text
stringlengths 18
64.5k
| Madaniyat
bool 2
classes | O‘zbekiston
bool 2
classes | Qonunchilik
bool 2
classes | Sport
bool 2
classes | Salomatlik
bool 2
classes | Dunyo
bool 2
classes | Jamiyat
bool 2
classes | Foto
bool 2
classes | Ayollar
bool 2
classes | Texnologiya
bool 2
classes | Siyosat
bool 2
classes | Iqtisodiyot
bool 2
classes | Pazandachilik
bool 2
classes | Jinoyat
bool 2
classes | Avto
bool 2
classes |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oliy Majlis deputati Abdurashid Abduqodirov: Ukrainaning o‘zbek avtomobillari bo‘yicha bayonoti javobsiz qolmasligi kerak
Ukraina “UkrAvto” avtomobil ishlab chiqaruvchilarining arizasi asosida O‘zbekistondan yengil avtomobillar importi masalasida tergov-surishtiruv ishlari haqida bayonot berdi. Bu haqda O‘zA ma’lum qildi.
Oliy Majlis deputati Abdurashid Abduqodirovga ko‘ra, avtomobilsozlik sanoatini yanada rivojlanishini ta’minlash bahonasi bilan o‘zbek avtomobillarini olib kirilishiga cheklov o‘rnatish maqsadida Ukraina tomoni avtomobil sanoatiga davlat tomonidan subsidiya ajratilishi masalalarini o‘rganmoqchi.
2018-yilning o‘tgan davri mobaynida o‘zaro tovar aylanmasi jami 335,8 million AQSh dollariga teng bo‘ldi. Jumladan, 274,6 million dollar miqdorida Ukrainadan import qilingan bo‘lsa, O‘zbekistondan eksport qilingan tovarlar hajmi 61,2 million dollarni tashkil etgan. O‘zbekistondan eksport qilingan yengil avtomobillar ulushi yuqoridagi o‘zaro tovar aylanmasiga nisbatan atigi 5,5 foizni, yoki Ukrainada ishlab chiqarilayotgan o‘xshash avtomobillarga nisbatan 1 foizga yaqinni tashkil etayotgan hamda 2017-yilda Ravon modeli sotuvlar bo‘yicha 10-o‘rinni egallaganligiga qaramasdan, Ukraina tomonidan yuqoridagi mazmunda bayonot berilganligi Ukraina xalqiga foydadan ko‘ra ko‘proq zarar keltirishi aniq.
Birgina Ukraina va O‘zbekiston ikki karra erkin savdo zonasida bo‘lib turganligi sababli Ukrainadan import qilingan tovarlarga nisbatan qo‘llanilgan imtiyozlar 60 million AQSh dollaridan ortganligi ham yuqoridagi fikrni tasdiqlaydi.
O‘zbekiston har doim o‘z tashqi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarini uzoqni ko‘zlagan holda, vazmin siyosat asosida amalga oshirib kelmoqda. Biroq O‘zbekiston bir tomonlama manfaatni ko‘zlagan holda qo‘pol ta’sir choralariga nisbatan o‘zining munosib javobini xalqaro munosabatlarda tan olingan prinsiplarga mutlaqo amal qilgan holda javob berishga ham qodir.
Hozirgi vaqtda yuzaga kelgan holatda aynan shunday yo‘l tutilishi zarur. Birinchidan, eng oddiy choralardan biri sifatida Ukrainadan import qilinadigan mahsulotlar hajmini keskin kamaytirish choralarini ko‘rish mumkin. Ukrainadan import qilinayotgan asosiy tovarlar bo‘lgan shakar mahsuloti, dori vositalari, shokolad va konditer, yog‘-moy mahsulotlari, metall trubalar, qog‘oz va karton mahsulotlari, yog‘och va taxta mahsulotlari, neft va neft mahsulotlari, tirik qoramollarini o‘rnini import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarilishini o‘zimizda ko‘paytirish hamda Rossiya kabi strategik hamkor davlatlar o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish orqali ham amalga oshirishi mumkin.
Ikkinchidan, Ukrainaga eksport qilinayotgan tovarlar hajmini boshqa yangi bozorlar izlash orqali kamaytirish yo‘lidan borish ham mumkin. Bunda Ukrainadan import qilinayotgan tovarlar uchun qo‘llanilayotgan imtiyoz va preferensiyalarni boshqa hamkorlarga qo‘llash orqali ular bilan o‘zaro manfaatli tovar aylanmasini oshirilishiga erishish borasida ham keng imkoniyatlar ham bor. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Qariyb ikki yillik ta'qib poyoniga yetdi. Tergovchi oqlandi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi apellyatsiya instansiyasi 2020 yil 14 yanvar kuni Toshkent shahar Chilonzor tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi katta tergovchisi Murodbek Karimovga nisbatan chiqarilgan sud hukmini bekor qildi.
Sud ajrimida quyidagilar bayon etiladi:
«...birinchi instansiya sudi ishni ko‘rishda qonun va Oliy sud Plenumi qarorlari talablariga rioya qilmagan.
...M.Karimovga nisbatan jinoyat ishi Toshkent shahar prokurori yoki unga tenglashtirilgan prokuror tomonidan qo‘zg‘atilishi lozim edi. Lekin unga nisbatan jinoyat ishi 2018 yil 25 aprel kuni ... Chilonzor tumani prokurori tomonidan, ya'ni vakolatsiz shaxs tomonidan qo‘zg‘atilgan.
...Biroq, ish bo‘yicha barcha tergov harakatlari tergov guruhi a'zosi (sud materiallariga ko‘ra, Chilonzor prokuraturasida ish o‘rganuvchi – tahr.) hisoblangan J.Yaxshiboyev tomonidan olib borilgan, ayb e'lon qilingan, shuningdek, ayblov xulosasi ham u tomonidan tuzilib, JPK talablariga rioya qilinmagan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, sudlov hay'ati barcha dastlabki tergov harakatlari vakolatsiz shaxs tomonidan o‘tkazilganligini inobatga olib,
...jinoyat ishida mavjud bo‘lgan barcha dalillarni nomaqbul dalil deb topishni lozim topadi.
M.Karimovning jinoyat ishini tergov qilishga aralashish, ya'ni ishni har tomonlama to‘la va xolisona o‘rganilishiga to‘sqinlik qilish maqsadida surishtiruvchi, tergovchi yoki prokurorga qonunga xilof ravishda ta'sir o‘tkazganligi o‘z tasdig‘ini topmadi.
Ayni vaqtda, M.Karimovni aybli deb topish uchun dastlabki tergov jarayonida to‘plangan dalillar yetarli emas va uning aybini tasdiqlovchi dalilni to‘plash imkoniyati ham mavjud emas.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, apellyatsiya instansiyasi sudlov hay'ati birinchi instansiya sudining hukmini qonuniy va asosli, deb bo‘lmaydi, deb hisoblab, uni bekor qilishni va apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirishni lozim topdi.
«Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Mirobod tuman sudining 2018 yil 2 oktyabrdagi Karimov Murodbekni O‘zR JKning 140-moddasi 3-qismining «a» bandi, 236-moddasi 2-qismi bilan aybli deb topish haqidagi hukmi bekor qilinsin.
Jinoiy hodisa yuz bermaganligi hamda M.Karimovning qilmishida jinoyat alomatlari bo‘lmaganligi sababli O‘zR JPKning 83-moddasi, 2-bandiga asosan reabilitatsiya qilinib, unga nisbatan jinoyat ishi tugatilsin», - deyiladi sud ajrimida.
M. Karimov 2018 yil aprel oyida tahririyatga murojaat qilib, unga va uning oila a'zolariga nisbatan prokuratura va prokuratura huzuridagi departament xodimlari tomonidan turli ta'qiblar bo‘layotgani haqida gapirgandi. Qonun talabiga ko‘ra, ommaviy axborot vositalari harakatdagi jinoyat ishiga oid materiallarni tergovchi va sudning roziligisiz yorita olmasligi vajidan M. Karimov oilasi boshiga tushgan ishlarni kuzatish bilan cheklangan edik.
Tahririyat, M. Karimovga nisbatan jinoyat ishi ochilishiga sabab bo‘lgan boshqa bir jinoiy ish, ya'ni M.Karimovning otasi va ukasiga nisbatan SVOJJDLQK Departamenti Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan maxsus tadbir hamda tergov jarayonlarida yo‘l qo‘yilgan noqonuniy xatti-harakatlar, M. Karimov bilan bog‘liq yuzaki o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi va jinoyat ishlarining boshqa tafsilotlariga doir jurnalistik surishtiruvlarini olib bormoqda. Tafsilotlari bilan tez kunlarda saytimiz orqali tanishasiz.
Tolib Rahmatov | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false |
“Chiroyli qiz, yaxshi qiz Lida” — Natalya Seleznyovaning hayoti qanday kechdi? (foto)
60-yillarda ekranga uzatilgan “I operatsiyasi va Shurikning boshqa sarguzashtlari” filmida rol ijro qilgan Natalya Seleznyovaning aynan mazkur ijrosidan keyin karyera borasida omadi chopgan. Quyida aktrisa hayoti haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Roli sabab mashhurlikka erishgan aktrisa shundan keyin “Ivan Vasilyevich kasbini o‘zgartiradi” va “Bo‘lishi mumkin emas” nomli kinolentalarda suratga tushgan. Biroz muddat Seleznyova ijodida jimlik kuzatilgan. 1980-yilda Polshadagi ish tashlash sabab mashhur loyihalardan voz kechilgan, u orzu qilganidek qiziqarli rollar esa rejissorlar tomonidan taklif qilinmagan. Shundan keyin aktrisa salohiyatini 55 yil davomida Satira teatridagi turli rollari orqali namoyish qilgan.
U nafaqat ishlagan dargohiga, balki shaxsiy munosabatlar borasida ham sodiq ayol. Turmush o‘rtog‘i Vladimir Andreyev bilan 1966-yilda “Xalifa laylak” filmining suratga olish jarayonida tanishib, ikki yil o‘tib turmush qurgan. Turmush o‘rtog‘i 2020-yilda vafot etgan. Vladimir ularning tanishishini bir necha marotaba esga olgan. Unga film rejissori Xramov kelib, malika rolini Seleznyova o‘ynashini aytganida pinagini buzmagan. Rejissor aktyorning Seleznyovani tanimasligini eshitib hayratlangan. Ammo Vladimir rostan ham uni tanimagan chunki “I operatsiyasi va Shurikning boshqa sarguzashtlari”ni ko‘rmagan bo‘lgan. Vladimir “Xayrli tong”, “Inson tug‘ildi”, “Yetuklik attestati” va “Shoh Saltan haqida erkak” kabi filmlarda suratga tushgan.
Aktyor bundan avval turmush qurgan bo‘lgan, lekin birga suratga tushish davomida aktrisa uning aql-hushini o‘g‘irlagan. 22 yashar Natalya ham 37 yoshli Andreyga nisbatan iliqlik his qilgan. Oilali, kamiga yaqin dugonasining kuyovini sevib qolganidan onasi xabar topgach, uyda janjal bo‘lgan.
1969-yilda Natalya o‘g‘il farzandni dunyoga keltirgan. Natalyaning onasi kuyovini yoqtirmagan, lekin uning sahnadagi ijrosini ko‘rib, muz qalbi yumshagan va keyinchalik juda ham yaxshi munosabatda bo‘lgan. Natalya turmush o‘rtog‘ini juda ham mehribon inson bo‘lgani, o‘g‘li va nabiralarini qattiq yaxshi ko‘rganini ta’kidlagan.
Ular ikkisi turli vaqtlarda bir-birini qo‘llab quvvatlagan. Vladimir aktrisa oshqozon osti bezi bilan bog‘liq operatsiyani boshdan kechirganida, ovozini yo‘qotganida va oyog‘idan jarohatlanganida hamisha yonida bo‘lgan. Aktrisaning o‘zi boshiga tushgan qiyinchiliklarni bir vaqtlar boshqa oilaning ajrashib ketishiga sababchi bo‘lgani bilan bog‘liq deb hisoblagan. Ayni vaqtda aktrisa hayotida qiyin davr, u hali-hamon yaqin insonini yo‘qotganiga ko‘nikkani yo‘q. Ammo o‘g‘li, kelini va nabirasi u o‘zini yolg‘iz his qilmasligi uchun harakat qiladi. | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
MRBning sobiq rahbari Putinni NATO uchun «katta sovg‘a» deb atadi
MRBning sobiq rahbari Devid Petreus Rossiya prezidenti Vladimir Putin NATO uchun "eng katta sovg‘a" deb atadi. U bu haqda Hindistonda tashkillashtirilgan Raisina Dialogue konferensiyasida ma'lum qilgan.
Petreusning so‘zlariga ko‘ra, Putinning hukumat tepasiga kelishi alyansga "mavjud bo‘lish uchun yangi sabab" bergan.
Petreusning fikricha, Vashington "yangi geosiyosiy tartib" borasida NATO yordamida bahslashadi. Donald Tramp tomonidan alyans tanqid qilinishiga qaramasdan, Oq uy Yevropada Amerika harbiylari sonini oshirish rejasini rivojlantirishda davom etmoqda, deb qo‘shib qo‘ygan iste'fodagi general.
Avvalroq Tramp NATO a'zolarini mudofaa uchun xarajatlarni oshirishga chaqirgandi. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Soliq maslahatchilarining malakasini oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi “Soliq maslahati to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 20-martdagi 55-son “Soliq maslahati sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2012-yil 29-fevraldagi 23-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2343, 2012-yil 17-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 12-son, 135-modda) bilan tasdiqlangan Soliq maslahatchilarining malakasini oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 4-banddagi “ilova” degan so‘z “1-ilova” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Har yili 15-aprelgacha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga quyidagilarni:
soliq maslahatchilari tashkilotlari — mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda soliq maslahati bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi soliq maslahatchilari to‘g‘risida va soliq maslahatchilarining malaka oshirishdan o‘tishi haqida axborotni;
soliq maslahatchilari tashkilotining shtatida bo‘lmagan soliq maslahatchilari — malaka oshirish maxsus kurslarini o‘taganligi to‘g‘risidagi sertifikat nusxalarini taqdim etadilar.”.
3. Ilova belgisidagi “ilova” degan so‘z “1-ilova” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4. Mazkur o‘zgartirishlar va qo‘shimchaning ilovasiga muvofiq tahrirda 2-ilova bilan to‘ldirilsin.
5. Mazkur o‘zgartirishlar va qo‘shimcha O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan. | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Eron Bashar Asad va uning oilasiga boshpana taklif etdi
Eron Suriya prezidenti Bashar Asad va uning oilasiga Islom Respublikasida boshpana taklif etdi. Asad bu yerdan turib, mamlakatidagi harbiy kampaniyani davom ettirishi mumkin. Bu haqda i24news manbalariga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Eron razvedkasi rahbari Mahmud Alaviy Bashar Asad mazkur taklifdan bosh tortganini ma’lum qildi. Alaviyning aytishicha, Asad “uning oilasi, boshqa suriyalik oilalar qatori, Damashqda qolishi”ni bildirgan. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Imtiyozli shartlarda olib kiriladigan jihozlar roʻyхati qisqartirildi
Oʻzbekistonga olib kirishda import bojхona boji va QQSdan ozod qilish tarzidagi imtiyoz boshqa gusenitsali buldozerlar, boshqa frontal bir kovshli yuk ortuvchilar, boshqa gusenitsali ekskavatorlar, boshqa toʻliq aylanma mashinalarga (TIF TN kodi - 8429 11 009 0, 8429 51 990 0, 8429 52 100 9, 8429 52 900 0 dan tashqari) tatbiq etilmaydi.
Qaror Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining 25.07.2016 yildagi 29-sonida rasman e’lon qilingan kundan 3 oy oʻtgach – 25.10.2016 yildan kuchga kiradi.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini
ekspert-yuristimiz
Yelena YeRMOXINA
tayyorladi. | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
MSK matbuot xizmatiga ikki oy ichida ikkinchi rahbar tayinlandi
Dilshodbek Nazirov Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati rahbari etib tayinlandi. Bu haqda MSK saytida ma’lum qilingan.
Dilshodbek Nazirov 1975-yilda tug‘ilgan. Oliy ma’lumotli — Toshkent davlat sharqshunoslik institutini tamomlagan. Mutaxassisligi sharqshunos-filolog, arab tili va adabiyoti o‘qituvchisi.
2018-yil yanvaridan beri “O‘zbekiston 24” telekanali xronikal-hujjatli filmlar va jurnalistik surishtiruvlar studiyasining bosh muharriri lavozimida ishlab kelmoqda.
Ma’lumot uchun, joriy yil oktabr oyida yana bir telejurnalist — Navro‘z Rizayev Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati rahbari etib tayinlangandi. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
O`zbekiston terma jamoasi hujumchisi Sardor Rashidov uylandi (Foto va Video)
O`zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi, Qatarning “Al-Jaish” klubi a`zosi Sardor Rashidov uylangani ma`lum bo`ldi. To`y Jizzax shahrida o`tkazildi.
“Tvitter” ijtimoiy tarmog`idagi ma`lumotlarga ko`ra, kelinning ismi Lazizaoy. To`y marosimi kecha, 31 may kuni bo`lib o`tdi.
Darakchi.uz sayti xodimlari Sardor Rashidov oilasiga baxt tilab qoladi.
Bugun "Bunyodkor" FKning endilikdagi sobiq futbolchisi Sardor Rashidovning nikoh to'yi. pic.twitter.com/qlc62aQRAZ
Shu munosabat bilan Sardor va Lazizaoyga oilaviy barkamollik, sog'lik-omonlik va baxt saodat tilaymiz! pic.twitter.com/IcKgHSBIsY | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Abdulla Aripov O‘zbekistonning turli mintaqalaridan kelgan tadbirkorlarning muammolari bilan tanishdi
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi yangi rahbariyati saylangan navbatdan tashqari qurultoyda ishtirok etgan bosh vazir Abdulla Aripov mamlakatning turli mintaqalaridan kelgan tadbirkorlar muammolari bilan tanishdi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Parfyumeriya mahsuloti ishlab chiqaradigan Sirg‘ali tumanilik tadbirkor import qilinadigan xomashyoni rasmiylashtirish jarayonidan nolib, bu o‘z navbatida mahsulot eksportiga ta’sir qilayotganini bildirdi.
Bosh vazir Davlat bojxona qo‘mitasiga importchilarning reyting tizimini joriy etish tavsiya etilganini ma’lum qildi. Unda bojxona operatsiyalarini tezlashtirilgan tartibda amalga oshirishi mumkin bo‘lgan tadbirkorlar inobatga olinadi. “Mahsulotni birinchi bor olib kelayotganlar va bu ish bilan 15 yildan beri shug‘ullanayotganlar o‘rtasida farq bor”,— dedi hukumat rahbari.
Yangiyo‘l tumanidan kelgan fermer xo‘jaligi rahbari biznesini kengaytirish — mol boqish uchun qo‘shimcha yer olish muammosiga to‘xtaldi. Uning aytishicha, bu haqdagi iltimos bildirilgan maktub bir yildan beri Vazirlar Mahkamasida turibdi.
Abdulla Aripov bu muammoni shaxsan o‘zi ertagacha hal etishga va’da berdi. Bunga javoban yangragan qarsaklarga javoban bosh vazir hali bunga erta ekanligi, ba’zan hatto hukumat qarorlari chiqqanidan keyin ham ayrim rahbarlar uning ijrosini cho‘zib yurishini ta’kidladi.
Narpay tumanidagi korxona egasi Turkiyaning davlat “Ziroat banki” kredit berishga tayyorligi va tadbirkorning kafillik ta’minoti mavjudligiga qaramay, Milliy bank kafolat bermayotganligidan shikoyat qildi. Abdulla Aripov Milliy bank vakiliga masalani hal etishni topshirdi.
Bekobod tumanilik tadbirkor ayol tikuvchilik yo‘nalishida ish boshlash va 100 million so‘m kredit olish uchun yetarlicha garov ta’minoti ega emasligini bildirdi. Unda qiymati 30 million so‘m bo‘lgan tikuv mashinalari borligini bilgan bosh vazir bu aynan 100 million so‘mning 30 foizi ekanligi va lizing uchun yetarli ekanligini aytib, “Agrobank” vakiliga tegishli ko‘rsatma berdi. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Disney malikalari aktrisalarga qarshi: afsonaviy multfilm qahramonlarini gavdalantirgan aktrisalar (foto)
Disney multfilmlari yillar davomida dunyo tomoshabinlarining ko‘nglidan joy olgan. Ularning film variantida ham mahoratli aktrisalar bosh qahramon rolini ijro etgan.
“Sohibjamol va maxluq” − 2017-yil
Bell obrazida Emma Uotson.
“Sohibjamol va maxluq” − 2014-yil
Bell obrazida Lea Seydu.
“Zolushka” − 2015-yil
Zolushka obrazida Lili Jeyms.
“Malefisenta” − 2014-yil
Avrora obrazida El Fenning.
“Oppog‘oy va ovchi” − 2012-yil
Oppog‘oy obrazida Kristen Styuart.
“Oppog‘oy: gnomlarning qasosi” − 2012-yil
Oppog‘oy obrazida Lili Kollinz.
“Alisa mo‘jizalar mamlakatida” − 2010-yil
Alisa obrazida Mia Vasikovska.
“Sehrlangan” − 2007-yil
Jizel obrazida Emi Adams.
“Kichkina suv parisi” − 2014-yil
Suv parisi obrazida Annasofiya Robb.
“O‘rmondan ichkariga” − 2014-yil
Rapunsel obrazida Makkenzi Mozi. | false | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false |
Tojikiston Prezidenti bilan telefon orqali muloqot toʻgʻrisida
05.10.2016
2016-yil 5-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev bilan Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmonning telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi.
Suhbat chogʻida oʻzbek va tojik xalqlarini vaqt va tarix sinovidan oʻtgan koʻp asrlik doʻstlik va hamkorlik munosabatlari bogʻlab turishi, bu yaqin qoʻshnichilik, oʻzaro hurmat hamda bir-birining manfaatlarini e’tiborga olgan holda bundan keyin ham samarali hamkorlik uchun qulay va mustahkam asos yaratishi ta’kidlandi.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, zamonaviy O‘zbekiston – Tojikiston munosabatlariga asos solgan Islom Karimov vafoti munosabati bilan Samarqand shahrida oʻtkazilgan dafn marosimida shaxsan qatnashgani va O‘zbekiston xalqiga chuqur hamdardlik izhor etgani uchun Tojikiston Prezidentiga minnatdorlik bildirdi.
Suhbat davomida Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon bundan keyin ham ochiq va keng koʻlamli muloqotni davom ettirishlarini, O‘zbekiston va Tojikistonning turli darajadagi soʻnggi muloqotlari chogʻida qoʻllab-quvvatlangan taklif va kelishuvlar ikki mamlakat xalqlarining farovonligi, mintaqada tinchlik va barqarorlikni, oʻzaro hamkorlikni yanada mustahkamlash borasidagi vazifalarni birgalikda bosqichma-bosqich amalga oshirish imkonini berishiga ishonch bildirdilar. | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false |
Ukrainaning Karpatorti viloyatida yuk poyezdi izdan chiqib ketdi
Ukrainaning Karpatorti viloyati, Sol qishlog‘i hududida yuk poyezdining 3 vagoni izdan chiqib ketdi. Bu haqda viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot kotibi Tatyana Shchyogoleva ma’lum qildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Uning aytishicha, hodisa oqibatida qurbonlar va jabrlanganlar yo‘q.
“Vagonlar yo‘llardagi muammo tufayli emas, yo‘l-transport hodisasi oqibatida izdan chiqdi. Temir yo‘l transporti Karpatortida to‘xtamagan, poyezd yuk tarkiblari uchun mo‘ljallangan alohida yo‘ldan ketayotgandi”, — aniqlik kiritdi viloyat politsiyasi. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
4-fevral Niderlandiyada Mustaqillik kuni. Ushbu mamlakatning rivojlanish siri nimada?
1585-yil uzoq vaqt davom etgan kurashdan keyin mustaqillikka erishgan Niderlandiya bugun dunyoning eng baxtli odamlari yashaydigan davlatlar reytingida 6-o‘rinda turadi. Xo‘sh, bir zamonlar mustamlakachilik tuzumida yashagan davlat bu darajaga qanday erishdi. Bugun “Daryo” shu haqida hikoya qiladi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining ma’lumotlariga asoslanib shuni aytish mumkinki, Niderlandiya aholisining umumiy soni 2020-yil avgustida 17 milliondan ortiq kishini tashkil etdi. Mamlakatning umumiy yer maydoni 33720 kvadrat kilometrdan iboratligini hisobga olsak, bu har bir kvadrat kilometrga 508 kishi to‘g‘ri keladi demakdir. Ushbu ko‘rsatkichlar bugun Niderlandiyani Yevropa Ittifoqidagi va umuman, dunyodagi aholisi eng zich joylashgan mamlakatlardan biriga aylantiradi.
