text
stringlengths 18
64.5k
| Madaniyat
bool 2
classes | O‘zbekiston
bool 2
classes | Qonunchilik
bool 2
classes | Sport
bool 2
classes | Salomatlik
bool 2
classes | Dunyo
bool 2
classes | Jamiyat
bool 2
classes | Foto
bool 2
classes | Ayollar
bool 2
classes | Texnologiya
bool 2
classes | Siyosat
bool 2
classes | Iqtisodiyot
bool 2
classes | Pazandachilik
bool 2
classes | Jinoyat
bool 2
classes | Avto
bool 2
classes |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Enrike Messi haqida emas, o‘z sog‘ligi haqida qayg‘urishini ma'lum qildi
«Barselona» jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike kataloniyaliklar klubi rahbariyati futbolchilar bilan shartnomalarni uzaytirishi masalasiga aralashmasligini aytib o‘tdi. Jurnalist unga Lionel Messining shartnomasi xususida savol bergandi.
«Men o‘z sog‘ligim haqida qayg‘uraman, Messining shartnomasi haqida emas. Boshqa futbolchlar bilan ham xuddi shunday. Men bu haqida avval ham aytgandim», — deya Luis Enrikening so‘zlarini keltirgan Marca.
OAVda oxirgi oylarda argentinalik futbolchining jamoa bilan shartnomasi uzaytirilishi masalasi paysalga solinayotgani haqida bot-bot yozilmoqda. Biroz oldinroq futbolchining otasi Xorxe Messi o‘z o‘g‘li klubni tark etmasligiga ishontirgandi. Messining amaldagi shartnomasi muddati 2018 yilning yozigacha tuzilgan. | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston TIV rahbarini qabul qildi
23 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyeyov, O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan kelgan Qozog‘iston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Yerlan Idrisovni qabul qildi. Bu haqda, prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Davlat rahbari mehmonni iliq kutib olar ekan, uning shaxsida Qozog‘iston rahbariyati va qardosh xalqini Qozog‘iston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligi bilan samimiy qutladi.
Bugungi kundagi ishonchli va boy o‘zbek-qozoq muloqoti ikki davlat va do‘st xalqlarning uzoq muddatli manfaatlariga javob berishi hamda chuqur tarixiy ildizlarga egaligi va ikki tomonlama o‘zaro hamkorlikning barcha jabhasida rivojlanayotgani qayd etildi.
Qozog‘iston TIV rahbari samimiy qabul uchun minnatdorchilik bildirib, Prezident Nursulton Nazarboyevning O‘zbekiston Prezidenti va xalqiga samimiy qutlovlari va hurmatini yetkazdi.
Yerlan Idrisov, shuningdek, O‘zbekiston Prezidentini prezidentlik saylovlaridagi ishonchli g‘alabasi bilan yana bir bor qutladi.
Qabul chog‘ida qayd etilganidek, ikki mamlakat yaqin qo‘shni va vaqt sinovidan o‘tgan hamkorlar sifatida xavfsizlik va barqarorlik, barqaror iqtisodiy, ijtimoiy va o‘zaro rivojlanishdan hamda umuman, Markaziy Osiyo mintaqasining taraqqiy etishidan manfaatdordir.
Shu ma'noda Qozog‘istonning BMT Xavfsizlik kengashining 2017-2018 yillardagi doimiy bo‘lmagan a'zolari tarkibiga kirishi va buning O‘zbekiston tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi, Markaziy Osiyo mamlakatlari manfaatlarini global miqyosda ilgari surish bo‘yicha yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.
Muloqot chog‘ida o‘zbek-qozoq aloqalari kun tartibida turgan keng qamrovli masalalar, birinchi navbatda, savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport-kommunikatsiya sohalari bo‘yicha fikr almashildi. Xususan, O‘zbekiston va Qozog‘iston mintaqadagi yirik savdo hamkorlar sifatida bu boradagi munosabatlarni yanada chuqurlashtirish va kengaytirish, barcha zaxiralardan foydalanishga tayyordir.
Unda, shuningdek, dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashuvlar bo‘ldi. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Meksika politsiyasi Kaliforniyaga olib boruvchi ikki tunnelni aniqladi
Meksika politsiyasi Meksika chegarasi yaqinidagi Tixuana shahridan Amerikaning Kaliforniya shtatiga elituvchi ikki tunnelni aniqladi. Bu haqida Associated Press xabar berdi.
Tunellardan biri oxirgacha bitmagan bo‘lgan. Agentlikning ma'lumotiga ko‘ra, yer osti yo‘llari narkobaron Xoakin Gusman boshqaruvchi "Sinaloa" narkokortel a'zolari tomonidan giyohvand moddalarini tashish uchun mo‘ljallangan.
Hozirda Gusmanning AQShga ekstraditsiya qilinishi kutilmoqda. U Amerika hukumati tomonidan jinoiy jamiyat tashkillashtirish, giyohvand moddalarni tarqatish, poraxo‘rlik va qasddan uyushtirilgan qotilliklarda ayblanmoqda. | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false |
AQSh Ukraina poytaxti nomini o‘zgartirdi
AQSh jo‘g‘rofik nomlar bo‘yicha kengashi Kiyev nomini yozish qoidasini o‘zgartirishga qaror qildi. Bu haqda Ukrainaning AQShdagi elchixonasi bergan ma’lumotiga tayanib Sputnik yozadi.
Ko‘rib chiqish uchun tegishli murojaatni elchi Valeriy Chaliy yubordi.
Kengash bir ovozdan xalqaro bazada Ukraina poytaxtini “Kiev”dan “Kyiv”ga o‘zgartirishga qaror qildi.
Umumiy bazaga 17-iyun kuni o‘zgartirish kiritiladi.
Elchixona ta’kidlashicha, bu qaror Kiyevning butun dunyoda, shu jumladan, xalqaro qatnovlarda va chet el aeroportlarida yozilgan matnni o‘zgartirish uchun muhim ahamiyatga ega. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Xalqaro Press-klubda nuroniylar muammolari muhokama qilindi
6 sentabr kuni Xalqaro Press-klubda «Nuroniylar — boy hayotiy tajriba, ma'naviy tarbiya va ruhiy quvvat manbai» mavzusida anjuman o‘tkazildi. Tadbirda jamg‘armaning Respublika Boshqaruvi raisi Shuxrat Djalilov, «Nuroniy» jamg‘armasi Namangan viloyati bo‘limi raisi Ikromxon Najmiddinov, O‘zbekiston Respublikasi san'at arbobi, yozuvchi Ibrohim G‘ofurov spiker sifatida, shuningdek, hamkor tashkilotlar vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 dekabrdagi “O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash "Nuroniy" jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasining “Keksalar, nogironlar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi Qonunining mazmuni va mohiyatini, shuningdek keksalar uchun yaratilayotgan sharoitlar va imkoniyatlarni muhokama qilish kabi masalalar ko‘rib chiqildi.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishiga doir harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni ijro etish, jumladan respublikada aholining ijtimoiy hojatmand qatlamlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimini shakllantirish borasida qilinayotgan keng miqyosli ishlar muhokama qilindi.
Anjumanda keksalar va nogironlarning turmush darajasi va sifatini oshirish, pensiya ta'minoti va ijtimoiy madad tizimini takomillashtirish, tizimli sog‘lomlashtirishni tashkil etish, kasalliklarni davolashning zamonaviy usullaridan bahramand bo‘lishni kengaytirishga yo‘naltirilgan bir qator davlat dasturlari qabul qilingani ta'kidlandi. | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false |
Prezident qarori bilan “O‘ztransgaz” “O‘zbekneftgaz” tarkibidan chiqariladigan bo‘ldi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Aholi va iqtisodiyotni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash, neft-gaz tarmog‘ini moliyaviy sog‘lomlashtirish va uning boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi, deb xabar beradi O‘zA.
Qarorga ko‘ra, Xalqaro konsalting kompaniyalari va xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasining neft-gaz tarmog‘ini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqilgan.
O‘zbekiston Respublikasining neft-gaz tarmog‘ini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining har bir yo‘nalishi bo‘yicha ishchi komissiyalar tarkibini tasdiqladi. Tashkil qilinayotgan ishchi komissiyalari bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasining neft-gaz tarmog‘ini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish uchun xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumatlar moliya tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda – XMI/XHMT) va konsalting kompaniyalarini jalb qilish choralarini ko‘riladi.
Prezident qarori bilan “O‘ztransgaz” AJni “O‘zbekneftgaz” AJ tarkibidan chiqarish va “O‘zbekneftgaz” AJning “O‘ztransgaz” AJ ustav kapitalidagi ulushini O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga berish tasdiqlandi.
“O‘ztransgaz” AJning gaz ta’minoti bo‘yicha hududiy filiallari negizida “Hududgazta’minot” AJni tashkil qilinib, Agentlik uning aksiyadori etib belgilanadi.
Qarorning to‘liq matni bilan quyidagi havola orali tanishish mumkin. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Lyuk Besson: O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning sa’y-harakatlari yosh kinoijodkorlarni qo‘llab -quvvatlashga qaratilgan
Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida o‘tkazilgan ijodiy uchrashuvda jahonga mashhur rejissor Lyuk Besson O‘zbekistonda yoshlarning kino iste’dodini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalasi bo‘yicha fikr bildirdi.
“O‘zbekiston yoshlari juda omadli, chunki ular uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yosh kinoijodkorlarning ijodiy salohiyatini rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda”, — dedi Lyuk Besson.
Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida o‘tkazilayotgan “Kino 5 kunda” yoshlar dasturi ishtirokchilariga sovg‘a va diplomlar shaxsan afsonaviy Lyuk Besson tomonidan topshirilishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Kino 5 kunda” tanlov dasturi qisqa metrajli formatda suratga olingan milliy filmlarni qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish va rivojlantirishga qaratilgan tadbirdir. Tanlov ishtirokchilariga qisqa muddat berilgan, shu vaqt ichida ular O‘zbekistonning bir qancha shaharlarida o‘zbek urf -odatlari, madaniyati va tarixi bilan bog‘liq filmlarni suratga olishlari kerak.
Kinematografiya agentligi matbuot xizmati | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Word, Excel va PowerPoint bo‘yicha “o‘zbek tilidagi birinchi to‘laqonli videodarsliklar” tayyorlandi
Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi uch yigit — abituriyent, talaba va oliy ta’lim muassasasi bitiruvchisi qiziqarli yo‘nalishda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Yigitlar ofis dasturlari to‘plamiga kiruvchi Word, Excel hamda PowerPoint dasturlari uchun to‘liq o‘zbek tilidagi videodarsliklarni tayyorlab, sotuvga chiqardi.
Skrinshot: “Videokent.uz”
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining 21 yoshli talabasi B.Muhiddinov hamda aka-uka Qodirovlar (A.Qodirov, 23 yosh, Toshkent moliya instituti bitiruvchischi; Sh.Qodirov, 20 yosh, abituriyent) birgalikda tayyorlagan o‘z videomahsulotlarini “o‘zbek tilidagi birinchi to‘laqonli videodarsliklar” deb hisoblaydi.
“Bunday deb atashga asosimiz bor. Chunki aynan o‘zbek tilida avval ishlab chiqarilgan bu turdagi mahsulotlarning hech biri Word, Excel, PowerPoint kabi dasturlarda to‘liq ishlashni o‘rgatmaydi”, — deya ta’kidlaydi B.Muhiddinov.
Yosh tadbirkorlar o‘z videodarsliklari va videokurslarini tarqatish va sotish uchun maxsus — videokent.uz saytini ishga tushirgan. Saytda qayd etilishicha, “asosiy mahsulotlarning barchasi bepul hamda ochiq tarqatilishiga qaramay (bepul darsliklar bilan, masalan, Mover’da tanishish mumkin), aynan ishlab chiqarish jarayoni ko‘p vaqt hamda mehnat talab qiladigan, ma’lum mahoratni chuqur o‘rganishga bag‘ishlangan videokurslar belgilangan narxlarda sotiladi”.
“Hozirda saytimizda 24 ta (171 soat) to‘liq videodarslik, 50 dan (241 daqiqa) ortiq bepul videodarslar mavjud. Videodarslarimiz foydalanuvchilarda katta taassurot qoldirdi, “Ziyonet”, Utube.uz, Mover kabi portal va videoservislarda minglab marotaba tomosha qilindi”, — deydi B.Muhiddinov.
Videodarslar ham, videokurslar ham bir necha turkumga bo‘lingan (“Ofis dasturlarida ishlash”, “Kompyuterda ishlash”, “Internet bilan ishlash”, “Ingliz tilini o‘rganish” kabi). Videodarslarda alohida holatlar bir dars sifatida o‘tilsa, ma’lum dasturni to‘laqonli o‘rganishga bag‘ishlangan videokurslar yana alohida darajalarga ajratilgan: “O‘qituvchilar uchun Word”, “Talabalar uchun PowerPoint”, “Hisobchilar uchun Excel” kabi.
“Eng asosiy maqsadimiz — odamlar hayotini, ularning yashash, o‘qish va ishlash tarzini zamonaviy texnologiyalar, yuqori darajadagi bilim, mahorat, tajriba, sifatli mahsulotlarimiz hamda professional xizmatlarimiz orqali yanada osonlashtirish, yanada yuksaltirish va yangi daraja olib chiqishdir”, — deyiladi Videokent loyihasi saytidagi murojaatda. | false | false | false | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false |
Gavhar Sharipova o‘limiga 2 yil to‘lishi arafasida “Bir jinoyat izidan” ko‘rsatuvi namoyish etildi. Unda aktrisaning shaxsiy hayotiga oid faktlar ham bor
“Opa-singillar”, “Gulxan atrofidagilar” kabi seriallardagi rollari bilan tanilgan Gavhar Sharipovaning vafotiga roppa-rosa ikki yil bo‘ldi. 2019-yilning 19-noyabrida aktrisa fojiali tarzda halok bo‘lgandi. U 37 yoshda edi. “O‘zbekiston” telekanalining “Bir jinoyat izidan” ko‘rsatuvining navbatdagi qismida Gavhar Sharipovaning o‘limi tafsilotlari va uning vafotidan oldin tushkunlikka tushishi sabablari haqida yaqinlarining fikri namoyish etildi.
Gavhar Sharipova.
2019-yilning 18-noyabr kuni tungi soat 2 larda G‘uzor tumani ichki ishlar bo‘limiga G‘uzor—Samarqand yo‘lining Yorg‘unchi qishlog‘idan o‘tgan hududida Isuzu yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘lgani haqida xabar kelib tushgan.
G‘uzor tumani tez tibbiy yordam shifokori Hayitgul Salomovaning aytishicha, voqea joyiga 02:40 da yetib borilganida u yerda ikkita Isuzu avtomobili yonida ikki yigit va yo‘l chetida yotgan ayolga duch kelgan. “Shu ayolni ko‘rdik. Borib pulsini ko‘rdim, qon bosimini o‘lchadim va ko‘zini ochib ko‘rdim. Qorachiqlari kengayib ketgan ekan”, — deydi shifokor.
Hamshira Zebunisa O‘rinovaning so‘zlariga ko‘ra, ayolni o‘ziga keltirish uchun ammiak ham hidlatishgan.
“Yurak urishi to‘xtagan ekan. Keyin yigitlarga ‘Pulsi yo‘q ekan, o‘lib qolibdi’ deb aytdim”, — deb voqeani eslaydi Hayitgul Salomova. Uning aytishicha, ayolni ko‘zdan kechirish vaqtida o‘ng oyog‘ining tovon qismida taxminan 4-5 santimetr shilinib, suyagi ko‘rinib qolganiga guvoh bo‘lgan.
Chiroqchi tumani IIB boshlig‘i Aktamali Beshimqulovning aytishicha, tezkor tergov guruhi hodisa joyiga yetib borganida yo‘l chetida ayol kishining jasadi yotgan bo‘lgan. Biroz narida Isuzu yuk avtomobili yo‘l chetida to‘xtab turgan.
Gavhar Sharipovaning o‘limi yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi hujjatlaridagi Isuzu avtomobili surati.
Kadr: “Bir jinoyat izidan”
“Isuzu haydovchisi Toshkent shahri tomon harakatlanish vaqtida yo‘lda noma’lum ayolning jasadini ko‘rib, avtomobilini to‘xtatganini ma’lum qilgan. Suhbat jarayonida uning ko‘zlari joyida turmagani, rangi oqargani, gap orasida qaltiragani tufayli biz undan shubhalandik”, — deydi Aktamali Beshimqulov. Uning so‘zlariga ko‘ra, Isuzu avtomashinasining ichki va tashqi tomoni to‘liq ko‘zdan kechirilgan. Mashina ichidan topilgan soch tolasi va barmoq izlari rasmiylashtirib olingan. Shu kunning o‘zida Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Marhumaning sumkasi va kiyimidan uning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar topilmagani sabab uning shaxsini aniqlash ishlari boshlangan. Barcha IIBlarga avtomobil qurboni bo‘lgan 30—35 yoshlardagi ayolning alohida belgilari bilan suratlari tarqatilgan.
Tergovchi Qamariddin Amirovning aytishicha, olib borilgan dastlabki tergov natijalariga ko‘ra, Fazliddin Sharifov boshqaruvidagi Isuzu salonidan olingan qon, barmoq izi namunalari bo‘yicha ekspertizalar tayinlangan. Haydovchi aybiga iqror bo‘lib, tergovchilarga hodisa qanday sodir bo‘lganini so‘zlab, voqea joyini ko‘rsatgan.
Fazliddin Sharipovning so‘zlariga ko‘ra, u tunda avtomobilda harakatlanib ketayotganida G‘uzor tumani “Karvonsaroy” choyxonasi ro‘parasida ayol kishi qo‘lini ko‘tarib, mashinani to‘xtatgan. Haydovchi Samarqandgacha yetib olmoqchi bo‘lgan ayolni o‘zi bilan olib ketishga rozi bo‘lgan. Harakat davomida u ayolga shilqimlik qilib, yelka va qo‘l qismlariga tegingan. Bunga javoban ayol mashina eshigini ochib, o‘zini tashlab yuborish bilan ogohlantirgan. Haydovchi uni bir qo‘li bilan ushlab olgan, ammo katta tezlikda (taxminan 80 km/soat) harakatlanishda davom etavergan. Boshqaruvni yo‘qotgach, ayolni qo‘yib yuborib, ikkala qo‘li bilan rulga yopishgan. Ayol esa mashinadan tushib ketgan.
“Keyin yo‘l ustida mashinani to‘xtatdim. Mashinadan tushib, yugurib borib ayolning yuziga urdim, ‘opa’ deb chaqirdim. Hech narsani sezmadi. Keyin birorta mashina bosib ketmasin deb yo‘l chetiga tortib chiqardim. Mashinamni ham chekkaroq oldim. Keyin mashinaning eshigini ochib, ko‘rpa bilan adyolni siljitib, ayolni o‘rindiqni ustiga yotqizdim. Mashinani o‘t oldirsam, o‘t olmadi. Ayolni yana pastga tushirdim. So‘ng 103 ga telefon qildim”, — degan Fazliddin Sharifov hodisa joyida tergovchilarga bergan ko‘rsatmasida.
Fazliddin Sharifov Gavhar Sharipova vafot etgan joyda uning o‘limi qanday yuz berganini tergovchilarga so‘zlab bermoqda.
Kadr: “Bir jinoyat izidan”
Marhumaning shaxsiga bir necha soatdan so‘ng aniqlik kiritilgan. Internet-saytlar va ijtimoiy tarmoqlar 19-noyabr kuni tush vaqtida Gavhar Sharipovaning vafot etgani haqida xabar bergandi.
Fazliddin Sharifov aktrisaning o‘limida ayblanib, unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Bu 29 yoshli Fazliddinga nisbatan qo‘zg‘atilgan birinchi jinoiy ish emas edi. U ilgariroq boshqa bir yo‘l-transport hodisasini sodir etgandi. Fazliddin sodir etgan birinchi YTH yuzasidan 2019-yilning 25-noyabrida jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati Nurobod tuman sudida o‘tkazilgan sud majlisida unga transport vositalarini boshqarish huquqidan 2 yilga mahrum qilish hamda ish haqining 15 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 2 yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.
Gavhar Sharipovaning o‘limi yuzasidan o‘tkazilgan sud jarayonida haydovchi aybiga qisman iqrorlik bildirib, tergovda bergan ko‘rsatmalaridan tongan. Fazliddinning hikoya qilishicha, u 2019-yil 18- noyabr kuni soat 21:00 larda boshqaruvidagi Isuzu avtomashinaga Surxondaryo viloyati Angor tumanidan turli ko‘katlarni ortib, Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumaniga borish uchun yo‘lga chiqadi. Soat 02:15 larda G‘uzor tumani Qo‘shtepa qishlog‘idan o‘tib, Yorg‘unchi qishlog‘i tomon harakatlanib borayotganida, yo‘lning chetida turgan 35—40 yoshlar atrofidagi sariq sochli ayol qo‘lini ko‘tarib, “olib keting” ishorasini qiladi. F.Sh. esa o‘sha vaqtda boshqaruvidagi avtomashina tezligi soatiga 70-80 kilometr bo‘lgani bois ayol turgan joydan taxminan 70—80 metr o‘tib to‘xtaydi. U yo‘lovchi ayolni mindirish niyatida avtoulovni soatiga chamasi 5 km/soat tezlikda ortga haydaydi. Taxminan 20 metrcha yurganidan so‘ng avtomashina orqa tomonidan “taq” etgan ovoz eshitiladi. Haydovchi avtomashinani darhol to‘xtatib, pastga tushgach, yo‘lovchi ayol avtomashinaning orqa o‘ng g‘ildiragining tashqi tomonida yerda jonsiz holatda yotganini ko‘radi. Uni o‘ziga keltirish uchun yuziga 2—3 marta uradi. Ammo o‘ziga kelmagach, uning yelkasidan ko‘tarib, yo‘lning chetiga olib chiqadi va 103 ga qo‘ng‘iroq qiladi. Oradan 15—20 daqiqa o‘tib, Yorg‘unchi QVP tibbiyot xodimlari keladi va shifokorlar jarohatlangan ayolni ko‘zdan kechirishadi.
Fazliddin Sharifov sudda Gavhar Sharipovani avtomashinaga mindirgani, unga tegajog‘lik qilgani va oqibatda u avtomashinadan o‘zini tashlab yuborgani to‘g‘risidagi tergovdagi ilk ko‘rsatmasini tasdiqlamasligini bildirgan. U o‘sha vaqtda shoshib qolgani va IIB xodimlari ushbu jinoyatda uni shubha ostiga olishgani uchun shu mazmunda ko‘rsatma berishga majbur bo‘lganini aytgan. Sudlanuvchi marhumani aslida avtomashinaning orqa tomoni bilan urib yuborgani, o‘sha vaqtda avtomashinada va atrofda hech kim bo‘lmagani, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligi, Gavhar Sharipovaning oila a’zolaridan kechirim so‘rab, ehtiyotsizligi tufayli baxtsiz hodisa ro‘y bergani, marhumani avvaldan tanimasligi, u bilan suhbatlashmagani, tegajog‘lik qilmaganini aytib, suddan yengillik berishni so‘ragan.
Garchi Fazliddin Sharifov sudda tergovdagi ko‘rsatmalarini tasdiqlamasligi haqida gapirgan bo‘lsa-da, uning bu vaji quyidagi asoslarga ko‘ra rad qilingan:
— Gavhar Sharipova Isuzu avtomashinadan tushib ketgan va olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan. Bu holat marhumaning tanasida ko‘plab shikastlar mavjudligi haqidagi ekspertiza xulosasi bilan to‘liq isbotini topgan;
— Fazliddin Sharifov tergov jarayonida ushbu hodisa qanday yuz berganini batafsil tushuntirib, haqqoniy va ishonchli ko‘rsatma bergan. Shu bois sud uning suddagi ko‘rsatmalarini javobgarlikni yengillashtirish maqsadida aytilgan vaj, deya baholagan va haqiqatga mos kelmaydi, deb hisoblagan.
“Bir jinoyat izidan” ko‘rsatuvida sudda advokat marhumaning onasi Dilorom Sharipovadan “Moddiy va ma’naviy zarar so‘raysizmi?”, — degan savoliga bergan javobi keltirilgan.
Kimdan moddiy va ma’naviy zarar so‘rayin? Sud zalida mung‘ayib o‘tirgan, o‘g‘lini otasiz katta qilgan onasidanmi? Ikki norasida farzandlarimni endi qanday boqaman deb o‘ylab o‘tirgan turmush o‘rtog‘idanmi? Yo‘q, bularning bir so‘m puli ham kerakmas. O‘zim 6 qizni otasiz katta qilganman. Yetim va yo‘qchilik nimaligini, beva ayollik ta’na-dashnomlarini ko‘p tortganman. Menga beradiganini oilasiga, nevaralarining yaxshi kunlariga ishlatsin.
Gavharning onasi Dilorom Sharipovaning suddagi chiqishidan
Dilorom Sharipova.
Kadr: “Bir jinoyat izidan”
2020-yil 12-iyun kuni o‘tkazilgan sud majlisida Fazliddin Sharifov Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan aybdor deb topilgan. Shuningdek, sudlanuvchiga Jinoyat kodeksining 59-moddasi 8-qismi va 61-moddalariga asosan, avvalgi hukmi yuzasidan o‘talmay qolgan jazo muddati qisman qo‘shilib, transport vositalarini boshqarish huquqidan 2 yil-u 6 oyga hamda 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Asosiy jazo muddati 2019-yil 19-noyabrdan boshlab hisoblanishi belgilangan.
Mahkum Fazliddin Sharifov “Bir jinoyat izidan” ko‘rsatuvida qilgan ishidan afsusda ekanini bildirdi:
“Hamma narsa Xudodan. Mening ham, uning ham bir ishi Xudoga yoqmagandir. Menga sinov berib, unga jazo bergandir. Mashina birovniki edi. Pushaymon yeyapman endi, afsuslanyapman”.
Fazliddin Sharifov.
Kadr: “Bir jinoyat izidan”
“Bir jinoyat izidan” ko‘rsatuvida Gavhar Sharipovaning fojiali o‘limiga olib kelgan omillar haqida ham so‘z yuritilgan. Ko‘rsatuvda aytilishicha, o‘limi oldidan aktrisa hammadan o‘zini olib qochadigan bo‘lib qolgan.
“Opa-singillar” seriali rejissori Zamira Begimqulovaning so‘zlariga ko‘ra, Gavhar sevgan yigiti bilan ajrashganidan so‘ng tushkunlikka tushib qolgan.
“O‘sha paytlarda Gavhar Sharipova juda ham og‘ir kayfiyatda edi. To‘rt yil uchrashib yurgan sevgan yigiti bilan orasi buzilgan va bu narsa unga qattiq ta’sir qilgandi. U hamma narsani yuragiga yaqin olardi. Juda ham tushkunlikda edi, o‘zini qo‘lga olishi qiyin bo‘lgan”, — deydi Zamira Begimqulova.
Aktrisaning dugonasi Durdona Egamberdiyeva Gavhar Sharipovaning hayotini izdan chiqargan voqea haqida so‘zlab berdi. Uning aytishicha, Gavhar institutda 1-kursda o‘qib yurgan paytida Samandar ismli yigit bilan tanishgan va u bilan nikohdan o‘tgan. Ammo ajrashish aktrisa uchun juda og‘ir kechgan.
Durdona Egamberdiyeva.
Kadr: “Bir jinoyat izidan”
“O‘sha paytda u bir bola bilan tanishgan. Haqiqatda yaxshi ko‘rib, yigit unga uylanaman degan. Yigit qancha qizni yaxshi ko‘rsa, dugonam shuncha undan qochishni boshlagan. U paytda Samandar akasi Iskandar bilan kvartirada yashardi. Keyin alohida kvartiraga turgan paytida Samandar u bilan nikoh o‘qittirgan. Yaxshi yashab yurgan, so‘ng nimadir bo‘lib, Samandar uning talog‘ini berib ketgan. O‘shandan keyin hammasi izdan chiqib ketdi”, — deb eslaydi Durdona Egamberdiyeva.
Durdona Egamberdiyeva Samandar ismli yigitning kimligiga aniqlik kiritmaydi. Ammo “Daryo”ning shou-biznesga yaqin manbalari gap xonanda va aktyor Samandar Hamroqulov haqida ketayotganini tasdiqladi. Samandar Hamroqulov Gavhar Sharipova bilan nikohlanganini hech qachon gapirmagan. Faqat “Mirsodiqova bilan” loyihasi doirasida bergan intervyusida Gavhar Sharipovani sevgani, ammo onasining qarshiligi tufayli unga uylana olmaganini aytgan.
2021-yilning avgustida YouTube’ga joylangan o‘sha intervyuda jurnalist ham, Samandar ham Gavhar Sharipovaning ismini biron marta tilga olmagan, ular “aktrisa” yoki “u qiz” jumlalaridan foydalangan. Biroq Samandarning “u qiz” va u bilan munosabatlarini so‘zlab berayotgan vaqtida ekranda bir necha marta Gavhar Sharipovaning surati namoyish etilgan.
U paytda juda ham yosh bo‘lganman. O‘ylamasdan ko‘p ish qilardim. Deyarli aql ishlamagan, nafsga quloq soladigan paytimiz bo‘lgan. Lekin baribir u qizda ko‘nglim bor edi, yaxshi ko‘rardim. U zamonaviy kiyinadigan, dunyoqarashlari zamonaviy, rus maktabida o‘qigan navoiylik qiz edi. Onamga ko‘rsatdim, ammo onamga ma’qul kelmadi. Lekin ajrashishimiz ancha qiyin bo‘ldi. Men asabiy bo‘lib qoldim. Biz ko‘p urishib qolardik, uning o‘ziga yarasha xarakteri bor edi. Baribir men ko‘p kechirim so‘rardim, chunki men ko‘p xafa qilardim. Oliygohni bitirganimizdan keyin ikki tarafga ajralib ketdik. Ajralganimizdan keyin u boshqa oila qurdi.
