunchaki xarajatdir. Aktyor orolda ekologik toza dam olish maskani qurishni rejalashtirmoqda. Jay-Z va Beyons  Jay-Z va Beyons ko‘pincha bir-birlariga ajoyib sovg‘alar ulashadi. Turmush o‘rtog‘iga Otalar kunida 40 million dollarga samolyot va Bagam orollaridan 3 million dollarlik orol sotib olgan. Kim Kardashyan va Nort Uest  Kim Kardashyan va Nort Uest – shou-biznesdagi eng ko‘p muhokama qilinadigan shaxslardan biri. 2014-yilda qizi uchun Avstraliyadagi Toshbaqa orolini sotib olgan. Jonni Depp Jonni Depp Gollivuddagi eng taniqli va ko‘p daromad topadigan aktyorlardan biri. U 400 million dollar evaziga ikkita orol sotib olishga qaror qildi. 2004-yilda 3,6 million dollarga Bagam orollaridagi Little Halls Pond Key egasi bo‘lgan. Oroldagi 6 ta plyajga do‘stlari va farzandlari nomi berilgan. 2015-yilda Depp Egey dengizidagi qarovsiz orolni 4,2 million yevroga sotib olgan.  Taniqli shaxslarga tegishli eng qimmatbaho uylar (foto)
68
3,561
Foto
Fotogalereya: Noyob teri rangiga ega odamlar
AdMe o‘zi terisining rangi bilan jahon hamjamiyati e’tiboriga tushgan odamlarning suratlarini to‘plab taqdim etdi. Konni Chiu Gonkongda tug‘ilgan Konni Chiu oilada albinizm bilan dunyoga kelgan yagona farzand. Keyinchalik Konni va uning oilasi Shvetsiyaga ko‘chib o‘tgan. Qizaloq bu yerda o‘sib-ulg‘ayib, gumanitar fanlar bilan birga jurnalistikani o‘rgangan. 24 yoshida modellik karyerasini boshlagan va hozirda jaz qo‘shiqchisi hisoblanadi. Nikiya Feniks Amerikalik model Nikiya Feniks o‘zining qora rangli terisi, tabiiy sochlari, butun tanasini qoplagan sepkillari bilan ajralib turadi. Feniks Coca-Cola va Target reklama kompaniyalarining asosiy yuziga aylangan. Stiven Tompson Amerikalik Stiven Tompson hech qachon model bo‘lishni o‘ylamagan. Biroq taqdir uni bir suratkashga yo‘liqtirgan va Tompsonning suratlari jurnallarda paydo bo‘lgan. 2011-yilda Stiven Givenchy modalar uyining yuziga aylangan. Vinni Xarlou Vinnining noodatiy tashqi ko‘rinishi Tayra Benksning e’tiboriga tushgan va u Vinnini “Amerikacha top-model” shousida qatnashishga taklif etgan. Vinni ushbu shouda 5-o‘rinni qo‘lga kiritgan. Hozirda u Desigual brendining yuzi hisoblanadi. Ava Klark Ava Klark — afroamerikalik albinos. Yorqin sochlar, havorang ko‘zlar va pushtirang lablarga ega qizaloq Vogue, Denim hamda VIP kabi jurnallarning sahifalarini bezashga ulgurgan. Anastasiya Jidkova Dunyodagi eng chiroyli albinos qiz deya e’tirof etiluvchi Nastya Jidkova 1996-yili Rossiyada tug‘ilgan. Nastya nafaqat model, balki yaxshi qo‘shiqchi ham hisoblanadi. Lola Chuil Los-Anjelesda istiqomat qiladigan Lola maktabda o‘qiydi va 8 ta tilda so‘zlasha oladi. Qizaloqning Instagram’dagi obunachilari soni 462 mingdan ortiq bo‘lib, ular Lolani Naomi Kempbellga qiyoslashadi.
44
1,750
Foto
Fotogalereya: Biznes yuritish uchun eng yaxshi 20 mamlakat
Biznesni yuritish bo‘yicha dunyodagi eng yaxshi mamlakat sifatida Shvetsiya tan olindi, deb xabar berdi Forbes. Mamlakat bir yil davomida beshinchi pog‘onadan birinchilikka ko‘tarilib oldi. Forbes 11 yildan beri biznes yuritish uchun qulay bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatini tuzib keladi. 139 mamlakat 11 kategoriya bo‘yicha taqqoslanadi, jumladan, xususiy mulk huquqlarining himoyalanganligi, innovatsiyalar (yangiliklar), soliqlar, texnologiyalar, korrupsiya darajasi, erkinlik va byurokratiya, investorlar himoyasi va fond bozorining samaradorligi. Shuningdek, Freedom House, Heritage Foundation, Alliance Rights Alliance, Transparency International, Butunjahon banki va Butunjahon iqtisodiy forumi hisobotlari ham tahlil qilinadi. Shvetsiya YIM kishi boshiga: 50 300 dollar Soliq tizimi bo‘yicha: 27-o‘rin Innovatsiya darajasi: 6-o‘rin Pul-kredit siyosati: 4-o‘rin Byurokratiyadan erkinlik darajasi bo‘yicha: 14-o‘rin YIM kishi boshiga: 37 800 dollar Soliq tizimi bo‘yicha: 11-o‘rin Innovatsiya darajasi: 23-o‘rin Pul-kredit siyosati: 2-o‘rin Byurokratiyadan erkinlik darajasi bo‘yicha: 1-o‘rin YIM kishi boshiga: 42 400 dollar Soliq tizimi bo‘yicha: 3-o‘rin Innovatsiya darajasi: 27-o‘rin Pul-kredit siyosati: 41-o‘rin Byurokratiyadan erkinlik darajasi bo‘yicha: 3-o‘rin YIM kishi boshiga: 51 300 dollar Soliq tizimi bo‘yicha: 5-o‘rin Innovatsiya darajasi: 19-o‘rin Pul-kredit siyosati: 6-o‘rin Byurokratiyadan erkinlik darajasi bo‘yicha: 10-o‘rin YIM kishi boshiga: 43 700 dollar Soliq tizimi bo‘yicha: 10-o‘rin Innovatsiya darajasi: 13-o‘rin Pul-kredit siyosati: 81-o‘rin Byurokratiyadan erkinlik darajasi bo‘yicha: 15-o‘rin YIM kishi boshiga: 52 