2020-yilgi ko‘rsatkichlar Niderlandiyani dunyodagi eng baxtli oltinchi mamlakat sifatida e’tirof etadi. Har yili o‘tkaziladigan tadqiqotlarda sog‘lom umr ko‘rish, erkinlik, ishonch, korrupsiya va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash kabi omillarni hisobga olgan holda 156 mamlakatning reytingi berib boriladi va Niderlandiya bir necha yillardan beri bu reytingda peshqadamlar safida bormoqda.
Niderlandiyaning bu darajaga erishishi uning aholisi bilan ham bevosita bog‘liq bo‘lsa ajab emas. Niderlandiyaliklar dunyodagi eng sog‘lom odamlardir. Ular sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha reytinglarda birinchi o‘rinda turadilar. Niderlandiyaning dunyodagi ikkinchi yirik sabzavot eksportchisi ekanligini hisobga olsak, bu mantiqqa ancha to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari niderlandiyaliklar jismoniy jihatdan eng faol Yevropa xalqlaridir. Buni tasdiqlovchi fakt sifatida shuni aytish mumkinki, mamlakatda 17 million aholi istiqomat qilgani holda bu yerda 22 milliondan ortiq velosiped bor.
Niderlandiya dunyoning eng boy davlatlardan biridir. Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat dunyoning eng boy mamlakatlari 20 taligidan joy olgan. Mamlakat ko‘pincha sayyoramizdagi eng demokratik, erkin va liberal mamlakat sifatida tavsiflanadi va inson huquqlarini himoya qilish mamlakatda ustuvor ahamiyatga ega. Niderlandiya bolalar uchun ham dunyodagi eng yaxshi makon deya e’tirof etilgan.
Keling, Niderlandiya nega dunyoning eng boy mamlakatlaridan biri degan savolga birgalikda javob izlaymiz.
Niderlandiya iqtisodiyoti uchun muhim hisoblangan Rotterdam porti dunyodagi eng yirik va eng gavjum portlardan biridir. U nafaqat Niderlandiya, balki butun Yevropada tovar va xomashyo eksporti va importida juda muhim rol o‘ynaydi. Port Niderlandiyada joylashgan bo‘lsa-da, Germaniya iqtisodiyotida o‘ta muhim o‘rin tutganligi sababli uni ko‘pincha “eng katta nemis porti” deb atashadi. Darhaqiqat, Germaniyaning yuqori darajada rivojlangan sanoatini qo‘llab-quvvatlash uchun zarur bo‘lgan xomashyoning ko‘p qismi Rotterdam porti orqali keladi. Port sayyoradagi eng katta kemalarga xizmat ko‘rsatishga ham qodirdir. U Niderlandiya iqtisodiyotiga har yili yuz million yevroni tashkil etadigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri daromad keltiradi. Ammo bu port mamlakat keltiradigan foydaning bir qismi xolos. Uning afzalliklaridan yana biri shuki, eng katta port shaharlardan biriga ega bo‘lish Niderlandiyani chet el investitsiyalari uchun juda jozibali hududga aylantiradi.
Niderlandiya qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha dunyoda AQSHdan keyingi ikkinchi o‘rinda turadi va u sayyoramizdagi eng rivojlangan oziq-ovqat sanoatiga ega. Juda katta bo‘lmagan hududdan iboratligiga qaramay u qishloq xo‘jaligida haqiqiy gigant hisoblanadi. Niderlandiyaliklar ko‘pincha o‘z mamlakatlarini kichik, ammo har bir kvadrat metri oltinga teng deb hazillashadilar.
Niderlandiya sabzavot (pomidor, bodring va boshqalar), mevalar (olma, nok va boshqalar), sut mahsulotlari (mahalliy pishloqlar dunyodagi eng mashhurlaridan hisoblanadi) va gullarni (asosan lolalar) dunyo miqyosida ishlab chiqaradilar. Mamlakat o‘zining yuqori sifatli shokolad va kolbasa mahsulotlari bilan mashhur.
Yana bir taraqqiyot omili sifatida shuni ko‘rsatish mumkinki, Niderlandiya tibbiyot, ta’lim, yangi texnologiyalarni ishlab chiqarish, ekologiya, qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va boshqa sohalarga katta miqdorda sarmoya kiritadi.
Niderlandiyaning Eyndxoven shahri qit’adagi eng innovatsion va istiqbolli hudud hisoblanadi.
Niderlandiya sanoatining eng oqsoq jihatlaridan biri uning resurslar jihatidan kambag‘alligidir. Ammo zarur bo‘lgan deyarli barcha xomashyolarni chetdan olib kirishga majbur bo‘lsa ham, mamlakatda yuqori darajada rivojlangan sanoat mavjud. Mamlakat arzon resurslarni import qiladi va chet elga yuqori sifatli tayyor mahsulotlarni eksport qiladi.
Mamlakat texnologiya va elektronika sohasida dunyoda yetakchilar qatoriga kiradi. Bu yerda texnologiyalar giganti hisoblangan “Phillips” va sport avtomobili “Spyker Cars”ning shtab-kvartirasi joylashgan. Besh asrlik jadal iqtisodiy rivojlanishdan so‘ng bugun Niderlandiya xizmat ko‘rsatish sohasida dunyodagi yetakchi davlatlardan biriga aylandi.
Niderlandiyada turizm yuqori darajada rivojlangan. Mamlakat Yevropaning eng ko‘p sayyohlar tashrif buyuradigan joylaridan biri bo‘lib, uning eng katta diqqatga sazovor shahri Amsterdam shahridir. Shahar dunyodagi eng ko‘p muzeylar joylashgan manzil sifatida tanilgan. Statistik ma’lumotlarga qaraganda mamlakatga har yili to‘rt yarim milliondan ziyod sayyoh tashrif buyuradi.
Niderlandiya taraqqiyotining yana bir omili sifatida shuni e’tirof etish mumkinki, bu yerda bolalar yoshligidan tadbirkorlik ruhida tarbiyalanadi. Biz yuqori texnologiyalar davrida yashayapmiz va Niderlandiya aholisi ushbu imkoniyatdan muvaffaqiyatli foydalana oldi – bugungi kunda mamlakatdagi boshlang‘ich biznesning aksariyati internetda.
Mamlakat aholisi mukammal darajada ta’lim olish imkoniyatiga ega. Niderlandiya kichik mamlakat bo‘lsa-da, bu yerda dunyodagi eng yaxshi universitetlar mavjud.
Mamlakat iqtisodiy rivojlanishining yana bir muhim omili shuki, mamlakatni faqat boy va qudratli davlatlar o‘rab olgan. Niderlandiya Belgiya, Germaniya, Lyuksemburg, Fransiya, Buyuk Britaniya va Daniya kabi boy davlatlar bilan qo‘shni hisoblanadi. U, shubhasiz, dunyodagi eng yaxshi infratuzilmaga ega o‘nta mamlakat qatoriga kiradi va ko‘pincha Janubiy Koreya bilan taqqoslanadi. Mamlakatdagi avtomobil yo‘llari, zamonaviy aeroportlar va dengiz portlarining mukammal tarmog‘i dunyoning deyarli barcha mamlakatlariga soya solishi mumkin.
Niderlandiya eng aqlli va muvozanatli immigratsiya siyosatiga ega mamlakatdir. Bu yerga doimiy kirib keluvchi aqlli immigrantlar uning taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi.
Xulosa qiladigan bo‘lsak, Niderlandiyani aqlli siyosat va aqlli odamlar dunyoning eng baxtli, eng rivojlangan davlatlaridan biri qatoriga olib chiqdi va bu borada undan o‘rnak olsa, arziydi.
Dilbar Ismatullayeva tayyorladi. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Haj safariga otlangan dastlabki delegatsiya Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi
24-iyul kuni erta tongdan Haj ibodatini ado etish uchun otlangan yurtdoshlarimizning dastlabki guruhi Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ziyoratchilar shu yilning 24-iyul — 3-avgust kunlari Toshkent—Madina, Buxoro—Madina, Namangan—Madina, Samarqand—Madina, Qarshi—Madina, Urganch—Madina hamda Nukus—Madina yo‘nalishlarida haj safariga kuzatiladilar va shu yo‘nalishlar bo‘yicha 17-avgust — 1-sentabr kunlari mamlakatga qaytib keladi.
Ziyoratchilarni Saudiya Arabistonida kutib olish, kuzatish va ularga qulay shart-sharoitlar yaratish ishlari Ishchi guruh hamda O‘zbekiston Respublikasining Jidda shahridagi Bosh konsulxonasi “Haj” va “Umra” masalalari bo‘yicha attashesi hamkorligida tashkil etiladi. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Axborot texnologiyalari vazirligida yangi jamoatchilik kengashi tashkil etildi
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha jamoatchilik kengashining ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Kengash a’zolari Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Ahmadxo‘jayev raisligida Prezidentning “Elektron tijoratni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror loyihasini o‘rganib chiqdi. Turli soha mutaxassislariga ushbu loyiha va 2018–2020-yillarga mo‘ljallangan Elektron tijoratni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining dastlabki variantlari taqdim etildi. Ishtirokchilar bu borada o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, tegishli takliflar kiritdi.
Yig‘ilishda 4-may kuni vazirlik huzurida tashkil etilgan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha jamoatchilik kengashining asosiy maqsad va vazifalari haqida so‘z yuritildi. Xususan, kengash zimmasiga vazirlikning ustuvor vazifalarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda ishtirok etish, fuqarolarning vazirlik faoliyatiga bo‘lgan ishonchini oshirish hamda aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatilishini ta’minlash orqali vazirlik faoliyati oshkoraligi va samaradorligini oshirish vazifalari yuklatilgan.
Yig‘ilish kun tartibiga ko‘ra, ishtirokchilar kengash raisini sayladi. Unga ko‘ra, tadbirkor B. Orifjonov Jamoatchilik kengashi raisi, SAP kompaniyasining (O‘zbekiston) rivojlantirish bo‘yicha direktori L. Adhamova rais o‘rinbosari etib saylandi. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Hokimning «mahfiy» qarori tufayli tadbirkorga tovon puli to‘lab berilmadi
Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (biznes-ombudsman) Toshkent tuman hokimining «mahfiy» qarori tufayli tadbirkorga tovon puli to‘lanmaganligini ma’lum qildi.
«Trader» XK (nomi o‘zgartirilgan) Toshkent shahridagi umumiy maydoni 72 kv.metrlik savdo do‘koni orqali o‘z savdo faoliyatini amalga oshirib kelgan. Savdo do‘koni joylashgan yer uchastkasi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun shahar hokimligi tomonidan olinib, savdo do‘koni buzilgan.
«Tadbirkorga buzilgan savdo do‘konning o‘rniga boshqa binoni ajratish taklif etilgan. Ushbu binoga bo‘lgan huquqni tadbirkor nomiga rasmiylashtirishda hokimining qaror nusxasi lozim bo‘lgan, ammo hokimning qarori mahfiy bo‘lganligi vaj qilinib, uning nusxasi tadbirkorga taqdim etilmagan», — deyiladi xabarda.
Biznes-ombudsman tomonidan Chilonzor tumanlararo ma’muriy sudiga kiritilgan arizasi natijasida sud tomonidan kompensatsiya ajratishda «Toshkent shahar hokimligining harakatsizligi qonunga xilof» deb topildi va tadbirkorga buzilgan bino-inshoot uchun kompensatsiya ajratish yuzasidan majburiyat yuklatildi.
Poytaxt ma’muriyati hozircha mazkur holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirmadi. | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false |
16 aprel kuni respublika bo‘yicha quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda
Poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 23-25 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Toshkent va Namangan viloyatlarida 2000 metrdan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor. Harorat 14-19 daraja iliq atrofida bo‘ladi. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Qashqadaryoda “Qizil kitob”ga kiritilgan 700 ga yaqin toshbaqani olib ketayotgan brakonyerlar ushlandi
21-may kuni Qashqadaryo viloyat Chiroqchi tumani “Umakay” YPX maskanida to‘xtatilgan avtomashinada toshbaqalar tabiiy muhitdan noqonuniy yig‘ib-terilib, olib ketilayotgani aniqlandi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi axborot xizmatiga tayanib “Xalq so‘zi Online” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu tur “Qizil kitob”ga kiritilgan bo‘lib, O‘rta Osiyo cho‘l toshbaqasi hisoblanadi. Noyob endemik tur hisoblangan ushbu toshbaqalar mamlakatning barcha adirliklarida uchraydi. Mustahkamlashgan qumlar, sertuproq cho‘llarda yashab, tog‘da dengiz sathidan 1300 metr balandlikkacha ko‘tariladi. Ba’zan vodiydagi siyrak maysali dashtlar va qishloq xo‘jaligi yerlari (shudgor, poliz va dalalar)da ham uchraydi.
Brakonyerlar tomonidan viloyatdan noqonuniy ravishda olib chiqib ketilayotgan toshbaqalar bo‘yicha belgilangan tartibda huquqiy ko‘rib chiqish maqsadida tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan. Toshbaqalar viloyat Atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan Buxoro ixtisoslashtirilgan Jayron pitomnigiga jo‘natilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Ikkinchi jahon urushi davrida O‘rta Osiyo toshbaqasi go‘shtidan ko‘p miqdorda konservalar tayyorlashda foydalanilgan. Toshbaqalarning antropogen omillar ta’sirida yashash joylari o‘zgarishi va yo‘q qilinishi oqibatida ushbu tur kamayib ketmoqda. Manbalarda keltirilishicha, so‘nggi 60 yil mobaynida xo‘jalik faoliyati yuritilishi natijasida toshbaqaning yashash joylari 1,5 million gektarga qisqarib ketgan. Bugungi kunga kelib mazkur turning tabiiy populyatsiyasini saqlab qolish maqsadida O‘zbekiston “Qizil kitobi”ning yangi nashriga kiritilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida rossiyalik ovchi O‘zbekiston “Qizil kitobi”iga kiritilgan Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘ini Ekologiya qo‘mitasi rahbari ruxsati bilan otib o‘ldirgani mahalliy jamoatchilikning keng muhokamalariga sabab bo‘lgan edi. Unda yana bitta Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘ini otishga ruxsatnoma bor edi. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi vakili jamoatchilik e’tirozi inobatga olinib, ovchiga ikkinchi ayiqni otishga ruxsat berilmasligini ma’lum qildi.
O‘zbekistonda “Qizil kitob”ga kiritilgan hayvonlarni ovlash qancha turadi? | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Yamanda isyonchilar Amerika uchuvchisiz qurilmasining yo‘q qilinishini videoga oldi (video)
Yamanda isyonchi xusiylar Amerikaning MQ-9 Reaper razvedkachi-zarbdor uchuvchisiz qurilmasi halokatini videoga oldi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Videoda zenitli raketa uchirilganini va u uchar qurilmaga borib urilgan lahzani ko‘rish mumkin. Video so‘ngida uchuvchisiz qurilmaning yonayotgan parchalari yonida turgan odamlar olomoni aks etgan.
Avvalroq MQ-9 Reaper Sanaadan shimolda urib tushirilgani xabar berilgan edi. Isyonchilar u ehtimol razvedka parvozini amalga oshirayotgan bo‘lganligini ma’lum qildi. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
O‘zbekistonda talabalar soni mamlakat aholisining 1 foizini ham tashkil etmaydi
Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim tizimining asosiy ko‘rsatkichlari statistikasini keltirib o‘tdi. Unga ko‘ra, 2017/2018-o‘quv yili boshida O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida 297 689 talaba ta’lim olayotgan bo‘lgan. Ulardan 85 679 nafari 2017/2018-o‘quv yilida talabalikka qabul qilindi.
Talabalarning 27,1 foizi davlat grantlari asosida, 72,9 foizi shartnoma asosida ta’lim olmoqda. Bakalavriat bosqichida 288 471 nafar, magistratura bosqichida 9 218 nafar talaba o‘qimoqda.
Avvalroq Davlat statistika qo‘mitasi 2018-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, mamlakat aholisi 32 653 900 kishini tashkil etishini ma’lum qilgandi. Demak, hozirda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan talabalar mamlakat aholisining 0,9 foizini tashkil etadi. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
«Saylov jarayonlari bilan bog‘liq 41 ta holat prokuratura tomonidan o‘rganilmoqda» - MSK raisi o‘rinbosari
13 dekabr kuni Xalqaro matbuot markazida Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Mahmud Istamov va bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Svetlana Ortiqova ishtirokida jurnalistlar uchun matbuot anjumani o‘tkazildi.
Unda 22 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan saylov jarayonlariga tayyorgarlik ishlari, shuningdek, saylov kampaniyasi boshlangandan buyon saylov komissiyasiga kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha ma'lumot berildi.
Jumladan, «Markaziy saylov komissiyasiga saylov kampaniyasi boshlangan kundan e'tiboran, bugungi kunga qadar 338ta murojaat bo‘lgan. Bu borada eng ko‘p murojaat Surxondaryo va eng kam murojaat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Jizzax viloyatiga to‘g‘ri kelmoqda.
Kelib tushgan murojaatlarning 86 tasi mahalliy kengash deputatligiga nomzod ko‘rsatish jarayonida noqonuniy aralashuvlar to‘g‘risida bo‘lib, ushbu murojaatlarning 41 tasi qo‘shimcha tekshiruv o‘tkazish uchun prokuratura idoralariga yuborilgan. 45 ta holat esa partiyalarning vakolatiga kirishi bo‘yicha murojaat egalariga tushuntirish berilgan», deya Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Mahmud Istamovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Xitoyda to`rtta o`smono`par bino portlatib yuborildi (Video)
Xitoyning Yantay shahrida to`rtta ko`p qavatli imoratlar portlatib yuborildi, deb xabar berdi Rai77.com.
Ma`lumotlarga ko`ra, mazkur ko`p qavatli uylar anchadan beri bo`sh yotgan. Endilikda ularning o`rnida besh yulduzli otel va konferens-markaz quriladi. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
O‘zbekiston konsuli Vladimirdagi YTH joyiga yo‘l oldi. O‘zbekistonlik qurbonlarning shaxsini aniqlash ishlari boshlandi
O‘zbekiston konsuli Tohir Oripov Moskvadan o‘zbekistonlik yo‘lovchilar bo‘lgan avtobus ishtirokidagi YTH yuz bergan Vladimir viloyatidagi joyga yo‘l oldi. Bu haqda, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
“O‘zbekiston elchixonasi yuz bergan voqeadan o‘z vaqtida boxabar qilindi, YTH joyiga konsul Tohir Oripov yo‘l oldi. Halok bo‘lgan va jabrangan fuqarolar shaxsini aniqlash bo‘yicha ishlar boshlandi”, — deya ma’lum qildi TIV vakili.
Vladimir avtohalokati qurbonlari va jabrlanuvchilarini olib qaytish uchun O‘zbekistondan maxsus bort uchadi
“Konsulga yordam ko‘rsatishga zarurat tug‘ilsa, elchixonaning boshqa xodimlari ham Vladimir viloyatiga xizmat safariga yuboriladi”, — deya qo‘shimcha qildi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati vakili.
Qozog‘iston vakillari Vladimirdagi 15 o‘zbekistonlik halok bo‘lgan YTH joyiga yo‘l oldi | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Ertaga kunning birinchi yarmida magnit bo`ronining faol ta`siri kuzatiladi
15 yanvar hamda 16 yanvar kunduzi Toshkentda G3 darajaga ega 4 ballik magnit bo`ronlari kuzatiladi. Buni ob-havo o`zgarishlariga ta`sirchan, qon-bosim, nerv-asab kasalliklarga ega kishilar yaqqol sezadi. Bu haqda Uzb_Meteo kanalida xabar qilinmoqda.
Ma`lum qilinishicha, bugun 15 yanvar tushga yaqin magnit bo`roni o`zining kun davomidagi 4 ballik yuqori qiymatini ko`rsatdi, hozir passivroq holatga qaytmoqda.
Ertaga, 16 yanvar kuni magnit bo`roning G3 darajadagi yuqori faolligi nonushta paytiga kutilayotgani uchun, bu omilning organizmga salbiy oqibatlarini yumshatish maqsadida, ovqatlanish rasionlariga baliq va ko`kat mahsulotlarini kiritish, iste`mol qilish tavsiya etiladi.
Magnit bo`ronlari G3 darajali davrda ayrimlarda bosh qismining orqa tomonida kuchsiz og`rish kuzatiladi. Bu paytda shu kabi insonlarga kamroq harakat qilish hamda uyda ko`proq o`tirish tavsiya etiladi. Bu vaqt oralig`ida yuqoridagi omilni o`zida sezayotgan kishilarga chekish, alkogol mahsulotlari va kofe ichish hamda jismoniy zo`riqish tavsiya etilmaydi.
Qiziq tomoni, dam olish kunlari respublika aholisi magnit bo`ronlari xavflilik darajasi bilan bir qatorda boshqa ob-havo omili siklon ta`sirini ham sezishadi. | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false |
The Cranberries guruhi solisti Dolores O’Riordan vafot etdi
The Cranberries’ni eshitadigan haydovchi
Irlandiyaning The Cranberries rok-guruhi solisti Dolores O’Riordan 15-yanvar kuni vafot etdi. Bu haqda, Irlandiyaning RTE telekanaliga asoslanib, Reuters agentligi xabar bermoqda. Meduza’ning yodga solishicha, O’Riordan 46 yoshda edi.
Xonandaning o‘limini uning agenti Lindsi Xolms ham tasdiqladi. Uning ma’lum qilishicha, O’Riordan “kutilmaganda” Londonda vafot etgan — u bu shaharga ovoz yozdirish uchun kelgan edi. Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, uning jasadi Park-Leyn ko‘chasidagi mehmonxonalarning biridan topilgan. Xonandaning o‘limi sabab hozircha ma’lum qilinmayapti.
The Cranberries guruhi 1989-yili tashkil etilgan, oradan bir yil o‘tib Dolores O’Riordan jamoa yuzi va vokalistiga aylangan. U 2003-yilga qadar The Cranberries bilan birga kuylagan, so‘ng yakkaxon faoliyatini boshlagan. Oradan olti yil o‘tib, guruh yana qayta tiklangan.
O’Riordanning salomatligi bilan bog‘liq muammolar (xonandaning belida og‘riq paydo bo‘lgan) sabab, The Cranberries guruhi 2017-yili jahon bo‘ylab turnesini to‘xtatishga majbur bo‘lgan edi. O‘tgan yilning mayida esa xonanda unga bipolyar parokandalik (kayfiyatning keskin o‘zgarishi bilan bog‘liq ruhiy xastalik) tashxisi qo‘yilganini ma’lum qilgan edi.
The Cranberries — Irlandiyaning eng mashhur rok-guruhlaridan biri; u 1990-yillarning o‘rtalarida mashhurlik cho‘qqisiga chiqqan. Guruh o‘z faoliyati davomida albomlarini 40 milliondan ziyod nusxada sotishga muvaffaq bo‘lgan. The Cranberries’ning eng mashhur qo‘shiqlari — Linger va Zombie. | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Davlat tashkilotlari avtomobillari raqamlari o‘zgaradi
Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 29 aprel kuni qabul qilingan “Davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida xizmat avtotransport vositalaridan foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, 1 iyuldan boshlab davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida xizmat avtotransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining yangi tipi joriy etiladi.
Ichki ishlar vazirligiga yangi tipdagi davlat raqami belgilarining 2021 yil 1 iyulga qadar tayyorlanishini ta'minlash, davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlariga, zarur tushuntirish ishlarini olib borgan holda, ushbu qaror talablarini yetkazish, Adliya vazirligi bilan birgalikda 1 avgustga qadar avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshirilishini nazarda tutuvchi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifasi topshirilgan.
Davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari 2021 yil 1 avgustga qadar:
2021 yil 1 avgustdan boshlab yangi tipdagi davlat raqami belgilari bilan qayta ro‘yxatdan o‘tkazilmagan davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli xizmat avtotransport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.
Vazirlar Mahkamasining «Avtomototransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2007 yil 27 iyundagi 131-son qaroriga kiritilayotgan qo‘shimchalar
2-ilovada I tipdagi ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqamining grafik tasviridan keyin quyidagi mazmundagi xatboshilar va grafik tasvir bilan to‘ldiriladi:
«I1 tip — «DAV» seriyali ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarining shaxsan biriktirilgan va navbatchi xizmat avtomobillariga beriladi (mudofaa, ichki ishlar, bojxona, favqulodda vaziyatlar organlarining avtomobillari hamda II tipdagi ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami beriladigan avtomobillar bundan mustasno).
Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining foni oq rangda, chetki qismi, raqami va harflari qora rangda. Chap tomonda hududning kodi, o‘ng tomonda O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i va «UZ» harflari.
IA ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqamining grafik tasviridan keyin quyidagi mazmundagi xatboshilar va grafik tasvir bilan to‘ldiriladi:
«IA1 tip — «DAV» seriyali ikki qatorli ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari orqa tomonga mahkamlash uchun davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarining mahkamlash joyi I1 tipdagi ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami gabaritlariga muvofiq bo‘lmagan shaxsan biriktirilgan va navbatchi xizmat avtomobillariga beriladi.
Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining foni oq rangda, chetki qismi, raqami va harflari qora rangda. O‘ng tomonda quyida hududning kodi, O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i va «UZ» harflari. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
«Liverpul» Gvardiola jamoasini qatorasiga 3 marta yenggan birinchi klub
«Liverpul» Chempionlar ligasi chorak finalining ikkinchi uchrashuvida «Manchester Siti»ni yengdi (2:1).
Shu tariqa, mersisaydliklar Pep Gvardiola jamoasini bir mavsumda 3 marta yenggan ilk klubga aylandi. O‘tgan haftada Liverpulda kechgan birinchi o‘yinda Yurgen Klopp shogirdlari 3:0 hisobidagi ishonchli g‘alabaga erishgandi. Bundan tashqari, «shaharliklar» «Enfild»da Angliya chempionati doirasida yanvar oyida o‘tkazilgan o‘yinda mag‘lub bo‘lgandi – 3:4.
Gvardiola «Barselona» va «Bavariya»da ishlaganida jamoalari bir mavsumda bir raqibga 3 marta yutqazgani kuzatilmagandi.
Chempionlar ligasi yarim finali uchun qur'a 13 aprel kuni tashlanadi. | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Mudofaa vazirligi O‘zbekiston harbiy dronlari Afg‘oniston havo hududini buzib o‘tgani haqidagi xabarlarni rad etdi
Sputnik Afganistan O‘zbekistonga tegishli uchuvchisiz boshqariladigan uchish apparatlari Afg‘oniston havo makonini buzib o‘tgani haqida xabar tarqatdi. Mudofaa vazirligi holatga munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, bu kabi tarqatilayotgan xabarlar haqiqatga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. O‘zbekiston Harbiy havo kuchlari tomonidan qo‘shni davlatlar havo makonini buzish holatlari bo‘lmagan.
Shuningdek, O‘zbekiston Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari qo‘shni davlatlar aviatsiyasi tomonidan mamlakat havo makonining buzilish holatlarini qayd etmagan.
“Mudofaa vazirligining uchuvchisiz boshqariladigan, qiruvchi va ishg‘ol aviatsiyasi qat’iy belgilangan tartibda jangovar navbatchilik o‘tamoqda”, — deyiladi xabarda.
Avvalroq Termiz shahri atrofida O‘zbekiston harbiylari Afg‘oniston hududidan raketalar bilan o‘qqa tutilgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgandi. Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov holatga munosabat bildirib, xabarlar haqiqatga mutlaqo to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 30-aprel kuni O‘zbekiston Ramazon munosabati bilan Afg‘onistonga 58 ta vagondan iborat poyezdda insonparvarlik yordamini jo‘natdi.
“O‘zbekiston chegarani noqonuniy kesib o‘tgan harbiy samolyot va vertolyotlarni Afg‘onistonga qaytarmaydi” — Ismatulla Irgashev | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Xakerlar "Xonda" zavodini to‘xtashga majbur qilishdi
Honda kompaniyasi xakerlar hujumi sababli avtomobillar ishlab chiqaruvchi zavodini to‘xtatishiga to‘g‘ri keldi. Reuters axborot agentligining ma'lum qilishicha, kompaniyaning kompyuter tarmog‘iga katta shov-shuv keltirib chiqargan WannaCry virusi tushgan.
Sayama shahridagi zavod bir kunga yopilgan. Bu zavodda markaning turli modellari, jumladan Accord sedani, Odyssey va Step Wagon minivenlari ishlab chiqariladi. Zavod kuniga mingtaga yaqin mashina ishlab chiqaradi.
Honda’da ta'kidlanishicha, virus Yaponiyada 19 iyundan boshlab tarqalgan, vaholanki u qolgan davlatlarda may oyida tarqalgandi. Qolgan holatlardagi kabi, WannaCry kompyuterni bloklab, buning evaziga pul talab qiladi. Agar pul to‘lanmasa, virus kompyuterdagi ma'lumotlarni o‘chirib tashlaydi.
WannaCry 12 may kunidan tarqalishni boshlagan, u ayni vaqtda 500 mingdan ko‘proq kompyuterni zararlagan. Avvalroq u sababli Renault-Nissan avtokonsernining bir nechta davlatlardagi zavodlari ishi to‘xtatilgandi. | false | false | false | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false |
Sutli krem qo‘shilgan mazali ponchiklar tayyorlaymiz
Mazali va vanilin ta’miga ega bo‘lgan ponchiklarning ustidan shakar kukuni sepiladi. Uning ichiga solingan krem ponchiklarning yanada ishtaha ochuvchi bo‘lishini ta’minlaydi. Krem o‘rniga o‘zingizga yoqqan murabboni ham qo‘shish mumkin.
Kremi uchun kerakli masalliqlar:
Xamiri uchun kerakli masalliqlar:
Tayyorlanishi:
Yoqimli ishtaha! | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | true | false | false |
Samarqandda ko‘chada yalang‘och yurgan erkaklar jazolandi
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahri ko‘chalarida kiyimsiz yurgan erkaklarning videosi tarqalgandi. “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayevning xabar berishicha, videodagi erkaklar shaxsi aniqlandi va ular mayda bezorilik sodir etganlikda aybli deb topilib, ma’muriy qamoq jazosiga hukm qilindi.
Ma’lum bo‘lishicha, 29-fevral, shanba kuni, soat taxminan 23:00 atrofida Jomboy tumanida tug‘ilgan fuqarolar Samarqand shahridagi Turkiston hamda Amir Temur ko‘chalari kesishmasida yalang‘och holda yurgan. 1-mart, yakshanba kuni, soat 00:30 da Samarqand shahar IIO FMB xodimlari tomonidan navbatchilik qismiga keltirilgan fuqarolar shaxsiga aniqlik kiritilgan. Aytilishicha, shahar ko‘chasida yurib, mayda bezorilik sodir etgan shaxslar 1976-yil Jomboy tumanida tug‘ilgan J.N., 1992-yilda tug‘ilgan O‘.T. ekanligi aniqlangan. Shuningdek, 1979-yilda tug‘ilgan jomboylik X.D. ularni o‘z avtomashinasiga mindirgan.
Fuqaro J.N. “Daryo” muxbiri bilan suhbati davomida 29-fevral kuni hamqishlog‘i O‘.T. bilan spirtli ichimlik iste’mol qilganini aytib, ko‘chada nima qilganini anglamaganini ta’kidlamoqda.
— Spirtli ichimlik ichib, o‘zimiz bilmagan holda Samarqand shahrida hamqishlog‘im bilan shu ishni qilganmiz. Biz juda ko‘p ichganmiz. O‘zimiz ham nima ish qilganligimizni bilmaganmiz. Avval qishloqda, so‘ng shaharga kelib yana ichganmiz. Ammo shaharning qayerida ichganligimizni ham eslay olmayman. Hatto shaharga qanday kelganimni bilmayman. Kallam “kantyujen” bo‘lib qolgan edi (Joyida emas demoqchi, tahririyat). Nima qilayotganligimizni bilmaganmiz. “Zapis” umuman ishlamagan, — deydi J.N. — Bizlar ikki kishi edik. Hech qanday garov o‘ynamaganmiz. Bu yerda pul o‘ynalmagan. Nima ish qilganimizni o‘zimiz bilmaganmiz. Bizni olib ketmoqchi bo‘lgan haydovchining gapiga quloq solmasdan tentaklik qilganmiz. Men O‘zbekiston xalqidan kechirishlarini so‘rayman. Qilgan ishimdan pushaymonman.
Voqeaning yana bir ishtirokchisi O‘.T.ning ta’kidlashicha, u hamqishlog‘i J.N. bilan dastlab Jomboy tumanidagi Juriyat qishlog‘ida joylashgan oshxonada ko‘p miqdorda spirtli ichimlik iste’mol qilgan. So‘ng Samarqand shahridagi Sartepa massiviga kelib, bu yerda ham ichishni davom ettirgan. Kech soat taxminan 23:00 atrofida J.N. bilan Sartepa massivida yalang‘och holatda yurgan.
— Shaharning qayerida spirtli ichimlik ichganimizni eslolmayman. Garov o‘ynamaganmiz, mast holatda shu ishni qilganmiz. Ko‘chada yalang‘och yurganimni o‘zim bilmayman. Faqat videoda ko‘rdim. Biz mast bo‘lib qolgandik. Olib ketish uchun haydovchini chaqirtirgandik. Qolganini eslay olmayman, — deydi O‘.T. — Qilgan ishimdan pushaymonman. O‘zbekiston xalqidan qilgan ishim uchun chin ko‘ngildan kechirim so‘rayman.
Holat yuzasidan o‘zining mashinasida ikki nafar yalang‘och fuqaroni mindirgan, keyinchalik olomon qurshovida qolgan haydovchi X.D. bilan suhbat jarayonida u hamqishloqlari J.N. va O‘.T. soat 23:00 atrofida qo‘ng‘iroq qilib, Samarqand shahridan olib ketishini so‘raganligini bildirdi.
— Men ularni olib ketishga kelgandim. Ular mast holatda edi. Mashinamda olib ketaman degan paytimda ular kiyimlarini yechib, bu svetofordan keyingi svetoforgacha yalang‘och holatda boramiz deyishdi, — deydi X.D. — Men ularni qaytarishga harakat qildim. Ammo mening gapimga quloq solmadi. Ikkalasiga kuchim yetmadi. Ular keyingi svetoforning oldidan olib ketasan deyishdi. Svetofor tagiga kelganimda ikkalasi mashinaga mindi. Shu vaqtda boshqa haydovchilar kelib bizni to‘xtatishdi. Men bu qilgan ishimdan pushaymonman. Men ularni qaytara olmaganim uchun butun O‘zbekiston xalqidan kechirim so‘rayman.
Samarqand viloyat IIB axborot xizmati rahbari Jahongir Sagdullayevning ma’lum qilishicha, Samarqand shahar Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudining 2020-yil 2-mart kunidagi qaroriga asosan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik)da ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etganliklari uchun fuqaro J.N.ga 15 sutka muddatga, fuqaro O‘.T.ga 15 sutka muddatga, fuqaro X.D.ga 10 sutka muddatga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
“Arizaga yaxshilikcha imzo qo‘ying, bu hokimning topshirig‘i”. Parlament saylovlariga qadar partiyaviyligi o‘zgarib qolgan surxondaryolik nomzod soxta arizaga imzo chekishga majburlanmoqda
Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanidagi maktab direktorlaridan biri deputatlikka O‘zLiDePdan nomzodini ko‘rsatdi. Nomzodlarni ro‘yxatga olish ishi tugallangan payt esa kutilmagan manzil va boshqa partiyadan “chiqib keldi”. Eng qizig‘i, nomzodning o‘zi ham bu o‘zgarishni o‘shanda bildi.
Bu haqda “Daryo” muxbiriga shikoyat qilgan 30-maktab direktori Dilbar Saidova soxta arizaga imzo chekishga majburlanayotganini aytmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, dastlab O‘zLiDeP a’zosi sifatida tumanning “Yangikent” mahallasidan tuman Kengashi deputatligiga nomzod qilib ko‘rsatilgan Dilbar Saidova endilikda XDPdan “Yetimqum” mahallasidan nomzod deb ko‘rsatilgan.
— 2010-yildan 2015-yilgacha O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan tuman Kengashi deputati hamda ma’lum muddat tuman Kengashi rahbari bo‘lganman, — deydi Dilbar Saidova. — 2015-yildan ayni kunga qadar ham shu partiya a’zosiman. Qanday qilib XDPdan nomzodim ko‘rsatilishi mumkin?
Shu kabi savollariga javob izlayotgan nomzod Dilbar Saidova o‘ziga nisbatan bosim bo‘layotganini, XDPdan nomzod qilib ko‘rsatilishini so‘ragan soxta arizaga imzo qo‘yishga majburlanayotganini bildirmoqda.
— Partiyalardan nomzodimni ulardan ko‘rsatishimni so‘rab, ko‘plab taklif bo‘lgandi. Ammo takliflarni rad etgandim, — deydi Dilbar Saidova. — O‘zLiDePning uzoq yillik a’zosi sifatida shu partiya tomonidan nomzodim ko‘rsatilishiga rozi bo‘lgandim. Joriy yil 20-noyabrga qadar men O‘zLiDePning “Yangikent” mahallasidan ko‘rsatilgan nomzodi edim. Toshkent shahrida malaka oshirishda bo‘lganimda nomzodim O‘zLiDePdan chiqarib tashlangani va XDPdan nomzod etib tasdiqlanganimni bildim. Hayratlanarlisi, Saylov komissiyasi tomonidan shu holatga roziligim va o‘z xohishim bilan yozilgan soxta arizaga qo‘l qo‘yishim uchun turli usullar bilan menga bosim o‘tkazilmoqda.
Aniqlanishicha, Dilbar Saidova ayni kunda XDP vakili sifatida tumanning “Yetimqum” mahallasidan nomzod qilib ko‘rsatilgan. Uning eski o‘rni “Yangikent” mahallasidan esa Qiziriq tuman xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Jamila Xudoyqulova O‘zLiDePdan nomzod qilib ko‘rsatilgan.
“Daryo” muxbirining aniqlik kiritishicha, Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanida deputatlikka nomzodlar 2019-yilning may oyidan ro‘yxatga olina boshlangan.
Dilbar Saidova nima sababdan uning nomzodi O‘zLiDePdan olinib, boshqa partiyadan ko‘rsatilayotganini bilishga harakat qilmoqda. Biroq hozircha bunga javob topolgani yo‘q.
— Qiziriq tuman Saylov komissiyasi rahbari Erkin Arabov ushbu savolga aniq javob bermasdan “XDPga nomzodligimni ko‘ratishingizni so‘rayman”, — degan mazmundagi arizaga imzo qo‘yishimni so‘rayapti, — deydi Dilbar Saidova.
Deputatlikka nomzod Dilbar Saidovaning aytishicha, unga tuman hokimi nomidan do‘q-po‘pisa qilinmoqda.
— Kuni kecha bir nechta mutassadi xodimlar kelib, “XDP dan nomzodimni ko‘rsatishingizni so‘rayman”, — degan mazmundagi soxta arizasiga imzo qo‘yishimni so‘radi, bir necha marotaba telefon qo‘ng‘iroqlari ham bo‘ldi, — deydi Dilbar Saidova. — Yashash uyimgacha borganlari yetmagandek ish joyimga ham kelishdi. Men soxtalashtirishlarga qarshi ekanligimni va o‘zimning nomzodim dastlab ko‘rsatilgan partiyaga qaytarilishimni so‘rayapman. Buni imkoni bo‘lmasa, nima sababdan partiyam va nomzodim o‘zgargani haqida bilishni xohlayman. Ular esa “Arizaga yaxshilikcha imzo qo‘ying. Bu tuman hokimining topshirig‘i. Arizaga qo‘l qo‘yasiz yoki XDPdan nomzodimni bekor qilishingizni so‘rayman deb yozib berasiz”, — deya do‘q-po‘pisa qilishyapti.
Gazeta-yu hujjatlarda Dilbar Saidova LiDeP emas, XDP nomzodi sifatida qayd etilgan va rasmiylashtirilgan.
Ushbu tumanda yashovchi fuqaro Chori Mirzayevning aytishicha, u partiyadan deputatlikka nomzod sifatida ko‘rsatilishi uchun 170 ming so‘m pul to‘lagan. Ammo ko‘p o‘tmay uning nomzodi olib tashlangan.
— Qiziriq tuman XDPdan nomzodimni qo‘yish 170 ming pul to‘lab nomzodimni qo‘ydirdim, — deydi Chori Mirzayev. — Partiya nashriga obuna ham bo‘ldim. Obuna uchun achinmayman. Gazeta o‘qisam o‘zim uchun foyda, ammo alam qilgani nomzodlar ro‘yxatidan olib tashlashgani. Masala yuzasidan Qiziriq tuman saylov komissiyasi raisi qabuliga borsam qabul qilishni istamadi. Va nihoyat ming urinishlar bilan tuman saylov komissiyasi rahbari qabuliga kirdim. “Chora topib beramiz Bandixon tumaniga ham nomzodlar tavsiya etishimiz kerak. Sizni shu nomzodlar ro‘yxatiga kiritib qo‘yamiz”, — deb yana bir necha kun qo‘ynimni puch yong‘oqqa to‘ldirib yurishdi. Yana murojaat qildim. Bu safar “masala bo‘yicha siz menga emas, XDPning viloyat rahbariga murojaat qilishingiz kerak”, degan javobni oldim. Telefon orqali partiyaning viloyat rahbariga murojaat qilganimda meni tinglashga vaqt ham topmadi. Keyinchalik esa qo‘ng‘iroqlarimga uzundan uzoq “gudok” ovozlarigina javob berdi, xolos.
Yaxshi otga bir qamchi, yomon otga ming qamchi, deganlaridek boshqa murojaatlarga batafsil to‘xtalmadik. Birgina shu so‘zlarning o‘zi qolganlarining adolatli yechimiga turtki bo‘lib, “kattakonlar”ning saylovga aralashuvini kamaytirsa ne ajab?
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Surxondaryo viloyati hokimligi deputatlikka nomzodlar ro‘yxatidan o‘chirilgan fuqaro to‘g‘risidagi xabarga munosabat bildirib rad etgandi. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Bojxona chegarasidan olib o‘tilayotgan avtomobillarni rasmiylashtiruvdan o‘tkazish tartibiga o‘zgartirish kiritiladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Bojxona chegarasidan olib o‘tilayotgan avtotransport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi hujjat loyihasi e'lon qilindi.
Qayd etilishicha, xorijiy avtotransport vositasi O‘zbekiston Respublikasiga kirishida kirish bojxona posti xodimi tomonidan “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma” rasmiylashtiriladi, bundan ta'mirlash, shu jumladan qayta tiklash va tarkibiy qismlarini almashtirish maqsadlarida olib kiriladigan avtotransport vositalari mustasno.
Ta'mirlash, shu jumladan qayta tiklash va tarkibiy qismlarini almashtirish maqsadlarida olib kiriladigan avtotransport vositalariga kirish bojxona postida yukni yetkazib berishning nazorat hujjati rasmiylashtiriladi. Ushbu avtotransport vositalari TIF bojxona posti tomonidan “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimiga rasmiylashtiriladi va avtotransport vositasi DYHXXning hududiy organlarida ro‘yxatga olinmaydi hamda elektron ma'lumotlar yuborilmaydi.
“Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma” “Avto” YaAAT dasturi orqali kirish bojxona posti xodimi tomonidan davlat, rus va ingliz tillaridan birida chop etiladi hamda xorijiy avtotransport vositasining egasiga (haydovchisiga) beriladi.
Chet el fuqarolari tomonidan “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risidagi majburiyatnoma” asosida olib kirilgan avtotransport vositalarini O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari yoki O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashab kelayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar respublika hududida boshqarishi va (yoki) tasarruf etishi taqiqlanadi.
Vaqtincha olib kirish muddati tugashidan oldin O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketayotgan haydovchi bojxona organiga avtotransport vositasini vaqtincha saqlash uchun yozma murojaat qilgan taqdirda, ushbu avtotransport vositasi bojxona organi tomonidan belgilanadigan joylarda vaqtincha saqlash davri uchun mazkur Nizomning 16-bandida ko‘rsatilgan yig‘im to‘lanmaydi, bundan avtotransport vositasini saqlash bilan bog‘liq xarajatlar mustasno hisoblanadi.
Belgilangan qaytarib olib chiqish muddatidan 5 kundan ortiq vaqt o‘tgan va respublika hududidan qaytarib olib chiqilmagan xorijiy avtotransport vositalari to‘g‘risida “Avto” YaAATda elektron ma'lumotlar shakllanadi va DYHXXga real vaqt rejimida yuboriladi.
DYHXXning hududiy organlari tomonidan Davlat bojxona qo‘mitasi ma'lumotlari asosida respublika hududidan qaytarib olib chiqilmagan xorijiy avtotransport vositalari aniqlangan taqdirda ular bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan choralarni ko‘rish uchun uch ish kuni mobaynida davlat bojxona xizmatining hududiy organlarini xabardor qiladilar.”.
Ko‘rib chiqish yakuni bo‘yicha bir ish kuni mobaynida bojxona postlari tomonidan “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma” dublikati beriladi. “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma”ning yuqori o‘ng burchagiga “Dublikat” deb yoziladi va bojxona posti boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari imzosi va post muhri bilan tasdiqlanadi.
Bojxona to‘lovlaridan imtiyoz qo‘llanilgan holda “Erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan avtotransport vositasini 3 yil davomida qayta jihozlash bojxona yuk deklaratsiyasida ko‘rsatib o‘tilgan tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi kodi o‘zgarishiga olib kelsa, bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida bojxona to‘lovlaridan berilgan imtiyozlar to‘langan taqdirda ushbu avtotransport vositasini qayta jihozlashga ruxsat beriladi. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Trampning siyosati sarmoyadorlar uchun qanday plyus va minuslarga ega?
Bloger va iqtisodchi Barri Ritxolts trillionlab dollarlarni boshqaruvchi insonlar Amerika bozoridagi holat haqida nimalar o‘ylashayotganini tahlil qilib ko‘rdi.
Har bir inson o‘ziga tegishli bo‘lgan “pufakda” yashaydi, va undan tashqariga qarash hamda dunyoda nimalar ro‘y berayotganini tushunish uchun doimiy harakati kerak. Uslublardan biri – o‘zgalar pullarini boshqaruvchi kishilarni tinglash, sababi ular har doim oldindadir.
Hodisalar esa har doim ko‘p: foiz stavkalari, aksiyalar kursi, Federal zaxira tizimi qarori va hokazo. Biroq, bugun aksariyat Tramp haqida gapirmoqda va bu tabiiy.
Partiya yoki mafkuraviy yondashuvdan chetlanish kerak – ular har doim omadli sarmoyalarga xalaqit beradi. Bunday holatlarni ular aktivlarning bozor qiymatiga konstruktiv yoki destruktiv ta'siri nuqtai nazaridan baholash mumkin.
Siz bunday baholash bilan rozi bo‘lishingiz muhim emas, muhimi – trillionlab dollarlarni boshqaruvchi kishilar nima haqida o‘ylashi. Keling konstruktiv qismdan boshlaymiz.
1. Soliq islohoti. Bu yerda ko‘p narsa bor, jumladan soliqlarning pasayishi, korporativ soliq kodeksining tozalanishi va soliq solinishi tufayli chetga olib chiqilgan korporatsiyalar daromadini qaytarish. Bu iqtisodiyotga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.
2. Davlat tomonidan tartibga solishni bekor qilish yoki kamaytirish. Ijobiy kayfiyat nafaqat moliya sohasida kuzatilmoqda, balki ko‘plab boshqa yo‘nalishlarda ham ko‘zga tashlanmoqda. Hamma biznes yuritish qiymatining kamayishidan umidvor.
3. Infratuzilma. Tramp Amerika yo‘llari, ko‘priklar, tunnellar, portlar va suv yo‘llarini yangilash hamda kengaytirishga taxminan 1 trillion dollar sarflashga va'da bergandi. Buni amalga oshirish vaqti keldi.
4. Kayfiyat. Barchasi tadbirkorlar va sarmoyadorlarga ijobiy kayfiyat beradi hamda bozorlar rivojlanishini ta'minlaydi.
5. Bir partiyaviy boshqaruv. AQShning har bir prezidenti parlament tizimini chin dildan yomon ko‘rgani ehtimolga yaqin, u faqatgina xalaqit beradi.
Endilikda foydasi bo‘lmaydigan holatlarga to‘xtalamiz.
1. Noto‘g‘ri ustuvor vazifalar. Muhojirlik, Federal zaxira tizimi mustaqilligi borasidagi hujumlar, ma'muriyatdagi lavozimlarga g‘alati tayinlovlar, Xitoy va boshqa savdo sheriklari bilan doimiy kurash, Rossiyaga nisbatan ijobiy munosabat. Prezident bu narsalarga qanchalik ko‘p vaqtini sarflasa, yuqorida keltirilgan plyuslar samarasi shunchalik kamayadi.
2. 2018 yilda Kongressga saylovlar. Biz 2010 yilgi saylovlar oqibatini ko‘rmoqdamiz, o‘shanda “Choy ichish harakati” Barak Obamaga qarshilik ko‘rsatgandi. Tramp Obamadan ham ko‘ra ko‘proq norozilikka sabab bo‘ldi – unda saylangan prezident uchun rekord miqdordagi kam qo‘llab-quvvatlash darajasi. Shuningdek unda avvalgi prezidentlarga qaraganda kamroq imkoniyatlar bo‘lishi ham ehtimolga yaqin.
