folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Foto
Fotoreportaj: Ayozqal’a o‘tmishiga sayohat
O‘zA Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumani hududida joylashgan qadimiy va o‘rta asrlar yodgorligi — Ayozqal’a qo‘rg‘oni manzaralari aks etgan suratlarni taqdim etdi. Ayozqal’a – uch yodgorlikdan iborat. Tabiiy tepalik ustida joylashgan Ayozqal’a-1 qo‘rg‘oni miloddan avvalgi IV—III asrlarda qurilgan. Ayozqal’a-2 qo‘rg‘oni VII asrning ikkinchi yarmi va VIII asr boshlariga tegishli bo‘lib, XIII asrda uning bir qismidan turar joy sifatida foydalanilgan. Hozir bu joyda “Ayozqal’a” turistik kempingi faoliyat ko‘rsatmoqda.
42
530
Foto
Ko‘z uzmasdan qarashga majbur qiluvchi mukammal suratlar
Dunyo ajoyibotlarga to‘la, biroq ko‘pchiligimiz ishlardan chalg‘ib, ularni qidirishga otlana olmaymiz. AdMe bu vaziyatni osonlashtirishga qaror qildi va ko‘z uzish oson bo‘lmagan suratlar jamlanmasini e’tiboringizga havola etadi. Shirin paxta rangidagi qushcha Tennis to‘pining parvozi Yaponiyadagi gullagan glitsiniyalar Shveysariya tumani Kutubxona zali, Dublin Merilendda bahor qori Ekstremal dazmollash musobaqasi ishtirokchisi Chaqmoq zarbasi Somon yo‘li Petuniya “Yulduzli osmon” San’at asarini eslatuvchi ko‘prik Namib cho‘lidagi yo‘l Qush va uning suvdagi aksi Xava-Mahal, Shamollar saroyi, Jaypura (Hindiston) Tunnelning ko‘zlari Oq-pushti atirgul Yaponiyadagi mushakbozlik
56
698
Foto
Fotogalereya: Dubay milliarderlari qanday ko‘ngilxushlik qiladi?
Belgiyalik suratkash Nik Xannes bir necha oy oldin Magnum Award musobaqasida Dubaydagi hashamatni, u yerdagi boylarning hayot tarzini o‘zining “Non va tomosha” nomi ostida ifodalagan suratlari orqali g‘olib chiqqan edi. TravelAsk Xannesning shu turdagi bir nechta suratlarini to‘plab taqdim etdi. Saudiyalik turistlar Yaqin Sharqdagi birinchi muz kafe — Chillout Ice Lounge’da qaynoq shokolad ichmoqda, 2016-yil 6-yanvar Erkaklar Hub Zero savdo markazining City Walk ko‘ngilochar kompleksida bilyard o‘ynamoqda, 2017-yil 5-yanvar “Global isish” — 32 ta pavilyondan iborat ko‘ngilochar-savdo markazi, 2017-yil 7-yanvar Fors ko‘rfazida joylashgan “Yevropa yuragi” arxipelagidagi “Suzayotgan dengiz oti” nomli villa, 2017-yil 16-yanvar Dubay yonidagi sahroga eltuvchi yo‘l, 2016-yil 20-sentabr Palma ko‘rinishida qurilgan dunyodagi eng katta sun’iy orolda joylashgan Fairmont Palm mehmonxonasida yoga bilan shug‘ullanishmoqda, 2016-yil 17-sentabr Oasis Mall savdo markazi, 2016-yil 6-yanvar Qurbon hayiti bayrami vaqtida “Havorang suvlar” sun’iy oroli uzra, 2016-yil 14-sentabr
64
1,081
Foto
2016-yilda minglab kishilarni maftun qilgan fotosuratlar (fotogalereya)
AdMe 2016-yilda tahririyatni hayratda qoldirgan fotosuratlarni bir joyga to‘pladi. Yovvoyi tabiat fotosuratchisi Deyzi Jilardini Kanadada o‘ziga xos hodisa — oq ayiqlar to‘rt oylik bolalari bilan birinchi marta yorug‘ olamga chiqadigan lahzani kadrga muhrlashga muvaffaq bo‘ldi. “Fotoov” uchun u Vapusk milliy bog‘ida o‘rtacha 50 daraja sovuq ob-havo sharoitida 13 kecha-kunduz kutdi. Professional fotosuratchi Yoxan Lolos bir necha yil avval ona yurtini tark etib, dunyo bo‘ylab sayohat qildi va eng go‘zal narsalarni kadrga muhrlab ketaverdi. Aida Paskual o‘zi qo‘llaydigan obrazlar va urg‘ular yordamida o‘ziga xos melanxolik kayfiyatni ulasha oladi. Argentinalik fotosuratchi Ignasio Lemann o‘z hissiyotlarini bo‘sa orqali ifoda etishga jazm qilgan kishilarning tasodifiy suratlarini to‘pladi. “Sehrli bambuk o‘rmoni” nomli asari uchun yaponiyalik Key Nomiyama Sony World Photography Awards tanlovida “Yil fotosuratchisi” nomiga sazovor bo‘ldi. Ushbu tanlovning o‘smirlar o‘rtasidagi yo‘nalishida AQShlik havaskor fotosuratchi Sem Delaver g‘olib bo‘ldi. Smithsonian jurnali tomonidan tashkil qilingan xalqaro tanlovda Albert Ivan Damanik olgan fotosurat bosh g‘olibga aylandi. Uning asarida Malayziyaning Sumatra orolidagi Sinabung tog‘i yonbag‘irlari manzarasi aks etgan. Tanlovning boshqa yo‘nalishdagi g‘olibi Elis van Lempen bo‘lib, u Yevropaning tashlandiq nuqtalarini sevimli iti bilan kashf qilishni yoqtiradi. Fransisko Negroni Rodriges Chilidagi Kalbuko vulqoni otilgan vaqtda chaqnagan yashinni kadrga muhrladi, u HIPA 2016 xalqaro tanlovida unga birinchi o‘rinni keltirdi. Bu tulkichalar Xokkaydo orolida yaponiyalik Xiroki Inoue tomonidan suratga tushirilgan. U tanlovning “Tabiat” yo‘nalishida birinchi o‘ringa loyiq deb topildi. Marokashdagi madrasaning suvdagi aksi muhrlangan surat esa (Takashi Nakagava) “Shaharlar” yo‘nalishida g‘olib chiqdi. Tanlov Gran-prisini xitoylik havaskor fotosuratchi Entoni Lau qo‘lga kiritdi. Uning asarida mo‘g‘ulistonlik chavandoz muhrlangan.
71
2,006
Foto
Itdan-da vafodorroq jonivor yo‘qligini isbotlovchi 20 fotosurat
It — o‘zidan ko‘ra sizni ko‘proq yaxshi ko‘radigan Yer yuzidagi yagona jonivordir. U hali tug‘ilmasidan sizga sodiq — kuchukchaning ko‘zi hali ochilmasidan, egasiga ishona boshlaydi. It — eng sofdil va samimiy jonivor. Unga e’tibor qaratishga holingiz yo‘qligini sezsa, itingiz bir chekkada soatlab, qimirlamasdan sizni kutishga tayyor. Kayfiyatingiz yo‘qligini ko‘rsa, boshini tizzangiz qo‘yadi va uning ko‘zlaridan: “Seni xafa qilishdimi? Yur, aylanib kelamiz, hammasi o‘tib ketadi!”, — degan so‘zlarni uqish mumkin bo‘ladi. Quyidagi fotosuratlarni tomosha qilganingizdan so‘ng, it boqib olishni xohlab qolishingizga shubha yo‘q, deb yozadi AdMe. 4 yoshli Julian va uning nyufaundlend zotiga mansub 5 yoshli ulkan do‘sti Maks birgalikda ulg‘aymoqda. Shep laqabli qari it egasi Jon Angerning ko‘kragiga bosh qo‘yib, uxlamoqda. Artritdan aziyat chekayotgan bu jonivor faqat suv ichida bo‘shashib, og‘riq haqida unutadi va uxlay oladi. Jon uni har kuni ko‘lga olib borardi. Halok bo‘lgan harbiyning iti uning tobuti oldida yotibdi. 2011-yil, 19-avgust, Ayova shtati, Rokford shahri. Izelin Roza Borx — norvegiyalik terrorchi Anders Breyvik tomonidan Utyoya yoshlar lagerida amalga oshirilgan otishmadan so‘ng omon qolganlardan biri. “Utyoyadan so‘ng meni dahshatli bosinqirashlar qiynay boshladi, qorong‘ulikdan qo‘rqa boshladim, umuman uxlolmay qoldim. Shunda onam bilan kelishib, yana bir it boqib olishga qaror qildik”. Oskar va uning bekasi — jurnalist Joanna Lefson haqiqiy sayohatchilardir. Ular birgalikda jahonning 32 mamlakatida bo‘lgan. Ikki yoshli Bo va uning kuchukchasi har kuni birgalikda uyquga ketadi, onasi esa ularni suratga tushiradi. AQShdagi stomatologiya klinikalaridan birida maxsus o‘rgatilgan itlar yosh bemorlarga qo‘rquvni yengishda yordam ko‘rsatadi. Ta’sirli xayrlashuv lavhasi — umri tugayotgan it va uning egasi. Istanbuldagi sayohatchilar. Ko‘rinishidan o‘yinchoq ayiqchaga o‘xshab ketadigan Bu laqabli mazkur Pomeraniya ko‘ppagi Facebook’dagi eng mashhur it hisoblanadi. Umuman olganda, yoningda suratlarni rasvosini chiqaradigan oshnang borligi — zo‘r! Qarilikda ham, bemorlikda ham tashlab ketmaydigan do‘st. Ularga ishonsa bo‘ladi. Siqilma, hammasi o‘tib ketadi! Kel, yaxshisi biror jinnilik qilamiz!
63
2,251
Foto
Fotogalereya: Genetika bilan til topisha olmagan hayvonlar
Genlar har bir mavjudotni o‘ziga xos ko‘rinishga keltiradi. AdMe genlar ta’siri ostida g‘aroyib ko‘rinishga ega bo‘lgan hayvonlar suratlarini taqdim etdi.
58
154
Foto
Fotogalereya: Tomirida bir nechta millat qoni oqayotgan kishilar
Turli millat vakillarining turmushidan dunyoga kelgan farzandlarning tashqi ko‘rinishi o‘zgacha bo‘ladi. AdMe ana shunday kishilarning suratlarini taqdim etdi.
64
159
Foto
Fotogalereya: Bir bo‘lak pitssa puliga uy sotib olsa bo‘ladigan shaharlar
Ba’zi shaharlarda 1 yevro evaziga ham uy olsa bo‘ladi, ba’zilarida esa tekinga ham. Sababi — aholisi kamayib borayotgan shaharlar butunlay tashlandiq joyga aylanib qolishining oldini olish. AdMe ana shunday shaharlar haqida ma’lumot berdi. Kandela, Italiya Agar 1 yevro evaziga uy olishga shubha qilsangiz, shuni bilingki, Kandelaga ko‘chib o‘tishingiz uchun hukumat rasmiylari 2 ming yevro ham to‘laydi. Buffalo, AQSh Bu yerdan esa 1 dollar evaziga uy olsa bo‘ladi. Okutama, Yaponiya Faqat bu yerdan uy olish uchun 43 yoshdan oshmagan bo‘lish kerak. Yana bu yerda eng kamida 22 yil yashash ham majburiy. Sambuka, Italiya 1 yevro evaziga uy sotiladi. Rube, Fransiya 1 yevro evaziga uy sotib olib, eng kamida 5 yil yashash kerak. Detroyt, AQSh Ishsizlik, inqiroz va jinoyat avj olgan shaharga odamlarni jalb qilish uchun uylar arzonga berib yuborilmoqda. Liverpul, Buyuk Britaniya 1 funt sterling evaziga sotiladigan uyni olish uchun siz undan oldin ham Liverpulda yashayotgan bo‘lishingiz kerak. Tokio, Yaponiya Uylar hatto bepul ham beriladi, ammo yaponlarga kerak emas. Turli irim-sirimlar sabab, avval baxtsizlik bo‘lgan uyni yaponlar tekinga ham olmaydi.
73
1,165
Foto
Abu Rayhon Beruniy haykali qayerga ko‘chirildi?
“O‘zA”da Toshkentning Beruniy metro bekati atrofida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari haqida maqola chop etildi. Quyida ushbu maqola to‘lig‘icha berildi. Bugun Beruniy metro bekatining quyosh chiqish tarafidan tepaga ko‘tarilsangiz, sizni ajib bir bunyodkorlik ishlari qarshi oladi. O‘ng qo‘l tomonda Abu Rayhon Beruniy haykali o‘rnatilib, atrofida so‘nggi harakatlar amalga oshirilmoqda: zarhal bezaklar, qadim moziyni yodga soluvchi zamonaviy ustunlar o‘rnatilmoqda. Ulug‘vor chinorlar bilan birga ravon yo‘l sizni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti va Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti tomon yetaklaydi. Yo‘l-yo‘lakay qishda ham bahorni yodga soluvchi maydonlar, ko‘ngilga ko‘klamni keltiruvchi gullar, kishiga estetik ko‘tarinkilik baxsh etuvchi bunyodkorlik ishlariga ro‘baro‘ bo‘lasiz. Har qadamda Beruniy bobomizning fan bobida qilgan amallaridek mukammal va falsafiy shakllar o‘rnatilgan alohida maydonchalar oldidan o‘tayotganingizda bir zum to‘xtab, tikilib qolasiz. Go‘yoki o‘zingizni fan bog‘iga kirib qolgandek his etasiz. Mana shunday iliq, yorug‘ kayfiyat bilan ilm dargohiga kirib borasiz... Quruvchilarning ma’lumot berishicha, o‘rnatilgan Beruniy haykali Toshkent davlat texnika universiteti yonidan ko‘chirilib, barpo etilayotgan saylgohning kiraverishdagi o‘ng qo‘l tomoniga o‘rnatilishi ma’qul ko‘rilgan. Saylgohga esa Beruniy nomi berilishi ko‘zda tutilmoqda.
47
1,443
Foto
Fotogalereya: Dunyoning turli mamlakatlaridagi eng chiroyli va g‘aroyib metro stansiyalari
The Business Insider nashri dunyoning turli mamlakatlaridagi eng chiroyli va g‘aroyib metro stansiyalari ro‘yxatini tuzdi, deb yozadi “Korrespondent.net”. Italiya, Tayvan, Germaniya, AQSh, Shvetsiya va boshqa mamlakatlarning stansiyalari eng yaxshi taassurot qoldiruvchi stansiyalar qatoriga kiritildi. Ushbu stansiyalarning har biri nafaqat yerosti poyezdlarini kutish joyi vazifasini bajaradi, balki diqqat bilan kuzatishga undaydi. Gaosyun, Tayvan Shanxay, Xitoy Neapol, Italiya Manxetten, Nyu-York, AQSh Myunxen, Germaniya Stokgolm, Shvetsiya Budapesht, Vengriya Moskva, Rossiya Parij, Fransiya Kiyev, Ukraina
90
623
Foto
“Himmatingizning cheki yo‘q”. Fuqarolariga ko‘chib kelgani uchun pul to‘laydigan mamlakatlar (foto)
Boshqa bir mamlakatga ko‘chib o‘tish ko‘pchilik uchun go‘yoki ilojsizdek tuyuladi. Aksariyat holda odamlar hujjatlarni rasmiylashtirish, turar joy sotib olish, katta xarajat qilish, ish qidirish yoki til bilan bog‘liq muammo sabab bunday muhim qaror qilishni ortga suradi. Ammo internet orqali yaxshilab o‘rganib chiqilsa, ilojsiz narsaning o‘zi yo‘qligini tushunib yetish mumkin. Ayrim mamlakatlarning xorijliklarga yaxshi yashash imkonini, ba’zilarining esa hatto pul berishi ta’kidlangan turli dasturlarni taqdim qilishi bunga yaqqol isbot bo‘la oladi. Bunday choralar ko‘rilishining sababi nimada? Mamlakat va shaharlar turli sabablarga ko‘ra yangi, doimiy fuqarolarga ehtiyoj sezadi. Aholi sonining ortishi uchun esa hukumat ko‘chib kelayotgan odamlarni moddiy qo‘llab-quvvatlashni afzal biladi. Qaysi o‘lkalar mana shunday “quchoq ochib” kutib olishi haqida esa quyida ma’lumot berib o‘tamiz.  Ponga, Asturiya provinsiyasi, Ispaniya Aholi soni atigi 800 kishini tashkil qiladigan mazkur qishloq yangi ko‘chib keluvchilarni go‘yo qadrdonidek kutib oladi. Pongada yashash uchun kelgan yangi oilalarga 3 ming dollar, shuningdek, ko‘chib o‘tgandan keyin tug‘ilgan har bir bola uchun yana shuncha miqdorda mablag‘ beriladi. Ammo pul to‘lashining o‘ziga yarasha sharti bor: fuqaro Asturiya provinsiyasida kamida 5 yil yashashi kerak. Aslida bu juda oson. Biroz zerikarli ekanini aytmaganda borgan odam go‘zal manzara va tozalikdan bahri-dili yayrab, u yerni tark etgisi kelmaydi. Hukumatning bunday sharoit yaratishidan ko‘zlangan maqsad yoshlar e’tiborini jalb qilish hamda iqtisodiyotni jadallashtirishdan iborat. Xarmoni, Minnesota shtati, AQSh Gollivudcha yashashni orzu qilish, albatta, yaxshi lekin orzular mamlakatida qo‘nim topib, oyoqqa turishning o‘zi bo‘lmaydi. AQShning boshqa bir shahri — Minnesot shtatidagi Xarmonida esa hammasi biroz boshqacha. Aholisi bor-yo‘g‘i 1000 kishini tashkil etgan Xarmonining yangi fuqarolarga hamisha quchog‘i ochiq. Yanada quvonarlisi, yoshning, fuqarolikning, ish joyi va daromad miqdorining qancha ekani ahamiyatga ega emas. Asosiysi, ko‘chib kelib uy solishda. Qurilish uchun 5000 dollardan 12 000 dollargacha pul to‘lanadi. Misima, Kagosima prefektirasi, Yaponiya Yaponiyaning uchta kichik orolda joylashgan Misima qishlog‘ida atigi 400 kishi istiqomat qiladi. Aholining keksaligi va tezda kamayib borayotgani hisobiga hukumat yangi ko‘chib kelgan fuqaroga uch yil davomida oyiga 760 dollardan mablag‘ to‘laydi. Bundan tashqari, ko‘chib o‘tgandan keyin darhol 4,5 ming miqdorda mablag‘, sigir (ha, adashmadingiz o‘sha siz bilgan sigir) sovg‘a qiladi va shu bilan birga yo‘lga sarflangan xarajatlarni (840 dollar) qo‘shimcha ravishda to‘laydi. Ammo har yerni qilma orzu, har yerda bor tosh tarozi, deganlardek bu yerda yashash hammaga ham emas. Go‘zal tabiati, havosi bilan o‘ziga xos ekaniga qaramay, mashg‘ul bo‘lishga biror yumushning yo‘qligi asosiy kamchiligi hisoblanadi. Lokana kommunasi, Borgomezzavalle, Italiya Italiyaning uncha katta bo‘lmagan shahrida ko‘chib o‘tganlarga 9 ming yevro to‘lanadi. Bu haqda mer Jovanni Bruno Mattiet ma’lum qilgan: “Lokaneda sog‘lom turmush tarzi, ajoyib taomlar va yil davomida bo‘lib o‘tadigan folklor yarmarkalari sizni lol qoldiradi. Yangi kelganlarga ko‘chgani va tug‘ilgan farzand uchun uch yil muddatga 9 ming yevro miqdorda subsidiya beriladi. Bu yerda biznes boshlamoqchi bo‘lganlarga yana 2 ming yevro taqdim qilamiz”. Talaffuz qilinishi qiyin, shu bilan birga nomi quloqqa vahimali eshitiladigan Borgomezzavalledagi sharoitlar esa yanada qiziqroq. Tog‘ hududidagi xaroba uyni atigi 1 yevroga xarid qilishingiz mumkin, ammo bir sharti bor: turar joyni ikki yil ichida ta’mirlash kerak. Ko‘chib kelgandan keyin dunyoga kelgan har bir bola uchun esa yana 1 ming dollardan beriladi. Andikitira oroli, Gretsiya Firuza rangli dengizda cho‘milib, sohilda quyosh nurida toblanish ushalmas orzu deb kim aytdi? Masalan, Gretsiyaning Andikitira orolida yashay boshlaganlar nafaqat go‘zal manzaradan bahra olib hayot kechirishi, yo‘q joydan pul bilan ham ta’minlanishi mumkin. Gap shundaki, fuqaroga ko‘chib o‘tgani uchun uch yil davomida har oy 500 dollar miqdorda mablag‘ to‘lanadi. Kaitangata, Yangi Zelandiya Uy olish uchun butun umr misqollab pul yig‘ib yurganlarga Yangi Zelandiyaning Otago okrugi yaqinidagi shaharga ko‘chib o‘tish tavsiya qilinadi. Nega deysizmi, muqim yashash uchun kelgan fuqaroga 165 ming dollarlik uy, shundoq tekinga beriladi. Bu qadar shart-sharoitning boisi ne? “Mushuk tekinga oftobga chiqmaganda” shuncha mablag‘ va sharoitning taklif qilinishi bejizga emas, albatta. Yuqorida o‘qib guvohi bo‘lganingizdek, sanalgan shahar va qishloqlarning aksariyatida ko‘ngilochar markazlar, odatiy qulayliklar hamda ish o‘rinlari yo‘q. Aynan shu bois aholining yosh qatlam vakillari o‘qish, ishlash va faol hayot kechirish uchun yirikroq shahar hamda mamlakatlarga ko‘chib ketadi. Faqat keksalar va yoshi ulug‘lar qolgani hisobiga demografik o‘sish kuzatilmaydi. Shu sabab ham hukumatdagilar migrantlarni pul va turli shart-sharoitlar bilan jalb qilishga urinadi. Shahar shovqinidan charchagan, ekologik toza tabiatda sokin hayot kechirishni istaydiganlar uchun tilga olingan shahar va qishloqlar ayni muddao sanaladi.
