folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Foto
Iroq harbiy-havo kuchlari Suriyada IShID jangarilariga zarba berdi
Iroq harbiy-havo kuchlari IShIDning Suriya hududida joylashgan jangarilariga raketa-bomba zarbalarini berdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar qildi. Avvalroq Iroq hukumati Suriya hududidagi IShID jangarilari Iroq aviatsiyasi tomonidan kuzatilayotgani haqida bir necha marta bayonot bergan. IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
66
419
Foto
Fotogalereya: Sevimli seriallarimizning kadr ortidagi jarayonlari
Sevimli serialning suratga olish jarayonida ishtirok etish ko‘pgina muxlislarning orzusi. Lekin ko‘p hollarda bunday seriallar xorijda suratga olinadi va bu orzu amalga oshmay qoladi. Ammo AdMe ularning kadr orti jarayoni tasvirlangan suratlarini taqdim etdi.
65
259
Foto
Foto: Nostandart tashqi qiyofaga ega Gollivud yulduzlari va ularning farzandlari
Quyidagi yulduzlar tashqi ko‘rinishi mukammal bo‘lmasa ham o‘z mahorati va ijrosi bilan muxlislar qalbidan joy olishga erishgan. Professional ijrosi va nostandart ko‘rinishi bilan ajralib turadigan mashhurlar farzandlarining ko‘rinishi qanday? Yuzidagi shafqatsiz ifoda va jinoiy o‘tmishi sabab kino olamiga qadam qo‘ygan Denning farzandlari boshqa yo‘lni tanlagan. O‘g‘li onda-sonda kichik rollar ijro qilib turishiga qaramay, asosiy faoliyati rejissorlik hisoblanadi. Qizi Daniel esa biznes bilan shug‘ullanadi, unga qarashli bir qancha liboslar do‘koni mavjud. Jerar Depardyo. Qizi Jyuli — aktrisa Eng mashhur fransuz aktyorlaridan biri bo‘lgan Jerar o‘ziga xos rollari bilan nafaqat Yevropada, balki butun dunyoda taniqli hisoblanadi. Uning qizi Jyuli ham ota kasbni tanlagan va faqatgina fransuz filmlarida suratga tushgan. U Yevropa kinofestivallarida bir necha marta mukofot qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan. Rouen Atkinson. Qizi Lili — xonanda va raqqosa Mazkur ingliz aktyori “Mister Bin” sifatida katta-yu kichikka yaxshi tanish. Boshqa shou-biznes vakillari singari Atkinsonning farzandlari aktyorlik yo‘lidan ketmagan. Qizi Lili raqs bilan professional ravishda shug‘ullanadi va estradali kafeda qo‘shiq ijro qiladi. Denni De Vito. O‘g‘li Deniel va qizi Lyusi — aktyor Gollivud komediyalari yulduzi hech qachon shaxsiy hayotini berkitmaydi va farzandlari muvaffaqiyati bilan ijtimoiy tarmoqlarda bo‘lishib turadi. Aktyorning qizi otasi izidan ketgan va u singari komik filmlarda rol ijro qiladi. Otasi bilan birga suratga tushgan filmlari ham yo‘q emas. Qizidan farqli o‘laroq o‘g‘li Deniel jiddiy janr — hujjatli filmlarni tanlagan. Devid Boui. O‘g‘li Zloui — rejissor Rok yulduzi Devidning aktyorlik mahorati ham chakki emas. Uning arsenalida 30 dan ortiq filmlar bor. Filmlarda epizodik rollar ijro qilganiga qaramay, kinoprodyusserlar bilan do‘stona aloqasi yaxshi bo‘lgani sabab o‘g‘li faoliyatini kino bilan bog‘lashni istagan. Zloui otasining yordamisiz mustaqil ravishda rejissor bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan. Otasining mashhurligi ortidan tanilmoqchi degan gap-so‘zlarni eshitishni istamagan Zloui ismini Dankan Jonsga o‘zgartirgan hatto. Rejissor sifatida suratga olgan “Dastlabki kod” va “VarKraft” filmlarini omadli chiqqan desa ham bo‘ladi.
80
2,270
Foto
Foto: Kalkuttadagi ayanchli qashshoq hayot
Hindistondagi Mumbay, Dehli, Bangalor va Kalkutta kabi yirik shaharlarda ko‘plab mahalliy aholi vakillari ayanchli darajadagi qashshoqlikda yashaydi. Mamlakatdagi kattaligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchi shahar — Kalkutta aholisining qashshoqlikdagi hayoti aks etgan suratlar jamlanmasi TravelAsk tomonidan taqdim etildi.
42
325
Foto
Lego eng katta konstruktorni taqdim etdi. U 7541 ta qismdan iborat (foto)
Lego kompaniyasi “Yulduzlar jangi” filmidagi Xan Sologa tegishli “Mingyillik lochin” kemasining yangilangan modelini namoyish etdi. Bu Lego’ning eng katta konstruktori bo‘lib, u 7541 ta qismdan tashkil topgan. Bu haqda Meduza xabar berdi. Shuningdek, unga Xan Solo, Leya Organa, Chubakka va Reyning yana 10 ta figurasi qo‘shimcha qilingan. Konstruktor 2017-yilning 1-oktabrida savdoga chiqariladi va 800 dollardan sotiladi.
73
424
Foto
Kim Chen Inning zirhli poyezdi qanday ko‘rinishda? (foto)
Qoraytirilgan oynali zirhlangan tarkibli poyezd Shimoliy Koreya rahbarlari uchun an’anaviy transport vositasi sanaladi, deb yozadi “Gazeta.ru”. Shunga o‘xshash zirhli poyezdlardan Kim Chen Inning otasi va buvasi — Abadiy prezident Kim Ir Sen va Buyuk yo‘lboshchi Kim Chen Ir rasmiy tashriflar uchun foydalangan.
57
312
Foto
Toshkent Yangi yilni kutmoqda (fotogalereya)
Shu yilning 22-dekabridan 2020-yilning 8-yanvarigacha Toshkentdagi 14 ta maskanda Yangi yil bayrami tadbirlari bo‘lib o‘tishi belgilangan. Daryo muxbiri poytaxtning Humo Arena muz saroyi, Tashkent City majmuasi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamda Hyatt Regency mehmonxonasining oldi maydonida bo‘lib, ana shu tadbirlarni fototasmaga muhrladi. Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrida o‘rnatilgan asosiy Yangi yil archasi MDH davlatlari poytaxtlaridagi asosiy bayram archalari orasida balandligi bo‘yicha 3-o‘rinni egallagan.
44
564
Foto
Fotogalereya: Dunyoning eng zo‘r dizaynga ega avtobus bekatlari
Avtobus bekatlari oldidan deyarli hamma har kuni o‘tadi. Uning dizayni, mozaykalari, shakli turli mamlakatda turlicha. Design Curial dunyodagi eng zo‘r dizaynga ega avtobus bekatlarining suratlarini yig‘di. Joylashgan joyi: Norvich, Norfolk, Buyuk Britaniya Maykl Spayser tomonidan dizaynlashtirilgan. Uning bargsimon shakli katta hududni pana qilib turadi. Bino 2005-yilda foydalanishga topshirilgan. Dizayn: RVDM Arquitectos Joylashgan joyi: Portugaliya Rikardo Vieira de Melo RVDM Arquitectos’da ishlab yurgan paytlari dizaynlashtirgan. Bekatga 96 ta avtobus sig‘adi. Bundan tashqari yana bemalol harakatlanishi uchun ancha joy ham ortib qoladi. Joylashgan joyi: Niderlandiya Rotterdam usulida qurilgan ushbu me’morlik namunasi ko‘pchilikni lol qoldirgan. Kitning og‘iz shaklida qurilgan. Rangi esa olovrang. Arxitektor: Grimshou kompaniyasi arxitektorlari Joylashgan joyi: Stoke-on-Trent, Staffordshir, Buyuk Britaniya 2010-yilda bo‘lib o‘tgan tanlovda Grimshou arxitektorlari g‘olib bo‘lgan va shahar markazida quriladigan avtobus bekatini dizaynini yaratish huquqini olgan. Arxitektor: Sou Fujimoto Joylashgan joyi: Krumbax, Vorarlberg, Avstriya Brenden avtobus bekati Serpentayn pavilyonining dizayneri  Sou Fujimoto tomonidan 2013-yil  dizaynlashtirgan. Dizayn: Bblur Architecture kompaniyasi Joylashgan joyi: Slou, Buyuk Britaniya Dizayn: Blunck + Morgen arxitektorlari Joylashgan joyi: Gamburg, Germaniya 2009-yilda Yil binosi mukofotini qo‘lga kiritgan. U o‘zida 8 ta avtobus ko‘rfazini jamlagan. Arxitektorlar: Zurab Tsereteli Joylashgan joyi: Abxaziya, Gruziya Ushbu bekat kanadalik fotograf Kristofer Hervig tomonidan Sobiq Ittifoqdagi 12 yillik sayohati davomida suratga olingan. Arxitektorlar: Ensamble Studio Joylashgan joyi: Krumbax, Vorarlberg, Avstriya Ushbu avtobus bekati Anton Garsia-Abril va Debora Mesa tomonidan Madrid ansambllari uslubida dizaynlashtirilgan.
63
1,903
Foto
Burgut tutgan prezident tarafdorlari, daraxt shoxlari bilan olovni oʻchirayotgan yigit, harbiylarga qoʻl siltayotgan Kim — 30 iyul suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz. Nepal poytaxti Katmandu shahridagi qoʻl mehnatiga asoslangan gilam toʻqish fabrikasi ishchisi gilamlarni koʻzdan kechirmoqda. AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin Keson Sitidagi harbiy lagerga tashrif buyurdi. Xitoyda yozgi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hosili terib olinmoqda. Tokyoda oʻtayotgan Olimpiada oʻyinlarining 7-kunida ayollar oʻrtasidagi 5 ming metrga yugurish musobaqalaridan lavha. Kolumbiyada sogʻliqni saqlash tizimi xodimi uzoq qishloqlar boʻylab vaksinasiya ishlarini olib bormoqda. Peru prezidenti Pedro Kastilyoning tarafdorlari ramziy inaugurasiya marosimiga tashrif buyurdi. Turkiyada kuchli oʻrmon yongʻinlari yuz bermoqda. Suratdagi kishi esa olovni archa shoxlari bilan oʻchirishga harakat qilmoqda. Yongʻin natijasida yuzlab insonlar jarohat olgani xabar qilingan. Makedoniya poytaxti Skope shahridagi hayvonot bogʻida Osiyo fili issiq havo tufayli suv havzasida oʻynamoqda. Oʻrta dengizdan qutqarilgan muhojir qizaloq Germaniyaga tegishli NNT kemasida isinmoqda. Har yili Oʻrta dengizda Yevropaga yoʻl olgan yuzlab Afrika va Yaqin Sharq mamlakatlari fuqarolari halokatga uchrab halok boʻladi. Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In mamlakat harbiylariga qoʻl silkimoqda. Londonda odamlar Niderlandiyalik mashhur rassom Vinsent Van Gogning 360 gradusda animasiyalashtirilgan asarlarini tomosha qilmoqda.
140
1,386
Foto
Nature Photographer of the year 2016 tanlovining g‘olibi e’lon qilindi
Nature Photographer of the year 2016 an’anaviy tanlovining g‘olibi e’lon qilindi. Joriy yilda tanlovda avstraliyalik fotograf Metyu Makintosh g‘olib bo‘ldi, deb ma’lum qiladi “Korrespondent.net”. U erkak qurbaqaning ikki chivinning hujumiga uchragan lahzalarini fotokadrlarga muhrlab qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi. Muallif suratga g‘alatiroq nom berdi — “Bosh og‘rig‘i pirsingi”. Surat Avstraliyaning Kedr-Bey milliy bog‘ida tushirilgan. “Sayohat paytida biz yomg‘ir suviga to‘la eski avtomobil g‘ildiragi atrofida qurillashi eshitilayotgan qurbaqalarni ko‘zdan kechirish uchun to‘xtadik. U yerda ko‘plab erkak qurbaqalar yaqin atrofda turgan urg‘ochilarning diqqatini tortishga urinayotgan ekan”, — deb eslaydi Makintosh. “Boshimdagi chiroq bilan yagona surat olishga erishdim, unda qurbaqaning boshida o‘tirib oziqlanayotgan ikki chivin aks etdi”, — so‘zida davom etdi suratkash. “Korrespondent.net” barcha nominatsiyalar g‘oliblarining ishlaridan iborat fotojamlanmani taqdim etdi.
70
981
Foto
Fotogalereya: Sayohatni tubdan o‘zgartiruvchi eng yaxshi 5 ta joy
Sayohatchining oldida doim bir qancha tanlov turadi: dengiz, tog‘ manzarasi, rang-barang savdo rastalariga ega shinam shahar yoki safari. Ammo bularni hammasini birlashtirsa bo‘ladi-ku! Asosiysi joyni va vaqtni to‘g‘ri tanlash. Travel Ask mana shu mavzuni yoritishga harakat qildi. 1. Marokko: Marokash bozorlari va as-Suvayra to‘lqinlari 2. Chernogoriya: tog‘ yonbag‘ridagi daryo va O‘rtayer dengizidagi hordiq 3. Keniya: nafaqat safari, balki tropik o‘rmon ham bor 4. AQSh: Ispaniya va Fransiyaning mujassamligi 5. Avstraliya: Osiyo ekzotikasi va sahro uzra sayohat
65
571
Foto
Tasodifiy elementlar orqali noyob asarlarga aylangan omadli kadrlar
Ko‘pincha g‘alati ko‘ringan suratlarga sinchiklab qaralsa, uning zamirida umuman boshqa narsaning tasavvuri paydo bo‘ladi. Internet foydalanuvchilari ana shunday suratlar bilan bo‘lishdi. Ulardan ba’zilarini taxmin qilish oson. Ammo ba’zilari fikrlashni chalkashtirib yuboradi. Kiyimlarning soyasi odamga o‘xshaydi. Ximera-iti. Mikrofon shunchalar kattami? Tishli chetan mevasi. Olov purkayotgan mushuk. “Bog‘imdagi bu pomidor tikilganga o‘xshaydi”. Balki, bu NUJ bo‘lishi mumkin. Hayratlangan xonim. Itning odamga o‘xshash yuzi bor. Mushuk va daraxtning aksi. Bu o‘rgimchak mushuk. Old oynadagi beshiktebratar. Mushuk qandaydir tarzda o‘zini bulutlar ustida topdi. “Mashinamga burchakdan qaralsa, to‘rtinchi g‘ildirak yo‘qolib qoladi”. Bu daryo emas, qoyatosh. Xuddi dinozavrlarga o‘xshaydimi? Ular aslida oqburunlar. “Itim boshini yo‘qotib qo‘ydi”. “Do‘stimning krossovkalari qichqirayotganga o‘xshaydi”.
67
923
Foto
2015-yilning adrenalinga to‘la 20 fotosurati
Kishini hayratga soladigan surat olishning yo‘li juda oddiy — hayotini xavf ostiga qo‘yib bo‘lsa-da, o‘z maqsadiga yetishdan toymaydigan ekstremallar hordiq chiqarishni ma’qul ko‘radigan joylarga yo‘l olish kerak. AdMe’ning yozishicha, bunday sayohat, fotosuratchining o‘zi yo‘qlik uzra tortilgan dor bo‘ylab yurmayotgan bo‘lsa-da, ko‘plab sarguzasht va tahdidlarni keltirib chiqarishi mumkin, biroq suratlar “besh baholik” bo‘lishiga aslo shubha yo‘q. Jasper milliy bog‘i, Alberta viloyati, Kanada. Grin-River, Yuta shtati, AQSh. Vazifa: Kaskad tog‘larining eng yuqori nuqtasiga yetib borish. Britaniya Kolumbiyasi, Kanada. Alpinist Uli Shtek Monblandagi 82 cho‘qqidan birida. Arizona shtati, AQSh. Poipu, Kauai okrugi, Gavayi, AQSh. Har yili o‘tkaziladigan an’anaviy veloturning yuqori tezlikda pastga tushadigan qismi. Kaliforniya, AQSh. Montana, AQSh. Ko‘l 30 metr yuqoridan suratga olingan. Yuta shtati, AQSh. Vellington shahri yaqinidagi tog‘lar. Vashington shtati, AQSh. 30 metrlik to‘lqin. Tasmaniya janubi-sharqi, Avstraliya. Shveysariyadagi Urner Alpen tog‘ tizmasi. AQShning Kaliforniya shtatida joylashgan Syerra-Nevada tog‘ tizmasi. Chilidagi Golgol daryosidagi sharshara. Perudagi Yanama daryosi vodiysi. Kanadaning Alberta viloyatida joylashgan Banf milliy bog‘idagi muzlagan ko‘l. Oy tepaligi, Shimoliy Xitoy. Arizona, Grand Kanyon, AQSh. Gretsiyadagi Telendos orolining katta qismini ulkan tog‘ egallagan bo‘lib, uning eng yuqori cho‘qqisi dengiz sathidan 460 metr balandlikda joylashgan.
44
1,525
Foto
Otasidan jozibadorlikni meros qilib olgan Gollivud mashhurlarining qizlari (fotogalereya)
Ko‘pchilik bolalarga ota-onasidan nafaqat tashqi ko‘rinish, balki ularning qobiliyati va jozibasi ham meros bo‘lib o‘tadi. AdMe mashhur otalarning ana shunday jozibador qizlari bilan tanishtirishga qaror qildi.
89
210
Foto
Fotogalereya: Eng yaxshi o‘rindiqlarga ega bo‘lgan aviakompaniyalar
Britaniyaning Skytrax konsalting kompaniyasi doimiy ravishda dunyoning turli aviatarmoqlaridan foydalanuvchi mizojlari o‘rtasida so‘rov o‘tkazib keladi. So‘rov maqsad — servis yoki xizmatlar bo‘yicha eng yaxshilarning mustaqil reytingini tuzish. Yaqindagina kompaniya o‘zining mashhur The Skytrax World Airline Award mukofotini topshirdi. Skytrax g‘oliblarni aniqlashda so‘rovlarda ishtirok etgan 19 million yo‘lovchilar fikridan kelib chiqdi. TravelAsk nashri “Ekonom klassdagi eng yaxshi o‘rindiqlar” yo‘nalishi bo‘yicha ajralib turuvchi aviatarmoqlarning suratlarini to‘plab taqdim etdi.
