folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Foto
Fotogalereya: Fotobombali suratlar
Ba’zan suratlarga kichik bir element yoki qismning qo’shilishi uni fotobombaga aylantiradi. AdMe ana shunday suratlarni taqdim etdi.
34
132
Foto
Dunyoga mashhur diqqatga sazovor maskanlarning boshqa rakursdan olingan suratlari (foto)
Diqqatga sazovor joylarning suratini internetdan osongina topish mumkin. Faqatgina ular bir xil burchakdan kadrga muhrlangan. Shuning uchun ham barchasi bir xil va tanishdek tuyuladi. Ammo o‘sha suratlarga boshqa tomondan qaralsa, ularning hatto qayerligini ham bilib olish qiyin. “Fudziyama tog‘ining ish stolimdan to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rinishi. Yoz oylarida tog‘ni deyarli bulut qoplaydi”. “Noyshvanshtayn qal’asi yonidan sayyohlar yurishi uchun yo‘l mavjud. Ko‘rinish esa hayotda ancha boshqacharoq”. “Ushbu qal’aning balkonidan ko‘rish mumkin bo‘lgan manzara”. Si-En-Tauerning noodatiy rakursdagi surati. Buyuk Xitoy devorining tashlab ketilgan bir qismi. “4 yil avval turmush o‘rtog‘im bilan yana Plitvits ko‘llari milliy bog‘iga borishga qaror qildik, ammo bu safar qishda”. Ozodlik haykalining yuzi orqa tomondan shunday ko‘rinadi. Ushbu rakursdan Venetsiyani tanib olish mushkul. Parijdagi Triumf arkasining yerdan shiftgacha bo‘lgan ko‘rinishi. Germaniyadagi Vernigerode qal’asi. Eyfel minorasini ko‘rish mumkin bo‘lgan eng go‘zal joy. Ispaniyaning Barselona shahridagi Tibidabo tepaligi. Niagara sharsharasining orqa tomoni. Oltin darvoza ko‘prigining teskari tomoni. Rashmor tog‘i manzarasi. “Vat Arun − Bangkokdagi sevimli ibodatxonam”.
88
1,263
Foto
Fotogalereya: O‘zining otasi bilan faxrlanuvchi farzandlar
AdMe farzandlarining hayrati va olqishiga sabab bo‘lgan otalarning suratlarni to‘plab taqdim etdi. “Otam va uning 70-yillarda ishlangan Mustang’i” Ota o‘z qizini hayron qoldirish maqsadida tryuklar bajarmoqda. Avstraliya, 1940-yil “Mening otam 60-yillarda” “Otam model bilan xavfsizlik kamari reklamasida, 1978-yil” “Otam va Mishel Pfayffer, 1979-yil” “Otamning Falastindan Amerikaga ko‘chib o‘tganiga 2 yil to‘lganida, 1975-yil” “1995-yilda otam ikkimiz qolganmiz. Suratda u mening ikkinchi tug‘ilgan kunim yaxshi o‘tishi uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilayotgani tasvirlangan”. “Otam va uning 80-yillardagi Firebird’i” “Otam va uning qo‘lga o‘rgatilgan maymuni. Vyetnam, 1966-yil” “Golf bo‘yicha musobaqada g‘olib chiqqan otam, 70-yillar” “Mening otam skeytbord uchmoqda” “Otam 70-yillarda. O‘zi xohlagan ishni qilmoqda. 4 bolaning otasi. Inson emas, afsona”
58
876
Foto
Aktyor va rejissor Antonio Banderasning 412 ming dollarlik hashamatli uyi sotuvga qo‘yildi (foto)
Aktyor va rejissor Antonio Banderasning Buyuk Britaniyaning Surrey shahridagi uyi sotuvga qo‘yildi, deb xabar bermoqda “Dom. mail.ru” nashri. Savills ko‘chmas mulk agentligi narxi 2,95 mln funt bo‘lgan 500 kvadrat metrlik hashamatli uyning fotosuratlarini e’lon qildi. Turar joy katta bo‘lmagan Kobxem shahrida joylashgan bo‘lib, u aktyor ko‘chib kelishidan oldin ham mashhurlar e’tiborini tortib ulgurgan. Chunki aynan shu yerda Angliyaning “Chelsi” futbol klubining o‘quv bazasi joylashgan. Ertalab yugurishga chiqqaningizda taniqli tennischi Endi Marrey yoki futbolchi Jon Terri bilan uchrashishingiz mumkin. Shuningdek, aktyor Metyu Gud qo‘shni uyda yashaydi. Antonio Banderas 2015-yilda ushbu ko‘chmas mulkni sotib olgan va Melani Griffit bilan ajrashganidan keyin Los-Anjelesdagi uyini xotiniga qoldirib, o‘zi bu yerga ko‘chib o‘tgan. 2017-yilda yurak xurujidan so‘ng aktyor tug‘ilib-o‘sgan vatani — Ispaniyaga qaytishga qaror qildi. “Afsuski, men avvalgidek Britaniyada ko‘p vaqt bo‘lmayapman, hozirda Malagada yashayman, u yerda Teatro del Soho nomli teatr qurganman, — deydi aktyor. — Kobxemdagi uy sotilishining asosiy sababi ham shu”. Uch qavatdan iborat bo‘lgan besh xonali uy 2005-yilda Germaniyaning mashhur Huf House kompaniyasi tomonidan qurilgan. Fasad oynalari va binolarning ochiq joylashuvi tufayli uyning ichki maydoni havo almashinuvini yaxshi ta’minlaydi. Uydan bog‘ning ajoyib manzarasi ko‘zga tashlanadi. Agar yanada ajoyib muhit yaratmoqchi yoki xonani qorong‘ilashtirmoqchi bo‘lsangiz, elektr pardalar yordam beradi. Banderas uyini jihozlashda pop-art uslubiga sodiq qolgan holda buyumlarni o‘zi tanlagan. Uy 4 ming kvadrat metr maydonda joylashgan va peyzaj dizaynerlari tomonidan professional tarzda bezatilgan bog‘ bilan o‘ralgan. Uy juda qulay va har qanday infratuzilmaga yaqin — golf maydonchalari va tennis kortlaridan tortib Veybrijdagi mashhur brendlarning butiklari joylashgan restoranlargacha. Yana bir qulaylik turar joy Londonga olib boradigan tezyurar avtomagistral yonida va vokzaldan atigi 4 km uzoqlikda joylashgan.
97
2,067
Foto
Keyt Middltonning 2015-yildagi eng chiroyli 10 libosi
Kembrij gersoginyasi o‘ziga xos uslubda kiyinadi va har safar jamoatchilik oldida chiqish qilganida, minglab ko‘zlar uning yangi libosini diqqat bilan kuzatadi, deb yozadi Novate. Birinchi qarashda malika juda oddiy kiyinadi, deb o‘ylash mumkin, biroq Britaniya qirollik oilasi a’zosi juda elegent va zamonaviy ko‘rinadi. E’tiboringizga havola qilinayotgan fotojamlanmada Keyt Middlton yakuniga yetayotgan 2015-yilda kiygan eng yodda qolarli liboslar o‘nligi keltirilgan.
53
472
Foto
Telegram’dagi kanallar Putin uchun monitoring qilinishi ma’lum bo‘ldi
Rossiya tashqi ishlar vazirligi, ichki ishlar vazirligi, Federal xavfsizlik xizmati, mudofaa vazirligi, adliya vazirligi, shuningdek, “Sberbank” kabi vazirlik va davlat kompaniyalari matbuot xizmatlari o‘z rahbarlari uchun Telegram’dagi jamoatchilik-siyosiy kanallar obzorini ham kiritadi. Bu haqda “Vedomosti” o‘z manbalariga tayanib xabar berdi, deb yozadi “RBK”. Nashrga prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qilishicha, Telegram-kanallar Vladimir Putin uchun ham monitoring qilinadi. “Vedomosti”ning Kreml ichki siyosiy blokidagi manbasi ta’kidlashicha, ularda keltirilgan axborot tekshirilmagan yoki ishonchsiz ma’lumotlar tarqatilishi yuzasidan ham kuzatiladi. Nashr suhbatdoshlarining ko‘pchiligi taxmin qilishicha, aslida Telegram-kanallar Kreml ichki siyosiy blokining “o‘yinchog‘i” bo‘lib, uning yordamida manfaatlarning muayyan guruhiga signal yetkazish mumkin.
69
882
Foto
Dunyodagi eng uzun osma shisha ko‘prik qurilishi yakunlanmoqda (foto)
Xitoydagi Tyanmenshan milliy bog‘ida mamlakatdagi eng uzun shisha ko‘prik qurilishi yakunlanmoqda, deb yozadi TJournal. Uning ochilishi 2016-yil iyuniga mo‘ljallangan. Po‘lat va shishadan yasalgan ko‘prikning eni 6 metr, uzunligi 430 metrga teng. Uning ustida bir vaqtning o‘zida 800 kishi yura oladi. Ko‘prik platformasi yerdan 300 metr balandlikda joylashgan. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil oktabrida Xitoydagi Shinyuchjay milliy bog‘ida dunyoda ayni paytda ishlab turgan eng uzun shisha osma ko‘prik ochilgan edi. U jarlik ustida 180 metr balandlikdan o‘tgan .
69
564
Foto
Fotogalereya: Faqat Janubiy Koreyada bo‘lishi mumkin bo‘lgan narsalar
Har bir mamlakatda sayohatchi shu mamlakat kundalik hayotining bir qismi sanalgan g‘aroyib narsalarni uchratishi mumkin. AdMe Janubiy Koreyada uchratish mumkin bo‘lgan ana shunday g‘aroyib narsalar jamlanmasini taqdim etdi.
69
223
Foto
Foto: Jonivorlar qabristoniga aylangan daryo
Paragvay va Argentina chegarasida joylashgan Pilkomayo daryosi deyarli butunlay qurib qolishi oqibatida u o‘lim hukm surayotgan hududga aylanib qoldi. Gran-Chako pasttekisligida kuzatilgan 20 yil ichidagi eng kuchli qurg‘oqchilik buning asosiy sababi bo‘ldi. Vodiyda istiqomat qiluvchi jonivorlar suvsizlikdan nobud bo‘lmoqda. Sobiq Pilkomayo daryosi o‘zani jonivorlarning qoldiqlariga to‘lib bormoqda. Voqea joyida tushirilgan ayanchli fotosuratlarni TravelAsk keltirdi. Paragvay kaymani istiqomat qiladigan mamlakatlar qatorida Argentina, Boliviya, Braziliya va Paragvay bor. Bu sudraluvchilar juda qo‘rqoq bo‘lib, yirik jonivorlarga bas kela olmaydi, shu bois suv manbalarini kapibarlar bilan bo‘lishishga majbur. Biroq suv manbai vazifasini bajargan daryoning yo‘qolishi har ikkala tur uchun ham og‘ir zarba bo‘ldi. Atrofdagi chorva xo‘jaliklarida saqlanuvchi jonivorlar ham qurg‘oqchilik qurbonlariga aylanmoqda. Ma’lumki, alligatorlar suv yetarli daryo qismlarini topish yoxud quyoshdan o‘rmonlarga yashirinish uchun uzun masofalarni bosib o‘tishga qodir. Ammo hatto ular ham ayovsiz quyosh taftidan va suvsizlikdan omon qolmadi. Ba’zi bir alligatorlarninggina omadi keldi — ko‘ngillilar ularni suv bor yerlarga ko‘chirdi. Shunga qaramay, alligatorlarning ko‘pchiligi nobud bo‘ldi. Kaymanlar qabristoni.
44
1,315
Foto
Fotogalereya: Ayni vaqtida olingan ajoyib suratlar
Bir soniyadan keyin yuz beradigan hodisaning oldini olib bo‘lmaydigan kadrlarni hamma ham olavermaydi. Buning uchun professional fotograf bo‘lish ham shart emas, shunchaki muhim vaziyatni qo‘ldan chiqarmaslik kerak. AdMe kishini hayratga soluvchi yoki zo‘r taassurot qoldiruvchi ana shunday suratlar to‘plamini taqdim etmoqda. Shunchaki bu it doim shunday ko‘rinishga ega. O‘zga sayyoralikning odatiy suzishi. Ba’zan uy hayvonlarining sohiblari ularga juda o‘xshab ketadi. Tetiklashtiruvchi panamka. Ular nimani ko‘rib qoldi? Barmen uchun uncha qulay bo‘lmagan poshnalar. Juda tejamkor akvapark. Ba’zan metrodagi sayr kichkina bayramga aylanadi. Tushlik ilindimi yoki qo‘ldan chiqdi? Otashnafas it egasiga doim asqotadi. Bolalarning ajoyib o‘yini. Haqiqiy muhabbat. Gazli ichimlik bilan tajriba. Suv ustida sayohat. Sosiskani tutib ol! Baxtli daqiqa. Laylak sovg‘asi!
50
887
Foto
Bugungi kunning kichkina shahzoda va malikalari (fotogalereya)
2016-yilning 2-mart kuni Shvetsiya malikasi Viktoriya o‘g‘illi bo‘ldi. U shved taxti merosxo‘ri Viktoriya va uning turmush o‘rtog‘i shahzoda Danielning oilasidagi ikkinchi farzand bo‘ldi. Viktoriya va Danielning o‘g‘li taxtga onasi va  to‘rt yoshli opasi malika Esteldan keyingi da’vogar bo‘ladi. Viktoriyaning ukasi shahzoda Karl Filipp va singlisi malika Madlen esa bu ro‘yxatda to‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarni egallaydi. Lekin u tug‘iliboq aslzodaga aylangan dunyodagi yagona shaxs emas. “Argumenti i fakti” bugungi kunning u kabi kichkina shahzoda va malikalari haqida ma’lumot keltirdi. Shahzoda Georg — qirolicha Yelizaveta II ning uchinchi evarasi, Uels shahzodasi Charlzning birinchi nabirasi, Kembrij gersogi Uilyam va Kembrij gersoginyasi Ketrinning birinchi farzandi, 2013-yil 22-iyulida Londonda tug‘ilgan. Britaniya taxti merosxo‘rlari ro‘yxatida uchinchi o‘rinda turadi. Jak Onore Renye Grimaldi — Monako valiahd shahzodasi, markiz de Bo, 2014-yil 10-dekabrida egizak singlisi Gabriela Tereza Mariya bilan knyaz Alber II va knyaginya Sharlen oilasida tug‘ilgan. Kristian Hazrati Oliylari — Daniya shahzodasi, Monpez grafi, shahzoda Frederik Oliy Hazratlari va uning rafiqasi Meri Donaldsonning katta o‘g‘li. 2005-yil 15-oktabrida Kopengagenda tug‘ilgan. Daniya taxti merosxo‘rlari ro‘yxatida otasidan keyingi o‘rinni egallaydi. Vaqt o‘tishi bilan u Kristian XI faxriy laqabi ostida hukmronlik qilishi kutilmoqda. Malika Leonor de Todos los Santos de Burbon va Ortis de Ispaniya (suratda: chapdan ikkinchi) — Asturiya malikasi, Ispaniya qiroli Filipp VI va uning rafiqasi Letisiyaning katta qizi, Ispaniya qiroli Xuan Karlos I va qirolicha Sofiyaning nabirasi. 2005-yilning 31-oktabrida tug‘ilgan. Ingrid Aleksandra Hazrati Oliyalari, Norvegiya malikasi — Norvegiya valiahd shahzodasi Xokon va uning rafiqasi Mette-Maritning katta qizi, qirol Xarald V ning nabirasi. 2004-yil 21-yanvarida Osloda tug‘ilgan. Estel Silviya Yeva Meri Hazrati Oliyalari, Shvetsiya malikasi, Estergyotland gersoginyasi, 2012-yilning 23-fevralida tug‘ilgan — Shved taxti merosxo‘ri malika Viktoriya va uning turmush o‘rtog‘i, Vestergyotland gersogi Daniel Vestling oilasidagi birinchi farzand. Yelizaveta Tereza Mariya Yelena de Belgiya, Brabant gersoginyasi (2001-yilning 25-oktabrida tug‘ilgan) — Belgiya valiahd malikasi, Belgiya qiroli Filipp va qirolicha Matildaning katta qizi, Albert II ning nabirasi. Belgiya taxti merosxo‘rlari ro‘yxatida birinchi o‘rinda turadi. Malika Katarina-Amaliya Beatriks Karmen Viktoriya (suratda: chap tomonda) — Niderlandiya malikasi, Oranj malikasi, Niderlandiya qiroli Villem Aleksandr va qirolichasi Maksimaning katta qizi, qirolicha Beatriksning nabirasi. Iordaniya shahzodasi Xoshim bin Abdulla (suratda: chap tomonda) — qirol Abdulla II ibn Husayn (suratda: markazda) va qirolicha Raniya al-Abdullaning o‘g‘li. Valiahd, taxt merosxo‘ri.
62
2,881
Foto
Ideal deb hisoblangan suratlarning kadr orti jarayonlari (foto)
Har kuni Instagram, Facebook, reklama va videolarni kuzatib, yuzlab mukammal fotosuratlarga ko‘zimiz tushadi. Albatta, bunday chiroyli suratlar ortida soatlab mehnat va ajoyib suratga olish joyi bo‘lishini hamma biladi. Ammo fantaziyangizni ishga solgan holda bunday ideal joylarsiz ham ajoyib kadr yaratishingiz mumkin. Kadr ortida qanday jarayonlar bo‘lishi mumkinligiga o‘zingiz guvoh bo‘ling.
63
396
Foto
Foto: Britaniyalik g‘avvoslar kattaligi odamdek keladigan meduzani suratga oldi
Britaniyalik g‘avvoslar Kornuoll qirg‘og‘i yaqinida kattaligi odamdek keladigan ulkan meduzaga duch keldi. Lizzi Deyli ismli dayver meduzani suratga olib, o‘zining Twitter’dagi sahifasiga joylashtirdi, deb xabar beradi “TASS”. “Kecha ‘Yovvoyi okean haftaligi’ yakunlanishi munosabati bilan Falmut yaqiniga sho‘ng‘idik va ushbu ulkan bochkasimon meduzaga duch keldik”, — deb yozadi Deyli. Mirror nashrining yozishicha, bochkasimon meduzalar Britaniya suvlarida yashovchi eng yirik meduza hisoblanadi. Ular asosan yoz yoki kuz fasllarida qirg‘oq yaqinida paydo bo‘ladi.