99
5,236
Foto
40 ta belgi tushirilgan futbolka sayohat chog‘ida til bilan bog‘liq qiyinchilikni yengadi (foto)
Uch nafar shveysariyalik Vyetnamda mototsikli buzilib qolgach, mahalliy tilni bilmagani sababli qiyin vaziyatga tushib qoldi. IconSpeak futbolkasi shu tariqa yaratildi, deb yozadi Thingx. Ushbu futbolkaga 40 ta universal tasvirchalar majmui tushirilgan bo‘lib, u siz tilini bilmaydigan mamlakatga sayohat chog‘ida asqotadi. “Biz til bilan bog‘liq to‘siqqa ko‘p bora duch kelganmiz, uni yengib o‘tish uchun qog‘oz parchasiga, xarita yoki yerga belgi, ramz yoki tasvirlarni chizib ko‘rsatishga to‘g‘ri kelardi, — deya o‘z ixtirosini izohladi Jorj, Stiven va Florian. — Shunda xayolimizga o‘zimiz bilan zarur tasvirlar yig‘indisini olib yurish g‘oyasi keldi, bizga kerakli narsani odamlarga tushuntirish uchun o‘sha tasvirni ko‘rsatish kifoya bo‘lardi. Biz tezda sayohatchilar uchun ma’lum bir darajada zarur bo‘lgan tasvirlar ro‘yxatini tuzishni boshladik”.
96
861
Foto
Fotogalereya: Bitta filmda bir nechta rollarni ijro etgan aktyorlar
Shu qadar iqtidorli va universal aktyorlar borki, bitta filmda bir nechta rollarni qoyilmaqom qilib ijro etishi mumkin. AdMe shu kabi murakkab masalalarni a’lo darajada hal etgan aktyorlar suratlarini to‘plab taqdim etdi.
67
221
Foto
Ajabtovur tarzda qurilgan dunyoning 13 inshooti (foto)
Insoniyat yaralganidan buyon tabiatda g‘ayrioddiy ijodlarni yaratishni ham o‘rgandi. Bu borada har bir mamlakat o‘ziga xos inshootlarni qurishga intiladi va shu bilan o‘z aholisi va mehmonlar uchun ajabtovur manzarani aks ettiradi. Travel Ask dunyodagi eng g‘ayrioddiy inshootlar surati bilan bo‘lishdi. Garizenda va Azinelli minoralari Ushbu inshootlar XII asrda qurilgan. Texnologiya buzilishi natijasida qiya ko‘rinishga ega. Azinelli binosi qiya minoralar orasida rekord balandlik  − 97 metrni tashkil tashkil etadi. Rim imperatorlari davridan buyon mavjud bo‘lgan Yunonistondagi marmar konlari Suv osti rasadxonasining sehrli eshigi  − Shveysariya, Sug ko‘li Ushbu eshik orqali kirgan odamlar suv osti dunyosidan bahramand bo‘lishi mumkin. Insonning tabiat bilan birlashishi aks etgan “Apennin allegoriyasi” Tibetning turli ranglarga boy bo‘lgan tor ko‘chalari Bolalar o‘yinchog‘i − legoni eslatuvchi Germaniyadagi ko‘prik Xitoydagi yashil turar joy binosi  − Qiyi City Forest Garden Eng yirik loyiha kutilmaganda muvaffaqiyatsiz tugadi. U yerda bor-yo‘g‘i 10 ta oila yashaydi. Sababi ushbu chiroyli manzara inson yashashiga xalaqit beradigan hasharotlarga boy. Suv sathidan yuqoriga ko‘tarilgan Mont-Sen-Mishelning noyob orol-qal’asi Tailanddagi oq cherkov quyosh nurida qor qal’asiga o‘xshaydi Pekin–Gonkong–Makao avtomagistrali sakkizta qatnov qismiga ega Ammo ba’zi joylarda parallel ravishda 50 tagacha transport sig‘dira oladi. Dizaynerlar tomonidan ishlab chiqilgan “Cherchillning qo‘llari” inshooti o‘zining ichki makoniga juda mos keladi. U London markazida joylashgan bo‘lib, bu yerda nafaqat mazali taomlardan bahramand bo‘lish, balki Britaniya hayoti bilan tanishish va Uinston Cherchillning esdaliklarini ko‘rish mumkin. Fransiyadagi Les Espaces d’Abraxas turar joy majmuasining tashqi qiyofasi ko‘proq yodgorlikka o‘xshaydi. AQShning Jorjiya shtatida apokalipsisdan omon qolgan granit plitalar
54
1,925
Foto
Tunni ish joyida o‘tkazish — xitoyliklar uchun oddiy hol (fotogalereya)
Son-sanoqsiz fabrika, zavod va yig‘uv sexlarida ishlaydigan xitoyliklar ish joyining o‘zida uxlash va ovqatlanishga ko‘nikib qolgan. Past malakali mehnat bozorida taklif haddan ortiq bo‘lgan bir sharoitda bu orzudagi lavozimni yo‘qotmaslikning yagona usulidir. Biroq yuqori malakali bozorda ham kuchli raqobat  ofis xodimlarini ish vaqtidan uning so‘nggi soniyasigacha foydalanish, ba’zan esa kechalari bilan ishlashga majbur qiladi. Xitoylik ofis ishchilarining hayoti Reuters fotosuratlarida o‘z ifodasini topdi.
71
514
Foto
AQShdagi kasalxonani bemorlar uchun 30-yillarga xos shaharchaga aylantirishdi (foto)
AQShning Ogayo shtatidagi Alsgeymer kasalligiga chalingan kishilar uchun mo‘ljallangan “Fonar” tibbiy markazi direktori Jin Makesh ajoyib loyihani o‘ylab topdi: u kasalxonani o‘tgan asrning 30—40-yillarini eslatadigan shaharchaga aylantirib yubordi, deb yozadi AdMe. Noodatiy va optimistik ruhdagi “ko‘cha” bo‘ylab bemorlarning palatalari emas, “xususiy uy”lari joylashgan. Makesh bemorlarga o‘zlari tug‘ilib-o‘sgan zamonni va makonni eslatish maqsadida aynan XX asrning 30—40-yillarini tanladi, axir ko‘pchilik bobo-buvilar aynan o‘sha davrda tug‘ilgan. Oyoq ostiga to‘shalgan gilam o‘tni eslatadi, bosh uzra haqiqiy “osmon” mavjud, u tun kirishi bilan qorong‘i tusga o‘tadi. Bu “mahalliy aholi”ning biologik ritmini qo‘llab-quvvatlash maqsadida qilingan. Kun davomida karnaylardan tabiat ohanglari, shuningdek, yalpiz va sitrus hidi taralib turadi. Bu yerda bosh ko‘cha ham bo‘lib, u yerda bemorlar to‘planadi va norasmiy sharoitda muloqot qiladi. Keksa fuqarolarning yotoqxonalari esa mana shunday ko‘rinishda — toza va shinam.
84
1,035
Foto
Muzlamaydigan ko‘llar o‘lkasi — Oltoyda joylashgan Oqqush ko‘liga sayohat (foto)
Oltoy o‘lkasi — qushlar qish mavsumida ham qoladigan Rossiyadagi yagona hudud hisoblanadi. Oqqushlar har yili muzlamaydigan Oltoy ko‘llariga qishlash uchun uchib keladi. Shu sababli 1970-yilda oqqushlarni himoya qilish maqsadida Oltoy tog‘ yonbag‘rida tabiat qo‘riqxonasi tashkil etilgan. Oltoy o‘lkasida -40 darajali sovuqda ham muzlamaydigan ko‘llar bor. Buloq suvlari tufayli yilning har qanday davrida suv harorati 4-6 daraja iliq bo‘ladi. Bu esa qushlar uchun qulay muhit yaratadi. Dastlabki yillarda bu yerda 10 dan ortiq qush qishlagan. Hozirda esa har qish mavsumida ko‘lda yuzlab oqqushlar, minglab o‘rdaklar qishlaydi. Qushlar qo‘riqxona xodimlari tomonidan oziqlantiriladi, brakonyerlardan himoya qilinadi. Oqqush ko‘li — Oltoy o‘lkasining tashrif qog‘ozi bo‘lib, turistlarning ko‘p qismi aynan qushlarni tomosha qilish uchun bu yerga keladi. Ular bu qushlar omad olib keladi, deb hisoblaydi. Qiziqarli ma’lumot:
80
929
Foto
20 yil ichida dunyoning qanchalik darajada o‘zgarganini ko‘rsatuvchi suratlar
Dunyoning umumiy ko‘rinishida 20 yil muddat u qadar katta davrdek ko‘rinmaydi, 100 yil ichida odamlar va olam asrning beshdan bir qismidagi oraliqqa nisbatan ko‘proq o‘zgargan. Lekin oxirgi yigirma yilda juda ko‘p yangi, noodatiy va qiziqarli hodisa-yu o‘zgarishlar kuzatilgan. Quyidagi suratlar ham bunga isbot bo‘la oladi. Avval hamma do‘stlar bilan muloqotga ko‘proq vaqt sarflardi, endi mobil telefon orqali xabar yuborishning o‘zi virtual diydorni ta’minlaydi. O‘tgan yillar davomida videoo‘yinlar biz avval tasavvur qilmaydigan darajaga, yangi saviyaga ko‘tarildi. Avval 0,3 megapikselli kamera obro‘li, maqtanishga arzigulik holat deb hisoblangan bo‘lsa, endi istagan inson mobil qurilmasining kamerasi yordamida professionl suratlar olishi mumkin. Masalan, iPhone 11 Pro’da. Biz hozir ishlatadigan ma’lumotlar soni, yigirma yil oldingi ko‘rsatkichdan ming baravarga ko‘paygan, axborotlarni saqlovchi qurilmalar hajmi esa yildan-yilga ixchamlashmoqda. Hozir 11 111 ta diskdagi ma’lumotni hech qanday qiyinchiliksiz 16 gigabaytli flesh xotira qurilmasida saqlash mumkin. Endi filmlar uydagi shaxsiy kolleksiyada deyarli saqlanmaydi. Tanishuvlar ham boshqacha shaklda amalga oshmoqda… Uyali (katakli) telefon aloqasining rivojlanish tarixi. Moskva shahrining 20 yil avvalgi va hozirgi ko‘rinishi. Shanxayda 20 yil ichida yangi shahar qad rostladi. Hali ham dunyoga mashhur bolalarni yulduz sifatida e’tirof qilamiz, 20 yil ichida ular bolali bo‘lishga ulgurgan. Afsuski, 20 yil muddat Orol dengizining deyarli yo‘q bo‘lib ketishi uchun yetarli davr bo‘ldi. Qachonlardir butun dunyoda kattaligi bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinda turgan ko‘l endi yo‘qlik sari odimlamoqda. Bonus: XXI asrning boshida tug‘ilgan avlod vakillarining ko‘pchiligi avtomat telefonlari nima ekanini bilmaydi.
77
1,794
Foto
Fotogalereya: Ayni lahzada olingan omadli kadrlar
Ko‘plab kishilar ideal kadr olish uchun uzoq vaqt va mablag‘ sarflaydi. Boshqalarga esa omad shunchaki kulib boqadi. AdMe ana shunday omadli kadrlarni taqdim etdi.
49
163
Foto
Foto: AQSh va Meksika chegarasidagi 20 metrli bolakay portreti
Fransuz rassomi va fotografi JR AQSh va Meksika chegarasiga portretli shit o‘rnatdi. Bu orqali ijodkor amerika qonunchiligiga immigratsion siyosatni nazarda tutgan holda, ularda ham yurak borligini eslatdi. Bu haqda TJournal xabar berdi. JR’ni ba’zan “fransuz Benksi”si deb ham atashadi, chunki uning ishlari ko‘pincha ijtimoiy xarakterga ega. Masalan, u 2007-yilda Isroil va Falastinni ajratib turuvchi devorga ikki mamlakatning devorning turli tomonida yashovchi kishilari portretlarini joylashtirgan.
63
504
Foto
Minimalist Photography Awards 2020 tanlovida eng yaxshi suratlar taqdirlandi (foto)
Minimalist Photography Awards tanlovi ishtirokchilari nominatsiyalarga ko‘ra taqdirlandi. Bu haqda “RIA Novosti” ma’lum qildi. Tanlovning Gran-pri va “Yilning minimalist fotosuratchisi” unvonini avstraliyalik Jorj Birn “Sariq zina” asari bilan qo‘lga kiritdi. “Sur la mer” kadri muallifi Roberto Korinaldezi “Yilning eng yaxshi aerofotosuratchisi” deb topildi. “Aerofotosuratlar” bo‘yicha ikkinchi o‘rin Marchin Gibaga nasib etdi. “Peyzaj” nominatsiyasi bo‘yicha Jeffrard Burka “Qaymoq aysberg” surati bilan g‘alaba qozondi. “Ochiq mavzu” nominatsiyasida birinchi o‘rin Eloize Lodderning “Insonning qadr-qimmatini tadqiq qilish” suratiga berildi. “Abstraksiya” nominatsiyasida fransuz fotosuratchisi Stanislas Augris g‘alaba qozondi. “Ko‘zlar — ko‘ngil ko‘zgusi” surati muallifi Viki Martin “Portret” nominatsiyasi g‘olibi deb e’lon qilindi. Katrin Federerning ishi “Fotomanipulyatsiya” nominatsiyasi g‘olibligiga loyiq ko‘rildi. Nero Puxa o‘zining “Rozaning portreti” ishi bilan yutuqqa erishdi. “Peyzaj” nominatsiyasining yana bir ajoyib sovrindori “Nur va soya”ning muallifi Xolgeru Nimtsu bo‘ldi. Katrin Federer tomonidan suratga olingan “Ijtimoiy masofa” surati “Aerofotografiya” nominatsiyasida g‘oliblikka erishdi. “Ko‘cha suratkashi” kategoriyasi bo‘yicha Erik Davidovning “Makkajo‘xori” surati finalga chiqdi. Markus Sederberg o‘z surati bilan “Fotomanipulyatsiya” kategoriyasida eng yaxshisiga loyiq ko‘rildi. Yozgi Gavrga boshqacha qarashga harakat qilgan Frans Zyussbauer “Ko‘cha suratkashi” nominatsiyasida munosib taqdirlandi.
83
1,553
Foto
Dunyoning yurakni shuvullatuvchi eng qo‘rqinchli attraksionlari (fotogalereya)
AdMe dunyodagi boshni aylantiruvchi eng “qo‘rqinchli” attraksionlari bilan tanishtirdi. Ularni ko‘rgandayoq yurak shuvullab ketadi!
