folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Foto
Iroqdagi parlament saylovlari, raqibini qulatgan Tayson, Italiyadagi namoyishlar — 10 oktyabr suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz. Xitoyning Shinjon-Uygʻur (Sharqiy Turkiston) viloyatida tayyorlov maktabida oʻqiyotgan qizlar. Italiyada vaksina va sanitar pasportga qarshi boʻlganlar koʻchalarda barrikadalar oʻrnatib namoyish qilmoqda. Iroqlik ayol parlament saylovlari kuni saylov uchastkasida ovoz berish uchun navbat kutmoqda. Ispaniyaning Palma orolida vulqon otilishi hamon davom etmoqda. Buyuk Britaniyalik bokschi Tayson Fyuri Las Vegasda boʻlib oʻtgan jangda raqibi Deontay Uaylderni nokdaunga uchratdi. Amerikalik qoʻshiqchi Billi Aylish Ostin shahridagi musiqa festivalida chiqish qilmoqda. Buyuk Britaniyadagi kurka fermasidagi kurkalar. Italiya qirgʻoqlaridagi yelkanli kemalar. Buyuk Britaniyaning eng katta yarmarkasi boʻlmish Hull yarmarkasi oʻtgan yili bekor qilinganidan keyin qayta ochilmoqda.
103
841
Foto
Fotogalereya: Gollivudning 50 dan oshgan, lekin yosh ko‘rinuvchi yulduzlari
Ularning aksariyatini dunyoning barcha aholisi, ayniqsa ayollar juda yaxshi taniydi. Aktyorlik faoliyatini boshlayotganlarning barchasi ularning ko‘p yillik va yorqin ijodiga havas qiladi. Ular esa, aftidan erishgan yutuqlari bilan cheklanib qolmay, nafaqat yangi filmlardagi rollari bilan, balki tashqi ko‘rinishlari bilan ham xursand qilishda davom etmoqda. Ular 50 dan oshgan bo‘lsa ham qanday qilib yosh ko‘rinishga erishgani sirligicha qolmoqda. AdMe.ru shunday kinoaktyorlarning ayrimlarini to‘pladi. Dilan Makdermott Vin Dizel Ouen Uilson Jeymi Foks Deyv Batista Kianu Rivz Jeyson Beytman Rob Lou Ben Stiller Xyu Jekman Mark Ruffalo Lenni Kravits Sem Rokuell Patrik Dempsi Uill Smit Kayl Chendler
75
718
Foto
Shaolin monastir rohiblarining hayrat va qo‘rquv uyg‘otuvchi g‘ayriinsoniy qobiliyatlari (foto)
Xitoyning Sunshan shahridagi afsonaviy Shaolin monastiri ko‘plab afsonalar va tarixiy voqealar bilan bog‘liq. Bir hindu rohib tomonidan 495-yilda tashkil etilgan monastir bir vaqtning o‘zida hayrat va qo‘rquv uyg‘otuvchi xitoy madaniyatining muhim qismiga aylangan. Travel Ask uning suratlarini taqdim etdi. Sayyohlar bu yerga diniy jang san’ati bilan tanishish va rohiblarning hayotini tomosha qilish uchun keladi. Monastirda Chan buddizmi targ‘ib qilinadi. Unga ko‘ra, chin dildan e’tiqod qiluvchi har qanday odamning qalb ko‘zi ochiladi. Ruhimiz va tanamizni tarbiyalash orqali biz haqiqatning boshqa ko‘rinishini qo‘lga kiritamiz, dunyodagi o‘rnimizni anglaymiz va ichki muvozanatga erishamiz. Aynan mana shu Chan buddizmi ta’limining asosiy maqsadi hisoblanadi. Shaolin jangchilarining g‘ayriinsoniy qobiliyatlari ham aynan shu orqali tushuntiriladi.
95
858
Foto
Filipp Kirkorov Disneylendda (foto)
Xonanda Filipp Kirkorov Disneylendda tushgan rasmlarini o‘zining Instagram sahifasida joylagan. Bu haqda Forum Daily xabar qildi. Rasmda xonanda qizil brend futbolkada, qora ishtonda va oq paypoqda turibdi. Ishtonning uchi paypoqqa kirgizilgan. Oyog‘iga esa shippak kiygan. Xonanda rasmga “Kayfiyat rangi - hayot!” deya izoh qoldirgan. Muxlislar esa bunga javoban “Kayfiyat rangi — slans-shippakdagi paypoq” deb yozishgan. Kirkorovning Amerikadagi ta’til taassurotlari fotolarda aks etgan
35
489
Foto
Fotogalereya: O‘zgacha hayrat uyg‘otuvchi suratlar
Ba’zan kishilarni hayratga solish qiyindek tuyuladi, biroq shunday narsalar borki, ularni ko‘rib hayratga tushmaslikning iloji yo‘q, AdMe ana shunday narsalardan iborat jamlanmani taqdim etdi.
50
192
Foto
Fotogalereya: Tarixni yaxshiroq tushunishga yordam beradigan arxeologik topilmalar
Junglidagi tashlandiq ibodatxona yoki piramidadagi sirli xonani topish juda ajoyib, biroq aksariyat topilmalar bunday yirik bo‘lmaydi. Ba’zan kichkina topilmalar ham insoniyat tarixidagi katta bo‘shliqlarni to‘ldirishga yordam beradi. AdMe ana shunday topilmalarga e’tibor qaratdi. Antik davr klassik matnlariga asosan, Sezar Senat majlislari o‘tkazilgan Popey binosining kuriyasida fitnachilar tomonidan o‘ldirilgan. 2012-yilda ispaniyalik arxeolog Antonio Monterroso Sezar o‘ldirilgan aniq joyni topdi. Tadqiqiotchilar imperator Oktavian tomonidan Sezar o‘ldirilgan vaqtda taxtda o‘tirgan joyiga o‘rnatilgan beton plitani topgan. 2013-yilda rossiyalik tadqiqotchilar Sibirning shimoliy qirg‘og‘idagi orolda urg‘ochi mamontning ko‘krak qismini topgan. Unda yumshoq to‘qimalar va hatto suyuq qon saqlanib qolgan edi. Bu mamontning genini o‘rganishda jiddiy turtki bo‘ldi. 2018-yilda arxeolog Eylat Mazar Isroilda miloddan avvalfi VII asrda yashagan Iso payg‘ambarning muhri topilgani haqida ilmiy maqola chop etdi. Muhrning singanligi sababli aynan Iso payg‘ambarga tegishli ekanligi yuzasidan bahslar boshlangan. Rimda 2017-yil metroning yangi yo‘nalishini qurish vaqtida 2,3 ming yil avval qurilgan qadimgi akveduk qoldiqlariga duch kelindi. Akveduk shahar aholisini kuniga 73 ming kub metr suv bilan ta’minlagan. U vulqon birikmalaridan iborat blokdan qurilgan va uzunligi 16,5 kilometrni tashkil qilgan. Yangi zelandiyalik olimlar Antarktikaga amalga oshirilgan ekspeditsiyalardan birida Huntley & Palmers qandolat firmasining mevali keksini topdi. Tadiqiqotchilar fikricha, u 1912—1913-yillarda amalga oshirilgan Buyuk Britaniya ekspeditsiyasining zaxirasi tarkibiga kirgan. Ko‘rinishdan yeyish mumkinga o‘xshasa ham, olimlar bunday tavakkalga bormagan. Pompeyda shahar qoldiqlarida olib borilgan qazilmalar chog‘ida mutaxassislar shahar devorining yaqinida otning qoldiqlarini topdi. U miloddan avvalgi 79-yilda Vezuviy vulqoni otilgan vaqtda o‘lgan va vulqon qatlami ostida qariyb ikki ming yil yotgan.
82
2,014
Foto
Foto: Prezidentlarning mashhurlikda otalaridan qolishmaydigan qizlari
Aksariyat hollarda mashhurlarning farzandlari o‘z ota-onasining soyasida qolib ketadi. “Nur.kz” prezidentlarning mashhurlikda o‘z otalaridan qolishmaydigan qizlari haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi. Darig‘a Nazarboyeva Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning uch nafar qizi bor, biroq ular orasida eng mashhuri — Darig‘a va Aliya. Darig‘a Nazarboyeva faol va muvaffaqiyatli ravishda siyosiy karyerasini qurmoqda, yaqinda u mamlakatdagi eng obro‘li ayollar reytingining yetakchisiga aylandi. 2016-yilning 15-sentabrida Qozog‘iston parlamentiga senator sifatida saylangan edi. Aliya Shagiyeva Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayevning qizi Aliya rassomchilik bilan shug‘ullanadi. “Men ozod bo‘lish va boshqalarni ham bunga chorlashni istayman”, — deb yozadi prezidentning qizi o‘zining Facebook’dagi sahifasida. Uning suratlari va postlari Qirg‘iziston va xorij OAVlarida bir necha bor shov-shuvlarga sabab bo‘lgan. Shuningdek, Aliya xayriya ishlari bilan ham shug‘ullanadi. Ozoda Rahmon Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning qizi AQShda tahsil olgan. Jorjtaun va Merilend universitetlarini tamomlagan Ozoda Tojikistonga qaytib, siyosiy karyerasini qurishga kirishgan. Tojikiston senati a’zosi va dunyoning eng muvaffaqiyatli 100 nafar ayollaridan biri hisoblanadi. Ayshat Qodirova Checheniston prezidenti Ramzan Qodirovning qizi o‘zining kiyimlar kolleksiyasi bilan tanilgan. O‘tgan yili turmushga chiqqan Ayshat Firdaws modalar uyining direktori hisoblanadi. Syumeye Erdo‘g‘on Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning katta qizi Esra omma oldida ko‘p ham ko‘rinish beravermaydi, biroq kichkina qizi — Syumeye mamlakatning siyosiy hayotida va otasining rasmiy uchrashuvlarida faol ishtirok etadi. Syumeye Oksford universitetini tamomlagan. Ivanka Tramp Ivanka Pensilvaniya universitetini tamomlangan va otasi Donald Trampga rasmiy uchrashuv hamda xorij safarlarida muntazam hamrohlik qiladi. Leyla Aliyeva Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning ikki nafar qizi orasida Leyla ko‘proq mashhurlikka ega. U suratlar chizadi, she’rlar yozadi, hatto bir nechta kitob ham chiqargan.
69
2,095
Foto
Fotogalereya: Suratkashlar tomonidan “yaratilgan” tungi osmonning ajoyib suratlari
AdMe fenomenal go‘zalikka ega tabiat hodisalari va ajoyib tungi peyzajlar tasvirlangan suratlarni to‘plab taqdim etdi. Somon yo‘li va momaqaymoqlar Quyosh tutilishining barcha fazalari Sprayt — koinot chaqmog‘i Bulutlar ortidagi yulduzlar Quyosh toji Somon yo‘li uzra Bulutlar qurshovidagi oy Somon yo‘li dengiz sathidan 4 kilometr balandlikdan turib kuzatilganida Quyoshning bir joydan turib, bir vaqtda, bir yil davomida olingan suratlari Shimol yog‘dusi, Islandiya Somon yo‘lining 53 ta surati bitta suratga jamlanganida Oy to‘liq tutilish vaqtida Laplandiya uzra shimol yog‘dusi
82
594
Foto
Fotogalereya: Iqtidorli ota o‘g‘lining suratlariga “jon bag‘ishladi”
Bolalar chizgan suratlardagi qahramonlar real hayotda qanday ko‘rinishda? Fotoshop dasturini mahorat bilan egallagan ota o‘g‘li chizgan suratlarni real hayotga “ko‘chirdi” va ularni ijtimoiy tarmoqqa joylab bordi, deb xabar berdi “KNews”. Yaqinda ijodkor oilaning Instagram’dagi sahifasini kuzatib boruvchilar 90 mingga yetdi.
68
326
Foto
Fotogalereya: Turli kasb egalarining ish joyidan olingan ajoyib fotolar
Hech kimga sir emaski, biz umrimizning yarmini ishda o‘tkazamiz. Albatta, bu yerda biz ko‘pgina yoqimli va kutilmagan hodisalar, kulgili vaziyatlarning guvohiga aylanamiz. AdMe ana shunday turli xil kasb egalarining ish jarayonida olingan qiziqarli va kulgili holatlarning suratlari bilan bo‘lishdi. “Men Xorvatiyadagi Wild Bears yordam markazida ko‘ngilli bo‘lib ishlayman. Faoliyatimdagi ajoyib fotosurat bilan bo‘lishmoqchiman. Do‘stimiz juda yaxshi dam olmoqda”  Yamaldagi yoz. Suratda chivinlardan himoya qiladigan maxsus kostyumda ishlaydigan smena ishchisi Buyurtmalarni qabul qiladigan xodimning oynasi yonidagi mikrofon Magistraldagi sayohatchining mashinasi O‘t o‘chiruvchi hamkasblari ko‘magi bilan sevgan qizining qo‘lini so‘radi Dengizchining ish joyidan selfi   Yovvoyi hayvonlarni himoya qilish markazi xodimi o‘z bo‘limida Va nihoyat barcha imtihonlarni topshirib, ishga kirishga tayyor bo‘lgan militsionerning sherigi
71
942
Foto
Fotogalereya: 2016-yilning eng pozitiv suratlari
2016-yil qayg‘uli hodisalar, ko‘plab yo‘qotishlarga boy bo‘ldi. Ammo odamlar yaxshilik qilishda davom etmoqda, jonzotlar esa o‘z mehri bilan hayratda qoldirmoqda. E’tiboringizga 2016-yilning eng pozitiv suratlari taqdim etiladi. Rio–2016 Olimpiadasining suvga sakrash bo‘yicha chempioni – xitoylik Sin Kay musobaqa davomida sevgilisi Xe Szining qo‘lini so‘radi. Qiz “ha” deb javob berdi Amerikalik o‘t o‘chiruvchi Aldo Gonzales Kaliforniyada bo‘lib o‘tgan yong‘in vaqtida qutqarilgan mushukchani ovqatlantirmoqda Avstraliyaning Adelaida shahrida yashovchi kishi 40 daraja issiqdan holsiz bo‘lib qolgan koalaga suv quymoqda Triatlet Alister Braunli ukasi Jonatan Braunliga finishga yetib borishga yordam bermoqda Bahorda Pragadagi hayvonot bog‘ida 82 yil deganda ilk fil bolasi dunyoga keldi. Ushbu suratda filcha 3 kunlik Myanmadagi buddaviylar monastirida monaxning yosh shogirdi kuchukchani quchoqlamoqda Nepaldagi bolalar Katmandu shahri chekkasida Dashayn festivalining oltinchi kunini nishonlamoqda. “Dashayn-ping” nomli arg‘imchoq bayram uchun barpo etilgan Gamburg (Germaniya)dagi Gagenbek hayvonot bog‘ida urg‘ochi sher Rojdestvo bayrami uchun atalgan sovg‘alarni ochishga urinmoqda Fransiyaning La-Flesh shahridagi hayvonot bog‘ida dunyoga kelgan Kenay laqabli jirafa bolasi onasi Dianini o‘pmoqda Bolakay Italiyaning Stromboli orolidagi beton konstruksiya ustida toblanmoqda Xitoylik sportchi Chjitsyan Chjun Rio–2016 Paralimpiya o‘yinlaridagi chiqishi oldidan hassalarini chetga tashlamoqda Iyul oyida Hindistonning Uttar-Pradesh shtatidagi 800 ming ko‘ngilli 24 soat ichida 50 million daraxt ekib, uch yil avval Pokiston tomonidan o‘rnatilgan rekordni yangiladi Amerikacha futbol bo‘yicha New England Patriots jamoasi vakili Martellus Bennet va uning qizi Jett Shotlandiyaning Edinburg shahri aholisi archalardan yasalgan labirintda sayr qilmoqda Amerikalik Xolli Koul laqabi Mokkas bo‘lgan kondor (o‘limtikxo‘r yirik yirtqich qush) bilan dunyoga kelganidan buyon ajralmaydi Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
48
2,174
Foto
Qachonlardir qirilib ketgan, ammo olimlar tiriltirgan hayvonlar (foto)
Yer sayyorasida juda ko‘p ajoyib jonzotlar yashaganki, ularning aksariyati turli davrlarda qirilib ketgan. Biroq genetiklar biotexnologiya taraqqiyoti natijasida mamont, dodo qushi, Steller sigiri va boshqa ko‘plab hayvonlarni qayta tiriltirish mumkinligini aniqladi, deb yozmoqda Travel Ask. Yaqin yillarda ham qirilib ketgan hayvonlarning qayta tiriltirilishi g‘aroyibot bo‘lib tuyilgan. Biroq gen injeneriyasining  bugungi kundagi rivojlanganlik darajasini hisobga oladigan bo‘lsak, tajribalar muvaffaqiyatli yakunlanishiga umid bildirish mumkin. Qirilib ketgan hayvonlarni tiriltirish uchun ularning DNK fragmenti saqlanib qolgan biror bir genetik material topilishi kerak. Bunday materiallar vazifasini ko‘pincha hayvonlarning suyak qoldiqlari, juni va terisi bajaradi. Shundan so‘ng olimlar hozirgi hayvonlar ichidan tur jihatidan yaqinini topib, undan DNK donori sifatida foydalanishadi. Shuningdek, ular yangi avlodni vujudga keltiruvchi surrogat organizm vazifasini ham o‘tab beradi. Tabiiyki, yaqin orada qirilib ketgan hayvonlarni qayta tiriltirish ehtimoli ko‘proq.  Albatta, tajribalar doim ham ijobiy natija beravermaydi. Quyida biz olimlarning bu sohada amalga oshirayotgan ishlari aks etgan suratlarni taqdim etamiz. Bug‘ular oilasining bu vakili Yevrosiyoning shimolida yashagan. 7 000 yil ilgari qirilib ketgan. Surrogat organizm sifatida oddiy Yevropa bug‘usi tanlangan. DNK fragmenti Irlandiya bug‘ularining muzlik tubidan topilgan qoldiqlaridan olingan. Ayni paytda tajriba jarayoni hali yakunlanmagan. Junli nosoroglar bundan 8-14 ming yil ilgari qirilib ketgan. Ularga eng yaqin hayvon – Sumatra nosorogi. Aynan Sumatra nosorogidan donor va surrogat sifatida foydalanish rejalashtirilgan. Olimlar junli nosoroglarning qoldiqlarini topgan. Ayni paytda loyiha homiylar yordamiga muhtojdir. 3. Pireney tog‘ echkisi Pireney echkisining Beseyt turi bu ro‘yxatda keltirilgan hayvonlar ichida qayta tug‘ilish jarayoni yakunlangan yagona jonzotdir. Oxirgi urg‘ochi vakili 2000-yili nobud bo‘lgan, biroq uni yaratish uchun qo‘llanilgan genetik material saqlanib qolgan. Genetiklar tomonidan yaratilgan embrionlar eng yaqin turga mansub 7 ta urg‘ochi echki organizmiga joylangan. 7 ta echkidan bittasigina zurriyotni dunyoga keltirgan. Afsuski, echki bolasi o‘pkadagi tug‘ma xastaligi tufayli tez orada nobud bo‘lgan. Biroq echkining tugilishi olimlarga bunday tajribalarni davom ettirib natijaga erishish mumkinligiga umid berdi. Ushbu dengiz sutemizuvchisi Tinch okeanidagi Komandor orollarida yashagan. Eng so‘nggi Steller sigiri XVIII asrning oxirida nobud bo‘lgan. Bugun Yakutskdagi klonlashtirish biotexnologiya laboratoriyasidagi rossiyalik genetiklar ushbu loyiha ustida ish olib bormoqda. Eng so‘nggi Tasmaniya bo‘risi 1930-yili o‘ldirilgan. Tasmaniya bo‘rilari Avstraliyada yashagan. Ular mahalliy aholi tomonidan qirib tashlangan. Tasmaniya bo‘rilarini klonlashtirish va qayta tiriltirish bilan Sidneydagi Milliy muzey tashabbusiga ko‘ra shu yerlik genetiklar shug‘ullanmoqda. Dastlabki tadqiqotlar muvaffaqiyatsiz yakunlangan, biroq yaqinda genetiklar kerakli DNK fragmentining topilganini ma’lum qildi. Dodo qushlari uchishni bilmagan. Ular Hind okeanidagi Mavrikiy orolida yashagan. Drontlar dengizchilar va yovvoyi itlar tomonidan XVII asrda qirib yuborilgan. Oksford universiteti genetiklari allaqachon dodo qushining DNK fragmentini topgan. Ayni paytda olimlar dodo qushini kabutarlar yordamida tiriltirmoqchi. Mamontlarni tiriltirishga qaratilgan tadqiqotlar bir vaqtning o‘zida bir nechta laboratoriyalarda amalga oshirilmoqda. Jumladan, rossiyalik va yaponiyalik olimlar ushbu sohada izlanish olib bormoqda. Mamontlar bundan 10 ming yil ilgari qirilib ketgan. Olimlar ularning muzliklarda qolgan qoldiqlarini topgan. Afrika fillari o‘z hajmlariga ko‘ra mamontlarga yaqinligi uchun surrogat organizm sifatida aynan ular tanlangan. Olimlar yaqin orada mamontni qayta tiriltirishni va’da qilmoqda. Bu olimlar tomonidan qayta tiriltirilishi rejalashtirilgan hayvonlarning to‘liq ro‘yxati emas.
