text
stringlengths 18
64.5k
| Madaniyat
bool 2
classes | O‘zbekiston
bool 2
classes | Qonunchilik
bool 2
classes | Sport
bool 2
classes | Salomatlik
bool 2
classes | Dunyo
bool 2
classes | Jamiyat
bool 2
classes | Foto
bool 2
classes | Ayollar
bool 2
classes | Texnologiya
bool 2
classes | Siyosat
bool 2
classes | Iqtisodiyot
bool 2
classes | Pazandachilik
bool 2
classes | Jinoyat
bool 2
classes | Avto
bool 2
classes |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
«Temir Mayk»ning ringdagi eng zo‘r «raqs»lari (Video)
Bundan 30 yil muqaddam, to‘g‘rirog‘i 1986 yilning 22 noyabr kuni Mayk Tayson tarixda og‘ir vazn toifasidagi eng yosh jahon chempioni bo‘ldi. U Trever Berbik bilan ringga ko‘tarilgan va matbuot «Qiyomat kuni» deya jar solgan kunda Taysonning yoshi 20da edi. U mana shu janggidan so‘ng Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi va bu natija hamon o‘zgargani yo‘q.
Mayk Tayson o‘zining 20 yillik faoliyati davomida 58ta uchrashuv o‘tkazdi. Ulardan 50 tasini (44ta nakaut) g‘alaba bilan yakunladi. Olti marta yengildi. Ikkita jang haqiqiy emas deb topildi. U WBC, WBA va IBF yo‘nalishlari bo‘yicha mutlaq jahon chempionidir.
E'tiboringizga «Temir Mayk»ning eng sara janglarini taqdim etamiz.
Mayk Tayson — Ektor Mersedes
1985 yilning 6 marti (Birinchi raundda texnik nokaut bilan g‘alaba)
Trevor Berbik — Mayk Tayson
1986 yilning 22 noyabri (Ikkinchi raundda texnik nokaut bilan g‘alaba)
Mayk Tayson — Toni Taker
1987 yilning 1 avgusti (To‘liq 12 raundli jang. Hakamlarning yakdil ovoziga ko‘ra g‘alaba)
Mayk Tayson — Frenk Bruno
1989 yilning 25 fevrali. (Beshinchi raundda texnik nokaut bilan g‘alaba)
Mayk Tayson — Jyeyms "Baster" Duglas
1990 yilning 11 fevrali (10-raundda nokautli mag‘lubiyat)
Mayk Tayson — Genri Tillmen
1990 yilning 16 iyuni (Birinchi raundda texnik nokaut bilan g‘alaba)
Mayk Tayson — Donovan Raddok
1991 yilning 18 marti (Yettinchi raundda texnik nokaut bilan g‘alaba)
Evander Xolifild — Mayk Tayson
1997 yilning 28 iyuni (Uchinchi raundda mag‘lubiyat va diskvalifikatsiya)
Mayk Tayson — Lennok Lyuis
2002 yilning 8 iyuni (sakkizinchi raund, nokaut bilan mag‘lubiyat) | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
2022 yil «Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili» deb e’lon qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi yil munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan tabrigida 2022 yilni «Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili» deb e’lon qilishni taklif etdi. Davlat rahbari yangi yilga nom berishda keng jamoatchilikning fikrlari o‘rganilganini ta’kidladi.
Aziz va muhtaram vatandoshlar!
Siz, azizlarni, ko‘pmillatli butun xalqimizni, Yangi – 2022 yil bilan samimiy muborakbod etaman. Shu quvonchli damlarda barchangizga tinchlik-osoyishtalik, sihat-salomatlik, baxtu saodat tilayman!
Bugun, Yangi yil ostonasida turib, o‘tayotgan yildan rozi bo‘lsak, Yaratganga har qancha shukronalar aytsak, arziydi.
"Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili" hayotimizda yorqin iz qoldirmoqda. Yil davomida sizlar bilan birga ulkan ishlarni amalga oshirdik.
Pandemiya va global inqirozga qaramasdan, yurtimizda yuqori iqtisodiy o‘sish ta’minlandi. Ko‘plab korxonalar, klaster va texnoparklar, zamonaviy infratuzilma tarmoqlari barpo etildi.
Yangi-yangi uy-joylar, bog‘cha va maktablar, oliygoh va shifoxonalar, madaniyat va sport maskanlari foydalanishga topshirilmoqda.
Tadbirkorlik harakati, jumladan, xotin-qizlar va yoshlar tadbirkorligi jadal rivojlanmoqda.
Dehqon va fermerlarimiz fidokorona mehnat qilib, bu yil ham mo‘l hosil yetishtirdilar.
Shahar va qishloqlarimiz obod bo‘lib, Yangi O‘zbekistonning betakror qiyofasi shakllanmoqda.
Bilimdon va g‘ayratli yoshlarimiz katta-katta yutuqlari bilan xalqimizni yanada quvontirmoqda. Mamlakatimizning xalqaro nufuzi tobora yuksalmoqda. Fursatdan foydalanib, xorijiy hamkorlarimiz, chet davlatlar xalqlarini Yangi yil bilan tabriklab, ularning barchasiga tinchlik va ravnaq tilaymiz.
Aziz do‘stlar!
Yurtimizda keng ko‘lamli islohotlarimiz barqaror tus oldi.
Ularni yanada rivojlantirish maqsadida biz Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasini ishlab chiqdik.
Uning asosida "Inson qadri uchun", degan ulug‘vor g‘oyani amalga oshiramiz.
Biz yangi yilga nom berishda, keng jamoatchilikning fikrlarini o‘rgandik. Ana shu takliflardan kelib chiqib, men Yangi – 2022 yilni mamlakatimizda "Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili" deb e’lon qilishni taklif etaman.
Inson qadrini ulug‘lash – yurtimizda yashayotgan har bir odamning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta’minlash demakdir.
Bu borada jamiyatimiz asosi bo‘lgan mahalla hal qiluvchi o‘rin tutadi.
Mahalla tinch bo‘lsa, yurt tinch bo‘ladi.
Mahalla obod bo‘lsa, mamlakat obod bo‘ladi.
Shu bois, bundan buyon har bir mahallada samarali ish olib borish faoliyatimizning bosh mezoniga aylanadi.
Bebaho boyligimiz bo‘lgan tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga ustuvor ahamiyat qaratamiz.
2022 yilda iqtisodiyotimiz tarmoqlari va tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish e’tiborimiz markazida bo‘ladi.
Aholi daromadlarini ko‘paytirish, ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdorini oshirishga qaratilgan muhim ishlarni davom ettiramiz.
Ijtimoiy sohalar, ayniqsa, sog‘liqni saqlash, ta’lim-tarbiya va ilm-fanni rivojlantirishga barcha resurslar jalb etiladi.
Muhtaram urush va mehnat faxriylarini, aziz ayollarimiz hamda yoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash, ko‘makka muhtoj insonlarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishga alohida e’tibor beramiz.
Yurtimizni yanada obod qilish, zamonaviy uy-joylar, jumladan, barcha hududlarimizda "Yangi O‘zbekiston massivlari"ni qurish asosiy vazifalarimizdan biri bo‘ladi.
Ishontirib aytamanki, xalqimizning hayoti yanada farovon va mazmunli bo‘lishi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz.
Aziz va qadrli vatandoshlarim!
Barchangizni Yangi – 2022 yil bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklayman!
Yangi yilimiz qutlug‘ va barakali kelsin!
Keksalarimizning umrini, yoshlarimizning kamolini bersin!
Dilbar ayollarimizga doimo baxtu iqbol yor bo‘lsin!
Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin!
Yangi yil barchamizga muborak bo‘lsin! | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Eron parlamenti mamlakat yadro dasturi bo‘yicha kelishuvni ma’qulladi
4-oktabr, yakshanba kuni Eron parlamenti tomonidan mamlakat yadro dasturi bo‘yicha kelishuvga baho berilgan ma’ruza ma’qullandi. Mazkur ovoz berish natijalari bo‘yicha Eron kelishuv bandlarini bajarishga kirishish huquqiga ega bo‘ladi, deya xabar bermoqda “Vedomosti”.
Kelishuv 14-iyulda Avstriya poytaxti Venada Eron va xalqaro vositachilar oltiligi (BMT Xavfsizlik kengashining besh nafar doimiy a’zosi va Germaniya) o‘rtasida tuzilgandi. Hujjat Eron yadro dasturining tinchlikparvar ko‘rinishda bo‘lishini kafolatlashi, buning evaziga Tehrondan barcha xalqaro va bir tomonlama sanksiyalar olib tashlanishi lozim.
18-oktabrda kelishuv kuchga kirishi va tomonlar zimmalariga olgan majburiyatlarni bajarishni boshlashi kutilmoqda. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
“PSJ” Bundesliga yetakchisi “Bavariya” ustidan yirik hisobda zafar quchdi
Chempionlar Ligasi guruh bosqichini Shotlandiyaning “Seltik” klubini 5:0 hisobida mahf etish bilan boshlagan “PSJ”, 2-turda “Bavariya” darvozasiga javobsiz 3 ta gol urdi.
Uchrashuvdagi gollar so‘nggi kunlarda eng ko‘p muhokama qilinayotgan uch futbolchi tomonidan kiritildi. Karlo Anchelotti shogirdlari bu gollarga bir marta ham javob qaytara olmadi. “Bavariya” Bundesliga startini o‘zi istaganidek boshlay olmagani yetmaganidek, endi Chempionlar Ligasidagi asosiy raqibiga qarshi ham hech narsa qila olmadi.
Guruhdagi ikkinchi o‘yinda “Seltik” Belgiyadan yirik g‘alaba bilan qaytib keldi.
Yevropa Chempionlar Ligasi.
“B” guruhi. 2-tur
27-sentabr, chorshanba
Gollar: Daniel Alves, 2 (1:0). Edinson Kavani, 31 (2:0). Neymar, 63 (3:0).
Gollar: Li Griffits, 38 (0:1). Patrik Roberts, 50 (0:2). Skott Sinkler, 90+3 (0:3). | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Samarqandda maktab direktori 1-sinfga qabul qilish uchun pora ustida qo‘lga tushdi
So‘nggi paytlarda tamagirlik, poraxo‘rlik va o‘z mansab mavqeini suiiste'mol qilish kabi og‘ir jinoyatlarni sodir etib, o‘z kasbiga, o‘z nomiga isnod keltirayotganlar ham yo‘q emas. Samarqand shahridagi 8-umumta'lim maktabi direktori va xo‘jalik ishlari bo‘yicha mudiri o‘z nafsini jilovlay olmasligi natijasida bugun elu-yurt oldida yuzlari shuvit bo‘ldi.
2017 yil 23 iyun kuni fuqaro G.Mo‘minov O‘zbekiston Respublikasi prezidentining virtual qabulxonasiga yo‘llagan murojaatida Samarqand shahridagi 8-sonli maktab direktori uning o‘g‘lini o‘qishga qabul qilish evaziga 200 ming so‘m pul talab qilayotganligini bildirib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘rab murojaat qilgan.
Joriy yilning 28 iyun kuni Samarqand shahar prokuraturasi, viloyat IIB hamda soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti Samarqand viloyat boshqarmasining xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Samarqand shahri Alisher Navoiy ko‘chasi 65-uyda joylashgan 8-sonli umumta'lim maktab binosida maktab direktori Aliboyev Nodir Tuxtamishevichning ko‘rsatmasiga asosan xo‘jalik ishlari mudiri Mohira Umarova fuqaro G.Mo‘minovdan uning voyaga yetmagan o‘g‘li Azizjon Haybullayev va jiyani Sabrina Isomiddinovalarni 8-sonli umumta'lim maktabining 1-sinfga o‘qishga qabul qilish evaziga 300 ming so‘m pullarni pora tariqasida olayotgan vaqtida ushlanib, daliliy ashyo sifatida tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha Samarqand shahri 8-sonli umumta'lim maktab direktori Nodir Tuxtamishevich Aliboyevning o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni pora berayotgan shaxsning manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib, tamagirlik yo‘li bilan pora olishda ifodalangan jinoiy qilmishlarning mavjudligi bois, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 210-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ayni paytda mazkur jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.
Farhod Norbo‘tayev,
jurnalist | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false |
Namanganda er o‘z ayolini pichoqladi
Namangan shahrida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Qayd etilishicha, 4 aprel kuni soat 17.30larda, “Gulobod” MFY H.Olimjon ko‘chasida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan N.S. mast holda uyida o‘zaro janjal oqibatida turmush o‘rtog‘i, 1990 yilda tug‘ilgan N.I.ning ko‘krak qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan.
Natijada N.I. kasalxonaga yotqizilgan. N.S. qo‘lga olingan. | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false |
Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yig‘ilishida soliq konsepsiyasining amalga oshirilishi tanqidiy tahlil qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 22-fevral kuni soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar natijadorligini tahlil qilib, navbatdagi muhim vazifalarni belgilab olishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining matbuot xizmati xabar bermoqda.
Soliq yukini kamaytirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish iqtisodiyotni rivojlantirishning eng muhim omillaridan biridir. Shu maqsadda o‘tgan yili O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi qabul qilingan edi. Yangi soliq tizimini joriy qilish bo‘yicha respublika shtabi hamda hokimliklar huzurida hududiy shtablar tuzilib, joylarda tegishli tashkiliy va tushuntirish ishlari olib borildi. Natijada qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashga o‘tayotgan korxonalar soni 5 barobar oshdi.
Joriy yilning yanvar oyida byudjetga tushumlar bo‘yicha prognoz barcha hududlarda bajarildi. Yanvar oyida inflyatsiya darajasi yillik hisobda 13 foizni tashkil etib, belgilangan prognoz ko‘rsatkichdan oshmadi. Bu valyuta bozori liberalizatsiyasidan keyingi davrdagi yillik inflyatsiyaning eng minimal ko‘rsatkichidir. Bu esa amalga kiritilgan yangi soliq konsepsiyasi iqtisodiy va huquqiy jihatdan asosli ekanini ko‘rsatadi.
Yig‘ilishda soliq idoralari ayrim xodimlarining malakasi, kasb mas’uliyati talab darajasida emasligi, oqibatda jiddiy kamchilik va xatolarga yo‘l qo‘yilayotgani qayd etildi.
Masalan, Qashqadaryo va Jizzax viloyatlarining ayrim tumanlarida umumbelgilangan soliq to‘lash tizimiga o‘tgan tadbirkorlik subyektlariga maslahat berish uchun soliq inspektorlari nomiga biriktirilgan.
Yig‘ilishda yangi soliq tizimini joriy etishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan ayrim viloyat hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari, tuman hokimlari va ularning o‘rinbosarlariga intizomiy choralar ko‘rildi.
“Soliq va prokuratura idorasi xodimlari qulog‘iga quyib olsin: bu yil yangi soliq tizimining tartib-qoidalari va hisob-kitoblari tadbirkorlar ongida to‘liq shakllanmaguncha, ularni jazolashga, jarimaga tortishga umuman yo‘l qo‘yilmasin. Aksincha, ular tadbirkorlarga maslahatchi va ko‘makchi bo‘lib, soliqlarni aniq hisoblash va to‘lashda to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishi kerak”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Soliq xodimlari malakasini oshirish, soliq to‘lovchilarga hisobotlarni shakllantirish va hisob-fakturalarni to‘ldirish tartiblarini o‘rgatish masalalari muhokama qilindi.
Ayrim tadbirkorlar yangi soliq tizimini qo‘llash bo‘yicha yetarli bilimga ega emasligi tufayli tovarlarga asossiz ravishda qo‘shimcha ustamalar hisoblash hollari uchramoqda. Bu iste’mol bozorida narx-navoga o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda.
Shu bois respublika shtabiga hududlarga chiqib, joylarda narx-navo oshishi sabablarini doimiy tahlil qilish, ularning asossiz o‘sishining oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha takliflar ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi. Yangi soliq tizimi bo‘yicha yuzaga kelayotgan ko‘plab savollarga javob topish uchun uchrashuvlar, ommaviy axborot vositalarida maxsus efirlar tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
Videoselektorda soliqlar to‘lovini amalga oshirishda noqonuniy holatlar ayrim misollar asosida muhokama qilindi. Yirik ishlab chiqaruvchilar, importyorlar va ulgurji savdo tashkilotlari tomonidan sotilayotgan tovarlar harakatini tahlil qilib, naqd pulsiz hisob kitob-qilish ko‘lamini kengaytirish, buning uchun elektron hisob-faktura tizimini tezroq joriy etish zarurligi ta’kidlandi.
Soliq idoralariga joylardagi boqimanda qarzdorlikni undirish, daromadlarning ichki zaxiralarini izlash bo‘yicha tavsiyalar berildi. Jumladan, Davlat soliq qo‘mitasi huzurida yirik soliq to‘lovchilar va importyorlar bilan ishlaydigan hududlararo inspeksiya faoliyatini yo‘lga qo‘yish zarurligi qayd etildi.
“Qanchalik murakkab bo‘lmasin, boshlagan islohotlarimizni oxirigacha yetkazishimiz zarur. Lekin targ‘ibot-tushuntirish ishlarini bahona qilib, o‘rganishlarni tekshiruvga aylantirishga mutlaqo yo‘l qo‘yilmaydi. Halol tadbirkor doimo davlat himoyasida, mening himoyamda”, — dedi davlat rahbari.
Videoselektorda yana bir muhim masala — tomorqadan samarali foydalanish va bahorgi ekin ekish ishlari ham muhokama qilindi.
O‘zbek xalqi azaldan rizq undirish, bog‘ yaratishning hadisini olgan. Bugungi kunda ko‘pchilik o‘z tomorqasidan samarali foydalanib, bir yilda 3 martagacha hosil olmoqda. Lekin, ba’zi joylarda tomorqaga ekin ekmaslik va qarovsiz tashlab qo‘yish holatlari ham yo‘q emas. Mamlakat bo‘yicha 328 mingta xonadondagi 20 ming gektar tomorqadan samarali foydalanilmayapti.
Aslida tomorqa — rizq-ro‘z, qo‘shimcha daromad manbai, bandlikni, arzonchilikni ta’minlashning samarali yo‘lidir. Odamlarning o‘zida ham ekin ekish, daromad olish istagi bor. Lekin nima ekishni, urug‘, ko‘chatni qayerdan olishni bilmaydi. Kelgusida “mahsulotni sota olamanmi”, degan xavotir ham yo‘q emas.
Shu bois bu yil mart—aprel oylarida tomorqaga ekin ekish ishlari yangi tizimda, keng jamoatchilik ishtirokida tashkil qilinadi. Xalq qabulxonalari rahbarlari mahalla raislari bilan birga uyma-uy yurib, aholi talablari asosida ularga ko‘mak beradi. Mahalliy byudjetlar zaxira jamg‘armasidan 40—50 million so‘mdan mablag‘ ajratilib, kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga bozorbop sabzavotlar urug‘i, meva va tok ko‘chatlari yetkazib beriladi.
Fermerlar kengashi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi salohiyatli fermerlar yordamida aholining foydalanilmayotgan tomorqalarini ekishga tayyorlash va bozorbop ekinlar ekishni tashkil qiladi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasidan tomorqasi bor ishsiz fuqarolarga issiqxonalar tashkil etish, urug‘lik va ko‘chat olish uchun eng kam ish haqining 10 barobarigacha miqdorda subsidiya ajratadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari, tumanlar va shaharlar 4 ta sektor rahbarlari har bir hududning o‘ziga xos xususiyatini hisobga olib, “bir mahalla — bir mahsulot” tamoyili asosida har bir mahallani meva-sabzavot yetishtirish, kichik issiqxonalarni tashkil qilish, chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik, quyonchilik, kurkachilik kabi yo‘nalishlarga ixtisoslashtirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘radi.
Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar bo‘yicha mutasaddi rahbarlarning axborotlari eshitildi. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Odam savdosidan jabrlangan shaxslarga yordam berish markazi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tasarrufiga o‘tkaziladi
Vazirlar Mahkamasining “Odam savdosidan jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish va ularni himoya qilishni takomillashtirish choralari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sog‘likni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuraturaning Odam savdosidan jabrlangan shaxslarga yordam berish bo‘yicha Respublika reabilitatsiya markazini Sog‘liqni saqlash vazirligi tarkibidan belgilangan tartibda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tasarrufiga o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullanishi mumkin.
Odam savdosidan jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish va ularni himoya qilish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan markazlar to‘g‘risidagi namunaviy nizom tasdiqlanadi.
Quyidagilar odam savdosidan jabrlangan hamda jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarga yordam berish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan reabilitatsiya markazlarining asosiy vazifalari va funksiyalari hisoblanadi:
Ixtisoslashtirilgan markazlari odam savdosidan jabrlangan hamda jabrlangan deb taxmin qilingan shaxslarga kompleks xizmatlar ko‘rsatadi.
Ixtisoslashtirilgan markazlarga joylashtirish odam savdosidan jabrlangan hamda jabrlangan deb taxmin qilingan shaxslarning ixtiyoriy xohishi hamda ixtisoslashtirilgan markazning direktori, ichki ishlar organlari hamda tegishli hududiy komissiyalari tomonidan qabul qilinadigan qo‘shma qaror asosida amalga oshiriladi. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Huawei innovatsion akkumulyatorni havola qildi
Xitoyning Huawei kompaniyasi Yaponiyada akkumulyatorlarga bag‘ishlangan 57-simpoziumda innovatsion batareyasini taqdim etdi. U Watt Laboratory olimlari tomonidan ishlab chiqilgan. Batareyaning xizmat qilish muddati hozirgi turdosh mahsulotlardan ikki marta ko‘proq, bundan tashqari, yuqori haroratga ancha chidamli, deya ta'kidlamoqda ishlab chiqaruvchi.
Yangi litiy-ionli batareyalarda grafendan foydalanilgan. U akkumulyatorni sovutib, qurilmani qizib ketishdan asraydi.
Aksariyat zamonaviy batareyalar Tselsiy bo‘yicha 50 darajagacha bo‘lgan sharoitlarda ancha samarali va xavfsizdir. Huawei akkumulyatorlarini esa 60 darajalik haroratda ham bexavotir qo‘llash mumkin.
Bundan tashqari, elektrolitga maxsus modda qo‘shilgan bo‘lib, u yuqori haroratda bug‘lanib ketmaydi. Shu bilan birga, katod va anod konstruksiyasi ham takomillashtirilgan.
Sinovlar shuni ko‘rsatdiki, yangi batareya yuqori haroratda turdoshlariga qaraganda 5 foiz sovuqroq bo‘lgan. 60 haroratda 2 ming marta quvvatlanganidan so‘ng, grafenli batareyaning 70 foizi o‘z kuchini saqlab qolgan. Akkumulyator ayni haroratda 200 kunga qoldirilganda esa, quvvatining 13 foizini yo‘qotgan xolos.
Huawei vakillarining uqdirishlaricha, yangi mahsulotdan dronlar, elektromobillar va boshqa qurilmalarda foydalanish mumkin. Uni issiq iqlimli mamlakatlarda qo‘llash foydalidir.
Huawei, shuningdek, tezkor quvvatlashning yangi texnologiyasini ham namoyish etgan. uning yordamida 3000 mAs hajmli batareya 5 daqiqada 48 foizga to‘ldirildi. | false | false | false | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false |
Moskvada bezori ayol kishiga pichoq bilan 10 marta zarba berdi. Ayol tirik qoldi
Moskva shimolida bezori erkak ayol kishiga pichoq bilan 10 marta zarba berdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Xabar berilishicha, 8-mart kuni kechqurun noma’lum erkak 43 yoshli ayolning hayot uchun muhim a’zolariga kamida o‘n marta pichoq bilan zarba bergan. Ayol qarshilik ko‘rsatgan, o‘tkinchi kishi unga yordamga kelgan, shu sababli hujum qilgan erkak o‘z maqsadiga yeta olmagan. Jabrlangan ayol kasalxonaga yetkazilgan.
Hujum qilgan erkak hibsga olingan, uning psixik holatini aniqlash maqsadida tibbiy ekspertiza o‘tkaziladi. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Qashqadaryolik fuqaro IIB xodimiga 10 mln so‘m pora berayotganida qo‘lga tushdi
“Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida 20-sentabr kuni tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi, tergov guruhi tergovchisi mayor D.R. tuman IIB boshlig‘iga axborot bergan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
“Shu kuni viloyat ichki ishlar va prokuratura organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Qarshi shahrida yashovchi Sh.S. giyohvandlik moddasini saqlashda gumonlanib tuman IIBda ushlab turilgan akasi R.S.ga nisbatan to‘plangan hujjatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atmasdan, ehtiyot chorasi qo‘llamay ishni ijobiy hal qilib berish evaziga Qamashi tumani Iftixor ko‘chasida mayor D.R.ga 10 million so‘m pulni pora tariqasida berayotgan vaqtida ushlangan”, —deyiladi xabarda
Holat yuzasidan Sh.S.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergovni prokuratura olib bormoqda. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalariga barcha hududlarda ham birdek mas'uliyat bilan yondashilmayapti - Senat
Majlisda Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha respublika komissiyasi raisi Q.Rafiqovning axboroti eshitildi.
Amalga oshirilgan ishlar bilan birga, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni bartaraf etish bo‘yicha yo‘l qo‘yilgan ayrim kamchiliklar tanqidiy muhokama qilindi.
Qayd etilganidek, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalariga barcha hududlarda ham birdek mas'uliyat bilan yondashilmayapti. Mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishda sustkashlikka yo‘l qo‘yish holatlari ham uchramoqda. Bu borada vazirlik va idoralarning vertikal tizimi samarali ishlashi, o‘zaro mutasaddi idora tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish lozimligi ta'kidlandi.
Bundan tashqari, “Temir daftar”, “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari” bilan ishlash borasida kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani qayd etildi.
“Yaratilgan imkoniyatlar va imtiyozlardan aholining, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami, shu jumladan, xotin-qizlar xabardorligi yetarli darajada emasligi, ushbu yo‘nalishdagi ishlarga ham alohida e'tibor qaratish lozimligi belgilandi.
Senatorlar tomonidan jamiyatda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy faolligini oshirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta'minlash, oila munosabatlarini yanada yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni yanada kuchaytirish borasida fikr-mulohazalar bildirildi”, deyiladi xabarda.
Mazkur masala yuzasidan Senatning tegishli qarori qabul qilindi. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
26 avgustdan yangi ko‘rinishdagi 5000 so‘m va 10 000 so‘mlik banknotlar chiqariladi
Mazkur banknotlar mavzusi (tematikasi) “Buyuk Ipak yo‘li” hamda mamlakatimiz hududidagi qadimiy Samarqand va Toshkent shaharlari tarixiga bag‘ishlangan.
5000 so‘mlik banknotning o‘lchami 142 x 69 mm. Banknotning o‘ng tarafida och fonda qadimgi “Buyuk Ipak yo‘li”ning ramzi sifatida tuya va “5000” raqami ko‘rinishida suv belgilari joylashgan. Banknotning o‘ng tarafida qog‘oz qatlamida kengligi 2 mm. bo‘lgan “UZB” yozuvi tushirilgan turli ranglarda tovlanuvchan metallashgan va mashinada o‘qiladigan himoya ipi o‘tkazilgan.
Old va orqa tomonlarining asosiy ranglari – yashil va jigarranglardan iborat. Banknot old tomoni chap qismida 1619-1635 yillarda qurilgan Samarqand shahridagi “SHERDOR MADRASASI” tasvirlangan. Yuqori qismining chap tarafida o‘zgaruvchan rangli OVI bo‘yog‘ida bosilgan “5000” raqami joylashtirilgan bo‘lib, ma'lum qiyalik burchagi ko‘rinishi ostida qirmizi rangdan yashil rangga o‘zgaradi.