78
131
Foto
Tirband Toshkent ko'chalari, Ukrainadagi evakuatsiya ishlari, xet-trikni nishonlayotgan Benzema — 10 mart suratlari
Mart oyining birinchi o'n kunligi o'tib bo'ldi. 2022 yil boshidan boshlab shu vaqtga qadar bizni har xil “sovg'alar” bilan “siylab” keldi. Bugun ham shulardan bir shingilini sizga taqdim etamiz. Marhamat, bugunning eng sara suratlarini tomosha qiling. Oxirgi bir haftada haqiqiy bahorga xos havo kuzatildi. Toshkentda tinimsiz yomg'ir, Qarshidagi noodatiy bulut — xullas, hammasi bahorga xos. Ammo bunday ob-havoning o'ziga xos noqulayliklari bor. Ularning biri — “probka”. Bugun tongda Toshkent ko'chalarining aksariyati shunday ko'rinishda edi. Ukrainadagi urush davom etmoqda. Shu sababli kimdir yaqinidan, qarindoshidan, sevgilisidan uzoqda bo'lishga, eng yomon holatda ayrilishiga to'g'ri kelmoqda. Yuqoridagi suratda harbiy o'z jufti bilan xayrlashmoqda. Vaqtinchalik xayrlashishligicha qolsin, vidolashuv bo'lmasin. Ukrainada tinch aholini evakuatsiya qilish ishlari kuchaytirildi. Ukrainalik qochqinlar: Polshaga yetib kelgan bola erkak bilan temir yo'l vokzalidagi panjara orqali gaplashmoqda. Moldovadagi futzal maydoni ukrainalik qochqinlar uchun vaqtinchalik lagerga aylantirildi. Qochqinlar Ruminiyaga ham o'tishmoqda. Hatto qo'lda farzandlarini ko'targan holda. Yuqoridagi holatlarni bartaraf etish, eng kamida evakuatsiyani talafotsiz o'tkazishni kelishish uchun Rossiya va Ukraina tashqi ishlar vazirlari Antaliyada uchrashdi. Rossiya tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi Mariya Zaxarova uchrashuvdan so'ng jurnalistlarning savollariga javob bermoqda. “Real Madrid” forvardi Karim Benzema Chempionlar ligasi 1/8 finalida “PSJ”ga qarshi o'yinda xet-trik qayd etdi. Shu bilan Benzemaning terma jamoa va klub safida urgan gollari 411 taga yetdi. Karim 411 ta gol urgan frantsiyalik sobiq futbolchi Terri Anri bilan tenglashdi. Salvador bitkoinni (kriptovalyuta) rasmiy to'lov turi sifatida muomalaga kiritdi. Mamlakat u bilan qo'llab-quvvatlanadigan suveren obligatsiyani ishga tushirmoqda, ammo buni qabul qilish sekin kechdi.
115
1,939
Foto
Foto: 2017-yilda olingan Yerning eng ajoyib aerofotosuratlari
Yerdagi ko‘plab ajoyib yangiliklarni faqatgina balandlikdan ko‘rish mumkin. Insider Pro nashri Reuters suratkashlari tomonidan havodan turib olingan hayratlanarli suratlarni taqdim etdi. Shanxaydagi veloturargohdan kamalak ko‘rinishida joy olgan velosipedlar Braziliya atrof-muhit va qayta tiklanadigan tabiiy resurslar instituti xodimlari daraxtlarning noqonuniy kesilishiga qarshi Amazonas shtatidagi o‘rmonga o‘t qo‘ydi Greyder Krossbyudagi Sognefyelle tog‘ yo‘lini tozalashga harakat qilmoqda. Norvegiya Rio-de-Janeyro aholisi va turistlari yoz kunlarida Barra-da-Tijuka plyajida cho‘milmoqda Xitoyning Tyanszin shahridagi tutun 2000 yaqin odam Epekue ko‘lida bir-birining qo‘lini ushlagan holda cho‘milib, Ginnesning rekordlar kitobidan joy oldi. Argentina Kanpurdagi Gang daryosining ifloslangan suvi. Hindiston Black Rock City Nevadada har yili bo‘lib o‘tadigan Burning Man festivaliga 70 mingga yaqin odamni to‘pladi “Irma” to‘foni Floridadagi ushbu treyler-parkni vayron qildi “Irma” to‘foni oqibatida cho‘kib ketgan qayiq Yeniseyda bo‘layotgan mashg‘ulotlar vaqtida yosh yaxstmenlar murabbiyning qayig‘i atrofida to‘plandi Guyanda gullagan olchalar. Guychjou provinsiyasi, Xitoy
61
1,199
Foto
Fotogalereya: Jahon shaharlarining ramzlari qanday qurilgan?
Parijdagi Eyfel minorasi yoki Londondagi Vestminster saroyi hammamiz bir ko‘rishda taniy olamiz. Biroq butun dunyoga mashhur bu osori-atiqalar qanday qurilganini tomosha qilish undan-da qiziqarli bo‘lsa kerak, shunday emasmi? AdMe nashri afsonaviy qurilish maydonlarining tarixiy va bugungi kundagi suratlarini bir sahifaga jamladi. 1888-yilda Hozirda 1888-yilda Hozirda 1951-yilda Hozirda 1965-yilda Hozirda Taxminan 1914-yilda Hozirda 1843-yilda Hozirda 1882-yilda Hozirda 1882-yil Hozirda 1953-yil Hozirda 1885-yil Hozirda
60
544
Foto
Nyu-Yorkda 300 metr balandlikda shaffof polga ega aqlbovar qilmas darajada chiroyli tomosha maydonchasi ochildi (foto)
Nyu-Yorkda hayratlanarli diqqatga sazovor yangi maskan — shisha polga ega 305 metr balandlikdagi tomosha maydonchasi paydo bo‘ldi, deb xabar beradi Esquire. Summit One Vnderbilt nomini olgan tomosha maydonchasi Manxetten markazidagi Midtaun osmono‘par binosida joylashgan. Uni Kohn Pedersen Fox arxitektura firmasi ishlab chiqqan bo‘lib, loyiha qiymati 3,3 milliard dollarni tashkil etadi. Tashrif buyuruvchilar uchun maydoncha rasman 21-oktabr kuni ochiladi. Attraksion 1200 fut balandlikda (364 metr) ochiq terrasani o‘z ichiga olgan bo‘lib, unga shaffof liftda ko‘tarilish mumkin. Lift 305 metr balandlikni 42 soniyada bosib o‘tadi. Har bir liftning maydoni 8,3 kvadrat metrni tashkil etadi, bu shisha polga ega dunyodagi eng tez yurar lift hisoblanadi. Tomosha maydonchasining “Levitatsiya” nomli bo‘limida yaponiyalik rassom Yayoi Kusamaning “Bulutlar” nomli ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Shuningdek, minorada Kenzo Digital nomi bilan tanilgan haykaltaroshning “Havo” installyatsiyasini uchratish mumkin. Shisha polga ega tomosha maydonchasi osmono‘par binoning oxirgi to‘rt qavatini egallagan. Minoradan Nyu-Yorkning aqlbovar qilmas go‘zalligini tomosha qilish mumkin. One Vanderbuilt osmono‘par binosi 2020-yilning sentabrida ochilgan edi. U 77 qavatdan iborat bo‘lib, balandligi 427 metrni tashkil etadi. Avvalroq Londonda 35 metrli balandlikda Sky Pool nomli shaffof tubga ega basseyn ochilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.  Arxitektura namunasi: Ostida 150 metr bo‘shliq bo‘lgan shaffof basseyn
118
1,513
Foto
Fotogalereya: 2017-yilda internet foydalanuvchilarini befarq qoldirmagan suratlar
Yer sayyorasi odamzotni cheksiz hayratga sola oladi. Fotograflar o‘z mahorati bilan uning go‘zalligini ulashadi. AdMe ana shunday go‘zal manzaralar aks etgan suratlar jamlanmasni taqdim etdi.
81
191
Foto
Foto: Imijini tez-tez o‘zgartirishdan cho‘chimaydigan mashhur ayollar
Har bir ayol hayoti davomida kiyinish borasida turli uslublarni sinab ko‘radi hamda rang, soch turmagi va makiyaj bilan eksperiment qilib ko‘rmoqchi bo‘ladi. San’at olamida ham doimiy o‘zgarish tarafdori bo‘lganlar yo‘q emas. Aktrisa va xonandalarning quyida taqdim qilingan suratlari esa buning isboti.
69
303
Foto
Fotogalereya: Baland bo‘yli insonlarning Yaponiyaga tashrifi
Qachondir genetika geografiyaga bog‘liqligi haqida o‘ylab ko‘rganmisiz? Ehtimol, bu borada bir necha izlanishlar olib borilgan va albatta, bu savolga olimlarda allaqachon javob bor. Shu bilan birga, biz tez-tez ro‘y berayotgan qiziqarli qonuniyatga e’tiboringizni qaratmoqchimiz: davlatning maydoni qanchalik katta va keng landshftli bo‘lsa, bu hududda yashovchi odamlarning bo‘y-basti ham shunga monand bo‘ladi. Misol uchun, AQShni oling: katta hududlar, keng dalalar, okeanlar  amerikaliklar yer muammo bo‘lmagan. Chunki bu yerda hamma narsa katta yetarlicha. Biroq  yerning boshqa tomonida esa AQShning umumiy maydonidan 26 marta kichikroq bo‘lgan aholisi esa 126 million tashkil etgan Yaponiya bor. Shu boisdan ham Yaponiyaliklar yerni “tejash”ga majbur bo‘ldilar. Tabiiyki, Yaponiyaning past bo‘yli aholisi o‘ziga mos, biroq yevropaliklar uchun esa qiyinchiliklarga boy dunyoni yaratdilar. Mamlakat baland bo‘yli odamlar uchun haqiqiy sinov makoniga aylanmoqda. Yevropa va amerikalik turistlar kunchiqar mamlakatdagi bunday qiyinchilikdan charchab, ular sayohat davomidagi rasmlarini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joylashtirdi. TravelAsk ana shunday suratlarni to‘plab, taqdim etdi.
60
1,193
Foto
Fotogalereya: Saudiya Arabistonida ayollar uchun belgilangan taqiqlar
Saudiya Arabistonida ayollar uchun ko‘plab narsalar taqiqlangan. Buni hayotning barcha sohasida uchratish mumkin. TravelAsk ana shu taqiqlarga e’tibor qaratdi. Ayollar ko‘chaga eri yoki erkak qarindoshisiz chiqishi mumkin emas. Faqat erkaklar ayollarning shaxsini tasdiqlashi, ishga joylashishi, tibbiy jarayonlar, turmushga chiqishiga ruxsat berishi mumkin. Joriy yildan ayollarga avtomobil boshqarishga ruxsat berildi. Biroq bunda ham ruxsatni erkak kishi berishi kerak. Ayollar jamoat transportidan foydalanishi mumkin emas. Yagona istisno poyezd bo‘lib, bunda ham ayollar alohida vagonga kiradi. Aksariyat hollarda ular piyoda yurishga yoki taksiga chiqishga majbur bo‘ladi. Mamlakatning har bir hududi ayollar kiyimlariga nisbatan turli qat’iylikdagi qoidalarni belgilaydi. Kiyimlar tekis, shaffof bo‘lmagan matodan bo‘lishi va tanani iloji boricha ko‘proq yopib turishi kerak. Mamlakatda oliy ma’lumotga ega ayollar soni erkaklarnikidan ko‘proq, biroq ayollar OTMlarida ta’lim darajasi anchagina past. Bundan tashqari, aksariyat ayollar o‘qishni tugatgandan keyin baribir ishlamaydi. Mehnat bozorida ayollarning ulushi 17 foizni tashkil qiladi. Mahalliy ayollar ishga chiqishi uchun eridan ruxsat olishi kerak. Ish beruvchilar ham ayollarni ishga olishni unchalik yoqtirmaydi, chunki ayollar uchun alohida ofis va hatto alohida kirish joyini tashkil qilishi kerak bo‘ladi. Saudiya Arabistonida turmush qurishning minimal yoshi qonun bilan chegaralanmagani uchun ko‘pincha qizlar jinsiy yetilmasdan oldin turmushga beriladi. Majburiy nikoh rasman taqiqlangan bo‘lsa, ham yetti yoshdan katta bolaning barcha huquqlari otasiga tegishli bo‘ladi va uning bo‘lajak kuyov bilan kelishuvi majburiy hisoblanadi. Ayol o‘z dugonasi bilan uyning faqat ayollar qismida gaplasha oladi. Uning erkaklar qismiga o‘tishi taqiqlangan, eri bilan esa faqat ichki telefon orqali muloqot qilishi mumkin. Nafaqat uy, balki jamoat joylari, transport, yotoqxona, plyaj va boshqa joylar ham ayollar va erkaklar qismiga bo‘lingan. Ayollar meros olishda ham erkaklarga nisbatan ikki baravar kamroq imkoniyatga ega bo‘ladi, bunda ular ro‘yxatdan ham tushib qolishi mumkin. Da’vo qilish uchun esa birdaniga olti nafar erkak guvohni keltirishi kerak.
69
2,233
Foto
Xitoylik fotosuratchi Shimoliy Koreyada boylar qanday yashashini ko‘rsatib berdi (foto)
Xitoylik fotosuratchi Kristian Petersen-Klauzen yana bir bora Shimoliy Koreyaga kelib, mamlakat o‘zgarayotganligiga guvoh bo‘ldi, deb yozadi Travel Ask. Bu yerda donju (“pul xo‘jayinlari”) deb ataluvchi elita paydo bo‘ldi. Aslida bu partiya bilan hech qanday aloqasi bo‘lmagan qo‘shimcha daromad manbalariga ega o‘rta sinfdir. Aynan ularni fotosuratchi o‘z suratlarida aks ettirdi. Kristianning so‘zlariga ko‘ra, ko‘chada odamlar mobil telefon ko‘tarib yuribdi, avvallari esa bunday kishilar juda kam uchrardi. Shuningdek, smartfon va kameralar ommalashgan, bundan tashqari, elektr velosiped va hatto qimmatbaho avtomobil haydab ketayotgan kishilarni ham ko‘rish mumkin. Xizmat ko‘rsatish sohasi ham kengaygan: ko‘chma to‘ylarni o‘tkazish mumkin bo‘ldi, yozgi klublarda esa o‘ta yengil samolyotda uchib ko‘rish yoki ot minishni o‘rganishni taklif qilishmoqda. “Pul xo‘jayinlari”ni Pxenyanning nufuzli tumani — Pxenxettenda uchratish mumkin. Bu yerda restoranlar va qimmatbaho do‘konlar ishlaydi. Demak, mamlakatdagi iqtisodiy vaziyat shunchalik o‘zgarganki, odamlarda ko‘ngilxushlik uchun bo‘sh vaqt paydo bo‘lgan, deyiladi xabarda.
87
1,132
Foto
Kubiksimon boyqush va to‘rtburchak ayiq: Minecraft’da hayvonlar qanday ko‘ringan bo‘lar edi (foto)
Instagram ijtimoiy tarmog‘ining indoneziyalik foydalanuvchisi Aditya Ariyanto Minecraft o‘yinida hayvonlar qanday ko‘rinishi mumkinligini tasvirlashga qaror qildi, deb xabar beradi Meduza. Ariyanto bu ishda bepul foto omborlar — Unsplash va Pixabay’dan foydalangan. So‘ngra u suratlarni Photoshop dasturi yordamida maxsus effektlar bilan o‘zgartirgan. Eslatib o‘tish joiz, Minecraft — kompyuter o‘yini hisoblanib, unda o‘yinchi kublardan tashkil topgan 3 o‘lchovli olamda harakatlanib, turli topshiriqlarni bajaradi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
98
695
Foto
Fotogalereya: Ko‘pchilikka noma’lum bo‘lgan ekzotik mevalar
Dunyoda ko‘plab o‘ziga xos ta’mga ega ekzotik mevalar. AdMe ko‘pchilikka noma’lum bo‘lgan ana shunday mevalar jamlanmasini taqdim etdi. Mevaning ta’mi muzqaymoqni eslatadi. Mevada yong‘oq, pishloq, banan, mango, ananas, qulupnay ta’mi jamlangan. Jekfrut daraxtidagi mevaning og‘irligi 35 kilogrammgacha, uzunligi esa 90 santimetrgacha yetadi. Hid va ta’mi banan, ananas va mango aralashmasini eslatadi. Meva uzumning ta’mini eslatadi. Mevadan bir dona yeyish kifoya — undan so‘ng nima yeyishdan qat’iy nazar hammasi shirin tuyuladi va bu holat bir soat davom etadi. Mazali mevalar malina, ba’zan esa mango ta’mini beradi. Shoxli qovun yoki Afrika shoxli bodringi nomi bilan ham mashhur bo‘lgan meva bodring, kivi va banan ta’mlarining aralashmasini beradi. Pomidor, baqlajon va qalampirning yaqin qarindoshi hisoblangan meva o‘tkir ta’mli pomidor ta’mini eslatadi. Mevaning asosiy qiymati uning po‘choqlarida. Uning mevasini yeyish amalda imkonsiz, chunki meva qismi deyarli yo‘q. Mevaning o‘rtasi limon po‘chog‘ining ta’mini eslatadi. Sariq “barmoqchalar”dan asosan baliqli ovqatlar yoki salatlar tayyorlashda foydalaniladi. Hidi xushbo‘y bo‘lsa ham, ta’mi o‘ziga xos — ananas va bananni eslatadi. Mevani tozalayotganda ehtiyot bo‘linmasa, ignachalari qo‘lga kirib ketishi mumkin. Ta’mi shokolad kukunini eslatadi. Mitti tarvuzga o‘xshash meva bodring va limon suvini eslatuvchi ta’mga ega. Po‘chog‘ining qorayishi pishganlik alomatini bildiruvchi meva limonli pirog ta’miga ega. Mevani iste’mol qilishdan oldin urug‘i olib tashlanmasa, urug‘ uchidagi dumchasi sababli tomoqqa ilinishi mumkin. Meva pishganda shirin va sutli ta’mni beradi. Pishmasdan turib yeyilganda, yangi pishirilgan non ta’miga ega bo‘ladi. Mevasining tuzilishi baliq ikrasini eslatgani uchun uni laymli ikra deb ham atashadi. Meva ichidagi kichkina piyozchalarda sharbat bo‘lib, ta’mi oddiy laym ta’miga o‘xshash. Kakaoning yaqin qarindoshi biroz murakkabroq ta’m bilan shokoladning o‘rnini bosishi mumkin. Mevaning tarkibida C vitamini, kalsiy, temir va fosfor, shuningdek ko‘plab biokislotalar, teri uchun foydali moddalar bor. Akebiya mevalari desert uchun yeyiladi, po‘choqlari go‘sht bilan birga qiyma qilinadi. Xushbo‘y hidga ega, ta’mi malina ta’miga o‘xshaydi. O‘smlikka yaqin kelinsa, shokolad hidini sezish mumkin.