79
568
Foto
Fotogalereya: Qish nafaqat qorbo‘ron va mandarinlardan, balki qattiq sovuqdan ham iborat ekanligini isbotlovchi suratlar
AdMe bir qarashdayoq odamlarni sovuqni his qilishga majbur etuvchi suratlar bilan bo‘lishdi. Xitoy lapshasi -30 darajada muzlab qoldi Yurak kabi ko‘rinishga ega muzlagan tosh Muzlab qolgan sharshara. Kanada Havo sharlari sovuqdan yorila boshladi Rossiya — qaynoq yuraklilar istiqomat qiluvchi sovuq mamlakat Sibirda Selsiy bo‘yicha -57 daraja “Muz kristallari ko‘z o‘ngimda paydo bo‘ldi” “Sovuqdan hojatxona suvi ham muzlab qoldi” Muzlab qolgan geyzer Irtish daryosi “Qichqiriq” kartinasidagi qahramon kabi muzlab qoldi Avtomobilning yon oynasidagi “o‘rgimchak to‘ri” “Kechasi maysazorga oqadigan suvni o‘chirish yodimdan ko‘tarilibdi” Rossiyadagi tog‘lardan birida qor erib noodatiy muzga aylandi Muzlatgichda muzlab qolgan tuxum Kechasi mashina ichida qolib ketgan choy
120
785
Foto
Foto: Arxitektura studiyasiga aylantirilgan Belgiyadagi kichik ibodatxona
Belgiyaning Limburg shahridagi Klaarchitectuur arxitektura byurosining ofisi XVII asrga taalluqli kichik ibodatxonaga joylashtirildi. Bunda uzoq vaqt tashlandiq holda yotgan ibodatxona kapital ta’mirlangan. TJournal mazkur inshootning suratlarini taqdim etdi. Ta’mirlash vaqtida vayrona holiga kelgan tom qismi to‘liq almashtirilgan, biroq ichki qismda kamroq o‘zgarish qilingan. Masalan, devorlarni bo‘yamaslikka qaror qilingan. Inshootning ichki qismida ishlash va muzokaralar o‘tkazish uchun bir nechta alohida xona qilingan. Polga emanli parket qoplangan, shiftga esa sferik chiroqlar o‘rnatilgan.
73
603
Foto
Qishda Dubayga borish uchun 4 sabab
Qishning sovuq va rangsiz kunlarida sayohat qilishni istaydigan, ammo karantin sabab qayerga borishni va qanchalik xavfsiz ekanligini bilmayotganlar uchun Dubaydan yaxshisi yo‘q. Aksari kishilar qishki ta’tilni o‘tkazish uchun maqbul deb bilgan va dam olish uchun jo‘nab ketgan ushbu shaharning sayyohlar uchun afzalliklari haqida ma’lumot berib o‘tamiz. Xalqaro turizm uchun ochiq Pandemiya sabab ta’til o‘tkazsa bo‘ladigan kurort shaharlarning hammasi ham ochiq emas. Qishin-yozin quyosh nuridan bahra olish mumkin bo‘lgan Dubay esa bundan mustasno. Dubayda oilaviy, do‘stlar bilan yoki yolg‘iz dam olishingiz, qumli sohilda quyoshda toblanish, gastronomik turizmdan bahra olish, binolar va qadamjolarni kezib ko‘z quvnashi hamda xohishga qarab turli darajadagi mehmonxonalarda dam olish mumkin. Xavfsizlik Amirlik tomonidan tashrif buyurganlarning xavfsizligi va salomatligi haqida qayg‘urib amalga oshirilgan chora tadbirlar sabab Dubay birinchilardan bo‘lib World Travel & Tourism Council tashkilotining xavfsizlik bo‘yicha Safe Travels Stamp sertifikatini qo‘lga kiritgan. Dubay xalqaro aeroportidagi turli hududlarga joylashtirilgan skanerlar orqali aeroport binosiga kirib kelayotgan sayyoh va mehmonlar, shuningdek, xodimlarning tana harorati o‘lchab turiladi. Qo‘shimcha himoya uchun ro‘yxatga olinadigan va pasport nazorat qilinadigan joylarda maxsus to‘siqlar o‘rnatilgan. Kelgan turistlarning barchasi o‘zi bilan birga 96 soatdan oshmagan vaqt ichida topshirilgan manfiy PZR-test natijasini olib kelishlari lozim. Bu hali hammasi emas, ehtiyot choralarini yanada kuchaytirish uchun aeroportning o‘zida qo‘shimcha bepul PZR-test topshirish tashkil qilingan. Natijani sutka davomida maxsus dastur orqali bilish mumkin bo‘ladi. Qolaversa, Amirlikka uchayotganlar uchun turistik sug‘urtaga hojat yo‘q. Chunki aviakompaniyaning o‘zi yo‘lovchilarni koronavirus bilan bog‘liq tibbiy va karantin xarajatlarini bepul qoplaydi. Ob-havo Qishki sovuqdan charchab issiq ob-havoni sog‘inganlar uchun Dubay yaxshi variant. Havo haroratining qulayligi sabab dam oluvchilar plyajda hordiq chiqarishi mumkin. Kech bo‘lishi bilan haroratning yoqimli salqin ekani esa ochiq havoda atrofdagi manzarani kuzatib, kechki ovqat qilish imkonini beradi. Diqqatga sazovor joylar Dubayda diqqatga sazovor joylar ko‘p ekaniga qaramay, birinchi bo‘lib balandligi 828 metrni tashkil qiladigan dunyoga mashhur Burj Xalifa’ga borish tavsiya qilinadi. Xarid qilishni istaydigan bo‘lsangiz, Dubai Mall’ga borishingiz mumkin. Umumiy maydoni 200 futbol maydoniga teng bo‘lgan, 1 million kvadrat metrni tashkil qiladigan mazkur savdo markazida vaqt qanday o‘tib ketganini bilmay qolishingiz aniq. Kechki vaqtni esa Downtown kvartalida joylashgan, dunyodagi eng baland “kuylovchi” favvora Dubai Fountain’ni tomosha qilish bilan o‘tkazishingiz mumkin. Har kuni soat kechki 6 da boshlanib yarim soat davom etadigan shouni tomosha qilib dilingiz yayraydi. Sharqning o‘ziga xosligiga guvoh bo‘lish uchun esa Al Fahidi kvartaliga boring. Shuningdek, yo‘l-yo‘lakay Grand Souk Deira sharq bozori va qo‘shni ziravorlar bozori Spice Souk’ni aylanishni ham unutmang. Qolaversa, ko‘plab sayyohlar qiziqish bildirayotgan La Mer plyaj kompleksiga ham tashrif buyurishingiz mumkin. Dubayda dunyoga mashhur ko‘ngil ochar bog‘larida vaqtingizni chog‘ o‘tkazishingiz, diqqatga sazovor joylarda madaniy hordiq chiqarishingiz, yuqori texnologiyalar asosida tashkil qilingan ko‘rgazmalarda ishtirok etishingiz va sahro-ekskursiyasida qatnashib bir olam emotsiya va yoqimli xotiralarni o‘zida mujassam etadigan fotolar bilan uyga qaytishingiz mumkin.
35
3,610
Foto
Xitoyda iPhone yig‘uvchi ishchilar qanday sharoitlarda yashaydi? (foto)
The Daily Mail muxbiri Shanxay tashqarisida joylashgan va Apple mahsulotlarini yig‘ish bilan shug‘ullanadigan Pegatron va Foxconn fabrikalari xodimlarining yotoqxonalarida bo‘lib, fotoreportaj tayyorladi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”. Ushbu fotosuratlar kishini hayratda qoldiradi: odamlar juda yomon sharoitlarda, suv va elektr tokisiz yashaydi. Jurnalist so‘zlariga ko‘ra, hatto shunday sharoitlarda yashash uchun ham ishchilar pul to‘lashi kerak. Ular eski ikki qavatli karavotlar qo‘yilgan 8—12 kishilik xonalarda yashaydi. Yuvinish xonasi, hojatxonalar ifloslanib, mog‘or bosib ketgan, dush kabinalari umumiy, unitazlar o‘rniga teshiklar qilingan. Yemakxonada ham shunga o‘xshash sharoitlar. Xodimlarni fabrikadan tashqarida antisanitariya, zang, ifloslik qurshab olgan. Pegatron zavodining sobiq ishchilaridan biri jurnalistga oshkor qilishicha, yig‘uvchilarga nisbatan doim robotlardek munosabatda bo‘lishgan. Apple inson huquqlariga rioya qilinishini yoqlab faqat omma oldida chiqish qiladi, aslida esa odamlar kam maosh olib, dahshatli sharoitlarda yashaydi. Kompaniyani bu borada ko‘p marta ayblashgan, biroq vaziyat o‘zgarmagan. Katta shov-shuvning so‘nggisi 2012-yilda bo‘lgan, o‘shanda ishlab chiqaruvchini xodimlar haftasiga 60 soatdan ko‘proq ishlashi, me’yoridan ko‘p ishlagani uchun qo‘shimcha haq olmasligi va xavfsizlik qoidalariga rioya qilmasdan ishlashida ayblashgan edi. Apple va Foxconn esa iPhone yig‘uvchilarining ishlash sharoitlarini yaxshilashga va’da bergan edi.
71
1,502
Foto
O‘ta qimmat turadigan 10 ta meva (fotogalereya)
AdMe kishining g‘azabini keltiradigan darajada qimmatbaho bo‘lgan noyob mevalar va ularning narxlari bilan tanishtirdi. Bitta qovunning o‘rtacha narxi — 300 dollar. Ikkita eng qimmat qovun kimoshdi savdosida 27 ming dollarga sotilgan. O‘rtacha narxi — 250 dollar. Kimoshdi savdosida 6100 dollarga sotilgan. Bir bosh uzumning o‘rtacha narxi — 65 dollar. 700 grammlik shingil kimoshdi savdosida 10 900 dollarga sotilgan. Ikkita mango kimoshdi savdosida 3000 dollarga sotilgan. Narxi — 200 dollardan 800 dollargacha. 12 dona sara qulupnaydan iborat qadog‘i 69 dollar turadi. Bir dona olma 21 dollar turadi. Mandarin va apelsin chatishmasining bir donasi 13 dollar turadi. Bir donasini 9 dollarga sotib olish mumkin. 200 grammlik bir dona bunday banan 6 dollar turadi.
47
774
Foto
2019-yilning eng yorqin fotolari: Betakror onlar muhrlangan suratlar
National Geographic — tabiat, geografiya hamda sayohatlar haqidagi dunyoga mashhur jurnal sanaladi. Uning Instagram’dagi akkauntini 100 millionga yaqin odam kuzatib boradi. Yaqinda National Geographic barcha xohlovchilar uchun tanlov o‘tkazdi. Unda qatnashishni istaganlar Instagram’ga o‘zi olgan rasmni joylab, #natgeo100contest xeshtegini qo‘yishi kerak edi. Biz sizga tanlov ishtirokchilari tomonidan rasmga olinib, Instagramga joylangan suratlarni taqdim etamiz. Ular sizni befarq qoldirmasligiga ishonamiz. Qushlar suv izlamoqda
68
544
Foto
Italiyadagi Piza minorasi fonida olingan 9 ta kulgili surat (fotogalereya)
Italiyaga borgan har bir sayyoh nafaqat mamlakatda, balki butun dunyoda eng mashhur bo‘lgan yodgorliklardan biri — Piza minorasi fonida suratga tushishni o‘z burchi deb hisoblaydi. Ammo haqiqatda original va kulgili kadrlarni olishni har kim ham eplay olmaydi, deb yozadi Travel Ask. Biroq quyidagi suratlar mualliflari bu vazifani a’lo darajada uddaladi.
74
355
Foto
Yaponiyada “Fukusima-1” avariyasiga olib kelgan tabiiy ofat sodir bo‘lganiga 5 yil to‘ldi (fotogalereya)
Bundan roppa-rosa besh yil muqaddam, 2011-yilning 11-mart kuni Yaponiyada mamlakat tarixidagi eng kuchli yer silkinishi sodir bo‘ldi. U o‘zidan so‘ng shiddatli sunamini keltirib chiqardi. Silkinishdan bir soat o‘tib, Senday aeroporti suv ostida qolib ketdi. To‘rt metr balandlikdagi to‘lqinlar avtomobil va samolyotlarni yuvib ketar, binolarni yer bilan bitta qilardi. Tabiiy ofat “Fukusima-1” atom elektr stansiyasidagi avariyaga olib keldi. Texnogen fojia tufayli 120 ming kishi evakuatsiya qilindi. Zilzila va sunami oqibatida halok bo‘lganlar soni 16 ming kishini tashkil qildi, yana 2,5 ming kishi dom-daraksiz ketgan deb hisoblanmoqda, 6 ming kishi jarohat oldi. “Gazeta.ru” ushbu qayg‘uli sana munosabati bilan XXI asrning eng katta tabiiy ofatlaridan biri aks etgan fotosuratlar jamlanmasini taqdim etdi. Yaponiya shimoli-sharqidagi vayronkor sunami oqibatlari. Zilzila oqibatida kelib chiqqan to‘lqin Ivate prefekturasidagi Miyako shahri qirg‘og‘iga yaqinlashmoqda. Vaqtinchalik izolyatsiya qilingan qiz oyna ortidan kuchukchasiga qarab turibdi. “Fukusima”dagi qutqaruv operatsiyasi. Miyagi prefekturasidagi Senday shahrida yonayotgan uylar. Qiz sunami chog‘ida ota-onasi halok bo‘lgan joyda, 2015-yil.
104
1,219
Foto
Fotogalereya: Kann kinofestivali — 2017 ning qimmatbaho taqinchoqlari
“Vedomosti” shu yilning 17-maydan 28-mayga qadar bo‘lib o‘tadigan 70-Kann kinofestivaliga tashrif buyurgan ayol mehmonlar qanday qimmatbaho taqinchoqlar taqib kelgani borasidagi suratlarni to‘plab taqdim etdi. Model Sara Sampayo noksimon ko‘rinishga ega Kolumbiya zumradi bilan bezatilgan zirakda. Aktrisa Salma Xayek Boucheron’ning yangi Hiver Impérial zargarlik kolleksiyasiga tegishli Baikal marjonida. Uning markazida 78,33 og‘irlikka ega “Santa-Mariya” avkamarini joylashgan, shuningdek, brilliantlar, marvarid va oy toshlari bilan bezatilgan. Aktrisa Svetlana Xodchenkova festivalning 70 yillik yubileyiga Bulgari’ning yangi Festa yuqori zargarlik san’ati kolleksiyasiga tegishli marjon va bilaguzugi bilan tashrif buyurdi. Asalari shaklidagi taqinchon pushti oltindan, zangori yoqut va turli shakldagi brilliantlar bilan bezatilgan. Monika Belluchchi butun kinofestival davomida Cartier’ga tegishli qimmatbaho buyumlarda bo‘ladi. Ochilish marosimida boshlovchilik qilgan aktrisa yoqut va brilliantlar bilan bezatilgan platinali taqinchoqda paydo bo‘ldi. Aktrisa Robin Rayt The Dark of Night filmining premyerasida mashhur Panthère de Cartier bilaguzugi bilan. Aktrisalar Berenis Bejo (chapda) va Uma Turman Chaumet’ning La Nature yuqori zargarlik san’ati kolleksiyasiga tegishli ziraklarda. Aktrisa Sharliz Teron asosi 342 karatli noyob olmos bilan bezatilgan Teron Garden of Kalahari Collection taqinchoqlarida. Qo‘shiqchi Rianna Kann festivalida Chopard bilan hamkorlikda yaratilgan birinchi taqinchoqlar kolleksiyasini — Rihanna Loves Chopard’ni namoyish qildi. Model va aktrisa Kara Depevin Moschino oqshomida Grisogona taqinchoqlarida. Aktrisa Olga Kurilenko Piaget’ning “Quyosh nurining sayohati” kolleksiyaga kiruvchi ziraklarda
69
1,751
Foto
“Milliontadan bitta” deb atash mumkin bo‘lgan noyob holatlar (foto)
Ba’zida hayotda oldindan aytish tugul, umuman kutilmagan hodisalar ro‘y beradi. Albatta, ularga maxsus tarzda tayyorgarlik ko‘rib bo‘lmaydi. Masalan, tabiat qo‘ynida it bilan sayr chog‘ida osmondan baliq tushishi, manzarani suratga olayotgan vaqtda yulduz uchishi kabi. Bunday tasodiflar milliontadan bittaga to‘g‘ri kelishi shubhasiz. “Telefonda taymer orqali suratga tushgan edik. Ayni suratga olish vaqtida daraxtdan yaproq uzilib tushdi”. “Yuqoridan tushayotgan barg taxta orasiga ilinib qoldi”. “Opam suratim ilingan uyni sotib olmoqchi. Men uni maktabda o‘qib yurganimda chizgan edim va u yerda qoldirgandim”. “O‘z haykali ustiga chiqib olgan qush”. “Bog‘da itim bilan sayr qilib yurgan edim. To‘satdan osmondan baliq tushdi. Ehtimol, u  suv burguti og‘zidan tushgandir”. “Yaqindagina ajrashib ketgan ota-onam tug‘ilgan kunimga bir xil tabriknoma yubordi”. “Menimcha, bugun ertalab ko‘rgan eng noyob hodisa – albinos-pashshaga duch kelishim edi”. “Ushbu yuk mashinasida rafiqamning telefonidagi fon bilan bir xil surat bor”. “Mening amakivachcham ikki panjali qisqichbaqa tutdi. Eng qizig‘i, ikkisi ham ishlaydi”. “Singapurda sariq rangli Lamborghini Aventador boshqa sariq Lamborghini Aventador bilan to‘qnashdi”. “Men yorilayotgan sharni suratga olishga muvaffaq bo‘ldim”. “Ushbu pashsha to‘rga boshi bilan tiqilib qoldi”. “Men tongda uchayotgan yulduzni dron orqali suratga tushirdim”. “Ushbu eman daraxti kesilganda unga kirib qolgan tasodifiy golf to‘pi ham kesildi”. “McDonald’sda navbatda turgan ikki yo‘nalishdagi bir xil mashina”. “Go‘yoki Robin Gud nishonga olgandek”. “Bugun ertalab topilgan dum-dumaloq tuxum”.
67
1,644
Foto
Fotogalereya: Tasodifiy mosliklar
Ba’zan o‘xshash yoki bir xil narsalarning bir joyda paydo bo‘lishi o‘zgacha manzarani yuzaga keltiradi. AdMe ana shunday tasodifiy mosliklar aks etgan suratlarni taqdim etdi.
33
174
Foto
“Mavsum xitlari” taqdirlash marosimidan fotoreportaj
21-dekabr kuni “Istiqlol” san’at saroyida “Mavsum xitlari” taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. “Daryo” muxbirlari Feruz Muhammad hamda Ilyosxo‘ja Sultonxo‘jayev marosimdan fotoreportaj tayyorlashdi. Marosimning eng qaynoq lahzalaridan iborat fotojamlanmani e’tiboringizga havola etamiz.
52
284
Foto
Foto: Odri Xepbyornning avval e‘lon qilinmagan oilaviy suratlari
Dunyoda Odri Xepbyornga o‘xshashni istamagan ayol bo‘lmasa kerak. Uning aktrisalik mahorati, go‘zalligi, o‘zini tutishi va kiyinish uslubi oradan necha yil o‘tsa hamki, e’tibor markazida hisoblanadi. U nozik qaddi-qomatiga yarashtirib kiygan etagi keng yubkalar, yanada jozibali ko‘rsatadigan top va bluzkalar bugun ham dolzarb. Odrining qora sviter, kalta shim yoki trapetsiya uslubidagi ko‘ylak, kichik poshna va baletkalar kiyib namoyon bo‘lgan obrazlari bugungacha dizayner va moda ixlosmandlarining ilhom manbayi hisoblanadi. Go‘zal qiyofa, noziklik va kalta soch turmagi uyg‘unligi esa aktrisani yanada betakror ko‘rinishiga sababchi bo‘lgan. Harper’s Bazaar nashri go‘zallik va nafosat timsolining hamma yerda ham uchrayvermaydigan suratlarini taqdim qildi.
