folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Foto
Fotogalereya: Yerning kosmosdan olingan ajoyib suratlari
Kosmosdagi birinchi odam, oydagi birinchi odam, hamda yer orbitasidagi birinchi odam — bular koinotga odamzodning birinchi va eng muhim qadamidir.  Bu esa insoniyatning yaqin kelajakda - Marsni kashf qilishini, biroq buning tinimsiz ishlash kerakligini anglatadi. Xalqaro kosmik stansiya qariyb yigirma yil davomida yerning past orbitasida edi. Samolyot bortiga 18 mamlakatdan 236 kishi tashrif buyurgan. Ularning barchasi sohalari boshqa bo‘lishiga qaramasdan, koinotga sayohat qilish imkonini qo‘ldan boy bermadi. Hamda ko‘pchilik fazoda olgan ajoyib tasvirlarni ijtimoiy tarmoqlardagi o‘z sahifalariga bo‘lishdi. TravelAsk esa ana shunday suratlarni jamlab taqdim etdi.
56
672
Foto
Fotogalereya: Shimoliy Koreya ayollarining vodorod bombasi ham yo‘q qila olmaydigan go‘zalligi
Ruminiyalik fotosuratchi Mixaela Norok tomonidan tayyorlangan “Go‘zallik atlasi” loyihasining alohida bir qismi sirli Shimoliy Koreya ayollariga bag‘ishlangan, deb yozadi TravelAsk. Shimoliy koreyalik ayollar jahon moda va makiyaj tendensiyalari bilan tanish emas, biroq bu holat ular o‘z tashqi ko‘rinishi haqida qayg‘urmaydi, degan xato xulosaga sabab bo‘la olmaydi. Sayyoraning istalgan boshqa go‘shasidagi ayollar kabi, shimoliy koreyalik xonimlar ham go‘zal va maftunkor ko‘rinishni istaydi. Ular baland poshnali poyabzallarga alohida mehr qo‘ygan, odatda, klassik liboslar kiyadi. Bayram kunlari va boshqa muhim sanalarda esa yorqin ranglarda an’anaviy milliy liboslar kiyiladi.
94
684
Foto
Turkiyadagi tropik kapalaklar bog‘i — suratlarda
Turkiyada “Shabi arus” tadbirlarida ishtirok etish uchun bir guruh xorijiy va o‘zbekistonlik jurnalistlar Turkiyaning Istanbul va Konya shaharlarida bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan tashkil etilgan ushbu safar davomida ommaviy axborot vositalari vakillari Konya shahridagi tropik kapalaklar bog‘i yoki kapalaklar vodiysiga ham kirib o‘tdi. Turkiyaning Konya shahridagi tropik kapalaklar bog‘i 3500 kvadrat metr sayr hududi va umumiy 7600 kvadrat metr maydonga ega. Uning salkam 1600 kvadrat metr maydonida 15 turdagi kapalaklar yashaydi. Bog‘da 98 turdagi 20 000dan ortiq o‘simliklar bor. Nektarli o‘simliklar atrofida kapalaklar uchib yurganini ko‘rishingiz mumkin. Tropik bog‘ga kirib issiqqina muhitda parvoz qilib yurgan kapalaklarning rang barang jilosi, karnaydan kelib turgan mayin tovushlar, xilma-xil gullar, daraxtlarning iforini his etish mumkin. Bu yerda kapalaklarning hayoti, maskirovkasi, himoyasi, ozuqasi haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkin. Maskanda kapalaklardan tashqari tropik hasharotlarni ham uchratish imkoniyati bor. Bu yerda Uzoq Sharq, janubi-sharqiy Osiyo va boshqa hududlardan keltirilgan 10 000dan ortiq turdagi kapalaklar yashaydi. Tropik bog‘da ular uchun zaruriy iqlimiy sharoit hozirlangan.
49
1,305
Foto
Dunyo yetakchilarining qarorgohlari (fotogalereya)
“Nur.kz” turli mamlakatlar prezidentlari yashaydigan qarorgohlar suratlari bilan bo‘lishdi. Vladimir Putin Kreml saroyida faqat rasmiy uchrashuvlarni o‘tkazadi. O‘zi esa MKAD ortida, Novo-Ogaryovoda yashaydi. Suratda uning uy kinoteatri aks etgan.
50
252
Foto
Fotogalereya: O‘zining ajoyib suratlari bilan tanilgan qo‘l-oyoqsiz indoneziyalik suratkash
Indoneziyalik suratkash Ahmad Zulqarnayn o‘zining qo‘l va oyoqlari yo‘qligiga qaramay, ajoyib suratlarni yaratadi. 24 yoshli Zulqarnaynning barmoqlari yo‘q, biroq u yuzini, og‘zini va qo‘lidagi terisi yordamida professional kamerani ishlata oladi. Yigitcha ulkan buyurtmalar hajmi bilan shug‘ullanish oson bo‘lishi uchun hatto shaxsiy DZOEL kompaniyasiga ham asos solgan. TravelAsk Ahmad Zulqarnayn tomonidan yaratilgan ayrim ajoyib suratlarni to‘plab taqdim etdi.
91
464
Foto
Fotogalereya: Sayyoradagi eng ko‘rkam erkaklarning farzandlari
AdMe butun dunyoga mashhur ko‘rkam erkaklarning farzandlari tasvirlangan suratlarni to‘plab taqdim etdi. Jud Lou Uning o‘g‘li Rafferti (21 yosh) Qizi Ayris (17 yosh) Pirs Brosnan Uning o‘g‘illari: Dilan (20 yosh) Peris (16 yosh) Alen Delon Uning o‘g‘li Alen-Fabyen (23 yosh) Silvestr Stallone Uning qizlari: Sofi (21 yosh) Sistin (19 yosh) Skarlett (15 yosh) Jonni Depp Uning qizi Lili-Rouz (18 yosh) Mel Gibson Uning o‘g‘li Maylo (27 yosh) Antonio Banderas Uning qizi Stella (21 yosh) Krishtianu Ronaldu Uning katta o‘g‘li Kichik Krishtianu Ronaldu (7 yosh)
62
577
Foto
20 nafar eng go‘zal osiyolik qiz (fotogalereya)
Osiyo mamlakatlarida ommabop bo‘lgan I-magazine o‘z mushtariylaridan eng go‘zal osiyolik qizni tanlashni so‘radi. Ovoz berish yakunlarini mualliflar fotogalereya ko‘rinishida e’lon qildi, deb yozadi “Fotoshedevr”. Reytingdan Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya, Tailand, Tayvan va boshqa mamlakatlarning nafaqat o‘z iste’dodi, balki husni bilan millionlab kishilar qalbini zabt etgan aktrisalari, modellari va qo‘shiqchilari o‘rin oldi.
47
432
Foto
Foto: Xitoyning Tyantszin shahridagi kelajak kutubxonasi
Xitoyning Tyantszin shahridagi besh qavatli kutubxona Niderlandiyaning MVRDV firmasi tomonidan loyihalashtirilgan. U Binxay madaniy tumanida joylashgan va “Oko Binxay” deb ataladi. Binoning asosiy bezagi markazida yaltiroq sferasi bo‘lgan ko‘z hisoblanadi. TJournal mazkur loyiha suratlarini taqdim etdi. 34 ming kvadrat metr maydonda katta o‘qish zali, kitoblar saqlash joyi, ofislar, majlis zallari, kompyuter va audio xonalari joylashgan. Kutubxonada bir vaqtning o‘zida 1,2 milliontagacha kitob saqlanishi mumkin. Qurilish uch yilda tugatilgan va barcha rejalarni o‘z vaqtida bajarishga muvaffaq bo‘linmagan.
56
614
Foto
Fotogalereya: Ukrainaliklar 100 yil avval
Mashhur rassom Ilya Repin ukrainaliklarning didini va ularning kiyinishini juda yuqori baholagan. Ukraina milliy liboslari uni hayratda qoldirgan. TravelAsk ukrainaliklar tomonidan 100 yill avval kiyilgan kiyimlarga e’tibor qaratdi.
41
232
Foto
Fotogalereya: O‘ta ta’sirli suratlar
Fotojurnalistlarning World Press Photo — 2019 tanloviga butun dunyodan 70 mingta rasm kelib tushgan. AdMe finalchilarning kadriga muhrlangan suratlarni taqdim etdi. Vulqon Evakuatsiya qilingan otlar Hayot ortda qolgan narsalar qatorida Egizaklar Flamingo burni Bob (flamingo) bilan tanishish Lochin va arablarning ta’siri
36
327
Foto
Foto: Yaponiyadagi sunamidan muhofaza qiluvchi devorlar
2011-yilning 11-martida yuz bergan 9 magnitudali “Sharqiy Yaponiyaning buyuk zilzilasi” mamlakat tarixidagi eng kuchli yer qimirlashi bo‘ldi. Zilzila kuchli sunamini keltirib chiqardi. Tabiiy ofat esa 160 mingta uyni vayron qildi va 16 ming kishining umriga zomin bo‘ldi, shuningdek “Fukusima-1” AESining halokatiga sabab bo‘ldi. Yaponiya hukumati halokatlar qayta takrorlanishining oldini olish maqsadida qirg‘oq bo‘yidagi standart to‘lqin kesuvchilarni 12 metrli devorlar bilan almashtirishni boshladi, deb yozmoqda TJournal. Devorlar to‘lqinlarning asosiy zarbini o‘ziga qabul qilishi kerak bo‘ladi. 2018-yilga kelib qariyb 400 kilometr uzunlikdagi devor qurib bo‘lindi — ularning qiymati 12 milliard dollarni tashkil qildi. Agar to‘lqin devordan balandroq bo‘lsa ham, odamlarda evakuatsiya uchun ko‘proq vaqt bo‘ladi.
55
822
Foto
Fotogalereya: Har kuni iste’mol qilinadigan soxta mahsulotlar
Har kuni iste’mol qilinadigan mahsulotlar ba’zan aslidan boshqacha bo‘lishi mumkin. AdMe ana shunday mahsulotlarga e’tibor qaratdi. Tuyilgan kofe tarkibida qovurilgan va maydalangan arpa, bug‘doy, soya donalari bo‘lishi mumkin. Ishlab chiqarishni arzonlashtirish uchun hatto maydalangan shoxchalar ham qo‘shiladi. Qimmat zaytun yog‘ini sotib ola turib, uyga nisbatan arzon makkajo‘xori, palma yoki soya yog‘ini olib kelish mumkin. Qalbaki mahsulotlar bozoridagi yetakchilardan biri mazkur pishloq hisoblanadi. Bu pishloqning tarkibida 10 foiz yog‘och qirindisi bo‘ladi. Ko‘pincha bu pishloq o‘rniga arzonrog‘i beriladi. Ko‘pincha sushida buyurtma qilingan baliq o‘rniga arzonrog‘i ishlatiladi. Guruch qalbakilashtirilgan mahsulotlar orasida eng xavflisi hisobalanadi. Qalbaki guruch kraxmalni plastmassa bilan aralashtirib ishlab chiqariladi.
61
847
Foto
Bo‘ron oqibatida uyi buzilgan amerikalik ayol samolyot sotib olib, uni uyga aylantirdi (foto)
AQShning Missisipi shtatida kosmetolog ayol samolyotni uyga aylantirdi hamda internetda mashhur bo‘lib ketdi, deb yozadi The Sun. Jo Ann Usseri tanishining maslahati bilan ekspluatatsiyadan chiqarilgan Boeing 727 samolyotini ikki ming dollarga sotib oldi. Qayd etilishicha, ayolning uyi bo‘ron oqibatida vayron bo‘lgan edi. Shuning uchun u samolyotni turar joyga aylantirdi. Ayol Today teleshousiga bergan intervyusida samolyotni ta’mirlash, suv, elektr o‘tkazish uchun 30 ming dollar sarflaganini aytgan. Qayd etilishicha, uyning vannaxonasi samolyotning hojatxonasiga joylashtirilgan. Bagaj ortiladigan bo‘lmadan esa omborxona sifatida foydalanilgan. Bundan tashqari, samolyot ichiga jakuzi, gaz plitasi va idish yuvish mashinasi bo‘lgan to‘laqonli oshxona ham qurilgan. Kosmetolog parvoz hissini hosil qilish uchun samolyotning tumshug‘ini ko‘l ustiga joylashtirgan. “Mening 27 yillik samolyotim dunyodagi eng yaxshi uy. Unda odamlar uyida bo‘lishini istaydigan hamma narsa bor: telefon, konditsioner va kir yuvish mashinasi”, — deydi Jo Ann. Ma’lum bo‘lishicha, ayol samolyot ichida to‘rt yil yashagan, hozirda u sayyohlar uchun ochiq. Usseri to‘rt yil davomida turli ko‘rsatuvlarda chiqish qilgan, gazetalarga intervyular bergan hamda mashhur bo‘lib ketgan.  Amerikalik ayol Instagram’dagi “layk”lar uchun har kuni yangi oqshom libosidagi surati bilan bo‘lishadi (foto)
93
1,382
Foto
Eng zamonaviy obrazga ham putur yetkazishi mumkin bo‘lgan eskirgan narsalar (foto)
Moda olami tinimsiz o‘zgarishda bo‘lib, u bilan hamnafas bo‘lishning o‘zi ham bir san’at. Ammo ba’zi tendensiyalar alohida ajralib turishga sabab bo‘ladi. Kecha urfda bo‘lsa ham bugun eskirganligi tufayli tashqi ko‘rinishga putur yetkazayotgan bo‘lishi mumkin. Ingichka ko‘zoynaklar Ingichka va kichik hajmdagi ko‘zoynaklar qanchalar tez urfga kirgan bo‘lsa, undan chiqishi ham shuncha oson bo‘ldi. Hozirda keng hajmdagi katta ko‘zoynaklardan foydalanish mumkin. Bomber-kurtkalar So‘nggi bir necha yil ichida bomber-kurtkalar deyarli hammaning garderobini to‘ldirgan edi. Ammo 2020—2021-yillarda to‘g‘ri bichimli yoki belbog‘li paltolar urfda. Kalta jinsi shimlar Klyosh kalta shimlar, asosan, bo‘yi baland qizlar uchun juda mos keladi. Boshqalarning esa bo‘yini aksincha yanada past hamda semiz qilib ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun ham dizaynerlar tekis va odatiy uzunlikdagi shimlar tanlashni tavsiya etadi. Tasmali sumka yoki ryukzaklar Vaqt o‘tishi bilan barcha narsa o‘zgarishi, shubhasiz. Hattoki urfga qaramay hamisha ichi kerakli buyumlarga to‘la bo‘lgan sumkalar ham. Hozirda keng hajmli, qopsimon, tutqichlari zanjirsimon sumkalar yordamida ajoyib obraz yaratish mumkin. Plastik aksessuar va poyabzal Bu kabi poyabzallar foydali bo‘lmagani bilan birga, obrazga ham putur yetkazadi. Shuning uchun noodatiylikni xush ko‘ruvchilar ehtiyotkorlik bilan kiyim tanlashi kerak. Ortiqcha logotiplar  Mashhur brendlar, albatta, o‘zining maxsus logotipiga ega. Ammo har bir libosda ularni aks etishi ham bir qancha noqulayliklar keltirib chiqaradi. Libos tanlashda imkon qadar brendi yashirin va hech qanday ishlab chiqaruvchiga ishora qilmaydiganlariga murojaat qilish kerak. Dengiz jismlari kabi bezaklar Ushbu uslubdagi taqinchoqlar 2-3 yil avval urfda edi. Ammo dizaynerlar marvaridlarga hamisha obrazga qo‘shimcha ko‘rk bag‘ishlovchi taqinchoq sifatida qaraydi. Natijada chig‘anoqli yoki shu kabi taqinchoqlar o‘z-o‘zidan chetga chiqdi. Qoplon nusxali yubka Umuman olganda, qoplon nusxali liboslar ancha avval urfdan qolgan, shu jumladan, yubkalar ham. Uning o‘rniga biroz nafis, sipo yoki hech qanday naqshsiz keng yubkalar obrazni boyitishda yordam beradi. Ikki xil zirak Bir vaqtlar barchaning ko‘nglidan joy olgan ikki xil ko‘rinishdagi ziraklar tez orada ayollarni zeriktirdi. Hudi-liboslar Hudi-liboslar qulayligi bilangina hozirgacha kiyilishda davom etmoqda. Aslida ular qomatni semiz qilib ko‘rsatishi bilan tashqi ko‘rinishga putur yetkazadi. Qomatni tortib turuvchi ko‘ylaklar Bu kabi liboslar havo o‘tkazadigan tabiiy matodan tikilmagani bilan birga, o‘ta torligi bilan ham tanani zo‘riqtiradi. Inson borgan sari o‘zi uchun qulaylik izlayotgan vaqtda qomatni tortib turuvchi liboslar garderobda qolmasligi tabiiy.
82
2,743
Foto
Nigeriyalik 5 yoshli qizcha go‘zalligi bilan Instagram foydalanuvchilarini maftun qildi (foto)
Nigeriyalik besh yoshli Jeyr ismli qizcha Instagram yulduziga aylandi, deb yozadi Big Picture. Hammasi fotosuratchi Mofe Bamaiva uning suratini ijtimoiy tarmoqqa joylaganidan keyin boshlandi. Qizcha internet foydalanuvchilarini nafaqat o‘z yoshiga xos bo‘lmagan dadilligi va rasoligi bilan, balki qo‘g‘irchoqlarga o‘xshash noodatiy go‘zalligi bilan hayratda qoldirdi. View this post on Instagram Ba’zi foydalanuvchilar, hatto bu go‘zallikning tabiiy ekanligiga shubha qilib, fotoshop qo‘llanilganidan gumonsiradi. View this post on Instagram Qizcha haqida ko‘p narsa ma’lum emas, faqatgina u professional model emasligi va oilada yana ikki nafar opasi borligi aytilgan. View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram
94
826
Foto
Fotogalereya: Inson kayfiyatini ko‘taruvchi hayvon bolalarining suratlari
Yapon olimlari uyda kichik hayvonlarni parvarishlash diqqatni jamlashda katta yordam berishini aniqlagan. Haqiqatan ham uyda boqiladigan va umuman yovvoyi tabiatda yashovchi hayvon bolalarining harakatlarini kuzatib, yuzimizga beixtiyor tabassum yuguradi. E’tiboringizga antiqa qiliqlari va tashqi ko‘rinishi bilan insonlar kayfiyatini ko‘taradigan turli hayvon bolalarining antiqa suratlarini havola qilamiz. Dengiz mushugining bolasi. Yoqimtoy mushukchani ushlab ko‘rging, uni silab-siypalaging keladi-ya! Multfilm qahramonini eslatib yuboruvchi surat. Bitta qiziq harakati bilan egasiga bir olam quvonch bera oladigan mittivoy. Olmaxon bolasi shu qadar mittiki, hatto odam barmog‘i bilan bir xil o‘lchamda! Kaftga sig‘ib ketadigan tipratikan bolasi — tikanlari bor deb ham o‘ylamaysiz, himoyasiz koptokcha. Aka-uka filchalar. Birga o‘ynash naqadar zavqli! Juda yoqimli surat. Jo‘jalar ushbu mehribon it bilan soatlab birga qolishga rozi bo‘lganiga nima deysiz? Mushukcha o‘tirishni o‘rgangan ko‘rinadi. Ha u mushuklarga o‘xshab emas, balki odamlardek o‘tira oladi! Qunduz bolalari shirin uyquda. Ular qanday tush ko‘rayotgan ekan-a? Bolalikdan to‘g‘ri ovqatlanishga o‘rganish lozim. Yoqimtoy kuchukchalar. Suratdagi ikkalasini ham uyda boqishni orzu qilayotganlar qancha. Dumimni mahkam ushla yoxud onasidan uzoqlashishni istamaydigan bola. Mitti va beziyon kichkintoy! Ona olmaxon bolasi bilan. Ushbu ko‘rinish ham juda ta’sirli. It jo‘ja uchun haqiqiy do‘st! Do‘stlik esa umuman chegara bilmaydi! Dangasaning bolasi shu qadar kichikki, u chashka ichiga ham sig‘ishi mumkin! Uyqudagi quyoncha! Garchi bu kabi suratlarda hayvonlar bolalari aks etgan bo‘lsa ham ular odamga sovuq qish havosida iliq kayfiyat ulashadi Uyqu vaqti. O‘rdakchalar ham uxlashni biladi. Va nihoyat bolaligimiz multfilmini eslatib yuboruvchi surat, maymun bolasi kirlar ilingan dorda ham sho‘xliklar qilishdan aslo to‘xtamaydi.