59
2,315
Foto
Dunyo bo‘ylab sayohat qilishga undaydigan 7 ta ajoyib qahvaxona (foto)
Hamma ishingizni tashlab, sayohat qilishga ilhom beradigan, noodatiy interyerga ega bo‘lgan qahvaxonalar haqida ma’lumot beramiz. Lhong Tou Cafe Bangkokda joylashgan bu kafeda xuddi kemadagi kabi yuqori yoki pastki qavatda o‘tirishingiz mumkin. Albatta, yuqori o‘rindiqlar tezda band qilinadi, ammo ertalab ulgursangiz, yaxshi stolga buyurtma berishingiz mumkin. Romeow Cat Bistrot Vegancha menyuga ega bo‘lgan Rimdagi ushbu kafe nafaqat nafis taomlari tufayli o‘ziga jalb qiladi, balki bu yerda tushlik, nonushta yoki kechki ovqat paytida juda xotirjam va erkin yuradigan mushuklar bilan birga o‘tirishingiz mumkin. Art-Café Home Ajoyib manzara, betakror va g‘ayrioddiy interyer, vitraj derazalar, mazali taomlar, mualliflik menyusi va unutilmas bazmlar — bularning barchasi Tbilisidagi Gruziya art-kafesida mujassam, bu joy, shubhasiz, sizga yoqadi. Majestic Cafe Portu shahrida joylashgan mazkur kafe dunyodagi eng go‘zal binolardan biri hisoblanadi. Darvoqe, aynan shu yerda J.K.Rouling Garri Potter haqidagi birinchi kitobini yozishni boshlagan. Café Florian Venetsiyaga sayohat qilganlar, albatta, kirib o‘tishi kerak bo‘lgan dunyodagi eng qadimiy kafelardan biri. Bu kafe turli mamlakatlarning turfa xil san’at asarlari va noyob taomlari bilan mashhur. Arts Club Café Romantika va minimalizmning har qanday estetikasini sevuvchilar uchun ajoyib joy. Bu yerda qadimiy favvoralar manzarasidan zavqlanib, qulay divanlarda o‘tirgan holda nonushta qilishingiz mumkin. Menyu turli xil qahva va taomlarni o‘z ichiga oladi. Indian Cofee House Kalkuttadagi mazkur qahvaxona nafaqat ajoyib qahvalari bilan, balki interyeri bilan ham hayron qoldiradi. Bu yerda urf-odatlar saqlanib qolgan: ofitsiantlar mustamlakachilik davridagi kabi boshlariga salla o‘rab, klassik forma kiyib yuradi. Qahvaxonaning eskicha dizayni esa kishida o‘zgacha taassurot qoldiradi.
70
1,861
Foto
Internetda millionlab marta ko‘rilgan surat chop etildi
Xitoy kompaniyasi juda yuqori kenglikdagi fotosuratni yaratdi. Bu haqda Hi-Tech.Mail.Ru xabar berdi. Shanxayning ko‘rinishi Jinkun Tech, yoki Bigpixel Technology Vorporation yordamida yaratilgan. Surat balandligi 468 metr bo‘lgan Shanxayning “Sharq marvaridi” teleminorasidan olingan. Ushbu tasvirda odamlar qiyofasini uni zum yordamida yaqinlashtirib ming metr uzoqdan ham ko‘rish mumkin. Fantastik surat kengligi xitoyliklarga tegishli bo‘lib — 195 gigapikselni tashkil qiladi. Bir gigapiksel — milliard piksel demakdir. Taqqoslash uchun sizning smartfoningiz taxminan 12 megapikseldan (o‘n ikki million piksel) iborat. Ijtimoiy tarmoqlarda barcha uni xitoyliklar tomonidan yangi sputnik supertexnologiyalar yordamida yaxshi maqsadlarda amalga oshirilmagan deya muhokama qilmoqda. Ma’lumotlariga ko‘ra, millionlab odamlar mazkur suratni tomosha qilmoqda, bugun tomosha qilganlar soni 8 million. Texnik tomondan tasvir — 360-gradusli panoramada olingan, u hajmi bo‘yicha uchinchi va Osiyoda birinchi o‘rinda. Ushbu surat bugungi texnologiyalar sezdirmagan holda har birimizni istalgan joydan kuzatish imkoni borligini ko‘rsatadi.
55
1,131
Foto
Daraxt ko‘chatlarini o‘tqazayotgan davlat rahbarlari (fotogalereya)
Har yili dunyoda 9,3 million gektarga yaqin o‘rmon maydonlari yo‘qolib boradi. Ushbu muammoga e’tiborni jalb qilish maqsadida turli-tuman aksiyalar o‘tkaziladi, shu jumladan yangi daraxtlar ekiladi. “Kommersant” turli davlatlar rahbarlari ko‘chat o‘tqazayotgani aks etgan suratlarni to‘pladi.
67
292
Foto
National Geographic’ning fotograflari 6—11-mayda O‘zbekistonning uchta tarixiy shahri bo‘ylab foto-tur o‘tkazdi
National Geographic Rossiya jurnalining fotograflari 6—11-mayda Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlariga tashrif buyurdi. Tashrif National Geographic Rossiya fotograflari bilan birga sayohatda fotografiyani o‘rgatish loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ko‘magida amalga oshirilgan. Jurnal fotografi Kirill Samurskiy safar taassurotlarini ulashdi. Foto-tur davomida olingan suratlar yaqin vaqt ichida National Geographic Rossiya jurnalining saytida va ijtimoy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilinadi.
111
549
Foto
Dunyodagi eng chuqur g‘orlardan biri Boysunda joylashgan (foto)
Bu haqda Boysunda ekspeditsiyada bo‘lgan National Geographic jurnalisti Mark Sinott hikoya qildi, deya xabar beradi MyDay. Tarkibida Rossiya, Italiya va Isroildan kelgan tadqiqotchilar bo‘lgan 31 kishidan iborat xalqaro ekspeditsiya bilan birga nemis jurnalisti Boysun tog‘larida joylashgan dunyodagi eng chuqur g‘orlardan biri — “Qora yulduz”ga (Dark Star) tushdi. “Yerosti Everesti” chuqurligi bir kilometrni tashkil etdi va u yerda yana pastga yo‘l borligi ma’lum bo‘ldi.  Tadqiqotchilar g‘or tubi 2650 metr chuqurlikda ekanligini aniqladi. Bu esa Gruziyadagi Krubera g‘oridan 500 metr chuqur hisoblanadi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
63
785
Foto
Fotogalereya: It bilan sayohatga chiqsa, nima bo‘ladi? Mana, ko‘ring!
Tanishing, bu itning laqabi — Meddi. Fotosuratchi va bloger Teron Xampfri uni daydi itlar saqlanadigan joydan olganida, bir kun kelib Meddi Instagram yulduziga aylanishi mumkinligini xayoliga ham keltirmagan edi, deb yozadi Fit4Brain. Kutilmagan joylarda paydo bo‘lib, suratga tushishni ham boplaydigan bu itning Instagram’iga hozirda qariyb bir million foydalanuvchi obuna bo‘lgan.
69
383
Foto
Istanbulda dovul tufayli 4 kishi halok bo‘ldi, shahardagi soat minorasi qulab tushdi (foto)
Turkiyaning Istanbul shahrida yuz bergan kuchli dovul qurbonlari soni 4 nafarga yetdi, 19 kishi jarohat oldi. Bu haqda shahar gubernatori ma’muriyatiga tayanib, “Izvestiya” xabar berdi. “Favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlar boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, Istanbulda boshlangan kuchli shamol natijasida to‘rt kishi halok bo‘lgan, 19 kishi jarohatlangan, ulardan uch nafarining ahvoli og‘ir”, — deyiladi xabarda. Avvalroq Istanbulning Esenyurt tumanida dovul tufayli bino tomi qulab, uning ostida qolgan ikki kishi halok bo‘lgani, to‘qqiz kishi jarohat olgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, qattiq shamolda Istanbuldagi soat minorasi qulab tushgan, uning qulashini guvohlar suratga olgan. Ushbu hodisa natijasida hech kim jabrlanmagan. Shaharning madaniy tumani bo‘lgan Beshiktoshda yuz yillik chinor to‘xtab turgan mashina ustiga qulagan. Bursa shahri hududida esa daraxt uning ostidan o‘tayotgan mikroavtobusni bosib qolgan, ikki yo‘lovchi jarohatlangan. Hukumat bo‘ronli shamol tufayli Bosfor bo‘g‘ozida kemalar harakatini to‘xtatdi. Shuningdek, Turkiyaning oltita samolyoti Istanbulga qo‘na olmagani qayd etilgan. Turkiya meteorologiya bosh boshqarmasi kuchli shamol esishi kutilayotgan 17 viloyatni xavfning “to‘q sariq” darajasidan ogohlantirgan.
91
1,265
Foto
Zaxa Hadiddan me’morchilik durdonalari
Bugun, 1-aprel kuni mashhur iroqlik me’mor, 2004-yilda ayollardan birinchi bo‘lib Pritsker premiyasini olgan Zaxa Hadid olamdan o‘tgani ma’lum qilindi. Shu munosabat bilan AdMe bu afsona shaxsning eng yorqin me’morchilik loyihalarini yodga oldi. 2013-yilda qad ko‘targan zamonaviy madaniyat markazi Boku va butun Ozarbayjon ramziga aylandi. Majmua tarkibiga auditorium, muzey, konsert-xoll, ko‘rgazma zallari va ma’muriy ofislar kiradi. Muzeyning ochilishi 2009-yilga mo‘ljallangan edi, ammo inqiroz tufayli loyiha to‘xtatib qo‘yildi. Oradan yetti yil o‘tib, bino baribir qurib bitkazildi. Al-Vaqra shahridagi stadion 585 ming kvadrat metr maydonni egallagan ulkan majmuaning bir qismidir. Unga 40 ming muxlis sig‘adi; stadionning yuqori sathini ko‘chirish imkoniyati mavjud bo‘lib, bu jahon chempionatidan so‘ng uning sig‘imini ikki martaga qisqartirish imkonini beradi. Zaxaning e’tirof etishicha, bu loyiha ustida ishlaganida Saudiya cho‘llarining qumtepalaridan ilhomlangan ekan. Metro bekati endi quriladi. Eski tekstil fabrikasi hududida joylashadigan yangi majmua Belgradning eng chiroyli obyektlaridan biriga aylanishi kutilmoqda. L harfi shaklidagi uy 11 qavatli bo‘lib, har biri 510 kvadrat metrgacha bo‘lgan hududni egallaydigan 37 kvartirani o‘z ichiga oladi. Shiftlar balandligi — uch metr. Uyda, shuningdek, spa-markaz, bog‘ va yopiq hovuz bo‘ladi. Bino o‘quv va ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari majmuasini o‘zida jo etadi. Nemis me’mori Zigfrid Volske binosining mukammallashtirilgan ko‘rinishi. Bino atrofida qad ko‘taradigan ayvonlarda ochiq osmon ostida spektakllar namoyish etiladi. 150 ming kvadrat metr maydonga joylashadigan mehmonxonada jami 780 ta xona, shuningdek, pentxauslar, konferens-xollar, o‘yin zallari, restoranlari, lobbi, spa-markaz va ochiq hovuz bo‘ladi. 2013 yilda qurilishi boshlangan mehmonxonaning ochilishi 2017-yilga mo‘ljallangan. Bino Chansha shahridagi Meysixu shahrida barpo etiladi. Bu binolarda Dubayning yangi biznes markazi joylashadi. Bu yerda ofislar, mehmonxona va savdo markazi bo‘ladi. 93 metr balandlikdagi 21 qavatli bino o‘rtasidagi “yoriq” bilan diqqatga sazovordir. Kechasi bu “yoriq” nurga va yorug‘likka to‘ladi. Tokioning yangi olimpiya stadioni 1964 yilgi Olimpiada uchun qurilgan stadionning o‘rnida qad ko‘taradi. Uning sig‘imi — 80 ming kishi, maydoni — 290 ming kvadrat metr. Qurilish ishlari 2018-yilda yakunlanadi. Bu pavilyonlar mashhur amerikalik quruvchi Deniel Byornxem xotirasiga bag‘ishlanadi. Uning ichida Chikagoning rivojlanishi aks ettiradigan audio va videoinstallyatsiyalar namoyish etiladi. Fazo kemasi shaklidagi Capital Hill Residence nomli xususiy uy Moskvaning Rublyovka shossesidagi Barvixa qishlog‘ida qurildi. Maydoni — 2 650 kvadrat metr. 22 metr balandlikdagi ikkita minorada yotoqxonalar va bolalar xonalari, yerto‘lada fin saunasi, hammom, rus banyasi, fitnes zali va mehmonxona joylashgan.
38
2,900
Foto
Kanadalik ayol bir-birini quchib uxlayotgan chaqaloq va it suratlari seriyasini yaratdi (foto)
Kanadalik fotosuratchi Elizabet Spens chaqaloq va it bir-birini quchib uxlayotgani aks etgan suratlar seriyasini yaratdi. Ayol ushbu kadrlarni joylaydigan Instagram sahifasiga 40 mingga yaqin kishi obuna bo‘lishga ulgurdi. Spens bir o‘rinda mizg‘iyotgan farzandi va itini doimiy ravishda suratga tushirib boradi. Nora laqabli it sakkiz oylik Archining kunduzgi uyqusi chog‘ida hamisha uning yonida yotadi.
94
405
Foto
Fotogalereya: Oziq-ovqatlarninig illyustratsion suratlari
Odatda ko‘pchilik biror joyga ovqatlanish uchun borganda taomlarning suratiga qarab, buyurtma beradi. Ya’ni menyudagi suratlar tanlov jarayonida juda muhim ahamiyatga ega. Marketologlarning aytishicha, fotosuratchilarning ishlari qanchalik yaxshi bo‘lsa, reklama qilingan taomni iste’mol qilish istagi shuncha oshar ekan. Fotograf Yoshinobu Sayito taomlarni suratlarda mahorat bilan aks etadi. TravelAsk yaponiyalik fotografning ana shunday ko‘rsa odamni ishtahasini qitiqlaydigan suratlarni jamlab, taqdim etdi.
57
512
Foto
Vitsin, Andrey Mironov, Natalya Varley — bir-birini takrorlamaydigan obrazlarni mahorat bilan ijro etgan Sovet davri aktyorlari (foto)
Iste’dodi va istalgan rolni qoyilmaqom ijro qilishi bilan ham yaxshi ma’lum bo‘lgan aktrisalar haqida ma’lumot berib o‘tamiz. Inna Churikova 1964-yilda suratga olingan “Ayoz bobo” filmidagi Marfusha qahramoni Inna Churikovaning ilk jiddiy rollaridan biri bo‘lgan. Keyinchalik u Gleban Panfilov va Mark Zaxarov tomonidan suratga olingan filmlarda rol ijro qilgan. Yuriy Yakovlyev “Telba” filmida bosh qahramon rolini ijro qilgan Yuriy oradan 15 yil o‘tib “Ivan Vasilyevich kasbini o‘zgartiradi” filmida suratga tushgan. “Taqdir hazili yoki qushday yengil bo‘ling”ni aktyor arsenalidagi eng yaxshi film desa bo‘ladi. Alisa Freyndlix 27 yoshida Vladimir Fetin tomonidan suratga olingan filmda sirk oshxonasi xodimi rolini ijro qilgan aktrisa 43 yoshida “Ishdagi ishq”da bosh qahramonni gavdalantirgan. Shuningdek, “Dartanyan va uch mushketyor” filmida qirolicha Anna, 52 yoshida esa “Qor malikasining siri” filmida qor malikasini gavdalantirgan. Georgiy Vitsin “Zaxiradagi o‘yinchi” (1954) filmida mahoratli futbolchi rolini ijro qilgan Vitsin “Maksim perepelitsa”da keksa otaxonni gavdalantirgan. 1962-yilda “Samogonchi” 1964-yilda esa 1964-yilda “Balzaminovaning turmushi” singari filmlarda suratga tushgan. Lyudmila Gurchenko Eldar Ryazanovning “Karnaval kechasi”da bosh qahramonni gavdalantirgan Lyudmila 1964-yilda “Balzaminovaning turmushi”da rol ijro qilgan. 1984-yildagi “Sevgi va kabutarlar” filmi esa uning ishtirokidagi eng yaxshi filmlardan sanaladi. Andrey Mironov “Brillant qo‘l”da suratga tushgan Andrey 6 yil o‘tib “Lev Gurich Sinichkin”da drijyor rolini ijro qilgan. “Pechorina jurnali sahifalarida” filmidagi ijrosini esa o‘ziga xosligini ta’kidlamay iloj yo‘q. Svetlana Kryuchkova 25 yoshida “Bo‘lishi mumkin emas” nomli filmida Zinochka rolini ijro qilgan Kryuchkina 3 yildan keyin “Nomsiz yulduz”da madmuazel Kukuni gavdalantirgan. Natalya Varley 19 yoshida “Kavkaz asirasi”da bosh rol ijro qilgan Natalya bir yildan keyin “Viy” filmida suratga tushgan. 37 yoshida “Kelajakdan mehmon”da trener, 59 yoshida Nikolay Lebedovning filmida suratga tushgan. Irina Kupchenko “Oddiy mo‘jiza” filmidagi sehrgar obrazi 1969-yildan suratga tushishni boshlagan Irinaning arsenalidagi eng yaxshi rollardan biri bo‘lgan. Keyinchalik aktrisa “Sherlok Xolms va doktor Vatsonning sarguzashtlari” (1981), shuningdek, “Fleyta uchun unutilgan musiqa” (19817) singari filmlar bilan birga “Nikolay Vavilov” (1990)da suratga tushgan. Nadejda Rumyanseva Rumyanseva 30 dan ortiq komediya janridagi filmlarda suratga tushgan. “Balzaminovaning turmushi”, “Oson hayot”, “Hammaga ma’lum sir” singari filmlar shular jumlasidan. Oleg Tabakov 1973-yilda “Bahorning 17 lahzasi” nomli filmda suratga tushgan aktyor 1979-yilda “Dartanyan va uch mushketyor”da, “I.I.Oblomovning hayotidan bir necha kun”, “Ko‘rishguncha xayr, Meri Poppins” singari filmlarda rol ijro qilgan. Yekaterina Vasilyeva “Bunbarash”dagi ijrosi muxlislar qalbidan joy olgan aktrisa keyinroq “Men eslagan va sevgan insonlar haqida” nomli filmida suratga tushgan. 1975-yilda Naum Birman tomonidan suratga olingan filmda esa Andrey Mironov bilan er-xotin rolini gavdalantirgan. 1982-yilda bo‘lsa “Afsungar” filmida sehrgar rolini o‘ynagan.