67
590
Foto
Yer yuzidagi tabiat tomonidan yaratilgan eng ajabtovur maskanlar (foto)
Ko‘pchilik sayohat chog‘ida eng go‘zal joylarga tashrif buyurishni yaxshi ko‘radi. Ammo Yer yuzida nafaqat sayyohlarni, balki olimlarni ham qiziqtirib qo‘yuvchi bir-biridan sirli maskanlar mavjud. Ularning ayrimlari bilan quyida tanishish mumkin. Geyzer Flay, AQSh. Ushbu ajoyib ko‘rinishga ega maskan inson aralashuvi bilan hosil bo‘lgan. 1916-yilda quduq qazilganidan so‘ng suvda eriydigan minerallarda g‘ayritabiiy landshaft paydo bo‘lgan. Geyzerning devorlari esa o‘sishda davom etmoqda. Salar de Uyuni, Boliviya. Dunyodagi eng yirik sho‘r botqoq. Ushbu qurigan ko‘l o‘zining yorqin oq tuzli tekisliklari va tosh shakllari bilan mashhur. Noyabrdan martgacha yomg‘irli mavsum hisoblanadi. Yog‘ingarchilik natijasida ko‘lning tuz qobig‘i ulkan oynaga aylanadi. Lensoys-Maranensis, Braziliya. Hudud balandligi 40 metr bo‘lgan ulkan qum tepaliklari bilan qoplangan. Yomg‘irli mavsumda suv tepaliklar orasida to‘planib, ajoyib ko‘rinishni hosil qiladi. Natijada oq qumlar orasida yashil va ko‘k ko‘llarning o‘ziga xos manzarasini tomosha qilish mumkin. Pamukkale, Turkiya. “Paxta qal’asi” deb nomlanuvchi ajoyib manzara Turkiyada joylashgan. Ushbu hududga har yili minglab sayyohlar tashrif buyuradi. U yerda kaskad shaklida shakllangan suv tepaliklari manzarasiga guvoh bo‘lish mumkin. Yorqin plyaj, Maldiv orollari. Maldiv orollarida joylashgan yorqin plyaj nafaqat kunduzi, balki tunda ham ajoyib ko‘rinishga ega. Dengiz va suv harakatlari tufayli ushbu manzarani tomosha qilib to‘ymaslik mumkin. Natron ko‘li, Tanzaniya. Mikroorganizmlarning hayotiy faoliyati natijasida suv yiliga bir necha marta qizg‘ish va pushti ranglarga o‘zgaradi. Bu yerda tuz va ishqorning konsentratsiyasi shunchalik balandki, tasodifan suvga tushgan hayvonlar va qushlar o‘lishi ham mumkin. Moyeraki toshlari, Yangi Zelandiya. Ulkan toshlar joylashgan ushbu hududga baliqchilar qishlog‘ining nomi berilgan. Plyaj bo‘ylab yuzlab sirli ulkan toshlarni ko‘rish mumkin. Ba’zilarining yuzasi mutlaqo silliq, boshqalar notekis. Grand Prismatik Spring, AQSh. Buloqning yorqin ranglari uning cheti bo‘ylab minerallarga boy suv bilan mavjud bo‘lgan bakteriyalarning hayotiy faoliyatidir. Bakteriyalarning rangi yashildan qizilgacha o‘zgarib turadi. Buloqning markazidagi suv yuqori harorat tufayli toza hisoblanadi. Xillier ko‘li, Avstraliya. Suvning pushti rangining sababi sho‘rlanish va ko‘lda yashovchi o‘ziga xos mikroorganizmlardir. Ammo bu nazariya tasdiqlanmagan. Keyinchalik olib borilgan tadqiqotlarga ko‘ra, suv o‘tlari va boshqa organizmlar borligi suvga pushti rang berishi aniqlangan. Rishat, Mavritaniya. Taxminlarga ko‘ra, ushbu manzaraning sababi katta meteoritning ta’siri bo‘lishi mumkin. Ba’zi olimlar esa hududni eroziya natijasida paydo bo‘lgan, deb qaraydi. Gigantlar ko‘prigi, Shimoliy Irlandiya. O‘zaro joylashgan olti burchakli toshlar ajoyib ladshaftni hosil qilgan. Manzara qadimiy vulqon faoliyatining natijasi ham bo‘lishi mumkin. Chiqib ketish joylari esa lava oqimi tufayli paydo bo‘lgan. Syudad-Enkantada bog‘i, Ispaniya. Bog‘ning hududi 20 kvadrat kilometrni tashkil etadi. Landshaft asosan ming yillik iqlim va boshqa tabiiy omillar ta’sirida o‘ta g‘alati va g‘ayrioddiy shakllarga ega bo‘lgan yumshoq cho‘kindi ohaktoshlardan iborat. Kristal G‘or, Meksika. G‘or yuz ming yillar davomida minerallarning issiq eritmasi bilan to‘lgan. Ushbu g‘orda dunyodagi eng yirik kristallar tabiiy ravishda paydo bo‘ladi. Kliluk ko‘li, Kanada.  Bu yerdagi suv mineral tuzlar bilan to‘yingan va magniy sulgat, kalsiy, natriy, kumush va titanning eng yuqori konsentratsiyasiga ega. Suv omborida minerallarning zichligi yuqori bo‘lganligi sababli faqat mikroorganizmlar omon qoladi. Iblis minorasi, AQSh. Ushbu tosh qoyasini eslatuvchi minora qadimgi vulqon og‘zida muzlagan eritma hisoblanadi. Minora poydevori esa eroziya natijasida paydo bo‘lgan. Raqsga tushuvchi o‘rmon, Rossiya. Bu kabi o‘zgarishlarning sababi g‘ozlar qarag‘aylarga zararli ta’sir o‘tkazadi. Yosh daraxtning kurtaklari yeyilganidan so‘ng novdalar o‘z-o‘zidan o‘sish jarayonidan deformatsiyalanadi.
71
4,074
Foto
AQShda yo‘lovchilar samolyotga olib kirishga uringan 10 ta g‘aroyib buyum (foto)
AQSh transport xavfsizligi ma’muriyati (TSA) Instagram’dagi rasmiy sahifasida AQSh aeroportlarida yo‘lovchilarning yonidan topilgan noodatiy buyumlar suratlarini joylab boradi, deb yozadi Forum Daily. Nashr shularning eng qiziqarlilarini taqdim etdi. Arilar taqiqlangan buyumlar orasida yo‘q, ammo bunday voqealar takrorlanaversa, aviakompaniya taqiq kiritishi mumkin. Yo‘lovchilar qurolni hindularga xos artefakt niqobi ostida bortga olib kirmoqchi bo‘lgan. Yukni tekshirish chog‘ida tasodifan aniqlangan itni ko‘rib, yo‘lovchining o‘zi ham hayratga tushgan va it jomadonga uyda sezdirmay kirib olganligini taxmin qilgan. Qo‘rqinchli ko‘rinishdagi qo‘g‘irchoq dahshatli film rekviziti bo‘lib chiqqan. Uni yangi filmni suratga olish joyiga olib ketishayotgan edi. Yana bir qo‘rqinchli yuk — utilitarizm asoschisi Jeremi Bentamning boshi. Mumiya tegishli tarzda o‘ralgan bo‘lsa, uni bortga olib kirish mumkin.
80
914
Foto
Toshkent xalqaro investitsiya forumi, Ukrainadagi urushning bir oyligi, sammitga yig'ilgan NATO’ga a'zo davlatlar prezidentlari — 24 mart suratlari
Bahorning yana bir yomg'irli kuni ortda qoldi. Bundan bir oy oldin, 24 fevral kuni Rossiya Ukrainaga bosqinni boshlagandi. Bu bir oy ichida dunyo va O'zbekistonda qator yangiliklar sodir bo'ldi. Shu jumladan, bugun ham (“Bugun” bilan har doim yangilik!). Bugunning eng e'tiborga molik suratlarini ko'rib chiqishni esa hozir ayni vaqti. O'zbekistonda Toshkent xalqaro investitsiya forumi start oldi. Forum doirasida Shavkat Mirziyoev Surxondaryodagi yangi IES qurilishini boshlab berdi. Rossiyadagi “McDonald’s” fastfud tarmog'ining birinchi filiali hozir shunday ko'rinishda. Ha, undan iz ham yo'q. “Endi qaytmasa ham kerak”, deb yozadi bloger Ilya Varlamov. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy urush boshlanganiga bir oy to'lgani munosabati bilan o'z Telegram kanalida (tom ma'noda aholini ruhlantiradigan) post qoldirdi. “Rossiya harbiy kuchlarining dastlabki rejasi bosqinning birinchi kunlarida barbod bo'ldi. Ular ukrainaliklar qo'rqib ketadi deb o'ylashgan. Ular ukrainaliklar jang qilmasligiga ishongandi. Ular noto'g'ri fikrda bo'lgan”, — deb yozadi prezident. Gruziyaning Tbilisi shahridagi Parlament binosi yonida joylashgan Oksana Baulina xotirasiga bag'ishlangan memorial. Baulina “The Insider” jurnalisti edi. U 23 mart kuni Ukraina poytaxtida halok bo'ldi. Bu surat bugun tushirilmagan, ammo aktual. Chunki suratdagi xonim — Kosovo urushining “arxitektori” — AQSh tashqi ishlar vaziri — Madelin Olbrayt bugun, 24 mart kuni vafot etdi. Klinton davrida AQShning ilk ayol Davlat departamenti kotibi bo'lgan Madelin haqida ko'proq bilish uchun ushbu maqolaga ko'z yugurtirib chiqing. xavfsizlik xodimlari sobiq prezident Pak Kin xeni o'z qarorgohi oldida o'rab oldi. U omma oldida bayonot berayotgan paytida noma'lum shaxs unga shisha uloqtirmoqchi bo'ldi. Belgiyaning Bryusssel shahrida NATO’ga a'zo davlatlar rahbarlari alyansning navbatdagi sammitini o'tkazishga to'plandi. Suratda Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson (chapda) va AQSh prezidenti Jo Bayden (o'ngda) qo'l berib ko'rishmoqda. Orqa fonda esa Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo'g'on. Norvegiya harbiylari NATO’ga a'zo davlatlar, shuningdek, Finlyandiya va Shvetsiyadan 30 000 ga yaqin askarni to'plagan “Cold Response — 2022” nomli harbiy mashg'ulotlarda qatnashmoqda.
147
2,252
Foto
“Chimyon” tog' tayyorgarligi o'quv-mashqlar markazida press-tur tashkil etildi
Toshkent viloyatida joylashgan “Chimyon” tog' tayyorgarligi o'quv-mashqlar markazida O'zbekiston Qurolli kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi munosabati bilan jurnalist va blogerlar uchun press-tur tashkil etildi. Unda ishtirok etgan “Bugun.uz” muxbiri hududdan fotoreportaj tayyorladi. G'arbiy Tyan-Shan tog'larining Chotqol tizmasi va tizmada joylashgan Katta Chimyon, Qizilnura va Aukashka cho'qqilari. Ushbu tog' tizmasi etaklarida bunyod etilgan, ya'ni dengiz sathidan 1700 metr balandda joylashgan, 316 gektar maydonga ega bo'lgan Mudofaa vazirligi “Chimyon” tog' tayyorgarligi o'quv-mashg'ulot markazi O'zbekiston harbiylarining xalqaro armiya o'yinlaridagi muvaffaqiyatining asosiy omiliga aylanib bormoqda. Zamonaviy talablarga javob bera oladigan markaz foydalanishga (2020 yil) topshirilgandan keyin harbiylarning xalqaro armiya o'yinlaridagi imkoniyatilari oshishiga zamin yaratilgan. Jumladan, “Elburs xalqasi”, “Tog' uchkurashi”, “Sayan yurishi” va “Otliq marafon” kabi yo'nalishlar bo'yicha tayyorgarlik bosqichining eng muhim va mas'uliyatli jarayonlari bo'yicha mashg'ulot o'tkazish mumkin. Bu yerda nafaqat xalqaro armiya o'yinlari, balki harbiy xizmatchilarning muntazam ravishda tog'li hududlardagi qiyin sharoitda jang olib borish bo'yicha bilim va ko'nikmalari oshirib boriladi. Hozirda markaz yanada rivojlangan bo'lib, o'z kasbining ustalari — soha mutaxassislari harbiy xizmatchilarni “tarbiyalab”, O'zbekiston armiyasi safini har sohada professional kadrlar bilan ta'minlab kelmoqda. Bundan tashqari, ayni kunga kelib O'zbekistondagi boshqa kuch tuzilmalari harbiy xizmatchilari ham ushbu markazda mashg'ulot olib bormoqda. Tashkil etigan tur davomida chang'i uchish, ot minish, qurollardan o'q otish kabi qator mashg'ulotlarni amalga oshirish rejalashtirilgan edi. Bo'stonliqdagi yangi ochilgan tog' muz yo'lagi va polo musobaqasi — suratlarda
78
1,875
Foto
Instagram’dan fotoreportaj: Qorga burkangan Sochi
Yanvar oyining oxirida Sochiga shiddatli qor bo‘roni yopirildi. Havo harorati shaharning alohida tumanlarida -12 darajagacha pasaydi. Havonning sovib ketishi tufayli ba’zi maktablarda darslar qisqartirildi yoki bekor qilindi. Shahar ma’muriyatining so‘zlariga ko‘ra, kommunal xizmatlar sovuq ob-havoga oldindan tayyor bo‘lgan va qor bo‘roni Sochining hayot tarziga ta’sir ko‘rsatmadi. Kurort aholisi ijtimoiy tarmoqlarda noodatiy qorli manzaralar va dengiz bo‘yida o‘rnatilgan qorbolalar suratlarini ulashmoqda. Tog‘lardagi qorlar bilan hayratlantirish qiyin bo‘lgan sochiliklarning hissiyotlarini  qirg‘oq bo‘yidagi qor manzaralari to‘lqinlantirdi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
49
832
Foto
Haftaning qiziqarli suratlari
“Interfaks” haftaning qiziqarli va ajoyib suratlarini to‘plab, bir sahifaga jamladi.
29
84
Foto
Fotogalereya: Yaponiya kelajak mamlakati ekanligini isbotlagan suratlar
Yaponiya jahondagi eng rivojlangan mamlakatlardan biri hisoblanadi. Ekspertlar yapon xalqining tartib-intizomga qat’iy rioya qilib, o‘z ishini sidqidildan bajarishi mamlakatni shiddat bilan rivojlanishining asosiy sababi deb biladi. Quyida texnik mukammallik va yapon xalqining tartib-intizomi, madaniyatini ifodalagan suratlar. Chaqirishingiz bilan oldingizga keladigan muzlatgich faqat Yaponiyada bor. Ushbu ekzoskelet yordamida salomatlikka zararsiz og‘ir yuklarni tashish mumkin. Yaponiyada zontiklar joylashgan qutini uchratish mumkin. Xohlovchilar yomg‘irli ob-havoda qutidagi zontiklardan birini olib ishlatishi mumkin. Rossiyada 2018-yilning iyun oyida bo‘lib o‘tgan futbol bo‘yicha Jahon Chempionatida Yaponiya Belgiyaga 0:2 hisobida yutqazgan. Yapon jamoasi o‘yindan keyin kiyinish xonasini tartibga keltirib, “rahmat” deb yozib ketgan. Stadiondagi yaponiyalik muxlislar ham chiqindilarni xaltalarga solib, o‘tirgan joyini yig‘shtirib ketgan. Yaponiyaliklar axlatni o‘z uylaridagi axlat qutilarga tashlaydi. Saqichlarchi? Do‘kondagi saqishlar salfetkalar bilan birga sotiladi. Konfetlarining “sehrli” ko‘rinishidan ularni yeb yuborishga kishining ko‘zi qiymaydi. Yaponiyadagi kanalizatsiya lyuklarini san’at asari deb e’tirof etish mumkin. Yaponlar qoidalarni buzishdan ko‘ra, navbatda turib kutishni ma’qul ko‘radi. Kasalxonalarda bemorlarga restoranda kabi taomlar tortiladi. Chekuvchilar uchun maxsus “qutilar” sotiladi. Ushbu “qutilar” tamaki mahsulotlari qoldiqlarini ko‘chaga tashlamaslikka yordam beradi. Yaponiya tarvuzlari dumaloq bo‘lmaydi. U yerda to‘rtburchak tarvuzlar sotiladi. Yaponiyada oddiy KitKat topish qiyin masala. Yaponiya poyezdlari soatiga 600 km tezlik bilan harakatlanadi. Dunyodagi eng tezyurar poyezd Yapon poyezdi — MLX01 Maglev Takashi H hisoblanadi. Xirosima va Nagasaki fojialariga salkam 75 yil bo‘ldi. Shu vaqt ichidan shahar xarobalardan yirik megapolisga aylangan.
71
1,925
Foto
Baland bo‘yli bo‘lishning o‘ziga xos afzallik va qiyinchiliklari (foto)
Ginnesning rekordlar kitobiga ko‘ra, Robert Uodlou dunyodagi eng uzun bo‘yli odam bo‘lgan. Uning bo‘yi rasmiy ravishda 272 santimetr deb hujjatlashtirilgan. Oramizda shunday odamlar yashashi biz uchun odatiy holdek tuyulmaydi, albatta. Ammo ular bunday bo‘y bilan o‘zlarini qanday his qilisharkan? “Vanihoyat, o‘zimga mos kiyim topdim” “Restorandagi ikkinchi oyna maxsus biz — ulkanlar uchun (206 sm)” “Bankadagi sardinyadek qulay joylashdim” “Dugonamga yopinchiq sifatida foydalanishi uchun shimimni sovg‘a qildim. Bo‘yim 195 sm” “Yaponiya biz kabilar uchun emas ekan (200 sm)” “Bo‘yim 195 sm, lekin bu shim menga katta keldi” “Men(185 sm) va mening eng yaqin dugonam (149 sm)” “Poyezdda doim ham bunday qulay joy topish amri mahol” “Uning (231 sm) yonida men (205 sm) o‘zimni doim pakanadek his qilaman” “Dugonam (182 sm) va uning minionlari” “Yangi ta’mirlangan uyning yuvinish xonasiga sig‘masliging alam qilarkan (192 sm)” “Yangi uyim...Lekin muzlatkich mening oldimda mini-muzlatkichga aylanib qoldi” “Mendan boshqa kim ham shunday idish yuvardi?” “Vanihoyat o‘zimga (200 sm) mos juft topdim” “Kurtkam menga (193 sm) va onamga (167 sm) qanday turishini bitta suratda ko‘rish mumkin” “Men (198 sm) va Kanadadagi eng bo‘yi baland odam — Jeri Sokoloski (231 sm)” Iordaniyadagi supermarketlardan biri “Bo‘yim 215 sm. Shiftlarni bo‘yab, chiroqlarni almashtiraman. Bu ishlarni narvonsiz bajaraman”
71
1,414
Foto
Fotogalereya: Arxitektorlar yozgi ta’til uchun tomida basseyn joylashgan zamonaviy uy loyihasini yaratdi
Yozgi ta’tilni panoramali basseynga ega bo‘lgan sohil bo‘yidagi uyda o‘tkazishni hamma xohlaydi. Anti Reality ushbu orzuni amalga oshirib, tomi basseyn qilib ishlangan super zamonaviy yozgi uy loyihasini yaratdi. Travel Ask uning rasmlarini taqdim etdi.