70
4,029
Foto
Fotogalereya: O‘rmondagi yovvoyi hayvonlarning g‘aroyib hayot tarzi
AdMe bepoyon dalalar va zich o‘rmonlarda yashovchi yovvoyi hayvonlarning ajoyib suratlarini to‘plab taqdim etdi. Yenotlar kiyiklar ozuqasini har qanday usulda ham “qo‘lga kiritishga” harakat qilishadi Jo‘rlikda “kuylash” Boyo‘g‘li o‘ziga katta baho berish yuborgan ko‘rinadi Yovvoyi to‘ng‘iz ustida o‘rmon bo‘ylab sayr qilayotgan oddiy yenot Har bir o‘rmonning o‘ziga yarasha “zamonaviy kiyigi” bo‘ladi… Shuningdek, suratni “beliga tepadigan”i ham Ko‘rshapalaklardan qattiq qo‘rqqaningdan doimo ularni uchar-olmoxonlar bilan adashtirib qo‘yasan Soxtalikni yomon ko‘radigan kiyik Bu kimning qizi? Kim uni bu yerga olib keldi?
67
632
Foto
Foto: Londondagi osmono‘par bino tomida 84 ta haykal qad rostladi
26-mart kuni ITV televizion korporatsiyasiga tegishli London markazidagi bino tomonida 84 nafar erkakning haykali paydo bo‘ldi. Ular kundalik ust-boshlarga kiyingan va xuddi osmono‘par binodan sakrashga tayyordek o‘rnatilgan, deb xabar berdi TJournal. Haykallar 45 yoshdan kichik bo‘lgan erkaklar tomonidan o‘zini-o‘zi o‘ldirish holatlarni oldini olishga bag‘ishlangan “Loyiha 84”ning bir qismi hisoblanadi. Mazkur aksiyani amerikalik rassom Mark Jenkins va CALM xayriya jamg‘armasi o‘ylab topgan. Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, Buyuk Britaniyada har hafta 84 kishi o‘z joniga qasd qiladi — ularning to‘rtdan uch qismi erkaklardir. Jenkinsning ta’kidlashicha, odamlar muammodan qutilish uchun sarosimani yengib, erkaklarning ruhiy sog‘lig‘i haqida ochiq gapira boshlashi kerak. ITV o‘z binosi tomini “Loyiha 84” yaratuvchilariga 1-aprelga qadar berib turishga qaror qildi.
65
875
Foto
Foto: Qochoqlar lagerida yashab, uy nima ekanligini unutayozgan suriyalik bolalar
20-iyun — Xalqaro qochoqlar kuni arafasida Reuters fotografi Halil Ashavi to‘qqiz yildan beri davom etayotgan Suriya urushi davrida dunyoga kelgan to‘qqiz bolani suratga oldi. Ular hozirda Suriya—Turkiya chegarasidagi qochoqlar lagerida yashaydi. Bu yerda oilalar 2011-yildan beri jon saqlaydi. Suriyadagi urush mamlakat aholisining yarmini uysiz qoldirdi. “Har bir bola har bir kunni ertangi kunga umid bilan qarshi oladi. Ularning har birida urush haqida o‘z hikoyasi bor. Bu bolalar uy nima ekanligini bilmaydi. Ular uyda devor va eshiklar bo‘lishini bilmaydi yoki esdan chiqargan”, — deydi Ashavi. Xoms shahridan olib kelingan 5 yoshli Maysa Mahmud. Mahmud al-Basha, 3 yosh. Aleppolik 2 yoshli Valid al-Xalid. Abdul Rahmon al-Fares, Idlib janubidagi qishloqda tug‘ilgan 4 oylik chaqaloq. Suriyaning Hama shahridan olib kelingan 9 yoshli qizcha Ranim Barakat. Idlib sharqidan olib kelingan 8 yoshli egizaklar Jumana va Farhan al-Alyavi. Idlibning janubidagi qishloqdan olib kelingan 7 yoshli bola  Muhammad Abdulla. 6 yoshli Ravan al-Aziz hanuzgacha eskicha usulda qurilgan uyini eslashini aytadi. “Uy—men uchun oilam va do‘stlarim yashaydigan joy. Men o‘zim bilan o‘yinchoqlarimni olib kelganman, biroq bu yerda sharoit yaxshi emas. Palatka bu uy emas, chunki u yonib yoki shamolda uchib ketishi mumkin”, — deydi Ravan. 4 yoshli Mariyam al-Muhammad ham Xomsda yashagan.  Iroqlik rassom vatanidagi muammolarni kollaj yordamida aks ettirmoqda (foto)
81
1,470
Foto
Dunyoning kundan kunga g‘aroyiblashib borayotganining isboti (foto)
Ba’zida hayot juda qiyin tuyiladi, aslida esa unday emas. Shunchaki insonlar kutayotgan narsalari ko‘pligidan arzimagan kamchiliklarni katta muammoga aylantirib yuboradi. Kichik mo‘jizalarni ko‘rish uchun esa odamlar o‘zini chalg‘itib, yorug‘ kunlar hali oldinda ekanligiga ishonch hosil qilishning o‘zi kifoya. “Kunlardan bir kun tovug‘im qobiqsiz tuxum va tuxumsiz qobiq qo‘yipti. Ikkalasi ham buzilmagan”. Sariq tarvuz. Ta’mi qiziliga qaraganda biroz mazasiz. “Ispaniyadan tabiiy pirit kubigi”. “Hammom oynasida hosil bo‘lgan tasvir”. Daraxtning yarmi qurigan, yarmi esa aksincha. “Bog‘imdagi ajoyib loviya”. “Sayr vaqtida biz 31 ta omad keltiruvchi beda bargini topdik”. Makkajo‘xori poyasi avtoturargoh asfaltidan unib chiqdi. “Biz ulkan ninachini topdik”. “Qarang, bulut patga o‘xshaydi”. “Hamma buning kichkinasini ko‘rgani aniq”. “Chaqmoq to‘g‘ridan to‘g‘ri yerga urdi”. “Ushbu qo‘ziqorinni 5 yil avval sayr vaqtida topgan edim”. “Mana, daryo tubidagi toshlar orasidan nimani topdim?! Bu qadimgi o‘q uchi”. “Oshxonaga kirganimda kaltakesakning quruqlikka qarab suzayotganini ko‘rdim”.
67
1,106
Foto
Suv ostida qolgan Moskva ko‘chalari (foto)
3-iyul, dushanba kuni Moskvada yog‘gan kuchli yomg‘ir poytaxt ko‘chalarida yangi noqulayliklarni keltirib chiqardi. Tabiiy ofat tufayli yo‘llarning ko‘plab qismlari suv ostida qoldi va hatto katta trassalarda ham suvning ko‘pligi sabab avtomobillarning tezligi sezilarli darajada pasaydi. FVV rahbari Vladimir Puchkovning aytishicha, iyul oyida rossiyaliklarni haroratning keskin pasayishi, kuchli shamol, yog‘ingarchilik kabi tabiiy ofatlar kutmoqda. “Gazeta.ru” ijtimoiy tarmoqlardan Moskvada sodir bo‘lgan kuchli yomg‘irning suratlarini to‘plab taqdim etdi.
42
560
Foto
Fotogalereya: Balandlikdan qo‘rqmaydiganlar uchun aqlni shoshiradigan suratlar
Balandlikdan qo‘rqish yoki akrofobiya odamlar orasida eng ko‘p tarqalgan qo‘rquvlardan biri hisoblanadi. Bu qo‘rquvdan yiroq bo‘lganlar esa balandlikdan o‘zgacha huzur oladi. TravelAsk balandlikdan qo‘rqmaydigan kishilar aks etgan suratlarni taqdim etdi.
78
254
Foto
Sahroi Kabirda 37 yildan beri birinchi marta qor yog‘di (foto)
Jahonning eng katta cho‘li, Shimoliy Afrikadagi Sahroi Kabirda 37 yildan beri birinchi marta qor yog‘di. Bu haqda, The Telegraph nashriga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda. Jazoirning Ayn-Safro shahrida ushbu noyob tabiiy hodisani qayd etishga muyassar bo‘lgan suratkash Karim Buchetataning guvohlik berishicha, odamlar qorni ko‘rib hayratini yashira olmagan. Muntazam kuzatuvlar boshlanganidan buyon Sahroi Kabirda ikki marta qor tushdi. Birinchi marta bu 1979-yilning 18-fevralida Ayn-Safroda ro‘y bergandi. O‘shanda qor bo‘roni yarim soat davom etgandi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
62
746
Foto
Foto: Reklamadagi va hayotdagi fastfudning farqi
Reklamaning dastlabki namunalari juda qadim-qadim zamonlarda paydo bo‘lgan. Hozirgi kunda esa mahsulotni jozibali, ishtaha ochar va yoqimliroq qilish uchun butun boshli jamoalar ish olib boradi. Masalan, BMW avtomobillarining eshiklari yopilganda yoqimli ovoz chiqishi ustida 36 nafar muhandis ish olib boradi. Lekin hozir gap mashinalar emas, balki fastfud haqida. Chiroyli suratni tayyorlash uchun, mashhur fastfud brendlari avtozavodlardan kam harakat qilmaydi. AdMe nashri “tasavvurda va hayotda” uslubida surishtiruv o‘tkazib, jahonga mashhur fastfud brendlarining reklamalaridagi yeguliklarni asli bilan taqqosladi.
48
621
Foto
Hayotda borligiga ishonish qiyin bo‘lgan 20 qishloq
Odamlarni sokin qishloq hayotini tashlab, shaharning shiddatli oqimiga qo‘shilishga majbur qilayotgan urbanizatsiya jarayoni boshlanganiga bir necha asr bo‘ldi. Shahar moliya, san’at, fan markazlariga aylanmoqda. Qishloq esa nima ham taklif qilishi mumkin? Qo‘l mehnati va... takrorlanmas, go‘zal manzaralar! “Moya Planeta” jahonning turli nuqtalarida joylashgan qishloqlar fotojamlanmasini tayyorladi. Qishloqlarda qandaydir musaffolik bor. Bu yerlarda nafas olish yoqimli, xayol surish maroqli, ishlash oson.
51
510
Foto
Madonnaning Los-Anjelesdagi ikki qavatli koshonasiga sayohat (foto)
Gollivud yulduzlari orasida shohona qasrda yashaydiganlar kam emas. 10 yildan buyon Nyu-York, Lissabon va Xemptonsda yashab kelayotgan jahon yulduzi Madonna ham Los-Anjelesdan koshona sotib olishga qaror qildi. 62 yoshni qarshilagan xonanda 27 yashar sevgilisi Ahlamalik Uilyams hamda 4 nafar farzandi bilan Los-Anjelesning bir qismi bo‘lgan Hidden-Hilz shahriga ko‘chib o‘tdi. Pop yulduzi mayda-chuyda narsalarga vaqt sarflamaslikka qaror qildi va 19,3 million dollarga tayyor qasrni xarid qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, xonanda hashamatli ko‘chmas mulkni agentlikdan emas, balki to‘g‘ridan to‘g‘ri uyning avvalgi egasi bo‘lmish “The Weeknd” taxallusli qo‘shiqchidan sotib olgan. Aytgancha, yulduzlar uzoq vaqtdan buyon savdolashib kelishgan. Weeknd deyarli to‘rt yil avval uyni 18,2 million dollarga sotib olgan va unga dastlab 25 million dollar baho bergan. Ammo oradan vaqt o‘tib, uyning narxi 22 million dollarga tushgan. Keyinroq Madonna uni yanada arzonroqqa sotishga ko‘ndirdi. To‘qqiztadan yotoqxona va hammomdan iborat 1171 kvadrat metrli qasr 1,2 gektar maydon kengligida joylashgan. Ochiq rang va tabiiy yog‘och bilan ishlangan uy ikki qavatdan iborat. Qasr beshta mashinaga mo‘ljallangan avtoturargoh, katta mehmonxona, ofis, kutubxona, uy kinoteatri hamda ikkita keng oshxonaga ega. Uyning tom qismida nafaqat quyosh botishini tomosha qilish mumkin bo‘lgan o‘rindiqlar, balki basketbol maydonchasi ham mavjud. Shuningdek, kechki payt dam olish uchun uyning orqa qismida atrofi divan va barbekyu bilan jihozlangan hovuzni ko‘rish mumkin.
67
1,555
Foto
Suv ostidagi ko‘rgazma: Oq dengizdagi muz ostidan olingan noodatiy kadrlar
Oq dengizda muz ostidagi san’at asarlari galereyasi ochildi. U Nilmoguba ko‘rfazidagi Qutb doirasi ortida joylashgan bo‘lib, unda Nikon brendi elchisi va National Geographic suratkashi Viktor Lyagushkinning “Muz erigunga qadar” loyihasidagi suratlar taqdim etilgan, deb yozadi Hi-Tech.Mail.ru. Jamoa suratlarni suv ostiga joylashtirish uchun yarim yil davomida sho‘r suvga bardoshli turli materiallarni sinovdan o‘tkazgan va oxir-oqibati UF-bosmali plastikni tanlagan. Polotna muzga qotirilgan bo‘lib, ostiga qo‘rg‘oshin ilingan. Suv ostidagi galereyada 80x120 santimetr o‘lchamdagi 10 ta katta suratdan tashqari, piterlik rassom Denis Lotaryevning haykaltaroshlik asarlari, installyatsiya va moybo‘yoqdagi ishlari ham o‘rin olgan bo‘lib, ular “Ko‘k ayoz” nomi ostidagi yagona ekspozitsiyaga birlashtirilgan. Loyiha maqsadi — muzliklar eriyotganiga va suv ostidagi ko‘plab turlarning yo‘qolib ketayotganida odamlar e’tiborini jalb etish. Ko‘rgazmaga Rossiya, Xitoy, Germaniya va Fransiyadan kelgan dayverlar tashrif buyurgan. “Dunyo ko‘z o‘ngimizda o‘zgarib bormoqda. Arktika muzlari eriyapti, iqlim o‘zgarmoqda, turlar yo‘qolib ketyapti. Maqsadim — odamlarga muz ostidagi ajoyib dunyoni ko‘rsatish orqali insoniyat ushbu muammoga e’tibor qaratmasa, yaqin kelajakda nimani yo‘qotishini tushuntirish”, — deydi Viktor Lyagushkin. Avvalroq britaniyalik tadqiqotchilar guruhi 1994-yildan 2017-yilga qadar sayyoradagi muzlarning erish tezligi 65 foizga oshganini aniqlagan edi.  Antarktidadagi ulkan aysbergning kosmosdan olingan surati namoyish etildi
74
1,554
Foto
Janubiy koreyalik rassom qiz yuzini fotoshopsiz illyuziyaga aylantirdi (foto)
Rassom uchun dunyodagi hamma narsaga surat chizishning imkoni bor. Hatto o‘ziga ham. Tarmoqlarda virusga aylangan koreyalik rassomning suratlari buni tasdiqlaydi. Janubiy koreyalik rassom Deyn Yun o‘zining ajoyib asarlari tufayli internetda mashhurlikka erishmoqda. Har bir suratni yaratishda u 12 soatgacha vaqt sarflaydi, ko‘plab kosmetika va maxsus ranglardan foydalanadi, ammo fotoshopni ishlatmaydi.
77
405
Foto
Foto: 76 ta jo‘jaga onalik qilgan o‘rdak
Yovvoyi tabiat fotografi Brent Sayzek AQShning Minnesota shtatidagi Bemiji ko‘lida 76 ta o‘rdakchani izidan ergashtirib mag‘rur suzib ketayotgan ona o‘rdakni suratga oldi. Big Pictures ana shu suratga e’tibor qaratdi. Surat tarmoqlarda tezda tarqalib ketdi. Sayzekni hayratga solgan narsa shu bo‘ldiki, qanday qilib yovvoyi o‘rdak bir vaqtning o‘zida buncha jo‘jani katta qilishi mumkin. Odatda, yovvoyi o‘rdaklar taxminan 12 ta tuxum qo‘yadi. Ular avlodining yashab qolishi imkoniyatini oshirish uchun o‘z tuxumlarini begona inlarga qo‘yishi holatlari ham bo‘lib turadi. Yovvoyi o‘rdaklar jo‘jalarini bolalar bog‘chasi tizimida o‘stiradi. Bunda qushlar o‘z jo‘jalarini eng katta va tajribali o‘rdak qaramog‘ida qoldiradi. Ekspertlarning fikricha, Bemiji ko‘lidagi o‘rdaklar taxminan bir vaqtda tuxum qo‘yadi. Keyin esa o‘z bolalarini eng katta o‘rdakka qoldiradi.