134
3,202
Foto
Jirafani o‘ldirib, o‘ljasi bilan suratga tushgan qiz tanqidga uchradi (foto)
Amerikalik qiz jirafani o‘ldirib, o‘ljasi bilan suratga tushgan. Internet foydalanuvchilari qizni tanqid ostida qoldirgan, deb yozmoqda TravelAsk. Bugun badavlat kishilar vaqtini chog‘ o‘tkazish uchun tanlayotgan turli-tuman mashg‘ulotlar ichida, afsuski, xavflilari ham bor. Buning yorqin misoli — jirafa ovi. Jirafa qirilib ketayotgan hayvonlar sirasiga kirmaydi, biroq ularning soni kun sayin qisqarib bormoqda. Bugungi kunda sayyorada 110—150 mingga yaqin jirafa bor. Jirafalar Afrikaning JAR, Zimbabve, Namibiya singari davlatlarida ko‘p uchraydi. Shuning uchun, bu mamlakatlarda jirafa ovi taqiqlanmagan. Jirafa o‘ldirish uchun ovchilar 15 ming dollar (ba’zida esa ko‘proq) miqdoridagi pulni to‘lashga tayyor. Bu vahshiy mashg‘ulotning o‘rtacha narxi sutkasiga 1500 dollarni tashkil qiladi. Yaqinda amerikalik Tess Tompson Telli ismli qizning o‘z o‘ljasi bilan tushgan surati internet foydalanuvchilari e’tiborini tortdi. Aslida qiz jirafani 1 yil ilgari ovlab suratga tushgan, biroq Afrika ommaviy axborot vositalari suratni yaqindagina e’lon qilgan. Tessning so‘zlariga qaraganda, u noyob qora jirafani o‘ldirib o‘zining butun umrlik orzusini ro‘yobga chiqargan. Shuning uchun ham, u o‘z quvonchini yashirmagan holda suratni ijtimoiy tarmoqqa joylagan. Jurnalistlar suratga nisbatan tanqidiy munosabat bildirgan: “Oq tanli amerikalik yovvoyi Afrikaga keladi va o‘zining ahmoqligi tufayli noyob jirafalarni o‘ldiradi. Uning ismi Tess Tompson Telli”. Post ostida 50 mingga yaqin izoh qoldirilgan. Tabiiyki, foydalanuvchilarning aksariyati qizni tanqid qilgan. Biroq ayrimlar Afrika mamlakatlari hukumatlarini jirafa ovlashni taqiqlamagani uchun jazoga tortish lozimligini yozgan: “Siz bunga yo‘l qo‘ygan Afrika davlatlarini ayblashingiz kerak. Bu g‘ayriinsoniylikdir”. Tessning o‘zi esa suratni shunday izohlagan: “Bugun meni jirafa ovlash bilan bog‘liq butun umrlik orzum ro‘yobga chiqdi. U mening o‘ljam ekanini darrov sezdim. U 18 yoshdan katta, og‘irligi — 1814 kilogramm, bu — 900 kilogrammdan oshiq go‘sht degani”. Albatta, tanqidga uchragach Tess o‘zini oqlashga uringan. Uning aytishicha, jirafalar soni qo‘riqxonalar qurilganidan keyin ko‘payishni boshlagan. Qo‘riqxonalar esa ovchilar mablag‘lari evaziga qurilgan. Shuningdek, Tess jirafaning nihoyatda qari va ko‘payishga qodir bo‘lmaganini yozgan.
76
2,316
Foto
Yerning Xalqaro fazoviy stansiyadan turib olingan 2015-yildagi eng yaxshi suratlari
Amerika aerokosmik agentligi (NASA) o‘z saytida Xalqaro fazoviy stansiyadan turib 2015-yilda olingan Yerning 15 ta suratini e’lon qildi. Suratlar orasida tungi Skandinaviya, Gavayidagi vulqonlar, Keyp-Kod yarimoroli, Chad ko‘li va boshqa xushmanzara joylar bor, deb yozadi “TASS”.
83
280
Foto
Gretsiya dengiz hududidan quvib yuborilgan muhojirlar, Vladivostok sohillarida muzlab qolgan kema, plyajda to'p o'ynayotgan braziliyaliklar — 28 dekabr suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz. Ispaniyaning Ibi shahrida an'anaviy “Els Enfarinats” festivali doirasida un jangi bo'lib o'tdi. Vladivostok portida muzlab qolgan kemadan tushirilayotgan Yaponiyadan olib kelingan avtomobil. Pokistonning Nilum vodiysida qor yog'di. Braziliyada yuz bergan falokatli suv toshqinlari oqibatida 18 kishi halok bo'ldi. Palma orolidagi Kumbre-Vexa vulqoni otilishi oqibatlari. Gretsiya dengiz hududidan quvib yuborilgan muhojirlar Turkiya sohil kuchlari tomonidan qutqarib qolindi. Rio sohillarida to'p o'ynayotgan braziliyaliklar. Tabiat qiziq. Dunyoning bir joyida qahraton qish, boshqa yerida esa issiq yoz. Nyu-Dehli ko'chalarida atirgul sotib yurgan qiz. Avstriyada tog' chang'isi bo'yicha jahon kubogi bo'lib o'tmoqda. Emak izlab yurgan qora qush.
161
808
Foto
To'ntarilgan uy, cho'miltirilayotgan fillar, qishlovdan qaytgan laylaklar — 15 fevral suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz. Tayvanda uchar fonarlar festivali o'tkazilmoqda. Sochida gullar ochildi. Singapurda aerokosmik ishlab chiqaruvchilarning xalqaro Singapore Airshow 2022 ko'rgazmasi o'tkazilmoqda. Yoxannesburg yaqinidagi to'ntarilgan uy shaklida qurilgan uy. Shri-Lankada fillarni cho'miltirish. Indoneziyada harbiy havo kuchlarining mashg'ulotlari o'tkazildi. Uxanda chiroqlar festivali o'tkazildi. Germaniyaning Bad-Frayenvald shahriga qishlovdan qaytgan oq laylak. Turkiyaning Iroq bilan chegarasida turgan turk askari. Madridda “Femen” tashkiloti faollari ayollarga nisbatan zo'ravonlikka qarshi norozilik namoyishini o'tkazdi.
95
674
Foto
Har qanday insonning qalbini eritishga qodir jonivorlar suratlari
Ba’zi jonivorlar o‘zlarining his-tuyg‘ularini tashqi ko‘rinishida shunday mahorat bilan aks ettiradiki, bundan har qanday odamning ta’sirlanishi aniq. “Itim mushuklardan qo‘rqadi, buni bilib qolgan mushuklar uning yo‘lini poylashmoqda”. Bechora, hayratdan qotib qoldi. “Yo‘qolgan chaqaloq so‘rg‘ichini itimiz topdi”. “Uyga kelganimda boshqa mushuklarning hidini sezgan Stellaning holati”. Shunday yordamching bo‘lsa... Bular qanday qilib eritishni bilishadi: ikkitasi rahmingni keltirishga harakat qilayotganda bittasi harakatini boshlaydi. Haddan tashqari tashvishlanayotgan kuchukcha. “Mashina haydab ketayotganimda tizzamga o‘tirolmasa, u shunday achinarli holatga tushib oladi”. “Menga baribir, bu mening tushligim, men uni baribir yeyman”. “Mening uyquchi mushugim”. Bu kuchuk quyosh nurlaridan rohatlanmoqda. “Dam olish mana bunaqa bo‘ladi”. Xavfsizlik kamerasiga tushib qolgan so‘nggi tasvir. Bu uning sevimli o‘yinchog‘i. Bunday masalada asosiysi birdamlikdir. “Agar u sevgilingizga ko‘z qisgan bo‘lsa, undan aniq ayrilibsiz”. U jim turib, sizni o‘ziga qaratishga majbur qiladi. “Kechirasiz, janob, bir daqiqa vaqt ajratolmaysizmi?” “Bo‘lishi mumkin emas”.
65
1,182
Foto
Foto: Surunkali kasalliklardan aziyat chekuvchi mashhurlar
Flytothesky nashri mashhurlik va shuhrat insonni surunkali kasalliklardan asramasligini isbotlovchi “yulduzlar” haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi. Nafaqat Gollivud, balki butun dunyoda eng talabgir aktrisalardan biri bo‘lmish Anjelina Jolining BRCA1 geni buzilgan. Bu esa ko‘kak bezi saratoni xavfini ancha oshiradi. Selena Gomes — taniqli aktrisa va qo‘shiqchi. Qo‘shiqchi lupus (“volchanka”) bilan kasallangan. Bu autoimmun kasallik bo‘lib, immun tizimini organizmdagi sog‘lom organ va to‘qimalarga hujum qilishga majburlaydi. Ushbu aktyor tartibsiz hayot tarzi sabab ITV (“VICH”) bilan kasallangan. 90-yillar oxiri 2000-yillar boshida mashhurlikka erishgan ushbu qo‘shiqchi yoshligidan buyon astmadan azob chekadi. Biroq bu uning ijodiy faoliyatiga ta’sir ko‘rsatmagan. Tom Xenks anchadan buyon diabetga qarshi kurashib keladi, ya’ni uning oshqozonosti bezi yaxshi ishlamaganligi sabab qonida shakar miqdori yuqori. Kim Kardashyanga yoshligida psoriaz tashxisi qo‘yilgan. Psoriaz terini zararlashi oqibati u qizarib qoladi, yallig‘lanadi va pufaklar hosil bo‘ladi. Kolumbiyalik qo‘shiqchi toksoplazmozdan aziyat chekadi. Ushbu infeksiya odamga mushuklar yoki xom go‘sht orqali yuqadi. U gripp ta’sirida boshlanadi va kasallangan insonning limfa tugunlari shishib ketadi. Dunyoga mashhur aktyorlardan yana biri Xyu Jekmanga teri saratoni tashxisi qo‘yilgan.
58
1,369
Foto
Fotogalereya: Bir qarashdayoq o‘ziga maftun etuvchi suratlar
AdMe bir qarashdayoq odamning yuragini tez urishiga sabab bo‘luvchi hayratlanarli suratlarni to‘plab taqdim etdi. Tasodifan olingan surat Kanada va AQSh chegarasidagi Yukon daryosi “Ushbu suratni yaratish uchun dronim yordamida olingan 5 ta rasmni birlashtirdim” Samolyotdan olingan ushbu suratda Chikago Michigan daryosida akslanmoqda Sietl xuddi olov domida qolgandek Yerdan 1400 metr balandlikda Nyu-Yorkning osmono‘par binodagi aksi Kosmik sayohat Haqiqatda boshni aylantiruvchi zina Infraqizil kameraga muhrlangan quyosh tutilishi Yerga istalgan burchak ostida qarash imkoniyati Kaliforniya bog‘ida yoz, AQSh “Qiruvchi samolyot quyoshni berkitganini suratga olishga muvaffaq bo‘ldim” Asfalt yorig‘ida yotgan bolt xuddi ancha yuqori balandlikdan tushganga o‘xshaydi
60
782
Foto
Hindistonda Holi festivali nishonlanmoqda (fotogalereya)
Hindistonda bahor ayyomi sanalgan Holi festivali nishonlanmoqda, deb xabar beradi “Kommersant”. Holi induizm dinining Yangi yil bayrami hisoblanib, u nishonlanadigan kunlarda mahalliy aholi bir-biriga rangli kukun sepadi va bo‘yalgan suvga cho‘miladi.
56
252
Foto
Fotogalereya: Fuqaroligi sotiladigan 10 davlat
Ba’zi mamlakatlarga oson sayohat qilish yoki biznes qilish uchun ikkinchi pasport halaqit bermaydi. Travel Ask fuqaroligini sotib olsa bo‘ladigan 10 davlat haqida ma’lumot berdi. 1. Kipr. Fuqarolikni olish uchun 2 million yevro 2. Portugaliya. Fuqarolik - 500 000 yevro 3. Ispaniya. Fuqarolik yuqoridagidek narxda. Faqat fuqarolikni olgandan keyin kamida 10 yil yashash kerak 4. Gretsiya. Fuqarolik 250 000 yevro 5. AQSh. Kamida million dollar 6. Sent-Kits va Nevis. 400 000 dollar 7. Dominika. Fuqarolik 200 000 dollar 8. Grenada. Fuqarolik 350 000 dollar 9. Vanuatu. Fuqarolik 220 000 dollar 10. Sent-Lyusiya. 300 000 dollar
46
635
Foto
Braziliyadagi ulkan Iso Masih haykali, shahzoda Filippning dafn marosimi, Peterburgda yongʻin, Makkadagi Tarovih — haftaning eng yaxshi suratlari
Aprel oyining yana bir haftasi nihoyasiga yetdi. Oʻtgan haftaning eng e'tiborga molik suratlarini taqdim etamiz. Italiyada koronavirus sabab ishsiz qolgan ishchilar, restoranchilar norozilik namoyishlari uyushtirdi. Namoyish paytida polisiya bilan toʻqnashgan namoyishchilardan biri. Muborak Ramazon oyida Makkadagi Masjidul Haramda Tarovih namozini oʻqiyotgan ziyoratchilar. Yamanda Ramazon oyi munosabati bilan bolalarning koʻziga surma bilan naqsh solayotgan kishi. Vafot etgan turmush oʻrtogʻining dafn marosimiga ketayotgan Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II avtomobil derazasidan boqib turibdi. Angliyaning London shahrida polisiya haqidagi qonunga qarshi norozilik namoyishlarida qatnashayotgan namoyishchilar. Fransiyada dalasida kartoshka ekayotgan fermer. Daniyadagi zotdor sigirlar dalaga oʻtlagani chiqib ketmoqda. Shveysariyaning Meyringen shahrida alpinizm boʻyicha jahon chempionatida ishtirok etayotgan yaponiyalik Miho Nonaka ish jarayonida. 9 aprel kuni vafot etgan shahzoda Filippning dafn marosimi 17 aprel kuni boʻlib oʻtdi. AQShlik 75 yoshli Taras Mixaylovich koronavirusga qarshi emlanganlik haqidagi kartani peshanasiga yopishtirib oldi. Braziliyada oʻrnatilgan Iso Masihning ikkinchi yirik haykali. Sibirda bayram tadbirlari paytida suratga tushgan bolakay. Venesuelada koronavirus tartiblariga boʻysunmagan bir guruh yoshlar polisiya idorasiga olib ketilmoqda. Lamalari bilan sayr qilayotgan germaniylik Bloxinlar oilasi a'zolari. Tailandda koronavirusga chalingan bemorlar soni ortishi ortidan sport majmualari kasalxonalarga aylantirilmoqda. Braziliyada koronavirusga qarshi emlash jarayonlari chekka hududlarda ham amalga oshirilmoqda. Bir guruh ispaniyalik qandolatchilar kubizm yoʻnalishining shoh asari boʻlmish «Gernika»ning shokoladli nusxasini yasadi. Endi «Gernika»ni nafaqat tomosha qilish, balki yeyish ham mumkin. Lekin bunday shoh asarni kim ham yeyishga jazm qilardi deysiz?! AQShda qora tanlilar huquqlari uchun davom etayotgan namoyishlar paytida polisiya tomonidan oʻldirilgan Jorj Floyd va Daunt Raytlarning portretlarini koʻtarib olgan namoyishchilar. AQShda qora tanlilar huquqlari uchun davom etayotgan namoyishlar paytida polisiya bosh kiyimi  kiydirilgan choʻchqa kallasi. Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri markazida joylashgan fabrikalardan birida kuchli yongʻin kelib chiqdi. Yongʻin paytida yonayotgan bino. Sudanda yoʻllarda yurgan musulmonlar iftor vaqti kelganda yoʻl chetida tashkillashtirilgan iftorlik dasturxonlarida ogʻizlarini ochmoqda.
145
2,506
Foto
Mashhur tarixiy yodgorliklarning bepul tashrif buyurish mumkin bo‘lgan “egizaklari” (fotogalereya)
AdMe sayyohlar o‘rtasida ommabop bo‘lgan tarixiy qadamjolarning muqobillarini topdi. Ular ham tashqi ko‘rinishi, ham tarixiyligi jihatidan o‘z “aka”laridan qolishmaydi.
98
168
Foto
Nufuzli The Guardian nashri Toshkent metropolitenining suratlarini e’lon qildi
Buyuk Britaniyaning mashhur The Guardian nashri Toshkent metropoliteni suratlarini e’lon qildi, deb yozmoqda “Podrobno.uz”. Nashrning ta’kidlashicha, joriy yil yozida poytaxt metrosida suratga olishga ruxsat berilgach, fotograf Amos Chapl Markaziy Osiyoning eng go‘zal metro tizimidagi san’atni ko‘rsatishga qaror qilgan.
78
321
Foto
Yo‘lovchi avialaynerlari uchuvchilari mohirlik bilan olgan fotosuratlar (foto)
Big Picture nashri Polshaning LOT aviakompaniyasi uchuvchilari olgan suratlarni e’lon qildi.
78
92
Foto
Dunyoning yo‘lko‘rsatkichlarda tilga olinmagan ajoyib nuqtalari (fotogalereya)
AdMe dunyoning siz hali eshitmagan eng qiziqarli burchaklari haqida ma’lumot to‘pladi. U Rimdagi Kolizeydan qolishmaydi. Amfiteatr dastlab yog‘ochdan qurilgan, eramizning I asrida esa toshdan qayta barpo etilgan. 23 ming kishini sig‘dira olgan, u yerda ommaviy tomoshalar uyushtirilgan. U Ardesh daryosi ustida qad ko‘targan. Yuzlab yil davomida daryo qoyadan balandligi 50 metr, kengligi 60 metr bo‘lgan arkani o‘yib hosil qildi. Tuzli suv havzasining maydoni 150 kvadrat km bo‘lib, u Yevropadagi eng yirik mineral ko‘ldir. Uning chuqurligi yozda 7—10 sm, bahorda esa 1,5 metrni tashkil qiladi. Barselonada XVIII asrda neoklassik bog‘ sifatida barpo etilgan. Ilgarilari u yerda madaniy va jamoatchilik tadbirlari o‘tkazilgan. Fransiya janubidagi Le-Pyui-an-Vele shaharchasida, 90 metrli qoya cho‘qqisida joylashgan butxona 962-yilda qurilgan. Xokkaydo prefekturasida to‘g‘on qurilishidan keyin eroziya jarayonlarini nazorat qilish tizimining bir qismi sifatida hosil qilingan. Suvning noodatiy yorqin moviy rangi minerallar tufayli hosil bo‘lgan hamda tabiiy sharoit va nazar solish nuqtasiga qarab, u o‘zgarishi mumkin.