104
253
Foto
Foto: Shahzoda Garri 20 yildan buyon taqadigan bilakuzuk
Buyuk Britaniya qirolligi oilasi hamisha butun dunyo e’tibori markazida. Ularning tashqi ko‘rinishidagi mayda detallar ham kuzatuv ostida turadi. Xususan, shahzoda Garrining qo‘lidagi bilakuzuk qariyb 20 yildan buyon o‘zgarishsiz qolmoqda. AdMe ana shu bilakuzukning tarixiga e’tibor qaratdi. Qayd etilishicha, ingichka oq-qora bilakuzuk birinchi marta Garrining qo‘lida 2001-yilda paydo bo‘lgan. Taqinchoq afrikacha uslubda yaratilgan. Nashrning yozishicha, 1997-yilda Garrining onasi malika Diana vafot etganda uning otasi Charlz Garrini akasi Uilyam bilan Afrikaga jo’natgan. O‘shanda Garri 13 yoshda, akasi esa 15 yoshda bo‘lgan. Ularning onasi o‘limi bilan bog‘liq hodisalar bolalarga juda qattiq ta’sir qilgan. Shuning uchun bolalarning otasi ularni iloji boricha Londondan, jurnalistlardan uzoqlashtirish uchun Afrikaga jo‘natgan. Garrining qo‘lidagi taqinchoq ham aynan Afrikada onasining xotirasi uchun sotib olingani taxmin qilinadi.
56
946
Foto
Reyting: Jahonning sayyohlar eng ko‘p tashrif buyuradigan shaharlari
Gonkong jahondagi xorijiy sayyohlar eng ko‘p tashrif buyuradigan shahardir. 2014–2015-yillardagi xalqaro tashriflarni o‘rganib chiqqan Euromonitor tadqiqot tashkiloti mutaxassislari shunday xulosaga kelgan. 2015-yilda Gonkongga jami 27 million xorijlik sayyoh kelgan. Tashkilot ekspertlari shaharning yutug‘i sifatida uning xitoylik sayyohlar orasidagi mashhurligi va britaniyalik sayyohlarning eski koloniyalarga qiziqishi bilan izohlagan. Reytingning ikkinchi qatoridan Bangkok (18,7 million sayyoh), uchinchi pog‘onasidan London (18,6 million) o‘rin olgan. Dastabki o‘nlik esa quyidagicha: 1. Gongkong 2. Bangkok 3. London 4. Singapur 5. Parij 6. Makao 7. Dubay 8. Istanbul 9. Nyu-York 10. Kuala-Lumpur Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
68
890
Foto
Ayollar uchun eng xavfli shaharlar nomi e’lon qilindi (foto)
Thomson Reuters Foundation reytingidan 10 milliondan ortiq aholisi bor megapolislar o‘rin oldi. So‘rovda ishtirok etgan ekspertlar shaharlarga u yerda sodir bo‘ladigan zo‘ravonliklar, ayollarga an’anaviy madaniyatni singdirish, tibbiy xizmat darajasi, ta’lim va boshqa omillarni hisobga olib baho berdi, deb xabar qiladi “Vedomosti”. Misr poytaxti — Qohira o‘zining madaniy an’analari tufayli ayollar uchun dunyodagi eng xavfli shahar deya topildi Reytingda ikkinchi o‘rinni Pokistonning Karachi shahri egalladi Uchinchi o‘rinni esa Kongo demokratik respublikasining poytaxti — Kinshasa band etdi To‘rtinchi o‘rinda Dehli (Hindiston) Top-5 likka Peru poytaxti — Lima yakun yasadi Oltinchi o‘rinni Mexiko egalladi (Meksika) Yettinchi o‘rinda Dakka shahri (Bangladesh) Reytingning sakkizinchi pog‘onasidan Lagos shahri (Nigeriya) o‘rin oldi To‘qqizinchi pog‘onani Indoneziyaning Jakarta shahri egalladi Top-10 likka Istanbul yakun yasadi (Turkiya) Moskva shahri esa ayollar uchun eng xavfli shaharlar ro‘yxatida 16-o‘rinni egalladi. Ayollar uchun eng xavfsiz shahar deya London tan olindi
60
1,096
Foto
Suratkash bitta joy yilning turli vaqtida qanday o‘zgarishini ko‘rsatib berdi (foto)
Niderlandiyalik suratkash Albert Dros butun dunyo bo‘ylab sayohat qilib, o‘zi kezgan o‘lkalarni kameraga muhrlashni yaxshi ko‘radi. Biroq o‘zi yashaydigan hududning peyzajlari suratkashga ma’qul bo‘lmagan. U o‘zini o‘rab turgan atrof-muhitni har kuni ko‘rgan, bu esa unda makonning umumiyligi va ahamiyatsizlik hissini uyg‘otgan. Dros bu yerni ham suratga olishni boshlagach, bunga barham berildi. Suratkash o‘zi har kuni duch keladigan hududni bir yil davomida bir necha bor suratga oldi. TravelAsk Drosning suratlarini to‘plab taqdim etdi. Kech kuz oqshomi Qish Yoz Kuzning o‘rtasi Tungi yog‘du Bahor Kech kuz tongi
84
623
Foto
Dunyodagi imkon bo‘lishi bilan borib ko‘rishga arziydigan 7 ta xushmanzara maskan (foto)
Shuni aytish mumkinki, zamonaviy dunyoda sayohat endi hashamat emas, balki hayotning bir qismiga aylanib ulgurdi. Qolaversa, hamma sayohatchilarning umumiy jihatlari bor: ular iloji boricha ko‘proq yangi hududlarni o‘rganishni istaydi. Quyida imkon bo‘lishi bilan sayohat qilishga arziydigan maskanlar suratini e’tiboringizga havola etamiz. Shotlandiyadagi Maxri Mur tosh maydoni Maxri Mur – Shotlandiyadagi Arran orolida joylashgan 6 ta tosh doiraning nomi. Stounxenjga tashrif buyurishni orzu qilganlar bo‘lsa, o‘z tarixiga ega, ammo unchalik mashhur bo‘lmagan alternativni borib ko‘rish mumkin. Aytgancha, bu yerda sayyohlar kamroq. Tabiiy chakalakdan labirint, Longlit qo‘rg‘onchasi, Angliya Longlit eng uzun chakalak labirintlaridan biri hisoblanadi. Uning uzunligi 2,7 km, 16 ming dona butadan iborat. Balandligi 2,5 metrga yaqin, butalar markaziy kuzatuv minorasini o‘rab oladi. Har bir mehmon labirintdan chiqish yo‘lini tezda topa olmaydi. Faqat 6 ta baland ko‘prik yo‘l ko‘rsatkich sifatida xizmat qiladi. Bu yerda adashish juda oson. Bagan, Myanma Qadimiy shahar o‘rnida joylashgan tarixiy hududda 2 mingdan ziyod ibodatxona, pagod va monastir mavjud. Ibodatxonalar marmar, ohaktosh va qumtoshdan qurilgan. Ular bir-biriga o‘xshamaydi. Bagan IX-XIII asrlarda butparast qirollikning poytaxti bo‘lgan. Ammo mo‘g‘ullarning bosqini oxir-oqibat butparastlikning qulashiga olib keldi. Vaqt o‘tishi bilan bu hudud buddistlarning ziyoratgohiga aylandi. 2019-yilda Bagan YuNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Bu mamlakatda faqat turizm kuchayib bormoqda. Shuning uchun endi bu maskanni birinchilardan bo‘lib ziyorat qilish uchun imkoniyat bor. Bokodi ko‘li, Vengriya Kichkina baliqchilar qishlog‘i kamchilikka ma’lum bo‘lgan Bokodi ko‘lida joylashgan. Bu joy Vengriyada, Budapesht yaqinida. Ilgari baliqchilar uylarda yashar edi, endi u yer yozgi dam olish maskaniga o‘xshaydi, ba’zida mehmonlar tashrif buyuradi. Barcha uylar poydevor ustida, binolar orasida tor yo‘laklar bor. Hamma narsa insonni romantik muhitga olib kiradi. Serf Snoudoniya bog‘i, Uels Serf Snoudoniya – bu 2015-yilda ochilgan yangi bog‘. Uning boshqa bog‘lardan asosiy farqi shundaki, unda sun’iy ko‘l yaratilgan. Ko‘l hududida qurilgan tizim balandligi 2 metrgacha bo‘lgan to‘lqinni yaratishga imkon beradi, u deyarli 150 metrdan oshadi va bularning barchasi inson qo‘li bilan amalga oshiriladi. Shu bilan birga, suv havzasida mashg‘ulot o‘tkazish yoki shunchaki o‘yin-kulgi bilan shug‘ullanish mumkin. O‘lmaslar ko‘prigi, Xitoy O‘lmaslar ko‘prigi XX asr oxirida Xuanshan tog‘ tizmasida qurilgan. U yerga borish haqiqiy sarguzasht, chunki ko‘prikka boradigan yo‘l yog‘och va taxtalardan yasalgan tor yo‘lak. Hozircha ko‘prik qurilishi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. U toshlarga o‘yilgan ikkita kichik tunnelni bog‘laydi. Ko‘prikning kengligi atigi 2 metr, lekin bu yo‘ldan yurish uchun jasoratli bo‘lish kerak. Sayohatchilar bu haqiqatan ham xavfli, ammo sehrli joy ekanligiga ishonishadi. Tobizin burni, Vladivostok Bu Tobizin burni. U Primorskiy o‘lkasida joylashgan. Tosh yonbag‘irlari va o‘tlar bilan qoplangan yo‘llar, burunga olib boradi. Ochiq maydon tufayli sovuq shamollar bu yerda tez-tez esadi. Tobizin burni – orolning eng janubiy chekkasi. Bu yerdagi qoyalar 50 metr balandlikka yetadi. Tobizin Vladivostokdan bir soatlik yo‘l. Aytgancha, burunga olib boradigan bir necha marshrutlar bor. Ulardan biri tik va xavfli zich o‘rmondan o‘tadi.
88
3,446
Foto
Dubaydagi kundalik hayot biznikidan farq qilishini ko‘rsatib beruvchi 14 ta surat (fotogalereya)
Travel Ask dubayliklar uchun “oddiy” va “odatiy” bo‘lgan, ammo chet elliklar uchun hayratlanarli bo‘lgan Dubay manzalari bilan tanishtirdi.
96
139
Foto
Fotogalereya: Suvning narxi
Fotograf Eshli Gilbertson UNICEF uchun suvdan foydalanish bo‘yicha ma’lumotlar to‘plash maqsadida Hindistondan Boliviyagacha bo‘lgan oraliqda oltita mamlakatni kezib chiqqanda, odamlardan ular kuniga qancha suv sarf qilishi haqida so‘ragan. Keyin esa fotograf o‘z qahramonlarini plastik idishlar bilan suratga olgan, deb yozmoqda National Geographic. Fotografning aniqlashicha, ba’zan ayollar va bolalar eng yaqin suv manbaiga yetib borgunicha bir necha kilometrni bosib o‘tishiga to‘g‘ri keladi. Water.org xayriya tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, butun dunyoda ayollar va bolalar suv olib kelish uchun har kuni umumiy hisobda 125 million soat sarflaydi.
27
659
Foto
Fotogalereya: “O‘rgimchak-odam” Olmaotadagi eng baland binoni zabt etdi
Fransiyalik balandlikka chiquvchi, “O‘rgimchak-odam” laqabi bilan mashhur Alen Rober Qozog‘istonning eng baland binolaridan birini zabt etdi. U Olmaotadagi 38 qavat va 168 metr balandlikdagi Esentai Tower binosini bir soatda zabt etdi va bu orada selfiga tushishga ham ulgurdi. “Gazeta.ru” ushbu jarayon aks etgan fotojamlanmani taqdim etdi.
71
342
Foto
Kommunistik partiyaning yuz yilligi, uxlayotgan fillar, chiqindilardan yasalgan prezidentlar byustlari — 8 iyun suratlari
E'tiboringizga 8 iyunning eng diqqatga sazovor suratlarini taqdim etamiz. Xitoyda oʻz yashash joyini tark etib, boshqa hududga koʻchayotgan fillar 500 km masofani bosib oʻtgach, uxlab dam olmoqda. Bozor yaqinida koronavirusga qarshi karantin talablari yumshatilishini kutayotgan hindistonlik savdogarlar. Mamlakat 2021 yilda kasallik avj olgan nuqta boʻldi. Angliyada oʻtishi kutilayotgan G7 sammitidan oldin ingliz haykaltaroshlari chiqindilardan ushbu davlatlar rahbarlarining byustlarini yasadi. Ushbu san'at asari AQSh prezidentlari sharafiga oʻrnatilgan yodgorlikka taqlidan yasalgan. Unda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Yaponiya bosh vaziri Yoshihide Suga, Germaniya kansleri Angela Merkel, AQSh prezidenti Jo Bayden, Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo, Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson hamda Italiya bosh vaziri Mario Dragilar tasvirlangan. Peruda prezidentlikka nomzod Pedro Kastilya tarafdorlari mamlakat bayrogʻini koʻtarib chiqdilar. Xitoyda gulchilar mamlakat kommunistik partiyasining 100 yillik yubileyi munosabati bilan gullardan partiya bayrogʻi tasvirini yasadi. Malayziyada koronavirusdan vafot etgan bemor sanitar talablar asosida dafn etilmoqda. Hindistonning Mumbay shahrida polisiya koronavirus shaklidagi bosh kiyim va himoya qalqonlari yordamida tartibni saqlamoqda. Qozogʻistonda yoʻqolib ketish xavfi ostida qolgan saiga antilopalari yana koʻpaymoqda. Kanadaning Ontario shahrida musulmonlarga qarshi kayfiyatdagi mikroavtobus haydovchisi toʻrt kishilik musulmon oilani oʻldirdi. Oila vafot etgan joyda odamlar gullar bilan ularni yod etmoqda. Turkiyaning eng mashhur turistik yoʻnalishlaridan biri Kappadokiyada tong otishi paytida bir nechta havo sharlari uchirildi. Mamlakat bu yilgi yoz uchun turistlarni qabul qilishga tayyorlanmoqda.
121
1,777
Foto
Fotogalereya: Qayta qarashga majbur qiladigan suratlar
Ba’zan suratlar shunday tushiriladiki, uni tushunib olish uchun qayta qarashga to‘g‘ri keladi. AdMe ana shunday suratlarni taqdim etdi.
54
135
Foto
Fotogalereya: AQShdagi yog‘ochdan qurilgan temiryo‘l ko‘priklari
AQShda 1830-yillardan temiryo‘llarning shiddatli rivojlanishi boshlangan. O‘n yil ichida yo‘llarning uzunligi 65 kilometrdan 4,5 ming kilometrga yetgan. So‘nggi 60 yili ichida esa butun mamlakat bo‘ylab ularning uzunligi 100 martaga oshgan. Amerika va Kanada hududidagi temiryo‘llarning o‘ziga xosligi shundaki, u yerda yog‘ochdan qurilgan hayratlanarli estakadalar ko‘p. Shimoliy Amerikada yog’ochning arzonligi sababli bunday ko‘priklar ommabop bo‘lgan. TravelAsk ana shunday ko‘priklarning suratlarini taqdim etdi. Bugungi kungacha saqlanib qolgan bu kabi ko‘priklardan faqat piyoda yoki velosipedda o‘tish mumkin.
64
626
Foto
Harbiy tayyorgarlik ko'rayotgan 79 yoshli Valentina Konstantinovskaya, Palma orolida nobud bo'lgan banan plantatsiyasi, Kamila Valievaga atalgan banner — 14 fevral suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz. Mariupolda harbiy tayyorgarlik ko'rayotgan 79 yoshli Valentina Konstantinovskaya. Palma orolida vulqon otilishi natijasida nobud bo'lgan banan plantatsiyasi. Moskvada doping qabul qilishda ayblanayotgan Kamila Valievani  qo'llab  chiqarilgan banner. Nyu-Yorkda moda haftaligi davom etmoqda. Tailandning Bangkok bozoriga Valentin kuni munosabati bilan gul tashiyotgan hammol. Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahrida chiroqlar festivali bo'lib o'tmoqda. Nepaldagi “Magx Mela” festivali. Los-Anjelesda o'rmon yong'inlarining o'chirilishi. Dakkada shahmat ixlosmandlari Valentin kuni munosabati bilan musobaqa tashkil etdi. Bosfor bo'g'ozidan o'tayotgan Rus suvosti kemasi.
173
738
Foto
Dizayner mashhur gadjetlar va qurilmalar uslubidagi alfavitni yaratdi (foto)
Rio-de-janeyrolik grafik dizayner Vinisius Arauko mashhur gadjetlar va qurilmalar uslubida alfavit yaratdi. Barcha harflar Helvetica shriftida yozilgan va u yoki bu kompaniyaning rangiga bo‘yalgan, deb yozmoqda TJournal. Masalan, A — Apple’ning eski kompyuteri, B — Beats quloqchini, C — Canon fotoapparati va hokazo. Shuningdek, Epson, Kodak, LG, Motorola, Sony, Nintendo kabi mashhur brendlarni ham ko‘rish mumkin. Harflar Behance platformasiga joylashtirilgan.
76
463
Foto
Fotogalereya: O‘z ko‘zlaringizga ishonmaslikka undovchi suratlar
AdMe bir qarashda aqlni shoshirib qo‘yuvchi suratlarni to‘plab taqdim etdi. Qizning oyoqlari shu qadar ingichkami?! Velosipedchilar va ularning arvohlari “Itingiz namuncha chiroyli” 2D ko‘rinishida qurilgan bino “Ba’zida uyda it emas, tulki boqyapmanmi deb o‘ylab qolaman” G‘amgin surat: ruh mushuk tanasini tark etmoqda Bu shunchaki quvurlar, juda ko‘p quvurlar Sayyora kabi ko‘rinishga ega tosh “Oyi, yana besh daqiqagina o‘ynay” “Kechirasiz, yaxshi qiz sizga shuncha oyoq nimaga kerak?”
64
498
Foto
Foto: Bejirim to‘y liboslari bilan internetni “portlatgan” kelinchaklar
Oddiy qizlarning to‘y liboslari ham ijtimoiy tarmoqlarda yulduzlarnikidan kam bo‘lmagan mashhurlikka erishishi, bunga esa ularning hashamatga uchmasdan did bilan tanlov qilgani sabab bo‘lishi mumkin. Masalan, Kelsi ismli qizning ayniqsa, yoz va sentabr oyidagi to‘ylar uchun ayni muddao bo‘lgan torli libosi foydalanuvchilarni o‘ziga maftun qilgan. Fata va boshqa aksessuar o‘rniga gul taqqani esa obrazni yanada jozibali ko‘rsatgan. Kristina Kelsidan farqli ravishda noqulay poyabzal tanlaganiga qaramay, libos borasida harakatlanishga erkin modelga e’tibor qaratgan.
71
569
Foto
Fotogalereya: Hayvonlarning ajoyib portretlari
Fotograf Rendal Ford hayvonlarning ajoyib portretlarini yaratadi. TravelAsk uning ijod namunalarini taqdim etdi.