3. Tramp o‘zini prezident sifatida tuta olmayapti. Keling haqiqatga tik qaraymiz – yaqinda o‘tgan matbuot anjumani bunga imkoniyatlar kam ekanini ko‘rsatdi. Ishonchsizligi darhol ko‘rsatib berilgan muqobil dalillar bilan bog‘liq vaziyat bundan darak bermoqda. Tramp o‘ziga yoqmaydigan barcha narsani soxta yangiliklar, deb atamoqda, bir nimaga bor e'tiborini jamlay olmayapti, razvedka bilan janjallashdi hamda matbuot bilan doimiy mojaroda. Bu xatolar ketma-ketligi ko‘plarni asabiylashishga majbur qilmoqda, ular orasida prezident tarafdorlari ham bor.
4. Mojarolar va huquq bo‘yicha muammolar. Obamada, balki, ko‘plab kamchiliklar bo‘lgandir, biroq uning boshqaruvi paytida hukumat a'zolari lavozim vakolatlarini shaxsiy maqsadda foydalanishda ayblanmagan. Tramp atigi bir oydan beri hokimiyat tepasida, bu masala esa ko‘tarilib bo‘lindi.
5. Tushunarsiz kelajak. Yuqorida qayd etilgan barcha narsa “noma'lum-nomzod”ni “noma'lum-prezidentga” o‘zgartirmoqda. Aholi shunchaki kelajakda nimalar sodir bo‘lishini bilmayapti, sababi bunday prezidentni hech qachon ko‘rishmagan.
Ayni damda bozorlar o‘zining yuqori cho‘qqisida yoki unga yaqin holatda bo‘lib turibdi, sarmoyadorlar esa hozircha o‘z savollariga javob berishmoqda. Ko‘ramiz, yaqin orada qaysi jihatlarning qo‘li ustun kelarkin. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Podmoskoveda An-148 yo`lovchi laynerining qulagani videokuzatuvga tushib qolgan (video)
Podmoskoveda An-148 yo`lovchi laynerining qulagani xonadonlarning birida o`rnatilgan videokuzatuvga tushib qolganligi aniqlandi.
Ushbu video YouTubega joylashtirildi. Unda samolyotning yonishi va qulashi aks etgan.
Eslatib o`tamiz, Moskva — Orsk yo`nalishini bajarayotgan "Saratov avialiniyalari" samolyoti bo`lgan An-148 yakshanba kuni Domodedovadan havo ko`tarilganidan so`ng bir necha daqiqa o`tgan halokatga uchragan. Samolet bortida 65 nafar yo`lovchi va olti nafar ekipaj a`zolari bo`lishgan. Ularning barchasi halok bo`lishgan. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Moskva yaqinidagi stadionlardan birida mumiyolangan erkak jasadi topildi
Moskva yaqinidagi Korolev shaharchasidagi “Vimpel” stadionning sharqiy tribunasini buzish paytida, erkak kishining mo`miyolangan jasadi topildi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.
IIV matbuot xizmatining xabar berishicha, erkak bundan to`rt oy ilgari vafot etgan. Noma`lum erkak jasadi sud-tibbiyot ekspertizasi o`tkazish uchun o`likxonaga yuborilgan.
Ayni damda jasadning shaxsini aniqlash ishlari olib borilmoqda. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
O‘rgimchak matbuot anjumanda AQSh va Polsha prezidentlari mikrofonlari orasida to‘r to‘qiy boshladi (video)
Oq uyning Pushti bog‘ida AQSh va Polsha prezidentlari Donald Tramp va Anjyey Duda matbuot anjuman berayotgan vaqtda ikki davlat yetakchisi minbarlari orasida o‘rgimchak to‘r hosil qila boshladi. Ushbu holat videoda muhrlanib qoldi.
It looks like there is a spider cobweb between Polish President Duda and Trump. pic.twitter.com/Jv3CXiLgYu
Matbuot anjuman televizion translatsiyasining ba'zi kadrlarida ikki prezident minbarida o‘rnatilgan mikrofonlar orasida tortilib turgan va quyoshda akslanayotgan isni ko‘rish mumkin.
Ta'kidlab o‘tish joiz, AQSh prezidentlari ob-havo yaxshi bo‘lganda odatda matbuot anjumanlarni ochiq havoda o‘tkazishadi. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Umid Ahmadjonov: «15-20 kunda terma jamoaga yangi bosh murabbiy tayinlanadi»
27 sentabr kuni O‘zbekiston futbol federatsiyasi yangi prezidenti Umid Ahmadjonov lavozimiga tayinlangandan keyin ilk marta jurnalistlar bilan matbuot anjumani tashkil qildi.
O‘FF prezidenti tashkilotning kelgusi rejalari to‘g‘risidagi bayonotidan so‘ng bevosita jurnalistlar bilan savol-javoblarga o‘tildi.
—Sizga tayinlangan uchta vitse-prezidentlar ham, yoki hukumatda ishlaydigan yoki boshqa davlat tashkilotlarida faoliyat yuritadigan mutaxassislardan iborat. Ular 24 soat davomida futbolga e'tibor qarata olishmaydi. Lekin sizga har doim futbol haqida o‘ylaydigan yordamchi kerak. Kim bu vazifani bajaradi.
—Bizda barcha shtatlar boshqatdan ko‘rib chiqilmoqda. Bizda birinchi vitse-prezident sifatida Shoakram Isroilov tayinlandi. Ular oldingi ish joylari — Jismoniy tarbiya instituti rektori lavozimidan bo‘shab, to‘liq O‘FFda ishlaydigan bo‘ldi. Bundan tashqari O‘FF prezidenti maslahatchisi degan yangi lavozim joriy qildik. U futbolni juda yaxshi tushunadigan odamlardan bo‘ladi. Shuningdek endilikda terma jamoalarga murabbiy tayinlash bo‘yicha ham maxsus kengash tashkil qilinadi. Bu kengashga Oliy liga jamoalari murabbiylari a'zo bo‘ladi. Hozirda 10ta jamoa bosh murabbiylarini bu kengashga a'zo sifatida tanlab oldik. Ular istalgan yoshdagi terma jamoalarga murabbiy tayinlash, futbolchilarni tanlab olish, seleksiya bo‘yicha bizga yordam beradi. Qo‘shimchasiga, ijroqo‘m bilan kelishib oldik, hukumatda va davlat tashkilotlarida ishlaydigan rahbarlar ham hech bo‘lmaganda bir oyda bir marta yig‘ilib, zarur masalalar bo‘yicha gaplashib olamiz. O‘ylashimcha bu borada hech qanday muammo bo‘lmaydi.
— Yuqorida aytib o‘tdingiz, O‘zbekiston yoshlar va ayollar o‘rtasidagi JChdan birini o‘tkazishni rejalashtirmoqda. O‘FF aynan qaysi yildagi musobaqani o‘tkazish bo‘yicha ariza topshirmoqchi?
—Yaqin uch yildagi musobaqalarning mezbonlari aniq bo‘lib ulgurgan. Undan keyingi yillarda, misol uchun 2022 yildan boshlab kelgusida bo‘ladigan mundiallarni o‘tkazishga ariza topshirishimiz mumkin. Bu borada hozircha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Faqatgina JChlarni emas FIFA kongressini ham O‘zbekistonda o‘tkazish rejalashtirilgan.
Rustam Qurbonov: — Bunday musobaqalarni o‘tkazish uchun katta tayyorgarlik kerak bo‘ladi. Misol uchun bizda o‘yinlarni qabul qilishimiz uchun zamonaviy stadionlar bor. Masalan Qarshidagi stadion qaytadan rekonstruksiya bo‘ldi, endi u yerda hech bo‘lmasa 4 yulduzli mehmonxona qurish kerak bo‘ladi. Jizzaxda yaxshi stadion bitkazildi. Umuman o‘yinlarni o‘tkazish bo‘yicha stadionlarimiz yetarli, lekin umumiy infrastruktura bo‘yicha bizda hal qilinishi lozim bo‘lgan ishlar bor. Yodingizda bo‘lsa, o‘z vaqtida ayollar o‘rtasidagi JCh bizga berilgan lekin, keyinchalik qaytarib olingandi. Bunga aynan umumiy infrastrukturaning yaxshi emasligi sabab bo‘lgan. Bugungi kunda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev boshchiligida har bir hududning turizm salohiyatini oshirish, shaharlar infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha bir qator aniq vazifalar belgilab berilgan. Shu ishlar amalga oshirilgach, O‘zbekiston jahon miqyosidagi sport turnirlarini o‘tkazishga to‘liq tayyor bo‘ladi.
— O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyligi uchun yangi nomzod ko‘rib chiqilayotganini aytdingiz. Aniq nomlar bo‘yicha ma'lumot bera olasizmi? Umuman terma jamoa bosh murabbiyligi uchun qanday kriteriyalar hisobga olinmoqda?
— O‘FF hozirda 4-5 nafar nomzodni ko‘rib chiqmoqdamiz. Ular bilan muzokaralar olib borilmoqda. Ammo muzokara qoidalari bo‘yicha ular bilan kelishuvga erishilmagani uchun aniq nomlarni sizga ayta olmayman. Lekin bu masala yaqin 15-20 kunda hal bo‘lishini aytishim mumkin. Kelishuv imzolangach, rasmiy saytimiz orqali bu borada xabar beramiz. Murabbiy tanlashdagi kriteriyaga keladigan bo‘lsak, O‘FF birinchi navbatdagi mutaxassisning Yevropadan bo‘lishiga e'tibor qaratmoqda. Shuningdek uning bugungi kundagi o‘zbek futboliga qanchalik mos bo‘lishi ham hisobga olinmoqda, degan Ahmadjonov. | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Andijon shahar hokimi muammosini aytgan fuqaroni haqorat qildi. Viloyat hokimligi holatga munosabat bildirdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahar hokimi Bahromjon Haydarov telefon muloqoti paytida fuqaroni nomaqbul so‘zlar bilan obro‘sizlantirib, haqoratlagani joylangan audioyozuv tarqaldi. Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati holatga rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum bo‘lishicha, audioyozuvda Andijon shahar hokimi va o‘zini Omadjon deya tanishtirgan fuqaro o‘rtasida o‘zaro tortishuv yuzaga kelgani va shahar hokimi fuqaroga nisbatan uni hadeb bezovta qilmasligini aytib, haqoratlagani, fuqaro tomonidan esa ijara haqqi va uyini tiklab berish ta’kidlangani haqidagi suhbat mavjud bo‘lgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan viloyat hokimligi tomonidan ishchi guruh tuzilib, dastlabki o‘rganish ishlari amalga oshirilgan. O‘rganish ishlari davomida tarqalgan audioyozuv haqiqatan ham Andijon shahar hokimi Bahromjon Haydarovga tegishli ekani o‘z tasdig‘ini topgan.
Shuningdek, fuqaro tomonidan aytilayotgan ijara haqqi va uyini tiklash to‘g‘risidagi holat yuzasidan o‘rganishlar davomida fuqaro O.N. istiqomat qiladigan Alisher Navoiy shohko‘chasi 57-sonli ikki qavatli uyi snosga tushgani, hozirgi kunda “Sulton xaus” MChJ qurilish firmasi tomonidan shu joyga ko‘p qavatli uy-joy majmuasini qurish ishlari olib borilayotgani sababli fuqaro O.N. ijaraga chiqarilib, unga ijara pullari doimiy ravishda to‘lab kelinayotgani ma’lum bo‘lgan.
Ta’kidlanishicha, fuqaro Andijon shahar hokimiga doimiy ravishda, tun-u kun telefon qong‘iroqlarini amalga oshirib, 2 xonali 52 kvadrat metrdan iborat bo‘lgan uyi o‘rniga “Sulton xaus” MChJdan, shahar markazidan 400 kvadrat metrli uy-joy va Gentra avtomobili undirib berishini so‘rab, shahar hokimini doimiy obro‘sizlantirib kelgan.
O‘rganish davomida O.N.ning ushbu xonadonga nisbatan uy-joyga bo‘lgan egalik huquqi mavjud emasligi ma’lum bo‘lgan. Aslida esa uy-joy onasining nomida ekani va qurilish firmasi hamda O.N.ning onasi o‘rtasida yangi qurilayotgan uy-joydan xonadon ajratib berish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
Xabarda aytilishicha, hozirda fuqaroning onasiga ijara uchun to‘lanishi kerak bo‘lgan pul to‘laligicha to‘lab berilgan.
Bundan tashqari, Andijon shahar hokimining fuqaro bilan muloqoti davomida ishlatgan haqoratli so‘zlari uchun Andijon viloyati hokimligi tomonidan alohida huquqiy baho berilishini ma’lum qilingan.
Eslatib o‘tamiz, Bahromjon Haydarov Andijon shahri hokimi lavozimiga 2019-yil oktabr oyida tasdiqlangan. Shaharning undan avvalgi hokimi Dilmurod Rahmatullayev kollej direktorlarini haqorat qilgani, 30 ga yaqin holatda qonun talablariga zid hujjatlarni imzolagani uchun lavozimidan ozod etilgandi. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Davlat boshqaruvi akademiyasida yiliga 160 nafar tinglovchi qayta tayyorlanadi
2017 yil 8 avgustdagi PF–5139-son Prezident Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 sentyabrdagi 745-son Qarori bilan quyidagilar tasdiqlandi:
Shuningdek Qarorda belgilanishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash kurslariga 2017/2018 oʻquv yilida:
2017 yil 25 sentyabrda kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini
ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV
tayyorladi. | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
O‘zbekistonda bojxona to‘lovlaridan imtiyozdan foydalanishni suiiste’mol qilgan korxonadan 753 mln so‘m undirildi
Davlat bojxona qo‘mitasi xodimlari tomonidan yirik qonunbuzarlik holati fosh etildi. Bu haqda qo‘mita axborot xizmati ma’lum qildi.
Bojxonachilar “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi a’zosi bo‘lgan “Yasmin new tex” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyatini o‘rganish davomida ushbu korxona 43,3 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan, jami 95,5 tonna tekstil mato tovarlarini O‘zbekistonga olib kelganligi va unga bojxona to‘lovlaridan jami 753 million so‘m imtiyoz qo‘llanilganligi aniqlandi.
Mazkur tashkilotga bojxona to‘lovlaridan qo‘llanilgan maqsadli imtiyozlar to‘g‘ri qo‘llanilganligi bojxonachilar tomonidan atroflicha o‘rganilib, korxonada ishlab chiqarish mavjud emasligi aniqlandi.
Ushbu tashkilotga aloqador shaxslardan esa davlat budjetiga yetkazilgan 753 million so‘mlik zarar naqd pul shaklida to‘liq undirib olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
O‘zbekiston bozorlaridagi asosiy mahsulotlarning narxi e’lon qilindi
Davlat statistika qo‘mitasi hududlardagi markaziy dehqon bozorlarida kuzatuv o‘tkazgan.
2022 yil 12 yanvar holatiga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlari narxi quyidagicha:
Bunda dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan. Supermarket, minimarket, do‘konlardagi narxlar inobatga olinmagan. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Farg‘ona va Qashqadaryodagi koronavirus xavfi past bo‘lgan hududlarda karantin choralari bosqichma-bosqich yumshatiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 24-aprel, juma kuni, aholi bandligini ta’minlash va iqtisodiyot tarmoqlari faoliyatlarini tiklash masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan navbatdagi videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Videoselektor yig‘ilishida Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlarida iqtisodiyot tarmoqlarini barqaror ishlatish, aholi bandligini ta’minlash, ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Ta’kidlanishicha, ayni paytga qadar Farg‘onada 120 nafar, Qashqadaryoda 6 nafar fuqaro koronavirus bilan kasallangan.
Karantin davrida Farg‘onada 10 ming, Qashqadaryoda 11 mingta korxonaning ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari keskin kamaygan. Buning oqibatida ayni paytda ishsizlar soni oshgan. Bundan tashqari, Farg‘onada 56 mingta, Qashqadaryoda 91 mingta ehtiyojmand oila mavjud.
Yig‘ilishda Sog‘liqni saqlash vazirligi va ushbu viloyatlar hokimlariga kasallik yuqtirish xavfi yuqori, o‘rta va past darajada bo‘lgan tuman hamda faoliyat turlarini tahlil qilib, karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yumshatish bo‘yicha Respublika komissiyasiga taklif kiritish topshirig‘i berildi.
Avvalroq 24-aprel hisobidan Qashqadaryoda ikki kishi, Farg‘ona viloyatida 19 kishi (ular orasida uch oylik chaqaloq ham bor) koronavirusdan sog‘aygani ma’lum qilingan edi.
Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 20-aprel kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda koronavirus aniqlanmagan hududlarda karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yumshatish yuzasidan topshiriq bergan edi. Prezident tomonidan 22-aprel kuni o‘tkazilgan videoselektorda O‘zbekistonning koronavirus qayd etilmagan hududlarida sanoat korxonalari va klasterlar o‘z ishini qayta boshlagani ma’lum qilindi.
O‘zbekistonda 24-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 1778 nafarni tashkil etmoqda. Mamlakatda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning 617 nafari esa sog‘aygan, sakkiz kishi kasallik oqibatida vafot etgan. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Xitoy AQSh uchun yiliga 75 mlrd dollarlik tovar uchun boj joriy etishga qaror qildi
Xitoy Moliya vazirligi AQShning besh mingdan ortiq turdagi tovariga qo‘shimcha yiliga 75 milliard dollarlik tovar uchun boj joriy etish bo‘yicha qarorni qabul qildi, deb xabar beradi Meduza.
Vazirlik saytida ma’lum qilinishicha, ushbu qaror AQSh hukumatining shu turdagi qaroriga javob tarzida qabul qilingan. 5 va 10 foizli bojlar ikki bosqichda joriy etiladi: 2019-yilning 1-sentabridan hamda 15-dekabridan. Shuningdek, Xitoy Amerika avtomobillariga 25 foizli bojlarni joriy etishni rejalashtirmoqda.
AQSh va Xitoy savdo urushi fonida Amerika fond birjalarining indeksi pasayishni davom etmoqda, Brent markasidagi neft narxi bir barreli uchun 58,35 dollargacha tushib ketdi.
Avgust oyida AQSh va Yevropa davlatlarining asosiy fond indekslari yuan 11 yillik minimumiga erishgach, 2—3 foizga tushib ketgandi. Donald Tramp Xitoy hukumatini valyuta bilan manipulyatsiya qilishda ayblagan edi. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Ucell kompaniyasi xodimlari uchun Ucell Blood Donor Day xayriya tadbirini o‘tkazdi
Joriy yilning 3-avgust kuni Ucell Plaza ofisida dastlabki donorlik xayriya aksiyasi — Ucell Blood Donor Day Korporativ donor kuni bo‘lib o‘tdi. Donor kunida kompaniyaning 66 nafar xodimi ishtirok etib, Respublika qon quyish markazi zaxiralarini 15 litrga boyitdi. Bu haqda Ucell kompaniyasining matbuot ofisi quyidagilarni xabar qiladi.
Ucell kompaniyasi xodimlari donorlar qoni ko‘p holatlarda hech narsa bilan almashtirib bo‘lmaydigan vosita ekanligini, ko‘p odamlar hayotini saqlab qolishini yaxshi tushunadi: u turli avariyalar, yong‘inlarda jarohatlangan, yurak operatsiyalari, onkologik kasalliklarga chalingan bemorlar, qiyinchilik bilan farzand ko‘rgan ayollar va chaqaloqlar uchun juda zarur bo‘ladi. Davolovchi muassasalarda qon va uning tarkibiy qismlarga doimo ehtiyoj katta bo‘ladi.
“Donorlik aksiyasida ishtirok etish uchun o‘zida kuch va imkon topgan barcha xodimlarga kompaniyaning top menejmenti nomidan minnatdorlik bildiraman va shaxsan o‘zim tasanno aytaman. Ishtirokingiz natijalari kutganlarimizdan ham ancha ortiq bo‘ldi. Kompaniyaning ko‘pgina xodimlari uchun Donor kuni nafaqat korporativ madaniyat doirasidagi tadbir, balki shaxsiy e’tiqodi va fuqarolik burchiga sodiqligining ifodasiga aylandi. Men shunday olijanob va fidoyi insonlar jamoasida ishlash sharafiga muyassar bo‘lganimdan juda faxrlanaman”, — deb ta’kidladi Ucell kompaniyasining korporativ kommunikatsiyalar bo‘yicha direktori Rodika Verbenyuk.
Shu kuni bizning qahramonlarimiz ko‘kragiga taqilgan maxsus donor belgilari — Every Blood Donor is a Hero (“Har bir donor qahramondir”) olijanob yurak ramziga aylandi.
“Biz xohlovchilar shu qadar ko‘p bo‘lishini kutmagan edik, lekin konveyer kabi uzluksiz ishlab, barchasini uddaladik, deb hisoblayman! Takror aytaman, bu biz uchun donor kunini shunday yuqori darajada o‘tkazish bo‘yicha ilk tajribamizdir — donorlar va tadbir tashkilotchilari bizni shu qadar samimiy va do‘stona kutib olganlariga chinakam hayratda qoldik, — dedi Respublika qon quyish markazi qon olish bo‘yicha sayyor brigada mudirasi Zulfiya Ismailova. — Navbatda turganlarning keti uzilmaganiga qaramasdan, barchasi ijobiy o‘tdi. Deyarli barcha kelganlar o‘zlarini donor sifatida his eta oldi va xayrli maqsad uchun o‘z qonlarini berdi. Kechga tomon xohlovchilar hanuz kelayotganida bizda hattoki ularning barchasi uchun gemakonlar yetmadi va ikki marta omborimizga borib kelishimizga ham to‘g‘ri keldi. Butun jamoamiz nomidan sizlarga iliq qabul va olijanob harakatlaringiz uchun minnatdorlik bildiramiz!”.
Ucell kompaniyasi xodimasi Marianna Semenova quyidagi fikrlarini bayon qildi:
“Mening oilamda shunday vaziyat yuzaga kelganki, qon juda zarur bo‘lgan, lekin gemoglobinim past darajada bo‘lganligi sababli donor bo‘la olmadim. Bu safar esa yordam yaqinlarim uchun kerak bo‘lmasa-da, boshqa muhtoj odamlarga yordam berishim mumkin. Ushbu xayrli tadbirda jonim bilan qatnashdim. Chin yurakdan yordam berishni xohlaydigan odamlar soni shu qadar ko‘pligi meni lol qoldirdi: xodimlarning tashabbusi har qanday tahsinlarga loyiq. Bugun men Ucell jamoasi doimo va har qanday holatda yakdillik bilan yordamga kelishiga aminman. Barcha doimo sog‘-salomat bo‘lsin va bu kabi yordam hech qachon va hech kimga kerak bo‘lmasin”.
Xizmatlar litsenziyalangan. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Peterburg yaqinida o‘zbekistonlik ayol kaltaklandi. Tajovuzda uning eri gumonlanmoqda
Rossiyaning Leningrad oblasti Vsevolojsk shahrida O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan ayol o‘ta og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizildi. Unga tajovuz qilishda eri gumon qilinmoqda.
Gazeta.SPb xabariga ko‘ra, 31 iyul kuni kechqurun 42 yoshli ayol Vsevolojsk markaziy tuman kasalxonasiga yotqizildi. O‘zbekiston fuqarosida bosh miya jarohati aniqlangan, ahvoli esa o‘ta og‘ir deb baholandi.
Huquqni muhofaza qilish idoralari jinoyatni sodir etganlikda gumon qilingan shaxsni qo‘lga oldi. U jabrlanuvchining 45 yoshli turmush o‘rtog‘i ekanligi ma'lum bo‘ldi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, erkak ham O‘zbekiston fuqarosi hisoblanadi va Sankt-Peterburgda vaqtincha ro‘yxatdan o‘tgan.
Huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari jinoiy ish qo‘zg‘atish masalasini hal etmoqda. | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false |
OAV «Match TV» efirida aytilishi taqiqlanadigan jumlalar haqida xabardor bo‘ldi
Yaqin kunlarda «Match TV» telekanali efirda ishlatish mumkin bo‘lmagan so‘zlar ifodasini taqdim etadi. Bu haqda 26 sentabr kuni «Biznes Onlayn» xabar bergan.
«Efirda ishlatiladigan rus tili zamonaviy, xatosiz va g‘aliz jumlalardan xoli bo‘lishi lozim. Iltimos, nutq vaqtida gap tuzilishiga katta ahamiyat qarating. Agar nimadadir ikkilansangiz, gramota.ru saytiga murojaat qiling. Agar saytda ishlash yoqmasa, unda kitob o‘qing», — dedi kanal rahbariyati xodimlarga.
Telekanal boshlovchilar, muxbirlar va sharhlovchilarga “qizaloq”, “qizchalar” va “qizlar” jumlasini qo‘llash taqiqlagan. Efir vaqtida faqatgina “siz” jumlasini qo‘llash mumkin.
Shuningdek, sharhlovchilar futbol o‘yini vaqtida jamoalar laqablaridan foydalanmaslikka chaqirildi.