Shundan so‘ng konsert yoki to‘y xizmatlariga borsam, u boshlovchi bo‘lib ishlayotganini ko‘rib qolardim. Meni ko‘rsa, bekinib olardi. Bilardimki, u mendan qattiq xafa. Ali (Niyozimbetov) ham menga aytdi: “Bir joyda ko‘rdim, sal boshqacharoq bo‘lib qolibdi. Shu qizdan uzringni so‘rab, orani ochiq qilib olgin”. U qiz bilan hammasini gaplashib olganman.
Baribir o‘zimni aybdor his qilaman. U olamdan o‘tganda men juda qiynaldim. Namozlarimda uning haqiga duo qilaman. Yaxshi qiz edi. O‘z xarakteriga ega bo‘lgan chiroyli, aqlli qiz edi. Yozadigan she’rlari odamni yig‘latardi. Dunyoqarashi keng edi. Har qancha sevishga arziydigan qiz edi.
Ikkalamizning ham o‘zimizga yarasha xatolarimiz bo‘ldi. Lekin aksariyat xato menda bo‘ldi deyman. Kurashishim kerak bo‘ladigan narsalar bor edi, ammo men kurashmadim. Menimcha, qo‘rqoqlik qildim. Xatom shu deb bilaman.
Samandar Hamroqulov, aktyor va xonanda
Samandar Hamroqulovning “Mirsodiqova bilan” loyihasiga bergan intervyusidan.
Kadr: YouTube / Mirsadikova Shoiraxon
Aktrisa Feruza Sobitova Gavhar Sharipovaning o‘limidan so‘ng bergan intervyusida Gavhar uzoq yashamasligini o‘zi ham bilganini aytgandi.
“Gavharning hayotida ba’zi bir ishlar bo‘ldi. Moskvaga ketishiga to‘g‘ri keldi, qaytib kelgach, yashashga joyi yo‘qligi sabab menikida yashab yurdi. Juda tushkun holatda bo‘ldi, ruhiyatiga ta’sir qilgandi.
Moskvada ham og‘ir yotib qoldim deb aytib bergandi. To‘shakda yotganimda ham doim she’rlar yozardim, dedi. Xit bo‘lgan ko‘plab qo‘shiqlarning she’rlarini meniki derdi. Sen buni qanaq qilib isbotlaysan, desam, ‘O‘zim bilaman va Alloh biladi’ derdi. Manzura bilan gaplashgani esimda, u bilan ozgina tortishib qoldi.
Ko‘p suhbat qilardik, hayotimni qaytadan boshlasam, ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ymasdim derdi. Lekin men ko‘p yashamayman Feruz, — derdi.
Keyinroq portallarga bir narsalar yozgani uchun ‘tepadan’ ‘Nega sizni uyingizda yashayapti?’, degan mazmunda qo‘ng‘iroqlar qila boshlashdi. Shu sabab uni o‘zim uydan chiqarib yubordim. Rahmatli ko‘p joyga ish so‘rab bordi. ‘Milliy teatr’ga bordi, ‘O‘zbekfilm’ga bordi, lekin uni ishga olishmadi”, — degandi Feruza Sobitova.
O‘sha vaqtlarda madaniyat vaziri bo‘lgan Baxtiyor Sayfullayev Gavhar Sharipovani ruhan nosog‘lom bo‘lganini aytgandi.
“Aktrisa Gavhar Sharipovaning ruhiy kasallikka tushib qolishiga teatr yoinki atrof-muhit sabab emas. Men buni ochiq aytaman. ‘Anaqa bo‘ldi, unaqa bo‘ldi’, deb yozishibdi... Keyingi vaqtlarda necha marta ‘O‘zbekkonsert’ga ham borgan, bizga ham kelgan, kechirasizlar-u — u ruhan nosog‘lom edi”, — degandi madaniyat vaziri.
Feruza Sobitovaning so‘zlariga ko‘ra, ona bo‘lish Gavharning eng katta orzusi bo‘lgan. Biroq davolangandan keyin ham onalik baxtiga erisha olmagan.
U qattiq tushkunlikka tushib qolgan edi. O‘sha vaqtlarda, o‘zining aytishi bo‘yicha, unda saraton alomatlari paydo bo‘lgan. Buni eri bilib qolgach, uni tashlab ketgan. Gavhar bularni ko‘tara olmadi. Hayotdan xafa, taqdiridan norizo yashadi. Yashashdan umidi ham qolmagan edi. U tushkunlik holatidan chiqa olmadi. Hayot qiyinchiliklariga bardosh bera olmadi.
Eng katta orzusi farzand ko‘rish edi. Ona bo‘lish uchun juda ham ko‘p harakat qildi. Shifokorlarga qatnadi, foydasi bo‘lmadi. “Hammasi yaxshi bo‘ladi, hali yoshsan, hali hammasi oldinda”, deganim bilan foydasiz edi.
Feruza Sobitova, aktrisa
Feruza Sobitovaning so‘zlariga ko‘ra, Gavhar Sharipova ruhan juda zaif bo‘lgani sabab tushkunlikdan chiqib keta olmagan. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
“Real” so‘nggi 15 yillikdagi eng yomon natijani qayd etdi
“Real” La Liga 18-turi doirasida “Osasuna”ga qarshi kechgan 9-yanvar kungi bahsda 0:0 hisobidagi durangni qayd etdi.
Bu “Real” uchun La Liga 2020/21-yilgi mavsumidagi uchinchi nursiz o‘yin bo‘ldi. Bunaqasi shuningdek, “Shaxtyor”ga qarshi Chempionlar Ligasi bahsida ham kuzatilgandi.
Zinedin Zidan “Real” boshqaruviga ikkinchi marta kelgach, jamoa 86 o‘yindan 15 tasida gol olmadi (ularning 8 tasi 0:0 hisobi bilan tugagan) — 17%. Fransiyalik mutaxassis faoliyat yuritgan ilk davrda 149 o‘yinda bor-yo‘g‘i 9 ta golsiz o‘yin bo‘lgandi (uchta o‘yin nursiz o‘tgan) — 6%.
2017-yilda jamoa 156 ta gol urgandi, 2018-yilda (Krishtianu Ronaldu “Real”da iyun oyiga qadar to‘p surgan) bu ko‘rsatkich 142 tani tashkil qilgan. 2019-yilda “Real” 100 gol urgan, 2020-yil esa — 91. Bu klub uchun 2005-yildan keyingi eng yomon natija hisoblanadi va uch yil avvalgi natijada deyarli 40 foizga kam.
“Real” Ronaldu ishtirok etgan 503 o‘yinda 1385 ta gol urgan (o‘rtacha har o‘yinda 2,7 ta). U ketganidan keyingi 241 o‘yinda 136 ta gol urildi (o‘rtacha 1,8).
Ronaldu 2018-yilning yozida “Yuventus” safiga o‘tib ketgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling! | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Britaniyalik nogiron kishi Atlantika okeanini kesib o‘tib, jahon rekordini yangiladi
Jismoniy imkoniyati cheklangan britaniyalik sobiq dengizchi qayiqda Atlantika okeanini kesib o‘tib, jahon rekordini yangiladi. Bu haqda The Telegraph xabar berdi.
“Bu uning qo‘lidan keldi! Li Spenser yolg‘iz o‘zi Atlantikani kesib o‘tib, rekord o‘rnatdi. U Yevropa qit’asidan Janubiy Amerika qit’asiga 36 kunda yetib bordi”, — deyiladi xabarda.
Xabarda aytilishicha, 49 yoshli Spenser 9-yanvar kuni Portugaliyaning Portimau shahridan suzishni boshlagan. Bir necha kundan so‘ng u Kanar orollarida to‘rt kun to‘xtashga majbur bo‘lgan. U yerda navigatsion tizimni sozlagan.
Olti ming kilometr suvni kechib, 36 kunda Janubiy Amerikaga yetib borgan. Shunday qilib u 2002-yilda 96 kunda Atlantikani kechib o‘rnatilgan rekordni yangilagan. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Hindiston sharqida 4 nafar maochi jangari yo‘q qilindi
19-fevral, juma kuni Hindiston sharqidagi Jarkxand shtatida kamida to‘rt nafar maochi jangari yo‘q qilindi. To‘qqiz soatga yaqin davom etgan otishmada ikki nafar politsiyachi yaralandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Operatsiya 18-fevral, payshanba kuni huquq-tartibot idoralari Ranchi okrugida 40 nafar maochidan iborat otryad harakatlanayotgani haqida ma’lumot olganidan so‘ng boshlandi.
Jangarilarning aksariyati qutulib qolishga muvaffaq bo‘ldi. Ayni paytda ular qidirilmoqda, buning uchun qo‘shimcha xavfsizlik kuchlari tashlangan. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Namanganda fuqaro suv talashib, tanishini kaltaklab o‘ldirib qo‘ydi
Namangan viloyati Davlatobod tumanida tanishini kaltaklab, o‘ldirib qo‘ygan shaxs qamoqqa olindi, deya xabar bermoqda viloyat IIB axborot xizmati.
Namangan viloyati Davlatobod tumanida “Namangan parranda sanoat” MChJga qarashli mevali bog‘iga suv quyish maqsadida borgan fuqaro soat 21:00 lar atrofida o‘sha yerda yashovchi tanishi bog‘iga yo‘naltirilgan suvni to‘sib olganidan g‘azablanadi va u bilan janjallashadi.
Fuqaro janjal davomida suvning o‘zanini o‘ziga burib olgan tanishining tanasiga qo‘llari bilan urib, do‘pposlaydi.
Oqibatda jabrlanuvchi og‘ir tan jarohati olib, shifoxonaga yotqiziladi. Biroq tibbiy muolajalarga qaramasdan, 4 kun o‘tib vafot etadi.
Holat yuzasidan gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Xitoyda koronavirusga oid maxfiy xabarlarni tarqatayotgan blogerlar izsiz g`oyib bo`ldi
Xitoyda koronavirus epidemiyasiga aloqador maxfiy xabarlarni yozib borayotgan 3 nafar bloger, 19 apreldan buyon izsiz g`oyib bo`ldi.
G`oyib bo`lganlardan birining qarindoshi bergan ma`lumotlarga ko`ra, blogerlar yo`qolib qolishlaridan avval Xitoy polisiyasi tomonidan so`roq qilingan.
Ma`lum bo`lishicha aynan shu blogerlar tarafidan ishlatilgan Terminus2049 nomli saytda Xitoy hukumati tomonidan senzuraga uchragan, bloklangan yoki o`chirilgan xabarlar takroran e`lon qilib borilar edi. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
O`zbekistonda xorijiy valyutalarning so`mga nisbatan qiymati oshdi
O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning so`mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko`ra, dollarning rasmiy kursi 11.97 so`mga ko`tarildi va bir dollar 10 672 so`mni tashkil qilmoqda.
Evro kursi 47.10 so`mga oshib, 12 531.06 so`mga teng bo`ldi.
Rubl kursi esa 1.17 so`mga ko`tarildi va 1 rubl 145.17 so`mni tashkil etdi. | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false |
Buxoroda bozor ma’muriyati Bukhara News ishiga to‘sqinliq qildi
6 fevral kuni «Bukhara News» internet-nashri xodimlari Buxoro markaziy bozori ma’muriyati ularning ishlariga to‘sqinlik qilgani ҳақидаxabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, «Bukhara News» internet nashri tomonidan bozor hududida ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazilayotgan paytda, bozor vakillari jurnalist hamda tasvirchiga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lgan. Bundan tashqari, jurnalistning mikrofoni va telefonini olib qo‘yib, uning faoliyatiga qarshilik ko‘rsatgan.
Xabar e’lon qilingandan so‘ng, 6 yanvar kuni sodir bo‘lgan voqeaga O‘zbekiston prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi munosabat bildirdi.
«AOKA o‘z vakolati doirasida ushbu vaziyatni o‘rganib chiqib, tomonlarning xatti-harakatlariga huquqiy baho berilishi yuzasidan Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura hamda Buxoro viloyati hokimligiga murojaat qildi», — deyiladi agentlik xabarida.
Bozor ma’muriyati ham voqea o‘rganilayotganligini va natijalari to‘g‘risida xabar berilishini ma’lum qildi. | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false |
Usmonxon Alimov yana dunyoning eng nufuzli musulmonlar ro‘yxatidan joy oldi
30-sentabr, dushanba kuni Iordaniya poytaxti Ammandagi Podshohlik strategik tadqiqotlar islom markazi “Dunyoning eng nufuzli 500 musulmoni” (The Muslim 500) ro‘yxatini e’lon qildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov bir necha yillardan buyon ushbu ro‘yxatdan joy olib kelmoqda va bu yil ham reytingdan o‘rin egalladi.
Ro‘yxat 10 yildan buyon e’lon qilib kelinadi va unga musulmon dunyosiga siyosiy, mafkuraviya, madaniy va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha ta’sir ko‘rsata olgan taniqli insonlar kiritiladi.
Reytingda islom fiqhi hamda moliyasi bo‘yicha obro‘li va mashxur olim 76 yoshli Muhammad Taqi Usmoniy yetakchi bo‘ldi.
Muftiy Usmonxon Alimov jahonning eng nufuzli 500 musulmoni ro‘yxatidan o‘rin oldi
Shuningdek, Eron oliy yetakchisi Oyatullo al-Hamoniy, Turkiya prezidenti Rajab Toyyip Erdo‘g‘on, Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz as-Saud, Iordaniya qiroli Abdulla II ibn Husayn, Marokash qiroli Muhammad VI ham ro‘yxatning yuqori o‘rinlariga joylashtirilgan. Pokiston bosh vaziri Imron Xon, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, Ozarbayjon yetakchisi Ilhom Aliyev, Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani, Checheniston rahbari Ramzan Qodirov ham reytingga kirgan.
Taniqli sportchilardan UFC amaldagi chempioni Habib Nurmagomedov hamda “Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh ham The Muslim 500’ga kiritilgan. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
O‘zbekistondagi maktab xodimlariga haq to‘lash bo‘yicha yuzaga kelgan tushunmovchiliklar yuzasidan bayonot berildi
Xalq ta’limi vazirligi tizimdagi ta’lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha yuzaga kelayotgan tushunmovchiliklar yuzasidan bayonot berdi.
Koronavirus pandemiyasi sharoitida yangi o‘quv yili boshlanishi bilan xalq ta’limi sohasida faoliyat olib borayotgan xodimlar mehnatiga haq to‘lashda turli yondashuvlar va tushunmovchiliklar vujudga kelgani ta’kidlangan.
Qayd etilishicha, 2020-yilda Xalq ta’limi vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan qo‘shma xat orqali ayni vaqtda xodimlar mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha muammoga aylanib borayotgan tushunmovchiliklarga aniq yechim berildi.
Vazirlikning ma’lum qilishicha, ish haqi to‘lovlarini amalga oshirishda quyidagi holatlar va tushunmovchiliklarga alohida e’tibor qaratish lozim:
Ta’kidlanishicha, ota-onalar badali to‘lovidan ozod etilgan o‘quvchilar bilan ishlovchi to‘garak rahbarlariga ish haqi to‘lovlari hech qanday shartlarsiz to‘lanadi.
Shuningdek, vazirlik tomonidan xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha vujudga kelayotgan muammolarni bartaraf etish, ularni kelgusida takrorlanishini oldini olishga qaratilgan sa’y-harakatlar xodimlar mehnatiga haq to‘lashning aniq yo‘nalishini belgilashga xizmat qilishi alohida ta’kidlangan. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Bugun O`zbekistonning qator hududlarida qor yog`adi
O`zbekiston Gidrometeoroldogiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekistonda havo o`zgarib turadi, Qoraqalpog`istonda, Xorazm viloyatida ba`zi joylarda qor yog`adi. Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, qorga aylanishi mumkin. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 5-10° iliqni, shimolda 0-5° sovuqni tashkil etadi.
Poytaxtimizda kunning ikkinchi yarmida yomg`ir yog`ishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 13-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 7-9° iliq bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yog`adi. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 0-5° iliq bo`ladi. | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false |
Fransiyada 30 mingdan ortiq jo`jachalar yonib ketdi
Fransiyada 30 mingdan ortiq jo`jachalar yonib ketdi, deb xabar qildi RIA Novosti nashri.
Fransiyaning Kaestr kommunasidagi tovuq fermasida yong`in sodir bo`lgan va u 1,5 ming kvadrat metr maydonni egallagan.
Natijada 31 mingta jo`jachalar qovurilib, kulga aylangan. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Avtotransport xizmatlari sifatini yaxshilash borasida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda
Bugungi kunda mamlakatimiz aholisiga ko‘rsatilayotgan avtotransport xizmatlari sifatini yaxshilash, yurtimizning chekka qishloq va tumanlarini viloyat markazlari bilan bog‘lashda jamoat transporti qatnovini yo‘lga qo‘yish, respublika tashqarisiga transportda chiqishda xavfsizlikni ta’minlash borasida katta ishlar amalga oshirilmoqda.
Davlatimiz rahbari tomonidan 2018-yil 5-mart kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga transportda chiqish vaqtida xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-3584-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi bosqichma- bosqich amalga oshirilmoqda.
Jumladan, qarorga asosan tashkil etilgan “Uzautotrans Service” MChJga shaharlararo va xalqaro qatnovlarni yo‘lga qo‘yish uchun avtobuslarni sotib olish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish doirasida O‘zmilliybank tomonidan Xitoy Davlat Taraqqiyot bankining 20 million AQSh dollari miqdorida kredit ajratildi. Ajratilgan kredit evaziga Xitoy Xalq Respublikasida ishlab chiqarilgan 168 ta avtobus sotib olindi. Bugungi kunda mazkur korxonada 400 ga yaqin xodim faoliyat yuritmoqda.
Har bir avtoulov saloni 51 ta yo‘lovchiga mo‘ljallangan bo‘lib, ular uchun maksimal darajada qulaylik yaratilgan. O‘rindiqlar yumshoq, har bir o‘rindiq tepasida havo deflektori va individual yoritish chiroqlari mavjud. Konditsioner va monitorlar safarlar chog‘ida juda qo‘l keladi.
“Uzautotrans Service” MChJ korxonasi ushbu yangi avtobuslarda samarali faoliyat ko‘rsatishni tashkil etish maqsadida maxsus tanlov asosida haydovchilarni saralab oldi. Ularning malakasi maxsus o‘quv dasturi asosida oshirilib, xorijiy davlatlar hududida harakatlanayotganda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar haqida to‘liq tushunchalar berildi.
Yo‘lovchilarni uzog‘ini yaqin qilish va ko‘zlangan manzilga sog‘-salomat yetkazish maqsadida har bir avtobusda 2 ta dan malakali haydovchi xizmat ko‘rsatadi. Rul boshqaruvida bo‘lgan haydovchiga ham alohida qulayliklar yaratilgan. Haydovchining ish joyi yaxshi jihozlangan. O‘rindig‘i esa og‘irlikka qarab avtomatik tarzda sozlanadi va uch nuqtali xavfsizlik kamariga ega. Shuningdek, zarurat bo‘lganda o‘rindiqning balandligi va og‘ish burchagini o‘zgartirish mumkin.
Bugungi kunda 29 ta yo‘nalishda qatnovlar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ulardan 19 tasi shaharlararo 10 tasi esa xalqaro qatnovlardir. Dekabr oyidan boshlab RFning bir nechta shaharlariga muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.
Ta’kidlash kerakki, bundan 40 yil avval bunyod etilgan poytaxtimizdagi Toshkent avtovokzali zamonaviy qiyofaga keltirilib, bu yerdagi shart-sharoitlar so‘nggi talab darajasiga ko‘tarildi, yo‘lovchilar va mamlakatimizga tashrif buyurayotgan sayyohlar uchun qulay sharoitlar yaratildi va mahalliy va xalqaro yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan qatnovlarni tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadida keng ko‘lamli rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi.
Mazkur avtovokzalda bir vaqtning o‘zida 2200 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoni yaratilgan. Vokzal parkida 31 ta avtobuslarga chiqish perronlari va 80 ta avtobus uchun joy mavjud. Shuningdek, vokzal so‘nggi rusumdagi texnologiyalar bilan jihozlangan. Bu yerda zamonaviy VIP zal, ona va bola xonasi, tibbiyot xonalari, mehmonxona va hostel tashkil etilgan.
Bundan tashqari, imkoniyati cheklangan fuqarolarning avtovokzal hududida erkin harakat qilishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Ikkita lift, ikkita eskalator, maxsus panduslar, shular jumlasidan.
Ta’kidlash kerakki, O‘zmilliybank tomonidan moliyalashtirilayotgan shu kabi istiqbolli loyihalar, mamlakatimiz rivoji uchun ulkan hissa qo‘shmoqda. Shu bilan birga, “Uzautotrans Service” MChJ korxonasi avtobuslarining yo‘nalishlarga qo‘yilishi respublikamizda jamoat transporti yo‘nalishida yangi rivojlanish davrini boshlab beradi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Kishilarni "kuzatib" turuvchi bino borligini bilasizmi?
Fransiyadagi Polygone Riviera savdo markazining tasviri bir kunda 58 ming kishi ovozini yig‘di va minglab foydalanuvchilar bahs-munozaralariga sabab bo‘ldi.
Uning yuqori va pastki qismi bahaybat inson boshi orqali ajratiladi.
Kishilarni kuzatuvchi bino oldidagi insonlarga bir e'tibor bering. Ko‘p ehtimol bilan Gulliver yonidagi liliputlar o‘zlarini xuddi shunday his etishgan.
Foydalanuvchilarning aniqlashicha, fransiyaliklar kubga “joylashtirilgan” bahaybat boshga umuman olganda qarshi emaslar. Keyingi kadrda – Nitstsadagi Lui Nyuser kutubxonasining bo‘limlaridan biri:
Bu fikrlarning barchasi va bahaybat boshlar haqidagi fotosuratlar 2006 yildagi Citroen CX reklamasini yodga soladi.
Foydalanuvchilardan ba'zilari esa binoga biroz dinamikani berishga qaror qilishdi: | false | false | false | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false |
Afg‘onistonda 5 yil asirlikda saqlangan amerikalik ayol, uning turmush o‘rtog‘i va 3 nafar bolasi ozod qilindi
Amerikalik ayol, uning kanadalik turmush o‘rtog‘i va 3 nafar bolalari 5 yil deganda Afg‘onistondagi “Haqqoniy tarmog‘i” guruhi asirligidan ozod qilindi. Bu haqda Forum Daily xabar bermoqda.
2012-yili 31 yoshli Keytlan Koulman, uning 33 yoshli eri Joshua Boyl va bir bolalari Kobul yaqinidagi tog‘li hududda sayohatlari davomida o‘g‘irlab ketiladi. Koulman bu payt homilador edi. Asirlikdagi 5 yil davomida juftlikning ikki farzandi dunyoga keldi.
Qutqaruv operatsiyasi Pokiston kuch tizimlari tomonidan amalga oshirildi. AQSh razvedka xizmatlari garovdagilarni kuzatib borgani va ular haqidagi ma’lumotlarni Pokiston razvedkasi bilan o‘rtoqlashgani bildirilmoqda.
AQSh prezidenti Donald Tramp garovdagilarni ozod qilishdagi roli uchun Pokistonga minnatdorlik bildirdi. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
O‘z tovar, ish va xizmatlarini elektron do‘kon orqali davlatga qanday sotish mumkin?
Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqladi. Hujjatda barcha turdagi davlat xaridlari batafsil tartibga solingan, deb yozmoqda Norma.
Eslatib o‘tamiz, «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi Qonun 10.04.2018 yildan kuchga kirgan. Davlat xaridlari yagona axborot portali ham ishlay boshladi.
Tovarlar, ishlar va xizmatlarni portalning «Elektron do‘kon» bo‘limiga qo‘yish uchun jismoniy va yuridik shaxslar Davlat xizmatlari markazida elektron raqamli imzo (bundan keyin – ERI) olishlari talab etiladi. Agar ERI bo‘lsa, uni yangidan olish kerak bo‘lmaydi.
So‘ng portalda ro‘yxatdan o‘tish zarur. Ro‘yxatdan o‘tkazish 1 marta amalga oshiriladi, so‘ngra shaxsiy kabinetdan boshqa turdagi xarid qilish tartib-taomillari uchun ham foydalanish mumkin bo‘ladi. Davlat buyurtmachilari uchun ham ro‘yxatdan o‘tkazishning xuddi shunday tartibi nazarda tutilgan.
Ro‘yxatdan o‘tgandan keyin portal ishtirokchilari (sotuvchilar) va davlat buyurtmachilari (xaridorlar) hisob-kitob-kliring palatasidagi shaxsiy hisobvaraqlariga avans to‘lovlarini kiritadilar. Ular kamida portal operatorining vositachilik haqi summasi (bitim summasining 0,15%i) va zakalat summasini (boshlang‘ich narxning 3%i) o‘z ichiga olishi kerak. Tomonlar faqat avans to‘lovlarini kiritganlaridan so‘ng xarid qilish tartib-taomillariga qo‘yiladilar.
Elektron do‘konda 3 turdagi taklifni – tovarlar, ishlar va xizmatlar bo‘yicha kiritish mumkin. Taklifni qo‘yayotganda «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi Qonunning 44-moddasi uchinchi qismida keltirilgan ma'lumotlar va tavsiflarni ko‘rsatish zarur. Ko‘rsatilgan axborotning ishonchliligi bo‘yicha to‘liq javobgarlik ishtirokchi (sotuvchi) zimmasiga yuklatiladi.
Shu paytdan boshlab sotuvchi o‘z ofertasi – shartnoma tuzish taklifini shakllantirgan hisoblanadi. U 15 kun mobaynida amal qiladi. Oferta xaridor tomonidan aktseptlangunga (qabul qilingunga) qadar ushbu muddat tugashidan oldin chaqirib olinishi (taklif qaytarib olinishi) mumkin. Agar u aktseptlangan bo‘lsa, chaqirib olishga yo‘l qo‘yilmaydi. 15 kunlik muddat tugaganidan so‘ng ishtirokchi hech kim qabul qilmagan oferta muddatini uzaytirishga haqli.
Portal operatori ishtirokchilarga ham, buyurtmachilarga ham bir-birlari va qolgan ishtirokchilarning ma'lumotlarini oshkor qilmaydi. Hamma inkognito sifatida oldi-sotdi qiladi va xarid qilish tartib-taomilining g‘olibi aniqlangunga qadar bir-birini tanimaydi.
Elektron do‘konda bitimlar tuzish quyidagi tarzda amalga oshiriladi:
1-qadam. Davlat buyurtmachisi aniq taklifni tanlaydi;
2-qadam. Narxlar so‘rovi mexanizmi ishga tushadi – o‘xshash tovarlarni taklif etayotgan boshqa sotuvchilarga avtomatik ravishda xaridor tanlagan ofertaga havolani o‘z ichiga olgan xabarnoma yuboriladi. Pastroq narxni taklif etish uchun 48 soat beriladi. Pastroq narxni faqat 1 marta taklif etish mumkin.
Yangi taklif narxi 15%dan past bo‘lsa, buyurtmachi tanlagan birinchi oferta summasi bilan ishtirokchining yangi oferta summasi o‘rtasidagi farq miqdorida qo‘shimcha zakalat talab etiladi. Qo‘shimcha zakalat bo‘lmasa, taklif avtomatik ravishda rad etiladi.
Ma'lumot uchun: sotuvchi va xaridorlarning zakalatlari shartnoma bajarilgunga qadar tizim tomonidan xatlab qo‘yiladi. Biroq boshqa sotuvchilardan biri taklifda «o‘zib ketsa», savdodan chiqib ketgan sotuvchining zakalatidan xatlov olib tashlanadi.
3-qadam. 48 soat o‘tgach, axborot tizimi sotuvchi tanlagan ofertaga muvofiq eng past narxni taklif qilgan ishtirokchi bilan namunaviy shartnomani avtomatik ravishda shakllantiradi (shartnoma tuzish uchun ERIdan foydalaniladi). Shartnoma ro‘yxatdan o‘tkaziladi, portal operatori esa ham g‘olib bo‘lgan ishtirokchining, ham buyurtmachining shaxsiy hisobvaraqlaridan vositachilik yig‘imini yechib oladi.
Hech kim eng past narxni taklif qilmaganda sotuvchi ofertasini tanlagan ishtirokchi g‘olib bo‘ladi. Elektron do‘konda tegishli tovarlar, ishlar yoki xizmatlar mavjud emasligi sababli shartnoma tuzishning imkoni bo‘lmasa, davlat buyurtmachisi kontragentni mustaqil ravishda tanlash va elektron do‘kondagi bitimlar limitlaridan oshmaydigan summaga u bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzishga haqli bo‘ladi. Bunday holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma 3 kun muddatda portalda joylashtirilishi lozim.
Elektron do‘konda bitimlarning cheklangan summalari quyidagicha etib belgilangan:
Hujjat 28.05.2018 yildan kuchga kirdi. | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false |
Yevroittifoq Ukraina tufayli yana 13 kishi va 2 kompaniyaga sanksiya kiritdi
Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari dushanba kuni Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni kengaytirdi. Reuters xabar qilishicha, ro‘yxatga yana ikkita Qrim kompaniyasi va 13 kishi kiritildi.
Avvalroq Yevroittifoq 48 nafar rossiyalik va ukrainaliklarga qarshi sanksiya joriy qilib, kirishni man qilgan va aktivlarini muzlatgan edi.
