text
stringlengths 18
64.5k
| Madaniyat
bool 2
classes | O‘zbekiston
bool 2
classes | Qonunchilik
bool 2
classes | Sport
bool 2
classes | Salomatlik
bool 2
classes | Dunyo
bool 2
classes | Jamiyat
bool 2
classes | Foto
bool 2
classes | Ayollar
bool 2
classes | Texnologiya
bool 2
classes | Siyosat
bool 2
classes | Iqtisodiyot
bool 2
classes | Pazandachilik
bool 2
classes | Jinoyat
bool 2
classes | Avto
bool 2
classes |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Talabalarga 2021−2022 o‘quv yili uchun kontrakt to‘lovlari muddati 1 aprelgacha uzaytirildi
2021/2022 o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalari talaba va o‘quvchilar o‘qishi uchun kontrakt miqdorini to‘lashning so‘nggi muddati 2022 yilning 1 aprel sanasi etib belgilandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.
Ushbu muddat quyidagi talabalar uchun amal qiladi:
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin ushbu muddat 1 martgacha etib belgilangandi. | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false |
Shavkat Mirziyoev bir nechta loyihalar taqdimoti bilan tanishdi
Shavkat Mirziyoev 21 fevral kuni Toshkent shahrida ko'p kvartirali uy-joy fondini boshqarishni takomillashtirish va issiqlik ta'minoti tizimini rivojlantirish, mahallalarni obodonlashtirish, ko'kalamzorlashtirish hamda geologiya sohasi va kimyo sanoatidagi investitsiya loyihalari bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, kommunal xizmatlar millionlab aholi turmushiga daxldor masala. Ilgari ko'p qavatli uylarga xizmatni faqat mulkdorlar shirkati ko'rsatar, texnika va mutaxassislar yetishmasligi sababli uning sifati past edi. Bugungi kunda esa boshqa boshqarish shakllari ham joriy qilingan.
Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi 110 ta ko'p qavatli uy 2020 yilda tajriba tariqasida qonunchilikda belgilangan tartibda boshqaruv kompaniyalariga berilgan edi. Bu tajriba 2021 yilda barcha viloyat markazlari, Chirchiq va Angren shaharlarida davom ettirilib, 15 ta boshqaruv kompaniyasi tomonidan xizmat ko'rsatish yo'lga qo'yilgan.
Masalan, Navoiy shahridagi 116 ta ko'p qavatli uyga bitta boshqaruv kompaniyasi tomonidan xizmat ko'rsatilgan bo'lib, muddati o'tgan qarzdorlik 2 baravar qisqargan. Bu kompaniya 34 turdagi maxsus texnika olib, aholi va tadbirkorlarga 20 dan ortiq yangi xizmatlarni yo'lga qo'ygan.
Davlat rahbari bu tizimni kengaytirishni rag'batlantirish kerakligini, yil yakunigacha boshqaruv kompaniyalari tomonidan xizmat ko'rsatishni Toshkent shahrining barcha xizmat sifati past tumanlarida joriy etish zarurligini ta'kidladi. xizmatlaridan aholi rozi bo'lgan shirkatlar va uy-joyni bevosita boshqaruvchilar bundan mustasno ekaniga alohida e'tibor qaratildi.
“Bu ishlarni tizimli tashkil etishimiz lozim. Axir, bu odamlarimizning kundalik muammolari, ularni hal etmasak, xalqimiz bizdan rozi bo'lmaydi”, — deydi Prezident.
Buning uchun maxsus ishchi guruh joylarga chiqib, uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyati, aholi fikrini o'rganadi, shirkatlar va boshqaruv kompaniyalarining moliyaviy muammolarini hal etib boradi. Faoliyati va moliyaviy ahvoli qoniqarsiz bo'lgan shirkatlar hududini ochiq tanlov asosida boshqaruv kompaniyalariga berish masalasini o'rganish ishchi guruhga topshirildi.
Umuman, uy-joy boshqaruv kompaniyalariga muayyan imtiyoz va yengilliklar berilishi qayd etildi. Jumladan, ular foyda va mulk solig'idan ozod etiladi, ijtimoiy ob'ektlarga autsorsing asosida xizmat ko'rsatish uchun to'g'ridan-to'g'ri shartnoma tuzishga ruxsat beriladi, maxsus texnika va uskunalar sotib olishga 90 milliard so'm kredit ajratiladi va foizlarining bir qismi qoplab beriladi, import qilinadigan uskuna va texnikalarga bojxona bojlari kelgusi 3 yilda nol foiz stavkada qo'llaniladi, tugatilayotgan shirkatlarning muammoli kreditlari 3 yilga muzlatiladi.
Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vazirligiga bunday ishlarni barcha hududlarda tashkil etish vazifasi qo'yildi. Taqdimotda 2022 yilda issiqlik ta'minoti tizimida amalga oshiriladigan loyihalar to'g'risida ham ma'lumot berildi. xususan, 2022 yilda 10 ta qozonxonani modernizatsiya qilish va 2 ta yangi qozonxona qurish, 120 kilometr issiqlik tarmoqlarini yangilash, natijada 24 ming 400 ta xonadon va 51 ta ijtimoiy soha ob'ektlarining issiqlik energiyasi ta'minotini yaxshilash rejalashtirilgan. Davlat rahbari har bir mahallaning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy markazi bo'lishi kerakligini aytgan edi. Taqdimotda shu borada Toshkent shahrida amalga oshiriladigan ishlar haqida axborot berildi. Qayd etilganidek, mahallalarda bolalar va sport maydonchalari quriladi, yo'laklar tartibga keltirilib, daraxtlar ekiladi. Buning uchun 579 ta mahallaning har biriga byudjetdan 1 milliard so'mdan ajratilgan.
Prezident bu mablag'dan samarali foydalanish, zarur bo'lsa, mahalliy byudjetdan qo'shimcha resurs yo'naltirish bo'yicha ko'rsatma berdi. Boshqaruv kompaniyalarini jalb qilib, 2 mingta ko'p qavatli uyni joriy va kapital ta'mirlash kerakligi aytildi.
Taqdimotda Milliy bog' hududida barpo etilishi rejalashtirilgan Davlat san'at muzeyi loyihasi, xususan, dunyoga mashhur Atele Brukner arxitektura byurosi tomonidan tayyorlangan ko'rgazmalar, ekspozitsiyalar va boshqa xonalarning joylashuv rejasi ko'rib chiqildi.
Geologiya sohasida amalga oshiriladigan ishlar taqdimotida yuqori texnologik metallar qazib chiqarish rejalari bayon qilindi. Jumladan, mis, noyob metallar, magniy, litiy va grafit zaxiralarini o'zlashtirish, uglevorod xomashyosi bo'yicha qidiruv ishlarini kengaytirish masalalari ko'rib chiqildi.
Davlat rahbariga mamlakat kimyo sanoatida amalga oshiriladigan loyihalar to'g'risida ham axborot berildi.
xususan, umumiy maydoni 31 gektardan ortiq Chirchiq kimyo industrial texnoparki barpo etilmoqda. 2022 yilda texnopark hududida jami 16,5 million dollarlik loyihalarni amalga oshirish, jumladan, polimer termoelastoplast komponentlari, ko'piktirilgan polipropilen, mikrobiologik preparatlar, qog'oz, kosmetika mahsulotlari ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish mo'ljallangan.
Toshkent viloyatida fosforli va murakkab turdagi mineral o'g'itlar, “Navoiyazot” negizida esa kaliy nitrat va sulfat, metanoldan propilen va boshqa kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish, sohaga raqamli texnologiyalarni joriy qilish, Kimyoviy ilmiy-ishlab chiqarish va ta'lim klasterini tashkil etish loyihalari ko'rib chiqildi.
Mutasaddilarga taqdimot qilingan loyihalarni o'z vaqtida va samarali amalga oshirish yuzasidan ko'rsatmalar berildi. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Britaniyalik o‘qituvchiga tatuirovkalari tufayli dars o‘tish taqiqlab qo‘yildi
Buyuk Britaniya shimoli-sharqidagi Xartlpula shahri makatablaridan birining boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisi Sharlotta Tumiltiga tatuirovkalari tufayli birinchi ish kunidayoq dars o‘tish taqiqlab qo‘yildi, deb xabar bermoqda Metro.
26 yoshli Tumiltining aytishicha, uni uyiga jo‘natib, terisiga plastir yopishtirib chiqishni yoki bint bilan o‘rashni so‘rashgan. Maktab vakillari esa unga dars o‘tish taqiqlanmaganini, balki tatuirovkalarni yopib kelish so‘ralganini ma’lum qilgan.
Ikki farzandning onasi bo‘lgan Sharlotta ushubu hodisadan keyin qo‘lidagi taturiovkalarni yopib turadigan uzun yengli kiyim sotib olgan. Lekin maktab baribir uning bo‘yni va barmoqlaridagi tatuirovkalarga e’tiroz bildirayotganini aytgan. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Turkiyada 3 milliondan ortiq suriyalik qochqin uchun joy topildi
Turkiyada ro‘yxatga olingan suriyalik qochqinlar miqdori 3,2 million nafardan oshadi. Bu haqda Turkiya migratsiya masalalari bo‘yicha bosh boshqarmasi hisobotida keltirilgan.
2017 yilning 15 sentabri holatiga ko‘ra, Istanbulda 511 ming, Shonliurfda 445 ming, Xatayda 416 ming, Gaziantepda 341 ming, Mersinda 166 ming, Adanada 165 ming, Kilisda 128 ming, Bursada 123 ming, Izmirda 117 ming va Qahramonmarashda 93 ming nafar suriyalik qochqinga boshpana topilgan.
Anado‘lu agentligi xabarida Turkiya suriyalik qochqinlarni odam savdogarlari qo‘lidan qutqarish uchun ham amaliy choralar ko‘rayotgani aytilgan. Odam savdosi qurbonlarini joylashtirish uchun 15 sentabr kuni 28ta boshpana qurilgan, ularda 242 kishi joylashtirilgan.
Bundan tashqari, ko‘plab xorijliklarga Turkiyada qolishga huquq berilgan.
2016 yilda Turkiyada ro‘yxatga olingan suriyalik muhojirlar soni 2,8 million nafarni tashkil qilgandi. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Davlat idoralarida axborot xizmati mustaqil tarkibiy bo‘linma sifatida qayta tashkil etiladi
Vazirlar Mahkamasining “Davlat organlari faoliyatini yoritish uchun ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalaridan foydalanishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, jumladan, o‘z faoliyatining keng ko‘lamda tezkor yoritilishida ijtimoiy tarmoqlar hamda ommaviy axborot vositalaridagi mavjud imkoniyatlardan maqsadli va oqilona foydalanish, axborot manbalari bilan ishlash hamda axborot almashish, jamoatchilik bilan sifatli muloqotni yo‘lga qo‘yish orqali faoliyatning shaffofligini ta'minlash borasidagi ishlari qoniqarsiz, deb topilishi mumkin.
Davlat idoralari axborot siyosati sohasidagi faoliyatini qayta ko‘rib chiqadi hamda o‘n kun muddatda o‘z tuzilmalaridagi mavjud shtat birliklari doirasida axborot xizmatini shaxsan birinchi rahbarga bo‘ysunadigan mustaqil tarkibiy bo‘linma sifatida tashkil (qayta tashkil) etadi.
Bunda umumiy shtatlar doirasida axborot xizmatiga davlat idoralarining markaziy apparatida uch-to‘rt nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida kamida to‘rt nafar, quyi tashkilot va bo‘linmalar, tuman (shahar) hokimliklarida kamida ikki nafardan boshqaruv xodimi ajratilishi ta'minlanadi. Ichki imkoniyatlar yetarli bo‘lmagan holatlarda, axborot xizmatlari uchun iqtidorli mutaxassislarni budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan shartnoma asosida jalb etish choralari ko‘riladi.
2021 yil 1 fevraldan boshlab shunday tartib o‘rnatiladiki, unga muvofiq:
a) davlat idoralari faoliyatini doimiy yoritib borish hamda amalga oshirilayotgan loyihalarni jamoatchilikka tezkor va tushunarli yetkazib berish orqali tashkilotning ijobiy imijini shakllantirishga doir vazifalarni amalga oshirish jarayonida hamkorlikda ishlovchi jurnalist va foydalanuvchilar soni yuqori bo‘lgan blogerlardan iborat “Media pul” tashkil etiladi;
b) jurnalistlarning akkreditatsiya qilish to‘g‘risidagi yozma va elektron murojaatlari davlat idoralari tomonidan tegishli murojaat olingan kundan boshlab ko‘pi bilan uch ish kunida ko‘rib chiqilishi belgilanadi;
v) davlat idoralari o‘zlarining jamoatchilik kengashlari faoliyati va a'zolar ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqsin va jamoatchilik kengashlari tarkibiga kamida bir nafardan faol jurnalist va/yoki blogerni kiritish choralari ko‘riladi;
g) prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar va mobil messenjerlarning monitoringi natijasida aniqlangan davlat idoralari faoliyatiga taalluqli, aholining keng qatlami ongiga salbiy ta'sir ko‘rsatuvchi material va ma'lumotlarga davlat idoralarining tezkor munosabat bildirish muddati bir kun qilib belgilanadi;
d) davlat idoralari har chorakda kamida bir marta ommaviy axborot vositalari va blogerlar uchun ochiq bo‘lgan matbuot konferensiyalari, brifinglar tashkil etish va intervyular, savol-javoblar o‘tkazish yo‘li bilan jamoatchilikka doimiy hisobot berib boradi;
ye) davlat idoralarining turli darajadagi rahbarlari “Facebook”, “Twitter”, “Instagram”, “Telegram” kabi ko‘plab foydalanuvchilarga ega ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlarda o‘z rasmiy sahifalarini ochadi va ularni belgilangan tartibda verifikatsiya qilish choralarini ko‘radi;
yo) davlat idoralarining birinchi darajali rahbarlari axborot xizmatlari bilan birgalikda Internet tarmog‘idagi “Wikipedia” mustaqil internet-ensiklopediyasida alohida veb-sahifa ochib, o‘zi boshqarayotgan davlat idorasi va o‘zining mehnat faoliyati to‘g‘risidagi ma'lumotlarni o‘zbek, rus, ingliz tillarida joylashtiradi;
j) davlat idoralari 2021 yil yakuniga qadar o‘zlarining ochiq ma'lumotlari va yangiliklarini mobil qurilmalar orqali qulay, tezkor ravishda olish imkoniyatini taqdim etuvchi “Android” va “iOS” operatsion tizimlarida ishlovchi mobil ilovalarni ishga tushirsin hamda mazkur ilovalardagi axborot, ma'lumotlar bazasini Davlat statistika qo‘mitasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston ochiq ma'lumotlar portali (opendata.gov.uz) bilan integratsiya qilish choralarini ko‘radi;
z) davlat idoralarining rahbar xodimlari o‘z rasmiy sahifalarida hafta davomida kamida uch marta boshqaruvidagi davlat idorasi faoliyatiga daxldor bo‘lgan axborotni joylashtirib boradi hamda mazkur sahifalar orqali jamoatchilik fikrini o‘rganib, murojaat va savollarga javob berib borilishini tashkil etadi;
i) davlat idoralari axborot xizmatlari, tarkibiy tuzilmalar muntazam ravishda o‘z rahbarlarini tashkilot faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan axborot materiallari bilan ta'minlasin hamda rahbar xodimlarning rasmiy sahifalaridagi axborotlarini ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar va ommaviy axborot vositalari orqali keng miqyosda tarqatilishini amalga oshiradi.
Agentlikning davlat idoralarida tarqatish qonun bilan cheklanmagan har qanday ma'lumotni ochiq ma'lumot deb hisoblash hamda jurnalist va blogerlar ushbu ma'lumotlarni olish zaruriyatini asoslashga majbur emasligi bo‘yicha taklifi ma'qullanishi mumkin.
Shu jumladan:
a) hukumatning majlis bayonida berilgan topshiriqlarning ijro etilishining borishi to‘g‘risidagi ma'lumotlar;
b) davlat idoralarining tasdiqlangan yillik va yarim yillik media-rejalari;
v) davlat idoralari jamoatchilik kengashlarining tasdiqlangan nizomi hamda to‘liq tarkibi (familiyasi, ismi, sharifi, telefon raqami, elektron pochta manzili) va ular tomondan amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalar;
g) davlat idoralaridagi kasaba uyushmalari tomonidan qabul qilinadigan ustavlar yoki nizomlar, kasaba uyushmalarining yig‘ilishlari va faoliyati to‘g‘risidagi ma'lumotlar;
d) moliya yili davomida davlat idorasida davlat budjeti mablag‘lari hisobidan auksion, tender, tanlovlarga sarflangan xarajatlar hamda xususiylashtirilgan davlat mulki obektlarining xaridori nomi yoki F.I.Sh.;
ye) davlat buyurtmachisi sifatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ro‘yxati;
yo) davlat subsidiyalari, grantlari va mukofotlari to‘g‘risidagi ma'lumotlar;
j) tasdiqlangan yillik xarajatlar smetasi va uning ijrosi, boshqaruv xodimlarining budjetdan ajratiladigan lavozim maoshining miqdori;
z) davlat idoralari xodimlarining safar xarajatlari (transport, kunlik nafaqa, yashash), xizmat safarining maqsadi;
i) rahbariyat hamda boshqarma, bo‘linma, bo‘lim boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari familiyasi, ismi, sharifi, xizmat telefoni raqami, elektron pochta manzili davlat idoralari ochiq ma'lumotlari sifatida tasniflanadi. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Yevropa Ligasi. «Arsenal» o‘z maydonida yutqazdi, «Sporting», LASK va APOEL keyingi bosqichda
Yevropa Ligasida 5-tur o‘yinlari yakunlandi. «Arsenal» o‘z maydonida «Ayntraxt»ni qabul qildi va mag‘lubiyatga uchradi. Yaponiyalik hujumchi Kamadaning dubli nemis klubiga muhim 3 ochkoni keltirdi. «To‘pchilar» so‘nggi turda «Standart»ga 5ta to‘p farqi bilan imkoniyatni boy berishmasa, keyingi bosqichga chiqishadi.
Shuningdek, turning so‘nggi o‘yinlaridan keyin «Sporting», LASK va APOEL klublari 1/16 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.
Yevropa Ligasi, 5-tur, 28 noyabr
A guruhi
Sevilya – Qorabog‘ 2:0
Gol: Brian Hil (81), Dabbur (90+2).
Dyudelanj – APOEL 0:2
Gollar: Matich (12, penalti), Merkis (43).
V guruhi
Malmyo – Dinamo K 4:3
Gollar: Bengsson (2), Rozenberg (48, 90+6), Rakip (57) – Mikolenko (18), Tsigankov (39), Verbich (77).
Lugano – Kopengagen 0:1
Gol: Tomsen (26).
D guruhi
Sporting – PSV Eyndxoven 4:0
Gollar: Luis Felippe (9), Fernandesh (15, 64 penalti), Matyo (42).
Rusenborg – LASK 1:2
Gollar: Yonsen (45) – Goyginger (20), Frizer (54).
Ye guruhi
Seltik – Renn 3:1
Gollar: Morgan (21), Kristi (45+1), Jonston (74) – Enu (89).
Latsio – Kluj 1:0
Gol: Korrea (24).
F guruhi
Arsenal – Ayntraxt 1:2
Gollar: Obameyang (45+1) – Kamada (55, 64).
Arsenal: Martines, Tirni, Mustafi (Torreyra, 76), Luiz (Genduzi, 31), Chembers, Uillok, Jaka, Martinelli (O‘zil, 60), Papastatopulos, Obameyang, Saka.
Ayntraxt: Rennov, da Koshta, Xinteregger, Abraam, Kostich, Hasebe, Sou, Fernandesh (Kor, 46), Kamada, Andre Silva (Gachinovich, 46), Pasiyensiya.
Ogohlantirishlar: Kostich (20), Martinelli (34), Abraham (59), Mustafi (74), Jaka (86), Pasiyensiya (90+2).
Vitoriya – Standart 1:1
Gollar: Pereyra (45+1) – Lestenn (39, penalti). | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
FVV fuqarolardan isitish uskunalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni so‘radi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan elektr uskunalari hamda isitish pechlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya etishni so‘radi. Bu haqda vazirlik xabarida aytilgan.
Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko‘ra, 2021 yil 23 fevral kunidan 26 fevral kuniga qadar respublika hududida havo harorati kechasi 10-15, kunduzi 7-12 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda. Shamol tezligi 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
“Shu munosabat bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolarimizdan ish va yashash joyida elektr uskunalari hamda isitish pechlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya etishni so‘raydi”, - deyiladi FVV ma'lumotida.
Avvalroq, O‘zbekistonga sovuq havo oqimi kirib kelishi, mamlakat shimolida harorat 22 daraja sovuq bo‘lishi kutilayotgani xabar berilgandi. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Muhsin Muhammadiyev: Bizda futbolchilar yetishmayapti
Futbol bo‘yicha Coca-Cola Superligasining 8-turidan o‘rin olgan “So‘g‘diyona” — “Buxoro” uchrashuvidan (3:1) so‘ng har ikki jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Dastlab mehmonlar ustozi Muhsin Muhammadiyev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Bizda futbolchilar yetishmayapti. O‘yin paytida himoyachi jarohat oldi, o‘rniga yosh futbolchini tushirdik. Ikki futbolchi jarohat oldi, 4 nafar legioner hamon O‘zbekistonga kela olishmayapti. Birinchi gol urilgan vaqtda qoida buzilmagandi, hakam hushtak chaldi va gol urildi. Ikkinchi bo‘lim boshida hisobni tenglashtirgandik.
Tayyorgarlik yetarli bo‘lmagani uchun ham jarohatlar chiqa boshladi. Chempionat boshlanayotganida vaqt yetarli emas degandik, afsuski, bunday bo‘lmadi. Aftidan qolganlar futbolni bizdan yaxshiroq tushunadi”, — deydi mutaxassis.
Matbuot anjumanining ikkinchi qismida “So‘g‘diyona” bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev qatnashdi.
“Andijon” bilan durang o‘ynadik, Namanganda yutqazdik, yigitlar kichik ruhiy o‘raga tushib qolishgandi. Shu bois futbolchilarimga rahmat. Bu o‘yinda nima qilib bo‘lsa ham yutishimiz kerak edi. Mehmonlar posboni ajoyib seyvlarni amalga oshirdi. G‘alaba bilan muxlislarimizni tabriklayman”, — deya Baqoyev so‘zlarini keltirmoqda “Championat.asia”.
Mazkur g‘alabadan keyin “So‘g‘diyona” 11 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda. “Buxoro” esa (2) so‘nggi o‘rinni band etgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling! | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Toshkent hayvonot bog‘i boshqaruvi xususiy kompaniyaga beriladi
Vazirlar Mahkamasining “Toshkent hayvonot bog‘ini kelgusida modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Hujjat matni “Lex.uz”da e’lon qilindi.
Madaniyat vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining “Toshkent hayvonot bog‘i” davlat muassasasi tashkiliy-huquqiy shaklini mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi xo‘jalik jamiyatiga aylantirgan holda, Wildlife Care MChJga ishonchli boshqarishga berish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.
Belgilanishicha:
a) “Toshkent hayvonot bog‘i” mas’uliyati cheklangan jamiyatining ustav kapitali qayta tashkil etilayotgan “Toshkent hayvonot bog‘i” davlat muassasasi mol-mulklarining qoldiq balans qiymatida shakllantiriladi va jamiyatning ustav kapitalidagi ta’sischi funksiyasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan amalga oshiriladi;
b) ishonchli boshqaruvchi tomonidan Ishonchli boshqarish shartnomasi talablariga to‘liq rioya etilgan taqdirda shartnomaning muddati 30 yilgacha uzaytirib boriladi;
v) “Toshkent hayvonot bog‘i” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga aylantirilganda “Toshkent hayvonot bog‘i” davlat muassasasining amaldagi soliq rejimi saqlanib qolinadi;
g) ishonchli boshqaruvchi uchun to‘lanadigan haq miqdori “Toshkent hayvonot bog‘i” mas’uliyati cheklangan jamiyatining yil yakunlari bo‘yicha hisoblanadigan divident hisobidan to‘lanadi;
d) ishonchli boshqaruvchi tomonidan jalb qilingan investitsiyalar auditorlik tashkilotining hisobotiga asosan “Toshkent hayvonot bog‘i” mas’uliyati cheklangan jamiyatining sof foydasidan qaytariladi;
ye) “Toshkent hayvonot bog‘i” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga “Toshkent hayvonot bog‘i” davlat muassasasi uchun 2019-yilda ajratilgan mablag‘lardan kam bo‘lmagan miqdorda budjet hisobidan mablag‘lar ajratilib boriladi.
Qayd etilishicha, ishonchli boshqaruvchi tomonidan quyidagi takliflar bildirilgan: | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
O‘zbek startaperlarining biznes atamashunoslik lug‘ati Big Idea Challenge tanlovida ishtirok etadi
Buyuk Britaniya elchixonasi tashabbusi bilan tashkillashtirilgan Big Idea Challenge innovatsion g‘oyalar tanlovining mintaqaviy bosqich g‘oliblari aniqlandi.
Tanlovda 7ta mamlakatdan 100dan ziyod loyihalar ishtirok etib, uchta yo‘nalish ─ raqamli texnologiyalar, ijtimoiy ta'sir va ijodkorlik bo‘yicha g‘oliblik uchun bellashdi. Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan mintaqaviy bosqichda Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistondan g‘olib ishtirokchilar aniqlandi. G‘oliblar:
Raqamli texnologiya bo‘yicha:
Qozog‘istondan Bagdar loyihasi (maktab bitiruvchilarining o‘z qiziqishlari va ko‘nikmalariga mos kasb tanlashlariga yordam beradi);
Qirg‘izistondan Smart Tech loyihasi (mahsulotlarni sotish va xarid qilishni osonlashtiruvchi vending qurilmalarini taklif qiladi);
O‘zbekistondan Business Glossary loyihasi (zamonaviy biznes texnologiyalariga oid atamalarni jamlovchi o‘zbekcha-inglizcha izohli lug‘at mobil ilovasini taqdim etadi).
Ijtimoiy ta'sir yo‘nalishi bo‘yicha:
Qozog‘istondan Dalatunes loyihasi (milliy qozoq kuylarini jamlovchi musiqiy ilova);
Qirg‘izistondan Milkbregg loyihasi (qishloq ayollarini ish bilan ta'minlash va oziq-ovqat mahsulotlarining sarxil holda dasturxonlarga yetib kelishini yo‘lga qo‘yishni nazarda tutadi);
O‘zbekistondan Youread loyihasi (kitoblar haqidagi taqrizlarni reklama tarzida chop etish va jamoat transportlarida tarqatishni ko‘zda tutadi).
Ijodkorlik yo‘nalishi bo‘yicha:
Qozog‘istondan Sustainable fabric loyihasi (qayta ishlangan xomashyodan moda sanoatida foydalanishni maqsad qiladi);
Qirg‘izistondan Oinobook loyihasi (qirg‘iz xalqining an'analari haqida hikoya qiluvchi hamda bolaning kichik motorikasini rivojlantirishga yordam beruvchi innovatsion kitob);
O‘zbekistondan Living bakery museum loyihasi (barcha nonlarning tarixi haqida hikoya qiluvchi, ularning tayyorlanishini ko‘rsatuvchi non muzeyi).
Tanlovning oxirgi final bosqichiga esa har bir mamlakatdan faqat bittadan loyiha yo‘l oladi. Qozog‘istondan Dalatunes loyihasi, qirg‘izistonlik ishtirokchilarning Oinobook startapi, o‘zbekistonlik qatnashchilarning Business Glossary mobil ilovasi keyingi bosqichda g‘oliblik uchun kurashadi. Mutlaq g‘olib bo‘lgan loyiha mualliflari o‘z startaplarini amaliyotga tatbiq qilish uchun 5000 funt sterlingni qo‘lga kiritishadi.
Big Idea Challenge tanlovi Britaniya kengashining Creative Spark dasturi doirasida o‘tkaizlmoqda. 2018 yilda o‘z ishini boshlagan bu besh yillik dastur oliy ta'lim muassasalari o‘rtasidagi xalqaro hamkorlikni qo‘llab-quvvatlashni maqsad qiladi. Dastur yoshlar o‘rtasida tadbirkorlik g‘oyalari va kreativ iqdisodiyotni rivojlantirishni nazarda tutuvchi loyihalarni, shuningdek, Big Idea Challenge tanlovini qamrab oladi. Mazkur dasturga O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ukraina, Gruziya, Armaniston davlatlari qo‘shilgan. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
ParaOsiyo o‘yinlarida O‘zbekiston jamoasi hisobidagi medallar 19 taga yetdi
Janubiy Koreyaning Incheon shahrida davom etayotgan ParaOsiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 19 taga yetdi. Bular 16 ta oltin, 2 ta kumush, 1 ta bronza medallaridir, deb yozadi Olamsport.com.
O‘zbekistonlik sportchilar medallar jamg‘arish bo‘yicha umumjamoa hisobida 4-o‘rinni egallab turibdi. Birinchi o‘rinda jami 197 ta medal bilan Xitoy terma jamoasi bormoqda.Ular 106 ta oltin, 60 ta kumush, 31 ta bronza medalini qo‘lga kiritib ulgurgan.
Kuchli uchlikdan Janubiy Koreya va Yaponiya terma jamoalari joy olgan. Keyingi o‘rinlarni Eron, Tailand, Gonkong, Malayziya, Vyetnam, Qozog‘iston kabi terma jamoalar band etgan.
Umuman olganda, hozirgacha 19 ta mamlakat delegatsiyalari hisobida kamida bir nafar chempion bor. Kamida bitta bronza medaliga ega bo‘lgan davlatlar soni esa roppa-rosa 30 taga yetdi. | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Sirdaryoda 7 mingdan ortiq xonadonda tabiiy gaz ta'minoti tiklandi
Energetika vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlar tomonidan Sardoba suv ombori to‘g‘onining o‘pirilishi va undan keyingi toshqinlar natijasida yuzaga kelgan gaz ta'minotidagi uzilishlarni qayta tiklash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Vazirlik matbuot xizmati xabariga ko‘ra, “Sardoba” suv omboridagi suv toshqini natijasida Sardoba tumani “Qo‘rg‘ontepa”, “Do‘stlik”, “Yurtdosh”, Oqoltin tumani “Shodlik”, “Saxovat”, “Ahillik” va Mirzaobod tumani “Navbahor”, “Chinobod”, “Barlos” mahallaridagi 66 km gaz quvurlari, 47 dona gaz taqsimlash qurilmalari hamda 7 550 dona maishiy gaz ballonlariga zarar yetdi. Buning natijasida jami bo‘lib 12 060 ta iste'molchilarda, shundan tabiiy gazdagi 6 865 ta aholi xonadonlari va 5 195 ta suyultirilgan gaz ta'minotidagi xonadonlarda gaz ta'minotida uzilishlar bo‘ldi.
“Hududgaz Sirdaryo” mas'uliyati cheklangan jamiyati xodimlari tomonidan toshqin oqibatlarini bartaraf etish uchun 50 nafar soha mutaxassislari, 45 ta avtotransport vositalari jalb qilingan. Shundan 6 ta yengil avtotransport, 23 ta maxsus “Isuzi” va 16 ta maxsus yo‘lovchi tashuvchi “Gazel” avtotransport vositalari jalb etilgan.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida, gaz quvurlarining shikastlangan va 2 dona gaz taqsimlash qurilmalari texnik soz holatga keltirildi va qayta tiklandi. Natijada Sardoba tumani “Paxtaobod” shaharchasidagi 3 117 ta, Oqoltin tumanidagi 3 748 ta aholi xonadonlarida va shu hududlardagi mavjud 192 ta ulgurji iste'molchilarda tabiiy gaz ta'minoti to‘liq tiklandi.
Shuningdek, toshqin sababli boshqa hududlarga evakuatsiya qilingan aholini suyultirilgan gaz bilan uzluksiz ta'minlash uchun 223,7 tonna suyultirilgan gaz va 1 000 dona maishiy gaz ballonlar zaxirasi yaratildi, deyiladi ma'lumotda. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Ayollar infarkt tufayli erkaklarga qaraganda ko‘proq qayg‘urishi aniqlandi
Ayollar yurak xuruji (miokard infarkti)dan keyin trevoga va depressiyaga tushib qolishga erkaklarga qaraganda ko‘proq moyil bo‘ladi. Bunday xafagarchiliklar bemorlarda o‘lim xavfini kuchaytiradi, deb yozadi “RIA Novosti” Eurika nashrida e’lon qilingan maqolaga asoslanib.
Litvalik professor Pranas Serputis so‘zlariga ko‘ra, Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 2020-yilga kelib, depressiya dunyoda nogironlik va o‘limning yurakning ishemik kasalligidan keyingi ikkinchi yetakchi sababiga aylanishini prognoz qilmoqda.
Shifokorlarning ta’kidlashicha, depressiyaga uchragan bemorlarda miokard infarktidan keyin olti oy ichida vafot etish ehtimoli deyarli olti marta o‘sadi.
Olimlar shuningdek chekuvchilarda miokard infarktidan keyin depressiyaga tushish xavfi umuman chekmaydiganlar yoki chekishni ikki yil avval tashlaganlarga qaraganda ancha yuqori bo‘lishini aniqladi. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Toshkentning Shayxontohur tumanidagi yangilanishlar bilan tanishuv
26.05.2017
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 26-may kuni poytaxtimizning Shayxontohur tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.
Istiqlol yillarida poytaxtimiz oʻzgacha tarovat va zamonaviy qiyofa kasb etdi. Bir-birini takrorlamaydigan ma’muriy binolar, turar joylar, keng va ravon koʻchalar, zamonaviy koʻpriklar, muhtasham savdo majmualari, bozorlar bunyod etildi.
Prezidentimiz Shayxontohur tumanidagi “Suzuk ota” maqbarasi va jome’ masjidida boʻldi.
Mamlakatimizda vijdon erkinligi, diniy bagʻrikenglik tamoyillarini ta’minlash, ularning qonuniy asoslarini yaratish va rivojlantirish masalalariga alohida ahamiyat berilmoqda.
Prezidentimiz rahnamoligida milliy urf-odat va qadriyatlarimizni tiklash, muqaddas dinimizni, aziz avliyolar va ulamolarimizning boy merosini oʻrganish, ularning qadamjolarini obod qilish, tarixiy obidalarni asrab-avaylash yoʻlida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.
Suzuk otaning ismi Mustafoqul boʻlib, 1140-yilda tavallud topgan. U Ahmad Yassaviy qizi Gavhari Hushtojning kenja oʻgʻli boʻlgan. Bolalik chogʻida bobosi u kishini erkalab “Mening suzigim (suyukligim), xush keldingiz!”, degani bois atrofdagilar ham uni shu ism bilan chaqira boshlagan. Suzuk ota yuzlab shogirdlarga ilm berib, hunarga, halol mehnatga oʻrgatgan. 1363-1364-yillarda buyuk bobokalonimiz Amir Temur Yassaviyning nabirasi Suzuk ota qabri ustida maqbara va masjid bunyod ettirgan.
Mustaqillik yillari bu muqaddas qadamjo qayta tiklanib, obodonlashtirildi. “Suzuk ota” mahalla fuqarolar yigʻinida besh mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi. Mahallada hunarmandlik, duradgorlik, oʻymakorlik rivojlangan.
Bunday masjid va maqbaralar ma’naviyatimizni yanada yuksaltirishga, yurtimizda ezgulik nurini ziyoda etishga xizmat qilishi kerak, dedi davlatimiz rahbari. Bu yerda ham hunarmandlar markazi va kutubxona tashkil etish lozim.
Prezidentimiz mutasaddilarga maqbara va masjidni rekonstruksiya qilish, atrofini obodonlashtirish boʻyicha topshiriqlar berdi.
Mamlakatimizda amalga oshirilgan islohotlar, milliy qadriyatlarimizni tiklash, bozor iqtisodiyotini rivojlantirish, tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash, kelajagimiz egalari boʻlgan barkamol avlodni tarbiyalash borasidagi sa’y-harakatlar, keng koʻlamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari samarasi barchamizga cheksiz faxr-iftixor baxsh etmoqda.
Shavkat Mirziyoyev «Toshkent issiqlik markazi» aksiyadorlik jamiyatining 3-issiqlik markazida boʻldi. Mazkur issiqlik markazi 1970-yillarda qurilgan boʻlib, tumandagi 937 obyektga issiqlik quvvati yetkazib beradi.
Bugungi kunda qozonxona va tarmoqlar texnik va ma’naviy eskirgani, markaziy qozonxonalar iste’molchilardan uzoq masofada joylashgani sababli issiqlik yetkazib berishda ayrim muammolar yuzaga kelmoqda. Toshkent shahrini toʻliq energiyatejamkor lokal qozonxonalarga oʻtkazish zarur, dedi Prezidentimiz.
Shu yerda Shayxontohur tumanida iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan istiqbolli loyihalar taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Tijorat banklari aholiga bank xizmatlari koʻrsatish bilan birga, ularni tadbirkorlikka jalb qilish, daromadini oshirish, ish bilan ta’minlashda ham samarali ishlar olib bormoqda. Taqdimoti oʻtkazilgan loyihalarda ana shunday masalalar oʻz ifodasini topgan. Unda tijorat banklari tomonidan aholini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqidagi ma’lumotlar keltirildi. Loyihalarda yaratiladigan ish oʻrinlariga qarab kreditning yillik stavka foizi pasayib boradi. Bitta ish oʻrni yaratgan tadbirkor uchun 9 foiz, ikkita ish joyi yaratganlik uchun 8 foiz, beshta va undan ortiq ish oʻrni yaratgan tadbirkorning kredit stavkasi 6 foiz qilib belgilanadi.