000 dollar Soliq tizimi bo‘yicha: 7-o‘rin Innovatsiya darajasi: 10-o‘rin Pul-kredit siyosati: 17-o‘rin Byurokratiyadan erkinlik darajasi bo‘yicha: 23-o‘rin YIM kishi boshiga: 44 400 dollar Soliq tizimi bo‘yicha: 19-o‘rin Innovatsiya darajasi: 7-o‘rin Pul-kredit siyosati: 27-o‘rin Byurokratiyadan erkinlik darajasi bo‘yicha: 21-o‘rin YIM kishi boshiga: 41 900 dollar Soliq tizimi bo‘yicha: 13-o‘rin Innovatsiya darajasi: 3-o‘rin Pul-kredit siyosati: 40-o‘rin Byurokratiyadan erkinlik darajasi bo‘yicha: 26-o‘rin YIM kishi boshiga: 74 700 dollar Soliq tizimi bo‘yicha: 25-o‘rin Innovatsiya darajasi: 12-o‘rin Pul-kredit siyosati: 83-o‘rin Byurokratiyadan erkinlik darajasi bo‘yicha: 20-o‘rin YIM kishi boshiga: 43 200 dollar Soliq tizimi bo‘yicha: 16-o‘rin Innovatsiya darajasi: 24-o‘rin Pul-kredit siyosati: 78-o‘rin Byurokratiyadan erkinlik darajasi bo‘yicha: 2-o‘rin YIM kishi boshiga: 53 300 dollar Soliq tizimi bo‘yicha: 24-o‘rin Innovatsiya darajasi: 26-o‘rin Pul-kredit siyosati: 8-o‘rin Byurokratiyadan erkinlik darajasi bo‘yicha: 7-o‘rin YIM kishi boshiga: 52 900 dollar Soliq tizimi bo‘yicha: 8-o‘rin Innovatsiya darajasi: 9-o‘rin Pul-kredit siyosati: 41-o‘rin Byurokratiyadan erkinlik darajasi bo‘yicha: 6-o‘rin YIM kishi boshiga: 17 300 dollar Soliq tizimi bo‘yicha: 20-o‘rin Innovatsiya darajasi: 28-o‘rin Pul-kredit siyosati: 38-o‘rin Byurokratiyadan erkinlik darajasi bo‘yicha: 13-o‘rin YIM kishi boshiga: 101 400 dollar Soliq tizimi bo‘yicha: 15-o‘rin Innovatsiya darajasi: 16-o‘rin Pul-kredit siyosati: 30-o‘rin Byurokratiyadan erkinlik darajasi bo‘yicha: 56-o‘rin YIM kishi boshiga: 14 200 dollar Soliq tizimi bo‘yicha: 26-o‘rin Innovatsiya darajasi: 39-o‘rin Pul-kredit siyosati: 13-o‘rin Byurokratiyadan erkinlik darajasi bo‘yicha: 27-o‘rin YIM kishi boshiga: 80 200 dollar Soliq tizimi bo‘yicha: 17-o‘rin Innovatsiya darajasi: 1-o‘rin Pul-kredit siyosati: 3-o‘rin Byurokratiyadan erkinlik darajasi bo‘yicha: 59-o‘rin YIM kishi boshiga: 40 200 dollar Soliq tizimi bo‘yicha: 58-o‘rin Innovatsiya darajasi: 15-o‘rin Pul-kredit siyosati: 23-o‘rin Byurokratiyadan erkinlik darajasi bo‘yicha: 16-o‘rin YIM kishi boshiga: 22 300 dollar Soliq tizimi bo‘yicha: 29-o‘rin Innovatsiya darajasi: 11-o‘rin Pul-kredit siyosati: 30-o‘rin Byurokratiyadan erkinlik darajasi bo‘yicha: 18-o‘rin YIM kishi boshiga: 19 200 dollar Soliq tizimi bo‘yicha: 36-o‘rin Innovatsiya darajasi: 34-o‘rin Pul-kredit siyosati: 5-o‘rin Byurokratiyadan erkinlik darajasi bo‘yicha: 29-o‘rin YIM kishi boshiga: 20 700 dollar Soliq tizimi bo‘yicha: 23-o‘rin Innovatsiya darajasi: 32-o‘rin Pul-kredit siyosati: 18-o‘rin Byurokratiyadan erkinlik darajasi bo‘yicha: 43-o‘rin
58
4,321
Foto
Dunyodagi eng xavfsiz mamlakatlardan biri — Islandiya politsiyasining betashvish hayoti (foto)
Politsiyada xizmat qilish — juda xavfli ish. To‘g‘ri-da, axir jinoyatchilarni ta’qib qilish, qidirish, qo‘lga olishning o‘zi bo‘ladimi? Ammo Islandiyadagina vaziyat butunlay boshqacha, chunki bu yerda jinoyatchilik darajasi dunyodagi eng pastlaridan biridir. Shu tufayli Islandiya politsiyachilari mamlakatda tartibni boshqacha yo‘l bilan qo‘riqlaydi — bolalarga yordam beradi, yo‘qolgan mushukchalarni qidiradi, paradlarda qatnashadi — umuman olganda, vaqtlarini yomon o‘tkazmaydi. AdMe Reykyavik politsiyasining rasmiy Instagram-sahifasidan olingan suratlar bilan bo‘lishdi. “Mushaklar savdosi boshlandi. Ehtiyot bo‘ling, himoya ko‘zoynaklaridan foydalaning va yo‘riqnomaga rioya qiling” View this post on Instagram “Bugun pasxa tuxumlari yetib keldi” View this post on Instagram “Politsiyada ishlash — juda jiddiy ish” View this post on Instagram “Bu shox Reykyavik markazidagi binodan o‘g‘irlab ketilgan edi. Biz uni topib, qonuniy egasiga qaytardik” View this post on Instagram “Yana qushlarni boqyapmiz” View this post on Instagram “Bizda allaqachon juma. Sizda-chi?” View this post on Instagram “Ba‘zan tug‘ilgan kun ziyofatiga taklifni rad etib bo‘lmaydi” View this post on Instagram “Frosti bilan birga patrullik qilyapmiz” View this post on Instagram “Muzqaymoq uchun ajoyib havo” View this post on Instagram Jiddiy ish View this post on Instagram “Qanday tezlik bilan yurganingizni bilasizmi?” View this post on Instagram “Reykyavikdagi kongressda rasm chizyapmiz” View this post on Instagram
94
1,687
Foto
Dunyoning eng ko‘p tashrif buyuriladigan 10 ta tarixiy yodgorligi (fotogalereya)
Forbes jurnali dunyoning yiliga millionlab sayyohlar tashrif buyuradigan eng ommabop tarixiy yodgorliklari reytingini e’lon qildi.