40
867
Foto
Zarracha ham fotoshop ishlatilmagan 25 ta hayratlanarli fotosurat (fotogalereya)
AdMe nigohni uzmasdan soatlab tomosha qilishga arziydigan hayratlanarli fotosuratlarni jamladi. Yo‘l yong‘inni to‘xtatib qoldi
80
139
Foto
Fotogalereya: “Uzuklar hukmdori” trilogiyasi qahramonlari 15 yildan so‘ng
“Uzuklar hukmdori” trilogiyasi 2001—2003-yillarning ommabop filmi sifatida ko‘plab tomoshabinlar qalbidan joy olgan. AdMe nashri film qahramonlarining bugungi qiyofasi aks etgan fotojamlanmani taqdim etdi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
73
290
Foto
Fotogalereya: O‘zbekistonning eng turistik shahri Samarqand mehmonlar nigohida
Samarqand eramizdan avvalgi 742-yilda asos solingan dunyoning eng qadimiy shaharlaridan biridir. Shahar ikki ming yildan ortiq vaqt davomida Xitoy va Yevropa o‘rtasidagi Buyuk Ipak yo‘lining asosiy punktlaridan biri hisoblangan. “Boltay” nashri Samarqandning fotograf Denis Mukimov tomonidan olingan suratlari va ularga havola etgan izohlarni taqdim etdi. Doim Samarqand quyidagi ko‘rinishga ega bo‘lsa kerak deb o‘ylaganman... Biroq Samarqand mana bu ko‘rinishga ega ekan: O‘rta asrlarga oid islom yodgorliklari arxitekturasi uncha katta bo‘lmagan maydonni egallaydi. Mahalliy suvenirlar Samarqand markazi Bu suratlar Samarqandning markaziy maydoni — Registondan bir necha daqiqalik masofada olingan. Samarqand aholi soni va kattaligi bo‘yicha O‘zbekiston shaharlari orasida ikkinchi o‘rinda turadi. Shaharning zamonaviy nomi turkcha “Semiz kent” so‘zidan olingan bo‘lib, “Boy manzil” degan ma’noni anglatadi. 2001-yilda shahar va uning tarixiy arxitektura va arxeologik yodgorliklari YuNESKO Butunjahon meroslari ro‘yxatiga “Samarqand — madaniyatlar chorrahasi” nomi bilan kirgan. “Sharq yulduzi” kinoteatri Bu qadimiy binolar ajoyib holatda saqlanganligi, barchasi ta’mirlanib, bo‘yalganligi diqqatga sazovor. Binolarning old qismida umuman reklamalar yo‘q. Qadimgi detallar ham hayratlanarli tarzda saqlanib qolgan. Qachondir bu yerga ham zamonaviy derazalar qo‘yiladi va uning romlari aslo bu shaklda bo‘lmaydi. Eng chiroyli pochta bo‘limlaridan biri Samarqandda joylashgan. Rus va sharq uslublarining noyob uyg‘unligi. “Registon” mehmonxonasi rus konstruktivizmi uslubida bunyod etilgan Drama teatri Old tomoni panjarali bino Qadimiy rus binolarining ko‘pligiga qaramasdan, ko‘plab detallar O‘zbekistonda ekanligingni eslatib turadi. Shulardan biri do‘ppi kiygan erkaklardir. O‘rta Osiyoning har bir yirik shahri va hududi o‘z do‘ppi shakli va naqshiga ega. Samarqand do‘ppisi Rossiya patriarxi bosh kiyimini eslatadi. Ko‘p sonli yorqin choyxonalar ham O‘rta Osiyoda ekanligingni yodga solib turadi Choyxonalarga tashrif buyurganlar biz uchun noodatiy usul — tapchanlarda o‘tiradi. Juda qulay konstruksiya — to‘yib ovqatlangandan so‘ng, yostiqqa yonboshlab mizg‘ib olish mumkin. Umumiy ovqatlanish joylarining qiziqarli reklama shtenderlari Samarqand Mangu olovi Shaharda piyodalar uchun bir nechta ajoyib hududlar mavjud, kechki payt ularda sayr qilish juda yoqimli. O‘zbekistonning eng turistik shahrida ideal tozalik va tartibni farroshlarning ulkan armiyasi ta’minlaydi. Shaharning markaziy ko‘chalarida kaptarlar kabi tovuslar ham erkin sayr qilib yuradi. Samarqandga Toshkentdan “Afrosiyob” tezyurar poyezdida keldik. Poyezdning maksimal tezligi — soatiga 230 kilometr. 344 kilometr masofani poyezd roppa-rosa ikki soatda bosib o‘tadi. Shaharni dunyoga mashhur qilgan qadimiy sharq arxitekturasi yodgorliklari Samarqand ana shunaqa shahar!
78
2,878
Foto
Fotogalereya: Odatdagidan kattaroq bo‘lgan hayvonlar
Tabiat ba’zan hayvonlarni ularning odatdagi o‘lchamlaridan kattaroq qilib yaratadi. AdMe ana shunday hayvonlar suratlarini jamladi.
52
131
Foto
Fotogalereya: Boshqalarning fikriga e’tibor qilmaydigan soch turmak egalari
Soch turmagi har kim uchun o‘ziga xos bo‘lgan ko‘rinishga ega bo‘lish vositasi hisoblanadi. Biroq ba’zilar soch turmagi orqali boshqalardan ajralib turishga urinadi. Ular uchun boshqalarning fikri ahamiyatga ega emas. AdMe ana shunday kishilarning soch turmaklari aks etgan suratlarni taqdim etdi.
75
297
Foto
1,5 million dollarlik Tibet mastifi — dunyodagi eng qimmat kuchuk (foto)
Hong Dong laqabli kuchuk hozirgi kunda dunyodagi eng qimmat it hisoblanadi. Uni xitoylik multimillioner, ko‘mir magnati 10 million yuanga (1,5 million dollar) kimoshdi savdosida sotib olgan, deb xabar berdi “Fotoshedevri”. Kuchuk o‘zining yangi uyiga qo‘riqchilar hamrohligida yo‘l olgan. Hong Dong — Tibet mastifi zotiga kiruvchi 11 oylik kuchukcha. Ushbu kuchukcha hozirdanoq o‘z egasiga foyda keltirishni boshlab yuborgan. Undan nasl olmoqchi bo‘lganlar o‘z kuchuklarini Hong Dong’ning oldiga bog‘lab qo‘yishlari uchun 15 ming dollar to‘lashmoqda. Xitoyda Tibet mastifi alohida ahamiyatga ega, chunki bu eng qadimiy ishchi zotlardan hisoblanadi. Aynan ular Tibetdagi ibodatxonalarga qo‘riqchilik qilgan. Afsonalarga ko‘ra mastiflar Chingizxonda va hatto Buddada ham bo‘lgan. Hozirda “tilla” kuchukning balandligi bir metrga yetdi, og‘irligi esa 80 kilogrammdan ortiqroq. Uning ovqatlanish tartibiga alohida e’tibor bermoq lozim. U yangi joyga ko‘chib o‘tguniga qadar tanlangan mol va tovuq go‘shtini, tushlikda esa Xitoyning ekzotik delikateslarini — dengiz chig‘anoqlari va dengiz bodringlarini iste’mol qilgan.
72
1,118
Foto
Foto: Pensilvaniyadagi rekord qorbo‘roni
AQShning Pensilvaniya shtatidagi Eri shahrida 24—25-dekabr kunlari qariyb 135 santimetr qalinlikda qor yog‘di. TJournal shahardagi holat aks etgan suratlarni taqdim etdi. Mahalliy aholining so‘zlariga ko‘ra, ular hovlidagi qorni tozalash uchun bir necha soat sarflamoqda.
40
271
Foto
Haftaning qiziqarli suratlari
“Interfaks” haftaning qiziqarli va ajoyib suratlarini to‘plab, bir sahifaga jamladi. Pekindagi moda haftaligida ishtirok etayotgan modellar sahna ortida Ispaniyaning Vilyafranka-del-Penedes shahrida “Barcha avliyolar kuni”ni nishonlayotgan kastelyerlar Nyutaun-Linfordda joylashgan Bredgeyt bog‘idagi bug‘ular. Buyuk Britaniya Xitoydagi tog‘lardan birida ommaviy yoga bilan shug‘ullanayotgan qizlar Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamda Moskva va Butun Rus patriarxi Kirill Moskvadagi “Qayg‘u devori” memorialining ochilish marosimida Syerra-Madreda Xellouin bayrami nishonlanmoqda. Kaliforniya shtati, AQSh Xitoyning Guansi provinsiyasidagi pitayya plantatsiyasi Nayrobidagi boshlang‘ich maktabning o‘quvchilari imtihondan oldin ibodat qilmoqda. Keniya Afg‘on novvoyi o‘zining Kobuldagi novvoyxonasida Ashkelon plyajida sport bilan shug‘ullanayotgan odamlar. Isroil
29
877
Foto
Fotogalereya: Oxirigacha qarashga majbur qiluvchi suratlar
Ba’zan biz ko‘rayotgan narsa aslida unday bo‘lmasligi mumkin. AdMe ana shunday suratlardan iborat jamlanmani taqdim etdi.
58
121
Foto
Foto: Avstraliyadagi supermarketda bo‘lib o‘tgan nikoh to‘yi
Avstraliyalik juftlik Costco supermarketida nikoh to‘yini o‘tkazdi. Tadbir 23-sentabrda bo‘lib o‘tgan va unda yoshlarning 90 nafar do‘sti ishtirok etdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda. Sidneylik Syu Berkli va Elay Bob supermarketda xarid qilishni yaxshi ko‘rgan va dastlab supermarketda nikoh to‘yi o‘tkazish haqida hazillashgan. Berklining so‘zlariga ko‘ra, Costco tejamkorlik qilish uchun eng maqbul joy bo‘lgan. Nikoh to‘yi supermarketning ovqatlar bo‘limida bo‘lib o‘tdi, mehmondorchilik uchun xot-dog, pitssa, shuningdek, koreyscha barbekyu tortilgan.
60
561
Foto
2020-yildagi tabiat hodisalarining eng yaxshi suratlari e’lon qilindi
WMO xalqaro meteorologiya tashkiloti 2021-yil taqvimi tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan suratlarni e’lon qildi. Suratlar World Meteorological Organization’ning Facebook’dagi sahifasiga joylashtirilgan. “Qisqa ro‘yxatdan o‘rin olgan 70 ta surat orasidan meteorolog va WMO suratkashlar hay’atining ovoz berish jarayonlari natijasiga ko‘ra, taqvim uchun 13 ta surat tanlab olingan (har bir oy uchun bittadan va muqovaga)”, — deyiladi xabarda. WMO’dagilarning ta’kidlashicha, tanlovga mingdan ortiq surat yuborilgan bo‘lib, saralashni amalga oshirish juda qiyin kechgan. Tashkilot tanlov finaliga chiqishga muvaffaq bo‘lgan suratlarni imkoni boricha ko‘proq e’lon qilishga va’da bergan. Avvalroq Earth Photo – Xalqaro Yer suratlari tanlovi 2020-yil g‘oliblarini aniqlagani to‘g‘risida xabar berilgandi.  2020-yilning eng yaxshi qushlar suratlari aniqlandi (foto)
69
863
Foto
G‘alati rakursdan olingani uchun darhol anglash qiyin bo‘lgan kadrlar (foto)
Suratga olish oson ish emas, kutilmaganda g‘alati natijaga olib kelish mumkin. Noto‘g‘ri burchakni tanlagan kadrlar ba’zida chalkashlikni, darhol anglash qiyin bo‘lgan kulgili tasvirlarni hosil qiladi. Shuningdek, beli uzun mushuklar, katta insonlarning kichik qo‘llari va shu kabi qiziqarli holatlar aks etgan suratlar bilan ham kayfiyatni ko‘tarish mumkin. Mushuk tanasini unutib qoldirdi, endi uning faqat boshi bor. O‘z do‘stini inson qo‘li bilan boqayotganga o‘xshaydi. Bir tanada ikki odam. Xo‘roz bilan selfi qilish niyatida edim va shunday natijaga erishdim. Qanday qilib? Ajoyib uchar shlyapa. Ajoyib diskalar. Aftidan, bu odamda tortishish kuchi bor. Kuchukka yarashib turga lab bo‘yog‘i emas, bu uning tili. Ulkan it bilan selfi. Mashinadagi xonim shunchaki qarab turganga o‘xshaydi. Suratning mohiyati muzqaymoq solingan stakan ichida. Ikkinchi partadagi o‘quvchiga nimadir bo‘ldi. Janob ajoyib oyoqlarga ega ekan. Aslida daraxt ikkiga bo‘linib o‘smagan, yaxshilab o‘ylab ko‘ring! Qizaloq onasidan shunday tiz cho‘kib, uzr so‘raydi. “Do‘stim va uning yoqtirgan qizi” Shunday insonning qo‘li biroz qisqaroq. Super uzunlikdagi mushuk.
76
1,162
Foto
Odamlar chipta olish uchun oylab navbatda turadigan g‘aroyib poyezdlar (fotogalereya)
Bu poyezdlarda sayohat qilish oson emas. Ularga chiptalar boshqa poyezdlarnikiga nisbatan ancha qimmat turadi, biroq bu odam hayotidagi esda qolarli sarguzasht uchun arziydigan pul, deb yozadi AdMe. Shu ham yetmagandek, ba’zi ekspresslar yilda bir martagina safarga chiqadi, sarguzasht ishqibozlari esa bitta joyni egallash uchun oylab navbat kutishiga to‘g‘ri keladi. Ko‘pchilik uni Agata Kristining “Sharqiy ekspressdagi qotillik” romani orqali yaxshi taniydi. Ekspress Istanbul va Parij o‘rtasida 1883-yilda qatnashni boshlagan. 1977-yilda poyezd relsdan chiqarilgan, ammo u yaratilganidan 99 yil o‘tib, yangilangan Venice Simplon Orient Express ishga tushgan. Sharqiy ekspress bortida jinsi shim kiyish mumkin emas. Restoran vagondagi kechki ovqat esa qat’iy dress-kodni talab qiladi. Chipta narxi 929 funt sterlingdan boshlanadi. Poyezd 1973-yilda Yangi Zelandiyadagi Oklend va Vellingtonni birlashtirish uchun qurilgan. 20 yildan so‘ng dizaynerlar uni 1920-yillar uslubida qayta jihozladi. Endi u Singapurdan Malayziya va Bangkokka qatnaydi. Chipta narxi 1775 funt sterlingdan boshlanadi. Poyezd Keyptaun, Port-Elizabet va Pretoriya o‘rtasida qatnaydi. Ekspress Janubiy Afrika Respublikasining manzarali janubiy qirg‘oqlari bo‘ylab yuradi. Chipta narxi 740 dollardan boshlanadi. Janubiy Hindiston bo‘ylab qatnaydigan yo‘lovchi poyezdi Angliya qirolichasining “Ko‘k ekspress”i uslubi bo‘yicha yaratilgan. U hindcha shukuhdagi shohonalikdan iborat, u yerda hatto SPA markazi mavjud. Chipta narxi 5730 dollardan boshlanadi. Vagonlarining ko‘pchiligi 1911-yilda Yevropada qirollik oilasi uchun transport vositasi sifatida yig‘ilgan. O‘n yillardan so‘ng kompaniyalardan biri uni qayta tiklab, Afrika bo‘ylab qatnaydigan lyuks sinfidagi poyezdga aylantirdi. Bu yerda yo‘lovchilarga Afrika taomlari taklif qilinadi. Chipta narxi 1200 dollardan boshlanadi. Shotlandiya bo‘ylab qatnaydigan shinam yo‘lovchi poyezdi. Vagonlaridan biri SPA markaziga aylantirilgan. Chipta narxiga qadimiy qasrlarga tashrif buyurish, viski zavodiga borib, tatib ko‘rish, ekskursiya va boshqalar kiradi. Chipta narxi 2350 funt sterlingdan boshlanadi. Hindistonda qatnovchi Osiyodagi eng qimmatbaho yo‘lovchi poyezdi. Hind qirol saroyi nusxasi bo‘lib, uzoq sayohatlarga moslashtirilgan. Har bir yo‘lovchiga alohida xizmatkor biriktirilgan. Dasturga ko‘ngilochar mashg‘ulotlar, konsertlar, ekskursiya kiritilgan. Chipta narxi 6840 dollardan boshlanadi. Moskvadan Mo‘g‘uliston orqali Pekingacha qatnaydigan shohona poyezd. U har bir yo‘nalish bo‘yicha yiliga faqat bir marta qatnaydi. Poyezd shoh oilasi sayohat qilgan vagon dizayni bo‘yicha bezatilgani uchun shunday nomlangan. Chipta narxi 4900 dollardan boshlanadi. Moskva va Pekin hamda Moskva va Vladivostok orasida qatnovchi dunyodagi eng qimmatbaho sayyohlik poyezdi. Pianino va kutubxonasi bo‘lgan alohida bar vagoni mavjud. Chipta narxi 14 395 yevrodan boshlanadi.
85
2,914
Foto
Fotogalereya: Qirg‘izistonning fotografni hayratda qoldirgan tabiati
Mashhur gollandiyalik fotograf Albert Dros ko‘p mamlakatlarni kezib chiqqan va minglab hayratlanarli manzaralarni suratga olgan. Biroq bir mamlakatning manzaralar shunchalik tajribali suratkashini haqiqatdan hayratga solgan. Bu — Qirg‘iziston. TravelAsk suratkash tomonidan ana shu mamlakatda olingan suratlarni taqdim etdi.
68
324
Foto
Foto: Tayvanda yuz bergan zilzila oqibatlari
Tayvanning shimoli-sharqida 6-fevral kuni mahalliy vaqt bilan soat 23:50 da 6,5 magnitudali zilzila yuz berdi. Zilzila o‘chog‘i 11 kilometr chuqurlikda joylashgan. TJournal zilzila oqibatlari aks etgan suratlarni taqdim etdi.  Tayvanda zilzila oqibatida 4 kishi qurbon bo‘ldi Hodisa oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lgan, yana 255 kishi jarohat olgan. Kamida 140 kishi yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Yer silkinishi oqibatida mehmonxonalardan biri vayron bo‘lgan. Uning ichida necha kishi bo‘lgani noma’lum. Restoran, harbiy kasalxona va ikkita ko‘p qavatli uy zararlangan, kamida 35 mingta kvartira va uy suv ta’minotisiz qolgan.