73
1,922
Foto
Fotogalereya: Selfiga odamlardan ko‘ra chiroyliroq tushadigan hayvonlar
AdMe selfiga odamlardan ko‘ra chiroyliroq tusha oladigan hayvonlarning qiziqarli suratlarini to‘plab taqdim etdi. “MakAvto”dan zebra buyurtma qilganingda Tasodifan frontal kamera yoqib yuborilganida “Qandaydir muammo bormi?” Soch turmaging lamaniki bilan bir xil bo‘lganida “Ovqatning o‘zi men bilan selfi tushgani keldi” “Bo‘tqaga qo‘shgan sutimiz eski bo‘lgan ko‘rinadi…” “Shubhali qarash”ni mashq qilamiz “Onam doim seni tabassuming chiroyli derdilar” “Senga bir gapni aytishim kerak: endi biz bilan mushuk yashaydi” Men va dugonalarim selfi tushganida Selfiga tushishning farqiga boradigan ayiq Ish haftasi yakunlanganida Bugun juma kuni ekanligini bilganingda
71
676
Foto
Italiyadagi qor ko‘chkisi ostida qolgan mehmonxonada qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda (foto)
Italiya markazidagi Abrutsso viloyatida joylashgan Gran-Sasso tog‘li massivida qor ko‘chkisi ostida qolib, qisman vayron bo‘lgan Rigopiano di Farindola mehmonxonasida qorli qopqonda qolib ketgan odamlarni qidirish operatsiyasi davom etmoqda, deb yozadi “RBK”. Vertolyotlarda yetib kelgan qutqaruvchilar bir necha metrli qor qatlami ostida qolgan binoning bir qismini qazib ochishga, shuningdek, inshootni qisman ko‘zdan kechirib chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Bir necha kishi tirik holda topildi, 20 dan ziyod kishi hamon bedarak yo‘qolgan, deb hisoblanilmoqda.
95
557
Foto
Hayvonsevar o‘zbek yulduzlari (foto)
My Day hayvonlarga befarq bo‘lmagan, ularga bo‘lgan mehrlarini fotosuratlarga muhrlagan yulduzlar bilan tanishtirib o‘tdi. Sevara Nazarxon O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sevara Nazarxon itlarga befarq emas. Shahzoda Xonanda Shahzoda va uning sevimli mushugi Laska. Nilufar Usmonova Xushovoz xonanda Nilufar Usmonovaga fan-klubi a’zolari yoqimtoy oq quyoncha sovg‘a qilishgan. Shahzoda Matchonova Iste’dodli aktrisa Shahzoda Matchonova otlarni yaxshi ko‘rishini uning fotosuratlaridan payqash mumkin. Lola Yo‘ldosheva Betakror ovoz sohibasi Lola Yo‘ldoshevaning uy hayvonlariga mehri katta. Uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida itlar bilan tushgan suratlarini ko‘p ko‘rish mumkin. Asal Shodiyeva Aktrisa Asal Shodiyevaning suratga olish jarayonida. Munisa Rizayeva Xonanda Munisa Rizayeva ham itlarni yaxshi ko‘rishi mazkur fotosuratda aksini topgan. Adiz Rajabov Mahoratli aktyor Adiz Rajabov hamkasblaridan farqli o‘laroq yovvoyi hayvonlarga bo‘lgan mehri aks etgan suratlar.
36
997
Foto
Jonzotlarga qishda omon qolishi uchun maksimal darajada qulaylik yaratgan mehribon qalb egalari (foto)
Ushbu qish mavsumi ko‘plab mamlakatlarda avvalgi yillarga qaraganda ancha sovuq bo‘ldi. Janubiy kengliklar aholisi ilk bora bunday sovuqlarga duch keldi. Hozirda bahor kirib kelganiga qaramay, ko‘plab mintaqalarda qorli bo‘ronlar davom etmoqda. Bunday vaqtlarda insonlar kabi hayvon va qushlar ham himoyaga muhtojdir. Albatta, ularni omon qolishiga yordam beradigan g‘amxo‘r insonlar ham talaygina. Buzoq muzlamasligi uchun uni kamin yoniga joylashtirishdi. “U ko‘cha mushugini olib kirdi va o‘zining mushugining bo‘yinbog‘ini taqdi. U bundan mamnun ko‘rinadi”. “Hayvonlar hammomga joylashdi, buni esa yopinchiqda isitamiz”. “Ushbu ikkita o‘xshash kuchukchani uyga olib kelishdi”. “Do‘stlarim uyda qushlar uchun chodir qurdi”. “Bir-biridan bexabar mehmonlar do‘stlashishga harakat qilmoqda”. “Ular har qayerda o‘zini qulay his qiladi”. “Tovuqlarni hammomga joylashtirdim”. “Ko‘chada sovuqdan titrayotgan mushukni ushladim. Bizda elektr bo‘lmasa-da, uy tashqariga qaraganda issiqroq”. “Onam nafaqaga chiqqan. Qishda dengiz toshbaqalarini qutqarish markazida ko‘ngillilar safida ishlaydi. Bu uning mashinasining orqa o‘rindig‘i”. “Men veterinarman, hamkasbim ham toshbaqalarni qutqarish markazida ishlaydi. Mana bugun najot topgan kichkintoylar”. “Biz bugun 24 soat elektrsiz o‘tirdik, lekin qorni birinchi marta ko‘rdik”. “Bu mushukni bo‘rondan qutqardim, endi uning istagi men bilan vaqt o‘tkazish”. “Taxaslik Luluning qordagi surati”. “Texasda yog‘gan qor uning uchun noqulay edi”. “Mening itim bu sovuqda nima qilishni ham bilmaydi”. “Shunisi yaxshiki, egasining kiyimi jonzotni isitishga ham yetadi”.
102
1,619
Foto
Fotogalereya: Ko‘chalardagi g‘alati manzaralar: Mashinadagi kobra va shossedagi Rim aravasi
Agar tirbandlikda qolib ketib, endi zerikaman deb o‘ylasangiz, adashasiz. Shunchaki atrofingizga qarang. Ehtimol xuddi minglab odamlar har kuni yuzlashayotgan aqlga sig‘mas manzaraga guvoh bo‘larsiz. Travel Ask mana shunday manzaralarning rasmini taqdim etdi.
91
259
Foto
Foto: “Vahima qilayotgan” non, “kulayotgan” makaron, qo‘rqib ketgan ponchik
Twitter foydalanuvchisi Mettyu Bernsaydning rafiqasi ovqat pishirayotganida ajoyib holatning guvohi bo‘ldi. Kapgirga yopishib qolgan makaron tabassum qilayotganga o‘xshardi. my wife witnessed a miracle today & yelled across the house with an urgency that had me sprinting. I thought something terrible had happened but when i came into the kitchen she said: Look... pic.twitter.com/KHw0XsQLJU — Matthew Burnside (@MatthewBurnsid7) May 12, 2020 Bernsayd makaronni rasmga olib, ijtimoiy tarmoqqa joyladi. Shundan so‘ng boshqa foydalanuvchilar ham his-tuyg‘ularni ko‘rsatayotgan boshqa buyumlar suratlari bilan bo‘lisha boshladi. Asabiy avtomat This reminds me of the time I walked into the ladies room and saw the tampon machine having a nervous breakdown. pic.twitter.com/WVcN1fiuoT — Lady Penni Says RIP Democracy: 1776-2022 (@Pellington21) May 13, 2020 Baxtiyor latte  I got a happy latte one time :) pic.twitter.com/8tE04oM45Y — wolvy (@wolvy) May 13, 2020 Vahima qilayotgan non My piece of Premier Inn gluten free toast could sense it’s impending doom. pic.twitter.com/5cKc0ll6x6 — Paul Newton (@pnewton84) May 13, 2020 Quvnoq lapsha Omg this reminds me of the time my spaghetti got stuck on the side of my bowl and made a happy face!! pic.twitter.com/7rmo4u9p5B — Melly? (@justjellymelly) May 13, 2020 Qo‘rqib ketgan ponchik Scared donut pic.twitter.com/VZYpV3cqg9 — Mara Oyervides (@Mara_Oyervides) May 13, 2020 Xushchaqchaq piyoz I understand your wife and did the same thing when I experienced the same miracle chopping onions. I even texted it to my daughter. pic.twitter.com/gMin5Y5Bfy — Kristine Sato (@ksato_phillips) May 13, 2020 Bu esa sevib qolgan piyoz Onions send their love pic.twitter.com/ezPSzUkc1Z — Divya Chakravarthy (@Divvi) May 13, 2020 Yoqimtoy tuxum sarig‘i Hii from this little fellow pic.twitter.com/PW0VStPes6 — Имя Фамилия (@mogolskaya) May 13, 2020 Jahldor poltayoq Mop is not impressed pic.twitter.com/Tq36mgGJXc — Colin Love (@colinlove) May 13, 2020 Nimadandir shubhalanayotgan shim pic.twitter.com/Myr2WzkcFc — জুবায়ের বিন হারুন (@JubairBinHarun) May 13, 2020  Vengriyalik er-xotin afsonaviy filmlar kadrlarini qayta yaratdi (foto)
75
2,167
Foto
Dunyoning suvda joylashgan eng chiroyli shaharlari (fotogalereya)
Chicago Line Cruises qayiqli ekskursiya agentligi suvda joylashgan 25 ta eng yaxshi shaharlar ro‘yxatini tuzdi, deb yozadi “Korrespondent.net”. Reytingni tuzishda hayot sifati haqidagi so‘rov natijalari, shuningdek, xalqaro sayyohlar tashrifi haqidagi ma’lumotlar hisobga olindi. Shuningdek, ekspertlar fikri va mahalliy muassasalardagi xizmatlar narxi ham e’tibordan chetda qolmadi.
65
383
Foto
Meril Strip, Mila Kunis va yovuz jodugarlar rolini ijro etgan boshqa aktrisalar (foto)
Ushbu go‘zal aktrisalar jodugarlar haqidagi qo‘rqinchli filmlarda noodatiy ko‘rinishda namoyon bo‘lishdan qo‘rqmadi. Xo‘sh, ulardan qay biri juda dahshatli ko‘ringan? Meril Strip − “O‘rmon ichida” (2014) Bett Midler − Vinni Sanderson, “Fokus-pokus” (1993) Sara Jessika Parker − Sara Sanderson, “Fokus-pokus” (1993) Keti Najimi − Meri Sanderson, “Fokus-pokus” (1993) Anjelika Xyuston − Buyuk Jodugar, “Jodugarlar” (1990) Mila Kunis − Teodora, “Oz: buyuk va kuchli” (2013) Terele Paves − Maritshu, “Sugarramurdiya jodugarlari” (2013) Monika Beluchchi − Oyna qirolicha, “Aka-uka Grimmlar” (2005) Famke Yanssen − Myuriyel, “Jodugar ovchilar” (2012) Ingrid Bolsay Berdal − Shoxli jodugar, “Jodugar ovchilari” (2012)  Zoi Bell − Baland jodugar, “Jodugar ovchilari” (2012) Ioanna Kulig − “Jodugar ovchilari” (2012)
86
818
Foto
Fotogalereya: Sovuq kunda ham iliqlik bag‘ishlaydigan suratlar
Agar insonlar har kuni bittadan ezgu ish qilsa, millardlab insonlar tabassum qilgan bo‘lar edi. Ammo dunyoni yana-da yaxshiroq joyga aylantirishga urinayotgan insonlar bor. AdMe ularning rasmini taqdim etdi. Qiz ko‘chada uxlayotgan itga sharfini berib ketdi “15 yil oldin onam nikoh uzugidagi olmos ko‘zni yo‘qotib qo‘ygan edi. Bugun otam unga yangi uzuk sovg‘a qildi” Sport murabbiyi 1998-yildan beri bitta krossovkani kiyib yurar edi. Uning yomon bo‘lib ketganini ko‘rgan shogirdlari yangisini sovg‘a qildi Har seshanba kuni bolakay axlat olib ketuvchi do‘stlarini shirinliklar bilan kutadi Barcha hayvonlarni olib ketishgandagi shodlik Muhimi, do‘st sovqotib qolmasin Ota qiziga qordan saroy yasadi
62
707
Foto
Mashhurlarning o‘rta asrlardagi qiyofadoshlari (fotogalereya)
AdMe mashhur zamondoshlarimizning tarixiy qiyofadoshlarini topdi.
61
65
Foto
Konferensiyada nutq soʻzlagan Prezident, suv ostida qolgan Yevropa, bosh suratidagi havo shari — 16 iyul suratlari
Bugunning eng sara suratlarini taqdim etamiz. Shavkat Mirziyoyev «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy oʻzaro bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» mavzusidagi xalqaro konferensiyada nutq soʻzladi. Toshkentda oʻtgan «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy oʻzaro bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etayotgan vakillar umumiy suratga tushdi. Hindiston nazorati ostidagi Kashmirning Shrinagar shahrida hind harbiy kuchlarining qurolli hujumi natijasida zarar koʻrgan uyda xavotir bilan qarayotgan ayol. U yerda mahalliy aholi va hind harbiylari oʻrtasida toʻqnashuvlar tez-tez sodir boʻlib turadi. Germaniyada Volm daryosining suvi toshishi natijasida tashqarida chiqib qolgan baliqlar. Germaniyada kuchli yomgʻirlar ortidan ulkan yer koʻchish hodisasi yuz berdi. Soʻnggi kunlarda Yevropaning bir qator hududlarida kuchli yomgʻir yogʻishi natijasida suv toshqinlari kuzatilmoqda. Germaniyaning Rur viloyatida kuchli yomgʻir yogʻishi natijasida suv toshqinlari yuz berdi. Suriyaning Misrin viloyatida odamlar qurbonlik qilish uchun mol bozorga tashrif buyurdi. Qurbon hayiti musulmonlar uchun eng katta bayram hisoblanadi. Shu kuni qurbonlik qilishga qodir boʻlganlar jonliq soʻyib, uni miskinlarga tarqatadi. Hindistonning Mumbay shahri koʻchalari kuchli yomgʻir yogʻishi natijasida suvga toʻldi. Venesuela poytaxti Karakas shahrida yigit drenaj suvlari oqib ketadigan kanalga kalla tashlamoqda. Yaponiya poytaxti Tokio shahridagi Yoyogi parkida inson boshi koʻrinishidagi havo shari uchirildi.
114
1,540
Foto
Foto: Daraxtlar ustidagi ertakomuz yo‘l
Janubiy Afrikaning Keyptaun shahrida 130 metrli daraxtlar ustidan o‘tgan yo‘lak bo‘ylab sayr qilish mumkin. Bu yo‘l Kirstenbosh botanika bog‘ida joylashgan. “Fotoshedevri” nashri ana shu mo‘jizakor yo‘lning fotosuratlari jamlanmasini taqdim etdi. Ko‘prikning yaratuvchilari — me’mor Mark Tomas va muhandis Genri Fegan. Yo‘lak o‘rmonda boshlanib, sekin-asta yuqoriga ko‘tarilib boradi. Ertaklardagi sehrli yo‘lakni eslatuvchi ko‘rik 12 metr balandlikdan o‘tadi. Kristenbosh bog‘i yuz yil avval yaratilgan. Unda o‘simliklarning kamyob turlari saqlanadi va hududdagi o‘simlik dunyosi bilan tanishishga imkon beradi.
39
614
Foto
Fotogalereya: Yovvoyi tabiatning eng quvnoq suratlari
Comedy Wildlife Photography Awards tanlovining 2018-yilgi filnalchilari yovvoyi tabiatning ajoyib suratlari bilan tanlovda ishtirok etdi. Tanlovda yovvoyi tabiatning hajviy suratlari ishtirok etadi. TravelAsk ana shu finalchilarning ijod namunalarini taqdim etdi.
53
263
Foto
Apple kompaniyasi iPhone Photography Awards 2021 g‘oliblarini e’lon qildi (foto)
2021-yilning 22-iyul kuni Nyu-Yorkda har yili o‘tkaziladigan iPhone Photography Awards 2021 natijalari e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Afisha.uz” nashri. Vengriyalik fotojurnalist Istvan Kerekesh “Transilvaniyalik cho‘ponlar” fotosurati bilan gran-priga sazovor bo‘ldi. Rasmda ikki g‘amgin cho‘pon qahraton qish fonida qo‘zilarni ushlab turgani tasvirlangan. Jonivorlarning beg‘uborligi atrofning xiraligi bilan kontrast hosil qilgan. “Yil fotografi”, Istvan Kerekesh, Vengriya, iPhone 7 “Yil fotografi” nominatsiyasida birinchi o‘rin “Muloqot” surati uchun hindistonlik Sharan Shettiga berildi. Unda sahroda odam va uning oti tasvirlangan. “Yil fotografi”, Sharan Shetti, Hindiston, iPhone X Ikkinchi o‘rin xitoylik fotograf Den Lyuga “Mars bo‘ylab sayr” nomli Marsda yurgan astronavtning surati uchun nasib etdi. “Yil fotografi”, Den Lyu, Xitoy, iPhone 11 Pro Max Uchinchi o‘rin amerikalik Jef Reynerga “Havodagi sayr” ko‘chada sakrayotgan qizchaning surati uchun berildi. “Yil fotografi”, Jeff Reyner, Amerika, iPhone X “Sayohat” nominatsiyasi bo‘yicha rossiyalik Tatyana Merzlyakovaning “Shimol yog‘dusi sehri” fotosurati g‘olib bo‘ldi. “Sayohat”, Tatyana Merzlyakova, Rossiya, iPhone 12 Pro Max Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni “Kosmik sayohatga tayyorgarlik” (Isroil) va “Musulmonning yuragi” (Saudiya Arabistoni) fotosuratlari egalladi. “Kosmik sayohatga tayyorgarlik”, Dina Alfasiy, Isroil, iPhone 11 Pro Shuningdek, qo‘shimcha 17 nominatsiya bo‘yicha Avstraliya, Germaniya, Bangladesh, Xitoy, Gretsiya, Vengriya, Italiya, Isroil, Gollandiya va boshqa mamlakatlar g‘oliblariga ham sovg‘alar topshirildi. Eslatib o‘tamiz, har bir nominatsiya bo‘yicha birinchi o‘rin egalari unvon va sertifikatlardan tashqari, oltin, ikkinchi va uchinchi o‘rin egalari platinadan yasalgan yombi bilan taqdirlanadi.