Bu loyihalardan maqsad xalqimiz farovonligini oshirish va turmush sharoitini yanada yaxshilashdir. Shuning uchun har bir loyihani sifatli va oʻz vaqtida bajarishga alohida e’tibor berish kerak, dedi davlatimiz rahbari.
Joriy oʻquv yilida tumandagi 9 kasb-hunar kollejini 4,5 mingdan koʻproq oʻquvchi tamomlaydi. Ularning aksariyati bilan toʻrt tomonlama shartnoma tuzilgan, bitiruvchilar iqtisodiyot kompleksiga kiruvchi tashkilotlarda amaliyot oʻtamoqda.
Tumandagi kollejlarda oʻquvchilar qaysi sohalar boʻyicha oʻqishni tamomlayotgani, kredit olib oʻz tadbirkorligini boshlamoqchi boʻlgan yoshlar haqida ma’lumot berildi.
Davlatimiz rahbari bitiruvchilarning birontasi ham boʻsh qolmasligi, ularning ishga joylashishini qat’iy nazoratga olish zarurligini ta’kidladi.
Tumanda tashkil etilishi rejalashtirilayotgan koʻp tarmoqli sanoat klasteri istiqbolli loyiha sifatida baholandi.
Shayxontohur tumanida sanoatni yanada rivojlantirish kerak, dedi Prezidentimiz. Buning uchun sohani atroflicha oʻrganish va chet ellik investorlarni jalb qilish zarur.
Tashkil etilayotgan klasterda trikotaj, farmatsevtika, charm-poyabzal, elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarishga keng oʻrin beriladi. 2 ming ish oʻrni yaratilishi koʻzda tutilgan loyihaning umumiy qiymati 250 million dollarni tashkil qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan moliyalashtirilayotgan qogʻoz ishlab chiqarish loyihasida qogʻoz mahsulotlariga boʻlgan ehtiyoj, joriy qilinayotgan zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyasi haqida ma’lumot berildi.
Mamlakatimizda xususiy tibbiyot tarmogʻi ham jadal rivojlanmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 1-apreldagi «Sogʻliqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori bu borada muhim bosqichni boshlab berdi. Shayxontohur tumanida amalga oshiriladigan loyihalarda bu sohaga ham alohida e’tibor qaratilgan.
«Trust medikal centre» mas’uliyati cheklangan jamiyati ochayotgan tibbiy markazga rivojlangan davlatlardan yuqori sifatli jarrohlik uskunalari keltirib oʻrnatilmoqda. Joriy yilning uchinchi choragida foydalanishga topshiriladigan mazkur klinikada 60 ish oʻrni yaratiladi.
«Zangiota zam-zam» MChJ «Savdogarbank» kreditlari evaziga otoloringologiya va ginekologiya sohasida zamonaviy tibbiy xizmat koʻrsatish boʻyicha loyihaga qoʻl urgan. 2018-yilning ikkinchi choragida toʻliq ishga tushirilishi kutilayotgan loyihada 30 kishining bandligi ta’minlanadi.
Tumanda 2017-yilda sanoat va xizmat koʻrsatish sohasini rivojlantirish uchun kiritiladigan investitsiyalar haqida ham ma’lumot berildi.
Kimyo va neft-kimyo, qurilish materiallari, mebel va qogʻoz, oziq-ovqat, toʻqimachilik, farmatsevtika, charm-poyabzal, qandolatchilik, mehmonxona xoʻjaligi, elektrotexnika sohalaridagi loyihalarga ajratiladigan kreditlar miqdori, yangi korxonalarda yaratiladigan ish oʻrinlari haqida batafsil axborot berildi.
Shavkat Mirziyoyev Beltepa va Jarariq koʻchalari kesishgan joyda barpo etilayotgan koʻngilochar istirohat bogʻi qurilishini koʻzdan kechirdi.
Mazkur bogʻ konsepsiyasida milliy me’morlik an’analari va zamonaviy shaharsozlik talablari uygʻunligiga alohida e’tibor qaratilgan. Bogʻ hududi 10 gektar boʻlib, bu yerda koʻngilochar maskanlar, zamonaviy attraksionlar, qishki bogʻ, charxpalak, musiqali favvoralar, skeytbord va changʻi uchish joylari, velosiped yoʻlaklari, bogʻ boʻylab dor yoʻli, kafelar, 5 qavatli avtomobillar turar joyi qurilishi rejalashtirilgan.
Ushbu bogʻdagi yopiq koʻngilochar maskanlar yilning toʻrt faslida ham odamlar hordiq chiqarishi uchun keng imkoniyat yaratadi. Bogʻ hududiga quyosh energiyasi yordamida ishlaydigan yoritish ustunlari va zamonaviy soyabonlar oʻrnatiladi.
Hudud musaffoligini ta’minlash maqsadida boqqa kashtan, qaragʻay, yapon saforasi, magnoliya, qayin kabi havoni tozalovchi va kislorod bilan boyituvchi daraxtlar, turli butalar ekiladi.
Istirohat bogʻida ommaviy tomoshalar, konsert dasturlari, koʻrgazma, sport musobaqalari va boshqa turli tadbirlar oʻtkazish imkoniyati yaratiladi. Turli hunarmandlik, sport toʻgaraklari, mahorat darslari tashkil etiladi.
Loyihani amalga oshirish uchun birinchi bosqichda 18 million dollar, ikkinchi bosqichda 22 million dollar mablagʻ oʻzlashtirilishi moʻljallanmoqda.
Bogʻning birinchi bosqichini 2018-yilda, ikkinchi bosqichini 2019-yilda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Bogʻ toʻliq ishga tushgach, 350 kishi ish bilan ta’minlanadi.
Davlatimiz rahbari bogʻ loyihasi bilan tanishar ekan, mazkur maskan poytaxtimiz aholisi va mehmonlarining sevimli dargohlaridan biri boʻlishi, odamlar hordiq chiqarishi uchun barcha zarur qulayliklar, atrof-muhit musaffoligini ta’minlaydigan infratuzilma barpo etish lozimligini ta’kidladi.
Bizning asosiy vazifamiz – odamlarning samarali mehnati va koʻngilli dam olishi uchun munosib shart-sharoitlar yaratishdan iborat, dedi Shavkat Mirziyoyev. Bu yerda sayr qilish uchun imkoniyat yaratish va turli attraksionlar oʻrnatish bilan cheklanmay, bu maskanni katta-yu kichik uchun sevimli hordiq maskaniga aylantirish zarur.
Mutasaddi rahbarlarga qurilish ishlarini sifatli amalga oshirish, obodonlashtirish ishlarida manzarali daraxt va butalarni koʻproq ekish boʻyicha zarur koʻrsatmalar berildi.
Prezidentimiz koʻrsatmasiga muvofiq poytaxtimizda bunyod etiladigan Qoraqamish istirohat bogʻi, “Eski shahar” savdo markazi, koʻp qavatli turar joylar, talabalar milliy ilmiy-ma’rifiy markazi, Islom madaniyati markazi loyihalari yanada takomillashtirildi.
Islom Karimov koʻchasida 3,5 ming oʻrinli Universal sport saroyi, Maxtumquli koʻchasida Ashxobod bogʻi, Shayxontohur tumanida zamonaviy savdo markazi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bogʻida Yozuvchilar uyushmasi binosini qurish boʻyicha loyihalar ishlab chiqildi.
Ushbu loyihalar qurilishini tezlashtirish boʻyicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.
Prezidentimiz raisligida Davlat soliq qoʻmitasi binosida oʻtgan yigʻilishda Toshkent shahri va tumanlar hokimlari, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari, poytaxt jamoatchiligi vakillari ishtirok etdi. Unda davlatimiz rahbari asos solgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi, joylardagi Xalq qabulxonalari xalq bilan muloqotning noyob tizimiga aylangani, turli masalalarga oʻz vaqtida yechim topilib, odamlarni rozi qilayotgani ta’kidlandi. 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi mamlakatimiz taraqqiyotini yangi bosqichga koʻtarishga xizmat qilayotgani qayd etildi.
Yigʻilishda aholiga barcha zarur sharoitlar yaratish, yangi ish oʻrinlari tashkil etish, kommunikatsiya tizimlarini yangilash, hududlarni obodonlashtirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va boshqa dolzarb masalalarga alohida e’tibor qaratildi. | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false |
Qazzofiy Sarkozining kampaniyasini moliyalashtirgani tasdiqlandi
Liviya yetakchisi Muammar Qazzofiyning sobiq tarjimoni Miftax Missuri davlat rahbari qanday qilib Fransiya sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi saylov kampaniyasini moliyalashtirgani haqida aytib berdi. Bu haqda RT xabar qilmoqda.
«2005 yilda Fransiyaning o‘sha paytdagi ichki ishlar vaziri bo‘lgan janob Nikolya Sarkozi Liviyaga tashrif buyurdi... Sarkozi 2007 yilda prezidentlikka o‘z nomzodini qo‘ymoqchi ekanini aytgan. Liviya yetakchisi unga bu yaxshi xabarligi, Liviya va uning shaxsiy do‘sti Fransiya prezidenti bo‘lganida yaxshi bo‘lishini aytdi. Qazzofiy Sarkoziga qo‘llab-quvvatlov va yordam va'da berdi», - deya ma'lum qilgan Missuri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Sarkozi saylovoldi shtabi vakillari liviyalik amaldorlar bilan uchrashuv o‘tkazgan. Bu uchrashuv davomida hujjat imzolangan bo‘lib, unda Liviya rahbariyatiga Sarkozi kampaniyasini qo‘llab-quvvatlash uchun 50 mln yevro ajratish bo‘yicha iltimos bo‘lgan.
Missurining shuningdek qo‘shimcha qilishicha, yakunda bu summa Qazzofiyning ko‘rsatmasi bilan 20 mln yevroga qadar pasaytirildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sarkozi Qazzofiy «to‘dasi» bilan kurashishga va'da bergandi. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
«Mimino» rejissyori Georgiy Daneliya vafot etdi
Moskvada rejissyor Georgiy Daneliya 88 yoshida vafot etdi, deb xabar bermoqda «Novaya gazeta».
Qayd etilishicha, bu haqda nashrga rejissyorning oilasi xabar qilgan.
Georgiy Daneliya 1930 yilning 25 avgust kuni Tiflisda tug‘ilgan, kinorejissyor, aktyor, ssenariychi. SSSR xalq artisti (1989 yil), SSSR davlat mukofoti laureati (1978 yil).
G.Daneliya «Men Moskva bo‘ylab qadam tashlayman» («Ya shagayu po Moskve»), «Omadli jyentelmenlar» («Djyentlmeny udachi» - badiiy rahbar), «Afonya», «Mimino», «Kuzgi marafon» («Osenniy marafon»), «Kin-dza-dza!» kabi mashhur filmlar rejissyori edi. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-445-son Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risida namunaviy nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tasdiqlangan Namunaviy nizom asosida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan bir oy muddatda tegishli nizomlar tasdiqlanishiga hamda ularning o‘z faoliyatini ushbu nizomlar asosida tashkil etishiga ko‘maklashsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 31-iyuldagi 562-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 31-son, 777-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Sh.S. Javlonov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga (keyingi o‘rinlarda Qonun deb ataladi) muvofiq fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari (keyingi o‘rinlarda murojaat deb ataladi) bilan ishlash tartibini belgilaydi.
2. O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlarning jismoniy va yuridik shaxslari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga murojaat qilish huquqiga ega.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
ariza — huquqlarni, erkinliklarni va qonuniy manfaatlarni amalga oshirishda yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi iltimos bayon etilgan murojaat;
taklif — davlat va jamiyat faoliyatini takomillashtirishga doir tavsiyalarni o‘z ichiga olgan murojaat;
shikoyat — buzilgan huquqlarni, erkinliklarni tiklash va qonuniy manfaatlarni himoya qilish to‘g‘risidagi talab bayon etilgan murojaat;
anonim murojaat — jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yoki yuridik shaxsning to‘liq nomi, uning joylashgan yeri (pochta manzili) to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilmagan yoxud ular haqida yolg‘on ma’lumotlar ko‘rsatilgan murojaat, shuningdek, uni identifikatsiya qilish imkoniyatini bermaydigan elektron murojaat yoxud imzo bilan tasdiqlanmagan yozma murojaat;
murojaatning dublikati — ayni bir jismoniy yoki yuridik shaxs murojaatining ko‘chirma nusxasi;
takroriy murojaat — ayni bir jismoniy yoki yuridik shaxsdan kelib tushgan, uning avvalgi murojaati yuzasidan qabul qilingan qaror ustidan shikoyat qilinayotgan yoki boshqacha tarzda norozilik bildirilayotgan, shuningdek, agar takroriy murojaat kelib tushgan paytga kelib qonun hujjatlarida belgilangan ko‘rib chiqish muddati tugagan bo‘lsa, ilgarigi murojaati o‘z vaqtida ko‘rib chiqilmaganligi to‘g‘risida xabar qilinayotgan murojaat;
elektron murojaat — belgilangan tartibda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida berilgan, shu jumladan davlat organining, tashkilotning rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan murojaat, real vaqt rejimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda berilgan og‘zaki murojaatlar bundan mustasno;
ommaviy qabul — mahalla fuqarolar yig‘ini raisining yoki bu borada vakolat berilgan mansabdor shaxsining jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari bilan ommaviy uchrashuvlarida murojaatlarni qabul qilishga doir harakati;
videokonferensaloqa — uzoqda joylashgan bir nechta abonentlarning real vaqt rejimida audio va videoaxborot almashish imkoniyati bilan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda interaktiv hamkorlik qilishi.
4. Murojaatlar og‘zaki, yozma yoxud elektron shaklda bo‘lishi mumkin.
Arizalar, takliflar va shikoyatlar murojaatlarning turlari hisoblanadi.
Murojaatlar, ularning shakli va turidan qat’i nazar, bir xil ahamiyatga ega bo‘ladi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga telefon orqali qilingan murojaatlar og‘zaki murojaat sifatida ushbu Nizomda belgilangan tartibda qayd etiladi, ro‘yxatga olinadi va ko‘rib chiqiladi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining rasmiy veb-sayti orqali yoki ularning rasmiy elektron pochta manziliga kelib tushgan murojaatlar elektron murojaatlar tarzida qayd etiladi va ushbu Nizomda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari, Virtual qabulxonasi, O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va boshqa tashkilotlarning portallari orqali tushgan murojaatlar elektron murojaatlar tarzida qayd etiladi va ushbu Nizomda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
Ommaviy axborot vositalari tahririyatlaridan kelib tushgan murojaatlar ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqiladi.
5. Jismoniy va yuridik shaxslar yakka tartibda yoki jamoa bo‘lib murojaat etishlari mumkin.
6. Murojaatlar davlat tilida va boshqa tillarda berilishi mumkin.
7. Murojaatda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (jismoniy shaxs uchun);
yuridik shaxsning to‘liq nomi, uning joylashgan yeri (pochta manzili) to‘g‘risidagi ma’lumotlar (yuridik shaxs uchun);
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining aniq nomi va murojaatning mohiyati.
Murojaatlarda murojaat qiluvchilarning elektron pochta manzili, aloqa telefonlari va fakslari raqamlari ko‘rsatilishi mumkin.
Yozma murojaat murojaat qiluvchi jismoniy shaxsning imzosi yoki murojaat qiluvchi yuridik shaxs vakolatli shaxsining imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Jismoniy shaxsning yozma murojaatini murojaat qiluvchining imzosi bilan tasdiqlash imkoni bo‘lmagan taqdirda, bu murojaat uni yozib bergan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanib, uning familiyasi (ismi, otasining ismi) ham qo‘shimcha ravishda yozib qo‘yilishi kerak.
Murojaat qiluvchilarning vakillari orqali berilgan murojaatlarga ularning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
8. Murojaatlarni berish muddatlari, qoidaga ko‘ra, belgilanmaydi. Ayrim hollarda, agar bu fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining murojaatni ko‘rib chiqish bo‘yicha imkoniyatlariga, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini o‘z vaqtida amalga oshirish va himoya qilishni ta’minlash zaruratiga bog‘liq bo‘lsa, shuningdek, qonunlarda nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra tegishli fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga murojaatni berish muddati belgilanishi mumkin.
9. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxemaga binoan amalga oshiriladi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari ushbu Nizom talablariga muvofiq murojaatlar bilan ishlashda elektron hujjat aylanishi tizimini joriy qilishi mumkin.
10. Fuqarolar yig‘inlarining murojaatlar bilan ishlash sohasidagi faoliyati Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha hududiy kengashlari tomonidan muvofiqlashtiriladi.
11. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida murojaatlarni qabul qilish, ro‘yxatga olish va ko‘rib chiqish uchun yuborish, shuningdek, ularning ko‘rib chiqilishini nazorat qilish fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mas’ul kotibi (keyingi o‘rinlarda mas’ul kotib deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
12. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga kelib tushgan murojaat o‘sha kunning o‘zida, ish vaqti tugaganidan keyin kelib tushgan taqdirda esa, keyingi ish kuni ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.
Elektron murojaatlar tushgan kunida qog‘ozga bosib chiqarilishi, ish vaqti tamom bo‘lgandan keyin tushgan taqdirda esa, keyingi ish kunida qog‘ozga bosib chiqarilishi kerak.
13. Yozma va elektron (qog‘ozga bosib chiqarilgan) murojaatlar mas’ul kotib tomonidan murojaatlarni ro‘yxatga olish jurnaliga tegishli yozuvlarni kiritish, ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha hisobga olish kartochkasini to‘ldirish va murojaatning birinchi sahifasi quyi o‘ng qismida qayd etish shtampini qo‘yish yo‘li bilan ro‘yxatga olinadi.
Murojaatni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Murojaatlarni ro‘yxatga olish jurnalida murojaatning tartib raqami va kelib tushgan sanasi, murojaat qiluvchi jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), yuridik shaxsning nomi, manzili, murojaatning qisqacha mazmuni, dublikat yoki murojaatlarning takroriyligi, nazoratga olinganligi to‘g‘risidagi belgi, ijrochi etib belgilangan shaxsning ismi, sana ko‘rsatilgan holda ijro etish to‘g‘risida belgi ko‘rsatiladi.
Qayd etish shtampida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining rasmiy nomi, murojaatning tushgan sanasi va qayd raqami ko‘rsatiladi.
Murojaatlarning tartib raqamlari har yil boshidan yangidan hisoblanadi.
14. Murojaat pochta orqali konvertga solib berilganda konvertda murojaat va uning ilovalari borligi tekshiriladi.
Konvertda murojaatning mavjud emasligi yoki uning yaroqsizlanganligi, shuningdek, murojaatda ko‘rsatilgan ilovalarning yo‘qligi aniqlanganda, ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, ulardan biri fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organida qoladi, ikkinchisi murojaat qiluvchiga konvertda ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha jo‘natiladi.
Kelib tushgan murojaatlarning konvertlari murojaat qiluvchining manzilini, murojaatning jo‘natilgan va olingan vaqtini aniqlash uchun saqlab qolinishi mumkin.
15. Og‘zaki murojaatlar bilan kelgan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) yoxud fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi boshqa mas’ul xodimlari tomonidan qabul qilinadi.
Murojaat qiluvchining shaxsini tasdiqlaydigan hujjatlar tekshirilgandan keyin ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha qayd etish kartochkasi to‘ldiriladi. Qayd etish kartochkasi og‘zaki murojaat sifatida ro‘yxatga olinadi.
16. Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga og‘zaki murojaat qilishganda, ular tomonidan taqdim etilgan yozma murojaatlar hamda boshqa materiallar qabul qilinishi va ushbu Nizomning 15-bandiga muvofiq to‘ldirilgan qayd etish kartochkasiga ilova qilinishi kerak.
17. Ro‘yxatga olingan murojaat kelib tushgan paytdan boshlab bir ish kunidan kechikmay fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli)ga yoki uning o‘rinbosariga kiritiladi, u mas’ul xodimni belgilagan holda murojaatni ko‘rib chiqish bo‘yicha rezolyutsiya (topshiriq beradi) qo‘yadi.
18. Rezolyutsiya (topshiriqnoma) qo‘yilgan paytdan boshlab bir ish kuni mobaynida mas’ul kotib murojaatni ijro etuvchi sifatida belgilangan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi xodimiga imzo qo‘ydirgan holda beradi.
19. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga kelib tushgan murojaatlar ularning ish yurituviga qabul qilinishi yoki tegishliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yuborilishi mumkin.
20. Qo‘yilgan masalalarni hal etish o‘zining vakolati doirasiga kirmaydigan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga kelib tushgan murojaat besh kun muddatdan kechiktirmay fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) tomonidan imzolangan xat bilan tegishli organlarga yuboriladi, bu haqda murojaat qiluvchiga yozma yoxud elektron shaklda xabar qilinadi. Bunda kelib tushgan elektron murojaat elektron shaklda yuborilishi mumkin.
Murojaatni ko‘rib chiqish uchun asossiz ravishda boshqa organlarga o‘tkazish taqiqlanadi.
Agar murojaatlarda ularni tegishli organlarga yuborish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar mavjud bo‘lmasa, u holda ular besh kun muddatdan kechiktirmay asoslantirilgan tushuntirish bilan murojaat qiluvchilarga qaytariladi.
21. Agar murojaatni ko‘rib chiqish davomida murojaatning dublikati kelib tushsa, mazkur murojaat avval kelib tushgan murojaat bilan birgalikda ko‘rib chiqiladi.
Agar murojaatning dublikati murojaat ko‘rib chiqilganidan va javob yuborilganidan keyin kelib tushsa, bu haqda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi murojaat qiluvchini tegishli tartibda xabardor qiladi.
22. Murojaatlarning turlariga kiritilmagan xatlarni (tashakkurnomalar, tabriknomalar, taklifnomalar, fikr-mulohazalarni) ko‘rib chiqish fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan uning o‘z ixtiyoriga ko‘ra amalga oshiriladi.
23. Murojaatni to‘liq, xolis va o‘z vaqtida ko‘rib chiqish uchun qo‘shimcha ma’lumotlar, ma’lumotnomalar va materiallarga zaruriyat yuzaga kelgan taqdirda, murojaatni ko‘rib chiquvchi murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaxsdan, shuningdek, o‘z vakolatlari doirasida — belgilangan tartibda boshqa organlardan qo‘shimcha axborotni so‘rab olishi mumkin.
24. Agar murojaatda joyning o‘zida o‘rganishni talab etuvchi holat bayon qilingan bo‘lsa, shuningdek, boshqa zarur hollarda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi murojaatni joyning o‘zida ko‘rib chiqishni ta’minlashi mumkin. Murojaatni joyning o‘zida ko‘rib chiqish fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli)ning topshirig‘i yoki uning roziligi bilan amalga oshiriladi.
25. Murojaatni murojaat qilgan yoki boshqa shaxsning ishtirokisiz ko‘rib chiqishning imkoniyati bo‘lmaganda, ular fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining mansabdor shaxsi tomonidan chaqirilishi mumkin. Chaqirilgan murojaat qiluvchi kelmagan taqdirda, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining mansabdor shaxsi murojaatni uning ishtirokisiz ko‘rib chiqish mumkin emasligi to‘g‘risida javob yuboradi.
26. Agar murojaatda o‘rtaga qo‘yilgan masalalar xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatiga daxldor bo‘lsa, ularning vakillari murojaatni ko‘rib chiqishda ishtirok etish uchun fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida jalb etiladi.
27. Zarur hollarda murojaatni ko‘rib chiqish uchun fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan tegishli mutaxassislar jalb etilishi mumkin.
28. Murojaatni ko‘rib chiqayotgan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi o‘z tashabbusiga ko‘ra yoxud murojaat qiluvchining iltimosiga ko‘ra uni eshitishni tashkil etishi mumkin.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi murojaat qiluvchiga murojaatda ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha o‘z fikrini bildirish va murojaat bo‘yicha qo‘shimcha axborot taqdim etish imkoniyatini beradi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi murojaat qiluvchini eshitishga ekspertlarni, mutaxassislarni va manfaatdor tashkilotlarning vakillarini jalb etishi mumkin.
29. Murojaatni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan tegishli qaror qabul qilinadi, bu haqda darhol yozma yoxud elektron shaklda murojaat qiluvchiga xabar beriladi.
Murojaatni qanoatlantirmasdan qoldirish to‘g‘risidagi qarorni fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning o‘rinbosarlari qabul qiladi.
Jamoaviy murojaatlarga javob xati, agar murojaatda javob xatini boshqa shaxsga yuborish talab etilmagan bo‘lsa, murojaat qiluvchilarning ro‘yxatida birinchi ko‘rsatilgan shaxsga yuboriladi.
Murojaatga javob xati murojaatda ko‘rsatilgan har bir masala bo‘yicha vajlarni inkor etuvchi yoki tasdiqlovchi aniq asoslarni (zaruratga qarab qonun hujjatlari normalariga havolalar qilingan holda) o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak.
30. Murojaatga javob xati fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) yoki uning o‘rinbosarlari tomonidan imzolanadi.
Murojaatlarga javob xati, mumkin qadar, murojaat etilgan tilda bayon qilinadi.
31. Jismoniy yoki yuridik shaxslar jamoa bo‘lib murojaat qilgan taqdirda, ularning murojaatlari qonun talablariga muvofiq ko‘rib chiqiladi. Bunda murojaatga javob murojaat qilganlarning ro‘yxatida birinchi bo‘lib ko‘rsatilgan shaxsga yoki ularning talabiga ko‘ra boshqa shaxsga yuboriladi.
32. Murojaat, unda ko‘tarilgan barcha masalalar qonun talablariga muvofiq ko‘rib chiqilgan va murojaat qiluvchiga tegishli javob yuborilgan taqdirda ko‘rib chiqilgan hisoblanadi.
Murojaat qiluvchiga javob yuborilgan kun murojaatni ko‘rib chiqish tugallangan kun hisoblanadi, bu haqda mas’ul kotib murojaatlarni ro‘yxatga olish jurnaliga va qayd etish kartochkasiga belgi qo‘yadi.
33. Agar murojaatni ko‘rib chiqish jarayonida murojaatning dublikati olinsa, ushbu murojaat avval tushgan murojaat bilan birgalikda ko‘rib chiqiladi hamda natijasi bo‘yicha yagona javob beriladi.
Agar murojaatning dublikati murojaat ko‘rib chiqilgan va javob yuborilgandan keyin olinsa, u holda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi murojaat qiluvchini bu haqda yozma ravishda xabardor qiladi.
34. Takroriy murojaatlar umumiy asoslarda ko‘rib chiqiladi, mazkur Nizomning 44-bandida ko‘rsatilgan holatlar bundan mustasno.
35. Jismoniy yoki yuridik shaxsning iltimosiga ko‘ra murojaatni ko‘rib chiqqan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi murojaatga javobni uning mazmunini o‘zgartirmasdan tushuntirishi, shuningdek, yo‘l qo‘yilgan xatolar va arifmetik xatolarni o‘z tashabbusiga ko‘ra yoki murojaat qiluvchining iltimosiga ko‘ra, murojaatga javobning mazmuniga daxl qilmagan holda tuzatishi shart.
Murojaat qiluvchining murojaatga javobni tushuntirish va uni tuzatish to‘g‘risidagi iltimosi u kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida ko‘rib chiqiladi.
36. Ko‘rib chiqilgan murojaatlarni va ular bilan bog‘liq materiallarni saqlash belgilangan tartibda mas’ul kotib tomonidan amalga oshiriladi.
37. Ariza yoki shikoyat masalani mazmunan hal etish shart bo‘lgan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n besh kun mobaynida, qo‘shimcha o‘rganish va (yoki) tekshirish, qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab olish talab etilganda esa — bir oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi.
Ariza va shikoyatlarni ko‘rib chiqish uchun tekshirish o‘tkazish, qo‘shimcha materiallarni so‘rab olish yoxud boshqa chora-tadbirlar ko‘rish zarur bo‘lgan holatlarda, ularni ko‘rib chiqish muddatlari tegishli fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) tomonidan, istisno tariqasida, ko‘pi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin, bu haqda murojaat qiluvchiga xabar qilinadi.
38. Taklif fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan olingan kundan e’tiboran bir oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan takliflar bundan mustasno bo‘lib, bu haqda taklifni kiritgan jismoniy yoki yuridik shaxsga o‘n kun muddatda yozma shaklda xabar qilinadi.
39. Ayrim hollarda fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) yoki uning o‘rinbosarlari murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlarini qisqartirishlari mumkin.
40. Murojaatlar bilan ishlash muddatlari ular fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga kelib tushgan kundan boshlab hisoblanadi. Agar tegishli muddatning oxirgi kuni dam olish va bayram kunlariga to‘g‘ri kelsa, navbatdagi ish kuni muddat tugaydigan kun hisoblanadi.
41. Quyidagi murojaatlar ko‘rib chiqilmaydi:
anonim murojaatlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar, ularning vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda;
qonunda belgilangan boshqa talablarga muvofiq bo‘lmagan murojaatlar.
42. Murojaatni anonim deb e’tirof etish mas’ul kotib tomonidan amalga oshiriladi.
Murojaat anonim deb e’tirof etilganda, bu haqda xulosa tuziladi. Xulosada murojaatni anonim deb e’tirof etish uchun asoslar ko‘rsatiladi. Murojaatni anonim deb e’tirof etish to‘g‘risidagi xulosa fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) tomonidan tasdiqlanadi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga telefon orqali kelib tushgan murojaatlar qonunda va ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda anonim deb e’tirof etilishi mumkin.
Anonim deb e’tirof etilgan murojaat xulosa tasdiqlangan paytdan boshlab nazoratdan yoki ijrodan olinadi.
43. Jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar kelib tushganda, mas’ul kotib ularning vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjudligini tekshiradi.
Agar murojaatda jismoniy va yuridik shaxs vakilining vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjud bo‘lmasa, bu haqda mas’ul kotib tomonidan tasdiqlanadigan xulosa tuziladi.
Jismoniy va yuridik shaxs vakilining vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjud emasligi to‘g‘risidagi xulosa tasdiqlangan paytdan boshlab, ushbu murojaat ko‘rib chiqilmaydi, bu haqda murojaat qiluvchi yozma ravishda xabardor qilinadi.
44. Murojaatlarni ko‘rib chiqish quyidagi hollarda tugatiladi:
agar takroriy murojaatda yangi vajlar yoki yangidan ochilgan holatlar keltirilmagan bo‘lsa, ilgarigi murojaat materiallarida esa tekshiruvlarning to‘la-to‘kis materiallari mavjud bo‘lsa va murojaat qiluvchiga belgilangan tartibda javoblar berilgan bo‘lsa;
agar murojaat qiluvchi o‘z murojaatini yozma yoki elektron tartibda chaqirib olgan bo‘lsa yoki uni ko‘rib chiqishni tugatish to‘g‘risida og‘zaki ravishda, shu jumladan telefon orqali iltimos qilgan bo‘lsa;
yashash joyi, turgan joyi (pochta manzili), elektron pochta manzili yoki boshqa rekvizitlari o‘zgarganligi to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilmaganligi tufayli chaqirishning imkoni yo‘qligi sababli murojaatni murojaat qiluvchining ishtirokisiz ko‘rib chiqish imkoniyati bo‘lmaganda;
murojaatni murojaat qiluvchining ishtirokisiz ko‘rib chiqish imkoniyati mavjud emasligi sababli fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan chaqirilgan murojaat qiluvchi kelmay qolgan taqdirda;
agar murojaat qiluvchi jismoniy shaxs vafot etgandan so‘ng murojaatni ko‘rib chiqish huquqiy vorislikka yo‘l qo‘ymasa.
45. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) murojaatni ko‘rib chiqishni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
46. Takroriy murojaatni ko‘rib chiqish mazkur Nizomning 44-bandi ikkinchi xatboshiga muvofiq tugatilganda, murojaat qiluvchi takroriy murojaatning asossizligi va ushbu masala yuzasidan u bilan yozishmalar to‘xtalishi to‘g‘risida yozma yoki elektron shaklda xabardor qilinadi.
Yozishmalar olib borish tugatilgan murojaat qiluvchidan takroriy murojaat kelib tushgan taqdirda, bunday murojaatni ko‘rib chiqish fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) tomonidan tasdiqlanadigan xulosa orqali murojaat qiluvchini bu haqda xabardor qilmasdan tugatiladi.
47. Murojaatni ko‘rib chiqish uni chaqirib olish to‘g‘risidagi ariza bo‘yicha tugatilganda, murojaat murojaat qiluvchiga fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining xati bilan birga uch kun ichida qaytariladi.
Murojaatni chaqirib olish to‘g‘risidagi ariza qonun buzilishlarini aniqlash va bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar ko‘rilishini istisno etmaydi.
48. Murojaatni ko‘rib chiqish chaqirilgan jismoniy shaxsning yoki yuridik shaxs vakilining kelmay qolganligi sababli tugatilganda, murojaat qiluvchi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining murojaatni ko‘rib chiqishni tugatish to‘g‘risidagi xati orqali yozma yoki elektron shaklda xabardor qilinadi.
49. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida belgilangan kunlar va soatlarda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish tashkil etiladi.
Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) yoxud boshqa vakolatli shaxs tomonidan amalga oshiriladi.
50. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi har qanday masalalar, shu jumladan o‘z vakolatlariga kirmaydigan masalalar bo‘yicha murojaat etilganda qabulni rad etishga haqli emas, mazkur bandning ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish, agar ularning shunday xususiyatga ega bo‘lgan avvalgi murojaati bo‘yicha qaror qabul qilingan va bu haqda ularga mazkur Nizomda belgilangan tartibda xabar qilingan bo‘lsa, rad etilishi mumkin.
51. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organida jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ushbu fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi (oqsoqoli) tomonidan tasdiqlangan jadvalga asosan qabul qilinadi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi, zaruriyat bo‘lganda, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish uchun alohida xona ajratadi.
52. Qabul qilish jadvallari va uni o‘tkazish vaqti, joyi hamda qabulga oldindan yozilish tartibi to‘g‘risidagi axborot, shuningdek, qabul qilish tartibi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi ma’muriy binosida hamda mahalla guzarlaridagi stendlarga yoki boshqa texnik vositalarga joylashtirish orqali manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkaziladi.
53. Mas’ul kotib qabulga kelgan jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilishni, shuningdek, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish bilan bog‘liq ishlarni tashkil etadi.
54. Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish mas’ul kotib ishtirokida amalga oshiriladi.
Jismoniy shaxs og‘zaki murojaat etayotganda o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni, yuridik shaxsning vakili esa o‘z vakolatlarini tasdiqlaydigan va o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatishi kerak, ommaviy qabul vaqtida kelib tushgan murojaatlar bundan mustasno.
55. Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiluvchi fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) yoki uning o‘rinbosarlarining ko‘rsatmasi bo‘yicha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining boshqa xodimlari ham qabul qilish jarayoniga jalb etilishi mumkin.
56. Agar jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qilish paytida murojaatda bayon qilingan masalalarni hal etish fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining vakolatiga kirmasligi aniqlangan taqdirda, ularga murojaatda bayon qilingan masalalarni hal etish uchun qaysi organga yoki tashkilotga murojaat qilish kerakligi tushuntiriladi. Bunda jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining talabi bilan bu haqda yozma shaklda javob beriladi.
57. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) yoki boshqa vakolatli shaxslar tomonidan sayyor shaxsiy qabullar va ommaviy qabullar tashkil etilishi mumkin.
Sayyor shaxsiy qabullar va ommaviy qabullar vaqtida mas’ul kotib va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining boshqa mas’ul xodimlari ishtirok etishi mumkin.
Sayyor shaxsiy qabullar va ommaviy qabullar fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) tomonidan tasdiqlanadigan jadvalga muvofiq o‘tkaziladi.
Zarur hollarda jadvalda nazarda tutilmagan sayyor shaxsiy qabullar va ommaviy qabullar o‘tkazilishi mumkin.
Ommaviy qabul hovlilarga (kvartiralarga), boshqa binolarga va joylarga birma-bir kirib chiqish orqali ham o‘tkazilishi mumkin.
Sayyor shaxsiy qabullar va ommaviy qabullarni o‘tkazish vaqti, joyi hamda qabulga oldindan yozilish tartibi to‘g‘risidagi axborot ushbu Nizomning 52-bandida belgilangan tartibda manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkaziladi, shuningdek, mahalliy ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillarining sayyor shaxsiy qabullar va ommaviy qabullar vaqtida berilgan og‘zaki murojaatlari ushbu Nizomning 15-bandiga muvofiq rasmiylashtiriladi va ro‘yxatga olinadi hamda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
58. Shaxsiy qabul davomida fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) qaroriga ko‘ra va murojaat qiluvchiga bu haqda xabar bergan holda maxsus texnika vositalari (audio va videoyozuv, shuningdek, fotosuratga olish) qo‘llanilishi mumkin.
Og‘zaki murojaatlar real vaqt rejimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda berilishi mumkin.
59. Murojaat fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan ko‘rib chiqilayotganda jismoniy va yuridik shaxs quyidagi huquqlarga ega:
murojaatni ko‘rib chiqishning borishi to‘g‘risida axborot olish;
vajlarni shaxsan bayon etish va tushuntirishlar berish;
murojaatni tekshirish materiallari va uni ko‘rib chiqish natijalari bilan tanishish;
qo‘shimcha materiallar taqdim etish yoki bunday materiallarni boshqa organlardan talab qilib olish to‘g‘risida iltimos qilish;
advokat yordamidan foydalanish;
murojaatni ko‘rib chiqishni tugatish to‘g‘risida yoxud murojaatga javobni tushuntirish va (yoki) uni tuzatish to‘g‘risida iltimos qilish;
o‘z murojaatini u ko‘rib chiqilguniga qadar va ko‘rib chiqilayotgan paytda murojaat bo‘yicha qaror qabul qilinguniga qadar yozma yoki elektron shaklda ariza berish yo‘li bilan chaqirib olish;
murojaatni qabul qilishni yoki ko‘rib chiqishni qonunga xilof ravishda rad etganlik yuzasidan tegishli tuman (shahar) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha kengashga yoki bevosita sudga shikoyat qilish.