44
626
Foto
Dunyoning aholi yashaydigan eng sovuq hududi — Oymakonda qahraton qish manzaralari (foto)
Aholi yashaydigan dunyoning eng sovuq mintaqasi — Yoqutistondagi Oymakon tumanida termometr sharafiga yodgorlik o‘rnatilgan. Bu yodgorlikda rekord darajadagi sovuq — -72,1 Selsiy muhrlangan. Shu sababli ham bu hudud “Sovuq qutb” deb ataladi. Bu raqamlarga ishonish qiyin, lekin shunday qahraton sovuqda ham odamlar odatiy turmush tarzini kechiradi. Oymakon tumanidagi sovuq haroratga o‘rnatilgan yodgorlik Yoqutistondagi quyoshli kun Olenyok tumanida shimol yog‘dusi Kun shunday boshlandi Bugun havo ancha iliq Hayvonlar uchun ham odatiy hol bo‘lgan havo Oymakonda tong otmoqda Bunday etiklar jonning huzuri-da! Yaxshiyam ko‘zim muzlab qolmadi... Sovuq go‘zallik Oymakonliklar uchun odatiy kun boshlandi
89
714
Foto
Jazirama kunlarda qo‘l keladigan soch turmaklari yulduzlar misolida (foto)
Tashqarida jazirama issiq bo‘lib turgan vaqtda og‘ir makiyaj va murakkab soch turmagi qilishni umuman xohlamaysiz. Hozirgi vaqtda sodda soch turmaklari trendda, buning uchun bir soat sarflashning hojati yo‘q. Quyidagi turmaklar bilan zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lasiz: yulduzlar buni tasdiqlaydi! Bu yilgi yozda qisqichbaqasimon zakolka asosiy aksessuarga aylanadi. Sochlarni orqaga yig‘ib, zakolka bilan mahkamlang va oldingizga ozroq tushiring. Shunda yuzingiz ochiq ko‘rinmaydi, soch turmagi esa yengil va teksturali bo‘ladi. Agar bu turmak sizga tartibsiz tuyulsa, bir daqiqada osongina yig‘ib olishingiz mumkin. Rozi Xantington-Uaytli bunday turmak bilan zamonaviy ko‘ringan. Agar yuqoridagi turmak siz uchun juda oddiy bo‘lsa, unda dasta qilib yig‘ishga harakat qiling. So‘nggi paytlarda bu turmak yulduzlarga juda yoqib qolgan, xohlaganingizni tanlang: amerikalik aktrisa va xonanda Izabela Moner singari orqadan bittali yoki Jey Loniki kabi yon tomondan qilingan ikkitali dasta. Shay Mitchell boshining tepasidan kichkina dasta qilib turmaklagan, sochini yuzining ikki tomoniga tekis qilib tushirgan va qolgan sochlarini esa uzunligicha yoygan. Vanessa Xajensning sochini pastdan ikkitali silliq qilib yig‘gani o‘ziga juda yarashgan. Oy dumi shaklida turmaklash yana trendda. Va bu ajablanarli emas, chunki issiqda bunday turmak juda qulaydir. Xayli Biber singari ikkita qilib turmaklashga harakat qiling. Bunda sochlaringizga konus yoki dazmol bilan hajm berishingiz, shuningdek, yengilgina jingalak qilishingiz mumkin. Sochlari tekis bo‘lgan qizlar ko‘pincha turmak qilishda qiynaladi. Uslubingizni yangi ko‘rinishga keltirish uchun sochingizni ikki yondan o‘rib oling. Yoki turli xil rezinka va tasmalardan foydalaning. Bunday soch turmagi bilan bachkana ko‘rinib qolaman deb o‘ylamang: Jiji Hadid buning teskarisini ancha oldin isbotlagan. Yanada oddiyroq turmakni Emili Rataykovskiyda ko‘rishimiz mumkin: yulduz shunchaki sochini  farqidan boshlab ortiqcha oro bermay, ikkita qilib o‘rib olgan. Model ko‘zlariga yanada urg‘u berib bo‘yagan, shuningdek, katta sirg‘alarini taqib yanada e’tibor tortgan. Bunday soch turmagi sizni hech qachon uyaltirib qo‘ymaydi.
74
2,180
Foto
Fotogalereya: Bangladesh tikuvchilik fabrikalaridagi kundalik hayot
Bangladesh — sayyoradagi eng qoloq davlatlardan biri. Mahalliy aholi vakillarida yashash tarzi va ish sharoiti yuzasidan tanlash imkoniyati yo‘q. Ularning aksariyati o‘ta nochor ahvolda yashagani sababli pul ishlash uchun har narsaga tayyor, deb yozadi TravelAsk. Fotograf Montesano Kasilyas mamlakatdagi 7000 ta norasmiy tikuv fabrikalaridan birida bo‘lib, butun dunyoga bu yerda insonlar qanday sharoitda mehnat qilishini ko‘rsatdi. Asosan o‘g‘il bolalar va erkaklar juda kam maosh uchun haftasiga olti kun ishlaydi. Ulardan ko‘pchiligi ish haftasi davomida tor, dimiq, sharoitsiz binolarda yashaydi. Texnika xavfsizligi va inson huquqlari haqida esa gap ham bo‘lishi mumkin emas. Uyatchan tikuvchi Rasmiy fabrikada yangi yil Tushlik vaqti Yosh ishchilar Poytaxtdagi fabrika Eski tikuv mashinasi Tayyor mahsulot Elektroshchit Sotuvchi Nazoratchi Bu yerda kun mobaynida minglab kiyimlar tikiladi
67
914
Foto
Foto: Perseidlar — tunni bedor o‘tkazgan guvohlar ko‘zi bilan
Har yil avgust oyida Shimoliy yarim shar aholisi Perseidlarni — Persey yulduz turkumiga mansub “yulduzlar yomg‘iri”ni kuzatadi. Yulduzlar yomg‘irini oddiy ko‘z bilan bir necha kun davomida kuzatish mumkin, biroq yomg‘irning eng yorqin qismi 13-avgust o‘tar kechasiga to‘g‘ri keldi. Meduza nashri Perseidlarni kuzatgan qiziquvchilarning suratlarini bir sahifaga jamladi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
61
535
Foto
Tog‘li Qorabog‘dagi otishmalar oqibatlari — suratlarda
Tog‘li Qorabog‘dagi tinishidan darak bo‘lmagan jang va nizolardan mahalliy aholi aziyat chekmoqda. “RIA Novosti” jangovar harakatlar oqibatida vayron bo‘layotgan hududlardan fotoreportaj e’lon qiladi. Tog‘li Qorabog‘ning poytaxti Stepanakertda payshanba kuni kuchli otishma bo‘lib o‘tgan. Mahalliy aholi portlashlardan yerto‘laga berkinishiga to‘g‘ri kelgan. Shaharda bo‘lgan Sputnik Armaniston muxbiri (kanonada) to‘plar otilgani ovozi eshitilganini ma’lum qilgan. Ozarbayjon tomonidan so‘nggi kunlarda aholi punktlariga zarar yetkazilgan. Qorabog‘dagi Ivanyan aholi punkti raketa orqali o‘qqa tutilgan. Raketalardan biri xonadonga kelib tushgan. Snaryad uyning tomi, shift va polni teshib o‘tgan, lekin portlamagan. Bu vaqtda xonada homilador ayol va bir yoshli chaqaloq uxlayotgan bo‘lgan. Tog‘li Qorabog‘dagi o‘qqa tutilgan Ivanyan aholi punkti. Tan olinmagan respublika ombudsman apparatining ma’lum qilishicha,  Qorabog‘da mojaro avj olganidan buyon vafot etgan 7 nafar mahalliy fuqaro orasida yosh bola ham bo‘lgan.
54
1,032
Foto
Foto: Koronavirusdan himoyalanishga chorlovchi o‘zbekcha plakatlar
O‘zbekistonlik dizaynerlar Nodir Xalilov va Javohir Nazarov virusdan saqlanish yo‘llari ko‘rsatilgan o‘zbek va rus tillaridagi plakatlarni taqdim etdi. Plakatlarda taqiqlashdan ko‘ra qilinishi kerak bo‘lgan zaruriy maslahatlarga chorlash ifoda etilgan. Plakatlar A3 qog‘ozga chop etish uchun mo‘ljallangan. Ularni quyidagi havola orqali yuklab olish mumkin.
66
359
Foto
Fotogalereya: 50 yoshni qarshi olgan Nikol Kidman
Avstaliyalik aktrisa va prodyusser, “Kumush ayiq” mukofoti (2003-yil), “Oltin globus” mukofotini uch marta (1996, 2002, 2003), BAFTA mukofoti (2003-yil), “Saturn” mukofoti (2002-yilda), “Soatlar” filmidagi Virjiniya Vulf roli uchun 2003-yilda “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritgan Nikol Kidman 50 yoshni qarshi oldi. “Gazeta.ru” shu munosabat bilan aktrisaning eng yorqin suratlarini to‘plab taqdim etdi.
49
401
Foto
Benksi yangi kartinasida shifokorlarni superqahramonlarga tenglashtirdi.
Ko‘cha suratlari rassomi Benksi o‘zining Instagram’dagi sahifasiga yangi kartinasini joylashtirdi. U Angliyaning Hempshir grafligidagi Sautgempton shifoxonasida paydo bo‘lgan, deb yozadi BBC News. O‘lchami bir kvadrat metrga teng moxonrom polotnoda kombinezon va futbolka kiygan bolakay O‘rgimchak odam va Betmen o‘yinchoqlari yotgan idish yonida o‘tiribdi. Bolakayning qo‘lida hamshira ko‘rinishidagi o‘yinchoq bo‘lib, u xuddi Supermen kabi qo‘llarini yuqoriga ko‘tarmoqda. Hamshiraning kostyumida qizil xoch tasvirlangan — bu kartinadagi yagona rangli detal. Rassom shifoxona xodimlariga xat qoldirgan: “Qilayotgan barcha ishlaringiz uchun rahmat. Umid qilamanki, bu faqatgina oq-qora rangda bo‘lsa ham, bu joyni biroz ruhlantiradi”. Kartina kuzga qadar shifoxonada osig‘liq turadi, shundan so‘ng u auksion orqali sotilib, pullar Buyuk Britaniya Milliy sog‘liqni saqlash xizmatiga yo‘naltiriladi. Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning fevralida Benksi chizgan surat Sotheby’s auksionida bir million funtga sotilishi bilan o‘zini o‘zi yo‘q qilgan edi.
72
1,046
Foto
Yoz jaziramasidan salqinlanayotgan jonivorlar suratlari
Har doim yoz kelishini intiqlik bilan kutamiz, ammo bu faslning qaynoq quchog‘i nafaqat odamlarga, balki hayvonlarga ham biroz noqulaylik tug‘diradi. TravelAsk bir amallab issiqdan qochishga harakat qilayotgan hayvonlar suratlarini taqdim etdi. Fillar issiq iqlimli joylardan kelganiga qaramay, ular ham cho‘milishni yaxshi ko‘radi. Ularning bu xohishi hech qachon rad etilmaydi, shunchaki shlangni filga yo‘naltirish kifoya. Salqinlanayotgan kuchuk. Hammaning o‘ziga xos yozgi ta’tili bor. Ba’zida gultuvaklar ham bo‘laveradi. Maymunlar ham cho‘milishdan qochishmaydi. Quyosh nurlari ostida. Konditsioner bo‘lmagan vaqtda... Mushuksimonlar suvni yoqtirmasalar-da, ular ham bunday issiqda cho‘milishdan bosh tortishmaydi. Plyajdan kam joyi yo‘q... Bug‘u shishiriladigan basseynda issiqdan saqlanmoqda. Ba’zida muzdekkina suv o‘yga toldirishi ham mumkin.
55
863
Foto
Million dollar evaziga Mark Sukerbergning uyi yonidagi kvartirani sotib olish mumkin (foto)
San-Fransiskodagi Feir-Oaks — muvaffaqiyatga erishgan yosh IT-biznesmenlar yashashni ma’qul ko‘radigan maskan. Ushbu joy shaharning barcha muhim biznes-hududlariga yo‘l olish imkonini beradi. Bu haqda SF Curbed’ga tayanib, Forum Daily xabar berdi. Facebook asoschisi Mark Sukerberg ham ushbu hududda yashaydi — Feir-Oaks oxiridagi 21-ko‘cha. Sotuvga qo‘yilgan xonadonda ikkita yotoqxona va bitta yuvinish xonasi mavjud, umumiy maydoni 96 kvadrat metrga teng. Kvartira yaqinda ta’mirdan chiqqan, uning oshxonasi, yuvinish xonasi, poli va boshqa ko‘p joylari yangilangan. Sukerberg 2014-yilda 21-ko‘chadan uy sotib olgach, uni ta’mirlash maqsadida qurilish ishlarini boshlab yuborgan. Ushbu ko‘chaning uch yil oldingi ko‘rinishi:
91
734
Foto
Tramp Twitter’da “Obama tutilishini” retvit qildi (foto)
AQSh prezidenti Donald Tramp Twitter’da antiqa suratni retvit qildi. Suratda u AQShning sobiq prezidenti Barak Obamani “yopib qo‘ygan”. “RIA Novosti” bu tvitga e’tibor qaratdi. To‘rtta qismdan iborat suratda oq-qora rangdagi Obamaning suratini kulib turgan Trampning rangli surati sekinlik bilan yopib borgan. Pastda “Eng yaxshi tutilish”, degan yozuv ham bor. Tramp retvit qilgan post prezidentning tarafdori bo‘lgan Jerri Travone tomonidan davlat rahbarining avvalgi xabarlariga javob bo‘lgan. Prezident tomonidan qilingan tvit mavzusi 21-avgustda AQShning 14 ta shtatida kuzatilgan quyoshning to‘liq tutilishi bilan bog‘liq. Oxirgi marta bunday hodisa AQShda 99 yil avval yuz bergan. Quyoshning keyingi to‘liq tutilishi 2024-yilda bo‘lishi kutilmoqda, biroq uni bir nechta shtatdagina ko‘rish mumkin bo‘ladi.
56
812
Foto
Foto: Yulduzlarning multfilmlardagi qiyofadoshlari
Yulduzlarning hayotda qiyofadoshi borligi aniqmas-ku, lekin multfilm qahramonlarining ularga o‘xshashlari yo‘q emas. People talk nashri e’lon qilgan multfilm qahramonlarga juda ham o‘xshaydigan yulduzlar surati buning isboti.
50
225
Foto
Sharqiy Quddusdagi mojaro sabab jabrlanganlar soni 700 dan oshdi — video
Gʻazo sektoridan Isroilga 11 mayga oʻtar kechasi 200 dan ortiq raketa otildi. Bunga javoban Isroil 140 ta harbiy nishonga zarba berdi. Ayni paytda mamlakat mudofaa kuchlari Gʻazo sektori atrofidagi vaziyatning keskinlashishi sababli zaxiradagi 5000 harbiy xizmatchini chaqirishga kirishmoqda. «Bugun.uz» holat haqida hozirgacha nimalar ma'lumligini hikoya qiladi. Sharqiy Quddusdagi keskinlik 2021 yil aprel oyining oʻrtalarida boshlangan, 7 may kuni esa Isroil chegara polisiyasi va falastinliklar oʻrtasida yirik toʻqnashuv kelib chiqqan. Toʻqnashuvlar Isroil Quddusdan bir necha falastinlik oilani chiqarib yuborishni xohlayotgani sabab boshlangan, keyin esa musulmonlar Aqso masjidiga kiritishmagach, yana avj olgan. Asosiy toʻqnashuvlar 7 may kuni kechqurun va 8 mayga oʻtar kechasida Al-Aqso masjidi yaqinida boʻlib oʻtgan. Isroil polisiyasi nafaqat masjid yaqinida, uning ichida ham musulmonlarga qarshi rezina tayoqlar hamda koʻzdan yosh chiqaruvchi gaz ishlatgan, soʻng 200 dan ortiq polisiyachi masjid hovlilariga bostirib kirib, namozxonalarni Al-Aqsodan ketishga majbur qilgan. Falastinning «WAFA»axborot agentligi 10 may kuni Shayx Jarahi hududida falastinliklarning hibsga olingani haqida xabar bergan. Gʻazo sektoridan berilgan hujumlarga javoban Isroil hukumati 9 maydan boshlab sohildagi baliq ovi hududini falastinlik dengizchilar uchun toʻliq yopib qoʻyishga qaror qilgan. Gʻazo sektori bilan chegaraga qoʻshimcha jangovar boʻlinmalar yuborilgan. Gʻazo sektoridan 10 may kuni Isroilga katta raketa hujumlari boshlangan. Tunda Isroil hududiga kamida 150 ta raketa otilgan, bunga javoban Isroil mudofaa kuchlari Falastin anklavidagi nishonlarga nisbatan birinchi hujumlar toʻlqinini boshlagan. Xuddi shu kuni ertalab Isroilda «Quddus kuni» (1967 yilgi olti kunlik urushdan keyin Isroil Quddusni oʻz nazoratiga olgach, shunday kun paydo boʻlgan) nishonlangan. Kunning ikkinchi yarmida vaziyat oʻz holiga qaytgani haqida xabar berilgan, ammo kechqurun al-Aqso masjidi yaqinidagi toʻqnashuvlar qayta boshlangan. 11 mayga oʻtar kechasi Isroil huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari namozxonlarni majburan chiqarib yuborgan. Isroil mudofaa kuchlarining ma'lumotlariga koʻra, 11 mayga oʻtar kechasi Gʻazo sektoridan bir kechada 200 dan ortiq raketalar otilgan, Isroil harbiylari bunga javoban 140 ta harbiy nishonga zarba berib, Hamas va «Islomiy Jihod» guruhlarining 15 a'zosini yoʻq qilgan. Gʻazo sektorida esa Isroil armiyasining zarbalari natijasida kamida 25 nafar falastinlik halok boʻlgan. Sogʻliqni saqlash vazirligi 107 nafar falastinlik jarohat olganini xabar qilgan. Oʻlganlar orasida toʻqqiz bola borligi qayd etilgan. Qizil yarim oy jamiyatining 11 may holatiga koʻra ma'lum qilishicha, toʻqnashuvlarda yaralangan falastinliklar soni 700 dan oshgan. Isroil chet ellik jurnalistlar uchun Gʻazo sektoriga kirishni yopib qoʻygan. Mamlakat Tashqi ishlar vazirligi xalqaro hamjamiyatni Gʻazo sektorini nazorat qilayotgan radikal Hamas harakatini Isroil shaharlariga raketa hujumlarini davom ettirishda ayblashga chaqirgan. Oʻz navbatida, Hamas arab davlatlariga Isroil bilan tinchlik shartnomalarini bekor qilish boʻyicha chaqiriq bilan chiqqan. Xalqaro munosabat Yaqin Sharqni tartibga solish boʻyicha «toʻrtlik» a'zolari (Rossiya, AQSh, BMT, Yevropa Ittifoqi) Isroil rasmiylarini sabr-toqatli boʻlishga va Sharqiy Quddusdagi vaziyatni yanada keskinlashtirishga tahdid soluvchi qadamlardan voz kechishga chaqirgan. AQSh Gʻazo sektoridan Isroilga qilingan soʻnggi raketa hujumlarini qoralab, yahudiy davlatining oʻzini himoya qilish huquqini qoʻllab-quvvatlagan. BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish falastinliklarni koʻchirishni toʻxtatishga chaqirgan. BMT Xavfsizlik Kengashi 10 may kuni Sharqiy Quddusdagi vaziyatni yopiq holda muhokama qilgan. Bu borada hech qanday ma'lumot ochiqlanmagan. Ummonda yuzlab namoyishchilar Isroil elchixonasi oldida namoyishlarda qatnashgan. Islomiy tashkilotlar Isroil hokimiyatining Sharqiy Quddusning arab aholisiga qarshi harakatlarini qoralab, Isroil elchisini chiqarib yuborishni talab qilgan. Saudiya Arabistoni ham al-Aqso masjidiga qilingan hujumni qoralab, Isroilni mintaqadagi keskinlikni oshirishda ayblagan. Shuningdek, Arab davlatlari ligasi ham Isroil va Gʻazo sektori oʻrtasidagi mojaroga munosabat bildirib, tashkilot bosh kotibi xalqaro hamjamiyatni zudlik bilan choralar koʻrishga chaqirgan.