80
1,818
Foto
90-yillarning eng sevimli aktyorlari: avval va hozir (fotogalereya)
AdMe 1990-yillarda barcha sevib tomosha qilgan filmlar qahramonlarining bugungi qiyofasi aks etgan fotojamlanmani taqdim etdi. “Terminator-2: Qiyomat kuni”, 1991-yil Terminator — Arnold Shvarsenegger (68 yosh) T-1000 — Robert Patrik (57 yosh) “Matritsa”, 1999-yil Neo — Kianu Rivz (51 yosh) Triniti — Kerri-Enn Moss (48 yosh) Agent Smit — Xyugo Uiving (55 yosh) “Leon”, 1994-yil Leon — Jan Reno (67 yosh) Matilda — Natali Portman (34 yosh) “Shomdan tonggacha”, 1995-yil Set Gekko — Jorj Kluni (54 yosh) Rijard Gekko — Kventin Tarantino (53 yosh) “Jang klubi”, 1999-yil Hikoyachi — Edvard Norton (46 yosh) Tayler Dyorden — Bred Pitt (52 yosh) Marla Singer — Xelena Bonem Karter (49 yosh) Pulp Fiction, 1994-yil Vinsent Vega — Jon Travolta (62 yosh) Juls Vinfild — Semyuel L. Jekson (67 yosh) Butch Kulij — Bryus Uillis (61 yosh) Miya Uolles — Uma Turman (45 yosh) “Niqob”, 1994-yil Stenli Ipkiss — Jim Kerri (54 yosh) Tina Karlayl — Kemeron Diaz (43 yosh)
67
971
Foto
Fotogalereya: Ayvonda o‘ynab yurgan silovsin bolalari
Alyaskaning Ankorij shahrida istiqomat qiluvchi suratkash Tim Nyuton ertalab soat 7:30 da uyining ayvonida g‘alati tovushlarni eshitgan va nima sodir bo‘layotganini tekshirish uchun ayvonga yo‘l olgan. Tim eshikni ochgach, u yerda ona silovsin va uning yettita bolasini ko‘rgan, deb xabar berdi TJournal. “Men ular ayvondan o‘ynayotgan vaqtda bir nechta surat olish muvaffaq bo‘lganimdan hayratda edim. Hammasi shu bo‘lsa kerak deb o‘yladim”, — deydi Nyuton. Tim ayvonda o‘ynayotgan mushuksimonlarni 20 martaga yaqin suratga olgan. “Ular yarim soat u yoqdan bu yoqqa yugurib, o‘ynashdi. Ular bizning ayvonni bolalar maydonchasi sifatida qabul qilishdi”, — deydi suratkash.
53
674
Foto
Politsiya zo'ravonligiga qarshi namoyishlar, bemorlar uchun karton yotoq, Quddusdagi to'qnashuvlar — 8 may suratlari
E'tiboringizga so'nggi 24 soatning eng diqqatga sazovor suratlarini taqdim etamiz. 7 may kuni Isroil tomonidan bosib olingan sharqiy Quddus shahrida joylashgan Shayx Jarroh kvartali va Aqso masjidi maydonida Isroil politsiyasi va falastinliklar o'rtasida jiddiy to'qnashuvlar yuz berdi. Ushbu to'qnashuvlar 8 may kuni bomdod namozidan keyin ham davom etib, kunduziga borib tingan. To'qnashuvlarga hududda minglab yillardan buyon yashab kelgan falastinlik oilalarning Isroil hukumati qaroriga binoan majburiy ko'chirilishi sabab bo'lgan. To'qnashuvlar davomida 200 dan ortiq falastinlik jarohatlangan va 2 nafari halok bo'lgan. Isroil politsiyasidan esa 17 nafar politsiyachi jarohatlangan. Germaniya poytaxti Berlin shahrida politsiya zo'ravonligiga qarshi norozilik namoyishlari bo'lib o'tdi. Namoyishchilar politsiya tarkibidagi neofashistlar va irqchilarga qarshi o'z noroziliklarini bildirgan plakatlar bilan Berlin markaziga qarab yurdi. Namoyishlarda bir necha yuz kishi qatnashgani aytilmoqda. Mana, yaqin bir oydirki, Hindiston koronavirusning avj nuqtasiga aylanib qolgan. Mamlakatda 22 milliondan ortiq kasallik qayd etilgan. Vafot etganlar ko'pligidan jasadlar ko'chalarda yoqib yuborilmoqda. Hatto shifoxonalarda joy yetishmasligidan kartondan yotoqlar tayyorlashga ham to'g'ri keldi.
116
1,296
Foto
Fotogalereya: Kinoda 25 yil tinimsiz suratga tushgan Juhi Chavla — kecha va bugun
Yigirma besh yildan buyon kinoda tinimsiz suratga tushgan aktrisa, model va prodyuser Juhi Chavla kinodagi rollari bilan birinchi navbatda hind tomoshabinlarini, keyin esa butun dunyoni egalladi. Aktrisa Juhi Chavla Ludhiyan (Panjob shtati, Hindiston) 13-noyabr 1967-yilda tug‘ilgan. Qizning oilasi san’atdan yiroq odamlar bo‘lib, ota-onasi davlat xizmatchilari edi. Erta bolalikdan boshlab, Juhi aktrisa bo‘lishni orzu qilardi, lekin ustidan kulishlaridan qo‘rqib, hech kimga bu haqda aytmagan. Juhi Chavla uchun har bir rol — bu mahorat. Aktrisa, ayniqsa, har bir qahramonni jonli va tabiiy o‘ynashga harakat qiladi, o‘ynagan rollarining hech qaysisi bir-biriga o‘xshamaydi. U yosh quvnoq raqqosa, baxtsiz kelin, yovuz o‘gay ona, ayyor o‘g‘ri kabi rollarni qoyilmaqom ijro etgan. Ayniqsa, siz bilgan “Qo‘rquv” (“Darr”) filmidagi rolini maromiga yetkazgan. Aktrisa uzoq vaqt davomida shaxsiy hayotini yashirib kelgan. Muxlislar aktrisaning shaxsiy hayotini muhokama qildi, ammo Juhi Chavlaning o‘zi haqida hech narsa bilishmadi. 1990-yilning oxirida muxlislar to‘satdan yulduzning tadbirkor Jaim Mehta bilan turmush qurganligini bilib oldi. Hozirda aktrisa ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Bundan tashqari bolalar tarbiyasi bilan mashg‘ul, eriga biznesni yuritishga yordam beradi. Shuningdek Juhi Chawla nomi ostidagi ayollar uchun taqinchoqlar dizayni bilan shug‘ullanuvchi shaxsiy zargarlik do‘koni ham mavjud. Ushbu zargarlik mahsulotlarini u onlayn do‘konda o‘zi taqib namoyish qilib boradi. Hozirda ikki — o‘g‘il va qiz farzandning mehribon onasi. Bolalari Jahnavi 17 yoshda va Arjun esa 14 yoshda. Ular aktyorlik va san’at sohasidan uzoqda. Juhi Chavlaning Twitter’dagi izohiga ko‘ra u psixologik filmda bosh rol ijro qilishni orzu qilagan. Va rejissorlardan shu janrdagi ssenariyni kutmoqda. Juhi Chavla 2014-yilda “Gulab Gang” (Think pink) filmida salbiy rolni maromiga yetkazib o‘ynagandi. Filmdagi partnyori, bosh rolni esa uninig oilaviy qarindoshi Madhuri Diksit ijro qilgan. “Ushbu film orqali u har qanday rolni maromiga yetkazishini isbotladi”, — deydi uning muxlislari Twitter’da izoh qoldirar ekan.
81
2,132
Foto
Fotogalereya: Nabiralarning faxrlanib yurishiga arziydigan bobo-buvilari
Ko‘pchilik o‘z farzandlari va nabiralari bilan faxrlanadi. AdMe esa aksincha, o‘z bobo va buvisi bilan faxrlanuvchi yosh avlodning ajdodlari tasvirlangan suratlarni to‘plab taqdim etdi. “Mening buvim 1978-yilda” “Mening bobom ‘Soqol tanlovi’da birinchi o‘rinni olgan. Mukofot sifatida unga suratdagi shlyapani sovg‘a qilishgan” (1954-yil) “Buvim Ikkinchi jahon urushi vaqtida uchuvchi bo‘lgan” (1944-yil) “Mening bobom Alyaskada. U kartograf bo‘lgan” (1950-yil) “Katta bobom Nyu-Yorkdagi Jahon savdo markazining yetakchi muhandisi bo‘lgan” “Ust-boshlarini almashtirib kiyib olgan bobom hamda buvim” (1943) “Bobomning dadasi qabila sardori bo‘lgan” (1970) “Buvim Volvo’ni reklama qilgan” (1959) “Bobom ‘Blekxoks’ tarkibida o‘ynagan” (1935) “Mening bobom Muhammad Alini urgan” “Bobom va dadam” (1963) “Mening katta bobom Eynshteynga musiqadan dars bergan” “Ernest Xeminguey va buvim” (1952)
72
900
Foto
Foto: Porsche dizayniga ega 16 million dollarlik superyaxta
Monakoning Dynamiq kemasozlik kompaniyasi 16 million dollar turadigan yaxtani yaratdi. Yaxta Italiyaning Viarejo kommunasida suvga tushirildi, bu yerdan u Monakoga suzib borib, 27—30-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan yaxtalar shousida ishtirok etadi, deb xabar berdi TJournal. Yaxta dizayni ustida Studio F.A. Porsche nemis firmasi ish olib borgan, u Porsche avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyaning filiali — Porsche Design tarkibiga kiradi. Kema ichida yotoqxona, ayvon va oshxona joylashgan bo‘lib, unga bir vaqtning o‘zida olti nafar ekipaj a’zosi va yana olti nafar yo‘lovchi sig‘adi. Yaxta interyerini Italiyaning Minotti mebel ishlab chiqaruvchilari yaratgan. Bu kabi yaxtadan yetti nusxada ishlab chiqariladi. Kemaning maksimal tezligi soatiga 39 kilometrni tashkil etadi.
59
783
Foto
Zarracha ham fotoshop ishlatilmagan 18 ta ajoyib surat (fotogalereya)
Kadr g‘aroyib bo‘lib chiqishi uchun fotoshopdan foydalanish shart emas. Shunchaki boshni ko‘tarib, atrofga nazar solish kifoya — tabiat go‘zallikka to‘la! Shuningdek, kerakli rakursni tanlash va qulay fursatni topish kerak, shunda haqiqiy shohasar yaraladi! Buning isboti sifatida AdMe ajoyib fotoasarlar to‘plamini taqdim etdi.
69
328
Foto
Keyptaunlik rassom dunyoga ko‘rish imkoniyat past bo‘lgan insonlar nazari bilan razm soldi (foto)
Hech o‘ylab ko‘rganmisiz ko‘rish imkoniyat past bo‘lgan insonlar dunyoni linza va ko‘zoynaklarsiz qanday ko‘rishini? Keyptaunlik rassom Filipp Barlou o‘zining yangi ijod namunalarida ana shunday insonlarni tasavvur qilishga harakat qilib ko‘rdi, deb yozadi TravelAsk.
97
267
Foto
Gollivudcha tejamkorlik: Bitta kostyumdan bir nechta filmlarda foydalanilgan holatlar (foto)
Moda tendensiyasi kino sanoatiga ham yetib keldi. Film budjeti o‘nlab yangi liboslarga imkon bersa-da, ba’zi kiyimlardan qayta-qayta foydalanilmoqda. Xuddi shunday kostyumlar namoyish etilgan filmlarni e’tiboringizga havola etamiz. “Titanik” (1997) va “O‘lim bilmaslar” (2002) “Gersoginya” (2008) va “Janjalkash Y xonim” (2015) “G‘iybatchi” (2007) va “Kerrining kundaligi” (2013) “Izabella” (2012) va “Bo‘sh toj” (2012) “Aqlsizlar” (2007) va “Xizmatkor” (2011) “Oppog‘oy va ovchilar” (2011) va “Bir vaqtlar ertakda” (2012) “Taxtlar o‘yini” (2011) “Mushketyor” (2001) va “Karib dengizi qaroqchilari” (2003) “Robin Gud” (1991) va “Sheryurak” (1995) “Manolete” (2007) va “Bruklin” (2015) “Jasur oshiqlar” (2011) va “Galavant” (2015) “Yulduzli yo‘l” (1979) va “Mork va Mindi” (1978) “Shunday ushlash kerak, Kleo” (1964) va “Kleopatra” (1963)
92
863
Foto
Hitrou osmonida to‘qnashib ketishiga bir bahya qolgan samolyotlar (foto)
Buyuk Britaniyaning Hitrou aeroportida ikkita yo‘lovchi samolyoti qo‘nish oldidan to‘qnashib ketishiga bir bahya qoldi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda. Hodisa 15-avgustda yuz bergan, biroq endigina bu haqda ma’lum bo‘lmoqda. Ikki samolyotning yaqin masofada bir-biriga ustma-ust turgan holatini mahalliy aholi vakillaridan biri o‘z bog‘idan suratga olgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, havo kemalaridan biri Virgin Atlantic, ikkinchisi esa British Airways kompaniyasiga tegishli bo‘lgan. Ekspertning ta’kidlashicha, yerdan samolyotlar haqiqatdan ham bir-biriga yaqin masofada ko‘rinishi mumkin. Bunda samolyotlar orasida kamida talab qilinadigan 300 metr bo‘lgan. “Samolyotlar a’lo darajadagi ogohlantirish tizimi bilan jihozlangan. Bu tizim samolyotlarning hech qachon bir-biriga juda yaqin kelmasligini ta’minlaydi. Bundan tashqari, havo laynerlari havo harakati boshqarmasi tomonidan kuzatiladi”, — deb tushuntirgan ekspert.
72
926
Foto
Fotogalereya: Qalbaki bo‘lib chiqqan mashhur suratlar
Internetda paydo bo‘lgan suratlarning hammasi ham haqiqiy bo‘lib chiqmaydi. AdMe ana shunday suratlardan ba’zilarini ularning haqiqiylari bilan taqqosladi.
53
155
Foto
Fotogalereya: Go‘zallik oddiylikda ekanligini isbotlovchi suratlar
Mo‘jiza hayotimizda mavjud. Uni nafaqat tabiat, balki o‘zimiz ham kashf etib turamiz. Quyida go‘zallik oddiy narsalarda ekanligiga guvoh bo‘lishingiz mumkin. Bunda sizdan biroz ko‘proq diqqat-e’tibor talab qilinadi, deb yozadi AdMe. Fantastik filmlardagi havo kemasiga o‘xshash dengiz yulduzchasi Chaqmoq urilishining golf maydonidagi ko‘rinishi Bulutlar esa uxlay olmayotgan ayiq Umka misoli ko‘rinmoqda Gigantlar dunyosida izsiz yo‘qolib ketish mumkin Ranglar jangi va soyadan shunday san’at asari vujudga kelishi mumkin Oynali eshik+chiroq nuri=kamalak Qalam ham shunday sinib turadi Izohsiz surat! Tabiat ko‘zi! Tornado va kamalak. Tabiatning qo‘rqinchli go‘zalligi Norvegiyadagi kitlar Koinotdan Yerning ko‘rinishi, bunisi faqat bo‘yoq bankasida Shilliqurt ini Menda hammasi joyida!
66
800
Foto
Tarvuz yeyayotgan toshbaqa, Xitoydagi kiyik toʻdasi, Anqaradagi oʻt oʻchiruvchi ayollar — 7 oktyabr suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz. Hindistonda harbiy havo kuchlari kuni munosabati bilan repetisiya oʻtkazildi. Nyu-Yorkdagi One Vanderbilt osmonoʻpar binosidagi oynali tomosha maydoni ochilishga tayyorlanmoqda. Xitoyning Szyansu provinsiyasidagi kiyik toʻdasi. Anqaradagi oʻt oʻchiruvchilar brigadasidagi ayollar. Britaniyalik aktyor Daniel Kreyg Gollivuddagi «Sharaf alleyasi»da oʻz nomi tushirilgan yulduzchaga ega boʻldi. Avstraliyalik suzuvchi Xloya Makkardel La Mansh boʻgʻozini 44-bor suzib oʻtib britaniyalik Elison Striterning rekordini yangiladi. Yoqutistondagi abadiy muzlik tarixini oʻrganuvchi muzey. London hayvonot bogʻidagi tarvuz yeyayotgan Galapagos toshbaqalari. Qirolicha Yelizaveta II kelasi yili Birmingemda boʻlib oʻtadigan Hamdoʻstlik oʻyinlarining mash‘alasi yoqilishida ishtirok etdi.
109
837
Foto
Bird Photographer of the Year tanlovida g‘olib bo‘lgan suratlar (foto)
Buyuk Britaniyada qushlarni suratga oluvchi fotosuratchilar o‘rtasida o‘tkazilgan tanlovga yakun yasashdi. Dunyoning 50 dan ortiq mamlakatidan kelgan minglab arizalar orasidan hakamlar sakkizta yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblarni tanlab oldi, shuningdek, yilning eng yaxshi suratchisi nomini e’lon qildi. “RIA Novosti” Bird Photographer of the Year tanlovi sovrindorlari asarlarini taqdim etdi.