AQSh esa bir nechta kompaniyalar va shaxslar, jumladan prezident Putinning yaqin kishilariga nisbatan sanksiya qo‘llagan edi. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Tadbirkorga 1 milliard so‘m imtiyozli kredit olib berishni va’da qilgan mutaxassis ushlandi
Quva tumanida “Mikrokreditbank” ATBning mutaxassisi 30 million so‘m evaziga tijorat banklaridan 1 milliard so‘m imtiyozli kredit olib berishni va’da qilib, oldindan 1 500 AQSh dollari olgan vaqtda ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Quva tumani bo‘limlari tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbir davomida“Mikrokreditbank” ATBning Farg‘ona viloyati mintaqaviy filiali yetakchi mutaxassisi A.S. “Z.S.” MChJ rahbari B.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida 30 million so‘m evaziga Farg‘ona shahridagi tijorat banklaridan 1 milliard so‘m imtiyozli kredit olib berishni va’da qilib, oldindan 1 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq, Buxoroda tadbirkorga bankdan 400 ming dollar kredit olishda yordam berishni va’da qilgan Savdo-sanoat palatasi xodimi ushlangani haqida xabar berilgan edi. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
KORXONA, TAShKILOT, MUASSASA, JAMOA XO‘JALIGI, O‘QUV YuRTINING IJTIMOIY SUG‘URTA BO‘YIChA KOMISSIYASI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasining “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risida”gi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 6-apreldagi PQ-616-sonli “Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-yil., 15-son, 156-modda) asosan buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Korxona, tashkilot, muassasa, jamoa xo‘jaligi, o‘quv yurtining ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha komissiyasi to‘g‘risida”gi nizomga (1998-yil 9-aprel, ro‘yxat raqami 431) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi.
1. Nizomning nomlanishidagi va 1.1- banddagi “jamoa xo‘jaligi” degan so‘zlar “fermer xo‘jaligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. 1.4-banddagi “pensiya jamg‘armasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi (bundan buyon matnda Pensiya jamg‘armasi)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3. II-bo‘limning birinchi xatboshisida “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzurida pensiya jamg‘armasini tashkil qilish to‘g‘risida”gi 1996-yil 27-dekabrdagi 459-sonli qaroriga,” degan so‘zlari chiqarib tashlansin.
4. 2.2-band “hamda ishlab chiqarishdagi sug‘urta hodisalarini belgilangan tartibda tekshirilishida ishtirok etadi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
5. 2.3-bandda “Pensiya jamg‘armasi” degan so‘zlaridan keyin “tuman (shahar) bo‘limi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
6. 2.4-bandda “Ma’muriyat” degan so‘zi “Ish beruvchi” degan so‘zlari bilan almashtirilsin.
7. 2.6-banddagi “12 (“b”—“j”-bandlari) va 15-moddasiga” degan so‘zlari “12-moddasi “b”—“j” bandlari va 15-moddasi “a” bandiga” degan so‘zlari bilan almashtirilsin.
8. 3.2-bandda “tuman (shahar) bo‘limi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
9. Mazkur Nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki bilan kelishilgan. | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
O‘zbekistonlik dzyudochi Mirali Sharipov Bokudagi turnirda oltin medalni qo‘lga kiritdi
Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi nufuzli turnir davom etmoqda. 7-may, shanba kuni musobaqaning ikkinchi kungi bahslarini -73 kilogramm vazn toifasidagi dzyudochilar boshlab berdi, deb xabar qilmoqda “Olamsport”.
Ushbu vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan ikki sportchi — Mirali Sharipov va G‘iyosjon Boboyev finalda bir-biriga ro‘rabo keldi. Unda Sharipovning qo‘li baland kelib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Boboyev esa kumush medal bilan taqdirlandi.
Mirali Sharipov finalga qadar qozog‘istonlik Dastan Yakubayev, gollandiyalik Deks Elmont, xitoylik Yingjirigala Say hamda ukrainalik Dmitro Kanivetsni mag‘lubiyatga uchratgan edi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur turnirda ishtirok etgan boshqa bir o‘zbekistonlik dzyudochi — Diyorbek O‘rozboyev -60 kilogramm vazn toifasida bronza medaliga sazovor bo‘ldi. | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Uzavtomotors "Tracker-2023" uchun turbo dvigatel ishlab chiqarishni yo`lga qo`ydi
"Uzavtomotors" kompaniyasi yangi avtomobillar modelini ishlab chiqarish arafasida kompaniyaga jurnalist va blogerlarni taklif qildi. 2020 yil 29 dekabr kunidagi hukumat qaroriga muvofiq, "Uzavtomotors" hozirga vaqtda ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga katta e`tibor qaratmoqda, endilikda "UZAVTOMOTORS POVERTREIN" kompaniyasida “TRACKER-2023" va "CHEVROLET-10X" avtomobillari uchun dvigatel ishlab chiqariladi. Bu haqda kompaniya boshqaruv direktorining birinchi o`rinbosari Shuhrat Shomirzaev quyidagshildarni ma`lum qildi:
— Bu liniyamiz 1/2 turbo va oddiy 1/2 dvigatelini ishlab chiqarishga mo`ljallangan. Hozirda birinchi dvigatellarni liniyaga qo`yib sinash ishlari olib borilyapti. Hozirda Meksikadagi RAMZ GM zavodi bor, u zavoddan okean orqali Asaka zavodiga to`g`ridan to`g`ri reyslar bilan olib kelinadi. Yangi liniyamiz ishga tushgandan keyin qo`shimcha 250 ta ish o`rni tashkil etilishi mo`ljallangan, hozirgi ishlab chiqarilayotgan eski 1/2 dvigatelimizda 90 ot kuchiga ega. Yangi chiqarayotgan turbo dvigatellarimizda bu ko`rsatkich 130 ga etib boradi.
Zavod faoliyati mashinalar uchun asosiy butlovchi qismlarni mahalliylashtirishga qaratilgan. "UZAVTOMOTORS POVERTREIN" kompaniyasidagi ushbu yangi liniya ishga tushadigan bo`lsa, 250 ta yangi ish o`rinlari yaratiladi, hamda yangi ishlab chiqarishlarni yo`lga qo`yish mahalliy bozorni ehtiyot qismlari bilan ta`minlash imkonini beradi. | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false |
O`zbekiston prezidenti samolyoti yana Nukusga uchib ketdi
Shavkat Mirziyoev bugun, 3 iyul kuni yana Nukusga uchib ketdi. Buni Flightradar24 xizmati tasdiqlaydi.
Davlat rahbari kecha ommaviy namoyishlar bo`lib o`tgan Qoraqalpog`istonda bo`lib, u erdan kechasi qaytib kelgandi. Davlat rahbari deputatlar, jamoatchilik faollari bilan uchrashib, Konstitusiyaning Qoraqalpog`istonga tegishli qismlari o`zgarishsiz qolishini ta`kidlab o`tkandi.
Ma`lumot uchun, 1 iyul kuni Nukusda ommaviy tartibsizlik yuzaga keldi. Shundan so`ng Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi holat yuzasidan rasmiy axborot e`lon qildi. Qayd etilishicha, O`zbekiston Respublikasida olib borilayotgan ochiqlik va xohish-irodani erkin ifoda qilish siyosatiga qaramay, 2022 yil 1 iyul kuni Nukus shahrida bir guruh jinoyatchi shaxslar tomonidan Qoraqalpog`iston Respublikasining davlat boshqaruvi organlarini egallashga urinishda ifodalangan g`ayriqonuniy harakatlar tashkil etilgan.
Ayni vaqtda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan qabul qilingan qat`iy choralar bilan tashabbuskorlarning g`ayriqonuniy xatti-harakatlari to`xtatilib, ommaviy tartibsizlik uyushtirishga urinishlar tarqalishiga chek qo`yilgan va vaziyat barqaror.
Dilbar Abdunabieva. | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false |
Volkswagen 18 ming yevrolik elektromobilni sotuvga chiqaradi
Volkswagen o‘z I.D. elektromobillari sonini yana bir mini-krossoveri bilan ko‘paytiradi. Uning narxi taxminan 18 ming yevroga (21 ming dollar) teng bo‘ladi, deb xabar berdi Spot.
Yirik avtokonsern 200 mingta shunday elektromobillari, shuningdek 100 ming dona I.D. Aero o‘rta hajmdagi sedanlarini ishlab chiqarishga hozirlik ko‘rmoqda.
Ular sotuvga 2020-yildan so‘ng chiqariladi. Kompaniya o‘zining uchta fabrikasini elektromobillar ishlab chiqarishga ixtisoslashtirmoqchi.
I.D. lineykasidagi ilk model I.D. Neo bo‘lib, uning narxi 23 ming yevro deb baholandi. U 2020-yilda sotuvga chiqariladi. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasini tashkil qilish to‘g‘risida” 2017-yil 31-martdagi PF-4996-son Farmoniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 4-apreldagi PQ-2868-son qarorini ijro etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasiga:
2020-yil 31-dekabrga qadar muddatda materiallar, texnika va uskunalar, xizmat transport vositalari, ofis mebeli va jihozlari, kompyuterlar va tashkiliy texnika, shu jumladan ularga dasturiy ta’minotini tender va (yoki) O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasining maxsus axborot portali orqali elektron savdo yo‘li bilan tadbirkorlik subyektlaridan eng zarur tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridini o‘tkazmasdan, mahalliy ishlab chiqaruvchilarga afzallik berilgan holda eng yaxshi takliflarni saralash asosida amalga oshirishga;
eng yaxshi takliflarni saralash asosida (tender o‘tkazmasdan) xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, investitsiya faoliyati, investitsiya loyihalari hamda investitsiya kontraktlarini ekspertiza qilish masalalarida tajribasi bo‘lgan nufuzli xalqaro konsalting kompaniyalari va maslahatchilarini jalb qilishga;
3. Belgilansinki, davlat organlari tomonidan xalqaro investitsiyaviy va iqtisodiy forumlar hamda boshqa turdagi xalqaro investitsiyaviy va iqtisodiy tadbirlarning o‘tkazilishi O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
4. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki hafta muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin. | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Tanlov o‘tkazayotgan Shahlo Ahmedova, “beso‘naqay” qizlarga baxt tilagan Muqaddas, momoqaymoqlarga maftun Shohruhxon. Mashhurlar karantinda (foto+video)
O‘zbek san’atkorlari karantin vaqtida muxlislarini zeriktirmaslikka harakat qilmoqda. 20-aprel kuni ham ular o‘zlarining Instagram’dagi sahifalariga turli xil qiziq video va fotopostlar joyladi.
Xonanda Hosila Rahimova onasiga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etish uchun raqsga tushib berdi hamda jarayon aks etgan videoni muxlislariga ulashdi.
View this post on Instagram
Xonanda Shohruxxon esa tabiat qo‘ynida momoqaymoqlar va gullarni suratga olayotgan holda ko‘rinish berdi.
View this post on Instagram
20-aprel kuni Bollivud yulduzlari Ajay Devgan va Kajolning qizi Nisa Devgan 17 yoshga to‘ldi. Aktyorlar qizlarini unutilmas kun bilan tabrikladi.
View this post on Instagram
View this post on Instagram
20-aprel kuni Bollivud aktrisalari, Kapurlar sulolasining taniqli namoyandalari Karina va Karishma Kapurlarning onasi ham tavallud kunini nishonlamoqda. Aktrisalar onasini tabriklab, ezgu tilaklarini yozib qoldirdi.
View this post on Instagram
Xonanda Shahlo Ahmedova “Yurak” qo‘shig‘iga kaverlar tanlovini e’lon qildi.
View this post on Instagram
Kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik aktrisa Ravshana Kurkova folloverlarini uy jonivorlari, mushugi va kuchugi bilan tanishtirdi.
View this post on Instagram
Taniqli hind aktyori Salmon Xon koronavirusga atab qo‘shiq kuyladi. “Mamlakatimiz koronavirus bilan kurashayotgan bir paytda kuchliroq bo‘lish uchun mehrimizni bir-birimizga ulashaylik”, — deydi aktyor.
View this post on Instagram
Xonanda Dilshod Rahmonov “O‘ldirma” deb nomlangan yangi qo‘shig‘ini muxlislari e’tiboriga havola etdi.
View this post on Instagram
Koronavirusdan tuzalgan Gollivud aktrisasi Olga Kurilenko yangi suratlari bilan bo‘lishdi.
View this post on Instagram
“Bolajon” xonanda Enrike Iglesias egizak farzandlarini qanday o‘ynatayotgani aks etgan videoni joylab, muxlislariga yuqori kayfiyat baxsh etdi. Umuman olganda, xonanda farzandlarining sho‘xliklari aks etgan videolarni tez-tez muxlislariga ulashadi.
View this post on Instagram
Bollivud rejissori Karan Johar ham farzandlari ishtirokidagi video bilan bo‘lishdi. Videoda bolalar Karanning kiyimini sudrab yurganini ko‘rish mumkin. “Mening kiyimimni ayollar kiyimi deb o‘ylashyapti”, — deydi rejissor.
View this post on Instagram
Aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva “puchuq va beso‘naqay” ayollarga ham suyukli bo‘lish baxtini tiladi.
View this post on Instagram
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Izzat Ibragimov barchani uyda qolishga chaqirdi.
View this post on Instagram | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Shveysariya, Kanada, AQSH. Belarusda do‘st bo‘lmagan davlatlar ro‘yxati tuzildi
Belarusda do‘st bo‘lmagan davlatlar ro‘yxat tasdiqlandi, undan 39 ta mamlakat o‘rin olgan, deb xabar beradi Sputnik Belarus.
“Belarus yuridik va jismoniy shaxslariga nisbatan do‘st bo‘lmagan harakatlarni” amalga oshirayotgan davlatlar qatoriga Yevropa Ittifoqining 27 ta davlati kiritilgan. Shuningdek, ro‘yxatdan quyidagi davlatlar o‘rin olgan:
Eslatib o‘tamiz, 7-mart kuni Rossiya do‘st bo‘lmagan davlatlar ro‘yxatini tasdiqlagan edi. Undan 46 davlat o‘rin olgan. Belarus ro‘yxatida sanab o‘tilganlardan tashqari, Andorra, Mikroneziya, Monako, San-Marino, Janubiy Koreya, Tayvan va Yaponiya ham kiritilgan. Shundan so‘ng, Putin “do‘st bo‘lmagan mamlakatlar”ga gazni rublda sotishni buyurgandi.
7-aprel kuni Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko do‘st bo‘lmagan davlatlarning rezidentlari tomonidan to‘lovlarni amalga oshirishni to‘xtatuvchi qarorni imzoladi. “Hujjat Belarus yuridik yoki jismoniy shaxslariga nisbatan do‘st bo‘lmagan harakatlarni sodir etgan xorijiy davlatlar rezidentlarining talabiga binoan milliy tadbirkorlik subyektlarining hisobvaraqlaridan mablag‘lar yechib olinishini himoya qilishga qaratilgan”, — deyiladi Lukashenko matbuot xizmatining xabarida.
Qarorga ko‘ra, bunday rezidentlar foydasiga chiqarilgan hujjatlar ijrosi to‘xtatilgan, banklar ular mustaqil ravishda taqdim etgan to‘lov talabnomalarini to‘lovchining akseptisiz qabul qilishdan bosh tortishlari shart.
Do‘st bo‘lmagan mamlakatlarga nisbatan joriy etilgan yana bir chora Belarusga qarshi sanksiyalar qo‘llagan davlatlar oldidagi davlat qarzini to‘lash bilan bog‘liq. Endilikda respublika Moliya vazirligi do‘st bo‘lmagan davlatlar cheklovlarni qo‘llasa, milliy valyutada — Belarus rubliyada hisob-kitoblarni amalga oshirish huquqiga ega. Xususan, Belarusda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari muzatilsa, ularni moliyalashtirish vaqtincha to‘xtatilsa, mamlakat “davlat qarzini xorij valyutasida to‘lash imkoniyatidan” mahrum etiladi. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
ALKOGOLLI MAHSULOTLAR UChUN ENG KAM ULGURJI-SOTISh VA ChAKANA NARXLARNI QAYTA KO‘RIB ChIQISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 23-dekabrdagi 327-son “Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni joriy etish to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 52-son, 569-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladilar:
1. Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar qayta ko‘rib chiqilib, ular ilovaga muvofiq miqdorlarda belgilansin.
2. Mazkur qaror 2011-yil 1-yanvardan kuchga kiradi. | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Qonunchilik palatasi vakili: «Prezident bizdan o‘n qadam oldinda, biz yetib ololmayapmiz, yetib olib bo‘lmayapti»
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida Oliy Majlis, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi mutasaddilari hamda deputatlar ishtirokida jurnalistlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi raisi To‘lqin Eshnazarov:
«Yurtboshimiz Toshkent viloyatini qancha tanqid qildilar. Nima uchun Toshkent viloyati rivojlanmayapti, nima uchun viloyat rahbarlari harakat qilmayapti, dedilar. Harakat bor, lekin muhtaram Prezidentimiz bizdan o‘n qadam oldinda, biz yetib ololmayapmiz, yetib olib bo‘lmayapti.
Oxirgi uch yilda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, urug‘chilikni tizimli yo‘lga qo‘yish, yaylovlardan foydalanish va sohaning boshqa tarmoqlariga doir 30 ga yaqin qonun hujjatlari qabul qilindi. Bu ham davlatimiz rahbarining e'tibori.
Mazkur qonunlardan maqsad – mamlakatimizda yetishtirilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish. O‘zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligi birinchi darajali masala hisoblanadi.
Bu masalaning poydevori esa – urug‘chilik. Shuning uchun ham bu borada alohida qonun qabul qilindi. Sirdaryoda ilmiy stansiya tashkil qilindi, u yerda urug‘larni yetishtirish, qayta ishlash, qadoqlash ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Farg‘onada esa har yili 400-500 kg gibrid urug‘lar yetishtirilyapti».
Bundan oldin, O‘zbekistonga pomidor va bodring navlari ham chetdan kirib kelayotgani xabar berilgandi. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
O`zbekiston futzal termasi ikkinchi o`yinda Tojikistonni mag`lub qildi
Futzal bo`yicha O`zbekiston hamda Tojikiston milliy terma jamoalari o`rtasidagi ikkinchi o`rtoqlik uchrashuvi o`tkazildi. Kecha, 13-iyul kuni bo`lib o`tgan bahsda vakillarimizning qo`llari baland keldi - 2:1.
Dastlabki o`yinda jamoalar 3:3 hisobida jangovar durang qayd etgandi.
O`rtoqlik uchrashuvi
Tojikiston - O`zbekiston 1:2
Gollar: F.Sardorov 34 - I.Rajabov 10, N.Eliboev 20
Ogohlantirishlar: D.Salomov 32 - I.Hamroev 15, M.Odilov 24
Jamoalar o`rtasidagi so`nggi uchrashuv bugun 17:00da bo`lib o`tadi. | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Koronavirus holatlari soni oshdi
18 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5730 (+33) nafarni tashkil etmoqda, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Yangi kasallanish holatlarining 23 nafari Karantin марказидаги (Rossiya, BAA va Qozog‘istondan kelgan) fuqarolar orasida, 6 nafari Qashqadaryo viloyatida (shundan 5 nafari poytaxtimizdagi «O‘rikzor» savdo majmuasida yuk tashuvchi bo‘lib faoliyat ko‘rsatib, kasalligi tasdiqlangan fuqaro bilan muloqotda bo‘lgan, 1 nafari aholi orasida), 2 nafari Toshkent viloyati, 1 nafari Sirdaryo viloyati xududiga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida hamda 1 nafari poytaxtda aholi orasida qayd etilgan.
️Ayni paytda 4166 (+35) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aydi. Bu umumiy kasallikka chalinganlarning 72 foizi shifo topganligini bildiradi.
️Hozirda mamlakatning o‘n xududidagi davolash muassasalarida 1545 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ularning 12 nafari og‘ir ahvolda. | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Ravshan Ermatovni yon bosganlikda ayblagan “Paxtakor” murabbiyi jarimaga tortildi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasi 9-turidan joy olgan “Lokomotiv” va “Paxtakor” o‘yinidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar murabbiyi Grigoriy Kolosovskiy hakamlar brigadasini mezbonlarga yon bosganlikda ayblagandi.
PFL rasmiy sayti Toshkent derbisidan 4 kun o‘tib, aniqrog‘i 16-may kuni “Paxtakor” murabbiyi Grigoriy Kolosovskiy hamda klub hujumchisi Igor Sergeyevning tartib-intizom qo‘mitasi tomonidan jarimaga tortilgani va ogohlantirilgani haqida ma’lum qildi. Unga ko‘ra, murabbiy reglamentning 5.39 va 5.57 bandlari bo‘yicha, futbolchi esa 5.36 va ustozi kabi 5.57 bandlari bo‘yicha aybdor deb topilgan.
“Championat.asia” saytida murabbiy va futbolchiga qo‘llanilgan jazo yuzasidan chiqish qilgan jurnalist Furqat Nishonov, hakamlik borasidagi fikri uchun Grigoriy Kolosovskiyni jarimaga tortish bir yoqlama ekanini qayd etgan.
Maqolada reglamentning 5.39 bandi keltirib o‘tilgan bo‘lib, unda “OAVda hakamlar brigadasi tomoniga tanqidiy fikrlar bildirilsa, agar uchrashuv qaydnomasida hakamlikka nisbatan e’tiroz yozilmagan bo‘lsa”, — deb yozib qo‘yilgan.
“Kolosovskiy hakamlar tomon e’tiroz bildirgani rost. Bu borada u jarimaga loyiq. Ammo shu yerda o‘sha bandning ikkinchi qismi ham bor. Ya’ni, ‘agar uchrashuv qaydnomasida hakamlikka nisbatan e’tiroz yozilmagan bo‘lsa’. ‘Lokomotiv’ — ‘Paxtakor’ uchrashuvining qaydnomasida mehmonlar bellashuv hakamligiga nisbatan rasman e’tiroz bildirgan. Demak, Kolosovskiy jarimaga tortilayotganda bandning ikkinchi qismi ham inobatga olinsa maqsadga muvofiq bo‘lardi”, — deb yozgan jurnalist o‘z maqolasida.
Reglamentning 5.57 bandida “O‘zPFL O‘FFning tartib-intizom qo‘mitasisiz ham pullik jarimalarni qo‘llashi mumkin” ekani haqida yozilgan. Shuningdek, Igor Sergeyev “Uchrashuv davomida va bellashuvdan keyin odob-ahloq me’yorlarini buzgani uchun”, — deb yozib qo‘yilgan bandga ko‘ra aybdor bo‘lgan.
Maqolada reglamentda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan jazo turlari ham keltirib o‘tilgan:
a) ogohlantirish;
b) O‘zbekiston chempionati, O‘zbekiston Birinchiligi va O‘zbekiston Kubogi bahslaridan ma’lum muddatga chetlashtirish;
v) 10 million so‘mgacha bo‘lgan jarima;
g) litsenziya bekor qilinishi;
d) futbolga bog‘liq barcha vazifalardan noma’lum muddatga chetlashtirish;
PFL rasmiy saytiga ko‘ra, “Paxtakor” vakillari ogohlantirilgan va jarimaga tortilgan. Jarima miqdori qancha ekani esa ko‘rsatilmagan. | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Kunning eng ommabop xabarlari bilan tanishing
Chevrolet Malibu sedanining keyingi avlodi ota-onalar uchun o‘smirlarga avtomobilning ba’zi tizimlaridan foydalanishni taqiqlash va bolalarning avtomobilni boshqarish uslubi haqida xabardor bo‘lish imkonini beruvchi Teen Driver tizimi bilan ta’minlanadi.
Feel The Light qo‘shig‘ini ijro etish chog‘ida uning 6 metrlik oq ko‘ylagi proyektorga aylandi va unda suratlar ko‘rsatila boshlandi: yulduzli osmondan tortib multfilm qahramonlarigacha.
AQShda yashovchi Jordan Spenser va uning eri Rayan bir-biri bilan tanishishidan ancha oldin − 1986-yilda Sesam Place istirohat bog‘ida olingan videolavhada birga bitta kadrda tushib qolgani ma’lum bo‘ldi.
Avvalgi konferensiyalardan farqli ravishda bu yilgi BMT Modelini noodatiy tarzda o‘tkazish uchun unga 3 kun ajratildi. Ushbu 3 kun belgilangan mavzularni haqiqiy diplomatlarday BMT ruhida muhokama qilish imkoniyatini taqdim etish bilan birga, yana qator foydali va qiziqarli tadbirlarni qamrab oladi.
“Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya Primerosining 28-turidan o‘rin olgan “Barselona”ga qarshi o‘yinda kataloniyaliklar darvozasiga o‘zining 15-golini urgan. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Prezident xorijiy davlatlar elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12 aprel kuni Ummon Sultonligi, Qirg‘iziston Respublikasi, Turkiya Respublikasi, Indoneziya Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchilari etib tayinlangan Ahmad bin Said al-Kasiriy, Ibragim Junusov, Mehmet Sureyya Er, Sunario Kartadinata hamda Darxan Satibaldidan ishonch yorliqlarini qabul qildi. Davlat rahbari elchilarni samimiy tabriklab, ularga mas'uliyatli diplomatik missiyani bajarishda muvaffaqiyatlar tiladi, deya xabar beradi Prezident matbuot xizmati.
Bugungi kunda O‘zbekistonda Harakatlar strategiyasi asosida mamlakat hayotining barcha jabhalarida demokratik davlat barpo etish va kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va liberallashtirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotgani qayd etildi.
Xususan, 2019 yil mamlakatimizda «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» deb nomlangani munosabati bilan qabul qilingan davlat dasturi amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston tashqi siyosatida ham tub o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Bugun xalqaro maydonda mamlakatimizga ochiq, ishonchli va istiqbolli hamkor sifatida qaralmoqda.
Tashqi ishlar vazirligi faoliyati takomillashtirilmoqda, tashqi siyosatning iqtisodiy yo‘nalishi salmoqli darajada kuchaydi. Bugungi kunda O‘zbekiston elchilari savdo, investitsiya va turizm masalalari bilan faol shug‘ullanmoqda.
Asosiy e'tibor Markaziy Osiyo davlatlari bilan an'anaviy do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga qaratilmoqda. Ochiq va konstruktiv muloqot yo‘lga qo‘yilgani tufayli mintaqada o‘zaro ishonch va anglashuv muhiti shakllanib, mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalarni hal etishda katta natijalarga erishildi.
Ayni paytda O‘zbekiston boshqa mamlakatlar bilan ham o‘zaro manfaatli va samarali hamkorlikni jadal rivojlantirmoqda.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ishonch yorliqlarini topshirish marosimidagi nutqida yangi elchilar vakillik qilayotgan davlatlar bilan ko‘p qirrali hamkorlikning muhim yo‘nalishlariga to‘xtalib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi va O‘mon Sultonligini do‘stlik va mushtarak diniy qadriyatlar bog‘lab turgani ta'kidlandi.
Biz O‘monni o‘z mintaqasida va arab-musulmon olamida munosib o‘ringa ega, chuqur o‘ylangan tashqi siyosat olib borayotgan mamlakat sifatida e'tirof etamiz, dedi davlatimiz rahbari.
O‘zbekiston va O‘mon o‘zaro munosabatlarni yanada kengaytirish hamda ularni tizimli va uzoq muddatli asosda rivojlantirishga intilayotgani qayd etildi.
Davlatimiz rahbari savdo-iqtisodiyot, investitsiyalar, fan-texnika sohalaridagi hamkorlikni, ta'lim yo‘nalishidagi aloqalarni faollashtirish muhimligiga e'tibor qaratdi.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston ko‘p asrlik an'anaviy do‘stlik, qardoshlik va o‘zaro hurmat rishtalari bilan bog‘langan.
Prezidentimiz keyingi yillarda davlat rahbarlari darajasida ochiq va ishonchga asoslangan muloqot o‘rnatilgani, samarali O‘zbekiston-Qirg‘iziston strategik sheriklik munosabatlari jadal rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.
Faol parlamentlararo munosabatlar, hududlararo aloqalar mexanizmlari yo‘lga qo‘yildi, savdo-iqtisodiy hamkorlik va madaniy-gumanitar almashinuvlar kengayib bormoqda.
Birgalikdagi sa'y-harakatlar bilan mamlakatlarimiz o‘rtasidagi uzoq muddatli sheriklik bundan buyon ham izchil mustahkamlanib borishiga ishonch bildirildi.
Turkiya katta siyosiy, iqtisodiy va intellektual salohiyatga ega davlat. Keyingi paytda O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasining o‘zapo hurmatga asoslangan ko‘p qirrali aloqalari strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017 yilda Turkiyaga amalga oshirgan davlat tashrifi hamda Turkiya Prezidenti Rejyep Tayyip Erdog‘anning o‘tgan yilgi O‘zbekistonga davlat tashrifi hamkorlikni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqdi.
Bugungi kunda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va gumanitar sohalarda yirik qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda.
Joriy yilda oliy darajadagi O‘zbekiston-Turkiya strategik hamkorlik kengashi birinchi yig‘ilishining o‘tkazilishi ko‘p qirrali munosabatlarning yanada rivojlanishiga xizmat qilishi ta'kidlandi.
Indoneziya O‘zbekistonning Janubi-Sharqiy Osiyodagi an'anaviy do‘stona hamkori. Bizni ma'naviy-diniy qadriyatlar mushtarakligi bog‘lab turadi.
Mamlakatlarimiz o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmi o‘sib bormoqda, turli tarmoqlarda, jumladan, ziyorat turizmi sohasida qo‘shma dastur va loyihalar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston va Qozog‘iston munosabatlari yaxshi qo‘shnichilik, mustahkam do‘stlik va qardoshlik rishtalariga asoslangan. Mamlakatlarimiz har tomonlama hamkorlikni faol rivojlantirishga alohida e'tibor qaratmoqda.