46
112
Foto
Dunyodagi eng noodatiy maktablar (fotogalereya)
“Gazeta.ru” dunyodagi eng noodatiy maktablar suratlarini e’lon qildi. Maktabning devorlari qariyb faqat oynadan iborat. Sinfxonada bolalar o‘zlari istaganidek o‘tirishi mumkin, maktab hech qanday to‘siq bilan o‘ralmagan — axir bolalar o‘zlarini erkin va ozod his etishi kerak. Eng chiroyli maktab Los-Anjelesning eng noxush tumanida joylashgan: bolalar o‘qish zo‘r narsa ekanligini bilib qo‘ysin. Ochiq xonalar, yostiqlarga yonboshlab, noutbukda ishlash imkoniyati, oynali va yorug‘ xonalar — bularning barchasi bolalarni maktabda ko‘proq ushlab qolish uchun choralar. Oddiy fermerlarning farzandlari ta’lim oladigan noodatiy maktab: barchasi o‘qish qiziqarli bo‘lishi mumkinligini isbotlash uchun qilingan. Maktab sobiq nasos stansiyasi binosida joylashgan bo‘lib, u yerda birorta ham to‘g‘ri burchakni ko‘rmaysiz (chunki to‘g‘ri burchaklar — zerikarli). Dunyodagi eng “yashil” maktablardan biri: tomi ham, ichki hovlilari ham o‘t bilan qoplangan. Toki bolalar toza havoda ko‘proq bo‘lsin.
47
1,000
Foto
O‘zbekistonlik bolalar va ko‘cha o‘yinlari (fotogalereya)
O‘zbekistonlik fotosuratchi Aleksey Tudakov Facebook’dagi sahifasida “Ko‘cha o‘yinlari” deb nomlangan suratlar seriyasini e’lon qildi. Toshkent. Eski shahar. “Aytishlaricha, hozirgi zamon bolalari ko‘chalarda o‘ynamay qo‘ygan: ular telefon yoki planshet o‘ynaydi; kompyuterda o‘tiradi; PlayStation o‘ynab, sport bilan umuman shug‘ullanmaydi”, — deb yozadi fotosuratchi. Toshkent. “Don-Don-Ziki” o‘ynayotgan bolalar. “Men ushbu seriyani O‘zbekistonning turli shaharlarida suratga olganman. Ko‘chalar har doim bolalar bilan to‘la. Ular 10 yoki 20 yil avvalgidek o‘sha-o‘sha o‘yinlarni o‘ynash bilan band”, — deya qo‘shimcha qiladi Aleksey Tudakov. Buxoro. Ark yonida futbol o‘ynayotgan bolalar. Buxoro. “O‘rtaga tushar” o‘ynayotgan bolalar. Samarqand. Navro‘z kuni. Samarqand. Bolalar ulkan varrakni havoga ko‘tarishga tayyorlanmoqda. Toshkent, Xadra. Sirk oldidagi favvorada cho‘milayotgan bolalar. Toshkent. Quvlamachoq. Toshkent, Labzakdagi ko‘prik. Anhorga sakrayotgan bolakay. Toshkent, O‘qchi mahallasi. Varrak uchirayotgan bolalar. Toshkent, Samarqand darvoza dahasi. Velosiped uchayotgan bolalar.
57
1,124
Foto
Iqlim oʻzgarishiga bagʻishlangan sammit, daraxt ostida qolgan mashinalar, Vatikanga tashrif buyurgan prezident — 29 oktyabr suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz. Rio de Janeyroda aholi arzonlashtirilgan suyultirilgan gaz uchun navbatda turibdi. Ispaniyaning Servantes teatrida «Flamenko» raqsini ijro etayotgan raqqosa. Ekofaol Greta Tunberg Londondagi Tabiat tarixi muzeyida ovchilik tufayli yoʻqolib ketgan baliq skeleti oldida suratga tushdi. Hozirda Glazgoda iqlim oʻzgarishi boʻyicha BMT sammiti boʻlib oʻtmoqda. Meksikada AQSh chegarasini kesib oʻtishni maqsad qilgan muhojirlardan biri toshlar ustida uxlamoqda. Dubaydagi fransuz rassomi Saype freskosining osmondan koʻrinishi. Chilida oʻtkazilayotgan festivalda niderlandiyalik rassom Henk Hofstraning «Uyda tayyorlangan» (Hecho en Casa) deb nomlangan installasiyasi. Rassom Saype oʻzining Dubaydagi installasiyasi bilan. «Ocean Rebellion» ekologik harakati vakillari Glazgoda BMTning iqlim oʻzgarishi boʻyicha sammiti ochilishi arafasida norozilik namoyishi oʻtkazdi. Xuddi shunday namoyish Isroil poytaxti Tel-Avivda ham oʻtkazildi. Avstraliyaning Viktoriya shtatida yuz bergan toʻfon oqibatida daraxtlar sinib avtomobillar ustiga quladi. Natijada mashinalarga jiddiy zarar yetgan. AQSh prezidenti Jo Bayden Vatikanga tashrif buyurdi. Bavariya oʻrmonlarining yuqoridan koʻrinishi.
133
1,239
Foto
Fotogalereya: Aqlbovar qilmas tabiat hodisalari
AdMe nashri tabiatning fantaziyasi chegara bilmasligini isbotlovchi suratlar jamlanmasini tayyorladi. Loy, balchiqli momaqaldiroqlar vulqon etagida chaqmoq paydo bo‘lgan vaqtda yuzaga keladi. Tadqiqotchilarning fikricha, ushbu sirli hodisa qum termitlari “mehnati mahsuli” bo‘lishi mumkin. Shimoliy Irlandiyadagi qadimiy vulqonning otilishi oqibatida bir-biriga zich yopishgan 40 mingta bazalt ustunchalardan iborat makon yuzaga kelgan. AQShning Jorjiya shtati osmonida paydo bo‘lgan bulut — juda kamyob hodisa. Yilning 140—160 tuni davomida, tuniga 10 soat va bir soatda 280 martagacha suv ustida chaqmoq chaqib turadi. Har yili 43 million qisqichbaqa tuxum qo‘yish uchun okean sohiliga keladi. Mahalliy ma’muriyat qisqichbaqalarning ko‘chishiga xalal bermaslik maqsadida, bir hafta davomida orolning aksariyat yo‘llarini yopiq deb e’lon qiladi. Beliz sohillari yaqinidagi mazkur bahaybat karst chuqurlikning diametri 300 metrdan ortiq, chuqurligi esa 124 metrga yetadi. Undulatus asperatus yoki, boshqacha qilib aytganda, g‘adir-budur to‘lqinlar. Qaynoq buloqlar suvi hisobiga to‘lgan ushbu sho‘r ko‘l kichik flamingolar ko‘payadigan yagona joy hisoblanadi. Kanadadagi Kliluk ko‘li — magniy, kaltsiy va natriy sulfatining jahondagi eng katta zaxirasiga ega joydir. Tadqiqotchilarning no‘noq harakatlari oqibatida 1971-yili boshlangan yong‘in hali ham to‘xtagan emas. Sohildagi argillit jinslarning yemirilishi natijasida hosil bo‘lgan sharsimon predmetlar suv yuzasiga chiqib qolgan. Kanadadagi Abraham ko‘lidagi muz qopqonga tushib qolgan metan pufakchalar. Dengiz va ko‘llarning sokin suvlarida, suv yuzasi yengil muzlayotgan vaqtda havo birdan keskin sovib ketsa, juda go‘zal shakllar paydo bo‘ladi. 50 mingdan ortiq chug‘urchiqlarning osmondagi ulkan to‘dasi. Amerikadagi kimsasiz vodiyda g‘alati geologik hodisa kuzatiladi: qoya bo‘laklari birovning yordamisiz, harakatlanish izini qoldirgani holda, bir joydan ikkinchi joyga ko‘chadi. Yaponiya sohillarida erkak ignaqorin baliqlarning sa’y-harakatlari bilan atrofi naqshinkor aylanalar paydo bo‘ladi. Ignaqorinning erkagi bu ishi bilan urg‘ochisining e’tiborini tortishga harakat qiladi. Minglab kilometrlar maydonni qoplab olgani holda, kapalaklar to‘dasi Kanadadan AQSh janubi tomoni parvoz qiladi. Yog‘ingarchilik har doimgidan-da ko‘proq bo‘lgan yillarda Chilidagi Atakama cho‘li gullar va maysalar bilan qoplanadi. Bunday bulutlar kamdan-kam, asosan tropik kengliklardagi po‘rtanalar vaqtida uchraydi. Fitoplanktonlarning ba’zi turlari lyuminestsentsiya qobiliyatiga ega. O‘z po‘stlog‘ini bo‘laklab tashlagani sabab, daraxt shunday ko‘rinishga kiradi. May oyidan iyulga qadar milliardlab sardinalardan tashkil topgan baliq to‘dalari Janubiy Afrika sohillari bo‘ylab suzib o‘tadi.
47
2,765
Foto
Dubayning g‘aroyib arxitekturasini namoyish etuvchi suratlar
Yana maftunkor Dubay mavzusi. Eksklyuziv aerofotosuratlar shaharning anchayin noyob — qush parvozi balandligidan ko‘rinishidan bahramand bo‘lish imkonini beradi. Dron yordamida olingan suratlardan birida osmono‘par binolar, boshqalarida hashamatli mehmonxonalar, yaxtalar uchun mashhur prichal aks etgan. Yana bir suratda gullardan hosil qilingan fantastik Airbus A380 samolyotini ko‘rish mumkin, deb yozadi TravelAsk.
60
418
Foto
Fotogalereya: Yerni saqlab qolish uchun tubdan o‘zgargan shaharlar
Antarktidada muzlar erigani sari odamlar ekologiya, havoning ifloslanishi va global issiqlik haqida bosh qotira boshlamoqda. Olimlarning fikricha, havoning ifloslanishi sigaret chekishdan ham ko‘proq odamlarni o‘ldiradi. Shuning uchun shahar ma’muriyati boshqacha hayot tarzini shakllantirishga urinmoqda. AdMe ana shunday lavhalarni taqdim etdi. Gruziyada polietilen qopchalardan voz kechishga harakat qilmoqda Buenos-Ayeresda veloseped harakatlanishining xavfsizligini oshirish uchun ularga ko‘mak sifatida gulli tuvaklar qo‘yilgan Berlinda avtomobil yo‘llari o‘rniga velosiped yo‘nalishi qo‘yiladi Hindistonda ko‘chalarini 2024-yilgacha elektrmobillar egallaydi Pekinda avtomobillar haftaning bir kunida harakatlanmaydi Madrid o‘z markaziy ko‘chalarini mashinalardan holi hududga aylantirdi Osloda mashina turar joyini velosipedlar egalladi
66
849
Foto
Fotoreportaj: Nukus shahridagi iste’dodlar maskani
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi 12-bolalar musiqa va san’at maktabida yosh iste’dod sohiblarining ijodiy kamoloti uchun barcha sharoit yaratilgan, deb yozadi O‘zA. San’at dargohida 480 ga yaqin o‘g‘il-qiz fortepyano, torli cholg‘ular, xalq cholg‘ulari, milliy sozandalik, tasviriy va amaliy san’at, teatr san’ati kabi 13 yo‘nalishda saboq olmoqda. Nurmuhammad Tolemisov, Mamanbiy Jumaboyev, Muyassar Davlatboyeva, Farida Doniyorova, Ilyos Yesbosinov, Shohsanam Akimniyozova singari o‘quvchilar mahorati nufuzli tanlov va festivallarda e’tirof etilmoqda.
50
569
Foto
Fotogalereya: Yangi yil — dunyodagi eng ajoyib bayramlardan biri ekanligini isbotlovchi suratlar
AdMe Yangi yil — dunyoda eng uzoq kutiladigan va ma’naviy hordiq chiqariladigan bayram ekanligini isbotlovchi ajoyib suratlarni to‘plab taqdim etdi.
96
148
Foto
Foto: Xitoylik styuardessalar qanday tayyorgarlik ko‘radi?
Xitoy aviakompaniyalarida faoliyat ko‘rsatuvchi bo‘lajak bort kuzatuvchilar maxsus mashg‘ulotlarda chiroyli o‘tirishni, tizzalarni mahkam siqqan holda turishni o‘rganadi, deb yozadi TJournal. Mazkur mashg‘ulotlarda, shuningdek, muloqot ko‘nikmalari, nafis pozalar va xatti-harakatlar ustida ham ishlanadi. Design You Trust portali shunday mashg‘ulotlardan biri aks etgan suratlarni e’lon qildi. Turish pozalari ustida ishlash jarayonida qizlar oyoqlari holatini nazorat qila olishi uchun ularning tizzalari orasiga oddiy qog‘oz varag‘i joylashtiriladi. Instruktor bergan buyruq bo‘yicha qizlar ko‘zgu qarshisida kerakli pozada turishadi. To‘g‘ri yurish — stuardessa o‘zlashtirishi shart bo‘lgan malakalardan biridir. Salomlashish ustida ham alohida shug‘ullaniladi. Qizlar oyoqlarini chalishtirgan holda nafis o‘tirishni mashq qilishadi. Tor yubkada chiroyli o‘tirishning to‘g‘ri usuli: Tabassum tishlar orasida tayoqchani mahkam tutgan holda, boshni to‘g‘ri tutish esa unga jurnalni qo‘ygan holda mashq qilinadi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
58
1,194
Foto
Falastinni qoʻllayotgan yahudiylar, Oʻrta dengizdagi muhojirlar, yashindan oʻlgan fil — 14 may suratlari
E'tiboringizga 14 mayning diqqatga sazovor suratlarini taqdim etamiz. Liviyadan qoʻlbola qayiqda Oʻrta dengizga chiqqan muhojirlar turkiyalik qutqaruvchilarning yetib kelishini kutmoqda. 2011 yildan buyon Oʻrta dengizni suzib oʻtmoqchi boʻlgan minglab muhojirlar dengiz tubiga gʻarq boʻlgan. Angliyaning Nyumarket shahridagi ot sporti ustalari sayr qilmoqda. Isroilning Ashkelon shahridagi uylarning biri Gʻazodan otilgan raketa zarbasidan soʻng. Braziliyada qora tanlilar polisiya zoʻravonligiga qarshi namoyishlarda qatnashmoqda. Gʻazodagi Bayt Hanum shahri Isroilning havo hujumlaridan keyin. Hindistonning Nyu-Dehli shahrida koronavirus bemorlari kislorod ballonlari uchun navbat kutmoqda. Angliyaning Shimoliy Yorkshir grafligida temir yoʻl xodimi parovozlarni koʻrikdan oʻtkazmoqda. Gresiyaning turistlarsiz boʻshab qolgan sohillari. Pandemiya dunyo turizm salohiyatiga jiddiy zarar yetkazdi. Vengriyaning Budapesht shahrida sinxron suzish boʻyicha Yevropa chempionati oʻtkazilmoqda. AQShda ortodoksal yahudiylar Isroil-Falastin mojarosida Falastinning yonini olib namoyishlarga chiqdi. Hindistonning jungli oʻrmonlarida bir nechta fil yashin urishi oqibatida halok boʻldi. Butun dunyoda Falastinni qoʻllab-quvvatlash maqsadida namoyishlar boʻlib oʻtmoqda.
104
1,262
Foto
Fotogalereya: Yo‘llarda har qanday narsaga duch kelish mumkinligini isbotlovchi suratlar
AdMe oddiy yo‘llar bo‘ylab sayohat qilish zerikarli emasligini isbotlovchi suratlarni to‘plab taqdim etdi. Salom mushuk ayol! Bolalar kechasi yo‘lning o‘rtasiga o‘yinchoq dinozavrni joylashtirib qo‘yibdi Yo‘lning bir tomoni Germaniyaga, ikkinchi tomoni esa Niderlandiyaga tegishli “Bugun ushbu mittivoyni qutqarib qoldim. U yo‘lning o‘rtasida yotgan ekan” Monrealdagi yo‘l kamerasi qor boyo‘g‘lisini suratga oldi “Menimcha, elflar bilan uchrashgani Rivendellga ketayotgan bo‘lsa kerak” “Yo‘lning o‘rtasida yotgan yalqovni qutqardik” Yellouston milliy bog‘ida tonggi tig‘iz vaqt Layfxak: Tirbandlikda asabni asrashning usuli YTH sodir qilgan haydovchilar politsiya kelgunicha qorbola yashashga qaror qildilar
88
716
Foto
Fotogalereya: 2018-yil uchun binafsharangning bejiz tanlanmaganini ko‘rsatuvchi suratlar
Pantone kompaniyasi 2018-yilning rangi sifatida binafsharangni tanladi. AdMe binafsharangli ajoyib suratlarni taqdim etdi.
88
122
Foto
Foto: Jahonning eng maftunkor sportchilaridan biri deya ta’riflanayotgan qozog‘istonlik qiz
Jiu-jitsu bo‘yicha sport ustasi, ostonalik Guljon Nakipova jahonning eng maftunkor sportchilaridan biri deya ta’riflanadi, deb xabar bermoqda Tengrinews. U o‘zining Instagram’dagi sahifasida sport mashg‘ulotlaridan muntazam videolar e’lon qilib boradi. 26 yoshli sportchi qizning vokal ko‘rsatkichlari ham chakki emas. Ayni vaqtda u talabalarning xorijiy oliygohlarga o‘qishga kirishiga ko‘maklashuvchi agentlik egasi hamdir. Guljon Qozog‘istonning ko‘p karra chempioni, mamlakat terma jamoasi a’zosi. O‘tgan yili jiu-jitsu bo‘yicha jahon festivalida g‘olib chiqqan, jahon chempionatida bronza medalni qo‘lga kiritgan. Uning turmush o‘rtog‘i O‘ljas Idrisov ham sportchi. Er-xotin birga jiu-jitsu bo‘yicha Ostona chempionatida ham g‘alaba qozongan. Qizning tan olishicha, u bu sport turini aynan eri sabab yoqtirib qolgan. Shuningdek, aynan sport uni Qozog‘istonga qaytargan — bungacha Guljon Barselonada yashardi. Guljonning aytishicha, O‘ljas uning qo‘lini Ostonadagi restoranda, qiz jiu-jitsu bo‘yicha jahon chempionatidan qaytganidan so‘ng so‘ragan. Bunday kutilmagan taklifdan Guljon qo‘lidagi sanchqini ham tushirib yuborgan.