70
389
Foto
Mosuldagi janglar (fotogalereya)
Iroq harbiylari aprelgacha Mosul shahrini IShID jangarilaridan ozod qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Iroq Aksilterrorchilik xizmati rahbari, general-leytenant Tolib Shahatiy ma’lum qildi. Avvalroq hukumat qo‘shinlari shahar ma’muriyati, muzey va sud binolarini nazorat ostiga olgan edi. Shu tariqa, jangarilar Mosul hududining faqat 15 foizi ustidan nazoratni saqlab qoldi. Iroqning kattaligi bo‘yicha ikkinchi shahrida janglar qanday borayotganini “Kommersant” o‘z fotogalereyasi orqali ko‘rsatib berdi. IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
32
653
Foto
Fotoreportaj: Mo‘ynoq tumani havaskor suratkash nigohida
O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi qoshida tuzilgan “Yosh reportyorlar klubi”ning blogeri Baurjan Botabayev o‘z blogiga Mo‘ynoq tumani haqida tayyorlagan fotoreportajini joylashtirdi. “KRuz.uz” nashri Baurjan Botabayev tomonidan tushirilgan suratlarni taqdim etdi
56
296
Foto
Fotogalereya: Yaponiyaning juda yorqin maktab avtobuslari
Yaponlar eng oddiy narsalarga ham ijodiy jihatdan yondashishni yaxshi ko‘radigan xalq. Masalan, maktab avtobuslarini olaylik. Jahonning qator mamlakatlarida o‘quvchilarni maktabga olib borib, uyga yetkazib qo‘yish uchun maxsus avtobuslardan foydalaniladi. Bunda avtobusning faqat o‘quvchilar uchun mo‘ljallangani yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilariga yaqqol tushunarli bo‘lishiga alohida e’tibor qaratiladi. Aksariyat mamlakatlarda maktab avtobuslari jiddiy ko‘rinishda bo‘lsa-da, yapon maktab avtobuslari sizni haqiqiy bolalik olamiga olib kiradi, deb yozadi Inventor Spot.
57
579
Foto
Foto: Avstraliya shaklidagi g‘or
Avstraliyalik fotograf Stiven Sander Melburn shahridan 100 km janubi-sharqdagi hech kim yashamaydigan hududdagi tog‘larda g‘aroyib g‘orga duch keldi. Bu haqda National Geographic xabar berdi. G‘orning shakli Avstraliya xaritasi shakliga o‘xshaydi. Bu joydan olingan qutb yog‘dusi tasvirlari o‘zgacha manzara kasb etadi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
32
395
Foto
Yovvoyi tabiatning eng yaxshi suratlari tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan kadrlar (foto)
World Nature Photography Awards hakamlar hay’ati yovvoyi tabiatning eng yaxshi suratlarini saralab oldi, deb yozadi “Korrespondent.net”. Tanlovda kanadalik suratkash Tomas Vijayan g‘olib deb topildi. U tasvirni suratga tushirish uchun bir necha soatlab daraxtda vaqt o‘tkazgan. Suratkash Indoneziyaning Borneo shahridagi Tanjung Puting milliy bog‘ida yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan eng katta orangutan suratini muhrlashga erishgan. Ushbu toifadagi ikkinchi o‘rin chexiyalik suratkash Vladimir Chexning qizil tulki tasvirlangan surati uchun berildi. Uchinchi o‘rin nemis suratkashi Arlet Majerega nasib etdi.
92
616
Foto
Bangladeshdagi “Do‘stlik” shifoxonasining binosi eng obro‘li arxitektura mukofotlaridan hisoblangan RIBA’ga munosib ko‘rildi (foto)
Xalqaro RIBA mukofotining navbatdagi g‘olibi e’lon qilindi. RIBA – ikki yilda bir marta Britaniya arxitektorlari qirollik instituti tomonidan e’lon qiladigan mukofot. Bu safar g‘oliblik Bangladeshdagi “Do‘stlik” shifoxonasiga nasib qildi, bino Urbana byurosi hamda arxitektor Xashef Chaudxuri tomonidan loyihalashtirilgan. Xalqaro sovrinning hakamlar hay’ati rahbari fransiyalik me’mor Odil Dekkning qayd etishicha, “Do‘stlik” binosi o‘zida insoniylik va himoya kabi umuminsoniy qadriyatlarni mujassam qilgan. 80 o‘rinli ushbu shifoxona Bangladesh janubi-g‘arbidagi Satkxira shahrida joylashgan. Bino qurilishiga katta mablag‘ sarf qilinmagan, loyiha shunday rejalashtirilganki, shifoxona dengiz sathining ko‘tarilishiga bog‘liq iqlimning har o‘zgarishiga bardoshli. Shifoxonaning ichki hovlisida tabiiy yorug‘lik ta’minoti va havo hamda shamol aylanishi ta’minlangan, hududdagi kanal vositasida zarur yomg‘ir suvini to‘plashga yordam beradi va bino atrofidagi ob-havoni mo‘tadillashtiradi, shuningdek, muassasadagi bemorlar va ularning yaqinlari kundalik tashvishlari, kasallik bilan bog‘liq gaplarni unutib, chalg‘iydilar, deyiladi mukofotning rasmiy saytida. G‘alaba qozongan loyiha bilan quyidagi suratlar orqali tanishish mumkin. RIBA xalqaro mukofotining short-listiga “Do‘stlik” shifoxonadan tashqari Berlindagi Jeyms Simon galereyasi (arxitektor Devid Chipperfild) hamda Kopengagendagi Lille Langebro velosipedchilar va piyodalar uchun ko‘prigi (WilkinsonEyre va Urban Agency byurosi) kirgandi.
131
1,504
Foto
Fotogalereya: Haqiqatdan yiroqdek tuyuladigan faktlar
Dunyoda noma’lum narsalar shunchalik ko‘pki, bundan odamning boshi aylanib ketadi. Ma’lum narsalarning ba’zilariga esa odamning ishongisi kelmaydi. AdMe ana shunday faktlarga e’tibor qaratdi.
53
191
Foto
Ko‘cha san’ati haqidagi tasavvuringizni o‘zgartiradigan 15 ta strit-art (fotogalereya)
AdMe Rossiyada bo‘lib o‘tgan “Stenograffiya” strit-art festivalining ba’zi shohasarlari bilan tanishtirdi. Ularni ko‘rgach, ko‘cha san’ati haqidagi tasavvuringizni o‘zgartirishingiz aniq.
86
187
Foto
Fotogalereya: Gravitatsiya muhim bo‘lmagan makonlar
Yer sayyorasida Isaak Nyuton nazariyasiga ko‘ra tortishish qonuni mavjud. Ammo shunday joylar ham borki, u yerda gravitatsiya umuman ishlamaydi: sharshara tepaga qarab oqadi, avtomobil toqqa o‘zi chiqadi, narsalar pastga tushib ketmaydi. AdMe ana shunday holatlar aks etgan suratlarni taqdim etdi.
51
297
Foto
Foto: Xitoydagi “Tauer ko‘prigi”
Xitoyning Suchjou shahridagi daryo ustidan o‘tgan Londonning “Tauer” ko‘prigi nusxasi 2012-yilda qurilgan, biroq uning suratlari internetda virusli tarzda tarqalishni boshlaganidan so‘ng, oradan besh yil o‘tib G‘arb nashrlari e’tiboriga tushdi, deya xabar bermoqda TJournal. Xitoydagi ko‘prikning Londondagisidan asosiy farqi — minoralar soni ikkita emas, to‘rttaligi, shuningdek, yo‘lning kengroq ekanida. Shu sababli ham Xitoyning ba’zi nashrlari Suchjoudagi inshootning Londondagi asl nusxadan ham yaxshiroq, deb ta’riflagan. Biroq ko‘prik nusxasini qoralaganlar ham yo‘q emas. Ba‘zilar ko‘prikni plagiat deb hisoblagan bo‘lsa, boshqalar esa uni Xitoy va Suchjou madaniyatiga hurmatsizlik deb atadi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
32
780
Foto
Fidel Askarxo‘jayev: lagansozlikdan fotograflikkacha bo‘lgan yo‘l
Fidel Askarxo‘jayev nafaqat mashhur fotograf, balki juda serqirra inson. Uning lagansozlikdan mohir fotograflikkacha bo‘lgan murakkab ijodiy yo‘li haqida “Boomer.uz” intervyusi orqali tanishishingiz mumkin. Fidel Askarxo‘jayev.  — Bolalik, yoshlik davringiz haqida so‘zlab bersangiz. Fotograflik kasbini qachon tanladingiz? — Yoshligim oddiy odamlarniki kabi o‘tgan: maktab, bilim yurti. Otam — kinodokumentalist, operator, hujjatli filmlar rejissori. Bir kuni uning kutubxonasidan suratlar haqidagi kitobni topib oldim. Unga juda berilib ketdim va fotograf bo‘lishni istayotganimni anglab yetdim. Biroq o‘sha davrda fotograflik san’atini o‘rganish qiyin edi va men vaqtincha bu mashg‘ulot haqida unutdim. Mashhur rejissor va klipmeyker Bahodir Yo‘ldoshev jamoasida ishlayotganimda orzuim fotograflik bilan shug‘ullanishga undadi. Institutning “kino-, teleoperator” bo‘limiga o‘qishga kirishga tayyorlana boshladim. Ikkinchi kursligimda suratlarim uchun birinchi gonorarni oldim va hayot lazzatini his qildim :). Shu tariqa, professional fotograf bo‘lishga qaror qildim. — Hozir Fidel — bu brend. Mashhur fotograf bo‘lgunga qadar qaysi ishlarda ishlashingizga to‘g‘ri kelgan? — 14 yoshimdan boshlab ishlayman. Yozgi ta’tillarda yuk tashuvchi, keyinroq do‘konda, bozorda, kasseta sotuvchi, ofitsiant, tashqi reklama tayyorlovchi, barmen, xostes bo‘lib ishlaganman. Bir necha kun zavodda ishlab, lagan yasaganman :). Hammasini yodda saqlash ham qiyin! — Qayerda o‘qigansiz va fotograflik yo‘li qayerdan boshlangan? — Institutning uchinchi kursida BellaTerra jurnali jamoasiga tushib qoldim. Ernest Kurtveliyev, Elzara Muzaffarova, Nastya Shadiyeva, Pavel Kim kabi professionallar bilan ishlashni doim orzu qilganman. Bu odamlar bilan ishlash men uchun ajoyib maktab bo‘lgan. — Sizga omad keltirgan birinchi fotoloyiha yodingizdami? — Ko‘proq suratga olish, fotografiyaning turli yo‘nalishlarida tajriba orttirish maqsadida har qanday topshiriqni bajarishga kirishganman. Navbatdagi har bir syomkadan so‘ng texnika va his etish qobiliyatim oshib bordi va meni turli tadbirlarga taklif qila boshlashdi. O‘ziga xoslik va tashqi ko‘rinishim ham mashhur bo‘lishimda katta rol o‘ynagan deb o‘ylayman :). — Reportajlar, to‘ylar yoki reklama fotosessiyalari: qay birini syomka qilishga ixtisoslashgansiz? — Sevimli yo‘nalishlarimdan biri — ayollar portreti. Biroq men syomkaning turli yo‘nalishlari: reportaj, to‘y, portret, buyumlar surati, interyer, peyzajlar va reklama fotosessiyalariga ixtisoslashganman. — Punctum studiyasi tarixi haqida hikoya qilsangiz. — Dastlab zarur texnikalar: kameralar, vspishka, obyektivlar, yorug‘lik qurilmalarini to‘pladim. Kerakli lahzada Ira Kim bilan hamkorlikda ishlashga kelishdik va ushbu fotosessiyani tashkil etdik. — Fidel Askarxo‘jayevning fotomaktabi haqida o‘ylab ko‘rmaganmisiz? — Materiallar ko‘p, bilim ham. Biroq bilim berish uchun pedagogik iste’dod kerak. Unga ega bo‘lishim bilan, fotomaktab ochaman. — Fotosessiyangiz qimmatmi? Talaba qiz buning uchun uzoq vaqt pul to‘plashi kerakmi? — Professional fotosessiya arzon turmasligi sir emas. Biroq chegirma bo‘ladi. Ayniqsa, kishini o‘ziga tortadigan tashqi ko‘rinishga ega bo‘lgan talaba qizlar uchun. Bunday holatlarda ish ikki tomonlama ijod tamoyiliga asoslanadi. — Bugungi kunda Toshkentda fotograflar: professionallar va ijtimoiy tarmoqlarda nomlariga Photographer so‘zini qo‘shib, o‘zini fotograf sifatida ko‘rsatuvchilar juda ko‘p. Raqobatni his qilasizmi? — Ha, a-lya fotograflar bozor narxlarini tushiradi. Biroq har bir fotografning o‘z mijozi va o‘z auditoriyasi bor deb hisoblayman. Men raqobatni emas, “yana bir Photographer paydo bo‘ldi” degan istehzoni his qilaman. — O‘zbekistonda fotoindustriyaning rivojlanishi haqida nimalar deya olasiz? — Turli ko‘rgazmalar juda xursand qiladi, fotograflarning mahorat darajasi oshmoqda, bu esa mamlakat fotoindustriyasida ajoyib tarzda aks etmoqda. — Kelajakdagi rejalaringiz qanaqa? Muxlislaringizni nimalar bilan xursand qilasiz? — Rejalar ko‘p. Birinchi navbatda — studiyani rivojlantirish va tomoshabinlar qalbiga yetib boruvchi fotoloyihalar yaratish. Matn muallifi: Malika Reymbayeva
65
4,143
Foto
Yerdagi aqlga to‘g‘ri kelmaydigan hodisalar kuzatiladigan 8 ta nuqta (fotogalereya)
Dunyo bizni hayratlantirishdan charchamaydi. Yerning har bitta burchagida eng ashaddiy skeptiklar (har narsaga shubha bilan qarovchi kishilar)ni ham mo‘jizaga ishonishga undaydigan aqlga to‘g‘ri kelmaydigan narsalar bor. AdMe mistika yaqqol seziluvchi bunday joylarning sakkiztasini to‘pladi. Avtomobilni tepalik etagiga to‘xtatib, neytral uzatishga qo‘ysangiz, mashina tepalikka qaytib chiqib keta boshlaydi. Uni tepaga qandaydir ko‘rinmas kuch tortayotgandek bo‘ladi. Bu hodisaning aniq izohi yo‘q. Ba’zilar bu gravitatsiya balandligi yaratgan illyuziya deb hisoblaydi. “П” shaklidagi qadimiy ulkan yassi tosh plitalar sayyoraning turli burchaklarida aniqlangan. Arxeologlar fikricha, ular qadimiy kohinlarning qabr toshlari bo‘lgan. Tosh maqbaralarda soat yurishi o‘zgaradi, uskunalar millari g‘alati harakatlanadi. Hodisaga kichik tog‘ yoriqlari sababchi bo‘ladi, ular orqali tabiiy gaz sizib chiqadi. Ba’zan “mangu olov” o‘chib qoladi, ammo sayyohlar uni yana yoqib qo‘yadi. Krit orolida Yerdagi yagona hujjatlashtirilgan sarob kuzatiladi. Har yili may oyi oxirida piyoda yoki ot minib, qurol ko‘targan odamlar soyalari Avliyo Xarlampiy cherkovidan Frangokastello qo‘rg‘oniga qarab harakatlanadi. Hodisa erta tongda dengiz tinch va atmosfera namligi yuqori bo‘lgan vaqtda kuzatiladi. U odatda 10 daqiqa davom etadi. 1996-yilda olimlar afsonalarda aytiladigan organ tovushlarini qayd etdi. Yer osti yo‘li 10 metr chuqurlikda joylashgan, uning yaqinida ushbu musiqiy asbob chalinishi mumkin bo‘lgan hech qanday bino yo‘q. Shuningdek, tovushni eshitgan guvohlarni psixologlar tekshirib ko‘rdi va ommaviy gallyutsinatsiya belgilarini aniqlamadi. Toshli o‘rmon 200 million yil oldin shakllangan. Ilgari bu yerda dengiz bo‘lgan, unda ohaktoshning qalin qatlamlari cho‘kib qolgan. Ammo tektonik harakatlar natijasida toshlar yuzaga chiqqan. Toshli o‘rmonning yer osti qismida Kvifeng g‘ori joylashgan, har yili avgustdan noyabrgacha yer osti daryosi har 30 daqiqada girdob hosil qiladi, u bir necha daqiqa davom etib, so‘ng yo‘qoladi. Yil bo‘yi oddiy ko‘rinishda bo‘lgan daryo yozda rang-barang gilamga aylanadi. Qizil, pushti, ko‘k, yashil va sariq rangni noyob turdagi suv o‘tlari hosil qiladi. Hatto -10 daraja sovuqda ham muzlamaydigan qip-qizil sharshara. Garvard universiteti olimlari ko‘lga joylashib olgan mikroorganizmlar bunday tabiat hodisasi yuzaga kelishi sababchisi ekanligini isbotlab berdi.
83
2,412
Foto
Fotogalereya: Uy hayvonini juda ham yaxshi ko‘ruvchi insonlar
Odamlar uy hayvonlarini xoh u it bo‘lsin, xoh mushuk yaxshi ko‘raveradi. Uning zoti, yoshi va fe’l-atvori esa bu mehrga to‘siq bo‘lolmaydi. AdMe ana shunday lavhalarga e’tibor qaratdi.
61
184
Foto
Foto: 22 yil qum qal’ada yashagan braziliyalik “plyaj qiroli”
Braziliyalik 44 yoshli Marsio Mitsael Matolitas yaqinda noodatiy yubileyni nishonladi. U 22 yildan buyon Rio-de-Janeyro Barra-da-Tijuka plyajidagi qum qal’ada yashaydi. Mahalliy aholi uni Qirol Marsio deb ataydi. Bundan tashqari uning taxti, toji va asosi bor, deb yozmoqda TravelAsk. Matolitas avval Rio ko‘chalarida yashagan, biroq keyinchalik qumdan inshootlar qurishga qiziqib qolgan va o‘z xobbisi hisobida yashagan. Uning xizmatkorlari yo‘q, qal’adagi barcha ishlarni o‘zi qiladi. U qal’a ishlaridan bo‘sh vaqtida golf o‘ynaydi, baliq ovlaydi va ko‘p kitob o‘qiydi.