Jismoniy va yuridik shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq murojaatlarni ko‘rib chiqishda boshqa huquqlardan ham foydalanadilar.
60. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari murojaatni ko‘rib chiquvchi mansabdor shaxslari yoki boshqa vakolatli shaxslari:
murojaat qiluvchiga uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxldor hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini, agar ular davlat siri yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sir bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z ichiga olmasa, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga, jamiyat va davlat manfaatlariga zarar yetkazmasa, ta’minlashi;
murojaat qiluvchiga ko‘rib chiqish natijalari hamda qabul qilingan qaror haqida murojaat ko‘rib chiqilganidan so‘ng yozma yoxud elektron shaklda darhol xabar qilishi, ommaviy qabullar vaqtida tushgan va joyida hal qilingan og‘zaki murojaatlar bundan mustasno;
murojaat bo‘yicha qabul qilingan qaror yuzasidan, agar jismoniy yoki yuridik shaxs ushbu qarorga rozi bo‘lmasa, shikoyat berish tartibini tushuntirishi;
murojaatni ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra qabul qilingan qarorning ijrosini nazorat qilishi;
qonunga xilof harakatlarni (harakatsizlikni) bartaraf etish yuzasidan darhol chora-tadbirlar ko‘rishi, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishini keltirib chiqaruvchi sabablar va sharoitlarni o‘z vakolatlari doirasida aniqlashi;
jismoniy shaxs, uning vakili, ularning oila a’zolari, yuridik shaxs, uning vakili va yuridik shaxs vakilining oila a’zolari ularning murojaatlari sababli ta’qib etilishini belgilangan tartibda bartaraf etishi;
agar jismoniy yoki yuridik shaxsga uning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari buzilishi natijasida moddiy zarar yoki ma’naviy ziyon yetkazilgan bo‘lsa, qonunda belgilangan tartibda moddiy zararning o‘rnini qoplash yoki ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish choralarini ko‘rishi shart.
61. Mas’ul kotib murojaatlarning ko‘rib chiqilishi yuzasidan doimiy monitoring va nazoratni amalga oshiradi, ularning to‘liq, xolisona va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini ta’minlash choralarini ko‘radi.
Mas’ul kotib murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari va ijrochilar tomonidan buzilishi to‘g‘risida fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli)ni darhol xabardor qiladi.
Mas’ul kotib monitoring natijalari bo‘yicha har oyda fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli)ga murojaatlar ko‘rib chiqilishining holati to‘g‘risidagi axborotni, zaruriyat bo‘lganda, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, murojaatlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishiga yo‘l qo‘ygan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi xodimlariga nisbatan javobgarlik choralarini ko‘rish yuzasidan tegishli takliflar bilan birgalikda taqdim etadi.
62. Nazoratga olingan murojaat ushbu murojaatni nazoratga olgan fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) yoki uning o‘rinbosarlari tomonidan nazoratdan va ijrodan chiqariladi.
Oraliq javoblar berilgan va to‘liq ko‘rib chiqilmagan murojaatlar nazoratdan chiqarilmaydi.
63. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari, shuningdek, jamiyatning manfaatlari buzilishini keltirib chiqaruvchi sabablarni aniqlash va bartaraf etish maqsadida har chorakda murojaatlarni umumlashtirish va tahlil qilishni ta’minlaydi.
Tahlil natijalari bo‘yicha mas’ul kotib fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli)ga murojaatlarni ko‘rib chiqishning qonuniyligini ta’minlash va samaradorligini oshirish, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari, shuningdek, jamiyatning manfaatlari buzilishini keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etish, qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi.
64. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqishni qonunga xilof ravishda rad etish, ularni ko‘rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish, yozma yoxud elektron shaklda javob yubormaslik, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida qonun hujjatlariga zid qaror qabul qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklanishini, murojaat munosabati bilan qabul qilingan qarorning bajarilishini ta’minlamaganlik, jismoniy shaxslarning shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi yoxud yuridik shaxslarning faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ularning roziligisiz oshkor etish, jismoniy va yuridik shaxsni murojaat qilganligi munosabati bilan yoxud bildirilgan fikri va murojaatidagi tanqid uchun ta’qib qilish, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini boshqacha tarzda buzish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
65. Qonun va ushbu Nizom talablariga rioya etilishini ta’minlash uchun javobgarlik fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli)ga, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilariga, mas’ul kotibiga yuklanadi. | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Xitoyda shaxtadagi yong‘in oqibatida 22 kishi yer ostida qolib ketdi
Xitoyning Xeyluntszyan viloyatidagi Tsitayze shahar okrugidagi ko‘mir shaxtasida yuz bergan yong‘in tufpyli 22 kishi yer ostida qolib ketdi, deb xabar qilmoqda Sinxua agentligi.
Voqea seshanba kuni kechqurun yuz bergan. Ayni damda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda.
Ma'lumot uchun, XXR tog‘-kon sanoati sohasi dunyodagi eng xavflilardan sanaladi. Har yili shaxtalardagi avariyalar oqibatida minglab insonlar hayotdan ko‘z yumadi. Halokatlarning asosiy sababi – texnika xavfsizligiga rioya qilmaslikda. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Qashqadaryolik aldangan ayol IIV yordamida Turkiyadan olib kelindi
Joriy yilning 7-iyun kuni Toshkent xalqaro aeroportida Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida yashovchi ayol yaqinlari tomonidan kutib olindi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
U shu yilning 28-aprel kuni hozirda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan shaxsi aniqlanayotgan Charos ismli tanishining Turkiyada enagalik qilish va buning evaziga katta miqdorda oylik maosh olish to‘g‘risidagi yolg‘on va’dasiga ishonib, Istanbul shahriga ketgandi.
Istanbulda uni Charosning singlisi Yulduz ismli ayol kutib oladi va Komilbey ismli turk fuqarosiga olib borib, hujjatlari bilan birga topshirib yuboradi. Natijada uni og‘ir sharoitga solib, hujjatlarini olib qo‘yib, majburiy mehnatga jalb qilganlar. Bunday sharoitlarga chiday olmagan va aldanganligini payqagan ayol u yerdan qochib, ko‘chada qolib ketadi.
Ayolning holati yuzasidan olingan ma’lumot asosida, Ichki ishlar vazirligi Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda olib borgan ishlari natijasida jabrlangan ayol O‘zbekistonga qaytarildi. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Puchdemon kataloniyalik rahbarlarning hibsga olinishlarini “demokratiyaga hujum” deb atadi
Kataloniya hukumati rahbari lavozimidan chetlatilgan Karles Puchdemon o‘z maslahatchilarining Ispaniya hukumati tomondan hibsga olinishini “jiddiy xato” va “demokratiyaga hujum” deb atadi. U bu haqda Bryusselda aytib o‘tdi.
“Hukumatning qonuniy rahbari sifatida maslahatchilarning ozod etilishini talab qilaman, ularning turmaga jo‘natilishi – endi misli ko‘rilmagan qatag‘onlar sharoitida o‘tadigan saylovlarga qarshi aktdir”, deb aytgan Puchdemon. Uning aytishicha, kataloniyaliklar bunga zo‘ravonliksiz javob berishlari kerak.
Bu orada Barselonadagi parlament binosi oldida siyosatchilarning ozod etilishini talab qilayotgan 50 ming kishi to‘plandi. Shunga o‘xshash namoyish shahar meriyasi oldida o‘tkazilgan va boshlangandan 2 soat o‘tib yakunlangan. Ammo Sant-Jaume maydoniga kelganlarning bir qismi meriya oldida chodirlar o‘rnatishgan. Ularning devorlarga osgan plakatlariga ko‘ra, namoyishchilar siyosatchilar ozod etilmagunga qadar namoyishni davom ettirishmoqchi.
Avvalroq Ispaniya oliy sudi Kataloniya jyeneralitetining 8 a'zosini garov puli evaziga ozodlikka chiqish huquqisiz hibsga oldi. Ularning barchasi isyon ko‘tarish, isyon o‘tkazishga undash va davlat mablag‘larini suiste'mol qilishda ayblanmoqdalar. Ayblanuvchilar bu jinoyatlar uchun 30 yilga ozodlikdan mahrum etilishlari mumkin. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Bolalar uchun eng yaxshi va eng yomon sharoitlarga ega davlatlar ma'lum qilindi
BMTning Bolalar jamg‘armasi YUNISEF bolalarning yashashi va rivojlanishi uchun eng yaxshi va eng yomon sharoitlarga ega davlatlar reytingini e'lon qildi. Xalqaro tashkilotning talqiniga ko‘ra, bolalar uchun eng yaxshi sharoitlar Norvegiyada yaratilgan. O‘zbekiston bu borada 180 ta davlat ichida 71-o‘rinni egalladi.
Bu haqda BMTning “Dunyo bolalari uchun kelajak” deb nomlangan ma'ruzasida ma'lum qilingan.
Ma'ruzaga ko‘ra, bolalarning kelajagi uchun eng yaxshi sharoitlar Norvegiya, Janubiy Koreya, Niderlandiyada yaratilgan. Yetakchi o‘ntalikdan Fransiya, Irlandiya, Daniya, Yaponiya, Belgiya, Islandiya, Britaniya ham o‘rin olgan.
Bolalar uchun eng yomon sharoitlar esa Somali, Chad, Markaziy Afrika Respublikasida qayd qilingan.
“Ma'ruza Norvegiya, Koreya Respublikasi va Niderlandiyada bolalar yashashi va ravnaq topishi uchun eng yaxshi sharoitlarga, MAR, Chad, Somali, Niger va Mali eng yomon sharoitlarga egaligini ko‘rsatmoqda”, deyilgan xabarda.
Mutaxassislar ma'ruzada 180 ta davlatda bolalar uchun yaratilgan imkoniyatlarni taqqoslashgan. Unda bolalarning yashashi va ravnaq topishi uchun yaratilgan sharoitlar, jumladan davlatning sog‘liqni saqlash, ta'lim tizimlari rivojlangani, ekologiyasi, iqtisodiyoti tahlil qilingan.
O‘zbekiston 180 ta davlat ichida 71-o‘rinni egallagan. Ekspertlar O‘zbekistonni past-o‘rta daromadli davlat deb baholashgan.
Markaziy Osiyo davlatlaridan Turkmaniston reytingda 52-o‘rinni, Qozog‘iston 59-o‘rinni, Qirg‘iziston 96-o‘rinni, Tojikiston 98-o‘rinni egallagan. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
TOShKENT ISLOM UNIVERSITETI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent islom universitetini tashkil etish to‘g‘risida” 1999-yil 7-apreldagi Farmonini bajarish yuzasidan, islom diniga oid boy va noyob ma’naviy-madaniy merosni chuqur o‘rganish, uni asrab-avaylash, kelajak avlodga yetkazish va ushbu sohada aholining bilim darajasini oshirish, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universitetining tuzilmasi va Nizomi 1 va 2- ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Toshkent islom universitetining oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha davlat ta’lim standartlarini, o‘quv jarayoni uchun zarur me’yoriy-huquqiy hujjatlarni jahonning ilg‘or hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi tajribasini inobatga olgan holda ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.
3. 1999/2000 o‘quv yiliga Toshkent islom universitetining ikkala fakultetining har biriga talabalar qabul rejasi 25 tadan davlat granti va 25 tadan to‘lov-kontrakt asosida (jami 100 ta) belgilansin.
5. Universitetga moddiy va ma’naviy yordam beruvchi Homiylar kengashi tarkibi hamda universitet qoshidagi Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi tuzilmasi 3* va 4-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Mehnat vazirligi, Oliy attestatsiya komissiyasi Universitet taqdimnomasiga muvofiq oliy ta’lim yo‘nalishlari va ixtisosliklari klassifikatoriga va ilmiy xodimlar mutaxassisliklari nomenklaturasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritsinlar.
7. Toshkent islom universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
bir oy muddatda universitet qoshidagi islomshunoslik ilmiy-tadqiqot Markazi Nizomini va Universitetni rivojlantirish jamg‘armasi Nizomini ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda tasdiqlasin;
islom ta’limotiga oid manbalar ro‘yxatini tuzish, ularni jamlash hamda tashkil etilgan Manbalar xazinasi faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ishlab chiqsin va ularning bajarilishini ta’minlasin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasi universitet ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarini davlatning ilmiy-texnika dasturlari ro‘yxatiga kiritsin va ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha grantlar ajratishni nazarda tutsin.
9. Mustaqil Vatanga va milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqatli hamda islomshunoslik, din tarixi, huquqi va falsafasi bo‘yicha ushbu universitetning uchinchi va undan yuqori kurs iqtidorli talabalari uchun uchta Imom al-Buxoriy davlat stipendiyasi joriy etilsin.
Mazkur stipendiyaning miqdori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1993-yil 5-fevraldagi PF—555-son Farmonida o‘rnatilgan davlat stipendiyalari miqdorida belgilansin va ularni tayinlash Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 25-martdagi 157-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat stipendiyalari to‘g‘risida Nizom va ularni tayinlash tartibi” asosida amalga oshirilsin. Ushbu tartibga 5-ilovaga muvofiq to‘ldirishlar kiritilsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
yetuk mutaxassislarni ishga taklif etish, professor-o‘qituvchilarning xorijiy davlatlarda malaka oshirishlari, xalqaro ilmiy konferensiyalarda qatnashishlari, talabalarning yirik o‘quv markazlarida ta’lim olishlari, shuningdek, chet elda chop etiladigan davriy nashrlarga obuna bo‘lish, darslik va o‘quv qo‘llanmalarini xarid qilish, Manbalar xazinasini to‘ldirib borish uchun har yili universitet buyurtmalari bo‘yicha erkin almashtiriladigan valyutadagi xarajatlarni qoplash uchun;
universitet, uning qoshida tashkil etilgan islomshunoslik ilmiy-tadqiqot Markazi va akademik litsey, shuningdek, Manbalar xazinasi faoliyatini moliyaviy ta’minlash uchun;
universitetning o‘z matbaa va tahririyat-nashriyot bazasini barpo etish uchun taqdim etiladigan hisob-kitoblarga muvofiq zarur mablag‘lar ajratsin.
11. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 2-apreldagi 154-son qaroriga muvofiq qisqartirilayotgan yengil avtomobillardan ikkitacini Toshkent islom universiteti balansiga bepul o‘tkazsin.
12. Toshkent islom universiteti O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilinadigan qonunlar va qarorlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, vazirliklar va idoralarning me’yoriy va yo‘riqnoma hujjatlari majburiy tartibda tarqatiladigan tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi:
universitetni uning kutubxonasini to‘ldirish uchun maxfiy bo‘lmagan bosma asarlar va kitob mahsulotining (ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, tabiiy) nazorat nusxalarini (2 nusxada) bepul oluvchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritsin;
universitet buyurtmalari bo‘yicha o‘quv-uslubiy va ilmiy mahsulotlarining o‘z vaqtida nashr etilishini ta’minlasin;
universitetning o‘z matbaa va tahririyat-nashriyot bazasini barpo etishga va uning faoliyatini tashkil etishga yordam bersin.
14. O‘zbekiston Respublikasi davlat va nodavlat hamda jamoat tashkilotlarining Toshkent islom universitetini rivojlantirish jamg‘armasi homiylari sifatida Jamg‘armaga moliyaviy va moddiy-texnikaviy yordam ko‘rsatish haqidagi takliflari qo‘llab-quvvatlansin (6-ilova).
Jamg‘armaning barcha yuridik va jismoniy shaxslar, jumladan, xorijiy tashkilotlar, uyushmalar, jamg‘armalar va fuqarolar uchun ochiq ekanligi belgilab qo‘yilsin.
15. Jamg‘arma barcha turdagi soliqlardan va bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvlari uchun to‘lovlardan tashqari) 5 yil muddatga ozod qilinsin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universiteti va uning tarkibiy tuzilmalari hamda yotoqxonasi Toshkent shahar, Bobur ko‘chasi, 55-uy (5-son kasb-hunar maktabi binolari kompleksi) ga joylashtirilsin.
Toshkent shahar hokimligi 1999-yil 1-iyulga qadar universitet binosi xonalarini o‘qish jarayoni xususiyatlarini hisobga olgan holda rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlarini amalga oshirsin va binoni universitet balansiga o‘tkazsin.
Universitet, islomshunoslik ilmiy-tadqiqot Markazi va akademik litseyni joylashtirishga ajratilgan binoni rekonstruksiya qilish, uni zarur asbob-uskuna va mebellar, zamonaviy kompyuter texnikasi va telekommunikatsiya vositalari bilan jihozlash, shuningdek, darsliklar va o‘quv-uslubiy adabiyotlar bilan ta’minlash uchun Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan haqiqiy xarajatlar doirasida mablag‘ bilan ta’min etilsin hamda 2000-yildan boshlab investitsiya dasturiga kiritilsin.
17. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Toshkent islom universitetini tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazsinlar hamda milliy va xorijiy valyutada operatsiyalarni amalga oshirish uchun universitetning tegishli hisob raqamlarini ochsinlar.
18. O‘zbekiston Respublikasi Pochta va telekommunikatsiyalar agentligi belgilangan tartibda universitetni zamonaviy aloqa vositalari, shu jumladan hukumat aloqasi va boshqa aloqa turlari bilan ta’minlasin.
19. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 19-maydagi 175-son qarorining 2-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
20. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universiteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 7-apreldagi Farmoniga muvofiq tashkil etilgan.
2. Toshkent islom universiteti davlat oliy o‘quv yurti hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi va ushbu Nizomga muvofiq hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi tajribasini inobatga olgan holda o‘quv-uslubiy, ilmiy va boshqa faoliyatlarni amalga oshiradi.
3. Toshkent islom universiteti yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, bank muassasalarida hisob-kitob, milliy va xorijiy valyutalarda hisob raqamlariga, O‘zbekiston Respublikasining davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhr, shtamplar va boshqa rekvizitlarga ega.
Toshkent islom universiteti joylashgan manzil: Toshkent shahar, Bobur ko‘chasi, 55-uy.
4. Toshkent islom universitetining maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
dinshunoslik asoslari, yo‘nalishlari, ilmiy-tadqiqot tamoyillari, islom dini tarixi, falsafasi, ularning jamiyat hayoti va rivojidagi o‘rni bilan bog‘liq masalalarni hamda zamonaviy fanlarni chuqur o‘zlashtirgan, davlat va jamoat tashkilotlari, diniy muassasalar oldidagi nazariy va amaliy vazifalarni hal etishga qodir, yuksak madaniy saviya, kasbiy bilimdonlik va axloqiy-estetik barkamollikni o‘zida mujassamlashtirgan vatanparvar, fidokor, yuqori malakali mutaxassis — bakalavr va magistr kadrlar tayyorlash hamda mavjud kadrlarning malakasini oshirishni ta’minlash;
islom diniga oid ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlash borasida jahondagi nufuzli oliy ta’lim muassasalarining tajribasini atroflicha o‘rganish, tahlil etish va Toshkent islom universiteti o‘quv-tarbiya jarayoni sifatini zamonaviy talablar darajasida tashkil qilish, ularda burchga sadoqat va vatanparvarlik tuyg‘usini tarbiyalash, millatimizning buyuk ilmiy, ma’naviy qadriyatlari asosida yetuk islomshunos mutaxassis kadrlar tayyorlashni ta’minlash;
ajdodlarimizning boy diniy ilmiy-nazariy meroslarini tiklash, chuqur o‘rganish, tahlil etish va rivojlantirish, tadqiqotlar natijalarini jamlash va umumlashtirish asosida keng jamoatchilikka yetkazish;
jahon sivilizatsiyasi tarixida islom dinining tutgan o‘rnini tadqiq etish asosida hozirgi ko‘p dinlik sharoitida dunyoda, mintaqada va mamlakatimizdagi islomning roli va ahamiyatini aniqlash, rivojlanish yo‘nalishlari, g‘oyalari va qonuniyatlarini nazariy va amaliy jihatdan tahlil etish;
uzluksiz ta’lim tizimi va keng jamoatchilik uchun dinshunoslik, xususan, islom ta’limoti va falsafasi bo‘yicha ilmiy-ommabop asarlar, darsliklar, o‘quv dasturi va qo‘llanmalar yaratish hamda ularni nashr etish;
xorijiy mamlakatlarning yetakchi ta’lim va ilmiy markazlari bilan hamkorlikni amalga oshirish, xorijdan sohaning yetuk mutaxassis-o‘qituvchilarini jalb qilish, manfaatdor davlat korxonalari, muassasalari, tashkilotlari, tijorat tuzilmalari hamda jismoniy shaxslar, shu jumladan, xorijiy tashkilotlar va shaxslar bilan shartnoma asosida ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
har tomonlama rivojlangan va sodiq shaxsni, mustaqil davlat fuqarosini Vatan fidoyisi, jamiyat va oila oldidagi o‘z mas’uliyatini his qiluvchi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar hamda xalq an’analarini e’zozlovchi, el-yurt kelajagi uchun halol mehnat qiluvchi, diniy bag‘rikenglik ruhida tarbiyalangan barkamol avlodni shakllantirish.
a) talabalar
5. Toshkent islom universitetiga umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga ega bo‘lgan shaxslar test sinovlari natijalariga ko‘ra davlat grantlari hamda to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.
Test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tganlar Toshkent islom universiteti rektorining buyrug‘i bilan o‘qishga qabul qilinadi va ularga talabalik guvohnomasi hamda reyting-sinov daftarchasi beriladi.
Toshkent islom universiteti islomshunoslik, dinshunoslik, islom tarixi va falsafasi, fiqh, iqtisodiyot, tabiiy fanlar yo‘nalishlari va ixtisosliklari bo‘yicha quyidagi ta’lim turlari asosida o‘qitishni amalga oshiradi:
Bakalavriat — ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha fundamental va amaliy bilimlar beruvchi, o‘qish muddati 4 yildan kam bo‘lmagan tayanch oliy ta’limi bo‘lib, uni tugatganlarga davlat attestatsiyasi yakunlariga ko‘ra “bakalavr” darajasi beriladi hamda davlat namunasidagi diplom topshiriladi.
Magistratura — bakalavriat negizida muayyan mutaxassislik bo‘yicha fundamental va amaliy bilimlar beruvchi, o‘qish muddati 2 yildan kam bo‘lmagan oliy ta’lim bo‘lib, uni tugatganlarga davlat attestatsiyasi yakunlariga ko‘ra “magistr” darajasi beriladi va davlat namunasidagi diplom topshiriladi.
6. Toshkent islom universiteti talabalarining huquq va burchlari quyidagilardan iborat:
universitet Manbalar xazinasi, kutubxonasi, axborot tizimi, o‘quv, ilmiy, tibbiy va boshqa bo‘g‘inlarining xizmatidan bepul foydalanish;
ilmiy-tadqiqot ishlarining barcha turlarida, konferensiyalar, simpoziumlarda ishtirok etish, o‘z ishlarini nashrga taqdim etish;
tanlangan ta’lim yo‘nalishi va ixtisosligi bo‘yicha o‘tiladigan fanlarga qo‘shimcha ravishda boshqa fanlarni ham shartnoma asosida o‘zlashtirish;
qonunchilikda belgilangan tartibda harbiy ixtisoslik bo‘yicha ta’lim olish;
universitetda o‘qish davrida harbiy xizmatga chaqirish muddatini kechiktirish;
belgilangan tartib va miqdorda stipendiyalar, shuningdek, Imom al-Buxoriy nomidagi davlat stipendiyasini olish;
tibbiy ma’lumotnomalar asosida va boshqa istisno hollarda belgilangan tartibda akademik ta’til olish;
universitetning talabalar uylaridan joy bilan ta’minlanish;
o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlash.
Talabalar o‘qishini bir oliy o‘quv yurtidan boshqasiga ko‘chirish, o‘qishga tiklash tartibi va shartlarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
Toshkent islom universitetining talabalari ta’lim dasturlari va o‘quv rejasida nazarda tutilgan bilimlarni egallashlari, topshiriqlarning barcha turlarini belgilangan muddatda bajarishlari hamda universitet Nizomiga, ichki tartib qoidalariga va qonunchilikda belgilangan barcha axloqiy-me’yoriy tartiblarga rioya etishlari shart.
7. Ushbu Nizom va oliy o‘quv yurtining ichki tartib qoidalarida nazarda tutilgan majburiyatlarni buzgan talabalarga quyidagi intizomiy jazolar qo‘llaniladi: hayfsan, qat’i hayfsan, oliy o‘quv yurti talabalari safidan chiqarish.
6) tinglovchilar
8. Toshkent islom universiteti huzurida malaka oshirayotgan shaxslar tinglovchilar hisoblanib, ularning maqomi universitet talabasi maqomiga tenglashtiriladi va o‘qish natijalariga ko‘ra davlat namunasidagi shahodatnoma beriladi.
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi, tinglovchilarni o‘qitish shartlari va huquqlari tegishli nizomlar bilan belgilanadi.
v) aspirantlar, doktorantlar, izlanuvchilar va stajor-tadqiqotchilar
9. Oliy ma’lumotga ega, oliy o‘quv yurtining aspiranturasida o‘qiyotgan va fan nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tayyorlayotgan shaxs aspirant hisoblanadi,
Kunduzgi shakldagi aspiranturada o‘qish uch yildan, sirtqi shaklda esa to‘rt yildan oshmasligi kerak.
Fan nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘lgan va fan doktori ilmiy darajasini olish maqsadida dissertatsiya tayyorlash uchun oliy o‘quv yurtining doktoranturasiga qabul qilingan shaxslar doktorant hisoblanadi va o‘qish muddati uch yildan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Universitetga biriktirilgan va fan nomzodi yoki doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tayyorlayotgan shaxs izlanuvchi hisoblanadi.
Universitetning yuqori malakali olimlari rahbarligida ilmiy faoliyatga tayyorlanuvchi qobiliyatli shaxs stajor-tadqiqotchi hisoblanadi.
Ilmiy faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi O‘zbekiston fuqarolari uchun imtiyozlar berish tegishli Nizomga asosan, chet ellik fuqarolar uchun esa xorijiy davlatlar fuqarolarini O‘zbekiston Respublikasi o‘quv yurtlari va ilmiy muassasalariga qabul qilish va o‘qitish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
10. Toshkent islom universitetida fan nomzodi hamda fan doktori ilmiy darajasini berish yuzasidan ixtisoslashgan kengashlar faoliyat ko‘rsatadi.
11. Toshkent islom universitetida o‘quv jarayoni yillik o‘quv hamda mashg‘ulotlar jadvallari asosida tashkil etiladi.
12. Toshkent islom universitetida o‘quv mashg‘ulotlarining quyidagi asosiy turlari belgilangan: ma’ruza, konsultatsiya, seminar, amaliy mashg‘ulot, laboratoriya ishi; nazorat ishi, kollokvium, mustaqil ish, amaliyot, kurs ishi, bakalavrlik bitiruv ishi hamda magistrlik dissertatsiyasi.
Ta’lim o‘zbek va xorijiy (arab, ingliz, fors va boshqa) tillarda olib boriladi.
O‘quv yili ikki semestrga bo‘linadi va har birida talabalarning o‘zlashtirishi reyting nazorati (yoki imtihon sessiyasi) shaklida yakunlanadi.
Talabalarga o‘quv yili davomida kamida ikki marta jami 10 haftagacha ta’til beriladi.
O‘zlashtiruvchi talabalarni kursdan kursga o‘tkazish fakultet dekanining tavsiyasiga binoan rektor buyrug‘i bilan amalga oshiriladi. Talabalarni kursdan kursga shartli o‘tkazish mumkin emas.
13. Toshkent islom universiteti tarkibiga rektorat, fakultetlar, kafedralar, universitet qoshidagi Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi, Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, Manbalar xazinasi, Universitetni rivojlantirish jamg‘armasi, akademik litsey, kutubxona va boshqa o‘quv, ilmiy hamda yordamchi bo‘limlar kiradi.
14. Toshkent islom universitetida amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga binoan belgilangan tartibda tarkibiy tuzilmalar tashkil qilinishi, qayta tashkil qilinishi, qo‘shib yuborilishi yoki tugatilishi mumkin.
15. Toshkent islom universitetining ilmiy-pedagogik kadrlari tarkibiga kafedra mudiri, professor, dotsent, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi, assistent va ilmiy xodimlar kiradi. Ular oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimida xizmat qilayotgan yuqori saviyali o‘qituvchi va xodimlardan shakllantiriladi.
Toshkent islom universitetida professor-o‘qituvchilar tarkibi talabalarga 1:4,5 nisbatda belgilanadi.
Professor-o‘qituvchilar lavozimini egallash “Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni ishga qabul qilish tartibi haqida”gi Nizomga muvofiq tanlov asosida, mehnat shartnomasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
16. Toshkent islom universitetining professor-o‘qituvchilari va ilmiy xodimlari quyidagi huquqlarga ega:
belgilangan tartibda universitetning Ilmiy kengashiga saylash va saylanish;
universitetning faoliyatiga taalluqli masalalarni muhokama etish va hal qilishda ishtirok etish;
universitetning Manbalar xazinasi, kutubxonasi, axborot tizimi, o‘quv, ilmiy va maishiy bo‘g‘inlarining xizmatidan jamoa shartnomasiga muvofiq foydalanish;
o‘qitishning uslub va vositalarini tanlash, o‘quv va ilmiy jarayonning yuqori sifatini ta’minlovchi ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish;
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq oliy o‘quv yurti tomonidan belgilangan boshqa huquqlardan foydalanish.
17. Toshkent islom universiteti professor-o‘qituvchilari va ilmiy xodimlarining burchlari:
o‘quv kurslari mazmunini oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq belgilash;
pedagogik va ilmiy jarayonning yuqori samaradorligini ta’minlash;
ushbu Nizomga rioya qilish;
talabalar bilan olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlarda, shu jumladan, darsdan tashqari vaqtda ham bevosita ishtirok etish;
ta’lim oluvchilarda vatanparvarlik, fidoyilik, mustaqil fikrlash, tashabbuskorlik, ijodiy qobiliyatni rivojlantirish;
o‘z malakasini muttasil ravishda oshirish.
18. Toshkent islom universitetining professor-o‘qituvchilariga besh yilda kamida bir marta malakasini oshirish kafolati beriladi.
19. Toshkent islom universitetining ma’muriy-xo‘jalik, muhandis-texnika, o‘quv-yordamchi va boshqa xizmat xodimlarining huquq va burchlari oliy o‘quv yurtining ichki tartib qoidalari va lavozimga oid yo‘riqnomalar bilan belgilanadi.
20. Toshkent islom universitetini bevosita boshqarish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tayinlaydigan rektor tomonidan amalga oshiriladi.
Rektor oliy o‘quv yurti faoliyatiga to‘liq mas’uldir. U, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, oliy o‘quv yurti nomidan ish olib boradi, barcha idoralar, muassasalar, korxonalarda universitet nomidan vakillik va universitetning mol-mulkiga mas’ullik qiladi, shartnomalar tuzadi, ishonchnomalar beradi, bankda universitetning hisob raqamlarini ochadi, kreditlardan foydalanish bo‘yicha buyruqlar beradi.
Rektor oliy o‘quv yurtining vakolati doirasida:
Universitetni rivojlantirish jamg‘armasiga rahbarlik qiladi;
prorektorlarning muayyan vazifalari hamda mas’uliyatlarini belgilaydi;
bosh buxgalterni ishga tayinlaydi va ishdan ozod qiladi;
universitet ilmiy-pedagogik xodimlari va xizmatchilarini mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda ishga oladi va ishdan bo‘shatadi;
universitetning barcha xodimlari va ta’lim oluvchilari uchun ijrosi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va topshiriqlar beradi;
universitet tarkibiga kirgan Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi, Manbalar xazinasi, Universitetni rivojlantirish jamg‘armasi hamda boshqa bo‘linmalarning vakolatini belgilaydi va ular to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
universitet xodimlarining shtatlar soni, limiti va lavozim maoshlari tarif setkasi doirasida universitet professor-o‘qituvchilari va xodimlarining sonini tasdiqlaydi hamda lavozim maoshlarini belgilaydi;
universitet xodimlarining lavozim maoshlariga ustama va qo‘shimchalarni belgilaydi, Zarur hollarda universitet tuzilmasiga xodimlarning umumiy soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritadi, mehnatga soatbay haq to‘lash fondi stavkalarini amaldagi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 10,6 foizi doirasida belgilaydi hamda jahon tajribasini nazarda tutgan holda universitetda ishlash uchun mutaxassislarni, jumladan, xorijiy mutaxassislarni jalb qilishning turli iqtisodiy shakllaridan foydalanadi;
universitet Ilmiy kengashning tavsiyasiga binoan kafedralarni tashkil etish yoki tugatish huquqiga ega.
Universitet rektoriga o‘zi ishlayotgan oliy o‘quv yurtida va undan tashqarida haq to‘lanadigan boshqa rahbarlik lavozimida (ilmiy va ilmiy-uslubiy rahbarlikdan tashqari) o‘rindoshlik bo‘yicha ishlashga ruxsat etilmaydi. Rektor o‘z vazifalarini o‘rindoshlik bo‘yicha bajarishi mumkin emas.
Rektor Toshkent islom universiteti faoliyati yuzasidan Vazirlar Mahkamasining tegishli kompleksi oldida mas’uldir va unga muntazam ravishda hisobot beradi.
21. Oliy ta’lim to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq Toshkent islom universitetida uning faoliyatini yo‘naltirish va ta’minlash uchun Ilmiy kengash tashkil etiladi.
Ilmiy kengash a’zolarining soni universitet rektori buyrug‘i bilan belgilanadi.
Ilmiy kengash tarkibiga rektor (kengash raisi), prorektorlar, dekanlar, kafedra mudirlari, kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi hamda talabalar kiradi. Ilmiy kengashning boshqa a’zolari umumiy majlisda yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadi.
22. Toshkent islom universitetini boshqaruvchi jamoat organi — Homiylar kengashi tashkil etiladi. Uning tarkibiga davlat, nodavlat va jamoat tashkilotlarining vakillari kiradi.
Homiylar kengashining tarkibi, vakolatlari, uni shakllantirish tartibi va faoliyati Homiylar kengashi to‘g‘risidagi Nizom bilan belgilanadi.
23. Toshkent islom universitetining prorektorlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli kompleksi bilan kelishilgan holda rektor tomonidan tayinlanadi.
24. Toshkent islom universiteti fakultetini Vazirlar Mahkamasining tegishli kompleksi bilan kelishilgan holda rektor tomonidan tayinlanadigan dekan boshqaradi.
Fakultet dekani o‘z faoliyatida oliy o‘quv yurtining fakulteti to‘g‘risidagi Nizomga amal qiladi.
Fakultet to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq fakultetda Ilmiy kengash tashkil etiladi. Uning tarkibi, vakolatlari va faoliyati fakultet Ilmiy kengashi to‘g‘risidagi Nizom bilan belgilanadi.
25. Kafedra faoliyatini tanlov asosida universitetning Ilmiy kengashi saylaydigan mudir boshqaradi. Uning vakolatlari va kafedra faoliyati tegishli Nizom bilan belgilanadi.
26. Toshkent islom universitetiga operativ boshqarish huquqi bilan davlat (ta’sischi) tomonidan binolar, inshootlar, mulk komplekslari, oliy o‘quv yurtining pasportiga muvofiq asbob-uskunalar, shuningdek, iste’mol, ijtimoiy, madaniy va boshqa maqsadlar uchun zarur bo‘lgan mulklar biriktiriladi.
Toshkent islom universitetiga ajratilgan yer uchastkalari oliy o‘quv yurtiga doimiy bepul foydalanish uchun biriktiriladi.
27. Toshkent islom universitetining ta’lim faoliyatini moliyaviy ta’minlash davlat grantlari asosida mutaxassislar tayyorlash uchun ajratilgan mablag‘lar, davlat tomonidan belgilangan normativlardan kelib chiqqan holda qayta tayyorlash va xodimlarning malakasini oshirish hisobiga ajratilgan mablag‘lar, shuningdek, budjetdan tashqari mablag‘lar, jumladan, talabalar va tinglovchilarni o‘qitish uchun belgilangan tartibda olinadigan to‘lov-shartnoma asosidagi mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.
28. Toshkent islom universitetiga jismoniy va yuridik shaxslardan sovg‘a, hadya yoki vasiyat bo‘yicha berilgan pul mablag‘lari, mol-mulk va boshqa mulkiy obyektlarga, oliy o‘quv yurti faoliyatining samarasi hisoblangan intellektual va ijodiy mahsulotlarga, shuningdek, o‘z faoliyati orqali oladigan daromadlar va ushbu daromadlar hisobiga sotib olingan mulkiy obyektlarga egalik qilish huquqi beriladi.
29. Toshkent islom universiteti mol-mulkni ijaraga oluvchi va ijaraga beruvchi sifatida faoliyat ko‘rsatish huquqiga ega. Universitet o‘ziga biriktirilgan mulkiy obyektlarni Ilmiy kengashning roziligi bilan, sotib olish huquqisiz, joylardagi hokimiyat organlari tomonidan belgilangan narxlardan past bo‘lmagan narxda ijaraga berishni amalga oshiradi.
30. Toshkent islom universiteti oliy o‘quv yurtining asosiy faoliyatiga zarar yetkazmaydigan tartibda ta’lim va boshqa sohalarda pulli xizmat ko‘rsatishi va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi mumkin.
Universitet o‘z mulki bilan xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlarning ustav jamg‘armasida qatnashish huquqiga ega.