Davlatimiz rahbari Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan o‘rnatilgan ishonchli va samimiy muloqotni alohida qayd etdi.
Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning joriy yil 14-15 aprel kunlari O‘zbekistonga bo‘lajak birinchi davlat tashrifi strategik sheriklikni kengaytirishiga ishonch bildirildi.
Prezidentimiz yangi tayinlangan elchilar professional va hayotiy tajribasi, boy bilimi bilan mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar va o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan diplomatik faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirishiga umid bildirdi.
O‘z navbatida, elchilar samimiy qabul uchun davlatimiz rahbariga minnatdorchilik bildirib, O‘zbekiston bilan keng ko‘lamli hamkorlik va samarali sheriklikni yanada rivojlantirishga bor kuch-g‘ayratini safarbar qilishini qayd etdilar. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
FAO qirqqa yaqin mamlakatda ocharchilikka qarshi shoshilinch choralar ko‘rishga chaqirdi
Bugungi kunda dunyoning 37 mamlakati, shu jumladan Afrikaning 28 davlati tashqaridan oziq-ovqat ko‘rinishidagi yordamga muhtoj. Bunga o‘tgan yildagi El-Nino iqlimiy fenomeni natijasida yuzaga kelgan qurg‘oqchilik sabab bo‘lgan.
2 mart, payshanba kuni BMTning Rimdagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) shtab-kvartirasida taqdim etilgan "Hosil prognozi va oziq-ovqat masalasi" hisobotida shu mavzuda ma'lumot berildi.
Jahonda oziq-ovqat ta'minotining ko‘pligiga qaramay, fuqarolik mojarolaridan jabr ko‘ruvchi mintaqalarda bu masala katta muammodir. Qurg‘oqchilik esa, oziq-ovqat xavfsizligi bilan bog‘liq vaziyatni yanada qiyinlashtiradi. Hujjatlarda ta'kidlanishicha, bu asosan Sharqiy Afrika mamlakatlarida kuzatilmoqda. FAO ekspertlari "Qora qit'a" janubida qishloq xo‘jaligidagi ishlab chiqarishning qayta tiklanishini taxmin qilayotgan bo‘lishsa-da, davomli fuqarolik nizolari va tartibsizliklar ko‘chuvchi va och qoluvchi kishilar sonining oshishiga olib keladi.
Yaqinda Janubiy Sudanda rasman ocharchilik e'lon qilindi. Shuningdek Nigeriyaning shimoliy qismi, Somali va Yamanda ham oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashga bog‘liq vaziyat jiddiy tashvish tug‘dirmoqda.
"Bu misli ko‘rilmagan holatdir. Biz avval hech qachon bir vaqtning o‘zida bir necha mamlakatda bunday ocharchilik xavfiga duch kelmagandik. Bu holat shoshilinch choralar ko‘rilishini talab qiladi", - dedi FAO bosh direktor o‘rinbosari Kostas Stamulis.
Janubiy Sudanda hozirda taxminan 100 ming kishi ocharchilikdan jabr ko‘rmoqda. Umuman olganda esa, bu mamlakatda 4,9 millionga yaqin fuqaro favqulodda holatdagi ekanligi qayd etilgan. Iyulda ularning soni 5,5 millionga yetishi kutilmoqda.
Nigeriya shimolida 8,1 million kishi o‘tkir qahatchilik sharoitida yashamoqda.
Yamanda 17 million kishi yoki aholining uchdan ikki qismi oziq-ovqat yetishmovchiligidan aziyat chekmoqda. Bu insonlarning deyarli yarmi shoshilinch yordamga muhtoj. FAO hisobotiga ko‘ra, "bu mamlakatda ochlik e'lon qilish xavfi juda yuqori".
Somalida nizolar, fuqarolik tashvishlari va qurg‘oqchilik oziq-ovqatning o‘tkir yetishmovchiligini boshidan kechirayotgan kishilar sonining ikki karra ko‘payishiga olib keldi. Hozirgi vaqtda ularning soni 2,9 millionni tashkil qilmoqda.
Bundan tashqari, Afg‘oniston, Burundi, Markaziy Afrika Respublikasi, Kongo Demokratik Respublikasi, Iroq, Myanma va Suriyadagi nizo va tartibsizliklar oziq-ovqat bilan bog‘liq muammolarni chuqurlashtirmoqda va qochqinlarni qabul qilayotgan qo‘shni mamlakatlarga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Mirobodda yuz bergan yong‘in natijasida uy egasi vafot etdi
Joriy yilning 27 dekabr kuni Toshkent shahrining Mirobod tumanida yashagan T.G‘.ning uyida yong‘in sodir bo‘lib, oqibatda uyning 8 kv.m. maydonida bo‘lgan o‘rin-ko‘rpalari yonib zarar ko‘rgan hamda uy egasining kuygan holdagi jasadi topilgan.
IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi bergan xabarga ko‘ra, yong‘in kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false |
Makron partiyasi va ittifoqchilari parlament saylovlarida 32,32 foiz ovoz to‘pladi
Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning "Marshda" harakati markazchi ittifoqchilari bilan birga umumiy hisobda 32,32 foiz ovoz to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. 11 iyun kuni mamlakat parlamenti quyi palatasi – Milliy majlisga birinchi tur saylovlar bo‘lib o‘tdi. Respublika IIV 100 foiz ovoz byulletenlarini sanab, saylov natijasini e'lon qildi.
Vazirlik ma'lumotlariga ko‘ra, prezident partiyasi umumiy hisobda 28,21 foiz, yoki saylovchilarning 6,39 mln ovozini to‘plashga muvaffaq bo‘lgan. Saylovlar avvalida ushbu harakat bilan hamkorlik qilgan adliya vaziri Fransua Bayruning "Demokratik harakat"i, o‘z navbatida, 4,11 foiz, yoki 932 ming ovoz to‘plashga erishgan. Ular birgalikda saylov natijalariga ko‘ra, quyi palatada mutlaq ustunlikni qo‘lga kiritish uchun barcha imkoniyatga ega. Taxminlarga ko‘ra, ularning saylovoldi bloki 577 deputatlik o‘rindig‘idan 400tasini qo‘lga kiritmoqda.
O‘ng markazchi "Respublikachilar" partiyasi va u bilan alyans tashkil etilgan "Demokratlar va mustaqillik ittifoqi", boshqa ittifoqdosh partiyalar ikkinchi natijani ko‘rsatdi. IIVga ko‘ra, bu alyans 21,56 foiz yoki 4,87 mln ovoz to‘plagan.
Ikkinchi tur prezidentlik saylovida yirik natija ko‘rsatgan Marin Le Penning "Milliy front" partiyasi 13,2 foiz saylovchilarning ishonchiga sazovor bo‘ldi. U bilan alyansga birlashgan "Tur, Fransiya" 1,17 foiz natija ko‘rsatgan. Ular jami 3,25 mln ovoz to‘plagan.
Jan-Lyuk Melanshonning "Bo‘ysunmas Fransiya" so‘l radikallari 11,02 foizga ega bo‘lgan yoki 2,49 mln ovozgaega bo‘lgan. Ular bilan hamkorlik qilgan Fransiya kommunistik partiyasi 2,72 foiz yoki 615 ming ovoz to‘plagan.
Fransiya Milliy majlisiga saylovlar majoritar tizimida 2 turda bo‘lib o‘tadi. Deputatlik kursisi uchun turli partiya va bloklarni namoyon etuvchi 7877 nomzod o‘zaro kurash olib borishdi.
Birinchi tur natijasiga ko‘ra, 577 deputatning 3 nafari aniq bo‘lgan xolos. Qolgan deputatlar 18 iyun kungi ikkinchi tur saylovlarida ma'lum bo‘ladi. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Yil yakuniga qadar 7 ta yangi elektr stansiya ishga tushiriladi — Energetika vazirligi
Joriy yil yakuniga qadar yurtimizda umumiy quvvati 1 474 MVt bo`lgan 7 ta yangi elektr stansiya, shundan 6 ta issiqlik (IES) va 1 ta quyosh fotoelektr stansiyalari (FES) ishga tushiriladi. Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmati ma`lum qildi.
Xususan, yanvar oyida Buxoro viloyatida 270 MVt va Toshkent viloyatida 240 MVt bo`lgan 2 ta yangi issiqlik elektr stansiyalari ishga tushirildi.
Shuningdek, aprel oyiga qadar Samarqand viloyatida 100 MVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Toshkent viloyatida 230 va 240 MVt quvvatli 2 ta va Xorazm viloyatida 174 MV quvvatli 1 ta issiqlik elektr stansiyalari mart oyida, Sirdaryo viloyatida 220 MVt quvvatli issiqlik elektr stansiyasi yil yakuniga qadar ishga tushiriladi.
Buning natijasida O`zbekiston energetika tizimining amaldagi umumiy quvvati 16 000 MVtdan oshadi. | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false |
Toshkent davlat agrar universiteti xalqaro hamkorlikni kengaytirmoqda
Hozirgi kunda Toshkent davlat agrar universiteti Yevropa, AQSh, MDH davlatlarining rivojlangan oliy ta'lim muassasalari va o‘quv markazlari bilan hamkorlik aloqalarini olib boradi.
Universitet chet el OTM va ITIlari bilan 30 dan ziyod shartnoma va memorandum imzolagan. Bunga oxirgi ikki yil davomida universitet rahbar va pedagog xodimlarini 100dan ortig‘i malaka oshirish kurslariga, stajirovkalarga hamda 200dan ziyod talaba chet el universitetlarida ishlab chiqarish amaliyotlariga yuborilganini misol qilib keltirsak bo‘ladi. Koreya milliy tadqiqotlar fondi bilan tuzilgan shartnoma asosida hozirgi kunda koreyalik ikki nafar professor universitetda faoliyat olib bormoqda.
Universitetning taklifi asosida va xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida 3 fevral kuni Bioversity International o‘simliklar genetikasi xalqaro instituti hamda Vashington universiteti professori Devera Jarvis ToshDAUga tashrif buyurdi. Tashrif davomida Devera Jarvis universitet rahbariyati bilan uchrashdi va ToshDAU hamda Vashington universiteti o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni o‘rnatish istagini bildirdi. Devera Jarvis universitet magistrlari va katta ilmiy xodim izlanuvchilariga “g‘alla genetikasi” mavzusida ma'ruza qildi.
Universitet hayotida Koreya Respublikasi Kongdjun universiteti prezidenti Kim Xi So boshchiligidagi delegatsiyasi tashrifi yana bir muhim voqea hisoblandi. Kongdjun universiteti prezidenti Kim Xi So boshchiligidagi delegatsiya 6 fevral kuni universitetga tashrif buyurdi. Tashrif davomida janob Kim Xi So universitet rektori Botirjon Sulaymonov bilan uchrashdi.
Uchrashuv chog‘ida Kongdjun universiteti prezidenti Kim Xi So universitet rektori Botirjon Sulaymonov bilan muzokaralar o‘tkazdi. Mehmonlar universitetda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar va xalqaro loyihalar haqida xabardor qilindi. Tashrif davomida universitet professor o‘qituvchilari KOICA va KOPIA Xalqaro hamkorlik agentliklari bilan birga amalaga oshirayotgan loyihalar bilan tanishtirildi va qilingan ishlar mehmonlar tomonidan yuqori baholandi.
Uchrashuvdan so‘ng mehmonlar universitetning eksperimental tajriba stansiyasiga tashrif buyurdi va KOICA tomonidan yaratilgan zamonaviy gidroponika issiqxonasini borib ko‘rishdi. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
APL. “Manchester Yunayted” “Liverpul”ni yuta olmadi, “Arsenal”da esa g‘alaba (video)
24-fevral, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Angliya chempionatining 27-turi doirasida 2 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Turning markaziy o‘yini “Old Trafford” stadionida bo‘lib o‘tadi. Unda musobaqa jadvalida 4-o‘rinda borayotgan Ole-Gunnar Sulsher boshliq “Manchester Yunayted” klubi, 65 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida ikkinchi pog‘onada borayotgan Yurgen Klopp boshqaruvidagi “Liverpul” jamoasi bilan bahs olib bordi.
Bellashuvda darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi. Jamoalar 1 ochkodan bo‘lishib oldi. Qayd etish joiz, uchrashuvning birinchi bo‘limida “Yunayted” 3 bor, “Liverpul” esa 1 marta majburiy o‘zgartirishlarni amalga oshirdi. Ander Errera, Xuan Mata va o‘zi zaxiradan maydonga tushgan Jessi Lingard jarohat sabab o‘yinni davom ettira olmadi. Mehmonlardan esa Roberto Firmino jarohat sabab o‘rnini Deniel Starrijga bo‘shatib berdi.
Kunning yana bir o‘yinida Unai Emeri boshqaruvidagi “Arsenal” klubi o‘z maydonida “Sauthempton”ni sinovdan o‘tkazdi.
Uchrashuvning 6 va 17-daqiqalarida Aleksandr Lyakazett hamda Genrix Mxitaryan tomonidan kiritilgan gollar London klubiga g‘alaba keltirdi va jamoa 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.
APL
27-tur bahsi
24-fevral, yakshanba
“Manchester Yunayted”: De Xea, Yang, Lindelyof, Smolling, Shou, MakTominey, Errera (Pereyra, 21), Pogba, Mata (Lingard, 25, Sanches, 43), Reshford, Lukaku.
“Liverpul”: Alisson, Matip, Van Diyk, Robertson, Milner, Veynaldum, Henderson (Shaqiri, 72), Fabinyo, Mane, Saloh (Origi, 79), Firmino (Starrij, 31).
Gollar: 1:0 — 6 Lyakazett, 2:0 — 17 Mxitaryan
“Arsenal” – Leno, Lixtshtayner (Kosyelni, 56), Kolashinats, Mustafi, Papastatopulos, Remzi (O‘zil, 63), Torreyra, Ivobi (Obameyang, 75), Mxitaryan, Jaka, Lyakazett.
“Sauthempton” – Gann, Targett, Bednarek, Vestergor, Valeri, Uord-Prouz, Romeu, Redmond, Xeybyerg, Armstrong (Obafemi, 46; Al-Yunussi, 65), Stivens (Ostin, 46).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling! | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Texnikumlarga grant asosidagi qabul kvotalari tasdiqlandi
Hujjatga ko‘ra, 185ta texnikumga 9199 nafar o‘quvchi davlat buyurtmasi bo‘yicha (grant asosida) qabul qilinishi belgilangan.
2020/21 o‘quv yili: texnikumlarga qabul kvotalari (.pdf)
Ma'lumot uchun, texnikumlarga kamida umumiy o‘rta ma'lumotga ega shaxslar o‘qishga qabul qilinadi, o‘qish ta'lim yo‘nalishining murakkabligidan kelib chiqqan holda kamida 2 yil davom etadi.
Ta'lim kunduzgi, kechki va sirtqi ta'lim shakllarda, davlat buyurtmasi va to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Texnikum bitiruvchilari o‘z sohasiga mos bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha imtihonlarsiz, yakka tartibdagi suhbat orqali OTMlarda 2-kursdan o‘qishini davom ettirish huquqiga ega bo‘ladi. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
O‘zbekistonda rektorlar kontrakt qiymatini belgilash va to‘lovlarni amalga oshirish muddatini uzaytirish huquqini qo‘lga kiritadi
O‘zbekistonda 2019 yil 1-sentabrga qadar oliy ta’lim muassasalarini bosqichma-bosqich o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazish tartibi ishlab chiqiladi. Bu Prezidentning “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan.
Qarorga muvofiq, zzini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tayotgan oliy ta’lim muassasalariga quyidagi huquqlar beriladi:
yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish, ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari sifatini oshirish maqsadida xodimlarga ustamalar va moddiy rag‘batlantirishning boshqa turlari miqdorlarini mustaqil belgilash;
iqtidorli, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlaridan bo‘lgan talabalarni moddiy rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash;
xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, dasturiy ta’minotlar, zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari, o‘quv va ilmiy laboratoriyalar hamda sarflanadigan laboratoriya materiallari, kitoblar, jurnallar, o‘quv adabiyotlari xarid qilish va chop ettirish uchun mablag‘larni mustaqil sarflash;
oliy ta’lim muassasasi infratuzilmasiga servis xizmatlari ko‘rsatishning alohida turlari, jumladan, bino va inshootlar, talabalar turar joylari, sport ob’ektlaridan foydalanish, ularni tozalash, ta’mirlash, kompyuter texnikasi va telekommunikatsiya tarmoqlarini saqlash va yuridik xizmatlar ko‘rsatishni autsorsing shartlarida tashkil etish.
Bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli vazirlik va idora bilan kelishilgan holda:
oliy ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik salohiyati, uning moddiy-texnik bazasi imkoniyatlarini inobatga olib, talabalarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarini belgilash, yangi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini ochish;
oliy ta’lim muassasasini o‘zini o‘zi to‘liq moliyaviy ta’minlash miqdoridan kelib chiqib, to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatini belgilash.
To‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalar uchun kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish muddatlari oliy ta’lim muassasasi rektori (mahalliy oliy ta’lim muassasasining filiali direktori) tomonidan uzaytiriladi.
Mahalliy va xorijiy oliy ta’lim muassasalarining o‘zaro kelishuvi doirasida amalga oshirilayotgan qo‘shma ta’lim dasturlari, jumladan, qo‘shma fakultetlarda:
talabalarni qabul qilish tartibi, to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymati hamda mahalliy va xorijiy professor-o‘qituvchilar mehnatiga haq to‘lash miqdorlari hamkor xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan kelishuv asosida;
o‘qishga qabul qilish parametrlari, ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini tasdiqlash hamkor xorijiy oliy ta’lim muassasalari, bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli vazirlik va idora hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda oliy ta’lim muassasasi tomonidan amalga oshiriladi. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Bekobodda mast ota o‘z o‘g‘lini pichoqlab qo‘ydi
Bekobod tumanida alkogol ichimlik ta’siridagi ota o‘z o‘glini pichoqlab qo‘ydi. Bu haqda Toshkent viloyati IIB ma’lum qildi.
3-iyul soat 00:10 da Bekobod tuman Xos fermerlar uyushmasida yashovchi 1954-yilda tug‘ilgan nafaqaxo‘r, muqaddam sudlangan A.B. mast holda o‘g‘li, vaqtincha ishsiz 1995-yilda tug‘ilgan Sh.B.ning uyga kech kelganligi sababli u bilan o‘zaro janjallashgan. Janjal ustiga A.B.ning qo‘shnisi X.U. chiqib, ularni ajratib, A.B.ni uyiga olib chiqib ketgan.
Shu kuni soat 04.00 da A.B. o‘zining uyiga qaytib kelib, hovlidagi supada uxlab yotgan o‘g‘li Sh.B.ni o‘ldirish maqsadida dastasiz pichoq bilan uning o‘ng ko‘krak qafasiga bir marotaba sanchib tan jarohati yetkazgan.
Sh.B. olgan tan jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
AQSh harbiylari “barcha bombalarning onasi”dan Trampning ruxsatisiz ham foydalanishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi
Associated Press’ning Pentagondagi manbalarga asoslanib xabar berishicha, Afg‘onistondagi jangarilar marrasiga noyadroviy GBU-43/B bombasini tashlash haqida buyruq bergan AQSh armiyasi generali Jon Nikolsonda buning uchun AQSh prezidenti Donald Trampdan ruxsat olish zarurati bo‘lmagan. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Agentlik suhbatdoshlarining ma’lum qilishicha, general Nikolson “barcha bombalarning onasi”dan foydalanish haqida buyruq berish uchun barcha vakolatlarga ega. Ularning so‘zlariga ko‘ra, bombadan foydalanilgani jamoatchilik e’tiborini tortgan, biroq u yo‘q qilgan marra ko‘lami “harbiy miqyosda unchalik ham e’tiborga molik emas”.
CNN telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, Jon Nikolson mazkur bombadan foydalanishni “taktik qadam” deb baholagan. Shuningdek, uning qayd etishicha, Afg‘oniston rahbariyati bu bombadan foydalanish uchun ruxsat bergan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Qurolli Kuchlar davlat muzeyida Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan uch avlod uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
24-dekabr kuni Qurolli Kuchlar davlat muzeyida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Faxriylar kengashi tomonidan tashkillashtirilgan “Uch avlod uchrashuvi” deb nomlangan ma’naviy-musiqiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Ma’naviyat va ma’rifat markazi yetakchi mutaxassisi Feruza Fuzaylova xabar berdi.
Unda bir qator faxriy ofitserlar, Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent Tibbiyot akademiyasi maxsus fakultetlari, telekommunikatsiya yo‘nalishidagi harbiy litsey kursantlari, 171-maktab o‘quvchilari, harbiy qism askarlari ishtirok etdi. Tadbirda Faxriylar kengashi a’zolari zahiradagi polkovniklar M. Nuriddinov, B. G‘ofurov, A. Xarlamov, B. Murodov, R. Tashxodjayev, mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti raisi o‘rinbosari S. G‘aniyev so‘zga chiqib, yosh avlod bilan o‘z tajribalarini o‘rtoqlashdi va ularga kerakli maslahatlar berdi.
Davra suhbati qo‘shiq va kuyga ulanib ketdi. Tadbir so‘ngida ishtirokchilar faxriylar bilan esdalik uchun rasmga tushdi. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Davlat byudjetining yarmidan ortigʻi ijtimoiy sohaga yoʻnaltiriladi
2020 yil 24 noyabr kuni boʻlib oʻtgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar «2021 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida»gi qonun loyihasini birinchi oʻqishda koʻrib chiqdilar.
Parlament a’zolariga qonun loyihasi bilan birga 2022–2023 yillarda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari prognozi ham taqdim etildi. Ular kelgusi yilda ham koronavirus pandemiyasi davom etishi ehtimoli borligidan kelib chiqib shakllantirilgan.
Asosiy e’tibor makroiqtisodiy barqarorlikni saqlab qolishga qaratilmoqda, ya’ni YaIM oʻsishi keyingi yillarda uning ijobiy dinamikasini saqlab qolgan holda, 5,1% miqdorda boʻlishi nazarda tutilmoqda. Sanoat ishlab chiqarishi hajmi 5,8%, qurilishda 6,5%, qishloq хoʻjaligida 2,7% va хizmatlar sohasida 6,4% koʻpayishi nazarda tutilmoqda.
2021 yilda YaIM 688,9 trln soʻmni, Davlat byudjeti daromadlari 147 trln soʻm yoki YaIMga nisbatan 21,3% darajasida boʻlishi kutilmoqda.
Davlat byudjetining хarajatlari 165,7 trln soʻmni tashkil etadi. Bu 2020 yildagiga nisbatan 24%ga koʻp boʻlib, bunda Davlat byudjet хarajatlarining yarmidan ortigʻi ijtimoiy sohalarga yoʻnaltiriladi.
Qonun loyihasida byudjet sohasiga oid qator oʻzgartirishlar nazarda tutilmoqda. Xususan, Vazirlar Mahkamasiga koronavirus pandemiyasi davrida birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchi uchun respublika byudjetidan ob’yektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalarga ajratiladigan mablagʻlarni boshqa birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchiga oʻtkazish vakolati berilmoqda.
Mahalliy hokimliklarga yuqori turuvchi byudjetlardan ajratilishi rejalashtirilgan byudjetlararo transfertlar miqdorlarini inobatga olib, tegishli mahalliy byudjetlar loyihalari balansliligini ta’minlagan holda navbatdagi yil uchun tegishli mahalliy byudjetlarning daromadlar va хarajatlar prognozlariga teng miqdorda oʻzgartirishlar kiritish huquqi taqdim etilmoqda.
Byudjet jarayoni shaffofligini yanada oshirish maqsadida Davlat byudjeti ijrosiga doir ma’lumotlarni vazirlik va idoralar tomonidan oʻzlarining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinmagan taqdirda, tegishli vazirlik va idoralarning mas’ul rahbar хodimlariga jarima qoʻllash taklif qilinmoqda.
2021 yilda byudjet хarajatlarida ta’lim sohasida davlat dasturlarini amalga oshirish хarajatlariga salkam 2,2 trln soʻm, shu jumladan ilk bor chin yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joy bilan ta’minlash хarajatlari uchun 30 mlrd soʻm mablagʻ ajratish koʻzda tutilmoqda. Nodavlat MTM tarmogʻi kengayganligini inobatga olgan holda, Davlat byudjetidan ushbu muassasalarga 600 mlrd soʻm, ya’ni joriy yilga nisbatan ikki barobar koʻp subsidiyalar ajratish rejalashtirilmoqda.
Muhokamalardan soʻng qonun loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilindi. | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni to‘ldirish qoidalari to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 338-modda), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PF-4161-son “Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 52-son, 559-modda), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1252-son “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-yil, 52-son, 563-modda) hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-sentabrdagi 252-son “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibini yanada takomillashtirishga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 9-son, 75-modda) muvofiq buyuraman:
1. Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni to‘ldirish qoidalari to‘g‘risidagi yo‘riqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 338-modda), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PF-4161-son “Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 52-son, 559-modda), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1252-son “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-yil, 52-son, 563-modda) hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-sentabrdagi 252-son “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibini yanada takomillashtirishga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 9-son, 75-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda — Pensiya jamg‘armasi bo‘limi deb yuritiladi) uchun pensionerlarning va ijtimoiy nafaqa oluvchilarning yig‘majildini rasmiylashtirish va yuritish tartibini belgilaydi hamda pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa to‘lovlarni tayinlash bo‘yicha zarur hujjatlar shakllarini va ularni to‘ldirish qoidalarini o‘rnatadi.
1. Pensionerning va ijtimoiy nafaqa oluvchining pensiyaga oid hujjatlar yig‘majildi (keyingi o‘rinlarda – pensiya yig‘majildi deb yuritiladi), shuningdek pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa to‘lovlarni tayinlashga taalluqli hujjatlar mazkur Yo‘riqnomaga muvofiq Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan rasmiylashtiriladi.
Yakka tartibdagi tadbirkor (chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs, dehqon xo‘jaligi a’zosi, oilaviy tadbirkorlik subyekti oilasi a’zosi uchun, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan mehnat shartnomasi bo‘yicha yollangan xodimlar uchun) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ijtimoiy soliq (2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — sug‘urta badallari) to‘langanligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma uning yashash joyi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida beriladi.
2. Pensiya yig‘majildi, pensiya, ijtimoiy nafaqalar va boshqa to‘lovlarni tayinlashga taalluqli hujjatlarni rasmiylashtirish, shuningdek arizalarni ro‘yxatga olish uchun Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan mazkur Yo‘riqnomaning 1-ilovasiga muvofiq ro‘yxatga olish kitoblari yuritiladi.
3. Ushbu kitoblarda ro‘yxat yil boshida birinchi raqam bilan ochiladi, yil davomida qatorlar to‘lib qolganda va yangi kitoblar ochilganda raqamlash davom ettiriladi, yil yakunida esa kitob so‘nggi raqam bilan yakunlanadi, bunda ro‘yxatning yakunlovchi varag‘i Pensiya jamg‘armasi bo‘limi boshlig‘i va Pensiya jamg‘armasi bo‘limi pensiya va nafaqalar tayinlash guruhi rahbari (keyingi o‘rinlarda – pensiya tayinlash guruhi deb yuritiladi) tomonidan imzolanadi hamda Pensiya jamg‘armasi bo‘limi muhri bilan tasdiqlanadi.
4. Kitobning yopilishi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hududiy boshqarmasining mas’ul xodimi tomonidan tasdiqlanadi (so‘nggi varag‘iga imzo qo‘yiladi) va Pensiya jamg‘armasi bo‘limining arxiviga saqlash uchun topshiriladi.
5. Pensiya yig‘majildining to‘g‘ri rasmiylashtirilishi pensiya tayinlash guruhiga yuklanadi. Pensiya yig‘majildini rasmiylashtirish va yuritish yagona tartibiga amal qilinishi ustidan nazoratni olib borish pensiya tayinlash guruhi rahbariga, umumiy nazorat esa Pensiya jamg‘armasi bo‘limining boshlig‘iga yuklanadi.
Pensiya jamg‘armasi bo‘limining har bir xodimi, o‘z vakolati doirasida o‘ziga biriktirilgan hudud bo‘yicha qonunchilik hujjatlariga muvofiq hujjatlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida rasmiylashtirilishiga doir ishlarning bajarilishini ta’minlash bo‘yicha javobgardir.
6. Pensiya tayinlash guruhi inspektori (keyingi o‘rinlarda — inspektor deb yuritiladi) o‘z lavozimidan ozod qilinganda, boshqa lavozimga o‘tkazilganda yoki qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa holatlarda, pensiya yig‘majildlarni va boshqa hujjatlarni qabul qilish va topshirish ishlari Pensiya jamg‘armasi bo‘limi boshlig‘ining buyrug‘i asosida pensiya tayinlash guruhi rahbari, inspektori, arxivarius va yuriskonsultdan tashkil topgan ishchi guruhi tomonidan amalga oshiriladi.
Pensiya yig‘majildlari va boshqa hujjatlarni qabul qilish va topshirish ishlari ishchi guruh tomonidan tasdiqlangan dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
7. O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning pensiya yig‘majildlari mazkur Yo‘riqnomaga muvofiq rasmiylashtiriladi.
8. Pensiya, ijtimoiy nafaqa, uy-joy-kommunal xizmatlari uchun kompensatsiya pul to‘lovlarini tayinlash, pensiyani qayta hisoblash, pensiyaning bir turidan boshqa turiga o‘tkazish, pensiya va ijtimoiy nafaqa to‘lovini tiklash, shuningdek pensiyadan ulush ajratish to‘g‘risidagi ariza mazkur Yo‘riqnomaning 2—5-ilovalarida keltirilgan shakl bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga belgilangan tartibda topshiriladi.
9. Pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa to‘lovlarni tayinlash uchun arizachi taqdim etgan hujjatlar inspektor (yoki katta inspektor) tomonidan ko‘rib chiqiladi. Inspektor taqdim etilgan hujjatlar kseronusxalarini asl nusxalar bilan solishtiradi va ushbu kseronusxalarni asliga to‘g‘riligini o‘z imzosi bilan tasdiqlaydi. Barcha hujjatlar (asl nusxalari va kseronusxalari), shuningdek ariza, inspektor tomonidan Pensiya jamg‘armasi bo‘limi boshlig‘i (u bo‘lmagan taqdirda Pensiya jamg‘armasi bo‘limining boshlig‘i o‘rinbosari)ga taqdim etadi va o‘z navbatida Pensiya jamg‘armasi bo‘limi boshlig‘i arizaga o‘z rezolyutsiyasini qo‘yadi, shundan so‘ng, hujjatlarning kseronusxalarini asl nusxalar bilan solishtirib, ushbu kseronusxalarni asliga to‘g‘riligini o‘z imzosi va Pensiya jamg‘armasi bo‘limining muhri bilan tasdiqlaydi.
10. Pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa to‘lovlarni tayinlash uchun hujjatlarni qabul qilishda, inspektor quyidagilarga e’tibor qaratishi lozim
ariza, taqdimnoma blankasi, ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar va boshqa taqdim etilgan hujjatlarning to‘g‘ri va to‘liq rasmiylashtirilganligini, shuningdek, unda aks ettirilgan ma’lumotlarni pasport ma’lumotlari, mehnat daftarchasi, o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun vaqtinchalik mehnat guvohnomasining asli yoki dublikati va arizachining boshqa hujjatlariga mos kelishini. Bunda shaxsning qonunchilik hujjatlari talablariga asosan pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa to‘lovlarni tayinlashga bo‘lgan huquqi ko‘rib chiqiladi;
kseronusxalarni arizachining birlamchi hujjatlari bilan solishtirilishining to‘g‘riligi (agar kseronusxalar notarius tomonidan tasdiqlanmagan bo‘lsa).
11. Inspektor arizachi yoki tashkilot vakiliga taqdim etilgan hujjatlarning (mehnat daftarchasi, o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun vaqtinchalik mehnat guvohnomasining asli yoki dublikati, arxiv ma’lumotlari, tashkilot tomonidan taqdim etilgan ma’lumotnomalar, yakka tartibdagi tadbirkor (chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs, dehqon xo‘jaligi a’zosi, oilaviy tadbirkorlik subyekti oilasi a’zosi uchun, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan mehnat shartnomasi bo‘yicha yollangan xodimlar uchun) tomonidan 2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun sug‘urta badallari, 2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun esa ijtimoiy soliq to‘langanligini tasdiqlovchi ma’lumotnomalar va soliq agenti hisoblanmaydigan ish beruvchidan daromad oluvchi xodimning jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyalaridan tashqari) asl nusxalarni qaytaradi va unga arizaning tegishli qismini qirqib olgan holda, hujjatlar qabul qilinganligi to‘g‘risida tilxat beradi, bunda tilxat nusxasi taqdim etilgan hujjatlar bilan birgalikda Pensiya jamg‘armasi bo‘limida saqlanadi. Mehnat daftarchasining, o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun vaqtinchalik mehnat guvohnomasining asli yoki dublikati Pensiya jamg‘armasi bo‘limining pensiya tayinlash komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — komissiya deb yuritiladi) tomonidan pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa to‘lovlarni tayinlash yoki tayinlashni rad etish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingandan so‘ng arizachiga qaytarilishi shart.
Mehnat daftarchasi, o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun vaqtinchalik mehnat guvohnomasining asli yoki dublikati pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa to‘lovlarni tayinlash arizasining orqa tomoniga mehnat daftarchasi, o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun vaqtinchalik mehnat guvohnomasining asli yoki dublikati olinganligi to‘g‘risidagi sanasini ko‘rsatgan holda arizachi yoki tashkilot vakilining imzosi bilan qaytariladi.
12. Pensiya jamg‘armasi bo‘limi boshlig‘ining tegishli rezolyutsiyasi bilan ariza qabul qilingandan so‘ng, pensiya tayinlash guruhi rahbari (bunday lavozim bo‘lmaganda esa Pensiya jamg‘armasi bo‘limining boshlig‘i buyrug‘i bilan ushbu vazifa yuklatilgan xodim):
pensiyani tayinlash to‘g‘risidagi arizani pensiya tayinlash (yashash manzili o‘zgarganligi munosabati bilan hisobga qo‘yish) to‘g‘risidagi arizalarni ro‘yxatga olish kitobiga (mazkur Yo‘riqnomaning 6-ilovasi);
ijtimoiy nafaqani tayinlash to‘g‘risidagi arizani ijtimoiy nafaqalarni tayinlash to‘g‘risidagi arizalarni ro‘yxatga olish kitobiga (mazkur Yo‘riqnomaning 7-ilovasi);
bola tug‘ilganligi bo‘yicha bir martalik nafaqani to‘lash to‘g‘risidagi arizani bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa to‘lash to‘g‘risidagi arizalarni ro‘yxatga olish kitobiga (mazkur Yo‘riqnomaning 8-ilovasi);
dafn marosimi uchun nafaqani to‘lash to‘g‘risidagi arizani dafn etishga nafaqa to‘lash to‘g‘risidagi arizalarni ro‘yxatga olish kitobiga (mazkur Yo‘riqnomaning 9-ilovasi);
uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha kompensatsiya pul to‘lovlari to‘g‘risidagi arizani uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha kompensatsiya pul to‘lovlarini to‘lash, shuningdek pensiya (ijtimoiy nafaqa)ni qayta hisoblash (boshqa turiga o‘tkazish, tiklash) to‘g‘risidagi arizalarni ro‘yxatga olish kitobiga (mazkur Yo‘riqnomaning 10-ilovasi) qayd etadi.
Qayd etgandan so‘ng, pensiya tayinlash guruhi rahbari arizani (ilova qilingan hujjatlar bilan birga) pensiya, ijtimoiy nafaqa yoki boshqa to‘lovlarni tayinlash uchun hujjatlar tayyorlashga inspektorga topshiradi.
13. Inspektor pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa to‘lovlarni tayinlash uchun taqdim etilgan hujjatlar asosida kompyuter bazasiga ma’lumotlarni kiritadi, ish staji, o‘rtacha ish haqi, pensiya, ijtimoiy nafaqa yoki boshqa to‘lovlar miqdorini hisoblaydi, hisob-kitoblarni chop etadi va pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa to‘lovlarni tayinlash yoki tayinlashni rad etish to‘g‘risida komissiya qarori loyihasini tayyorlaydi. Barcha ma’lumotlar kiritilgandan so‘ng, kompyuter bazasi orqali pensiya ishiga raqam beriladi hamda pensiya yig‘majildiga ushbu raqam qayd etiladi.
Inspektor ariza beruvchining soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami va shaxsiy jamg‘arilib boradigan pensiya hisobvarag‘iga asosan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Aksiyadorlik-tijorat Xalq banki bilan axborot almashinuvi bo‘yicha o‘zaro hamkorlik, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, ariza beruvchining ish staji, ish haqi va 2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun hisoblangan sug‘urta badallarini, 2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun esa mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar summasini o‘zaro solishtiradi.
14. Pensiya yig‘majildida mavjud hujjatlar mazkur Yo‘riqnomaning 11, 12-ilovalarida keltirilgan tartibda tikiladi va pensiya tayinlash guruhi rahbariga ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladi.
15. Pensiya tayinlash guruhi rahbari barcha zarur ma’lumotlarni (pasport ma’lumotlari, pensiya, ijtimoiy nafaqa yoki boshqa to‘lovlar turi, ish staji, o‘rtacha ish haqi, ustama miqdori, pensiya miqdorini oshirish va boshqalarni hisoblash), shuningdek pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa to‘lovlarni tayinlash muddatini kompyuter bazasiga to‘g‘ri kiritilganligini tekshiradi, shundan so‘ng pensiya yig‘majildini ko‘rib chiqish uchun komissiyaga kiritadi.
16. Komissiya Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa to‘lovlarni tayinlash to‘g‘risidagi ariza barcha hujjatlar bilan kelib tushgandan so‘ng, o‘n kun muddat ichida tegishli qarorni qabul qiladi (pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa to‘lovlarni tayinlash yoki tayinlashni rad etish, taqdim etilgan hujjatlarning asosliligini tekshirish va boshqalar to‘g‘risida).
17. Taqdim etilgan hujjatlarning asosliligini tekshirish komissiya tomonidan tekshirish lozimligi to‘g‘risida qaror qabul qilingandan so‘ng amalga oshiriladi. Pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa to‘lovlarni tayinlash uchun taqdim etilgan hujjatlarning asosliligini tekshirish, tekshirish sanasi ko‘rsatilgan holda dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
18. Tekshirish tasdiqlovchi hujjatlarni bergan tashkilotda yoki arxivda amalga oshiriladi. Tekshirish natijalari bo‘yicha ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, u tekshiruvchining va tashkilot yoki arxiv mansabdor shaxsining imzosi, shuningdek tashkilot (tadbirkorlik subyektlaridan tashqari) yoki arxivning muhri bilan tasdiqlanadi. Dalolatnomaning bir nusxasi tashkilot yoki arxivda, ikkinchi nusxasi Pensiya jamg‘armasi bo‘limida qoladi. Dalolatnomada tasdiqlovchi hujjatlarning kim tomonidan berilganligi va tekshirish vaqtida hujjatlarning joylashgan joyi to‘g‘risidagi ma’lumot majburiy tartibda ko‘rsatiladi.
19. Pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa to‘lovlarni tayinlash uchun taqdim etilgan hujjatlarni tekshirish ishlari amalga oshirilgandan so‘ng, komissiya pensiya, ijtimoiy nafaqa yoki boshqa to‘lovlarni tayinlash yoki tayinlashni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
20. Pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa to‘lovlarni tayinlash bo‘yicha komissiya qarorining mazmuni tegishliligi bo‘yicha pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa to‘lovlarni tayinlash bo‘yicha arizalarni qayd etish kitoblariga yoziladi.
Komissiyaning tayinlashni rad etish, tekshirish o‘tkazish va qo‘shimcha hujjatlarni taqdim etish zarurligi, ortiqcha to‘langan summalarni pensiyadan chegirib qolish to‘g‘risidagi qarorlari, shuningdek arizalarni ko‘rib chiqishda qabul qilingan boshqa qarorlar (pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa to‘lovlarni tayinlash to‘g‘risidagi qarordan tashqari) mazkur Yo‘riqnomaning 13-ilovasida keltirilgan pensiya tayinlashni rad etish, qo‘shimcha tekshirishni o‘tkazish va qo‘shimcha hujjatlarni taqdim etish to‘g‘risidagi komissiya qarorlarini ro‘yxatga olish kitobiga qayd etiladi.
21. Komissiya tomonidan pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa to‘lovlarni tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilingandan so‘ng, pensiya yig‘majildi pensiya va nafaqalar to‘lovi monitoringi guruhiga taqdim etilgan hujjatlarni ro‘yxatga olish kitobiga (mazkur Yo‘riqnomaning 14-ilovasi) qayd etilgandan so‘ng Pensiya jamg‘armasi bo‘limi pensiya va nafaqalarni to‘lovi monitoringi guruhiga beriladi. Ushbu kitobda nazorat uchun to‘lov hujjatlarining rasmiylashtirilishi va pensiya yig‘majildlarini qaytarish muddatlari aks ettiriladi.
22. To‘lov hujjatlari rasmiylashtirilgandan so‘ng pensiya yig‘majildi inspektorga qaytariladi, inspektor o‘z navbatida pensiya yig‘majildini Pensiya jamg‘armasi arxivida saqlash uchun arxivariusga topshiradi.
23. Inspektor pensiya yig‘majildi asosida mazkur Yo‘riqnomaning 17-ilovasiga muvofiq shaklda pensiya guvohnomasini yozib beradi. Pensiya guvohnomasi blanki qat’iy hisobda turuvchi hujjat hisoblanadi va Pensiya jamg‘armasi bo‘limi boshlig‘i tomonidan tayinlangan mas’ul shaxsda saqlanadi.
24. Pensiya guvohnomasini olish uchun shaxs Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga ikkita fotosurat taqdim etadi, shundan bittasi guvohnomaga, ikkinchisi esa pensiya yig‘majildi oldi qismining ichki tomoniga yelimlanadi. Pensiya guvohnomasining berilishi pensionerlar (nafaqa oluvchilar)ga berilgan guvohnomalar, ma’lumotnomalar va jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlarini olish huquqi to‘g‘risida berilgan guvohnomalarni ro‘yxatga olish kitobida (mazkur Yo‘riqnomaning 18-ilovasi) qayd etiladi.
Pensiya guvohnomasi yo‘qolgan taqdirda, guvohnomaning dublikati beriladi. Dublikatga yo‘qolgan pensiya guvohnomasining raqami beriladi, dublikatning qayd etish raqami esa pensionerlar (nafaqa oluvchilar)ga berilgan guvohnomalar, ma’lumotnomalar va jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlarini olish huquqi to‘g‘risida berilgan guvohnomalarni ro‘yxatga olish kitobiga kiritiladi.
25. Pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa to‘lovlarni olganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma pensionerlar (nafaqa oluvchilar)ga berilgan guvohnomalar, ma’lumotnomalar va jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlarini olish huquqi to‘g‘risida guvohnomalarni ro‘yxatga olish kitobiga shaxsning ma’lumotnoma olganligi to‘g‘risidagi imzo qo‘yilishi orqali beriladi.
28. Ishlovchi pensionerga f-25 topshiriqnomasi berilishi ishlovchi pensionerlarga beriladigan topshiriqnomalarni (f-25) ro‘yxatga olish kitobida (mazkur Yo‘riqnomaning 21-ilovasi) ro‘yxatga olish bilan rasmiylashtiriladi.
30. Pensioner (nafaqa oluvchi) vafot etgandan so‘ng uning pensiya yig‘majildi uning oila a’zolariga tayinlangan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi yig‘majildiga tikiladi.
301. I guruh nogironi va 80 yoshga to‘lgan keksalarga qarab turishning haqiqiy holatlarini tekshirish dalolatnomasi (keyingi o‘rinlarda — tekshirish dalolatnomasi deb yuritiladi) har 12 oyga ikki nusxada rasmiylashtiriladi. Tekshirish dalolatnomasining bir nusxasi I guruh nogironi va 80 yoshga to‘lgan keksalarning pensiya yig‘majildiga tikiladi, ikkinchi nusxasi qarab turgan shaxsga beriladi.
Qarab turgan shaxsga pensiya tayinlashda tekshirish dalolatnomasi ushbu shaxsning pensiya yig‘majildiga tikiladi.
Tekshirish dalolatnomasi I guruh nogironi, shuningdek 80 yoshga to‘lgan keksaga qarab turishning haqiqiy holatlarini tekshirish dalolatnomasini ro‘yxatga olish kitobida qayd etilishi lozim (mazkur Yo‘riqnomaning 22a-ilovasi).
31. Pensiya (ijtimoiy nafaqa)ni qayta hisoblash, bir pensiya turidan boshqa turiga o‘tkazish, pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa to‘lovlarni to‘lashni to‘xtatish (vaqtincha to‘xtatib turish) hamda qayta tiklashni so‘rab belgilangan tartibda taqdim etilgan ariza ilova qilingan qo‘shimcha hujjatlar bilan Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan quyidagi tartibda ko‘rib chiqiladi:
inspektor va pensiya tayinlash guruhi rahbari arizani ilova qilingan hujjatlar bilan birgalikda Pensiya jamg‘armasi bo‘limi boshlig‘iga ko‘rib chiqish uchun kiritadi;
Pensiya jamg‘armasi bo‘limi boshlig‘i arizaga rezolyutsiya qo‘yadi;
pensiya tayinlash guruhi rahbari taqdim etilgan arizani uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha kompensatsiya pul to‘lovlarini to‘lash, shuningdek pensiya (ijtimoiy nafaqa)ni qayta hisoblash (boshqa turiga o‘tkazish, tiklash) to‘g‘risidagi arizalarni ro‘yxatga olish kitobiga qayd etadi va inspektorga rasmiylashtirish uchun beradi;
inspektor arizachiga arizaning tegishli qismini qirqib olgan holda arizani qabul qilganligi to‘g‘risida tilxat beradi, bunda tilxat nusxasi taqdim etilgan hujjatlar bilan birgalikda Pensiya jamg‘armasi bo‘limida saqlanadi.
32. Arizani kerakli hujjatlar bilan birga qayd etilgandan so‘ng, inspektor pensiyaning yangi hisob-kitobini (qayta hisoblashni) amalga oshiradi va pensiya tayinlash guruhi rahbariga beradi hamda qaror qabul qilish uchun komissiyaga taqdim qiladi.
Pensiyani qayta hisoblash hujjatlari mazkur Yo‘riqnomaning 25-ilovasida ko‘zda tutilgan tartibda pensiya yig‘majildiga tikiladi.
33. Komissiya Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga pensiya (ijtimoiy nafaqa)ni qayta hisoblash, bir pensiya turidan boshqa turiga o‘tkazish, pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa to‘lovlarni to‘lashni to‘xtatish (vaqtincha to‘xtatib turish) hamda qayta tiklash to‘g‘risidagi ariza barcha hujjatlar bilan kelib tushgandan so‘ng, besh kun muddat ichida tegishli qarorni qabul qiladi (pensiya (ijtimoiy nafaqa)ni qayta hisoblash, pensiya turidan boshqa turiga o‘tkazish, pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa to‘lovlarni to‘lashni to‘xtatish (vaqtincha to‘xtatib turish) hamda qayta tiklash yoki ularni rad etish, taqdim etilgan hujjatlarning asosliligini tekshirish va boshqalar to‘g‘risida).
34. Taqdim etilgan hujjatlarning asosliligini tekshirish komissiya tomonidan tekshirish lozimligi to‘g‘risida qaror qabul qilingandan so‘ng amalga oshiriladi. Pensiya (ijtimoiy nafaqa)ni qayta hisoblash, bir pensiya turidan boshqa turiga o‘tkazish, pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa to‘lovlarni to‘lashni to‘xtatish (vaqtincha to‘xtatib turish) hamda qayta tiklash uchun taqdim etilgan hujjatlarning asosliligini tekshirish, tekshirish sanasi ko‘rsatilgan holda dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
35. Tekshirish tashkilot yoki arxiv vakili ishtirokida o‘tkazilishi lozim, bunda tekshirish natijasi bo‘yicha dalolatnoma Pensiya jamg‘armasi bo‘limi xodimi, tashkilot yoki arxiv vakili tomonidan imzolanadi, shundan so‘ng tashkilot (tadbirkorlik subyektlaridan tashqari) yoki arxiv muhri bilan tasdiqlanadi.
36. Pensiya (ijtimoiy nafaqa)ni qayta hisoblash, bir pensiya turidan boshqa turiga o‘tkazish, pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa to‘lovlarni to‘lashni to‘xtatish (vaqtincha to‘xtatib turish) hamda qayta tiklash uchun taqdim etilgan hujjatlarni tekshirish ishlari amalga oshirilgandan so‘ng, komissiya pensiya (ijtimoiy nafaqa)ni qayta hisoblash, bir pensiya turidan boshqa turiga o‘tkazish, pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa to‘lovlarni to‘lashni to‘xtatish (vaqtincha to‘xtatib turish) hamda qayta tiklash yoki ularni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
37. Pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa to‘lovlarni noto‘g‘ri tayinlanganligi to‘g‘risidagi holatlar aniqlangan taqdirda, pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa to‘lovlarni to‘xtatish masalasi komissiya tomonidan qaror rasmiylashtirish orqali ko‘rib chiqiladi, bunda qaror nusxasi besh kun muddat ichida pensioner (nafaqa oluvchi)ga yoki tashkilotga beriladi (yuboriladi).
38. Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa to‘lovlar to‘xtatilishi yoki to‘xtatib turilishi (masalan, pensiya to‘lash muddati tugaganligi, pensioner (nafaqa oluvchi) vafoti munosabati bilan, tibbiy mehnat ekspert komissiyasida (keyingi o‘rinlarda TMEK deb yuritiladi) qayta ko‘rikdan o‘tish muddati tugaganligi munosabati bilan pensiya to‘lash to‘xtatilgan holatlarida, pensioner (nafaqa oluvchi) ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilinganda (bundan manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotgan shaxslar mustasno), shuningdek boshqa holatlarda) Pensiya jamg‘armasi bo‘limi pensiya va nafaqalar to‘lovi monitoringi guruhi tomonidan rasmiylashtiriladi va pensiya yig‘majildi maxsus grafasida to‘lov to‘xtatilishi yoki to‘xtatib turilishi sanasi va sababi ko‘rsatiladi.
39. Shaxs TMEKda o‘z vaqtida qayta ko‘rikdan o‘tmagan taqdirda va belgilangan muddatdan keyin qayta ko‘rikdan o‘tgan taqdirda pensiya to‘lovi komissiya qarori O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 338-modda) 55-moddasiga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Bunda murojaat etish kuni deb I yoki II guruh nogironligini belgilash sanasi hisoblanadi.
40. Nogironlik guruhini belgilash (bekor qilish) to‘g‘risidagi TMEK ma’lumotlarini ro‘yxatga olish (ko‘rik dalolatnomalaridan ko‘chirmalar) mazkur Yo‘riqnomaning 26-ilovasida ko‘zda tutilgan kitoblarda amalga oshiriladi.
41. Pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa to‘lovlarning to‘lanishini tiklash komissiya qarori bilan rasmiylashtiriladi.
42. Pensioner (nafaqa oluvchi) doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasi hududi doirasida boshqa tuman (shahar)ga ko‘chib o‘tganda, pensioner (nafaqa oluvchi) avvalgi yashash joyi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga pensiya yig‘majildini hisobdan chiqarish to‘g‘risida ro‘yxatdan chiqarilganligi to‘g‘risidagi pasport nusxasini ilova qilgan holda ariza (yoki yangi yashash joyi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi bo‘limidan so‘rovnoma) taqdim etadi.
43. Avvalgi yashash joyi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi bo‘limi (avval hisobni yuritgan bo‘lim) tomonidan ko‘chib ketayotgan pensioner (nafaqa oluvchi)ga u hisobdan chiqqunga qadar bir oy oldingi pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa to‘lovlarni to‘laydi (to‘lov to‘xtatilganda, pensioner (nafaqa oluvchi) esa to‘lovni tiklash masalasi bo‘yicha uzoq muddatdan beri murojaat qilmagan holatlardan tashqari).
44. Pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa to‘lovlar to‘lovi amalga oshirilgan muddat pensioner (nafaqa oluvchi)ning pensiya yig‘majildiga kiritiladi.
45. Pensiya yig‘majildini hisobdan chiqarish avvalgi yashash joyi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi bo‘limi pensiya va nafaqalar to‘lovi monitoringi guruhi tomonidan rasmiylashtiriladi. Bu haqdagi tegishli yozuv pensiya yig‘majildi, shuningdek mazkur Yo‘riqnomaning 28-ilovasiga muvofiq, pensioner (nafaqa oluvchi) yashash manzili o‘zgarganligi munosabati bilan pensiya yig‘majildini hisobdan chiqarishni ro‘yxatga olish kitobiga kiritiladi.
46. Pensioner (nafaqa oluvchi) yashash manzili o‘zgarganligi munosabati bilan pensiya yig‘majildini hisobga olish to‘g‘risidagi arizasiga asosan yangi yashash manzili bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi bo‘limi yangi yashash manzili bo‘yicha propiska qilinganligi to‘g‘risidagi belgi qo‘yilgan pasport asosida pensiya yig‘majildini hisobga oladi.
47. Yashash manzili o‘zgarganligi munosabati bilan pensiya yig‘majildini hisobga olish pensioner (nafaqa oluvchi)ning yangi yashash manzili bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan pensiyani tayinlash (yashash manzili o‘zgarganligi munosabati bilan hisobga qo‘yish) to‘g‘risidagi arizalarni ro‘yxatga olish kitobiga qayd etish orqali rasmiylashtiriladi.
48. Pensiya yoki ijtimoiy to‘lovlardan chegirmalar ushlangan taqdirda, chegirmalar uchun asos bo‘lgan ijro hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining tegishli tuman (shahar) bo‘limiga qaytariladi. Qaytarishda qaytarish sabablari va pensioner (nafaqa oluvchi)ning yangi yashash manzili yoki manzil-koloniyasi joylashgan manzil ko‘rsatiladi. Ushbu ma’lumotlar mazkur Yo‘riqnomaning 30-ilovasiga muvofiq pensiya (ijtimoiy nafaqa)dan chegirmalar to‘g‘risida ijro hujjatlarini ro‘yxatga olish kitobiga kiritiladi.
Pensiya (ijtimoiy nafaqa)dan chegirmalar bo‘yicha ijro hujjatlar ijrosining o‘z vaqtida amalga oshirilishi yuzasidan nazorat, shuningdek uning saqlanishi, Pensiya jamg‘armasi bo‘limi pensiya va nafaqalar to‘lovi monitoringi guruhi rahbariga yuklanadi.
49. O‘zbekiston Respublikasi doirasida pensioner (nafaqa oluvchi)ning yashash joyi o‘zgargan taqdirda pensiya yig‘majildi Pensiya jamg‘armasi bo‘limining so‘rovi asosida pochta orqali jo‘natiladi yoki pensioner (ishonchli vakil)ning qo‘liga beriladi.
Bunda pensioner (nafaqa oluvchi)ga pensiya yig‘majildi bilan birga qaysi muddatgacha pensiya (ijtimoiy nafaqa) to‘lovi amalga oshirilganligi to‘g‘risida attestat beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘z manzilini o‘zgartirganda, attestat va kuzatuv xat nusxalari so‘rov xati bilan birgalikda alohida yig‘majildda tikiladi va kalendar oy tugagandan so‘ng Pensiya jamg‘armasi bo‘limi arxiviga saqlash uchun yuboriladi.
50. Pensiya ta’minoti sohasida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi qatnashchilari bo‘lgan davlatlarning fuqarolari huquqlari kafolatlari to‘g‘risida 1992-yil 13-martdagi Bitim qatnashchilari bo‘lgan davlatlarga va ijtimoiy ta’minot (pensiya ta’minoti) to‘g‘risidagi ikki tomonlama shartnomalar qatnashchilari bo‘lgan davlatlarga doimiy yashash uchun jo‘nab ketayotgan shaxsning pensiya yig‘majildi, agar ahdlashayotgan davlatlar tomonidan o‘zgacha hol belgilanmagan bo‘lsa, avval kseronusxasi olinib, pensioner (ishonchli vakil)ning arizasiga asosan shaxsan qo‘liga berilishi yoki pensionerning yangi yashash manzili bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi bo‘limi so‘roviga asosan pochta orqali jo‘natilishi mumkin.
Bunda attestat, ilova xat, pensiya yig‘majildi olinganligi to‘g‘risidagi dalolatnoma va tilxat nusxasi pensiya yig‘majildi kseronusxasiga tikiladi va Pensiya jamg‘armasi bo‘limi arxiviga saqlash uchun topshiriladi.
Pensionerning davlat oldida u tomonidan sodir etilgan suiiste’molliklar (ataylab noto‘g‘ri ma’lumotlar bilan hujjatlar taqdim etilishi, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlangan oila a’zolari tarkibidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etilmasligi) natijasida pensiyalar summasining ortiqcha to‘lanishi bo‘yicha qarzdorligi mavjud bo‘lganda pensiya yig‘majildi yetkazilgan zarar to‘liq qoplangandan so‘ng beriladi.
Pensioner (nafaqa oluvchi) ijtimoiy ta’minot (pensiya ta’minoti) to‘g‘risida xalqaro shartnomalar tuzilmagan davlatga O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga doimiy yashash uchun jo‘nab ketayotganda pensiya yig‘majildi berilmaydi va u Pensiya jamg‘armasi bo‘limi arxivida ish yuritishdagi jildlardan alohida saqlanadi.
51. Pensioner (nafaqa oluvchi)ning yangi yashash manzili Pensiya jamg‘armasi bo‘limi pensiya yig‘majildini olgandan so‘ng, nazorat tariqasida pensioner (nafaqa oluvchi)ning avvalgi yashash joyidagi Pensiya jamg‘armasi bo‘limi o‘rnatilgan shaklda qabul qilingan komissiya qarori asosida kompyuter hisob-kitoblarini (pensiya miqdori, o‘rtacha ish haqi, mehnat staji hisob-kitobi va boshqalar) qaytadan amalga oshiradi va chop etadi. Pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa to‘lovlarni pensioner (nafaqa oluvchi)ga avvalgi yashash joyi bo‘yicha to‘lov to‘xtatilgan muddatdan boshlab, lekin uning tomonidan hisobga qo‘yish maqsadida murojaat etilganidan oldingi o‘n ikki oydan oshmagan davr uchun to‘lanishi boshlanadi.
Boshqa davlatdan kelgan shaxsning, shu jumladan, ilgari O‘zbekiston Respublikasidan ketgan shaxsning pensiya yig‘majildini hisobga qabul qilib olishda, uning boshqa davlatda pensiya olganligidan qat’i nazar, pensiya hisobga qabul qilish to‘g‘risida murojaat qilingan vaqtda amalda bo‘lgan qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq hisoblab chiqiladi va Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga murojaat etgan kundan boshlab to‘lanadi.