61
573
Foto
Fotogalereya: Dunyoga mashhur yulduzlarning asl kasblari
AdMe taniqli aktyor, aktrisa, qo‘shiqchilar hozirgi mashhurligiga erishmaganida qaysi kasbda faoliyat yuritgan bo‘lishi mumkinligi borasidagi suratlarini to‘plab taqdim etdi. AdMe/“Daryo” Joli yoshligida buvasining taziyasi yomon tashkillashtirilganidan dafn qilish byurosi direktori bo‘lishga qat’iy qaror qilgan va hatto tegishli litsenziyaga ham buyurtma bergan edi. AdMe/“Daryo” “FQB agenti” Devid Duxovni mashhurlikka erishguniga qadar ingliz adabiyoti bo‘yicha bakalavr diplomini qo‘lga kiritgan. AdMe/“Daryo” Emma Uotson Braun universitetida ingliz adabiyotini o‘rgangan. AdMe/“Daryo” Rolling Stones solisti Mik Jagger musiqa bilan jiddiy shug‘ullanguniga qadar London iqtisodiyot maktabida buxgalteriya hisobini o‘rgangan. AdMe/“Daryo” Taniqli Gollivud aktyori Eshton Kutcher mashhurlikka erishguniga qadar Ayova shtati universitetida biotibbiyot muhandisligi bo‘yicha tahsil olgan. AdMe/“Daryo” Beyonse taniqli qo‘shiqchiga aylanguniga qadar ota-onasining sartaroshxonasida pol supurib pul ishlagan. AdMe/“Daryo” Xarrison Ford kinoda suratga tushuniga qadar boyskautlar oromgohida yetakchi bo‘lib ishlagan. AdMe/“Daryo” Morgan Friman qiruvchi-uchuvchi bo‘lishni niyat qilgan. Buning uchun u maktabni tugatib Harbiy-havo kuchlariga kirgan. Biroq 4 yillik xizmatdan so‘ng Friman aktyorlikda o‘zini yaxshiroq his qilishini tushunib yetgan. AdMe/“Daryo” Tom Kruz katolik rohibi bo‘lishga jiddiy qaror qilgan. Buning uchun u hatto Sinsinat seminariyasida tegishli ta’limlarni ham olgan. AdMe/“Daryo” AQSh sobiq prezidenti Baraka Obama bir vaqtlar muzqaymoq sotib tirikchilik qilgan.
56
1,606
Foto
Foto: Moskva metrosining Yangi yil poyezdi
Moskva metrosida ilk bor Yangi yilga bag‘ishlangan maxsus poyezd yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatdi. TJournal’ning xabar berishicha, poyezdni tantanali ravishda yo‘lga chiqarish marosimida Qorbobo ham qatnashgan. Poyezd bayramona chiroqlar bilan bezatilgan, harakatlanuvchi tarkibni boshqaruvchi mashinistlar esa Yangi yil liboslarini kiyib olgan. Vagonda e’lon qilinadigan bekatlarning nomi yozilgan audioyozuv rossiyalik xonandalar Lolita Milyavskaya va Valeriy Syutkin tomonidan maxsus o‘qib berilgan. Moskva metrosidagi Yangi yil poyezdi 15-yanvarga qadar harakatda bo‘lishi aytilmoqda. Metropoliten rahbari Dmitriy Pegovning qo‘shimcha qilishicha, har Yangi yil arafasida shunday poyezdlar metroning turli yo‘nalishlari bo‘ylab harakatlanadi. View this post on Instagram Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
42
965
Foto
Fotogalereya: Kutilmagan g‘aroyib tasodiflar
Ba’zan hayotda kutilmagan tasodiflar bo‘lib turadi va ularning oqibati g‘aroyib ko‘rinish oladi. AdMe ana shunday holatlar aks etgan suratlarni taqdim etdi.
44
156
Foto
Fotogalereya: Afrika haqidagi taassurotlarni o‘zgartiruvchi suratlar
Afrika qit’asini ko‘pchilik kasalliklar va nochorlik bilan uyg‘un tasavvur qiladi. AdMe ana shu taassurotlarni o‘zgartirib yuboruvchi suratlarni taqdim etdi.
68
157
Foto
Toshkentda itlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi (foto)
Toshkentning Sirg‘ali tumanida itlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Facebook’dagi shu tumanga bag‘ishlangan sahifada ma’lum qilishdi. Postga ko‘rgazmadan olingan fotosuratlar ilova qilindi. Facebook / Sergeliyskiy rayon Facebook / Sergeliyskiy rayon Facebook / Sergeliyskiy rayon Facebook / Sergeliyskiy rayon Facebook / Sergeliyskiy rayon Facebook / Sergeliyskiy rayon Facebook / Sergeliyskiy rayon Facebook / Sergeliyskiy rayon Facebook / Sergeliyskiy rayon Facebook / Sergeliyskiy rayon Facebook / Sergeliyskiy rayon Facebook / Sergeliyskiy rayon Facebook / Sergeliyskiy rayon Facebook / Sergeliyskiy rayon
48
641
Foto
Ijodkor kishilar tomonidan yaratilgan ajoyib narsalar (fotogalereya)
Ijodkor kishilarining hayollari tez-tez stereotiplarni buzib turadi. Aynan shu boisdan ham ko‘plab oddiy narsalar ularning qo‘llarida shedevr voqeliklarga aylanadi. AdMe esa ana shunday oddiy narsalarning ajoyib voqelikka aylangan suratlarini to‘pladi. “Omborxonadan endi ko‘nglim to‘q” “Bouling sharlari xuddi bilyard shartlari o‘xshab qoldi-ya” “Restoranimizda muzqaymoq uchun shu pulni to‘lashgandi” “Kimligini toping-chi?” Qurilish kompaniyasining pochtasi! Xbox pulti ko‘rinishidagi stol ham bor “Limuzinmi bu, yoki mototsikl?” Zinamisan zina-da! “Uilson” kokteylini so‘rasam, “Uilson” koptogini olib kelishdi! Suv bashnyalaridan unumli foydalanish shunday bo‘libdi! Bu esa singan oynalardan to‘g‘ri foydalanish samarasi
68
735
Foto
Qozogʻiston poytaxtini qor boʻroni qopladi — suratlarda
Qozogʻiston poytaxti Nur-Sulton shahrini qor boʻroni qopladi. Bu haqda «Tengrinews» xabar berdi. Ma'lum qilinishicha, havo harorati minus 7 darajaga tushgan poytaxtda kuchli qor yogʻayotgani, yoʻllar va uylar yana qor bilan qoplangani, yoʻllar yopilayotgani haqidagi foto va videolar mahalliy aholi tomonidan tasvirga olinib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan. Kuchli qor va shamol tufayli poytaxtda boʻron xavfi e'lon qilingan. Bir necha yoʻllar harakat uchun yopilgan. Iqlimshunoslarning xabar berishicha, shamol tezligi soniyasiga 20 metrgacha yetishi mumkin. Oʻz navbatida, Qozogʻiston gidrometeorologiya xizmati shahar aholisini qattiq sovuq tushishidan ogohlantirgan. Avvalroq Qozogʻistonning ayrim hududlari qum boʻroni ostida qolgani ma'lum qilingandi.
55
759
Foto
Karyerasi boshidagi rad javoblarga qaramay, muvaffaqiyatga erishgan jahonga mashhur insonlar (foto)
Tasavvur qilish qiyin, ko‘plab taniqli ayollar karyerasining boshida “Siz Gollivud uchun yetarlicha go‘zal emassiz” kabi tanqidiy so‘zlarni eshitishgan. Misol uchun, Jessika Chesteynni yoqimsiz, Gvinet Peltrouni juda oddiy deb fikr bildirishgan. Quyida ana shunday mashhurlarning bir nechtasini e’tiboringizga havola etamiz. Jessika Chesteyn Jessika Chesteynning fikricha, uning aktyorlik mahorati ko‘pincha tashqi ko‘rinishi orqali baholangan. Ammo aktrisani so‘nggi 5 yil ichida jozibali deb topishdi. Bungacha Chesteynga rol berilmagan, u rad etilishini uning yetarlicha go‘zal emasligi bilan izohlagan. Maykl Jekson Maykl Jeksonning Billie Jean hiti deyarli 40 yoshda. Barcha davrlarning eng ko‘p sotilgan taronalaridan biri bo‘lgan afsonaviy qo‘shiq bir paytlar prodyuserga yoqmaganiga ishonish qiyin. U qo‘shiqni albom uchun mosmas deb hisoblagan. Uzoq davom etgan bahs-munozaralar davomida Jekson o‘z yo‘lini topdi va qo‘shiq qisqartirilgan versiyada bo‘lsa ham, albomga kiritildi. Anna Vintur Anna Vintur 9 oy davomida Harper’s Bazaar jurnalida moda muharriri bo‘lib ishlagan. U ishdan bo‘shatilgan, chunki uning boshchiligida olingan suratlar nashr uchun juda provokatsion deb hisoblangan. Vintur taslim bo‘lmadi va keyinchalik Vogue jurnalining bosh muharriri lavozimini egalladi. Jiji Xadid Modelning eslashicha, maktabdan keyin uning qomati voleybolga bo‘lgan ishtiyoqi tufayli sportchilarnikidek edi. Karyerasining boshida model bilan hamkorlik qilgan dizaynerlar uni mushakdor deb hisoblagan va qizni yopiqroq kiyintirishga harakat qilgan. Jan-Pol Gotye Xadidga podiumda o‘zi holicha qolishda yordam bergan birinchi modelyer edi. Bu kelajakda supermodel uchun katta yordam bo'ldi. Gvinet Peltrou Aktrisa birinchi kastingda qiyinchilikka uchragan. Masalan, “Oltin darvoza” filmi prodyuserlariga aktrisa “juda oddiy” bo‘lib tuyulgani uchungina rol bermagan. Tanqidchilar hali ham Peltrouning tashqi ko‘rinishini muhokama qiladi. Ammo aktrisa ularga e’tibor bermaydi va o‘z hayotidan, muvaffaqiyatli karyerasidan zavqlanishda davom etadi. Pink 2017 MTV Video Music Awards marosimida Pink ta’sirli nutq so‘zladi. Unda u o‘zini xunuk deb bilishini aytgan olti yoshli qiziga murojaat qildi. Pink o‘zini ham tez-tez tanqid qilishlarini, ammo bu uning o‘ziga ishonch va go‘zalligi bilan faxrlanishiga to‘sqinlik qilmaganini aytib o‘tgan. Krissi Taygen Krissi Taygen bir vaqtlar brendlardan biri uning ortiqcha vazni tufayli u bilan hamkorlikni to‘xtatganini aytib o‘tgan. Kompaniya vakillari modeldan o‘lchovlar olishni xohladi, chunki ularning fikricha, Taygen unchalik nozik emas edi. Aytishga hojat yo‘q, Krissi boshqalar uchun o‘zgarmadi va shu holicha mashhur bo‘ldi. Opra Uinfri Jurnalist sifatidagi faoliyatining boshida Opra Uinfri kechki yangiliklar uchun muxbir bo‘lgan. U keyin ishdan bo‘shatilgan, ehtimol, Uinfri yangiliklar formati uchun juda hissiyotga berilgan edi. Bu holat uni to‘xtatmadi va yillar o‘tib u o‘z dasturini yaratdi: Opra Uinfri shousi. Bugungi kunda Uinfri muvaffaqiyatli mediamagnat bo‘lib, u o‘zining kinostudiyasi, jurnali, radio tarmog‘i va shaxsiy kabel telekanaliga ega. Jizel Byundxen Jizel Byundxen uzoq vaqtdan beri dunyodagi eng ko‘p maosh oluvchi supermodel bo‘lib kelmoqda. Lekin karyerasining boshida uning burni kattaligi va shakli uchun doimo tanqid qilinganligini tasavvur qilish qiyin. Yigirma yillik mashaqqatli mehnat, hayajonli fotosessiyalar va shoular ortidan Byundxen butun dunyoga haqiqiy go‘zallik standartlardan tashqarida ekanligini isbotladi. Selena Gomes Xonandaga hali ham tez-tez u yetarlicha jozibali emasligi va o‘zida biror narsani o‘zgartirishi kerakligini aytishadi. Biroq Gomes didi va o‘zligicha qolish qobiliyatiga ega bo‘lishni haqiqatan ham jozibali deb hisoblaydi. Keyt Bekinseyl Rejissor Maykl Bey “Perl-Xarbor” filmida aktrisani bosh rolga tayinlashdan xavotirda edi. Keyt Bekinseyl bu lahzani hanuzgacha eslab, rejissorga uning quyuq soch rangi va qiyofasi yoqmaganini taxmin qiladi. Keyin Bekinseyl bunga e’tibor bermaslikka qaror qildi va shunchaki ishlashni davom ettirdi. Natijada “Perl-Xarbor” uning eng yaxshi asarlaridan biriga aylandi. Megan Markl Karyerasini kinoda boshlagan Megan Markl tez-tez rad javoblarga duch kelardi. Unga yetarlicha nozik va go‘zal emas yoki aksincha, o‘ta nozik va juda chiroyli ekanligini aytishdi. Marklning so‘zlariga ko‘ra, u bunday fikrlarni doimo tinglagan. Ammo boshqa birovning tanqidi uning karyera qurishiga va baxtli bo‘lishiga to‘sqinlik qilmadi. Merilin Monro Faoliyatining boshida Merilinga aktrisa bo‘lishdan voz kechib, kotibalikka o‘tishni maslahat berishdi. Ammo Monro bunday tanqidlarga ahamiyat bermadi va o‘z maqsadiga erishdi. Natijada, Merilin Monroning obrazi mashhurlikka erishdi va o‘z davrining eng yorqin aktrisalaridan biri sifatida tanildi, butun dunyo bo'ylab tomoshabinlar tomonidan sevildi.
99
4,854
Foto
O‘yinchoqlar o‘rniga folloverlar: O‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram’da minglab obunachilarga ega farzandlari (foto)
Ba’zi ijodkorlar ijtimoiy tarmoqlarda farzandlarining ham akkauntini ochib, video va suratlarini kuzatuvchilari bilan bo‘lishadi. Bolakaylar mashhurlik borasida ota-onalaridan ortda qolmayapti. Ularning ba’zilari esa sahifalariga reklama roliklarini joylab, pul ham ishlaydi. Raqqosa Parizodaning to‘ng‘ich qizi — E’zoza Safarovaning Instagram’dagi kuzatuvchilari soni 157 ming kishi View this post on Instagram Uning video va suratlari o‘rtacha hisobda 15-20 mingta layk to‘plasa, videolari 100 mingdan ortiq tomosha qilinadi. Ba’zan uning akkauntida bolalar internet do‘konlari va vitamin mahsulotlarining reklamalarini ham uchratish mumkin. Parizodaning kenja qizi —  Sa’diya Safarovaning kuzatuvchilari soni 35 mingdan ortiq View this post on Instagram Parizodaning kenja qizi opasiga qaraganda sho‘x va o‘yinqaroq. Kuzatuvchilar ham Sa’diyaning sho‘x va kulgili videolarini yoqtirishadi. Uning akkauntiga ham bolalar kiyimlari internet do‘konlarining reklamasi joylanadi. Muqaddas Sa’dullayevaning to‘ng‘ich qizi Sa’diya Mamajonovaning sahifasini 102 ming follover kuzatadi. View this post on Instagram Yigitali Mamajonov va Muqaddas Sa’dullayevaning to‘ng‘ich qizi Sa’diyaning Instagram sahifasi borligi hech kimni taajjubga solmaydi. Boisi, ota-onasi ham Instagram tarmog‘ida juda faol. 6 yoshli Sa’diya Mamajonovaning Instagram sahifasida bolalar kiyimlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi internet do‘konlari, tamaddixonalarning profil reklamalari joylashtirilgan. Muqaddas va Yig‘italining o‘g‘li Abubakrsiddiq — 44 ming folloverga ega Abubakrning sahifasiga bolakayning turli qiziqarli suratlari hamda u ishtirokidagi videolar joylab boriladi. View this post on Instagram Yigitali va Muqaddasning ikkinchi qizi Hadicha — 50 mingdan ortiq folloverlarga ega View this post on Instagram Yulduzli juftlikning kenja qizlari Xadicha nomiga ochilgan akkaunt ham havas qilgudek. Uni 50 mingdan ortiq follover kuzatadi. Unga bolalar bo‘tqalar va tagliklari reklamalari ham joylab turiladi. Shahzoda Muhammedovaning qizi Milananing sahifasini 220 mingta kishi kuzatadi. View this post on Instagram Aktrisa Shahzoda Muhammedovaning jajji qizalog‘i Milananing sahifasiga havas qilmaslikning iloji yo‘q. Qizaloq 1,5 yoshli bo‘lishiga qaramay dunyoning ko‘plab mamlakatlari, xususan, Italiya, Turkiya va Dubayga bir necha marta ota-onasi bilan sayohat qilgan. Milananing turli obrazlardagi foto va videolari kuzatuvchilar tomonidan iliq qarshi olinadi. Rasmlar 5-10 mingta layk to‘plasa, videolar 100 mingdan ortiq tomosha qilinadi. Aktrisa Zarina Nizomiddinovaning kenja o‘g‘li Saidumar 73 mingta folloverga ega View this post on Instagram Zarina Nizomiddinova o‘g‘li Saidumarga Instagram sahifasini ochganiga ko‘p bo‘lmadi. Bolakayning akkauntiga joylangan rasmlar o‘rtacha hisobda 3-5 mingdan ziyod layk to‘playdi. Videolari orasida 100 mingdan ortiq tomosha qilinganlari ham bor. Ammo birorta reklama posti joylashtirilmagan. Zarina Nizomiddinovaning to‘ng‘ich o‘g‘li Temurxon Sodiqov ham Instagramdan foydalanadi. Ammo uning kuzatuvchilari ukasidan ko‘p emas. Uning profilini 22 ming kishi kuzatadi. Aktrisa va bloger Xonzodaning qizi Safiya — 74 mingdan ortiq folloverga ega. View this post on Instagram Instagram’dan doromad topishni yaxshi biladigan Xonzoda hali qizining akkauntiga reklama joylagani yo‘q. Kuzatuvchilar faol va qizaloqning har bir suratiga o‘z fikrlarini bildiradi. Nilufar Usmonovaning to‘ng‘ich qizi Sa’diyaxonning 23 ming folloveri bor View this post on Instagram Xonanda Nilufar Usmonovaning farzandlari ham o‘z Instagram sahifasiga ega. Qizlari Sa’diyaxon va Safiyaxonlarning muntazam kuzatuvchilari bor. Sahifaga joylangan foto va videolar kuzatuvchilar e’tiboridan chetda qolmaydi. Sa’diyaxonning 23 mingdan ortiq, Safiyaxonning esa 14 mingdan ziyod folloverlari bor. View this post on Instagram Xonanda Ziyodaning to‘ng‘ich o‘g‘li Kamron Solihovning ham Instagram akkaunti bor. Uni 7 mingdan ortiq follover kuzatadi. View this post on Instagram Ziyodaning kenja o‘g‘li Imronning esa kuzatuvchilar soni hademay 3 ming nafar bo‘ladi. View this post on Instagram Malika Ravshanovaning qizi Soliha Hamidova — 9 ming folloverga ega View this post on Instagram Xonanda Malika Ravshanova kenja qizi Soliha Hamidova uchun ham akkaunt ochib bergan. Uning kuzatuvchilari soni 9 mingdan ziyod. Solihaning surat va videolari mingdan ziyod layk to‘playdi.