Banknot o‘ng qismidagi och fonda nusxa ko‘chirishga qarshi turli diametrdagi halqalar joylashtirilgan bo‘lib, nusxa ko‘chirilganda ushbu tasvirlarda aniqlik yo‘qoladi. “Xonatlas” fonida tushirilgan O‘zbekiston xaritasi chizmasida ko‘k chiziqlar bilan “Buyuk Ipak yo‘li”ning karvon yo‘llari yo‘nalishi ko‘rsatilgan.
Banknot orqa tomonida miloddan avvalgi VIII-V asrlarga tegishli bo‘lgan “AFROSIYOB ARXEOLOGIYA YODGORLIGI” tasvirlangan.
10 000 so‘mlik banknotning o‘lchami 147 x 69 mm. Banknotning o‘ng tarafida och fonda qadimgi “Buyuk Ipak yo‘li”ning ramzi sifatida tuya va “10000” raqami ko‘rinishida suv belgilari joylashgan.
Old va orqa tomonlarining asosiy ranglari – ko‘k, binafsha va pushti ranglardan iborat. Banknot old tomoni chap qismida 1551-1575 yillarda qurilgan Toshkent shahridagi “KO‘KALDOSH MADRASASI” me'moriy yodgorligi tasvirlangan.
Banknot o‘ng qismidagi och fonda nusxa ko‘chirishga qarshi har xil diametrdagi halqalar joylashtirilgan bo‘lib, nusxa ko‘chirilganda ushbu tasvirlarda aniqlik yo‘qoladi. Yuqori qismidagi O‘zbekiston xaritasi chizmasida och chiziqlar bilan “Buyuk Ipak yo‘li”ning karvon yo‘llari yo‘nalishi ko‘rsatilgan.
Banknot orqa tomonida miloddan avvalgi I asrga tegishli bo‘lgan Toshkent shahri hududidagi eng qadimiy yodgorlik – “SHOSHTEPA ARXEOLOGIYA YODGORLIGI” tasvirlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki shuni alohida qayd etishicha:
muomalaga chiqarilayotgan yangi ko‘rinishdagi qiymati 5000 so‘m va 10 000 so‘m bo‘lgan pul belgilari bugungi kunda muomalada bo‘lgan 2013 yil namunasidagi 5000 so‘mlik va 2017 yil namunasidagi 10 000 so‘mlik banknotlar bilan bir qatorda (parallel ravishda) muomalada bo‘ladi;
ya'ni, 2013 yil va 2017 yil namunasidagi 5000 so‘mlik va 10 000 so‘mlik banknotlar ham to‘lov qobiliyatini yo‘qotmaydi;
shuningdek, yangi ko‘rinishdagi pul belgilari ayni paytda muomalada bo‘lgan pul belgilari va tangalar bilan bir qatorda, barcha xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar va aholi tomonidan o‘z qiymati bo‘yicha barcha turdagi to‘lovlar uchun hech qanday cheklovlarsiz qabul qilinishi shart. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Instagram TikTok’ka o‘xshash Reels dasturini sinovdan o‘tkazmoqda
Instagram’da TikTok ijtimoiy tarmog‘ining asosiy afzalligi bo‘lgan video yaratish funksiyasi paydo bo‘lishi mumkin. Ushbu funksiya Reels nomini oldi va hozirda ijtimoiy tarmoqning Braziliya segmentida sinovdan o‘tkazilmoqda, deb xabar beradi “Kod.ru”.
Stories’da foydalanish imkoni bo‘lgan yangi funksiya yordamida 15 soniyali roliklar suratga olish, ularga effektlar va musiqa qo‘shish, video tezligini o‘zgartirish mumkin.
Bu roliklar Stories’da ham, maxsus Top Reels bo‘limida ham e’lon qilinadi.
TikTok’dan ko‘chirilgani yaqqol ko‘rinib turgan ushbu funksiya haqida Instagram mahsulotlarini boshqarish bo‘yicha direktor Robbi Steyn shunday deydi: “Bu yerda ikkita bir xil mahsulotni ko‘rmayapman. Musiqa bilan ishlov berilgan videoni ulashish universal g‘oya hisoblanadi. O‘ylaymizki, har bir foydalanuvchi undan foydalanishga qiziqish bildiradi”.
Avvalroq, TikTok O‘zbekistonda eng ko‘p yuklab olinayotgan mobil dasturlar Top-5 ligiga kirgani haqida xabar berilgan edi.
TikTok O‘zbekistonda eng ko‘p yuklanayotgan mobil dasturlar Top-5 ligiga kirdi | false | false | false | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false |
O‘zbekiston fond bozori ishtirokchilari uchun «Investorlar jangi 2.0» tanlovi o‘tkaziladi
2021 yilda Freedom Finance tomonidan tashkil etilgan «Investorlar jangi»da 650 dan ortiq kishi qatnashdi. Tanlovda portfel daromadi ko‘rsatkichi 48,9 foizni tashkil etgan Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi Ulug‘bek Fazilov birinchi o‘rinni egalladi. Tanlov davomida kompaniya har oyda o‘rtacha 200 ta yangi brokerlik hisob raqamini ochdi.
O‘zbekistonda «Investorlar jangi 2.0» tanlovi bo‘lib o‘tadi. Tanlov 2022 yilning 7 iyunidan 31 avgustigacha davom etadi. 10 may kuni hujjatlarni qabul qilish boshlandi, jarayon 6 iyunda yakunlanadi. Tanlovda O‘zbekiston respublikasi fuqarolari va respublika fond bozorida pul ishlash istagida bo‘lgan xorijliklar ishtirok etishi mumkin.
Tanlovning majburiy sharti: ishtirokchilar Freedom Finance investitsiya kompaniyasining mijozi bo‘lishlari shart. G‘oliblikni qo‘lga kiritish uchun da’vogarlar safida bo‘lish uchun brokerlik hisob-varag‘ida 1 mln so‘m yoki shu ekvivalentdagi qimmatbaho qog‘ozlar bo‘lishi talab etiladi. Tanlovning asosiy sovrinlari noutbuk, planshet va smartfon bo‘ladi.
«Tanlov Investitsiya institutlari milliy uyushmasi ishtirokida tashkil etildi. Uning asosiy maqsadi chakana investorlar orasida fond bozori vositalarini ommalashtirish va birjadagi bitimlar hajmini oshirishdan iborat. Freedom Finance o‘z mijozlarini — eng faol, eng yosh va eng keksa, shuningdek, ayol investorlarni qo‘shimcha sovrinlar bilan taqdirlaydi», — dedi tanlov haqida Freedom Finance kompaniyasining O‘zbekistondagi ijrochi direktori Yevgeniy Mojeyko.
Tanlovda belgilangan muddat davomida investitsiya portfeli eng katta o‘sishni ko‘rsatganlar g‘olib bo‘ladi. Siz 11 ta emitentning oddiy aksiyalari bilan savdo qilishingiz mumkin: Hamkorbank, «Kvars», O‘zRTXAB, «O‘zsanoatqurilishbank», «Qizilqumsement», «Quvasoysement», «O‘zmetkombinat», «Ipoteka-bank» va «O‘zikkilamchiranglimetall», «Toshkentvino kombinati», «Sredazenergosetproyekt». Oxirgi ikki kompaniyaning qimmatbaho qog‘ozlarini oldi-sotdisi Elsis-Savdo nomli birjadan tashqari platformasida, boshqa emitentlar savdosi esa «Toshkent» Respublika fond birjasida (RFB) amalga oshiriladi.
G‘oliblarni aniqlash uchun komissiya tuziladi, uning tarkibiga tashkilotchi kompaniyalar ekspertlari, shuningdek, Moliya vazirligi, Investitsiya institutlari milliy uyushmasi va Respublika fond birjasi mutaxassislari kiradi.
Ishtirok etish uchun arizani Freedom Finance saytida yoki 1135 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilish orqali oldirish mumkin.
Qimmatbaho qog‘ozlar va boshqa moliyaviy vositalarga egalik qilish har doim xavflar bilan bog‘liq. Investitsion obyekt sifatida qimmatbaho qog‘ozlarni tanlash va bu tanlovning oqibatlari investorning xavfi hisoblanadi.
Telefon: (+998) 78−147−75−55.
Reklama huquqlari asosida. | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false |
“AKSIYADORLIK JAMIYATLARI VA AKSIYADORLARNING HUQUQLARINI HIMOYA QILISh TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINING 74-MODDASIGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI LOYIHASINI O‘ZBEKISTON RESPUBLI
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi rais o‘rinbosari B. Mirboboyev, sudyalar U. Bozorov, G. Pirjanov va S. Hakimovadan iborat tarkibda, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasiga va “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga amal qilgan holda, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 74-moddasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish haqida”gi ishni ochiq sud majlisida ko‘rib chiqdi.
Masala “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining bosh direktori X. Muhitdinov va “O‘zMADparranda-xolding” kompaniyasining bosh direktori A. Sodiqovning Konstitutsiyaviy sudga murojaatlari munosabati bilan “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasiga muvofiq sudyalar U. Bozorov, G. Pirjanov va S. Hakimovaning tashabbusi bilan kiritildi.
Konstitutsiyaviy sud ma’ruzachi sudya U. Bozorovning axborotini eshitib, mazkur masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yuridik bo‘limining mudiri B. Qo‘chqorov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o‘rinbosari B. Jamolov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi raisining birinchi o‘rinbosari N. Ahmonov, O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining o‘rinbosari X-M. Isoqov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari R. Muhitdinov, Konstitutsiyaviy sud huzuridagi Ilmiy-maslahatlashuv kengashi raisining o‘rinbosari, Toshkent davlat yuridik instituti Xalqaro xususiy huquq kafedrasining mudiri X. Rahmonqulov, shu kafedra professori vazifasini bajaruvchi S. Gulyamov, shu kafedra katta o‘qituvchisi V. Ergashevning fikrlarini tahlil etib, ish bo‘yicha mavjud materiallarni o‘rganib chiqib quyidagilarni aniqladi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga yo‘llangan murojaatlarda “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 74-moddasining uchinchi qismi bilan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 135 va 138-moddalari o‘rtasida nomuvofiqlik mavjudligi va bu nomuvofiqlik amaliyotda jiddiy qiyinchiliklarga sabab bo‘layotganligi ko‘rsatib o‘tilgan.
“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 12-moddasining birinchi qismida “Aksiyadorlik jamiyatini tuzish to‘g‘risidagi ta’sis shartnomasini imzolagan yuridik va jismoniy shaxslar aksiyadorlik jamiyatining muassislari deb tan olinadi”, deb ko‘rsatilgan.
Mazkur Qonun 74-moddasining uchinchi qismida “Aksiyadorning vakili aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida yozma ishonchnoma asosida ish ko‘radi. Ovoz berishga doir ishonchnomada vakolat bergan va vakil qilingan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (ismi yoki nomi, turar joyi yoki joylashgan manzili, pasport ma’lumotlari) aks ettirilgan bo‘lishi lozim. Ovoz berishga doir ishonchnoma notarial tartibda tasdiqlangan bo‘lishi lozim”, deb mustahkamlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 134-moddasining birinchi qismi va 135-moddasining birinchi qismida bir shaxs (ishonch bildiruvchi) tomonidan ikkinchi shaxsga (ishonchli vakilga) uchinchi shaxslar oldida vakillik qilish uchun berilgan yozma vakolat ishonchnoma hisoblanishi hamda ishonchnoma oddiy yozma shaklda yoki notarial shaklda rasmiylashtirilishi nazarda tutilgan.
Ushbu Kodeks 135-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq “Notarial shaklni talab qiluvchi bitimlarni tuzish yoxud yuridik shaxslarga nisbatan harakatlarni amalga oshirish uchun berilgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak, ushbu Kodeksning 136, 137, 138-moddalarida nazarda tutilgan hollar va qonun hujjatlari bilan ishonchnomaning o‘zgacha shakli belgilab qo‘yilgan boshqa hollar bundan mustasno”.
Shu Kodeks 138-moddasining birinchi qismida “Yuridik shaxs nomidan beriladigan ishonchnoma rahbar tomonidan imzolanib, unga ushbu yuridik shaxsning muhri bosiladi”, deb ko‘rsatilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining yuqorida ko‘rsatilgan normalari yuridik shaxs nomidan berilgan ishonchnoma notarial shaklda rasmiylashtirilishi emas, balki rahbar tomonidan imzolanib, unga ushbu yuridik shaxsning muhri bosilishi kerakligini, ammo “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 74-moddasining uchinchi qismi esa aksiyador tomonidan ovoz berishga doir berilgan ishonchnoma, u jismoniy shaxs yoki yuridik shaxs bo‘lishidan qat’i nazar, notarial tartibda tasdiqlangan bo‘lishi lozimligini nazarda tutadi.
Bu holat esa “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 74-moddasining uchinchi qismi bilan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 135-moddasining ikkinchi qismi va 138-moddasining birinchi qismi o‘rtasida nomuvofiqlik mavjudligini ko‘rsatadi.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi normalari fuqarolik qonun hujjatlarining barcha tizimi uchun muhim negiz bo‘lib hisoblangan qoidalar yig‘indisi ekanligi nuqtai nazaridan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 3-moddasining ikkinchi qismidagi “Boshqa qonunlar va qonun hujjatlaridagi fuqarolik qonun hujjatlari normalari ushbu Kodeksga mos bo‘lishi shart”ligi haqidagi qoidaga asosan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ko‘rsatilgan normalari O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining normalariga muvofiqlashtirilishi lozim.
Bayon qilinganlarga asoslanib va “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 10, 25, 26, 27-moddalariga, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5, 26-moddalariga amal qilgan holda Konstitutsiyaviy sud qaror qildi:
1. “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 74-moddasining uchinchi qismini O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 135-moddasining ikkinchi qismi va 138-moddasining birinchi qismiga muvofiqlashtirish maqsadida “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 74-moddasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni loyihasi qonunchilik tashabbusi tartibida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritilsin (ilova qilinadi).
2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyasi U. Bozorov ushbu Qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqilayotganda ishtirok etish uchun vakil etib tayinlansin.
3. Ushbu Qaror “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining Axborotnomasi”da e’lon qilinsin.
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi 223–I-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 61-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda) 74-moddasiga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
uchinchi qismining uchinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jismoniy shaxs nomidan berilgan ovoz berishga doir ishonchnoma notarial tartibda tasdiqlanadi”;
uchinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
“Yuridik shaxs nomidan berilgan ovoz berishga doir ishonchnoma rahbar tomonidan imzolanib, unga ushbu yuridik shaxsning muhri bosiladi”.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Qo‘ng‘irotdagi chekka hududda gaz balloni muammosi bir uchrashuvdayoq hal qilib berildi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Zafar Xoniyozov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanida xalq bilan muloqot qilmoqda. Deputat tumandagi tibbiyot kolleji, qishloq xo‘jalik kasb-hunar kolleji va san'at kollejida yoshlar bilan uchrashdi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvlarda kollej o‘quvchilari kitobxona burchagi tashkil etish, «Eng zo‘r kitobxon» tanlovini o‘tkazish, sportga bo‘lgan e'tiborni yanada kuchaytirish takliflarini bildirib o‘tishgan.
Zafar Xoniyozov «Ajiniyaz» OFY aholisi bilan ham uchrashdi. Ushbu hududda istiqomat qiluvchi Qudaynazarova Almagul qishloqda dorixona ochish taklifini bildirib o‘tdi. Shuningdek, hammom va tikuv sexi ochish lozimligi ham ta'kidlab o‘tildi.
“Hududdagi gaz balloni muammosi uchrashuvning o‘zidayoq hal qilindi”, - deyiladi xabarda. | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false |
Foto: Qozog‘istonda saylov mitinglarga ulanib ketdi
Bugun, 9 iyun kuni Qozog‘istonning turli shaharlarida muddatdan avvalgi prezidentlik sayloviga parallel holda ruxsatsiz mitinglar uyushtirildi. Politsiya mitinglar ishtirokchilarini qo‘lga olishdi.
RIA Novosti ma'lumotiga ko‘ra, mamlakat poytaxti Nur-Sulton shahridagi mitinglarda 700 nafardan ortiq kishi ishtirok etgan.
«Interfaks» agentligi muxbiri xabar berishicha, Olmaota viloyati markazidagi mitingga 300 nafarga yaqin kishi to‘plangan. Miting ishtirokchilari mamlakatda navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari bekor qilinishini talab qilishgan.
Namoyishchilarning hisoblashicha, saylovlar adolatsiz va demokratiyaga zid ravishda o‘tkazilmoqda, uning natijasi oldindan ma'lumligi aytilmoqda.
Qozog‘iston Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Marat Kojayev Nursulton va Olmaotada ruxsat berilmagan mitinglarda yuzdan ortiq kishi qo‘lga olingani haqida ma'lumot berdi.
«Ozodlik» radiosi ma'lumotiga ko‘ra, Chimkent shahrida ham miting bo‘lib o‘tgan va bu yerda politsiya 20dan ortiq kishini qo‘lga olgan.
Vesti.kg portali ma'lumotiga ko‘ra, qo‘lga olinganlar orasida mahalliy jurnalistlar ham bor.
Vlast.kz xabariga ko‘ra, ushbu nashr operatori Yekaterina Suvorova, «Ozodlik» jurnalisti Petr Trotsenko hamda politolog Dimash Alijanov qo‘lga olingan.
Frans press agentligi xodimi, britaniyalik jurnalist Kris Riklton ham tvitterida o‘zini qo‘lga olishgani haqida ma'lum qilgan.
In a police van after being detained for carrying out my professional activities. Black eye sustained during a rough arrest. I fell on a policeman's knee and was not struck deliberately. My accreditation was taken from me. #Kazelection2019 pic.twitter.com/GV8F9nmEKm
«Men avtozakdaman, meni kasbiy faoliyatim uchun qo‘lga olishdi. Ko‘zim ostida ko‘kargan joy - qo‘pollik bilan hibsga olish natijasi. Meni urishmadi, men politsiyachining tizzasiga yuzimni urib oldim. Mendan akkreditatsiyamni tortib olishdi», deya yozgan Riklton.
Xabar qilinishicha, Qozog‘iston nashrlari saylov kunida ijtimoiy tarmoqlarga to‘siq qo‘yilgani va internet bloklanganidan shikoyat qilishgan.
Mamlakat bosh prokurori o‘rinbosari Bulat Dembayevning aytishicha, «ayrim foydalanuvchilar» saylovlar kunida ijtimoiy tarmoqda noqonuniy tashviqot o‘tkazishgan. Shu bilan birgalikda, u internet ishlamay qolishi bilan bog‘liq muammodan xabardor emasligini bildirgan.
Bundan avvalroq Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi saylovlar munosabati bilan Qozog‘iston politsiyasi qat'iy rejimga o‘tishi haqida ma'lum qilgandi.
Vazirlik ruxsat etilmagan aksiyalar sud tomonidan mamlakatdagi faoliyati taqiqlangan «DVK» tashkiloti tomonidan uyushtirilganini iddao qilmoqda.
«Bu tashkilotning qochqin rahbari (Mutar Ablyazov) saylovlar arafasida hokimiyatni obro‘sizlantiruvchi tashviqot kampaniyasi olib bordi va navbatdan tashqari saylovlarni boykot qilishga va saylovlar vaqtida jamoatchilikka qarshi harakatlarni amalga oshirishga chaqirdi», degan Kojayev.
Qozog‘istonda faoliyati taqiqlangan «Demokraticheskiy vybor Kazaxstana» partiyasining ayni vaqtda xorijda istiqomat qiluvchi yetakchisi Muxtar Ablyazov o‘z tarafdorlarini 9-10 iyun kunlarida ko‘chalarda namoyishlar o‘tkazishga chaqirgan.
Qozog‘istondagi navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari shu yilning 20 mart kuni Nursulton Nazarboyev muddatidan avval iste'foga chiqishi munosabati bilan e'lon qilingandi. U mamlakatni 30 yil davomida boshqarib keldi.
Prezidentlikka nomzod sifatida 7 kishi ro‘yxatga olindi, ular qatorida Nazarboyevning «Nur Otan» partiyasidan nomzodi ilgari surilgan, Qozog‘istonning vaqtincha prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev ham bor.
Yakshanba kuni tongda To‘qayev saylov uchastkasida jurnalistlarga prezident bo‘lsa tashqi siyosatda Nazarboyev tomonidan yo‘lga qo‘yilgan siyosatni davom ettirishini ma'lum qildi.
Saylovda g‘alaba qozonish uchun 50 foizdan ortiq ovoz olish talab etiladi, nomzodlarning hech biri bunga muvaffaq bo‘lolmasa, ikkinchi tur o‘tkaziladi. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Endi profilaktika inspektorlari yuridik yo`nalishi bor OTMga o`qishga imtihonlarsiz qabul qilinishi mumkin
“Ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlarining yuridik yo`nalishdagi bilimlarini oshirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–23-son, 30.11.2021 y.) qabul qilindi
Qarorga ko`ra, 2022/2023 o`quv yilidan ichki ishlar organlarida 3 yildan ortiq ish stajiga ega bo`lgan, kasbiga fidoyi, tashabbuskor profilaktika (katta) inspektorlari quyidagi OTMga kirish imtihonlarisiz sirtqi ta`lim shakliga o`qishga qabul qilinadi:
? Jamoat xavfsizligi universitetiga;
? Toshkent davlat yuridik universitetiga;
? yurisprudensiya sohasida bakalavriat ta`lim yo`nalishi mavjud bo`lgan boshqa davlat OTMga (Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi hamda Davlat bojxona qo`mitasining Bojxona instituti bundan mustasno).
➡️ Bunda profilaktika (katta) inspektorlariga o`qishga tavsiyanomalar berish uchun komissiya tashkil etilib, nomzodlar test imtihonlaridan o`tkaziladi.
Tavsiyanomalar OTM o`rtasida teng taqsimlanadi.
O`qishga qabul qilish to`lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi hamda kontrakt mablag`lari respublika byudjeti mablag`lari hisobidan to`lab beriladi.
Tavsiyanomaga ega profilaktika (katta) inspektorlari OTMning sirtqi ta`lim shakliga qabul parametrlaridan tashqari o`qishga qabul qilinadi.
Qarorga ko`ra, 2022 yil 1 maygacha 100 nafar profilaktika (katta) inspektorlariga tavsiyanoma berilishi nazarda tutilgan.
Tavsiyanoma asosida OTMda sirtqi ta`lim shaklida o`qigan bitiruvchilarga ichki ishlar organlarida kamida 5 yil xizmat o`tab berish majburiyati yuklatiladi. | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false |
Lola Karimova-Tillayeva: Jahon kinoyulduzlari Mirzo Ulug‘bek haqidagi yangi o‘zbek filmida
Lola Karimova-Tillayeva o‘zining Facebook'dagi sahifasida yaqin fursatda “Mirzo Ulug‘bek. Osmon toqiga qo‘yilgan narvon” nomli hujjatli film tomoshabinlar e'tiboriga havola etilishini ma'lum qildi. Mazkur film Lola Karimova-Tillayeva hamda uning turmush o‘rtog‘ining kinoprodyuser sifatidagi ilk loyihasi sanaladi.
Hujjatli film buyuk mutafakkir hamda alloma Mirzo Ulug‘bekning hayoti va faoliyati haqida hikoya qiladi.
Mirzo Ulug‘bek nomi dunyo ilm-fani rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan Galileo Galiley, Kopernik, Djoanas Kepler kabi buyuk allomalar bilan bir qatorda turadi. Samarqand uning hukmronligi davrida astronomiya sohasida ilg‘or tadqiqotlar o‘tkaziladigan xalqaro markazga aylandi. Ulug‘bek bunyod ettirgan muazzam rasadxonada o‘z davrining yetuk olimu fuzalolari jam bo‘lgan edi.
Alloma tartib bergan yulduzlar jadvalida 1118 ta yulduzning holati va joylashuvi mufassal bayon etilgan. U hisoblab chiqqan yil uzunligi natijalari esa zamonaviy hisob-kitobidan atigi 25 soniyaga farqlanadi. Buyuk olim, shuningdek, Yer sayyorasi o‘qining og‘ish burchagi 23,52 gradusni tashkil etishini aniqladi, ushbu ilmiy natija ham hozirga qadar eng aniq ko‘rsatkich deya e'tirof etiladi. Ulug‘bek tomonidan yaratilgan yulduzli osmon xaritasi esa dengizchilar harakatlanishida XIX asrga qadar foydalanilgan.
"Mirzo Ulug‘bek hayotining o‘n beshi yorug‘, o‘n beshi qorong‘i kechdi. Keng dunyoqarashi va teran fikrlari bilan o‘z davri va zamondoshlaridan ilgarilab ketgan olim, taassufki, jaholat va razolat qurboni bo‘ldi.
Film ssenariysini hozirlash asnosida ko‘p va xo‘b izlanib, bobokalonimiz hayotini tavallud topgan kezlaridan boshlab qayta tiklashga harakat qildik", - deydi Karimova-Tillayeva o‘z izohida.
Film rejissyori Bahodir Yo‘ldoshev bo‘lib, kartinada Fransiya, AQSh, Rossiya, O‘zbekiston, Buyuk Britaniya, Daniya va Niderlandiyaning yetakchi olim va mutaxassislari Mirzo Ulug‘bek hayoti va faoliyati xususidagi mulohazalari bilan o‘rtoqlashadi.
Kinokartinani yaratishda Bodlian kutubxonasi (Oksford universiteti), Britaniya muzeyi, Priston universiteti, Griffit rasadxonasi, Fransiyaning Observatoire de la Cote d’Azur Côte rasadxonasi, Kaliforniya universiteti, Daniyaning The David Collection muzeyi, Oksfordning Ilm-fan tarixi muzeyi, Oksfordning St. John’s kolledji kabi o‘quv yurtlari, muzey va kutubxonalarning bisotidan foydalanildi.
Chet ellik olimlarning aksari aynan Mirzo Ulug‘bek siymosi sabab mamlakatimizga mehr qo‘yganini e'tirof etgan.
Film janr nuqtai nazaridan hujjatli sanalsa-da, unda badiiy vositalardan ham foydalanilgan. S'yomka jarayoniga o‘zbekistonlik va qozog‘istonlik kaskadyorlarni jalb qilingan, o‘sha davrga mos tarixiy liboslarni tanlash va tayyorlashga ham alohida e'tibor qaratilgan.
Kinokartinada Vinsent Kassel, Armand Assante, Frantsisko Ovalle kabi jahon kinosi yulduzlari suratga tushdi. Ma'ruf Otajonov, Javohir Zokirov, Hoshim Arslonov singari milliy kino ustalarimiz ham o‘z rolini maromiga yetkazib ijro etgan.
Hollivudning “Titanik”, “Olovuddin”, “Gerkules” kabi filmlarga musiqa bastalagan mashhur kompozitori Uolter Afanasev kartina uchun maxsus musiqa yozgan.
Benazir xonanda Sevara Nazarxon ijrosidagi saundtrek esa filmga o‘zgacha joziba baxsh etgan. | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false |
Yetib keldik: AQSh Oyni o‘zining mulki deb e'lon qildi
Oq uy ma'muriyati huzuridagi ijroiya idorasi AQSh Yerning tabiiy yo‘ldoshi – Oy sirtiga egalik qilish va undan istalgan maqsadda foydalanish huquqiga egaligi aytilgan hujjatni e'lon qildi. Bunga esa 1967 yildagi Koinot haqidagi kelishuvdan tashqari yana bir sabab keltirilgan: Oyga istalgan missiyalar va parvozlar uning sirtida qoldirilgan ilmiy qurilmalarga ziyon yetkazishi mumkin. Amerikalik amaldorlarning fikricha, shu sabab istalgan davlat Oyga uchishdan oldin AQShdan ruxsat olishi kerakligiga yetarlicha asos hisoblanadi.