72
4,365
Foto
Foto: Mikelanjelo ko‘rgazmasidagi Mikelanjelo
Nyu-York Metropoliten muzeyi italiyalik rassom Mikelanjeloning asarlari ko‘rgazmasiga uning adashi bo‘lgan ninza-toshbaqa tashrif buyurganini ma’lum qildi, deb yozmoqda TJournal. Mikelanjelo muzeyga niqoblarsiz va ko‘zidagi sariq tasma bilan kelgan, biroq qurolini olib kelmagan. “U o‘z ismini olgan rassomning ishlarini tomosha qilish uchun keldi”, — deyiladi muzey xabarida. Mikelanjeloning Metropoliten muzeyidagi ko‘rgazmasi 12-fevralgacha davom etadi. O‘tgan haftada ko‘rgazmaga 500 mingdan ortiq kishi tashrif buyurgan.
45
527
Foto
Haftaning qiziqarli suratlari
“Interfaks” haftaning qiziqarli va ajoyib suratlarini to‘plab, bir sahifaga jamladi. Milanda bo‘lib o‘tgan modalar haftaligida Dolce & Gabbana o‘zining kuz-qishki kolleksiyasini dronlar yordamida namoyish etdi, Italiya Xizmat itlarining mashg‘uloti, Gonkong Holi bayrami nishonlanmoqda, Hindiston Yaponiyalik ijodkor Yayoi Kusamaning Torontodagi ko‘rgazmasi, Kanada Kolomboda sotish uchun terilayotgan nilufarlar, Shri-Lanka Rohib Vatikandagi Avliyo Pyotr maydonida qorbo‘ron o‘ynamoqda Bangkokdagi tungi bozor, Tailand Nyufaulendda AR-15 yarim avtomat vintovkalar haqiga duo o‘qish marosimi bo‘lib o‘tdi. Pensilvaniya shtati, AQSh. Shveysariyaning Yaun tog‘ qiyaliklarida qishki suv chang‘isi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi
29
732
Foto
Tasodifiy shedevrlar: Ideal tarzda kadr tanlangan 20 ta surat
Ajoyib suratlarni olish uchun professional suratkash bo‘lish shartmas. Eng yaxshilari tasodifan ro‘y beradi. Ba’zida esa ayni suratga olingan daqiqada kutilmagan holatlar paydo bo‘ladi. Qiziq, koptok uchun shuncha yuqori sakragan itning yuz tuzilishi o‘sha-o‘sha. To‘tiqush bilan muvaffaqiyatli kadr. Jenga – shavqatsiz o‘yin. Stakanning burni avvaldan bo‘lgan. “Gomer Marjni ko‘rganda” deb nomlangan surat. Bu shunchaki televizor oldida tushilgan surat. G‘ayrioddiy narsaning o‘zi yo‘q – qush qayergadir borishi kerak. Sumka va mushuk. Poyga muvaffaqiyatsiz tugaganda. Quyoshni o‘g‘irlashdi. Sohilda muzqaymoqni suratga olish yaxshi g‘oya emas. Umuman suv yaqinida bunday ishni qilmaslik yana bir bor isbotlandi. Bahaybat ari itni olib ketishiga oz qoldi. Bir lahza oldin bu yerda kamonni ko‘rish mumkin edi. Endi sen meni aylantirib kel. Hammasi barbod bo‘lishidan bir soniya avval. Sog‘lik uchun! Keyin nimadir bo‘lganga o‘xshadi. Buqa odamlarga suzishni o‘rgatmoqda. Jim bo‘l! Uy egasi itini qutqarish bilan ovora bo‘lgan paytda, mushuk joni xatarda qoldi, u o‘zini o‘zi qutqarishga majbur bo‘ldi.
61
1,121
Foto
Foto: Yangi zelandiyalik politsiya mushugi
Yangi Zelandiyaning Uagaparaoa yarimorolidagi politsiya bo‘limida Snikers laqabli mushuk ishlaydi. U bo‘limda 2016-yilda paydo bo‘lgan va jinoyat qurbonlariga o‘ziga kelib olishi uchun yoki tinchlanishi uchun yordam beradi. 2017-yilning iyul oyida Snikersning Instagram’dagi profili ochilgan, deb yozmoqda TJournal. Snikers — so‘nggi 25 yil ichida mazkur bo‘limda ishlayotgan uchinchi mushuk. Xodimlarning tushuntirishicha, hayvonlar huquqni himoya qiluvchi organlarga “politsiyachilar ham odam eknligini” ko‘rsatishda yordam beradi.
42
534
Foto
Foto: 1990-yillardagi olib yuriladigan qurilmalarning yaratuvchilari
Reddit foydalanuvchilari 1990-yillarda Massachusets texnologiya universiteti muhandislari turli qurilmalar bilan pozaga turgani aks etgan suratni topdi, deb yozmoqda TJournal. Surat birinchi marta muhandislardan biri — Stiv Menning (chapdan birinchi) saytida e’lon qilingan. Surat simsiz boshqariladigan kamerada olingan. Suratda olib yuriladigan qurilmalar yaratish bilan shug‘ullangan muhandislar aks etgan.
68
410
Foto
Fotogalereya: Haqiqiy og‘riqni aks ettirgan suratlar
Hayotda bo‘ladigan voqealar ba’zan biror hisni chuqur his qilishga sabab bo‘ladi. AdMe ana shunday hissiyotlarni yuzaga keltiruvchi holatlar aks etgan suratlarni taqdim etdi.
52
174
Foto
Yo‘qolib ketgan it zotlari (fotogalereya)
AdMe endi uchramaydigan itlar zotlarini keltirib o‘tdi. Ushbu ov iti zotining so‘nggi vakillarini XX asr boshlarida ko‘rishgan. U suvda suzuvchi qushlarni ov qilishni xush ko‘ruvchilar orasida mashhur bo‘lgan. Ushbu urishtiriladigan kuchuklar guruhi xalq seleksiyasi natijasida paydo bo‘lgan. Oshpazlar iti g‘ildirakda yugurish uchun mo‘ljallangan, XIX asr o‘rtalarida oshxonadagi aylanma mexanizmlar dolzarbligini yo‘qotgach, bu it zoti ham asta-sekin yo‘qolib ketdi. Qochoq qullarni ta’qib qilishga moslashtirilgan bu zot XX asr boshlariga kelib, yo‘qolib ketgan. Qurbonliklar, yegulik, ovchilik uchun mo‘ljallangan itlar maorilar hayotida muhim o‘rin tutgan, XVIII asr oxirlariga kelib yo‘qolib ketgan. Hurmaydigan xonaki iy zoti ovga chiqish va uyni qo‘riqlash uchun ayni bop bo‘lgan, ammo XIX asrda yo‘qolib ketgan. Ba’zi versiyalarga ko‘ra, mayya hindulari tomonidan xonakilashtirilgan pakana it daraxtlarga ham chiqa olgan, u chixuaxuaning gung ajdodir. Tesem — endi faqat qadimiy Misr freskalari va o‘yma naqshlarida ko‘rish mumkin bo‘lgan ovchi it.
41
1,065
Foto
Fotogalereya: Shveysariyadagi suratga olish taqiqlangan shahar manzaralari
Yaqinda dunyo sayyohlari Shveysariyaning Alp tog‘larida joylashgan Bergyun shahri tomonidan qabul qilingan yangi qoidadan hayron qoldi. Yangi qonunga ko‘ra, tog’li hududda joylashgan mazkur shaharda olingan har bir surat uchun besh dollar miqdorida jarima to‘lash kerak bo‘ladi. Eng qizig‘i jarimaning o‘zi emas, balki uning maqsadi: qonun loyihasi shaharning ertaknamo manzaralari boshqa odamlarda hasad tuyg‘usini uyg‘otmasligi uchun ishlab chiqilgan. AdMe mazkur shaharning manzaralari aks etgan suratlarini taqdim etdi.
74
523
Foto
Rossiya Markaziy banki “Senimi, shoshmay tur!” multfilmi yubileyi sharafiga tanga chiqardi (foto)
Rossiya banki “Senimi, shoshmay tur!” (“Nu, pogodi!”) multfilmining birinchi qismi chiqqaniga 50 yil to‘lishi munosabati bilan esdalik tanga chiqardi. Bu haqda Meduza xabar berdi. Tangalar ikki xil qiymatda chiqqan — kumushdan yasalgan uch rubllik va qimmat bo‘lmagan metalldan rangli surat bilan yasalgan 25 rubllik. Rossiya Markaziy banki bunga qadar multiplikatsion seriyada Vinni Pux va Uch bahodirning tangalarini chiqargan.
97
430
Foto
Dunyoning eng badavlat bo‘ydoq erkaklari
Amerikadagi Wallmart supermarketlar tarmog‘i egalaridan biri Lukas Uolton Forbes jurnali talqiniga ko‘ra 2020-yilda 40 yoshga to‘lmagan milliarderlar orasida eng badavlat bo‘ydoq deb topildi. Uning daromadi 18,4 milliard dollar deb baholanmoqda. Reytingning ikkinchi va uchinchi o‘rnini ko‘chmas mulkni qisqa muddatga ijaraga berish xizmati Airbnb servisi egalari Brayan Cheski va Jo Gebbia egalladi. Ularning daromadi 4,1 milliard dollarni tashkil etgan. Reytingning keyingi o‘rinlari kimlarga nasib etganini quyida bilib olasiz.  Hindistonning eng badavlat 10 aktyori
40
576
Foto
Saida Mirziyoyeva an’anaviy milliy etno-liboslar go‘zalligini namoyish etdi (foto)
O‘zbekiston Prezidentining to‘ng‘ich qizi Saida Mirziyoyeva an’anaviy milliy etno-liboslar chiroyini namoyish etdi. Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram kanalida O‘zbekiston viloyatlarining milliy liboslarida namoyon bo‘lgan fotosessiyasini joylashtirdi. Liboslar orasida taniqli qoraqalpog‘istonlik hunarmand ayol, tadbirkor va jamoat arbobi Ayzada Nurumbetovaning ishi ham mavjud. Uni ko‘pincha “krossovkadagi rahbar” deb atashadi. Ammo u odamlar orasiga kirishdan, muammolarni hal etishdan qo‘rqmaydi. Bundan tashqari, u yetim va nogironlar, Daun sindromi bilan tug‘ilgan bolalarga yordam berishda faol ishtirok etadi. Ularning muammolariga ko‘proq e’tibor qaratishga harakat qiladi.
82
793
Foto
Siyosatni tashlab, ijodkorlikni tanlagan “orzular dizayneri”. Kristian Dior haqida fotomaqola
Christian Dior brendi erkaklar va ayollar uchun liboslar, poyabzallar, parfyumeriya hamda kosmetika mahsulotlari, soat va aksessuarlar bilan mashhur. 21-yanvar — ushbu brend asoschisi, fransuz dizayneri Kristian Dior tug‘ilgan kun. U 1905-yil Fransiyaning Granvil shahrida tug‘ilgan. Faqat siyosat emas Kristian besh farzandli oilada ikkinchi bo‘lib dunyoga kelgan. Oilasi o‘ziga to‘q bo‘lgani bois u va boshqa farzandlar muhtojlik nimaligini bilmagan. U yoshligidan san’at va arxitektura bo‘yicha ta’lim olishni istagan, lekin ota-onasi farzandining diplomat bo‘lishini xohlab, uni siyosiy ta’limga bergan. Xalqaro huquq va geografiya fanlarini o‘zlashtirish o‘rniga bo‘lajak kutyur vaqtini muzeylarda o‘tkazgan, rassomlik san’ati tarixini, shuningdek, musiqani o‘rgangan. O‘zini siyosatda ko‘rmagan Dior ta’limning 3-yilida o‘qishni tashlagan. 1928-yilda Kristian do‘sti Jan Bonjak bilan birgalikda o‘zi istaganidek tasviriy san’at galereyasini ochgan. Galereya Andre Deren, Anri Matiss va Pablo Pikassoning suratlarini o‘z ichiga olgan. Moliyaviy inqirozdan olib chiqqan eskizlar 1930-yil Dior uchun og‘ir boshlangan. Akasidagi ruhiy kasallik, onasining saraton tufayli vafoti, otasining iqtisodiy inqirozga uchrashi uni depressiyaga tushishi, bularning barchasi galereyani yopishga sabab bo‘lgan. Vaqtincha ish qidirib sarson bo‘lgan Kristian o‘zini turli sohalarga urib ko‘radi. Turli qoqilishlar, omadsizliklarga qaramay, u o‘z yo‘lini yana ijod orqali topadi. Avvaliga taniqli jurnallardagi eskizlardan nusxa ko‘chirib suratlar chizadi. Bora-bora u chizgan suratlar moda olamidagi kishilar e’tiborini tortadi, Le Figaro Illustre jurnali Kristian muallifligida chizilgan liboslar va shlyapalarni chop eta boshlaydi. Ish qidrishni chetga surib eskizlar ketidan kun ko‘rgan dizayner 1937-yilda daromadi yaxshiligidan shaxsiy turar-joy sotib oladi. Mening tug‘ilgan kunim — ilk kolleksiyam namoyishi bo‘lgan kun   Kristian Dior Bundan 74 yil avval, 1946-yil 16-dekabrda Dior Parijning Montel ko‘chasida mo‘jazgina modalar uyiga asos solgan. 1947-yilning fevralida esa moda ixlosmandlariga New Look deb nomlangan kolleksiyani taqdim etgan. Podiumda  maftunkor, nozik qaddi-qomatli modellar etak qismi keng, bel qismi esa kamar, belbog‘ va tasmalar bilan noziklikni aks ettirgan nafis liboslar to‘plamini namoyish etgan. Bunday siluet moda olamida revolyutsiya bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Kolleksiyada Ikkinchi jahon urushi yillarida harbiy yoki mehnat liboslarida yashiringan ayollarning nozikligi va jozibasiga urg‘u berilgandi. Trapetsiya shaklidagi pastki qismi oqshom libosidek keng, bel qismi ingichka qilib bichilgan liboslarni kiygan ayol o‘zini alohida bilib quvonsa, bejirim libosdagi go‘zal sarvqomat atrofidagilar ko‘zini ikki karra ko‘proq quvontirgan. Urushning dahshatidan go‘zallik nimaligini unutib qo‘ygan insonlar “orzular dizayneri”ning ishlaridan estetik zavq olgan. Harper’s Bazaar jurnalining bosh muharriri Karmel Snou esa New Look’ga moda olamidagi yangi qiyofa deb ta’rif bergan. Yaratgan liboslarim — bu mening hayotim. Ularda mening his-tuyg‘ularim, baxt va quvonchim aks etadi. Kristian Dior Kolleksiyadagi eng chiroyli obrazlardan biri Bar Suit (bar deb nomlangan jaket) edi. Jaket nomining bar deb atalishi, g‘oyaning dizayner hayoliga Plaza Athenee mehmonxonasi barida o‘tirganida kelgani bilan bog‘liq. 1960-yilda Bar Suit Dior modalar uyi tomonidan Britaniyaning “Viktoriya va Albert” muzeyiga sovg‘a qilingan. 1948-yil Nyu-Yorkda modalar uyining filiali ochiladi, bir yil o‘tib ushbu brend nomi bilan aksessuarlar, mexlar va sumkalar litsenziyalangan. Badavlat, taniqli insonlar, aristokratlar, Gollivud yulduzlari Christian Dior mijozlari bo‘lgan. 1952-yilda Londonda yangi filial Christian Dior Models Limited ochiladi. Bir yil o‘tar-o‘tmas kompaniya Meksika, Kanada, Kuba va Italiyada faoliyatini davom ettirgan. Atir ayol haqida uning dastxatidan ko‘ra ko‘proq gapirishi mumkin. Kristian Dior Dizayner ayollar go‘zalligini faqatgina libosda deb bilmagan. Uning fikricha, o‘zini munosib tutish, did va farosat ayolning asosiy ko‘rki, lekin shunga qaramay, tashqi ko‘rinish va taraladigan iforga befarq bo‘lmaslik kerak. Shu bois bo‘lsa kerak, atirga ayol obrazini yakunlovchi so‘nggi chiziq deb ta’rif bergan. Fikrining tasdig‘i sifatida, bolalikdagi do‘sti Eftler Luish bilan birgalikda yoqimli iforni o‘zida mujassam etgan atir ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. Miss Dior deb nomlangan atir tez orada dunyoning turli burchaklarida talabgir bo‘ladi. Atir Kristianning kichik singlisi Katringa atalgan. Mademuazel emas, balki miss deb atalishi esa uning Angliyaga bo‘lgan sevgisidan dalolat. Kristian Dior 1957-yilning oktabrida 52 yoshida yurak xuruji tufayli to‘satdan vafot etgan. Uning o‘limidan keyin kompaniyani shogirdi  Iv Sen Loran, keyinchalik Mark Boan, Janfranko Ferre, Jon Galliano, Raf Simmons va Mariya Gratsiya Kyuri boshqargan. Hozirda brendning yillik daromadi 20 milliard yevroni, undagi jami ishchilar soni esa 76 mingdan ortiqni tashkil etadi. 2017-yilda Londondagi “Viktoriya va Albert” muzeyida Kristianga bag‘ishlangan ko‘rgazma bo‘lib o‘tgan.“Kristian Dior: Orzular dizayneri” deb nomlangan ko‘rgazma 2019-yil 2-fevraldan 14-iyulgacha davom etgan.  Fotogalereya: Dizaynerlarning chegara bilmas fantaziyasi Beyonce’ga ko‘ylak tikkan dizayner Toshkentda o‘z kolleksiyasi namoyishini o‘tkazdi (foto) Modellar boylarga jazman bo‘ladimi? Model qiz hikoyasi Yiliga 22,5 million dollar to‘lanadigan model (foto)
93
5,478
Foto
Fotogalereya: Bolalarini qattiqqo‘llik bilan tarbiyalayotgan mashhurlar
Ko‘pchilikda mashhurlarning farzandlariga hamma narsa mumkin, ularda cheksiz imkoniyatlar bor, degan tasavvur mavjud. Biroq ko‘plab mashhurlar o‘z farzandlarini oddiy odamlar kabi qattiqqo‘llik bilan tarbiya qiladi. AdMe ana shu mashhurlarga e’tibor qaratdi.
71
258
Foto
Fotogalereya: Samarqandda qish “boshlandi”
Qishning so‘nggi kunlari O‘zbekistonning ayrim hududlariga haqiqiy qish kirib keldi. O‘zA Samarqanddagi haqiqiy qish manzaralari aks etgan suratlarni taqdim qildi.