Pensiya yig‘majildini hisobga qabul qilish komissiya qarori bilan rasmiylashtiriladi.
52. Pensiyadan ulush oluvchi oila a’zosi O‘zbekiston Respublikasi hududi doirasida boshqa tuman (shahar)ga doimiy yashash uchun ko‘chib o‘tganda, yangi yashash joyi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi bo‘limi pensiya ulushini oluvchining avvalgi yashash joyi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga pensiya ulushini ajratish to‘g‘risidagi komissiya qaroridan ko‘chirma berish to‘g‘risida so‘rovnoma yuboradi.
53. Pensiya ulushi to‘lovini amalga oshiruvchi Pensiya jamg‘armasi bo‘limi so‘rovni olgandan so‘ng uch kun muddat ichida pensiya ulushi oluvchining yangi yashash manzili yoki pensiya ulushini oluvchi ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tayotgan manzil-koloniya joylashgan yerdagi Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga qarordan ko‘chirma va ulush qaysi muddatga qadar to‘langanligi to‘g‘risida ma’lumotnomani yuboradi. Bir vaqtning o‘zida pensiya ulushini oluvchi oila a’zosi yashash manzili o‘zgarganligi to‘g‘risidagi xabarnoma asosiy pensiya yig‘majildi saqlanadigan Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga yuboriladi.
54. Pensiya yig‘majildlarini yuborish xatlari va kelib tushgan pensiya yig‘majildlari Pensiya jamg‘armasi bo‘limining alohida kitoblarida qayd etiladi.
55. Pensiya yig‘majildlari pensioner (nafaqa oluvchi)ning doimiy yashash joyidagi Pensiya jamg‘armasi bo‘limida maxsus jihozlangan xonada saqlanadi.
Ijrodagi pensiya yig‘majildlarini saqlash bo‘yicha javobgarlik Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tegishli hududining inspektori va arxivariusiga yuklatiladi.
56. Qariyalar va nogironlar internat uylarida (“Saxovat” va “Muruvvat” uylarida) yashovchi shaxslar, shuningdek ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan shaxslarning pensiya yig‘majildlari ushbu muassasalar joylashgan hududdagi Pensiya jamg‘armasining bo‘limida saqlanadi. Ushbu shaxslarga pensiyalar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan to‘lanadi.
57. Pensiya (ijtimoiy nafaqa) to‘lovlari to‘xtatilgan pensiya yig‘majildlari ijrodagi pensiya yig‘majildlaridan alohida Pensiya jamg‘armasi arxivida saqlanadi va alfavit tartibida ro‘yxatga olish kitoblarida (mazkur Yo‘riqnomaning 32-ilovasi) ro‘yxatga olinadi. Bunda alfavit kitobidagi qayd etish raqami pensiya yig‘majildiga beriladi. Alfavitning har bir harfi bo‘yicha bir raqamidan boshlab alohida tartib raqamlari qo‘yib chiqiladi.
59. Pensiya jamg‘armasi arxividagi pensiya yig‘majildlarining saqlanishi uchun javobgarlik arxivariusga (yoki Pensiya jamg‘armasi bo‘limi boshlig‘ining buyrug‘i bilan tayinlangan mas’ul xodimga) yuklatiladi.
60. Pensiya (ijtimoiy nafaqa) tayinlash rad etilgan shaxslar yig‘majildlari arxivda alohida saqlanadi. Ushbu yig‘majildda quyidagi hujjatlar bo‘lishi lozim:
pensiya (ijtimoiy nafaqa) tayinlash yuzasidan ariza;
ariza va ilova qilingan hujjatlarning olinganligi to‘g‘risidagi tilxat nusxasi;
ish staji va ish haqi hisob-kitobi;
arizachi tomonidan taqdim etilgan yoki Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan rasmiylashtirilgan hujjatlar kseronusxalari yoki ko‘chirmalari;
pensiya (ijtimoiy nafaqa) tayinlash rad etilganligi to‘g‘risidagi komissiya qarori yoki xabarnoma kseronusxasi. Agar xabarnoma arizachining shaxsan qo‘liga berilgan bo‘lsa, uning kseronusxasida qaytarilayotgan hujjatlarning olingan sanasi ko‘rsatilgan holda, arizachining imzosi bo‘lishi lozim. Agar qaytarilayotgan hujjatlar pochta orqali jo‘natilgan bo‘lsa, buyurtma xat orqali jo‘natilganligi to‘g‘risida kvitansiya raqami va sanasi ko‘rsatiladi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar pensiya yig‘majildi muqovasiga tikiladi va alfavit tartibida saqlanadi. Pensiya yig‘majildi muqovasida arizachining familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash manzili ko‘rsatiladi.
61. Pensiya jamg‘armasi bo‘limida saqlanayotgan pensiya yig‘majildlari Pensiya jamg‘armasi bo‘limida pensiya yig‘majildlarini olishga huquqi bo‘lgan xodimlarga, arxivdan pensiya yig‘majildlarining berilishini ro‘yxatga olish kitoblarida (mazkur Yo‘riqnomaning 32, 33-ilovalari) berilishi holatini oldindan qayd etish orqali beriladi.
Pensiya yig‘majildlarini arxivdan berish va qaytarilishini nazorat qilish arxivariusga yuklatiladi.
62. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi o‘rtasida axborot almashinuvi bo‘yicha o‘zaro hamkorlik asosida, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, har kuni vafot etgan pensioner (nafaqa oluvchi)lar ro‘yxati Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga taqdim etiladi. Pensiya va nafaqalar to‘lovi monitoringi bo‘limi inspektori ushbu ro‘yxatga asosan vafot etgan pensioner (nafaqa oluvchi)lar pensiya yig‘majildlarini yopish ishlarini amalga oshiradi.
63. Pensiya jamg‘armasi bo‘limi xodimlari pensiya yig‘majildlari butligini ta’minlash uchun barcha zarur choralar ko‘rishi lozim. Ma’lum bir sabablarga ko‘ra (yong‘in, suv toshqini va favqulodda xaraktyerga ega bo‘lgan boshqa hodisalarda) pensiya yig‘majildi yo‘qolgan yoki saqlanmagan taqdirda pensiya yig‘majildi dublikati tiklanadi. Pensiya yig‘majildi dublikatida pensiya yoki ijtimoiy nafaqa tayinlash (qayta hisoblash)ga doir barcha hujjatlar, shaxsiy hisobvaraq kseronusxasi, shuningdek Pensiya jamg‘armasi bo‘limi arxivida pensiya yig‘majildi mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma tikiladi.
Pensiya yig‘majildi muqovasida, shuningdek unda mavjud barcha hujjatlarda “Dublikat” belgisi va uning rasmiylashtirilgan sanasi yoziladi.
Pensiya yig‘majildi dublikati O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hududiy boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadi.
64. Pensiya jamg‘armasi bo‘limi arxivariusi o‘zi egallab turgan lavozimidan ozod qilingan taqdirda Pensiya jamg‘armasi bo‘limi boshlig‘i buyrug‘i asosida tashkil etilgan ishchi guruhi tomonidan pensiya yig‘majildlari qabul qilish-topshirish ishlari amalga oshiriladi. Ishchi guruh pensiya tayinlash guruhi rahbari, inspektori va yuriskonsultdan iborat bo‘ladi.
Inspektor ishdan bo‘shatilgan taqdirda, Pensiya jamg‘armasi bo‘limi arxividan pensiya yig‘majildlarini qaytarish bo‘yicha qarzdorligi mavjud emasligi to‘g‘risida aylanma varaqda arxivarius belgisi qo‘yilishi lozim.
65. Pensiya yig‘majildlarini rasmiylashtirish va yuritish hamda pensiya hujjatlari shakllarining to‘g‘ri to‘ldirilganligi bo‘yicha nazorat O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi. | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
AQShni ostin-ustun qilgan “Ida” to‘foni. Fotoreportaj
29-avgust kuni Meksika ko‘rfazi sohiliga “Ida” bo‘roni kirib keldi. Dastlab, shamol tezligi soatiga 240 kilometrga yetgan, bo‘ron xavflilik darajasi bo‘yicha beshta toifaning to‘rtinchisi. Tabiiy ofat tufayli AQShning Luiziana shtatida 1 milliondan ortiq aholi elektr energiyasidan uzilib qoldi, bir kishi vafot etdi, Missisipi daryosining yo‘nalishi teskari tomonga burildi. Bo‘rondan keyin Luiziana shtati qanday ko‘rinishga kelgani haqida “RBK” fotoreportaj tayyorladi.
“Ida” — Amerika tarixidagi eng kuchli beshinchi bo‘ron. AQSh prezidenti Jo Bayden falokat oqibatlari ayanchli bo‘lishi va u insonlar hayotiga xavf tug‘dirishi haqida oldindan ogohlantirgan. Atlantika okeanida vujudga kelgan “Ida” bo‘roni Amerikaning Luiziana shtati sohillariga yetib kelgan. Shtatning eng gavjum shahri Nyu-Orlean butunlay elektrsiz qoldi. Entergy energetika kompaniyasining ma’lum qilishicha, uzilish elektr uzatish liniyalarining “qattiq shikastlanishi” bilan bog‘liq.
Dovul shtat qirg‘oqlariga yetib kelganida, shamol tezligi soatiga 150 milga (240 km / soatdan yuqori) yetgan. Suratda dovulning Xalqaro kosmik stansiyadan olingan tasviri.
Politsiya dovulning birinchi qurboni haqida xabar berdi — bir odamning ustiga daraxt qulab tushgan. Shtat bo‘ylab suv toshqini va vayronagarchilik qayd etilgan; shamol tufayli qulagan daraxtlar ko‘plab avtomobil yo‘llarini to‘sib qo‘ygan.
Elektr energiyasi muammosi tufayli shifoxonalar zaxira generatorlari quvvatidan foydalanishga majbur bo‘lmoqda. Mahalliy meteorologiya xizmati aholini uyda qolishga va zaruratsiz ko‘chaga chiqmaslikka chaqirdi.
Luiziana shtatining aholisi derazalarni mixlab, binolarni qumli yostiq bilan mustahkamlamoqda.
“Biz oldin ham suv toshqinlaridan aziyat chekardik. Bo‘ronlardan o‘tishga majbur bo‘lganmiz. Lekin umrimda bunday suvni ko‘rmaganman. Bo‘ron shunchalik kuchli bo‘ldiki, hamma joyni butunlay vayron qildi, bizga o‘ta yomon zarba berdi”, — dedi Nyu-Orlean janubidagi Jin Lafitt shahri meri Tim Karner CNN’ga.
Ajablanarlisi shundaki, bundan 16 yil oldin xuddi shu kunda Luiziana shtatiga Katrina dovuli kirib kelgan edi. “Ida” bo‘roni Katrina birinchi marta zarba bergan joydan 72 kilometr uzoqlikda boshlandi. “Ida” 2005-yildan buyon kuzatilgan eng kuchli dovul. Katrina tufayli 1,8 mingdan ortiq odam vafot etgandi. Hozirda dovul pasaygan bo‘lsa-da, meteorologlar yaqin kunlarda Luiziana shtatida kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkinligini hamda suv toshqini xavfi davom etishi haqida ogohlantirmoqda.
Bo‘rondan so‘ng ko‘plab vayronagarchiliklar qayd etilgan, biroq zararning umumiy miqdori hozircha noma’lum. Mahalliy hukumat ma’lum qilishicha, “Ida” dovuli o‘ta tez kuchaygani sababli hukumat 390 ming kishini umumiy evakuatsiya qilishga ulgurmagan.
Nyu-Orlean meri aholini o‘zini-o‘zi evakuatsiya qilishga yoki elektr ta’minotidagi uzilishlarga tayyor turishga chaqirdi. Dovul shtatning ikkita yirik shahri — Nyu-Orlean va Baton-Ruj ustiga yog‘ildi. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Keniyaning amaldagi prezidenti saylovlarda g‘olib chiqib, ikkinchi muddatga qayta saylandi
Keniyaning amaldagi prezidenti Uxuru Keniata umumiy saylovlarda 54,27 foiz ovoz to‘plab g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Reuters agentligi saylov komissiya raisi Vafula Chebukatiga asoslanib ma’lum qildi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.
Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, Keniataning raqibi, mamlakat sobiq bosh vaziri Raila Odinga 44,74 foiz ovoz to‘plagan. Shunday qilib amaldagi prezident, ikkinchi besh yillik muddatga qayta saylandi.
Avvalroq, Keniya muxolif koalitsiyasi saylovlarning dastlabki natijalarini inkor etgan edi. Odinga saylov komissiyaning ma’lumotlar bazasi xakerlik hujumiga uchragani sabab umumiy saylov natijalari o‘zgartirilgan deya ma’lum qilgandi. Biroq Keniya mustaqil saylov komissiyasi ushbu e’tirozni rad etdi. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Kamondan o‘q uzayotgan hokim, Isroil — Falastin mojarosi, yo‘lakda yotgan hamshiralar. Hafta suratlari
Hafta davomida kamera obyektiviga muhrlangan qiziqarli suratlarni taqdim etamiz.
Belgiyaning Dipenbek kommunasi yaqinida joylashgan o‘rmonda yashovchi olmaxon og‘zidagi yong‘og‘i bilan superqahramonlar singari daraxtdan sakramoqda.
Kamondan o‘q uzayotgan Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov
Xayrulla Bozorov onkologik kasalliklardan davolanayotgan bolalarga Prezident sovg‘alarini topshirdi
Isroilning havo hujumi natijasida G‘azodagi vayron bo‘lgan Al-Valid binosi olov ichida. Isroil armiyasi hafta boshidan beri G‘azo sektoriga yuzlab havo hujumlarini uyushtirdi.
HAMAS o‘t ochishni bekor qilish shartlarini ma’lum qildi
Berlinda bo‘lib o‘tgan final uchrashuvida Dortmundning “Borussiya” klubi futbolchilari “Leypsig” jamoasini mag‘lub etib, Germaniya kubogini yutganini nishonlamoqda.
Qibray tumanida ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha “Toshkent viloyati hokim kubogi” musobaqasi o‘tkazildi. Turnirning 110 sm balandlikka sakrash musobaqasida Madina Hidoyatova Aragon laqabli otida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Madina Hidoyatova viloyat hokimi Davron Hidoyatovning sovg‘asiga ega bo‘ldi.
Falastinlik namoyishchi Isroil va G‘azo chegarasida mashina shinalarini yoqib, narigi tarafga uloqtirmoqda.
Isroil G‘azoga nizo boshidan buyon eng yirik hujumni amalga oshirdi. 40 daqiqa ichida samolyotlar 150 ta nishonni o‘qqa tutdi (video)
Indoneziyaning Grogol qishlog‘idagi musulmonlar Ramazon hayiti namozini o‘qimoqda.
Tungi Zangiota tumani. Tumanda “Munavvar oqshomlar!” festivali o‘tkazildi.
Istanbuldagi Umraniye o‘quv va tadqiqot shifoxonasida texnik anesteziolog bo‘lib ishlaydigan Aysegul Aksoy tomonidan olingan fotosuratda koronavirus bemorlari davolanadigan shifoxonada ishlovchi hamkasbi.
“Ular bir marta o‘lsa, biz 10 marta o‘ldik”. Zangiotada koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlarning yo‘qotgan bemorlari, qiyinchiliklari va kechinmalari haqida
Ikkinchi jahon urushida fashistlar Germaniyasi ustidan qozonilgan g‘alabaning 76 yilligiga bag‘ishlangan G‘alaba kuni tantanalarida Moskvada otilayotgan mushaklar.
Toshkentda Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan mushakbozlik paytida yerga tushgan salyut hodisasi yuzasidan ma’lumot berildi
Buxorodagi “Amir Muzaffarxon” masjidida Ramazon hayiti namozini o‘qishga yig‘ilgan musulmonlar.
O‘zbekistondagi 2021 ta masjidda hayit namozi o‘qildi (foto)
Nyu-Dehlidagi yirik siyosiy mitinglar o‘tkaziladigan joy – Ramlila Ground’da tashkil etilayotgan 500 o‘rinli COVID-19 kasallari uchun bino ichidagi daraxt.
Uchtepa tumani “Tepaqo‘rg‘on” mahallasida yashovchi bolalar bilan suhbatlashayotgan Shavkat Mirziyoyev.
“Prezident kelib-ketsin, keyin sotasiz degandir-da”. Shavkat Mirziyoyev Uchtepadagi sut mahsulotlari sotuvchisi bilan suhbatlashdi
Italiyaning Emiliya-Romagna, Modena va Kattolika shaharlarini o‘z ichiga olgan 177 kilometr masofaga teng Jiro d’Italia velosiped poygasining beshinchi bosqichida qatnashayotgan sportchi.
Hukumat Bangladeshning Munshiganj shahrida COVID-19 tarqalishiga qarshi uzoq masofali jamoat transportiga cheklovlar qo‘ydi. Shundan keyin odamlar Ramazon hayitini nishonlash maqsadida uyga borish uchun paromdan foydalanishga qaror qildi.
Qamashi tumani “Pasttol” qishlog‘i “Boburtepa” mahallasida 14-may kuni noma’lum hayvon mahalliy aholi vakillari tomonidan tutib o‘ldirildi. Hayvon qishloqdagi qo‘y-qo‘zilarni ko‘p marotaba bo‘g‘izlab ketgan.
Mon Lehi kasalxonasida Xalqaro hamshiralar kuniga bag‘ishlangan namoyish paytida yerda yotgan hamshiralar. Belgiya bo‘ylab kasalxona xodimlari yaxshiroq sharoit talab qilib turli namoyishlarda ishtirok etmoqda.
Salvadorda qo‘lga olingan MS-13 va MS-18 jinoiy to‘dalari a’zolari Kezaltepeke qamoqxonasidagi kameraga joylashtirildi.
Malayziyada musulmon erkaklar masjid oshxonasida odatda Ramazon oyida tayyorlanadigan mahalliy bubur lambuk nomli taomni tayyorlayapti.
COVID-19 tufayli vafot etgan Vijay Rajuning oila a’zolari uni Hindistonning Bangalor chekkasidagi Giddenahalli qishlog‘idagi krematoriyda yoqishdan oldin motam tutmoqda.
Texas shtatining Ostind shahrida joylashgan skeytbord maydonidagi velosipedchi.
Rimdagi Villa Borhese parkida “Tabiatga qaytish” ko‘rgazmasi ochilishidan oldin argentinalik rassom Leandro Erlich “Oyna va Narvon – Abadiy shahar 2021” nomli installyatsiyasi ustida ish olib bormoqda.
Falastinliklar Quddusning Sharqiy qismidagi al-Aqso masjidida Isroil xavfsizlik kuchlari bilan to‘qnashdi.
Londonda harbiylar uchun uyushtirilgan mitingda yuz niqobida qatnashayotgan ayol.
Xitoyning Dalian shahri osmonidagi chaqmoq.
Hindistonda 18 ta fil yashin urishi oqibatida nobud bo‘ldi
Fransiyalik rassomning Ispaniyaning Mahon shahrida chizgan piyodalar o‘tish joyi.
Chexiyadagi hayvonot bog‘ida malay yo‘lbarsi.
Egey dengizi sohillari, Turkiya.
Nyu-Yorkda quyosh chiqayotgan vaqtida Ozodlik haykali tepasida turgan oy.
Rossiyaning Poxodkino qishlog‘idagi fermada oziqlantirilayotgan alpaka. Bu hayvon lamaga juda o‘xshash, ammo undan ancha kichikligi bilan farq qiladi.
Portugaliyada bir asr avval sodir bo‘lgan Fotima mo‘jizasiga bag‘ishlab marosim o‘tkazilmoqda.
Bibi Maryamning uch sirli bashorati. Portugaliyada ro‘y bergan Fotima mo‘jizasi tarixi
Kuala-Lumpurda Ramazon hayiti bayramini nishonlayotgan bola.
Avvalgi kunlarning fotogalereyalari: | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Foto: Bekobodda ichida yo‘lovchilari bo‘lgan avtobus ag‘darilib ketdi
Bekobod shahrida Isuzu avtobusi ishtirokida 2-fevral kuni soat taxminan 12:00 larda yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.
Bekobodning Me’mor ko‘chasida joylashgan aylanma harakatlanish joyida sodir bo‘lgan YTHga avtobus old balonining tormozlanib qolishi sabab bo‘lgan. Buning oqibatda avtobus o‘ng tomonga ag‘darilib ketgan. Avtobus ichidagi 20 nafar yo‘lovchidan 3 nafari tez tibbiy yordam ko‘rsatish uchun shahar shoshilinch tez tibbiy yordam markaziga, 1 nafari esa Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markaziga yuborilgan.
Bekobod markaziy bozoridan Sirdaryoning Shirin shahridagi GES tomonga yo‘l olgan avtobus haydovchisi harakatlanish vaqtida hushyor holatda bo‘lgani aniqlangan. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
10 noyabr kuni O‘zbekistonda havo harorati 19 darajagacha ko‘tariladi
Toshkent shahri. Havo o‘zgarib turadi, kechga tomon biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-5 daraja, kunduzi 11-13 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 11-16 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja, kunduzi 11-16 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Samarqand viloyati. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 14-19 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 9-14 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq - 2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Chilonzorda yonida 6,2 gramm marixuana saqlagan fuqaro qo‘lga olindi
2017-yilning 23-iyun kuni, Chilonzor tumani hududida, ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Qoradori-2017” tadbiri davomida fuqaro Abduqahhor Azizov og‘irligi 6,2 gramm bo‘lgan marixuana giyohvandlik vositasini sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlangan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
O‘zbekiston Yevropa bilan ko‘proq savdo qila boshladi. Bunga uch sabab bor
Avvalroq O‘zbekiston Ukrainaga tovar va xizmatlar eksportini to‘xtatgani haqida xabar berilgandi. Shu bilan birga, Yevropaga eksport sezilarli darajada oshdi. Bu Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlarida qayd etildi.
Eksport hajmi o‘sishining sabablaridan biri O‘zbekiston GSP+ preferensiyalar tizimiga qo‘shilgani bo‘ldi.
2022-yilning dastlabki to‘rt oyida mamlakat Fransiyaga eksportni 9 baravarga, Buyuk Britaniyaga – 2,6 barobarga, Germaniyaga – 90,7 foizga, Polshaga – 51,4 foizga ko‘paytirdi.
Ilgari O‘zbekiston GSP’dan foydalangan va Yevropa Ittifoqiga 3000 ta tovarni bojxona to‘lovlarisiz, 3200 ta tovarlarni esa pasaytirilgan stavkalarda eksport qilishi mumkin edi.
GSP+ doirasida endi 6200 dan ortiq tovarni bojsiz olib kirish mumkin. Buning hisobidan Yevropaga umumiy eksport 56 foizga oshdi.
Yana bir sabab — urush. Ukrainaga eksport qilishning iloji bo‘lmagani uchun O‘zbekiston boshqa bozorlar bilan faolroq ishlay boshladi.
Uchinchi sabab — Rossiyaga qarshi sanksiyalar. Yevropa davlatlari ham yangi bozorlarni izlay boshladi, ulardan biri O‘zbekiston bo‘ldi.
Avvalroq O‘zbekiston yil boshidan beri nimalar sotib oldi va sotgani haqida xabar berilgan edi. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Osiyo o‘yinlarining nayza uloqtirish bahslarida o‘zbekistonlik Ivan Zaysev bronza medal sovrindori bo‘ldi
O‘zbekistonlik yengil atletikachi Ivan Zaysev O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga bronza medalni taqdim etdi, deb xabar bermoqda Stadion.uz.
Nayza uloqtirish sektorida kurash ancha qizg‘in kechdi. O‘zbekiston vakili dastlabki uchta urinishda nayzani 78,49 metrga otib, to‘rtinchi o‘rin bilan final bosqichiga chiqdi. Finaldagi ikkinchi urinishda Zaysev 83,68 metr masofani qayd etib, o‘zining mavsumdagi eng yaxshi natijasiga erishish bilan birgalikda uchinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Xitoylik Jao Ching Gang 89,15 metr natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritib, Osiyo va Osiyo o‘yinlari rekordini qayd etdi. Ikkinchi o‘rinni esa yaponiyalik Ryoxey Aray egalladi.
Ushbu musobaqada qatnashgan yana bir o‘zbekistonlik sportchi Bobur Shokirjonov nayzani 76,34 metrga uloqtirib, 7-o‘rinni egalladi. | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Tailandda jangarilar polisiya blokpostiga hujum qildi
Tailandning janubida joylashgan Yala provinsiyasida jangarilarning polisiya blokpostiga qilgan hujumi oqibatida 9 nafar polisiyachi yaralandi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.
10 kishidan iborat jangarilar guruhi mahalliy bozor yaqinida bo`lgan polisiyaning blokpostini o`qqa tutdi. Hujum uyushtirgan jangarilar qo`l granatomyotlari va o`q otar quroldan foydalandi. Otishmadan keyin jangarilar noma`lum tomonga qochib ketdi. Shifokorlar 2 nafar polisiyachining ahvolini o`ta darajada og`ir, deb baholamoqda.
Polisiya hujumni islom separatistlari uyushtirdi, deb shubhalanmoqda. Tailandning musulmonlar yashovchi janubiy qismida 13 yildan beri jangarilar guruhi faoliyat yuritib keladi. Ular sultonlik tuzish maqsadida Naratxivat, Pattani va Yala provinsiyalarini qo`lga olishga harakat qilib kelishmoqda. Mazkur hududda ro`y bergan qurolli to`qnashuvlar, otishmalar oqibatida 6,8 mingdan ortiq odam halok bo`ldi.
Naratxivat, Pattani va Yala provinsiyalarida xavfsizlikning maxsus tartibiga rioya etiladi. Mazkur hududga chet ellik sayyohlar umuman tashrif buyurmaydi. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Andijonda YTHda ikki yo‘lovchi vafot etdi. Qurbonlardan biri haydovchining otasi bo‘lgan
Qayd etilishicha, 2022 yilning 16 aprel kuni 19 yoshli haydovchi Nexia-2 avtomashinasini Toshkentdan Andijonga boshqarib kelayotgan vaqtda, charchoq tufayli rulda uxlab qolishi oqibatida yo‘l chetidagi beton to‘siqqa urilib, ag‘darilib ketadi. Natijada u ayanchli yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
YTH oqibatida haydovchining otasi va do‘sti og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan. Haydovchining o‘zi turli tan jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Hozirda tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Andijonda Spark ag‘darilib ketishi oqibatida 1 yoshli bola vafot etgani xabar qilingan edi. | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false |
O‘zbekistonda maktab formasi bu yil ixtiyoriy, kelgusi yildan esa majburiy bo‘ladi
Adliya vazirligi tomonidan qonun hujjatlari mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish, tizimga yangicha yondashuvlarni joriy etish maqsadida tashkil etilgan brifingda O‘zbekistonda maktab formasi majburiy yoki yo‘qligi haqidagi savolga aniqlik kiritildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan yagona maktab formasini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
— Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarining zamonaviy yagona maktab formasi joriy etilmoqda. Bu tartib 2018/2019 o‘quv yilida ixtiyoriy, 2019/2020-o‘quv yilidan esa majburiy bo‘ladi, — dedi Xalq ta’limi vazirligi boshqarma boshlig‘i Akbar Tog‘ayev. — Maktab formasining bola salomatligiga salbiy ta’sir etmasligi ham e’tibordan chet qolmagan, bu borada milliy mentalitet, iqlim sharoitlari hisobga olingan.
Tasdiqlangan maktab formasi 3 yil davomida sinovda bo‘ladi va bu vaqt davomida berilgan taklif, mulohazalar yordamida yanada takomillashtiriladi. Maktab formasini sotib olishda ota-onalar uchun qulaylik yaratish maqsadida qisqa muddatli (olti oydan kam bo‘lmaydigan) iste’mol kreditlari ajratilishi belgilangan. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
National Geographic Photo Contest yarim finalchilarining eng yaxshi fotosuratlari: sayohat, tabiat va odamlar
Britaniyaning The Daily Mail nashri National Geographic Photo Contest 2015 tanlovi yarim finalchilarining eng yaxshi fotosuratlarini chop etdi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Namoyish etilgan suratlarning bari sayohat, tabiat va odamlar mavzusidagi rangli fotosuratlar yo‘nalishida g‘oliblikka da’vogar sanaladi.
National Geographic tomonidan o‘tkazilayotgan tanlov g‘olibi nomi 16-noyabr kuni e’lon qilinadi. Finalchilarga rag‘batlantiruvchi mukofotlar, g‘olib fotosuratchiga esa 10 ming dollar miqdorida grant va National Geographic’ning Vashingtondagi bosh qarorgohiga sayohat yo‘llanmasi taqdim etiladi.
Bundan tashqari, tanlovda birinchi o‘rinni egallagan fotosurat National Geographic jurnalining maxsus sonida chop etiladi. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Yangi Zelandiyada pingvinlar uchun yerosti yo‘lagi qurildi
Yangi Zelandiyaning Oamaru shahrida pingvinlar uchun yerosti yo‘lagi qurildi. Bu haqda Seeker nashri xabar bermoqda.
Har tong kichik pingvinlar okean qirg‘oqlariga yo‘l olishadi va kunni o‘sha yerda o‘tkazishadi. Kech tushgach esa, o‘z inlariga qaytishadi.
Yerosti yo‘lagi jonivorlar qaytayotgan payt ularning avtomobil g‘ildiraklari ostida qolib, halok bo‘lishlari xavfini kamaytiradi. Bundan tashqari, yo‘lak ularni bezovta qiluvchi sayyohlardan qutilishga yordam beradi.