78
1,127
Foto
Fotogalereya: Samolyot bortida har qanday narsani uchratish mumkinligini isbotlovchi suratlar
AdMe samolyot bortida insonni aqlini shoshirib qo‘yadigan har qanday g‘alati narsalarni uchratish mumkinligini isbotlovchi suratlarni to‘plab taqdim etdi.
93
154
Foto
Fotojamlanma: Qurilish sohasidagi “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan eng noodatiy bino va inshootlar
Kannda tashkil etilgan “MIPIM Awards 2020” 30-xalqaro mukofoti qurilish va arxitektura sohasi sovrindorlarining taqdirlash marosimi  bo‘lib o‘tdi, bundan tashqari tanlov “Qurilish Oskari” deb ham ataladi. Dunyo bo‘ylab qad rostlagan eng yaxshi loyihalar 11 ta nominatsiya bo‘yicha taqdirlandi. Shuningdek, ushbu ijodiy tanlovda 45 mamlakatdan 228 ta asar qatnashdi. “Eng yaxshi sport va madaniy inshoot” Rossiyaning Moskva shahridagi Irina Viner-Usmonova Badiiy gimnastika saroyi “Eng yaxshi sport va madaniy inshoot” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. Ushbu inshoot Xitoy, Fransiya va Buyuk Britaniya raqobatchilaridan ustun keldi. Quyida yana bir qancha nominatsiya, uning g‘oliblari hamda inshoot suratlari bilan tanishish mumkin. “Eng yaxshi tibbiyot inshooti”  Shvetsiya, Stokgolm “Eng yaxshi mehmonxona”  Fransiya, Jantiyi “Eng yaxshi sanoat loyihasi”  Kanada, Kvebek “Eng yaxshi multifunksiyali inshoot”  Polsha, Lodz “Eng yaxshi ofis”  Fransiya, Parij “Eng yaxshi qayta tiklangan bino”  Niderlandiya, Amsterdam “Eng yaxshi uy-joy qurilishi” Germaniya, Berlin “Eng yaxshi shahar loyihasi”  Polsha, Gdansk “Eng yaxshi kelajak loyihasi”  Fransiya, Parij “Eng yaxshi kelajak megaloyihasi”  Fransiya, Parij Hakamlar hay’atining “maxsus mukofoti” Yaponiya, Tokio
100
1,286
Foto
Kinolarda davlat rahbarlariga aylangan mashhur aktyor va aktrisalar (foto)
Aktyor uchun har qanday ijro muhim sanaladi, ammo davlat rahbarlari rolini ijro qilish uchun mahorat, diqqat va qahramonning ichki kechinmalarini ochib berish kabilar muhim rol o‘ynaydi. Quyidagi aktyor va aktrisalar esa buning uddasidan chiqa olgan. Jim Kerri AQShdagi saylovlardan keyin Jim Kerri Saturday Night Live shousida Jo Bayden rolini ijro qilgan. Alek Boldouin Shu shouning o‘zida Alek Donald Tramp rolini gavdalantirishi kerak bo‘lgan. Robin Rayt Aktrisa House of Cards filmida AQShning 47-(to‘qima) prezidenti rolini ijro qilgan. Jina Devis Jina qisqa Commander in Chief deb nomlangan serialda AQShdagi birinchi ayol (to‘qima) prezident rolini ijro qilgan. Bill Myurrey Bill “Gudzondagi Gayd bog‘i” filmida Amerika prezidenti rolini ijro qilgan. “Sirlarni oshkor qilishni yomon ko‘raman, ammo men deyarli hech narsa qilmadim. Ko‘p o‘qidim, to‘g‘ri talaffuzni o‘rgandim, shugina xolos”, — degan aktyor. Jek Nikolson Jek Mars Attack filmida AQSh prezidenti rolini ijro qilgan. Ushbu filmning suratga olish jarayonidan keyin prezident bo‘lish va aytilgan har bir so‘z omma e’tiboridan chetda qolmasligini istaydiganlar borligiga hayron qolishini bildirib, odamning shaxsiy hayoti bo‘lishi kerakligi va usiz hamma narsa qorishib ketishini qo‘shimcha qilgan. Morgan Frimen Morgan Deep Impact filmida prezident rolini ijro qilgan. Maykl Duglas Aktyor “Amerika prezidenti” filmida suratga tushgan. Jon Travolta Aktyor “Asosiy ranglar” filmida Bill Klinton rolini ijro qilgan. Entoni Hopkins Hopkins “Nikson” filmida AQShning 37-prezidenti Richard Nikson rolini qoyilmaqom tarzda o‘ynagan. Xarrison Ford Ford “Prezident samolyoti” filmida bosh qahramon rolini ijro qilgan.
74
1,688
Foto
Fotogalereya: Hali Yer sayyorasi yashashiga umid bor
2017-yilda 15,8 million gektar o‘rmon vayron qilingan. Bu jahon tarixida ikkinchi bor katta yo‘qotish edi. Ammo ba’zi holatlarni ko‘rib, hali Yer sayyorasini yashab qolishiga umid borligini his qilsa bo‘ladi. AdMe shunday rasmlarni taqdim etdi. View this post on Instagram https://www.flickr.com/photos/natashafatale/3528998460 View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram
52
647
Foto
Fotogalereya: Uy hayvonlarining aqldan ozdiruvchi suratlari
AdMe uy hayvonlarining ajabtovur holatlari aks etgan suratlarni taqdim etdi.
59
76
Foto
Sayyohlarning aksariyatiga tanish bo‘lmagan hayratlanarli darajada maftunkor joylar (fotogalereya)
Dunyoda ko‘pchilik mavjudligidan bexabar, sayyohlarning oyog‘i yetmagan va yetib borish qiyin bo‘lgan g‘aroyib joylar ko‘p. Lojuvard suvli, gullarga burkangan dalalar va sharsharalarga ega orollar. Bularning barchasi ertaklarni eslatadi. AdMe ana shunday ko‘pchilik tanish bo‘lmagan maftunkor joylar haqida hikoya qiladi. Blagay, Bosniya va Gersegovina Blagay — kichkinagina qishloq bo‘lib, kichik sharsharalar va moyiv suv hamda tik qoya orasida oq rangdagi kichik uylarni ko‘rish mumkin. Bu joy darvish va so‘filar uchun muqaddas joy bo‘lib, aynan ular bu qishloqni barpo etgan. Uakachina, Peru Uakachina — ulkan cho‘l o‘rtasidagi oazis shahar. Aholisi bor-yo‘g‘i 200 kishidan iborat shaharga yetish uchun Peru poytaxti Limadan janubga qarab besh soat yurish kerak bo‘ladi. Xilliyer ko‘li, Avstraliya Xilliyer ko‘li Avstraliyaning janubi-g‘arbidagi Midl-Aylend ko‘lida joylashgan bo‘lib, 1802-yilda kashf etilgan. Orol pushti rangga ega ekanligi va o‘z rangini yil davomida o‘zgartirmasligi bilan diqqatga sazovor. Suv havzasi nima sababdan bunday rangga ega ekanligi sababi hozirgacha noma’lum. Mariyeta oroli, “Yashirin plyaj”, Meksika “Yashirin plyaj”ga (Playa de Amor) faqat suv orqali borish mumkin. Suvosti g‘orlari labirintlari bo‘ylab bir necha daqiqa suzgandan so‘ng plyajning ajoyib manzarasidan bahramand bo‘lish mumkin. Silfra darasi, Islandiya Silfra darasi Islandiyaning “Tingvellir” milliy bog‘ida joylashgan. U dayver va sarguzashtlar ishqibozlari uchun sevimli joy. Uning suvi toza va shaffofligi tufayli 300 metr ostidagi narsalarni ham ko‘rish mumkin. Izola-Bella, Italiya Lago-Majore ko‘lidagi Izola-Bella oroli dunyodagi eng go‘zal orollardan biri ekanligiga shubha yo‘q. Popay qishlog‘i, Malta Popay qishlog‘i 1980-yillarning “Popay” myuzikli uchun qurilgan yog‘och uychalardir. Hozirda esa u kurort zonasidir. Donchuan qizil yerlari, Xitoy Donchuan qizil yerlari Yunnan provinsiyasi poytaxti Lunmin shahridan janubi-g‘arbda joylashgan tog‘ vodiysi. Florish oroli, Portugaliya Florish oroli noyob flora va faunaga ega milliy bog‘i tufayli YuNESKO ro‘yxatiga kiritilgan. “Do‘zax eshigi” darvozasi, Turkmaniston Darvoza — diametri 60 metr, chuqurligi 20 metr bo‘lgan yonayotgan ulkan kraterdir. Qachonlardir geologlar ulkan tabiiy gaz zahirasiga ega bo‘lgan g‘orga duch keladi. Odamlar va qoramollarga zarar qilmasligi uchun gaz yoqib yuboriladi. Biroq bir necha kundan so‘ng o‘chishi kerak bo‘lgan olov 45 yildirki hamon yonishda davom etmoqda. “Lensoys-Maranyensis”, Braziliya “Lensoys-Maranyensis” milliy bog‘i Braziliya shimoli-sharqidagi Atlantika okeani sohilida joylashgan. Setenil-de-las-Bodegas, “qoyadagi shahar”, Ispaniya Ispaniya janubidagi ushbu “qoyadagi shaharda” uylarning devorlari va hatto tomlari ulkan bazalt qoyalarning bir qismi hisoblanadi.
98
2,797
Foto
Foto: Yevropani aylangan o‘zbek do‘ppisi
O‘zbekistonlik Elbek Aliyev Yevropa shaharlari bo‘ylab sayohat qilarkan, o‘zi tashrif buyurgan shaharlarning e’tiborga molik joylarida milliy bosh kiyim — do‘ppi bilan suratga tushdi. U Praga, Budapesht va Parijda do‘ppi bilan tushgan suratlarini Facebook’da e’lon qilgan.
40
272
Foto
Fotogalereya: Sardoba falokati oqibatlarini bartaraf qilish bo‘yicha harbiylar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati Sirdaryoda Sardoba falokati oqibatlarini bartaraf qilishda harbiylar tomonidan amalga oshirilgan va qilinayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi. Mudofaa vazirligining Markaziy, Toshkent, Sharqiy, Janubi-g‘arbiy maxsus va Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlaridan 12 mingdan ziyod harbiy xizmatchi hamda 1000 dan ortiq harbiy va maxsus texnika 2-maydan buyon Sirdaryo viloyatida Sardoba suv omboridagi toshqin oqibatlarini bartaraf qilish ishlarida ishtirok etmoqda. Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va harbiy havo kuchlariga qarashli 4 ta harbiy vertolyot yordamida 270 ga yaqin parvoz amalga oshirilib, 196 nafar inson hayoti qutqarib qolindi. Har bir okrug kesimida mahallalar taqsimlanib, harbiy xizmatchilar tomonidan bir kunda 800 ga yaqin uyda tozalash va qisman ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Bundan tashqari, toshqin oqibatida yuvib ketilgan ko‘priklar qayta tiklangunga qadar muhandislik qo‘shinlari tomonidan aholi yashash punktlarini bir-biri bilan bog‘lash uchun vaqtinchalik 4 ta anhor ustiga sun’iy ko‘prik, ya’ni panton ko‘prigi barpo etilgan. “Bugun mahallalardagi hayot o‘z iziga tushayotganini ko‘rish mumkin”, – deb yozgan harbiy jurnalist G‘ayrat Madrahimov.
117
1,226
Foto
12-aprel — Jahon aviatsiya va kosmonavtika kuni: Fazoda olingan eng muhim suratlar
1961-yil 12-aprel kuni inson tomonidan kosmosga ilk parvoz amalga oshirilgan. Oradan o‘tgan yillar mobaynida insoniyat sayyoralarga uchuvchisiz uchish vositalarini yuborish, katta hajmdagi ma’lumotlarni to‘plash, ajoyib tafsilotlar bilan suratga olishni o‘rgandi. 1961-yil 12-aprelda Yuriy Gagarin kosmosga chiqqan. U “Vostok” kosmik kemasida Yer atrofida parvoz qildi. Parvoz 108 daqiqa davom etdi va to‘liq avtomatik tarzda amalga oshirildi. Kema Yer orbitasiga kirib, u bilan bo‘lgan barcha narsani bortdagi magnitofonga yozib qo‘ygan. 1965-yil 18-martda kosmonavtlar Aleksey Leonov va Pavel Belyayev bo‘lgan “Vostok-2” kosmik kemasi Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan parvoz qildi. Hammasi bo‘lib “Vostok-2” missiyasi 26 soat-u 2 daqiqa davom etgan. Leonov parvozda 12 daqiqa 9 soniyani o‘tkazdi. Keyinchalik Xalqaro aviatsiya assotsiatsiyasi buni jahon rekordi sifatida qayd etdi. Navbatdagi rekord amerikalik astronavtlar Jeyms Voss va Syuzan Xelmsga tegishli bo‘lib, ular kosmosda 8 soat 56 daqiqa vaqt o‘tkazdi. 1968-yil 24-dekabrda astronavt Uilyam Anders bu fotosuratni Oy atrofida uchish paytida Apollon 8 kosmik kemasidan olgan. Oy har doim sayyoramizga faqat bir tomoni bilan burilganiga qaramay, Yerning harakatini kuzatish mumkin. 1969-yil 20-iyul, Oy yuzidagi birinchi odam izi. Apollon 11 kosmik kemasining ekipaji, kosmonavtlar Edvin Bazz Aldrin va Nil Armstrong Yerning sun’iy yo‘ldoshiga tushgan birinchi odamlardir. Oy izining fotosurati olimlarga Oy yuzasining moddiy tarkibini tushunishga imkon berdi. 1969-yil 20-iyul. Amerikalik Apollon 11 astronavti Bazz Aldrin va uning hamkasbi Nil Armstrong Oy yuzida o‘rnatgan Amerika bayrog‘i. 1969-yildan buyon AQSh kosmonavtlari Yerning sun’iy yo‘ldoshiga o‘n martadan ko‘proq uchgan. 1972-yil 15 dekabr. “Chellenjer” oy moduli Apollon 17 NASA’ning oyga qo‘nish missiyasi paytida uzatish va joylashtirishdan so‘ng olingan. Uning atrofidagi oq nuqtalar Apollon 17 tashlagan Saturn S-IVB raketa sahnasining parchalari. 1976-yil 20-iyul, “Viking-1” stansiyasi tomonidan uzatilgan Mars sathining birinchi surati. Ushbu rasm Marsning keyingi 16 mingdan ortiq fotosuratlaridan birinchisi edi. Va bu Qizil sayyorani o‘rganishga katta hissa qo‘shgan. 1984-yil 7-fevralda astronavt Bryus MakKendless “Chellenjer” modulining yuk tashish joyidan 100 metr masofada suratga tushdi. Kosmonavt erkin parvozda, maxsus menevr moslamasi va azotli reaktiv dvigateli bilan boshqaradi, uning vazni 140 kilogrammni tashkil etadi. Yerning 6 milliard kilometr masofadan olingan fotosurati, “Xira ko‘k nuqta” deb nomlangan. Undagi Yer tasviri 0,12 pikselni egallaydi. 1995-yil 1-aprelda astronomlar Jjef Xester va Pol Skoen tomonidan suratga olingan. 2014-yilda u yuqori piksellar sonida qayta tiklandi. Ushbu shakllanishlar ichida yangi yulduzlar tug‘iladi, buning natijasida gaz bulutlari turli ranglarda porlaydi. Moviy rang kislorodni, qizil oltingugurtni, yashil esa azot va vodorodni anglatadi. 2006-yil 4-oktabrda Yevropa kosmik agentligi SWEEPS tasvirini chiqardi. Jarayon davomida 16 ta potensial sayyora aniqlangan. 2015-yil 14-iyul, Pluton sayyorasining 200 ming kilometr masofadan olingan surati. Fotosuratda quyosh nurlari bilan yoritilgan Pluton tasvirlangan, uning tuman bulutlari sayyora bo‘ylab 193 kilometrdan oshib ketgan. 2017-yil 16-dekabrda Juno kosmik kemasi Yupiter sayyorasini yaqin masofadan kuzatishga muvaffaq bo‘ldi. Fotosuratda sayyoraning atmosfera chiziqlari ko‘rsatilgan.
82
3,449
Foto
Fotogalereya: “Boeing-747” samolyotining uchuvchisi olgan suratlar
Kim ham samolyot illyuminatoridan bepoyon maydonlar, sharqirab oqayotgan irmoqlar yoki samolyot fyuzelyajini o‘rab turgan bulutlarni suratga olishni istamaydi deysiz? Biroq Kristiana van Xeysta bu ishni boshqalardan ko‘ra yaxshiroq bajaradi. Chunki u suratlarni uchuvchi bo‘lmasidan va professional kamera yordamida oladi. Daily Afisha uchuvchi Kristiananing Instagram’dagi suratlari ichidan Afg‘oniston, Sibir muzliklari va Afrika cho‘llari kabi o‘lkalarning ajoyib suratlarini to‘plab taqdim etdi.
66
499
Foto
Fotogalereya: Mehmonlar uchun kurashuvchi hayratlanarli mehmonxonalar
Mehmonlarni o‘zga jalb qilish uchun mehmonxonalar egalari hayratlanarli ekzotik joylarda shinam xonalar yaratgan holda, interyer dizayniga alohida e’tibor qaratadi. AdMe ana shunday mehmonxonalardan ba’zilariga e’tibor qaratdi.
69
227
Foto
Kolumbiyadagi ananas hosili, aybdor deb topilgan prezident, Londondagi yapon madaniyatiga bagʻishlangan festival — 30 sentyabr suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz. Singapur hayvonot bogʻidagi yosh jirafalar juftligi. Istambulda quyosh botishi. Gonkongda Xitoy milliy kuniga tayyorgarlik boʻlib oʻtmoqda. Ispaniyalik raqqos va xoreograf Nacho Duato Sankt-Peterburgdagi Mixaylovskiy teatrida «Oqqush koʻli» baletining repetisiya jarayonida. Kolumbiyada ananas hosilini yigʻib olish jarayoni. Sidney osmonidagi boʻronli bulutlar. Shveysariyada qoramollarni Alp yaylovlaridan vodiydagi Nefels kommunasiga koʻchirish boshlandi. London Qirollik botanika bogʻida yapon madaniyatiga bagʻishlangan festival boʻlib oʻtadi. Sud Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozini 2012 yilda oʻz saylovoldi kampaniyasini noqonuniy moliyalashtirishda aybdor deb topdi va uni bir yilga ozodlikdan mahrum qildi. Ispaniyada 2 oktyabr kuni Automobile Barcelona 2021 xalqaro avtosaloni ochiladi.