Biroq AQShning bunday bayonotlari boshqa hujjat – BMT tomonidan qabul qilingan 1979 yildagi Oy va boshqa samo jismlaridan foydalanish haqidagi kelishuvga zid keladi. Biroq AQSh bu hujjatni imzolamagan. Shunga qaramay, AQSh bir tomonlama ravishda Oyni “o‘ziniki” qila olmaydi: BMT a'zosi sifatida AQShga boshqa istalgan davlat kabi Oy hududini bosib olish maqsadida kuch ishlatish, istalgan boshqa yovuz harakatlar yoki yozuv harakatlarni amalga oshirish tahdidi taqiqlanadi. Shuningdek, Oydan yovuz harakatlarni amalga oshirish uchun foydalanish yoki bunday tahdidlarni Yer, Oy, koinot kemalari, koinot kemalari personali yoki sun'iy koinot obektlariga nisbatan qo‘llash taqiqlanadi. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Shimoliy Koreya BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasini “gangstercha hujjat” deb atadi
KXDR rahbariyati mamlakatga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish maqsadida BMT Xavfsizlik Kengashi tarafidan qabul qilingan yangi rezolyutsiyani “xalq respublikasi suvereniteti asoslariga bolta uruvchi” “mislsiz, gangstercha” hujjat deb hisoblaydi. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi tomonidan 4-mart, juma kuni tarqatilgan xabarda aytildi, deb ma’lum qiladi “TASS”.
“KXDRning mustaqillik huquqini qonundan tashqari qo‘ymoqchi bo‘layotgan amerikalik imperialistlar va ularning tarafdorlarining xatti-harakatlari o‘ta jirkanch darajaga yetib keldi.. Ular KXDRning yadroviy tutib turish kuchlarini mustahkamlash va bortida ‘Kvanmyonson-4’ sun’iy yo‘ldoshi bor tashuvchi raketasining qonuniy uchirilishiga qarshi sanksiyalar joriy qilish to‘g‘risidagi mislsiz, gangstercha rezolyutsiyani ma’qulladi”, — deyiladi xabarda.
“Bu sharoitda KXDR xalqi va armiyasi g‘azab ila amerikalik imperialistlar va janubiy koreyalik sotqinlar qiyofasidagi mamlakat dushmanlarini yo‘q qilish to‘g‘risidagi buyruqni ijro qilishga tayyordir”, — deya qo‘shimcha qilingan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 2-mart kuni Xavfsizlik Kengashi ishtirokchilari Shimoliy Koreyaning yadroviy sinovlari munosabati bilan unga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga qaratilgan rezolyutsiyani bir ovozdan qabul qildi. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Farg‘onada kredit qarzini vaqtida to‘lamagan opa o‘z singlisini uydan mahrum qildi
Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Farg‘ona viloyati Furqat tuman bo‘limi ish yurituviga qarzdor Z.A. ismli ayol va qo‘shimcha javobgar M.A. (Z.A.ning singlisi)dan “Qishloqqurilishbank” Qo‘qon filiali foydasiga 109 315 100 so‘m kreditdan qarzdorlikni undirish bo‘yicha hujjat kelib tushgan.
Sud hujjatiga ko‘ra, undiruvni Z.A.ning singlisi M.A.ga tegishli namunaviy loyiha asosida qurilgan hovli-joyga qaratish belgilangan. Davlat ijrochisi tomonidan majburiy ijro harakatlari olib borilib, garovga qo‘yilgan uy-joy xatlanib, shu yilning 11-aprel kuni “E-ijro”elektron-onlayn auksion savdo maydoniga sotish uchun kiritilgan.
Garovga qo‘yilgan uy-joy 12-sentabrda auksionda sotilib, tushgan mablag‘ Z.A.ning bank oldidagi qarzdorligini qoplashga qaratilib, sud qarori ijrosi to‘liq ta’minlangan. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Minalashtirilgan yuk mashinasi, koronavirusga chalingan Tramp, muqaddas suv sepilgan mushuk. 5-oktabr suratlari
5-oktabr kuni dunyoning turli burchaklaridan olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.
Katolik cherkovi ruhoniysi Filippinda Butunjahon hayvonlar kunida mushukka muqaddas suv sepmoqda.
Minskda “Siyosiy mahbuslarni ozod qilish” nomli norozilik namoyishi o‘tkazildi.
Germaniyaning Berlin shahridagi Brandenburg darvozalari uzra kun botishi.
AQSh prezidenti Donald Tramp COVID-19’dan davolanayotgan harbiy tibbiy markaz oldida tarafdorlari ko’z o’ngida avtomobilda o‘tib bormoqda.
Isroildagi yahudiylar qat’iy karantin vaqtida Sukkot bayramini nishonlamoqda.
Britaniya orollarida “Aleks” bo‘roni oqibatida suv toshqinlari yuz berdi.
Tog‘li Qorabog‘dagi oxiri ko’rinmayotgan jang va nizolar.
Ukrainaning Kiyev shahrida hayvonot olami himoyachilari hayvonlar ustidagi tadqiqotlar, sirklarda ulardan foydalanishni taqiqlashni talab qilib chiqdi.
Minsk shahrida muxolifat vakili politsiya suvotar mashinasi oldida turibdi.
Janubiy Sudanning harbiy ofitseri Juba shahrida Sudan hukumati va Sudan inqilobiy harakatlari o‘rtasida tinchlik sulhi imzolash marosimida ishtirok etmoqda.
AQShning Luiziana shtatidagi San-Susi bog‘ida NFAC nomli harakat a’zolari qurolli miting o‘tkazmoqda.
Afg‘onistonning Jalolobod shahrida minalangan yuk mashinasining portlashi oqibatida yaralangan bolani shifoxonaga olib ketayotgan erkak.
Oq uyda koronavirusdan halok bo‘lgan 200 000 nafar fuqaroning umrini anglatuvchi bo‘m-bo‘sh o‘rindiqlar.
London shahridagi KCAW20 Public Art Trail ko‘rgazmasi uchun hozirlangan haykalga qarab turgan ayol.
Turkiyaning Istanbul shahridagi Qorakoy tumanida dengizga sakrayotgan bola.
London marafonida ayollar yugurishida qirolicha Yelizaveta va shahzoda Uilyamning kartondan yasalgan tasvirlari yonidan yugurib ketayotgan xotin-qizlar.
Germaniyaning Berlin shahrida “Uchinchi yo‘l” partiyasi namoyishlarida ko‘zga tashlangan politsiya vakillari.
AQShning Kaliforniya shtatidagi Bote-Napa-Velli davlat bog‘i uzra yong‘inga suv sepayotgan vertolyot.
Fransiyaning La-Bollen-Vezubi hududida kuchli yong‘inlar natijasida qulagan ko‘prik.
Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahridagi Ipanema plyajida odamlar issiq ob-havodan bahra olmoqda.
Boshqa kunlarning fotojamlanmalari: | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
“Oskar-2019” taqdimot marosimidagi yulduzlarning liboslari (foto)
Bugun, 25-fevral kuni Los-Anjelesda Amerika kinoakademiyasining “Oskar-2019” mukofoti o‘z egalariga topshirildi. Nufuzli mukofot taqdimotiga yulduzlar rang-barang liboslarda tashrif buyurdi.
Quyida aktyor va aktrisalarning qizil yo‘lakchadagi ko‘rinishi aks etgan suratlardan bahramand bo‘lishingiz mumkin.
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram | false | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false |
Turkiya Trampning Suriyada “xavfsiz hududlar” yaratish bo‘yicha rejasi tafsilotlaridan bexabar ekanligini ma’lum qildi
Turkiyaning Rossiyadagi elchisi Husayn Dirioz Anqara AQSh prezidenti Donald Trampning Suriyada “xavfsiz hududlar” tashkil etish bo‘yicha rejasi tafsilotlaridan bexabar ekanligini ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Uning so‘zlariga qaraganda, bu kabi hududlarning tashkil etilishi qochoqlarning uyga xavfsiz qaytishini ta’minlashi mumkin.
Turkiya anchadan buyon xalqaro hamjamiyatga Suriyada xavfsiz hududlarni tashkil etishni taklif qilmoqda. Qochoqlar bilan bog‘liq katta muammo mavjudligini ko‘rib turibmiz. Jumladan, Suriyada ham millionlab odamlar mamlakatdan qochmoqda. Bu esa Turkiya va Yevropa, shuningdek, Yevropa institutlarini qiyin vaziyatga solmoqda. Turkiya allaqachon milliardlab dollar sarfladi, Iordaniya ham.
Husayn Dirioz, Turkiyaning Rossiyadagi elchisi
U Tramp ushbu g‘oya haqida umumiy gapirganligi, biroq Turkiya uning tafsilotlaridan bexabar ekanligini ma’lum qildi. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Abdulaziz Kamilov Yevrokomissiya vitse-prezidenti bilan munosabatlarni chuqurlashtirish istiqbollarini muhokama qildi
19-may, payshanba kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatda tashrif bilan bo‘lib turgan YeI Komissiyasining energetik ittifoq bo‘yicha vitse-prezidenti Marosh Shevchovich bilan uchrashdi. Suhbat chog‘ida turli sohalarda ikki tomonlama munosabatlarning holati va ularni chuqurlashtirish istiqbollari muhokama qilindi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuvda ta’kidlanganidek, Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan XX “O‘zbekiston neft va gazi” xalqaro konferensiyasida Yevropa Ittifoqining yuqori darajadagi delegatsiyasining ishtirok etishi O‘zbekiston va Yevroittifoq o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada chuqurlashtirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligini tasdiqlaydi.
Muloqot davomida Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha yangi sherikchilik strategiyasi doirasidagi dastur va loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Uchrashuvda YeIning O‘zbekistondagi delegatsiyasi rahbari, elchi Yuriy Shterk ishtirok etdi. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
YeIda inson huquqlari buzilgani uchun sanksiyalar qo‘llash rejimi joriy etiladi
Yevropa Komissiyasi YeI tomonidan dunyoning istalgan mamlakatida inson huquqlari buzilgani uchun sanksiyalar joriy etish algoritmini yaratmoqchi. Bu haqida 19 oktabr kuni Yevrokomissiya raisining prognoz qilish bo‘yicha o‘rinbosari Maros Shefchovich Bryusseldagi matbuot anjumanida ma'lum qilgan.
«Yevropa Komissiyasi inson huquqlari jiddiy buzilgani uchun qayerda bo‘lishidan qat'i nazar, sanksiya rejimini joriy etish bo‘yicha taklif bilan chiqdi. Sanksiyalar Yevropa Ittifoqi banklariga kirishni taqiqlash va aktivlarni muzlatishdan iborat bo‘ladi», — degan yevropalik siyosatchi.
Inson huquqlari global darajada tobora ko‘proq buzilayotgani mazkur qarorning sababi sifatida ko‘rsatilgan.
«Yaqinda Belarusda bo‘lib o‘tgan voqealar, Navalniy bilan sodir bo‘lgan voqea, Venesuela va Suriyadagi vaziyatni hisobga olgan holda, bizdan, shubhasiz, alohida sanksiyalar rejimini yaratish talab qilinadi», — dedi Yevrokomissiya raisi o‘rinbosari.
Endilikda Yevropa komissiyasining taklifi Yevropa Ittifoqi kengashi tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak. YeIning barcha 27 davlati vakillari yangi sanksiyalar rejimini qo‘llab-quvvatlagan taqdirda, ittifoq mamlakatlari ushbu ro‘yxatga kiritilgani uchun, ularning fikriga ko‘ra, ittifoqdan tashqarida inson huquqlari buzilishida aybdor deb hisoblangan xorijiy jismoniy va yuridik shaxslarning nomlarini taklif qilishlari mumkin bo‘ladi.
«Biz sanksiyalardan o‘z maqsadlarimiz yo‘lida foydalanishni xohlamaymiz. Bu sanksiyalar alohida mamlakatlar va institutlarning xatti-harakatlarini o‘zgartirishga imkon beradigan vosita bo‘lishi kerak», — deya xulosa qilgan Shefchovich. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Toshkentda aholi orasida yana to‘rtta holatda koronavirus aniqlandi. O‘zbekiston bo‘yicha kasallanishlar soni 3662 taga yetdi
O‘zbekistonda 1-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirusga chalinganlar soni 39 nafarga ko‘payib, 3662 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 24 tasi Toshkent viloyatidagi Karantin markazida bo‘lgan (Rossiyaning Moskva, Sankt-Peterburg va Qozon shaharlari hamda Qozog‘istondan kelgan) fuqarolar orasida aniqlangan.
Shuningdek, Toshkent shahrida karantinda bo‘lgan 6 fuqaroda, Namangan viloyatida karantinda bo‘lgan 1 fuqaroda, Sirdaryo viloyatiga kirib kelgan 2 va Toshkent viloyatiga kirib kelgan 2 nafar xalqaro yuk mashina haydovchilarida koronavirus qayd etilgan.
Bundan tashqari, Toshkent shahrida aholi orasida to‘rtta kasallanish holati aniqlangan.
Hozirgacha O‘zbekiston bo‘yicha kasallanganlarning 2837 nafari sog‘ayib ulgurgan (15 nafari esa vafot etgan). Ayni vaqtda 810 nafar bemor davolanishni davom ettirmoqda, ulardan 8 nafar bemor og‘ir, 1 nafar bemor esa o‘ta og‘ir ahvolda. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Farg‘onada UMS bilan dilerlik shartnomasi tuzish bo‘yicha murojaatlar Ucell raqamlari orqali qabul qilinmoqda
O‘zbekistonda 2014-yil 1-dekabrdan ish boshlashi rejalashtirilgan UMS mobil operatori bilan Farg‘ona viloyatida dilerlik shartnomalarini tuzish bo‘yicha murojaatlar Ucell aloqa operatori raqamlarida qabul qilinmoqda. Bu haqda Facebook’dagi “Potrebitel.uz” guruhi a’zolari xabar bergan.
Guruh foydalanuvchilaridan biri sobiq “MTS-O‘zbekiston” kompaniyasining Farg‘ona viloyatidagi bosh ofisi oldida tegishli e’lon osilgani aks etgan suratni joylashtirgan. Foydalanuvchining aniqlik kiritishicha, bu sobiq “MTS-O‘zbekiston”ning Farg‘ona shahridagi asosiy ofisi bo‘lgan.
E’londa murojaat uchun telefon raqami Ucell aloqa operatoriga tegishli ekanligi ko‘rinib turadi (+998 93 kodi bilan boshlangan). Bu UMS kompaniyasining rasmiy vakili ekanligi yoki emasligi to‘g‘risida ma’lum qilinmagan.
Eslatib o‘tamiz, MTS kompaniyasi iyul oyi oxirida O‘zbekiston hukumati bilan murosa bitimi imzolagan va O‘zbekistonda yangi qo‘shma korxona — Universal Mobile Systems tashkil etib, korxonaning 50,01 foizi MTSga, 49,99 foizi esa O‘zbekiston hukumatiga tegishli bo‘lishi haqida kelishilgan. Yangi operatorning tijoriy faoliyati 2014-yil 1-dekabrdan boshlanishi ko‘zda tutilgan. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Qirg‘iziston Butunjahon savdo tashkilotiga Qozog‘iston ustidan shikoyat yo‘lladi
Qirg‘iziston hukumati 17-oktabr, seshanba kuni Butunjahon savdo tashkiloti kotibiyatiga Qozog‘iston bilan chegarada yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan rasman murojaat qildi. Bu haqda K-News xabar bermoqda.
Hukumat matbuot xizmatiga ko‘ra, murojaatga Qozog‘iston tomonidan tariflar va savdo to‘g‘risidagi bosh kelishuv hamda Butunjahon savdo tashkilotini ta’sis etish haqidagi kelishuv me’yorlari buzilishi sabab bo‘ldi.
“Qozog‘iston 10-oktabrdan boshlab to‘satdan Qirg‘iziston—Qozog‘iston va Rossiya—Qozog‘iston davlat chegaralarida qo‘shimcha nazorat choralarini joriy etdi. Shundan so‘ng eng yirik va gavjum ‘Ak-Jol’ va ‘Ak-Tilek’ o‘tkazish punktlarida Qirg‘izistondan kishilar va transport vositalarining kunlik o‘tish oqimi 2,4 marotaba qisqardi”, — deyiladi murojaatda.
Matbuot xizmati Qirg‘iziston qo‘shni davlat kabi BSTning to‘laqonli a’zosi ekanligi va xalqaro tashkilot doirasida o‘z huquqlarini to‘liq himoya qilishini qayd etdi. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Xavfli obektlarning sanoat xavfsizligi qachon ekspertizadan o‘tkaziladi?
Vazirlar Mahkamasining 2.10.2018 yildagi 784-son qarori bilan buyurtmachining ariza berish va xulosa olish tartibi, ekspertizani amalga oshirish bosqichlari, muddatlari va holatlari belgilandi, deb yozmoqda Norma.
Eslatib o‘tamiz, sanoat xavfsizligi sohasida davlat tomonidan tartibga solish Vazirlar Mahkamasi, «Sanoatgeokontexnazorat» DI, shuningdek ayrim vakolatlarga ega bo‘lgan boshqa davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Sanoat xavfsizligini ekspertizadan o‘tkazish – shunday tartibga solish turlaridan biri. Xavfli ishlab chiqarish obektini (bundan keyin – XIO) qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiyalash va tugatishni amalga oshirish uchun ekspertizaning ijobiy xulosasi bo‘lishi zarur. Xavfli toifaga kiruvchi obektlar ro‘yxati «Xavfli ishlab chiqarish obektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida»gi Qonunning 4-moddasida belgilangan.
Quyidagilar sanoat xavfsizligi ekspertizasidan o‘tkaziladi:
• XIOni qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik qayta jihozlash, konservatsiyalash va tugatishga doir loyiha hujjatlari;
• XIOning sanoat xavfsizligi deklaratsiyalari.
Shuningdek XIOda texnik qurilmalar, bino va inshootlar qanday hollarda ekspertizadan o‘tkazilishi belgilandi.
Buyurtmachi ekspertizani amalga oshirish uchun ekspert tashkilotiga belgilangan shakldagi buyurtmanomani bevosita, uning olingani to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan birga pochta orqali yoxud elektron shaklda (ERI bilan tasdiqlagan holda) taqdim etadi. Buyurtmanomaga zarur hujjatlar paketi (ularning ro‘yxati hujjatga ilovaga ko‘rsatilgan) ilova qilinadi.
Ekspertizani buyurtmachi bilan shartnoma asosida akkreditatsiyalangan ekspert tashkilotlari amalga oshiradilar. Ekspertiza natijalariga ko‘ra obekt sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi yoki nomuvofiqligi to‘g‘risida xulosa beriladi.
Ekspertizani o‘tkazish muddati ekspertiza obektining murakkabligiga qarab belgilanadi, biroq zarur bo‘lgan materiallar va hujjatlar to‘plami olingan kundan boshlab 3 oydan oshmasligi kerak.
Ekspertizadan o‘tkazish quyidagi bosqichlardan iborat:
• ekspertizani o‘tkazish uchun arizani qabul qilish;
• hujjatlarni dastlabki baholash hamda ekspertizani amalga oshirish uchun shartnoma tuzish;
• ekspertiza obektining unga qo‘yiladigan sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligini baholash;
• ekspertiza xulosasini rasmiylashtirish va berish.
Keyingi har bir bosqich avvalgisida ijobiy natijalarga erishilganda o‘tkaziladi.
Ekspertizani o‘tkazishda nomuvofiqliklar va kamchiliklar aniqlangan hollarda ekspert bir kun davomida protokolni rasmiylashtiradi. Buyurtmachi protokolni olgandan so‘ng unda ko‘rsatilgan muddatlarda aniqlangan nomuvofiqliklarni bartaraf etishi va belgilangan shakldagi natijalarni ekspert tashkilotiga yuborishi kerak.
Salbiy ekspertiza xulosasi quyidagi hollarda rasmiylashtiriladi:
• buyurtmachi tomonidan nomuvofiqliklarni bartaraf etish tadbirlari yetarlicha o‘tkazilmaganda yoki ularning natijalari kelishilgan muddatlarda taqdim etilmaganda;
• taqdim etilgan hujjatlarda buzib ko‘rsatilgan yoki yolg‘on ma'lumotlar borligi aniqlansa;
• o‘tkazilgan tekshirish va texnik diagnostikaning asoslangan salbiy natijalari olinganda;
• ekspertiza obekti sanoat xavfsizligi talablariga mos kelmasa.
Xulosada ko‘rsatilgan barcha nomuvofiqliklar va kamchiliklarni bartaraf etgandan keyin buyurtmachi ekspertizani o‘tkazish uchun takroran ariza berishi mumkin.
Ekspertiza xulosalari Nizomga ilovada ko‘rsatilgan muddatlarga beriladi. Qurilishi tugallangan obekt foydalanishga qabul qilingandan keyin ekspertiza doirasida XIO identifikatsiyalanadi.
XIO sanoat xavfsizligini ekspertizadan o‘tkazish talabini buzganlik uchun MJTKning 97-moddasi bo‘yicha ma'muriy javobgarlik belgilangan.
Hujjat 3.10.2018 yildan kuchga kirdi. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Ayrim bog‘chalarga bolani 2 yoshdan qabul qilishga ruxsat beriladi
“Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Xotin-qizlarga dizayn, to‘qimachilik, axborot texnologiyalari, tarmoqlar iqtisodiyoti, marketing va talab yuqori bo‘lgan boshqa ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim beradigan alohida universitet ochiladi.
Davlat boshqaruvi akademiyasida rahbar xotin-qizlarni tayyorlash bo‘yicha alohida o‘quv kurslari tashkil etiladi hamda har yili kamida 100 nafar xotin-qizlar o‘qitiladi.
2022 yil 1 apreldan:
tadbirkorlikni yangi boshlayotgan xotin-qizlarga ajratilayotgan subsidiya miqdori 7 million so‘mdan 10 million so‘mga oshiriladi;
“Hunarmand” uyushmasi qoshidagi hunarmandchilik markazlarida kamida 40 foiz tadbirkor xotin-qizlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar joylashtiriladi.
2022 yilda subsidiyalarning kamida 40 foizi xotin-qizlarga yo‘naltiriladi;
ijarada turgan “Ayollar daftari”ga kiritilgan ehtiyojmand xotin-qizlarga ijara to‘lovining 50 foizi, ko‘pi bilan 500 ming so‘mgacha kompensatsiya beriladi.
2022 yil 1 apreldan:
boquvchisini yo‘qotgan xotin-qizlarning:
farzandlari davlat bog‘chalariga to‘lanadigan ota-onalar badalidan ozod qilinadi;
3 yoshgacha farzandlari uchun nodavlat bog‘chalarga budjetdan subsidiyalar ajratiladi.
to‘liq quvvat bilan ishlamayotgan davlat bog‘chalariga 2 yoshdan 3 yoshgacha bolalarni pulli xizmat ko‘rsatish shaklida qabul qilishga ruxsat beriladi;
kechki smenada xotin-qizlar ishlaydigan korxona va tashkilotlar o‘z huzurida bog‘cha tashkil qilganda, ulardagi tarbiyachilarning ish haqi budjetdan qoplab beriladi. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida ichimlik suvidagi uzilishlar yuzasidan deputatlardan yordam so‘raldi
Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanidagi mahallalarda davom etayotgan o‘rganish jarayonlarida Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston “Adolat” SDP fraksiyasi rahbari Narimon Umarov hamda viloyatdan saylangan deputatlar ham faol ishtirok etmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuvlarning birinchi kunida fraksiya rahbari Narimon Umarov tumandagi “O‘zbekistonning besh yilligi” mahallasi aholisi bilan yuzma-yuz muloqotda bo‘ldi.
Mazkur mahallada 3 502 nafar aholi istiqomat qilib ular asosan chorvachilik va dehqonchilik bilan mashg‘ul. Mahallada 74 nafar fuqaro kam ta’minlangan oila sifatida ro‘yxatga olingan bo‘lib, Narimon Umarov dastlab asosiy e’tiborni ushbu oilalarning moddiy faravonligini oshirishga qaratdi. Shu maqsadda ularga davlat tomonidan tomorqa xo‘jaligini, chorvachilik va parrandachilikni rivojlantirish uchun ajratilayotgan imtiyozli kreditlar haqida ma’lumot berildi. Shu kunning o‘zida 12 nafar kam ta’minlangan fuqarolar deputatlar hamda mahalla fuqarolar yig‘ini ko‘magida hujjatlarni jamlab imtiyozli kredit olish uchun tijorat banklariga topshirdi va ularga qisqa fursatda kredit ajratilishi belgilandi.
Deputat bilan suhbatda mahalla fuqarosi Shavkat Abdusamadov o‘tgan yili o‘zining ham kam ta’minlangan oilalar ro‘yxatida bo‘lganini, tomorqasidagi olti sotix maydonga issiqxona tashkil etib, yerdan unumli foydalanayotgani bois, yaxshigina daromad qilib, bu yil zamonaviy uy bunyod etganini faxr bilan ta’kidladi.
Muloqot jarayonida mahalla fuqarolari Abrayev O‘ral, Rahmonov Abdusalim, Hamrayev Tojimurod, Karimova Nilufar mahallada sport maydonini qurish lozimligi, aholini suyultirilgan gaz balonlar bilan ta’minlash yetarli darajada emasligini hamda 1,5 kilometrga yaqin suv quvuri yaroqsiz holga kelib qolgani sababli ichimlik suvi ta’minotida uzilishlar bo‘layotganini aytib deputatlardan yordam so‘radi.
Tuman darajasida hal etilishi lozim bo‘lgan, tabiiy gaz bosimining pastligi, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketilishi kabi masalalar yuzasidan tegishli mahalliy davlat organlari va boshqa tashkilotlarga aniq taklif va tavsiyalar berildi hamda ularning bajaralishi nazoratga olindi. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
“Real” “yapon Messisi”ni yana ijaraga berishga qaror qildi
“Real” yarim himoyachisi Takefusa Kubo faoliyatini “Vilyarreal”da davom ettiradi. Bu haqda AS xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, madridliklar 19 yaponiyalik futbolchini sotib olish imkoniyatisiz bir yil muddatga ijaraga beradi.
Shuningdek, Kuboga “Granada”, “Selta” va “Osasuna” klublari da’vogarlik qilgandi, biroq futbolchining o‘zi klubning Yevropa Ligasida o‘ynashini hisobga olib, “Vilyarreal”ni tanlagan.
Ma’lumot uchun “yapon Messisi” 2019-yilning yozida “Tokio”dan “Real”ga kelib qo‘shilgan. U 2019/20-yilgi mavsumni ijara asosida “Malyorka”da o‘tkazdi. Kubo La Ligada 35 uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 5 ta golga hammualliflik qildi.
Kuboni nega “yapon Messisi” deyishadi deysizmi? Unda ushbu rolikni tomosha qiling (video) | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Venetsiyadagi toshqinda suvning sathi rekord darajaga ko‘tarildi (foto)
Shahar mahalliy hokimligi vakillari Venetsiyada suvning balandligi 187 santimetrgacha ko‘tarilganini ma’lum qildi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Venetsiyada har to‘rt yilda bu kabi toshqinlarning kuzatilishi va suv sathining ko‘tarilishi odat tusiga kirgan. Lekin odatga ko‘ra suv 110 santimetrdan balandga ko‘tarilmasdi va shaharning 10 foiz qismida toshqin muammosidan aziyat chekardi.
“187 santimetr. 1966-yildagi 194 santimetrlik rekorddan keyingi eng yomon natija”, — deya yozgan Venetsiya meriyasi Twitter’da. Mahalliy hokimlik vakillarining ma’lumotiga ko‘ra suv sathi 140 santimetrdan oshgan va shaharning 90 foiz qismini egallab olgan.
Uzoq davom etgan yomg‘irlar sabab Venetsiyada suv toshdi (foto)
Tvitga ilova qilingan sxemaga ko‘ra, suv sathi balandligi bir necha kun davomida goh kamayib goh ko‘payib turadi. Grafik bo‘yicha tunda suv sathining balandligi 145 santimetrgacha ko‘tariladi.