64
765
Foto
O‘z maqsadi yo‘lida tinmaydigan 19 nafar yovvoyi tabiat fotosuratchisi (fotogalereya)
Olamda qaysi kasb egalari hammadan ham ko‘ra jasur, mardonavor, kashfiyotlarga usta, sabr-matonatli, mehribon va takrorlanmas? To‘g‘ri javob — yovvoyi tabiat fotosuratchilari! TravelAsk hayotini yovvoyi tabiatni suratga olishga bag‘ishlagan professionaldan-da sobitqadamroq, dovyurakroq va taptortmasroq kasb egasi yo‘qligiga dalil sifatida 19 ta fotosuratni taqdim etdi. Bu da’voga shubha qilayotgan bo‘lsangiz, fotosuratlarni tomosha qiling!
85
444
Foto
Amerikalik modelyer Disney malikalari uchun yangi ko‘ylaklar kolleksiyasini yaratdi
Chikagolik modelyer Mishel Entoni mashhur multfilmlar, filmlar va komikslarning personajlari uchun yangi nafis liboslar yaratmoqda. Uning alohida muhabbatini Disney multfilmlari malikalari qozongan. AdMe ulardan eng qiziqarlilarini to‘pladi. Zolushka Pokaxontas Oppog‘oy Merida Ariyel Mulan Avrora Tiana Rapunsel Elza Anna Jasmin Bell
83
346
Foto
Haftaning qiziqarli suratlari
“Interfaks” 18—22-sentabr kunlarining qiziqarli va ajoyib suratlarini to‘plab, bir sahifaga jamladi. Bonus: O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan uyushtirilgan rasmiy qabul marosimida ishtirok etdi.
29
263
Foto
Braziliya haqida ensiklopediyalardan ko‘ra ko‘proq ma’lumot bera oladigan hayotiy suratlar
Braziliya so‘zini eshitganda har qanday insonning ko‘z oldiga ajoyib karnavallar va qiziqarli sujetga boy seriallar, shuningdek, mahalliy aholining futbolga bo‘lgan cheksiz ishtiyoqi keladi. Ammo ushbu mamlakatda bundan boshqa qiziqarli narsalarning borligini hamma ham bilmaydi. Mahalliy aholi hayotiga xos go‘zallik tafsilotlari mamlakatga tashrif buyuruvchilar orasida haqiqiy qiziqish uyg‘otishi tabiiy. AdMe nashri bugun Braziliya haqida ensiklopediyadan ham ko‘ra ko‘proq ma’lumot beruvchi mamlakat hayotini aks ettirgan suratlar bilan bo‘lishdi. Taksi haydovchisi buni mashinasiga o‘rnatgan. Endi yo‘lovchilar zerikmasligi aniq. “Nima bu? Braziliyada divanim ostidan topildi”. Chap tarafdagi uyning egasi suzish havzasi borligi uchun qo‘shni uyning ijarachilariga ko‘rinmasligi maqsadida devor qurdi. Surat daraxt bilan ajoyib uyg‘unlikni hosil qildi. Ushbu o‘rgimchak Rio-de-Janeyroda topilgan. U odamning qo‘li bilan teng. Ipanema plyaji, Rio-de-Janeyro. Braziliya o‘zining plyajlari bilan mashhur. Shuningdek, mana shu kabi manzaralarni ham topish mumkin. “Do‘stim menga ushbu suratni yubordi, endi men dahshatli tush ko‘rishim aniq. Ko‘katli muzqaymoq”. Rio-de-Janeyrodagi favelalar ko‘rinishi, Braziliya. Faqat futbol uchun mo‘ljallangan maxsus tugmali pultni ham Braziliyada ko‘rish mumkin. “Uyimda hozgina paydo bo‘lgan kichkina bo‘g‘ma ilon”. “Braziliyadagi shaharlarda kapibarlar juda ko‘p, shuning uchun bizda maxsus belgilar mavjud”. “Bobom va buvim bir paytlar o‘zlari ekkan daraxt yonida”. Braziliya do‘konlarida keshyularni shunday ko‘rinishda topish va ularning qanday o‘sayotganini ko‘rish mumkin. Dam olish kunlari Braziliyada pitssa shu tarzda yetkazib beriladi. Bu Braziliya ko‘chasidagi faunaning xilma-xilligi. “Mototsikl bir necha daqiqaga qoldirildi, yalqov esa unda uxlab qoldi”. Braziliyada ham paketlar bor. Faqat bu yerda paketlar o‘rniga ular ko‘pincha turli xil maxsus mato sumkalaridan foydalanadi.
90
1,952
Foto
Fotogalereya: Fizika qonunlariga bo‘ysunmaydigan suratlar
Shunday suratlar borki, uni ko‘rganda faqatgina birgina savol tug‘iladi: qanday qilib? Ular shu qadar hayratlanarliki, xuddi fizika qonunlariga bo‘ysunmayotgandek tuyuladi. AdMe nashri shu kabi suratlarni to‘plab taqdim etdi.
57
225
Foto
Suvda choʻmilayotgan ayiq, toshqinda yurgan bolakay, yongʻindan qochayotgan kiyik — 9 iyul suratlari
E‘tiboringizga 9 iyulning eng sara suratlarini taqdim etamiz. Kosovodagi qoʻriqxonalardan birida qoʻngʻir ayiq issiq havo sabab koʻlda choʻmilmoqda. Bangladesh poytaxti Dakka shahridagi koʻp qavatli uylardan birida yongʻin chiqishi oqibatida 52 kishi vafot etdi. Oʻt oʻchiruvchi yongʻinni oʻchirishga harakat qilmoqda. Indoneziyada kuchli yomgʻir natijasida kelib chiqqan toshqinda qolib ketgan bolakay. Gaiti prezidenti Jovenel Moisga suiqasdda ayblanganlar polisiya idorasiga olib kelindi. Shimoliy koreyaliklar marhum liderlar Kim Ir Sen hamda Kim Chen Irlarning portreti oldida ta‘zim qilmoqda. Kaliforniyada yuz bergan oʻrmon yongʻinlari paytida yongʻindan qochib ketayotgan kiyik bolasi. Kaliforniyada anomal issiq sababli oila Kastaik koʻlida choʻmilmoqda. Futbol boʻyicha Yevropa chempionati finali oldidan Angliya koʻchalari mamlakat bayrogʻi bilan bezalmoqda. 11 iyul kuni finalda Angliya terma jamoasi Italiyaga qarshi maydonga tushadi. Saudiya Arabistonidagi Jidda shahrida yangi qurilgan Super Gumbaz nomli saroyda qoʻshiqchi Muhammad Abduning konsertini tomosha qilayotgan tomoshabinlar. Kaliforniyaning Kardif sohilida kanoeda quyosh botishi paytida dengizda suzayotgan bolalar.
100
1,193
Foto
Fotogalereya: Yevropa markazidagi ulkan tosh konlari tizimi
Yevropa markazida tarixi o‘rta asrlarga borib taqaladigan ulkan tosh konlari tizimi mavjud. TravelAsk ana shu tizimning manzaralari aks etgan suratlarni taqdim etdi.
59
165
Foto
DAN xodimi boʻlgan qizaloq, Fargʻonada chaqmoq chaqishi, Nyu-Yorkdagi quyosh botishi — 15 may suratlari
E'tiboringizga 15 mayning diqqatga sazovor suratlarini taqdim etamiz. Bir haftadirki, Falastin–Isroil nizosi davom etmoqda. Raketalar yomgʻiri, toʻqnashuvlar, vayronagarchiliklar, qurbonlar. Oʻtgan bir sutka ichida ikki tomondan 350 dan ortiq inson halok boʻldi. Gresiya 14 maydan boshlab turistlarga oʻz chegarasini ochdi. Suratda esa uning boʻshab qolgan sohillari. Tokioda Olimpiya oʻyinlaridan oldin sinov tariqasida skeytbordda uchish boʻyicha chempionat oʻtkazildi. Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi ushbu mavsumdan boshlab Yozgi olimpiya oʻyinlari qatoriga basketbol, karate, skeytbordda uchish, syorfing kabi sport turlarini ham qoʻshgan. Hindistonda yashin urishi oqibatida 18 ta yovvoyi fil nobud boʻldi. Xitoyning Sinchuan provinsiyasida yer qimirlashida amalga oshirilishi kerak boʻlgan qutqaruv ishlarining oʻquv mashgʻulotlari boʻlib oʻtdi. Ispaniyaning Madrid shahrida buqalar ishtirokida karrido festivali boʻlib oʻtdi. Nyu-Yorkda quyosh botishi. Ajoyib nuqtadan turib olingan kadr. Hindistonning bir nechta shtatida koronavirusga qarshi vaksina yetishmasligi tufayli vaksinasiya jarayonlari toʻxtatildi. Germaniyaning Myunxen shahrida daraxt gullari mashina ustiga toʻkildi. Romantik manzara. Fargʻonada kuchli yomgʻir yogʻib, chaqmoq chaqdi. OʻzA muxbiri ushbu tabiat xodisasidan ajoyib kadrlar qoʻlga kiritishga erishdi. 14 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga tashrif buyurgan edi. U yerda davolanayotgan yosh qizaloq Shavkat Mirziyoyevga DAN xodimi boʻlish orzusi borligini aytgan edi. 15 may kuni Yoʻl harakati xavfsizligi xodimlari onkologiya markaziga tashrif buyurib, IIV YHXBB boshligʻi Olim Saidov a'zolik guvohnomasi va maxsus formani topshirdi. Bugungi fotogalereyamizni Turkiya manzaralari bilan yakunlaymiz. Turkiyaning Qora dengiz boʻylarida bahor manzarasi, qushlar va, albatta, lolalar kayfiyatingizni koʻtarmasdan qoʻymaydi.
103
1,942
Foto
Yevropaning eng ko‘p suratga olinadigan 10 shahri
Pixel har bir sayohatchi tashrif buyurishi shart bo‘lgan va, ayni vaqtda, eng ko‘p suratga olinadigan Yevropa shaharlarining o‘ntalik ro‘yxatini tayyorladi.
49
156
Foto
732 ta bir xil Disney qasrlari bunyod etilgan Turkiyadagi sirli shahar haqida (fotomaqola)
Turkiyada Disney multfilmlaridagi haqiqiy qasrlar bunyod qilingan shahar mavjud. Ushbu shahardagi saroylarni internet orqali tomosha qilganlar bu haqiqat ekaniga ishonmaydi. Biroq bu fotoshop dasturida qayta ishlangan suratlar emas, sehr-jodu ham emas — shahar haqiqatan ham mavjud va Istanbuldan 200 kilometr uzoqlikda, tog‘lar orasida joylashgan. AdMe.ru nashri “Burj al-Bobos” deb nomlanuvchi ertakmonand shahar haqida qiziqarli ma’lumotlar to‘plagan. Internetdagi hayratlanarli suratlar real hayotdagi ko‘rinishni to‘liq ifodasi emas ekan. Sehrli saroylar bu yerdagi o‘ziga to‘q yoki boy alohida qatlam uchun qurilmagan 2014-yilda qo‘shni mamlakatlardan keluvchi boy turistlar tashrifi uchun shahar qurilishi boshlandi. 732 ta Disney saroyini hashamatli villalarga aylantirish rejalashtirildi. Qurilishga taxminan 200 million dollar ajratildi. Rejalar olamshumul edi: uylardan tashqari masjid, savdo markazi, suv havzalari va turk hammomlari qurilishi rejalashtirilgandi. Saroylar uchun nihoyatda katta maydon ajratilganiga qaramay arxitektor shaharda Yevropa kottejlar shaharchasini bunyod qilishni reja qilgan. Ertaknamo villalar zich joylashgan: ularning derazalari bir-biriga qaragan. Lekin uylarning ko‘rinishi deyarli bir xil. Internetda loyihaga turlicha baho berilgan Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘pchilik foydalanuvchilar ushbu rejani iliq qarshilagani yo‘q. Suratlar ostidagi sharhlarda “Burj al-Bobos” loyihasi “ahmoqlik”, “xunuk”, “ayanchli” va hatto “qabriston” deb “e’tirof” qilingan. Chittaslou xalqaro harakati ishtirokchilariga ham saroylar kompleksi manzur kelmagan. Disney shaharchasining qurilishi yakunlanmagan 2018-yilda qurilish bilan shug‘ullangan kompaniya kasodga uchradi va ishlar to‘xtab, shahar huvillab qoldi. U vaqtda qasrlarning 587 tasi qurib bitkazilgan, biroq tashqi ko‘rinishi zo‘r bo‘lgani bilan devorlar qariyb yalang‘och edi. Loyiha ichki bezak ishlari boshlanishidan avval yopildi. Sehrli villalarning ichki xona va yo‘laklari qanday bo‘lishi kutilganini faqat tasavvurda taxmin qilish mumkin. Ertakning davomi bo‘lishi mumkin Quruvchilar loyihani qayta boshlash va yakunlash mumkinligini taxmin qilmoqda. Qarzlardan qutilish uchun kompaniya 100 ta villani sotishi lozim. Ammo amalda buni uddalash mushkul vazifa: saroy olishni istagan odamlarning aksariyati tikkan pullarini qaytarishga urinmoqda. “Burj al-Bobos” qachon bitib, foydalanishga topshirilishi noma’lumligicha qolmoqda.
90
2,426
Foto
Fotogalereya: Kaliforniyaning sayyohlar nigohidan chetda qolgan plyajlari
Shimoliy Kaliforniya o‘zining ajoyib playjlari hamda sohilbo‘yi hududlari bilan maqtana olishi mumkin, biroq ularda ko‘pincha odam juda ko‘p bo‘lganligi sabab shovqin shahardan qochib bu yerga dam olgani kelgan sayyohlarga noqulaylik tug‘diradi. Shuning uchun Only in your State nashri Kaliforniyaning unchalik mashhur bo‘lmagan plyajlar ro‘yxatini to‘plab taqdim etdi, deb xabar berdi Forum Daily. Ularning barchasini bir yo‘nalish birlashtirib turishi unutilmas safar uyushtirish imkonini beradi.
73
498
Foto
Foto: Toshkentda chaqmoq!
So‘nggi bir necha kundan beri deyarli butun O‘zbekiston bo‘ylab, xususan, Toshkent shahrida yog‘ingarchilik va momaqaldiroq kuzatilmoqda. Kunning g‘ira-shira va qorong‘i vaqtida osmonni yoritib yuborayotgan chaqmoqlar esa ijodkorlarni ayniqsa kuchli hayajonga solayotganini sezmaslik mumkin emas. Masalan, o‘zbekistonlik professional va havaskor fotosuratchilarning Facebook’dagi eng yirik hamjamiyatlaridan biri hisoblangan “Molodaya fotografiya Uzbekistana” guruhida Toshkent shahrida so‘nggi kunlarda qayd etilgan chaqmoqlarning e’tiborga molik bir qator suratlari e’lon qilindi. Ma’lumot uchun, 16-may kuni ham, 17-may kuni ham butun O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik va momaqaldiroq kuzatiladi.
25
707
Foto
Dunyoning eng chiroyli avtomobil yo‘llari (fotogalereya)
Business Insider nashri dunyodagi eng chiroyli va g‘aroyib avtomobil yo‘llari suratlarini e’lon qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”. Ularning ba’zilari tengsiz manzaralari bilan diqqatga sazovor bo‘lsa, boshqalari haydovchilarga tashvish keltiruvchi murakkab va jimjimador “naqsh”larga ega. Ro‘yxatga 28 ta yo‘l kiritildi, ular orasida Abu-Dabidagi tog‘ yo‘lidan tortib, Shveysariyaning Alp tog‘laridagi yo‘llar ham bor. Kaliforniyadagi Pacific Coast Highway Yangi Zelandiyadagi The Milford Road Norvegiyadagi Trollstigen Road Shveysariyaning Alp tog‘laridagi The San Bernardino Pass
56
607
Foto
Fotogalereya: Hozirgi kundagi muammolarni so‘zsiz ko‘rsatayotgan ijtimoiy reklamalar
Ijtimoiy reklama yaratuvchilarining oldida doim qiyin vazifa turadi: odamlar uni faqatgina sezishlari emas, balki eslab qolishlari ham kerak. Tan olish kerakki, ba’zi plakatlarni yillar o‘tgach ham xotirangizdan o‘chirib tashlolmaysiz. Oldinlari sayyoraning ifloslanishi va global issiqlik asosiy mavzu bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda harakatsizlik, muntazam ravishda bir joyda o‘tirib ishlashning zarari, chekish natijasida o‘rmonlarda chiqadigan yong‘inlar va buning hayvonot olamiga ta’siri hamda ta’tilning inson salomatligi uchun muhimligiga urg‘u berilmoqda. AdMe itimoiy reklama sohasidagi so‘nggi yangiliklarni bo‘lishdi.
84
627
Foto
Hindistonlik taqvodor 43 yildan buyon bir qo‘lini tepaga ko‘tarib yashamoqda (foto)
Hindistonlik sadxu (avliyo, tarki dunyo qilgan kishi) Amar Bxarati 43 yildan buyon bir qo‘lini tepaga ko‘tarib turadi, deya xabar bermoqda Big Picture. Taqvodorlik yo‘liga kirgunicha Maxant Amar Bxarti Ji Nyu-Delida klerk bo‘lib ishlagan. 1973-yilda u Shiva xudosi sharafiga qo‘lini boshi ustida ko‘targan hamda og‘riq va qo‘li shaklining o‘zgarishiga qaramay, uni pastga tushirmagan. Shuncha yillardan keyin uning qo‘li qurib, o‘z qobiliyatini to‘liq yo‘qotgan va teri bilan qoplangan befoyda suyaklarga aylangan. Tirnoqlari ham 43 yil davomida biror marta olinmagani uchun qalinlashib, aylanasiga o‘sib ketgan. Amar Bxarati bir paytlar oddiy odamlar kabi ishlagan, oilali bo‘lgan, ammo bir kuni bularning hech biri ma’noga ega emasligini tushunib, barchasini tashlab ketgan va o‘z hayotini Shiva hinduiylik xudosiga bag‘ishlashga qaror qilgan. Uch yildan so‘ng, 1973-yilda u hali ham dunyoviy havaslarga berilayotganini tushunib, bir qo‘lini yuqoriga ko‘tarish orqali o‘zini ulardan cheklab qo‘yishga ahd qilgan. Sadxu Bxarati Xaridvar shahridagi Kumbx—mela ommaviy ziyorati marosimlari chog‘ida o‘ta hurmatlanadi. Amar Bxarati boshqa sadxularda ham tinchlik va uyg‘unlik yo‘lida qo‘lini ko‘tarib yashashga ilhom uyg‘otgan, ularning ba’zilari 7, 13 va hatto 25 yildan buyon shunday holatda hayot kechirmoqda. Ko‘tarilgan qo‘li og‘rish-og‘rimasligi haqidagi savolga javoban, Amar u boshida og‘rigani, ammo keyinchalik ko‘nikib ketganligini aytadi.
83
1,456
Foto
Fotogalereya: Saudiya Arabistonining bo‘lajak podshohi qanday hayot kechiradi?