125
4,584
Foto
Mashhur siyosatchi ayollar qaysi brenddagi liboslarni xush ko‘radi (foto)
Bugungi kunda siyosat dunyosi yulduzlari shou-biznes vakillari kabi mashhur. Dunyo yangiliklari ko‘ngilochar dasturlar o‘rnini egalladi. AQSh yoki Fransiya saylovoldi poygasi, Brexit bilan bog‘liq tadbirlar “Kardashyanlar oilasi” realiti-shousi bilan raqobatlasha oladi. Bunda barcha tafsilotlar: harakatlar, nutq ohangi va albatta garderob omma e’tiboridan chetda qolmaydi. Forbes Woman siyosat maydonida eng ko‘p muhokama etiluvchi, zamon bilan hamnafas siyosatchi ayollar: Tereza Mey, Angela Merkel, Qirolicha Yelizaveta II va Hillari Klinton xush ko‘ruvchi brendlar haqida hikoya qiladi. Hillari Klinton Hillari Klinton mehnat faoliyati bilan bog‘liq butun hayotini siyosiy maydonda o‘tkazdi. U o‘z yo‘lini 1972-yilda demokratlardan nomzod Jorj Makgovernning saylovoldi shtabidan boshlagan. Keyin huquqshunos bo‘lib ishladi, turmush o‘rtog‘ining prezidentlik poygasidagi g‘alabasidan so‘ng 1993-yilda uning iltimosi bilan sog‘liqni saqlash sohasini isloh qilish qo‘mitasiga rahbarlik qildi. 2000-yilda Hillari Nyu-York shtatidan senat a’zoligiga saylangandan so‘ng uning mustaqil karyerasi boshlandi. 2007-yilda Klinton prezidentlik poygasida ishtirok etish rejasi haqida ma’lum qildi. Uning liboslari ko‘zga tashlanmaydi, biroq juda xushbichimdir (Amerikaning Vogue jurnali bosh redaktori Anna Vintur uning stilisti hisoblanadi). Klinton omma oldida ko‘pincha Ralph Lauren, Giorgio Armani va Andrew Gn. liboslarida ko‘rinish beradi. Aksessuarlardan Mikimoto marvaridi, Chanel taqinchoqlari va Manolo Blahnik tuflilarini xush ko‘radi. Angela Merkel Germaniya federal kansleri Angela Merkel Forbes talqini bo‘yicha 11 marta dunyoning eng nufuzli ayoli nomiga sazovor bo‘lgan (oxirgi marta 2016-yilda). Biroq uning imkoniyatlariga qaramasdan, Germaniya birinchi xonimi garderobi doim tanqid ostiga olinadi. Merkelning uslubi Germaniya pragmatikligi timsolidir. Merkel yirik tugmali jaket va sondan boshlab kengaygan shimlarni ma’qul ko‘radi. Uning aksariyat komplektlari gamburglik dizayner Bettina Shenbax tomonidan yaratilgan. 2000-yillarning boshida u boshqa nemis dizayneri Anna fon Grizxaymning liboslarini ham kiya boshladi. 2008-yilda Oslo opera teatrining ochilish marosimida Merkel aynan shu dizaynerning ko‘ylagida ko‘rinish bergan. Uning sipo garderobini Longchamp fransuz brendi sumkalari va bo‘lajak kansler tomonidan 1996-yilda Kaliforniyada xarid qilingan rangli nakidka to‘ldirib turadi. Tereza Mey Britaniya bosh vaziri Tereza Mey siyosatda ham, modada ham konservativ qarashlarni afzal ko‘radi. U asosan Angliya brendlari: L.K. Bennett, Daniel Blake va Amanda Wakeley liboslarini ma’qul ko‘radi. Tereza Meyning yana bir sevimli dizayneri Vivyen Vestvuddir. Bosh vazir garderobida Vivienne Westwood brendi yashil-ko‘k katak-katak kostyumi bor. Tereza Mey noodatiy oyoq kiyimlarni xush ko‘radi. U Russel & Bromley botfordlari, Beverley Feldmen’dan qoplon terisi nusxali lodochkalarini kiyadi. Bundan tashqai, uning kolleksiyasida Hobbs va Anya Hindmarch aksessuarlari bor. Qirolicha Yelizaveta II Yelizaveta II garderobida yorqin liboslar ko‘p. 2002-yildan buyon qirolicha kiyinish uslubi bilan Anjela Kelli shug‘ullanadi. U qirolicha uchun maxsus komplektlar yaratadi va istalgan soniyada unga yordam ko‘rsatish uchun Bukingem saroyida yashaydi. Kellining so‘zlariga qaraganda, Yelizaveta II liboslar uchun xarajatlarga pullarni behuda sarflamaydi va atrof-muhitga nisbatan g‘amxo‘r. Uning sipoligi va xaridlardagi chegarani bilishi sababi ham shunda. Qirolicha faqat Britaniyaning Launer brendi sumkalarini olib yuradi. 1941-yilda tashkil topgan kompaniya har yili Yelizaveta II ning individual buyurtmasiga asosan to‘rtta sumka yaratadi. Qirolichaning sevimli modellari Diva va Traviata sumkalaridir.
73
3,725
Foto
Dunyoning turli mamlakatlarida kasalxonalarda beriladigan taomlar (fotogalereya)
AdMe dunyoning turli mamlakatlarida kasalxonalarda bemorlarga beriladigan taomlar suratlari bilan bo‘lishdi. Ular xilma-xilligi va zararliligi bilan kishini hayratga soladi.
80
173
Foto
Fotogalereya: Londonga sayohat qilish istagini uyg‘otuvchi rasmlar
Buyuk Britaniya poytaxti London 2019-yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi shaharlardan biri deb topildi. Travel Ask bu qaror bejiz emasligni isbotlovchi rasmlarni taqdim etdi.
66
176
Foto
Foto: Yaponiya atrofidagi baliqchi kemalar
Kosmonavt Sergey Ryazanskiy baliq ovlovchi kemalarning Xalqaro kosmik stansiyadan olingan suratlarini o‘zining Twitter’dagi sahifasiga joyladi, deb yozmoqda TJournal. Fazogir bu manzarani yulduzli osmonga taqqoslagan. “Tunda bulutlar orasidan nafaqat yulduzlarni balki, Yaponiya atrofidagi baliq ovlovchi kemalarni ham suratga olish mumkin”, — deya izoh bergan Sergey Ryazanskiy. Yorqin olovlar baliqlar va kalmarlarni jalb qilishga yordam beradi.
42
449
Foto
Fotogalereya: Dunyoning eng ajoyib qishloqlari
AdMe sizning qalbingizdan joy oladigan va sayohatingizni ajralmas bo‘lagiga ajralib qoladigan dunyoning eng ajoyib qishloqlari suratlarini to‘plab taqdim etdi.
46
159
Foto
Keng oshxona va shinam mehmonxona: Xonanda Adelning uyiga sayohat (foto)
2019-yil aprel oyida Adel turmush o‘rtog‘i – biznesmen Saymon Konekki bilan ajrashishga qaror qilgan. Sobiq juftlikning o‘g‘li bor, u onasi bilan yashaydi. Adel ajralish mavzusida bir necha bor intervyu bergan, ammo yaqinda buning boshqa sabablaridan biri uning Los-Anjelesga ko‘chib o‘tish istagi ekanini ma’lum qildi. Adel Los-Anjelesdan uy sotib olmoqchi bo‘lgan, turmush o‘rtog‘i esa vatani Buyuk Britaniyani tark etishni xohlamagan. Ajrimdan so‘ng Adel orzusini amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi – u birdaniga ikkita uy sotib oldi va ulardan birida ilk marta jurnalistlar uchun safar uyushtirdi. Ikki qavatli chiroyli uyning ichki qismi ochiq ranglarda bezatilgan. Xonandaning deyarli har bir xonasining devori bezak va naqshlarsiz ko‘rinishga ega. Shuningdek, kiraverishda bir necha yotoqxonali ikkinchi qavatga ko‘tirilish yo‘lakchasi mavjud. Birinchi qavatda Adelning uyidagi sevimli joylaridan biri – oshxona bor. U yer keng va juda yorug‘ bo‘lib, xona oq rangga ustunlik berib bezatilgan, shuning uchun u yanada kengroq ko‘rinadi. Adel  ko‘p vaqtini oshxonada o‘tkazishni yaxshi ko‘radi. Alohida ovqatlanish joyida u o‘g‘li Anjelo bilan ovqatlanadi. Oshxona yonida g‘ayrioddiy mehmonxona mavjud. U uyning ichki qismi bilan bir xil uslubda bezatilgan, ammo faqat bir detal – qizil divan odamni o‘ziga tortadi. Adelning so‘zlariga ko‘ra, bu mebel uning uchun juda qadrli. Adelning yana bir sevimli joyi – bu qo‘shni hudud, ya’ni ingliz uslubidagi ajoyib bog‘. U yerda qo‘shiqchi o‘g‘li bilan oqshomlari suhbatlashishni yaxshi ko‘radi. Adel uchun eng muhimi – bu o‘g‘li bilan ikki qavatli shinam uyga ko‘chib o‘tish orqali erishgan ichki qulaylik hissi.
72
1,665
Foto
Fotogalereya: 12 yil dunyo kezib tashlandiq joylarda betakror suratlar olgan fotografning asarlari
Tashlandiq joylar armonlar va qayg‘uga botgan haykallarni eslatib yuboradi. Bugun nochor holatga kelib qolgan binolarni qurish uchun bir vaqtlar katta mablag‘ va kuch sarflangan, hozir esa ushbu maskanlar odamlar yodidan chiqqan, asta-sekin nurab, eskirib bormoqda. Garchi ular o‘z vazifasini ado etmayotgan bo‘lsa ham, ayrimlarining go‘zalligi va tarixiyligi e’tiborni jalb qiladi. Aleksandr Suxarev Twitter’dagi sahifasida 12 yil davomida to‘plagan, tashlandiq joylar va binolardan olingan suratlarini e’lon qilgan. AdMe ushbu suratlarni to‘plab fotogalereya tarzida taqdim etgan. Norvegiya va Shvetsiya chegarasidagi mashinalar qabristoni. Kolleksioner vafot etgach, uning xobbisi ham u bilan birga “dafn” qilingan. “Energiya” – “Bo‘ron” maydonlarining korpuslari. Boyqo‘ng‘ir kosmodromi, Qozog‘iston. Torpedalar sinovdan o‘tkazilgan bino. Bino sohildan 3 kilometr uzoqlikda joylashgan. Kaspiy, Dog‘iston. Germaniyadagi shifoxonaga aylantirilgan qasr. Nijniy Novgoroddagi madaniyat uyi. Teatr mavsumingin tugashi. Sankt-Peterburgdagi suvosti dengizchilari mashg‘ulot o‘tkazgan tashlandiq cherkov. Ibodatxonada joylashgan 50 metr uzunlikdagi quvur. Moskva uzoq masofadagi radioaloqa institutining aks-sado bermaydigan kamerasi. Tver viloyatidagi cherkov. Aviatsiya bilim yurti. Podmoskovyedagi qurib bitkazilmagan bino. 21 kilometrli halqa shaklida 60 metr chuqurlikka tushgandi. Podmoskovyedagi “Skazka” (“Ertak”) pionerlar lageri. Oromgoh bosmaxonaga tegishli edi, quruvchilar qo‘ldan kelgancha harakat qilgan. Sankt-Peterburgdagi “Qizil uchburchak” zavodi binosi. Juda dahshat memoriy majmua. Jamoa xo‘jaligi hududidagi suv havzasi. Nima uchun odamlar esidan chiqqani noma’lumligicha qolmoqda. Italiyadagi Balestrino shaharchasida joylashgan hudud. Qiyalikda joylashgani uchun joyidan siljib qolgan. Bangkokdagi savdo markazi. Birinchi qavatda baliqlar suzib yuradi va eskalator orqali suvga tushishi mumkin. 80 ming muxlisni bag‘riga sig‘dira oladigan Silverdome stadioni. Afsuski shunday o‘yingoh yaqinda portlatildi. Sankt-Peterburg yaqinidagi vertolyotlar qabristoni. Daniyadagi rassom yashagan uy. Ushbu bino butun dunyodagi xaroba va tashlandiq joylar bo‘yicha suratlarga boy maqolalarning doimiy ishtirokchisi desa ham bo‘ladi. Odessadagi Russova uyi. Ushbu bino yerto‘lasida kabob sotuvchilar go‘sht saqlagan. Saxalin orolidagi “Aniva” atom mayog‘i. Dunyodagi eng sirli va g‘aroyib joylardan yana biri. Bryusselga yaqin hududda jolashgan uy. Umuman bu uyda yashasa bo‘ladi. Cherkov. Bu yerda “Transformerlar” filmi suratga tushirilgan. Bryussel yaqinida joylashgan “Sharqiy ekspress” vagoni. Hatto tashlandiq holatida ham juda yaxshi saqlanganini ko‘rish mumkin. Kubadagi balchiqda cho‘milish joylari. Chexiyadagi ruhlar cherkovi. Vladivastokdagi Russkiy oroli harbiy kemalari buxtasi. Fotografning o‘zi bu kabi joylarning ayanchli ahvolga kelib qolganiga achinishi, binolarning har biri o‘ziga xos tarixdan so‘zlashi, bu kabi joylarga borgan vaqtida har safar yangi ma’lumotlarga ega bo‘lishini qayd etgan.
98
3,047
Foto
Fotogalereya: “Aeroflot”ning 23 yoshli uchuvchisi va uning Instagram’i
23 yoshli Mariya Fyodorova butun boshli samolyotni boshqaradi. U “Aeroflot” kompaniyasining eng yosh uchuvchisi va Sukhoi Superjet 100 avialayneri shturvaliga o‘tirgan birinchi ayol hisoblanadi, deb xabar berdi “Ya milliarder”. Aviakompaniyada umumiy miqdorda 20 nafar ayol uchuvchi sifatida xizmat ko‘rsatadi. Ularning besh nafari havo kemalari qo‘mondonlaridir. Mariya ikkinchi uchuvchi sifatida ishlaydi va ishi yuzasidan shu vaqtga qadar 300 soatdan ortiq parvoz qilgan. Mariya maktabni bitirgach, Sankt-Peterburg davlat universitetining fuqarolik aviatsiyasiga o‘qishga kirgan va uni 2015-yilda tamomlagan. O‘tgan yilning noyabr oyida “Aeroflot” kompaniyasiga ishga joylashgan. Imtihonlarni omadli topshirgan Mariya uch oy davomida uchuvchi-stajyor bo‘lib ishlagan. 2016-yilning avgustida u ikkinchi uchuvchi sifatida o‘zining birinchi to‘laqonli reysini amalga oshirgan. Mariyaning hozirdanoq yaxshi ko‘rgan aeroportlari mavjud. Masalan, unga qo‘nish yo‘lagi qulay bo‘lgani uchun Tyumen, parvozning optimal davomiyligi sabab — Minsk aeroportlari yoqadi, biroq Saratov va Stavropol aeroportlari unchalik manzur emas, sababini esa Mariya oshkor qilmadi. Mariya turmush o‘rtog‘i bilan. U ham “Aeroflot”da uchuvchi bo‘lib ishlaydi. Mariya o‘qish paytida “Yak-18T” va Cessna 172S kabi samolyotlarda ham uchgan. Bitiruv imtihoninida esa Diamond-42’ni boshqargan.
70
1,368
Foto
Ilon Maskning Bel-Eyrdagi uyi (foto+video)
Tesla va SpaceX bosh direktori Ilon Maskning boyligi 20,7 milliard dollarni tashkil etadi, shu sabab u hashamatli koshonada yashashni o‘ziga ep ko‘ra oladi, deb xabar berdi Forum Daily. 2016-yilda Mask Los-Anjelesning Bel-Eyr kompleksidan 24,25 million dollar evaziga yangi koshona sotib olgan edi — bu Mask tomonidan ushbu kompleks hududidan sotib olingan beshinchi ko‘chmas mulk bo‘lib, ularning barchasining narxi 72 million dollar atrofida turadi. Barcha uylar bir-biriga yaqin joylashgan, ularning ayrimlarida ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Ayni vaqtda Maskning bosh qarorgohi — 2012-yilda 17 million dollar evaziga sotib olgan koshonasi hisoblanadi. 2016-yilda esa u koshonasi yaqinidagi binoni 24,244 million dollarga sotib olgan. Hozirda esa u hali qurilish ishlari davom etayotgan zamonaviy uyni sotib oldi. Bel-Eyr kompleksidan 2012-yilda Mask tomonidan sotib olingan birinchi uy klassik ko‘rinishga ega. Uning hovlisida tennis korti va basseyn joylashgan. Maskning shaxsiy kinoteatri bo‘lib, u yerda milliarder videoo‘yinlar o‘ynashni yaxshi ko‘radi. Uyda yettita yotoqxona va yettita yuvinish xonasi mavjud. Shuningdek, koshonada uy trenajyor zali ham joylashgan bo‘lib, Mask u yerda haftasiga ikki marta sport bilan shug‘ullanishga harakat qiladi.
42
1,274
Foto
Karantindan keyin restoran va kafelar qanchalik o‘zgarmoqda? (foto)
Butun dunyo bo‘ylab umumiy ovqatlanish maskanlari qayta ish boshlamoqda, biroq ularga yangicha talab qo‘yilgan — ular koronavirus tarqalishining oldini olish uchun ijtimoiy masofalanishni ta’minlab berishi kerak. Forbes ushbu muammoga kreativ yondashayotgan ko‘plab kafe va restoranlarning suratlarini to‘plab taqdim etdi. Yaponiyadagi pahmoq kapibaralar Yaponiyadagi Izu-Shaboten hayvonot bog‘i karantindan keyin 16-may kuni ochilgan. “O‘rmon hayvonlari” restoranida niqoblar va dezinfeksiyalovchi vositalardan tashqari turli yirtqichlar ko‘rinishidagi pahmoq o‘yinchoqlar yordamida ijtimoiy masofalanishga rioya qilinmoqda. Ular orasida kapibaralar, kichkina panda va jirafalar ham bor. Italiyada yuz uchun himoya ekranlari Italiyadagi MARGstudio arxitektura byurosi pandemiyadan so‘ng, do‘kon va restoran mijozlariga tarqatish mumkin bo‘lgan himoya ekrani dizaynini taqdim etdi. Ekran plastik himoya va shishirma karkasdan iborat. Yaqin orada u ishlab chiqarishga joriy etiladi, hozircha esa bir necha muassasada testdan o‘tkazilmoqda. Germaniyadagi antiqa bosh kiyimlar Karantindan keyin ochilgan Rothe kafesi polga yozilgan belgi yoki yuz uchun himoya ekranlardan foydalanmasdan ijtimoiy masofalanishga rioya qilishning o‘ziga xos usulini qo‘lladi. Buning uchun mehmonlarga suzish uchun mo‘ljallangan yorqin tayoqlar o‘rnatilgan somon bosh kiyimlar tarqatilmoqda. Amsterdamdagi “issiqxona” Amsterdamdagi Mediamatic ETEN restorani ijtimoiy masofalanishning yangicha usulini o‘ylab topdi. Mehmonlar “issiqxonalar”da o‘tirmoqda — oynali kabinkalarga uchtagacha odam sig‘adi. Himoya ekrani taqib olgan ofitsantlar taomlarni uzun taxtalar yordamida mehmonlarga uzatadi. Tailanddagi diagonallar Bangkokdagi ovqatlanish muassasalaridan birining egasi tashrif buyuruvchilarni bir-biriga nisbatan diagonal tarzda o‘tqizmoqda. Gonkongdagi izolentalar Starbucks’ning Gonkongdagi qahvaxonalaridan birida stol va stullarning bir qismi izolentalanib chiqilgan. Vyetnamdagi to‘siqlar Restoranlar plastik to‘siqlardan himoya vositasi sifatida foydalanmoqda.