Toshkent islom universiteti O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga hamda ushbu Nizomga zid bo‘lmagan shartnomalar tuzish, majburiyatlar va boshqa shartlarni belgilash bo‘yicha masalalarni mustaqil hal qiladi.
31. Toshkent islom universiteti xalqaro hamkorlik ishlarida quyidagi huquqlarga ega:
Ilmiy Kengashning qaroriga binoan xorijiy davlatlarning tegishli o‘quv yurti bilan bevosita aloqalar o‘rnatish, ular bilan hamkorlik to‘g‘risida shartnomalar tuzish, qonunchilikda belgilangan tartibda hamkorlikda kafedralar, markazlar, laboratoriyalar va boshqa bo‘linmalar tashkil etish;
talabalar, aspirantlar, doktorantlar, pedagogik va ilmiy xodimlar bilan ikki tomonlama almashish dasturida ishtirok etish;
hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar, kongresslar, simpoziumlar va boshqa tadbirlar o‘tkazish;
ta’limni takomillashtirish va rivojlantirish xalqaro dasturlarida ishtirok etish;
Toshkent islom universitetida chet el fuqarolarini tayyorlash va malakasini oshirish hamda universitet ilmiy-pedagogik xodimlarining xorijda o‘qituvchilik va ilmiy-tadqiqotchilik ishlari davlatlararo shartnomalar, ta’limni boshqarish bo‘yicha tegishli organlari o‘rtasidagi shartnomalar asosida amalga oshirish;
xalqaro nodavlat tashkilotlarga belgilangan tartibda a’zo bo‘lish.
32. Toshkent islom universiteti O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq ushbu Nizomda nazarda tutilgan va “Ta’lim to‘g‘risida” hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi Qonunlarda belgilangan vazifalarni bajarishga, shuningdek, xalqaro aloqalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega.
33. Toshkent islom universitetini qo‘shib yuborish, birlashtirish, bo‘lish, ajratish va qayta o‘zgartirish, shuningdek, uni tugatish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, Vazirlar Mahkamasining qarori asosida va qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 25-martdagi 157-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat stipendiyalari to‘g‘risida Nizom va ularni tayinlash tartibi”ning:
1-bandi “Ulug‘bek” so‘zidan keyin “Imom al-Buxoriy” so‘zlari bilan;
8-bandining 6-qatori “Ulug‘bek davlat stipendiyasi sovrindori” so‘zlaridan so‘ng “Imom al-Buxoriy davlat stipendiyasi sovrindori” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
1. Tashqi ishlar vazirligi.
2. Toshkent shahar hokimligi.
3. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi.
4. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi.
5. Xalq ta’limi vazirligi.
6. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi.
7. Adliya vazirligi.
8. Fanlar akademiyasi.
9. Fan va texnika davlat qo‘mitasi.
10. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita.
11. Davlat mulk qo‘mitasi.
12. O‘zbekiston musulmonlari idorasi.
13. O‘zbekiston banklar uyushmasi.
14. O‘zbekturizm milliy kompaniyasi.
15. Imom al-Buxoriy xalqaro jamg‘armasi.
16. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
17. Toshkent sharqshunoslik instituti.
18. “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasi.
19. “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi.
20. “Qanoat” muvofiqlashtirish markazi. | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Italiyada mavsum 27-mayda “Yuventus”—“Milan” uchrashuvi bilan qayta boshlanishi mumkin
A Seriya kengashi koronavirus pandemiyasi sabab to‘xtab qolgan mavsumni may oyi oxirida Italiya Kubogi yarim final javob uchrashuvlari bilan qayta tiklashni taklif qildi.
Kubok yarim finalidan o‘rin olgan “Yuventus”—“Milan”, “Napoli”—“Inter” uchrashuvlari 27 va 28-may kunlari o‘tkazilishi kutilmoqda. A Seriya bahslari esa 31-maydan start olishi taxmin qilinmoqda. Uchrashuvlar tomoshabinlarsiz bo‘lib o‘tadi.
Klublar rahbariyati bu masalani 21-mayga qadar ko‘rib chiqadi va muhokama qiladi.
Elatib o‘tamiz, “Milan” va “Yuventus” o‘rtasidagi ilk bahs 1:1 hisobi bilan yakunlangan, “Napoli” esa “Inter”ni 1:0 hisobida mag‘lub etgandi.
“Yuventus”ning ikki nafar futbolchisi koronavirusdan xalos bo‘ldi
Italiyada 16-aprel holatiga koronavirus yuqtirib olganlar 165 ming nafarda oshdi. 21 mingdan ziyod kishi vafot etgan, 38 ming odam virusni yengib o‘tgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling! | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
“O‘g‘ri” filmi noyabr oyining ikkinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi
Rejissor Durdona To‘laganovaning “O‘g‘ri” filmi noyabr oyining ikkinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi. Bu haqda, Alisher Navoiy nomidagi kinosaroy tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslanib, jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi.
Noyabr oyining ikkinchi haftasi kinoreytingida “O‘g‘ri” filmidan keyingi o‘rinlarni Otabek Mirzaxolovning “Labbay rais”, Mirmaqsud Oxunovning “Ada emas, dada”, Azamat Axrorovning “Qaysarginam 2”, Imtiyaz Alining “Muhabbat yosh tanlamas” filmlari band etgan.
Shuningdek, hozirda Alisher Navoiy nomli kinosaroyda “Kulba”, “Daydi”, “Armon” kabi filmlar namoyishi davom etmoqda.
1-o‘rin. “O‘g‘ri” (melodrama)
Rejissor – Durdona To‘laganova
2-o‘rin. “Labbay rais” (komediya)
Rejissor – Otabek Mirzaxolov
3-o‘rin. “Ada emas, dada” (komediya)
Rejissor – Mirmaqsud Oxunov
4-o‘rin. “Qaysarginam 2” (komediya)
Rejissor – Azamat Axrorov
5-o‘rin. “Muhabbat yosh tanlamas” (komediya)
Rejissor – Imtiyaz Ali | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Turkiya Suriya bilan chegarasiga qo‘shimcha harbiy kontingent yo‘lladi
Turkiya rahbariyati Suriya bilan chegarasiga qo‘shimcha harbiy kontingent yo‘lladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Turkiyaning Dogan agentligi tarqatgan axborotga ko‘ra, Suriya bilan chegaradosh Kilis viloyatiga boshqa harbiy texnika hamrohligida olti gaubitsa va tanklar yuborilgan.
Suriyaning Turkiya bilan chegaradosh hududi hozirgi vaqtda kurd jangovar bo‘linmalari nazorati ostida turibdi.
Turkiyaning o‘z chegarasi yaqinida harbiy kontingentni oshirishi “xavfsizlikni mustahkamlash”ga yo‘naltirilgani aytilmoqda. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Putin NATOga javob, Snouden taqdiri va Ukraina haqida gapirib berdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik kinorejissyor Oliver Stounga bergan intervyusida NATOga “mos javob”, Ukrainadagi vaziyat, AQSh maxsus xizmatlarining sobiq xodimi Edvard Snouden va Rossiyada demokratiyaning rivoji haqida so‘zlab berdi. Stounning filmi ikkinchi qismi Showtime telekanalida namoyish etildi.
NATOga javob
Putin NATO haqida gapirar ekan, Rossiya alyans xatti-harakatiga strategik muvozanatni saqlash uchun mos javob qaytarishini bildirdi.
"Biz uchun bu yerda ikkita xatar, Rossiya uchun. Birinchisi – bu bizning chegaralarga yaqin yerda raketalarga qarshi mudofaa tizimining joylashtirilishi, ikkinchisi esa – antiraketalarning ishga tushirish qurilmalari bir necha soat ichida zarba raketalarini o‘rnatishga qayta jihozlanishi mumkin. Sharqiy Yevropada, suvda, dengizda, kemalarda o‘rnatiladi, ular O‘rta Yer dengizi hamda shimoliy dengizlarda navbatchilik olib boradi, hattoki Alyaskada o‘rnatishmoqda", - deya ta'kidlab o‘tdi prezident.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya hozirgi paytda RQM bilan deyarli butunlay o‘rab olingan.
"Aslida, bu bizning sheriklarning yana bir qo‘pol strategik xatosi, sababi Rossiya bu xatti-harakatlarning barchasiga mos javob qaytaradi, hamda bu yana qurollanish bo‘yicha poygani keltirib chiqarishi mumkin. Shu bilan birga, bizning javob ancha arzonroq bo‘ladi. Texnika qo‘polroq bo‘lishi mumkin, biroq samarali bo‘ladi. Va biz strategik muvozanatni saqlab qolamiz. Muvozanat – bu juda muhim narsa", - deya ma'lum qilgan Putin.
Shuningdek, uning ta'kidlashicha, NATOni kengaytirish va Yevropada RQM tizimlarini joylashtirish Rossiyani bunga javob qaytarishga undamoqda. Putinning fikricha, alyansni kengaytirishni, agarda davlatlar o‘zlarini xavfda ekanliklarini his etishayotgan bo‘lsa, xavfsizlik va o‘zaro yordam to‘g‘risidagi kelishuvlar bilan o‘zgartirish mumkin edi.
Putinning fikricha, sobiq Ittifoq parchalanib ketganidan so‘ng hamda Eron yadro dasturlardan voz kechganidan keyin, RQMni joylashtirish va alyansni kengaytirishda hech qanday ma'no yo‘q.
"Raketalarga qarshi mudofaa tizimini Yevropada rivojlantirish dasturi keng ko‘lamda davom etmoqda. Kimga qarshi? Demak, bu bizni javob qaytarishga undamoqda", - deya ma'lum qildi Rossiya yetakchisi.
Snouden – irodali inson
Suhbatning seshanba kuni e'lon qilingan qismi katta joyi Snoudenga bag‘ishlandi. Putini uni "irodali" inson, deb atagan.
Prezidentning ta'kidlashicha, Snouden Rossiyaga qandaydir ma'lumotni “berishni” rejalashtirmagan.
"U qo‘shma kurashga chaqirdi. Biz bunga tayyor emasligimiz aniqlangach, men – bu bizga kerak emas, dedim. Bizda AQSh bilan busiz ham murakkab munosabatlar, bizga yana qo‘shimcha qiyinchiliklar kerak emas. U shunchaki ketdi va g‘oyib bo‘ldi", - dedi Putin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Snouden bilan ilk aloqalar Xitoyda bo‘lib o‘tgan.
"Keyin esa menga janob Snouden Moskvada qo‘nishi kerak bo‘lgan samolyotda ekanini aytishdi. U boshqa samolyotga o‘tib, Lotin Amerikasiga uchib ketishi kerak edi. Biroq, ma'lum bo‘lishicha, u bormoqchi bo‘lgan davlatlar uni qabul qilishni juda ham istayotgan emas ekanlar, bundan tashqari, OAVda unga qayergadir uchib borishga imkon berishmasligi haqida ma'lumot paydo bo‘ldi", - dedi Putin
Shu tariqa MXAning sobiq xodimi Moskvada, tranzit yo‘lovchilar zalida paydo bo‘lgan. "Keyin esa biz unga vaqtinchalik boshpana berdik", - deya qo‘shimcha qilgan davlat rahbari.
U AQSh prezidenti Barak Obama Snouden yuzasidan qo‘ng‘iroq qilgani borasidagi savolga javob bermagan. "Men bu haqda gapirishni istamagan bo‘lardim. Bu maxfiy narsa", - deya ta'kidlab o‘tdi Putin.
Rossiyadagi vaziyat
Prezidentning tan olishicha, Rossiya demokratik va suveren davlat sifatida o‘ziga xos ijobiy jihatlar hamda kamchiliklarga ega. "Rossiyani qanchalik yomonlashmasin, Rossiya – demokratik davlat. Va suveren. Bir qator muammolar shu bilan bog‘liq, biroq buning yaxshi tomonlari ham yetarlicha", - deya hisoblaydi Putin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “o‘z suverenitetidan foydalanishi mumkin bo‘lgan davlatlar sanoqlidir”. "Ko‘pchilik mamlakatlar ittifoqchilik majburiyatlariga ega. Aslida, ular suverenitetini o‘zlarining tashabbusi bilan cheklab qo‘yishdi", - deya qayd etdi Rossiya yetakchisi.
Putinning aytishicha, Rossiyada demokratik hamjamiyat bosqichma-bosqich rivojlanishi kerak.
"Albatta, ertagayoq bizda AQSh, Fransiya yoki Germaniyadagi kabi tartib yuzaga kelishini tasavvur qilish mushkul. Jamiyat va davlat, istalgan tirik organizm kabi, bosqichma-bosqich rivojlanishi kerak. Aynan shu rivojlanishning normal jarayonidir", - dedi u.
Putinning aytishicha, Rossiyada partiyalarni erkin ro‘yxatdan o‘tkazish saylovchilarda tanlov muammosini keltirib chiqarmoqda.
"Endi ko‘p partiyaviylik va partiyani ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyati haqida... Biz yaqindagina bu imkoniyatlarni jiddiy erkinlashtirdik. O‘z siyosiy tashkiloti yoki partiyani ro‘yxatgan o‘tkazish imkoni shu darajada rivojlandiki, saylovchilarda boshqa – takliflar ko‘pligi bilan bog‘liq muammo paydo bo‘ldi", - dedi u.
Ukraina haqida
Suhbat davomida Ukraina mavzusiga ham to‘xtab o‘tildi.
"Amerikaning bu mintaqadagi xalqaro siyosati falsafasi shundan iboratki, Ukraina va Rossiyani yaqinlashishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak, sababi kimdir bunda tahdidni ko‘rmoqda. Kimningdir fikricha, bu Rossiya qudratining o‘sishi manbasi, hamda nima bo‘lgan taqdirda ham Rossiya va Ukrainani yaqinlashishiga xalaqit berish kerak", - dedi Putin.
Shu bilan birga, Rossiya yetakchisining ta'kidlashicha, AQShda ham, Yevropa davlatlarida ham bunda ukrainalik fuqarolar pozitsiyasi e'tiborga olinmagan.
"Ukrainada radikal unsurlar, millatchilik kayfiyatidagi unsurlarni qo‘llab-quvvatlash bu nuqtai-nazardan mag‘lubiyatsizdir. Shuning uchun, buni qilganlar o‘z maqsadiga yetdi. Ular juda zo‘r ishlashdi", - deya ma'lum qildi Putin. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Superliga. “Navbahor” o‘z uyida poytaxt jamoasini yengdi, “Lokomotiv” so‘nggi daqiqada g‘alabani qo‘ldan chiqardi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining 22-turidan o‘rin olgan ikki o‘yin 17-oktabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
“Navbahor” o‘z uyida “Bunyodkor”ni qabul qildi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘lim avvalida toshkentliklar Nurillo To‘xtasinovning golidan keyin oldinga o‘tib oldi. 58-daqiqada Sardor Telyakov muvozanatni tiklagan bo‘lsa, Zabihillo O‘rinboyevning 60-daqiqadagi goli namanganliklarga g‘alaba keltirdi.
“Lokomotiv” va “Andijon” o‘rtasidagi uchrashuvda ham gollar ikkinchi bo‘limda urildi. Ikkinchi bo‘limning dastlabki daqiqasidayoq Temurxo‘ja Abduxoliqov “temiryo‘lchilar”ning birinchi golini urdi. Bunga mehmonlar 78-daqiqada Farhod Sohibjonovning aniq zarbasi bilan javob qaytardi.
82-daqiqada Azizbek Omonov hisobni 2:1 ko‘rinishga keltirdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtning 4-daqiqasida Pavel Zabelin Andijon jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qolgan golga muallif bo‘ldi.
22-turdan keyin Superliga musobaqa jadvali quyidagi ko‘rinishni oldi:
Superliga
22-tur bahslari
17-oktabr, yakshanba
Gollar: 0:1 – 49 To‘xtasinov, 1:1 – 58 Telyakov, 2:1 – 60 O‘rinboyev.
“Navbahor”: 1. O‘tkir Yusupov, 4. Boyan Siger, 8. Sardor Telyakov (28. Ilhomjon Alijonov, 87) 9.Ivan Solovyov (14. Guttiner Kosta 87), 10. Quvondiq Ro‘ziyev (17. Ehsoni Panshanbe, 46), 19. Mirzohid G‘ofurov, 22.Igor Golban, 24.Davron Hoshimov, 70.Abbos G‘ulomov ( 25. Shohruh Mahmudxojiyev,90+3), 88. Boyan Naydenov, 95.Zabihillo O‘rinboyev (20. Ibrohim G‘anixonov, 81)
“Bunyodkor”: 91.Zafar Safoyev, 4.Davron Ergashev (37. Muhammadodil Qahramonov, 81) 6.Avazbek O‘lmasaliyev, 10.Xurshid G‘iyosov ( 54. Umid Sultonov 81), 13.Lutfulla To‘rayev, 17.Odiljon Abdurahmonov (8. Sanjar Rashidov, 88), 19.Nurillo To‘xtasinov, 22.Shahboz Erkinov, 30.Abdulla Abdullayev, 34.Suhrob Izzatov, 49.Ibrohim Tomiva.
Ogohlantirishlar: Abdurahmonov (13), Ro‘ziyev (39), To‘xtasinov (51), Guttiner (90).
Gollar: 1:0 – 46 Abduxoliqov, 1:1 – 78 Sohibjonov, 2:1 – 82 Omonov , 2:2 – 90+4 Zabelin.
“Lokomotiv”: 35. Javohir Ilyosov, 3. Islom Qobilov (22.Samuel Ope, 46), 5. Kaxi Maxaradze, 11. Temurxo‘ja Abduxoliqov, 14. Azizbek Omonov (45.Nurmuhammad Toshpo‘latov, 85), 17. Sanjar Qodirqulov, 21. G‘ulom Haydar G‘ulomov, 27. Islom Rashidxonov (10.Marat Bikmayev, 71), 28. Shuhrat Muhammadiyev (19.Jasur Jaloliddinov, 46), 37. Sherzod Fayziyev, 77. Diyorjon Turopov.
“Andijon”: 1. Eldor Adhamov, 2. Sardor Hursandov, 3.Azamat Isroilov, 4. Usmonali Ismonaliyev, 5. Abduvohid G‘ulomov, 9. Pavel Zabelin, 14. Vasiliy Sovpel, 18.Abdug‘ani Kamolov (7. Sherzod G‘ulomjonov, 84), 26. Muhammadkarim Toirov (8. Baxtiyor Qosimov, 55), 49. Plamen Dimov, 70. Diyor Rahimqulov (17. Farhod Sohibjonov, 55).
Ogohlantirishlar: Qodirqulov (44), Jaloliddinov (62), Zabelin (90+4). | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Taniqli turk aktyor va aktrisalarining yoshligi va hozirgi ko‘rinishi (foto)
Mahshurlarning yoshligida qanday ko‘rinishda bo‘lgani doim ham qiziq. Ular avval chiroyli bo‘lganmi yoki yulduzga aylangandan so‘ng, degan savol paydo bo‘ladi darhol. Turkiyaning mashhur aktyor va aktrisalari, albatta, o‘z faoliyati davomida o‘zgarishlarga uchragani bilan birga, yoshi ham anchagina ulg‘aygan.
Burak O‘zchivit
Aslida model sifatida ish boshlagan Burak 2006-yilda aktyorlik sohasiga yo‘l olgan. Aktyor yoshligida unchalik ham kelishgan yigit bo‘lmagan, endi esa qahramonlarga o‘xshab tobora jasur bo‘lib bormoqda, ayniqsa, “Usmon” serialidan keyin.
Neslihan Atagul
Neslihan yoshligidanoq bir qancha filmlarda rol ijro etgan. Yillar o‘tgan sayin uning tashqi ko‘rinishida o‘zgarishlar yuz bergan. U endi avvalgidek yosh qizga o‘xshamaydi, ammo tabassumi hamon bolalarcha. Aktrisa 28 yoshda va “Elchining qizi” serialida bosh qahramon rolini ijro etmoqda.
Xande Erchel
Kulgichlari bilan barchaning yoqimtoy aktrisasiga aylangan Xande 27 yoshiga kelib, tashqi ko‘rinishini aniq shaklga keltirdi. Aktrisa hattoki 2020-yilda dunyoning eng go‘zal ayoli sifatida ham tan olindi.
Kivanch Tatlitug‘
Aktyor yoshligidanoq modellik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan edi. Oradan yillar o‘tgani sayin uning tashqi ko‘rinishi yanada yaxshilanib bordi. Aktyor 40 yoshga qarab ketayotgan bo‘lsa-da, u hamon aksariyat qizlarning diqqat markazidan joy olgan.
Burju O‘zberk
“Muhtasham yuz yil” serialida Xurijixan rolini ijro etgan Burju 23 yoshda edi. Oradan 10 yil vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, aktrisa deyarli o‘zgarmagan. Faqatgina unda ayollarga xos go‘zallik paydo bo‘lgan.
Kerem Bursin
12 yoshidan boshlab AQShda yashagan Kerem ilk debyutini 12 yoshida ijro etgan. Ayni damda “Eshigimni qoq” filmida suratga tushayotgan aktyor sog‘lom turmush tarzi va sport bilan shug‘ullanishga alohida e’tibor qaratadi.
Deniz Baysal
Deniz yoshligida ham go‘zal va yoqimtoy qiz bo‘lgan. Uning ko‘rinishiga qarab, salbiy rollarni ijro etishiga ishonish qiyin. Hozirda uning oldida ko‘plab loyihalar mavjud bo‘lib, ulardan oxirgisi “Yettinchi bo‘lmadagi mo‘jiza” filmidir.
Jan Yaman
Faoliyati mobaynida katta o‘zgarishlarga uchragan aktyorlardan biri − Jan Yamandir. Hozirda u nafaqat Turkiyaning, balki Yevropaning bir qancha davlatlarida ham sevimli aktyorga aylangan.
Aras Bulut Iynemli
Aras 18 yoshidan ekranlarda kichik rollari bilan ko‘rinish bera boshlagan. Hozirda ham Arasning tabassumi va ko‘zlari o‘zgarmagan. Aktyorlik mahorati yildan-yilga ortib borayotgan Aras “Chuqur” teleserialida bosh rolni ijro etgan. | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
1 million dollarlik grant yutgan, eng kuchli iqtisodchi va xalq ta’limi vaziri bo‘lishni orzu qilgan o‘quvchilar. Prezident maktabining ilk bitiruvchilari bilan suhbat
2020/2021-yilgi o‘quv yilida Prezident maktablari ilk “qaldirg‘och”larini katta hayotga kuzatadi. Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligining ma’lumotiga ko‘ra bitiruvchilar soni 96 nafarni tashkil etadi.
Xususan, Toshkent shahridagi Prezident maktabida tahsil olayotgan 24 nafar o‘quvchi 11-sinfni bitiradi. Ulardan 21 nafari allaqachon xorijdagi bir qator universitetlarga grant asosida qabul qilingan.
Prezident maktabining ilk “qaldirg‘ochlari” kelajakdagi maqsadlari haqida “Daryo”ga so‘zlab berdi.
Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Rahmatjon Goipov.
Bolaligimdan kimyo, matematika, fizika fanlariga qiziqaman. Neft va gaz kimyosi O‘zbekistonning nafaqat iqtisodiyoti, balki sanoatini ham rivojlantiradi. Shu bois kelajakda kimyoviy muhandislik yo‘nalishi bo‘yicha malakali mutaxassis bo‘lishga qaror qilganman.
10-sinfdan beri Prezident maktabida tahsil olyapman. Juma kechki payt uyga ketib, yakshanba kuni yana qaytib kelamiz. Maktab mening rivojlanishimga katta hissa qo‘shgan.
Hozirda 10 dan ortiq universitetlarga hujjat topshirib, umumiy hisobda 1 million dollardan ko‘proq miqdorda grant sohibi bo‘ldim. Men ham sinfdoshim Abdulloh singari bakalavrni Amerikada Sinsinnati universitetida davom ettirmoqchiman.
Sababi mazkur oliygohga ham grant yutganman. Universitet meni stipendiya va turar joy bilan ta’minlaydi. O‘qishim va imtihonlardagi ballarimni ko‘rib chiqib, universitet ma’muriyati menga 85 ming dollar miqdorida mablag‘ ajratgan. Bu pul o‘qishimning yarmidan ko‘proq qismini qoplab beradi. Bundan tashqari qobiliyatli o‘quvchilar uchun yana turli dasturlar taklif qilishadi.
Amerikaga hujjat topshirish uchun talabgorlar xalqaro SAT va IELTS sertifikatlariga ega bo‘lishi kerak. Men IELTS’dan 7.5 , SAT’dan esa 1330 olganman.
Shuningdek, maktabdagi baholar, imtihon natijalari va o‘quvchilarning o‘zlari tomonidan yozilgan insholar ham muhim hisoblanadi. Shunga qarab ular ma’lum bir miqdorda grant mablag‘larini taklif qiladi. Agar ularga natijalaringiz yoqsa, yana qo‘shimcha imkoniyatlar taqdim qilishi mumkin.
Ota-onam xorijda o‘qish qarorimni ma’qullashgan. Boisi Amerika men tanlagan soha bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi. Agar u yerda o‘qisam kuchli kadr bo‘lib yetishaman.
Avgust oxirida Amerikaga ketamiz. Eng katta maqsadim, Amerikada o‘qib, O‘zbekistonga qaytish va kimyo sohasida burilish yasash.
Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Shahrizoda Rizoqulova.
Bioinjeneriya sohasiga qiziqaman. Bu sohada texnologiya va biologiyani birlashtirib, foydali dasturlar hamda odamlar uchun zarur bo‘lgan protez va transplantatsiya organlari yaratish mumkin.
Shu paytgacha Amerika elchixonasi tomonidan o‘tkazilgan turli loyiha va dasturlarda ishtirok etganman. Prezident maktabidagi qizlardan tashkil topgan jamoamiz bilan mobil dastur ishlab chiqqanmiz. Bu jinsiy zo‘ravonlikdan yoki psixologik muammolari bor ayollar uchun mo‘ljallangan edi. Mazkur loyihamiz bilan Technovision chellange’da qatnashdik. Garchi mobil dasturimiz tanlovda g‘olib bo‘lmasa-da, O‘zbekistondagi BMTning e’tiboriga tushdik.
Hozir “Imkoniyat” nomli yangi mobil dastur yaratdik. Dasturda e’tiborimizni imkoniyati cheklangan bolalarni tarbiyalayotgan onalarga qaratdik. Bunda nafaqat ota-onalar va bolalar balki, ularga yordam berishni istagan tashkilotlar ham ro‘yxatdan o‘tib, yordam berishi mumkin. Dastur yaqinda Play Market’ga qo‘yildi.
Dunyodagi eng katta maqsadim odamlarga, og‘ir kasallarga yordam berish. Chunki transplantatsiya organlari g‘oyasi bilan ko‘pchilikning hayotini saqlab qolish mumkin.
Men ham sinfdoshlarim kabi 9 ta universitetga grant yutganman. Ulardan AQShning Filadelfiya shahrida joylashgan Templ universitetini tanladim. Sababi oliygoh menga bioinjeneriya sohasida gigant bo‘lgan kompaniyalarda malaka oshirish imkonini beradi. Bu grantim to‘liq emas. Universitet bir qismini qoplab beradi. Shuning uchun “El-yurt umidi” jamg‘armasiga hujjat topshirganman. Hozir javoblarni kutyapman.
Qizlar doimo ota-onasi tomonidan qo‘llab-quvvatlansa, yanada katta natijalarga erishadi. Bolaligimdan ota-onam meni o‘qishimga katta e’tibor bergan. Turli to‘garaklarga, o‘quv markazlariga olib borgan. Har bir muvaffaqiyatimda erishayotgan yutuqlarimda ota-onamning xizmati juda katta.
Ammo ba’zida qizlar biron nimaga erishishni istasa, butun jamiyat to‘sqinlik qilishi mumkin. Shuning uchun qizlar ruhiy tomondan kuchli bo‘lishi, o‘z hayoti uchun o‘zi kurashishi lozim. Hayotda hamma narsaga urinib ko‘rish kerak. Agar qo‘rqib, o‘zingizni sinab ko‘rmasangiz chetda qolib ketaverasiz.
Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Abdulloh Jo‘raxonov.
Asli qashqadaryolikman. Tug‘ilganimdan so‘ng oradan 2-3 yil o‘tib, Toshkentga ko‘chib kelganmiz. Dastlab Chilonzor tumanidagi 162-maktabda o‘qiganman.
Bolaligimdan xorijiy tillar va matematikaga juda qiziqaman. Prezident maktablarida STEAM fanlari (tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik, san’at va matematika) asosida ta’lim berilishini eshitib, hujjat topshirganman. Chunki bu O‘zbekistondagi yangi o‘qitish tizimi edi.
Saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, 10-sinfdan shu maktabda o‘qishni boshlaganman.
O‘quvchilar juda intiluvchan. Darsdan so‘ng qo‘shimcha mashg‘ulotlar bo‘ladi. O‘zim ko‘p kuzataman, bo‘sh xonalarga kirib olib soatlab dars qiladigan o‘quvchilarimiz bor. Shunday kuchli bolalar safida bo‘lish meni yanada ko‘proq izlanishimga sabab bo‘lyapti. Hatto avval yoqtirmagan kimyo, fizika fanlariga qiziqishni boshladim.
Ko‘plab xorijiy universitetlarga hujjatlarimni topshirganman. Hozircha 9 ta universitetga qabul qilinganim to‘g‘risida javob xatlari oldim. Ba’zi birlaridan 50 foizgacha grantlar yutdim.
Bu yil 11-sinfni tamomlayman. Hozirgi eng katta maqsadim — dunyo reytingida 251-o‘rinda turadigan Amerikaning Sinsinnati universitetida tahsil olish va dunyodagi eng kuchli iqtisodchi bo‘lish. Biroq bu universitetga grant yutmaganman. Mazkur universitetda o‘qish va yashash xarajatlari uchun o‘rtacha 45 ming dollar kerak.
Onam uy bekasi, otam tadbirkor. Lekin ota-onamga og‘irligim tushishini xohlamayman. Shuning uchun “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan o‘tkazilgan tanlovda qatnashdim. Yaqinda suhbatga kirib chiqdim. Ikki haftalarda javobi chiqadi.
Nasib qilsa grant yutib, Amerikada o‘qib, O‘zbekistonga qaytmoqchiman. Kelajakda yetuk iqtisodchi bo‘lib, uchinchi Renessansni amalga oshirmoqchiman.
Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Zulfiya Usmonova.
Men tengdoshlarim kabi xorijiy universitetlarga kirmaganman. Chunki dadam chetda o‘qishimga rozi bo‘lmagani uchun topshirmaganman. Lekin mahalliy universitetlarga topshirib, Inha va Yaponiya raqamli universitetlariga qabul qilindim.
Biroq kelajakda magistraturani chetda — Angliya yoki Koreyada o‘qib kelmoqchiman.
AQShda o‘qishni istamasdim. Sababi u yerda bo‘layotgan voqealar bizning mentalitetimizga, dinimizga mos kelmaydi, deb hisoblayman. Albatta, aylanib kelishga arziydi, lekin 3 yil davomida u yerda yashashni istamasdim.
Men ham sinfdoshim Shahrizoda bilan bir jamoadaman. Hozirda turli mobil dasturlar ishlab chiqyapmiz.
Eng katta maqsadim – xalq ta’limi vaziri bo‘lish. Vaqti kelib, shu lavozimga kelganimda O‘zbekistonda Prezident maktablarini ko‘paytirardim. O‘qituvchilarga va o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirmoqchiman. Chunki hozir ko‘p o‘quvchilarning xayolida birinchi o‘rinda o‘qish emas, boshqa narsalar bor.
O‘zim misolimda aytadigan bo‘lsam, bu yerga kelganimdan so‘ng, hayotim tubdan o‘zgargan. Sinfdoshlarim haqiqatan ham o‘qiydi. Darslarni vaqtida bajaradi, kech qolmaydi, ya’ni har narsaga mas’uliyat bilan yondashadi.
Eski maktabimda esa hammasi teskari edi. Aksariyat o‘quvchilar xohlasa maktabga kelardi, xohlamasa yo‘q. O‘qish ham yuzaki, bilim uchun emas, baho uchun o‘qishardi.
Bolalarning hayotida oilasining ta’siri juda katta. Prezident maktabiga men bilan uchta qiz ham kirgan edi. Lekin ularning ota-onasi yotoqxonada qolib o‘qitiladigan maktabda tahsil olishiga rozi bo‘lmadi.
To‘g‘ri, o‘sha ota-onalarni ham bir tomondan tushunsa bo‘ladi, qizlar soni kam. Har xil fikrlarga borish mumkin. Lekin men qizlarga o‘zlari nimani xohlasa, shu bilan shug‘ullanishlarini maslahat berardim.
Muallif: Xonzodabegim A’zamova
Fotomuxbir: Madina Nurman
Muharrir: Dilshod Sharipov | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Yoz uchun qo‘g‘irchoqlarnikidek liboslar: barcha moda ixlosmandlari tomonidan sevib kiyiladigan 10 ta model (foto)
Keng etakli yubkalar, katta hajmli yenglar, alohida ta’kidlangan bel qismi – ushbu mavsumda “qo‘g‘irchoq” liboslar moda maydoniga kirib keldi. Bu kabi liboslarda har bir qiz o‘zini malika kabi his qiladi. Quyida yozgi ko‘rinishga mos keladigan 10 ta zamonaviy libos bilan tanishish mumkin.
Chiroq shaklidagi yeng, katta bichimdagi yoqa, shaklini yaxshi saqlaydigan mato – bu kiyim kundalik va kechki uchrashuvlarga juda mos keladi. Ushbu libosni “meri jeyn” poyabzallari, krossovka yoki nafis sandallar bilan kiyish mumkin. Aksessuar sifatida naqshli hamyon va kashta tikilgan kichik sumkani tanlash tavsiya etiladi.
Mayda naqshli chiroyli qo‘g‘irchoq libosi belbog‘ tufayli ham belga alohida urg‘u beradi va bu kabi yoqalar bo‘yni vizual ravishda uzaytirishga yordam beradi. Ushbu ko‘ylakni yopiq baletka va kichkina to‘qilgan sumka bilan to‘ldirish mumkin.
Kechki tadbir – bitiruv kechasi, to‘y, tug‘ilgan kun uchun mos keladi. Nozik siyohrang va bejirim bezaklar, albatta, har qanday qizga ko‘rk bag‘ishlaydi.
Kundalik kiyish uchun och feruzarang midi uzunlikdagi libosni tanlash mumkin. Libosni jigarrang charm sandallar, sharf va savatsimon sumka bilan kiyish tavsiya etiladi.
Bel qismi yuqoridan bichilgan qora libos oq rangdagi yengil oyoq kiyimlar bilan ajoyib uyg‘unlikni hosil qiladi. Bundan tashqari, aksessuar sifatida ko‘zoynak va soch tasmasini qo‘shish mumkin.
Orqa tomoni bog‘lanadigan xira pushti libos chiroyli romantik qiyofa yaratishga yordam beradi. Obrazni nozik poshnali tufli va ziraklar bilan boyitish mumkin.
Baland bo‘yli, uzun oyoq egalari uchun ushbu ko‘ylak ayni muddao. Unga eng yaxshi qo‘shimchalar – shlyapa va tutqichi kichik sumkadir.
Oddiy, ammo dramatik narsalarni izlayotganlar uchun etakli yubka va yenglari shishirilgan ko‘ylak tavsiya etiladi. Baletka, krossovka va sandallar bilan uyg‘unlashgan libos obrazni yanada boyitadi.
Ushbu model yozgi kechalar uchun yechim hisoblanadi. Unga oq rangdagi oyoq kiyim va zargarlik buyumlarni qo‘shish bilan yangi ko‘rinishni hosil qilish mumkin. | false | false | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false |
Rossiyaliklar O‘zbekistonga ko‘proq tashrif buyura boshladi
2018-yilning to‘qqiz oyi ichida O‘zbekistonga 360 mingga yaqin rossiyalik tashrif buyurdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 90 ming kishiga ko‘proq demakdir. Bu haqda RATA Rossiya sanoat ittifoqi gazetasiga tayanib Sputnik xabar bermoqda.
O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov ma’lum qilishicha, mamlakatga tashrif buyurish uchun kamida beshta sabab bor, bular — aviaqatnov taraqqiyoti, a’lo darajali infratuzilma, mazali milliy taomlar, til bo‘yicha to‘siqlarning yo‘qligi va yuqori darajali xavfsizlik.
“Gap nafaqat turistlar haqida bormoqda, balki umuman, sayyohlar oqimi ham o‘smoqda. Biz Rossiya fuqarolarining mamlakatimiz tarixiga va madaniyatiga samimiy qiziqishini ko‘ryapmiz”, — dedi u. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Hilton mehmonxonasidagi yulduzli to‘y: Alisher Usmonovning jiyani Ganya Usmonova ikkinchi marta turmushga chiqdi (foto, video)
Rossiyalik milliarder Alisher Usmonovning jiyani Ganya Usmonova 14-dekabr kuni ikkinchi marta turmushga chiqdi. Ganya va Shuhratning to‘yi Toshkentdagi Hilton mehmonxonasining 21-qavatidagi tantanalar zalida bo‘lib o‘tdi. To‘yda O‘zbekiston xalq artistlari Farruh Zokirov, Yulduz Usmonova, xonandalar DJ Piligrim, Rashid Xoliqov va yana bir nechta estrada guruhlari xizmatda bo‘ldi. Tantanani taniqli rossiyalik boshlovchi Aleksandr Beliy va teleboshlovchi Nilufar Sotiboldiyeva olib bordi.