Venetsiya mahalliy hokimligi sayohat laynerlarining shaharga kirishini taqiqlagan. Shahar meri Luijo Brunyano suvning ko‘payishi global isish bilan bog‘liqligini qayd etdi va Italiya hukumatidan ko‘mak so‘raganini bildirdi.
Meriya Veneto viloyati boshqaruv organlaridan inqiroz holati, Rim hukumatidan esa favqulodda holat rejimi e’lon qilishni so‘ragan.
Suv toshqinlari oqibatida shaharda yashovchi ikki nafar fuqaro halok bo‘lgan. Suv ofatining birinchi qurboni 78 yoshli qariya bo‘lib, u suvga to‘lgan xonadonida elektrnasosni ishga tushirmoqchi bo‘lgan vaqtida tok urishi oqibatida vafot etgan. Yana bir qurbon esa Pellestrina mavzesida yashovchi fuqaro bo‘lgan. Shaharda maktablar yopilgan, telefon aloqasida uzilishlar kuzatilmoqda. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Mehnat vazirligida O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi
Shu kunlarda O‘zbekistonga Koreya Respublikasi Mehnat va bandlikka ko‘maklashish vaziri Li Gi Kvon boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi “Daryo”ga xabar beradi.
Tashrif doirasida Koreya tomoni O‘zbekiston Mehnat vaziri Aziz Abduhakimov bilan uchrashdi. Muzokaralar davomida tomonlar mehnat migratsiyasi, kasbiy ta’lim sohasidagi hamkorlik va idoralar vakolatiga kiruvchi boshqa masalalarning muhim jihatlarini muhokama qildi.
Muzokaralar yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi va Koreya Respublikasi Mehnat va bandlik vazirligi o‘rtasida bandlikka ruxsat berish tizimi bo‘yicha ishchi kuchini Koreya Respublikasiga yuborish to‘g‘risida anglashuv memorandumi imzolandi. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Alisher Usmonovga aloqador kompaniyalar «Kapitalbank» aksiyalariniing boshqaruv paketini qo‘lga kiritdi
8 fevral kuni Finance TCI «Kapitalbank» ustav fondidagi 3,85 foiz aksiyalar egasiga aylandi. Bu haqda Toshkent respublika fond birjasi ma’lumotlarida keltirilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Finance TCI Alisher Usmonovning USM xoldingining sho‘’ba korxonasi bo‘lgan «Telekominvest» bilan afillangan.
Rossiya kompaniyasi birja savdolari davomida qariyb 16,5 mln dona aksiyalar paketini sotib oldi, bu bank ustav fondining 3,85 foizini tashkil etadi.
Ayni paytda bank ustav kapitalining 61,54 foizi yoki 263,89 mln dona aksiyalar ushbu afillangan kompaniyalarga tegishli ekani ko‘rsatilgan. Ulardan 12,18% Finance TCI ulushiga, yana 49,36 foizi «Telekominvest» hisobiga to‘g‘ri keladi.
Bundan oldin Finance TCI bankning ustav fondidagi 8,33 foiz aksiyalarni 108,45 mlrd so‘mga sotib olgandi.
2021 yilning oktabr oyida Oybek Tursunov o‘zida mavjud bo‘lgan 52,43 million dona aksiyadan tashqari «Kapitalbank»ning 112,49 mln dona aksiyasini ham sotib olgandi va bank afillangan shaxslar ro‘yxatiga kirgandi. O‘shanda uning ulushi 50 foizni tashkil etgan bo‘lsa, bankning «Telekominvest» bilan shartnomadan so‘ng u 41,6 foizgacha pasaygan.
Birjada 2022 yilning 6 yanvaridan 18 yanvariga qadar «Kapitalbank» aksiyalar paketlari bilan 975,46 mlrd so‘mlik to‘qqizta bitim (har bir bitimda — 32,98 mln dona yoki bank ustav kapitalining 8,33 foizi), shu jumladan, 10 yanvarda «Telekominvest» qo‘shimcha 8,3 foiz aksiyalarni xarid qilgani qayd etilgan. Natijada, ushbu kompaniya aksiyalarning 25 foizi egasiga aylandi.
Avvalroq, prezidentning to‘ng‘ich kuyovi Oybek Tursunov «Kapitalbank»ning afillangan shaxslar ro‘yxatidan chiqarilgan edi. Uning o‘rniga ro‘yxat «Telekominvest» va unga qarashli Korus (Rossiya) kompaniyasi bilan to‘ldirilgandi.
Afillangan shaxslar — bank faoliyatiga ta’sir ko‘rsatishga qodir jismoniy va yuridik shaxslar. | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false |
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining:
2021-yil 24-sentabrda qabul qilingan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-774-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida”gi 1366-IV-sonli (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 9, 922-modda);
2021-yil 2-noyabrda qabul qilingan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi QL-824-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida”gi 1465-IV-sonli (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 11, 1071-modda);
2021-yil 3-dekabrda qabul qilingan “QL-774, QL-824 va QL-828-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini birlashtirish to‘g‘risida”gi 1596-IV-sonli (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 12, 1210-modda);
2021-yil 3-dekabrda qabul qilingan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida”gi 1597-IV-sonli (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 12, 1211-modda) qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
“Betmen Supermenga qarshi” filmining katta treyleri chiqdi (video)
Warner Bros.’ning San-Diyegodagi Comic-Con tadbirida Zak Snayderning “Betmen Supermenga qarshi: Adolat tongida” (Batman v Superman: Dawn of Justice) filmining treyleri namoyish qilindi. Bu haqda “Lookatme.ru” xabar beradi.
Comic-Con’da Ben Afflekning ta’kidlashicha, ish jarayonida u bu rolni ijro etgan oldingi aktyorlar timsolini hisobga olmaslikka uringan. Uning Betmeni “keksaygan” va “charchagan”.
Rolikda birinchi marta Leks Lyutor (Jessi Ayzenberg), Mo‘jiza ayol (Gal Gadot) va Alfred (Jeremi Ayrons) chiqadi. Shuningdek, filmda Akvamen (Jeyson Momoa), Flesh (Ezra Miller) va Kiborg (Rey Fisher) ishtirok etadi. Betmen rolni Ben Afflek, Supermenni esa Genri Kavill ijro etadi. | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
O‘zbekistonda 2021-yildan Nike va Adidas brendi ostidagi krossovkalarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi
Andijonda Nike va Adidas brendi ostida mahsulot ishlab chiqaruvchi zavod ishga tushadi. Bu haqda “O‘zcharmsanoat” uyushmasiga tayanib, Review nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2019-yil boshida Xitoyda Nike, Adidas brendi ostida krossovkalar ishlab chiqaruvchi Tianjin Zhongzhilihua kompaniyasi bilan SinoInternational MChJ o‘rtasida kelishuvga erishilgan. Ushbu brendlar ostida mahsulot ishlab chiqaradigan zavod Andijon viloyatida ishga tushadi.
Nike va Adidas krossovkalarini ishlab chiqaruvchi liniya 2021-yil 4-choragida ishga tushib, 2022-yilning 3-choragida to‘liq quvvatda ishlay boshlaydi. Zavodda yiliga jami 3 million juft sport poyabzali ishlab chiqarilishi kutilmoqda.
2019-yil boshida amalga oshirilgan Tianjin Zhongzhilihua kompaniyasi bilan SinoInternational MChJ o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, Andijon viloyatida 2020—2022-yildan bosqichma-bosqich (3 bosqichda) Nike va Adidas krossovkalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va Markaziy Osiyo davlatlariga tayyor mahsulotlarning 50 foizini eksportga yo‘naltirish rejalashtirilgan.
SinoInternational MChJ korxonasiga Andijon viloyati Asaka tumanidan 1 gektar yer maydoni ajratilgan bo‘lib, hozirda 1000 kvadrat metr joyga bino inshootlari qurilgan. Dastgohlar olib kelib o‘rnatilgan. Korxona 2020-yilning 4-choragida ishga tushgan.
Viloyatdagi ishsiz erkaklar va ayollarni ishga jalb qilgan holda hozirda sinov tariqasida 1 oyda 40 ming juft bolalar va o‘smirlar krossovkalari ishlab chiqarilmoqda.
Nike, Adidas krossovkalari talab darajasida ishlab chiqarilganidan so‘ng ishlab chiqarilgan mahsulotlarning 50 foizini Markaziy Osiyo davlatlariga eksport qilishni Tianjin Zhongzhilihua kompaniyasi o‘z zimmasiga olgan. Shu bilan birga, SinoInternational MChJ xalqaro yarmarkalarda ishtirok etish hisobiga 30 foizini boshqa davlatlarga va 20 foizini ichki bozorga sotishga kelishilgan.
Loyiha to‘liq ishga tushishi uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri 12 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ yo‘naltirilgan. Hozirda xorijiy investor tomonidan 6 million dollarlik investitsiya kiritilgan.
Avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyevning qarori bilan xorijda charm mahsulotlarini sotish uchun Multibrand do‘konlar tashkil etilishi to‘g‘risida xabar berilgandi. 2019-yilda “O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisi o‘rinbosari Farhod Nurmuhammedov O‘zbekistonda O‘rta Osiyo hududida teri va teridan mahsulot tayyorlanadigan markaz bo‘lishi uchun barcha imkoniyatlar mavjudligini aytgandi. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
O‘zbekiston va Turkmaniston ishbilarmonlar kengashining birinchi majlisi bo‘lib o‘tadi
2019 yilning 6 mart kuni Turkmaniston Savdo-sanoat palatasida O‘zbekiston elchisi Akmaljon Qo‘chqorov palata raisi Orazmirat Gurbannazarov bilan uchrashdi. Uchrashuvda savdo-iqtisodiy sohadagi O‘zbekiston-Turkmaniston hamkorligini yanada faollashtirish masalalari muhokama qilindi.
TIV xabariga ko‘ra, hamkorlikning yangi platformasi bo‘luvchi O‘zbekiston-Turkmaniston Ishbilarmonlar kengashi bitim 2018 yil 23 aprel kuni oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar yakuniga ko‘ra imzolangan edi.
Ta'kidlanganidek, yangi shakl doirasidagi faoliyat ikki mamlakat ishbilarmon uyushmalari o‘rtasida samarali hamkorlikni yanada mustahkamlash, qo‘shma konferensiyalar va ko‘rgazmalar tashkil etish, shuningdek, o‘zaro savdoni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Uchrashuv yakuniga ko‘ra Ishbilarmonlar kengashi birinchi majlisining kun tartibi va boshqa mazmuniy jihatlari muvofiqlashtirildi va tadbirni o‘tkazish muddati va joyini qisqa fursatda aniqlash bo‘yicha kelishuvga erishdilar. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Facebook’da Shavkat Mirziyoyev nomidan sahifa ochib, pul evaziga yordam berishni taklif qilgan shaxs ushlandi
IIV matbuot xizmati Facebook ijtimoiy tarmog‘ida O‘zbekiston Prezident Shavkat Mirziyoyev nomiga ochilgan soxta sahifadan foydalanib, firibgarlik holati sodir etilgani haqida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, noma’lum shaxs O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomidan Facebook ijtimoiy tarmog‘ida soxta profil ochgan. Ushbu profil orqali o‘zini O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari deb tanishtirib, fuqarolar bilan muloqotga kirishgan va turli masalalarda, xususan, uy-joy va bank kreditlari ajratish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatishni va’da qilgan.
O‘z xizmati evaziga u bank plastik kartasiga 50 ming so‘mdan 1,5 million so‘mgacha pul o‘tkazishni so‘ragan.
Olingan tezkor ma’lumotlar natijasida 5-fevral kuni Toshkent viloyati Chirchiq shahri hududida tezkor texnik qidiruv tadbirlari o‘tkazilib, ushbu noqonuniy harakatlarni Chirchiq shahar 3-kichik tumanida vaqtincha yashovchi 32 yoshli M.M. sodir etgani aniqlanib, telefon qurilmasi ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirib olingan.
Xabarda aytilishicha, M.M.ga nisbatan Chirchiq shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
14 iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
Milliy test tizimi atrofidagi mojarolar: Buxoro va Namanganda test savollari oldindan tarqalib ketgan
“Gazeta.uz” umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy test tizimi atrofidagi mojarolarni o‘rgandi. Buxoro va Namangan viloyatlarida test topshiriqlari imtihondan oldin tarqalib ketgan.
O‘zbekistondagi mobil aloqa abonentlari soni 27 millionga yaqinlashdi
O‘zbekistonda 1 aprel holatiga ko‘ra, mobil aloqa tizimiga ulangan abonentlar soni 26 mln. 953,5 mingtani tashkil etgan. Shu jumladan, aholida 24 mln. 795,4 mingta abonentni tashkil etgan.
Shavkat Mirziyoyev hafta oxirida Andijonga boradi
Prezidnet shu hafta oliy ta’lim sohasidagi islohotlar va joriy yilgi qabul jarayoniga tayyorgarlik bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazadi. Davlat rahbari 17−18 iyun kunlari Andijon viloyatiga boradi.
Raqqosalar bilan video uchun Sirdaryo hokimligi mas’ullariga ishdan bo‘shatish kabi qat’iy chora qo‘llanilishi aytildi
Sirdaryo viloyati hokimligi tuman mutasaddilariga restorandagi raqqosalar bilan video uchun ishdan bo‘shatish kabi qat’iy chora qo‘llanilishini qayd etdi. Ularga “jamiyatda yurish-turish qoidalariga amal qilgan holda davlat xizmatchisi sifatida namuna ko‘rsatishlari lozimligi” eslatib o‘tildi.
Jahon banki O‘zbekiston shaharlarini rivojlantirishga $100 mln ajratadi
Jahon banki Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi shaharlarning munitsipal xizmatlari va infratuzilmalarini yaxshilash ishlari uchun $100 mln ajratadi.
Jomboydagi maktabda sinfxonalarni o‘quvchilar ta’mirlayotgani aytilmoqda (foto)
Jomboy tumanidagi 28-maktabning 7−11-sinflarida tahsil oluvchi ayrim o‘quvchilar o‘z sinfxonalarini ta’mirlash ishlariga jalb qilingani aytilmoqda.
Tozalash inshootlaridan taralayotgan badbo‘y hid tufayli 22 kishiga nisbatan ish ochildi
Toshkentda oqova suvlarni tozalash inshootlariga texnik suvlarni oqizish holati bo‘yicha korxona va tashkilotlarning 22 nafar mas’uliga nisbatan ma’muriy ish qo‘zg‘atildi. Avvalroq, ayni shu sabab Sergeli tumanida badbo‘y hid taralayotgani haqida yozgan edik. Bir qator korxonalarning davlat ekologik ekspertizasi amal qilish muddatini oldindan to‘xtatish va shahar kanalizatsiya tarmog‘idan uzish maqsadida sudga da’vo arizasi kiritildi.
2021 yilgi Haj mavsumi ham xorijiy ziyoratchilarsiz o‘tadi
Saudiya Arabistoni 2021 yilgi Haj mavsumini xorijiy ziyoratchilarsiz, faqat mahalliy aholi uchun tashkil etilishi bo‘yicha qarorni qabul qildi. Bu Saudiya Arabistonidagi epidemiologik vaziyatning keskinlashuvi bilan bog‘liq. Hajga borishni rejalashtirgan o‘zbekistonliklarning navbati keyingi mavsum uchun saqlab qolinishi ma’lum qilindi.
“Otabek Sattoriy ishi”: Apellyatsiya shikoyati Samarqandda ko‘rib chiqiladi
Surxondaryolik bloger Otabek Sattoriy ishi bo‘yicha apellyatsiya shikoyati Samarqand viloyati sudida ko‘rib chiqiladi. Uning advokati ishni ko‘rib chiqish joyini o‘zgartirishni so‘rab, Oliy sudga ariza kiritdi.
Internetda tarqalgan video ortidan Sirdaryo tumani hokimi o‘rinbosari ishdan ketdi
Ijtimoiy tarmoqlarda raqqosalar bilan birga videosi tarqalgan Sirdaryo tumani hokimining o‘rinbosari Nurali Mirzayev va tuman obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Nozim Muratov o‘z arizasiga binoan egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Kattaqo‘rg‘onlik soliqchi voqeasi: marhumning yaqinlari unga kuch ishlatilganlikgini aytmoqda. Shifokor esa marhumning tanasida jarohat bo‘lmaganligini aytmoqda
Samarqand viloyatida YPX xodimlari tomonidan qo‘lga olinish chog‘ida vafot etgan tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosarining ishi bo‘yicha surishtiruvlar davom etmoqda. Marhumning qarindoshlari uning ikki qo‘lida barmoq izlari, bo‘ynida va yuzida shilingan jarohatlar borligini aytishmoqda. Jasadni tekshirgan shifokor esa uning tanasida jarohatlar ko‘rmaganligini, faqatgina o‘ng ko‘z atrofida kichkina shilingan joyi bo‘lganligini ta’kidladi.
“Qoidabuzarlikni to‘xtatish uchun vijdonimni sotishga ham tayyorman”. Adliya vaziri — YTHlarni suratga olish haqida
Adliya vaziri yo‘l harakati qoidalarini buzayotganlarni suratga olganlarni rag‘batlantirish tizimi haqida: “Agar jamoat joyida odam noqonuniy xatti-harakat bilan shug‘ullanayotgan bo‘lsa, [qoidabuzarlikni to‘xtatish uchun] kerak bo‘lsa, vijdonimni sotishga ham tayyorman”, — deya tushuntirdi. U huquqbuzarliklar haqida xabar berayotganlarni haroqat qilmaslikka chaqirdi va hozirgidek tinch zamonda yiliga minglab odamlar yo‘llarda o‘lib ketayotganini eslatib o‘tdi. | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false |
Suriyadagi kimyoviy hujumlarga Rossiya aybdor - AQSh
AQSh Davlat departamenti rasmiy vakili Xizer Nauertning ma'lum qilishicha, besh yil muqaddam Suriya hududida kimyoviy qurol yo‘q qilinishiga kafolat bergan Rossiya ro‘y bergan barcha hodisalarga mas'uldir. Bu haqda AQSh Davlat departamenti bayonotida aytiladi.
Nauertning so‘zlariga ko‘ra, AQSh kimyoviy qurol qo‘llanilishini qabul qilib bo‘lmas, deb hisoblaydi va uni qo‘llashda aybdor bo‘lgan barchani javobgarlikka tortishga harakat qilmoqda. Shuningdek, Suriyaning Sarakibasida xlor qo‘llanganiga Rossiya mas'ul ekanini bildiradi.
«Rossiya 2013 yilda butun dunyoga Suriyadagi kimyoviy qurol zaxiralari yo‘q qilinishiga kafolat bergandi. Yakunda aynan ushbu davlat bunday moddalar u yerda qo‘llanilayotganiga javobgardir», - deyiladi bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar tayyorlash haqida topshiriq bergandi. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Internet tarmog`ida Oq uy yaqinidagi yadroviy portlash oqibatlarini ko`rsatishdi (Video)
Amerikalik ekspertlar Vashingtondagi Oq uy yaqinida atom bombasi portlashi oqibatlarini modellashtirishdi, deya xabar berdi Lenta.ru nashri.
Buning uchun ular besh kilogrammli uran bilan to`yingan bombani portlatishni taxmin qilib ko`rishdi. Videorolikda radiasiyaning shahar bo`ylab tarqatilishi oqibatida 730 ming kishi jabr ko`rishi taxmin qilingan. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Abdulaziz Komilov Buyuk Britaniya elchisi bilan suhbatlashdi
26 yanvar kuni O`zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi elchisi Kristofer Allanni qabul qildi. Bu haqda TIV xabar bermoqda.Suhbat davomida O`zbekiston – Buyuk Britaniya kun tartibidagi ayrim masalalar, ilgari erishilgan kelishuvlarni tadbiq etishning amaliy jihatlari, shuningdek, tashqi siyosat idoralari rahbarlari darajasidagi bo`lajak uchrashuvlar ko`rib chiqildi. | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false |
“Huvaydo” turar joy majmuasida so‘nggi xonadonlar
Tayyor “Huvaydo” turar joy majmuasining 185 ta xonadonlaridan aksariyat qismi sotib bo‘lindi. Shoshiling! Hayratlanarli katta maydonga ega ajoyib xonadonlar tobora kam qolmoqda.
“Huvaydo” turar joy majmuasining afzalliklari:
Faqatgina “Huvaydo” turar joy majmuasida oddiy kirish yo‘lagi o‘rniga hashamatli Atrium bunyod etilgan. Atriumda Finlyandiyaning panoramali Kone liftlari o‘rnatilgan bo‘lib, mazkur Atriumdan chiqmagan holda yer osti avtoturargohga tushishingiz mumkin.
“Huvaydo” turar joy majmuasining savdo ofisiga xush kelibsiz. Biz dam olish kunlarisiz har kuni soat 09:00 dan 19:00 gacha ishlaymiz. Qurib bitkazilgan tayyor majmuani o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rib, sifatiga baho bering. Tashrif buyuring va bunga ishonch hosil qiling!
Batafsil ma’lumotlarni siz quyidagi telefon raqami orqali yoki savdo ofisiga tashrif buyurgan holda bilib olishingiz mumkin:
Telefon: (+99895) 194−00−40
Savdo ofisi manzili: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, al-Xorazmiy ko‘chasi, 60—65 uylar
Telegram
Facebook
Instagram
www.huvaydo.uz | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Meta korporatsiyasi O‘zbekistonda tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazmoqchi
Meta Platforms Inc. O‘zbekistonda Meta Pay tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazishga ariza berdi. Bu boradagi tegishli ma’lumot Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi bazasida paydo bo‘ldi, deb xabar beradi Spot.
Facebook, Instagram va WhatsApp’ni boshqaruvchi kompaniya 16-may kuni ariza bergan. Unda quyidagi faoliyat turlari ko‘rsatib o‘tilgan:
Meta Pay — Mark Sukerberg korporatsiyaning yangi nomi bo‘lib, o‘zining to‘lov tizimi uchun rebrending sifatida tanlangan. 2009-yildan hozirgi kunga qadar u Facebook Pay sifatida ishlab kelgan. Bu nom ostida 160 davlatga kirib borgan va 55 valyutada to‘lovlarni qabul qiladi.
Meta’ning moliyaviy texnologiya yo‘nalishi rahbari Stefan Kazrielning ma’lum qilishicha, Meta Pay foydalanuvchilar uchun “yagona hamyon”ga aylanadi. Uning yordamida kompaniyaning kelajakdagi metaolamiga oid raqamli predmetlar bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish mumkin bo‘ladi.
Bundan tashqari, servis muallif va bizneslarga mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yordam ko‘rsatishni va’da qilmoqda. Kazrielning so‘zlariga ko‘ra, Meta “har kimga jahon moliyaviy tizimidan foydalanish” imkoniyatini taqdim etishni o‘z missiyasi deb hisoblaydi, bu “moliyaviy inklyuzivlikka erishishni tezlashtiradi”.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning oktabrida Facebook kompaniyasining nomi Meta’ga o‘zgargandi. Mark Sukerberg The Verge’ga bergan intervyusida loyiha muvaffaqiyatli amalga oshsa, yaqin besh yil ichida kompaniya faoliyati ijtimoiy tarmoqlarga bog‘lanib qolmasligi va aynan metaolamga aloqador bo‘lishini qayd etgan edi. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Berdimuhamedovning jiyaniga aloqador Britaniya kompaniyasi kutilmaganda faoliyatini tugatdi
Buyuk Britaniyada ro‘yxatdan o‘tgan Delanore Limited kompaniyasining rahbari, Turkiya fuqarosi Asie Jeren Chap o‘z ixtiyori bilan kompaniya faoliyatini tugatish to‘g‘risida ariza topshirdi. Bu haqda “Turkmen.news” xabar berdi.
2021-yilning oktabr oyida “Pandora arxivi” hujjatlarining oshkor etilishi natijasida Delanore Limited kompaniyasining haqiqiy rahbari Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning jiyanlaridan biri Shomurod Rejepov ekani ma’lum bo‘lgandi.
Kompaniya Turkmaniston kimyo sanoati mahsulotlari va Turkmaniston neft-gaz sohasidagi davlat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan neft mahsulotlarining sotuvi bilan shug‘ullanardi. Uning faoliyatini tugatish to‘g‘risida 8-noyabrda berilgan ariza ikki oy ichida qanoatlantirilishi kerak.
Turkiyada 2020-yilda ochilgan boshqa Delanore kompaniyasi hamon o‘z faoliyatini davom ettirmoqda, deb yozadi “Turkman.news”.
Surishtiruvchi-jurnalistlar xalqaro konsorsiumi tomonidan e’lon qilingan “Pandora arxivi” hujjatlari dunyo siyosatchilarining moliyaviy jinoyatlarini fosh etadi. Hujjatlarga ko‘ra, Turkmaniston mineral o‘g‘itlar va neft-kimyo mahsulotlarining eksport-importida ishtirok etadigan kompaniyalarning asl egalari Gurbanguli Berdimuhamedovning jiyanlari Hojimurod va Shomurod Rejepovlar bo‘lib chiqqan edi.
Qayd etilishicha, Hojimurod Rejepov yashirincha Caran kompaniyasini boshqaradi, “Garabogazkarbamid” zavodida ishlab chiqariladigan karbamid o‘g‘itlari eksporti ushbu kompaniya orqali o‘tadi. Zavod 2018-yilda Yaponiya xalqaro hamkorlik bankidan olingan 1,16 milliard dollar qarz hisobiga qurilgan. Avvalroq Hojimurod Rejepov budjetdan oziq-ovqat uchun ajratilgan pulga o‘zi uchun 3 qavatli uy sotib olgani ma’lum bo‘lgan edi.
Hojimurodning ukasi Shomurod Rejepov esa yuqorida aytilganidek, Delanor kompaniyasiga aloqador. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Fotih Jalolov “O‘zbekfilm” rahbari etib tayinlandi
Taniqli aktyor, madaniyat vazirining sobiq o‘rinbosari Fotih Jalolov “O‘zbekfilm” aksiyadorlik jamiyati direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinandi.
Fotih Jalolov (chapda) va Hilol Nasimov (o‘ngda) — “Sardor” serialida.
“O‘zbekkino” milliy agentligining 6-noyabrdagi axborotiga ko‘ra, agentlik bosh direktori Furqat Zokirov bu haqdagi tegishli buyruqni 30-oktabr kuni imzolagan.
Fotih Jalolov bungacha uzoq vaqt davomida “O‘zbekkino” tizimida ishlagan, “O‘zbektelefilm” studiyasini boshqargan, shuningdek, Madaniyat va sport ishlari vazirligida mas’ul lavozimlarda mehnat qilgan.
54 yoshli Fotih Jalolov kino ixlosmandlariga “Bomba”, “Ayollar saltanati”, “Dilxiroj”, “Dev bilan pakana”, “Osmondagi bolalar”, “O‘yin” filmlari”, “Sardor” serialidagi rollari bilan tanilgan.
“O‘zbekfilm”ning avvalgi rahbari, taniqli rejissor va aktyor Hilol Nasimov oktabr oyi oxirida o‘z lavozimidan ozod etilgan edi. U kinostudiyaga 2016-yil aprelidan beri rahbarlik qilib kelayotgan edi. | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni 1037 kishiga yetdi
Qirg‘izistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 1037 kishiga yetdi. Bu haqda respublika COVID-19’ga qarshi kurashish shtabiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
“12-may holatiga ko‘ra, respublikada yana 21 kishida COVID-19 aniqlandi”, — deydi shtab vakili.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kasallikka chalingan yangi bemorlarning olti nafari tibbiyot xodimlari. O‘tgan bir sutka ichida 21 kishiga statsionarlardan javob berilgan.