67
2,053
Foto
Vulqondan suv toshqinigacha: tabiiy ofatlarning koinotdan olingan suratlari (foto)
“RBK” dunyoning turli nuqtalaridagi tabiiy ofatlarning koinotdan olingan suratlarini taqdim etdi.
82
97
Foto
Indoneziyadagi zilzila oqibatlari (fotogalereya)
Xabar berilganidek, 5-avgust, yakshanba kuni Lambok orolda 6,9 balli zilzila yuz berdi. Avvalroq 80 nafar, keyin 91, bugun esa 142 kishi halok​ bo‘lgani haqida xabar qilindi. Yer silkinishlari qo‘shni Bali orolida ham sezilgan. Qayd etilishicha, Balida 2 kishi halok bo‘lgan. Bu bir hafta ichida Balida yuz bergan ikkinchi zilziladir. 29-iyul, yakshanba kuni orolda 6,4 balli yer silkinishlari qayd etilgan. Shu kuni mahalliy hukumat 10 kishining halok bo‘lgani haqida ma’lum qilgan. 30-iyul, dushanba kuni qurbonlar soni 14 taga yetgan. Mingdan ortiq binoga ziyon yetgan. Zilzila 7 kilometr chuqurlikda sodir bo‘lgan. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev zilzila oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Indoneziya xalqi va prezident Joko Vidodoga ta’ziya izhor etdi​​. “RBK” nashri esa mamlakatda zilzila oqibatlari aks etgan suratlarni taqdim etdi.
48
874
Foto
Foto: “Taqdir hazili yoki qushdek yengil bo‘ling” filmi aktyorlari 44 yildan so‘ng
1976-yil 1-yanvarda ekran yuzini ko‘rgan, rejissor Eldar Ryazanov tomonidan taqdim qilingan “Taqdir hazili yoki qushdek yengil bo‘ling” filmi aktyorlari qanchalik o‘zgarganiga fotolar orqali javob beramiz. Andrey Myagkov “Taqdir hazili yoki qushdek yengil bo‘ling” filmida Jenya Lukashini rolini ijro qilishiga qadar ham aktyor arsenalida 10 ga yaqin ijrolar bo‘lgan, lekin aynan mazkur filmdagi roli uni mashhur bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Shundan keyin aktyor rejissor Ryazanov bilan hamkorlikni davom ettirgan. Myagkov detektiv janriga oid bir necha kitob yozgan shuningdek rassomlik bilan ham shug‘ullangan. So‘nggi vaqtlarda filmlarda suratga tushmaydigan aktyor, avvallari suratga olingan yaxshi kinolar kinosanoatning amerika formati uchun yo‘q qilingan deb hisoblaydi. Ayni vaqtda Andrey Myagkov 82 yoshda. Barbara Brilska Filmdagi Nadya roliga bir qancha aktrisalar kastingdan o‘tganiga qaramay, Barbara ijrosidagi Polshada suratga olingan filmni ko‘rgan Ryazanov uni bosh qahramoni sifatida ko‘radi. Mazkur roli uchun aktrisa SSSR faxriy davlat mukofoti bilan taqdirlangan. 2000-yillardan boshlab aktrisa rus kinolarida suratga tushishni davom ettirgan. Ayni vaqtda Barbara Brilska 79 yoshda. Yuriy Yakovlev Turli janrdagi filmlarda rol ijro qila olishi mumkin bo‘lgan aktyor, karyerasi davomida 100 dan ortiq kino va teatrda rol ijro qilgan. 1950-yildan aktyorlik bilan birga multfilmlarga ham ovoz bergan. 2007-yilda ekran yuzini ko‘rgan “Taqdir hazili davomi” filmidagi Ippolit roli aktyor uchun oxirgi bo‘lgan. Yuriy Yakovlev 2013-yilda 85 yoshida vafot etgan. Aleksandr Shirvindt  1956-yilda karyerasini boshlagan Aleksandr Anatolyevich 60 ga yaqin kinolentada suratga tushgan. Ko‘p vaqtini teatrga sarflagan va 100 dan ortiq rol ijro qilgan. Rejissor va postanovkachi sifatida 20 ga yaqin film suratga olgan aktyor ko‘plab kinomukofotlarni qo‘lga kiritgan. Astronomlar, asteroidni aktyor sharafiga ​atagan hatto. Ayni vaqtda  Aleksandr Shirvindt 86 yoshda.
82
1,974
Foto
Twitter’da 40 yoshdan oshgan ayollar o‘z suratlari bilan bo‘lishishni boshladi. Endi internet-foydalanuvchilari qarishdan qo‘rqmayapti
Twitter’da R.Nover niki ostidagi foydalanuvchi ko‘pchilik 40 yoshni qarilik va ajinlar belgisi sifatida qarashlaridan charchagani, aslida esa umuman boshqacha bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi. U o‘z suratlari bilan bo‘lishib, 40 yoshli boshqalarni ham bu kabi stereotiplarni yo‘qqa chiqarishga chaqirdi. 43 yoshli ayolning posti mashhur trenga aylanib ketdi: ko‘pchilik foydalanuvchilar o‘z suratlarini (yoki ota-onasining suratlarini) yuborib, yillar o‘tgan sayin inson yanada go‘zallashishini isbotlab bergan. O‘z navbatida, izoh qoldiruvchilar suratlar ostida maqtovlar yozib, tred ishtirokchilarining naqadar yosh ko‘rinishidan hayratga tushmoqda.  Hechdan ko‘ra kech: 40 yoshdan keyin turmush qurgan Bollivud yulduzlari Shuningdek, tredda ba’zi erkaklar ham ishtirok etgan.  Hechdan ko‘ra kech: 40 yoshdan keyin ona bo‘lgan Gollivud yulduzlari (foto)
134
866
Foto
Fotogalereya: Betakror suratlar
Ba’zan bitta fotosurat butun bir hikoyani aytib berishi yoki ajib hislarni uyg’otishi mumkin. AdMe nashri aynan shunday suratlar jamlanmasini taqdim etdi.
31
154
Foto
Fotogalereya: Sayohatdagi g‘ayrioddiy narsalar
Notanish davlatga borganda, ko‘pincha ko‘chalarda g‘ayrioddiy narsalarga duch kelasizki, gohida ularning nima maqsadda qurilganini bilmaysiz. AdMe ana shunday sayohat paytida internet foydalanuvchilari duch kelgan eng noaniq narsalarning suratlarini to‘plab taqdim etdi.
46
270
Foto
11 sentyabr voqealariga 20 yil. AQShda sodir etilgan terakt suratlarda
Bundan 20 yil oldin — 2001 yilning 11 sentyabr kuni AQShning Nyu-York hamda Vashington shaharlariga terroristik hujum amalga oshirilgan edi. Bugun oʻsha voqealarga 20 yil toʻldi. Bu haqdagi tafsilotlardan koʻpchilik xabardor. Hodisani yaxshiroq anglash uchun esa bizga suratlar yordam beradi. «Bugun suratlari» ruknining bu galgi sonini oʻsha voqealarga bagʻishlaymiz. Manhettenda joylashgan mashhur egizak binolarga terrorchilar tomonidan garovga olingan bir nechta samolyot kelib urilishi oqibatida ikki bino ham qulab tushgan. Voqea sodir boʻlgan paytda AQSh prezidenti Jorj Bush Floridadagi maktablardan birida edi. Unga voqea haqidagi xabarni Endi Kard yetkazmoqda. Hodisa oqibatida 3000 nafarga yaqin odam halok boʻldi. Shu kuni Nyu Yorkda boʻlgan Hyug Boren voqeani tarixga muhrlab qoʻygan edi. Samolyotlar binoga kelib urilganidan keyin bir necha kishi oʻzini pastga tashlagan. Bruklin koʻprigi orqali Manhettenni tark etayogan aholi. Portlashlarning boshqa nuqtadan koʻrinishi. Bruklin koʻprigi orqali Manhettenni tark etayogan aholi. Egizak binolarning qulab tushishi oqibatida butun Manhettenni chang toʻzon qoplab oldi. Sarosimaga tushgan odamlar voqea joyidan qochishga harakat qilmoqda. «AP» jurnalisti Gulnora Smoilova olgan surat. Manhetten. Ushbu suratdagi ayol tom ma‘nodagi oʻsha kunning baxtli kishilaridan biridir. Qulagan binolar ichida ishlaydigan Mersi Borders bino qulab tushishidan biroz oldin uni tark etishga muyassar boʻlgan. Halokat joyi yaqinidan oʻtib ketayotgan mana bu kishi esa nimalar yuz berganini tasavvuriga ham sigʻdira olmagan boʻlsa kerak. Oʻlimdan baxtli tasodif tufayligina qutilib qolgan Edvard Fayn. U liftga ulgurmay qolgani uchun binodan chiqib ketishga ulgurgan. Bir necha soniyada hamma narsa hal boʻlib ketishi mumkin edi. Oʻlimdan qutilib qolgan yana bir ayol Donna Spera. Amerikalik qutqaruvchilar vayronalar uzra mamlakat bayrogʻini oʻrnatmoqda. Shu kuni «NBC» telekanaliga intervyu bergan Donald Tramp hodisadan chuqur qaygʻuda ekanini bayon etgan. Jurnalistning egizak binolardan bir necha metr uzoqlikda joylashgan Trampga tegishli binoning qanchalik zararlangani haqidagi savoliga u shunday javob bergan: «Manhettendagi eng baland bino menga tegishli edi. Keyin egizak binolarni qurishdi. Endi yana mening binoyim eng baland bino boʻldi». Portlashdan zarar koʻrgan binolar oldida turgan qutqaruvchi. Hodisa oqibatlarini bartaraf etishda qatnashayotgan qutqaruvchilar. Voqeadan bir necha kun oʻtgan boʻlsa-da, hududdan chang koʻtarilishi toʻxtamagan edi. 14 sentyabr 2001 yil Manhetten. Hodisaning 10 yilligi munosabati bilan yoqilgan chiroqlar. 2011 yil 11 sentyabr. Hodisaning 20 yilligi munosabati bilan yoqilgan chiroqlar.
70
2,683
Foto
Fotogalereya: Hayvonlarning ko‘pchilik ko‘rmagan yoqimtoy bolalari
AdMe hayvonlarning biri-biridan ajoyib mitti bolalari tasvirlangan suratlarni to‘plab taqdim etdi. Yalqov Oq ayiq O‘rdakburun Surikat Koala Lochin Qizil panda Ulkan chumolixo‘r Zirhli sut emizuvchi Pudu bug‘usi Tipratikanlar
66
234
Foto
Fotogalereya: 99% rejalashtirilgan narsa amalga oshmaydi
Ba’zan bir narsani rejalashtiramiz-u, ammo hammasi teskarisiga ketadi. Muhimi mana shunday holatlarda yumor hissi va xotirjamlikni yo‘qotmaslik kerak. AdMe mana shunday suratlarni taqdim etdi. Patrul uchun uzoq vaqtdan beri kutilgan elektr transport vositalarini qabul qilgan militsionerlarning yuz ifodasi Yarim soniyaga kechikib javob bergani uchun mana bu ayol jekpot yutib ololmadi “Uyimni ta’mirlatyapman. Usta yashil qog‘ozni sochiq quritgichni o‘rnatadigan joyga yopishtirishimni so‘ragan edi” “Bugun dastlabki sayohatimni boshlashga qaror qildim... Va mashinaga qaytib bordim” Shokoladli pirog deyarli o‘xshadi “‘Apple’ning ‘zamonaviy’ sichqonchasini sotib oldim. O‘ng tarafida bosadigan joyi yo‘q ekan. G‘ildiragini ham aylantirishning iloji yo‘q” “Qishda yuzimni issiq saqlash uchun soqol o‘stirgan edim” “Men bu lahzani 14 yil kutgan edim... va uni o‘tkazib yubordim” “Maktabimdagi javonga ryukzagim sig‘maydi” “Kiyimlarni yuvishdan oldin cho‘ntagini yaxshilab tekshiring” “Qiziq, nega kerakli matnni sira rasmga olishning iloji bo‘lmayapti” “Universitet oshxonasi oddiy stakanlarini mana shu konusga almashtiribdi. Endi ovqatlanish payti suvni qo‘lda ko‘tarib turish kerak” “Jalyuzini tezda changyutgich bilan tozalamoqchi edim”
56
1,252
Foto
Fotogalereya: Kishilarni hayratga sola oladigan suratlar
Bugungi kunda odamlarni hayratlantirish qiyin bo‘lsa ham, bu ishni eplay oladigan narsalar va odamlar topiladi. AdMe ana shunday narsalar va odamlarga e’tibor qaratdi.
56
167
Foto
Shaxmat oʻynayotgan muslimalar, bayroq tarqatayotgan “Tolibon”, Kaliforniyadagi oʻrmon yongʻinlari — 26 avgust suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz. Buyuk britaniyalik Tulli Kirney Yaponiya poytaxti Tokioda oʻtayotgan Paralampiya oʻyinlarida 100 metrga erkin usulda suzish boʻyicha oltin medalni qoʻlga kiritdi. Buyuk Britaniyadagi kitob festivalida qatnashayotganlar joylashgan chodirlar maydoni. Gʻazoda falastinlik namoyishchilar va jurnalistlar Isroil askarlari tomonidan oʻqqa tutilmoqda. Sofi Duglas katta kaleydoskopda suratga tushmoqda. Braziliyaning tub yerli xalqi hukumatga qarshi oʻz huquqlari va hududlarining himoya etilishini soʻrab, norozilik namoyishi oʻtkazmoqda. Fransiyalik rassom Giyom Legros Shveysariya togʻlarida oʻzining «Yangi nafas» deb nomlangan freskasini namoyish qildi. Hindistonning Kalkutta shahrida uysizlar Ona Terezaning tavallud kuni munosabati bilan ehson tarqatilishini kutib, navbatga turmoqda. Kobul aeroportida AQSh harbiy samolyotiga chiqayotgan afgʻonistonlik oila. Yamanning Sana shahrida ayollar oʻrtasidagi shaxmat musobaqasi boʻlib oʻtdi. Kobuldagi boʻshatilgan AQSh elchixonasi oldida «Tolibon» askari aholiga harakat bayrogʻini tarqatmoqda. AQShning Kaliforniya shtatida hamon oʻrmon yongʻinlari davom etmoqda. Yongʻinlardan aholi va hayvonot olami jabr chekmoqda. AQShning Kaliforniya shtatida hamon oʻrmon yongʻinlari davom etmoqda. Yongʻinlardan aholi va hayvonot olami jabr chekmoqda.
120
1,350
Foto
Indoneziyalik ayollarning 53 yoshda ham 35 yoshdagidek ko‘rinishining siri nimada?
Har bir xalqning o‘ziga xos yosh ko‘rinish siri bo‘ladi. Ayrim go‘zallik muolajalaridan bir necha asrlardan buyon foydalaniladi. Indoneziyalik 53 yashar ayollarning 35 yosh ko‘rinishi buning isboti. Guruchdan tayyorlangan undan foydalanadi Indoneziyalik ayollar guruch unidan terisi uchun niqob tayyorlaydi. Tana uchun maydalangan guruch, zanjabil, yong‘oq, dolchindan tayyorlangan aralashmadan foydalanadi. Maydalangan bu kabi mahsulotlardan tayyorlangan skrab teri uchun ayni muddao. Teridagi burmalarni hosil bo‘lishining oldini oladi Balilik ayollar boshidan tortib oyog'igacha tanasi haqida qayg‘urishga harakat qiladi. Ularning fikricha, teridagi burmalarni yo‘q qilishdan ko‘ra, ularning paydo bo‘lishining oldini olgan yaxshi. Balida eng ko‘p tarqalgan muolajalardan biri qorin uchun niqob qilish. Buning uchun ular guruch va zanjabil ildizidan foydalanadi. Bu mahsulotlar teri elastikligini oshiradi. Aksariyat hollarda ayollar tug‘ruqdan keyin shunday aralashmadan qorin sohasiga surtib, massaj qiladi. Papayya va uning urug‘i Indoneziyalik ayollar sut va papayyadan pyure qilib, uni yaltirashi uchun yuz terisiga surtadi. Sochlar qalin va yaltiroq ko‘rinishi uchun papayya urug‘i suv bilan aralashtiriladi. Aralashmani boshga surtib, bir soatdan keyin yuvib tashlanadi. Ushbu muolaja soch rangini o‘ziga xos va jilokor qiladi. Echki sutidan vanna Bunday muolaja terini yosh va go‘zal saqlashga yordam beradi. 30 daqiqalik jarayondan keyin natija darhol seziladi. Kremlardan o‘ziga xos tarzda foydalanish Avvaliga sochlarga avokadoli niqob surtiladi, keyin bug‘da tutib turiladi. Shundan keyin bosh terisi, yelka va bo‘yin sohasi massaj qilinadi. Jarayon boshni yuvish va sochni fen qilish bilan tugaydi. Haftada ikki marta massaj Indoneziyada massaj yoshlik va go‘zalligini saqlashni istaganlar uchun eng asosiy muolaja hisoblanadi. Zamonaviy brendlardan biri Nonita Respatining aytishicha, u amal qiladigan alohida go‘zallik muolajalari bor. Manikyur va pedikyurdan tashqari, u har kuni yuzi va sochi uchun parvarishlaydigan niqob qiladi. Haftada ikki marta massajga boradi. Hayotdan mamnunlik Indoneziyadagi eng mashhur blogerlardan biri Puspa Devi 53 yosh bo‘lsa ham 35 yashardek ko‘rinadi. Baxtiyorlik unga ichki va tashqi go‘zallikni saqlashga yordam beradi.