Ma’lumot uchun, 27 yoshli Ganya Toshkentdagi “Grilyaj” restoraniga egalik qiladi. Shuningdek, u o‘z nomi bilan ataluvchi brend asoschisi hamdir. Ganya 2017-yilda bir paytlar Munisa Rizayeva bilan uchrashib yurgan tennischi Vaja Uzoqovga turmushga chiqqandi. To‘ylari katta dabdaba bilan o‘tgan ushbu juftlik ko‘p o‘tmay ajrashib ketgan. | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Tramp ilk bor Meksika bilan devor qurilishining to‘liq qiymatini ma'lum qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp Meksika bilan chegarada devor qurilishiga xarajatlar noqonuniy migratsiyadan yo‘qotiladigan mablag‘lardan 10 marta kamroq bo‘lishini ma'lum qildi.
Trampning aytishicha, qurilishning to‘liq qiymati 25 mlrd dollarni tashkil qiladi, bu orada mamlakat migratsiya sababli har yili 250 mlrd dollar yo‘qotmoqda.
Prezident demokratlarni devor qurilishi moliyalashtirilishini qo‘llab-quvvatlashga chaqirgan va bu maqsadda 3,5 mlrd dollar ajratilganini, yana 5 mlrd dollar ajratilishi so‘ralgani va ma'qullanishni kutayotganini eslatib o‘tgan.
“Balki kimdir demokratlarga mamlakat noqonuniy migratsiya sababli har yili 250 mlrd dollar yo‘qotishini, ularning ovozlari bizga kerakligini tushuntirib qo‘yar. Bu giyohvand moddalarning dahshatli oqimini hisoblamaganda. Chegaraning himoya qilinishi, jumladan devor qurilishi 25 mlrd dollar turadi. U o‘zini 2 oyda oqlaydi. Buni qiling”, deb yozgan Tramp tvitterda.
Avvalroq Tramp zarurat bo‘lsa AQShning janubiy chegarasini noqonuniy muhojirlardan himoyalanish uchun to‘liq yopib qo‘yish bilan tahdid qilgandi. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Bosh prokuratura bayonot berdi: “Kun.uz” xodimlariga tajovuz nazoratga olindi
O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Olmazor tumani hokimi o‘rinbosari Abdurasul Vahobovning “Kun.uz” xodimlariga tajovuzi bo‘yicha holat yuzasidan bayonot berdi.
“Kuni-kecha ‘Kun.uz’ nashri xodimlari hamda Olmazor tumani hokimi o‘rinbosari Abdurasul Vahobov o‘rtasida kelib chiqqan holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan tekshirish o‘tkazilmoqda. Mazkur holat Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan. Natijasi haqida keng jamoatchilikka qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, — deyiladi bayonotda.
Bundan oldin, Prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi ushbu holat bo‘yicha rasmiy munosabat bildirgandi.
Keyinroq “Kun.uz” tahririyati Olmazor tumani hokimi o‘rinbosari Abdurasul Vahobov bilan bog‘liq voqea yuzasidan bayonot bilan chiqqan edi. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
2004 YILDA BIORESURSLARDAN FOYDALANISh ME’YoRLARI HAQIDA
“Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi”, “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi” O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Nizomiga muvofiq o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanishda talon-toroj bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik va ulardan oqilona foydalanish maqsadida hamda biologik resurslardan foydalanish bo‘yicha Idoralararo komissiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining xulosalari (2004-yil 2-fevral 4/1255-43-sonli va 2003-yil 30-dekabr 4/1255-339-sonli) asosida buyuraman:
1. 2004-yil uchun Kvotalar quyidagicha tasdiqlansin:
ov qilish va iste’mol maqsadida yovvoyi hayvonlarni tayyorlash uchun (1-ilovaga* muvofiq);
yovvoyi holda o‘suvchi dorivor, oziq-ovqatbop va texnik o‘simliklarni tayyorlash uchun (2-ilovaga* muvofiq).
2. Davlat bionazorati (A.A. Grigoryans):
hayvonot va o‘simlik dunyosidan foydalanish kvotasini taqsimlasin va Qoraqalpog‘iston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, viloyatlar tabiatni muhofaza qilish qo‘mitalari e’tiboriga yetkazsin;
2004-yil ov mavsumini O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan 1997-yil 15-aprelda tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1997-yil 1 may, ro‘yxat raqami 337-son bilan ro‘yxatga olingan “O‘zbekiston Respublikasi hududida ov qilish va baliq tutish qoidalari”ga muvofiq o‘tkazilishini ta’minlasin;
yovvoyi hayvonlarni ov qilish hamda yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni tayyorlashga ruxsatnomalar belgilangan kvotalar doirasida, ruxsatnoma qiymati to‘laganidan so‘ng berilsin;
3. Ushbu buyruqni bajarilishini nazorat qilish Davlat bionazorati boshlig‘i vazifasini bajaruvchi A.A. Grigoryans zimmasiga yuklatilsin. | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Mirjalol Qosimov: Ertaga g`alabadan boshqa natija qoniqtirmaydi
OChL 4-turidan o`rin olgan «Fulad» - «Bunyodkor» uchrashuvidan oldingi matbuot anjumani bo`lib o`tdi. Unda mehmonlar ustozi Mirjalol Qosimov va yarim himoyachi Sardor Rashidov ishtirok etdi.
- «Fulad» - juda yaxshi jamoa. Hali guruhdan chiqish imkoniyatimiz bor. Bundan foydalanishimiz shart. Oldingi yillarda birinchi davrada 2 ochko to`plab keyin vaziyatni ijobiy tomonga bura olgandik. Bu mavsumni Saudiya Arabistonidagi durang bilan boshladik. Ammo uydagi ketma-ket ikki o`yinda ochkolarni boy berdik. Endi o`sha yo`qotilgan ochkolarni safardagi bahslarda to`ldirish kerak. Yangi mavsumdan oldin tarkibimizda katta o`zgarishlar bo`lib o`tdi. «Fulad» safida ajoyib futbolchilar mavjud. Jamoa bejizga Eronda chempionlik uchun kurashmayapti. OChLdagi yoqimli an`anamizni davom ettirish uchun g`alaba qozonishimiz shart, - deydi Mirjalol Qosimov.
- «Fulad» - kuchli raqib. Toshkentda «Fulad» bilan durang o`ynagandik. O`sha bahsda g`alaba qozonishimiz kerak edi. Birinchi bo`limda o`yinimiz chiqmagandi, ikkinchi bo`limda o`zimizga kelgandik. Bu erga g`alaba uchun keldik, - deydi Sardor Rashidov.
Eslatib o`tamiz, "Fulad"-"Bunyodkor" uchrashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan 18:00 da boshlanadi. | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Trampni qo‘llab-quvvatlash uchun uyushtirilgan namoyish Kapitoliy shturmi bilan tugadi. To‘rt kishi halok bo‘ldi, yana bir nechasi tan jarohati oldi. Asosiy ma’lumotlar
Donald Tramp tarafdorlari 6-yanvar kuni Vashingtondagi Kongress binosiga bostirib kirdi. Ular Senat va Vakillar palatasi a’zolarining prezident saylovi yakunlarini tasdiqlash bo‘yicha o‘tkazayotgan qo‘shma majlisini to‘xtatib qo‘ydi. Prezident saylovida demokratlar nomzodi Jo Bayden g‘alaba qozongan edi.
Belgilangan (odatda rasmiyatchi) jarayonga ko‘ra, shtatlar vakillari alifbo tartibida chiqib, saylovchilarning ovoz berish yakunlarini o‘qib eshittirayotgan edi. Biroq majlisning boshidayoq, navbat endigina Arizonaga kelganida, Respublikachilar partiyasi vakillari tomonidan bildirilgan norozilik sabab majlisni to‘xtatishga to‘g‘ri kelgan edi. Majlis ishtirokchilari ushbu noroziliklarni muhokama qilish uchun o‘z palatalariga tarqab ketgan edi, deb yozadi Meduza.
Xuddi shu vaqtda Vashingtonda Tramp tarafdorlarining ko‘p ming kishilik norozilik namoyishi bo‘lib o‘tayotgan edi. Namoyish “Amerikani qutqarish marshi” deb nomlangan. Mitingda chiqish qilarkan, AQShning amaldagi prezidenti shunday dedi: “Biz hech qachon taslim bo‘lmaymiz, biz hech qachon mag‘lubiyatni tan olmaymiz”, shuningdek, o‘z tarafdorlarini Kongressga borib, “bizning jasur senatorlarimiz,kongressmen va kongressvumenlarimizni olqishlash”ga chaqirdi. Natijada Kapitoliyga bir necha ming kishi keldi va ko‘p o‘tmay ular binoga bostirib kirdi. Ularning ayrimlari, ko‘rinishidan, qurollangan edi. Kongress a’zolari darhol evakuatsiya qilindi.
To‘qnashuvlar vaqtida to‘rt kishi halok bo‘ldi. Halok bo‘lganlar orasida Kapitoliy binosida o‘qotar quroldan yaralangan ayol ham bor. Ushbu ma’lumot Vashington shahar politsiya departamenti tomonidan tasdiqlandi. Yana bir necha kishi, jumladan, politsiyachilar tan jarohati olgan. Jabrlanuvchilardan birining ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda — u Kapitoliy devoriga chiqishga uringan vaqti 10 metr balandlikdan tushib ketgan.
Kapitoliyni egallab olgan odamlar maxsus kuchlar tomonidan tarqatib yuborildi. Kamida 52 kishi qo‘lga olingan. Oradan bir necha soat o‘tib, tartib qayta tiklangach, senator va kongressmenlarning qo‘shma majlisi qaytadan boshlandi.
Tramp Twitter’dagi sahifasida video e’lon qildi, unda prezident “saylovlar o‘g‘irlangani”, uning natijalari “firibgarlik” ekanini yana bir bor ta’kidlagan. Ayni vaqtda u o‘z tarafdorlarini tarqalishga, zo‘ravonlikka qo‘l urmaslikka va tartibni saqlashga chaqirdi. Ko‘p o‘tmay Twitter Trampning bu xabarini ijtimoiy tarmoq qoidalariga zid deb topib, o‘chirib tashladi va AQSh prezidenti akkauntini 12 soatga bloklab qo‘ydi. Kompaniya navbatdagi qoidabuzarliklardan so‘ng Tramp akkauntidan butunlay ayrilib qolishi mumkinligidan ogohlantirdi. Trampnnig Facebook’dagi akkaunti ham 24 soatga bloklangan.
AQShning saylangan prezidenti Jo Bayden Tramp tarafdorlarining harakatlarini isyonga qiyosladi. “Demokratiyamiz qiyosi yo‘q hujumga uchradi. So‘nggi vaqtlarda biz hech bunday voqeaning guvohi bo‘lmagandik. Bu ozodlik qo‘rg‘oni, Kapitoliyning o‘ziga qilingan hujumdir... Biz qonunbuzarlikka qo‘l urgan ekstremistlarning katta bo‘lmagan guruhini ko‘rib turibmiz. Bu kelishmovchilik emas, bu tartibsizlik. Bu xaos. Bu isyonga yaqin narsa. Bunga hoziroq barham berish kerak”, — dedi Bayden.
Kolumbiya okrugida komendantlik soati e’lon qilindi – u mahalliy vaqt bilan 6-yanvar soat 18:00 dan boshlab 12 soat amal qiladi. Vashington meri Myuriel Bauzerning iltimosiga ko‘ra, Milliy gvardiyaning mingdan ortiq harbiy xizmatchisi tartibni saqlash uchun jalb qilingan.
Demokratik partiyadan saylangan kongressmenlar Trampni impichment qilishga chaqirdi. Ularning fikricha, Tramp egallab turgan lavozimidan zudlik bilan chetlatilishi lozim — vaholanki, Tramp bor-yo‘g‘i yana ikki hafta, Jo Baydenning inauguratsiyasiga qadar prezidentlik qiladi, xolos. Massachusets shtatidan Vakillar palatasiga saylangan Ketrin Klark Trampni mamlakat va Amerika xalqini xavf ostida qoldirayotgan xoin deb atadi. Nyu-York shtati vakili Aleksandriya Okasio-Kortes shunday tvit qoldirdi: “Impichment e’lon qilish kerak”. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
30 ga yaqin tojikistonlik maktab o`quvchilari uylariga qaytayotgan 4 nafar qirg`iz bolalarga chegarada hujum qilishdi
Qirg`iziston -Tojikiston chegarasida ommaviy janjal oqibatida to`rtta maktab o`quvchisi kasalxonaga yotqizildi, degan kecha 23 sentyabr kuni Interfaksga Qirg`izistonning Botken viloyati boshlig`i o`rinbosari Ma`rufxon Tulaev.
M.Tulaevning ma`lum qilishicha kecha to`rt qirg`iz maktab o`quvchisi tojik maktab o`quvchilari tomonidan kaltaklanadi. Voqea chegaradagi Ko`k-Tosh qishlog`ida sodir bo`lgan. 30 ga yaqin tojikistonlik maktab o`quvchilari uylariga qaytayotgan bolalarga hujum qilishgan.
Unga ko`ra, kaltaklangan maktab o`quvchilari 13-14 yoshda, ular turli jarohatlar va ko`karishlar bilan kasalxonaga yotqizilgan.
"Qirg`iz-tojik chegarasidagi vaziyat xavfsizlik kuchlari tomonidan nazorat qilinadi. Qirg`iziston va Tojikiston ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari chegaradagi hodisani hal qilish uchun muzokaralar olib bormoqda",- degan Tulaev.
Qirg`iz-tojik davlat chegarasida vaqti-vaqti bilan tortishuvlar, qurol ishlatilgunga qadar, bahsli hududlar ustida yuzaga keladi. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Toshkent viloyatida ekologiya bo'limi bosh mutaxassisi pora bilan ushlandi
Toshkent viloyati Bekobod tumanida ekologiya bo'limi bosh mutaxassisi tadbirkolikni boshlamoqchi bo'lgan erkakdan 3 million so'm olganda ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar berdi.
Ma'lum bo'lishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Bekobod tuman bo'limi va Dxxning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o'tkazilgan. Aniqlanishicha, tumanning Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo'limi bosh mutaxassisi I.E. fuqaro N.ga “Achamayli” MFY hududidagi daryo o'zanida joylashgan karerda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishiga to'sqinlik qilmaslik uchun pul so'ragan.
Keltirilishicha, u fuqarodan 3 million so'm pora olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (Pora olish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.
Avvalroq Dxx Navoiyda MChJ bosh muhandisini tadbirkorning ishini tanishlari orqali hal qilib berishini aytib, 1000 dollar olgan vaqtida ushlagandi. | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false |
Jizzaxda fuqaroni Meksika orqali AQShga, Farg‘onada Koreyaga yubormoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda DXX Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Sh.Sh. fuqaro J.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida Turkiya, Italiya yoki Meksika davlatlari orqali aylanma yo‘llar bilan AQSh hududiga olib o‘tishi va ushbu davlatda ishga joylashtirib qo‘yish evaziga 20 000 dollar olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, departamentning Farg‘ona shahar bo‘limi tomonidan DXX va IIB bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.S. fuqaro N.ni ishonchiga kirib, 3,5 ming dollar evaziga uni Koreyaga ishga jo‘natishni va’da qilib, oldindan 300 dollar va 500 ming so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq, Samarqandda fuqarolarni Boliviya, Kolumbiya va Meksika orqali Amerikaga yubormoqchi bo‘lgan guruh a’zolari qo‘lga olingandi. | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false |
Dilorom Toshmuhammedova: «Yoshlarimiz uchun to‘y – eng katta dunyoviy xursandchilik. Bu qadriyatni o‘zgartirish kerak»
Bugun, 20 sentabr kuni Oliy Majlis Senatida “To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qo‘shma qaror ijrosini ta'minlash bo‘yicha tuzilgan komissiyaning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi rahbari, senator Dilorom Toshmuhammedova masala yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirdi.
«130ta tuman-shaharlarda yoshlarni turmushga tayyorlash bo‘yicha maktablar faoliyat olib boradi. 6ta yo‘nalish bo‘yicha o‘qitish ishlarini olib boramiz. Ularning qatoriga oila an'analari va tadbirlari yo‘nalishini ham qo‘shdik.
Yoshlarga to‘yning maqsadi nimaligi haqida tushuncha berishni rejalashtirganmiz. Ularga bilim olish, o‘z mahoratini oshirish muhimroq ekanligini uqtirishimiz lozim. Ortiqcha mablag‘i bo‘lsa, uni to‘y-hashamga emas, boshqa foydali ishlarga sarflashi, jumladan, ichki turizmga hissa qo‘shishlari mumkinligini singdirish zarur.
Ular to‘yni eng katta dunyoviy xursandchilik, deb o‘ylashadi. Vaholanki, boshqa xursandchiliklar ham bor hayotda. Butun dunyo yoshlari qaysi oliygohda o‘qish, kasbini puxta egallash haqida o‘ylashsa, bizning yoshlarimiz to‘yni qayerda o‘tkazish haqida bosh qotirishyapti. Bu nuqtayi nazarni, qadriyatlarni sekin-astalik bilan o‘zgartirishimiz kerak», deb fikr bildirdi Dilorom Toshmuhammedova.
Senator odamlarning to‘y borasidagi fikrlarini to‘g‘ri tomonga yo‘naltirish uchun Yaponiya tajribasini qo‘llashni taklif qildi. Unga ko‘ra, yapon oilalarida nizolar ko‘payib ketganda, bu muammoni yengillashtirish maqsadida TV orqali shu bo‘yicha satirik ko‘rsatuvlar tez-tez berilib borilgan.
«Balki hazil-mutoyiba orqali real muammolar ko‘rsatilsa, odamlar o‘zlari uchun xulosa chiqarib olgan bo‘lardi», deydi Dilorom Toshmuhammedova. | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false |
6-aprel kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘adi
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 6-aprel kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechasi va kunning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7—12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5—7, kunduzi 15—17 daraja iliq bo‘ladi, deb yozadi O‘zA.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7—12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2—7 daraja sovuq, kunduzi 3—8 daraja iliq, Ustyurtda kechasi 5—10 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo‘ladi. Xorazm viloyatida kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 5—10 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7—12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5—10, kunduzi 13—18 daraja iliq, cho‘l hududida kechasi 0—5, kunduzi 5—10 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7—12 metr tezlikda esadi. Kechasi 5—10, kunduzi 13—18 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘ladi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7—12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8—13, kunduzi 15—20 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘ladi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7—12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7—12, kunduzi 10—15 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi. Toshkent viloyatining 2000 metrdan baland hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7—12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 1—6 daraja sovuq, kunduzi 0—5 daraja iliq bo‘ladi. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Metropoliten: Mashinist tokopriyomnikda uchqun chiqayotganini ko‘rib, poyezdni favqulodda to‘xtatgan
«Toshkent metropoliteni» korxonasi kuni kecha poyezd to‘xtashi sabablarining tekshiruvi natijalarini e’lon qildi.
Xabarda qayd etilishicha, Chilonzor yo‘nalishida «Buyuk ipak yo‘li» — «5-bekat» yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan poyezd mashinisti «Milliy bog‘» va «Novza» bekatlari oralig‘ida salbiy vaziyatni oldini olish maqsadida favqulodda to‘xtashni amalga oshirgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, poyezd harakatlanayotgan paytda oldindagi yo‘lda kontakt relslarni quvvatlovchi tokopriyomnikda uchqun chiqayotganini ko‘rib qolgan. Ko‘rsatma (instruksiya) talablariga binoan, mashinist poyezdning harakatini to‘xtatishga qaror qildi, chunki ushbu vaziyatda harakatni davom ettirish mumkin emas. Mashinist bu haqda tezkorlik bilan dispetcherga xabar berdi, yo‘nalishdagi xarakat tarkiblarni elektr ta’minotdan uzildi va shundan so‘nggina barcha yo‘lovchilar poyezddan «Novza» bekatigacha evakuatsiya qilindi.
Eslatib o‘tamiz, bu hodisa kecha, 17:50 atrofida sodir bo‘lgan edi. Chilonzor yo‘nalishidagi poyezdlar cheklangan rejimida harakatlangan, ya’ni alohida tunnel uchastkalarida bitta yo‘nalish bo‘ylab. Shu kunning o‘zida barcha nosozliklar bartaraf etildi va bugundan barcha poyezdlar belgilangan harakat jadvaliga muvofiq harakatlana boshladi. | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false |
Karantin paytida farzandlikka olish tartibi qanday? Vazirlik izoh berdi
Karantin davrida farzandlikka olish tartibi qanday amalga oshirilyapti? Bu tizim ham boshqa sohalar kabi onlayn tarzda tashkil etilganmi? Fuqarolar qayerga murojaat qilishlari mumkin? Kun.uz muxbiri shu kabi savollarga javob olish uchun Xalq ta'limi vazirligi boshqarma bosh mutaxassisi O‘lmas Kamolovga murojaat qildi.
– Karantin paytida farzandlikka olish qanaqa shaklda olib boriladi?
– Karantin munosabati bilan barcha ta'lim va tarbiya muassasalari yopiqligi sababli bolalar bilan ko‘rishish to‘xtatildi. Farzandlikka olish jarayoni ham sekinlashdi, lekin butunlay to‘xtab qolgani yo‘q. Fuqarolar yashash hududlaridagi xalq ta'limi bo‘limlariga murojaat qilishlari, kerakli hujjatlarni topshirishlari mumkin. Ayni vaqtda «yashil» va «sariq» hududda ushbu bo‘limlar faoliyat olib bormoqda.
– Fuqarolar o‘zlarining yashash hududlaridagi xalq ta'limi bo‘limlariga qanday hujjatlarni topshirish talab etiladi?
– Farzandlikka olish niyatida bo‘lganlar xalq ta'limi bo‘limlariga quyidagi hujjatlarni topshirishadi:
Farzandlikka oluvchilar bo‘lish imkoniyati to‘g‘risida xulosa tayyorlash uchun tuman (shahar) xalq ta'limi bo‘limi bolani farzandlikka olishni xohlagan shaxslarning turmush sharoitlarini o‘rganish natijalari bo‘yicha dalolatnoma tuzadi. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar, shuningdek, bolani farzandlikka olishni xohlagan shaxslarning turmush sharoitlarini o‘rganib chiqish dalolatnomasi asosida tuman (shahar) xalq ta'limi bo‘limi ariza berilgan kundan boshlab 30 ish kuni mobaynida ularning farzandlikka oluvchilar bo‘lishi imkoniyati to‘g‘risidagi xulosani tayyorlaydi. Ushbu xulosa ariza beruvchilarga beriladi va farzandlikka olishga nomzodlar sifatida hisobga qo‘yish uchun asos hisoblanadi. Xalq ta'limi bo‘limi tomonidan ijobiy xulosa olingach, farzandlikka olishga nomzod sifatida navbatga qo‘yiladi. Bu bo‘yicha Xalq ta'limi vazirligi rasmiy saytidan qo‘shimcha ma'lumotlarni olish mumkin.
– Farzandlikka olish uchun hujjatlarni onlayn topshirsa ham bo‘ladimi?
– Onlayn hujjat tizimini joriy etish va bu orqali shaffoflikni ta'minlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda, lekin hali to‘liq oxiriga yetmagan. Voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka olish O‘zbekiston Respublikasi Oila Kodeksi hamda Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 apreldagi «O‘zbekiston Respublikasining Oila Kodeksini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan me'yoriy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida»gi 171-son qarori bilan tasdiqlangan «Voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka va bolalarni oilaga tarbiyaga olish (patronat) to‘g‘risida»gi nizom asosida amalga oshiriladi. Bola asrab olish bo‘yicha talabgor haqida ushbu huquqiy hujjatda belgilangan ma'lumotlarga ega bo‘lish uchun boshqa vazirliklar va tashkilotlar bilan ham yagona bazani yaratish kerak. Bu esa ma'lum vaqtni talab etadi. Shu sababli hozircha onlayn tarzda hujjatlarni qabul qilish jarayoni to‘liq ishga tushmadi.
– Farzandlikka olish uchun navbati kelgan fuqarolar «yashil» hududlardagi mehribonlik uylariga borishlari mumkinmi?
– Karantin munosabati bilan barcha turdagi hududlardagi (yashil, sariq va qizil) ta'lim muassasalari yopiq, jumladan, mehribonlik uylariga ham kirish-chiqish taqiqlanadi. Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini qarindoshlari ham ko‘rishlari mumkinmas. Faqat xodimlari kuchaytirilgan tartib asosida uyiga borib kelishiga ruxsat beriladi. Shu sababli navbati kelgan fuqarolar karantin tadbirlari tugashini kutib turishlari kerak bo‘ladi.
Muhabbat Ma'mirova suhbatlashdi | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false |
«Bunday sportdan nafratlanaman». Nurmagomedov bokschi Dadashevning o‘limiga munosabat bildirdi
Bokschi Maksim Dadashevning o‘limi kabi xabarlardan so‘ng odamlar bir-birini uradigan sportga nisbatan nafrat paydo bo‘ladi. Bu haqda Mutlaq jangchilar chempionatining (UFC) yengil vazn toifasidagi chempioni Habib Nurmagomedov o‘zining Instagram’dagi sahifasida yozdi.
Etot sluchay nam yeshchyo raz dokazyvayet, chto sport eto ne samoye glavnoye, yest veshchi kuda vajneye. Kajdyy raz kogda ya viju ili slyshu takiye novosti ya nachinayu nenavidet etot sport, v kotorom my drug druga bem. Vse vremenno, slava, dengi, tituly, i vsya nasha jizn, my vse uydyom s etogo mira, nikto ne ostanetsya. Stoit zadumatsya. Terpeniya vsem rodnym i blizkim Maksima. Tvorite dobro i pust Vsevyshniy voznagradit nas za nashi dela i postupki v sleduyushchey jizni, i prostit nam nashi grexi.
A post shared by Khabib Nurmagomedov (@khabib_nurmagomedov) on Jul 24, 2019 at 4:14pm PDT
20 iyulga o‘tar kechasi Dadashev puerto-rikalik Subriel Matias bilan jang o‘tkazdi. So‘nggi, 12-raund oldidan bahs to‘xtatildi, rossiyalik boshidan olgan og‘ir jarohatlar bilan kasalxonaga olib ketildi. 23 iyul kuni shifokorlar bokschi vafot etganini ma'lum qilishdi.
«Bu holat bizga sport eng muhim narsa emasligi, undan ham muhimroq narsalar borligini yana bir bor isbotladi. Har safar bunday yangilikni ko‘rganimda yoki eshitganimda, men bir-birimizni uradigan ushbu sport turidan nafratlanishni boshlayman», - deb yozgan Nurmagomedov Dadashevning yaqinlari va do‘stlariga sabr tilab.
Rossiya Boks federatsiyasi bosh kotibi Umar Kremlyov sportchining o‘limiga izoh berib, tashkilot ushbu voqeani surishtiruvdan o‘tkazishini, Dadashevning oilasiga yordam berishini va sportchi jasadini Rossiyaga olib kelishda ko‘mak ko‘rsatishini aytdi. | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Yumshoq mebellar va avtomashina salonini tozalash vositasini uy sharoitida tayyorlaymiz
Uyingizdagi yumshoq mebellar va avtomashina salonini tozalash uchun uy sharoitida tejamli vosita qanday tayyorlanishini bilishni xohlaysizmi?
Tarkibiy qismlar:
1 piyola suyuq sovun
1 piyola sirka
1 piyola “Borjomi” (yoki “Yesentuki”, “Arxiz”) mineral suvi
Purkagichli idish
Cho‘tka
Yumshoq mebellar yuzasini kir va dog‘lardan tozalaymiz:
Tarkibiy qismlarni idish ichiga solib biroz aralashtiramiz.
Hosil bo‘lgan aralashmani kirlangan yuzalarga sepamiz va 5—10 daqiqa shunday qoldiramiz. Keyin kirlangan joylarni cho‘tka yordamida aylanma harakatlar bilan ishqalaymiz.
Yumshoq mebel yuzalaridagi dog‘lar birin-ketin yo‘qola boshlaydi. Ba’zi eskirgan dog‘lar esa birdaniga yo‘qolmaydi va ertalab yana paydo bo‘ladi. Shuning uchun bu yuzalarni iliq suv va cho‘tka bilan yana bir marta ishqalang va yana bir marta aralashmadan suring. Bu amallardan keyin hamma yuzalar top-toza bo‘ladi.
Manba: “Xitrosti jizni” | false | false | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false |
Ingliz tilini o‘rganish bo‘yicha 10 ta samarali layfxak
Hozirda ko‘plab insonlar til o‘rganish bilan bog‘liq muammolarga duch keladi. Ekspertlar 2012-yilda til o‘rganishning eng yaxshi usullaridan biri “parallel tarjimalar” ekanini ma’lum qilgan. Hozirda esa til o‘rganishda lug‘atlarni yodlash uchun sevimli seriallar yoki kinolarni subtitrlar yordamida tomosha qilish kifoya.
O‘zingizni ingliz tili bilan o‘rab oling
Til o‘rganishning eng samarali va eng tez yo‘li o‘sha bu tilda gaplashadigan mamlakatga ko‘chib o‘tishdir. Biroq hamma ham bunday imkoniyatga ega emas. Shuning uchun, ikkinchi, ammo kam samara beradigan usul — bu o‘zingizni ingliz tili bilan o‘rab olishdir.
Masalan, bolalarga tilni o‘rgatish uchun: ularga ertaklarni asl nusxada o‘qing va ingliz tilida kuylab bering. Yana bir usuli yangi lug‘atdan foydalanib, do‘stlaringiz bilan asosiy dialoglarni mashq qiling. Albatta, barcha videolarni: filmlar, seriallar va multfilmlarni asl nusxasida subtitrlar yordamida tomosha qiling. Hattoki smartfoningizni ingliz tiliga sozlab oling.
Hayotingizda qancha chet tili bilan so‘zlashadiganlar ko‘p bo‘lsa, shahar markazidagi chet elliklar sizdan nimani xohlashini shunchalik tez tushuna boshlaysiz.
O‘zingiz bilan gaplashing
Bundan yaxshiroq hamroh yo‘q. Har qanday mavzuda o‘zingiz bilan gaplashishingiz mumkin. Agar bu usul noqulay bo‘lib tuyulsa, podkastingizni yozib olayotganingizni tasavvur qiling. Ushbu amaliyot sizga ingliz tilida gapirishga yordam beradi. Katta ehtimol bilan xato qilasiz, biroq buning farqi yo‘q. Bari bir hech kim sizni eshitmaydi.
Podkastlarni unutmang
Bu haqda gapiradigan bo‘lsak, podkastlar so‘z boyligingizni orttirishga va turli urg‘ularga ko‘nikishning ajoyib usuli hisoblanadi. Agar siz ingliz tilini endigina o‘rganishni boshlagan bo‘lsangiz, rus tilida so‘zlashuvchi mualliflarning podkastlari, masalan, “My english is very bad” podkasti sizga mos keladi.
Agar siz murakkabroq narsani xohlasangiz, Maintenance Phase tanlashingiz va shu bilan birga sog‘lomlashtirish sanoatining barcha sirlarini o‘rganishingiz mumkin.
O‘zingizni qiziqtirgan har qanday mavzuda va istalgan tilda (nafaqat ingliz tilida) podkast tanlashingiz mumkin. Ushbu amaliyot sizning tinglash qobiliyatingizni yaxshilashga va so‘z boyligingizni yangi so‘zlashuv iboralari bilan kengaytirishga yordam beradi.
Ovozli yordamchilar
Ovozli yordamchilar har doim ham kerakli kontaktga qo‘ng‘iroq qila olmaydi, biroq ular suhbatni davom ettira oladi.
Ular sekin nutqni tezlashtirishga, mukammal diksiya va oddiy jumla tuzilmalarida siz yoqtirmaydigan th va w ni mukammallashtirishga yordam beradi. Shu bilan birga, eng qiyin va umidsiz vaziyatlarda ham suhbatni davom ettirish mahoratini oshiring. Ingliz tilida suhbat qilishda “Siri” va Google Assistant yaxshi samara beradi.
Fitnes
Sport bilan shug‘ullanayotgan paytingizda ham ingliz tilini o‘rganishingiz mumkin. Ingliz tilida so‘zlashadigan sevimli fitnes-blogerlaringizning podkastlarini eshiting va ular bilan mashq qiling. Masalan, Fitnes Blenderdan Kelli va Daniel uydagi haqiqiy fitnes gurusidir. Ular har qanday insonlarga mos keladigan 600 dan ortiq: kardio, kuch, cho‘zilish, yoga, va boshqa mashg‘ulotlarni suratga olgan.
Agar fitnesni yoqtirmasangiz, sevimli blogerlaringiz bilan onlayn raqsga tushishingiz mumkin. Misol uchun, Kaleb Marshall olti yildan ortiq vaqt davomida o‘z tomoshabinlari bilan onlayn tarzda raqsga tushadi.
Kuniga bitta yaxshi raqs sizga nafaqat yaxshi kayfiyat bag‘ishlaydi, balki so‘z boyligingizni kerakli lug‘at bilan to‘ldiradi.
O‘zingizni cheklab qo‘ymang
Texnologiya rivojlanishda to‘xtamaydi. Masalan, Skype yordamida boshqa mamlakatlardan kelgan so‘zlashuvchilar bilan uydan chiqmasdan muloqot qilish mumkin.
Ingliz tili darajasini saqlab qolish va hatto yaxshilash uchun kuniga 15 daqiqa ingliz tilida so‘zlashuvchi insonlar bilan suhbatlashish kifoya. Masalan, Skyeng’s Talks xizmati bir necha daqiqada sizni qiziqtirgan odamni topishga yordam beradi.
Ushbu format kechikayotgan do‘stingizni kutib, ingliz tilida gaplashuvchi inson bilan suhbatlashish imkonini beradi. Suhbatdosh shunchaki notanish inson bo‘lmaydi, balki o‘qituvchi bo‘lgani uchun suhbat oxirida u ingliz tilini qanday qilib yaxshiroq o‘rganish bo‘yicha ba’zi tavsiyalar beradi.
Onlayn o‘yinlar
O‘yinlar maktab yoki ish kunidan keyin dam olishga yordam beradi. Bir vaqtning o‘zida o‘ynash va o‘rganishdan ko‘ra foydaliroq nima bo‘lishi mumkin? Onlayn o‘yinlar mana shunday imkoniyatni beradi. Scrabble’da murakkab so‘zlarni tuzish shart emas. Sevimli onlayn o‘yiningiz sozlamalarini o‘zgartiring va ajoyib oqshomdan zavqlaning.
Siz qanday memsiz?
Qaysi Marvel superqahramoniga yoki Disney malikalariga o‘xshashligingizni bilasizmi? So‘z boyligingizga bir nechta yangi so‘z qo‘shish uchun oddiy va qiziqarli testlardan o‘tish kifoya. Masalan, Buzzfeed’da bunday ko‘ngilochar materiallar juda ko‘p.
Tushunarsiz qisqartmalarni Google orqali toping.
Ingliz tilida so‘zlashuvchi mahalliy aholi bilan gaplashish — bu stressga chidamlilik va ingliz tilini bilish sinovidir. Hazillaringizda zamonaviy iboralardan foydalanishga tayyor bo‘ling va tushunarsiz qisqartmalarni Google orqali toping.
Ehtiyot bo‘ling, bu usul tilni yaxshi darajada biladiganlar uchun. Axir, hamma ham chet ellik suhbatdoshini xafa qilmasdan achchiq hazillardan to‘g‘ri foydalana olmaydi.
Qanday qilib ingliz tilini o‘rganish mumkin yoki til o‘rganishda yo‘l qo‘yiladigan xatolar. | false | false | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false |
Hindistonda mikroavtobusning daraga qulashi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi
Hindiston shimolida mikroavtobusning daraga qulashi oqibatida kamida 17 kishi halok bo‘ldi, 16 kishi jabrlandi. Bu haqda mahalliy politsiyaga tayanib, Hindustan Times gazetasi ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
YTH 14-sentabr, juma kuni tongda Jammu va Kashmir shtatining Kishtvar okrugida yuz berdi. Politsiya talqiniga ko‘ra, mikroavtobusning haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan.
Politsiyaning ma’lum qilishicha, jiddiy jarohat olgan yetti nafar yo‘lovchi shifoxonaga jo‘natilgan. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
O‘zbekistonga qaytgan elchi va diplomatlar mas’ul lavozimlarga tayinlanadi
Tashqi ishlar vazirligi va xorijdagi elchixonalar faoliyati tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida Shavkat Mirziyoyev elchilarni har tomonlama rag‘batlantirish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash zarurligini ta’kidladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Afsuski, bizda o‘z missiyasini bajarib qaytgan yuqori malakali diplomat xodimlarga munosib ish berish, ularga hurmat-e’tibor ko‘rsatish masalasi e’tibordan chetda qolgan.
O‘zining vakolat muddatini tugatib, yurtimizga qaytgan tajribali elchi va katta diplomatlarimizni vazirlik, idora va viloyat hokimliklaridagi mas’ul rahbarlik lavozimlariga tayinlash tartibini joriy qilish lozim, deb hisoblayman.
Shu tariqa elchi va diplomatlarimizning xorijda orttirgan boy tajriba va bilimlaridan tarmoq va hududlarimizning xalqaro aloqalarini rivojlantirish, shuningdek, eksport hajmini oshirish va investitsiyalarni jalb etishda foydalanish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti
Prezident Toshkent shahrida vazirlik tizimidagi xodimlar, chet ellarda ishlab kelgan diplomatlar uchun imtiyozli ipoteka kreditlari asosida ko‘p qavatli uylar qurish zarurligini qayd etdi. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Yevro—2020 yo‘lida. Germaniya Estoniyaga javobsiz 8 ta gol urdi, Belgiya esa Shotlandiyani taslim qildi (video)
Futbol bo‘yicha Yevro—2020 musobasi saralash bosqichi 4-turi doirasida 11-iyun, seshanba kuni bir nechta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
“C” guruhi favoriti Germaniya terma jamoasi o‘z maydonida Estoniyani qabul qilib, 8:0 hisobida g‘alaba qozondi.