80
130
Foto
Bu sahifada “Qoraqalpog‘istonlik Xatiko” haqida xabar e’lon qilingan edi
Ushbu sahifada “Qoraqalpog‘istonlik Xatiko: It suvga cho‘kib ketgan egasini bir haftadan beri kutmoqda” sarlavhali xabar e’lon qilingan edi. Xabar Qoraqalpog‘iston hayotini yoritib boruvchi “Makan.uz” kanaliga asoslanib berilgan edi (hozirda kanaldagi o‘sha xabar o‘chirib tashlangan). Xabarda noaniqliklar borligi ma’lum bo‘lgach, uni olib tashlashga qaror qilindi. Noaniq xabar berilgani uchun “Daryo” mushtariylaridan uzr so‘raymiz. Boshqa, haqiqiy “Xatiko”lar haqida bu yerda o‘qing:
72
487
Foto
“Biz cho‘chqalar va daydi itlardek yashashni xohlamaymiz!”. Inqirozga yuz tutayotgan Titikaka ko‘li
Janubiy Amerikadagi eng yirik ko‘llardan biri Titikaka xavf ostida. Shaharlardan chiqayotgan chiqindilar va qirg‘oq bo‘yida ishlab chiqarishnning rivojlanishi tufayli ko‘l suvi yuqori darajada ifloslangan. Bu holat nafaqat ekotizimda o‘z aksini topmoqda, balki katta iqtisodiy yo‘qotishni ham keltirib chiqarmoqda. Mahalliy aholi suvdan xo‘jalik faoliyatida foydalana olmayapti, sayyohlar oqimi yil sayin qisqarib bormoqda. “Kommersant” YuNESKO muhofazasidagi ko‘lning bugungi holatini aks ettiruvchi fotojamlanmani taqdim etdi. Titikaka dengiz sathidan 3800 metr balandlikda joylashgan. Bu dunyodagi kema suzadigan eng katta ko‘l hisoblanadi. Ko‘l bo‘yida Boliviya va Peruning 1,3 million aholisi yashaydi. Hozirda ko‘l ekotizimi xavf ostida. Birinchidan, ko‘l bo‘yida joylashgan shaharlar kengayib bormoqda. Xususan, Boliviyaning kattaligi jihatdan uchinchi o‘rinda turadgan El-Alto shahri aholisi soni so‘nggi 15 yilda ikki baravar o‘sdi. Buning natijasida kommunal xizmat qurilmalari talabga javob bermayapti va chiqindilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘lga tushmoqda. Titikaka bo‘yida yashovchi hindu qabilalari xo‘jalikda qamishdan keng foydalanadi. Qamish kema va binolar qurishda, uy hayvonlarini oziqlantirishda ishlatiladi. Oilalar kartoshka va ko‘ldan ovlangan baliqdan ovqat tayyorlaydi. Associated Press agentligining hisob-kitobiga ko‘ra, ko‘l bo‘yida joylashgan Peruning Xulyaka shahri bir kunda 200 tonna chiqindi chiqaradi. Ko‘lga ishlatilgan ignalar va shpritslar, plastik butilkalar, avtomobil shinalari va boshqa chiqindilar oqib keladi. Perulik tadqiqotchilar 2014-yilda ko‘lda merkuriy, kadmiy, rux va mis kabi kimyoviy moddalar borligini aniqladi. Bu moddalarning ko‘l suvi va mahalliy aholi tomonidan iste’mol qilinadigan baliqlar tarkibidagi miqdori me’yordagidan ancha ortib ketgan. Ko‘lning ifloslanishi suv yuzasida suv o‘tlarining ko‘payishiga olib kelmoqda. Bu esa ekotizimning buzilishiga va bir qancha baliq turlarining yo‘qolib ketishiga sabab bo‘lmoqda. 2014-yilgi tadqiqotdan so‘ng hukumat baliq oviga cheklov o‘rnatdi. Biroq mahalliy qishloqlar aholisining so‘zlariga ko‘ra, ular bu haqda ogohlantirilmagan. Yuz yillar davomida ko‘l aymira va kechua qabilalari uchun hayot manbai bo‘lib kelgan. Suvning ifloslanishi tufayli qishloqlarda bolalar tez-tez kasallanmoqda. Mening ajdodlarim bu yerda 500 yildan buyon yashab kelgan, biroq ular hech qachon bunday muammoga duch kelmagan. Mariya Aliva, sohil bo‘yidagi qishloqda yashovchi ayol Avval mahalliy aholi ko‘l suvidan kundalik ehtiyoj va ovqat tayyorlash uchun foydalangan. Biroq hozir ular yomg‘ir suvini to‘plashga yoki ko‘lning o‘rtasiga suzib borib chuqurlikdan suv to‘plashga majbur. Ko‘l YuNESKO muhofazasiga olingan. Suv havzasining ekotizimi baliq va qushlarning 60 ga yaqin turini o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari ko‘l bo‘yida hindu qabilalarining an’analari saqlanib qolgan. Bu esa ko‘lni Peru va Boliviyadagi eng asosiy ko‘zga ko‘ringan joylardan biriga aylantirgan. Har yili ko‘l qirg‘oqlariga Perudan 400 ming, Boliviyadan esa 350 ming sayyoh tashrif buyuradi. Biroq so‘nggi yillarda sayyohlar soni kamayib borayotgani kuzatilmoqda. Ikki mamlakatning mahalliy aholisi va ma’muriyati buni aynan ko‘lning ifloslanishi bilan bog‘lamoqda. 2016-yilda Peru va Boliviya hukumati kelishuv imzoladi. Unga ko‘ra, ko‘l suvini tozalash va bioxilmaxillikni saqlash uchun qariyb 500 million dollar sarflash rejalashtirilgan. 2017-yil boshida Peruning yangi prezidenti Pedro Pablo Kuchinski ko‘l bo‘yida 10 ta tozalash inshooti qurilishini ma’lum qildi. Prezidentning hisob-kitobiga ko‘ra, buning uchun 437 million dollar talab qilinadi. Biz cho‘chqalar va daydi itlar kabi yashashni xohlamaymiz. Biroq hozir aynan shunday yashashimizga to‘g‘ri kelmoqda. Mahalliy aholi vakillari “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