Saudiya Arabistonining merosxo‘r shahzodasi Muhammad ibn Salmon qisqa vaqt ichida o‘z mamlakatidagi va butun dunyodagi nufuzli odamlardan biriga aylandi. 32 yoshli shahzoda Saudiya Arabistoni harbiy va tashqi siyosatini o‘zgartirmoqda. Insider Pro mamlakatning bo‘lajak hukmdori qay tarzda hayot kechirishi tasvirlangan suratlarni to‘plab taqdim etdi. Shahzoda Muhammadning yoshligi haqida ko‘p narsa ma’lum emas. U podshoh Salmonning uchinchi xotinining to‘ng‘ich o‘g‘li hisoblanadi va umrining asosiy qismini otasining soyasida o‘tkazgan. New York Times’ning 2015-yildagi maqolasida yozilishicha, uning “ko‘tarilishi” ko‘pchilik uchun kutilmaganda sodir bo‘lgan, chunki “uning uchta akasi yuqori lavozimlarga da’vogar hisoblanardi”. Merosxo‘r shahzoda Ar-Riyoddagi podshoh Saud universitetida bakalavr darajasini olgan va otasiga maslahatchi sifatida ko‘mak bergan. New York Times’ning ma’lum qilishicha, shahzoda Muhammadga suv sporti turlari, shuningdek, iPhone va Apple’ning boshqa mahsulotlari yoqadi. Shu bilan birga, ta’kidlanishicha, uning sevimli mamlakati — Yaponiya, shahzoda “asal oyi”ni aynan shu mamlakatda o‘tkazgan. Tajribasi kamligiga qaramay, u doim davlat ishida ishlashni rejalashtirgan. Shahzoda Muhammad hech qachon spirtli ichimlik iste’mol qilmagan, chekmagan va tungi ko‘ngilxushliklarga berilmagan. Fransiyada hordiq chiqarayotganida shahzoda Serene yaxtasini ko‘rgan va uni darhol yarim milliard yevroga sotib olgan. Shahzoda Muhammad birinchi bor yangiliklarda 2015-yilning yanvarida, podshoh Abdullaning o‘limidan so‘ng mudofaa vaziri lavozimini egallaganida paydo bo‘lgan. O‘sha vaqtda uning yoshi 29 da edi, hozirda 32 yosh bo‘lishiga qaramay, u hamon eng yosh mudofaa vaziri hisoblanadi. Bundan tashqari, aynan u Fors ko‘rgazi davlatlarini Qatarga qarshi baykot e’lon qilishda birlashishga da’vat qilgan. Shuningdek, shahzoda Livan bosh vaziri Sa’d Haririyning iste’foga chiqishida muhim rol o‘ynagan ko‘rinadi. Shahzoda Muhammad mudofaa vaziri bo‘libgina qolmay podshohlikning Saudi Aramco davlat neft kompaniyasini ham nazorat qiladi. Yaqinda u mutlaq qayta tiklanuvchi energiya bilan ta’minlanadigan, qiymati 500 milliard dollarga baholangan “Neom” shahrining qurilishi haqida ma’lum qilgandi. Merosxo‘r shahzoda o‘z qo‘li ostidagilarning diniy qarashlariga ta’sir etishga harakat qilib, ularni “mo‘tadil islom”ga qaytishga chaqirdi. Bundan tashqari, u joriy yilda ayollarning avtomobil haydashiga ruxsat beruvchi qonunning qabul qilinishida ishtirok etdi. 2017-yilning iyuniga qadar Muhammad ibn Naif merosxo‘r shahzoda va ichki ishlar vaziri edi, biroq ushbu lavozimni Muhammad ibn Salmon egalladi.  “Shahzoda Muhammad yosh bo‘lishiga qaramay o‘zining aql-u idroki bilan bizni hayron qoldirdi”, — degan edi AQSh sobiq prezidenti Barak Obama. Trampning prezidentligi boshlanganida u AQSh rahbari bilan uchrashib, yangi ma’muriyat bilan mustahkam aloqalarni o‘rnatgan. Mudafaa vaziri sifatida esa bir necha bor AQSh mudofaa vaziri Jeyms Mettis bilan uchrashgan. Shuningdek, u Trampning bosh maslahatchisi va kuyovi bo‘lmish Jared Kushner bilan ham do‘stona aloqada ekanligi ma’lum.
78
3,135
Foto
“Ishdagi ishq” filmi aktyorlari 40 yildan keyin qanchalik o‘zgardi? (foto)
Ekran yuzini ko‘rganiga 40 yildan ortiq vaqt bo‘lgan, muxlislar qalbidan joy olgan “Ishdagi ish” filmi aktyorlari qanchalik o‘zgargan? Quyidagi fotolar orqali ushbu savolga javob beramiz. Andrey Myagkov “Taqdir hazili yoxud qushdek yengil bo‘ling!” filmidagi rolidan keyin tomoshabinlar mehriga sazovor bo‘lgan aktyorga “Ishdagi ishq”dan keyin e’tibor yanada oshgan. Ko‘plab filmlardagi ijrosi bilan yaxshi ma’lum bo‘lgan Andrey Myagkov rejissor va yozuvchi sifatida ham o‘zini sinab ko‘rgan va muvaffaqiyatga erishgan. Alisa Freyndlix Alisa “Ishdagi ish” filmi uchun o‘z vaqtida davlat mukofotini qo‘lga kiritmagan yagona ayol aktrisa. Shunga qaramay, aktisa filmlarda suratga tushishdan to‘xtamagan va u ishtirok etgan har qanday film muvaffaqiyatga erishgan. Oleg Basilashvili “Ishdagi ishq”dan keyin Oleg Basilashvili yana yuzlab filmlarda hamda teatrda rol ijro qilgan. 90-yillarga kelib esa aktyor asosiy vaqtini siyosiy karyerada muvaffaqiyatga erishishga sarflagan. Liya Axedjakova Aktrisa ham filmdan keyin karyerasini to‘xtatib qo‘ymagan. Teatrda ham faol rol ijro qilgan. Bugungi kunda esa u mamlakat hayotidagi muammolarga faol fuqarolik pozitsiyasiga ega aholining e’tiborini jalb qilish bilan band. Svetlana Nemolyayeva Rejissor Eldor Ryazanov filmida suratga tushganidan keyin mashhurlikka erishgan aktrisa keyinchalik kino va teatrdagi turli rol ijro qilishdan tashqari multfilmlar qahramonlariga ham ovoz bergan. Lyudmila Ivanova 2016-yilda hayotdan ko‘z yumgan aktrisa “Ishdagi ishq”dan keyin filmlarda suratga tushishni davom ettirish bilan birga, pedagogika bilan shug‘ullangan va qo‘shiq uchun matn ham yozgan.
74
1,637
Foto
Fotogalereya: Oq uy — Amerika prezidentlarining qarorgohi
1792-yilning 13-oktabrida Oq uyni qurish ishlari boshlangan. Keyinchalik u Amerika prezidentlarining rasmiy qarorgohiga aylangan. Turli yillarda bino “Prezident saroyi” yoki “Prezidentlar uyi” deb atalgan. O‘zining hozirgi nomiga 1901-yilda Teodor Ruzveltning sharofati bilan sazovor bo‘lgan. “Kommersant” nashri ushbu qarorgoh hozirda qanday ko‘rinishga ega ekanligi tasvirlangan suratlarni to‘plab taqdim etdi. 1972-yilda Oq uy arxitektor Jeyms Xoban loyihasi asosida qurila boshlangan. Uning tashqi ko‘rinishi Dublindagi Lenester-Xausga o‘xshash (Irlandiya parlamenti) Bino 1800-yildagi foydalanishga topshirilgan. Ayni vaqtda Oq uy 6 qavatdan iborat, unda 132 ta xona, 32 ta vanna, 28 ta kamin, 8 ta zina va uchta lift mavjud. Brifinglar xonasi Ronald Reyganning matbuot kotibi Jeyms S.Bredi sharafiga nomlangan. U 1981-yilda prezidentga uyushtirilgan suiqasdda jiddiy jarohat olgan. “Oq uy” nomi rasman 1901-yilda prezident Teodor Ruzvelt tomonidan qabul qilingan. Ruzvelt xonasi o‘z nomini AQShning ikki prezidenti Teodor Ruzvelt (1901—1909) hamda Franklin Ruzvelt (1933—1945) sharafiga olgan. Prezident oilasi Oq uyda yashagani uchun ijara haqi to‘lamaydi, biroq oziq-ovqat, kiyim-kechaklarni yuvishga ketadigan xarajatlarni yonidan to‘laydi. Oq uyda muntazam ravishda ekskursiya uyushtirilib turiladi. Ekskursiyada qatnashish arizasini kamida 3 hafta oldin topshirish kerak. Oq uy oshxonasida kecha-yu kunduz besh nafar bosh oshpaz ishlaydi va ular istalgan vaqtda 140 nafar odamga tushlik tarqatishga tayyor turadi. 1942-yilda binoning sharqiy qanotiga kinoteatr qurilgan. 2017-yilning avgustida binoning Janubiy zinasi 1940-yildan buyon birinchi marotaba ta’mirlandi. Oq uy oshpazlari Mustaqillik kuni munosabati bilan jo‘ja qovurmoqda Oq uyda, shuningdek, Garri Trumenning prezidentlik davrida paydo bo‘lgan bouling yo‘lakchasi ham mavjud 2017-yilning yanvarida AQSh prezidenti Donald Tramp Avram Linkoln uxlagan xonada yotayotganini tan olgandi. Dastlabki Oq uydan saqlanib qolgan yagona buyum — Jorj Vashingtonning portreti. Uni AQSh to‘rtinchi prezidentining rafiqasi — Dolli Medison saqlab qolgan. Qolgan barcha narsalar 1814-yilda Britaniya qo‘shinlari uyushtirgan yong‘in oqibatida kuyib kul bo‘lgan.
57
2,230
Foto
Sayohatchilar tomonidan olingan eng yaxshi 15 surat
Agar ilhomlanish sarguzashtlar tomonga birinchi qadam hisoblansa, unda sizning sarguzashtlaringiz shu yerdan va hozir boshlanadi. Chunki quyida e’tiboringizga havola etiladigan suratlar sayohatchilar tomonidan yer sharining turli burchaklarida olingan eng chiroyli, ruhlantiruvchi va ajoyib taassurot qoldiruvchi suratlardir. Ular minglab suratlar orasidan Amerikaning CNN axborot portali tomonidan tanlab olingan, deb yozadi Travelask. London, Buyuk Britaniya Kribshtayn qasri, Germaniya Amritsar, Hindiston Vashington, AQSh Chiang May, Tailand Glen Etiv, Shotlandiya Selyalandfoss, Islandiya Gansu, Xitoy Xallshtatt, Avstriya Zellin, Germaniya Parij, Fransiya Uluvatu, Bali London, Buyuk Britaniya Makao, Xitoy Madrid, Ispaniya Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
51
917
Foto
Fotoshop qilingandek tasavvur uyg‘otadigan bir-biridan g‘aroyib suratlar
Ba’zida noodatiy rakurs va vaqtida olingan suratlarni tushunish uchun ikki marta qarash va gap nimada ekanini tushunishga urinish holatlari kuzatilib turadi. Brokkoliga o‘xshagan daraxt. Muskuldor ko‘rinishga ega it. Bahaybat it. Legolendning Bukingem saroyi. Shkaf ustiga chiqib olgan mushuklar. O‘zi yoqimtoy, ammo tishlari kishini qo‘rquvga soladi. Qiziqqon it. Do‘kondagi ayolning oyoqlari haddan ortiq ingichkami yoki shimining chizig‘i shunday ko‘rsatyaptimi? Qo‘lmi bu yoki oyoq? Bu suratni tushunish uchun 2 marta qarash kerak? Yuqorigami yoki pastga? Ko‘rinmas velosiped. Dush, darhaqiqat, shunchalik kichkinami yoki yo‘q? Oynadan tashqaridagi manzara suratga o‘xshaydi. Eski shisha idishdagi qotib qolgan bo‘yoq dengiz to‘lqinining ko‘tarilishiga o‘xshaydi. Irlandiyadagi cherkovning tomi ustidagi traktor. Sizningcha, suratda nechta tulpor bor? Gilamcha ustiga yotib olgan itim xuddi koinotda parvoz qilayotgandek. Legodan vitraj. Ishonish qiyin, ammo bu suratda haqiqatan ham fotoshop ishlatilmagan. Men suratga olgan rakursdan hech qanday soya ko‘rinmagani sabab karavot xuddi fotoshop qilingandek ko‘rinadi. Ikki oyoqli mushuk. Yorug‘lik difraksiyasi sabab dukkakli mahsulot mana shunday ko‘rinyapti. Tumanli kundagi baliq ovi.
72
1,265
Foto
Qadimgi Rim imperiyasining tug'ilgan kuni, amerikaliklar bilan uchrashgan Zelenskiy, ommaviy testdan o'tkazilayotgan xitoyliklar — 25 aprel suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz. Pokistonda Ramazon hayitiga tayyorgarlik ishlari boshlab yuborildi. Britaniyaning Uitbi shahrida got subkulturasi festivali o'tkazilmoqda. Pekin aholisi koronavirusga qarshi ommaviy testdan o'tkazilmoqda. Meksikalik ayollar 18 yoshli Debani Eskobarni o'lik holda topilgani sababli mamlakatdagi feminisid jinoyatiga qarshi norozilik namoyishi o'tkazmoqda. Kaliforniyada “Coachella Valley — 2022” musiqa festivali o'tkazilmoqda. Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron hamda uning rafiqasi Brijit Makron prezident saylovidagi g'alabani nishonlamoqda. Buyuk Britaniyaning Esseks grafligida an'anaviy loyda yurish bo'lib o'tdi. Hindistonning Chennai shahridagi Birla planetariysida soyasiz kun bo'lib o'tmoqda. Yilda ikki marta takrorlanadigan bu kunda Quyosh inson boshi ustiga keladi va uning yerda soyasi ko'rinmaydi. Italiyaliklar Qadimgi Rim imperiyasining tug'ilgan sanasini nishonlamoqda. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Kievda AQSh davlat kotibi Entoni Blinken hamda mudofaa vaziri Lloyd Ostin bilan uchrashdi.
149
1,079
Foto
Noyob toshlar fotojamlanmasi
Tabiat o‘z qo‘ynida biz bilmagan ko‘plab xazinalarni asrab kelmoqda. Dunyoning turli chekkalarida noyob toshlar va minerallar shu qadar ko‘pki, ularning barini sanab adog‘iga yetib bo‘lmaydi. AdMe mana shunday noyob toshlarning fotosuratlarini bir yerga to‘pladi. “Olovli kunbotar” opali “Koinot” moviy opali Vismut “Okean” opali “Urugvay imperatori” ametisti Tosh qotgan opal Avstraliya qora opali Flyuorit Pushti rang kvars Birma turmalini Skoletsit Titan kvarsi Xrizokolla Azurit Tarvuzsimon turmalin Rodoxrozit Realgar Uvarovit Flyuorit, kvars va pirit Krokoit Kobaltokalsit Moviy aqiq Rutil Botsvana aqiqi Labradorit
28
645
Foto
O‘tmishda ham mavjud bo‘lgan 20 ta ashyoning taraqqiylashuvi aks etgan suratlar (foto)
Texnika shu qadar tez rivojalanayotganligidan ba’zida ular bilan hamqadam bo‘lishning imkoni yo‘qdek tuyuladi. Sababi ular bir joyda kutib turmaydi. Hattoki bugun kundalik hayotda mavjud ashyolar ham ilgaridan insonlarga tanish bo‘lib chiqadi. AdMe shu kabi avvaldan tanish bo‘lgan jihozlardan 20 tasini taqdim etadi. Qadimiy va zamonaviy tuxum tarozisi. 1927-yilgi va hozirgi aeromashina. 1886-yilgi va bugungi kundagi kamerali cho‘ntak soat. 1410-yilgi va hozirgi astronomik soat. Eski va yangi domofon. Pochta tarozilari qanchalik o‘zgargan? Radiostansiya 20 yil avval va hozir. Ushbu qurilmalar bulochkalarni isitish uchun mo‘ljallangan. Avval va hozir yong‘oq chaqadigan ashyo. Avvalgi va hozirgi soch kaltaytirgichlar. XVIII asrda shatlenlar − zamonaviy sumkalar prototipi. 70-yillar va hozirdagi roliklar ko‘rinishi. Avvalgi va hozirgi sariyog‘ ishlab chiqarish moslamasi. Qadimgi va hozirgi soch teksilovchi va jingalak qiluvchi moslama. Avval va hozirgi yopgich moslama. Avval va hozirgi tovuq pishirishda foydalanadigan jihoz. Eski va yangi nur qaytargich. Keramika va yelim isitgich. Avvalgi va hozirgi sumka. Avval ham, hozirda ham bu kabi narsalar ajoyib ko‘rinishda bo‘lgan.
86
1,207
Foto
Fotogalereya: Afrikaning g‘aroyib yovvoyi hayoti
Yovvoyi tabiat fotografi britaniyalik Uill Barrard-Lukas yillar davomida Afrikaning keng qismida suratga olishning o‘ziga xos yo‘llarini izladi. U hayvonlarni yaqindan suratga olish va shu bilan birga ularning xavfsizligini ta’minlash uchun 10 yil oldin BeetleCam dasturini yaratdi. Bugungi kunda, masofadan boshqariladigan SLR qurilmasi fotograflarning haqiqiy ko‘makchisiga aylangan. Bir necha yillar davomida Barrard-Lukas qurilmasini yanada takomillashtirdi. Fotograf Tanzaniya, Zambiya va Keniyaga sayohat qilib, ixtirosi bilan fillar, sherlar, leopardlar va yirtqich hayvonlarni yaqindan suratga oldi. Endilikda BeetleCam — bu bitta fotosuratchining o‘zi uchun yaratgan yordamchisi emas, balki boshqa fotosuratchilarning yovvoyi tabiatda o‘zlarining g‘ayrioddiy g‘oyalarini amalga oshirishga ko‘maklashadigan muvaffaqiyatli biznesga aylandi. TravelAsk ana shunday SLR qurilmasi yordamida olingan suratlarni jamlab, taqdim etdi.
48
933
Foto
Fotogalereya: Maktab bitiruvchilari o‘zlarining birinchi va oxirgi o‘qish kunlari
Aksariyat davlatlarda yangi o‘quv yili boshlandi. AdMe dunyo maktablari bitiruvchilari o‘zlarining birinchi va oxirgi o‘qish kunlari qanday ko‘rinishga ega bo‘lganini ko‘rsatuvchi suratlarni jamladi. Yo‘q, bu aka-ukalar emas. Bu o‘sha bolakay, faqat 10 yildan so‘ng. Bu oilada sanalar unutilmaydi, chunki ular yozib boriladi Sohibjamol onaning haqiqiy himoyachisi ulg‘aydi! Bolakay bilan uning ko‘ylagi ham katta bo‘lganmi? Amerikalik bu o‘smir har yangi o‘quv yili oldidan suratga tushishni kanda qilmasdi “Baqaloq bolakaydan maktabning xushbichim bitiruvchisiga aylandim” “Baribir jajji qizalog‘ingiz bo‘lib qolaman!” Soqolni aytmasa, hammasi o‘sha-o‘sha... Bu go‘zal qiz bitiruv kechasi qirolichasi nomiga yaqqol da’vogarlardan biri “Yaqinlarim yonimda bo‘lsa, dunyoni zabt etishga tayyorman!” “Eng yaxshi maktabdosh do‘stim bilan doim birgamiz”
81
858
Foto
Fotogalereya. Dunyoda Ramazon hayiti namozi qanday ado etildi?