91
1,134
Foto
“Oskar-2021”ga tashrif buyurgan yulduzlarning eng esda qolarli soch turmaklari (foto)
“Oskar-2021”ning taqdirlash marosimiga yulduzlar eng yaxshi liboslarni tanlash bilan birga, soch turmagi borasida ham boshqalardan ajralib turish uchun harakat qilgan. Ular orasidagi eng esda qolarlilarini e’tiboringizga havola etamiz. Eshli Foks Nomiga jingalak qilib, chyolkasiga urg‘u bergan Eshli, qizil yo‘lak uchun sochlarini oddiygina qilib pastdan yig‘ishni afzal bilgan. Bunday soch turmagi tadbir va ofisga borish uchun ayni muddao. Margo Robbi Stilist Brays Skarlett Margo uchun oddiy soch turmagini afzal bilgan. Bu e’tiborni uning yaltiroq Chanel ko‘ylagiga qaratilishini ta’minlagan. Vanessa Kirbi Lablarini to‘q rangda bo‘yagan Vanessaning obrazi o‘ziga xos ko‘rinishi uchun stilisti Adir Abergel uning sochlarini tekis qilib yig‘ishni ma’qul bilgan. Holli Berri Xolli esa kalta kare soch turmagi bilan chyolkaning o‘zini turmaklamasdan shundoqligicha marosimga kelishni afzal bilgan. Zendeya Zendeyaning obraziga nazar tashlab, uning stilisti Larri Simsom tabiiylik tarafdori ekanini bilish mumkin. Xloya Chjao Rejissor Xloya Chjao qanday turmak qilsam ekan deb bosh qotirib o‘tirmasdan sochlarini ikkita qilib o‘rab olgan. Andra Dey Mayda jingalak sochlarini tepaga ko‘tarib yig‘gani Andrani boshqalardan ajralib turishiga sabab bo‘lgan. Nina Pedrad Tabiiy jingalak sochlarini Nina muss yordamida alohida-alohida bo‘lib turishiga erishgan. Qizil ko‘ylagi bilan jingalak sochlarini yon tarafiga tashlagani esa obraziga mos tushgan. H.E.R. Xonandaning stilisti Nina Monik esa uzun sochlarni nomiga jingalak qilib yon tarafga tashlashning o‘zini kifoya deb bilgan. Nikolett Robinson Nikolettning tanlovini esa istalgan obrazga mos tushadigan universal deb atasa bo‘ladi. U afroamerikancha uslubda sochlarini o‘rab, kichkina metall bezaklardan foydalangan.
85
1,779
Foto
Fotogalereya: Tabiat sivilizatsiyadan ustun kelganda
Tabiat beqiyos qudratga ega. Uning kuchi har qanday sivilizatsiyaga ta’sir ko‘rsata oladi. “Interesnaya planeta” ana shunday kuch aks etgan suratlarni taqdim etdi.
52
163
Foto
Italiyada Benksining o‘g‘irlab ketilgan asari topildi
Italiyalik karabinerlar (tartibni saqlovchi harbiy xizmatchilar) dunyoga mashhur ko‘cha rassomi Benksining Fransiyadan o‘g‘irlab ketilgan kartinasini topdi. Surat 2015-yilning 13-noyabrida sodir bo‘lgan terakt qurbonlari xotirasiga bag‘ishlab Parijdagi Bataklan konsert zalining zaxira chiqish eshigiga chizilgan edi, deb yozadi Daily Mail. Benksi 2018-yilda eshikka g‘amgin qizning suratini chizib qoldirgan. 2019-yilning yanvarida esa surat tushirilgan eshik noma’lum kimsalar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan edi. Rassomning ishi Italiya va Fransiya huquq-tartibot xodimlarining hamkorlikdagi harakatlari davomida topilgan. Eshikdagi suratga hech qanday shikast yetmagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, eshik Italiyaning Abrutsso viloyatidagi fermerning tashlandiq uyidan topilgan. Politsiya 11-iyun kuni ushbu eshik haqida batafsil ma’lumot berishni va’da qilgan. Benksi noma’lum ko‘cha rassomining taxallusi bo‘lib, u turli shahar ko‘chalariga chizgan suratlari bilan tanilgan. Rassom o‘zini ommaga ma’lum qilmagan va uning shaxsi sirliligicha qolmoqda.
53
1,045
Foto
Foto: Arizona shtatiga yopirilgan qum bo‘roni
Amerikalik fotograf Jeyson Fergyuson olti yildan buyon vertolyotlardan suratga oladi. Bir oy avval u AQShning Arizona shtatidagi Finiks shahriga yopirilgan qum bo‘ronini suratga oldi. Bunday tabiat hodisalari Arizonada bir yilda bir necha marta bo‘lib turadi. TravelAsk fotografning suratlaridan namunalar taqdim etdi.
45
318
Foto
KXDRning yolg‘ondakam iqtisodiyoti (fotogalereya)
Shimoliy Koreya iqtisodiyoti butun dunyodan ajratib qo‘yilgan. Rasmiy statistika e’lon qilinmaydi, ammo tashqi statistik baholarga ko‘ra, mamlakat dunyodagi eng qashshoq davlatlar qatoriga kiradi. Biroq KXDRga tashrif buyuradigan xorijliklar va jurnalistlarga hukumat iqtisodiy yutuqlar aks etgan kartinkalarni ko‘z-ko‘z qiladi. “Kommersant” Shimoliy Koreya targ‘iboti qanday mamlakatni ko‘rsatishi haqida fotogalereya e’lon qildi.
49
431
Foto
“Sahroi Kabir ko‘zi”, Everest, Kilimanjaro. Koinotdan turib olingan suratlar (foto)
Rossiyalik kosmonavt Sergey Ryazanskiy “Sahroi Kabir ko‘zi” deb ataluvchi g‘ayrioddiy Rishat geologik strukturasining suratlari bilan bo‘lishdi. Hi-Tech Mail.Ru kosmonavtning boshqa ajoyib suratlarini ham to‘plab taqdim etishga qaror qildi. “Mashhur Rishat strukturasi rostdan ham koinotdan ajoyib ko‘rinadi”, — deb yozadi kosmonavt o‘zining Twitter’dagi sahifasiga. Sergey Ryazanskiy Yerning koinotdan olingan ajoyib suratlarini tez-tez chop etib turadi. Savan — Armanistondagi ko‘l (1900 metr balandlikda) Kreyter — AQShdagi krater ko‘li. Ushbu krater, taxminan, 7700 yil avval Mazama vulqonining otilishi oqibatida paydo bo‘lgan. Kilimanjaro — Afrikadagi eng baland va faol vulqonlardan biri Toshkentning koinotdan ko‘rinishi Italiyaning shimoliy hududlarida sodir bo‘layotgan yong‘inlar Rossiya poytaxti — Moskva Sochi — Qishgi Olimpiada 2014 poytaxti Ko‘pchilik “Samolyotlar qani? Nega suratlaringda ular ko‘rinmaydi?”, deb savol beradi, javob oddiy — 400 kilometr balandlikdan qaralganda ular juda kichkina. Fransuz Polineziyasida joylashgan Moorea oroli Everest cho‘qqisi
83
1,089
Foto
Yirik shaharlar ko‘chasida bemalol sayr qilib yurgan yovvoyi hayvonlar — suratlarda
Koronavirus pandemiyasi sabab odamlar uy sharoitida izolyatsiyada bo‘lgan bir vaqtda yirik shaharlarning ko‘chalarini yovvoyi hayvonlar egallamoqda. “Kommersant” shu turdagi suratlarni to‘plab taqdim etdi. Lopburi, Tailand. Maymunlar Prang Sam Yod ibodatxonasi qarshisida Trinkomali, Shri-Lanka. Yovvoyi bug‘u bo‘shab qolgan shahar bo‘ylab sayr qilmoqda Adan, Turkiya. Mamlakat hukumati tomonidan karantin e’lon qilingach, shaharni aylanib yurgan g‘ozlar  Ikki oylik karantindan keyin jonlanayotgan Uxan — suratlarda Mexiko, Meksika. Olmaxonlar avtomobil yo‘lidan qochmay qo‘ydi Llandidno, Buyuk Britaniya. Bo‘shab qo‘lgan shahar ko‘chalarida o‘tlab yurgan echkilar Yovvoyi echkilar Uelsdagi bo‘shab qolgan shaharni “bosib oldi” (foto) San-Xuan, Puerto-Riko. Mahalliy kabutarlar uchmay qo‘ydi. Aholi izolyatsiyada bo‘lgan bir vaqtda ular ko‘chalarni sayr qilmoqda Jakarta, Indoneziya. Tarixiy muzey oldida mushuk  Koronavirus sabab dunyoda bo‘shab qolgan shaharlarining sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlari e’lon qilindi Dakka, Bangladesh. Temiryo‘l vokzalida uxlayotgan it Parij, Fransiya. Bemalol sayr qilib yurgan bir juft o‘rdak Nara, Yaponiya, Shahar bo‘ylab sayrga chiqqan bug‘u London, Buyuk Britaniya. Qirollik ko‘chalarida tulki paydo bo‘ldi Mumbay. Hindiston. Bo‘shab qolgan shahar bog‘idagi panjaralar ustida yugurib ketayotgan olmaxon
83
1,358
Foto
20 metrli Rojdestvo archasi, koʻzi yorigan bengal yoʻlbarsi, suv bosgan Indoneziya koʻchalari — 3 noyabr suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz. Angliyaning Longlit aholi okrugida 20 metrli Rojdestvo archasi oʻrnatildi. Indoneziyaning Bandunga tumanida Sitarum daryosining oʻzanidan oshib ketishi natijasida koʻchalarni suv bosdi. Hindistonda Kali ma‘budiga bagʻishlangan festivalga tayyorgarlik koʻrilmoqda. Nepalda itlar kuni nishonlanmoqda. Moskva koʻchalaridan birida yer choʻkishi hodisasi kuzatildi. Nikaraguadagi hayvonot bogʻlaridan birida bengal yoʻlbarsining koʻzi yoridi. U uchta yoʻlbarschani dunyoga keltirgan. Belgiyadagi avliyo Pyotr ibodatxonasida itlarga baraka tilash marosimi boʻlib oʻtdi. Meksikada odamlar Oʻliklar kuni munosabati bilan qabristondagi qabrlarga gul qoʻydilar. Novosibirskda sovuq kunlar boshlandi. Fransiyaning adabiyot boʻyicha nufuzli Gonkur mukofoti senegallik Muhammad Mgubar Sarrga nasib etdi. Uning «Erkak kishining eng sirli xotirasi» romani mukofotga loyiq deb topilgan.
114
931
Foto
Yaponiyalik qariya ulkan toshbaqani Tokio ko‘chalari bo‘ylab erinmay sayr qildiradi (foto)
Yaponiyalik qariya o‘zining noodatiy uy hayvonini Tokio ko‘chalari bo‘ylab sayr qildiradi, deb yozadi Travel Ask. Ulkan toshbaqani sabr bilan aylantirib yuradigan kishi shahar aholisida ham hayrat, ham hurmat hissini uyg‘otdi. Jonivor hamisha o‘z egasiga sodiqlik bilan ergashadi. Ba’zan esa o‘zini kulgili liboslarga burkashiga qarshilik ko‘rsatmaydi.
90
355
Foto
Yozning naqadar issiqligini o‘zida mujassam etgan bir-biridan ajoyib suratlar
Haddan ortiq issiq harorat nafaqat odamlar, balki hayvon va buyumlarga ham ta’sir qilishi mumkin. Quyida buni isbotlovchi fotolarni e’tiboringizga havola etamiz. Kuzga o‘xshashiga qaramay, ushbu surat Germaniyada yoz kunlari olingan. Poyezd vagonidagi qo‘lbola konditsioner. Yozning jaziramasiga chidash hammaga ham emas. Issiqdan erib ketgan konfetlar. Tashqarida 30 daraja issiq bo‘lganda ofisda konditsioner sovug‘i uradigan kishi hamisha topiladi. Jaziramada mashina ichida qolib ketgan sham. 36 daraja issiqda mashina ichida qolgan yashil olma avtomobil egasi qaytgunicha pishib qolgan. Issiqda uzoq vaqt davomida qolib ketgan kokos yog‘ining ahvoli. “35 daraja issiqda o‘g‘lim qo‘llari bilan mushukni ho‘llab, ventilyatorni yoqib qo‘ygan”. “Jaziramadan foydalanishga qaror qildim. Ish vaqti tugagunicha pechenyelar pishgan bo‘ladi deb umid qilaman”. Issiqda qolib ketgan krossovka karameldek erib ketgan. Issiqdan qochib, sovitkich ichiga berkingan mushuk. Jaziramada pishib qolgan tuxum. Quyosh nurlariga dosh berolmay, qurib qolgan atirgul. Issiqda qolgan telefon ahvoli. Yozning issiq harorati darpardalarga ham ta’sir qilmay qolmadi. Quyosh nurlaridan erib ketgan mashina ichidagi osma buyum.
77
1,219
Foto
Fotogalereya: Yagona nusxada saqlanib qolgan qadimiy muzey eksponatlari
Dunyo muzeylarida ko‘plab yagona nusxada saqlanib qolgan qadimiy eksponatlar mavjud. AdMe ana shu eksponatlardan ba’zilariga e’tibor qaratdi.
71
141
Foto
Fotogalereya: Dunyodagi eng g‘aroyib ko‘priklar
Dunyodagi eng katta ko‘priklar Ginnesning rekordlar kitobiga kiritiladi. Eng g‘aroyib ko‘priklar esa sayyohlarning fotosessiya o‘tkazadigan sevimli joyiga aylanadi. “AdMe” nashri dunyodagi noodatiy ko‘priklarning fotojamlanmasini taqdim etdi. Nepaldagi osmako‘prik Nepalda joylashgan bu inshoot dunyodagi eng xavfli osmako‘priklar qatoriga kiradi. O‘zining joylashgan balandligi va kichik eniga qaramasdan, ko‘prik juda mustahkam hisoblanadi. Osmako‘prik bir nechta aholi punktlarini bog‘lab turadi. Mahalliy aholi ko‘prik orqali uy hayvonlarini olib o‘tadi. Bu ko‘prikning mustahkamligidan dalolat beradi. Suv ostidagi ko‘prik (Muso ko‘prigi) Niderlandiyada joylashgan ko‘prikka Qizil dengiz suvini chekintirib, uni kesib o‘tgan Muso payg‘ambar nomi qo‘yilgan. Mo‘jizakor ko‘prik mualliflari yosh arxitektorlar Ro Koster va Ad Kil. Havo sharli osmako‘prik Uchta ulkan havo shariga osilgan ko‘prik Angliyadagi Tatton bog‘ida joylashgan. Kompozitsiya “Maymunlar ko‘prigi” deb nomlanadi. Ko‘prik loyihasi muallifi fransuz rassomi Olivye Grossetete. Ko‘prik odamlar o‘tishi uchun mo‘ljallanmagan, u shunchaki san’at namunasi hisoblanadi. Ildizli ko‘prik Hindistondagi qishloqlardan birida joylashgan ko‘prik qurilmagan, balki kauchukli fikus daraxti ildizlaridan “o‘sib chiqqan”. Bir necha yuz yil oldin mahalliy qabilalar daraxt ildizlarini kerakli tomonga yo‘naltirib, maxsus inshoot qurishni boshlagan. 500 yildan ortiq vaqt davomida uzunligi uch kilometrdan ortiq bo‘lgan ko‘p sonli ko‘priklar yuzaga kelgan. Tabiiy inshoot 50 kishini ko‘tara oladi va hududga xos bo‘lgan suv toshqinlariga chidamli. Bulutlar ustidagi ko‘prik Chiroyli va futuristik uslubda qurilgan Viaduk Miyo Fransiyada joylashgan. Ko‘prik qurilayotgan vaqtda dunyodagi eng baland transport ko‘prigi hisoblangan. Ustunlaridan birining balandligi 341 metr bo‘lib, Eyfel Minorasidan salkam 20 metrga balandroq. Ko‘prikning umumiy uzunligi 2460 metrni tashkil qiladi. Favvorali ko‘prik “Kamalak favvorasi” deb ataladigan inshoot dunyodagi eng uzun favvora joylashgan ko‘prik (uzunligi 1140 metr) sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan. Ko‘prik Janubiy Koreyaning Seul shahridagi Xanshuy daryosining ikki qirg‘og‘ini bog‘laydi. Ko‘prik 2009-yilda favvorali ko‘prikka aylantirilgan. Hech qayerga olib bormaydigan ko‘prik Norvegiyada joylashgan Storsezandet ko‘prigi shunday uslubda qurilganki, unga yaqinlashayotgan kishida ko‘prikka emas, avtomobil bilan birga dengizga tushib ketish mumkin bo‘lgan tramplinga yaqinlashayotgandek hissiyot uyg‘onadi. Mahalliy aholi uni “Mast ko‘prik” deb ataydi, chunki unga qanday burchak ostida qarashga bog‘liq ravishda uning shakli o‘zgaradi. Osmondagi ko‘prik Malayziyadagi Langkawi Sky Bridge ko‘prigi dengiz sathidan 700 metr balandlikda joylashgan. Ko‘prikning uzunligi 125 metrni tashkil qiladi. U bitta ustunga mahkamlangan va qoyalarga mahkamlangan qo‘shimcha metal arqonlar yordamida tutib turiladi Suv ko‘prigi Germaniyada joylashgan Magdeburg ko‘prigi ikkita muhim kanalni bog‘lab turadi va Yevropadagi eng katta suv ko‘prigi hisoblanadi. Ko‘prikning uzunligi 918 metr bo‘lib, undan nafaqat odamlar o‘tadi, balki kemalar ham suzib o‘tadi. Tebranuvchi ko‘prik Gateshead Millennium Bridge Shimoliy Angliyada joylashgan. Yangi mingyillik sharafiga Tayn daryosi ustida qurilgan ko‘prik Geytsxed va Nyukaslni bog‘lab turadi. U ikkita yoy shaklida bo‘lib, bittasi ikki qirg‘oqni bog‘lab tursa, ikkinchisi ko‘tarilgan holda turadi. Ko‘prik piyodalar o‘tishi uchun mo‘ljallangan. Ko‘prik ostidan kichikroq kemalar o‘tishi mumkin. Nisbatan kattaroq kema yaqinlashganda, ko‘prikning ko‘tarilgan qismi pastki qismini tortadi va kema ko‘prik ostidan o‘ta oladi, bunda ko‘prik 25 metr balandlikdagi arkni hosil qiladi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
47
3,912
Foto
Fotogalereya: Tvinsburg shahrini dunyoga mashhur qilgan “Egizaklar festivali”
Har yili dunyoning turli mamlakatlarida, jumladan, Kanada, Meksika, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Hindiston, Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Polshada egizaklar festivallari o‘tkazib turiladi. Ammo bu kabi festivallarning eng mashhuri har yili avgust oyida AQShning Tvinsburg (twins —“egizaklar”) shahrida minglab egizaklar ishtirokida bo‘lib o‘tadi, deb xabar beradi O‘zA. Bu shaharga butun dunyodan egizaklar tashrif buyuradi. Har yili o‘tadigan shouga nafaqat egizaklar, balki psixolog, shifokorlar, olimlar ham katta qiziqish bilan qaraydi. Olimlarning fikricha, ilmiy tadqiqotlar uchun ayni shu festival katta ahamiyat kasb etadi. Har yili festival biror bir mavzuga bag‘ishlanadi. O‘tgan yilgi festival 5-avgustdan boshlangandi. Tadbir fazoviy sarguzashtlarga bag‘ishlandi. Fantastik filmlar qahramonlari, robotlar, astronavtlar shahar ko‘chalarini “egallab” oldi. Tvinsburg shahriga XIX asrning boshlarida asos solingan. Nomi Millsvil bo‘lgan shaharga ilk bor tashrif buyurganlar orasida aka-uka Aaron va Moisey Uilkoslarning borligi bois ham shahar shuhrat qozondi. Millsvil nomi allaqachon odamlarning yodidan ko‘tarilgan. Aka-ukalar birgalikda ish yuritishar ekan, ahil-inoqlikda bir uyda istiqomat qilishgan va opa-singillarga uylanishgan. Boyliklari ham o‘rtada bo‘lgan. Farzandlarining soni ham bir xil bo‘lgan. Ular o‘zlari amalga oshirayotgan barcha ishlardan faxrlanishgan. Moisey va Aaron Uilkoks shu qadar o‘xshash edilarki, ularning eng yaqin do‘stlari ham ajratishga qiynalishardi. Eng qizig‘i, ular bir xil kasallikka chalinishgan va bir kunda vafot etishgan, shu sababli ham bitta qabristonga dafn etilgan. Aka-uka 1819-yilda, agar shahar nomi Tvinsburg deb o‘zgartiriladigan bo‘lsa, u holda maktab uchun yerlarini taqdim qilishga va mablag‘ berishga va’da berishdi. Shahar ma’muriyati ularning qo‘li ochiqligidan foydalanib qolishga qaror qildi va shu tariqa shahar nomi o‘zgartirildi. Oradan 100 yil o‘tib, ya’ni 1976-yilda shahar rasmiylari Egizaklar festivalini (Twins Days Festival) o‘tkazishga qaror qildi. O‘shanda uyushtirilgan tadbirda ilk bor 36 juft mahalliy egizaklar ishtirok etgan. Bu tadbir butun mamlakat bo‘ylab tarqaldi. Shov-shuvlar o‘z samarasini berdi. Oradan bir yil o‘tib festivalga qiziquvchilar ko‘paydi. 2015-yilda butun dunyodan kelgan 18 ming juft egizak qatnashdi. Shu tariqa kichik shaharning nomi butun dunyoga mashhur bo‘ldi. Shahar Ogayo shtatida joylashgan. Har yili bu yerga nafaqat ikki nafar aka-uka, opa-singil, aka-singil, opa-uka, balki uchlik, to‘rtliklar ham keladi. Festival doirasida turli quvnoq konkurslar o‘tkaziladi. Unda egizak bo‘lmish yosh-u qari ishtirok etadi. Har bir ishtirokchi festivaldan nimalardir olishga va nimadir qo‘shishga intiladi. Festival o‘tkazish an’anasiga qiziqish shu qadar kuchaydiki, rasmiylar Tvinsburg shahrida Egizaklar muzeyi ochishga qaror qildi. Tadbirda egizak bo‘lmaganlar ham ishtirok etib, zavq olishi mumkin. Buning uchun bir kunga 3 dollar to‘lash kerak bo‘ladi. Festivalda ishtirok etishdan avval, egizaklar, albatta, ro‘yxatdan o‘tish kerak bo‘ladi. Ro‘yxatga olish tadbiri festivalning birinchi ish kuni erta tongda bo‘lib o‘tadi. Ikki egizak 15 dollar, uch egizak esa 22,5 dollar to‘lashi kerak. To‘rt egizak bo‘lib tug‘ulganlar esa 30 dollar to‘lab ro‘yxatdan o‘tadi. Beshovlon esa 37,5 dollar to‘laydi. Festivalga tashrif buyurganlarning boshi aylanib ketishi mumkin. Ular har qadamda bir xil libosdagi, bir xil chehralarni ko‘rishga majbur. Bir necha kun davomida Tvinsburg egizaklar poytaxtiga aylanadi. Turli jins va yoshdagi egizaklar o‘zlarining iqtidor va qobiliyatlarini namoyish qilishga intiladilar.