“Saxiy jamoa”, “sizning kamtar xizmatkoringiz”, “suvdagi g‘oz”, “kunning yaxshi vaqti”, “chempionat gulchambari”, “jasurlik zeniti”, “arslon ulushi”, “ommaviy hujum” va shunga o‘xshash jumlalarni ishlatmaslik tavsiya etilgan. | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false |
AQSh Tramp va Putinning muzokaralari haqida nega sukut saqlanayotganini ma'lum qildi
AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoning senat tashqi ishlar bo‘yicha qo‘mitasidagi eshituvlar vaqtida ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar hukumati Donald Tramp va Rossiya yetakchisi Vladimir Putin o‘rtasidagi muzokaralar haqidagi batafsil ma'lumotni bo‘lajak muzokaralarga zarar yetkazmaslik maqsadida oshkor etmayapti. Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.
«Bu bir qadar yopiq muzokaralar bo‘yicha qanday ochiq bo‘lish mumkin ekaniga doir o‘ta muhim qaror. Sababi sizlarda yakkama-yakka boshqa muzokaralar o‘tkazilishiga doir turlicha fikrlar bo‘lishi mumkin», - dedi Pompeo.
Uning ta'kidlashicha, kelajakda navbatdagi shaxsiy muzokaralar o‘tkazilishi mumkin, ularning natijalari bo‘yicha «real o‘zgarishga» erishish lozim.
Davlat kotibining qo‘shimcha qilishicha, Putin va Trampning shaxsiy muloqoti batafsil jihatlari haqida sukut saqlash, Amerika prezidenti hamda Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning yakkama-yakka uchrashuvi tafsilotlarini oshkor etmaslik bo‘yicha qarorga o‘xshashdir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq amerikaliklarning aksariyati Rossiya Trampni obro‘sizlantiruvchi ma'lumotga ega, deb hisoblashi xabar berilgandi. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Giyohvandlik jinoyatini sodir etgan shaxsning xatti-harakatlari jamoatchilik o‘rtasida muhokama etildi
Marat Begmatov Qibray tumanining “Madaniyat” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiladi. Tez va oson pul topish ilinjida giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatga qo‘l urdi.
Bu nojo‘ya harakat fosh etilgach, Marat Begmatovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi bilan jinoyat ishi ochildi va uy qamog‘i ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Yaqinda Qibray tumani “Madaniyat” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar ishtirokida keng jamoatchilik muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Unda Marat Begmatovning xatti-harakatlari muhokama etildi.
– Bugungi kunda jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, mahalla hududida har qanday huquqbuzarliklarning oldini olishda mahalla faollarining o‘rni alohida ahamiyat kasb etmoqda. Fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yuzasidan mahalla raisi, ularning diniy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha maslahatchilari hamda xalq e'zozidagi mahalla faollarining fikri muhim ahamiyat kasb etmoqda, – deydi Qibray tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi boshlig‘i Karim Raimjonov. – Jumladan, hayotda bilib-bilmay huquqbuzarlik va jinoyat sodir etgan yoki boshqa nojo‘ya ishga qo‘l urgan shaxslarni to‘g‘ri yo‘lga boshlash, jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish ham jamoatchilik instituti faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, bugungi muhokamada aholi qatlamining fikrlariga, ularning munosabatiga alohida e'tibor qaratmoqdamiz. Zero, fuqarolarning jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishda faol ishtirok etishi kelajakda bu kabi salbiy holatlarning kamayishida muhim o‘rin tutadi. | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false |
Toshkent metrosining foto va video olishga ruxsat berilganidan keyingi suratlari: “Chilonzor” yo‘li (“Daryo” fotoreportaji)
Toshkent metropolitenida 1-iyundan foto va video tasvirga olishga rasman ruxsat berildi. Stansiyalar va metro vagonlariga joylashtirilgan Metropolitendan foydalanish qoidalariga ham bu haqda o‘zgartirish kiritildi. “Daryo” muxbiri Toshkent metropolitenining “Chilonzor” yo‘lida joylashgan ba’zi bekatlardan fotoreportaj tayyorladi. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Milliy kutubxonada Alisher Navoiy tavalludining 576 yilligiga bag‘ishlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi
2017-yil 7-fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi foyesida g‘azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 576 yilligiga bag‘ishlangan “Fasohat mulkining sohibqironi” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi. Bu haqda kutubxona matbuot xizmati xabar berdi.
Ko‘rgazmada Alisher Navoiyning ko‘p jildli asarlari, uning asarlariga sharhlar, Alisher Navoiy hayoti va ijodiy faoliyatiga, uning falsafiy fikrlariga oid turli yillarda chop etilgan kitoblar namoyish etilmoqda.
Shuningdek, mazkur ko‘rgazmada foydalanuvchilar e’tiboriga dunyo tillariga tarjima qilingan Navoiyning tanlangan asarlari, g‘azallari, ruboiylari, o‘z asarlari izohi, ijtimoiy-falsafiy va axloqiy g‘oyalarga yo‘g‘rilgan hikmatlari va turli aforizm, maqol va matallari taqdim etilgan. Uning 3000 mingdan ziyod she’rlari, dostonlari, majoziy uslubda bitilgan g‘azal, ruboiylari va ilmiy qarashlari XV asr oxirlarida O‘rta Osiyodagi ma’naviy hayotni yoritib beradi.
Shuningdek, ko‘rgazmada Oybek, Maqsud Shayxzoda, Izzat Sulton va boshqa shoirlar tomonidan turli davrlarda Alisher Navoiy haqida yozilgan asarlar o‘rin egallagan.
Ko‘rgazmaga tashrif buyurgan foydalanuvchilar O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kitob fondida mavjud Alisher Navoiy hayoti va ijodiga daxldor adabiyotlar bilan tanishadi. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Toshkent shahridagi I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti Filialining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi Filialida (keyingi o‘rinlarda — Filial) va uning huzuridagi ixtisoslashtirilgan akademik litseyda zamonaviy o‘quv materiallari va laboratoriya uskunalarini keng qo‘llanish asosida ta’lim jarayoni sifatini yanada oshirish maqsadida:
1. I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi Filiali Vasiylik kengashining yangilangan tarkibi 1-ilovaga muvofiq ma’qullansin.
2. I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi Filiali va uning huzuridagi ixtisoslashtirilgan akademik litseyni jihozlash va o‘quv jarayonini tashkil etish uchun olib kelinadigan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan o‘quv-laboratoriya uskunalari va moddiy-texnika resurslari (keyingi o‘rinlarda — tovarlar) ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va ular 2020-yilning 1-yanvariga qadar bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari) ozod qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining ilovada ko‘rsatilgan va “O‘zbekneftgaz” AJ tashkilotlari tomonidan olib kelinadigan tovarlar respublikamizda ishlab chiqarilmasligi to‘g‘risida bergan xulosalari ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Davlat bojxona qo‘mitasi va “O‘zbekneftgaz” AJ bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq olib kelinadigan tovarlardan maqsadli foydalanilishi ustidan qattiq nazorat o‘rnatsin.
Belgilansinki, ushbu qaror bilan tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq olib kelinayotgan tovarlardan maqsadga nomuvofiq foydalanilgan taqdirda bojxona imtiyozlari berilishi munosabati bilan to‘lanmagan bojxona to‘lovlari summasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyalarni qo‘llagan holda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti hisobiga undiriladi.
4. “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati (A.S. Sultonov) Filialni va uning huzuridagi ixtisoslashtirilgan akademik litseyni o‘quv jarayoni uchun zarur bo‘lgan maxsus va o‘quv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlashda yordam bersin, ulardan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan tizimli monitoring o‘rnatsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi Filiali faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 6-iyuldagi PP-1569-sonli qarori 2-bandining uchinchi xatboshi va qarorning 2-ilovasi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari G‘.I. Ibragimov, “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultonov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining raisi M.V. Toxiriy zimmasiga yuklansin. | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Toshkentda MDH – Islom bankchiligi va moliyasi bo‘yicha forum davom etmoqda
2 may kuni Toshkentdagi Wyndham mehmonxonasida “MDH – Islom bankchiligi va moliyasi bo‘yicha forum – 2019” boshlandi. 3-4 may kunlari esa «Islom bankchiligi, takaful va islom mikromoliyasi» mavzuida katta seminar ham tashkil etiladi.
Mazkur tadbirni tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, o‘zbekistonlik tadbirkorlarni Islom bankchiligi va moliyasi sohasi bilan tanishtirish, ularni ushbu soha imkoniyatlaridan xabardor qilish, boshqa mamlakatlardan tashrif buyurishi kutilayotgan mutaxassislar, amaliyotchi-olimlar va boshqa mehmonlar bilan ushbu sohada yuz berayotgan yangiliklar bilan bo‘lishishdan iborat.
Ushbu forum va ikki kunlik seminar “Al Huda” islom bankchiligi va iqtisodiyoti markazi, “Sheikh Ahmed Bin Obeid Al Maktoum” xalqaro investitsion kompaniyasi hamda Islom taraqqiyot bankining ICD tarmog‘i bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.
Forumda islom bank - moliya sohasidagi tarixiy voqealar, global g‘oya va yo‘nalishlar, takaful (islom sug‘urtasi), O‘zbekistonning islom bank - moliya tarmog‘ini rivojlantirishdagi imkoniyatlari va bu yo‘nalishdagi aniq vazifalar kabi mavzularda taqdimotlar o‘tkazilmoqda.
2018 yil may oyida O‘zbekistonda islom bank ishi va infratuzilmasini joriy etishga qaratilgan O‘zbekiston prezidentining qarori loyihasi ochiq muhokamaga qo‘yilgan edi. Qaror loyihasida tadbirkor va fuqarolarda foiz yukiga ega bo‘lmagan bank-moliya hizmatlariga bo‘lgan qiziqish va zaruriyat ortib borayotgani qayd etilgan. Shuningdek, islom bank ishi va moliyasi tamoyillarini ishlab chiqish va tatbiq etish bo‘yicha Komissiya tuzilishi ham ma'lum qilingan.
O‘zbekistonda islom bank-moliya tizimini tatbiq etish va rivojlantirishni keng muhokama qilish maqsadida tashkil etilayotgan forum butun mintaqada “Halol” bozorining tarkibiy qismi bo‘lgan islom bank-moliya tizimi rivojlanishiga turtki berishi kutilmoqda. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Toshkentdagi “Fleshka” savdo majmuasida sotilayotgan planshetlar narxi ma’lum qilindi
“Terabayt.uz” 2016-yilning 10-fevral holatiga Toshkentdagi “Fleshka” savdo markazida sotilayotgan planshet va soatlar narxi bilan tanishtirdi.
Apple planshetlari:
iPadMini 4 (Wi-Fi, 4G, 128 Gb.) – 4 650 000 so‘m
iPad Mini 4 (Wi-Fi, 4G, 64 Gb.) – 4 050 000 so‘m
iPad Mini 3 (Wi-Fi, 4G, 64 Gb.) – 3 600 000 so‘m
iPad Air 2 (Wi-Fi, 4G, 16 Gb.) – 3 250 000 so‘m
iPad Air 2 (Wi-Fi, 4G, 64 Gb.) – 4 150 000 so‘m
iPad touch 16 Gb – 1 550 000 so‘m
iPad touch 32 Gb – 1 860 000 so‘m
iPad touch 64 Gb – 2 170 000 so‘m
Nano 7 – 1 085000 so‘m
Shuffle MP3 – 434 000 so‘m
Samsung planshetlari:
Samsung Galaxy Tab 4 7.0 – 1 115 000 so‘m
Samsung Galaxy Tab Ye 9.7 – 1 520 000 so‘m
Samsung Galaxy Tab S2 9.7 – 3 030 000 so‘m
Samsung Galaxy Tab 3 Lite – 960 000 so‘m
Boshqa planshetlar:
Lenovo 7.0 – 1 080 000 so‘m
Artel NOVA 8.0 – 930 000 so‘m
Huawei 7.0 – 950 000 so‘m
Apple soatlari:
Apple Watch sport 42 mix – 2 350 000 so‘m
Apple Watch sport 38 mix – 2 230 000 so‘m
Apple Watch Milanese loop 42m – 4 650 000 so‘m
Apple Watch Classic BRL – 4 650 000 so‘m
Samsung soatlari:
Gear S2 classic – 1 860 000 so‘m
Gear S2 sport – 1 800 000 so‘m
Keltirilgan qurilmalarni ko‘rsatilgan narxda sotib olishga “Daryo” nashri kafolat bermaydi. Qurilmalar va ularning narxi haqidagi axborot faqat tanishish uchun taqdim etilgan. | false | false | false | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false |
Toshkent tramvayining 15 ta vagoni 2016 yildan beri Samarqandga jo‘natilishini kutmoqda. Foto
Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi 12-sonli avtobus parkida 14 ta «KTM-19» tramvaylari va bitta Rigada ishlab chiqarilgan «RVZ-6» vagon muzeyi Samarqandga jo‘natilishi kutilmoqda. «Gazeta.uz» muxbiri Yevgeniy Sorochin avtobus parkidan fotoreportaj tayyorladi.
Ushbu maqola Toshkent tramvayi tugatilishining yubileyiga tahririyat tomonidan tayyorlangan materiallar turkumining bir qismidir. Birinchi qismda biz poytaxtda yengil temir yo‘lning tugatilish tarixi haqida so‘z yuritib, shahar mazkur transport turining tugatilishidan oldin va keyin qanday ko‘rinishda bo‘lganini taqqoslagan edik.
2016 yilda poytaxtda tramvay tizimi yopilgandan so‘ng, vagonlar Chilonzor tumanidagi 2-tramvay deposida saqlangan. Telegram`dagi «Ko dnu» kanalining xabar berishicha, 2020 yil iyun oyi boshida tramvaylar 12-sonli avtobus parkiga ko‘chirilgan, chunki depo hududi savdo markazi qurish uchun sotilgan edi.
«KTM-19» vagonining 2-tramvay deposidan olib o‘tilishi. Foto: «Ko dnu» Telegram kanali.
Yo‘lovchi tashish operatori «Toshshahartransxizmat»ning ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent tramvay tizimi yopilgandan so‘ng, 1994 yildan 1998 yilgacha sotib olingan qolgan «Tatra T6» rusumli chex vagonlari foydalanish muddati tugaganligi sababli ro‘yxatdan chiqarilgan va metallolom uchun topshirilgan.
2017 yil fevral oyida Samarqandda tramvay tizimini ishga tushirish to‘g‘risida prezident farmoni qabul qilindi. Qarorda shahar aholisi va mehmonlari uchun infratuzilmani takomillashtirish va transport xizmatining sifatini oshirish muhimligi haqida gap boradi. Bundan tashqari, farmonda tramvayning ekologik tozaligi tan olingan.
Shunisi e’tiborliki, Toshkent tramvayining tugatilishi transport vositalari sonining doimiy o‘sib borishi va tramvay marshrutlarining samarasiz ishlashi tufayli qatnov qismini kengaytirish zaruratiga asoslangan edi.
Tramvay yo‘nalishini ishga tushirish uchun Samarqandga 2011 yilda sotib olingan Chexiyaning «Vario LF» rusumli zamonaviy 20 ta pastpolli vagonlari yuborildi. 2007 yilda sotib olingan Rossiyaning 14 ta «KTM-19» vagoni ham Samarqandga yuborilishi kerak. Bundan tashqari, 1960 yillarda Riga shahrida ishlab chiqarilgan «RVZ-6» vagon muzeyi transportirovkasi kutilmoqda.
Barcha 15 ta vagonlar 12-sonli avtobus parkida ochiq havoda transportirovkasini kutmoqda.
Ta’kidlash joiz, hozirda Samarqandda vagonlar shahardagi 6,4 km masofali yagona yo‘nalish bo‘ylab harakatlanadi. Tramvay 2017 yil 15 aprelda ishga tushirilgan kuni ushbu yo‘nalish bo‘yicha 8 ta vagon harakatlanar edi.
2018 yilda Navro‘z bayrami arafasida shaharda xuddi shunday vagonlar chiqarilishi bilan uzunligi 5 km bo‘lgan ikkinchi yo‘nalish foydalanishga topshirildi. Biroq, keyingi yili tramvay liniyasi qurilgan yo‘l kapital ta’mirlanish uchun yopilgan. Ikkinchi yo‘nalishda tramvay harakati to‘xtatildi.
«Toshshahartransxizmat» kompaniyasi rahbariyatiga avtobus parkiga kirishga imkoniyat yaratilgani uchun minnatdorchilik bildiramiz. | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false |
Yevropa Ligasining 1/8 final o‘yinlariga qur’a tashlandi
Shveysariyaning Nyon shahrida 25-fevral, juma kuni Yevropa Ligasi musobaqasining 1/8 final bosqichiga qur’a tashlandi.
Yevropa Ligasi guruh bosqichida birinchi o‘rinni olgan jamoalar birinchi savatchadan joy olgan bo‘lsa, o‘tish o‘yinlari g‘oliblari ikkinchi savatchaga joylashtirilgan edi.
O‘tish o‘yinlarida “Borussiya D”ni mag‘lub etgan “Reynjers” “Srvena Zvezda” bilan bahs olib borsa, “Leypsig” Domeniko Tedeskoning sobiq jamoasi “Spartak” bilan kuch sinashadi. “Barselona” esa Turkiyaning “Galatasaroy”ini sinovdan o‘tkazadi.
1/8 finali qur’asi quyidagicha ko‘rinish oldi:
Yevropa Ligasi 1/8 finalining dastlabki bellashuvlari 10-mart kuni, javob uchrashuvlari esa 17-mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling! | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida temiryo‘l qatnovi qachondan tiklanishi ma’lum qilindi
«O‘zbekiston temir yo‘llari» xabariga ko‘ra, 2020 yil mart oyida koronavirus pandemiyasi tufayli qariyb butun dunyo mamlakatlarida xalqaro yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezd qatnovi to‘xtatildi. Ikki yillik cheklovlardan so‘ng, qator davlatlar tomonidan yo‘lovchi poyezd yo‘lovchilari uchun chegaralarni bosqichma-bosqich ochish borasida sa’y-harakatlar amalga oshirila boshlandi.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati va «Qazaqstan temir joly» MK» AJ bilan kelishilgan holda joriy yilda Qozog‘istonga birinchi yo‘lovchi poyezd harakati tashkil etadi. 2022 yil 1 apreldan boshlab Nukus – Beyneu – Nukus yo‘nalishidagi 647/648-sonli poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
Ushbu poyezd Nukus vokzalidan haftaning har seshanba, juma va yakshanba kunlari va «Beyneu» stansiyasidan har dushanba, chorshanba va shanba kunlari jo‘natiladi.
Boshqa qo‘shni davlatlar bilan temiryo‘l yo‘nalishlarining qayta tiklanishi tomonlarning kelishuviga asosan bosqichma-bosqich ochilishi kutilmoqda, deyiladi xabarda.
Bundan oldin O‘zbekiston va Qozog‘iston birinchi texnik davlatlararo avtobus qatnovini amalga oshirgandi. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Foto: Namanganda “elektr ta’minotidagi uzilishlardan norozi aholining ommaviy norozilik namoyishi” bartaraf etilmoqda
11-mart kuni viloyat IIB tomonidan Namangan shahar “Otchopar” o‘yingohida “Ommaviy tartibsizliklarni oldini olish, jamoat tartibini saqlash, favqulodda holatlar sodir bo‘lganda uning oqibatlarini bartaraf etish” mavzusida hamkorlikdagi maxsus taktik mashqi o‘tkazildi. Bu haqda Namangan viloyati IIB axborot xizmati xabar qildi.
Tadbir Namangan viloyati ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibini ommaviy tartibsizliklarni bartaraf etish vazifalarini bajarilishi borasidagi harakatlarini o‘rganish, boshqaruv organlari va hamkorlikda jalb etiladigan kuchlarni jangovar vazifalarni bajarishga tayyorgarligi holatini tekshirish, hokimiyat, viloyat huquqni muhofaza qilish va aloqador idoralari bilan hamkorlik masalalari samaradorligini ta’minlash maqsadida o‘tkazilgan.
Mashqda Namangan viloyati va Namangan shahar hokimligi, viloyat IIB, prokuratura, DXX, Milliy gvardiya, FVB, bojxona, Sog‘liqni saqlash boshqarmasi va hududiy bo‘limlari hamda boshqa aloqador idoralar vakillari ishtirok etdi.
Mashqning shartli voqeasiga ko‘ra, 11-mart kuni soat 09:30 da Namangan shahar “Do‘stlik bozori” hududida buyumlarni xarid qilish uchun kelgan fuqarolar va chakana savdo bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlar bozor hududida muntazam ravishda elektr manbai o‘chirilayotganligi natijasida plastik kartalardan savdo qilish imkoni bo‘lmayotganligidan norozi bo‘lib, 200 nafarga yaqin sotuvchi va fuqaro ishtirokidagi ruxsat etilmagan namoyish maxsus kuch vositalari orqali bartaraf etilgan. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Olmaliq, Chirchiq va Angren shaharlari kompleks quriladi
Hukumatning tegishli qarorlari bilan Olmaliq va Chirchiq shaharlarining 2035-yilgacha, Angren shahrining 2032-yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan bosh rejalari tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.
Qarorlarga muvofiq, Olmaliq, Chirchiq va Angren shaharlari kompleks quriladi.
Shahar yerlaridan maqsadsiz foydalanishga va noqonuniy qurilishlarni amalga oshirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha qat’iy nazorat o‘rnatiladi.
Energiya tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish yo‘li bilan suv ta’minoti, kanalizatsiya, elektr, gaz, issiqlik ta’minoti modernizatsiya qilinadi.
Hududlarning shaharsozlik qiyofasini shakllantiruvchi maydonlar, xiyobonlar va bog‘lar rekonstruksiya qilinadi va yangilari quriladi.
Shaharlarning atrof-muhitini muhofaza qilish tizimi ishlab chiqiladi. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Buxoroda soliq xodimi cho‘kayotgan bolani qutqardi
Joriy yil 22-noyabr kuni soat 15:30 atrofida Buxoro viloyati, Romitan tumani DSI soliq inspektori Sunnat Jumayev hamkasbi Husniddin Xayriddinov bilan tumanning “Navoiy” mahalla fuqarolar yig‘ini hududiga jismoniy shaxslarning soliq qarzini undirish uchun boradi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
DSI xodimlari “Xayrobod” kanali yonidan o‘tib ketayotganlarida cho‘kayotgan yosh bolani ko‘rib qoladi. Sunnat Jumayev zudlik bilan mashinani to‘xtatib, hech ikkilanmay yordam berish maqsadida o‘zini suvga otadi. Havo harorati 2 daraja sovuq bo‘lishiga qaramay, Sunnat Jumayev cho‘kayotgan bolani qutqarish uchun muzdek suvga sho‘ng‘iydi.
Bolani qirg‘oqqa olib chiqadi. Kanal atrofida yig‘ilgan aholi vakillari uni tanib, zudlik bilan kiyimini almashtirish va isinib olishi uchun uyiga olib ketadilar.
Aniqlanishicha, qutqarib qolingan bola Shahrombek Zaripov bo‘lib, u Romitan tumanidagi 1-sonli umumta’lim maktabining 3-sinfida o‘qiydi. O‘sha kuni u o‘qishdan qaytayotgan mahal suv solingan idishi — termosni to‘satdan kanalga tushirib yuboradi.
Uni olish ilinjida bola tez oqayotgan, past haroratli suvga tushib, to‘g‘ri harakatlana olmaydi. Shu vaqtda soliq xodimi uni qutqarish uchun yordamga oshiqadi.
Shahrombekning yaqinlari o‘z farzandining hayotini saqlab qolgani uchun Sunnat Jumayevga minnatdorlik bildirdi. Hozirda bola o‘zini yaxshi his qilmoqda, sog‘lig‘iga hech qanday zarar yetmagan.
Davlat soliq qo‘mitasining buyrug‘iga asosan Sunnat Jumayevga ko‘rsatgan jonbozligi uchun faxriy yorliq va soliq xizmatining I darajali inspektori unvoni navbatdan tashqari taqdim etildi. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
«Cheklangan sherikchilik to‘g‘risida»gi qonun loyihasi e'lon qilindi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Cheklangan sherikchilik to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.
Sherikchilik – cheklangan sherikchilik shartnomasi asosida tuzilgan yuridik tashkilot shakli.
Cheklangan sherikchilik daromad keltirish-keltirmasligidan qat'i nazar, bank faoliyatidan tashqari istalgan qonuniy faoliyat, maqsad yoki faoliyatni olib borishi mumkin.
Cheklangan sherikchilik qonunchilik yoki cheklangan sherikchilik shartnomasi taqdim etadigan barcha huquq va imtiyozlarga, shu bilan birga, biznes, cheklangan sherikchilik maqsadi yoki faoliyatini yuritish, rivojlantirish yoki unga erishish uchun lozim bo‘lgan, yuridik shaxs vakolatlariga ega bo‘lishi shart va amalga oshirishi mumkin.
Cheklangan sherikchilik firma nomi tushirilgan muhr, shtamp va blankalarga, o‘z emblemasiga, shuningdek, belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan tovar belgisi va fuqarolik muomalasi, tovar, ishlar va boshqa xizmatlarni individuallashtirishning boshqa vositalariga ega bo‘lishi mumkin.