136
870
Foto
Kanye Uestning Irina Sheyk ko‘chib o‘tishi mumkin bo‘lgan uyi qanday ko‘rinishda? (foto)
2020-yilning iyunida Irina Sheyk va Kanye Uest Moviy qirg‘oqda dam olib, reperning 44 yoshga to‘lganini nishonlagan. Bir-biri bilan uchrashishni boshlagan juftlikning munosabatlari jiddiy bo‘ladigan bo‘lsa, Kanyega yaqin bo‘lish uchun Irinaning Nyu-Yorkdan Los-Anjelesga ko‘chib o‘tishiga to‘g‘ri keladi. Ma’lumotlarga qaraganda, reper Kim bilan ajrashganidan keyin 2,2 million dollar turadigan ranchoga ko‘chib o‘tgan. Rancho hududida oltita yotoqxona va yettita vanna xonani o‘z ichiga oladigan ikkita mehmonlar uchun mo‘ljallangan uyni uchratish mumkin. Shuningdek, otxona, ustaxona va hovuz yoki tokzor uchun yer hududi mavjud. An’anaviy kantri usulidagi interyer bilan bezatilgan. Rancho Kim bolalari bilan yashaydigan Xidden-Xillzdagi uydan uzoq bo‘lmagan hududda joylashgan. Eslatib o‘tamiz, 6 yil birga yashagan juftlikning 2020-yil oxirida ayrilishiga reperning Kim birinchi homiladorligida abort qilmoqchi bo‘lganini aytgani sabab bo‘lgan. Kanyening emotsional tvitidan keyin Kim uni psixik kasallikdan aziyat chekishini e’lon qilgan. Juftlikning to‘rt nafar: 7 yoshli Nort, 5 yoshli Seynt, 3 yoshli Chikago hamda 2 yoshli Psalm ismli farzandlari bor.
88
1,167
Foto
Fotogalereya: Aksariyat odamlarga ma’lum bo‘lmagan daraxt kengurularining ajoyib suratlari
Daraxt kengurulari oddiy kengurulardan deyarli farq qilmaydi, faqat ular ancha yungliroq bo‘lgani sabab kichkina ayiqchalarni yodga soladi. Daraxt kengurularini topish juda qiyin bo‘lganligi sabab, ularning xatti-harakatlari borasida deyarli hech narsa ma’lum emas. Bugungi kunda ularning aniq soni ham noma’lum, olimlarning aytishicha, daraxt kengurulari yovvoyi tabiatda kam tarqalgan. Hozirda uni “Okeaniyaning noyob marvaridi” deb atash mumkin. TravelAsk ushbu jonzotning ajoyib suratlarini to‘plab taqdim etdi.
90
515
Foto
Fotogalereya: Gapiruvchi eng aqlli to‘tiqush
Jako to‘tiqushi sayyoradagi boshqa to‘tiqushlardan ko‘ra aqlliroq hisoblanadi. U ongli ravishda suhbatga kirisha oladi. TravelAsk ana shu qushning suratlarini taqdim etdi.
44
171
Foto
Suratga tushish uchun eski kadrlardan ilhomlangan kishilarning kayfiyatni ko‘tarilishiga sabab bo‘ladigan suratlari
Vaqt suv singari oqib o‘tishi, uni qaytarishning iloji yo‘q ekani rost. Lekin o‘tmishdagi emotsiyalarni qayta his qilish va xotiralarni yodga olishning imkoni yo‘q emas. Buning uchun albom va arxivdagi fotolarni ko‘zdan kechirish, kadrga muhrlangan yaxshi voqealarni oila a’zo hamda do‘stlar bilan birga esga olishning o‘zi kifoya. “Ushbu mototsiklni yaxshi ko‘raman: o‘sha joy, o‘sha qiz, shunchaki oradan 71 yil o‘tgan”. “Bolalikda itimiz bilan tushgan kadrdagidek qayta suratga tushdik”. “Buvam va mening 73 yil farq bilan Tokioda olingan suratimiz”. “22 yil vaqt bilan bir yerda olingan surat. Daraxt sezilarli darajada o‘sganini aytmasa, ustunlar hali ham o‘sha-o‘shaligicha turibdi”. “Eng yaqin dugonam bilan 1986-yildagi, 2010-yil uning to‘yida va 2014-yil mening to‘yimda tushgan suratlarimiz”. “Men va buvamning 40 yil farq bilan Buyuk Xitoy devorida olingan suratimiz”. “Bundan 21 yil avval mening tug‘ilishimga yordam bergan shifokor bilan birga ishlayman”. “Do‘stlarim bilan bolalikdagidek Yangi yil bayramida suratga tushishga qaror qildik”. Ota va bolaning 1979-yil va 2019-yildagi suratlari. “Oila a’zolarimni bolaligimdagidek suratga tushishga ko‘ndirdim”. “Buvim va otamning 1966-yil va 2020-yildagi surati”. “O‘rindiq o‘sha-o‘sha, shunchaki biz kattalashganmiz”. “Otamning, taxminan, 1985-yildagi va mening 2017-yildagi suratlarimiz”. “Turmush o‘rtog‘imning 90-yillar boshidagi va hozirgi ko‘rinishi”. “Ukam bilan mening 2011-yil va 2017-yildagi suratlarimiz”. Tom Kruz 1986-yil va 2018-yildagi surati.
115
1,536
Foto
Foto: Etna vulqoni otilmoqda
2017-yil fevral oyi oxirida Italiyadagi Etna vulqoni yana uyg‘ondi. 16-mart kuni vulqonda yuz bergan portlash oqibatida 10 kishi jabrlandi. Fotosurat xuddi shu kuni olingan, deya xabar bermoqda Meduza. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
28
276
Foto
Foto: O‘zbekcha shift. Sharqona shift
Naqshinkor shiftlar O‘zbekistonning me’moriy-bezak san’atida alohida o‘ringa ega — bu san’at X—XIV asrlar oralig‘ida ayniqsa gullab-yashnagan. ArchiKultura nashri Buxoro, Xiva, Samarqand va Qo‘qondagi masjid va saroylarning naqshinkor qiyofasini ko‘rsatib beruvchi fotoloyihani tayyorladi. Asosan gumbaz ko‘rinishidagi bu shiftlar sathi sopol taxtachalar, ganch va g‘isht yoki yog‘och bo‘lib to‘ldirilgan bo‘lib, ular geometrik shakllar va o‘simliklar tasvirlangan naqshlar bilan bezatilgan. Jimjimador naqshlar odatda bo‘laklar, panellar va alohida pannolarga bo‘linadi, biroq birgalikda butun gumbazni qoplab turgan umumiy naqshinkor gilamdek tasavvur uyg‘otadi.
37
669
Foto
Qaysi kompaniyalarning logotiplari yashirin ma’noga ega?
Business Insider nashri o‘z mahsulotlarining u yoki bu jihatlarini yoxud brend tarixini logotiplarida aks ettirgan kompaniyalar haqida ma’lumot berdi. Materialni “VC.ru” taqdim etmoqda. FedEx logotipining harflar birikkan yerida ko‘rsatkich mil yashiringan — u samaradorlik va olg‘a yurish ramzidir. Yonma-yon joylashgan G va I harflari Gilette ishlab chiqaradigan asosiy mahsulot — piskani tasvirlaydi. NBC televizion tarmog‘i logotipi tovus dumini eslatib, mag‘rurlik va kuchni ifodalaydi. Kompyuter va noutbuklar brendi — Vaio nomi logotipda ikki qismga bo‘linadi. V va A harflari muqobil signalning qiya chizig‘ini, I va O esa ikkilik kodni gavdalantiradi. Tostitos logotipida esa T harfi shaklidagi ikki odam sous solingan taqsimchaning (I harfi) ikki tomonida turibdi. 1917-yilda BMW aviatsiya kompaniyasi sifatida ish boshladi, ammo bir yildan so‘ng Versal kelishuvi bois uning faoliyati to‘xtatildi. Shunga qaramay, uning logosida aviatsiyaning asosiy ramzlari — parrak va bulutli osmon — qolib ketdi. Uchburchak shakldagi shokoladlar brendi Toblerone logotipida tog‘larda raqs tushayotgan ayiqni ko‘rish mumkin. Bunday tasvir kompaniya yaratilgan joy — “ayiqlar shahri” nomi bilan mashhur Bernga ishoradir. Daniyadagi kampaniya paytida Coca-Cola ichida ushbu mamlakat bayrog‘i yashiringan logotip chiqardi. Bayroqni O va L harflari orasidan topish mumkin. Amazon’dagi ko‘rsatkich belgi bu platformada A’dan Z’gacha bo‘lgan har qanday mahsulotni topish mumkinligini bildiradi. Ba’zan uni tabassumga ham o‘xshatishadi. Beats firmasi logosidagi b harfi quloqlik taqqan boshni ifoda etadi. Pinterest ijtimoiy tarmog‘i logotipidagi P esa harfi foydalanuvchining devoriga rasm ilishga xizmat qiladigan tugmani eslatib yuboradi. LSO faqatgina London simfonik orkestri qisqartmasi bo‘lmay, dirijor ramzi hamdir. L harfini G ichiga joylashtirish bilan LG kompaniyasi ko‘z qisib turgan smayl shaklidagi logotip yarata oldi. Tour de France logosidagi quyosh ayni paytda velosiped g‘ildiragi hamdir. Britaniya xayriya tashkiloti uysizlarga boshpana qidirish bilan shug‘ullanadi, shu bois H harfi uy tomi shakliga ega. Cisco IT-kompaniyasi logotipi nafaqat elektromagnit to‘lqinlarni ko‘rsatadi, balki San-Fransiskodagi mashhur “Oltin Darvoza” ko‘prigiga ishora qiladi. Milwaukee Brewers sport jamoasi logotipidagi ramz — beysbol qo‘lqopi, lekin bu tasvir M va B harflaridan tashkil topgani ba’zan e’tibordan chetda qoladi. Unilever logotipidagi U harfi kompaniyaning turli biznes yo‘nalishlarini aks ettiruvchi mitti shakllarga boy. Aytaylik, quyun yaxshi ta’mga bo‘lgan ishtiyoqni bildiradi. Oracle Sun Microsystems kompaniyasini xarid qilinishidan oldin u yirik kompyuter ishlab chiqaruvchisi edi. Kompaniya logotipi hamma tarafdan to‘g‘ri o‘qish mumkin bo‘lgan anagramma shaklidadir. Presviterian cherkovi logosida sakkizta diniy ramz bor. 2005-yilda tashkil etilgan Baskin Robbins logotipi kompaniya ishlab chiqaradigan muzqaymoqlarning (31 turda) ta’mlariga ishora qilishi lozim edi. Eighty20 tadqiqot kompaniyasining belgisi ikkilik kodni o‘z ichiga olgan. Ko‘k kvadratlarni bir, kulrang kvadratlarni nol deb olib, kompaniya, shu tariqa, o‘z logosi orqali yuqori satrda 1010000 (80), quyi satrda 0010100 (20) raqamlarini ko‘rsatgan.
56
3,256
Foto
Uyni shohona jihozlash uchun 15 ta g‘oya (foto)
AdMe uyni jihozlash bo‘yicha eng ajoyib va eng kutilmagan g‘oyalarni taqdim qildi. AdMe ro‘yxatidagi g‘oyalarning aksariyati noodatiy, shu bilan birga, ularni amalga oshirish uchun katta mablag‘ talab qilinadi. Biroq hali o‘z orzusidagi uyni sotib olmagan kishilar ham bu rasmlarga qarab kelajakka rejalar tuzishi mumkin. 1. Qulay va shinam ayvon 2. Oshxona ichidagi “orol” — akvarium 3. Basseyn qarshisidagi uy kinoteatri 4. Yerto‘ladagi vino omboriga tushish uchun maxsus lyuk 5. Orzudagi vannaxona 6. Zina vazifasini bajaruvchi gorka 7. Sokin hovuz oldidagi qulaygina gamak 8. Taxlanib yig‘iladigan panorama oynasi 9. Manzarali yozgi dush 10. Tinchlantiruvchi vannaxona 11. Xonalar o‘rtasidagi mini-golf maydonchasi 12. Shaxsiy kabinetdagi kutubxona 13.  Sharsharani eslatuvchi dush 14. Oshxona uchun akkordeon shaklidagi oynalar 15. Shohona uy kinoteatri
47
873
Foto
Arxitektura: Karton qog‘ozidan qurilgan uy (foto+video)
Amsterdamlik dizaynerlar Wikkelhouse — kartondan yasalgan uyni o‘ylab topishdi. Bu kabi uyning devorlari uchun yuqori mustahkamlikka ega 24 qatlamli kartondan foydalanilgan. Uning yordamida ekologik toza super yelimlar orqali qotiriladigan modullar yaratiladi, deb xabar berdi TJournal. Bu turdagi uyni qurish uchun 30 ming yevro sarflanadi. Uyning bo‘limlari yog‘och panellar bilan qotiriladi va suv o‘tkazmaydigan qatlam bilan qoplanadi. Qo‘shimcha pul to‘lash evaziga oshxona va kiyinish xonasi qo‘shish mumkin. Bino chuqur asosga muhtoj emas, biroq bo‘limlari qattiq asosga qotirilishili kerak. Dizaynerlar bu kabi uylar 100 yilgacha xizmat qilishi mumkinligini ta’kidlashmoqda. Fiction Factory studiyasi bir yilda bu kabi uylardan 20 dona yaratadi va ularning sifatiga diqqat bilan e’tibor beradi. Kompaniya Amsterdam va Londonda shu turdai karton uylarni qurishga ulgurdi.
55
881
Foto
Fotogalereya: Finlyandiyaning ertaknamo o‘rmonlari
Finlyandiyaning o‘rmonlari ertaknamo ko‘rinishga ega. Suratkash Ossi Saarinenning suratlarida bu manzara aks etgan, deb yozmoqda TravelAsk.
50
139
Foto
“Apollon” dasturi: 18 ta hayratlanarli eksklyuziv surat (fotogalereya)
AQShning Kosmik makonni tadqiq qilish boshqarmasi (NASA) 1960- va 1970-yillardagi “Apollon” dasturining 8 mingta suratlarini namoyish qildi. TravelAsk ulardan eng qiziqarlilarini tanlab oldi. Komandirlik va Oy modullari bilan jihozlangan kemaning birinchi sinov parvozi. “Apollon-10 dasturi kemasining uchuvchilari Oyga yakuniy sinov parvozini amalga oshirdi. 1969-yil. Odamlar insoniyat tarixida ikkinchi marta Oy, va umuman, har qanday osmon obyekti yuzasiga qo‘ndi. Parvoz chog‘ida kemada jiddiy avariya yuz berdi, natijada Oyga qo‘nib bo‘lmadi, ekipaj hayoti esa xavf ostida qoldi. Oyga to‘rtinchi marta qo‘nish chog‘ida kosmik kema ekipaji birinchi marta Oy avtomobilidan foydalanib, 27,9 kilometr masofani bosib o‘tdi. Ekspeditsiya Yerga 77 kilogramm Oy tuprog‘idan olib keldi. 1972-yil aprelida “Apollon” dasturi bo‘yicha o‘ninchi parvoz chog‘ida odamlar beshinchi marta Oy yuzasiga qadam qo‘ydi. Bu safar tog‘li joy tanlandi. Dastur doirasida Amerika kemasi so‘nggi, o‘n birinchi boshqariluvchi parvozni amalga oshirdi. O‘shanda yerliklar Oyga oltinchi marta qo‘ndi. Kosmonavtlar Oyda jami uch sutkadan oshiqroq vaqt bo‘lib, kemadan uch marta tashqariga chiqdi, “sayr”larning umumiy davomiyligi 22 soat 3 daqiqa va 57 soniyani tashkil etdi. Ekspeditsiya chog‘ida Yerga Oy jinslari namunalaridan 110 kg keltirishdi.
70
1,332
Foto
Fotogalereya: Taassurotlarni o‘zgartiruvchi suratlar
Ba’zan bir qarashda uyg‘onadigan taassurot aldamchi bo‘ladi. AdMe taassurotlarni o‘zgartiruvchi suratlarni taqdim etdi.
52
119
Foto
Fotoloyiha: “Eski va yangi Toshkent”
Toshkentlik fotosuratchi Kamil Yenikeyev tarixiy fotokartochkalarga muhrlangan Toshkent ko‘chalari va binolarini shaharning bugungi manzaralari bilan qiyoslab, tarix va bugungi kunni bir nuqtada birlashtirishga muvaffaq bo‘ldi.
36
227
Foto
Foto: Quddusdagi 300 yildan buyon joyidan qo‘zg‘almaydigan narvon
Quddusdagi Xudo qabri ibodatxonasining kirish eshigi ustidagi deraza oldida Narvon turadi. Milodning IV asriga taaluqli ibodatxona xristian dunyosining eng muqaddas joylaridan biri sanaladi. Ibodatxona dunyodagi eng muqaddas joylarda biri sanalgani uchun uning egalik huquqi oltita konfessiyaga tegishli. Shu sababli bit qator kelishmovchiliklar yuzaga keladi. AdMe narvon haqida hikoya qildi. Ibodatxonaning turli qismlariga katolik, grek, arman, Suriya, efiopiya va kopt cherkovlari egalik qiladi. 1757-yilda ular o‘rtasida kelishuv imzolangan. Unga ko‘ra, ibodatxonada hech narsani oltita konfessiyaning kelishuvisiz o‘zgaritirish mumkin emas. Bu kelishuvga bugun ham amal qilinadi. Biroq ibodatxonada ta’mirlash ishlarini ham amalga oshirishning imkoni yo‘q, chunki tomonlar ishni tashkil qilish masalasida o‘zaro kelisha olmaydi. Narvon va ibodatxona ichidagi mebellar ham shu jumladan. Hech kim biror mebelni qo‘zg‘atish huquqiga ega emas, aks holda haqiqiy diniy urush boshlanadi. Taxmin qilinishicha, qandaydir g‘isht teruvchi derazani ta’mirlagan va narvonni o‘sha joyda unutib qoldirgan. Hech kim uning ismini, undan ham muhimrog‘i qaysi konfessiyaga tegishli ekanligini bilmaydi. Shundan buyon oltita tomon narvonga tegmaydi, chunki u hammaga tegishli deb hisoblanadi. Biroq Narvon ikki marta joyidan qo‘zg‘atilgan. 1981-yilda qandaydir hazilkash uni ko‘chirishga urinib ko‘rgan, biroq shu joyning o‘zida politsiya tomonidan qo‘lga olingan. 1997-yilda noma’lum kishi narvonni olib, ikki haftaga yo‘q bo‘lgan. Bu vaqt ichida urush boshlanishiga bir bahya qolgan. Odamlarni vahima bosib, atrofdagilarga ishonmay qo‘ygan. Noma’lum kishi tezda narvonni joyiga qaytargan. Tomonlar bir necha marta polni supurish maqsadida narvonni qimirlatishga qaror qilgan.