Shunday qilib, Qirg‘iziston bo‘ylab koronavirusga chalinganlarning jami soni 1037 kishiga yetdi, ularning 241 nafari — tibbiyot xodimlari. Hozirga qadar 12 kishi COVID-19 qurboniga aylangan, jami 709 kishi sog‘ayishga muvaffaq bo‘lgan. Respublikada pandemiya boshlanganidan buyon koronavirusga qarshi 70 mingdan ortiq test olingan.
Eslatib o‘tamiz, 4-may kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti So‘ronboy Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot qilib, koronavirusga qarshi kurashdagi hamkorlik masalalarini muhokama qilgandi.
O‘zbekistonda esa 12-may soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 2509 nafarga yetdi. Mamlakatda koronavirus infeksiyasi ilk bor qayd etilgan 15-martdan buyon 1988 kishi kasallikdan sog‘aydi, 10 kishi esa infeksiya asoratlari oqibatida vafot etgan. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
“O`z bolasining qotili” degan isnoddan qo`rqib, murdani erto`laga ko`mib ustini sementlagan otaga hukm o`qildi
Ota-ona farzandi dunyoga kelishi bilan uni parvarish qilib, katta qiladi, kasal bo`lsa, davolaydi, ediradi, kiydiradi, oq yuvib, oq taraydi. Jigarbandini hayotda kerakli barcha narsalar bilan ta`minlashga harakat qiladi. Ammo besh qo`l barobar bo`lmaganidek, hayotda farzandining hayotiga zomin bo`lgan, guldek bolasining qotiliga aylangan insonlar ham uchrar ekan...
O`g`lining murdasini erto`laga ko`mdi
Sudlanuvchi Mahmud Asrorov (ism-shariflar o`zgartirilgan) 2018 yilning 27 avgust kuni soat 18:30 larda o`zi istiqomat qiladigan Yashnobod tumanidagi xonadonida o`g`li Mirali Asrorovni spirtli ichimlik ichganlikda ayblab, uni uy hovlisiga olib chiqadi. Ketmon dastasi bilan bosh qismiga, so`ngra chap biqini – qovurg`a ustiga bir necha marotaba urib, qasddan o`ldiradi. Keyin jinoyat izini yo`qotish maqsadida 2018 yil 28 avgust kuni murdani o`z uyining erto`lasiga ko`madi. 2018 yil oktyabr oyida, jinoyat fosh etilmasligi uchun murda ko`milgan joy ustini sement suvoq bilan qoplaydi. Marhumning singlisi Latofat Jumaeva akasi yo`qolganligi haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilganidan so`ng, 2019 yil oktyabr oyining oxirlarida qilgan jinoyati fosh bo`lmasligi maqsadida, uyda hech kim yo`qligidan foydalanib, erto`lagi sement suvoqni ko`chiradi. O`g`li Mirali Asrorovning murdasini kavlab olib, uyining tom qismiga yashiradi. Oradan vaqt o`tib, 2020 yil 14 fevral kuni murdani qo`shnisining tom qismiga olib o`tib, yashiradi.
“Qizimning gapidan yuragimga g`ulg`ula tushdi...”
Sud majlisida sudlanuvchi Mahmud Asrorov o`z aybiga to`liq iqror bo`lib, quyidagicha ko`rgazma berdi:
– Rafiqam vafot etgandan keyin o`g`lim bilan birga yashay boshladik. Qizim Latofat Jumaeva turmushga chiqib ketgan. O`g`lim Mirali Asrorovni jahl ustida o`ldirib qo`yganimdan so`ng 103 ga qo`ng`iroq qilmoqchi bo`ldim. Ammo qilmishim fosh bo`lishidan qo`rqdim. Qarindosh-urug`larni yig`ib, maslahat qilmoqchi ham bo`ldim, lekin qo`ni-qo`shnilarni oldida sharmanda bo`lishni, o`z bolasini o`ldiribdi, degan isnodga qolishni istamadim. Shu tariqa bir soatcha o`ylanib o`tirib, 20 yil ilgari bedarak yo`qolib, topilmagan amakimning o`g`li esimga tushdi. O`g`limning murdasini ko`chaga biror joyga tashlab kelmoqchi bo`ldim, ammo kimdir ko`rib qolishidan xavotirlandim. Shundan keyin murdani uy erto`lasiga ko`mdim. Hidi chiqmasligi uchun ustini sement bilan suvoq qildim. Qizim akasini so`raganda “G`azalkentga ishlashga ketdi”, deb aldadim. Oradan biroz vaqt o`tgach, Latofat yana akasini so`radi. Men uni “Mirali Rossiyaga ketganligi haqida kichkina qog`ozga yozib qoldirib ketibdi”, deb aldadim. 2019 yil may oyining o`rtalarida meni tuman ichki ishlar bo`limiga chaqirishdi. Borsam, qizim Latofat akasi bedarak yo`qolganligi yuzasidan ariza bergan ekan. IIB xodimi o`g`lim Miralining O`zbekistondan chiqmaganligini, chunki barcha chegara postlaridan ma`lumot olganligini aytib, uning qaerga ketishi mumkinligi haqida so`radi. Men xodimni chalg`itib, “Agar u Rossiyaga ketmagan bo`lsa, G`azalkentda ishlayotgan bo`lishi mumkin”, dedim. 2019 yilning oktyabr oyida Latofat uyga kelib, “Onam bilan akam tushimdan chiqmayapti. Akam erto`laga o`xshagan qorong`i joydan chiqolmay, yig`layapti”, dedi. Latofatning bu gapidan yuragimga g`ulg`ula tushdi. O`g`lim ko`milgan joyni kavlab, murdani tortdim. Murda chirib ketganligi bois, oyoq qismi uzilib, tuproq tagida qoldi. Men uning gavda qismini tortib olib, oq selofan paketga o`rab, tomga olib chiqdim. Ertasi kuni erto`lani kavlab, oyoq qismini ham topib, qolgan suyaklarga qo`shdim...
“Jazo tayinlashni sudga havola qilaman”
Sud majlisida jabrlanuvchining qonuniy vakili sifatida Latofat Jumaeva quyidagilarni ma`lum qildi:
– Akam Mirali Asrorovni oxirgi marotaba 2018 yilning iyul oyida ko`rganimda uning ko`zi ko`kargan, yuzlari shilingan edi. “Yana ota-bola urishdinglarmi?” deb so`raganimda, akam “Sen-ku, erga tegib qutulding, kaltak mening boshimda sinyapti” dedi. “Nimaga unaqa deyapsiz?” desam, “Otamga biz kerak emasmiz, u xotin olib, xotin qo`yish bilan ovora...” dedi. Shunda otamning “Akang na o`zi uylanadi, na meni uylanishga qo`yadi, uni o`ldirib tinchiyman shekilli...” degan gapi esimga tushdi. Oradan bir oy o`tib, uyga borganimda otamdan akamning qaerdaligini so`radim. Avval G`azalkentga, keyin Rossiyaga ishlashga ketganini, qo`ng`iroq qilib turganini aytdi. Akamning telefon raqamini so`raganimda, “Telefonim suvga tushib ketdi, qarasam akangning raqami o`chibdi” dedi. Shundan keyin otamdan shubhalana boshladim... Ayni paytda otamga nisbatan da`vom yo`q, jazo tayinlash masalasini sudga havola qilaman.
Hukm o`qildi
Sudlanuvchi JKning 97-moddasi 1-qismi bilan aybli, deb topildi. Unga nisbatan11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Sherzod EShMATOV, jinoyat ishlari bo`yicha Yashnobod tuman sudi sudyasi
Lola Shoimova, jurnalist | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | true | false |
Yaponiyaning Fukui prefekturasida 17 yil kuzatilmagan hodisa yuz berdi
Yaponiyaning Fukui prefekturasida 17 yil ichida ilk bor aprelda qor yog‘di. Tog‘li hududlarda hamda Ono shahrida qor qalinligi 7-11 smni tashkil qilgan, havo harorati esa fevraldagi me'yorga mos kelgan va 4-5 darajadan ko‘tarilmagan.
Meteorologlarning aytishicha, qor sohilda hosil bo‘lgan past bosim sohasi va sovuq havo oqimlari tufayli yuz bergan. Qorlardan keyin hududda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.
Mahalliy aholi ijtimoiy tarmoqlarda qor ostida qolgan gullayotgan sakuraning o‘nlab suratlari bilan bo‘lishishgan.
A post shared by hitomi (@ey0e1sh0u4) on Apr 7, 2018 at 6:01pm PDT | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Pentagon Eronning Ukraina Boeing’ini tasodifan zenit raketasida urib tushirgan deb hisoblamoqda
Eronda qulab tushgan “Ukraina xalqaro avialiniyalari” yo‘lovchi samolyoti Sobiq ittifoq davrida yaratilgan “Tor” zenit raketasi bilan urib tushirilgani taxmin qilindi. Bu haqda Pentagon, AQSh razvedkasi va Iroqdagi o‘z manbalariga tayanib Newsweek jurnali xabar bergan.
Nashr manbalari forslarning raketani tasodifan ishga tushirganini ta’kidlamoqda.
CBS News amerikalik siyosatchilarning fikricha, Ukraina samolyoti “Erib” havodan himoya kuchlari tomonidan urib tushirilgan. AQSh Eron radarining ishga tushganini qayd etgan, shuningdek, raketalarning faollashgani haqidagi ikkita chaqnash hodisasini aniqlagan. Ular taxminiga ko‘ra bu “Tor” zenit raketalarining havoga chiqarilganidan keyin kuzatilgan infraqizil nurlar chaqnashi.
CNN telekanali, AQSh hukumati Ukraina samolyoti Eronning raketa uchirishdagi xatosi tufayli qulagani haqidagi farazga qattiq ishonayotgani haqida xabar bergan. Ushbu taxmin Amerika razvedkasi yig‘ayotgan sun’iy yo‘ldosh, radarlar va elektron ma’lumotlar umumlashtirilishi natijasida paydo bo‘lgan. Associated Press nashri ham samolyotning Eron xatosi oqibatida qulagani haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilgan.
O‘z navbatida Eron fuqarolik aviatsiyasi tashkiloti samolyotning raketa vositasida urib tushirilganini inkor etmoqda. “Agar raketa yoki raketa snaryadi urib tushirganda samolyot erkin qulagan bo‘lardi”, — deya CNNga intervyu bergan tashkilot rahbari Ali Obidzoda.
IHS Markit kompaniyasi ham samolyotning “Tor” zenit raketasida urib tushirilganini xabar qilgan. Kompaniya tahlilchilari uchoq qulagan joydagi fotografiyalar va tasvirlarni o‘rganib shunday xulosaga kelgan.
Ukraina samolyotining Tehrondagi halokati. Eronning Iroqdagi AQSh bazalariga zarbasi. Asosiy ma’lumotlar
9-yanvarda Reuters agentligi AQSh, Kanada va nomi oshkor etilmagan Yevropa davlatlaridan birining razvedka xizmati bergan xabarlar asosida samolyotning texnik kamchilik oqibatida qulaganini aniqlagan. Amerika OAV, jumladan, CNN manbalari samolyotning qulashiga raketa uchirishdagi xato ham sabab bo‘lishi mumkinligi haqida xabar tarqatgan.
Ukraina xavfsizlik kengashi samolyotning qulashiga zenit raketasining urilishi, terakt yoki dvigatelda texnik nosozlik oqibatida yuz bergan portlash sabab bo‘lgani bo‘yicha versiyalarni o‘rganmoqda.
“Ukraina xalqaro avialiniyalari” (MAU)ning Boeing 737 samolyoti Tehrondagi Imom Xumayniy aeroportidan havoga ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay qulagan. Samolyot bortida 176 kishi bo‘lgan: ularning 82 nafari eronlik, 63 nafari kanadalik va 11 nafari ukrainalik. Yo‘lovchi va ekipaj a’zolaridan hech kim omon qolmagan. Iordaniyaning Al-Hadath nashri samolyot tasodifan Eron raketasi bilan urib tushirilgan bo‘lishi mumkin, deb yozgandi. Eron hukumati esa dvigateldagi alangalanish halokatga sabab bo‘lganini ma’lum qildi. Ukrainaning Tehrondagi elchixonasi terakt va raketa hujumi taxminlari ko‘rib chiqilmayotganini bildirdi. Dahshatli halokat tufayli Eron va Ukrainada 9-yanvar motam kuni deb e’lon qilindi | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
O‘zbekiston parranda naslchiligi va ozuqasi bo‘yicha Vengriya bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshiradi
Tuman hokimlari har bir sektorda kamida bittadan mini-inkubator, mahsulotlarni saqlash uchun muzlatkichlar tashkil etadi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 8-iyun, seshanba kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda davlat rahbari so‘z yuritdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.
“Isayev, Bo‘tayev, Kamalov, Sariyev, Soliyev, Tursunov, Z.Mirzayev, Bobolov bilan birga, ikki oyda quvvati kamida 20 ming tonnalik parranda go‘shti ishlab chiqarish loyihalarini boshlasin.
Umurzoqov, J.Xodjayev Abdurazzoqov, Turdimov, Bobolov bilan birga, bir oy muddatda Vengriya bilan parranda naslchiligi va ozuqasi bo‘yicha qo‘shma loyihalarni boshlasin.
Yana bir masala – Surxondaryoda boshlangan tajriba asosida aholi xonadonlarida parranda (tovuq, kurka, o‘rdak, g‘oz) yetishtirishga tuman sektor rahbarlari shaxsan mas’ul bo‘ladi. Bunda tuman hokimlari ikki oy muddatda xususiy sheriklik asosida har bir sektorda kamida bittadan mini-inkubator, mahsulotlarni saqlash uchun muzlatkichlar tashkil etadi.
Norqobilov bir oy muddatda Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini qayta tashkil etib, sharoitimizga mos, naslli xonaki parranda zotlarini yaratish bo‘yicha loyihani boshlasin. Qo‘mita jamg‘armasidan institutga naslli parrandani olib kelish, zarur jihozlar va uskunalar bilan ta’minlash uchun 10 milliard so‘m ajratiladi”, — dedi davlat rahbari. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Qozog‘istonga $63 millionlik o‘zbek mashinalari yetkazildi
2013-yilning yetti oyi davomida O‘zbekistondan Qozog‘istonga 62,8 million dollarlik 10 309 dona avtotransport vositasi yetkazib berildi. Bu haqda “Podrobno” agentligi Qozog‘iston Respublikasi Moliya vaziri o‘rinbosari Ruslan Dalenov ma’lumotlariga asoslanib xabar bermoqda.
Qozoq OAVlari ma’lum qilishicha, mamlakatda o‘zbek avtomobil sanoati Rossiyaning avtomobil ishlab chiqaruvchilaridan keyingi o‘rinni egallaydi. Joriy yilda “Made in Uzbekistan” yorliqli mashinalar sotuvi rekord darajadagi 93 foizga o‘sdi.
Ta’kidlash joiz, eng ko‘p sotiladigan o‘zbek avtomobili Nexia deb tan olindi. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Isroilda BMT xodimi ozodlikdan mahrum etildi
Isroil hukumati BMTning falastinlik xodimini G‘azo sektorida yetakchilik qiluvchi XAMAS harakatiga ko‘mak ko‘rsatgani sababli 7 oylik qamoq jazosiga mahkum qildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
2016 yil avgustda Isroil maxsus xizmatlari tarqatgan materiallarga ko‘ra, BMTning taraqqiyot dasturida ishlagan muhandis Vohid Bursh hibsga olingandan keyin xizmat mavqei va ish beruvchining resurslaridan foydalanib, XAMAS harbiy-dengiz kuchlari uchun prichal qurishda ko‘mak ko‘rsatganini tan olgan.
Bursh iyulda hibsga olingan. Shu bilan birga, Bursh sud bilan hamkorlik qilgani uchun keyingi haftada qo‘yib yuborilishi mumkin.
Avgust boshida Isroil hukumati G‘azo sektorida AQShning World Vision xayriya tashkilotining vakili – falastinlik Muhammad al-Halabiyni ushlaganini ma'lum qilgandi. U XAMAS jangarilariga gumanitar loyihalar byudjyetidan millionlab dollar berganlikda ayblanmoqda.
Isroil tashqi ishlar vaziri vakili al-Halabiy ustidan sud jarayoni davom etayotganini ma'lum qilgan. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Jahon banki O‘zbekistondagi ta'lim islohotlarini qo‘llab-quvvatlaydi
21 may kuni Toshkent shahrida Jahon banki (JB) ekspertlari "2018 yilgi dunyo taraqqiyoti: Ta'lim islohotlarini amalga oshirish vositasi sifatida" mavzuidagi ma'ruzasini taqdim qilishdi. Shuningdek O‘zbekistonda ta'lim sohasini rivojlantirish va kadrlar tayyorlash uchun zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Jahon banki matbuot xizmati KUN.UZ'ga shu haqida ma'lum qildi.
Taqdimotda Jahon banki ta'lim sektori rahbari Keyko Miva xonim, JBning Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha ta'lim sektori rahbari janob Kristian Aedo, shuningdek taraqqiyot iqtisodiyoti bosh direktori va bosh iqtisodchi vazifasi bajaruvchisi janob Shanta Devarayan ishtirok etishdi.
"2018 yilgi dunyo taraqqiyoti: Ta'lim islohotlarini amalga oshirish vositasi sifatida" mavzuidagi ma'ruza dunyodagi "ta'lim inqirozi"dan ogohlantiradi. U nafaqat qator mamlakatlardagi bolalar maktabga qatnashiga qaramay, zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lmayotganilarini namoyish qiladi, balki bu salbiy jihat surunkali tus olayotgan hamda shu mamlakatlar rivojiga to‘sqinlik qilayotgan muammolar ta'siridagi omillarni ham fosh qiladi.
Ma'ruzada dunyoning 20 mamlakatidagi hukumatlar, tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari, xususiy sektor vakillari bilan keng ko‘lamli maslahatlashuvlar davomida olingan ma'lumotlarga asoslanib, hukumatlar uchun uch tavsiya shakllantirilgan:
1. Ta'lim sifatini shunday baholash kerakki, toki u baholash mumkin bo‘lgan maqsadga aylansin
Rivojlanayotgan mamlakatlarning yarmidagina o‘rta maktabning boshlang‘ich va birinchi bosqichini tugallayotgan o‘quvchilar bilim sifatini baholash tizimi mavjud. Yaxshi ishlangan o‘quvchilarning yutuqlarini baholash tizimi o‘qituvchilarga tizimni boshqarishni takomillashtirish va ta'lim jarayoniga jamoatchilik e'tiborini qaratish imkonini beradi. Bu choralar taraqqiyot siyosati va kuzatuvi variantlarini tanlash, shuningdek murakkab vaziyatda qolgan bolalarni aniqlashda yordam berishi mumkin.
2. Maktablar bolalarning manfaatlari yo‘lida ishlashiga doir choralar ko‘rish
Bolalar maktabga tayyor bo‘lib kelishlari uchun kichik yoshdagi bolalarni oziqlantirish va rag‘batlantirishni ta'minlash orqali ularning aqliy salohiyatini rivojlantirish va o‘sishdan ortda qolish ko‘rsatkichlarini pasaytirib, barcha uchun birdek shart-sharoit yaratish. Ta'lim sohasiga iste'dodli kishilarni jalb qilish va ularni rag‘batlantirish, ustoz-shogird tizimidan foydalanib, o‘qituvchilarning malaka oshirishini tashkillashtirish. O‘qituvchilarga ta'lim berish jarayonida o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasini hisobga olishga yordam beruvchi texnologiyalarni qo‘llash va maktablar rahbariyati, jumladan ularning direktorlari salohiyatini oshirish.
3. Ta'lim olishdan manfaatdor barcha kishilarni mobillashtirish
Ta'lim tizimini isloh qilishda fuqarolar mobillashuvi va siyosiy tayyorgarlikni shakllantirish uchun barcha axborot va ko‘rsatkichlardan foydalanish. Manfaatdor tomonlarni, jumladan ishbilarmon doiralarni ta'limni barcha bosqichlarida qayta isloh qilish jarayoniga jalb qilish.
Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari janob Xideki Mori taqdimotdagi nutqida shunday dedi: "Ta'lim islohotlarini amalga oshirish yoshlarga nafaqat ertangi kun iqtisodiyotida raqobatlashish, balki ularning o‘z mamlakatlaridagi hayotni yaxshilash imkonini beradi. Shu sabab bilan Bank O‘zbekiston hukumatining ta'lim tizimini yaxshilashga yo‘naltirilgan sa'y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi". | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Bosh prokuratura va FTB o‘rtasida “yo‘l xaritasi” imzolandi
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Amerika Qo‘shma Shtatlariga rasmiy tashrifi doirasida bosh prokuror O.Murodov tomonidan AQShning ayrim huquqni muhofaza qiluvchi organlarida uchrashuvlar o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar berdi.
Xususan, Adliya departamentida AQSh bosh prokurori yordamchisi B.Shvarts bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda jinoyatchilikka qarshi kurash va tergov borasida o‘zaro yordam ko‘rsatish sohasida xamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Departament vakillariga O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan sud-xuquq islohotlari, 5 yillik rivojlanish Strategiyasi, nisbatan qisqa davr ichida erishilgan jiddiy yutuqlar to‘g‘risida ma'lumot berildi.
Amerika tarafi tomonidan yangilanishlarga ijobiy baho berilib, AQSh Adliya Departamenti va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi oldiga qo‘yilgan umumiy vazifalarni inobatga olgan holda o‘zaro xamkorlikni mustahkamlash zarurati va bunga qat'iy tayyorgarlik ifoda etildi.
Adliya Departamentining OPDAT va ICITAP dasturlari doirasida jinoiy ta'qib va kadrlarni o‘qitish sohasida salohiyatni oshirish yuzasidan ko‘mak ko‘rsatishga oid o‘zaro xamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Prezidentning Blair House (Bleyr Xaus) qarorgohida Federal tergov byurosining mutasaddi vakillari ishtirokida Bosh prokuratura va FTB o‘rtasida imzolangan o‘zaro anglashuv Memorandumini (Vashington, 04.12.2017 y.) amalga oshirish yuzasidan Dastur (“Yo‘l xaritasi”) imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
AQSh Ichki xavfsizlik departamenti Maxfiy xizmati ma'sul xodimlari bilan uchrashuvda o‘sib borayotgan tahdid va mazkur turdagi jinoyatlarning transmilliy xususiyatini inobatga olgan holda valyutaga oid jinoyatlar, qalbaki pul belgilari va boshqa to‘lov vositalarini tayyorlash va ulardan foydalanish hamda kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi.
2018 yil 15 martda Toshkentda Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti hamda Maxfiy xizmat o‘rtasida imzolangan o‘zaro anglashuv Memorandumining ijrosini amalda ta'minlash bo‘yicha vazifalar belgilab olindi. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Nursultan Nazarbaev koronavirusga chalindi
Qozog`istonning birinchi Prezidenti Nursultan Nazarbaev koronavirusga chalindi. Bu haqda uning matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, sobiq Prezident ayni paytda o`zini o`zi izolyasiyalash rejimiga o`tgan.
"Afsuski, oxirgi test Nazarbaevda infeksiyaning musbat natijasini ko`rsatdi. Xavotirga o`rin yo`q", deyiladi xabarda.
Anyi paytda Nursultan Nazarbaev masofadan ishlayapti.
Eslatib o`tamiz, Qozog`istonda so`nggi bir kunda 335 kishi koronavirusni yuqtirib olgan va hozirga qadar umumiy bemorlar soni 15 877 nafarni tashkil etmoqda. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Apple taqdimotida yangilangan Apple TV pristavkasi namoyish etildi
Apple kompaniyasi 9-sentabr kuni uzoq kutilgan taqdimotini o‘tkazdi va unda yangi iPhone 6s va iPhone 6s Plus, iPad Pro plansheti, Apple TV pristavkasi hamda Apple Watch uchun yangi bog‘ichlarni namoyish etdi, deya xabar bermoqda “Hi-tech.mail.ru”.
Apple TV pristavkasi yangilandi. Tim Kuk so‘zlariga ko‘ra, televideniyening kelajasi dasturlarda, shu tufayli mahsulotning rivojlanishi ham shu yo‘nalish bo‘yicha ketmoqda: kuchli korpus, rivojlangan operatsion tizim, yangi foydalanuvchilik tajribasi, ishlab chiqish vositalari va dasturlar do‘koni.
Yangi Apple TV 64 bitli Apple A8 chipi, Wi-Fi 802.11ac MIMO, IQ-port va Bluetooth 4.0’ga ega bo‘ldi. Noyob aksessuar — tachped, akselerometr va giroskopli Siri Remote simsiz boshqaruv pulti paydo bo‘ldi. Ovoz bilan boshqaruv va Siri aynan nimani qidirayotganingizni bilmasangiz ham, kerakli filmni topishga yordam beradi.
Pristavka iOS asosidagi tvOS operatsion tizimida ishlaydi. Xcode va Metal ishlab chiqish vositalari o‘z o‘rnida qoldi. | false | false | false | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false |
Istanbuldagi ko`p qavatli uyning qulashi oqibatida halok bo`lganlar soni 21 nafarga etdi
Istanbuldagi sakkiz qavatli binoning qulashi oqibatida halok bo`lganlarning soni 21 nafarga etdi.
Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu ma`lum qilishicha, vayronalar ostidan 14 nafar jarohatlanganlar olib chiqilgan. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, hodisa vaqtida binoda 35 kishi bo`lgan va ularning barchasi aniqlandi. Qidiruv-qutqaruv ishlari esa davom ettiriladi.
Avvalroq, Istanbul hokimi Ali Erlikayya qutqaruv amaliyotida turli idoralardan 500 ga yaqin xodimlar ishtirok etganini, prokuratura favqulodda holat bo`yicha tergov o`tkazganligini ma`lum qilgan edi. Binoning qulashiga ehtimoliy sabab sifatida esa yuqori qavatlardagi noqonuniy qurilmalar keltirilmoqda.
Turkiyaning atrof-muhit va shaharsozlik vaziri Murat Qurumning aytishicha, uyning qurilishida ishlatilgan betonda katta miqdorda dengiz qumi topilgan. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
YeI Erondan sanksiyalarni olib tashlash bo‘yicha choralar qabul qilinishini ma’lum qildi
Yevropa Ittifoqi 18-oktabr, yakshanba kuni Eron Islom respublikasidan barcha sanksiyalarni olib tashlashga qaratilgan zarur protsessual choralarni qabul qildi. Bu haqda “Interfaks” Yevropa diplomatiyasi rahbari Federika Mogerini ma’lumotiga tayanib xabar berdi.
Shu bilan bir paytda, uning so‘zlariga qaraganda, Eron yadro dasturi kelishuvi doirasida zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarmaguncha, ushbu chora amalga oshirilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenti Barak Obama 18-oktabr kuni Eron yadro dasturi yuzasidan erishilgan kelishuvga muvofiq unga nisbatan qo‘llanilgan Amerika sanksiyalarini olib tashlash uchun barcha zaruriy qo‘shimcha chora-tadbirlarni qabul qilish haqida topshiriq berdi. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Sport faoliyati bakalavriat ta'lim yo‘nalishida o‘qish muddati 3 yil etib belgilandi
“2020/2021 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabariga ko‘ra, prezident qarori bilan “Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)” bakalavriat ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qish muddati uch yil etib belgilandi.
Qayd etilishicha, bu sport sohasida oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash jarayonini optimallashtirish maqsadida amalga oshirildi. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
JSST maymunchechak nomini o‘zgartirishga qaror qildi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) butun dunyo mutaxassislari bilan birga maymunchechak virusi (monkey pox), uning tarmoqlari va u keltirib chiqaradigan kasallikning nomini o‘zgartirish ustida ishlamoqda. Bu haqda JSST bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus matbuot anjumanida ma’lum qildi.