Bugungi suratlarni dunyo boʻylab ado etilgan Hayit namozlariga bagʻishladik. Bugun butun dunyo musulmon olamida eng muqaddas bayramlardan biri 1 Ramazon hayiti (Iyd al-Fitr) namozi ado etildi. Filippindan Turkiyagacha, Daniyadan Ruandagacha barcha musulmonlar oʻzlarining muqaddas vazifalarini ado etish uchun nafaqat masjidlarga, balki koʻchalar, satdionlargacha saf tortdi. Shuni ham ta'kidlash joizki, bu pandemiya sharoitida oʻtgan ikkinchi Hayit namozidir. Bu yil ham namozxonlar imkon darajasida karantin talablariga rioya qilgan holda namozlarga qatnashdilar. Shuningdek, bugun Oʻzbekistonning 2021ta masjidida Hayit namozlari ado etildi.
62
645
Foto
Yangi Zelandiyada kamchiliklarni kunduzi chiroq yoqib ham topib bo‘lmasligini isbotlaydigan suratlar
Yangi Zelandiya deganda xayolga “Uzuklar hukmdori” filmi Kivi qushi va purviqor tog‘lar keladi. Aslida esa u yer, qulayliklari va o‘ziga xosligi bilan sayyohlar sevgisiga sabab bo‘ladigan mamlakat hisoblanadi. “Yangi Zelandiyaning fuqaroligini olganimda menga pat ko‘rinishidagi kumush to‘g‘nag‘ich sovg‘a qilishdi”. “Yangi Zelandiyadagi oddiy aholi uchun mo‘ljallangan xonadon. Unda 15 yildan buyon istiqomat qilaman”. Yangi Zelandiyani barbekyularsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Uni pishiradigan vosita har bir uyda va deyarli barcha ofisda bo‘lishi kerak. Bu shunchaki oddiy holat. O‘ziga xos hech nima yo‘q. “Ko‘chalar naqadar ajoyibligini tushunish uchun ularning ayrimlarini suratga olib, boshqa mamlakatda yashaydigan do‘stimga yubordim”. Atrofi gullar bilan qoplangan tepalikdagi uy. O‘rmon ichida uchratish mumkin bo‘lgan hojatxona. Yangi Zelandiyadagi politsiya avtomobillari mana qanday ko‘rinishga ega. Politsiyachilardek kiyintirilgan Arnold laqabli mushuk. Yangi Zelandiya oshxonasiga xos yegulik bir suratda. Kun chiqar mamlakat ta’rifi Yaponiya emas, Yangi Zelandiyaga berilsa bo‘lardi. Tutilgan baliqning kattaligini ko‘rib, kishi ko‘zlariga ishona olmaydi. Nafaqadagi qo‘shnilarga: “Siz bilan bir ko‘chada turamiz va siz uchun supermarketga borib kelishimiz mumkin”, — degan maktub tarqatilgan. Yangi Zelandiyaning osmoni ham o‘zgacha ko‘rinishga ega. Mamlakatda boshqa mashinalar singari “Jiguli”ni ham uchratish mumkin. “Menga Yangi Zelandiya — bu katta qishloq deyishganda, men shunchaki uyimning orqa hovlisiga chiqib: gapingizda jon bor, men qishloqda yashayman, lekin bu yer shunday joyki… — deyman”. “Hayotim davomida uchratgan eng simmetrik daraxt”. Tyulen bolasini uchratish bu yerda odatiy hol. View this post on Instagram Yangi Zelandiya o‘rmonlaring shaydosiman. Sayr qilayotganda, qirqquloqlarning shitirlashi quloqqa chalinadi va go‘yo birdan “Yura davriga sayohat” filmidagidek dinozavr sakrab chiqib qoladigandek tuyiladi”. “Bir necha oy avval o‘g‘lim ekkan shirin kartoshkaning hosil berganiga bugun guvoh bo‘ldik”. “Bu yerda hamma ta’biga ko‘ra ko‘ngil yozadi”. Hatto go‘sht sotiladigan bo‘limdagi sotuvchilar ham ishiga ijodkorona yondashadi. O‘ziga maftun qiladigan go‘zal manzara. Shahar poyezdidagi holat.
100
2,282
Foto
Fotogalereya: Taniqli ekspertlar fikricha 2018-yilda tashrif buyurish lozim bo‘lgan maskanlar
TravelAsk nashri Airbnb, Lonely Planet kabi sayohat bo‘yicha taniqli ekspertlar, shuningdek, mustaqil blogerlar va sayohatchilarning fikriga asoslanib 2018-yilda tashrif buyurish lozim bo‘lgan maskanlarning suratlarini to‘plab taqdim etdi. Butanning eng baland qishlog‘i — Layaga borish va u yerda bo‘lib o‘tadigan Royal Highland festivalida ishtirok etish Vinyalesdagi klassik avtomobillarni tomosha qilish, Kuba Alenteju qirg‘oqlarida to‘lqinlar bilan sayr, Portugaliya 2017-yildagi to‘fonlar oqibatida vayron bo‘lgan Karib orollariga tashrif buyurib, ularni qo‘llab-quvvatlash Yuta shtatidagi Antilopa kanyonining tubiga tushish, AQSh Tinchlikni Tokiodan axtarmoq Qalinroq kiyinib olib, Islandiyaga shimol yog‘dusini tomosha qilgani otlanish Sloveniyadagi Bled ko‘lida qayiqda sayr qilish Luiziana shtatining Uitni plantatsiyasida qullar tarixi bilan tanishish, AQSh Norvegiyaning Troll-fordiga sayohat qilish Tunisda o‘zingizni yerdagi yagona sayyohdek his qiling Gyudlfoss sharsharalaridan bahra oling, Islandiya Shveysariya tog‘laridan zavqlangani otlaning
93
1,074
Foto
Dunyoning eng qimmatbaho mehmonxonalari e’lon qilindi (fotogalereya)
Fransiyaning Kann shahrida joylashgan Grand Hyatt Martinez mehmonxonasini dunyoning eng qimmatbaho mehmonxonasi deb atash mumkin. Bu haqda Rossiya Turoperatorlari assotsiatsiyasi tadqiqotlarida ma’lum qilindi. Ushbu mehmonxonadagi prezident lyuks xonasini sutkasiga 45 ming dollarga band qilish mumkin. Uning maydoni 300 kvadrat metrni tashkil qiladi. Ekspertlarning ta’kidlashicha, bu Yevropadagi eng katta pentxauslardan biridir. Gretsiyaning Attike Lagonissi xususiy orolida joylashgan Grand Resort Lagonissi mehmonxonasi reytingning ikkinchi o‘rnidan joy oldi. Bu yerdagi qirollik villasi uchun bir kunga 35 ming dollar to‘lashga to‘g‘ri keladi. Mehmonxonadagi har bir turar-joy o‘z plyaji, basseyni, shaxsiy bosh xizmatkori, bosh oshpazi va hatto pianinochisiga ega. Reyting uchligidan Nyu-Yorkning Four Seasons mehmonxonasi ham joy oldi. Bu yerdagi pentxausni sutkasiga 34 ming dollarga ijaraga olish mumkin. Bu mablag‘ evaziga mehmonxona 52-qavatidagi 400 metrlik apartament sayyoh ixtiyoriga beriladi. 4-o‘rin. Atlantis Paradise Island Resort (Paradayz orollari, Bagama orollari) Qirollik xonasi — 25 ming dollar. 5-o‘rin. Laucala Island Resort (Vanua-Levu orollari, Fiji) Villa — 25 ming dollar. 6-o‘rin. The Connaught (London, Angliya) Apartamentlar — 23,5 ming dollar 7-o‘rin. Burj al-Arab (Dubay, BAA) Qirollik xonasi — 18 ming dollar. 8-o‘rin. Raj Palace (Jaypur, Hindiston) Lyuks apartamentlari — 17,5 ming dollar. 9-o‘rin. Le Richemond (Jeneva, Shveysariya) Qirollik xonasi — 17,5 ming dollar. 10-o‘rin. Park Hyatt-Vendôme (Parij, Fransiya) Imperator xonasi — 15 ming dollar. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
68
1,674
Foto
Fotogalereya: Venetsiya va Rio-de-Janeyro karnavallariga sayohat
Shu kunlarda Venetsiya va Rio-de-Janeyroga minglab sayyohlar tashrif buyurmoqda. Shaharlarda bir vaqtning o‘zida eng ommabop va katta karnavallar bo‘lib o‘tmoqda. TJournal karnavallarning fotojamlanmasini taqdim qildi. Italiyada bayram 11-fevralda boshlandi. Braziliyada esa dastlabki raqqoslar ko‘chalar bo‘ylab 18-fevralda o‘tdi. Yaqin o‘n kun ichida tomoshabinlar qadimgi va hozirgi davrdagi ranglar, musiqa va liboslar xazinasini taqqoslash imkoniga ega bo‘ladi. Bu yilgi Venetsiya karnavalining mavzusi “Ijodkorlik. Shuhrat dunyosi” deb nomlangan. Karnaval dasturida 100 dan ortiq tadbir o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Venetsiyadagi karnavalning o‘ziga xosligini undagi niqoblar ifodalaydi. Karnaval liboslari ichida, albatta, tarixiy ko‘ylak bo‘lishi kerak. Konsertlar, spektakllar va ko‘cha tomoshalari 28-fevralgacha davom etadi. Riotur sayyohlik kompaniyasining xabar berishicha, 2017-yildagi Rio-de-Janeyro karnavalga bir milliondan ortiq sayyoh kelishi kutilmoqda. Mehmonlar va mahalliy aholiga qulayliklar yaratish maqsadida shahar ma’muriyati xavfsizlik choralarining kuchaytirilganini e‘lon qildi, shaharda xavfsizlikni saqlash uchun to‘qqiz ming harbiy yo‘naltirilgan. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
64
1,269
Foto
Foto: Avstraliyada chaqaloqlar uchun spa-markazi ochildi
Avstraliyaning Pert shahrida ikki kundan 6 oygacha bo‘lgan chaqaloqlar uchun spa-markazi ochildi, deb yozadi Mashable. Instagram / @babyspaperth Xabarda qayd etilishicha, shunga o‘xshash birinchi markaz Janubiy Afrika Respublikasida ochilgan. Avstraliyada esa 65 AQSh dollari evaziga chaqaloqlarga gidroterapiya va massaj seanslari taklif qilinadi. Instagram / @babyspaperth Instagram / @babyspaperth Bolachalarga suvda muvozanat saqlashi uchun havo bilan to‘ldirilgan maxsus yostiqchalar beriladi. Instagram / @babyspaperth Markaz direktori Kavita Kumarning so‘zlariga ko‘ra, suv muolajalari chaqaloqlarning sog‘lig‘iga ijobiy ta’sir o‘tkazadi. Kavitaga markazni boshqarishda opasi Anita yordam beradi. Instagram / @babyspaperth Instagram / @babyspaperth “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
56
841
Foto
“Bu yerda karnaval bo‘lardi”: Pandemiya davridagi Venetsiya — suratlarda
San-Marko maydonida yasan-tusan qilgan olomon, gondolalarda sayr qilayotgan sayyohlarni uchratmaysiz, karnaval kostyumlaridagi sanoqli kishilargina Venetsiyada an’anaviy karnaval boshlanganidan darak beradi. G‘ayrioddiy bayram manzaralari Reuters fotojamlanmasida aks ettirilgan. Venetsiyada karnaval ilk bora onlayn tarzda bo‘lib o‘tmoqda. Bayram uchun dam olish kunlari teng yarmiga qisqartirildi. Og‘ir epidemik vaziyat tufayli asosiy tadbirlar bekor qilindi. Bu yil “Mariy paradi”ning eng chiroyli ishtirokchisi 100 metrlik qo‘ng‘iroq minorasidan olomon ichiga tushadigan “farishta parvozi” ham bo‘lmaydi. Olomon, shovqinli bayram va namoyishlar ham to‘xtatilgan. Bayram multimedia tadbirlari shaklida bo‘lib o‘tadi. Ijtimoiy tarmoqlarda bolalar, o‘spirinlar va qariyalar uchun mo‘ljallangan “virtual xonalar” tashkil etildi. Karnaval kostyumidagi odam Muqaddas Mark maydonida. Yosh ishtirokchilar uchun spektakl va interaktiv hikoyalar, o‘spirinlar uchun chellenj va inflyuenserlar bilan uchrashuvlar tashkil qilingan. Nafaqaxo‘rlar uchun eng chiroyli niqob va intervyular uchun tanlovlar mavjud. Venetsiyadagi niqob do‘konining egasi. Bayram tadbirlari shahar televideniyesi va ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlar orqali namoyish etiladi. Venetsiya karnavalida bayram niqobi va libosidagi odamlar. An’anaga ko‘ra bayram 2021-yilning 16-fevral − seshanba kuni yakunlanadi.
72
1,389
Foto
Fotogalereya: AQShning Kaddo ko‘li bo‘yidagi sarv daraxtlarining suratlari
Sarv — chiroyli va ajoyib daraxt. Ba’zilar Nuh payg‘ambar kemasini sarv daraxtidan yasagan deb hisoblaydi. Eng ko‘p sarv daraxti AQShning Kaddo (Texas shtati) ko‘li bo‘yida o‘sadi. Ulardan ba’zilari 700 yillik daraxtdir. Travel Ask ularning rasmini taqdim etdi.
74
261
Foto
Sir-sinoatga to‘la dunyo: Insoniyatga notanish bo’lgan 15 mavjudot (fotogalereya)
Odamlar Yer sayyorasida barchasi allaqachon o‘rganib chiqilgani va endi koinotda o‘rganilmagan narsalarga e’tibor qaratishga ko‘nikib qolgan. Biroq Yerda insoniyat bilmagan va olimlar tomonidan har yili aniqlanadigan ko‘plab jonivorlar bor. AdMe ana shunday 15 jonzot haqida ma’lumot berdi. Yeti-qisqichbaqasi 2005-yili, ushbu oilaga mansub yagona vakilini ushlashga muvaffaq bo‘linganida aniqlangan edi. Bir qarashda qisqichbaqa qalin mo‘yna bilan qoplangandek, aslida esa bu uning uzun dag‘al junidir. Puchuq burun maymunlar 2010-yili aniqlangan bo‘lib, ular faqatgina Birmada yashaydi. Burnining o‘ziga xos shakli tufayli bunday maymunlar yomg‘ir vaqtida aksiradi. 2015-yili topilgan ushbu qurbaqa uni aniqlagan tadqiqotchining onasi – Janet Diana Kubitski sharafiga Hyalinobatrachium dianae deb nomlangan. Ammo qurbaqa “Mappet-shou” qahramoniga o‘xshagani uchun asosan Kermit deb ataladi. Qisqichbaqaning noodatiy chiroyli sovutidan hayratlangan olimlar uni Cherax pulcher deb nomladi. Pulcher latin tilida “chiroyli” degan ma’noni anglatadi. Qisqichbaqalar oilasiga mansub jonnzotlar orasida bundanda chiroylisi bo‘lmasa kerak. Mazkur qurbaqa 2008-yili Indoneziyada aniqlangan bo‘lsa-da, u haqdagi ma’lumotlar 2010-yilda chop etilgan. Qurbaqa qandaydir xavfni sezib qolsa, uning Pinokkio singari uzun burni ko‘tariladi. Filsimon yer qazuvchilarning ilk vakili 2006-yili topilgan, ammo jonzot yangi tur sifatida 2014-yili tasdiqlangan. Hajmi kichik va kemiruvchilarga o‘xshashiga qaramay, ushbu jonivorlar fillarning uzoq qarindoshi sanaladi. Olingito – so‘nggi 35 yil ichida G‘arbda aniqlangan birinchi yirtqich. Uzoq vaqt mobaynida ularni yaqin qarindoshlari – olingolar bilan adashtirishgan. 2013-yilda esa ular alohida tur sifatida ajratildi. Olingito yirtqichlar toifasiga kirsa-da, asosan barg va mevalar bilan oziqlanadi. 2008-yili aniqlangan jonzot yo‘qolib ketish xavfi ostida turibdi. Hozirgi kunda ularning taxminan 250 tasi qolgan. Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, ushbu maymunlar oila qurganidan keyin hech qachon juftini almashtirmaydi. Ham suvda ham quruqlikda yashovchi jonivorning alohida tur sifatida ajratilganiga ko‘p bo‘lmadi. Uning uzunligi 10–13 santimetrni tashkil etadi. 2014-yili aniqlangan mitti lemur faqatgina Shimoliy Madagaskarda yashaydi. Tadqiqotchi Garri Konli 1998-yili birinchi bo‘lib ko‘zlari chaqchaygan sovuti och-sariq rangli qisqichbaqani aniqlagandi. Yaqindagina esa unga Harryplax severus nomi berildi. Shu tariqa olim Xose Mendosa mazkur turni kashf qilgan taqdiqotchi va Garri Potter haqidagi hikoyaga asoslangan kinofilmda Severus Sneyp rolini ijro etgan britaniyalik aktyor Alan Rikmanga hurmat bajo keltirdi. Ushbu uchar kemiruvchi – tabiatdagi eng katta olmaxon sanaladi. Uning “qanotlari” aslida parashyut sifatida xizmat qilib, havoda ravon harakatlanish uchun yordam beradi. Mazkur turdagi to‘q-sariq qurbaqalarni ushlaganda, teri bo‘yaladi. To‘q randagi jonivorlar odatda zaharli sanaladi, biroq olimlarning fikricha, sariqqa bo‘yaydigan yomg‘ir qurbaqasi zararsiz. Katta bo‘lmagan ushbu qisqichbaqalar antiqa binafsha rangi bilan ajralib turadi. Ammo to‘q-binashfa rangga mazkur turdagi urg‘ochi va voyaga yetmagan qisqichbaqalar ega bo‘ladi. Ulg‘aygan qisqichbaqalar esa qizil rangga burkanadi. Kanadalik biolog Vazrik Nazari yaqindagina kashf etilgan kuyani AQShning yangi prezidenti – Donald Tramp sharafiga nomladi. Tadqiqotchining fikricha, kuya boshidagi qoplama Donald Tramp soch turmagiga o‘xshaydi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
81
3,654
Foto
AQShdagi to‘liq Quyosh tutilishi. Bu koinotdan qanday ko‘rindi? (foto va video)
21-avgust kuni AQSh osmonida to‘liq Quyosh tutilishi kuzatildi. Bu hodisani nafaqat Yerdan, balki koinotdan ham kuzatishdi: Quyosh tutilishini Xalqaro kosmik stansiya va G‘arbiy yarim sharni kuzatuvchi sun’iy yo‘ldoshlardan tasvirga tushirishdi. Meduza Oy soyasi sayyora bo‘ylab qanday o‘tganini ko‘rsatib berdi. The complete #SolarEclipse2017 , as seen from space pic.twitter.com/lOrfqQqbJi — Eric Holthaus (@EricHolthaus) August 21, 2017 From #sunrise to #SolarEclipse2017. #CAwx #BayAreaWX pic.twitter.com/RvWo9Bkaxd — NWS Bay Area ? (@NWSBayArea) August 21, 2017
79
570
Foto
Fotogalereya: G‘arbiy Osiyoning sehrli joylari
G‘arbiy Osiyo mamlakatlari tarixiy madaniyat va hayratlanarli tabiatga ega “Fotoshedevri” nashri G‘arbiy Osiyoning hayratlanarli joylari fotojamlanmasini taqdim etdi.