42
163
Foto
Fotogalereya: “Sayohatchi suratkash” tanlovining 2016-yilgi g‘oliblari
TravelAsk nashri Travel Photographer of the Year 2016 (“Sayohatchi suratkash—2016” )tanlovi g‘oliblarining eng yaxshi suratlarini bir sahifaga jamladi. Mazkur suratlarni 18-maydan 30-iyunga qadar Angliyaning Xall shahrida bo‘lib o‘tadigan Hull UK City of Culture 2017 ko‘rgazmasida ham ko‘rish mumkin bo‘ladi. Efiopiyadagi Danakil cho‘lida joylashgan Ertale vulqoni (Joel Santos, Portugaliya) Danakil cho‘lida olingan yana bir surat. Afrikaning bir burchagi (Joel Santos, Portugaliya) Flamingolar to‘dasi to‘planadigan Tanzaniyadagi Natron ko‘li (Ankit Umar, 13 yosh, Hindiston) AQShning Aylend-Bich parkidagi shamol vaqtida olingan tulkining surati (Kortni Mur, AQSh) Tibetda yashovchi qiz (Jiyi Gong, 16 yosh, Xitoy) Nyu-Yorkdagi mashhur Fletayron-bilding binosi. “Jonas” qorli po‘rtanasi vaqtida olingan surat (Maykl Palatsso, Italiya) Mana shu monaxlar har kuni ertalab Beyu tog‘i atrofini aylanib o‘tadi. Xitoy, Sichuan provinsiyasi (Biran Chao, Xitoy) Malayziyadagi Son & Dad sartaroshxonasida yosh sartarosh mijozining sochini kesmoqda (Elison Kexill, Buyuk Britaniya) Kubadagi novvoyxonaga quyosh nuri tushmoqda (Jeremi Vudxaus, Buyuk Britaniya) Hindistonning Xaridvar shahridagi Kumbxa-mela ziyoratgohi hinduviylar uchun muqaddas sanaladi va mana bu sadxular shu yerga kelish uchun uzoq yo‘l bosib kelgan (Syu O’Konnell, Buyuk Britaniya) Xitoylik ishchi katta krablarni ushlash uchun qo‘yilgan to‘rlarni tekshirmoqda (Marsel van Ostin, Gollandiya) Mo‘g‘ullar otlarni ushlab olishga urinmoqda (Benyamino Pisati, Lombardiya) El Rosiodagi ziyoratchilarning karvonlari, Ispaniya (Timoti Allen, Buyuk Britaniya) Qizg‘ish oy. Shenchjen, Xitoy (Chjiven Xuan, Xitoy) Kamchatkadagi ayiqcha (Marko Urso, Italiya) El Rosioda yorqin va quvnoq bayram, Ispaniya (Timoti Allen, Buyuk Britaniya) Bug‘ular poygasi (Raymondo Norberto, Italiya) Pragadagi hayvonot bog‘ida olingan surat (Magdalena Strakova) Gretsiyaning Falakro tog‘idagi “sirli va qadimiy bayram”dan olingan surat (Panos Laskarakis, Gretsiya) Syerra de Anduxar milliy parkidagi yirtqich. Andalusiya, Ispaniya (Lyuk Messi, Buyuk Britaniya) Xitoyning Sichaun provinsiyasida yashovchi qashshoqning portreti (Ruiyuanya Chena, Xitoy) Alligator va uning suvdagi simmetrik aksi (Keli Adler, AQSh) Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
70
2,425
Foto
Futbolchilar kiygan eng xunuk liboslar (fotogalereya)
Bu fotogalereyani tomosha qilganingizdan so‘ng faqat bir narsani — ko‘rganlaringizni unutishni xohlab qolasiz, deb yozadi “Sports.ru”. Shotlandiyaning “Partik Tisl” jamoasida aybdor o‘yinchilarni mashg‘ulotga ahmoqona libosda chiqish bilan jazolashadi. Freyzer — jazolanganlardan biri. Martin Palermo 1997-yili “Mistika” jurnali uchun Merilin Monro qiyofasida suratga tushgandi. “Boshqalarning fikri ham, bu harakatimning oqibatlari ham meni qiziqtirmaydi. Men har doim qandaydir o‘ziga xos ish qilishni istardim”, — deganda o‘shanda futbolchi.
53
559
Foto
Suratdagi kim? Tashqi ko‘rinishi bir-biriga o‘xshash mashhur shaxslar
Ular qarindosh emas, biroq bir-biriga shu qadar o‘xshaydiki, tajribali paparatssilargina ularni bir ko‘rishda ajrata oladi. “Testore.me” sayti aka-uka yoki opa-singildek o‘xshash mashhurlarning fotojamlanmasini tayyorladi. Javob: chapdagisi Natali Portman. Javob: o‘ngdagisi Mila Kunis. Javob: chapdagisi Mikki Rurk. Javob: o‘ngdagisi Keti Perri. Javob: chapdagisi Mayli Sayrus. Javob: chapdagisi Milla Yovovich. Javob: o‘ngdagisi Elaydja Vud. Javob: chapdagisi Mark Uolberg. Javob: o‘ngdagisi Demi Mur. Javob: chapdagisi Meri-Keyt Olsen. Javob: chapdagisi Madonna.
69
576
Foto
Yerning 2017-yilda orbitadan olingan eng yaxshi suratlari (fotogalereya)
Xalqaro kosmik stansiya astronavtlari kamera obyektivi orqali Yerga qarab qanday manzaralarni ko‘radi? NASA 2017-yilda olingan Yerning eng yaxshi fotosuratlarini taqdim etdi, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru.
72
202
Foto
Norvegiyadagi shinamgina qamoqxona
Norvegiyadagi Xalden Fengsel dunyodagi eng insonparvar qamoqxona hisoblanadi. U 250 mahbusga mo‘ljallangan. Ularning yarmi jiddiy jinoyatlarga — qotillik, hujum, zo‘ravonlik — qo‘l urgan. Mahbuslarning uchdan bir qismi giyohvand moddalar iste’mol qilgani yoki sotgani uchun o‘tiribdi. Qamoqxonadan asosiy muddao — bu odamlarni tuzatib, normal hayotga qaytarish, deb yozadi “Flytothesky.ru”. Har bir kamerada to‘shak, kichkina muzlatkich, kitob javoni, televizor, stol-stul, alohida vanna xonasi (dush, hojatxona va qo‘l yuvish chanogֹ‘i bilan) bor. Hududda mahbuslar uchun do‘kon ishlaydi, u yerdan ovqat tayyorlashga kerakli mahsulotlar xarid qilinadi. Shuningdek, mahbuslar xizmatida yaxshi jihozlangan Criminal Records ovoz yozish studiyasi, bog‘, ibodat xonasi, sport zali, o‘quv mashg‘ulotlari xonasi, kutubxona, kompyuter zali, mehmon qabul qilish xonasi va ko‘plab boshqa narsalar bor. Muddatini o‘tayotgan mahbus ta’lim olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Kuzatuvchilar mahbuslar bilan doimiy ravishda muloqotda bo‘lib, ular bilan birgalikda qo‘shma tadbirlarda, masalan, voleybol o‘yinida yoki choyxo‘rlikda ishtirok etadi. Ko‘pchilik bu qamoqxonani og‘ir jinoyatlar sodir etgan kishilar uchun ortiq darajada hashamatli deb hisoblaydi. Ammo qamoqxona boshlig‘i qasos hech qachon yaxshi natijaga olib kelmasligini ta’kidlaydi. Muddat o‘tashdan asosiy maqsad — mahbuslar jamiyatga qo‘shila olsin, risoladagidek hayot nima ekanligini his etsin va eski odatlariga qaytmasin, deb tushuntiradi u. Statistika uning so‘zlarini tasdiqlaydi: Norvegiyada ilgari qamoqqa tushib, u yerga yana qaytadiganlar ulushi umumiy adaddan 20 foizni tashkil etadi. Boshqa davlatlarda bu ko‘rsatkich bir necha barobarga yuqoriroqdir.
34
1,738
Foto
Bu aeroportlar shunchalik g‘aroyibki, ularga yana qaytging keladi (fotogalereya)
Biror shahar yoki davlat bilan tanishish uning aeroportidagi g‘aroyib taassurotlardan boshlanishi juda yoqimli. Aeroport shahar yoki davlatlarning tashrif qog‘oziga aylanadi. AdMe sayohatchilarni hayratga soluvchi ana shunday aeroportlar haqida hikoya qiladi. Ashxobod shahri xalqaro aeroporti (Turkmaniston) Parvoz qilayotgan burgut shaklida barpo etilgan Ashxobodning yangi aeroporti nafaqat mamlakatning diqqatga sazovor joyiga aylandi, balki Ginnesning Rekordlar kitobiga ham kirdi. Abu-Dabi xalqaro aeroporti (BAA) Tashqi ko‘rinishi bilan suzayotgan kemani eslatuvchi aeroport Abu-Dabi va Dubay shaharlari oralig‘ida joylashgan va bu hashamatli shaharlar muhitiga juda mos tushadi. Lion-Sent-Ekzyuperi xalqaro aeroporti (Lion, Fransiya) Lion aeroportiga shu shaharda yashab o‘tgan dunyoga mashhur fransuz yozuvchisi va professional uchuvchi Antuan de Sent-Ekzyuperi nomi berilgan. Marokash-Minora aeroporti (Marokash) Dunyoning eng chiroyli aeroportlaridan biri hisoblanib, uning noyob loyihasi Yevropa texnologiyalari va Marokash madaniyati an’analarini uyg‘unlashtirgan. Inchxon xalqaro aeroporti (Janubiy Koreya) Dunyoning eng yirik aeroportlaridan biri har yili (2005-yildan buyon) Xalqaro aeroportlar kengashi tomonidan dunyoning eng yaxshi aeroporti deb topiladi. Shenchjen Baoan aeroporti (Shenchjen, Xitoy) Marvarid daryosi deltasi sharqiy sohilida joylashgan va yo‘lovchilar va yuk tashish tarmog‘i uchun dengiz portlari bilan tutashgan Xitoyning yagona xalqaro aeroporti hisoblanadi. Vashington Dalles xalqaro aeroporti (Vashington, AQSh) Aeroport Duayt Eyzenxauer ma’muriyatidagi AQSh davlat kotibi Jon Foster Dalles sharafiga nomlangan. Jon Kennedi nomidagi xalqaro aeroport (TWA terminalining eski binosi), (Nyu-York, AQSh) Mazkur aeroport parvozning abstrakt ramzini aks ettiradi. Bino dunyodagi eng original aeroport binolaridan biri hisoblanadi. Uning ichkarisi tashqi ko‘rinishidan ham noodatiy. Uning aniq devor va chegaralar yo‘q. Shoudu xalqaro aeroporti, Terminal 3, (Pekin, Xitoy) Xitoyning birinchi aeroporti. Bino konturlari ajdar shaklini eslatadi, kutish zali esa qishki bog‘ bilan bezatilgan. Aeroport Xitoyning faxri va mamlakat madaniyatining o‘ziga xos muzeyi hisoblanadi. Denver xalqaro aeroporti (AQSh) Aeroport nafaqat tashqi ko‘rinishi, balki u haqida tarqalgan mish-mishlar bilan ham e’tiborni jalb etadi. Aeroport qurilishida juda katta miqdordagi tuproq olib chiqib ketilgan (Panama kanali qurilishida shuncha tuproq qazib olingan). Bu esa ko‘pchilikda aeroport ostida foydalanilmaydigan ulkan bino borligi haqidagi fikrlarni yuzaga keltiradi. Kansay xalqaro aeroporti (Yaponiya) Aeroport sun’iy orolda barpo etilgan. Uni quruqlik bilan bog‘lash uchun “Osmon darvozasi” ko‘prigi qurilgan bo‘lib, uning uzunligi 3,75 kilometrni tashkil etadi. Kansay XX asr muhandislik mo‘jizalaridan biri hisoblanadi. Dubay xalqaro aeroporti (BAA) BAAning eng yirik fuqarolik aeroporti yo‘lovchilarni palmalarning haqiqiy o‘rmoni bilan kutib oladi. 1-terminalda uxlash uchun o‘nta kabina bo‘lib, ularning har birida karavot, yuqori tezlikdagi internet va katta televizor mavjud. Los-Anjeles xalqaro aeroporti (AQSh) Mazkur aeroport eng yirik xalqaro aeroportlardan biri hisoblanadi. San-Fransisko xalqaro aeroporti (AQSh) Aeroport terminallarida muzey va kutubxonalar joylashgan, kutish zalida esa san’at buyumlarining vaqtinchalik yoki doimiy ko‘rgazmalari bo‘lib o‘tadi. Samui xalqaro aeroporti (Tailand) Samui aeroporti suvenir do‘konidan tashqari ichki binolarga ega emas. U yiliga milliondan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi.
80
3,587
Foto
Foto: Orol dengizi bo‘yida tong otishi
O‘zA Orol dengizi bo‘yida tong otishi chog‘idagi manzaralar aks etgan suratlar jamlanmasini taqdim etdi.
38
104
Foto
Teran nigoh sohiblari
Ko‘zlardan odamning fe’l-atvorini o‘rgansa bo‘ladi. Insonning yaxshi-yomonligi, ayyorligi va soddaligi, kuchli yoki kuchsizligi uning ko‘zlarida namoyon bo‘ladi. Shuningdek, ko‘zlar haqiqatni so‘ylab, yolg‘on gapirishga imkon qoldirmaydi. Dunyoning turli hududlarida istiqomat qiluvchi odamlarning teran nigohlari aks etgan quyidagi fotosuratlar “uDuba.com” nashri tomonidan taqdim etildi.
21
389
Foto
Milliarderlarning “yosh va go‘zal olifta xonim” bo‘lmagan rafiqalari (foto)
“Katalog idey” nashri milliarderning rafiqasi deganda ko‘z oldimizda gavdalanadigan yosh va go‘zal olifta xonim obrazi doim ham to‘g‘ri bo‘lib chiqmasligini ko‘rsatib berdi. Nashr G‘arbning ba’zi milliarderlari rafiqalari bilan tanishtirdi. Yer yuzidagi eng badavlat odam — Bill Geytsning rafiqasi. Uning boyligi 76 milliard dollarga baholangan. Inditex kompaniyasi asoschisi Amansio Orteganing umr yo‘ldoshi, aniqrog‘i, ikkinchi xotini. Ushbu kompaniya dunyoning 77 mamlakatida 5000 ta do‘konga egalik qiladi, ular orasida Zara do‘konlari ham bor. Berkshire Hathaway direktorlar kengashi raisi va ijrochi direktori milliarder Uorren Baffetning ikkinchi rafiqasi. Shvetsiyaning H&M riteyleri direktorlar kengashi raisi Stefan Perssonning xotini.
75
749
Foto
Fotogalereya: 2016-yilda sayyohlar tomonidan olingan eng yaxshi 20 surat
Condé Nast Traveller sayohat va dunyo bo‘ylab turli hayot uslubi haqidagi mashhur va nufuzli nashr hisoblanadi. TravelAsk sayyohlar tomonidan olingan hamda jurnal muharrirlari tomonidan 2016-yilning eng yaxshi deb topilgan 20 suratini bir sahifaga jamladi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
72
426
Foto
Yer sayyorasining san’at asari darajasidagi betakror manzaralari aks etgan suratlar
Hozirda sayyoramizda turli xil ob-havo va iqlim sharoitiga ega 6 ta qit’a mavjud — muzliklardan tortib jazirama cho‘llargacha, marjon qoyalaridan tortib shimoliy qutb yog‘dusigacha. Qanchalik mo‘jizaviy va ajoyib sayyorada yashayotganimizni quyidagi suratlar orqali his qiling. Bahor kelganida bu ko‘cha olcha gullarining iforiga to‘lib ketadi Cho‘ldagi voha —Perudagi Uakachina shahri Bular shunchaki toshlar emas, stromatolitlar — bakteriyalar koloniyalari va Yerdagi eng qadimgi hayot nishonasi “Bulutlar bir lahzaga tarqalgach, ko‘z oldimizda shu manzara paydo bo‘ldi” “Bizning piyoda sayohatimiz shu irmoqdan o‘tdi, go‘yo qor ostida yurish mumkindek tuyuladi” “Shimoliy yog‘dusini birinchi marta ko‘rishim” Bu mo‘jizaviy sharshara Klikitat kanyonida joylashgan Muzliklar ichidagi g‘or boshqa olamning kirish portaliga o‘xshaydi Eng toza shakldagi bahor va uyg‘onish Ulkan ajdahoning bosh suyagiga o‘xshaydi Muz bilan qoplangan o‘rgimchak to‘ri — qish qattiq bo‘lgandi Islandiyadagi bu joy Brilliant plyaj deb ataladi Italiyadagi bu ko‘lning suvi aslida firuzarang va atrofidagi yer esa qizil. Vulqon yassi tekisliklaridagi petrogliflar — cheksiz osmon fonida qadimiy insoniyat san’ati Paxmoq jonivorlarning yashash joyi — Avstraliya
83
1,251
Foto
Fotogalereya: Meyn-kun mushuklarining ajoyib suratlari
Mushuklarning meyn-kun zoti vakillari uy mushuklari ichida eng kattasi hisoblanadi. AdMe ana shu zot vakillarining ajoyib suratlarini taqdim etdi.
54
146
Foto
Mashhurlikda internetdagi yulduzlardan qolishmaydigan meva va sabzavotlar (foto)
Albatta, barchaga sabzavot va mevalarning shakli va rangi ma’lum. Masalan, pomidor dumaloq va qizil, bodring uzunchoq va yashil, limon esa sariq rangda. Standart ko‘rinishda bo‘lmaslik darhol ko‘pchilikning e’tiborini tortadi va ijtimoiy tarmoqda mashhurlikka erishadi. Quyida ularning bir nechtasini e’tiboringizga havola etamiz. “Men bugun shu qalampirni tanladim”. “Ushbu baqlajon xuddi qora o‘rdakka o‘xshaydi”. “Qo‘l shaklidagi sabzi chinakam mo‘jiza”. “Tanishing, janob Baqlajon!” Baliqqa o‘xshaydigan sholg‘om. Bu makkajo‘xori shunday nuqson bilan tug‘ilgan. “Dunyodagi eng kichik yoqimtoy pomidor topildi”. Uzumli ochqich. Yurak shaklidagi kivi. Bu pomidor boshqalarni aldaydi. “Bu qanday sirli sabzavot?” “Noodatiy ko‘rinishdagi limon”. “Qulupnay xuddi Xbox joystigiga o‘xshaydi”. “Bog‘imizda yetishtiriladigan kartoshka sabzavotchilik san’atiga o‘xshaydi. Aylana shaklidagi bodring. Yoga bilan shug‘ullanayotgan sholg‘om. O‘sha vaqtda yorilib, keyin tikilgan pomidor. Chiroyli mo‘ylovli garmdori. Xellouin uchun tayyor qovoq.
80
1,053
Foto
Fotogalereya: Yuraklarni larzaga soluvchi suratlar (foto)
Fotosuratlar inson hayotidagi turli xil voqealarni bir umrga muhrlaydi. Odatda suratga boqib, xotiralarni yodga olamiz. Lekin shunday suratlar borki bu sizga tegishli bo‘lmasa-da, qalbingizni titratadi. Undagi alam, og‘riq, sog‘inch kabi tuyg‘ularni bir qarashda his qilasiz. AdMe.ru ana shunday rasmlarni jamlab taqdim etdi.