Cheklangan sherikchilik shartnomasi asosida ikkita yoki bir nechta shaxs (sherik) yuridik shaxs tuzib, o‘z mablag‘larini birlashtirish va sherikchilikdagi investitsion faoliyatni amalga oshirish majburiyatini oladi.
Cheklangan sherikchilik shartnomasida sheriklar cheklangan sherikchilik shartnomasida ko‘rsatilgan doirada va hajmda ishtirok etib, bunda bitta yoki bir nechta sherik (boshqaruv kompaniyasi) barcha sheriklar nomidan hamkorlarning umumiy ishini yuritadi.
Malakali investorlar cheklangan sherikchilik shartnomasi tomonlari bo‘lishi mumkin.
Xorijiy yuridik shaxslar, shuningdek, xorijiy huquq bo‘yicha yuridik shaxs bo‘lmagan xorijiy tashkilotlar, ushbu shaxslarning O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida belgilangan huquqiy maqomi xususiyatlaridan kelib chiqib, cheklangan sherikchilik shartnomasi bo‘yicha sherik sifatida ishtirok etishi mumkin.
Sherikchilik shartnomasi soni ellikdan oshmasligi kerak.
Cheklangan sherikchilik shartnomasi tomonlari va boshqa shaxslar cheklangan sherikchilik shartnomasi asosida amalga oshirilayotgan qo‘shma investitsion faoliyat bo‘yicha reklama joylashtirishi, shuningdek, ommaviy oferta yo‘li bilan sherikchilikdagi investitsion faoliyatga yangi shaxslarni jalb etishga haqli emas.
Cheklangan sherikchilik shartnomasida uni individuallashtirish maqsadida “cheklangan sherikchilik” so‘zlarini o‘z ichiga olgan cheklangan sherikchilik nomi (individual atamasi), cheklangan sherikning Tadbirkorlik sub'yektlarini Yagona davlat reyestrida ro‘yxatga olishda olingan STIR raqami ko‘rsatiladi.
Cheklangan sherikchilikni ta'sis etish hamda Tadbirkorlik sub'yektlarini Yagona davlat reyestrida ro‘yxatga olish uchun qo‘shimcha ravishda Nizom va ta'sis shartnomalari talab etilmaydi. Cheklangan sherikchilik shartnomasi va umumiy ishlarni yuritish siyosati yuridik shaxsni ta'sis etuvchi ta'sis hujjatlar sanaladi.
Tadbirkorlik sub'yektlarining Yagona davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng cheklangan sherikchiliklar ariza to‘ldirib, unga cheklangan sherikchilik shartnomasi, davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxalari va boshqaruvchi sherik to‘g‘risidagi ma'lumotlarni ilova qilib, qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga soluvchi vakolatli davlat organida ro‘yxatga olinishi shart.
Sheriklarning cheklangan sherikchilik shartnomasi, unga o‘zgartirishlar kiritilgan kelishuv (shartnomalar) bilan tanishish imkoniyati cheklanmasligi lozim.
Cheklangan sherikchilik shartnomasi bo‘yicha huquq va majburiyatlarni boshqaga o‘tkazish, jumladan, ularni huquqiy vorislik natijasida boshqaga o‘tkazish, shuningdek, cheklangan sherikchilik shartnomasiga yangi sherik qo‘shish munosabati bilan cheklangan sherikchilik shartnomasi ishtirokchisini almashtirish cheklangan sherikchilik to‘g‘risidagi amaldagi shartnomani bekor qilish va uning barcha ishtirokchilari o‘rtasida cheklangan sherikchilik to‘g‘risidagi yangi shartnoma tuzishni taqozo etmaydi. Cheklangan sherikchilik shartnomasiga yangi ishtirokchini qo‘shish sheriklarning umumiy yig‘ilishi qarori bilan, ushbu shartnomada ko‘rsatilgan tartib va shartlar asosida amalga oshiriladi, agarda cheklangan sherikchilik shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa.
Cheklangan sherikchilik shartnomasiga qo‘shilish birlamchi cheklangan sherikchilik shartnomasi tuziladigan tartibda rasmiylashtiriladigan va imzolanadigan (ishtirokchilarning amaldagi tartibini hisobga olib) qo‘shimcha shartnoma tuzish orqali amalga oshiriladi, agarda cheklangan sherikchilik shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa. Bunda shartnoma ishtirokchisi birlamchi cheklangan sherikchilik shartnomasining barcha shartlari va bandlarini qabul qiladi, agarda tomonlar kelishuvida boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa. Qo‘shilish to‘g‘risidagi qo‘shimcha shartnomada sherikchilikning yangi ishtirokchisi umumiy ishga qo‘shadigan hissasini kiritish shartlari, tartibi, muddatlari va olinadigan daromadni taqsimlash tartibi belgilanadi.
Shartnoma yoki unga kiritilgan o‘zgartirishlar Tadbirkorlik sub'yektlarining yagona davlat reyestrida ro‘yxatga olingan kundan e'tiboran cheklangan sherikchilik shartnomasi tuzilgan, unga kiritilgan o‘zgartirishlar esa kuchga kirgan hisoblanadi. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Hukm o‘zgarishsiz qoldi: sud Islombek To‘laganov advokatlarining apellyatsiya shikoyatini rad etdi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida 12-yanvar kuni avvalroq Jasurbek Ibrohimovning vafoti haqidagi ish bo‘yicha aybdor deb topilgan va olti yilga ozodlikdan mahrum qilingan Islombek To‘laganovning advokatlari tomonidan berilgan apellyatsiya shikoyati bo‘yicha eshituv bo‘lib o‘tdi, deb yozadi “Nuz.uz”.
To‘laganovning ikki advokati Ibrohimov olgan jarohatlari tufayli emas, balki vaqtida ko‘rsatilmagan tibbiy yordam sababli vafot etganini da’vo qildi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, agar marhum kasalxonaga tushgan birinchi kuniyoq operatsiya qilinganida, tirik qolgan bo‘lardi. Bundan tashqari, ular birinchi kunlari bemorga kuchli ta’sir qiluvchi og‘riqsizlantiruvchi dorilar ukol qilinganiga e’tibor qaratdi.
Islombekning otasi Abdujalil Rasulov o‘z o‘g‘lini to‘liq oqladi va sudga o‘sha mushtlashuvda Islombekning o‘zi ham jabrlanganini eslatdi, shuningdek, o‘g‘li jinoyatni amalga oshirish chog‘ida voyaga yetmagan bo‘lganligiga diqqat qaratdi.
Bu da’volarning barchasiga Jasurbek Ibrohimovning buvisi javob qildi. Sudga murojaat qilib, u tuman sudi faqat bir kishini aybdor deb topib, qolganlarni guvohlar sifatida so‘roq qilib, adolatsiz qaror chiqarganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir ularning oilasi qanday, Islombek To‘laganovning oilasi qanday talafot ko‘rganini taqqoslab o‘tirish butunlay noo‘rin.
Shahar sudi apellyatsiya shikoyatini konstitutsiyaviy tartibda ko‘rib chiqib, hukmni o‘zgarishsiz qoldirish haqida qaror chiqardi. Ya’ni To‘laganovning advokatlari taqdim etgan dalillar birinchi instansiya sudi tomonidan chiqarilgan hukmni o‘zgartirish uchun yetarli darajada jiddiy emas, deb topdi. Shu bilan birga, ishda bir qancha ziddiyatlar topildi, bu esa Jasurbek Ibrohimov yotgan ba’zi tibbiyot muassasalari shifokorlari xatti-harakatlariga nisbatan prokuror tekshiruvi belgilanishiga sababchi bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Mirobod tuman sudi 30-oktabr, dushanba kuni Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji o‘quvchisi Jasurbek Ibrohimovning o‘limi yuzasidan Islombek To‘laganovni olti yilda ozodlikdan mahrum etish bo‘yicha hukm chiqargan edi. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Sirdaryoda yuk mashinasi bilan to‘qnashgan Cobalt yonib ketdi
Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmatining xabar berishicha, bugun, 2022 yil 18 aprel kuni soat taxminan 07:35 larda A-373 xalqaro avtomobil yo‘lining Oqoltin tumani Sardoba shaharchasi xududidan o‘tgan 4-kilometrida yuk mashinasi va Cobalt ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Fuqaro O.S. boshqaruvida bo‘lgan Cobalt yuk mashinasi bilan to‘qnashib, yonib ketgan. Voqea joyiga zudlik bilan Oqoltin tumani FVBdan 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan va tez fursatda yong‘in to‘liq bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida insonlarning o‘limi va tan jarohati olish holatlari kuzatilmagan. Faqat Cobalt mashinasining old kapot va salon qismi yonib zararlangan.
Qayd etilishicha, hozirda hodisa yuzasidan FVB hamda IIB YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq Jizzax viloyati Zafarobod tumanida sodir bo‘lgan YTHda Nexia-2 mashinasi va bir nafar fuqaro yonib ketgandi.
Shuningdek, 2022 yil 14 aprel kuni Surxondaryo viloyati Angor tumanida sodir bo‘lgan YTHda uch kishi yonib ketgandi. Bundan tashqari, 2022 yil 3 aprel kuni Termiz shahrida uchta mashina ishtirokida sodir bo‘lgan YTHda Cobalt va uning yo‘lovchisi yonib ketgandi. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Maqolaga munosabat: Toyloq tumani hokimi muammoni bartaraf etdi
«Kun.uz» saytida «Mahalla raisi Toyloq tumani hokimidan nega norozi?» sarlavhali maqola e'lon qilingan edi. Ushbu maqola yuzasidan Toyloq tumani hokimi Bahodir Bobonazarov tahririyat bilan bog‘landi va mahalla raisi, aholi bilan yuzaga kelgan tushunmovchiliklar bartaraf etilganini bildirdi.
Shundan keyin ushbu masala yuzasidan Bobonazarov bilan uchrashdik. Tuman hokimining ta'kidlashicha, stadion hududidagi noqonuniy qurilishlarni buzish bo‘yicha chora-tadbirlar olib borilmoqda.
Stadion o‘rniga yangi maktabgacha ta'lim muassasi qurilishi haqidagi gap-so‘zlar Sariosiyo mahallasi aholisi o‘rtasida ba'zi gumonlarni keltirib chiqargan. Shuning uchun ham mahalla aholisi va raisi maktabgacha ta'lim muassasi qurilishi rejalashtirilayotganidan norozi bo‘lgan.
Tuman hokimining aytishicha, xalqning fikrini inobatga olib, stadion hududida maktabgacha ta'lim muassasasi qurilmaydigan bo‘ldi. Mahalla ahli stadionda obodonlashtirish ishlarini olib borish va yil oxirigacha o‘yingoh atrofini o‘rashni va'da qilishgan.
Maqolada keltirilgan tuman hokimi va mahalla raisi o‘rtasidagi anglashilmovchilik ham barham topgan. Mahalla raisi masala mohiyatini to‘g‘ri tushunmay, noto‘g‘ri xulosaga kelganini anglab yetgan. U buni biz bilan suhbatda ham ta'kidlab o‘tdi.
Muhimi, o‘rtadagi turli tushunmovchiliklarga barham berildi.
Bardoshbek SAMAD o‘g‘li. | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false |
Ertadan yana bir yangi telekanal o`z faoliyatini boshlaydi.
Prezidentning 2021 yil 18 noyabrdagi «Toshkent viloyati teleradiokanalini tashkil etish to`g`risida»gi qarori ijrosiga muvofiq, O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimida Toshkent viloyati teleradiokanali – «Nurafshon TV» o`z faoliyatini boshlaydi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi Matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Unda hududning ijtimoiy-siyosiy, sosial-iqtisodiy va madaniy-ma`rifiy hayotida ro`y berayotgan islohotlar, farovonlik, taraqqiyot va bunyodkorlik yo`lida olib borilayotgan keng ko`lamli ishlar hamda yaratilgan imkoniyatlar haqida turkum telelavhalar beriladi.
Shuningdek, hududning tarixi, madaniyati, san`ati, adabiyoti va urf-odatlari, boy tabiati, so`lim go`shalari va turizm salohiyatini aks ettiruvchi, ularni o`rganish, asrab-avaylash va keng targ`ib qilishga yo`naltirilgan ko`rsatuv va eshittirishlar tayyorlanadi.Shu bilan birga, davlat va nodavlat teleradiokompaniyalar, axborot agentliklari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar bilan axborot almashish bo`yicha samarali hamkorlikni yo`lga qo`yiladi.
Telekanal rasman ertaga, 17 yanvar kuni 9.00 dan o`z dasturlarini boshlaydi. Efir setkasi tunu kun, 24 soat uchun uzluksiz tarzda tuzilgan. | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false |
Namangan va Farg‘onada aholiga ajratilgan 65 tonna un sotib yuborilgani aniqlandi
Pop tumani va Marg‘ilon shahrida MCHJ va xususiy korxona aholiga ajratilgan un mahsulotini sotib yuborgani ma’lum bo‘ldi. Bu Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv vaqtida aniqlandi.
Pop tumanidagi holatda «P.Z.» MCHJ rahbari S.X. aholi iste’moli uchun ajratilgan 54,9 tonna 1-navli un mahsulotini boshqa shaxslarga qimmat narxlarda sotib yuborgani ma’lum bo‘ldi.
Marg‘ilon shahridagi holatda esa «A.U.» XK rahbari A.A. hamda «A.R.» va «T.M.» XKlarining norasmiy rahbari M.O.lar uzoq va chekka hududda istiqomat qilayotgan aholi uchun ajratilgan 10,1 tonna un mahsulotini Marg‘ilon shahri hududida boshqa shaxslarga bozor narxida sotib yuborganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan A.A., M.O. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 192−11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false |
“Tolibon” Afg'oniston va dunyo ayollarini bayram bilan tabrikladi
“Tolibon” harakati xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mamlakat va dunyo ayollariga bayram tabrigi yo'lladi. Bu haqda “Khaama Press”ga tayanib, “Interfax” xabar berdi.
Ma'lum bo'lishicha, harakat ayollarning munosib hayot kechirishi uchun sharoit yaratishga intilayotganini ta'kidlagan.
“Afg'oniston Islom Amirligi (‘Tolibon’ harakati o'zini shunday ataydi) afg'on ayollarining og'ir ahvolini yengillashtirishga va ularga ezgu Islom dini va umume'tirof etilgan an'analarimiz asosida munosib hayot kechirishlari uchun sharoit yaratishga intiladi”, deyiladi xabarda. Shuningdek, harakat ayollarga bayramni yaxshi o'tkazishni tilagan.
Avvalroq “Tolibon” O'zbekistonga olib o'tilgan vertolyotlarni qanday qaytarishi ma'lum bo'lgandi. Shuningdek, harakat Ukrainadagi vaziyatga munosabat bildirgan. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Toshkentda har 19 soniyada bitta sovutgich ishlab chiqaradigan korxona ishga tushdi
Shu yilning 29 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev ramziy tugmani bosib, navbatdagi investitsiyaviy loyiha – “Maishiy sovutgichlar ishlab chiqarish” korxonasiga start berdi. Umumiy qiymati 62,1 million AQSh dollari bo‘lgan majmua Janubiy Koreyaning “Samsung Electronics” kompaniyasi texnologiyasi asosida faoliyat yuritadi. Uskunalarni montaj qilish va loyihani ishga tushirishga ham koreyalik mutaxassislar jalb qilingan.
O‘rta Osiyoda yagona bo‘lgan ushbu loyihaning o‘ziga xos jihatlaridan biri bu –bir vaqtning o‘zida 4 ta turdagi sovutgichlarni ishlab chiqarish imkoniyatining mavjudligidir. Ishlab chiqarish jarayoni 70 foizga avtomatlashtirilgan bo‘lib, inson mehnati faqatgina jarayonni boshqarish va butlovchi qismlarini yig‘ishda kerak bo‘ladi. Bu esa, har 19 soniyada 1 ta tayyor mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi.
Loyihaning yana bir o‘ziga xos jihati shundaki, tayyor mahsulotlar sifat nazorati laboratoriyasidan juda qisqa vaqt ichida o‘tkaziladi, ushbu jarayon Samsung kompaniyasining texnologik yutuqlaridan foydalangan holda, bor-yo‘g‘i 7 daqiqa ichida amalga oshiriladi. Barcha sinov natijalari markazlashgan ma'lumotlar bazasida saqlanadi.
Korxona yiliga 1 mln dona sovutgich ishlab chiqarish quvvatiga ega. Bu esa nafaqat mahalliy aholi, balki MDH davlatlarini ham xalqaro standartlarga javob beradigan sifatli mahsulot bilan ta'minlash imkonini beradi. Uning yillik eksport hajmi 50 mln dollardan ortiq bo‘lishi kutilmoqda.
Hozirda ushbu kompleksda 10 turdagi 42 xil modifikatsiyali sovutgichlar ishlab chiqarilmoqda. Korxonani ishga tushirish natijasida 1500 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Bu yerda ishlab chiqarilayotgan sovutgichlar zamonaviy dizaynga egaligi, “No frost” tizimi, energiya tejamkorligi (A+), yuqori kuchlanishga qarshi himoya tizimining mavjudligi, shuningdek, masofaviy “smart” boshqaruv tizimiga ega ekanligi bilan ajralib turadi.
Bir so‘z bilan aytganda, O‘zbekistonda yuqori quvvatli, xalqaro standartlarga javob beradigan mahsulotlarni ishlab chiqarish kelgusida import hajmining kamayib, raqobatbardosh milliy mahsulotlarning eksporti ortishini ta'minlaydi. Shuningdek, YaIM hajmida ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari ulushi ortadi. Mahalliy aholi, ayniqsa, yoshlarni ish bilan ta'minlash imkoniyati kengayadi.
«Texnopark» MChJ Matbuot xizmati | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Qovoq danaklari qondagi qand miqdorini pasaytiradi
Qondagi qand miqdorini pasaytiruvchi mahsulotlardan biri — Qovoq danaklaridir. Ular katta miqdorda foydali elementlar manbai bo`lib, qovoq danaklari — qon tarkibini yaxshilovchi temir moddasiga ham boy. Uni iste`mol qilganda — yurak to`g`ri ishlashi uchun barcha kerakli ozuqalarni oladi.
Qovoq danaklarini har kuni iste`mol qilish qondagi qand miqdorini ham pasaytirar ekan. deb aytilmoqda. | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga joʻnab ketdi
06.03.2017
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 6-mart kuni davlat tashrifi bilan Ashxobodga joʻnab ketdi.
Tashrif doirasida davlat rahbarlari O‘zbekiston – Turkmaniston munosabatlariga doir keng koʻlamli masalalarni muhokama qiladilar, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb muammolar yuzasidan fikr almashadilar.
Oliy darajadagi muzokaralar yakunlari boʻyicha davlat rahbarlarining Qoʻshma bayonoti, Strategik sheriklik toʻgʻrisidagi shartnoma, shuningdek, turli sohalardagi oʻzaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan. | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false |
Angren shahrida «Kitob bayrami» tadbiri o‘tkazildi
Bugun, 17 yanvar kuni Toshkent viloyati Angren shahar Xalq ta'limi bo‘limiga qarashli 29-umumiy o‘rta ta'lim maktabida «Men shu aziz Vatan farzandiman!» shiori ostida «Farzandimga kitob sovg‘a qilaman» nomli ijodiy uchrashuv va kitoblar yarmarkasi tashkil etildi. Bu haqda Angren shahar Xalq ta'limi bo‘limi matbuot xizmati Kun.uzʼga ma'lum qildi.
Mazkur ijodiy uchrashuv va kitob yarmarkasi O‘zbekiston prezidentining diniy ishlar bo‘yicha davlat maslahatchisi Rustam Qosimov yo‘riqnomasi asosida 2018 yil noyabr oyida ishlab chiqilgan 2019 yil yanvar oyiga mo‘ljallangan yo‘l xarita va mazkur yo‘l xaritasi bo‘yicha ishlab chiqilgan media rejaga asosan tashkil etildi.
Tadbirda bolalar va kattalar uchun uchun mo‘ljallangan badiiy adabiyotlar, jurnallar, gazetalar, atlaslar, xaritalar, elektron axborot vositalari va hatto bir qancha san'at namunalari namoyish etildi. Shuningdek, o‘quvchilar va ijodkor yoshlarning «Ulug‘ yo‘l» gazetasi muharriri O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoir Ne'mat Dushayev, Angren shahar 33-umumiy o‘rta ta'lim maktabi o‘qituvchisi, shoir Abdurahmon Pirimqulovlar bilan ijodiy uchrashuvi o‘tkazildi.
O‘tkazilgan tadbirda tumandagi barcha sektor rahbarlari, xususan, Angren shahar hokimi Shukrullo Mahmudov, shahar prokurori Xurshid Babayev, shahar IIB boshlig‘i Kamoliddin Boybutayev, shahar DSI rahbari Rustam Ashirmatov ishtirok etishdi va tadbir maqsadi, kitobxonlikning inson hayotidagi o‘rni bilan bog‘liq o‘z fikrlarini bildirishdi.
Tashkil etilgan kitob yarmarkasi kitob ixlosmandi bo‘lgan o‘quvchilar, shuningdek, ota-onalar uchun ayniqsa quvonchli bo‘ldi. Ular yarmarkada o‘zlari istagan jahon va o‘zbek adabiyotining sara asarlarini xarid qilishdi.
Tadbirda “Yosh kitobxon“ tanlovining 2018 yildagi Angren shahar bosqichida g‘oliblikka erishgan o‘quvchilar ham taqdirlandi, xususan, ularga tuman hokimligi va Xalq ta'limi shahar bo‘limining esdalik sovg‘alari topshirildi. Bunday kitob tadbirlari o‘quvchilarning badiiy adabiyot bilan oshno bo‘lishi, dunyoqarashini o‘stirishda ayniqsa ahamiyatli hisoblanadi.
Yoshlar ittifoqi Angren shahar bo‘limi tomonidan “Kitoblar karvoni“ aksiyasi doirasida shahardagi barcha maktablarning axborot resurs markazlariga taqdim etilgan 34 ta nomdagi kitoblar o‘quvchilar uchun haqiqiy sovg‘a bo‘ldi. | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false |
Foto: Qo‘shrabotda avtomobil yo‘lining yarmi o‘pirilib tushdi, YHXX vaziyatni e'tibordan chetda qoldirdi
Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanidagi Shovana qishlog‘ida avtomobil yo‘lining teng yarmi o‘pirilib tushgan, deb xabar bermoqda «Xalq so‘zi».
Yo‘l soy yoqalab o‘tgan bo‘lib, suratlarda ko‘rish mumkinki, shu kunlarda yog‘ib o‘tgan tinimsiz yomg‘irlar oqibatida suv sathi ko‘tarilib, loyqalanib oqmoqda.
Mahalliy aholi vakillarining so‘zlariga ko‘ra, yanada torayib qolgan avtomobil yo‘lida xavfsizlikni ta'minlash uchun hech qanday YHXX xodimlari kelmagan. | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false |
Taniqli sharhlovchi Axbor Imomxo‘jayev akademik unvonini oldi
O‘zbek sporti jurnalistikasi asoschilaridan biri Axbor Imomxo‘jayevga 8-iyun, dushanba kuni Turon fanlar akademiyasining akademigi unvoni berildi.
O‘rta Osiyo xalqlari tarixi instituti Turon fanlar akademiyasi Prezidiumining qarori bilan Axbor Imomxo‘jayev akademiyaning haqiqiy a’zosi deb qabul qilindi va akademik ilmiy unvoni bilan taqdirlandi. Unvon va bu haqidagi hujjatlarni otaxonga Turon fanlar akademiyasi prezidenti Haydarbek Bobobekov topshirdi.
Axbor Imomxo‘jayev dastlab futbol sharhlovchisi sifatida elga tanilgan. Nafaqa yoshiga yetib bo‘sh vaqti ko‘paygach esa, kitob yozish uning asosiy vazifasiga aylangan. Imomxo‘jayev muallifligida jami 10 ta asar (ulardan 6 tasi o‘quv qo‘llanmalar) dunyo yuzini ko‘rgan bo‘lsa, eng so‘nggi va hajmi bo‘yicha eng kattasi hisoblanmish “Asr futbolidagi asl qadrdonlarim” kitobi o‘zbek futbolining 100 yilligini qamragan holda, o‘zbek futboli ensiklopediyasi sifatida ham ta’riflangan. 12 yil davomida to‘plangan ma’lumotlar asosida bitilgan bu kitob ziyolilar va arboblar tomonidan ham e’tirof etilgan.
2020-yil boshida, Axbor Imomxo‘jayev 84 yoshga to‘lishi arafasida O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti kengashi qaroriga binoan universitetning Faxriy professori unvoni berilgan edi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling! | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
O`zbekistonda davlat xizmatchilari har qanday turdagi mukofot va sovg`a olishi taqiqlanishi kutilmoqda
“Davlat fuqarolik xizmati to`g`risida”gi qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga kiritildi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish Agentligi direktori Akmal Burxanov xabar berdi.