Ma'lumot uchun, kichik pingvinlar Yangi Zelandiya va Avstraliyada yashashadi. Ularning bo‘yi 30-40 santimetrni tashkil etadi. | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false |
Ispaniyada dunyoning 40 davlatidagi banklarni o‘margan ukrainalik xaker qo‘lga olindi
Ispaniyada butun dunyo bo‘ylab 100 ta moliyaviy muassasaga hujum uyushtirgan ukrainalik xaker, kiberjinoyat bilan shug‘ullangan guruh yetakchisi qo‘lga olindi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Yevropolga ko‘ra, guruh Carbanak va Cobalt kabi zararli dasturiy ta’minotlaridan foydalanib, 40 dan ortiq davlatdagi banklarga 1 milliard yevrodan oshiq ziyon keltirdi.
Guruh a’zolari ishlab chiqqan taktika bankomatlarni jinoyatchilar belgilagan vaqtda naqd pul berishga dasturlash, shuningdek, elektron to‘lovlar bilan bog‘liq firibgarliklarni o‘z ichiga olgan.
Qo‘lga kiritilgan daromad kriptovalyutaga aylantirilgan. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Oylik yo‘l chiptalarini qabul qilish muddati 1 sentyabrga qadar uzaytirildi - «Toshshahartransxizmat»
Joriy yilning iyul oyi uchun xarid qilingan oylik yo‘l chiptalari karantin cheklovlari sabab 1 avgustdan 10 avgustga qadar qaytarib olinishi haqida xabar berilgan edi.
"Toshshahartransxizmat" AJ xabariga ko‘ra, Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan karantin muddati uzaytirilganini inobatga olib oylik yo‘l chiptalarini qabul qilish muddatini 1 sentyabrga qadar uzaytirildi.
“Buning uchun siz Toshkent shahar Yunusobod tumani Amir Temur ko‘chasi 6-uyda joylashgan "Toshshahartransxizmat" AJning “Oylik yo‘l chiptalari va jyetonlar sotish bo‘limi”ga murojaat qilishingizni eslatib o‘tamiz”, - deyiladi xabarda. | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false |
Uch hududda jami 22 kishi tuzaldi
Toshkent shahridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 3 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 7 nafar, Samarqand viloyatida 11 nafar hamda Andijon viloyatida 1 nafar, jami 22 nafar bemor butunlay sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.
Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 2 nafari (50 va 47 yoshli ayollar) Toshkent viloyati, 1 nafari esa (28 yoshli erkak) Surxondaryo viloyatidan.
Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 2 nafari erkak, 5 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 55 yoshda, yoshi kichigi 11 yoshda. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, 4 nafari Toshkent shahridan, 2 nafari Toshkent viloyatidan, 1 nafar esa Namangan viloyatidan.
Endilikda Toshkent shahrida sog‘ayganlar soni 1120 nafarga yetdi.
Samarqand viloyatida sog‘ayganlarning barchasi ushbu viloyatdan bo‘lib, 6 nafari erkak, 5 nafari ayol. Ularning yoshi kattasi 71 yoshda, yoshi kichigi 18 yoshda.
Andijon viloyatida tuzalgan bemor (22 yoshli ayol) Andijon shahridan bo‘lib, endilikda viloyatda sog‘ayganlar soni 175 nafarga yetdi.
Ayni paytga qadar O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 2859 nafarga yetdi.
Respublikaning 7 hududidagi shifoxonalarda 788 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 8 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Zamonaviy smartfon yutib olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
«Hamkorbank va Visa birgalikda sovg‘alar ulashadi» aksiyasi 1 iyul kuni yakuniga yetadi. Omad sizga kulib boqishi uchun shoshiling!
Visa Classic kartasini BePUL rasmiylashtiring va Aksiyada ishtirok eting. Yutuqli o‘yin ishtirokchisiga aylanish uchun 5 AQSh dollari va undan yuqori summada xaridlarni amalga oshirish lozim.
Kartani kundalik ishlaringizdan chalg‘imagan holda bir necha daqiqa ichida rasmiylashtirish mumkin. Havola orqali o‘ting va bir nechta satrlarni to‘ldiring: bit.ly/3caSVWj
Omad keltiruvchi tranzaksiyani amalga oshiring va smartfon yutib oling!
Hamkorbank – 30 yil siz bilan birga! | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false |
Alek Bolduin Trampni parodiya qilgani uchun kinotanqidchilar tomonidan mukofotlandi
Aktyor Alek Bolduin AQShning yangi prezidenti Donald Trampni parodiya qilgani uchun kinotanqidchilar tomonidan “Critics' Choice 2016” mukofotiga loyiq, deb topildi, deya xabar berdi “Lenta.ru” nashri.
Bolduin taqdimotning “Komediya serialiga taklif etilgan aktyori” nominasiyasida eng zo`r ishtirokchi, deb topildi. U AQShning yangi prezidentiga taqlid qildi . Ilgari Donald Tramp bu ko`rsatuvni “qizig`i yo`q ko`rsatuv” , deb tanqid qilgan edi, Boldiunning taqlidini ham u tan olmadi.
Taqdimotda yilning eng yaxshi rejissyori deb tan olingan Demen Shazellning “La-la lend” filmi eng yaxshi film, “Dengiz bo`yidagi Manchester” filmidagi eng zo`r erkak roli, deb Keysi Afflekning roli va eng yaxshi ssenariy, deb film ssenariysi, eng yaxshi aktrisa deb, Natali Portmanning “Jeki” filmidagi roli tan olindi. Walt Disney kompaniyasining “Zveropolis” animasion filmi ham eng yaxshi multfilm nominasiyasiyada g`oliblikni qo`lga kiritdi.
Har yili o`tkaziladigan AQSh va Kanada kinotanqidchilar assosiasiyasining 22 – chi BFCA Critics' Choice Award mukofotlash marosimi 11 dekabr kuni Kaliforniya shtatining Santa-Monika shahrida o`z ishini boshladi. Bu tashkilotda mazkur sohaning 300 dan ortiq vakillari mavjuddir. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Chilida jinoyatchilar inkassator mashinasidan 4 million dollar olib qochdi
Janubiy Amerikada joylashgan Chilida jinoyatchilar ichida 4 million dollardan ortiq pul bo‘lgan inkassator mashinasini olib qochdi. Bu haqda mahalliy hukumat organlariga asoslanib “TASS” xabar berdi.
Oldindan rejalashtirilgan jinoyat poytaxt Santyago markazida, La Moneda prezident qarorgohidan uncha uzoq bo‘lmagan joyda amalga oshirilgan. Bosqinchilardan biri firibgarlik bilan yuk mashinasi kabinasiga xavfsizlik xizmati vakili sifatida kirib olgan. So‘ngra haydovchiga uning oila a’zolari rasmini ko‘rsatib, agar aytgan shartlari bajarilmasa, ularga zarar yetkazish istagida ekanini aytgan. Jinoyatchi haydovchiga mashinani metallni qayta ishlash korxonasiga olib borishni buyurgan. Manzilga yetib kelgach, o‘g‘ri hamda uning sheriklari mashinani payvandlash uskunasi bilan ochib, ichidagi barcha pullarni olib qochgan.
Chili poytaxtidagi bu jinoyat kun davomida sodir etilgan ikkinchi o‘g‘rilik bo‘ldi. O‘sha kunning o‘zida yetti nafar jinoyatchi boshqa bir inkassator mashinasiga hujum qilib, 900 ming dollar o‘g‘irlagan. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Hafta videolari: Suriya ustozining ko‘z yoshi, Qodirov va QVZchilarning NATOga javobi va boshqa qiziq videolar
Txekvondo bo‘yicha chempion, 16 yoshli bosniyalik Karim Axmatspaxik beton bloklarni bosh bilan urib sindirish bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi. O‘smir 35 soniya ichida 111 ta beton blokni parchalab tashladi.
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov va rossiyalik komik aktyor Mixail Galustyan Rossiyada efirga uzatiluvchi KVN (QVZ) hajviy dasturini "siyosiy qurol" deb atagan NATOga videojavob tayyorlashdi.
Dubay amiri shayx Muhammad bin Rashid Al Maktum yo‘l harakati qoidasiga amal qilishda o‘rnak ko‘rsatdi. Amirning shahar chorrahalaridan birida yonidagi yo‘ldoshlari bilan svetoforning yashil yonishini va yo‘ldan o‘tishni kutayotgan tasvirlangan video paydo bo‘ldi.
"Barselona"ning antiqa mashg‘uloti. "Barselona" futbolchilari mashg‘ulotlar vaqtida antiqa usulda "krestiki-noliki" o‘yinini o‘ynashdi: Neymar jamoasini uyatga qo‘ydi
Argentinaning “River Pleyt” jamoasi futbolchilari esa ijtimoiy tarmoq “qahramonlariga” aylanishdi. “Belgrano” klubiga qarshi kechgan bahsda jamoaning to‘rt nafar futbolchisi darvozabon bilan yakkama-yakka chiqib, to‘p kirita olmadi.
O‘z kasbini bajarayotgan jurnalist ayol haydovchilardan baloga qoldi: “Toshkent” telekanalida efirga ketuvchi “Poytaxt yo‘llari” ko‘rsatuvining navbatdagi soni maktablar oldida mashinalar tomonidan harakat qoidalarini buzayotganiga bag‘ishlandi.
Livan prezidenti, bu yil 82 yoshga to‘lgan Mishel Aun Arab davlatlari ligasi sammiti doirasida suratga tushish marosimi vaqtida yiqilib tushdi. Bu holat videosi "Al-Arabiya" telekanalida namoyish etilgan.
T-Mobile shtat blogeri Des Smit yangi Samsung Galaxy S8 flagmanini suv ostida ochdi. Rolik davomida Smit maxsus himoyalangan qafasda bo‘lgan. Bu vaqtda uning atrofida akulalar suzib yurishardi, bloger smartfon kamerasi yordamida ularni suratga oldi.
2018 yilgi jahon chempionati saralash bahsida O‘zbekiston terma jamoasi ustidan g‘alabaga erishgan Suriya terma jamoasi bosh murabbiyi Ayman Hakim o‘yindan keyingi matbuot-anjumanida yig‘lab yuborgani ma'lum bo‘ldi. "Mamlakatimiz fuqarolariga quvonch ulashganimizdan xursandman", – degan mutaxassis.
AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyning Oval xonasini savdo to‘g‘risidagi ikkita farmonni imzolamasdan tark etdi. U nutq qilganidan so‘ng, hujjatlarni imzolamagan va xonadan chiqib ketgan. | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false |
Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi (to‘liq video)
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-dekabr kuni Oliy Majlisga Murojaatnoma yo‘lladi. To‘rt soat davom etgan murojaatning to‘liq videosini quyida tomosha qilishingiz mumkin. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Boku Yerevanni Ganja shahriga ballistik raketa bilan zarba berganlikda aybladi
Ozarbayjonning Ganja shahrining turar joy hududiga zarba “Elbrus” tizimining ballistik raketasi (NATO tasnifi bo‘yicha — Skud) tomonidan amalga oshirilgan. “RBK”ning xabar berishicha, bu haqda xorijiy diplomatlar uchun o‘tkazilgan brifingda Ozarbayjon hududini minalardan tozalash milliy agentligi (ANAMA) ijrochi direktori Gazanfar Ahmedov ma’lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, raketa Armaniston qurolli kuchlari tomonidan otilgan.
“Bugun biz Ganjaning aholi zich joylashgan qismiga uchirilgan raketaning so‘nggi parchalarini to‘pladik”, — deya Ahmedovning so‘zlaridan iqtibos keltiradi “RIA Novosti”. Dastlab mutaxassislar “Tochka U” raketasi uchirilganini aytishgan, ammo yangi qoldiqlarni tahlil qilish natijasida ular “Elbrus” raketasi ekanligini aniqladi, deya qo‘shimcha qilgan u.
Ozarbayjonning Trend agentligining yozishicha, Ahmedov “Scud” yadro kallaklarini tashishga qodirligini ta’kidlagan. Boku Ganjaga qilingan zarbani “vandalizm va vahshiylik” deb baholagan.
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning aytishicha, Ganjaga zarba berish to‘g‘risidagi qarorni shaxsan Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan qabul qilgan. Bokuga ko’ra, zarba 11-oktabrda berilgan. Ozarbayjon tomonning bildirishicha, raketa turar joy binosiga urilgan, oqibatda odamlar halok bo‘lgan va jarohatlangan.
Yerevan Ganjaga berilgan zarbalar to‘g‘risidagi ayblovlarni rad etmoqda. “Yuqoridagi da’volar mutlaqo yolg‘on va haqiqat zid”, — degan kuni kecha Armaniston Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Shushan Stepanyan.
Eslatib o‘tamiz, Tog‘li Qorabog‘da keng qamrovli jangovar harakatlar 27-sentabrdan buyon davom etmoqda. Ozarbayjon va Armaniston 10-oktabr kuni soat 12:00 dan boshlab Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida kelishib olgandi. O‘sha kunning o‘zidayoq Armaniston va Ozarbayjon Mudofaa vazirliklari bir-birini Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzishda aybladi.
Tog‘li Qorabog‘ mojarosi: Ozarbayjonning Ganja shahridagi raketa zarbasi oqibatlari — suratlarda | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Afg‘onistonda etnik o‘zbeklar va tojiklar “Tolibon”ga qarshi koalitsiya tuzmoqda (video)
Afg‘onistonning Panjsher viloyatida “Tolibon”ga qarshi koalitsiya shakllanmoqda, deb yozadi “RBK”. U, asosan, etnik tojik va o‘zbeklardan iborat.
Qarshilik kuchlariga Yormuhammad Do‘stum — sobiq vitse-prezident marshal Abdurashid Do‘stumning o‘g‘li boshchilik qilmoqda.
Afg‘onistonning Panjsher viloyati — “Tolibon” nazorati ostiga o‘tmagan yagona hudud bo‘lib, u yerda qarshilik otryadlari yetakchilaridan biri Ahmad Mas’ud (“Tolibon”ga qarshi koalitsiyaning sobiq yetakchisi Ahmadshoh Mas’udning o‘g‘li) va Afg‘oniston vitse-prezidenti Amrulla Solih joylashib olgan. 17-avgust kuni prezident Ashraf G‘ani mamlakatdan qochib ketgach, Solih o‘zini davlat rahbari deb e’lon qildi va jangarilarga hech qachon taslim bo‘lmaslikka va’da berdi.
“Tolibon” harakatining siyosiy idorasi vakili 21-avgust kuni Rossiyaning Afg‘onistondagi elchixonasiga tashrif buyurgan, bu haqda elchi Dmitriy Jirnov ma’lum qildi.
“Bugun elchixonamizga ‘Tolibon’ siyosiy idorasi vakili kelib, panjsherliklarga siyosiy signal berishimizni so‘radi”, — dedi diplomat.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “Tolibon” vakili Rossiyadan Panjsher yetakchilari va aholisiga harakat vakillari hozirgi paytgacha viloyatga kuch bilan kirishga urinib ko‘rmaganini yetkazib qo‘yishni so‘ragan. “Guruh vaziyatni hal qilishning tinch yo‘lini topishga umid qilmoqda, masalan, siyosiy kelishuvga erishish orqali”, — dedi diplomat. “Tolibon” da’vo qilishicha, ular muzokaralarga tayyor va qon to‘kilishini istamaydi, deya qo‘shib qo‘ydi elchi.
Jirnovning fikricha, ushbu murojaat orqali “Tolibon” jangarilari ular boshqalar tasavvur qiladigan darajada “dahshatli emasligi”ni ko‘rsatmoqchi va “vaziyatni Solihdan ko‘ra madaniyatliroq tarzda tartibga solmoqchi”.
Elchining so‘zlariga ko‘ra, hokimiyat “Tolibon” tomonidan egallab olingach, Kobuldagi vaziyat tinch, “ketma-ket sakkiz kundan buyon hammasi yaxshi”. “Bunga o‘z ko‘zimiz bilan ishonch hosil qilish uchun biz bugun shaharga chiqib keldik”, — dedi u. Jirnovning qo‘shimcha qilishicha, u “Tolibon”ning Markaziy Osiyo mamlakatlariga yoyilishi mumkinligiga ishonmaydi: “U yoqlarga borishiga ishonmayman. Ularning uyda qiladigan ishlari juda ko‘p”.
14-avgust kuni Afg‘oniston hukumatining mamlakat shimolidagi so‘nggi tayanchi hisoblangan Mozori-Sharif shahri “Tolibon” nazorati ostiga o‘tdi. Shaharni tashlab qochgan Afg‘oniston mudofaa va xavfsizlik kuchlari, jumladan, Termiz—Hayraton ko‘prigiga yig‘ilgan va chegaraning O‘zbekiston tomondan ochilishini kutgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ular orasida Afg‘oniston o‘zbeklari yetakchisi Do‘stum va tojiklar yetakchisi Ato Muhammad Nur ham bo‘lgan. Biroq ularning ayni vaqtda qayerda ekani rasman noma’lum. Ato Muhammad Nur 15-avgustga o‘tar kechasi Twitter’dagi sahifasida xabar qoldirib, o‘zi va marshal Do‘stum “xavfsiz joyda” ekanini ma’lum qilgan edi.
15-avgust kuni Do‘stum kuni kecha Afg‘oniston—O‘zbekiston chegarasini kesib o‘tgani va hozirda O‘zbekiston hududida bo‘lib turgani haqida xabarlar tarqaldi. Ammo O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi “Dunyo” axborot agentligi Ashraf G‘ani, Abdurashid Do‘stum, Ato Muhammad Nur va boshqa afg‘on yetakchilari O‘zbekistonda emasligini ma’lum qildi.
Avvalroq Afg‘oniston vitse-prezidenti Amrulla Solih o‘zini qonuniy davlat rahbari deb e’lon qilgan, uning kuchlari Kobuldan shimolda joylashgan Parvon viloyati markazi Chorikor shahrida tumanlardan birini “Tolibon”dan olib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan edi. Uning aytishicha, ayni paytda Panjsher viloyatida janglar ketmoqda.
Keyinroq Ahmad Mas’ud AQSh va G‘arbga murojaat qilib, mamlakatda hokimiyatni egallab olgan “Tolibon” jangarilariga qarshi kurashish uchun qurol-yarog‘ va aslahalar yetkazib berishni so‘radi. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatlariga “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishonini berish to‘g‘risida
O‘zbekistonda kelajagi buyuk davlat barpo etishga, mustaqilligimizni mustahkamlashga qo‘shgan hissalari, Vatanimiz shon-shuhrati va sharafini yuksaltirish yo‘lida fidokorona xizmat qilayotganliklari hamda qonun hujjatlarini ishlab chiqish jarayonida faol ishtirok etayotganliklari uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatlariga “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni berilsin. | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
O‘zbekistonda karshering tashkilotlari tegishli organlarda ro‘yxatdan o‘tkazmasdan avtomobillarni ijaraga berish huquqiga ega bo‘ladi
Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalarini yollash va ijaraga berish faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, elektromobillar va mototransportlardan foydalanish, shuningdek, velosipedda mamlakat bo‘ylab harakatlanishni rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2021-yil 10-yanvardan karshering tashkilotlari notarial rasmiylashtirmasdan va ichki ishlar organlarida ro‘yxatdan o‘tkazmasdan yo‘lovchilar avtotransporti va mototransport vositalarini 30 kungacha muddatga qisqa muddatli ijaraga berish huquqiga ega bo‘ladi.
Qayd etilishicha, karshering tashkilotlarining avtomototransport vositalari maxsus taniqlik belgiga ega bo‘lishi shart. Avtomototransportlarni qisqa muddatli ijaraga berish bo‘yicha faoliyat Iqtisodiy faoliyat turlarining umumdavlat tasniflagichiga kiritiladi.
Shuningdek, avtomototransport vositalarini karshering tashkilotlaridan ijaraga olgan shaxslar tomonidan yo‘l harakati qoidalari buzilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning mavjudligini aniqlash maqsadida mazkur tashkilotlarga Ma’muriy amaliyot avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kirish imkoniyati beriladi.
Bundan tashqari, butun mamlakat bo‘ylab o‘rnatilgan mototransport va velosipedda harakatlanishni taqiqlovchi yo‘l belgilari tanqidiy tahlil qilinib, tegishli harakat yo‘nalishlarida ularni olib tashlash choralari ko‘riladi.
Transport vazirligi mamlakatda velosiped transporti, veloinfratuzilma, veloshering (baykshering) faoliyatini (ijaraga berish) rivojlantirishni rejalashtirish bo‘yicha vakolatli davlat organi etib belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, karshering jismoniy shaxslarga, shu jumladan, chet el fuqarolariga avtomotransport vositalarini ijaraga va prokatga berish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatish faoliyati hisoblanadi.
Avvalroq O‘zbekistonda “tonirovka” uchun ruxsatnomani onlayn shaklda olish mumkin bo‘lishi hamda aliment to‘lamaganlar avtotransport boshqarish huquqidan vaqtincha mahrum qilinishi taklif etilgani haqida xabar berilgandi. | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | true |
Venesueladagi namoyishlar davomida halok bo‘lganlar soni 60 kishiga yetdi
Venesuelada aprel oyi boshidan beri davom etayotgan hukumatga qarshi namoyishlar davomida kamida 60 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda El Nacional ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Tartibsizliklar davomida yana 950 kishi jabrlandi.
Venesuelaning Provea nodavlat tashkilotiga ko‘ra, halok bo‘lganlarning aksari otib o‘ldirilgan. 32 nafar qurbon 18—30 yosh oralig‘ida bo‘lgan. Shuningdek, qurbonlar orasida voyaga yetmaganlar ham bor.
Venesuela bosh prokurori Luisa Ortega Dias namoyishlar davomida 55 kishi o‘ldirilgani, ularning 52 nafari fuqaro, 3 nafari huquq-tartibot xodimi ekanligini bildirgandi. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
«YuZIMDA TUK PAYDO BO`LAYaPTI»
–Doim peshonamga sochlarimni tushirib yurganim uchunmi yoki boshqa sababi bormi, yuzimda tuklar ko`paya boshladi. Bu holatda qanday yo`l tutishni maslahat berasiz?
–Ayol va erkak organizmida ham, erkaklik ham ayollik gormonlari ishlab chiqiladi. Ba`zi sabablarga ko`ra, ayol organizmida erkaklik gormoni – testosteron darajasi oshib ketadi. Aynan shuning uchun qiz-ayollarning yuzi, tanasida tuklar ko`payadi. Bu holat nasliy bo`lishi mumkin. Davolanish va takroriy holatlarning oldini olish uchun shifokor-ginekolog ko`rigidan o`ting, tegishli tahlil topshirib, qonda testosteron darajasini aniqlang. Shifokor shunga qarab, gormonal davo choralarini qo`llaydi. | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Rossiyada mansabdorlardan shikoyat qilgan ayolning uyi yoqib yuborildi
Chelyabinsk viloyatining Poletayevo posyolkasida yashovchi, mansabdorlar ustidan uch nafar qarindosh qizga vasiylikdan asossiz chetlatgani haqida shikoyat qilgan Natalya Galeyevaning uyi yonib ketdi. Bu haqda Davlat dumasi deputati Sergey Shargunov ma’lum qildi.
Shargunovning aytishicha, uy yoqib yuborilgan, yong‘inda ayolning eri 47 yashar Viktor Ivanov halok bo‘lgan. Oldinroq deputat yangi uy-joy berib o‘tirmaslik uchun bolalar olib qo‘yilgan deb hisoblayotgan ayol haqidagi maqolasini e’lon qilgandi.
“Shu kunlarda unga mansabdorlar oilasini parokanda qilgani haqida ochiq aytib bergani uchun tahdid qilinayotgandi. Uy butkul yonib bitdi. Qo‘shnilarning aytishicha, alangalanish tashqaridan boshlangan”, — deya yozuv qoldirgan Shargunov Facebook’dagi sahifasida.
Deputatning aniqlik kiritishicha, 10-yanvar kuni Galeyeva qizlar risoladagidek sharoitlarda yashab kelgani borasida ishonch hosil qilishlari uchun uyni jurnalistlarga ko‘rsatishi kerak edi. Yong‘in payti u sanitar xodim bo‘lib ishlaydigan kasalxonada navbatchilik qilayotgan bo‘lgan. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
“O‘g‘ri” filmi noyabr oyining to‘rtinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi
Rejissor Durdona To‘laganovaning “O‘g‘ri” filmi noyabr oyining to‘rtinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi. Bu haqda, Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslanib, jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi.
Noyabr oyining to‘rtinchi haftasi kinoreytingida “O‘g‘ri” filmidan keyingi o‘rinlarni Otabek Mirzaxolovning “Labbay rais”, Mirmaqsud Oxunovning “Ada emas, dada”, Siroj Abdullayevning “Daydi”, Imtiyaz Alining “Muhabbat yosh tanlamas” filmlari band etgan.
Shuningdek, hozirda Alisher Navoiy nomli kino saroyida “Kulba”, “Sevgimiz uchun”, “Armon”, “Ota uyi” kabi filmlar namoyishi davom etmoqda.
1-o‘rin. “O‘g‘ri” (melodrama)
Rejissor — Durdona To‘laganova
2-o‘rin. “Labbay rais” (komediya)
Rejissor — Otabek Mirzaxolov
3-o‘rin. “Ada emas, dada” (komediya)
Rejissor — Mirmaqsud Oxunov
4-o‘rin. “Daydi” (jangari)
Rejissor — Siroj Abdullayev
5-o‘rin. “Muhabbat yosh tanlamas” (komediya)
Rejissor — Imtiyaz Ali | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Nyu-York Xitoydan buyurtma qilgan 17 ming sun’iy nafas oldirish apparatlarini boshqa shtatlar “ilib ketdi”
Nyu-York hukumati Xitoydan 17 ming dona o‘pkani sun’iy nafas oldirish apparatlarini sotib oldi, biroq Amerikaning boshqa shtatlari bilan yuzaga kelgan raqobat sabab apparatlarni qabul qilib ololmadi. Bu haqda Nyu-York gubernatori Endryu Kuomoga tayanib, “TASS” xabar berdi.
“Shtatimiz eng ko‘p — 17 ming dona sun’iy nafas oldirish apparatlarini sotib oldi, biroq apparatlar yetkazib berilmadi. Chunki ularning barchasi Xitoydan olib kelinayotgan edi, 50 ta shtat o‘rtasida raqobat yuzaga kelgan. Arizalar bo‘yicha ‘urush’ bo‘lganini taxmin qilyapman, ko‘proq pul taklif qilgan tomon esa g‘olib bo‘lgan”, — deydi Kuomo.
Gubernatorning ta’kidlashicha, shtatning koronavirus bilan kasallangan fuqarolarini sun’iy nafas oldirish apparatlari bilan ta’minlashga mo‘ljallangan dastur tayyorlangan. Kuomoning aytishicha, ikki bemorga bitta apparatdan foydalanish, bu kabi qurilmalarni talab qiladigan jarrohlik amaliyotlarini vaqtincha to‘xtatish, shuningdek, shu turdagi barcha qurilmalarning inventarizatsiyasini o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
Nyu-Yorkda koronavirus bilan kasallanganlar soni 92 381 kishiga yetgan, o‘tgan bir sutka ichida 432 kishi virus oqibatida vafot etgan (butun mamlakat bo‘ylab qurbonlar soni bir sutkada mingdan oshgan). AQShda koronavirusdan vafot etganlarning 40 foizi Nyu-York hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 1 million kishidan oshdi.
Ilon Mask koronavirusni davolash yo‘lida sun’iy nafas oldirish apparatlarini tarqatmoqda
Avvalroq Serbiya prezidenti sun’iy nafas oldirish apparatlarining bozordagi “o‘g‘irligi” haqida gapirgan edi. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
81 mamlakatga ocharchilik xavf solmoqda — Zelenskiy
Rossiya Qora va Azov dengizlaridagi Ukraina portlarini to`sib qo`ydi, bu esa Ukraina eksportini, xususan, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini sezilarli darajada kamaytirdi. Bu, o`z navbatida, dunyoning ko`plab mamlakatlarida oziq-ovqat narxlarining oshishiga olib keldi. Bu haqda Jahon banki bilan suhbatda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ma`lum qildi. Bu haqda Zamon.uz xabar bermoqda.
Uning ta`kidlashicha, oziq-ovqat narxining oshishi dunyoning 81 davlatida seziladi va bu 47 millionga yaqin odamni ochlik yoqasiga olib keladi.
"Ukraina bug`doyi, makkajo`xori, o`simlik yog`i va boshqa mahsulotlarsiz bu nafaqat Afrika va Osiyoning ko`plab mamlakatlarida oziq-ovqat tanqisligi, balki siyosiy beqarorlik va, ehtimol, yangi migrasiya inqirozi bilan tugaydi", — deydi Zelenskiy.
Shu bilan birga, u mamlakat rasmiylari eksportni yo`lga qo`yish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solayotganini ta`kidladi.
"Biz imkon qadar bu yil ekish kampaniyasini boshladik. Ammo dunyoda hech kim bu urush davom etar ekan, oziq-ovqat xavfsizligi kafolatlanishiga ishonch hosil qila olmaydi", — dedi u.
U urushni to`xtatish va Ukraina hududini rus bosqinchilaridan ozod qilish “oziq-ovqat inqirozi tarqalishini to`xtatishning yagona ishonchli yo`li” ekanini ta`kidladi. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Tramp BMTning yangi bosh kotibi bilan telefon orqali muloqot qildi
AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp 4-yanvar kuni BMTning yangi bosh kotibi, 1-yanvardan vazifasini bajarishga kirishgan Antoniu Guterrish bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Tramp tomonidan Oq Uy rasmiy vakili sifatida ko‘rilayotgan Shon Spayser brifing chog‘ida bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
“Bugun AQShning saylangan prezidenti o‘z ish kunini BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishga qo‘ng‘iroq qilishdan boshladi”, — dedi u.