JSST aniqlik kiritishicha, kasallikning nomi tashkilot tavsiyalariga mos kelmaydi, tavsiyalarga ko‘ra, nomlashda hududlar va hayvonlar nomini ishlatmagan yaxshiroq.
Kasalliklarni nomlashda har qanday “madaniy, ijtimoiy, milliy, mintaqaviy, kasbiy yoki etnik guruhlar”ni ranjitish ehtimolidan qochishi kerak, deya ta’kidladi tashkilot vakili.
Avvalroq bir guruh olimlar maymunchechak kasalligining nomini o‘zgartirish talabi bilan chiqqandi. Ular buni “diskriminatsiya” va ushbu virus Afrika bilan bog‘liq degan qarashlarga “yorliq yopishtirish” deb atagan. Ularning aytishicha, ortib borayotgan dalillar to‘plami virus uzoq vaqt davomida odamdan odamga sezdirmasdan yuqib kelayotganini ko‘rsatmoqda, ammo ommaviy axborot vositalari hozirgi epidemiyani Afrika mamlakatlari bilan bog‘lashga urinishda davom etmoqda. Bundan tashqari, OAV Yevropadagi epidemiya haqidagi maqolalarni muntazam ravishda afrikalik bemorlarning fotosuratlari bilan chop etmoqda.
Maymunchechakning hozirgi epidemiyasi haqida ma’lumot 2022-yil may oyida paydo bo‘lgan. 8-iyun holatiga ko‘ra, maymunchechak odatda keng tarqalmaydigan 28 mamlakatda, avvalo Yevropa va Amerikada 1285 kishida ushbu kasallik tasdiqlangan. Virus keng tarqalgan Afrikada esa yil boshidan buyon 1536 ta kasallanish holati ma’lum bo‘lib, 72 kishi uning oqibatida vafot etgan.
O‘zbekiston Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov 23-may kuni O‘zbekistonda maymunchechak qayd etilmagani haqida aytib o‘tgandi. “Ayni paytda JSST tavsiyalaridan kelib chiqib bu infeksiyaning yurtimizga kirib kelmasligi uchun zarur choralarni ko‘ryapmiz”, — degandi u. Keyinroq u O‘zbekistonga maymunchechak kirib kelishi ehtimoli mavjud, lekin tarqalish xavfi juda pastligini ma’lum qilgandi. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Yuliy Yusupov: Erkin konvertatsiyaning joriy etilishi buyruqbozlik boshqaruv tizimining “belini sindirish” imkonini beradi
Ilgari xabar qilinganidek, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 2-sentabrdagi “Valyuta siyosatini erkinlashtirish bo‘yicha dastlabki choralar to‘g‘risida”gi farmoniga asosan, 2017-yil 5-sentabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari — jismoniy shaxslardan valyuta almashtirish shoxobchalarida erkin ravishda valyuta sotib olish boshlanadi. “Kommersant.uz” saytida iqtisodiyotchi Yuliy Yusupovning mazkur yangilikka munosabati e’lon qilindi.
Iqtisodiyotchilar zarurligi haqida ko‘pdan (1996-yildan) beri gapirib kelgan narsa amalga oshdi!
O‘zbekistonda nihoyat milliy valyutaning joriy operatsiyalar bo‘yicha erkin konvertatsiyasi joriy etildi!
Ha, jismoniy shaxslar hozircha valyutani naqd ololmaydi — u faqat kartaga o‘tkaziladi. Lekin buning hal etilishi vaqt masalasi ekanligiga ishonchim komil. Yuridik shaxslar esa import, tushum repatriatsiyasi, kreditlarni yopish uchun valyutani to‘siqsiz sotib olish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
Joriy operatsiyalar bo‘yicha erkin konvertatsiyaning joriy etilishi, nihoyat, aksilbozor buyruqbozlik boshqaruv tizimining “belini sindirish”, iqtisodiyotimizdan hayotiy kuchni so‘rib olayotgan ko‘plab “yog‘li joylar” uchun asoslarni vayron etish, tadbirkorlik rivoji yo‘lidagi ko‘plab to‘siqlarni bartaraf qilish, iqtisodiy islohotlarni davom ettirish uchun yo‘l ochish imkonini beradi.
Va bu faqat boshlanishi. Hali juda ko‘p ish qilish kerak. Oldinda bank, soliq, tashqi savdo, ma’muriy, agrar va boshqa islohotlar turibdi, samardor raqobat muhiti shakllanishi va xususiy mulk huquqini himoya qilish bo‘yicha tizimli choralar ko‘rish kerak.
Ammo biz bu yo‘ldan o‘tib, madaniyatli, raqobatbardosh, boy iqtisodiyot yaratamiz!
Janob amaldorlarga ham bir-ikki og‘iz yoqimli gap aytgim kelyapti.
Noma’lumlik ishbilarmon faolligini o‘ldiradi, aniqrog‘i, uni faqat bir tomonga yo‘naltiradi: qanday qilib jamg‘armani saqlab qolish va qanday qilib biror nima bilan spekulyatsiya qilish. Oxirgi oylarda tadbirkorlarimiz nima bilan shug‘ullandi? Kimdir shosha-pisha dollar, kimdir, aksincha, so‘m xarid qildi, kimdir shosha-pisha kredit oldi, kimdir hech narsaga qaramay ko‘chmas mulk, texnika va h.k. sotib oldi. Real iqtisodiyot esa to‘xtab qoldi. Real ish bilan shug‘ullanishni hech kim xohlamadi va shug‘ullana olmas ham edi, negaki bir-ikki oydan so‘ng mamlakatda nima bo‘lishi tushunarsiz edi.
Shuning uchun, janob amaldorlar, agar iqtisodiyotimizni ko‘mishni xohlamasangiz,
1) imkon qadar maksimal ochiq va tushunarli siyosat yuriting, jamoatchilikni nima qilayotganingiz va qilmoqchiligingizdan boxabar qiling;
2) valyuta liberallashuvi singari islohotlarni (yana imkon qadar) bir lahzada va tez o‘tkazing, bu “rohat”ni uzoq oylarga cho‘zmang. Agar bosqichma-bosqich ishlashda qandaydir plyuslar bo‘lsa ham, ular noma’lumlik tufayli real ishbilarmon faollikning tushib ketishi bilan bog‘liq ko‘plab minuslar bilan yo‘qqa chiqariladi. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Turkiyadagi o‘zbekistonlik talabalar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
22 dekabr kuni Istanbulda Turkiyada tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalarning uchinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir O‘zbekiston yoshlar umumjahon assotsiatsiyasi Turkiya vakilligi va Turkiyadagi o‘zbekistonlik talabalar jamiyati tomonidan tashkil etildi. Istanbulning Uskudar tumani hokimligi tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, uchrashuvni o‘tkazish uchun joy va sharoitlar yaratildi.
Unda ishtirok etish uchun mamlakatning 16 ta viloyatidagi 30 dan ortiq universitetlarda tahsil olayotgan 350 nafardan ziyod o‘zbekistonlik talabalar tashrif buyurdi. O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasining bevosita amaliy ko‘magi bilan barcha olis viloyatlardagi universitetlar ma’muriyatlari o‘zbekistonlik talabalarning Istanbulga uyushgan holda borib-kelishlari uchun maxsus avtobuslar tashkil etdi.
Dastlab boshqa viloyatlardan kelgan talabalar uchun Istanbulning eng bahavo va baland Chamlija tepaligida nonushta tashkil etildi. Yigit-qizlar tabiat qo‘ynida nonushta qilib, yaqindan tanishdi, fikr almashdi.
So‘ngra muddatidan oldin saylovda ishtirok etmagan talabalar O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligi saylovida ishtirok etdi.
«An’anaviy ravishda o‘tkazib kelinayotgan uchrashuvni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad yoshlar bir-birlari bilan tanishishlari, Turkiyadagi ta’lim va yashash sharoitlari bo‘yicha o‘zaro fikr almashishlariga sharoit yaratishdan iborat edi, — dedi O‘zbekiston Yoshlar umumjahon assotsiatsiyasining Turkiyadagi vakili Ergash Jumayev. — Bundan tashqari, tadbir doirasida muddatidan oldin saylovda ishtirok etmagan talabalarga O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligi saylovida ishtirok etish uchun imkoniyat berildi».
Uchinchi o‘zbekistonlik talabalar uchrashuvining asosiy tadbirlari Uskudar yoshlik markazida bo‘lib o‘tdi. Tadbir shu yilning 18 dekabr kuni Toshkentda metro qurilishi vaqtida sodir bo‘lgan tuproq o‘pirilishida vafot etgan yurtdoshlarimiz xotirasiga Qur’on tilovati bilan boshlandi. Tabrik so‘zlaridan so‘ng Turkiyaning Xorijiy turklar va qardosh jamiyatlar bosh boshqarmasi vakili Janer Suleyman hamda eng faol talabalarga O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining maxsus sovg‘alari taqdim etildi.
Uchrashuvda o‘zbek va turk tillarida kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, o‘zbekona osh tortildi. | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false |
Dunyodagi eng katta Qur`on nusxasi namoyish etiladi
Shu yil 2 oktyabr kuni alyuminiy materialga ishlangan dunyodagi eng katta hajmdagi Qur`oni karim nusxasi “Dubay Ekspo 2020” xalqaro ko`rgazmasida namoyish etiladi. Uni pokistonlik xattot ko`chirgan. Bu haqda O`zbekiston Musulmonlari idorasi xalqaro aloqalar bo`limi xabar qilmoqda.
Pokistonlik rassom besh yil oldin alyuminiy materialga Qur`on oyatlarini yaltiroq harflar bilan o`yib chizgan. Bu alyuminiyga yozilgan 1400 yillik Islom tarixidagi dunyodagi eng katta Qur`oni karim nusxasidir. Rassom ilgari xuddi shunday shriftda alyuminiy va oltindan Allohning 99 ta go`zal ismlarini o`yib yozgan.
Shahid Razod besh yil oldin boshlagan loyihasini bu yil olti oy davom etadigan “Dubay Ekspo 2020” ko`rgazmasida namoyish etadi.
Ma`lumot uchun: Shahid Razam 2000 yilda Al Ayn universitetining «Yil rassomi» mukofotiga sazovor bo`lgan.
Qur`oni karimning alyuminiy materialga o`yib yozilgan ushbu nusxasi ramkadan tashqari uzunligi 8,5 fut (259 sm) va kengligi 6,5 fut (198 sm). Har bir sahifasi 150 so`zdan iborat bo`lib, ularning umumiy soni 550 tani tashkil qiladi.
Eslatib o`tamiz, “Dubay Ekspo 2020” ko`rgazmasi o`tgan yil oktyabr oyida bo`lib o`tishi kerak edi, ammo pandemiya tufayli qoldirilgandi.
Xalqaro ko`rgazma shu yilning 1 oktyabridan 31 martigacha 182 kun davomida o`tkaziladi. Unda 25 milliondan ortiq tashrif buyuruvchilarni qabul qilishi kutilmoqda. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
The Telegraph: «Putinning Poroshenko urushni pul tufayli boshlaganiga ishonchi komil»
«Vladimir Putin Vengriya yetakchisi Viktor Orban bilan uchrashuv davomida Ukraina mamlakat janubi-sharqida AQSh yangi prezidenti e'tiborini tortish uchun harbiy harakatlarni olib borayotganini aytib o‘tdi, - deb xabar beradi Budapeshtdan The Telegraph nashri muxbiri Robert Olifant. – Kiyev mablag‘larga ehtiyoj sezmoqda va ularni faqatgina harbiy harakatlarni kuchaytirish orqali olish mumkinligini yaxshi tushunadi».
«Putinning fikricha, ukrainalik harbiylar bu holatda xuddi qurbondek ko‘rinishlari lozim – bu Amerikani Ukrainadagi mojaroga tortish bo‘yicha nazariy imkoniyatni beradi. Kreml egasi Ukraina harbiy kuchlari va ular bilan ixtilofga kirganlar o‘rtasidagi jangovar harakatlarning hozirgi keskinlashuvi aniq bir shaxsning buyurtmasi tomonidan amalga oshirilganiga va uning ismi – Pyotr Poroshenko ekaniga ishonchi komil».
Jurnalistning ta'kidlashicha, «jangovar harakatlar Avdeyevka aholi punktini o‘qqa tutish bilan boshlandi va unda tomonlar bir-birini ayblamoqda». | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Dunyoning eng mashhur manzaralaridan biri yo`q bo`lib ketishi mumkin
AQShning Kaliforniya shtati hukumati yong`in sababli Napa vodiysidan mingga yaqin kishini evakuasiya qildi.
Ushbu vodiy manzarasi barchamizga Windows XP operasion tizimining ishchi stolidagi surat sifatida tanish.
“ITAR-TASS” agentligining xabar qilishicha, tabiiy ofat bilan kurashish uchun mingdan ortiq mutaxassislar va aviasiya jalb qilingan. Ammo, olov katta maydon bo`ylab tarqalishda davom etmoqda. Hozirga kelib yong`in egallagan maydon 2 ming gektarni tashkil qilmoqda. Alanga beshta turar joy binosini vayron qilib bo`ldi.
Shtatda kuzatilayotgan quruqchilik va shamol ahvolni yanada qiyinlashtirmoqda.
Napa okrugi polisiyasi yong`in sabablarini aniqlamoqda. Ataylab o`t quyilishi tahmini ham ko`rib chiqiladi.
Napa o`zining uzumzorlari bilan mashhur.National Geographic jurnalining 69 yoshli suratkashi Chak O'rira bu suratni 2003 yil do`sti (hozirda turmush o`rtog`i) Dafna Larkin uyiga ketayotganda suratga olgan. U manzarani ko`rib mashinadan tushgan va bir necha surat olgan. Keyinchalik Chakning agenti Microsoft kompaniyasi uning suratini xarid qilmoqchi ekanligini aytgan. Chak o`z gonorarini sir tutmoqda. Ammo, uning surati dunyodagi eng qimmat surat bo`lganligi ma`lum. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
«Ajdodlarimizning donishmandlik an’analariga amal qilib, qat’iy islohotlarni amalga oshirmoqdamiz»
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19 sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida nutq so‘zladi. «Gazeta.uz» davlat rahbari nuqtini bir oz qisqartirgan holda havola etmoqda.
Mamlakatning yangi qiyofasini shakllantirish
Bugungi kunda O‘zbekiston jadal rivojlanmoqda. Biz ajdodlarimizning donishmandlik an’analariga amal qilib, teran anglagan holda, qat’iy islohotlarni amalga oshirmoqdamiz, mamlakatimizning yangi qiyofasini shakllantirish yo‘lidan bormoqdamiz.
Jamiyatimizda siyosiy faollik ortib bormoqda, barcha sohalarda chuqur islohotlar amalga oshirilmoqda. Ulardan ko‘zlangan maqsad — «Inson manfaatlari hamma narsadan ustun» degan oddiy va aniq-ravshan tamoyilni amalga oshirish ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgan demokratik davlat va adolatli jamiyat barpo etishdan iborat.
Umumxalq muhokamasidan so‘ng besh yilga mo‘ljallangan O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi qabul qilindi. Bu strategiyani ishlab chiqishda biz o‘zimizga chetdan nazar tashlab, salohiyat va imkoniyatimizni xolis baholash bilan birga, xato va kamchiliklarimizni ham atroflicha tanqidiy tahlil qildik.
Xalq hokimiyatini nomiga emas, amalda joriy etish
2017 yil mamlakatimizda Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb e’lon qilindi.
Bizning maqsadimiz — yurtimizda xalq hokimiyatini nomiga emas, balki amalda joriy qilish mexanizmlarini mustahkamlashdan iborat.
Ishonchimiz komil: xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak.
Mamlakatimizning barcha hududlarida Prezidentning Virtual va Xalq qabulxonalari tashkil etildi. Hozirgi kunga qadar bir milliondan ortiq fuqarolarimiz bu qabulxonalar orqali o‘zlarining dolzarb muammolarini hal qildi.
O‘tmish qoldiqlaridan voz kechish
Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlikda bolalar mehnati va majburiy mehnatga barham berish bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rildi.
BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari janob Al-Husaynning tashrifi yakunlari bo‘yicha inson huquqlarini himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash yuzasidan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi.
Odamlarning erkin harakat qilishini cheklaydigan xorijga chiqish vizalari singari umrini mutlaqo o‘tab bo‘lgan o‘tmish qoldiqlari bekor qilindi.
Inson huquqlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha milliy va xalqaro nodavlat tashkilotlar bilan ochiq muloqotimiz faollashib bormoqda.
Insonparvarlik tamoyillaridan kelib chiqib, shaxsni qamoqda saqlash bilan bog‘liq ko‘plab holatlar qayta ko‘rib chiqildi.
Ekstremizm g‘oyalari ta’siriga tushib qolgan, to‘g‘ri yo‘ldan adashgan fuqarolar ijtimoiy reabilitatsiya qilinmoqda, ularni sog‘lom hayotga qaytarish uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda.
Endilikda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasidagi barcha huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati parlament va fuqarolar tomonidan doimiy nazorat qilib borilmoqda.
Mamlakatimizda siyosiy partiyalar, fuqarolik jamiyatining roli ortib bormoqda, sud organlarining chinakam mustaqilligi ta’minlanmoqda.
Ommaviy axborot vositalarining o‘rni sezilarli darajada ortib bormoqda.
Xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va qudratli bo‘ladi
Iqtisodiyot tizimini liberallashtirish, qulay investitsiya muhitini yaratish amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarning eng muhim yo‘nalishlaridir.
Biz oddiy bir xaqiqatdan kelib chiqmoqdamiz: xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va qudratli bo‘ladi.
O‘zbekiston shu oyning boshidan milliy valyutani erkin konvertatsiya qilish tizimiga to‘liq o‘tdi. Bu borada aholi uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarni yumshatish bo‘yicha barcha zarur choralar ko‘rildi.
Mamlakatimizda ilk bor tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha Ombudsman instituti joriy etildi. Biznes sohasidagi soliqlar sezilarli ravishda qisqartirildi, kredit olish imkoniyatlari kengaytirildi.
Yangi erkin iqtisodiy zonalar tashkil etildi, ularda investorlarga keng imtiyozlar yaratib berildi.
Xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlik muvaffaqiyatli rivojlanmoqda, biz Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan sheriklik aloqalarini yangitdan tikladik.
BMTni bosqichma-bosqich isloh etish
Biz qat’iy ishonamiz, Birlashgan Millatlar Tashkiloti bundan keyin ham xalqaro munosabatlarda hal qiluvchi o‘rin tutadi.
O‘zbekiston ushbu tashkilotning bosqichma-bosqich isloh etilishi tarafdoridir. Biz Xavfsizlik Kengashini bugungi kun talablariga mos ravishda kengaytirish zarur, deb hisoblaymiz.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining yangi rahbariyati tomonidan tashkilotni boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlarni qo‘llab-quvvatlaymiz.
Ishontirib aytmoqchiman, O‘zbekiston BMTning tuzilmalari bilan hamkorlikni bundan keyin ham izchil davom ettiradi.
Biz janob Bosh kotib Antoniu Guterrishning yaqinda O‘zbekistonga tashrifi yakunlari bo‘yicha ishlab chiqilgan «yo‘l xaritasi"ning amaliy ijrosini ta’minlash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘ramiz.
Tashqi siyosatda ustuvor yo‘nalish — Markaziy Osiyo
O‘zbekiston bugungi kunda o‘zining tashqi siyosatida Markaziy Osiyo mintaqasiga ustuvor ahamiyat qaratmoqda. Bu — har tomonlama chuqur o‘ylab tanlangan yo‘ldir.
Markaziy Osiyoning qoq markazida joylashgan O‘zbekiston ushbu mintaqa barqarorlik, izchil taraqqiyot va yaxshi qo‘shnichilik hududiga aylanishidan bevosita manfaatdordir.
Tinch-osoyishta, iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan Markaziy Osiyo — biz intiladigan eng muhim maqsad va asosiy vazifadir.
O‘zbekiston o‘zaro muloqot, amaliy hamkorlik va yaxshi qo‘shnichilikni mustahkamlashning qat’iy tarafdoridir.
Biz Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hech istisnosiz barcha masalalar bo‘yicha oqilona murosa asosida hamkorlik qilishga tayyormiz.
Birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz tufayli keyingi oylarda mintaqamizda siyosiy ishonch darajasi sezilarli darajada oshdi. Ko‘plab masalalar bo‘yicha prinsipial jihatdan muhim yechimlar topishga erishildi.
Sentyabr oyining boshida O‘zbekiston — Qirg‘iziston davlat chegaralari to‘g‘risidagi shartnoma imzolanishi tom ma’noda muhim voqea bo‘ldi.
Tomonlar o‘z siyosiy irodasini, o‘zaro maqbul qarorlar qabul qilishga tayyor ekanini namoyon etgani tufayli o‘tgan yigirma olti yil davomida birinchi marta ushbu g‘oyat nozik masala bo‘yicha katta natijaga erishildi.
Bir so‘z bilan aytganda, o‘tgan qisqa vaqt mobaynida mintaqada mutlaqo yangi siyosiy muhit yaratishga erishildi.
Bu tendensiyaning mustahkamlanishi Markaziy Osiyo davlatlari Prezidentlari muntazam uchrashuvlar o‘tkazishi uchun imkoniyat yaratgan bo‘lur edi, deb hisoblayman.
Biz noyabr oyida Samarqandda Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida o‘tkaziladigan «Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik» mavzusidagi yuqori darajadagi xalqaro anjumanda mintaqadagi fundamental muammolarni muhokama qilishni rejalashtirganmiz.
Ushbu anjuman yakunida biz Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining Markaziy Osiyo davlatlarining xavfsizlikni ta’minlash va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga doir maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish taklifini kiritishni mo‘ljallaganmiz.
Suv masalasi
Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash bilan bog‘liq muammolar to‘g‘risida so‘z yuritar ekanmiz, mintaqaning umumiy suv zaxiralaridan oqilona foydalanish kabi muhim masalani chetlab o‘tolmaymiz.
BMT Bosh kotibining «suv, tinchlik va xavfsizlik muammolari o‘zaro chambarchas bog‘liq», degan pozitsiyasini to‘la qo‘llab-quvvatlaymiz.
Ishonchim komil, suv muammosini hal qilishning mintaqa mamlakatlari va xalqlari manfaatlarini teng hisobga olishdan boshqa oqilona yo‘li yo‘q.
O‘zbekiston BMTning preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi tomonidan ishlab chiqilgan Amudaryo va Sirdaryo havzalari suv resurslaridan foydalanish to‘g‘risidagi konvensiyalar loyihalarini qo‘llab-quvvatlaydi.
Bugungi kunning eng o‘tkir ekologik muammolaridan biri — Orol halokatiga yana bir bor e’tiboringizni qaratmoqchiman.
Mana, mening qo‘limda — Orol fojiasi aks ettirilgan xarita. O‘ylaymanki, bunga ortiqcha izohga hojat yo‘q.
Dengizning qurishi bilan bog‘liq oqibatlarni bartaraf etish xalqaro miqyosdagi sa’y-harakatlarni faol birlashtirishni taqozo etmoqda.
Biz BMT tomonidan Orol fojiasidan jabr ko‘rgan aholiga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha shu yil qabul qilingan maxsus dastur to‘liq amalga oshirilishi tarafdorimiz.
Afg‘onistonda tinchlikka erishishning yagona yo‘li — to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot
Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish nafaqat mintaqaviy, balki global xavfsizlikni ta’minlashning muhim sharti bo‘lib qoladi.
Aminmizki, Afg‘onistonda tinchlikka erishishning yagona yo‘li — markaziy hukumat va mamlakat ichidagi asosiy siyosiy kuchlar o‘rtasida oldindan hech qanday shart qo‘ymasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot olib borishdir.
Muzokaralar afg‘onistonliklarning o‘zlari hal qiluvchi o‘rin tutadigan holda, Afg‘oniston hududida va BMT shafeligida o‘tishi lozim. Donishmand afg‘on xalqi o‘z taqdirini o‘zi mustaqil hal qilishga haqlidir.
AQSH Prezidenti janob Donald Tramp ma’muriyatining Afg‘oniston bilan qo‘shni mamlakatlarni afg‘on muammosini tinch yo‘l bilan hal qilishga ko‘maklashishga oid da’vatini qo‘llab-quvvatlaymiz.
O‘zbekiston Afg‘onistonning iqtisodiy tiklanishiga, uning transport va energetika infratuzilmasini rivojlantirishga, milliy kadrlarini tayyorlashga katta hissa qo‘shmoqda va bundan keyin ham hissa qo‘shadi.
Afg‘oniston masalasi global miqyosdagi masalalar markazida bo‘lishi lozim. Xalqaro hamjamiyatning sa’y-harakatlari, birinchi navbatda, Afg‘onistondagi o‘tkir ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilishga qaratilishi kerak.
Bu jafokash yurtda tinchlik o‘rnatishga ko‘maklashish yo‘lidagi bizning umumiy qat’iy harakatlarimiz aslo susaymasligi lozim.
Terrorizmga qarshi kuch ishlatish yo‘li bilan kurashish usuli o‘zini oqlamadi
Dunyoda terrorizm tahdidlari ayniqsa, so‘nggi yillarda kuchayib borayotgani ularga qarshi asosan kuch ishlatish yo‘li bilan kurashish usuli o‘zini oqlamayotganidan dalolat beradi.
Bu borada ko‘p hollarda tahdidlarni keltirib chiqarayotgan asosiy sabablar bilan emas, balki ularning oqibatlariga qarshi kurashish bilangina cheklanib qolinmoqda. Xalqaro terrorizm va ekstremizmning ildizini boshqa omillar bilan birga, jaholat va murosasizlik tashkil etadi, deb hisoblayman.
Shu munosabat bilan odamlar, birinchi navbatda, yoshlarning ongu tafakkurini ma’rifat asosida shakllantirish va tarbiyalash eng muhim vazifadir.
Ekstremistik faoliyat va zo‘ravonlik bilan bog‘liq jinoyatlarning aksariyati 30 yoshga yetmagan yoshlar tomonidan sodir etilmoqda.
Bugungi dunyo yoshlari — son jihatidan butun insoniyat tarixidagi eng yirik avloddir, chunki ular 2 milliard kishini tashkil etmoqda.
Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga yetishi bilan bog‘liq.
Bizning asosiy vazifamiz — yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratish, zo‘ravonlik g‘oyasi «virusi» tarqalishining oldini olishdir.
Buning uchun yosh avlodni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, uning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish lozim, deb hisoblaymiz.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston globallashuv va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadal rivojlanib borayotgan bugungi sharoitda yoshlarga oid siyosatni shakllantirish va amalga oshirishga qaratilgan umumlashtirilgan xalqaro huquqiy hujjat — BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqishni taklif etadi.
Bizning nazarimizda, mazkur hujjatni imzolaydigan davlatlar ushbu sohani o‘z ijtimoiy siyosatining asosiy va muhim hayotiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri darajasiga ko‘tarish bo‘yicha qat’iy majburiyatlarni o‘z zimmasiga olishi kerak.
«Islom dini bizni ezgulik va tinchlikka da’vat etadi»
Biz butun jahon jamoatchiligiga islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini yetkazishni eng muhim vazifa, deb hisoblaymiz.
Biz muqaddas dinimizni azaliy qadriyatlarimiz mujassamining ifodasi sifatida behad qadrlaymiz. Biz muqaddas dinimizni zo‘ravonlik va qon to‘kish bilan bir qatorga qo‘yadiganlarni qat’iy qoralaymiz va ular bilan hech qachon murosa qila olmaymiz.
Islom dini bizni ezgulik va tinchlikka, asl insoniy fazilatlarni asrab-avaylashga da’vat etadi.
Markaziy Osiyo Uyg‘onish davrining ko‘plab yorqin namoyandalarining islom va jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan bebaho hissasini alohida qayd etmoqchiman.