Unda davlat fuqarolik xizmatchilarining maqomi, ularning huquq va majburiyatlari, davlat fuqarolik xizmatining asosiy prinsiplari, davlat fuqarolik xizmatiga kirish ochiq tanlov asosida amalga oshirilishi, davlat fuqarolik xizmatchisining rotasiyasi, xizmat safarlari, ijtimoiy himoyasi, xususan, davlat fuqarolik xizmatchisining hayoti va sog`lig`i davlat byudjeti hisobidan majburiy sug`urta qilinishi belgilanmoqda.
Qonun loyihasiga muvofiq, endilikda davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reestri yuritiladi hamda davlat fuqarolik lavozimlari guruhlar, toifalarga bo`linadi va malaka darajalari hamda davlat fuqarolik xizmati lavozimi turkumlari tartibga solinadi.
Bundan tashqari, qonun loyihasida davlat fuqarolik xizmatini o`tash bilan bog`liq cheklovlar belgilanib, o`zaro yaqin qarindoshlik yoki quda-andachilikda bo`lgan shaxslar bevosita bo`ysunuv va nazorati ostidagi davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash, pedagogik, ilmiy va ijodiy faoliyatdan tashqari boshqa haq to`lanadigan faoliyat turi bilan shug`ullanish, tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanish, mavqeidan foydalanib yoki o`z xizmat vazifalarini bajarishi evaziga har qanday turdagi mukofot yoxud sovg`a olish, chet el fuqaroligiga ega bo`lish, respublika hududidan tashqarida hisobvaraqlar ochish va egalik qilish, ko`chmas va boshqa mol-mulkka ega bo`lish taqiqlanmoqda.
Ahamiyatlisi, korrupsiyaga qarshi kurashish bo`yicha alohida bob ajratilgan bo`lib, unga ko`ra, davlat fuqarolik xizmatchisining manfaatlar to`qnashuvini hal qilishning tashkiliy-huquqiy asoslari belgilanishi va rioya qilish yuzasidan monitoring va nazorat o`tkazilishini ta`minlash, davlat fuqarolik xizmatchisining sovg`a olish va berish tartibini belgilash, davlat fuqarolik xizmatchisining odob-axloq qoidalari, xususan davlat fuqarolik xizmatchisining xizmatda va xizmatdan tashqaridagi xulq-atvorining asosiy qoidalarini belgilash kabi chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilmoqda. | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false |
Ruminiyalik bokschi Xammer Aleksandr Povetkin bilan jang o‘tkazishga shartnoma imzoladi
Ruminiyalik bokschi Kristian Xammer rossiyalik bokschi Aleksandr Povetkin bilan jang o‘tkazishga shartnoma imzoladi. Bu haqda RCC Boxing Promotion promouterlik kompaniyasi ijrochi direktori Aleksey Titovga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.
Bokschilar o‘rtasidagi jang joriy yilning 15 dekabrida Yekaterinburgda bo‘lib o‘tadi. Jang g‘olibi yangi zelandiyalik Jozef Parkerga tegishli bo‘lgan WBO chempionlik qamari uchun jang o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritadi.
Kristian Xammer professional bokschi sifatida 26 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, ulardan 22 tasida g‘alaba qilgan, 4 tasini mag‘lubiyat bilan yakunlagan.
Povetkinning hisobida esa 33 ta jangdan 32 ta g‘alaba va bitta mag‘lubiyat bor. | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
«Bizni oldinda yomon voqealar kutmoqda»: G‘arb qanday javob beradi?
Ukraina atrofidagi inqiroz keskinlashuvi fonida G‘arb mamlakatlari Ukraina hududiga bosqin ro‘y bergudek bo‘lsa, Moskvaga nisbatan qat’iy sanksiyalar qo‘llashni va’da qilgandi. Rossiya DXR va LXRni tan olgach, G‘arb qanday javob qaytaradi. BBC ekspertlardan ehtimoliy ssenariylar bo‘yicha fikr so‘radi.
Tahlilchilar voqealar rivoji qanday tus olishi mumkinligi haqida gapirishdi - front chizig‘ida, diplomatik muzokaralar va sanksiyalar masalasida.
Front chizig‘idagi vaziyat
Bundan buyog‘iga Moskva qanday qadam tashlashi borasida bir necha variantlar mavjud.
«Ehtimol, Rossiya hatto BMT Xavfsizlik kengashida bunga ruxsat so‘rashi mumkin, va albatta, ruxsat olmaydi. Shundan keyin Moskva baribir qo‘shin kiritadi va o‘rtaga chiqadigan savol rus harbiylari qanchalik uzoqqa kirib borishi bo‘ladi. Agar [rossiyalik] harbiylar faqat hozirgi tutashuv chizig‘igacha borishsa, shu chiziq bo‘ylab joylashadi va uni o‘zgartirishga harakat qilmaydi, bunda masala katta urushsiz yopiladi», deydi London qirollik kolleji qoshidagi Rossiya instituti direktori Sem Grin.
«Rossiya bu hududlarda ham harbiy ishtirokini oshirishi va buni DXR va LXR hukumatlari taklifiga ko‘ra ochiqchasiga amalga oshirishi ehtimoli ham mavjud. Va Moskva avval hech qachon bunday qadam tashlamagani, ammo endi Rossiya fuqarolari manfaatlari himoyasi uchun bu qadam zarurligini aytadi. Bilishimcha, Rossiya bu hududda yashovchi 700 mingdan ortiq kishiga o‘z pasportlarini bergan. Rossiyalik harbiylar keng miqyosda kirishi bilan DXR va LXR ochiqchasiga Rossiya proteksiyasiga, himoyasi ostiga o‘tadi. Bu katta qadam. Bu esa shubhasiz G‘arb davlatlari, xususan, AQShda Rossiyaning kelgusi niyatlari bo‘yicha jiddiy xavotirlar uyg‘otadi. Ammo men Moskva tomonidan qandaydir yirik hujum amaliyoti bo‘ladi, deb o‘ylamayman», - deya qayd etadi Qirollik institutining xalqaro munosabatlar bo‘yicha eksperti Jon Lou.
«Agar baribir Rossiya tomoni unga, aytaylik, frontning narigi tomonidagi infratuzilmalar kerak degan qarorga kelsa, u holda o‘t ochiladi. O‘shandan keyingi voqealar rivojini oldindan aytish qiyinlashib ketadi, keng ko‘lamli to‘qnashuvlar nuqtayi nazaridan ham, G‘arb tomonidan bo‘ladigan javob nuqtayi nazaridan ham», deydi Grin.
«Bu radikal nutqdan keyin biz qilishimiz mumkin bo‘lgan asosiy xulosa shunday: Rossiya DXR va LXRga qarshi «hujum»ga o‘zining to‘g‘ridan to‘g‘ri aralashuvini yashirmasdan javob qaytarish uchun bahonaga ega bo‘ldi», deya qayd etadi Davlat departamentining sobiq xodimi Semyuel Sharap tvitterdagi sahifasida.
U endilikda Moskvada ochiqdan ochiq harbiy bosqinni oqlovchi sababga ega bo‘lganini qo‘shimcha qilgan: «Yuridik nozikliklar ham Rossiyani to‘xtata olmasdi, ammo bu davlat hamisha o‘z harakatlari agressiya emasligini ko‘rsatishni istardi».
«Boshqa so‘z bilan aytganda, tayyor turing! Bizni juda xunuk voqealar kutmoqda», deya xulosa qiladi ekspert.
Sanksiyalar
G‘arb tomonidan Rossiyaga nisbatan sanksiyalar qo‘llanishining ikki asosiy varianti bor.
Birinchisi - amaldagi sanksiya rejimini kuchaytirish, ya’ni ro‘yxatga yangi korporatsiyalar, yangi sektorlar va Rossiya prezidenti Vladimir Putinga qadar bo‘lgan yangi nomlarni kiritish. Shuningdek, rossiyalik amaldorlar va oligarxlarning xorijdagi hisoblariga kirish to‘silishi mumkin. Ammo bular - 2014 yildayoq qabul qilingan va hamon amalda bo‘lgan sanksiyalar doirasida bo‘ladi. Tahlilchilar fikricha, bunday cheklovlar Rossiya rahbariyati uchun ayrim oqibatlarga ega bo‘ladi, ammo Kremlning xatti-harakatlariga sezilarli ta’sir ko‘rsata olmaydi.
Ikkinchi variant - eng qat’iy ssenariy bo‘yicha yangi sanksiyalar joriy etish.
«Bu haqda hozir Vashingtonda ko‘p gapirishmoqda va ba’zida Londonda, shuningdek - Parij va Berlinda ham. Bu sanksiyalar sifat jihatdan yangi bosqichga chiqishidir. Rossiyani SWIFT (banklararo to‘lov tizimi)dan uzishni, dollar tranzaksiyalari va davlat tashqi savdosiga taqiq qo‘yishni nazarda tutyapman (ikkilamchi bozorda – tahr). Bu amalda Rossiya iqtisodiyotini Eronniki kabi qilib qo‘yadi. Bu esa ancha jiddiy narsa. G‘arb yetakchilari 2014 yildan buyon bu variantdan qochishga intilib keladi, chunki bunday choralar to‘g‘ridan to‘g‘ri Rossiya xalqiga zarba bo‘ladi. Ammo endi buni muhokama qilishmoqda va jiddiy muhokama qilishmoqda», deya qayd etadi Grin.
Uchinchi variant bo‘lishi ham mumkin - birinchi va ikkinchi ssenariylar elementlarini o‘zida ifodalagan o‘rtacha variant. Yevroittifoqning 27 mamlakatida qirg‘iylar ham, nisbatan mo‘’tadil ovozlar ham bor. Sanksiyalar aynan nima sabab qo‘llanishi kerakligi borasida konsensus yo‘q.
«Sanksiyalar joriy etilishi G‘arb davlatlari hukumatlari rossiyalik harbiylar DXR va LXR hududida paydo bo‘lishini qanday talqin qilishiga bog‘liq. Bu bostirib kirish sifatida talqin etilishi ham mumkin, chunki xalqaro huquq normalariga ko‘ra, ular Ukraina chegarasini kesib o‘tishdi. Shunday yo‘l tutish tarafdorlari ham bor – qat’iy yondashuv kerakligini aytuvchilar. Ammo, masalan, Fransiya va Germaniya nisbatan yumshoq strategiya tanlaydi», - deya qayd etadi BBC bilan suhbatda Britaniyaning Rossiyadagi sobiq elchisi Endryu Vud.
Shu bilan birga Yevropaning ko‘plab davlatlari Rossiya energiya resurslariga bog‘lanib qolgan (Italiya, Avstriya, Slovakiya va boshqalar), ayrimlar esa mafkuraviy jihatdan ruslar bilan yaqin (masalan, Vengriya). Demak, Yevropaning ham yo‘qotadigan narsasi bor.
Ayirmachilarning tan olinishi Rossiya iqtisodiyotiga qanday ta’sir qiladi?
Buning to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’siri bo‘lmadi. Bu regionlar ta’minoti 2014 yildan buyon shusiz ham Rossiya zimmasida. Qolaversa, Abxaziya va Janubiy Osetiya bilan taqqoslaganda, bu hududlarni minimal darajada qo‘llab-quvvatlash uchun resurslar yetarlicha.
Asosiy masala G‘arbning yangi sanksiyalari iqtisodiyotga qanday ta’sir qilishida.
«Birinchidan, yodda tutish kerakki, 2014 yilda rublning dollarga nisbatan kursi ikki barobar qulagandi va bu pasayish shu bo‘yi tiklanmadi. Qimmatli qog‘ozlar bozorida ham sezilarli pasayish kuzatildi», deydi Oliy iqtisodiyot maktabi professori Oleg Vyugin.
Eskalatsiya va sanksiyalar xavfi ishbilarmonlik faoliyatini depsintirib qo‘ymoqda, chunki odamlar urushlardan qo‘rqmoqda, biznes esa mavhumlik sharoitida investitsiya kiritishga shoshilmaydi. Natija - moliya bozorlarida narxlar qulaydi.
Narxlar xaridor joylashgan nuqtagacha qulaydi. Hozirgi sharoitda Rossiya kompaniyalaridan aksiya sotib olish va Rossiya hukumatiga qarz berishga tayyor bo‘lganlar juda kam, shu tufayli aksiyalar va obligatsiyalar kotirovkalari pasaymoqda. Rossiyaga sarmoya kiritish uchun hech kimga rubl kerak bo‘lmagani sababli, valuta kursi ham arzonlamoqda.
«Rubl u qadar kuchli qulamayapti, chunki Rossiya Markaziy banki Milliy farovonlik jamg‘armasi uchun dollar sotib olishni to‘xtatgan, savdo balansi esa hozir sezilarli darajada ijobiy. Ammo agar yirik banklarga qarshi sanksiyalar kiritilsa, ya’ni dollardagi operatsiyalar taqiqlab qo‘yilsa - bu Rossiya moliyaviy tizimida xaos yuzaga keltiradi. Oxir-oqibat bu turmush darajasi pasayishiga olib keladi», deya qo‘shimcha qiladi Vyugin.
Minsk kelishuvlarining to‘xtatilishi
G‘arbdagi ekspertlar dunyoning aksar davlatlari Rossiyaning DXR va LXR bo‘yicha qadamini ma’qullamaydi, degan xulosaga kelishgan.
«Xalqaro huquq nuqtayi nazaridan Donetsk va Lugansk oblastlari - Ukrainaning bir qismi, ular Ukraina hududi bo‘lib qolishi kerak. Putinning qarorining yaqqol oqibati esa - Minsk kelishuvlari amalda yo‘qqa chiqishi bo‘ldi. Endi kelishuvlar kuchini yo‘qotdi», deydi iste’fodagi diplomat Vud.
Ekspert Jon Lou ham uning fikriga qo‘shiladi: «O‘ylaymanki, Putin qaysidir pallada Minsk kelishuvlari amalga oshishi jarayonidan hafsalasi pir bo‘lgan. Bu ayniqsa Makron bilan Moskvadagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida sezildi. Menimcha, Putin bu kelishuv bilan hech narsaga erishib bo‘lmaydi, degan xulosaga kelgan. Putin Ukraina atrofidagi inqiroz va Yevropadagi xavfsizlik muammolari AQSh bilan ikki tomonlama muzokaralarda hal qilinishi kerak deb hisoblaydi. Bularning barchasi Rossiya Minsk kelishuvlaridan voz kechganini anglatadi». | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Rossiyadagi eng yirik korxonalardan biri o‘zbekistonlik 200 nafar fuqaroni ishga oladi
2017 yilda «Vologodskiy podshipnikovyy zavod» taxminan 200 nafar O‘zbekiston fuqarosini ishga olishni rejalashtirmoqda. Bu mehnat resurslari bilan bog‘liq kamchilikni to‘ldirishda yordam beradi, deya xabar bergan «VPZ» matbuot xizmati.
Zavod tegishli rasmiy murojaatni O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga yubordi.
«Vologodskiy podshipnikovyy zavod» 10 yildan beri har yili O‘zbekiston va Ukraina fuqarolarini ishga jalb etadi. Natijada hozirgi kunda korxonada 51 nafar Ukraina fuqarosi va 185 nafar O‘zbekiston fuqarosi ishlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, «VPZ» va O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi 2017 yilning fevralida o‘zbek fuqarolarini korxonada ishlashga jalb etish bo‘yicha kelishuv imzoladi.
Hujjatga ko‘ra, nomzodlar o‘z vatanlarida ishga joylashtirish bo‘yicha suhbat, dastlabki tibbiy komissiya va huquqni muhofaza qilish idoralari tekshiruvidan o‘tkaziladi. Shundan so‘ng ular bilan ishga olish bo‘yicha shartnoma imzolanadi. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Germaniyada antikoronovirus choralari yumshatiladi — may oyidan maktablar ochilishi kutilmoqda
Germaniya kansleri Angela Merkel mamlakatning koronavirus pandemiyasi sababli joriy etilgan izolyasiya rejimidan chiqishi konsepsiyasini matbuot anjumanida taqdim etdi, deb yozadi “Meduza” nashri.
Hozirda maydoni 800 kvadrat metrgacha bo`lgan nooziq-ovqat do`konlar zarur sanitariya choralariga rioya qilgan holda ishni davom ettirishi mumkin.
4 maydan boshlab esa maktablar bosqichma-bosqich ochila boshlaydi: avval bitiruvchi sinflar, so`ng o`rta sinflar.
Ommaviy tadbirlar yoz oxirigacha taqiqlanishi rejalashtirilgan.
Hukumat vaziyatni kuzatib boradi va agar kerak bo`lsa, har ikki haftada strategiyani to`g`rilaydi.
Ma`lumotlarga ko`ra, Germaniyada koronovirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 133 mingtani tashkil etadi. Kasallikdan 3,5 ming odam vafot etdi. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Facebook foydalanuvchilar fotosuratlarini himoya qiladi
Begona kishilar suratidan nusxa ko‘chirib olish – ijtimoiy tarmoqlardagi eng katta muammolardan biri, hamda bugun u o‘ziga xos uslubda yechimini topdi.
Bugun "Feysbuk" ma'muriyati Photo Guard dasturi haqida ma'lumot berdi. Undan hozircha faqat Hindiston aholisi sinov rejimida foydalanishi mumkin. Hozirda himoya o‘z ichiga sahifadagi fotosuratni yuklab olishga taqiq, boshqa kishilarning sahifa fotosiga belgi qo‘yishi, shuningdek, aksariyat Android-smartfonlarda skrinshotlar yaratishni to‘sib qo‘yishni o‘z ichiga oladi.
Agarda foydalanuvchi himoyani faollashtirsa, u sahifada fotosurat atrofidagi maxsus moviy belgi bilan bildiriladi. Kompaniyaning ta'kidlashicha, bu funksiya to‘la himoyani kafolatlamaydi, biroq fotosuratlardan nusxa olish xavfini 75 foizga kamaytiradi. | false | false | false | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false |
“O‘zbekneftmahsulot” rahbari: xususiy shoxobchalar tomonidan benzinning o‘z vaqtida sotilmasligi va neft qazib olishning kamayishi taqchillikni keltirib chiqarmoqda
Viloyatlarda hamda yil oxirlab borgani sari Toshkent shahrida benzin taqchilligi va yoqilg‘i quyish shoxobchalarida uzundan uzun navbat yuzaga keladi. “O‘zbekneftmahsulot” AK boshqaruvi raisi Muzaffar Fayziyev Xalqaro press-klubning 14-iyunda bo‘lib o‘tgan sessiyasida jurnalistlarning ana shu masaladagi savollariga javob berdi.
Muzaffar Fayziyevning aytishicha, “O‘zbekneftmahsulot” benzinni xususiy yoqilg‘i quyish shoxobchalariga sotganidan so‘ng uni tarqatilishi borasida aralasha olmaydi. Tahlillar natijalariga ko‘ra, agar xususiy shoxobchalar berilgan benzinni vaqtida sotsa, benzin yetadi. Ayrim xususiy shoxobchalar ikki soat benzin sotib, qo‘shimcha daromad olish uchun qolganini olib-sotarlarga sotadi.
“O‘zbekneftmahsulot” rahbarining qayd etishicha, kelajakda avtomobillarda gaz yoqilg‘isidan foydalanish ustunlik qiladi. Bu mamlakatda zaxiralarga bog‘liq ravishda neft qazib chiqarishning yildan yilga kamayib borayotgani va neftni import qilinayotgani bilan izohlanmoqda. Ayni vaqtda O‘zbekiston Rossiya, Qozog‘iston va Turkmanistondan neft sotib olmoqda.
Jizzax neftni qayta ishlash zavodining 2020-yilda ishga tushishi natijasida benzin, uning sifati bilan bog‘liq muammolar bartaraf etilishiga ishonch bildirilmoqda. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
O‘zbekiston Afg‘onistondagi yangi elektr uzatish liniyasida o‘z uchastkasini 2019-yil oxirigacha tugatishni rejalashtirmoqda
O‘zbekiston “Surxon—Puli-Xumri” yangi elektr uzatish liniyasi O‘zbekiston uchastkasi qurilishini 2019-yil dekabrida yakunlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda “O‘zbekenergo”dagi manbasiga tayanib, “Podrobno.uz” xabar bermoqda.
O‘zbekiston yangi liniyadagi o‘z uchastkasi qurilishiga allaqachon kirishgan. Uning umumiy uzunligi 260 kilometrga yaqin bo‘lib, shundan 45 kilometri O‘zbekiston hududidan, 215 kilometri Afg‘oniston hududidan o‘tadi.
Loyihaning umumiy qiymati 150 million dollarni tashkil etadi, mazkur mablag‘ning 118 million dollarlik qismi Afg‘oniston tomonidan, qolgan 32 million dollari O‘zbekiston tomonidan ajratiladi. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Bir yo`la to`rtta bemor o`pkasiga havo beradigan apparat yaratildi
Rossiya Federal tibbiy-biologiya agentligida o`pkani sun`iy shamollatadigan yangi apparat namunasini yaratildi. Ushbu apparat bir vaqtning o`zida to`rtta bemorning o`pkasiga havo beradi. Agentlik rahbari Veranika Skvorsova mamlakat televideniyasining birinchi kanali orqali chiqish qilib, shu haqda ma`lum qildi.
Uning aytishicha, mazkur tizim shu kabi xorijiy apparatlardan shunisi bilan farq qiladiki, unda bakterisidli filtrlar o`rnatilgan va u bemorlar bir vaqtda apparatga ulangan paytda bir-biriga kasallikni yuqtirmaydi.
“Dushanbadan boshlab apparatni ishlab chiqarishni boshlaymiz, aprel oyida 80 ming komplekt ishlab chiqariladi“, — dedi Skvorsova.
Shuningdek, u hozirda Rossiya Federal tibbiy-biologiya agentligida koronavirusga qarshi etti turdagi vaksina mavjudligini ta`kidladi. Biroq, ushbu vaksinalar kamida 11 oydan keyin qo`llashga tayyor bo`ladi.
Ayni damda Rossiyada koronavirusga chalinish bo`yicha 1036 ta holat aniqlangan. Ularning aksariyati Moskva shahrida qayd etilgan. 45 kishi sog`ayib ketdi, to`rt bemor pandemiya qurboni bo`ldi. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Essiz, yoshligim husnbuzarlar bilan o‘tmoqda
Husnbuzarlar har qanday insonni tushkunlikka tushirishi aniq. Biroq bu vaqtinchalik muammo va ko‘p hollarda undan mustaqil davolanish orqali xalos bo‘lish mumkin.
Ammo husnbuzarlardan xalos bo‘lgandan keyin qoladigan dog‘ yoki yara izlari kabi asoratlar doimiy bo‘lib qolishi mumkin.
Chandiq va yara izlarining o‘lchami to‘g‘ridan to‘g‘ri husnbuzarlarning o‘lchami va ulardan qanday xalos bo‘lganingizga bog‘liq. Agar yallig‘lanishga qarshi muolaja mustaqil ravishda, teriga zarar yetkazilmagan holda bajarilgan bo‘lsa, unda yallig‘lanish joylarida bir necha kun mobaynida yo‘qolib ketadigan kichik dog‘lar paydo bo‘ladi.
Yuzdagi yog‘ bezlarining faoliyati o‘smirlik davrida kuchayadi. Shu tufayli o‘smirlik davrida husnbuzarlar chiqishi yuqori bo‘ladi. Bu davrning o‘ziga xosligini hisobga olganda husnbuzar kishining ruhiyatiga ta’sir etadi va o‘ziga bo‘lgan ishonchning pasayishiga ham olib keladi.
“Hammaga salom. Men 18 yoshdaman. Menda husnbuzarlar asosan ikki jag‘ yuzim oldida bo‘lib, meni qo‘rqinchli odamga o‘xshatib ko‘rsatmoqda. Hozir yana yuzimda ko‘paygan. Men qanday qilib bunday holda yashashni bilmayman. O‘tgan yilgi Instagram’dagi suratimni ko‘rib hayron qoldim. U yerda yuzimda atigi uchta to‘rtta husnbuzar, hozir esa ularning soni elliktacha. Kundan kunga ularning soni oshmoqda. Ularning juda yirikligi meni ham, yaqinlarimni ham xavotirga solmoqda. Yana mening ko‘zim tagida ham akne (yirik husnbuzar) paydo bo‘lyapti. Har doim o‘zimni bularning bari yo‘qolib ketadi deb ishontirishga harakat qilsam-da, ular aslo daf bo‘lmayapti. Men hali yoshman. Bu husnbuzarlar umrimni zaharlamoqda. Men o‘zimni biochiqindi deb hisoblamoqdaman. Hali oila qurishim ham kerak. Menga bu ahvolimda kim ham qarardi”.
Yuqoridagi gaplar bizga husnbuzar muammosi bilan murojaat qilgan bemorimizning siqilganidan aytgan gaplari edi. Albatta, undagi husnbuzarlarni davolash mumkin.