99
3,848
Foto
Haftaning qiziqarli suratlari
“Interfaks” haftaning qiziqarli va ajoyib suratlarini to‘plab, bir sahifaga jamladi. Pokistonning Karachi shahrida kontrabanda qilingan alkogol mahsulotlari yo‘q qilindi Kantabriyada meteorit yomg‘iri. Ispaniya Gonkongdagi Cosmoprof reklama ko‘rgazmasi Yanszi daryosida kuz. Xitoy 3D niqob yordamida iPhone X uchun yuz identifikatsiyasini testdan o‘tkazish jarayoni. Vyetnamning Bkav kompaniyasi ofisi Xitoyning Anxoy provinsiyasida qalampirlar quritilmoqda Gretsiyada suv toshqini Xarare shahrida bo‘lib o‘tgan diniy marosim paytidagi nasroniy. Zimbabve BAA Harbiy-havo kuchlariga tegishli Al Fursan uchuvchilar guruhi Dubaydagi xalqaro kosmik-aviatsiya ko‘rgazmasida chiqish qilmoqda Volontyorlar uchun Santa-Klauslar maktabi. London Rohinja qochoqlari lageridagi ayol. Bangladesh Bonus: Shavkat Mirziyoyev 17-noyabr kuni Sergeli tumanida qurib bitkazilgan yangi uy-joylar va ularning sohiblari bilan uchrashdi
29
923
Foto
Fotogalereya: Kamchatka — qo‘ng‘ir ayiqlar makoni
Sergey Gorshkov 15 yildan beri ayiqlarni suratga olish uchun Kamchatkaga boradi. “Kommersant” nashri Gorshkov tomonidan olingan eng ajoyib suratlarni to‘plab taqdim etdi.
49
170
Foto
Iblis hovuzida tushirilgan fotosuratlar
Zambiyadagi Viktoriya sharsharasida dunyodagi eng xavfli hovuz joylashgan, deb yozadi TravelAsk. Iblis hovuzi nomini olgan bu havza tabiiy ravishda shakllangan bo‘lib, Zambezi daryosining o‘rta oqimida joylashgan. Sentabrdan dekabrgacha bo‘lgan vaqtda daryo suvi ma’lum darajada ko‘tarilib, kichik girdob hosil qiladi. Bu esa ayrim yuragi baquvvat sayyohlarga o‘ta xavfli sharoitda cho‘milish imkonini beradi, negaki oqim minimal darajada bo‘lgan bu havzadan bir necha metr narida ulkan sharshara boshlanadi.
39
511
Foto
Qirolicha bilan kechki ovqat: Merilin Monro, Anjelina Joli va Yelizaveta II bilan uchrashgan yana boshqa mashhurlarning noyob suratlari
San’at olamida o‘z o‘rniga ega va millionlab muxlislari bor yulduzlarining hammasi ham qirolicha bilan uchrashavermaydi. Quyida Yelizaveta II bilan uchrashish baxtiga muyassar bo‘lgan mashhurlar suratlarini e’tiboringizga havola etamiz. Ava Gardner Aktrisa yosh qirolicha bilan 1955-yilda ko‘rishgan. Mazkur muhim uchrashuv uchun Ava uzun qora libos va oq qo‘lqop tanlagan. Merilin Monro 1956-yilda Merilin Yelizaveta II bilan ko‘rishish uchun ipakdan tikilgan, yelka qismi ochiq, uzun libos, aksessuar sifatida esa uzun qo‘lqop tanlagan. Rakel Uelch Aktrisa qirollik oilasi vakili bilan uchrashish uchun oq libos va xuddi shu rangdagi qo‘lqop tanlagan. Katrin Denev 1966-yilda qirolicha bilan uchrashish uchun Katrin qizil kashta tushirilgan oq libosni afzal bilgan. Sochlarini tepadan yig‘ib, libosi rangida zirak taqqani esa obrazini yanada uyg‘un ko‘rsatgan. Barbra Streyzand 1975-yilda qirolicha bilan uchrashish uchun boshqalarnikidan farqli libosni ma’qul bilgan. Kumushrang, kapyushonli libos bilan u darhaqiqat o‘ziga xos ko‘ringan. Elizabet Teylor 1976-yilda Teylor ilk marta qirolicha bilan ko‘rishish baxtiga muyassar bo‘lgan. Buning uchun aktrisa yaltiroq och yashil rangdagi libos kiyib, unga mos taqinchoq taqqan. Meril Strip Aktrisa qirolicha bilan 1980-yilda “Kramerga qarshi Kramer” filmining premyerasida uchrashgan. Strip did bilan tikilgan oq libos bilan xuddi shu rangdagi qo‘lqop taqqan. Jennifer Lopes Jey Lo 2001-yilda qirolicha bilan ko‘rishish uchun garderobidagi yashil ipakdan tikilgan libosni tanlagan va kiyimiga uyg‘un aksessuarlar bilan yanada jozibali ko‘rinishga ega bo‘lgan. Madonna Madonna Yelizaveta II bilan 2002-yilda “Die another day” filmining premyerasi bahonasida ko‘rishgan. Uning qora yaltiroq libosi va uchli qora tuflisi esda qolarli obrazda bo‘lishiga sababchi bo‘lgan. Deniel Kreyg Aktyor 2006-yilda hazrati oliyalari bilan uchrashish uchun qora smoking kiyishni ma’qul deb bilgan. Enrike Iglesias Boshqalardan farqli ravishda xonanda qirolicha bilan 2007-yilda ko‘rishganida jinsi shim, oq ko‘ylak va qora kostyumda bo‘lgan. Anjelina Joli 2014-yilda maftunkor aktrisa qirolicha bilan shunchaki ko‘rishmagan. U harbiy mojaroli hududlarda ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashgani uchun Yelizaveta II tomonidan taqdirlangan.