82
2,280
Foto
“Toshkent tez orada mamlakatning eng yaxshi shahriga aylanadi!”. 50 yil avvalgi vayronkor zilziladan fotoreportaj
Bundan roppa-rosa ellik yil avval — 1966-yil 26-aprel kuni tong soat 5:23 da Toshkent tarixidagi eng vayronkor zilzilalardan biri yuz bergan edi. Zilzila epitsentri Qashqar va Labzak mahallalari o‘rnida bo‘lib, vertikal zarblar kuchining magnitudasi 5,3 ga teng, silkinish 8 balldan ziyod bo‘lgan. Zilzila 10—12 soniya davom etgan. O‘sha yili 10-mayga o‘tar kechasi, 24-may, 5-iyun kunlari ham kuchli (6—7 balli) yer silkinishlari takrorlangan. Zilzila natijasida 2 million kvadrat metrdan ziyod turar joy, 236 ma’muriy bino, 180 ga yaqin o‘quv yurti, 185 tibbiyot va 245 sanoat korxonasi binolari zarar ko‘rgan. Yerosti silkinishlari natijasida 78 ming kishi boshpanasiz qolgan, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 8 kishi halok bo‘lgan. Zilziladan keyingi kundayoq shahar ko‘chalari va maydonlarida chodir-shaharlar paydo bo‘ldi, suv va elektr ta’minoti uzluksizligi ta’minlandi va shu sababli ham xavfli epidemiyalar tarqalishi oldi olindi. Qayd etishlaricha, vayronagarchilik kunlarida shaharda biror marta talovchilik (marodyorlik) harakatlari qayd etilmagan. Qariyb 15 ming oila o‘z xohishiga ko‘ra O‘zbekistonning va sobiq Ittifoqning boshqa shaharlariga ko‘chirilgan. Toshkent 3,5 yil ichida qariyb qayta qurildi — shahar chekkalarida yangi turar joy mavzelari qad rostladi, butun boshli yangi bir tuman shaharga qo‘shildi. Toshkentda keyin ham bir necha bor kuchli zilzilalar yuz berdi, biroq 1966-yilgi qimmatli saboq keng miqyosli vayronagarchiliklar va qurbonlarning oldini olish imkonini berdi.
113
1,509
Foto
O‘z yuzida optik illyuziyalar yaratadigan koreyalik pardoz ustasi internetda shuhrat qozondi (foto)
Internetda seullik 22 yoshli pardoz ustasi Tain Yun mashhurlikka erishdi. Qiz akvagrim yordamida o‘z yuzi va qo‘llarida optik illyuziyalar yarata oladi, deb xabar bermoqda TJournal. Yun Koreya milliy san’atlar universiteti talabasi bo‘lib, uning Instagram’dagi sahifasiga 23 mingdan ziyod foydalanuvchi obuna bo‘lgan. U sahifasida fotoshopsiz yaratilgan ishlarini chop etib boradi. Uning ijodiga Daily Mail e’tibor qaratdi va eng diqqatga sazovor fotosuratlar jamlanmasini taqdim etdi.
99
486
Foto
Dunyo go‘zalligini ko‘rsatib beruvchi 2015-yilning 13 ta surati (foto)
Dekabr oyida Flickr fotoxostingi resursga joriy yilda joylangan eng yaxshi suratlarni namoyish etdi, deb yozadi Travel Ask. G‘oliblarni aniqlash uchun servis fotosuratning necha marta ko‘rilgani, “saralanganlar”ga qo‘shilgani va boshqa ko‘rsatkichlarni hisobga oldi. Nashr ular orasidan o‘tayotgan yilda dunyo qanchalik hayratlanarli va go‘zal bo‘lganini aks ettiruvchi 13 ta suratni tanlab oldi.
70
396
Foto
Fotogalereya: Dunyodagi eng go‘zal arab qirolichalari
Arab malikalarining hayoti hamisha omma uchun qiziq mavzu bo‘lib kelgan. Biroq aksariyat arab qirolichalari sharq ayollari haqida o‘tmishdan saqlanib qolgan qarashlarni o‘zgartirgan holda hayot kechirmoqda. Ular o‘zining nafaqat go‘zalligi, balki faoliyati bilan butun dunyoga mashhur bo‘lgan arab qirolichalari hisoblanadi. Raniya 1970-yilda oddiy oilada dunyoga kelgan. Uning turmush o‘rtog‘i Abdulloh II bilan qirolning qarindoshlariga tegishli bo‘lgan bir firmada ishlash uchun kelganida tanishib qolgan. Sevishganlar 1993-yilda oila qurdi. Turmush o‘rtog‘i Iordaniya taxtini egallagach, u ham 29 yoshida qirolicha deb tan olingan. Hozir ularning to‘rt nafar farzandi bor. Raniya ayollarning huquqlarini himoya qiluvchi dunyodagi eng mashhur va go‘zal qirolicha hisoblanadi. U ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish huquqiga ham ega. Instagram tarmog‘ida 5 milliondan ortiq foydalanuvchi uning postlarini kuzatib boradi. Hayya 1974-yilda Iordaniya qirollik oilasida tavallud topgan. U ot sport bilan shug‘ullanib, hatto jahon chempionatida ham ishtirok etgan. Iordaniya malikasi ayni paytda Dubay shayxi Muhammad ibn Roshidning eng yosh xotinidir. Ularning 2 nafar farzandi bor. Malika Amira al-Tavil 1983-yilda tavallud topgan. U 18 yoshida sobiq Saudiya Arabistoni qirolining jiyani shahzoda al-Valid ibn Talalga turmushga chiqqan. Amira bo‘lajak turmush o‘rtog‘i bilan talabaligida, jurnalistlik topshirig‘ini bajarayotganda tanishib qolgan. U oilali bo‘lgandan keyin ham o‘z qiziqishlarini tashlab qo‘ymadi, xayriya ishlari bilan faol shug‘ullana boshladi. Ochlik, qashshoqlik bilan kurashishdan, Sharq ayolining haq-huquqlarini himoya qilishdan charchamadi. Bundan tashqari Amira  jamoat joylarida an’anaviy arab ayollari kiyadigan hijobni rad etgan ilk malikalardan biridir. Uning mashina haydashi ham qirollik oilasiga yoqmagan. Shu sababli Amira 2013-yilda shahzoda bilan ajrashgan. Biroq arab xalqi uni hamon Saudiya Arabiston malikasi deb hisoblaydi. Saudiya Arabistonining malikasi Fotima  Malika haqida negadir ko‘p ma’lumotlar sir tutiladi. Fotima Saudiya Arabistonining so‘nggi podshohi Abdullohning xotinidir. Fotima an’anaviy sharq kiyimlarini kiyib, boshqa malikalar kabi mamlakatning ijtimoiy hayotida qatnashmaydi. Turmush o‘rtog‘ining hayoti davomida o‘ttizdan ziyod xotini va 40 nafar farzandi bo‘lgan. Qur’oni Karimda faqat 4 nafar xotinga ega bo‘lishi mumkinligi bois, podshoh ajralish institutini faol qo‘llamoqda. Nur 1951-yilda AQShda tug‘ilgan. U turmush o‘rtog‘i bo‘lgan Iordaniya qiroli Xusayn Ibn Talal uchun Islom dinini qabul qildi va Amerika fuqaroligidan voz kechdi. Ular 1978-yilda oila qurishgan. Er-xotinlar 20 yil davomida baxtli hayot kechirgan. Qirol jiddiy kasallikdan vafot etgandan so‘ng, uning o‘g‘li Abdulloh II taxtni egallagan.
53
2,778
Foto
Xunuk qahramonlar stilistlar yordamida haqiqiy malikalarga aylangani aks ettirilgan filmlar (foto)
Serial va filmlardagi oddiy kotiba, a’lochi o‘quvchi yoki josus qiz obrazining o‘zgarishi muxlislar uchun hamisha qiziq. Syujet davomida ko‘zoynaklarning linzaga almashtirilishi, soch turmagi o‘zgartirilishi tomoshabinlarning ekran qarshisiga mixlanishiga sabab bo‘ladi. E’tiboringizga mashhur aktrisalar tomonidan ijro qilingan va ularning ko‘rinishi avvalgisidan farq qilishi uchun katta jamoa ishlashiga to‘g‘ri kelgan film qahramonlari suratini taqim qilamiz. “Sobiq sevgilim” (2006) Syujetga ko‘ra, Uma Turman ijrosidagi qahramon filmda ikki xil obrazda namoyon bo‘ladi. Oddiy va yoqimtoy ayol Jenni Jonson rolini ijro qilganida qora parik, ko‘zoynak taqadi. Ammo Turman superqahramonga aylanishi bilan hammasi o‘zgaradi. “Prada ko‘targan iblis ” (2006) Moda olami bilan bog‘liq sohada ishlagani sabab Endi Saks garderobidagi liboslarni tubdan yangilaydi, ozadi (Enn Xeteuey ushbu rol uchun deyarli 4,5 kilo semirishiga to‘g‘ri kelgan, keyin esa ozgan). Kostyumlar bo‘yicha rassom Patrisiya Fild ko‘rimsiz Endini o‘zgartirish uchun ancha ter to‘kishiga to‘g‘ri kelgan. Fild va Enn bosh qahramon Endi Saks Chanel kostyumini kiyishi kerak ekanligini tushunib yetgan. Brend ham bunday hamkorlikka bajonidil rozilik bergan. “Muhabbat sharobi” (1992) Sandra Bullok ushbu filmda ko‘rimsiz laborant qiz obrazini gavdalantirishdan cho‘chimagan. Yulduzning mazkur roldagi tashqi ko‘rinishi uchun kostyum rassomi va pardozchilarning qattiq ishlashiga to‘g‘ri kelgan. Qahramon qiz didsiz kiyim va katta ko‘zoynak taqadi, sochlari ham shunga yarasha ko‘rinishda bo‘ladi. Bundan tashqari, Sandraning yoqimli kulgisini yashirish uchun tish protezidan ham foydalanilgan. “Oqsoch” (2011) Skiter yoqtirgan yigitida yaxshi taassurot qoldirish uchun hamisha jingalak sochlarini tekislab yuradi. Ammo film so‘ngida o‘zini boricha qabul qilishga o‘rganadi va tabiiy go‘zalligiga urg‘u beradi. “Yunoncha to‘y” (2002) Tula ismli qahramonning otasi qizini turmushga berishni istaydi. Ammo qiz bundan ko‘proq narsaga erishishni xohlaydi va kunlardan bir kun hayotini o‘z nazoratiga olishi kerakligini tushunib yetadi. Yangi ish topadi, o‘zligini qidira boshlaydi va tashqi ko‘rinishiga ham o‘zgartirish kiritadi. “Go‘zallar” (1998) Fransuz aktrisasi Jyudit Godresh mazkur filmda sipo olima qiz rolini ijro qiladi. Uning hayoti Aleks ismli go‘zal qizni uchratganidan keyin o‘zgarib ketadi. “Briolin” (1978) Filmda Sendi ismli qiz tashqi ko‘rinishi va kiyinish uslubini butkul o‘zgartirishga qaror qiladi. Pushti ko‘ylaklarini qora charm shimga almashtiradi va shunga yarasha ko‘rinishga ega bo‘ladi. “Мening go‘zal xonimim” (1964) Mazkur filmda Odri ijrosidagi gulchi qizni kibor xonimga aylantirish uchun pardozchilar jamoasi va aktrisaning o‘zi ham yaxshigina ishlashiga to‘g‘ri kelgan. “Betmenning qaytishi” (1992) Film syujetiga ko‘ra, Selina Kayl ismli kotiba labini qirmizi rangga bo‘yaydigan va soch turmagi o‘ziga yarashgan ayolga aylanadi. “Ishbilarmon ayol” (1988) Aqlli va yuqori marralarni ko‘zlaydigan Tess kotiba bo‘lib ishlaydi va rahbar lavozimini egallashni orzu qiladi. Ammo bunday pozitsiyada o‘ziga xos ko‘rinish kerakligini tushunib yetgan qahramon imijini o‘zgartirishga qaror qiladi. “Esankirash” (1958) Alfred Xichkokning trillerida Kim Novak Judi ismli qahramon qiz rolini ijro qiladi. Unda yorqin makiyaj qilib yuradigan, olifta qiz bora-bora kiyinish uslubi va pardozini o‘zgartiradi.
98
3,401
Foto
Haqiqiy yoshini faqat pasportga qarab bilish mumkin bo‘lgan qarimaydigan insonlar (foto)
Albatta, har qanday inson uzoq umr ko‘rishni va shu bilan birga, abadiy yosh bo‘lib qolishni xohlaydi. Ayrimlar esa buning uchun qo‘ldan kelgancha harakat qiladi. Ularning chindan ham maqsadiga erishganini quyidagi suratlar orqali ko‘rish mumkin. “60 yoshli xolamning tasodifiy surati”. “Uch kundan keyin tug‘ilgan kunimni nishonlayman, 49 yoshdaman”. “Bugun bobom 98 yoshni qarshi oldi. Uning ko‘rinishiga qarab hattoki 70 yoshni ham berib bo‘lmaydi”. “Onam 1998-yildan buyon bir yoshga ham qarimagan”. “Onam 30 yoshga to‘lganim munosabati bilan Teylor Svift surati tushirilgan ajoyib tort sovg‘a qildi”. “Men 65 yoshdaman, sochlarim esa tabiiy”. “Turmush o‘rtog‘im vampir. Chap tomonda bitiruv kechasidagi surat. O‘ng tomondagi suratda esa 20 yildan keyin ham o‘sha libosda”. “Buvim 92 yoshda, chap tomonda esa onam. Buvim hayotim davomida suyanchim bo‘ldi”. “Inson harakat qilsa, 53 yoshda ham shunday ko‘rinishda bo‘lishi mumkin”. Suratda ayol, o‘g‘li va nabirasi. View this post on Instagram Avval qizga, keyin tort ustida shamlarga qarang. “23 yoshga qaraganda 35 yoshda ham yaxshi ko‘rinish mumkin”. “Men va o‘ng tomonda onam”. “Tonal kremi va fotoshopsiz 38 yoshim”. Model Helena Kristensen 52 yoshda. View this post on Instagram
88
1,274
Foto
Fotogalereya: Janubiy Koreyaning butun dunyoga kerak bo‘lgan 17 ta narsasi
Har bir mamlakatga borganingizda noodatiy holatlar uchrashi tabiiy. Ammo Janubiy Koreyada sizni faqatgina yoqimli syurprizlar kutadi. Travel Ask Janubiy Koreyada inson hayotini osonlashtiradigan narsalarning suratini taqdim etadi. 2. Metroda bolalar uchun alohida kirish joyi mavjud 3. Bolalar uchun alohida unitaz mavjud 4. Yomg‘ir yog‘ganda va quyosh charaqlab turganda, ko‘chalarda ulkan soyabonlar ochiladi 5. Chips va shunga o‘xshash yeguliklar iste’mol qilayotganda qo‘llaringiz yog‘ bo‘lmaydi 6. Janubiy Koreyada bir qancha aholi uyining yonida savdo rastalarini ochib qo‘ygan. Lekin kuni bo‘yi rastaning yonida o‘tirmaydi. Xaridorlar o‘zlariga kerakli narsani olib, pulini pochta qutisiga solib ketadi. 7. Kulerdan suv olayotganda plastik stakan o‘rniga maxsus qog‘oz stakan ishlatiladi 8. Katta do‘konlarda kichik uy hayvonlarini vaqtincha qoldirish uchun maxsus kataklar tashkil qilingan 9. Ko‘p qavatli avtoturargohlar joyni tejaydi 10. Ayollar uchun maxsus avtoturargoh. Ular odatdagidan kengroq va binoning chiqish yo‘lagiga yaqin 11. Hojatxonalarda bo‘sh xonalarni ko‘rsatuvchi tablo mavjud 12. Ba’zi restoranlar mijozlarning tishi haqida qayg‘uradi. Bunday restoranlarning qo‘l yuvish xonalarida bir martalik tish chotka, pasta va og‘iz bo‘shlig‘i uchun maxsus suyuqlik bor 13. Sovuq kunlarda daraxt ildizi va poyasi issiq qilib o‘rab qo‘yiladi 14. Poyezdlarda zerikib qolmaslik uchun 1 kishilik karaoke xonalari tashkil etilgan 15. Kir yuvish mashinalari kafening o‘zida ishlaydi. Siz kiyimlaringiz toza bo‘lgunicha qahva ichib turasiz 16. Mizg‘ib olishni yoqtiradiganlar uchun avtobus oynalariga maxsus yostiqlar o‘rnatilgan 17. Aravacha uchun maxsus joy
74
1,688
Foto
AQSh birinchi xonimining 10 ta bashang libosi (fotogalereya)
Bir oy avval Donald Tramp AQSh prezidenti lavozimiga kirishdi. Birinchi xonimning inauguratsiya marosimidagi tashqi qiyofasi jahon hamjamiyatini qoyil qoldirdi. Melanyaning yopiq havorang ko‘ylagini Oq uyning butun tarixi davomidagi eng bashang birinchi xonim deb hisoblangan Jaklin Kennedining libosiga qiyoslashdi. “AiF” Melanya Tramp turmush o‘rtog‘ining prezidentlik davrining birinchi oyi davomida omma oldida kiyib chiqqan boshqa liboslarini ham baholashni taklif qildi.
60
476
Foto
Yulduzlar va farzandlarining bir xil yoshda tushgan rasmlari (foto)
Mashhur yulduzlarning farzandlari ko‘p hollarda ota-onalarining izidan ketadi. Ular ota-onasidan nafaqat tashqi ko‘rinishi, balki iste’dodini ham meros qilib oladi. AdMe mana shunday yulduzlar va ularning farzandlarini aynan bir xil yoshda tushgan rasmlarini taqdim etdi.
67
271
Foto
Samolyotlar uchmaydigan, poyezd ham yurmaydigan mamlakat – Lixtenshteyn haqida 20 ta fakt (foto)
Dunyodagi eng kichik va boy mamlakatlardan biri – Lixtenshteyndir. Uning aholisi Tesla elektromobillarda yurishni va organik mahsulotlar iste’mol qilishni afzal ko‘radi. Mamlakat shahzodasi esa o‘z puliga yo‘l quradi va barchani nonushtaga taklif qiladi.
96
254
Foto
Tasavvuri boy odamlar tomonidan kadrga muhrlangan suratlar
Tasavvuri bor odamlar hech qachon zerikishmaydi — ular oddiy narsa va hodisalarda ham boshqalar payqamagan o‘ziga xos narsalarni ko‘ra oladi. “Qorong‘i xonaga kirib, devordagi tasvirni ko‘rdim. Sizningcha, bu nima?” “Muzlatkichga qarasangiz, xushchaqchaq qiyofaga ko‘zingiz tushadi” Ko‘zimga ko‘rindi “Uchishga tayyorman” Har kuni kuzatishi yetmagandek, jilmayadi ham. Samodagi Pegas Qaysidir qushni yodga solyapti... “Bulutlar va oy dahshatli yuzga o‘xshaydi” “Seni qara-yu” “Kuchugim va uning yangi oyoqlari” Soya ham o‘z hayotini yashayotgan holat “Xonaga kirsang-u, to‘satdan...” Bak ostidagi nam joy uni havoda muallaq turgandek ko‘rsatmoqda Mushuklar ham dahshatli filmlar kabi qo‘rqitishi mumkin “Uzun it” “Kuchuk-xonim?” “Oymi yoki Saturn?” “Yangi superqahramon — Sariq odam” Kompyuter ekranidan chiqib kelayotgan mushuk
58
846