“E” guruhida esa Garet Beyl yetakchiligidagi Uels termasi safarda Vengriyaga qarshi maydonga tushib, 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
“H” guruhida o‘tgan tur Fransiyani mag‘lub etgan Turkiya terma jamoasi Islandiya mehmoni bo‘lib, 1:2 hisobida yutqazdi.
Fransiya terma jamoasi bo‘lsa, safarda Andorra darvozasiga javobsiz 4 ta gol urdi.
“I” guruhida esa Belgiya terma jamoasi o‘z maydonida Shotlandiya bilan bahsga kirishib, 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Rossiya termasi esa Kiprni o‘z uyida qabul qilib, Aleksandr Ionovning yagona goli evaziga g‘alaba qozondi.
Guruhlardagi holat:
Yevro—2020
Saralash bosqichi
11-iyun, seshanba
“C” guruhi
Gol: 0:1 – 86 Makneyr.
Gollar: 1:0 – 10 Roys, 2:0 – 17 Gnabri, 3:0 – 20 Goretska, 4:0 – 26, penalti Gundo‘g‘an, 5:0 – 37 Roys, 6:0 – 62 Gnabri, 7:0 – 79 Verner, 8:0 – 88 Sane.
“E” guruhi
Gollar: 0:1 – 8 Lobotka, 0:2 – 27 Kutska, 1:2 – 28 Sheydayev, 1:3 – 30 Hamshik, 1:4 – 57 Hamshik, 1:5 – 85 Gansko.
Gol: 1:0 – 80 Patkai.
“H” guruhi
Gollar: 1:0 – 65 Sikaleshi, 2:0 – 90 Ramadani.
Gollar: 0:1 – 11 Mbappe, 0:2 – 30 Ben-Yedder, 0:3 – 45 Toven, 0:4 – 60 Zuma.
Gollar: 1:0 – 21 Sigurdsson, 2:0 – 31 Sigurdsson, 2:1 – 40 Tokez.
“I” guruhi
Gollar: 1:0 – 45 Kuat, 2:0 – 61 Fedin, 3:0 – 65 Suyumbayev, 4:0 – 79 Islamxan.
Gollar: 1:0 – 45 Lukaku, 2:0 – 57 Lukaku, 3:0 – 90 de Bryuyne.
Gol: 1:0 – 38 Ionov.
“J” guruhi
Gollar: 0:1 – 8 Karapetyan, 0:2 – 32 Kazaryan, 1:2 – 54 Zeka, 1:3 – 74 Barsegyan, 2:3 – 87 Fortunis.
Gollar: 0:1 – 32 Jeko, 1:1 – 49 Insine, 2:1 – 86 Verratti.
Gollar: 0:1 – 37 Pukki, 0:2 – 57 Chellman.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling! | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Rossiyalik suvga sakrovchining oyog`i ostidagi tramplin sinib ketdi
Mashg`ulot paytida rossiyalik suvga sakrovchi sportchi Sergey Nazinning oyog`i tagidagi tramplin sinib ketdi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.
Voqea rossiyalik sportchilar olipiadaga tayyorlanayotgan Kubada ro`y berdi. Sergey Nazin sherigi bilan sinxron sakrashga tayyorgarlik ko`rayotib, tramplindan sakramoqchi bo`lganda, moslama sinib ketgan. Sportchi 10 metr balandlikdan suvga qulagan, ammo chaqqonlik qilgani bois tan jarohati olmagan.
Yozgi Olimpiada o`yinlari Rio-de-Janeyro shahrida 5 dan 21 avgustgacha bo`lib o`tadi. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Mustaqillik yillarida xalqimizning qadimiy tarixi va boy madaniyatini tiklash, buyuk allomalarimiz, aziz-avliyolarimizning ilmiy, diniy va ma’naviy merosini har tomonlama chuqur o‘rganish va targ‘ib etish, muqaddas qadamjolarini obod qilish, yosh avlodni ularning ezgu an’analari ruhida tarbiyalash bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshirildi va izchil davom ettirilmoqda.
Ayni vaqtda ma’naviy-ma’rifiy sohadagi islohotlar samarasini oshirish zarurati bu yo‘nalishdagi ishlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishni talab etmoqda. Bu borada nafaqat mamlakatimiz, balki jahon miqyosida g‘oyat noyob hisoblangan, YUNESKOning Butunjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan qo‘lyozmalar fondiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, shuningdek, qadimiy yozma manbalar fondiga ega bo‘lgan muassasalar faoliyatini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ayniqsa, ushbu nufuzli ilmiy-tadqiqot muassasalari oldida qo‘lyozmalarni saqlash, ta’mirlash, mavjud fondlarni boyitib borish, tarixiy manbalar bilan ishlash uchun mahalliy va xorijiy tadqiqotchilarga qulay sharoitlar yaratish, tarixiy-madaniy merosimiz namunalarini har tomonlama chuqur o‘rganish, buyuk alloma va mutafakkirlarimizning jahon ilm-fani va sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasini targ‘ib etish, shu asosda yurtdoshlarimiz, avvalo, yosh avlodimizni xalqimizning buyuk ma’naviy merosiga hurmat, ona yurtimizga mehr va sadoqat ruhida tarbiyalashga qaratilgan ishlarning natijadorligini tubdan oshirish bo‘yicha dolzarb vazifalar turganini alohida ta’kidlash lozim.
Ana shu vazifalarni samarali hal etish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universitetining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutini (keyingi o‘rinlarda Institut deb ataladi) qadimiy qo‘lyozmalar, tarixiy-madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan zamonaviy yozma manbalarni saqlash, o‘rganish, ilmiy asosda tadqiq etish va targ‘ib qilish bo‘yicha mamlakatimizdagi yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasasi etib belgilash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
2. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Sharq qo‘lyozmalari fondini saqlash, ta’mirlash, boyitish va muayyan tizimga keltirish, arab yozuvidagi turli mavzularga oid yozma yodgorliklar va epigrafika namunalarini tadqiq qilish, ularni asl holida hamda o‘zbek va xorijiy tillarda ilmiy izohlar, tarjimalar bilan nashr etish, ilmiy muomalaga kiritish;
boy tarixiy, ilmiy, ma’naviy-intellektual merosimizni saqlash, ilmiy tahlil qilish, uning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida soha mutaxassislariga, tegishli ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan o‘quvchi va talabalarga batafsil ma’lumot berib borish, buyuk alloma va mutafakkirlarimiz asarlarini dunyo hamjamiyati o‘rtasida keng targ‘ib etish, zamonaviy ilm-fan, ma’naviyat va amaliyot rivojida undan samarali foydalanish va kelgusi avlodlarga yetkazish;
aholida saqlanayotgan qadimiy noyob qo‘lyozmalar, chet el fondlaridagi mavjud asarlar nusxalarini ayirboshlash yoki olish hisobidan Institutning qo‘lyozma va yozma manbalar fondini boyitib borish;
o‘rta asrlarda hozirgi O‘rta Osiyo hududida yashab ijod qilgan alloma va mutafakkirlarning matematika, astronomiya, fizika kabi aniq fanlar, meditsina, kimyo, geografiya singari tabiiy fanlar, tarix, adabiyot, falsafa va boshqa ijtimoiy fanlar, islom dini va ilohiyotga oid merosini tadqiq qilishni kengaytirish va chuqurlashtirish;
matnshunoslik, adabiy manbashunoslik, tilshunoslik, falsafa, madaniyat tarixi sohalarida milliy madaniy merosimizning hali o‘rganilmagan ko‘pgina qatlamlarini ochib berishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlarga alohida e’tibor qaratish;
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universiteti kabi mazkur sohada faoliyat ko‘rsatadigan oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda qo‘lyozmalar bilan ishlash malakasiga ega bo‘lgan yosh mutaxassislarni reja asosida maqsadli tayyorlash va Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb qilish;
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universiteti singari oliy ta’lim muassasalarining ixtisoslik kafedralari bitiruvchilari hisobidan Institutning kadrlar tarkibini yangilab borish, qo‘lyozmalar bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lgan yosh kadrlar zaxirasini shakllantirish;
xorijiy Sharq mamlakatlari tarixi, rivojlanish bosqichlari, hozirgi kunda ushbu davlatlarda kechayotgan siyosiy, iqtisodiy va madaniy jarayonlarni ularning O‘zbekiston Respublikasi bilan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama munosabatlari nuqtai nazaridan o‘rganish;
O‘zbekiston Respublikasining turli tashkilotlarida saqlanayotgan arab yozuvidagi qo‘lyozma asarlar, toshbosma kitoblar va tarixiy hujjatlarning saqlanish va ta’mirlanish holatini monitoring qilish va ularning elektron bazasini yaratish.
3. Quyidagilar Institut faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari etib belgilansin:
Institutni saqlash bilan bog‘liq xarajatlar uchun ajratiladigan budjet mablag‘lari;
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlovlarning natijalari bo‘yicha ajratiladigan grantlar, jumladan, maqsadli grantlar;
tadbirkorlik faoliyatidan, jumladan, noshirlik faoliyatidan tushadigan mablag‘lar, xalqaro moliyaviy institutlar, xorijiy tashkilotlar, donor mamlakatlar va tashkilotlarning grantlari, shuningdek, homiylik xayriyalari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining mamlakatimizda turli manbalarda saqlanayotgan noyob va qimmatli qo‘lyozma asarlar, toshbosma kitoblar va tarixiy hujjatlarni aniqlash va tahlil qilish, shuningdek, aholida saqlanayotgan shunday kitoblarni sotib olish va Institutda jamlanilishini ta’minlash maqsadida ekspertlar guruhi hamda komissiya tuzish haqidagi takliflari ma’qullansin.
5. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondini aholida saqlanayotgan noyob qo‘lyozma, toshbosma kitoblar va tarixiy hujjatlar hisobiga boyitish bo‘yicha ekspertlar guruhi (keyingi o‘rinlarda Ekspertlar guruhi deb ataladi) tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Aholida saqlanayotgan qo‘lyozma, toshbosma kitoblar hamda tarixiy hujjatlarni baholash va sotib olish bo‘yicha komissiya (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) tarkibi 2-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondidagi 2017 — 2021-yillarda nashr etilishi rejalashtirilayotgan qo‘lyozma asarlar ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Belgilab qo‘yilsinki:
aholida saqlanayotgan noyob qo‘lyozma, toshbosma kitoblar va tarixiy hujjatlar Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan Nizomga asosan xarid qilinadi.
Ekspertlar guruhi hamda Komissiyaning tegishli xulosalari, aholida saqlanayotgan, sotib olinishi rejalashtirilayotgan noyob qo‘lyozma, toshbosma kitoblar va tarixiy hujjatlar ro‘yxati, shuningdek, ularni xarid qilish bo‘yicha tavsiya etilgan narxlar Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tasdiqlanishga asos bo‘ladi;
qadimiy yozma manbalar bilan ishlashning o‘ziga xos murakkab xususiyatlarini, bu ish yuqori ilmiy malaka va ko‘nikmalarni talab qilishini inobatga olib, Institutning qadimiy qo‘lyozmalarni restavratsiya qilish va saqlash bilan shug‘ullanuvchi xodimlarining oylik ish haqiga 30 foiz miqdorda qo‘shimcha ustama haq to‘lanadi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi:
bir oy muddatda Ekspertlar guruhi va Komissiya to‘g‘risidagi nizomlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
ikki oy muddatda Institut faoliyatini takomillashtirishga oid aniq chora-tadbirlar ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Institutda saqlanayotgan qadimiy qo‘lyozmalar eng zamonaviy xalqaro standartlarga muvofiq saqlanishi va bosqichma-bosqich restavratsiya qilinishini ta’minlash uchun 2017-yilda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ijtimoiy sohaga ajratilgan mablag‘lar doirasida mablag‘ ajratsin, 2018-yildan boshlab ana shu ishlar uchun zarur mablag‘ni O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Institutdagi foto va restavratsiya laboratoriyalarini zamonaviy yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlash hamda Institutda Sharq qo‘lyozmalari muzeyini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
10. Belgilab qo‘yilsinki:
Institut fondida saqlanayotgan qadimiy qo‘lyozmalarni bosqichma-bosqich restavratsiya qilish uchun zarur reaktivlar va sarflanuvchi materiallarni sotib olish hamda Institutning foto va restavratsiya laboratoriyalarini zamonaviy yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlash uchun mablag‘lar Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan o‘rnatilgan tartibda ajratiladi;
Institutda Sharq qo‘lyozmalari muzeyini tashkil etish va uni jihozlash bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
11. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi:
Institutda noyob qo‘lyozma asarlarni o‘rganish bo‘yicha ishlarni tashkil etish uchun ilmiy jihatdan asoslangan tadqiqotlarga har yillik davlat buyurtmasini o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanishini;
davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasidagi ilmiy-texnik loyihalarga ajratiladigan budjet mablag‘lari hisobidan ilmiy tadqiqotlar uchun grantlar ajratishni ta’minlasin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Fan va texnologiyalar agentligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlar ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A. Yunusxodjayev zimmasiga yuklansin. | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Superliga. “Navbahor” Namanganda “Bunyodkor”ni mag‘lub etdi, “Qo‘qon-1912” “Surxon”ga yengildi. “Qizilqum” esa so‘nggi daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 7-turidan o‘rin olgan uch o‘yin 6-may, juma kuni bo‘lib o‘tdi.
“Metallurg” o‘z maydonida “Qizilqum” bilan bahs olib bordi. Uchrashuvning 26-daqiqasida Xudoyshukur Sattorov hisobni ochdi. “Qizilqum” futbolchisi Jasur Azimov o‘yinning so‘nggi daqiqalarida gol urib, muvozanatni tikladi.
Navoiyliklar ushbu natijadan so‘ng ochkolari sonini 14 taga yetkazib, 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Metallurg” esa 6 ochko bilan 12-pog‘onadan joy olgan.
“Surxon” “Qo‘qon-1912”ni o‘z maydonida qabul qildi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Mezbonlar safida Iqbol Malikjonov yagona gol muallifiga aylandi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng “Surxon” 5 ochko bilan 13-o‘rinda bormoqda, “Qo‘qon-1912” 6 ochko bilan 11-pog‘onada joylashgan.
“Bunyodkor” Namanganda “Navbahor” mehmoni bo‘ldi. Uchrashuvning 41-daqiqasida Azimjon Ahmedov penaltidan unumli foydalanib, hisobni ochdi. 64-daqiqada Ibrohim Tomiva muvozanatni tikladi. 84-daqiqada Yovan Jokich mezbonlarning g‘alaba goliga mualliflik qildi.
“Navbahor” ochkolari sonini 13 taga yetkazdi va 3-o‘ringa ko‘tarildi. “Bunyodkor” esa 10 ochko bilan 5-o‘rindan joy olgan.
Superliga
7-tur bahslari
6-may, juma
Gol: 1:0 — 26 Xudoyshukur Sattorov, 1:1 — 90+6 Jasur Azimov.
“Metallurg”: 12. Aleksandr Lobanov, 6. Xudoyshukur Sattorov, 7. Islombek Isoqjonov (9. Zabihillo O‘rinboyev, 67), 8. Salamat Qutiboyev, 10. Shohnazar Norbekov (16. Jasur Xolto‘rayev, 79), 11. Damir Temirov, 14. Abrorbek Toshqo‘ziyev, 22. Shahzodbek G‘ofurbekov, 80. Farrux Ibrohimov, 94. Farhod Bekmurodov (30. Ibrohim Ibragimov, 46), 97. Muhammadali Aliqulov.
“Qizilqum”: 1. Ignatiy Nesterov, 4. Boburbek Yo‘ldoshev (17. Salim Mustafoyev, 46), 7. Sanjar Shoahmedov, 10. Temurxo‘ja Abduxoliqov, 11. Aleksandar Stanisavlevich, 20. Islom To‘xtaxo‘jayev, 23. Sherali Jo‘rayev, 25. Azizbek Usmonov (18. Jasur Azimov, 83), 33. Oleg Zoteyev, 43. Pol Komolafe, 88. Artyom Dmitriyev.
Ogohlantirishlar: Abrorbek Toshqo‘ziyev (18), Aleksandar Stanisavlevich (45), Salim Mustafoyev (49), Islom To‘xtaxo‘jayev (76), Jasur Azimov (89), Salamat Qutiboyev (89).
Gol: 1:0 — 51 Iqbol Malikjonov.
“Surxon”: 35. Shohruh Eshbo‘tayev, 3. Bobur Akbarov, 5. Serxio Rodriges, 6. Jahongir Ahmadov, 8. Baxtiyor Qosimov, 10. Murod Bobojonov (13. Miroslav Markovich, 71), 20. Iqbol Malikjonov, 23. Abdul Aziz Yusupov (2. Zoir Jo‘raboyev, 86), 33. Tohir Shamsitdinov, 66. Behruz Shayqulov, 99. Komron Saidazimov (4. Javohir Sohibov, 65) (11. Luis Migel, 86).
“Qo‘qon-1912”: 1. Muzaffar Abdullayev, 5. Slavko Lukich, 8. San’at Shixov (7. Jamshid Hasanov, 46), 10. Javohir Sidiqov, 13. Sardor Azimov (27. Anvar Hojimirzayev, 46), 14. Avazxon Mamatxo‘jayev, 15. Oybek Rustamov, 17. Quvondiq Ro‘ziyev, 18. Shahzod Nurmatov (11. Mo‘min Meliyev, 65), 23. Aleksandr Merzlyakov, 33. Ivan Yosovich (70. Bilolxon Toshmirzayev, 46).
Ogohlantirishlar: Quvondiq Ro‘ziyev (23), Shohruh Eshbo‘tayev (56), Slavko Lukich (66), Avaz Mamatxo‘jayev (70), Bilol Toshmirzayev (86), Oybek Rustamov (90).
Gol: 1:0 — 41 Azimjon Ahmedov (penalti), 1:1 — 64 Ibrohim Tomiva, 2:1 — 84 Yovan Jokich.
“Navbahor”: 1. O‘tkir Yusupov, 4. Boyan Siger, 6. Rustam Ashurmatov, 7. Azim Ahmedov (19. Nurillo To‘xtasinov, 66), 10. Jamshid Iskandarov, 11. Islom Kenjaboyev (30. Elguja Grigalashvili, 66), 14. Jamshid Boltaboyev, 23. Yovan Jokich, 24. Davron Hoshimov, 28. Stanislav Andreyev, 32. Zoran Marushich.
“Bunyodkor”: 32. Suhrob Sultonov, 4. Davron Ergashev, 5. Dilshod Jo‘rayev, 6. Avazbek O‘lmasaliyev, 8. Fransis Narx, 10. Rasul Yo‘ldoshev (29. Muzaffar Olimjonov, 66), 33. Umarali Rahmonaliyev, 34. Suhrob Izzatov, 49. Ibrohim Tomiva, 88. Jahongir O‘rozov, 99. Umid Sultonov (22. Usmonali Ismonaliyev, 46).
Ogohlantirishlar: Suhrob Izzatov (55), O‘tkir Yusupov (90+5). | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Dekos kompaniyasi Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan sovg‘alarni taklif etadi
14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni erkaklarga e’tibor ko‘rsatish uchun ajoyib sababdir. Bu kunda nafaqat harbiylarga, balki barcha erkaklarga ham quvonch ulashish lozim.
Dekos kompaniyasi o‘z yaqinlaringizga iliq munosabatlaringizni bildirib, ularni noodatiy sovg‘alar bilan sevintirishda yordam beradi.
Chunonchi, ismi va tabrik so‘zlari o‘yib yozilgan stol suvenirlari sevgan kishingiz, rahbaringiz yoki biznes sherigingiz uchun ajoyib sovg‘a bo‘ladi.
Bayram yozuvi tushirilgan futlyardagi zamonaviy ruchka ishbilarmon erkaklar uchun mos sovg‘alardan yana biridir.
Agar qaysidir kompaniya vakili bo‘lsangiz, korporativ esdalik sovg‘alar sizni qiziqtirishi tayin.
Keng turdagi suvenirlar, shuningdek noyob dizayndagi tabrik yozuvlarini tushirish imkoniyati yordamida esda qolarli sovg‘a hadya qilishingiz mumkin.
Bunday sovg‘alarni Dekos katalogidan tanlab olishingiz mumkin. Ushbu katalogni istalgan paytda kompaniya ofisidan olib ketishingiz mumkin. Shuningdek, uning onlayn versiyasidan ham foydalanish imkoniyati mavjud.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda Dekos kompaniyasi logotip va rasmlarni kompyuter kashtasi orqali tushira boshlagani xabar berildi.
Dekos o‘zbek ismlari tushirilgan Coca-Cola bankalarini ham taqdim etgan edi. Shuningdek, kompaniyadan rasmingiz tushirilgan smartfon g‘ilofini 15 ming so‘mga xarid qilishingiz mumkin.
Yaqinda esa Dekos kompaniyasi Apple iPhone 6 smartfonlari korpusiga naqsh va yozuvlar tushirib berishni boshlagani e’lon qilindi.
Batafsil ma’lumot uchun 129-00-66 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz yoki dekos.uz— kompaniyaning rasmiy veb-saytiga tashrif buyurishingiz mumkin. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Saudiya qiroli AQShning Eronga nisbatan yangi strategiyasini qo‘llab-quvvatladi
Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz as-Saud AQSh prezidenti Donald Tramp bilan 14-oktabr kuni telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Suhbat davomida qirol AQSh rahbarining Eronga nisbatan yangi strategiyasini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
O‘z navbatida, Tramp qirolga minnatdorlik bildirib, mintaqada va jahonda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.
Yetakchilar, shuningdek, ikki tomonlama aloqalar istiqbollarini muhokama qildi.
Eslatib o‘tamiz, Tramp 13-oktabr kuni AQShning Eronga nisbatan yangi strategiyasini e’lon qildi. Unga ko‘ra, endilikda Vashington Tehronning “beqarorlashtiruvchi ta’siri”ga qarshi turadi hamda jahon hamjamiyatini Islom inqilobi muhofizlari korpusiga bosim o‘tkazish uchun birlashishga chaqiradi. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Bugun O`zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?
Bugun kunduz kuni O`zbekistonda yog`ingarchilik kutilmaydi.
"O`zgidromet"ning qayd etishicha, ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-8° iliq, shimolda 0-5° sovuq bo`ladi.
Shuningdek, poytaxtda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-7° iliq bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarda esa, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5° sovuq bo`ladi. | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false |
TOShKENT ShAHRIDA DAVLAT UY-JOY FONDINI XUSUSIYLAShTIRIShNI JADALLAShTIRIShNING KO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Toshkent shahrida davlat uy-joy fondini xususiylashtirish jarayonini jadallashtirish va bozor munosabatlari sharoitlarida aholini ijtimoiy himoya qilishni bundan buyon ham ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Toshkent shahridagi Akmal Ikromov, Mirobod, Hamza nohiyalari hokimliklarining, “O‘zbekyengilsanoat” davlat uyushmasi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi, Melioratsiya va suv xo‘jaligi vazirligi rahbarlarining e’tibori uy-joylarni xususiylashtirishning borishini sust nazorat qilganliklariga, ushbu ishni tashkil etishda sustkashlikka yo‘l qo‘yganliklariga qaratilsin hamda ularga Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida” 1992-yil 13-avgustdagi 378-son qarorini bajarish yuzasidan qisqa muddatlarda chora-tadbirlar ko‘rish yuklatilsin.
2. Uy-joylarni qurish smeta qiymatining ancha qimmatlashganligi munosabati bilan 1992-yilda foydalanishga topshirilgan uylar (alohida uylar, kottejlarga, kvartiralarni xususiylashtirish keyinchalik qarzlarni 20 yil davomida uzish sharti bilan kvartira qiymatining 10 foizi miqdorida dastlabki pay badali to‘langan holda amalga oshirilsin.
3. 1993-yil 1-yanvargacha xususiylashtirilgan 1992-yilda qurilgan uylardagi kvartiralar qiymati bir yo‘la to‘lanayotganda uy-joy qiymatining 20 foizi miqdorida kamaytirilgan tarzdagi imtiyoz berishga ruxsat etilsin.
4. Toshkent shahar hokimligi bir oy muddat ichida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Davlat mulki qo‘mitasi bilan kelishgan holda kvartiralarni sotib olishga va ijaraga olishning ijara shartlariga o‘tishga qodir bo‘lmagan mehnatga layoqatsiz yolg‘iz keksa shaxslar egallab kelgan davlat uy-joy fondini kelgusida saqlash va foydalanish Tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
5. O‘zining uy-joyini 1993-yil 1-yanvargacha xususiylashtirgan Toshkent shahri aholisi imorat solig‘i to‘lashdan ikki yil muddatga ozod qilinsin.
6. Ulug‘ Vatan urushi mehnat fronti qatnashchilariga, fashist konslagyerlarining sobiq mahbuslariga, Leningrad qamalida bo‘lganlarga uy-joylarni bepul xususiylashtirish bo‘yicha imtiyoz berilsin.
7. Buzilgan xususiy uy-joylar o‘rniga pul kompensatsiyasi to‘lanmasdan Toshkent shahri aholisi tomonidan olingan davlat uy-joyi fuqarolarga bepul shaxsiy mulk qilib berilsin.
1989—91 yillarda buzilgan xususiy uy-joy o‘rniga 1992-yilda davlat kvartirasi (alohida uy, kottej) olgan yoki oladigan fuqarolarga, ular tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etishgan taqdirda, uy-joylarni xususiylashtirish uchun (1991-yildagi narxlarda) imtiyozli huquq berilsin.
8. Auksion savdolar tashkil etish maqsadida Toshkent shahar hokimligi bir oy muddat ichida zarur joy ajratsin, Kommunal mulk va xususiylashtirish Bosh boshqarmasi ko‘chmas mulk savdosi bo‘yicha universal markaz tashkil etsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda uy-joylarni imtiyozli shartlarda xususiylashtirish bo‘yicha asosiy qoidalarni va Hukumat tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni tushuntirishda barcha ommaviy axborot vositalaridan va aholi bilan bevosita aloqada bo‘lish usullaridan foydalansinlar.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari o‘rtoq K. N. To‘laganov zimmasiga yuklatilsin, qarorning qanday bajarilayotganligi 1993-yil dekabr oyida, keyinchalik yilning har choragida ko‘rib chiqilsin. | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Prezident «Buxoro-Miskin» temiryo‘li qurilishi bilan tanishdi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrifi davomida «Buxoro—Miskin» temiryo‘l qurilishining borishi bilan tanishdi.
O‘zA xabarida aytilishicha, ushbu temiryo‘l uzunligi 350 kilometrdan ziyod bo‘ladi. Loyihaning umumiy qiymati 283 million dollarni tashkil etadi.
«Buxoro—Miskin» yo‘nalishi bo‘yicha quriladigan temiryo‘lda 8 temiryo‘l stansiyasi va razezdlar barpo etish belgilangan.
Prezident Buxoroda yangi «Afrosiyob» poyezdi imkoniyatlari bilan ham tanishgan.
«O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrifi davomida yangi «Afrosiyob» elektropoyezdining imkoniyatlari, yo‘lovchilar uchun yaratilgan qulayliklar bilan tanishdi.
Yangi zamonaviy elektropoyezd oldingilariga qaraganda keng imkoniyatga ega. Xususan, shu vaqtga qadar harakatlanayotgan yuqori tezlikdagi elektropoyezdlar 215 yo‘lovchi sig‘imiga ega bo‘lib, ikkita VIP, ikkita «biznes» va ikkita «ekonom» toifali vagonlardan iborat. Yangi poyezd 287 yo‘lovchi sig‘imiga ega. Unda «ekonom» toifali vagonlar soni ikkita ko‘p.
«Tez kunlarda zamonaviy elektropoyezdning ikkinchisi ham olib kelinadi. Poyezdlar harakatini yo‘lga qo‘yish barobarida qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratilib, 15 mashinist va 50 ga yaqin vagon kuzatuvchisini ish bilan ta'minlash ko‘zda tutilgan», — deyilgan O‘zA xabarida. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida
“O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq:
1. 2020-yil 6-noyabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi-davlatlarining Hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishida imzolangan MDH ishtirokchi-davlatlarining jamiyatni raqamli rivojlantirish sohasida axborot hamkorligi to‘g‘risidagi bitim tasdiqlansin.
2. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilansin.
3. Tashqi ishlar vazirligi mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun O‘zbekiston Respublikasi tomonidan zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi hamda uni amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ to‘g‘risida depozitariyga tegishli bildirishnoma yo‘llasin.
4. Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan o‘rnatilgan tartibda nazoratni ta’minlasin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Yugurish paytida nafas olish: muvaffaqiyatning 4 kaliti
Yugurish sifatiga ko‘pchilik omillar ta’sir qiladi: salomatlikdan tortib to motivatsiyagacha. Lekin to‘g‘ri nafas ola bilish har doim eng asosiylaridan biri bo‘lib qoladi. Aynan nafas olish sifatli yugurishni rasvogarchilikka aylantirishi mumkin.
Biz texnik jihatdan to‘g‘ri nafas olishning 4 asosiy sharti haqida aytib bermoqchimiz.
2:2 — ko‘pchilik bu shartli tasvirni yugurish uchun mukammal deb aytadi, sportchilar unga g‘ayriixtiyoriy tarzda amal qiladi. Biroz mashq qilsangiz, o‘ylab ham o‘tirmasdan bu maromga amal qilasiz.
U quyidagilardan iborat: nafas olish, chap, o‘ng, nafas chiqarish, chap, o‘ng, nafas olish va h.k.
Qorin bilan (yoki chuqur) nafas olish diafragmalarni ishga soladi. Nafas olishning bu turi kislorodning qonga va mushaklarga ko‘proq yetib borishiga imkon beradi, bu bilan sizning ko‘rsatkichlaringizni yaxshilaydi va ko‘ngil aynish, charchoqning oldini oladi.
Burun orqali nafas olish chuqurroq nafas olishga va havoni u o‘pkaga yetib borguncha isitishga yordam beradi. Ikkinchi tomondan, og‘iz orqali nafas olish harakatlanuvchi mushaklarni kislorod bilan ta’minlashni oshirishga yordam beradi.
Yugurish vaqtida og‘iz biroz ochiq bo‘lishi kerak, bu yuz mushaklarini bo‘shashtiradi va butun tanadagi taranglikni yo‘qotadi.
Ko‘pchilik yugurishni yurak va oyoqlar uchun ish deb hisoblaydi. Lekin o‘pka ishning katta qismini o‘z zimmasiga oladi va ularning rivojlanishi bilan ham shug‘ullanish kerak bo‘ladi.
Manba: The Challenger | false | false | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false |
Toshkentda dzyudo bo‘yicha Gran-pri turkumiga kiruvchi xalqaro turnir boshlandi
O‘zbekiston poytaxtida dzyudo bo‘yicha Gran-pri turkumiga kiruvchi xalqaro turnir boshlandi. O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi, Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF), qator vazirlik va tashkilotlar bilan hamkorlikda to‘rtinchi bor tashkil etilayotgan musobaqada dunyoning yigirmaga yaqin davlatidan 135 sportchi o‘n to‘rt vazn toifasida sovrinli o‘rinlar uchun kurashmoqda. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
“O‘zbekiston” sport majmuasida 6 oktabr kuni nufuzli musobaqaning ochilish marosimi bo‘ldi.
Musobaqaning dastlabki kunida Muhriddin Tilovov shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan bo‘lsa, Sharofiddin Lutfullayev uchinchi o‘rinni egalladi. Xotin-qizlar o‘rtasida Diyora Keldiyorova kumush, Nodira Gulova, Muqaddas Kubeyeva, Guloyim Jumaboyeva bronza medallarni qo‘lga kiritdi.
Musobaqaning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.Ikromov so‘zga chiqdi. | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Asad: G‘arb Suriyada inqilobni amalga oshirishning uddasidan chiqa olmadi
Suriya prezidenti Bashar Asad G‘arb Suriyada uni davlat rahbari lavozimidan chetlatib, inqilobni amalga oshirishning uddasidan chiqa olmaganini ma'lum qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
U bu haqda Suriya TIVda diplomatik xodimlar yig‘ilishida chiqish qilib aytib o‘tdi.
Suriya rahbarining qo‘shimcha qilishicha, garchi «g‘arbiy loyiha»ning oldini olishning uddasidan chiqilgan bo‘lsa-da, Suriya armiyasi hali yakuniy g‘alabani qo‘lga kiritmadi.
«Kurash davom etmoqda, hamda biz keyin qayerga boramiz va qachon g‘alaba haqida gapirish mumkin bo‘ladi... bu boshqa vaqt uchun savoldir», - deya ta'kidlab o‘tdi Asad.
Uning qo‘shimcha qilishicha, G‘arbga qarshi «isyon bahosi» «Suriya bu urush uchun to‘lagan narxdan ancha kamdir», biroq Damashq G‘arbning rejalarini yo‘qqa chiqardi, deb xabar bermoqda SANA. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Rossiya hududida 2,6 million noqonuniy muhojir borligi ma’lum qilindi
Rossiya hududida noqonuniy muhojirlar soni kamaymoqda. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi IIV rahbarining o‘rinbosari Aleksandr Gorovoy ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
“Noqonuniy muhojirlar ko‘rsatkichi pasayib bormoqda, bugungi kunda bu 2,6 million kishini tashkil etadi”, — dedi u.
Gorovoy ta’kidlashicha, Rossiya Federatsiyasi hududida noqonuniy muhojirlar sonining qisqarishi kuzatilmoqda.
“Biz noqonuniy muhojirlarning sonini kamaytirishga harakat qilamiz va ularning imkon qadar kam bo‘lishini ta’minlash uchun choralar ko‘ramiz”, — deb ta’kidladi IIV rahbari o‘rinbosari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, allaqachon 2 million chet el fuqarosiga Rossiyaga kirish taqiqlangan. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Jahondagi eng hashamatli samolyot bortidagi sayohat mana shunday bo‘ladi (foto)
Ko‘pchilik yo‘l davomida xuddi uyidagi yotoqda yotgandek biror joyga sayohatga borgisi keladi. Etihad Airways aviakompaniyasi bu orzuning ro‘yobini har qachongidan ham yaqinlashtirib, A380 layneri bortida butun boshli apartamentlar tayyorladi. AdMe mazkur laynerdagi virtual sayrga taklif etadi.
Bir yilcha avval aviakompaniya livreyalarini biroz o‘zgartirdi va yangi chiziqlar paydo bo‘lgan ilk samolyot A380 bo‘ldi: Birlashgan Arab Amirligi gerbi va bayrog‘i o‘rniga kilga turli rangdagi uchburchaklardan iborat surat tushirildi.
A380 aerobusi — ikki qavatli, unda 4 turdagi joylar bor: ekonom, biznes, birinchi klass va rezidensiya. Yuqori palubada lyuks o‘rinlar joylashgan.
Ikki yo‘lovchi uchun mo‘ljallangan rezidensiya zinaning o‘ng tomonida joylashgan. 12 kvadrat metr maydonda uch xona — mehmonxona (undan oshxona va kinozal sifatida foydalansa ham bo‘ladi), yotoqxona va hojatxonasi bor dushxona mavjud. Rezidensiyada Londondagi Savoy mehmonxonasida malaka oshirgan xodimlar xizmat ko‘rsatadi.
Bunday rezidensiyada (A380 bortida u atigi bitta) Abu-Dabidan, masalan, Londonga bo‘ladigan parvoz 77 ming dirhamga (taxminan 20 ming dollar)ga tushadi. E’tiborli tomoni, bu o‘rin uchun chiptalar qariyb bir yil oldindan band qilib bo‘linadi.
To‘laqonli karavoti bor yotoqxona.
Bir kishilik birinchi klass saloni biroz “oddiyroq” ko‘rinishga ega: uning maydoni taxminan 5 kvadrat metr. “Abu-Dabi — London” yo‘nalishi bo‘ylab parvoz 31—36 ming dirham (taxminan 8,5—9,9 ming dollar)ga tushadi.
Pardevorni tushirib, qo‘shni bilan muloqot qilish mumkin. Tushunmovchiliklarning oldini olish maqsadida, pardevorning ikkinchi qismi yig‘ilmaydigan qilib ishlangan.
Birinchi klass hojatxonasi.
Biznes-klassga o‘tamiz. Bu yerda har kim pardevor bilan ajratilgan o‘z bo‘lmasida “yashaydi”.
Yo‘lovchi uchun to‘plamdan paypoqlar, quloqni shovqindan asraydigan vosita, tish cho‘tkasi, taroq va yo‘lda kerak bo‘ladigan boshqa zarur va yoqimli buyumlar o‘rin olgan.
Samolyotning dum qismi yuqori palubasida dam olish xonasi — biznes-klass yo‘lovchilariga mo‘ljallangan bar joylashgan.
Pastga tushib, ekonom-klassga o‘tamiz. Qirqilgan joyi bor qulay yostiqlarni ishlab chiqishga oxiri kimningdir aqli yetibdi.
Yo‘lovchi va bort kuzatuvchilar uchun avariyaviy chiqish eshigi oldida joylashgan o‘rindiqlar.
Bolalar uchun mo‘ljallangan to‘plam.
Uchuvchilar kabinasi.
Boshqaruv kabinasining shundoqqina ortida ekipajning dam olishi uchun mo‘ljallangan joy bor. Bu yerga biroz mizg‘ib olish uchun oromkursi va yotoq joyi o‘rnatilgan.
Yoqimli parvoz tilaymiz! | false | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false |
MDH davlatlari kiberterrorizmga qarshi kurashni muvofiqlashtirishi kerak — SMTI
MDH davlatlari kiberterrorizmga qarshi kurashda muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlarni ko‘rishi kerak, deya ta’kidladi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (STMI) direktori Eldor Aripov.