135
2,294
Foto
Pandemiya davrida odamlar do‘konga qanday ko‘rinishda boryapti? Eng kulgili rasmlar
Koronavirus pandemiyasi dunyo ahlisini o‘ta ehtiyotkor bo‘lishga undamoqda. Axir istalgan paytda, istalgan joyda virusni yuqtirib olish mumkin. Shuning uchun ayrimlar niqobga qanoat qilmay, himoya kostyumlarini ham kiyib, ko‘chaga chiqmoqda. Himoya kostyumi bo‘lsa yaxshi, bo‘lmasa, uni uydagi bor narsalardan tayyorlashga to‘g‘ri keladi. Quyida koronavirusdan himoyalanish uchun o‘zi bilib-bilmay kulgili obrazlar yaratgan insonlarning suratlari keltiriladi.
83
459
Foto
Fotogalereya: Buyuk Britaniyaning ta’riflashga til ojiz manzaralari
Buyuk Britaniyada deganda ko‘pchilikning xayoliga birinchi navbatda rasm-rusmlarga qattiq rioya qiladigan xalq, Sherlok Xolms, Big Ben keladi. Suratkash Charli Ueyt va trevel-ekspert Joanna Simons ushbu mamlakatning bundanda ajoyib tabiati mavjudligini isbotlashga qaror qildi. TravelAsk Ueyt va Simons tomonidan kamerga muhrlangan hayratlanarli peyzajlarning suratlari bilan bo‘lishdi.
67
386
Foto
Yaponlarning kapsulalardagi hayotini ko‘rsatib beruvchi 13 ta surat (fotogalereya)
Kapsulali mehmonxonalar Yaponiyada ancha avvalroq haqiqiy trendga aylanib ulgurgan, deb yozadi Travel Ask. Ular bitta vestibyulni birlashtiruvchi mitti yacheykalardan iborat. Yacheykalar shunchalik kichikki, unda odam o‘rnidan turib, qaddini rostlay olmaydi ham. Buning ustiga, u yerda na deraza, na eshik bor, mehmonxona mehmonlarini esa yupqa to‘siqlar va pardalar ajratib turadi, xolos. Shunga qaramay, yacheykalar qulaylik darajasiga qarab, bir-biridan farqlanadi. Fotosuratchi Von Kim bunday kichik xonada odamlar qanday yashashini ko‘rsatib berishga qaror qildi. U buni Tokiodagi kichik mehmonxona misolida ko‘rsatib berdi. Shunisi qiziqki, ijarachilarni suratga tushirish va suratlarni chop etish uchun, fotosuratchi ular bilan 15 daqiqalik massaj orqali “hisob-kitob qildi”.
82
782
Foto
Boshqa yulduzlar bilan uchrashib qolganda o‘zini yo‘qotib qo‘ygan mashhurlar (foto va video)
Mashhur shaxslar ham xuddi oddiy odamlar kabi taniqli kishilarning muxlislari hisoblanadi. Mabodo ular o‘z kumirlari bilan uchrashib qolsalar, ularning his-tuyg‘ulari shov-shuvga aylanadi. Fotojurnalistlar esa bunday onlarni suratga olishdan faqatgina mamnun bo‘lishadi. Jennifer Lourensning Jek Nikolsonni ko‘rganidagi reaksiyasi yoki Mark Ruffalo Pol Radd intervyu berayotganida unga qanday qaraganini tomosha qiling. Jennifer Lourens Bill Myurrey bilan uchrashganidan juda xursand. Mark Ruffalo intervyu berayotgan Pol Raddga sirli qarab turibdi. Kamila Kabelo Emiliya Klark oldida tiz cho‘kdi. Mari Xeri yonida bo‘lgan Enn Xeteuey bundan juda hayajonlangan. Adam Skott bolalikdagi qahramoni — Mark Xamill bilan uchrashdi. Dayan Kiton Jastin Biber bilan uchrashganda o‘zini yo‘qotib qo‘ydi. Sara Xaylend Xoakin Feniksni ko‘rib qolganidagi holati. Sara Polson kumiri — Madonna bilan uchrashganda. Jennifer Lourensning Jek Nikolsonni ko‘rganidagi reaksiyasi. Maykl Jekson malika Diana bilan suhbatlashganda yosh boladek gapini topolmay qolgan.
92
1,053
Foto
Fotogalereya: Bir lahzalik sehr aks etgan suratlar
Ba’zan bir qarashda ko‘ringan manzarani anglab olish qiyin bo‘ladi. Ana shu birinchi qarashdagi manzara qandaydir sirli ko‘rinadi. AdMe ana shunday manzara va holatlar aks etgan suratlarni taqdim etdi.
50
201
Foto
“Taxtlar o‘yini” seriali qahramonlari aslida qanday ko‘rinishga ega bo‘lishi kerak? (fotogalereya)
“Muz va Olov qo‘shig‘i” romanlar sikli asosida suratga olingan “Taxtlar o‘yini” seriali oltita fasl davomida ko‘p millionli muxlislar armiyasini to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. Ammo ekrandagi ko‘plab obrazlar kitobdagi asl qiyofalardan ancha yiroq. AdMe Jorj R.R. Martin o‘ylab topgan qahramonlar aslida qanday ko‘rinishga ega ekanligini aniqlashtirdi va o‘z kuzatuvlari bilan bo‘lishdi.