46
166
Foto
Polisiya hibsga olayotgan ayol, Arabiston qizil tulkisi, Sergeliga borgan Mirziyoyev — 25 iyun suratlari
E'tiboringizga 25 iyunning eng sara suratlarini taqdim etamiz. AQShning Shimoliy Karolina shtatida polisiya zoʻravonligiga qarshi oʻtkazilgan namoyish paytida polisiyachilar namoyishga chiqqan ayolni hibsga olmoqda. Kenya sahrolarida Safari Rally Kenya 2021 musobaqasi oʻtkazilmoqda. Fransiya poytaxti Parij shahrida muhojirlar norozilik sifatida shahar meriyasi binosi oldida lager tashkil qildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Sergeli tumanidagi Saxovat mahallasi hayoti bilan tanishdi. Mahalla ahli bilan muloqot boʻldi. Prezident Shavkat Mirziyoyev tashrifi davomida mahallada oʻynab yurgan bolalarning yonidan oʻtib ketdi. Bolalar esa unga qoʻllarini koʻtarib salom berdi. Suriyaning Kali shahrida tashkil etilgan muhojirlar lagerida aravada yasalgan sun'iy hovuzda choʻmilayotgan bolalar. Nepalda koronavirusdan sogʻaygan qariya duo qilmoqda. Chexiyada toʻfon natijasida uyi vayron boʻlgan qariya. Quvaytda sahroda Arabiston qizil tulkisi fotokamera ob'ektlariga tushdi. Hindistonda tez yordam xizmati xodimlari charchab dam olmoqda. Mamlakat kasallikning eng yirik markazlaridan biri boʻlib turibdi. Kenya rallisida qatnashayotgan avtomobil qushlarni qoʻrqitib yuborgan koʻrinadi.
104
1,185
Foto
Qurolli kuchlar akademiyasi faoliyati — suratlarda
Mudofaa vazirligi matbuot xizmati tomonidan 23 dekabr, payshanba kuni bir guruh ommaviy axborot vositalari vakillari uchun Qurolli kuchlar akademiyasi bo'ylab press-tur tashkil etildi. Unda jurnalistlar va OAV vakillari akademiya faoliyati, dars jarayonlari hamda mashg'ulotlar jarayoni bilan tanishdi, deya xabar bermoqda “Bugun.uz” muxbiri. Qayd etilishicha, Prezidentning 2017 yilning 25 apreldagi qarori asosida yangitdan barpo etilgan Qurolli kuchlari akademiyasi (sobiq Toshkent oliy umumqo'shin qo'mondonlik bilim yurti) bugungi kunda yuqori bo'g'in qo'mondonlik ofitserlarini tayyorlaydi. Shuningdek, Qurolli kuchlar tarkibini malakali ofitser kadrlar bilan butlash hamda mudofaa qurilishi sohasida ilmiy tadqiqotlarlarni amalga oshirish bo'yicha vazifalarning bajarilishida muhim o'rin tutadi. Akademiyada umumqo'shin, harbiy xavfsizlik va davlat mudofaasi, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo'shinlari, Ichki ishlar vazirligi qo'shinlariga kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish fakulteti va Ichki ishlar vazirligi harbiylashgan bo'linmalari mutaxassislarini tayyorlash kafedrasi kabi jami 17 ta kafedra faoliyat yuritib kelmoqda. xususan, unda 4000 dan ortiq kitobga, internet va 15 000 dan ortiq elektron adabiyotlarga ega Axborot-resurs markazi faoliyat yuritadi. Shuningdek, akademiyaning muzeyida ham 100 yildan ortiq tarixga ega eksponatlar va qo'lyozmalar mavjud. Ma'lumot o'rnida, mazkur harbiy oliygoh uchun nomzodlarni sifatli tanlash va ularni o'qishga qabul qilish tizimi 4 bosqichdan iborat bo'lgan tizim asosida olib boriladi. Ta'kidlanishicha, harbiy qism va bo'linmalarning jangovar tayyorgarlik bo'yicha o'tkaziladigan mashg'ulotlar soati bir necha barobar ko'paytirilgan. Har yili takrorlanib o'tkaziladigan mashg'ulotlarga chek qo'yilib, amaliy mashg'ulotlar sifati va soni oshirilgan. Jangovar tayyorgarlik mashg'ulotlarini 2016 yil bilan taqqoslasak, harbiy xizmatchiga o'quv mashg'ulot me'yori 4 barobarga ko'paygan. Eslatib o'tamiz, avvalroq O'zbekiston harbiylari Buyuk Britaniya bazalarida malaka oshirishi haqida xabar  berilgandi. Shuningdek, O'zbekiston mudofaa sanoati loyihalariga xitoyni jalb qilmoqchigi ma'lum qilingandi.
50
2,186
Foto
Toshkentda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan o'tkazilgan tantana — suratlarda
Shavkat Mirziyoev mamlakat Qurolli kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlarining bir guruh xodimlarini harbiy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirladi. Shundan so'ng Toshkent shahridagi xalqlar do'stligi san'at saroyida bayram tantanasi bo'lib o'tdi. Unda ishtirok etgan “Bugun.uz” fotomuxbiri tadbirdan fotoreportaj tayyorladi. Qayd etilishicha, tantanada Prezident, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo'mondoni Shavkat Mirziyoevning Qurolli Kuchlar tashkil etilganining 30 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan yo'llagan bayram tabrigi mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov tomonidan o'qib eshittirilgan. Ta'kidlanishicha, tadbirda senatorlar, deputatlar, hukumat a'zolari, askar va serjantlar, ofitser va generallar, Qurolli Kuchlar faxriylari, ota-onalar, mamlakatda akkreditatsiyadan o'tgan diplomatik korpus hamda xalqaro tashkilotlar vakillari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etgan. Tadbirning badiiy qismida harbiy orkestr, ansambl hamda taniqli san'atkorlar tomonidan ona Vatanni ulug'lovchi kuy va qo'shiqlar taqdim etilgan. Eslatib o'tamiz, avvalroq poytaxt ko'chalarida 14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni hamda Qurolli kuchlarning 30 yilligi munosabati bilan harbiy-vatanparvalik paradi bo'lib o'tgandi.
85
1,356
Foto
Fotogalereya: Qarishni to'xtatgan ayollar
Odatda insonlarning tashqi ko‘rinishiga qarab yoshini taxmin qilamiz. Biroq shunday ayollar borki, ularning faoliyati, yurish turishi va albatta chiroyli ko‘rinishiga qarab haqiqiy yoshini taxmin qilishning ilojisi yo‘q. Yillar o‘tsa-da biroq ular turli yo‘llar orqali o‘z yoshligini va go‘zalligini saqlab qolishgan. AdMe taqdim etgan suratlarga boqib bunga o‘zingiz ham amin bo‘lishingiz mumkin. Marina 50 yoshdan oshgan. Ammo pasportiga qarab ham uning bu yoshda ekanligiga ishonish juda qiyin. Marinaning aytishicha, u ko‘p vaqtini o‘zini parvarish qilishga sarflaydi. Chunki natijasi ham bunga arziydi. Shu sababli kundan-kunga uning Instagram sahifasidagi obunachilar soni oshib bormoqda. Kareliya Moran – blogerlikni boshlaganiga ko‘p bo‘lmadi. Ammo Elle, Mari Claire Spain kabi nashrlar unga katta qiziqish bildirmoqda. Kareliya ishlaydi, sport bilan shug‘ullanadi, iti bilan sayrga chiqadi. Blog yuritadi.  Ya’ni u hayotini o‘zi istaganday yashaydi. 51 yoshli Liz Vebster uch farzandning onasi va 2014-yilgi bodibilding musobaqasi sovrindori. Bundan tashqari, Liz sportchilar va sport muxlislari va sog‘lom ovqatlanish uchun tabiiy qo‘shimchalar ishlab chiqaradigan kompaniyaning egalaridan biri. Lizning Instagram’dagi tasmasida uning kundalik hayoti va sport zalidagi mashaqqatli ishlarini ko‘rish mumkin. Uning fikricha, sport, muvozanatli oziq-ovqat va yaxshi tanlangan ozuqaviy qo‘shimchalar 50 emas, balki 20 ga yaxshi ko‘rinishga yordam beradi Xitoyning sobiq kutubxonachisi Lyu Yelin 50 yoshida ham faol hayot kechiradi. U suzish bilan muntazam shug‘ullanadi. Ayniqsa, sovuq suvda suzishni afzal ko‘radi. Lyu shunchalik yosh ko‘ringanidan uni o‘g‘liga qiz topish muammo bo‘lyapti. Chunki, uni onasi bilan ko‘rganlar qiz do‘sti bilan yuribdi deb o‘ylaydi. Anjelika Miles 52 yoshda. Qirqdan keyin Anjelika “krossfit” dunyosini kashf etdi va shundan beri bu uning asosiy sevimli mashg‘ulotiga aylandi. U juda ko‘p ishlaydi va bo‘sh vaqtlarida sport bilan shug‘ullanadi. U shakar va sut mahsulotlarini iste’mol qilmaydi. Shuning uchun ham uning tanasi juda yosh ko‘rinadi. 48 yoshli Regina Xoll “Qo‘rqinchli” filmidagi Brenda roli bilan tanilgan aktrisadir. Jurnalistikani orzu qilgan qiz oxir-oqibat aktrisa bo‘lgan. Uning filmlarini ko‘rib tanlovi to‘g‘ri bo‘lganiga amin bo‘lish mumin. Asosiy faoliyatidan tashqari, u ayni paytda ko‘ngilli bo‘lib ishlaydi, keksa odamlarga g‘amxo‘rlik qiladi. Elizabet Xyorli 53 yosh Bu ajablanarli, ammo Elizabet Hurley 53 yoshda. Albatta, u ham ko‘plab taniqli shaxslar qatori yaxshi ko‘rinishga ega biroq baribir uning chindan ham 50dan o‘tganiga ishonish juda qiyin. Aktrisa, modelyer, dizayner va 17 yoshli yigitning onasi hech qanday parhez qilmaydi. U mutanosib ovqatlanadi, ochiq havoda ko‘p vaqt sarflaydi va har kuni sport bilan shug‘ullanadi. Amerikalik jurnalist va yangiliklar boshlovchisi Dominik Saks, 51 yoshda, bir nechta shoular muallifi. 2 ta “Emmi” mukofotiga sazovor bo‘lgan, “Fitness inqilobiga” asos solgan va shu  orqali mashhur blogerga aylangan. Dominikning fikricha, go‘zallik va yoshlikni saqlab qolish uchun muvozanatli ovqatlanish va muntazam ravishda jismoniy mashqlar qilish shug‘ullanish shart. Biroq eng muhimi, ayol doimo go‘zallikni his qilib yashashi lozim.
41
3,252
Foto
Turli mamlakatlarda kelin-kuyovga qancha to‘yona berish odat tusiga kirgan? (fotogalereya)
AdMe statistikaga tayanib, turli mamlakatlarda kelin-kuyovga o‘rtacha qancha to‘yona berilishini hisoblab chiqdi. Bundan nafaqat do‘st va yaqinlar, balki odatda kamroq pul beradigan uzoqroq tanishlar tomonidan to‘yonalarning o‘rtachasi olingan.
90
244
Foto
Janubiy koreyalik ayollar orasida urfga kirgan nafis dizayndagi manikyurlar (foto)
Koreyada ba’zi neyl-trendlar bir necha yillar davomida urfdan qolmaydi, qolganlari esa qisqa vaqt ichida o‘z o‘rnini yangilariga bo‘shatib beradi. Janubiy Koreyaning moda ixlosmandlari orasida qanday dizayndagi manikyurlar mashhurligini e’tiboringizga havola etamiz.
82
266
Foto
Fotogalereya: Ertaknamo 20 ko‘prik
Inson necha asrlardan buyon ko‘prik quradi. Faqat bir maqsad — uzoqlarni yaqin qilish uchun. AdMe nashri qo‘rqmasdan san’at asari deb atash mumkin bo‘lgan ko‘prik va akveduklar jamlanmasini tayyorladi.
34
201
Foto
Foto: Suvsiz shahardagi hayot
Hindistonda ichimlik suvi keng miqyosli muammoga aylangan. Mamlakat poytaxti Dehli shahrida ichimlik suvini yetkazib berishni nazorat qiladigan davlat idorasi ham faoliyat ko‘rsatadi, deb yozmoqda “Nur.kz”. Rasmiylar ichimlik suvi yetkazib berishni oshirish orqali halokatli holatni yaxshilashga urinmoqda. Biroq urinishlar foyda bermayapti. Suv baribir hammaga yetmaydi. Dehlida suv mafiyasi faoliyat olib boradi va o‘z odamlari yordamida mamlakatdagi vaziyatni beqarorlashtiradi.
29
483
Foto
Mayamida noroziliklar, Milanda boʻlib oʻtayotgan moda haftaligi, “Saint-Symphorien” stadionidagi “PSJ” muxlislari — 23 sentyabr suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz. Milanda moda haftaligi boʻlib oʻtmoqda. Foto: Joy Meribe kolleksiyasining namoyishi. Kelib chiqishi bolgariyalik boʻlgan amerikalik rassom Xristo Yavashev gʻoyasi asosida katta mato parchasiga oʻralgan Parijdagi Gʻalaba arkasi. Madriddagi «Kolizey» teatrida xonanda Tina Tyorner haqidagi «Tina» musiqiy filmining press-namoyishi boʻlib oʻtdi. Xanoy ma‘muriyati koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish maqsadida ikki oy oldin kiritilgan cheklovlarni yengillashtirdi «PSJ» muxlislari Metzdagi «Saint-Symphorien» stadionida. Mayamida Gaiti qochqinlarining chiqarib yuborilishiga qarshi norozilik namoyishlari boʻlib oʻtmoqda. Urugvayning asosiy sayyohlik porti 18 oylik tanaffusdan keyin yana sayyohlarni kutib oladi. Bavariyada quyosh chiqmoqda. Indoneziyaning Depok shahrida joylashgan kulolchilik va hunarmandchilik fabrikasidagi ish jarayoni. Panamada xalq COVID-19 pandemiyasi paytida oʻrnatilgan cheklov choralariga qarshi norozilik namoyishlarini oʻtkazdi.
137
1,023
Foto
Fotogalereya: Yaponiyada qor va muzdan yasalgan haykallar festivali
Yaponiya an’anaviy Sapporo (Sapporo Yuki-matsuri) festivali ish boshladi. Unda yuzdan ortiq muzdan va qordan yasalgan ishlar namoyishga qo‘yilgan. Ba’zilarining balandligi  25 metrga yetadi. TJournal ularning ba’zi rasmlarini taqdim etdi.
67
238
Foto
I Xalqaro baxshichilik san’ati festivalining taqdirlash marosimidan fotoreportaj
Madaniyat vazirligi I Xalqaro baxshichilik festivalining taqdirlash marosimidan rasmlar taqdim etdi.
80
100
Foto
Foto: 3D-printerda yaratilgan ko‘prik
Niderlandiyaning janubidagi Gemert shahrida 3D-printerda yaratilgan ko‘prik foydalanishga topshirildi. 8 metrli mahsulot BAM infra kompaniyasining buyurtmasiga asosan Eyndxoven texnika universiteti laboratoriyasida tayyorlandi, deb xabar berdi TJournal. Ushbu konstruksiya uch oy davomida 800 ta temir-beton qatlamlaridan tayyorlandi. Ko‘prik 40 ta yuk mashinasining og‘irligidagi yukni ko‘tarishga qodir, biroq undan faqatgina velosiped va piyodalar foydalanadi. Kompaniyaning ma’lum qilishicha, ushbu konstruksiyani tayyorlashda oddiy ko‘prikni qurishda ishlatiladigan resruslarga nisbatan “ancha kam” sarflangan. BAM Infra ushbu ko‘prikni “3D-printerda chop etilgan birinchi ko‘prik” deya atadi. Aslini olganda ushbu turdagi ko‘priklarni yaratishni yirik kompaniyalarga 3D chop etish xizmatlarini taklif etadigan MX3D startapi xodimlari taklif etishgan edi.
37
862
Foto
“O‘ynoqi kit”, “Tropik kelin”, “Muzlagan yurak”: 2020-yilning dronlardan olingan eng yaxshi suratlari e’lon qilindi
“Drone Photo Awards 2020” tanloviga uchuvchisiz harakatlanuvchi moslama, dirijabl, parashyut va samolyotlardan olingan suratlar qabul qilinadi. Mazkur tanlovda o‘z fotosuratlari bilan ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan suratkashlar hakamlar hay’ati tomonidan e’lon qilindi. Hakamlar hay’ati tomonidan Jim Pikoning kadri “Yil surati” deb tan olindi. Qish, muzli suv – to‘polon: akula baliq to‘dasi ichida o‘z o‘ljasini ta’qib etmoqda. “To‘y” nominatsiyasida birinchi sovrin “Tropik kelin” surati muallifi Muhammad Azmilga nasib etdi. “Tabiat” nominatsiyasi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni Martin Xarvi “Logipi ko‘lidagi flamingolar” asari bilan egalladi. “Insonlar” nominatsiyasida Aleksandra Menikonsi “Sovuq yer” surati bilan g‘olib bo‘ldi. “Yovvoyi tabiat” nominatsiyasi bo‘yicha Dmitriy Vilyunovning “Jiyron qushlar qayerda yashaydi?” eng yaxshi surat deb topildi. Pol Xelenning “Qaqnusning tirilishi” surati  “Abstraksiya” nominatsiyasida birinchi o‘ringa loyiq deb topildi. “Yuqorida quyosh chiqishi” surati muallifi Reks Zu “Shaharlar” nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. “Abstraksiya” nominatsiyasida Chung Fam Xayning “Baliq ovi tarmog‘i” surati sovringa loyiq ko‘rildi. Tomer Appelbaumning “Qora bayroq” surati “COVID-19 bilan hayot” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. Surat Isroildagi namoyishchilarning ijtimoiy masofani saqlagan mitingida olingan. “Tabiat” nominatsiyasida g‘oliblik Jozef Cheyrezning kulrang kit sayyohlar bilan o‘ynagani aks etgan suratga nasib etdi. “Yer yuzida o‘zga sayyoralik imorat” surati muallifi Tomasha Kovalski “Shaharlar” nominatsiyasi g‘olibi deb topildi. “Sevishganlar maydonida” surati muallifi Kshishtof Kravchik “To‘y” nominatsiyasida ikkinchi o‘rinni egalladi. “Bahoriy zebra” surati muallifi Lukash Rays “Abstarksiya” nominatsiyasi bo‘yicha yuqori bahoni qo‘lga kiritdi. “Sport” nominatsiyasida Roberto Korinaldezining “Dengizda” surati g‘olib deb topildi. Igor Altunaning “Tuz tog‘lari” surati “Insonlar” nominatsiyasida sovrindor bo‘ldi.