Ana shunday buyuk allomalardan biri Imom Buxoriy o‘z ahamiyatiga ko‘ra islom dinida Qur’oni karimdan keyingi muqaddas kitob hisoblangan «Sahihi Buxoriy"ning muallifi sifatida butun dunyoda tan olingan.
Bu ulug‘ zotning g‘oyat boy merosini asrab-avaylash va o‘rganish, ma’rifatiy islom to‘g‘risidagi ta’limotini keng yoyish maqsadida biz Samarqand shahrida Imom Buxoriy nomidagi Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qildik.
Toshkentda tashkil etilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati ham shu maqsadga xizmat qiladi.
Bugungi sessiya ishtirokchilariga BMT Bosh Assambleyasining «Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik» deb nomlangan maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish taklifi bilan murojaat qilmoqchiman.
Bu hujjatning asosiy maqsadi — barchaning ta’lim olish huquqini ta’minlashga, savodsizlik va jaholatga barham berishga ko‘maklashishdan iborat.
Ushbu rezolyutsiya bag‘rikenglik va o‘zaro hurmatni qaror toptirish, diniy erkinlikni ta’minlash, e’tiqod qiluvchilarning huquqini himoya qilish, ularning kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslikka ko‘maklashishga qaratilgan.
O‘zbekiston muloqotlar uchun ochiq
O‘zbekiston hech qanday blokka qo‘shilmaslik maqomini saqlab qolgan holda, ochiq muloqotga tayyordir. Biz barcha sheriklarimiz bilan tinchlik, taraqqiyot va farovonlik yo‘lida hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdormiz.
Biz mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi inson, uning ehtiyoj va manfaatlarini ta’minlashdan iborat bo‘lgan eng muhim ustuvor vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishning hal qiluvchi sharti aynan shunda mujassam, deb bilamiz. | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false |
Tsukerberg uning ma'lumotlari ham Cambridge Analytica’ga tushganini ma'lum qildi
11 aprelda Facebook rahbari Mark Tsukerberg ma'lumotlarning chetga chiqib ketishi ishi bo‘yicha AQSh kongressida ikkinchi marta chiqish qildi. Vakillar palatasidagi jarayon vaqtida kaliforniyalik kongressmen Anna Eshu Tsukerbergdan uning ma'lumotlari ham uchinchi shaxslarga o‘tgan-o‘tmagani haqida so‘raganda Mark bunga “Ha, o‘tgan” deb javob qilgan.
Tsukerberg Facebook ijtimoiy tarmog‘ining 87 mln foydalanuvchisi ma'lumotlari Cambridge Analytica kompaniyasi ixtiyoriga tushgani bilan bog‘liq holda kongressda ikkinchi kun chiqish qildi. 10 aprelda u turli qo‘mitalar senatorlariga ko‘rsatmalar bergan, 11 aprelda esa vakillar palatasi savollariga javob bergan.
Cambridge Analytica qoidalarni chetlab foydalanuvchilar ma'lumotlarini qo‘lga kirita olgani haqida 19 martda ma'lum bo‘lgandi. Shundan keyin ijtimoiy tarmoqqa shaxsiy daxlsizlikni buzish bo‘yicha ayblovlar, sud da'volari va bir nechta davlatlar hukumatlari savollari yog‘ila boshlagan. | false | false | false | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false |
Surxondaryoda Saylov kodeksi talablari buzilgani rad etilgandi. Ammo raddiyadagi faktlar ishonarli emas
Surxondaryodagi saylov uchastkalarining birida Saylov kodeksi talablari buzilgani aniqlangani xabar berilgan edi. “Diyor24.uz” nashrida shu masala yuzasidan 17-dekabr kuni “Saylov va monopoliya” sarlavhali material e’lon qilingandi. 78-Termiz saylov okrug komissiyasi raddiya bilan chiqib, hududda Saylov kodeksi talablari buzilganini rad etgan.
Biroq “Diyor24.uz” nashrining yozishicha, ularda mavjud audio va videomateriallar mazkur javobning to‘g‘riligiga shubha uyg‘otadi. Qayd etilishicha, “Saylov va monopoliya” sarlavhali materialga joylashtirilgan fotosuratlar 17-dekabrda uchastka saylov komissiyasi binosidan olingan.
Shuningdek, nashr jurnalisti 16-dekabr kuni soat 18:47 da 260-saylov uchastka komissiyasi raisi Zuhriddin Rasulov bilan telefon orqali suhbatlashgani, nashrda 22-dekabr saylov kunida ham 260-saylov uchastkasida Zuhriddin Rasulov komissiya raisi mandati (beyjik)ni taqib ishlayotganini tasdiqlovchi hamda uning intervyusi olingan videomaterial ham mavjudligi aytilmoqda.
Qayd etilishicha, ushbu intervyuda Zuhriddin Rasulov komissiya tarkibi o‘zgartirilgani aytgan, lekin jurnalistlarga yangi tarkib ro‘yxatini ko‘rsata olmagan. 260-uchastka saylov komissiyasining yangi raisiman, deb o‘zini tanishtirgan Termiz shahri 8-son maktabgacha ta’lim tashkiloti mudirasi Munisa Oripova esa mandatsiz ishlayotganini tan olgan.
“Qiziq, 78-Termiz saylov okrugi ma’lum qilganidek, 14-dekabrda komissiya yangilangan bo‘lsa, nega saylov kunigacha (orada 8 kun bor) Zuhriddin Rasulovdan mandat olib qo‘yilmadi? Yoki komissiyaning yangi raisiga mandat (beyjik) berilmadi? Berilgan taqdirda, avvalgi raisda ham yangi raisda ham mandat bo‘lishi kulgili-ku!
78-Termiz saylov okrugi o‘z izohida 260-uchastka saylov komissiyasi tarkibi o‘zgartirilganini, 8-maktab o‘qituvchilari chiqarilganiga munosabat bildirgan-u biroq negadir deputatlikka yana bir nomzod ‘Turon’ mahalla fuqarolar yig‘ini raisiga bevosita bo‘ysunuvchi xodimlarning uchastka saylov komissiyasi tarkibidagi faoliyati haqida lom-mim demagan”, — deyiladi xabarda.
“Diyor24.uz” tahririyati yuqoridagi barcha tushunmovchiliklarni bartaraf etishda huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirgan. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
“May oyi yakuni bilan barcha mahalla tibbiyot punktlari to‘liq ishga tushirilishi shart” — Shavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev 5-may kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida kelgusi haftada tibbiyot xodimlarini moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha maxsus qarorni imzolashini ta’kidladi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar qildi.
Unga ko‘ra, tez tibbiy yordam va shoshilinch xizmat xodimlari oyliklari, toifasiga qarab, 10 foizdan 15 foizgacha oshiriladi. Tez tibbiy yordamning malakali va natijaga erishgan xodimlari oyligiga 100 foizgacha ustama joriy qilinadi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda har yili 1 ming kishiga nisbatan chaqiruvlar soni 352 tani tashkil etadi. Bu rivojlangan davlatlardan 6-7 baravar ko‘p hisoblanadi. Chaqiruvlarning 15 foizidagina bemorlarni shifoxonalarga yotqizish talab etiladi. Sababi joylarda oddiy tibbiy xizmat yo‘lga qo‘yilmagani uchun aholi tez yordamga murojaat qilishga majbur.
Ochiq muloqotda berilgan 1 mingdan ziyod mahallada tibbiyot punktini tashkil qilish topshirig‘i Qoraqalpog‘iston, Namangan va Surxondaryodan boshqa hududlarda yakuniga yetkazilmagan.
“Viloyat hokimlari bir narsani aniq eshitib olsin. May oyi yakuni bilan barcha mahalla tibbiyot punktlari to‘liq ishga tushirilishi shart”, — degan prezident. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Amerikalik blogger iPhone 6s’ni suvda qaynatdi (video)
Sotuvga chiqqan iPhone 6s va 6s Plus gadjetlari bilan turli sinovlar o‘tkazib ko‘rildi. Keyingi bosqich uni suvda qaynatib ko‘rish bo‘ldi, deb xabar beradi “Hi-Tech Mail.Ru”.
Sinov mashhur videoblogger TechRax tomonidan amalga oshirildi. U yangi iPhone 6s’ni olib, sekundomerni ishga tushirib, smartfonni qaynab turgan suvga soldi. 10 soniyadan so‘ng devays o‘chib qoldi. Blogger uni suvdan olib, qaytadan yoqdi. iPhone 6s ishlash qobiliyatini yo‘qotmadi.
Keyingi qadam uni sekundomersiz qaynatish bo‘ldi. Qizib ketganlik haqidagi ogohlantirishdan so‘ng, u yana o‘chib qoldi. Qaytadan yoqilganda esa yana ishlab ketdi. Uni sovutish uchun blogger smartfonni muzlatgichga solib qo‘ydi.
Uchinchi qadamda smartfon besh daqiqa davomida qaynatildi. Shundan keyin ham iPhone 6s ishlashda davom etdi.
https://www.youtube.com/watch?t=20&v=lBMg_5BlNGM | false | false | false | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false |
Belarus prezidenti koronavirusni inkor qilishda davom etmoqda (Video)
Belarus prezidenti, Aleksandr Lukashenko koronavirusni inkor qilishda davom etmoqda. Uning fikricha virus ko`zga tashlanmayapti: "Bu erda hech qanday virus yo`q. Mana sen ularning uchib yurganini ko`rdingmi? Men ham ko`rganim yo`q".
Batkaning ushbu gapini izohsiz qoldirgan holda aytish joizki, ayni damda Belarussiyada virusga chalinganlar soni 150 nafardan oshgan. Biroq bunga qaramay, ommaviy tadbirlar, futbol va xokkey o`yinlari davom etmoqda. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Nukuslik o‘quvchi yoshlar o‘rtasida yangicha harbiy musobaqa o‘tkaziladi
Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi tashabbusi bilan shu yilning 19 oktabr kuni nukuslik o‘quvchi yoshlar o‘rtasida harbiylashgan sport musobaqasi bo‘lib o‘tadi.
«Ushbu musobaqa yoshlarga e'tiborni kuchaytirish, yosh avlodni madaniyat, san'at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta'minlash masalalariga qaratib O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5ta muhim tashabbusni hayotga tatbiq etish maqsadida o‘tkaziladi.
Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining kubogi uchun tashkil etilayotgan «Yosh vatanparvarlar» harbiy sport estafetasida Nukus shahridagi 10ta maktabning yuqori sinf o‘quvchilari ishtirok etishi belgilangan. Musobaqada bitta jamoadan 3 nafardan o‘g‘il va qiz bolalar qatnashadi.
Bellashuv Nukus garnizonidagi mini-poligonida bo‘lib o‘tadi. Musobaqa shartiga ko‘ra, ishtirokchilar razvedkachilarning to‘siqli yo‘lagidan o‘tishi, BTR-80da me'yor bajarishi, avtomatni noto‘liq qismlarga ajratish va yig‘ishi hamda o‘qdonni o‘q dorilar bilan to‘ldirishi, granata uloqtirishi, merganlik mahoratini sinovdan o‘tkazishi, ommaviy qirg‘in qurollaridan himoya vositalarini kiyishi belgilangan. Shuningdek, ishtirokchi qizlar shartli yaradorga tibbiy yordam ko‘rsatishi va radioaloqani ishga hozirlashi zarur.
Barcha me'yorlarni bajarishda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishi ta'minlanadi.
G‘olib va sovrindor jamoalar okrug qo‘shinlari qo‘mondonining maxsus sovg‘a va kuboklari bilan taqdirlanadi.
Shuningdek, harbiy sport estafeta doirasidan harbiy xizmatchilarning ko‘rgazmali chiqishi, qurol-aslaha va harbiy texnika namoyishi hamda konsert dasturi o‘rin olgan», deyiladi Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi matbuot xizmati xabarida. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Qishloq xoʻjaligi mashinasozligi va kimyo sanoatidagi loyihalar koʻrib chiqildi
05.07.2021
Prezident Shavkat Mirziyoyev 5-iyul kuni qishloq xoʻjaligi mashinasozligi hamda kimyo sanoatidagi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.
Bundan bir yil oldin, 8-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qishloq xoʻjaligi mashinasozligi tashkilotlari faoliyatining samaradorligini oshirishga oid qarori qabul qilingan edi. Unga muvofiq, Toshkent qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodi, Agregat zavodi, Chirchiq qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodi va “Texnolog” aksiyadorlik jamiyatlarining ustav kapitalidagi davlat ulushlari uch yil muddatga “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyatiga ishonchli boshqaruvga berilgan edi. Tarmoq korxonalarining rentabelligini oshirish, mahsulotlari sifatini yaxshilash va tannarxini pasaytirish vazifalari belgilangan edi.
O‘tgan davrda Toshkent qishloq xoʻjaligi texnika zavodidagi ishlab chiqarish maydonlari 68 foizga maqbullashtirilib, uskunalardan foydalanish samaradorligi oshirildi. Natijada mahsulot tannarxi 4 foizga pasaydi va qariyb 45 milliard soʻm iqtisod qilindi. Xorijiy ishlab chiqaruvchilar bilan muzokaralar oʻtkazilib, 80-100 ot kuchiga ega boʻlgan traktorlar narxlari 15-20 foizga arzonlashtirildi.
Minsk traktor zavodi bilan xamkorlik oʻrnatildi. Bu sheriklik doirasida O‘zbekistonda har yili 3 mingta traktor ishlab chiqarish koʻzda tutilmoqda.
Shu bilan birga, korxonalarning texnologik va ishlab chiqarish salohiyatini oshirish, qishloq xoʻjaligini zamonaviy texnikalar bilan ta’minlash boʻyicha hali vazifalar koʻp. Tarmoqda mavjud quvvatlardan foydalanish darajasi 19 foiz, mahalliylashtirish oʻrtacha 20 foiz ekani mutlaqo qoniqarli emas. Mahalliy texnikalar narxi import texnikalarga nisbatan 10-15 foiz qimmat.
Shu bois taqdimotda qishloq xoʻjaligi mashinasozligi klasterini tashkil etish, quvvatlardan foydalanish va mahalliylashtirish darajasini oshirish chora-tadbirlari muhokama qilindi.
Toshkent shahrida joylashgan tarmoq korxonalarini Chirchiq shahriga koʻchirish va ularning negizida qishloq xoʻjaligi mashinasozligi klasterini tashkil etish bilan bogʻliq masalalar koʻrib chiqildi.
Rejaga koʻra, Toshkent va Chirchiqdagi qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodlari, Agregat zavodi, “Texnolog” va “O‘zKlaas Agro” korxonalari sanoat klasteri usulida yagona maydonda joylashtiriladi. 1 ming 200 ta uskuna va jihoz, 28 turdagi texnika optimallashtirilib, ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish 85 foizga, mahalliylashtirish 50 foizga yetkaziladi. Natijada ishlab chiqarish tannarxi 20 foizga pasayib, korxonalarning rentabellik darajasi 10 foizga oshishi kutilmoqda.
Moliya vazirligiga klasterni tashkil etish bilan bogʻliq dastlabki xarajatlar uchun 500 milliard soʻm ajratish vazifasi qoʻyildi. Bu mablagʻ tarmoq korxonalarining bino-inshootlari va maydonlari auksion savdolarida sotilishi hisobidan qaytariladi.
Prezidentimiz mahalliylashtirish borasidagi ishlarni davom ettirib, texnikalar narxini arzonlashtirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi. Xususan, Minsk traktor zavodi bilan hamkorlikda ishlab chiqariladigan traktorlarni mahalliylashtirish darajasini kelgusi yil 40 va 2023 yilda 50 foizga, “O‘zKlaas Agro” boʻyicha bu koʻrsatkichni 25 foizgacha yetkazish vazifasi qoʻyildi.
Shu bilan birga, mahalliy texnikalarni sotib olishi uchun fermer xoʻjaliklari va klasterlarga yengillik yaratish zarurligi ta’kidlandi. Shu maqsadda lizingning boshlangʻich toʻlovini 25 foizdan 15 foizga va foiz stavkasini 16 foizdan 7 foizga tushirish hamda lizing muddatini 5 yildan 7 yilga uzaytirish taklifi bildirildi.
Xalqaro tajribani oʻrganib, qishloq xoʻjaligi texnikasiga servis xizmatini koʻrsatish tizimini takomillashtirish boʻyicha ham topshiriqlar berildi.
Taqdimotda kimyo klasterlari tashkil etishga oid loyihalar ham koʻrib chiqildi.
Xususan, “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati negizidagi klasterda umumiy qiymati 3 milliard 400 million dollarlik 23 ta loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Ularning samarasida yiliga 1 milliard 800 million dollarlik mahsulot tayyorlash quvvati va 3 ming 100 dan ortiq ish oʻrni yaratiladi.
Loyihalardan biri – karbamid-formaldegid konsentrati va smolasi ishlab chiqarish korxonasi yaqinda ishga tushirildi. Sulfat kislotasi boʻyicha yana bir loyiha ham shu yil foydalanishga topshiriladi.
Shuningdek, Navoiy shahridagi “Elektrokimyozavodi” qoʻshma korxonasida uglerod tolalari ishlab chiqarish loyihasi amalga oshiriladi.
Taqdimotda poytaxtimizning Ulugʻbek shaharchasida ilmiy kimyo klasterini tashkil etish boʻyicha olib borilayotgan ishlar haqida ham ma’lumot berildi. | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false |
Cho‘kib ketgan “Sevol” paromining kapitani umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi
Janubiy Koreyada cho‘kib ketgan “Sevol” paromi kapitani umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilindi. Bu haqda Yonhap axborot agentligi xabar bermoqda.
Sud qaroriga ko‘ra, 68 yoshli Li Jun Sok ommaviy qotillikda aybdor deb topilgan va umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosi bilan jazolangan.
Avvalroq, sud kapitanni mas’uliyatsizlik va o‘z vazifasini bajarmaganlikda aybdor deb topib, uni 36 yilga ozodlikdan mahrum etish haqida hukm chiqargandi, biroq prokurorlar jazoni yanada kuchaytirishni talab qilishgandi.
Qayd etishlaricha, ayblovchi tomon parom kapitaniga nisbatan o‘lim jazosi qo‘llanilishini talab qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, “Sevol” paromi 2014-yil aprelida, Janubiy Koreya janubi-g‘arbiy qirg‘oqlaridan 100 kilometr uzoqlikda cho‘kib ketgan edi. Kema bortida 470dan ortiq yo‘lovchi bo‘lgan, ularning 304 nafari halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan.
“Sevol” cho‘kishi bilan bog‘liq tergov ma’lumotlarida qayd etilishicha, kapitan birinchilardan bo‘lib, yo‘lovchi qiyofasida cho‘kayotgan kemani tark etgan. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
O‘zbekistonda yilning birinchi choragida 555 ta tez yordam mashinasi xarid qilindi
O‘zbekistonda joriy yilning birinchi choragida 555 ta tez yordam mashinasi xarid qilinib, ayni vaqtda joylarga yetkazib berilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonova jurnalistlar bilan uchrashuvda ma’lum qildi, deya xabar beradi “1News.uz”.
Ular orasida Damas mashinalaridan tashqari reanomobillar ham mavjud bo‘lib, ularning 231 tasidan 91 tasi joylarga yetkazib berildi.
Ushbu avtomobillar uchun davlat tomonidan 6 million AQSh dollari ajratildi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Prezident Sherali Jo`raevni «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotladi
O`zining noyob iste`dodi, ko`p yillik samarali va betakror ijodi bilan o`zbek qo`shiqchilik san`atini va milliy madaniyatimizni rivojlantirish, uning shon-shuhratini dunyo xalqlari o`rtasida keng targ`ib etishga qo`shgan beqiyos hissasi, mustaqilligimizning ma`naviy asoslarini mustahkamlash, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodimizni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, yosh iste`dod egalarining qobiliyatini ro`yobga chiqarish borasidagi katta xizmatlari, ijtimoiy hayotdagi va jamoat ishlaridagi faol ishtiroki hamda tavalludining 75 yilligi munosabati bilan O`zbekiston xalq artisti, «Vatandoshlar» jamoat fondining Vasiylik Kengashi raisi Sherali Jo`raev «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlansin.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false |
Qo‘ylar orasida o‘tkazilgan go‘zallik tanlovida olifta cho‘chqa g‘olib bo‘ldi
Irlandiyaning Antrim grafligida o‘tkazilgan Dalriada festivalida qo‘ylar orasida o‘tkazilgan go‘zallik tanlovida “Babbls” laqabli cho‘chqa g‘olib bo‘ldi. Bu haqda BelfastLive xabar beradi.
Babblsni tanlovga uning besh yoshli sohibasi Keti Ross olib keldi. Ular tanlovda Rock Chicks (“Rok-qizaloqlar”) jamoasi sifatida qatnashdi. Keti va Babbls bir-biriga mos yorqin pushti bezaklari bo‘lgan qora gipyurdan ko‘ylak kiyib olgan edi. Bundan tashqari qora rangli cho‘chqa sarg‘ish tusdagi ulama soch kiyib olgan.
Rock Chicks qanday qilib qo‘y raqiblarini ortda qoldirganligi va tanlov hakamlari nega g‘oliblikni tashqi ko‘rinishi tanlovga mos kelmaydigan cho‘chqaga berganligi sababi manbada ko‘rsatilmagan. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Xalqaro komissiya: MH17 ning urib tushirilishiga Rossiya aloqadorligi haqida gapirishga hali erta
Rossiyaning 2014-yil iyulida Donbass osmonida halokatga uchragan Malayziya Boeing’i bilan bog‘liq fojiaga aloqadorligi haqida gapirishga hali erta. Bu haqda matbuot anjumani chog‘ida Xalqaro qo‘shma tergov guruhi rahbari, gollandiyalik prokuror Fred Vesterbeke bayonot berdi, deb yozmoqda “TASS”.
“Guruh hali birorta konkret gumondorni aniqlamadi. Ularning millati yoki Rossiyaga aloqadorligi haqida gapirishga hali erta”, — dedi u.
Shu bilan birga, guruh samolyot Rossiya hududidan olib kirilgan “Buk” zenit-raketa kompleksidan urib tushirilganini tasdiqladi. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
La Liga. “Real” 5 ta gol urilgan o‘yinda irodali g‘alabaga erishdi
Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 3-turida “Real” 26-sentabr, shanba kuni “Betis” maydoniga safar qildi.
Uchrashuvning 4-daqiqasidayoq madridliklar hisobni ochiga erishdi: Karim Benzemaning uzatmasidan keyin Federiko Valverde yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qildi.
Biroq mezbonlar bunga birinchi bo‘limda ikki gol bilan javob qaytardi. 35-daqiqada Aissa Mandi hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, oradan ikki daqiqa o‘tib Vilyam Karvalyu mezbonlarning ikkinchi golini urdi.
Ikkinchi bo‘limni faol boshlagan madridliklar yana tezkor gol urishga muvaffaq bo‘ldi: Dani Karvaxalning qanotdan uzatgan to‘pini Emerson Aparesido o‘z darvozasiga joylab qo‘ydi.
67-daqiqada maydon egalari Emersonning chetlatilishidan keyin bir o‘yinchi kam bo‘lib qoldi. So‘nggi o‘n daqiqalik boshida hakam videotakrorlardan keyin “Betis” darvozasi tomon penalti belgiladi. 11 metrlik jarima zarbasini Serxio Ramos aniq bajardi.
Shu tariqa Zinedin Zidan jamoasi mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
La Liga
3-tur bahslari
26-sentabr, shanba
Gollar: 0:1 – 14 Valverde, 1:1 – 35 Mandi, 2:1 – 37 Vilyam Karvalyu, 2:2 – 48, avtogol Emerson, 2:3 – 82, penalti Ramos.
“Betis”: Robles, Moreno, Bartra, Mandi, Emerson, Xoakin (Telyo, 63), Rodriges, Vilyam Karvalyu, Kanales, Fekir (Moron, 73), Sanabriya (Montoyya, 69).
“Real Madrid”: Kurtua, Mendi, Varan, Karvaxal, Ramos, Edegor (Isko, 46), Valverde, Kroos (Modrich, 45), Kazemiro, Yovich (Mayoral, 72), Benzema.
Ogohlantirishlar: Emerson (12), Rodriges (40), Karvaxal (42), Modrich (53), Bartra (81), Kanales (84), Mandi (90).
Chetlatish: Emerson (67).
Gollar: 1:0 – 38 Vass, 1:1 – 63 Siovas.
Gollar: 0:1 – 55 Portu, 0:2 – 77, penalti Yanuzay, 0:3 – 90 Lopes.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling! | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
O‘zbekiston BMT shafeligida Orol va Orolbo‘yi hududi bo‘yicha Trast fondi tuzishni taklif etdi
O‘zbekiston BMT shafeligida Orol dengizi va Orolbo‘yi hududi bo‘yicha maxsus Trast fondi tuzilishini maqsadga muvofiq deb biladi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Komilov Nyu-Yorkda BMTning Barqaror rivojlanish bo‘yicha sammitidagi chiqishi chog‘ida ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.uz”.
O‘zbekiston taklifiga ko‘ra, Trast fondining asosiy vazifasi quyidagi muhim yo‘nalishlardagi harakatlarni muvofiqlashtirish hamda manzilli dasturlar va loyihalarni amalga oshirishdan iborat bo‘ladi:
“O‘zbekiston BMTning 2016—2030-yillarga mo‘ljallangan Barqaror rivojlanish Dasturi amalga oshirilishi jarayonida Orolbo‘yi fojiasi albatta inobatga olinishiga umid qiladi, — deya takidlagan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri. — Ushbu sammit chog‘ida muhokama qilinayotgan iqlim o‘zgarishi va bu bilan bog‘liq muammolar, bosh kotib Pan Gi Mun ta’biri bilan aytganda, ‘nafaqat Markaziy Osiyo davlatlari, balki butun dunyoning jamoaviy mas’uliyatini talab etuvchi’ mazkur masalaga ham bevosita daxldorligini anglash mushkul emas”.
Eslatib o‘tamiz, 2013-yili BMT Bosh Assambleyasining 68-sessiyasida O‘zbekiston tomonidan taklif etilgan “Orol qurishi oqibatlarini bartaraf etish va Orolbo‘yida ekotizimlar halokatining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar Dasturi” rasmiy hujjat sifatida ma’qullagan edi. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Farg‘onadagi sayyor qabullarda IIO faoliyati va sud qarorlari yuzasidan eng ko‘p murojaat kelib tushdi
O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi, Xalq qabulxonalari mas’ul xodimlari boshchiligida 20 ga yaqin vazirlik va idoralar ishtirokida Farg‘ona viloyati aholisi uchun sayyor qabullar tashkil etildi, deya xabar qildi Prezident Xalq qabulxonalari matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga.
Muloqotlar Uchko‘prik, O‘zbekiston, Bog‘dod, Farg‘ona hamda Toshloq tumanlarida tashkil etilgan bo‘lib, Farg‘ona viloyatining barcha hududidagi aholini qamrab oldi. Jami 2 300 ga yaqin murojaatchi ishtirok etdi.
Qabullar davomida ichki ishlar faoliyatiga oid, sud qarorlari yuzasidan va prokuratura organlariga eng ko‘p murojaat kelib tushdi. Shuningdek, mazkur qabullar viloyatda bank tizimi, gaz va elektr ta’minoti, mehnat va bandlik, yo‘llarni ta’mirlash, uy-joy, moddiy yordam, ijtimoiy ta’minot, sud qarorlari ijrosi va aliment, sog‘liqni saqlash, kadastr, maktabgacha ta’lim va xalq ta’limi masalalarida ham yechimini kutib turgan ko‘plab muammolar borligini ochiq-oydin ko‘rsatib berdi.