98
383
Foto
Fotogalereya: “Klon” serialining qahramonlari hozir qanday ko‘rinishda?
“Klon” seriali ko‘plab mamlakatlardagi kino ixlosmandlari qalbidan chuqur joy olgan. Biroq serial qahramonlari tasavvurimizda o‘sha-o‘sha – yosh va navqiron. Aktrisa 43 yoshda. Jovanna Antonelli serialdan so‘ng dunyo tanigan yulduz bo‘ldi. Hozirda Jadi serial va kinolarda suratga tushishda davom etmoqda. Murilu hozir 47 yoshda. Kinotanqidchilar Muriluni eng iqtidorli aktyorlardan biri deb hisoblaydi. Aktyor shu serialda Mel rolini ijro etgan Debora Falabela bilan oila qurgan. Tinib-tinchimaydigan Xadicha hozir 28 yoshda. Letitsiya 47 yoshda. Aktrisa hamon ijod bilan mashg‘ul. U faoliyati davomida qo‘shiq aytib ham ko‘rdi. Daniela 2005-yilga qadar ko‘plab filmlarda suratga tushdi. Biroq hozir u kinodan ketgan. Ayni vaqtda Daniela o‘g‘lining tarbiyasi bilan mashg‘ul. Debora seriallarda suratga tushishda davom etmoqda. “Klon” serialida otasini rolini ijro qilgan Murilu Benisiu bilan oila qurgan. Samira roli ijrochisi Stefani Britu hozir 31 yoshda. Aktrisa braziliyalik futbolchi bilan oila qurgan. O‘z rafiqasiga telbalarcha oshiq bo‘lgan Said – Dalton Vig vaqtini oilasi birga o‘tkazmoqda. U egizak o‘g‘illarning otasi.
71
1,149
Foto
Foto: Dunyoning eng mashhur “jonli Barbi”lari
Bolaligida qo‘g‘irchoq o‘ynagan qizaloqlar hozirda o‘zlari qo‘g‘irchoqqa aylangan. Dunyodagi eng mashhur “tirik Barbi”lar bilan tanishing. Sindi Jekson Amerikalik Sindi Jekson eng ko‘p plastik operatsiya qildirgan ayol sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kirgan. Hammasi Sindi 30 yoshida ega bo‘lgan meros voqeasidan boshlandi. O‘sha paytda u sevib qolgan erkaklar qiz bilan yaxshi muomalada bo‘lmas, uni semiz, xunuk deb tashlab ketardi. Katta miqdordagi merosga ega bo‘lgan Sindi yuzini torttirish va qorin bo‘shlig‘ini liposaksiya qilish, ko‘z qovoqlari, burun va iyakni plastik operatsiya qilish, ko‘krak va lablarni kattalashtirish, qovurg‘alarni olib tashlash, yonoq suyaklarini to‘g‘rilash uchun implantant qo‘ydirish, qalin sochga ega bo‘lish uchun soch follikulalarini ektirish kabi bir qancha jarrohlik muolajalarini qildirgan. Uning “Jonli Barbi” kitobi nashrdan chiqqach esa qiz mediaolamda tanilib, ko‘plab jurnallar muqovasini bezadi. Hozirda 64 yoshli ayol plastik jarrohlik klinikasining rasmiy yuzi hisoblanadi. Sindi tanasining o‘zgarishsiz qolgan yagona qismi — bu pastki labidir. Valeriya Lukyanova Asli kelib chiqishi Odessadan bo‘lgan 35 yoshli Valeriya o‘zini ma’buda yoki samoviy mavjudot deb ataydi. Qizig‘i shundaki, tirik Barbi o‘zining tashqi ko‘rinishiga jarrohlar aralashuvini qat’iyan rad etadi. Valeriya hinduizm, meditatsiya va ichki xotirjamlik haqidagi bloglarga qiziqadi, lekin, asosan, model sifatida ishlaydi. Fotosessiya va tadbirlar uchun qiz murakkab makiyajdan foydalanadi, uning so‘zlariga ko‘ra, bunday makiyajni faqatgina uning o‘zi qila oladi. Ammo jarrohlarning aytishicha, Lera qovurg‘alarni olib tashlash, liposaksiya, rinoplastika, heyloplastika, blefaroplastika va yonoq suyaklarini o‘zgartirish kabi operatsiyalarni boshdan o‘tkazgan. Hanna Gregori Britaniyalik talabaning bel aylanasi 55 sm, ko‘zlarini linza yordamida kattalashtiradi. Qizig‘i shundaki, barcha “tirik Barbi”lar orasida Xanna haqiqatan ham hech qanday operatsiya qildirmagan kam sonli qizlardan biri. Qiz Instagram yulduziga aylanishidan oldin olingan fotosuratlarini yashirmaydi va ularda ham tubdan o‘zgarishlar sezilmaydi. Hanna Barbi obrazida odamlardan yashirinish osonroq, deb hisoblaydi, chunki ular faqat qo‘g‘irchoqni ko‘rishadi va u aslida kim ekanligi bilan umuman qiziqmaydi. “Men uyatchan va odamovi bo‘lib ulg‘ayganman, menga doim qo‘g‘irchoqqa o‘xshashim haqida aytishardi. Qo‘g‘irchoq obrazi orqali tashqi dunyo bilan aloqa qilishim osonroq, chunki menda juda ko‘p komplekslar bor”, — deya tan oladi Hanna. Anastasiya Shpagina Kasbi vizajist bo‘lgan Anastasiya yoshligidanoq animelarni yaxshi ko‘rgan. Oddiy xobbi bo‘lib tuyulgan narsa shunchalik jiddiylashib ketganki, qiz hatto o‘ziga Nik Fukkatsumi taxallusini o‘ylab topdi va o‘zini “gullar parisi” deb atay boshladi. Plastik jarrohlik yordamida u faqatgina ko‘z shaklini o‘zgartirgan, boshqa barcha narsalar mohirona va juda murakkab makiyaj natijasidir. Uning aytishicha, Anastasiya ertalab soat 5 da turadi, obrazi uchun 2 soatdan ko‘proq vaqt sarflaydi. Anime makiyajsiz u uydan chiqmaydi, go‘zallik salonida ham u faqat anime personaji sifatida ishlaydi. Anastasiya vaqti-vaqti bilan videoblogida makiyaj qilish bo‘yicha ko‘rsatmalarni bosqichma-bosqich o‘rgatib boradi. Lolita Richi Kiyevlik qiz 44 santimetrlik belga ega va u ham plastik jarroh aralashuvini