115
2,008
Foto
Muzlagan mevalar, sovuqda qolgan qochqinlar lageri, Kievdagi xalq mudofaa mashg'ulotlari — 31 yanvar suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz. Suriyaning Idlib viloyatida joylashgan qochqinlar lageridagi odamlar sovuq havo sabab qiyin ahvolda qolmoqda. Kievda mahalliy aholi o'rtasida harbiy mudofaa tayyorgarligi o'tkazilmoqda. Nemis rassomi Frans Markning “Tulkilar” kartinasi Londondagi “Christie’s” auktsionida sotuvga qo'yildi. AQShning Florida shtatida mevalar muzladi. Bostonda yog'ingarchilik bo'yicha kunlik rekord yangilandi. Rossiyaning Kaliningrad viloyatida tsiklon oqibatida suv toshqinlari yuz berdi. Chilining shimolida noqonuniy migratsiya va jinoyatchilikka qarshi norozilik namoyishi bo'lib o'tdi. Boltiq dengizidagi to'fon. Sudanda harbiy to'ntarishga qarshi norozilik namoyishlari bo'lmoqda. Londondagi Chayna Taunda xitoy Yangi yiliga tayyorgarlik ko'rilmoqda.
110
800
Foto
Yuz yil ichida katta o‘zgarishlarga uchragan 15 ta kasb (foto)
Dunyo tezlik bilan o‘zgarmoqda, shu bilan birga, odamlar ham. Agar ilgari odamlar yo‘l haqi uchun aravakashga tanga bergan bo‘lsa, yangi bosh kiyim uchun tikuvchiga borgan bo‘lsa, endi kartani ilovaga ulash yoki savdo markazlariga borishi kifoya. Odamlar otlar o‘rniga mashinadan foydalana boshladi, lekin aravakashlar ishining mohiyati o‘zgarmadi: to‘laysiz va kerakli manzilga borasiz. Endi bu kasb egalari taksichi deb ataladi. Chang‘i uchuvchi 100 yil oldin va keyin Augusta Ada King Lavleys (Bayron) birinchi dasturchi hisoblanadi va uning zamonaviy hamkasbi. Zamonaviy stomatologlarning uskunalari yuz yil avvalgidan ko‘ra ko‘proq xotirjamlik beradi. Kinematograf Roland Totero, Charli Chaplin bilan hamkorlikda tanilgan va “1917” filmi uchun 202o-yilda “Oskar”ni olgan Rojer Dikinz. XX asr boshlari va hozirgi politsiya xodimi. XX asrning dunyoga mashhur dizayneri va moda uyining asoschisi Koko Shanel hamda modelyer va Chanel’ning ijodiy direktori Virjiniya Viar. “Bo‘ydoqning kvartirasi” filmidagi kotib (1931) va zamonaviy “Ish o‘rganuvchi” filmidagi kotiba. Jarrohlar hozirda o‘tgan asrdagi hamkasblariga noma’lum asbob-uskunalar bilan jihozlangan operatsion xonalarda ishlaydi. Tikuvchi va zamonaviy britaniyalik bosh kiyimlar dizayneri Stiven Jons. Yevropadagi birinchi styuardessa Nelli Diener va uning zamonaviy hamkasblari. 100 yildan kamroq vaqt ichida kosmosdagi birinchi odamdan xususiy kosmik kompaniyalargacha. Chiroyli deb hisoblanadigan narsalarning ko‘lami tobora kengayib bormoqda. Masalan, modellar orasida nafaqat nozik, balki do‘mboq qizlarni ham ko‘rish mumkin. Ularga yuz yil avval ham tashrif buyurishgan. Shunday qilib, manikyur ustasining ishi doimo talabga ega. Anna Xyubler va Genrix Burger – figurali uchish bo‘yicha birinchi jahon chempioni. Figurali uchuvchilar Alena Savchenko va Bryuno Masso – 2018-yilgi Olimpiada oltin medali sohiblari.
62
1,892
Foto
Foto: 2017-yilda Yevropa va Afrikada sodir bo‘lgan terrorchilik hujumlari oqibatidan jabrlanganlar
Afrikada Yevropadagi nisbatan 20 barobar ko‘proq terrorchilik hujumlari sodir bo‘ladi. 2017-yilning boshidan buyon Afrikada 343 ta terrorchilik hujumi (deyarli har kuni) amalga oshirilgan va uning oqibatida 2600 yaqin inson halok bo‘lgan, deb xabar berdi TJournal. Yuqorida keltirilgan suratdagi ko‘k rangli insonlar — Yevropa, qizil ranglilari esa — Afrika aholisi.
98
367
Foto
Yulduzlarning Instagram sahifasiga joylashtirgan ilk va oxirgi suratlari (foto)
Ayni paytda Instagram dunyodagi eng mashhur ijtimoiy tarmoqlardan biri hisoblanadi. Yaxshi tomoni shundaki, ushbu tarmoqda mashhur insonlarning ham haqiqiy sahifasi mavjud va ularning kundalik hayotida nimalar ro‘y berayotganini yaqindan kuzatib borish qulay. Quyida ularning Instagram sahifalariga ilk va oxirgi vaqtlarda joylashtirilgan fotosuratlari orasidagi tavofutni ko‘rish mumkin. Yulduzlar orasida bir necha yildan buyon Instagram’da faollar hamda, masalan, Jennifer Eniston kabi 2019-yildan foydalanishni boshlaganlar ham bor. Shunga qaramay, ularning obunachilari talaygina. Nikol Kidman, 2018-yil Hozir Dueyn Jonson, 2013-yil Hozir Kim Kardashyan, 2012-yil Hozir Ariana Grande, 2011-yil Hozir Robert Dauni, 2015-yil Hozir Emiliya Klark, 2015-yil Hozir Eshton Kutcher, 2011-yil Hozir Chenning Tatum, 2012-yil  Hozir Adel, 2015-yil Hozir Uill Smit, 2017-yil Hozir Tayra Benks, 2012-yil Hozir Tom Xiddlston, 2016-yil Hozir Ed Shiran, 2012-yil Hozir Ledi Gaga, 2012-yil Hozir Margo Robbi, 2014-yil Hozir Liam Xemsvort, 2015-yil Hozir Kameron Dias, 2013-yil Hozir Jennifer Eniston, 2019-yil Hozir
79
1,138
Foto
Fotogalereya: Haqiqiyligiga shubha uyg‘onuvchi suratlar
Ba’zan atrofdagi narsalar haqiqiy emasdek ko‘rinadi. Ularning haqiqiyligiga ishonish uchun to‘liq tushunish kerak. AdMe ana shunday taassurot uyg‘otuvchi suratlar jamlanmasini taqdim etdi.
55
188
Foto
Dunyo xaritasiga kiritilmagan shaharlar (foto)
Yopiq shahar tushunchasi Sobiq Ittifoq davrida paydo bo‘lgan. Aynan o‘shanda devor bilan o‘ralgan birinchi aholi punktlari qurilgan. Unga faqat ruxsatnoma orqali kirish mumkin bo‘lgan. Umuman olganda, bunday shaharlarda hayot oddiy davom etgan, faqat harbiy obyektlar, qurol ishlab chiqarish (kimyoviy yoki oddiy) yoki radioaktiv chiqindilarni qayta ishlash zavodlari bo‘lgan. TravelAsk mana shunday shaharlar suratini taqdim etdi. Keyinchalik yopiq shaharlar boshqa mamlakatlarda — Qatardan tortib, AQShgacha bo‘lgan mamlakatlarda paydo bo‘lgan. Biroq, soni bo‘yicha Rossiya yetakchilikni egallab turibdi. Bugungi kunda mamlakatda 39 ta yopiq shahar faoliyat ko‘rsatmoqda. Avstriyalik fotosuratchi Gregor Zayler ayan shunaqa shaharlarni rasmga olgan. U rasmlarida dunyodan umuman uzilib qolgan hududlarni ko‘rsatgan. Ular nafaqat devor bilan, balki qurollar, harbiy harakatlar, o‘ta noqulay iqlim va ishga layoqatliligi bilan ham dunyodan uzilib qolgan. Xomashyo konlari, qochqinlar lagerlari, harbiy bazalar, boylar uchun qishloqlar — buning hammasi avstriyalik suratchining fotoapparitga tushgan. Uning fotosuratlari  XXI asrning boshida dunyomizning mohiyatini va muammolarini aks ettiradi: iqlim o‘zgarishi, siyosiy nizolar, katta tezlikda tugab borayotgan yer resurslari va mutlaq xavfsizlikka bo‘lgan talab. Loyiha ustida ishlayotgan Zayler turli qiyinchiliklarga duch kelgan. U aholi punktlaridan bitta-bittadan ma’lumot to‘plab chiqishiga to‘g‘ri kelgan, chunki ochiq ma’lumotni boshqa hech qayerda yo‘q. Ammo harbiy bazalarda, qochqinlar lagerlarida doimiy nazorat ostida va qurollangan kishilar bilan ishlash qiyin kechgan. Boshqa sinovlar ham fotografning ulushiga tushib qoldi — iqlim: Qatarda + 65 ° C, Rossiyada esa -50 ° C, ko‘pincha ko‘chada ishlashning iloji yo‘q edi. 2. Rossiya: Mirniy, Yoqutiston 3. Jazoir/G‘arbiy Sahara: Rabuni 4. Ozarbayjon: Neft konlari 5. Qatar: Ras-Laffan 6. Jazoir/G‘arbiy Sahara: Smara 7. Jazoir/G‘arbiy Sahara: Eskuela 27 Febrero 8. Chili: Chukikamata
46
2,009
Foto
Fotogalereya: Yerning havodan olingan maftun etuvchi manzaralari
Fotograf Stas Bartnikas kichik samolyot va vertolyotlarda uchib, sayyoraning go‘zal manzaralarini tomosha qiladi va ularni suratlarga muhrlaydi. TravelAsk uning ijod namunalarini taqdim etdi.
64
191
Foto
Fotogalereya: Tutanxamon qabridan topilgan narsalar
Tutanxamon tarixdagi eng mashhur fir’avnlardan biri. U Misrni 1300-yillarning birinchi yarmida boshqargan. 1922-yil uning qabrini o‘rgangan ingliz arxeologi juda ko‘p sirlarni ochdi. Travel Ask ularning suratini taqdim etdi.
51
224
Foto
Fotoreportaj: qor qo‘ynidagi Qamchiq dovoni
O‘zA oppoq qorga burkangan Qamchiq dovoni manzaralari aks etgan suratlarni e’lon qildi.
43
87
Foto
Fotojamlanma: Italiyaning Venetsiya shahri 3 oydan so‘ng sayyohlarga eshiklarini ochdi
Venetsiyaning uch oy huvillab yotgan maydonlari, xiyobonlari, ko‘llari va gondola qayiqlari nihoyat sayyohlarni qarshi oldi, deb yozadi  The Guardian. Koronavirus pandemiyasi Italiyada 34 mingdan ortiq insonning hayotiga zomin bo‘ldi. Hozirda yangi kasallanish holatlari juda kam qayd etilayotgan bo‘lsa-da, mamlakat jamoat joylarida xavfsizlik choralarini bekor qilmagan. Gondolada sayrga otlangan sayyohlar. Tovarni olib kelayotgan kuryer Muqaddas Mark maydonidagi terrasada mehmonlar ichimliklar buyurtma qilishi mumkin. San-Marko maydonidagi Florian kafesi xizmatchisi kursilarni mehmonlar uchun tayyorlamoqda. Muqaddas Mark maydonida dam olayotgan mehmonlar. Ko‘cha sotuvchisi sayyohlarga xizmat ko‘rsatishga tayyorlanmoqda. Muqaddas Mark maydonida suvenirlar do‘konlari, deyarli hamma restoranlar qayta ish boshladi. Gondolachilar yana o‘z ishiga qaytdi Florian kafesi ofitsianti mijozlarga xizmat ko‘rsatmoqda. Sayyohlar ko‘prikni tomosha qilish uchun to‘xtab turibdi. Gondolachi Rialto ko‘prigiga yaqinlashmoqda. Ofitsiant tashrif buyuruvchilar bilan suhbatlashmoqda. Dojlar saroyiga kirishga navbatga turgan sayyohlar. Saroy ichida niqob taqish, ijtimoiy masofa saqlash majburiy. Xodimlar odamlarni qoidalarga rioya qilishga chaqirmoqda. Ko‘prik ostidan o‘tayotgan gondolachilar. Sayyohlar Dojlar qasrini tomosha qilmoqda. Mamlakatdagi deyarli barcha diqqatga sazovor maskanlar qayta ish boshlagan. Rialto yaqinida gondolada sayr. Mamlakatda turizmning hamma turlari ham qo‘llab-quvvatlanmayapti. Jamotchilik faollari jonli zanjir tashkil etib, juda ko‘p sayyohlarning qabul qilinishiga qarshilik qilmoqda.  Karantin yumshatilgan dunyo mamlakatlaridagi bugungi hayot — suratlarda
86
1,720
Foto
Mashhurlarga ikki tomchi suvdek o‘xshash bo‘lgan oddiy odamlar (fotogalereya)
Fun Stories nashri taniqli shou-biznes vakillari va mashhur kishilarga juda o‘xshash bo‘lgan oddiy odamlar suratlarini taqdim etdi. Ular dunyoning mutlaqo turli burchaklarida yashaydi. Rossiyalik Leonardo Di Kaprio
77
225
Foto
Fotogalereya: Qush parvozi balandligidan olingan fotosuratlar
Yer sayyorasi turli demografik va tabiiy landshaftlarga boy. Ularning har biri takrorlanmas ko‘rinishga ega. Bu manzaralar, ayniqsa, yuqoridan tomosha qilinganda o‘zining ajib go‘zalligini yanada yorqinroq namoyon qiladi. AdMe nashri qush parvozi balandligidan olingan betakror fotosuratlar jamlanmasini taqdim etdi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
61
402
Foto
O‘zbek shou-biznesi vakillarining bolalikdagi suratlari (foto)
1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan o‘zbek shou-biznesi vakillarining bolalikdagi suratlari jamlanmasi taqdim etiladi. Shahzoda Fotokollaj: “Daryo” Jahongir Poziljonov Fotokollaj: “Daryo” Lola Fotokollaj: “Daryo” Ulug‘bek Rahmatullayev Fotokollaj: “Daryo” Akbarxo‘ja Rasulov Fotokollaj: “Daryo” Yulduz Turdiyeva Fotokollaj: “Daryo” Shohruxxon Fotokollaj: “Daryo” Nilufar Usmonova Fotokollaj: “Daryo” Javohir Zokirov Fotokollaj: “Daryo” Munisa Rizayeva Fotokollaj: “Daryo” Zohirshoh Jo‘rayev Fotokollaj: “Daryo” Zarina Nizomiddinova Fotokollaj: “Daryo” Shukurillo Isroilov Fotokollaj: “Daryo” Asal Shodiyeva Fotokollaj: “Daryo” Sevara Nazarxon Fotokollaj: “Daryo” Rayhon Fotokollaj: “Daryo”
62
748
Foto
Foto: Qishda turli mamlakatlar aholisi tomonidan uyda o‘rnatiladigan harorat
Qishda uylarni isitish tabiiy hol. AdMe dunyoning turli mamlakatlari aholisi tomonidan qishda uyda o‘rnatiladigan haroratga e’tibor qaratdi.
76
140
Foto
Britaniyalik rassom 100 mingta pichoqdan haykal yasadi (foto)
Britaniyada rassom 100 mingta pichoqdan iborat haykal yasadi, deya xabar bermoqda TJournal. Loyiha muallifi Alfi Redli butun Angliya va Uels bo‘ylab jinoyatlarda qo‘llanilgan pichoqlardan iborat haykalni loyihalashtirish va yig‘ishga ikki yil sarfladi. Sovuq qurol Shropshirdagi politsiya uchastkalari va metallni qayta ishlash markazi tomonidan taqdim etildi. Har bir pichoq “biologik material”dan tozalangan va o‘tmaslashtirilgan. Farishta ko‘rinishidagi haykal yasab bitkazilgach, Redli hukumatga murojaat qilib, uni Londondagi Trafalgar maydoniga o‘rnatishni so‘radi. Shu tariqa, u britaniyaliklarning mavjud muammodan xabardorligini oshirmoqchi. Change.org saytida ushbu rejani qo‘llab-quvvatlovchi petitsiya e’lon qilindi, uni 6 mingdan ziyod kishi imzolashga ulgurdi.
61
777
Foto
Malika Diananing shaxsiy albomidan yangi fotosuratlar oshkor etildi
Malika Diananing shaxsiy albomidan olingan fotosuratlar uning o‘limiga 20 yil to‘layotgani munosabati bilan “Diana, mening onam: uning hayoti va merosi” nomli hujjatli film doirasida ko‘rsatildi. Bu haqda “Gazeta.ru” yozmoqda. Hujjatli film Buyuk Britaniyaning ITV telekanalida 24-iyul kuni efirga uzatiladi.