Keling, shunday vaziyatlarda qanday vositalardan foydalanish maqbul ekani haqida gaplashamiz. Avval aytanimizdek, kompleks davolash usulidan foydalanish kerak. Biokon mahsulotlari bizga yuzdagi muammolardan xalos bo‘lish uchun yordamga keladi.
Yog‘li teriga qarshi emulsiya Biokon kun davomida amal qiladi. Yengil va yumshoq emulsiya yog‘li va muammoli terining holatini va ko‘rinishini yaxshilaydi. Bir necha soat ichida yog‘ bezlarining yuqori faolligidan kelib chiqadigan teri yallig‘lanishini kamaytiradi.
Yengil va yumshoq emulsiya yog‘li va muammoli terining holatini va ko‘rinishini yaxshilaydi. Bir necha soat ichida emulsiya yog‘li bezlarning yuqori faolligidan kelib chiqqan terining yog‘li holatini pasaytiradi. Surilganda terining nafas olishini yopib qo‘ymaydi, terini haddan tashqari quritib yubormaydi.
Bu terini toza va silliq qiladi. Glyukoza ionlari, ularning antibakterial xususiyatlariga ko‘ra, terini yallig‘lanishdan, akne va qora dog‘larni paydo bo‘lishidan himoya qiladi.
Sink va salisilik kislota teridagi teshiklarni kamaytiradi, yog‘li teri kamchiliklarini bartaraf etadi va yangi muammolar paydo bo‘lishining oldini oladi. Aloye va pantenol terini namlantirib qizarishni kamaytiradi.
Ertalab va yoki kechqurun tozalangan yuzga yupqa qatlam bilan oz-ozdan suriladi. Makiyaj uchun ham juda mos.
Biokon Anti-Acne Active husnbuzarlarga qarshi kurashishda mukammal vosita hisoblanadi. Ushbu kremi yuz terisidagi mikroblarga qarshi kurashishda, yallig‘lanishning oldini olish va yuzni namlantirishda eng yaxshi vositalardan biri hisoblanadi.
Bundan tashqari ushbu sifatli krem yuzdagi yog‘ bezlarining ishini susaytiradi. Ushbu kremdan foydalanganda organizm unga o‘rganib qolmaydi va o‘z natijasini juda tez ko‘rsatadi, teringiz qaytadan nafas olishni boshlaydi.
U nafaqat husnbuzarlardan qutulishda, balki yara va husnbuzarlardan qolgan izlarni hamda dog‘larni ketkazishda ham foydalaniladi.
Foydalanish muddati 3 haftadan 8 haftagacha bo‘lishi lozim. Toza yuvilgan yuzga ma’lum (yallig‘lanishni boshlagan) nuqtalar bo‘ylab suring, qurigandan so‘ng uxlashga yoting. Ertalab husnbuzarlardan asar ham qolmaydi.
Biokon “Muammoli Teri” aktiv-kremi — husnbuzar toshgan terini parvarish qilish, ya’ni yog‘ bezlari yo‘llarini berkitib turgan tiqinlarni yo‘q qilish va ularning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikning eng samarador usuli hisoblanadi.
Uning tarkibidagi aktiv komponentlar va ionli kumush moddasi yallig‘langan yuz terisini quruqlashtiradi, yuzdagi ixtiyoriy o‘zgarishlarni oldini oladi, yuzni yanada tiniqlashtiradi.
Aktiv-krem tarkibidagi pentanol moddasi esa shikastlangan teri qatlamini qaytadan tiklaydi va teringiz qaytadan nafas olishni boshlaydi. Kremdan doimiy va rejali qo‘llanish keyinchalik yuz qatlamingizda husnbuzarlarning butkul yo‘q bo‘lib, chiqmay ketishini ta’minlaydi.
Qo‘llanilishi: Ertalab va kechqurun toza yuz qatlamiga singib ketguncha asta-sekin aylanma usulda suriladi. Undan 3-10 hafta davomida rejali kurs asosida foydalanish lozim.
Telegram buyurtma: Biokon buyurtma | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Nuriddinjon Ismoilov Turkiyaning O`zbekistondagi elchisini qabul qildi
Bugun, 15 iyun kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddinjon Ismoilov Turkiya Respublikasining O`zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekarni qabul qildi. Bu haqda Qonunchilik palatasining Axborot xizmati ma`lum qildi.Muloqot avvalida Qonunchilik palatasi Spikeri N.Ismoilov elchini yuksak va mas`uliyatli vazifaga tayinlangani munosabati bilan samimiy qutladi. Uchrashuv davomida mehmonga O`zbekistonda olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlarning mazmun-mohiyati hamda mamlakatlarimiz o`rtasida o`rnatilgan parlamentlararo aloqalar to`g`risida ma`lumotlar berildi. O.Beker muloqot davomida hozirgi paytda ikki davlat o`rtasida parlamentlararo, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda an`anaviy do`stlik va sherikchilikka asoslangan hamkorlikni rivojlantirishga imkon beradigan konstruktiv va ochiq munosabat o`rnatilganini qayd etdi.Ta`kidlanganidek, mamlakatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning 2017 yilda Turkiyaga davlat tashrifi hamda Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo`g`onning 2018 yili O`zbekistonga davlat tashrifi hamkorlikni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqdi. Boisi, amalga oshirilgan davlat tashriflari chog`idagi oliy darajadagi muzokaralar o`zaro ishonch ko`priklarini yanada mustahkamladi.O`z o`rnida O.Beker samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, O`zbekiston-Turkiya aloqalari xususan, parlamentlararo munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqishda bor imkoniyatini ishga solishini aytib o`tdi. Muloqot yakunida tomonlar o`zaro aloqalarini mustahkamlash va amaliy hamkorlikni har tomonlama davom ettirishga kelishib oldilar. | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false |
Ispaniyada ming gektar o‘rmon yonib ketdi, yuzlab odamlar ko‘chirildi
26-iyul, yakshanba kuni Ispaniyada boshlangan yong‘in oqibatida mingga yaqin gektar maydondagi o‘rmonlar yonib ketdi, yuzlab odamlar boshqa joyga ko‘chirildi. Bu haqda El Pais gazetasiga asoslanib, “Yevropeyskaya pravda” xabar bermoqda.
Yong‘in kunning ikkinchi yarmida Kataloniyada boshlandi. Bunga qurg‘oqchilik va kuchli shamollar sabab bo‘lgani aytilmoqda. Ofatni bartaraf etish uchun 155 ta o‘t o‘chirish jamoasi tashlandi, xavfli hududdan 800 kishi ko‘chirildi.
O‘t o‘chiruvchilar tuni bilan ishlaganiga qaramay, o‘rmondagi alangani butkul o‘chirishning iloji bo‘lmadi. Bunga ob-havo, jumladan, kuchli shamol ham xalaqit beryapti. Yong‘in oqibatida jabrlanganlar to‘g‘risida hozircha xabarlar yo‘q. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Chagayev Braun ustidan g‘alaba qozonsa, kelgusi raqibi Tayson Fyuri bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda
Boks bo‘yicha o‘ta og‘ir vaznda WBA yo‘nalishida muntazam chempion, o‘zbekistonlik Ruslan Chagayev chempionlikka rasmiy nomzod, jurnalistlarga “tanasini mashinaga aylantirish jarayoninning boshlab yuborgani”ni ma’lum qilgan avstraliyalik Lukas Braunga qarshi ringga chiqadi. Jang 2016-yil 5-mart kuni Checheniston poytaxti Grozniyda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “12news.uz” xabar bermoqda.
“Yo‘limda nimaiki uchramasin, barchasini yo‘q qilaman. Jang raqib hududida bo‘lishi meni bezovta qilmaydi, okean ortida ko‘p bor ringga chiqqanman. Grozniyga Chagayevni nokautga uchratgani borishim aniq. Bellashuv taqdirini hakamlarga topshirib qo‘yish niyatim yo‘q: ringda men bilan birga ikki hakam —chap va o‘ng qo‘lim bo‘ladi”, — deya ta’kidlagan o‘ta og‘ir vaznda chempionlik kamariga ega ilk avstraliyalik bo‘lish niyatini yashirmayotgan Braun.
Chagayev Braun ustidan g‘alaba qozongan taqdirda uning kelgusi raqibi Vladimir Klichkodan to‘rtta yo‘nalish bo‘yicha chempionlikni tortib olgan britaniyalik Tayson Fyuri bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda. | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Inom Majidov O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri etib tayinlandi
O‘zbekiston Prezidentining 20-iyundagi farmoni bilan Inom Majidov oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri etib tasdiqlandi. Bu haqda Hukumat portali xabar bermoqda.
Inomjon Majidov.
Inom Majidov bungacha oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida mehnat qilib kelayotgan edi.
Vazirlikning avvalgi rahbari Rustam Qosimov O‘zbekiston Prezidentining 20-iyundagi boshqa farmoni bilan Prezident davlat maslahatchisi birinchi o‘rinbosari — Tashkiliy-kadr xizmati rahbari — Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori etib tayinlangan edi. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Yevropaning eng xaridorgir mashinalari reytingi tuzildi
Yevropada eng xaridorgir avtomobil Volkswagen Golf bo‘lib qolmoqda. Bu mashinadan yanvar oyining o‘zida 45 ming 93 dona sotilgan, bu ko‘rsatkich 2017 yilgiga nisbatan 16,1 foiz ko‘proqdir.
Focus2move tahlilchilari ma'lumotlariga ko‘ra, Yevropa bozorida yetakchilar o‘zgardi: agar Golf’dan hanuzgacha hech bir model o‘tolmayotgan bo‘lsa, yangi reytingda 2-o‘rin Volkswagen Polo’ga nasib qilgan. Bu mashinadan yanvarda 27268 dona sotilgan (4,9 foiz o‘sish), vaholanki avvalgi reytingda bu o‘rinni Renault Clio egallagan.
3-o‘rinni Ford Fiesta egallagan. 26 ming 727 dona sotilgan bu mashina bir yil avval Yevropada 5-o‘rinni egallagan.
Ro‘yxatning keyingi o‘rinlarini mos ravishda 25507 va 23958 dona sotilgan Renault Clio (4 foiz kamayish) va Volkswagen Tiguan (1,6 foiz o‘sish) egallamoqda.
Yetakchi o‘ntalikning 6-o‘rnini 21159 dona sotilgan Skoda Octavia (6,8 foiz o‘sish) egallamoqda, so‘ngra 21708 dona sotilgan Nissan Qashqai krossoveri (2,3 foiz o‘sish) va 21459 dona sotilgan Peugeot 208 (5,8 foiz o‘sish) kelmoqda.
Oxirgi o‘rinlarni Ford Focus va Toyota Yaris egallagan. O‘tgan oy bu mashinalardan mos ravishda 19 435 (7,5 foiz o‘sish) va 18 812 (17,3 foiz o‘sish) dona sotilgan. | false | false | false | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false |
Bokschi Fyuri Tramp yordamchisi bo‘lishga munosibligini aytmoqda
Jahon boks tashkiloti (WBO), Jahon Boks Assotsiatsiyasi (WBA) va Xalqaro boks tashkiloti (IBO)ning sobiq jahon chempioni, britaniyalik Tayson Fyuri AQShning yangi prezidenti Donald Trampga ajoyib yordamchi bo‘lishi mumkinligi haqida fikr bildirmoqda. Sobiq professional bokschi Twitter sahifasida shu haqda yozmoqda.
«Kim bilsin, balki tez orada men bosh vazir bo‘larman. Tramp prezident bo‘lishni uddalagan ekan, nega bo‘lmasin? Biroq, unga yangi yordamchi lozim bo‘lsa, mendan yaxshisini topa olmaydi», — deb yozgan Fyuri. | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Advokatlarga tergov hibsxonalarida mobil telefondan foydalanishga ruxsat beriladi
O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalarining ichki tartib qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi buyruq Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi, deya xabar qilindi Adliya vazirligining Telegram-kanalida.
Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq endilikda advokatning himoya ostidagi shaxs bilan audio va video kuzatuv qurilmalari bo‘lmagan maxsus xonada hamda begona shaxslarning ishtirokisiz o‘z vaqtida va hech qanday to‘siqlarsiz uchrashishi ta’minlanadi, bunda advokat va himoya ostidagi shaxsning suhbatini uchinchi shaxslar eshitishini istisno etgan holda ularni vizual ko‘rib turish imkoniyati saqlab qolinadi.
Shuningdek, advokatning himoya ostidagi shaxs bilan uchrashish jarayonida elektron vositalardan (mobil telefon, fotoapparat va diktofon) foydalanish imkoniyati yaratiladi. Bunda advokat tomonidan elektron vositalardan ma’lumotlarni qayd etish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa maqsadlarda foydalanish taqiqlanadi. | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false |
Bir o‘lcham kattaroq olish kerak bo‘lgan kiyimlar
Aksariyat ayollar, u yoki bu narsa xarid qilishda kichikroq o‘lchamdagi buyumlarni ma’qul ko‘radi. Ammo bunday kiyimlarda nafas olish qiyinligini hisobga olmaydi.
Kiyim sotib olishda bunday yondashuv mutlaqo noto‘g‘ri. Quyida o‘lchamga kattaroq olish zarur bo‘lgan kiyimlar haqida so‘z yuritiladi.
Futbolka. Bu buyum bir yuvgandan keyin qisqaradi. Shuning uchun kattaroq o‘lchamdagi futbolkani olishga harakat qiling.
Yoqali kofta. Ular futbolkalarga qaraganda 3-5 % kamroq siqadi. Bunda qiyinchilik shundaki, ko‘ylakning qaysi qismi qisqarishi ma’lum emas: yoqasi, yelkasi yoki qo‘li. Shuning uchun yopishib turuvchi modellardan voz keching.
Jundan qilingan jemper. Birinchidan, jun buyumlar qisqaradi. Ikkinchidan, keng, qulay kiyimlar torga qaraganda ancha yaxshiroq.
Paypoq. Ular asosan paxtadan qilingani sabab bir yuvganda qisqaradi. Sizga oyog‘ingizni siqadigan paypoq kerak emas, albatta.
Ichki kiyim. Kattaroq o‘lchamda olishga harakat qiling. Shuningdek, ichki tomondan siqmaydigan yoki teri kesmaydigan ichki kiyimda siz qulaylikni his qilasiz. | false | false | false | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false |
Italiyada koronavirus oqibatidagi o‘limlar soni bo‘yicha kunlik antirekord yangilandi — bir sutkada 969 bemor vafot etdi
Italiyada 27-mart holatiga ko‘ra COVID-19 koronavirusi oqibatida vafot etganlar soni 9134 kishiga yetgan. O‘tgan bir sutka ichida 969 kishi kasallik oqibatida vafot etgan — bu mamlakatda epidemiya boshlanganidan buyon eng katta o‘lim ko‘rsatkichidir, deb xabar beradi “Kommersant”.
Hozirda Italiya koronavirus oqibatida yuzaga kelgan o‘lim holatlari bo‘yicha dunyoda birinchi, kasallar soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda (AQShdan keyin) ketmoqda.
“Bugungi ma’lumotlarga ko‘ra, pandemiyadan 589 kishi sog‘aygan bo‘lib, ularning soni 10 950 kishiga yetdi. Afsuski, bir sutkaning o‘zida 969 kishi vafot etdi”, — deydi Italiya sog‘liqni saqlash va favqulodda vaziyatlar bo‘yicha komissari Domeniko Arkuri.
Arkurining ta’kidlashicha, ayni vaqtda 66,4 ming italiyalik koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan bo‘lib, o‘tgan bir sutka ichida ularning soni 4,4 mingga oshgan. Vafot etgan va davolanishga muvaffaq bo‘lganlar bilan qo‘shib hisoblaganda kasallikka chalinganlar soni 86,5 ming kishiga yetgan. Ushbu ko‘rsatkichlar bilan Italiya Xitoydan ham o‘tib ketdi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab COVID-19 koronavirusi bilan kasallanganlar soni 597,3 ming kishiga yetgan. Vafot etganlar soni esa 27,3 ming kishidan oshib ketdi. O‘zbekistonda esa koronavirus bilan kasallanganlar soni 104 kishiga yetdi. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Karantinda ob-havoni oldindan prognoz qilish yomonlashganining 3 asosiy sababi aytildi
COVID-19 koronavirusi pandemiyasi tufayli ob-havoni oldindan prognoz qilishning aniqligi uch asosiy sabab bo‘yicha keskin kamayishi mumkin, ulardan faqat bittasi metereologlarning uyda karantinda bo‘lishiga bevosita aloqador. Bu haqda Rossiya Gidrometereologiya markazi rahbari Roman Vilfandga tayanib, “TASS” xabar qilgan.
Vilfand qolgan ikki sababning bittasi butun dunyoda aviareyslar sonining keskin kamaygani bilan bog‘liqligini bildirgan.
“Ta’riflash, modellashtirish va prognoz qilish uchun atmosferaning tarkibini to‘liq bilish kerak. Buning uchun keng qamrovli kuzatuv tizimi mavjud. Ma'lumotlar metereologik xususiyatlarni uchish davomida hisoblaydigan qurilmalarga ega samolyotlardan ham kelib tushadi. Bundan tashqari, meteorologlarga katta aeroportlar ham axborot taqdim qiladi”, — degan u.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, hozir aviareyslar soni keskin qisqargan, katta aeroportlarning faoliyati to‘xtatilgan. Atmosferani kuzatish tizimi esa doimiy nazorat talab qiladi, buning ustiga butun dunyoda meteorologlar uyda karantinda o‘tiribdi. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
AQShda ishga qaytish istagini bildirganlarga qo‘shimcha rag‘batlantirish puli to‘lash boshlandi
AQShning Aydaxo shtati hukumati ishga qaytishga rozilik beradigan ishsizlarga qo‘shimcha rag‘batlantirish puli to‘laydi. Shu tariqa shtat ishsizlik nafaqasini olayotgan fuqarolarning ish o‘rinlariga qaytarishiga umid qilmoqda. Bu haqda Fortune xabar berdi.
Ishga chiqqan har bir kishiga shtat budjetidan 1500 dollardan to‘lanadi. To‘liq bo‘lmagan ish kunida ishlashga rozi bo‘lganlar esa 750 dollardan olishi mumkin.
Aydaxoda ishga chiqqanlik uchun to‘lanadigan bonus ishsizlik nafaqasidan ko‘proq hisoblanadi. Shtat rahbariyati mazkur bonus ishsizlik darajasini pasaytirishiga va iqtisodiyotni tiklashiga umid bildirmoqda. Biroq kimdir ishlashni xohlamasa, ishsizlik nafaqasini olishda davom etadi.
Ishsizlarga to‘lanadigan bonus uchun budjetdan 100 million dollar ajratish rejalashtirilmoqda. Bu iqtisodiyotni pandemiya oqibatlaridan qutqarish uchun shtat tomonidan federal markazdan olingan yordamning bir qismi hisoblanadi.
Pandemiya va u bilan bog‘liq cheklovlar davrida Aydaxoda ishsizlik darajasi 11,5 foizga yetgan, ayni paytda shtatda 100 ming nafardan ortiq ishsiz mavjud.
AQShda ishsizlik darajasi Buyuk tushkunlik davridan beri eng yuqori cho‘qqisiga chiqdi
Avvalroq koronavirus pandemiyasi davrida O‘zbekistonda ishsizlar soni 2 millionga yaqinlashgani ma’lum qilingandi. Mamlakatda 2020-yilning birinchi choragida ishsizlik darajasi 9,4 foizni tashkil qildi. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Nyu-York fuqarosi 24 mln dollarlik lotereya chiptasini yutuq amal qiladigan muddatning so‘nggi kunlarida tasodifan topib oldi
Nyu-York fuqarosi eski qog‘ozlar uyumi orasidan 24 million dollarlik yutuqqa ega lotereya chiptasini topib oldi. Yutuqni olish uchun chiptani taqdim etish kerak bo‘lgan muddat tugashiga uch kun qolgan edi, deb yozadi Forum Daily.
Chipta 2016-yilda sotilgan va uni taqdim etish kerak bo‘lgan muddatgacha 2 hafta qolganida, New York Lottery g‘olibni faol tarzda qidirishni boshladi. U esa chipta amal qildigan muddat tugashiga uch kun qolganida tasodifan topilib qoldi.
Agar g‘olib topilmaganida yutuq keyingi o‘yinlar mukofotiga qo‘shilgan bo‘lardi. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Italiya sobiq bosh vaziri Silvio Berluskonining o`g`li qamaldi
Italiya OAVlarining xabar berishicha, Milan shahri sudi Italiyaning sobiq bosh vaziri Silvio Berluskonining o`g`lini bir yilu ikki oy muddatga qamoq jazosiga hukm qildi, deb yozadi “Vesti” nashri.
Sobiq bosh vazirning o`g`li Mediatrade kompaniyasidagi moliyaviy firibgarliklarni sodir etganlikda aybdor deb topildi.
Shuningdek, Berluskonining o`g`li Per kompaniya prezidenti Fedele Konfaloneri bilan birgalikda soliqlarni to`lashdan bo`yin tovlash va firibgarlikda ayblangan edi. Biroq ularning har ikkalasi ham 2014 yilda sud ularni oqlagan edi. | false | false | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Toshkentda liftda qolib ketgan to‘rt nafar voyaga yetmagan bola qutqarib olindi
Toshkentning Chilonzor tumanida ko‘p qavatli uy liftida qolib ketgan voyaga yetmagan bolalar qutqarib olindi. Bu haqda FVV matbuot xizmati ma’lum qildi.
“15-mart kuni Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Chilonzor tumanida yashovchi A. Berdimuratova telefon orqali murojaat qildi”, — deyiladi xabarda.
Xabarga ko‘ra, tumanning Olmazor-16 mavzesidagi ko‘p qavatli uyda texnik nosozlik sababli lift ishdan chiqqan, kabinada esa to‘rt nafar voyaga yetmagan bolalar qo‘rqish holatida yordam so‘rayotgan ekan.
Boshqarma qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib bordi, maxsus qutqaruv asboblari yordamida lift eshigi ochilib bolalar chiqarib olindi. Bolalar sog‘-salomat. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Atambayev: O‘zbekiston Prezidenti Qirg‘izistonga tashrif buyuradi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kelasi hafta Qirg‘izistonga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda 28-avgust kuni Qirg‘iziston Prezidenti Almazbek Atambayev ma’lum qildi, deb yozadi UzDaily.
“Yodingizda bo‘lsa, yaqinda mamlakatimizga O‘zbekiston bosh vaziri uchib kelgan edi. Bu O‘zbekiston bosh vazirining mamlakatimizga 26 yil ichidagi birinchi tashrifi bo‘ldi”, — dedi Atambayev.
Qirg‘iziston prezidenti chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish ishlari olib borilayotganini ta’kidladi. “O‘zbekiston va Qirg‘iziston bilan davlat chegaralari uchastkalarining 84 foizi bilan bog‘liq masalalar hal bo‘lgan”, — deya qo‘shib qo‘ydi u. | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
OKMK futzal bo‘yicha Osiyo chempionati finaliga chiqa olmadi
OKMK futzal bo‘yicha klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining yarim finalida Eronning “Mes Sungun” klubiga qarshi 15-avgust, payshanba kuni bahs olib bordi.
Gollarga boy bo‘lgan bahsda olmaliqliklar 3:7 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Forslar tarkibida Mahdi Javid het-trik qayd etgan bo‘lsa, Alirizo Asqari Konan dublga erishdi. Farhod Fahim va Muhammad Shajari bittadan golga mualliflik qildi. OKMK safida Akbar Usmonov, Davron Choriyev va Dilshod Rahmatov to‘p kiritdi.
Shu tariqa, OKMK uchinchi o‘rin uchun bahsda “Tay Son Nam”ga qarshi bahs yuritadi. Qayd etish joiz, Olmaliq jamoasi guruh bosqichda ushbu klubga 1:4 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.
Futzal, Klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionati
Yarim final
15-avgust, payshanba
Gollar: A.Usmonov 18, D.Choriyev 19, D.Rahmatov 32 - A.Asqari Konan 9, 31, F.Fahim 12, M.Shajari 14, M.Javid 16, 36, 36
OKMK: Rustam Umarov, Ixtiyor Ropiyev, Ilhomjon Hamroyev, Husniddin Nishonov, Dilshod Rahmatov.
Zaxira: Abbosbek O‘lmasbekov, Mashrab Odilov, Davron Valijonov, Akbar Usmonov, Davron Choriyev, Alan Aminov, Temur Berdiyev, Islombek Biyto‘rayev.
“Mes Sungun”: Said Momeni, Aoirizo Samimi, Muhammad Hojizoda, Uesli Machado, Muhammad Shajari, Alirizo Vafoi, Farhod Fahim, Salar Agapur, Babak Nasiri, Abulqosim Orouji, Alirizo Asqari Konan, Shahab Shahnazian, Mahdi Javid.
Ogohlantirish: H.Nishonov 14
Chetlatish: H.Nishonov 16.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling! | false | false | false | true | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false | false |
Subsets and Splits
No community queries yet
The top public SQL queries from the community will appear here once available.