butunlay rad etadi. Bundan tashqari, u diyeta qilmasligini va sport zallariga ham qatnamasligini ta’kidlaydi. Lolita — bu uning taxallusi bo‘lib, unga teatr aktrisasi bo‘lgan onasi tanlab bergan. U qizining agenti sifatida fotosuratlarni internetga joylaydi va shu orqali oilaviy biznesini yo‘lga qo‘ygan. Dakota Rouz Dakota AQShda tug‘ilgan va bolaligidanoq mashhur bo‘lishni orzu qilgan. Bugun uning orzusi amalga oshdi: u internetda mashhur bo‘lib, uni doimiy ravishda suratga olish va namoyishlarda ishtirok etishga taklif qilishadi. Plastik jarrohlar operatsiya qildirganini inkor etadigan Dakotani bir necha bor fosh etishga urinishgan, ammo hech kim qiz operatsiya qildirganini isbotlay olmagan. Doimiy parhezlar, malakali makiyaj va mohirona fotoshop: Dakota tashqi ko‘rinishini kosmetika va kompyuter yordamida to‘g‘rilashini yashirmaydi. Alina Kovalevskaya Alina quyosh nurlari ostida yurmaydi, teri rangini saqlab qolish uchun foydali mahsulotlar iste’mol qiladi, oqsil, yog‘ va uglevodlar balansiga amal qiladi. Shuningdek, u sochlarini vaqti-vaqti bilan yangilaydi, chunki qizning aytishicha, haqiqiy sochlari u qadar ko‘rkam emas. Biroq boshqa tirik qo‘g‘irchoqlardan farqli ravishda Alina o‘zining tashqi qiyofasi yordamida pul ishlash va model bo‘lishni xohlamaydi: qiz institutni tugatib, mutaxassisligi bo‘yicha ishlashni rejalashtirmoqda. Lekin qaysi yo‘nalish bo‘yicha ekanligini oshkor qilmaydi.
45
4,779
Foto
Bollivuddagi eng mashhur shaxslarni jamlagan Bachchanlar oilasi qanday uyda yashaydi? (foto)
Bollivud afsonasi Amitabh Bachchanning uyiga virtual sayohat hech kimni bee’tibor qoldirmasa kerak. Taniqli aktyor rafiqasi Jaya, o‘g‘li Abhishek, kelini Ayshvariya hamda nevarasi Aradhya bilan Mumbayning nufuzli tumani Juxuda yashaydi. Uning hashamatli uyi Jalsa deb ataladi. Uy devorlari qadimiy hind madaniyati an’analariga muvofiq tarzda bezatilgan. Devorlarda turli kartinalar, oila a’zolarining suratlari va boshqa bezaklarni ko‘rish mumkin. Bachchanlar yashaydigan uy oldida tez-tez muxlislar to‘planadi. Ular sevimli aktyorlarini ko‘rish ilinjida bu yerda soatlab vaqt o‘tkazishi mumkin.
92
599
Foto
Dunyo dizaynerlari Instagram uchun yangi logotiplar yaratdi (foto)
DesignCrowd dizaynerlar hamjamiyati Instagram’ning yangi logotipi uchun eng yaxshi muqobil variant yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qildi. “Vc.ru” ulardan eng qiziqarli konseptlarni tanlab oldi. 2016-yil 11-mayida Instagram birinchi marta o‘z servislari belgilari (ikonkalari)ni tubdan yangilagan, shuningdek, asosiy dasturning dizaynini oq-qoraga o‘zgartirgan edi. Redizayn foydalanuvchilarning bir qismida norozilikni keltirib chiqardi. Ko‘pchilik logotipda Photoshop’da qo‘llaniladigan eski qolipli gradiyentlarni ko‘rdi.
66
532
Foto
Shvetsiyaning o‘z qoidalariga ega alohida dunyo ekanini o‘zida mujassam etgan suratlar
Madaniyatidagi o‘ziga xosliklar, ABBA guruhi va taomlari bilan ma’lum bo‘lgan Shvetsiyaning boshqa mamlakatlardan farqli ekanini isbotlaydigan fotolarni e’tiboringizga havola qilamiz. Shvetsiyada hatto chiqindi baklarida ham Wi-Fi bor. Shvetsiyaning biz uchun g‘alatidek tuyuladigan, ammo o‘ziga xos hajm birlik tizimi bor. Shvetsiya imkoni bo‘lgan hamma narsa qayta ishlanishi bilan ham Shvetsiyadir. Yilda bir marta tashlab ketilgan velosipedlarga olovrang “nakleyka” yopishtirilib chiqiladi. Egasi topilmasa, maxsus xizmat vakillari tomonidan olib ketiladi. Keyin ularga qimmat bo‘lmagan narx belgilanib, sotuvga qo‘yiladi. Mushuk va mushukchalar o‘tayotganda ogohlikka chorlovchi belgi. Faqatgina Shvetsiyada xarid qilingan muzqaymoq o‘ramida uni qayta ishlash uchun qog‘ozni qog‘ozga, kartonni kartonga tashlash kerakligi eslatilganiga guvoh bo‘lish mumkin. Shvetsiyadagi chiqindilarni alohida utilizatsiya qilish uchun mo‘ljallangan yer ostidagi vakuumli quvurlar ekologik dizaynda muhim rol o‘ynaydi. Supermarketdagi meva va sabzavotlar bo‘limida plastik paket o‘rniga qog‘oz paket beriladi. Mazkur pishiq paketlardan keyinchalik (kompost maqsadida) chiqindi solishda foydalanish mumkin. Shvetsiyaning doimiy aholisi 400 kishidan oshmaydigan Vrango orolida mashinalarda harakatlanish taqiqlangan. Turar joylarning o‘zida ham chiqindilar qayta ishlanadi. Shvetsiya do‘konlaridan xarid qilingan konfetlarning ta’mi shirin, nordon, sho‘r va achchiq bo‘lishi mumkin. Supermarketning yonidagi mini-kutubxona. Shvetsiyadagi uylar o‘ziga xos dizaynga egaligi bilan ham diqqatga sazovor. Mamlakatdagi deyarli barcha hayvonlar sug‘urtalangan va ro‘yxatga olingan. Shvetsiyada yilning to‘rt faslida ham muzqaymoq sotadigan yuk mashinasini uchratish mumkin. View this post on Instagram Mamlakatning go‘zal manzarasi.