67
308
Foto
Fotogalereya: Tokio tramvayi
Tokioda tramvay 1903-yili ish boshlagan bo‘lib, o‘z taraqqiyotining cho‘qqisida shaharda 213 kilomter tramvay yo‘li, 41 ta tramvay yo‘nalishi mavjud edi, u har kuni 1,5 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatardi, deb yozadi bloger Ilya Varlamov. Biroq avtomobillar soni ko‘payishi va shahar ko‘chalarining torligi sabab, u samaradorlik bo‘yicha avtobus va metroga imkoniyatni boy berdi. 1967—1972-yillar mobaynida shaharda 181 kilometr tramvay yo‘li demontaj qilindi. Tokioda tramvayning tugatilishi an’anaviy xayrlashuv marosimlari va tramvayga qaratilgan ta’sirli xayrlashuv so‘zlarisiz bo‘lishi mumkin emas edi. 1967-yili olingan quyidagi suratlarda tramvay bilan xayrlashayotgan tokioliklar aks etgan: “Sadoqatli xizmating uchun rahmat, hurmatli tramvay!”. SONY binosidagi yozuv: “Xayr, tramvay”. Hozir Tokioda faqat bitta — Arakava tramvay yo‘nalishi mavjud. U ham yopilib ketishi mumkin edi, biroq shahar aholisining talabi bilan saqlab qolingan va 1974-yili Tokio transport byurosi boshqaruviga topshirilgan. Yo‘nalishning uzunligi 12,5 kilometr bo‘lib, uning eng eski bo‘laklari 1913-yilda qurilgan. Tramvaylar 30 bekatdan iborat yo‘nalishni 50 daqiqada bosib o‘tadi. Yaponiya jamoat transportining 100 yilligi tantanalaridan lavha, Tokio, 2011-yil. Tramvay — shunchaki bir hududiy transport emas, balki o‘tmishga ko‘rsatilgan hurmat belgisi va eski Tokio ruhini saqlab qolish yo‘lidagi bir urinishdir. Mazkur attraksion sayohatchini Tokioning zamonaviy tumanlariga o‘xshamas boshqa — samimiyroq tomoniga ohista olib kiradi. Ba’zi joylarda tramvay uylardan bir necha santimetr beridan o‘tgan bo‘lib, oddiy tokioliklarning turmushiga bir nazar tashlash uchun yo‘lovchida zo‘r imkoniyat hosil bo‘ladi. Bu kabi ko‘hna dahalarda asosan keksalar — aynan an’anaviy yaponcha hayot tarzini olib boruvchi kishilar istiqomat qiladi. Shuningdek, tramvay xiyobon va qabristonlar orasidan, oilaviy do‘konchalar va hunarmandchilik ustaxonalari joylashgan tor ko‘chalardan o‘tadi. Tramvay sayohatchilar orasida ancha ommabop. Uning faoliyati katta foyda keltirmasa-da, ma’muriyat har hafta turli tadbir va festivallar tashkil etish bilan tramvayni qo‘llab-quvvatlashga harakat qiladi. Bundan tashqari, aqlga sig‘ishi mumkin bo‘lgan har turli tramvay-suvenirlarni — xohlang vagon ko‘rinishidagi shirinlik, istasangiz tramvayning kichik modelini xarid qilish mumkin. Eski davrlarga xos muhitni saqlab qolish maqsadida, Tokioda zamonaviy tramvaylardan foydalanilmaydi. Eng eski tramvay modellari ham 1954-yildan beri o‘zgartirilmagan, yangilarining (2009-yilda yo‘lga tushirilgan) ham ko‘rinishi eski tramvaylarga xos uslubda. Bir juft retro-tramvay ham bor, bekatlardan biridan esa “Xotiralar maydoni” mavjud — bu yerda xizmatini o‘tab bo‘lgan tramvaylarni tomosha qilish mumkin. Tramvaylar va bekatlarning tashqi ko‘rinishida o‘tmish belgilarini saqlab qolishga harakat qilingani bilan, bekatlar ham, tramvaylarning o‘zi ham eng zamonaviy yapon standartlari bo‘yicha jihozlangan. Har bekatda hojatxonalar, yo‘l ko‘rsatkichlar, axborot taxtalari, imkoniyati cheklangan kishilar uchun shart-sharoit, vagonga nogironlik aravachasida kirish va chiqish uchun pandus kabilar bor. Yaponiyadagi har qanday jamoat transportida bo‘lgani kabi, tramvayda ham mobil telefonda gaplashish nomaqbul harakat hisoblanadi. Mamlakatda hamma tramvaylar ham xotira ramzi vazifasini o‘tamaydi. Ko‘plab shaharlarda ko‘rinishi juda zamonaviy tramvaylar qatnaydi. Masalan, Sapporoda: Toyama Xirosima
28
3,476
Foto
Yovvoyi tabiatning eng kulgili suratlari tanlovi g‘oliblari e’lon qilindi (foto)
Yovvoyi tabiatning eng kulgili suratlari bo‘yicha Comedy Wildlife Photography Awards mukofotining 2018-yilgi g‘oliblari e’lon qilindi, deb yozadi “Pravda Vostoka”. Tanlov to‘rt yildan buyon o‘tkazib kelinadi. Unda ham professional, ham havaskor fotograflarning minglab ishlari qatnashadi. Suratlarning kulgili xususiyatiga qaramasdan, mukofotning o‘zi shunchaki ko‘ngilxushlik emas: u yovvoyi tabiatni asrash muammosiga e’tibor qaratish uchun tashkil qilingan.
80
462
Foto
Chang ostida qolgan Evropa shaharlari, hibsga olingan Putin do'stining yaxtasi, AQSh–Yaponiya harbiy mashg'ulotlari — 15 mart suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz. Falastinning Nablus shahrida Isroil askarlari tomonidan o'ldirilgan falastinlik yigitning dafn marosimida yig'ilganlardan biri quroldan o'q uzmoqda. Ukraina poytaxti Kievda rus bombardimoni ostida qolgan binoda chiqqan yong'in o'chirilmoqda. La Mansh orqali Angliyaga kelgan muhojirlar sohilda qarshi olinmoqda. AQSh hamda Yaponiya harbiylari Fudziama tog'i etaklarida qo'shma harbiy mashg'ulotlar o'tkazmoqda. Politsiya xodimi Ichki Mo'g'uliston viloyatidagi aholi punktiga oziq-ovqat yetkazib bermoqda. Hududda koronavirus sababli cheklovlar joriy qilingan. Evropaning bir qator shaharlari Sahroi Kabirdan kelgan qum va chang bo'roni ostida qoldi. Suratda Shveytsariyaning Lyutsern shahri. Evropaning bir qator shaharlari Sahroi Kabirdan kelgan qum va chang bo'roni ostida qoldi. Suratda Ispaniyaning Granada shahri. Evropa janubi qum ostida, shimol esa qor ostida. Grenlandiyaning Nuuk shahri qor bo'roni ostida qoldi. AQSh–Yaponiya mashg'ulotlaridan yana bir kadr. Bunday mashg'ulotlar nega o'tkazilayotganini taxmin qilish qiyin emas. Ispaniya hukumati “Rostex” davlat korporatsiyasi rahbari, KGB (SSSR Davlat xavfsizlik qo'mitasi) sobiq zobiti, rossiyalik oligarx Sergey Chemezovning 85 metrlik yaxtasini hibsga oldi.
135
1,284
Foto
Vaksinaga qarshi norozilik namoyishi, dezinfeksiya qilinayotgan maktablar, osma koʻprikdagi sayyohlar — 30 avgust suratlari
Bugunning eng sara suratlarini etiboringizga havola etamiz. Kobul aeroportiga otilgan raketalar oqibatida portlagan avtomobil. Hindistonda Janmashtami festivali davomida Krishna qiyofasida chiqqan bola. Kaliforniyadagi oʻrmon yongʻinlarini oʻchirayotgan oʻt oʻchiruvchilar rejalarini muhokama qilmoqda. Turistlar Qrimdagi osma koʻprikda yurib ketmoqda. Angliyaning Kotsould qishlogʻida an‘anaviy daryo futboli boʻyicha musobaqa boʻlib oʻtdi. Janubiy Afrika Respublikasi poytaxti Pretoriya shahrida aholi koronavirusga qarshi niqoblar va vaksinalashga qarshi norozilik namoyishlari oʻtkazdi. Turkiyada faxriy qorovul milliy bayram kuni saf tortib turibdi. Turkiyaning Kappadokiya shahrida 2-Xalqaro havo sharlari festivaliga start berildi. Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida maktablar yangi oʻquv yili oldidan dezinfeksiya qilinmoqda. Germaniyaning Ramshtayn shahridagi AQSh harbiy ba‘zasida saqlanayotgan afgʻonistonlik qochqinlar.
123
933
Foto
Dushanbeda oʻtgan sammit, Kobuldagi universitet qizlari, plastik chiqindilar muzeyi — hafta suratlari
Haftaning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz. Prezident Shavkat Mirziyoyev Shanxay Hamkorlik Tashkiloti davlat rahbarlari kengashining yubiley majlisida ishtirok etdi. ShHTning oʻtgan 20 yildagi faoliyatining asosiy yakunlari hamda istiqboldagi ustuvor vazifalari muhokama qilindi. Global va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi. 2021–2022 yillarda ShHTga Oʻzbekiston raislik qilishini inobatga olib, davlat rahbari tashkilotning kelgusi davrdagi asosiy ustuvor yoʻnalishlari va vazifalariga toʻxtalib oʻtdi. Sammitda ishtirok etgan davlat va hukumat rahbarlarining umumiy surati. Madriddagi «Mercedes-Benz» moda haftaligida chiqish qilayotgan model. Braziliyalik syorfingchi Italo Ferreyro oʻz chiqishini amalga oshirmoqda. Indoneziyada ekofaollar plastik idishlardan muzey tashkil qildi. Kaliforniyada davom etayotgan oʻrmon yongʻinlari sabab havo qizgʻish tusga kirib qoldi. Kobuldagi Shahid Rabboniy universiteti talaba qizlari «Tolibon» bayrogʻini ushlab, ma‘ruza tinglamoqda. Nyu-Yorkda quyosh botishi. Kyolndagi yosh polisiyachilar qasamyod qilmoqda. Fransiyaning Sen-Trope shahrida yelkanli qayiqlar poygasi boʻlib oʻtmoqda. Florida shtatida joylashgan kosmodromdan fazoga uchirilgan Crew Dragon kemasi. Moskvadagi «Ochiq suv» deb nomlangan suv sporti turlari festivali. «Manchester Siti» va «Leypsig» jamoalari oʻrtasidagi futbol uchrashuvidan bir lavha.
101
1,388
Foto
Foto: Amerikadagi faqat bir kishi yashaydigan shahar va unga rahbarlik qiluvchi ayol
AQShning Nebraska shtati shimolida joylashgan Monovi shahrida yashovchi 84 yoshli ayol Elsi Eyler o‘ziga soliq to‘laydi, saylovda bir ovozdan o‘zini shahar meri etib saylaydi va savdo qilish uchun o‘ziga o‘zi litsenziya beradi. Bunga sabab shuki, shaharda undan boshqa hech kim yashamaydi. AdMe ana shu ayol va uning hayoti haqida hikoya qildi. Monovi shahrini odamlar 1960-yillarda tark eta boshlagan. Dastlab pochta bo‘limi va oziq-ovqat do‘koni yopilgan, 1974-yilda esa mahalliy maktabni oxirgi o‘quvchi bitirgan. Monovining yagona yashovchisi Elsi Eylerning o‘g‘li va qizi bor, biroq ular allaqachon shahardan ko‘chib ketgan. Ayolning eri Rudi 2004-yilda vafot etgach, u butun shaharni boshqarishni boshlagan. U bir vaqtning o‘zida shahar meri, g‘aznachisi, kutubxonachisi va barmeni hisoblanadi. Har yili Elsi o‘zi boshqaradigan barning eshigiga saylov haqida e’lon osadi, keyin o‘zini-o‘zi saylaydi. Uning majburiyatlariga davlat moliyalashini ta’minlash va shaharga ko‘chib kelishni xohlovchilar uchun yer uchastkalari reestrini yuritish uchun shaharning har yillik “yo‘l xaritasi”ni tuzish kiradi. Bundan tashqari, Elsi har yili o‘zidan 500 dollar miqdorida soliq undiradi. Bu mablag‘ shaharni yoritish va suv ta’minoti xarajatlariga yetadi. Bardan tashqari, shaharda kutubxona bor. Unda Rudi tomonidan yig‘ilgan besh mingta kitob mavjud. Eyler oilasining jiyanlari va nabiralari kutubxonaga yoritish tizimini va kitob javonlarini o‘rnatgan. Kutubxonaga hamma kirishi mumkin, uning kaliti eshikda osilgan turadi va hamma joydan ko‘rinadi. Elsi o‘z bari yaqinidagi kichik treylerda yashaydi. Shaharning yagona ko‘chasidagi boshqa binolar esa allaqachon bo‘shab qolgan. Har kuni ertalab soat 9:00 Elsi barni ochadi. Asosan unga shahardan 40—50 kilometr uzoqda yashovchi o‘tkinchilar tashrif buyuradi. Shuningdek, tanish haydovchilar ham kelib turadi, ularning ba’zilari ataylab eski tanishi bilan ko‘rishish uchun ham bu yerga keladi. Elsi yolg‘iz qolgan 2004-yilda Monovi haqida ko‘plab OAVlar yozgan. AQShdagi eng kichik shahar mashhurlikka erishgan, endi esa butun dunyodan sayyohlar tashrif buyuradi: Elsida sayyohlarning izohlari bilan to‘lgan to‘rtta mehmonlar kitobi bor.
84
2,188
Foto
Uy emas, muzey: Rossiyalik xonanda Timatining Moskvadagi ikki qavatli kvartirasiga sayohat (foto)
38 yoshli xonanda Timati – Timur Yunusov Moskvada ikki qavatli uy sotib oldi. Uy maydoni 650 kvadrat metrni tashkil etadi. Taniqli dizaynerlardan Artem Zverev va Artur Sharf xonanda uyining interyeri uchun mas’ul edi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, Timurning noodatiy iltimoslari bo‘lgan va ular reperning barcha orzularini ro‘yobga chiqarishga muvaffaq bo‘lgan. Qo‘shiqchining kvartirasida devorlarni bo‘yash bilan eng yaxshi mutaxassislar shug‘ullangan. Birinchi qavat devorlariga Lui Armstrongning “What a Wonderful World” qo‘shig‘idan misralar yozilgan. “Temur o‘zi uchun uni energiya va quvvat bilan to‘ldiradigan o‘ta zamonaviy uy bo‘lishini xohladi. Bu yerda hamma narsa g‘ayrioddiy tarzda rejalashtirilgan: masalan, deyarli 400 kvadrat metr maydondagi yuqori qavatda bor-yo‘g‘i ikki yotoqxona bor va bo‘sh joyning katta qismini mehmonxona egallaydi”, – deydi Artur. Uyning birinchi qavatida bolalar uchun ikkita yotoqxona mavjud – biri Alyona Shishkovadan tug‘ilgan qizi – Alisa uchun, ikkinchisi Anastasiya Reshetovadan ko‘rgan o‘g‘li – Ratmir uchun. Bundan tashqari, katta pianino o‘rin olgan dam olish xonasi, shuningdek, oshxona bilan birlashtirilgan keng mehmonxona mavjud. Unda xonandaning sevimli mototsikli, diqqatni tortadigan, rasmlar va haykalchalar to‘plami mavjud. Mebellardan bir nechta divanlar va pufakchali kreslo bor. “Eng noqulay, lekin eng chiroyli mebel, menimcha. Qulaylik nuqtayi nazaridan, bu eng nomaqbul stol, ammo uning dizayni juda ham yoqadi ”, – deydi xonanda. Ikkinchi qavatda xonandaning shaxsiy mulki joylashgan. Qavatlar orasida lift mavjud. Kvartiraning ichki qismi ultra-zamonaviy ko‘rinishga ega. Interyer buyumlar alohida e’tibor bilan tanlangan. Xullas, xonandaning xonadonidagi shkaf va mebellar qimmatbaho eman daraxtidan yasalgan va deyarli har bir devorda taniqli rassomlarning ijodini ko‘rish mumkin. “Kimdir buni qulay uy sifatida ko‘radi, lekin men uchun bu yoqimli va ilhomlantiruvchi muhit. Kimdir juda yorug‘, bunday muhitda yashash odamni charchatadi, deb aytadi. Ammo men uyimda o‘zimni ajoyib his qilyapman. Uy go‘yoki quvvatlantiradigan rozetkaga o‘xshaydi va barcha asar – energiya nuqtalaridir”, – deydi xonanda. Rassomning asosiy faxri uning kolleksiyasidir. Timatining kvartirasida ko‘plab noyob asarlar – rasmlar, haykallar va boshqa nodir buyumlar mavjud. Reper markali sumkalarni ham yig‘adi. Timatining ta’kidlashicha, uning kvartirasi noaniq muzeyga o‘xshaydi. “Men 10 yildan ortiq vaqtdan buyon zamonaviy san’at asarlarini to‘playman. Timati shunchalik kattaki, hammasi ham kvartiraga mos kelmadi, uning bir qismi omborda. Balki o‘z xazinalarimni keng ommaga ko‘rsatish uchun galereya ocharman. Menda Louis Vuitton sumkalarining to‘plami bor. Ikkitasi juda kam uchraydi, ularning rangli printi mening sevimli rassomlarimdan biri Takasi Murakami tomonidan yaratilgan. Men ularni uzoq kutdim. Kollektorlar orasida talabga ega bo‘lgan Kaws haykallarini yig‘ish uchun menga ko‘p vaqt kerak bo‘ldi ”, – deydi Timati. Timati uy ta’miri uchun sarflangan mablag‘ni oshkor qilmadi, lekin uning aytishicha, “boshi juda aylanib qolgan”. Ehtimol, ta’mirlash qiymati uyning narxi bilan barobar kelishi ham mumkin. Eslatib o‘tamiz, reperning yana bir kvartirasi bor, u yerda hozirda Anastasiya Reshetova va ularning o‘g‘li Ratmir istiqomat qiladi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, model o‘z kvartirasida ta’mirlanguncha vaqtincha foydalanish uchun u yerda yashayapti.
97
3,423
Foto
Koronavirusga chalingan bemorlar davolanayotgan shifoxonalarda ko‘zga tashlanayotgan holatlar — suratlarda
Reuters muxbirlari dunyo mamlakatlari shifoxonalarida, koronavirusning og‘ir formasini boshdan kechirayotgan bemorlar davolanayotgan —  jonlantirish bo‘limida bo‘lib, fotoreportaj taqdim etdi. Braziliyaning San-Paulu shahridagi kasalxonada kuzatilgan holat. Koronavirusdan tuzalgan ayol qizini bag‘riga bosmoqda. Hindistonning Nyu-Dehli shahridagi shifoxonaning intensiv terapiya bo‘limida maxsus himoya kiyimlaridagi shifokorlar bemorga qaramoqda. Moskva shahridagi M.V. Lomonosov nomli universitet klinikasining intensiv terapiya bo‘limidagi holat. Belgiyalik shifokorlar koronavirus inqiroziga qarshi mamlakat hukumati qaroriga nisbatan norozilik belgisi sifatida qora matoni bog‘lab oldi. Ispaniyaning Madrid shahridagi kasalxonaning intensiv terapiya bo‘limida 50 kun davolangan bemor odatiy palataga o‘tkazilmoqda. Italiyaning Bergamo shahridagi kasalxonaning intensiv terapiya bo‘limidagi bemor va tibbiyot xodimi. Indoneziyaning Jakarta shahridagi Persaxabatan kasalxonasida tibbiyot xodimlari bemorlarga mashq qildirmoqda. AQShning Texas shtati Hyuston shahridagi United Memorial Medical Center tibbiyot markazi jonlantirish bo‘limida koronavirusdan vafot etgan erkakning jasadi olib ketishga tayyorlanib, o‘rab qo‘yilgan. AQShning Texas shtati Hyuston shahridagi United Memorial Medical Center tibbiyot markazi jonlantirish bo‘limida koronavirusga chalingan bemorga qarayotgan tibbiyot xodimlari. Chili universiteti klinik shifoxonasiga olib kelingan bemor 76 yoshli Don Xayme qarindoshlari bilan xayrlashmoqda. Chilining Santyago shahridagi markaziy shifoxonada koronavirusdan davolanayotgan bemor. Chilining Santyago shahridagi markaziy shifoxonada koronavirusga chalingan bemorga qarayotgan tibbiyot xodimi. Kolumbiyaning Bogota shahridagi kasalxonaning jonlantirish bo‘limida vrach va hamshira bemorga qaramoqda. Braziliyadagi shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga joylashtirilgan onasiga qarayotgan ayol.
106
1,946
Foto
Fotogalereya: Shavkat Mirziyoyev 62 yoshda
Bugun, 24-iyul kuni Shavkat Mirziyoyev 62 yoshga to‘ldi. “Daryo” Prezident faoliyati aks etgan eng yorqin suratlardan namunalar to‘pladi. Tug‘ilgan kuni munosabati bilan O‘zbekiston Prezidenti nomiga xorijiy davlatlar, hukumatlar, parlamentlar rahbarlari, mashhur siyosiy arboblar, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari, alohida fuqarolardan tabriklar kelishda davom etmoqda.
42
400