Qishloq hududlaridagi aholi murojaatlarining salmoqli qismini kommunal xo‘jalik idoralari faoliyatidan qonikmaslik, toza ichimlik suvi, tabiiy gaz va elektr ta’minoti masalalari tashkil etdi. Mazkur masalalar yuzasidan ham mutasaddi idoralar xodimlari murojaatchilar bilan birma — bir qabullar o‘tkazishdi xamda zudlik bilan aytilgan muammolarni hal etish va ta’minot masalalarini yechishga kirishildi.
Jumladan, 395 dona simyogoch yangi temirbeton tayanchlarga almashtirildi. Shuningdek, 20 dona transformator punkti o‘rnatildi hamda 33,2 km havo tarmog‘i tortildi. Toza ichimlik suvi ta’minoti buyicha qoloq hududlarda ishlar jadallashdi. Transheyalar kovlanib, suv quvurlari tarmoqlari tortildi.
Xonadonlarga 1 000 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. 22 355 ta aholi xonadoni tabiiy gaz bilan ta’minlandi xamda 6 ta ijtimoiy soha ob’ekti tabiiy gaz tarmog‘iga ulandi.
Aholi murojaatlari katorida yo‘llarni ta’mirlash buyicha 127 ta ariza qabul qilindi. Ichki yo‘l ta’miri bo‘yicha vaziyat joylarga chiqib alohida o‘rganildi va natijada qariyb 2,5 mlrd so‘m mablag‘ ajratilib, 18 km yo‘l ta’mirlandi, 2 km yo‘l asfaltlashtirildi, 6 km yo‘l shag‘al bilan qoplandi, 11 km yo‘l joriy ta’mirlandi.
Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash alohida masala tariqasida o‘rganildi. Ayniksa, tadbirkorlik sub’ektlari vakillari, o‘z ishini boshlash istagidagi yoshlar,xotin-qizlar o‘rtasida biznesni qo‘ullab-quvaatlashga qaratilgan masalalarjiddiy tahlil qilindi. 12 ta tadbirkorlik sub’ektiga 4 mlrd so‘mdan ziyod kredit mablag‘lari ajratildi. Biznes sohasiga ilk qadamini qo‘ya boshlagan 38 nafar fuqaroga 1,5 mlrd so‘m miqdoridagi imtiyozli kredit ajratilishiga erishildi.
Shu tariqa bank sohasiga oid 90 ta masala o‘rganilgan bo‘lsa, sog‘liqni saqlash bo‘yicha ham yuzlab murojaatlar kelib tushdi. 35 nafar fuqaroga davolanish uchun order berildi, 8 nafar fuqaroga nogironlikka chiqish uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tayinlandi. 21 nafar bola viloyat ko‘ptarmoqli tibbiyot markaziga yo‘llanma bilan yuborildi.
Ushbu tartibda o‘tkazilgan sayyor qabullar davomida 2 332 ta masala bo‘yicha murojaatlar qabul kilinib, ularning 41,5 foizi joyida ijobiy hal etildi. 22 foiz murojaatga huquqiy tushuntirishlar berilib, murojaatlarning qolgan 31,5 foizi ijro uchun nazoratga olindi. | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false |
Husiylar Saudiya Arabistoni va BAAdagi yana 300 obektga hujum qilishlarini aytishdi
Yamanning “Ansor Alloh” isyonchi guruhi Saudiya Arabistonidagi markaziy neft quvuriga hujum qilgandan keyin podshohlik hududidagi va qo‘shni BAAdagi hayotiy muhim yana 300 ta strategik obektga hujum qilmoqchi. Bu haqda husiylarga qarashli SABA axborot agentligi xabar berdi.
Yaman mudofaa vazirligidagi manbaning ma'lum qilishicha, Saudiya Arabistonidagi neft quvuriga hujum 300 ta mo‘ljaldan iborat ro‘yxatdagi birinchisi edi.
“Yana 299 ta mo‘ljal qolmoqda. Ular orasida BAA va Saudiya Arabistonidagi harbiy va strategik obektlar bor”, deb xabar berdi axborot agentligi.
O‘tgan hafta Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi husiylar dronlar yordamida Saudiya Arabistonidagi neft quvuriga hujum sodir etishdi. Buning oqibatida nasos stansiyalariga shikast yetib, neftning quvurga uzatilishi vaqtinchalik to‘xtab qolgan. Undan avvalroq esa noma'lum kimsalar BAA hududiy suvlarida Saudiya Arabistoniga tegishli 2 ta neft tankeriga hujum qilgan. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Farg‘onalik oila Haj safari uchun to‘plagan 44 mln so‘m pulini o‘z qishlog‘iga suv chiqarish uchun sarfladi
Farg‘ona viloyatida istiqomat qiluvchi tadbirkor Haj safari uchun ayoli bilan birga to‘plagan 44 million so‘m pulini qishloq uchun quduq qazdirib, suv minorasi qurishga sarfladi. Bu haqda, “Buvayda ko‘zgusi” gazetasi bosh muharriri Azizaxon Soliyevaga asoslanib, “Sof.uz” xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Mamarasul Kamolov va uning ayoli — Munavvara Azizova istiqomat qiluvchi Beshterak mahalla fuqarolar yig‘inidagi O‘rtaqishloq aholisi bir necha yildan buyon ichimlik suvini qo‘shni Mang‘it qishlog‘idan tashib kelardi. Bundan tashqari, yaqin atrofdagi 26-maktab va 7-maktabgacha tarbiya muassasasi ham ichimlik suvi muammosidan qiynalgan.
Mamarasul Kamolov va Munavvara Azizova Haj ziyoratiga borish uchun yillar davomida yiqqan 44 million so‘m mablag‘ini, o‘zaro maslahatlashib, qishloq uchun suv qudug‘i qazdirib, suv minorasini o‘rnatishga sarflagan. “Yaqinda bu saxovatpesha oila butun qishloq ahlini chaqirib, qishloqlaridan ichimlik suvi chiqqani munosabati bilan xayriya oshi tarqatdi”, — deb yozadi Azizaxon Soliyeva.
Ma’lumot berishlaricha, Mamarasul Kamolov ko‘p yillar muhandis-quruvchi bo‘lib ishlab, nafaqaga chiqqan. Uning turmush o‘rtog‘i Munavvara Azizova esa bog‘cha mudirasi bo‘lib ishlagan. Ular to‘rt farzandni voyaga yetkazgan — uch qizi o‘qituvchi sifatida ishlab kelayotgan bo‘lsa, o‘g‘li hududdagi kabel ishlab chiqaruvchi firma direktoridir.
“Sof.uz”ning qayd etishicha, bu oila 30 yildan buyon 2 sotix yerida lola guli yetishtirib keladi. “Shuningdek, namunali oila a’zolari asalarichilik bilan ham shug‘ullanadi”, — deb yozadi internet-nashr. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Turobjon Jo‘rayev Samarqand viloyat hokimi v.b. etib saylandi
13 iyun kuni Xalq deputatlari Samarqand viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirok etdi, deb xabar qildi viloyat ma’muriyati «Gazeta.uz"ga.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev taqdimnomasi bo‘yicha apreldan Toshkent viloyati Bekobod tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Turobjon Jo‘rayev (1966 yilda tug‘ilgan) Samarqand viloyat hokimi vazifasini bajaruvchisi etib saylandi.
U moliya vaziri o‘rinbosari (2000−2004 yillar),xalq ta’limi vaziri (2004−2008 yillar), Surxondaryo (2008−2011 yillar) va Qashqadaryo viloyatlari hokimi (2011−2013 yillar) lavozimlarida ishlagan.
Samarqand viloyatining avvalgi hokimi Himmat Oqbo‘tayev Prezidentning hududga tashrifidan so‘ng vazifasidan ozod qilindi. | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false |
Saudiya muftiysi erlarga xotinlarni yeyishga ruxsat bergani haqidagi xabarlarni rad etdi
Saudiya Arbaistoni muftiysi Abdul Aziz Al Ash-Shayx o‘zi tomonidan erkaklarga ochlikda o‘z xotinlarining go‘shtini yeyishga ruxsat berilgani haqidagi xabarlarni rad etdi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday yolg‘on mish-mishlarning tarqatilishi jinsidan qat’i nazar insonni ulug‘lovchi Islom dinini obro‘sizlantirish va ijtimoiy vaziyatni izdan chiqarish uchun amalga oshirilgan.
Qayd etilishicha, avvalroq shayx o‘limga olib keluvchi ochlik holatida er o‘z xotinini yeyishi mumkinligi, xotin esa bunga itoat qilishi lozimligi bo‘yicha fatvo bergani haqida xabarlar tarqalgan. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Dubayda yarim daqiqa ichida zargarlik do‘konini o‘margan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Dubay politsiyasi bir kunga qolmasdan yarim daqiqa ichida zargarlik do‘konidan 2 mln dirhamga (548000 AQSh dollariga yaqin) teng qiymatdagi zargarlik buyumlarini o‘g‘irlab ketgan jinoiy guruhni qo‘lga oldi, deb xabar berdi Dubay politsiyasi Twitter ijtimoiy tarmog‘idagi blogida.
"Niqob kiyib olgan bosqinchilar 31 soniyada do‘kon peshtaxtasini buzib 2 mln dirham qiymatidagi zargarlik buyumlarini o‘marib, no'malum yo‘nalishda qochib qolishgan, lekin shunga qaramay Dubay politsiyasi 24 soat qolmasdan butun jinoiy guruhni qo‘lga olgan", deb yozilgan politsiya hisobotida.
O‘g‘irlik ishtirokchilari BAAda yashovchi 5 nafar xorijlik, jumladan bir ayol bo‘lgan. | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false |
Toshkent hayvonot bog‘idagi vaziyat: jonivorlar suvsiz qolganmidi?
Bir necha kun oldin ijtimoiy tarmoqda Toshkent hayvonot bog‘ida olinib, ijtimoiy tarmoqqa joylangan video ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. Unda ayiq saqlanayotgan joyda suv yo‘qligi aks ettirilgan. Video muallifi hayvonot bog‘i ma'muriyati boshqa hayvonlarga nisbatan ham e'tiborsizlik qilayotganini aytib o‘tgan. Aslida vaziyat qanday?
Holat haqida batafsil axborotga ega bo‘lish uchun Toshkent hayvonot bog‘i «Yirtqich hayvonlar» bo‘limi mudiri Nodir Bahromov bilan suhbatlashdik.
«Videotasvirda ariqda suv bo‘lmaganligi ko‘rsatilgan. Bizda ikki xil holatda hovuzda suv bo‘lmaydi. Birinchisi, qish mavsumida hovuzda suv muzlaydi. Shuning uchun suv chiqarib yuboriladi. Ikkinchi holatda hovuzdagi eski suv chiqarib, tozalanadi. Video ikkinchi holatga to‘g‘ri keladi. Bunda hovuzdagi suv chiqarib yuboriladi. Hovuz tozalanadi, so‘ng oftobda kamida 2-3 soat quritishga qo‘yiladi. Shundan keyingina hovuz yangi suv bilan to‘ldiriladi. Hovuzda suv bo‘lmagan payti hayvonlar kirib-chiqadigan darcha ochiq qoldiriladi. Shuning uchun suv ichishda muammo bo‘lmaydi. Videotasvirda ayiq suvni tishlab ichayotganini ko‘ramiz.
Tabiiy holatda yirtqich hayvon tili bilan suvni tortib yoki tumshug‘ini suvga tiqib ichadi. Ayiqning suvni tishlab ichgani notabiiy holati hisoblanadi. Uning bu harakatini o‘yinqaroqlikka yo‘yish kerak. Ayiq boshqa paytlarda chanqamasayam tarnovdan kelayotgan suvni shu tarzda ichadi. Videoda ayiq chanqab suv ichgan yoki och qolgan, degan gap noo‘rin va umuman haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Hayvonot bog‘iga keladigan oziq-ovqat maxsus omborxonamizdan bo‘limlarga tarqatiladi. Xodimlar kuniga 2-3 marta belgilangan me'yor asosida ozuqaga birlamchi ishlov berib, jonivorlarni ovqatlantirishadi. Shundan keyin veterinariya klinika xodimlari jonivorlar qancha ozuqani qancha miqdorda iste'mol qilishi, qancha suv ichishini nazorat qilib, buni doimiy qayd etib borishadi», deydi mutaxassis.
Bu yerga kelganimizda hayvonlar me'yoriy vazniga nisbatan ancha ozg‘inligiga guvoh bo‘ldik. Tashrif buyuruvchilardan birining fikricha, karantindan oldin hayvonlar turi ko‘p bo‘lgan. Veterinariya bo‘limi boshlig‘i Mahmud Qo‘ziboyev yuqorida bildirilgan fikrga munosabat bildirdi. Shuningdek, jonivorlar turi nima sababdan kamayib ketganiga izoh berildi.
«Hozir tulki va bo‘rilarga qarasaniz, yaxshi parvarish qilinmayotganligi uchun ozib ketibdi, degan yanglish tushuncha paydo bo‘ladi. Bu mavsumiy tabiiy holatdir. Ular yozda eski junini tashlab, ozishni boshlaydi. Chunki jazirama issiqqa qalin jun bilan bardosh berish qiyin. Bu paytda tulki, bo‘rilar o‘zining 30 foiz vaznini yo‘qotishadi. Shuni hisobga olib, may oyidan boshlab odatdagidan 25 foiz kamroq go‘sht beramiz. Kuz-qishga kelibgina vazn yig‘ishadi», dedi Mahmud Qo‘ziboyev.
Kun.uz muxbiri Muhabbat Ma'mirova tayyorladi
Tasvirchi va montaj ustasi: Mirvohid Mirrahimov | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Florida gubernatori o‘qituvchilarga maktabda qurol ko‘tarib yurishga ruxsat berdi
Amerikaning Florida shtati gubernatori Rik Skott o‘qituvchilarga ta’lim muassasasida to‘pponcha ko‘tarib yurishga ruxsat beruvchi qonunga imzo chekdi. Bu haqda CBS’ga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
Ko‘rilayotgan bu kabi chora-tadbirlar maktablarda sodir bo‘ladigan otishmalarning oldini olishga xizmat qilishi kerak.
Shu bilan birga qonunga ko‘ra, ayrim turdagi qurollarni sotib olishdagi yosh cheklovi 18 dan 21 yoshga qadar uzaytirildi.
Eslatib o‘tamiz, 14-fevral kuni Floridada Nikolas Kruz ismli maktabning sobiq o‘quvchisi ta’lim muassasasida otishma uyushtirib, 17 kishining umriga zomin bo‘lgandi. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Navoiyda uxlab qolgan haydovchi sodir etgan YTHda uning o‘zi va otasi vafot etdi
Navoiy viloyatida «Cobalt» haydovchisi uxlab qolib, maxsus mashinaga borib urilgan. Oqibatda haydovchi va uning otasi vafot etgan. Xotini esa shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 27 iyun kuni soat 14:30larda A-379 Navoiy-Uchquduq-Zarafshon xalqaro avtomobil yo‘lining Konimex tumani hududidan o‘tgan 94-kilometrida 1966 yilda tug‘ilgan Zarafshon shahrida yashovchi fuqaro O‘.Q. o‘ziga tegishli bo‘lgan «Sobalt» mashinasi bilan yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
U mashinasini Toshkent-Zarafshon yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib borayotib, charchoq tufayli uxlab qolgan va rul boshqaruvini yo‘qotgan. Natijada, ro‘paradan o‘z yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelayotgan Samarqand viloyatida yashovchi 1995 yilda tug‘ilgan A.K. boshqaruvida bo‘lgan, Navoiy shahrida joylashgan «Berejlivost» MChJga tegishli «HOWO SINOTROC» rusumli maxsus (chiqindi tashuvchi) mashina bilan to‘qnashgan.
Oqibatda, haydovchi O‘.Q. va «Sobalt» old o‘rindig‘ida yo‘lovchi sifatida ketayotgan uning otasi R.Q. og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan. «Cobalt»ning orqa o‘rindig‘ida bo‘lgan, haydovchining turmush o‘rtog‘i Z.Sh. og‘ir tan jarohatlari olib, Konimex tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Konimex tuman IIB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Navoiyda yuk mashinasi urib yuborgan velosiped haydovchisi shifoxonada vafot etdi
Navoiyda sodir bo‘lgan YTHda yo‘lda mast holda yotgan shaxs vafot etdi | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false |
Qashqadaryoda yuziga niqob kiygan shaxslar omborxonaga hujum qildi
Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida yashovchi “The best water brend” MChJ rahbari S.Q. shu yilning 17 yanvardan 11 fevralgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida, Pillakashlik mahallasi hududida joylashgan jamiyat omborxonasidan katta miqdorda “Nestle” kasha mahsulotlari o‘g‘irlab ketilganligini ma'lum qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida, 11 fevralga o‘tar kechasi B.A., D.O., M.M., Sh.A. va Sh.X. yuziga niqob kiygan holda, omborxona qorovulxonasiga kirib, omborxona qorovullari Sh.S. va X.O.ni temir bo‘lagi bilan urib, qo‘l-oyoqlarini mato va sim bilan bog‘lab, Sh.S.ning og‘zini mato bilan berkitib, 2 ta mobil telefoni, 1 ta planshet va 32 mln. 671 ming 600 so‘mlik “Nestle” kasha mahsulotlarini olib, bu haqda biror bir kishiga aytsalar o‘ldirib yuborishlari bilan qo‘rqitganliklari, shu sababli Sh.S. va X.O. bo‘lib o‘tgan voqeani to‘liq aytmaganliklari aniqlangan.
Ko‘rilgan choralar natijasida, ushbu jinoyatni Qamashi tumanida yashovchilar 1997 yilda tug‘ilgan B.A., 1993 yilda tug‘ilgan D.O., 1996 yilda tug‘ilgan M.M., 1995 yilda tug‘ilgan Sh.A. va 1998 yilda tug‘ilgan Sh.X. sodir etganliklari aniqlanib, qo‘lga olinganlar. | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false |
Zarafshon milliy tabiat bog‘i Ekologiya qo‘mitasi tizimiga o‘tkazilishi mumkin
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi “Zarafshon milliy tabiat bog‘i faoliyati va Sudochye-Akpetki davlat buyurtma qo‘riqxonasining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini muhokamaga qo‘ydi.
Qaror loyihasida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va Samarqand viloyat hokimligining Samarqand viloyati Jomboy va Bulung‘ur tumanlari hududida joylashgan, umumiy maydoni 2426,2 gektar bo‘lgan Zarafshon milliy tabiat bog‘ini shtat birliklari va moddiy-texnik bazasi bilan birga hamda moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tasarrufidan Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimiga o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
Respublika komissiyasi ikki oy muddatda:
Shuningdek, 2022-yil yakuniga qadar Zarafshon milliy tabiat bog‘i hududini qonunchilik talablari asosida uning qo‘riqxona, rekreatsiya va xo‘jalik maqsadida foydalanish zonalari chegaralari belgilanadi; Fanlar akademiyasi bilan birgalikda tabiiy obyektlar monitoringi yuritilishi va ilmiy-tadqiqot ishlarining tashkil etiladi.
Bundan tashqari, Buxoro bug‘ulari uchun yashash joylarini yaxlit saqlash, daryoda suv sathining pasayishi natijasida qirg‘oqlaridagi to‘qayzorlarga bo‘layotgan salbiy ta’sirning oldini olish maqsadida milliy tabiat bog‘i hududini kengaytirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga asoslangan taklif kiritiladi.
Davlat ekologiya qo‘mitasining budjetdan tashqari jamg‘arma mablag‘lari hisobidan Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda:
Avvalroq Vazirlar Mahkamasining “O‘rmon fondi yerlarida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish bilan bog‘liq qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingandi. “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, Qoraqalpog‘iston, Namangan, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari o‘rmon fondi yerlarida “Orolqum”, “Pop”, “Omonqo‘ton”, “Yuqori To‘palang” va “Bobotog‘” milliy bog‘lari tashkil etiladi.
Zarafshon milliy bog‘ida yong‘in sodir bo‘ldi (foto) | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Suv xo‘jaligi vazirligi tizimida xodimlar soni jiddiy qisqartiriladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi budjet tashkilotlari tuzilmasini takomillashtirish va xodimlari sonini maqbullashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi budjet tashkilotlari samarali faoliyat ko‘rsatishini ta'minlash, ularning tuzilmasini takomillashtirish, boshqaruv hamda ishchi-xodimlari faoliyati samaradorligini oshirish, bajarilayotgan funksiyalarning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik va ularning sonini maqbullashtirish orqali o‘rtacha oylik maoshini oshirish maqsadida:
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining tizimdagi budjet tashkilotlari tuzilmasini takomillashtirish va ularning shtat jadvalidagi xodimlari sonini 2019 yil 1 iyuldan 10 foizga hamda 2020 yil 1 yanvardan yana 10 foizga maqbullashtirish orqali xodimlarning amaldagi oylik maoshlarini oshirish bo‘yicha takliflariga rozilik berilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda:
suv xo‘jaligi ekspluatatsiya tashkilotlari xodimlari sonini maqbullashtirish choralarini ko‘radi hamda bo‘shagan mablag‘larni ularning oylik maoshini oshirishga yo‘naltiradi;
suv xo‘jaligi ekspluatatsiya tashkilotlari xodimlarining amaldagi oylik maoshini oshirish uchun 2019 yil 1 iyuldan 1,2 va 2020 yil 1 yanvardan 1,4 koeffitsiyenti qo‘llaniladi;
xodimlar soni qisqartirilishi munosabati bilan 2019 yil 1 iyulgacha tashkilotlarning shtatlar jadvalini qayta ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta'minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda bo‘shatiladigan xodimlarni ishga joylashtirish va ijtimoiy himoya qilish masalalarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi.
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi ekspluatatsiya tashkilotlari xodimlari sonini 2019 yil 1 iyuldan qisqartirilishi
T/r
Tashkilotlar nomi
2019 y. 1 aprel holatiga
2019 y. 1 iyuldan qisqartirish (foiz hisobida)
Jami shtat birliklari soni
shundan
Jami shtat birliklari sonidan
shundan
boshqaruv apparatidan
ishlab chiqarishdagi xodimlar sonidan
boshqaruv apparatidan
ishlab chiqarishdagi xodimlar sonidan
1
Vazirlik markaziy apparati
135
100
35
7,4
7,0
8,6
2
Respublika tashkilotlari
86
41
45
8,1
7,3
8,9
3
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari
1304
251
1053
9,1
5,2
10,0
4
Irrigatsiya tizim boshqarmalari
6168
470
5698
10,0
10,0
10,0
5
Tuman irrigatsiya bo‘limlari
8046
565
7481
5,3
-
5,7
6
Nasos stansiyalari va energetika boshqarmalari
15365
116
15249
12,9
-
13,0
7
Meliorativ ekspeditsiyalar
2824
84
2740
10,1
-
10,4
8
Qarshi Magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi
822
28
794
5,5
10,7
5,3
9
Amu-Buxoro mashina kanalidan foydalanish boshqarmasi
1409
32
1377
7,9
9,4
7,8
10
Farg‘ona vodiysi kanallaridan foydalanish boshqarmasi
780
30
750
10,0
10,0
10,0
11
Janubiy Mirzacho‘l kanalidan foydalanish boshqarmasi
268
9
259
10,1
11,1
10,0
12
Zarafshon magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi
482
12
470
10,0
8,3
10,0
13
Qirg‘oq himoyalovchi dambalar va o‘zan rostlovchi inshootlar boshqarmasi
143
5
138
20,3
-
21,0
14
O‘ngqirg‘oq kollektoridan foydalanish boshqarmasi
82
5
77
9,8
-
10,4
15
Jizzax bosh nasos stansiyasi boshqarmasi
455
11
1645
10,0
-
10,5
16
Suv omborlaridan foydalanish boshqarmalari
1722
77
1645
10,0
-
10,5
jami
40090
1836
38254
10,0
4,5
10,3 | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Intervyu: O‘zbekiston xalq artisti Obid Yunusov o‘tgan hayot so‘qmoqlari
Iste'dodli teatr va kino aktyori Obid Yunusov 1934 yilda Toshkent shahrida dunyoga kelgan. 1956 yilda A. Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik san'ati institutining aktyorlik fakultetini tugatgach, to 1996 yilgacha Hamza nomidagi O‘zbek Davlat (hozirgi O‘zbek Milliy) akademik drama teatrida aktyor sifatida faoliyat ko‘rsatib yuzdan ortiq turli xarakterga, qiyofaga va dunyoqarashga ega bo‘lgan, turli millatga mansub obrazlarni gavdalantirgan. Sh.Xolmirzayevning "Qora kamar" dramasidagi Eshon obrazi uchun Obid Yunusovga 1988 yilda O‘zbekiston Davlat mukofoti sovrini beriladi.
Aktyor kinoda ham bir-ikki obrazni muvaffaqiyatli yaratgach, bu san'at dargohida ham o‘z o‘rnini topadi. Obid Yunusov kinoda 30 dan ortiq puxta va to‘laqonli obrazlar yaratdi. "O‘zbekfilm" kinostudiyasida uzoq yillar dublyajda faol qatnashib, 1000 dan ortiq filmlarga ovoz berdi. Obid Yunusov ijodini radio va televideniyesiz tasavvur qilish qiyin. U radioda qator radiospektakllarda qatnashib, bir necha obrazlar yaratdi.
Iqtidorli teatr va kino aktyori Obid Yunusovning san'atdagi xizmatlari munosib taqdirlandi. 1987 yilda unga "O‘zbekiston xalq artisti" faxriy unvoni berildi. 1988 yilda u Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi. 1994 yilda aktyorning 60 yoshlik to‘yi nishonlandi.
Aktyor 2015 yilning 21 sentabr kuni olamdan o‘tdi. Quyida aktyor bilan bo‘lib o‘tgan intervyuni tomosha qilishingiz mumkin.
Mazkur suhbatda aktyorning ichki dunyosi, uning xarakteri va eng asosiysi, o‘z kasbiga bo‘lgan muhabbati namoyon bo‘lgan. Jumladan, Obid Yunusov o‘z kasbi haqida gapirar ekan, hech qanday moddiy manfaatlarsiz, hech qanday ta'masiz bu soha ostonasidan o‘tganini ta'kidlaydi va san'at olamiga kirmoqchi bo‘lganlarni ham shunga da'vat etadi.
O‘z o‘tmishi, hayoti, armon va yutuqlari haqida gapirar ekan aktyorning ko‘zlarida tarix bir zumda gavdalanadi. Intervyu davomida Obid Yunusov haqida gapirib bergan suhbatdoshlar so‘zida aktyorning shu paytgacha sirli bo‘lgan qirralari bo‘y ko‘rsatadi. Bir inson taqdirida hayot so‘qmoqlari yo‘l ko‘rsatadi...
Youtube`da
Tas-Ix`da | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false |
Turkiya tashqi ishlar vaziri: AQSh Suriya kurdlariga qurol yetkazib berishni to‘xtatadi
AQSh prezidenti Donald Tramp Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan telefon orqali suhbatlashib, uni Amerika qurollarini Suriya kurdlariga yetkazib berish to‘xtatilishiga ishontirdi. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavushog‘lu Anqarada bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.
“Donald Tramp telefon suhbati chog‘ida prezident Erdo‘g‘onni YPG’ga harbiy yordam ko‘rsatishni to‘xtatish borasida aniq ko‘rsatma bergani haqida ishontirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu ahmoqgarchilikka ancha avval barham berish kerak bo‘lgan. Biz ushbu qarordan mamnunmiz va uning amalga oshirilishini kuzatib boramiz”, — deya ta’kidladi Chavushog‘lu.
Oldinroq Oq uy Tramp va Erdo‘g‘on terrorchilarga qarshi birgalikda kurashish borasida yangi kelishuvlarga erishgani, rahbarlar Turkiyaning AQSh harbiy texnikasini sotib olish imkoniyatlarini muhokama qilganini xabar bergandi. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Subsets and Splits
No community queries yet
The top public SQL queries from the community will appear here once available.