77
3,633
Foto
Qurbonlik qoʻylari, Quddusdagi motam kuni, lavandazor, Istanbuldagi toʻlin oy — hafta suratlari
Haftaning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz. Avstriyaning Klanfurte shahridagi Xalqaro bodi-art festivalidan lavha. Foto: «Getty Images» Istanbuldagi toʻlin oy kechasi. Hindistonning Shrinagar hududida Qurbon hayiti oldidan qoʻylar savdosi. Xitoyning Szyansi provinsiyasidagi bambuk mahsulotlari ishlab chiqarish fabrikasi. Istanbul akvariumidagi pingvin. Sidney atrofida joylashgan Bronte plyajidagi syorfer. Quddusning ultraortodoksal hududlaridan birida Tisha-be-Av milliy motam kuni. Foto: Getty Images Turkiyaning Izmir shahrida pomidorlarni quritish jarayonidan fotolavha. Foto: Getty Images Ispaniyadagi lavandazor. Fotograf Richard Bouler tomonidan yirik planda suratga olingan ot pashshasi.
95
715
Foto
Foto: Rossiyada Putinning yo‘lbars mingan mum haykali ko‘rgazmaga qo‘yildi
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi mum haykallar muzeyida mamlakat prezidenti Vladimir Putinning qilichtish yo‘lbars ustida harbiy formada o‘tirgan haykali namoyish etildi, deb xabar bermoqda “Dojd” telekanali.
74
214
Foto
Forumda qatnashayotgan Greta Tunberg, Rimdagi norozilik namoyishlari, mashhur film qahramonlari kostyumlarining namoyishi — 28 sentyabr suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz. Yaponiya bosh vaziri Yosixide Suga COVID-19 sababli joriy qilingan favqulodda holat bekor qilinganini e‘lon qildi. «Prop Store» Britaniyada mashhur filmlar qahramonlari kostyumlarining auksiondan oldingi namoyishini oʻtkazdi. Viktoriya shtatida COVID-19 ning yangi holatlari qayd etilayotgani sababli, Melburn boʻylab cheklovlar saqlanib qolmoqda. Meksika mustaqilligining 200 yilligi nishonlamoqda. Xitoyda oʻrgatilgan izlovchi itlar oʻrtasida milliy musobaqa boʻlib oʻtdi. Ekofaol Greta Tunberg Milandagi iqlimga oid «Youth4Climate: Driving Ambition» forumida. Nyu-Yorkda oy chiqishi. «Alitalia» aviakompaniyasi xodimlari Rimdagi mehnat sharoitlaridan norozi ekanini bildirib namoyishga chiqishdi. Gongkongda Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topganining 72 yilligi nishonlanish arafasida. Jo Bayden «Pfizer» vaksinasining uchinchi dozasini qabul qildi.
145
914
Foto
Cheksizlikka uyg‘unlashib ketgan ajoyib 14 basseyn
TravelAsk nashri jahonning turli nuqtalarida joylashgan eng yaxshi basseynlarning suratlarini jamladi — ularni tomosha qilib, beixtiyor o‘sha yerda bo‘lish va ta’rifiga til ojiz manzaralarga shaxsan guvoh bo‘lib, takrorlanmas hissiyotlar og‘ushida qolish istagi paydo bo‘ladi.
50
276
Foto
Foto: 344 mingta Lego kubiklaridan yasalgan 5 metrli Betmobil
Chevrolet kompaniyasi Lego kubiklaridan yasalgan to‘liq o‘lchamdagi Betmobilning maketini namoyish etdi. Mashinaning uzunligi 5,2 metr, kengligi 2,7 metr, balandligi 2,1 metrni tashkil etadi, og‘irligi esa 770 kilogrammga teng. Bu haqida “Motor” xabar bergan. Mashina yoyib qo‘yilganda umumiy uzunligi 26 metrni tashkil etuvchi, og‘irligi 130 kilogramm bo‘lgan alyuminiy asos (rama) ustiga qurilgan. Dizayn uchun “Lego Film: Betmen” multfilmidagi avtomobil ko‘rinishi tanlangan. Avtomobilda hammasi bo‘lib 17 xil rangdagi 344 187 ta kubik ishlatilgan. Tashqi ko‘rinishni aniq--tiniq ishlab chiqish uchun 222 soat, barcha kubiklarni yig‘ish uchun esa 1 833 soat sarflangan. Agar jamoa uch oy davomida haftasiga yetti kun tinimsiz kun-u tun ishlaganida, xuddi shuncha vaqt ketgan bo‘lar edi. Agar bu ish ustida faqat bir kishi, faqat ish vaqtidagina shug‘ullansa, xuddi shunday mashinani yig‘ish uchun to‘liq bir yil kerak bo‘lardi. 2016-yilda 195 mingta Lego kubiklaridan 1964-yilda chiqqan Ford Mustang’ning to‘liq o‘lchamli nusxasi yasalgan, 2015-yilda esa 500 mingta kubikdan boshqa Betmobil tayyorlangan edi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
61
1,290
Foto
Eski buyumlarga ham go‘zallik baxsh eta olishning isboti (foto)
Har bir inson uzoq bolalik davridagi ba’zi mebellar, idish-tovoqlar yoki kiyim-kechaklar haqida yoqimli xotiralarni eslaydi. Afsuski, vaqt o‘tishi bilan ko‘p narsalar eskiradi va shunchaki chiqindiga aylanadi. Biroq ba’zi odamlar ularga nafaqat o‘zining avvalgi go‘zalligini berishlari, balki yaxshilashlari ham mumkin. Eski va keraksiz shkafdan ancha zamonaviy mebel yaratish mumkin. Ko‘pchilik ushbu muzlatkichini xuddi shunday eslaydi. Ammo qo‘li gul insonlar buni shunday qayta tiklaydi. “Mening kichkina restavratsiyam”. “Men yaqin do‘stim bilan chiqindidan bir nechta stullarni topdik va ularni tiklashga qaror qildik”. “Xotinim bu stolni bolaligidan beri biladi”. “Eski mikroto‘lqinli pech uchun mo‘ljallangan shkafni qizlarim uchun ko‘p qavatli o‘yin maydonchasiga aylantirdim”. “Ushbu suratdagi jihoz bitta narsa ekanligiga ishonish qiyin”. “Ozgina bo‘yoq va yangi mato mo‘jizalar yaratadi”. “1962-yilgi shkafni tiklash”. “Men otam vafot etganidan beri komod tiklashni boshladim. Natijadan juda g‘ururlanaman, chunki bunday ishni birinchi marta qildim”. “Kimdir stolni chiqindiga tashlamoqchi edi, lekin men bunga yo‘l qo‘ymadim”. “Ota-onamning eski o‘rindig‘ini tiklashga harakat qildim. Uni bolaligimdan buyon bilaman”. “Men buni o‘zim uchun qildim, birinchi tajriba”. “Birinchi marta restavratsiya qilishga qaror qildim, natijasi shu yerda”. “Bo‘yoq bilan ishlov berdim”. “Dam olish kunlari yolg‘iz qoldim. Antiqa buyumlar do‘konida shunday xazina ustida ishlashga qaror qildim”.
63
1,506
Foto
Fotogalereya: Bu qor qoplonlari shubhasiz mehringizni uyg‘otadi
Ajoyib va ekzotik qor qoplonlari 1972-yildan buyon yo‘qolib ketish xavfi ostidagi hayvonlar ro‘yxatida edi, biroq endi bu g‘aroyib tog‘ mushuklarining qirilib ketmasligiga umid paydo bo‘ldi. Ushbu tur sonining uch yil davomida pasayib borishidan so‘ng Tabiatni qo‘riqlash xalqaro ittifoqi va nihoyat, qor qoplonlari maqomini yaxshilashga erishdi. TravelAsk qor qoplonlari bilan yaqindan tanishtirish uchun ularning takrorlanmas suratlarini to‘pladi.
63
449
Foto
Rafiqasining qarindoshlari uchun xitoy tilini o‘rgangan Mark Sukerberg, Greta Tunberg nomi bilan atalgan o‘rgimchaklar. Mashhurlar haqidagi tasavvurlarni o‘zgartirib yuboradigan faktlar
Mashhur shaxslar bilan bog‘liq yangiliklarni millionlab muxlislar kuzatib boradi. Ularning hayotida ro‘y berayotgan voqealar, o‘zgarishlar ham ko‘pchilikka qiziq. AdMe yulduzlar bilan bog‘liq fikrlarni o‘zgartirib yubortiruvchi ma’lumotlarni e’tiboringizga havola qiladi. Jekson va Merkyurining o‘xshamagan dueti Pop-qiroli Maykl Jekson va Queen guruhi ishtirokchisi Freddi Merkyuri birgalikda 1985-yil “There Must Be More to Life Than This” qo‘shig‘ini ijro qilishi kerak edi. Ammo lama sabab bo‘lib, bu ortga qoldirilgan. Guruh menejerining aytishicha, Jekson sevimli hayvonining qo‘shiq yozilishida ishtirok etishini juda ham istagan. Merkyuri esa bunga rad javobini bergan. Rafiqasining qarindoshlari bilan gaplashish uchun xitoy tilini o‘rgangan Mark Sukerberg Facebook asoschisi Mark Sukerberg 2014-yilda yarim soat xitoy tilida munozara olib borib, hammani hayratda qoldirgan. Talaffuzi unchalik yaxshi emasligiga qaramay, shu qadar band insonning xitoy tilini o‘rganishga vaqt topgani kishini lol qoldiradi. Buning ikkita sababi bor. Birinchidan, bu media mahsulotni Xitoy bozorida ilgari surishga yordam berishi mumkin. Ikkinchidan esa, milliarderning aytishicha, xitoy tilini o‘rganganidan keyin unga rafiqasi Prissilla Channing oila a’zolari bilan muloqot qilish qulayroq bo‘lgan. Kayli Minoug Kayli Jenner bilan ismi sabab sudlashgan Kayli Minoug “Kayli” markasini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza bergan Kardashyanlarning eng kichik singlisi bilan bo‘lgan sudda yutib chiqqan. Avstraliyalik xonandaning aytishicha, unga Kayli ismi qo‘yilgan vaqtda Jenner hali dunyoga kelmagan. Minougning fikricha, model o‘z biznesini Kayli deb nomlashi uning brendiga zarar yetkazishi mumkin. Alal-oqibat Jenner o‘z brendini shunchaki Kayli deb nomlamay, uning oldiga Cosmetics so‘zini qo‘shishga majbur bo‘lgan. Sherlok Xolmsning yozuvchisi haqiqiy jinoyatni fosh qilgan Sherlok Xolms bilan bog‘liq hikoyalar muallifi sifatida mashhur bo‘lgan Artur Konan Doyl yozuvchilikdan tashqari, sudda yutqazganlarning himoyasi bilan ham shug‘ullangan. Uning ishlari orasida Oskar Sleyterning ozodlikka chiqishi eng katta shov-shuvga sabab bo‘lgan. Germaniyalik migrant Shotlandiya sudidagi xatoning qurboni bo‘lgan. Nohaq ravishda surgun qilingan erkak oradan deyarli 20 yil o‘tib ushbu ishni ko‘rib chiqishni iltimos qilib, Konan Doylga maktub yozgan. Haqiqat kurashchisi sifatida ma’lum bo‘lgan Artur darhol ishga kirishgan va mashhur deduktiv metodi bilan baxtiqaro insonning aybsizligini isbotlagan. Britni Spirs guruh tarkibida qo‘shiq kuylashi kerak bo‘lgan Xonanda yakkaxon faoliyatini boshlashdan avval o‘sha vaqtdagi mashhur The Spice Girls bilan raqobatlasha olishi kutilgan Innosense guruhiga qabul qilingan. Ammo nima ham bo‘lgan-u, Britni o‘rniga boshqa bir qo‘shiqchi olingan. Guruh esa mashhurlikka erisha olmagan. “Sumerki” taqdim qilinganidan keyin uning yozuvchisi Stefani Mayerning turmush o‘rtog‘i ishdan ketgan Vampirlar haqidagi kitob ilk bor 2005-yilda taqdim qilingan va oradan bir oy o‘tar-o‘tmas New York Times bestsellarlari ro‘yxatida beshinchi, keyinroq esa yetakchi bo‘lgan. Ayniqsa, o‘smirlar orasida mashhurlikka erishgan kitobning ekranizatsiyasi muallif Stefani Mayerga mo‘maygina daromad olib kelgan. Hayoti shunchalik o‘zgarib ketganidan uning turmush o‘rtog‘i farzandlariga qarab o‘tirish uchun ishdan bo‘shashga qaror qilgan. Greta Tunberg sharafiga nomlangan o‘rgimchaklar Nobel va boshqa bir qancha mukofotlarga nomzod bo‘lgan ekofaol Greta Tunberg nomi bilan atalgan o‘rgimchaklar bor ekani haqida bilarmidingiz? Thunberga gen. nov. — Madagaskardagi yangi o‘rgimchak turi hisoblanadi. Olimlarning aytishicha, maktab o‘quvchisi jonini jabborga berib kuyinadigan iqlim o‘zgarishi, shuningdek, o‘rgimchaksimonlar hayot tarzining o‘zgarishiga ham ta’sir qiladi. Araxnologlar (o‘rgimchaksimonlar sinfini o‘rganuvchilar) ekofaolning ismi bilan o‘rgimchaklarni atash orqali butun dunyo e’tiborini Madagaskardagi bioxilma-xillikning yo‘qolib ketishiga qaratmoqchi bo‘lgan. Maykl Jekson “Garri Potter” myuziklini taqdim qilishni istagan 2010-yil Opra Uinfriga bergan intervyusida Joan Rouling Maykl Jekson uning yoniga kelib jajji afsungar Garri Potter haqida musiqali sahna asari olishni taklif qilganini ma’lum qilgan. Ammo muallif tijoriy takliflarga xavfsirab qaragani uchun xonandaning taklifiga rad javobini bergan. Devid Bouing ko‘z qorachig‘i maktab vaqtidagi mushtlashuvdan keyin o‘zgargan View this post on Instagram Maktabda do‘sti Jorj Andervud bilan mushtlashgan Devidning ko‘z qorachig‘i keyinchalik shundayligicha qolib ketgan. Benksi Time jurnaliga paket kiyvolgan holda tushgan suratini yuborgan Zamonaning eng yorqin rassomlaridan hisoblangan Benksining kim ekani hali-hanuzgacha qorong‘iligicha qolmoqda. OAVda uning shaxsi bilan bog‘liq turli taxminlar qalashib yotishiga qaramay, mana bir necha yildirki, suratlarida olam-olam ma’no mujassam bo‘lgan rassomning kim ekanini hech kim bilmaydi. 2010-yilda u Time jurnalining eng nufuzli kishilardan tuziladigan 100 talik ro‘yxatidan o‘rin olgan. O‘zining profilida rassom boshiga paket kiyib tushgan surati bilan bo‘lishgan. Jon Xill D vitamini sabab shifoxonaga tushib qolgan Aktyor Jon Xill “Uoll-strit bo‘risi” filmini suratga olish vaqtida shifoxonaga tushib qolgan. Gap shundaki, filmda Donni Azoff rolini gavdalantirish uchun Jonning kamera qarshisida D vitaminini hidlashi kerak bo‘lgan. 7 oy davomida takrorlangan ushbu tryuk esa aktyorning salomatligiga ta’sir qilmay qolmagan. Stiven Bolduin “Hanna Montana” sharafiga tatuirovka tushirgan Aka-uka Bolduinlarning kenjasida tatuirovka ko‘p. Ular orasida HM yozuvi tushirilgani ham bor. Bu “Hanna Montana” serialini bildiradi. Mayli Sayrus qachonlardir Stivenga agar yelkasiga shunday tatuirovka tushirsa, unga serialdan epizodik rol berishini aytib hazillashgan. Buni jiddiy qabul qilgan Bolduin Maylining aytganini qilgan. Ammo serialda ishtirok etmagan. Eddi Redmeyn va shahzoda Uilyam maktab vaqtidan buyon tanish Eddi Redmeyn shahzoda Uilyam bilan bir maktabda o‘qigan. Ular, shuningdek, bir regbi jamoasida bo‘lgan. Anna Nikol Smitga nasib qilmagan meros 26 yashar model va 89 yoshli biznes-magnat Jeyms Govard Marshall II turmush qurgani OAVda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan. To‘ydan bir yil o‘tib erkak vafot etgan, beva Anna esa meros uchun kurasha boshlagan. Oqibatda Anna Nikol Smitga bir chaqa ham qolmagan, biznesmenning millionlari esa Marshall II ning o‘g‘liga qolgan. Ronald Makdonald masxarabozining olib tashlanish sababi Ronald Makdonald masxarabozi bir vaqtlar McDonald’s ramzi bo‘lgan. Ammo 2006-yilda hammasi o‘zgargan. Nyukasl politsiyasiga begona kimsa masxaraboz kostyumida yugurib chiqib, bolalarni qo‘rqitayotgani haqida xabar kelib tushgan. Bir necha kun shunday masxaraboz ishtirokidagi hodisalar qayd qilingan. Shundan keyin fastfud sotuvi bilan shug‘ullanadigan kompaniya masxarabozni olib tashlashga qaror qilgan.