86
1,842
Foto
Fotojamlanma: Karantin paytida Toshkent taksilari qanday ishlamoqda?
Koronavirus pandemiyasi taksilar faoliyatiga ham ta’sir ko‘rsatmay qolmadi. Karantin paytida ishlayotgan haydovchilar turli tarzda ehtiyot choralarini qo‘llashga urinmoqda. “Afisha.uz” toshkentlik haydovchilarning xavfsizlik choralari aks etgan suratlarni taqdim etdi.
68
268
Foto
Megan Markl, Anjelina Joli va boshqa mashhurlar qanday uylarda yashaydi? (foto va video)
Ko‘plab mashhurlar millionlab dollarga teng bo‘lgan me’morchilik durdonalari hisoblangan uylarda yashaydi. Jennifer Lopes, Megan Markl va boshqa yulduzlarning hashamatli uylari haqida ma’lumot beramiz. Kayli Jenner Dunyodagi eng yosh milliarder 36,5 million dollarlik uyda yashaydi. Uning uyi Los-Anjelesning xushmanzara hududida joylashgan va ko‘chmas mulk saytida dam olish maskani sifatida namoyish etilgan. Kayli maydoni 1426 kvadrat metrga teng ushbu uyni juda katta miqdordagi pulga sotib olgan. Zamonaviy dizayn asosida qurilgan uyda yashash uchun zarur bo‘lgan barcha narsalar mavjud: bir nechta uy teatrlari va hatto barlargacha. Bino o‘ziga xos dizaynga ega: har bir xona eshigi hovlidagi hovuzga olib chiqadi.  Kayli Jenner garaji: Kosmetika imperiyasi malikasi qanday avtomobillarni xush ko‘radi? (foto) Megan Markl Qirollik huquqlaridan voz kechganidan so‘ng Sasseks gersog va gersoginyasi Santa-Barbara yaqinidagi Monsesito shahriga ko‘chib o‘tishdi. Bu ularga 14,6 million dollarga tushdi. Turar joy 2003-yilda qurilgan bo‘lib, unda 9 ta yotoqxona va 16 ta yuvinish xonasi mavjud. Shuningdek, mehmonlar uchun alohida uy, basseyn, tennis korti va bolalar uchun o‘yin maydonchasi joylashgan.  Megan Markl va shahzoda Garrining uyiga ikki marta buzib kirilgan Jennifer Lopes  Jennifer Lopes Kayli Jennernikidan ham qimmatroq qasrga egalik qiladi. Jennifer va uning qaylig‘i Aleks Rodrigesning Mayamida 40 million dollarga teng bo‘lgan uyi bor. Mazkur uy Biskeyn ko‘rfazidagi Star-Aylend sun’iy orolida joylashgan. Bu yerda ularga qo‘shni bo‘lib Shakil O’Nil, Paff Deddi va boshqa yulduzlar yashaydi. Ushbu uy 10 ta yotoqxona, 12 ta yuvinish xonasi, vinoteka, kutubxona, keng mehmonxona va oshxonaga ega. Shuningdek, hududda mehmonlar uchun uy, basseyn, bog‘, favvora, ayvoncha va dam olish maskani mavjud.  51 yoshli Jennifer Lopes sarvqomat ko‘rinish uchun nimalardan voz kechgani haqida so‘zlab berdi Anjelina Joli Bred Pitt bilan ajrashganidan so‘ng “Turist” filmida bosh rolni ijro etgan Anjelina Joli Los-Anjelesning obro‘li hududida yashaydi. Villa 1913-yilda qurilgan bo‘lib, Anjelina olti farzandi bilan yashaydigan ushbu hashamatli uyni 25 million dollarga sotib olgan. Jolining uyi Los-Anjelesning ajoyib manzarasi ko‘rinib turadigan tepalikda joylashgan. Uyda 6 ta yotoqxona, 10 ta hammom, ovqatlanish xonasi va kutubxona bor. Shuningdek, mehmonlar uchun xona, sport zal, basseyn va garaj mavjud.  Anjelina Joli Bred Pittning sovg‘asini 11,5 million dollarga sotib yubordi Kim Kardashyan Kim va Kanyening Hidden-Hillsdagi uyini ta’mirlashga 3 yildan ortiq vaqt ketgan. Ular uyni 20 million dollarga sotib olib, ta’mirlash va jihozlashga yana 60 million dollar sarflagan. Uyda 10 ta yuvinish xonasi, 8 ta yotoqxona va kamin mavjud. Ammo binoning asosiy xususiyati Uestning o‘zi tomonidan ishlab chiqilgan minimalist dizaynga ega ekanligida. Ba’zilar ushbu uyni muzey bilan taqqoslaydi.  Sochini turmaklatayotgan vaqtda uxlab qolgan Kim Kardashyanning surati ijtimoiy tarmoqlarda kulgiga sabab bo‘ldi (foto)
88
3,041