57
325
Foto
Fotogalereya: Malika Kleopatra obrazini gavdalantirgan aktrisalar
Tarixda o‘z zakosi, go‘zalligi bilan dovruq qozongan ayollar talaygina. Shunday ayollardan biri Misrdagi Ptolomeylar sulolasining so‘nggi buyuk vakilasi, Sezar va Antoniy singari buyuk imperatorlar muhabbatini qozongan malika Kleopatradir. Tarixda Qadimgi Misrda Kleopatra nomi bilan 11 ta malika o‘tgan. Ulardan eng mashhuri Kleopatra VII dir. U milodan avvalgi 69-yilda Misrning Iskandariya shahrida tavallud topgan va miloddan avvalgi 30-yilda shu shaharda vafot etgan. Malika Kleopatra otasi Ptolomey XII vafotdan keyin, miloddan avvalgi 51-yilda taxtga o‘tiradi. Taxtni esa ukasi Ptolomey XIII bilan birgalikda boshqarishga kirishadi. Ptolomeylar odatiga ko‘ra, ayol kishi yolg‘iz o‘zi taxtni boshqara olmas edi. Shuning uchun u ukasi bilan shartli nikohdan o‘tishga majbur bo‘ladi. Misr taxtida 31-yilgacha o‘tirgan Kleopatra Oktavian boshliq Rim imperiyasi qo‘shinlariga mag‘lub bo‘ladi. Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng Misrdagi ellinizm davri nihoyasiga yetadi. Kleopatra esa asirga tushishdan qo‘rqib o‘z joniga qasd qiladi. Uning taqdiri asrlar davomida barchani birdek qiziqtirib kelgan. Uning shaxsiyati va tashqi ko‘rinishi haqida hozirgacha aniq tasavvurga ega emasmiz. Lekin, rimliklarni tashvishga soladigan darajada aqlli va zukko bo‘lganligi aniq. Kelopatraning Jazoirning Cherchel shahridagi byusti uning tashqi ko‘rinishini tasvirlashda ideallashtirilgan. Shuningdek, bir qancha zarb etilgan tangalarda uning yon tomondan tushirilgan surati ham topilgan. U haqida juda ko‘plab kitoblar yozilgan, suratlar chizilgan, teatr sahnalarida spektakllar ishlangan. Ushbu maqolamizda u haqida ishlangan filmlarda Kleopatra rolini ijro etgan aktrisalar haqida so‘z yuritamiz. Kleopatra haqida ishlangan ilk film rejissor Jorj Melyesning oq-qora tasvirda suratga olingan ovozsiz “Kleopatra” filmidir. Film 1899-yilda Fransiyada suratga olingan. Bosh rolni esa Melyesning xotini aktrisa Janna D’Alsi ijro etgan. Navbatdagi film ham Fransiyada 1910-yilda suratga olingan. Film bu safar ham tabiiyki, oq-qora va ovozsiz tarzda ishlangan. Bosh rolni aktrisa Madlen Rosh ijro etgan. 1917-yilda AQSh kinoijodkorlari ham ushbu mashhur ayol haqida film suratga oldi. Bosh rolda Teda Barra Kleopatra obrazini yaratdi. 1934-yilda aktrisa Klodet Kolber rol ijro etgan “Kleopatra” filmi Oskar mukofotini qo‘lga kiritdi. Ushbu film Kleopatra haqida olingan filmlar orasida ilk ovozli filmlardan biri hisoblanadi. 1945-yilda afsonaviy Vivien Li bosh rolni o‘ynagan “Sezar va Kleopatra” filmi malika haqidagi navbatdagi kinoasar bo‘ldi. Bernard Shouning shu nomdagi pyesasi asosida suratga olingan film “Eng yaxshi postanovkachi rassom” nominatsiyasida Oskarni qo‘lga kiritgan. Film Bernard Shou pyesasi asosida uning hayotlik chog‘ida suratga olingan so‘nggi va ilk rangli filmdir. Texnikolor sistemasida ishlangan film o‘sha paytdagi Angliyadagi eng qimmat film bo‘ldi. Filmlardan tashqari Kleopatra obrazi multfilmlarda ham gavdalantirilgan. Shulardan biri Fransuz ijodkorlari tomonidan ishlangan “Asteriks va Kleopatra” multiplikatsion filmi. Kleopatraga fransuz dublyaj afsonasi Mishlin Daks ovoz bergan. Ushbu multfilm 1974-yilda “Oltin ekran” mukofotini qo‘lga kiritgan. 1963-yilda suratga olingan navbatdagi filmda Kleopatra rolini mashhur Elizabet Taylor ijro etdi. Film voqealari Kleopatraning Yuliy Sezar va Mark Antoniy bilan o‘zaro munosabatlari haqida hikoya qiladi. Film Italiya, Ispaniya va Angliyada suratga olingan. Film uchun 44 million (hozirgi hisobda 300 million dollar) dollar sarf qilingan. Film kino tarixidagi eng qimmat filmlar qatoridan o‘rin olgan. 4 yil davomida suratga olingan filmdagi roli uchun Taylor 1 million dollar gonorar talab qiladi va suratga olish yakunida esa 7 million dollar ishlab oladi. 2002-yilda fransiyalik rejissor Alen Shaba “Asteriks va Kleopatra” multfilmi motivlari asosida navbatdagi komediya janridagi filmni suratga oladi. Film “Asteriks va Obeliks: Kleopatra missiyasi” deb nomlandi. Filmdagi Kleopatra rolini maftunkor Monika Beluchchi qoyilmaqom qilib ijro etgan. Film voqealari Misr malikasining Sezarga misrliklarning “qoloq” xalq emasligini ko’rsatib qo‘yish maqsadida uch oy muddatda hashamatli saroy qurish haqidagi va’dasi atrofida bo‘lib o‘tadi. Bu ishni esa malika o‘zining Numerobis ismli arxitektoriga topshiradi. Numerobis esa galliyalik Asteriks va Obelikslarni yordamga chaqirib qasrni o‘z vaqtida qurib bitkazadi. Film 2003-yilda to‘rtta nominatsiya bo‘yicha “Sezar” mukofotini qo‘lga kiritdi.
65
4,466
Foto
Fotogalereya: Qozoq millioneri qanday yashaydi?
“To‘g‘risini aytsam, millionerlar shunday yashashi mumkin, deb hech o‘ylamagandim. Aksincha, shunday sharoitlarda yashayotganlar millionerga aylanishi mumkinligini ham xayolimga keltirmagandim. Oddiy emas, dollardagi millioner!”, — deya bloger Sergey Anashkevichning so‘zlaridan iqtibos keltiradi TravelAsk. Damir — qozog‘istonlik podachilardan. U, hech bir hazil-mutoyibasiz, haqiqiy millioner. Ha, uning turar-joyiga qarab, millioner deb taxmin qilish qiyin. Uyini uy ham deb bo‘lmaydi asli. Damir juda mehmondo‘st, lekin vaqti juda kam — tez orada tog‘ yon-bag‘ridagi podalaridan xabar olgani borishi kerak. “Atigi 4,5 ming bosh qo‘yim, 400 ta sigirim, yana ikki yuzta otim bor”, — deydi Damir. Albatta, chorvachilikdan xabari yo‘q oddiy bloger buning qancha pul bo‘lishini bilmaydi. Lekin uning qozog‘istonlik hamrohlari bu boradagi hisob-kitobni o‘rniga qo‘yadi: “Go‘shtga boqilgan otning narxi 1000 dollardan boshlanadi, sigir esa 500—800 dollar, qo‘y — 100 dollar. Bu narx — jonivorlar tiriklayin va ulgurji sotilsa. Agar go‘sht qilib sotsa, 200 dollardan arzonga qo‘y topolmaysan. Hisoblayver, kamida million chiqadi”. Bunga ishonish qiyin, lekin Qozog‘istonda katta podalarning egalari haqiqatan ham millioner hisoblanadi. Qo‘chqorlar — Damirning ixtiyoridagi eng qadrli jonivorlardir. Qo‘chqorlarning boshqa bir nomi — ishlab chiqaruvchi qo‘ylar. Qishda ularni qo‘ylar podasiga qo‘yib yuborsang, bitta qo‘chqorning o‘zi bahorgacha 25—30 qo‘yni urug‘lantirib chiqadi. Uy-joy qulayliklarining bari tashqarida joylashgan. Somon aralash tappi — g‘aroyib bioyonilg‘i: uyni ham isitadi, ovqatga olov ham bo‘ladi. “Damirning uyidan bir necha kilometrga uzoqlashganimizdan so‘ng, dashtda qo‘ylar podasini ko‘rdik. Kim bilsin, balki aynan shular mehmondo‘st qozoq cho‘ponining jonli pullaridir”, — deb xulosa qiladi bloger.
47
1,835
Foto
Foto: Ozodbek Nazarbekovning qizi turmushga chiqdi
O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov bugun ikkinchi bor qaynota bo‘ldi, deb xabar beradi “Darakchi.uz”. Xonandaning 19 yoshli qizi Laylo yangi hayotga qadam qo‘ydi. Layloning suratlari kelin foydalangan to‘y liboslari saloni sahifasidan olindi.
50
273
Foto
Tarixiy shaxslarning hayotdagi va kinodagi ko‘rinishlari (fotogalereya)
Ko‘pincha personajlarning oxirigacha yaxshilab o‘ylanmagan detallari shunga olib keladiki, muhim tarixiy shaxs kinoda butunlay boshqa odamga aylanadi. Bu qahramonning ham tashqi qiyofasi, ham fe’l-atvori va ham o‘ziga xos xususiyatlariga tegishli. AdMe tarixiy shaxslarning kinodagi va hayotdagi tashqi ko‘rinishlarini taqqosladi.
71
330
Foto
Mashhur diqqatga sazovor joylarning odamlari kam va narxlari arzon bo‘lgan egizaklari (foto)
Dunyo bo‘ylab millionlab sayyohlar har yili eng mashhur joylarga tashrif buyurib, suratga tushadi. Ko‘pchilik uchun bu odatga aylangan. Aksariyat insonlar esa bu kabi diqqatga sazovor joylarni nafaqat sayyohlar bilan to‘lib-toshgani, balki narx borasida ham juda yuqori ekanidan o‘yga to‘lgan. Ammo nafaqat go‘zalligi bilan raqobatlasha oladigan, balki moddiy tomondan ham tejamkorlikka yordam beradigan joylar ham mavjud. Machu-Pikchu (Peru) – Isla-del-Sol (Boliviya) Albatta, ko‘pchilik Machu-Pikchu nomini bir marotaba bo‘lsa ham eshitgan. Bu yo‘qolib ketgan Inklarning mashhur qadimiy shahri. U YuNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilganidan so‘ng sayyohlar oqimi bir necha borga ko‘paygan. Shuningdek, shaharga borish har tomonlama qiyin. Buning o‘rniga esa Boliviyadagi Isla-del-Sol yaxshi alternativ. U go‘zal Titikaka ko‘lida joylashgan. Bu yerda 80 dan ortiq xarobalarni ko‘rish mumkin. Afsonalarga ko‘ra, aynan shu yerda Inklar imperiyasi tashkil topgan. Oltin darvoza ko‘prigi (AQSh) – “25-aprel” ko‘prigi (Portugaliya) Ko‘pgina Gollivud filmlari va seriallari San-Fransiskoda joylashgan mazkur ko‘prikni namoyish etadi. 2014-yildan buyon ko‘prikda sayohat qilish pulli bo‘lgan. Ajoyib o‘xshashlikni Lissabon yaqinida joylashgan “25-aprel” deb nomlangan ko‘prikda ko‘rish mumkin. Shuningdek, u orqali sayohat qilish arzonroq. Kolizey (Italiya) – Pula amfiteatri (Xorvatiya)  Kolizeyga har yili 6 millionga yaqin sayyoh tashrif buyuradi. Ammo yagona kamchilik uzoq navbat kutish va kirish chiptasining qimmatligi. Xorvatiyada esa shunga o‘xshash amfiteatrni ko‘rish mumkin. Unga kirish uchun navbat kutish ham shart emas, bundan tashqari, kirish chiptasi 6 yevrodan biroz qimmatroq. Big-Ben (Angliya) – Tinchlik minorasi (Kanada) Aslida Big-Ben – Vestminister saroyining soat minorasi. Afsuski, 2021-yil fevral oyidan boshlab minora qayta tiklanmoqda va sayohat qilish imkoniyati mavjud emas. Sayyoraning boshqa burchagida, Kanada poytaxti Ottavada parlament binosining bir qismi bo‘lgan Tinchlik minorasini ko‘rish mumkin. Eyfel minorasi (Fransiya) – “Eyfel” minorasi (Xitoy) 1889-yilda qurilgan mashhur Eyfel minorasi Parijdagi eng taniqli me’moriy inshootdir. Balandligi 324 metr. Eng yuqori pog‘onaga ko‘tarilish uchun 26 yevro to‘lash hamda navbat kutish kerak. Deyarli to‘liq nusxa, ammo uzunligi yarmiga qisqartirilgan Xitoyning Xanchjou shahri, Tianducheng turar joy majmuasi bog‘idan topish mumkin. Bu yer aynan Parijning dizayn xususiyatlariga taqlid qilish uchun yaratilgan. Kirish esa mutlaqo bepul. Gigantlar ko‘prigi (Shimoliy Irlandiya) – Ustunlar qopqog‘i (Rossiya) Balandligi 12 metrga yetadigan 40 mingta ustun shaklidagi g‘ayrioddiy yodgorlik. Bu yerga tashrif buyuruvchilar hamisha topiladi. Bu kabi joyni yana Rossiyadan ham topish mumkin. U yerdagi ustunlar balandligi 50 metrga yetadi. Ulinyuan (Xitoy) – Lena ustunlari (Rossiya) Ulinshan tog‘ tizimining bir qismi qumtoshlarning ob-havosi natijasida hosil bo‘lgan ko‘plab tepaliklar, ustun va qoyalardan tashkil topgan. Ularni “Avatar” filmida ham ko‘rsa bo‘ladi. Shunga o‘xshash landshaftni Rossiyada uchratish mumkin. Balandligi 100 metrgacha bo‘lgan ajoyib qoyalar har yili o‘ziga xos iqlim tufayli yanada chiroy ochib boradi. Glenfinnan ko‘prigi (Shotlandiya) – Altenbeken ko‘prigi (Germaniya)  Glenfinnan ko‘prigi ko‘plab filmlarda suratga tushirilgan, ammo Garri Potter  seriali bilan mashhur. Xuddi shunday tuzilmani Germaniyadagi shaharlarning birida ko‘rish mumkin. Mahalliy aholi u bilan juda faxrlanadi, chunki aynan ko‘prik tufayli butun qishloq shaharga aylangan. Ushbu ko‘priklar 44 yil farq bilan qurilgan. Afinadagi Akropol (Gretsiya) – Efes (Turkiya) Akropol sayyohlar orasida juda mashhur bo‘lgan qadimiy qal’a. Kirish chiptasi ham shunga yarasha narxda. Shuningdek, maskan sayyohlar bilan to‘lib toshgan. Turkiyaning qadimiy Efes shahri ham mazkur joy bilan raqobatlasha oladi. U yerda ham turli binolarning majmuasini ko‘rish mumkin. Karlovi Vari (Chexiya) – Roza Xutor (Chexiya) Karlovi Vari butun dunyoda o‘zining kurortlari bilan mashhur. Toza havo va rang-barang me’morchilikning ajoyib kombinatsiyasi yil davomida yuz minglab sayyohlarni o‘ziga jalb etadi. Uning egizagi sifatida esa Rossiyadagi Roza Xutor kurortini olish mumkin. U yerga ham har yili ko‘plab sayyohlar tashrif buyuradi. Tauer ko‘prigi (Angliya) – Suchjoudagi ko‘prik (Xitoy) Aynan ushbu ko‘prik Londonning ramziga aylangan. Kirish narxi 15 dollar. Ushbu ko‘prikning nusxasi Xitoyda joylashgan. Venetsiya (Italiya) – Kolmar (Fransiya) Afsonaviy shahrning suv ustidagi me’moriy qiyofasidan bahramand bo‘lish uchun kim ham Venetsiyaga tashrif buyurishni xohlamaydi?! Albatta, u yerni maxsus qayiqlarda tomosha qilish kerak. Ammo kutilmagan ikki hodisa shuki, yuqori narx hamda navbat. Pulni tejash va taassurotlardan mahrum bo‘lmaslik uchun Fransiyaning Kolmar shahriga ham borish tavsiya etiladi. U yerda sayyohlar kam, shuningdek, narxlar ham qulay. Stounxenj (Buyuk Britaniya) – Kallanish ( Shotlandiya) Ushbu maskan nafaqat Buyuk Britaniya, balki butun dunyoga taniqli joylardan biridir. Bu yerga har yili 800 minlab odamlar tashrif buyurdi. Xuddi shu kabi sirli joy Shotlandiyada ham bor. U yerga kirish bepul. Kapitoliy (AQSh) – Kapitoliy (Kuba) Kapitoliy AQSh Kongressining yig‘ilish joyidir. Shuning uchun u har doim shaharning tashriflar ro‘yxatida. Xuddi shunday tuzilmani Kubada ham topish mumkin. Bonnevill tuz konlari (AQSh) – Uyun tuz koni (Boliviya) Shimoliy Amerikadagi Bonnevill tuz konini Gollivud filmlari orqali ko‘rish mumkin. Dunyoning deyarli boshqa qismida ham xuddi shu kabi tuz Uyun tuz koni mavjud. Toj Mahal (Hindiston) – Bibi ka Maqbara (Hindiston) Toj-Mahal Agrada joylashgan. Bino ham masjid, ham maqbara. Uning qurilishida 22 mingga yaqin hunarmand ishlagan. Har yili 5,5 milliondan ortiq sayyoh tashrif buyuradi. Shuningdek, Aurangabad shahrida joylashgan Bibi-ka Maqbara binosiga nazar tashlansa, me’morchilik orasida o‘xshashlikni ko‘rish mumkin. Piza minorasi (Italiya) – Piza minorasi nusxasi (AQSh) Piza minorasi oldida suratga tushish uchun keladigan sayyohlarning sanog‘i yo‘q. Ammo kamchilik AQShda Italiyadagi afsonaning yarim nusxasi borligini biladi. Bino Illinoys shtatining Nil shahrida joylashgan. Sfinks (Misr) – Sfinksning nusxasi (Xitoy) Sfinks –  Misr piramidalari yonida joylashgan afsonaviy mavjudotning mashhur haykali. Sayyohlar har yili qadimiy maskanni tomosha qilish uchun keladi. Shuningdek, Xitoyda ham Sfinks nusxasi mavjud. Ammo kam sonli sayyohlargina bundan xabardor. Ozodlik haykali (AQSh) – Ozodlik haykali nusxasi (Yaponiya) Amerikaning usbu taniqli maskaniga har yili 4 milliondan ortiq sayyoh tashrif buyuradi. Deyarli haykalning to‘liq me’moriy nusxasi yer yuzining narigi tomoni, Tokiodagi Odayba orolida joylashgan. Haykal asl nusxasidan 4 baravar kichik. Shuning uchundir balki ushbu yerdagi sayyohlar soni unchalik ham ko‘p emas.
92
6,905
Foto
Donald Trampning inauguratsiyasi (fotogalereya)
Milliarder Donald Tramp AQSh prezidenti lavozimiga kirishdi. U mamlakat tarixida 45-davlat rahbariga aylandi, deb yozadi “Kommersant”. Hokimiyatni topshirish marosimi butun mamlakat bo‘ylab norozilik namoyishlari fonida bo‘lib o‘tdi. Bevosita inauguratsiya kuni yangi prezidentning dushmanlari Oq uy ostonasigacha bordi. Inauguratsiya qanday o‘tganini suratlar orqali tomosha qilishingiz mumkin.