Ilgari Tramp BMT faoliyatining samaradorligini oshirish zarurligini ta’kidlagan edi. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
O‘zbekiston va Tojikiston Zarafshon daryosi havzasida GES qurish masalasini muhokama qilyapti
O‘zbekiston – Tojikiston ishchi guruhining navbatdagi yig‘ilishi mart oyida Dushanbe shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan, deb xabar bermoqda Energetika vazirligi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, Tojikistonda Zarafshon daryosida umumiy quvvati 320 MVt.ga teng ikkita GES qurish masalasini o‘rganib chiqish O‘zbekiston Respublikasi prezidenti va Tojikiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 17 avgustda imzolangan qo‘shma bayonotida ko‘zda tutilgan.
Keyinchalik ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 28 avgust kuni tasdiqlangan PQ-3922-sonli qarori “Yo‘l xaritasi”da o‘z ifodasini topgan.
Gidroelektrstansiyalarni bosqichma bosqich qurish rejalashtirilgan: avvaliga qiymati 282 mln dollarga teng, quvvati 140 MVt.ni tashkil etuvchi hamda 700-800 mln kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi Yovon GES qurilishi ko‘zda tutilmoqda.
Navbatdagi bosqichda tomonlar Fandaryoda qiymati 270 mln dollarga teng, quvvati 135 MVtyuni tashkil etuvchi hamda 500-600 mln kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi GES qurishi mo‘ljallangan.
Loyihani moliyalash xalqaro moliyaviy tashkilotlarning qarz va grant mablag‘lari, shuningdek tomonlarning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.
Qurilgan gidroelektrstansiyalar faqat O‘zbekiston ehtiyojlari uchun 1400 mln kVt.s ekologik sof elektr energiyasi ishlab chiqaradi.
Shuningdek, loyiha yagona energotizimni qo‘llab-quvvatlashga hamda GESni birga qurish va ulardan foydalanish jarayonida qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratishga, shuningdek elektr energiyasini teng asosda O‘zbekiston va Tojikistonga yo‘naltirishga ko‘maklashadi.
Ilk bor Tojikiston tomonidan taqdim qilingan Zarafshon daryosida GES qurilishida ulushbay ishtirok etish tartibi va shartlari to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim loyihasi 2019 yil 24 aprelda O‘zbekistonning manfaatdor vazirliklari va idoralari vakillaridan tashkil topgan ishchi guruh tomonidan ko‘rib chiqildi.
2020 yil 28-29 yanvar kunlari Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Tojikiston Respublikasi hukumati o‘rtasidagi Zarafshon daryosi havzasida GES qurish va uni ekspluatatsiya qilish tartibi va ulushbay ishtirok etish shartlari to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim loyihasini muhokama qilish bo‘yicha O‘zbekiston – Tojikiston ishchi guruhining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Vazirlik ma'lumotida aytilishicha, qo‘shma ishchi guruhning navbatdagi majlisida investitsiyalarni himoya qilish va xatarlar darajasiga ta'sir etuvchi O‘zbekiston tomonidan kiritilgan o‘zgarishlar, bahsli masalalarni ko‘rib chiqish mexanizmi, ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasini O‘zbekiston tomonidan xarid qilish tartibi va boshqalar muhokama qilinadi. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Futzal. O`zbekiston terma jamoasi OCh yarim finalida Eronga yutqazdi
Xitoy Taypeyida davom etayotgan futzal bo`yicha Osiyo chempionatida O`zbekiston terma jamoasi yarim finalda Osiyo “giganti” Eron terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Afsuski, bu o`yinda vakillarimiz yirik 7:1 hisobida mag`lub bo`lishdi, deb xabar beradi O`FA rasmiy sayti.
Endi O`zbekiston terma jamoasi 3-o`rin uchun bahsda Iroq termasiga qarshi to`p suradi.
Ushbu o`yin 11 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 13:00 da boshlanadi. | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Qibray hokimligining sobiq xodimlari jinoyat ustida ushlandi
17 avgust kuni IIVga fuqaro Ya.N. ariza bilan murojaat qilib, u o`z arizasida Toshkent viloyati, Qibray tumanida yashovchi «Abdurashid» va «Orif» ismli shaxslar hokimiyat tomonidan ularga 49 yilga ijaraga berilgan 7 gektar er maydonini sotib, hokimiyatda ishlovchi tanishlari orqali Ya.N. ni nomiga rasmiylashtirib berishga va`da berib, evaziga 225.000 AQSh dollari berishini talab qilayotganliklarini ma`lum qilib, ularga nisbatan qonuniy chora ko`rishni so`ragan. Bu haqda IIV JQBB KvaIJQKB ma`lum qildi.
Mazkur arizaga asosan, 18 avgust kuni O`zbekiston Respublikasi IIV JQBB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi, DXX Shayxontohur tumani bo`limi hamda IJQK Departamentining Shayxontohur tumani bo`limi xodimlari hamkorligida Toshkent shahar, Yunusobod tumani 19-mavzedagi «Qariyalar oromgohi» oldida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, A.O. ariza muallifi N.Yakubovadan talab qilingan 225.000 AQSh dollaridan 5.000 dollarini olgan vaqt ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
A.O. bilan olib borilgan surishtiruv ishlar davomida u arizachi Ya.N. dan olgan 5.000 AQSh dollarini er egasi T.R.ga berishi kerakligini bildirganligi sababli tezkor tadbir davom ettirilib, 2021 yil 19 avgust kuni 2011-2018 yillar Qibray tuman Hokimiyatida mas`ul lavozimlarda ishlagan T.R. va A.M. lar Toshkent viloyati, Qibray tumani, O`tkir mahallasida A.O.dan 5.000 AQSh dollarini olgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlandi.
Holat bo`yicha, 19 avgust kuni Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi va 28, 211-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov olib borilmoqda. | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | true | false |
Jizzax ko'chalarida bo'rilar yurgani to'g'risida xabar tarqaldi — video
Jizzax viloyati Zomin tumani ko'chalarida bo'rilar yurgani haqidagi xabar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Viloyat Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi matbuot xizmati holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Ma'lum bo'lishicha, Zomindagi shaharcha hududida bo'rilar yurgani tasdiqlanmagan. Bo'rilar Jizzax viloyatining tog'li hududlarida uchraydi va yashaydi. Ammo so'nggi yillarda bo'rilarning aholiga tashlangani yoki shikastlantirish holatlari aniqlanmagan.
“Ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilar tomonidan bo'riga o'xshash bo'lgan itlar bo'ri ovozi bilan tasvirlanlagan videolavhalar joylashtirilmoqda.
Ushbu lavhalar feyk xabar bo'lib, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan bu kabi xabarlarni tarqatib, aholini vahimaga solmasligini so'raymiz”, deyiladi boshqarma xabarida. | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false |
«Biz uchun boshqa vatan yo‘q!» – O‘qituvchi nega fuqaroligidan ajraldi?
Hayotda adolatsizliklar ko‘p. Biroq fuqarolikni olib qo‘yishdek adolatsizlik har qanday kishining qaddini bukadi. Qashqadaryolik o‘qituvchi Nurbek Farmonovning ham boshiga ana shunday tashvish tushgan. U O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi sifatida maktabda, litseyda, universitetda a'lo baholarga o‘qidi. O‘qituvchilik kasbini egallab, yoshlarga ta'lim-tarbiya berdi. Ammo uning qariyb 10 yildan buyon shaxsini tasdiqlab kelayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti o‘rniga fuqaroligi bo‘lmagan shaxs hujjati berildi. Shundan keyin uning hayotida muammolar boshlandi...
Tahririyatga hayoti va faoliyatidagi muammo-yu masalalarni hal etish uchun yordam so‘rab keluvchilar ko‘p. Xonamizga kirishidayoq Nurbekning ma'yus ko‘zlari diqqatimizni tortdi. U «El-yurt umidi» jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan tanlovda ishtirok etish uchun kelgani, biroq hayotidagi navbatdagi adolatsizlikka duch kelgani haqida kuyunib gapira boshladi. Yosh pedagogni tinchlantirib, nima bo‘lganini bir boshidan surishtirdik.
— 1987 yili Tojikistonning Vaxsh tumanida tug‘ilganman. Asli ota-bobolarim qarshilik, — deydi Nurbek Farmonov. — Oilamiz 1983 yili onamning sog‘lig‘idagi muammolar tufayli tog‘li Vaxshga ko‘chib borib, yashashga majbur bo‘lgan. 9 yildan so‘ng, ya'ni 1992 yili yana Qashqadaryo viloyatiga — uyimizga qaytganmiz. Ota-onam ko‘chib kelgan yiliyoq O‘zbekiston fuqarosi sifatida pasport oldi. Otam ko‘p yil maktabda direktor bo‘lib ishladi. Onam o‘quvchilarga tarix fanidan dars berdi. Voyaga yetganidan so‘ng aka-opalarimga ham O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik pasporti berildi. Ikki akam Ichki ishlar vazirligiga qarashli yong‘in xavfsizligi bo‘limida ishlagan. Opalarim ham oliy ma'lumotli — ota-onam izidan borib, o‘qituvchilik kasbini egalladi.
1—5-sinfni Qarshi shahridagi 21-maktabda o‘qidim. 5—9-sinflarda Qarshidagi eng namunali ta'lim muassasasi — 1-maktab-internatda ta'lim oldim. Internatni bitirganimdan so‘ng Qarshi davlat universiteti qoshidagi litsey-internatda o‘qishni davom ettirdim. 2005 yili O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining ingliz filologiyasi fakultetiga davlat granti asosida o‘qishga kirdim. Bakalavriatni tamomlaganimdan so‘ng ikki yil magistraturada ham o‘qidim. Dastlab poytaxtimizdagi 319-maktabda ish boshladim. Ikki yil o‘quvchilarga ingliz tilidan dars berdim. Keyin til boyligimni oshirish maqsadida chet elga chiqdim. Dubaydagi mehmonxonada ishladim. 2012 yili O‘zbekistonga qaytib, pasportimni almashtirish uchun Qarshi tumani ichki ishlar bo‘limiga borsam «Siz va oilangizga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik pasporti noto‘g‘ri berilgan», deb hammamizning fuqarolik pasportimiz yig‘ib olinib, o‘rniga fuqaroligi bo‘lmagan shaxs hujjati berildi. O‘sha paytdagi ahvolimizni ko‘rsangiz edi...
Shu gapni aytgach, Nurbek chamasi ikki-uch daqiqa jim bo‘lib qoldi. So‘ng uzr so‘rab, xonadan chiqdi va biroz o‘tib qaytib kirdi. Uning ko‘nglidan o‘tayotgan kechinmalarini anglash qiyin emasdi. Axir, necha yillardan buyon shaxsini tasdiqlab kelayotgan fuqarolik pasportidan bir kunda mahrum bo‘lish asabi baquvvat insonni-da dovdiratib qo‘yishi tayin.
— 7 yildan buyon fuqaroligimizni qaytarish uchun harakat qilyapmiz, — deya suhbatni davom ettirdi Nurbek. — 2010 yillari chet elga chiqqan kishi oylab tekshirilardi. Tojikiston bilan munosabatlarda murakkablik bo‘lgani uchun qo‘shni davlat bilan aloqasi bor har bir kishiga boshqacha qaralar edi. Shu bois, barcha xo‘rliklarga chidab, dardimizni ichga yutib yashayverdik. Arz-holimizni hech kim tinglamasdi. Otam adolatsizliklarni ko‘tara olmadi, og‘ir kasal bo‘lib yotib qoldi. Ko‘p yillar kasbiga sadoqat bilan ishlagan akalarim sababsiz ishdan bo‘shatildi. Ishga joylashish uchun biror tashkilotga borsak, «Tojikistonda tug‘ilgan ekansiz, fuqaroligingiz ham yo‘q ekan», deya ortga qaytarardi. O‘sha payt yosh oilasi bilan ishsizlikdan qiynalib qolgan akalarimni ko‘rib, «Qayerdan ham pasportimni almashtirdim. O‘zbekiston fuqaroligidan chiqib ketsam ham mayli edi», deya har kuni ezilardim. Ertangi kunga ishonchimiz batamom so‘ngandi. So‘nggi yillarda yurtimizda amalga oshirilgan ulkan islohotlar oilamizda umid uyg‘otdi. Davlatimiz rahbarining «O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish to‘g‘risida»gi farmonini eshitib, yana fuqaroligimizni qaytarib olish imkoni paydo bo‘lganidan behad suyundik. Fuqarolik olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga ariza (iltimosnoma) bilan murojaat qildik. Aka, opalarim — barchamiz davlat idora va tashkilotlariga birin-ketin ishga kirdik. O‘zim Qarshi davlat universitetida ingliz tilidan dars bera boshladim. Chet tili mutaxassisi haqiqiy malakani xorijda oshiradi. Shu bois, xorijda o‘qish uchun tashkil etilayotgan loyihalarga qiziqaman. 2018 yili «El-yurt umidi» jamg‘armasi e'lon qilgan stipendiyalar tanlovida qatnashish uchun jamg‘arma rasmiy saytida so‘ralgan barcha hujjatlarimni taqdim qildim. Birinchi bosqichda hujjatlarimiz obdan tekshirildi. Tanlov talablariga javob bergan nomzodlar qatorida men ham bor edim. Ikkinchi bosqichda har bir ishtirokchi o‘z mutaxassisligi bo‘yicha suhbatdan o‘tdi. Ingliz tili mutaxassisi bo‘lganim bois, suhbat chet tilida bo‘ldi. Sinov jarayonida ingliz tilini bilish darajamiz, ishlab chiqqan dastur va chet elda o‘qishdan maqsadimiz aniqlandi. Ikkinchi bosqichdan ham muvaffaqiyatli o‘tdim. Astoydil tayyorgarlik bilan uchinchi bosqichda ishtirok etish uchun keldim. Shu joyda tanlov tashkilotchilari «Fuqaroligingiz yo‘q ekan-ku, siz tanlovda qatnasha olmaysiz», deya tanlovdan chetlatishdi. Vaholanki, uchinchi bosqichga tavsiya etilganlar ro‘yxatida bor edim. Uchinchi bosqich natijalarini ko‘rsam, meni «KeLMADI», deb yozib qo‘yishibdi!
Prezidentimiz yoshlarni qo‘llab-quvvatlash haqida kuyunib gapiradi. Mutasaddi rahbarlarga xalqni rozi qilish, adolatni qaror toptirish borasida topshiriqlar bermoqda. Ammo yuqoridagi kabi holatlar girdobida jabr chekayotgan kishilarni tinglaydigan, ularning muammosini hal qilib beradigan mutasaddilar necha yillardan buyon fuqaroligini qaytarib ololmayotgan yurtdoshlarimizga nahot yordam bermasa?! O‘qiyman, o‘rganaman, chet elda tahsil olib, xorijning ilg‘or tajribalarini yurtimizda qo‘llayman, degan Nurbek Farmonov kabi vatandoshlarimizni shunchaki yo‘qqa chiqarib qo‘ysak, qachon taraqqiy etamiz?!
«Xorijda ta'lim olish uchun nomzodlarni tanlov asosida tanlab olishni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida»gi nizomda xorijda magistratura va doktorantura dasturlari bo‘yicha ta'lim olish, malaka oshirish va stajirovka o‘tashga qabul qilish faqat O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun hamda qabul va tanlab olishning yagona qoidalari asosida amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan. Shunday ekan, Nurbek Farmonovning «bitayotgan yarasiga tuz sepmasdan» tanlovning birinchi bosqichi — nomzodlarning hujjatlarini tekshirish jarayonida unga tanlovda qatnasha olmasligi haqida to‘g‘ri tushuncha berish lozim edi.
Nurbek Farmonov fuqaroligi yo‘qligi bois, adolatsizliklardan ko‘p jabr chekkan. U aytgan voqea-hodisalarni birma-bir qoralashga ancha vaqt kerak. Shu on xayolga bir savol keladi: nima uchun bu oilaning muammosi shuncha yildan buyon hal etilmayapti? Savolni uning o‘ziga beraman.
— Qashqadaryo viloyat ichki ishlar boshqarmasiga ham, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasiga ham bir necha bor murojaat qildik, — deydi u. — Bugun o‘z ishiga mas'uliyatsiz yondashayotgan tashkilot yoki rahbar ustidan shikoyat qilinsa, murojaat javobi o‘sha tashkilot yoki mansabdor shaxs orqali shikoyatchiga qaytadi. Shuning uchun so‘nggi paytlarda odamlarning Xalq qabulxonalariga bo‘lgan ishonchi pasayib ketgandir, balki. Lekin umidimiz so‘ngani yo‘q. Chunki bizning Vatanimiz O‘zbekiston! Biz uchun undan boshqa Vatan yo‘q!
«O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida»gi qonun talablariga ko‘ra, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar o‘z iltimosnomalariga ko‘ra kelib chiqishidan, irqi va millatidan, jinsi, ma'lumoti, tilidan, dinga munosabatidan, siyosiy va boshqa e'tiqodlaridan qat'i nazar, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilinishi mumkin. Buning uchun so‘nggi 5 yil O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashayotgan xorijiy fuqaro yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs doimiy istiqomat joyidagi ichki ishlar organlari orqali Prezident nomiga fuqarolikka qabul qilish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qiladi. Xo‘sh, ko‘p yillar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi sifatida yashagan, keyin 20 yil avvalgi qandaydir hujjatlar ro‘kach qilinib, fuqaroligidan ayrilgan kishilar-chi? Ular kimga, qaysi tashkilotga murojaat qilsin?!
Mazkur qonunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi quyidagi hollarda bekor qilinadi: shaxs chet davlatda harbiy xizmatga, xavfsizlik xizmati idoralariga, politsiyaga, adliya idoralariga yoki davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa idoralariga ishga kirsa; chet elda doimiy yashovchi shaxs besh yil davomida uzrli sabablarsiz konsullik hisobida turmagan bo‘lsa; O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi yolg‘on ma'lumotlar yoki soxta hujjatlar taqdim etish natijasida olingan bo‘lsa, bunday shaxslar O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan mamlakat Prezidenti farmoni asosida, farmon chiqqan kundan boshlab chiqariladi. Nurbek Farmonov va uning yaqinlarining fuqarolik pasporti esa «20 yil avval hujjat noto‘g‘ri berilgan», deya bekor qilingan. Butun boshli katta oilaning dardini tinglamasdan, tayinli javob bermasdan ularning fuqaroligini olib qo‘yish nechog‘lik to‘g‘ri ekan?!
Hasan MO‘MINOV, «Ma'rifat» muxbiri | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false |
Slovakiya madaniyat vaziri mamlakatda jurnalist o‘ldirilgandan keyin lavozimidan bo‘shadi
Slovakiya madaniyat vaziri Marek Madarik jurnalist Yan Kuchak o‘ldirilishi sababli iste'foga ketishini e'lon qildi. Uning aytishicha, u yuz bergan voqeadan keyin lavozimida qololmaydi.
Kuchak va uning qaylig‘i jasadi fevral oxirida ular yashagan uyda topilgan. Ular otib o‘ldirilganlar. Politsiyaning ta'kidlashicha, qotillik 22 fevraldan 25 fevralgacha oraliqda sodir etilgan. Ushbu qotillik Slovakiyada birinchi marta jurnalist o‘ldirilib ketishi bo‘ldi. Kuchak oxirgi vaqtda slovakiyalik siyosatchilarning italyan mafiyasi bilan aloqalari tergovi bilan shug‘ullangan. Uning o‘z poyoniga yetmagan tergovi 28 fevralda jurnalist-tergovchilar xalqaro konsorsiumi tomondan chop etildi.
Slovakiya qonunchiligiga ko‘ra, madaniyat vaziri matbuotni nazorat qiladi va jurnalistika masalalari bilan shug‘ullanadi.
Slovakiya bosh vaziri Madarikning iste'fosini qabul qilgan.
“Istalgan normal odam ikki kishining o‘ldirilishidan larzaga tushadi. Madaniyat vazirligi jurnalistlarga eng yaqin idoradir. Bo‘lgan voqeadan keyin o‘zimning vazirlik kursimda bamaylixotir o‘tira olishimni tasavvur qilolmayman”, deb aytgan Madarik. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Namangandagi hiyobonda 52 yoshli fuqaro tanishini pichoqlab o`ldirdi
Namangan viloyatida hiyobonda 52 yoshli I.M. ismli fuqaro o`zaro janjallashish oqibatida tanishi 50 yoshli B.N.ni pichoqlab o`ldirdi. Bu voqea 2020 yilning 7 mart kuni soat 15:00lar atrofida O`zbekiston ko`chasidagi hiyobonda sodir bo`ldi. Bu haqda O`zbekiston Respkblikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.
Pichoqbozlikni sodir etgan muqaddam sudlangan shaxs qilgulikni qilib, voqea joyidan yashiringan. Natijada, jarohatlangan B.N. ko`p qon yo`qotishi oqibatida hodisa joyida vafot etgan. Ko`rilgan choralar natijasida I.M. ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (o`limga sabab bo`lgan, qasddan badanga og`ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. I.M. gumonlanuvchi tariqasida jalb qilingan. Bu holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda. | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | true | false |
Irlandiyada 2000 yoshga ega iste’mol uchun yaroqli sariyog‘ topildi
Irlandiyaning Mit grafligida yaqinda torf botqog‘idan o‘n kilogramm vaznli sariyog‘ bo‘lagi topildi. Arxeologlarning fikricha, bu mahsulot qurbonlikka mo‘ljallangan. Bundan tashqari, uni iste’mol qilish mumkin, deya xabar bermoqda Gizmodo.
Topilma Irlandiya Milliy muzeyiga topshirildi. Muzey kuratorlaridan biri Endi Halpinning so‘zlariga qaraganda, sariyog‘ uchta qadimgi kelt qirolligi chegarasidagi Dreykrat hududidan topilgan.
Ba’zan bu kabi sariyog‘ “shar”lari botqoqlarga zaxira uchun yashirib qo‘yilgan, ba’zan esa mahsulot qurbonlik qilingan.
Halpinning so‘zlariga qaraganda, yumaloqlangan sariyog‘dan hali ham sut mahsulotlarining hidi keladi (aniqrog‘i achchiq pishloqning hidi) va u g‘ovak tuzilishni saqlab qolgan. Olim mahsulotni iste’mol qilish mumkinligini taxmin qilmoqda, biroq uning mazasini tatib ko‘rishni maslahat bermaydi. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Rossiyaning Su-27 samolyoti Qora dengiz ustida AQSh razvedka samolyotini tutib oldi
Rossiyaning Su-27 qiruvchi samolyoti Rossiya janubiy chegarasiga yaqinlashayotgan Amerikaning P-8A Poseidon razvedka samolyotini tutib olish maqsadida havoga ko‘tarildi. “RBK”ning yozishicha, bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati ma’lum qilgan.
Qayd etilishicha, Amerika samolyoti Qora dengiz ustida uchayotgan bo‘lgan. Uni tutib olish maqsadida havoga Janubiy harbiy okrug navbatchi kuchlari tarkibidagi Su-27 samolyoti ko‘tarilgan.
Xabarda aytilishicha, Rossiya qiruvchi samolyoti obyektga xavfsiz masofada yaqinlashgan va uning P-8A ekanini aniqlagan. Shundan so‘ng Amerika zarvedkachisi Rossiya chegarasidan yo‘nalishni o‘zgartirgan. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Toshkentning Yunusobod tumanidagi ko‘cha nomi o‘zgartirildi
Yunusobod tumanidagi Quloqtepa ko‘chasining nomi Rixsiliy deb o‘zgartirildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar bermoqda.
“Mahalla” xayriya jamg‘armasi Yunusobod tuman bo‘limining taklifi hamda Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha Toshkent shahar komissiyasining o‘rganishlari va xulosasiga ko‘ra, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi yig‘ilishida Yunusobod tumanidagi Quloqtepa ko‘chasining nomi Rixsiliy deb o‘zgartirildi. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Stokholmda O‘zbekiston elchixonasi ochiladi
Abdulaziz Komilov Shvetsiya tomonini YeXHTdagi muvaffaqiyatli raisligi bilan tabriklab, O‘zbekistonning mazkur tuzilma bilan konstruktiv va o‘zaro manfaatli muloqotni kengaytirish tarafdori ekanini ta'kidladi.
O‘zbekiston va Shvetsiyaning siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishdan birday manfaatdor ekanligi tasdiqlandi. Bo‘lajak tadbirlar shu jumladan, vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasini o‘tkazish jadvali ko‘rib chiqildi.
Stokholm shahrida O‘zbekiston elchixonasining ochilishi ikki tomonlama hamkorlikni sezilarli darajada jadallashtirishga xizmat qilishi qayd etildi.
Tomonlar Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan ham fikr va mulohazalar almashdilar. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
BMTning Jenevadagi vakolatxonasi oldida Snouden va Assanjning timsollari paydo bo‘ldi
Kursida o‘tirgan Julian Assanj, Chelsi Menning va Edvard Snoudenning bronzadagi ko‘rinishlari BMTning Jenevadagi vakolatxonasi oldidagi maydonda qad rostladi. Ular bu yerda 18-sentabr, juma kuniga qadar turadi. Bu haqda Interfax xabar bermoqda.
“Bu ommaviy kuzatuv va yolg‘on tatbiq etilishiga yo‘q deya olgan va haqiqatni gapirishni ixtiyor etgan uch insonning shijoatiga o‘rnatilgan haykaldir”, — deya ma’lum qilgan jurnalistlarga installyatsiya muallifi, italiyalik Davide Dormino.
Qahramonlar yonida to‘rtinchi, bo‘sh kursi ham bor, muallif g‘oyasiga ko‘ra, unga nomi zikr etilgan insonlar bilan bir safda turishga tayyor bo‘lgan istalgan kishi o‘tirishi mumkin. Oldinroq bu installyatsiya Berlin va Drezdenda namoyish etilgan, sentabrda esa Parijga jo‘natilishi ko‘zda tutilgan. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Fevral oyi umumta’lim maktablarida “Navoiyxonlik” va “Boburxonlik” oyligi deb e’lon qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Respublika ta’lim markazi tomonidan Alisher Navoiy tavalludining 575 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 533 yilligi munosabati bilan fevral oyi umumta’lim maktablarida “Navoiyxonlik” va “Boburxonlik” oyligi deb e’lon qilindi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Xalq ta’limi vazirligi, viloyat xalq ta’limi boshqarmalari, tuman xalq ta’limi bo‘limlari tomonidan Navoiy va Boburning ijodi va faoliyatini o‘rganish tadbirlari rejasi ishlab chiqildi. Maktablarda “Navoiyxonlik” va “Boburxonlik” kunlarini o‘tkazish yuzasidan metodik tavsiya tayyorlanib, umumta’lim maktablariga yetkazib berilmoqda. Unga muvofiq “Navoiy va Bobur ijodida Vatan madhi”, “O‘zbek adabiy tili rivojida Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur ijodining o‘rni” mavzularida ilmiy-amaliy seminarlar tashkil etiladi.
Yosh pedagoglar o‘rtasida bahru baytlar, mutafakkirlarning maktab darsliklarida o‘rganiladigan asarlari bo‘yicha “Eng yaxshi dars ishlanmasi”, “Eng yaxshi tadbir ishlanmasi” ko‘rik-tanlovlari o‘tkaziladi. Ta’lim muassasalarida Navoiy va Bobur siymosi, hikmatli so‘zlari, ijodi va faoliyati aks etgan ko‘rgazmalar tashkil etiladi.
Toshkentdagi umumta’lim maktablarida “Ajdodlari ulug‘ yurt farzandiman”, “Navoiy va Bobur ijodi shaydosiman”, “Ajdodlarga munosib farzand bo‘laylik” mavzularida diktant, bayon va insholar tanlovi, “G‘azalxon o‘quvchi”, “Ruboiylar ixlosmandi” ko‘rik-tanlovlari o‘tkaziladi. Shuningdek, “Navoiy ijodida komil inson tarbiyasi”, “Bobur ma’naviy merosining inson kamolotidagi ahamiyati” mavzularida adabiyotshunos olimlar bilan davra suhbatlari, seminarlar tashkil etilishi rejalashtirilgan. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
O‘zbekistonlik bokschi Ruslan Chagayev karyerasini yakunladi
WBA yo‘nalishining super og‘ir vaznidagi sobiq jahon chempioni Ruslan Chagayev bokschilik faoliyatiga yakun yasadi.
“Ruslan bizga karyerasini yakunlashi haqida ma’lum qildi”, — dedi bokschining menejeri Timur Dugazayev. — “Bunga sabab uning ko‘zlaridagi muammodir. Sog‘liq har doim birinchi o‘rinda bo‘lmog‘i lozim”.
2001-yil Ruslan Chagayev chap ko‘zidagi muammolar sabab operatsiya qilingandi, deb xabar berdi “Sportbox.ru” sayti.
Yaqindagina Butunjahon Boks Federatsiyasi Ruslan Chagayevni chempionlik kamaridan mahrum qilib, bunga sabab sifatida uning amerikalik bokschi Fres Okuyendoga qarshi majburiy jangni paysalga solayotganini ko‘rsatgandi. Bundan tashqari “Oq Tayson” nomi bilan mashhur charm qo‘lqop ustasi WBA reytingidan ham o‘chirilgandi.
2006-yil Chagayev jahonning sobiq chempioni — puertorikalik Jon Ruisni mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgandi. 2007-yilga kelib esa u WBA yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionligini qo‘lga kiritdi. Bu yo‘lda o‘zbekistonlik bokschi rossiyalik Nikolay Valuyevni mag‘lubiyatga uchratgandi. | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Subsets and Splits
No community queries yet
The top public SQL queries from the community will appear here once available.