29 iyun kuni Toshkentda axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha MDH davlatlari xalqaro ekspert forumi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir STMI tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda MDH Ijro qo‘mitasi qo‘llab-quvvatlovi bilan tashkil etilmoqda.
«Muvofiqlashtirilgan va bir-birini to‘ldiruvchi choralarni qabul qilish axborot sohasidagi bugungi tahdidlarga javoblarning samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Hamdo‘stligimiz maydoni bunday hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga zamin yaratadi, deb o‘ylayman», — dedi Eldor Aripov forumning ochilishida.
STMI direktori jadal raqamlashish sharoitida pandemiya koronavirusi davrida axborot xavfsizligiga tahdidlar keskinlashganligini ta’kidladi. Jumladan, moliya va bank-kredit sohasida kiberjinoyatlar soni ortib bormoqda, bu esa davlatlarning iqtisodiy xavfsizligiga tahdid soladi.
«Axborot makonidagi xavfsizlikka tahdidlarning transchegaraviy xususiyati milliy harakatlarni ikkitomonloma, mintaqaviy va xalqaro darajadagi qo‘shma harakatlar bilan qo‘llab-quvvatlashni talab qiladi», — deya qo‘shimcha qildi ekspert.
Forumda hamdo‘stlik davlatlaridan kelgan 50dan ortiq ekspertlar, shuningdek xalqaro tashkilotlar vakillari, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari qatnashmoqda. Tadbir kun tartibiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda amalga oshiriladigan jinoyatlar bilan kurashish, kiberjinoyatlarni tergov qilish shuningdek axborot makonida inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish kabi masalalarni muhokama qilish kiradi. | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false |
Toshkentda issiq suvdan qarzdorlikni so‘ndirib berish uchun 270 dollar olgan issiqlik tarqatish bo‘limi xodimi ushlandi
Toshkent shahrining Chilonzor tumanida issiq suvdan qarzdorlikni so‘ndirish evaziga pul so‘ragan mas’ul xodim qo‘lga olindi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.
Ma’lum qilinishicha, departamentning Bektemir tuman bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida “Toshissiqquvvati” DUK Chilonzor tumani issiqlik tarqatish bo‘limi texnik-noziri D.N. fuqaro M.ning xonadonidagi issiq suv va issiqlik energiyasidan 3,4 million so‘mlik qarzdorligini so‘ndirib berishni va’da qilgani aniqlangan. Shuningdek, u 2022-yilning dekabr oyiga qadar qarzdorligi mavjud emasligi haqida ma’lumotnoma rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgan va buning uchun 270 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Toshkentda o‘zbekistonlik Google xodimi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Google’da dasturchi-muhandis bo‘lib faoliyat olib boradigan Nodir To‘raqulov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbir 16-sentabr kuni soat 19:30 da boshlandi va chamasi ikki soat davom etdi. Bu haqda “Parol” nashri xabar berdi.
Uchrashuv tashkilotchisi TCHK coworking markazi bo‘lib, ular tadbir uchun ajoyib joy tashkil etgan. Tashrif buyurganlarning barchasi suhbatlashish uchun o‘ziga qulay joy topa oldi.
Yig‘ilganlar Nodir To‘raqulovga uning faoliyati, Google’da ishlash va u yerda qanday sharoitlar yaratilgani, dasturchi-muhandis bo‘lish uchun nimalar qilish kerakligi hamda o‘zlarini qiziqtirgan boshqa savollar bilan murojaat qilishdi. Quyida ular orasidan ayrim savol-javoblarni sizlarga taqdim etamiz.
Nodir To‘raqulov: Google’ga ishga kirishim LinkedIn ijtimoiy tarmog‘i orqali boshlangan. O‘sha paytgacha ham AQSh’da edim. AQSh hududiga kirishingiz bilan bu tarmoq kerakli kadrni qidirib yurganlarga siz haqingizda ma’lumot yetkazib turadi.
Shuning uchun menga har xil ish takliflari kelib turar edi. Shularning ichida Google’dan kelgan taklif meni qiziqtirib qo‘ydi. Aytish joizki, Google’ga ishga kirish katta bir jarayon — telefon yoki internet orqali intervyudan o‘tganingizdan so‘ng, sizni 5 bosqichli yuzma-yuz suhbatga chaqirishadi.
Bir kun davom etadigan suhbatdagi har bir bosqich 45 daqiqadan iborat, asosan dasturlash va algoritm tuzish mahoratingiz kompyutersiz, faqat oq doska va marker bilan sinaladi.
Nodir To‘raqulov: Dasturchilarning barcha yozgan kodlari Google’ga tegishli hisoblanadi va faqatgina Google’ning ruxsati bilan boshqa joylarga tarqalishi mumkin.
Nodir To‘raqulov: Google’da bunday paketlar juda ko‘p. Ish bo‘yicha qiladigan har bir xarajatingizni Google qoplaydi. Hatto bir safar Linux OS bo‘yicha kitob sotib olganimda ham, uning pulini Google to‘lab bergan. Bundan tashqari sog‘lig‘imizni to‘liq sug‘urtalashadi, kompaniya hududida har xil kafe va restoranlar, dam olish va sport zallari bor, ovqatlanish hamda shug‘ullanish tekin. Yiliga kamida 2 marta turli joylarga sayohatga chiqamiz.
Ushbu tadbir haqida batafsil ma’lumot hamda uchrashuv davomida berilgan boshqa savollar bilan “Parol” nashrining ushbu maqolasida tanishishingiz mumkin. | false | false | false | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false |
Ashraf G‘ani Afg‘onistonni har tomonlama qo‘llab-quvvatlayotgani uchun Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabarida aytilishicha, vazir prezident Shavkat Mirziyoyevning Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘aniga yo‘llagan maktubini topshirgan.
Qayd etilishicha, Suhbat davomida O‘zbekiston-Afg‘oniston ko‘p qirrali munosabatlarining hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Ikki tomonlama hamkorlikning joriy yuqori darajasi qayd etildi va barcha sohalarda o‘zaro manfaatli yaqin aloqalarni yanada chuqurlashtirishga o‘zaro sodiqlik ta'kidlandi.
Prezident Ashraf G‘ani birodar Afg‘oniston xalqi nomidan Afg‘oniston zaminida tinchlik va barqarorlikni ta'minlash, mamlakat iqtisodiyotini tiklashda har tomonlama qo‘llab-quvvatlayotgani uchun O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga samimiy minnatdorlik izhor etdi.
Afg‘onlararo siyosiy muzokaralarning uzoq muddatli tinchlik o‘rnatish va mamlakatda xavfsizlikni ta'minlashdagi muhim o‘rni qayd etildi.
Muzokaralarda ikki tomon kun tartibidagi boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi, deyiladi xabarda. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Samarqandda yuk mashinasida yong‘in sodir bo‘ldi
Samarqand viloyati Jomboy tumanida MAN yuk mashinasida yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 26 dekabr kuni soat 04:00 larda M39 Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Jomboy tumanidan o‘tgan 1079-kilometrida yuk mashinasi yonib ketgan.
Toshkent-Samarqand yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan MAN rusumli mashinasi yukxonasidagi muzlatkichda qisqa tutashuv sodir bo‘lgan. Oqibatda yong‘in yuzaga kelgan va mashina kabinasi yonib ketgan.
Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Hodisada hech kim tan jarohati olmagan va halok bo‘lmagan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Samarqand shahar IIO FMB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false |
Prezidentning Hindistonga davlat tashrifi doirasida 20 ta hujjat imzolandi
Nyu-Dehlida o`tgan oliy darajadagi muzokaralar yakunida imzolangan hujjatlarni o`zaro almashish marosimi bo`lib o`tdi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modining Qo`shma bayonoti qabul qilindi.
Tashrif doirasida ilmiy-texnik hamkorlik, qishloq xo`jaligi, turizm, harbiy ta`lim, adliya, sog`liqni saqlash va tibbiyot fani, farmasevtika, kosmosni tinch maqsadlarda tadqiq etish va boshqa sohalarga doir 20 ta hujjat imzolandi.
Shuningdek, Andijon viloyati va Gujarat shtati, Samarqand shahri va Agra shaharlari o`rtasida hamkorlikni yo`lga qo`yish, Erkin farmasevtika zonasini tashkil etish to`g`risida bitimlar imzolandi.
Ommaviy axborot vositalari vakillari uchun o`tkazilgan brifingda Prezident Shavkat Mirziyoev O`zbekiston Hindiston bilan aloqalarga ustuvor ahamiyat qaratishi, amaliy ruhda o`tgan muzokaralar tomonlarning o`zaro hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanini tasdiqlaganini ta`kidladi. Ikki mamlakat o`rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini 1 milliard dollarga etkazishga kelishib olingani qayd etildi. | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false |
O‘zbekistonlik besh yoshli bolakay Moskvadagi olimpiadada oltin medalni qo‘lga kiritdi
Moskvadagi G‘alaba muzeyida UCMAS Aqliy arifmetika bo‘yicha bolalar markazi tomonidan tashkillashtirilgan IV Butunrossiya mental arifmetika musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Dunyo» AA xabar bermoqda.
5 yoshdan 13 yoshgacha bo‘lgan bolalar sakkiz daqiqada har xil murakkablik darajasidagi 200 dan ortiq arifmetik misollarni yechishlari, tovush chiqargan holda, vizual va flash (ekranda tez paydo bo‘luvchi misollar) yordamida hisoblashlari kerak edi.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik Muhammadyusuf Anvarov Beginner (kichik sinf) yo‘nalishida olimpiadada birinchi o‘rinni egalladi. U oltin medal va kubokni qo‘lga kiritdi.
Shuni ta'kidlash kerakki, bu uning birinchi g‘alabasi emas. Muhammadyusuf 2018 yilning may oyida Moskvada tashkil etilgan aqliy arifmetika bo‘yicha chempionatda ishtirok etdi. O‘shanda ham u oltin medal bilan taqdirlangan. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Dominikadagi bo‘ron 12 kishini hayotdan olib ketdi
Dominika bosh vaziri Ruzvelt Skerrit orolda yuzaga kelgan “Erika” tropik bo‘roni 12 kishini hayotdan olib ketganligini ma’lum qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar beradi.
Bundan tashqari 20 kishining bedarak yo‘qolganligi qayd etilmoqda.
Skerritning so‘zlariga qaraganda, mamlakatning turli qismlaridagi aholi punktlari va yo‘llarni suv bosishiga olib kelgan kuchli bo‘ron katta ko‘lamdagi zarar keltirgan. Bosh vazir suv toshqinlari natijasida tashqi dunyodan uzilib qolgan Pti-Savanna qishlog‘idan tashvishda ekanligini ma’lum qildi. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Toshkentda qalbaki 400 AQSh dollarini 2,5 million so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxsga jinoiy ish ochildi
Toshkent shahrida qalbaki AQSh dollarini 2,5 million so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura “Daryo”ga xabar qildi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Bektemir tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIV bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro E.G. chet el valyutasining qalbaki ekanligini oldindan bila turib, sotib yuborishni ko‘zlagan.
U fuqaro M.ga qalbaki 400 AQSh dollarini 2,5 million so‘mga sotayotgan vaqtida ushlanib, qalbaki pullar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan E.G. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 1-qismi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
“O‘zkimyosanoat” va “O‘zeltexsanoat” rahbarlari tasdiqlandi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 9-fevral kungi qarori bilan Abduhoshim Abdullayev “O‘zkimyosanoat” kompaniyasi boshqaruv raisi lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Tayinlovga qadar Abduhoshim Abdullayev (1950-yilda tug‘ilgan) 2008-yildan buyon “Farg‘onaazot” kompaniyasi rahbarining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan. 2006—2008-yillarda Farg‘ona viloyatining, 2005—2006-yillarda esa Marg‘ilon shahri hokimi bo‘lgan.
Shuningdek, hukumatning 9-fevral kungi boshqa qarori bilan Fazliddin Bakiyev “O‘zeltexsanoat” kompaniyasi boshqaruv raisi lavozimiga tasdiqlandi.
Fazliddin Bakiyev (1969-yilda tug‘ilgan) 2007-yildan Vazirlar Mahkamasida faoliyat yuritib, 2013-yildan makroiqtisodiy rivojlanish, tarkibiy islohotlar va xorijiy investitsiyalar jalb etish masalalari bo‘yicha yig‘ma axborot-tahlil departamenti rahbari lavozimini egallab kelgan. 1995—2005-yillarda Markaziy bankda turli lavozimlarda ishlagan. 2005—2007-yillarda Markaziy bank raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
O‘zbekistonda ov quroliga egalik qilishning eng kam yoshini 25 yoshgacha oshirish taklif etildi
O‘zbekistonda ov quroliga egalik qilishning eng kam yoshini 21 yoshdan 25 yoshgacha oshirish taklifi bildirildi. Bu 8 fevral kuni Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida ko‘rib chiqilgan qonun loyihasida nazarda tutilgan.
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik Bekmurod Abdullayevning ta’kidlashicha, respublikada qurol muomalasi sohasida litsenziya va ruxsatnomalarni berish, ularni nazorat qilish funksiyalarini yagona davlat organiga o‘tkazish zaruriyati ushbu qonun loyihasini qabul qilishga asos bo‘lgan.
Amaldagi «Qurol to‘g‘risidagi qonun»da fuqarolar va xizmat quroli hamda o‘q dorilar sohasida litsenziyalash va ruxsatnomalar berish vakolati — Milliy gvardiya organlariga, fuqarolik va xizmat quroli hamda o‘q dorilarni saqlash qoidalariga rioya qilish ustidan nazorat qilish, aniqlangan qoidabuzarliklar bo‘yicha chora ko‘rish vazifasi esa ichki ishlar organlariga yuklatilgan.
«Qurol to‘g‘risidagi qonun» qabul qilingach, o‘qotar quroldan tashqari pnevmatik, gazli, signal beruvchi, uloqtirish quroli va elektroshoker qurollariga egalik qilishga ruxsat berilgan.
Amaldagi Ma’muriy javobgarik to‘g‘risidagi va Jinoyat kodekslarida o‘qotar qurolni saqlash qoidalariga rioya qilinishi, shuningdek, noqonuniy muomalasi uchun javobgarlik belgilangan.
Ammo yuqorida sanab o‘tilgan o‘qotar bo‘lmagan qurollarga noqonuniy egalik qilish uchun qonunchilikda javobgarlik mavjud emas. Bu holat esa ayrim shaxslar, ayniqsa yoshlar orasida qator qonunbuzarliklar sodir etilishiga olib kelmoqda.
Vazir o‘rinbosari shu o‘rinda, 1990 yilda tug‘ilgan O. tanishi X. bilan kelishmay qolishi oqibatida yonida bo‘lgan pnevmatik qurol bilan X.ning turli joylariga 5−6 marotaba o‘q uzib tan jarohati yetkazganini misol qilib keltirdi. Shuningdek, joriy yil 20 yanvar kuni 1990 yilda tug‘ilgan haydovchi S. A. ismli haydovchi bilan og‘zaki janjallashib qolishi natijasida S. A.ning avtomashinasiga qarata o‘q uzgan.
«Pnevmatik quroldan foydalanish holatlari kupayib bormoqda. Fuqarolarning sog‘lig‘i va hayotini muhofaza qilish hamda jamoatchilik xavfsizligini ta’minlash maqsadida barcha turdagi qurolning saqlanishi, olib yurilishi va ulardan foydalanish uslubi ustidan ta’sirchan nazorat tizimi o‘rnatilishini talab etmoqda», — dedi Bekmurod Abdullayev.
IIV vakili shuningdek, chet davlatlarda sodir etilgan shov-shuvli jinoyatlar, xususan, Qrim, AQShning Kolorado shtati, Qozon shahri, Rossiyaning Perm davlat universitetida ro‘y bergan otishmalarni misol tariqasida keltirib o‘tdi.
«O‘zbekistonda ham [bu singari jinoyatlar] sodir etilishini oldini olish maqsadida fuqarolik quroliga egalik qilish mezonlarini tubdan ko‘rib chiqish lozim. Sababi ushbu hodisalarda qonuniy ravishda ruxsatnoma berilgan yarim avtomatik o‘q quroli bilan qurollanib, ta’lim muassasalarida sodir etilgan mudhish jinoyatlar oqibatida ko‘plab o‘quvchi va o‘qituvchilar bevaqt vafot etgan», — deya xulosa qildi vazir o‘rinbosari.
Yuqoridagi holatlarni e’tiborga olgan holda sohada mavjud muammo va huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish maqsadida loyihada quyidagi o‘zgarishlar taklif etilmoqda:
Ta’kidlanishicha, mazkur hujjat loyihasini tayyorlashda Rossiya, Belarus, Ukraina, Ozarbayjon, Armaniston va Gruziya kabi davlatlarning qonunlari o‘rganilgan.
Deputatlar qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false |
Qarshida EVOS’ning ikkinchi restorani ochildi
Ko‘plab kompaniyalar O‘zbekiston poytaxtini egallashga harakat qilayotgan bir vaqtda, EVOS tezkor ovqatlanish restoranlar tarmog‘i bu ishni bajarib bo‘ldi va allaqachon yangi darajaga o‘tib, o‘zgalarga teskari bo‘lgan yo‘nalishda harakat qilmoqda — EVOS respublikaning boshqa chekkalarini egallamoqda.
Ushbu restoranlar tarmog‘iga o‘z sarhadlarini kengaytirish yoqadi, axir talab va taklif bo‘lganidan keyin shunga yarasha harakat qilmoq kerakda. Barchaga ma’lumki, kompaniyaning ajoyib taomlari va xizmat ko‘rsatishdagi yuqori sifati sabab O‘zbekiston aholisi EVOS’ni yaxshi ko‘radi.
19-sentabr kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrining qoq markazida EVOS tarmog‘iga kiruvchi yangi restoranning keng ko‘lamli, yorqin, tantanali va mazali (barcha ma’noda) ochilishi bo‘lib o‘tdi.
Tarmoqning Qarshi shahrida ochilgan birinchi filiali shu qadar muvaffaqiyatli loyiha bo‘lib chiqdiki, birgina EVOS shahar aholisi uchun yetarli bo‘lmay qoldi. Shuning uchun aholining ko‘p sonli talablarini e’tiborga olgan holda shaharda tarmoqning ikkinchi restoranini ochishga qaror qilindi.
Tezkor ovqatlanishga mo‘ljallangan mashhur restoranlar tarmog‘i brendi — EVOS o‘zining yangi va shinam muassasasining eshiklarini mehmonlar uchun soat 17:00 da musiqa va quvnoq olqishlar ostida ochdi. Qarshi shahri aholisi hamda mehmonlariga EVOS restoranlar tarmog‘i asoschilari hamda tashkilotchilari tomonidan uyushtirilgan turli xil ko‘ngilochar musobaqalar taqdim etildi. Ajoyib sovg‘alar va diametri yuz santimetr bo‘lgan noodatiy ulkan mazali shaurma mehmonlarni xushnud etdi!
Jamoatchilikka lavashlarni tezkor yeyish musobaqasi juda manzur bo‘ldi. Ushbu musobaqa g‘oliblari maxsus sovg‘alar va EVOS sertifikati bilan taqdirlandi. Xursandchilik daryo bo‘lib oqdi, hech kimga, bolalar-u kattalarga zerikarli bo‘lmadi. Oshpazlar barcha mehmonlarning ko‘ngliga birdek yoqish uchun ter to‘kkanlari tashrif buyurganlarning samimiy kulgusidan shundoq bilinib turardi.
Qiziqarli shou-dasturlar va animatorlar, mehmonlar ishtirokidagi musobaqa hamda oilaviy ko‘ngilxushliklar Qarshi aholisining yodida uzoq vaqtga qadar saqlanib qoladi — EVOS tezkor ovqatlanish restoranlar tarmog‘ining uzoq kutilgan yangi filialining ochilishi shahar ahli uchun haqiqiy bayramga aylandi.
EVOS restoranlar tarmog‘i respublikaning barcha viloyatlari tomon kengayib borar ekan aholining ulkan talablarini o‘zining maroqli hordiq chiqarish, oilaviy vaqt o‘tkazishga mo‘ljallangan muassasalarini samimiyat va g‘urur ila qondirishdan juda ham xursand!
EVOS’ga tashrif buyurib, mehmonimiz bo‘ling.
Qarshi shahridagi ikkinchi filialning manzili: | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Deputat Kabul Dusov Shavkat Mirziyoyevdan uyg‘urlarni himoya qilishni iltimos qildi
Xalq deputatlari Bo‘stonliq tuman Kengashi deputati, “Milliy tiklanish” partiyasidan bo‘lgan Kabul Dusov 16-iyul kuni O‘zbekiston Prezidentiga Xitoydagi uyg‘urlarni himoya qilishni so‘rab murojaat yo‘lladi. Bu haqda u o‘zining Facebook’dagi sahifasida yozib qoldirdi.
Repost’ning xabar berishicha, u o‘z murojaatida “Bizning rizqimizni Xitoy emas, Alloh beradi!”, — deb aytgan. Uning ta’kidlashicha, bir vaqtlar Turonning bir bo‘lagi, o‘zbek millatining bir parchasi bo‘lgan Uyg‘uriston hozir zulm iskanjasida. O‘zbek, qozoq, uyg‘urlardan tashkil topgan yurt va u yerdagi musulmonlar xo‘rlanmoqda. “Bu turkiyzabon millatlarning ota yurti O‘zbekistondir”, — degan u.
“Yurtimiz otasi janob Prezidentdan bir farzand sifatida iltimos qilaman. Sizning hukmdor bobolaringizdan me’ros bo‘lgan bu o‘lkaga, ya’ni Uyg‘uristonga siz janobi oliylari, moddiy emas, balki ma’naviy otaligingiz rad qilib bo‘lmaydigan haqiqatdir. Shuning uchun jim turgan butun musulmon davlatlari ichida tashabbusni o‘z qo‘lingizga olishingizga ishonchim komil! Bu ishda sizga Allohning o‘zi yor-u yordamchi bo‘lishi aniqdir!” — degan deputat.
Avvalroq deputat Kabul Dusov Facebook’dagi sahifasiga ayollar va bolalarning siyosatga aralashuvi mamlakat parokandaligiga olib kelishi haqida yozgandi.
Bunga javoban “Milliy tiklanish” Demokratik partiyasi markaziy kengashi raisi Alisher Qodirov o‘zining Facebook’dagi sahifasida uning bu fikriga o‘z munosabatini bildirgan edi. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Iqlim o‘zgarishlari tufayli Yevroittifoqqa yo‘l olgan muhojirlar soni 2100-yilga kelib 1 mln kishiga yetishi mumkin
Vayronkor iqlim o‘zgarishlari har yili Yevroittifoqqa yo‘l olgan muhojirlar soni 2100-yilga kelib bir necha barobar oshishi va 1 million kishiga yetishiga olib kelishi mumkin. Nyu-Yorkdagi Kolumbiya universiteti olimlari shunday xulosaga keldi, deya xabar berdi “TASS”.
Iqlim o‘zgarishlari qurg‘oqchilik, toshqin, dovul va dunyo okeani sathi oshishiga olib kelishi mumkin. Bu omillar sayyoraning turli mintaqalari, xususan, Sahroi Kabir janubidagi davlatlar va Osiyoning qator hududlarida qishloq xo‘jaligi yuritishni qiyinlashtiradi, ba’zan esa uni umuman imkonsiz holga keltiradi.
Tadqiqot mualliflari 2000—2014-yillarda Yevroittifoqdan boshpana so‘rab 103 mamlakatning o‘rtacha 350 ming fuqarosi talabnoma taqdim etganiga asoslandi. Ekspertlar talabnomalar sonini harorat va ob-havo kabi ekologik omillar bilan taqqoslab ko‘rdi. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Tramp Xitoy Gonkong chegaralari yaqinida qo‘shin to‘playotganini bildirdi
Qo‘shma Shtatlar Xitoy rasmiylari Gonkong chegaralari yaqinida qo‘shin to‘playotganidan xabardor. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp ma’lum qildi.
“Razvedkamiz Xitoy qo‘shinlari Gonkong bilan chegaraga qo‘shinlarni yuborayotgani haqida xabardor qildi. Barcha vazminlikni saqlashi va ehtiyot bo‘lishi lozim”, — deya yozuv qoldirgan Tramp Twitter’dagi sahifasida.
Tramp Vashingtonni Gonkongdagi tartibsizliklarga aloqadorlikda ayblashlari sababini tushunmasligini bildirdi.
“Ko‘pchilik meni va Qo‘shma Shtatlarni Gonkongdagi muammolarda ayblamoqda. Nega? Buni tasavvur etishim ham amri mahol”, — deydi AQSh prezidenti. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Italiyada dekabrda konstitutsiyani isloh qilish bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tadi
Italiyada 4-dekabr kuni konstitutsiyani isloh qilish bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tadi. Bu haqda 26-sentabr, dushanba kuni Italiya bosh vaziri Matteo Rensi ma’lum qildi, deb yozadi “Interfaks”.
Islohot, jumladan, senatdagi o‘rinlarni 315 tadan 100 tagacha qisqartirishni ko‘zda tutadi. Senatning hozirgi vazifalari bir qismini bekor qilish taklif etilgan.
Bu takliflar Rensi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan. Islohotdan ko‘zlangan maqsad mamlakat boshqaruvini yanada soddalashtirishdir.
Avvalroq islohot loyihasini parlament deputatlari ma’qullagan edi. Loyihani ma’qullab 361 nafar deputat ovoz bergan bo‘lsa, yetti nafari unga qarshi ovoz bergan.
Muxolifatdagi “Olg‘a, Italiya” partiyasi va “Besh yulduz” harakati mazkur masala bo‘yicha ovoz berishda qatnashishdan bosh tortgan edi. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
UNISEF O‘zbekistonda bolalarning vaqtida emlanganini monitoring qilish uchun 16 ta avtomobil taqdim etdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi UNICEF’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikdagi qo‘shma dastur doirasida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga immunizatsiya jarayoniga ixtisoslashgan 16 ta zamonaviy transport vositasini topshirdi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu avtotransport vositalari Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmatining viloyat bo‘limlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ulardan butun mamlakat bo‘ylab bolalarning vaqtida emlangani monitoringini olib borish sifatini yanada yaxshilash uchun foydalaniladi.
“Immunizatsiya bolalar orasida kasalliklarning oldini olishda asosiy omillardan biridir. Ayni paytda mamlakatimiz milliy emlash kalendaridan 13 ta vaksina o‘rin egallagan bo‘lib, aholini emlash bilan qamrab olish 99 foizni tashkil etmoqda. UNICEF bilan ushbu yo‘nalishdagi hamkorligimiz esa mamlakatimizdagi barcha bolalarning salomatligi uchun katta ahamiyatga ega”, — degan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari o‘rinbosari Botirjon Qurbonov.
Taqdim etilgan transport vositalari UNICEF hamda Vaksinalar va immunizatsiya bo‘yicha global alyans tomonidan ko‘rsatilgan ko‘mak yordamida O‘zbekistonning milliy emlash dasturini yanada takomillashtirish maqsadida sotib olingan. Shuningdek, UNICEF Sog‘liqni saqlash vazirligiga markaziy, viloyat va tuman darajalarida vaksina omborlarini qurish hamda sovuqxonalar, muzlatgichlar va sovutkichlarni sotib olish, ularni o‘rnatish hamda vaksinalarni tashish uchun transport vositalarini sotib olish orqali milliy emlash dasturini kuchaytirishga ko‘maklashmoqda.
Bundan tashqari, vaksinalar logistikasini boshqarish uchun axborot tizimi ishlab chiqilgan bo‘lib, mazkur loyiha milliy emlash tizimini sezilarli darajada yaxshilashi kutilmoqda.
“Ishonamanki, ushbu transport vositalari sovuqlik zanjirini ta’minlash uchun taqdim etilgan boshqa qurilmalar bilan bir qatorda, butun mamlakat bo‘ylab bolalar sog‘lig‘ini yaxshilashga katta hissa qo‘shadi. Bolalar uchun vaksinalarni o‘z vaqtida taqsimlash muhim vazifa hisoblanadi. Shuning uchun ham bugun taqdim etilgan yordam hamda viloyatlarga yetkaziladigan avtomobillar mamlakatning barcha hududlariga sifatli vaksinalarni yetkazib berishni ta’minlashga xizmat qiladi”, — degan UNICEF’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari o‘rinbosari Jefri Ijumba.
O‘zbekistonda koronavirusga qarshi Xitoy vaksinasining sinovlari boshlandi | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Mamlakatimizda davlat xizmatlarini ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish bo‘yicha keng miqyosda boshlangan ishlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzurida Davlat xizmatlari agentligi tashkil etildi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik).
Hozirgi vaqtda nafaqat tadbirkorlarga, balki aholiga ham eng zarur va talab yuqori bo‘lgan davlat xizmatlarini “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha ko‘rsatish maqsadida respublikaning har bir tuman va shaharlarini qamrab olgan Xalq qabulxonalari huzuridagi davlat xizmatlari markazlarining yagona tarmog‘i yaratildi.
Shu bilan birgalikda, amalga oshirilgan chora-tadbirlar va erishilgan yutuqlarga qaramasdan davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida foydalanilmagan imkoniyatlar va hal etilmagan muammolar saqlanib qolmoqda. Xususan:
birinchidan, bir qator tashkilotlarda bazaviy axborot tizimlarini joriy etish masalalari va ularning idoralararo integratsiya qilinishi past darajada ekanligi davlat xizmatlarini qulay va o‘z vaqtida ko‘rsatishni ta’minlamayapti. Ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklar, ayniqsa, Mudofaa vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi, Qurilish vazirligi, “O‘ztransgaz” AJ va barcha darajadagi mahalliy davlat hokimiyati organlariga taalluqlidir;
ikkinchidan, davlat organlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ko‘chmas mulk obyektlari va boshqa hujjatlar reyestrlari alohida qog‘oz ko‘rinishida yuritilishi, elektron arxivlarning mavjud emasligi elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishda qiyinchiliklarga olib kelmoqda. Bu kabi salbiy amaliyot, ayniqsa, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Davyergeodezkadastr) va “O‘zarxiv” agentligiga tegishlidir;
uchinchidan, ko‘pchilik davlat xizmatlari markazlari hanuzgacha yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘iga ulanmaganligi idoralararo elektron hamkorlikning zarur darajada yo‘lga qo‘yilmasligiga sabab bo‘lmoqda. Ushbu jiddiy muammolarni bartaraf etish uchun Agentlik, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va “O‘zbektelekom” AJ rahbarlari ta’sirchan choralar ko‘rmayapti;
to‘rtinchidan, davlat xizmatini ko‘rsatuvchi vakolatli organlar va davlat xizmatlari markazlari lozim darajada zamonaviy kompyuter texnikasi va texnik vositalar bilan jihozlanmaganligi davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ilg‘or va innovatsion metodlarini joriy qilishga to‘siq bo‘lmoqda;
beshinchidan, davlat xizmatlari markazlari zarur bino va xonalar bilan ta’minlamaganligi talab yuqori bo‘lgan ko‘plab xizmatlarni ko‘rsatish uchun tashrif buyuruvchilarni to‘liq va bir vaqtda qamrab olishga imkon bermaydi;
oltinchidan, ruxsat berish va litsenziyalash jarayonlaridan o‘tish hamon murakkab va ortiqcha tartibga solinganligicha qolmoqda, davlat xizmatlarini olish jarayonida ortiqcha talablar va to‘siqlarning mavjudligi shaffoflikning yo‘qolishiga, huquqni turlicha qo‘llash amaliyotiga va oqibatda suiiste’molchiliklar tez-tez sodir etilishiga va boshqa qoidabuzarliklarga olib kelmoqda;
yettinchidan, axborot texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarning bilim darajasi va malakasi pastligicha qolmoqda, ularga hujjatlarni elektron shaklda taqdim etish va olishni o‘rgatish bo‘yicha tashkillashtirilgan tizim mavjud emas.
Aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish milliy tizimining sifat jihatdan yangi bosqichga jadallik bilan o‘tishini ta’minlash maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va Ma’muriy islohotlar konsepsiyasini izchil amalga oshirish maqsadida:
1. Agentlik, Davyergeodezkadastr, “O‘zarxiv” agentligi, shuningdek, davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi boshqa vazirlik va idoralarning ishi qoniqarsiz, deb topilsin.
2. Quyidagilar ko‘rsatib o‘tilgan vazirlik va idoralar, davlat xizmatlarini ko‘rsatadigan boshqa vakolatli organlarning birinchi darajali vazifalari etib hisoblansin:
davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlarini yanada unifikatsiyalash va avtomatlashtirish maqsadida axborot tizimlari va axborot resurslarini yaratishga yagona texnologik yondashuvni ta’minlashni hisobga olgan holda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadallik bilan rivojlantirish va joriy etish;
vazirliklar va idoralarning arxiv fondini raqamli ko‘rinishga o‘tkazish va tegishli axborot resurslariga kirishga imkoniyat berishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirishni yanada jadallashtirish;
yagona davlat reyestriga kiritilgan barcha davlat xizmatlari bo‘yicha biznes jarayonlarning reinjiniringini amalga oshirish orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonidagi tartibotlarni va ularni ko‘rsatish muddatlarini tubdan qisqartirish, blank va shakllarni sezilarli darajada optimallashtirish;
davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayoniga jalb etilgan xodimlarning o‘z lavozim majburiyatlarini so‘zsiz, o‘z vaqtida va sifatli bajarishini ta’minlash, ularning mas’uliyatini kuchaytirish, hozirgi zamon talablariga muvofiq ishlash ko‘nikmalarini va madaniyatini oshirish, ular ishini obyektiv baholash mexanizmlarini joriy etish;
yuklatilgan vazifa va funksiyalardan kelib chiqqan holda muammolarni hal qilishda davlat organlari va tashkilotlarning davlat xizmatlarini ko‘rsatishda ishtiroklari bo‘yicha harakatlarni birlashtirish yuzasidan mas’uliyatlarini oshirish;
budjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘laridan ustuvor ravishda axborot tizimlari, dasturiy mahsulotlar, ma’lumotlar bazalarini belgilangan talablarga muvofiq ishlab chiqish va takomillashtirish, elektron davlat xizmatlarini joriy etish uchun foydalanish.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Adliya vazirligi zamonaviy davlat xizmatlarini joriy etish masalalariga tegishli ravishda yondashmayotgan davlat organlarining mansabdor shaxslariga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlik choralarini ko‘rsin.
3. Kelgusida davlat xizmatlarini joriy etishni yanada jadallashtirishni ta’minlash va ularni ko‘rsatishdagi zaif tomonlarni aniqlash uchun quyidagicha tartib o‘rnatilsin:
2018-yilning 1-iyunidan ilovadagi ro‘yxat bo‘yicha davlat xizmatlari markazlari tomonidan tajriba tariqasida 70 — 100 turdagi talab yuqori bo‘lgan davlat xizmatlari ko‘rsatiladi;
tajriba tariqasida joriy etiladigan davlat xizmatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi tomonidan tasdiqlanadigan vaqtinchalik ma’muriy reglamentlar qabul qilinadi;
tajriba tariqasida joriy etiladigan davlat xizmatlari ro‘yxati aholining dolzarb ehtiyojlari asosida shakllantiriladi va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining taklifiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmalari tomonidan tasdiqlanadi;
tajriba tariqasida joriy etiladigan davlat xizmatlari ro‘yxatiga kiritilgan davlat xizmatlari faqat davlat xizmatlari markazlari orqali taqdim etiladi;
davlat xizmatlarini ko‘rsatish tajriba tariqasida joriy etilgan kundan boshlab vakolatli organ tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatish haqidagi arizalarni bevosita arizachilardan qabul qilish taqiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tegishli manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2019-yilning 1-iyuniga qadar davlat xizmatlarini tajriba tariqasida ko‘rsatish natijalariga ko‘ra, mazkur davlat xizmatlarini ko‘rsatishni respublikaning barcha hududlarida joriy etish va davlat xizmatlari markazlarining faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritsin.
Ushbu bandda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish manbalari etib Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasi, Budjetdan tashqari adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda davlat xizmatlari markazlarini tuman (shahar)ning transport kesishuvlari fuqarolar uchun qulay bo‘lgan markaziy qismida joylashgan binolarga, birinchi navbatda, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar binolarini operativ boshqaruv huquqi asosida berish orqali, ko‘chirib o‘tkazishni nazarda tutuvchi hukumat qarorini qabul qilsin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga davlat xizmatlari markazlarining yangi binolarini faqat budjetdan tashqari manbalardan, ayniqsa, davlat-xususiy sherikchilik asosida barpo etish huquqi berilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda davlat xizmatlarini ko‘rsatish amaliyotini tanqidiy va chuqur o‘rganish, aholi orasida so‘rovlar o‘tkazish orqali sifatiga nisbatan norozilik kelib chiqayotgan davlat xizmatlarini aniqlagan va ularni takomillashtirish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rgan holda har chorakda talab yuqori bo‘lgan davlat xizmatlarini baholab borsin.
6. Belgilab qo‘yilsinki:
2019-yil 1-yanvardan boshlab elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish doirasida idoralararo elektron hamkorlik amalga oshirilayotganda jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami hamda ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr raqamidan foydalanish majburiy hisoblanadi;
2018-yil 1-iyulgacha O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi “Yangi texnologiyalar” ilmiy-axborot markazi” DUKning elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlari ushbu qarorning ilovasida ko‘rsatilgan davlat xizmatlari markazlari tomonidan fuqarolarga bepul beriladi;
Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator, uning pudratchi (subpudratchi) tashkilotlari axborot tizimlarini, resurslari, ma’lumot bazalari, dasturiy ta’minot mahsulotlarini ishlab chiqish, shuningdek, Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va davlat xizmatlari markazlarini zarur apparat-dasturiy komplekslari bilan jihozlash ishlarini texnik va loyiha hujjatlarini O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi “Loyiha va import shartnomalarini kompleks ekspertizadan o‘tkazish markazi” DUKda tezlashtirilgan tartibda kelishgandan so‘ng amalga oshiradi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda keyinchalik “Elektron hukumat” tizimi bilan integratsiya qilish maqsadida uch oy muddatda o‘zlarining axborot tizimlaridagi fuqarolar shaxsiy ma’lumotlari to‘g‘risidagi axborotlarni yangilashni ta’minlasin.