47
395
Foto
Fotogalereya: Issiqko‘lga sayohat
4–7-sentabr kunlari “Daryo”ning bir necha xodimi o‘zbekistonlik jurnalist va blogerlar bilan birgalikda Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyatiga sayohat qildi. Sayohatda olingan taassurotlar, shuningdek, Issiqko‘l manzaralari – quyidagi fotojamlanmada. Press-tur JTI kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, undan ko‘zlangan maqsad o‘zbekistonlik jurnalistlarni O‘zbekistondan Qirg‘izistonga eksport qilinayotgan aksiz ostidagi mahsulotlar savdosi bilan tanishtirish edi. Mazkur tur doirasida jurnalistlar dastlab Toshkentdagi zavodda ishlab chiqarilgan mahsulotning Qirg‘izistonga yuborilishiga guvoh bo‘ldi. Keyin esa aynan o‘sha yuborilgan mahsulotlarni Qirg‘izistonda qaytadan “uchratdi”. Tadbirni Bishkekda emas, Issiqko‘lda o‘tkazishdan maqsad ayni paytda o‘zbekistonliklarni Issiqko‘lning turistik salohiyati bilan tanishtirish, Qirg‘izistonning go‘zal tabiati qo‘ynida dam olishlariga imkoniyat yaratish ham edi. Hordiq va tabiat qo‘yniga sayr press-tur esda qolarli o‘tishiga zamin yaratdi. Toshkentdan Bishkekka uchib kelish uncha ko‘p vaqt olmadi, lekin “Manas” xalqaro aeroportidan avtobusga minib, dovon orqali Issiqko‘l tomon yo‘lga chiqilganida sarguzashtlar boshlandi. Hamkasblar bilan to‘rt soat mobaynida avtobusda suhbatlashib ketishning zavqi o‘zgacha bo‘ldi. Issiqko‘lga yetib kelib, joylashgunimizcha tun bo‘lib qolgani bois hech narsani ko‘rishga ulgurmadik. Ertalab tomoshaga imkoniyat bo‘ldi. Ochig‘i, Issiqko‘l bo‘yida yaratilgan turistik infrastruktura bizni hayratda qoldirdi. Biz joylashgan yer – butun boshli shaharcha bo‘lib, unda barcha qulayliklarga ega o‘nlab kottejlar joylashgan, kottejlar atrofi esa yam-yashil gulzor va daraxtzor edi. Kottejlardan chiqib, shundoq Issiqko‘l sohiliga borish mumkin. Ko‘l bo‘yida barpo etilgan plyaj Karib havzasi mamlakatlaridagi plyajlarni eslatib yuboradi. Biz borganda turistik mavsum tugagani uchun plyajda va pansionatda odam kam edi. Yozda bu yer sayohatchilarga to‘lib ketishini tasavvur qilish qiyin emas. Gid bergan ma’lumotga qaraganda, joriy yil yozida Issiqko‘l bo‘yiga 1,5 milliondan ortiq chet ellik turist tashrif buyurgan. Qirg‘izistonliklarning o‘zlari ham Issiqko‘l bo‘yida dam olishni yaxshi ko‘rishini inobatga olsak, raqamlar yanayam oshadi. Issiqko‘l viloyati nafaqat ko‘li, balki tog‘lari va go‘zal tabiati bilan ham mashhur. Tur doirasida bizni Semyonovka (Qirchin) va Grigoryevka (Cho‘ng Oqsuv) daralariga olib borishdi. Daralar ob-havosi hayratlanarli ravishda juda salqin ekan – shundoq issiqdan yomg‘irli sovuqqa kirib bordik. Archalarga burkangan ulug‘vor tog‘lar, muzday suv, soy bo‘yida terilib turgan o‘tovlar – bularning bari sayohatchilarga unutilmas kayfiyat bag‘ishladi. Shundoq yonimizda – qo‘shni Qirg‘izistonda bu qadar ajoyib turistik zonaning mavjudligi quvonarli holat. O‘zbekiston va Qirg‘iziston orasida aloqalarning yaxshilanib borishi asnosida o‘zbekistonliklar Issiqko‘lda dam olishni odatga aylantirishiga shubham yo‘q. Okean o‘rtasidagi tropik orollarga borish imkoniyati, afsuski, barcha o‘zbekistonliklarda yo‘q; Issiqko‘l bunday orollarga sayohatning o‘rnini, qisman bo‘lsa-da, bosa oladi. Harqalay, Issiqko‘lning ulkan sohili, yoqimli suvi, viloyatning go‘zal tabiati tashrifchilarni befarq qoldirmasligi aniq.
33
3,260
Foto
Nuqtalarni “yeyish”. Pac-Man o‘yini yaratilganiga 40 yil bo‘ldi (foto)
1980-yil 22-may kuni Yaponiyada Pac-Man o‘yini taqdim etilgan bo‘lib, u tarixdagi eng mashhur videoo‘yinlardan biriga aylangan. Labirintdagi nuqtalarni “yeyish” natijasida o‘yin yaratuvchilari va uni ommalashtirganlar 14 milliard dollar ishlab olgan. “Kommersant” nashri “Pakman” qanday qilib o‘yin avtomatlarida paydo bo‘lgani va shundan so‘ng real hayotga kirib kelgani tasvirlangan suratlar bilan bo‘lishdi. Pac-Man videoo‘yini Yaponiyaning Namco kompaniyasi tomonidan yaratilgan bo‘lib, 1980-yilning 22-mayida o‘yin avtomobillari paydo bo‘lgan va dastlab o‘z vatanida u qadar mashhurlikka erishmagan. Oradan yetti oy o‘tib o‘yin Shimoliy Amerikada paydo bo‘lganidan so‘ng barchasi o‘zgargan va tezda mashhurlikka erishgan. Birinchi yilning o‘zidayoq dunyo bo‘ylab 100 mingdan ortiq Pac-Man arkada avtomatlari sotilgan. 1982-yilga borib 400 mingdan ortiq o‘yin avtomati sotilgan. Pac-Man 2,5 milliard dollardan ortiq pul ishlagan eng muvaffaqiyatli videoo‘yinga aylangan (bugungi kunda bu qariyb 7,7 milliard dollarga teng). Pac-Man o‘ziga bag‘ishlab tovarlar — o‘yinchoqlar, kiyim-kechak, reklama-suvenir mahsulotlari ishlab chiqarilgan birinchi videoo‘yin personaji hisoblanadi. O‘yin va unga bog‘liq tovarlarni sotishdan 14 milliard dollar foyda ko‘rilgan. Kanadalik darvozabon Nolan Mayerning bosh kiyimida o‘yin qahramonlari tasvirlangan. “Pakman”ning tashqi ko‘rinishi yaponcha “og‘iz” iyeroglifini yodga soladi, dizaynerlar uni yumaloqlashtirgan. Pac-Man juda katta mashhurlikka erishgan: 1982-yilda u Time jurnalining muqovasidan o‘rin olgan. O‘sha yilning o‘zida Buckner & Carcia musiqiy dueti Pac-Man Fever nomli musiqiy albomni taqdim etgan, shu nomli qo‘shiq esa Billboard xit-paradida 9-o‘ringa ko‘tarilgan. Qahramonlarning ismi ovqat yeyayotganda og‘izni ochish va yopishda hosil bo‘ladigan tovushning yaponcha taqlidi “paku-paku”dan kelib chiqqan. 1982—1984-yillarda Pac-Man animatsion serialining ikkita mavsumi taqdim etilgan. Qahramonning kinodagi sarguzashtlari shu bilan tugab qolmagan: 2015-yilda taqdim etilgan “Piksellar” filmida Pac-Man personajlar orasidan o‘rin olgan. AQShda o‘yin nomi dastlab Puck-Man’dan Pac-Man’ga o‘zgartirilgan. Bunga original nomdagi P harfini bolalar F’ga o‘zgartirib qo‘yishi mumkinligi sabab bo‘lgan. 2011-yilda NASA xodimlari Saturnning ikki yo‘ldoshining harorat xaritalari Pac-Man qahramonlariga o‘xshashini payqab qolgan. Pac-Man hozirda ham mashhur bo‘lib, Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan. Britaniyalik taniqli dizayner Stiven Jons tomonidan yaratilgan Pac-Man shlemi.
70
2,553
Foto
Fotogalereya: Siz ilgari hech ham uchratmagan suratlar
AdMe nashri ko‘plab insonlar shu paytgacha ko‘rmagan, biroq ulardan qiziqarli ma’lumotlar olish mumkin bo‘lgan suratlarni to‘plab taqdim etdi.
54
142
Foto
Yovvoyi tabiatni suratga olish — eng yaxshi kasb ekanligini isbotlovchi 20 ta surat (fotogalereya)
AdMe ayrim fotosuratchilar yovvoyi tabiat bilan til topa olishini ko‘rsatib beruvchi suratlarni keltirdi.
98
105
Foto
Alisher Usmonov chet elda eng ko‘p aktivlarga ega rossiyalik milliarderlar o‘nligiga kirdi
Forbes milliylashtirishdan qo‘rqmaydigan, chet elda eng ko‘p aktivlarga ega rossiyalik milliarderlar reytingini taqdim etdi. Chet eldagi aktivlar qiymati: 9,75 milliard dollar Chet eldagi aktivi: LetterOne investitsiya jamg‘armasi Chet eldagi aktivlar qiymati: 7 milliard dollar Chet eldagi aktivlari: pul mablag‘lari, investitsiyalar Chet eldagi aktivlar qiymati: 6,7 milliard dollar Chet eldagi aktivlari: pul mablag‘lari, “Bruklin Nets” basketbol klubi Chet eldagi aktivlar qiymati: 6,5 milliard dollar Chet eldagi aktivlari: Sulzer, Oerlikon, Octo Telematics, Schmolz+Bickenbach va boshqa kompaniyalar aksiya paketlari, Columbus Nova investitsiya jamg‘armasi Chet eldagi aktivlar qiymati: 6,35 milliard dollar Chet eldagi aktivlari: LetterOne investitsiya jamg‘armasi Chet eldagi aktivlar qiymati: 6,1 milliard dollar Chet eldagi aktivlari: investitsiyalar, ko‘chmas mulk, “Chelsi” futbol klubi Chet eldagi aktivlar qiymati: 4,9 milliard dollar Chet eldagi aktivlari: LetterOne investitsiya jamg‘armasi Chet eldagi aktivlar qiymati: 3,8 milliard dollar Chet eldagi aktivlari: LetterOne investitsiya jamg‘armasi Chet eldagi aktivlar qiymati: 3,5 milliard dollar Chet eldagi aktivlari: DST Global jamg‘armasi Chet eldagi aktivlar qiymati: 3,5 milliard dollar Chet eldagi aktivlari: investitsiyalar, ko‘chmas mulk, “Arsenal” futbol klubi
90
1,338
Foto
“Daryo” uchun Google’dan maxsus fotoreportaj
Google ayni paytda jahondagi yirik, mashhur va katta daromadga ega bo‘lgan koorporatsiya hisoblanadi. Kompaniyada 100 mingdan ortiq dasturchilar, menejerlar faoliyat yuritadi. Xodimlarning ko‘pchiligini osiyoliklar tashkil qiladi. Ularning ichida o‘zbekistonlik Sherali Obidov ham bor. Kuni kecha “Daryo” dasturchi bilan intervyu uyushtirgan edi. Sherali Obidov “Daryo” uchun Google’dan maxsus fotoreportaj tayyorladi. Google’ning bosh ofis binosi Nonushta uchun taomlar
44
474
Foto
Avstraliyadagi o'rmon yong'inlari, Iroqdagi ommaviy dafn marosimi, ovqat kutayotgan bolalar — hafta suratlari
Haftaning eng sara suratlarini e'tiboringizga havola etamiz. Afg'onistonning Gurboz tumanidagi shifoxonada navbat kutayotgan ayollar. Markaziy Afrika Respublikasida mamlakat ichidagi muhojir bolalar gumanitar yordam uchun navbat kutmoqda. Avstraliyada yuz bergan o'rmon yong'inlari 6 ming gektar maydonni qamrab oldi. Iroqda IShID jangarilari tomonidan o'ldirilgan yazidiylarning ommaviy dafn marosimi bo'lib o'tdi. Qozog'istonning Boyqo'ng'ir shahridagi “Soyuz” raketasiga o'rnatilgan monument oldidan qor ostida o'tib ketayotgan ayol. Hirotdagi nazorat punktida suratga tushayotgan “Tolibon” jangchisi. xitoyda quyosh botishi. Gretsiyaning Saloniki shahridagi namoyish paytida ko'chada yurgan uysiz. Germaniyadagi Rojdestvo archalari plantatsiyasida yurgan qo'ylar. Chexiyaning Liberets shahridagi hayvonot bog'idagi oq yo'lbars. Karachidagi milliy kurash o'yini. xitoyning Abe shahridagi o't o'chiruvchilarning o'quv mashg'ulotlari. Islandiyadagi shimol yog'dusi. Avstraliyalik Sofi Matterson tuyada sahrodagi 5 ming kilometrlik masofani yolg'iz bosib o'tdi. Kanzasdagi Rojdestvo illyuminatsiyasi.
109
1,100
Foto
Modellik karyerasini 4 yoshida boshlagan qiz bugungi kungacha qanchalik o‘zgardi? (foto)
Tilan Blondo dunyodagi eng yosh modellardan biri hisoblanadi. Fotomodellik karyerasini u 4 yoshida boshlab, eng chiroyli qizaloq maqomini qo‘lga kiritgan, deb yozadi “Interesno znat” nashri. Ammo uning Vogue jurnali uchun uyushtirilgan fotosessiyasi jamoatchilik orasida qahr-g‘azabga uchragandi. Jurnalni yosh qiz uchun munosib bo‘lmagan fotosessiyani tashkil qilishda ayblashdi. Shunga qaramay, bu unga moda dunyosida tanilib ketishida to‘siq bo‘la olmadi. Hozirda 15 yoshli Tilan Lacoste, Hugo Boss, Ralph Lauren, Massimo Dutti, Pull&Bear va boshqa ko‘plab brendlar bilan hamkorlik qiladi. Nashr qiz 2011-yildan buyon qanchalik o‘zgarganini uning suratlari bilan ko‘rsatib berdi.
88
684
Foto
Suratkash Finlyandiyada harakatga kelgan vulqonning ajoyib kadrlarini olish uchun o‘z dronini qurbon qildi
Islandiyalik suratkash Gardar Olaf Fagradlsfyad vulqonining otilishini maksimal darajada yaqindan tasvirga olishga qaror qilib, dronidan ayrildi. Suratkash mazkur dron yordamida olingan kadrlarni o‘zining Instagram sahifasi orqali bo‘lishgan. “Mana shuni tasvirga olish uchun dronimni eritib yubordim”, — deb yozadi Olaf. View this post on Instagram Shuningdek, suratkashning Instagram’dagi sahifasida ancha uzoq masofadan turib olingan kadrlarni ham ko‘rish mumkin. View this post on Instagram View this post on Instagram  Olimlar Islandiyadagi vulqonni ulkan grilga aylantirdi. Unda sosiskalar pishirildi Eslatib o‘tamiz, Islandiyaning janubi-g‘arbiy qismidagi Reykyanes yarimorolida joylashgan Fagradlsfyad vulqoni 19-mart kuni otilgan. Vulqon mamlakat poytaxti Reykyavikdan taxminan 30 kilometr uzoqlikda joylashgan. Vulqon sodir bo‘lgan joyda uzunligi 500 dan 700 metrgacha bo‘lgan yoriq hosil bo‘lgan, undan chiqqan lavalar 100 metrgacha balandlikka ko‘tarilgan. Tabiiy hodisaning dastlabki soatlarida lava bir kvadrat kilometrdan ortiq maydonga (200 ga yaqin futbol maydoniga teng) yoyilgan.
106
1,147
Foto
Fotogalereya: Rough Guide yo‘l ko‘rsatuvchisi dunyoning eng chiroyli shaharlari nomini e’lon qildi
1982-yilda tashkil topgan dunyoga mashhur Rough Guide yo‘l ko‘rsatuvchisi o‘z o‘quvchilaridan sayyoradagi eng chiroyli mamlakat qaysi ekanligini aniqlashda ovoz berishlarini iltimos qildi. So‘rov natijalari asosida tahririyat dunyoning eng ajoyib, ulug‘vor va hayratlanarli darajada chiroyli shaharlarining top-10 ligini tuzib chiqdi. TravelAsk reytingdan o‘rin olgan eng chiroyli mamlakatlar suratlarini taqdim etdi.
98
417
Foto
Xitoyda ikki ming metr balandlikda modalar namoyishi bo‘lib o‘tdi
Xitoy janubi-g‘arbidagi Chunsin shahrida joylashgan vertikal qoyaning taxtali so‘qmog‘ida 70 nafar model qizlar ishtirokida fotosessiya bo‘lib o‘tdi, deya xabar beradi TJournal. Ushbu so‘qmoq ikki ming metr balandlikda Xitoy tog‘ parklaridan biridagi qoya etagida joylashgan bo‘lib, uning uzunligi uch kilometrni tashkil qiladi. Qizlar rang-barang an’anaviy sipao-liboslarini quyoshga qarshi soyabonlari bilan namoyish qildi.
65
426
Foto
Merkelga gul bergan Putin, chaqaloqni tikanli toʻsiqdan olayotgan harbiylar, bemorlarga pul yigʻayotgan “Titanik II” — 20 avgust suratlari
Bugunning eng sara suratlarini e‘tiboringizga havola etamiz. Afgʻonistonning sobiq prezidenti Hamid Karzay hamda Milliy yarashuv kengashi raisi Abdulla Abdulla parlament a‘zolari bilan birgalikda noma‘lum joyda yigʻilish oʻtkazdi. Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida uysiz fuqaro koronavirus pandemiyasini koʻchada oʻtkazmoqda. Janubiy Uelsda «Greenman Festival» festivali davomida odamlar dam olmoqda. Suriyaning Idlib shahrida artilleriya hujumidan keyin vayron boʻlgan uylarning egalari omon qolgan narsalarini yigʻib olmoqda. Gaitida yuz bergan dahshatli zilzila oqibatida oyogʻidan jarohat olgan bola shifoxonadan chiqmoqda. Pokiston–Afgʻoniston chegarasida quruq oziq-ovqatlar olib ketayotgan yuk mashinasi agʻdarilib ketdi. Oqibatda mahsulotlar solingan qutilar yerga toʻkilib tushgan. Kaliforniyadagi oʻrmon yongʻinlarini oʻchirishda qatnashayotgan oʻt oʻchiruvchi Rayan Karpenter olovni oʻchirmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Germaniya kansleri Angela Merkelni Kremlda qabul qildi hamda unga gul berdi. 80 yoshli nafaqadagi harbiy Maykl Stenli oʻzi yasagan «Titanik II» deb nomlangan kichkina qayiqchasida daryolar, kanallar va ochiq suv havzalarida suzib, Alsgeymer kasalligi bilan ogʻirgan bemorlar uchun pul yigʻmoqchi.
138
1,241
Foto
Fotogalereya: Dunyodagi hayratlanarli tabiat manzaralari
TravelAsk sayyora tabiatining hayratlanarli manzaralari aks etgan suratlarni taqdim etdi.
56
89