65
1,767
Foto
“Molodaya fotografiya Uzbekistana” fotokonkurs yakunlarini e’lon qildi
Facebook ijtimoiy tarmog‘ida “Molodaya fotografiya Uzbekistana” guruhi mavjud. Guruhda fotografiya havaskorlari va professional fotograflar o‘z ishlari, taassurotlari va tajribalarini ulashadi. “Bu guruh misolida ishonch bilan aytish mumkinki, O‘zbekistonda fotografiya yashamoqda, rivojlanmoqda, o‘zgarmoqda va qiziqarli shakllarni olmoqda”. — deb yozadi “Pisma o Tashkente”. Guruhda Toshkent mavzusida fotosuratlar konkursi bo‘lib o‘tdi. Bir oy davom etgan konkursda juda ko‘p ixlosmandlar ishtirok etdi. Guruh moderatori Aleksey Tudakov tanlovda ishtirok etgan suratlarni taqdim etdi.
70
587
Foto
Kun fotosi: sayyoraning eng boy odami iti bilan sayr qilmoqda
20-mart kuni AQShning Palm-Springs shahrida Amazonning an’anaviy MARS maxfiy konferensiyasi boshlandi. Shu munosabat bilan internetda Yer sayyorasining eng boy odami — Jeff Bezos robotlar bilan muloqot qilayotgani aks etgan suratlar paydo bo‘ldi, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru. Ular orasida, masalan, Boston Dynamics kompaniyasining SpotMini to‘rt oyoqli elektr roboti bor, Bezos uni oddiy itdek sayr qildirib yuribdi. Piaggo Gita yetkazib beruvchi robotlari esa Amazon direktori orqasidan yurib, uning har qanday istagini bajo keltirishga tayyor turibdi, uning boshi ustida esa dron uchmoqda. https://twitter.com/sashaphoffman/status/975827827424509952
61
651
Foto
“O‘zjan Denizdan Stiven Sigalgacha”. Toshkentdagi xalqaro kinofestivalning dabdabali qizil yo‘lakchasidan o‘tgan jahon yulduzlari (foto va video)
Alisher Navoiy nomli kino saroyida O‘zbekiston Kinemotografiya agentligi tomonidan o‘tkazilayotgan “Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Dilan Chichek Deniz Ochilish marosimida tashkil etilgan dabdabali qizil yo‘lakchada dunyo va o‘zbek kino olamining eng mashhur vakillari ko‘rinish berdi. “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad ushbu marosimdan reportaj tayyorladi. Mithun Melisa Asli Pamuk Erjan Kesal va Nazan Kesal Selim Bayraktar Melisa Pamuk Boman Irani Filipp Kirkorov Farhod Mahmudov (o‘ngda) Nilufar Sotiboldiyeva va Nigora Karimboyeva  Said Muxtorov, Saida Rametova, Barno Qodirova, Muyassar Berdiqulova, Dilnoza Kubayeva va boshqa shov-biznes vakillari Muyassar Berdiqulova, Dilnoza Kubayeva Bloger Ozod Xurramov va turk aktyori Sefa Zengin Stiven Sigal Dog‘ukan Erdem Ma’lumot uchun, “Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali 28-sentabr va 3-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
145
996
Foto
Takror qarashga majbur qiladigan bir-biridan ajoyib suratlar
Bir qarashning o‘zida mohiyatini tushunish qiyin bo‘lgan va kishining o‘yga tolishiga sabab bo‘ladigan fotolarni e’tiboringizga havola etamiz. O‘z vaqtida olingan surat. Kishini uzoq o‘ylantiradigan surat. Hatto itning o‘zi ham hayratda. Bunday bahaybat mushukni qayerda ko‘rgansiz? Bahaybat itni-chi? Ikki marta qarashga undaydigan surat. G‘alati soya. “Ushbu suratni kadrga muhrlash jarayonida it jabr ko‘rmadi”. Tosh uchayotgandek tasavvur uyg‘otadigan surat. Ona tabiat —do‘stimiz. Rakurs hamma narsani hal qilishining isboti. Deyarli hammasi mukammal. Soya kishining ikkilanishiga sabab bo‘ladi. Nazar tashlagandan keyin ko‘zlarni takror yumib-ochishga chorlaydigan surat.
60
691
Foto
Buyuk Britaniya qirolicha Yelizaveta II ning tug‘ilgan kunini qanday kutib oldi? (foto)
Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II kecha, 21-aprel kuni 90 yoshga to‘ldi. Odatda ushbu kunda tantanalar bo‘lmaydi va u qirolichaning oddiy ish kuni hisoblanadi, negaki rasmiy monarx tavalludi bayrami iyun oyida o‘tkaziladi. Ammo Buyuk Britaniya aholisi bu sanani har yili nishonlashga harakat qiladi va qirolichani tabriklash uchun Vindzor ko‘chalariga oshiqadi. Joriy yilda qirolichaning tavallud sanasi qanday nishonlangani aks etgan fotojamlanmani “RBK” taqdim etdi.
87
477
Foto
100 yoshli kampirning Amsterdamdagi ajoyib xonadoni (foto)
Jizel D’Alyi van Uotershut van der Graxt 1912-yilda tug‘ilgan. O‘zi yashab o‘tgan 100 yildan oshiq vaqt davomida tuxum qovurish yoki kartoshka qaynatib yeyish uchun gaz plitasidan foydalanishni ham o‘rganmadi, deb yozadi liwli. Uning otasi 1920-yillarda AQShning Royal Shell kompaniyasida ishlagan. Uning maoshi va meroslari Avstriyadagi butun bir qasrni ta’minlash uchun yetgan. Hashamat va farog‘at ichida yashab, Jizel o‘z kelajagi haqida qayg‘urmadi. Ammo 18 yoshida otasining qistovi bilan ko‘ngliga quloq solib, san’atga ishtiyoqi borligini angladi. Parijga borib, rassomchilikka o‘qidi va o‘shandan buyon qo‘lidan mo‘yqalamni tushirmadi. Bir asrlik umri davomida dunyoning turli burchaklarida yashab ko‘rdi, biroq Amsterdamdagi katta va shinam uyda halovat topdi. Jizel bir vaqtlar Amsterdam meriga turmushga chiqqan, ammo sakkiz yildan so‘ng undan beva qolgan edi. Shundan so‘ng u mustaqil ravishda ijod qilib, boylik to‘pladi. Uning asarlari mashhur va boy kishilarga yoqardi. O‘zi ishlab topgan pulga butun bir ko‘p qavatli uyni sotib oldi, ammo uning eng yuqori qavatidagina yashay boshladi. Jizel 2013-yil mayida o‘z ustaxonasida vafot etdi. Oq shift, oq devorlar, mo‘l-ko‘l quyosh nuri va ko‘chadan eshitilayotgan mashinalar shovqini — u o‘zini baxtli his qilishi uchun kerak bo‘lgan ayni narsalar edi.
58
1,331
Foto
Fotogalereya: Kolleksiyalar to‘plami
Ba’zi kishilar hayotning mazmunini kolleksiyalari bilan baholaydi. AdMe turli buyumlar kolleksiyalari aks etgan suratlarni taqdim etdi.
36
135
Foto
Fotogalereya: Tabiatdagi aqlga sig‘mas g‘aroyib joylar
“Fotoshedevri” nashri dunyoning turli mintaqalaridagi tabiat yaratgan g‘aroyib, aqlga sig‘mas makonlarning suratlarini taqdim etdi. Mangu olov sharsharasi, AQSh Ushbu g‘ayrioddiy sharshara Nyu-Yorkda joylashgan. Suvlar oqimi orasida yashiringan g‘or ichidagi olov deyarli o‘chmaydi. Bu ma’lum sharoitda olovlanadigan tabiiy gazning bug‘lanishi bilan bog‘liq. Amerika hindularida so‘ngan olovdan qayta yoqqan odam baxtiyor bo‘ladi degan afsona mavjud. Frangokastello qal’asi, Gretsiya Krit oroli hatto hujjatlarda qayd etilgan o‘zining qo‘rqinchli sarobi bilan mashhur. Har yili may oyining oxirida qurollangan jangchilar va otliqlar soyasini Agios Xaralambos monastiridan Frangokastello qo‘rg‘oniga o‘tiladi. Ushbu hodisani erta tongda, dengiz tinch, havodagi namlik yuqori bo‘lganida kuzatish mumkin. Sarob o‘n daqiqaga yaqin davom etadi. Chexiyadagi chalkash yer osti yo‘llari Afsonaga ko‘ra, ushbu chex yer osti yo‘llari qa’ridan organning ajoyib musiqasi eshitilib turadi. 1996-yilda olimlar ushbu joyni qidirib topdi. Bu to‘qqiz metr chuqurlikka ega yer osti yo‘li bo‘lib, organ o‘lchamidagi musiqiy asbob sig‘adigan birorta ham xona joylashmagan. Toshli o‘rmon, Xitoy Bu yerdagi toshli o‘rmon kamida 200 million yil oldin paydo bo‘lgan. Toshlar qurigan dengiz o‘rnida, ohaktosh konlaridan hosil bo‘lgan. Yer po‘stlog‘ining tektonik o‘zgarishi bu kabi g‘aroyib tosh tuzilmalarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Besh rangdagi daryo, Kolumbiya Kano-Kristalles daryosi yilning asosiy qismida oddiy daryolar kabi ko‘rinishda bo‘ladi, biroq yoz faslida turfa rangli gilam ko‘rinishida bo‘ladi. Bunga sabab daryoda o‘sadigan turli noyob o‘simiklardir. Qonli sharsharalar, Antarktida Ushbu qon kabi qizil sharshara hatto -10 darajada ham muzlamaydi. Bu muzlikning suvi eng sovuq suvlardan biri hisoblanadi. Garvard universitetining bir guruh olimlari “qonli” daryoning bunday rangda bo‘lishiga sabab uning tarkibidagi mikroblar ekanligini isbotladi.
54
1,954
Foto
Britaniyada RIBA mukofotiga da’vogar dunyoning eng ko‘rkam binolari ro‘yxati e’lon qilindi (foto)
Buyuk Britaniyada mamlakat me’morlari qirollik instituti (RIBA, Royal Institute of British Architects) mukofotiga da’vogarlik qilayotgan dunyoning eng ko‘rkam binolari ro‘yxati e’lon qilindi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda. Uslubi va yo‘nalishi turlicha bo‘lgan dunyoning olti chiroyli binosini bir narsa birlashtirib turadi: ular atrofidagi manzarani qoyilmaqom tarzda o‘zgartiradi.
97
389
Foto
Fotogalereya: Gonkongdagi “tobut-uylar”da yashash naqadar azob ekanligini isbotlovchi suratlar
Gonkong kichkina hududga egaligiga qaramay, ushbu shaharda 7,5 millionga yaqin odam istiqomat qiladi. Tabiiyki, odam ko‘pligidan turar-joy muammosi yuzaga kelgan va buni bartaraf etish uchun shaharda “tobut” uylar paydo bo‘lgan, deb xabar berdi TravelAsk. Bu uylarda yashash shu qadar azobli ekanligidan BMT ularni “inson qadr-qimmatini haqorat qilish” deya atagan. “O‘sha kuni uyga qaytgach yig‘lab yubordim”, — deydi ushbu hayot tarzini suratga olgan National Geographic xodimi Benni Lam. “Hayotimning bir qismi bo‘lmagan insonlar haqida nega qayg‘urishim lozim, deya savol berishingiz mumkin. Biroq ular hayotingizga har kuni tashrif buyuradi: ular sizga restoranda xizmat ko‘rsatadi, savdo markazlarida qorovul bo‘lib ishlaydi va siz yuradigan ko‘chalarni tozalaydi. Ular va bizning o‘rtamizdagi yagona farq — turar-joyimiz. Bu inson qadr-qimmati masalasidir”, — deb yozadi Lam.
94
883
Foto
Foto: Tabiatdan shunday yaralganiga ishonish mushkul bo‘lgan jonivorlar
Olimlar tomonidan yoqimtoy hayvonlar videosini tomosha qilish stressni 50 foizga kamaytirishi aniqlangan. Nafaqat video, balki jonzotlarning ekranga xuddi insonlar singari qarab tushgan va to‘satdan olingan kadrlari ham kishi kayfiyatini ko‘tarishiga shubha yo‘q. Mahalliy hayvonlar turar joyida yashaydigan ushbu it ko‘zining ranglari ikki xil. Yuzida xoli bor, yoqimtoy mushuk. Chap tarafdagi o‘rdakcha qoshini “rastushovka” qildirgan chog‘i. Mokko laqabli mushukning yuzi niqobga oxshaydi. Bunday nigohdan ko‘zni olib qochish mushkul. Bir qarashda dono maslahat berishga shaydek tuyuladigan mushuk. Suratdagi chiroyli ko‘zli Otis laqabli mushukni egasi aprel oyida yo‘qotib qo‘ygan. Mushukning erkalanayotgani aks etgan surat. Bu mushukning qarashlariga shaydo bo‘lmaslikning iloji yo‘q. Freddi laqabli endigina olib kelingan it. Sauronaning qimmatbaho toshdek porlaydigan ko‘zlari. O‘rtadagi mushukcha Erkul Puaroning o‘zginasi. “Shrek” multfilmidagidek mushuk hayotda ham mavjud. Sevgini o‘zida mujassam qilgan mushukcha. Egasining ustiga chiqib olgan mo‘ylovdor mushuk. Olifta qora kuchuk. Burnida xoli bor boshqa bir mushuk. Endigina go‘zallik salonidan chiqqandek ko‘rinishga ega bo‘lgan it. Rangi tufayli burni yo‘qdek ko‘rinadigan mushuk. Bir ko‘zli drevolaz-qurbaqa. Dumida zig-zagli naqshi bor it. Grim qilingandek ko‘rinishga ega bo‘lgan mushuk.
71
1,380
Foto
Palov rekordiga tayyorgarlik — 2 (foto va video)
Jurnalist Baxtiyor Nasimov Facebook’dagi sahifasida rekord palovga tayyorgarlik jarayoni aks etgan suratlar va video bilan bo‘lishdi.
48
133
Foto
Sakkiz yil avval sakkiz egizak farzand ko‘rgan onaning hozirdagi suratlari (foto)
2009-yilda sakkiz egizak farzand ko‘rgan Natali Sulman butun Amerikani hayratga solgan edi. Uning barcha farzandlari sog‘lom tug‘ilgan. Egizaklariga qadar uning olti nafar farzandi ham bor edi. “Fotoshedevri” nashri Natalining 14 nafar farzandi bilan tushgan suratlarini yig‘ib taqim etdi. Sakkiz egizakning ismlari: Noa, Mali, Isayya, Nariya, Jon, Makay, Jozayya va Jeremayya. Natali o‘zining 14 nafar farzandi uchun kurashishga qaror qiladi. U maktabni tugatib farzandlarini jamiyat ko‘magisiz moliyaviy jihatdan ta’minlashni niyat qilgan. “Maktabni tugatgach ularning barchasiga qaray olishimga ishonaman. Agarda men farzandlarimning yorqin kelajagi uchun biror yumush bajarmay, shunchaki divanda o‘tirib televizor tomosha qilganimda bu xudbinlik bo‘lar edi”, — deya tushuntirdi Natali. Natali bir necha bor moliyaviy jihatda foyda ko‘rish uchun televideniyeda chiqish qilgan va shaxsiy shousi uchun shartnoma ham imzolagan. Afsuski, shou efirga chiqmagan. O‘zining sakkiz yoshini nishonlagan sakkiz egizak. Hozirda Natali o‘zining 14 nafar farzandi bilan Los-Anjelsda yaqinidagi shaharda, uchta yotoqxonasi bor kichkina uyda istiqomat qilmoqda. Ularning ancha ulg‘ayib qolishdi. Endi ularning tagliklarini almashtirishga hojat yo‘q.
81
1,244
Foto
Haftaning qiziqarli suratlari
“Interfaks” haftaning qiziqarli va ajoyib suratlarini to‘plab, bir sahifaga jamladi.
29
84
Foto
Chiqindilardan yasalgan asalari, vulqondan otilib chiqayotgan lava, yoʻqsillarga non tarqatayotgan kobullik ayol — hafta suratlari
Haftaning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz. Rio Grande daryosi yaqinida AQSh chegarasini kesib oʻtgan gaitilik muhojirlarni qaytarayotgan amerikalik chegarachi. Shimoliy Irlandiyada qishloq xoʻjaligi festivalida chiqish qilayotgan motosiklchilar. Seuldagi shifoxonalardan birida koronavirusga test olishga tayyorlanayotgan shifokor. Ispaniyaning Palma orolidagi vulqondan otilib chiqqan lava atrofdagi aholini xavfsiz joyga koʻchishga majbur qildi. AQSh chegarasidagi Rio Grande daryosini kechib oʻtayotgan gaitilik ota va qiz. Kobuldagi yoʻqsil bolalarga non tarqatayotgan ayol. Suriyaning Raqqa shahridagi vayron boʻlgan binolar oldidan maktabga ketayotgan bola. Kaliforniyada yuz berayotgan oʻrmon yongʻinlari koʻplab daraxtlarning yoʻq boʻlishiga olib kelmoqda. Boliviyada hukumatga qarshi norozilik namoyishlarini tarqatish maqsadida polisiya koʻzdan yosh oqizuvchi gazdan foydalanmoqda. Indoneziyada qayta ishlanadigan chiqindilardan yasalgan asalari-transformer. Ispaniyaning Palma orolidagi vulqondan otilib chiqayotgan lava oqimi.
130
1,056
Foto
Foto: Gruziyada qizil qor yog‘di
Shimoliy Afrikada kuzatilgan qum bo‘ronlari tufayli Gruziyaning Ajariya mintaqasidagi Goderdzi tog‘-chang‘i kurortida qizil qor yog‘di. Tabiatning ushbu noyob hodisasi aks etgan fotosuratlar 24-mart kuni dam olish maskanining Facebook’dagi sahifasiga joylashtirilgan, deb xabar beradi UZ24. Sinoptiklarning aytishicha, havodagi chang zarralari qorga o‘ziga xos rang beradi. Bundan tashqari, chang havoda ham qoladi — Gruziyaning bir nechta hududlarida osmonni sariq tutun qoplab turdi.
32
486