9. Davyergeodezkadastr:
tegishli aholi punktlari, ko‘chalar, tor ko‘chalar va boshqalarga unikal kodlar bergan holda ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirishni va yuritishni ta’minlasin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ko‘chmas mulk obyektlarining manzillari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki Adliya vazirligi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2019-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun boj, yig‘im va boshqa to‘lovlarni onlayn tarzda amalga oshirish mexanizmini joriy etishni ta’minlasin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
2019-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda barcha davlat xizmatlari markazlari optik tolali aloqa liniyalariga ulanishini ta’minlasin;
2018-yil 1-sentabrgacha bo‘lgan muddatda telefon orqali kelib tushadigan murojaatlarni saqlash imkoniyatini yaratgan holda qo‘ng‘iroqlarni qayta ishlash tizimini yaratsin va amalga kiritsin;
Agentlik bilan birgalikda 2018-yil 1-dekabrga qadar talab yuqori bo‘lgan elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun ixtisoslashgan mobil ilovaning ishlab chiqilishi va joriy etilishini ta’minlasin;
Agentlik bilan birgalikda 2019-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda axborot tizimlarini, resurslari, ma’lumot bazalari, dasturiy ta’minot mahsulotlarini ishlab chiqish, shuningdek, Agentlik, uning hududiy boshqarmalari va davlat xizmatlari markazlarini zarur apparat-dasturiy komplekslari bilan jihozlashni ta’minlasin;
davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birga ularning axborot va telekommunikatsiya tizimlari, ma’lumotlar bazalari, server va boshqa jihozlarini xatlovdan o‘tkazib, “Elektron hukumat” tizimi va Agentlikning axborot tizimlariga integratsiya qilsin, shuningdek, idoralararo elektron hamkorlikni joriy etsin.
Mazkur bandda ko‘rsatilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish manbasi etib Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish fondi mablag‘lari va davlat organlarining budjetdan tashqari mablag‘lari belgilansin.
12. Davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar quyidagilarni ta’minlasin:
davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan, qog‘oz shaklda saqlanayotgan ma’lumotlarni, elektron ma’lumotlar bazalarini shakllantirish va idoralararo elektron hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni nazarda tutgan holda, bosqichma-bosqich raqamli ko‘rinishga keltirish;
ortiqcha tartibotlarni yo‘qotish va byurokratik unsurlarni kamaytirishni nazarda tutgan holda ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarini maqbullashtirish, natijalarga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Adliya vazirligi bilan kelishgan holda ularni elektron shaklga o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejalari ishlab chiqish;
o‘zlarining idoraviy axborot tizimlari va resurslarini “Elektron hukumat” va Agentlik axborot tizimlari bilan integratsiya qilish.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda chora-tadbirlarning qisqa muddatlarda ijro etilishini nazarda tutgan holda mazkur band ijrosini ta’minlash bo‘yicha qaror qabul qilsin.
13. Vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlariga moddiy-texnik vositalarni o‘z vaqtida xarid qilish, “Elektron hukumat” va Adliya vazirligi tizimlariga integratsiya qilish imkoniyatini hisobga olgan holda axborot tizimlari, resurslari va ma’lumotlar bazalarini yaratish va takomillashtirish, davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida davlat xizmatlarini o‘z vaqtida va sifatli yo‘lga qo‘yish uchun shaxsiy javobgarlik yuklatilsin.
Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan birgalikda har chorak yakuniga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga davlat xizmatlarini yo‘lga qo‘yish va ularni elektron shaklga o‘tkazishda mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘yayotgan aniq shaxslarni ko‘rsatgan holda mazkur qarorning amalga oshirilishi bo‘yicha ma’lumot kiritib borsin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2018-yilning 1-iyuniga qadar Agentlikning asoslantirilgan so‘rovlari bo‘yicha xalqaro moliya institutlarining grantlarini jalb qilgan holda davlat xizmatlari markazlarini zarur asbob-uskuna va jihozlar bilan ta’minlash loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha aniq takliflar kiritsin.
Agentlik 2018-yilning 1-mayiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasiga davlat xizmatlari markazlarini zarur asbob-uskuna va jihozlar bilan ta’minlash loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha asoslantirilgan takliflar kiritsin.
181. Multimedia markazining zamonaviy telestudiyasini tashkil etish uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kiriladigan televizion uskunalar jamlanmasi, uchuvchisiz uchish apparatlari, kompyuter texnikasi, dasturiy ta’minot va boshqa texnika vositalari bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari) ozod etilsin.
20. Davlat xizmatlari markazlari va boshqa tashkilotlar mutaxassislarini jalb etgan holda 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab barcha o‘rta va kasb-hunar ta’lim muassasalarining oxirgi kursida (sinfida) yoshlarning zarur bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan “Davlat xizmatlaridan foydalanish madaniyati” mavzusida o‘quv seminarlari va ochiq darslarni o‘tkazish amaliyoti joriy etilsin.
Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi Agentlik va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda o‘quv seminarlari va ochiq darslarni tashkil etish dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
21. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Yuristlar malakasini oshirish markazida ikki oy muddatda yuzaga keladigan nizoli masalalarni hal qilish, katta ish hajmiga ruhiy tayyorgarlik, muomala hamda davlat xizmatini ko‘rsatish madaniyatini oshirishga qaratilgan o‘quv kurslarini tashkil etish hamda doimiy ravishda davlat xizmatlari markazlari rahbar va boshqa xodimlari o‘qishini ta’minlasin;
davlat xizmatlari markazlari xodimlarining Yuristlar malakasini oshirish markazida o‘z vaqtida va to‘liq o‘qishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatsin.
22. Agentlik bir oy muddatda davlat xizmatlari markazlari xodimlari tomonidan fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali xizmatlardan foydalanishning qulayligi va ustunligini, jumladan, aholiga mazkur tartibni chuqur o‘rgatish orqali ularning Internet tarmog‘idan murojaat qilishini rag‘batlantirish amaliyotini joriy etsin.
23. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining davlat xizmatlari markazlari orqali davlat xizmatlarini samarali joriy etganligi uchun davlat organlarining mas’ul rahbarlari va xodimlarini har chorak yakuni bo‘yicha Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 3,52 baravarida rag‘batlantirish mexanizmini joriy etish haqidagi taklifi ma’qullansin.
24. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
25. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T.A. Xudaybergenov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov va O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov zimmasiga yuklansin. | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Fayzli: FDG kompaniyasidan yangi turar joy majmuasi
FDG developerlik kompaniyasi Aviasozlar saroyining oldida yangi Fayzli turar joy qurilishini boshlamoqda va o‘zining qulay va ergonomik yechimlari bilan sizni tanishtiradi.
FDG kompaniyasi Yashnabod tumanida Qorasuv ko‘chasi bo‘ylab, Aviasozlar saroyining yonida joylashgan Fayzli turar joyini taqdim etadi. Bu shinam uy joyda doimo bolalarning beg‘ubor kulgisi eshitiladi, ota-onangiz sog‘-salomat umr kechiradi va sizni doimo issiq va to‘yimli taomlar to‘la dasturxon kutadi. Fayzli turar joy majmuasi – bu biz sevgan Toshkentning shunchaki yangi qurilgan binosi emas.
Bu joyni siz g‘urur, mehr va muhabbat tuyg‘usi bilan o‘z ona uyingiz deb atashingiz mumkin bo‘ladi va uning afzalliklari qatoriga quyidagilar kiradi:
Bir oz vaqt oldin Fayzli turar joydan uzoq bo‘lmagan masofada metropoliten yerusti tarmog‘ining yangi bekati – “Ohangaron” ochilgan bo‘lib, ungacha piyoda atigi 12 daqiqada yetib borish mumkin. Uyning oldida dorixonalar, do‘konlar, banklar va har jihatdan qulay hayot kechirish uchun zarur bo‘lgan shahar infratuzilmasining qolgan obyektlari mavjud.
FDG kompaniyasi Parkent Plaza va Riverside turar joy majmualarini ishlab chiqishdagi orttirilgan nihoyatda katta tajribani inobatga olgan holda, Fayzli TJM uchun qulay va keng planirovka yechimlarini yaratdi:
Har bir xonadon alohida balkon va keng yo‘lak bilan ta‘minlangan. Xonalar shunday tarzda joylashganki, bu yerda yashaydigan insonlarning har biri qulaylikni his etishi aniq. Planirovka borasida yechimlar shkaflarni o‘rnatish va buyumlarni saqlash uchun joylarni ko‘zda tutadi.
Xonadonlarni sotish jarayonini boshlashda FDG kompaniyasi birinchi mijozlarga ularni xarid qilishda yanada foydali shartlarni taqdim etishga tayyor. Arizani ushbu telefon bo‘yicha qoldirishingiz mumkin: 78 150 55 11
Aynan shinam hayot uchun yaratilgan Fayzli uyga hush kelibsiz!
Aloqa uchun ma’lumotlar:
Sayt: fayzlihome.uz
Telegram: t.me/fdguz
Instagram: @fdg_uz
Facebook: fb.com/firstdevelopmentgroup | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Britni Spirs, Mariya Sharapova va 35 yoshdan keyin ona bo‘lishga qaror qilgan boshqa mashhur ayollar (foto)
Hozirgi kunda yulduzlar tanqidlardan qo‘rqmaydi va 35 yoshdan keyin ham farzand ko‘rish haqida qaror qabul qiladi. Cosmopolitan nashri ushbu maqolada aynan shunday homilador mashhur onalarni sanab o‘tdi.
Mariya Sharapova, 35 yosh
Rossiyalik tennischi Mariya Sharapova 35 yoshga to‘lgan kuni homiladorligini e’lon qildi. Sportchi va uning turmush o‘rtog‘i britaniyalik biznesmen Aleksandr Gilks uchun tug‘ilajak chaqaloq birinchisi.
Hilariya Bolduin, 38 yosh
Alek va Hilariya Bolduin har doim katta oilani orzu qilgan va ular bu borada omadli. Er-xotin hozirda olti farzandni tarbiyalamoqda, qahramon ona esa yettinchi farzandini ham dunyoga keltirishga tayyor! 2019-yilda homilasidan ayrilganidan so‘ng Hilariya juda ehtiyotkor bo‘lib qolgan. U hatto chaqaloqning yurak urishini nazorat qilish uchun maxsus qurilma sotib oldi.
Britni Spirs, 40 yosh
Britni — taqdiriga butun dunyo achingan mashhur xonanda. Vasiylik tugashi bilan xonandaning hayoti tubdan o‘zgardi: u Sem Asgari bilan, mish-mishlarga ko‘ra, allaqachon turmush qurishga muvaffaq bo‘lgan va ular farzand ham kutmoqda. Spirs uchun chaqaloq uchinchisi, Sem uchun esa birinchi farzand hisoblanadi.
Adriana Lima, 40 yosh
Supermodel uchinchi farzandini kutmoqda. Yaqinda bo‘lib o‘tgan jinsini aniqlash marosimida Adriana o‘g‘il farzandli bo‘lishi ma’lum bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, u allaqachon Mark Yarich bilan birgalikda ikki qizni tarbiyalamoqda.
Milla Yovovich, 46 yosh
Milla Yovovich to‘rtinchi bor homiladorligini e’lon qilmaslikka harakat qildi. Ammo kundan kunga kattalashayotgan qorinni yashirishning iloji bo‘lmadi. 46 yoshli aktrisa ajoyib ko‘rinishda, hatto ancha yosh ham ko‘rinadi. Shuning uchun u 50 yoshida yana ona bo‘lishga qaror qilsa ham, ajablanmaymiz! | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
SSV: Bahordan O`zbekiston tibbiyot xodimlarining Fransiyada malaka oshirish amaliyoti boshlanadi
Fransiya — tibbiyot sohasida ham dunyoning peshqadam mamlakatlaridan biri. Shu sababli bu erga diagnostika, terapevtik muolajalar va murakkab jarrohlik amaliyotlari uchun ko`plab davlatlardan bemorlar kelishadi.
Yana bir e`tiborli jihati, Fransiya aholisi o`rtasida yurak-qon tomir kasalliklaridan o`lim ko`rsatkichlari past darajada. Bularning barchasi tibbiyot sohasida ushbu mamlakat bilan hamkorlik qilish va tajriba almashish qanchalik muhimligini anglatadi.
Bugun Sog`liqni saqlash vazirligida Fransiyaning yurtimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Oreliya Bushez xonim bilan o`tkazilgan muloqotda ayni shu masalalar muhokama etildi.
Uchrashuv avvalida elchiga pandemiya davrida Fransiya davlati tomonidan ko`rsatilgan amaliy yordam, jumladan, kornavirusga qarshi vaksinalar berilgani uchun alohida minnatdorlik bildirildi.
O`z navbatida, Oreliya Bushez xonim Fransiya sog`liqni saqlash tizimi boshqaruvida alohida o`rin tutuvchi “AP-HP” — Fransiyaning davlat tibbiyot muassasalari assosiasiyasi faoliyati haqida to`xtalib, ushbu tuzilma bilan hamkorlik aloqalarini yo`lga qo`yishni taklif qildi.
Ta`kidlanganidek, “AP-HP” nafaqat Evropa, balki butun dunyodagi eng yirik shifoxonalar tizimidir. U tibbiyotning 52 yo`nalishi bo`yicha innovasion echimlar asosida faoliyat olib boradi. Assosiasiyaga qarashli 44 ta shifoxonada 90 mingdan ziyod xodim yiliga 5,8 million nafardan ortiq bemorga xizmat ko`rsatadi.
Muloqot chog`ida ushbu assosiasiya bilan O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligi o`rtasida anglashuv Memorandumini imzolashga kelishildi. Bu esa tibbiy sug`urta, davolash muassasalarini modernizasiyalash, talabalarni o`qitish, pediatriya, akusherlik-ginekologiya, gematologiya, onkologiya, oftalmalogiya, shoshilinch va tez tibbiy yordam xizmati kabi qator yo`nalishlarda o`zaro hamkorlik aloqalarini kengaytirishga xizmat qilishi qayd etildi.
Qolaversa, sog`liqni saqlash sohasida boshqaruv menejmenti tamoyillarini joriy qilish, farmasevtika sanoatini rivojlantirish va bu sohaga investisiyalar kiritish, kadrlar malakasini oshirish, sanitariya xavfsizligi sohalarida ham Fransiya tajribasini o`rganish va ommalashtirishga ehtiyoj yuqori.
Yana bir yangilik: shu yilning bahoridan O`zbekistondagi tibbiy laboratoriyalar xodimlarining Fransiya hukumati ko`magida ushbu davlatda malaka oshirishiga kelishildi.
Bundan tashqari, muloqotda nafaqat Fransiya, balki jahon aviasozlik sanoatida etakchi mavqega ega bo`lgan “Airbus” kompaniyasining vertolyotlaridan kelgusida mamlakatimiz shoshilinch tibbiy yordam xizmatida foydalanish masalasi yuzasidan ham fikr almashildi. | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false |
O`zbekistonda ilk “Loko Sup” bolalar futbol festivali bo`lib o`tadi
“Lokomotiv” futbol klubi 20 dekabr sanasida “Loko Sup” ilk bolalar futbol festivalini tashkil etmoqda. Bu haqja "temiryo`lchilar" matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shu paytga qadar “Lokomotiv” futbol maktabi tarbiyalanuvchilari dunyoning turli mintaqalarida o`tkazilayotgan festival hamda turnirlarda ishtirok etib kelishayotgan edi. Endilikda klubning o`zi ham yosh futbolchilar uchun mana shunday futbol festivali tashkil etishni yo`lga qo`yadi.
Ilk “Loko Cup” festivali esa shu yilning 20 dekabrida poytaxtimizda o`tkaziladi. Uchrashuvlarning barchasi soat 14:00dan 18:00ga qadar Toshkent Axborot Texnologiyalari universiteti sport saroyida bo`lib o`tadi.
Unda “Lokomotiv” futbol klubining Toshkent shaxri, Surxondaryo viloyati va Namangan viloyatida joylashgan jamoalari,Toshkent shaxridan “Spartak” klubining 2009-2010 yillarda tug`ilgan yoshlardan iborat jamoalari va “Lokomotiv” futbol maktabi qoshidagi 2011-2012 yillarda tug`ilgan “Loko Junior”, “Loko Kids”, “Chempionchik” ham ishtirok etishi ko`zda tutilgan. | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
19 oktabr kuni Toshkent-Navoiy yo‘nalishidagi yo‘lovchi samolyot shoshilinch ravishda ortga qaytishga majbur bo‘ldi
19 oktabr kuni Toshkent aeroportidan Navoiyga reysni amalga oshirishi kerak bo‘lgan IL-114 samolyoti zudlik bilan yana Toshkentga qaytib qo‘ndi. Bu haqda samolyot bortida bo‘lgan yo‘lovchilardan biri ma'lum qilgan.
Manbaning bildirishicha, Toshkent-Navoiy yo‘nalishidagi HU-1347 reysidagi samolyot belgilangan vaqtdan bir soat o‘tib havoga ko‘tarilgan. Bu holat yo‘lovchilarga ob-havoning noqulayligi bilan izohlangan.
Yo‘lovchilar o‘z joylarini egallab, samolyot havoga ko‘tarilgach, 1 soatga yaqin vaqt davomida aeroport osmonida aylanib uchgan. Buning izohi aytilmagan. Yakunda parvoz bekor qilinib, samolyot yana Toshkent aeroportiga kelib qo‘ngan.
Yo‘lovchilarga ushbu holat texnik nosozlik tufayli yuzaga kelgani aytilgan. Yo‘lovchilar va ekipaj a'zolariga hech qanday zarar yetmagan.
Samolyotni yerda yong‘in xavfsizligi, favqulodda vaziyatlar, tez tibbiy yordam xizmati xodimlari kutib olgan.
Sayt tahririyati bu vaziyat yuzasidan “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi Axborot xizmati bilan bog‘landi. Kompaniya vakilining aniqlik kiritilishicha, ertalabki soat 11:20da reys kechiktirilgan. Bunga noqulay ob-havo sharoiti, xususan, tuman tushgani sabab bo‘lgan. Soat 14:22da esa yo‘lovchilar o‘sha samolyot orqali Navoiyga uchgan, kechikish vaqti - 3 soat.
Manbaning ta'kidlashicha, samolyotda hech qanday nosozlik aniqlanmagan. Samolyotlar parvozga chiqishidan avval, jiddiy tekshiruvlardan o‘tkaziladi, noqulay ob-havo tufayli reyslarning qoldirilishi esa oddiy holdir.
Parvozi kechiktirilgan samolyot 15:50da Navoiy aeroportiga yetib borib, 18:00da qaytish reysini amalga oshirgan. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Surxondaryoda terrorchilikda ayblanayotgan 20 nafar shaxs qidiruvga berildi
Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi xalqaro ekstremistik guruhlar faoliyatiga qo`shilib, insonlar xavfsizligiga raxna solayotgan shaxslarga nisbatan qidiruv e`lon qildi. Bu haqda viloyat IIB tarqatgan materialga asoslanib Qalampir.uz xabar bermoqda.
Unda, quyidagi shaxslarni ko`rgan va bilganlardan zudlik bilan viloyat Ichki ishlar boshqarmasiga va 102 qisqa raqamlariga xabar berish so`ralgan: | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | true | false |
Jizzaxda haydovchi o‘zini to‘xtatgan YPX xodimini do‘pposladi (video)
Jizzax viloyatida yo‘l patrul xizmati inspektori va haydovchi o‘rtasida nizo kelib chiqdi, deb xabar berdi Repost.
Qayd etilishicha, haydovchi YPX xodimining o‘zini to‘xtatganidan norozi bo‘lib, uni do‘pposlab ketgan.
Hozirda ushbu hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda, deyiladi xabarda. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Yangi BMW X4 ning ilk fotosuratlari paydo bo‘ldi
Instagram’da keyingi avlod BMW X4 krossoverining ilk fotosuratlari paydo bo‘ldi. Ko‘zga tashlanadigan eng yorqin o‘zgarishlardan biri radiator panjarasi hamda yangi ingichka orqa chiroqlardir, deb yozadi Motor nashri.
Mashina CLAR modul platformasiga o‘tkazilib, ancha yengillashadi. U to‘rt silindrli, 184 va 252 ot kuchiga ega benzinli motor, shuningdek, olti silindrli M40i modifikatsiyasiga ega bo‘lishi mumkin.
Dizel agregatlari qatoriga to‘rt silindrli, 190 ot kuchiga ega hamda olti silindrli, 265 ot kuchiga ega motorlar kiradi.
Bundan tashqari, X3 krossoverida integratsiyalashgan displeyli kalit paydo bo‘ldi. | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | true |
Afg‘oniston harbiylari “Tolibon” jangarilarining Hilmand markaziga hujumini qaytardi
Afg‘oniston harbiylari va politsiyachilari “Tolibon” guruhining Hilmand viloyati markazi — Lashkargoh shahriga uyushtirgan keng miqyosli hujumini qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda, EFE agentligiga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
“Qo‘shimcha kuchlar yetib kelganidan so‘ng biz toliblarning Hilmanddagi hamlasini ushlab qolishga erishdik. Ayniqsa Lashkargoh va unga yaqin tumanlarda muvaffaqiyatga erishdik”, — dedi agentlikka bergan izohida viloyatdagi harbiy qismlardan birining vakili Rasul Zazay.
Uning so‘zlariga qaraganda, harbiylar Lashkargohni Qandahor bilan bog‘laydigan yo‘lda avtotransport harakatini qaytadan yo‘lga qo‘yishga urinmoqda.
“Biz bu zonani nazorat ostiga oldik. Ammo asosiy muammoimiz minalar bilan bog‘liq. Minasizlashtirishga vaqt kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, yo‘lga jiddiy zarar yetkazildi”, — ma’lum qildi Zazay. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Messining qo‘li sindi. Leo 11 yil ichida ilk marta “El-Klasiko”ni o‘tkazib yuboradi
“Barselona” hujumchisi Lionel Messi Ispaniya La Ligasi 9-turi doirasidagi “Sevilya”ga qarshi o‘yinda qo‘lini sindirib oldi.
O‘yinning 18-daqiqasida Messi raqibi Franko Vaskes bilan to‘qnashuvdan so‘ng beo‘xshov yiqilib, shundan so‘ng almashtirildi — bungacha u bitta gol urib, yana bitta golga hammualliflik qilib ulgurgandi.
Tekshiruvlar natijasiga ko‘ra Messining o‘ng qo‘l bilak suyagi singani aniqlandi. “Barselona” futbol klubi bayonotiga ko‘ra, futbolchining qayta tiklanib, safga to‘liq qaytishi uchun uch hafta vaqt kerak bo‘ladi.
Ispaniya chempionatining keyingi turida, 28-oktabr kuni “Barselona” azaliy raqibi — Madridning “Real” klubiga qarshi o‘ynaydi. Messi so‘nggi 11 yildan beri “Real”ga qarshi o‘yinlarni biror marta o‘tkazib yubormagandi. | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
TOVAR BELGISI VA XIZMAT KO‘RSATISh BELGISINI RO‘YXATDAN O‘TKAZISh UChUN TALABNOMA TUZISh, TOPShIRISh VA KO‘RIB ChIQISh QOIDALARIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-iyundagi 166-son “O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 22-23-son, 236-modda) ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2009-yil 24-iyundagi 72-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1988, 2009-yil 29-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-yil, 30-31-son, 353-modda) bilan tasdiqlangan Tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish qoidalariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Ushbu buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
1. 1-bandning uchinchi xatboshisidagi “Patent idorasi — O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi” degan so‘zlar “Agentlik — O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. 10 va 11-bandlardagi, 12-bandning uchinchi xatboshisidagi, 18-bandning birinchi xatboshisidagi, 36 va 42-bandlardagi, 51-bandning ikkinchi xatboshisidagi, 54-bandning birinchi xatboshisidagi, 75-bandning birinchi xatboshisidagi, 79-bandning birinchi xatboshisidagi, 97-bandning birinchi xatboshisidagi, 98-bandning “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisi va “v” kichik bandidagi, 99-bandning “b” va “v” kichik bandlaridagi, 101-banddagi va 133-bandning birinchi xatboshisidagi “Patent idorasiga” degan so‘zlar “Agentlikka” degan so‘z bilan almashtirilsin.
3. 15-bandning ikkinchi xatboshisidagi, 19 va 37-bandlardagi, 40-bandning ikkinchi xatboshisidagi va 57-bandning birinchi xatboshisidagi “Patent idorasida” degan so‘zlar “Agentlikka” degan so‘z bilan almashtirilsin.
4. 3-bobning nomidagi, 38-bandning ikkinchi xatboshisidagi, 3-bobning 2-paragrafi nomidagi, 44 va 52-bandlardagi, 88-bandning ikkinchi xatboshisi va 96-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Patent idorasi” degan so‘zlar “Agentlik” degan so‘z bilan almashtirilsin.
5. 41-banddagi, 58-bandning ikkinchi xatboshisidagi, 78 va 119-bandlardagi va 120-bandning birinchi xatboshisidagi “Patent idorasining” degan so‘zlar “Agentlikning” degan so‘z bilan almashtirilsin.
6. 48-banddagi “Patent idorasiga” va “Patent idorasining” degan so‘zlar tegishli ravishda “Agentlikka” va “Agentlikning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
7. 59-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Patent idorasi” va “Patent idorasining” degan so‘zlar tegishli ravishda “Agentlik” va “Agentlikning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
8. 1—5 ilovalardagi “UzR DPI” qisqartmasi va “O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi 100047, Toshkent shahri, To‘ytepa ko‘chasi, 2a uy Tel.: (99871) 232-00-13, 232-00-15 Faks: (99871) 233-45-56 E-mail: [email protected]” degan so‘zlar tegishli ravishda “O‘R IMA” qisqartmasi bilan va “O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi, 100000, Toshkent shahri, Mustaqillik xiyoboni, 59-uy, Tel.: (99871) 232-00-13, Faks: (99871) 233-45-56 E-mail: [email protected]” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Rossiyada itlarning hujumi oqibatida 61 yoshli ayol halok bo‘ldi
Rossiyaning Magadan shahrida, taxminlarga ko‘ra, itlarning hujumi oqibatida ayolning halok bo‘lishi yuzasidan tergov ishi boshlandi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“2016-yilning 22-noyabr kuni Magadan shahridagi uylardan birida zo‘ravonlik alomatlari bilan halok bo‘lgan ayolning jasadi topilgani haqida politsiya navbatchi qismiga xabar kelib tushdi. 1955-yili tavallud topgan magadanlik ayolning jasadini tekshirish vaqtida tanasida itlarning hujumiga xos yirtiq yaralar aniqlandi. Taxminlarga ko‘ra, ayol itlarning hujumi oqibatida vafot etgan”, – deyiladi xabarda.
Magadan bo‘yicha Tergov bo‘limi surishtiruv oldidan tekshiruv ishlarini boshlab yubordi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ayol 21-noyabr kuni kechga yaqin uyga qaytayotgan edi. U yashaydigan uy oldida bitta it yoki itlar to‘dasi ayolga hujum qilgan. Itlarning tishlashi oqibatida ayol o‘z uyida jon berdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Ashxobodda O‘zbekiston madaniyati kunlari bo‘lib o‘tmoqda (foto)
Turkmanistonning Ashxobod shahrida O‘zbekiston madaniyat kunlari bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar beradi Madaniyat vazirligi axborot xizmati.
Madaniyat kunlari davomida qator tadbirlar o‘tkazilmoqda. Xususan, Turkmaniston davlat kutubxonasida ikki davlat ziyolilari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda ziyolilar tomonidan bugungi kunda adabiy, madaniy tadbirlarga imkon yaratib berganligi uchun ikki davlat rahbarlariga chuqur minnatdorchilik bildirildi. Shuningdek, xalqlarni yaqinlashtirishda adabiyotning o‘rni alohida ekanligi ta’kidlandi, ikki mamlakat ijodkorlari faol bo‘lishi zarurligi e’tirof etildi.
O‘zbekistonda nashr qilinadigan “Jahon adabiyoti” jurnali va “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi Turkmanistonda nashr qilinadigan “Dunyo adabiyoti” jurnali, “Turkmaniston madaniyati” gazetasi bilan hamkorlik qilish taklifini berdi.
Shuningdek, “Vatan” kinokonsert saroyida o‘zbekistonlik san’atkorlar ishtirokida konsert dasturi taqdim etildi. | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Bretanga safar chog‘ida Marin Le Penga tuxum otildi
Fransiya prezidentligiga nomzod Marin Le Pen Bretan o‘lkasiga safar uyushtirganida unga qarshi bo‘lgan fuqarolar siyosatchiga tuxum otdi. Bu haqda, BFMTV’ga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Ushbu mintaqada Le Pen bir qancha saylovoldi tadbirlarini o‘tkazishni rejalashtirgan edi. U Dol-de-Bretan shaharchasiga kelganida uning kortejini olomon kutib olib, Le Pen hamda uning qo‘riqchilarini o‘rab oldi. Namoyishchilar “Fashistlar, yo‘qoling” va “Sizning bu yerda qiladigan ishingiz yo‘q” kabi qichqiriqlar bilan ularni tuxumlardan o‘qqa tutdi.
Voqea aks etgan video BFMTV tomonidan e’lon qilindi. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Maduro Venesuela tarixidagi eng yirik harbiy mashg‘ulotlarga start berdi
Venesuela prezidenti Nikolas Maduro 10 fevral kunduzi mamlakat tarixidagi eng yirik fuqarolik-harbiy mashg‘ulotlari – “Angosturaning ikki yuz yilligi 2019”ga start berdi. Unda qurolli kuchlardan tashqari, xalq qo‘shinlari ham ishtirok etadi.
Mashg‘ulotlar oldidan Maduro poytaxt Karakas yaqinidagi Miranda shtatiga kelib, harbiy texnika namunalari bilan tanishdi.
Mashg‘ulotlar 10 fevraldan 15 fevralgacha o‘tadi. Maduro o‘z nutqida ta'kidlaganidek, bu mashg‘ulotlar mamlakatning 200 yillik tarixidagi eng yirigi bo‘ladi.
Mashg‘ulotlar 1819 yil 15 fevralda Simon Bolivar tashabbusi bilan Venesuelaning ispan hukmronligidan ozod qilingan viloyatlari poytaxti bo‘lgan Angosturada chaqirtirilgan kongressning 200 yilligiga bag‘ishlangan. O‘shanda kongress Venesuelaning mustaqilligini e'lon qilib, Bolivarni vaqtinchalik prezident etib tayinlagan.
Maduro ikkinchi prezidentlik muddatiga kirishish vaqtida mamlakat harbiy qudratini oshirish bilan shug‘ullanishini ta'kidlab o‘tgandi. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Bog‘cha yoshidagi 2,7 mln bolaning qariyb 61 foizi maktabgacha ta’lim bilan qamrab olingan
Maktabgacha ta’lim vazirligi axborot xizmati 2017−2020-yillardagi maktabgacha ta’lim tizimi faoliyatiga oid statistik ma’lumotlarni e’lon qildi.
Unga muvofiq, respublikada 2020-yil yakuniga ko‘ra, jami 18 254 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyat yuritib kelmoqda. Shundan, 6 197 tasi — davlat tashkiloti, 10 244 tasi — oilaviy shakldagi bog‘cha, yana 788 tasi — davlat-xususiy sherikchiligi asosida faoliyat yuritsa, qolgan 1 025 tasi — xususiy hisoblanadi.
Jami 2,7 mln bog‘cha yoshidagi boladan — 1 699 566 nafari (60,9 foiz) maktabgacha ta’lim bilan qamrab olingan. Ushbu ko‘rsatkich 2017-yilda — 708 247 nafar (27,7 foiz), 2018-yilda — 932 310 nafar (37,7 foiz), 2019-yilda — 1 413 290 nafarni (52,3 foizni) tashkil etgan.
Bolalar bilan davlat va nodavlat tashkilotlarda umumiy hisobda — 116 996 nafar tarbiyachi, shundan 36 990 nafari (31,6 foiz) oliy ma’lumotli va 80 006 nafari (68,4 foiz) o‘rta maxsus ma’lumotli pedagog shug‘ullanadi.
Ma’lumot o‘rnida, davlat rahbari 29-dekabrdagi parlamentga yo‘llagan murojaatnoma sida bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi 4 yil davomida 2 barobar ortgani, bog‘chalar soni esa 3 barobarga ko‘payganini ma’lum qilgan edi.
Bundan tashqari, prezident 2021-yil yakunida maktabgacha ta’lim qamrovini 65 foizga, 2023-yilda esa 75 foizga yetkazish lozimligini aytgan edi. Byudjetdan 600 mlrd so‘m subsidiya berish hisobidan qo‘shimcha 2 mingta nodavlat bog‘cha tashkil etilishi va xususiy sektor ulushi 25 foizga yetkazilishi ta’kidlangandi.
2021-yilda maktabga tayyorlashning bepul tizimi bilan 560 ming nafar 6 yoshli bolalar (ularning 82 foizi) qamrab olinishi kutilmoqda. Qolaversa, UNICEF va Jahon banki hamkorligida imkoniyati cheklangan bolalar uchun maktabgacha ta’limni uyda berish modeli ham yo‘lga qo‘yilishi ma’lum qilingan. | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false |
Liviyadagi urush sababli butun jahonda neft narxi oshib ketishi mumkinligi ma'lum qilindi
Liviya milliy neft korporatsiyasi rahbari Mustafo Sanalla mamlakatdagi nizoning kuchayishi sababli neft va gaz qazib olish to‘xtatilishi mumkinligini bildirdi. Bu esa ularning jahon bozoridagi narxlariga darhol ta'sir ko‘rsatadi, deb yozadi Financial Times.
Uning fikricha, mamlakat energetika sohasi 2011 yilda fuqarolar urushi boshlanganidan buyon eng jiddiy xavf ostida qolgan. Agar tez orada vaziyatga yechim topilmasa, bu kompaniya faoliyatiga ta'sir ko‘rsatadi, dedi Sanalla.
U to‘qnashuvlar to‘xtamaydigan bo‘lsa, tez orada neft yoki gaz qazib olishning iloji bo‘lmaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu butun jahonda neft narxi oshib ketishiga olib keladi.
4 aprel kuni Liviya milliy armiyasi qo‘mondoni, feldmarshal Xalifa Haftar mamlakatda hokimiyatni o‘z qo‘liga olishga qaror qildi va «terrorchilardan ozod qilish» maqsadida armiyasi bilan poytaxt Tripoliga yurish boshladi.
Fuqarolar urushi va 2011 yilda prezident Muammar Qazzofiy o‘ldirilganidan keyin Liviyada hech bir tomon hokimiyatni markazlashtira olmadi. 2011 yilning oktyabrida Qazzofiyning muxoliflari o‘tish davri milliy kengashi tashkil qilishgandi. 2012 yilning avgustida hokimiyat ovoz berish yakunlariga ko‘ra saylangan Umummilliy kongressga topshirildi. 2014 yil yozida esa Umummilliy kongress o‘rniga Vakillar palatasi hokimiyatga keldi. Parlament a'zolari qurolli guruhlar nazoratida bo‘lgan Tripolini tark etishdi va mamlakat shimoli-sharqida joylashgan Tobrukka borib joylashdi. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Penaltilar Superligasi. Joriy mavsumda 19-marta penalti belgilandi
Superliga 7-turining ochilish o‘yinida «Paxtakor» o‘z maydonida «Metallurg»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Chempionat yetakchisining gollaridan birini Dragan Cheran penaltidan urdi. Hakam Jaloliddin Masharipovga qarshi qo‘pollik uchun «Metallurg» darvozasiga penalti belgiladi.
Cheran Superliganing joriy mavsumida belgilangan 19-penaltini golga aylantirdi. Bu har turida o‘rtacha 3 tadan penalti belgilanmoqda degani. «Navbahor» - «Bunyodkor» o‘yini bu borada eng sermahsul bo‘lib turibdi. O‘sha o‘yinda hakam 4 ta penalti belgilagandi.
19 ta penaltidan 17 tasi golga aylangan, ikki marta darvozabonlar 11 metrlik standartdan berilgan zarbalarni qaytarishgan. «Dinamo» posboni Botirali Ergashev «Surxon»ga qarshi o‘yinda Sherzod Karimovning, «Bunyodkor» darvozaboni Murod Zuhurov esa «Navbahor» hujumchisi Aleksand Kasyanning penaltidan bergan zarbasini qaytarishga erishdi.
Penalti tepish bo‘yicha «Paxtakor» yetakchilik qilmoqda. Arveladze shogirdlari 4 marta penalti tepib, har safar gol urishdi. «Paxtakor»ning penaltilarini 2 marta Dragan Cheran, 1 martadan Marat Bikmayev va Jaloliddin Masharipov golga aylantirishdi.
«Metallurg» bu borada ikkinchi o‘rinda. Bekobodliklar 3 marta penalti tepishgan. OKMK, «Navbahor», «Bunyodkor», «Qo‘qon-1912» kabi jamoalar 2 martadan, «So‘g‘diyona», «Andijon», «Surxon» va «Lokomotiv» bir martadan penalti tepgan. «Dinamo», «Buxoro», «Nasaf» va «Qizilqum» jamoalari hozircha penalti tepish «bahtiga muyassar bo‘lishmadi». | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Subsets and Splits
No community queries yet
The top public SQL queries from the community will appear here once available.