185
6,926
Foto
Fotogalereya: Eng mashhur xususiy samolyotlar
Robb Report nashri o‘zining qulayligi, arzonligi va imkoniyatlari bilan dunyodagi eng mashhur xususiy samolyotlar haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi. “Havo taksisi” VLJ (Very Light Jet) — tezkor va eng tejamkor xususiy samolyot. Mustang — kichik guruhlar uchun 2 soatgacha bo‘lgan qisqa reyslarni amalga oshirishda foydalanish mumkin bo‘lgan ideal samolyot hisoblanadi. Ushbu samolyot orqali Londondan Parijga uchish narxi (bir tomonga) 3500 dollardan boshlanadi. Dunyodagi eng mashhur xususiy reaktiv samolyot. Uning orginal XL versiyasi hamda yangi XLS va XLS+ versiyalari mavjud. Samolyot 8 kishigacha bo‘lgan guruhni 3—4 soatlik reyslarda tashishga mo‘ljallangan. Ushbu samolyot orqali Londondan Parijga uchish narxi 5200 dollardan boshlanadi. Cessna Citation’ning o‘zining boshqa modellari, jumladan, CJ2, CJ3, Citation II hamda Citation Bravo biznes jetlar orasida hamon mashhur. Bunga uning qisqa masofalarga charter reyslarni amalga oshirishdagi ulkan tajribasi sabab bo‘lgan. Ushbu samolyot orqali Londondan Parijga uchish narxi 3900 dollardan boshlanadi. Citation Mustang’ning asosiy raqibi — to‘rt o‘rindiqli Phenom 100 hisoblanadi. Uning ichida hojatxona va bagaj uchun alohida joy mavjud. Ushbu samolyot orqali Londondan Parijga uchish narxi 3800 dollardan boshlanadi. Super King Air — qisqa masofali charter reyslari hamda kalta uchish-qo‘nish yo‘laklariga moslanuvchanligi bilan mashhur. Ushbu samolyot orqali Londondan Parijga uchish narxi 3700 dollardan boshlanadi. Sakkiz o‘rindiqli Learjet 45 Citation XLS’dan ancha tezkor va qo‘shimcha imkoniyatlarga ega. Ushbu samolyot orqali Londondan Parijga uchish narxi 5200 dollardan boshlanadi. Ushbu samolyot 5—6 soatlik reyslarda parvoz etishga qodir. Shuningdek, u 14 kishigacha bo‘lgan guruhni qisqa reyslarga tashishi mumkin. Ushbu samolyot orqali Londondan Parijga uchish narxi 14 500 dollardan boshlanadi. Italiyaning ushbu bejirim samolyoti nafaqat o‘zining shovqinsizligi bilan, balki yetti o‘rindiqli keng kabinasi bilan ham mashhur. Ushbu samolyot orqali Londondan Parijga uchish narxi 4800 dollardan boshlanadi. Super yengil va o‘rtacha samolyotlar orasida yetti o‘rindiqli Phenom 300 nafqat charterlar uchun qulayliligi bilan, balki kabinasining shinamligi va krovatlari mavjudligi bilan ham e’tiborga molik. Ushbu samolyot orqali Londondan Parijga uchish narxi 4500 dollardan boshlanadi.
45
2,372
Foto
Turli mamlakatlarning maktab avtobuslari (fotogalereya)
Motor nashri turli mamlakatlardagi maktab avtobuslari aks etgan fotogalereyani taqdim etdi. 1927-yilda paydo bo‘lgan birinchi maktab avtobusi, u Ford Model T platformasiga qurilgan va sariq rangga bo‘yalgan edi. B seriyasidagi Ford shassisiga qurilgan ushbu avtobus Amerika filmlarida eng ko‘p aks etadi. B600 1980—1998-yillarda chiqarilgan. Freightliner yuk mashinasi shassisiga qurilgan ushbu avtobus 1997—2007-yillarda chiqarilgan. Chevrolet pikaplari bazasiga qurilgan kichik furgonlar 70-yillarda ommabop bo‘lgan va kichik shaharlarga xizmat qilgan. 2001-yildan hozirgacha chiqarilayotgan maktab avtobuslari Wi-Fi, sun’iy yo‘ldoshli TV va maxsus toymaydigan pol qoplamasiga ega. AQShning yana bir vakili, o‘z ichiga 78 yo‘lovchini sig‘dira oladi. Norvegiyada ushbu avtobus 70-yillar o‘rtalaridan 90-yillar o‘rtalarigacha maktablarga xizmat qilgan. Birlashgan Arab Amirliklaridagi ilk maktab avtobuslaridan biri. U mamlakatga 1993-yilda keltirilgan va u yerdagi yagona nusxa bo‘lib qolgan Britaniya maktab avtobuslari oilasining zamonaviy vakili. Xitoydagi turli-tuman maktab avtobuslaridan biri, ularning katta qismi Amerikaning maktab avtobuslariga taqlidan yasalgan. Braziliyadagi ushbu maktab avtobusi olis hududlardan nogiron o‘quvchilarni tashish uchun mo‘ljallangan va nogironlik aravalari uchun maxsus maydonchalarga ega. 1964-yilda sobiq ittifoq mamlakatlarining olis qishloqlari uchun chiqarilgan va turi ranglarga bo‘yalgan. Rossiyada eng ko‘p tarqalgan maktab avtobuslaridan biri, yuqori darajadagi qulaylikka ega o‘rindiqlar bilan jihozlangan. Saloni yo‘nalishli taksi tamoyili bo‘yicha jihozlangan Rossiya maktab avtobusi.
55
1,654
Foto
Rossiyada baliqqa yodgorlik o‘rnatildi. Endi uni o‘g‘irlab ketmasliklari uchun qo‘riqlashga to‘g‘ri kelmoqda
Rossiyaning Novorossiysk shahrida o‘rnatilgan xams balig‘i yodgorligi 14-noyabrdan boshlab videokuzatuv ostida bo‘ladi. Videokuzatuv “112” tizimiga ulangan, deb yozmoqda TJournal. Odamlar oktabr oyning oxirida xams balig‘i uchun o‘rnatilgan yodgorlikdan esdalik uchun baliqlarni olib keta boshlagan. Yodgorlik 4-oktabrda ochilgan bo‘lib, u sobiq baliq zavodining yonida o‘rnatilgan. Mahalliy OAVlarga ko‘ra, bu “dunyodagi xamsga o‘rnatilgan yagona yodgorlik” hisoblanadi. Unga mahalliy aholining minnatdorchiligi ifodalangan taxtacha mahkamlangan. Qora dengiz xamsiga bildirilgan minnatdorchilikda sovuq urush yillarida baliqning ovlanishi Novorossiysk va Qora dengiz bo‘yidagi boshqa shaharlar aholisining omon qolishiga imkon bergani ifodalangan.
108
751
Foto
Fotogalereya: O‘zgacha hayrat uyg‘otuvchi suratlar
Ba’zan kishilarni hayratga solish qiyindek tuyuladi, biroq shunday narsalar borki, ularni ko‘rib hayratga tushmaslikning iloji yo‘q, AdMe ana shunday narsalardan iborat jamlanmani taqdim etdi.
50
192
Foto
Fotogalereya: Meyn-kun mushuklarining ajoyib portretlari
Xonakilashtirilgan mushuklar orasida meyn-kun zoti eng yirik mushuk hisoblandi. Gonkongda yashovchi fotograf Robert Siyka ana shu zot mushuklarining ajoyib portretlarini yaratdi. TravelAsk uning ijod namunalarini taqdim etdi.
56
225
Foto
Yerosti muzeyiga sayohat: Dunyoning eng chiroyli metro stansiyalari (foto)
Bugun, 10-yanvar dunyoda birinchi metro ochilgan kun. 1863-yilning shu sanasida Londonda ishga tushgan ilk metro yo‘nalishi Metropolitan Railway tomonidan qurilgan. Metro yo‘nalishining uzunligi 3,6 kilometrni tashkil qilgan va 7 ta stansiyani o‘z ichiga olgan. Metro so‘zi quruvchi firma nomidagi qisqartmadan kelib chiqqan. Metropoliten insoniyat tomonidan yaratilgan eng noyob ixtirolardan biri bo‘lib, vaqt o‘tishi sayin san’at asari darajasiga yetdi. Metro nafaqat transport vositasi balki, manzil tomon shoshayotgan insonlarga estetik zavq beruvchi rang-barang stansiyalardan iborat yer ostidagi sirli dunyo. Turli davlatlarda metropolitenlar xavfsizlik xodimlari sumkangizni tekshiriladigan  emas,  yoshlar gitara chalib, qo‘shiq aytib, fokus ko‘rsatib iste’dodini namoyon etadigan maskan hisoblanadi. E’tiboringizga shunday kishini hayratga soladigan dunyodagi eng chiroyli va rang-barang metro stansiyalari jamlanmasini havola qilamiz.  Politsiya Moskva metrosining eng xavfli stansiyalarini ma’lum qildi
74
1,026
Foto
Foto: Mo‘g‘ulistondagi muzlagan ko‘lda bo‘lib o‘tgan g‘aroyib muz festivali
Fransiyalik fotograf Céline Jentzsch sayohat qilishni va o‘z suratlarini bo‘lishishni yaxshi ko‘radi. Uning so‘nggi safarlaridan biri Mo‘g‘ulistondagi Xubsugul ko‘lida o‘tkazilgan muz festivaliga bo‘ldi. Suratlarda muzlagan havorang suvga alohida e’tibor qaratilgan. Festival bu hududga qishki turizmni jalb qilishni ko‘zlagan. TravelAsk suratkashning ijod namunalarini taqdim etdi.
75
382
Foto
Fotogalereya: Dunyoning eng yaxshi plyajlari
Kanadaning FlightNetwork sayti 632 nafar professional sayyohning tavsiyasiga binoan dunyoning eng yaxshi 50 ta plyaji o‘rin olgan ro‘yxatni tadqim etdi, deb xabar beradi Insider Pro.
44
182
Foto
Mashaqqatga boy to‘ylar: Osiyolik kelinlar fotosessiya uchun qanday tayyorgarlik ko‘radi? (foto)
Odatda ayollar to‘ylarga alohida tayyorgarlik ko‘radi. Albatta, fotosessiya va makiyaj borasida nihoyatda ehtiyotkorlik bilan qaror qabul qiladi... Ammo Osiyo ayollari bu borada boshqalardan anchagina farq qiladi. Sharqda kelinlar to‘y fotosessiyasi uchun shu darajada makiyajni amalga oshiradiki, to‘y kuni kelinni hech kim tanimasligi ham mumkin. Aslida, yorqin makiyaj injiqlik emas, balki, avvalo, milliy urf-odatning o‘zgarmas qismidir. Masalan, Indoneziya va Tailandda kelinlar har xil rangdagi qimmatbaho va naqshlarga boy matolardan tikilgan ko‘ylaklarni kiyib yuradi va fata o‘rniga o‘ziga xos milliy toj kiyadi yoki ro‘mol o‘raydi. Shu bilan birga, vizajist yordamida alohida obraz yaratadi.
96
702
Foto
Rossiyalik rassom bir ko‘rishdayoq qalblarni zabt etuvchi o‘yinchoq hayvonlarni yaratmoqda (foto)
Inson o‘ziga yoqadigan mashg‘ulot bilan shug‘ullansa, yoqimli. Ammo ushbu mashg‘ulot seni boshqalardan ajratib tursa, bu yanada yaxshi, deb yozadi AdMe. Rossiyalik rassom Yuliya Derevshikova jundan yaratadigan o‘yinchoq hayvonchalar xuddi jonlidek ko‘rinadi. Ularni ko‘rgan inson bir qarashda hayvonlarni haqiqiy deb o‘ylaydi.
97
326
Foto
Fotogalereya: Bir sutkada tanib bo‘lmas darajada o‘zgarishga uchraydigan maskanlar
Okeanlar va dengiz suvining sathi nega bir ko‘tarilib bir kamayib turadi? Buning ikkita asosiy sababi bor: Yer va Oy o‘rtasidagi gravitatsion tortishish va Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishida qochma kuchning paydo bo‘lishi. Promo-live suv sathining o‘zgarishi bilan tanib bo‘lmas ko‘rishiniga ega bo‘ladigan maskanlar suratlarini to‘plab taqdim etdi. Mon-Sen-Mishel oroli YuNESKO’ning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Bu yerga faqat suv chekinganida kelish mumkin. Suv sathi ko‘tarilganida esa bu yerni qayiqda tomosha qilsa bo‘ladi. Filippinning ushbu hududida faqatgina qum va dengiz mavjud. Bu yerga uylarni uzun oyoqlar ustiga qurish eng to‘g‘ri qaror bo‘lgan. Passaj-dyu-Gua Nuarmute orolini materik bilan faqatgina suv chekinganida bog‘lab turuvchi yo‘l. Suv sathi ko‘tarilganda esa bu yerdan yurishning mutlaqo imkoni yo‘q. Ushbu joy kastilya plyaji yoki Muqaddas suvlar plyaji deya ataladi. Bu Yevropadagi eng chiroyli to‘rtta plyajdan biri. Bu yerda soborga o‘xshash ulkan qoyalar mavjud. Jeyson Dekeyrsning haykallari Temza bo‘ylab joylashgan. Ularning o‘ziga xos jihati shundaki, haykallar daryo suvi sathining ko‘tarilgan yoki pasayganini ko‘rsatib turadi.
82
1,181
Foto
Kun fotolari: 2-fevral
Braziliyadagi norozilik namoyishlari, Buyuk Britaniyadagi dovul, Germaniyadagi aravaga qo‘shilgan itlar poygasi va yakuniga yetgan kunning boshqa yorqin fotosuratlari (“Kommersant”dan olindi).  Shavkat Mirziyoyevning naqd pul haqidagi qarori, O‘zMTRK raisligidan ketgan Alisher Xodjayev, Damas’lar muammosi va kunning boshqa muhim xabarlari Rio-de-Janeyro, Braziliya. Qat’iy budjet iqtisodiga qarshi norozilik namoyishlari vaqtida yoqib yuborilgan avtobus oldidan o‘tib ketayotgan mahalliy aholi vakili. Gretsiya va Makedoniya o‘rtasidagi chegara. Soliqlarning oshishiga norozilik bildirgan yunon fermerlari ikki mamlakat o‘rtasidagi chegarani yopib qo‘ydi. Guvahati, Hindiston. Guruch dalasida mehnat qilayotgan mahalliy aholi vakili. Pxenyan, Shimoliy Koreya. Ota-ona qaramog‘idan mahrum bolalarning boshlang‘ich maktabiga tashrif buyurgan Kim Chen In. Rafah, G‘azo sektori. Sartarosh mijozlaridan birining sochini maxsus usulda — olovni qo‘llash yordamida olmoqda. Vena, Avstriya. Mahalliy hayvonot bog‘idagi panda va qorbola. Chennai, Hindiston. Qutqaruvchi neftga to‘lgan qirg‘oq bo‘ylab harakatlanmoqda. Bir necha kun avval shahar qirg‘oqlari yaqinida neft tankeri siqilgan gazni olib ketayotgan kema bilan to‘qnashgan edi. Dolish, Buyuk Britaniya. Dovul vaqtida shahardagi to‘g‘onga urilayotgan to‘lqinlar. Avdeyevka, Ukraina. Shaharni o‘qqa tutishlardan jabr ko‘rgan mahalliy aholi vakillari uchun tashkil etilgan yordam markazida. Olmaota, Qozog‘iston. Ayol cherkov oldida kaptarlarni boqmoqda. Masserberg, Germaniya. Aravaga qo‘shilgan itlarning Trans-Thuringia—2017 poygasi ishtirokchisi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
22
1,783
Foto
O‘zbekistonlik fotosuratchi Ruslan Raxmatovning Black is Shadow fotoloyihasi (foto)
O‘zbekistonlik fotosuratchi Ruslan Raxmatov Black is Shadow (“Qora — bu soya”) fotoloyihasini taqdim etdi. Black is Shadow — turli yosh, kasb va din vakillari aks etgan suratlar ketma-ketligidan iborat. Janr bo‘yicha bu portret, g‘oyasi bo‘yicha esa chehralarda aks etgan hikoyalardir. Loyiha ishtirokchilari Toshkentning oddiy fuqarolari, shuningdek, poytaxt mehmonlari. Ammo loyiha qatnashchilari orasida taniqli shaxslar ham bor. Ulardan biri O‘zbekistondagi UNICEF vakolatxonasi raisi Robert Fuderich bo‘lsa, boshqasi xonanda Dineyradir. Odatda suratlardagi yuzlar go‘zallik va hashamat borasida musobaqalashadi, ammo loyihada fotosuratchi o‘ziga xos belgilardan minimum darajada foydalangan. Hikoyalarni bizga ko‘zlar va eng asosiysi, suratlarga singdirilgan his-tuyg‘ular so‘zlab beradi. Ruslan Raxmatov — fotosuratchi, ko‘plab foto va medialoyihalar muallifi va ishtirokchisi, ular orasida shaxsiy fotosuratlar ko‘rgazmasi (2012-yil), “Chorrahalar. Street art” medialoyihasi (2013-yil), Black is Shadow ko‘rgazmasi (2015-yil) va boshqalar bor.
83
1,051
Foto
Eng nobop paytda uxlab qolgan 15 kichkintoy (fotogalereya)
Bolalar nima bilan mashg‘ul bo‘lmasin, ular cheksiz quvvat sarf qiladi, ularning o‘yini nima bilan tugashini esa oldindan aytib bo‘lmaydi. Bu jajji shumtakalar uy bo‘ylab soatlab yuguradi, hamma narsani ag‘dar-to‘ntar qiladi, keyin esa bir lahzada ko‘z o‘ngimizdan g‘oyib bo‘lib, o‘yinchoqlar orasida, uy jonivorlari yonida yoki boshqa butunlay kutilmagan joylarda uxlab qoladi. AdMe har qanday joyda va har qanday holatda uxlab qolishga qodir bo‘lgan bolajonlarning suratlarini to‘pladi.
58
488
Foto
Fotogalereya: Dunyoning turli millatlaridan bo‘lgan sohibjamollar (foto)
BigPicture nashri 23 xil millatdan bo‘lgan qizlar suratlarini to‘pladi. Ushbu jamlanmadagi qizlarning ko‘rinishi har xil bo‘lishiga qaramay, ularning barchasi “Dunyo go‘zali” nomiga munosib. Bu istalgan millat chiroyli ekanligining yana bir bor isbotidir. Chechen Tojik Turkman BigPicture Ozarbayjon BigPicture O‘zbek Yevrey Cherkas Qozoq Avar Bolqor Eron Ukrain Rus aralash afg‘on Rus Dargin Arman Lezgin Rus aralash avar Gruzin Ingush Osetin Hind
72
471
Foto
Foto: Buyuk Britaniyada “arvoh kamalak” hosil bo‘ldi
Buyuk Britaniyada Norfolk, Saffolk va Esseks grafliklari aholisi 18-dekabr, shanba kuni noyob tabiat hodisasi — rangsiz kamalakga guvoh bo‘ldi. Bu haqda BBC xabar berdi. Rangsiz kamalak tumanli sharoitda va quyosh nurlarining muayyan tushish burchagida paydo bo‘ladi. “Hali tuman tarqamagan paytda sohil bo‘ylab yerga yaqin joylashgan bulutlar quyosh nurlarining ularni yorib o‘tishiga imkon bergan. Bu esa tumanli kamalaklar uchun ideal sharoit yaratgan”, — deydi sinoptik Den Xolli. Tabiat hodisasi rangsiz bo‘lgani uchun “arvoh kamalak” deb ham ataladi.
52
557
Foto
Vaqt yashin tezligida o‘tishini o‘zida aks ettiruvchi suratlar
O‘tayotgan vaqt va daqiqalarni to‘xtatib qolishning iloji yo‘q, ammo undagi voqealarni suratlarga muhrlash mumkin. Oq-qora yoki rangli suratlardan iborat albomni tomosha qilish orqali bir vaqtlar boshdan kechirilgan emotsiyalarni qayta his qilish, tajribalarni esga olish mumkin bo‘ladi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining bir joyda turli vaqtda olingan fotolari esa buning isboti. “70-yillarda otam ilk bor maktabga borgan. Ikkinchi surat esa oradan 50 yil o‘tib olingan”. “Otam va men oilaviy avtomobil yonida. Suratlar orasidagi vaqt oralig‘i 14 yil”. “Chap tarafdagi surat men maktabda borganimda olingan. O‘ng suratda 42 yoshda, birinchi marta universitetga borganim”. Pell-Sitidagi gul do‘koni. Bino ham, biznes ham anchagina o‘zgargan. “Itimning 7 haftalik va katta bo‘lganidagi surati”. “Otam yaxshi ko‘rgan qizi bilan 34 yil o‘tib”. “Men do‘stlarim bilan 1985-2018-yillarda”. “1987-yil, men Nyu-York otliq politsiyasi xodimi bilan. Ikkinchi foto yaqinda, men otliq politsiya maktabini bitirganimda olingan”. O‘sha kayfiyat, o‘sha kiyim, lekin pikap boshqa. Opelusas, Luiziana shtati. Avval va hozir. “Dam olish kuni singlim turmushga chiqdi, biz unga bolalikdagi suratidan ushbu shedevr tayyorladik. “Buvamni 1960-yillari bog‘da shunday suratga olishgan. Men remeyk qildim: o‘sha joyda, o‘sha holatda”. “Xotira kuni bilan, ota”. 16 yil o‘tdi. “Buvim 1947-yilda “Miss bahor” tanlovida g‘olib bo‘lgan. Hozir 94 yoshda va hali-hamon betakror”.
62
1,467
Foto
Fotogalereya: Millionta holatdan bittasida uchrashi mumkin bo‘lgan tasodiflar
AdMe xuddi ataylab uyushtirilgandek tasavvur uyg‘otuvchi tasodifiy holatlarning suratlarini to‘plab taqdim etdi.
77
112
Foto
Haqiqiy iblis va sehrlangan o‘rmon: yovvoyi tabiatning hayratga soluvchi kadrlari (foto)
Hakamlar hay’ati Australian Geographic Nature Photographer of the Year 2020 tanlovining g‘oliblarini e’lon qildi. Avstraliya, Yangi Zelandiya, Antarktida va Yangi Gvineya tabiatini o‘rganayotgan laureatlarning hayajonli kadrlari “RIA Novosti” fotolentasida eks etdi. Gran-pri 2019-yilning noyabr oyida Avstraliyani qamrab olgan va millionlab gektar maydonlarni yo‘q qilgan halokatli o‘rmon yong‘inlarini suratga olgan Ben Blanshga topshirildi. Possum kunduzi qoya toshlar orasida yashirinadi, faqatgina kechalari o‘zining teshigidan chiqishi mumkin. Ammo bir kuni jonivor adashib kunduzi chiqqan va shu zahoti Metta Klensining tasviriga muhrlangan. Charlz Devis qorli “Fila dunyosi” surati uchun “Monoxrom” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi. “Hayvonlarning xatti-harakati” nominatsiyasi bo‘yicha Aleks Kiddning dengiz tubida hayratlanarli juftlikning birgalikdagi o‘yini aks etgan surati loyiq deb topildi. Tasmaniya iblisi − xavfli hayvon, juda ko‘rkam emas, ammo o‘taketgan vahshiy. Yirtqich bilan uchrashish yaxshilikka olib kelmaydi. Lekin Jasmin Vink iblisdan qo‘rqmadi va “Yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan turlar” nominatsiyasida mukofotni qo‘lga kiritdi. Tog‘larda yorug‘lik va soya o‘yinlarini mahorat bilan yetkazishga muvaffaq bo‘lgan Karl Strand “Peyzaj” nominatsiyasi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi. Ekzotika uchun uzoqqa borish shart emasligini Itan Mann o‘z ishi bilan isbotladi. Fotosurat qahramoni – dam olish uchun har kuni bir xil sevimli shohobchaga qaytib keladigan ari. Suratkash “Portfolio” nominatsiyasi g‘olibi deb topildi. Yari Kornelis “Hayvonlarning yashash muhiti” nominatsiyasida “Po‘rtana ajdari” surati bilan raqiblarga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. “Hayvonlar xatti-harakati” nominatsiyasida g‘olib bo‘lgan Richard Robinson dengiz jonivorlari guruhini urug‘lantirish paytida suratga oldi. “Meni unutma” surati bilan Dug Gimesi “Bizning ta’sirimiz” nominatsiyasi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi. “Sehrlangan o‘rmon” surati bilan Kevin De Vre “Botanika” nominatsiyasi uchun loyiq ko‘rildi. “Hayvon portreti” nominatsiyasi bo‘yicha Richard Robertson “Dengiz qoploni” surati bilan g‘olib bo‘ldi. Richard Robinsonning yurakni larzaga keltiruvchi kadri “Bizning ta’sirimiz” e’tirofiga sazovor bo‘ldi. “Latif va yashil” surati yoshlar toifasida Tess Poynerga g‘oliblikni olib keldi. Damper yarimorolining qahraton tabiati nafaqat Met Bitsonni, balki hakamlar hay’atini ham hayratga soldi va “Peyzaj” nominatsiyasi g‘olibi deb topildi.
88
2,484
Foto
Taksilardagi koʻchatlar, yashin urgan Xalqaro savdo markazi, Tailanddagi hukumatga qarshi namoyishlar — 14 sentyabr suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz. Oʻzbekiston Prezidenti tashabbusi bilan UNESCO koʻmagida oʻtkazilgan «Markaziy Osiyo jahon sivilizasiyalari chorrahasida» xalqaro madaniy forumi doirasida Oʻzbekistonda madaniy meros haftaligi va Butunjahon jamiyatining «Oʻzbekiston madaniy merosi — Yangi Renessans poydevori» V kongressi boʻlib oʻtdi. 2021 yilgi tadbirlar Toshkent, Xiva va Nukus shahrida oʻtkaziladi. Kongress oʻtkazish uchun «Oʻzbekiston madaniy merosi dunyo toʻplamlarida» turkumidan 15 ta yangi kitob-albom tayyorlangan. Kitoblarning umumiy soni 50 ga yaqinlashgani ta‘kidlangan. Kongress loyihasi oʻtkazishning oʻziga xos yutugʻi Hindistonning Boburiy me‘moriy yodgorliklari epigrafik yozuvlarini ochish va oʻqishga bagʻishlangan jildni tayyorlash boʻyicha ishlarning yakunlanishi ekani qayd etilgan. Bu jild nafaqat Oʻzbekiston, balki chet eldagi yodgorliklar bilan ham tadqiqot ishlarining boshlanishini anglatuvchi «Oʻzbekiston me‘moriy epigrafiyasi» turkumining davomi hisoblanadi. «Tolibon» harakati Afgʻoniston muvaqqat hukumati rahbari mulla Muhammad Hasan Oxundning zamonaviy suratini birinchi marta e‘lon qildi. Falastinlik bir kishi bedanani ushlab olgach, uni toʻridan chiqardi. Tailandda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari, mana, bir necha oydirki davom etmoqda. Nyu-Yorkda Black Lives Matter namoyishlari paytida polisiyaga oʻdagʻaylab turgan namoyishchi. AQShda, shuningdek, koronavirusga qarshi vaksinalashga doir tadbirlardan norozi boʻlganlar «ozodlik yurishi»da qatnashmoqda. Nyu-Yorkda joylashgan Xalqaro savdo markazining tomiga oʻrnatilgan minorasini chaqmoq urdi. Panjob polisiya kuchlarining Shakti jamoalaridan biri — ayollarga qarshi jinoyatchilikka qarshi kurashish maqsadida tuzilgan ayollar guruhlari ishga tushirish marosimida qatnashadilar. Bangkokda taksi haydovchilari pandemiya sababli ishlatilmaydigan mashinalarda umumiy sabzavot bogʻini tashkil qildi. Nyu-Yorkdagi «Metropolitan» muzeyida Kostyum san‘ati institutining an‘anaviy bali boʻlib oʻtdi. Uzoq kutilgan marosim oʻtgan yili pandemiya sabab bekor qilingan edi. Marosimning rasmiy dress-kodi «Amerika ozodligi» deb nomlandi. Suratda Gollivud aktrisasi Kim Kardashyan oʻzining antiqa libosida.
125
2,223
Foto
G‘ayrioddiy holatlarni suratga olib, butun internetni hayratlantirgan kishilarning ijod namunasi (foto)
Inson hayoti davomida turli qiziqarli holat va ajablantiradigan manzaralarga duch kelishi mumkin. Lekin bunday g‘ayritabiiylikni suratga olish hammaning ham xayoliga kelavermasligi mumkin. “Avstraliyadagi ta’tilim vaqtida ushbu manzaraga guvoh bo‘ldim”. Ko‘rinishi g‘ozga o‘xshaydigan to‘nka. “Xiyobonda bir kishilik ‘skameyka’ga duch keldim”. Olmaning nafaqat po‘sti, balki ichi ham qizil rangda. Po‘sti qora rangdagi pomidor. Qoyadagi lishaynik va suv o‘tlari Van Gogning “Yulduzli kecha” asariga o‘xshash manzara hosil qilgan. Gullardan yasalgan qandil. Mashinani tashish vaqtida buzilib qolgan evakuatorga boshqa bir evakuator kerak bo‘ldi. Mebel do‘konining kirish qismi. Mandarin ichidagi mitti mandarin. Manchestr aeroportidagi pab, samolyot detallari bilan jihozlangan. G‘alati rejimda ishlaydigan restoran. Do‘kondagi mitti bananlar. Meksikadagi dengiz tipratikonlari. O‘rdakka o‘xshaydigan bodring. Shakli yuk tashish mashinasini esga soladigan butalar. Dog‘lari Italiya shaklidagi, puflab shishiriladigan sigir o‘yinchoq. Sahro o‘rtasida uchratish mumkin bo‘lgan asfalt yo‘l. Aftidan, yo‘lning narigi tomoniga kuz hali yetib bormagan. Mitti va yolg‘iz bulutcha.
103
1,192
Foto
Fotogalereya: Zamonaviy haykaltaroshlik namunalari
Dunyoning turli mamlakatlarida haykaltaroshlar metall va toshlardan shoh asarlar yaratgan. AdMe ana shunday shoh asarlar jamlanmasini taqdim etdi.
50
146
Foto
Xitoy plyajidagi g‘aroyib kutubxona (foto)
Dunyodagi eng g‘aroyib kutubxonalardan biri Xitoyning Beydayxe shahar uyezdida joylashgan bo‘lib, u Sariq dengizning Boxay ko‘rfazidagi plyajda joylashgan alohida binodan iborat. Unga Mashable nashri e’tibor qaratdi, deb yozadi TJournal. Kutubxona joylashgan kurort tumani Pekindan uch soatlik masofada joylashgan. 2015-yilda ochilgan kutubxona qurilishi bilan Pekinning Vector Architects studiyasi shug‘ullangan. Binoning o‘ziga xos jihatlaridan biri unga olib boruvchi alohida yo‘lning mavjud emasligidadir. Kutubxonaga bevosita plyajdan yoki yaqinroqdagi piyodalar yo‘lakchasi orqali borish mumkin. Shunda ham 30 metrga yaqin masofa qum orqali o‘tiladi. Arxitektorlarning so‘zlariga qaraganda, bu orqali ular binoning dengiz peyzaji bilan yanada chambarchas bog‘lanishiga erishishni ko‘zlagan. Mashable binoni dunyodagi eng tinch kutubxona deb ataganligiga qaramay, mavsumda unda ko‘p sonli kitobxonlarni uchratish mumkin.
42
930
Foto
“Kichkina demang bizni…”. Tico bunday yuk ko‘targanini ko‘rganmisiz?
“Qoraqalpog‘iston yangiliklari” nashri Tico avtomobili o‘zi kichkina bo‘lsa ham katta yuklarni ko‘tara olishini isbotlovchi suratni e’lon qildi. Unda Nukus shahrida Tico avtomobili bir nechta qopni yuklab ketayotgani aks etgan.
68
228
Foto
To'rt oyoqli temir ot, bombardimon qilingan xarkov, Qirg'izistondagi ov festivali — 17 aprel suratlari
Bugunning eng sara va qiziqarli suratlarini e'tiboringizga havola etamiz. Shveytsariyada erkak 1290 ta Rim tangalaridan iborat xazina topdi. Irlandiya jamoasi Raqs bo'yicha jahon chempionatida chiqish oldidan so'nggi tavsiyalarni tinglamoqda. Ukrainalik o't o'chiruvchilar rus bombardimonidan keyingi xarkov shahri xarobalarida qutqaruv ishlarini olib bormoqda. Polshanng Krakov shahrida odamlar bayram sovg'alariga dam solinishini kutib turibdi. Rim papasi Frantsisk Avliyo Pyort maydonida bayram nutqini qilmoqda. Quddusdagi yunon pravoslavlar Pasxadan oldingi yakshanbani nishonlamoqda. Bu kunda Iso payg'ambar Quddusga kirgan deb ishoniladi. Frantsiyalik muhandislar yuradiga ot shaklidagi ajdarho yasab, uni Tuluza shahri ko'chalari bo'ylab aylantirmoqda. Qirg'izistonning Bokonbaevo shahrida ovchilar festivali bo'lib o'tdi. Unda qatnashgan ovchi burgutini ushlab turibdi. Janubiy Afrikadagi suv toshqinlari oqibatlari. Toshqin oqibatida oqib kelgan matras ustida sakrayotgan bolakay. Germaniyadagi slavyan ozchiliklar vakillari muqaddas hafta tadbirlarida qatnashmoqda.
102
1,076
Foto
Qor bilan qoplangan Qamchiq dovoni, real hayotdagi “O'rgimchak odam”, BMTda chiqish qilgan Zelenskiy — 23 mart suratlari
Qish kabi kelgan bahor ham o'zining so'nggi 10 kunligini boshladi. Ukraina atrofidagi muammolar hali tinchigani yo'q, ammo hali ham diqqat markazida. O'zimizda ham yangiliklar bor. Ular bilan oddiy tekst bilan emas, suratlar orqali tanishish qulayroq. Shavkat Mirziyoev Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasini qabul qildi. Suhbatda O'zbekiston hududlarining Tatariston bilan o'zaro manfaatli hamkorligini kengaytirishning amaliy jihatlari ko'rib chiqildi. Tinimsiz qor va yomg'irni boshdan kechirgan Qamchiq dovonining bugungi ko'rinishi. Buyuk Britaniyada kovid esga olinmoqda. Londonliklar Milliy kovid xotira devorida turli yozuvlar va gullar qoldirmoqda. Ular shu tarzda birinchi kovid lokdaunining ikki yilligini “nishonlayapti”. Braziliya ko'chalarida sport murabbiyi O'rgimchak odam kiyimida sayr qilmoqda. Ogohlantirishlarda aytilganidek, uy sharoitida takrorlash tavsiya etilmaydi, hurmatli tiktokerlar. Nigeriyaning iqtisodiy poytaxti bo'lgan Lagos shahridagi asosiy ko'prik yonib ketdi. Yong'in oqibatida ko'prik ostidagi do'konlarga zarar yetdi va katta tirbandliklar xosil bo'ldi. Ukrainaning Berdyansk shahridan Rossiya hujumlari tufayli mingdan ortiq odamni evakuatsiya qilgan 200 ga yaqin avtobus mamlakatning Zaporoje shahriga yetib keldi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy BMTning navbatdagi sessiyasida nutq so'zladi. Qatnashchilar uni tik turgan holda kutib oldi. Zelenskiy o'z chiqishida Yaponiya hukumati va aholisini Rossiyaga bosim o'tkazishga chaqirdi.
120
1,521